forum.ziyouz.com

Kutubxona => O'zbek adabiyoti => O'zbek nasri => Mavzu boshlandi: shoir 15 Sentyabr 2006, 04:56:35

Nom: Tohir Malik. Savohil (qissa)
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 04:56:35
Savohil (qissa). Tohir Malik

(http://www.ziyouz.com/images/books/savohil.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=39)

Muallif: Tohir Malik
Hajmi: 507 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=39)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=730.0)
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 04:57:51
(http://www.ziyouz.com/rasmlar/books/savohil.jpg)

SAVOHIL

«Qaysi millat orasinda birlik ko‘tarilib, nifoq va adovat hukm surgan bo‘lsa, ul qavmning inqiroz dunyosiga yuzlangani aniqdir. Bular shuni fahmlamaydilarmi?»
«Dildagi adovat temirdagi zangga o‘xshaydi. Zang temirni yegani kabi, adovat Vatanni azobga soladi. Odamlar nahot adovatdan nari bo‘la olmasalar?..»


Abdulla Avloniyga bag‘ishlanadi

MUQADDIMA O‘RNIDA

— Bahorjon, kela qol, o‘ng qanotimga o‘tir, bizlarga ilhaq joylarga uchaylik. Sovuqni quvaylik, yerni uyg‘otaylik.
— Oftobjon, kela qol, sen chap qanotimga o‘tir. Qishning muzlarini eritib tashla, yerni azoblardan o‘zing qutqar.
Qaldirg‘och shunday der ekanu bir qanotiga oftobni, bir qanotiga bahorni o‘tqazib ucharkan. Qish bo‘yi o‘limtik holga tushgan dov-daraxtlarni uyg‘otarkan, muzdan qutulgan tuproq yayrab nafas olarkan. Odamlar shod-xurramlik bilan ish boshlar ekanlar.
Kunlarning birida qaldirg‘och uchib yurib, ilonning ariga aytayotgan gapini eshitib qolibdi:
— Men hammadan kuchliman, mendan barcha qo‘rqadi. Demak, men eng shirin taomlarni tanovul qilishim kerak. Sen yer yuzidagi bor jonivorlarning go‘shtini tatib ko‘r, eng shirinini menga kelib aytasan.
Ari, «xo‘p bo‘ladi», deb uchibdi, qaldirg‘och esa uning iziga tushibdi. Ari barcha jonivorlarni tatib ko‘ribdi — yoqmabdi. Oxiri pichan g‘arami yonida o‘ynayotgan bolani chaqibdi-da, ozgina go‘shtini uzib olibdi. Shu go‘sht unga ma’qul kelib, ilon huzuriga oshiqibdi.
Qaldirg‘och hademay unga yetib olibdi-da, arining og‘zidagi go‘sht bo‘lakchasini cho‘qibdi. Go‘shtga qo‘shib arining tilini ham uzibdi.
Ari ilon huzuriga kelgach, nuqul g‘o‘ng‘illarmish.
— Gapir, aytgan ishimni bajardingmi? — debdi ilon.
— Bajardi, bajardi, — debdi qaldirg‘och, — u eng shirin go‘sht — qurbaqaniki, deyapti.
Shu-shu ilon qurbaqaga qiron keltira beribdi.
Kunlarning birida ilon qaldirg‘ochning nayrangini anglabdi-yu, yovlashib, uni ham tinch qo‘ymaydigan bo‘libdi...

(O‘zbek xalq ertaklaridan)
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 04:58:27
Ko‘ngil, sen bunchalar nega
Kishanlar bilan do‘stlashding?

Abdulhamid Cho‘lpon.

