forum.ziyouz.com

Yurtdosh => Xorijdagi o'zbeklarim => Mavzu boshlandi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:34:38

Nom: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:34:38
Bonu:

Assalomu alaykum!
Chet eldagi do'stlar, sizga bir mavzuni ochmoqchi edim.
Mana shu chet elda ishlab, oqib yurgan vaqtlarizda qanaqadir bir juuuda, o'ta darajada qiziqarli voqealar bolganmi? :o Masalan, qandaydir chet eldagi g'aroyibu-ajoyib narsani, urf odatnimi korib qotib qogan vaqtingiz bolganmi, yoki tilni tushunish borasida, yoki darslarda esda qolgan voqealar bormi?
Shulardan yozsangiz juda qiziqarli bolardi hammaga deb oylayman. Rahmat.
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:34:57
Bonu:

Assalomu alaykum!
To'g'risini etsam man sizlardan eshitish uchungina ham shuni yozgandim, o'zimga kelsak, bunaqa voqealar shu Toshkentni Xalqaro Aeroportidan chiqib ketganimdan boshlangan o'zi. Lekin bular o'zini boshidan kechirgan odamgagina qiziq deb oylayman, va mayda voqealar bolganiga etish uchun lozim deb topmadim. :-X
Lekin man eslaganimda yozishga va'da beraman. Qaysi voqeani etishga hayronman, hammasini yozmasman har holda??! Shunga bitta dahshat ichak uzdisidan tez orada yozib boraman. Uzr.
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:35:07
Hammasini birvoshdan aytavering.
Eshitish esa bizdan...
Harq qalay chet-elga chiqmaganlar uchun juda qiziq-da!!!
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:35:22
Bonu:

Assalomu alaykum!
Mayli qoymadila qoymadilade! ;)
Man chet elda juda ham kop voqealar bolgan dedim-a? Shuning uchun navbatma navbat bolsin deb, Angliyadagi hayotimning 1-kunida nima bolganini aytaman:
...Kechasi soat 24:00 larda Londonni ayeroportidan yangi oilaga keldim. Darsga 2 kun kechga qolganim uchun osha kuniyoq oqishga borishim kerak edi, o'zi 2 sutka uhlamagandim, keyin kechasi bilan yangi uyda chala uhlab, ertalab 7 da yo'lga chiqdim. Qo'limda karta . Katta qilib ochib hech narsaga qaramasdan ketyapman, oqish uzoq emas , lekin kelganimga 1 kun ham bolmagan. Katta kocha boylab ketyapman, kartadan boshimni kotarib bundoq qarasam, Avtomoshinalarni kichkina bolalar haydab ketishyapti, keyin bundoq qarasam :o .....moshinala ozi haydovchisiz yurib ketvotti. .... Keyin bilishimcha bu davlatda yo'l harakati teskari ekan! ;D ;D ;DMashina ruli ham ongda. Kochada ichaklarim uzilib ketay deb yotvolib kulgandim bu tushunmovchilikka.
Shunaqa.... ;)
Bonu
   
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:35:35
Otabek;

Juda qiziq ekan.
Koreada ham bunaqa voqealar bo'lib turadi.
Tez orada mendan ham eshitib qolarsizlar. :)
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:35:47
Otabek:

Bir kuni Koreyada ishlaydigan bir akaxonimizga telefon qildim. U telefonni oldi va koreyschalab:
- Allo, - dedi.
Men ham uni tanimasdan koreyschalab gapirdim...
Biz yarim soat boshdan to oxiriga qadar bir-birimizni tanimagan holda koreyscha gaplashibmiz.
Oradan qanchadir muddat o'tgach, biz ko'rishdik.
- Bir marta kimdir menga telefon qildi. Talaffuzidan koreysga o'xshamaydi. Men ham koreyscha valdirayveribman, deb qoldi.
Men o'zimni tutolmay kulib yubordim...
- Ha, senmiding, shumtaka...
- Koreys tilida gapirishni boplar ekansiz lekin... - dedim kula-kula.
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:36:01
Bonu:

Hahahaha ;D , juda qiziq voqea...Lekin manda ham shunaqasidan juuuda kop bolgan, keganimda ayniqsa, o'zbeklar bilan ingliz tilida 1-2 soat gaplashgan vaqtlarim bolgan haligacha eslashib kulishamiza.
Lekin mani qulogimda uzbekcha zirak bor, shunga hamma mani srazu uzbekligimni bilib qolardi. Shunaqa...
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:36:13
AbdulAziz:

Mandayam shunga o`xshash hodisa bo`lgan edi. Bir kuni ishxonadan o`qishlaringga Amerikadan professor kelibdi. Shundan tezda borib interview olib kegin deyishdi. Hamma kerakli narsalarni olib, o'qishga otlandim. Borib qatta u professor desam American Centreda deyishdi. U yoqqa chiqdim. Chiqasam bitta ko`zoynakli amaki turibdilar. Salom alikdan so`ng, maqsadga o`tdim:
— may I take with you an interview?
— About what? And where are you from?
— I am from Marifat newspaper. About US and Uzbekistan library system.
— Library system? hmmm...
— Yeah.
— OK, can u come to me tomorrow. May I prepare to interview.
— OK, tomorrow 10.00
Ishxonaga borib, bo`lgan voqeani aytdim. Keyin redaktorimiz nega unaqa dedi. Manga muxbiringni jo`nat degandi-ku, hozir ham telefon qildi. Hozir borib, nima gapirsa olib kelavering dedilar. Noiloj yana bordim. Borsam haligi man gaplashgan odam ketib bo`lgan ekan. Yana hayron bo`ldim. Keyin bolalar kimni qidiryapsan deyishdi. Dr. Watsonni desam u hozir leksiya o`tyapti deyishdi, deb ana ko`rgin deyishdi. Ne ko`z bilan qarayki, umuman boshqa odam dars o`tayapti. Man gaplashgan odam esa umuman boshqa odam ekan. Bechora americanns keyin tayyorlanib keldimi-yo`qmi bilmadim...
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:36:32
Otabek:

Menga bu voqeani Koreyadagi bir do'stim so'zlab bergan edi.
Xullas, Koreyada do'stim ikki nafar O'zbekistondan kelgan rus qizlar bilan birga taksiga o'tiribdi. Taksichi amaki quvnoq, xushchaqchaq qizlarga qarab:
- Qizlar, ko'rinishlaringdan koreyalikka o'xshamaysizlar. Qayerliksizlar? - deb so'rab qolibdi.
Qizlar qitmirlik qilib:"Rossiyadanmiz", deyishibdi.
Taksichi amaki:
- Juda chiroyli ekansizlar. Lekin jahonda eng chiroyli qizlar O'zbekistonda, deb eshitganman. O'zbek qizlar juda chiroyli deyishadi, - debdi.
Qizlar nima deyishlarini bilmay, elka qisib qo'yishibdi.
Ana, dovrug'i dunyoga yetgan o'zbek qizlari bilan fahrlanishimiz kerak.
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:36:49
Bonu:

;D ;D ;D Otabek, judaaaaa mubolagani ham oshirib yuboribsizda! Bunchalikmasdir! Togrisini eting, ijod mahsulingizmasmi bu? Unda nega ozingiz shu dovrugi ketgan ozbek qiziga emas koreys qiziga shaydosiz?
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:37:06
AbdulAziz:

Osha koreys shopiri o`zbek qizlari haqida qayerdan bildi ekan? Lekin baribir O`zbegim qizlariga yetadigani yo`q!!! :) :) :)

PS.Endi oldiga qarasezam, orqaga, yonga qarasezam ko`zi qiziqlarni ko`rursez... yoqtirib qosez kere-da :)
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:37:24
kamol:

Savol uchun uzr...
Horijda o`z tanini sotayotgan qizlarimizga munosabatingiz qanday?
Siz yashayotgan shaharda ham shundaylarga ko`zingiz tushganmi? Ularni ko`rib qanday ahvolga tushgansiz?
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:37:34
Otabek:

Bunday holat juda achinarli, albatta. Lekin men hali Koreyada unaqalarga ko'zim tushmadi. Pokiza o'zbek qizlari haqida faqat iliq so'zlar eshitaman. O'zbekistonga borib kelgan koreyslar ham qizlarimiz to'g'risida to'lqinlanib gapirishadi.
Xullas, hammaga namuna o'zbek qizlariga ko'z tegmasin, ilohim!
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:37:44
kamol:

Assalomu alaykum!
Gaplaringizga qo`shilaman, o`zbek qizlari doimo o`zlarining hayo-ibolari bilan boshqalardan ajrab turganlar.
Lekin...
Guruch kurmaksiz bo`lmaydi.
Ayrim qizlarimizning chet-elllarga o`z tanalarini sotish uchun, qiyinchiliksiz erishiladigan mo`may HAROM PULLAR uchun o`zlarining g`'ururu hayolarini sotib qilayotgan harakatlari haqida eshitib qolamiz.
Bunga nima sabab deb o`ylaysizlar?
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:37:59
Otabek;

O'z yurtdoshini xorijda shunday ishlar b-n shug'ullanayotganligini ko'rgan har qanday odam yaxshi xissiyotlarga borishi mumkin emas. Lekin shunday qizlarimiz kimlarningdir aldovlari natijasida shunaqa axvolga tushishmayaptimikan?
Men bir qizni bilaman . U bilan birga o'qiganman. Ismini aytishni lozim topmayman, o'sha qiz yolg'onga uchib, Birlashgan Arab Amirliklarida shunday ishlarni bajarishga majbur bo'lgan. Menimcha, ( bu faqat fikrim, xolos) hech qaysi o'zbek qizi o'z xoxishi bilan bunday ish qilmaydi. Ular aynan yolg'onchilarning "oson o'ljasi"ga aylanib qolishmoqda.
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:38:12
Shahzoda:

