ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 15 Iyun 2006, 20:09:01

Nom: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyun 2006, 20:09:01
HIKMATLI KALIMALAR

Soib ibn al-Musayyabdan:
«Umar ibn Hattob odamlarga o‘n sakkizta serhikmat kalimalarni qoldirganlar».
Aytdilar:
— Biror kishini biror ishda senga itoat qilishda Allohga gunohkor bo‘lgani uchun jazolasang, uning itoatsizligi o‘sha ishda sening Allohga itoat qilishingdek bo‘lsa, bas, uni jazolamaysan.
— Birodaringdan sen o‘ylagandek foyda kelishi uchun uning ishini eng yaxshi o‘rinlat.
— Bir musulmonning og‘zidan chiqqan so‘zni yomonga yo‘yma, sen u so‘zni yaxshilikka yo‘yish-ga harakat qil.
— Kim o‘zini tuhmat qilinadigan o‘rinda ko‘rsatsa, unga nisbatan yomon gumon qiladiganlarni malomat qilmasin.
— Kim o‘z sirini berkitsa, yaxshilik uning qo‘lidadir.
— O‘zingga sodiq do‘stlar tanla, ular panohida yashaysan, chunki ular kengchilikda ziynat, qiyinchilikda qalqondirlar.
— O‘zingga doim rost so‘zlarni ixtiyor qil, agar seni rostlik o‘ldirsa ham.
— Foydasiz narsaga urinma.
— Hali bo‘lmagan ishdan so‘rama, chunki bo‘lgan ishdan unga ortmaysan.
— Sening najotingga xayrxoh bo‘lmagan kishidan hojatingni so‘rama.
— Yolg‘on qasam ichishni yengil sanama, uning sababidan Alloh seni halok qilur.
— Fojirlar ila hamsuhbat bo‘lma, ularning fujurlaridan o‘rganasan.
— Dushmaningdan uzoq bo‘l.
— Do‘stingdan ehtiyot bo‘l, ishonchlisi mustasno. Allohdan
qo‘rqqangina ishonchli bo‘lur.
— Qabrlar oldida odob bilan tur.
— Itoat vaqtida o‘zingni xor tut.
— Gunoh oldida najot arqonini mahkam ushla.
— Ishingda Allohdan qo‘rqqanlar ila maslahatlash. Zero, Alloh: «Allohdan olim bandalari qo‘rqadi» (Fotir, 28, mazmuni), deb marhamat qilgan».

Mavzu arxivi (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=islom&action=display&thread=1140005864&page=1)
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyun 2006, 20:09:51
SHUKRNI BERKITMOQ UNI INKOR ETMOQDIR

Bir ayol erining olijanob xulqlarini onasi oldida sifatlab, shunday dedi:
— Ey onajon, kim maqtov libosini yozsa, yaxshi ishni ado etibdi. Shukrni berkitgan kishi oshkora qilish vojib bo‘lgan haqiqatni yashirib, kufroni ne’matga kiribdi.
Onasi qiziga:
— Ey qizginam, maqtovni qoyillatibsan, uning mukofotini anglabsan, endi yomonlashga aslo o‘rin berma. Men senda maqtashni ham, yomonlashni ham faqat sinab ko‘rganingdan keyingina aytadigan aqlni ko‘rdim, — dedi.
Qiz:
— Ey onajon, to sinamagunimcha maqtamadim, shuningdek, bilmagunimcha sifatlamadim, — dedi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyun 2006, 20:10:42
U ZOTNING BIRODARLARIDAN BO‘LAYLIK

Abu Hurayradan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
«Rasululloh qabristonga keldilar va:
— Mo‘minlar qavmida yashovchilarga assalomu alaykum! Biz ham, inshaalloh, sizlarga borib qo‘shilguvchilarmiz, deydigan birodarlarimizni ko‘rishni orzu qilardim, - dedilar. Shunda sahobalar:
— Biz sizning birodarlaringiz emasmizmi, yo Rasululloh? —deyishdi. Janobi Rasululloh:
— Sizlar mening sahobalarimsizlar, birodarlarimiz esa, hali kelganlaricha yo‘q, — dedilar, Sahobalar:
— Hali kelmagan ummatingizni qanday taniysiz, yo Rasululloh? — deb so‘rashdi. Rasululloh:
— Axir bir kishi o‘zining peshonasi va oyog‘i oq otlarini boshqa bir to‘da qop-qora otlar ichidan taniyolmaydimi? — dedilar. Sahobalar:
— Tanib oladi, yo Rasululloh, —deyishdi. Janobi Rasululloh:
— Ular qiyomatda dunyodagi tahoratlari sababidan peshonalari va oyoqlari nurli bo‘lgan holda keladilar. Men ulardan oldin havzi Kavsarga borgan bo‘laman. Ogoh bo‘linglar, bir qancha kishilar hovuzimdan adashgan tuyani haydagandek haydaladilar. Men ularga, bu yoqqa kelinglar, deb nido qilaman. Menga aytiladiki, ular sizdan so‘ng dinni o‘zgartirishgan. Shunda men: «Uzoq bo‘linglar, uzoq bo‘linglar», deyman.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyun 2006, 20:11:28
* * *

Umar ibn Hattob o‘g‘illari Abdullohga (har ikkalasidan ham Alloh rozi bo‘lsin) yozgan ekanlar: «Ey o‘g‘ilcham, Allohdan qo‘rqqin. Zero, kim Allohdan qo‘rqsa, Alloh uni saqlaydi. Unga kim tavakkal qilsa, Alloh kifoya qiladi, kim Unga shukr aytsa, Alloh unga ne’matni ziyoda qiladi. Taqvo sening ko‘z qorachig‘ing, qalbing jilosi bo‘lsin. Shuni yaxshi bilginki, kim Alloh huzuridan savob umid qilmasa, unga ajr ham yo‘qdir. Kimda shafqat bo‘lmasa, unda mol-dunyo bo‘lmas, xulqi yo‘qda tirishqoqlik (yangilik) bo‘lmas.
Hazrati Umar, roziyallohu anhu, aytadilar:
— To kishida zaiflikdan bo‘lmagan muloyimlik, ko‘pollikdan bo‘lmagan kuch-qudrat topilmasa, bu ish (boshliq bo‘lish) o‘z samarasini bermaydi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyun 2006, 20:12:00
JANNAT AHLLARI

Ibn Abbosdan, roziyallohu anhu, aytdilar; «Bir kuni Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, chiqib dedilar:
— Menga barcha ummatlar ko‘rsatildi. Bir payg‘ambar bir kishi bilan, yana bir payg‘ambar ikki kishi bilan, yana bir pay-g‘ambar bir to‘p kishilar bilan, yana bir payg‘ambar yolg‘iz o‘zi, hech bir hamrohi yo‘q holda o‘tdilar. So‘ng juda ko‘p olomonni ko‘rdim, ular ko‘pligidan uzoq-uzoq ufqlarni ham to‘sganlar, umid qildimki, shular mening ummatim bo‘lsalar. Shunda: bular Muso, alayhissalom, qavmlari bilan kelyaptilar, deyildi.
So‘ng menga, qaragin, deyildi. Qarasam, uzoqdan qoralikni ko‘rdim. Ular juda ko‘p bo‘lib, ko‘pligidan ufqni ham to‘sib qo‘yishgan edi. Keyin menga yana aytildi: “Hov, anavilarga, hov anavilarga kara!” Ko‘rsam, son-sanoqsiz insonlar, ular shuncha ko‘pki, yeru osmonni to‘ldirib yubordilar. Shunda menga: «Bular sening ummating», deyildi.
Bularning oldilarida yetmish ming nafar jannatga hisob-kitobsiz kiradiganlar kelmoqda. Ular hodisalardan shumlanmaganlar, folbinu sexrgarlarga bormaganlar, o‘zlarini o‘tda kuydirib davolamaganlar, faqat o‘z Robbisiga tavakkul qilgan kishilardir, — deyildi.
Shunda Ukkosha ibn Mixsan turib:
— Yo Rasululloh, duo qiling. Alloh meni shulardan qilsin, — dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
— Ey Alloh, buni o‘shalardan biri qilgin, - deb duo qildilar.
Shundan so‘ng boshqa odam turib:
— Allohga duo qiling, meni ham o‘shalardan qilsin, — dedi. Payg‘ambarimiz, alayhissalom:
— Bunga Ukkosha sendan oldin keldi,— dedilar».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyun 2006, 20:12:27
SALAFLAR SHUHRATNI YOMON KO‘RISHGAN

Muhammad ibn Munkadir hikoya qiladi: "Rasulullohning (s.a.v.) masjidlarida mening ustunim bor edi. Kechalari uning oldida namoz o‘qirdim, keyin suyanib o‘tirardim. Bir yili Madina ahli yomg‘irsiz qoldi. Shunda ular Allohdan yomg‘ir so‘rab (dalaga) chiqishdi. Lekin yomg‘ir yog‘madi. O‘sha kechasi men Masjidi Nabaviyda (s.a.v.) oxirgi - xufton namozini o‘qib bo‘lib, ustunimga suyanib o‘tirgan edim. Bir payt egniga ko‘ylak kiygan, yana boshqa bir ko‘ylakni bo‘yniga tashlab olgan qop-qora odam kirib keldi. Mening ustunimning old tomoniga o‘tib ikki rakaat namoz o‘qidi-da, o‘tirdi. So‘ng dedi:
"Ey Rabbim, payg‘ambaring haramidagilar yomg‘ir so‘rashdi, lekin yomg‘ir bermading. Men Sendan o‘tinaman, ularni sug‘or".
Jinni bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. Ammo u duodan qo‘lini qo‘ymasdan turib, osmonda momaqaldiroq ovozi eshitildi. Yomg‘ir kelayotgan edi. Uyga qaytmoqchi bo‘ldim.
Yomg‘ir ovozi eshitilgach, o‘sha odam Allohga hamdlar aytdi. Shunday aytdiki, umrimda unaqasini eshitmaganman. Keyin:
"Men kimmanki duoyimni ijobat qilding. Lekin men Senga hamd aytish bilan, qudrating bilan panoh so‘radim", dedi. So‘ngra namoz o‘qiy boshladi. Qiyomda uzoq turdi. Subh yaqinlashganini sezgach, sajda qildi va vitr o‘qidi. So‘ngra bomdodning ikki rakat sunnatini ado qildi. Keyin farziga jamoatga qo‘shildi. Men ham qo‘shildim.
Imom salom bergach, o‘rnidan turdi. Orqasidan men ham turdim. Masjidning eshigiga yetgach, kiyimini yopinib tashqariga chiqdi va yomg‘irga "sho‘ng‘idi".
Ortidan kiyimimni ko‘tarib chiqdim, tezda suv bo‘lib ketdim va uning qayoqqa ketganini bilmay qoldim.
Ikkinchi kechasi yana Rasulullohning (s.a.v.) masjidlarida xuftonni o‘qib bo‘lib, ustunga suyanib o‘tirgan edim, haligi kishi keldi. Namoz o‘qiy boshladi. Qiyomda uzoq turdi. Tong yaqinlashgach, sajda qildi. Keyin vitr o‘qidi. So‘ng bomdodning sunnatini ado qildi. Farzga iqomat aytilgach, jamoatga qo‘shildi, men ham qo‘shildim.
Imom salom bergach, masjiddan chiqdi. Orqasidan ergashdim. Ketaverdi, boraverdim. Oxiri qaysi hovliga kirganini aniqlab, so‘ng masjidga qaytdim. Quyosh sal ko‘tarilgach, namoz o‘qib, tashqari chiqdim va o‘sha hovliga bordim. U etikdo‘z ekan. Meni ko‘rib, tanidi va:
"Abu Abdulloh, xush kelibsiz. Xizmat bormi? Mahsi tikib beraymi?" deb so‘radi. "O‘tgan kecha yonimda o‘tirgan sen emasmiding?" dedim men. Uning yuzi o‘zgardi. G‘azabi keldi. "Bu bilan sizning nima ishingiz bor?" dedi. Darhol uning oldidan chiqdim.
Uchinchi kechada yana namozni o‘qib ustunga suyangancha uni kutdim. Lekin kelmadi. "Inna lillahi, nima qilib qo‘ydim?!" dedim. Quyosh chiqquncha masjidda o‘tirdim. Keyin chiqib o‘sha hovliga bordim. U turgan uyning eshigi ochiq, ichida hech narsa yo‘q edi. Hovlidagilar mendan: "Kecha oralaringdan nima gap o‘tdi?" deb so‘rashdi. "Unga nima bo‘ldi?" dedim. "Siz ketganiigizdan keyin kiyimini yoyib, teri, andoza-qoliplarini soldi-da, chiqib ketdi. Qayoqqa ketdi, bilmadik?" deyishdi.
Bilganim Madina hovlilarining hammasiga kirib chiqdim, lekin uni topmadim. Alloh rahmat qilsin".

“Salaflar xulqi” kitobidan
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 17 Iyun 2006, 10:40:51
Birinchi voqea.
Qo‘shni bola hovliqib chiqib, bobosining ahvoli og‘irlashganini, uyda hech kim yo‘qligini aytdi. Ortidan yugurdim. Kirsam, to‘qsonga yaqinlashib qolgan Qurbon ota ko‘zini shiftga qadab, xirillab og‘ir nafas olib yotibdi. U ko‘pdan buyon bemor: bir qo‘l-oyog‘i shol, qon bosimi baland, yuragi xasta edi. “Do‘xtir chaqiraymi?” deb so‘radim. U sog‘ qo‘lini majolsiz siltadi. Bemorning rangi har qachongidan oqargan, ko‘zlaridan nur ketgan. Ahvolni tushunib, asta imon kalimalarini ayta boshladim. U esa parvo qilmay, yutoqib nafas olar, orada tinmay “bemehr”, “noqobil” o‘g‘illarini qarg‘ab so‘kinar edi.

Qurbon otaning badfe’lligi, toshbag‘irligi, og‘zi shaloqligi tufayli farzandlarning kirib-chiqishi kamaygani to‘g‘ri. Umr bo‘yi goh mol bozorida dallol, goh qassobchilik qilgan Qurbon ota qariganida ham o‘nglanmadi. Peshonasi sajda ko‘rmadi. Allohni faqat boshiga mushkulot tushganida esladi. Hozir ham ko‘z o‘ngimda jon taslim qilarkan, og‘zidan chiqqan oxirgi so‘zi “ko‘rnamaklar, ablahlar” bo‘ldi...

Ikkinchi voqea.
Shahar ko‘chalaridan birida avtomobil falokati ro‘y berdi. Yoshgina haydovchi yigit biror narsaga chalg‘ib qolganmi yoki mashinani boshqarolmay qolganmi, yo‘l chetidagi beton ustunga borib urilibdi. Yo‘lovchilar darrov yordamga shoshilishdi. Qisib qolgan rul orasidan bemajol tanani arang sug‘urib olishdi. Nimalardir deb pichirlayotgan haydovchini yerga yotqizishlari bilan joni uzildi. Uning so‘nggi so‘zi magnitafondan berilayotgan ashulaning “Qaylardasan, sanamginam?” degan jumlalari bo‘ldi...

Bu dunyoda barchamiz mehmonmiz. Hammamiz bir kuni bu olamdan ko‘chamiz. Hech kimga: “Sen falon kuni, falon holatda o‘lasan”, deb hujjat berilmagan. Hech kim boshqa olamga qanday ketishini oldindan bilmaydi. Shunday ekan, o‘lim soati yaqinlashganida tillarimiz “La ilaha illalloh” kalimasini aytib turmog‘i uchun bu dunyo- da Allohning zikri bilan mashg‘ul bo‘lmog‘imiz lozim. Aks holda, umrimiz yuqoridagi voqealar kabi yomon xotimalanib qolishi mumkin, Alloh saqlasin.

Hidoyat jurnalidan
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 17 Iyun 2006, 10:41:11
Ammor (roziallohu anhu) va uning ota-onasi ham juda dahshatli musibatga qolgan edilar. Ularga Makkaning qaynoq qumlarida azob berilgan edi. Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam ular yonidan o’tib ketayotib, ularga sabr-toqatli bo’lishlarini aytib, jannat haqida yaxshi xabarlar yetkazdilar. Ammorning otasi Yosir (roziallohu anhu) ta’qib qiluvchilar qo’lida, uzoq iztirobdan keyin vafot etdi, onasi Sumayya (roziallohu anho) Abu Jahl tomonidan vahshiyona o’ldirildi. Islomda birinchi masjid Ammor (roziallohu anhu) tomonidan qurildi.
Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam Madinaga ko’chib kelganlarida, Ammor (roziallohu anhu) unga bino qurib berishni taklif qildi, u yerda payg’ambar o’tirishi, kunduzi dam olishi va salovot aytishi (nomoz o’kishi) mumkin edi. U Islom dushmanlariga qarshi bor kuchi va jasorati bilan kurashdi. Bir kuni u jangda kurashayotib, quvonch bilan dedi:
«Men hademay do’stlarim bilan uchrashaman. Men Muhammad sallollohu alayhi vasallam va uning hamrohlari bilan uchrashaman».
So’ngra u suv so’radi. Unga sut berishdi. U sutni ichdi va dedi:
«Men payg’ambar sallollohu alayhi vasallam menga: «Sut sening bu dunyodagi hayotingda oxirgi nasibang bo’ladi, deganlarini eshitdim».
Ammor o’zi mushtoq bo’lgan paytgacha kurashdi. U o’sha paytda to’qson to’rt yoshda edi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 17 Iyun 2006, 10:41:42
Faqih aytadi: Otamning payg‘ambarlar haqida hikoya qilganlarini eshitdim:
Rasul bo‘lmagan nabiylarning ba’zilari vahiyni tushlarida ko‘rar edilar, ba’zilari ovozini eshitar edilar, biroq hech narsani ko‘rmas edilar. Tushida ko‘radigan nabiylardan birlari bir kechasi tush ko‘rdilar. Unga aytildi: “Vaqtiki tong ottirsang, senga nima uchrasa, birinchi narsani yegin, ikkinchi narsani yashirgin, uchinchisini qabul qilgin, to‘rtinchisini noumid qoldirmagin, beshinchisidan qochgin”. U tongni ottirganda birinchi uchratgani katta qora tog‘ bo‘lib chiqdi. U tog‘ning oldida to‘xtab, hayron qoldi. U kishi aytdiki: “Rabbim menga bu tog‘ni yeyishni buyurdi, men buni yeya olar ekanmanmi?” deb taajjubda qoldi. O‘zicha o‘ylab ko‘rdi va shunday dedi: “Rabbim meni toqatim ko‘tarolmaydigan narsaga buyurmaydi”. Shundan so‘ng, uni yeyishga qasd qilib, yaqinlashib borganida, uzoqdan ko‘ringan katta tog‘ asaldan shirin luqmaga aylandi va u luqmani yedi. U kishi Allohga hamd aytib, yo‘liga ravona bo‘ldi. Yo‘lda ketayotib, unga oltin tovoq uchradi. U esa, menga yashirishni buyurdi, dedi-yu, darhol tovoqni ko‘mdi. Yo‘lda ketayotib orqasiga qarasa tovoq yerda yotgan emish, ikkinchi, uchinchi marta o‘sha tovoqni ko‘mdi, yana tovoq yer ustiga chiqib qola boshladi. U esa: “Menga buyurilgan ishni qildim”, dedi-da, o‘z yo‘liga ravona bo‘ldi. Shu payt ko‘rdiki, bir lochin kichik bir qushchani yemak istab quvlab kelayotir edi. Shunda haligi qush: “Ey Allohning nabiysi! Menga yordam ber!” deb nolish qildi. U kishi qushni olib, yengiga soldi. Lochin esa yetib keldi va dedi: “Ey Allohning nabiyi, mening bu rizqimdan noumid qilmagin, men ochman”. Nabiy o‘zicha o‘yladi: “Men uchinchisini qabul qilishga buyurilgan edim, lekin to‘rtinchi narsadan noumid qilmaslikka buyurildim, bu lochindir: “Qanday qilsam ekan?” o‘ylab ko‘rdi va pichog‘ini olib, o‘zining sonidan bir bo‘lak kesib, lochinga tashladi, lochin go‘shtni olib o‘z yo‘liga ketdi. Shundan so‘ng qushni qo‘yib yubordi. Qush ham uchib ketdi. U kishi ham yo‘liga ravona bo‘ldi. Yo‘lda sasigan o‘laksaga duch keldi va undan qochdi. Vaqtiki, kech bo‘ldi. Nabiy: “Ey Rabbim, Sen menga nima buyurgan bo‘lsang, qildim, endi shu buyurgan ishlaringning nima ekanligini bayon etgin”, deb Allohga iltijo qildi. Shu payt javob keldiki: “Ey nabiy! Tushingda birinchi katta tog‘ bo‘lib ko‘ringan narsani sen qo‘rqmasdan yeding, bu g‘azabdir. Sen sabr qilding va g‘azabni (engding) yashirding, u asaldan ham shirinroq bo‘ldi. Ikkinchisi, yaxshi amallar, agar uni yashirsa, yana ko‘rinaveradi. Uchinchisi shulkim, birovning omonatiga xiyonat qilmagin. To‘rtinchisi esa, agar biror mo‘min kishi sendan hojat so‘rasa, uning hojatini chiqarishga harakat qil, o‘zing muhtoj bo‘lib qolgan paytingda ham. Beshinchisi, g‘iybat. Bir kishi ikkinchi bir kishini g‘iybat qilayotgan bo‘lsa, unday g‘iybatchidan qochgin”.

"Tanbehul g'ofiliyn"dan
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 18 Iyun 2006, 13:00:44
Bir kuni Boylik,Ilm va Or-nomus uchrashib qolishibdi. Boylik aytdi:
- Agar men yo'qolib qolsam saroyda bo'laman. Ilm aytdi:
- Agar men yo'qolib qolsam, masjid va madrasalardan izlanglar o'sha yerda bo'laman.
-Agar men yo'qolib qolsam,-  debdi Or-nomus,- izlab o'tirmanglar, hech qayerdan topolmaysizlar.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 18 Iyun 2006, 13:22:09
Gap egasini topdi.
Ilk namoz o'qishimga turtki bo'lgan bu voqea o'tgan yili sodir bo'ldi. O'shanda turmush o'rtog'imning do'stlari oila a'zolari bilan biznikiga mehmonga kelishdi.Ancha vaqt suhbatlashib o'tidik. Mehmonlardan biri:"Bir kishi kasal yotgan do'stini ko'rgani boribdi,- deb hikoya qila boshladi.Undan:"ahvollaringiz qanday? deb hol so'rabdi. " Rahmat, do'stim, ancha tuzukman, Mana bekor yotmay deb namozliklarni o'rgandim. Hozir besh vaqt namoz o'qiyapman", deb javob qilibdi. " Uyda yanga ko'rinmaydilar". " Yangangiz yo'qlar". " O'zingiz -ku namozni o'rganibsiz,endi yangaga ham o'rgatmaysizmi?" Shunda bemor:" E-e, yangangiz shu dunyoda boshimni og'ritib bezor qilgani ham yetar, endi namozlikni o'rgatib jannatda ham g'alva orttiraymi, qo'ying,gapirmang, qayga borsa boraversin, ammo meni jannatda tinch qo'ysin", debdi". Mehmon bu hikoyasini hazil so'zlar bilan yakunladi.Ammo bu voqea menga boshqacha ta'sir qildi.Turmush o'rtog'imga qaradim, i kishi bilan ko'zlarimiz boshqacha to'qnashdi.Chunki bu paytda u kishi namoz o'qir, men esa o'qimas edim.Mehmondorchilik tugab, mehmonlar uy-uylariga tarqalishdi.Shunda men erimdan:"Nega menga namoz o'qishni o'rgatmagansiz, yoki siz ham mendan bezormisiz?" - deb so'radim." Yo'q aslo,- dedilar u kishi,- kel, kech bo'lsa hamo'rgatay, sen ham ibodat qil. Nmaozdan keyin jannatlarda ham birga bo'lishni Allohdan so'raylik"... Shundan so'ng men namozga tayyorgarlik qila boshladim. Ertasi tongda ilk namoz o'qidim.Allohimning amriga bo'yin egib, bomdodni ado etar ekanman, meni ta'riflab bo'lmas halovat chulg'adi.Shu paytgacha bu halovatdan benasib bo'lganim uchun afsus chekib yig'lab yubordim> Endi har namozga turayotib o'sha halovatni qo'msayman. Uni menga nasib qilgan Allohimga hamdu - sanolar aytaman.

Mavluda Shodmonova, Qarshi tumani.( Musulmonlar taqvim kitobidan)
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Doniyor 18 Iyun 2006, 18:32:02
Zikr qilindiki, shayton Muso alayhissalomning oldilariga kelib: «Ey Muso! Seni Alloh taolo o‘z risolatini berish bilan tanladi, men ham Allohning yaratgan maxluqlaridan biriman, men ham sening Rabbingga tavba qilishni xohladim, mening tavbamni qabul qilishini so‘ragin», dedi.

Muso alayhissalom uning gapidan xursand bo‘lib ketdi. Shundan so‘ng, tahorat qilib, Alloh xohlaganicha namoz o‘qib, bu so‘zlarni aytdi: «Ey Rabbim! Albatta, shayton Sening yaratgan bir maxluqing, Sendan tavba so‘rayapti, uning tavbasini qabul qilgin». Alloh aytdi: «Ey Muso! Shayton tavba qilmaydi». Muso: «Ey Rabbim, u Sendan tavba so‘ra-yapti», dedi. Musoga vahiy keldi: «Ey Muso, Men sening duoingni qabul qildim, unga buyurgin, borib Odamning qabriga sajda qilsin, keyin tavbasini qabul qilaman».

Muso xursand holda chiqib, unga xabarni yetkazdi. Bu gapdan g‘azablanib, o‘zini kibrli sanab, shayton dedi: «Men Odamning tirikligida sajda qilmagan o‘lganida sajda qilamanmi?»

Shundan so‘ng, shayton Muso alayhissalomga: «Ey Muso, sening men haqimda Rabbingga borib, shafoat qilganing uchun menda sening haqqing bor. Shunday ekan, bas, senga uch narsa bilan vasiyat qilaman va uch xislatda meni esda tutgil: Birinchi, g‘azablangan vaqtingda meni eslagin. Chunki men sening qalbingdaman va qon yurgandek jasadingda yuraman. Ikkinchi, dushmaningni tashlab qochayotganingda, meni eslagin. Chunki men odam farzandi dushmaniga mos kelgan vaqtda kelaman va unga xotinini, ahlini, moli va bolalarini eslatib qo‘yaman. Hatto, orqasiga qarab qochguncha. So‘ngra, nomahram xotin bilan yolg‘iz holatda o‘tirishdan saqlangin. Chunki men sening unga va uning senga elchisi bo‘laman»
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Doniyor 18 Iyun 2006, 18:32:57
Vahb ibn Munabbahdan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. Aytdi: «Bani Isroilda bir obid bor edi. Shayton bu obidni adashtirmoqni xohladi, lekin qodir bo‘lmadi. Bir kuni obid ba’zi ehtiyojlari uchun shaharga chiqdi. Shayton ham u bilan birga chiqdi. Shayton shahvat va g‘azab tomonidan uni adashtirmoqchi bo‘ldi. Lekin bu ishni qilishga qodir bo‘lmadi. Keyin qo‘rqitmoqchi bo‘ldi va unga tog‘dan tosh otdi. Tosh unga yetayotgan vaqtda Allohni esladi va Alloh taolo bu narsani undan uzoqlashtirdi. Keyin sher va yirtqich hayvonlar qiyofasiga kira boshladi. Allohni zikr qilganida unga hech narsa qilmadi. Keyin ilon suratiga kirib, namoz o‘qiyotgan qadamlariga va jasadiga o‘ralib oldi, hattoki, boshigacha yetdi. Agar sajda qilmoqchi bo‘lsa, boshiga o‘ralib olardi va og‘zini ochib, uning boshini tishlamoqchi bo‘lardi. U ilonni qo‘li bilan o‘zidan ketkazib, sajdaga mumkin bo‘larli darajadagi joyga ega bo‘ldi. Vaqtiki namozidan bo‘shaganidan keyin, shayton uning oldiga kelib: «Men senga shuncha ishlarni qildim, lekin senga hech narsa qila olmadim. Endi sen bilan do‘stlashmoqni istayman, bundan keyin seni adashtirishni xohlamayman», dedi. Obid: «Yo‘q, bugun sen meni qo‘rqitding. Alhamdulillah, qo‘rqmadim, endi sen bilan do‘stlashmoqqa hojat yo‘q», deb javob berdi. Shayton unga: «Sendan keyin ahlingga nima yetishi to‘g‘risida so‘ramaysanmi?» dedi. Obid unga: «Men ularga o‘xshab o‘laman», dedi. Shayton: «Odam farzandi nima bilan adashtirilganini ham so‘ramaysanmi?» dedi. Obid dedi: «Menga odam farzandining qanday zalolatga ketganini xabarini bergin». Shayton aytdi: «Baxillikdan, ortiqcha g‘azab, qiziqqonlik va mastlikdan adashdilar. Albatta, inson baxil bo‘lsa, uning ko‘z o‘ngida molini kamaytiramiz. Keyin uning huquqidan man qilib, odamlarning moliga rag‘bat etiladi. Agar kishi qiziqqon va g‘azabli bo‘lsa, uni go‘daklarning oldidagi koptokdek o‘ynatamiz. Agar o‘sha o‘likni tiriltirsa ham, undan noumid bo‘lmaymiz. Albatta, u bitta kalimada ham bino bo‘ladi, ham buziladi. Agar mast bo‘lsa, hamma yomonliklarga yetaklaymiz. Xuddi qo‘yning qulog‘idan ushlab xohlagan tomoniga yetaklagandek».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 19 Iyun 2006, 12:34:54
Hech o'ylab ko'rdingizmi?
Mol-davlatimiz ortdi,ammo huzur halovatimiz yo'qoldi.
Qulayliklar ortdi,ammo vaqtimiz kamaydi.
Dorilar ko'paydi, kasalliklar ozaymadi.
Kech yotib, saharda charchoq bilan uyg'onamiz.
Kam kitob o'qiymiz, ko'p televizor ko'ramiz.
Ko'p gapiramiz-u, kam e'tibor beramiz.
Pul topishni o'rgandik, sarfni eplolmadik.
Oyga uchib qaytishni bilamiz,lekin qo'shnimiz holidan habar olish uchun ikki qadam bozmaymiz.
Fazoda nima bo'layotganini bilamiz,lek ichki kechinmalarimizdan behabarmiz.
Havoni tozalaymiz, lekin ruhlarimiz kir.
Rejalar tuzamiz, natijalar ko'rinmaydi.
Shoshilishni o'rgandik, sabrni esa yoddan chiqardik.
Tanishlarimiz ko'p, do'stlarimiz kam.
Yutuqlarimiz ko'p, quvochlarimiz kam.
Ko'p narsani bilamiz, amalimiz kam.
Doimo labimizda kulgu,lek ko'z yoshimiz kam.
Va nihoyat: umrga yillar qo'shdik, ammo ba yillarga hayot bahsh qilolmadik...
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 20 Iyun 2006, 09:38:25
Shayh Abul Hasan Haraqoniy hikoya qiladilar:" Luqmoni Hakim bir kuni o'g'liga dedi:" Bugun ro'za tut va nimaiki gapirsang, yozib qo'y.Kechqurun kuni bilan gapirgan gaplaringni menga hisobotini berib keyin iftor qilasan". O'g'li shu kuni ro'za tutib kechqurun otasiga hisob bera boshladi.Hisobot tugaganidan so'ng kecha yarmiga borib qolgan edi.Ertasiga yana o'g'liga o'sha gapni aytdi.O'g'li esa yana yarim kechagacha hisob berdi.Uchinchi kuni ham o'sha gapni takrorladi.O'g'li shunda o'zicha:" Gaplarimni hisobotini bergunimcha juda kech bo'lib qolyapti.bu yoqda iftor ham qilish kerak", deb o'yladi. So'ng hisob berishdan qo'rqib kunduzi hech narsa gapirmadi.Kechqurun otasi hisob talab qildi. O'g'li aytdi:" Sizga hisob berishdan qo'rqib bugun hech narsa gapirmadim".Luqmoni Hakim:" Bor ro'zangni ochib ovqatingni ye",dedi.Haraqoniy aytadilarki:"Kam gapiruvchining qiyomatdagi holi Luqmoni Hakimning o'g'lini uchinchi kundagi holatidek quvonchli va yengil bo'ladi".
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 09:42:32
Rivoyat qilinishicha, bani Isroillik bir ayol Muso alayhissalom huzurlariga kelib: «Ey Allohning elchisi, men ulkan gunoh qilib qo‘yib, so‘ng bu gunohimdan Alloh taologa tavba qildim. Allohdan tavbamni qabul qilib, gunohimni mag‘firat etishini so‘rab duo qiling», dedi. Muso alayhissalom undan: «Nima gunoh qilding?» deb so‘ragan edi, u: «Ey Allohning payg‘ambari, men zino qilib, bola tug‘dim-da, so‘ng uni o‘ldirdim», dedi. Shunda Muso unga: «Chiq bu yerdan, ey fojira! Yana kafosating tufayli osmondan olov tushib, bizni yondirib yubormasin», dedi.

Ayol payg‘ambar huzuridan qalbi o‘ksigan holda chiqib ketdi. Jabroil alayhissalom tushib: «Ey Muso, Alloh taolo: «Nima uchun tavba qilgan ayolni qaytarib yubording? Undan ko‘ra yomonroq kimsa borligini bilmaysanmi?» deyapti», dedi. Muso alayhissalom: «Ey Jabroil, undan ham yomonroq kimsa kim?» deb so‘ragan edi, «Namozni qasddan tark etgan kishi», deb javob berdi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 09:42:56
Salaflardan birining singlisi vafot etib, uni lahadga qo‘ydi. Shunda pul solingan hamyoni mayyitning qabriga tushib qoldi va buni hech kim sezmadi. U qabrdan ketgach, hamyonini esladi va iziga qaytdi. Odamlar tarqab ketganlaridan keyin qabrni kavladi. Bir payt qarasa, unda olov alangalanib turibdi, darhol qaytadan ko‘mib ortiga qaytdi. Keyin onasining oldiga yig‘lab keldi-da: «Ey onajon, singlim nima ish qilardi, menga aytib bering», dedi. «Nima edi?» deb so‘ragan onasiga: «Uning qabrida olov ko‘rdim», deya javob berdi. Shunda onasi yig‘ladi va: «Ey o‘g‘lim, singling namozga beparvo edi va uni vaqtidan kechiktirib o‘qirdi», dedi.

Namozni vaqtidan kechiktirib o‘qigan kishining holi shu bo‘lsa, umuman namoz o‘qimaydigan kimsaning ahvoli ne kechar ekan?!

Alloh taolodan namozni vaqtida ado etishga yordam berishini so‘raymiz. Albatta, U saxiy, muruvvatli zotdir.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 09:43:13
Imom Buxoriy va Imom Muslimlarning shayxi Ubaydulloh ibn Umar Qovariydan rivoyat qilinadi: «Men hamisha xufton namozini jamoat bilan o‘qir edim. Bir kecha uyimga mehmon keldi. U bilan ovora bo‘lib, jamoat namozini o‘tkazib yubordim. Basra masjidlarini aylanib chiqdim. Barcha kishilar xuftonni o‘qib bo‘lgan, masjidlar yopilgan edi. Uyimga qaytdim va o‘zimga o‘zim jamoat namozining darajasi yolg‘iz bo‘lib o‘qilgan namozdan 27 barobar ziyoda bo‘ladi, dedim-da, xuftonni yigirma yetti marta o‘qidim. So‘ng uxladim. Tush ko‘ribman, go‘yo otliqlar bilan birga ekanman. Mening ham otim bo‘lib, biz kimo‘zar o‘ynayotgan ekanmiz. Men otimni choptirar, biroq ularga yeta olmas edim. Shunda ulardan biri menga burilib qarab: «Otingni qiynama, baribir bizlarga yeta olmaysan», dedi. «Nima uchun?» deb so‘rasam: «Chunki biz xuftonni jamoat bilan o‘qidik, sen esa yolg‘iz o‘zing o‘qiding», deb javob berdi. Men uyg‘onib ketdim va ko‘rgan tushimdan g‘amgin bo‘lib qoldim».

Allohdan tafviq va madad tilaymiz. Albatta, U saxiy, marhamatli zotdir.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 09:43:32
Molik ibn Dinordan tavba qilishiga nima sabab bo‘lganini so‘rashdi. U javoban shunday dedi: «Ilgari men o‘yin-kulgi va ichkilikka qattiq berilgan edim. Ko‘ngil xushi uchun bir joriya sotib oldim. Ma’lum muddat o‘tib, qizchalik bo‘ldik. Men qizimni juda yaxshi ko‘rar edim. U o‘sib-ulg‘ayib emaklaydigan, keyin yuradigan bo‘ldi. Qachon men aroq ichmoqchi bo‘lsam, u qo‘limdan tortib aroqni to‘kib yuborar edi. U ikki yoshga yetgach, vafot etdi. Men qayg‘uda qoldim... Sha’bon oyi edi. Bir kuni yarim tunda ichib mast bo‘lib yotib qolibman. Tush ko‘rdim. Go‘yoki qiyomat qoim bo‘libdi. Qabrimdan chiqib kelibman. Bundoq qarasam, yonimda katta ajdar meni yemoqchi bo‘lib turibdi. Undan qo‘rqib qochdim, u esa orqamdan quvlay boshladi. Har qancha tez chopsam ham, undan butunlay qochib ketolmas edim. Qocha turib yo‘lda oppoq libosli munkillagan cholni uchratdim. Unga: «Ey otaxon, meni anavi ajdardan qutqaring. U meni yemoqchi, halok qilmoqchi», deb yalingan edim, u: «Ey o‘g‘lim, men qarib, kuchdan qolganman, u mendan quvvatli, unga kuchim yetmaydi. Sen qochib, yo‘lingda davom etaver-chi, shoyad Alloh seni undan xalos etsa», dedi. Men tezroq chopa boshladim. Ajdar ham izimdan qolmay kelar edi. Yugura-yugura do‘zax tabaqalariga kelib qoldim. Do‘zax qizib, qaynab yotardi. Unga tushib ketishimga bir bahya qoldi. Shunda kimdir: «Sen mening ahlimdan emassan», dedi. U yerdan burilib yana qocha boshladim. Ajdar hamon quvlab kelar edi. Qocha-qocha ko‘zni qamashtiradigan nurli toqqa yaqinlashdim. Tog‘da qasrlar bo‘lib, ularning eshik va pardalari ko‘zga tashlanib turar edi. Shu payt kimdir: «Dushmani yetib kelib halok etmasdan turib manavi bechorani qutqaringlar!» dedi. Eshiklar ochilib, pardalar ko‘tarilib, u yerdan yuzlari oyday bolalar chiqib kelishdi. Qizim ham ular bilan birga edi. Meni ko‘rib oldimga tushdi. O‘ng qo‘li bilan ajdarni urgan edi, u qochib ketdi. Keyin tizzamga o‘tirdi-da: «Ey otajon,

«Iymon keltirgan zotlar uchun Allohning zikri sababli va nozil bo‘lgan Haq – Qur’onga (tilovat qilinishi) sababli qalblari erib, qo‘rqish (vaqti) kelmadimi?!» (Hadid surasi, 16) dedi. «Ey qizim, sizlar ham Qur’onni bilasizlarmi?» deb so‘rasam, «Ha, sizlardan ko‘ra yaxshiroq bilamiz», dedi. «Bu yerda nima qilasizlar?» «Biz musulmonlarning vafot etgan yosh bolalarimiz. Qiyomat kunigacha shu yerda sizlarni kutib yashaymiz». «Ey qizim, meni quvlab, halok etmoqchi bo‘lgan ajdar nima edi?» «Ey otajon, u sizning yomon amallaringiz. Uni kuchaytirib – ko‘paytirib yubordingiz. Shuning uchun sizni halok qilmoqchi bo‘ldi». «Haligi munkillagan chol kishi kim edi?» «U sizning yaxshi amalingiz. Uni zaiflashtirib – kamaytirib qo‘ydingiz. Shu bois yomon amalingizga uning kuchi yetmadi. Allohga tavba qiling. Halokatga uchraguvchilardan bo‘lmang». Shunday deb u yuqoriga ko‘tarilib ketdi. Men cho‘chib uyg‘ondim va darhol Allohga tavba qildim».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 09:43:52
Solih Murriy hikoya qiladi: «Juma tunlaridan birida qabristonda tunab qoldim. Tush ko‘rdim: qabrlar yorilib, o‘liklar chiqib keldi va halqa-halqa bo‘lib o‘tirishdi. So‘ng ularga tepadan og‘zi yopiq tovoqlar tushdi. Ular orasida bir yigit bo‘lib, unga turli qiynoqlar bilan azob berilardi. Unga yaqinlashib: «Ey yigit, bu qavm orasida nega faqat sen azoblanyapsan?» deb so‘radim. «Ey Solih, Alloh haqqi senga tayinlaydigan ishlarimni bajar, omonatni ado et, ahvolimga rahming kelsin. Shoyad Alloh azza va jalla sen tufayli meni bu azoblardan xalos etsa. Men vafot etganimdan buyon onam yig‘lovchi, go‘yanda aytib yig‘lovchi ayollarni to‘plab, ular jo‘rligida kuniga dod-voy solmoqda. Shu sababli men azobdaman. Onamning yomon, bema’ni gap-so‘zi, azasi bois oldim-u ortim, o‘ng-u so‘limda olov. Alloh ularga mening nomimdan yaxshi mukofotlar bermasin», deb yig‘ladi u. Uning yig‘isini ko‘rib men ham ko‘z yoshlarimni tiyib turolmadim. «Ey Solih, Alloh haqi, onamning oldiga borgin. Ular falon joyda turadilar», deb manzilni tushuntirdi va davom etib dedi: «Ularga mening nomimdan aytginki, ey ona, nega farzandingizga azob berasiz. Meni naqadar yomon tarbiyaladingiz, qanchalar xunuk saqladingiz, o‘lganimdan so‘ng esa azobga tashladingiz. Ey ona, ahvolimni bir ko‘rsangiz edi: bo‘ynimda kishan, oyog‘imda taxtakach, azob farishtalari baqirib, urib azob berishmoqda. Avholimni bir ko‘rsangiz edi, menga rahmingiz kelardi. Agar hozirgi azadorligu, dod-voylaringizni bas qilmas ekansiz, u holda osmonlar yoriladigan, barcha xaloyiq hisob-kitobga ro‘baro‘ bo‘ladigan kuni ikkimiz oramizda Alloh hakam bo‘lur!»

Cho‘chib uyg‘ondim va ko‘rgan tushimdan ta’sirlanib tongacha uxlay olmadim. Tong otgach, shaharga kirdim. Mening birdan-bir maqsadim yigitning uyini topish edi. So‘rab surishtirib uyni topib bordim. Darvoza qoraga bo‘yalgan, hovlidan go‘yandalaru azadorlarning yig‘isi eshitilib turardi. Darvozani qoqqan edim, bir kampir chiqib: «Sizga kim kerak?» deb so‘radi. «O‘lgan yigitning onasi kerak edi», dedim. «Unda nima yumushingiz bor, u o‘z qayg‘usi bilan mashg‘ul?» dedi u. «Uni menga chaqirib bering, o‘g‘lidan unga xabar olib keldim», dedim. Kampir hovliga kirib ketdi. Bir ozdan keyin qop-qora kiyim kiygan, yig‘layvergani va shapatilayvergani sababli yuzi ham qorayib ketgan bir ayol chiqdi. «Siz kimsiz?» so‘radi u. «Men Solih Mirriyman. Kecha kechqurun qabristonda shunday-shunday voqealar ro‘y berdi. O‘g‘lingizni ko‘rdim. U azobda qolgan», deb tushimda ko‘rganlarimni aytib berdim. Ayol gapimni eshitgach, yerga yiqilib hushidan ketdi. O‘ziga kelgach: «Ey o‘g‘lim, meni kechir. Agar bu ahvolda ekaningni bilganimda edi, bu ishlarni qilmas edim. Men qilgan ishlarimdan Alloh taologa tavba qildim», deya qattiq yig‘ladi. So‘ng ichkariga kirib go‘yandalarni tarqatib yubordi va boshqa kiyim kiydi. Bir hamyon dirham uzatib: «Ey Solih, buni o‘g‘lim nomidan ehson qil», dedi. Duo qilib pullarni oldim va o‘g‘li nomidan sadaqa qildim. Keyingi juma tunida, odatdagidek qabristonga borib tunadim. Tushimda mayyitlarni ko‘rdim. Ular qabrlaridan chiqib halqa-halqa bo‘lib o‘tirdilar. Ularga tovoqlar tushdi. Haligi yigit shod-xurram, xushchaqchaq edi. Unga ham tovoq keldi. Meni ko‘rib oldimga keldi va: «Ey Solih, Alloh seni mukofotlasin. Onam qilayotgan noma’qul ishlarini tark etgani uchun Alloh azobni yengillatdi. Mening nomimdan qilgan sadaqang ham yetib keldi», dedi. «Bular qanaqa tovoqlar?» deb so‘ragan edim «Bular tiriklarning o‘liklarga xayr-ehson, xatmi Qur’on va duolardan iborat hadyalaridir. Har juma kechasi ularga olib kelishadi-da, bu senga falonchining hadyasi deyishadi. Endi onamning oldiga qaytib borganingda, ularga salomimni va ushbu gaplarimni yetkaz. Onajon, Alloh sizni mukofotlasin, mening nomimdan qilgan sadaqangiz yetib keldi. Siz menga yaqinsiz, tayyorgarligingizni ko‘ring», dedi. Keyin uyg‘onib ketdim. Bir necha kun o‘tgach, ayolning uyiga bordim. Eshik oldida tobut turgan edi. Kim qazo qildi, deb so‘ragan edim, yigitning onasi, deyishdi. Unga janoza o‘qib, o‘g‘lining yoniga dafn qildik. Uning haqiga duo qilib, o‘z yo‘limga ravona bo‘ldim».

Alloh taolo bizni musulmon holimizda vafot etdirishini, solihlar safiga qo‘shishini va do‘zaxdan saqlashini so‘raymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli, rahmli va mehribon zotdir.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 09:44:25
Muhammad ibn Yusuf Faryobiy hikoya qiladilar: «Bir necha ashoblarim bilan Abu Sinonni (Alloh rahmat qilsin) ziyorat qilgani bordik. U zotning huzurlariga kirib o‘tirganimizdan keyin: «Qo‘shnimizning akasi qazo qilgan. Yuringlar, unikiga ta’ziyaga chiqamiz», dedilar. Hammamiz turib, azadornikiga bordik. U akasining o‘limidan juda betoqat bo‘lib yig‘lar edi. Biz unga ta’ziya bildirib, tasalli berdik. U ta’ziyaga ham, tasalliga ham quloq solmas edi. Unga: «O‘lim hammaning boshida borligini bilmaysanmi?» degan edik, «Bilaman, biroq akam tunu kun azoblanayotgani meni qon yig‘latmoqda», dedi. «Alloh senga g‘aybni bildirdimi?» deb so‘ragan edik. «Yo‘q, lekin akamning yuziga tuproq tortib dafn qilgandan va odamlar tarqab ketgandan so‘ng qabri yoniga cho‘kdim. Shu payt qabridan: «Oh, meni o‘z holimga qo‘yinglar, meni azoblamanglar. Men namoz o‘qirdim, ro‘za tutardim», degan ovoz eshitildi. Bu gapdan men yig‘lab yubordim va ahvolini ko‘rish uchun qabrini kavladim. Lahadda olov alangalanib turar va uning bo‘ynida olov bo‘yinbog‘ bor edi. Ukalik mehrim qo‘zib, bo‘yinbog‘ni olish maqsadida qo‘limni uzatdim. Barmoqlarim va qo‘llarim kuyib qoldi», dedi-da, qo‘llarini chiqarib ko‘rsatdi. U kuyib qop-qora bo‘lib ketgan edi. So‘zida davom etib aytdi: «Uni qaytadan ko‘mib, qaytib keldim. Uning bu holiga qanday qilib yig‘lamaslik va xafa bo‘lmaslik mumkin?!» «Akangiz tirikligida nima amal qilar edi?» so‘radik biz. «Mol-mulkining zakotini bermas edi», dedi. «Bu Alloh taoloning:

«Alloh fazlu karami bilan ato qilgan narsalarning (zakotini) berishga baxillik qilgan kimsalar hargiz bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Yo‘q, bu qilmishlari o‘zlari uchun yomonlikdir. Baxillik qilib bermagan narsalari qiyomat kunida bo‘yinlariga o‘ralajak!» (Oli imron surasi, 180) degan kalomining tasdig‘idir. Azob akangizga qiyomat kunigacha qabrida beriladigan bo‘libdi-da», dedik».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 09:44:45
Alaviylardan biri Balxda istiqomat qilar edi. Uning xotini ham alaviy bo‘lib, qizlari bilan rohat-farog‘atda yashar edi. Kunlardan bir kuni u vafot etdi va xotini-yu qizlari qiyinchilik, faqirlikka mubtalo bo‘lishdi. Dushmanlarning ichiqoraligidan qo‘rqib, ayol qizlarini olib, boshqa shaharga ravona bo‘ldi. Uning safari qattiq sovuqqa to‘g‘ri keldi. Shaharga kirgach, qizlarini eski, kishilardan xoli masjidlardan biriga joylashtirib, ularga yegulik istab yo‘lga tushdi va ikkita jamoat oldidan o‘tdi. Biri musulmon kishi jamoati bo‘lib, u shahar oqsoqoli edi. Ikkinchisi majusiy kishi bo‘lib, u shahar noziri edi. Ayol dastlab musulmon kishiga o‘z holini bayon qilib: «Men alaviy ayolman. Yetim qizlarim bor. Ularni eski masjidlardan biriga joylashtirib, shu kechaga yegulik istab keluvdim», dedi. U kishi: «Oliyjanob alaviy ekaningga hujjat keltir», dedi. Ayol: «Men g‘arib ayolman, bu shaharda hech kim meni tanimaydi», degan edi, haligi kishi undan yuz o‘girdi. Uning huzuridan ayol qalbi o‘ksib uzoqlashdi va majusiy kishi huzuriga borib holini bayon qildi. Yetim qizlari borligini, o‘zi oliynasab, g‘arib ayolligini va musulmon kishi bilan o‘rtalarida kechgan suhbatni so‘zlab berdi. Majusiy borib, ayol bilan qizlarini hovlisiga olib kelishga xotinini jo‘natdi. Kelishgach, ularga mazali taomlar va yaxshi-yaxshi liboslar tortiq qildi. Ayol va qizlari majusiy xonadonida mo‘l-ko‘lchilik va ehtirom ichra tunab qoldilar.

Tun yarim bo‘lgach, haligi musulmon kishi tushida qiyomat qoim bo‘lganini ko‘rdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tepalariga alvon qadalgan edi. Shunda yashil zumraddan bino qilingan, ayvonlari la’l va yoqutdan ishlangan, la’l va marjon qubbali qasrga ko‘zi tushdi. «Yo Rasululloh, bu qasr kimga?» deb so‘ragan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Allohni bir deb biluvchi musulmon kishiga», deya javob berdilar. «Yo Rasululloh, men Allohni bir deb biluvchi musulmon kishiman», degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga javoban: «Alaviy ayol senga murojaat qilganda, unga: «Alaviy ekaningga hujjat keltir», degan eding. Xuddi shunday, sen ham menga musulmon bo‘lganing haqida hujjat keltir», dedilar. Kishi beva ayolni noumid qaytarganidan mahzun bo‘lib uyg‘ondi va shaharni aylanib, uni surishtira boshladi. Ayol majusiynikida ekani ma’lum bo‘lgach, majusiyni chaqirtirib keldi-da, unga: «Sendan oliynasab alaviy ayol va qizlarini menikiga jo‘natishingni xohlayman», dedi. U: «Buning sira iloji yo‘q, chunki ularning barakotidan men ko‘p narsalarga erishdim», dedi. «Ularni menga topshir, evaziga ming dinor beraman», degan edi, «Topshirmayman», dedi. «Ularni menga bermasang bo‘lmaydi», degan edi, u: «Sen xohlayotgan narsaga men haqdorroqman. Tushingda ko‘rgan qasr men uchun yaratilgan. Meni Islomga da’vat qilasanmi? Allohga qasamki, men va xonadon ahlim – barchamiz kecha kechqurun alaviy ayol qo‘lida musulmon bo‘ldik. Uxlab, sen tushingda ko‘rgan narsani men ham ko‘rdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan: «Alaviy ayol va qizlari senkidami?» deb so‘ragan edilar, «Ha, yo Rasululloh», dedim. «Qasr senga va xonadoning ahliga. Sen va xonadoning ahli jannat ahlidandirsiz. Alloh seni o‘zi azalda mo‘min qilib yaratgan edi», dedilar», dedi. Musulmon kishi uyiga qaytdi. U qanchalar afsus-nadomat chekkani va qayg‘uga botgani Allohga ayon.

Birodar, tul va yetimlarga qilingan yaxshilikning sharofati va barakotini ko‘rib qo‘ying. Zotan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham bejizga: «Beva va yetimga yaxshilik qilish yo‘lida harakat qiluvchi Alloh yo‘lida jihod qiluvchi kabidir», demaganlar (Muttafaqun alayh).

Mazkur hadis roviyi shunday deydi: «Tolmaydigan qoim (namoz o‘quvchi) va iftor qilmaydigan soim (ro‘zador) kabidir» ham dedilar, deb hisoblayman».

Beva va yetim yo‘lida harakat qiluvchi Alloh taolo roziligini istab, ularning og‘irini yengil qiladigan, tashvishlarini hal etadigan, ular foydasini ko‘zlab, yaxshilik qiladigan kishidir.

Alloh lutf va marhamati ila bizni shunday xayrli ishlarga muvaffaq aylasin. Albatta, U saxovatli, rahmli, mehribon va mag‘firatli zotdir.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 09:45:06
Salaflardan biri hikoya qiladi: «Men ilgari gunoh ishlarga, ichkilikka berilgan edim. Bir kuni muhtoj yetim bolani uchratib qoldim. Uni uyimga olib kelib, qornini to‘ydirdim, hammomda cho‘miltirib, sochlarini olib, kiyim kiydirdim. Qisqasi ota o‘z farzandiga marhamat ko‘rsatganiday, balki undan ham ziyodaroq marhamat ko‘rsatdim. Shundan so‘ng kechasi uxladim. Tush ko‘rdim. Go‘yoki qiyomat qoim bo‘libdi. Men hisob-kitobga chaqirildim va qilgan gunohlarim tufayli do‘zaxga hukm qilindim. Zaboniyalar (azob farishtalari) meni do‘zaxga sudrab keta boshladilar. Ularning qo‘llarida men zaif, haqir edim. Shu payt yo‘lda haligi yetim ro‘baro‘ keldi va: «Ey Rabbimning farishtalari, uni qo‘yib yuboringlar. Men Rabbimdan unga shafoat tilayman. Zero, u menga yaxshilik qildi va marhamat ko‘rsatdi», dedi. Farishtalar: «Bu bizga buyurilmagan», deyishdi. Shu payt Alloh taolo tarafidan: «Uni qo‘yib yuboringlar. Yetimga yaxshilik qilgani va yetim shafoati sababli unga so‘ragan narsalarini berdim», degan nido keldi. Keyin uyg‘onib ketdim-da, Alloh azza va jallaga tavba qildim va butun kuch-g‘ayratimni yetimlarga marhamat ko‘rsatishga sarfladim».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xodimlari Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytganlarki: «Uylarning yaxshisi unda yetim bo‘lib, unga yaxshilik qilinadigan uydir. Uylarning yomoni unda yetim bo‘lib, unga yomonlik qilinadigan uydir. Alloh taologa bandalarining eng suyuklisi yetim yoki bevaga yaxshilik qilgan kishidir».

Rivoyat qilinishicha, Alloh taolo Dovud alayhissalomga: «Ey Dovud, yetimga mehribon otadek, bevaga shafqatli erdek bo‘l. Bilginki, nima eksang shuni o‘rasan», deb vahiy qilgan.

Ya’ni, boshqaga qanday munosabatda bo‘lsang, senga ham shunday munosabatda bo‘lishadi. Bir kun kelib sen ham vafot etasan va yetim farzanding yoki beva ayoling qoladi.

Dovud (a.s.) o‘z munojotlarida: «Ey Ilohim, roziligingni istab yetim va bevani qo‘llab-quvvatlagan kishining mukofoti nima?» deb so‘ragan edilar, «Mukofoti – soyamdan o‘zga soya yo‘q kunda soyamga olishimdir», deya javob berdi.

Ma’nosi, qiyomat kunida arshim soyasida bo‘ladi, deganidir.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 09:45:31
Rivoyat qilishlaricha, bir kishi sotilayotgan bir qulni ko‘rib qoldi. Egasi: «Uning chaqimchilikdan boshqa aybi yo‘q», deb jar solar edi. Kishi g‘ulomning aybini pisand qilmadi va uni sotib oldi. Fulom xo‘jayinining uyida bir necha kun turganidan keyin uning xotiniga: «Xojam sizning ustingizga boshqa xotin olmoqchi yoki o‘ynash tutmoqchi. U sizni yaxshi ko‘rmaydi. Agar sizga mehri tushib, o‘ylagan niyatidan qaytishini istasangiz, unda xojam uxlagan paytida ustarani olib, soqolining tagidan bir necha tukni qirib olingda, ularni asrab qo‘ying», dedi. Xotin parishon holda: «Xo‘p», dedi va eri uxlagach, quli o‘rgatgan ishni qilishga jazm etdi. Keyin g‘ulom xo‘jayinining oldiga kelib: «Xojam, bekam o‘ziga o‘ynash tutib, unga juda o‘rganib qolgan. Shuning uchun sizdan xalos bo‘lmoqchi, bu kecha sizni so‘yishga jazm qilgan. Agar gapimga ishonmasangiz, unda kechqurun o‘zingizni uxlaganga solib yoting. Shunda sizni so‘yish uchun qo‘lida biron narsa ko‘tarib kelayotganini ko‘rasiz», dedi. Xo‘jayini unga ishondi. Qorong‘u tushgach, o‘zini uxlaganga solib yotdi. Xotini uning soqoli ostidagi tuklardan qirqib olish uchun ustara ko‘tarib keldi. Soqolidan qirqib olmoqchi bo‘lib, engashgan kuyi qo‘lini erining tomog‘iga cho‘zgan edi, u sakrab turib, ustarani tortib oldi-da, xotinini so‘yib tashladi. Xotinining qarindoshlari bu voqeadan xabar topib, u kishini o‘ldirdi va ikki urug‘ orasida qirg‘in boshlanib ketdi. Birgina chaqimchi, yolg‘onchi qulning kasofati bilan shunday falokat ro‘y berdi.

Shu bois Alloh taolo chaqimchini «fosiq» deb nomlagan:
«Ey mo‘minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biron qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizga afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab-tekshirib ko‘ringlar!» (Hujurot surasi, 6). 
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 09:45:47
Hikoya qilishlaricha, bir solih kishining Alloh yo‘lida solih do‘sti bo‘lib, uni har yili bir marta ziyorat qilar edi. Bir kuni birodarini ziyorat qilish uchun kelib, eshigini taqillatdi. Xotini: «Kim?» deb so‘radi. U: «Eringning Alloh yo‘lidagi birodariman. Uni ziyorat qilish uchun keldim», dedi. Shunda xotini: «O‘tin terishga ketgandi. Alloh uni sog‘ qaytarmasin, salomat qilmasin, undoq qilsin, bundoq qilsin», deya qarg‘ay ketdi. U kishi eshik oldida turgan vaqtda tog‘ tarafdan birodari sherga bir quchoq o‘tin ortib kelib qoldi. Birodari bilan salomlashib, xush kelibsiz deb, o‘tinni ichkariga kirgizdi-da, sherga: «Barakalloh, endi boraqol», dedi So‘ng birodarini ichkariga taklif qildi. Xotini hanuz qarg‘anar, tili bilan ozor berar, eri esa bir so‘z qaytarmay, sukut saqlar edi. Solih kishi birodari bilan bir oz tamaddi qilgan bo‘ldi. So‘ng uyiga qaytdi. U birodarining shunday bema’ni xotiniga sabr qilib yashayotganiga ajablangan edi.

Oradan bir yil o‘tgach, u kishi odatiga binoan, birodarini ziyorat qilish uchun kelib eshigini taqillatdi. Xotini: «Kim?» dedi. U: «Eringizning Alloh yo‘lidagi birodari, falonchiman», degan edi, xotini: «Marhabo, xush kelibsiz. O‘tira turing, u kishi, inshaalloh, sog‘-salomat kelib qoladilar», dedi. Kishi xotinining shirinsuxan va odobliligidan ajablandi. Shu payt birodari o‘tin orqalab kelib qoldi. Kishi bundan ham hayratga tushdi. Birodari kelib u bilan salomlashib, ichkariga taklif qildi. Xotini ularga taom hozirladi va ularni shirinsuxanlik bilan taomga taklif qildi. Kishi ketishi oldidan birodariga: «Sizdan bir narsa so‘ramoqchi edim», dedi. Birodari: «Nima?» degan edi, u kishi: «O‘tgan yili kelganimda xotiningiz beodob, ko‘p qarg‘anar edi, siz esa o‘tinni sherga ortib keldingiz. Vahshiy hayvon amringizga muntazir edi. Bu yil esa, xotiningiz shirinsuxan, qarg‘anmaydi. Biroq o‘tinni o‘zingiz orqalab keldingiz. Buning boisi nima?» deb so‘radi. Shunda birodari javoban: «Ey birodar, o‘sha bema’ni xotinim vafot etdi. Uning axloqsizligi va qiliqlariga sabr qilar edim. U bilan yashash behuzurlik bersa-da, chidaganim bois shekilli, Alloh taolo menga o‘sha sherni bo‘ysundirib qo‘ygan, u og‘irimni yengil qilar edi. Xotinim vafot etgach, mana shu soliha ayolga uylandim. Bu muborak, mute’ ayol bilan rohat-farog‘atda yashayapman. Shu bois, sher kelmay qo‘ydi va o‘zim o‘tinni orqalab kelishga majbur bo‘ldim», dedi.

Alloh taolodan O‘zi yaxshi ko‘rgan va rozi bo‘lgan narsalarga sabr-bardoshli etmog‘ini so‘raymiz. Albatta, U marhamatli, saxovatli zotdir.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Doniyor 21 Iyun 2006, 09:46:10
Bir kishi hikoya qiladi: «Qo‘li yelkasidan kesilgan bir kishini ko‘rdim. U: «Meni ko‘rgan har bir inson biron kishiga zulm qilmasin», deb nido qilardi. Unga yaqinlashib: «Ey birodar, nima bo‘ldi?» deb so‘radim. U: «Faroyib hodisa, – deb boshidan o‘tganini so‘zlab berdi. – Men zolimlarning yordamchilaridan edim. Bir kuni kattakon baliq tutgan baliqchini ko‘rib qoldim va uning oldiga kelib balig‘ini berishini so‘radim. U esa bu baliq puliga oilasiga u-bu narsa olib borishini aytib, bepulga bermasligini tushuntirdi. Men esa unga nisbatan kuch ishlatib, baliqni tortib oldim. Baliqni ko‘tarib uyga kelayotganimda, hali joni uzilmagan jonivor qo‘limni tishlab oldi. Uyimga kelib, baliqni tashlaganimdan so‘ng barmog‘im zirqirab og‘riy boshladi. Og‘riqning qattiqligidan uxlay olmadim. Qo‘lim shishib ketdi. Tong otgach, tabibga borib, og‘riqdan shikoyat qildim. U barmog‘imni ko‘rib: «Bu qorason (suyak chirishi) kasalining boshlanishi. Barmog‘ingni kesib tashlash kerak. Aks holda qo‘lingdan ayrilasan», dedi. Barmog‘imni kesib tashladim. So‘ngra qo‘lim og‘riy boshladi. Og‘riqning zo‘rligidan ko‘zimga uyqu kelmadi. «Kaftingni kesib tashla», deyishdi. Kaftimni ham kesib tashlashga majbur bo‘ldim. Keyin bu dard tirsakka o‘tdi, ko‘rib turibsizki, tirsakdan ham mahrum bo‘ldim. Butunlay qo‘limni kesib tashlaganlaridan so‘ng ba’zilar buning sababini so‘ray boshlashdi. Men baliq voqeasini hikoya qilib berganimdan so‘ng, ular: «Oldinroq borib, baliqchiga uzringni aytganingda, ehtimol biron-bir a’zoing kesilmasdi, haliyam kech emas, borib kechirim so‘ra, aks holda badaningga o‘tib ketmasin!» deb maslahat solishdi. Men baliqchini izlab topdim. Oyoqlariga yiqilib, yig‘lab o‘pa ketdim. «Sayyidim, Alloh haqqi, meni kechiring», deb yolvora boshladim. U: «Siz kimsiz?» deb so‘radi. «Men balig‘ingizni tortib olgan kishiman», deb bo‘lgan voqeani aytib berdim. Qo‘limni ko‘rib yig‘lab yubordi. «Ey birodar, boshingizga shunday balolar tushibdi. Mingdan ming roziman», dedi. «Sayyidim, Alloh haqqi ayting-chi, balig‘ingizni olib qo‘yganimda meni duoibad qilganmidingiz?» deb so‘ragan edim: «Ha, «Ey Allohim, bu bandang kuchliligi sababli menga rizq qilib bergan narsangni zo‘ravonlik qilib tortib oldi. Bas, menga shu bandang ustida O‘z qudratingni ko‘rsat», deb duoibad qilgan edim», dedi. «Sayyidim, mana Alloh mening ustimda O‘z qudratini ko‘rsatdi. Men endi zolimlarga xizmatchi bo‘lganimdan Alloh azza va jallaga tavba qildim. Inshaalloh, tirik ekanman, zolimlarning eshigiga qadam bosmayman va ularning yordamchilaridan bo‘lmayman. Tafviq Allohdandir», dedim».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 21 Iyun 2006, 09:48:09
Yer "yemagan" jasad.

Yunus Emro Islom olamining buyuk shoirlaridan biridir. U yozgan satrlar insonlarni haqiqtga, iymon - e'tiqodga chorlaydi, iymoniy tafakkurni shakllantiradi, Yaratganni hikmatidan ogoh etadi.Shuning uchun uning she'rlari hali - hanuz sevib o'qiladi. 1948 yili u zoti sharif dafn qilingan shahar bilan Anqarani bog'lovchi temir yolni kengaytirishga kirishildi. Yo'l kelib - kelib Yunus Emroning qabri ustidan o'tadigan bo'ldi. Loyihachilar eski qabr buzamiz deb reja qilishdi. Harakatlar boshlandi. Ammo bu ishning uddasidan chiqishning imkoni bo'lmadi. Qandaydir sirli holatlar yuzaga kelaverdi. Hatto, tekis qo'yilib kelayotgan relslar joyiga o'rnashmay qoldi. So'ngra Yunus Emroning qabrini shu yaqin oradagi tepalikka ko'chirishga qaror qilishdi va kunini tayin etishdi. Belgilangan kuni ertalab qabristonga kelishganida 30.000 ga yaqin odam qabr atrofini o'rab turardi. Mutasaddilar bu holdan batamom hayron qolishdi. Chunki qabrni ko'chirish butunlay sir tutilgan edi.Qabr juda ehtiyotkorlik bilan ochildi.O'sha yerda bo'lganlar Allohning yana bir mo'jizasini ko'rishdi.Tana ko'milganiga 700 yildan oshiq vaqt o'tgan bo'lishiga qaramay, biror joyi chirimagan edi.Buyuk shoirning bir qo'liyuzini yopgan, ikkinchisi esa ko'kragi ustida edi, go'yo ohista uhlardi.Tan ehtiyotkorlik bilan qabrdan chiqarilib tobutga solindi. So'ng yuz qadamlar naridagi yangi qabrga olib ketildi...

" Turkiye gazeti taqvimi"dan olindi".
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:37:28
Yosin – mening hujjatim.
(sement sotuvchi yigitning aytganlari)

“…to’g’risini aytsam, men ilgari o’g’ri bir bola edim. O’rganib qolgan ekanman, ov ilinjida bosh tiqmagan teshigim qolmagan. Birovning hamyonini kovlash, do’kondan nimanidur so’ramasdan olish, qo’shning moliga ko’z olaytirish – bular men uchun mayda chuyda ishlar edi. Bu jahiliyat zamonlarimni hech eslagim kelmaydi. Ammo o’n yillar muqaddam najib bir ibrat sodir bo’ldikim, o’g’rilikni tashlattirib qalbimga imon cho’g’ini solgan u voqeani har doim eslab turaman.
Mirshab (milisa) xalqi o’g’rilarni yahshi taniydi. Ularda qandaydir ichki sezgi, ichki tuyg’u bo’ladi, shekilli. Tajribali mirshablar yurish-turishidan qo’l va ko’z harakatlaridan bolaning kimligini farqlab oladi.
Bir kuni mening yo’limni to’sgan mirshablar ham tajribalilardan edi.
-O'g'riga o'xshaydi, - dedi biri ikkinchisiga.
Ko'p to'qnash kelgan emasmanmi, o'zimni erkin, beparvo tutaman. Biron narsani isbotlashga urinish befoyda baribir.
- Bo’limga olib borib, yaxshilab tekshirish kerak, - dedi ikkinchisi.
Xudo ko’rsatmasin.
- Oka ?! – deya bir og’iz so’z bilan e’tiroz va hayrat bildiraman.
Meni boshdan-oyoq ko’zdan kechirar ekanlar:
- Hov anavi cho’ntagingdagi nima? – deydi.
- Hujjatim! – deyman va beixtiyor ko’ylak cho’ntagimdan “hujjatimni” chiqarib beraman. Bu “hujjat”ni cho’ntagimga qachon, qaerda va nima uchun solib qo’yganimni o’ylab, hali bugungacha o’yimning oxiriga yeta olmayman.
- Iye, bu Yosin surasi-ku?! – deya ulardan biri yo’l bo’yida tik turganicha, bismilloh deb o’qiy boshladi: - Yosin. Val Qur’anil hakimi innaka laminal mursalina ‘ala sirotim-mustaqim. Tanzilal-‘azizir-rohim…
Men dovdiradim, dong qottim. Chunki, avvalo yonimda hujjatim yoq, ikkinchidan, yolg’onchi bo’ldim…Xudo haqqi, Alloh ularga insof berdi. Qo’limga Yosinni – Allohning kalomi bitilgan mo’jaz kitobchani tutqazarkan, biri ikkinchisiga:
- Yur, kettik, bu bola o’g’ri emas, - dedi.
Ular o’z yo’liga, men uyga qaytdim.
Shu-shu o’g’rilikni tashlaganman. Qalbimda Allohning kalomiga ixlosu muhabbat ham o’sha voqeadan keyin paydo bo’ldi…
To’g’ri gap, kitobni harflab qiynalib o’qirdim. Allohga oson ekan: uyda yotib olib, juda ko’p kitob o’qib tashladim arabiy imloni tuzuk-quruq bilmayman-u, ammo namozni kanda qilmayman.
Mana, ko’rib turganingizdek tinchlik uchun shu bozozrga chiqib sement sotaman. Bir kun unday, bir kun munday. Alloh bergan halol rizqni olib borib bola-chaqaga yediraman, ota onamning duosini olaman”.
Qalbida ichki bir hayajon gupurib turgan bu yigitning aytadigan gapi ko’p edi. Holbuki, vaqtim ziq. Gap-gapga ulanib boshlanib ketgan suhbatni to’xtatish niyatida sementning narxini yana bir bor so’rab, nari ketdim.

"Musulmonlar TAQVIM kitobi” dan
2000 yil II chorak
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:38:09
Istirjo’ xosiyati
(Bo’lgan boqea)

Ish bilan ketayotgan edik. Bir kishi mashinaga qo’l ko’tardi. Aftidan shoshilayotganga o’xshardi. Yo’lim bo’lsa, ola ketarman, degan hayolda toxtadi. Yo’lovchi mashinaga xiqa solib, o’zi melisada ishlashini, bir qariyani kimdiro’ldirib ketgani va shu ishni qizig’ida hal qilishi lozimligini aytib, tezroq yurishga qistadi. Yo’l-yo’lakay formada yurishni yoqtirmasligini, shuni deb boshliqlardan gap eshitayotganini ham so’zlab berdi.
Bir magazin oldiga kelganda to’xtatib: “Qancha pulingiz bor, hamamsini berib turing, boyagi ishga aloqali bir sabab bilan hali shu erdan pul olib turuvdim, uyga borib olib beraman”, dedi. Anchagina pulni olib, magazinga kirib chiqdi. “Qarz bo’lib yurishni yoqtirmayman, mashinani uyga haydang”, deya ortga qaytishga buyurdi. Bir uy oldida toxtatib, ichkariga kirib ketdi.
U ko’chada ancha kutib qoldi. Orada shomni ham o’qib oldi. Haligi odamdan darak bo’lavermadi. Oxiri u kirib ketgan uy yo’lagiga kirdi. Ne ko’z bilan ko’rsinki, yo’lakning u tomonidan ham eshik bor edi.
Nahot aldangan bo’lsa? Bozor-o’charga deb ajratgan pulini allaqanday notanish yo’lovchining qo’liga tutqazib qo’ysa-ya?
Afsuslanib o’tirib, birdan Rasulullohning (s.a.v.): “Poyafzalingizning bog’ichini yo’qotsangiz ham, istirjo’ (Inna lillahi va inna ilayhi roji’un) ayting”, degan muborak so’zlarini esladi. Esladi-yu chin dildan “istirjo’” ni takrorladi. Qalbida qandaydir taskin va halovat paydo bo’ldi.
Shu halovat og’ushida ishini bitkazib qaytayotgan edi, kimdir qo’l kotardi. Beixtiyor mashinasini toxtatdi. U kishi mashinaga chiqa solib: “Melisada ishlayman, bir qariyani…”, deya gap boshladiyu birdan baqrayib qoldi…

Mubashshir Ahmad
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:38:26
Qaltis savollaga buyuk javoblar

Imomi A’zamni uch dahriy savolga tutdi:
-Alloh qachon tug’ilgan?
-Qur’onda “U tug’magan va tug’ilmagan” deyiladi.
- Xo’p, qachondan bor?
- U zamondan oldin ham bor edi, hech bir narsa uning borligiga sabab bo’lmagan.
- Misol bilan tushuntir?
- Uchdan oldin ikki bor. Ikkidan oldin bir. Birdan oldin esa, hech narsa yoq. Birdan oldin hech qanqa son bo’lmaganidek, haqiqiy ma’noda BI bo’lgan Allohdan oldin hech narsa yo’qdir.
- Alloh qayoqqa qarab turadi?
- Qorong’u bir honada chiroq qayoqqa qaraydi? Hamma yoqqa. Xuddi shuningdek, yer va osmonlarning nuri bo’lmish Alloh ham hamma yoqqa qaraydi…
Imomi A’zamning javoblaridan so’ng ular yana bittadan savol berishdi. Birinchisi: “Bizga Allohni ko’rsat”, dedi. Ikkinchisi: “Jahannamda olov bilan azob beriladi. Holbuki, jinlar olovdan yaratilgan. Olov olovdan ta’sirlanadimi?” deb so’radi. Uchinchisi: “Hamma narsa qazo va qadar bilan bo’ladi, deysan. Demak, har bir odam qiladigan ishlarini majburan qiladi. Shundaymi?” dedi.
Shunda Imomi A’zam yerdan bir siqim tuproq olib ularning yuzlariga sochdilar. Ular qoziga shikoyat qilishdi.
Qozining so’roviga Imomi A’zam:
- Men uchta savolga bitta tuproq sochishim bilan bitta javob berdim. Bitinchi javob: tuproqdan uning ko’zi og’ridi. Ammo og’riqni ko’rolmadi. Bu bilan oddiygina ko’z og’rig’ini ko’rolmas ekan, Allohni ko’rishni da’vo qilmasa ham bo’lishini tushuntirdim. Ikkinchi javob: o’zi tuproqdan yaratilishiga qaramay, tuproqdan ozor ko’rdi. Olovning olovdan ta’sirlanishini angladi. Uchinchisi esa, jabriya farqasidan edi. “Odamlar ishlarini majburan qiladi”, derdi. Insondagi juz’iy irodani unitardi. Ammo mening juz’iy irodamni unutmadi, “tuproqni majburan otdi”, demadi. Mendan shikoyat qilib o’zini yolg’onchiga chiqardi, - dedilar.

Turkchadan Ulug’bek Sulaymon tarjimasi
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:38:53
Xudo poshsho

Bir marosimda uch-to’rt kishi u yoqdan bu yoqdan gurunglashib o’tirardik. Ichimizda kimdir yonidagiga choy uzatarkan: “O’rtoq, qizingni uzatibsan, endi o’g’lingni ham uylantirarsan”, dedi.
Piyolani olarkan, u: “Yo’q, o’g’lim hali uch yil o’qishi kerak. Bu yoqda joy muammosi ham bor. Bilasan onamiz, to’qsondan oshdilar. U kishi bandalikni bajo keltirsalar, kelinni kampirning uyiga tushuraman”, dedi.
Esim og’ib qoldi. “Onasi o’lganidan keyin to’y qiladigan” kishi yoshlari elliklardan oshgan, oily ma’lumotli, yurt ko’rgan boobro’ kishi bo’lganidan salobati bosdimi, hech birimiz churq etolmay qoldik.
Buni qarangki, shu honadonda aytilganidek uch yildan keyin to’y bo’ldi. Yangi kelin kampirning uyiga emas, qaynotasining uyiga tushdi. Chunki bir yil muqaddam yurak xurujidan vafot etgan o’g’lining o’rniga kampir nevarasini uylantirgan edi.

Omonulloh Mutal
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:39:10
Kabob voqeasi
(Rustam akaning aytganlari)

O’ttizinchi yillarning ocharchilik avj olgan kunlari edi. O’ziga to’q hisoblangan Muslim akaning o’g’ilchasi qo’shnilarning uyiga o’ynagani chiqdi. Qarasaki, o’rtoqlari yangi pishirilgan kabobni zo’r ishtaha bilan tushirishayotibdi. Ammo qo’shni amaki ham, bolalari ham uni taomga taklif qilmadi. Hatto “bor-bor” lab, chiqarib yuborishdi. Tabiiy, bolaning dili og’ridi, qorni to’q bo’lsa-da, juda kabob yegisi keldi. Uyiga kelib, otasiga shikoyat qildi. Muslim aka taajublandi: “Nahotki, qo’shnim bir sih kabobni shu go’dakdan qizg’ansa?! Tinchlikmikan, ishqilib”, dedi.
Qo’shnisining ostonasidan hatladi. Voqeani aytolmay, taraddudlanib turganida qo’shni o’zi so’z ochib qoldi:
-Hoynahoy, o’g’lingiz aytgandir…u go’sht sizning bolangizga to’g’ri kelmaydi, aka.
-Nega?
Go’sht chaynayotgan bolalaridan bir oz uzoqlashib, qo’shni shivirladi:
-uyda egulik yoq. Kichkinalar och. Zovur bo’yiga kimdir harom o’lgan molni chiqarib tashlagan ekan, shuning lahm joyidan kesib olib kelib beryotuvdim. Nochorlik…
Muslim akaning ustidan sovuq suv quygandek bo’ldi. Junjikib ketdi. Tili kalimaga aylanmay iziga qaytdi. Borib sandig’ini ochib, kichigining sunnat to’yiga deb to’playotgan pullarini qo’shnisiga olib chiqib berdi.

Bahodir Nurmuhammad
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:39:26
Jasur o'g'lon

Hazrati Umar ibn Xattob (r.a.) yo'l bo'yida o'ynayotgan bolalar yonidan o'tib ketayotgan edilar. Bolalar mo'minlar amirining salobatidan qo'rquvga tushishdi. Shu bois yo'lidan chetlashishdi. Lekin bir bolakay o'z joyida sobit turaverdi. Undan boshqa hech kim qolmadi. Mo'minlar amiri uning oldiga keldilar-da, tabassum qilib:
-Nima uchun sen qochmading?-deb so'radilar.
Bola Hazrati Umarga (r.a.):
-Yo'l tor emas, sizga bo'shatay desam, gunohkor ham emasman, sizdan qo'rqay desam,- deya mag'rur javob qildi.
Bolaning shijoatidan Hazrati Umar (r.a.) xursand bo'ldilar. Kelajakda ulug' inson bo'lishiga umid bo'gladilar.
Yillar o'tib bu umid haqiqatga aylandi. Bola ulg'ayib, zamonaning ulug'laridan biri-Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) nomi bilan tanilgan sarkarda bo'lib yetishdi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:39:44
Guvoh

Inson bu hayotda ko'p narsaning shohidi bo'ladi. Gohida yaxshi bir ishining, gohida nikohning, gohida esa gunohning, yolg'onning+
Orifjon ham bugun tangri taoloning bandalariga atagan ajib bir kuniga, ishoga guvoh bo'ldi.
Bir yumush bilan bolaligi o'tgan qishlog'iga brogan edi. Ishlarini bitirib bo'lgach, yoshlikdagi do'sti Murodni bir ko'rib ketmoqchi bo'ldi. Ancha yillardan beri ko'rishmagan.
Tanish eshikdan ichkari mo'ralab ovoz berdi. Lekin hech qanday javob bo'lmadi. Shu yaqin oraga chiqqandir, degan o'yda shundoq kiraverishdagi uyning derazasi yonida o'rnatilgan o'rindiqqa o'tirib kuta boshladi. Pastqam o'ylar, hovli Orifjonning bolalik xotiralarini uyg'otdi. Murod ikkalasi doim birga o'ynashar, birga dars tayyorlashar, maktabga ham birga borib-kelishar edi. Do'sti ota-onasiga yolg'iz edi. Orifjon qavhon kelsa, mana shu derazadan bo'yini cho'zib do'stini chaqirar, so'ngra o'ynagani chiqib ketishar edi. Ammo keyinchalik bu hol yo'qola bordi. Qachon do'stini chaqirgani kelsa, uni ko'zlari ko'kargan, yig'idan shishib ketgan bo'lardi. Gohida esa: Ey Xudo, otam bugun ichib kelmasin, onamni urmasin, o'zing insof ber, ey Xudoyim", deb ko'zlarida yosh ila duo qilayotganining ustidan chiqatdi. Esida, Murodning bechora onasi kaltak yeya-yeya olamdan o'tgan edi. Oradan qancha yillar o'tib ketdi. Balki otasi ham bandalik keltirgandir. Qarovsiz huvillayotgan hovli miyasiga shu fikrni keltirdi. Murodning o'zi-chi, nima qilyapti ekan?...
Orifjon shunday xayollar og'ushida ekan, ichkaridan ovoz eshitilganday bo'ldi. O'rnidan turib, ochiq derazadan yoshligidagi kabi ichkariga mo'raladi. Mo'raladiyu hayratdan qotib qoldi. Do'stining ayni o'sha duo qiladigan o'rnida keksa chol qollarini titragan ko'yi: Ey Xudo, ishqilib bugun ichmasin-d, o'zing insof ber o'g'limga, ey Xudo", deb iltijo qilar, ko'zlaridan sizib chiqayotgan yoshlar ajinlari oralab pastga yumalar edi...

Hasan Abdiyev, Parkent tumani
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:40:18
Inson va koinot

1978 yili Amerika Qo'shma Shtatlari Koinot markazida o'n besh mutaxassis koinotning bo'yi va eni yigirma metr keladigan xaritasini chizdilar. Xarita majlislar xonasiga osildi.
Bir kuni u yerga mehmon bo'lib kelgan bir doctor xaritani ko'rib hayratga tushdi va: Bo'lishi mumkin emas!" deb baqirib yubordi. Nima mumkin emas?" deb so'rashdi. Doktor: Yuringlar, hoziroq bizning universitetga boramiz", dedi.
Hech kim e'tiroz bildirmay, ikki yuz chaqirim naridagi universitetga yo'l olishdi. Doctor ularni bir xonaga boshlab kirdi. Bu safar koinot mutaxassislarining ko'zlari hayratdan chaqnadi. Huddi o'shanday xarita bu yerda ham osig'liq turardi! Bu qanaqasi Tibbiyotning koinot bilan nima aloqasi bor?" deb so'rashdi.
Doctor titroqlar ichida: Janoblar, bu koinotning emas, inson miya pardasining kattalashtirilgan xaritasi!" deb javob berdi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:40:38
Haqiqiy iymon

Bizga ushbu voqeani bir birodarimiz aytib bergan edi: “80-yillar oxirida taftish ishlari bilan viloyatlarga tez-tez safar qilar edik. Ana shunday safarlarning biri Buxoroga bo’ldi. Buxoroda ajoyib doctor tanishimiz bor edi. Do’stlar bilan kelishib, ana shu insonning uyida dam olishni rejalashtirdik. Sobiq ittifoq davrida insonlarning dinga bo’lgan e’tiborini hamam bilardi. Ayniqsa, tibbiyot sohasidagilar “din-afyundir!” shioriga qattiq amal qilishgan. Lekin biz qo’ngan manzil egasi sharoitlarimizni dinimizga moslab berdi.
Kechqurun xonadon sohibi bilan suhbatlashib o’tirganimizda, sheriklarimdan biri so’rab qoldi:
-Kechirasiz, diyonatli doktorlarni kam ko’rganmiz. Siz ancha-muncha ilmli ko’rinasiz. Islom dinini o’rganishingizga nima sabab bo’lgan?
Bu savol doktor oshnamizni bir oz o’ylatib qo’ydi va xayollarni uzoq-uzoqlarga olib ketdi:
-Qiblagohimiz oilada to’ng’ich farzand bo’lganlar. Bir ukalari bo’lgan. Allohning taqdiri bilan aka-uka otasiz qolishganida, padari buzrukvorimizga oilani boshqarishdek ulkan vazifa yuklatilgan. Otam turmush taqazosi bilan madrasada ilm ololmasdan, oilani boqish uchun yoshlikning qaynoq davrlarini zahmatu mehnatga alishdilar. Biroq bir oiladan, bir ilmli chiqishi kerak, deb amakimning sarf-harajatini ko’tarib, Misr Arab madrasasiga berdilar. Amakim bir necha yillar o’qib olim bo’lib yetishdilar. Afsuski, qatag’on davri boshlanganida, otilishi kerak bo’lgan kishilarning ro’yhatida amakim ham bor edi.
Bir kuni uyda o’tirganimizda NKVDning odamlari kelishdi. Ular o’sha paytda kimni olib ketishsa, uning janozasiga tayyorgarlik ko’rilardi. Otam darvoza oldiga borib, ularga o’zlarini amakimning ismlarini aytib tanishtirdilar. Hozir kiyinib chiqay, deb uyga kirdilar. Biz amakim bilan otamni kutib o’tirardik. Otam kelib amakimga shunday dedilar:
-Uka, sizga Alloh taolo o’z ne’mati – ilmni ato qildi. Odamlarning sizda katta haqlari bor. Hozir men sizning o’rningizga ketaman, bolalaringizga qo’shib, mening farzandlarim ham sizning zimmangizda. Bir amallab Allohning ilmini saqlab qolasiz va uni odamlarga yetkazasiz, degan umidim bor. Agar ko’rishmasak, qiyomatda diydor bor. Allohga omonat!
Oxirgi so’zlari shu bo’ldi. Otamni olib ketganlar shu kunning o’zidayoq bir tepalikka olib chiqib otib tashlashibdi. Amakim boshqa ism bilan salomat qoldilar. Menga ilm berdilar, farzandlari olim bo’ldi, odamlar ham u kishining ilmidan bahramand bo’lishdi!”
Aka-ukachilikni qarang-ki, din uchun jon ham almashtirib yuborilsa. Balki bu aka-ukachilik rishtalaridan ko’ra mustahkamroq bo’lgan Allohning arqonini ishlab qolish uchun fidoiylik emasmi? Bugungi kunlarimizgacha dinimizning yetib kelishida man shunday qurbonlar bo’lgan. Olimlikka da’vo qilmasa-da, Islomni ko’pgina ilmlardan ko’ra yaxshiroq tushunishgan, iymonlari haqiqiy bo’lgan.

Hayrulloh Hamidov
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:40:59
Musibatga sabr

Er-xotin yolg’iz o’glimizni soliha bir qizga uylantirdik. O’g’limiz juda e’tiqodli, odob ahliqli edi. Bir o’g’limga, bir kelinimga qarb quvonar, bunday ne’matlarni ato etgan Yaratganga shukronalar qilardim. Lekin xursandchiligimiz uzoqqa cho’zilmadi. Oradan bir yil o’tar o’tmas, og’limiz og’ir kasallikka chalindi. Bu orada ular farzand ko’rishdi. O’g’lim ayoliga bolani “Taborak” surasini o’qib emizishni buyurdi.
Jigarbandining kasali kundan-kunga zo’rayib, yorug’ dunyo ko’zimizga qorong’u bo’lib ketar, kecha-kunduz Allohga yolvorib iltijolar qilardik. Bolam ikki yil davomida qattiq azob chekishga qaramasdan, biror marta ham namozini qazo qilmadi. Gohida tahorat, gohida tayammum bilan ibodatda bardavom bo’ldi. Og’riq kuchaygan pauytlarda “Alloh, Alloh, o’zing shifo ber” deya nola qilar, buni eshitib battar ezilar, go’yoki hayot men uchun tugagan edi. Bu musibatdan hech qachon nolimas, ayni vaqtda menga: “Bu dardni nega berding, deb Allohga nolimang. Aks holda ibodatlar bekor ketib qolishi mumkin”, derdi.
Kasallik brogan sari kuchayib, oshqozonga borib yetdi, natijada u ovqat yeyolmay qoldi. Madori yoqligidan unga tayammum qildirib qo’yar edim, o’g’lim qo’lini ko’tarib, namozga imo qilardi. Faqat ibodatini ko’ngildagidek ado qila olmayotganligidangina nolirdi, xolos.
Jigarbandim, ko’zimning oqu qorasi so’nggi kunlarini boshidan kechirar, gapirgani holi ham yoq edi. Ovozi chiqmasa-da, og’zi qimirlab, tili bilan “La ilaha illalloh” deganini eshitganimda uni bag’rimga bosib: “Bergan sutimga roziman, bolam!” deya yurak-yuragimdan unsiz yig’ladim.
Alloh, yolg’izgina bolamni- yodgorimni qaytarib oldi. Tilimga faqat bir duo kelardi: “Allohim, menga sabr ato et!” O’ksik qalbimga birgina narsa malham bo’la olardi.: “O’g’lim iymon bilan, ibodat bilan ketdi! Bolaginam sendan roziman. “Sabr qiling”, der eding. Sabr ila seni jannatda ko’rmoqni tunu kun so’rayman. Menga sabr va jannat ber, Allohim!”

Ona maktubini oqqa ko’chiruvchi Habibahon, Quva shahri.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 25 Iyun 2006, 06:41:14
Umra sabog’i

Bu voqeani mimomlardan biri so’zlab bergan edi: “Har uch-to’rt yilda Umra ziyoratiga borishni odat qilgandim. Navbatdagi safarim har doimgilaridan boshqacha bo’ldi. Barcha ziyoratchilar kabi hamma amallarni to’la-to’kis ado qildim. Ramazon ro’zasi bilan jismim, Umra mallari bilan ruhim yengillashganini dildan his qilib turardim. Ayniqsa, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va ssalamning qabrlarini ziyorat qilar ekanman, u yerdan taralayotgan muattar bir hid kishi ruhiyatiga boshqacha ta’sir ko’rsatardi…
Birdan uyga qaytish oldidan mana shu muattar hid taratayotgan mushki anbardan albatta olib ketaman, degan fikr xayolimga keldi. Chunki bu hidga juda sarmast bo’lib qolgan edim. Safarimizning oxirgi kunlari uyga, qo’ni-qo’shni, qarindosh-urug’ va birodarlarga esdalik sovg’alari olish uchun rastalar yoniga bordim. Olmoqchi bo’lgan narsalarim ichida menga mushki anbar muhim edi. Uni barcha rastalardan astoydil qidira boshladim. Lekin hech bir mushk unga o’xshamasdi. Nihoyat bir yamanlik do’kondordan: “Assalomu alaykum, kechirasiz, sotayotgan mushklaringiz orasida Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning qabrlari atrofida taralayotgan mushkdan bormi?”, deb so’radim. U esa ajablanib shunday dedi: “Siz Payg’ambarimiz alyhissalom haqlarida hech narsa bilmas ekansiz, borib yaxshilab o’rganing!”
Bu gapdan hangu mang bo’lib qoldim, o’rtamizdagi suhbat arab tilida bo’layotgani uchun unga yaxshi tushuntiraolmadim shekilli, deb o’yladim. Uni gapi meni juda ajablantirganidi. Shunda men unga Qur’oni karimni yod olganimni va bir masjidga imom ekanimni ham aytdim. U baribir yana o’sha: “Siz Payg’ambarimiz alyhissalom haqlarida hech narsa bilmas ekansiz, borib yaxshilab o’rganing!” degan gapni takrorlardi. Baribir hech nimaga tushunmadim. Shunda u : “Birodar, siz aytayotgan mushk sotuvda yoq, bo’lmaydi ham. U zotning qabrlari yoniga hech qanday mushk sepilmaydi. Balki bu hid Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning hidlari bo’lib, o’n to’rt asrdan buyon shu xushbo’ylik taralib turadi…”
Bu gapni eshitib o’zimdan uyalib ketdim. Ha, bu men uchun Umra ziyoratidan topgan eng katta hikmat va haqiqat edi. Menimcha, bu mo’jiza dunyoning biror nuqtasida uchramasa kerak.
Shundan buyon masjidlar atrofida mushk olayotgan kishilarning o’zaro suhbatlarini eshitib qolsam, yamanlik sotuvchining so’zlari esimga tushaveradi: “Siz Payg’ambarimiz alyhissalom haqlarida hech narsa bilmas ekansiz, borib yaxshilab o’rganing!”

Nurali Rizaqulov
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:32:03
* * *

Bir kar odamning ho‘kizi yo‘qolib qolibdi. Ko‘chada qidirib yurib, yanada karroq odamga duch kelibdi. Ittifoqo bu odam ertalab eshak topib olgan ekan. Kar odam ho‘kizi yo‘qolganini aytib, uning shoxlari-yu, dumlarining ta’rifini keltiribdi. Karroq odam unga javoban:
— Ha, to‘g‘ri, men eshagingni topib qo‘yganman, suyunchini berginu olib ketaver, — debdi.
Kar odam esa yana ho‘kizining ta’rifini qilaveribdi. Shu holda gap talashib turishganda eshagiga bir juvonni mingashtirib olgan oqsoqol ko‘rinibdi. qarangki, oqsoqol ulardanda karroq ekan. Yo‘lni to‘sib, biri ho‘kiz, biri eshak haqida tinmay gapirayotgan odamlarga qarab: «Xotinni olib qo‘yishmoqchi shekilli», deb o‘ylab:
— Yaqinda xotinim o‘ldi. Bu juvon begona emas, xotinimning cho‘risi edi, — debdi.
Xullas, uchchovi uch xil gapirib, bahslashib, haqiqat istab qoziga kelibdilar. Xudoning qudratini qarangki, qozi ulardan battar kar ekan. Ramazon oyi yaqinlashib qolgan, agar yangi Oy ko‘rinsa, nog‘oralar chalinib, elga ma’lum qilinishi kerak ekan. qozi ularning tinmay, bir-birlariga gap bermayotganlaridan «Ha, ular yangi Oy chiqqanini ko‘rishibdi-da», degan qarorga kelib, xizmatkorlariga buyuribdi:
— Hoy, nog‘oralarni chalinglar, ertaga sahardan ro‘za!
Qissadan hissa: bir-birimizning gaplarimizga tushunishni istamay yurganimizda o‘sha odamlarga o‘xshab qolmaymizmi?

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:32:43
* * *

Alloh-taolo Muso alayhissalomdan so‘radi:
— Qo‘lingdagi nima, ey Muso?
— Bu hassadir, ya Robbim.
— Uni nima qilasan?
— Suyanib yuraman.
— Mendan boshqa suyanadigan, sig‘inadigan narsa yo‘g‘ligini bilmaysanmi? qo‘lingdagi narsani yerga tashla.
Hazrat Muso hassani yerga tashlaganlaridan keyingi sir ko‘pchilikka ma’lum: bir vaziyatda u jonivor bo‘lib ko‘rindi, boshqa bir vaziyatda dengiz ikkiga bo‘linib, ummat omon-eson o‘tib oldi. Ulamolarning ayrimlari Muso alayhissalom suyanib yuruvchi hassani nafslariga dalolat qilinganiga ishorat etadilar.
Barcha dinlarda, barcha zamonlarda odamning nafs quliga aylanmasligi uchun ehtiyotkorlikka chaqiradilar. Donolardan biri deb ekanlarkim: «Alloh yaratgan eng yaramas mahluq nafsdir. Chunki nafs faqat o‘ziga qarshi bo‘lgan narsalarni istaydi.»
Rivoyat qilishlaricha, hazrati Zulqarnayn safarlari chog‘ida nafsni yengishga uringan bir qavmga duch keladi. Bu yerdagi insonlarning birontasi boylik to‘plash bilan shug‘ullanmas ekan. Taomlari ham asosan sabzavotdan iborat ekan. Bu yerdagilar o‘zlariga qabr qazishib, uning yonida ibodat qilarkanlar. Zulqarnayn bundan ajablanib, bu qavmning hukmdorini huzuriga chaqirtiribdi. Hukmdor esa «Mening hech kim bilan ishim yo‘q. Kimning menda ishi bo‘lsa, o‘zi yonimga kelsin», debdi. Zulqarnayn yanada ajablanib, uning yoniga kelib: «Seni chaqirtiruvdim, nega kelmading?» deb so‘rabdi. Hukmdor, tilyog‘lamalik qilib o‘tirmay:
— Senga hech bir ehtiyojim yo‘q, agar bo‘lganida huzuringga borar edim, — debdi. — Sening menda ehtiyojing bordirki, chorlatibsan.
— Ehtiyojim — sizlardagi ahvolning siridan voqif bo‘lmoqlik, — debdi Zulqarnayn.
— To‘g‘ri fahmlabsan, ey hukmdor, bizning oltin va kumushlarga ehtiyojimiz ham, ishimiz ham yo‘q. Chunki bir ozgina bo‘lsa-da, oltin yoki kumush topgan kishining yanada ko‘proq topishi uchun huzurini yo‘qotganini ko‘rdik. Shuning uchun ham dunyo sarvatidan voz kechganmiz.
— U holda bu qabrlar kimga kerak? Nega qabr qazib, ularning yonida ibodat qilmoqdasizlar?
— Bu ishimizdan maqsad ham dunyo sarvatiga mayl qo‘ymaslikdir. qabrlarni ko‘rgach, bir kunmas bir kun shu yerga tushishimizni o‘ylab, hamma narsadan voz kechamiz.
— Nega sabzavotdan boshqa narsalarni yemaysizlar? Hayvonlarni boqib, suti va go‘shtini iste’mol qilsalaringiz bo‘lmaydimi?
— Oshqozonlarimizning jonli hayvonlarga mozor bo‘lishini istamadik. Sabzavotlar bilan hayot kechirmoq mumkin ekan, bizga shu ma’qul. Zero, tomoqdan o‘tganidan keyin hech bir narsaning ta’mi qolmaydi, — deb javob bergan ekan qavm hukmdori.

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:32:51
* * *

Rivoyat qiladilarkim, payg‘ambarimiz hazrat Muhammad alayhissalomga Allohning rasuli vazifasi berilgan choqda Iblis alayhila’naning yordamchilari hovliqib kelib:
— Bir payg‘ambar jo‘natilibdi va bir ummat paydo bo‘libdi, — deb xavotir bilan xabar berishibdi. Shunda Iblis so‘rabdi:
— O’sha ummat nafsning havoyi istaklariga berilib yashashni sevarmikin?
Yordamchilar «ha, sevarkan», deb javob berishganda, Iblis hotirjamlik va mamnunlik bilan debdiki:
— Nafsning havoyi istaklariga berilib yashashni sevsalar — masala yo‘q, biz uchun tashvishli yeri ham yo‘q. Butga topinishlari mutlaqo shart emas. Men ularni uch vosita bilan yo‘ldan ozdiraman: Birinchisi — haqsiz va g‘ayriqonuniy foyda topdirish orqali, ikkinchisi — topgan-tutganlarini loyiq bo‘lmagan narsalarga harj qildirish orqali va uchinchisi — loyiq bo‘lgan narsalarga sarflashdan yuz o‘girish orqali. Bilingkim, butun yomonliklarning manbai shulardir.

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:33:00
Donishmand shayxning huzuriga bir mo‘ysafid kelib: «Shayx hazratlari, endi men qarib qoldim, kun o‘tkazishim ham mashaqqatga aylanyapti. Menga pand-nasihat qiling, shoyad Alloh ishlarimni yaxshi yo‘lga boshlasa», — debdi.
Shunda shayx mo‘ysafidga xitoban debdiki:
— Birodarim, agar sen esda tutuvchi bo‘lsang ham, xotirang yuqori maqomda bo‘lsa ham ikki narsani esdan chiqargin: avvali — xalq uchun qilgan yaxshiligingni, keyini — birovning senga qilgan yomonligini.
— Mardlik va odamiylik haqida ham so‘z ayting.
— Minnat yukiga bardosh bermoqlik — odamiylik nishonasidir. qo‘lidan keladigan ishni o‘zgadan darig‘ tutmaslik esa mardlikdir.
— Hamisha mo‘‘min va musulmon bo‘lib yurmoqlik haqida ham ayting, shayxim.
— Kishining aybini qidirmaslik — musulmonlikdandir. Yomon so‘zlarni aytmaslik mo‘‘minlikdandir, — deb shayx nasihatiga yakun yasagan ekan.

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:33:11
Vazir podshohning kayfiyati siniq ekanini fahmlab, ko‘nglini ko‘tarish uchun bir hazil gap aytibdi. Podshoh qoshlarini chimirib qo‘yibdi-yu, indamabdi. Bu hol uchinchi takrorlanganida u g‘azablanib:
— Menga bema’ni gaplarni aytmoqqa qanday jur’at etyapsan! Yo‘qol, ko‘zlarimga ko‘rinma, yo‘qsa boshingni olaman! — deb quvibdi.
Vazir dono ekan, «ketganim ma’qul, sog‘insa o‘zi qidirtirib topadi meni», deb uyiga ham kirmay, uzoq qarindoshlarinikiga borib, panoh topibdi. Podshoh yangi vazir tayin etibdi, ammo undan ko‘ngli to‘lmabdi. Vazirlar almashinaveribdi, podshoh esa dono vazirini sog‘ingandan sog‘inaveribdi. Uni qidirtiribdi, ammo izini ham topolmabdi. O’ylay-o‘ylay «Kimki bosh vazir lavozimini orzu qilsa, saroyga kelaversin, savollarga mukammal javob bersa bu yuqori martabani egallaydi, javob bera olmasa sazoyi qilinadi», deb jar soldiribdi. Bu chaqiriqqa juda oz odam ishonib kelibdi. Ular orasida eski kiyimda, soqollari o‘sik, cho‘loq va bukri bir odam ham bor ekan. Avval tuzukroq kiyimdagi, ko‘rinishdagilar imtihon qilinib, javoblariga ajr olibdilar - sazoyi qilinib, sharmanda bo‘libdilar.
Navbat bukriga kelganda so‘rabdilar:
— Dunyodagi barcha dengizlardagi marvaridlarning soni qancha?
Bukri istehzo bilan javob beribdi:
— Dunyodagi odamlarning ko‘zlari qancha bo‘lsa, dengizdagi marvaridlar ham shunchadir.
So‘radilar:
— Inson tanasi uchun eng zarur narsa nima?
Bukri javob berdi:
— Salomatlik.
So‘radilar:
— qaysi qurol mo‘ljalga bexato ura oladi?
Bukri javob berdi:
— Aqlli inson ongi, tafakkuri.
So‘radilar:
— qum bilan shakar aralashib ketgan bo‘lsa, uni suvga solmay turib ajratish mumkinmi?
Bukri javob qildi:
— Mumkin. Bu aralashmani chumoli uyasi yoniga to‘ksangiz, chumoli shakarni tashiydi-yu, qum sizga qoladi.
So‘radilar:
— Sen dengiz suvini ichib ado qila olasanmi?
Bukri javob qildi:
— Albatta. Siz avval dengizga kelib quyuluvchi barcha daryo va irmoqlarni to‘xtatib berasiz, men esam dengiz suvini ichib quritaman.
So‘radilar:
— O’lik gulxanda yonarkan, tirikni nima kuydiradi?
Bukri javob berdi:
— Tirikchilik tashvishi.
So‘radilar:
— Eng tuban yumush nadir?
Bukri javob berdi:
— Tilanchilikdir.
Savollar adog‘iga yetgach, bukri podshohga murojaat etib: «Vazirlaringizga men ham bitta savol bersam bo‘ladimi?» deb so‘rabdi. Podshohdan ijozat tekkach:
— Eshikning g‘ijirlashi nimani anglatadi? — deb so‘rabdi.
Vazirlar o‘ylab-o‘ylab tayinli javob aytisholmagach, u istehzo bilan kulib debdiki:
— Bu savol siz o‘ylaganchalik mushkul emas: eshikning g‘ijirlashi — uning ochilib yopilganidan dalolatdir.
Podshoh quvonib ketibdi, «bu bukri bo‘lsa ham g‘oyat dono ekan, hatto avvalgi dono vazirimdan ham a’loroq ekan», deb vazirlik sarpolarini keltirishni amr etibdi. Shunda bukri:
— Podshohim, men Allohning bir ojiz bandasiman. Avval sizning yoningizda bir dono vazir bo‘lardi, men uning o‘rnini egallamoqqa loyiq emasman, — debdi.
— Ha, bor edi, — debdi podshoh, — men nodonlik qilib uni quvib yuborgandim. Endi u yo‘q, izlab izlarini ham topolmadim.
— Afsuslanmang, podshohim, chin yurakdan qidirgan bo‘lsangiz uning o‘zi huzuringizga keladi. Men uning qaerdaligini bilaman.
— qaerdaligini aytsang, tilagan tilagingni beraman, — deb quvonibdi podshoh.
Shunda bukri qaddini tiklabdi, yasama soqolini yulib tashlabdi. Podshoh o‘rnidan turib dono vazirini bag‘riga bosibdi.
qissadan hissa shuki, tafakkur kishini hech qachon xor yoki zor qilmaydi.

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:33:22
* * *

Podshoh vazirining ukasi huddi akasi kabi hukmdorga suyumli bo‘lishni orzu qilibdi. «Sen o‘z yumushingdan qolma», debdi akasi. Ammo uka akasiga hasad qilib, uning o‘rnini egallamoq qasdida podshohga ro‘para kelibdi-da, o‘zini dono bilib:
— Men osmonda itlarning hurishini eshitdim, — debdi. U nodon «gapimda falsafiy ma’no bor», deb o‘ylagan ekan. Podshoh esa «Huzurimda bunday bema’ni gap aytmoqqa jur’at etgan bu nodonni zindonga tashlang», deb hukm qilibdi. Shunda aka:
— Podshohim, bu mening ukamdir, bir ozgina gapga no‘noq, maqsadini durust bayon qila olmaydi. U yolg‘on so‘z aytgani yo‘q. Kecha burgut bir kuchukchani olib uchgan ekan. U o‘sha kuchukchaning angillashini eshitgan,— deb ukasini jazodan qutqarib olibdi.
Shundan so‘ng ham ukaga aql bitmay, yana podshohga ro‘para bo‘libdi-da:
— Men uzgan kamon o‘qi kiyikning ham tuyog‘iga ham qulog‘iga tegdi, keyin o‘z-o‘zidan qovrildi. Men uni mazza qilib yedim, — debdi.
Podshoh yana g‘azablanib, yana zindonga hukm qilibdi. Shunda aka yana o‘rtaga tushibdi:
— Podshohim, ukamning gapga no‘noqligini avval aytib edim. U hozir ham yolg‘on so‘z aytmadi. Ukam nihoyatda mergan. U o‘q uzgan damda kiyik tuyog‘i bilan qulog‘ini qashiyotgan ekan. O’q tuyoq bilan quloqni teshib o‘tib qayroq toshga tegibdi-yu, uchqun chiqib, hashak o‘t olibdi. Kiyik go‘shtini shu o‘tda pishirib yebdi.
Qissadan hissa shukim, bo‘zchi bilganini to‘qigani ma’qul.

