forum.ziyouz.com

Yurtdosh => Xorijdagi o'zbeklarim => Mavzu boshlandi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 01:57:04

Nom: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 01:57:04
salom aziz birodarlar.
ushbu kunda barchangizga hayot yollarida omad tilayman. Yurtda bolganlarga yurtni qadriga yetmoqlik, va solih inson bolmoqlikni, xorujda yurgan musofir qardoshlarimzga esa yurtga sog'-omon qaytmoqlik nasib aylashligini Ollohdan sorab qolaman. Shu Vatanda Kindik qonimiz tokildi, Ilohim shu Vatanda Jon bermoqlik nasib aylasin. Paygambarimiz Muxammad (SAV) Makkani tark etib Madinaga hijrat qilib ketayotib yolda togni tepasiga chiqqanida ortiga qayrilib qarabdi va "Ey Ibrohim Paygambar Duo qilgan yurt,yo Kabatulloh, yo ahli Quraysh, sizlarni yana qayta kormoqlik nasib etarmikin.Ey Yaratgan Egam, shu yurtga yana qaytmoqlikni menga nasib aylagin". degan ekanlar.

jamshid, from india
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 01:57:22
AbdulAziz:

Alloh rozi bo`lsin!
Juda ta'sirli gaplar! Man Vatanda bo`lib turib ham ta'sirlanib ketdim .
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 01:57:55
Kamol:

Vatan ona qornidaligimizda uning taftidan boshlanadi. Tug`ilib, o`z uyimizni ko`ramiz. O`sha harobgina kulbamiz bizga Vatan bo`ladi. Asta-sekin tashqariga chiqa boshlaymiz. Hovlimiz Vatanga aylanadi. Keyinroq mahallaga chiqamiz. Mahalla Vatanimiz bo`ladi. Kattarib shahar bo`ylab kezamiz. O`z shahrimiz Vatana bo`ladi....
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 01:58:06
VATAN

Hali biror ishni uddalamadim,
hali hech kimsani qilmadim rozi,
behuda o`tibdi go`zal umrimning
qanchalab chiroyli bahori, yozi.
Farog`at borligin unutib qo`ydim,
bag`rimga chaqinlar tegdi daf'atan,
Sendan-da ulug`roq narsa yo`qligin
sochim oqarganda angladim, Vatan!
Buncha kech angladim,
nega muncha kech...
anglasam loaqal o`ttiz yil avval,
loaqal tug`ilmay turib anglasam...
Ko`rgan bo`larmidim seni mukammal.
Hali asl Vatan bo`lmog`ing uchun
ovozi toshlarni yorar kuychilar,
qanchalab sehrgar shoirlar kerak,
qancha bilim kerak,
qancha kuch-chidam.
Umrim ko`chkilarday jimjit, shiddatli,
butkul tinmoq uchun bir kun bemalol
faqat yaxshi bo`lmoq judayam kamdir,
juda kamlik qilar yashamoq halol.
Naqadar kechikib angladim seni,
chaqinlar yo`q qilsa meni daf'atan,
ayt, qandoq chidayman bunday xo`rlikka,
ayt, qandoq yotaman qa'ringda, Vatan!

(SHAVKAT RAHMON)
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Munavvara 29 Noyabr 2009, 19:50:12
salom
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: ZUBAIR 30 Noyabr 2009, 02:46:59
salom

Salom Vatangami :-)
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Munavvar Bonu 01 Mart 2010, 06:41:57
Yuragimga ishq solmadi hilqatlaring,
Aqli hushim lol qilmadi hislatlaring,
Allohimdek yor bo'lmadi Xazratlaring,
Ey Hindiston, men sog'indim O'zbegimni.

Tog'laring bor, bas kelolmas tog'larimga,
Bog'laring bor, o'hshamaydi bo'glarimga,
Bulbullaring alishmasman zog'larimga,
Ey Hindiston, Men sog'indim o'zligimni.

Oshkoriga yetolmaydi pinhon siring,
Bir kuniga arzimaydi minglab asring,
Kulbasiday bo'lolmaydi Oltin qasring,
O'zbegimning. Men sog'indim tuprog'ini.

Toj mahalga alishmasman sevgan yorim,
Har faslingdan topolmasman bir Bahorim,
Bor hulqingdan ustun turar bitta orim,
Ey Hindiston, men sog'indim sog'inchlarim.
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: shirin_a 24 Iyun 2010, 21:38:12
 :as:
Alloh Alloh, o`zbellarning ayrimlari ruslashgan bo`lsada o`zbek hech qachon Bekligini yo`qtmidi birodarla. Beklar esa vatan un kurashadi... : )
Nom: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Robiya 25 Iyun 2010, 01:01:19
Umarova, o'ylabroq post qiling. Xayolga kelganini yozmasdan! O'zbekiston imkoniyatlar koni, bir-ikki noshukr,dangasalarning kasriga butun xalqni ayblash to'g'ri emas! Siz ham o'zbeksiz,adashmasam. Ehtimol hozir sharoiti O'zbekistondan yuqoriroq darajadagi biror davlatdadirsiz, lekin shuni unutmangki, o'sha va boshqa manaman degan davlatlar 20 yil (!) ichida O'zbekiston qo'lga kiritganlarini tushida ham ko'rmagan. Biz endi mustaqil bo'ldik. Prezidentimizning oqilona siyosatlari sabab o'tish davridan ijtimoiy larzalarsiz, siyosiy zarbalarsiz o'tib oldik. Alhamdulillah, yurtimizda Islomga keng yo'l ochib berilgan.. Yana nima kerak?! O'zbekistondan nima talab qila olamiz?! Talab qilishga haqqimiz bormi?! Bizga oq sut berib, ulg'aytirgan ota-onamizga biror xusumatimiz bo'lishi mumkinmi? Mana siz, go'daklikdan hozirgacha non, tuz berib kelayotgan onangiz, otangizga la'nat aytganmisiz? Yo'q albatta! O'zbekiston bizning VATANIMIZ! Uning har qarich tuprog'i oltinga teng, balki undanda ziyoda, bahosi yo'q!
O'zbeklarda iymon yo'q debsiz.. Yuqorida yozganlarizdan bizni O'zbekiston(VATANINGIZ!)imizni xushlamasligingizni sezish mumkin! Endi mavzuga e'tibor berin: VATANNI SEVMOQ IYMONDANDIR!

Xulosa o'zingizdan...