Barcha chet elda yashaguvchi yurtdoshlarga alangali SaLoMlaR!!! Mani uzim Kanadada istiqomat qilaman. Bu yer O'zbekistonga nisbatan ancha sovuq bo'lsada, sharoitlari juda ham yahshi. Kanada bu immigrantlar yurti deb aytsam yanglishmagan bo'laman. Negaki, bu yerda haqiqiy Kanadaliklarni uchratish juda ham qiyin...Odamlarning asosiy qismini immigrantlar tashkil etadi. Shu sababdanmi, bu yerga kelgan ko'pchilik odamlar o'z yurtini unutib ham yuborishadi. Bundan tashqari, bu yerlarda turli xil davlatlarning o'z restoranlari, va uyushmalari ham bor. Afsuski bu yerda o'zbeklar unchalik ko'p emas...Borlari ham hech birlasha olmay yuradilar. Lekin shunday bo'lsa ham bu yerlarda o'zbekcha restoranlarni uchratish mumkun. Biz 5-6ta tanish o'zbeklar o'z milliy bayramlarimizda birlashib, qo'limizdan kelganicha yahshi o'tkazishga harakat qilamiz. Bilasizmi, Kanadaning yahshi taraflari juda ham ko'p. Ularni sanab sanog'iga yetmaysan kishi. Lekin baribir yahshimi, yomonmi, vatan-vatanda. Ba'zida O'zbekistonni shunaqangi sog'inib ketamanki...tasavvur ham qila olmaysizlar. Shunday paytlarda man darrov telefonni olib o'zbek do'stlarim b-n qo'ng'iroqlashaman. Mani hayotimga kelsak, u juda ham qiziqarli. O'zim maktabda o'qiyman, shuning uchun o'qishlar b-n bo'lib, uncha-buncha narsaga ulgurmay qolaman. Pulli maktabga qatnaganim uchunmi, manga negadir bu yerning o'qish sistemasi bizlarnikidan ancha qiyin tuyilaveradi...O'qituvchilarim juda ham qattiq turishadi, bir kun uy vazifangizni qilib bormanchi, o'zingizni o'sha zahotiyoq direktorning offisida topasiz. Yoki ustozingiz bitta mavzu beradida, shu mavzuga bir haftagacha 500 so'zdan iborat bo'lgan insho yozasiz(ehee) :-/. Agar maktabni, yoki biron bir darsni qoldiradigan bo'lsangiz, o'sha kuniyoq uyingizga qo'ng'iroq qilib maktabga bormaganligingizni aytishadi. Ota-onangiz tushuntirish xati yozib berib, yoki qo'ng'iroq qilib, yoki o'zlari direktorning offisiga kirib nega maktabni qoldirganligingizni tushuntirmagunicha qutulib bo'psiz. Imtihon/test paytlarida bizlarnikidagiga o'shab hamma bir-biridan ko'chirib yurish ham yo'q. Odamlar bitta-bittadan o'tirib yozishadi. Agar o'qituvchi sizning biron bir g'alati qattiq-harakat qilayotganingizni sezib qolgudek bo'lsa, yoningizga borib test-pestingizni shartta yirtib tashlaydi. Mana sanga sovg'a deb jurnalga katta nolni joylab qo'yishni ham unutishmaydi. Mayli maktabni ortda qoldirib, bo'sh vatlarimda nimalar qilishim haqida oz bo'lsada ma'lumot berib o'tay(uhlab qolmasangiz bo'lgani 8-)). Shanba, yakshanba kunlari bizlarga dam olish bo'lganligi uchunmi,bu kunlarni juda ham yahshi ko'ramande. Bu kunlari biz ko'pincha mehmon, sayohat, kino ko'rish, suzish, yoki restolaranlarga borib tanavvul qilish bilan shug'ullanamiz. Bularning ichida mani eng yahshi ko'radigan mashg'ulotim bu sayohat qilishdir. Ahir mehmonga boshqa paytlarda ham borishingiz, kinoni uyda ham ko'rishingiz, uyda basenda suzishingiz, va restoran ovqatlarini o'z uyingizda ham yeyishingiz mumkunku, shundoq emasmi? Biz turli xil joylarga sayohatga boramiz. Ba'zida disney landga o'hshagan parklarga boramiz, ba'zida tog'laru-daryolarga sayohat qilgani boramiz. Man tabiatni juda ham yahshi ko'raman, va har qanday holatda ham baribir tabiat manzarasi sari sayohat qilishni yoqtiraman. O'zingiz bilganingizdek, Dunyodagi eng katta sharshara "Niagra Falls" Kanadaning Niagra Falls shahrida joylashgan. Biz u yerlarga juda ham ko'p borib turamiz. Birinchi bor Niagra sharsharasini ko'rganimda hayratdan yoqamni ushlab qolgandim. Sharsharaning bahaybatligi, va uning atrofidagi go'zal tabiat har qanday kishini lol qoldiradi. Lekin Niagra Falls Kanadadagi yagona sharshara emas, bu yerda sharsharalar juda ham ko'p. Hammasi bir-birdan ajoyib va go'zaldir. Bularni ko'rib ko'nglingiz orom oladi. Barcha muammolaringizni unutib, o'zingizning sirli bir dunyoingizga kirib qolasiz. Go'yoki atrofda siz va go'zal tabiatdan o'zga narsa yo'qdek...Hullas, Kanadaning tabiati juda ham go'zaldir. Uni tariflashga har qanday til ojizlik qilgay. Kanada maning nazarimda juda ham osoyishta, tinch, va ishonarsiz tarzda go'zal davlatdir. Shuning bilan birgalikda, Kanadada texnika juda ham rivojlangan. Bu yerga kelganimda o'zimni huddi o'zga dunyoga tushib qolganday his qilgandim. O'zbekiston hozir manga juda ham qoloq davlat bo'lib ko'rinadi...Chunki Toshkentni markazini hisobga olmaganda, hammayoqda bir suv o'chsa, bir svet o'chadi. Gazni gapirmasa ham bo'laveradi(kechirasizlar tanqid qilish niyatim yo'qku lekin...) Bu yerlarda bunaqa narsalar hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Kelganimga uch yil bo'libdiki, hali bunaqa muammolarga duch kelganim yo'q(1 kunni hisobga olmasa agar) Bir kuni Kanadaning butun shaharlariga svet tarqatadigan stantsiya portlab ketgan ekan, hammayoqda svetlar o'chib qoldida. Hammayoq qop-qorong'u...Ayraportlarda samalyotlar ham uchmiy qo'ygan...yo'llarda svetaforlarning birontasi ham ishlamagandi. O'shanda Kanadada istiqomat qiladigan aholining asosiy qismi ko'chaga chiqib ketgandi. Ular bugun qiyomat qoyin bo'ladi deb ham o'ylashgandi(voy tavba) Yer portlab ketganidan keyin uyimiz ostida qolib ketmaylik deb, barcha odamlar iloji boricha turli xil binolardan uzoq-uzoqlar(parklar)ga borib yotib olishgandi. A biz o'zbeklar nima ham qilardik, uyda o'tirvoliiib shamni yoqvoganmiz bo'ldida. Shu kuni bitta qo'shnimiz uyimizga yugurib dod-voy solib kelgani hech ham yodimdan ketmidide. U ayol bechora bizlarga kuyib, pishib "Oh darling, I can feel that something really bad is going to happen today. Everybody is running away from their home as far as possible. It might be the last time we see each other...I'm afraid that God has send a tribulation upon us. So please hurry up, we have to go away", ya'ni " Oh jonim, Bugun qanaqadir yomon narsa yuz berishini sezib turibman. Hamma iloji boricha uyidan uzoqqa qochib ketishyapti. Bu bizning bir-birimizni ohirgi marotaba ko'rayotgan vaqtimiz bo'lishi mumkun...Olloh bizlarga qiyomat qoyinni(desak ham bo'laveradi. tribulation bu juda ham yomon narsada u faqat yong'in, suv toshqini , va tornado emas hammasi birgalikda) jo'natganga o'hshaydi. Shunday ekan, iltimos shoshiling, ketishimiz kerak" degan edi. Man bechora turgan joyimda ichaklarim uzilgunicha kulgan edimde.Lekin bunday holatlarni ko'rmagan Kanadaliklarni ham tushunsa bo'ladi...Bechora ayolni oyim zo'rg'attan tinchlantirgan edilar. Bu narsa bizning davlatimizda oddiy bir holat, qo'rqmang hammasi joyida, biznikida qoling deyishiga qaramay u shoshilganicha biron narsa yuz bersa mandan hafa bo'misizlar, sizlarni ogohlatirdim deya ketib qolgandi. Ertasi kuni svet yonganidan so'ng telivizorda ko'chalarga chiqib olib uhlagan aholini ko'rib maning hali uzilmagan ichaklarim uzilib ham tushgandi ;D. E bir biridan ajoyibu g'aroyib odamlar borda bu dunyoda...Mayli aziz do'stlar e'tiboringiz uchun rahmat. Sizlarni zeriktirib qo'ymadim degan umiddaman.
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:38:34
Behzodbek:

Assalomu alaykum,
Hindistonda har kuni kulguli voqealarga duch kelaman, ha, har kuni. Bu goh jonimni chiqarsa, goh kulgimni qistatadi. Hindlarni yomonlash emasu, lekin ko'rganlarimni aytadigan bo'lsam, hindlarda ozgina farosat yetishmaydimi, deb o'ylayman. Kap-katta odamlari ham yosh bolaga o'xshaydi.
Xabarlaringiz bo'lsa, bu yil Dehlida Metropoliten ishga tushdi. Platformalar Toshkentniki kabi rang-barang, naqshinkor bo'lmasada, lekin juda shinam, poyezdlari keng, yangi, menga juda yoqdi, yaponlar qurib berishibdi. Kollejimga ham metroda borib kelaman.
Xullas, bir kuni metroda eskalatordan tepaga chiqib ketayotgandim. Pastga tushish uchun eskalator yo'q, zinada tushish kerak. Lekin qarasam, bir 40-50 yoshlardagi amaki eskalatorga chiqaman deb urinyapti. U mening tepaga chiqib kelayotganimni ko'rdi, demak eskalator pastga emas, tepaga yurayotganini anglashi kerak. Lekin u zinadan tushmoqchi bo'layotgan sherigini eskalatorga chiqamiz deb undayapti. Sherigi, yo'q u pastga tushmaydi, deyapti shekilli, zinadan yuramiz deb ishora qilyapti. Amaki o'z so'zidan qolmadi. Chiqib ketayotib ortimga qarasam, u eskalatorga chiqibdi. Lekin bir siltanib orqaga yiqilib ketay dedi va zo'rg'a tashqariga chiqib oldi...
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:38:45
Behzodbek:

Yana bir narsani yozgim keldi.
Hindistonda meni eng ko'p ajablantirgan narsa uning avtobuslari bo'ldi. Avtobuslari haqida qisqacha ta'rif:

Toshkentdagi Janubiy vokzaldan Chorsuga qatnaydigan 132-eski PAZ avtobuslariga o'xshagan avtobuslar. Eshiklari qishin-yozin umuman yopilmaydi. Shofyorning eshigi ham, odamlar chiqib tushadigan 2 ta eshik ham lang ochiq. Odamlar eshikka osilib, yarim tanalarini tashqariga chiqarib ham ketishaveradi. Bekatlarda deyarli to'xtamaydi. Bir oz sekinlashadi, odamlar dup-dup sakrab tushib qolishadi. Bekatdagilar ham bir amallab shunaqa usulda chiqib olishadi. Birinchi kuni avtobusdan bir sakragandi, yiqilib tushdim, oldindagi boshqa bir to'xtab turgan avtobusning orqasiga borib uruldim. Yaxshiyamki, hech qayerim lat yemadi. Hozir sakrash bo'yicha super bo'lib ketganmiz.
Avtobusda kattaga, ayollarga joy berish degan narsa yo'q. Kim birinchi kelib o'tirsa, joy o'shaniki. Yoningizda munkillab turgan qariya tik tursa ham, 15-20 yoshli yigitchalar joy berishmaydi. Ayniqsa, metrodagi bir holat meni ajablantiradi. Kashmiri Gate degan bekatda ko'pchilik tushib, ko'pchilik chiqadi(xuddi, Toshkentning Paxtakor bekati kabi). Shu yerdan chiqqan odamlar, tavba qildimi, xuddi bo'ridan qochgan qo'ylarga o'xshab shunaqangi yugurib ichkariga, kirishadiki, ko'rib jonim chiqib ketadi. Ular o'tirishga joy topish uchun shunaqa yugurishadi. Judayam hunuk manzara.
Avtobuslarning orqasidan chiqib oldidan tushish kerak. Odam har doim tiqilinch bo'ladi. Orqadan chiqqan odam tiqilinch bo'lsa ham oldinga qarab intiladi. Albatta, ust-boshingizni ezib-majaqlab o'tishadi. Hindlar bu narsaga parvo qilishmaydi, moboda Toshkentda shunday qilsangiz bormi, shiringina gaplar eshitasiz.

Shunaqa gaplar,
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:38:59
Abdulaziz:

Salom Behzod! Judayam zo'r tasvirlabsiz. Mendayam transport bilan bog'liq shunday qiziqarli voqea bo'lib o'tgandi.
Varshavaga kelganimning birinchi kuni. Samolotda kechasi uxlamaganim uchun mehmonxonada maza qilib uxlayotgan edim. Sheriklar uyg'otishdi, yur bir shshar aylanamiz deyishdi. Noiloj turdim.
Mehmonxonadan tashqariga chiqdik. Tashqarida katta yo'l: Velosipedlar uchun alohida, piyodalar uchun alohida, avtomobillar uchun alohida. Qarasak, yo'lda mashina ko'rinmaydi. Tezroq yo'lning narigi tomonidagi bekatga o'tib olish uchun yo'lni kesib o'tishga kirishdik. Bironta mashina ko'rinmaydi. Asta orqaga qaradim: velosipedlar yo'lagida 3-4 velosiped, yo'lovchilar yo'lagida 5-6 ta odam to'xtab kutib turishibdi. Hammalari bizga qarashgan. Hayron bo'ldim. Keyin qarasam, piyoda va velosipedlarga qizil chiroq yongan ekan...
Yana bir kun Varshavaning markaziy ko'chalaridan birida ketayotgan edik. Birdan yo'lda katta prezident mashinalari kolonnasi paydo bo'ldi. Svetoforga kelganda katta kolonna ham to'xtab turganini ko'rib judayam hayron bo'lgan edim.
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:39:16
maknuna:

Assalomu alaykum!
Behzod, hindlarning tabiatini ajoyib shaklda ochib beribsiz. O'qib juda maza qildim. Yana mana shunday holatlar esizga tushib qolsa yozing.

AbdulAziz, rostanam prezident mashinasi svetoforga to'xtarkanmi? Bizada prezident o'tvotganda yo'ldagi barcha mashinalarni surib tashashadi...
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:39:30
Behzodbek:

Assalamu alaykum, yana Hindistonga safar qilamiz.

HINDISTON TAOMLARI

O'zbekistonning taoimlarini sog'indim, ayniqsa, nonni...

Hindiston aholisining aksariyatini vegetarianlar tashkil qiladi. Restoranlarga kirsangiz qo'lingizga ikki xil menyu tutqazishadi: veg. va nonveg. Biz odatda, veg. yeymiz. Chunki, agar musulmonlar joyi bo'lmasa, go'sht mahsulotlarida shubha bor.
Keyin, ovqat borki achchiq. Achchiq bo'lgandayam shunaqangi achchiqki, vodiyda oz-moz achchiq yeb katta bo'lgan bo'lsak ham, bu achchiqlarga ko'nikishimiz qiyin bo'ldi. Keyin ovqatlari hammasi suyuq, qanaqadir bo'tqaga o'xshaydi, hech yoqtirmadim. Bularda achchiqning ham har turidan bor ekan: masala, spicy, chilly deyishadi. Hatto sharbatlarga ham masala solib ichishadi.
Lekin Hindistonning sharbatlari menga juda yoqdi. Ko'chalarda maxsus tabiiy sharbat tayyorlaydigan do'konlar juda ko'p. Mevalarni qator terib qo'yishadi. Siz kelib zakaz berasiz. Olmayu Anordan tortib ananasu banan sharbatlarigacha tayyorlab berishadi. Tabiiy sharbatlar, maza qilasiz.

Musulmonlar yashaydigan bir joyda ajoyib tabaka qilishadi. Har zamonda o'rtoqlar bilan tabakaxo'rlikka borib turamiz. Qolgan paytlar uyda ovqat qilamiz. Ko'chada deyarli ovqatlanmay qo'yganmiz.
Nonlari umuman bo'lmaydi. slice qilib kesilgan, chiroyli qilib upakovka qilingan "xleb"lari bor. Yaxshi pishmagan. Mahalliy nonvoylar oppoq, yupqa non yopishadi, eng afzali shu. Agar O'zbekistonda bunaqa non bo'lsa, hech kim yemaydi. Majbur yeyapmiz. Bilasizlar, o'zbeklar nonni ko'p yeydi. Hindlar esa kam yerkan.
Davomini, Xudo xohlasa, keyingi safar yozamiz.
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:39:41
Feruza:

assalomu alaykum! o'qib, rosa qiziqib qoldim.
Bezod, to'g'ri aytasiz, biz nonni ko'p yeyishimizni bu yerga kelgandan keyin aniq ishonch hosil qildim. har bir ovqatlanishimda non yeyishimni ko'rib, birinchi ajablanishdi, kulishdi, endi esa o'rganishdi. haligacha biror joyga ovqatlanishga borsak, men uchun har doim qo'shimcha non keltiriladi! noniga chidasa bo'ladiyu, lekin o'zimizning nonga yetmaydi! ko'pincha o'zimizdagiga o'xshash ruscha "bulka" yeyishadi, bundan tashqari meksikaliklarning noni ham ko'p ishlatiladi. ajablanarlisi, meksikaliklarning noni xuddi o'zimizning "qotirmaga" (non tugaganda o'zbek ayollari vaqtincha yeyish uchun xamirni katta qilib yoyib, biror narsada pishirishadi) o'xshaydi. ko'rganimda, 'qotirma' deb yuborsam, yo'q bu "tortilla" deyishdi. kulib qo'ya qoldim...........
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:39:52
Behzod:

Assalamu alaykum,

bir kuni Sundar degan hind kursdoshim uyiga mehmonga taklif qildi. Mening musulmonligimni va shu boisdan ayrim "injiqliklarim" borligini bilgani uchun birga bozor qildik. Go'shti ham musulmonlardan oldirdim. Qarasam, hamma narsani oldiyu nonni olmayapti. "Non olmaysanmi?", desam kulib, "Yo'q, non yesang, to'yib qolib, ovqatni yeyolmaysan", deydi. Lekin baribir nonni oldirdim... ;)
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:40:13
Feruza:

assalomu alaykum!
bu yerning ovqatlari judayam har xil, lekin milliy taomlari kam yoki umuman yo'q. asosan boshqa millatlarning taomlari. bu yerda o'choq degan narsani umuman bilishmaydi. qozon izlab rosa ovora bo'ldim, lekin haligacha topa olganim yo'q.
o'zimizning milliy taomlar hech qaysi millatning taomiga yetmaydi! oshni pishirib ko'rdim, lekin uydagiday deya olmayman. guruchi umuman boshqacha, sal yog'liroq bo'ldi. keyin qozon yo'qligidan kastryulkada kapgisiz pishirdim. ularga judayam yoqdi.
boshqa davlatda o'zining ovqatini yeyish -bu xuddi o'zini o'z vatanida his qilishdek gap. har safar ovqat qilganimda, O'zimizning yurtni, O'zimizning odamlarni sog'inganligimni his qilaman.
lekin na iloj, musofir bo'lmay musulmon bo'lmas deyishadi.
   
