forum.ziyouz.com

Kutubxona => O'zbek adabiyoti => Mavzu boshlandi: Donishmand 14 Iyun 2012, 18:44:18

Nom: Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?
Yuborildi: Donishmand 14 Iyun 2012, 18:44:18
Assalomu alaykum, forumdoshlar!

Ikki soat oldin bir domla bilan jadidlar harakati to'g'risida suhbatlashib qoldik. U kishi barcha jadidchilik harakati faollari haqida gapirdilar. Ammo Xamza Xakimzoda Niyoziyni bu safga qo'shishga ikkilanib qolindi.
Bizga mustabid tuzum davrida uni bolshevizm shoiri sifatida tanitishgan edi. U haqida kino ham ishlanganidi. Barchangizga ma'lumki, kino ohirida Xamzani haloyiq toshbo'ron qilib o'ldiradi.
Biroq, bu o'sha sho'ro tuzumidagi talqin. Meni o'ylantirgan narsa shuki, bir necha yillar oldin, Shohimardonlik bir keksa kishining aytishicha Xamza ruslar tarafidan otib o'ldirilgan ekan. Va bunga guvoh deb gumon qilingan barcha insonlar qatl qilinganmish. Qolgani bolsheviklar ssenariysi asosida ishlangan to'qimalar, deb eshitganman.
O'shanda Xamza haqida yana ko'p yaxshi gaplar gapirilgandi.

Sizlar bunga nima deysizlar, bu haqida eshitgan-bilgan ma'lumotlaringiz bormi, shu haqida yozsangizlar. Rahmat hammalaringizga!
Nom: Re: Xamza Xakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?
Yuborildi: Sofdil 14 Iyun 2012, 19:04:51
 :vsl3:
Maysarining ishi asarini kirish qismi epilogi disegam buladi u odam haqida biroz tasavur hosil qilishga yordam bersa kere:
http://www.youtube.com/watch?v=I32OFH0dSgE
Nom: Re: Xamza Xakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?
Yuborildi: Musannif Adham 14 Iyun 2012, 20:24:16
Biladiganimiz - Hamza "Hujum" harakatining faollaridan bo'lgan. Ya'ni ayollarga "Keldi ochilur chog'ing, o'zliging namoyon qil", deb paranji tashlashga ruhlantirib turgan. Qisqa qilib o'z fikrimni aytsam: Oldin jadidlardan bo'lgan. Keyin ruslarga sotilgan. Bu ham mayli, paranji tashlash ishlari tufayli dinini ham sotganmi, deb o'ylab qolaman.

Hammasi shaxsiy fikr. Lekin asosi bor. Asos - sovet davrida yozilgan, mustaqillik davrida yozilgan tarixiy va badiiy adabiyotlar. Menga hozircha buning aksini tasdiqlaydigan ma'lumot yetib kelmadi. Agar bir yil oldingidek - Oybek haqida yozganlarim o'chirilganidek - voqealar takrorlansa(ya'ni ushbu postim o'chirilsa) xafa bo'lmayman  :)

O'ldirilishi butunlay boshqa masala. Ya'ni sovetlar o'zlariga chin dildan xizmat qilganlarni ham qumursqadek o'ldirib yuborishgan (Fayzulla Xo'jayev, Akmal Ikromov va boshqalar). Hamza ham xizmatini o'tab bo'lgach o'ldirilgan bo'lishi mumkin.
Nom: Re: Xamza Xakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?
Yuborildi: Sofdil 14 Iyun 2012, 21:11:26
Jadidchilikda bugani aniq boshida. Hatto o'ris hotiniyam musulmonlini qabul qip "Yangi maktab" yigilishlarida qatnaship turgan.

Albatta keyinchali "Hujum" kompaniyasi bilan
kupchili ayollani "ochilip" ketishiga sabab buldi (Mana endi qaytip kirishligi qiyin buvotti).