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:36:30
 * * *

Bir rivoyat o‘qidimki, uni siz, azizlar bilan baham ko‘rmasam bo‘lmas:
Cho‘l o‘rtasida bir badaviy arab xotini bilan chodirda yashar edilar. Bir kuni xotini xasrat qilib qoldi:
-Butun yo‘qsullik va jafoni biz chekyapmiz. Boshqalarning umri farovonlik bilan o‘tyapti. Faqat bizlargina faqirmiz. Nonimiz yo‘q, qatig‘imiz oz. Piyolamiz yo‘q, suvimiz esa - ko‘z yoshi! Kunduzi ko‘ylagimiz - quyosh, kechasi to‘shagimiz - oy. Ochlik sababidan ba’zan Oyni non deya xurujga tushamiz. Bu ketishda holimiz nima bo‘ladi?
Badaviy xotiniga bunday javob qildi:
-Ey xotin, qachongacha dunyo moli uchun hasrat chekasan? Bu dunyoda yana qancha umrimiz qoldi? Aqlli kishilar oz-ko‘pga qaramaydilar. Yoshligingda qanoatli eding, qarigan sari hirsing ortmoqda. Oltin istaysan, holbuki avvallari o‘zing oltin kabi eding. Senga nima bo‘ldi?
Xotin esa bu so‘zlarga parvo qilmay faryod etishda davom etaverdi:
-Ey nomus nimaligini bilmaydigan odam! Sizning ma’nosiz so‘zlaringizdan toqatim toq bo‘ldi. Holimizni ko‘rib uyalmaysizmi? Menga qanoatli bo‘l, deysiz. qachongacha sabr qilay? Sabr qachon jonimizga aro kirgan edi? Bu gaplarni unutib to‘qlik yo‘lini izlasangiz-chi!
Bu noshukurlikdan g‘azablangan badaviy dedi:
-Sen ayolmisan yoki boshimga kelgan dardmisan? Men yo‘qsilligim bilan iftixor qilaman. Boshimni og‘ritma! Mol, mulk va pul boshdagi kuloh kabidir. Kuloh esa kallarning najotidir. Boylar - quloqlariga qadar gunohga botgan kishilardir. Mol-mulklari esa ularning gunohlarini yashirib turadi. Yo‘qsillik nimaligini sen qaerdan bilar eding? Yo‘qsillikni xor-zorlik o‘rnida ko‘rma! Alloh ko‘rsatmasin, mening bu dunyodan ta’mam yo‘q. Ko‘nglimda esa qanoat va sabr to‘la bir olam bor. Ey xotin, janjalni bas qil. Janjalni bas qilmasang, meni tinch qo‘y. Men yaxshilik bilan ham, yomonlik bilan ham janjal qila olmayman. Janjalga toqatim yo‘q. Janjal u yoqda tursin, ko‘nglim tinchlikdan ham behuzurdir. Ovozingni o‘chir, bo‘lmasa boshim oqqan tomonga ketvoraman...
Ayol erining o‘z so‘zlaridan qaytmasligini ko‘rib, ko‘ziga yosh oldi, go‘yo pushaymon bo‘ldi. Badaviy ham xotinining ko‘z yoshlaridan ta’sirlanib, aytgan so‘zlaridan bir oz pushaymon ham bo‘ldi.
Erining pushaymonligini sezgan ayol unga shunday maslahat berdi:
-Ko‘zada yomg‘ir suvi bor. Butun mol-mulkimiz shundan iborat. Bu ko‘zani olib, hoqonlar hoqonining huzuriga boringda bu sovg‘amizni bera turib shunday deng: «Bizning bundan bo‘lak hech mol-mulkimiz yo‘q, zotan, cho‘lda bundan yaxshiroq sovg‘a ham topa olmaysiz. Podshohimizning xazinalari to‘la bo‘lsa ham unda bu kabi suv topilmasa kerak. Bunday suvni topish oson emas».
Bechora ayol Bag‘dod shahrining o‘rtasidan daryo oqib o‘tishini qaerdan bilsin? O’zi to‘plagan suvni maqtagandan maqtayverdi, eri ham nihoyat uning so‘zlarini ma’qul deb topdi:
-Bunday sovg‘a tayyorlash hammaning qo‘lidan kelavermaydi. Bunaqa toza suvni faqat podsholar ichib huzurlanishlari mumkin.
Shu qarorga kelgan badaviy ko‘zaning og‘zini mahkamlab, Bag‘dod sari yo‘lga tushdi. Ko‘za sinib qolmasin, suvi to‘kilmasin, deb uni ko‘z qorachig‘idek asradi. Kunlar, haftalar yo‘l bosib, nihoyat Bag‘dodga yetib keldi. Izlab-izlab halifaning saroyini topdi. Saroy posbonlari uni to‘xtatib, maqsadini so‘radilar.
-Ey muhtaram zotlar, men bir g‘arib badaviyman. Podshohimizning lutfu marhamatlaridan umidvor bo‘lib cho‘ldan keldim. Bu sovg‘amni podshoh hazratlariga elting, podshohdan umidvor bo‘lgan kishining ehtiyojlariga shu yo‘sinda javob bering. Bu nihoyatda totli suvdir. Uni cho‘lda yomg‘ir tomchilaridan to‘plaganmiz. qarang, ko‘zam ham yap-yangi...
Posbonlar avvaliga badaviydan kuldilar. Keyin uning sofdil niyatlarga o‘ralgan sovg‘asini qabul qilib oldilar. Badaviy esa saroyning narigi qanoti ortida ko‘pirib oqayotgan daryodan xabarsiz podshodan xabar kutib o‘tirdi.
Badaviyning suv to‘la ko‘zasini xalifaga berishgan edi, u nihoyatda quvondi. Badaviyni huzuriga chaqirtirdi. Undan hol-ahvol so‘rab, yangi ust-boshlar kiydirdi-da, xizmatkorlariga amr etdi:
Ko‘zasini oltinga to‘ldirib, egasiga qaytaringlar. Uyiga esa daryo yo‘li bilan kemada olib borib qo‘yinglar. U bu yerga cho‘l yo‘lidan kelibdi. Unga daryo yo‘li yaqindir.
Badaviy daryoni ko‘rganda hayratdan shoshib qoldi va Allohga shukrlar qildi.
Endi mazkur rivoyatning sharhi sifatida mavlono Jaloliddin Rumiy «Masnaviy»larining ma’nosi bilan tanishsak:
«Ey o‘g‘il! Sen butun dunyoni og‘ziga qadar ilm va go‘zallik bilan liq to‘lgan bir ko‘za deb bilginkim, ko‘zada to‘lib turgan ilm va go‘zallik Allohning hikmati bo‘lgan daryodan bir qatradir. U yashirin bir xazina edi. To‘lib-toshib, tuproqqa jon berib, bu tuproqni osmondan ham moviylashtirib yubordi. Yashirin xazina shu tarzda oshkor bo‘lib, tuproqni atlasga o‘ralgan holga keltirdi. Bu badaviy ham Allohning daryosidan bir qatra ko‘rganda edi, haqiqatda dengiz bo‘lgan bu qatraning qarshisida ko‘zasini chil-chil sindirgan bo‘lur edi».
Rivoyatda «xalifa saroyi» deb bildirilgan joyni «Ilohiy dargoh» deb anglamoq lozim. Musulmon kishi naqadar ilm, irfon, mol-mulk va ibodat sohibi bo‘lsa ham, bu boyliklarga ishonib, o‘zidan ketmasligi, ularning borligidan aldanmasligi kerak. Bu boyliklarini Allohning bir lutfi o‘rnida ko‘rib, o‘z amallari esa daryoga nisbatan bir piyola suv miqdorida ekanligini aslo unutmasligi zarur.
Badaviyning cho‘lda ming mashaqqat bilan yiqqan bir ko‘za suvi uning uchun hayot dorisi - tiriklik suvi edi. Holbuki bu «dori» daryoga to‘kilgandan keyin bir zumda yo‘q bo‘lib ketdi. Insoniyatning bashariy imkonlar bilan qo‘lga kiritishga uringan narsalari ham, ilohiy san’atdan tushunib yetgan narsalari ham «daryo»ning bir tomchisiga arzimaydi. Bu holat chumolining o‘z inini, baliqning esa hovuzni yoki akvariumni dunyo deb bilishi kabidir xalos. Insonlar ham o‘zlarining nodonliklarini unutib, ulkan ko‘zguning yolg‘onlariga ba’zan ishonib qoladilarda xuddi o‘sha chumoli va baliq holiga tushadilar. Alloh bizlarni shundan asrasin!
Payg‘ambarimiz alayhissalomning «Allohim, Senga shukr va tasbeh aytaman. Biz Seni Senga loyiq ma’rifat bilan taniy olmadik», degan muborak so‘zlarining mag‘zini chaqib ololsak edi...

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:36:44
* * *

Bir zolim odam yomonlikdan qaytishni ixtiyor etib, bir kuni saharda ibodat qilib o‘tirsa, ro‘parasida farishta paydo bo‘lib debdiki:
— Yomonliklaring uchun Alloh senga jannatni ravo ko‘rmadi. Lekin qilayotgan ibodatlaring evaziga jannatdan bo‘lak nimani so‘rasang, beriladi.
— Agar jannat menga harom qilingan bo‘lsa, — debdi zolim odam, — ibodatlarim uchun so‘raganim ijobat qilinsa, so‘rovim shuki, Alloh meni shu qadar bahaybat odamga aylantirib qo‘ysinki, mendan boshqa hech kim do‘zaxga sig‘masin.

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:36:52
* * *

Podshohning ustozi unga «Sen uch kishini o‘limga hukm qilishda hech tahammul (sabr) qilmag‘il: birinchisi — mulkingni egallashga harakat qilgan kishini, ikkinchisi — molingni o‘g‘irlagan kishini, uchinchisi— siringni fosh qilgan kishini», deb qayta-qayta nasihat qilardi. Bir kuni podshoh vazirini saroydan chetlatish niyati borligini aytib, ustozi bilan maslahatlashdi. Vazir bu maslahatdan ogoh bo‘lib, bir tadbir ishlatdi. Podshohning ustozini mehmonga chorlab, izzat-ikrom bilan kutib oldi. Ustoz o‘zini tiya olmay, sharobdan ko‘proq ichib, podshohning niyatini aytib qo‘ydi. Vazir esa tongga qadar mol-mulkini ro‘yxat qilib, podshohning huzuriga kirib: «Ey podshohim, shu ro‘yxatdagi barcha mol-mulk siznikidir, kamina bu boyliklaringizga faqatgina posbondirman, bu boylikni qabul eting, olampanoh, meni zinhor dushman deb gumon qilmang», degach, podshoh ajablanibdi. Ustozini chaqirib, «Vazir haqidagi niyatimni faqat sizga aytuvdim, u makkor qaydan ogoh bo‘ldi ekan?» deb so‘rabdi. Shunda ustoz uzr bilan debdiki:
— Sirni dushmanga aytganim, ajalim yetganidan dalolatdir. Garchi mastlikda aytib yuborgan bo‘lsam-da, bu mastlik uzr qatoriga o‘tmaydi. Endi pand-nasihatimga ko‘ra, meni o‘limga hukm qilmog‘ing shart. Aks holda, saltanatingdan baraka ketadi.»
Podshoh ustozini kechirsa ham, u o‘z so‘zida qattiq turib oldi va o‘z qilmishiga yarasha o‘lim topdi.

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:36:59
* * *

Bir mamlakatda har kuni podsho o‘zgararkan. Ertalab taxtga o‘tirib, shomda amalni topshirarkan. Bir odam «agar men podsho bo‘lsam bir kun emas, o‘lgunimcha taxtda o‘tiraman», debdi. Do‘stlari uni kulgi qilibdilar. Ittifoqo o‘sha odam podshoh bo‘libdi. Taxtga o‘tirishi bilan «Hamma saroyga bittadan tuxum olib kelsin», deb amr qilibdi. Amr ijro bo‘lgach esa, peshin chog‘ida «Hamma o‘zi olib kelgan tuxumini olib ketsin», deb farmon beribdi. Odamlar «men olib kelgan tuxum kattaroq edi», deganlaricha shoshilib, tanlab-tanlab, tortishibdilar oqibat shu bo‘libdiki, o‘zlarinikini emas, boshqalarnikini olibdilaru luqmalariga harom aralashibdi. Tuxum talashib, shom chog‘i podshohni unutishibdi va u odam aytganiday to o‘lgunicha qadar taxtdan tushmabdi.
Qissadan hissa shuki, faqat halol luqmagina mamlakatni obod qila oladi.

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:37:08
* * *

Sahroda ov qilib yurgan podshoh mulozimlaridan ajrab, adashib qolibdi. Yonidagi sodiq vaziri bilan yura-yura toliqibdi. Shomga yaqin cho‘ponning chodiriga yo‘liqishibdi. Cho‘ponning ikkitagina qo‘yi bor ekan. Mehmonlarning izzati uchun bittasini so‘yib, taom pishirib kelibdi. Podshoh taomga qo‘l ham uzatmabdi. Shunda vazir xojasining faqat kalla go‘sht iste’mol qilishini aytibdi. Cho‘pon avval bitta kallani pishirib keltiribdi. So‘ng ikkinchi qo‘yini ham so‘yibdi. Ketar mahallarida vazir:
— Olampanoh, ko‘rdingizki, cho‘pon boyaqish borini dasturxonga qo‘ydi, siz uchun ikkala qo‘yini so‘ydi. Agar biron boy bizni bundan o‘n ziyoda to‘kinlik bilan mehmon qilganida ham, uyida bundan yuz barobar ko‘proq mulki qolardi. Bu boyaqishning esa hech nimasi qolmadi, — debdi.
Podshoh bu gapdan erib, cho‘ponga qamchisini uzatibdi-da, debdi:
— Saroyimga bor, bu qamchinni ko‘rsatsang hech kim sening yo‘lingni to‘smaydi. Men sening boshing ustidan dur sochaman.
Uch-to‘rt kun o‘tgach, cho‘pon «borib ko‘ray-chi», deb yo‘lga tushibdi. Chindan ham uni saroy eshigi oldida birov yo‘lini to‘smabdi.
Cho‘pon ichkariga kirganida podshoh ibodat qilayotgan ekan.
— Nima qilyapti u? — deb ajablanibdi cho‘pon. U shu yoshga kirib namoz nimaligini bilish u yoqda tursin, Allohning nomini ham eshitmagan ekan.
— Iltijo qilyapti, — deb tushuntirishibdi unga.
— Nima so‘rayapti? — deb so‘rabdi cho‘pon.
— Boylik so‘rayapti, — deyishibdi.
— Agar o‘zi boylik so‘rayotgan bo‘lsa, mening undan bir nima so‘rashimga hojat yo‘q ekan. Men undan emas, balki u iltijo qilayotgan Zotning o‘zidan so‘ray qolaman, — deb iziga qaytibdi.
Cho‘pon podshoh qanday harakatlar qilgan bo‘lsa, qaytarib «Ey Xudo, senga podshoh ham iltijo qilib boylik so‘radi, o‘sha boylikdan menga ham ber, ko‘rib turgandirsan, men juda kambag‘alman», debdi.
Oradan hafta o‘tib, cho‘pon chodirini ko‘chirish harakatiga tushibdi. Ustunni ko‘mish uchun chuqur kavlayotgan ekan, oltin va kumush to‘la ko‘za chiqibdi. Cho‘pon ko‘zani ko‘tarib, podshohga ro‘para bo‘libdi.
— Shu paytgacha nega kelmading, seni kutdim? — deb so‘radi podshoh.
Cho‘pon kelib-ketganini, ko‘rganini aytgach:
— Men ham siz iltijo qilgan zotdan so‘ragan edim, shu boylikni berdi. Mulozimingizga ayting, hisoblab, qabul qilib olsin.
Podshoh cho‘ponning marhamatidan quvonib, oltin-kumushlarni sanab olishni buyuribdi. Vazir esa bosh chayqab debdi-ki:
— Cho‘ponning ikkitagina qo‘yi bor edi, siz uchun so‘ydi. Siz uni mukofotlamoqchi edingiz, u sizdan hech nima so‘ramadi. Uni Xudo taqdirladi. Endi Xudoning in’omini tortib olmoqchimisiz?
Qissadan hissa: ko‘z to‘ymasa shunaqasi ham bo‘lib turarkan.

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:37:17
* * *

Ittifoqo hukmdorning ko‘zi bog‘bonning go‘zal xotiniga tushibdi-yu, shayton vasvasa qila boshlabdi. U bog‘bonni bir bahona bilan safarga jo‘natibdi-da, go‘zalga «barcha eshiklarni yaxshilab berkit», deb buyuribdi. Xotin amrni bajargach, ehtiyotdan so‘rabdi:
— Hamma eshiklarni berkitdingmi?
— Yo‘q, — debdi ayol, — uchta eshikni harchand urinsam ham berkitolmadim.
— qaysi eshiklar ekan, o‘zim berkitay, — debdi nafsga bandi hukmdor.
— Ularni siz berkitolmaysiz. Men vijdon, hayo, sadoqat eshiklarini berkitolmadim.
Hukmdorga ozgina bo‘lsa-da, insof bor ekan, ayolning gapini eshitib, o‘zining qilig‘idan uyalibdi.

Tohir Malikdan
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:37:26
* * *

Bir toshkesar bor ekan. Topgan pulini o‘zi yerkan, ortsa gadolarga berarkan, ulardanda ortsa — itlarga tashlarkan. Ertagi kuni uchun hech narsa olib qo‘ymas ekan. Kunlarning birida safardagi taqvodor uning kulbasiga qo‘nibdi. Toshkesarning qanday yashashini ko‘rib, duo qilibdiki:
— Ya Rabbim, bu qulingni bunchalik kambag‘allikda ushlama, unga ham boylik ber.
Uning iltijosiga javoban farishta debdiki:
— Sen kimni duo qilayotganingni fahmlamading. Biz uning fe’l-atvorini bilamiz, boylik berilsa u o‘zini eplay olmay qoladi.
— Bu odam boriga qanoat qilib yashashga o‘rgangan, boylik oldida talvasaga tushmaydi, — deb yana iltijo qilibdi taqvodor.
Xullas, uning duosi ijobat bo‘lib, toshkesar tog‘da bir g‘orga duch kelibdi. Ichkari kiribdi-yu, behisob boylikka ega bo‘libdi.
U boylikni yashirincha uyiga tashib keltiribdi. So‘ng boshqa mamlakatga ko‘chibdi. Dang‘illama saroy qurdiribdi. Eshiklari og‘ziga posbonlar qo‘yibdi. Xasislik balosiga mubtalo bo‘lib, muhtojlarni ham unutibdi, hatto unga boylik ato qilgan Xudoni ham esidan chiqaribdi. Shunda farishta taqvodorga bu haqda xabar beribdi. Taqvodor toshkesarni insofga chaqirmoq qasdida yo‘lga tushib, uning saroyiga ro‘para bo‘libdi. Posbonlar uni ichkariga kiritmay, urib-urib haydashibdi. Shunda farishta yana paydo bo‘lib debdiki:
— Kimni duo qilganingni endi fahmlab yetdingmi?
— Aybdor menman, har qanday jazoga tayyorman, — debdi taqvodor.
— Boylikni hamma ham ko‘tara olmaydi. U toshkesarligini qilgani ma’qul,-debdi farishta.
O’sha kunlari toshkessar mamlakat podshosiga qarshi fitna tayyorlayotgan ekan. Podsho bundan xabar topib, uni ta’qib eta boshlabdi. Odamlarini zindonband qilibdi, saroyining kulini ko‘kka sovuribdi. Toshkesar bir amallab qochib qutilibdi. Boylik topgan kuni tog‘da qoldirgan cho‘kichini izlab topibdi — asliga qaytibdi.
Xuddi shunga o‘xshagan voqealar hozir ko‘p uchrayapti. Bir qaralsa — odamning tagida qo‘sh mashina, saroymand uy qurgan. Bir qarasa, mashinalar ham uylar ham sotilgan... Kechagi boy bugun qarzga botgan... «Ko‘rpangga qarab oyoq uzatgin», deganlari shudirda, a?

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:37:33
* * *

Hotamtoyning qo‘rg‘onida qirqta darcha bor ekan. Har kuni muhtojlar shu darchalarga kelisharkan, Hotamtoydan sadaqa-ehsonlarni olib, duo qilib ketisharkan.
Bir kuni Hotamtoyning ukasi onasiga nolib qolibdi;
— Nima uchun hamma faqat akamni alqaydi, duo qiladi. Men ham sahiyman-ku?
Onasi o‘g‘lining boshini mehr bilan silabdi-yu, javob bermabdi.
Ertasiga darchalardan birida tilanchi kampir ko‘rinibdi. Hotamtoy uyda yo‘q ekan, ukasi sadaqa beribdi.
Haligi kampir ikkinchi darchadan kelib so‘rabdi. Uka yana sadaqa beribdi. Uchinchi darchadan ham uzatibdi. To‘rtinchiga kelganda Hotamtoyning ukasi:
— Sen qanaqa tilanchisan o‘zing, hozir uch marta olding-ku? — deb achchiqlanibdi. Shunda kampir boshidagi eski yopinchiqni olibdi. U gado emas, Hotamtoyning onasi ekan.
— Ana ko‘rdingmi, o‘g‘lim, — debdi ona, — men shu ahvolda qirqta darchadan so‘raganimda ham akang lom-mim demay sadaqa bergan. Sen o‘zingni sahiy deb bilganing bilan, asli qoningda xasislik bor, bolam. Akang chaqaloqligida bitta ko‘kragimni emib, ikkinchisini emmas edi, senga ilinardi. Sen esang bitta ko‘kragimni emib turib, ikkinchisini qo‘ling bilan changallab, berkitib turarding... Akangday bo‘lolmasligingni men o‘shanda bilganman...
Dunyodan ko‘p boylar o‘tdi. Hotamtoy esa bittagina edi. Hozir ham boylar ko‘p dunyoda. Hotamtoy esa...

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:37:43
* * *

Bir odamning ro‘parasidan ojiz odam chiqib qoldi. «Bu ko‘zi ojiz odamni bir sinab ko‘rmaymi?» debdi u kishi va to‘g‘ri borib unga urilibdi.
— Sen qanday bezorisan, menday ko‘zi ojiz notavonni turtding-a, Xudodan qo‘rqmaysanmi? — deb nolibdi ojiz.
— Men ham ojiz odamman, senga behos urildim, kechir meni, — debdi u kishi. Uzr qabul etilib, ular o‘tiribdilar-da, shirin suhbatni boshlabdilar.
— Omadim kelib yigirmata kumush tangaga yetishdim, — debdi u kishi, — lekin bu tangalarning qay biri asl, qay biri soxta ekan, bilmayman.
— Omadingiz kelibdi, birodar, men ko‘zim ko‘r bo‘lguniga qadar zargar edim. Tangalarning qay biri soxta, qay biri asl — barmoqlarim bilan silab turib ham bilib beraman.
U kishi go‘yo ojizning gapiga inongan bo‘lib, kumush tangalarni beribdi. Ojiz esa tangalarni belboqiga tugib, o‘tirgan yeridan surila-surila nari ketibdi-da, pisib olibdi. Nazarida berkinib olganday bo‘libdi. Ko‘zi ochiq kishi uning bu qiliqidan achchiqlansa-da, xuddi ojizni ko‘rmayotganday, iltijo qilibdi:
— qaerdasiz, birodar, men pullarni ko‘p azoblar bilan topgan edim, sho‘rimni quritib qo‘ymang, o‘zingiz esa gunohga botmang.
Ojiz javob bermay, pisib o‘tiraveribdi. Shunda u kishi bir kesak olibdi-da:
— Ya Xudoyim, o‘zing mehribonsan, agar u birodorim shayton yo‘liga kirib, tangalarimni olib qo‘yishni xayol qilgan bo‘lsa, shu kesak uning oyog‘iga tegsin, — deb kesakni otibdi. Ojiz oyog‘iga kesak tegishi bilan cho‘chib, yanada nariroq surilibdi.
— Ya Robbim, men birodarim degan odam makkorlik qilib tangalarimni olib qo‘ymoqchiga o‘xshaydi. Agar shunday bo‘lsa, bu kesak uning yelkasiga tegsin! — Bu safar ham kesak mo‘ljalga tekkach, ojiz yana joyini o‘zgartiribdi.
— Ya Robbim, o‘zing mehribonsan. Agar birodarim chindan ham makkor o‘g‘ri bo‘lsa bu tosh peshonasiga tegib, miyasini o‘pirib chiqib ketsin! — debdi u kishi. Bu gapdan ojiz qo‘rqib ketibdi. «U ikki marta kesak otuvdi aytgan joyga tegdi, bunisi ham mo‘ljalga tegsa, o‘laman, tangalar kimga qoladi?» — deb o‘ylab, jonholatda:
— Hoy, birodarim, muncha hovliqmasang, men tangalaringni saralayapman-ku, axir, — debdi.
— Xudo seni bekorga bu ahvolga solmagan ekan. Sen — so‘qir, men basirni aldamoqchi bo‘lding-a! — degan ekan u kishi.
Hayotda shunaqasi ham uchrab turadi. Hech kim ko‘rmayapti, deb gunohlarni qilaveramiz. Bilolmaymizki, hatto tun pardasi ham ayblarimizni yopa olmaydi. Hazrat Ahmad Yassaviy bolalik chog‘larida muallimlari buyuribdilarki:
— Bolalar, ertaga har biringiz bitta xo‘rozni tutib, Allohning nazari tushmaydigan joyda so‘yib kelinglar.
Bolalarning biri xo‘rozni tunda so‘yibdi, yana biri ko‘prik ostida... so‘yib kelishibdi. Ahmad Yassaviy hazratlari esa xo‘rozni tirigicha ko‘tarib kelibdilar.
— Sen nima uchun aytganimni qilmading? — debdi muallim.
Shunda bo‘lajak valiy javob beribdilarkim:
— Ustoz, men xo‘rozni so‘ymoqlik uchun Allohning nazari tushmaydurgon joyni topolmadim. Yer yuzasining har bir nuqtasiga, kunu tun Allohning nazari tushib turibdi.
Hazrat Ahmad Yassaviy bolalik chog‘laridayoq bu haqiqatni anglaganlar. Agar inson bolalari ham bu haqiqatni tushunib yetsalar edi, qancha-qancha gunohlarning oldi olinardi...

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:37:56
* * *

Bir kishi qushbozoriga borib ikkinchi kishidan chumchuqni qafasi bilan birga sotib olib, uyiga olib kelibdi. qushchaning boshini uzib, sho‘rvaga solish niyatida qo‘l cho‘zgan ekanki, mo‘‘jiza yuz berib, chumchuq xuddi odam kabi gapira boshlabdi:
— Ey marhamatli odam, meni yeb nima naf topardingiz, yaxshisi meni qo‘yib yuboring, evaziga uchta foydali gap aytay sizga.
U odam «hamonki qushcha odam tilida gaplashdimi, demak, bunda sir bor. Aytadigan gapi ham anov-manov bo‘lmas», degan to‘xtamga kelib, qushchaga, «nasihatlaringni ayt», debdi.
Chumchuq:
— Birinchi nasihatimni qafas ichida aytaman, ikkinchisini qo‘lingizga qo‘ngan holda, so‘nggisini esa daraxt shoxiga qo‘ngach aytaman,— deb shart qo‘ybdi. U odam shartta ko‘ngach, birinchi foydali gapini aytibdi:
— qo‘lingizdan ketgan narsaga afsuslanib, ranjimang. Chunki u baribir iziga qaytmaydi.
U odam «gapida hikmat bor, lekin bu asosiy nasihati emasdir», degan fikrda qafasni ochibdi-da, qushchani qo‘liga qo‘ndirib, «ikkinchisini ayt-chi», debdi.
— Agar birontadan aqlga sig‘maydigan gap eshitguday bo‘lsangiz aslo unga ishonmangiz, — debdi chumchuq, so‘ng uchib borib daraxt shoxiga qo‘nibdi-da: — nodon odam ekansiz, qornimda yigirma misqollik gavhar bor edi, sezmay meni uchirib yubordingiz-a, shuncha boylikdan quruq qoldingiz-a, — debdi.
Bu gapni eshitgan odamning es-hushi uchib, boshlariga mushtlab, o‘zini la’natlay boshlabdi. Chumchuq uning alamli holatini bir oz kuzatibdi-da;
— Ey inson farzandi, hozirgina sizga ikki foydali gap aytgan edim. Bu gaplar u qulog‘ingizdan kirib, bunisidan chiqibdi-da, a? Avval aytdimki, qo‘lingizdan ketgan narsaga zinhor afsuslanmang, deb. Men qo‘lingizdan uchib ketdim, endi ming nadomatlar cheking, qaytmayman. Shunday ekan, o‘zingizni la’natlab nima qilasiz? Uchib ketish oldidan aytigan ikkinchi foydali gapim shu ediki, birontadan aqlga sig‘maydigan gap eshitsangiz, inonmang. Bu nasihatni ham darrov unutibsiz. qani, bir o‘ylab ko‘ring-chi, o‘zim kichkinagina bo‘lsam, o‘n misqol ham chiqmasam, qornimga yigirma misqollik gavhar sig‘ar ekanmi, a? — debdi.
Bu gapdan u odamning esi o‘ziga kelib, chumchuqqa yalinib;
— Unda uchinchi gapingni ayt, balki foydasi tegar, — debdi.
— Menga yaxshilik qildingiz, so‘zlarimga ishonib, erkinlik berdingiz, — debdi chumchuq — shuning evaziga bu daraxtni tagini kavlangda, oltin to‘la ko‘zani oling.
Umidvor kishi chumchuqning aytganini qilib, oltin to‘la ko‘zani qazib olibdi-da:
— Shunchalar aqlli ekansan, hatto yer ostidagi oltin to‘la ko‘zani ko‘ribsanu, o‘z oyog‘ing tagiga qo‘yilgan tuzoqni ko‘rmay, oqibatda qafasga tushibsan, — debdi.
Shunda chumchuq debdiki:
— Ey inson farzandi, g‘aflat g‘alaba qilganida, ko‘rar ko‘z ham ko‘rmas bo‘lib qolarkan...
Chumchuqning aqli yetgan haqiqatga odamlar ko‘p hollarda yetib borolmaydilar. g‘aflatdan o‘zi asrasin...

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:38:08
* * *

Hazrat Alisher Navoiy chin so‘zni mo‘tabar, deb sharaflaganlar. Yolg‘onni barcha yomonlaydi, ammo hamma ham undan qochmaydi. Shunday odamlar borki, yolg‘on topolmay qolgandagina rost so‘zlaydilar. Insof egalari esa aksincha.
Podshoh ovda kiyikni quvib yurgan ekan. Kiyik bir insof egasining yonginasidan qochib o‘tib, butazorga yashirinibdi. Oradan ko‘p o‘tmay podshoh insof egasiga ro‘para kelib:
— Shu yerdan bir kiyik qochib o‘tmadimi? — deb so‘rabdi.
Insof egasi og‘ir vaziyatga tushibdi: ko‘rdim, desa bechora kiyik o‘ldiriladi. Ko‘rmadim, desa yolg‘on gapirgan bo‘ladi va o‘zi gunohga botadi. Shunda insof egasi donolik bilan debdiki;
— Ey podshohim, ko‘zlarim kiyikni ko‘rdilar ammo gapirolmaydilar. Tilim gapira oladi, ammo u kiyikni ko‘rmadi.
Podshoh bu dono gapdan so‘ng kiyikdan voz kechib, iziga qaytgan ekan.
Hayot qiziq; yolg‘onga ishonib, chin gapga ishonmaydiganlar ham bo‘lar ekan.
Rivoyat qilishlaricha, uch aka-ukaning kattasi beva qolib, so‘ng oradan picha fursat o‘tgach, uylanibdi. Kichkinagina to‘y ham qilishibdi. Mehmonlar ketishgandan so‘ng qarashsa, ko‘chada, shunday eshiklari yonida anchagina boylik ortilgan oq tuya turganmish. Aka-ukalar quvonib, boylikni tashib olishibdi-da, birov bilmasin, deb tuyani so‘yishib, terisini ko‘mib qo‘yishibdi.
Ertasiga tuyaning egasi qishloqqa kelibdi. Yo‘lda katta akani uchratib, oq tuya ko‘rgan-ko‘rmaganini so‘rabdi.
— Men bug‘doy ekmoqchiman, — debdi aka unga javoban.
— Men sendan oq tuyamni so‘rayapman, ko‘rgan bo‘lsang ayt, evaziga suyunchi beraman.
— Ekib bo‘lganimdan keyin yomg‘ir yog‘sa durust bo‘lardi.
— Men sendan oq tuyani so‘rayapman! — deb achchiqlanibdi tuyaning egasi.
— To‘g‘ri fahmlabsan, oshna, manavi harom o‘lgur ola buqa, ishga yaramay qolyapti, — debdi aka.
Tuyaning egasi «bu odamning esi og‘ib qolgan», degan fikrga kelib, yo‘lida davom etibdi-da, o‘rtancha o‘g‘ilga duch kelibdi. Kasbi to‘quvchi bo‘lgan o‘rtancha o‘g‘il dastgohni sozlayotgan ekan.
— Men oq tuyamni yo‘qotib qo‘yib, izlab yuribman,— debdi tuya egasi.
— Sizga to‘g‘ri aytishibdi, — debdi o‘rtancha o‘g‘il,— men chindan ham tez to‘qiyman. g‘ayrat qilsam kuniga ikki qulochgacha olib boraman.
— Men sendan tuyani so‘rayapman!
— Dastgoh meniki emas-da, bo‘lmasa sizga sotardim.
Tuyaning egasi «Men qanaqa yurtga kelib qoldim o‘zi?!» deb achchiqlanib nari ketibdi-da, kenjatoyga yo‘liqibdi. Kenjatoyning kasbi tikuvchi ekan. «Oq tuyani ko‘rdingmi?» degan savolga javoban:
— Hozir ishim juda ko‘p, boshqa tikuvchiga boraqoling, — debdi.
Tuyaning egasi yana achchiqlanib, yo‘lida davom etibdi-da, bu safar kechagina katta akaga turmushga chiqqan xotinga duch kelibdi. Xotin oq tuyani ko‘rganini, eri bilan qaynilari uni so‘yishganini aytibdi. Shunda tuya egasi:
— Bu voqea qachon sodir bo‘ldi? — deb so‘raganida xotin:
— Aniq esimda, men nikohlangan kechasi bo‘luvdi, birinchi kechada erim yonimda bo‘lmay tuya bilan o‘ralashib qoluvdi, — debdi.
Tuyaning egasi yana achchiqlanibdi:
— Bu yurtdagilar hammasi tentak ekan. Men kecha yo‘qolgan tuyamni so‘rasam, bu telba xotin erga tekkan kunini eslab, boshimni qotiryapti.
Tuyaning egasiga hech kim yolg‘on gapirmagandi: katta aka chindan ham bug‘doy ekayotgandi, ola buqasi rostdan ham qarib, kuchsizlanib qolgandi, o‘rtanchasi rostdanam tez to‘qirdi, kenjatoy rosti bilan band edi... Rost gaplarga ishonmagan tuyaning egasi quruq qoldi...

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:38:17
* * *

Shayton yo‘rig‘idagi bandaning shukr qilmog‘i ancha qiyin bo‘ladi. Olloh taborak va taolo qudsiy hadisda marhamat qilib, bandalariga tanbeh beradiki; «Ey Odam farzandi! Men yaratgan ne’matlarni yeb-eb tishlaring malollanib ketdi-yu, lekin mening shikoyatimdan tiling hech charchamaydi». Yana ta’kid etiladikim, «Ey Odam farzandi, hamisha ovqatlanishga o‘tirganingda qorni och bechoralar ham esingda bo‘lsin. Shunda Allohning bergan ne’matlariga shukr qilishing osonroq bo‘ladi».
Biz shunday qilamizmi? Dunyoning qaysi bir joylarida bir tishlam nonga zor odamlar borligini tasavvur etamizmi? Biz boylikni orzu qilamiz. Ammo yon-atrofimizda o‘zi boy bo‘laturib, bir tishlam nonni chaynab yuta olmayotgan kishilar borligini o‘ylaymizmi? Yo‘q. Ko‘p hollarda rizqimiz bo‘lmish bir tishlam nonni yutmay turib, kattaroq yoki moyliroq luqmani orzu qilamiz...
Bir mamlakatning obod shahrida hukmdordan odamlar hamisha shikoyat qilaverar ekanlar. Podshoh shikoyatlardan bezib hukmdorni huzuriga chaqiribdi-da, o‘rniga boshqa odamni tayin etibdi. Odamlarning noshukurliklari evaziga avvalgi hukmdordan johilroq, zolimroq odam ularga nasib bo‘libdi. Yangi hukmdordan jabr ko‘raverib toliqqan aholining boshi qotibdi; yana podshohga murojaat qilib, hukmdorni o‘zgartirib bering, deyishga jur’atlari yetmabdi. Shunda bir dononing maslahati bilan aholi shamchiroqlarni yoqibdi-da, kunduzlari ko‘chalarda izg‘ib yuraveribdi. Shahar ahlining kuppa-kunduz kuni chiroq yoqib yurishidan xabar topgan podshoh ajablanib, sababini vaziridan so‘rabdi. Dona vazir javob beribdi:
— Shahar ahli noshukurligi uchun jazosini oldi. Endi chiroq yoqib avvalgi hukmdorlarini qidirib yurishibdi...
qudsiy hadisdagi bu ilohiy so‘zlar balki ana shunday qavmga atalgandir: «Ey Odam farzandi, albatta sen meni yod etib va ne’matlarimga shukr qilib yursang, men ehsonimni yana ziyoda qilaveraman. Agar meni yod etmay, esdan chiqarsang va ne’matlarimga shukr qilmay, kufr qilsang, berib turgan in’om va ehsonimni ham to‘sib qo‘yaman». Shundaylardan bo‘lishdan Alloh saqlasin!

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:38:28
* * *

Roviylar bayon qiladilarkim, bir yigit Hizr alayhissalomni ko‘rgisi kelib, shayxdan iltimos qilaverib, holi-joniga qo‘ymabdi. Shunda shayx: «Yonimga o‘tirgin-u, ko‘zingni yum», debdi. So‘ng bir necha daqiqa o‘tgach, «endi ko‘zlaringni och», degan ekan, yigit o‘zini Ka’batullohda ko‘ribdi.
— Bomdod namozini o‘qiganingdan keyin o‘ng tomoningga qarasang, Hizr alayhissalomni ko‘rasan, unga mahkam yopish, — debdi shayx.
Yigit bomdod namozini o‘qib bo‘lib, o‘ng tomoniga qarasaki, oppoq libosli, yuzlaridan nur taralayotgan xushsurat bir kishi o‘tirganmish. Yigit omi ekan, shayxning ruhiy tomondan yopish, degan ma’noda aytgan gapini moddiy jihatdan anglab, u kishining qo‘llarini mahkam ushlab olibdi-da;
— Siz Hizrmisiz? — deb so‘rabdi.
— Alloh oqibatingni xayrli qilsin, qo‘limni qo‘yib yubor, — debdilar u zot.
— Yo‘q, avval ayting, siz chindan ham Hizrmisiz?— deb qaysarlik qilibdi yigit.
— Alloh oqibatingni xayrli qilsin, qo‘yib yubor.
Yigit surbetlik bilan, so‘rayvergach, Hizr alayhissalom debdilarki:
— Ey yigit, seni bu yerga karomat bilan keltirib qo‘ygan kishi so‘rovlaringga toqat qilolmay, bugun sening kasofatingdan imonsiz holda ko‘z yumdi. Men «oqibating xayrli bo‘lsin», deb duo qilyapman-ku, yana senga nima kerak?
Bu — bir rivoyat. Hayotda esa...
Ba’zilar Hizr buvaga yo‘liqishni, oqibatda birdan boyib ketishni yoki biron mushkullari oson bo‘lishini orzu qilishadi. Shubham yo‘qki, agar orzulari amalga oshib, Hizr buvaga yo‘liqsalar bir-ikki iltimos bilan cheklanmaydilar. Hizr buvani gangitib tashlaydigan darajada, boshlarini og‘ritib yuboradigan tarzda beto‘xtov vazifalar yuklaydilar. Faqat «Endi choy damlang, qo‘lingizdan bi-ir choy ichaylik» demasalar kerak.
Haqiqat shuki, Hizr buva shu topgacha hech kimga yo‘liqmaganlar, hech kimni birdan boy qilmaganlar. Hizr buvani ko‘rishni orzu qilamiz xalos. U zot hayot vodiysida qo‘limizdan yetaklab yuruvchi sarbon emaslar. «Hamonki shunday ekan, hayot vodiysida sarsari kezamizmi?» deb nadomat chekmoqlik o‘rinsiz. Umrimizining bir qismi vodiy, bir qismi tog‘, yana bir qismi sahroga o‘xshaydi. Daryo bo‘yidagi bog‘da rohatlanishimiz barobarinda sahroda tashnalik azobini tortmog‘imiz, tog‘larni oshib o‘tish mashaqqatlarini chekmog‘imiz bor. Shayton yo‘llariga kirmog‘imiz bor. Adashmog‘imiz bor. Ne baxtki, bu yo‘llardan adashtirmay olib o‘tuvchi yo‘lboshchi — sarbon ham bor. Bu — iymondir. Allohning kalomi va Rasulillohning sharafli hadislari bilan quvvatlangan iymon boshlagan yo‘llardan yursak, sahro azoblari ham, tog‘lardagi mashaqqatlar ham biz uchun arzimas bir narsa bo‘lib qoladi. Men xayolimizdagi Hizr buva balki aynan shu iymonmikin, deb o‘ylayman. Faqat iymongina Hizr buvaning duosiga va umid qilingan ne’matlarga yetishtiradi. Balki... Hizr buva xayolimizdagi sarob emasdirlar. Chindan bordirlar, faqat ko‘zlarimizga ko‘rinmaslar. Faqat va faqat iymonli bandalarga hamroh bo‘larlar. Turmush mashaqqatlarini yengib o‘tishda faqat iymonli bandalar yonida turarlar? Hizr buva harom boylik in’om etmoqliklari mumkin emas. Harom yo‘llarga boshlamasliklari ham aniq. Iymon ham aynan shunday-ku?! Demak, Hizr buvaga yetishmoqni orzu qilgan kishi avval iymonga yetishmog‘i zarur ekan. O’izr buvaning sevgan go‘shalar — iymonli bandalarning pokiza qalblaridir, vallohi a’lam?

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:38:37
* * *

Podshohga Alloh aqlli va ziyrak o‘g‘il ato qilgan ekan. Podshoh shahzoda odob va axloqdan saboq olsin, deb uni muallimga topshiribdi. Shunda shahzoda muallimga qarab debdiki:
— Ustoz, ilmning nihoyasi yo‘q, butun umrim bo‘yi o‘qisam ham oxiriga yetib bora olmayman. Menga siz shunday bir ilm o‘rgatingkim, qisqa va foydali bo‘lsin.
Muallim shahzodaning talabiga binoan debdiki:
— Agar ikki dunyoda g‘am-anduhdan yiroq bo‘lishni va tinch yashashni istasangiz, xomushlikni o‘zingizga hamroh qiling, ya’ni kamroq so‘zlang. Zeroki, so‘zlamaslik — qutulmoqlikdir.
Shahzoda muallimning nasihatiga amal qilib, gapirmay qo‘yibdi. Podshoh «o‘g‘lim xastalanib qoldi», deb o‘ylab iztirob cheka boshlabdi. Tabiblarni chorlabdi, ammo hech kim shahzodani gapirtira olmabdi. Shunda podshoh ovga chiqishni ixtiyor etib, o‘g‘lini ham birga olibdi. Yo‘lda ketishayotganda kutilmaganda kaklik sayrab yuboribdi. Mulozimlar darrov uni tutib keltiribdilar. Shunda shahzoda birdaniga tilga kiribdiyu kaklikka qarab: «Agar sayramaganingda salomat, ozodlikda yurarding», deb yuboribdi. Podshoh o‘g‘lim tuzaldi, deb o‘ylab quvonibdi. Biroq, shahzoda yana gapirmay qo‘yibdi. O’g‘lining bu qilig‘idan achchiqlangan podshoh uni kaltaklabdi. Shunda o‘g‘il o‘zicha «Ustozim «indamaslik — ozodlik garovi», deb to‘g‘ri aytgan ekanlar. Indamaganimda otamdan kaltak yemas edim», degan ekan.
Kaklikning sayrashi haqida yana bir rivoyat bor:
Bir ovchining ovi baroridan kelmay, uyiga ranjib qaytayotgan ekan. Kaklik uni ko‘ribdi-yu, rahmi kelib, ko‘nglini ko‘tarmoq maqsadida sayrab beribdi. qushning sayrashini eshitgan ovchi uni darrov butalar orasidan topib, boshiga kaltak bilan bir uribdi-yu xaltasiga solibdi. Shunda kaklik degan ekanki: «Sayragandan sayramaganim yaxshiroq, sayrab edim, boshimdan yedim tayoq».

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:38:49
* * *

Ajib bir rivoyat bu: podshoh marmar hovuz bunyod ettirib, raiyatga amr qilibdiki: «har kishi borki, ertalab kosada sut olib kelib hovuzga to‘ksin. «Bir odam amrni tinglab, o‘ylabdiki: «Shuncha odamning ichida birgina men sut o‘rniga suv olib borib to‘ksam bilinmas. Sutni isrof qilmoqdan ne hojat, o‘zim ichib rohatlanganim afzal». Shu qarorga kelib, ertalab kosada suv ko‘tarib borsaki, boshqalarda ham ahvol shuning o‘zi. Har bir odam o‘sha kishi kabi o‘ylab, o‘sha kishining qaroricha bir kosada suv ko‘tarib kelgan ekan. Ajabki, o‘shanda hovuzga bir tomchi ham sut tushmabdi...

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:38:59
* * *

Bir cho‘pon suruvni sero‘t o‘tloqda o‘tlatib kelib, sovliqlarni sog‘ib berarkan. Xojasi esa sutga suv aralashtirib sotarkan. Cho‘pon xojasini ogohlantirmoqchi bo‘lsa, u «sen mening ishimga aralashma, qo‘ylarni boqishni bil», deb koyib berarkan. Kunlarning birida tog‘da jala quyib, sel kelibdi-yu, qo‘ylarni oqizib ketibdi. Kechki payt cho‘ponning yolg‘iz qaytayotganini ko‘rgan xoja «qo‘ylarim qani?» deb tashvishlanib so‘rabdi. Cho‘pon esa xotirjam javob beribdi:
— Ey xojam, siz sutga qo‘shgan suvlar to‘planib, selga aylandi-yu, qo‘ylarni katta daryoga oqizib xalok qildi. Haromdan qaytmaganingiz jonivorlarning boshini yedi.

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:39:08
* * *

Bir qari mushuk o‘lar oldidan go‘yo insofga kirganday bo‘libdi-yu, rozi-rizolik tilash maqsadida sichqonlarga maktub bitib, tavbalarini izhor etibdi va yana debdiki: «sizlarni bir ziyofat qilib rozi etsamda so‘ng jon bersam...» Sichqonlar bu tavba maktubiga ishonishni ham ishonmaslikni ham bilmay, donishmandlariga yuzlanibdilar. Donishmand debdiki: «Mushukning tavbasiga zinhor ishona ko‘rmangiz. O’lib, ko‘mib qo‘yilganidan so‘ng go‘ridan bir dona mo‘ylavi chiqib turganiga ko‘zingiz tushsa ham qo‘rqingu, narigi mahalladan aylanib o‘tavering». Sichqonlarning yoshlari bu keksa donishmandning nasihatlarini quloqqa ilmay mushukka ro‘para bo‘lmoqlikni ixtiyor etishibdi-da, borishibdi.
— Dunyoda hali hech bir mushuk shu onga qadarli tavba qilmagan edi, sen nechuk istig‘for aytmoqni istading? — deb so‘rashibdi.
Do‘mboq-do‘mboq sichqonchalarni ko‘rgan mushukning fe’li aynibdi, tavbasini unutibdi, niyati buzilibdi.
— qani, aytlaring-chi, bu dunyoda senlar insofsizmi yoinki menmi? qopning og‘zi ochiq bo‘lgani holda nima uchun tagini teshasanlar, a? Men shu savolga javob topmoq uchun senlarni chaqirtirgan edim, — debdi mushuk.
Nodon sichqonchalar o‘sha tong keksa mushukning mazali nonushtasiga aylanishgan ekan...

Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: shoir 26 Iyun 2006, 05:39:19
Bir yigit mahzun holda Abdumalik ibn Marvonning huzuriga kelib: «Ey amiral mo‘minin, men ulkan gunoh qildim, endi tavba qilsam bo‘ladimi?» dedi. «Nima gunoh qilding?» deb so‘ragan edi, «Gunohim juda ulkan», dedi. «U nima ekan? Alloh taologa tavba qil. U zot bandalarining tavbalarini qabul qiladi va kechiradi», dedi. «Ey amiral mo‘minin, men qabrlarga o‘g‘irlikka tushar edim. Men g‘aroyib ishlarni ko‘rdim», dedi yigit. «Nimalarni ko‘rding?» deb so‘ragan edi, u boshidan kechirganlarini so‘zlab berdi: «Bir kecha bir qabrni kavladim. Qarasam, mayyitning yuzi qiblaga teskari bo‘lib qolibdi. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, shu payt qabrda kimningdir: «Mayyitning yuzi qiblaga teskari bo‘lib qolganini so‘ramaysanmi?» degan ovozi eshitildi. «Nima uchun teskari bo‘lib qolgan?» deb so‘ragan edim, «Chunki u namozga bee’tibor edi. Unga o‘xshaganlarning jazosi shu», dedi. So‘ng boshqa qabrni kovladim. Qarasam, mayyit to‘ng‘izga aylanib, bo‘ynidan kishanlangan, zanjirband qilingan ekan. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, kimdir: «Uning qanday amal qilganini, nima uchun azoblanayotganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun?» deb so‘ragan edim, «U tirikligida xamr ichar edi va tavba qilmay vafot etgan», dedi. Keyin boshqa qabrni kavladim. Qarasam, mayyit olov qayish bilan yerga bog‘langan va tili gardanidan chiqib turgan ekan. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim: «Uning nima uchun bu ahvolga tushganini so‘ramaysanmi?» degan nido keldi. «U siydikdan saqlanmas va odamlar orasida gap tashib chaqimchilik qilib yurar edi. Unga o‘xshaganlarning jazosi shu», dedi. So‘ng yana bir qabrni kavladim. Qarasam, mayyit olovda kuyayotgan ekan. Undan qo‘qib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, kimdir: «Uning nima uchun bu ahvolga tushganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun bu ahvolda?» deb so‘ragan edim, «U namozni tark qilgan edi», dedi. Keyin yana bir qabrni kovladim. Qarasam, qabr ko‘z ilg‘aydigan joygacha kengaygan, ko‘zni qamashtiradigan darajada yorug‘, mayyit esa ajoyib liboslarda, nurli so‘rida uxlab yotar edi. Uning haybati bosib, endi chiqib ketmoqchi bo‘lgan edim, kimdir: «Uning nima uchun bu qadar izzat-ikromga sazovor bo‘lganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun izzat-ikromga sazovor bo‘ldi?» deb so‘ragan edim, «U itoatli yigit bo‘lib, Alloh azza va jallaga itoat va ibodatda ulg‘aygan edi», dedi. Shunda Abdumalik: «Albatta bu hikoyatda osiylar uchun ibrat va itoatkor bandalar uchun bashorat bordir», dedi».

"Gunohi kabiralar" kitobidan
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Abdusalom 01 Iyul 2006, 06:53:24
Oisha roziyallohu anho dedilar: Kunlarning birida o‘n bir nafar xotin bir yerga jam bo‘ldilar va hammalari o‘z erlarining ahvolini to‘laligicha bayon qilishni va hech bir so‘zni yashirmaslikka ahd qildilar. Bu xotinlar hammalari Yaman xotinlari yo Hijoz xotinlari edilar. Nomlari aniq ma’lum emasdir.

Birinchilari dedi: Mening erim ishdan chiqqan, oriq tuyaning go‘shtidir. Yana o‘zi chiqishi qiyin bir tog‘ning ustidadir. Tog‘ yo‘li oson emaski, unga chiqilsa. Go‘sht ham semiz mol go‘shti emasdirki, uni ixtiyor qilinsa, va olib tushilsa, ya’ni, butun foydasiz bekor bir narsadur.

Ikkinchilari dedi: Men erim rozilarini bayon qilmasman. Qo‘rqurmanki, agar uning ayblarini berkitmay so‘zlab qolsam, "zohiriy" va "botiniy" ayblarining hech birini qo‘ymay so‘zlab tashlarman, ya’ni mening erimda bor ayblarni sanab bo‘lmas, qaysi birini ham so‘zlab o‘tiray.

Uchinchilari dedi: Mening erim badxulq, bedavo uzundki, undan shikoyat qilsam, yo o‘ziga bir so‘z qilib qolsam, taloq qilinurman. Agar so‘z qilmay ketaversam, butun umrim muallaqa holda keturman, ya’ni, erliklar qatorlarida ham emasman, bevalar qatorida ham emasman.

To‘rtinchilari dedi: Mening erim Tahoma iqlimining kechquruniga o‘xshaydi. Na issiq va na sovuq. Na undan qurqilur va na undin zerikilur. Ya’ni, nihoyatda mijozi mo‘‘tadildir. Issiqda salqindir va sovuqda issiqdir. Afv marhamati ko‘pdir. Hech bir holda odamga malol kelmas.

I z o h. Tahoma deb, Makkai mukarramani va atroflarini aytiladi.

Beshinchilari dedi: Mening erim uyga kirsa, qoplon bo‘lib kirur, uydan chiqsa sher bo‘lib chiqur. Uydagi o‘ziga ma’lum narsalar xasida taftish qilib o‘tirmas, ya’ni ko‘chadan kelsa, qoplon kabi o‘z ahlini sog‘inib keladi va ko‘chaga chiqsa yo‘lbarsdek olijanob yuradi. O’zi u qadar himmatlik, karim insondirki, bo‘lar-bo‘lmas narsalar ustida oilasi bilan janjal qilib, pastlik qilib o‘tirmaydi.

Oltinchilari dedi: Mening erim taom yesa, dasturxonda bor narsani hammasin yeb tugatadi va suv ichsa, idish ostida qolgan suvni ham ichib xalos qilur, va yotsa, o‘zi tanho bir ko‘rpaga o‘ralib yotadi. Yonida yotgan odamni qo‘yniga qo‘lini uzatib ham ko‘rmaski, dardini bilsin, yo sog‘, yo bemor ekanligini faxmlasin, ya’ni, taomga to‘ymas va suvga qonmas va hamxonasi holini sezmas, bir bemuruvvat insondir.

Yettinchilari dedi: Mening erim o‘zi nomard, so‘zdan ojiz. Hamisha bemor bir insonki, dunyoda bor bemorlikdan namuna unda bor. U qadar beaxloqki, suz qilsang, boshingni yoradi, yo badaningni zaxm qiladi, yo xoxlasa har ikkisini birga qilur.

Sakkizinchilari dedi: Mening erim badani quyon kabi muloyim va isi za’faron kabi hammani xushbo‘y qilib turadi, ya’ni uning vujudi nihoyatda mahbubdir. Nozik badan va xushbo‘yligidan jismoniy va ruxoniy lazzat har ikkisi unda mavjuddir.

To‘qqizinchilari dedi: Mening erim, uyi baland, mexmoni ko‘p, qomati raso va davlat xonasi jamoat xonaga yaqin bir zotdir, ya’ni sharaflik, saholatlik va shijoatlik bir dodxodirki, hamma insonga maxbub va marji’dir.

O’ninchilari dedi: Mening erim, molikdir. Bilasizlarmi, molik kim? Ta’rif qilingan zotlarning hammalaridan ziyoda, yaxshidir. Chunki har-har yerga cho‘kib yotadigan tuyalari ko‘pdir. Tuyalari o‘tlagani kam borishadi. Qachon surnayning ovozini eshitsalar bilurlarki, ularni so‘yilur, ya’ni molik davlatmand va karamlik bir insondir. Hamisha mollarini o‘z oldida boqadi, yaylovga kam yuboradi. Mollari ham uning mijozini yaxshi biladilar. Qachon surnay chalinsa, bilurlarki, shu soatda mehmon taomi uchun zabx etilurlar.

O’n birinchilari dedi: Mening erim Abu Zar’dur. Bilasizlarmi, Abu Zar’ kim? U shunday mexribon erki, ikki kulog‘imni qimmati yuqori taqinchoqlardan ham qilgandir, va ikki bilagimni ko‘p yedirib, charvidan to‘ldirgandir. Meni shunday xush va xurram saqlaganki, undan men kibr va g‘ururga berilib, o‘zimni unuta boshladim. Bu er meni olganda, men bir nechta echki bilan kun o‘tkazadigan nihoyatda bir g‘arib xonadonda edim Meni shunday bir davlatmand xonadonga olib keldiki, ularda otlar, tuyalar, qo‘sh ho‘kizlar va dehqonlar bor edi. Otlari kishnar, tuyalari bo‘kirar, ho‘kiz, sigirlari xirmon xaydar, xodimlari donlarni somonlardan alohida qilib tozalar edilar. Men bo‘lsam u er qoshida erka edim, har qanday so‘z aytsam ham, so‘zing yomon demas edi. Yotsam tong otguncha yotar edim, hech kim meni uyg‘ota olmas edi. Yemak va ichmakda shunday mo‘l-ko‘lchilik ediki, men yeb-ichib turib ketardim, taom va sharob shunday qolar edi. Bu sifat erimning sifati edi.

Uning bir onasi ham bor edi. Bilasizlarmi, u qanday xotun edi. U nihoyatda olijanob xotin ediki, idishlari hammasi katta-katta va narsalari to‘la-to‘la turar edi. Uyi nihoyatda keng va unda hamisha mehmonlar bo‘lar edi. Abu Zar’ning o‘g‘li ham bor edi. Bilasizlarmi, o‘g‘li kim? Shunday yigitki, badani nozik va ozg‘in, yonboshi go‘yo po‘stlog‘i archilgan xurmo novdasiga yoki g‘ilofidan chiqarilgan qilichga o‘xshar va yosh echkining qo‘li uni to‘yg‘izadi (ya’ni, nihoyatda betakalluf, bahodirmijoz yigitdir).

Abu Zar’ning qizi ham bor. U qizni nima desam bo‘ladi. Otasiga itoatli va onasiga farmonbardor, sixat va jamoli, aqlu-kamoli shunday ediki, xotinlik kishiga tushib qolsa, kundoshi kuyib o‘tadi. Abu Zar’ning cho‘risi ham bor. Uni qanday ta’rif qilay? U cho‘ri dindorligidan uydagi so‘zlarni boshqa yerlarga tarqatmaydi va aminligidan uyidagi taomni ham beijozat harj qilmaydi, va tozaligidan uyni nihoyatda sof va pokiza saqlaydi. Axlatxona qilib qo‘ymaydi. Ummu Zar’ dedi: bizning Abu Zar’ bilan muhabbatimiz va o‘rtadagi aloqamiz men yuqorida aytgandek edi. Ittifoqo, bir kun Abu Zar’ ko‘chaga chiqdi. Bahor fasli edi. Sut, yog‘ meshkachalarda olinib turgan vaqt edi. Ketib turib, oldida ikki o‘g‘li ham bor bir xotinni ko‘rib koldi. Qoplondek irg‘ishib, onalarining beli atrofida ikki anor bilan uynashib turibdilar. Bu holni ko‘rgach, meni taloq qilib o‘z nikohiga o‘sha xotinni oldi. Uni devona qilgan xotinning xusnlik sho‘x o‘g‘illarini ko‘rib, shoyad menga ham shunday o‘g‘illarni tug‘ib bersa, deb umid qilgan edi. Men ham keyin bir olijanob, saxiy erga tegdimki, uning uchqur zotdor bir oti bor edi. Uni minar edi. Xat degan bir maqomda ishlangan nayza taqardi. O’sha er meni olgach, kech kirmay turib, kelib mollarini haydatib, mening xuzurimga keltirdi, va har qaytgan namunadan bir juftdan menga berib, dedi: Ey, Ummu Zar’, ol, yegin va axllaringga ham bergin. Lekin men bu ikkinchi erning menga bergan narsalarin hammasini to‘plasam, qimmati va bahosi Abu Zar’ning menga bergan bir kichkina idishining qimmatiga ham barobar kelmaydi.

Oisha roziyallohu anho dedilar: Bu xikoyani tamom eshitib bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga dedilar: Ey, Oisha, men ham senga Abu Zar’ Ummu Zar’ga mehribon bo‘lgan kabi mexribondirman. Lekin biz ajralmasmiz.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 01 Iyul 2006, 10:28:04
Bir kishi Hazrati Umar r.a.ning huzurlariga ayolidan shikoyat qilib kelgan ekan. Shu payt Hazrati Umarning r.a. honadonlaridan ayol kishining qattiq-qattiq gapirgani eshitilibdi. Arzchining hayolidan:" Hazrati Umardek obro'li kishining oilasida shunday holat bo'lsa, men nolimasam ham bo'lar ekan",degan hayol bilan ortiga qaytibdi.Shunda Hazrati Umar r.a. uydan chiqib uni ko'rib chaqiribdilar.
- Nima gaping bor edi,- deb so'rabdilar.
-Yo amrul mo'minin ayolimdan sizga shikoyat qilib kelgan edim.Lekin bildimki sizning ayolingiz ham menikidan qolishmas ekan.Shuning uchun arz qilishga hojat qolmadi,- debdi. Shunda Hazrati Umar r.a:
- Ey birodar, hotinimni menda haqqi ko'p,chunki u menga ovqat pishirib beradigan oshpaz,non yopadigan nonvoy,kiyimlarimni yuvguvchi hizmatkor,farzandlarimni tarbiyachisi,honadonimning qo'riqchisi,meni harom ishlardan saqlovchi... Shuncha hizmatlarni qilgan ayolimning ozgina ozoriga sabr qilmog'im zarur emasmi? - degan ekanlar.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 01 Iyul 2006, 10:34:54
Bir kuni Hazrati Umar r.a. Madina ko'chalarining birida chopqillab yurgan yosh bolani ko'rib qoldilar. Shu ondayoq unga o'girilib:
- Ey bola! Bizning haqqimizga duo qilgin, Alloh bizga rahm qilsin,- dedilar.Buni eshitgan sahobalar:
- Ey mo'minlar amiri, Alloh rahm qilsin deb boladsan duo so'rayapsizmi? Ahir siz jannat bashorat qilingan o'z kishidan birisizku!- deya ajablanishibdi.Shunda Hazrati Umar:
Ha, men undan duo qilishini so'radim,chunki u balog'at yoshiga yetmagan. Hali uning a'mol kitobiga qalam yurgizilmagan. Shuning uchun duosi mustajob.Ammo biz mukallaf yoshdamiz, bizning ustimizdan qalm yurgizilgan,- deb javob qildilar.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 01 Iyul 2006, 10:47:39
Hazrati Umar r.a.ning yosh o'g'illari ko'chada bolalar bilan o'ynar edi. Uning ko'ylagiga bir necha yamoq solingan bo'lib,tengqurlari uni ustidan kulishdi:" Otang amirul mo'minin bo'lsa-yu, sen shunday yirtiq-yamoq kiyimda yursang",deb kamsitishdi. Hazrati Umarning r.a. o'g'illari bundan juda hafa bo'ldi. Otasining huzuriga borib:
- Bolalar kiyimimdagi yamoqlarni ko'rib ustimdan kulishyapti,- deb bo'lgan voqeani so'zlab berdi. Shunda hazrati Umar r.a. o'g'illariga:
-Hazinachiga borib, hazinadan bir kiyimlik mato berar ekansiz, otam maoshlaridan o'rniga qo'yar ekanlar,degin,- deb tayinladilar. O'g'il hazinachining oldiga borib amirul mo'mininning so'zlariniaytdi. Hazinachi unga:
- Agar otangiz maosh olgunlaricha yashab turishga kafolat bersalar, siz aytgan narsani beraman,- dedi. O'g'il hazinachining hech narsa bermasligini tushundi. Otalari Hazrati Umar r.a. huzurlariga borib, hazinachi nima deb javob berganini aytdi. Shunda Umari Odil:
- Agar hazinachi sen aytgan matoni berganida edi, men o'sha zahotiyoq uni ishdan bo'shatgan bo'lar edim,- dedilar, so'ngra o'g'illariga taskin berdilar.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 01 Iyul 2006, 10:59:28
Hazrati Umar r.a. yo'l bo'yida o'ynayotgan bolalar yonidan o'tayotgan edilar. Bolalar mo'minlar amirining salobatidan qo'rquvga tushib yo'ldan chetlashishdi. Lekin bir bolakay joyida sobit turaberdi. Undan boshqa hech kim qolmadi. Mo'minlar amiri unga yaqin keldilar-da, tabassum bilan:
- Nimaga sen qochmading?-deb so'radilar. Bolakay Hazrati Umarga r.a:
Yo'l tor emas, sizga bo'shatay desam, gunohkor ham emasman sizdan qo'rqay desam,- deya mag'rur javob berdi.Bolaning shijoatidan Hazrati Umar r.a. hursand bo'ldilar. Kelajakda ulug' inson bo'lishiga umid bog'ladilar. Yillar o'tib bu umid haqiqatga aylandi. Bola ulg'ayib, zamonaning ulug'laridan biri - sarkarda Abdulloh ibn Zubayr r.a. bo'lib yetishdi.
Abdulloh ibn Zubayr - Hijratdan keyin Madinada birinchi tug'ilgan, Rasululloh SAV og'zilaridan birinchi taomlangan, Oisha r.a.ning jiyanlari, Abu Bakr Siddiqning r.a. nabiralari, Asmo binti Abu Bakr va Asharayi Mubashshradan bo'lgan Zubayr ibn Avvom r.a.ning o'g'illari edi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 12 Iyul 2006, 09:00:34
Misr qishloqlaridan biri Jizada Fartuna ismli qoratanl ayol yashardi.Uninh yoshi yetmishdan o'tgan bo'lsa ham na bola chaqasi, na qarindosh urug'i bor edi. Bir kuni amirul mo'minin Umar ibn Abdulazizga maktu yozdi:"Hovlimning devori nurab, yiqilib tushmoqda. Bir necha tovug'im bor edi. Bolalar kirib o'g'irlab ketishyapti. Devorni ko'tarib urishga kuchim, pulim yo'q. Hovlimga devor urdirib berishingni talab qilb senga hat yozdim". Halifa hamqo'liga qalam va qog'oz oldi:" Amirul mo'minin Umar ibn Abdulazizdan Misr voliysi Ayyub ibn Shurhbilga:Qoratanli Fartunaning Jizadagi uyiga borib unga mendan salom ayt va uyining devorini ko'tarib urib ber". Hatni Misr voliyiga yetkazishdi. Voliy qoratanli Fartuna kim, deb surishtira boshladiNihoyat Jizaga kelib bir ayolning tashlandiq uyiga ko'zi tushdi. Hovliga kirib, ayoldan so'radi:
- Sen Umar ibn Abdulazizga hat yozganmiding?
- Ha, uyim devorini ko'tarib berishini hohlayman.
- U senga salomyo'llab, devorlaringni yangilab berishimni buyurdi.
- Sen loygarmisan?
- Men voliyman.
- Yo'q menga ldevor uradigan loygar kerak.
- Bu ishni men o'zim bajaraman,- dedida, voliy kiyimini almashtirib Fartunaning deviorini urish uchun g'ayrat bilan loyqorihga kirishib ketdi.
"Saodat quchganlar ibrati" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 14 Iyul 2006, 10:11:25
Hazrati Ali r.a. bir kuni erta bilan Hazrati Umar r.a.ning vodiy tomon kateyotganini ko'rib qoldilar. "Yo'l bo'lsin ey, amirul mo'minun?"deb so'radilar. "Bir ruya yo'qoldi, zakot moli edi, shuni izlab yuribman", dedilar Hazrati Umar r.a. "O'zingizdan keyingi halifalarni hor qildingiz", dedilar Ali r.a. Shunda Umar r.a:" Meni ayblama Ey, Ali, Muhammadni rasul qilib yuborgan Zotga qasamki, Furot daryosiga bir uloq tushib ketsa, qiyomat kuni Umardan so'raladi. Chunki musulmonlarni haqqini himoya qilmagan amir va mo'minlarni qo'rquvga soluvchi fosiq hurmat qilinmaydi",dedilar.
"Saodat quchganlar ibrati" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 14 Iyul 2006, 12:43:04
Bir kuni Robiyatul Adaviya hazratlari qo'yning kabob qilinayotganini ko'ri qoldilar. Bir oz tikilib turdilar-da so'ng yig'lab yubordilar. u yerdagilar qorni ochganidan yig'layapti deb o'ylab:"Ochqagan bo'lsangiz mana buni yeb turing", deb taom uzatishdi. Shunda hazrati Robiya:" Yo'q men ochqaganim yo'q. Hayvonlar o'lganidan keyin olovda kuyganlarini bilishmaydi. Ammo odamzot tirilganidan keyinbu olovga qanday chidash berar ekan, deb yig'layapman" degan ekanlar.
Biz gunohkor bandalar ham har bir narsadan shunday tafakkur qilib hulosa chiqarishimiz kerak.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: mubashshir 15 Iyul 2006, 11:01:52
Salomga alik haq.
Kabkaz halqining qahramoni Shayh Shomil (1797-1870) 25 yil ruslar bilan olishdi. Dushmanning saralangan qo'shinlarini juda ko'p marta tiz cho'ktirdi. Ammo ruslar Shayh Shomilni hiyla bilan tuzoqqa tushirdi. U zot 10 yil tutqunikda yashadilar.Nihoyat, unga Makkaga borib haj qilishga izn berishdi. Istanbulga kelganda butun halq unga peshvoz chiqdi. Shayh ozgina vaqt turib, so'ng Hijozga ketdi... Ko'zi Madinaga tushgan zahoti yig'lay boshladi. Yerga cho'k tushdi. Rasulullohning qabrlarigacha yig'lab emaklab bordi. Yonidagilar titroq va hayratlar ichr unga ergashishdi. Nabiy qabrlarini oldiga kelib:" Assalatu vassalamu alayka ya Rasululloh! Assalatu vassalamu alayka ya sayyidal avvalin val ahirin!"deya salom berdilar. Rasululloh s.a.v. barcha salomlarga alik olganlari kabi Shayh Shomilning salomiga ham alik oldilar, hatto bu javobni o'sha joyda bo'lganlari hammasi eshitdi. U zot muborak qabr yonida bir necha soat ko'z yosh to'kdi, uzoq yillar tanasidagi charchoqni ketkazdi...
Shayh Shomil Madinada yashab qoldi va shu yerda vafot etdi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: mubashshir 15 Iyul 2006, 12:23:15
Zuxd.
Hasan Basriy hazratlaridan:"Dunyoda bunchalik zuxd qilishingizga nima sabab bo'ldi?" deya so'rashdi.
"Mening rizqimni o'zga ololmasligini bilganimdan keyin, bu ishdan ko'nglim hotirjam bo'ldi. Menga taqdir qilingan ishni mendan boshqasi qilolmasligini bilganimdan so'ng, o'zimni solih amallar bilan mashg'ul qildim. Allohga yo'liqishimni bilganimdan so'ng, Unga ma'siyat ila ro'baro' bo'lishimdan uyaldim. O'lim meni kutib turganini bilganimdan keyin esa Alloh bilan bo'ladigan ertangi uchrashuvimga yo'l tadorigimni ko'rdim", - deya javob bergan ekanlar.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 17 Iyul 2006, 17:33:09
Eng sara ozuqa

Kumayl ibn Ziyod rivoyat qiladilar:
«Hazrati Ali, roziyallohu anhu, bilan birga aylanib yurar edik. Jabbon qabristoni yonidan o‘tayotganimizda, qabristonga qarab:
— Ey qabrlarda yotganlar, ey suyaklari chirib, tuproqqa qorishganlar, ey qoronHuliklarda yolg‘iz qolganlar, sizlarda nima gap? Bizdan so‘rasangiz, mollaringiz taqsimlandi, bolalaringiz o‘ksiz va yetim qoldi va xotinlaringiz boshqa turmush qurishdi. Bizda ana shunday xabarlar. Sizlarda qanday xabarlar bor? — deb so‘radilar.
So‘ngra men tomonga burilib:
— Ey Kumayl, agar ularga javob qilish uchun izn berilganida: “Ozuqaning eng yaxshisi taqvodir”, deb aytishgan bo‘lar edi, — dedilar.
Birozdan keyin esa yig‘lab, bunday dedilar:
— Ey Kumayl, qabr amallar sandiHidir. Buni faqat o‘lganingdan so‘ng bilasan...»
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 17 Iyul 2006, 17:35:22
Noumid shayton

Tabaroniydan rivoyat qilinadi:
“Abu Farva ismli bir odam kelib Janobi Payg‘ambarimizdan:
— Boshdan-oyoq gunohga botgan, qilmagan noma’qulchiligi qolmagan bir kimsa tavba qilsa bo‘ladimi? — deb so‘radi.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, unga:
— Sen musulmon bo‘lganmisan? — dedilar.
— Ha.
— Unday bo‘lsa, bundan keyin yomonliklarni tashlagin-da, hamisha yaxshilik qil. Alloh taolo sening avval qilgan gunohlaringni yaxshiliklarga aylantiradi.
— Barcha xiyonatu soxtakorliklarimni hammi?
— Ha.
U odam takbir ayta boshladi va chiqib ketdi. Keta-ketgunicha (bizga ko‘rinmay qolgunicha) takbir aytdi».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 18 Iyul 2006, 10:01:21
Bir yahshilikka o'n yahshilikka.
Bir kuni Fotima r.a. kasal bo'lib qoldilar. Negadir ko'ngillari anorni tusadi. Bu haqda erlari Hazrati Aliga r.a. aytdilar.Hazrati Ali r.a.bozorga chiqib, bir dona anor sotib oldilar. Chunki pullari faqat bittagina anorga yetar edi, holos.Bozordan qaytayotganlarida yo'lda bir tilamchi uchrab, qo'llaridagi anorni so'radi. Imon va hayolari qo'ymay, Hazrati Ali r.a. anorni ikkiga bo'lib yarmini unga berdilar. Tilanchi hursand bo'ldi. Uyga kelib ayollariga anorni yarmini berib, yarmini kimga berganlarini aytib, uzr aytdilar. Fotima r.a. uzrni qabul qilib:
- Alloh sizdan rozi bo'lsin, sizga ajru mukofat bersin,- dedilar.
Oradan hech qancha fursat  o'tmagan ham ediki, eshik taqqiladi. Hazrati Ali r.a. ochib qarasalar. Solmon Forsiy r.a. turibdilar. Qo'llaridagi idishda to'qqiz dona anor.
- Bu anorlarni Rasululloh s.a.v. berib yubordilar,- dedilar.
- Bo'lishi mumkin emas,- dedilar Hazrati Ali r.a. Agar RAsululloh s.a.v. berib yuborgan bo'lsalar anor o'n dona bo'lishi kerak. Chunki Alloh har bir yahshilikka o'n savob beriladi degan.
Shunda Salmon Forsiy r.a. cho'ntaklaridan o'ninchi anorni chiqarib:
- Barakot uchun olib qolgandim,- dedilar.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 18 Iyul 2006, 16:21:24
Qabrdan kelgan nido

Umar ibn Xattob, roziyallohu anhu, zamonida taqvodor, namozini doimo masjidda jamoat bilan o‘qiydigan bir yigit bor edi. Hazrati Umar, roziyallohu anhu, uni nihoyatda yaxshi ko‘rar edilar. Yigitning juda qarib qolgan otasi bor edi. Yigit har kuni xufton namozidan so‘ng otasini ziyorat qilgani kelardi.
Yo‘l bo‘yidagi uylardan birida yashovchi ayol bu yigitga oshiq bo‘lib qoldi. Ayol har kun yigitning yo‘lini poylab, uni o‘ziga og‘dirishga harakat qilardi. Nihoyat, bir safar yigit o‘zini boshqara olmay, ayolning ortidan ergashdi. Biroq ostonadan kirar ekan, Allohni esga olib, hushyor tortdi va: “Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biror vasvasa ushlasa, (Allohni) eslaydilar, bas, (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar” (A’rof, 201) mazmunli oyati karimani o‘qidi-yu, hushsiz yiqildi.
Ayol darhol bir joriyasini chaqirdi. Ikkalasi yigitni otasining uyiga eltib, eshikni taqillatdilar. Eshikni ochgan ota ostonada behush yotgan o‘g‘lini ko‘rdi. Uni ichkariga oldilar. Yigit yarim tunda o‘ziga keldi.
— O‘g‘lim, senga nima bo‘ldi? — so‘radi ota.
— Hech narsa, hammasi joyida.
Ota:
 — Xudo haqqi, menga to‘g‘risini ayt, — deb qo‘ymagach, yigit bo‘lgan voqeani gapirib berdi.
— O‘g‘lim, sen qaysi oyatni o‘qiding? — deya so‘radi otasi.
Yigit o‘sha oyatni takror o‘qigach, yana hushdan ketdi. Qancha urinishmasin, o‘ziga kelmadi. Yigit jon taslim qilgan edi. O‘sha kechadayoq uni yuvib, dafn etishdi.
Ertalab bo‘lgan voqeani Hazrati Umarga, roziyallohu anhu, yetkazdilar. Hazrati Umar, roziyallohu anhu, kelib, yigitning otasiga ta’ziya izhor qilgach:
— Nega meni chaqirmadingiz? — dedilar.
— Ey mo‘minlarning amiri! Vaqt allamahal bo‘lib qolgan edi, sizni bezovta qilgimiz kelmadi, — dedi ota.
— Unday bo‘lsa, yuring, birga qabr boshiga boraylik, — dedi xalifa va ikkovlon u yerga yetgach:
— Ey falonchi! — deb marhum yigitni chaqirdi va: “Parvardigori (huzurida) turishdan (ya’ni, Parvardigor oldida turib hayoti dunyoda qilib o‘tgan barcha amallariga javob berishidan) qo‘rqqan kishi uchun ikki jannat bordir” (Rahmon, 46) mazmunli oyatni o‘qidi.
Ittifoqo, qabrdan yigitning:
— Ey Umar! Siz eslatgan ikki jannatni Rabbim menga ikki bora in’om qildi, — degan ovozi eshitildi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 18 Iyul 2006, 16:22:18
Gapiruvchi bo‘ri yoxud qiyomat alomati

Abu Said al-Xudriydan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: “Bir bo‘ri suruvga hujum qilib, bir qo‘yni olib qochdi. Cho‘pon bo‘rini quvib, qo‘yni tortib oldi. Shunda bo‘ri tilga kirib:
— Allohdan qo‘rqmaysanmi? Parvardigor menga yuborgan rizqni nega qaytarib olyapsan? — dedi.
— Vo ajab? Bo‘ri inson kabi gapirmoqda! — hayratini yashira olmadi cho‘pon.
— Mening odamday gapirganimga ajablanyapsanmi? Bundan ham muhimroq narsa bor. Yasribda Muhammad ismli bir zot odamlarga yangi dinni ta’lim bermoqda, — dedi bo‘ri.
Shundan so‘ng cho‘pon suruvini haydab Madinaga keldi. Qo‘ylarni bir pana joyda qoldirib, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, huzurlariga keldi va bo‘lib o‘tgan voqeani aytib berdi. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, odamlarni namozga chaqirishni buyurgach, cho‘ponga:
— Ko‘rganlaringni bularga ham so‘zlab ber, — dedilar.
Cho‘pon voqeani so‘zlab berdi. Shunda Sarvari olam, sollallohu alayhi va sallam, marhamat qildilar:
— Birodaringiz to‘g‘ri gapiryapti. Muhammadning qayoti izmida bo‘lgan Allohga qasamki, jonivorlar insonlar bilan gaplashmagunicha, kishining oyoq kiyimidagi bog‘ich ip tilga kirib, so‘zlamagunicha va kishining soni, u ko‘chada yo safarda bo‘lganida oilasining uyda nimalar qilganini xabar bermagunicha (ya’ni, shunday zamonlar kelmay turib) qiyomat qoim bo‘lmaydi».
(Mazkur hadisni Imom Ahmad Abu Hurayradan, Abu Nu’aym esa, Anasdan va Bayhaqiy Ibn Umardan rivoyat qilishgan).
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 18 Iyul 2006, 16:22:36
Salmoni Forsiy ibrati

Zayd ibn Savhonning ozod etilgan quli Solim hikoya qiladi:
«Xo‘jayinim Zayd ibn Savhon bilan birga bozorda edik. Salmoni Forsiy yonimizdan o‘tdi. Ancha-muncha oziq-ovqat ko‘tarib olibdi. Xo‘jayinim unga:
— Sen Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, sahobasisan. Buncha ko‘p zahira to‘plashga ehtiyoj sezmasliging kerak-ku, — dedi.
— Yanglishyapsan. Kishi o‘zini bunday narsalar bilan ta’minlab qo‘ysa, ham xotirjam bo‘ladi, ham ibodat uchun ko‘p vaqt topadi, shayton ham uni vasvasa qilishdan umidini uzadi, — deb javob berdi Salmoni Forsiy».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 18 Iyul 2006, 16:23:19
Sen nega yig‘layapsan?

Qays ibn Abi Hozim hikoya qiladi: Bir kuni Abdulloh ibn Ravoha  ayolining tizzasiga bosh qo‘yib yotarkan, yig‘ladi. Buni ko‘rgan ayoli ham o‘zini tutib turolmadi. Abdulloh undan:
— Sen nega yig‘layapsan? — deb so‘radi.
— Yig‘layotganingizni ko‘rib, men ham yig‘ladim, —  javob qildi xotini. Shunda Abdulloh:
— Men Alloh taoloning: “Sizlardan har biringiz unga (do‘zaxga) tushguvchidirsiz” (Maryam, 71, mazmuni) degan amri esimga tushib qolib yig‘ladim, — dedi Abdulloq xotiniga.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 19 Iyul 2006, 07:25:26
Xotirjamlik siri

Abu Zabya, roziyallohu anhu, rivoyat qiladilar:
«Abdulloh ibn Mas’ud, roziyallohu anhu, vafotlaridan sal oldin xastalanib qoldilar. Bemorni ko‘rishga kelgan Usmon, roziyallohu anhu, undan so‘radilar:
— Seni nima bezovta qilyapti?
— Gunohlarim.
— Ko‘ngling nimani tusayotir?
— Rabbimning rahmatini.
— Senga bir tabib chaqiraymi?
— Aslida meni kasal qilgan Tabibdir.
— Senga biroz maosh yozdirishimga ruxsat berasanmi?
— Maoshga ehtiyojim yo‘q.
— Hech bo‘lmasa, keyin qizlaringga beriladi-ku!
Shunda Abdulloh ibn Mas’ud, roziyallohu anhu:
— Sen qizlarimni kambag‘allikdan qiynalishadi deb xavotirdamisan? Men ularga har kecha Voqea surasini o‘qishni tayinlaganman. Zero, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: «Har oqshom Voqea surasini o‘qigan kishi hech qachon tirikchilik zahmatini chekmaydi», deb marhamat qilganlarini eshitgan edim, — dedi»
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 19 Iyul 2006, 07:25:46
Muomaladagi ehtiyotkorlik

Oyisha, roziyallohu anho, rivoyat qiladilar:
«Bir odam Janobi Payg‘ambarimizning, alayhissalom, yonlariga kirish uchun ruxsat so‘radi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— Qanday yomon odam bu. Qavmi va yaqinlari yuzidagi doHdir, — dedilar.
Biroq ichkari kirganida unga ochiq chehra bilan muomala qilib, iltifot ko‘rsatdilar. U chiqib ketgach, boshqa bir kishi kirishga ruxsat so‘radi.
— Naqadar yaxshi inson. Oilasi iftixor qilgulik bir farzanddir, — dedilar. Lekin Sarvari olam, sollallohu alayhi va sallam, bu kishiga avvalgi odamga ko‘rsatilganchalik iltifot qilmadilar. U kishi chiqqach, Oyisha onamiz:
— Yo Rasulalloh, birinchi kishini yomon deganingiz holda unga yaxshi muomala qildingiz. Ikkinchisini yaxshi deb turib, unchalik iltifot etmadingiz, — deb so‘radi.
Payg‘ambarimiz, alayhissalom:
— Ey Oyisha, insonlar orasida shundaylari borki, fe’li yomon bo‘lgani uchun ulardan ehtiyot bo‘lish kerak, — deya marhamat qildilar».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 19 Iyul 2006, 07:50:11
Zulmdan qochish.
No'shirovonni odil arkoni davlati bilan ovga chiqdi. Ov qilgan joylarida ov go'shitdan kabob qilishdi.Tuz yo'q ekan,ozroq tuz olish uchun hizmatkorini yubordi. Hizmatchisiga, jo'natayotib:"Tuzni pulga sotib ol!" dedi. U paytlar davlatning qishloqlardan tuz olish odati bor edi. Qishloq harob bo'lmasin, deb podshoh tuzni tekin emas, pulga sotib olishni buyurdi.Yonidagilar:"Ozgina tuz olsa nima qiladi?"deyishdi.
No'shirovon:"Zulm, haqsizlik oldingi zamonlarda juda kam edi. Vaqt o'tishi bilan yangi kelganlar ozgimadan ko'paytiribbugungi darajaga keltirishdi. Agar podshoh aholining bog'idan bir olma uzsa, hizmatchilar olma darxtini ildizi bilan sug'uradilar. Agar podshoh bitta tuxum olsa, hizmatchilar mardumning mingta tovug'ini pishirib yeydilar",- deb javob qildi.
Bu hikoya nihoyatda ibratlidir. Agar boshliqlar shu mezonda ish tutsalar, hech kimning burni qonamsdi, hech kimga zulm qilinmasdi. Chunki hamma yomonliklar kichigidan boshlanadi. Har bir yomonlikni esa oldi olinishi lozim. Oddiy odamlar ham, boshliqlar ham, ma'murlar ham yomonlikning oldi olinishi uchun harakat qilishlari lozim edi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 20 Iyul 2006, 06:33:36
Oqilona javob

Bir kuni bir yahudiy kelib Janobi Payg‘ambarimizdan, sollallohu alayhi va sallam, mashiat (iroda) haqida so‘radi.
 — Mashiat yolg‘iz Allohnikidir, — dedilar. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam.
— Sen shunday deyapsan, ammo agar men turishni xohlasamgina turaman, — dedi yahudiy.
— Sen o‘rningdan turasan, biroq Uning iroda va xohishi bilan turasan.
— Xohlasam, o‘tiraman ham.
— Alloh xohlagan bo‘ladiki, o‘tirasan, — dedilar.
— Men istasam, shu xurmo daraxtini kesaman.
— Alloh xohlagan bo‘lsa, kesasan.
— Xohlamasam, kesmayman, — dedi yahudiy.
— Alloh kesmasligingni xohlagan bo‘ladiki, kesmaysan.
Shu asno Jabroil, alayhissalom, tushib Janobi Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam:
— Siz ham Ibrohim, alayhissalom, kabi raqibingizni Allohning yordami bilan mot qildingiz, — dedilar. Shunda: “Sizning biron-bir xurmo daraxtini kesishingiz yoxud uni kesmay o‘z poyasida qoldirishingiz, Allohning izni-irodasi bilandir. Alloh yo‘ldan adashgan (fosiq-itoatsiz) kimsalarni ana shunday uyaltirib, rasvo etar” (Hijr, 5) mazmunli oyati karima nozil bo‘ldi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 20 Iyul 2006, 06:34:22
Eng shiddatli oyat

Muhammad ibn al-Muntashirdan:
«Bir odam Hazrati Umarga, roziyallohu anhu:
— Allohning kitobidagi eng shiddatli va qo‘rqinchli oyatni bilaman, — dedi. Umar, roziyallohu anhu, bir tayoq olib, uni astagina urdi va:
— O‘zingcha qanday “tadqiqot” o‘tkazdingki, bunday bir oyatni uchratding? — degach, haligi kishi u yerdan ketdi.
Ertasiga Hazrati Umar, roziyallohu anhu, unga uchrashib:
— Sen aytmoqchi bo‘lgan qaysi oyat edi? — deb so‘radilar.
“Kim biror yomonlik qilsa, albatta jazosini ko‘radi” oyatidir. Zero, hech yomonlik qilmagan odam yo‘q. Shunga ko‘ra, birortamiz ham azobdan qutula olmaymiz (najot topolmaymiz), — dedi u kishi.
Hazrati Umar, roziyallohu anhu, bunga javoban:
— Bu oyat nozil bo‘lganida biz shunchalar qo‘rqdikki, hatto ovqat yeyolmay qoldik. Nihoyat, Alloh taolo: “Kim biron-bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohning mag‘firat qilguvchi va mehribon ekanini topar – ko‘rar” (Niso, 110) mazmunli  oyati karimani nozil qildi, — dedilar».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 21 Iyul 2006, 08:45:44
Sizni yaxshi ko‘raman...

Abdulloh ibn Sarjasdan, roziyallohu anhu:
«Janobi Payg‘ambarimizga:
— Men Abu Zarrni yaxshi ko‘raman, — dedim.
— Buni o‘ziga aytdingmi?
— Yo‘q.
— Borib aytgin.
Shundan so‘ng Abu Zarrni topib:
— Men seni Alloh uchun yaxshi ko‘raman, — dedim.
— Alloh ham seni yaxshi ko‘rsin, — dedi u.
Keyin bu haqda Rasuli akramga aytgan edim, shunday marhamat qildilar:
— Yaxshi ko‘rgan kishingga: “Sizni yaxshi ko‘raman”, deyishing savobdir».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 21 Iyul 2006, 08:45:59
***

Bir odam Ibn Abbosning yonidan o‘tdi.
— Bu odam meni yaxshi ko‘radi, — dedi Ibn Abbos.
— Qaerdan bilasan? — deb so‘rashdi undan.
— Chunki men uni yaxshi ko‘raman, — deb javob berdi u.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 21 Iyul 2006, 08:46:19
Uch harakat tarixi

Sa’saa ibn Savxondan:
«Badaviy arablardan biri Alining, roziyallohu anhu, oldiga kelib:
— Ey amiral mo‘minin, siz: “Laa ya’kuluhu alla’l-xootuun” (Al-Haaqqa, 37) oyatini (zohiriy ma’nosi: “qonli yiringni faqat qadam bosganlar yeydi”) qanday tushunasiz? Nahotki, qadam bosmaydigan insonlar ham bo‘lsa? — deb so‘radi.
 Ali, roziyallohu anhu, kulimsirab:
— Sen so‘zni yanglish talaffuz qilmoqdasan. “Laa ya’kuluhu alla’lxootuun” emas “illa’l-xootiuun”. (Jahannamda qonli yiringni faqat gunohkorlar yeydi”),  deb to‘g‘ri o‘qigin, –dedilar.
— Ha, ey amiral mo‘minin. To‘g‘risi siz aytganingizday bo‘ladi, — dedi u arab.
Shundan so‘ng Hazrati Ali, roziyallohu anhu, yonlarida turgan Abu Asvad ad-Dualiyga o‘girilib:
— Bugun arab bo‘lmagan bir necha millatlar musulmon bo‘lib, arablarga qo‘shildilar. Shu sababli arab tili buzilishga yuz tutdi. Xalqqa shunday  narsani o‘rgatginki, u bilan arabiy tilni buzilishdan muhofaza eta olaylik, — dedilar.
Shundan keyin Abu Asvad yozuvda ustun, o‘tra, asra usulini qo‘llay boshladi”.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 22 Iyul 2006, 12:07:01
Bunda bir hikmat bor.

Hikmatdan voqif emasdir kishi,
Bo'lmadi bu ish kishining chun ishi.
Alisher Navoiy.

Qadim zamonda bir podshohning donishmand va taqvodor vaziri bo'lgan ekan. U qanday hodisa - voqeaga munosabat bildirsa,albatta:"Bunda bir hikmat bor", degan gapni takrorlab qo'yar ekan.Alhol, bir kuni behosdan podshoh qo'lini kesib olibdi. Va buni ko'rgan vazir odatga ko'ra o'z gapini takrorlabdi. Podshohning joni og'rib, achchig'i chiqib turgan edi. Vazirning bu gapi e'tiborsizlikdek tuyuldi, g'azablanib tepa sochi tikka bo'lib o'sha zahotiyoq uni zindonband qilibdi. O'zi esa qat'iy rejasiga ko'ra shikorga chiqib ketdi. Ov nihoyatda qizg'in kechardi.Bir ohuning ketidan tushgan podshoh ayonlaridan ayrilib qaroqchilar qarorgohiga yaqinlab qolagnini sezmadi.Buni qarangki, qaroqchiboshi aynan o'sha kuni biror joyi lat yemagan, soppa sog' bir kimsani "qurbonlik"uchun tutib kelishni mulozimlariga buyurgan edi. Ov bilan andarmon bo'lib yurgan podshoh kutilmaganda hibsga olinib, boshchi qoshiga keltirilibdi. Qarasa,o'lja "yarador".O'z talabini bajarmagan mulozimlariga tanbeh berib shu zahoti "o'ljani shu zahoti ozod qildi. Podshoh bu mo'jiza oldida lol qolib, omon qolganiga shukronalar aytib, saroyga qaytdi. Darhol zindondagi vazirini huzuriga chorladi. So'ng qo'lini ko'rsatib dedi:"Yaralangan bu qo'lning hikmatiga guvoh bo'ldim. Ammo sening zindonda yotishingni ne hikmati bor?"
Oqil vazir vazmin bir qiyofaa:"Agar meni zindonband qilmaganingizda, siz bilan ovga borar va qaroqchilarga asir ham tushar edim. Tabiiyki, mendek sog'lom bir odamni odamni ular qatl qilardilar",deya javob qaytardi. Hodisotlar hikmatini anglagan podshoh oqil vaziridan mamnun bo'ldi. Allohga shukrona aytib unga sarpo kiygazdi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 25 Iyul 2006, 05:25:07
Til o‘rgangin

Zayd ibn Sobitdan, roziyallohu anhu:
“Janobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, menga:
— Sen suryoniy tilini yaxshi bilasanmi? Chunki menga ushbu tilda yozilgan xatlar keladi, — dedilar.
— Yo‘q, — dedim men.
— O‘rgangin, — deya marhamat qildilar. Shundan so‘ng men suryoniy  tilini o‘rganishga kirishdim va o‘n yetti kun ichida o‘rganib oldim”.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 25 Iyul 2006, 05:26:00
Yomonlikka yaxshilik

Abu Hurayradan, roziyallohu anhu rivoyat qilinadi:
«Bir kun bir ayol oldimga kelib:
— Men ham zino qildim, ham zinodan tuHilgan bolamni o‘ldirdim. Endi shu gunohimdan tavba qilsam bo‘ladimi?  — deb so‘radi.
— Sen uchun tavba yo‘q! — dedim men ayolga. — Alloh ko‘zingni ko‘r qilsin, hech bir qulaylik bermasin...
Shundan so‘ng ayol yig‘lab, tizzalariga urib chiqib ketdi. Ertasi kuni bomdod namozini o‘qib bo‘lgach, bu voqeani aytgan edim – Janobi Payg‘ambarimiz alayhissalom:
— Sen ayolga naqadar yomon javob beribsan. Sen axir “Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur. Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur. Magar kim tavba qilsa va imon keltirib yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblarga aylantirib qo‘yur. Alloh mag‘firatli, mehribon Zotdir” (Furqon, 68-70) mazmunli oyatlarni o‘qimaganmiding? — deya marhamat qildilar.
Shundan so‘ng darhol ayolni chaqirtirib, unga bu oyatlarni o‘qib berdim. Ayol sevinganidan o‘sha zahoti sajda qildi va:
— Menga qutulish eshigini ochgan Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo‘lsin, — dedi».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 25 Iyul 2006, 05:26:35
Besh ming qo‘ydan afzal

Hazrati Alidan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar, sollallohu alayhi va sallam, bir kuni mendan:
— Ey Ali, senga besh ming qo‘y beraymi yoki ham dunyo, ham oxirat uchun foydali  besh kalimani o‘rgatayinmi? — deb so‘radilar.
— Yo Rasulalloh, besh ming qo‘y ozmuncha foyda emas. Biroq menga o‘sha besh foydali kalimani o‘rgatishingizni xohlayman, — dedim.
Shunda Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, ushbu duoni o‘rgatdilar:
— Allohim, gunohlarimni mag‘firat qil. Menga keng fe’l va halol bir daromad nasib et. Nafsimni bergan rizqingga qanoatli qil va qalbimni O‘zing man’ etgan narsalarga moyil qilib qo‘yma».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 25 Iyul 2006, 05:27:35
Xayrli oqibat

Muoz ibn Jabal, roziyallohu anhu, vafot etishlariga yaqin qolgan soatlarda qayta-qayta: “Tong otdimi?” deb so‘rar, har gal unga: “Hali tong otmadi”, deb javob berishar edi. Nihoyat , “Tong otdi”, deyishgach, Muoz ibn Jabal, roziyallohu anhu:
— Tonggida otashga ketiladigan kechadan Allohning panohiga siHinaman. Ey o‘lim, xush kelding, safo kelding. Sen umrim davomida menga ilk bor tashrif buyurgan bir ziyoratchisan, bir faqir do‘stiga murojaat etgan suyukli mahramsan.
Allohim, bugungacha men Sendan qo‘rqib keldim. Biroq bugun Sening rahmatingdan umidvorman. Senga ayonki, dunyo molini to‘plash, ariqlar ochib dalalarni bog‘-rog‘ qilish kabi ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish uchun dunyoda qolmoqchi emasman. Mayli, shiddatli issiqlarda chanqoq qolayin, dunyo hayotining mashaqqatlarini tortayin, biroq zikr halqalarida olimlarning tizzalariga tizzamni qo‘yib seni zikr etish uchun, dunyoda qolmoq istayman, — deb iltijo qildilar.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 28 Iyul 2006, 14:46:50
Eskisini kiymaganga yangisi yo‘qdir

Qusayr ibn Ubayddan, roziyalloqu anqu:
«Mo‘minlarning onasi Oyishaning, roziyallohu anho, ziyoratiga bordim. Menga:
— Hozir, bir oz kutib tur, ko‘ylagimning shu yirtiq joyini tikib olay, so‘ng gaplashamiz, — dedilar.
— Ey ummul mo‘minin, hozir shu ishingni odamlarga aytsam, seni xasisga chiqarishadi, — dedim.
Oyisha, roziyallohu anho, shunday dedilar:
— Bolam, aqlli bo‘l. Eskirgan kiyimlarini kiymagan kishi uchun yangi ko‘ylak yo‘qdir».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 28 Iyul 2006, 14:47:05
“Ya, arhamarrohimiyn!”