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:40:29
AbdulAziz:

Assalomu alaykum!
Shu taom bilan bog'liq bir qiziqarli voqea esimga tushdi:

Birinchi voqea
Dadamning Moskvadagi bir og'aynilari biznikiga mehmonga keldi. Tezda oshga urindik. Dadam qo'y-yog'i qo'y-go'shi, qoraqiltiriq guruchda marg'iloncha osh damladilar. Osh pishdi. dasturxonga tortildi. Haligi o'ris amaki oldin oshni ko'rmagan ekan. Nima bu deb savol berdi. Ovqatdan olish boshlandi. dadamning o'ris o'rtoqlari shunaqa maza qilib yerdiki, bizga qarab: "dunyoda shunday mazal taomlar borligini Marg'ilonga kelib bildim", dedi. U ko'zlariga ishonmasdi, tinmay oshdan yerdi. oshdan keyin ko'k choyni ichib ozgina gaplashib o'tirdik...
hammasi oshdan keyin boshlandi. Vladimir aka o'zini boshqacha his qila boshladi. Davleniyasi ko'tarilib ketdi. Skoriy pomosh chaqirdik. Uni tezda kasalxonaga olib ketishdi. Bechora oldin bunday kuchli ovqatlarni yemaganligi uchun ko'tarolmagan ekan. Ertasi kuni yana uyga olib keldik. Vladimir aka: "Oshlaring juda zo'r ekan, lekin bizga mas ekan" dedi.
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:40:42
AbdulAziz:

Ikkinchi voqea
Maktabda Kvan Su degan koreyalik domlamiz bo'lardi. O'zbeklarga shunchalik o'rganib qolgan ediki, hatto oshni ham o'rganib olgan. Bir kun o'z qo'li bilan bizga ham osh qilib bergandi. Keyin yozda Koreyaga ketdi. Kuzda qaytib keldi. Uyida osh qilib beribdi. Oshni ko'riboq oila a'zolari lol bo'lib qolishibdi. To'g'ri uyam kostryulda pishirgan, lekin shunday bo'lsayam lol qolishibdi. Ularning eng yaxshi ko'rgan mahsulotlari guruch bo'lganligi uchun, uni doim qaynatib yeyishaverarkan. Lekin oshni ko'rganlarida, yeganlarida dunyoda shundayin mazali taomlar borligini bilishibdi.
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:40:55
Behzodbek:

Assalomu alaykum,

Bugun meni bir Xudo asradi, bo'lmasam, hozir forumda shu gaplarni yosish nasib qilarmidi-yo'qmi, bilmayman...
Kollejda darslarim tugab metroga qarab keta boshladim. Metro biroz uzoqda, ozroq piyoda borishga to'g'ri keladi. Ungacha bir yo'lni kesib o'taman, serqatnov ko'chani...
Xabaringiz bo'lsa kerak, Hindistonda qatnov chap tomonda. Biz o'ng tomonga o'rganib qolganimiz uchun boshida kelganimizda ko'chalarni kesib o'tishda ancha dovdirab qoldik. Qolaversa, ko'chalar shunaqa tiqilinchki, bazan traffik ko'payib mashinalar soatlab ham qolib ketishadi... Avtobuslar esa yo'lda odam bo'lsa ham pishqirib bostirib kelaveradi. Hindiston qonunchiligiga ko'ra, avtobus haydovchilari uchun qanchadir odamni o'ldirishiga ruxsat bor ekan, ya'ni avtobus ichidagi ko'pchilik odamning hayoti yo'ldagi bir-ikki odamning hayotidan afzal qilingan. Ichidagilar hayotini saqlab qolish uchun, agar to'xtash xavfli bo'lsa, sizni ezib o'tib ketaverishadi.
Bugun ham ko'chani kesib o'tayotib faqat chap tomonga qarabman. Aslida men tomonga o'ngdan mashinalar keladi. Men o'zimni O'zbekistonda yurganday his qilib, chap tomonda hech qanday mashina ko'rmagach, shiddat bilan yo'lni kesib o'ta boshladim. Yo'lning o'rtasiga borganimni bilaman, bir mototsikl shuvvillagancha yonimdna o'tib ketdi. Ishonasizmi yo'qmi, men uni mutlaqo ko'rmagandim va yo'lning u yuziga o'tib olay deb juda tez yurayotgandim. Mototsikl esa mendan oldin o'tib ketaman deb o'ylagan(u meni to'xtaydi, deb o'ylagan). U shunaqangi tez keldiki, menga haydovchining kiyimlari tegdi, shekilli... Undagi odam ham dod deb yubordi. Mening esa yuragim bir sakrab tushdi. Darhol Xudoni yodga oldim, "Alloh saqladi". Agar bir soniyaga tez yurganimda, shubhasiz, katta tezlikda kelayotgan mototsikl meni urib, o'ldirmasayam, kamida pachaq qilib ketardi. Chunki men yo'lning o'rtasini ajratib turgan panjaraga yetib qolgandim. Mototsiklga rulni burish uchun mutlaqo joy qolmagandi.
Alloh saqladi. Ichimda Qur'onni o'qib kelayotgan edim. Ehtimol, shuning uchun ham Xudo meni saqlagandir.
Alloh barchamizni o'z panohida asrasin.
   
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:41:08
Behzodbek:

Yana bir voqea.

1999 yoki 2000 yil edi. Yoyilma degan dashtli bir qishloqdan dehqonchilik qilish uchun yer sotib oldik. Shu yerga mollarimizni ham olib borib qo'ydik. Chunki uyda mol boqish qiyinlashib ketgandi, o't yo'q, boqadigan joylar ham topilmaydi.
Xullas, dashtga sog'in sigirimizni ham tashlab keldik. Men yoki akalarimdan biri har kuni velosipedda dashtga borib, mollarimizni boqib, suv berib kelardik. Shuningdek, sigirni sog'ib kelish ham biz yigitlarning qo'lida qolgandi. Lekin men sog'ishni uncha bilmasdim. Men borgan kuni chelakda juda oz sut kelardi.
Bir kuni kechki payt sigirni sog'ib uyga jo'nash uchun yo'lga chiqdim. Bir qo'limda sut solingan chelak, narigi qo'lim bilan velosipedning rulini tutganman. Katta yo'lga chiqib olsam bo'ldi, u yog'i pastlikka asfalt yo'lda shuvillab tushib ketaman, qiyinchilik bo'lmaydi. Lekin shu katta yo'lga chiqishda bir xavfli burilish bo'lardi. Ya'ni katta yo'lga bir tepalikdan tushib borishim kerak edi. Odatda, bu tepalik (bu ham asfalt yo'l)dan tushib borilsa, katta yo'lni kesib chiqardim. Lekin bu yerda tezlik oshib ketib, katta yo'lga chiqqanda agar tormozni bosmasangiz, burilishingiz juda qiyin bo'ladi. Ayniqsa, qo'lingizda chelak bo'lsa...
O'sha kuni qandaydir xayol bilan bo'lib, tepalikdan tez tushib yuboribman. Shunaqangi tezlashib ketdimki, katta yo'lga yetganimdagina xayolim o'zimga keldi. Lekin eng dahshatlisi hali oldinda edi. Katta yo'lda bir yuk mashinasi oldimni to'sib chiqmoqda edi. Agar tezlik bilan tormozni bosmasam, borib unga urilishim aniq edi. Qo'rqib ketib darhol tormozni bosdim. Shoshib qolib bir narsani unutgan ekanman: Bir qo'limda chelak, rulni chap qo'lim bilan tutganman, xolos. O'tirg'ichda ham omonat o'tiribman. Tormozni bosishim bilan velik darhol to'xtadi. Shunday qattiq silkindimki, aniq oldinga uchib ketaman, deb o'yladim. Sut to'kilsa ham maylikuya, o'zimning pachog'im chiqishiga ishonchim komil edi...
Lekin bir lahzadan so'ng o'zimga kelib qarasam, o'tirg'ich ustidaman, chelakdagi sut ham to'kilmabdi. O'sha payt qandaydir kuch meni o'tirg'ich ustida ushlab qolganiga aniq ishonaman. Hanuzgacha shu voqeani eslab yuraman.
U paytlar namoz o'qimas edim. Keyinroq namoz o'qib, Qur'onni o'qiy boshlaganimda, bir oyatga duch keldim. U yerda, mazmunan, sizlarning ikki tomonlaringizda muhofaza qilguvchi farishtalar bo'ladi, deb yozilgandi.
Meni Allohning xohish-irodasi bilan o'shanda farishtalar bir o'limdan saqlashgan bo'lsa kerak. Keyinchalik Toshkentda o'qib yurganimda "Hidoyat" jurnalida shu voqea haqida kichik bir maqola ham chop ettirdim.
Alloh barchamizni o'z panohida saqlasin.
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:41:24
Maknuna:

To'g'ri etasiz AbdulAziz!
O'zimizani palovga yetadigani dunyoda topilmiydi.
TVda ko'rgan edi qaysidir yili Yaponiyada jahon taomlari festivali bo'lgan edi. Shunda bizani oshimiz birinchi o'rinni egallagandi.
Oshpazlarimiz, o'choq-qozonlarini ko'tarib borishgandi. Ko'rganlar hammasi hayron qolgandi.
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:41:36
Feruza:

Assalomu alaykum.
AQSH kelganimdan ziravorlar qidirish bilan bandman. O'zimizning taomlarni pishirish uchun eng avvalo ziravorlarni izlay boshladim. Qanaqa magazinga bormay bittalab o'qib chiqardim, iloji bo'lsa hidini bilishga harakat qilardim. Bu yergagi ziravorlarning turi shunchalik ko'pki, o'zimizning oddiy zirani topish uchun besh oy umrim o'tdiya! Lug'atga qarab inglizcha nomini topay desam, kitobim ruscha, aksiga olganday rus tilisini eslolmayman. ??? Oxiri "mashaqatli" urinishlardan keyin topdim. Yangi olib kelingan barcha ziravorlarni bitta bitta ochib, ko'rib chiqayotganimda bitta idishdan o'zimga judayam tanish bo'lgan zirani topdim. Shunchalik xursand bo'ldimki "aytishga til ojiz." Shunday qilib ziraning ingliz tilidagi nomi "cumin". Menga o'xshgan yurtdoshlarimiz uchun. ;)
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ziyo 15 Sentyabr 2006, 03:42:05
Behzodbek:

Assalomu alaykum.

Bugun Hindistonda Holi bayrami bo'ldi. Butun Hindiston rangu bo'yoqlarga ko'mildi. Kechgacha ko'chaga chiqolmadik. Hatto tepadan balkonlardan o'tgan-ketganlarga :kraska:lar sochishdi. Kechki payt chiqsam birortayam sog' odamni ko'rmadim, hammasi siyohlardan ola-bula bo'lib ketibdi, qoyil, udayam g'aroyib ekan.

Kecha avtobusdan ketayotsak ham oynaga qarab bo'yoq otishdi, yaxshiyam oyna yopiq edi, kirmadi, faqat biroz kiyimimga ko'k tegdi.

Hozircha shunaqa gaplar...
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: shoir 01 Oktyabr 2006, 08:48:03
Judayam qiziqarli voqealar ekan.
Boshqa ishtirokchilardan ham shunaqa izchakuzdi g'aroyibotlar kutib qolamiz.
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: fazilat 20 Oktyabr 2006, 19:45:35
Assalomu alaykum aziz dindoshlar!

O'zbek qizlari haqida iliq fikrga ega ekanligingizdan juda xursandman. Darhaqiqat, shunday bir muslima qizlar borki, ularga qarab havas qilishdan tolmaysan kishi. Qani shunday qizlar ko'paysa edi degisi keladi bexos hammani. Lekin yuqorida bir dindosh "Guruch ko'rmagi" haqida og'iz ochdilar. Ana fikrlariga qo'shilgan holda shuni aytmoqchimanki, bilmadim Zamonaning "O'ta Zamonaviy"lashganimi bu yo Moda orqasidan quvishmi, xullas bizning O'zbek qizlar hay-hay demasa juda ochiq kiyim kiyish, sigateta chekishga o'tib ketishgan. Man hamma shunaqa demayman, ammo oramizda ham shunaqalar bor. Albatta, bu suzlarim kimgadir qattiq botishi mumkin. Biroq har bir bandaning bandaga nisbatan haqqi bor. Payg'ambarimiz (s.a.v.) yomon yuldan qaytarishni aytganlar. Qo'lidan kelsa urib, bulmasa aytib yo ichida irganib quyishi kerak inson (agar hadisni keltirishda hatoga yul quygan bo'lsam uzr). Avvalo otalarimiz, keyin akalarimiz va keyin ukalarimiz shuni uzlariga qattiq singdirishsa manimcha, insholloh, bunaqa yurish-turishlar kamayadi. Bundanda oldin Olloh qalbimizga Hidoyat urug'ini sepsin.