Birinchi qism
IKKI QIRG‘OQ

I b o b
OQ FOTIHA
1


Asadulla qaldirg‘ochlarning bexos qattiq chirqillashidan uyg‘onib ketdi. Yostiqqa tirsagini tirab qaddini ko‘tardi-da, deraza osha tashqariga qaradi. Devor tomonda yotgan Hojiyaxon ham uyg‘ondi:
— Nima bo‘ldi ularga? — dedi u, eriga havotir ko‘zi bilan qarab.
— Qaray-chi...
Asadulla ayvonga chiqdi-yu, shiftda osilib turgan ilonni ko‘rdi. Yo‘g‘onligi uch yashar bolaning bilagidek keladigan ilon tillarini chiqarib qaldirg‘och iniga bosh suqmoqchi bo‘lar, ikki qaldirg‘och esa unga hamla qilgancha tinmay chirqillardi. Asadulla qarsak urib, «hayt-hayt»lab ilonni cho‘chitmoqchi bo‘ldi. Ilon bunga parvo qilmagach, hovliga tushib, uzun tol yog‘ochni qo‘liga oldi.
— Hay, hay, dadasi, o‘ldirib qo‘ymang tag‘in, — dedi uydan shoshilib chiqqan Hojiyaxon.
Asadulla yog‘ochni ko‘tarib, ilonni chetga surdi. Ilon yog‘och bilan bir oz olishgan bo‘ldi-da, ishga odam aralashganiga fahmi yetibmi, toqilar orasidagi teshikka kirib ketdi.
Qaldirg‘ochlar xavf bartaraf bo‘lganiga ishonqiramay inlari atrofida picha uchib yurishdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 04:58:42
— Ilon boyoqishlarga hech bir tinchlik bermadi-da, qachon qarasang shu yerda. Bular ham inlarini ko‘chira qolishmaydi.
— Soddasan-da... inlarini ko‘chirsa ilon topib borolmaydimi?
Asadulla to qaldirg‘ochlar tinmaguncha joyidan jilmadi. Qushlar inga kirganlaridan keyin ham dam-badam boshlarini chiqarib, jonsarak qarab qo‘yishardi.
«Biz ham shularga o‘xshab qoldik,» deb o‘yladi Asadulla. O‘ziga shunday deyishga dedi-yu, ko‘ngli og‘ridi. Xurriyat xuddi shu beozor qushlar misol qanotlarida ozodlik, erkinlik, baxtni olib kelib go‘yo xalqqa in’om qilganday edi. Shu kunlarga yetishishni orzu qilgan, kurashgan, hatto umrining bir qismini Sibir o‘rmonlariga tashlab kelgan Asadulla «ilon»larning qilmishini hisobga olmagan ekan. «Bahor keldi, vassalom, olam charog‘on bo‘lajak», deb ko‘nglini shodlagan ekan. Bahorning ayamajuzlari, yer-ko‘kni larzaga soluvchi momaguldiraklari, yo‘lida uchragan barcha narsalarni sidirib ketuvchi sellari, do‘llari borligini mulohaza qilmagan ekan.
Ikki yildan beri kun nadir, tun nadir, ajratish mahol. Oftobdan qo‘rqqan, sovuq tunda o‘rmalab kelib ochilajak kurtaklarni bo‘g‘ib ketgani kabi o‘zlarini erkparvar deguvchilar, pinhona kurashlarini avj oldirar edilar. Yarador vahshiy hech nimadan tap tortmaydi, jonzot uchun yanada xavfli bo‘lib qoladi.
Zamonning o‘yinlari ajabtovur. Ikki yil muqaddam bular og‘zidan inqilob so‘zi tushmas edi. Ba’zan, «bularning tanglayini «inqilob» deb ko‘targanmi», deging kelardi.
Asadulla buni o‘tkinchi hol deb yanglishgan ekan. Ha, qattiq yanglishgan ekan. Hurriyat so‘qmoqlarida achchiq-chuchukni, issiq-sovuqni tatigan odam uchun bu yanglishish kechirilmas hol edi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 04:59:01