Boshqa bu ma'noda post qilmang, bundan-da qattiqroq zarbaga uchraysiz!
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: shirin_a 25 Iyun 2010, 01:41:20
Alloh Alloh,  Umarova siz tug`ilgan joyizni millatingizni unutmang. Ota onangiz yashagan joylarda siz ham yashagansiz agar hozir boshqa davlatda bo`lsangiz ham. Sizga savol Umarova: o`z yurtizni sog`inmaysizmi? Vatanizni qumsamaysizmi? (Alloh Alloh, shunaqa bo`lsa demak siz o`zbek emassiz) Alloh asrasin. Iltimosim postni yozayotganizda o`ylabb yozin opajon. :3
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: shirin_a 25 Iyun 2010, 17:42:01
Man hech özbeklarni vatani uchun kurashganini körmaganman,bizda demokratiya yoq,bizada hamma iymonsiz odamlar kopayib ketgan,zero din nimaligini bilmidi,nimaga bu dunyoga kelganligini bilmidi,vatan bu din va tarbiyadan boshlanadi.Inson vatan deb ölib ketishi kerak emas,bu dunyoga keldikmi,hammamiz bir birimizga yordam berib,vatanimizani tepaga kötarishimiz kerak,yoq biz özbeklarda birlashuv degan narsa yoq,chunki biz besh qolimizni ogzimizga tiqamiz,faqat man deymiz.shunin uchun özbekiston tepaga kotarilmidi.

Umarova,siz Vatan bilan Vatandoshni bir qolipga tiqib qo'ymangda...Vatandoshlaringizni qilgan ishi deb,Vatanni yomon ko'rilmaydi.

Bizda yana shunday tushuncha hosil qilinganki,davlat desa--xokimiyatni tushuniladigan qilingan.

Tak shto,kimlarnidur notug'ri siyosati va yoki qaysidur millatdoshni qilgan ishlari deb,bechora Vatanga ayb to'nkalmaydi,bechora O'zbekistonni yomon ko'rilmaydi.

ps; QOrada ajratib qo'yganim so'zlarizga qarang,o'z-o'zizga qarshi chiqib qopsiz.
:as: Alloh Alloh, gapizga 200$ qo`shilaman. Haqiqattan vatandosh bn vatanni ajratib olish kere, bir vatandoshning qilgan no o`rin ishi un vatanni ayblash keremas bu tog`ri gap dindosh. Alloh rozi bo`lsin.
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: shirin_a 25 Iyun 2010, 18:07:42
Iqtibos
gapizga 200$ qo`shilaman.

Qachon berasiz?

Kak raz keragedi,diplom zashita qilish kere....
Alloh Alloh uzr man % ni qo`ymoqchidim bilmasdan $ ni qo`yvorimman uzr ming bor. Diplom zashshita? Mashaalloh Alloh oson qilsin sizga eng eng qimmatli bo`lgan dou beraman, Inshaalloh hammasi yaxshi bo`ladi dindosh. yana bor bor uzr so`riman % ni o`rniga $ ni qo`yvorimman uzr. :D :D :D
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: BelleQizcha 26 Iyun 2010, 01:26:07
Vatani sevmoq iymondandur.... 50% uzbekla CHET ELGA KEtaman dib kunini Pasolstvada o'tqizvotti..
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: shirin_a 26 Iyun 2010, 23:19:42
Vatani sevmoq iymondandur.... 50% uzbekla CHET ELGA KEtaman dib kunini Pasolstvada o'tqizvotti..

Vatanga yordam bermoqchimisan?Vatandan chiqib  ket... (xitoy xalq maqoli)
:as:
ya Alloh Alloh, nimaga vatandan chiqib ket? (maqolga unchalik chunomadim?) :3
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: BelleQizcha 27 Iyun 2010, 01:00:02
Ok unda sizam bizam vatanga bilmasdan yordam bervotganamiza-kande hitoychasiga
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: BelleQizcha 27 Iyun 2010, 01:49:26
MAyli ozila bilasila
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Ziyovuddin 30 Iyun 2010, 15:56:51
Tögrisini etsam özbeklar, vatan bu eng
aziz narsa,lekin manga mani vatanim hech narsa bergani yoq,nahotki hamma özbekiston haqida yahshi gapirsa,hech kim körmayaptimi qancha kambagal özbeklarni qiynalib yotganini,özim özbek bolsam ham özbekligimga uyalaman,chunki biz hammadan qoloq va qörqoq halqmiz.Biz özbekligimizni unutvorganmiz hamma örislashib ketgan,tögrimi?Biz hech qachon jahonga tanilmimiz.özbekiston hamma joyda qochib yuradi,bu bilan man hamma özbeklarni masqara qilmoqchimasman,lekin bu narsa tögri.bizni özbeklar hammajoyda chöntakka pul tiqib ,pora olish bilan ovora.uyat shunaqa özbeklarga,hammani közida pul,zero pulga dostini sotvoradi.
Biz ham sizdan uyalamiz...
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Shoxjahon12 01 Iyul 2010, 09:10:26
Tögrisini etsam özbeklar, vatan bu eng
aziz narsa,lekin manga mani vatanim hech narsa bergani yoq,nahotki hamma özbekiston haqida yahshi gapirsa,hech kim körmayaptimi qancha kambagal özbeklarni qiynalib yotganini,özim özbek bolsam ham özbekligimga uyalaman,chunki biz hammadan qoloq va qörqoq halqmiz.Biz özbekligimizni unutvorganmiz hamma örislashib ketgan,tögrimi?Biz hech qachon jahonga tanilmimiz.özbekiston hamma joyda qochib yuradi,bu bilan man hamma özbeklarni masqara qilmoqchimasman,lekin bu narsa tögri.bizni özbeklar hammajoyda chöntakka pul tiqib ,pora olish bilan ovora.uyat shunaqa özbeklarga,hammani közida pul,zero pulga dostini sotvoradi.

Vatan - ona kabidir. Undan ta'ma qilish ham, ta'na qilish ham gunoxdir.
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: shirin_a 01 Iyul 2010, 10:38:02
Ok unda sizam bizam vatanga bilmasdan yordam bervotganamiza-kande hitoychasiga

aha.
Agar pul jo'natayotgan bo'lsangiz.

Agar jo'natmayotgan bo'sangiz--vatandagi kislorodni ko'payishiga xizmat qilib yordam bervos.

Vatanni sevish,unga yordam berish--bir umr Vatanda yurish bilan o'lchanmaydi.

Eng yoqtirmagan savolim: "Siz Vatanga nima berdingiz?" degan savol.Nima uchun man Vatanga nimadur berishim kerak?Ana,O'zbekistonda yashaganimni o'zi--shu vatanga qo'shayotgan hissma bo'ladi.

1.O'zbekiston aholisini sonini ko'paytirib turibman.
2.Har kuni tekin yashayotganim yo'q.Soliq to'layamman.
3.uylanaman,ko'payishamiz Xudo hohlasa.Buyam yordam.

ishqilib...

shirin_a,ana rossiyada mardikor bo'lib ishlab yurib,uyiga pul jo'natayotgan O'zbeklar O'zbekiston iqtisodiga qanchalik salmoqli hissa qo'shayotgan bo'lsalar,Xitoylarning ham maqoli shu ma'noda aytilgan.