Yana bitta malumot: Hamzani nevarasimi chevarasimi hullas Amriqoda yashirkan i "Belly dance" buyicha judaaaaaaaa mashhurak:
http://www.gigmasters.com/bellydancer/Laura/

Nom: Re: Xamza Xakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?
Yuborildi: AbdulAziz 14 Iyun 2012, 21:26:48
Hamza ijodi bilan tanishib chiqqanimda ushbularga guvoh bo'ldim:
Hamza ijodining avvalida yaxshi shoir, ma'rifatparvar, pedagog bo'lgan. Jadidlarga xos bo'lgan ma'rifatparvarlik ishlarini amalga oshirgan. Shu davrda yozilgan she'rlarida haqqa bo'lgan ishq, millat dardi, ma'rifatga intilish, razolatdan qutulish kabi mavzularga e'tibor qaratadi.
Uning qanday qilib, qizillar maddohiga aylangani haqida aniq bir ma'lumot bilmayman.
Nom: Re: Xamza Xakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?
Yuborildi: BelleQizcha 14 Iyun 2012, 22:12:33
baraka topgur yaxshi odam bolgan diyishadi
Nom: Re: Xamza Xakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?
Yuborildi: Best friend 15 Iyun 2012, 11:53:15
 :asl3:

 U insonni men ham ayollarni paranjinisini yechishga majbur qilgan kishi deb eshitganman. Ammo, bu mening faqat eshitganim. Ba'zi she'rlarini o'qiganimda esa, yaxshilikka chaqiruvchi satrlari bor edi. Bunday ikkilanish keyin bilsam ko'pchilikda bor ekan.
 Menimcha, buni muhokama qilishning keragi yo'q, chunki uzoq tariximiz bilan birga yaqin o'tmishimiz ham juda chigalashib ketdi. Shuning uchun ular haqida aniq ma'lumotga ega bo'lmagach, yaxshi ham deya olmaymiz, yomon ham.

 Oisha (r.anho) rivoyat qiladilar: Nabiy (s.a.v.): "Mayyitlarni haqorat qilmanglar, chunki ular keladigan joylariga kelib bo'ldilar", dedilar.
 Buxoriy rivoyati

 Yaxshi inson bo'lsa ham, yomon inson bo'lsa ham Allohning huzuriga ketib bo'ldi. Uni muhokama qilish endi bizning ishimiz emas.

"Bas, kim (hayoti-dunyodalik paytida) zarra misqolichalik yaxshilik qilsa, (Qiyomat kunida) o‘shani ko‘rur. Kim zarra misqolichalik yomonlik qilsa, uni ham ko‘rur!" (Zalzala 7-8)
Nom: Re: Xamza Xakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?
Yuborildi: Муҳаммад Соҳиб 15 Iyun 2012, 12:16:16
Best friend агар Умар Хайёмни хам мухокама килиш бизнинг ишимиз смас деб ташлаб куйилганда, биз учун ва балким келгуси авлодлар учун хам майхурликнинг таргибчиси булиб колармиди. Шукр-ки, ундай булмади.
Nom: Re: Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?
Yuborildi: Donishmand 15 Iyun 2012, 17:34:12
Barchalaringizga bildirilgan fikrlar uchun rahmat. Bu aytilayotgan narsalar hammaga ma'lum so'zlar. Bizga Hamzani shunday tanitishdi. Mavzuning ochilishi sababi esa boshqa fikrlar ham bormi-yo'qmi, shuni bilish edi.
Aytganlaringiz kabi, Hamza ilmli, ma'rifatparvar, xalqparvar odam bo'lgan. U paytda ilmli deganda eng avvalo Qur'on ilmi, shariat, undan keyin dunyoviy ilmlar tushunilganligi tabiiy. Hamza mana shu ilmlarni chuqur egallaganligi ham shubhasiz.
Boshdan uning dindan chiqqanligiga, ruslarga sotilganligiga ishonmasdim.
Musannif Adhamga:
Iqtibos
O'ldirilishi butunlay boshqa masala. Ya'ni sovetlar o'zlariga chin dildan xizmat qilganlarni ham qumursqadek o'ldirib yuborishgan (Fayzulla Xo'jayev, Akmal Ikromov va boshqalar). Hamza ham xizmatini o'tab bo'lgach o'ldirilgan bo'lishi mumkin.
Menimcha agar shunday bo'lganida Hamza ularga juda ham zarur bo'lib turgan paytda o'ldirilgandi, sababi sho'ro adabiyoti egasiz qolib ketgandi u paytlar. Qizillar Hamzani o'ldirishmas, tish-tirnoqlari bilan himoya qilgan bo'lardilar. Shunga ko'ra, agar qizillar o'ldirgan bo'lsa, ularga hizmat qilmagan bo'ladi.
Fayzulla Ho'jayev bilan Akmal Ikromov haqida ham gap boshlasa cho'zilib ketar endi.
Sofdilga:
Iqtibos
Albatta keyinchali "Hujum" kompaniyasi bilan
kupchili ayollani "ochilip" ketishiga sabab buldi (Mana endi qaytip kirishligi qiyin buvotti).
Paranji Hamza qatnashganda ham, qatnashmaganda ham baribir tashlanardi. Bu bir kishi xal qilgan ish emas. Qaytib kirishiga kelsak, qaytmasalar ham kerak. Chunki endi qo'pol paranjining o'rniga Hijoblar chiqdi.
Nevarasi yoki chevarasi haqidagi gap ham mavhumga o'xshaydi. Baribir, chevarasiga qarab odamga baho berolmaymizku, to'g'imasmi?
AbdulAzizga:
Ha, uning qanday qilib "Inqilob shoiri" bo'lib ketganligi juda qorong'u holat. Bu yerda ko'p narsa yolg'onga o'xshaydi.
BelleQizchaga:
Barakasini topib ketib bo'lgan u :)
Best friendga:
Sizga yozmoqchi bo'lganimni Muhammad Sohib yozib qo'yibdi.
Doimo chigal narsalar muhokamaga qo'yiladi. O'zi hammaga ma'lum bo'lgan narsani muhokamaga qo'yish hecham to'g'ri ishmas.