Lays ibn Sa’ddan, roziyallohu anhu:
«Zayd ibn Horisa, roziyallohu anhu, toiflik bir odamdan bir xachirni kiraga olgani haqida gapirib berdilar.
— Seni xohlagan joyimda tushirish sharti bilan xachirni kiraga beraman, — dedi xachirning egasi.
Ikkovlon yo‘lga tushdik. Xachirning egasi bir xarobaga yetib borgach, menga:
— Tush! — dedi.
Xachirdan tushdim, xaroba ichida bir necha o‘liklarni ko‘rdim. Xachirning egasi meni ham o‘ldirmoqqa choHlanayotgan ekan. Men:
— Ikki rakat namoz o‘qib olay! — dedim.
— O‘qiy qol. Sendan oldin mana bu o‘liklar ham namoz o‘qishgan, biroq namoz-niyozlari o‘zlariga hech bir foyda bergani yo‘q, — dedi u.
 Namoz o‘qib bo‘lganimdan so‘ng haligi odam meni o‘ldirmoqchi bo‘lib ilgarilagan edi, “Ya, arhamarrohimiyn”, dedim. Ittifoqo: “Uni o‘ldirma!” degan ovoz eshitildi. U odam qo‘rqib, bu ovoz egasini topish uchun tashqariga chiqdi, biroq hech kim ko‘rinmagach, yana ortga qaytdi. Men bu safar uch marta: ”Ya, arhamarrohimiyn” deb baqirdim. Shu payt bir otliq ichkariga kirdi. Qo‘lida temir nayza, nayzaning uchi olovli edi. U nayzasini qaroqchining ko‘ksiga sanchib, orqasidan chiqardi. Qaroqchi o‘ldi. Otliq menga qarab:
— Birinchi bor «Ya, arhamarrohimiyn» deganingda men yettinchi qavat osmonda edim. Ikkinchi marta duo qilganingda eng pastki qavatga tushdim. Uchinchi marta duo etganingda, bu yerga  yetib keldim, — dedi».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 28 Iyul 2006, 14:47:32
Fitnadan yiroq bo‘ling

Abu Nuaymdan, raqmatulloqi alayq:
“Huzayfa, roziyallohu anhu, shunday nasihat qildilar:
— Fitna qalblarda bosh ko‘targay. Fitnadan ozroq ozuqa olgan qalbda bir dog‘ paydo bo‘ladi. Shundan so‘ng unda fitnaga nisbatan nafrat uyHonsa, doH ketadi. Kimki qalbi fitnaga duchor bo‘lgan-bo‘lmaganini bilmoqchi ekan, qalbini taftish qilsin. Agar avval harom deb bilgan narsani halol desa, yoki asli halol narsani harom der ekan, demak, qalbi fitnaga makon bo‘libdi.
Fitnalardan ehtiyot bo‘ling. Hech kim fitnaga berilmasin. Allohga qasamki, kimki fitnaga yuzlansa, toshqin sel yo‘ldagi notoza narsalarni surib ketganidek, fitna ham u kimsani ana shunday sudrab olib ketgay. Fitna dastlab haq-rost qiyofasiga o‘ranib, boshlanadi. Shu darajadaki, ba’zilar uni haq bir da’vo deb biladilar. Faqat o‘rtadan ko‘tarilganidan keyingina uning fitnaligini tushunib yetadi. Binobarin, fitnani ko‘rganingizda uyingizda o‘tiring, qilichlaringizni sindiring va yoylaringizning ipini kesib tashlang.
Hatto suv qo‘shilmagan sharob ham fitna kabi insonlar qalbini aldab, chalg‘ita olmaydi.
Shunday bir zamon keladiki, suvga cho‘kayotgan odam kabi astoydil duo-niyoz qilgan kishigina fitnadan omon qoladi, boshqa hech kim qutulolmaydi.
Dunyo uchun oxiratni unutgan, oxirat uchun dunyoni tashlagan kimsalar  sizlarning yaxshilaringiz emas. Yaxshilaringiz har ikkalasidan ham to‘g‘ri foydalana olganlaringizdir”.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 29 Iyul 2006, 11:04:49
Yuksak martaba

Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu:
“Janobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam:
— Qiyomat kuni martabalariga payg‘ambar va shahidlar ham havas qiladigan va Alloh dargohida nurli minbarlar ustidagi joylari bilan taniladigan kishilarning xabarini berayinmi? — deya marhamat qildilar.
— Ular kimlar, yo Rasulalloh? — so‘rashdi ashob.
— Allohning qullarini Alloqga va Alloh taoloni Uning qullariga sevdirish uchun intilgan va yer yuzida zimmalariga irshod vazifasi yuklangan odamlardir.
— Yo Rasulalloh! Allohni Allohning qullariga sevdirmoq tushunarli. Biroq Allohning qullarini Allohga sevdirish qanday bo‘ladi? — deb so‘radim.
— Ularni Alloh sevgan narsalarga tashviq etishadi va Alloh yomon ko‘rgan narsalardan qaytarishadi. Ular bunga quloq osib, amal qilishsa, Alloh ularni sevadi, — deb marhamat qildilar Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 29 Iyul 2006, 11:05:36
Insonlar ikki hovuchdirlar

Tabaroniydan, raqmatuloqi alayq, rivoyat qilinadi:
“Muoz ibn Jabal, roziyallohu anhu, vafot etar choHi yig‘ladilar. U kishidan:
— Nega yig‘layapsan? — deb so‘rashdi.
— Vallohi, men o‘lim azobidan qiynalib yoki ortimda mol-dunyo qolib ketayotgani bois yig‘layotganim yo‘q, — dedilar. — Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: “Insonlar ikki hovuchdirlar. Bir hovuchi jannatda, bir hovuchi esa do‘zaxda”, deganlarini eshitganman. Mana shu hovuchlardan qaysi birida ekanimni bilmaganimdan yig‘lamoqdaman”, — dedilar Muoz ibn Jabal, roziyallohu anhu».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 29 Iyul 2006, 11:07:10
Ellik ming dirqamlik xurmozor

Abdulloh ibn Abu Bakr rivoyat qiladilar:
«Ansorlardan biri Madinaning Kuf degan darasida namoz o‘qiyotgan edi. Xurmolar rosa pishib yetilgan, shoxlar orasi g‘ij-g‘ij meva edi. Hosil mo‘lligidan ansorning ko‘ngli chog‘ bo‘ldi. Fikri ancha vaqt xurmolariga bog‘lanib qoldi. So‘ng yana namoziga qaytdi, ammo necha rakat o‘qiganini unutgan edi... Shundan so‘ng u:
— Bu dunyo moli tufayli dinim halok bo‘lmasin, — dedi. Keyin amiral mo‘minin Hazrati Usmonning, roziyallohu anhu, huzuriga borib, maqsadini aytdi:
— Shu bog‘im Alloh yo‘lida sadaqadir. Uni o‘zingiz ma’qul ko‘rgan yo‘lda ishlating.
Hazrati Usmon, roziyallohu anhu, xurmozorni ellik ming dirhamga sotib, pulini xazina hisobiga o‘tkazdilar.
Shundan keyin bu bog‘ “ellik ming dirqamlik xurmozor” nomini oldi».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 02 Avgust 2006, 08:39:38
Naqadar yomon ish

Abul Hasan, roziyallohu anhu, rivoyat qiladilar: “Nabiyning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida o‘tirar edik. Davradan kimdir turib ketdi, biroq oyoq kiyimini unutib qoldirdi. Davradagilardan biri uning oyoq kiyimi ustiga o‘tirib oldi. Haligi kishi bir ozdan keyin qaytib kelib, oyoq kiyimini so‘radi.
— Biz ko‘rmadik, — deyishdi. Poyafzal egasi bezovtalanib qoldi. So‘ng uning oyoq kiyimi ustiga o‘tirgan kishi:
— Mana, oyoq kiyiming, — dedi.
Shunda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam:
— Musulmon kishini bezovta qilish naqadar yomon ish, — dedilar.
— Men hazillashdim, — dedi u kishi.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, yana o‘sha gaplarini takrorladilar”.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 02 Avgust 2006, 08:40:23
Kim Alloqga ishonsa

Sulaymon ibn Surod, roziyallohu anhu, rivoyat qiladilar: “Badaviy arablardan biri Nabiyga, sollallohu alayhi va sallam, iqtido etib namoz o‘qirkan, yonida teridan qilingan o‘qdoni turar edi. Sheriklaridan biri o‘qdonni yashirib qo‘ydi. Namoz o‘qib bo‘lingach, a’robiy:
— Mening o‘qdonim qani? — deb so‘radi. Sheriklari kulishdi. Shunda Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam:
— Kim Allohga, oxirat kuniga ishonsa, hech bir musulmonni bezovta qilmasin, — dedilar”.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 02 Avgust 2006, 08:40:43
Riyodan ogohlantirish

Ibn Abbosdan, roziayllohu anhu:
“Hazrati Umar, roziyallohu anhu, bir kuni yonidagi odamlardan:
— Men bu kecha bir oyatni o‘qidim. Tonggacha uxlayolmadim. Oyatning ma’nosi quyidagicha: “Ostidan anhorlar oqib turuvchi, xurmoyu uzumlari bor, turli xil mevalari mo‘l bog‘i bo‘lgan bir odam o‘zi keksayib, notavon (yosh) bolalari bilan qolgan paytida o‘sha bog‘ini olovli to‘fon urib, yonib ketishini xohlaydimi? Tafakkur qilursizlar, deb Alloh o‘z oyatlarini sizlarga shunday bayon qiladi” (Baqara, 265, mazmuni). Bu misol savobli ishlarni riyo bilan amalga oshiruvchi kishiga nisbatan aytilgan. YonHin tufayli bog‘bon ne umidlar bilan parvarish qilgan bog‘-roHidan mahrum bo‘lganidek, riyokor odam ham oxiratda ajru savobdan bebahra qolishi to‘g‘risida ogohlantirilmoqda. Alloh bu tamsili bilan nimani nazarda tutgan ekan? — deya so‘radi.
— Alloh biladi, — deb javob qildi o‘sha yerda o‘tirganlardan biri.
— Alloh bilishini men ham bilaman, — dedi Hazrati Umar, — men birortangiz bu borada biror narsa bilsangiz yoxud eshitgan bo‘lsangiz, gapiring, deb so‘radim.
Shunda hamma jim qoldi. Faqat men bir narsalarni pichirladim. Hazrati Umar meni ko‘rishi bilan:
 — Tortinma, jiyan. Bilgan narsang bo‘lsa, gapiraqol, — dedi.
— Alloh taolo bu tamsil bilan kishining amalini nazarda tutgan. Ortiqcha tafsilot qilolmayman, — dedim.
Shunda Hazrati Umar, roziyallohu anhu, izohlay boshladilar:
— To‘g‘ri aytasan. Alloh taolo bu tamsil orqali kishining amalini eslatmoqda. Kishi qariganida va bir necha kichik va boqimanda bolalari bo‘lganida, shunday daromadli bir boqqa ko‘p muhtoj bo‘ladi. Ha, sen juda to‘g‘risini gapirding».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 03 Avgust 2006, 16:32:42
Olovda birinchi yonadiganlar

Valid ibn Abu Valid va Abu Usmon al-Madaniydan Uqba ibn Muslim rivoyat qiladi:
“Bir safar Madinaga borganimda xalqning bir odam atrofida to‘planganini ko‘rib:
— Bu  odam kim? — deb so‘radim.
— Abu Hurayra, — deyishdi.
Shundan so‘ng uning yoniga borib o‘tirdim. Abu Hurayra yig‘ilganlarga va’z aytardi. So‘zlarini tugatganidan so‘ng, jamoat tarqalgach, unga:
— Alloh roziligi uchun, agar Janobi Payg‘ambarimizdan eshitib, xotirangda yaxshi saqlangan hadis bo‘lsa, menga aytib ber, — dedim.
Abu Hurayra:
— Mayli, Rasuli akramdan eshitgan va yaxshi eslaydiganim bir hadisni aytaqolay, — dedi-yu, hushidan ketib, yerga yiqildi. Anchadan keyin o‘ziga kelib, yana:
— Janobi Rasulullohdan eshitgan va yaxshi eslaydiganim bir hadisni senga aytib beray, dedi-yu, takror behush holda yiqildi.
TaHin o‘ziga kelgach:
— Ha, ha, senga Payg‘ambarimizning o‘zlari bilan mendan bo‘lak biror kimsa yo‘qligida aytgan hadislarini so‘zlayin, — dedi va bu safar yanada qattiqroq behush bo‘lib, yuzi bilan yerga yiqildi.
Uni yelkalaridan ushlab, ko‘kragim bilan suyadim. Nihoyat hushyor tortib, yuz-ko‘zini ishqalaganidan so‘ng, quyidagilarni aytdi:
— Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, o‘shanda marhamat qildilarki, Alloh taolo qiyomat kuni hammani hisob-kitob qiladi. To‘planganlar tiz cho‘kkan ko‘yi, navbatini kutadilar. Eng avval uch toifa odam chaqiraladi: Qur’onni ko‘kragida jamlagan kishi, mol-dunyosi ko‘p bo‘lgan kishi va shahid bo‘lgan kishi.
Alloh taolo Qur’onni yod olgan kishidan:
— Payg‘ambarga nozil etilganlarni senga o‘rgatmadimmi? — deb so‘raydi.
— Menga bildirding, yo Rab.
— Senga o‘rgatilgan ilmga muvofiq harakat qildingmi?
— Ha, yo Rabbim! Men kecha-kunduz Senga ibodat qilardim.
Alloh taolo:
— Yolg‘on gapiryapsan, — deydi.
— Sen yolg‘on gapiryapsan, — deyishadi farishtalar ham.
Alloh taolo:
— Boshqalarning: “Falonchi o‘qigan odam, ilmli”, deb maqtashlari uchun o‘qib-o‘rgangan eding. Seni shunday deyishdi ham, — deydi.
Undan keyin mol-dunyosi ko‘p bo‘lgan kishi o‘rtaga olib chiqiladi. Alloh taolo undan:
— Men senga yetarlicha mol-dunyo bermadimmi, hatto hech kimga muhtoj bo‘lmaydigan darajada seni boy qilib qo‘ymadimmi? — deb so‘raydi.
— Ha, yo Rabbiy, — deya javob beradi u odam.
Alloh taolo:
— Senga berilgan molni nima qilding, qanday sarflading? — deb so‘raydi.
— Qarindoshlik haqlariga rioya etdim, sadaqa qildim, muhtojlarga yordam berdim.
Alloh taolo:
— Yolg‘on gapiryapsan, — deydi.
Farishtalar ham:
— Yolg‘on gapiryapsan, — deyishadi.
Alloh taolo:
— Sen “Odamlar meni saxiy deb atasin” deya shunday qilarding. Seni shunday atashdi ham.
Shundan so‘ng shahid bo‘lgan kishi olib kelinadi. Janobi Haq undan:
— Sen nima uchun o‘ldirilding? — deb so‘raydi.
— Yo Rabbiy, Sening yo‘lingda qurbon bo‘ldim.
Alloh taolo unga:
— Yolg‘on aytyapsan, — deydi.
— Yolg‘on so‘zlayapsan, — deyishadi farishtalar ham.
Alloh taolo unga deydi:
— Mening amrimni ado etish uchun emas, odamlarning: “Falonchi jasur ekan” deyishlari uchun kurashding. Odamlar  seni shunday deyishdi-ku”.
Abu Hurayra, roziyallohu anhu, davom etib, aytdiki: “Janobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, shundan keyin, mening tizzamga urib:
— Ey Abu Hurayra, qiyomat kuni Allohning maxluqlaridan jahannam olovida birinchi yonadiganlari ana shu uch odamdir, — dedilar”.
***
Abu Usmon al-Madaniy rivoyat qiladi: A’lo ibn Abu Hakim shunday dedilar:
— Men Muoviyaning qilichbardori edim. Bir kun bir kishi kelib, Abu Hurayradan eshitgan bu hadisni unga naql qildi. Shunda Muoviya:
— Bu uch kishining ahvoli shunday bo‘lsa, boshqalarning holi qanday bo‘larkin? — deb yig‘lashga tushdi. Shunchalar kuyib yig‘ladiki, biz uni o‘lib qoladimi deb o‘ylab:
— Bu odam bizga tashvish keltirdi, — deyishgacha bordik.
Shunda Muoviya ko‘zlarini ochib, yuzini silab:
— Allohning Payg‘ambari rost so‘zlabdilar. Chunki Alloh taolo: “Kimki dunyo hayoti va uning ziynatini istasa, ularga amallarining (savobini) shu (dunyoda) mukammal berurmiz va ular (dunyoda) ziyon ko‘rmaydilar. (Ya’ni, savoblari uchun ajrni ham shu dunyoda olib, oxiratda benasib bo‘lurlar). Ana o‘shalar uchun oxiratda do‘zaxdan boshqa (narsa) yo‘qdir. (Ularning) savobli ishlari habata (barbod) va qilib yurgan amallari botil bo‘lur” (Hadid, 15-16, mazmuni) deya marhamat qilgan-ku! — dedi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 03 Avgust 2006, 16:33:19
Oxiratdagi xayru saodat

Kanona al-Adviydan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
“Umar, roziyallohu anhu, harbiy qo‘mondonlarga: “Qo‘shiningiz ichidagi Qur’onni bilguvchilarning ro‘yxatini menga bering. Maoshlarini orttirib, Qur’oni karimni o‘rgatish uchun xalq orasiga yuboraman”, deya xat yozdi. Abu Muso al-Ash’ariy, roziyallohu anhu, Hazrati Umarga: “Mening atrofimda ayni paytda uch yuz kishidan oshiq Qur’on bilimdonlari mavjud” deya javob maktubi yubordi.
Shunda Hazrati Umar quyidagi maktubni yozdi: “Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan. Allohning quli Umardan, Abdulloh ibn Qaysning atrofidagi Qur’on homiylariga. Sizlarga Allohning salomi bo‘lsin.
Birodarlar, unutmangki, Qur’on siz uchun oxiratda xayru saodat, dunyoda esa, baland qadr-qimmat va hayot (tiriklik) manbaidir. Bas, shunday ekan, uning ortidan ketishingiz kerak. U sizning ortingizdan ketmasin. Zero, Qur’on kimning ortidan ketsa, u kimsa yuztuban yiqiladi, dumalab-dumalab, jahannamga qulaydi. Qur’onning orqasidan ketgan kishini Qur’on Firdavs jannatiga olib boradi. Shunday qilingki, Qur’on sizlarga da’vogar emas, shafoatchi bo‘lsin. Zero, shafoatchisi Qur’on bo‘lgan kishi jannatiy, da’vogari Qur’on bo‘lgan kishi esa do‘zaxiydir.
Shuni ham bilingki, Qur’onning har bir oyati hidoyat manbai, bir ilm chechagidir. Qur’on buyuk marhamat sohibi Allohning uluH Kitobidir. Alloh u bilan ko‘r ko‘zlarni, kar quloqlarni va qulfloHli qalblarni ochadi. Bilingki, banda kechaning bir qismida turib, oHzini misvoklab, tahorat olgach, takbir aytib, Qur’on o‘qiy boshlasa, Alloh subhanahu va taolo unga: “O‘qi, o‘qi! Shu toza-pokiza va xushbo‘y oHzing-la o‘qi. Senga muborak bo‘lsin”, deydi. Bilingki, namoz ichida Qur’on o‘qish fazilatlarning ko‘rinmas xazinasi, xayr va barakot dasturxonidir. Shunday ekan, bu buyuk foydani qo‘lga kiritmoq uchun kuchingiz yetgunicha harakat qiling. Chunki namoz zulmat pardasini yirtuvchi bir nurdir. Zakot yaxshilik yo‘lini ko‘rsatuvchi bir mayoqdir. Ro‘za yomonliklardan asraguvchi bir qalqondir. Sabr rohatbaxsh bir nurdir. Binobarin, Qur’onga hurmat bilan munosabatda bo‘ling, unga bepisand va past nazarda qaramang. Haq taolo Qur’onni hurmat qilganlarga baland darajotlar beradi. Unga bepisand bo‘lganlarni esa kamsitadi. Qur’onni yodlab, uning amrlariga rioya qilganlarning duosi Alloh dargohida mutlaqo qabul bo‘ladi. Alloh xohlasa, bu dunyoda beradi, xohlasa, oxiratga qoldiradi. Alloh dargohidagi mukofotlar tavakkul qilganlar uchun dunyo manfaatlaridan yanada ustun va bitmas-tuganmasdir».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 04 Avgust 2006, 17:04:00
Zuhd chegarasi

Abu Yazid Bastomiy deydi:
«Meni hech kim balxlik bir yigitdek maHlub qilgan emas. U haj qilib qaytayotganimizda biz bilan uchrashib qoldi va:
— Sizlarda zuhdni qanday tushunishadi? — deb so‘radi.
— Topilsa yeb, topilmasa, sabr etishni zuhd deymiz.
— Balxning kuchuklari shunday qiladi...
— Xo‘sh, unda zuhdning chegarasi bormi? — deb so‘radik undan.
— Topmasa sabr, topilsa, o‘zgalarga tortiq etish, — dedi u».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 04 Avgust 2006, 17:04:29
Barakotli kun

Suvayd ibn Qafladan rivoyat qilinadi:
“Hazrati Ali, roziyallohu anhu, ma’lum bir payt moddiy jihatdan ancha qiyin ahvolga tushib qoldi. Shunda Fotimadan:
— Otang quzurlariga borib, ozroq yordam so‘rasang bo‘larmidi, — deya uni Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, yonlariga jo‘natdi.
Fotima eshik taqillatganida Ummu Ayman onamiz Rasuli akramning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida edi.
— Bu Fotimaning eshik taqillatishiga o‘xshaydi. Bemahalda nimaga keldi ekan? — dedilar Nabiy sollallohu alayhi va sallam.
Fotima ichkari kirdi va:
— Yo Rasulalloh, farishtalarning oziHi: “Allohdan o‘zga iloh yo‘q” deyish, Allohga hamd va tasbeh aytishdir. Bizning oziHimiz nima? — deb so‘radi.
Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam:
— Meni haq payg‘ambar qilib yuborgan Allohga qasamki, bir oydan beri Muhammadning uyida ovqat pishirish uchun olov yoqilgani yo‘q. Bizga bir nechta echki keltirishibdi. Xohlasang, beshtasini sizlarga berishni buyuraman. Xohlasang, Jabroil, alayhissalom, menga o‘rgatgan kalimalarni o‘rgataman, — deya marhamat qildilar.
Shunda Fotima, roziyallohu anho:
— Yo Rasulalloh, menga Jabroil, alayhissalom, Sizga aytgan o‘sha kalimalarni o‘rgating, — dedi.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— “Ey ibtidosi va intihosi yo‘q tanho Zot! Ey kuch-qudrat egasi Alloh, ey marhamatlilarning eng marhamatlisi Allohim”, degin, — dedilar.
Shundan so‘ng Fotima, roziyallohu anho, uylariga qaytib keldi.
— Nima gap? — so‘radi Ali, roziyallohu anhu.
— Dunyo istab chiqqan edim, oxirat ne’matini olib keldim.
Ali, roziyallohu anhu, bu gapdan Hoyat ta’sirlanib:
— Bugun sen uchun eng xayrli va barakotli kun bo‘libdi, — dedilar”.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 04 Avgust 2006, 17:05:02
Alloh xohlagan joyda

Toriq ibn Shihobdan rivoyat qilinadi:
“Bir yaqudiy Hazrati Umardan, roziyallohu anhu, so‘radi:
— Qur’onda: “Jannatning kengligi osmonlar va yer barobarida...” (Ol-i-Imron, 133, mazmuni) deyilgan. Xo‘sh, ayting-chi, unda do‘zax qaerda bo‘ladi?
Umar, roziyallohu anhu, sahobalarga:
— Bu odamning savoliga javob bering, — dedilar. Biroq hech kimdan javob chiqmadi. Shunda Hazrati Umar, roziyallohu anhu, yahudiydan:
— Har kuni ko‘rib turganingdek, kechqurun hamma yer zimistonga burkanadi. Ayt-chi, tun cho‘kkanida kunduz qaerda bo‘ladi? — deb so‘radilar.
— Alloh xohlagan joyda.
— Unday bo‘lsa, do‘zax ham Alloh taolo xohlagan joydadir.
Ittifoqo, yahudiy hayajonini yashirolmay:
— Ey mo‘minlarning amiri! Alloh taologa qasamki, Alloh taolo nozil qilgan kitobda (Tavrotda) ham xuddi sen aytganingday yozilgan, — dedi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 05 Avgust 2006, 08:49:41
Xaloskor malak

Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu:
«Ashobdan Abu Malik ismli bir odam bor edi. Bu odam tijorat bilan shuHullanar, o‘zi va boshqalarning puli qisobiga savdo-sotiq qilardi.
Ibodat va taqvo sohibi edi. Tijorat maqsadida chiqqan bir safarida qurollangan bir qaroqchiga duch keldi. Qaroqchi unga:
— Narsalaringni yerga qo‘y, seni o‘ldiraman, — dedi.
 Abu Malik:
— Sening maqsading moldir. Mening hamma narsam senga bo‘lsin, — dedi.
Qaroqchi:
— Yo‘q, mening maqsadim mol emas, sening joningdir, — degach, Abu Malik:
— Unday bo‘lsa ruxsat ber, namoz o‘qiyin. Undan keyin xohlaganingni qil, — dedi.
Qaroqchi bunga rozi bo‘ldi. Abu Malik tahorat olib, namoz o‘qiy boshladi va shunday duo qildi:
“Ey qullarini sevuvchi, ey buyuk Arsh sohibi, ey tilaklarni bajo qilguvchi Allohim! Sendan hech bir kishi xohlab sohibi bo‘lolmagan qudrating, hech bir kishi e’tiroz bildirolmaydigan hukmronliging va Arshning har tarafini to‘ldirgan nuring haqqi-hurmati, meni bu qaroqchining tajovuzidan qutqarishingni so‘rayman”.
Abu Malik bu duosini uch bor takrorlaganidan so‘ng qo‘lida nayza tutgan bir otliqning qaroqchi yonida paydo bo‘lganini ko‘rdi. Otliq qaroqchini bir zarba bilan urib, yerga qulatganidan so‘ng Abu Malikka o‘girildi. Abu Malik:
— Sen kimsanki, Aziz va Jalil Alloh menga seni yordamga jo‘natdi?— deya so‘radi.
Otliq:
— Men to‘rtinchi qavat osmoni mo‘minlaridanman. Ilk duo qilgan vaqtingda samo eshiklaridan bir guldirash eshitdim. Yana duo qilding, bu safar samo mo‘minlaridan bir shovqin eshitdim. So‘ng uchinchi marotaba duo qilganingda: “Bu mushkulotda qolgan bir bechoraning duosidir”, deyishdi. Shundan so‘ng men ham Allohdan bu qaroqchini o‘ldirish vazifasini menga topshirishini niyoz etdim. Senga xushxabar keltirdim: kim tahorat olib, to‘rt rakat namoz o‘qiganidan so‘ng bu duoni uch marotaba takrorlasa, mushkulotda qolsin-qolmasin, uning duosi albatta qabul qilinadi, — deb ko‘zdan Hoyib bo‘ldi».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 05 Avgust 2006, 08:50:27
Eridan shikoyat qilgan ayol

Sha’biydan, raqmatulloqi alayh:
«Bir ayol Hazrati Umarning, roziyallohu anhu, huzuriga kelib:
— Ey amiral mo‘minin, sizga insonlarning eng yaxshisi ustidan shikoyat qilgani keldim. U shunday odamki, yaxshi amal borasida unga yetadiganlar juda oz. Kechasi tonggacha namoz o‘qiydi va kunduzlari doimo ro‘zador bo‘ladi, — deganidan keyin uyalib, aslida aytmoqchi bo‘lgan gaplarini aytolmadi va:
— Ey amiral mo‘minin, meni kechiring, — dedi.
— Yaxshi, — dedilar Hazrati Umar. — Alloh sendan rozi bo‘lsin. Sen u odamni juda yaxshi sifatlar bilan maqtading. U haqda bundan ortiq biror narsa gapirishingga hojat yo‘q.
Ayol chiqib ketdi. U ketgach, o‘sha yerda turgan Ka’b ibn Sur, roziyallohu anhu:
— Ey amiral mo‘minin, ayol uyalib shikoyatini so‘zlay olmadi, — dedi.
— Ayolning qanday shikoyati bor edi? — so‘radilar Hazrati Umar.
— Ayol eridan “zavjiyat (er-xotinlik) haq-huquqlariga rioya etmayotir” deb shikoyat qilmoqchi edi.
Shundan so‘ng Hazrati Umar, roziyallohu anhu, ayolni orqaga qaytarib, uning eriga ham xabar yubordilar va ayolning eri ham kelgach, Ka’bga:
— Oralarida sen hakamlik qil, — dedilar.
— Siz shu yerda ekansiz, men qanday hakamlik qilaman, — dedi Ka’b.
— Men tushunmagan narsaga sening aqling yetdi. Binobarin, ularni eshitib, oralarida hukm etmoq sening haqqingdir, — dedi xalifa.
Shunda, Ka’b haligi odamga:
— Alloh subhanahu va taolo erkaklarga xitoban: “Agar yetim qizlarga adolatli bo‘la olmaslikdan qo‘rqsangiz, sizlar uchun (nikohi) halol bo‘lgan ayollarga ikkita, uchta, to‘rttadan uylanaveringlar” (Niso, 3, mazmuni) deya marhamat qilganiga ko‘ra, ko‘pi bilan uch kun (nafl) ro‘za tutishing mumkin. To‘rtinchi kun tutmasliging kerak va ko‘pi bilan uch kecha tonggacha ibodat qilishing mumkin. To‘rtinchi kecha ayolingning yonida yotishing lozim, — dedi.
Er xotin ketishgach, Hazrati Umar Ka’bga:
— Sening bu topaHonliging boyagisidan ham go‘zaldir, — dedilar va uni Basraga qozi etib tayinladilar».

(Rohila Ro‘zmanova tayyorladi)
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 05 Avgust 2006, 08:50:52
G’aflatning sababi

Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu:
«Bir safarda Abu Muso bilan birga edik. Tumonat odam yig‘ilganini ko‘rdik. Bir kishi o‘rtada turib, tinmay gapirar edi. Abu Muso menga:
— Ey Anas, kel Rabbimizni zikr etaylik. Ko‘ryapsanki, bular dunyo uchun tinmay gap sotmoqdalar. Ey Anas, bugungi insonlarda oxirat qayHusi deyarli yo‘q, oxirat ular uchun hech bir ahamiyatga ega emas, — dedi.
— Nafsoniy orzu-istaklar va shayton ularni Haflatga yetaklamoqda, — dedim.
— Yo‘q, unday emas. Ularga dunyo naqd holda ko‘rsatilgan, oxirat esa ulardan pardalangan. Agar dunyoni ko‘rganlari yangliH oxiratni ham ko‘rganlarida edi, oxiratdan yuz o‘girmas va dunyoga bu qadar o‘ralashib qolmas edilar, — dedi Abu Muso».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 06 Avgust 2006, 23:27:03
 Asiring nima dedi?

Abu Hurayra, roziyallohu anhu, rivoyat qiladi:
«Payg‘ambar, alayhissalom, menga bir necha kun xurmo bog‘ini qo‘riqlab turishni tayinladilar. Kechalardan birida bir odam kelib, xurmo ola boshladi. Uni darhol tutib oldim va:
– Seni Rasulullohning oldiga olib boraman, – dedim. U esa yolvorib:
– Men bir bechora, muhtoj odamman. Oilamni boqishim kerak, – dedi. Achinganimdan uni qo‘yib yubordim. Tong otgach, Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, mendan so‘radilar:
– Ey Abu Hurayra, oqshom tutgan asiringga nima bo‘ldi?
– Yo Rasulalloh, u menga bola-chaqasi ko‘p va ular och qolganini aytdi, rahmim kelib, qo‘yib yubordim.
– U seni aldabdi, yaqinda yana keladi.
Uning yana kelishiga ishonib, poyladim. Darhaqiqat, u yana keldi va xurmo terishga tushdi. Ushlab oldim:
– Seni albatta Rasulullohga, sollallohu alayhi va sallam, olib boraman, – dedim. U yana:
– Xudo xayringni bersin, meni qo‘yib yubor. Axir men bir muhtoj odam bo‘lsam, oilam mening qo‘limga qarab turgan bo‘lsa, nima qilay? Endi kelmayman, – deb yolvordi. Rahmim kelib, uni yana qo‘yib yubordim. Kunduzi Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam:
– Ha, Abu Hurayra, bugun oqshom asiring nima dedi? — deb so‘radilar.
– Yo Rasulalloh, bu safar ham o‘ta muhtojligini aytib yolvordi: «Endi kelmayman», deb so‘z berdi. Rahmim kelib, qo‘yib yubordim.
– Seni yana aldabdi. Mana ko‘rasan, yaqinda u yana keladi.
Yana uni poyladim. U kelib, hech tap tortmay xurmolardan ola boshladi. Yana ushlab oldim va jahl bilan:
– Qanaqa odamsan o‘zi? Uchinchi marta qo‘lga tushyapsan. Har safar «Endi kelmayman», deb ketasan. Endi seni Rasulullohning huzurlariga olib bormasam bo‘lmaydi, – dedim. Bu safar u shunday dedi:
– Meni qo‘yib yuborgin. Senga ba’zi bir kalimalarni o‘rgataman. Ular tufayli Alloh senga xayr va barakot ehson etadi.
– U qanday kalimalar ekan?
– Uxlashdan oldin «Oyatul kursiy»ni oxirigacha o‘qigin. Ertalabgacha ustingda Alloh tarafidan yuborilgan bir qo‘riqlovchi turadi. Senga shayton ham yaqin kelolmaydi, — dedi. Shundan keyin uni qo‘yib yubordim.
Bomdoddan so‘ng Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, mendan yana so‘radilar:
– Bugun kechqurun asiring nimalar dedi?
— Yo Rasulalloq, bu asir menga bir necha kalimalar o‘rgatishini va bu kalimalar qurmatiga Alloq taoloning menga xayr va barakot eqson etishini va’da qildi. Men uni qo‘yib yubordim.
– Xo‘sh, ular qanday kalimalar ekan?
– «Oyatal kursiy»ni (Alloqu la ilaqa illa qu al qayyul qoyyum...) oxirigacha o‘qidi va menga: «Uxlashdan oldin» «Oyatal kursiy»ni o‘qigin, shunda ertalabgacha ustingda Alloq tomonidan yuborilgan bir qo‘riqchi turadi. Senga shayton qam yaqinlashmaydi»,  dedi.
– Bu asir yolg‘onchi bo‘lsa qamki senga bir marta to‘g‘ri gapiribdi. Ey Abu Hurayra, uch kechadan beri sen bilan kim gaplashganini bilasanmi?
– Bilmayman, yo Rasulalloh?
– U inson qiyofasiga kirgan shayton edi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 06 Avgust 2006, 23:27:24
Mazlumning haqi

Shayx Ibrohim Haqqiy yoshligida avliyoullohlardan bo‘lgan Ismoil Faqirulloh hazratlarining qo‘llarida tahsil va tarbiya ko‘rgan edi. Bir kuni ustozi uni chaqirtirdi. Ibrohim yugurib keldi:
– Labbay, ustoz?
– Shu ko‘zada buloqdan suv olib kelgin. Ibrohim ko‘zani olib buloqqa bordi. Ko‘zani to‘ldirayotganida bir otliq keldi va:
– Qani, nari tur, – deb Ibrohimni itarib yubordi. Ibrohimning ko‘zasi yerga tushib, sindi. U yig‘lab ustozining huzuriga keldi.
– Nima bo‘ldi, o‘Hlim? — deb so‘radi ustozi.
– Buloqdan suv olayotuvdim, bir otliq kelib, itarib yuborganida, ko‘za qo‘limdan tushib, sindi.
– Ko‘zani sindirgan odamga biron nima dedingmi?
– Yo‘q, hech nima demadim.
– Bir oHiz ham gapirmadingmi?
– Yo‘q.
– Tezda u yerga borib, otliqqa biror narsa degin. Yana tezda ortga qayt.
Ismoil Faqirullohning bunday buyruq berishlaridan hamma hayron qoldi. Ibrohim yugurib buloq boshiga keldi. Haligi kishi otini yuvar edi. Ibrohim anchagacha talmovsirandi, lekin hech narsa deyolmay, qaytib keldi.
Ustozi:
– Gapirdingmi? – deb so‘radi.
– Yo‘q.
– Vaqt o‘tkazmay yugur. Unga biror yomon gap aytib kel!
Ibrohim yana yugurib buloq boshiga keldi. Qarasa, uni itargan otliq yerda yotibdi. Unga yaqin keldi. Otliq boshi yorilgan holda behush yotardi.
Bu holatdan yuragi yorilayozgan Ibrohim ustozining yoniga keldi. Ustozi yana so‘radi:
– Biror narsa dedingmi, Ibrohim?
– Yo‘q, ustoz. Bu safar borganimda uning boshi yorilgan, qonga belanib yotgan ekan. Peshonasida ot tuyoHining izi ko‘rindi.
Ismoil hazratlari:
– Ey o‘Hlim, birgina ko‘za uchun bir odamni o‘ldirtirding! Bu endi qandoq bo‘ldi?! Unga bir oHiz so‘z, bir oHiz yomon so‘z aytganingda, bu hodisa ro‘y bermasmidi... – dedilar.
Ismoil Faqirulloh hazratlarining atrofidagilar:
– Ustoz, aytgan gapingizga uncha yaxshi tushunmadik, — deyishdi.
Ha, – dedi Ismoil Faqirulloh hazratlari, – bir zolim biror kishini xafa qilsa, yig‘latsa-yu, mazlum u zolimga qarshi hech narsa qilolmasa, mazlumning ko‘ngli ozor topgani uchun Haq taolo zolimdan uning haqini oladi. Ibrohim ham ko‘zasi singach,  u otliqqa hech bo‘lmasa:
– Nima qilib qo‘yding? – deganida otining tepkisidan omon qolarmidi...
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 08 Avgust 2006, 06:07:31
Yaxshi bir dalil

Kunlardan bir kun Xalifa Ma’mun vaziri Hasan Soldan so‘radi:
– Bizdan oldin o‘tganlarning so‘zlari bizga hujjat – yo‘llanma bo‘lyapti. Biz unga ko‘ra amal qilyapmiz. Buning siri nimada ekan?
Vazir shunday deb javob berdi:
– Agar ular chiroyli so‘z va ishonarli dalil bo‘lmaganida, bizgacha yetib kelmasdi. Yaxshi bo‘lgani uchun ham bizdan oldingilar ko‘rib, ishonib qabul qilishgan... Bu shuni ko‘rsatyaptiki, ajdodlarimiz yaxshi, rost va mustahkam so‘zlashar ekan. Xalifa Ma’munning bu javobdan ko‘ngli to‘ldi va shunday dedi:
Yaxshi so‘z aytilgan joyida qolmas, asrlardan oshar, hech qachon tolmas.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 08 Avgust 2006, 06:07:46
Yo axmoqsan yoki munofiq

Bir kun Iskandar Zulqarnayn maslahatchisiga dedi:
— Shu paytgacha senga qanchadan-qancha in’om-ehsonlar berdim. Ammo menga chin dildan, sadoqat bilan xizmat qilganingni ko‘rmadim. Dovdirab qolgan maslahatchi:
– Avf etasiz, hukmdorim, aybim nimada? – deb so‘radi.
– Bir marta bo‘lsa hamki, kamchiligimni yuzimga aytmading. Bu qanday sadoqat, bu qanday yaqinlik?
– Hukmdorim, sizda hech bir kamchilik yo‘q...
– Yo‘q, yanglishasan! Menda kamchilik borligi aniq. Chunki inson aybsiz-nuqsonsiz bo‘lmaydi. Agar sen menda qandaydir xato-kamchilik ko‘rmayotgan bo‘lsang, Hirt axmoqsan. Mabodo ko‘ra turib, aytmayotgan bo‘lsang – munofiqsan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 09 Avgust 2006, 20:44:15
Yetmish qamchidan keyin...

Allohning valiy qullaridan Abu Turob Taxsabiy shunday hikoya qiladilar:
– Nafsim juda tansiq va lazzatli taomlar talab qilmas edi. Lekin bir kuni go‘sht, tuxum va asal yeyishni xohlab qoldi. Nafsimga:
– Bulardan voz kecha qol, – dedim. Biroq uni qaytarolmadim. Nafsim ushbu taomlarni zo‘r ishtaha bilan yeyishga orzumand edi. Yurib-yurib bir notanish qishloqqa borib qoldim.
Shu payt bir odam yoqamga yopishib, baqira ketdi:
– O‘g’rilarning ichida sen ham bor eding...
Yelkamni yalanHoch qilib yetmish qamchi urishdi, yetmishinchi qamchi tushar-tushmas, shu qishloqli bir odam meni tanib qoldi:
– Axir bu odam Abu Turob-ku!
Mendan kechirim so‘rashdi. Qishloqdagilardan birib meni uyiga olib bordi. Dasturxon yozib, oldimga go‘sht, tuxum va asal qo‘ydi. Men esa nafsimga xitob qilib dedim:
– Yetmish qamchidan so‘ng, yeyaqol endi!
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 09 Avgust 2006, 20:44:27
Jonbaxsh duo yoxud tirilgan murda

Abdulloh ibn Avndan, roziyallohu anhu, Anas ibn Molik, roziyallohu anhu, rivoyat qiladilar: “Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida, Suffada edik. Rasuli akramning huzurlariga hijrat qilgan bir ayol keldi. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, uni ayollar yoniga, o‘Hlini esa bizning yonimizga yubordilar. Oradan ko‘p o‘tmay ayolning o‘Hli Madinada tarqalgan vabo xastaligiga chalinib, vafot etdi. Sarvari olam, sollallohu alayhi va sallam, yigitning ko‘zlarini yumganlaridan so‘ng, jasadni ko‘tarishimizni buyurdilar. Uni yuvish uchun tayyorgarlik ko‘rar ekanmiz, menga:
— Ey Anas! Bor, onasiga ayt, — dedilar.
Onasiga xabar berdim. Onasi kelib o‘lgan o‘Hlining oyoq uchi tomoniga o‘tirdi va oyoqlarini ushlab:
— Allohim! Men o‘z xohishim bilan musulmon bo‘ldim. Sening diningga kirdim. Butlarga siHinishni tark etdim. O‘z xohishim bilan Senga yukindim va Payg‘ambaringni sevdim.
Allohim! Meni balo-musibatlarga duchor qilib, butparastlarni sevintirma va toqatim yetmaydigan ushbu musibatni menga yuklama... — deb duo qildi.
Allohga qasamki, ayol duo qilib bo‘lar-bo‘lmas, o‘lik oyoqlarini qimirlatib, ko‘zini ochdi va o‘rnidan turib ketdi. Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, vafot etgunlariga qadar o‘sha yigit ham tirik edi...».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 11 Avgust 2006, 06:04:10
Xushxabar

Ibn Abbosdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
“Ey imon keltirganlar, o‘zlaringizni va oila a’zolaringizni yoqilHisi odamlar va toshlardan bo‘lmish do‘zaxdan saqlangizki, unda qattiqqo‘l, Allohning buyurganiga itoatsizlik qilmaydigan, faqat buyurilgan ishni bajaradigan farishtalar (turur)” (Tahrim, 6, mazmuni) mazmunli oyati karima nozil bo‘lgach, Janobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, sahobalariga o‘qib eshittirgan edilar, o‘sha yerda turgan bir yosh yigit hushidan ketib yiqildi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, muborak qo‘llarini yigitning ko‘kragiga qo‘ydilar va yuragi urayotganini bilgach, unga: “La ilaha illalloh”, degin, dedilar. Yigit kalimani qaytargach, Payg‘ambarimiz, alayhissalom, unga oxirati haqida xushxabar aytdilar.
Sahobalar so‘rashdi:
— Yo Rasulalloh! Bu mujda oramizda faqat unga tegishlimi?
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, ularga:
—Alloh taoloning: “Bu mujda (va’da) Mening huzurimda (hisob-kitob uchun) turishdan  qo‘rquvchi va Mening ogohlantirishimdan xavfda yashovchi kishilar uchundir” deb marhamat etilgan oyatini eshitmaganmisiz? — deya javob qildilar.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 12 Avgust 2006, 11:21:07
Bir ansoriyning tushi

Salim ibn Abdullohdan, roziyallohu anhu:
«Ansordan bir kishining shunday deganini eshitdim: “Aziz va Jalil Allohdan Hazrati Umarni, roziyallohu anhu, tushimda  ko‘rsatishini iltijo etdim. Nihoyat, o‘n yildan so‘ng uni tushimda ko‘rdim.
— Yo amiral mo‘minin, qandaysiz? — deya so‘radim.
— Hisob-kitobim endigina tugadi. Agar Rabbimdan marhamat ko‘rmaganimda edi, mahv bo‘lardim, — dedilar”.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 12 Avgust 2006, 11:21:29
Amalim qabul bo‘lsin desangiz...

Hazrati Umarning, roziyallohu anhu, ozod etilgan quli Abu Ayyub Sulaymondan: “Bir payshanbadan jumaga o‘tar kechasi Abu Hurayra, roziyallohu anhu, oldimizga keldi va:
— Allohni yaxshi ko‘rsangiz, orangizda qarindoshchilik haqqiga rioya qilmagan, uni buzgan kishi bo‘lsa, bu yerdan ketsin, — dedi. Hech kim joyidan qimirlamadi.
Nihoyat, bu so‘zni uch marta takrorlagach, bir yosh yigit o‘rnidan turib, ikki yildan beri bee’tibor tashlab qo‘ygan va gaplashmayotgan ammasining oldiga bordi. Ammasi:
— Kutilmagan hol? — dedi.
— Abu Hurayra aytdilar, — dedi yigit.
— Borib so‘ra-chi, nima uchun bunday degan ekan?
Borib so‘raganida Abu Hurayra yigitga shunday dedilar:
— Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: “Odam bolalarining amallari har payshanba oqshomi, ya’ni juma kechasi Allohga taqdim etiladi. Faqat orangizda qarindoshchilik haqqiga rioya etmagan kimsaning amallari qabul bo‘lmaydi”, deb marhamat qilganlarini eshitganim uchun shunday degan edim”.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 15 Avgust 2006, 21:21:59
Sadaqa raddi balo

Muhammad ibn Usmon otasidan rivoyat qiladi:
«Horisa ibn No‘’monning ko‘zlari ko‘rmas edi. Shuning uchun namoz o‘qiydigan hujrasida eshik oldigacha bir ip tortib qo‘ygan edi. Biror tilanchi kelsa, shu ipdan tutib eshikkacha borar va sadaqa berardi. Bolalari:
— Otajon, nega o‘zingizni buncha ovora qilasiz? Sizning o‘rningizga bu ishni biz ham qilamiz-ku, — deyishdi.
Shunda Horisa ibn No‘’mon:
— Nabiyning, sollallohu alayhi va sallam: “Kishining o‘z qo‘li bilan kambaHalga (sadaqa) berishi, uni yomon hollarga tushib qolishdan saqlaydi”, deya marhamat qilganlarini eshitganman, — dedilar».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 21 Avgust 2006, 07:52:06
To‘rt turli qalb

Abu Nuaymdan rivoyat qilinadi:
«Huzayfa ibn Yamon, roziyallohu anhu, va’z qila turib:
— Bir xil qalb bordirki, bo‘m-bo‘shdir. Bu kofirning qalbidir. Bir  xili borki, goh unday, goh bunday. Bu esa munofiqning qalbidir. Yana bir qalb borki, unda porlaguvchi bir qandil bor. Bu mo‘minning qalbidir. Yana bir qalbda esa, ham imon, ham nifoq bor. Imon pokiza suv bilan oziqlanadigan daraxt kabidir. Nifoq esa yiring va qon bilan to‘yinib, shishib ketgan yaraga o‘xshaydi. Bu qalbda shu ikki ozuqaning qaysi biri ko‘p bo‘lsa, o‘sha Holib keladi, — dedilar».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 21 Avgust 2006, 07:52:27
Imkon va istig’for

— Halok  bo‘lmaslik uchun qo‘lida imkoni bo‘laturib, halok bo‘lgan kishiga hayronman, — dedilar Hazrati Ali, roziyallohu anhu.
So‘rashdi:
— U qanday imkon?
— IstiHfordir. — deb javob berdilar.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 21 Avgust 2006, 21:07:13
ASSALOMU ALAYKUM!
LAYLO SIZDAN OLLOH TAOLO ROZI BO'LSIN!!!
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 22 Avgust 2006, 23:56:48
Tahlika nima?

Bir odam Baro’ ibn Molikdan so‘radi:
— Ey Abu Amora! Alloh taolo Qur’oni karimda: “O‘z qo‘llaringiz ila (baxillik qilish) bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamangiz” (Baqara, 1—3, mazmuni), dedilar. Bu tahlika kishining dushman bilan to‘qnashib, shahid bo‘lgunicha jang qilishimi?
— Yo‘q, bu tahlika emas. Tahlika  kishining bir gunoh ish qilgach: “Endi Alloh meni kechirmaydi”, deb noumid bo‘lmog’idir”, –dedi Baro’ ibn Molik, roziyallohu anhu.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 24 Avgust 2006, 21:24:23
Qaytar dunyo

Ko’pni ko’rgan bir nuroniy otahon hikoya qilib bergan edi:
“Bog’ hovlimiz Bo’rijar atrofida edi. Yon-atrof notekis, past-baland bo’lib, qo’shni bog’ biznikidan ancha baland, o’rtadagi devor o’rniga shox-shabba tashlab qo’yilgan edi. O’n olti yoshlarda bo’lsam kerak, bog’da bir o’zim mayday-chuyda ishlar bilan andarmon edim. Baqiriq ovoz kelganday bo’ldi. O’rnimdan turib atrofga razm soldim. Yana haligi ovoz tepa bog’ tarafidan aniq keldi. Yaqinroq borib quloq soldim: “Voy musulmonlar, bu oqpadar meni o’ldirib qo’yadi”, degan ovoz eshitildi. Shoxlarning ustidan sakrab qo’shni boqqa tushib, narigi tarafiga yugurib bordim. Qo’shnimizning 23-24 yoshlardagi o’g’li qari otasini ikki yoqasidan ushlab, qari tutga tirab, beayov urardi. Men o’g’lining qo’liga yopishdim.
-Ey aka, nima qilyapsiz?
U bir qo’li bilan meni turtib, ikkinchi qo’li bilan otasini sudiragancha, ora-sira tepa boshladi. U baquvvat edi, har qanaqasiga harakat qilsam-da kuchim yetmasdi.
- Qoch bizning ishimizga aralashma men bu yaramasni o’ldiraman, - deb o’kirardi oqpadar.
Bor kuchimni yig’dim-da, uning ikkala oyog’ini mahkam quchoqlab yiqitib oldim. Dimog’imga gupillab aroqning achimsiq hidi urildi. Orada aft-basharamga bir-ikki musht tushdi. Qariya fursatdan foydalanib qo’ldan chiqdi-da surgala-surgala qarg’aganicha qochib qoldi. Men ham turib, bog’imiz tomon juftakni rosladim. Allamahalgacha qoshnikidan baqiriq-chaqiriq, mening nomimga haqoratlar eshitilib turdi. Keyin u meni ko’cha-kuyda yolg’iz ko’rsa “adabingni berib qo’yaman” deb tishini g’ijillatib do’q qiladigan bo’lib qoldi. Men ahamiyat bermaslikka harakat qilardim.
Oradan yillar o’tdi,ancha suvlar oqib ketdi. Bog’ hovlimizda ukam, men esa shahar hovlimizda turar edim. Lekin ora-sira, ayniqsa dam olish kunlari bog’ ishlariga qarashib, hordiq chiqarib qaytardim.
Kunlardan bir kun xomtok qilayotsam, qo’shni bog’dan qachonlardagidek dod-voy eshitilib qoldi. Tokqaychini qo’ydimu, shaxdam qadam bilan ovoz kelgan tomonga yurdim. Devor ustidan o’tib olishim biroz qiyin bo’ldi. Tavba, xuddi bir kinofilmni takroran ko’rayotgandek edim. Otasini bolasi o’sha qari tutga suyab urardi, beayov tepardi. Faqat kaltaklanayotgan men bir vaqtlar ko’rgan o’sha oqpadar edi. U meni ko’rdi-yu:
-Meni bu oqpadarning dastidan qutqar, bo’lmasa o’ldirib qo’yadi, - deb rahmatlik otasi kabi yolvora boshladi.
Qattiq hayratga tushgan edim. Ularga yaqinroq keldim-da:
-Xuddi shu yerning o’zida otang otasini rosa tepkilagan edi. Qani, o’g’il bola, navbating kepti, sen ham tep-chi, och biqiniga tep, - dedim.
-Voy-dod, nima deyapsan, o’ldirib qo’yadi-ku, insofing bormi o’zi, dod, - deb baqirdi.
-Kallasiga musht tushir, shunday qilgan edi otang otasini, - dedim qo’lim bilan ko’rsatib…
Kinoyali so’zlarimga tushundimi yoki charchoqdanmi, oqpadar o’g’il, oqpadar otasini urishdan to’xtadi.
Kaltakdan horigan otaning ko’zlariga qaradim. “Qaytar dunyo, qaytar dunyo”, deb ho’ng-ho’ng yig’lar edi.”

Omonulloh Mutal (Musulmonlar Taqvim kitobi, 2005-1426 II)
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 24 Avgust 2006, 21:25:33
Ikki niyat
(Murod akaning aytganlari)


Ikkita niyatim bor edi. Biri – masjid qurish, biri – hajga boorish…O’shanda aeroportda ishlar edim. Yurtimizdan hajga Moskva orqali ketilardi.
1990 yili bor-yo’g’I ikki kishiga o’rin ajratildi. Shuning bittasini qo’lga kiritdim. Ketishga sanoqli kunlar qolganida bu ishga ma’sul bo’lgan kishining yoniga chaqirishdi. Borsam, uning oldida munkillab qolgan keksa kishi xomush o’tiribdi. Nima gap desam, ho’ng-ho’ng yig’lab berdi.
U kishi hajga borishni yoshligidan orzu qilib, niyatiga yetolmay yurgan ekan. Haj ziyoratiga har yili urinar, biroq nasib qilmas ekan. Bor-budini sotib, bu yil boraman deb astoydil otlanibdi.
- Manda shuni oling-da, menga o’rinni bering, - dedi u kishi qo’limga bir o’ram pulni tutqazib.
- Amaki, men ham sizday niyat qilib yuribman, - dedim o’zimni zo’rg’a bosib, - pulingiz o’zingizga buyursin. Bu yil bo’lmasa yanagi yil borarsiz.
- Yoq, yanagi yilgacha yashashga ko’zim yetmaydi.
Qariyaning holiga qarab, rozilik berganimni o’zim ham bilmay qoldim. Amaki hursand bo’lganidan meni quchoqlay ketdi. Tashqariga chiqib ichimdan zil ketdim. Endi qo’lga kiritgan eding, shuni ham chiqarib yubording-a, deb shayton g’ul-g’ula soldi. Allohga shukr, so’zimda turdim.
Oradan bir yil o’tib, yurtimiz mustaqil bo’ldi. Shu tufayli hajga boruvchilar qatoriga men ham yozildim. Eng asosiysi, hukumatimiz tomonidan shu yil haj ziyorati tekin bo’ldi.
Haj safaridan eson-omon qaytib keldim. Alloh duoimni qabul qildi. Haj pullarimni ham masjid uchun yig’ilganlariga qo’shib qurilishni boshladim. Yetmay qolganiga, qo’ni-qo’shni, qarindoshlar yordam berishdi. Ikki yilda masjid qurildi. Astoydil so’rasang, bir necha barobar qilib berar ekan.

Rustam Zoir (Musulmonlar Taqvim kitobi, 2005-1426 II)
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 24 Avgust 2006, 21:26:37
Dilozor

Yomg’irli kunlarning birida bekatda aftobus poylab tursam, yoshi elliklardan oshib qolgan bir ayol yonimga kelib turdi. Ayol kun sovuq bo’lishiga qaramay,biz oz yupun kiyinganidan dildirab turardi. Unga rahmim keldi.
-Opaxon qayerga borayapsiz shunday havoda? – dedim.
-Yo’lni ham yaxshi bilmayman. Markaziy kasalxonaga borishim kerak edi, - dedi u.
-Bir oz kutsangiz, yo’nalishdagi taksi keladi, birga ketamiz. Qayerda tushish kerakligini o’zim ko’rsatib yuboraman, - dedim men.
Bir ozdan so’ng biz kutgan taksining qorasi ko’rindi. Ammo qaerdandur 5-6 yo’lovchi kelib, bizga qo’shildi. Men baribir navbat bizniki degan hayolda turaverdim. Ammo mashina kelishi bilan ortimizdagilar “hujum” ga o’tishdi va bizdan oldin mashinaga chiqib olishdi.
-Insof qilinglar, navbati bilan-da, - dedim qizishib. – Biz qancha paytdan beri kutib turibmiz-ku!
Hech kim gapimga e’tibor qilmadi.
-Hech bo’lmasa mana shu onaxonni kasalxonaga tashlab qo’ying, shoshib turibdi, - dedim bus afar haydovchiga yuzlanib.
Haydovchi esa bir yo’lovchilarga, bir onaxonga qaradi. Ayolning ahvolini ko’rdi-da:
-Ozgina kutsangiz, o’zlari kasalxonaga olib ketishadi, - dedi piching qilib.
Biz ikkimiz indamay bekatga qaytdik. Baxtimizga keyingi mashina tezda keldi.
Ammo ko’p yurmay chorahadagi “probka” da turib qoldik. Haydovchi nima gapligini bilish uchun o’sha tomonga ketdi. Bir payt rangi oqarganicha qaytib keldi:
-Mendan oldingi ketgan taksi “Kamaz” ga urilib ketibdi!
Men “yalt” etib ayolga qaradim. U indamay mendan nigohini olib qochdi va nimalardir deb pichirlab qo’ydi.
-Ichidagilarga hech narsa qilmabdimi? – dedi kimdur achinib.
-Bilmadim, yo’lovchilarni markaziy kasalxonaga olib ketishibdi, - dedi haydovchi.

M.Hamroyev. (Musulmonlar Taqvim kitobi, 2005-1426 II)
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 24 Avgust 2006, 21:29:54
Go’rkov “haqi”
(Hamqishlog’imning aytganlari)


Yarim kechasi yetmish yashar qariya jon taslim qildi. Qo’shnim meni birga go’r kavlashga borishga taklif qildi: “Oz-moz haq ham berishadi, qolaversa, savob tomoni ham bor”. Qishloqda go’r kavlagani asosan 3-4 kishi boradi. Hayotimda ilk bor bu ishga rozilik berdim. Bahor oylari emasmi, kechalari salqin. Buning ustiga ayni go’rni kavlay boshlaganimizda yomg’ir ham quyib berdi. Yomg’ir yog’ib turganida ishlash tugul yurishni tasavvur qilib ko’ring. Xullas, ishimiz unamayotgan bir mahalda marhum cholning farzandlaridan biri kelib qoldi. Ahvolimizga qarab, qo’ynidan bir shisha aroqni chiqarib, go’rkovga uzatdi: “Ichlaringiz qizishadi, dadillashasizlar”, deya gazagi bilan tashlab ketdi. Haqiqatdan ham “yurishdi”. Lahadni belgilangan vaqtga tayyorlab ulgurdik. Qorong’u tun qo’ynida go’r kavlshdan ham ko’proq go’rkov “haqi” dan dahshatga tushdim…

Sherali Muhammadrahim o’g’li (Musulmonlar Taqvim kitobi, 2005-1426 II)

Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 26 Avgust 2006, 23:15:34
ASSALOMU ALAYKUM!
LAYLO SIZDAN OLLOH TAOLO ROZI BO'LSIN!!!

Va alaykum assalom!
Alloh sizdan ham rozi bo'lsin!
Mana shunday ibratli hikoyatlardan kutib qolamiz.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 28 Avgust 2006, 12:15:24
Mushrikdan olingan mukofot

Ibn Abu Hotamdan: “Juda yaqin yerda Rum mag’lub bo‘ldi.  (Lekin) ular (ya’ni, rumliklar) bu mag’lubiyatlaridan so‘ng, bir necha yil ichida albatta G'alaba qilurlar, Avvalu oxir, barcha ish Allohning (izmida) dir. O‘sha kunda Alloh madad bergani sababli, mo‘minlar shodlanurlar. (U) xohlagan kishiga madad berur. U qudratli va rahmlidir” (Rum, 2—5) mazmunidagi oyatlar nozil bo‘lganida, mushriklar Abu Bakrga, roziyallohu anhu:
— Eshityapsanmi, bu birodaring nimalar deyapti? Rumliklar eronliklarni yengar emish-a, — deyishdi.
— To‘g‘ri aytyapti, — dedilar Abu Bakr, roziyallohu anhu.
— Biz bilan bu borada bahslashasanmi? — so‘rashdi mushriklar.
— Ha, — dedi Abu Bakr, roziyallohu anhu. Bu Halaba falon paytda bo‘ladi, — deya ma’lum bir muddatni  aytdilar.
Bu haqda eshitgan Janobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, Abu Bakrdan:
— Nega bunday qilding?— deya so‘radilar.
— Men Alloh va uning Payg‘ambari bergan xabarga aniq ishonganim uchun ular bilan bahs boylashdim, — dedi Abu Bakr, roziyallohu anhu.
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— Qo‘lingdan kelsa, borib ular bilan bu borada kattaroq mukofot qo‘yib qayta garov bog‘la va muddatni yana  biroz cho‘zdir, — dedilar.
 Abu Bakr ularning yoniga borib:
— Yana bir marta bahslashamizmi? — dedi.
Ular bu taklifni qabul qilishdi. Aytilgan muddat to‘lmay,  rumliklar  eronliklarni yengib, otlarini Madoin shahriga bog‘ladilar va Eronda Rumiya nomli bir shahar bunyod qildilar. Abu Bakr, roziyallohu anhu, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, huzurlariga kelib:
— Yo Rasulalloh! Mushriklardan olgan mukofotim mashru bo‘lmagan bir daromad-ku. Endi uni nima qilay? — deb so‘radi.
— Kambag'allarga ulash, — deya marhamat qildilar Sarvari olam, sollallohu alayhi va sallam.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 28 Avgust 2006, 12:15:38
Naqd savob

Omir ibn Sa’d ibn Abi Vaqqosdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
“Bir kuni Abdulloh ibn Umarning uyida edim. Ittifoqo, Habbob kirib keldi va:
— Ey Abdulloh, Abu Hurayrani ko‘rmaysanmi? Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: “Marhumning uyidan chiqib (janoza) namozini o‘qigach, dafn etilguniga qadar birga bo‘lgan kishi har biri Uhud tog'icha keladigan ikki ajr oladi va janoza namozini o‘qiganidan so‘ng qaytgan kishi ham Uhud tog'idek ajrga ega bo‘ladi”, deya marhamat qilganlarini gapiryapti, — dedi.
Ibn Umar unga:
— Borib Oyishadan so‘ra-chi, Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, haqiqatan ham shunday deb aytganmikanlar? — dedi.
Habbob ketgach, Ibn Umar yerdan toshchalarni olib qo‘lida aylantirib turdi. Habbob qaytib:
— Ha, Abu Hurayra to‘g‘ri gapirgan ekan, — degach, qo‘lidagi toshchalarni otib:
— Vallohi, biz tog'day-tog'day ajr xirmonlaridan quruq qolibmiz, — dedi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 28 Avgust 2006, 15:31:53
Assalamu alaykum,Laylo!
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Bunday ibratli va go'zal hikoyatlaringiz
birodarlarimizga juda ko'p foyda beradi,Inshaalloh.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 30 Avgust 2006, 06:58:13
Shahidlar havas qilgan martaba

Abu Dardodan, roziyallohu anhu:
«Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, marhamat qildilar:
–Alloh subhanahu va taolo qiyomat kuni bir necha kishilarni yuzlari nurli va olmosdan yasalgan minbarlar ustida turgan holatda qabrlaridan turHizadi. Hamma  ularga havas bilan qaraydi. Holbuki, ular payg‘ambarlar ham, shahidlar ham emas.
Shunda bir badaviy arab tiz cho‘kib:
— Yo Rasulalloh, ularni bizga ta’riflang, tanib olaylik, — dedi.
— Bular turli qabilalardan va har xil  uzoq joylardan bo‘lganlari holda bir yerda to‘planishib, Allohni zikr qilganlardir, — deya marhamat etdilar Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 30 Avgust 2006, 06:58:48
Assalamu alaykum,Laylo!
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Bunday ibratli va go'zal hikoyatlaringiz
birodarlarimizga juda ko'p foyda beradi,Inshaalloh.

Va alaykum assalam!
Tashakkur, Nargiza opa!
Sizdan ham shunaqa ibratli hikoyalar kutib qolamiz.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 31 Avgust 2006, 07:04:20
Abu Ayyubning mehmonlari

Ibn Abbosdan, roziyallohu anhu: “Bir kuni Abu Bakr kunning eng issiq paytida uyidan chiqib masjidga keldi. Buni eshitgan Umar ham masjidga keldi va Abu Bakrdan:
— Bu issiqda uydan chiqishing boisi nedir? — deb so‘radi.
— Vallohi, dahshatli ochlikdan boshqa sababi yo‘q, — dedi Abu Bakr.
Shu payt Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, keldilar va ulardan:
— Bu soatda tashqarida nima ishingiz bor? — deya so‘radilar.
— Yo Rasulalloh, bizni bu paytda  uydan chiqargan faqat ochlikdir, — dedilar.
Nabiy, sollallohu alayhi va sallam:
 — Hayotim izmida bo‘lgan Allohga qasamki, mening ham  uydan chiqishimning sababi shundan boshqa narsa emas. Yuringlar, Abu Ayyub Ansoriyning uyiga boraylik, — dedilar.
Abu Ayyub Ansoriy, roziyallohu anhu, har kuni Janobi Payg‘ambarimiznikiga  biror yegulik yoxud sut olib kelardi. O‘sha kuni kech qolgan, biror narsa keltirmay, xurmozorlarida ishlash uchun uyidan chiqqan edi. Payg‘ambarimiz do‘stlari bilan uning eshigi oldiga kelganlarida, ayoli quvonib:
— Allohning Payg‘ambari va u zotning sheriklari, xush kelibsiz, — dedi.
Payg‘ambarimiz:
— Abu Ayyub qaerda?  — deb so‘raganlaridanoq, Abu Ayyub Sarvari olamning ovozlarini eshitib, yugurib keldi va:
— Allohning Payg‘ambari va Ul zot bilan birga kelganlar, marhabo! Yo Rasulalloh, siz bunday paytda hech aylanmas edingiz? — dedi.
— To‘g‘ri aytasan, — deya marhamat qildilar Sarvari olam.
Abu Ayyub bog‘iga qaytib kirdi va qurigan, ho‘l va yetilgan uch xil xurmodan keltirdi.
— Yo Rasulalloh, yeysizlar deya har uch xilidan terib keldim. Endi bir mol ham so‘yaman.
Nabiy, sollallohu alayhi va sallam, aytdilar:
— So‘ymoqchi bo‘lsang, soHiladiganlaridan so‘yma.
Abu Ayyub bir uloq so‘ydi va xotiniga:
— Bizga tez ovqat tayyorlagin, — dedi.
Uloqning yarmini pishirib, yarmidan kabob qildi. Ovqat mehmonlarning oldiga qo‘yilgach, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, bir parcha go‘shtni bir nonning ustiga qo‘yib, Abu Ayyubga:
— Buni Fotimaga olib bor. Zero, necha kundan beri ular ham bunday bir taom yeyishmagan, — dedilar.
Abu Ayyub taomni Fotima onamizga olib bordi. O‘rtoqlari bilan ovqatni yeb to‘ygach, Rasuli akramning, sollallohu alayhi va sallam, ko‘zlari yoshlanib:
— Non, go‘sht va xilma-xil xurmolar... Allohga qasamki, bular qiyomat kuni hisobi beriladigan ne’matlardir, — dedilar. So‘ngra bu so‘zlaridan ashobning andishalanganini ko‘rgach:
— Biroq bunday ne’matlarni yeyishdan oldin: “Bismilloh”, deng va to‘ygach: “Bizni to‘ydirgan va biz loyiq bo‘lmagan ne’matlarni bizga ehson etgan Allohga hamd bo‘lsin”, deb ayting. Zero, bu ne’matning shukronasi bo‘ladi, — deya marhamat qildilar.
Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, bir odatlari bor edi. Birovdan ko‘rgan yaxshilikni sira javobsiz qoldirmas edilar. Abu Ayyubnnig uyidan chiqarkan, unga:
— Ertaga biznikiga bor, — dedilar.
Biroq Abu Ayyub  bu so‘zni eshitmagani uchun Umar, roziyallohu anhu, unga:
— Janobimiz ertaga uylariga borishingni buyurmoqdalar, — dedi.
Ertasi kuni Abu Ayyubga Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, bir joriyani hadya qildilar va joriyaga yaxshi munosabatda bo‘lishini tavsiya etib:
— Biz bu joriyadan faqatgina yaxshilik ko‘rdik, — deya marhamat qildilar.
Abu Ayyub: “Janobi Payg‘ambarimizning tavsiyalariga faqat bu joriyani ozod etib amal qila olaman”, dedi va uni ozod qilib yubordi».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 01 Sentyabr 2006, 07:53:19
Rasululloh o‘rgatgan duo

Abu Umomadan, roziyallohu anhu:
“Xolid ibn Valid Rasulullohga, sollallohu alayhi va sallam, kechalari dahshatli tushlar ko‘rayotgani, bu hol uni namozdan chalHitayotganini kuyinib so‘zladi. Shunda Alloh rasuli unga:
Ey Xolid! Bir duo borki, uni uch marta o‘qib tugatmasingdanoq Alloh taolo seni bu holdan qutqaradi, —dedilar.
— Ota-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasulalloh! O‘sha duoni menga o‘rgating, — dedi Xolid ibn Valid.
Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, quyidagi duoni o‘qidilar:
“Allohning azobidan, jazosidan, qullarining yomonligidan, shaytonlarning buHzu adovatidan (gij-gijlashidan) va yonimda bo‘lishlaridan Allohning kalimalari panohiga qochaman”.
Oyisha, roziyallohu anho, deydilar: Oradan bir necha kun o‘tgach, Xolid ibn Valid yana kelib:
— Yo Rasulalloh! Ota-onam sizga fido bo‘lsin! Sizni haq payg‘ambar etib yuborgan Allohga qasamki, siz menga o‘tgatgan duoni uch bora (uch kecha) o‘qimasimdan Alloh taolo avvalgi mushkul holdan meni xalos ayladi. Bundan buyon kechalari arslonning iniga kirsam-da, parvoyimga kelmas, — dedi”.
Amr ibn Shuayb ham bobosidan rivoyat qilib, “Birortalaringiz uyquda qo‘rqsangiz, ushbu duoni o‘qisin”, deb aytganlar. Abdulloh ibn Os, roziyallohu anhu, esa har doim bolalariga bu duoni o‘rgatar edilar.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 02 Sentyabr 2006, 07:43:50
Odamxo‘r daryo

Qays ibn Hajjojdan, roziyallohu anhu:
«Misr  musulmonlar tomonidan ishHol qilinganida Misr  xalqi  Amr ibn Osning oldiga keldilar. Amr ibn Os o‘shanda Misr voliyi bo‘lib, yaqinda egallangan Bu’na  shahrida turar edi. Unga:
— Ey amir, bizning Nil daryosi bilan bog‘liq bir odatimiz bor. O‘sha odat amalga  oshirilmasa, daryo suvi toshmaydi. Hozirgi oydan o‘n ikki kecha-kunduz o‘tgach, bir bokira qizni ota-onasidan sotib olamiz va qizga chiroyli liboslar kiydirib, javohirlar taqib, uni Nilga otamiz. Shundan keyingina Nilning suvi toshadi.  Bu vodiy tuproqlaridan yaxshi hosil olinishi uchun Nil toshishi kerak, — deyishdi.
Amr ibn Os:
— Islomiyatda bunday qilish mumkin emas. Islom dini oldin  mavjud bo‘lgan barcha yomon va Hayriinsoniy urf-odatlarni bekor qilgan, — dedi.
Amr ibn Os huzuriga kelgan hay’at u yerdan ketmay, Bu’nada qoldi. Nil esa toshish vaqti bo‘lganiga qaramay, hech toshmas edi. Katta qurHoqchilik boshlanay deb qoldi. Shunda Amr ibn Os vaziyatni Hazrati Umarga yozishga majbur bo‘ldi. Hazrati Umar, roziyallohu anhu: “Sen to‘g‘ri yo‘l tutibsan, islomiyatda bunday narsa (botil ishonch)larga  yo‘l yo‘q. Senga yuborilayotgan bu xat orasida bir parcha qoHoz bor. Uni Nilga otgin”, deb javob yozdi.

***

Bu hikoya to‘la holda “Tayyidati Hoybiyya va daryolarning bo‘ysundirilishi” bahsida keladiki, uning oxiri quyidagicha:
“Amr ibn Os qoHoz parchasini daryoga otdi. Ertasiga shanba kuni edi. Ertalab turganlarida Nilning suvi o‘n olti ziro’ (uzunlik o‘lchovi) ko‘tarilganini ko‘rdilar va o‘sha kundan boshlab, bu yomon odat Misr xalqi orasida bekor bo‘ldi”.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 03 Sentyabr 2006, 07:22:32
Hazrati Umar o‘pgan bosh

Abu Rofe’dan, roziyallohu anhu rivoyat qilinadi:
Hazrati Umar, roziyallohu anhu, rimliklar ustiga bir qo‘shin yubordi. Qo‘shinda ashoblardan Abdulloh ibn Huzofa ismli bir zot ham bor edi. Rimliklar uni asir olib, qirollari yoniga olib bordilar va:
— Bu odam Muhammadning, sollallohu alayhi va sallam, sahobalaridan ekan, — dedilar. Qirol Abdullohga:
— Hozir seni o‘zimga sherik qilib olsam, nasroniy bo‘lasanmi? — dedi.
— Meni o‘zingga sherik qilishgina emas, butun hukmdorlik va saltanatingni menga o‘tkazsang va bunga qo‘shimcha tarzda arablarga qarashli barcha yerlarni menga bersang ham, Muhammadning, sollallohu alayhi va sallam, dinidan aslo voz kechmayman, — dedi Abdulloh.
— Unday bo‘lsa, seni o‘ldiraman.
— O‘zing bilasan.
Bu savol-javobdan so‘ng qirol uni chor  mixga osib, otishni buyurdi. Biroq otuvchilarga:
— O‘q otayotib, tekkizmang va har safar otishdan oldin unga nasroniylikni taklif qiling, — deya tayinladi.
Kamonchilar shunday qilishdi. Ammo Abdulloh nasroniylikni qabul qilmadi. Nihoyat qirolning amri bilan uni tushirdilar. So‘ng bir ulkan qozonga suv quyib, qaynatdilar.
Boshqa bir musulmon asirni keltirishib:
— Xristian bo‘lmasang, seni shu qaynoq suvga otamiz, — deyishda va qabul qilmagach, qaynoq qozonga tashlab yuborishdi.
Qirol endi qaynoq suvga Abdullohni tashlashni buyurdi. Buyruqni bajarishga kirishar ekan, Abdulloh yig‘ladi. Shunda ahvolni qirolga ma’lum qildilar. Qirol umidlanib:
— Uni huzurimga keltiring, — dedi.
Olib kelishdi. Qirol yana nasroniylikni taklif qildi.  Abdulloh yana rozi bo‘lmadi.
— Unda nega yig‘lading? — so‘radi qirol.
— Men o‘z-o‘zimga dedimki, hozir seni qaynoq suvga tashlaydilar va besh daqiqa ichida o‘lib ketasan... Holbuki, men vujudimdagi tuklar qadar ko‘p jonim bo‘lsa, har kuni ulardan bittasini Alloh yo‘lida fido etishni orzu qilaman.
Shunda qirol:
— Hozir seni qo‘yib yuborsam, mening boshimni o‘pasanmi? — deb so‘radi.
— Bir o‘zimni emas, sheriklarimni ham qo‘yib yuborsang, boshingni o‘paman, — dedi Abdulloh.
Abdulloh ibn Huzofa, roziyallohu anhu, deydilar: “Ichimda bu odam Allohga qanchalar dushman bo‘lsa-da, o‘zimni va o‘rtoqlarimni qutqarish uchun boshini o‘pishimning nima zarari bor?” dedim va borib boshini o‘pdim. U ham asirlarni qo‘yib yubordi”.
Abdulloh asirlar bilan Madinaga kelganida Hazrati Umar, roziyallohu anhu: “Abdulloh ibn Huzofaning boshini o‘pish har bir musulmonga fazilatdir. Bu vazifani eng avvalo men ado etmoHim kerak”, dedilar va turib Abdullohning boshini o‘pdilar».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 04 Sentyabr 2006, 18:07:44
Payg‘ambarni yig‘latgan oyat

Abdullohdan, roziyalllohu anhu:
Janobi Payg‘ambarimiz:
— Menga Qur’on o‘qib berasanmi? — dedilar.
— Yo Rasulalloh! Qur’on Sizga nozil bo‘lgan bo‘lsa-yu men o‘qib beraymi? — dedim.
— Men uni boshqa birovdan eshitishni xohlayman, — dedilar Faxri koinot.
Shundan so‘ng “Niso” surasini o‘qiy boshladim va:
“Har bir ummatdan (o‘z payg‘ambarini) guvoh sifatida keltirganimizda va sizni (ey, Muhammad), ularga guvoh qilib keltirganimizda (ularning holi) ne kechur?!” oyatiga yetganimda:
— Bas, yetar, — dedilar.
Qarasam, Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, yig‘layotgan ekanlar.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 05 Sentyabr 2006, 18:39:13
Ilohiy hikmat

Abdulloh ibn Mug’affaldan, roziyallohu anhu:
Bir ayol johiliyat davrida yomon yo‘lda edi. Bir odam uning yonidan o‘tarkan, shilqimlik qildi. Ayol:
— Meni o‘z holimga qo‘y. Alloh subhanahu va taolo barcha iflosliklar bilan birga butparastlikni  ham bekor qilib, Islom dinini nozil etdi, — dedi u.
Bu gapdan so‘ng haligi odam ayoldan uzoq ketsa hamki, ko‘zlarini undan uzmay borar edi. Nihoyat, yuzi bilan bir devorga urildi. So‘ng voqeani borib Payg‘ambarimizga, sollalllohu alayhi va sallam, aytdi. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam unga:
— Sen Alloh taolo yaxshilik istagan banda ekansan. Zero, Alloh taolo bir quliga yaxshilik iroda qilsa, sodir etgan gunohi uchun darhol uni jazolaydi va biror bandasiga yomonlik istasa, unga qiyomat kuni jazo berish maqsadida, gunohlarida davom etish imkonini beradi, — dedilar.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: AbdulAziz 05 Sentyabr 2006, 22:48:45
Hikoyat

Bir yigit mahzun holda Abdumalik ibn Marvonning huzuriga kelib: «Ey amiral mo‘minin, men ulkan gunoh qildim, endi tavba qilsam bo‘ladimi?» dedi. «Nima gunoh qilding?» deb so‘ragan edi, «Gunohim juda ulkan», dedi. «U nima ekan? Alloh taologa tavba qil. U zot bandalarining tavbalarini qabul qiladi va kechiradi», dedi. «Ey amiral mo‘minin, men qabrlarga o‘g‘irlikka tushar edim. Men g‘aroyib ishlarni ko‘rdim», dedi yigit. «Nimalarni ko‘rding?» deb so‘ragan edi, u boshidan kechirganlarini so‘zlab berdi: «Bir kecha bir qabrni kavladim. Qarasam, mayyitning yuzi qiblaga teskari bo‘lib qolibdi. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, shu payt qabrda kimningdir: «Mayyitning yuzi qiblaga teskari bo‘lib qolganini so‘ramaysanmi?» degan ovozi eshitildi. «Nima uchun teskari bo‘lib qolgan?» deb so‘ragan edim, «Chunki u namozga bee’tibor edi. Unga o‘xshaganlarning jazosi shu», dedi. So‘ng boshqa qabrni kovladim. Qarasam, mayyit to‘ng‘izga aylanib, bo‘ynidan kishanlangan, zanjirband qilingan ekan. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, kimdir: «Uning qanday amal qilganini, nima uchun azoblanayotganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun?» deb so‘ragan edim, «U tirikligida xamr ichar edi va tavba qilmay vafot etgan», dedi. Keyin boshqa qabrni kavladim. Qarasam, mayyit olov qayish bilan yerga bog‘langan va tili gardanidan chiqib turgan ekan. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim: «Uning nima uchun bu ahvolga tushganini so‘ramaysanmi?» degan nido keldi. «U siydikdan saqlanmas va odamlar orasida gap tashib chaqimchilik qilib yurar edi. Unga o‘xshaganlarning jazosi shu», dedi. So‘ng yana bir qabrni kavladim. Qarasam, mayyit olovda kuyayotgan ekan. Undan qo‘qib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, kimdir: «Uning nima uchun bu ahvolga tushganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun bu ahvolda?» deb so‘ragan edim, «U namozni tark qilgan edi», dedi. Keyin yana bir qabrni kovladim. Qarasam, qabr ko‘z ilg‘aydigan joygacha kengaygan, ko‘zni qamashtiradigan darajada yorug‘, mayyit esa ajoyib liboslarda, nurli so‘rida uxlab yotar edi. Uning haybati bosib, endi chiqib ketmoqchi bo‘lgan edim, kimdir: «Uning nima uchun bu qadar izzat-ikromga sazovor bo‘lganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun izzat-ikromga sazovor bo‘ldi?» deb so‘ragan edim, «U itoatli yigit bo‘lib, Alloh azza va jallaga itoat va ibodatda ulg‘aygan edi», dedi. Shunda Abdumalik: «Albatta bu hikoyatda osiylar uchun ibrat va itoatkor bandalar uchun bashorat bordir», dedi».

Mazkur hikoyatda zikr qilingan aybu nuqsonlarga yo‘l qo‘yayotganlar darhol tavba qilishlari va itoatga o‘tishlari lozim. Alloh bizlarni ham, sizlarni ham itoatkor bandalaridan qilib, fosiqona ishlardan chetlashtirsin. Albatta, U marhamatli, saxovatli zotdir.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: AbdulAziz 05 Sentyabr 2006, 22:48:54
Hikoyat

Fuzayl ibn Iyoz o‘lim to‘shagida yotgan shogirdini ko‘rgani kelib, unga «shahodat» kalimasini talqin eta boshladi. Biroq uning tili hech aylanmas edi. Kalimani yana takrorlagan edi: «Aytmayman, men undan begonaman», dedi. Fuzayl yig‘lagan ko‘yi u yerdan chiqib ketdi. Keyin oradan bir qancha vaqt o‘tgach, tushida shogirdining do‘zaxga sudrab olib ketilayotganini ko‘rdi. «Ey bechora, nima sababli ma’rifatdan judo bo‘lding?» deb so‘ragan edi, u: «Ey ustoz, mening bir kasalim bor edi. Tabiblarga borgan edim, menga: «Har yili bir qadah xamr ichib turasan. Bo‘lmasa, kasaling tuzalmaydi», deyishdi. Har yili davolanish uchun undan ichib turar edim», deya javob berdi.

Davolanish uchun xamr ichgan kishining holi shu bo‘lsa, ko‘ngil hushi uchun ichadiganlarning ahvoli qanday bo‘larkin?! Allohdan barchamizni afu etishini va barcha balolardan omon saqlanishini so‘raymiz.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: AbdulAziz 05 Sentyabr 2006, 22:49:04
Hikoyat

Bir kishidan tavba qilishiga nima sabab bo‘lganini so‘rashganida, shunday dedi: «Men qabrlarga o‘g‘irlikka tushar edim. U yerda ayrim o‘liklar qiblaga ters bo‘lib qolganini ko‘rdim. Yaqinlaridan ularning nima qilganlari haqida so‘raganimda: «Ular dunyoda xamr ichgan va tavba qilmay vafot etgan edilar», deb javob berishdi».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: AbdulAziz 05 Sentyabr 2006, 22:49:16
Hikoyat

Bir solih kishi aytgan ekan: «Kichkina farzandim vafot etdi, uni dafn qilganimizdan so‘ng, oradan bir qancha vaqt o‘tgach, tushimda ko‘rdim. Sochi oppoq bo‘lib oqarib ketgan edi. «Ey o‘g‘lim, seni dafn etganimda yoshgina bola eding-ku. Nega soching oqarib ketdi?» deb so‘radim. U: «Ey otajon, yonimga xamr ichgan kishi dafn qilindi. Uning kelganidan jahannam shunday oh urdiki, biron bola qolmay, barchasining sochi oqarib ketdi», deb javob berdi».

Allohdan barchamizni afu etishini va oxiratda azobga duchor qiladigan ishlardan omon saqlashini so‘raymiz. Har bir banda yomon holatda ekanida ajali yetib do‘zaxga uloqtirilmasidan oldin (Alloh saqlasin), Alloh taologa tavba qilishi lozim.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 07 Sentyabr 2006, 19:32:42
Nega yoqtiramiz? Kelishmaymiz? Unutamiz?

Ibn Umardan, roziyallohu anhu:
“Bir kuni Hazrati Umar, roziyallohu anhu, Hazrati Aliga:
— Ey Abu Hasan, ko‘pdan beri sendan so‘rashning imkoni bo‘lmayotir. Ba’zan seni topolmaymiz. Seni bu yerdaligingda biz boshqa joyda bo‘lamiz. Meni o‘ylantirib yurgan uch savol bor. Shuni sendan so‘rayman, — dedi.
— Qanday savollar ekan? — so‘radi Hazrati Ali.
— Ba’zan bir odam boshqa bir odamni, undan hech qanday yaxshilik ko‘rmagan bo‘lsa hamki, yaxshi ko‘radi. Ba’zi kishilar esa boshqa birovga, undan biror yomonlik ko‘rmagani holda buHzu adovat qilishadi. Buning sababi ne?
— Ruhlar havoda guruh-guruh  holida qo‘nimgohlarda to‘plangan askarlarga o‘xshaydilar, bir-birlari bilan tanishib, do‘stlashadilar, — javob bera boshladi Hazrati Ali. — U yerda tanishib, bir-birlari bilan ahil-inoq bo‘lganlari bu yerda ham topishadilar, o‘zaro kelishadilar. U yerda bir-birini tanimay, bir-birlaridan uzoq qolganlar bu yerda ham kelisha olmaydilar.
— Bu birinchi savolim edi. Ikkinchisini eshit. Kishining ko‘rgan tushlaridan bir qismi to‘g‘ri chiqadi. Bir qismining esa haqiqatga hech qanday aloqasi yo‘q. Nega shunday?
— Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: “Erkakmi-ayolmi, har bir banda uyquga ketganidan so‘ng ruhi Arshgacha ko‘tariladi. Arshga yetib borgunicha uyHonmagan ruhlarning ko‘rgan tushlari to‘g‘ri chiqadi. Arshga bormasidan uyHonib qolgan ruhlarning tushlari esa yolg‘onchi tushlardir”, deya marhamat qilganlarini eshitgan edim.
— Ikkinchisi ham hal bo‘ldi. Endi uchinchisini aytay. Goho kishi biror narsani tushuntirmoqchi bo‘ladi-yu, o‘sha zahoti unutib yuboradi, oradan ozroq vaqt o‘tib yana esiga tushadi. Nega bunday bo‘larkin-a?
— Har bir miyada oyning yuzini pardalagan (to‘sgan) xira bulut parchasi yangliH bir “bulut” bor. Oy nur socharkan, bir bulut parchasi kelib, yuzini to‘sgani, ko‘p o‘tmay yana ochilgani singari kishi ham gapirayotganida, to‘satdan o‘sha “bulut” kelib, aqlini o‘rab oladi. Shunda kishi tushuntirmoqchi bo‘lgan narsasini unutib qo‘yadi va “bulut” tarqalishi bilan uni qayta eslaydi.
— Mana shu uch narsa doim zehnimni xira qilib turardi. Allohga shukrlar bo‘lsin, endi tinchlandim, — dedilar Hazrati Umar, roziyallohu anhu”.
Nom: Mashhur sahxslar hayotidan ibratli lavhalar
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:50:26
Mashhur olim va mutafakkirlarning hayotlari turli xil ibratlarga boy bo`ladi. Men quyida keltirmoqchi bo`lgan hikoya ham Boborahim Mashrab hayotlaridan olingan.

Bir kuni ustoz hamma shogirdlarini chaqirib, qo`llariga bittadan tovuq berib, "Shu tovuqni hech kim ko`rmaydigan joyga borib so`yib kelinglar", debdi.
Hamma shogirdlar tovuqni qo`ltiqlagancha ovloq joylarni izlashga kirishishibdi va birin ketin so`yib, ustozning huzurlariga kelishibdi. Birgina Mashran hazratlari esa tovuqni so`ymasdan tirigicha olib kelibdilar.
Shunda ustozlari so`ragan ekanlar: "Boborahim, nega tovuqni so`yib kelmadingiz?"
Mashrab: "Ustoz, men tovuqni so`ymoqchi bo`lib, rosa ovloq joy qidirdim. Lekin hech qayerdan bunaqa joy topa olmadim. Qayerga bormay, Allohimning meni kuzatib turganini, ko`rib turganini his qildim. Shuning uchun tovuqni so`ymasdan ketirdim..."
Nom: Re: Mashhur sahxslar hayotidan ibratli lavhalar
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:51:10
Rasululloh (s.a.v.) rozi holda va rozi bo‘lingan holatda Rafiqul A’loga rihlat qildilar. Keyin musulmonlarning ishiga Abu Bakr Siddiq bosh bo‘ldi.
Bilol Rasulullohning (s.a.v.) xalifalari huzuriga borib:
— Ey Rasulning xalifasi, men Rasulullohning: “Mo‘min amalining afzali Alloh yo‘lidagi jihoddir”, deganlarini eshitganman», dedi. Abu Bakr:
— Nima xohlaysan, ey Bilol? — deb so‘radi. Bilol:
— To o‘lgunimcha Alloh yo‘liga aloqadorlikni istayman — deb javob qildi. Abu Bakr Siddiq so‘radi:
— Unda bizga azonni kim aytadi?
Bilol ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib, javob qildi:
— Men Rasulullohdan keyin hech kimga azon aytmayman!
Abu Bakr:
— Qolib, bizga azon aytib turgin, ey Bilol, — deya iltimos qildi. Shunda Bilol aytdi:
— Agar meni o‘z nafsing uchun ozod qilgan bo‘lsang, sen istagandek bo‘laqolsin. Agar Alloh uchun ozod etgan bo‘lsang, unda men va Uning uchun ozod qilingan Zot o‘rtasidagi ishga aralashma!
Abu Bakr Siddiq (r.a.) javob qildi:
— Seni Alloh uchun ozod qilganman, ey Bilol!
Bilol qolgan umrini Islom chegaralarida o‘rnashib o‘tkazdi. Alloh va Rasuliga yo‘liqquniga qadar Alloh va Payg‘ambarimiz yaxshi ko‘radigan amallarda g‘ayrat ko‘rsatdi.
Uning kuchli, o‘tkir va g‘amnok ovozi azon aytib boshqa yangramadi. Sababi shuki, u azon aytarkan: “Ashhadu anna Muhammadar Rasululloh” jumlasiga kelganida xotiralardan qiynalib, ovozi bo‘g‘ilib qolar, kalima va iboralarga qo‘shilib ko‘zlaridan yosh jalasi quyilaverar edi.
Bilol so‘nggi marta Hazrati Umar (r.a.) Shomni ziyorat qilgan kunlari azon aytdi. Musulmonlar Bilolni bir martagina namozlariga azon aytib berishiga ko‘ndirish uchun mo‘minlar amirini vasila qilishdi. Hazrati Umar Bilolni yoniga chorladi. Namoz vaqti kirganida undan azon aytib berishini iltimos qildi.
Bilol mezanaga ko‘tarildi va azon aytdi... U azon aytar ekan, Rasulullohni (s.a.v.) ko‘rgan sahobalar yig‘lab yuborishdi. Yig‘laganlarida ham oldin hech qachon ko‘rilmaganidek qattiq ko‘zyosh to‘kishdi. Eng qattiq yig‘lagan Hazrati Umar bo‘ldi...

maqolaning davomi http://ziyo-uz.land.ru/Articles/Bilol.html
Nom: Re: Mashhur sahxslar hayotidan ibratli lavhalar
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:51:17
Umar r.a. rivoyat qiladilar: Bir kuni payg`ambarimiz Muhammad SAV: "Ertaga men orangizdagi eng amin-ishonchli odamni vakil qilib Yamanga jo`nataman", - dedilar.
— Aslida menda Yamanga borishlik, boshchilik qilish niyati yo`q edi. Lekin payg`ambar SAVning "eng ishonchli odamni jo`nataman" deganlari qalbimni o`ynatib yubordi. Mening ham Yamanga borgim kelib qoldi. Kechasi bilan shuni o`ylab yotdim, - deya so`zlarini davom ettiradilar Umar r.a.

Ertasi kuni hamma sahobalar yig`ildilar. Ular eng amin kishi kimligini bilmoqchi edilar. Ularning hammasi Alloh va Muhammad SAVning amin kishisi men bo`lsam edi deya niyat qilardilar. Men ham nabiy SAV meni ko`rsinlar deya oyog`imni baland qilib turdim. Payg`ambar SAV mening yonimdan o`tib ketdilar... va Abu Ubayda ibn al-Jarrohning yoniga borib, "Mana Alloh va uning Rasulini amin kishisi" deya marhamat qildilar. Shundan so`ng Abu Ubaydani (r.a) "aminul ummah" deb atala boshlandi.

Abu Ubayda ibn al-Jarroh (ra) Abu Bakr (ra) qo`llarida iymon topdilar. Janobi Rasululloh SAV bilan hammam jihodda birga qatnashdilar. Molk-mulklarini Alloh va Uning Rasuli yo`lida sarfladilar. Hatto Uhud jangida Muhammad SAVning muborak yuzlariga qattiq zarb tufayli dubulg`a qadalib qolgach, shartda keldilarda, tishlari bilan sug`urib ketdilar. O`ng tomondagi temirni sug`urishda, o`ng old tishlari, chap tomonini sug`urishda chap tishlari uzulib tushdi. Umr bo`yi tishsiz yurdilar. Hayotligidayoq jannatiyligi bashorat qilingan sahobalardan edilar.
Umar (ra) shunday degan ekanlar: "Agar mendan keyingi halifa bo`lishlikni belgilash ixtiyori qo`limda bo`lganida hech ikkilanmasdan Abu Ubayda (ra)ni halifa qilib saylardim. Alloh huzurida buning javobi uchun so`ralganimda uning "aminul ummah"ligini ta'kidlardim"
Nom: Re: Mashhur sahxslar hayotidan ibratli lavhalar
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:51:31
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hali ochiq da’vatga chiqmagan paytlar edi. U zotga imon keltirish bilan musharraf bo‘lganlar soni endi o‘ntaga yetib qolgan. O‘sha imon bilan sharaflanganlarning biri Umar ibn Xattobning singlisi Fotima binti Xattob (r.a.) edi.
Fotima Sayd ibn Zayd (r.a.) bilan oila qurgan va ikkalalari ham turmushlarini imon nuri ila saodatlantirishgan edi. (Siz Sayd ibn Zaydni yaxshi taniysiz. U zot (r.a.) hayotlik davrida jannat bilan bashoratlangan o‘n sahobaning birlaridir.) Eru xotin birga-birga ibodat qilishar, Qur’on o‘qishar, o‘rganishar edi. Hazrati Fotima bilan eri Sayd Alloh va Rasuli (s.a.v.) yo‘liga fidoyi ekan, ayni paytda uning akasi Umar u paytda Payg‘ambarning beayov dushmani, o‘taketgan johil, qalbini jaholat zulmati qoplagan bir kimsa edi.
Butunlay iskanja va zulm ichida ham, musulmonlarning soni kun sayin ortib borayotganidan boshqa mushriklar qatori o‘sha biz suygan Umar ham ta’rifsiz qo‘rquv va hayratda qoldi. Makka ahli nima qilib bo‘lsa-da, musulmonlarning yo‘lini kesishni o‘ylardi. Nihoyat ular, Muhammadni (s.a.v.) o‘ldiramiz, degan bir to‘xtamga kelishdi. O‘zlaricha reja tuzishdi. Umar ham ularning ichida edi. Va bu qabohatli ishni shu Umar bo‘yniga oldi. Uning quvvatiga, qat’iyyatiga, jasoratiga ishonganlar, masala xal bo‘ldi, deya oldindan hukm chiqarib qo‘yishdi. Umar ibn Xattob darhol yo‘lga tushdi. Qo‘lida qilich. Ne ajabki, Alloh taolo unga yo‘lda qarindoshi Nuaym ibn Abdullohni ro‘baro‘ qildi...
Umarning niyatidan xabardor bo‘lgan Nuaym uni butunlay niyatidan qaytarolmasa-da, yo‘lini boshqa tarafga burib, muddatni uzaytirishning uddasidan chiqdi: singlisi Fotima va kuyovi Saidning musulmon bo‘lganini aytib, uni qattiq g‘azablantirdi.
Hazrati Habbobdan Kur’on o‘rganishayotgan er-xotin Umar kelganini bilib muallimlarini va Mushaf sahifalarini yashirishdi. So‘ng eshikni ochishdi. Lekin biroz oldin eshik ortidan eshitilgan Qur’on Umarning g‘azabini yangilab ulgurgan edi.
- Men sizlarning Muhammadning dinida ekaningizdan xabarim bor, - dedi va kuyovi Saidni kaltaklay ketdi. Fotima (r.a.) erini akasining qo‘lidan qutqarmoqchi bo‘lganida, g‘azabnok quvvatli musht uning ham yuziga tushdi va yorib yubordi. Ko‘ziga o‘lim ko‘rinib turgani holda Fotima Umarga bunday deb hayqirdi:
- Sen ayol kishini urishdan uyalmaysanmi? To‘g‘ri, biz musulmon bo‘ldik. Alloh va Rasuliga imon keltirdik. Biz ishonamizki, Allohdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad uning elchisidir. Endi qo‘lingdan kelganini qil!
Fotimaning bu so‘zlari o‘ziga o‘lim hukmini chiqarish bilan barobar edi. Ammo Allohning irodasi va hikmatini ko‘ringki, bu qahramonlik Umarning ichiga talotum soldi. Qontalash, lekin jasorat balqib turgan yuz Umardek bag‘ritosh qotilning qalbini titratdi, uning tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘ldi, qilmishiga pushaymon etdi, qalbini yumshatdi.
Oradan bir oz o‘tib, Umar shunday dedi:
- Boya sizlardan eshitganlarimni menga ham beringlar, bir ko‘ray.
Mushafga nisbatan hurmatda bo‘lishini talab qilgan holda Fotima (r.a.) javob berdi:
- Akaginam, sen Allohga sherik tutganing uchun nopoksan, holbuki, bu Kitobga faqat pokiza insonlargina qo‘l tekizadi. Tur, oldin tahorat ol!
Umar g‘usl qildi. Keyin unga Qur’ondan Toha surasining ba’zi oyatlari yozilgan sahifalarni berishdi. Umar ularni o‘qib, chuqur o‘yga toldi. Yuzida hidoyatning nurlari jilolana boshladi.
"Bu qandayin sharafli, qandayin lazzatli kalom! Bundan-da go‘zal, bundan-da shirin so‘z bo‘lishi mumkin emas!"
Umarning yumshaganini ko‘rib, Hazrati Habbob ham bekingan joyidan chiqdi.
Keyin to‘rtovi Payg‘ambarimizning (s.a.v.) huzuri muboraklariga borishdi. Umar kalimai shahodat keltirdi va... endi biz sevgan Umarga aylandi, saodatli hayotini boshladi.
Hazrati Fotimaning (r.a.) jasorati Hazrati Umar ibn Xattob (r.a.) kabi bir zotning islomiyat bilan sharaflanishiga sabab bo‘ldi. Zero, Umarning umri oxirigacha qilgan yaxshiliklari hech bir kamaymasdan Fotima binti Xattobning ham daftariga yoziqlikdir.
Fotima (r.a.) eri bilan birga Madinai Munavvaraga hijrat qildi. Umrining so‘ngiga qadar fazilatli yashadi. Akasining xalifa bo‘lganini, adolatli idora qilganini ko‘rish saodatiga muyassar bo‘ldi, Va uning davrida Alloh dargohi sari rixlat etdi.
Alloh barchalaridan rozi bo‘lsin! Omin.

"Sahabalar ansiklopedisi" (Sahobalar qomusi) asosida tayyorlandi
“Hidoyat” jurnalining 2000-yil 7-sonidan olindi
Nom: Re: Mashhur sahxslar hayotidan ibratli lavhalar
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:51:43
Muhammad ibn Munkadir hikoya qiladi: "Rasulullohning (s.a.v.) masjidlarida mening ustunim bor edi. Kechalari uning oldida namoz o‘qirdim, keyin suyanib o‘tirardim. Bir yili Madina ahli yomg‘irsiz qoldi. Shunda ular Allohdan yomg‘ir so‘rab (dalaga) chiqishdi. Lekin yomg‘ir yog‘madi. O‘sha kechasi men Masjidi Nabaviyda (s.a.v.) oxirgi - xufton namozini o‘qib bo‘lib, ustunimga suyanib o‘tirgan edim. Bir payt egniga ko‘ylak kiygan, yana boshqa bir ko‘ylakni bo‘yniga tashlab olgan qop-qora odam kirib keldi. Mening ustunimning old tomoniga o‘tib ikki rakaat namoz o‘qidi-da, o‘tirdi. So‘ng dedi:
"Ey Rabbim, payg‘ambaring haramidagilar yomg‘ir so‘rashdi, lekin yomg‘ir bermading. Men Sendan o‘tinaman, ularni sug‘or".
Jinni bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. Ammo u duodan qo‘lini qo‘ymasdan turib, osmonda momaqaldiroq ovozi eshitildi. Yomg‘ir kelayotgan edi. Uyga qaytmoqchi bo‘ldim.
Yomg‘ir ovozi eshitilgach, o‘sha odam Allohga hamdlar aytdi. Shunday aytdiki, umrimda unaqasini eshitmaganman. Keyin:
"Men kimmanki duoyimni ijobat qilding. Lekin men Senga hamd aytish bilan, qudrating bilan panoh so‘radim", dedi. So‘ngra namoz o‘qiy boshladi. Qiyomda uzoq turdi. Subh yaqinlashganini sezgach, sajda qildi va vitr o‘qidi. So‘ngra bomdodning ikki rakat sunnatini ado qildi. Keyin farziga jamoatga qo‘shildi. Men ham qo‘shildim.
Imom salom bergach, o‘rnidan turdi. Orqasidan men ham turdim. Masjidning eshigiga yetgach, kiyimini yopinib tashqariga chiqdi va yomg‘irga "sho‘ng‘idi".
Ortidan kiyimimni ko‘tarib chiqdim, tezda suv bo‘lib ketdim va uning qayoqqa ketganini bilmay qoldim.
Ikkinchi kechasi yana Rasulullohning (s.a.v.) masjidlarida xuftonni o‘qib bo‘lib, ustunga suyanib o‘tirgan edim, haligi kishi keldi. Namoz o‘qiy boshladi. Qiyomda uzoq turdi. Tong yaqinlashgach, sajda qildi. Keyin vitr o‘qidi. So‘ng bomdodning sunnatini ado qildi. Farzga iqomat aytilgach, jamoatga qo‘shildi, men ham qo‘shildim.
Imom salom bergach, masjiddan chiqdi. Orqasidan ergashdim. Ketaverdi, boraverdim. Oxiri qaysi hovliga kirganini aniqlab, so‘ng masjidga qaytdim. Quyosh sal ko‘tarilgach, namoz o‘qib, tashqari chiqdim va o‘sha hovliga bordim. U etikdo‘z ekan. Meni ko‘rib, tanidi va:
"Abu Abdulloh, xush kelibsiz. Xizmat bormi? Mahsi tikib beraymi?" deb so‘radi. "O‘tgan kecha yonimda o‘tirgan sen emasmiding?" dedim men. Uning yuzi o‘zgardi. G‘azabi keldi. "Bu bilan sizning nima ishingiz bor?" dedi. Darhol uning oldidan chiqdim.
Uchinchi kechada yana namozni o‘qib ustunga suyangancha uni kutdim. Lekin kelmadi. "Inna lillahi, nima qilib qo‘ydim?!" dedim. Quyosh chiqquncha masjidda o‘tirdim. Keyin chiqib o‘sha hovliga bordim. U turgan uyning eshigi ochiq, ichida hech narsa yo‘q edi. Hovlidagilar mendan: "Kecha oralaringdan nima gap o‘tdi?" deb so‘rashdi. "Unga nima bo‘ldi?" dedim. "Siz ketganiigizdan keyin kiyimini yoyib, teri, andoza-qoliplarini soldi-da, chiqib ketdi. Qayoqqa ketdi, bilmadik?" deyishdi.
Bilganim Madina hovlilarining hammasiga kirib chiqdim, lekin uni topmadim. Alloh rahmat qilsin".

“Salaflar xulqi” kitobidan
Nom: Re: Mashhur sahxslar hayotidan ibratli lavhalar
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:51:51
Xalifa Hazrat Umar(R.A)zamonida bir ming to’rt yuz shahar fath etilgan edi.Eronning butun xazinalari va g’animat mollari suv kabi Madinai munavvarga oqardi.Ammo islom xalifasi Hazrat Umar(R.A)ning bayramda o’g’liga libos olib berish uchun puli yo’q edi.Bir kuni Hazrat Umarning o’g’li otasiga:
-Otajonim,ust boshim juda to’zib ketdi.Do’stlarim ustimdan kulishayapti.Men uchun bayramga kiyim olaylik,-dedi.
Xalifa Umar:
-Bo’lmaydi og’lim,yangi kiyim olgani pulimiz yo’q-deb javob berdi.
O’g’il:
-Otajon,kelayotgan oyning maoshi ustidan pul olib turing.O’sha pulga yangi kiyim olamiz,-deb aytdi.
Xalifa Baytul molning xazinaboniga bir maktub yozdi.Unda kelajak oyning maoshidan biroz pul berib tur,o’g’limga bayramlik libos olib bermoqchiman,dedi.Maktubni o’g’lidan jo’natdi.O’g’il uni moliya noziriga olib bordi.Nozir maktubni o’qib,so’ng xalifaning o’g’liga:
-Bo’lmaydi,bermayman,-dedi.O’g’il:
-Nega bermaysiz?Bu maktubga ishonmaysizmi?-dedi.
Xazinabon:
-Bilaman,maktub xalifadan.Ammo bir kamchiligi bor.Xalifa yanagi oyga qadar yashashi haqida vasiqa bermapti,deb aytdi.
Xalifaning o’g’li bu so’zlarni eshitib,shoshilinch otasi oldiga keldi.Xalifa o’g’lidan so’radi:
-O’g’lim,nima bo’ldi,pulni oldingmi?
-Yo’q otajon,olmadim,xohlamayman.Siz shu qadar halol millatning raisi-xalifasi bo’lganingizga qanchalar iftixor qilsangiz arziydi.Siz bilan faxrlanaman,otajon!
Nom: Re: Mashhur sahxslar hayotidan ibratli lavhalar
Yuborildi: Abdusalom 09 Sentyabr 2006, 07:52:06
Abu Bakr Qurayshdan ko‘p aziyat chekdilar. Islomning ilk davrida musulmonlar Arqam ibn Arqamning uyida maxfiy ibodat qilishar edi. Shunda Abu Bakr: «Ibodatni oshkora qilaylik», dedilar. Keyin hammalari birga chiqishdi. Abu Bakr odamlarga xitob qila boshladilar. Nabiy alayhissalom o‘girgan ko‘yi Allohga duo kilar edilar. Shunda mushriklar ularga tashlanib qolishdi. Abu Bakr Siddiq oyoq ostida qolib ketdilar. Utba ibn Robi’a u zotning yuzlariga bigizli kovushi bilan shu darajada urdiki, burunlari bilinmay ketdi. Taym kabilasidagilar oraga tushib, zo‘rg‘a Abu Bakrni ajratib olishdi. U zot chalajon edilar. Qabiladoshlari: «Agar Abu Bakr o‘lsa, Utbani ham o‘ldiramiz», deb qasam ichishdi. Kechga borib u zot o‘zlariga keldilar. Hushlariga keldilaru birinchi lafzlari Rasulullohning ahvollarini so‘rash bo‘ldi. Onalari:
«Do‘sting haqida hech narsa bilmaymiz», dedi.

So‘ng atrofdagilardan surishtirishni aytdilar. «Rasululloh Arqamning uyidalar, sog‘-salomatlar», degan xabarga ham qanoat qilmay, «Allohga qasamki, Rasulullohning huzurlariga bormagunimcha, suv ham, ovqat ham totmayman», dedi-lar va ahvolari og‘irligiga qaramasdan, yo‘lga tushdilar. Borib, Rasulullohning salomatliklarini ko‘zlari bilan ko‘rganlaridan keyingina ko‘ngillari tinchlandi va u zotga qarata: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, ey Allohning rasuli, menta hech narsa bo‘lgani yo‘q. faqat ozgina ozor yetkazishdi», dedilar. So‘ng: «Bu ayol mening mehribon onajonim. Qani endi, Alloh onamni do‘zax olovidan xalos etsa», deya umidlarini so‘yladilar. Shunda Nabiy Abu Bakrning onalari haqqiga duo qildilar va u Islomni qabul etdi.
   
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 14 Sentyabr 2006, 12:14:36
Azroildan qo‘rqqan odam

Bir kuni Hazrati Sulaymon, alayhissalom, do‘stlari bilan birga o‘tirar edilar. Hazrati Azroil, alayhissalom, kirib o‘tirganlardan biriga diqqat bilan boqdilar. U odam Azroilning, alayhissalom, bunday boqishlaridan juda qo‘rqib ketdi. So‘ngra Hazrati Sulaymonga:
—   Ey Payg‘ambarim, menga yordam qiling, haligina Azroil menga qattiq tikilib qaradi. Mening jonimni oladi choHi, — dedi.
Sulaymon, alayhissalom, undan:
— Xo‘sh, nima qilayin? Mendan nima istaysan? — deb so‘radilar.
— Shamolga amr bering, meni Hindistonga eltib tashlasin. Shoyad Azroilning panjasidan qutulib qolsam... — dedi.
Sulaymon, alayhissalom, uning istagini bajo keltirdilar. Shamolga buyurib, uni Hindistonga jo‘natdilar. Ertasi kuni Azroil yana ko‘rishmoq uchun Sulaymon, alayhissalom, quzurlariga keldi. Suhbat davomida Hazrati Sulaymon:
— Kechagi odamga tikilib qaramoqning boisi nima edi? —  deya so‘radi.
Azroil esa:
— Chunki Alloh taolo menga bu odamning jonini Hindistonda olishni amr etgan edi. Uni bu yerda ko‘rib, juda hayron qoldim. Allohning amrini yanglish anglamadimmikan, deya hayratlandim. Shu bois unga diqqat bilan boqqan edim.
Buyruqni to‘g‘ri anglagan ekanman. Oradan biroz o‘tib, Hindistonga bordim. Uni o‘sha yurtdan topib, jonini oldim.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 20 Sentyabr 2006, 11:13:09
Allohning fazli va rahmati

Vosila ibn Asqo’, roziyallohu anhu, rivoyat qiladi: “Ramazon oyi keldi. Biz ahli suffa ham ro‘za tuta boshladik. Har oqshom iftor vaqti kirishi bilan Aqobada bay’at bergan ansorlar kelib har qaysisi bir kishidan bizni iftorlikka olib ketishardi. Bir kuni hech kim kelmadi.  Ro‘zamizni ocholmay uxladik, saharlik ham qilmadik. Ertasi kuni ham hech kimdan darak bo‘lmadi. Nihoyat, ahvolimizni janobi Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, bildirdik. Ul zot bizga nihoyatda qayHurib, biror yegulik bormi, deya ayollaridan birma-bir so‘rattirdilar. Biroq ularning hammalari bunga:
— Alloh nomiga qasamki, bizda yegulik hech narsa yo‘q, — deb javob yubordilar.
Shunda Nabiy, sollallohu alayhi va sallam, to‘planishimizni buyurdilar va biz to‘plangach:
— Allohim, Sendan fazl va rahmat  so‘raymiz. Zero, rahmat yolg‘iz Sening qo‘lingdadir va Sendan o‘zga rahmat sohibi yo‘qdir, — deya duo  qildilar.
Biz “Omin”, dedik.
Oradan ko‘p o‘tmay, bir joydan bizga bir qo‘yning qovurilgan tanasi va shunga yarasha non keldi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— Qani, olinglar, yenglar, — dedilar.
Biz to‘ygunimizcha yedik.  Shundan so‘ng Sarvari koinot, sollallohu alayhi va sallam, shunday deb marhamat qildilar:
— Biz Alloh taolodan uning fazilati va rahmatini ham tilagan edik. Bu bergani Uning fazlidir. Shubha yo‘qki, biz uchun rahmatini ham saqlab qo‘yibdi”.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 22 Sentyabr 2006, 17:08:33
Menga ishonasizmi?

Sevimli Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, Safo tepaligiga chiqdilar va ulkan qoya ustidan turib:
— Ey Abdul Muttalib o‘g’illari, ey Fihra o‘g’illari, ey Zuhra o‘g’illari, — deya qabila ulug’larini ismlari bilan chaqirib barcha qarindoshlarini bir joyga to‘pladilar va ularga shunday xitob qildilar:
— Ey Quraysh jamoasi! Men sizga shu toHning etagida dushman otliqlari bor!  Hozir ustingizga bostirib keladi. Mollaringizni talaydi, desam, ishonasizmi?
 Hammalari baravariga:
— Ha, ishonamiz. Chunki  hozirgacha sendan yolg‘on gap eshitmadik,  —dedilar.
— Unday bo‘lsa, eshitinglar: oldingizda shiddatli bir azob kuni borligini, Allohga ishonmaganlar o‘sha kunda buyuk azobga duchor bo‘lishlarining xabarini beraman. Sizni shunday azobdan ogohlantirmoq uchun yuborildim, — deb marhamat qildilar Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 26 Sentyabr 2006, 13:14:04
Hazrati Musoning jannatdagi qo‘shnisi

Muso, alayhissalom, Alloh taologa jannatda unga kim qo‘shni bo‘lishini bildirishini  so‘rab, yolvorar edi.
Bir kuni shunday nido keldi:
— Ey Muso, falon yerda yashovchi qassob sening jannatdagi do‘sting bo‘ladi...
Muso, alayhissalom, qiziqib, qaysi ibodati uchun bunga loyiq bo‘lganini bilish niyatida yo‘lga chiqdilar. Hazrati Muso o‘sha odamni qidirib topdilar. Qassob Hazrati Musoning haq payg‘ambar ekanini bilgan, imon keltirgan edi. Lekin o‘zlarini  ko‘rmagan edi. Shuning uchun tanimadi. Kechqurun qassob Hazrati Musoni uyiga olib ketdi. Ovqat tayyorladi. Dasturxon tuzadi. Ovqat yeyishdan oldin, qassob devorga osilgan bir zambilni yerga tushirdi va undan harakat qilishga sira holi yo‘q bir qari kampirni chiqardi. Xuddi go‘dakni ovqatlantirgandek uni yedirdi, ichirdi va yana zambilga qo‘yib, devorga osdi. Shunda kampir nimalardir deb shivirladi. Qari ayolning nima deyayotganini tushunmagan Muso, alayhissalom, qassobdan so‘radi:
— O‘g’lim, bu kampir kiming bo‘ladi?
Qassob musofirga:
— Bu ayol  mening onam bo‘ladilar. O‘tirib-turishga, ovqat yeyishga holi yo‘q. Shu bois o‘zim yediraman, ichiraman va tozaligiga qarayman. Qo‘limdan kelgunicha hushnud etishga harakat qilaman.
Muso, alayhissalom:
— Hozirgina u senga gapirganday bo‘ldi, nimalar dedi?
Qassob:
— Ey Rabbim! Men o‘g’limdan xursandman. Sen ham undan rozi bo‘l. Jannatda uni Hazrati  Musoga qo‘shni qilgin deb duo etdi. Shunda Muso, alayhissalom, o‘zini tanitadigan vaqt kelganini tushundilar va:
— Men Allohning payg‘ambari Muso bo‘laman. Allohdan jannatdagi qo‘shnim kim bo‘lishini bildirishini iltijo qilgan edim. Janobi Haq seni bildirdi. Senga xushxabar bo‘lsin. Onangga qilgan xizmating uchun Alloh sendan rozi bo‘ldi. Onangning duosini qabul ayladi. Alloh seni jannatda menga qo‘shni qildi, — deya marhamat qildilar.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 28 Sentyabr 2006, 13:35:51
Xurmo pishgan kunlarda

Abu Dardo, roziyallohu anhu, Hazrati Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, suyukli sahobalaridan biri edi. Barcha namozlarini masjidi nabaviyda, Payg‘ambarimizning  ortlarida turib o‘qishga harakat qilardi. Shuning uchun masjidga erta kelar va kech qaytar edi. Rasuli akramning namozdan keyingi suhbatlarini diqqat bilan tinglardi. Biroq xurmo terish mavsumi boshlanganida Abu Dardo namozga kech kelib erta ketadigan bo‘ldi. Bu hol Payg‘ambarimizning diqqatlarini tortdi. Abu Dardoni yonlariga chaqirib:
— Sening masjidga kelib-ketishingda bir o‘zgarish  ko‘ryapman. Nima bo‘ldi? — deb so‘radilar.
Abu Dardo shunday dedi:
— Shu kunlarda qo‘shnimizning xurmo daraxti mevalarini to‘ka boshladi. Xurmolar bizning hovliga tushyapti. Bolalarim, qo‘shnimdan beso‘roq ulardan yeb qo‘yishmasin, deb xavotirdaman. Bomdodga kelishdan oldin to‘kilgan  xurmolarni to‘plab, qo‘shnimning bog‘iga o‘tkazib qo‘yaman. Shu sabab masjidga kech kelyapman. Men masjiddaligimda ham daraxtlardan xurmo to‘kiladi. Ularni yig‘ib qo‘shnimnikiga qo‘yish uchun shoshilaman. Shunday qilsam bolalarim harom yemaydi, qo‘shnimga ham zarar yetmaydi.
Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, Abu Dardoning bu so‘zlaridan mamnun bo‘ldilar va uning haqqiga duo qildilar.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 28 Sentyabr 2006, 20:18:28
Hikoyat.

