forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Tortlar => Mavzu boshlandi: Ansora 11 Aprel 2012, 11:44:00

Nom: Quyultirilgan sut va mayin pishloqli tort:)
Yuborildi: Ansora 11 Aprel 2012, 11:44:00
  :asl3:

Aslida bu tortni bu manzildagi tortga qarab tayyorladim:
http://pazanda.uz/forum/index.php?topic=970.0

Men faqat tvorog emas, mayin krem va quyultirilgan sut soldim.

Tortni tayyorlanishi jarayonini shu mavzudan qarashingiz mumkin:

Kerakli mahsulotlar:
8 dona tuxum
200 gr shakar
200 gr un
150 gr kraxmal
2 qoshiq razrıxlitel'
2 qoshiq vanilin
200 gr murabbo -biskvitga surish uchun

Orasidagi kremiga:

500 gr mayin pishloq, men "Ulker"- "Labne" pishlog'idab foydalandim.
100 gr quyultirilgan sut

Ustidagi krem uchun:

125 gr saryog'
1.5 qoshiq kakao
250 gr shakar pudrasi
2 qoshiq qaynagan suv



(http://s019.radikal.ru/i601/1204/ae/e5e3c23d20e6.jpg) (http://www.radikal.ru)

(http://s57.radikal.ru/i158/1204/9a/61891eb2e996.jpg) (http://www.radikal.ru)

(http://s49.radikal.ru/i126/1204/4e/537f864a5ff9.jpg) (http://www.radikal.ru)
Nom: Re: Quyultirilgan sut va mayin pishloqli tort:)
Yuborildi: Ansora 11 Aprel 2012, 11:46:37
Quyultirilgan sutni ham o'zim tayyorlagandim:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=6913.0

Men Tvorogli tortda quyidagi o'zgartirishlarni qildim:

1. Tort nonini (biskvit)ni tuxumning oq sarig'ini ajratib olib, oqiga-bir chimdim tuz va 3 qoshiq suv solib ko'pirtirdim qorday. Narigi tarafda sarig'ini shakar bilan ko'pirtirdim, oq ko'pik bilan asta sekin tahta qoshiq yordamida aralashtirdim, pastdan tepaga qarab, orasidagi havosi qochib ketmasin, deb, (shishmay qolishi mumkin, dedim) qolgan un vhk-larni ham asta sekin yana tahta qoshiq yordamida qo'shib bordim, mikser ishlatmadim ya'ni. Qorishma tayyor bo'lganda qo'yiqqina edi, uni ham listga yoydim qoshiq yordamida, o'zi to'kilmadi, judayam zo'r shishdi-birinchi marta:) bundan keyin inshalloh biskvitni shu uslubda qilaman.

2. Kremiga- 500 gr- Krem peynir-plavlennıy sır bilan o'zim tayyorlagan quyultirilgan sutdan 100 grni mikserda aralashtirdim, biroz muzlatgichda turdi, keyin surdim.

3. Eng ustidagi shokoladli kremini shunday tayyorladim: 125 gr xona haroratida erigan saryog'ni avvalo mikser bilan yaxshilab mayinlashtirib oldim, 250 gr shakar pudrasini solib, yaxshilab yana aralashtirdim mikserda. 1.5 qoshiq kakao soldim, aralashtirdim, ohirida 2 qoshiq qaynagan suv solib, yaxshilab aralashtirdim. Aslida shakllar bilan bezamoqchi edim, lekin vaqtim yo'q edi...

Men tortni qolipga solmaganim uchun dum-dumaloq bo'lmadi, qolipdan kichkinaroq bo'ldi, undan kichkina qolibim yo'q edi. Lekin yeganimdan keyin mazasini judayam yoqtirdim:)

