forum.ziyouz.com

Yurtdosh => Xorijdagi o'zbeklarim => Mavzu boshlandi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:35:30

Nom: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:35:30
Noza:

Nega horijda o'qib kelgan va hozir ham tahsil olayotgan o'quvchilar u erda qolishni hohlashadi?
Axir O'zbekistonda ham yahshi bilim yurtlari ko'pku?
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:35:42
Bonu:

Nozadil, siz ozingiz qayerda oqiysiz? Va osha yahshi deb aytgan bilim yurtlari qaysilar ekan??Keyin man oz fikrimni etaman
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:35:52
Noza:

Salom Bonu! Yahshimisiz? Man o'zim hozircha kollej talabasiman. Hudo hohlasa shu yili institutga kirmoqchiman.
Savolizga kelsak West Minister Un. ti, O'zMU, TJahon tillari inst. lari kabi bilim yurtlari borku?
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:36:03
Bonu:

Nozadil, sizni bu harakatlarizga omad tiliman va ruhizni hech ham tushurmoqchi emasman. Bizadagi oqishlarga kelsak, Uzbekistonda oqish sistemasi juda eski usullarda orgatiladi shunga ham hech qaysi studentta qiziqish uygotmaydi, man ham oqishga kriishdan oldin dahshat fikrlarda kirgandim, lekin tesarisi bolib chiqdi, domlalardan kereli bilimni ololmaganizdan keyin chet elda oqigiz keladide! Botda umuman boshqacha! Lekin shu Uzb. dagi bu holatga oquvchilarni ozi ham sababchi, ozlari orgatib oyishgan bunga, va domlalarni yurakdan talim beradigani 3% bolsa kere. Man kop oqishlarni kordim, lekin baribir hamma yerda BIR HIL!!!!
Man ham Westminister Universoty ga kirganman, bu maqtanish emas albatta chet elga ketadigan vaqtimda 2 ta narsadan bittasini tanlashim kere boganda, shu Westministerni tanlamaganman, Mani 2 ta shunaqa dostim bor chet elda, bittasi Westminister ga grandga kirgan yani byudjet, Umid jamgarmasi taminlardi 1 yil oqidi osha odam ham hatto hohlagandek bilim ololmadi hozir USA da Universitetda oqidi. Oqishga kirganlardan 70% yigitlar faqat shu harbiy hizmat uchun, quruq diplom uchun va yoki shunga ohshash maqsadlarda kiradi. Qizlar esa 1 yil oqishadi keyin turmushga chiqishadi va kallada hech narsasiz bitirishadi. Hatto shunaqa domlalar borki eng ikkichi student undan aqlli. BU nimasi? NIma uchun unday orqaga ketyapmiza? Bizani oldingi ilg'or studentlarga nima boldi? Chet elda majbur bolib darsni hech kim oqimaydi, ozimga shu ertaga kere deb, juda ham qiziqib oqiydi har bir student. Va hohlagan istagan kerakli deb hisoblagan fanlarini oqish mumkin. Asosan vaqt mustaqil shugullanish bilan otadi 12 largacha oqib tugatilsa darsni keyin kun boyi kutubhonada otirishadi, har hil togaraklar bor, darsdan orqada qolganlar uchun alohida oqituchilar bor, yahshi qabul qilmaydiganlar, tushunmaganlarga ham alohida vaqtlar ajratilagan. Hamma tomondan ham chet eldagi oqish sistemasi boshqacha, kutubhona, zamonaviy labarotoriyalar qaysi bir universitetda bor? Borlari ham juda nomiga quruq gap uchungina.. Bizada domlalarni oyliklari ham bottagi kabi kop boganda albatta bizada domlalar jon kuydirishardi,
sizga maslahatim esa, agar kirmoqchi bosez haqiqat hech qachon bukilmaydi, hech kimni gapiga qaramasdan shartta ozizni bilimizag ishonib yahshilab oqib harakat qisez hammasi OK boladi, chunki mani ham rosa qorqitishgandi, hamma aqllilar chet elda oqib keganlar kiradi u joyga san kiromisan deb, man ham ozimni kuchinga ishonganman, siz ham qorqmang. Westministega kirsangiz ham boladi eng yahshi oqish hozir osha yer hisoblanadi nisbatan olganda, qolgan oqishalar hammasi bir go'r! Harakatga Ollohim har doim barakat beradi, harakatizni qiling. Omadingizni bersin!
   
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:36:15
AbdulAziz:
Bonu, judayam to`gri fikrlarni bildirgansiz.
Kottalarning aytishicha avvallari agar yoshlarga savol bersangiz, kim bo`lasan deb 40 foizi o`qituvchi, 30 foizi shifokor bo`laman der ekan. Sababi o`zingizga ayon. Hozirgi yoshlardan so`ran ko`ringchi? San kim bo`moqchisan deb? Birontasi o`qituvchi bo`laman, bollarni o`qitaman deydimi? Agar bitta ikkita aqllisi chiqib qolmasa, boshqasiga garrantiya yo`q. Nega? Buning ham sababi ayon!
Natijani esa hozirdanoq ko`ryapmiz. Uje maktablarda domlalar yetishmaydi, ayniqsa erkak domlalar. Studentlar dars beyapti bollarga. Maktab ta'limi degan ham tarbiya, ham ma'rifat. Talaba yoki o`zi ham hech narsani bilmaydigan. o`lganini kunidan maktabda tirikchilik qilib yuradigan o`qituvchidan bola na tabiya oladi, na ilm. Avvallari biz maktabda dars qilib kelmaslikdan cho`chardik. Kechalari uxlamay bo`lsa ham o`qituvchimiz bergan vazifani bajarardik. Hozirgi yoshlarchi? Ularda na o`qishga qiziqish bor (qiziqtirish bo`lmagandan keyin Qiziqish qayoqda?), na ilm olishga intilish...
Xullasi kalom, hamma kuchni hozirdanoq maktabga tashlash kerak. Zero, biz qilgan xatoni kichik yoshlar qilmasin!!!
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:36:27
Kumushbibi:

So'zlaringizga qo'shilaman.Mani fikrimcha talabalarda ta'lim,o'qishga bo'lgan qiziqishini kuchaytirish uchun birinchi navbatda o'qituvchilarni yetarli mablag' bilan ta'minlash kerak.Shundagina ularda o'z ishlariga bo'lgan ma'suliyat uyg'onadi.Bu narsa albatta talabalarning o'qishga bo'lgan ehtiyojiga katta ta'sir ko'rsatadi.
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:36:38
Bonu:

Kumushbibi, lekin kim shuni qiladi? Qachon tushunib yetishadi ozi? Har doim bu gaplar qogozda qolib ketaveradimi?????? Ta'lim borasida qilinayotgan keragi yoq ishlardan kora shunga ahamiyat berishsa nur ustiga alo nur bolgan bolardi, yaqinda Talim vazirligida ishlidigan bittasi bilan gaplahib qogandim, birontga ham talabga javob beradigan oqish qolmagan hozir desa qotib qoldim, juda ahvol yomon.
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:36:50
AbdulAziz:

O`sha Talim vazirligida ishlidigan bittasi noto`gri gapiribdi. To`g`ri qilinayotgan ishlarning ko`pi "tashi yaltiroq, ichi qaltiroq" qabilida. Lekin, "tashi qaltiroq" bo`lsa-da, "ichi yaltiroq" o`qish joylari ham bor. Lekin bular juda kam.
Yana ilm-fanni o`zini hayoti deb biladigan olimlarimiz ham tobora chet-petga "surib" borishmoqda. Ularni vaqtida olib qolmasak, (o`zi ko`pidan ayrildik), Vatanimizga hech nima qolmaydi va yana taraqqiyot orqaga ketadi. Buni hammasi uchun pul kerak deysizlar.
To`g`ri pul kerak. Lekin bir-ikkita puldor Vatanparvarlar ham kera deb o`ylayman. Chunki, agar bir odam chetdan qarasa, binolarimizga, mahalladagi, qarsillama imoratlarga, odamlarning minib yurgan mashinalariga... O bu O`zbekiston deganlari jannatni o`zi ekanu deydi... lekin kimdir davrini surib yuribdi, yana kimdir... O`sha davrini surayotgan puldor Vatanparvarlar, ozgina ilmga rag`bat qilishsa, milllat millatni suyasa qanday yaxshi natijalarga olib kelardi...
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:37:00
Bonu:

Gapizga qoshilamanu ammo qani qaysi oqishni misol keltira olasiz? NIma qilasiz quruq gap qilib aka? Ozingiz korib turibsizku, nohaqliklaru, porahorliku, va hakozo...
Bu narsa siz oqiyotgan joyda yoqmi?!!!!Albatta, hamma yoqda hozir haqiqiy oqiydiganlar soni juda kam, lekin anu gapizga kese, boylik insonlarni kozini kor qilib qoyadi, va albatta ana shu puldorlar ilmga ragbat qilgandan kora, ozlarini nafslariga ragbat qilyaptilar, yani mersadeslarini fordga almashtirgandek. Hullas, bu bizani qolimizadan keladigan ish emasga ohshidi.
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:37:13
AbdulAziz:

Bor shunday o`qishlar. Mani o`rtoqlarim bor, diplomatiyada, Westminsterda. Haqiqiy o`qishadi, ular. Tanganing doimo ikki tarafi bo`ladi. Garchi bir tarafi archilib, yanchilib, yeyilib, o`chib ketgan bo`lsa-da, ikkinchi tarafi bor. Shuni unutmaslik kerak.
Lekin millatimizning boylariga tan bermadim. Asrimiz boshida millatimizning boylari millatparvar edi, o`z yurtini, millatini sevar edi, mersedesini, uyini emas. Ana o`shalar edi, millatning iqtidorli yoshlarini chet-elga o`qishga yuborgan. Ana o`shalar edi, millat manfaatini o`ylagan... Ho`zir ham shundaylar bormikin???
   
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:37:23
Noza:

Salom hammaga!
Muloxazalringizni o'qib juda ta'sirlanib ketdim.
To'g'ri bu qoloqlikni sabablari ancha.
Lekin hamma narsa pulga borib taqalayabdi desak notog'ri bomidi. Hozir ishonsangiz kollejimdagi oddiy o'qituvchilarning ayrimi mandan kam oylik oladilar.
Bo'lmasa ular mandan og'ir ish qiladilar.
Butun kuchlarini har soatda 25-28 o'qituvchiga jalb etish...... bu albatta oson ish emas!
Lekin shunda ham o'z ishlariga sodiq o'qituvchilarimiz kam emas!
Ularga yahshi oylik to'lash yoki yordam berish bu avvalo o'z yolini topgan boylarni vazifasi emas, balki davlat ishi.
Axir davlatimizda kuniga qaerdadur qurilish, remont.
Naxot shularga topilgan pul oddiy bir ustozlarimiz oyligi bo'la olmasa.
O'zbekiston keng imkoniyatli davlat deyishadi. qani o'sha imkoniyatlar? Qaerga sarflanayabdi bu imkoniyatlarimiz?.............................
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:37:35
AbdulAziz:

Albatta, domlalarning oyliklari bilan bog`liq muammolar ham talaygina. Oylik oz bo`lgandan keyin domlalar ham boshqa yo`llardan mablag` topishga harakat qiladilar. Ana sekin-sekin boshlanadi, poraxo`rlik, yana boshqa narsalar.
Pora berib o`qigan bola, albatta o`sha bergan pullarini boshqa joydan undirib olishga harakat qiladilar...
Ko`p narsa moddiy farovonlikka bog`liq, baribir.
O`qituvchini qorni to`ymas ekan, uning dars berishda halovati bo`lmaydi.
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:38:04
Otabek:

Noza, Hozirgi o'qiyotgan joyingiz haqida gapirib bering.
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:38:17
Noza:

Man hozir Mirzo Ulug'bek informatika kasb-hunar kollejining 3 kursida tahsil olmoqdaman. Soham kompyuter grafikasi. O'qishimiz umuman olganda yomon emas. Lekin bizga malakali o'qituvchilar etishmaydi. Ular juda kam. Ayniqsa hozirgi paytda bizda o'qituvchilar etmasligidan o'quvchilarga dars o'tmaslik hollari ko'p. Man 3 kurs bo'lsam ham haligacha bizda "EXM va tarmoq" fanidan o'qituvchi yoq. Holbuki bu fan bizda 2 kurs 2 semestr da bo'lishi kerak edi.
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:38:31
AbdulAziz:

Ha, bizda texnika sohasida mutaxassislar yetishmaydi. Borlari ham baxtlarini boshqa davlatlardan izlab ketib qolishgan. Bunga sabab esa moddiy farovonlikning kamligidir.
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:38:48
To'ychiyeva Dilnoza:

SALOM AZIZLAR MEN SIZLARNI FIKR MULOHAZALARINGIZNI O'QIB TASIRLANIB KETDIM.XORIJDA O'QISYAHSHI BUNI TAN OLISH KERAK,LEKIN O'ZBEKISTONDAGI O'QISHLARNI HAM PASTGA URISH YAHSHI EMAS MENIMCHA. NIMA BO'LGANDA HAM SHU YERDAGI O'QISHDA O'QIGANLAR HAM NONINI TOPIB YEYABDIKU.UZOQNI BUG'DOYIDAN YAQINNI SOMONI YAHSHI.DEGAN MAQOLGA NIMA DEYSIZLAR?
   
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:39:03
Abdulaziz:

Hech kim o`zbekistondagi o`qishlarni pastga urgan yo`q.
Sizga savol: Agar yaqiini somoniga qurt tushgan bo`lsa nima qilish kerak? Uzoqqa borib yaxshi don olish kerakmi, yoki qurt yegan somonni chaynayverish kerakmi?
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:39:15
Gareeb:

Noza! Siz chet elda o'qiyotgan talabalarga unchalik ham havas qilmang, chet elda oson emas. Agar imtihondan o'ta olmasangiz hech kim sizga yordam bermaydi. Yiqilib qolaverasiz, kelgusi yili qaytadan oqiysiz. Qolaversa hozir chet elga ketayotganlarning o'ntadan bittasi o'qigani ketyapti, qolganlari ishlash uchun.Hamma narsa pulga taqalmasa ham , eng zarur narsalarni bajarish uchun pul ham kerak bo'lyapti, buniminkor qilib bo'lmaydi. Masalan o'sha bechora domlaning ham oila bola chaqasi bor, ular non deb turgandan keyin qanday qilib yahshi dars berishi mumkin. Avvalo o'qituvchilarning oyligini ko'tarish kerak, ana shunda hammasi iziga tushib ketadi.
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:39:26
Samo:

bir tdbiorkorni gapi "oqiyveringlar mutahassis bolib kelinlar keyin menga va men kabilarga ishlaysizlar"

galati ammo haqiqat gaplardan nima deysizlar :)
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:39:41
Margilanets:

Mana sizlar kopni korganakansilar.