O'zbek qizlari borasida hozircha fikrim shu.

Salomat bo'linglar
Fazilat
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: watson 20 Oktyabr 2006, 21:46:22
Assalomu alaykum aziz dindoshlar!

O'zbek qizlari haqida iliq fikrga ega ekanligingizdan juda xursandman. Darhaqiqat, shunday bir muslima qizlar borki, ularga qarab havas qilishdan tolmaysan kishi. Qani shunday qizlar ko'paysa edi degisi keladi bexos hammani. Lekin yuqorida bir dindosh "Guruch ko'rmagi" haqida og'iz ochdilar. Ana fikrlariga qo'shilgan holda shuni aytmoqchimanki, bilmadim Zamonaning "O'ta Zamonaviy"lashganimi bu yo Moda orqasidan quvishmi, xullas bizning O'zbek qizlar hay-hay demasa juda ochiq kiyim kiyish, sigateta chekishga o'tib ketishgan. Man hamma shunaqa demayman, ammo oramizda ham shunaqalar bor. Albatta, bu suzlarim kimgadir qattiq botishi mumkin. Biroq har bir bandaning bandaga nisbatan haqqi bor. Payg'ambarimiz (s.a.v.) yomon yuldan qaytarishni aytganlar. Qo'lidan kelsa urib, bulmasa aytib yo ichida irganib quyishi kerak inson (agar hadisni keltirishda hatoga yul quygan bo'lsam uzr). Avvalo otalarimiz, keyin akalarimiz va keyin ukalarimiz shuni uzlariga qattiq singdirishsa manimcha, insholloh, bunaqa yurish-turishlar kamayadi. Bundanda oldin Olloh qalbimizga Hidoyat urug'ini sepsin.

O'zbek qizlari borasida hozircha fikrim shu.

Salomat bo'linglar
Fazilat
gaplarizga qushalaman
ammo hammayuq faqat otalar aka-ukalarga bogliqmas
kuoroq qizlarimizga bogliq deb uylayman
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: watson 30 Oktyabr 2006, 23:22:36
1 kurs edim... himiya darsi edi uqituv4i manga savol berdi
man hamma savoliga tugri javob berdim... lekin hamma manga galati qarab turardi...
hattoki bazilari miyigida kulardi...
shunda man javobimi qaytardim...
uqituv4i kulib yubordi unga qushilib hamma kuldi...
man hayron buldim...
shunda bir  gurpadoshim:
" biz maskvadamiz uzbekistonda emas" dedi
uzim ham kulib yubordim 4unki man savolga uzbek4ada javob bergandim...
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: _Otabek_ 31 Oktyabr 2006, 11:55:49
Dilshodbek, ha endi, al-Xorazmiy, al-Forobiy, Imom Buxoriylar kabi ulug' insonlarning avlodimiz-da :) Siz aytgan yoshlarda bizdagidek mustahkam poydevor yo'q...

watson, qoyil sizga ajib bir holat bo'libdi. "Учите узбекский!" demadingizmi ularga ;).






Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: watson 01 Noyabr 2006, 16:22:06
Dilshodbek, ha endi, al-Xorazmiy, al-Forobiy, Imom Buxoriylar kabi ulug' insonlarning avlodimiz-da :) Siz aytgan yoshlarda bizdagidek mustahkam poydevor yo'q...

watson, qoyil sizga ajib bir holat bo'libdi. "Учите узбекский!" demadingizmi ularga ;).

ishonasangiz gurpamdagi bollarning yarmidan kupi man bilan "qalayssan" deb kurishadi
ismim jamoliddin bulgani u4un ruslarga qiyin ismimi aytib 4aqirish.
ular mandan ismimi qisqartirilgan formasini surashganida
man ularga "beyaka" deganman
hozirga4a mani hatto bazi uqituv4ilar ham beyaka deb 4arishadi ! :)







Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: watson 01 Noyabr 2006, 16:22:50
ishonasangiz gurpamdagi bollarning yarmidan kupi man bilan "qalayssan" deb kurishadi
ismim jamoliddin bulgani u4un ruslarga qiyin ismimi aytib 4aqirish.
ular mandan ismimi qisqartirilgan formasini surashganida
man ularga "beyaka" deganman
hozirga4a mani hatto bazi uqituv4ilar ham beyaka deb 4arishadi !
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Shoxjahon12 01 Noyabr 2006, 16:24:00
ishonasangiz gurpamdagi bollarning yarmidan kupi man bilan "qalayssan" deb kurishadi
ismim jamoliddin bulgani u4un ruslarga qiyin ismimi aytib 4aqirish.
ular mandan ismimi qisqartirilgan formasini surashganida
man ularga "beyaka" deganman
hozirga4a mani hatto bazi uqituv4ilar ham beyaka deb 4arishadi !

:))))))
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: watson 02 Noyabr 2006, 23:13:38
bugun flasofiya darsi dinlar tugrisida buldi...
uqituv4i bar4a dinlarni uzoro solishtirib yahshi yomonini tushintirib berdi...
shunday dedi:
"quron injil va tavrotga qaraganda an4a qiziqarli va juda mohirlik bilan yozilgan,
hatto uzim 4 marotaba uqib 4iqsam ham yana uqigim keladi.
unda yaqinda ilmiy tomondan o4ilgan juda kup yangilklar bundan an4a oldin
yozib qoldirilgan...
u juda mohirlik bilan yozilgan,qurondagi bar4a harflar 1 dan 19 ga4a bulgan bar4a sonlarga qoldiqsiz bulinadi..."
darsdan juda hursand holda 4iqib kettim!!! :)))))
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Feruzabegim 03 Noyabr 2006, 11:20:48
ishonasangiz gurpamdagi bollarning yarmidan kupi man bilan "qalayssan" deb kurishadi
ismim jamoliddin bulgani u4un ruslarga qiyin ismimi aytib 4aqirish.
ular mandan ismimi qisqartirilgan formasini surashganida
man ularga "beyaka" deganman
hozirga4a mani hatto bazi uqituv4ilar ham beyaka deb 4arishadi !


 :) :) :)
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: watson 04 Noyabr 2006, 00:24:59
ishonasangiz gurpamdagi bollarning yarmidan kupi man bilan "qalayssan" deb kurishadi
ismim jamoliddin bulgani u4un ruslarga qiyin ismimi aytib 4aqirish.
ular mandan ismimi qisqartirilgan formasini surashganida
man ularga "beyaka" deganman
hozirga4a mani hatto bazi uqituv4ilar ham beyaka deb 4arishadi !


 :) :) :)
:)))))
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Nigora 11 Yanvar 2007, 20:45:10
Assalomu aleykum!
Men Narwegiyadanman,menda ham bir voqeya bo`lgan,Narwegiyaga kelganimizaga 2.3oy bo`lib qolgandi,o`qishdan har kuni mashinamizada kèlib ketardim,bir kuni o`qishdan o`zim gaytadigan bo`ldim,yo`lda ketyapman,ko`chani narigi tamoniga o`tish kerak edi,(o`zimam,juda qo`rqoqman,Toshkentda ham svetafordan o`tishga ham qo`rqardim,birin moshina kelib urib oladigande)Narwegiyada menga yoqan tomoni,agar biron bir inson odam o`tadigan pishehodni yoniga kelib tursa hamma mashinalar tohtab insonni o`tqazib yuboradi,keyin yana boshqa joylarda svetaforni tagida bitta knopka turadi agar o`shani bossangiz,sizga yo`lni tezro ochib beradi,Men o`sha vaqtlada,bu narsani bilmaganmanda,peshihotni yoniga kelib,turibman,turibmande,hecham mashina to`htamidi, yana ko`chada mashina to`la ,mashinadigila menga hayron bo`gande qaridi,menam turaverdim,ohiri bir oyolni mashinasi to`htgadi,o`tvol deb ishora qildi,hursand bo`b ketdim.Keyin uyimga eson omon yetib oldim.
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: watson 11 Yanvar 2007, 23:21:41
Assalomu aleykum!
Men Narwegiyadanman,menda ham bir voqeya bo`lgan,Narwegiyaga kelganimizaga 2.3oy bo`lib qolgandi,o`qishdan har kuni mashinamizada kèlib ketardim,bir kuni o`qishdan o`zim gaytadigan bo`ldim,yo`lda ketyapman,ko`chani narigi tamoniga o`tish kerak edi,(o`zimam,juda qo`rqoqman,Toshkentda ham svetafordan o`tishga ham qo`rqardim,birin moshina kelib urib oladigande)Narwegiyada menga yoqan tomoni,agar biron bir inson odam o`tadigan pishehodni yoniga kelib tursa hamma mashinalar tohtab insonni o`tqazib yuboradi,keyin yana boshqa joylarda svetaforni tagida bitta knopka turadi agar o`shani bossangiz,sizga yo`lni tezro ochib beradi,Men o`sha vaqtlada,bu narsani bilmaganmanda,peshihotni yoniga kelib,turibman,turibmande,hecham mashina to`htamidi, yana ko`chada mashina to`la ,mashinadigila menga hayron bo`gande qaridi,menam turaverdim,ohiri bir oyolni mashinasi to`htgadi,o`tvol deb ishora qildi,hursand bo`b ketdim.Keyin uyimga eson omon yetib oldim.
:))))))))))))))
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: registan 26 Iyul 2008, 12:05:22
Bir Amerika kompaniyasiga ishga kirish uchun imtihondamiz, so’ngi imtihon — suhbat qolgan. 54 kishidan saralanib 8 kishi qolganmiz. Mani navbatim kelib ichkari kirdim. Suhbat boshlandi, albatta inglizchada. Suhbat qizg’in, hayajon ketgan, o’zimdan mamnunman, ishga olinishimga ko’zim yetib turibdi. Shu vaqt suhbatdoshim bir savol berdi, tushunmadim. Takrorlashini so’radim. Savolini takrorladi. Miyamdagi bor lug’at boyligimni qidirib ko’rdim, yo’q unaqa so’z. Uchinchi marta takrorlaganda ham tushunmadim. Kayfiyatim tushib ketdi, o’zimdan nafratlanib ketdim, ishdan umidimni uzdim. Uzr so’rab tushunmaganimni aytdim. "œSo, I pronounced badly, yeah?" deb qoldi. Keyin bilsam u o’zbek tilida "œYoshingiz nechada?" degan ekan. Qaerda o’tirganimni unutib qah-qah otib kulib yuboribman. "œI am so sorry. You pronounced very well, but I have searched only in english vocabulary in my brain." dedim. :)
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Feruzabegim 29 Iyul 2008, 04:02:58
Bir Amerika kompaniyasiga ishga kirish uchun imtihondamiz, so’ngi imtihon — suhbat qolgan. 54 kishidan saralanib 8 kishi qolganmiz. Mani navbatim kelib ichkari kirdim. Suhbat boshlandi, albatta inglizchada. Suhbat qizg’in, hayajon ketgan, o’zimdan mamnunman, ishga olinishimga ko’zim yetib turibdi. Shu vaqt suhbatdoshim bir savol berdi, tushunmadim. Takrorlashini so’radim. Savolini takrorladi. Miyamdagi bor lug’at boyligimni qidirib ko’rdim, yo’q unaqa so’z. Uchinchi marta takrorlaganda ham tushunmadim. Kayfiyatim tushib ketdi, o’zimdan nafratlanib ketdim, ishdan umidimni uzdim. Uzr so’rab tushunmaganimni aytdim. "œSo, I pronounced badly, yeah?" deb qoldi. Keyin bilsam u o’zbek tilida "œYoshingiz nechada?" degan ekan. Qaerda o’tirganimni unutib qah-qah otib kulib yuboribman. "œI am so sorry. You pronounced very well, but I have searched only in english vocabulary in my brain." dedim. :)

Assalomu alaykum.
Shunday qilib, o'sha ishga qabul qilindingizmi? Tabriklasak bo'ladimi?
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: registan 29 Iyul 2008, 10:05:06
Va alaykum assalom!
E'tiboringiz uchun rahmat Feruzabegim. Imtihondan o'tishga o'tdim, lekin ishlashga kelganda ishlamadim. Aslida man u yerga bir o'rtog'imning qistovi bilan borgan edim. Negaki o'sha vaqtda universitetda o'qirdim va ayni sessiya davri edi. Bittasidan voz kechishga to'g'ri kelib qolgandi. Yoki 4-kursdan o'qishni tashlab ishga borishim kerak, yoki mo'maygina daromadli ishni tashlab o'qishimni bitirib olishim kerak edi. Man albatta o'qishni tanladim. Ana shunaqa... ;)
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Feruzabegim 31 Iyul 2008, 01:53:49
Va alaykum assalom!
E'tiboringiz uchun rahmat Feruzabegim. Imtihondan o'tishga o'tdim, lekin ishlashga kelganda ishlamadim. Aslida man u yerga bir o'rtog'imning qistovi bilan borgan edim. Negaki o'sha vaqtda universitetda o'qirdim va ayni sessiya davri edi. Bittasidan voz kechishga to'g'ri kelib qolgandi. Yoki 4-kursdan o'qishni tashlab ishga borishim kerak, yoki mo'maygina daromadli ishni tashlab o'qishimni bitirib olishim kerak edi. Man albatta o'qishni tanladim. Ana shunaqa... ;)

Tushunarli.
You have made the right choice.
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: The_Alchemist 31 Iyul 2008, 09:23:44
Feruzabegimga,
registan always makes the right choice because he is smart guy and i know him. I read all his statements.

registanga,
yuq bulib ketmay kirib tur bazi-bazida, forum ancha jimib qoldi ohirg kunlada.