Har gapda "Alloh,Alloh" devurishizga qaraganda,turklardan o'rtolariz ko'pmi deyman....

:as:
dindosh aha chundim maqolizga. Alloh Alloh deyishim bilmadim o`zimdan o`zim shunaqa diyman, ha turkladan do`stlarim bor lek bunga nima aloqasi bor? Alloh Alloh deb faqatgina turklar etmidi manimcha to`rimi?  :3 :3 :3
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Ansora 23 Avgust 2010, 14:31:03
Umarova, o'ylabroq post qiling. Xayolga kelganini yozmasdan! O'zbekiston imkoniyatlar koni, bir-ikki noshukr,dangasalarning kasriga butun xalqni ayblash to'g'ri emas! Siz ham o'zbeksiz,adashmasam. Ehtimol hozir sharoiti O'zbekistondan yuqoriroq darajadagi biror davlatdadirsiz, lekin shuni unutmangki, o'sha va boshqa manaman degan davlatlar 20 yil (!) ichida O'zbekiston qo'lga kiritganlarini tushida ham ko'rmagan. Biz endi mustaqil bo'ldik. Prezidentimizning oqilona siyosatlari sabab o'tish davridan ijtimoiy larzalarsiz, siyosiy zarbalarsiz o'tib oldik. Alhamdulillah, yurtimizda Islomga keng yo'l ochib berilgan.. Yana nima kerak?! O'zbekistondan nima talab qila olamiz?! Talab qilishga haqqimiz bormi?! Bizga oq sut berib, ulg'aytirgan ota-onamizga biror xusumatimiz bo'lishi mumkinmi? Mana siz, go'daklikdan hozirgacha non, tuz berib kelayotgan onangiz, otangizga la'nat aytganmisiz? Yo'q albatta! O'zbekiston bizning VATANIMIZ! Uning har qarich tuprog'i oltinga teng, balki undanda ziyoda, bahosi yo'q!
O'zbeklarda iymon yo'q debsiz.. Yuqorida yozganlarizdan bizni O'zbekiston(VATANINGIZ!)imizni xushlamasligingizni sezish mumkin! Endi mavzuga e'tibor berin: VATANNI SEVMOQ IYMONDANDIR!

Xulosa o'zingizdan...


Tushunmadim, o'zingizga javob yozdingizmi???
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Robiya 23 Avgust 2010, 14:50:36
 :as:

Hurmatli umarova, Ramazon oyida bir-birimizni xafa qilmaylik,iltimos...

Yuqorida yozganlaringizni o'zingiz yaxshiroq o'qib chiqing...

Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: kamoliddinov 31 Dekabr 2011, 05:06:57
 :bsm3:  Ha vatanni sevish iymondandur.
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: BelleQizcha 31 Dekabr 2011, 05:51:05
Eshitishing qaragnda, vatan jangida halok bolganlar shahid, vatanini sotganlarga esa juda kotta jazo bor diyishadi... jannat onalar oyogi ostida diyishadi, vatanam onadek gap, yegizadi ostiradi, tarbiyalaydi davolaydi kerak.bolsa jazolaydi...... vatan qadirlash faqatgina fuqorolarni burchi emas musulmonlarni burchi,  vatan borkiy shahsiyatimiz bor, uni qoriqlash esa burchimiz, oz vatani sevish burchimiz emas, uni yomon korishimix ham mumlin, osha vatandan tuprog'imiz olingan ekan, demak u yer bizdan haqqi bor, sevaylik sevishaylik, kopayishaylik... buni hamma har hil tushunadi... senkyu
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Secret 31 Dekabr 2011, 10:05:53


   HAQIQATDA VATANNI SEVMOQ IYMONDANDIR!
O’ylab ko’raylik bizning asl vatanimiz qayer"¦"¦"¦.albatta JANNAT!
Demak vatanimiz bo’lmish JANNATni sevishimiz iymondandur .
Jannatni har  qancha sevmaylik, shuning o‘zi u yerga kirish uchun kifoya emas. Uning mahri shu DUNYODIR. Uning qiymati shu dunyoda to‘lanadi. "Biz bu dunyoni yaxshi ko‘ramiz, chunki u dunyoni (ya’ni, jannatni) mana shu dunyoda topamiz", degan edilar Hazrati Ali.
Jannatni sog‘inmoq bu dunyodan kechmoq, degani ham emas. "Alloh senga ato etgan mol-davlat bilan (avvalo) oxirat diyorini (obodligini) istagin va dunyodan bo‘lgan nasibangni ham unutmagin"Qasas- 77
Payg‘ambarimiz(s.a.v.) ham bu dunyosini deb, u dunyosidan, u dunyosini deb, bu dunyosidan kechganlar mo‘min emasligini aytganlar. Demak, mo‘min kishi ikki tarafni ham birday tutadi, u dunyosining g‘amini mana shu dunyoda yeydi.  Shundoq ekan asl Vatanimizni obod qilish uchun berilgan bu dunyodagi Vatanimizdan oqilona foydalanishimizni Allohim barchamizga nasib qilsin"¦.AMIN!
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Donishmand 31 Dekabr 2011, 10:38:35
...vatan borkiy shahsiyatimiz bor, uni qoriqlash esa burchimiz, oz vatani sevish burchimiz emas, uni yomon korishimix ham mumlin, osha vatandan tuprog'imiz olingan ekan, demak u yer bizdan haqqi bor, sevaylik sevishaylik, kopayishaylik... buni hamma har hil tushunadi... senkyu
Mana shu yerini tushunmayapman, to'g'ri o'qisam bir-biriga zid ma'no kelib chiqayapti. Yoki birorta harf almashib qoldimikan?...
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: BelleQizcha 31 Dekabr 2011, 20:05:34
Shu telpondan porumga kirishi manga kim qoyibdi qachon kirsam bemani narsalarni yozib, ozimi kulgiga solaman..eyy
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Muhammad Sanjar 31 Dekabr 2011, 20:18:32
Shu telpondan porumga kirishi manga kim qoyibdi qachon kirsam bemani narsalarni yozib, ozimi kulgiga solaman..eyy

Vaqt topa olsangiz o'sha postlarni chiroyli qilib tahrirlab, saqlab qo'ying.
Bu forumda sizning o'z o'rningiz bor, qoldirayotgan postlaringiz ko'pchilik e'tiborida bo'ladi.
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Azamat_abu 01 Yanvar 2012, 18:47:46
ватанни севиш иймондан булса нимага Абу Бакир [р а] мадинада колган скан? Менимча иймон билан ватан бошка бошка нарсалар.
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Abdulhafiz 01 Yanvar 2012, 19:29:05
Postizi shu yeriga javob bergim keldi:
Iqtibos
нимага Абу Бакр [р а] мадинада ҳолган скан?
Анас разисллоҳу анҳу ривост қиладирлар: «Аабий саллаллоҳу алайҳи ва саллам: «А парвардигор-о, Мадинага Маккага берган баркотингдан икки баробар ксп баракот берғайсен!» — дедилар».