Abdulloh ibn Umar r.a. kunlarning birida kasal bo'lib qolib ko'ngillari baliq yeyishni tusab qoldi. Mulozimlar Madinani kezib nihoyat,baliqni topishdi. Olib kelib qovurishdi. Va non bilan Ibn Umarning r.a. oldilariga olib kirishdi. Ibn Umar r.a. baliqqa uzanar-uzanmas eshik oldiga tilamchi kelib, biror narsa berishlarini so'radi. U zot mulozimga baliqni nonga o'rab gadoga olib chiqib berishni buyurdilar. "Alloh sizga shifo bersin, zo'rg' yetishgan taomingizni berib yuboirasizmi?Yahshisi pyl bera qolaylik",- debdi mulozim. Ibn Umar r.a:"Balqini berib yuboringlar",-dedi yana.Mulozim gadoning oldiga chiqib:"BAliqni olasanmi pulnimi?'deb so'radi. Gado pulni oldi. Mulozim baliqni qaytarib olib kirganini ko'rgan Ibn Umar:"Baliqni unga olib borib ber,pulni ham olma. Men Rasulullohdan s.a.v. ko'ngli tusagan narsasini birodariga bergan kishini gunohlari kechirilishini eshitganman",-dedilar.
Alloh u zotdan rozi bo'lgan bo'lsin.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muslima_subh 28 Sentyabr 2006, 21:38:49
Hikoyat.

Abdulloh ibn Umar r.a. kunlarning birida kasal bo'lib qolib ko'ngillari baliq yeyishni tusab qoldi. Mulozimlar Madinani kezib nihoyat,baliqni topishdi. Olib kelib qovurishdi. Va non bilan Ibn Umarning r.a. oldilariga olib kirishdi. Ibn Umar r.a. baliqqa uzanar-uzanmas eshik oldiga tilamchi kelib, biror narsa berishlarini so'radi. U zot mulozimga baliqni nonga o'rab gadoga olib chiqib berishni buyurdilar. "Alloh sizga shifo bersin, zo'rg' yetishgan taomingizni berib yuboirasizmi?Yahshisi pyl bera qolaylik",- debdi mulozim. Ibn Umar r.a:"Balqini berib yuboringlar",-dedi yana.Mulozim gadoning oldiga chiqib:"BAliqni olasanmi pulnimi?'deb so'radi. Gado pulni oldi. Mulozim baliqni qaytarib olib kirganini ko'rgan Ibn Umar:"Baliqni unga olib borib ber,pulni ham olma. Men Rasulullohdan s.a.v. ko'ngli tusagan narsasini birodariga bergan kishini gunohlari kechirilishini eshitganman",-dedilar.
Alloh u zotdan rozi bo'lgan bo'lsin.

MashaAllah!!! Alloh hammamizni Rasululloh salallohu alayhi vasallamga ergashadigan aqvodor mo'minlardan qilsin!!! Omin Ya Robbil A'lamin!!!
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:03:27
Hikoyat.

"Qissasul-anbiyo"da kelishicha:"Bir kuni Hazrati Iyso a.s. bir ko'zadan suv ichdila. u suv juda achchiq edi. Iyso a.s. zaboni hol birla undan buning sababini so'radilar. ko'za javob berdi:"Men odam erdim, a'zolarim reza-reza bo'lib tufroqqa aralashib ketdi,keyin humdonga tushib ko'za bo'ldim.Hanuz jon achchig'i mendan ketmabdur, uning achchig'i suvga ham o'tibdur,Ey, Rasuli Hudo, Ummatlaringizga habar qiling, banda bo'lsa, g'arib jon g'amini tirikligida qilsin, toki keyin pushaymoin bo'lib yurmasin".
"Maslakul - muttaqiyn" kitobidan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 11:15:39
Salmon bizdan...

Taqdir suronlari olam sahrolarini ostin - ustun qildi. Bujudlar to'lg'onib qalblar o'zgardi. Bo'rin tindi. Abu Tolib halokat girdobida halok bo'ldi. Salmon Forsiy r.a. omonlik sohilida najot topdi. Abu Tolibdan ismi so'ralganda, ota-bobolari ila fahr etib,"Abdu mannof"dedi.Mol-dunyo tilga olinganida tuyalar sanaldi. Salmondan ismi so'ralganida "Abdulloh"(Allohning quli) dedi. Nasabi so'ralganida,"Ibnul Islam" (Islom farzandi)dedi. Mol-dunyosi so'ralganida"Muhtojlik",do'koni so'ralganida"masjid", kasbi so'ralganida "Sabr", Libosini "Taqvo va tavoze'", bolishini "Bedorlik",-dedi. "Nimangdan fahrlanasan?"degan savolga esa:"Salmon bizdan, ahli Islomdan..."degan so'zlardan, deya javob berdi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 14:07:24
Hikoyat.

So'fi Olloyor "Sabotul ojiziyn" asarida bir hikoyatni keltirgan:
"Abdulloh ibn Muborak sahroda adashib yurib uzoqdan bir quduqni ko'rdi. Quduqni ko'rgach,"endi bir chelak bilan arqon bo'lsaydi",-deya ko'nglidan o'tkazdi. Quduqqa yaqin borgach, ko'rdiki, chelak ham arqon ham yo'q,suv esa ancha pastda edi. Ibn Muborak hayron bo'lib, bir chetga holdan toyib borib o'tirdi.Shu payt sahro qo'nidan bir kiyik chiqib, quduq tomon kela boshladi. Yetib kelgach tumshug'ini quduqqa suqqan edi, quduqdan suv toshib cgiqdi. Kiyik suv ichib ko'zdan g'oyib bo'ldi. Hayronu lol qolgan Ibn Muborak yugurib quduq tomon keldi. Suv esa Abdulloh kelguniga qadar yana pasayib bo'lgan edi. Sgunda uning qalbidan bir nido otilib chiqdi va
Dedi:"YO,Rab, berursan ohug'a ob,
Menga barmassan, ey Sultoni Vahhob".
Shu payt Abdulloh ibn Muborakning qalbiga bir nido keldi:"O'sha sen ko'rgan  kiyik sahroga rizq istab chiqqan paytida yolg'iz Mnegagina tavakkul qilgan edi. Sen esa quduqni ko'rgan oning qalbingni chelak ila arqonga yubording!".
Ibn Muborak bu nidoni eshitib behol bo'ldi, bu tanbehdan qalbida zavq daryosi jo'sh urdi va shundan keyin hech qachon chanqamadi:
"Muhabbat jomi ho'l qildi tomog'in,
Tiriklikda unutdi suvsamog'in".
Foyda:Alloh taolo O'zining do'stlarining qalbidagi bir lahzalik g'aflat uchun ham tanbeh berar ekan. Zero, buyuk cho'qqidagfi odamning hatari ham buyuk bo'ladi".
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Nodi 02 Oktyabr 2006, 07:46:58
Salmon bizdan...

Taqdir suronlari olam sahrolarini ostin - ustun qildi. Bujudlar to'lg'onib qalblar o'zgardi. Bo'rin tindi. Abu Tolib halokat girdobida halok bo'ldi. Salmon Forsiy r.a. omonlik sohilida najot topdi. Abu Tolibdan ismi so'ralganda, ota-bobolari ila fahr etib,"Abdu mannof"dedi.Mol-dunyo tilga olinganida tuyalar sanaldi. Salmondan ismi so'ralganida "Abdulloh"(Allohning quli) dedi. Nasabi so'ralganida,"Ibnul Islam" (Islom farzandi)dedi. Mol-dunyosi so'ralganida"Muhtojlik",do'koni so'ralganida"masjid", kasbi so'ralganida "Sabr", Libosini "Taqvo va tavoze'", bolishini "Bedorlik",-dedi. "Nimangdan fahrlanasan?"degan savolga esa:"Salmon bizdan, ahli Islomdan..."degan so'zlardan, deya javob berdi.

Judayam ta'sirli hikoya ekan.
Alloh rozi bo'lsin!
Yana shunaqa hikoyalardan bo'lsa maza qilib o'qirdik.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 02 Oktyabr 2006, 14:16:37
Xushu’ va xuzu’ xosiyati

Janglarning birida Hazrati Alining oyoHiga o‘q tegdi. O‘q oyoq suyagiga ham ancha botgani uchun chiqara olishmadi. Bir tabib chaqirdilar. Tabib Hazrati Aliga qarab shunday dedi:
— Bu o‘qni faqat hushdan ketkazuvchi dori bilan olsa bo‘ladi. Yo‘qsa, oHriqqa chidayolmaysiz.
Hazrati Ali aytdilar:
— Hushdan ketkazadigan doriga zarurat yo‘q. Bir oz sabr qilinglar, namoz vaqti kirsin. Men namoz o‘qiy boshlaganimda olib tashlaysiz.
Namoz vaqti kirdi. Hazrati Ali namozga turdilar. Tabib Hazrati Alining oyoHini yorib, o‘qni chiqardi. Yarani bog‘lab qo‘ydi. Hazrati Ali namozlarini bitirib, tabibdan so‘radilar:
— O‘qni chiqardingizmi?
— Ha, chiqardim, — dedi tabib.
— Men hech narsa  sezganim yo‘q, — dedilar Hazrati Ali roziyalloqi anqi.
Namozdagi xushu’-xuzu’ Hazrati Alini go‘yo boshqa olamga olib ketgandek edi. Shuning uchun ham vujudlaridagi oHriqni aslo sezmadilar.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 03 Oktyabr 2006, 07:09:25
Нажотни Kуръондан топдим     
(Xошимжон kори xикояси)

Хотинимнинг кўзи ёришадиган кун яkин kолган эди. Аёллар маслаxатхонасига борса, дўхтирлар xомиланинг ривожланиш муддати ўтиб кетгани, энди бола катталашиб, туgиш ниxоятда kийин бўлишини айтиб, kўрkитишибди. Уларнинг тавсиясига кўра аёлимни туgруkхонага зудлик билан ётkиздим. Даволовчи дўхтир kўлимга бир неча kимматбаxо укол ва дори-дармонларнинг рўйхатини тутkазди. Агар уларни топиб, тезда муолажа бошланмаса, она-боланинг xаётига катта хавф борлигини, туgиш ниxоятда оgир кечиб, xатто ўлимга олиб бориши мумкинлигини яхшилаб тушунтирди. Аёлим ва боламни xаётини ўйласам, шошилинч дорихонага чопишим керак эмиш. Шифокорлар xузуридан бўшашиб чиkарканман, бошим kотди. Сабаби, дори-дармонга пул йўk. Анчадан буён бетоблигим сабабли ишлай олмайман. Рўзgорни учма-уч аранг ўтказиб турган эдим. Бунча пулни топиш амримаxол. Xозирги пайтда кимдан xам kарз сўрайсан, xамманинг xоли ўзига тайин. Шу xаёллар билан уйга kандай келганимни билмай kолдим. Ёлgиз kолган кенжамизни овkатлантириб, ухлатиб kўйдим. Кейин xар кунги машgулотим – Kуръони каримни хатм kилишга киришдим. Боядан бери миямни банд kилиб, кўнглимни gаш kилиб турган xаёллар нари кетди. Буюк Парвардигорнинг мўъжиз каломи ичра gарk бўлдим. Xафтасига бир марта Kуръони мажидни хатм kиламан. Мусxафни очиб, келган жойимдан тадаббур билан тиловатни бошладим. Ўн учинчи жузга келган эдим. Раъд сурасини ўkишга киришар эканман, бирдан миямда ялт этиб нимадир чаkнагандек бўлди. Суранинг 8-9-оятларига келганимда xайратдан «Субxаналлоx!» дея xайkириб юбордим. Беихтиёр кўзларимдан ёш отилиб чиkди. Оятлар мазмуни kуйидагича эди: «Фаkат Аллоxгина xар бир аёлнинг кўтариб юрган xомиласини (ўgилми-kизми, расоми-норасоми, чиройлими-xунук эканини) xам, бачадонлар (муддатидан илгари) ташлайдиган болани xам, (тўkkиз ойдан) ортиkроk туриб kоладиган болани xам билур. У зот даргоxида xар бир нарса ўлчовлидир. У gайбу шаxодатни (яъни махфий ва ошкора барча нарсани) билгувчи буюк ва юксак зотдир». Суранинг шу жойига келганимдаги xолатимни тасвирлашга тил ожиз, kалам ноkис. Ўзим Kуръонни неча бор ўkиб, xамма нарса Аллоxнинг xикмат-иродаси билан бўлишига имон келтирсам-у, ожиз бир банданинг гапидан ваxимага тушиб, kайғgуриб, изтироб чекиб ўтирсам?! Имоним бу kадар сустлашиб кетганига истиgфор айтдим. Жойнамозни ёйиб икки ракат намоз ўkидим. Дуога kўл очиб, Аллоxдан аёлимнинг кўзи ёришини осон kилишини, икки жонни Ўз паноxида асрашини сўраб ёлбордим, илтижо kилдим. Дуода Раъд сурасининг бояги оятларини бир неча марта kайтариб, Аллоxдан нажот, омонлик сўрадим. Ёлgиз Ўзига таваккул kилиб, хотиржам уйkуга кетдим.
…Эртасига нонуштадан кейин хотинимдан хабар олгани борган синглим xовлимизга суюнчи сўраб, хурсанд кириб келди: «Акажон, ўgилли бўлибсиз, паxлавон ўgил туgилибди. Она-боланинг аxволи яхши!»
«Алxамдулиллаx» деб Аллоxга xамд-шукрона айтдим. Зотан, бундан бошkа сўзга xожат xам йўk эди…

Жаъфар Абдулмўмин
 
www.fikr.uz dan olindi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Nodi 06 Oktyabr 2006, 16:01:05
Tavsiya

Habib ibn Abdullohdan:
Bir odam Abu Dardoga:
 — Menga nimalarni tavsiya etasiz? — dedi.
— Xursandchilik va to‘qchilik paytlaringda Allohni unutmagin, Alloh ham qiyin ahvolga tushganingda seni unutmaydi. Biror dunyoviy ishga kirishmoqchi bo‘lsang, qanday natija chiqishini o‘yla, shundan keyingina boshla, — deb javob berdi Abu Dardo roziyalloqi anhu».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 08 Oktyabr 2006, 15:57:04
Alloh ko‘rib turibdi

Hazrati Umar, roziyallohu anhu, xalifalik davrida sutga suv qo‘shishdek yomon odatni qat’iy taqiqladilar.
Shahar osoyishtaligini nazorat qilish uchun bir kecha Madina ko‘chalarida kezib yurgan xalifa charchab, bir uy yaqinidagi tosh ustiga o‘tirdi. Kutilmaganda uy ichida ona bilan qizi o‘rtasidagi shu gaplarni eshitib qoldi:
— Qani, qizim, turgin-da, sutlarga bir oz suv qo‘shib yubor!
— Xalifa sutga suv qo‘shishni taqiqlaganini bilmaysizmi, onajon!
— Bilaman.
— Axir xalifa taqiqlagan ishni qanday bajaraman?
— E-e, qo‘shaversang-chi, Umar seni ko‘rib turgani yo‘q!
— Umar ko‘rmasa ko‘rmas, ammo Alloh ko‘rib turibdi-ku...
Hazrati Umar shundan  so‘ng uyga qaytdilar. O‘Hillari Osimni imon-e’tiqodli, go‘zal axloqli bu faqir qizga uylantirdilar.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muslimaxon 10 Oktyabr 2006, 06:53:26
Sumra ibn Jundub raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qib bo‘lgach, bizga yuzlanib: «Bul kecha kim tush ko‘rdi?»-deb so‘rar erdilar. Odamlar ko‘rgan tushlarini aytib berishar erdi, Janob Rasululloh ersa, «Olloh taolo ne xohlasa, o‘sha bo‘lg‘aydir!»-deb ta’bir aytar erdilar. Bir kuni bizdan: «Birortangiz tush ko‘rdingizmi?» - deb so‘radilar. Biz: «Yo‘q»,- dedik. Shunda Janob Rasululloh: «Ammo, men bul kecha tush ko‘rdim, tushimda ikki kishi qo‘limdan yetaklab, meni Bayt ul-Muqaddasga olib borishdi. Qarasam, u yerda bir kishi o‘tiribdir va bir kishi tik turibdir. Tik turgan kishi qo‘lidagi (rivoyatning davomini Muso ibn Ismoildan eshitganmiz, deyishadi ayrim sahobalar) temir changakni o‘tirgan kishining bu lunjiga tiqib, ikkinchi lunjidan chiqarmakdadir, keyin ikkinchi lunjiga tiqib, bu lunjidan chiqarmakdadir. Changakni sug‘urib oldi deguncha, lunji tuzalib qolayotir. Tik turgan kishi o‘tirgan kishining lunjiga temir changakni shu tariqa to‘xtovsiz tiqib, sug‘urar erdi. Buni ko‘rib, «Bu ne qilganlaringdir?»-dedim. Ular: «Qani, yurg‘il, ketdik!» - deyishdi. Bir joyga borsak, bir kishi chalqancha yotibdir, yana bir kishi boshida tik turibdir. Uning qo‘lida mushtdek tosh bo‘lib, chalqancha yotgan kishining boshiga urmakdadir, tosh sapchib ketib, nariga borib tushmakdadir. U toshni tag‘in olib kelguncha chalqancha yotgan kishining boshi tuzalib qolayotir. Shu tariqa tik turgan kishi chalqancha yotgan kishining boshini qayta-qayta majaqlamoqdadir. Men: «Bu kimdir?»-deb so‘radim. Ular: «Yurg‘il, ketdik!»- deyishdi. Bir joyga borsak, tandirga o‘xshash og‘zi tor, tubi keng bir chuqurlik bor erkan, uning ichidagi alanga kuchayganda odamlar alanga birlan birga chuqurdan uchib chiqib ketay deyishayotir, alanga pasayganda ersa, alanga birlan birga yana chuqur tubiga tushib ketishmakdadir. O’tda kuyayotganlar orasinda qip-yalang‘och erkaklar ham, ayollar ham bordir. «Bular kimlardir?» - deb so‘radim. Ular: «Yurg‘il, ketdik!»-deyishdi. Yura-yura qon daryosi bo‘yidan chiqib qoldik. Daryoning qirg‘og‘ida bir odam, o‘rtasida ersa, boshqa bir odam turibdir. Daryodagi odam qirg‘oqqa chiqg‘aymen desa, qirg‘oqdagisi uning lunjiga tosh birlan urib, daryoga qaytarib tushirib yubormakdadir. U yana chiqg‘aymen desa, tag‘in urib tushirib yubormakdadir. «Bu nedir?»-dedim. Ular: «Yurg‘il, ketdik!» - deyishdi. Biz bu gal yam-yashil bog‘ oldidan chiqib qoldik. Bog‘da bir azim daraxt bor erkan, uning tagida bir chol va bir to‘da bolalar o‘tirishibdir. Daraxtga yaqin joyda bir kishi o‘t yoqmakdadir. Sheriklarim meni ko‘tarib daraxtning ustidagi bir uyga olib kirdilar. Men shul choqqacha bundoq muhtasham uyni ko‘rmagandirmen, uning ichida (kishilar) chollar, yigitlar, bolalar va ayollar bor erkan. Keyin, meni daraxtning yuqorirog‘idagi boshqa bir uyga olib chiqdilar, bunisi avvalgisidan ham muhtashamroq va fayzliroq erdi. Unda chollar va yigitlar o‘tirishgan erkan. Men sheriklarimga qarab: «Bul kecha meni rosa sayr qildirdingizlar, endi ko‘rganlarimni tushuntirib beringiz!» - dedim. Ular: «Bo‘pti!»-deb menga tushuntira ketdilar: «Lunjiga temir changak tiqilayotgan odam kazzob (yolg‘onchi) bo‘lib, uning gaplari hatto ufqqa qadar yetib borgandir. Unga, o‘zing ko‘rganingdek, qiyomatgacha azob berilg‘aydir. Boshi majaqlanayotgan odam ersa, Olloh taolo Qur’ondan bexabar qilgan odam bo‘lib, u kechalari g‘aflat uyqusida yotgan, kunduzi ham tilovat qilmagan. Unga qiyomatgacha boshini majaqlab, azob berilg‘aydir. Chuqurda ko‘rganlaring - zino qilgan odamlardir, daryoda ko‘rganlaring ersa, sudxo‘rlardir. Daraxt tagida o‘tirgan chol ersa, Ibrohim alayhissalom, tegrasidagi bolalar - odamlarning norasida yoshda vafot etgan bolalaridir. O’t yondirayotgan shaxs o‘t yoquvchilar noziridir. Sen kirgan birinchi uy, umum mo‘‘minlar uyidir, ammo keyingi uy ersa, shahidlar uyidir. Men bo‘lsam, Jabroildirmen, bul esa Mikoildir». Shundan so‘ng, Jabroil va Mikoil menga: «Boshingni ko‘targ‘il!» -dedilar. Men boshimni ko‘tarsam, tepamda bulutga o‘xshash bir joy ko‘rindi. Ular: «Bu sening maskaningdir!» - deyishdi. Men: «Qo‘yib yuboringiz, o‘shal maskanimga kirayin!» desam, ular: «Hali umring tugagani yo‘qdir, tugasa, o‘shal manzilingga kelg‘aydirsan»,- deyishdi».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:16:26
Ikki eshik orasi

Muslim ibn Bishrdan:
Abu Hurayra, roziyallohu anhu, kasal bo‘lib o‘lim to‘shagida yotar ekan, unsiz  yig‘lar edilar. Bir kuni u kishidan: «Nega yig‘laysiz?” deya so‘rashdi. U shunday javob qildi:
— Oldimdagi safar juda uzoq. Ozuqam esa oz. Shu boisdan yig‘layman. Hozir meni ikki eshikning ro‘parasiga keltirishgan: eshiklardan  biri jahannamga, ikkinchisi esa, jannatga ochiladi.  Meni qaysinisidan ichkariga olib kirishlarini bilmayman.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 24 Oktyabr 2006, 07:44:42
Muhtojning ehtiyoji

Xolid ibn Mi’doddan, roziyallohu anhu:
“Umar ibn Xattob, roziyallohu anhu, Said ibn Omir ibn Huzaym al-Jumahiyni Humaysga voliy etib tayinladilar. Bir kuni  Humaysga kelganlarida xalqdan:
— Voliyingiz qanday? — deb so‘radilar.
— Undan mamnun emasmiz, — deyishdi.
— Nega?
— To‘rt sababi bor. Birinchidan, quyosh ko‘tarilmay ishga kelmaydi, ikkinchidan, oyda bir kun hech tashqariga chiqmaydi, uchinchidan, ba’zan u shunday xafahol bo‘lib qoladiki, xuddi telbaga o‘xshab ko‘rinadi va hech ish qilolmaydi, to‘rtinchidan, kechqurunlari hech kimni qabul qilmaydi.
— Bular katta nuqsonlardir, — dedi Umar va Saidga xabar yubordi.
Xalifa Saidga ishonchi tufayli xabar jo‘natayotganida: «Allohim, u haqdagi fikrimni o‘zgartirmagin”, deb duo qildi.
Said kelganida Hazrati Umar Humays xalqiga:
— Voliy ustidan shikoyatingizni yana bir bor ayting, — dedi.
— Quyosh ko‘tarilmay ishga kelmaydi, — deyishdi.
— Vallohi, ey mo‘minlar amiri. Men aslida  hech kimga aytmoqchi emasdim. Uyimda xizmatkor bo‘lmagani uchun erta turib, non pishirib olgach, tahoratimni yangilab, keyin ishga chiqaman, — dedi Said.
— Yana qanday shikoyatingiz bor?  — so‘radi Hazrati Umar.
— Kechqurun bo‘lishi bilan hech kimning ishiga qaramaydi.
— Bunga nima deysan, Said?
— Aslida bu haqda ham gapirmoqchi emasdim. Men kunduzni odamlarga, kechani esa Allohga ajratganman.
— Yana bir shikoyatingiz bormidi?  — so‘radi xalifa.
— Oyda  bir marta  hech tashqariga chiqmaydi, — deyishdi.
— Xo‘sh, bunga nima sabab?
— Hali aytganimdek, xizmatkor tutmaganim uchun kirlarimni o‘zim yuvaman va qurishini poylayman. Sababi, menda qo‘shimcha boshqa ust-bosh yo‘q. Shuning uchun o‘sha kuni shomga yaqin chiqa olaman.
— Yana qanday shikoyatingiz bor? — so‘radi Umar, roziyallohu anhu.
— Orada bir telbaga aylanadi-qoladi va biror ish qilolmaydi.
Said buni shunday izohladi:
— Hubayb al-Ansoriy Makkada o‘ldirilganida men o‘sha yerda edim. Mushriklar uni ushlab, bir necha joyidan go‘sht parchalarini kesib olishganidan so‘ng, bir daraxtga osib mixladilar va undan: «Hozir sening  o‘rningda Muhammad bo‘lishini xohlarmiding?” deb so‘rashdi. U esa: «Vallohi, hozir men ul zotning oyoqlariga bir tikan kirishini ham istamayman” dedi va “Yo Muhammad” deya baqira-baqira jon berdi.
Men o‘sha payt buyuk Allohning borligiga imon keltirmagan bir mushrik bo‘lganim uchun unga hech qanday yordam berolmagan edim. Hatto unga achinmadim va vijdonim ham qiynalmadi. Shuni eslasam, Alloh taolo meni  kechirarmikan, deb o‘ylab hushimdan ketib qolaman.
Ittifoqo, Hazrati Umar, roziyallohu anhu:
— Allohga shukrlar bo‘lsinkim, mening ojiz farosatim noto‘g‘ri bo‘lib  chiqmadi, — dedi va  Saidga ming dinor berilishini buyurib:
— Buni ehtiyojlaring uchun sarfla, — dedi.
Saidning ayoli buni eshitib nihoyatda  xursand bo‘ldi va eriga:
— Bizni sizning xizmatingizga muhtoj bo‘lmoqdan xalos etgan Allohga hamd bo‘lsin, — dedi.
Said ayoliga qarab:
— Bu pullarni o‘z ehtiyojlarimizga  ishlatmay, sen uchun yanada foydaliroq bo‘lgan bir ish qilsam nima deysan? Ularni bizdan ham muhtojlarga tarqatsak, biz uchun yanada foydalidir, — dedi. Ayoli ham:
— Mayli, — degach, xonadon ahlidan eng ishonchli deb bilgan bir kishini chaqirdi.
Pul solingan xaltachaning oHzini bog‘lagach, unga:
— Ol, shu pullarni, falon mahallada falonchi ayol beva, falon bola yetim, falon joyda bir faqir bor, falon mahallada  bir bemor yotibdi, falon joyda musibatga uchragan bir odam bor, o‘shalarga tarqat, — dedi.
Haligi odam pulni aytilgan odamlarga tarqatib chiqdi. Qaytganida qo‘lida bir dinor qolgan edi.
Ayoli Saidga:
— Xudo xayringizni bersin. Pullarni  tarqatdingiz, yaxshi. Lekin hech bo‘lmasa, bizga bir xizmatkor olsangiz  bo‘lar edi. Shuncha pulda bizning hech bir ulushimiz yo‘qmidi? — dedi.
Said shunday dedi:
— Xonim, shunday bir kun keladiki, sen bu pulga bugungidan ko‘ra ko‘proq muhtoj bo‘lasan...
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:08:39
DEVOR

Kasalxona palatalarining birida uchta falaj kasal yotardi, ulardan birinchi bo’lib kelgani oynaning oldiga, ikkinchisi o’rtaga, uchinchisi esa eshik yoniga joylashtirilgan edi. O’rtada yotgan kasal boshqa kasallardan farqli o’laroq tushkunlikka tushmaydigan xarakterda bo’lib, gaplari bilan boshqalarning ham kayfiyatini ko’tarar, ko’nglini ovlar edi.

Sovuq qish kunlarining birida oyna yonida yotgan kasal vafot etdi. Uni olib ketishgach, o’rtadagi kasalni oyna oldiga, eshik oldidagini esa o’rtaga yotqizishib bo’shagan joyga yangi kasalni olib kelishdi.
Oyna yoniga joylashtirilgan ko’tarinki kayfiyatda yuruvchi kasal endi ko’chada ko’rganlarini sheriklariga aytib bera boshladi. U yo’l chetidagi park, katta katta chinor daraxtlari, chug’urlashgan qushlar, ko’chada shosha-pisha ishga ketayotgan odamlar, shod-xurram bolalar va qarshi tog’lardagi gullarga burkangan dalalar haqida so’zlab biroz bo’lsa ham sheriklarining dardlarini unuttirardi.

Ko’p o’tmay bu kishi ko’chadan o’tganlarga nom ham qo’yib oldi. Shunday qilib sheriklari ertalab ishga ketayotganlarning, ko’chada yurib narsa sotuvchining va kechqurun horib uyga qaytuvchilarning hikoyalarini eshita-eshita ularni ko’zlari o’ngida jonlantira boshladilar. Endi palatadagi og’ir va ezuvchi sukunat yo’qolib, yillarga teng tuyuluvchi soatlar, maroqli hikoyalarga to’lgandi.

Kunlarning birida o’rtada yotgan kasalning miyasiga bir fikr keldi. Agar oyna yonidagi kasal biror falokatga yo’liqsa, uning joyiga o’zi o’tadi, shunda uning gaplarini eshitib o’tirmay, aytganlarini o’z ko’zi bilan ko’ra oladi…

Bu fikr unga tinchlik bermay qo’ydi.Yotgan joyida ham faqat shu haqida o’ylar, biror bir chora izlardi. Oxiri bir qarorga keldi, ba’zan sherigining yuragin ushlab qolardi. Bunday hollarda u darrov tumba ustidagi dorilardan olib ichardi.

Bir kun kechqurun oyna yonida yotgan kishining yana yuragi ushlab qoldi,l ekin bu safar o’rtada yotgan sherigi ming bir qiyinchilik bilan dori idishini ag’darib yubordi, shisha yerga tushdi va parcha-parcha bo’lib ketdi.

Ertasi kuni ertalab oyna yonida yotgan kasalning o’lib yotganini ko’rishdi. Va uni olib chiqib ketgach, o’rniga o’rtada yotgan kasalni yotqizishdi.

Kasal niyatiga yetgan edi, endi u o’z ko’zlari bilan ko’chani ko’rish uchun oynadan qaradi, biroq uni to’k urgandek bo’ldi. Chunki oynadan bir necha metr narida qop-qora devordan boshqa hech narsa yo’q edi.

www.muslima.uz
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muslimaxon 22 Noyabr 2006, 08:09:18
ONANGGA ISHONASANMI?

Онанинг корнида икки гудак сухбатлашмокда. Улардан бири иймонли булса, бири кофирдир.

Кофир чакалок (К): Тугрукдан кейинги хаётга ишонасанми?

Иймонли чакалок (И): Албатта. Тугрукдан кейинги хаёт борлиги аник. Бу
ерда келажакда бизни кутаётган хаёт учун куч туплашимиз, кийинчиликларга
тайёр булишимиз керак.

(К): Бу хаммаси бемаъни гаплар! Тугрукдан кейин хеч кандай хаёт
булмайди. У хаётни тасаввур кила оласанми узи?

(И):Хаммасини билмайману, у ернинг ёп-ёруглигини, биз узимимиз
юришимиз, овкатланишимизни биламан.

(К): Бошни котирма! Кандок килиб узимиз юриб, огзимиз билан овкат
еймиз! Бу кулгили! Ахир биз киндик оркали озикланамиз-ку.

(И): Аник биламанки, мен айганимдек булади.

(К): Ахир у ердан хали хеч ким кайтиб келмаган-ку! Хаёт тугрукдан кейин
тугайди, вассалом. Умуман, хаёт факатгина зулматдаги эзилишдан бошка
нарса эмас.

(И): Йук, йук! Хаётимиз айнан кандай булишини билмасам-да, хар калай
онамизни курамиз ва у бизни парваришлайди.

(К): Онамизни? Сен онага ишонасанми? Хуш, у каерда?

(И): У хамма ёкда, бизнинг айлан-атрофимизда, биз унда яшаймиз, у борлиги туфайли харакатланамиз ва яшаймиз, усиз яшаолмаймиз.

(К): Булмаган гап! Мен хеч канака онани курмаганман, шунинг учун у йук.

(И): Булмаса айтчи, ким туфайли биз яшаймиз?

(К): Мен буни хали тулик тушунтиролмайман. Яна озгина катта булайлик,
бунинг жавобини хам топаман! Хуш, айтчи, У охирги тулгок пайтида каерда
эди! Шунчалик мехрибон булса, нега бизга ёрдам бермади? Нега хамма
кийинчиликларни узимиз бошдан кечирдик?!

(И): Гапингга кушилмайман. Ахир баъзан, хаммаёк тинчиганда у кушик
айтишини, дунёмизни силашини сезамиз. Ишончим комилки, бизнинг хакикикй
хаётиимиз факат тугрукдан кейингина бошланади.? Сен-чи?

www.muslima.uz
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 23 Noyabr 2006, 08:46:17
Hidoyat yo'li.

Bir yigit shunday hikoya qiladi:"Juma tongi onajonimning:"Bugun muborak kun, vaqtli turib ibodat qilgin", degan ovozidan uyg'oni9b ketdim. O'rnimdan turarkanman, kechasi ko'rgan tushimni eslashga harakat qildim. Tushimda mashinani tez haydab ketayotgan ekanman,oldimdan ikkita yo'l chiqibdi. O'ng tomondagi yo'ldan shundayin bir nur taralardiki,hayratda qoldim. Qay tomon yurishni bilmay turganimda onajonim uyg'otib yuordilar.
Namozdan keyin nonushta qilgach, ishga jo'nadim. "Yahhsi borib kel,o'g'lim. Doimo Allohni yod qilib yur. Hech esingdan chiqazmagin. Doimo Alloh sening madadkoring bo'lsin",deya fotiha berdionam. Boshlig'im Bahtiyor aka juda jiddiy,salobatli kishi. Birinchi ko'rganimda u kishini oldilarida dovdirab qolgandim. G'alati kishiekan,birovni hafa qilmaydi, maqtamaydi ham.Nima demoqchi ekanini ko'z qarashidan bilaman. Yo'lda ketar ekanmiz, Bahtiyoraka peshin paytida uchrashuvi borligini tayinladi. "H'op deyishimga qaramay,meni:"Bugun juma,ho'jayinni uchrashuvga olib borsam, juma namoziga ulgurmay qolaman,endi nima qilaman?",degan o'y qiynay boshladi. Belgilangan uchrashuvga borish uchun ketayotganimizda oldimda turagn manzarani ko'rib hayratdan qotib qoldim. Ahir, bu tushimdagi yo'llar-ku! O'ng tomondagisi masjid,to'g'rida keti ko'rinmas yo'l. Odamlar masjid tomon oqib borayapti. "Allohim menga madad ber,yo'lko'rsat, mashinani masjid tomon buraymi, yoki ho'jayinni manziliga olib boraymi?""Allohim, meni O'zing qo'lla",deya mashinani masjid tomon burdim. Bahtiyor aka hayron qoldi. "Qayoqqa yurding, to'g'riga yurishimiz kerak-ku?",dedi. Men esa:"Bahtiyor aka, bugun juma, shundoq juma namozini o'qib chiqaman",deganimni bilaman, u kishining rangi o'zgarib ketdi:"Jinnibo'lganmisan, soat birda muhim uchrashuvim bor". Bor kuchimni to'plab:"Bahtiyor aka, mana kalit,men jumaga kech qolmay",degancha majid tomon yugurdim. Azon aytildi, safga qo'shildim. Ko'zlarim hech narsani ko'rmas,quloqlari eshitmas edi. Huddi Rabbimning oldida yolg'iz turgandek edim. Bu halovatni tushuntirib berishim qiyin.
Namozdan so'ng ko'zlarimda yosh ila duo qildim:"Ey,Allohim, meni hech qachon ikki yo'l orasida qoldirma,O'zing to'g'ri yo'lda adashtirma. O'zingdan boshqaga muhtoj qilma!".
Duodan keyin sl o'zimga kelib, sal narida o'tirgan kishiga ko'zim tushdi. Qo'lidagi uzuk ko'zimga tanish ko'rindi. Hayajon ichra uning yuzlariga boqdim. Ne ko'z bilan ko'rayki, u boshlig'im Bahtiyor aka edi.... Juma ayyomi bilan qutlab meni qushog'iga oldi...
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 23 Noyabr 2006, 09:02:25
Vazifa.
Qancha harakat qilmay,safardan uyimga yarim tunda kirib keldim. "Yo'l azbi- go'r azobi", deganlaridek, charchaganim bois bir pas yotib dam olish istagi tug'ildi. Yotayotib hufton namozini o'qimaganim yodimga tushdi. Ozgina mizg'ib olib keyin turib namozni o'qirman, degan fikr hayolimga kelib o'rnimga cho'zildim. Biroq bolalarning ovozini eshitgach sog'inch hissi meni ular tomon yetakladi.
- Ha, tinchlikmi nimaga yig'layapsan? - dedim kichik o'g'lim Abdullohga. U ko'z yoshlarini artar ekan:
- Akamdan uy vazofalarimni tayyorlashga yordam berishni so'rasam"vaqtim yo'q" deb yordam bermadi. Uy vazifamni bajarmasdan uhlab qolsam, ertaga o'qituvchimga nima deyman?- dedi. Shunda men o'zlimning berilgan vazifani bajarmagan holda o'qituvchiga yo'liqish iztirobi qiynayotgani uchun qo'limdan kelganicha unga yordam berdim. Abdulloh vazifalarini bajarib bo'lgach, hotirjam uyquga ketdi.
Endi mneing hayolimda yo'l charchog'i ham, dam olish istagi ham ko'tarilgan, boshqa ahyollar band qilgan edi:"Keyin o'qiyman, deya g'aflatda qolib uhlab qolsam, Allohimning bazifasini bajarmay uhlab qolgan bo'lamymanmi?"O'g'lim ustozining vazifasini bajarmasdan iztirob chekkan bo'lsa, men butun Olamlar Parvardigoriga yo'liqishdan g'aflatda qolganimdan achindim. Bularni fikrlar ekanman, o'zimdan-o'zim hafa bo'lib ketdim. So'ngra Vazifa sifatida hufton namozini ado etayotib vujudim titrab, ko'zlarimdan yosh quyilib, lablarim pichirladi:"Ey, Allohim, bizlarga O'zingga yo'liqishni, bajarilgan vazifalarni maqbul, gunohlarimizni mag'firat qilgin!"

Ruhiddin Akbarov.
"Musulmonlar taqvim kitobidan"olindi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muslimaxon 26 Noyabr 2006, 12:23:14
Vahb ibn Munabbahdan (Alloh rahmat qilsin) zikr qilinadi. Alloh taolo iblisga Muhammad (s.a.v.) oldlariga borib, savollariga javob berishni buyurdi. U chol suratida qo‘lida hassa bilan keldi. Payg‘ambar (s.a.v.)  aytdilar: “Sen kimsan?” “Men shaytonman”. “Nima uchun kelding?” deb so‘radilar keyin. “Alloh taolo menga sizning oldingizga kelishimni va savollaringizga javob berishimni buyurdi”, dedi shayton. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ey mal’un, mening ummatim ichida sening qancha dushmaning bor?” Iblis javob qildi: O‘n beshta: birinchisi, siz, ikkinchisi, odil imom, uchinchisi, mutavoze’ boy, to‘rtinchisi, sodiq savdogar, beshinchisi, Allohdan qo‘rquvchi olim, oltinchisi, samimiy, oqko‘ngil mo‘min, yettinchisi, rahmdil mo‘min, sakkizinchi, tavbasida sobit turgan tavba qiluvchi, to‘qqizinchisi, haromdan taqvo qiluvchi odam, o‘ninchisi, doim tahoratda yuruvchi odam, o‘n birinchisi, ko‘p sadaqa qiluvchi odam, o‘n ikkinchisi, odamlarga nisbatan chiroyli xulqda bo‘lgan odam, o‘n uchinchisi, odamlarga foydasi teguvchi mo‘min, o‘n to‘rtinchisi, Qur’onni yodlab, uni davomli qiroat qiluvchi odam, o‘n beshinchisi, kechasi odamlar uxlaganida, ibodat qiluvchi odam”. So‘ng Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mening ummatim ichida nechta do‘sting bor?” Iblis javob berdi: “O‘nta. Birinchisi, zolim podshoh, ikkinchisi, mutakkabir boy, uchinchisi, xiyonatchi savdogar, to‘rtinchisi, aroq ichuvchi, beshinchisi, odam o‘ldiruvchi, oltinchisi, zinokor, yettinchisi, yetimning molini yeyuvchi, sakkizinchisi, namozga beparvo bo‘luvchi, to‘qqizinchisi, zakot bermaydigan kishi, o‘ninchisi, uzun orzular qiluvchi. Ana shular mening do‘st-birodarlarimdir”.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muslimaxon 26 Noyabr 2006, 12:23:32
Abu Solih Abdurahmon ibn Zayyoddan rivoyat qiladilar: “Muso alayhissalom bir majlisda o‘tirgan edilar. Shu payt iblis keldi. Uning boshida turli ranglarda bo‘lgan kiyim bor edi. Musoga yaqinlashganida, uni yechib qo‘ydi va yuzlanib, salom berdi. Muso: “Sen kimsan?” deb so‘radilar. “Men iblisman”, dedi u. Muso aytdilar: “Bu yerga kelishing sababi nima?” “Sizga salom berish uchun keldim, chunki Alloh taolo huzurida martabangiz bor”. Muso: “Bu do‘ppi nima uchun?” deb so‘radilar keyin. Iblis: “U bilan Odam bolalarining qalblarini ushlayman”, dedi. Muso aytdilar: “Menga xabarini ayt-chi, Odam farzandi qaysi gunohni qilsa, unga g‘olib bo‘lasan?”. Iblis: “Nafsiga mag‘rurlansa, amalini ko‘p sanasa va gunohini unutsa, uning ustidan g‘alaba qilaman”, deb javob berdi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muslimaxon 26 Noyabr 2006, 12:23:58
Xabarda zikr qilinishicha, Bani Isroil ichida xudojuy bir kishi bo‘lib, u kulbasida ibodat bilan mashg‘ul edi. Uni Obid Barsisiy deyishdi. Duosi mustajob kishi edi. Odamlar unga kasallarni keltirishar, u duo o‘qir, keyin kasal tuzalar edi. bir kishi iblis shaytonvachchalarni chaqirib (ularga Allohning la’nati bo‘lsin): “Kim uni fitnaga sola oladi? U sizlarni ojiz qoldiryapti”, dedi. Shaytonlarning Ifrit degan bittasi: “Men uni fitnaga solaman”. Agar uni fitna qila olmasam, men sizlardan emasman”, dedi. Iblis aytdi: “U seniki”. Shayton Bani Isroil podshohlaridan birining uyiga jo‘nadi. Uning chiroyli qizi bor edi. U qiz otasi, onasi va opa-singillari bilan o‘tirgan edi. Shayton uni aqldan ozdirdi. Bundan ular qattiq qo‘rqishdi. Qiz jinniga o‘xshab qoldi. Bir necha kun o‘tganidan keyin Ifrit ularning oldilariga odam suratida kelib aytdi: “Qizingizni tuzalishini xohlasanglar, falon rohibga olib boringlar, qizni ko‘rib, haqqiga duo qiladi”. So‘ng qizni rohib oldiga olib borishdi. U duo qilganidan keyin qiz tuzaldi. Ammo qaytganlaridan keyin kasali yana qaytaladi. Shayton ularning oldiga kelib: “Qizingiz tuzalishini xohlasanglar, uni rohibning oldiga bir necha kunga tashlab kelinglar”, dedi. Qizni tashlab kelish uchun qizni rohibnikiga olib borishdi. Rohib uni qabul qilmoqdan bosh tortdi. Ammo uni majburlashdi va tashlab ketishdi. Rohib kunduzlari ro‘zador, kechalari qoim edi. Shayton qizni unga ro‘para qila olmadi. Rohib ovqatlanishga o‘tirganida, qizning jinniligi tutib, kiyimlarini yirtib tashladi. Rohib undan yuzini o‘girdi. Bu hol uzoqqa cho‘zildi... Bir kuni unga qaradi. U oldin hech ko‘rmagan qomat va chehrani ko‘rdi. So‘ng o‘zini tuta olmay, u bilan qo‘shildi, qiz undan homilador bo‘lib qoldi. So‘ng shayton rohibning oldiga kelib: “Sen kimni homilador qilib qo‘yding, bu qilgan ishing tufayli aniq podshohning jazosiga tortilasan, endi uni o‘ldirib, kulbang oldiga ko‘msanggina qutulishing mumkin. Ular sendan qizlarini so‘rashsa, ajali yetib o‘ldi, deb ayt. Ular senga ishonishadi”, dedi. Rohib turib, uni o‘ldirdi va ko‘mdi. Qizning uyidagilari kelib so‘rashganida, o‘ldi, deb aytdi. Ular ishonib, qaytib ketishdi. (Boshqa bir rivoyatda kelishicha, Rohib: “U tuzalib, uyiga ketdi”, deb aytdi. Ular bunga ishonib qaytib ketishdi. So‘ng uylaridan surishtira boshlashdi).

Shunda shayton ularning oldiga borib aytdiki: “Rohib unga qo‘shildi, u homilador bo‘lganidan keyin, bu ish oshkor bo‘lishidan qo‘rqib, uni o‘ldirdi va ko‘mib qo‘ydi”. Podshoh odamlari bilan Rohibning oldiga keldi. Uni osmoqchi bo‘lib ushlashdi. U osilgan vaqtda shayton kelib: “O‘sha ishlarni men qildim. Agar sen Allohni qo‘yib, menga sajda qilsang, bu holdan seni qutqaraman. Ularga, u o‘ldirmagan, boshqa odam o‘ldirgan, deb aytaman. Ular menga ishonishadi”, dedi. Rohib aytdi: “Bu holatda qanday sajda qilaman?” Shayton: “Boshing bilan imo qilsang ham, roziman”, dedi. Rohib unga sajda qildi. So‘ngra shayton unga: “Men sendan bezorman”, dedi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muslimaxon 27 Noyabr 2006, 21:02:24
Faqih (r.a.) Qatodadan, Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladilar: “Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kelib: “Ey Rasululloh, mening qoraligim, yuzimning xunukligi jannatga kirishimdan qaytaradimi?” dedilar. Aytdilar: “Yo‘q, jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Allohga ishonsang va Rasuli keltirgan narsalarga iymon keltirsang”. U odam: “Sizni Payg‘ambar qilib ikrom etgan Zotga qasamki, ashhadu alla-a ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluhu, deb bu majlisda o‘tirishimdan sakkiz oy oldin shohidlik berganman. Men sizning huzuringizdagi va boshqa kishilarga xitob qildim. Lekin ular yuzim xunuk va qoraligi sababli rad qildilar. Albatta, men o‘z qavmim – Bani Salim orasida nasabli bir kishiman, lekin menga tog‘alarimning qoraligi g‘olib kelgan”. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Bugun Amr ibn Vahb ko‘rindimi?” U kishi saqif qabilasidan bo‘lib, Islomga yangi kirgan edi. “Yo‘q”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) unga: “Uning uyini bilasanmi?” dedilar. Aytdi: “Ha, bilaman”. Aytdilar: “Borib eshigini yumshoqlik bilan taqillat, so‘ng salom ber, so‘ng: “Payg‘ambar (s.a.v.) meni qizingizga uylantirdi”, deb ayt”, dedilar. Amrning turib qolgan qizi bor edi. U chiroyli bo‘lishi bilan birga aqlli ham edi. U odam Amrning uyiga kelib, eshikni taqillatdi va salom berdi. Ichkaridagilar salomni eshitib, eshikni ochishdi. Ammo uning yuzi xunukligini ko‘rib seskanishdi. U odam aytdi: “Payg‘ambar (s.a.v.) meni sizlarning qizingizga unashtirdilar”. Ular uni haydab yuborishdi. U kishi indamay chiqib, Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga jo‘nadi. Shunda qiz otasiga aytdi: “Ey otajon, vahiy kelib, sharmanda qilmasidan avval o‘zingizni qutqaring. Agar Payg‘ambar (s.a.v.) meni unga unashtirgan bo‘lsalar, men Alloh va Rasuli rozi bo‘lgan narsaga rozi bo‘ldim”. Qizning otasi uydan chiqib, Rasululloh (s.a.v.) oldlariga keldi va u zotga yaqinroq o‘tirdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sen Allohning rasulini rad qilding. Nima uchun?” “Ha, shu ishni qildim, Allohdan mag‘firat so‘rayman, men uni yolg‘onchi, deb o‘ylabman, uni unashtirdik. Alloh va Rasulining g‘azabidan Alloh nomi bilan panoh tilayman”, dedi. So‘ng o‘sha kishini qizga yuz dirhamga unashtirishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) kuyovga – u Sa’d Salmiy edi – aytdilar: “Yoring oldiga bor va u bilan bo‘l”. Sa’d: “Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, birodarlarimdan so‘rab topmasam, menda mahrga hech narsa yo‘q”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Xotiningning mahri mo‘minlardan uch kishining bo‘ynida. Usmon ibn Affon (r.a.) oldiga bor va undan ikki yuz dirham ol. So‘ng Abdurahmon ibn Avf (r.a.) oldiga borib, undan ham ikki yuz dirham ol. So‘ng Ali (r.a.) oldiga bor. Undan yuz dirham ol”. Usmon, Abdurahmon va Ali unga oshig‘i bilan berishdi. So‘ng Sa’d u pullarga bozordan yoriga narsa sotib olish uchun xursand bo‘lib ketayotganida, jarchining: “Ey Allohning chavandozlari, otlaninglar”, deb safarbarlikka chorlab yurganini eshitdi. Kuyov osmonga qaradi-da: “Ey Allohim, osmonu yer mulkining va Muhammadning (s.a.v.) ilohi, bu dirhamlarni Alloh va rasuli hamda mo‘minlar yaxshi ko‘rgan ishlarga sarflayman”, dedi. So‘ngra ot, qilich, kamon, yoy va qalqon sotib oldi. Sallasini qorniga bog‘ladi, boshini ikki ko‘zidan boshqa hech joyi ko‘rinmaydigan qilib o‘radi. Keyin muhojirlarning oldiga keldi. “Bu chavandoz kim bo‘ldi?” deyishdi. Ali: “Qo‘yaveringlar, balki Bahrayn yoki Shomdan kelgandir. Sizlardan dinlaringiz, ishlaringiz haqida so‘ramoqchi bo‘lganu so‘ng sizlarga qo‘shilishni yaxshi ko‘rib qolgan bo‘lsa kerak”, dedilar. So‘ng u urushga kirishdi, nayza bilan sanchib, qilich bilan chopa boshladi. Bir payt oti yiqildi. Keyin piyoda holda yenglarini shimarib jang qildi. Payg‘ambar (s.a.v.) uning qora bilagini ko‘rib tanidilar va: “Sen Sa’dmisan?” dedilar. “Ota-onam sizga fido bo‘lsin. Men Sa’dman”, dedi. Nabiy aytdilar: “Sa’d muvaffaqiyatga erishdi”. Sa’d nayza bilan sanchib, qilich bilan chopib, Allohning dushmanlarini o‘ldirardi. Keyin: “Sa’d halok bo‘ldi”, degan xabar tarqaldi. Payg‘ambar (s.a.v.) uning oldiga keldilar. Boshini ko‘tarib, quchoqlariga oldilar. Keyin yuzidagi tuproqni kiyimlari bilan artdilar va: “Sening bo‘ying shunchalar yaxshiki, hatto Alloh va Rasuliga xush yoqadi”, dedilar va yig‘ladilar. Keyin ko‘mdilar va yuzlarini burdilar-da: “Allohga qasamki, u hovuzga yetdi”, dedilar. Abu Luboba: “Ota-onam sizga fido bo‘lsin, hovuz nima?” deb so‘radilar. “Bu hovuzning chekkalari dur va yoqut bilan qoplangan. Suvi sutdan ham oq, asaldan ham mazaliroq. Kim undan bir marta ichsa, hech qachon chanqamaydi”, dedilar. So‘ng: “Ey Rasululloh, ko‘rdimki, yig‘ladingiz, so‘ng kuldingiz, so‘ng yuzingizni burdingiz. Bularning sababi ne?” deb so‘radi. Rasululloh javob berdilar: “Avvalo Sa’dga mehrim jo‘shib yig‘ladim. So‘ng uning manzili va izzat-ikromi Alloh taolo zimmasida ekanidan xursand bo‘lib kuldim. Yuzimni olib qochganim esa, men uning hurlardan bo‘lgan juftlarini ko‘rdim. Ular boldirlari ochilgan, taqinchoqlari ko‘ringan holatda unga shoshilib kelishdi, o‘shalardan uyalib yuzimni olib qochdim”. Keyin qurolini, otini va boshqa narsalarni olishni buyurib aytdilar: “Bu narsalarni unga qizini bergan kishining oldiga olib boringlar va: “Alloh taolo uni sizlarning qizingizdan ham yaxshirog‘iga uylantirdi”, deb aytinglar”.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muslimaxon 05 Dekabr 2006, 07:38:50
Oldingilardan uch kishi sayohatga chiqdi. Yomg‘ir yog‘ib qolib, ular bir g‘ordan boshpana topishdi. Shu payt tepadagi tog‘dan katta tosh tushib, g‘or og‘zi yopilib qoldi. Ular: “Yo‘l yo‘q, xabar kesildi. Biz uchun faqat Alloh va qilgan yaxshi amallarimiz bor, xolos” (ya’ni, Allohga qilgan solih amallarimiz hurmati duo qilaylik,  shoyad, Alloh bizlarga yo‘l ochsa), deyishdi. Ulardan bittasi aytdi: “Parvardigoro, Sen bilarding, amakimning bir qizi bor edi. U menga juda yoqardi, men undan nafsimni qondirishini so‘radim. U bosh tortdi. Keyin uning boshiga qattiq muhtojlik tushdi. Mening oldimga kelib, yordam so‘radi. Men: “Yo‘q, men bilan birga bo‘lmaguningcha yordam bermayman”, dedim. U bosh tortdi. So‘ng yana qaytib keldi, boshiga qattiq ehtiyoj tushgan edi. (Boshqa rivoyatda: “Uning eri qattiq kasal bo‘lib qoldi, kichik bolalari bor edi, ularga qahatchilik yetdi”, deyiladi.) U uch-to‘rt marta kelib yordam so‘radi. Men: “Yo‘q, nafsing bilan meni qondirmaguningcha, yordam bermayman”, der edim. Oxiri u rozi bo‘ldi. Ammo men u ayol bilan birga bo‘lishga intilgan paytimda badanlarim titrab ketdi. Shunda u aytdiki: “Bu narsani faqat halol o‘ringa sarflashingiz lozim”. So‘ng men uni qo‘yib yubordim va unga zarur bo‘lgan narsani to‘liq qilib berdim. Ey Allohim, meni bu ishni Sening yuzingni istab qilgan bo‘lsam, bizdan bu toshni sur”. Shunda g‘orning og‘zida kichik tuynuk ochildi. So‘ng ikkinchisi aytdi: “Ey Allohim, bilasanki, mening keksa ota-onam bor edi. Bir kuni men sut sog‘ib, kechki ovqat uchun ularning oldiga keltirdim. Qarasam, ular uxlayotgan ekan, ammo uyg‘otishni xohlamadim, biroq qo‘ylarimni tashlab ketishdan ham qo‘rqdim. Shunday bo‘lsa-da, ularni qoldirib, ota-onamning boshida tong otguncha, idishni ushlab turdim. Vaholanki, qo‘ylarim sahroda edi. Allohim, agar bu ishimni O‘zingning roziliging uchun qilgan, deb bilsang, bizdan bu aziyatni ketkaz”. Shundn so‘ng g‘or og‘zidagi tosh yana bir oz siljidi. Uchinchisi aytdi: “Allohim, bilasanki, men yollanma ishchilarni ijaraga olgan edim. Har kishi ikki mud ovqatga ishlar edi. Ularning haqqini to‘la qilib berar edim. Bittasi: “Mening ishim ko‘p, shuning uchun haqimni ham ko‘paytirib ber”, dedi. Men ko‘nmadim, uning achchig‘i chiqdi. (Bir rivoyatda: “Boshqa  kishi kunning yarmida kelib, bir kunlik ish qildi. Uning haqini kamaytirgim kelmadi. Shunda ishchilardan bir kishi: “Men kunning avvalida keldim, u o‘rtasida keldi. Bizning haqqimizni teng qilib berasanmi?” dedi. Men: “Haqingdan biror narsani kamaytirdimmi?” dedim. Keyin u g‘azablanib, haqini tashlab ketdi”, deyiladi.) Men uning haqqini saqlab qo‘ydim. Ekdim, foydasiga sigir, qo‘y, tuya va boshqa narsalar oldim. Shundan so‘ng u nochor qolgan vaqtda mendan haqqini so‘rab keldi. Men: “Mana, bularning hammasi seniki, ol”, dedim. Allohim, bu ishimni Sening rizoliging uchun qilgan, deb bilsang, bizdan bu tanglikni ko‘targin”. Shunda g‘or og‘zidagi tosh yana siljidi. Ular chiqib ketishdi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muslimaxon 06 Dekabr 2006, 07:34:48
Faqih Abu Lays Samarqindiy ustozlaridan rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Bani Isroilda bir ibodatli odam bor edi. U juda husnli edi. Savat to‘qib, qishloqlarda yurib sotardi. Bir kuni saroyning yonidan o‘tib qoldi. Shunda uni malikaning cho‘risi ko‘rib qoldi va bekasiga: “Men eshik oldida savat sotib yurgan juda chiroyli kishini ko‘rdim. Bunaqasini hali ko‘rganim yo‘q”, dedi. Maliki: “Uni oldimga olib kir”, deb buyurdi. Cho‘ri obidni boshlab keldi. Malika obidni ko‘rib, uning husni jamoli asiriga aylandi. Shunda malika: “Sen bu savatlaringni tashla. Mana bu chiroyli to‘nni ol”, dedi. So‘ng cho‘risiga qarab: “Menga yog‘ va xushbo‘ylik keltir. Biz u bilan ehtiyojimizni qondiramiz, u ham bizning hojatimizni chiqaradi”, deb aytdi. Keyin yana obidga yuzlanib: “Agar men bilan birga bo‘lsang, senga ko‘p pul beraman, savat sotib yurishingga hojat qolmaydi”, dedi. Obid malikaga: “Men bu ishni xohlamayman”, deb bir necha marta aytdi. Shunda Malika: “Unda bu yerdan chiqolmaysan. Biz xohlagan ishni qilasan, keyin tashqariga chiqasan”, dedi va cho‘riga eshiklarni qulflashni buyurdi. Cho‘ri eshiklarni qulfladi. Bu ishlarni ko‘rib turgan obid: “Sizlarning qasringiz ning tepasida tahoratxona bormi, men tahorat qilmoqchiman?” dedi. Malika cho‘risiga uni tahorat qilish uchun tepaga olib chiqishni buyurdi. Obid teppaga chiqqach, tomning chekkasiga keldi. Qasr juda baland, bu yerdan pastga tushish uchun hech narsa yo‘q edi. Obid nafsini avray boshladi: “Ey nafsim, kechayu kunduz haris bo‘lib, yetmish yildan beri ulug‘ rabbingning rizoligini axtarasan. Mana bu bir marotaba bo‘ladigan maishat esa, yetmish yillik ibodatlaringni bekor qilib yuboradi. Agar yana unga ro‘baro‘ keladigan bo‘lsang, u ishni qilmasliging kerak. Qilsang, amallaring bekor bo‘ladi. Yaxshisi o‘zingni mana bu tomdan tashla. Shunda Allohga bu gunohni qilmasdan, yaxshi amaling bilan yo‘qliqasan”, dedi. Keyin u o‘zini qasr tepasidan tashlamoqchi bo‘lib turganida, Alloh taolo Jabroilga (alayhissalom): “Ey Jabroil, bu bandam Mening g‘azabimdan, Menga osiy bo‘lishdan qochib, o‘zini o‘ldirishni xohlayapti. Sen uni yerga tushmasidan qanoting bilan ushlab qol. Unga biror ziyon yetmasin”, dedi.
Obid o‘zini qasr tepasidan tashlaganida, Jabroil (alayhissalom) qanotini uning tagiga yozdi va uni ushlab olib, xuddi ota o‘g‘lini yerga ehtiyotlab qo‘yganidek, oxista tushirdi. Xullas, u pastga eson-omon tushib olib, uyiga keldi. Savatlari saroyda qoldi. Bu vaqtda quyosh botgan edi. Obidning xotini: “Savatlarning puli qani?” deb so‘radi. Shunda u aytdi: “Bugun men savat sotib, pul topolmadim”. “Unda nima bilan iftorlik qilamiz?” dedi xotini. Obid: “Sabr qilamiz, sen turib tandirni o‘tin bilan to‘ldir. Qo‘shnilarimiz tandirimizga o‘tin solinmaganini ko‘rishsa, bularning uyida yegulik narsasi yo‘q ekan, deb bizni o‘ylab, xafa bo‘lishadi. Bu narsa yaxshi emas”, dedi. Xotin obidning aytganini qilib, tandirni o‘tin bilan to‘ldirdi-da, erining oldiga kelib o‘tirdi. Shunda qo‘shni ayollardan bittasi obidning xotinini chaqirib, o‘tin so‘radi. “Ha, o‘tin bor, - dedi xotin, - kir-da, tandirning ichidagi o‘tinni olib ketaver”. Shunda qo‘shni ayol ichkari kirib, qaytib chiqdi va: “Ey falonchi, men senga hayronman, sen bu yerda ering bilan gaplashib o‘tiribsan, tandirda esa, noning pishib, kuyib ketay, deb turibdi”, dedi. Obidning ayoli borib, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, tandirning ichi nonga to‘la! Obidning xotini nonlarni bir idishga solib, erining oldiga olib bordi va eriga aytdi: “Mana qarang, tandirimiz nonlarga to‘lib qolibdi. Albatta, Rabbingiz bu ne’matni sizga bejizga yubormagan. Siz Rabbingiz huzurida ulug‘ odamsiz. Allohga duo qilib, umrimizning qolganida yaxshi yashashimiz uchun bizga ko‘p rizq berishini so‘rang»â€
Obid xotiniga qarab: “Ey xotin, shu kunimizga ham sabr qil”, dedi. Ammo xotini: “Allohga duo qiling”, deb tinimsiz so‘rayverganidan keyin obid: “Mayli, duo qilaman”, dedi va yarim kechasi turib, namoz o‘qidi, so‘ng Allohga: “Xotinimga qolgan umrida keng rizq bergin”, deb duo qildi. Obid mana shu so‘zlarni aytib duo qilib turgan paytida, uyning shifti ochilib, tepadan bir qo‘l qimmatbaho yoqut tashladi. Uning nuri bilan uy yorug‘ bo‘lib ketdi. Xuddi sham uyni yoritganidek. Obid xotinining oyog‘idan turtib uyg‘otdi. Xotini endi uxlagan edi. Obid xotiniga: “O‘rningdan tur-da, so‘ragan narsangni ol”, dedi. Xotin: “Duo qilishga shoshilmang. Shuning uchun meni uyg‘otdingizmi hali? Men uyqumda bir tush ko‘rdim. Usti yopiq va zabarjad bilan qoplangan, tizilib qo‘yilgan oltin kursilarga qarab turgan edim. U kursilarning orasidagi bitta kursining bir joyi ko‘porib olingan ekan, men: “Mana bu cheti qo‘porilgan kursi kimniki?” deb so‘radim. Ular aytishdiki: “Bu kursi ering o‘tiradigan joy”. “Nima uchun buning cheti qo‘porilgan?” deb so‘radim. “Bu qo‘porilgan joyni ering ertaroq so‘rab olgan”, deyishdi. Men: “Sizning kursingizga nuqson yetkazadigan biron narsa menga ke rak emas”, dedim”. Obidning xotini mana shu tushida bo‘lgan voqealarni aytib berdi va eriga: “Rabbingizga duo qiling, bu yoqutni joyiga qo‘yib qo‘ysin”, dedi. Keyin obid Allohga duo qildi, boyagi qo‘l kelib, yoqutni qaytib olib ketdi”.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muslimaxon 11 Dekabr 2006, 01:37:10
HIKOYAT

Faqih (r.a.) rivoyat qiladilar. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytdilar: “Vaqtiki, Rasululloh (s.a.v.) musulmonlarni bir-birlari bilan birodar tutintirganlarida, Said ibn Abdurahmon bilan Sa’laba Ansoriyni birodar qilib qo‘ydilar. Rasululloh (s.a.v.) Tabuk g‘azotiga chiqqanlarida, Ibn Abdurahmon u kishi bilan birga chiqdi. Sa’laba esa, birodarining ahliga qarab qoldi. U birodarining ahli uchun o‘tin, suv tashib berardi. Sa’laba qilayotgan hamma ishlarini faqat Alloh rizosi uchun qilardi.
Bir kun Salaba birodarining uyiga kirganida, shayton uni vasvasa qila boshladi. Shayton: “Parda ortida nima borligiga qara”, dedi. Sa’laba pardani ko‘tarib qaradi. Shunda birodarining ayolini ko‘rib qoldi. U juda chiroyli ayol edi. Sa’laba sabr qilolmay, ayolning oldiga kirdi va uni ushladi. Ayol: “Ey Salaba, sen Alloh yo‘lida g‘azot qilayotgan birodaringning hurmatini saqlamading»â€ dedi. Sa’laba: “Holimga vayl bo‘lsin”, deb nido qilib, toqqa qochdi va baland ovoz bilan dedi: “Allohim, Sen Sensan, men menman, Sen mag‘firat bilan keluvchisan, men gunoh va xatolar bilan keluvchiman”.
Nabiy (s.a.v.) g‘azotdan qaytib kelganlarida, barcha jangchilarni birodarlari kutib oldi. Faqatgina Saidning birodari kutib olgani chiqmadi. Said uyiga kelganida, xotiniga: “Ey xotin, Alloh yo‘lida tutingan birodarimga nima bo‘ldi?” dedi. Xotin: “U o‘zini xatolar dengiziga otdi va toqqa qochib ketdi”, dedi. Said birodarini qidirib ketdi. Uni g‘amgin holatda, qo‘llarini boshiga qo‘ygan suratda, baland ovoz bilan: “Rabbiga osiy bo‘lgan kishining maqomi qanday ham past”, deb nido qilayotganida topdi. Said unga: “Nima uchun bunday yuribsan?” dedi. Sa’laba: “Qulning qo‘lini bo‘yniga bog‘lab, xo‘jayinining eshigiga haydab borilganidek, meni ham haydab bormagunlaricha, sen bilan birga turolmayman”, dedi. Bas, shunday qilindi.
Sa’labaning Xamsona ismli qizi bo‘lib, shu qizi uni boshlab ketdi. U Umarning (r.a.) eshiklaridan kirdi va: “Alloh yo‘lida g‘azot qilayotgan birodarimning ayoliga teginib qo‘ydim, men uchun tavba bormi?” dedi. Umar (r.a.): “Chiq huzurimdan, hozir turib, urib yuborishim mumkin, chiq huzurimdan, senga bu yerda tavba yo‘q”, dedilar.
So‘ng chiqib, Abu Bakrning (r.a.) eshiklariga bordi. “Alloh yo‘lida g‘azot qilayotgan birodarimning ayoliga teginib qo‘ydim. Men uchun tavba bormi?” deb so‘radi. Abu Bakr Siddiq (r.a.): “Huzurimdan chiq, oloving bilan meni ham kuydirma, mening huzurimda sen uchun hech qachon tavba yo‘q”, dedilar.
U kishining oldilaridan chiqib, Alining (r.a.) oldilariga bordi. Va: “Alloh yo‘lidagi g‘oziy birodarimning ayoliga teginib qo‘ydim, men uchun tavba bormi?” dedi. Ali (r.a.): “Chiq mening huzurimdan, sen uchun hech qanday tavba yo‘q”, dedilar. U kishining huzurlaridan chiqarkan, Sa’laba: “Ey birodarim, ey qizim, ana u kishilar meni noumid qilishdi. Ammo Rasululloh (s.a.v.) noumid qilmaydilar, degan fikrdaman”, dedi. Sa’laba qizi bilan birga Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga bordi. Huzurlariga kirishganda, Rasululloh (s.a.v.) unga qarab: “Sen menga jahannamning zanjir va kishanlarini eslatding”, dedilar. Sa’laba: “Ey Nabiyyulloh, ota-onam sizga fido bo‘lsin, Alloh yo‘lida g‘azot qilayotgan birodarimning ayoliga teginib qo‘ydim, men uchun tavba bormi?” dedi. Nabiy (s.a.v.): “Huzurimdan chiq, mening huzurimda senga tavba yo‘q”, dedilar. Va u chiqib ketdi.
Sa’labaning qizi aytdi: “Ey otajon, Rasululloh (s.a.v.) va u kishining ashoblari sizdan rozi bo‘lmagunlaricha, siz mening otam emassiz, men sizning qizingizmasman”,
Sa’laba toqqa qochgandagiday, ovozining boricha nido qildi: “Yo Rabb, Umarga bordim, meni urmoqchi bo‘ldi. Abu Bakrga bordim, so‘kdi. Aliga bordim, haydadi. Nabiyga (s.a.v.) bordim, meni noumid qildilar. Ey Mavloyim, Sen mening duoimga “Ha”, deyishing ham mumkin, “Yo‘q”, deyishing ham mumkin. Agar, yo‘q, desang, qanday ham hasrat, nadomat. Agar, ha, desang, menga qanday baxt”,
Osmondan bir farishta tushib, Nabiyga (s.a.v.) aytdi: “Alloh taolo: “Maxluqlarni sen yaratdingmi yoki Men?” deyapti” Nabiy aytdilar: “Yo‘q, Sayyidim, Sen yaratgansan”. Farishta: “Alloh taolo: “Bandamga bashorat ber, Men uni mag‘firat qildim”, deyapti”, dedi. Nabiy (s.a.v.): “Kim Sa’labani olib keladi?” dedilar. Abu Bakr va Umar (r.a.) aytishdi: “Biz olib kelamiz”. Salmon va Ali (r.a.): “Biz uni olib kelamiz”, deyishdi. Nabiy (s.a.v.) Salmon bilan Aliga (r.a.) izn berdilar, ular chiqib ketishdi.
Ular yo‘lda Madinaning bir cho‘poniga yo‘liqishdi. Ali (r.a.): “Rasulullohning (s.a.v.) ashoblaridan biror kishini ko‘rdingmi?” dedilar. Cho‘pon dedi: “Sizlar jahannamdan qochuvchi kishini qidirayotgan bo‘lsangiz kerak?” Ular: “Ha, bizga uning joyini ko‘rsat”, deyishdi. Cho‘pon: “Qorong‘u tushgan paytda ushbu vodiyda hozir bo‘lib, mana bu daraxt ostiga keladi. So‘ng baland ovoz bilan: “Rabbiga osiy bo‘lgan kishining maqomi qanday ham past”, deb nido qiladi”, dedi.
Ular kechqurungucha turishdi. Shunda Sa’laba daraxt oldiga keldi. Uning ostida sajda qilgan holatida tiz cho‘kib, yig‘lay boshladi. Vaqtiki, Salmon uning yig‘isini eshitganlarida, u tomonga yurdilar. Unga: “Ey Sa’laba, tur, olamlarning Rabbi seni mag‘firat qildi”, dedilar. U: “Habibim Nabiyni (s.a.v.) qay holatda tark qildinglar?” dedi. Salmon: “Alloh va yaxshi ko‘rganingdek”, dedilar. Vaqtiki, Bilol (r.a.) xufton namoziga chaqirganlarida, Sa’labani masjidga kirgizib, oxirgi safga turg‘izishdi. Rasululloh (s.a.v.) o‘qidilar:

Sa’laba bir xo‘ngradi. Rasululloh (s.a.v.) yana tilovat qildilar:

“(Ey insonlar), sizlar to qabrlarni ziyorat qilgunlaringizcha (ya’ni o‘lib, qabrga kirgunlaringizcha) sizlarni (mol-dunyo) to‘plab-ko‘paytirish (Allohga toat-ibodat qilishdan) mashg‘ul qildi!” (Takasur, 1-2-oyatlar).
Sa’laba yana bir xo‘ngradi-da, dunyodan rixlat qildi.
Nabiy (s.a.v.) namozni tugatganlaridan keyin Sa’labaning oldiga keldilar va aytdilar: “Ey Salmon, unga suv sep”, Salmon: “Ey Nabiyyulloh, u dunyodan o‘tdi”, dedilar.
Sa’labaning qizi keldi va: “Ey Nabiyyulloh, otamga nima bo‘ldi? Men uni qo‘zg‘agan edim”, dedi. Nabiy (s.a.v.): “Masjidga kir”, dedilar. Bas, u kirdi. Shunda u otasini o‘rab qo‘yilganini ko‘rdi va qo‘lini otasining boshiga qo‘yib: “Voh, qanday g‘am, men sizdan keyin nima qilaman, otajon?” deb nido qila boshladi. Nabiy (s.a.v.): “Ey Xamsona, men senga ota bo‘lishimga, Fotima esa, senga singil bo‘lishiga rozi bo‘lmaysanmi?” dedilar. “Yo‘q, rozi bo‘laman, ey Rasululloh”, dedi Xamsona.
Sa’labani ko‘tarib, yo‘lga tushishganda, nabiy (s.a.v.) uning janozasiga ergashdilar, qabr labiga yetganlarida,  oyoqlarining uchi bilan yura boshladilar. Qaytganlaridan keyin Umar (r.a.): “Ey Rasululloh, oyoq uchida yurganingizni ko‘rdim”, dedilar. Nabiy (s.a.v.): “Farishtalarning ko‘pligidan oyog‘imni to‘liq bosishga qodir bo‘lmadim”, dedilar.
Faqih aytishicha, bu xabar har xil lafzlar bilan rivoyat qilingan. Yana quyidagi oyat ham ushbu voqea to‘g‘risida nozil bo‘lgan deyiladi:
“(U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki (qandaydir gunoh ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishni so‘raydigan, - har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina mag‘firat qilur, - bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan kishilardir”, jumlasidan:

“Yaxshi amal qilguvchilarning ajrlari naqadar yaxshi ajr!” jumlasigacha.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muslimaxon 14 Dekabr 2006, 00:08:51
HIKOYAT

Faqih otalaridan rivoyat qiladilar. Ahnaf ibn Qays aytadilar: “Umar ibn Xattobni (r.a.) qidirib Madinaga keldim. Bir halqada o‘tirgan paytimda Ka’bul Ahbor odamlarga: “Vaqtiki, Odamga (a.s.) o‘lim hozir bo‘lganida aytdi: “Ey Rabbi, meni o‘lik holda ko‘rganida, dushmanim meni so‘kadi, unga ma’lum vaqtgacha muhlat berilgandir”. U kishiga: “Ey Odam, albatta, sen jannatga qaytarilasan, mal’un esa, avvalgilaru oxirgilarning adadicha o‘lim alamini totish ligi uchun belgilangan muhlatgacha kechiktiriladi”, deyildi. So‘ng Odam (a.s.) o‘lim farishtasiga aytdilar: “Menga uning o‘limini sifatlab ber”. Sifatlab berganida, Odam: “Rabb, yetadi, yetadi”, dedilar.
Insonlar qichqirishib: “Ey Abu Ishoq, Alloh rahm qilsin sizga qanday o‘lim totishligini bizga aytib bering”, deyishdi. U kishi gapirishdan bosh tortdilar. Odamlar undan talab qilishdi. U kishi: “Agar dunyo oxirlasa, so‘nggi nafas yaqinlashganda va odamlar bozorlarda bir-birlari bilan husumatlashib, birga tijorat qilib, gaplashib turganlarida, katta bir buzg‘unchi dovul ko‘tariladi, odamlarning yarmi karaxt bo‘lib, behush bo‘lib qoladilar. Uch kun miqdoricha ushbu holatdan omonda bo‘lmaydilar. Insonlarning qolgan yarmisi esa, aqlidan ozadilar. Yirtqichni ko‘rganda, qo‘y qanday qo‘rqsa, ular xuddi shunday holatda dahshat ichida tik turib qoladilar. Shu paytda yer va osmon o‘rtasida kuchli chaqmoq tovushidek, qo‘rqinchli shovqin ko‘tariladi. Yer yuzida birorta ham tirik odam, jin, shayton, hayvon qolmaydi. Mana shu Alloh taolo Iblisga bergan ma’lum muhlatdir. So‘ng Alloh taolo o‘lim farishtasiga buyurib: “Men senga avvalgilaru oxirgilar adadicha yordamchilarni yaratdim. Va senga osmon va yer ahlining quvvatini ato etdim. Bugun senga g‘azab, qahr libosining hammasini kiydiraman. Mening qahru g‘azabim, la’natlaganim, toshbo‘ron qilganim - hammasini iblisga olib tush. Unga o‘limni totdir. Unga avvalgilaru oxirgi jin va ins adadicha ko‘paytirib, o‘limni yukla. Sen bilan birga yetmish ming zaboniya farishtalari birga bo‘lsin. Ular g‘azab va dag‘allik bilan limmo-limdirlar. Har bir zaboniya bilan birga jahannam zanjirlaridan bir zanjir bo‘lsin. Jahannam maxluqlaridan yetmish mingtasi bilan birga iblisning xabis ruhini chiqarib ol. Va Molikka nido qilki, u jahannam eshiklarini ochsin”, deydi.
O‘lim farishtasi shunday bir suratda tushadiki, agar unga yetmish osmon va yetmish yer ahli qarasalar, xunukligidan hammalarining yuraklari yorilgan bo‘lur edi. Iblisga yetib borganida, bir qattiq siquvga oladi, u karaxt bo‘lib qoladi va bir qattiq tovush chiqaradi, agar uni mashriqu mag‘rib eshitganida, o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishgan bo‘lardi. O‘lim farishtasi aytadi: “Ey xabis, to‘xta! Bugun senga o‘zing yo‘ldan adashtirganlar miqdoricha o‘limni tottiraman. Qancha-qancha umrlarning boshiga yetding. Qancha-qancha avlodlarni adashtirding. Bu Alloh taolo senga bergan ma’lum muhlatdir. Bas, qaerga qochasan?” Shunda shayton mashriqqa qochadi va o‘lim farishtasining ro‘parasidan chiqadi. Dengizga tushadi, o‘lim farishtasi uni u yerda ham tutib oladi. Shayton yer yuzida qochishga joy topolmay qoladi.
So‘ng dunyoning o‘rtasida, Odamning (a.s.) qabrlari yonida turadi va: “Sening sababingdan mal’un, razilga aylandim, koshki edi, sen yaratilmagan bo‘lsang”, deydi. Keyin o‘lim farishtasiga aytadi: “Qaysi azob bilan ruhimni olasan?” “Jahannam ahlining azobi bilan”, deydi o‘lim farishtasi. Iblis yana bir marta o‘zini tuproqqa otadi va qichqiradi. Mag‘ribu mashriq o‘rtasida u yoqdan bu yoqqa qochadi. Oxiri o‘sha birinchi marta la’natga uchragan mavze’ga kelganida, jahannam zaboniyalari, maxluqlari - hammasi unga tashlanadilar. Mana shu azobda Alloh xohlagan muddatgacha qoladi.
Odam va Havvoga aytiladi: “Bugun sizlar dushmaningizga qarab, uning qanday o‘lim azobini tortayotganini ko‘ringlar”, Vaqtiki, ular iblisga qaraganlarida, uning qiynalishini ko‘rib: “Rabbimiz, bizga batahqiq ne’matingni mukammal qilding”, deydilar”, dedilar.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 15 Dekabr 2006, 14:13:56
Ustoz va shogird.

Bir zamonlar Hindistonda bir usta yashar ekan.Uning bir shogirdi bo'lib, har narsadan shikoyat qilaverarkan. Ohiri usta shogirdining shikoyatlaridan zerikib ketib, tuz olib kelishga yuboribdi. Haytoda hamma narsadan norozi shogird tuzni olib kelganida ustasi unga bir hovuch tuzni olib, bir kosa suvga solib ichishni buyuribdi. Shogird keksa ustasining buyrug'ini bajo keltirish uchun kosani og'ziga olib boribdi. Biroq bir qultum ham suv ichar-ichma, azboroyi sho'ligidan tuflab tashlabdi. "Ta'mi qalay ekan?"sorabdi usta. "Juda ham sho'r,hattoki achchiq ekan",-debdi afti bujmayib shogird. Usta tabassum qilganicha birso'zdemay,shogirdiningqo'lidan ushlaganicha, shu yaqin atrofdagi ko'ltomon boshlabdi. Yetib borgach, ko'lga bir hovuch tuz tashlab, keyin suvdan ichib ko'rishni buyuribdi. Hech narsaga tushunmagan shogird bu safar ham ustasining buyurganini bajaribdi. Og'zini artayotgan shogirddan usta so'rabdi. "Rohatbahsh ekan", deya javob beribdi shogird. "Suvga tashlagan tuzni bilindimi?"deya so'rabdi usta. "Yo'o'q", -deya cho'zib javob beribdi shogird. Shunda usta qirg'oqqa cho'kkalab o'tirib olgan shogirdining yoniga o'tirib, nima demoqchiligini aytibdi:"Bu hayotdagi qayinchiliklaru iztiroblar mana shu ko'lning tuziga o'hshaydi. Na ko'p va na kam, balki o'rtachadir. Tuzning ta'siri nimaga qo'shilishiga qarab ortadi yoki kamayadi. Biror musibatga yo'liqqaningda qilishing kerak bo'lgan birgina narsa - o'sha musibat va u bilan bog'liq hislaringni unutishingdir. Shuning uchun sen endi "kosa"likni tahsla, "ko'l" bolishga harakat qil, shundagina yashashning ma'nosini anglab yetasn".

Muso Abbosiddinov,
Toshkent Islom universiteti magistarnti.
"Irfon taqvimi" dan olindi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 16 Dekabr 2006, 09:32:48
Imom G'azzoliy hazratlarining so'nggi lahzalari...

Islom ummatiga bebaho asarlar yozib qoldirgan va shu bilan birga,uyining yonida qurdirgan hujra talabalar yetishtirgan Imim G'azzoliy hazratlari umrlarining so'nggi kunlarida doimo oxirat haqida gapiradigan bo'lib qolgandilar. O'sha kuni ham shomga qadar talabalarga dars berib, hufton namozidan  keyin yana ular bilan uzoq vaqt iymon haqiqatlari haqida syhbatlashdilar. Hujjatul Islom tunning katta qismini ibodat bilan o'tkazardilar. Zero, o'sha kuni ham shunday bo'lgandi. Biroz uxlaganlaridan keyin, uyg'onib bomdod namozi uchun tahorat qildilar. Bomdod namozini o'qib bo'lgandan keyin yaqinlariga kafanlarini keltirishni iltimos qildilar. (Hazrati Imom G'azzoliy kafanlarini avvaldan tayorlab qo'yganlar) Yaqin kishilari hayron bo'ldilar.Chunki o'sha kunga qadar buyuk olim talabalariga bunday g'alzati topshiriq bermagandilar. Ustozlarining gaplarida bir hikmat borligini sezgan talabalar istakni darhol bajo keltirdilar. Buyuk Imom kafanni qo'lga olganlaridan so'ng uni o'pib boshlariga qo'ydilar. Yuzlariga surdilar. Keyin esa shunday deb pichirladilar:"Ey, mening Rabbim!Ey, mening Molikim!Amring boshim va ko'zim ustiga!"
Bu so'zlarni eshitgan buyuk olimning yaqinlari va talabalari ustozlarining bu dunyo bilan vidolashayotganlarini sezib, ko'z yoshi qila boshladilar. G'azzoliy hazratlari esa qo'llarida kafan bilan qiblaga qaradilar. Oyati karimalar o'qir, takbir aytib tinmay kalimayi tavhidni takrorlardilar. Keyin esa sajda qilayotgandek boshlarini yerga egdilar. Yaqinlari Imomni biroz kutdilar. Biron-bir qimirlash sezilmagach, ustozlarini ushlab tug'izdilar. Buyuk olim ruhini Rahmonga topshirib bo'lganini ko'rib yig'lay boshladilar.
Tilida Lafzulloh ila baqo olamiga safar qilgan Imom G'azzoliy hazrtalari o'zlaridan abadiy hotira sifatida besh yuzdan ortiq asar qoldirdilar.
Islom diniga katta hissa qo'shgan bu zotdan Alloh taolo rozi bo'lgan bo'lsin. Amiyn!!!

Zokirjon Haydarov tarjimasi.
"Irfon taqvimi"dan olindi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muslimaxon 17 Dekabr 2006, 15:57:36
HIKOYAT

Faqih Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Agar rohib Jurayj faqih bo‘lganida, onasining chaqirig‘i nafl ibodatidan afzal ekanini bilardi”, dedilar.

Faqih Jurayj qissasini shunday boshlaydilar: Bani isroillik Jurayj kulbasida ibodat qilardi. Bir kuni u namoz o‘qiyotganida, onasi uni chaqirdi. Lekin u javob bermadi. Shunda onasi: “Alloh seni buzuqlar balosiga solsin”, deb duoibad qildi.

O‘sha shaharda bir ayol yashardi. Ish bilan ko‘chaga chiqib, bir podachi bilan uchrashdi. So‘ng undan homilador bo‘ldi. Shahar ahli zinoni ulug‘ gunoh sanar edi. Ayol tuqqanidan keyin, podshoh uni chaqirib, bolani kimdan orttirganini so‘radi. Ayol: “Rohib Jurayj meni zo‘rladi”, dedi. Podshoh ayonlarini uning oldiga yubordi. Jurayj ibodatda edi, shuning uchun ularning chaqirig‘iga javob bermadi. So‘ng ular Jarayjni olib kelishdi. Podshoh unga: “Sen o‘zingni xudojo‘y ko‘rsatib, odamlarning nomusini toptaysan, halol bo‘lmagan ishni qilasan”, dedi. Obid: “Nima ish qilibman?” deb ajablandi. Podshoh: “Sen falon ayol bilan zino qilibsan-ku”, dedi. Jurayj qilmadim, desa ham, qasam ichsa ham, ishonishmadi.

So‘ng: “Meni onamning oldiga olib boringlar”, dedi. Uni onasining oldiga olib borishdi. “Ey ona, - dedi u, - sening Allohga qilgan duoing ijobat bo‘ldi. Endi yana Allohga duo qil, mendan bu musibatni ko‘tarsin”, Shunda onasi: “Allohim, agar Jurayjni mening duoim bilan jazolagan bo‘lsang, endi undan musibatni ko‘targin”, deb duo qildi. Jurayj podshoh huzuriga qaytib, ayol bilan bolasini so‘radi.
So‘ng ayol bilan bolasini keltirishdi. Ayol: “Men bilan zino qilgan shu kishi”, dedi. Shunda Jurayj bolaning boshiga qo‘lini qo‘yib: “Seni yaratgan Zot haqqi, otang kim ekanini ayt”, dedi. Allohning izni bilan bola tilga kirib: “Otam falon podachi”, dedi. Ayol buni eshitib, gunohini e’tirof etdi va: “Men yolg‘on aytdim. Falonchi podachi bilan zino qilgan edim”, dedi. Podshoh rohib Jurayjdan uzr so‘rab, buzilgan qulbasini tillodan qurib berishini aytdi. Jurayj rad javobini berib, oldingi binosini qurib berishini so‘radi.

Ibrohim Muhojir ibn Mujohiddan rivoyat qilib aytdilar: “Hech bir yosh bola kichkinaligida gapirmadi, magar to‘rttasi – Iso Ibn Maryam (a.s.), Uxdudning sohiblari, rohib Jurayjning sohiblari va Yusufning (a.s.) sohiblari gapirdilar”. Bu haqda Alloh taoloning so‘zi bor:

“(Shu payt Zulayhoning) urug‘laridan biri guvohlik berib (dedi)”.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 07 Fevral 2007, 10:13:08
Bir odam har doimgidek soch va soqolini oldirish uchun sartaroshga bordi. Sochini-soqolini olayotgan sartarosh bilan chiroyli suhbat boshladilar. Turli mavzularda suhbatlashdilar. Birdan Alloh bilan aloqali mavzu ochildi...

Sartarosh: Qarang, men sizning aytgan Allohning borligiga ishonmayman.

Odam: Ho’sh nimaga unday deysiz?

Sartarosh: Buni anglab yetish juda oson. Buni ko’rish uchun tashqariga chiqishingiz kifoya. Lutfan menga aytingchi, agar Alloh haqiqatdan bor bo’lganda edi, buncha muammosi-tashvishi ko’p, kasal insonlar bo’larmidi, tark etilgan yetim-yesir bolalar bo’larmidi? Alloh bor bo’lganda hech kim zulm qilmas, bir-birlarini xafa qilishmasdi insonlar. Alloh bo’lganda bularning sodir bo’lishiga ruhsat berib qarab turishiga ishonmayman..

Odam bir on o’ylandi, ammo keraksiz bahsga kirishishni hohlamagani uchun javob bermadi. Sartarosh ishini tugatgandan keyin odam tashqari chiqdi. O’sha zahoti ko’chada uzun sochli va soqoli o’sib ketgan bir kishini ko’rdi. Ko’rinishidan u kishining ancha ko’p vaqtdan beri sartaroshga bormagani, soch-soqolini oldirmagani ma’lum edi. Odam sartaroshning yoniga kirib shunday dedi:

Odam: Bilasizmi nima, men ham sartaroshning borligiga ishonmayman.

Sartarosh: Qanaqasiga axir? Mana men shu yerdaman va men sartaroshman.

Odam: Yo’q, do’stim, sartarosh yo’q. Agar rostdan ham sartarosh bor bo’lganida mana bu kishiga o’xshagan soch-soqoli olinmagan insonlar bo’lmasligi kerak edi.

Sartarosh: Hmmm..Sartarosh bor ammo bu insonlar mening oldimga kelishmasa men nima ham qilayin?

Odam: Mutlaqo to’gri! Hamma gap shunda-da! Alloh bor ammo insonlar Uning oldiga borishmasa, bu bormagan insonlarning hohishi. Mana dunyoda ko’p muammo va rohatsizliklar bo’lishining sababi!

http://www.uzislam.com/forum  dan
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 07 Fevral 2007, 10:21:56
QALQON

Katta o’g’li Muhammadali akani jonidan to’ydirdi. Bir kuni keng hovlida ota-bola yolg’iz qolishgach, farzandini uyga chaqirdi.
- Sen bolaga aytmagan gapim qolmadi. So’kaverib, uraverib, gunohga botib ketdim. Ko’chada to’rtta odamga qo’shila olmayman. Kimni ko’rsam, shikoyat qiladi. Sen ablah, meni qariganimda Taras Bul’baga o’xshatadigan bo’lding.
So’ng oldindan o’qlab qo’yilgan qo’shog’zini oldi-da:
- Och og’zingni, - deb o’g’liga o’qtadi.
Otadan tap tortishni bilmaydigan o’g’il og’zini ochdi. Muhammadali aka ikkala tepkini teng bosdi. Ajabki, miltiq otilmadi. Qirq yil ovchilik qilgan odam hayron bo’lib qoldi va mo’ljalni o’zgartirdi: ketma-ket o’z ovozi gumburladi, deraza oynasi chil-chil sindi.
Peshonasidan sovuq ter chiqib ketgan ota holsizgina yerga cho’karkan, o’g’liga qarab alam bilan so’radi:
- Senday marazning jonini Xudo nimaga saqlaydi? Sen nima ish qilib qo’yibsan o’zi?!
Boyadan beri miq etmay o’tirgan o’gil tilga kirdi:
- Buvimning duolari asradi meni. Siz ham, amakimlar ham, ayam, kennoyimlar ham qaramagansizlar buvim kasal yotganlarida. Men maktabgagina borardim, xolos. O’ynaganiyam chiqmasdim. To’shakka mixlanib yotgan kampirni topa toza qilib olib o’tirganman. Ertayu kech: “Yigit o’lmagin, balo ko’rmagin”, deb duo qilardilar. Men shunga ishonaman. Shuning uchun boya qo’rqmay og’zimni ochgan edim, - dedi o’gil.
Ota jim qoldi.
Nizomiddin Latif

Musulmonlar taqvim kitobi 2002 (1422) I chorak
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 07 Fevral 2007, 10:22:55
MARVARID SHODASI

Hofiz ibn Rajab ushbu hikoyani qozi Abu Bakr Muhammad ibn Abdulboqiydan naql qiladilar:
“Men Makka shahrida faqirona hayot kechirar edim. Bir kuni ko’chada hamyon topib oldim. Uyga kelib ochib qarsasam, ichidan bir shoda marvarid chiqid. Bunaqasini umrimda ko’rgan emasman.
Qaytib ko’chaga chiqdim. Bir odam: “Men hamyonimni yo’qotib qo’ydim, kim topib olib qaytarib bersa, besh yuz dinor beraman”, deb yurgan ekan. Shunda men, qornim och, hojatmandman, hamyonini berib, evaziga pulni olaman-u undan foydalanaman, deb o’yladim.
O’sha odamni chaqirdim. U uyimga kirgach, hamyonning va undagi marvaridning belgilarini so’radim, aniq aytib berdi, so’ng unga hamyonini topshirdim. U besh yuz dinor pulni uzatdi. Ammo men olmadim, olishni ep ko’rmadim.
Oradan ancha vaqt o’tib, dengiz safariga chiqdim. Nogahon kemamiz halokatga uchrab, hamma suvga g’arq bo’ldi. Alloh taoloning irodasi ila yolg’iz mengina bir parcha taxtaga yopishib, jon saqlab qoldim. Keyin bir orolga chiqib oldim va o’sha yerdagi masjidda panoh topdim. Mening chiroyli Qur’on o’qishimni eshitib, odamlar oldimga kela boshlashdi. “Yozuvni ham bilasanmi?” deb so’rashdi. “Ha”, dedim. Ular bola-chaqalari bilan kelib, o’qish va yozishni o’rgana boshlashdi. Moddiy yordamlari tufayli men ham o’zimni tiklab oldim. Kunlardan bir kun ular meni uylantirib qo’ymoqchi bo’lishdi. Bir yetim qizlari bor ekan, avvaliga rozi bo’lmadim, lekin ular qistayvergach, rozilik bildirdim.
To’y kuni… qizning bo’ynidagi marvaridga ko’zim tushib, hayratda qotib qoldim. u o’sha men topib olgan marvarid edi. Odamlar mening holimga hayron edi. Ularga boshimdan o’tgan o’sha voqeani aytib berdim. “Allohu akbar!” deb takbir aytib yuborishdi odamlar. So’ng bu qizning otasi o’sha hamyonini yo’qotgan kishi ekanini, u umrining oxirigacha: “Dunyoda hamyonini qaytarib bergan yigitga o’xshagan sofdil kishini boshqa ko’rmadim, ey Alloh, meni yana o’sha yigitga ro’baro’ qil, qizimni unga nikohlab beray”, deb duo qilganini aytib berishdi…”

“Al-robita” jurnalidan mehnat faxriysi G’anijon Otaboyev tarjimasi.
Musulmonlar taqvim kitobi 2002 (1422) I chorak


Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 07 Fevral 2007, 10:25:43
Ellik minglik xurmozor

Abdulloh ibn Abu Bakr rivoyat qiladilar:
“Ansorlardan biri Madinaning Kuf degan darasida namoz o’qiyotgan edi. Xurmolar rosa pishib yetilgan, shoxlar g’ij-g’ij meva edi. Hosilning mo’lligidan ansorning ko’ngli choq bo’ldi. Fikri ancha payt xurmolariga bog’lanib qoldi. So’ng yana namoziga qaytdi, ammo necha rak’at o’qiganini unutgan edi. Shunda u:
- Bu dunyo moli tufayli dinim halok bo’ldi, - dedi. Keyin Amirul mo’minin Usmon roziyallohu anhuning huzuriga bordi va vaziyatni anglatib aytdi:
- Shu molim Alloh yo’lida sadaqadir. Uni o’zingiz ma’qul ko’rgan yo’lda ishlating.
Usmon roziyallohu anhu xurmozorni ellik ming dirhamga sotib, pulini xazina hisobiga o’tkazadilar.
Bu xurmozor shundan keyin “ellik minglik xurmozor” nomini oldi”.


Musulmonlar taqvim kitobi 2002 (1422) I chorak
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 09 Fevral 2007, 11:26:27
Ko’piga qo’shilish

Uyga mehmon keldi.
-Choyu shakardan bo’lak hech narsa yo’q, - dedi choy damlayotib beak eriga.
-E, qo’yaver, bir chorasi topilar. Alloh o’zi ko’rib turibdi, - dedi er xotirjam. So’ng mehmonlar oldiga chiqdi.
-Zap kelibsizlar-da, habar bersangizlar bo’larkan. Biz ham bundog’ sal harakat qilib o’tirardik, - deb hazillashdi mezbon.
-Sizni ovora qilib yuramizmi, deb bostirib kelaverdik-da.
-Kelganlaringiz bosh ustiga, ammo shu “chaq-chuq”lar-u meva-mastonlar qachongacha yoq mehmonga saqlanib turamiz deb arazlashib, qishloqqa ketib qolishibdi-da, - dedi mezbon xijolatini oshkor etib.
-Qadrini biladigan joylarga ketgan, - dedi mehmonlardan biri quvnoqlik bilan.
-Ajab bo’pti, - dedi yana birovi. – Meva-mayizlarda qachon vafo bo’lganki, endi bo’lsin? Siz ham endi o’zimizga, to’pingizga qo’shilsangiz bo’ladi. Marhamat.
-Taklif qilmasanglar ham, man doim siz bilan-da, do’stlarim, - deb xursand bo’ldi mezbon. – Qani dasturxonga marhamat.
Do’stlar ochilishib kulishdi. Kulgilaridan xandon pistalar, tabassumlaridan mayizlar to’kildi. Dasturxon jannat ne’matlari ila bezandi.

Musulmonlar taqvim kitobi 2002 (1422) I chorak
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 09 Fevral 2007, 11:27:26
Dard

Oshxonaning quvuri yorilib, chilangar chaqirdim. Yoshi bir joyga borib qolgan, ko’proq o’rischa gapiradi, tatar bo’lsa kerak, deb o’yladim. Ish tugagach, choyga taklif etdim, bajonudil qabul qildi. Taom tayyor bo’lguncha ancha tanishib oldik. Toshhovuzning o’zbeklaridan ekan. Nega o’zbekchani yaxshi bilmaysiz, desam, e-e, biz o’rislar ichida ishlayverib, tilimizni ham unutib yuborganmiz, o’rislashib ketganmiz, keyin avvallari o’zbekchaga yo’l yo’q edi, uka, uning ustiga xotinim ham o’ris, deb javob berdi, so’ng gap orasida yarimta olib kel, deganday ishora qildi. Nechaga kirganini so’radim.
- Oltmish uch yoshdaman,- dedi.
Oltmish uch… Payg’ambarimiz alayhissalomning yoshlari. Bu tabarruk yoshga yetgan bobo-momolarimiz shukronasini qilib yurishadi. Ammo bu kishining tashvishi hamon ichish.
- Biz aroq ichmaymiz, aka, siz ham tashlasangiz bo’lar edi, Payg’ambar yoshiga yetibsiz.
- Qo’ymasang, qo’yma, lekin bunday gapni gapirma, uka, bizning ishda ichmaslikning vobshe iloji yo’q, - dedi u ranjigansimon ohangda.
Ertami-indin ichishni tashlayman, deb xijolat bo’lgan ham yaxshi ekan. Bu odamda esa, umuman g’ururi qolmagan ko’rinadi, hatto Payg’ambar yoshlariga yetganini aytsangiz ham, bir tuki qilt etmaydi.
Tanovvuldan so’ng indamay turib ketayotgan edi:
- Bir duo qiling, -deb to’xtadim.
- E-e, aytdim-ku biz o’rislashib ketganmiz, deb, o’zing duo qil, - dedi. Men duoga qo’l ochdim, u ham iymanibgina qo’l ko’tardi.
- Xizmatlaringiz uchun katta rahmat, jumraklarimiz endi buzilmasin, qo’lingiz dard ko’rmasin, siz ham ichishni tashlab, bizdek bo’lib yuring…
Gapim og’zimda qoldi. U birdan qo’lini tushirib:
- Nega bunday deysan?! Yaxshi narsani tashlab bo’ladimi, axir, - deb qo’llarini hali orqasiga, hali xontaxtaning tagiga yashirar edi. Duoning ijobat bo’lishidan qo’rqib ketdibechora. Xullas, duoni yolg’iz o’zim qildim, u qo’shilmadi.
Shayton, hayvoni nafs insonni ne kuylarga solmaydi – ya?! Bu kishi hozir naqadar kulgili va ayanchli ahvolda ekanini zarracha his qilayotgani yo’q. Ammo bir kun insofga kelsa, oq-qorani tanib, ichishni tashlasa, qilgan ishlariga ham kulib, ham yig’lab yursa kerak. Ilohim shunday bo’lsin.

Musulmonlar taqvim kitobi 2002 (1422) I chorak
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 09 Fevral 2007, 11:32:35
Omir ibn Abdulloh roziyallohu anhu betob edilar. Muazinning ovozini eshitganlarida: “Meni qo’limdan tutinglar”, dedilar. Uylari masjidning yonida edi. “Kasalsiz-ku?!” deyishdi. “Allohning da’vatchisini eshitib, unga ijobat qilmaymanmi?! Ushlanglar qo’limdan”, dedilar yana.
U zotni masjidga olib kirishdi. Omir ibn Abdulloh imom bilan shomning bir rak’atini o’qishga ulgurdi, namozning ichida jon berdi.

«Namozda xushu’» kitobidan
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 17 Fevral 2007, 11:09:20
Bismillaahir rohmaanir rohiym

G’arblik bir ayol mutlaqo tuzalmas, daxshatli bir kasallikka chalindi, tabiblar rak-saraton deb atalmish bu dard davosiga ojiz edilar, bechora ayolning yashashga ishonchi qolmadi, biroq shunday bir holatda Allohning marhamati ila bu ojiza shifo topdi, Baytul-Haramda Yaratganga cheksiz iltijolar qildi, chin ixlos bilan dardiga shifo tiladi, ayolning murodi hosil bo’ldi, zotan yagona Alloh taologina har narsaga qodir Zotdir! Azizlar, kelinglar, yaxshisi voqealar tafsilotini o’sha ojizaning o’zidan eshitaylik!