Omad hammaga....
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: marjona 28 Dekabr 2008, 05:11:17
qiziq  nega   qizlarni   kamchiligini  kurasizlaru    tuzatishga   yardam  bermaesizlar,,axir   yul   kursatish  oliy   himat
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: siddiqa 04 Yanvar 2009, 13:28:27
ota onam juda ko'p ishlashardi ,onamla hardoim tushlik vaqtida uyda bo'lavermasdilaru lekin buvimmi kimdir bo'lardi ,bir kuni kesam 2 yo  3 sinf edim qormin och lekin ovqat yo'q ,tuhum qovirib yemoqchi bo'ldim , qarasam skavorodkaniyam topolmadim shu payt buvimlani qalin chinni tarelkalariga ko'zim tushdi va uni gazga qo'ydim yog' soldim keyin nimadir paaq etdi hm yog'qizigandirde dip tuhumni soldim keyi n allambalo hid chiqib ketdi ,gazni o'chirib singan tarelkadan zo'rg'a tuhumni sidirib oldim ,chinni parcha parcha bo'maganu lekin galati rang bo'pqogandi ,ancha gapni buvijonimdan eshitgandim.
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: ibnUyayna 05 Yanvar 2009, 16:18:56
Assalamu alaykum wr wb!

Universtitetta,Halqaro Munosabatlar yo`nalishida o`qiyotgan paytim.Bir Angliskii ustozimiz bo`lardi Nadirbek Baxadirovich degan.O`zi O`zbegu mani unga Domla dep chaqirishim yoqmasti.Nadirbek Bahadirovich dep chaqir derdi.Shu  bir kuni domla dsam,domla dema Nadirbek Baxadirovich degin dep qoldi.Keyin man domla demiyommanu domla dsam hamma kulvordi de gruppada qah-qaha otib,o`zim ham kulgamman :-)
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: ORIF 09 Yanvar 2009, 01:42:37
Dunyo tor deb shuni aytishsa kerakda.
1- viqea:
US, Massachisetsning North Adams Shaharchasi. New Yorkga qaytishimizga ikki kun qolgan. Biz bilan yozgi maktabga qatnashayotgan barcha musiqachilar kichkina bir afeda konsert qo`ydik. Hech esimdan chiqmay, o`sha konsertda hamrohim Childirmakash Abror Mansurov o`z ijrosi bilan chinakkamiga hammani lol qoldirgandi. Tomoshabinlar orasida bir ayol va qiz bor edi. Bizni chiqishimizni qo`llab quvvatlashdi. Yana men kiyib olgan oq milliy yaktakka ishora qilib "nice shirt, nice shirt" deb qo`yardi.
Xullas New Yorkga qaytdik. U qadar kichik bo`lmagan va gavjum bo`lmagan Manhattan ko`chalarida yana o`sha kafedagi ayol va qiz bilan ko`rishib qolsak bo`ladimi. Uchrashib qolgan joyimiz esa o`sha ma'lum va mashhur 11-sentyabr yodgorligi maydoni edi. Ular ham biz ham bir birimizga tikilib "World is small" deyardik xolos.
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: prettyuz 09 Yanvar 2009, 17:36:18
Koreyaga birinchi borgan haftam edi,darsga ketayotgandim avtobusga chiqdim qo'limda harita,man nomini bilgan astanofkaga yetdik man eshikni tagida tushishga tayyor bo'lib turibman aftobus hech to'xtamaydi,ha keyingisida to'xtar desam yana o'tib ketdi,keyin shofyorga qarab Ajoshi stop dedim u manga kulib knopkani ko'rsatdi,tushadigan bekatizga kelganda knopkani bosish kerak ekan bizdagiday tushadigan bormi,yest vihodyashshiy deb chipta sotadigan baqirmas ekan.....
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: ibnUyayna 07 Fevral 2009, 02:35:38
Москвадан ссзласамми, Лос-Анжелес ёки Ҳиндистондан?

Мазкур ҳикослар менинг Москва, Ҳиндистонга қилган қисқа сафарларим, Жанубий Коресдаги срим йиллик таассуротларим ва Малайзисдаги бугунги ҳаётим ҳақидадир. Улар оддий бир ҳаваскорнинг ҳикослари. Шунинг учун анча-мунча камчиликлардан холи бслмаслиги аниқ. Бунинг учун мени маъзур тутасиз. Ҳикослар юзасидан фикр ва мулоҳазалар учун мен очиқман. Уларни, агар лозим топсангиз, қуйироқдаги смайл-манзилимга йсллашингиз мумкин. Ҳикослар фақат саргузаштлардан иборат бслмай, баъзида қиёслаш, таҳлил, айрим хулосалар чиқариш каби бслиши ҳам мумкин. Тушунарлики, бундай таҳлил ва хулосалар мутлақо субъектив бслади ва фактни бошқа такрорламасликка рухсат берасиз.

А аҳмат,
Абдурашид

[email protected]

--------------------------------------------------------------------------------

Москвада нимадан фахрланибман?

--------------------------------------------------------------------------------

Менинг илк хорижий сафарим Москвага бслган. Ўшанда 29 ёшда сдим. 2002 йилнинг апрел ойида биз Ўзбекистондаги турли фан ва таълим муассасаларининг 20 га сқин вакиллари Москва Давлат Университетига икки ҳафталик малака ошириш учун борган сдик. Машғулотлардан бсш вақтимда биринчи қилган ишим Кремлни бориб ксриш бслди. В.И. Ленин мақбараси олдида суратга тушдим ( мен балоғат ёшигача Советлар мамлакатида сшаганман, қарангки, 2002 йилда ҳам Ленин мақбараси олдида суратга тушишни сзим учун фахр деб ҳисоблаган сканман). Машҳур Третьсков галерессини томоша қилдим. Тасвирий санъат асарларини схши тушунаман деб айтолмайман. Лекин Третьсков галерессидаги санъат асарлари ростдан ҳам мени завқлантирди, улардан завқ олиш учун бу соҳанинг устаси бслиш шарт смас скан, деган хулосага келдим. Москвага саёҳатим ғаниматлигидан фойдаланиб, "œБольшой" театрга, Чайковскийнинг "œИоланта" операсига тушдим. Лекин тан олишим керак, опера шунчалик узоққа чсзилдики, сабрим тоқ бслди. Лекин срта чиқиб кетишни сзимга сп билмадим. Тарихий Москва ксчаларида ёлғиз айландим, Москва дарёси қирғоқларида хаёллар сурдим...МДУ қаршисида "œСмотровас плос‰адка" деган жой бор. Кечқурунлари бу ерга сочлари тақир қилиб олинган ёки аксинча, типратикандек қилиб сстирилган, алламбало кийимлар кийган рус ёшлари мотояиклларда чиқишар ва унинг олд ғилдирагини кстарган ҳолда у ёқдан бу ёққа бориб келишар, гитара чалишар, қсшиқ айтишарди. Уларни томоша қилиб, бир тарафдан ста сркин сканлигига ҳавасим келса, иккинчи томондан аҳлоқсизликни фазилат деб билиб, ксз-ксз қилаётганларига ачинардим.

--------------------------------------------------------------------------------

Амалга ошмаган сафар

--------------------------------------------------------------------------------

2005 йилнинг носбр ойида мен АҚШнинг Лос Анжелес шаҳрига ...боролмадим. Виза ҳам, авиа-чипта ҳам олинган сди. Учиш куни ҳам келди, юкларимни кстариб асропортга чиқдим. Биз тахминан 20 кишидан иборат гуруҳ-ҳайъат сдик. Шунча-шунча югур-югурлардан кейин шундоққина асропортда сафарни уюштираётган ташкилот вакиллари саёҳатимиз айрим молисвий сабабларга ксра бекор қилинганини айтишди. А­нди ҳолимизни тасаввур қилаверинг!...Бошқаларни-ку билмадим, аммо менга роса алам қилди...

--------------------------------------------------------------------------------

А­ҳҳ, Агра, Агра

--------------------------------------------------------------------------------

2006 йилнинг феврал-март ойларида Ҳиндистонга бордим. Аью Деҳлидаги СМС Ltd номли IT компаниссида 3 ҳафта малакамни оширдим. Москва — Оврспо шаҳри, Тошкентдан анча узоқда, Аью Деҳли сзимизнинг Осиёдаги шаҳар, Тошкентга сқин. Лекин Тошкент ва Москва орасида жуда ксп схшашликлар бор: рус миллати бизга таниш, уларнинг тилини ҳам биламиз, шаҳар қурилиш архитектураси ҳам бизникидан жуда кам фарқ қилади, хуллас, Москвада мен ста бегона ҳолатга дуч келмагандим. Ҳиндистон сса, мутлақо бошқача мамлакат, бошқа одамлар, сзгача табиат, сзгача иқлим...Ҳиндистонда гсзаллик ва хунуклик, озодалик ва ифлослик, бойлик ва камбағалликни ёнма-ён ксрдим. Бундай икки қутбдаги хислатлар ораси у ерда бир-бирига жуда сқин сди. Ҳиндистонга ҳам гуруҳ таркибида борган сдим. Биз ҳайъатимиз билан асосан Аью Деҳлида бслдик, фақат бир кунга Аграни ксришга бордик. Мақсадимиз гсзаллиги тилларда достон сша Тож Маҳални томоша қилиш сди. Тож Маҳал баҳона Қизил қалъани ҳам ксрдик. Айниқса, Тож Маҳалнинг гсзаллигидан ҳайратландим. Уни сзимизнинг Бобурийлар қурдирганидан фахрландим. Шундай ажойиб обида Ҳиндистондамас, Ўзбекистонда қурилиши мумкин бслгани ҳолда, ундай бслиб чиқмаганидан афсусландим. Бобурнинг ватани Ўзбекистон сканлигини бугунги ҳиндлар билмаслигидан жаҳлим чиқди. Улар Бобурни муғул, деб айтишди, мен рад қилдим. Кейинроқ тарихчилардан бу ҳақда суриштирсам, ҳиндларнинг гапида жон бор скан — бизнинг тарихимиз муғуллар билан чатишиб кетган скан. Маълумки, Тож Маҳал Шоҳ Жаҳон томонидан суюкли рафиқаси Мумтоз Маҳалга қурдирилган мақбара. У Жамна дарёси бсйида, оқ мармардан 23 йил давомида қурилган. Дарёнинг иккинчи қирғоғига Шоҳ Жаҳоннинг сзи учун қора мармардан мақбара қурилиши режалаштирилган скан, лекин бу режани амалга оширолмаган, натижада Шоҳ Жаҳоннинг ҳоки ҳам Тож Маҳалга, хотини Мумтоз билан ёнма-ён қсйилган. Тошкентда она шарафига қсйилган ҳайкаллар ксп. Бу бежиз смас — сзбеклар онани улуғлашади, уни бошларига кстаришади. Оналаримиз бунга арзийди ҳам. Шу билан бирга, аёлларимиз, рафиқаларимиз ҳам севишга, ардоқлашга муносиб. Тож Маҳал ёрга бслган МУҲАББАТга қсйилган ҳайкал сди. Бироз истиҳола қилсам-да, сна шуни айтишим керакки, Ҳиндистоннинг ҳиди ссимда қолди. Учоғимиз Аью Деҳлидаги "œИндира Ганди" номли асропортга қснаркан, унинг сшиклари очилиши билан ичкарига ста ёқимсиз бир ҳид кириб келди. Кспчилик, "œБу ниманинг ҳиди?" дегандек, атрофга аланглардик. Тажрибали стюардесса қизнинг жавоби мен учун кутилмаган бслди, у шундай деди: "œКечирасизлар, бу сизлар сйлаган ҳид смас, бу Ҳиндистон ҳиди, Ҳиндистонга хуш келибсиз!" Ҳақиқатан ҳам, сафаримиз давомида ана шу ҳид бизга ҳар доим ҳамроҳ бслди. Очиғи, бу ҳид манбаини — айнан ниманинг ҳиди сканлигини мен ҳалигача билмайман. Кейинроқ Жанубий Коресда ҳам шунга схшаш, лекин анча кучсиз ҳид сездим. Балки бу серёғин слкалардаги балчиқ ҳидидир. Лекин Малайзис ҳам серёғин мамлакат, бироқ сша ёқимсиз ҳид бу ерда йсқ.

--------------------------------------------------------------------------------

Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: ibnUyayna 07 Fevral 2009, 02:36:35
Ҳаёт давом стади

--------------------------------------------------------------------------------

Аью Деҳлида биз турган муъжазгина Hotelнинг шундоқ сқинида...бир чайла бор сди. Чайла дегани ичида одам тик туролмайдиган, қслга илинган клёнкани, қалинроқ қоғозми — шунақа нарсалар билан усти ва атрофи сралган, лекин доимий сшаш учун мслжалланган уй сди. Унда бир аёл 5-6 ёшлар чамали фарзанди билан сшарди. Она срталаб туриб, нонушта тайёрлар, нонушта сса, қозонга ёпиб пишириладиган, биздаги қатламага схшаш нарса сди. Аонушта тайёр бслар скан, она боласини ҳам уйғотарди. Бола туриб ювинарди, ҳатто тиш пастаси билан тишини юварди. Барча сшаш воситалари ибтидоий бслгани ҳолда, боланинг тиш ювиши мени ҳайрон қолдирарди. Кейин она-бола ерга стирволиб, нонушта қилишарди. Мен бу ҳолатни десрли ҳар куни хонамнинг деразасидан кузатардим. Аью Деҳлида бундай чайлаларни ҳар қадамда учратиш мумкин, ҳатто чайлалардан иборат кварталлар ҳам бор. Камбағаллар билан тслиб-тошган ана шу мамлакат миллиардерлар сони бсйича ҳам дунёдаги етакчи сринлардан бирида туради. Ҳиндистон шундай мамлакатки, дастлаб борганингизда у Сизга ёқмайди, "œАега ҳам келдим шу ерга?" деб юрасиз. 3-4 кундан кейин ксникасиз. Сафарингиз қариб, қайтиш лозим бслганда сса...қайтгингиз келмайди. Қайтгандан кейин ҳам узоқ пайт соғиниб, сслаб юрасиз.