Erkparvar libosidagilar jodugar kabi turli ko‘rinishga kiradi: ilonga aylanib qush uyasiga bosh suqmoqchi bo‘ladi, tulkiga aylanib makr ishlatadi, bo‘riga aylanib qo‘qqisdan hamla qiladi... Asadulla bularning hammasiga o‘zi shohid bo‘ldi. Qo‘qonda biqinini o‘q teshib o‘tganda ham, Toshkentning tahlikali tunini kunga ulaganda ham, birodarlarini o‘z qo‘li bilan tuproqqa qo‘yganda, Turkiston Markaziy ijroqo‘midagi majlislarda nohaqdan-nohaq ayblaganlarida ham usha «jodugar»ning nafasini his qilib turardi. «Sherni otsang bo‘riga aylanadi, bo‘rini nishonga ololsang u tulkiga, so‘ng tulki quyonga, quyon burgutga aylanib ko‘z ilg‘amas balandlikka uchadi. O‘qing yetib uni mahv etsa tuxum ajraladi, tuxumni poylay olsang, undan igna chiqadi-yu, dengiz tubiga cho‘kadi. Jodugarning joni shu ignada. Uni topib sindirsang — jodugardan qutulasan...» Asadulla o‘sha ignani topolmay garang edi. «Do‘st makridan o‘zing asra, g‘animni bartaraf etmoqqa qurbim yetarli», deyishadi. Erkparvarlarning aksari do‘st libosida yurgani Asadullaga ma’lum. Lekin ularni qanday oshkor etish mumkinligi noma’lum edi. Turkijroqo‘mning majlislarida ba’zan ular po‘st tashlab qolay derdilaru, ammo ustalik qilib, niqoblariga o‘ralib olardilar.
Asadulla hozir ayvon ustuniga suyanganicha, qaldirg‘och uyasiga qarab shularni o‘ylardi. Bu o‘ylar bexos uyg‘onmadi, yo‘q, bunga qaldirg‘och uyasiga hamla qilgan ilon ham sabab emas. Kechagi Hurriyat uyida bo‘lgan majlis uning xotiralarini, xayollarini to‘zitib yubordi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 04:59:34
Turkiston Markaziy ijroiya qo‘mitasi bugun asosan Farg‘ona vodiysidagi ahvolni muhokama qilishi kerak edi. Buxorolik va afg‘onistonlik oliy zotlardan bir qanchasining vodiyda yurgani, mayda qo‘rboshilarni birlashtirishga harakat qilayotgani haqida darak topishgach, Asadulla voqeani oydinlashtirish uchun Qo‘qonga borgan edi. Afg‘on «elchi»lari qo‘lga olinganini bilib, Qo‘qonda uzoq qolmay, Andijonga jo‘nadi. Shahar ChKsida unga to‘rt basavlat, sersoqol afg‘onni ro‘para qildilar. Avvaliga suhbatlari qovushmadi. Ular, «chustlik tojiklarmiz», deb turib oldilar. Chust tojiklar o‘zbekchani suvday bilardilar, shuning uchun Asadulla ularga o‘zbekcha gapirdi. Javob ololmagandan so‘ng yana forschaga o‘tdi. Afg‘onlar qaysarliklarini davom ettiravergach, u Afg‘onistonda amir Habibullaxon o‘ldirilgani, uning o‘rniga Omonulloxon hukmdor bo‘lganini aytdi. Shunda soqoliga oq oralagan afg‘on beixtiyor:
— Yo Olloh, yolg‘onni o‘zing kechir, — deb yubordi.
Asadulla amir Omonulloxonning Maskovga maktub yo‘llagani, bu maktubni forsiydan ruschaga o‘zi tarjima qilganini aytganda ham afg‘onlardan sado chiqmadi.
— Mahmudbek Tarzini bilarsizlar, axir? — dedi Asadulla toqati toq bo‘lib.