Bir Shohimardonlik mo'ysafid gapirib bergandi:
Hamza olim, ilmli odam edi, Shohimardonga ko'p foydasi tekkandi. Bu yerlik xalq uni hurmat qilardi. Bir kuni bomdod mahalida qandaydir to'palon ovozi eshitildi. Odamlar borib qarashsa toshlarning ostida Hamza yotardi. Kim bunday qilgan - hech kimga ma'lum emas. O'q tekkan joyi ham bor edi shekilli. Ammo Shohimardon xalqi bunday qilmagan, bunday qilmasdi ham. Ana undan keyin qizillar paydo bo'ldi va ko'pchilikni "gumondor" deb qo'lga ola boshlashdi. (To'g'risi, bu suhbatga ancha bo'lgan, esimda qolganini yozdim.)

Kecha bu mavzuni ochganimdan so'ng qo'limga O'zbekiston qahramoni, adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinovning "Ijodni anglash baxti" degan kitobi tushib qoldi. U yerda Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida "Istibdod qurboni yoxud o'zligidan mahrum etilgan shoir" sarlavhasi bilan 35 betdan iborat maqola yozilgan ekan. Quyida shu maqoladan biroz keltiramiz:
 ... Hamza ham ular kabi xalqning milliy uyg'onishida, yangi o'zbek adabiyotini barpo etishda katta jonbozlik ko'rsatganva ular kabi mustabid tuzumning qurboni bo'lgan. To'g'ri, unga "millatchi", "panturkist", "xalq dushmani", "burjua mafkurachisi" degan tavqi la'natlar yopishtirilgani yo'q, uni ma'muriy idoralarga chaqirib so'roq qilmadilar, tahqirlab, qiynolarga duchor qilib, do'zah azobini boshiga solmadilar. Hamma eng sara ziyolilar qatori surgun qilingani yoki NKVD yerto'lalarida otib tashlangani yo'q. Aksincha, 1929 yilda Shohimardonda ko'zi qonga to'lgan vahshiy olomon qo'lida halok bo'lganidan keyin kop o'tmay Hamza yirik sho'ro yozuvchisi sifatida ulug'lana boshladi. Hayotligida yetti uhlab tushiga kirmagan izzat-ikromni u o'lganidan keyin ko'rdi. Ellik yil mobaynida unga aytilmagan maqtov qolmadi...
... Mabodo mo'jiza yuz berib, Hamza tirilib qolsa, teatr sahnalarida, kino ekranlarida, badiiy asarlar sahifalarida o'zini ko'rib, "ilmiy" tadqiqotlar, kitoblar, maqolalardagi balandparvoz gaplarni o'qib, o'zini taniyolmay qolishi muqarrar edi. Shu zaylda sho'ro mafkurasi Hamzani oq kigizga o'tqazib, egasiz qolgan adabiyot tahtiga chiqarib qo'ydi...
Ozod Sharafiddinov, "Ijodni anglash bahti". 131-bet