Men to’qqiz yildan beri juda xatarli marazdan azob chekar edim, bu maraz saraton-rak bo’lib, uning naqadar daxshatli va hatto nomining o’ziyoq etlarni junjiktiruvchi ekanini har kim yaxshi biladi, to’g’risi u paytlar g’ofil edim, go’zallik, kuch-quvvat va salomatlik umr bo’yi birdek davom etadiganday yurar edim. Saratondek tuzalmas bir dardga chalinishimi hayolimga ham keltirmaganman. Bu dardga uchraganimdan so’ng butun a’zoi badanim, butun vujudim larzaga tushdi, faqat undan qutulish yo’llarini o’ylaydigan bo’lib qoldim, ammo qanday qilib?! Shu jumboq meni gangitar edi. Tursam ham, o’tirsam ham fikr-u o’yimda shu bo’lib qoldi, hatto o’z jonimga suiqasd qilishni ham hayolimdan o’tkaza boshladim.Biroq erimni va farzandlarimni yaxshi ko’rganimdan bu ishga qo’lim bormasdi, g’ofillifim tufayli masalaning Allohga taalluqli jihatini, ya’ni o’zini o’zi o’ldirish gunoh ekanini, buning uchun Alloh qiyomat kuni qattiq jazo berishini o’ylab ham ko’rmasdim. Yaratganga beadad shukurlar bo’lsin-ki, U Mehribon va Rahmli Zot, meni usha kasalligim tufayli hidoyatga boshladi, va mening avvalgi hamda keyingi holatimni ko’rgan juda ko’p kishilar ham hidoyat topishdi.Davo izlab erim bilan Belgiyaga bordik, ko’p do'xtirlarga uchradik, ular ko’kragimni kesib tashlash lozimligini aytishdi, soch, kiprik va qoshlarimni to’kib yuboradigan, tirnoq va tishlarimga zarar yetkazadigan o’ta kuchli dorilarni taklif qilishdi, bunday dorilardan bosh tortdim, ko’kragim, sochim va Alloh taolo ato etgan boshqa a’zolardan ajrab yashagandan butun holimcha o’lishni afzal ko’rdim, ammo shuncha joydan kelib quruq qaytmay deb, birorta yengilroq dori yozib berishlarini so’radim, uyga qaytib ular yozib dori-darmonlarni iste’mol qila boshladim, lekin ta’siri mutlaqo sezilmadi, o’zimcha bu holatdan hursand ham bo’ldim, ehtimol do'xtirlar adashgandir, men bu kasallikka chalinmagandirman digan umidli hayollarga ham bordim, ammo bahtga qarshi kasallik huruji to’htamas edi. Oradan yetti oylar o’tgach tobora ozayotganimni, og’riq kuchaya boshlaganini va rangi ro’yim
o’zgara borayotganini sezdim, do'xtirlar yana Belgiyaga borishimni tavsiya qilishdi, erim bilan yana yo’lga chiqdim, kasallik kuchayib, zaxmi butun badanimga tarqalayotganini, hatto o’pkamda ham saraton asoratlari paydo bo’lganini eshitib chuqur qayg’uga bordim. Do'xtirlar mening Belgiyada o’lib qolishimdan havotirlanib, tezroq uyga ketishim lozimligini aytishibdi, shu zahotiyoq shifo niyatida Fransiyaga o’tib ketdik, ammo u yerda ham dardning davosini topa olmay, sarson-sargardon bo’ldik, ohiri men o’zimni jarrohlarning qo’liga topshirishga, ya’ni ko’kragimni kesib tashlashlariga rozi bo’la yozdim. Shunday kunlarning birida erim biz unutgan va hayotimiz mobaynida g’ofil bo’lganimiz ulug’ Yaratuvchini kutilmaganda eslab qoldi, darhaqiqat Alloh taolo muqaddas Baytullohni ziyorat qilish, u yerda yolg’iz O’zigagina yuzlanib barcha musibatlardan halos etishini iltijo qilib so’rashni erimning diliga slogan edi. Biz bu ishni bajarishga qaror qildik, vujudimni qandaydir hushnudlik chulg’ab olgan edi. Hushkayfiyatimga Allohning muqaddas dargohini ziyorat qilishga borayotganim sabab bo’lgan ersa ajab emas, ho’yajinim bilan Parijdan Qur’oni Karim harid qildik. Takbir va tasbih aytib to’g’ri Makkayu Mukarrama ziyoratiga jo’nadik, Baytul-Haramga yetib kelgach ichkari kirib Ka’bani ko’rdim-u o’zimni tutolmay yig’lab yubordim, Alloh farz qilgan ibodatlarni, namoz, ro’zalarni, hushu, tazarru kabi amallarni bajarmay o’tkazgan umrimga achinib, ko’p afsus nadomat chekdim. So’ng Allohga iltijo qilib, Ey, Pok Parvardigoro, qarshimda barcha umid eshiklari yopildi, faqat sening eshiging ochiqdir, eng so’nggi ilinj va umid tayanchi bo’lmish eshiklaringni mening yuzimga yopib
qo’yma, o’zing rahm qil, do’xtirlar meni davolashdan ojiz qoldilar, endi shifo Sendan va faqat Sendandir dedim. Baytullohni tavof qildim, noumid qilmasligini va yordamsiz
qo’ymasligini hamda hamma do’xtirlarni lol qoldirib menga shifo berishini yalinib-yolvorib chin ko’ngildan so’radim, Ha, Darhaqiqat men g’aflatda ekanman, Allohning eng
to’g’ri va haq dinidan behabar, bebahra yurgan ekanman, bir kuni makkalik ulamolar va shayxlar oldiga borib, menga foyda beradigan diniy kitoblar berishlarini, o’qilishi tilimga yengil keladigan shifobaxsh duolar o’rgatishlarini iltimos qildim. Iltimosim yerda qolmadi, ular menga Qur’on tilovat qilishni va zam-zam suvidan to’yib-to’yib ichishimni nasihat berishdi, ayni chog’da usha ulug’ ulamolar menga ko’proq Allohni zikr qilishni hamda payg’ambar(sollallohu 'alayhi vasallam)ga cheksiz salovatlar aytishimni tayinladilar. Men Baytullohda ichki bir ruhiy hotirjamlik va osoyishtalikni his etdim, mehmonhonaga bormay Ka’bada qolishga erimdan ruxsat so’radim, Baytul-Haramda misrlik, turkiyalik bir qancha savobtalab ayollar menga hamsuhbat bo’lishdi, tinimsiz yig’layotganimni ko’rib sababini so’rashdi, bu muqaddas makonga kelib, Alloh taologa mehr-muhabbatim haddan ziyod ortganini bildirib, og’ir bir dardga yo’liqqanimni so’zlab berdim, ular menga hamdardlik bildirib, yonimdan ajramay qolishdi, Baytullohda
e’tikofda o’tirganimni bilgach esa, ular ham o’z erlaridan ijozat olib mening yonimga joylashishdi, biz tunlari deyarli uxlamasdik, juda kam ovqat yerdik, lekin zam-zam suvidan to’yib-to’yib ichardik, chunki Payg’ambar alayhissalomning “Zam-zam suvidek ichimlik yo’q, kimki uni shifo talabida ichsa, Alloh unga shifo beradi, u kasalga shifo, tashnaga chanqoqbosdi, ochga taomdir” degan so’zlarini bilar edik. Tinimsiz ibodat qilamiz, ikki rakaatdan namoz o’qiymiz-da zam-zam suvidan to’yib ichib yana tavof qilishga tushamiz,
Baytullohga kelgan kunlarim ozg’in edim, badanimning yuqori qismini saratonning asorati bo’lmish kichik-kichik yumaloq donachalar va yaralar bosgan edi, dugonalarim menga jarohatlarni zam-zam suvi bilan yuvishni maslahat berishdi, men esa yaralarimga tegib yana kasalim xotirga keladi, Alloh zikridan chalg’ib qolaman deya qo’rqar edim, shu sabab u joylarga suv tekkizmay, ehtiyotkorlik bilan yuvinib turishni lozim topdim, beshinchi kuni hamrohlarim qistashdi, rozi bo’lmadim, ammo qandaydir bir
g’aybiy kuch qo’limga zam-zam suvidan olib, badanimga surtishga meni majburlagandek tuyular edi. Bu hol bir necha bor takrorlangach, beehtiyor ko’kragimni zam-zam suvi bilan yuva boshladim, shunda favqulodda hodisa mo’jiza sodir bo’ldi, tanamdagi bor yaralar bir-bir to’kilib ketdi, vujudimda birdan na og’riq, na qon va na yiringdan asar qoldi, hayronlik ichida gangib badanimni paypasladim, badanim soppa-sog’ edi, seskanib ketdim, darhol Allohning qudratini zikr etdim va hamd aytdim, yangi topgan dugonalarimning biridan usha yaralarimning o’rnini tekshirib ko’rishini so’radim, badanimning soppa-so’g, top-tozaligini ko’rib hammalari qichqirib yuborishdi: “Allohu Akbar! Allohu Akbar!” Bu quvonchli habarni erimga yetkazish uchun tez mehmonxonaga jo’nadim, Allohning mehirbonligini qarang deb sog’lom tanamni ko’rsatdim, hayratdan yoqa ushlab qolishdi, bo’lib o’tgan voqealarni qayta so’ylab berganimda ishongisi kelmas edi, o’zini tuta olmay sevinchdan yig’lab yubordi va baland ovoz bilan do’xtirlar seni uch haftadan keyin o’ladi deb bashorat qilganlarini bilasanmi deb hitob qildi, shunda men ajalim faqat Allohning qo’lida, g’aybni faqat Alloh bilguvchidir dedim, biz Baytullohda yana ikki hafta turdik, so’ngra Madinai Munavvaraga borib, payg’ambar alayhissalom masjidlarini ziyorat qildik-da Fransiyaga qaytdik. Fransiyada do’xtirlar mening sog’ayganimni ko’rib sarosimaga tushishdi, eslarini yo’qotishlariga sag’al qoldi, chamamda ular mendan siz falonchimisiz deb so’rashdi, men ko’ksimda faxr va qat’iyat ila Ha men falonchiman erim falonchi deb javob berdim, darhaqiqat men tavba qildim, Yaratganga qaytdim, faqat Allohdangina qo’rqadigan, faqat undangina najot kutadigan bo’ldim, zero taqdirimizni u belgilaydi, hukm ham Unikidir. O’sha nomdor do’xtirlar “Bu holatingiz o’ta g’aroyibdir, qayta tekshirib, rentgen qilib ko’rish kerak deyishdi, tekshirishdi ham, ammo kasallikdan biror asar ham topishmadi, ilgari nafas olishda qiynalar edim, Baytul-Haramda Allohdan shifo so’raganimdan keyin bu dardimga ham davo topdim, shundan keyin Payg’ambar alayhissalomning siyratlari hamda sahobai-ikromlarning tarixlari bitilgan kitoblarni o’qidim, o’rgandim, ko’p mutaasir bo’lib uzoq yig’ladim, Alloh taolo va uning rasulini sevmasdan o’tkazgan umrimga ko’p afsus nadomatlar qilib tinimsiz yig’layverdim, men Alloh taoloning ne’matlariga shukrona aytaman va gunohlarimni kechirib, tavbalarimni qabul etishidan umidvorman”.

Azizim shu o’rinda bir ojizaning g’aroyib va g’oyatda ibratli hikoyasi yakun topadi, undan nasihatlanish va zaruriy xulosa chiqarish o’zimizga havola.

“Hidoyat” jurnalidan
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muslimа 19 Fevral 2007, 10:24:14

               So’nggi sajda

                 (Bo’lgan voqea)
   Do’stim kasalxonada yotgan edi, ko’rgani bordim. Undan – bundan suhbatlashib o’tirdik. Lekin uning kayfiyati yo’q edi. Bir oz o’tirib ichidagini yordi:
   â€œShu xonada men bilan birga Yura ismli o’ris yigit edi. Bir kuni u:
-   Abdullo, sendan bir narsani so’rasam maylimi? – deb qoldi.
-   Mayli, so’rayqol, - deya men ham uning savoliga qiziqdim.
-   Mana, necha kundan beri bir xonada yotibmiz. E’tibor qilsam, sening oldingga juda ko’p odam kelarkan. Menga esa, ota – onamdan boshqa  hech kim kelmaydi.
   Men Yuraga musulmonchilikdan urf – odatlar xususida gapirib berdim. Shundan keyin biz u bilan tez – tez Islom haqida gaplashib turdik. Bir kuni Yura to’saddan:
   - Men ham musulmon bo’lsam bo’ladimi? – deb so’rab qoldi.
   Allohga hamdu sanolar aytib yubordim.
   Xullas, Yura iymon keltirdi. So’ng namoz o’qishni o’rgana boshladi. Ammo sog’lig’i yomon edi. Oradan bir necha kun o’tib, namoz o’qiyotganimizda Yura sajdadan bosh ko’tarmay qoldi, o’shanda joni uzilgan ekan”…
                              
                              Yoqub Umar,            â€œMusulmonlar taqvim kitobi”, 1999yil III – chorak
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muslimа 19 Fevral 2007, 10:26:52
                         Salovatning foydasi   
Olmoniyalik bir musulmon kishi haj ibodatini niyat qilibdi. Fabrika direktoriga: “Menga bir oyga ruhsat bersangiz, sayohatga chiqaman”, debdi. “Fabrikaning ahvolini ko’rib turibsan, tang ahvoldamiz. Mahsulot etishtirishimiz kerak. Sen mening eng ishonchli va yaqin odamimsan. Sendan boshqasi ishni eplay olmaydi… Ruhsat berolmayman”, debdi ho’jayin.
-   Yo’q, menga ruhsat bermasangiz bo’lmaydi.
-   Nimaga?
-   Diniy vazifam bo’lgan hajga bormoqchiman.
-   Iltimos, hozir emas, keyinroq bor!
-   Ishdan haydasangiz va ishlagan barcha haqlarim kuyib ketsa ham borishim shart.
-   Muhammadga: “Xo’jayinim meni jo’natmadi, ey Muhammad!” desang bo’lmaydimi?
-   Bo’lmaydi. Chunki haj – Allohning buyrug’i.
Allohning buyrug’i ekanini eshitgan xo’jayin boshini xam qilib shunday dedi:
   - Xo’p, senga ruhsat beraman. Faqat brogan eringda Muhammadga mening nomimdan salom ayt.
   Keyinchalik u kishi shunday hikoya qiladi: “Madinaga borib, Payg’ambarimiz alayhissalomning qabrlariga kelib: “Assolatu vas-solatu alayka yo Rasulalloh!” deya salovat va salom aytib, duo qildim. Shu payt birdan Hansning salomi esimga tushdi. O’zimcha qanday bo’larkin, u odam nasroniy bo’lsa, deb o’yladim. Ko’zimni yumib o’tindim: “Yo Rasulalloh! Mening Hans ismli boshlig’im bor, millati olmon, o’zi nasroniy. U sizga salom yubordi, bo’ynimda qarz bo’lib qolmasin”. Hajni ado qilib bo’lgach, Turkiyaga kirib o’tdim. U erda Olmoniya bilan habarlashganimda boshlig’im Hansning musulmon bo’lganini eshitib, quloqlarimga ishonmadim. Payg’ambar alayhissalomga berilgan salomning qanchalik buyukligini o’shanda his qildim”.
   Bir nasroniyning yo’llagan salomi tufayli Alloh taolo unga abadiy saodatni loyiq ko’rdi. Endi biz musulmonlar o’sha nasroniychalik bo’lolmasak, salovatni ko’paytirmasak, o’z da’voimizda qanchalik haqli bo’lamiz?
            Muhammad Yosin tayyorladi
                   “Musulmonlar taqvim kitobi”dan olindi
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muslimа 26 Fevral 2007, 09:22:38
HIKOYAT.

 Namozni tark qilgan bir kishi bor edi. Bir kuni ul kishi safarni ihtiyor qilib uyidan chiqdi. Yo’lda u kishiga shayton hamroh bo’ldi. Kechga yaqin bir saroyga etishdi va u erda tunab qolmoqchi bo’lishdi. Shunda shayton u kishidan qochib, o’zini chetga oldi. U kishi shaytonga dedi:
   - Ey o’rtoq, sen yo’lda mendan nima yomonlik ko’rdingki, o’zingni olib qochyapsan?
   Shayton aytdi:
   - Men iblisdirman va senga hamroh bo’lishimdan maqsad seni yo’ldan ozdirish edi. Men umrimda bir marta Alloh taoloning farmonini tark qilganim uchun dargohi ilohiydan abadiy haydaldim, tavqi la’nat bo’ynimga osildi, mal’un va mardudga aylandim. Bugun sening besh marta Alloh taolo farmonini tark qilganingni ko’rdim, besh vaqt namozdan hech birini o’qimading. Qo’rqamanki, sening sababingdan Alloh taoloning g’azabi tushsa, men yana mal’unlik dog’iga girifdor bo’lmayin, deya sendan qochdim.
    Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam rivoyat qiladilar: “Namozni tark qilgan kishining kasofati uning ahli bayti va qo’shnilaridan etmish nafariga tegadi. Bilingki, namoz dinning ustunidir. Agar namozni barpo qilsangiz, sizning diningiz ustuvor bo’lur va agar namozni tark qilsangiz, diningiz yakson bo’lur”.
“Durratul vo’izin”ni forsiydan
Abdullaxon Abdurahmonov tarjimasi,
Pop tumani.
“Musulmonlar taqvimi kitobi” dan olindi
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muslimа 26 Fevral 2007, 13:13:05

Allohning mo’jizasi.

   - Iltimos menga mo’jiza degan doringizdan bir dona berib yuboring, - kichkinagina qizchaning bu so’zlari dori sotuvchi ayolni taajjibga soldi.
   - Qanaqa dorini aytyapsan? – so’radi u.
   - Ukam og’ir yotibdi. Onam esa uni faqat Allohning mo’jizasi qutqara oladi deyaptilar. Dadamda esa, bu dorini sotib olish uchun pul yo’q. O’zimni ozgina yiqqanim bor edi. Iltimos, bir dona bo’lsa ham ana shu doringizdan bering!
   - Qizaloq, aytyapman-ku bunday dori yo’q, sotilmaydi.
   - Iltimos, pulini to’layman, etmasa ertaga keltirib beraman. Bir dona bo’lsa ham “Allohni mo’jizasi” dan bera qoling!
   Shu payt eshikdan yaxshi kiyingan, ko’zaynakli haridor kirib keldi. U qizchaning so’nggi so’zlarini eshitishga ulgurgan edi.
   - Qizalog’im, qanday mo’jizani aytyapsan? – deya so’radi u.
   - Bilmadim. Menga shunday deb atalgan dori judayam kerak. Ukam operatsiya stolida, ammo otam kerakli pulni topib bera olmayaptilar. Ularning aytishicha, “Allohning mo’jizasi” gina ukajonimni asrab qolar ekan. Narxi qimmat bo’lganida ham uni sotib olardim, dedi qizaloq ko’zlaridagi yoshni artib.
   - Xo’sh, yoningda qancha puling bor? – deb so’radi haligi kishi.
   - O’n yarim rupiya!
   - Meni ukangni yoniga olib bora olasanmi? Unga qanday mo’jiza kerakligini bilmoqchi edim.
   Bu kishi Erondagi mashhur doctor Ashrafiy edi. U bolani ko’rdi-da, operatsiyaga tayyorgarlik ko’rish uchun buyruq berdi. Operatsiya ham muvaffaqiyat bilan yakunlandi. Bola ko’zini ochib, muloyim jilmaydi. Ona esa yum – yum yig’lab shunday dedi:
   - Rahmat doctor. Siz tufayli bolam tirik qoldi.
   - Kechirsiz, - shifokor so’zida davom etdi. Bu mening ishim emas. Men uni qutqarganim yo’q. Bu jajji qizaloqning iltijosi asosida Allohning inoyati, Uning mo’jizasi.
   - Pulni qanday to’laymiz? Narxi qancha bo’ladi?
   Jarroh jilmaydi.
   - Hech qancha. Xavotir olmang puli tolangan. Bu mening hayotimdagi eng qimmatli operatsiya.
   Onaning ko’z yoshlari ila otilib chiqqan so’zlari shu bo’ldi:
   - Rahmat sizga! Bu yaxshiligingizni bir umr unutmayman.
   Bu paytda ona operatsiyaning narxi atigi o’n yarim rupiyaga baholanganidan bexabar edi. Alloh esa O’z mo’jizasini yana bir karra isbotlash uchun shifokorni vosita qilgan edi.
         Olimjon Abdushukurov
         â€œIrfon taqvimi” 2007/ 1428 (II)
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 14 Mart 2007, 08:02:33
Bug'doy qayg'usi.

Yunus yoshlik yillari qishlog'ida dehqonchilik bilan shug'ullangan. Bir yil qurg'oqchilik va tanqislik bo'lib, ekinlar bitmaydi. Shunda Yunus:"Kir shahriga yaqin yerda hoji Bektosh ismli valiy bor ekan. Eshigi va hovlisi hammaga ochiq bo'lib himmat sohibi bo'lgan bir shayh emish",degan habarni eshitdi. Shunda Yunus o'sha shayhning huzuriga borib, undan urug'lik uchun bug'doy so'rashga qaror qildi. Shayhning huzuriga quruq qo'l bilan borishni ep ko'rmagan Yunus tog'dan bir oz do'lana terib oldi va shayh eshigiga borib maqsadini izhor qildi. Yunusning bunday sodiqligi va tantiligi Hoji Bektosh hazratlariga nihoyatda manzur keldi. Shu bois bir muridi orqali so'ratdi:
-  Bug'doy istaydimi, valiylar himmatinimi?Agar hohlasa har bir do'lana donasi uchun nafas qilayin!
Bu paytda Yunus himmatni ne ekanidan behabar edi:
- Menga bug'doy kerak,-dedi.
Shunda hoji Bektosh hazratlari:
-Afsus, mayli so'raganini beringlar,-dedi. Yunus bug'doyni olib yo'lga tushdi. Lekin ketayotib bir narsani anglagandek bo'ldi va:"Men nimalar qilib qo'ydim? Nega himmat istamadim" deya pushaymon bo'ldi. Shayh huzuriga qaytib kelib dedi:
- Men johillik qilib qo'ydim . Nima so'raganimni farqlayolmay qoldim. Meni kechiring.
Shunda hoji:
- Sening kalitingni Topduk Emroga berdik, hohlasang shuni oldiga bor,-dedi.
Shunday qilib Yunus Emro darveshlik hayotini boshladi. Shayh Topduk Emroga jonu ko'ngildan sadoqatli murid bo'ldi. U uzoq yillar shayh eshigida o'tin tashib hizmat qildi.
Bir kuni zikr majlisi qurildi. Bu majlisda o'tinchi Ynusdan boshqa yana Yunus Go'yanda ismli ilohiychi ham bor edi. Shayhlari Topduk Emroga birdan jazba (vajd) yetishadi. Shunda shayh muridi Yunus Go'yandaga qarab:
- Shavqimiz bor, qani sen ham tarannum qil,- deb buyuradi. Lekin undan javob bo'lmaydi. Shayh bu buyruqni uch marta qaytaradi. Ammo shogirddan sado chiqmaydi. Shundan keyin Shayh Yunus Emroga yuzlanib deydi:
- Qani fursat yetdi. Qulfing endi ochildi. Hoji Bektosh hazratlarining tilagi endi bajo bo'ldi. Endi sen tarannu et.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 14 Mart 2007, 08:07:26
Yunusning tilidagi qulf ochilgandi. Ana shundan so'ng dunyo turguyncha turadigan o'tlig' she'rlari tiliga osongina quyilib kela boshladi:

Yuradurman yona-yona,
Ishq bo'yadi meni qona.
Na oqilman, na devona,
Kel, ko'r meni, ishq nayladi.

Goh esraman yillar kabi,
Goh to'zarman yo'llar kabi,
Goh tosharman sellar kabi,
Kel, ko'r meni, ishq nayladi.

G'urbat elida yurarman,
Do'stni tushimda ko'rarman,
Uyg'onib mal'ul bo'larman,
Kel, ko'r meni, ishq nayladi.

Ishqing meni mast ayladi,
Oldi- ko'nglim hos ayladi,
O'ldirmoqqa qasd ayladi,
Kel, ko'r meni, nayladi.
Miskin Yunus bechoraman,
Ishq yo'lida ovvoraman,
Darddan yuragi poraman,
Kel, ko'r meni, ishq nayladi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 14 Mart 2007, 13:47:04
Хитойлик вафот этдими?
   

Бундан олти-етти ой олдин Хитойдан ўн киши Истанбулга келишди. Уларнинг ҳаммалари яқинда исломни қабул қилиб мусулмон бўлишган ва энди умра сафарини ният қилиб йўлга чиқишганди. Бири икки ой олдин бири эса икки ҳафта олдин исломни қабул қилган йигитлар эди. Дин ҳақида, умра ҳақида билимлари йўқ. Истанбулда ўзларига диний билими бўлган, араб тилини биладиган бир йўлбошчи топиш ниятида эдилар. Бир вақтлар Хитойдаги зуғумлардан қочиб келган бир ўйғур одамни топдилар. Бундан сўнгги воқеани ўша кишидан эшитамиз:
“Янги мусулмон бўлган бу хитой йигитлари билан йўлга чиқдик. Яхши бир дўст бўлиб ҳам олдик. Исломга таалуқли ҳар бир эшитган нарсаларини катта бир ҳаяжон билан бажаришар, ўрганишарди. Исломдан билимлари йўқ, ҳатто намозда Ñžқиладиган сураларни ҳам билишмас ва фақат “Алҳамдулиллаҳ, Аллоҳу акбар” дейишарди холос. Аввал Маккага бордик. Янги туғилган чақалоқ каби эдилар. Хурсандликларидан гоҳ кулишар, гоҳ йиғлашарди.
Исмларини ўзгартирдик, Муҳаммад (Чан Чинг), Ҳасан (Чун Фанг) каби ҳар бирини янги исм билан мурожаат қилардик. Аммо бу йигитларнинг ичларида битта Муҳаммад исмлиси жуда фарқли эди. Уни кузата бошладим. Ҳар намоздан кўзларида ёш билан турарди. Бир куни сўради:
- Динимизда ароқ ва шу каби нарсаларга қандай қаралади? Бу ҳақда бирон маълумот борми?
- Роббимиз ичкиликни ҳаром қилган. Унинг ичилиши ҳам, сотилиши ҳам, тарқатилиши ҳам ҳаром.
Истиқомат қилаётган меҳмонхонага келдик. Муҳаммад Хитойга укасига қунғироқ қилиб:
- Ароқ заводимизни ёп. Аллоҳнинг амри шундай экан. Би бу амрга бўйсунишимиз керак.

Укаси буни тезгина қила олмаслигини, ҳеч бўлсама бир икки кун фурсат беришлигини сўрарди. Чунки акасининг айтганидай қилса бир неча минг доллар зарар қилар ва шерикларини ҳам оғир аҳволга туширар эди. Аммо Муҳаммаднинг қарори қатъий эди:
- Аллоҳ амр этди буни. Биз бажаришимиз шарт. Ҳозироқ беркит заводни мен келганимдан сўнг шериклар билан муаммони ўзим ҳал қиламан.
Маккадаги зиёратимиз баёнига етди ва мадинага йўл олдик. Мадинада бомдод намози. Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васалламнинг: “Бу жаннат боғчасидир” деб атаган намозларини адо қилар эдик. Муҳаммад менинг ёнимда, бошқа йигитлар билан бир сафдамиз. Муҳаммад саждага борди ва узоқ вақÑ‚ саждадан бош кўтармади. Биз намозни тугатдик ҳам у саждадан бош кўтармасди. Саждада жон бердимикин, деган фикр ҳаёлимдан ўтди. Йўғе, ёшиган йигит дедим. Узоқ вақÑ‚ уни саждадан бош кўтаришини кутдик, аммо... уни чақирдим, жавоб бермади. Яна чақирдим, жимжитлик. Хавотир бўла бошладик. Қўлимни узатиб, елкасига текказдим ва енгилгина тортмоқчи эдим, у чап тарафига йиқилди. Дарров тез ёрдам чақириб, шифохонага олиб кетдик. Доктор уни вафот этганини айтди. Муҳаммадни шифохона моргида қолдирдик. Биз эса касалхона ташқарисида нима қиларимизни билмай, бир қайҳу ичида турардик. Бу орада касалхонага бир машина келиб тўхтади. Машинанинг маркасидан эгасининг обрўли киши эканлигини билса бўларди. Ҳамма касалхона ходимлари уни ҳурмат билан қарши олдилар. Кейин билсак, бу Мадинанинг олим амирларидан бири экан. Касалхона ходимларидан сўради:
- Бугун бу ерда бир Хитойлик вафот этдими?
- Ҳа, дедилар.
Биз ҳайратланиб:
- Биз ўша йигитнинг дўстларимиз. Сиз уни танийсизми?, деб сўраганимизда:
- Кеча тунда тушимда Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васалламни кўрдим ва улар менга буюрдиларки:
“Эртага бу ерда бир Хитойлик умматим вафот этади, унинг жанозаси билан шуғуллан (ҳозир бўл)”.
Тез фурсатда ҳамма нарса ўзгарди. Муҳаммадни моргдан олиб, гўзал бир шаклда жаноза Ñžқиб, дафн этдилар.

Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 22 Mart 2007, 07:32:55
Qadim zamonda podshohning vaziri donishmandlardan birini yoqtirmas ekan. Har gal donishmand uni so'zda mot qilavergani uchun izzat nafsiga tegib, uni obro'sizlantirishni ko'zlab yurarkan. Nihoyat, mulozimlar jam bo'lgan paytda vazir ham hozir bo'lib, donishmandga ko'zi tushibdi. Va unga qarab beodoblik bilan debdi:
- Ey, dono zot!Yangilikdan habaringiz bormi? Shohimiz bugundan e'tiboran sizni eshaklarga hokim qilib tayinladi.
Shunda donishmand bosiqlik bilan:
- Gaping rost bo'lsa qadamingni o'ylab bos, bugundan e'tiboran sen ham mening uqoroyim bo'lib qolibsan,- deya javob beribdi.

"Tazkiratul avliyo"dan.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 23 Mart 2007, 07:56:04
Ko'ngil tugunlari.

Ko'nglimdagi g'ashlik, chigal bir tugunni yechmoq uchun ushbuni yozmoqqa tutindim. Hodisa qahramonlarini birortasini ismini oshkor qila olmayman. Ammo gap o'z egalarini topadi, g'assol ota ham meni tushunar...

Hushsurat, ko'zlari doimo kulib turadigan g'assol ota to'yhonadan chiqib avval to'y egalari bilan, so'ngra mahalladosh, qo'ni qo'shnilar bilan so'rashib o'ta boshladi. Bu kishi bilan marhum qaynotamni janozalarida tanishgandim. Meni tanib iliq ko'rishdi, keyin yonimdagi "obro'li" amakiga qo'l uzatdi. "Obro'li" g'assol otadan qo'llarini olib qochib, yeng uchida ko'rishdi.
Otaning yuzlariga qaradim, qizarib ketdi, boshini egganicha davradan tez-tez yurib uzoqlashdi. O'rtaga nohush sukunat cho'kdi. Sukunatni buzib "obro'li" amaki so'zga tutindi:
- G'assol bo'lsa, hali osh yemagan odamlar bilan ham qo'l berib ko'rishishi nimasi?....E, o'zi shu odamni hech yoqtirmayman...
O'rtada g'iybat boshlandi. "Obro'li" amakiga hushomad qilib ba'zi odamlar g'assol amakini ayamay "savalay" ketishdi. Hullas, o'sha kuni g'iybat rosa avjiga chiqdi.
"Hoy, to'htanglar!Ko'pchilik hizmatini qiluvchi bu g'assol ota namozni kanda qilmaydigan, taqvodor va juda ozoda kishi", deb g'iybatni kesishim kerak edi. Jur'atsizlik qilib indamay turaverdim. Ko'nglimga g'ashlik, juda chigal bir tugun tushdi....
Yaqinda g'assol ota bilan yana bir janozada uchrashdik. ko'nglimdagi o'sha tugun sababidan mayyitni yuvishda ishtirok etishga jazm qildim. Ota o'z ishini boshlashdan oldin biz yordamchilarga yuzlanib dedi:
- Mayyitning avrat yerlariga qaramaysiz. Maboda kamchilik, qusur joylariga ko'zingiz tushsa, keyinchalik boshqalarga so'zlamaysiz, g'iybatini qilmaysiz!
G'assol ota mayyitni e'zozlab, erkalab, duolar qilib sidqidildan yuvin kafanladi. Juda chiroyli ovoz bilan qiroat bilan Allohning kalomidan o'qib duolar qildi.
Ketayotib meni chetga tortib dedi:
- Ko'rdingiz, ishni rezina qo'lqoplar bilan bajaraman. Ketar vaqtimda hech kimga yuzimni ko'rsatmaslikka harakat qilaman. Uyga borib albatta g'usl qilaman. Siz ham g'usl qilib olsangiz durust bo'ladi, uka.
G'assol otani yo'lakkacha kuztdim. Ota yuzini dastro'mol bilan berkitib, o'sha "obro'li" amakining honadonidan tashqariga chiqdi va ko'pchilikdan o'zini chetga olib uzoqlashdi....
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 23 Mart 2007, 08:02:45
Ko'nglimdagi so'nggi tugunlar....

...Hech bir honadon yo'qki, o'lim musibati kirib o'tmasa...SHunda eng avvalo g'assolning va go'rkovning eshigini qoqamiz.
Aslida mayyitni yuvib-tarab, kafanlash  avvalambor egalarning vazifasidir. Ammo bu ishni bekamu ko'st, sidqidildan ado eta olamizmi? Aksariyat g'assollar bu ishni tirikchilik yohud havas uchun bajarmaydilar. Alloh ko'ngliga solgan kishigina bu ishni uddalay oladi. Va bundan savob umidida bo'ladi. Ozodalikka keladigan bo'lsak ularni oldiga tushadigan yo'q.
Birodarlarim, iltimos, keling ularni tahgqirlamaylik. G'iybat qilmaylik. Ularni hurmatlab, e'zozlaylik. Har birimizni Oxirat safariga tayyorlaguvchi, kuzatguvchi ey, aziz insonlar! Alloh sizlardan rozi bo'lsin!

To'lqin Nurmuhammad.
Musulmonlar taqvim kitobi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: mutaallimah 24 Mart 2007, 04:18:14
Assalomu alaykum.
  Yalang'och podishoh.
Tarihda bir podishoh yashab o'tgan ekan. Har bir kishining ham o'ziga yarasha bir narsaga ishqibozligi bo'lgani kabi u ham hech bir inson kiymagan kiyimlarni kiyishga ishqiboz ekan. Mabodo bir joyda bir yangi kiyim chiqibdi degan gapni eshitsa shu kiyimni qanchalik qiyichilik bo'lishiga qaramasdan olib kiymaguncha ko'ngli joyiga tushmas ekan. Shuing uchun buni bir ikkita makkor tikuvchi chiqib podishohdan katta miqdorda mol undirib olish maqsadida o'zlarini bir libosni turini tikadigan mashhur tikuvchilar deb e'lon qilishibdi. Bunday habarlarga doimiy quloq tutib yashovchi podishoh bu habarni eshitishi bilan bu tikuvchilarni o'z huzuriga yonlabdi. Ularni olib kelib sizlar qanday libos tikishga qodirsizlar deb suol qilinganida: bu makkorlar "biz bir libos tikamizki uni kiyganda faqatgina o'zini vazifasiga loyiq bo'lgan va aqlli kishilargina ko'ra oladi" deyishibdi. Podishoh juda qattiq quvonibdiki birinchidan:o'zining ayni muddaosiki hech kimda yo'q bir libosni kiyadi. Ikkinchidan:saroyidagi qaysi inson vazfasiga loyiq-u kim noloyiq ekanini bilib olish va kim aqillig-u kim aqilsiz ekanini ajratib olish uchun ayni muddao. Shularni o'ylab darhol u tikuvchilarga bu libosni tezlik bilan tikishga buyruq beribdi. Makkor tikuvchilar:bu libosni tikish ancha murakkab shuning uchu bizga alohida dastgoh o'rnatilgan bir hona kerak va biz talab qilgan molni tezlik bilan yetkazib turishingiz kerak" deb shart qo'yishibi. Podishoh nima mablag' bo'lsa to'lashga tayyor ekanligini aytibdi. Mahsus dastgoh o'rnatilga bir honaga kirib makkor tikuvchilar o'zlarini bu libosni tikishni boshlagan deb e'lon qilishibdi. Shunda podshoh sabrsizlik bilan o'zining vazifasiga qo'yishlikda men xato qilmgan bo'lsam kerak deb o'ylagan birinchi vazirini bu libosdan habar olishga jo'natibdi. Vazir dastgoh o'rnatilgan honaga kirib qarasa iki makkor tikuvchi qo'lida igna va ip bilan mohirona harakat qilayotganini ko'radi-yu dastgoh ustida hech qanday bir matoni ko'rmaydi. Shu vaqtda vazir nahotki men vazifamga noloyiq bo'lsam deb o'ylabdi. Tikuvchilar vazirning kelganini bilib :keling vazir bu libosimiz qanday bo'layotgan ekan deb so'rashdi. Vazir:nihoyatda ajoyib kiyim tikilayotganini aytib maqtabdi. Tikuvchilar:bu libosni tikishni mana yengidan boshladik sizga bu yeng yoqdimi deyishibdi. Vazir:ha bu matoni ham eng zo'rini tanlabsiz yeng ham juda ajoyib bo'libdi podishohga juda yoqadigan bir kiyim tikilayotgan ekan deb maqtabdi. Nima desin? Axir dastgoh ustida mato yo'q-ku desa o'z vazifasiga noloyiq va aqlsiz inson bo'ladi. Keyin saroyga qaytganida uni intizorlik bilan kutayotgan podishoh qanday bo'layotgan ekan deb so'radi. Vazir:juda ajoyib ko'ylak bo'layotgan ekan yengidan boshlanibdi matolariyam juda go'zal tovlanib turibdi debdi. Podishoh ichida men vazirlikka munosib inson tanlagan ekanman deb quvonibdi. Shunday qilib podishoh saroyidagi insonlarni vazifasiga loyiq yoki noloyiq ekanini bilish uchun har kuni birma bir ko'ylakni ko'rib kelish uchun jo'natdi. Hamma kelgan insonlar makkor tikuvchilarni qo'lida igna va ip bilan mohirona qilayotganini ko'radi-yu dastgoh ustida hech vaqo yo'q. Makkorlar esa o'zlarinig hiylalari juda yaxshi ketayoyganidan hursand. Kelganlarning hammasini hayolidan mendan avval kelgan insonlar aqlli va o'z lavozimiga munosib ekan-u bitta men aqlsiz ekanmada deb o'ylaydi. Ularni intizor bo'lib kutgan podishohga borib ko'ylakning naqadar ajoyib ekanligi haqida gapirishadi. Podishoh esa kundan kunga besabrlanib tezroq ko'ylakni ko'rgisi va o'zinig ham lavozimiga munosibmi yoki yo'qligini bilgisi kelib dastgoh o'rnatilgan honaga bordi. Kirganida esa hamma kabi ikki tikuvchining mohirona harakat qilayotganini va dastgoh ustida hech qanday matoning yo'qligini ko'rdi. Vaholanki uning hayolida libosning tayyor bo'lish vaqti yaqinlashib qolgan edi. Ana shunda podishohni ko'rgan makkor tikuvchlar go'yoinki ko'ylakni ko'targan bo'lib man bitay deb qoldi qanday chiqayotgan ekan sizga yoqdimi deb so'rashdi. Podishoh:nihoyatda ajoyib yenglari undanam ajoyib yoqalari bundan ham ajoyib deya maqtay ketibdi. Makkor tikuvchilar maqsanga yetganini bilib kun sayin mablag'ni oshirib borishdi. Saroyda esa hamma hayolga botgan nahotki men aqlsiz va vazifamga noloyiq bo'lsam deb o'ylaydi. Chunki boshqalar libosni ko'rib kelishdi deb o'ylaydi-da. Bir kuni makorlar libosning tayyor bo'lganini e'lon qilishdi. Libos tayyor endi uni kiyishlik marosimini kutilyapti podishoh libosni dastgoh honadan kiyib chiqishi kerak. Xalq bundan habar topgan hamma maydonga yig'ilib kuta boshladi. Dastgoh honada makkor tikuvchilar  podishohni kiyimlarini yechib go'yoki unga yangi kiyimlarini kiyg'azayotgandek ko'rsatishadi va tinmay libosni maqtashadi. Go'yoki kiyintirib bo'lishganidan keyin buni etaklari uzun ikkita ushlaydigan odam kerak deyishadi. Ushlovchilar ham o'zining aqlsiz bo'lishini hohlamaydi. O'zlarini ko'ylakning etagini ushlagan qilib ko'rsatishadi. Podishoh ham yanki ko'ylak kiygan odamday qo'llarini kerib kerilib yurgancha dastgoh honadan chiqib keladi. Haloyiq qarab turibdi hammani hayolida men aqlsiz ekanman podishoh ko'ylagini kiyib yurib ketayapti-yu men ko'rmayapman halos degan gap. Shunda bir kishi o'z farzandini ergashganligi sababli olib kelgan edi. Bola qanchalar tirishsa ham ko'ziga libos ko'rinmagach otasidan uni ko'tarishligini iltimos qildi. Ko'targanidan keyin ham ko'rinmagach dada men podishohning libosini ko'rmayapman-u uni ustida libos yo'q-ku podishoh qip-yalang'och-ku dedi. Otasi ham to'g'ri aytasan podshoh qip-yalang'och dedi. Shunay qilib bir daqiqa ichida podshoh qip-yalang'och degan gap hamma yoqqa tarqaldi. Podishoh ham o'zining yalag'och ekanini bilar edi. Lavozimiga nomunosib bo'lib qoilishdan qo'rqib o'zini shunday ko'rsatgan edi. Bu habarni eshitishi bilan odamlardan hayo qilib saroyga qarab qochdi........

Yurtimizning ulug' olimlaridan birining darsliklaridan olindi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 13 Aprel 2007, 08:13:35
Bir yigit uzoq safardan qaytayotgan ekan. Baland tog’ yonbag’ridan o’tayotsa, bir kishi do’ppidekkina keladigan bir toshni yerdan zo’rg’a uzayotganmish. Yigit bir pas uni kuzatibdi. Boyagi odam haligi toshni qo’yib undan kattarog’ini qiynalmayroq ko’taribdi, so’ngra uni ham uloqtirib to’rt pud keladigan xarsang toshni dast ko’tarib boshi uzra baland tutibdi. Uni kuzatib turgan yigit bu hodisadan taajjubga tushibdi. Yurtiga qaytgach bir donishmanddan bu voqeaning sirini so’rabdi.
- O’g’lim, - debdi donishmand. – U ko’rganing tosh emas, gunoh yuki. Odamzod nopok ishga birinchi marotaba qo’l urganda garchi arzimagan, kichkina bo’lsa-da vijdoni qiynaladi, iztirob chekadi. Bora-bora odamiyligini butunlay yo’qotib har qanday og’ir gunoh yukini ham bemalol yelkasiga oladigan, qabih ishlardan qaytmaydigan bo’ladi.

“Yigit yig’lamasin dunyoda” yoki “Qasos” Nosir Zohid. 2004 (257 bet)
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Salohiddin 16 Aprel 2007, 17:48:34

"G'omida qabilasidan bitta ayol Rasululloh sallolohu alayhivasallam huzurlariga  kelib:
- Ey Ollohning rasuli, gunohga botdim ,meni poklang,dedi.
Rasululloh sallolohu alayhi vasallam rad qildilar .Ertasiga u ayol yana keldi va:
-Ey Ollohining rasuli! Huddi  Mo'izga qilganingizdek ,meni ham rad qilib,qaytarmoqchimisiz?Ollohga qasamki, Zino qildim ,men xomiladorman ,-dedi.
-Endi bor,to tuqqunigcha sabr qil, - dedilar Rasululloh sallolohu alayhi vasallam.
Ma'lum muddatdan so'ng ayolning ko'zi yoridi.Ayol darxol chaqoloqni bir bo'zga o'rab,Payg'ambar alayhissalom xuzurlariga shoshildi .Xabarni etkazgach ,Rasululloh sallolohu alayhi vasallam unga:
-Bor endi to sutdan chiqguncha uni emiz ,-dedilar
Bolasi sutdan chiqganidan so'ng ayol uni ko'tarib,Payg'ambar alayhissalom xuzurlariga keldi .Bolaning qo'lida bir parcha non bor edi .Ayol:
-Ey Ollohning rasuli! Bolani ko'krakdan ajratdim,mana non eyapti,dedi...
Bola ayolning qo'lidan olinib,musulmonlardan birining qo'liga topshirildi . Zoniya  ayol jazoga hukm etildi.Chuqur kavlab ,uni ko'kragigacha ko'mishdi.Keyn toshbo'ron amr bo'ldi .Tosh ota boshlashdi.Xolid ibn Valid otgan tosh ayolning boshiga tegib ,qon sachrab ketdi.Xolid yuziga sachragan qondan jirkanib ,ayolni so'kdi.Rasululloh sallolohu alayhi vasallam Xolidning so'kkanini eshitib :
-Ey Xolid ,o'zingni bos! Jonim qo'lida bo'lgan zotga qasamki,agar soliq yig'uvchi xam mana shu ayoldek tavba qilganida edi ,gunohlari kechirilar edi.
Keyin Rasululloh sallolohu alayhi vasallam marhumaning janozasini o'qib,dafn qilishni buyurdilar "
(Muslum rivoyati)

Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Salohiddin 17 Aprel 2007, 15:19:15

"Jannatning atrofi yominliklar bilan ,do'zaxning atrofi shaxvatlar bilan o'ralgandir"    (Muttafaqun alayx).
"Olloh ta'olo do'zaxni yaratib ,Jibril alayhissalomga dedi:"Bor ,jahannamga qara!"
Jibril alayhissalom jahannamga boqib:"Ulug'ligingga qasamki,jahannam haqida eshitgan bironta odam unga yo'lolmaydi",dedi.Keyin Olloh ta'olo jahannam atrofini shaxvatlar bilan o'radi va Jibrilga :"Bor ,jahannamga qara",dedi.Shunda Jibril alayhissalom jahannamga boqib:"Pravardigoro ulug'ligingga qasam,endi biror kishi qolmasdan jahannamga kirishidan qo'rqayapman",dedi .Olloh ta'olo jannatni yaratib ,Jibrilga dedi:"Bor jannatga bir qara !"Shunda Jibril jannatga boqib:"Ulug'ligingga qasamki,jannat xaqida eshitgan odam,unga kirishga shoshiladi",dedi.Keyin Olloh ta'olo jannat atrofini yomonliklar bilan o'rab ,Jibrilga dedi :"Bor, jannatga qara !"  Jibril alayhissalom jannatga boqib :"Ey qudratli Zot! Ulug'ligingga qasam,endi birorta odam unga kirolmaydi,deb qo'rqaman ",dedi (Abu Dovud,Termiziy ,Hakim rivoyati).
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Salohiddin 18 Aprel 2007, 15:32:35
Xikoya qilinadi :
"Oriflardan biri balchiq yo'lda extiyot bo'lib,to'nining etagini yig'ishtirib ketayotgan edi.Qo'qisdan oyog'i toyib yiqildi.Keyin o'rnidan turdi va to'g'ri balchiqning o'rtasidan yurib ketdi,so'ng yig'lab:Meninng bu holatim doimo gunohlardan saqlanib,kutilmaganda bir yo ikkita gunohni sodir etib ,keyin gunohlar dengiziga sho'ng'igan bandaning ahvoliga o'hshaydi",dedi.
Bu gunohning jazosi boshqa gunohga tortilish bilan xam xosil bo'lishiga ishoradir.Shuning uchun Fuzayl aytadi:"Zamonning evrilishidan,do'stlarning be-vafoligidan qilayotgan shikoyating gunohlaringning senga qoldirgan merosidir".
O'tganlardan biri aytgan ekan :"Uyimdagi sichqonlar gunohimga jazodir".
"Zamondan nolishingizning sababi amallaringizning buzulganidir"
(Bayhaqiy rivoyati).


Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 08 May 2007, 16:09:19
   Bir dono yigit ilm-fanda yagona bo’lib, tabiatan ko’p gapirishni yoqtirmagani uchun olimlar davrasida churq etib og’iz ochmas edi.
   Bir kun otasi unga dedi: “O’g’lim sen ham bilganlaringdan gapirsangchi!” O’g’il javbida dedi: “ bilmaganlarimdan savol qilishsa, uyalib qolaman deb qo’rqaman!”
Eshitmaganmisan, etik na’ligi
Bir so’fiy bir necha mix urar ekan
Bir sipohiy kelib engidan sudrab
“Otimni taqalab berasan!” degan
 
So’z demasang senda kimning ishi bor
Dedingmi, dalil ayt, isbotla takror.
 
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 08 May 2007, 16:11:10
Umur mol-mulk to’plash uchun emas, balki mol-mulk osuda hayot kechirish uchundir!
   Bir oqildan so’rdilarki: “Kim baxtiyoru kim baxtsiz? Oqil dedi: “Baxtiyor-eb-ichadi, ekadi, baxtsiz-yig’ib-yig’ib o’tib ketadi”.

Hech kimga hech ish qilmagan nokasni etma hech duo
Mol yig’sh birla ovora bo’ldiuy, ketdi emay. 

Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 15 May 2007, 15:26:07
.Biz hammamiz musilmonmiz. Hech birimiz buni unutmaylik. Musilmon dinida bir birini hurmat qilish, qadrlash talab etiladi. Islomda so’kinish, va shunday yomon ishlar qoralanadi. Shunday ekan biz bir-birimizni hurmat qilaylik.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 15 May 2007, 15:41:20
Imom G’azzoliydan: “Ilmda bunday yuksak darajaga qanday etishding? Deb so’radilar. U: “Bilmagan narsamni so’rab o’rganishdan uyalmadim”, dedi

Tabibga ko’rsatmay kasal tomirin
Tuzalmoq xayoli xomdir xushyor bo’l
Bilmaganing so’ra so’rash nomusi
Balki bilimdonlik va hurmatga yo’l.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 15 May 2007, 15:46:16
 Dushman nasihatini qabul etmoq xato bo’lsada, lekin nasixatiga quloq solmoq ravodir, chunki uning aytganining aksini qilsang, to’g’ri ish tutgan bo’lasan!

Dushmanning ko’rsatgan yo’liga yurma,
So’ng pushaymon bo’lib, tizzangga urma.
Senga o’qdek to’g’ri yo’l ko’rsatgan on,
Sen undan burilib yurgil chap tomon.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 15 May 2007, 15:47:32
Kimki o’zining bilimdon ekanligini ko’rsatmoq uchun boshqa odamning so’zini kessa, o’zining o’ta nodon ekanini namoish qilgan bo’ladi.

 Aqillik bo’lsa gar javob beradi,
Faqat undan savol so’ralgan zamon
Garchi haq bo’lsa ham sergapning so’zi
Gaplarin yolg’onga jo’yishar oson.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muslimа 29 May 2007, 12:36:18
                             Armstrongning iqrori.

   1969 yilning 20 iyulida astronavtlar Nil Armstrong, Edvin Aldrin va Maykl Kollinslarni o’zida jamlagan “Apollo-11” kosmik kemasi Oyga qo’ndi. Bashariyat tarixida Oyga ilk qadam qo’yish Nil Armstrongga nasib qildi. U bu voqelikni shunday izohlagandi: “Bu bir inson uchun kichik, ammo insoniyat uchun juda ulkan qadamdir”. Oyda bo’lib o’tgan o’tgan voqea-hodisalar ko’pchilikni yoqa ushlashga majbur qilgandi.
   Armstrong : xristianlikka e’tiqodi yuksak bir inson edi. Ular Oyga qo’nishgach, kutilmagan jismni ko’rib qolishadi. Bu g’ayri tabiiy narsa xususida axborot berish uchun darxol Yer bilan bog’lanishadi.
   Aldrin: Ochiq turgan kitobga o’xshash bir narsa bor ekan bu yerda, turg’unliklar dengizning ustida.
   Armstrong: Ikkita halqa singari, aniqrog’i, kitob shaklida.
   Kollins: Men ham aniq ko’ryapman, xuddi kitobga o’xshash.
   Yer: Nimalar deyapsiz, Oyda kitob nima qiladi?
   Ertasi kuni kitob shakli jism g’oyib bo’ladi. Biroq kosmik kema aloqa qurilmasidan g’alati ovoz chiqa boshlaydi. Xuddi o’t o’chiruvchilar mashinasining ovoziga o’xshaydigan sas.
   Kollins:Yer meni eshityapsizmi? Ovozni darhol o’chiring. Yo’qsa quloqlarimiz bitib qoladi.
   Yer: Bu ovoz bizdan emas. Boshqa joydan kelyapti. U yerda sizdan boshqa hech kim yo’qligiga aminmisiz?
    Armstrong: Endi bitta musiqa boshlandi. Yer, meni eshityapsizmi, iltimos, o’chiringlar shu ovozlarni.
   Yer: Bizda hech qanday texnik kamchilik yo’q. Musiqa sizlardan kelyapti.
Aldrin: Bir-birimizni tushunmayapmiz, shekilli. Bu musiqa bizdan borayotgani yo’q.
Ertasi kuni Armstrong Oyga qadam qo’ydi. Insoniyat tarixida ilk odam Oyda yurardi. Shu oayt to’satdan yana oldingidek saslar eshtila boshlaydi. Biroq bu gal keskin saslar ichida quyidagi so’zlar radoiqurilmaga ko’chadi: “Rabbi-al-Arduz-Dini Endahu-Iza-Kun-Alim”
Yer: Ey, kim gapryapti?
Bu paytda Armstrong Oyda yurardi. Musiqaga o’xshash kuy yana boshlaydi: “Eshedu Enla iloha Illallah”.
Yer: Yana noma’lum ovozlarmi? Qanaqa edi qo’shiqning so’zlari?
Kollins: “Eshen Mahatma Ressambala”mi, ishqilib shunga o’xshash. Menimcha bu hindcha.
Armstrong: Men hammasini tingladim. Qalbga huzur bag’ishlaydigan kuy ekan. Menimcha Afrika radiolaridan biri.
Aldrin: Bu ovoz Oydan kelyapti, radio habari emas. Ishonib bo’lmaydigan narsa.
Yer: Aqldan ozdingizmi? Havo yo’q joyda ovoz nima qiladi?
Kollins: Nima, sizningcha, o’zga sayyoraliklarmi?
Armstrong:  Kitob shaklidagi uchar likobchalar bo’ladimi?
Yer: Tushunmovchilik. Kitob, qo’shiq, ovoz… Barchasi hayoliy narsa.
Armstrong: Hayoliy narsani kamera suratga ola biladimi? Hayolot bir ovoz magnitofon kassetasiga yoziladimi?
Yer: Ho’p, havosiz joyda ovoz tarqalmaydi-ku!
 Keyin “Apollo-11” kosmik kemasi Yerga qaytdi. Magnitafonga yozilgan ovozlarni eshitishdi. NASA da ishlaydigan Misr fuqarosi Faruk El Baz ga tanishtirildi. U Oyda yangragan ovozlarni arabcha muqaddas bir jumla ekanligini ochiqladi. Ko’p o’tmay bu ovozlarni navbatdagi parvozdan so’ng, “Apollo-16” astronavti Vorden ham eshitdi. Armstrong bu sirni tagiga yetishga hammadan ko’proq qiziqa boshladi.
Ulkan parvozdan so’ng astronavtlar dunyo bo’ylab sayoxatga chiqishdi. Ularni har bir davlatda olqishlar bilan kutib olishardi. Nil Armstrong navbatdagi safarida Misr poytaxti Qohiraga yo’l oladi. U o’ziga ko’rsatilayotgan ehtiromdan boshi osmonda edi. Biroq … Bitta masjidning oldidan o’tayotganida u birdan seskanib ketadi. Darhol yonidagi odamlardan so’raydi:
-   Bu qanday musiqa?   
Misrliklar kulishdan o’zlarini zo’rg’a tiyib, javob berdilar:
-   Bu musiqa emas, azon ovozi. Cherkovda qo’ng’iroqlari ovozi yangrasa, jome’da azon ovozi aytiladi.
-   Men bu ovozni oldin ham eshitganman.
-   Albatta eshitgansiz, dunyoda bir milliardga yaqin musulmon bor. Qaysi o’lkaga bormang, albatta, azon ovozlarini eshitasiz.
-   Men yer yuzini aytmayapman. Bu ovozni oyda eshitgandim.
Armstrong ning yuzi dokadek oqarib ketgandi.
-   Yo Allohim, Seni bu yerda emas Oyda topdim.
Uzoq vaqt Armstrongdan sado chiqmadi. Yonidagilar hayron. Nihoyat u tilga kiradi:
-   Oyga “bismillo” siz oyoq bosdim. “Bismillo” ni endi aytayapman. Endi men ham MUSULMONLARDANMAN.

“Odamlar orasida” gazetasidan olindi.

Hamza Yoqubov.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Laylo 31 Iyul 2007, 02:57:44
SHOH VA SOHIBJAMOL
Kunlarning birida sayr qilib yurgan shohning ko‘zi husnda tengi yo‘q ayolga tushib qoladi. U o‘ziga hamrohlik qilayotgan a’yoniga yuragiga cho‘g‘ tashlagan bu sohibjamolning kim ekanligini aniqlashni buyuradi. Saroy xodimi ko‘p vaqt o‘tmasdan shohga ayol uning xizmatkorlaridan birining rafiqasi ekanligini ma’lum qiladi. Hukm­ron darhol bu xizmatkorini chaqirtirib, unga muhim bir maxfiy maktubni shoshilinch ravishda qo‘shni shahar hokimiga yetkazishni buyuradi.
Xizmatkor shohdan maktubni olib, safarga tayyorgarlik ko‘rish uchun uyiga yo‘l oladi. Ertasi kun xizmatkor tong otmasdanoq yo‘lga chiqadi. U kun tikkaga kelganda tamaddi qilib olish uchun bir daraxt ostiga o‘tirib, olib ketayotgan maktubi joyida ekanligiga ishonch hosil qilish uchun kiyimini paypaslaydi. Shunda u xotini safar uchun tayyorlagan kiyimi cho‘ntagiga nomani solishni unutganini sezadi. Xizmatkor noiloj orqasiga qaytadi.
Shoh esa bu paytda ishqi tushgan sohibjamol xonadonining eshigini taqillayotgan edi. Bu yerga u yolg‘iz o‘zi xufyona  kelgandi.
— Kim u? — eshik orqasidan so‘raydi ayol.
— Men yurt shohiman. Eshikni och! — buyuradi hukmdor.
— Bir notavon nomahramingizni afv etgaysiz. Ming afsuski, xojam safardalar, — iymanib so‘z qotadi sohibjamol. — Qaytib kelishlari bilan u kishiga quli­ngiz xonadoniga tashrif qilib, bizga oliy baxt ato qilish istagingizni, albatta, ma’lum qilaman.
— Eringni boshimga uramanmi, menga u emas, sen keraksan. Eshikni och, bo‘lmasa o‘zing ham, ering ham bu dunyo bilan xayrlashasanlar, — dag‘dag‘aga o‘tadi shoh.
Ayol shohning  niyatini tushunib, eshikni ochmaydi.
— Olampanoh, Sizning amringiz men uchun, hech shubhasiz, qonun, — o‘ta muloyimlik bilan javob qiladi sohibjamol. — Ijozatingiz bilan o‘zingiz mendan ham yaxshi biladigan bir narsani yodingizga solsam. Haqiqiy sher boshqa hayvonlarning qoldig‘iga qarashga ham hazar qiladi. U faqat o‘z o‘ljasini yeydi.
Shoh sohibjamolning bu gapidan mulzam bo‘lib, noiloj orqasiga qaytib ketadi. Xuddi shu vaqtda unutib qoldirgan maktubni olish uchun orqasiga qaytgan xizmatkor  uyining eshigi oldidan uzoqlashayotgan shohga ko‘zi tushadi. U nima uchun hukmdor to‘satdan o‘zini boshqa shaharga jo‘natganini anglab yetadi. Biroq u shoh ko‘ziga ko‘rinmaydi, xotiniga ham hech narsa demasdan maktubni oladi-yu, yana orqasiga qaytib ketadi.
Xizmatkor shoh buyrug‘ini bajarib qaytib keladi. Hukm­dor uning xizmatini shohona siylaydi: tilla hisobida  yuz ellik dirham pul beradi. Xizmatkor bu mo‘may aqchaning hammasiga xotini, uning ota-onasi, qarindosh-urug‘lariga sovg‘a-salom xarid qiladi. Keyin xotinini bu sovg‘a-salomlar bilan ota-onasinikiga jo‘natadi.
Xotin erining bu iltifotidan xursand bo‘ladi, biroq ota-onasinikiga kelganidan keyin  kun ketidan hafta, so‘ng oy o‘tsa ham xojasidan darak bo‘lmaydi. Nihoyat, uning akasi kuyovi bilan orani ochiq qilish uchun singlisining erini qoziga boshlab boradi.
— Biz bu odamga tiniq buloqli, nafis gulzorli bir bog‘ni ishonib topshirgan edik, — arzini bayon qilishga tushadi sohibjamolning akasi. — U esa chashma suvini ifloslantirib, gulzorni payhon qilib, shundan keyin harob qilgan bog‘imizni go‘yo hech narsa bo‘lmagandek qaytarib bermoqchi.
— To‘g‘ri, men olgan bog‘ning suvi tiniq, gullari g‘uncha edi, — da’voga javob qiladi xizmatkor. — Lekin bu bog‘ faqat yakka o‘zimga tegishli bo‘lishi kerak edi. Biroq mening bog‘imga mendan beruxsat, buning ustiga nomahram qadam bosganidan keyin u menga  harom bo‘ldi.
Baxtli tasodif sababli shu vaqtda shoh ham qozixonada boshqa xonada o‘tirgan ekan.
— Nomahram sening bog‘ingga qadam bosishi u yoqda tursin, hatto uning eshigi tirqishidan bulog‘u gulzoring­ga qiyo ham boqa olmadi, — debdi yashiringan joyidan ular oldiga chiqqan shoh.
U sohibjamol o‘zini qanday mot qilganini gapirib berib, sodiq xizmatkori va vafodor xotinni yana shohona hadyalari bilan siylaydi.
Nom: Re: Xalol va xarom kitobidan
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:19:53
HIDOYAT ALLOHDANIR.

   Payg’ambarimiz Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallamning amakilari Abu Tolib jon taslim qilar chog’ida, on hazrat yig’lab turib unga murojat etdilar:
-Ey amakijon, meni o’z farzandingizdan ham ortiq ko’rar edingiz. Sizga iltijo qilaman. Bu olamdan imonsiz o’tmang. Bir marotaba bo’lsa ham “La ilaha illalloh” deng, “Muhammadun Rasululloh”ni aytmasangiz ham mayli. U yog’ini men o’zim Allohdan so’rab olaman,-deb yalinsalar ham amakilari “La ilaha illalloh” kalimasini aytmadi. Sarvari olam qattiq xafa bo’lib, xonadan chiqib ketganlaridan so’ng, orqalaridan Aazrati Ali borib aytdilar:
-Amakingiz zalolatda vafot etdi.
   Rasululloh sollallohu alayhi va sallam to’lqinlanib ketib, achchiq ko’z yosh to’kdilar. Ana shu payt Alloh taoloquydagi oyati karima nozil bo’ldi: “(Ey Muhammad), Siz xahlagan kishingizni hidoyatga boshlay olmaysiz. Bu sizni qo’lingizda emas, faqat Alloh taolo bandasini hidoyatga soladi”.

Nom: Re: Xalol va xarom kitobidan
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:21:17
Qasam barakani ketkazadi.
   Sahobalardan biri Jubayir ibn Mutrim (r.a) bir kishidan qarz olib, uni vaqtida to’lagan ekanlar. Lekin, o’sha qarz bergan kishi bir kuni kelib, qarzni bermagansan, deya tonib, yana pulni talab qilibdi. Jubayir ibn Mutrim har qancha uqtirmasinlar, u kishi pulni olganligini tan olmabdi. Shunda sahoba unga so’ragan pulini berib yuboribdilar. Bundan hayratga tushgan sahobalar so’rashibdi.
-Ey Jubayir ibn Mutrim,  nega avval qarzni to’lagan bo’lsang, yana u kishiga pul berib yubording. Qarzni to’laganliging haqida qasam ichsang bo’lardi-ku?
   -Qasam ichgandan ko’ra, yana o’sha pulni berganim yaxshiroq. Chunki, qasam o’sha puldan ko’ra ko’proq barakani ketkazishi mumkin,-deya javob bergan ekanlar Jubayir ibn Mutrim.

Nom: Re: Xalol va xarom kitobidan
Yuborildi: Muhammad Amin 27 Sentyabr 2007, 19:22:12
Ko’zi ochildi.

   Ichkilikka berilgan bir kishiulfatlarini uyiga mehmonga chaqirib, dasturxon tuzib, uni turli ichimliklar bilan bezab turgan ekan. Shu payt uning etti-sakkiz yashar o’g’ilchasi oldiga kelib, dasturxon ustidagi shishalardan birini olib otasiga debdi:
   -Adajon, bu aroq-a, siz buni ichasiz-a, og’ayinilaringiz ham ichadi-a, keyin mast bo’lasizlar-a?
Ota indamabdi.
   -Katta bo’lsam men ham ichaman-a?-debdi bola.
   -Iya, nega ichasan,-deya jahli chiqibdi otaning.
   -Yo’q,-debdi bola biyron til bilan.-Hozir emas katta bo’lganimda, sizga o’xshab aroq ichib, siz buvamning saqollarini tortgani kabi men ham sizni urib yig’lataman. Axir men sizning o’g’lingizman-ku. Sizga o’xshasam  yyomonmi?!
   -To’xta bolam! Mening so’qir ko’zimni ochding, bundan buyon bu zahar-zuqqumni ichmaganim bo’lsin,-debdi-da, shishalarni birma-bir sindirib tashlabdi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Noyabr 2007, 17:43:59
Eng yaxshi muallima

        Bu voqea ancha yillar avval bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining boshidan o‘tgan voqeadir. Muallima ayolning ismi Tompson xonim edi. Muallima xonim 4-sinfga ilk bor darsga kirganida ularga yolg‘on gapirdi. U ham boshqa o‘qituvchilar kabi bolalarning ko‘ziga tik boqqancha ularning hammasini sevishini aytdi. Bunday bo‘lishi mumkin emasdi, sababi ilk qatorda go‘yo partasiga cho‘kib ketayotganday bo‘lib bir o‘quvchi o‘tirardi, ismi Teddi edi. O‘tgan yili Tompson xonim o‘quvchisi Teddini obdon kuzatib shunga amin bo‘ldiki, Teddi boshqalarga o‘xshamaydi. U hech kimga qo‘shilmas, kiyimlari ham doim g‘ijim va isqirt, o‘zi ham hammomga tushishi kerak bo‘lgan holda kir yurardi. Demak Teddi baxtsiz hamda tolesiz edi. Muallima xonim ishga kirgan paytdayoq unga yana bir topshiriq yuklatildi, bu har bir o‘quvchining shaxsiy varaqasini, oilaviy hayotini o‘rganish edi. Teddining hujjatlarini esa eng oxiri ko‘rish uchun alohida joyga qo‘ydi. Uni shaxsiy hayotiga oid hujjatlarni titkilar ekan, Tompson xonim hayratga tushdi. Chunki birinchi sinf o‘qituvchisi shunday yozgandi: «Teddi aqlli bola va shu bilan birga doimo kulimsirab yuradi. Uy vazifalarini tartibli ravishda bajarib, yaxshi xulqi ila tengdoshlari orasida o‘rnak bo‘la oladi. Sinfdoshlari ham u bilan birga bo‘lishdan hursandlar...» Ikkinchi sinf o‘qituvchisi: «Teddi eng yaxshi o‘quvchi, sinfdosh o‘rtoqlari tomonidan seviluvchi bola. Ammo oilasida onasining dardi bedavoga yo‘liqqanligi unga azob bermokda. Shuning uchun oilasidagi hayot juda og‘ir bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman...» deya yozgan edi. Uchinchi sinf o‘qituvchisi: «Onasining o‘limi Teddi uchun juda og‘ir bo‘ldi. Otasi esa unga keragicha munosabat bildirmaydi sababi uning boshqa joyda sevgani bor. Agar biror chorasi ko‘rilmasa, oiladagi bu xunuk holat bolaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin» deb yozgandi. To‘rtinchi sinf muallimi esa: «Teddi odamovi o‘quvchi, maktabda darslariga, tashqarida esa o‘rtoqlariga qiziqishi yo‘q. Sinfdoshlari orasida u bilan do‘st tutingani yo‘q va ko‘pincha Tedsi sinf xonasida uxlab qoladi», deb yozgan edi. Tompson xonim hujjatlarni varaqlar ekan, hammasini tushunib yetdi va o‘zidan uyalib ketdi. Ayniqsa, shu kunlarda o‘quvchilari tomonidan yaltiroq qog‘ozlarga o‘ralgan bayram sovg‘alarini ko‘rgach, battar uyaldi. O‘zini o‘ng‘aysiz his etdi, sababi, Teddi keltirgan sovg‘a oddiy gazeta varag‘iga o‘ralib, g‘ijimlangan varaqqa qing‘ir-g‘iyshiq qilib tabrik so‘zlari yozilgandi. Muallima bu sovg‘ani boshqa o‘quvchilarning yonida ochishni o‘ziga ep ko‘rmadi. Lekin nachora, ochishi va sovg‘ani qabul qilishi kerak edi. Sekin-asta ochdi. Ba’zi o‘quvchilar sovg‘a deya keltirilgan bu ko‘zlari to‘kilgan bilaguzuk va yarimlab qolgan nafis hidli atirni ko‘rgach, kula boshladilar. Faqat Tompson xonim bilakuzukni haqiqiy zargar tomonidan ishlanganligini va bilagiga bir tomchi tomizilgan atirning esa juda nafis iforli ekanini aytib, o‘quvchilarning kulgisini to‘xtatdi. O‘sha kuni darsdan so‘ng Teddi muallima xonimning yoniga kelib «Ustoz, bugun dars tugaguncha sizdan onamning isi kelib turdi», dedi. O‘quvchilari uylariga ketgach, muallima xonim bir soatcha xonada yig‘lab o‘tirdi. Shu kundan so‘ng u bolalarga boshqa darslar bilan bir qatorda hayot darsini ham tushuntirib, tarbiyalay boshladi. Teddiga esa o‘ziga xos muomala qila boshladi. Unga ustozlik mehrini berishga harakat qildi. Bu ishlar esa sekin-asta Teddining aqli yana jonlana boshlaganini ko‘rsatdi. Unga g‘ayrat-shijoat va biroz jasorat bergach, bolada jiddiy o‘sish kuzatildi. Yil oxiriga kelib esa Teddi maktabning eng a’lochi o‘quvchilaridan biriga aylandi. Muallima ...
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Salmoni Forsiy 08 Noyabr 2007, 03:36:05
Assalom alaykum .
Raxmat, Alloh rozi bo'lsin.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:04:06
Uchinchi haqiqat

     Qаdim zаmоndа bir dоnо pоdshоx o'tgаn ekаn. Kunlаrdаn bir kun u ko'zgugа qаrаb sоch vа sоqоlining оqigа tеrmulib, o'lim shаrpаsi yaqinligini sеzibdi. U o'z o'rnigа munоsib оdаm izlаb, vаzirlаri vа o'gillаrini chоrlаbdi.
- Ey, fаrzаndlаrim vа vаzirlаrim, mеn o'z o'rnimgа pоdshоx tаnlаshim vа ko'zim оchiqligidа bu tоju tаxt ishоnchli qo'ldаligini sеzishim kеrаk. Shuning uchun sizlаrgа uch sаvоlim bоr, ulаrni kim to'liq yеchа оlsа, tаxt vоrisi bo'lgаy:
- Dunyodа eng оliy xаqiqаt nimа?
- Dunyodа eng оliy yolg'оn nimа?
- Dunyodа eng оliy mаqsаd nimа?
Sizlаrgа o'n kun muxlаt, endi tаrqаling. Birinchi bo'lib shu sаvоllаrgа jаvоb tоpib kеlgаn kishigа eng оliy mаjburiyat – pоdshоxlik tоjim kiydirilаdi.
Xаmmа bоshini xаm qilibdi, uzоq o'ylаshibdi. Pоdshоxning kаttа o'g'li Jаxоngir ko'p fаrоsаtli, aqlli yigit ekаn. Pоdshоxning umidi xаm shu o'glidаn ekаn. Yigit оldingi ikki sаvоlgа jаvоb tоpibdi-yu uchinchisigа аqli оjizlik qilib, оnаsining xuzurigа bоrib mаslаxаt so'rаbdi, оnа xаm o'ylаb turib "o'g'lim, jаvоbni qаbristоndаn yoki sаxrоdаn izlа" dеbdi. Jаxоngir sаxrоgа chiqibdi vа uzоq yurib, bir pоdаchining qo'rаsi yonidаn chiqib Qоlibdi. Bоrib sаlоm bеribdi. Pоdаchilаrning оksоqоli nurоniy, оqil kishi ekаn. Mеxmоnni judа chirоyli, kutib оlib: "Bu sаxrоdа yolg'iz nе izlаb yuribsiz", dеbdi.
Yigit bo'lgаn ishlаrni so'zlаb bеribdi vа o'zini tаnitib, uchinchi sаvоlgа jаvоb tоpishdа yordаm bеrishini surаbdi.
Dоnо bоbо bir tаbаssum аylаbdi: "Mаyli o'g'lim, yordаm bеrgаnim bo'lsin. Аyting-chi, birinchi vа ikkinchi nе jаvоb tоpdingiz?"
- Ex, оtаxоn, -dеbdi yigit, -birinchi sаvоl jаvоbi -dunyodаgi оliy xаqiqаt bu o'limdur, tug'ilgаn kishi o'lmоg'i bеgumоndir. Qаchоn vа qаy xоldа ekаnligi bu fаqаt Оllоhgа аyon.
Ikkinchi sаvоl, eng оliy yolg'оn bu dunyo -bеvаfо dunyodur. Xаmmа bu dunyo mоligа аldаnib umr o'tkаzur. U xuddi kаttа sаxnаdir. Xаmmа go'yo sahna o’yinchisi kаbi bir-bir chiqish qilаr vа аstа-аstа o'zi to'plаgаn bоyliklаrini tаshlаb, оrttirgаn gunоxlаrini оlib bu dunyodаn kеtаrlаr. - Bаlli, -dеbdi cho'pоnlаr оtаxоni, -endi o'g'lim, аnа shu qаrshimizdа turgаn o'tоvdа mеning bеgunоx kеlinim ikki nоrаsidа go'dаgi bilаn yotibdi. Аgаr sizgа pоdshоxlik аziz bo'lsа, shu kеlinim vа nоrаsidа go'dаklаrni o'ldirаsiz, shundа mеn uchinchi sаvоlgа jаvоb bеrаmаn, аgаr shuni qilmаsаngiz jаvоb yo'k, pоdshоx bo'lа оlmаysiz.
- Ey, оtаxоn, -dеbdi Jаxоngir jаxli chiqib, -аxir bеgunоx kishilаrni o'ldirgаn kishining оxirаti kuyib kеtmаydimi, shu аrzimаs аmаlni dеb оxirаtimni kuydirаymi, bеgunоx оdаm o'ldirgаn kishi xаttо jаnnаt xidini xаm xidlаmаydi-ku. Mеngа uchinchi sаvоlning jаvоbi xаm, pоdshоlik xаm kеrаk emаs. - Bаlli, -dеbdi оtаxоn, -siz pоdshоxlikkа lоyiqsiz, jаvоbni o'zingiz tоpdingiz. Xа, o'g'lim, eng оliy mаqsаd bu Оllоhning jаnnаtidir. Xаr bir mo'min vа mo'minаning оrzusi shudir. Jаnnаtgа intilib yashаsh eng buyuk kurаsh, gunоx vа sаvоblаr kurаshidir. Kimning iymоni bаquvvаt, sаvоbi mo'l, niyati xоlis bo'lsа, shubxаsiz, jаnnаt egаsidir. Оllоh jаnnаtni o'zi sеvgаn kishilаri uchun yarаtgаn. Yigit xursаnd bo'lib оtа xuzurigа qаytibdi vа ilm mаjlisidа xоzir bo'lgаn оlimlаrgа sаvоllаr jаvоbini аytib, xаmmаni xushnud etibdi. Elu-xаlq uni Jаxоngirshоx dеb bir оvоzdаn mа’qullаbdi. Оtа xаm xursаnd. Tоju-tаxt ishоnchli qo'lgа o'tgаnidаn xоtirjаm оxirаt ibоdаtigа bеl bоglаb, Mаkkа sаri оtlаnibdi.
Jаxоngirshоx ushа pоdаchilаr оqsоkоlini o'zigа pir dеb xisоblаbdi. Undаn kup mаslаxаt vа nаsixаt оlibdi, elu-yurtni оbоd qilib, uzоq vаqt xаlq duоsini оlib yashаb o'tibdi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 09 Noyabr 2007, 18:06:01
Ilon va Inson

    Qаdim zаmоndа ikki аkа-ukа yashаrdi. Аkаsi bоy vа xаsis bo’lib, ukаsi esа judа sаxiy vа оdil ekаn. Ukаning bir pаrchа yеri vа bir sigiri bo’lib, xоtini vа fаrzаndi bilаn tinch-tоtuv yashаrkаn. Аkа esа bоyligini qizg’аngаni bоis xаttо uylаnmаgаndi.
Bir kuni ukаning xоtini sigirini sоg’ib tursа, sаl nаridа turgаn go’dаgi birdаnigа yig’lаb yubоribdi. Оnа shоshgаnchа bоlаsigа оshiqibdi. Bоlаni ko’tаrib, sut sоg’ilgаn chеlаkni оlgаni sigirning yonigа kеlibdi. Nе ko’z bilаn ko’rsinki, chеlаkdаgi sutni bir kаttа ilоn ichаyotgаn emish.
Yaqin аtrоfdа ishlаyotgаn er ilоnni ko’rib, аyolgа «Yakinlаshmа!» dеgаn ishоrаni kilibdi. Birоzdаn so’ng ilоn sutni ichib, o’z yo’ligа rаvоnа bo’libdi. Chеlаkni оlgаni bоrgаn аyol uning tаgidа yotgаn оltinni ko’ribdi. Shu kundаn bоshlаb er-xоtin sigirni sоg’ib, chеlаkni shu jоydа qоldirаdigаn bo’lishibdi. Ilоn xаm xаr kuni chiqib, sutni ichib, o’rnigа оltin tаngа tаshlаb kеtаrkаn. Mаxluqоtgа qilingаn sаxiylik o’z nаtijаsini bеrib, dеxqоn аstа-sеkin bоyib kеtа bоshlаbdi. Buni ko’rgаn аkа ichidаn zil kеtibdi. Xаsаdgo’ylik, xаsislik, оchko’zlik bаlоsi uning uyqusini qоchiribdi. Qаndаy bo’lmаsin, bu sirning tаgigа yеtishgа аxd qilibdi. Ukаsigа o’zini do’st ko’rsаtib, uni аldаb аyyorlik bilаn bоyish sаbаbini so’rаbdi. Sоddа ukа xаm аkаsigа bo’lаyotgаn vоqеаlаrni аytib bеribdi. Kunlаrning biridа dеxqоnning xоtini sigirni sоg’ib, chеlаk to’lа sutni ilоn yo’ligа qo’yibdi. Buni pоylаb turgаn аkа tеz chiqib, kеlinini bir yumush bilаn uzоqrоqqа jo’nаtibdi. O’zi esа o’tkir bоltа оlib ilоnni pоylаy bоshlаbdi. Xеch kаnchа o’tmаy mаysаlаr оrаsidа ilоn ko’rinibdi. Jоnivоr xаr kungidаy xоtirjаm sutni ichа bоshlаbdi. Bоy аkа pаytdаn fоydаlаnib, ilоnning dumigа bоltа urmоqchi bo’lgаndа ilоn chаp bеrib, bоyning o’zini chаkib o’ldiribdi vа bir Qаrich dumini qоldirgаnchа, o’z uyigа rаvоnа bo’libdi.
Dеxqоn uyigа kаytgаch, o’lib yotgаn аkаsi vа bir kаrich dumni ko’rib, bo’lib o’tgаn vоqеаni tushunibdi. Yig’lаb-yig’lаb аkаsini ko’mib kеlibdi. Оrаdаn bir оy o’tibdi. Dеxqоn bilаn xоtini yanа chеlаkkа sut to’ldirib ilоnning yo’ligа qo’yib qo’yishni dаvоm ettirishibdi. Аmmо ilоndаn dаrаk bo’lmаbdi. Nоilоj kоlgаn dеxqоn ilоn yashаydigаn g’оrgа bоrib:
— Ey, ilоn! Sеn bilаn do’st edikku, sеning оltining xаm kеrаk emаs, sеngа sut to’lа chеlаk vа biz intizоrmiz, - dеbdi. Ichkаridаn ilоnning оvоzi eshitilibdi:
— E, Insоn! Sеn оqko’ngil vа sаxiysаn. Sеn bеrgаn sutinggа, mеn esа bеrgаn оltinimgа rоzi bo’lаylik. Sеndа аkаng firоqi, mеndа esа dumim аlаmi bоr. Sеngа dushmаnligim yo’q. Аkаngning оchko’zligi bоshigа yеtdi vа bizning do’stligimizgа nuqtа qo’ydi. Endi biz do’st bo’lоlmаymiz, —dеbdi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 04:21:00
Marvarid shodasi     
Hofiz ibn Rajab ushbu hikoyani qozi Abu Bakr Muhammad ibn Abdulboqiydan naql qiladilar:
“Men Makka shahrida faqirona hayot kechirar edim. Bir kuni ko’chada hamyon topib oldim. Uyga kelib ochib qarsasam, ichidan bir shoda marvarid chiqid. Bunaqasini umrimda ko’rgan emasman.
Qaytib ko’chaga chiqdim. Bir odam: “Men hamyonimni yo’qotib qo’ydim, kim topib olib qaytarib bersa, besh yuz dinor beraman”, deb yurgan ekan. Shunda men, qornim och, hojatmandman, hamyonini berib, evaziga pulni olaman-u undan foydalanaman, deb o’yladim.
O’sha odamni chaqirdim. U uyimga kirgach, hamyonning va undagi marvaridning belgilarini so’radim, aniq aytib berdi, so’ng unga hamyonini topshirdim. U besh yuz dinor pulni uzatdi. Ammo men olmadim, olishni ep ko’rmadim.
Oradan ancha vaqt o’tib, dengiz safariga chiqdim. Nogahon kemamiz halokatga uchrab, hamma suvga g’arq bo’ldi. Alloh taoloning irodasi ila yolg’iz mengina bir parcha taxtaga yopishib, jon saqlab qoldim. Keyin bir orolga chiqib oldim va o’sha yerdagi masjidda panoh topdim. Mening chiroyli Qur’on o’qishimni eshitib, odamlar oldimga kela boshlashdi. “Yozuvni ham bilasanmi?” deb so’rashdi. “Ha”, dedim. Ular bola-chaqalari bilan kelib, o’qish va yozishni o’rgana boshlashdi. Moddiy yordamlari tufayli men ham o’zimni tiklab oldim. Kunlardan bir kun ular meni uylantirib qo’ymoqchi bo’lishdi. Bir yetim qizlari bor ekan, avvaliga rozi bo’lmadim, lekin ular qistayvergach, rozilik bildirdim.
To’y kuni… qizning bo’ynidagi marvaridga ko’zim tushib, hayratda qotib qoldim. u o’sha men topib olgan marvarid edi. Odamlar mening holimga hayron edi. Ularga boshimdan o’tgan o’sha voqeani aytib berdim. “Allohu akbar!” deb takbir aytib yuborishdi odamlar. So’ng bu qizning otasi o’sha hamyonini yo’qotgan kishi ekanini, u umrining oxirigacha: “Dunyoda hamyonini qaytarib bergan yigitga o’xshagan sofdil kishini boshqa ko’rmadim, ey Alloh, meni yana o’sha yigitga ro’baro’ qil, qizimni unga nikohlab beray”, deb duo qilganini aytib berishdi…”

“Al-robita” jurnalidan mehnat faxriysi G’anijon Otaboyev tarjimasi. Musulmonlar taqvim kitobi 2002 (1422) I chorak 
 
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 04:21:33
Murshidning tadbiri     
Bir guruh kofirlar shogirdlari bilan suhbatlashib o’tirgan murshidning huzuriga kelib, murojaat qilishibdi:
-    Siz yolg’iz Alloh bor, deysiz. Qani o’sha Ilohingiz? Bizga ko’rsating-chi!?
-    Alloh qalbimizda, - debdi murshid.
-    Demak, har bir musulmonning qalbida bittadan Iloh bor ekan-da! Iye, bu yog’I qiziq bo’ldi-ku! – masxara qilishibdi ular. – Qani bu gaplarning mantig’i?!
-    Tunda kelinglar, buni sizlarga tushuntirib beraman, - debdi murshid.
Musulmonlarni mag’lub etib, g’alaba nashidasini surish orzusida tayinlangan vaqtda kelgan kofirlar suv to’latilgan chelaklarni, ko’rib, hayron bo’lishibdi. “Osmondagi oyni ko’ryapsizlarmi?” debdi murshid. Ular tasdiq ishorasini qilgach, “Endi chelakka qaranglar”, debdi. Idishlardagi oyning tasvirini ko’rgan kofirlar gap nimadaligini anglab, mulzal bo’lishibdi. 
 
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 04:21:58
Jasur o’g’lon     
Hazrati Umar ibn Xattob (r.a.) yo’l bo’yida o’ynayotgan bolalar yonidan o’tib ketayotgan edilar. Bolalar mo’minlar amirining salobatidan qo’rquvga tushishdi. Shu bois yo’lidan chetlashishdi. Lekin bir bolakay o’z joyida sobit turaverdi. Undan boshqa hech kim qolmadi. Mo’minlar amiri uning oldiga keldilar-da, tabassum qilib:
-Nima uchun sen qochmading?-deb so’radilar.
Bola Hazrati Umarga (r.a.):
-Yo’l tor emas, sizga bo’shatay desam, gunohkor ham emasman, sizdan qo’rqay desam,- deya mag’rur javob qildi.
Bolaning shijoatidan Hazrati Umar (r.a.) xursand bo’ldilar. Kelajakda ulug’ inson bo’lishiga umid bo’gladilar.
Yillar o’tib bu umid haqiqatga aylandi. Bola ulg’ayib, zamonaning ulug’laridan biri-Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) nomi bilan tanilgan sarkarda bo’lib yetishdi. 
 
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 04:22:24
O'lim shiddati     
Vahb ibn Munabbih hikoya qiladi:
"O'tgan podshohlardan biri qaergadir sayohatga otlandi. Yurish oldidan u o'ziga hammani hayratga soladigan kiyim keltirishlarni buyurdi. Olib kelingan kiyim podshohning didiga o'tirmadi. Darhol bundan ham yaxshirog'ini keltirishlarini buyurdi. To hayratdan yoq ushlaydigan darajadagi ajabtovur kiyim keltirgunlaricha bu hol davom etdi. Podshoh ulovni ham shu talab bilan tanladi. Har safar ko'rsatilayotgan otlarni qaytarib, yanada chiroyliroq yanada xushbichimroq ot keltirishlarini buyuradi. Nihoyat, podshoh antiqa kiyimlar kiyib, eng chiroyli ot ustiga mindi. O'sha paytda Iblis uning burniga dam urdi, podshohning ichi kibrga to'ldi. Endi uninh ko'zi ko'r bo'lib, na atrofdagi otliqlarni, na yo'ldagi odamlarni ko'rardi. Shu payt uvada kiyimda, holi xarob bir kishi yo'l o'rtasiga chiqib, podshohga salom berdi. Podshoh uning salomiga alik olmadi. U otning jilovidan ushlab, yo'lga ko'ndalang turib oldi. Shunda podshoh:
-Jilovni qo'yvor! Qattiq jazoga munosib ish qilyapsan,-dedi unga g'azabnok.
-Senda hojatim bor, -dedi u podshohga.
-Sabr qil otdan tushay.
-Yo 'q, xoziroq, shu hojatimni ravo qilasan.
Podshoh ulovning jilovini unga topshirishga majbur bo'ldi va:
-Ayt hojatingni, -dedi.
-Bu sir!
Podshoh boshini egib unga qulog'ini tutdi. U sirni ochdi:
-Men o'lim farishtasiman!
Podshohning rangi o'zgarib, tili kalimaga kelmay qoldi. Keyin o'ziga kelib:
-Fursat ber, ahlimni oldiga qaytib, omonatlarimni ado qilay,-dedi o'lim farishtasiga.
-Yo'q, Allohga qasamki, endi sen ahlingni ham, qoldirgan mol-dunyoyingni ham hech qachon ko'rolmaysan, -dedi o'lim farishtasi va uning jonini oldi.
Podshoh qurigan yog 'och kabi yerga quladi.
Keyin o'lim farishtasi shu ahvolda mo 'min bandasiga yo'liqdi, unga salom berdi. Mo'min banda uning salomiga alik oldi.
-Senda hojatim bor,-dedi o'lim farishtasi unga.
-Aytaqol, qulog'im senda.
-Yaqinroq kel, dedi o 'lim farishtasi va unga sirni ochdi:
-Men o 'lim farishtasiman!
-Xush kelibsan, marhabo, ey intizor kutilgan zot! Yer yuzida g'oyib narsalar ichida men uchun eng suyuklisi sensan!
-Nimani hohlaysan? Hojatlaring bo 'lsa, bemalol ado qilishing mumkin.
-Yo'q! Alloh taoloning diydoridan ulug 'roq va suyukliroq hojat bormi! - dedi mo'min banda.
-Ayt joningni qanday shaklda olishimni istaysan?
-Sen men istaganday jonimni olishga qodirmisan?
-Ha, men shunga buyurilganman.
-U holda ozgina muhlat ber, tahorat olay ibodat qilay. Boshim sajdaga qo'yilgan payti jonimni ol. Darhaqiqat shunday bo 'ldi: mo 'min banda boshini sajdaga qo'ygani zahoti o'lim farishtasi uning jonini oldi". 
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 04:22:51
Salaflar shuhratni yomon ko'rishgan     

Muhammad ibn Munkadir hikoya qiladi: "Rasulullohning (s.a.v.) masjidlarida mening ustunim bor edi. Kechalari uning oldida namoz o‘qirdim, keyin suyanib o‘tirardim. Bir yili Madina ahli yomg‘irsiz qoldi. Shunda ular Allohdan yomg‘ir so‘rab (dalaga) chiqishdi. Lekin yomg‘ir yog‘madi. O‘sha kechasi men Masjidi Nabaviyda (s.a.v.) oxirgi - xufton namozini o‘qib bo‘lib, ustunimga suyanib o‘tirgan edim. Bir payt egniga ko‘ylak kiygan, yana boshqa bir ko‘ylakni bo‘yniga tashlab olgan qop-qora odam kirib keldi. Mening ustunimning old tomoniga o‘tib ikki rakaat namoz o‘qidi-da, o‘tirdi. So‘ng dedi:
"Ey Rabbim, payg‘ambaring haramidagilar yomg‘ir so‘rashdi, lekin yomg‘ir bermading. Men Sendan o‘tinaman, ularni sug‘or".
Jinni bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. Ammo u duodan qo‘lini qo‘ymasdan turib, osmonda momaqaldiroq ovozi eshitildi. Yomg‘ir kelayotgan edi. Uyga qaytmoqchi bo‘ldim.
Yomg‘ir ovozi eshitilgach, o‘sha odam Allohga hamdlar aytdi. Shunday aytdiki, umrimda unaqasini eshitmaganman. Keyin:
"Men kimmanki duoyimni ijobat qilding. Lekin men Senga hamd aytish bilan, qudrating bilan panoh so‘radim", dedi. So‘ngra namoz o‘qiy boshladi. Qiyomda uzoq turdi. Subh yaqinlashganini sezgach, sajda qildi va vitr o‘qidi. So‘ngra bomdodning ikki rakat sunnatini ado qildi. Keyin farziga jamoatga qo‘shildi. Men ham qo‘shildim.
Imom salom bergach, o‘rnidan turdi. Orqasidan men ham turdim. Masjidning eshigiga yetgach, kiyimini yopinib tashqariga chiqdi va yomg‘irga "sho‘ng‘idi".
Ortidan kiyimimni ko‘tarib chiqdim, tezda suv bo‘lib ketdim va uning qayoqqa ketganini bilmay qoldim.
Ikkinchi kechasi yana Rasulullohning (s.a.v.) masjidlarida xuftonni o‘qib bo‘lib, ustunga suyanib o‘tirgan edim, haligi kishi keldi. Namoz o‘qiy boshladi. Qiyomda uzoq turdi. Tong yaqinlashgach, sajda qildi. Keyin vitr o‘qidi. So‘ng bomdodning sunnatini ado qildi. Farzga iqomat aytilgach, jamoatga qo‘shildi, men ham qo‘shildim.
Imom salom bergach, masjiddan chiqdi. Orqasidan ergashdim. Ketaverdi, boraverdim. Oxiri qaysi hovliga kirganini aniqlab, so‘ng masjidga qaytdim. Quyosh sal ko‘tarilgach, namoz o‘qib, tashqari chiqdim va o‘sha hovliga bordim. U etikdo‘z ekan. Meni ko‘rib, tanidi va:
"Abu Abdulloh, xush kelibsiz. Xizmat bormi? Mahsi tikib beraymi?" deb so‘radi. "O‘tgan kecha yonimda o‘tirgan sen emasmiding?" dedim men. Uning yuzi o‘zgardi. G‘azabi keldi. "Bu bilan sizning nima ishingiz bor?" dedi. Darhol uning oldidan chiqdim.
Uchinchi kechada yana namozni o‘qib ustunga suyangancha uni kutdim. Lekin kelmadi. "Inna lillahi, nima qilib qo‘ydim?!" dedim. Quyosh chiqquncha masjidda o‘tirdim. Keyin chiqib o‘sha hovliga bordim. U turgan uyning eshigi ochiq, ichida hech narsa yo‘q edi. Hovlidagilar mendan: "Kecha oralaringdan nima gap o‘tdi?" deb so‘rashdi. "Unga nima bo‘ldi?" dedim. "Siz ketganiigizdan keyin kiyimini yoyib, teri, andoza-qoliplarini soldi-da, chiqib ketdi. Qayoqqa ketdi, bilmadik?" deyishdi.
Bilganim Madina hovlilarining hammasiga kirib chiqdim, lekin uni topmadim. Alloh rahmat qilsin".

“Salaflar xulqi” kitobidan
 
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 04:23:13
Tushning ta'biri     
Rasul bo‘lmagan nabiylarning ba’zilari vahiyni tushlarida ko‘rar edilar, ba’zilari ovozini eshitar edilar, biroq hech narsani ko‘rmas edilar. Tushida ko‘radigan nabiylardan birlari bir kechasi tush ko‘rdilar. Unga aytildi: “Vaqtiki tong ottirsang, senga nima uchrasa, birinchi narsani yegin, ikkinchi narsani yashirgin, uchinchisini qabul qilgin, to‘rtinchisini noumid qoldirmagin, beshinchisidan qochgin”. U tongni ottirganda birinchi uchratgani katta qora tog‘ bo‘lib chiqdi. U tog‘ning oldida to‘xtab, hayron qoldi. U kishi aytdiki: “Rabbim menga bu tog‘ni yeyishni buyurdi, men buni yeya olar ekanmanmi?” deb taajjubda qoldi. O‘zicha o‘ylab ko‘rdi va shunday dedi: “Rabbim meni toqatim ko‘tarolmaydigan narsaga buyurmaydi”. Shundan so‘ng, uni yeyishga qasd qilib, yaqinlashib borganida, uzoqdan ko‘ringan katta tog‘ asaldan shirin luqmaga aylandi va u luqmani yedi. U kishi Allohga hamd aytib, yo‘liga ravona bo‘ldi. Yo‘lda ketayotib, unga oltin tovoq uchradi. U esa, menga yashirishni buyurdi, dedi-yu, darhol tovoqni ko‘mdi. Yo‘lda ketayotib orqasiga qarasa tovoq yerda yotgan emish, ikkinchi, uchinchi marta o‘sha tovoqni ko‘mdi, yana tovoq yer ustiga chiqib qola boshladi. U esa: “Menga buyurilgan ishni qildim”, dedi-da, o‘z yo‘liga ravona bo‘ldi. Shu payt ko‘rdiki, bir lochin kichik bir qushchani yemak istab quvlab kelayotir edi. Shunda haligi qush: “Ey Allohning nabiysi! Menga yordam ber!” deb nolish qildi. U kishi qushni olib, yengiga soldi. Lochin esa yetib keldi va dedi: “Ey Allohning nabiyi, mening bu rizqimdan noumid qilmagin, men ochman”. Nabiy o‘zicha o‘yladi: “Men uchinchisini qabul qilishga buyurilgan edim, lekin to‘rtinchi narsadan noumid qilmaslikka buyurildim, bu lochindir: “Qanday qilsam ekan?” o‘ylab ko‘rdi va pichog‘ini olib, o‘zining sonidan bir bo‘lak kesib, lochinga tashladi, lochin go‘shtni olib o‘z yo‘liga ketdi. Shundan so‘ng qushni qo‘yib yubordi. Qush ham uchib ketdi. U kishi ham yo‘liga ravona bo‘ldi. Yo‘lda sasigan o‘laksaga duch keldi va undan qochdi. Vaqtiki, kech bo‘ldi. Nabiy: “Ey Rabbim, Sen menga nima buyurgan bo‘lsang, qildim, endi shu buyurgan ishlaringning nima ekanligini bayon etgin”, deb Allohga iltijo qildi. Shu payt javob keldiki: “Ey nabiy! Tushingda birinchi katta tog‘ bo‘lib ko‘ringan narsani sen qo‘rqmasdan yeding, bu g‘azabdir. Sen sabr qilding va g‘azabni (engding) yashirding, u asaldan ham shirinroq bo‘ldi. Ikkinchisi, yaxshi amallar, agar uni yashirsa, yana ko‘rinaveradi. Uchinchisi shulkim, birovning omonatiga xiyonat qilmagin. To‘rtinchisi esa, agar biror mo‘min kishi sendan hojat so‘rasa, uning hojatini chiqarishga harakat qil, o‘zing muhtoj bo‘lib qolgan paytingda ham. Beshinchisi, g‘iybat. Bir kishi ikkinchi bir kishini g‘iybat qilayotgan bo‘lsa, unday g‘iybatchidan qochgin”.


"Tanbehul g'ofiliyn"dan
 
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 04:23:31
Ilk shahidlar     
Ammor (roziallohu anhu) va uning ota-onasi ham juda dahshatli musibatga qolgan edilar. Ularga Makkaning qaynoq qumlarida azob berilgan edi. Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam ular yonidan o’tib ketayotib, ularga sabr-toqatli bo’lishlarini aytib, jannat haqida yaxshi xabarlar yetkazdilar. Ammorning otasi Yosir (roziallohu anhu) ta’qib qiluvchilar qo’lida, uzoq iztirobdan keyin vafot etdi, onasi Sumayya (roziallohu anho) Abu Jahl tomonidan vahshiyona o’ldirildi. Islomda birinchi masjid Ammor (roziallohu anhu) tomonidan qurildi.
Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam Madinaga ko’chib kelganlarida, Ammor (roziallohu anhu) unga bino qurib berishni taklif qildi, u yerda payg’ambar o’tirishi, kunduzi dam olishi va salovot aytishi (nomoz o’kishi) mumkin edi. U Islom dushmanlariga qarshi bor kuchi va jasorati bilan kurashdi. Bir kuni u jangda kurashayotib, quvonch bilan dedi:
«Men hademay do’stlarim bilan uchrashaman. Men Muhammad sallollohu alayhi vasallam va uning hamrohlari bilan uchrashaman».
So’ngra u suv so’radi. Unga sut berishdi. U sutni ichdi va dedi:
«Men payg’ambar sallollohu alayhi vasallam menga: «Sut sening bu dunyodagi hayotingda oxirgi nasibang bo’ladi, deganlarini eshitdim».
Ammor o’zi mushtoq bo’lgan paytgacha kurashdi. U o’sha paytda to’qson to’rt yoshda edi. 
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 04:23:51
Yo'qolsa topilmaydigan xislat     
Bir kuni Boylik, Ilm va Or-nomus uchrashib qolishibdi. Boylik aytdi:
- Agar men yo'qolib qolsam saroyda bo'laman. Ilm aytdi:
- Agar men yo'qolib qolsam, masjid va madrasalardan izlanglar o'sha yerda bo'laman.
- Agar men yo'qolib qolsam, -  debdi Or-nomus,- izlab o'tirmanglar, hech qayerdan topolmaysizlar. 
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 04:24:06
Ul zotning birodarlaridan bo'laylik     
Abu Hurayradan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
«Rasululloh qabristonga keldilar va:
— Mo‘minlar qavmida yashovchilarga assalomu alaykum! Biz ham, inshaalloh, sizlarga borib qo‘shilguvchilarmiz, deydigan birodarlarimizni ko‘rishni orzu qilardim, - dedilar. Shunda sahobalar:
— Biz sizning birodarlaringiz emasmizmi, yo Rasululloh? —deyishdi. Janobi Rasululloh:
— Sizlar mening sahobalarimsizlar, birodarlarimiz esa, hali kelganlaricha yo‘q, — dedilar, Sahobalar:
— Hali kelmagan ummatingizni qanday taniysiz, yo Rasululloh? — deb so‘rashdi. Rasululloh:
— Axir bir kishi o‘zining peshonasi va oyog‘i oq otlarini boshqa bir to‘da qop-qora otlar ichidan taniyolmaydimi? — dedilar. Sahobalar:
— Tanib oladi, yo Rasululloh, —deyishdi. Janobi Rasululloh:
— Ular qiyomatda dunyodagi tahoratlari sababidan peshonalari va oyoqlari nurli bo‘lgan holda keladilar. Men ulardan oldin havzi Kavsarga borgan bo‘laman. Ogoh bo‘linglar, bir qancha kishilar hovuzimdan adashgan tuyani haydagandek haydaladilar. Men ularga, bu yoqqa kelinglar, deb nido qilaman. Menga aytiladiki, ular sizdan so‘ng dinni o‘zgartirishgan. Shunda men: «Uzoq bo‘linglar, uzoq bo‘linglar», deyman. 
 
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 04:24:25
Jannat ahllari     
Ibn Abbosdan, roziyallohu anhu, aytdilar; «Bir kuni Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, chiqib dedilar:
— Menga barcha ummatlar ko‘rsatildi. Bir payg‘ambar bir kishi bilan, yana bir payg‘ambar ikki kishi bilan, yana bir pay-g‘ambar bir to‘p kishilar bilan, yana bir payg‘ambar yolg‘iz o‘zi, hech bir hamrohi yo‘q holda o‘tdilar. So‘ng juda ko‘p olomonni ko‘rdim, ular ko‘pligidan uzoq-uzoq ufqlarni ham to‘sganlar, umid qildimki, shular mening ummatim bo‘lsalar. Shunda: bular Muso, alayhissalom, qavmlari bilan kelyaptilar, deyildi.
So‘ng menga, qaragin, deyildi. Qarasam, uzoqdan qoralikni ko‘rdim. Ular juda ko‘p bo‘lib, ko‘pligidan ufqni ham to‘sib qo‘yishgan edi. Keyin menga yana aytildi: “Hov, anavilarga, hov anavilarga kara!” Ko‘rsam, son-sanoqsiz insonlar, ular shuncha ko‘pki, yeru osmonni to‘ldirib yubordilar. Shunda menga: «Bular sening ummating», deyildi.
Bularning oldilarida yetmish ming nafar jannatga hisob-kitobsiz kiradiganlar kelmoqda. Ular hodisalardan shumlanmaganlar, folbinu sexrgarlarga bormaganlar, o‘zlarini o‘tda kuydirib davolamaganlar, faqat o‘z Robbisiga tavakkul qilgan kishilardir, — deyildi.
Shunda Ukkosha ibn Mixsan turib:
— Yo Rasululloh, duo qiling. Alloh meni shulardan qilsin, — dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
— Ey Alloh, buni o‘shalardan biri qilgin, - deb duo qildilar.
Shundan so‘ng boshqa odam turib:
— Allohga duo qiling, meni ham o‘shalardan qilsin, — dedi. Payg‘ambarimiz, alayhissalom:
— Bunga Ukkosha sendan oldin keldi,— dedilar». 
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 04:25:22
Ayyor tulki      
Jaloliddin RUMIY

Arslon, bo‘ri va tulki uchovlon birga ov ilinjida o‘rmonga borishdi. Aslida arslon tengi bo‘lmagan tulki bilan bo‘rini ovda sherik qilishi to‘g‘ri emasdi. Ammo “jamoat bo‘lishda baraka bor” deyilgani uchun bu safar shuni ixtiyor qildi.
Uchta bo‘lishdimi, endi ulardan biri boshliq bo‘lishi lozim. Arslon o‘zi boshliq bo‘lishini bilgani uchun bu haqda tulki bilan bo‘riga maslahat solib o‘tirmadi.
Tushgacha ular bir yovvoyi eshak, bir yovvoyi echki va semizgina bir quyon ovlashdi. Ovlari baroridan kelgan edi. Ovlarini tishlab sudraganlaricha bir g‘orga olib kelishdi. Ular juda ham ochqashgan, qorinlari tatalab borar edi.
O‘ljalarni o‘rtaga qo‘yishdi. Endi buni taqsimlash kerak edi. Aslida, kim boshliq bo‘lsa, o‘sha taqsim qilishi kerakligini arslon yaxshi bilardi, lekin sinash uchun bo‘riga qarab, dedi:
— Qani, tajribali do‘stim bo‘ri, shu ovlaganlarimizni o‘rtamizda bir taqsimlab ber-chi? Shunday taqsimlaki, ko‘nglingdagidek bo‘lsin.
Bo‘ri darhol ishga kirishdi.
— Bosh ustiga! Birpasda hal qilaman. Avvalo sizning ulushingizni beraman... Mana shu yovvoyi eshak eng katta ovimiz. U sizniki. Kattakon gavdangizga munosib tushlik. Echkiga kelsak, u menga tegishli. Menga shu ham bo‘laveradi. Quyonni bo‘lsa, tulkiga beramiz. Aslida, uni... Mana, bo‘ldi, ruxsat bersangiz, yeyishni boshlasak.
Arslonga bo‘rining taqsimi as-lo yoqmadi. Birinchidan, u bo‘rining: “Yo‘g‘-e, biz kim bo‘pmiz. O‘zlari taqsimlasalar tuzuk, bermasalar o‘zlaridan qolgan sarqitga ham rozimiz”, deyishini kutgan edi. Ikkinchidan, bo‘rining o‘zini katta tutgani ensasini qotirdi. Unga qolsa, tulkiga hech narsa bergisi yo‘q.
Arslon qattiq g‘azablanib, bo‘riga hayqirdi.
— Ey ahmoq! Sen kim bo‘psanki, o‘zingni odil taqsimchi his qilyapsan. Mening kimligimni unutib qo‘yibsan, so‘tak! Axir, men hayvonlar podshohiman. Sen ahmoqqa men turib, ulush taqsimlashni kim qo‘-yibdi? Ahmoqliging boshingga yetdi! — dediyu bo‘riga tashlandi va birpasda uni tilka-pora qilib tashladi.
Aqli-hushi boshidan uchib, qo‘r-qib ketgan tulki qotib qolgan, na gapira olar, na o‘rnidan jila olar edi.
Bo‘rining ishini bitirgan arslon joyiga kelib o‘tirgach, dir-dir titrayotgan tulkiga qarab:
— Senga nima bo‘ldi? Nega qotib qolding? Yaqinroq kel-da, ovlarni taqsimla! — deb buyurdi.
Tulki amrga muvofiq yaqinroq surildi. So‘ng tili zo‘rg‘a kalimaga kelib:
— Xo‘p bo‘ladi, sultonim! To‘g‘risi, ulush taqsimlash men bechoraning ishi emas. Bu ishga faqat Siz loyiqsiz. Ammo... o‘zingiz buyuryapsiz. Na chora... — dediyu jim o‘ylanib qoldi. “Shunday taqsimlayki, jonim omon qolsin”, deb o‘yladi u.
— Nega jim bo‘lib qolding? — dedi arslon o‘rnidan turib.
— Hozir... hozir... Yaxshilab o‘ylab oldim-da... Xo‘sh... ojiz fikrimcha, bu yovvoyi eshak nonushtalik ovqatingiz bo‘lgani ma’qul. Axir, ertalabdan beri tuz totganingiz yo‘q. Buning ustiga, charchadingiz. Aslida katta gavdangizga bu urvoq ham bo‘lmaydi... Echkiga kelsak, uni tushlik ovqat o‘rnida tanovul qilsalar, juda yaxshi bo‘ladi. O‘ziyam sizbop tushlik. Taningizga kuch-quvvat bo‘lib singsin!.. Quyonga kelsak, kattagina va semizgina narsa. Buni kechki ovqatingiz uchun saqlab qo‘-yamiz. Axir, kechqurun ham nimadir yeyishingiz kerak-ku...
Tulki shunday deya mo‘ltirab arslonga qarab qoldi.
Arslonning bu taqsimdan kayfi chog‘ bo‘ldi, g‘azabi tarqab, dili xotirjam, mamnun bo‘lib, tulkiga qaradi. Tushlik qilishga kirishar ekan:
— Barakalla, tulkivoy. Mana buni odil taqsim desa arziydi. Baloday aqling bor ekan-a! Bunaqa taqsimni sen qayoqdan o‘rganding? — dedi.
Tulki bir chetda burda-burda bo‘lib yotgan bo‘riga ishora qilib:
— Manavi sho‘rlikning holidan, — dedi.
— Ofarin... Bundan buyon menga qanday muomala va xizmat qilish lozimligini boshqalarga o‘rgatasan. Uqdingmi?! — dedi arslon yovvoyi eshakning sonini paqqos tushira turib.
— Bir og‘iz so‘zingiz, — dedi tulki hozirjavoblik bilan.
“Nonushta”ni tugatgan arslon tulkiga o‘zidan ortgan mayda-chuydalarni yeyishni ishora etdi.
Yovvoyi eshakning boshini g‘ajiyotib tulki holiga shukr qilar va: “Yaxshiyam taqsim navbati menga bo‘ridan keyin keldi. Uning o‘rnida bo‘lganimda hozir..” deya o‘ylardi.
Qissadan hissa: Yo‘lga chiqish oldidan yo‘ldoshlik uchun yaxshi, bama’ni kishilarni tanlash lozim. Chunki haqiqiy do‘st safarda bilinadi.
* Donolar aytganlar: “Sen menga yo‘ldoshing, do‘sting kimligini ayt, men senga kimligingni aytaman”; “Yaxshi bilan yurdim, qand yedim. Yomon bilan yurdim, pand yedim”.
* Kishi uchun eng zarur narsa har yerda o‘z haddini bilish, aql bilan ish tutishdir.
* Aqlli odam har narsadan bir ibrat olgay.
* Kishi o‘zidan oldin yashab o‘tganlar boshiga kelgan balolarni unutmasligi, shunga ko‘ra harakat qilishi darkor.
O`tmishdan agar ibrat
olmasa kishi,
Kelajagi boshqalarga
ibrat bo`lg`usi...