— Sardor Tarzimi? Omonulloxonning padarzani1,— dedi soqoliga oq oralagan afg‘on sovuq ohangda.
— Shu odam horijiya noziri bo‘libdi. Amir Afg‘onistonni butkul mustaqil, o‘zgalarga qaram emas, deb yurtga omonlik beribdi.
Bu gapni eshitib, afg‘onlar bir-birlariga savol nazari bilan qarab oldilar. Shundan keyingina ular amir Habibulloxon istagi bilan bu yerlarga kelganliklari, vazifalari barcha qo‘rboshilarni Madaminbek qanotiga to‘plash ishida hamkorlik ekanini aytdilar.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 04:59:56
Asadulla majlis ahliga shularni bayon qilgach, munozara uzoq cho‘zildi. Vodiydagi ahvol xavotirli edi. Jiddiy muhokamaga, alqissa, jiddiy harakatlarga muhtoj edi. Majlisning cho‘zilishi shundan.
Muhokama yakunlangach, barcha uchun kutilmaganda tashqi ishlar xalq noziri so‘z olib, kun tartibiga yana bir masalani kiritishni taklif qildi.
— Aprel oyida Termiz qal’asiga ikki afg‘on kelib, amirning muhim maktubini topshirgan. Termizlik o‘rtoqlar drezinada yo‘lga chiqib, bu maktubni bizga yetkazdilar. O‘rtoq Asadulla Mira’lamov ishtirokida maktubni ruschaga tarjima qildik. Afg‘onistonning yangi amiri Moskvaga murojaat etib, do‘stlik aloqalarini o‘rnatishni so‘ragan. Sizlarga shuni ma’lum qilamanki, Sho‘rolar hukumati bir yil avval Afg‘oniston amiriga shu masalada murojaat etgan edi. Biz yangi amirning maktubini radiotelegraf orqali Moskvaga uzatgan edik. Bugun javob oldik. Moskva zudlik bilan diplomatik guruh tashkil etib, Afg‘onistonga yuborishimizni so‘rayapti. Moskva — Toshkent yo‘li berk bo‘lgani sababli RSFSRning vaqtincha elchisi ham shu yerda tayin qilinishi kerak. Biz bu vazifaga Nikolay Zaxarovich Xmarin nomzodini tasdiqlashni RSFSR hukumatidan iltimos qilmoqchimiz.
— Xmarin? Kim ekan u? — dedi o‘tirganlardan biri.
Xalq noziri qog‘ozlar orasidan keraklisini tanlab, nomzodni tanishtira boshladi. Asadullaning qulog‘i unda, xayoli esa aprel oyidagi uchrashuvda edi. U Xmarin bilan bir mata uchrashgan, bu kibor diplomat unda noxush taassurot uyg‘otgan edi.
Xmarinning ko‘p yillar davomida imperator elchisi sifatida Eronda xizmat qilgani majlis ahlini o‘ylantirib qo‘ydi. Bu odamga ishonish mumkinmi yo yo‘qmi, hech kim bilmas edi. Shu sababli nomzod darrov tasdiqlanmay, munozaraga sabab bo‘ldi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:00:13
— Siz unga kafillik bera olasizmi? — deb so‘radi majlis raisi munozaraga yakun yasash maqsadida.
— Kafillik bersam, bermasam, diplomatiya ishlaridan xabardor boshqa odamimiz yo‘q. Uning kimligini RSFSR Tashqi ishlar xalq komissarligida mendan yaxshiroq bilishadi. Nomzod ma’qul kelsa tasdiqlashadi. Bo‘lmasa yo‘q. RSFSR elchisining birinchi o‘rinbosari, ayni paytda Turkiston jumhuriyatining elchisi vazifasiga biz o‘rtoq Mira’lamov nomzodini ko‘rsatmoqchimiz.