Hozirgi sharoitni hisopka olib,
- o`qish kere, keyin biron ish topilsa ishlash kere
- hunar o`rganish kere, hunardan tirichilik o`lmeydi
- yo`q, biron tanka topib srazu ishka kirish kere
- ham o`qib ham ishlasb bola-chaqa boqish kere
- va hokazo ...

?????????????????????????????
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:39:55
Samo:

ozbekistonda talim sohasi moddiy va manafiy fidokorlikda songgina kotarilishi mumkin nimaga desagiz> bishqa sohalarda shu fidokorlikni qilmoqdalar...
oylik kam undan avval farosat kam hamma ozim deydi. ey ahmoq shu sinfda shu maktabda shu shaharda ilmi kuchlik ahloqi yuksak insonlar yetishib chiqsa ozinga avlodingga 1 chi orindaz foydaliku

uzoqni kormaydigan qilib qoyishdi. tayyor lazzatdan olib qoling ajnabiy reklamasiga uchib ketishmnoqda eshelonni yuqori qismi? boshqa qanday yol bor eshelonni past qismi tishini tishiga qoyib yemay ichmay qilishiga togri kelmoqda ammo biz faqat bilamiz nima qilishlikni ammo qilishlikni ANGLAYOTGANIMIZ yoq...
eh bilish va anglash...
oqiyotganlar iloji boricha osha ANGLASHDAN mahrum boolib qolmanglar...
ozimga qaraganimda qorqib ketgandim. eh samo bilish bilaman ha bilasan ammo haligacha anglamagansan
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:40:34
kamol:
Assalomu alaykum!
Yuqoridagi ko`p fikrlarga qo`shilaman. Lekin horijda o`qishning o`zi bo`lmaydi. Horijda biznikiday bormay turib, o`qimay turib baho olishlar yo`q. U yerda "ishlagan tishlaydi". Imtihonlardayam domlalarga qistirishlar, yana boshqa narsalar yo`q. Shuning uchun effect kuchli.
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:40:43
<<< CHUNG-ANG UNIVERSITETIDA XORIJLIK TALABALAR... >>>
Xorijdagi yetakchi ta'lim maskanlarida bilim olish har bir talabaning orzusidir. Bunday orzularning ro'yobga chiqishi uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan. Xorij ilm dargohlarida xalqaro almashuv dasturi mavjud. Unga ko'ra, shartnoma tuzgan Universitetlar ma'lum miqdordagi talabalar almashuvi orqali dasturni amalga oshirishadi.
Koreya ta'lim tizimida ham xorijlik talabalarning bilim olishi uchun qator imkoniyatlar mavjud. Koreys Universitetlari muntazam ravishda xalqaro dasturlari orqali xorijdan talabalar taklif etib turadi. Bu avvalo Universitetning obro'-e'tiborini oshiradi. Universitetlar bitiruvchi talabalarning ishga joylashishini imkon qadar kafolatlash maqsadini ham nazarda tutadi. Koreyada bakalavr diplomini olgan talabalar ishga joylashish uchun imtihon topshirishlari kerak bo'ladi. Imtihon jarayonida talaba tamomlagan Universitetning qanchalik obro'ga egaligi, reytingi naqadar yuqoriligi e'tiborga olinadi.
Chung-Ang Universiteti nafaqat Koreys yarimorolida , balki butun jahonda nomdor ta'lim maskani hisoblanadi. Zero, Universitet hozirga kelib dunyoning 24 mamlakatidagi 95 institut bilan hamkorlik rishtalarini bog'lagan. Universitet Xalqaro bo'limi bir qator muhim dasturlarni amalga oshirib keladi. Bundan tashqari hamkor Universitetlar bilan birgalikda xalqaro anjumanlar tashkillashtiradi. Xorijlik talabalarning barcha xarajatlari Universitet hisobidan qoplanadi.
Chung-Ang Universitetining asosan quyidagi xalqaro dasturlari mavjud: 1.Xalqaro talaba almashuv dasturi. Bunda darslar ingliz va koreys tillarida olib boriladi. 2. Bitiruvchi talaba dasturi. Bu ingliz tiliga mo'ljallangan.
Bu yilgi xalqaro talaba almashuv dasturiga muvofiq, Chung-Ang Universiteti o'z tarkibidan O'zbekiston, Qozog'iston, Indoneziya talabalari uchun 6tadan, Fransiyaga 5ta,Tailandga 4ta, Rossiya va Xindistonga 2tadan, Qirg'iziston talabalari uchun 1ta o'rin ajratdi.
Koreya oliygohlarida qo'shni - Xitoy va Yaponiyadan kelgan talabalar ham ko'pchilikni tashkil etadi. Ular mahalliy koreys talabalari bilan mashg'ulotlarda qatnashadi.
Koreys Universitetlari talabalarini xorijga o'qishga yuborishni ham yo'lga qo'ygan. Talabalar asosan AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Germaniya, Fransiyadagi mashhur oliygohlarda malaka oshirib qaytadilar. Bundan tashqari ular xalqaro talaba almashuv dasturiga ko'ra, hamkor universitetlarda bilim oladilar.
Koreyada ko'pchilik oliygohlar har tomonlama o'z-o'zini ta'minlaydi. Universitetlarga tegishli do'konlar, restoranlar, kombinatlar, kutubxonalar mavjud. Qo'shimcha daromad topishni istagan talabalar darsdan bo'sh vaqtlarida Universitetning mahobatli kutubxonalarida ishlashlari mumkin. Bunga yaxshigina maosh to'lashadi. Zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlangan keng va shinam auditoriyalar barcha talabalarning chuqur bilim olishlarini ko'zlaydi.
Internetdan foydalanishga ixtisoslashgan alohida darslar olib boriladi. Bularning barchasi Koreya Universitetlarini jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi Universitetlar bilan bir qatorda tilga olishimizga asos bo'la oladi.