--------------------------------------------------------------------------------

Ҳаракатда баракат

--------------------------------------------------------------------------------

2005 йилнинг сентсбр ойида номзодлик диссертаяиссини ҳимос қилдим. Шундан кейин чет слда узоқроқ муддат бслишга астойдил ҳаракат қила бошладим. Мақсад — тажриба алмашиш, илмий ҳамкорлик, тил срганиш, дунё ксриш ва албатта, иқтисодий манфаат сди. Мен учун чет слга чиқишнинг осонроқ йсли — бу таълим олиш учун чиқиш сди. Лекин мен Ўзбекистонда таълимнинг ҳамма босқичларида сқиб бслган сдим, фан номзоди илмий даражам ҳам бор сди. Шундай бслса ҳам, мен чет сл университетларидан бирида докторлик учун қайта сқишга қарор қилдим. Ўзбекистонда фан номзоди ва фан доктори илмий даражалари мавжуд. Аксарист хорижий мамлакатларда илмий даража битта — докторлик даражаси. Шунинг учун ҳам бизнинг илмий даражаларимизни уларнинг докторлик даражаси билан таққослаш қийин. Менинг номзодлик даражам чет слда докторлик билан тенглаштирилиши мумкин. Шунга қарамасдан, мен чет слда иккинчи марта докторлик учун сқишга рози сдим. Хуллас, ҳаракатни бошладим ва роппа-роса бир йил деганда натижага сришдим. Менинг асосий қидирув воситам интернет сди. Шу билан биргаликда чет слда сқиб юрган айрим танишларимдан ҳам маслаҳатлар олардим. Интернетни кавлаб ксрсангиз, Сизга таълим олишни таклиф қиладиган университетлар тиқилиб ётибди. Лекин менинг иккита қатъий критерисм бор сди: биринчидан, жуда ксп университетлар TOEFL ёки унга сквивалент имтиҳон талаб қилишарди. Мен сса, бу каби имтиҳон топширмаганман ва сқин орада топширишимга ксзим ҳам етмасди. Гап шундаки, менинг инглизчам мақтагулик смасди, инглиз тилида қийналиб гапирардим ва ундан ҳам баттар қийналиб тушунардим. Мен TOEFL талаб қилмайдиган университет қидиришим керак сди; иккинчидан, маълумки, чет сл университетларида сқиш жуда қиммат. Менинг сса, уларга тслаш учун ҳеч бир пулим йсқ сди. Мен текин университет қидирардим. Ҳатто, текин университет ҳам мен учун кам, менга чет слда сшашим учун ҳам пул керак сди. Хуллас, университет мени текинга сқитиб, сшашимга пул ҳам бериб туриши керак сди. Бунинг номини Scholarship дейишади. Мен турли университетлар сълон қилган ана шундай Scholarshipларга ҳужжатлар жснатдим. Ҳужжатлардаги ксрсаткичларим ёмон смасди. Швеяисдаги бир университетдан, "œБизга ҳужжат жснатганингиз учун раҳмат, лекин сизни қабул қилолмаймиз," деган мазмунда хат олдим. Исроилдаги бир университет хатларимга мутлақо жавоб бермади, балки уларга менинг арабий исми шарифим ёқмагандир. Жанубий Коресдаги бир университетга ҳужжатларим муддатидан кейин етиб борибди ва ҳоказо...Лекин ҳаракат қилинаверса, натижа бсларкан. Испанисдаги кичикроқ бир (Таррагона шаҳридаги) университет мени докторлик курсига қабул қилди. Биринчи семестр сқиш текин сди, шу билан биргаликда, текин ётоқхона ва овқат ҳам беришни ваъда қилишди. Кейинги семестрларда бундай моддий ксмак сақлаб қолиниши ёки қолинмаслиги менинг қандай сзлаштиришимга боғлиқ сди. Мен бу университетга қабул қилинганлигим тсғрисида нафақат смайл орқали хат олдим, балки почтадан ҳам тегишли ҳужжатларни жснатишди.

--------------------------------------------------------------------------------

Афсус, умидлар сзини оқламади

--------------------------------------------------------------------------------

Мен Испанисга бориш учун тайёргарлик ксра бошладим. Бу йслда дастлабки муаммога дуч келдим: Ўзбекистонда Испаниснинг слчихонаси йсқ сди, таълим визаси олиш учун Москвага бориш керак сди. Табийики, Москвага бориб-келиш харажатлари учун мен ҳомийга муҳтож сдим, узоқ қидиришлардан сснг ана шундай ҳомий топдим. Мен Москвага бориш учун тайёрлана бошладим. Икки ҳафталардан сснг жснаб кетишим керак сди. Ўша кунларда Испанисдаги университетдан слектрон мактуб олдим, унда айтилишича, мен қабул қилинган докторлик курси унинг раҳбари бошқа ишга стгани муносабати билан (бошқа мамлакатга) ёпилган бслиб, бу йил қабул қилинган талабаларнинг ҳаммасига раддис берилган сди. Тасаввур қилинг, мен охирги икки ойда хаёлан Испанис ксчаларида кезиб юрибман, қанча амалий ҳаракатлар қилдим....А­нди сса, ҳаммаси тамом! Шунчалик ҳам омадсиз бсламанми? Олдин сса, Лос Анжелесга боролмай, асропортдан қайтиб келган сдим, снди сса...Мени ҳайрон қолдирган нарса — Испанис каби Ғарбий Оврспонинг бир мамлакатидаги университетнинг субутсизлиги сди. Аомига кечирим ссрашди, шу билан қутулишди. Ахир бу бир нечта одамнинг тақдири билан сйнашиш дегани смасми? Мен сзимча шу университетни судга ҳам бермоқчи бслдим. Бу тсғрида маслаҳатлашиш учун БМТнинг Ўзбекистондаги ваколатхонасига қснғироқ қилдим. Лекин у ерда инсон ҳуқуқлари билан шуғулланувчи бслим йсқлигини айтишди. Вақт стиши билан Испанис аламлари ҳам ссдан чиқди. Жанубий Коресдаги бир университетга ҳужжатларимни жснатганим, лекин улар кеч етиб боргани ҳақида юқорида ёзган сдим. Аавбатдаги семестрда шу университет сна Scholarship сълон қилди ва бу сафар мен ҳам сртароқ ҳаракатни бошлаб юбордим. Бу сафар ҳужжатларим вақтида етиб борди, уларни ксриб чиқишгунча орадан сна 2 ойча вақт стди ва ниҳост 2007 йилнинг июнида мен Жанубий Коресдаги университетдан табрик слектрон мактубини олдим, унга ксра, мен Коресдаги снг зср — Ссул Давлат Университетининг scholarshipига сга бслган сдим. Менда икки йил давомида СДУ да математика фани бсйича докторлик курсида сқиш имконисти бор сди. Мен сга бслган Scholarship тслиқ сқиш харажатларини қоплар, шу билан бирга мени Ссулдек қиммат шаҳарда сшашимга бемалол етадиган ойлик стипендис ҳам тсларди. Бу мен учун катта омад сди ва Аллоҳга шукрки, омад мендан юз сгирмади. Мен 2007 йилнинг 13 август куни Ссулга учиб кетдим.

Давоми бор,..Абдурашид, Малайзис

Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Erkin01 25 Fevral 2009, 13:17:42
MAY TO’LA QADAH

Malayziyaga yangi kelgan paytlarim edi. "Palace of the Golden Horses" deb ataluvchi ajoyib Hotelda yashayman. Hotelda bir necha restoranlar bor. Shulardan biri "œGrand Salon Lobby" degan restoran bo'lib, u bu yerdagi boshqa restoranlardan bir xususiyati bilan ajrab turardi: bu restoranda jonli musiqa tinglash mumkin edi. Restoran ajoyib arxitekturaga ega, go'zal qilib bezatilgan, zal o'rtasiga otlardan iborat ulkan, aylanib turuvchi fontan-ansambl o'rnatilgandi. Zal nim qorong'i, stollarga sham yoqib qo'yilgan edi. Xullas, o'ta romantik bir manzarada biror narsa ichib, yengil muzikalarni tinglash mumkin edi. Avval fortepianoda klassik muzikalar chalinardi. Keyin uch qiz va bir yigitdan iborat guruh ijrosida pop muzika, qo'shiqlar yangrardi.
 
Bu yer menga judayam yoqib qoldi va men deyarli xar kuni oqshomni shu yerda o'tkazadigan bo'ldim. Men avval bu yerga fortepiano tinglash uchun kirardim. Lekin tez orada "3+1" guruhi ham menga ma'qul kep qoldi. Guruhdagi qizlar jozibador edi. Ular sahnadan pastga tushib, tinglovchilarni oldiga borar, hol-axvol so'rab, qo'shiqlar yoqayotgan yoki yo'qligi xaqida qiziqqan bo'lishardi. Ular, taklif qilsangiz, siz bilan birga o'tirishar, bemalol suhbat uchun hamroh bo'lishardi. Zalda odam ko'p bo'lmas, shuning uchun ham qizlarni gaplashishga vaqti bemalol edi. Aslida bunday suhbatlardan ularning manfaati bor edi. O'tirgandan keyin "Biror narsa ichasizmi?", deb taklif qilsangiz, darrov rozi bo'lishar va eng qimmat vinolardan tanlashardi.
 
Qizlarni ichida menga bittasi yoqardi. Navbatdagi oqshomlardan birida o'sha qiz stolimga kelib, o'tirishga ruhsat so'radi. Men taklif qildim. U yoq - bu yoqdan gaplashib o'tirdik. Qiz Filippinlik ekan. Qorachadan kelgan, ispanlarga o'xshab ketardi. Chiroyli edi. Tabiiyki, men bu qiz uchun bir bokal vinoni ayamadim. Qiz vinoni xo'plab o'tirib, meni gapga solar, men esa no'noq inglizcham bilan unga zo'rg'a javob qaytarardim. Lekin uni go'zalligiyu, qo'shiq aytishdagi mahoratini maqtashni eplashtirdim.
 
Qiz boshqa stollarda o'tirgan sheriklari bilan gaplashish uchun bir zum chalg'ib qoldi. Men stol ustidagi chala yarim ichilgan vinolik bokalga tikilib o’tirardim. Bu - lolasimon, katta, og'irgina bokal edi. Bir payt ... mo'jiza yuz bera boshladi. Meni ko'zlarim bokalga qattiq qadalgan, bilmadim, extimol kaftlarim ham beixtiyor shu yo'nalishda ochilgan edi. Bokal stol ustida asta surila boshladi. U bir tekis xarakat qilib, salkam bir qarich surildi. Qo'shiqchi qiz buni ko'rmadi. U menga qayta tikilganda, men hamon bokaldan ko'z uzolmay turgan edim. U mendan "Nima qilyapsan, namuncha tikilib qolding?", deb so'radi. Men bokalga ishora qildim. Bokal yana surila boshladi. U yana bir qarich xarakatlandi. Bir tekisda surildi. Bu safar bu xarakatga qo'shiqchi qiz ham guvoh edi. U o'zini tutolmay, baqirib yubordi: "Wow, what are you doing?"...
 
Shu bilan meni beixtiyor namoyish qilgan mo'jizam tugadi. Lekin ana shu qisqa tomosha qo'shiqchi qizga ham, o'zimga ham qattiq ta'sir qilgan edi. Qo'shiqchi qiz nuqul "How did you do it?", deb takrorlardi. Men esa qanday qilganimni o'zim ham bilmasdim. Nahot buni men qildim?, deb ajablanardim.
 
Balki bu g'ayritabiiymasdir, bokal surilishiga biror real narsa sabab bo'lgandir, deb atrofni zimdan tekshirib chiqdim. Stol tep-tekis va mutlaqo siljimaydigan qilib o'rnatilgan edi. Uni qiyshaytirish u yoqda tursin, sal-pal qimirlatish ham mumkin emas edi. Bokalni qo'limga olib, rosa tikildim. U yetarli darajada og'ir edi, uni ustiga, ichida vinosi ham bor edi. Uni xarakatlantirish uchun yaxshigina kuch talab qilinardi. Eng ajablanarlisi, bokalning xarakati silliq, tekis kechgan edi. Og'irlik markazi noqulay joyda bo'lgan, lolasimon bokalni qo'l bilan ham bunday tekis qilib surish osonmas.
 
Bokal surilish voqeasi men uchun sirligicha qoldi...
 
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Erkin01 25 Fevral 2009, 13:51:59
McDonaldsning ezma sotuvchisi