Agar Igor Bunichning "Partiyaning oltinlari"ni o'qigan bo'lsalaringiz, tushunarliki, qizil hukumat uchun bunday ishlar hech narsa emasdek bo'lgan. Bir shoirning o'tmishini, faoliyatini teskarisiga yozish va uni ommaga tanitish ular uchun "xobbi" dek gap edi.
Hamza haqida "O'zligidan mahrum etilgan shoir" degan jumla to'g'ri bo'lsa kerak deb o'ylayman...
Nom: Re: Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?
Yuborildi: Best friend 16 Iyun 2012, 09:56:35
Best friend агар Умар Хайёмни хам мухокама килиш бизнинг ишимиз смас деб ташлаб куйилганда, биз учун ва балким келгуси авлодлар учун хам майхурликнинг таргибчиси булиб колармиди. Шукр-ки, ундай булмади.

Best friendga:
Sizga yozmoqchi bo'lganimni Muhammad Sohib yozib qo'yibdi.
Doimo chigal narsalar muhokamaga qo'yiladi. O'zi hammaga ma'lum bo'lgan narsani muhokamaga qo'yish hecham to'g'ri ishmas.

 U inson haqida aniq ma'lumotga ega bo'lmay turib paranjini yechishga majbur qilgan deyish va faqatgina o'z fikrlariga yondoshgan holda muhokama qilish noto'g'ri ekanini aytdimki, bu yerda o'lgan odamni ustidan bilmay xar hil gaplar gapirilmasin deb. Oqlanishiga hech qanday e'tirozim yo'q. Haqiqatdan ham yaxshi inson bo'lib o'tgan bo'lsa va sho'ro tuzumi bizga noto'g'ri fikrni singdirgan bo'lib, endilikda haqiqat oshkor bo'lsa, bu yaxshi.
 Yuqorida "O'zligidan mahrum etilgan shoir" degan jumlaga men ham qo'shilgan bo'lardim.
Nom: Re: Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?
Yuborildi: Sofdil 16 Iyun 2012, 21:59:56
"Majbur qilgan" diyish noturiro busa kere, oddi woir odammi u bu kimmi majbur qilishiga na kuchi na imkoniyati bugan.
Bir narsa bir narsaga sabab buladi.
Hozirda buzuq serialla, Mobil telefonla yoshlani umuman o'zbek aholisini buzilishiga, zinoga  yo umuman fitnaga uchrashiga sabab buganide, Hamzani sherlari ayollani paranji tashashiga sabab bugan buliwi mn.

Balki Hamza yaxshi odam bugandir, buni hich kim bilmidi albatta lekin insonni qigan ishlariga qarab baho beriladi.

Gap paranjini qupolligidayammas, undan tutilgan princip nazarda tutse yaxshi bulardi, paranjini tashap ochilgan ayolla hijobga kirishiga kuzim etmidi.
Nom: Re: Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?
Yuborildi: Best friend 19 Iyun 2012, 11:50:46
 Arab mamlakatlarida ham, Fors mamlakatlarida ham, SSSrga qo'shilmagan Turkiyada ham ayollar ochilib ketishdi. Aslida hammasiga o'zimiz - Ummat - aybdor. Oxir zamon bo'ldi - og'ir zamoneeey!