OTABEK YO'LDOSHEV
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:41:05
Dilshod Zoirov:

Salom azizlar! Men sizlarning fikrlaringizni eshitib to’g’risi ancha o’ylanib qoldim ya’ni o’z oyog’imizga o’zimiz bolta urib o’zimizni cho’chityapmiz. Mana Otabek aka siz Koreyada o’qiysiz va siz Koreya
Mustaqil bo’lganiga 14 yil bo’lgan qaytdagi o’zgarishlariga hech qiziqib ko’rganmisiz? Yo’q, albatta. Donishmandlar aytadi ko’p o’ylab oz so’zlamoq muminning ishidir. Bizning yurt ozodlikka erishganiga bor-yo’g’i 14 yil bo’ldi bu esa SSSRdan qolgan qoldiqlarni yo’qotish uchun
Juda oz vaqt. Xalqda shunday gap bor <Eskini yamab esing ketadi>
Umuman olganda yangitdan qurish uchun bizda kadrlar masalasi ko’ndalang. Kadrlar kim siz-u biz ya’ni o’zimizni qurt yegan somonga
Chiqaruvchilardir. Shu gaplar noto’g’ri deb hech kim buni rad eta olamedi. Rost so’z tuqqaningga yoqmaydi deganlari shu bo’lsa kerak.
Biz bu yerda yaxshi yomonligini aytish uchun emas balki bizning ona vatanimizni qanday rivojiga hissa qo’shishimiz mumkinlig haqida otamlashsak ma’qulmidi? Agarda bu gaplarim kimgadir yomon ta’sir ko’rsatgan bo’lsa oldindan uzr. Men faqatgina har birimizda mavjud bo’lgan vatanga muhabbat sodiqlik hislarimizni uni yuksaltirishga jalp qilsak yaxshi bo’lishini ta’kidlab o’tmoqchi edim holos!!!
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 02:41:18
ozoda:

AQSHda o'qish qiziq??
Ha men ham bosahida rosa qiziqqandim, VOy AQShga boryapman, zo'r bo'lsa kerak deb....yaxshi yomon emas, o'qish yomin emas...........lekin o'zmizniki baribir YAXSHI
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: cheekyboy 22 Dekabr 2006, 02:21:11
U YERDA O'QISHNI HAMMMA ORZU QILADI. MASALAN MAN HAM. U YERDA QOLISH UCHUN SABAB PUL BULSA KERAK. U YERDA OYLIK KO'P BERADI DEYISHADI LEKIN UZIMIZNI HOLATIMIZGA SOLISHTIRADIGAN BO'LSAK BERDIGAN OYLIGI HECH NARSA BO'LAMY QOLADI. CHUNKI HAMMA NARSA QIMMAT. UZIMIZDA ESA OLADIGAN MAOSHIGA USHA NARSA LARNI BEMALOL XARID QILADI.L
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: sultonxon 23 Dekabr 2006, 01:59:57
Dilshodni gapida jon bor,ba'zida kulib turadi lekin biroz utmay orqangizdan gapiradi.Islomimizda mayda odamlarning mayda gaplariga e'tibor berilmaydi.Ammo musulmon bulsangiz aytishim mumkin albatta bir pog'ona past munosabat kutaverng.
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: shoir 03 Yanvar 2007, 18:07:58
1 pogóna past munosabat aynan nimalarda seziladi?
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: sultonxon 06 Yanvar 2007, 02:15:01
Man sizga misol keltiraman.Misol uchun biror joyda ishga joylashish uchun murojat qilsangiz,sizni emas sizdan keyin kelgan bulsada evropalikni (musulmon bilan evropalikni bir qarashda ajratib olish qiyin emas) qabul qilishlari yoki atrofingizdagi kishilar sizga sovuqroq muomala qilishlari odatiy holatdir.
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: trans_for_man 07 Avgust 2007, 19:17:07
hammaga salom meni fikrimcha juda qiziq chunki u yerda hayot boshqacha va o'qish ham zamonaviy shunga fikirash darajasi ham yangicha bo'ladi menga shu tamonlar yoqadi.
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Farida 08 Avgust 2007, 12:15:19
hammaga salom meni fikrimcha juda qiziq chunki u yerda hayot boshqacha va o'qish ham zamonaviy shunga fikirash darajasi ham yangicha bo'ladi menga shu tamonlar yoqadi.

O'zingiz ham horijda o'qiysizmi?
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Akmal 09 Avgust 2007, 06:00:03
hammaga salom meni fikrimcha juda qiziq chunki u yerda hayot boshqacha va o'qish ham zamonaviy shunga fikirash darajasi ham yangicha bo'ladi menga shu tamonlar yoqadi.

O'zingiz ham horijda o'qiysizmi?

Yo'q,
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Smarty 19 Avgust 2007, 23:02:41
Qiziq, judayam qiziq, qiyin ham... Judayam qiyin kunlaram bo'p turadi...
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Salmoni Forsiy 27 Noyabr 2007, 23:42:05
Assalom alaykum!
Horijda o'qish haqiqatdan ham juda qiziq, umuman boshqa ma'daniyat,o'quv yo'nalishlari ham boshqacha o'zbekistonnikidan farq qilsadi. Masalan: O'zbekistonda mansabga,obruga qarab ham muomala qilinadi,boylar o'qisa o'qimasa baho 5 doim.A a a  bu erda esa bunaqa  narsalar umuman yo'q. Hamma bir birini hurmat qiladi,ardoqlaydi. Ularda pora olish yoki shunga yaqin ishlar yo'q.Bilim bo'lsa imtihondan o'tadi,agar bilimiz etmasa yana qayta o'qidi ,hoh boyvachchani  farzandi bo'lsiz ham. Eng qiziq tamoni har hil millat odamlari bilan tanishish , suhbatlashish. Lekin boshida biroz qiyin to til o'rganguncha ,yaqindan do'stlashib olgunga qadar.
Bir so'z bilan aytganda ZO'R!
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Muzayyana 03 May 2008, 13:29:29
Va alekum assalom!
Man xam orzu qilaman va xavas qilaman, chet davlatda o'qishga. Aytishadiku "Musofir bo'lmaguncha, musulmon bo'lmas" deb.
Samoni Forsiyni gaplari juda to'g'ri, bizda deyarliko'p narsani pul yoki tanish-bilish xal qiladi. O'qishkinu, gapirmasa xam bo'ladi, sessiya vaqti kelsa, kinolardegi studentlari ko'rib, yo tavba diysan....Bizdachi, kim "tanka"sini yetalagan, yana kim starstaga yalingan, yana kimdir xamma fanlarga qancha ketishini xisoblagan, .......ehhhh, gapirsen gap ko'p....
Shu tomonlardan xam xavas qilaman chet el o'liy o'quv yurtlariga! Lekin yaltirab ko'ringan xar narsa xam oltinmas diyishgan. To'g'rirog'i " Xar yerni qilmagin orzu, xar joyda bordur tosh va tarozu".
Shu kunlarimizga xam ming bor shukur...
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ulugbek-Uz 06 May 2008, 11:40:28
O'qishkinu, gapirmasa xam bo'ladi, sessiya vaqti kelsa, kinolardegi studentlari ko'rib, yo tavba diysan....Bizdachi, kim "tanka"sini yetalagan, yana kim starstaga yalingan, yana kimdir xamma fanlarga qancha ketishini xisoblagan, .......ehhhh, gapirsen gap ko'p....

Assalomu alaykum! O'sha tanka yetaklagan, qancha pul ketishin hisoblagan talabani o'zi aybdormasmi bunga? chunki o'zi o'qishni hohlamaydi-da? Agar chin dildan o'qib imtihon topshirsa qaysi domla uni oyog'idan chaladi?