 McDonalds Corporation (Makdonalds) — amerika korporatsiyasi bo’lib, dunyodagi eng katta tez ovqatlanish restoranlari to’ridir. Ayni paytda dunyoning 119 ta mamlakatida McDonalds brendi ostida 31 000 dan ortiq restoranlar mavjud, ularda 1,5 milliondan ortiq odam ishlaydi. Restoranlarning assortimentiga gamburger, sendvich, kartoshka-fri, xar xil desertlar, ichimliklar va x.k"¦lar kiradi. Men Moskvada, New Delhida, Seoulda va Kuala Lumpurda McDonalds restoranlariga kirib ko'rganman, hamma joyda o’sha bir xil ovqatlar, lekin narxi mamlakatga qarab farq qiladi. 
Qizim bilan Kuala Lumpurdagi ijara uyimizdan uncha uzoq bo'lmagan McDonalds restoraniga kiramiz. Qizimga biror yegulik olib bermoqchi bo'laman. Ovqat uchun navbatda turamiz, navbatimiz kelguncha qaysi ovqatni tanlashni qizim bilan kelishib olamiz.
- Xush kelibsiz, ser. Nima xoxlaysiz?, - deb kutib oladi meni 20 yoshlardagi sotuvchi bola. U albatta inlizcha gapiradi. Men ham inglizcha javob beraman:
- Iltimos, bizga 1 ta Grilled chicken bersangiz. "Grilled chicken" degani qizdirilgan metall ustida (yog'siz) pishirilgan tovuq go'shti.
- Ok. Kattasidanmi, o'rtanchasidanmi yoki kichigidan? Ovqat portsiyasini shunaqa razmerlari bo'ladi. 
- Kattasidan.
- Ok. Chipsi bilanmi yoki chipsisizmi, ser? "Chipsi" degani kartoshkani qalamcha qilib qovurilgani.
- Chipsi bilan.
- Ok. Ichishga biror narsa xoxlaysizmi, ser?
- Xa, ichishga muz solingan ko'k choy bering.
- Ok. Kattasidanmi, o'rtanchasidanmi yoki kichigidanmi, ser?
- Kattasidan.
Yuqoridagi savollarga tez va ishonch bilan javob beraman. Chunki bu savollar standart savollar, ularni oldin ham xuddi shu yerda bir necha marta eshitganman. Odatda savollar shu bilan tugashi kerak edi, lekin bu safar sotuvchi navbatdagi savolni beradi. Bunisi endi men uchun yangi savol. Sotuvchi tez gapiradi, uni ustiga atrof biroz shovqinroq. Anig’ini aytganda, mening inglizcham juda kambag’al, shuning uchun men sotuvchini tushunmayman:
- Kechirasiz, deyman. Bu "Yana bir marta qaytarvoring", degani. Sotucvhi savolini yana qaytaradi. Xaa, "Ovqatni shu yerda yeysizmi yoki uyga olib ketasizmi?", deb so'rayotgan ekan. Shu yerda yeyilsa patnusda, uyga olib ketilsa paketda berilishi kerak.
- Uyga olib ketaman.
Sotuvchi ovqat va ichimlikni paketga joylayturib, navbatdagi savolni beradi. Bu safar uni tushunish uchun savolini 3 marta qaytartiraman. Odatda ovqatga kichkina paketchalarda mayonez, ketchup qo'shib berishadi. O'shalarni achchig'idan beraymi yoki achchiqmasidanmi, deyotgan ekan.
- Xar biridan bittadan bering, deyman. Chunki bilaman, ular tekin.
Men tezroq ovqatni olib, bu yerdan uzoqlashishni xoxlayman, lekin sotuvchini savollari tugay demaydi. U navbatdagi savolni beradi. Men tushunmayman.
Sotuvchini ezmaligiga bir jaxlim chiqadi, bir kulgim keladi. Oxiri o'zbekchalavoraman:
- Xey nomard, bo'ldida endi, so'rayverasanmi. Bitta tovuq olishga shuncha savolga javob berishim kerakmi. Qiynavordingku odamni. Bersang berib qo'ya qol, endi.
Yonimda qizima qotib-qotib kuladi. Sotuvchi xech narsa tushunmasa ham, meni jaxlim chiqqanini sezadi va tirjayadi. Va nihoyat biz ovqatni qo'limizga olamiz.
- Raxmat ser, kelib turing, - deb sotuvchi bizni kuzatib qoladi.

Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Erkin01 25 Fevral 2009, 14:22:38
"œMISTER KAMIL" QANDAY QILIB "œKOMILJON AKA" BO’LGANI XAQIDA

Malayziyaga dastlab kelgan paytimda 2 xafta mexmonxonada yashadim. Meni xar kuni ishga kompaniyam tomonidan yollangan taksi olib borib, olib kelardi. Xar kuni ayni bir taksi, ayni bir xaydovchi xizmat qilardi. Xaydovchi ilk kunlari menga gapirmaslikka xarakat qildi, lekin uning gapirgisi kelayotganligi shundoq bilinib turardi. Ko’z va yuz xarakatlaridan uning sergap, xushchaqchaq va samimiy odam ekanligini sezish mumkin edi. Uchinchi kuni u chidab turolmadi. Men bilan astoydil tanisha boshladi. Rosa so’rab-surishtirdi. O’zini menga "œMister Kamil" deb tanishtirdi. Shuni eslatib o’tishim kerakki, malaylarda ham arab ismlari keng tarqalgan.
Ikki xafta ichida biz Mister Kamil bilan juda yaqin bo’p ketdik. U xaqiqatanam samimiy va sodda odam edi. Uning biroz qo’pol, lekin o’ziga yarashadigan kulish usuli bor edi. U menga Malayziya, bu yerdagi odamlar, urf-odatlar xaqida gapirib berdi. Kuala Lumpur va Malayziyaning boshqa joylaridagi diqqatga sazovor joylarni menga ko’rishga tavsiya qildi.
Keyin men kvartiraga ko’chib chiqdim va kunlik taksi xizmatiga extiyojim qolmadi. Lekin Mister Kamilning telefon raqamini olib qoldim. Endi menga taksi kunda bo’lmasada, xar zamonda kerak bo’p qolar, shunday paytda Mister Kamilga qo’ng’iroq qilardim. Mister Kamil aytilgan joyga, aytilgan paytda yetib kelardi.
Bir kuni oilam bilan boshqa shaxarga boradigan bo’ldik. Shaxar Port Dikson deb ataladi. Nomidan sezgandirsiz, u dengiz bo’yida joylashgan shaxar. Port Dikson Kuala Lumpurdan 100 chaqirimcha uzoqda edi. Men Mister Kamilga qo’ng’iroq qildim.
-   Aaa, Port Dikson?, - dedi u qayta tasdiqlatish uchun. Xar bir gapga cho’zib "œaaa" qo’shish barcha malayziyaliklarga xos odat.
Xullas, biz Mister Kamilni mashinasida Port Diksonga qarab yo’lga chiqdik. Uzoq yo’lda Mister Kamil bizni zeriktirmadi. U tinmay gapirar, beo’xshov, lekin o’ziga yarashadigan kulgisi tez-tez jaranglab turardi.
-   Mister Kamil,- dedim men uni sal gapdan chalg’itish maqsadida, - Maylimi Sizni Mister Kamilmas, Brother Kamil deb atasam.
-   Mayli, - darrov rozi bo’ldi Mister Kamil.
-   "œBrother" - o’zbekchada "œaka" deyiladi. Balki Sizni "œKamil aka" deb, o’zbekcha qilib ayta qolarman?
Mister Kamil bu safar qattiq kuldi. "œAka" degan so’zni 2-3 qaytarib, talaffuz qilib ko’rdi. Aytilishi sodda bo’lgani uchunmi, xarqalay u "œKamil aka" deyilishiga rozi bo’ldi.
-   Bizda ismlarga "œjon" qo’shib aytishadi. Bu xurmat belgisi. Maylimi Sizni "œKamiljon aka" deb aytaman?
Mister Kamil endi "œjon"ni talaffuz qila boshladi. Lekin uning talaffuzi ko’proq inlizcha "œJohn" ismiga o’xshab ketardi. Xuddi Kamil John deb, ismi-familiyasi to’liq aytilayotgandek tasavvur qoldirardi. U bu safar ham rozi bo’ldi. Oxirgi urinishda "œKamiljon aka"ni "œKomiljon aka" qildim.
Shunday qilib, Mister Kamil Komiljon akaga aylandi. Men rostanam o’sha kundan boshlab uni Komiljon aka deb atay boshladim. Telefon qilib chaqirganimda ham "œKomiljon aka" deb, gap boshlardim. U avval bunga kulib yurdi, keyinchalik o’rganib ketdi.         
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ansora 25 Sentyabr 2009, 14:56:50
Turkiyaga ilk kelgan kunimni oqshomida darrov boshqa 11 soatlik shafarga borishim kerak edi. O'zi Turkiyaga birinchi kelishim, hayajon kuchli, avtobusga mindim, bu yerni avtobus firmalari orasida raqobat bo'lgani uchun eng ohirgi model avtobuslar bilan hizmat qilishadi. Masalan hozir butun avtobus firmalarini avtobuslari 2009 model, juda kam 2008 uchraydi. Hamma ham chet elga chiqmagani uchun aytib beryabman, bularni, bilganlar voy biz bilamizz, deb kulishmasin:) Men ham uydan birinchi marta Turkiyaga 2000 yilda "o'ynagani kelgandim:) shu yil ko'rganlarim doim hotiramda, eslab-eslab kulib qo'yaman.
Ho'sh, undan keyin (men ham Boy otaga o'hshab, innankeyin innankeyin deb siqvormasam bo'lgani:) avtobusni ichida shofyor, bir yuk ortadigan odam yana biri esa sizga butun yo'l davomida huddi samolyotdagiday hizmat qilib choy-poy berib turadigan odam unga muovin, deyishadi.
Men ham İstambuldan Amasya degan shaharga ketish uchun avtobusga mindim. Yo'limiz juda uzun 11 soat. Avtobus harakat etishi bilan birga darrov, sizga odekolonga yaqin modda (kolonya) uzatishadi, qo'lingizni yuvganday bo'lasiz. Keyin suv berishadi. Men har safarida muovinga Turkcha rahmat aytihsni o'rniga endigina O'zbekistondan kelganim uchun nuqul "rahmat" deyaveribman:)
Keyinchalik bilsam Turklar "rahmat" so'zini asosan o'lgan insonlar uchun "Olloj rahmat qilsin" ma'nosida ishlatisharkan. Bechora muovin "bu qiz nima demoqchi o'zi", degandir aniq:)
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ansora 04 May 2010, 20:30:43
İstambuldaman, bir kafedan dugonalarim bilan muzqaymoq olmoqchi bo'ldik, bir turist kep qoldi. İnglizchalab sotuvchi qizdan bir narsa so'radi, sotuvchi esa ingliz tilini bilmagani uchun qip-qizarib ketdi.
Meni rosa jahlim chiqdi, turistga qarab: "Turkcha gapir Turkcha", degandim dabdurustdan....Dugonalarim rosa kulishgandi ;D
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Mars 04 May 2010, 20:33:56
İstambuldaman, bir kafedan dugonalarim bilan muzqaymoq olmoqchi bo'ldik, bir turist kep qoldi. İnglizchalab sotuvchi qizdan bir narsa so'radi, sotuvchi esa ingliz tilini bilmagani uchun qip-qizarib ketdi.
Meni rosa jahlim chiqdi, turistga qarab: "Turkcha gapir Turkcha", degandim dabdurustdan....Dugonalarim rosa kulishgandi ;D
iiii mehmongayam shunaqa momula qiladimiya  ;D
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Ansora 04 May 2010, 20:46:45
İstambuldaman, bir kafedan dugonalarim bilan muzqaymoq olmoqchi bo'ldik, bir turist kep qoldi. İnglizchalab sotuvchi qizdan bir narsa so'radi, sotuvchi esa ingliz tilini bilmagani uchun qip-qizarib ketdi.
Meni rosa jahlim chiqdi, turistga qarab: "Turkcha gapir Turkcha", degandim dabdurustdan....Dugonalarim rosa kulishgandi ;D
iiii mehmongayam shunaqa momula qiladimiya  ;D

Nima uchun hamma İnglizcha bilish shart...Mehmon bo'lsa o'ziga.

Men İngliz tili bilmasam, u ham qiynalsin dardini tushintiraman deb....
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Muslima.bgm 12 May 2010, 11:36:57
Seuldagi Universitetlardan birida o'qib yurganimda, hali Koreyaga birinchi borgan paytlarim edi. O'qituvchimiz man va dugonamga(u Qirg'istondan edi) yuringlar silarni aylantiraman parkka boramiz dedi. Hursand bo'lib u bilan mazza qilib aylandik. Shunda u bir ovqatlanadigan joyga borib o'tiramiz dedi. Narsalar sotib olib keldi o'zini puliga. Olinglar ovqatdan dedi. Biz o'zbekcha andisha bilan yo'q rahmat deb uyaldik avvaliga. U bo'lsa qorninglar to'qmi deb xa mayli dedi va Indamasdan ovqatini eb boshladi.(Ahir bizda mehmonga 100martalab oling oling deb turilishiga ko'nikib qolganmizku). Usha kuni yotoqhonaga och kelib dugonam bilan shunaqa kulganmiz. Andishayam evi bilan bo'lishi kerak ekan :D
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Sayyod91 14 Noyabr 2010, 12:29:03
 :as: bu postlarni o'qib kayfiyatim ancha ko'tarildi va man ham boshimdan o'tgan bir qiziq voqeani yozishga qaror qildim. (man rassiyaning kazan shaxridaman) Shunday qilib kunlardan bir kuni Rossiyaning Novosibir shaxrida ishlaydigan oshnam bilan telefonlashib, uyoq bu yoqdan gaplashdik. 3-4 kundan keyin tel qilib manga ishlari yurishmayotganini va Tobolskiyga Kazan orqali o'tib ketishini aytdi. (kazanda yashayman degan edim). keyin man unga agar hohlasa man uni kutvolishimni va 1,2 kun dam olib, aylanib ketishini aytdim. u rozi bo'ldi. va u keladigan kun belgilandi. dushanba kuni soat 17:00 da kazan vokzaliga kelishini aytdi. o'sha kuni man vakzalga chiqib  so'rab surishtirsam novosibirdan kazanga poezd 17:00da kelarkan. Kutdim poezd keldi. eng qizig'i shu yerdan boshlandi. u 11-vagon deb aytgandi. man 11-vagon qolib hama vagonni qarab chiqdim. yo'q. tel qilsam roumingdaligi uchun ulanib bo'lmadi. yarim soat atrofida qarab turdim. keyin vokzalni eshigini tagiga chiqib nima qilishimni bilmay turdim. birozdan keyin o'zi tel qildi. unga izlab topolmaganimni aytdim va qayerdaligini so'radim. u bo'lsa uzr aytib poyezdda kim bilandir gaplashib biroz kechikkanini aytdi. eshik tagida kutib turishimni aytdi. kutdim kutdim yana yo'qda. yana tel qildi va qayerdaligimni so'radi. man eshik tagidaligimni aytdim. Alloh mehribon u boshqa tanishi bilan ko'rishib qolibdi. u shaharni yaxshiroq bilarkan manga tel qilib vokzalni ro'parasida avtobuslar turganini aytdi, qarasam avtobuslar turibdi. ha deb javob berdim. keyin shuni orqasida internet kafe borligini aytishdi va shu yerga kelishimni aytishdi. borsam net kafe yo'q uni o'rnida kafe-bar borakan. hayron bo'laman. 1,2 kishidan so'rasam atrofda net kafe yo'qligini aytishdi. yana tel qilib vokzalni eshigini oldiga kelishganini va kelishimni so'rashdi. borsam yana yo'qda. nervim buzilib qattasilar o'zi deb so'radim.   mana-mana vokzalni ro'parasida turibmizku deyaishyapti qarasam yo'q. keyin yana aytish KAZANSKIY VOKZAL :10 deb yozib qo'yganku ro'pparasida turibmiz deyishdi.
qarasam VOKZAL deb yozib qo'ygan ekan holos. kontakt chaqib qoldida so'radim: aka qaysi shaxardaligizi ayting desam. Uka Moskvadamiz kazanskiy vokzalda dedi. Akaaaaaaaaaa man Kazan shaxridamaaaaaan dedim.      o'ziyam QATO'O'O'RIB KULIB QOBMIZ!!!!!!!!!!! ;D ;D ;D ;D ;D bir bo'ldi bir bo'ldida dedim. mana shunaqa gaplar.
sog' salomat bo'linglar. imloviy hatolarim uchun uzr so'reman. qo'lim shevamga tortib ketdi.
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Aqoid 16 Noyabr 2010, 05:34:35
Menda ham qiziq voqea bo'lgandi. 2004 yil bahor edi. Buxorolik gruppadoshlarni uylariga kuzathb qo'yish uchun vokzalga bordik, poezdga chiqdik,yuklarini joyladim, ozgina gaplashib o'tirdik. Keyin birdan poezd yurib ketti. Tushib qolishga ulgurmadim. Yonimda 3000 so'm bor edi holos. 4 kun Buxoroni aylanganman. Yaxshiyam poezd yurib ketgan ekan,bahonada Buxoroda rosa mehmon bo'lganman.
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Husniddin00 03 Mart 2011, 14:16:53
menda juda ko`p bo`gan lekin esimdan chiqib qoldi
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Husniddin00 03 Mart 2011, 14:18:40
kapalak  qiziqarli voqea bo`ptiyu sizga tashakkur
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: siddiqa 03 Mart 2011, 19:58:59
 :as:

Avtobusga yugurishni oldindan yomon ko'raman ,chunki litsey paytida qopketib ,butun litsey ko'rgan  :7 :7 :7


3 yilcha oldino'qishdan chiqib shoshilib dugonam bilan ketyatkandik  , qarasak avtobus noiloj yugurdik o'qishni oldidan 2 ta avtobus o'tadi biri chilonzorga biri chorsuga ,dugonam bilan naq yarim astanovka chopib kelib o'tirdik hursandmiz,joy ham bor .qararask yana bir dugonamiz chiqgan ekanlar ularga :


iyee siz ham chorsugami ?

Yoq chilonzorga ...

A chorsudan ketasmi ?

Yo'q nimaga chilonzorga ketyapman .


nimaga bu avtobusga chiqvoldiz bo'masa ?

Qaysiga chiqishim kk ,20 maku bu

dugonam bilan kulvordik ,tushing bu bizi avtobusku

Yo'q silar adashdiylar .naq bir astanovka yugurib kelishiylarni ko'rib shafyor ham to'htab turdi silarni chilonzorga boradi dip o'yladi .

shafyorga sekin qarasak rostan bu bizi avtobusdagi jahldor amakimas .  ::) ::) ::)Lekin dugonam ikkalamiz ham avtobus raqamini aniq boshqacha ko'rgan edik . :10 :10

Keyingi astanovkada sekingina tushib qoldik  :D :D :D

Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Sofdil 04 Mart 2011, 16:18:30
 :as:

2008 yilli Iyunida bolla bn Evropa chempionatini Finalini Ko'rishga Vienaga bordu adashmasam 11 kishila edik. O'shanda finalda Ispaniya bn Germaniya o'ynaganidi.
O'yin kech payt buladi, kunduz kuni Vienani aylanip yurimmiza ko'cha to'la odam. Asr payti kirganda qanaqadir kotta Cherkovvi oldidi bog'da yurganidi. Bog' to'la odam tahorat olishga joy yuq nima qilishi bilmi turganimizada qarase bog' urtarog'ida Fantan borakan :)) tavakkal dip 11 kishi fantanda tohorat oldu - odamlani ko'rsela hayron, jinnimi buld digande baqrayip qarab utirishipti :))), Bizaga farqi yu (bezzi ishi besh didiyu ).

Tohoratlani op, qiblani aniqlap nomozga azon etip, joynomozlani yozip nomoz uqiganidi cherkovvi oldida. Odamla sekin asta jufteni roslap qoliwganidi o'shanda :)))
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Sofdil 04 Mart 2011, 16:22:45
Keyingi voqea ishxonamda yaqinda buldi, ofisda g'ala g'ovur hamma ish bn band telefonla jiringlagan hullas huddi Stock Exchange ga o'xshidi :)))
Bir payt bir arab birodarimizani telefonida azon eng kotta volume da boshlanip qoldiyu :)))) adashmasam kamida 10 sekundga butun ofisda pashsha uchgani bilinadigan sukunat cho'kdi. Faqat azon ovozi.
Odamlani yuzlari oqarip ketgan huddi hozi ofis portlap ketadigande :))), haliyam shuni eslase dumalap kulamiza bolla bn  :)))
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Sofdil 04 Mart 2011, 23:01:50
PM qivorsez to'liq versiyasini etip beraman, shu tarafiga qiziqishiz kotta busa
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Sofdil 05 Mart 2011, 01:27:17
PM qivorsez to'liq versiyasini etip beraman, shu tarafiga qiziqishiz kotta busa

Uzr, PM qilish shart emas.

Postizzi o'chiring, man ham o'chiraman.

Man tupugimmi qaytip omaganman shu paytgacha
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: BelleQizcha 05 Mart 2011, 04:39:36
Azon-Azon divotganilada, maniyam bir qiziq bolib otgan hikoya esimga tushib qoldi...
Ikki uch yil oldin, Azon etiladigan soatlar bozorga chiqqandi....Juda  moda bob ketuvdi, hamma internetdan chaqirib yo bozorlardan qidirishaardi..
Manam bir magazinda shu soatdi topib uyga ob kegandim.. Dugonlarim ko'rib *vay bizagayam ob keb ber dib iltimos qilishgandi, Ishqib yana yo'lim tushib shunaqa soatdan bir dugonamga ogandim.. Kinoga bordik, soatdi beraman dib sumkamga sovoldim, kinoga kirdik, soatdi berdim, ishqib batereykalarni joylashtirib, uyam sumkasiga sob qoydi.
Bir soatdan kiyin,
..
Mulla akamiza, azon etvordila....
Qanaqa to'xtatishiyam bilmimiza,
Hamma bezovta bo'ldi....
Tashqariga chiqib o'chirganimizgacha, Azon butun Binoni oldi..
..
Shunaqa gaplar, hayotdida Azon eshitmaganlayam Azon eshitvolishdi.. BelleQizchani dastidan..
(http://i062.radikal.ru/1103/ab/3c970096dcdf.jpg)
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Mufazzala 05 Mart 2011, 05:31:59
 :as:

Bolalarim bilan aylangani borgandik. Chanqab ketdim, qarasam
bir xotin original meva sharbatlari sotyaptikan. Bolalar tushuntirisha
olishmasa yana, deb o'zim bordim. Va menga bitta olmali sok, deb so'radim.
- Sokmi, deb qayta so'radi.
- Ha, dedim menam, sok, dedim yana qaytarib.
Haligi xotinni ensasi qotib qarab qolganidan hato aytdim shekilli, degan
o'y kechdi. Bilsam men hadeb sok deb so'rayotgan ekanman.
- Ey uzr, sokmas, sap dedim  shoshilib.
Va nihoyat sotuvchi hotin o'ziga kelib so'raganimni olib berdi.

Keyin lug'at titkilab qarasam sok degani bularni tilida paypoq degani ekan :-))
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: ibnUyayna 05 Mart 2011, 05:41:04

Man tupugimmi qaytip omaganman shu paytgacha
Manam tupugimmi qaytib omagamman su paytgacha  :)
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Музаффар 09 Aprel 2011, 12:52:09
Чет слда бслганимда ксрган снг хайрон қолган нарсам, А оттердамда Ўзбекона кийиниб олган хабаш қизи бслган сди. Унга адрас матосидан тикилган либоси шунақа срашгандики...
Яқинлашиб ундан либоси хақида ссрасам, бечорани умуман бу хақда тушунчаси йсқ скан, қаердан олиб кийганинисм билмайди, лекин сзига ёқаркан. Аимага қизиқаётганимни ссраганиди, ман шу матонинг ватанидан сканлигимни ва уни номи адрас сканлигини айтдим. У мани хушомад қилспти деб сйлаб сзича таннозлик хам қилди :)...
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Yaratganga shukr 15 May 2011, 16:51:55
Biz bir kuni "Florec" metrosida chiqib kelyapmiz birodarimiz bilan shunda u kishiga bitta vetnam bola gap tashlab qolsa buladimi.  Birodarimiz o'zlaricha vetnamchalab unga man vetnam emasman dedila.. Bilmadim vetnam bu so'zlani qanaqa tushundi yana ham yaqinroq kelib gap tashlab ketdi. bu voqeani kurganizda edi rosa ham maza qip kulardiz.shu voqiyani birordarimiz bilan kurishganimizda har safar eslaymiz
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Best friend 15 May 2011, 17:00:25
Biz bir kuni "Florec" metrosida chiqib kelyapmiz birodarimiz bilan shunda u kishiga bitta vetnam bola gap tashlab qolsa buladimi.  Birodarimiz o'zlaricha vetnamchalab unga man vetnam emasman dedila.. Bilmadim vetnam bu so'zlani qanaqa tushundi yana ham yaqinroq kelib gap tashlab ketdi. bu voqeani kurganizda edi rosa ham maza qip kulardiz.shu voqiyani birordarimiz bilan kurishganimizda har safar eslaymiz

Albatta yaqin keladida, siz ham bir Vetnamning o'zbekchalab "O'zbek emasman" deyishini tasavvur qiling. ;D
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Best friend 15 May 2011, 17:25:52
 Bir kun telefonga pul solgani kirib, raqamni aytib 100so'm dedim, Haligi qiz huddi biron joyimda bir narsa ko'rib qolgandek anqayib qarab turib "Skolko" dedi, 100 deb turib "a 100rubl" dedim. Haligi rus qizam kompga kulimsirab qarab pulni sob qo'ydi. ;D Chiqvolib rosa hijolat bo'pketdim :3
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Muslimahon 13 Oktyabr 2011, 17:19:26
 :bsm3:
 :asl3:
Texas da kim bor  :o

АҚШда фантастик фильмларда рсй берадиган воқеа содир бслмоқда. Жанубий штатларда майдонга чиққан чумоли тури "œТелба чумолилар" деб номланди...

Одатдаги чумолиларга нисбатан жуда тез ҳаракатланиб, олдидан нима чиқса, еб кетаверадиган ушбу истилочи чумолилар маҳаллий аҳолини даҳшатга солмоқда. Уйлар, далалар, саноат корхоналари... Телба чумолилар ҳужумидан ҳеч нарса омон қолмаспти. Сснгги қурбон сса Техасдаги кимёвий завод бслди. Бир қувурни икки марта сроқсиз ҳолга келтирган чумолилар туфайли завод сз фаолистини ҳам тсхтатиши мумкин. Мамлакат иқтисодига миллион долларлаб зарар келтираётган бу чумолиларга қарши кураш осон бслмаслиги билдирилмоқда. Чунки слдирилган 100 мингта чумолининг счини олиш учун бир миллион чумоли келиши мумкин скан. Олимлар чумолилар билан курашишнинг снгича йслларини излашмоқда.
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Humayro 13 Oktyabr 2011, 17:28:13
... бошалндими аллакачон

Техасдан Аью-Йорккача канча масофа булса, ким билади??
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: ibnUyayna 16 Oktyabr 2011, 17:21:03
boshshshshshlandi
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Odildustov 10 Yanvar 2012, 18:25:03
ishdan uyga qaytayotganimizda Dubaida 2 kun qolishga tugri keldi. Ramazon oyini urtasi. Dubaida bu vaqtda nomigagina night clublarga "ba'zilarga ruxsat berilmaydi". Urtogimni ismi Muslim. uning baxtiga qarshi night club'larni biriga musulmonlarga va yoshi yetmaganlarga ruxsat berilmas ekan. U bola quldagi pasportini kursatay desa ismi Muslim bulib turibdi, kursatmay desa yoshini isbotlolmaydi. uzicha hafa, dam olomadim deb.
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Muslimahon 10 Yanvar 2012, 20:36:16
Tabiatan juda ishonuvchanman. Kim xazl qilib gapirsa ham ishonib ketadigan odatim bor. Shu yoshligimda bir ajoyib voqea bo'ganidi.
5 yoki 6 yoshimda akam bn ko'p xazillashib urushardik. Bir kuni akammi Kipriklariga havasim kelganida so'raganidim. "aka kiprigiz naga uzun?" ehh shu savolli bermaganimda ediii..... Akam ham xazillashib "qaychi bn kesganman azgina shunga uzun bb o'sgan" deganla. Manam gaplariga ishonibmandaaa.... Buvimni xonalariga kirib kichnina qaychi bn kiprigimni kaltalatibman....  :7
(lekin aaanchaaa uzun bogan, balki foyda bergandur....)  :D
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: BelleQizcha 11 Yanvar 2012, 19:13:54
Tabiatan juda ishonuvchanman. Kim xazl qilib gapirsa ham ishonib ketadigan odatim bor. Shu yoshligimda bir ajoyib voqea bo'ganidi.
5 yoki 6 yoshimda akam bn ko'p xazillashib urushardik. Bir kuni akammi Kipriklariga havasim kelganida so'raganidim. "aka kiprigiz naga uzun?" ehh shu savolli bermaganimda ediii..... Akam ham xazillashib "qaychi bn kesganman azgina shunga uzun bb o'sgan" deganla. Manam gaplariga ishonibmandaaa.... Buvimni xonalariga kirib kichnina qaychi bn kiprigimni kaltalatibman....  :7
(lekin aaanchaaa uzun bogan, balki foyda bergandur....)  :D
bilasizmi? man shu hikoyani kopchilikdan eshitganman.. kiprigim usin dib kopchilik qizlar ozgina kipriklarini kesishgan, kiyin chiqmiy qogan,
ehh yoshlar yoshlar..
Nom: Re: G'aroyib voqealar
Yuborildi: Muslimahon 11 Yanvar 2012, 21:10:27
5 6 yoshda kim nima biladi oypariyy