Nom: Re: Quyultirilgan sut va mayin pishloqli tort:)
Yuborildi: registan 11 Aprel 2012, 11:58:54
Zo'r chiqibdi, rahmat.
Nom: Re: Quyultirilgan sut va mayin pishloqli tort:)
Yuborildi: bir_qizcha 21 May 2012, 15:42:59
Assalomu alaykum.
Kapalak opa pishloqni o'rniga boshqa birini solsa ham bo'larmikin?Ya'ni pishloq o'rnini nima bilan to'ldirsa bo'lar ekan?
Shu tortizni ko'rganimdan beri havasim ketgan,bir qilib ko'ray degandim
Nom: Re: Quyultirilgan sut va mayin pishloqli tort:)
Yuborildi: Saliha 21 May 2012, 16:49:24
 :vsl3:
Kapalak, tortiz judayam nafis chiqibdi..yahshi ishibdi rostanam.. qo'lizga soglik..
nimaga orasidegi kremi uzuna holida ko'rinyabdi..orasidegi kremi qana surdiz...
Nom: Re: Quyultirilgan sut va mayin pishloqli tort:)
Yuborildi: Ansora 22 May 2012, 10:24:43
Assalomu alaykum.
Kapalak opa pishloqni o'rniga boshqa birini solsa ham bo'larmikin?Ya'ni pishloq o'rnini nima bilan to'ldirsa bo'lar ekan?
Shu tortizni ko'rganimdan beri havasim ketgan,bir qilib ko'ray degandim


Valaykum assalom. Albatta qilib ko'ring. Mana haligacha soginib yuribman, vaqt yoq qilgani:)

Asl ta'rifda tvorog edi, siz tvorog soling, mazasi yana ham zor chiqar ekan, shunday dedi pazandadagi qizlar:)
Nom: Re: Quyultirilgan sut va mayin pishloqli tort:)
Yuborildi: Ansora 22 May 2012, 10:26:30
:vsl3:
Kapalak, tortiz judayam nafis chiqibdi..yahshi ishibdi rostanam.. qo'lizga soglik..
nimaga orasidegi kremi uzuna holida ko'rinyabdi..orasidegi kremi qana surdiz...

 :asl3:

Rahmat Saliha...

Asl mavzu egasi ruhsat bersa (soradim-javob kutyabman) bu yerga ham qadamba qadam joylayman inshalloh, men olmagandim rasmga.

Listda noni pishirilgandan keyin ustiga murabbo surilib, 3-4 bolak uzunasiga kesiladi va tikka qilib orab chiqiladi, shundan...
Nom: Re: Quyultirilgan sut va mayin pishloqli tort:)
Yuborildi: Saliha 22 May 2012, 12:47:00
aha kutaman, asosiy krem surilishini etab qilib joylen iltimos yozganizga tushunmadim..
Nom: Re: Quyultirilgan sut va mayin pishloqli tort:)
Yuborildi: bir_qizcha 22 May 2012, 17:11:01
Mana foto otchet bilan keldim.Biskvitini siznikiday qildim,juda mayin chiqdi.Kremini Umm_Yusufnikiday qildim.Ilk to'rt qilishim edi.Shukr harqalay uyaltirmadi ))
(http://s019.radikal.ru/i600/1205/65/c9c18d81da56.jpg)
Nom: Re: Quyultirilgan sut va mayin pishloqli tort:)
Yuborildi: Ansora 23 May 2012, 10:50:13
Mana foto otchet bilan keldim.Biskvitini siznikiday qildim,juda mayin chiqdi.Kremini Umm_Yusufnikiday qildim.Ilk to'rt qilishim edi.Shukr harqalay uyaltirmadi ))
(http://s019.radikal.ru/i600/1205/65/c9c18d81da56.jpg)

Singlim, 1-si shunday bolsa:) mashalloh, zor chiqibdi...
Nom: Re: Quyultirilgan sut va mayin pishloqli tort:)
Yuborildi: Ansora 23 May 2012, 10:53:47
aha kutaman, asosiy krem surilishini etab qilib joylen iltimos yozganizga tushunmadim..

Salihajon, Umm_Yusufni tortlarini alohida mavzu qildim:

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=7175.new#new

mavzuda qadamba qadam korsatilgan:)
Nom: Re: Quyultirilgan sut va mayin pishloqli tort:)
Yuborildi: Saliha 23 May 2012, 14:13:35
Kapalak,kotta rahmat sizgaa endi tushundim..qarenga man ko'p pishurulani say 7 ga qarab qilardim..forumiga kirmagan ekanman..tekrar tesekkur ederim..