...Ming yaxshidan afzal o’tmish yomonlarim,
Xov, qaylarga qochdingiz o’ng tomonlarim?
Kitoblarga jilo bo’lgan zamonlarim?
Xilofatdan asar ham qolmadi do’stlar...
Nom: Re: Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?
Yuborildi: Mufazzala 19 Iyun 2012, 11:57:19
 :asl3:

Zarifa Saidnosirovaning "Oybegim meni"(agar to'g'ri bo'lsa) voqeiy asarida
Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida oz bo'lsada ma'lumotlar
o'qigandim.
Nom: Re: Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?
Yuborildi: Musannif Adham 01 Avgust 2012, 21:43:00
Arab mamlakatlarida ham, Fors mamlakatlarida ham, SSSrga qo'shilmagan Turkiyada ham ayollar ochilib ketishdi. Aslida hammasiga o'zimiz - Ummat - aybdor. Oxir zamon bo'ldi - og'ir zamoneeey!

...Ming yaxshidan afzal o’tmish yomonlarim,
Xov, qaylarga qochdingiz o’ng tomonlarim?
Kitoblarga jilo bo’lgan zamonlarim?
Xilofatdan asar ham qolmadi do’stlar...

Yana o'sha eski mavzuni qo'zg'amoqchi emasman. Lekin men ham o'zimga yetib kelgan ma'lumotlar bilan baho berdim. Agar sizda yoki boshqalarda uni oqlovchi ma'lumotlar bo'lsa marhamat, o'rganib chiqib fikrimni o'zgartishga tayyorman. Uning jadidchi bo'lgani, ko'p yaxshi ishlar qilganidan xabarim bor. Lekin aynan shu "Hujum" va boshqa maddohona kampaniyalarda qatnashgani ham bor gap. Juda tortishiladigan bo'lsa, arxivga murojaat qilib, o'sha yillar gazetalari topilsa aniq bir gap chiqardi.

Keyin Arab mamlakatlari, fors mamlakatlari va boshqa joylarda ayollarning ochilib ketishiga ham kimdir sababchi bo'lgan. Bu ishlar o'z-o'zidan sodir bo'lmagan. Aksincha kimdir shunga turtki bergan, kimdir butun umrini ana shu "feministik" harakatlarga tikkan. Men Hamzani shundaylardan deb bilaman.
Nom: Re: Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?
Yuborildi: Musannif Adham 01 Avgust 2012, 21:47:11
Musannif Adhamga:
Iqtibos
O'ldirilishi butunlay boshqa masala. Ya'ni sovetlar o'zlariga chin dildan xizmat qilganlarni ham qumursqadek o'ldirib yuborishgan (Fayzulla Xo'jayev, Akmal Ikromov va boshqalar). Hamza ham xizmatini o'tab bo'lgach o'ldirilgan bo'lishi mumkin.
Menimcha agar shunday bo'lganida Hamza ularga juda ham zarur bo'lib turgan paytda o'ldirilgandi, sababi sho'ro adabiyoti egasiz qolib ketgandi u paytlar. Qizillar Hamzani o'ldirishmas, tish-tirnoqlari bilan himoya qilgan bo'lardilar. Shunga ko'ra, agar qizillar o'ldirgan bo'lsa, ularga hizmat qilmagan bo'ladi.
Fayzulla Ho'jayev bilan Akmal Ikromov haqida ham gap boshlasa cho'zilib ketar endi.