Avval boshdan kelsak o'zi institutga qabuldanoq boshlanadi talabalar saviyasi pastligi. Byudjetga o'qishga kirgan talabalarga bemalol 5 sinf arifmetikasidan savol bering. javobini eshitib na kulishni na yig'lashni bilasiz :)))   
Bu talabaga oliygohda oliy matematikani (va h.k) qanday tushunsinu unga shu fandan ma'ruza o'qiydigan domlaga sabr-toqat bersin!


bu masalada ham qaysi jihatdandir o'qituvchikarning ijtimoiy himoyas oldinga chiqadi baribiram....
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Muzayyana 06 May 2008, 15:41:49
Va alekum assalom!
O'ziz o'ylab ko'ring, faqat talabani aybdor qilish bu noto'g'ri fikr. Mana man sizga oddiy misol keltiraman.
Siz butun o'quv yili bo'yi qiynalib o'qidiz, lekin sessiya vaqtida yil bo'yi o'qimasdan yurgan kursdoshiz xam siz qiynalib olgan baxoni u osongina olsa, alam qiladimi? Shulardan kiyin sizi o'qigiz keladimi? Faqatgina o'zizga kereli bo'lgan fannigina o'qiysiz, xolos. O'qing, o'qing, zachotkaga o'qituvchi baxo qo'ymasa nima qilasiz?
Qisqasi, qars ikki qo'ldan chiqadi, bitta qo'ldan ovoz chiqmidi.
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Robiya 08 May 2008, 11:49:24
Va alekum assalom!
O'ziz o'ylab ko'ring, faqat talabani aybdor qilish bu noto'g'ri fikr. Mana man sizga oddiy misol keltiraman.
Siz butun o'quv yili bo'yi qiynalib o'qidiz, lekin sessiya vaqtida yil bo'yi o'qimasdan yurgan kursdoshiz xam siz qiynalib olgan baxoni u osongina olsa, alam qiladimi? Shulardan kiyin sizi o'qigiz keladimi?

 Assalomu alaykum! Muzayyana, avvalambor kishi boshqalar uchun emas, o'zi uchun o'qishi kerak. Ya'ni, boshqa talaba qanday baho oladi: pora bilanmi, "tanka"ni, "pushka"ni ishga solibmi, bu ahamiyatsiz. To'g'ri, bu talabani har tomonlama "sindirishi" mumkin (o'qiydigan talabani albatta). Ammo, haqiqiy o'qiydigan talaba uchun bular muhim emas. Har qanday "insof"siz o'qituvchi ham qiynalib o'qiydigan talabadan bahosini darig'  tutmasa kerak, Vallohu a'lam!
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Muzayyana 08 May 2008, 16:16:08
Va alekum assalom! Opajonim gaplarizda jon bor, lekin man o'zimni axvolimdan, yon atrofimdegi voqealardan xulosa chiqargan xolda gapirdim. To'g'ri odam o'zi uchun o'qiydi albatta, lekin xammayam shunaqamasda, bu odamni irodasigayu, oldiga qo'ygan maqsadiga bog'liq.
Opajon, o'z nomi bilan "insofsiz" odamdan qande qilib insof kutasiz?
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Muzayyana 10 May 2008, 13:45:15
Assalomu alekum!
Bilasizlarmi forumdoshlar nima?
Xar kim o'zi ko'rgan-bilganlaridan kelib chiqib gapiradi. Man xam o'zim ko'rgan bilgan narsalardan kelib chiqib gapirdim, agar kumnidir diliga ozr yetgan bo'lsa, uzr.....
Allox shohid man buni xoxlamagandim........
Allox xammamizga xam insof bersin....
Islomda iymonla yashashni nasib etsin.......
Amin.....
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Robiya 16 May 2008, 10:23:57
Muzayyana,u qanaqa qilib baho olasayam ,sizda o'sha bilim qoladi.Undan ham pul,ham bilim ketadi.
Ulugbek birodar,o'qiydigan talabalarga domlalar bahosini qo'yib berishadi (bu faqat Toshkentda),lekin viloyatlarda hulu quruq baravar yonarkan.

Assalomu alaykum, Jasonnur! Bilasizmi, Toshkentda ham viloyatlarda ham har ikkala hol uchrab turibdi, bunga guvohmiz. Biz ham o'qib o'zi baho oladigan, ham o'qimasdan turli yo'llar bilan baho oladigan talabalarni ko'rganmiz. Ho'lu-quruq baravar yonadigan joylar ham yonmaydigan joylar ham bor. Muzayyana aytganlaridek, hamma o'z ko'rgan bilganlaridan kelib chiqib gapiradi. Men ham bilganimni aytdim.
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: saraton07 16 May 2008, 22:52:03
Assalomu-alaykum xonimlar va janoblar. Bu yerdagi  fikr va mulohazalaringizni  o'qib chiqib,chuqur o'yga botdim. Darhaqiqat, yurtimizda ta'lim tarbiyaga oid o'ta  muhim,dolzarb  muammolar bolalab bormoqda. Maktablarda erkak  o'qituvchilar qolmadi hisob.Xammasiga,tabbiyki iqtisodiy va ijtimoiy  muammolar sabab.Bolalarni kecha maktabni bitirib, kollejga o'qishga kirib,sirtqiga allbatta yoki kundizgiga, 11 sinflarga   matematika,fizikadan dars berishmoqda . Bu haqiqiy  talofot. Yurtimiz, sir emas , bugungi kunda katta jar yoqasida. Ma'rifiy,ma'naviy,iqtisodiy  talofotlar jari yoqasida.Bu hech kimga sir emas  hozir. Chetda o'quvchilardan bir narsani so'ramoqchiman. Nega xamma chetda o'quvchilar chetning hayotini  og'zidan bol tomib maqtab,qolishni xarakatini ko'rishadi  va hattoki O'zbekistonning shaniga  yomon so'zlar aytishadi, go'yoki vatan gunohkor. Janoblar va xonimlar, nahotki  o'shanaqangi  hayotni yurtingizda  joriy etishlikning yo'lini  topishga bosh qotirmaysiz. Gapiraversa, gap ko'p. Lekin taklif, mulohaza  , fikrlar  qayerda? Marhamat  qilib  shuni aytingchi. Changalzor qonuni to'g'rimi? O'zing uchun o'l yetim. Nima deysizlar? Musulmonchilik qayoqda qoldi? Vatan tuyg'usi va   oqillikchi?
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: saraton07 19 May 2008, 00:14:16
Assalomu -alaykum xonimlar va janoblar.Juda yaxshi fikrlar, ochiq fikrlar. Yanayam ochiqroq gapiring xonimlar va janoblar. To'g'ri gapiribdilar Muzayyana, Ulug'bek va Jasonnur. Qani edi hamma talabalar orasida urfga,modaga aylansa    ilm bilan baho olish. Birinchidan, o'sha  pul bilan oluvchilar o'zlari aybdorlar. Vaqtida dangasalik qilib  gulyat qiladilar, sessiyada   til qisiq, ilm yo'q, variant b- soqqajon. Marhamat, 2 ta  axmoqni deb  10 ta bilimli azobda,15 yangi axmoq fikri ozgargan, qolganlar  aro yo'lda. Xo'sh bu qaerda bo'lyapti? O'z ko'z oldimizda, do'stimiz, xonadoshimiz, qo'shnimiz, partadoshimiz shu yo'lga o'tganda nega qaytarmaymiz.? Bundan ayrim domlalar mazaxo'rak bo'lib, og'zi bo'shroq talabani  majbur qiladilar bunga, to'g'ridan-to'g'ri emas alatta,  kimlardir orqali. Hurmatli talabalr, bir biringizni tartibga chaqiqrishdan hech narsa yo'qotmaymiz. Ertangi kunga ishoning. Bir maqol student uchun, xulosasi sizlardan.
Kelar oliygohga ,sher yurak bilan,
Ketarlar so'ngida  quyondekkina.
Maktablarda esa hamma ayollar deyarli, sababi erkaklar  iqtisodiy muammolar girdobida.Maktabga hohlasang bor,kollejga ham Hohlamaysanmi marhamat. Hali maktabni bitirmagan  ,pasport olgan yigitchalar, hozir javlon urib  Rossiya, Qozoq  stroykalarida   mehnat qilmoqdalar Bunga nima deysizlar. Yana tag'in, Vatan aybdor deb so'kinadilarda, aroqni ochadilar, cho'chani so'yadilar. Bu nima ahvol deb o'ylaysiz?Ana shunaqa  piroglar.
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Furqat_Hasanovich 25 May 2008, 14:12:29
Barcha bitiruvchilarga omad!!!  O'qishga eson omon kirib, sessiyalarni yopish uchun kamro chatta o'tirib pul yeg'ila