Bahriddin UMRZOQ tarjimasi
“Hidoyat”Bu e-mail spam-botlardan himoya qilingan. Uni ko'rish uchun JavaScript ochilgan bo'lishi lozim jurnalining 2004-yil, 6-sonidan olindi
 
 
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Yanvar 2008, 04:25:49
Allohim, men bilan gaplash...     
Kunlardan biri, bir odam qo’llarini osmonga cho’zib yolvordi:
“Allohim! Men bilan gaplash!”

Aynan o’sha paytda o’sha odamning bog’chasida bir bulbul o`zining eng so`nggi ashulasini aytayotgan edi.
Odam bulbulga quloq solmadi, va yalinishni davom etti:
“Allohim! Men bilan gaplash!”

Birozdan keyin havo berkidi, momaqaldiroq va chaqmoqlar bilan birga shiddatli yomg’ir yog’a boshladi. Faqat odam tinglamadi, yolvorishni davom etdi:
“Allohim! Seni ko’rishimga izn ber!”

U bunday yolvorarkan, yomg’ir tugadi va quyosh butun ehtishomi bilan nurlarini odamning uyigacha olib kirishga boshlagan edi. Faqat odam bu manzaraga e’tibor ham bermadi. Har kuni ko’radigan narsasi emasmi?
Yolvorishni davom etti:
“Menga bir mo`jiza ko`rsat Allohim! ”

U bunday yolvorarkan, yaqindagi uylarning birida yangi tug’ilgan chaqaloqning yig`lashlari eshitilardi qulog’iga. Ammo odam buni ham faqrlolmadi.
Qayg’udan yig’lardi odam:
“Allohim! Javob ber menga! Shu yerda ekanligingni menga bildir!”

O`sha payt bir kapalak odamning qo’liga qo’ndi, lekin u boshqa qo’li bilan kapalkni haydab yubordi. Va yig`lashni davom etdi:
“Allohim! Nega menga javob bermayapsan?”

Muhammad Alihon tarjimasi
 
Nom: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar: Бўйсунмас жориялар
Yuborildi: Foniy 05 Fevral 2008, 10:05:27
Бўйсунмас жориялар

Умар кўчадан келиб, эндигина истироҳат учун ёнбошламоқчи эди, қўшни аёл кириб келди:

– Менга қара, Ибн Хаттоб, сендан ёрдам сўраб чиқдим. Икки жориям саркашлик қилиб, жонимга тегяпти. Ота-боболаримизнинг динини ташлаб, анави Муҳаммад деганларига эргашаётган эмиш. Йўлга солишга кучим етмаяпти, биласан, бошимда эркагим йўқ. Сен бир таъзирини бериб қўярмикансан, деб чиқувдим.

Умарга жон кирди. Унинг вужудида ёввойи бир куч, шафқатсиз бир телба туйғу асло тинчлик бермас, фитратидаги баджаҳллик, қайсарлик, уришқоқлик ҳамиша уни гиж-гижлаб турар, қаерда жанжал-тўполон бўлса, ўша ерда Умар ҳозиру нозир эди. Ҳозир ҳам эндигина қозиққа илган қамчисини олиб, беваникига қараб юрди. Кира-солиб, она-бола Наҳдийя ва Лубайнани аямай, боши-кўзи демай савалай кетди. У «Ð´Ð¸Ð½Ð´Ð°Ð½ чиққан» она-болани узоқ қамчилади, уларнинг юз-кўзи қип-қизил қонга беланди. Умар ора-сира уришдан тўхтаб, аёлларнинг «Ð¸Ð½ÑÐ¾Ñ„»Ð³Ð° кириб, узр сўрашини кутар, аммо уларнинг шунча калтакка ҳам парво қилмай, «Ð¸Ð¹Ð¼Ð¾Ð½», «Ð¸Ð¹Ð¼Ð¾Ð½», деяверишлари баттар ғазаблантирарди. У яна жазавага тушганича, қамчи устига қамчи Ñ‘ғдирарди.

Охири Умар ҳолдан тойди, пешонасидаги реза-реза терларни қомийсининг этаги билан артиб, она-болага кўзларини қаҳÑ€ билан тикди:

– Хўш, Лубайна, калтакка тўйгандирсан? Сенга раҳмим келганидан эмас, чарчаганимдан тўхтадим. Охирги марта сўрайман, бекангнинг айтганига кўнасанми-йўқми?

Лубайна оғзидаги қонни тупуриб ташлади, индамай Умарга қараб, «Ð¹Ñžқ» дегандай бош чайқади:

– Яна савашимни хоҳлаяпсан, шекилли?
– Сен-ку калтаклаб чарчайсан, Умар, аммо мен калтак ейишдан чарчамайман. Сенинг қамчиларинг менинг қалбимдаги иймонни мустаҳкамлаяпти, холос!..

Аёл гапини тугата олмади. Умарнинг аъзои бадани қалтираб, жазавага тушди, иложсизликдан, гапига кўндиролмаганидан аламга кирди ва «ÑƒÐ²» дея қичқирганича, ҳолдан тойган Лубайнага ташланиб, уни бўға бошлади. Бу икки чўри ким бўлибдики, ҳеч ким гапини икки қилолмайдиган Умарга тик боқса, гапига рад жавоби берса?! Уларнинг ишонгани ким ўзи, суянгани нима ўзи?!

Умар гўёки қутурган бир махлуқ ҳолатига тушганди, кўзига ҳеч нарса кўринмасди. У бақувват ва дағал қўллари билан Лубайнани бўғаркан, аёл бор кучини тўплаб, унинг қўлларини ажратиб ташламоқчи бўлди, аммо калтаклар зарбидан ҳолсизланган тананинг бунга мажоли етмади. Лаблари «ÐÐ»Ð»Ð¾ҳ, Аллоҳ», дея пичирлади-ÑŽ боши шилқ этиб шалвираб тушди. Умар уни ўлди, деб ўйлаб қўлини бўшатди. Энди у боядан бери қизига азоб бераётган Умарга қўрқув, даҳшат ва ғазаб билан термулиб турган Наҳдийя томон юрди. Уни ҳам роса калтаклади, кейин томоғидан олиб бўғди. Бечора она ҳам ҳушидан кетди. Умарнинг шунда ҳам ғазаби сўнмаган, жаҳли пасаймаган эди.

Орадан бир неча кун ўтиб, бева аёл яна чўриларини хўрлаб, калтаклаётганида бир воқеа содир бўлганини Умар эшитиб қолди. Бева аёл: «Ð ота-боболаримиз динига қайтасизлар, Ñ‘ ўлиб қутиласизлар», деб хўрлаётганида, яқиндагина Исломга кирган Макка киборларидан Абу Бакр шу ердан ўтиб қолибди ва икки чўрини сотиб олиб, Аллоҳ розилиги йўлида озод қилиб юборибди. Бу хабардан Умарнинг ҳайронлиги ошди, Абу Бакр билан уришмоқчи ҳам бўлди. Нимадир уни бу йўлдан қайтариб қолди... Нимадир унинг қалбини безовта қилаётганди...

Қутурган сел

Макка мушриклари шаҳарда Ислом динига кириб, Муҳаммад алайҳиссаломга эргашганларга асло тинчлик бермай қўйишди. Кўча-кўйда учратиб қолишса, ҳақоратлашар, гоҳо калтаклашар, итга талатишарди. Бошларидан хамр қуйиб юборишарди. Ахлат ва мағзаваларни сочиб кетишарди. Болаларини мусулмонларнинг болаларига қарши гиж-гижлашарди. Хуллас, мушриклар Исломга кирганларнинг бошига ит кунини солаётган аламли, хўрлик кунлар эди. Бу ишда, айниқса, Макканинг обрўли, гапи бутун акобирларидан Абу Суфён, Амр ибн Ҳишом, Умар ибн Хаттоб кабилар роса қутуриб, аламини учрагандан олаётган, заҳрини хоҳлаганга сочаётган фожиали кунлар эди.

Амр ибн Робиа ҳам хотини Лайло билан кўп мусибат, хўрлик-камситишларга дучор бўлишди. Охири кўч-кўлонларини йиғиштириб, қанча йиллар яшаган ҳовли-жойлар, хеш-ақробаларини ташлаб, Ҳабаш юртига ҳижрат қилишга қарор қилишди. Уларнинг йўл тадоригига тушиб қолганини кўрган Умар Лайлонинг йўлини тўсиб чиқди:

– Йўл бўлсин, Абдуллоҳнинг онаси, Маккани тарк этиб, сафарга кетмоқчимисизлар?

Лайло Умар билан гап талашиш бефойдалигини ҳис этиб, ўзини қўлга олди-да, ҳаяжонини яшириб оҳиста деди:

– Ҳа, Умар, бу юртдан бош олиб кетмоқчимиз. Аллоҳнинг даргоҳи кенг, шунча хўрланганимиз, азоб-ситамларга қолганимиз етар! Ахир сизлар кун бермай қўйдингизлар-ку, аёвсиз хўрлаб, камситиб, азоблаб ташладингизлар-ку! Ҳа, Умар, Аллоҳнинг ери бепоён, карами кенг, бирор жойдан тинчроқ, эркинроқ яшаш имкони чиқиб қолар?

– Яхши ўйлабсизлар, худойингиз сизларга йўлдош бўлсин!

Эр-хотин гапни чувалатмаслик учун эшакларини ниқташди. Умар уларнинг ортидан маъюс тикилганича қолди. Лайло буни сезди. Ҳатто Умарнинг товушида аллақандай синиқлик, ачиниш оҳангларини илғагандай бўлди. Ё ўзининг ҳозирги ҳолати жуда ғамгин бўлгани, йиғлаб юбормаслик учун лабларини қаттиқ қимтиб олгани учунми, унга шундай туюлган бўлиши мумкин эди. Ҳар қалай, туғилиб ўсган жойингни, ватанингни, қавму-қариндошларингни ташлаб кетиш осон иш эмасди. Аммо бундай қилмасликнинг иложи ҳам йўқ эди. Чунки тарозининг нариги палласига эр-хотиннинг дини-иймони қўйилган эди.
Бироз юришгач, Лайло эри Амирга қалбини кемираётган шубҳаларини сўзлаб берди. Аммо у хотинининг кузатишларига унча аҳамият бермади:

– Нима, Умар ҳам мусулмон бўлади, деб ўйлаяпсанми?
– Аниқ айтолмайман-у, аммо шунақага ўхшайди. Гапларидан қилган зулмларига пушаймон бўлаётгани сезилгандай туюлди.
– Э, бунга асло ақлим етмайди. Хаттобнинг эшаги мусулмон бўлишига ишониш мумкиндир, аммо Умарнинг Исломга киришига ишониш қийин.

Ҳижратга отланиб, ватанини тарк этаётган Амир ва Лайло золим ва тошбағир Умарнинг қалбида ҳозир нелар кечаётганини, нималар туғён ураётганини қаёқдан билсинлар? Гўёки жиловсиз сел каби куч-шижоати вужудига сиғмаётган Умар, кечагина учраганга заҳрини сочиб ёки текканга тегиб, тегмаганга тош отиб, дилини оғритиб юрган Умар, айниқса Муҳаммад алайҳиссаломга эргашиб, иймон ва Ислом неъматига мушарраф бўлган мусулмонларни қон қақшатаётган Умар бугун сал бошқачароқ бўлиб қолаётганди. Қутурган, ваҳшатли, даҳшатли, йўлида учраган ҳамма нарсани, жонзот ва жонсизни суриб, йиғитиб, янчиб бораётган сел оқимини Ñ‚Ñžғри Ñ‚Ñžғонга йўллаб қўйилса, сокин бўлиб, тинчланиб қолгани каби жаҳолат ва ғазаб, қайсарлик ва шафқатсизлик уя қурган Умарнинг қалбига бугун иймон нурлари, Аллоҳнинг нури тажаллийси ўзига йўл ахтараётганди.

”Ҳaқ ҳaмишa ғoлиб”

Manba (http://www.uzislam.com/News/article/sid=257.html)
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Robiya 08 Fevral 2008, 11:27:46
U ZOTNING BIRODARLARIDAN BO‘LAYLIK
Abu Hurayradan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
«Rasululloh qabristonga keldilar va:
— Mo‘minlar qavmida yashovchilarga assalomu alaykum! Biz ham, inshaalloh, sizlarga borib qo‘shilguvchilarmiz, deydigan birodarlarimizni ko‘rishni orzu qilardim, - dedilar. Shunda sahobalar:
— Biz sizning birodarlaringiz emasmizmi, yo Rasululloh? —deyishdi. Janobi Rasululloh:
— Sizlar mening sahobalarimsizlar, birodarlarimiz esa, hali kelganlaricha yo‘q, — dedilar, Sahobalar:
— Hali kelmagan ummatingizni qanday taniysiz, yo Rasululloh? — deb so‘rashdi. Rasululloh:
— Axir bir kishi o‘zining peshonasi va oyog‘i oq otlarini boshqa bir to‘da qop-qora otlar ichidan taniyolmaydimi? — dedilar. Sahobalar:
— Tanib oladi, yo Rasululloh, —deyishdi. Janobi Rasululloh:
— Ular qiyomatda dunyodagi tahoratlari sababidan peshonalari va oyoqlari nurli bo‘lgan holda keladilar. Men ulardan oldin havzi Kavsarga borgan bo‘laman. Ogoh bo‘linglar, bir qancha kishilar hovuzimdan adashgan tuyani haydagandek haydaladilar. Men ularga, bu yoqqa kelinglar, deb nido qilaman. Menga aytiladiki, ular sizdan so‘ng dinni o‘zgartirishgan. Shunda men: «Uzoq bo‘linglar, uzoq bo‘linglar», deyman.

http://islom.nm.ru/hikoya.html (http://islom.nm.ru/hikoya.html)
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Robiya 08 Fevral 2008, 11:29:26
JANNAT AHLLARI


Ibn Abbosdan, roziyallohu anhu, aytdilar; «Bir kuni Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, chiqib dedilar:
— Menga barcha ummatlar ko‘rsatildi. Bir payg‘ambar bir kishi bilan, yana bir payg‘ambar ikki kishi bilan, yana bir pay-g‘ambar bir to‘p kishilar bilan, yana bir payg‘ambar yolg‘iz o‘zi, hech bir hamrohi yo‘q holda o‘tdilar. So‘ng juda ko‘p olomonni ko‘rdim, ular ko‘pligidan uzoq-uzoq ufqlarni ham to‘sganlar, umid qildimki, shular mening ummatim bo‘lsalar. Shunda: bular Muso, alayhissalom, qavmlari bilan kelyaptilar, deyildi. So‘ng menga, qaragin, deyildi. Qarasam, uzoqdan qoralikni ko‘rdim. Ular juda ko‘p bo‘lib, ko‘pligidan ufqni ham to‘sib qo‘yishgan edi. Keyin menga yana aytildi: “Hov, anavilarga, hov anavilarga kara!” Ko‘rsam, son-sanoqsiz insonlar, ular shuncha ko‘pki, yeru osmonni to‘ldirib yubordilar. Shunda menga: «Bular sening ummating», deyildi. Bularning oldilarida yetmish ming nafar jannatga hisob-kitobsiz kiradiganlar kelmoqda. Ular hodisalardan shumlanmaganlar, folbinu sexrgarlarga bormaganlar, o‘zlarini o‘tda kuydirib davolamaganlar, faqat o‘z Robbisiga tavakkul qilgan kishilardir, — deyildi. Shunda Ukkosha ibn Mixsan turib:
— Yo Rasululloh, duo qiling. Alloh meni shulardan qilsin, — dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
— Ey Alloh, buni o‘shalardan biri qilgin, - deb duo qildilar. Shundan so‘ng boshqa odam turib:
— Allohga duo qiling, meni ham o‘shalardan qilsin, — dedi. Payg‘ambarimiz, alayhissalom:
— Bunga Ukkosha sendan oldin keldi,— dedilar».


http://islom.nm.ru/hikoya.html (http://islom.nm.ru/hikoya.html)
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Robiya 08 Fevral 2008, 11:30:53
HIKMATLI KALIMALAR

Soib ibn al-Musayyabdan: «Umar ibn Hattob odamlarga o‘n sakkizta serhikmat kalimalarni qoldirganlar».
Aytdilar:
— Biror kishini biror ishda senga itoat qilishda Allohga gunohkor bo‘lgani uchun jazolasang, uning itoatsizligi o‘sha ishda sening Allohga itoat qilishingdek bo‘lsa, bas, uni jazolamaysan.
— Birodaringdan sen o‘ylagandek foyda kelishi uchun uning ishini eng yaxshi o‘rinlat.
— Bir musulmonning og‘zidan chiqqan so‘zni yomonga yo‘yma, sen u so‘zni yaxshilikka yo‘yish-ga harakat qil.
— Kim o‘zini tuhmat qilinadigan o‘rinda ko‘rsatsa, unga nisbatan yomon gumon qiladiganlarni malomat qilmasin.
— Kim o‘z sirini berkitsa, yaxshilik uning qo‘lidadir.
— O‘zingga sodiq do‘stlar tanla, ular panohida yashaysan, chunki ular kengchilikda ziynat, qiyinchilikda qalqondirlar.
— O‘zingga doim rost so‘zlarni ixtiyor qil, agar seni rostlik o‘ldirsa ham.
— Foydasiz narsaga urinma.
— Hali bo‘lmagan ishdan so‘rama, chunki bo‘lgan ishdan unga ortmaysan.
— Sening najotingga xayrxoh bo‘lmagan kishidan hojatingni so‘rama.
— Yolg‘on qasam ichishni yengil sanama, uning sababidan Alloh seni halok qilur.
— Fojirlar ila hamsuhbat bo‘lma, ularning fujurlaridan o‘rganasan.
— Dushmaningdan uzoq bo‘l.
— Do‘stingdan ehtiyot bo‘l, ishonchlisi mustasno. Allohdan qo‘rqqangina ishonchli bo‘lur.
— Qabrlar oldida odob bilan tur.
— Itoat vaqtida o‘zingni xor tut.
— Gunoh oldida najot arqonini mahkam ushla.
— Ishingda Allohdan qo‘rqqanlar ila maslahatlash. Zero, Alloh: «Allohdan olim bandalari qo‘rqadi» (Fotir, 28, mazmuni), deb marhamat qilgan».

http://islom.nm.ru/hikoya.html (http://islom.nm.ru/hikoya.html)
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Robiya 08 Fevral 2008, 11:32:01
ENG ULUG' INSON
Yoshligining o‘n yilini payg‘ambar xuzurida o‘tkazgan Anas bin Molik hayotiga e’tibor bering. U bolalik qilib xato qilganida, aytilgan ishni bajarmay esidan chiqarib qo‘yganida bo‘lsin, o‘ynab qolib ketganida yoki boshqa nojo‘ya hatti–harakatlari natijasida bo‘lsin o‘n yillik uzun muddat davomida Rasulullohdan (S.A.V) biror marta «Attang!» so‘zini eshitmagan edi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v) Anas ibn Molik (r.a.) ga shunday nasihat qildilar: «Qalbingda hech kimsaga nisbatan yomon fikrda bo‘lmasdan yashashga kuching yetsa shunday yasha. Bu mening sunnatimdir. Kim mening sunnatimni hayotga tatbiq qilsa meni sevgan bo‘ladi. Meni sevgan men bilan jannatda birga bo‘ladi».
Uning risolat panohida voyaga yetgan Hazrat Ali ta’rif etadigan Payg‘ambar esa quyidagicha: «Har doim yuzlari kulib turar, tabiati o‘ta muloyim edi. Juda kechirimli, qahri ham qattiq emasdi. Hech kim bilan tortishmas, kimsaga bakirib-chakirmas, yomon biror so‘z so‘ylamasdi. Birovni ayblamas va qurumsoq yoki qizg‘anchiq ham emasdi. Yoqtirmagan narsalariga e’tibor bermas va hech kimni umidsizlikka tushirib ko‘ymasdi. O‘zini behalovat qilgan narsalarni sezdirmas edi va hech kimning yuziga aybini aytmasdi, orqasidan ham gapirmasdi. Birovning aybini izlash bilan mashg‘ul bo‘lmasdi, hech kimga uning uchun xayrli hamda savobli bo‘lmagan so‘zni aytmasdi. Yumshoqlik va sabrni o‘zida jo etolgan bo‘lib, hech narsa uning jaxlini chikarmas edi.»
Hazrat Ali bu so‘zlarini Rasululloh (S.A.V) bilan birga kechirgan o‘ttiz yildan oshiq vaqt davomida ko‘rganlari asosida aytgan bo‘lsa, Payg‘ambar(S.A.V) bilan o‘n yil oila hayoti kechirgan Hazrat Oysha esa uni shunday ta’rif etadi: «Insonlarning eng go‘zal axloqlisi edi. Hech yomon so‘z aytmas, bo‘lmag‘ur ishlar bilan mashg‘ul bo‘lmasdi. Bozorda baqirib–chaqirmas va yomonlikka yomonlik bilan javob berishga urinmas edi. Faqat kechirimlilik qilardi. Insonlarning eng nozik tabiati, go‘zal xulqlisi va xushmuomalasi edi ul zot. Olloh yo‘lida jihod qilishning tashqarisida biror xizmatkor yoki joriya, umuman hech kimga qo‘l ko‘targan emaslar.»

Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Robiya 08 Fevral 2008, 11:37:17
 (http://img.uz/images/942672islam2.jpg) (http://img.uz)
Istirjo’ xosiyati (Bo’lgan boqea)

 Ish bilan ketayotgan edik. Bir kishi mashinaga qo’l ko’tardi. Aftidan shoshilayotganga o’xshardi. Yo’lim bo’lsa, ola ketarman, degan hayolda toxtadi. Yo’lovchi mashinaga xiqa solib, o’zi melisada ishlashini, bir qariyani kimdiro’ldirib ketgani va shu ishni qizig’ida hal qilishi lozimligini aytib, tezroq yurishga qistadi. Yo’l-yo’lakay formada yurishni yoqtirmasligini, shuni deb boshliqlardan gap eshitayotganini ham so’zlab berdi. Bir magazin oldiga kelganda to’xtatib: “Qancha pulingiz bor, hamamsini berib turing, boyagi ishga aloqali bir sabab bilan hali shu erdan pul olib turuvdim, uyga borib olib beraman”, dedi. Anchagina pulni olib, magazinga kirib chiqdi. “Qarz bo’lib yurishni yoqtirmayman, mashinani uyga haydang”, deya ortga qaytishga buyurdi. Bir uy oldida toxtatib, ichkariga kirib ketdi. U ko’chada ancha kutib qoldi. Orada shomni ham o’qib oldi. Haligi odamdan darak bo’lavermadi. Oxiri u kirib ketgan uy yo’lagiga kirdi. Ne ko’z bilan ko’rsinki, yo’lakning u tomonidan ham eshik bor edi. Nahot aldangan bo’lsa? Bozor-o’charga deb ajratgan pulini allaqanday notanish yo’lovchining qo’liga tutqazib qo’ysa-ya? Afsuslanib o’tirib, birdan Rasulullohning (s.a.v.): “Poyafzalingizning bog’ichini yo’qotsangiz ham, istirjo’ (Inna lillahi va inna ilayhi roji’un) ayting”, degan muborak so’zlarini esladi. Esladi-yu chin dildan “istirjo’” ni takrorladi. Qalbida qandaydir taskin va halovat paydo bo’ldi. Shu halovat og’ushida ishini bitkazib qaytayotgan edi, kimdir qo’l kotardi. Beixtiyor mashinasini toxtatdi. U kishi mashinaga chiqa solib: “Melisada ishlayman, bir qariyani…”, deya gap boshladiyu birdan baqrayib qoldi…
Mubashshir Agmad MUSULMONLAR TAQVIM KITOBIDAN OLINDI
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Robiya 08 Fevral 2008, 11:42:39

Hikoyat

 (http://img.uz/images/777257islam.jpg) (http://img.uz)             Bir yigit mahzun holda Abdumalik ibn Marvonning huzuriga kelib: «Ey amiral mo‘minin, men ulkan gunoh qildim, endi tavba qilsam bo‘ladimi?» dedi. «Nima gunoh qilding?» deb so‘ragan edi, «Gunohim juda ulkan», dedi. «U nima ekan? Alloh taologa tavba qil. U zot bandalarining tavbalarini qabul qiladi va kechiradi», dedi. «Ey amiral mo‘minin, men qabrlarga o‘g‘irlikka tushar edim. Men g‘aroyib ishlarni ko‘rdim», dedi yigit. «Nimalarni ko‘rding?» deb so‘ragan edi, u boshidan kechirganlarini so‘zlab berdi: «Bir kecha bir qabrni kavladim. Qarasam, mayyitning yuzi qiblaga teskari bo‘lib qolibdi. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, shu payt qabrda kimningdir: «Mayyitning yuzi qiblaga teskari bo‘lib qolganini so‘ramaysanmi?» degan ovozi eshitildi. «Nima uchun teskari bo‘lib qolgan?» deb so‘ragan edim, «Chunki u namozga bee’tibor edi. Unga o‘xshaganlarning jazosi shu», dedi. So‘ng boshqa qabrni kovladim. Qarasam, mayyit to‘ng‘izga aylanib, bo‘ynidan kishanlangan, zanjirband qilingan ekan. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, kimdir: «Uning qanday amal qilganini, nima uchun azoblanayotganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun?» deb so‘ragan edim, «U tirikligida xamr ichar edi va tavba qilmay vafot etgan», dedi. Keyin boshqa qabrni kavladim. Qarasam, mayyit olov qayish bilan yerga bog‘langan va tili gardanidan chiqib turgan ekan. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim: «Uning nima uchun bu ahvolga tushganini so‘ramaysanmi?» degan nido keldi. «U siydikdan saqlanmas va odamlar orasida gap tashib chaqimchilik qilib yurar edi. Unga o‘xshaganlarning jazosi shu», dedi. So‘ng yana bir qabrni kavladim. Qarasam, mayyit olovda kuyayotgan ekan. Undan qo‘qib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, kimdir: «Uning nima uchun bu ahvolga tushganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun bu ahvolda?» deb so‘ragan edim, «U namozni tark qilgan edi», dedi. Keyin yana bir qabrni kovladim. Qarasam, qabr ko‘z ilg‘aydigan joygacha kengaygan, ko‘zni qamashtiradigan darajada yorug‘, mayyit esa ajoyib liboslarda, nurli so‘rida uxlab yotar edi. Uning haybati bosib, endi chiqib ketmoqchi bo‘lgan edim, kimdir: «Uning nima uchun bu qadar izzat-ikromga sazovor bo‘lganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun izzat-ikromga sazovor bo‘ldi?» deb so‘ragan edim, «U itoatli yigit bo‘lib, Alloh azza va jallaga itoat va ibodatda ulg‘aygan edi», dedi. Shunda Abdumalik: «Albatta bu hikoyatda osiylar uchun ibrat va itoatkor bandalar uchun bashorat bordir», dedi».
"Gunohi kabiralar" kitobidan

Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 13 Fevral 2008, 18:04:38

KALIT VA TISH

Vahb ibn Munabbahga aytildi: «Jannatning kaliti «La ilaha illalloh» emasmi? U kishi aytdilar: «Xuddi shunday, lekin har bir kalitning tishlari bo‘ladi. Kim jannat eshigiga o‘sha tishlar ila kelsa, eshik unga ochiladi. Kim jannat eshigiga o‘sha tishlar ila kelmasa, jannat unga ochilmaydi».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Robiya 16 Fevral 2008, 18:08:08

MEN SENING NAMOZLARINGMAN!
Buvisining so’zlari hamon qulog’i ostida jaranglaydi: “O’g’lim, namozni shunchalik ham kechiktirib bo’larkanmi?”
Yetmishni qoralagan edi buvisi. Azon ovozini eshitishi bilanoq yoshiga xos bo’lmagan tarzda chaqqonlik bilan o’rnidan turar, tahorat olib, namoz o’qirdi.
U esa… nafsini hech yengolmaydi. Namozlarini nuqul ortga surgani-surgan, odatda shoshilib-shoshilib o’qiydi.
Ana shular xayolidan o’tib, soatga qaradi. Shom kirishiga o’n besh daqiqa qolibdi. “Yana kechiktiribman namozni”, dedi o’ziga-o’zi. Tezgina tahorat olib, yuz-qo’lini artmasdan xonasiga yugurdi. Yana shunday tezlik bilan ibodatini ado etdi. Tasbeh o’girib o’tirarkan, xayolidan buvisi ketmasdi. “Bu holimni ko’rganlarida urishib bergan bo’lardilar. Qanday namoz o’qirdilar-a buvim…”
Duo qilib bo’lgach, ustini qandaydir yuk bosayotganini his qildi va astagina sajdaga uzandi. Ko’zlari yumilib ketayotgan edi. “Rosa charchabman bugun” deb o’yladi. Shu tarzda uxlab qolganini sezmay qoldi…
Qiyomat qoyim… Mahshargohda odam qaynaydi. Kimdir tong qotib qolgan, nima qilishini bilmay harakatsiz turar, kimlardir esa har qayoqqa chopgan, yana kimdir boshini ikki qo’lining orasiga olgancha tiz cho’kkan…
Uning yuragi qinidan chiqib ketguday urar, vujudidan muzdek ter oqardi. Hayotligida qiyomat, savol-javob, tarozi haqida o’qigan, bilgan edi. Biroq Mahsharning bunchalik vahimali bo’lishini hech o’ylamagandi.
Hisob-kitob davom etmoqda. Bir payt uning ismi o’qildi. Hayrat ichida bir o’ngga, bir chap tomonga qaradi. “Mening ismim o’qildimi?” deya titradi lablari. Shu dam olomon ikkiga bo’lindiyu ro’parasida uzun yo’l paydo bo’ldi. Ikki farishta ikki qo’ltig’idan olib, oldinga surgalay boshladilar. Tarozibonning huzuriga yetganlarida farishtalar g’oyib bo’lishgandi.
Butun hayoti ko’z o’ngidan bir-bir o’tayotgan edi. “Shukurlar bo’lsin, – dedi o’ziga o’zi. – Umrim davomida faqat din yo’lida xizmat qilganlar bilan birga bo’ldim. Otam mol-davlatini Islom uchun sarf qildi. Uyda amri-ma’ruflar o’tkazardi, onam esa kelgan mehmonlarni kutib olar, dasturxon tuzardi. Men ham odamlarga xizmat qildim, ularga Allohning dinini tushuntirdim. Namoz o’qidim, ro’za tutdim, nimaiki farz bo’lsa, hammasini bajardim. Haromdan qochdim”.
Ko’zlaridan duv-duv yosh to’kilarkan, “Rabbimni sevaman, Rabbimni sevaman”, deya takrorlardi. “Nima qilgan bo’lsam, jannatga kirishim uchun yetarli emas, umidim faqat Allohdan”.
Hisob-kitob cho’zilgandan-cho’zildi. Uning esa butun vujudi titrar, terlar, xayolida turli fikrlar g’ujg’on o’ynardi. Bir mahal qo’lida qog’oz tutgan farishta olomonga o’girilib, hukmni o’qishga kirishdi. Eng avval uning ismi o’qildi. Oyoqlari tamomila majolsiz edi, yiqiliay-yiqilay deb turibdi, ammo jon qulo’gi bilan farishtaning og’ziga ko’z tikkan.

Olomon bir qalqib tushdi: u jahannamga mahkum etilibdi!

Nima?.. Quloqlariga ishonmadi.

“Bo’lishi mumkin emas!..” baqirdi bor ovozi bilan. Telbalarcha har tomonga yugura boshladi. “Qanaqasiga jahannamiy bo’larkanman? Axir butun umr dinimga xizmat qildimku?!”

Farishtalar yana ikki qo’ltig’idan olishdi. Oyoqlarini yerga tekkizmay olovi osmonga o’rlagan jahannam tomon sudrab ketishdi. U esa tinmay chirpanardi. Lablaridan yarim-yorti so’zlar chiqardi: “Xizmatlarim… Tutgan ro’zalarim… Qur’on o’qiganlarim… Namozlarim… Hech biri qutqarib qololmaydimi meni?”
Baqirib-chaqirib, yolvorishga tushdi. Qani endi farishtalar qulos solsa. Jahannamga juda yaqin kelib qoldilar, hatto olovining tafti sezila boshladi.
Payg’aymbar alayhissalom “Uyining oldidan oqib o’tadigan suvda kuniga besh marta yuvingan odam qanday tozalansa, kuniga besh mahal o’qilgan namoz ham odamni xuddi shunday gunohlardan poklaydi” degan edilar. “Unday bo’lsa, namozlarim meni qutqarib qolmaydimi?” deya o’yladi. “Namozlarim… namozlarim… namozlarim…”

Farishtalar uning yolvorishlariga mutlaqo beparvo edilar. Jahannam o’rasining boshiga kelishdi. Undan chiqayotgan olov tafti yuzlarini yondirib yuborgudek darajada edi. U umid to’la ko’zlari bilan ortiga o’girilib qaradi: yo’q, hech qanday najot yo’q!.. Qo’llaridan tutib turgan panjalar bo’shaldi… va uni jahannam tomonga itarib yubordi…

Xuddi shu mahal kimdir uni qo’lidan tutib qoldi. Boshini ko’tarib yuqoriga qaradi. Oppoq soqolli nuroniy bir chol uni jahannam o’rasidan tortib olayotgan edi.

–        Siz kimsiz? – so’radi u dahshat makonidan uzoqlasharkan.

Nuroniy chol kulimsiradi:

– Men sening namozlaringman!   

Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Robiya 16 Fevral 2008, 18:11:32
ШАЙХ ВА СУЛТОН

Кунлардан бир кун султон Яµё вазирлари билан бирга бозордан ґтиб іолди. Табиийки, µукмдорларга хос дабдаба ва асъаса билан. Уларни кґрган одам борки, ґрнидан туриб іуллуі іилар, султоннинг шаънига оліиш ва маітовлар ёІди­рар­ди. Аммо бир чеккада турган яшил либос кийган, узун соіолли бир чол гґё µеч кимни кґрмагандек бефарі эди. Муло­зим­лар шайхни µукмдорга таништира кетдилар:

– Султоним, бу халі орасида жуда машµур шайх, Іорда яшайди ва мунтазам тоат-ибодат билан машІул.

Султон Яµё іизиісиниб шайх томонга яіинлашди.

– Ассалому алайкум, эй шайх.

– Ваалайкум ассалом.

Султон ґзига хос виіор билан сґз бошлади:

– Сиздан бир савол сґрамоічиман, эгнимдаги мана шу ипак кийим билан намоз ґіисам бґладими?

Доно шайх эса мулойим кулимсиради:

– Јґйинг, мендан бу саволни сґраманг.

– Э йґі, илтимос, жавоб беринг.

– Атрофингизда бир іанча шариат пешволари турибди, ґшалардан сґрасангиз-чи.

– Улардан сґраб, жавобларини ґргандим, энди сиз айтинг!

– Майли, – деди шайх ва бироз сукутдан сґнг давом этди: – ¤лган µайвоннинг гґштини еган бир кучукни тасаввур іилинг. Јорни µаром гґштга тґлган бґлса µам, µожат чиіариш учун оёІини кґтармоічи бґлади…

– Хґш, бу билан нима демоічисиз?! – ґшіирди µукмдор.

– Айтмоічи бґлганим, жисмингиз энг оІир гуноµларнинг остида, шундоі бґлса µам бу кийимда намоз ґіисам бґладими, деб сґрамоідасиз…

Шайх шу сґзларни айти-да, ґгирилиб кета бошлади. Одамлар µайрат ва іґріув ичда іолган эдилар. Ґамма султоннинг жавобини кутаётган эди. Шайхнинг ортидан маµзун іараб іолган султон бир маµал эгардан сакраб тушди. Эгнидан шоµона кийимларни ечди, іиличини суІуриб, ерга ташлади.
– Мусулмонлар, мендан рози бґлинглар ва узларингизга бошіа хукмдор топинглар, – деди-да шайхнинг ортидан югурди…


Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Robiya 16 Fevral 2008, 18:14:19
  IKKI SOLIH.

Ikki solih bir -  biri bilan suhbat qilib o`tirgan ekan, biri ikkinchisiga savol beribdi:
-  Men ko`p narsaga tushunmayman, shekilli. Agar Alloh hech narsaga muhtoj bo`lmasa, nega uni maqtashimiz, ko`klarga ko`tarishimiz kerak bo`ladi? Nima biz undan qarzmizmi?

Ikkinchi solih aytibdi:
-  Biz Yaratgandan har daqiqa qarzmiz va doimiy qarzdormiz.
Shunda taajubdan pasaygan solih nafasini rostlab gerdayib:
-  Ha, qarzdormiz, lekin har daqiqa emas.

Ikkinchi solih unga yaqinlashib qo`llari bilan birinchi solihning burun -  og`zini bekitibdi. Nafasi siqilgan solih kuch bilan itarib, debdi:
-  Sen nima qilayapsan, axir o`ldirib qoyasanku!
Shunda ikkinchi solih jiddiylik bilan debdi:
-  Seni Hudoning nafas qarzidan qutqarmoqchi edim.

Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 22 Fevral 2008, 10:12:01
Xolislik mukofoti va duoning kuchi

Bundan yeti yil muqaddam, rahbarlik lavozimida ishlab yurgan vaqtimda tarmog’imizga qarashli “Uyali” kanop zavodidan masjid ochilishi marosimiga taklifnoma kelib qoldi. Hayrli ishga quruq qo’l bilan bormaylik degan o’yda haydovchim Shavkatjon ikkimiz sholcha matodan joynamozliklar olib, aytilgan vaqtda yetib bordik. Mahalla oqsoqollari, masjid imomi va korxona rahbarlari bilan birga xonaqohga kirdik. Oyoqlarimiz ostidagi, parcha-parcha, eski-tuski, uvada sholchalarni ko’rib, rosti, ko’nglim andek xira tortdi. Atrofda turgan yigitlar bilan Shavkatjondan eski sholchalarni chiqarib, o’rniga o’zimiz keltirgan yangisini olishni iltimos qildim.
Shu payt g’aroyib hodisa ro’y berdi: sholchalarimizdan to’qqiztasi xonahoq eni bo’ylab shunday joylashdiki, bir qaich ortiq ham, kam ham bo’lmadi. Eng ajalanarli tomoni shundaki, oxirgi o’ninchi bo’lagi boshqalariga nisbatan bir metrcha kaltaroq, ya’ni, boshqalari sakkiz metrdan bo’lsa, oxirgizsi yeti metr ekan. Bu ham xonahoqning burchagiga o’rnatilgan yumaloq pechkadan boshlab solinsa, xuddi o’lchangandek joy-joyiga tushdi. Bu hodisadan men qattiq hayajonga tushdim. Hayratlarim beixtiyor tilimga chiqdi:
-Yo Parvardigor! Yo qudratingdan! Bu faqat Allohning qudrati. Axir, men bu xonahoqni endi ko’rib turibman. Eni-bo’yini o’lchamagan bo’lsam! Pechkaning joyini ham hisobga olgandek-a!..
Mahalla oqsoqollari, masjid imomi ham hayratga tushishdi:
- Demak, niyatingiz holis ekan, dilingiz pok ekan. Alloh yo’lidagi ehsoningiz sidqidildan ekan. Bu hodisa ham Alloh ehsoningizni dargohida qabul etganligidan darakdir balki, - deb xayrga yo’yishdi.
Fursatdan foydalanib iltimos qildim:
- Ikki oyga yaqinlashib qoldiki, uch yasharli bir sevimli nabiram 16-kasalxonaning og’irlar bo’limida “ana ketdi, man ketdi” bo’lib yotibdi. Shifokorlarning aytishlaricha, tuzalib ketishiga ishonch juda kam. Ammo Allohdan umid etaman, shu muborak kunda bir duo qilsalaringiz. Shoyad yaratgan Egam qabul etib, bolaga yengillik bersa, - dedim.
Darhaqiqat, jamoat sidqidildan ko’z yoshi bilan quyuq duo qilib, nabiramning tuzalib ketishini Yaratgandan so’rashdi. Bor-budimni o’rtaga tashlab, masjidning kam-ko’stiga atadim.
Ikkinchi hayratli voqea shu bo’ldiki, o’lim to’shagida yotgan nabiram oradan uch kun o’tar-o’tmay og’rxonadan palataga chiqarildi, bir haftadan keyin esa, butunlay sog’ayib uyga keldi. Hozir 4-sinfda a’lo baholarga o’qiyapti. Allohga shukr…

Fayzulloh xo’ja Abdulloxon Marg’iloniy
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 yil(1419-1920) II-chorak
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 22 Fevral 2008, 10:13:03
Sadaqaning afzali

O’tgan yili yozda Marg’ilondagi Qumtepa bozoriga brogan edim. Ayni saraton pallasi bo’lgani uchun quyosh sal ko’tarilishi bilan havo isib ketdi. Tush vaqtiga yaqinlashgan sari issiqqa chidash ham qiyinlasha bordi. Odatda, bunday paytlar chanqoqbosdi ichimliklarning bozori chaqqon bo’ladi. Atrofga ko’z yugurtirgandim, sal nariroqda kimningdir: “Obixudoyi! Obixudoyidan ichinglar!” degan ovozi eshitildi. O’sha tomonga yurdim. Qarasam, ellik yoshlar chamasidagi qalin soqolli, istarali bir kishi yonida turgan kajavali mototsikldagi katta idishdan kosada suv olib, atrofdagilarga tutyapti. Ichganlar minnatdorchilik bildirib, qaytib ketishyapti. Men ham borib:
- Suvingiz qanchadan, otaxon? – deb so’radim.
- Bu obixudoyi, o’g’lim, bepul, - degancha bir kosa to’latib uzatdi. Suvni ichgach, qiziqib qoldim:
- Otaxon, suv ulashayotganingizning sababi nima?
- Hazrati payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Sadaqaning afzali chanqoq odamlarga suv ulashmoqlikdir”, deganlar. Men shu hadisga amal qilayapman, xolos, - deb javob qildi.
Men bu shu so’zlarni eshitib, “Ichimizda qanday olijanob insonlar bor-a”, deb o’yladim. O’zimni saodat asriga yaqinlashib qolgandek his qildim.

Jahongir Toybolayev.
Musulmonlar taqvim kitobi 1999 yil(1419-1920) II-chorak
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Robiya 15 Mart 2008, 14:25:07
Қалби бор кишилар учун

Ҳaмишa сўйлaрди ўлим ҳaқдa у,

Ниҳoят Ñ‚ÑžxÑ‚aди, уйидa aжaл.

Бaс oлди жoнини, Ñ‚aйёр ҳoлдa у,

Oрзу- умидлaргa бoғлaнмaгaн гaл.

Ҳaли ҳaм эсимдa, мeн кичкинa гўдaк эдим. Шaмоллaб қoлгaним учун бир ҳaÑ„Ñ‚a кaсaлxoнaдa ётдим вa тузaлиб чиқaётгaн вaқтимдa дўxтир oÑ‚aмгa, “Ҳoзирчa унинг сoғлиги яxши, лeкин кeлaжaкдa бу кaсaлнинг Ñ‚aъсири бўлaди”,- дeб aйтaётгaнини эшитиб қoлдим.

OÑ€aдaн кўп йиллaÑ€ ўтди. Aввaл йигит, кейин oÑ‚a бўлдим. Бaъзи вaқтлaрдa oзгинa ҳaÑ€aкaÑ‚ қилсaм, чaрчoқ вa нaÑ„aс сиқиши сeзaмaн. Тўлиқ Ñ‚eкширтириш учун кaсaлxoнaгa бoрдим. Ðœaълум бўлдики, мeнинг ÑŽÑ€aк (клапанлари) қoпқoқлaримдa кaсaллик бўлиб, ÑŽÑ€aгимни oпeÑ€aция қилиш зaрур экaн. Ёшлигимдa шaмoллaшдaн пaйдo бўлгaн бу кaсaллик ÑŽÑ€aк Ñ€eвмaтизмигa oлиб кeлибди. Ðœeн дўхтирни oпeÑ€aция ўрнигa дaвoлaнaмaн дeб кўндиришгa уриниб кўрдим. Лeкин у мeнгa: “OпeÑ€aциягa бўлгaн эҳтиёжинггa бир нeчa oйдaн кейин ўзинг aниқ ишoнч ҳосил қиласaн”,- дeди.

Ҳaқиқaтдa бир нeчa oйдaн кейин бу кaсaллик туфайли ҳолсизлaниб қолдим. Умумий Ñ‚eкшириш вa ундaн кейинги тайёрлaш Ñ‚aдбирлaридaн кейин Aллoҳнинг қaзoйи- қaдaригa Ñ€oзи бўлиб, ишимни Aллoҳгa Ñ‚oпширишгa қaÑ€oÑ€ қилдим. OпeÑ€aциядaн бир кун oлдин кaсaлxoнaгa ётдим. Ўшa кундaн қaриндoшлaрим зиёрaÑ‚ қилa бoшлaдилaÑ€. Кўнглим тинч, xoтиржaм эдим. Ðœeни oпeÑ€aция қилaдигaн жaррoҳ-дўxтир билaн бир сoaтдaн oшиқ ўтирдим. OпeÑ€aциядaн oлдинги кeчa тинч уxлaдим. Умумaн ҳeч нaрсa ҳaқидa ўйлaдим...

Тoнг aзoни билaн уйғoндим.

Aзoнни эшитдим вa унинг сaдoси ичимдa тaкрoрлaнди.

Вужудим титрaб кeтди.

Ичимгa вaҳимa тушди, тинчлигим бузилди.

Менга нима бўляпти, ўзи?

OпeÑ€aция oғир, эҳтимoл бу сeнинг ҳaётдaги oxирги кунингдир.

Эҳтимoл бу сeн эшитaётгaн oxирги aзoндир...

Ðœeни ҳaÑ€ Ñ‚oмoндaн вaҳимa ўрaб oлa бoшлaди.

Ўтгaн умримдa нималар қилдим?...

Бу сaвoл кўзимдaн шашқатор ёш oқизди.

Ўтгaн ҳаётим тушдeк ўтиб кeтди.

Нeгa мeн ОxирaÑ‚ ҳaқидa ўйлaмaдим?

Ðœaнa ўлим яқинлaшиб қoлди.

Ўзимга келиб қарасaм ҳaмширa Ñ‚eпaмдa тургaн экaн.

“Сизгa нимa бўлди?”.

Унгa жaвoб бeрмaдим. Чунки менда унга берадиган жавобнинг ўзи йўқ эди.

Лeкин у изтирoб чeкaётгaнимни вa ҳaяжoнлaнaётгaнимни сeзди.

Гўё у буни кутгaндeк, қўлидa уxлaтиш учун нaркoзли шприц тутиб турарди.

Қўлимни узатдим...

Ðœeн ÑŽÑ€aгимни жaррoҳгa Ñ‚oпширaётгaнимни билиб турaрдим.

Ҳoзир ÑŽÑ€aгимни Ñ‘Ñ€aдилaÑ€.

Бутун oпeрaция дaвoмидa юрaгим уришдaн тўxтaйди.

Oпeрaция тугaши билан юрaгимни жoнлaнтириш учун элeктр зaряди юбoрилaди.

Жaвoб бeрмaсa иккинчи мaртa элeктр зaрби тaкрoрлaнaди...

Ундaн кейин елкaлaрдa oлиб кeтилaмaн...

Ðœaнa шу Ñ‚aфсилoтлaрнинг ҳaммaсини билишим мeнга ҳaётни aрзимaс вa эътибoрсиз эканини билдирди.

Умримни бeкoр ўткизиб юбoрдим. Энди нима бўлaди?!

Укoл oлиб, бир нeчa лaҳзaдaн кейин уxлaб қoлибман...

Кейин мeнгa мaълум бўлдики, жaррoҳ ÑŽÑ€aгимни сaккиз сoaÑ‚ давомида тўхтoвсиз oпeреция қилгaн. Юрaгим биринчи элeктр зaрбидaÑ‘қ уриб кeтибди, бунинг учун Aллoҳгa ҳамд айтдим.

Кaсaлxoнaдaн чиққанимдaн кейин ҳaÑ€ куни ўзимни ҳисоб-китоб қилaдигaн бўлдим. Ðœeн ўлим тўшaгидa ётар эканман, кўзимдaн шашқатор ёш oқизгaн ўшa лaҳзaни тез-тез эслайман.

Aллoҳгa қaндaй рўбaрў бўлaмaн?...

Ð’a қайси амалим билaн?...

Қaчoн ўшa лaҳзaни эслaсaм, Ñ‚oaтим вa Aллoҳгa бўлгaн яқинлигим янaдa зиёдa бўлaди. Қaчoн ҳaвoйи нaфсим мeни бeпaрвoлик вa дaнгaсaликкa Ñ‚oртсa, ўшa вoқeaни эслaймaн. Иккинчи мaртa ҳaётгa қaйтгaним учун Aллoҳгa шукр қилaмaн!

Aбдулмалик ал-Қосимнинг "Истиқбол" номли китобидан Абдуллоҳ Абдулҳамид таржимаси   ÐœÐ°Ð½Ð±Ð° (http://sitora.ucoz.ru/blog/2008-03-04-69//Манба)
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Robiya 15 Mart 2008, 14:31:53
Омир ибн Абдуллоҳ ат-Тамимий

"
Зоҳидлик саккиз кишига қолди.
Уларнинг бошида Омир ибн Абдуллоҳ
ат-Тамимий турадилар".
(Улқума ибн Мурсад.)

Биз ҳозир ҳижратнинг ўн тўртинчи йилидамиз.

Саҳобаи киромлар ва улуғ ёшли тобеинлардан иборат ҳидоятчи бинокорлар мусулмонлар халифаси Умар ибн ал-Хаттоб розияллоҳу анҳунинг амри билан Басра шаҳрининг чегараларини чизмоқдалар. Улар бу ерни Форс шаҳарларида ғазот қилаётган мусулмон қўшинларининг ҳарбий истеҳкомига, даъватнинг маркази ва ер юзида Аллоҳнинг калимасини олий қилиш минорасига айлантириш учун азму қарор қилганлар.

Араб жазирасининг ҳамма ерларидан: Нажддан, Ҳижоздан, Ямандан мусулмон жамоалар янги шаҳар томон йўлга тушишган. Улар чегара вилоятга ўрнашиб, душман томонга қалқон бўлишлари керак. Нажддан Басрага ҳижрат қилганлар ичида Бани Тамим қабиласидан бўлмиш Омир ибн Абдуллоҳ ат-Тамимий ал-Унбарий деган йигит ҳам бор эди.

* * *

Омир ибн Абдуллоҳ мўйлаби эндигина сабза урган, тиниқ юзли, покиза руҳли, тақводор қалбли ёш йигитча эдилар.

Басра ёш бўлишига қарамай, ҳарбий ҳаракатлар натижасида қўлга киритилган ўлжалар Ñ‘ғилиб тургани, қуйма олтинлар оқиб келаётгани туфайли мусулмонларнинг энг бой шаҳарларидан ҳисобланарди.

Лекин Бани Тамимлик Омир ибн Абдуллоҳни буларнинг ҳеч бири қизиқтирмас эди. У одамларнинг қўлидаги нарсаларга аҳамият бермас, Аллоҳнинг ҳузуридаги нарсагагина интилар эди. У дунё ва унинг зийнатидан юз ўгирган, Аллоҳ ва Унинг розилигига юзланган йигитча эди.

Шу кунларда Басранинг энг кўзга кўринган кишиси улуғ саҳобий Абу Мусо ал-Ашъарий разияллоҳу анҳу бўлиб, у киши гуллаётган шаҳарнинг волийси қилиб тайинландилар.

Абу Мусо Басрадан турли томонларга юбориладиган мусулмон қўшинларининг қўмондони эдилар. У зот Басра аҳлининг пешвоси, муаллими ва Аллоҳ Таолонинг йўлига бошловчи муршид, раҳнамо эдилар.

Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Robiya 15 Mart 2008, 14:32:33
Омир ибн Абдуллоҳ урушда ҳам, тинчликда ҳам Абу Мусо ал-Ашъарийнинг этагидан тутдилар, сафарда ҳам, муқимликда ҳам доим бирга бўлдилар. У зотдан Аллоҳнинг Китобини Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг қалбларига қандай тушган бўлса ўшандайича соф ҳолда, гўёки ҳали сиёҳи қуриб улгурмаган саҳифадан Ñžқиётгандек ўргандилар. Расули акрамга боғланадиган саҳиҳ ҳадисларни Абу Мусодан ўзлаштирдилар ва ривоят қилдилар. Шундай қилиб Абу Мусо ал-Ашъарийнинг қўлларидан Аллоҳ азза ва жалланинг динини ўзлаштириб, уни яхши тушунадиган бўлиб чиқдилар.

Ўзларига етарли бўлган илмни олиб бўлганларидан сўнг ҳаётларини уч қисмга бўлдилар:
Вақтларнинг бир қисмини зикр халқаларида ўтказиб, Басра масжидида одамларга Қуръон ўргатардилар;

Яна бир қисмини хилватда ибодат билан ўтказар, то оёқлари толиққунча тик туриб, Аллоҳга ибодат қилар эдилар.

Яна бир қисмини эса жиҳод соҳасида ўтказар, Аллоҳ йўлида қилич солиш билан машғул бўлар эдилар.

Омир ибн Абдуллоҳ ҳаётларида шулардан ташқари ҳеч нарсага ўрин қолдирмаган эдилар. Натижада у зотни Басранинг обиди ва зоҳиди деб номлай бошладилар.

* * *

Омир ибн Абдуллоҳ ҳақидаги маълумотлардан бохабар бўлиш учун басраликлардан бирининг ҳикоясига қулоқ тутайлик-чи:

…Мен карвон билан сафар қилдим, карвонда Омир ибн Абдуллоҳ бор эди. Кеч тушгач, сув бўйидаги дарахтзорга тушдик.

Омир ўз буюмларини ерга туширди-да, отини дарахтга боғлаб, унинг тизгинини узун қилиб қўйди ва отни тўйдирадиган миқдорда хашак йиғиб келиб, олдига ташлади. Кейин эса дарахтзорга кириб, панага ўтди.

Мен ўзимга ўзим дедим:

- Худо ҳаққи, унинг кетидан бориб, бу кеча дарахтзор, чакалакзор ичкарисида нималар қилишини бир кузатайин.

Ибн Абдуллоҳ юриб-юриб дарахтлар билан ўралган, кўздан пана бир тепаликка етганда тўхтади. У қиблага юзланиб, тик туриб намоз Ñžқий бошлади. Мен унинг намозидан гўзалроқ, мукаммалроқ ва тавозеълироқ намозни кўрмаганман.

У Аллоҳ хоҳлаганича намоз Ñžқигач, Аллоҳга дуо ва муножот қила бошлади. Унинг дуосида қуйидаги сўзлар бор эди:

"Илоҳим, мени Ўз амринг билан яратдинг, Ўз хоҳишинг билан мени бу дунё балоларига йўлиқтирдинг. Сўнгра менга: "Ўзингни Ñ‚Ñžғри тут!" дединг. Эй қудратли, эй мустаҳкам зот, мени Сен Ўз лутфинг билан тутиб турмасанг, мен ўзимни қандай тутиб қоламан?

Илоҳим, шубҳасиз Сен яхши биласанки, агар дунё ва ундаги нарсаларнинг ҳаммаси меники бўлса-ÑŽ, Сенинг розилигинг учун уларни мендан сўраладиган бўлса, сўровчига ҳаммасини албатта тортиқ қилган бўлардим. Нафсимни менга тортиқ қил - уни менга бўйсундириб бер, эй раҳмлиларнинг раҳмлиси!

Илоҳим, Сенга бўлган муҳаббатим менинг барча мусибатларимни енгиллаштирди ва ҳар қандай қазои қадарга кўниктирди.

Сенга бўлган муҳаббатим туфайли қай ҳолда тонг орттиришим-у қай ҳолда кунни кеч қилишимга парво қилмай қўйганман…"

Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Robiya 15 Mart 2008, 14:33:24
Басралик одам айтади: Сўнгра мудроқ босиб уйқуга кетиб қолибман. Бир маҳал уйғониб қарасам, Омир ҳали ҳам турган жойида намоз ва муножот билан машғул экан. Бу Ñ‘қда эса тонг отиб қолибди.

Бомдод вақти киргандан кейин намозни адо этди ва дуога юзланди:

- Эй Аллоҳим, мана тонг отди. Одамлар Сенинг фазлингни талаб қилиб, кезиб юришни бошладилар. Албатта уларнинг ҳаммаларининг ҳожатлари бордир…

Омирнинг Сендаги ҳожати эса уни мағфират қилишингдир.

Эй Аллоҳим, менинг ҳожатим ва уларнинг ҳожатларини бергин, эй сахийларнинг сахийи!
Эй Аллоҳим, мен Сендан уч нарсани тилагандим. Иккитасини бердинг-у биттасини бермадинг.

Эй Аллоҳим, шу тилагимни менга бергин, токи Сенга ўзим яхши кўрганимдек ва хоҳлаганимдек ибодат қила олай…"

Кейин ўтирган жойидан турди-ÑŽ тўсатдан кўзи менга тушди. Дарҳол менинг ушбу кечадаги ишимни тушунди ва қаттиқ беҳаловатлик билан афсус оҳангида мендан сўради:

- Ўйлашимча, кечаси мени кузатиб ўтирганга ўхшайсан-а, басралик биродар?

- Ҳа, - дедим мен.

- Мендан нимани кўрган бўлсанг, уни яширгин, Аллоҳ сенинг айбларингни яширсин.

Мен бўлсам:

- Худо хаққи, сен Роббингдан сўраган бу уч нарсани менга айтиб берасан ёки сендан нимани кўрган бўлсам уни одамларга гапириб, сўзлаб бераман - дедим.

- Ўтинаман, асло бундай қилма, - деди Омир.

- Йўқ шундай қиламан, - деб туриб олдим. Менинг сўзимда қатъий эканимни кўрганидан кейин у айтди:

- Кўрганларинг ҳақида ҳеч кимга хабар бермаслигингни айтиб, Аллоҳ номи билан ваъда берсанг, сен сўраган нарсани айтиб бераман.

- Токи сен ҳаёт экансан, сирингни очмайман, деб Аллоҳ номи билан ваъда бераман!
Шунда у деди:

- Мен учун динимга аёллардан қўрқинчлироқ нарса йўқ эди. Мен Роббимдан уларга бўлган муҳаббатни қалбимдан олиб ташлашини сўрадим ва Роббим истагимни ижобат қилди. Ҳатто мен аёлни кўрдимми ёки деворними - бунинг менга фарқи қолмади.

- Хўп бу биринчиси экан. Иккинчиси нима? - деб сўрадим. У айтди:

- Иккинчиси шуки, мен Роббимдан ундан ўзга ҳеч кимдан қўрқмасликни сўрагандим. Роббим бу истагимни ҳам ижобат этди. Ҳатто ҳозир, Аллоҳга қасамки, осмонлару ердаги Ундан ўзга ҳеч бир нарсадан қўрқмайман.

- Учинчиси-чи? - дедим. У айтди:

- Мен Роббимдан кечаю кундуз ўзим хоҳлаганимдек ибодат қила олишим учун Ундан мендаги уйқуни олиб қўйишини тилагандим. Бироқ Роббим учинчи тилагимни бермади…
Унинг бу сўзларини эшитиб бўлгач, дедим:

- Ўзингга раҳм қилсанг-чи. Сен тунни ибодатда қоим бўлиб, кунни рўзадор бўлиб ўтказасан. Ахир сен қилаётганингдан камроғи билан ҳам жаннатга етиш, қилаётган меҳнатингдан озроғи билан ҳам дўзахдан сақланса бўлади-ку! У айтди:

- Мен надомат фойда бермайдиган кунда надомат қилиб қолишдан қўрқаман. Худо ҳаққи, астойдил ибодат қилишга қачон имкон топилди, дегунимча жон - дилим билан ибодатга киришаман.

Агар нажот топсам Аллоҳнинг раҳматидандир. Борди-ÑŽ дўзахга кирсам ўзимнинг камчилигимдандир.

Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 08 Aprel 2008, 16:31:51
OTAJON MEN BILAN O’YNAYSIZMI?

Oysha ishdan kelgan adasining quchog'iga otildi. Lekin ota ishdan charchab kelgan va qizining erkaliklarini ko'targani sabri yetmasdi. Qizi esa otasining e'tiborini tortishga harakat qilib atrofida girdikapalak bo'lardi. Shuncha harakatlari zoye ketgandan so'ng Oyshaning aqliga porloq bir fikr keldi. 
-        Otajon, bir soatda qancha pul topasiz?
Otasi Oyshaning kattalarning ishiga aralashganiga jahli chiqsada, o'z holiga qo'yishini istagani uchun javob berdi:
-        20 ming, qizim boshim juda og'riyapti, iltimos bunday keraksiz savollar berma.         
Oysha esa otasining bu gaplariga hech e'tibor bermasdan chug'urlashda davom etardi:
-        Otajon, menga 5 ming so'm berib turing. -       
-        Bo'ldi, ketgin mening oldimdan, boshqa payt beraman, - deya jahl bilan javob berdi ota. Otasining bunday qo'polligidan hafa bo'lgan Oysha o'z honasiga kirib ketdi. Birozdan so'ng o'z ishidan pushaymon ota qizining honasiga kirdi.
-        Qizim, senga qo'pol gapirganim uchun kechir. Juda charchaganman, mana senga so'ragan puling, dedi.
Pullarni olarkan Oyshaning ko'zlari yoshlandi. Yostig'ining tagidan yana 15 ming chiqarib otasiga uzatarkan, sekingina so'radi:
-        Otajon, mana menda 20 ming so'm bor. Endi men bilan bir soatgina o'ynaysizmi?”   
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 08 Aprel 2008, 16:32:29
MEHR

“Qahrni daraht yaproqlariga yozmoq istardim, kuz kelib qurisin deya.Nafratni qorlarga yozmoq istardim, yomg'ir yog'sin yo'q bo'lsin deya. Janjalni bulutlarga yozmoq istardim, quyosh chiqib oydinlatsin deya. Va sevgi-do'stlikni bolalarning ko'zlariga yozmoq istardim, ular o'sib, butun dunyoni burkasin deya”.  Mehrni his etmoq insondagi zaruriy ehtiyojdir. Bolalarga bu o'rinda ayricha e'tibor berilmog'i kerak. Ota-onaning farzandiga o'z muhabbatlarini ko'rsatishlari lozim. Uni ichdan sevmoq etarli emas. Bolaning moddiy o'sishi uchun sut qanday muhim bo'lsa, maanaviy o'sishi uchun sevgi huddi shunday muhimdir. Afsuski, hozirda ko'p farzandlarimizning me'dasi to'q, ammo ruhi ochdir.

 Zhunayd Suaviyning “Sevgi” nomli bu maqolasi mavzumizga go'zal bir o'rnakdir:           
Kichik qiz onasi bilan yurib borar ekan, birdan to'htadi. Yomg'ir tomchilaridan ho'l bo'lgan ko'zoynagini yechib qaragan narsa otasi bilan velosipedda ketayotgan boshqa bir qizcha edi. Velosipedning orqasida o'tirgan qiz, yiqilib tushmaslik uchun otasini quchoqlab olgan va sovuqdan muzlagan yonoqlarini uning orqasiga tayagandi. Otasi ora sira yoniga qarab qizga bir narsalar so'zlar, kichik qiz esa qiqir-qiqir kulardi.           
Yo'lakdagi qiz ularning ortidan boqar ekan, onasi uning turib qolganini ko'rib:
  - Huddiki, uyda velosiped yo'qdek, ko'zingni uzmaysan, - deya tanbeh berdi, - agar shunaqasi senga yoqqan bo'lsa, adang bunisidan ham olib beradi.           
  Kichik qiz yumshoq ovoz bilan:
  - Vilosepedga emas, qizga qaragandim, - dedi, - otasi u bilan gaplashib ketayapti-da...
Buning zamirida nima yotganini anglamagan ona, qizining muynali shapkasini tug'irlab:
  - Do'stlaring bu havoda piyoda maktabga keladilar. Lekin adang sen uchun bir necha daqiqa vaqtini ayirib mersedesida maktabga olib keladi.
Ammo qiz ko'zini velosipeddan uzmasdi.
   - Istasang, adang ham seni velosipedda olib keladilar. Shunaka qilsak bo'ladimi?
Kichik qiz inju donalari kabi sizib chiqayatgan ko'z yoshlarini onasidan yashirishga harakat qilarkan:
   -Juda istardim, - deya javob berdi, - balki, shunda otamni quchoqlarman.     

Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 08 Aprel 2008, 16:33:03
Farzandim tug'ildi.

U dunyoga kelganida ulgurishim kerak bo'lgan samolyot va ko'paytirishim kerak bo'lgan aksiyalar bilan mashg'ul edim. Uzoqlarda ekanman, u atak-chechak yurishni, shirin-shirin gapirishni o'rgandi.
Biroz o'sgandan keyin esa: «Men sizga o'xshashni istayman, adajon...” deya boshladi. “Men katta bo'lsam sizga o'xshayman”.
Doimo ish joyimga qo'ng'iroq qilib: “Adajon, uyga qachon kelasiz?”, deb so'rardi.
“Qachon kelishimni bilmayman, o'g'lim. Ammo kelganimda rosa mazza qilib o'ynaymiz...”
Yillar shu kabi o'tdi. O'g'lim o'n yoshga kirdi. Unga bir to'p sovg'a qildim.
“Rahmat, ada. Yuring, men bilan biroz o'ynang”, dedi.
“Shu haftaning ichida bitirishim kerak bo'lgan ishlarim bor, o'g'lim. Dam olish kuni o'ynaymiz, ho'pmi?”
“Ho'p”, dedi faqat yuzidagi shodlikdan asar ham qolmagandi. “Katta bo'lsam men ham siz kabi bo'laman...”     
Umr guyo oqar suv, kechdi-yu ketdi. O'g'lim avval maktabni so'ng oliygohni tugatdi. Bunday hollarda otaning o'g'liga qilgan nasihatlarini berish uchun: “O'g'lim, men sen bilan juda fahrlanaman. Kel, biroz o'tirib suhbatlashaylik, senga bir-ikki og'iz gapim bor”.
U esa sekin kulimsirab: “Do'stlarim bilan uchrashishga va'dalashgandik. Ada, mashinangizni berib tura olasizmi? Keyin gaplasharmiz...”, dedi.
Yana yillar o'tdi. Men endi nafaqaga chiqdim, vaqt serob. O'g'lim esa boshqa shaharda ishlar va o'sha yerda yashardi. Bir kuni unga qo'ng'iroq qilib: “Dam olish kunlari bizni kelib ziyorat qilib ketsang bo'larmidi?!”, dedim.
“Ho'p, ada. Faqat ishlarim ko'proq ammo vaqt topib borishga harakat qilaman. Men ham sizlarni juda sog'inganman”.
“Ho'p, endi qachon kelasan, o'g'lim?”
“Bilmadim, ada. Hozir bir uchrashuvim bor shunga shoshib turibman. Ammo kelganimda mazza qilib suhbatlashamiz”.Shu so'zlar bilan telefon go'shagini qo'ygan o'g'limning bolalik orzusini ro'yobga chiqarganini tushundim.
O'rnak olgan otasiga o'xshaganini... ayni otasi kabi ulg'ayganini...   
 

Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Aprel 2008, 16:57:40
    Men ham ro'za tutaman.

Yetti yashar Bilol nonushta qilishdan bosh tortardi:
- Lekin, oyijon,  ovqat yeyishni xohlamayman.
Men endi katta bo’ldim,ro’za tuta olaman,
- dedi Bilol oyisiga.
- Sen ro’za tutayapsanku, Bilol. Yetti yoshli bolalar
ertalab ovqat yeyishadi, kichkinalar esa tushlikda
ham yeyishadi, keyin kechgacha hech narsa
yeyishmaydi.
- Lekin siz unday ro’za tutmaysizku,oyijon,-
bolakay tixirlik qildi.
- Men kattaman, kattalar shunday tutishadi.

Bolakay chuqur o’yga tolib:
- Oyijon, biz nima uchun ro’za tutamiz?

- Yaxshi savol,- deb oyisi o’rnidan turdi va oshxona
tomon yo’l oldi.

Shkafdan bir nima olib so’radi:
- Bolajonim, buning nimaligini bilasanmi?
- Bu blender( sharbatsiqqich).
- Nima uchun qo’llanilishini ham bilasanmi?
- U mevalarni sharbatini siqib chiqaradi.

Oyisi jilmayib:
- Barakalla. Bizning tanamiz ham xuddi shunday.
Biz yegan ovqatni maydalab, keragini olib qoladi, 
qolganini esa chiqarib yuboradi. U buni har kuni
to’xtamasdan qiladi.
- Tanamiz charchamaydimi, oyijon?
- Charchaydi. Blender ham xuddi shunday. Agar
biz uzoq vaqt sharbat siqsak, u buziladi, keyin esa
tuzatishga to’g’ri keladi. Shunday ekan, biz ham
tanamizga bizga yaxshi xizmat qilishi uchun dam
berishimiz kerak.
Shuning uchun biz Ramazon oyi va yilning ayrim
kunlarida ro’za tutamiz.
- Hamma ham ro’za tutadimi, oyijon?
- Hamma emas. Bemorlar, farzand kutayotganlar
va 7 yoshdan kichik bo’lganlar, shuningdek Solihning
buvasi kabi ro’za tutishga kuchi etmaydiganlar
tutmaydilar.

Bolakay o’ylanib qoldi.Oyisi biroz avval keltirgan
ovqatni ortiqcha xarxashasiz yedi.
- Agar ro’za tutishni xohlamasak-chi?
- Opang Sumayyaning sevimli rangi qaysi?
- Pushti.
- Uning maktab formasining rangi qanaqa?
- Ko’k. Lekin ular maktabga pushti hijobini o’rab
borishni xohlaydilar.
- Unda nega unday qilmaydi?
- O’qituvchilari jazolashidan qo’rqadilar.
- Ko’rdingmi, u o’qituvchisining jazolashidan
qo’rqadi. Ustozi esa pushti kiyib maktab qoidasini
buzgani uchun uni jazolaydi. Shunday ekan, Alloh
biz uchun nima yaxshiyu nima yomonligini biladi.
Shuning uchun biz Uni sevamiz, Undan qo’rqamiz
va U bizdan rozi bo’lishini istaymiz. Biz Allohning
buyruqlariga bo'ysunishimiz kerak, aks holda biz
ham jazolanishimiz mumkin.
- Ammo, oyijon, qorningiz ochib qolmaydimi
- Albatta ochadi.Lekin biz ovqatni o’ylamaslik
uchun oshqa zarur ishlar bilan mashg’ul bo’lamiz.
Qur’on o’qiymiz, bemorlarni ziyorat qilamiz,
masjidga boramiz. Ko’ryapsanmi, qilinadigan
qancha ishlar bor.
- Musulmonlar ro’za tutishlari uchun yana boshqa
sabab bormi?
- Ha. Sen baxtlisan, Bilol, chunki seni har kuni
yeyishga ovqating bor. Hammada ham unday emas.
- Televizorda ko’rsatishadiku, ba’zi davlatlardagi
nochor kishilardakmi?
- Ha,shunday. Agar biz ular kabi och qolsak, ular
yordamga qanchalik muxtoj ekanliklarini tushunib
yetamiz.

Bolakay oyisi bergan javoblardan qoniqqanday
ko’rinardi.
- Oyijon, men ham siz va dadam bilan kambag’al-
larga yordam berishga borsam maylimi?
- Albatta, bolajonim. Alloh sendan rozi bo’lsin.

 
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Aprel 2008, 16:58:32
Eng zo'r Ramazon


  Nilufar  bilan ukasi Ahmad yaqinlashib kelayotgan Ramazonni hayajon bilan kutayotgan edilar. Chunki Ramazon – bu ularda bor narsalar uchun shukr qilish va bunday narsalari yo’q bolalar haqida o’ylash oyi.

  Ular bir yil davomida pullarini yig’ishdi. 7 yoshli Nilufar barcha yiqqan pullarini yotog’inig ustiga to’kdi. Tangalar ko’rpasinig ustiga yoyilib ketdi.
“Bu juda ham ko’p pul. Oyim biz kimgadur yordam berishimiz kerak deydilar. Ular bizda bor bo’lib, lekin boshqa bolalarda bo’lmagan narsalar haqida o’ylashimiz, hamda shunday bolalarga yordam berishimiz kerak deb o’ylaydilar”, dedi Nilufar pullarini bir joyga to’plar ekan.
“Sen ham o’z pul yig’adigan idishingni bo’shatgin, Ahmad”, dedi u ukasiga. Idishdagi pullar yotoqqa sochilib ketdi.

“Voybu, biz bu pullar bilan kim uchundir ko’p narsa qilishimiz mumkin”, dedi Ahmad jilmayib.
“Bu yilning juda muhim oyidir va biz boshqalarga yordam bera olishimiz mumkinligidan xursandaman. Lekin Ahmad esda tut, biz bu ishni yashirincha qilishimiz kerak. Kimnidur tanlashimiz va unga o’zimizni bildirmasdan yaxshilik qilishimiz kerak. Kimni tanlasak bo’ladi”, so’radi Nilufar.
“Keling qo’shnilarimiz Fotima va Rashidni tanlaymiz. Ularni eski oyoq kiyimlarda yurganini ko’rgan edim”, dedi Ahmad.
“Juda ham yaxshi fikr. Biz ular uchun oyoq kiyim sotib olsak bo’ladi. Ularda bizchalik ko’p oyoq kiyim yo’q, shunday emasmi?”, so’radi ukasidan Nilufar.
“Menda uch juft bor, sizda esa undan ham ko’proq. Keling ularga bu Ramazon uchun yangi oyoq kiyim sotib olamiz”, dedi Ahmad jilmayib.

 

Nilufar bilan Ahmad xurmo yuvish bilan band bo’lgan onalarining oldiga borishdi.
Ularni ko’rgan onasi:“Bugun sizlarga chak-chak pishirib beraman”, dedi. Chunki Ramazon oyida ular bu shirinlikni yeyishni juda yaxshi ko’rar edilar.
“Dadangiz hozir masjidda, namoz o’qishga ketgan. Quyosh botgach, uyga kelganlaridan keyin birgalashib yeymiz. Siz ikkingiz nimalar bilan bandsiz?”
“Biz kambag’allarga yordam bermoqchimiz. Ahmad va men pullarimizni yil davomida yig’ib kelayotgan edik. Endi esa Rashid bilan Fotimaga yordam bermoqchimiz” deya gapni boshladi Nilufar.
“Biz ularga yangi oyoq kiyim sovg’a qilmoqchimiz” deya opasinig gapini hayajon bilan bo’ldi Ahmad.
Ularning onasi farzandlariga qarab faxr bilan jilmaydi. “Qorniz ochmasmi, oyi”, deb so’radi Ahmad. Chunki u onasining ro’za tufayli ertalabdan beri hech narsa yemaganligini bilardi.
“Biroz, lekin bu men uchun foydali. Mendan xavotirlanma. Sen ham kattaroq bo’lsang ko’p narsani tushunasan va ro’za ham tuta olasan”, dedi onasi.

“Sizlarni oyoq kiyim sotib olishga olib boraymi?”, so’radi onasi ulardan. “Olib borasizmi, oyi? Maylimi?”, so’radi Nilufar. “Albatta, qani ketdik”, dedi u. Hammalari birgalashib oyoq kiyimlar sotiladigan do’konga borishdi.
Nilufar Fotima uchun, Ahmad esa Rashid uchun oyoq kiyim tanladilar. Ular yiqqan pullarini yordam uchun ishlatayotganlaridan faxrlanib xursand bo’ldilar. Uyga kelgach, ular oyoq kiyimlarni jigar rang qog’ozga o’radilar. Ular kech kirishini sabrsizlik bilan kutdilar. Chunki ular sovg’alarni bo’lishi bilan o’z egalariga bera olardilar.Quyosh botgach, bolalar va onalari o’ralgan qutilarni olib, ustlariga kamzullarini kiyib Fotima va Rashidlarning uyi tomon yura boshladilar. Onalari: “Bolalarim, biz jim va tez harakat qilishimiz kerak. Ahmad, sen eshikni taqillatib, Nilufar bilan men berkinib turgan butaning orqasiga yugurib kel. Biz ularning uydan chiqib’ o’z sovg’alarini olishlarini kuzatib turamiz.”Nilufar va Ahmad xursand bo’lib kuldilar.
Nilufar va onasi berkindilar, Ahmad eshikning oldiga borib, sovg’alarni qo’ydida, butaning orqasiga yugurib keldi.
“Shshsh”, pichirladi onalari, “Kimdir eshikni ochdi.” Ular Rashid va Fotimaning ostonaga chiqqanini ko’rdilar.
“Qarang, biz uchun sovg’alar. Kimdur ularni bu yerda qoldiribdi”, deya baqirdi hayajon bilan Rashid. U va Fotima yon-atrofga qaradilar. Qorong’uligi uchun hech kimni ko’ra olmadilar. Ular sovg’alarini olib, uylariga kirib ketdilar. Ularni hech kim ko’rib qolmasligi uchun bir necha daqiqa kutib, so’ng uylariga qaytib ketdilar.
“Dada, dada, biz ularga ko’rinmasdan sovg’alarini tashlab keldik”, deya baqirdi Ahmad.
“Ular bizni ko’rmadilar. Sovg’alarni tashlab ketgan bizligimizni ham bilmadilar”, qo’shib qo’ydi Nilufar kulib.
Ularning onasi bilan otasi farzandlariga qarab, ular bilan faxrlandilar. Ular farzandlarinig ehson qilishning haqiqiy ma’nosini tushunishini bilardilar. Ertasi kun ertalab hammalari shaharni aylanishga bordilar. Yo’lda Rashid bilan Fotimaning o’ynayotganini ko’rdilar. Ular yangi oyoq kiyimlaini kiyib olgan edilar. Hech kim hech narsa demadi. Nilufar bilan Ahmad faqatgina jilmaydilar, chunki bu ular uchun eng zo’r Ramazonlardan biri edi.
 
 
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Robiya 17 May 2008, 15:58:13
Biz yo‘lda uchrashdik Azon eshitildi.
-Yur, jome’ga – dedim. – Bugun jum’a!
-Masjidga bormasligimni bilasan-ku, - dedi.
-Bilaman-u, ammo qachongacha bormaysan?!
-Nima desam ekan, ruhim to‘g‘ri kelmaydi. Hali tayyor emasman. Qolaversa, shimimning tizzalari titilib, dazmoli buzilishidan ham qo‘rqaman... arzimaydi...
Kulgim qistadi.
-Hazillashyapsanmi?
-Hazil-pazili yo‘q. Oq kiyimni yaxshi ko‘rishimni, dog‘ tushirmasligimni bilasan-ku!
Haqiqatan ham, shunday edi. U ko‘pincha oq kiyim kiyardi. Kiyimlari doim dazmollangan, toza, ozoda edi...
Oradan ikki oy o‘tib, bexos, uning jome’ masjidida ekanligini eshitib qoldim. Yugurdim. Jome’dagi nomoz saflarining eng oldida edi.
Sekin-asta oldiga yaqinlashib past ovozda:
-Qani, og‘ayni, senga nima bo‘ldi? Masjidga bormayman demaganmiding? – deb so‘radim.
Undan sado chiqmadi. Chunki boshdan oyoq oppoq kafanga o‘rangancha tobutda yotar, uning uchun janoza namozlarini o‘qishlarini kutar edi.

Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Robiya 29 May 2008, 14:51:35
HIKMATLI KALIMALAR

Soib ibn al-Musayyabdan: «Umar ibn Hattob odamlarga o‘n sakkizta serhikmat kalimalarni qoldirganlar».
Aytdilar:
— Biror kishini biror ishda senga itoat qilishda Allohga gunohkor bo‘lgani uchun jazolasang, uning itoatsizligi o‘sha ishda sening Allohga itoat qilishingdek bo‘lsa, bas, uni jazolamaysan.
— Birodaringdan sen o‘ylagandek foyda kelishi uchun uning ishini eng yaxshi o‘rinlat.
— Bir musulmonning og‘zidan chiqqan so‘zni yomonga yo‘yma, sen u so‘zni yaxshilikka yo‘yish-ga harakat qil.
— Kim o‘zini tuhmat qilinadigan o‘rinda ko‘rsatsa, unga nisbatan yomon gumon qiladiganlarni malomat qilmasin.
— Kim o‘z sirini berkitsa, yaxshilik uning qo‘lidadir.
— O‘zingga sodiq do‘stlar tanla, ular panohida yashaysan, chunki ular kengchilikda ziynat, qiyinchilikda qalqondirlar.
— O‘zingga doim rost so‘zlarni ixtiyor qil, agar seni rostlik o‘ldirsa ham.
— Foydasiz narsaga urinma.
— Hali bo‘lmagan ishdan so‘rama, chunki bo‘lgan ishdan unga ortmaysan.
— Sening najotingga xayrxoh bo‘lmagan kishidan hojatingni so‘rama.
— Yolg‘on qasam ichishni yengil sanama, uning sababidan Alloh seni halok qilur.
— Fojirlar ila hamsuhbat bo‘lma, ularning fujurlaridan o‘rganasan.
— Dushmaningdan uzoq bo‘l.
— Do‘stingdan ehtiyot bo‘l, ishonchlisi mustasno. Allohdan qo‘rqqangina ishonchli bo‘lur.
— Qabrlar oldida odob bilan tur.
— Itoat vaqtida o‘zingni xor tut.
— Gunoh oldida najot arqonini mahkam ushla.
— Ishingda Allohdan qo‘rqqanlar ila maslahatlash. Zero, Alloh: «Allohdan olim bandalari qo‘rqadi» (Fotir, 28, mazmuni), deb marhamat qilgan».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Robiya 29 May 2008, 14:52:53
ENG ULUG' INSON
Yoshligining o‘n yilini payg‘ambar xuzurida o‘tkazgan Anas bin Molik hayotiga e’tibor bering. U bolalik qilib xato qilganida, aytilgan ishni bajarmay esidan chiqarib qo‘yganida bo‘lsin, o‘ynab qolib ketganida yoki boshqa nojo‘ya hatti–harakatlari natijasida bo‘lsin o‘n yillik uzun muddat davomida Rasulullohdan (S.A.V) biror marta «Attang!» so‘zini eshitmagan edi. Bir kuni Rasululloh (s.a.v) Anas ibn Molik (r.a.) ga shunday nasihat qildilar: «Qalbingda hech kimsaga nisbatan yomon fikrda bo‘lmasdan yashashga kuching yetsa shunday yasha. Bu mening sunnatimdir. Kim mening sunnatimni hayotga tatbiq qilsa meni sevgan bo‘ladi. Meni sevgan men bilan jannatda birga bo‘ladi».
Uning risolat panohida voyaga yetgan Hazrat Ali ta’rif etadigan Payg‘ambar esa quyidagicha: «Har doim yuzlari kulib turar, tabiati o‘ta muloyim edi. Juda kechirimli, qahri ham qattiq emasdi. Hech kim bilan tortishmas, kimsaga bakirib-chakirmas, yomon biror so‘z so‘ylamasdi. Birovni ayblamas va qurumsoq yoki qizg‘anchiq ham emasdi. Yoqtirmagan narsalariga e’tibor bermas va hech kimni umidsizlikka tushirib ko‘ymasdi. O‘zini behalovat qilgan narsalarni sezdirmas edi va hech kimning yuziga aybini aytmasdi, orqasidan ham gapirmasdi. Birovning aybini izlash bilan mashg‘ul bo‘lmasdi, hech kimga uning uchun xayrli hamda savobli bo‘lmagan so‘zni aytmasdi. Yumshoqlik va sabrni o‘zida jo etolgan bo‘lib, hech narsa uning jaxlini chikarmas edi.»
Hazrat Ali bu so‘zlarini Rasululloh (S.A.V) bilan birga kechirgan o‘ttiz yildan oshiq vaqt davomida ko‘rganlari asosida aytgan bo‘lsa, Payg‘ambar(S.A.V) bilan o‘n yil oila hayoti kechirgan Hazrat Oysha esa uni shunday ta’rif etadi: «Insonlarning eng go‘zal axloqlisi edi. Hech yomon so‘z aytmas, bo‘lmag‘ur ishlar bilan mashg‘ul bo‘lmasdi. Bozorda baqirib–chaqirmas va yomonlikka yomonlik bilan javob berishga urinmas edi. Faqat kechirimlilik qilardi. Insonlarning eng nozik tabiati, go‘zal xulqlisi va xushmuomalasi edi ul zot. Olloh yo‘lida jihod qilishning tashqarisida biror xizmatkor yoki joriya, umuman hech kimga qo‘l ko‘targan emaslar.»
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Robiya 30 May 2008, 17:47:20

Ривоят қилурларки, бир йили Бани Исроилда қаҳатчилик бўлган эди. Бир камбағал бахил бойнинг эшигига келиб, Худо йўлига бир бурда нон садақа қилгин, деди. Бахил тиланчига ҳеч нарса бермади ва уйидан ҳайдаб чиқарди. Бахилнинг қизи тиланчига битта нон  берди ва буни кўрган бахил ота қизининг ўнг қўлини кесиб ташлади. Бир қанча вақтдан кейин Аллоҳ таолонинг қудрати билан бахилнинг мол-мулки қўлидан кетиб, муҳтожликка дучор бўлди. Унинг қизи бирор егулик топиш учун кўчаларда юрган эди. Бир саховатли одам уйига олиб бориб, никоҳлаб олди. Овқатланаётганда хотини чап қўли билан овқат ея бошлади. Эри деди: «ÐŽÐ½Ð³ қўл билан овқатланиш одобдандир». Аёл нима қилишни билмай, ҳайрон бўлди. Хона бурчагидан овоз келдики, «Ð¡ÐµÐ½ ўнг қўлинг билан Худойи таоло йўлида эҳсон қилган эдинг, отанг қўлингни кесиб ташлади. Аллоҳ субҳонаҳу таоло хайр-эҳсон эгасини ташлаб қўймайди. Ўнг қўлингни енгингдан чиқар». Аёл қўлини узатиб, Аллоҳ таборак ва таолонинг қудрати билан қўлининг илгаригидек соппа-соғ эканлигини кўрди.

****
Анас ибн Молик (Ñ€.а) Расулуллоҳ  (с.а.в.)дан шундай деб ривоят қиладилар «ÐÐ»Ð»Ð¾ҳ таоло садақа берган одамдан етмиш балони узоқлаштиради ва берган садақаси охиратда дўзахдан уни ҳимоя қилувчи ҳижобга айланади», деган эканлар.

«Ð”урратул-ваъизин»Ð´Ð°Ð½


Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Said Nosir 30 May 2008, 19:34:30
                          Qizaloqning ilk so'zi
Канаданинг Торонто шаҳрида истиқомат қилувчи шайх хонадонида ғаройиб воқеа содир бўлди. Шайхнинг 3 ёшли Ñžғли ва 18 ойлик қизи бор.Фарзанд тарбиясига жиддий қаровчи шайх 3 ёшлик Ñžғлига қуръону Каримдан кичик сураларни ўргатмоқда.

 ÐœÐ°ÑˆÐ°Ð»Ð»Ð°ҳ, бола аллақачон Фотиҳа сурасини ва бир нечта бошқа сураларни ёддан билади. Бир куни болакай синглисини ўйнатиб ўтирганида, отаси ундан Фотиҳа сурасини Ñžқишини сўрайди, бола қироат ила Фотиҳа сурасини Ñžқиётган вақтида тутилиб қолади ва "Иҳдина Сурат" дея тўхтаб қолади. Шу вақÑ‚ кутилмаганда 18 ойлик қизалоқ "Ал Мустақим" деб юборади ва сурани яна давом эттириб кетди! Субҳаноллоҳ! Бу қизалоқнинг тили чиқиб 1-айтган сўзи қуръони Каримдаги муқаддас сўз бўлади! Тақводор отанинг ўз Ñžғлига қуръон ўргатётган вақтида қизалоқ бу сўзларни ёдлаб олгани бунга сабаб бўлган. Фарзандларни ёшлигиданоқ Исломий руҳда тарбиялаш, уларни одоб-ахлоқли, ҳалол инсон қилиб вояга етказиш ота-она учун фарздир. Фарзандларига Қуръон Ñžқишни ўргатиш уларнинг тарбиясига ижобий таъсир кўрсатади. Ёшлигиданоқ Ñ‚Ñžғри ва эгри йўлни фарқини англаб етади. Масалан, дарахт кўчатлигида бир ўзингиз тиргович ёрдамида осонгина Ñ‚Ñžғирлаб юборишингиз мумкин. Аммо у ўсиб, катта дарахтга айланганида 20та одам ҳам уни Ñ‚Ñžғирлай олмайди, чунки вақÑ‚ ўтган, фурсат бой берилган бўлади. Мазкур воқеа бир нечта фарзандларни ота-онаси бўлсалар ҳам ҳали бошлари саждага тегмаган, фарзандларга қуръон Ñžқишни ўргатиш у Ñ‘қда турсин ўзлари ҳали билмайдиганлар учун ибрат бўлади деган умиддамиз. Аллоҳнинг каломи бўлмиш Қуръони Карим инсонларни фақат ва фақат эзгуликка, Ñ‚Ñžғриликка йўналтиради. Ассалому алайкум ва раматиллоҳу ва баракотуҳ!

Manba: http://translator.ucoz.com/news/2008-04-23-1
 
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Said Nosir 30 May 2008, 19:36:27
                   Dadajon, 10$ berib tura olmaysizmi?

Ишдан кеч қайтгач, чарчаган ота эшикни олдида 5 ёшли Ñžғли уни кутаётганини кўрди.
“Дада, сизга бир савол берсам майлими?”
“Ха, албатта, нима савол экан?” жавоб берди ота.
“Дада, сиз бир соатда қанча пул ишлайсиз?”
“Бу сени ишинг эмас! Қаердан олдинг бунақа саволни?” деди жахли чиқиб ота.

 ÐžÑ‚а ғазабланди. “Агар мен қанча пул топишимни билишинг шунчаки бир ахмоқона ўйинчоқ ёки бошқа бир бўлмағур нарса сотиб олиш учун керак бўлса, у холда дархол хонангга кириб жойингга Ñ‘Ñ‚! Нима учун бундай ўзбошимчалик қилганинг хақида ўйла. Мен куни билан узоқ, оғир соатлар мехнат қилдим ва бундай ўйинқароқликка вақтим йўқ.”
Болакай индамай хонасига кириб кетди ва кетидан эшикни ёпиб қўйди. Ота ўтириб, Ñžғлининг берган саволидан ғазаби қайнарди. Қандай қилиб у шунчаки пул олиш учун бундай саволлар беришга журъат этди. Бир соатлардан кейин, ота тинчланди ва Ñžғлига қаттиқ гапириб қўйганига афсуслана бошлади. Балки у ростдан хам $10 га арзийдиган нарса олмоқчидир, ундан ташқари у мендан кўп пул сўрамайди, деб ўйларди у. Ота Ñžғлининг хонаси олдига келиб эшикни очди. “Ўғлим ухлаяпсанми?” секин сўради у.

“Йўқ дада, уйғоқман,” жавоб берди бола.
“Мен ўйладим, балки аввал сенга қаттиқ гапириб қўйгандирман,” бошлади ота. “Бугун кун узун бўлди ва мен чарчаганим учун сенга озгина жахл қилиб қўйдим. Мана сен сўраган $10.”
Бола ўрнидан турди ва қувонганидан “Рахмат дадажон!” деб қичқирди. Кейин у ёстиғини тагига қўлини тиқиб, бошқа ғижимланган пулларини чиқарди. Ота, Ñžғлининг берган пулидан ташқари пуллари борлигини кўриб, яна жахли чиқа бошлади. Болакай шошилмай пулини санаб, отасига қаради.

“Пулинг бор бўлса, мендан нега пул сўрадинг?” ғазабланди ота.
“Чунки бор пулим етарли эмас эди, лекин энди етарли,” жавоб берди бола. “Дадажон, мени энди $20им бор... Бир соат вақтингизни сотиб олсам бўладими?”...

Manba:  http://translator.ucoz.com/news/2008-04-25-2

Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Robiya 26 Iyun 2008, 10:39:59
Абу Саид Абдуллоҳ, Ибни Саққа ва Абдулқодир Жийлоний ёшлик чоғларида илм ўрганиш учун Боғдодга борган эдилар.
Ўша вақтларда Низомия мадрасида Юсуф Ҳамадоний ҳазратлари дарс берар, халқни иршод қилар эдилар. Бу уч ўспирин Юсуф Ҳамадонийнинг зиёратларига боришга қарор қилдилар. Ибн Саққа:
- Устозга шундай савол берайки, жавобини беролмасин, деди. Абу Саид Абдуллоҳ ҳам:
- Мен ҳам шундай мушкул бир савол бераман, кўрамиз устоз мукаммал жавоб бера олармикан? деди.
Абдулқодир Жийлоний ёшлари кичик бўлишига қарамай, буюк одоб тимсоли эдилар. Дўстларига:
- Аллоҳ сақласин. Мен қандай қилиб савол сўраб, устозни имтиҳон қилай? Ҳузурларида фақат кутиб тураман, у зотни кўришга мушарраф бўламан, файз оламан, дедилар.
Учовлари ниҳоят Юсуф Ҳамадоний ҳазратларининг ҳузурлаирга кирдилар.
Юсуф Ҳамадоний аввал Ибн Саққага юзланиб:
- Ҳайф сенга эй Ибн Саққа! Сен мендан жавоб бера олмайдиганим савол сўраймоқчисан! Сенинг сўрамоқчи бўлган саволинг мана бундай ва жавоби мана бундай. Сенда куфр нафаси келмоқда... дедилар.
Кейин Абу Саид Абдуллоҳга юзландилар.
- Сен ҳам мендан бир савол сўраб, мукаммал жавоб бериш-бермаслигимни кўрмоқчисан, шундайми? Сенинг сўрамоқчи бўлган саволинг мана бу. Жавоби эса бундай. Аммо сен ҳам одобга риоя қилмаганинг учун умринг узун ва қийинчиликлар, муаммолар билан ўтади, дедилар.
Охирида Жийлонийга юзланиб:
- Эй Абдулқодир! Одобингнинг гўзаллиги билан, Аллоҳ таолони ва Расулини рози қилдинг.
Мен сенинг Боғдодда иршод курсисига ўтириб: “Менинг оёғим, барча авлиёларнинг елкаси устидадир” деяётганингни кўрмоқдаман. Мен яна сенинг атрофингдаги барча авлиёларни сенинг буюклигинги қаршисида бўйинларини эгиб турган ҳолатларини ҳам кўрмоқдаман... дедилар.
Орадан кўп йил ўтди. Ҳақиқатан ҳам Абдулқодир Жийлоний ҳазратлари маънавиятда шу қадр етишдиларки, нитажада авлиёлар султони бўлдилар.
Ибн Саққа эса, ўша воқеадан кейин шаръий илмлар билан машғул бўлди. Шуҳрати ўз даврининг султонига қадар етиб боргач, султон уни Византияга элчи қилиб юборди. Христианлар унга жуда яхши муомала қилдилар. Византияда кўрган бу муомалага ва дунё ҳаётининг жозибасига алданиб Христиан бўлди ва Христиан ҳолида вафот этди. Юсуф Ҳамадоний ҳазратларининг: “Сенда куфр нафаси келмоқда” сўзларининг сирри мана шундай кўринди.
Абу Саид Абдуллоҳ эса, Шомда турли вазифаларга эришди. Аммо ҳаёти Юсуф Ҳамадоний айтганларидек, фақат қийинчиликлар ва қайғуларга тўла бўлди.  http://irfon.ucoz.ru/news/2008-06-09-56
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Robiya 28 Iyun 2008, 15:59:31
                                                  ЖОЙНАМОЗ

Тонг яқин...
Чарчоқнинг оғирлиги билан ўйқуга кетди. Бир инграш овозидан ўйғониб кетди. Атроф қоронғулик. “Туш эди шекилли”, деди секин. Лаблари чанқоқликдан қўриганди. Чироқни Ñ‘қмасдан ошхонага кирди ва қониб қониб сув ичди ва яна ётоғига қайтди. Кўзларини уйқу босганида, янга такрор ўша инграш овозини эшитгандай бўлди. Аммо бу тушми ёки ўнг фарқига бора олмасди. Овоз келган тарафга қаради. Ҳа, туш экан, дея ўйлади. Чунки инграётган овоз соҳиби уйидаги биргина жойнамози эди.
Ҳайратланган киши қўрқув билан:
- Инграган сенми?
- Ҳа, деди жойнамоз.
- Нега йиғлаяпсан?
- Сени ўйқунгдан уйғотган чанқоқликни, туйиб сув ичиб қондирдинг. Менинг чанқоғимни қондирувчи кимса йўқ.
- Ахир, сенинг жонинг бўлмаса, қандай қилиб чанқайсан.
- Бу менинг ҳам эҳтиёжим. Аммо менинг чанқоғимни тавбакор бандаларингни кўз ёшлари қондиради.
- Тушунмадим, деди киши жойнамозга қизиқиш билан қараркан.
- Йиғлайман, чунки Аллоҳнинг қўллари қабрдаги азобдан, қиёматда ёруғ юз билан тирилишни истайдилару, лекин кечалари туриб таҳажжуд Ñžқимайдилар. Ҳар куни сенга қарайман, лекин бирон марта шукр қилиб икки ракаат намоз Ñžқиганингни кўрмадим.
- Мени ўз ҳолимга қўй, деди киши ётоғига қайтаркан.
Жойнамоз давом этти:
- Эй Аллоҳнинг қули, қара, бомдод намозининг вақти кирди. Азонда намоз уйқудан хайрлидир, дея сени намозга чақирмоқда. Оҳ, тонг намози , тонг намози. Намозлар ичида бошқача намоздир. Қалб ва танани ҳаётга қайтарган намоздир бу. Етмайдими, кеча кундуз шошганинг, Азиз ва Қаҳҳор бўлган Аллоҳнинг чақириғини нега ижобат етмайсан?!
Одам секин тўшагидан бошини кўтариб:
- Эй жойнамоз, мени ўз ҳолимга қўй. Кундузи ишлаб жуда чарчаганман. Бироз дам олай, дея иссиқ ётоғига бурканди киши.
- Демак, сен дунёни охиратдан афзал кўрасан.
Бу сўзлардан кишининг жаҳли чиқди:
- Бўлди, етар, бошқа гапирма, дея бақирди.
Бу сўзлардан сўнг жойнамоз бироз жим турди ва яна секин овоз билан:
- Оҳ, фажр вақтидаги одамлар, Оҳ фажр вақтидаги одамлар, деди, - сен Пайғамбаримиз с.а.в. нинг бу вақÑ‚ ҳақидаги сўзларини биласанми? “Ҳар ким қуёш чиқмасдан ва ботмасдан олдинги намозларни Ñžқиса, оташга кирмайди”, ва ниҳоят: “Mунофиқга энг оғир келган намоз тонгги ва кечки намозлардир. (Бомдод ва Хуфтон). Агар бу икки намознинг ажрини билсалар эди шошилиб кетардилар...”
Бу сўзларга киши тушагидан бошини кўтариб:
- Ҳақсан, тонгги намоз ҳақиқатан жуда унумли, деди.
- Ундай бўлса, тур ўрнингдан, намоз Ñžқи.
- Эртага ИншаАллоҳ, бугун жуда чарчадим.
Жойнамоз сўнгги умид билан:
- Киши солиҳ амалларнинг ажрини билмаса бу амаллар унга қийин кўринади. Қабрда уйқуга туясан-ку ахир. Тур намозингни Ñžқи, эй Аллоҳнинг қули!
Бу сўзларга киши ҳеч нарса дея жавоб бермади. Жойнамоз ҳам бир неча вақÑ‚ жим қолди. Киши уйқусида давом этти. Чунки у умридаги энг узун уйқуга чўмганди. Жойнамознинг охирги сўзларини эшитиш унга насиб бўлмаганди. Жойнамоз эса:
- Эй тавбасини эртага қолдирган, эртага уйқудан туришингга ким кафил.

Дунё дардида тавбамизни унутиб, гуноҳ ишлаймиз. Тавбаларимизни кундан кунга сурамиз, қариб ақлимиз озишини кутамиз, гўё. Худдики биз аввал гуноҳ ишлаб, сўнг қариганда тавба учун яратилганмиз. Худдики, асли дунёдан келиш мақсади нима эканлигини унутгандай, худдики, эртага биз учун бор, балки бу эртага биз учун келмас, балки бу биз учун берилган охирги тавба. http://www.muslima.uz/joynamoz

Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Robiya 28 Iyun 2008, 16:03:14
Men sening namozlaringman


Shom kirishiga o‘n besh daqiqa qolibdi. «Yana kechiktiribman namozni», dedi o‘ziga-o‘zi. Tezgina tahorat olib, yuz-qo‘lini artmasdan xonasiga yugurdi. Yana shunday tezlik bilan ibodatini ado etdi. Tasbeh o‘girib o‘tirarkan, xayolidan buvisi ketmasdi. «Bu holimni ko‘rganlarida urishib bergan bo‘lardilar. Qanday namoz o‘qirdilar-a buvim...»

Duo qilib bo‘lgach, ustidan qandaydir yuk bosayotganini his qildi va astagina sajdaga uzandi. Ko‘zlari yumilib ketayotgan edi. «Rosa charchabman bugun» deb o‘yladi. Shu tarzda uxlab qolganini sezmay qoldi...

Qiyomat qoyim... Mahshargohda odam qaynaydi. Kimdir dong qotib qolgan, nima qilishini bilmay harakatsiz turar, kimlardir esa har qayoqqa chopgan, yana kimdir boshini ikki qo‘lining orasiga olgancha tiz cho‘kkan...

Uning yuragi qinidan chiqib ketguday urar, vujudidan muzdek ter oqardi. Hayotligida qiyomat, savol-javob, tarozi haqida o‘qigan, bilgan edi. Biroq Mahsharning bunchalik vahimali bo‘lishini hech o‘ylamagandi. Hisob-kitob davom etmoqda.

Bir payt uning ismi o‘qildi. Hayrat ichida bir o‘ngga, bir chap tomonga qaradi. «Mening ismim o‘qildimi?» deya titradi lablari. Shu dam olomon ikkiga bo‘lindiyu ro‘parasida uzun yo‘l paydo bo‘ldi. Ikki farishta ikki qo‘ltig‘idan olib, oldinga surgilay boshladilar. Tarozibonning huzuriga yetganlarida farishtalar g‘oyib bo‘lishgandi.

Butun hayoti ko‘z o‘ngida bir-bir o‘tayotgan edi. «Shukurlar bo‘lsin, - dedi o‘ziga-o‘zi. - Umrim davomida faqat din yo‘lida xizmat qilganlar bilan birga bo‘ldim. Otam mol-davlatini Islom uchun sarf qildi. Uyda amri-ma’ruflar o‘tkazardi, onam esa kelgan mehmonlarni kutib olar, dasturxon tuzardi. Men ham odamlarga xizmat qildim, ularga Allohning dinini tushuntirdim. Namoz o‘qidim, ro‘za tutdim, nimaiki farz bo‘lsa, hammasini bajardim. Xaromdan qochdim».

Ko‘zlaridan yoshlar duv-duv to‘kilarkan, «Rabbimni sevaman, Rabbimni sevaman» deya takrorlardi. «Nima qilgan bo‘lsam ham, jannatga kirishim uchun yetarli emas, umidim faqat Allohimdan».

Hisob-kitob cho‘zilgandan-cho‘zildi. Uning esa butun vujudi titrar, terlar, xayolida turli fikrlar g‘ujg‘on o‘ynardi. Bir mahal qo‘lida qog‘oz tutgan farishta olomonga o‘girilib, hukmni o‘qishga kirishdi. Eng avval uning ismi o‘qildi. Oyoqlari tamomila majolsiz edi, yiqilay-yiqilay deb turibdi, ammo jon qulog‘i bilan farishtaning og‘ziga ko‘z tutgan.

Olomon bir qalqib tushdi: u jahannamga mahkum etilibdi! Nima?.. Quloqlariga ishonmadi. «Bo‘lishi mumkin emas!..» baqirdi bor ovozi bilan u. Telbalarcha har tomonga yugura boshladi. «Qanaqasiga jahannamiy bo‘larkanman? Axir butun umr dinimga xizmat qildim-ku!»

Farishtalar yana ikki qo‘ltig‘idan olishdi. Oyoqlarini yerga tekkizmay olovi osmonga o‘rlagan jahannam tomon sudrab ketishdi. U esa tinmay chirpanardi. Lablaridan yarim-yorti so‘zlar chiqardi: «Xizmatlarim... tutgan ro‘zalarim... Qur’on o‘qiganlarim... namozlarim... Hech biri qutqarib qolmaydimi meni?..» Baqirib-chaqirib, yolvorishga tushdi. Qani endi farishtalar quloq solsa.

Jahannamga juda yaqin kelib qoldilar, hatto olovining tafti sezila boshladi. Payg‘ambar alayhissalom «Uyining oldidan oqib o‘tadigan suvda kuniga besh marta yuvingan odam qanday tozalansa, kuniga besh mahal o‘qilgan namoz ham odamni xuddi shunday gunohlardan poklaydi» degan edilar. «Unday bo‘lsa, namozlarim meni qutqarib qolmaydimi?» deya o‘yladi. «Namozlarim... namozlarim... namozlarim...»

Farishtalar uning yolvorishlariga mutlaqo beparvo edilar. Jahannam o‘rasining boshiga kelishdi. Undan chiqayotgan olov tafti yuzlarini yondirib yuborgudek darajada edi. U umid to‘la ko‘zlari bilan ortiga o‘girilib qaradi: yo‘q, hech qanday najot yo‘q!.. Qo‘llaridan tutib turgan panjalar bo‘shaldi... va uni jahannam tomonga itarib yubordi...

Xuddi shu mahal kimdir uning qo‘lidan tutib koldi. Yo Rab!.. Boshini ko‘tarib yuqoriga qaradi. Oppoq soqolli nuroniy bir chol uni jahannam o‘rasidan tortib olayotgan edi.

- Siz kimsiz? - so‘radi u dahshat makonidan uzog‘lasharkan.
Nuroniy chol kulimsiradi:
- Men sening namozlaringman! http://www.muslima.uz/men-sening-namozlaringman

Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Robiya 28 Iyun 2008, 16:16:32
                                           ÐœÑƒÑÐ»Ð¸Ð¼Ð°Ð½Ð¸Ð½Ð³ таоми

- Сен шундай ширин ва лаззатли таом пиширгинки, у фарзандларимизнинг ҳар бир қадамини залворли қилсин. Онгларини покласин, юракларини эзгу ниятларга тўлдирсин. Кўзларига нур, белларига қувват бағишласин. Қалбларига беғуборлик ва эътиқодни жойласин! Токи пиширган таоминг қувватидан қизларимиз жамиятга фойдали инсонларни тарбияловчи Она, Ñžғилларимиз эса юртга посбон устунлар бўлиб етишишсин!