МАДИАА ФАЗИЛАТЛАА И ҲАҚИДА  (http://hadis.islom.uz/index.php?act=book&b_id=1&s_id=22&stext=%EC%E0%E4%E8%ED%E0%E4%E0)
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Azamat_abu 02 Yanvar 2012, 01:13:45
uzr lekin men bu gapim bilan madinani kamsitish niyatim yoq edi .Kópincha eshtganman vatan uz uyingdan boshlanadi deb.Agar vatanni bir uy deb olsak oiladagilardan kimdir uy ichkarisida turib yordam beradi kimdir tashqarida.Bu bilan tashqaridagi odam iymonsiz bulmasa kerak.Agar hamma vatanni sevaman deb uyda ótiraversa bilmadim bu qanday sevgi.Agar kimningdir tashqarida yurishi foyda bólsa, vatanga tashqarida yurgani yahshi.Agar bu odamning hulqi islom bólsa u tashqaridagilarga islomni tanitadi ,yomon bólsa, vatan bir yomodan uzoqda bóladi.Bu dunyoviy tarafdan.Diniy tarafdan bólsa hadislarda kelgan iymon asoslari ichida vatanni sevish haqida sóz kórmadim.Balki men óqimagandirman.Agar shunday hadis bólsa  yozvoringlar.Muhammad(sav) dan keyin sahobalar har joyga kóchib ketishgan.Kópchligi Makkalik bulganligini hamma bilsa kerak.Agar vatanni sevish yoki sevmaslikning iymonga dahli bólsa,sahobalarning imoni kuchli edi. Vatani sevmoq vijdondandir.Men ham vatanimni sevaman vatanga hizmat ham qilganman, inshaalloh qilaman ham.Xato bólsa yana bir bor uzr, bu mening shahsiy fikrim. Alloh va rasuli bilguvchiroqdir.
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Lu`lu` 02 Yanvar 2012, 07:47:46
Ислом барча инсоний туйгу ва кадристларни улуглайди. Шу туйгулардан бири ватанга мухаббатдир. Ватан асли арабча суз булиб, она-юрт маъносини билдиради.
Сизлар А осулуллох сав. ёки уларга сргашганларни ахволлари хакида даъво килспсиз. Лекин сийратни канча куп ургансангиз, ихтилоф урнига схшиликка ёндашиш хам шунча купрок буларди.
Бир инсонни сз ватанидан бадарға қилиш, мажбурлаб чиқариб юбориш оғир гуноҳлиги муқаддас китобларда таъкидланади. Жумладан, Қуръони каримда: "œА­сланг, сизлардан "œБир-бирларингизнинг қонингизни тскмайсиз, сзларингизни (бир-бирингизни) юртингиздан бадарға қилмайсиз", — деган аҳдингизни олган сдик", — дейилади (Бақара, 84). Ксринадики, Ватандан бадарға қилиш қатл қилишдан кейинги снг оғир гуноҳлардан скан.
Лайғамбар Муҳаммад алайҳиссалом Маккадан Мадинага ҳижрат қила туриб, Макка чегарасига етганларида орқаларига қараб: "œА­й, туғилган она юртим, агар сз қавмим мени мажбур қилмаганида, сени тарк стмас сдим", — дес ноиложликдан ксчиб кетаётганларини изҳор қилганлар.
Имом Бухорий "œал-Жомиъ ас-Саҳиҳ" тспламида келтирилган бир ҳадисда шундай дейилади: "œОиша разисллоҳу анҳо ривост қиладилар: "œА асулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам Мадинага келганларида Абу Бакр билан Билол иситмалаб қолишди. Мен уларнинг ҳузурига кириб: "œА­й, падари бузруквор (съни Абу Бакр), сй Билол, сзингизни қандай ҳис қилмоқдасизлар?", — деб ссрадим.
Абу Бакр иситма зсриққанда:
Уйимда бслсайдим жон чиқар маҳал,
Лойабзал ипидин сқиндир ажал, — дер, Билол сса иситма бироз пасайганда, йиғлаб:
Тақдирим не срур, билмасман, с воҳ,
Бошимга ажалдан келурму сипоҳ?
Бир кеча бслса ҳам, она водийим,
Қсйнида ётсайдим, меҳрибон Аллоҳ!
Қониб ичсам срдим, шаффоф сувларин,
Қанийди, ташласам, унга бир нигоҳ! — дер сдилар. Мен бу ҳақда жаноб А асулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг олдиларига бориб айтганимда, У зот: "œА Аллоҳ! Бизга Мадинани Макка сингари ёқимли, ундан ҳам ортиқроқ маҳбуб стғил! А Аллоҳ, унинг тошу-тарозисига барака ато стғил, уни (аҳлини) ҳамиша бардаму соғлом қил, мана буларнинг безгагини сса Жуҳфага ксчирғил!", — дедилар".
Ксриниб турибдики, икки улуғ саҳоба — Абу Бакр ва Билол ҳам Лайғамбаримиз билан бирга "œСаодат асри"да сшаб, кундалик нозил бслаётган ваҳийдан баҳраманд бслишдек бахтга мусссар бслсалар-да, сз туғилиб ссган Ватан соғинчида сшаганлар.
Захриддин Мухаммад Бобурчи, ёки тарихдан маълум ватан учун жон фидо килганларчи, уларни ададини санаб адогига етолмайсиз.
Ватанни севмок иймондандир деган хикмат шу булади