Hammaga    salom

man  bir narsa  demoqchidim  o`zbekistonda  ...................  nima desamikin hammani oldida   aytgim kemiybdi
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Furqat_Hasanovich 25 May 2008, 14:19:02
o`zbekiston buyuk imkoniyatlar mamlakati  tanish bilishing  bo`lsa hamma narsa  qisen bo`ladi  tanish bilishin bo`masa he4 narsa qilomisan 
chet elga manimcha ko`pro boyylani bollari chiqib o`qib kelishmoqda
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: saraton07 25 May 2008, 21:22:10
Brawo,gentelman!
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: lolahon 24 Mart 2009, 14:21:24
Assalomu alaykum aziz uzbek halqi. Sizlarning fikr mulohazalaringizni uqib men ham uz fikrimni bildirmoqchi edim. Man ham svedenda uqiyman faqat boshlangich kursida hudo hohlasa shu kunlarda sved tilini tigataman aprel oyining birinchi haftasi. Kegin hudo hohlasa enels tili va matematika va gemnaziya kursini boshlayman. Man tushunishimcha hech qandan farq yuq uzbekiston va chet el uquv yurtlarini. Tugri garchi oliy uquv yurtida uqimagan bulsam ham uylaymanki usha qiyinchilik usha qiyinchilik. Hamma joyda ham usha bilim usha qiyinchilik. HECH ERNI QILMA HAFAS HAR ERDA BORDUR TOSHU TAROZI.
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Shoxjahon12 24 Mart 2009, 16:37:56
o`zbekiston buyuk imkoniyatlar mamlakati  tanish bilishing  bo`lsa hamma narsa  qisen bo`ladi  tanish bilishin bo`masa he4 narsa qilomisan 
chet elga manimcha ko`pro boyylani bollari chiqib o`qib kelishmoqda

Bu gaplaringizga umuman qo'shilmayman. Chunki men 2004-2005 yillarda 1 yil KOreya respublikasida ta'lim olib qaytganman. Va Koreyaga ketishdan avval imtihon topshirganmiz. Imtihonda eng yuqori ballni to'plab o'tganman. Imtihon adolatli o'tgan. Bilimli talabalar imtihondan o'tgan.  Uyog'ini so'rasangiz men bir oddiy o'qituvchini o'g'liman.
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Shoxjahon12 24 Mart 2009, 16:40:13
o`zbekiston buyuk imkoniyatlar mamlakati  tanish bilishing  bo`lsa hamma narsa  qisen bo`ladi  tanish bilishin bo`masa he4 narsa qilomisan 
chet elga manimcha ko`pro boyylani bollari chiqib o`qib kelishmoqda

Xafa bo'lmangu, atoqli otlar katta harflarda yoziladi.
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: lolahon 25 Mart 2009, 13:56:16
Hamma bir hil fikrlamaydi. Man uz fikrimi yozdim xolos. Xatoimga kelsa har bir hom sut emgan banda hato qiladi be ayb Parvardigor. Biz bulsa oddiy bir osiy bandamiz.
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Ansora 25 Avgust 2009, 21:08:52
Yuqoridagi fikrlarni bazilariga qo'shilaman bazilariga esa yo'q. Hamma joyda ham o'ziga yarasha ta'lim-tarbiya uslubi bor. Men 5 yillik o'qishni tugatib, aspirantura uchun Turkiyaga kelganimda eng ko'p qiynalgan tarafim Turkiyadagi talabalarning yodlash asosida imtihonlardan o'tishlari bo'ldi. Bu yerda to 1. sinfdan e'tiboran, hamma narsani o'quvchilarga yodlata boshlaydilar. Bechora bolalar o'zlarining shahsiy fikrlarini ayta olmay, umrlari imtihonlar bilan o'tib ketaveradi. Tabiiki, yodlash, hofiza mudhish qobiliat, aniq fanlarda bu qobiliyat juda muhim hisoblanadi. Lekin men til va adabiyot fakultetida o'qiganim uchun vaqti kelganda adabiyot bo'limi talabasi holatida bir sherni maromiga yetkazib o'qishingiz ham kerak, deb o'ylayman. İlgari aytishardi, asosan til va adabiyot bo'limiga talaba olinayotganda abituriyentning (abituriyent so'zini hech yoqtirmayman, insonni tili sinib ketaman deydiya) nutqiga jiddiy e'tibor berilgan ekan. U paytlar sinovlar bilet asosida edi tabii. Mening aspirantura sinfimdagi bir talabaning nutqi juda yomon, hatta kasallik ham deya olishim mumkin. Uning kabi insonlarni kamsitayotganim yo'q, lekin bir so'zni aytish uchun 1-2 daqiqa sarflagan o'qituvchidan bola 45 daqiqa ichida nima oladi. Kursdoshim bu yergacha test sinovlari soyasida yetib kelgan. Aspiranturada Alisher Navoiy davri bilan bog'liq darsimiz bor edi. Darsda g'azal o'qiyapmiz, navbat menga keldi, men ham vaznga solib, Nizomiy Und-da domlamizning stolga chertib, vaznlarni o'rgatgani holda o'qidim. Hamma hayron bo'lib qoldi, aytdimki bizda g'azal shunday o'qiladi, o'rgatiladi. Bu misol bilan shuni aytmoqchiman, har bir joyda o'ziga yarasha o'qitish tarzi, sistemasi bor. Balki bizdagi o'qishlarda bazi bo'limlar juda tez rivojlanayotgan dunyodan orqada bo'lishi mumkin, lekin bazi bo'limlar orasida esa haliyam juda haxshi bilim berishyabdi. Keyin yana bir narsa, Turkiyada har bola ÖSS (Öğrenci seçme ve yerleştirme sınvı) ga kiradi, keyin qancha bal olganligiga qarab qaysi o'qish, fakultet kelsa shunda boradi. Talabalar hohlagan bo'limlaridan ziyoda bali qaysi o'qishga yetgan bo'lsa shu yerda o'qiyveradi. Bu menga hech to'q'ri kelmaydi. Sevmagan bo'limimda o'qish keyin bu sohada ishlash. Xudo saqlasin. Ha yana bir narsa, 4 yillik o'qishni tugatgandan keyin talabalar yana bir bora imtihonga kirishadi, olgan baliga qarab, davlat ularni qayerga jo'natsa shu yerda ishga boshlaydi. Qo'shnimizni o'g'li o'qituvchilikni bitirdi, olgan bali bo'yicha davlat uni hech joyga ishga olmagaligi sababli 3 yildan beri uyda o'tiribdi. Yani umr bo'yi imtihon, sinov.
Yani bizdan ha badtar joylar, sistemalar bor, unutmanglar azizlar:)
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: FazliddinFM 16 Dekabr 2009, 14:20:09
Gareeb:

Noza! Siz chet elda o'qiyotgan talabalarga unchalik ham havas qilmang, chet elda oson emas. Agar imtihondan o'ta olmasangiz hech kim sizga yordam bermaydi. Yiqilib qolaverasiz, kelgusi yili qaytadan oqiysiz. Qolaversa hozir chet elga ketayotganlarning o'ntadan bittasi o'qigani ketyapti, qolganlari ishlash uchun.Hamma narsa pulga taqalmasa ham , eng zarur narsalarni bajarish uchun pul ham kerak bo'lyapti, buniminkor qilib bo'lmaydi. Masalan o'sha bechora domlaning ham oila bola chaqasi bor, ular non deb turgandan keyin qanday qilib yahshi dars berishi mumkin. Avvalo o'qituvchilarning oyligini ko'tarish kerak, ana shunda hammasi iziga tushib ketadi.
unaqada bolam-chaqam deb shunaqa ishlani qilib yuraverish kerakmi? Sizningcha imtihondan o'tolmasa pul bilan hal qilish kerakmi? Keyin yana pul bilan hal qilib qo'ya qogisi kemaydimi? Imtihondan yiqilsa o'zini aybi.
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: uzboy 09 Fevral 2010, 03:38:07
O'zbekiston va chet elda oq'ish farqlari:

O'zbekistonda o'qishga kirish uchun 1 yilda 1 ta imkoniyat buladi, unda ham juda raboqat kuchli. Chet elda yilida 1 yilda bir nechta imkoniyat buladi va bir vaqtni uzida bir qancha universitetlarga harakat qilsangiz buladi.
O'qish sifatini gapirsa ham buladi. Uzb.da faqat porahurlik va yuzaki uqish. Har yili yangi reyting tizimi chiqadi, lekim samarasiz, amalda hech qanday uzgarish yuq.
O'qish muddati O'zbekistonda 4 yil belgilab quyilgan, yaxshi o'qigan ham yomon o'qigan ham bir vaqtda bitiradi. Chet elda, kim kuhcli oq'isa 2-3 yilda ham tugatib ketadi muddatidan oldin
O'qish mobaynida ishlash mumkin chet elda, O'zbekistonda esa hech kim ishga olmaydi talabani. Beradigan stipendiyasi proezdniyga yetmaydi, chet elda esa 1 oylik kun kechirishga yetadi
Bitirgach ishlahs imkoniyatini hamma bilsa kerak endi. Man shaxsiy tajribamdan shularni aytdim, yana faqrlari juda ko'p!
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: JaviK 16 Iyun 2010, 17:26:46
manimcha chet elda o'qitish standarti biznikidan ancha ilg'orlab ketgan va o'qituvchilari haqqoniy, bu bilan bizning o'qituvchilar haqqoniy emas deb o'ylaman. chunki o'qituvchi hech qachon shogirtini bilimsiz bo'lishini hohlamaydi. u qo'lidan keganicha shogirdiga bilim o'rgatadi. lekin chet el o'qishlarini ta'lim standarti baribir biznikidan kuchli deb o'ylayman.
Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Nazrul Islom 17 Sentyabr 2011, 23:05:39
Avvalo, ishontirib aytamanki, O`zbekiston dunyoning eng yaxshi joylaidan biridir!!! Men xorijda o`qiyman/ ishliman, O`zbekistonni JUDAYAM sog`inaman...
Nega xorijda o`qish va yoshlik davringizni xorijda, ayniqsa turli megapolislarda o`tkazish yaxshi, degan savolga quyidagi hikoya yaxshi javob bo`ladi, inshaAlloh:
Bir tomchi bor ekan, dengizning tub - tublarida sovuuuuq va qop - qorong`u muhitda boshqa tomchilar bilan juda zerikarli hayot kechirar, har zamonda g`ira - shira namoyon bo`lib qoluvchi quyosh nurlariga havas va qiziqish bilan boqarkan... Hayot unga juda zerikarli va bir xildek tuyularkan.
Bir kuni ne sabab bo`libdi-yu, bizning tomchi boshqa tomchilarga urilib - surilib teparoqqa ko`tarila boshlabdi, ko`tarilgan sayin ko`zlari qamashib, yuragida hadik quyosh nuri taftida yana ko`tarilarmish... Ko`tarilib, ko`tarilib suv yuzasiga chiqib qolibdi, quyosh tafti tanasini rohatbaxsh iliqlik bilan eritib uni bug`ga aylantirib qo`yibdi! Bizning tomchi endi bug` o`laroq osmonga ucha boshlabdi!!! Yuragi shuvvvv etib mazzzza qilib uchib borib bulutlarga -- uzooq uzooqdagi hamyurtlariga qo`shilibdi, ular bilan asta - sekin birlashgach, tanasi go`dakligidan o`rgangan sovuq haroratini his qilib, yangi taassurotlar shavqi eski xotiralar zavqiga aralash - quralash bo`lib, boshi aylangancha QULAY BOSHLABDI! QULASH UCHISHDAN HAM YOQIMLI EKAN!!! Tezlikni aytmaysizmi! eeeehhhhhheeeeeyyyyyyy!!! deb baqirib, uchiiiib bir bargga "tap" etib qo`nibdi. Barg uni asta sirpantirib irmoqqa qo`shibdi, irmoqdagi sho`x - shodon tomchilar teeezzz oqib, toshlarga urilib, o`ynab - kulib dengizga quyilibdi! Tomchi yana dengizga qaytibdi! AMMO ENDI DENGIZUNGA UMUMAN BOSHQA DUNYO BO`LIB KO`RINA BOSHLABDI!!! U DENGIZNI SEVA BOSHLABDI! ENDI ONDA SONDA KO`RINIB QOLUVCHI QUYOSH NURLARI UNGA AJOYIB XOTIRALARINI ESLATADIGAN BO`LIBDI!!! ENDI U HAR BIR TOMCHINI YUQORIGA KO`TARISHGA HARAKAT QILADIGAN, ULARGA AJOYIB SARGUZASHTLAR HIKOYA QILIB BERADIGAN BO`LIBDI!!!
Xorijda yashash/o`qish taxminan shunaqaroq ;) ... .
!!! Hikoyani asli boshqa tilda o`qigandim, ozgina badihago`ylik(improvizaciya) qildim!