Муслима шундай турмуш ўртоқ ато этгани учун Аллоҳга шукрлар айтиб, буюрилган таомни пиширишга киришибди. Қозонни поклик ила ювиб, ўчоққа мурувват ва меҳрдан ўт Ñ‘қибди. Иймон ва диёнатдан, хайрихоҳлигу биродарликдан хамир қориб нон ёпибди. Мусулмонларни ўзаро ғамхўр ва оқибатли қилишини Яратгандан сўраб, хушхулқлик, муроса, сахийлик, вафо, камтарлик ва ҳаёдан иборат масаллиқни қозонга солибди. Таомни мулойимлик ва вазминлик каби зираворлар ила янада мазали қилибди. Таомни дамлаш мақсадида қозонни Ислом дея аталмиш қопқоқ ила беркитиб, мазасининг ширин бўлиши масъулиятини мусулмонларнинг иштиёғи ва ғайрати оловига ҳавола қилибди...   http://www.muslima.uz/muslimaning-taomi

Nom: Re: Hadislardan namunalar.
Yuborildi: Munavvara 18 Iyul 2008, 10:26:58
Bir shamni o’chirib, boshqasini yoqdi
Bir kuni Abduraxmon bin Avf mo’minlarning Xalifasi Hazrat Umar (R..A.)ning ziyoratiga keldi. Salom berdi-da, kutib turdi.
Xalifa Hazrat Umar (R.A.) yonib turgan shamni o’chirib, keyin boshqasini yoqdi.
Bu ahvol mehmon diqqatini tortdi, u Hazrat Umarga:
-   Ey Amiral – mo’minin! Oldingizda sham yonib turardi, uni o’chirdingiz. Yana unga o’xshash boshqa shamni yoqdingiz. Buning bir hikmati border? – dedi.
Amiral – mo’minin Hazrat Umar tabassum bilan:
-   Yo, Abduraxmon! O’chirganim davlatning shami (molidir). Yoqqanim esa o’zimning shaxsiy shamim, o’z pulimga olganman. Davlat ishlarini qilganimda, Davlatning shamini yoqaman. Hozir sen biln suhbat qurib o’tirganimda, davlat shamini yoqishim halollik bo’lmaydi, shuning uchun uni o’chirdim, o’z shamimni yoqdim. Shunday qilmasam, Allohga qanday hisob beraman, - dedi.
Abduraxmon bin Avf:
-   Yo Rabbiy! Hattob o’g’li Umarni boshimizdan nari qilmagin, - deb duo qildi
Nom: Re: Hadislardan namunalar.
Yuborildi: Munavvara 18 Iyul 2008, 10:27:29
Bo’lsa – Baham ko’ramiz,
Bo’lmasa – shukur qilamiz
Hazrati Shaqiqiy Balxiy Ibrohim Adhamdan so’radi:
-   Kun kechirmoq uchun siz nima qildingiz? Qayerdan mablag’ topyapsiz, yashashingiz uchun nimalar qildingiz?
Ibrohim Adham bunday javob berdi:
-   Bo’lsa – shukur qilamiz, bo’lmasa – sabr qilamiz.
Shaqiqiy Balxiy ushbu javobni – irshodni aytdi:
-   Yo Ibrohim! Sening bu ishingchi Xuroson ko’ppaklari ham qila oladilar. Bo’lsa – yeydilar, bo’lmasa – sabr qiladilar.
Ibrohim Adham:
-   Hazrat,sizchi? Siz nima qilasiz? – dedi.
Hazrat Shaqiqiy Balxiy:
-   Bo’lsa -  baxam ko’ramiz, bo’lmasa – shukr qilamiz, - dedi. Ibrohim Adham:
-   Juda to’g’gri so’zladingiz ustoz, - dedi.
Nom: Илм хикмати
Yuborildi: Aqrab 23 Iyul 2008, 10:09:29
«Ð‘ир куни Шақиқ Хотамдан сўрадилар: «ÐœÐ°Ð½Ð°, ўттиз йил мобайнида илмдан нима наф кўрдинг? Ҳотам айтдилар: «Ð¨Ñƒ ўрганган илмимдан саккиз фойда олдим. Умид қиламанки, шу саккиз фойда мени ўтдан (жаҳаннам ўти) сақламоқда кифоя қилади». «Ð‘у нечук фойда?», деб сўралганда жавоб бердилар:
— «Ð‘иринчи фойда шулки, халққа юз тутдим ва кўрдимки, ҳар бирининг маҳбубию маъшуди бор. Баъзи маҳбублар то ўлим шарбатини татигунча ҳамсуҳбатдирлар. Баъзи маҳбуб-маъшуқалар (севишганлар) қабр Ñ‘қасигача бирга бўлишади. Кейин унинг (оламдан ўтганини) ёлғиз ўзини қабрга қўйиб қайтишади, — бирон бир маҳбуб ёки маъшуқ йўқки, маҳбуб Ñ‘ машуқи билан бирга қабрга кирса!.. (Оламдан ўтгач) бу маҳбуб Ñ‘ машуқанинг биронтаси унга ҳамдард бўлолмайди. Шуларни ўйлаб, ўз-ўзимга айтдим: Энг афзал маҳбуб улким, киши билан бирга қабрга киради ва ҳамдардлик қилади. Ўзимга эзгу амалдан ўзга садоқатли маҳбубни топмадим ва шунигина дўст тутдим, — токи ул қабримда менга ёруғ нур бўлсин ва мени ёлғиз қолдирмасин.
  Иккинчи фойда — халққа юз тутдим ва кўрдимки, барчаси кўнгли тусаган мақомга эргашиб, нафси тилаган нарсаларга ошиқади. Буни кўриб, Оллоҳ таолонинг шу сўзларини эсладим: «ÐšÐ¸Ð¼Ð¸ÐºÐ¸ Оллоҳ ҳузурида жавоб беришдан қўрқиб, нафсини ёмонликдан тийса, албатта жаннат унинг жойидир. Аниқ билдимки, Қуръон ҳақ ва рост. Дафъатан Оллоҳнинг ибодатига рози бўлиб, бўйсунмагунингча нафсимга қарши турдим, унга қарши уруш очиб, ўзимни ёмон истаклардан қайтаришга енг шимардим.
   Ð£Ñ‡Ð¸Ð½Ñ‡Ð¸ фойда шу бўлдики, ҳар инсонларни кўрдим — молу дунё учун елиб-югуради, тўплаган молини маҳкам тишлаб, хайрли ва савоб ишларга сарфламайди. Буни кўриб Оллоҳ таолонинг сўзини эсладим: «Ð¡Ð¸Ð·Ð»Ð°Ñ€Ð´Ð° бўлган молу бойлик тугайди. Оллоҳ ҳузуридаги бойликлар туганмасдир». Бу дунёда нимаики бойлик орттирган бўлсам, барчасини Оллоҳнинг розилиги йўлида сарф этдим ва унинг ҳузурида менга захира бўлсин деб камбағалларга тарқатдим.
   Ð¢ÑžÑ€Ñ‚инчи фойда. Баъзи элатларни кўрдим: «Ð‘изнинг обрў-иззатимиз, қавмимиз ва қариндошларимизнинг кўплиги туфайли» деб, шунга мағрурланишади. Айрим халқлар ўзларининг обрў-иззатлари сабабини моддий бисот ва фарзандларининг кўплигида кўришади ва бу билан фахрланишади. Бошқалари эса ўз обрў-эътибори баландлиги боисини бировларга зулм қилиб, мол-мулкини зўравонлик билан тортиб олишда деб билса, яна бир тоифа борким, мол-дунёсини номақбул жойларга исроф этиб сарфлашда деб хаёл қилади. Шунда Оллоҳ сўзи ёдга тушади: «Ð‘атаҳқиқ сизнинг обрў-иззатли бўлишингиз, — Оллоҳдан қўрқиб тақво қилганингиз-дадир». Бас, тақвони ихтиёр этиб, Қуръоннинг ҳақ ва ростлигига имон келтирдим. Ҳалиги кишиларнинг фикр ва гумонлари ботил ва ғофиллнкларидан далолатдир.
   Ð‘ешинчи фойда шу бўлдики, инсонларни кўрдим: Баъзилари баъзиларини мазаммат, ҳақорат ва ғийбат қилурлар. Бунинг баҳонаси — бандаларининг мол-дунё, мансаб-мартаба учун бир-бирига ҳасад қилишида деб билдим ва Оллоҳ таолонинг шу сўзларини эсга олдим:«ÐœÐµÐ½ уларнииг бу дунёда тўкис яшамоқлари учун етарли ризқ-насибаларини бўлиб бердим». Билдимки, ризқ-рўй тақсимланган азалдан Оллоҳ таоло томонидан белгиланган экан. Бас, ҳеч бир кишига ҳасад қилмасдан, Оллоҳ яратган қисматга рози бўлдим.
   ÐžÐ»Ñ‚инчи фойда шулким, одамларни кўрдим: Ўткинчи дунёнинг мартаб-мансабаси, ҳою-ҳаваси туфайли бир-бировини душман тутиб, ўзаро ғараз-адоват сақлайди. Шунда Оллоҳнинг сўзини эсладим: «Ð¨Ð°Ð¹Ñ‚он сизларнинг душманингиздир. Шайтонни ўзингизга душман деб билинг». Ва англадимки, шайтондан ўзгани душман гумон этмоқ жоиз эмас экан.
   Ð•Ñ‚тинчи фойда шул эрур: Ҳар кишиларни кўрдим — бойлик тўплаш илинжида жадду-жаҳд ила елиб-югуриб, ўзларини ўтга-чўққа уриб, қийнаб юришибди. Ким тарикчилик қиламан деб, ҳаром шубҳалардан ҳам парҳез қилмай, қадрини пастга уриб, ўзини хор этиб... Шунда Оллоҳ таоло сўзини хотирладим: «Ð•Ñ€ юзидаги барча махлуқнинг ризқини адо этувчи ёлғиз Оллоҳ таолодир». Бас, иқрор бўлдимки, ризқ Оллоҳнинг инон-ихтиёрида экан, унинг ибодати ила машғул бўлдим. Бошқа тарафардан умидимни уздим.
   ÐÐ¸ҳоят, саккизинчи фойда шу бўлди: Қай бир бандани кўрмайин, суянчиғи таянадигани — ўзига ўхшаган яна бир банда, яъни яратилмишдирким, ўша махлуқни паноҳ тутади. Баъзиси пулига, бисотига, баъзиси касб-корига ва яна баъзиси ҳали айтганимиздек, ўзига ўхшаган ночор махлуқ - яратилмишга таянади. Шунда Оллоҳ таолонинг ушбу каломи ёдимга тушди: «ÐšÐ¸Ð¼Ð¸ÐºÐ¸ Оллоҳ таолога таваккал қилса (суянса), Оллоҳ уни кифоя этгувчидир Албатта, Оллоҳ у кишининг ишини мукаммал қилувчидир. Оллоҳ таоло батаҳқиқ ҳар бир нарса ва ҳодисани ўз тақдири билан ато этган. Бас, Оллоҳ таолога таваккал қилдим, у менинг кифоя этгувчимдир, у менииг онқадар буюк суянчиғимдир»
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munavvara 25 Iyul 2008, 11:21:56
Umar ibn Xattobdan  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta, amallar niyat bilandir. Har bir kishi niyat qiluvchidir. Kimning hijrati Alloh va rasuli uchun bo‘lsa, bas, Alloh va rasuli uchun hijrat qilibdi. Kimning hijrati dunyoga yetishish yoki xotinga uylanish uchun bo‘lsa, uning hijrati o‘sha narsaga bo‘libdi».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munavvara 25 Iyul 2008, 11:31:09
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning ozod qilgan qullari qullari Savbon roziyallohu anhu Rasuli akramni qattiq yaxshi ko‘rar, firoqlariga sabr qilolmas edi. Bir kuni Savbon Rasulullohning huzuriga yuzlari qizargan va titragan holda kirib keldi. U zot Savbonning bu holatini ko‘rib, sababini so‘radilar. Shunda Savbon: “Betob emasman, ammo ozgina vaqt sizni ko‘rmay qolsam, dahshatga tushyapman. Mana hozirgina oxiratni esladim.
Shubha yo‘q, siz jaggatda payg‘ambarlar bilan birga bo‘lasiz. Men, garchi Alloh rahmat qilib jannatga kirsam ham, siz bilan bo‘lolmayman. Chunki sizning manzilingiz baland. Agar jannatga kirolmaydigan bo‘lsam, keyin sizni hech qachon ko‘ra olmayman. Oxiratda holim ne kechishini o‘ylab titrab ketyapman”, dedi. Shunda ushbu oyat nozil bo‘ldi: “Kimda kim Alloh va payg‘ambarga itoat etsa, ana o‘shalar Alloh in’omlariga sazovor bo‘lgan zotlar – payg‘ambarlar, siddiqlar (haq-rost iymon egalari), shahidlar va solihlar bilan birga bo‘lurlar. Ana o‘shalar eng yaxshi hamrohlardir.” (Niso surasi, 69).

Darhaqiqat Rasululloh sallollohu alayhi vasallam darajalariga hech kim yetolmaydi. Lekin rahmati keng, avfi ulug‘ zot suyukli rasuliga ilhom berdi. Allohning habib rasuli esa bu xushxabarni ummatlariga yetkazdi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 28 Yanvar 2009, 14:31:55
       Baliq ovi 


      - Tura qolgin, Saidjon, - dedi ota o'g'liga. Said turib o'z o'rindig'iga o'tirdi.
      - Sen bugun baliq oviga bormoqchiligingni unutganing yo'qmi o'zi? Kel, men senga yordam beraman. Avval namoz o'qishimiz uchun tahorat qilishing kerak, so'ng ibodat qilamiz, ana undan keyin yo'lga, - dedi otasi.
      - Yaxshi, unda biz bugun baliq tutish uchun boramiz, - dedi Saidjon o'zidagi uyqu alomatlarini yo'qotishga harakat qilib.
      Saidjon tahorat qilib pastga tushganida butun oila a'zolari uni kutib turishardi, so'ng ular birga namoz o'qishdi. Namozdan forig' bo'lgach, bir-birlariga tabassum qilishdi va Saidjonga qarab aytishdiki:
      - Allohga bir duo qilib yuboring, bizga ko'p baliq bersin.
      - Alloh, iltimos, bizga ko'p baliq ber, - dedi yosh Saidjon.
      - O'sha yerga borib nonushta qilib olamiz, - dedi oyijonisi va hammasi yo'lga otlanishdi. Butun oila mashinada o'tirganda, Payg'ambar (s.a.v.) sunnatlari bo'yicha otasi har doim yo'lga otlanishda o'qiladigan quyidagi duoni o'qidi: "Alloh ulug'dir! Bizlarga buni bo'ysundirib qo'ygan Zot Alloh ulug'dir. Bizlar o'zimiz bunga qodir emas edik. Shak-shubhasiz, bizlar Unga qaytguvchidirmiz".
      Quyosh endigina chiqqan bo'lib, ular bo'm-bo'sh yo'lda bemalol ketishdi.
      - Men yana unutib qo'ydim, qanaqa baliq tutmoqchi edik o'zi?, - so'radi Said.
      - Seld, - dedi Fotima.
      - Juda yaxshi, men seld balig'i izidan quvishni yaxshi ko'raman, - dedi Saidjon.
      - Seld o'zi qayerdan oqib keladi? - deya so'rab qoldi Fotima.
      - Seld okeandan oqib keladi, - dedi Ahmad.
      - Yo'q, - dedi Said, - biz uni axir daryodan tutib olamiz-ku.
      Oyisi unga qaradi va:
      - Ikkalangiz ham haqsizlar, ular avval daryoda tug'ilib, so'ng yashash uchun okeanga yo'l olishadi va yana tuxum qo'yish uchun qaytib kelishadi.
      - Ular har bahor kelishadi, - dedi otasi.
      - Ular qaytib kelish yo'lini qayerdan bilishadi?  - so'radi Said.
      - Alloh ularga o'zi yo'l ko'rsatadi, - dedi Ahmad.
      - To'g'ri, - deb ma'qulladi otasi, - Alloh ularning har biriga shunday xislat beradi. Ular endigina tug'ilganda, okeanga qanday borish va qaytib kelishni bilishadi.
      - Xuddi qushlardek, - dedi Ahmad.
      - Barakalloh, xuddi qushlardek. Shunday qushlar borki, kuzda uchib ketib, yozda qaytib kelishadi.
      Said hali ham okean to'g'risida o'y surardi: chuqur, tubsiz va qo'rqinchli. U yerda na yo'l, na devorlar bor. Baliq bir yil okeanga ketib, yana xuddi o'sha daryoga qaytib kelsa -ya!
      - Okeanning qayerida bo'ladi baliq?, - so'radi Said.
      Oyisi farzandlarining otasiga qaradi va:
      - Siz bilasizmi? - deb so'radi.
      - Yo'q. Men faqat ular har yili qaytib kelishini bilaman, xolos.
      - Subhanalloh! Hech kim bilmaydi ularning qayerda bo'lishini...
      - Ularning har soniyada qayerda suzib yurishini Allohdan o'zga hech kim bilmaydi, - dedi otasi.
      - Subhanolloh! Bilasizmi, Alloh biz hozir baliq ovlash uchun borayotganimizni, bizni kutib olish uchun qanday baliq suzib kelayotganini va qanday baliq tutishimizni ham biladi.
      - Agar biz hech narsa tuta olmasak-chi?, - so'radi Said.
      - Buni ham Alloh biladi, - dedi ota.
      - E-he-ye, Alloh hamma narsani biladi-ku! - dedi Said.
      Ular biroz o'tib anhorga ham yetib olishdi va qulaygina joyga to'xtab, nonushta qilib olishdi. Keyin 5 daqiqa anhor bo'ylab yurishdi. Anhor keng bo'lib, suvlari ham tez oqardi, suvi esa jigarragnda edi.
      - Suv nega jigarrangda, ota? - so'radi Said.
      - Kecha yomg'ir quygan edi, u olib kelgan loyqa suv bunga qo'shilib ketgan.
      - Endi biz baliqni ko'ra olmaymiz-ku!
      - Xavotirlanma, Alloh xohlasa, ko'ramiz, o'g'lim, - javob berdi otasi.
      Anhor oldidagi daraxtlar baland va barglari yam-yashil edi. Yoz kirib, uning bahorgi barglari yanada kattalashgan. Ular o'sha daraxtlar tagiga o'rnashdilar.
      - Bizlarga bir necha uzun cho'plar kerak, - dedi otasi.
      - Men topib kela qolaman, - dedi Ahmad va Fotima ikkalasi yugura ketishdi. 
      -Yaxshi. Bo'lmasa, Said, sen menga to'rlarni yoyishda yordamlash, - dedi otasi.
      Said otasi bilan to'rlarni yerga yoydi. Ular juda keng bo'lib, pishiq arqondan yasalgan edi.
      - Biz to'rni iplarga bog'lab, keyin tushiramiz. Iplarni esa o'zimiz ushlab turadigan cho'plarga bog'lab qo'yamiz.
      Shu onda Ahmad bilan Fotima bir necha cho'p topib kelishdi. Otasi eng uzun ikkita cho'pni tanlab olib, to'rga bog'ladi va suvga tashladi.
      - To'rni suvga tashlagach, biroz tursin, keyin Alloh bizlarga baliq bergandir, deb ko'tarasiz va to tutgunimizcha shu usul qo'llaniladi va mana shunga seld balig'i izidan "quvlash", deyiladi, - dedi otasi.
      Birinchi bo'lib Said va Fotimalar "quvlab" ko'rishdi va dastlabki safar to'rlari QURUQ chiqdi. So'ng yana "Bismillah", deb to'r tashladi va bu safar Fotimaning to'riga bitta baliq ilindi.
      - Men tutdim, men tutdim, - deb yubordi Fotima.
      - To'xta, men senga yordamlashaman, - deb otasi uning to'rini suvdan ko'tarishga ko'maklashdi va ilingan ajoyib baliqni yerga qo'yishdi. Ahmad esa chelakni suvga to'ldirib, baliqni unga solib qo'ydi va "Alhamdulillah", dedi.
      -Yaxshi, - dedi Said va to'rni qayta suvga tashladi. Ko'targanida esa to'rda hech narsa yo'q edi. Navbat Ahmadga yetganida, to'rga ikkita baliq ilindi. Said har safar tashlaganida esa to'r QURUQ chiqar edi va u ichida "Ey, Alloh! Menga ham ozgina baliq ber", deb qo'ydi.
      Oyisi to'rni tashlaganida unga bira to'la 4 baliq ilindi, ammo Saidning navbatida baliq chiqmas edi.
      - Xafa bo'lma, Said, balki sen o'tirgan joy yaxshi emasdir, xohlasang, mana bu yerdan tashlab ko'r, - dedi otasi.
      Said o'z joyini o'zgartirdi va boshqa to'r tashladi. Tashlashi bilan to'rni ko'tardi, chunki baliq ilingan to'r harakatga kelishini sezdi, qarasa, baliq yo'q.
      - Yo'q, baliq ilingan edi, u tushib ketdi suvga, - dedi Said.
      Haqiqatdan ham Saidning baliqlari suvga tushib ketgan edi. U hech qanday baliq tuta olmasam kerak, deb o'ylab, "Ey Alloh! Menga ham ozgina baliq ber", deb yolvordi.
      Bu safar Said to'rni ko'targanida, to'r baliqqa to'lib chiqdi. Ahmad hayron qolganicha "Allohu akbar", deb yubordi.
      - Yordam bersanglar-chi, - deb baqirdi Saidjon.
      To'r unga haqiqatdan ham og'irlik qilardi. Chunki u yerda 20 ga yaqin baliq bor edi.
      Oyisi unga yaqinlashib:
      - Ko'rdingmi, sen hech ham xavotirlanmasliging kerak, Alloh biladi senga nima kerag-u, nima kerak emasligini.
     - Alhamdulillah, - dedi Saidjon.
      - Haqiqatdan ham to'g'ri gap. Endi Fotima urinib ko'rsin-chi, qani Alloh unga ham berib qolsa, - dedi otasi.  
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 20:01:03
Хайрлисини бер Аллох

Фотима ҳовлидаги экинларни тагини чопар экан, ўз ҳаёллари билан банд эди. Бирдан қайнонасининг овозидан ўзига келди:
- Фотима, тез буёққа келинг, сигир туғаяпти…
У шошганча, қўлидаги тешасини ташлаб оғилхона томон югурди. Ҳайвон бўлсада, Фотиманинг унга раҳми келиб кетди: "Жонивор жуда қийналаяпсанми, Аллоҳим сенга Ўзи ёрдам берсин", деб қуйди секин.

Бу сўзларни эшитган қайнонаси: "Вой тавба буни гапини қаранг, сигирга ҳам шундай дейдими?", саволамуз қаради Фотимага.
Кўзлари ёшга тўлган Фотима:
- Ойижон, қаранг, жуда қийналаяпти-да, мен унга қараб юрагим ачишиб кетаяпти, - дея жавоб берди. Бир соат давом этган қийинчиликлардан сўнг, сигир болали бўлди. Янги туғилган бузоқчасини меҳÑ€ билан яларди. Уларга меҳÑ€ билан қараб турган Фотимани кўрган қайнонаси:
- Қарангга, сигир ҳам болали бўлди, сиз эса бу ерга келин бўлиб тушганингизга тўрт йил бўлди-ÑŽ, лекин биз ҳали неварали бўлмадик, - деди ачитиб. Бу сўзлар Фотиманинг ярасини яна янгилади:
- Ойижон, Аллоҳим ҳайрли фарзандлар берсин, - деди айбдорларча. Қайнонаси эса:
- Ҳайрли, ҳайрсиз!.. Бир фарзандинг бўлсин. Менга набира керак!.., - деди аччиқланиб.

* * *
Фотима аср намозини Ñžқиб бўлгач:
"Роббим, тўрт йилдирки Сендан ҳайрли бир фарзанд сўрайман. Мен бир ожиза қандай қилиб ҳайрсиз бир фарзандга тарбия бера оламан. Мен ўзимни ислоҳ қила олмас эканман, уни қандай ислоҳ этаман", дея кўз ёшлари билан дуо қилди.

* * *
Фотима бу тўрт йилнинг ичида тўрт бора ҳомиладор бўлди, аммо фарзандларини ҳеч бирини қўлига олиш насиб этмаган экан, улар дунё юзини кўрмай нобуд бўлишди. У эса Раббидан ҳайрли авлод беришини сўрайверди. Бир неча ой ўтгандан сўнг тушида бир овоз:

"Қизим, ҳайрли бир авлодинг қиз бўлади исмини Ҳадия қўй", деди. Фотима Ñ‚Ñžққиз ой "ҳайрлисини" сўрашда давом этди. Ниҳоят Аллоҳнинг лутфи карами билан болажонини қўлига олиш насиб этди. Исмини Ҳадия қўйди. Фақат Ҳадия жуда кўп касал бўлар, деярли ҳар куни уни докторга кўрсатгани югуришарди. Фотима кечалари уйқу нелигини унутиб, "Нафас олаяптими?" деган ўй ила қизига тикилиб ўтказадиган бўлди. Бир кеча яна докторга олиб бордилар. Доктор:
- Қизим, сен бу болага яхши қарай олмайсан, у жуда заиф, нобуд бўлиши мумкин. Мен эса докторман, унга нималар қилиш кераклигини биламан ва неча йиллардирки бефарзандман, уни менга бер, - деди. Бу сўзлардан дунёси остун-устун бўлиб кетган Фотима: "Йўқ!", деди ва боласини кўтариб уйга қайтди. Ўша кеча икки ракат истиҳора намози Ñžқиб Роббига ёлворди:

"Аллоҳим, бу фарзанд ҳайрли бир авлод бўлса уни менга насиб этиб севинтир. Мен эса у улғайганда, бир етимга турмушга узатиб, уни севинтирай", деб дуо қилди. Жойнамоздан турар экан: "Берган ҳам Аллоҳ, олган ҳам Аллоҳ, биз фақат дуо қиламиз", деди. Ҳадия кундан кунга яхши бўлиб улғайиб борар, йиллар ўтиб бир ширин қизалоққа айланди. Аллоҳ Фотимага яна тўрт фарзанд берди. "Аллоҳим, ҳайрлисини бер. Мен бир ожиза қандай қилиб ҳайрсиз бир фарзандга тарбия бера оламан. Мен ўзимни ислоҳ кила олмас эканман, уни қандай ислоҳ этаман", бу дуо билан Фотима ҳар намозини тугатар эди.

Ҳадия мактабни мувафаққият билан тугатди. Ота-онасини одоби, меҳнатсеварлиги билан севинтирарди. 16 ёшида унга совчилар кела бошлади. Ёши кичик бўлса ҳам уни келин қиламан деганлар кўп эди. Бир куни жуда бой, ўзига Ñ‚Ñžқ оиладан совчилар келишди. Шу орада яна бир ота-онаси йўқ бир талаба йигит ҳам унинг қўлини сўратди. Икки оилага ҳам "Қизимиздан бир оғиз сўраб кўрайлик" деган жавобни беришди. Фотима кизига: "Мен жуда кўп қийналдим. Сен қийинчилик кўрма қизим. Камбағал йигит, ўзига бошқасини топар. Шу бойроқ оилага сени узатсак" деди. Ҳадия онасининг бу гапларига ҳеч нарса дея олмади. Бу сукунатни розилик аломати дея тушунган Фотима эри билан маслаҳатлашиб шу бой оилага қизини узатишга келишишди. Эртаси кун бой йигитнинг оиласига рози эканликларини билдиришлари керак. Фотима у кеча тушида Каъбанинг деворларини суварди. Олдида қизига совчи юборган етим йигит ёрдам берарди. Шу аснода Каъба деворларини суваб битирдилар. Узоқдан бир овоз келди:
- Бир етимни севинтирмоқ, Каъбани қурмоқ кабидир. Қизим, берган сўзингни унутма, етимни севинтир, Аллоҳ уни муборак қилсин".

Фотима бу овозни таниди. Бу 16 йил аввал унга фарзандли бўлишидан хабар берган овоз эди. Уйғониб, қизининг хонаси томон йўл олди. Унга тушини айтиб берди. Ҳадия эса: "Онажон, сиз ҳар доим Аллоҳдан ҳайрлисини сўрайсиз. Бу ғаройиб туш. Раббим, кўнгил уйларимизни лутфи ила бадавлат қилсин", деди.


"Парвардигоро, бизни Ўзингга бўйсунгувчилардан қилгин ва зурриёдимиздан ҳам ўзингга итоат қиладиган кишилар чиқаргин. Ва бизга (қиладиган) ибодатларимизни ўргатгин ва тавба тазарруларимизни қабул эт! Шубҳасиз сен тавбаларни қабул қилувчи раҳмлисан" (Бақара, 128).

Туркчадан Rumayso таржимаси
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 02 Iyul 2009, 20:04:06
Qirol va rafiqalari

Bir zamonlar buyuk va kuchli bir o'lkani boshqargan qirolning to'rt rafiqasi bo'lgan ekan.
Qirol eng ko'p to'rtinchi xotinini sevarkan, uning bir aytganini ikki qilmas, har narsaning eng afzalini, eng yaxshisini unga berarkan.
Qirol uchinchi xotinini ham juda yaxshi ko'rarkan. Bu go'zallikning bir kun kelib uni tark etishi mumkinligidan qo'rqqani bois uni ko'p rashk qilarkan, bundan titroqqa tusharkan. Qirol ikkinchi xotinini ham yaxshi ko'rarkan. Unga nisbatan har doim yaxshi va sabrli munosabatda bo'lgan bu xotini qirolning qachon biror dardi bo'lsa doim uning yonida bo'lib, muammolarining yechimida unga ko'makchi bo'lar ekan. Qirolicha bo'lgani qirolning birinchi xotini ekan. Uni eng ko'p sevgan, evaz so'ramasdan sevgan, sog'ligi va hukmronligiga eng katta hissa qo'shgan birinchi xotinini qirol negadir sevmas, u bilan hech ishi ham bo'lmas ekan.


Bir kuni qirol o'limga olib boruvchi bir dardga chalinibdi.
Yaqinda o'lishini anglagan va o'limdan so'ng yolg'iz qolishdan qo'rqqan qirol xotinlaridan qaysi biri u bilan o'lim yolg'izligini baham ko'rishga rozilik bildirishini o'rganmoqqa qaror qilibdi.

Eng ko'p muhabbat qo'ygan to'rtinchi xotinidan, o'lim safarida menga hamroh bo'lasanmi, deb so'raganda, olgan javobi qalbiga pichoq kabi sanchilgan qisqa va lo'nda "Mumkin emas", bo'libdi...
Hayotim davomida seni sevdim, sen men bilan birga o'lishga rozi bo'lasanmi, deb so'ralgan savolga uchinchi xotini ham, "Yo'q, hayot juda go'zal. Sen o'lsang, men yangi turmush quraman", deb javob beribdi. Qirol bir muddat hasrat chekib, yerga yiqilibdi.
Muammolarimda har doim yonimda bo'lgan, menga yordam bergan sen eding, bu muammoimda ham menga yordamchi bo'lasanmi, so'roviga javoban ikkinchi xotini, "Bu muammoing uchun hech narsa qila olmayman, juda bo'lsa, senga mozoringga qadar hamrohlik qilishim mumkin, janoza marosimingni go'zal o'tkazib, azangni tutaman", deb aytibdi.
Ulkan hasrat-nadomat og'ushida qolgan qirol birinchi xotinining tovushidan o'ziga kelibdi:
"Qayerga borsang bor, sen bilan bo'laman, seni ta'qib etaman..." Oh, deya nido qilibdi qirol, qaniydi yana bir bor imkoniyatim bo'lsaydi, senga ko'proq e'tibor bergan bo'lsaydim...

Hayotda har birimizning to'rt umr yo'ldoshimiz bor aslida...
To'rtinchi umr yo'ldoshimiz bu vujudimiz, tanamizdir. Uning go'zal ko'rinmog'i uchun har qancha vaqt, mablag' va kuch-quvvat sarflasak ham, u o'lganimizdan so'ng bizni tark etadi.
Uchinchi umr yo'ldoshimiz bu biz ega bo'lgan mansab va maqomlardir. Biz o'lar-o'lmas, u boshqalarga yor bo'ladi.
Ikkinchi yo'ldoshimiz esa oilamiz va do'stlarimizdir. Barcha muammolarimizni baham ko'rganimiz bu kishilarning biz uchun qila oladigan eng so'nggi yaxshiligi ko'zlarida yosh bilan bizni so'nggi manzilga kuzatmoqdir.
Birinchi umr yo'ldoshimiz esa ruhimiz va dunyoda bajargan amallarimizdir. Ular biz bilan ketadi...

Unutmang!
Yeganlarimiz emas, hazm etganlarimiz bizni kuchli qiladi.
To'plaganlarimiz emas, saqlab qolganlarimiz bizni boy qiladi.
O'qiganlarimiz emas, esda saqlaganlarimiz bizni ilmli qiladi.
Boshqalarga bergan nasihatlarimiz emas, o'zimiz amal qilganlarimiz bizni odam qiladi...
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 26 Avgust 2009, 09:15:25
“Oq ayiq”
 
  Taqdirning taqozosi ila musulmon bir yigit, Uzoq Sharqning Saxalin o‘lkalarida qamoq jazosini o‘tardi…
Sharoit og‘ir, sovuq, uning ustiga sanatoriy emas bu yer… Lekin yigit taqvodor, Allohdan qo‘rqqan inson edi va namoz banda zimmasida to o‘limgacha ekanini yaxshi bilardi.
“(Shuningdek), to Sizga aniq narsa (o‘lim soati) kel- gunicha Parvardigoringizga ibodat qiling!” (Hijr, 99).
Shuning uchun qiyin sharoitga qaramasdan, namozni o‘z vaqtida ado etishga tirishardi. Uni toat-ibodatda sobitligini ko‘rgan atrofidagi ko‘rinishlari inson, qalblari esa hayvon sifat bo‘lganlar uning bu ibodatini xush ko‘rishmasdi. Unga namoz o‘qitmaslikka harakat qilishardi. Namoz o‘qiyotgan paytida kelib qolishsa, ustidan mazax qilib kulishar, turtkilab o‘tishardi. Bo‘layotgan qarshiliklarga qaramay, yigit ibodatni tark etmas, Allohga itoatni qiyin ko‘rmasdi. Lekin bu xudosizlarning battar jazavalari qo‘zir, dushmanliklari yanada ortardi. Kundan-kunga uni xo‘rlashlar, qiynashlar ortib borardi.
“Siz Parvardigoringizni hukmiga (ya’ni, mushriklarni darhol azobga duchor qilinmaganiga va Sizni turli mashaqqatli sinovlar bilan imtihon qilishiga) sabr qiling. Zotan, Siz shak-shubhasiz, Bizning ko‘z o‘ngimizda (ya’ni, hifzu-himoyamizda) dirsiz” (Tur,48). 
Ish shu darajaga borib yetdiki, kunlardan birida, bir nechta nokaslar uni birgina ichki kiyimda, tashqarida, Sibirning ayozli achchiq sovug‘i bilan yuzma-yuz qoldirishdi. “Qani Allohing bo‘lsa, seni bir saqlab olsin-chi!!!»
Izg‘irin sovuq, deyarli kiyimsiz, ochiq havoda...Oldinda hali yanada sovug‘i kuchayadigan qaro tun...O’lim bilan yakkama-yakka....
Tong otdi....
Ertalab qamoqxona bo‘ylab bir xabar yashin tezligida tarqaldi....Nima emish, «Kechasi, qo‘riqchilikda turgan ikki askar, sovuqdan qotib o‘lib qolibdi...” Uning ketidan sal o‘tib, yana bir xabar avvalgisidan tezroq tarqaldi. “Tongda bir mahbus bittagina ichki kiyimda qamoqxona ma’muriyatiga kirib kelibdi...” Subhanalloh!!!
Endi kelinglar, tunda  nima voqea bo‘lganini yigitning o‘zi hikoya qilib bersin:
 â€œ... Shu alfozda, birgina kiyimda haydab chiqarishdi. Har qanday qalin kiyimda  ham dosh berish mahol bo‘lgan sovuq. U yoqqa yurdim, bu yoqqa yurdim, hech qanday panoh topgulik o‘rin yo‘q… Najotdan umidim uzilib, oxiri taqdirga tan berdim. So‘nggi imkonim, Robbimga duo qila boshladim...
 â€Ey Robbim! Bergan umringga roziman. Mendan rozi bo‘lgin... Mendan o‘tgan kamchiliklarimni, gunohu-xatolarimni mag‘firat etgin. Jonimni musulmon holimda, iymon kalimasi ila olgin, O’zingni rahmating ila burkagin.....”
Sovuq borgan sari tanimni chulg‘ay boshladi...Titray boshladim.... A’zoim badanim qaqshardi...Tilim duo qilishga ham  aylanmay qoldi.... O’limimni kuta boshladim.... Ko‘zlarim asta-sekin yumila boshladi...
Bir vaqt tanimga bir narsa tekkanini his qildim... Nima ekan??! Junli bir narsa....Ko‘zimni ming urinib, arang ochib qaradim...
Kattakon qutb ayig‘i.... Ulkan, bahaybat, vajohatli.. Endi menga tashlanadi, tanamni burdalay boshlaydi deya, qimirlashdan ham ojiz holimda yotibman.... Lekin, negadir ayiq shoshilmasdi.... Bir vaqt maxluq asta-sekin meni o‘z quchog‘iga oldi... Tanamni ayiqning issiq tanasi ko‘rpa misol yopib oldi.... Badanimda issiq haroratni his qila boshladim... Bir necha soatdan beri davom etib kelayotgan sovuqning alamidan so‘ng, ozgina halovatni his qilib, ko‘zim sekin uyquga ketdi....
Ko‘zimni ochsam, hamma yoq yop-yorug‘, tong otgan, yolg‘iz o‘zim yalanglikda yotibman. Ok ayiq esa g‘oyib bo‘lgandi...”

Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 26 Avgust 2009, 09:16:38

«â€¦Chunki botil yo‘qolguvchi narsadir»
   
          Bu qissani bir musulmon da’vatchi hikoya qilib bergan edi: «Bir yigit bo‘lar edi.  U Robbisini unutgan, shu sababdan o‘zini ham unutgan  edi… Beboshligi, qaysar va yomonligi bilan nom chiqargan,  hatto ko‘p odamlarga aziyat bergan, zulm qilganligidan, odamlar Allohdan uning yomonligidan najot berishini co‘rab,  uni duoibad qilgan, qarg‘agan  edilar. Yaxshi solih insonlar unga ko‘p martalab nasihat qilishgan, lekin u qabul qilmagan, ko‘p martalab ogohlantirishgan, quloq osmagandi. Hayoti shahvatlar zulumati ichra kechardi.  Bir marta juda kuchli da’vatchi kishi unga va’z aytgan edilar. Ta’sirlanib, hatto ko‘zlariga yosh ham olgandi. Endi u Alloh va Rosuliga ijobat etadi deb gumon qilingandi, lekin afsuski, eski holatiga qaytib, go‘yoki hech qachon, hech narsa   bilmagan,  eshitmagandek  ma’siyatlarida davom eta berdi. Masjid yuzini hatto juma kunlari ham ko‘rmasdi. Korong‘u tushgach o‘zining  bir guruh bebosh og‘aynilari bilan ko‘chaga  chiqib ketar, tong otgandagina qaytib kelardi. Kelgach, kun bo‘yi uyquga g‘arq bo‘lardi. Ishdan bo‘shab ketgan, diniyu-dunyosi kasodga uchragan edi. Mushtipar onasi esa o‘g‘ilning bu holatidan ko‘p yig‘lab, ezilib adoyi tamom bo‘lgan  edi. Baland ko‘tarilgan musiqa bilan uxlab shu bilan uyg‘onardi. Xonasi devorlari uyatsiz, behayo suratlar ila «bezangan» edi. Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilishga  qattiq ruju qo‘ygan, mastlik uning aqliyu ruhini egallagan edi.  Allohga ma’siyatlari  ortsada, lekin Alloh ne’matlarini undan darig‘ tutmasdi. Allohga isyonda davomiy bo‘layotgan bo‘lsada, Mehribon zot unga muhlat berib, umr berardi. Qur’ondan boshqa hamma narsani tinglar, dindan o‘zga xamma narsani tushunar, Alloh zikridan ayri xamma narsani sevardi. Subhanalloh! Allohni tanimas ekan, qanday ham  xaroba u qalblar… Subhanalloh! Allohdan yuz o‘girgan ekan, qanday ham o‘tmas u tuyg‘ular…
  Shu tarzda   yigitning kunlari ma’siyatlar qorong‘uligi bilan qoplangan, gunohlar g‘ubori bilan o‘ralgan tarzda  o‘tib borardi. Solih insonlardan biri bu osiyni ma’siyatlar chuquridan chiqarish  yo‘lini izlay boshladi. Ilm ahli va dono odamlarning ko‘rsatmalari bo‘yicha bu yo‘llardan biri foydali pandu-nasihatlar, ilmiy mav’izalar yozilgan kassetalarni hadya qilish, odamlarning  uylariga, mashinalariga olib kirishdir, toki nasihatgo‘y  so‘zlarining ta’siri ularning qalblariga yotsin. Yigitga bir nechta  ta’sirli mav’izalar yozilgan kassetalar hadya qildi. U oldi-da mashinasining qutisiga beparvogina tashlab qo‘ydi. Ularni  tinglashni o‘ylab ham ko‘rmadi. Kunlarning birida yigit o‘z mashinasida Dammam  shahriga safarga chiqdi. Yo‘l olis, zerikmaslik uchun musiqa eshitib ketardi. Kassetalarni unisini qo‘yib, bunisini qo‘yib zerikdi-da, vaqt o‘tkazish uchun haligi mav’izalardan birini  qo‘ydi.  Kasseta asta sekin tinglovchiga, ixlos efirlari orqali, sidq to‘lqinlarida taralar ekan, qalbdagi iymon tebranmalarini ko‘zg‘ata boshladi. Yigit kassetani  diqqat bilan tinglay boshladi. Mavzu Allohdan qo‘rqish  va taqvodorlar haqida edi. So‘zlar uning qalbiga sizib kirib, u yerda mustahkam qaror topa boshladi. Kasseta to‘xtadi. Yigit hali bir kun kelib Allohga hisob berish, unga yo‘liqish haqida  o‘ylay boshladi va  ikkinchi kassetani qo‘ydi. Bu kasseta esa tavba va tavba qiluvchilar haqida edi. U ko‘ngilni buzuvchi va xafa qiluvchi o‘tmishi haqida o‘ylar ekan, ko‘zidan yoshlar tomgancha kassetalarni birin- ketin alishtirardi. Bu manzara, holat tili bilan go‘yo: «Ey imon keltirganlar! Sizlarni tiriltiruvchi narsaga chorlaganlarida, Alloh va Rasulga javob qilingizlar!»(Anfol: 24) deyayotgandek edi. Dammamga yaqinlashib qoldi, lekin u suhbatlar og‘ushiga tushib qolganidan, qattiq ta’sirlanganidan, hatto, mashinasini ham boshqara olmay qoldi, chunki uning qalbiga iymon oqimi quyilib kirib, uni silkita, titrata boshlagandi. «Sizlar tog‘larni ko‘rib (mangu) qotib turuvchi deb o‘ylarsiz. Holbuki, ular xam xuddi bulutlar suzib yurgandek havoda suzib yurarlar. Bu barcha narsani puxta qilgan zot-Allohning sinoatidir...!» (Naml: 88) 
         Shaharga yetib keldi. Yigit shaharga kirishdan oldin Iymon shahriga qadam qo‘ydi. Hayotga qarashi o‘zgardi. Hayotga avvallari johil, osiy insonning  nazari bilan boqqan bo‘lsa, endi u Allohga tavba qilgan banda sifatida qarardi. Masjidga qadam bosdi….. U yerda ko‘z yoshlari va suv ila tahorat ola boshladi. Masjidga kirib, hayotini namoz bilan boshladi  va yangi umr sahifasini  ochdi. «Yana ayting: «Haqiqat (Ya’ni Islom) keldi va botil (kufr) yuqoldi. Chunki botil yuqolguvchi narsadir.» (Isro:81)
 Yigit  uyiga salomat keldi va o‘zi bilan g‘animat-o‘ljalar olib qaytdi. Ya’ni ma’siyatlardan salomat bo‘lgan holida va toatlardan g‘animat qilgan, jamlagan holida qaytdi. Uyiga chiqib ketganidan ko‘ra boshqa yuz bilan kirdi. Chunki ma’siyat, gunohlar va xatolar egasining yuzi bilan chiqqan bo‘lsa, tavba, inobat va toat nuri bilan yashnagan yuz bilan qaytib keldi. Yaqinlari taajjublanishdi: «Ey falonchi senga nima bo‘ldi?». Yigit: «Hayotimda ulkan voqea sodir bo‘ldi. Allohga qaytdim, Allohga tavba qildim, Alloh sari yo‘l topdim» derdi-yu ko‘z yoshlardan o‘zini to‘xtata olmasdi. Unga qo‘shilib oila a’zolari  yig‘lashardi. Bu - xursandchilik yoshlari deb atalmish yoshlar edi…
  Uy chiroqlari yorishib ketdi. Eshitgan odamlar kelib, Allohga tavba qilgan yigitni Robbisiga qaytgani bilan tabriklay, uni bu nasib bo‘lgan ne’mat bilan qutlay boshlashdi.
«Aynan o‘shalar shunday zotlardirki, Biz ulardan qilgan go‘zal amallarini qabul qilurmiz va jannat egalari qatorida ularning yomonliklaridan o‘tib yuborurmiz. (Bu) ularga va’da qilib yurilgan xaqqoniy va’dadir. (Axqof16)
  “Ey Odam bolasi, sen Menga duo qilguningcha va to mendan yordam co‘rab iltijo etguningcha Men sening  qilgan gunohlaringni kechirib kelaman. Va ularga parvo qilmayman. Ey Odam bolasi, agar seni gunohlaring ko‘pligidan osmondagi bulutlarga yetsa ham, tavba qilib Mendan mag‘firat co‘rasang, Men seni kechiraman. Ey Odam bolasi, agar sen Mening oldimga butun yer yuzini to‘ldirgan gunohlaring bilan kelsang-u, lekin Menga shirk keltirmagan holingda ro‘baro‘ bo‘lsang, Men seni yer yuzini to‘ldirgan  mag‘firatim  bilan qarshi olaman.”   

(Anas roziyallohu anhudan Termiziy va Ahmad rivoyatlari)
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 31 Avgust 2009, 11:52:25
Qulligim sultonligim

 -Namozga shoshib ketayotgan yigitni do'sti mot qilmoqchi bo'lib:

— Nima uchun namoz o'qiysan? - deya so'rab qoldi.

Yigit garchi shoshib turgan bo'lsada uning savoliga savol bilan javob berdi:

— Illatini bilmoqchimisan yoki hikmatinimi?

Kutilmagan bu javobdan hayron bo'lgan do'sti:

— Bu nima deganing? - dedi.

Yigit savolini quyidagicha tushuntirdi:

— Illat deb haqiqiy sababga, hikmat esa undan kelib chiqadigan foyda va manfaatlarga aytiladi…
— Ho'p, u holda namozning illati nima?
— Uning ilohiy amr ekanligida. Ya'ni meni, seni va butun borliqni yaratgan va bizga shuncha ne'matlarni ehson qilgan Alloh buyurgani uchunguna namoz o'qiyman.
— Albatta, insonning har bir ishi qandaydir mantiqqa asoslanadi. Ho'p, Alloh buyurgani uchun namoz o'qiysan ham deylik, lekin bundan maqsad nima?
— Parvardigorimning roziligiga erishish. Senga biror kishi oddiygina bir qalam sovg'a qilsa, unga minnatdorchilik bildirasan, to'g'rimi?
— Ha, albatta, - dedi do'sti ikkilanmay.
— Demak, oddiy qalam uchun minnatdorchilik bildirilar ekan, men ham nega menga qalam yoki qandaydir bir arzimas narsa emas, balki qo'l, oyoq, ko'z, til, yurak kabi bebaho ne'matlarni, ularga jon bag'ishlovchi ruhni, ong bilan birga boshqa maxluqotlardan aziz qilib turuvchi aqlni ham bergan Zotga sajdaqilmay?!

Bu savolga jo'yali javob berolmasligini bilgan do'sti:

— Ho'p, unday bo'lsa, namozning hikmati nima?- deb navbatdagi savolni berdi.
— Sanab adog'iga yetib bo'lmaydi. Hozir esimga tushganini aytib o'tay.
Namoz – jahannam o'tidan saqlovchi zirh, qabr azobidan asrovchi qalqon va jannat eshigini ochuvchi kalitdir. Abadiy saodat uning to mangulikka uzangan mevasi… Namoz qalbga ozuqa, ruhga shifo, ruhga shifo, tanaga sihat, vijdonga o'lchov, aqlga istiqomat, irodaga quvvat, xulqqa tarbiya va fe'l atvorga jiddiylik beradi, his-tuyg'ularni qat'iy intizomda ushlab turadi. Namoz insonning ma'naviy yuksalish omilidir.
Bularning hech biri bo'lmagan taqdirda ham men baribir yana namoz o'qigan bo'lardim. Chunki foydalar o'ziga chorlovchi bo'ladi, ammo hech qachon haqiqiy sabab bo'lolmaydi. Natijalar odatda ko'zlanmaydi, balki beriladi.

Yigit hech narsa demay o'ylanib qolgan do'stiga yana shularni qo'shimcha qildi:

— Namoz- insonni afsus hamda nadomat botqog'iga botiradigan gunoh va jinoyatlardan saqlaydigan ishonchli kema. U insonga haqiqiy inson va Allohning aziz quli bo'lishni o'rgatishda mukammal darsdir. Namoz – imon belgisi, Allohga qullik ifodasi, bandaligim e'tirofi, cheksiz ojizligimni cheksiz qudratga, cheksiz orzularimni cheksiz rahmatga yo'llaydigan ma'naviy aloqa vositasidir. Namoz – dunyomni ham, qabrimni ham, ohiratimni ham yoritadigan so'nmas chiroq. Sajdadagi zillatim bilan haqiqiy izzatimni topdim. Zero joynamoz taxtim, sajda saltanatim va Unga qulligim sultonligimdir.

Mustafo Ma'murjonov "7 iqlim"dan olindi
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 09 Sentyabr 2009, 09:01:43
Robiyatul Adaviya hazratlari kechasi bilan namoz o’qib,Qur’oni tilovat qilib chiqar edilar.Shu odatlariga ko’ra, bir kuni allamahalgacha namoz o’qidilar.So’ng joynamoz ustida uxlab qoldilar.Shu paytda uylariga o’g’ri tushdi.Ammo hamma joyni qarab, o’g’irlashga arsigulik narsa topmadi.Oxiri, ketar choqda, “kirganimga yarasha quruq ketmay”, deb Robiya hazratlarining ko’chada yopinadigan yopinchig’ini qo’liga oldi.Biroq uydan chiqaman deganda,eshikni topolmadi.Nima qilishini bilmay,yopinchiqni joyiga qo’ydi.Keyin eshikni osonlikcha topdi.So’ng ortiga qaytib,hijobni oldi.Ammo yana eshikni yo’qotdi.Shu hol yetti marta takrorlandi.Yettinchi marta hijobni qo’liga olganda: “Ey kishi! O’zingni qiynama.U yopinchiqqa yaqinlashishga shaytonga kuch yo’q,o’g’riga yo’l bo’lsin.U uxlayotgan bo’lsa ham, uning do’sti uyg’oq va uni qo’riqlamoqda!” degan ovoz eshitildi.O’g’ri juda qo’rqib ketdi.Hali o’ziga kelib ulgurmagan edi,ichkari xonadan uy sohibasining ovozi eshitildi: “Ovora bo’lib kelganingga yarasha bo’sh ketma, tashqaridagi obdastada suv bor, tahorat olib ket”.

  Bu so’zdan o’g’ri qattiq ta’sirlandi.Chiroyli tahorat oldi,tavba qilib,yaramas odatidan voz kechdi.  "Musulmonlar taqvimi"
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 09 Sentyabr 2009, 09:15:40
DAN xodimi bilan suxbat

Katta yo‘lda NYeXIA yuqori tezlikda xarakatlanayotgan yedi. Alisher davlat avtomobil nazorati xodimining yo‘l chekasida turib qo‘lidagi tayoqchasini ko‘targanini kech payqab qoldi.

Alisher mashinani sekinlatishdan oldin spidometrga qaradi: 50 km/s dan yuqori tezlik cheklangan xududda 73 km/s tezlikda haydab kelayotgan ekan. “Ufff…Yanami…” jaxli chiqib tormozni bosdi.
Eng yomoni shundaki bu oxirgi 3 oy ichida to‘rtinchi marta DAN xodimi tomonidan to‘xtatilishi edi.Odam degani shunchalik xam omadsiz bo‘ladimi?..


Alisher mashinani yo‘l chetiga olarkan, “Qaniydi, xozir yonimizdan bundan xam yuqori tezlik bilan biror mashina o‘tib qolsa edi” deb orzu qildi. DAN xodimi NYeXIAga yaqinlashib “Yo‘l harakati xodimi Saidakbarov Olimjon, xujjatlaringiz” dedi. Iya…Bu masjidda tanishgan birodarim Olimjonku!

Alisher bo‘shashib, mashina o‘rindig‘iga cho‘kdi. Bu xar qanday jazodan xam og‘irroq edi. Masjidda tanishgan birodari bo‘lishiga qaramay bu yo‘l xarakati xodimi uni to‘xtatgan edi. Buning ustiga yo‘l qoidasini buzgani uchun.

- Assalamu alaykum, Olimjon birodar! Eee bormisiz. Taqdirni qarang, siz bilan shu yerda ko‘rishib qolibmiz-a?!- deb moshinadan tushib keldi Alisher.
- Va alaykum assalom,- Olimjon jilmayib xam qo‘ymadi.
- Birodar…Bola-chaqaning oldiga shoshilyotganimda meni to‘xtatib qoldingiz-da?!!
- Xa, shunday,- negadir Olimjonning shashti pastroq yedi.
- Keyingi qnlarda uyimga juda kech qaytyapman. Saxar chiqib, tunda kelaman. Bolalarim meni anchadan beri ko‘rishgani yo‘q. Bugun qarangki, ishdan ertaroq bo‘shab, uyga ketayotgan edim. Ayolim manti pishirib, bolalar bilan yemay kutib o‘tirishibdi. Shuning uchun shoshilayotgan edim. Vaziyatimni to‘g‘ri tushundingiz deb o‘ylayman…
- Xa, sizni tushunib turibman, lekin yo‘l xarakati qoidalarini buzganizga ham ko‘z yumolmayman,- deb javob berdi Olimjon.
- Meni to‘xtatganizda qancha tezlikda kelayotgan yedim?
- Tezligingiz 70 km/soat yedi. Bu yo‘lda 70 km/soat tezlikda harakatlanish taqiqlangan.
- Bir daqiqa sabr qiling, iltimos. Sizni ko‘rib, spidometrga qaradim. Atigi 55 km/soat edi tezligim.
- Mashinangizga o‘tiring, iltimos,- deb takrorladi Olimjon. Alisherning xafsalasi pir bo‘lib mashinaga o‘tirdi, eshikni qars yetib yopdi. Olimjon esa qo‘lidagi daftarchaga nimalarnidir yoza boshladi.

“Qiziq, nega Olimjon mening xaydovchilik guvohnomamni olib qo‘ymadi. Yoki jazo talonini yozayaptimi?” deb o‘yladi Alisher. “Nima bo‘lsa bo‘lsin, yendi masjidda bu odam bilan yonma-yon o‘tirmayman.Yana bu menga birodarmush-a….E sufee, sandaqa birodarlarga. Ment bari bir mentda”, dedi ichida Alisher.

Shu payt Olimjon mashina oynasini tiqillatdi. Alisher ensasini qotirib deraza oynasini tushirdi. Olimjon Alisherga bir parcha qog‘oz berib, nari ketdi.

“Xa, shtrafdan qutulib qoldim shekilli” deb o‘zicha sevindi Alisher. Xaqiqatdanam Olimjon Alisherni jazolamagan edi, qog‘ozda qandaydir yozuvlar bor edi xolos.

“Qadrdon birodarim Alisher! Mening bir qizim bor yedi. 6 yoshdaligida tezlikni oshirgan bir xaydovchining aybi bilan avtoxalokatga uchrab, hayotdan ko‘z yumdi. Xalokat sababchisi bo‘lgani uchun u odamni uch oy qamoq jazosiga maxkum qilishdi. U odam qamoqdan chiqqach, farzandlarini qaytadan bag‘riga bosib, yuz-ko‘zlaridan o‘pib, to‘yib-to‘yib xidlash baxtiga muyassar bo‘ldi. Lekin men…

Men esa qizimni yana qaytadan bag‘rimga bosishim, yuz-ko‘zlaridan o‘pishim uchun jannatga kirishday uzoq muddatni kutishim kerak… Men ming martalab o‘sha odamni kechirishga xarakat qildim. Ming martalab uni kechirishga erishdim deb umid qildim. Balki chindanam uni kechira olgandirman, ammo qizim xech xam xayolimdan ketmayapti.

Alisher birodar, xaqqimga duo qiling va unutmangki mening birgina o‘g‘lim qoldi…”

Alisher o‘n besh daqiqacha o‘ziga kelolmay, shu axvolda qotib turdi. So‘ng fikrini bir joyga to‘plab, mashinani sekinlik bilan xaydab uyiga ketdi. Uyiga kira solib farzandlari, ayolini qattiq bag‘riga bosdi.

Inson xayoti nixoyatda qisqa va qimmatlidir. Mashinani extiyotkorlik bilan xaydang, boshqalar uchun xam mas’ul ekanligingizni unutmang. Shuni ham yodda tutingki, mashinalarni istaganingizta sotib olishingiz mumkin, lekin inson hayotini hech qachon sotib olib bo‘lmaydi!!!

ABDULLOX MUSLIM.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 16 Sentyabr 2009, 10:26:36
Yaxshi niyat yarim mol, deydi xalqim. Topib aytilgan gap. Men bunga qo‘shimcha sifatida aytardimki, yaxshi niyat ba’zida butun mol! Yomon niyat ba’zida katta musibat. Insonning lafzi esa ana shu niyatni qalbidan o‘tkazmasa ham, katta ishlarga qo‘l urib yuborishi mumkin. Men bugun sizning e’tiboringizga yaqinda bo‘lib o‘tgan bir voqeani keltiraman.
Bir qadrdonimiz aytib berdilar bu voqeani. «Qudamning vodiydan kelayotganda qattiq avtohodisa tufayli kasalxonaga yotqizilganligi haqidagi xabarni eshitib, tezlik bilan o‘sha tomonga yo‘l oldim. Menga xabar bergan kishi qudam avtomashina haydovchisining oldida o‘tirib ketayotganda, halokat sodir bo‘lganini aytdi. Qattiq qo‘rqdim. Sababi, avariyaga uchragan mashina ichida eng ko‘p jabr chekadigan kishi odatda, haydovchining oldidagi kishi bo‘ladi. Keyingisi haydovchining o‘zi, undan so‘ng orqadagilar. Buni ko‘pchilik biladi. Lekin men kasalxonaga borganimda hayratimni qo‘zg‘ovchi xabarni aytishganda, dong qotib qoldim. Ma’lum bo‘lishicha, qudam tirik qolgan, haydovchi ham, orqadagi ikki odam ham vafot etibdi. Qanaqasi, axir haydovchining oldidagi odam qanday qilib tirik qoladi, degan haqli savol o‘ynay boshladi miyamda. Ha, endi Allohning taqdiri-da, deb o‘zimni ovutishga urinardimu, hodisa qanday bo‘lganini tushuna olmasdim. Chunki qudam ketayotgan mashinani qarama qarshidan mashina kelib ursa, oldida o‘tirgan odamning ahvoli ayanchli bo‘lishi aniq edi. Kasalxonada qudam o‘ziga kelmaganini aytishdi. Kamida ikki kunda koma holatidan chiqar ekan, deb xabar berishdi. Uyga mahzun holatda qaytdim.
Ikki kundan keyin chindan ham ko‘z ochdi. Til gapirishga tushdi. Men ko‘rgani borganimda, odam ko‘p ekan. Sekin kirdim, meni tanidi. Hol-ahvolni so‘rab surishtirib, bezovta qilmaslik uchun chiqib ketishga ruxsat so‘radim. Qudam esa kutilmaganda ichimni bilib turgandek, bo‘lgan voqeani aytib berishni istab qoldi. Indamaygina cho‘kkaladim.
— Men Qo‘qondan bir taksichi yigitning mashinasiga o‘tirdim. Oldindan joy oldim. Orqa o‘rindiqqa ikki odam kelib, uch kishining pulini to‘lab ketishlarini ma’lum qildi. Haydovchi qurmag‘ur juda tez haydar ekan. Qamchiq dovonidagi yo‘lda shu qadar tez haydadiki, orqa o‘rindiqda o‘tirgan sheriklarim ikki-uch marta sal sekinroq haydayvering, deb qo‘yishdi. Oxiri men chidayolmadim. «Bo‘ldi-da endi, uka. Bir aytildi, ikki aytildi, sal sekin haydashning iloji yo‘qmi? Undan ko‘ra tushirib ketaqoling. Yayov yetib borsam xavfsizroq bo‘ladi!», deb qattiq ohangda ta’kidladim. Yoshligiga borib haligi yigit mening gaplarimni qattiq oldi va yuzimga qarab: «Duo qilib ketavering, Xudo sizni qutqarvoladi!» dedi. Yuragim jiz etdi. Sababi, uning tilidan «sizni qutqarib oladi, degan gap yangradi. Bu jumlaning davomida «biz o‘zimizni o‘zimiz saqlab olaveramiz», degan so‘zlar ham yashirin qolgandi. Jahl ustida: «O’zingiz bilasiz, bo‘lmasa men duo o‘qishni boshladim», dedim. Shu gapni gapirdimu, oldinga qaragandim, mashinamiz qarshisida juda katta tezlikda yangi «Neksiya» uchib kelardi. Haydovchimiz mashinani olib qochishga urindi-yu, ilojini topa olmadi va... Uyog‘i nima bo‘lganini eslay olmayman. Ko‘zimni ochsam, shu yerda yotibman. Xudoga shukr, miya lat yemagan ekan, hodisani darhol esladim. Esladim-u, igna sanchishga tayyor turgan hamshiradan: «Sheriklarim tirikmi?» deb so‘radim. Baxtga qarshi, ularning hammasi vafot etganligi haqidagi xabarni eshitdim. Keyin o‘ylanib qoldim, men eng xavfli joyda o‘tirib tirik qoldim-u, orqada ketayotganlar ham halokatga uchrabdi. Bularning barchasiga sabab o‘laroq o‘sha yigitning birgina o‘ylamasdan aytgan gapini tasavvur qildim. Agar o‘sha gapni gapirmagandami?!»
Qudamning holati va aytib bergan hikoyasi to‘planganlarni yig‘latib yubordi. Bu hodisa bir tomondan Xudoning qudratiga tasannolar aytishga undasa, bir tomondan bittagina noto‘g‘ri lafzning oqibati nechog‘liq og‘ir ekanligini tushuntirardi. Old o‘rindiqda ketayotgan insonni saqlab qolishni iroda qilgan Alloh orqa o‘rindiqdagi bandalarining jonini xotirjam olishini namoyish etgandi go‘yo. Bu katta ibrat har birimiz og‘zimizdan chiqayotgan so‘zlarga jiddiy e’tibor qaratishimizni talab etadi. Bekordan bekorga aytilgan so‘zlar, hazillashib ulashilgan «tilaklar» kelajakda o‘z bo‘yini ko‘rsatganida, inson dovdirab qolishini his qilishimiz zarur.

Maxmudjon degan do'stimiz aytib berishdi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Sentyabr 2009, 07:31:27
MUHARRAM OYINING BIRINCHI KUNIDA RO’Y BERGAN MO’JIZA

Essizgina onaya, pahlavondek o’g’li Alloh yo’lida shahid bo’ldi, bu juda katta baxtdir, ammo bu yil onaning ahvoli har yildagidan ko’ra ayanchliroq, qarilik uni yengib qo’ygan edi.

Uning niyati esa imom Husayn (a.s)ning azasiga har yildagidek ehson qilish edi. Shahidlar Allohning oldida yuqori martabaga egalarku, nega endi bu yilgi nazrini ado etishga yordam bermayapti?

Tehronning qadimgi ko’chalaridan birida kichik soddagina uyi “Javodul aimma” masjidi yaqinida edi. Bu mahalladan ko’p yigitlar shahid bo’lishgan, hatto aytish mumkinki, uning har bir metriga bittadan shahid to’g’ri keladi.



Onaxonning Mehrdod ismli (familiyasi Rahimiy) va Asg’ar Behfar ismli kuyovi ana shu mahalla shahidlaridandirlar. Bu shahidlarning firoqida masjid ahli yuragi bechora onaning qalbi kabi torayib qolgan edi. Ha, sog’inch o’g’ir tuyg’udir.

Usha kuni oqshomda qalbi sog’inchdan entikkan kampir juda chanqadi va suv ichish uchun asta sekin tashqariga chiqdi, lekin birdan ko’zlarining oldi qorong’ilashib ketdi va u yerga yiqildi.

Yaxshiyamki xushidan ketdi, aks holda og’ir dardga bardosh berolmagan bo’lar edi. Asl voqea nima bo’lganligini tushunish uchun onaxonning boshqa o’g’li Rizoning gaplariga quloq osaylik…

Onamlar yiqilib tushganlarida tezda ularni “Rasululloh” kasalxonasiga olib bordik. Baraka topgur bir doctor onamlarni tekshirgandan keyin meni oldiga sekin chaqirib oldi-da, yumshoqlik bilan yotig’I bilan bunday dedi: Agar onangiz tirik qolishlarini istasang, vaqtni boy bermay “Xotamul anbiyo” kasalxonasiga olib boring, u yerda operaciya qilinishlari lozimdir”. Bu kasalxonaning otini eshitishim bilan xursand bo’lib ketdim, chunki mening “shahidlar oilasi uchun” degan maxsus kartam bor edi va aytilgan kasalxona ham maxsus shahidlar xonadonlari uchun mo’ljallangan edi.



Ammo u yerga borganimda “Joy yo’qdir” degan javobni eshitdim. Lekin bu yerga kelishdan oldin u yerda joy borligini bilgan edim, shuning uchun “axir bo’sh joy borligini aniq bilaman-ku”-dedim. Joy ham bor,deb faraz qilaylik lekin u joy boshqacha kasallarga mo’ljallangan-dedi. Men boshqa shifoxonaga ketishga majbur bo’ldim. Bu xususiy shifoxona bo’lib u yerga onamni joylashtirdim… ammo afsuski mana to’rt kundirki onamlar bexush holda edilar. Men tushkunlikka tushgan edim, ammo katta opamlar umidlarini qo’ldan bermagan edilar.



Ular Mashhad shahriga safar qildilar va u yerda imom Rizoni ziyoratiga kirib Allohdan yolvorib duo qildi. Keyin esa shahid akam Mehrdodga xitob qilib bunday dedilar: Ey Alloh yo’lida shahid bo’lgan Mehrdod.



 Onamlarning ahvollaridan xabaring bor, nahotki ularning Muharram oyini ko’rishlarini istamayotgan bo’lsang?” (opam “shahidlar tirikdirlar va ko’p narsalardan xabardor ekanligiga ishonar edilar, shuning uchun ukalari bilan ana shunday gaplashgan edilar). Opam ana shunday duolarga mashg’ul holida, ya’ni aynan usha oqshom birdan onamlar o’zlariga keldilar.

Shifokorlar uchun bu hol kutilmagan edi, chunki ul zot oldingi sog’ paytlaridan ko’ra ham sog’lomroq edilar. Men ularni ko’rib ko’zlarimdan yosh qalqdi, onam esa tabassum bilan menga boqar edilar .

Menga qarab turgan hollarida birdan bir narsa eslariga tushgandek “ Rizojon bolam, bilasanmi bugun nechanchi?” Men necha kundan beri o’zimni o’qqa-cho’qqa urib yurgan edim, shuning uchun also nechanchi chislo ekanligini bilmas edim.

Palataga kirib kelgan hamshiradan so’ragan edik, u “Bugun Muharram oyining birinchi kunidir”-deb javob berdi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 20 Sentyabr 2009, 07:35:41
(http://rasm.sb.uz/pics1/6cfb1334b9079178141d448cd918ed3a.jpg) (http://rasm.sb.uz/#6cfb1334b9079178141d448cd918ed3a.jpg)

“BISMILLOH” NING KUCHI

Kunlardan bir kuni hazrat rasululloh (saov)Madina atrofida yurgan edilar, quduq yonida qiynalib suv tortayotgan bir a’robiyni ko’rib qoldilar.

Ul zot unga yaqinlashib, shuncha suvni nima qilasan?-deb so’radilar. A’robiy Tuyalarim uchun suv kerak-deb javob berdi.

Shunda rasululloh (saov): Yordamlashish uchun senga mardikor kerak emasmi?-deb so’radilar.

U: Kerak, faqat har tortib bergan chelaging uchun uchta xurmo beraman-dedi.

Rasululloh (saov) rozi bo’ldilar. Ul zot yettita chelak suv tortib berdilar? Sakkizinchi chelakka kelganda esa arqon uzilib ketdi. Buni ko’rgan a’robiy qattiq g’azablanib ketdi va hazrat rasululloh (saov)ning muborak yuzlariga tarsaki tortib yubordi.

Ammo hazrta indamadilar va qo’llarini quduqqa solib chelakni chiqardilar-da yana arqonga bog’lab berdilar va yo’llarini davom ettirib ketdilar. Hazratning muloyim raftorlarini ko’rgan a’robiy qattiq ta’sirlandi va qilgan ishiga juda afsuslandi, lekin rasululloh (saov) u y erdan uzoqlashib ketgan edilar. A’robiy rasulullohni urgan qo’lini olib shartta chopib tashladi va xushidan ketib qoldi. Bir karvon usha yerdan o’tib ketayotgan edi, ular quduq yonida bexush yotgan qo’li qonab yotgan odamni ko’rib unga yaqinlashishdi. Suv ichirib uni o’ziga keltirishdi v anima bo’lganini so’rashdi. U bo’lgan voqeani aytib berdi-da, meni rasululloh huzurioga oboringlar, deb yolbordi. Ular haligi odamni hazratning huzurlariga olib b orishdi.

A’robiyni ko’rgan rasululloh (saov) uni darrov tanidilar, ammo qo’lining kesilganligini ko’rib hayron bo’ldilar va havotir olib, senga nima bo’ldi?-deb so’radilar. Haligi odam Sizga ko’tarilgan qo’limni kesib tashladim, veni kechiring-dedi. Paygambarimiz (saov) Iymon keltir va musulmon bo’l-dedilar. Lekin a’robiy-To qo’limni qaytadan ulab bermaguningizgacha iymon keltirmayman-dedi. Shunda hazrat kesilgan qo’lni olib o’z joyiga qo’ydilar-da “Bismillahir Rohmanir Rohim” deb duo qildilar.



Haligi qo’l hech narsa bo’lmagandek yana o’z joyiga ulanib qoldi va butunlay sog’ayib ketdi. Buni ko’rgan a’robiy baland ovozda “La ilaha illallohu Muhammadan rasululloh” deb iymon keltirdi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Wild Flower 03 Oktyabr 2009, 12:33:11
Bir yosh yigit qaysi majlisga kirsa o'sha majlis ajib hushbo'y chiroyli bo'lar ekan. bu yigitning vujudidan ajib bir muattar is anqib turarkan.hamma bu muattar isning rohatbahshligini aytib yurar ekan. bir kuni do'stlaridan ba'zilari bu yigitdan:" Bunday ajib hushbo'yni qayerdann olasan?" deb so'radilar. ul yigit:" BU muattar hid menga Olloh taolo tarafidan berilgan bir lutfdir. Olloh taoloning mukofotidur." deb javob berdi va bunday deb davom etdi. "Bir hotin menga tuzoq qurdi, hiyla bilan meni uyiga chaqirdi, so'ngra u meni nafsiga da'vat etdi. ko'p iltijolar qildim. meni qo'yib yubor, men Ollohdan qo'rqaman, sen istagan yomonlikni qilolmayman dedim. Ammo ayol qabul etmadi. uning qo'lidan qutulmoq uchun choralar istadim. nihoyat aqlimga bir fikr keldi. butun tanamga iflos surtdim. Hamma yog'imga surtilgan  najosatlar shunday badbo'y hid taratdiki, ayol mendan nari qochdi, jinni deb haydadi. men ham gunohdan qutulib uyimga ketdim. Shu kundan beri mendan shunday muattar is kela boshladi. Bu menga Olloh taoloning bir lutfidir."

Izoh: Ey jannat istagan mo'min, ko'ryapsanmi? Ollohning lutfiga erishmoq oson emas. Ollohdan qo'rqish, Ollohga Muhabbat shunday bo'ladi. Eng tahlikali vaqtlarda pokizalikni saqlaydi. Ollohdan qo'rqqan hech vaqt gunoh ish qilmaydi. Ollohni sevaman deganlar gunohdan o'zlarini saqlaydilar. Bunday kimsalar jannatga kirar ekanlar. Bu dunyoda esa ushbu hikoyadagi yigit kabi Ollohning ne'matlariga erishadilar.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muzayyana 10 Oktyabr 2009, 11:45:36
АҚЛЛИ БОЛА

Бир неча асрлар олдин Тобеинлар даврида Боғдод Ислом тараққий этган шаҳарлардан бири бўлиб, у ерда жуда кўп мусулмон уламолари, олимлари яшаган. Шу сабабли шаҳар Ислом динининг илм маркази ҳисобланган. Кунлардан бир кун Рум подшоҳи Боғдод мусулмонларига уч савол бериш амри билан ўз элчисини жўнатди. Элчи шаҳарга етиб боргач, халифага подшоҳнинг истагини билдирди. Шунда халифа шаҳар уламоларини саройга йиғишни буюрди. Элчи минбарга чиқиб:
- Мен сизларни тортишувга чақираман. Агар подшоҳимнинг уч саволига жавоб бера олсангиз, у сизларга кўп мол мулк ваъда қилмоқда. Мана саволларим: Аллоҳдан аввал нима бўлган? Аллоҳ қаерга қараяпти? Ҳозир Аллоҳ нима қиляпти?
Уламолар орасида сукунат чўмди.(Ўзингиз бу саволларга жавоб беришга журъат этармидингиз?) Тўсатдан оломон ичида майин овоз эшитилди: - Дадажон, рухсат беринг, мен унинг саволларига жавоб берай!
Бу овоз отасига эргашиб келган ёш боланики эди. Халифадан рухсат сўралгач, болакайга гапиришга изн берилди. Рум элчиси ёш мусулмонга мурожаат қилиб, биринчи саволини такрорлади:
-   ÐÐ»Ð»Ð¾ҳдан аввал нима бўлган?
Йигитча саволга савол билан жавоб берди:
-   Ð¡Ð°Ð½Ð°ÑˆÐ½Ð¸ биласизми?
-   Ҳа, - деди элчи.
-   Ð£Ð½Ð´Ð° ўндан пастга қараб сананг!
Элчи “ўн, Ñ‚Ñžққиз, саккиз, дея санай бошлади ва ниҳоят “бир” деб тўхтади. -   ÐÐµÐ³Ð° тўхтадингиз, бирдан кейин нима бор?”, - деди бола.
-   Ð‘ир энг охиргиси, ундан кейин ҳеч нарса йўқ, - деди ҳайронлик билан элчи.
-   ÐžÐ´Ð´Ð¸Ð¹ бир сонидан кейин ҳеч нарса йўқ экан, қандай қилиб Якка бўлган Аллоҳдан аввал бир нарса бўлиши мумкин?! У Аввал ва Охир, Зоҳиру, Ботиндир.
Элчи бу жавобга ҳеч қандай эътироз билдира олмади ва иккинчи саволни берди:
-   ÐÐ»Ð»Ð¾ҳ қаерга қараяпти?
-   Ð¨Ð°Ð¼ келтириб Ñ‘қинг, - деди йигитча, - энди эса унинг нури қаерга қараб таралаётганини айтинг.
-   ÐÐ¼Ð¼Ð¾, шамнинг нури ҳар тарафга таралади: шарққа, ғарбга, шимолга, жанубга... Аниқ бир томонни айтиш мушкул, - дея ҳайрати ортди элчининг.
-   ÐÐ³Ð°Ñ€ яратилган нур ҳар томонга қарар экан, унинг Яратувчисидан нимани кутмоқдасан?! “Аллоҳ осмонлар ва ернинг нуридир...”(Нур, 35) хитоб қилди бола.
Элчи ўз кўзларига ишонмасди. Қаршида турган бу кичкина болакайнинг усталик билан бераётган жавоблари уни тилини тишлашга мажбур қилди. Тушкунликка тушган элчи охирги саволни беришга оғиз жуфтлар экан, йигитча унга:
“Тўхтанг, сиз менинг ўрнимга тушиб, мен эса минбарга чиқишим адолатлироқдир. Саволингизни ҳамма эшитди, энди менинг жавобимни ҳам эшитишсин, - деди.
Элчига бу таклифга рози бўлди ва минбардан тушиб учинчи саволни такрорлади:
-   Ҳозир Аллоҳ нима қиляпти?
Йигитча ғурур билан:
-   ÐÐ»Ð»Ð¾ҳ ҳозир бу минбардан Исломни масхара қилмоқчи бўлган ёлғончини тушириб, уни ҳаммага кулги қилди. Аллоҳнинг борлигига ва бирлигига ишонган мўминни эса юксалтириб, тилига ҳикмат солиб ҳақиқатни баён қилдирди. Ҳамма нарсага Қодир Аллоҳ “... ҳар куни иш амалдадир”. (Ар-Роҳман, 29).
Мағлуб элчи бу сўзлардан сўнг иснод билан ўз шаҳрига қайтиб кетди. Бола эса Ислом оламидаги энг буюк олимлардан бири бўлиб етишди. Аллоҳ уни гўзал ҳикмат ва динни чуқур тушуниш иқтидори билан тақдирлади. Унинг исми Абу Ҳанифа бўлиб, у бутун дунёга Имоми Аъзам номи билан машҳурдир.
Ўсиб келаётган мусулмон фарзандларимизни ҳам шундай ҳикмат соҳибларидан бўлишларини Аллоҳдан сўраб дуо қилайлик.

Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muzayyana 10 Oktyabr 2009, 11:47:15
ИМОМИ АЪЗАМ ВАСИЯТЛАРИ

Ҳар ишни шошмасдан, эҳтиёткорлик билан қил.
Беш вақÑ‚ намоздан кейин Қуръон Ñžқиш ва зикрга вақÑ‚ ажрат.
Гаплашганда овозингни баландлатмасдан оғир сўзлаш.
Ўзинг учун кам гапирмоқ ва оз ҳаракатни одат қил. Токи атрофдагилар сабр ва саботни сендан ўргансинлар.
Ҳар ойда бир кун бўлса ҳам рўза тут.
Қўлингда бўлган дунё молини ва баданнинг саломатлигига эътибор қил. Чунки қиёмат куни иккисининг ҳам ҳисобини беришинг лозим.
Муаззин азон чақириши билан масжидда бўлишга ҳаракат қил.
Менинг васиятларимни қабул қил. Зеро, уларда дунё ва охиратинг учун фойда бордир.
Ҳар ишда мурувватли бўл.
Зинҳор бахил бўлма, ҳолинг ёмон бўлади. Тамаъгар ва ёлғончилардан ҳам бўлма мурувватсиз қоласан.
Илм аҳллари орасида бўлган суҳбатлардан мақсад обрў бўлса, бу мажлислардан узоқ бўл.
Фисқ, мусиқа ва ҳаром аралашган мажлисларга кирма. Уларга ўртоқ бўлишинг сени ёмонликка бошлайди.
Ота-онангни, устозингни ҳайр дуода унутма.
Бу насиҳатимни қабул қил. Зеро буни сени ва бошқаларни ислоҳ қилиш учун васият қилдим.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2009, 18:15:03
Ilk namoz, ilk sajda...

Bu hikoya AQSHdagi KAnzas universitetining matematika o'qituvchisi, professor Jefri LAngning "Men musulmon bo'lgan kun" kitobidan olingan. Unda professor o'zining islomni qabul qilgach, birinchi o'qigan namozi haqida yozadi:
"Musulmonlikni qabul qilgan kunim masjid imomi menga namoz o'qish tartib - qoidalariga oid kitobcha hadya qildi. Buni ko'rgan musulmon o'quvchilardan ba'zilari nafsingizga og'ir keladigan ishlarda oshiqmang, deyishdi. Men esa hayron bo'ldim:namoz o'qish shunchalik qiyinmi?Shu o'y bilan qaror qildim - besh vaqt namozni o'rganib, bugundanoq o'qishga kirishaman.
O'sha kecha xonamda o'tirib olib, kitobchadagi suralarni, duolarni o'qib chiqdim, namoz harakatlarini o'zlashtirishga, arabcha matnlarni o'qib, inglizcha ma'nolarini tushunishga harakat qildim. Namozga tayyor ekanimga ishonch hosil qilganimda yarim kecha bo'lgan edi. Demak, xufton namozidan bsohlayman.
Tahorat olish uchun yuvinish xonasiga kirdim, kitobga qarab-qarab tartib bo'yicha tahorat oldim, yuz - qo'limdan suv tomganicha xonamga kirdim(chunki kitobda tahoratdan so'ng artinmaslik mustahab ekani aytilgandi). Xonaning o'rtasiga qiblani taxmin qilib solingan joynamoz ustiga bordim. Lekin shu payt eshik ochiq emasmikin, degan xavotir o'tdi o'yimdan. Borib qaradim, yopgan ekanman. Namozga turdim, chuqur nafas oldim, keyin qo'llarimni ko'tardim."Allohu Akbar" deya takbir aytdim-u...ovozimni hech kim eshitmayaptimi, degan hayol bilan derazaga qaradim,parda ochiq edi.Tez deraza oldiga bordim,meni kuzatishmayaptimi,deb tashqariga qaradim, hech zog' yo'q. Pardani yaxshilab yopib, joynamozga qaytdim. Avval "Fotiha", ortidan kichik suralardan birini o'qidim(arabcha o'qishga juda qiynaldim, agar o'sha paytda birorta arab meni eshitsa, hech nimani tushunmagan bo'lardi).So'ngra past ovoz bilan takbir keltirdim va ruku'ga egildim,qo'limni tizzamga qo'ydim.Shu paytgacha belim hech kim qarshisida bunchalik mayishmagan edi. Uch bora "Subhana robbiyal a'ziym", keyin qaddimni tiklab "Sami'allohu liman hamidah,Robbana lakal hamd", dedim. Yurak urishim tezlashib,hayajon bosdi.Endi sajdag navbat kelgandi. Bezovta nigohlarim sajdagohga qadalgandi:"Nahotki men sohibi huzuridagi qulday qo'llarimni tizzamni yerga qo'ysam?Nahotki o'zimni o'zim xor qilib burnimni yerga ishqasam?Yo'q, bunday qilolmayman!" Shu o'ylar bilan joyimda mixlanib qoldim.Turib ketay desam, oyoqlarim qotib qolgandek edi. Yo'q, dedim o'zimga o'zim, bsohladimmi, ortga qaytmayamn. Yordam ber Allohim, deya o'zimni majburlab egildim. Boshimni sajdaga qo'ydim(burnim yerga tegdi).Uch bora "Subhana robbiyal a'la"dedim. Yurib o'tirdim va yana takror sajdaga bordim. "Allohu akbar" deya o'rnimdan turarkanman, g'ururim bilan tinmay bahslashardim...
Keyingi rakatlar, sajdalar ancha oson kechdi, sokin kechdi. Ikki yonimga salom berayotganimda vujudimda qattiq xorg'inlik his qildim, voajab, namoz o'qish shunchalik mushkul ishmi? Shu o'y xayolimga urilishi bilan uyat, pushaymonlik hislari qamrab oldi, boshim egildi va ...yig'lay boshladim:"Allohim, johilligimni, takabburligimni avf qil.O'zingga ma'lum, men uzoq yo'l bosib keldim.Bu yorug' yo'lning boshidaman, tugatishimga yordam ber..."
Shu asno titroq ichida qolgan tanamga yoyilgan rohatbaxsh halovat vijdonimgacha yetib keldi, go'yoki Alloh taoloning rahmati tanamdagi kichik zarralarigach qamrab oldi. O'zim esa sababini bilmagan holda yig'layverdim. Juda totli yig'i edi bu (o'sha paytdagi hissiyotlarim izohini endi topgandekman:biz chin dildan tavba qilganimizda Alloh azza va jalla ham gunoxlarimizni kechirar, ham qalbimizga shifo va xotirjamlik berar ekan)..
Egik boshimni ikki qo'lim orasiga olib uzoq yig'lab o'tirdim. Ko'zyoshlar ichra Alloh taolo va namozga juda muhtojligimni, ularsiz yashash endi imkonsiz ekanini idrok etdim va duo qildim:
"Allohim, agar men Senga yana kufr keltirishga jur'at qilsam, jonimni ol, toki huzuringga iymonim bilan boray.Shu daqiqadan ishondimki, sening biri borligingni inkor etadigan bo'lsam, bu hayotning menga keragi yo'q.
SENSIZ YASHAMOQ MENGA HAROMDIR!!!"


"Irfon"taqvimidan.2009/1430/(IV)
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Foniy 17 Oktyabr 2009, 20:26:10
...haj marosimiga borgan insonlar haj ruknlaridan birini bajarish uchun masjidul haromga keldilar hammalari hayajonda 4-5 kishi guruh - guruh bo'lib olishgan bir guruh brodarlar masjidul haromga kirganlari zahoti ka'bani ziyorat qilishga shoshilibdilar ka'ba toshi yahshi ko'rinadigan joyga borib zavq bilan tamosha qilishar ekan oralaridan bir kishi ka'ba tomonga shunday qo'rqinch bilan qarab turip qolipti va birozdan so'ng yonidagi sheriklariga qarab muqaddas kaba qani dep so'rapti sheriklari esa hayron bo'lib muqaddas tosh tomonga ishora qilishibdi u esa u yerda hech narsa yo'qligini aytibdi. u insonga boshqalarga ko'ringan muqaddas tosh o'rni bo'sh holatida ko'rinibdi, hamma hayrat ichida qolgan u inson esa qayg'u ichida hech kim hech narsa deya olmapti.
safardan qaytish chog'ida o'sha kishi umri bo'yi abort qiluvchi doktor sifatida ishlaganini va allohdan gunohlarini kechirishini istab kelganini aytgan va qilgan ishidan qattiq nadomad chekkan holida hajga borib ka'bani ko'rmay qaytgan (alloh asrasin). Manba. (http://forum.islom.uz/smf/index.php/topic,15521.msg124177.html#msg124177)
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 18 Oktyabr 2009, 06:11:40
...haj marosimiga borgan insonlar haj ruknlaridan birini bajarish uchun masjidul haromga keldilar hammalari hayajonda 4-5 kishi guruh - guruh bo'lib olishgan bir guruh brodarlar masjidul haromga kirganlari zahoti ka'bani ziyorat qilishga shoshilibdilar ka'ba toshi yahshi ko'rinadigan joyga borib zavq bilan tamosha qilishar ekan oralaridan bir kishi ka'ba tomonga shunday qo'rqinch bilan qarab turip qolipti va birozdan so'ng yonidagi sheriklariga qarab muqaddas kaba qani dep so'rapti sheriklari esa hayron bo'lib muqaddas tosh tomonga ishora qilishibdi u esa u yerda hech narsa yo'qligini aytibdi. u insonga boshqalarga ko'ringan muqaddas tosh o'rni bo'sh holatida ko'rinibdi, hamma hayrat ichida qolgan u inson esa qayg'u ichida hech kim hech narsa deya olmapti.
safardan qaytish chog'ida o'sha kishi umri bo'yi abort qiluvchi doktor sifatida ishlaganini va allohdan gunohlarini kechirishini istab kelganini aytgan va qilgan ishidan qattiq nadomad chekkan holida hajga borib ka'bani ko'rmay qaytgan (alloh asrasin). Manba. (http://forum.islom.uz/smf/index.php/topic,15521.msg124177.html#msg124177)

Tavba...
Alloh asrasin bunday xoldan.
Tog'risi eshitib g'alati bo'b ketdim.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 22 Oktyabr 2009, 08:11:13
20 yoshlik qiz avtomabil halokati natijasida favot etdi.
Vafotidan bir oz avval yaqinlari ahvolin qanday degan savollariga
Olloh Hamdusini yaxshi deb javob berib turgan edi
Biroq oz vaqt ichida dunyodan ko'z yumdi. Ollox uni o'z rahmatiga olsin
Marhumani mahsus yuvush honasiga olib kelishdi uni yuvib tayorlashni boshladik
U go'yo shirin uyqudayu hozir uyg'onadigandek yuzi tabasumdan yonardi
Badanida jarohat, singan va qon asoratlari ko'rinmay ketdi.
Shu voqt g'aroyib hodisa yuz berdi. Biz yuvish asnosida marhumani ko'targan edik
Burnidan oq modda suzib chiqdi va hona hush bo'y musht hidi bilan to'ldi.
Subhan ollox u chindan ham musht hiddi endi takbirlab olloxni zikr qildik
Qizim yani marhumani dugonasi edi yeg'lay boshladi marhuma yaqinlarinnh biridan
u haqida hayotlik paytida qanday bo'lganligini so'radim ular shunday javob berishdi:
Voyaga yetgandan beri nomozni kanda qimagan,Turli tele seriallar ko'rmas
Umuman televizorlarga qiyo boqmas, qo'shiqlar eshitmas edi. 13 yoshga to'lgandan buyon
dushanba va payshanba kunlari nafl ro'za tutishni o'ziga odat qilgan edi .
O'limidan oldin olloh yo'lida o'liklarni yuvib tayorlash bilan shug'illanmoqchi edi .
Biroq birovlarni yuvishdan oldin o'zi yuvildi. muallimalari dugonalari
uning taqvosi go'zalhulqi va hush momilasi haqida gapirishardi muallimalari va dugonalari
hayotida yaxshi tasurot qoldirgandi endi vafotidan keyin eslashadigan bo'ldi deb yakunladi
17 yoshlik bir qizni jasadini yuvish uchun olib keltirishdi singilarimiz yuvishga kirishdilar
yuvishni boshlaganlarida qizning tanasi oq edi asta sekinlik bilan qoraya boshladi
Va bir parcha ko'mirde bo'lib qoldi. Uning holi qanday kechgani bizga qorong'u
Yaqinlaridan u haqda yana so'rolmadik chunki biz ko'rgan narsa ularni qo'rqitishi mumkin edi
shuningdek uning bu holini biza yashirishim kerak ham edi.Ollohdan salomatchilik
Va ofiyat so'raymiz aziz singlim bu ikki qissadan ibrat oldingizmi soliq mo'minalarga ergashasizmi
Yoki gunoxkor forsihalar sizga namunami bilingizki qaysi hotimani ravo ko'rasiz
shu yerda ikki hikoya payoniga yetadi ollox taolodan o'zini yo'lida yurishimizni
Va chiroyli o'lim topishimizni so'rab qolamiz !!!

Xolislik saridan
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Muhammad Amin 29 Oktyabr 2009, 07:36:10
IKKI DIRHAM

Yozning issiq kunlaridan biri edi. Shamol tinmay qum zarrachalarini  to’zitib o’ynar edi. Yo’l chetidan yosh yigit otini yetaklaganicha sekin asta kelar edi. Otning tiyrak ko’zlari va bir taralgan yollari kishi etiborini jalb etadigan holatda chiroyli edi.  Yigit o’zining otiga mahliyo bo’lib kelar edi, oti esa bu narsani sezgandek viqor bilan yurib kelar edi.

Mening jajji do’stim, hoynahoy bu yigit kim ekan deb ichingiz pishgandir? Bu yigit hazrat Ali (a.s) dir. U aziz paygambarimiz (s.a.o.v) ning amakilarining o’glidir. Kun isib ketgan edi va peshin namozining vaqti yaqinlashgan edi.  Ali   (a.s)  Quyoshga qaradi u bu bilan namozga qancha vaqt qolganligini bilmoqchi edi.  Yo’lning chetida bir tekis solingan  paxsa devorli uylar ko’rinib turar  va ular orasida esa minorali masjid ajralib turar edi. Ali namozga kechikmaslik uchun masjid tarafga shoshilib ketdi. Lekin masjidga yetib kelganida bir kishining boshini ushlab gamgin holda o’tirganligini ko’rdi.

Alining unga rahmi keldi, u o’zicha  namozni o’qib bo’lgach unga yordam berishlikni diliga tugib qo’ydi. Shuning uchun usha kishining oldiga kelib mahribonlik bilan salomlashdi, so’ngra “Otim ga qarab tura olasanmi? Men ungacha namozimni  o’qib olaman-dedi”. 

Haligi odam rozi bo’ldi. Ali masjidga kirib ketdi, yo’lda cho’ntagida qancha puli borligini bilish uchun qo’lini slogan edi, ikki dirhami borligini ko’rdi va uni usha otini qarab turgan odamga bervorishni mo’ljalladi.  Eshik tagida qolgan haligi odam esa otning atrofida aylanar uni silab erkalatar edi. Hayolida Agar shu ot meniki bo’lganida bormi, hamma poygalarda golib chiqqan bo’lur edim, deb o’yladi. Birdaniga zehnida yana shu fikr keldi, ya’ni rostdanam meniki bo’lsa nima qilipti, deb o’ylashni boshladi. Shayton ham uni tobora ko’proq vasvasaga sola boshlagan edi.

Shayton :  Tezroq bo’l, vaqt ganimatdir, hozir namoz tugaydi, ungacha otni olginu bu yerdan tezda qochib qol-deb vasvasaga solishni qo’ymas edi. Kishining ko’zlari bir zumda quvonchdan chaqnagandek bo’ldi, u otni uzangidan tortib :   Tezroq bo’l  jonivor, chuh…  chuh … deb otni torta boshladi. Lekin ot bir qadam ham jilmadi. Jahli chiqqan halihgi odam otning biqiniga tepa boshladi va Namuncha o’jar bo’lmasa bu ot, deb mingirlar edi.

Namoz esa tugar yotgan edi. Shayton esa yana vasvasa  qila boshladi: Hech bo’lmasa otning ustidagi biror arzigulik narsasini olib ket, quppa – quruq hech narsasiz sho’ppayib ketaverasanmi?-der edi. Lekin otning ustida biror arzigulik narsasi yo’q edi, uning egasiga vafodorligiyu husni bor edi xolos. Faqatgina otning o’zangi nisbatan yangi edi, uni ko’rib yechib olgan odam Hech bo’lmasa bu qaysar otdan shu narsaga ega bo’ldim deb uni yechib oldi va tezda masjidning yonidan uzoqlashib qochib ketdi. Namoz tugagan edi va hamma masjiddan tashqariga chiqayotgan edi. Hazrat Ali ham endi masjiddan chiqadigan payti bo’lib qolgan edi.

Shayton vasvasasi ish berganligidan va gunohkorlar soni yana bittaga ortganligidan xursand edi.  Alining vafodor qariya do’sti otni o’zangsizligini ko’rib “Qanday qilib Xudodan qo’rqmay o’grilik qilishadiya, deb norozi ohangda gapirar edi. U Aliga qarab, ruxsat bering, bugunoq bozorga borib yangi o’zang sotib olib kelay.

O’grini Alloh jahannamda kuydirsin deb qargab ham qo’ydi. Ali qo’li bilan do’stining yelkasiga qoqib qo’yib, kulimsiragan holda  “Hadeb  gapiraverma,  va hech qachon bunaqa yomon qargamagin, hato dushmaningni ham aytgan so’zlaring bilan so’kmagin. Undan ko’ra unga ham o’zingga nima tilasang, ushani tilagin-dedi

U ham : To’gri aytasiz-dedi.

Ali: Mening ikki dirhamim bor, mana shu pulimga munosib  o’zangni sotib olib kelgin-dedi. Haligi gulom bozorni ko’p aylandi ammo Alining ko’ngliga yoqadigan o’zangni topa olmadi.

Anchadan keyin bir joydan ho’jayinining ko’ngliga yoqad igan o’zangni topdi va uni ikki dirhamga sotib oldi. Hazrat Ali haligi o’zangni ko’rib bunday dedi: Allohga shukur, yo’qolgan molim topildi, ikki dirham ham atalgan egasiga yetib bordi, lekin u bu pulni Allohning gazabi bilan birga qo’lga kiritdi-deb aytdi.

Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Wild Flower 11 Noyabr 2009, 20:48:18
Salaflardan biri o'lgan singlisining janozasida hozir bo'ldi. Uning pul solingan hamyoni mayitning qabriga tushib qoldi. Va buni hech kim sezmadi. U qabrdan ketgach hamyonini esladi va iziga qaytdi. Odamlar tarqab ketganlaridan keyin qabrni kavladi. Unda alangalanib turgan olovni ko'rib qabrni qaytadan ko'mib qo'ydi. Keyin onasining oldiga yig'lab mahzun bo'lib qaytib keldida:"Ey onajon, singlim nima ish qilardi menga aytib bering"-dedi. Nimaga so'rayapsan deb so'ragan onasiga uning qabrida alangalanib turgan olovni ko'rdim deya javob berdi. Shunda onasi yig'ladi va :"Ey o'g'lim, singling namozga beparvo edi va uni o'z vaqtidan kechiktirib o'qirdi:- dedi.


Namozni vaqtidan kechiktirib o'qigan kishining ahvoli shu bo'lsa, umuman namoz o'qimaydigan kimsaning holi ne kechar ekan? Alloh taolodan namozni o'z vaqtida muhofaza qilishimizni so'raymiz. Albatta U sahih, muruvvatli Zotdir.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 12 Noyabr 2009, 05:42:55
Islom ADOLAT bilan ish yuritadigan eng MUKAMMAL DINDIR

Musulmonlarning qayg’usi

Totorlar bilan Shomda bo’lgan urushda mo’g’ul-totorlarning qo’liga, musulmon, nasoro va yahudiylardan juda ko’pchilik asoratga tushib qolidi. Shunda Shayxul islom ibn Taymiyya totorlarning amiri bilan asirlar va ularni ozod qilish xususida muzokara olib bordi. Bir qancha tortishuvlardan keyin bosqinchilarning amiri yahudiy va nasoro asirlarini o’ziga qoldirib, faqat musulmon asirlarni ozod qilishini aytdi. Shayxul islom bundan bosh tortdi va: “Sen qo’lingdagi ahli zimmadan bo’lgan yahudiy va nasorolarning ham hammasini ozod qilishing lozim, biz ahli millatdan ham, ahli zimmatdan ham biror asirni qoldirmaymiz , deb javob qildi”.

Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (II)
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Wild Flower 12 Noyabr 2009, 21:09:14
Bani Isroillik bir ayol Muso alayhissalom huzurlariga kelib:"E Allohning elchisi, men ulkan gunoh qilib qo'ydimda, bu gunohimdan Alloh taologa tavba qildim. Allohdan tavbamni qabul qilib, gunohimni mahfirat etishini so'rab duo qiling:- dedi. Muso alayhissalom undan:"Nima gunoh qilding?"- deb so'radi.Ey Allohning payga'ambari, men zino qilib bola tug'dimda, so'ng uni o'ldirdim:- dedi. Shunda Muso unga:"Chiq bu yerdan, ey fojira, yana kasofating tufayli osmondan olov tushib bizni yondirib yubormasin:- dedi. Ayol payg'ambar huzuridan ko'ngli o'ksigan holda chiqib ketdi. Jabroil alayhissalomtushib:"Ey Muso, Rab taolo nima uchun tavba qilgan ayolni qaytarib yubording. Undan ko'ra yomonroq kimsa borligini bilmaysanmi deyapti?- dedilar. Muso alayhissalom:"Ey Jabroil, undan ham yomonroq kimsa kim?"- deb so'ragan edi.  "Qastdan bila turib namozni tark etgan kishi"- degan javob bo'ldi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Abdumuhaymin 16 Noyabr 2009, 18:45:14
 :bsm:
Imomi A’zam Abu Hanifaning bolalik yillari edi. Allohga ishonmaydigan bir dinsiz odam Kufa shahriga kelib qoladi. U ko’p shaharlar kezib, Alloh yo’qdir, hamma narsa tabiat tarafidan yaratilgan deb, olimlar bilan bahs yuritar edi. Buzuq fikrlarni tarqatuvchi bu zot kufa shahri olimlarini ham munozaraga chaqirdi. Musulmonlar uning ustidan kulishib: “istasang bizning kichik bir olimimiz bilan munozara qilasan. Agar uni munozarada yengsang, u holda, buyuk olimlarimiz bilan ko’risha bilarsan” – dedilar. U rozi bo’ldi. So’ngra munozara joyi  va vaqti tayin qilindi. Kufaliklar bir yerga yig’ildilar. Lekin yosh olim ha deganda kelavermadi. Oradan yarim soat o’tgach, dinsiz odamning g’ururi ortaverdi. “Olimlaring mendan qo’rqib kelmadi”, - deya kula boshladi.
Shu payt ichkariga yosh olim Abu Hanifa kirib keladi.
Dinsiz odam: “Nimaga kech qolding, kichik? Shunchalik qo’rqasanmi mendan? “ – deb so’radi. U esa: “-Yo’q, qo’rqmadim. Uyimiz soyning u tarafidadir. Ko’prikdan o’tishim kerak edi. Qarasam, ko’prik buzilipdi. Noiloj daraxtlarga qayiq bo’lib, meni o’tkazib qo’yishlarini amir etdim. Daraxtlar qayiqqa aylandilar va meni bu tomonga o’tkazib qo’ydilar. Shu sabab biroz kechikdim, uzr so’rayman:, dedi.
Abu Hanifaning javobidan dinsiz odam qah-qaha otib kuldi. –Ey beaql bola, hech zamon daraxt o’z-o’zidan qayiqqa aylanib qoladimi ? – deyishi bilan Abu Hanifa birdaniga jiddiylashib: “Aslida, aqilsiz sensan ! Hatto, bir qayiqni o’z-o’zidan paydo bo’lganligini ham qabul etolmaysan, ayt-chi, bu cheksiz-poyonsiz olamning o’z-o’zidan paydo bo’lishini qanday izohlaysan?
Bu ajoyib mantiqli gapga hayron bo’lib qolgan tabiatchi olim: “Meni boplab qo’lga tushirding , o’g’lon! Xo’p, shu borliqni yaratgan Allohni menga ko’rsat, men ham ishonay,” – dedi.
Abu Hanifa qo’liga bir piyola sut olib kofirdan so’radi: Yog’ bilan pishloq nimadan qilinadi? U javob berdi: “Albata, sutdan qilinadi. Abu Hanifa dedi: -Unda, sen piyoladagi yog’ bilan pishloqni ko’rsat!
Dinsiz odam hayron bo’lib: -Albatta, bu sutning ichida yog’ bilan pishloq bordir, biroq u ko’rinmas.
Kofirning eng zaif yeridan tutgan Abu Hanifa : “Shu sutning ichida yog’ va pishloq borligini bilganing holda ularni ko’rsataolmaysan. Ulug’ Allohni “mana Alloh” deb ko’rsatmoq mumkinmi? Sutning har zarrasida yog’ qanday bor bo’lsa, Alloh ham bu olamda o’shanday bordir, biroq ko’rinmaydi,”- dedi. Bu mantiqlik javobdan ham qoniqmagan dinsiz odam: “Yaxshi, endi eng so’ngi  savolimga javob ber, ustunligingni tan olay. Alloh bor ekan, u hozir nima ish qilyapti, “ deb so’radi.
Abu Hanifa biroz o’ylanib turdi-da, u odamga dedi: Kursidan pastga  tush , keyin javop beraman. U odam kursidan tushdi. Uning kursisiga kichik olim chiqib dedi: “Hozir Alloh sen dinsizni kursidan tushirdi, menga o’xshagan kichik qulini kursiga chiqardi.” Shundan so’ng dinsizning gapirishiga maloli qolmadi. Yig’ilganlar oldida kalimayi shahodat keltirib, musulmon bo’ldi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 08 Dekabr 2009, 15:03:04

Bir kuni Abdurahmon ibn Avf mo‘minlarning xalifasi hazrat Umar (r.a) ning ziyoratiga keldi. Salom berdi-da, kutib turdi.

Xalifa yonib turgan shamni o‘chirib, keyin boshqasini yoqdi.

Bu ahvol mehmon diqqatini tortdi, u hazrat Umarga:

- Ey, Amiral-mo‘’minin! Oldingizda sham yonib turardi, uni o‘chirdingiz. Yana unga o‘xshash boshqa shamni yoqdingiz. Buning bir hikmati bordir? - dedi. Amiral-mo‘’minin hazrat Umar (r.a) tabassum bilan dedi:

- Yo Abdurahmon, o‘chirganim davlatning shami (molidir). Yoqqanim esa o‘zimning shaxsiy shamim, o‘z pulimga olganman. Davlat ishlarini qilganimda, davlatning shamini yoqaman. Hozir sen bilan suhbat qurib o‘tirganimda, davlat shamini yoqishim halollik bo‘lmaydi, shuning uchun uni o‘chirdim. O‘zimnikini yoqdim. Shunday qilmasam, Allohga qanday hisob beraman?
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Wild Flower 16 Dekabr 2009, 18:15:13
Assalomu aleykum.
Endi islomga qadam qo'ygan bir tanish birodarim bilan sodir bo'lgan voqeani yozib qoldirmoqchiman.

Bir kuni dindoshimiz Jum'a namoziga taksida ketayotgan edi. Birdan yo'lda taksi haydovchisini YHH (eski DAN) hodimi to'htatib har hil bahonalar qilib ushlab o'tirdi. Haydovchi YHH (eski DAN) hodimiga:"Aka, mani qo'yib yuboring, mijozim Jum'a namoziga shoshilyapti"-dedi. Hodim mashinaga yaqinlashib rostdan ham mijoz Jum'a namoziga borayotganiga amin bo'lib, birdan cho'ntagidan 2000 so'm chiqarib birodarimga berdi-yu va:"Aka mani nomimdan ham sadaqa qutisiga tashangiz"-deb iltimos qildi.

Bu voqeani eshitib o'sha tanishimga:"Allohning mo'jizalarini ko'ryapsanmi?" dedim. Birodarim esa:"Bu qanaqa mo'jiza?"-deb ensasini qotirdi. SubhanaAllah!!!
Alloh hammamizni iymonimizni kuchaytirsin. Ameen
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mahdiyah 19 Dekabr 2009, 21:56:19
Uxuvvat

Hazrati Ali Fotimai Zahroga uylanmoqchi bo’lganlarida to’y qilarlik hech vaqolari yo’q edi. Payg’ambarimizning maslahatlari bilan sovutlarini sotib, nikohning chiqimlariga ishlatmoqchi bo’ldilar. Shunday qilib, bir kishiga sovutlarini berib, bozorga jo’natdilar.
O’sha kuni Hazrati Usmonning yo’llari bozor orqali tushdi. U kishi o’tib ketayotib, Hazrati Alining sovutini ko’rib qoldilar va darhol tanidilar, sotuvchidan:
- Egasi qanchaga sotmoqchi? – deb so’radilar.
- To’rt yuz dirhamga.
Usmon roziyallohu anhu sovutni sotib oldilar. Uylariga kelib, yana to’rt yuz dirham oldilar va Alinikiga qarab ravona bo’ldilar.
- Ey Ali, - dedilar eklib, - bu sovut sendan boshqasiga loyiq emas, uni o’zing ol. Mana bu pullar ham senga, to’y harajating. Ammo sening sharoitingdan bexabar qolganimiz uchun bizni afu et…

Musulmonlar taqvim kitobi 2001 yil II chorak
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Hadija 28 Yanvar 2010, 02:46:53
"Бу кўзларни унутмайман…."

Француз киз сабабли тавба килган аёл киссаси

 Ð¨Ð°Ð¹Ñ… Мухаммад Маснаднинг "Аллохга кайтган кизлар" рисоласидан Вадуд Ахмад таржимаси.


