forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Intellekt => Mavzu boshlandi: Adolat.Net 11 Iyun 2012, 23:30:11

Nom: Talabalarga yozgi amaliyot
Yuborildi: Adolat.Net 11 Iyun 2012, 23:30:11
ADOLAT.NET TALABALARNI AMALIYOTGA TAKLIF QILADI

Adolat.Net loyihasi haqida


Adolat.Net huquqiy sayti bir guruh malakali yuristlar tomonidan O’zbekistonda kuchli huquqiy demokratik davlat qurilishi jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish maqsadida 2010-yilda tashkil etilgan. O’zbekistonda qonun usuvorligini ta’minlash uchun fuqarolarning yuridik savodxonligini oshirish loyiha oldidagi eng muhim vazifa va maqsad hisoblanadi.

Malakali huquqshunos kadrlarni yetishtirish va ularning bilim va ko’nikmalarini oshirish maqsadida Adolat.Net loyihasi huquqshunoslik sohasi bo’yicha tahsil olayotgan yoki yaqinda o’qishni tamomlagan talabalarni 2 oylik amaliyot dasturiga taklif etadi.

Amaliyot haqida

Adolat.Net o’z bilim va tajribasini boshqalar bilan baham ko’rishni istaydi. Shu istakni amalga oshirish maqsadida u huquqshunoslik yo’nalishidagi talaba va bitiruvchilarni Adolat.Net bilan amaliyot o’tashga taklif etadi. Amaliyotdan asosiy maqsad talabalar va bitiruvchilarga o’zlari qiziqqan huquqshinoslik sohasi bo’yicha amaliy tajriba orttirishlariga ko’maklashish va shu yo’l bilan ularni professional hayotga tayyorlash. Amaliyotni muvaffaqiyatli o’tagan talaba yoki bitiruvchiga Adolat.Net loyihasida amaliyot o’tagani to’grisida o’zbek va ingliz tillarida shahodatnoma (certificate) beriladi. Shuningdek, o’z sohasi bo’yicha xorijda o’qishni davom ettirish istagida bo’lgan talabalarga xorijdagi oliy o’quv yurtlarini qanday topish, ularga hujjat tayyorlash, topshirish hamda o’qish uchun grant topish masalalarida amaliy yordam ko’rsatiladi.

Amaliyotdagi faoliyat turlari

-       O’zbekiston qonunchiligiga oid axborot va yangiliklarni to’plash va tahlil qilish;

-       Adolat.Net sayti o’quvchilari yo’llagan huquqiy savollarga javob berish;

-       Huquqiy-tahliliy maqolalar yozish; ularni tahrir qilish;

-       Huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlash;

-       Huquqiy materiallarni tarjima qilish.

Amaliyotda ishtirok etish uchun talab qilinadigan shartlar

-       Huquqshunoslik yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasining kamida 3 yoki 4-bosqichida yoki magistrlik darajasida o’qiyotgan bo’lishi yoki huquqshunoslik sohasidagi o’qishni so’nggi 1-2 yil ichida bitirgan bo’lishi;

-       O’zbekiston huquqiy tizimi haqida yaxshi bilimga ega bo’lish;

-       O’zbek tilini yaxshi bilish. Rus va/yoki ingliz tilini bilish ustunlik hisoblanadi;

-       Talabalar www.lex.uz qonunlar milliy bazasi sayti yoki Pravo, Norma qonunlar to’plami dasturlaridan foydalanishni bilishi kutiladi, ammo shart emas;

-       Internetga ulangan kompyuterga ega bo’lish;

-       Haftasiga 15-20 soat amaliyot uchun vaqt ajratish;

Qo’shimcha ma’lumot

-       Amaliyot o’tash muddati 2 oy. Talaba va Adolat.Net kelishuviga ko’ra amaliyot muddati uzaytirilishi mumkin;

-       Amaliyot uchun haq to’lanmaydi;

-       Adolat.Net O’zbekistondagi yoki xorijdagi biror siyosiy va boshqa guruh, tashkilot yoki muxolifat harakatlariga aloqador emas.

Amaliyot uchun qabul jarayoni

Adolat.Netda amaliyot o’tash istagida bo’lgan va yuqoridagi shartlarga javob beradigan talaba yoki bitiruvchilar o’z rezyumelarini 1-iyulgacha adolatnet@gmail.com elektron pochta manziliga jo’natishlari kerak. Adolat.Net so’nggi bosqichda nomzodlar bilan suhbat o’tkazishi mumkin. Qabul natijalari haqida faqat tanlab olingan talabalarga xabar beriladi.
Nom: Re: Talabalarga yozgi amaliyot
Yuborildi: Adolat.Net 18 Iyun 2012, 10:31:24
Nega forum jim-jit? :)

Bir narsani ta'kidlab o'tishimiz kerak, shekilli. Amaliyotda ishtirok etuvchi shaxslar haqidagi ma'lumot ommaga oshkor etilmaydi.
Nom: Javob: Talabalarga yozgi amaliyot
Yuborildi: albatros 15 Mart 2013, 14:36:54
Bu yilgi amaliyot uchun ham "tender"lar yo'qmikin?