http://buxoriy.uz/uz/kitoblar/bagrikeng/157-2010-12-30-06-42-10.html
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Lu`lu` 02 Yanvar 2012, 08:48:31
Ватанга булган мухаббат туйгуси шунчалар азизки, вакт утган сари кадрини биласиз. 30 йилдан бери Амрикода сшаспгану скинда кучиб кетган узбеклар узининг урфини схши куради, узбекча сшайди, узбекча туй килади. Хатто узбекча курпачасини уйига тушаб, узбекчасига чой ичади. Бу муболага смас. Сиз узингизни узбек дустларсиз, ёрсиз, ота-онасиз тасаввур кила оласизми? Ватан шу скинлариз, дустлару таниш-билишлариздир. Уларга булган мехр-мухаббатиздир. Уларга килспган хизматиздир.
Якинда Ватандош газетаси Аью Йоркда босилиб чикди. Шу газетани бирор донасини  колдирмай узбеклар талашиб кетади. Аега шундай, уйлаб курганмисиз? Канчалик иш, укиш, таниш, дустлари билан банд булмасин, шу газетадан узини узбеги билан гаплашади, марок олади, кези келганда "манам бир хисса кушай" деб ё бир нарса ёзиб беради, ёки обунага аъзо булади...
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: azizbek_mx 02 Yanvar 2012, 08:49:18
Lu'lu' xolamizni postlariga qöshimcha sifatida, öz fikrimni ham bayon etsam.
Vatanni sevmoq uyda ötirish bilan ölchanmaydi. Vatanni sevish - hox vatanda bölsin, hox boshqa diyorda, vatanga bölgan sadoqat, hurmat, sog'inch tuyg'ulari bilan ölchanadi. Masalan, amerikadagi özbeklarim, vatanidagi kökalamzor vodiylarni, dalalarni, köcha changitib yurgan bolalarning qiy-chuvlarini sog'inmaydimi? Töy ma'rakalardagi karnay-surnay, urf odatlarni sog'inmaydimi? Yoki afriqoda yashayotgan özbeklarimiz, oftobda qoraygan bölsayam yuzidan nur yog'iladigan özbek kimsalarini qömsamaydimi? Bahor yomg'irlari, yoz oqshomlari, kuz nasimlarini, qish ziynatlarini sog'inmaydimi? Dunyoni istagan joyiga boring, rosa borsa 1 oy mazza qilarsiz, lekin sizniyam allbatta vatan sog'inchi yöqlaydi. Chunki, siz shu vatan ahlidansiz, shu vatan sharoitida ösgansiz, shu vatanda oq sut ichib, ilk tetapoya qadamingizni qöygansiz... Islom dini hech qachon odamlarga og'irlik tushirmaydi. Aksincha, qancha mukammal bilsangiz, rioya qilsangiz, shuncha erkin yashaysiz. Xösh, shunday ekan, nahotki vatan tuyg'usi islom doirasidan chetda qoladi deb öylasangiz? Xulosa özingizdan, bu meni shaxsiy fikrlarim
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Lu`lu` 02 Yanvar 2012, 09:03:11
Шу форумимиз кутубхонасида  Мархабо Каримовани шеъри ссимга тушиб, сизгасм илиндим.
ЎЗБЕКЛАА ДА ШУААҚА

Ссритоқларда узум, новдаси қулоч-қулоч,
Айвонида ҳар баҳор бола очар қалдирғоч,
Салом бериб кирса ким, тсйиб чиқар бслса оч,
Билолмадим Фарангу Африқода қанақа?
Дунё ҳайрон бслса ҳам, Ўзбекларда шунақа.

Яшаб юриши мумкин қсл, оёғу бармоқсиз,
Аммо сшай олмайди сл-юрт, уруг-аймоқсиз,
Кузатишмас меҳмонни новвот, майиз, қаймоқсиз,
Билолмадим Фарангу Африқода қанақа?
Дунё ҳайрон бслса ҳам, Ўзбекларда шунақа.

Кампирларин қслида, кушайди урчуғисм,
Боламга деб дон чсқир каптар, чуғурчуғисм,
Ўғил ксрса тсй қилар, хаттоки чумчуғисм,
Билолмадим Фарангу Африқода қанақа?
Дунё ҳайрон бслса ҳам, Ўзбекларда шунақа.

Тсй қилиб, сл-юртига едириб, мазза қилар,
Қудаларига чопон кийдириб, мазза қилар,
Бу маззани лондонлик бой ота қандай билар?!
Билолмадим Фарангу Африқода қанақа?
Дунё ҳайрон бслса ҳам, Ўзбекларда шунақа.

Қандай сшаб бслади хандалаксиз. қовунсиз?
А­ркак бсптими, улоқ, кураш сйинсиз?!
"Бусиз ҳам слман " деган сафсатани қсйинг, сиз,
Билолмадим Фарангу Африқода қанақа?
Дунё ҳайрон бслса ҳам, Ўзбекларда шунақа.

Азиз қилар қайси сл биздан ота-онани?
Ан қсшниси тсй қилса, чиқмаганам одамми?!
Хор бсларди Ўзбексиз инсонист олами,
Билолмадим Фарангу Африқода қанақа?
Дунё ҳайрон бслса ҳам, Ўзбекларда шунақа.

Бешик майли, сумагин, ксриб лол бслганлар бор,
Минг йил олдин ҳам бу сл, сди буюк ижодкор,
Фарзандларин қонида сшар сша иқтидор,
Билолмадим Фарангу Африқода қанақа?
Дунё ҳайрон бслса ҳам, Ўзбекларда шунақа.

Юрт айланиб кузатсанг, бозори йсқ баққолсиз,
Юришмайди чоллари носқовоқсиз, соқолсиз,
Тилин учида хазил, гап гапирмас мақолсиз,
Билолмадим Фарангу Африқода қанақа?
Дунё ҳайрон бслса ҳам, Ўзбекларда шунақа.

Янги пишган анжирин, илинар қсшнисига,
Аон ёпинг, деб тандирин, илинар қсшнисига,
Уч кун уйда бслмаса, билинар қсшнисига
Билолмадим Фарангу Африқода қанақа?
Дунё ҳайрон бслса ҳам, Ўзбекларда шунақа.

Шу миллатнинг ксксида, туриб ой сочар зиё,
Шундай сшаш керакдиро, аслида бутун дунё,
Бу слатми бошқача, қилиб бслмас, Марҳабо,
Билолмадим Фарангу Африқода қанақа?
Дунё ҳайрон бслса ҳам, Ўзбекларда шунақа.
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Humayro 03 Yanvar 2012, 15:42:30
ватанни севиш иймондан булса нимага Абу Бакир [р а] мадинада колган скан? Менимча иймон билан ватан бошка бошка нарсалар.

Ajablanishingiz o'rinli forumdosh.
Bu hadis sahih emas. Sahih bo'lmagan hadisda esa biz uchun xayir yo'q.
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2012, 16:31:06
Sahih bo'lmagan hadisda esa biz uchun xayir yo'q.

Unday emas.
Payg'ambarimiz s.a.v. "Hikmat mo'minning yo'qotgan narsasi, uni qayerdan olsa haqlidir" deganlar. Bu hadisning sharhida ulamolarimiz musulmon odam hikmat (ilm, hikmatli so'z) ni garchi kofir odamdan ham olsa ham haqlidir deyishgan.
"Vatanni sevmoq iymondandir" hikmati - arab hikmatidir. Diniy talqindagi "iymon" atamasining hadislarda kelgan sho'balarida vatanni sevish eslatilmagan. Demak buni diniy ma'nodagi iymon emas, kengroq ma'nodagi odob-axloq ma'nosida tushunsa va amal qilsa bo'ladi.