Nom: Re: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Nazrul Islom 18 Sentyabr 2011, 14:11:09
Yoshlikni xorijda o`tkazishning yaxshi/ kerakli / muhim tomonlaridan yana biri shundaki, yoshlikda odam o`ta tez, o`ta qiziquvchan, sodda, his-u hayajonlarga berilgan bo`ladi va ko`p xatolar qiladi. O`zbekiston hukumati esa, afsuski azbaroyi ko`p bosimlar va muammolar ko`raverib keskinlashib ketgan huquqni muhofaza qilish tizimiga ega, bu tizim yoshlarning ko`p xatolarini kechirmaydi...
Men tarmoqli marketing bilan shug`ullanishga qiziqib qolib 11 yilga qamalgan 24 yoshli bolani bilaman(159 bilan!)!!! Bunga o`xshash holatlar juda ko`p. Gap faqat jazolanish ehtimolida emas, bu yerda jazodan qo`rqib yashash natijasida paydo bo`ladigan jur`atsizlik, qo`rqoqlik, tor va bir yoqlama fikrlash(hatto umuman fikrlamaslik), yolg`onchilik(o`zi e`tiqod qilmagan g`oyani himoya qilish, maqtash), laganbardorlik, o`ta egiluvchanlik kabilar xavfi juda yuqori bo`lib, xozirgi paytda bu kuzatilyapti ham, afsuski...
Nom: Javob: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: كوثر 26 Iyul 2013, 10:01:34
assalomu alaikum
Chet elda oqiw bn uzbda oqiw farqlari judayam kotta.
Albatta chet elda oqiganni samarasi va imkoniyatlari kop,
mana manam uzbda oqiganim bn chetta oqiganimda kotta farq kordim.
uzbda yarim yilda qancha narsa organamanu, chetta wu vaqtda qancha narsa organishim va albatta keng imkoniyatlar bn qiziqishlarim oshishi ham.
uzbda qancha oqigan bosamam foydasi yomasu lekin rasa kam.
chet elda busa alhamdulillah foydalari talaygina.
bu bn uzbni yomonlawmas - Bor Haqiqat.
Nom: Javob: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: azizbek_mx 26 Iyul 2013, 17:15:15
xorijda o'qiydigan do'stlarim uyiga kelganda yoki o'qishiga ketayotganda qarab havas qilardim, qachon menam xorijda o'qirkinman, deb. Niyat xolis bo'lsa, yaxshi niyat qilaversa, kutmagan joyizdan berarkan. Alhamdulillah, musofirchilikkayam yetkazdi, talabalikkayam.
Chetga chiqqach odam allbatta o'zgararkan, kimdir "plyus" tomonga kimdir "minus" tomonga. Bunda tarbiya, imon va e'tiqod katta rol öynarkan. Iloyim, barchalarimizni nafsga qul bölib qolishdan, riyo amallardan va behudalikdan asrasin. Omin
Nom: Javob: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: NANO 30 Iyul 2013, 21:10:50
Ashi gapizzi kutib yuruvdim! (Be xazil)


Bu ustani kutib ogani chiqmela, :) soat 4 da keladigan samanotni soat 6 da keladi dip aldab ayraportta devor ushatib ketadigan odatlari borakan. :)


P.S
Ayraporttda ana chiqadi mana chiqadi dip utiribmana
Nom: Javob: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: azizbek_mx 30 Iyul 2013, 23:01:44
Ashi gapizzi kutib yuruvdim! (Be xazil)


Bu ustani kutib ogani chiqmela, :) soat 4 da keladigan samanotni soat 6 da keladi dip aldab ayraportta devor ushatib ketadigan odatlari borakan. :)


P.S
Ayraporttda ana chiqadi mana chiqadi dip utiribmana
bu safar aka aeroporttan chiqib töri oldizga ötaman aka. Ana ketaman, mana ketaman deb, oxiri ketishim naqd böganda hayajonlandimmi xullas chaqmadida. Uzr lekin yana. Ertaga toshkenga ketyapman, anov omonatizi ovoldim. Agentdan xabar obqöyarsiz
Nom: Javob: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Math13 13 Fevral 2015, 22:12:40
Xorijda o'qish juda qiziqarli, chunki siz o'zga yurt madaniyati, tili, urf odatlari bilan yaqindan tanishasiz. Chet elda ko'plar do'stlar ortirasiz
Nom: Javob: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Grantlar.uz 19 Fevral 2015, 20:09:33
Мен Гарвардда қандай ўқидим ёхуд муваффақият қозониш сирлари ҳақида

АҚШ университетларининг бирига ҳуқуқшунослар учун магистрлик дастурига (LL.M.) ўқишга кириш иштиёқим Жаҳон Иқтисодиёти ва Дипломатия Университетининг “Халқаро ҳуқуқ” йўналиши буйича таҳсил олаётган пайтимдан пайдо бўлди. Мени АҚШ ҳуқуқий таълимининг тартиб ва усуллари ҳамда АҚШ юридик мактабларининг обрўйи ўзига жалб қиларди. Лекин вужудга келган ҳолатларни ҳисобга олган ҳолда (адвокатурага ишга кириш, турмуш қуриш ва фарзандли бўлиш), мен ўқишга кириш учун керакли ҳужжатларни бакалавр даражисини қўлга киритганимдан сўнг 6 йил ўтгач топшира олдим. Ушбу қарорни қабул қилишда менинг интилишларимни қўллаб-қувватлаган яқинларим ҳамда ўзларининг намунаси билан мени илҳомлантирган ва бебаҳо маслаҳатлари билан менга ёрдам берган дўстларим ҳал қилувчи ролни ўйнашди.

Шахсий шароитларимдан келиб чиқиб, ҳаракат қилиб кўришим учун ихтиёримда фақат бир йил борлигини ва АҚШ университетлари мени рад қилишган тақдирда, мен ўзимнинг оддий иш кунларимга қайтишим кераклигини мен яққол тушуниб турар эдим. Орзуимни амалга ошириш учун менда бирдан-бир имконият борлигини эътиборга олиб, мен ундан юқори даражада самарали фойдаланишга қарор қилдим. АҚШнинг энг кўзга кўринган университетларининг бирида таҳсил олган яқин дўстларимдан бири менга ўқиш харажатларини бутунлай қоплайдиган, лекин ўқишга кириш қийин булган АҚШ университетларининг рўйхатини юборган эди. АҚШ ҳуқуқий таълимининг қийматини ҳисобга олган ҳолда, ўқишга мўлжалланган молиявий ёрдам мен учун жиддий омил бўлган эди. Бундай ёрдамни тақдим этадиган университетларга Гарвард университети ҳам кирган эди. Гарчи у вақтда Гарварднинг юридик мактабига киришни мен орзу қилиб кўрмаган бўлсам-да, у ерга ҳужжатларимни топшириб кўрдим. Гарвард билан бирга ҳужжатларимни бошқа иккита университетга ҳам топширдим.

To'liq maqola: http://grantlar.uz/garvard/
Nom: Javob: Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?
Yuborildi: Zaha 07 Iyun 2017, 01:42:24
11 yil oldingi ya'ni 2006-yildagi talabalarning juda to'gri gaplarini o'qib hozir 2017-yilda vaziyat hali ham osha oshaligidan afsusdaman. To'g'ri bizda 1-o'rinda o'qituvchilarga e'tibor kuchayishi kerak. Juda kam yoshlar o'qituvchi bo'laman dib orzu qiladi, o'zini yo'nalishida ishi yurishmasa undan keyin o'qituvchi bo'lmoqda. Talabalar ham 70-90% faqat diplom uchun o'qimoqda. Hammani dardi ko'p pul topish. Ilm-fan,taraqqiyot,vatan,insonlarning hayotini yaxshilash uchun juda kam insonlar hizmat qilmoqda. O'z ishini qoyil qilgan odamda hech qachon pul kam bo'lmaydi, unga doim pul to'lashga tayyor bo'lishadi)