Donishmand, Sho'ro adabiyoti birgina Hamza emas, boshqa o'nlab shoirlarni o'ldirsa ham egasiz qolib ketmasdi. Tuzum bor ekan uning maddohlari son-sanoqsiz bo'laveradi. Sizga oddiy taklif: hozirgi O'zbekiston shoirlaridan istalgan 5 tasini yo'q bo'lib ketgan deb tasavvur qiling. Men ishonmanki, 3-4 kun ichida ularning o'rnini bosadigan yana 10 ta maddoh chiqadi.
Nom: Re: Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?
Yuborildi: Lu`lu` 01 Avgust 2012, 22:13:33
Лиримкул ака ( Аллох рахматига олсин ) "Юлдузли тунлар" учун архив ма'лумотлари бн танишиб юрганларида Х.Х.Аиезийни узлигидан махрум килинган, кейин тошбурон стилгани хакидаги ма'лумот хакийкатга скинлигини айтган сдилар.
Nom: Re: Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?
Yuborildi: Musannif Adham 01 Avgust 2012, 22:41:49
Sizga oddiy taklif: hozirgi O'zbekiston shoirlaridan istalgan 5 tasini yo'q bo'lib ketgan deb tasavvur qiling. Men ishonmanki, 3-4 kun ichida ularning o'rnini bosadigan yana 10 ta maddoh chiqadi.
suhbatga aralashganim uchun uzr. Savol tug'ilib qoldi, sizningcha shoir maddoh deganimi?

Yo'q albatta. Men aynan maddoh shoirlarni nazarda tutgandim. Ismlarini ham keltirishim mumkin. Lekin keyin ortiqcha tortishuv boshlanishi mumkin. Umuman "maddoh shoir" deb alohida ajratib ko'rsatmaganim mening aybim... Agar hozir o'sha postimni tahrirlab qo'ysam ham to'g'ri kelmaydi. Chunki siz iqtibos olib bo'libsiz  :) Lekin shoirlarning aksari shunaqa maddohlik va keraksiz ishlar bilan shug'ullanishadi. Isbot uchun "Shu'aro" surasining oxirgi 3 ta oyati va uning tafsirlarini o'qing...
Nom: Re: Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?
Yuborildi: Best friend 02 Avgust 2012, 08:46:58
Arab mamlakatlarida ham, Fors mamlakatlarida ham, SSSrga qo'shilmagan Turkiyada ham ayollar ochilib ketishdi. Aslida hammasiga o'zimiz - Ummat - aybdor. Oxir zamon bo'ldi - og'ir zamoneeey!

...Ming yaxshidan afzal o’tmish yomonlarim,
Xov, qaylarga qochdingiz o’ng tomonlarim?
Kitoblarga jilo bo’lgan zamonlarim?
Xilofatdan asar ham qolmadi do’stlar...

Yana o'sha eski mavzuni qo'zg'amoqchi emasman. Lekin men ham o'zimga yetib kelgan ma'lumotlar bilan baho berdim. Agar sizda yoki boshqalarda uni oqlovchi ma'lumotlar bo'lsa marhamat, o'rganib chiqib fikrimni o'zgartishga tayyorman. Uning jadidchi bo'lgani, ko'p yaxshi ishlar qilganidan xabarim bor. Lekin aynan shu "Hujum" va boshqa maddohona kampaniyalarda qatnashgani ham bor gap. Juda tortishiladigan bo'lsa, arxivga murojaat qilib, o'sha yillar gazetalari topilsa aniq bir gap chiqardi.

Keyin Arab mamlakatlari, fors mamlakatlari va boshqa joylarda ayollarning ochilib ketishiga ham kimdir sababchi bo'lgan. Bu ishlar o'z-o'zidan sodir bo'lmagan. Aksincha kimdir shunga turtki bergan, kimdir butun umrini ana shu "feministik" harakatlarga tikkan. Men Hamzani shundaylardan deb bilaman.

 Yuqoridagi postlarimni ham o'qib chiqing, men bir tomonda turib uni oqlamayabman ham, qoralamayabman ham. Siz aytganingizda faqat aniq ma'lumotlarga tayangan holda munozara qilinsin dedim. Butun musulmon o'lkalarida ochiqlik boshlanib ketganiga ham to'g'ri kimdir bosh bo'lgan. Ammo, buning asl sababi mana shu narsaga "musulmonlar"da moyillik paydo bo'lib qolgani, Xamzaga o'xshaganlar esa (Agar Xamza ham ana shulardan bo'lsa) faqat ularga bir turtki bo'lgan. Faqatgina iymoni poklargina bu balodan iymonini saqlagan - hijrat qilgan. Ba'zi manbalarda ayollar jahannam olovida yongandan ko'ra mana shu dunyoda yonib ketay deb o'zlarini olovga tashlaganliklari aytib o'tilgan.
 O'zingiz aytib o'tibsiz, aniq dalillar kelsa oqlanishiga fikrimni o'zgartiraman, deb. Men ham yuqoridagi postlarda ana shuni aytgandim. U yomon inson bo'lgan bo'lsa, qilmishlari fosh bo'lishiga ham, yaxshi inson bo'lsa, oqlanishiga ham e'tirozim yo'q. Faqat bir narsa - bu haqida aniq ma'lumotlar asosida munozara qilinsin agar munozara qilinsa, "...chunki ular (mayyitlar) keladigan joylariga kelib bo'ldilar." (Buxoriy)
Nom: Re: Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?
Yuborildi: Ansora 02 Avgust 2012, 12:27:59
 :asl3:

Hamza masalasi meni ham doimo oylantirib kelgan, rahmat Donishmand.

Bundan bir necha yil avval 100ga yaqinlashib qolgan, asli Qo'qonlik otaxonni hayotlarini yozish jarayonida Hamza haqida shunday degan edilar:
"Biz bola edik, (tahminan 12-13) Hamza haqida oz-moz bilardik, uning otasi Hindistonlik Musulmon tabib biri edi, odamlarga foydasi ko'p tegardi.
O'rislar Hamzani judayam yomon ahvolda o'ldirishgan, hammamiz vahimaga tushganmiz".

Otaxon vafot etmaganlarida (Alloh rahmat aylasin) Hamza haqida yana bir bor so'rar edim...

Yana bir kursdoshimni dissertatsiya mavzusi Hamza asarlari bo'yicha edi, Hamzaga oid "Yangi saodat" asarining tarjimasida yordam berar ekanman, hayron qolganman, chunki asar egasi men tanigan Hamzadan umuman farqli bir Hamza edi...

Asar qahramoni dindor yigitcha edi...

Nizomiyda oqib yurganimizda bir Dotsent domlamiz Hamza haqida bilib bilmay yomon gapirmasligimizni, uning shaxsi haqida hech qachon haqiqatlarning gapirilmaganligini ko'p ta'kidlardilar.

Shaxsan men Hamzani hurmat qilaman va Sho'ro davrida, qolaversa hozirda asl shaxsiyati to'laqonli ochib berilmagan biri sifatida yod olaman. Alloh rahmat qilsin.
Nom: Re: Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?
Yuborildi: Musannif Adham 04 Avgust 2012, 16:06:01

Men esa hurmat qilolmayman. O'zimga yetib kelgan ma'lumotlar tufayli.

Yaxshisi bu masalada arxivga murojaat qilish kerak. Kimning O'zbekiston Markaziy Davlat Arxivida tanishi bor? O'sha yerda XX asr boshida chiqqan gazetalar ham saqlanadi. Biz masalani aniqlash uchun Hamza hayotlik vaqtida unga tegishli maqolalar yozilgan gazetalarni topib o'rganib chiqishimiz kerak. O'lganidan keyingisi emas. Chunki ko'rib turganimizdek, o'lganidan keyin gap ko'payib ketgan. Tirikligida o'zi yozgan maqolalarni ham topsak, u haqidagi tasavvurimiz ancha oydinlashardi...

Xullas, arxivdan oldin tanish, keyin ma'lumot qidiramiz....
Nom: Javob: Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida qanday fikrdasiz?
Yuborildi: Muxsiya 07 Iyun 2013, 22:52:24
Maktabda o'qiyotganimda Hamzani she'rini yodlaw vazifasi berilgandi. Sher yodlab o'tirganimni ko'rgan dadam hayron bo'lib bu bizni davrimizda sovet kuychisi ediku nega buni o'tyapsilar deb hayron bo'ldi. Bolaligida hamzani ayrim we'rlari madhiyadeb bo'lib qolganidan hozir ham esida qolgan ekan. Bittasini aytib bergandi hayratdan yoqa uwladim nahotki wuni jadidchi deb hisoblayotgan bo'lsak. Uning bu we'rlari darslikda davr qutqusiga uchib adawgani tufayli deb izohlangan edi.