"Usuli fiqh", "mustalahul hadis" ilmlariga ko'ra sahih bo'lmagan hadislardan ham ba'zi hukmlarda, insonlarga nasihat qilganda foydalanilganini bilib olamiz. Shunday ekan, sahih bo'lmagan hadisdan biz uchun xayr yo'q, deyish noto'g'ridir.
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Humayro 03 Yanvar 2012, 16:58:59
Unday emas.
Payg'ambarimiz s.a.v. "Hikmat mo'minning yo'qotgan narsasi, uni qayerdan olsa haqlidir" deganlar. Bu hadisning sharhida ulamolarimiz musulmon odam hikmat (ilm, hikmatli so'z) ni garchi kofir odamdan ham olsa ham haqlidir deyishgan.
"Vatanni sevmoq iymondandir" hikmati - arab hikmatidir. Diniy talqindagi hadislarda kelgan sho'balarida vatanni sevish eslatilmagan. Demak buni diniy ma'nodagi iymon emas, kengroq ma'nodagi odob-axloq ma'nosida tushunmoq va amal qilinsa bo'ladi.

"Usuli fiqh", "mustalahul hadis" ilmlariga ko'ra sahih bo'lmagan hadislardan ham ba'zi hukmlarda, insonlarga nasihat qilganda foydalanilganini bilib olamiz. Shunday ekan, sahih bo'lmagan hadisdan biz uchun xayr yo'q, deyish noto'g'ridir.

Haqsizdur balki Abdulaziz, ammo hikmat deb hamma narsani ham atab bo'lmaydi. Dinni kimdan o'rganayotganimizga albatta katta e'tibor berishimiz kerak. Kofirdan biz din va aqida masalasini o'rganolmaymiz hech qachon.

Unda boshqacaha aytaman: Sahih bo'lmagan hadis asosida hukm chiqarishda xayir yo'q.

Vatanni sevmaslik, xoinlik -  tuzlug'iga tupurishlik,
tuzlug'iga tupurish - munofiqlik,
munofiqlik - iymonsizlik.
...
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: muxlisa 03 Yanvar 2012, 17:34:09
Unda nega Vatanni sevmoq -iymondandir deyilgan? :) Bu iymonning shartlaridanmi?

Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2012, 18:06:04
Unda nega Vatanni sevmoq -iymondandir deyilgan? :) Bu iymonning shartlaridanmi?

Yuqorida tushuntirdim-ku.
Diniy istilohdagi "iymon"ning shartlarida ham, sho'balarida ham Vatanni sevish keltirilmagan.
Bu yerda "iymon" atamasi diniy ma'noda qo'llanilmagan. Balki keng ma'noda ishlatilgan.
Hikmatning ma'nosi - Vatanni sevish odob-axloqlilik namunasi. Vatanni sevish - vijdonli kishilarning vazifasi, va h.
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Donishmand 03 Yanvar 2012, 18:11:29
Bunaqada hali beri to'htamaydi shekilli muzokara.
Vatanni sevmoq iymondandir! Bu sahih hadis emas. Ammo rad qilinadigan narsa ham emas. Kimki Ollohni sevibdi, bu muhabbatining soyasida Vatanga muhabbat ham bor!
Vatanni sevmoqda faqat yaxshilik bor, yomonlik yo'q. Sevmaslikda esa yomonlik bo'lishi mumkin, ammo yaxshilik yo'q!
Tarixga bir nazar tashlasak Vatanini sevganlar ulug'landilar, ulug'lanayaptilar. Sevmaganlar nom-nishonsiz yo'q bo'ldilar. Shuning o'zi kifoya.
Aslida bu narsalarni yozishning o'zi hijolatli. Shuncha ulug' odamlar Vatan uchun yig'lab o'tganlarida biz bu yerda "Vatanni sevish nimaaa?" - deb o'tirsak bo'lmas...
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Ислoмбек 03 Yanvar 2012, 18:21:11
 Assalomu alaykum!

Шайх Муҳаммад Содиқ

"Ватанни севмок иймондандир". Ҳадис смас.

http://savollar.islom.uz/smf/index.php/topic,10549.msg89819.html#msg89819
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: AbdulAziz 03 Yanvar 2012, 18:23:15
Haqsizdur balki Abdulaziz, ammo hikmat deb hamma narsani ham atab bo'lmaydi. Dinni kimdan o'rganayotganimizga albatta katta e'tibor berishimiz kerak. Kofirdan biz din va aqida masalasini o'rganolmaymiz hech qachon.

Bu kundek ravshan. Kufr ahlidan dinimizni o'rganmaymiz. Lekin hayot uchun foydali boshqa ilmlarni kufr ahlidan o'rganish mumkinligi haqida yuqoridagi izohda keltirdim.

Iqtibos
Unda boshqacaha aytaman: Sahih bo'lmagan hadis asosida hukm chiqarishda xayir yo'q.

Bu ham to'g'ri emas.
Sahih bo'lmagan, lekin hasan hadislardan ham hukmlar olingan. Shuningdek, ba'zi hukmlar buyuk itihodchi ulamolarimizning ijmo'lari ila sobit bo'lgan. Albatta, bu xayrdir.

Bir eslatma: Diniy istilohlarni qo'llashda va ular haqida fikr bildirishda o'zimizcha hukm chiqarishdan ehtiyot bo'laylik. Bunday holatda eng yaxshi usul: ulamolarning so'zlariga tayanishdir.
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Ислoмбек 03 Yanvar 2012, 18:30:06
Аллоҳ инсонни халқ қилди. Ўзи ундан сратгани ва унга қайтарадигани ерга, заминга, она тупроққа муҳаббатни инсон фитратига қориштирди. Шайх Муҳаммад Ғаззолий айтадилар: "œБашар сз ерига, гарчи у  тап-тақир саҳро бслса ҳам қаттиқ боғланади. Ватанни севиш инсон руҳистидаги асл табиатдир. Ушбу табиат ватанда сшашда ҳузур-ҳаловат, ундан узоқ бслинганда соғинч, ҳужум қилинганда мудофаа ва камситилганда ғазаб ҳисларини пайдо қилади".

http://islom.uz/content/view/2325/137/
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: muxlisa 03 Yanvar 2012, 18:49:53
Mavzuga Vatanim haqida post yozmoqchi bo'lib kirgandim, gap aylanib kettu hadisga. Ba'zi fikrlarimni boshqalar yozibam bo'lishibdi...
Demak, Vatanni sevish insonning fitratidagi bor narsa ekan.
O'zim ham o'ylagan edim nega shunchalik yaxshi ko'raman Vatanimni, deb : )

Yaxshi, tushunarlik.
Bahonada bilmaganlarimga aniqlik kiritvoldim.
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Humayro 04 Yanvar 2012, 09:16:40
Ruxsta bersangiz men ham fikrimni bildirsam.
Avvalo eslatib o’taman, Abdulaziz sizni va boshqa forumchilarni hurmat qilaman, va fikringizga qarshi fikr bildirishimni ba’zi userlarder — hurmatsizlik, befarosatlik va shattalik deb tushunmaysiz degan umitdaman.
Diniy talqindagi "iymon" atamasining hadislarda kelgan sho'balarida vatanni sevish eslatilmagan. Demak buni diniy ma'nodagi iymon emas, kengroq ma'nodagi odob-axloq ma'nosida tushunsa va amal qilsa bo'ladi.