Мисрлик Сузи Мазхар йигирма йилдан бери Аллохнинг хак динига чакириш йўлида юрган даъватчи аёл. Унинг исми Аллохга кайтиб, тавба килган санъаткор аёлларнинг исмлари билан боглик, шунингдек, улар орасида Исломиятга даъват борасида анчайин  ахамиятли ўрни бор. Сузи ўз тавбаси хакидаги киссасини шундай хикоя килади:

"Университетни адабиёт факулътети журналистика бўлимини тамомлаганман. Бувимнинг кўлида вояга етдим. Санъат устаси, артист Ахмад Мазхар амаким бўлади. Кўп вактларимни театр ва концертлар томошасида ўтказардим. Эркинлик ва хурлик деб аталмиш тушунча билан атрофимдаги хайвоний кўзлар олдида ўзимни жамолимни кўз-кўз килиб юрар эдим. Бувим менга каттик турмасдилар. Ота-онам хам шу каби эдилар. Ўзи кўпгина зодагон одамлар ва уларнинг фарзандлари шу каби хаёт кечиришади. Улар хайвонлар каби, балки, улардан баттарок бўлган турмушда яшашади.

Хакикатда, Ислом хакида унинг номидан бошка хеч нарсани билмас эдим. Лекин, мол-дунё  ва обрў-эътиборли бўлсамда, менда бир нарсадан кўркув бор эди… Мен газ ва электрдан чикадиган ёнгинлардан жуда кўркардим. Аллох мени килаётган маъсиятларим туфайли бир куни ўтда ёндириб юборади деган гумон мени кўркитарди. Эртага Аллохнинг азобидан кандай нажот топаркинман деб ичимда ўйлардим.  Баъзида, виждонимнинг бу каби маломатларидан кочиб уйкуга гарк бўлар, баъзида эса театр ёки кинога чикиб кетардим. 

 Ð’акти соати етиб, турмушга чикдим. Турмуш ўртогим билан "асал ойи" ни ўтказиш учун Францияга, Парижга саёхат килдик. Сафарда бир нарса мени эътиборимни тортди.  Римда юрган чогимизда Ватиканда бўлгандик.  Рим Папасининг  музейига кирмокчи бўлганимизда, эшикбон эгнимга катта кора халат кийиб олишимни,  акс холда киргизмаслигини айтиб туриб олганди… Улар ўзларининг бузилган диёнатларини мана шундай хурматлашади…

Шу онда пичирлаб, ўзимга савол бердим: "Бизга нима бўлди, Исломимизни шунчалар хурмат килмай, беэътибор бўлиб колибмиз??!"

Сунъий бахтиёрлигимнинг энг авжи кечаётган ўша кунларнинг бирида эримга,  неъматларига шукрона рамзида Аллох учун икки ракат намоз ўкиб кўймокчиман, дедим. У: "Нимани истаётган бўлсанг шуни килишинг  мумкин, бу сени эркинлигинг!!!" деди.

Бир куни узун кўйлак ва рўмол олдимда, Париждаги катта  жомеъ масжидга кирдим…. Икки ракат намоз ўкидим…

Масжиддан чикар эканман, бошимдаги рўмолни ва узун кўйлакни ечиб, энди сумкамга солмокчи эдим,  кутилмаган бир вокеа содир бўлди…

Олдимга кўк кўзли бир француз киз якинлашди. Бу кўзларни унутмайман… Бир умр унутмайман… Эгнида исломий либос-хижоб… Келиб, кўлимдан охиста тутди ва  елкамга кўлини кўйиб, паст овозда:

"Опажон, хижобингизни нега ечаяпсиз?

Ахир,  бу Аллохнинг буйруги эканини билмайсизми!!!" дея шивирлади:

Унинг бу сўзларидан донг котиб колдим. Кейин, ўзи билан бир неча дакикага масжидга киришимни илтимос килди. Рад этмокчи бўлдиму, лекин, кизнинг чиройли одоби, латиф муомаласи мени ичкарига киришга мажбур килди…

У: "Аллохдан ўзга илох йўк эканига гувохлик берасизми??… Ушбу шаходат калимаси - "Ла илаха иллаллох" нинг маъносини тушунасизми??… Улар факат тилдагина айтиладиган калималар эмас, балки, уни тасдиклаш ва унга амал килиш хам кераклигиничи??!" деб саволлар ёгдира кетди.

Ўша куни киз менга хаётдаги энг киска дарсни таълим берди… Калбим титраб кетди… Унинг сўзларидан хис-туйгуларим юмшаб, таъсирланиб кетдим…

Киска сухбатимиз нихоясига етиб, хайрлашар эканмиз, киз кўлимдан тутиб: "Опажон, динга (Исломга амал килишлик билан) ёрдам беринг…" деди

Масжиддан атрофимда нималар бўлаётганини сезмаган холда, ўй-фикрларимга кўмилиб чикдим .

Ўша куним эрим билан тунги клублардан бирида кунгилчоглик килиш учун жой буюриб кўйган эдик. "Кабаре" деб номланадиган то тонггача маишат бўладиган ушбу маконда эркагу аёл бирга раксларга тушишади. Улар мусика огушида, куй охангида аста-секин, бўлаклаб-бўлаклаб бир-бирларини кийимларини ечишади… Шармандагарчиликлар авжига минади…Худди хайвонлар каби, йўк, балки хайвонлар хам килмайдиган, килишга ор киладиган уятсиз ишлар у ерларда то тонггача давом этади…

Томоша килиб ўтириб, бирдан улардан нафратланиб кетдим… Залолатга чўмган нафсим улардан жирканиб кетди… Улардан юзимни буриб тескари ўгирилиб олдим… Атрофимда ким борлигини сезмай бошладим… Хаво етишмаётгандек бўлди… Эримдан нафас олиш учун ташкарига чикишимизни талаб килдим…

Эртасигаёк Кохирага кайтиб кетдим. Келасолиб, биринчи ишим Ислом билан танишиш бўлди. Гарчи мен шу вактгача дунё неъматларига бурканиб яшаган бўлсамда, хотиржамлик ва оромни билмай яшаганман. Лекин, ўша сакийнатни, оромни мен Исломга якинлашганимдан сўнг, намоз ўкиб, Куръон тиловат кила бошлаганимдан кейингина топдим.

Атрофимдан жохилий хаёт чекинди ва мен энди куну-тун Куръон мутолааси билан банд бўлдим… Ибн Касийр, Саййид Кутбларнинг тафсирларини топиб ўкидим.  Хонамда ўтириб олиб, узун соатларни завк ва шавк билан китоб ўкишга багишладим…. Кўп ўкидим… Тунги ўтиришлар, кино-театрлар, маишатлар билан тўлган залолат хаётимдан хижрат килдим… Муслима аёллар билан таниша бошладим…

Аввалда, эрим хижоб ўрашим, уларнинг жохилий хаётларидан чекинишим, кариндош ва бошка эркаклардан ўзимни тортишим, номахрам эркаклар билан кўл бериб кўришмаслигим каби хатти-харакатларимга каттик туриб каршилик килди…

Буларнинг бари Аллох томонидан менга бўлаётган имтихон ва синовлар эди. Лекин, иймоннинг илк кадамлари Аллохга тўлалигича таслим бўлиш, Унинг кўрсатмаларига бўйсуниш хамда Аллох ва Росулини барча бошка нарсалардан ортикрок яхши кўриш билан кўйилади.

Кўпгина муаммолар бошимдан ўтди. Эрим билан ажрашишгача борай дедик…

Лекин…. Кичкинагина уйимизга Исломнинг киришини амр этган Аллохга хамд бўлсин… Аллох субханаху ва таоло эримни хам Исломга хидоят этди… Хозир у мендан кўра яхширок мусулмон кишига айланган…. Хозир у Аллохнинг Хак динига даъват этувчи мухлис кишилардан бири… Майли, мен уни шундай деб хисоблайман ва Аллохга бирон кишини мактамайман...

Касалликлар, дунёвий мушкулотлар ва биз дучор бўлаётган бир канча мусибатларга карамасдан биз хозир бахтиёрмиз… Биз бу мусибатларимиз дунёмиздагина эканидан ва шукрким, динимизда эмаслигидан жуда бахтиёрмиз…"
Manba: "Бу кўзларни унутмайман…." (http://www.webproxyserver.net/browse.php?u=Oi8vaXNsYW1udXJpLmNvbS9qdW1hbmFzL0J1JTIwa28nemxhci5odG0%3D&b=29)

P.S: Balki forumga joylangandir, ammo bugungi kunimizga ayni tegishli holat va o'ylantiruvchi voqea. Ta'sirli...
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Akbarjоn 28 Yanvar 2010, 20:06:04
Barchamizni Alloh o'z hidoyatidan begona qilmasin

Hadicha Alloh rozi bo'lsin, kiritgan maqolangiz uchun rahmat
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Hadija 30 Yanvar 2010, 04:21:18
Тақдирдан қочмоқ

Ер юзидаги бутун жонзотларга ҳукмронлик қилган Ҳазрати Сулаймоннинг Ямандаги саройига, тушга яқин бир одам ҳовлиқиб келди. Соқчиларга шахсий масала юзасидан Ҳазрат Сулаймонни кўриши лозимлигини айтиб дарҳол ичкарига кирди. Сулаймон қўрқувдан титраб, ранги оқариб кетган одамдан сўради:
- Тинчликми нима гап? Нега бунчалик ваҳимага тушдинг?
Нима дардинг бўлса, айт менга...
Одам ҳовлиқиб:
- Бугун саҳарлаб Азроилни кўрдим. Менга қўрқинчли бир қараш қилди-да, кейин узоқлашди. Тушундимки, у менинг жонимни олишга қарор қилган...
- Тушунарли. Нима қилишимни истайсан?
Одам ёлворди:
- Эй, жонларнинг қўриқчиси, мазлумларни ҳимоя қилувчи Сулаймон... Сен ҳамма нарсага муқтадирсан. Қуш, бўри, тоғ, тош, сенинг амрингда. Шамолга буюр. Мени бу ердан Ҳиндистонга олиб кетсин... Шунда Азроил мени топа олмайди. Мен эса жонимни сақлаб қолган бўламан. Мадад сендан...
Сулаймон, одамнинг ҳолига ачинди. Шамолни чақирди: “Бу одамни дарҳол олиб Ҳиндистонга элтиб қўй...” амрини берди...
Шамол зудлик билан одамни олиб Ҳиндистондаги узоқ бир оролга этиб ташлади. Эртаси куни Ҳазрати Сулаймон мажлис қилиб, ҳамма келганлар билан танишиб чиқди. Бир пайт Азроилнинг ҳам йиғинда ўтирганига кўзи тушди. Уни ёнига чақириб:
- Эй Азроил... Кеча у одамга нега дарғазаб қарадинг? Жонини олсанг олардинг, нега уни бунча қўрқитдинг? – деди.
Азроил жавоб берди:
- Эй, дунёнинг улуғ султони.. Мен у одамга ғазаб билан, қаҳÑ€ билан қарамадим, ҳайрат билан боқдим. У янглиш буюрди деган ваҳм қамради. Уни бу ерда кўриб шоширдим. Чунки Тангри менга буюрган эдики: “Боргин, бу оқшом у одамнинг жонини Ҳиндистонда ол” деганди... Уни кўриб, бу одамнинг юз қаноти бўлса ҳам, бу оқшом Ҳиндистонда бўла олмайди, бу қандай бўлди деб ҳайратга тушдим... Унга бундай қарашимнинг сабаби шу эди. Ҳақиқий ҳайрат шуки, кеча оқшом мен у одамни Ҳиндистоннинг фалон оролида жонини олдим!
Мавлоно сўрайди:
- Кимдан қочамиз, ўзимизданми? Бу хомхаёл... Кимдан қочиб қутуламиз... Тангриданми? Қандай гуноҳ... Дунё Тангридан ғофил бўлмоқда... Дунё, пул, аёл, кийим-кечак – тижорат эмасдир. Буни билиб ол...


Шарҳ

Ҳикояда илоҳий тақдирнинг яъни тақдир ёзиғидан қочмоқ, одатда инсоннинг ўзидан ўзи қочмоғи каби ўлчаланадики, бу мумкин эмас. У ҳолда олдимиздаги имкониятларни қўллаб ҳаётимизни инсонларга хос гўзаллаштириб яшамоқ ақлга сиғадиган ишдир. Ҳа, қадаримиз Аллоҳ томонидан белгилаб қўйилган, аммо биз уни билолмаймиз. Бу борада бизга ақл ва ирода кучи берилган. Қисматимизни қандай бўлишини билмаганимиз учун ҳам ақл ва иродани ҳаётга татбиқ этиш бурчимиздир. Барчаси ақл ва диннинг гўзал ҳурматидан юзага келади. Ҳаракатлар ниҳоясида букиламиз.
Қўлимиздан келган моддий-маънавий ҳар ишни қилишдан, ҳар тадбирга қўл ургандан сўнг, натижа биз ўйлагандек чиқмаса, шу пайт: “Қанча уринмай, тақдирим шу экан” деймиз. Бундай ҳаракат исён ва шикоят этишдан кўра яхшироқдир. Акс ҳолда инсоннинг руҳияти бузилади, ҳузурсиз, ғайри мамнун, шикоятчи бир тур бўлиб чиқади.
Тақдирга ишонмоқ – танбаллик дегани эмас. Аксинча, омадсизликлар ва фалокатлар қаршисида яширинадиган бир бандаргоҳдир.
Ваҳимага тушиш ҳаётдан безишнинг олдини оладиган бир туйғудир.
Таваккул тушунчаси ҳам шундайдир. Таваккул Аллоҳга топширмоқ, ишонмоқ демакдир. Фақат бу эътиқод танбалликни, бепарволик ва ишни ўз ҳолига ташлаб қўйишни маъқулламайди. Ҳақиқий таваккул – киши бошига тушган ҳар қандай ишни қилганидан сўнг, натижасини Аллоҳдан кутишдир. Охирги Ñ‚Ñžғри сўз Аллоҳникидир. Мен бирор ишни қилганимдан сўнг, Аллоҳга ишониб топширишимнинг не фойдаси бор, деган савол хотирга келиши мумкин. Бундай тушуниш хатодир. Масала, касалланган кимсага тушган ўша докторга ишониб топширмоқ, ҳатто энг яхши ҳакам деб топмоқ, берилган чораларни қўллаб, қилинган тавсияларни диққатла амалга оширмоқдир. Таваккулнинг бу ердаги ўрни шундайдир:
Ҳамма чораларни қўллагандан сўнг соғайишни Аллоҳдан кутмоқ, Унга ишонмоқдир. Зеро, ишончимизга кўра шифонинг асл манбаси Аллоҳдир. Бундай бўлмаса энг яхши ҳакимларга ва энг сифатли тиббий воситаларига топширилган ҳолда, тузалмаган хасталиклар учун не дейсиз?
Ҳа, даволаган Аллоҳ бўлгани ҳолда У бунинг сўнгги ҳақиқатини ҳаким каби, дармон сингари сабабларга боғлаб қўйгандир. Сабабларнинг керагини энг яхши суратда жойига олиб келмоқ бизнинг қуллик вазифамиздир.
Аслида ҳар бир натижа, ўзини майдонга келтирган сабаблардан яна кўп нарсаларни ўз ичига қамраб олади, яъни унинг ҳаққи хизматидан кўп бўлади. Мавлоно сўрайди: “Бир руку, бир сажда охиратда бир жаннатга эриштиряпти.” ÐŽқимадингизми ушбу Қуръон оятини: (Бақара 2/261.)
Қазо қадар тушунчаси Ñ‚Ñžғрироғи кенг ва Ñ‘Ñ€қин зўр бир масаладир. Мавлоно “Маснавий”сида бу баҳсга тамоман боғлайди. Бунда икки хил инсоннинг ҳолатига жуда ачинганини кўрамиз: ўта ҳаддан ташқари қисматга тан берадиган ёки фаталист хилдир. Бу бечора ҳамма нарсани Аллоҳдан деб билади, бирга етти юз тухумни экишдан ўзини олиб қочади, насибасизлигини феълига юклайди.
Иккинчиси эса, қадарни тамоман инкор этган, материялистдирки, бу йўлда сабабларнинг домига тушади ва сабабни яратганни йўқ санайди. Ҳазрат Мавлоно билҳисса хато қадар ва таваккул ақлига таянади:
Агар Аллоҳга мутаваккил эсанг, ҳаракатинг билан таваккал қил. Тухумни эк-да, сўнгра ҳар ишга қодир Аллоҳга суян. Ҳазрат пайғамбар (с.а.в.) бадавийга не деди: “Аввал тевани боғла сўнгра таваккул қил”. (Тирмизий, сифатул-қиёме, 60). Тўғри, лаёқатсизлигимиз ҳам бордир,оқсоқлигимиз ҳам. Аммо лаёқатсизлик ва оқсоқликдан қутулмоқ, ўтириб қолиш билан эмас, юришлик билан бўлур. Билингки, яхшилик ҳам, ёмонлик ҳам сендан, ўзингдан пайдо бўлмоқдадир. Гўзал ва чиркин бутун тушунчалар сендан, ўзингдан туғилади.
Аллоҳ менга нечун орзу, нечун душман берди дея нолима. Жанг учун душманнинг бўлиши шартдир. Бир ишга майлинг, хоҳишинг бўлмас экан, уни бажармоққа зотан сабринг етмайди. Орзу ва истаклар бўлмасайди, уларни инкор этишга, ман этмоққа не ҳожат бор эди?
Ҳазрат Мавлоно, сабаб-оқибат занжирига боғлиқ ҳаётий, жиддий ўйналадиган бир шатранж ўйинига ўхшатар ва бундай дер: Эй Ñžғил, шатранжда ҳар бир тош сурилишнинг натижасини ундан кейин кўр. Сабаби-да сабаб ичинда (ҳалқаи занжирда) идрок эт. Кўзингни атрофдан ўгир-да, мот қилиб, ўйинни ютганингга қадар не ўйинлар ўйнашингни ҳаммасини кўр. Лоф бўлсин дея Аллоҳга таваккул қилдим дема.
Шатранж мисолини бир оз тушунтирай: Билганингдек бу ўйин маълум қоидаларга кўра ўйналади. Бу қоидаларни ўзгартириш ўйинчининг қўлида эмас. Аммо у ҳар тош учун мавжуд бир қанча усулларни қўллаш имкониятига эгадир. Яъни ўйинчи қарорни белгиланган қоидалар доирасида қабул қилиш ҳолатидадир. Бу эса унинг бир томондан чеклаб қўйилган, иккинчи томондан эса эркин эканлигини кўрсатади.
Инсоннинг маънавий ва ахлоқий такаллуми ўзининг ғайрати ва Аллоҳнинг лутфи ила бўлади.
Мавлонога кўра инсонга тушган оламдаги минг бир ёмонлик қаршисида бўйсунмоқ, тақдирим буюрган экан дейишлик эмас, ёмонликларга қарши чиқмоқликдир. Гул тикансиз бўлмайди.

Меҳмет Демиржи, "Маснавийдан 40 ҳикоятлар"

Турк тилидан Бухорий таржимаси
Manba (http://www.uzislam.com/News/article/sid=789.html)
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Abdumuhaymin 16 May 2010, 22:56:38
  Bir vaqtlar yangi uylangan bir yigit amakis bilan uchrashib, amaki mening xotinim shunday nazokatli, kiborkiy siz bilmaysiz dedi. Keksa amaki: Ko’p maqtanma be davo yigit, bugun oqshomda sen bizning mehmonimiz bo’l keyin ko’ramiz dedi. Yigit amakisining mehmoni bo’ldi. Keksa amaki kampiriga: Honim mehmon keldi tarvuzning yaxshisidan olip kel dedi. Kampir tarvuz keltirdi. Amaki qo’lida bir, ikki aylantirip ko’rib, bo’lmaydi bu yaxshi chiqmaydi boshqasini olib kel dedi. Shunday qilib xotini 10 marta tarvuz olib keldi. Keksa honim har safar, eri boshqasini olib kel deganda hop bo’ladi dedi, biror marta norozi bo’lmay aytganini qildi. Ertasiga oqshomda amaki yigitning uyiga mehmonga bordi. Yigit ham uydagi tarvuzlardan birini olib kelishni buyurdi. Hotini olib keldi, yigit tarvuzni salmoqlab ko’rib, bu bo’lmaydi boshqasini olib kel dedi. Hotin boshqa tarvuz olib keldi. Yigit yana bo’lmaydi dedi. Hotini uchinchi tarvuzni olib keldi. Eri yana bo’lmaydi deb boshqasini olib kelishni buyurdi. Shunda yosh kelinchak: Men sizning yugurdagingizmanmi, olib kel,  olib bor deyaverasiz. Siz aqlliy bo’lganingizda yaxshi bir tarvuz olardingiz, boshqa tarvuz yo’q  faqat 3ta tarvuz olgansiz dedi. Keksa amaki: Ko’rdingmi bolaginam, men senga nima degan edim. Meni uyimda bir dona tarvuz bo’lib, yaxshi felliy xotini 10 marta olib kelgan tarvuz, ayni o’sha bitta tarvuz edi. Lekin bron marta itoatsizlik bilan gap qaytarmadi. Endi tushundingmi deb amaki yigitga o’git berdi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: registan 19 May 2010, 11:00:31
«ÐœÐ°ÐºÐºÐ°Ð´Ð° – уни Аллоҳ муборак этиб сақласин! – мужовир бўлиб турган кунларимнинг бирида ейишга ҳеч нарса топа олмай, оч қолдим. Бу очликдан мени халос этгудек бирор егулик қидириб кўчага чиқдим. Кўчада ипак матодан ишланган, оғзини ҳам ипак билан боғлаб қўйилган бир ҳамён топиб олдим. Уни манзилимга олиб келиб очиб қарасам, ичида бир шода марварид бор экан. Ҳаётимда бундайин чиройли, бундайин тоза марваридни кўрмаганман. Қайтиб кўчага чиқдим. Кўчада қўлига беш юз динор пулни ушлаб олиб: ''Ҳамёнимни топиб берган кишига мана шу беш юз динорни мукофот қилиб бераман? — деб турган бир кишини кўрдим. Фикр қилдим: "Мен ҳозир оч қолган, бир муҳтож кишиман ҳамёнини қайтиб берсаму, мана шу беш юз динор тиллони олиб, тирикчилигимга сарф қилсаммикин?''. Кейин, у кишини манзилимга бошлаб келдим. У менга ҳамённи, унинг оғзи боғланган боғични ҳамда унинг ичидаги марваридни Ñ‚Ñžғри сифатлаб берганидан сўнг, омонатни унинг қўлига тутқаздим. У менга ваъда қилган беш юз динорни бермоқчи бўлган эди, мен унга: ''Йўқ, ушбу омонатни ҳеч қандай мукофотсиз ўз эгасига топшириш менинг бурчимдир'' — деб, ҳар қанча илтимос қилса ҳам, уни қабул қилмадим. У киши мен мукофотни қабул қилмаслигимни билгач, хаққимга дуо қилиб, йўлига равона бўлди.
Кўп ўтмай мен ҳам Маккадан ўз юртимга денгиз орқали, кема билан сафарга чиқдим. Йўлда бахтсиз воқеъа содир бўлиб, кема ҳалокатга учради. Кемадаги барча кишилар бор-будлари билан бирга денгизга ғарқ бўлдилар. Аллоҳнинг марҳамати билан кеманинг бир синиқ бўлагига тирмашиб олиб, фақат мен омон қолдим. Денгиз мавжи мен тирмашиб олган кема парчасини мусулмонлар яшайдиган бир оролга олиб бориб ташлади. Денгиздан соғ-саломат қутулиб, ўша жойдаги бир масжидга бориб тушдим. Орол аҳли менинг масжидда қуръон Ñžқиб ўтирганимни кўриб, илм аҳлидан эканимни билишди. Сўнгра улар менинг ҳузуримга қуръондан таълим беришим ва ёзувни ўргатишим учун тўп-тўп бўлиб келишди. Деярли оролдаги ҳамма – ёш болалару катталар келиб, ҳузуримда таълим олишди.
Кўп ўтмай анча мол-дунё топиб, ўзимни ўнглаб олдим. Шундан кейин, улар мени уйлантириб қўймоқчи бўлишди. Менга отасидан анча мол-дунё мерос олган, бир етим қизни таклиф қилишди. Мен уйланишга рағбатим йўқлигини билдиришимга қарамай қаттиқ туриб олишди. Ноилож рози бўлдим. Қизни ясантириб, тақинчоқларини тақтириб ҳузуримга олиб келишди. Мен қизга назар ташлар эканман, Маккада мен топиб олиб, эгасига топширганим, бир шода марвариднинг айни ўзи, мен аввал кўрган сифатда унинг бўйнида турарди. Мен беихтиёр, у марваридга узоқ тикилиб қараб қолдим. Улар: ''Эй шайх, мунча марваридга тикилиб қарайсиз, бу ишингиз билан бечора қизга озор бермоқдасиз'' — деб, менга итоб қила бошладилар. Шунда мен уларга марварид воқеъасини сўзлаб бердим. Улар: ''Аллоҳу акбар, ла илаҳа иллаллоҳ'' — деб, шу даражада қаттиқ овоз билан такбиру таҳлил айтишдики, ҳатто овозлари жазира аҳлининг барчасига етиб борди. Мен ажабланиб: ''Сизларга нима бўлди ўзи? — деб, сўрадим. Улар: ''Ўша сиздан марваридни қайтиб олган, марварид соҳиби мана шу етим қизнинг отаси эди. У доимо сизни мақтаб: ?Мен дунёда у кишидан бошқа, бундайин ҳалол, чин мусулмон кишини кўрмаганман, эй Аллоҳ мени у кишига қайта рўбарў қилгин, қизимни унга никоҳлаб берайин?— деб, дуо қилиб юрарди, бироқ у орзусига етолмай ҳаётдан ўтди. Мана энди унинг дуоси ижобат бўлиб орзуси ушалмоқда''— деб, жавоб беришди. Кейин у билан бирга ҳаёт кечира бошладим. Аллоҳ таоло менга ундан икки Ñžғил ато этди. Кўп ўтмай, аввал аёлим, кейинроқ эса, икки Ñžғлим ҳам вафот топишди. Ҳалиги қийматбаҳо марварид менга мерос бўлиб қолди. Мен уни минг динорга сотиб юбордим. Сизлар кўриб турганларинг мана шу бойликларим ўша марвариднинг пулидан қолганларидир».

Masha Alloh juda chiroyli hikoya ekan. manba (http://islom.uz/content/view/1492/137/)
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Saliha 28 Dekabr 2010, 14:49:06
          :bsm:

Sizni yaxshi ko'raman...


Abdulloh ibn Sarjas roziyallohu anhu dan:
«Janobi Payg‘ambarimiz (S.a.v) ga:
— Men Abu Zarrni yaxshi ko‘raman, — dedim.
— Buni o‘ziga aytdingmi?
— Yo‘q.
— Borib aytgin.
Shundan so‘ng Abu Zarrni topib:
— Men seni Alloh uchun yaxshi ko‘raman, — dedim.
— Alloh ham seni yaxshi ko‘rsin, — dedi u.
Keyin bu haqda Rasuli akramga aytgan edim, shunday marhamat qildilar:
— Yaxshi ko‘rgan kishingga: “Sizni yaxshi ko‘raman”, deyishing savobdir».
                  
Bir odam Ibn Abbosning yonidan o‘tdi.
— Bu odam meni yaxshi ko‘radi, — dedi Ibn Abbos.
— Qaerdan bilasan? — deb so‘rashdi undan.
— Chunki men uni yaxshi ko‘raman, — deb javob berdi u.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: muxlisa 28 Dekabr 2010, 20:05:21
 :as:

Sadoqat

Makka fath bo'ldi. Shu paytgacha Islom nuridan bebahra yashagan juda ko'p odamlarning qalbi ham fath etildi. Ular orasida Hazrati Abu Bakrning r.a. otalari Abu Kuhofa ham bor edi...
Ko'rar ko'zlari emas, balki qalb ko'zlari ham ko'r bo'lgan Abu Kuhofa... Endi iymoni yo'lini yoritadigan Abu Kuhofa...
U juda keksayib qolgan edi. Abu Bakr r.a. otasini Nabiy s.a.v.ning huzurlariga opichlab olib keldi. Shunda ul zot: "Keksa odamni qiynab qo'yibsizlar. Bilganimda, o'zim borib, bay'atini qabul qilgan bo'lardim", deya iltifot ko'rsatdilar.
Abu Kuhofa Posululloh s.a.v.ning oldilarida kamoli odob, shavq va zavq ila shahodat kalimasini aytib, musulmon bo'ldi. Otasining islomiyatdan hayajonlangan Abu Bakr  Siddiq r.a. o'zlarini yig'idan tutolmadilar. Shunda Nabiy s.a.v. "Yig'laganing nimasi, ey Abu Bakr! Otang Islomga kirdi, bundan suyunmog'ing kerak", dedilar. Ulug' sahobiy esa, bunday javob qaytardi: "Meni yi'glatayotgan boshqa narsa. Siz Abu Tolibning musulmon bo'lishini juda istar edingiz. Ammo u Islomni qabul etmasdan, o'lib ketti. Shu sabab dilingizda anduh qolgan. Qani endi bu onda otamning o'rnida Abu Tolib musulmon bo'lsayu ko'nglingizdagi mahzunlik ketsa. Meni yig'latgan narsa shudir."

Bundayin birodarlikni, muhabbat va sadoqatni tarix ko'rmagan. Ulug' Alloh bizga ham ana shunday islomona teran shuur bersin.

"O'qi, o'yla, yig'la" kitobidan
Azim Usmon tarjimasi.

shu voqea manga qattiq ta'sir qildi.. o'ylab qoldim..
bizchi... biz qanchalik yaxshi ko'ramiz Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni...?
  
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: siddiqa 15 Yanvar 2011, 08:11:07
Bu maqolani bundan ancha yillar oldin ko'pchilik o'qigan balki forumda ham bor lekin har gal o'qisam o'zimdan o'zim so'rayman "Ismoilim" kim?

             "Ismoil"ingiz kim ?
Ibrohim alayhissalomning hayoti meni ko’p hayratga soladi. Ayniqsa Ismoini qurbon qilish haqidagi hikoyani o’qishga yuragim betlamaydi. Ibrohim qanaqa otaki, o’z farzandini o’z qo’li bilan qurbonlik qilsa, deb ajablanaman. “Hamma narsaga yetgan aqlim shunga kelganda nimagadir oqsaydi”, pand beradi.

Biron voqeani tushunishga qiynalsam, bosh qahramonning  o’rniga o’zimni  qo’yib ko’radigan odatim bor. Bu ko’pincha foyda beradi, ammo qurbonlik voqeasida bu uslubni  qo’llaganimga pushaymonlar bo’lib ketdim. O’glimni yonimga o’tirg’izib, Ibrohimni ahvolini tasavvur qilib ko’rmoqchi edim, “Dada, nimaga menga termulib o’tiribsiz” deb bo’yimga osilib, badtar xo’rligimni keltirib yubordi.

Bitta odamni boshiga buncha ko’p  sinov yuborilganini men hazm qilishga qiynalaman. Butun umr Alloh yo’lida xizmat qilsa-da, Ibrohim alayhissalom tinimsiz sinovlar ichida yashadi. Butparastlarga qarshi kurashdi, Namrudga tik gapirdi, olovga uloqtirildi, umrining oxirida notanish o’lkalarga bosh olib ketdi, farzandsizlik bilan sinaldi…

Keksayganida Alloh unga kuttirib, sog’intirib farzand berdi. Ammo endi farzand rohatini ko’rish arafasida, u yana sinovga tortildi-tushida Alloh Ibrohimga yolg’iz o’g’lini qurbonlik qilish haqida buyruq berdi. Bunda nima hikmat bor, deb o’ylanib qolaman? Xo’sh, biz uchun mantiqsizdek ko’ringan bu voqeadan qanaqa xulosa chiqarsak bo’larkin?

Balki bu bizga hech qachon xotirjamlikka berilmaslik kerakligini o’rgatar? Balki avvalgi xizmatlarimiz bilan aldanib qolmaslikni tushunishimiz kerakdir bu voqeadan? Balki o’zimizni zaifligimizni  doim yodda tutish uchun eslatmadir bu? Balki shod-xurramlik ko’zimizni ko’r  qilib qo’yishidan ogohlantirayotgandir Ibrohim alayhissalom hikoyasi? Balki darajamiz yuksalgan sari sinovi ham og’irroq bo’lishi, qancha balandga ko’tarilsak, shuncha yomon yiqilishimiz mumkinligi aytilayotgandir bizga?
Ibrohim alayhissalom qanday qilib o’z farzandini, umrining mevasini, qalbining xotirjamligini, hayotining ma’nosi va mazmunini, yakkayu yolg’iz o’gli Ismoini yerga bosib, bo’g’ziga pichoq tortgn ekan?  O’ylasam yuraklarim ezilib ketadi.

Agar bu ish faqat Ismoilni qurbon qilish bilan yakun tospsa qaniydi? Yo’q. Eng yomoni-endigina ulg’ayib kelayotgan Ismoil bu olamni tark etishi, keksayib qolgan Ibrohim esa bu ayriliqni ko’tarib hali yashashi ham kerak edi!

Ibrohim alayhissalomning butlarni parchalab tashlashga kuch topgan metin irodasi ham shu yerda erib ketgan bo’lsa ajablanmayman.
Qaniydi, kimdir bizga Ibrohim os’handa nimalarni o’ylaganini so’zlab bersa? Qanaqa fikrlar o’tgan ekan u zotning xayolidan?

Ibrohim uchun nima afzal-Allohga bo’lgan muhabbatmi yoki o’z-o’ziga hurmat? Payg’ambarlik ma’suliyatimi yoki otalik burchi? Allohga bo’ysunishmi yoki oilaga sodiqlik? Iymonmi yoki ichki tuyg’u? Hikmatmi yoki ayni vaziyat? Aqlmi yoki hissiyot? Ma’suliyatmi yoki rohat? Javobgarlikmi yoki haq-huquq? Eng muhimi, Allohmi yoki Ismoil?

Bilasiz, Ibrohim alayhissalom qaror bersihga shoshilmadi. Shoshilolmadi. Ichidan nima o’tgan bilolmadik, ammo ma’lum bir fursat ikkilanib yurdi. Faqat uchinchi martra buyruq berilganidan keyingina u Allohning  buyrug’ini bajarishga o’zida kuch topa bildi.
Hammamiz yaxshi bilamiz- agar haqiqat hayot yo’limizga teskari turmasa, haqparvar bo’lib olamiz. Ammo haqiqat bizning zararimizga xizmat qilsa, muammoga sabab bo’lsa, boshimizni og’ritsa, o’zimizni olib qochishimiz aniq.

Shayton juda makkor. Qayerdaki qo’rquv, zaiflik, shubha, ikkilanish, g’urur va hatto dunyoviy narsaga muhabbat yuzaga kelsa, o’sha yerda o’zini ko’rsatadi. Xohlang mantiqni ishga tushiradi, xohlang mantiqsizlik sabab qilib ko’rsatiladi. Diniy, dunyoviy, xohlagan mavzuingizda sizga bahona topib bersihga qodir.
Ibrohimda bahona bo’lmagan deysizmi? “Qurbon qilish” lafzini xohlasa “O’z man-manligini qurbon qilish” deb talqin qila olmasmidi? Bu tush bo’lsa, Ismoilni boshqa narsaga tafsir qiib bo’lmasmidi? Balki Ismoil emas, Ismoilga bo’lgan muhabbatni qalbidan  o’chirib tashlash so’ralgandir? Ibrohim alayhissalom ancha aqlli inson edi, xohlasa tushini bulardan-da ishonchliroq boshqa usullarda tafsir qilib olardi!
Ammo u, Allohning eng yaqin do’sti, nafsi xohlamasa-da, buyruqni to’g’ri ma’noda qabul qildi.
Minoda ro’y bergan ota-o’g’il suhbati meni badtar karaxt ahvolga solib qo’yadi.
Ibrohim Ismoilga dedi: “Ey o’g’ilcham, men  hadeb tushimda seni qurbonlik uchun so’yayotganimni ko’rmoqdaman. Endi sen o’zing nima fikr qilishingni bir o’ylab ko’rgin”.
Otaning o’rniga qo’yib, shu so’zni farzandingizga ayting-chi! Yo’q, yaxshisi farzandning o’rnida turib otangiz tarafida shu murojaatni tinglang. Nima deb javob qaytarasiz?

Ismoil sukut saqlasa bo’lardi. Otasini bu ishdan qaytarishi ham mumkin edi. Ammo Ismoil ham balog’atga yetgan, qalbiga iymon o’rnashib ulgurgan ekanki, ajoyib tarzda javob qaytardi. Hatto otasining shubha-gumonlarini ham tarqatib yuboruvchi yupanch so’zlarini aytdi: “Ey otajon, sizga buyurilgan ishni qiling. Inshoolloh, meni sabr qilguvchilardan topursiz”.
Tavba, Ibrohim o’g’li bilan uni qurbon qilish haqida maslahatlashdi. Ibrohim qurbonlik qilishni tanladi. Ismoil o’z-o’zini qurbon qilishga rozi berdi.

Shu lahzalarda Ibrohim o’zini qanday tutib turgan ekan-a? Balki istalgan lahza shayton uni yo’ldan ozdirishi mumkinligini, qo’lidagi pichoqni uloqtirib yuborib, o’g’lini bag’riga bosishni o’ylagandir. Ammo u o’zini qo’lga oldi, pichoqni zo’rg’a tutib turgan qo’llari va ikkilanish bilan olishayotgan qalbiga madad bo’lsin deya Ismoilni peshonasi bilan yerga yotqizdi. Va… bo’g’ziga pichoq tortdi!

Keyin pichoq Ismoilni so’ymagani, uning evaziga Jannatdan katta bir qo’chqor tushirilgani va “Ey Ibrohim, darhaqiqat sen tushingni ro’y-rost bajarding” deb nido qilingani hammamizga yaxshi ma’lum.
Ismoil Ibrohim alayhissalom uchun yolg’iz farzand edi va u yolg’iz farzandidan voz kechishga o’ziga kuch topa bildi. Xo’sh, ayting-chi, bizning  “yolg’iz farzandimiz” kim? Biz uchun hozir nima Ismoil darajasida qadrli? Uni qurbon qilishga o’zimizda kuch topa olamizmi?

Balki bu obro’yimizdir? Diplomimiz? Lavozim? Boylik? Uy? Mashinadir balki? Sevgilimiz? Oilamiz? Kasbimiz? Libosimiz? Ruhimiz?  Go’zalligimiz? Kuchimiz? Yoshligimiz? Karyera? Kim biladi deysiz, bu ro’yxatni xohlagancha davom ettirish mumkin.
Ibrohimning ko’zi bilan qaraylik-chi, biz uchun nima Ismoil bo’lib ko’rinar ekan?  Nima bizning ibodatimizni sustlashtiradi? Nima bizni harakatdan to’xtatib turibdi? Nima bizning ma’suliyatimizni cheklab qo’ygan? Nima bizning quloqlarimizni kar, ko’zlarimizni ko’r qilishi mumkin?  Kerak bo’lsa uni qurbonlik qilishning uddasidan chiqa olamizmi?

Ibrohimga oson bo’lmagan, shayton uni uch marta yo’ldan ozdirmoqchi bo’lgani va  hozir o’sha voqea isboti sifatida Haj marosimida shaytonga uch joyda tosh otilishi odatga aylangan. Xo’sh, bizni shayton necha marta yo’ldan ozdirmoqchi bo’lar ekan? Eng muhimi, shayton bu ishning uddasidan chiqarmikan yoki Ibrohim alayhissalom misolida mag’lubiyatga uchraydimi?

Yaxshilab o’ylab ko’ring! Agar qurbonlikka kuchingiz yetsa, unda tasanno! Unutmang, Alloh Ismoilning qoni to’kilishiga rozi bo’lmagan, u ba’zi to’qima ilohlar kabi qonga muhtoj emas. Siz ham o’z “Ismoilingiz”ni  qurbon qilganingiz bilan, Alloh uni sizga albatta qaytarib beradi. Faqat darajangiz ko’tarildai, bu dunyoga bog’lanib qolishdan qutulasiz. “Ismoilingiz”ga qo’shib bitta qo’chqorlik ham bo’lib olasiz va keyin o’z “qurbon hayitingizni” bayram qilishingiz mumkin!

Maqola muallifi : Avaz Berdiqulov
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Akbarjоn 15 Yanvar 2011, 12:32:54
Rahmatli Fozil qori Amri ma'rufidan

Bir kuni Muso a.s. ko'chadan o'tib ketayotganida bir chekkada qumga komilib olgan va faqat boshi ko'rinib turgan odamni uchratib qoladi
Muso a.s.:
- Ey birodar sega nima boldi, kim seni qumga ko'mib ketdi, deb so'raydi, shunda haligi qumga ko'milib olgan kishi Muso a.s. ni savoliga javob berib:
- Men yalang'och och bechoraman, kiygani kiyimim, yegani nonim yo'q, ey muso siz Allohga yaqinsiz, meni haqqimga duo qiling menga ham Alloh risq boylik bersin bu balolardan qutilay deydi
Muso a.s. shunda ko'zlariga yosh olib: Yo Rabbim, Bandalaringa risqingi keng berguvchisan, shu bandanga ham xazinangdan mol dunyo bergin deb yuziga fotiha tortib o'tib ketibdi,
Bir qancha yillar o'tib Muso a.s. yana shu hududdan o'tib ketayotganida
Qarsa Bir yigit qilichlarini osvolgan, baland boyli, rosa to'polon qilyabdi ekan, ichvolgan Qo'yvor deb baqirib ketyabdi ekan,  uni qolidan podshining navkarari sudrab olib ketishyabdi ekan
Shunda Muso a.s. bir odamni to'xtatib so'rabdi:
- Bu kishi kim, nimaga olib ketishyabdi, ko'zimga tanish ko'rinyabdi, nima gunoh qilibdiki navkarl;ar sudrab ketyabdi debdi, Xaligi kishi savolga javob berib:
- xa, bir vaqtlar xechkimga qo'shilaolmay yuradigan qashshoq bir yigit bo'lardi, nochor yashradi, qatanam boy boib ketdi, xozir hech kimga kun bermiydi, xozir ham mayhonada ham 4-5 ta odamni o'ldirdi, Pulum bor, zor man deb xoxlagan ishini qiladi, xozir ham qamoqdan qutulib chiqaman deb haqoratli gaplar gapirib ketyabd, novkarlar esa uni jazolash uchun olb ketyabdi debdi.
Muso a.s. qarasa 3 yilar oldin kalasi qumga komilib yotgan bechorahol nochor odam ekan.
Shunda Muso a.s. Ey Robbim, Allohim o'zing go'zalsan sening adolating ham go'zal sening ishlaringa aralashib men hato qilibman, o'zing kishilarning ichini, niyatini o'zing yaxshi bilguvchiroqsan, kimga boylik berish kimga kambag'allik berishni o'zing yaxshi blguvchiroqsan, o'zing hama narsani o'zing o'rniga qo'yib qo'asan, Deb Allohga istig'for aytibdi
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Abdul_Malik 20 Yanvar 2011, 15:58:20
Ҳикоят

     Ð”ейдиларки, бир куни овда Нўширавони одилга кабоб қилиб бермоқчи бўлдилар, лекин туз йўқ эди. Қулларидан бирини қишлоқдан туз олиб келгани жўнатдилар. Нўширавон у қулга деди: «Ð¢ÑƒÐ·Ð½Ð¸ баҳосини тўлаб ол, токи текинга олиш одат қаторига кириб, қишлоқ харобаликка юз тутмасин». Ундан сўрадилар: «Ð¨Ñƒ зиғирдай нарсадан қишлоққа қандай зарар етади?» Нўширавон жавоб берди: «ÐÐ²Ð²Ð°Ð»Ð´Ð° оламда зулм оз эди, кейинчалик ҳар бир келган одам бир оз-бир оз қўшди, натижада зулм ҳозирги даражасига келиб етди».

      Фуқаронинг боғчасидан султон узса бир олма,
      Навкарлари қўпоради дарахтларнинг илдизин.
      Зўрлик билан бешта тухум ола қолса подшоҳ,
      Аскарлари сихга тортар товуқлардан беш юзин.

Саъдий "ГУЛИСТОН"
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: ummugulsumm 01 May 2011, 12:09:44
Iymon nuri ila charogon bulgan qalblar eng olie sharafga va davlatga erishadilar.

M'anosiz suz usti chiroyli,biroq ichi chirigan mevaga uhshaydi.Barcha hastaliklar shundaydir.

Alloh taolo hamma narsani kurib,bilib,eshitayotganini bil. SHunga kura ish tut.

Dunyoda kupgina insonlar adolatsizlikdan qurqishadi-yu, adolat qilishga ham doimo botina olishmaydi.
                                               Hikmatli suzlar.

                          Hikoya.

     Qadim zamonlarda kambagal yigit bulgan ekan.Uning ayoli ogiroyoq bb,vaqti-soati etib kuzi yoribdi.Juda nochor bulganlaridan bolani yurgaklagani toza mato topilmabdi.SHunda bechora ona boshidagi rumolni echib bermoqchi bulibdi.
   Uzi qashshoq bulsa ham,diniga vafodor,nomozhon yigit bunga yul quymabdi;
 -Ayol boshidagi rumolni echsa,boshidan farishtalar uchib ketadi,-deb yigit umid bn uy ichini zir aylanibdi. Bir payt bahtiga burchakdagi tokchaning tepasida osilib turgan lattaga kuzi tushib qolibdi. Matoni olish maqsadida uni ushlab qattiq tortibdi.SHunda tokcha upirilib temir sandiqcha tushibdi.Ichuni ochsa liq tula tilla ekan.
Yigit Allohning himmatli zot ekanligiga yana bir bor hamdu sanolar aytgancha umrining qolgan qismini oilasi bn rohat-farogatda utkazibdi.   
                 
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Bonuxon 06 May 2011, 15:38:07

Juda ko'p yurtlarni kezgan sayyoh bir qishloqdan o'tib ketayotganda g'alati manzaraga duch kelibdi. Gap shundaki, qishloq nonvoyi kechagi eski nonlarni issiqqina, yangi yopilganlaridan qimmatroq narxda sotayotgandi. Odamlar xam arzon narhdagi yangi nonlar qolib, kechagisiga talabgor bo'lishardi.
  Hayratlangan sayyoh bu holnin sababini nonvoydan so'raganda, u shunday javob qilibdi:
-- Qishlog'imiz ahli Rosululloh (s.a.v.) ga bo'lgan muhabbatlari tufayli qancha qimmat bo'lmasin kechagi nonlarni afzal ko'rishadi. Chunki kechagi kun va unga tegishli narsalar xam sevikli Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning yashagan davrlariga bugundan ko'ra bir kun bo'lsa xam yaqinqoq. . .
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Best friend 06 May 2011, 15:40:49

Juda ko'p yurtlarni kezgan sayyoh bir qishloqdan o'tib ketayotganda g'alati manzaraga duch kelibdi. Gap shundaki, qishloq nonvoyi kechagi eski nonlarni issiqqina, yangi yopilganlaridan qimmatroq narxda sotayotgandi. Odamlar xam arzon narhdagi yangi nonlar qolib, kechagisiga talabgor bo'lishardi.
  Hayratlangan sayyoh bu holnin sababini nonvoydan so'raganda, u shunday javob qilibdi:
-- Qishlog'imiz ahli Rosululloh (s.a.v.) ga bo'lgan muhabbatlari tufayli qancha qimmat bo'lmasin kechagi nonlarni afzal ko'rishadi. Chunki kechagi kun va unga tegishli narsalar xam sevikli Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning yashagan davrlariga bugundan ko'ra bir kun bo'lsa xam yaqinqoq. . .
Mashaalloh  :'(...
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Bonuxon 06 May 2011, 19:13:40

Yoshi ulug', ammo hanuz chiroyini yo'qotmagan ayoldan bunday natijaga erishishda qanday vositalardan foydalanishini so'rashibdi. Ayol shunday javob beribdi;
Lablar jilosi uchun HAQIQAT;
Ko'zlar chiroyi uchun HAYO, MARHAMAT;
Ovoz mayinligi uchun DUO;
Qo'llar go'zalligi uchun SAXOVAT;
Vujud bardamligi uchun HALOLLIK;
Qalb nurafshonligi uchun MUHABBAT va SHAFQATdan foydalanaman. Boshqa vositalardan farqli tomoni ularni pulga sotib olishga ehtiyoj yo'q. Bu pardoz vositalari bilan natijaga erishish uchun, har qo'llaganda miqdori oshirib borilsa, kifoya!
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Akbarjоn 10 May 2011, 17:10:12
Bu narsa to'qima bo'lsada odamni tafakur qilishga undaydi
Хомиладор аёлнинг қорнида иккита гўдак сухбатлашишяпти.
Улардан бири – иймонли, бошқаси – иймонсиз.


Иймонсиз гўдак: Сен туғилишдан кейин хаёт борлигига ишонасанми?
Иймонли гўдак: Ха, албатта. Туғилишдан кейин хаёт борлигини хамма тушунади.
Биз бу ердалигимизнинг сабаби - бу кейинги хаётга тайёрланиш ва етарли куч тўплашдир.
Иймонсиз гўдак: Бўлмаган гап! Туғилишдан кейин хеч қандай хаёт бўлиши мумкин эмас! Сен тасаввур қиляпсанми, бундай хаёт қандай бўлиши мумкинлигини?
Иймонли гўдак: Мен барча тафсилотларини билмайман, аммо мен у ерда ёруғлик кўпроқ бўлишига ишонаман, ва бўлиши мумкинки, биз у ерда ўзимиз юроламиз ва ўз оғзимиз билан еймиз.
Иймонсиз гўдак: Бемаъни гап! Қандай қилиб ўзимиз юроламиз ва ўз оғзимиз билан еймиз! Бу кулгили! Бизни озиқлантирувчи киндик ичакчаси бор. Биласанми, мен сенга шуни айтай: туғилишдан кейин хаёт мавжуд бўлиши мумкин эмас, чунки бизнинг хаётимиз – киндик ичакчаси – шундоғам жуда калта.
Иймонли гўдак: Кейинги хаёт бўлиши мумкин, мен ишонаман. Фақат хаммаси сал бошқачароқ бўлади. Буни тасаввур қилиш мумкин.
Иймонсиз гўдак: Лекин у ердан хеч ким хеч қачон қайтиб келмаган-ку! Чунки хаёт туғилиш билан якунланади. Ва умуман олганда, хаёт – бу қоронғуликда азоб чекишдир.
Иймонли гўдак: Йўқ, йўқ! Туғилишдан кейин хаёт қандай бўлишини аниқ билмайман-ку, лекин хар холда, биз онани кўрамиз, ва у бизга ғамхўрлик қилади.
Иймонсиз гўдак: Онани? Сен онага ишонасанми? Хўш, қаерда экан у?
Иймонли гўдак: У хамма ерда, бизни атрофимизда, биз уни ичидамиз ва у туфайли биз харакатланамиз ва яшаймиз, усиз биз мавжуд бўлаолмасдик.
Иймонсиз гўдак: Бўлмағур гап! Мен хеч қанақа онани кўрмаганман, ва шунинг учун, демак у йўқ.
Иймонли гўдак: Сенга қўшилолмайман. Ахир баъзида, атрофда хамма нарса тинганда, унинг куйлашини эшитиш мумкин, у бизнинг оламимизни силаётганини хис қилишимиз мумкин. Мен қатъиян ишонаманки, бизнинг хақиқий хаётимиз туғилишдан кейин бошланади.
Сиз-чи?

http://forum.islom.uz/smf/index.php/topic,1607.msg182426.html#msg182426
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: UzMuslim 12 May 2011, 23:50:44
Савобдан умидворлик

(http://islom.uz/images/stories/2011/6_05_00003.jpg)

Бир муштдек жипс бўлган миллатимизни босқинчилар пароканда этгани, акани укага, отани болага, қўни-қўшнини бир-бирига душман қилиб қўйгани рост. Аммо ҳар доим ҳам ўз иймон-эътиқодига, қариндош-уруғига, қўни-қўшниларига садоқатли одамлар бўлган. Айниқса, бир-икки ҳарф ўргатган устозга ҳурмат бошқача бўлган бизда. Бундай инсонлар 30-йилларнинг даҳшатли бошкетти – қотағон даврида турли синовларга рўбарў келганлар.

Бизни ўз фарзандидек тарбиялаган ва оқибатда яхшиликлар кўрган раҳматлик ўгай отамиз мусулмонлар бошига балолар Ñ‘ғилган ўша йилларда қишлоқ советида оқсоқол бўлганлар. Кексайган чоғларида бизга ўша машъум давр хотираларидан ибрат учун гоҳи-гоҳида сўзлар эдилар.
«ÐÑˆ йигитман. Қишлоқ аҳлининг иссиқ-совуғидан, кийим-бошидан, келди-кеттисидан хабардор бўлишим шарт. Биламан, кўриб турибман, кўз олдимда адолатсизлик содир бўлаётир. Қўй терисини ёпинган бўриларга бир гап айтиб бўлмайди, «Ñ…алқ душманисан», деб бемалол олиб кетишлари мумкин.
Бир куни беҳосдан махсус НКВД ходимларидан бирининг: «Ð­Ñ€Ñ‚ага кечаси Эшон бувани олиб кетамиз», деган гапи қулоғимга чалингандай бўлди. Болалигимда шу мулла отада саводим чиққан. Унинг берган таълими, айтган ўгитлари кўзим олдидан ўтиб турибди. Томоғимга тош тиқилгандек бўлди. Кўзларимга ёш тўлди. Пайт пойлаб шартта Эшон буваникига бордим. «Ð­Ñ€Ñ‚ага сизни олиб кетишмоқчи, тадбирингиз бўлса кўраверинг. Таваккал қилинг».
Таҳорат олиб турган эканлар, бир оз ваҳима босгандек бўлди у кишини. Қўлларидан сув томчилаб турибди. Бир оз эсанкираб қолганлари сезилди. «ÐÐ»Ð»Ð¾ҳнинг ирода қилгани бўлади, болам». Ва дарҳол ўзига келди. «ÐœÐµÐ½ кетдим. Сизни кўрмадим», дея ташқари отилдим.
Бу ишим кундага бош қўйишдек гап эди. Мабодо, хабар етказганимни билишса, шафқат йўқ.
Бир кечада ота-бола зимғойиб бўлишди. Мени, қўни-қўшниларни сўроққа тутишди, натижа чиқмади.
Орадан бир ойлар ўтиб, тунда Эшон буванинг ёши йигирмага тўлмаган ўша Ñžғли эшигимни қоқиб кириб келди. Ичим жимиллаб кетди. «ÐÐ¸Ð¼Ð° бўлди?»
Маълум бўлишича, ота-бола Термизгача борибди, чегарадан ўтишда текшир-текшир бўлибди. Яшаш жойидан маълумотнома керак экан. Бу расмий ҳужжатни бериш эса, ўлим. Бошим қотди. Шунда Эгамберди укам келиб қолди. «ÐÐºÐ° сиздан қоғоз ва муҳÑ€. Мен имзо қўяман. Ўзув ҳам меники бўлади». Қандай бўларкин? Худога таваккал. Бердик шу ҳужжатни. Йигит қўлидаги уч табақали тилла соатини узатди. Хизмат ҳаққига. Ё Аллоҳ! Койиб бердим. «Ð¡Ð¸Ð·Ð»Ð°Ñ€ йўлдасиз. Мусофирсиз. Бир кунингизга яраб қолар», дедим. Аллоҳ насиб қилса учрашармиз. Шу-шу дом-дараксиз кетишди. Эҳтимол, дийдорлашув қиёматга қолгандир...»
Мусулмон кишининг савобдан, Аллоҳнинг марҳаматидан умидворлиги азиз бошларида қилич ўйнаб турган ўша машъум замонларда ҳам сўнган эмас.
(Абдулла ҳожи аканинг айтганлари)
Баҳодир Нурмуҳаммад
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: ummugulsumm 13 May 2011, 13:12:11
   Bir guruh kofirlar shogirdlari bn suhbatlashib utirgan murshidning huzuriga kelib, murojaat qilishibdi;
 -Siz yolgiz Alloh bor, deysiz.Qani usha Ilohingiz?Bizga kursating-chi!?
 -Alloh qalbimizda,-debdi murshid.
 -Demak,har bir musulmonning qalbida bittadan Iloh bor ekan-da!Ie bu yogi qiziq buldi-ku!-mashara qilishibdi ular.Qani bu gaplarning mantigi?
 -Tunda kelinglar,buni sizlarga tushuntirib beraman,-debdi murshid.
   Musulmonlarni maglub etib,galaba nashidasini surish orzusida tayinlangan vaqtda kelgan kofirlar suv tulatilgan chelaklarni kurib,hayron bulishibdi."Osmondagi oyni kuryapsilarmi?","Endi chelakka qaranglar",debdi.Idishlardagi oyning tasvirini kurgan kofirlar gap nimadaligini anglab,mulzam bulishibdi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Best friend 13 May 2011, 21:34:09
Ойдаги даъват
1969 йилнинг 16 июни. Соат 9: 31.
Флориданинг иссиқ ва дим ҳавосига
қарамасдан , 55 ўлкадан 3 минг 493
мухбир ва 1 милёнга яқин инсон
бир неча километр узоқликдаги
зариф бир фазо кемасининг
учишини кутяптилар. Лекин
қизиқувчилар фақат булардангина
иборат эмас ва ер юзининг турли
бурчагидаги 100 милёнларча
инсонларнинг диққат -эътибори
кемага қаратилган эди .
Бунчалик катта ҳаяжонга сабаб
бўлган ва балки дунё яратилганидан
бери энг кўп қизиқиш уйғотган бу
ҳодисанинг сири нимада экан? Бу
сўроқнинг жавобини
астронавтларнинг устози сифатида
танилган Вернхер Ван Броундан
эшитайлик:
— Шу пайтгача Ойга томон қилган
инсонсиз учиришларимиз бизга бир
мунча маълумотларни берган эди .
Фақат Нейл Армстронгнинг ойдаги
илк қадамлари инсонликнинг
юксалишида янги поғоналарни
очади ва ташкил этади.
Ҳа , инсон Ñžғли ҳаёт бешиги бўлган
бу заминдан айрилиб , биринчи
марта бошқа бир заминга оёқ
босиш арафасида эди .
Соат 9 :32.
" Аполло-II " нинг кучли сатурн
моторларидан гуриллаб чиққан
олов ва тутунлар ойга биринчи
марта оёқ босажак
автронавтларнинг (Нейл Армстронг,
Эдвинг Олдринг ва Мишел Коллинс )
кемасини Ер орбитасидан олиб
чиқди .
" Аполло-II " кўтарилишидан роппа-
роса 102 соат 47 дақиқа кейин Ойга
юмшоққина қўнди ва Нейл
Армстронг Ñ‚Ñžққиз поғонадан иборат
зинапоядан тушиб, Ойга биринчи
маротаба қадам қўйиш шарафига
муяссар бўлди.. .
Фақат , Армстронгнинг 14 йилдан
кейин етишадиган нуқтаси унинг
ўзига Ойга чиқиб қозонган
шарафдан бир неча бор ÑŽқори
даражадаги шарафни берди.
Ҳа , орадан 14 йил ўтиб , 1983
йилнинг феврал ойи келди .
Армстронг бир конференси боис
ҳаётида илк даъфа бир Ислом
ўлкасига - Мисрга келган эди .
Конференция ниҳоясига етаётган
бир пайтда Армстронгнинг турган
жойида ранги оқариб, ғалати бир
аҳволга тушиб қолганининг гувоҳи
бўлишади . Деразалардан ичкарига
эшитилаётган овозни Армстронг
жон қулоғи билан эшитар эди . Бир
пайт бирдан Армстронг қаттиқ
сесканди, талвасага тушиб: " Бу
қанақа мусиқа ?!" деб ҳайқирди .
Мисрликлар кулгидан ўзларини
зўрға тутиб олдилар . Кейин жавоб
бердилар : "Бу мусиқа эмас. азон .. .
черков қўнғироқлари каби бу
жомеънинг азони. Аллоҳнинг
қудратини коинотга эълон қилган
ва бизларни қутулишга чақираётган
илоҳий даъват ".
Шундан сўнг Армстронг айтган
гаплар вужудларни сескантириб
юборди :
— Бу Овоз .. . Ойга илк қадам
қўйганимда эшитганим ва мени
сескантирган овоз -ку ! Аввал
қулоқларимнинг ғувуллаганини
сезганман , лекин бу овозни такрор
эшитиб, ҳузур қилганман. ..
Бутун зални жимлик ютган, ҳамма
ҳайратдан лол бўлиб, ташқаридан
келаётган азоннинг сўнгги
сўзларини эшитишар эди . Бир оз
ўтиб Армстронг ранги бўздек
оқарган бир алфозда зўрға тилга
кирди :
— Аллоҳим ... мен Сени Ерда , яъни ,
бошимда эмас, Ойда топдим! ..
У уч- тўрт дақиқа жим қолди, бу
ҳаяжон ўлароқ унинг оғзидан
қуйидаги сўзлар учди:
— Мен Ойга " бисмиллоҳсиз " оёқ
қўйган эканман, энди "бисмиллоҳ"
дейман ва бундан сўнг мен ҳам
мусулмонларданман .
Ҳа , Ойга кўтарилиб , унга илк бора
қадам босган Армстронг мана шу
воқеа сабабидан ҳаётидаги
маънавий юксалишнинг илк
қадамларини ҳам қўйган эди .
ОЙДА
1969 йил 20 июл.
Ойга қадам қўйган инсон ушбу
сўзларини бутун дунёга эшиттирди :
" Бургут Ойга қўнди!"
" Аполло-II " гуруҳидагилар -
Олдринг , Коллинс , Армстронг кучли
ишончли бир христиан (насроний )
эдилар . Кутилмаганда улар Ойда
ғалати бир "жисм " кўриб қолдилар .
Ўша пайтдаги ҳамма гаплар лентага
ёзиб олинаётган эди .
Астронавтларнинг "ғалати жисм "
ҳақидаги сўзлари лентага
Астронавт Олдринг : " Очиқ китоб
шаклидаги бир нарса бор бу ерда .
Роса турғунликлар денгизининг
устида ".
Астронавт Армстронг: "Икки халқа
каби , Ñ‚Ñžғрироғи , бир китобга
ўхшайди " .
Астронавт Коллинс : "Секстантнинг .
мурватини ўзгартирганимда аниқ
китоб шакли эканлиги янада яққол
кўриняпти " .
Ер назорати: " Нималар деяпсизлар
ўзи , Ойда китоб нима қилади?"
Овозлар лентага қайд этиларди .
Эртаси куни китоб йўқ бўлиб қолган ,
аммо энди ташқи бир иллат
радиони тўхтовсиз равишда банд
қиларди . Ёнғинни ўчириш
машинасининг сигналига ўхшаган
бир овоз келарди.
Коллинс : " Ер, мени эшитяпсизми ,
шу овозни тезда йўқотинг, (бўлмаса )
қулоқларим том битаёзди". ,
Ер : " Бу овоз биздан эмас, бошқа бир
жойдан. У ерда сиздан ташқари
бирор бир кеманинг йўқ эканлигига
аминмисиз" .
Армстронг: " Энди эса мусиқа
бошланди . Ер , шу шовқинларни
йўқотасизми, йўқми?"
Ер : "Бизда ҳамма нарса
рисоладагидай ишлаб турибди .
Мусиқа овози сизлардан келяпти ".
Олдринг : " Ҳеч келишолмаймиз
шекилли . Ахир , бу мусиқа сизлардан
келяптику !"
Эртасига Армстронг Ойга қадам
қўйди. "Бургут қўнди !" дерди у
ҳаяжон билан. Ҳа, бунда биринчи
марта инсон Ойда юрарди. Бирдан
яна ўша сигналга ўхшаган овоз
келди. Аммо бу сафар ( лентага
ёзилиб ) шу сўзлар эшитилди:
« РОББИ -АЛ АРДЗ -ДИНИ ИНДА ҲУ -
ИЗА-КУН- АЛИЙМ» .
Ер : " Эй, ким гапиряпти ?"
Бу пайтда Армстронг Ойда юрарди .
Тагин мусиқасимон овоз
келабошлади :
« АШҲАДУ АЛЛА ИЛАҲА ИЛЛАЛЛОҲ»
( Гувоҳлик бераманки, бир Аллоҳдан
бошқа илоҳ йўқдир. )
Ер : "Яна ўша учар объектларми?
Ҳалиги мусиқанинг сўзлари қанақа
эди ?"
Коллинс : "Ашан маҳатма
росамбалла ... " дегандай бўлди. Бу
ҳиндчага ўхшайди ... "
Армстронг: " Мен уни ( ÑŽқоридаги
арабча калимани - муҳ.) охиригача
эшитдим. Юракка ҳузур беряпти .
менимча Африқо радиоларидан
бири .. ."
Олдринг : " Фрекансни ўзгартирдим,
яна айнан ўша овоз . Бу овоз Ойдан
келяпти . Радио тўлқини эмас .
Ишониш қийин бир нарса" .
Ер : "Ақлдан оздингизми ? Ҳавосиз
жойда овоз нима қил- син?"
Коллинс : " Нима бўлмаса? Учувчи
объектларми ?"
Армстронг: " Китоб шаклидаги учар
объектлар бўладими ?"
Ер : "Номаълум бир хасталик .
Фазодаги бирор тўлқинми-кин? Бу
овозлар , китоб, оҳанг бир хаёл
бўлса керак ?"
Армстронг: " Хаёлни камера суратга
олодадими? Хаёлот бир овоз бўлиб
магнит лентасига ёзиладими?"
Ер : "Хўп , лекин ҳавосиз бўшлиқда
овоз тарқаладими ?.. "
Орадан маълум вақÑ‚ ўтиб
астронавтлар Ерга қайтиб ту -
шишди. Кассеталар яна бир марта
эшитилди , эшиттирилди. Бу борада
NАSАда масъул котиб вазифасида
ишлаётган Ал- Баз билан маслаҳат
қилинди . Бу катта олим Ойда
эшитилган "мусиқа " сўзларнинг
арабча муборак бир жумла
эканлигини маълум қилди.
Сал кейинроқ айни жумлани
" Аполло-16 " кемасининг астронавти
Ворден ҳам эшитди. Аслида , ҳеч
кимнинг кўнгли тўлмаган эди . Бироқ
барибир нима бўлганда ҳам улар
имкон борича бу янгиликни олам
аҳлидан сир тутдилар.
* * *
БИР ХОТИРА
Нейл Армстронгнинг ҳаммани
ҳайрон қолдирган Ой можаросини
ва бутун дунёда шов-шув уйғотишга
сабаб бўлган таассуротларини яхши
эслаймиз. Бу воқеадан бир қанча
вақÑ‚ ўтгач , астронавтнинг
кўрганлари ва айтган гапларини
инкор этишга уринган баъзи
кишиларга жавоб тарзида ушбу
хотирамни сизларга баён қилиб
беришни ўз вазифам деб билдим.
Менинг учун бутунлай бошқа
қиймат ва аҳамият касб этган бу
хотира "Аполло- II" нинг Ойга
сафари давомида Истамбулда содир
бўлган эди .
Ўша куни энг яқин дўстимни кўргани
борган эдим . Ойга инсоннинг қадам
босиши ҳақиқатга айланаётган
кунлар эди ўшанда . Бу ҳақдаги
телекўрсатувни бирга томоша
қилаётган эдик. Армстронгнинг
фазо кемаси зиналаридан тушиб ,
Ойга қадам қўйганлигини ва унинг
илк қадамларини ҳайронлик билан
кузатарканмиз, бирдан дўстим :
— Эшитяпсанми , Ойда азон
эшитиляпти , - деди ҳаяжон билан.
Мен эшитмаганимни айтиб , қайта
телевизорни томоша қилавердим .
Ва мен ўн йил давомида бу воқеа
ҳақида ҳеч кимга оғиз очмасликка
ҳаракат қилдим.
1983 йилда кутилмаган бир хабар
дунёда бомба каби портлади .
Армстронг бир саёҳат давомида
эшитган азон овозини Ойга қадам
босган онда ҳам эшитганлигини
эътироф этди. Мен эса , бу хабарни
эшитиб, ўн йил олдин дўстимнинг
уйида юз берган воқеа мобайнидаги
гапларни эслаб, вужудим титраб
кетди. ..
Орадан яна бир йил ўтди . Ва ким
эканлиги номаълум бир киши
Армстронгнинг қотиби "қиёфаси " да
воқеани ёлғонга чиқаришга ҳаракат
қилди , аммо охир - оқибатда унинг
саъй -ҳаракатлари бекорга кетди.
Ойда юз берган воқеа айни ҳақиқат
эканлиги аён бўлди. Чунки "Аполло -
II "нинг саёҳати давомида фазо
кемаси билан Ер стансияси
орасидаги барча гапларни магнит
тасмасига ёзиб олган бир суриялик
NАSА масъули лентага қайд этилган
суҳбатни оммага қўйиб эшиттирди
ва изоҳлаб берди. ( Сиз у лентадаги
гап -сўзларни ÑŽқорида Ñžқидингиз .)
Дунёнинг бир неча нашрларида ҳам
эълон қилинган бу суҳбатлар
Армстронгнинг барча гаплари
ҳақиқат эканлигини яна бир бор
исботлайди .
http://www.voy.uz/forum/10-3024-1
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Best friend 22 May 2011, 01:36:35
Tug'ilmagan qiz

Birinchi kun
 Onajon, Alloh amri bilan men yaraldim. Bu yangilikdan xali bexabarsiz.
 Bilaman, men ham qiz bola bulib tugilishimdan qattiq qo'rqasiz,
 to'g'rirog'i, otamning qahridan cho'chiysiz.
Yettinchi kun
 Otam bugun ham ichib keldilar. O'g'il tug'ib bermasang, javobingni
 berib yuboraman deb, dag'dag'a qildilar. Siz ushbu so'zlardan qattiq
 iztirobga tushib siqildingiz. Achchiq-achchiq, uzoq yig'ladingiz.
 O'n beshinchi kun
 Ovqat qilayotganingizda yog' isidan ko'nglingiz aynib o'qchib
 yubordingiz. Va nihoyat... yuragingiz tagida paydo bulganimni angladingiz.
 Shodlanib, quvonib ketganingizni sezdim. "Ishqilib, o'g'il bola bulsin'', deb
 niyat qildingiz.
 Yigirma sakkizinchi kun
 Kimligimni bilishga chunonam qiziqayotganingizni bilib turibman. Otamga
 men haqimda aytdingiz. Nima derkinlar deb, hayajondan tipirchilardim.
 Otam esa sizga javoban: "To'rtinchisiga ham qiz tug'sang, o'zingdan
 ko'r, men so'zimdan qaytmayman, polvondek o'g'il tug'ib beradiganiga
 uylanaman", deb o'shqirdilar. Onajon, siz bilan birga men ham ushbu so'zlardan seskanib ketdim.
 Bir yarim oydan oshdim
 Onajon, men bilan tez-tez so'zlashib turganingizdan rosa hursandman.
 Mehr bilan shirin so'zlar aytib erkalashingiz xush yoqyapti. Opalarimga
 ''o'g'il uka olib kelaman'', deb va'da beryapsiz. Ular hursand.
 Ikki yarim oy o'tdi
 Onam bugun qanday jins egasi bulib tugilishimni aniqlagani UTT ga
 tushdilar. Meni markazga olgan kuchli nurdan bezovta buldim. Juda yoqimsiz narsa ekan. Keyin onam qiz bola ekanligimdan xabar topdilar. Oh, deb
 yubordilarki. Juda qattiq kuyindilar. "Endi nima qilaman?" deya
 ich-etlarini yeyishga tushdilar. Shu yangilikdan song kayfiyatlari doim yomon.
 Ko'p yig'layaptilar. Ularga qo'shilib men ham ezilaman. Menga jonlari
 achiyapti, meni esa ularga. Bilaman, otamdan qo'rqayaptilar.
 Uchinchi oy
 Otam har kuni UTT javobini so'rab quymayaptilar. Oxiri onam yurak
 yutib, qiz bola ekanligimni ma'lum qildilar. Kutilmaganda, otam onamning
 qorniga zarb bilan tepib qoldilar. Og'riqdan onam ingrab, men esa "dod"
 deb yubordim. Boshim chayqalib ketdi. Nafasim qisa boshladi. Menga havo
 yetishmay qoldi. Otam u yoqdan, men esa bu yoqdan jon xolatda onamning qorniga tepardim. Onamning yuragi duk-duk etib, juda tez urardi.
 "Bolaginam, dilbandim, otangdan xafa bulma, mastlikda odam nima ishlar
 qilmaydi, deysan", deb onam meni ovutgan buldilar. Haytovur, onam o'ziga
 kelgach nafas olishim rostlandi.
 Uchinchi oyning ikkinchi kuni
 Otam "hoziroq borib oldirib kelasan", deb onamni majburlay boshladilar.
 Qattiq qo'rqib ketdim. Nahot, uvolimdan qo'rqmasalar?! Axir men
 Allohning amri, xohishi bilan yaraldim. Yorug' dunyoga hozirdan
 talpinmoqdaman. Meni qatl etishga qanday haqlari bor, o'limga mahkum etishga qanday jazm etdilar? Bezovta bo'lganimni onam sezdilar. Bor umidim mehribon onajonimdan.
 Uchinchi oyning beshinchi kuni
 Holi joniga quymayotgan otamga meni oldirib kelganini yolg'ondan aytdilar onaginam. Bir oz yengil tortdim. Ammo, quvonchim uzoqqa bormadi.
 Sababi onam qozon tepasiga borganida dimogimga kirgan o'sha badbo'y yog' isidan yan depsinib yubordim. Natijada, otam qayt qilib yuborgan onamni kurin qolib, "Meni aldab, bolani xali ham oldirmabsan-da?" deb ayamay tepkilay ketdilar. Ketma-ket kelib tushayotgan zarbalar dastidan,
 onamning tor qornida o'zimni qayga olishimni bilmasdim. Tipirchilab, ungsiz
 ingrashdan bo'lak hech nima qilolmadim. Ahvolim yana og'irlashdi. Bu
 safar onamga o'xshab, mening ham vujudim ezildi. Har soniyada urib turgan yuragim faoliyati sekinlashdi, behollashib tinchib qolganimni sezgan
 onam, dahshatga tushdilar... Onajon, shu vaqt nima haqida o'ylaganingizni
 sezdim. Vijdoningiz qiynalmasligi uchun, yaxshisi o'lib qolganim maqul
 edi sizga! Shu paytgacha oldirib kelishga jur'atingiz yetmagandi.
 Uchinchi oyning oltinchi kuni
 Otam onamning sochlaridan tortqilab, yovuz do'xtirlar oldiga meni oldirib tashlagani o'zi olib bordi. O'zimga kela boshlashim bilan, yashash
 uchun yana kurashayotgan yuragim qo'rquv va dahshatdan tez urardi.
 Onajonim bo'g'zini mahkam qo'llari bilan tutganicha, tinmay yig'lardi.
 Onajonimni fayzsiz, nursiz xonaga olib kirdilar. Egnidagi xalati oq, ichi
 nihoyatda qora do'xtir, menga joni achib, meni ko'zi qiymay qon
 yig'layotgan onamga bas qilishini aytib, jerkib berdi. Xo'rligi kelib qon
 yig'layotgan onam, ishlashiga xalaqit qilayotgan emish. Bor ovozim bilan
 fig'onim falakka chiqib nola qilardim.
 ''Ey, ko'zlarini pul ko'r qilgan vahshiy! Jonimni bergan-Alloh, uni bevaqt olishga seni nima haqqing bor? O-o-o!''
 Chidab bulmas og'riq azobidan onam bilan ikkimiz rosa to'lg'ondik. Sovuq va o'tkir asbob-uskunalar meni onamdan ajratishga kirishdi. O'zimni har tomonga olib qochishga urinardim. "G'irt-g'irt" etib tozalashga, issiq qonimni bevaqt to'kishga kirishdi qotil. Alloh ato etgan urvoqdekkina, ammo qudratli jonli tanamni bo'lak-bo'lak qilib uzib oldilar onajonimning issiq bag'ridan. Tomirlarim chirt-chirt etib uzilar, og'riq azobidan chinqirishlarim, odamzotning tom bitgan quloqlariga
 kirmasdi aslo. Yo Rab, Hammasi tamom!!!
 Oradan biror xaftalar o'tib...
 Jajjigina xali dunyoga kelishga ulgurmay yovuz kimsalar nobud qilgan
 farzandiga kuyib ketgan munis onajonimning tushiga kirdim. "Onajon,
 sizdan aslo xafa emasman, vijdon azobiga siz emas, meni qatl etganlar
 mubtalo bulsin. Qiz bola bulib tugilganimda ham, hech bir o'g'il boladan kam
 bulmasdim. Bu dunyoga kelishdan maqsadlarim, orzu-umidlarim kup edi.
 Kelajagim porloq bulishiga ishonardim, faqat sizlar ishonmadingiz.
 Aminmanki, agar tirik bulganimda, o'nta o'g'il bolaning o'rnini bosishga,
 sizlar, opamlarim faxrlanib, g'ururlanib yuradigan inson bo'lishga
 astoydil urinardim Endi esa orzularim chippakka chiqdi. Qabohat, razillik tomir otgan bu olamga kela olmay yarim yo'ldan qaytganimdan, hech bir imtihon, so'roq-javobsiz jannatga tushish baxtiga muyassar bulganimdan mamnunman!" deya issiqqina bag'ridan joy bergan onamni abadul-abadga tark etdim.
http://uzkinozal.com/forum/9-98-1
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Yaratganga shukr 22 May 2011, 04:49:26
Abdulloh ibn Abbos. deydilar:
«Uylanguncha ibodat  etganning ibodati to'la va mukammal bo'lolmaydi ».
 
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Yaratganga shukr 06 Iyun 2011, 02:58:10
«Ð Ð°ÑÑƒÐ»ÑƒÐ»Ð»Ð¾ҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«ÐÐ»Ð»Ð¾ҳ азза ва жалла: «ÐšÐ¸Ð¼ бир яхшилик қилса, унга ўн мислича ва зиёда ҳам қилурман. Ким бир ёмонлик қилса, унинг жазоси ўшанинг мислича ёмонлик бўлади ёки уни мағфират қилурман.
Ким Менга бир қарич яқинлашса, Мен унга бир аршин яқинлашурман. Ким Менга бир аршин яқинлашса, Мен унга бир қулоч яқинлашурман. Ким Мен томон юриб келса, Мен у томон югуриб борурман. Ким Менга ер тўла гуноҳ ила рўбарў келса, аммо Менга ширк келтирмаган бўлса, Мен унга ўшанинг мислича мағфират ила рўбарў келурман» дейди», дедилар».
Муслим ва Термизий ривоят қилишган.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: UzMuslim 12 Iyun 2011, 20:19:44
“Токи ўзингдан кейингиларга ибрат бўлгин.”

1981 йили Франсуа Миттеран Франция президенти бўлган вақÑ‚, Франция Мисрдан фиръавннинг мумиёланган жасадини ўрганиш учун изн сўради. Жасадни текшириш учун археология ва тиббиётнинг турли соҳа вакилларидан кўплаб олимлар иштирок этишди. Морис Букай хирурглар раҳбари ва тадқиқот учун масъул шахс бўлиб, унинг асосий вазифаси фиръавннинг қандай ҳалок бўлганини аниқлаш эди. Фиръавн жасади бошқа мумиёланган жасадлар орасида энг яши сақлангани эди. Кафанини ечаётган тадқиқотчилар учун кутилмаганда жасаднинг чап қўли ÑŽқорига кўтарилиб кетди. Жасадни мумиёлаганлар фиръавн қўлини зўрлаб кафанга ўраганликлари маълум бўлди.

Профессор Морисга Фиръавн сувга ғарқ бўлганлиги ҳақидаги текшириш натижалари кўрсатилди. Жасадда туз қолдиқлари борлигини кўрсатувчи рентген суратлар тақдим қилинди. Суяклари эса синган аммо терининг шикастланган жойи йўқлиги аниқланди.  Суяклар катта сув оғирлиги таъсиридан синганлиги маълум бўлди.   Ð‘уларнинг ҳаммаси, унинг жасадини чўкиб ўлганлиги ва денгиздан чиқариб олинганлигига далолат қилади.

Профессор Морис тадқиқот тугашидан сўнг, газеталарнинг  сарлавҳалари қандай шов-шувли бўлиши ҳақида ўйлай бошлади. Аммо, кимдир унинг қулоғига: “Месье Морис шошмай турингиз, Қуръонда 14 аср олдин фиръавннинг чўкиб ўлганини ва баданининг қутқарилиши айтилган...”, деб шивирлаб қўйди.  Профессор, янги тиббиёт ва тадқиқот ускуналарсиз буни аниқлаш мумкин эмаслигига ишониб, бу сўзларга қўл силтаб қўйди. Ахир, бу жасад 1898 йили топилган бўлса,  унинг устига қадимги Мисрда фиръавнларнинг бальзамланиши ҳақидаги маълумотлар яқинда аниқланган бўласа... Йўқ, бўлиши мумкин эмас...
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: UzMuslim 12 Iyun 2011, 20:20:42
Аммо, Морис Букайга бу сўзлар барибир қаттиқ таъсир қилди. У фиръавн жасади олдида чуқур ўй билан бир кеча ўтириб чиқди. Қуръони каримда фиръавн ғарқ бўлиб бадани эса қутқарилиши ҳақидаги хабарнинг тегига ета олмади. Ахир Матто ва Луқа баён этган хушхабарда фиръавн баданининг қутқарилиши ҳақида ҳеч нарса дейилмаган-ку, фақат ғарқ бўлгани ҳақида хабар бор халос. Муҳаммад (с.а.в) буни қаердан билиши мумкин?
Шу кеча у Тавротнинг “Чиқиш” бобини Ñžқиб чиқди, ғарқ бўлганлиги ҳақида маълумот бор, Инжилда ҳам худди шундай, аммо сақланган бадан ҳақида бир оғиз гап йўқ-ку... Бирорта исломий мамлакатга бориб, олимлари билан суҳбатлашиб,  ÑƒÐ»Ð°Ñ€Ð½Ð¸Ð½Ð³ бу масала бўйича мулоҳазаларини биламан, деган қарорга келди.

Бир куни у мусулмон мамлакатларининг бирида бўлиб ўтган тиббиёт конференциясида қатнашди. Конференция чоғида у мусулмон олимларига: “Фиръавн сувга ғарқ бўлганидан кейин унинг жасади сақланиб қолганлигини кашф қилдим!” – деди. Шу вақÑ‚ бир мусулмон шифокор Қуръони каримни очиб қуйидаги оятларни Ñžқиб берди:
“ Бугун сенинг баданингни қутқарамиз. Токи ўзингдан кейингиларга ибрат бўлгин.” (Юнус сураси, 92)
Морис Букай бу оят маъноларидан ҳайратини яшира олмай, шу ерда, йиғилганлар олдида ўрнидан туриб баланд овозда: “Мен исломга кирдим ва Қуръонга иймон келтирдим!” – деди.

Бу воқеадан кейин Морис Букай Францияга бошқа одам бўлиб қайтди. Замонавий илмий кашфиётларнинг Қуръони каримга  Ð¼ÑƒÐ²Ð¾Ñ„иқ келишига оид ўн йил илмий тадқиқот олиб борди. Шу давр ичида олиб борган тадқиқот натижасига кўра, Қуръон карим ва илм ўртасида битта ҳам зиддият топа олмаган.

Manba:hilol.com (http://hilol.com/component/content/article/100-mumyo-firavn.html)
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: AbdulAziz 14 Oktyabr 2011, 17:10:19
Hazrati Umar o‘pgan bosh

Abu Rofe‘dan, roziyallohu anhu rivoyat qilinadi:
Hazrati Umar, roziyallohu anhu, rimliklar ustiga bir qo‘shin yubordi. Qo‘shinda ashoblardan Abdulloh ibn Huzofa ismli bir zot ham bor edi. Rimliklar uni asir olib, qirollari yoniga olib bordilar va:
— Bu odam Muhammadning, sollallohu alayhi va sallam, sahobalaridan ekan, — dedilar. Qirol Abdullohga:
— Hozir seni o‘zimga sherik qilib olsam, nasroniy bo‘lasanmi? — dedi.
— Meni o‘zingga sherik qilishgina emas, butun hukmdorlik va saltanatingni menga o‘tkazsang va bunga qo‘shimcha tarzda arablarga qarashli barcha yerlarni menga bersang ham, Muhammadning, sollallohu alayhi va sallam, dinidan aslo voz kechmayman, — dedi Abdulloh.
— Unday bo‘lsa, seni o‘ldiraman.
— O‘zing bilasan.
Bu savol-javobdan so‘ng qirol uni chor mixga osib, otishni buyurdi. Biroq otuvchilarga:
— O‘q otayotib, tekkizmang va har safar otishdan oldin unga nasroniylikni taklif qiling, — deya tayinladi.
Kamonchilar shunday qilishdi. Ammo Abdulloh nasroniylikni qabul qilmadi. Nihoyat qirolning amri bilan uni tushirdilar. So‘ng bir ulkan qozonga suv quyib, qaynatdilar.
Boshqa bir musulmon asirni keltirishib:
— Xristian bo‘lmasang, seni shu qaynoq suvga otamiz, — deyishda va qabul qilmagach, qaynoq qozonga tashlab yuborishdi.
Qirol endi qaynoq suvga Abdullohni tashlashni buyurdi. Buyruqni bajarishga kirishar ekan, Abdulloh yig‘ladi. Shunda ahvolni qirolga ma‘lum qildilar. Qirol umidlanib:
— Uni huzurimga keltiring, — dedi.
Olib kelishdi. Qirol yana nasroniylikni taklif qildi. Abdulloh yana rozi bo‘lmadi.
— Unda nega yig‘lading? — so‘radi qirol.
— Men o‘z-o‘zimga dedimki, hozir seni qaynoq suvga tashlaydilar va besh daqiqa ichida o‘lib ketasan... Holbuki, men vujudimdagi tuklar qadar ko‘p jonim bo‘lsa, har kuni ulardan bittasini Alloh yo‘lida fido etishni orzu qilaman.
Shunda qirol:
— Hozir seni qo‘yib yuborsam, mening boshimni o‘pasanmi? — deb so‘radi.
— Bir o‘zimni emas, sheriklarimni ham qo‘yib yuborsang, boshingni o‘paman, — dedi Abdulloh.
Abdulloh ibn Huzofa, roziyallohu anhu, deydilar: "Ichimda bu odam Allohga qanchalar dushman bo‘lsa-da, o‘zimni va o‘rtoqlarimni qutqarish uchun boshini o‘pishimning nima zarari bor?" dedim va borib boshini o‘pdim. U ham asirlarni qo‘yib yubordi".
Abdulloh asirlar bilan Madinaga kelganida Hazrati Umar, roziyallohu anhu: "Abdulloh ibn Huzofaning boshini o‘pish har bir musulmonga fazilatdir. Bu vazifani eng avvalo men ado etmog‘im kerak", dedilar va turib Abdullohning boshini o‘pdilar».
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: UzMuslim 25 Mart 2012, 23:49:05
Bir hakimdan so‘rashgan ekan: "Bizlar duo qilamiz, lekin duolarimiz ijobat bo‘lmaydi. Alloh taolo: "Menga iltijo-duo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman", deb aytgan-ku?" deb. Hakim aytibdi: "Sizlarda yetti xislat duolaringizning ijobatini man’ qiladi". "Qaysi xislatlar?" deb so‘rashdi. Aytdi:

"Sizlar Rabbingizni g‘azablantirasizlar, ammo Uning rizosini talab qilmaysizlar, ya’ni, Allohning g‘azabi vojib bo‘ladigan ishlaringga pushaymon qilmaysizlar.
Bizlar Allohning bandalarimiz, deysizlar. Ammo bandaning ishini qilmaysizlar, ya’ni, banda xo‘jasi buyurganni bajaradi va Uning amridan chiqmaydi.
Sizlar Qur’onni o‘qiysizlar, lekin unga ergashmaysizlar, ya’ni, tafakkur va ta’zim bilan o‘qimaysizlar, buyruqlariga amal qilmaysizlar.
Biz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlarimiz, deysizlar-u, u kishining sunnatiga amal qilmaysizlar, ya’ni, sizlar odatlarga va rasm-rusumlarga amal qilib, sunnatga ergashmaysizlar.
Sizlar dunyoni yalang‘och deb aytasizlar, ammo unga ishonib qolgansizlar.
Sizlar harom va shubhali luqma yeysizlar. U ikkovidan qaytmaysizlar.
Oxirat dunyodan yaxshiroq, deysizlar, lekin oxirat talabida harakat qilmaysizlar va oxiratdan ko‘ra dunyoni ko‘proq xohlaysizlar".
Nom: КГБ ходимини мот қилган закий қария
Yuborildi: Best friend 20 May 2012, 01:01:27
КГБ ходимини мот қилган закий қария

Шўравийлар замонида мусулмон ота-боболаримиз баъзида қизиқ ҳолатларни бошдан кечиришган, устиларига ёғилажак балоларни заковат ва камоли ҳотиржамлик ила даф этишган.

 …Ёқасининг тагида юлдуз таққанлардан бири бир масжид имоминиг олдига кириб:
- Домулла, тилингиз анча эркин бўлиб қолибди, ҳаддингиздан ошяпсиз экан, - деди.
Имом домла вазиятнинг нозиклигини англади, лекин ўзини йўқотмай жавоб қилди:
- Яхши келдинг, ўғлим, сени келсин деб атайин гапирганман. Қачондан бери бўшайман, дейман бўшатишмайди. Бу ерга чоллардан бошқа ҳеч ким келмайди, ёш-яланг бозорда у ёққа чиқиб одамларга икки оғиз насиҳат қилай, десам масжид, маросимдан ортолмайман. Жон болам, мени шу масжиддан халос қил…
- Сизни бу ердан бўшатиб, бозорда ваъз айттириб қўймаймиз. Балки панжаранинг орқасида ўтирасиз,- деди масъул ходим.
- Қамоққами, жуда яхши-да, болам, бозордагиларнинг ҳаёли савдода, менинг гапимни эшитармиди? Қамоқдагилар эса бекорчи, уларга насиҳат кор қилади. Ажабмас, кўзи очилиб беш-ўнтаси мусулмонликка қайтиб қолса. Шундай қил, болам, қама мени…
- Сизни қамаб одамлар орасига ташламаймиз. “Одиночка” си бор, бир ўзингиз ўтирасиз.
- Э-е, ўша “ночка” си керак, болам. Масжидда ишлаб юравериб, маъракаларга боравериб эътикоф деган нарсага ҳеч имкон бўлмаган, шу жойга обор мени…
- “Одиночка” да бир кун ҳам ўтирмайсиз, сизни чиқариб отишади.
- Болам, илтимос, ҳозир нағанингни чиқарда, шу ерда от. Эртага қанақа ҳолатда бўламан, билмайман, ҳозир масжидда отақол, керак десанг тилхат ёзиб бераман…
Қамоқдан, қийноқдан, ўлимдан қўрқмаган бу закий инсон “КГБ” ходимини ҳар томонлама мот қилган эди. Бир оз тараддудланиб турди-да:
- Ўйлаб кўрамиз, ҳозирча ишингизни қила туринг,- деб чиқиб кетди ва шу бўйи қорасини кўрсатмади.

Манба: Cодиқлар
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Abdumuhaymin 23 May 2012, 11:39:26
Imom Buhorining mirzalari Muhammad ibn Abulhotim aytadi: Hoshim ibn Ismoil va uning shogirdidan quydagilarni eshitdim: Buhoriy bolalik chog'ida biz bilan darsga qatnashar edi, bir necha kunlar o'tib ketsa ham hech  narsa yozmas edi. Biz unga bu haqda gapirgan edik u: ikkovingiz menga juda ko'p gapirdingiz , yozgan narsalaringizni ko'rsatingchi dedi, biz yozgan narsalarimizni olib kelgan edik  o'n beshmingdan ortiq hadis chiqdi. Usha hadislarni hammasini u bizga yoddan o’qib berdi , hattoki ba'zi hatoimizni  uning yodlab olgan narsasiga etimot qilib tuzatdik , shunda u: sizlar meni behudaga kelib kunlarini zoye  qilmoqda deb o'ylovdizmi dedi. Ana o'shanda biz uni oldiga brov tusha olmasligini bilgan edik. (sunniy aqiydalar)
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Abdulhafiz 06 Avgust 2012, 15:47:55

Имом Аҳмад ибн Ҳанбал яёв дунё кезиб илм таҳсил қилган,  таърифдан  беҳожат  олимлардан.  Олим  бугунги  кунда қандай шуҳратга эга бўлсалар, ҳаётлик чоғларида ҳам шундай шуҳратга эга эдилар. Ислом оламининг турли минтақаларидан толиби илмлар келиб ҳадис  эшитар, айни пайтда ўзлари ҳам олам кезиб уламолардан таҳсил олар эдилар. 
Кунларнинг бирида, олим одатларига биноан ўз юртларидан  узоқроқ  ерга  сафарга  чиқадилар.  Ярим  кечада  бир шаҳарга кириб келадилар. Изғиринда қолган олим масжидда тунамоқчи бўлиб, масжид дарвозасини қоқадилар. Ҳа деганда  эшик  очилмайди.  Дарвоза  яна  тақиллатилади.  Ичкаридан  уйқисираган  қоровул  чиқиб  келади.  Имом  салом  бериб масжидга киришга изн сўрайдилар. Олимни танимаган қоровул  дағаллик  билан  йўқ  жавобини  бериб,  эшикни  қарсиллатиб ёпади. Олим совуқдан сақланиш учун узоқ вақÑ‚ у Ñ‘қдан бу  Ñ‘ққа  юриб  чиқадилар.  Бомдодгача  шу  алфозда  тунни ўтказмоқчи  бўлган  мусофирни  совуқ  енгади.  Эшик  яна
қоқилади.  Ширин  уйқуси  бузилган  қоровул  бу  гал  ғазабини ютолмай  масжид  дарвозаси  олдидаги  нотаниш  кимсани итариб юборади. Бундай муомалани кутмаган олим  тўсатдан  тушган  зарбадан  ерга  қулайдилар.  Баджаҳл  "посбон" ердаги  кишини  оёғидан  судраб  йўлнинг  у  юзига  олиб  ўтиб қўяди. Ўринларидан туришларига ёнларидаги эшик очилади.
У  нонвойхона  экан.  Ёшроқ  истарали  йигит  эшик  олдидаги нотаниш  киши  билан  сўрашиб,  ичкарига  таклиф  қилади.
Таклиф  бажонидил қабул қилинади. Йигит мусофир кишига жой кўрсатиб, ўзи ишга киришади. Ҳали зувала қориб, ҳали ўтин  ёриб  юрган  йигит  тинмай  "Алҳамдулиллаҳ,  астағфируллоҳа ва атубу илайҳ", дерди. Қўл меҳнатда, тил ҳамду
сано,  истиғфорда.  Йигитнинг  чаққон  ҳаракати  ва  тинмай зикр қилишини кўрган олим қизиқиб: 
– Бундан бошқа зикрни ҳам биласизми, – деб сўрайдилар.
– Ҳа, алҳамдулиллаҳ. Қуръон Ñžқишни биламан, маъсур дуо ва зикрларни биламан, – деди ва олимнинг таажжбуланиш сабабини  англагандек,  истиғфор  ва  ҳамд  айтиш  сирини ошкор  этди  –  Аллоҳ  доим  менга  инъом  индиради,  мен  эса билиб-билмай  гуноҳ  қиламан.  Шунинг  учун  бир  гал  ҳамд айтаман,  бир  гал  истиғфор.  Ўзига  шукрким,  кам  бўлганим йўқ. Учта жуда катта тилагим бор эди. Шунинг иккитасини Аллоҳ берди, учинчиси... – деб тўхтаб қолди.
– Шунчасини берган Аллоҳ қолганини ҳам беради.
– Шундайку-я, лекин учинчиси амри маҳолроқ. Мен бу ерда  нонвойхонада  ишлайман.  Кекса  ота-онам,  оилам  бор.
Ишдан бўшасам талаби илм билан машғул бўламан. Бағдодда Аҳмад ибн Ҳанбал деган олим борлар. Ошналарим бориб у кишидан таълим олиб келди. У олимнинг  оғзидан ҳадислар эшитишди. Менинг эса имкониятим йўқ. Ягона орзуйим шу олим билан учрашиш, ҳадис эшитиш...   
– Сиз ҳамд билан истиғфорни кўп айтаверинг Аллоҳнинг Ўзи Аҳмадни оёғидан тортиб олдингизга олиб келиб қўяди, мен ўша Аҳмад ибн Ҳанбалман , – деб олим йиғлаган эканлар.
forum.islom.uz (http://forum.islom.uz)dan olindi.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mo'min Mirzo 09 Avgust 2012, 05:58:57
Кеча китоблар орасида кундалик дафтаримни кўриб қолдим. Туркчадан таржималарим, айрим китоблардан диққатли жойларини ёзиб қолдирганларим бор экан.
Шуларни Рамазонда сизларга ҳам илиндим. Бошқа форумдошларимиз таржима қилиб жойлашган бўлишса узр.

АЖОЙИБ БИР ЖАВОБ

Эътиқодли бир кекса кампир бор экан. Ҳар куни эрталаб эшигининг тагига чиқиб, баланд овоз билан:
– Аллоҳим! Бизга бераётган неъматларинг учун шукроналар бўлсин! – деб дуо қиларкан.
Ҳар сафар дуо қилганда, ён қўшни аёл чиқиб:
– Аллоҳ йўқ, эй кампир, Аллоҳ йўқ! – дер эди.
Бу гаплардан кекса кампир ҳар қанча асабийлашса ҳам, ҳар куни тонгда чиқиб, баланд овоз билан шукр қилаверар, қўшниси ҳам ортидан “Аллоҳ йўқ” деяверар экан.
Бир куни кечаси қўшнининг ҳаёлига бир шум фикр келиб дўконга йўл олибди. Халтасини тўлдириб, мева-чева ва бошқа егуликлар олиб қўшни кампирнинг эшиги тагига қўйибди.
Эрталаб кампир одатдагидай чиқиб остонадаги егуликларга кўзи тушиб қувонч билан:
– Аллоҳим, Сенга шукрлар бўлсин, бу берган ризқинг учун шукроналар бўлсин!!!
Дарахт ортида писиб турган қўшниси чиқиб келиб:
– Аллоҳ йўқ кампир, буларни мен қўйдим – дебди. Кекса кампир пинагини хам бузмай:
– Аллоҳим Ўзинг буюксан! Сенга ҳар қанча шукроналар келтирсам ҳам камдир! Ҳам мана бу егуликларни бердинг, ҳам буларнинг пулини шайтонга тўлатдинг!

www.temizhikayeler.com
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mo'min Mirzo 09 Avgust 2012, 06:00:23
БИР ОНАНИНГ ЭҲТИЁЖИ

Абул Ҳасан Ҳарқоний ҳазратлари (қ.с.) бир куни шундай деди:
Икки ака-ука бор эди. Бу икки ака-уканинг ҳизматига муҳтож кекса онаси бор эди. Бу ака-укалардан бири бур кун онасига қарар, бошқаси туни билан Аллоҳга ибодат қилиб чиқар эди. Хуллас, онасига бир кун ака хизмат қилар, бир кун ука хизмат қилар эди. Бир куни акаси, ибодат қилиш навбати келган укасига:
– Бугун ҳам онамизга сен ҳизмат қил, илтимос, мен ибодат билан машғул бўламан – деди. Укаси ҳам навбати келган бўлса ҳам, акасининг ҳурматига рози бўлди.
Ака намоз Ñžқиётиб, сажда вақтида ухлаб қолди, шунда бир туш кўрди. Тушида бир овоз:
– Укангни мағфират этдик, сени ҳам унинг хизматлари сабабидан мағфират этдик – деди.
– Мен  Аллоҳ таолога ибодат қилиб чиқяпман, укам эса онамга ҳизмат қиляпти. Энди укам қилган иш сабаб мен мағфират қилинаманми? – деб ҳайрон бўлди. Бунга жавобан яна ўша овоз:
– Ҳа, шундоқ. Сен қилган ибодатларингга бизни ҳеч қандай эҳтиёжимиз йўқ, лекин онангни сенларда эҳтиёжи бордир!

Дарҳақиқат Аллоҳ таоло бизнинг ибодатларимизга мухтож эмас, кечаси билан ибодат қилиб чиқишимиз фақат ўзимиз учундир. Аллоҳ беҳожат зот, хожатманд эса биз бандалардир.

www.temizhikayeler.com
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mo'min Mirzo 09 Avgust 2012, 06:21:39
Одамлар бирор аъзоларида жисмоний оғриқ сезсалар, пул сарфлаб табибга чопадилар. Не таажжубки, худди шу одамлар маънавий хасталикларни текинга даволайдиган устозлар ёнига яқинлашмайдилар.

"Бир кўза сув" китобидан.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mo'min Mirzo 09 Avgust 2012, 06:23:07
АҲМОҚЛИК НИМАДИР
“Ахмоқлар қанча ўлим кўрсалар ҳам ўз ўлимларини хотирларига келтиришни истамайдилар...”.

“Бошқалар камчилигини қирқ ёриб текширадилар ва уларни барчага айтадилар. Фақат ҳомликлари туфайли ўз камчиликларини асло кўрмайдилар”

“Бу дунёга шунчалар алданганларки, барча нарса маҳв бўлишини билганлари ҳолда, талон-тарождан жуда қўрқадилар. Ҳолбуки, яланғоч кишининг ўзини Ñžғрилар талон-тарож қилишидан қўрқиши ғалати ишдир.
Инсон бу дунёга яланғоч ҳолда келиб, яланғоч ҳолда кетади. Аҳвол шундай бўла туриб, улар Ñžғриларнинг номини эшитмаёқ, юраклари така-пука бўлади. Ўлим онида бойликлари ўзиники эмаслигини тушуниб етадилар. Лекин начора, бу пайтда энди кеч...”

Жалолиддин Румий.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Mo'min Mirzo 09 Avgust 2012, 06:23:44
“Дўстингдан бир жафо келганда, унинг минг марта вафо қилганини унутма! Чунки, яхшилик гунох олдида шафоатчи кабидир”.

“Сен ерда бўлганларга марҳамат қилгинки, кўкда бўлганлар сенга марҳамат қилсинлар! Сендан қуйида бўлганга жонинг ачисинки, сендан ÑŽқорида бўлганларнинг сенга жони ачисин”.

“Ўлим фариштаси ғофил бойнинг жонини олиш билан уни уйқудан уйғотади. Бундай киши ўзи ҳақиқий эгаси бўлмаган бойлик учун дунёда чеккан  қийинчиликларини ўйлаб, ҳайратга тушади ва минг марта пушаймон бўлади. Лекин бу пушаймонлик унга ҳеч фойда бермайди”.

Ўлим йўлда туриб, бизни кутмоқда. Инсон эса сайр қилиш ва умрни беҳуда ўтказиш билан овора.
Умр эртанги кун орзуси билан яшаш, ғофиллик билан жанжал-сурон қилиш, жонни аямай меҳнат қилиш билан тугаб боради.
Жалолиддин Румий.
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: Sadulla 14 Avgust 2012, 06:03:11
 :asl3:


“...Мени телевизорга айлантириб қўй”

Кунларнинг бирида, бошланғич синфлар Ñžқитувчисининг бири Ñžқувчиларидан: "Худо сиз учун нима қилиб беришини хоҳлар эдингиз?", деган мазмунда иншо ёзишни вазифа қилиб топширади. Кечаси, ёзма ишларни текшираётган вақтида бир иншо диққатини тортади ва уни жуда хафа қилиб қўйади. Шу вақÑ‚ унинг эри кириб қолади ва аёлининг кўзи тўла ёш ҳолатида, йиғлаб ўтирганига кўзи тушади. “Нима бўлди?” – деб сўради у. “Ўқинг”, деб, унга ўша Ñžқувчи боланинг иншосини узатади.

“Парвардигор, бугун Сендан алоҳида бир нарса ҳақида ўтиниб сўрамоқчиман: мени телевизорга айлантириб қўй. Мен унинг ўрнини эгаллашни истайман. Уйимизда телевизор яшаётгани каби яшашни хоҳлайман. Алоҳида жойга эга бўлиб, оиламизни ўз атрофимда жам бўлишини жуда истайман. Гапираётганимда гапларимни бўлмай ва турли хил саволларни беравермаслигини истайман. Диққат, эътиборда бўлишни истайман. Телевизорга қандай муносабатда бўлишса, менга ҳам худди шундай муносабатда бўлишларини истайман. Дадам ишдан чарчаб келсалар ҳам, унинг ёнида бўлишни хоҳлайман. Онам хафа бўлиб, ёлғиз қолганида мени эътиборсиз қолдириш ўрнига менга кўпроқ эътибор қилса, дейман. Ота-онам ҳамма нарсани ташлаб, ҳеч бўлмаса озгина вақÑ‚ бўлса ҳам майли, мен билан бирга бўлса... Парвардигорим, мен кўп нарса ҳақида сўраётганим йўқ... Мен фақат ҳар қандай телевизор яшагани каби яшашни истаяпман, халос”.

“Даҳшат” Бечора бола!”- деб Ñžқитувчининг эри ҳайқириб юборди. -“Ўзи қандай ота-она экан улар, шунчалик ҳам бўладими?!” ÐŽқитувчи аёл кўз ёшлари билан: “Бу иншони, бизнинг Ñžғлимиз ёзибди...”

                                                     
                                                                                                              Абу Муслим таржимаси

Manba (http://blog.islam.uz/home/abumuslim/223-maqola.html)

Hozirgi kunimizga mos hikoya ekan  :(
Olloh rozi bo'lsin!
Nom: Re: Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Yuborildi: AbdulAziz 15 Avgust 2012, 01:36:46
Сотиб олинган шикоят

Пайғамбаримиз (алайҳиссалом) айтадилар: "Сизларнинг ҳар бирингиз бамисоли чўпондирсизлар ва ўз қўл остингиздагиларга масъулдирсизлар. Подшоҳ ўз фуқароларига, эр аҳли аёлига, хотин эрининг уйига, мулкига масъулдир. Демак, ҳар бирингиз қўл остингиздагиларга масъулдирсизлар"
(Имом Бухорий ва Муслим ривояти).
 
Аббос ибн Абдулмутталиб (розияллоҳу анҳу) ривоят қиладилар:
Тим қоронғи кечада амирул мўминин Ҳазрат Умар ибн Хаттобнинг (розияллоҳу анҳу) уйига бориш мақсадида йўлга чиқдим. Кетаётиб йўлда аъробийча кийинган бир кишини учратдим. У кийимимдан тортиб:
– Юр мен билан, эй Аббос! – деди.
Диққат билан қарасам, амир¬ул мўмининнинг ўзи экан. Биров билиб қолмаслиги учун кўринишини ўзгартириб олганини анг¬ладим. Яқин бориб, салом бергач:
– Қаерга боряпсиз, эй мўминлар амири? – дея сўрадим.
– Бу зулматли тунда араб маҳаллаларини айланиб чиқмоқчиман, – деди у.
Кеча салқин эди. Мен мўминлар амирининг ортидан эргашдим. У ҳар бир чодир ва уйга диққат қилиб, кузатиб борар эди. Ҳаммасини кўздан кечириб, энди қайтиб кетмоқчи эдик ҳамки, тўсатдан бир чодир эътиборимизни торт¬ди. Унда бир аёл бўлиб, атрофида болалари чирқиллаб йиғлашарди. Ҳаммалари ўчоқ бошида куймаланишар, қозон тагига олов Ñ‘қилган эди. Аёл ҳадеб: "Озгина қолди, сабр қилинглар, болаларим, овқат ҳам пишиб қолади, ейсизлар", дер эди. Ҳазрат Умар (розияллоҳу анҳу) диққат билан гоҳ аёлга, гоҳ болаларга қарарди. Анча узоқ туриб қолдик.
– Мўминлар амири! Сизга нима бўлди? Юринг, кетамиз, – дедим ниҳоят. Ҳазрат Умар (розияллоҳу анҳу):
– Аллоҳ номи билан онт ичиб айтаман, токи аёл болаларига овқатни сузиб, улар еб тўйганларини кўрмагунимча, бу ердан ҳÐ