Yuqorida tushuntirdim-ku.
Diniy istilohdagi "iymon"ning shartlarida ham, sho'balarida ham Vatanni sevish keltirilmagan.
Bu yerda "iymon" atamasi diniy ma'noda qo'llanilmagan. Balki keng ma'noda ishlatilgan.
 

Yani dindan-da kengroq qo’llanma ham bor demoqchimisiz? Ho’p bor deylik, unda Iymon so’zining yana qanday ma’nosi bo’lishi mumkin? To’g’risi men uchun iymon so’zining boshqa ma’nosi yo’q. Agar iloji bo’lsa keltiring. Biz ham bilaylik. Chunki tushunishimcha biz turli xil "œiymon" haqida gaplashayapmiz.

Iqtibos
Unda boshqacaha aytaman: Sahih bo'lmagan hadis asosida hukm chiqarishda xayir yo'q.
Bu ham to'g'ri emas.
Sahih bo'lmagan, lekin hasan hadislardan ham hukmlar olingan. Shuningdek, ba'zi hukmlar buyuk itihodchi ulamolarimizning ijmo'lari ila sobit bo'lgan. Albatta, bu xayrdir.

Vatanni sevmaslik, xoinlik -  tuzlug'iga tupurishlik,
tuzlug'iga tupurish - munofiqlik,
munofiqlik - iymonsizlik.

Men aynan ibora haqida aytdim. Azizbek_mxni o’rnida boshqa inson ham bo’lsin bu so’zdan shu xulosani chiqargan bo’lardi. Vatanni sevish iymondan, sevmaslik esa — iymonsizlik. Mantiqan shunday emasmi? Iymonsizlikni ham demak boshqacha izohi bor, shundaymi? Yanayam demak men iymon va iymonsizlikning boshqa bir ma’nosini tushunmabman.

Bir eslatma: Diniy istilohlarni qo'llashda va ular haqida fikr bildirishda o'zimizcha hukm chiqarishdan ehtiyot bo'laylik. Bunday holatda eng yaxshi usul: ulamolarning so'zlariga tayanishdir.

Haqsiz. Men hech kimning ustidan hukm chiqarmadim, agar kimgadir shunday ko’ringan bo’lsa uzr so’rayman. Gap aynan tapadagi ibora haqida ketadigan bo’lsa, bu diniy istilohot va hadis ham emasligi aniq bo’ldi, demak uni qo’llashda ham din va dindorlar uchun qo’llanilmasligi va ayniqsa kimnidir faqatgina vatanidan yiroq bo’lganligi uchun iymonsiz atab hukm chiqarmaslik adolatdan bo’ladi.

Vatandan chetdagilar haqida birnarsa deyishdan avval yaqin o’tmishdagi "œbosmachi"larni eslaylik. Ular haqda nima deysiz? Ular kim edi? Nega vatangado bo’lishdilar? Nega nom-nishonsiz ketdilar? Ular asl vatansevarlar, vatanparvarlar emasmidi?

Vatan — bu qarorgohimiz, uyimiz, oilamiz. Har bir insoni o’z vatanini sevishida shak va shubha yo’q. Vatanini sevish burch emas, balki inson tu’gilganidan unga jo qilingan ajralmas hissiyotdir. Vatanini hamma sevadi. Kim unib o’sgan uyini, bolaligi kechgan ko’chalarni, maqktabini, do’stlarini, qo’shnilarini sog’inmaydi deysiz. Bu bir umrga qoladigan his. Gap Iymon va etiqod masalasida ketayapti. Sizlar ham ehtiyot bo’ling, hukm chiqarishga.

Mavzu nomini vataning uchun nima qilding deb o’zgartirilishini taklif qilgan bo\lardim. Balandparvoz, quruq gaplardan ko’ra, nima qilganliklarini yozishsa yaxshi bo’lardi.
Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: Habib 04 Yanvar 2012, 10:31:44
Ватанни севмоқ иймондандир.

Ватанни севиш иймонлик инсоннинг ишидир. Иймонлик инсон ватанини севади, қадрлайди. Бу нақлда "иймондардир" дегани иймоннинг бир ксринишларидан дегани назаримда. Яъни, Ватанни севиш иймонлик инсоннинг ишидандир, унинг иймонини баркамоллигидандир дегани фикримча.

Бирорта иймон-стиқодлик инсон борми Ватанини севмайдиган?

Аллоҳ умрларига барака берсин, шайхимиз бу ҳадис смас дебдилар.

Тортишишга снди не ҳожат?

Вақтдан унумлик фойдаланайлик.

Бир куни шайх Жамол Қосимий вақтларини зое қилаётган йигитларни ксриб афсус билан: «А­ҳ қани снди вақт сотилганида, албатта шуларнинг вақтларини сотиб олган бслардим», деб айтган скан.

Nom: Re: Vatanni sevmoq iymondandir!
Yuborildi: As-Samarqandiy 04 Yanvar 2012, 17:24:15
Biz kim mulki turon amiri turkistonmiz, biz kim millatlarning eng qadimi va eng buyugi turkning bosh bo`ginimiz.

O, ota makonim.
Onajon o‘lkam,
O’zbekiston, jonim to‘shay soyangga.
Senday mehribon yo‘q,
Seningdek ko‘rkam.
Rimni alishmasman bedapoyangga.

Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar,
Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Tog‘laring ortimdan ergashib yurar.

Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin.
Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men —
Parijning eng go‘zal restoranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman men.

Na gapga ko‘nayin,
Na til bilayin,
Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat -
Uch kunda sog‘insam nima qilayin,
Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat.

Bildimki, baridan ulug‘im o‘zing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing,
Arab ohusidan azizroq menga.

Sen bilan o‘tgan har kun bayram - bazm,
Sensiz bir on qolsam vahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman ta’zim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.
Nom: ТУПРОҚ ҲИДИ
Yuborildi: AbdulAziz 17 Yanvar 2012, 15:25:27
ТУЛА ОҚ ҲИДИ

 Болалигимда дадам совға қилган, сзим снг севиб мутолаа қиладиган «Ўзбек халқ мақоллари» номли китобим бсларди. Ундаги биринчи мақол:

«Булбул чаманни севар,

Одам — Ватанни», сди.

Болалик тасаввурларим ҳам болаларча сди. Катталар «давлат пул бермаспти», «давлатда пул қолмабди» дейишса, Давлат деган киши аввал бой бслган-у, кейин камбағаллашибди-да, деб сйлардим. Худди шу каби Ватан қандайин гсзал масканки, уни ҳамма одамлар севса, дес таажжубланардим. Мен Водилни билардим, Шоҳимардонни билардим, лекин Ватан қаердалигини билмасдим. Шу саволлар билан андармон бслиб юрган кунларим дадамдан Ватаннинг қаердалигини ссрадим. Отам кулиб қсйдилар-да, «Ватан ҳозир сен турган ер, манашу қумсувоқ уйимиз, сен чангитиб сйнаган маҳалла» дедилар. Мен сса ҳар куни ксрадиган таниш манзаранинг нимаси чиройли скани, қайси жиҳати худди Шоҳимардон каби оҳанрабодек доим сзига тортаверишини тушунмасдим"¦

Мактаб тугаб, мусофирлик ― талабалик ҳаёти бошланди. Ҳар бир қадамимизни назорат қиладиган инжиқ кампирнинг ижарадаги ҳовлисида 4-5 «вилостлик»лар сшаган пайтларимиз баъзида битта нонга ҳам пул топа олмай, бир-биримизга термулиб чиққан тунларда отам айтган сша Ватан ксз олдимдан кетмас сди"¦

Ўқиш ва малака ошириш сабаби ила хорижда юрган кезларим муомаласи-ю хуш феъли бошқаларга схшамайдиган, чснтагида доллари бслмаса ҳам сизга қслидан келган барча ёрдамни беришга тайёр, самимийлиги юзидан билиниб турадиган камтарин миллатдошларимни соғиндим"¦

Аавбатдаги сафардан қайтарканман, учоғимиз Тошкентга қсна бошлагандан сснг барча қарсак чалиб олқишлаётган пайтда бир қариснинг йиғлай бошлагани сътиборимни тортди. Оппоқ соқоллари юзига зеб берган бу нуроний киши учоқдан тушгунгача йиғидан тинмади. Личир-пичир гаплардан унинг сқинларидан биров вафот стган бслса керак деган фикрга келгандим. У трапдан пастга тушиши билан холироқ жой қидира бошлади. Милияис ходими унинг ҳаракатларидан шубҳаланиб, қарис томон юра бошлаган жойида тақа-тақ тсхтади. Ауроний ерга сажда қилганича ҳснграб йиғлаб юборди. Унинг тилидан «Шукр, алҳамдулиллаҳ» ссзлари тушмасди.

Мен бу нуронийнинг кимлигини билолмадим. Қарис билан роса суҳбатлашгим, дардлашгим келди. Лекин унинг бу ҳолатида Ватан тупроғи снг схши дардкаш сди. Яқинда бир дсстим ана шундай ватансевар миллатдошимиз ҳақида гапириб қолди.

Абдусамад ота йигитлик пайтида шсролар зулмидан қочиб, Арабистон диёрига ҳижрат қилади. Ўша ерда уйланади, бола-чақали бслади. Марғилонда ҳам давлатманд бслган Абдусамад Арабистонда ҳам ҳалол тижорати ила бойлик ва мартабага сришади. «Мен барибир Марғилонга қайтаман» дер сди у ҳар доим. Мустақиллик бслиб, йсллар очилган пайти Абдусамад ота қариб қолган, бир сзи узоқ сафарга чиқа олмай қолганди. Танаси бошқа дард билмас, деганларидек катта-катта тижорат сгалари бслган сғиллари турли баҳоналар билан уни сз юртига олиб боришмас сди. Анча «инжиқлашиб» қолган отадан сғиллари ссрашибди:

― Ота, сизга нима етишмаспти?

― Ўз уйимни соғиндим.

― Данғиллама ҳовлида турсангиз, атрофингизда хизматкорлар гирдикапалак бслса. Алмисоқдан қолган сша кулбани нима қиласиз?

― Менинг уйимда ссрилар бор сди. Ссри ёнидаги дарахт соссида дам олардим.

― Ота, ҳаммасини шу ерда қилиб берамиз.

Ўғиллар ссри ссатишибди. Ссри атрофига дарахтлар стқазишибди. Отага на мева, на сос берадиган бу дарахтлари ҳам ёқмабди. Ўғиллар Туркисдан мевали дарахтлар олиб келтириб стқазишибди. Ота:

― Ссри остидан анҳор оқарди. Сувлари шилдираб турарди. Тарвузни дуррага боғлаб анҳорга ташлаб қсср, кечқурун ссйиб ердик"¦

Ўғиллар сснгги технологисни ишга солиб суви доимо айланиб турадиган сунъий анҳор барпо стишибди. Оталари тасвирлагандек анҳорга тошларни солиб, шилдирайдиган қилишибди. Албатта маълум ҳажмдаги сув айланиб тургани билан анҳор бслолмайди. Ота:

― Бизнинг анҳорнинг шабадаси бсларди, сув бсйида ссган слпизнинг ҳиди хонадонимизни тутарди. Шомдан кейин дарахтларни аста шитирлатган шабадани соғиндим.

Ўғиллар махсус кондияионер ва вентилсяион тизим барпо қилиб, шабадани йслга қсйишибди. Ялпиз ҳидли ҳаво пуркагичлардан фойдаланишибди. Ота соғинганларини тополмай борига сабр қилар, лекин қалби таскин топмаётгани юзидан аён сди. Ўғиллари:

― Ота, ҳаммасини сша уйингиздек қилиб бердик. Яна нега маъюссиз?

― Асрдан кейин ҳовлига анҳордан сув олиб сепардик. Сув сепилган тупроғимнинг ҳиди"¦ Ўша ҳидни соғиндим"¦

Ўғиллар учун бошқа илож қолмабди. Отани олиб, сз юрти томон йсл олишибди. Ота жойлари сзгариб кетган, лекин сша анҳорли хонадон, бир хоналик сски кулба сақланган скан. Ота ксз ёш тскиб, соғинган жойларини ксзга суртибди. Тадбиркор сғиллар уч кундаёқ зерикиб, «кетайлик»ка тушишибди. Ота сса ҳеч кетгиси келмас, ҳар куни зиёратига келган одамларнинг суҳбатларидан ҳузур оларди. Ўғиллар сз юртларига қайтишибди. Ота сса Марғилонда қолибди. Бир ойдан сснг катта сғли келиб, олиб кетишга ҳаракат қилибди. Ота кснмабди. Уч ойдан сснг ота сша анҳор устидаги ссрида жон таслим стибди"¦

Давронбек ТОЖИАЛИЕВ

"œVatandosh" газетаси, 01.01.2012

http://davronbek.ziyouz.com/?p=1001