Asadulla yanglish eshitmadimmikan, deganday hayron bo‘lib nozirga qaradi.
— Menmi? — dedi u quloqlariga ishonmay.
— Ha, siz, o‘rtoq Mira’lamov, nimaga ajablanyapsiz? Amirning amakivachchasi Ishoqxon bilan borishni taklif etganimizda rad etmagan edingiz?
— Unda... amirga xat olib borishimiz kerak edi. Elchilik... umrimda qilmagan ishim...
— Men ham umrimda nozirlik qilmaganman. Bular ham...
— O‘rtoqlar, tushuninglar, axir bu jiddiy mas’uliyatli ish.
— Shuning uchun ham sizning nomzodingizda to‘xtaldik.
Asadulla bosh chayqadi-yu, ammo e’tiroz bildirmadi. Nozir bundan mamnun bo‘lib, gapini davom ettirdi.
— Elchining harbiy maslahatchisi qilib o‘rtoq Shuvalov nomzodini ko‘rsatamiz. Orenburg inqilobiy harakatining faollaridan. Dutovga qarshi janglarda qatnashgan, sinalgan o‘rtoq.
— Sobiq politsiyachimi?
— Politsiyada bolsheviklarning topshirig‘i bilan ishlagan, — dedi nozir keskin ohangda.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:00:22
Boshqa savol tushmay, nomzod ma’qullandi.
— Elchining yana bir o‘rinbosarligiga o‘rtoq Ushinskiy nomzodi...
Asadulla yalt etib nozirga qaradi: «Nima deyapti?! Butun bir katta davlat bilan aloqa o‘rnatishga beburd, millatchi odamni yubormoqchimi?»
— Men qarshiman, — dedi Asadulla o‘rnidan turib.
— Elchi sifatidami? — dedi kimdir kinoya bilan.
— Yo‘q, — dedi Asadulla qat’iy ohangda, — Markaziy ijroqo‘m a’zosi sifatida. Men Ushinskiyni yaxshi bilaman.
— Biz ham bilamiz, — dedi nozir. — O‘rtoq Ushinskiy inqilob uchun ko‘p xizmat qilgan. To‘g‘ri, u eser1 edi. Ammo yanvar isyonidan2 ancha oldinroq bolshevik3lar safiga o‘tgan. Men unga shaxsan kafillik beraman.
— Nomzodi ma’qullansin. O‘rtoq Mira’lamov, shaxsiy adovatlarni unutish kerak. Hozir kek saqlaydigan zamon emas... Umuman... deyarli har majlisda o‘rtoq Ushinskiyni bir cho‘qimasangiz xumordan chiqmaydigan bo‘lib qolyapsiz... — Bu ovoz hozirgina kinoya qilgan odamniki edi. Asadulla unga bir qarab oldi-yu, biroq, javob bermadi. Hozir o‘zini oqlashga kirishsa, o‘tirganlarda boshqacha fikr uyg‘onishi mumkin edi. Turkiston Markaziy ijroqo‘midagi yagona o‘zbek — Asadulla Mira’lamov ular bilan bo‘lajak bahsda baribir yengilardi. Shu sababli dardini ichiga yutdi.
Boshqa gaplar Asadullaning qulog‘iga kirmadi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:00:45
...Turkiston Markaziy ijroqo‘midagi majlislar Asadullani tobora qiynab borardi, uni go‘yo boshi berk ko‘chaga haydayotgandek edi. Milliy uyg‘onish, yurt istiqloli orzusi mavhumlik pardasiga chulg‘anardi. U jannat bog‘larini umid qilib, oqibatda sarobga yo‘liqqan chorasiz kishi holida o‘zini ko‘rib, ruhi faryod cheka boshlardi. «Qaysi nuqtada xatoga yo‘l qo‘ydik? Nahot, bo‘layotgan gaplarning barchasi yolg‘on, nahot biz aldovga uchgan nodonlarmiz?» — Asadulla shu savollarga javob izlardi. Ichki bir hayqiriq: «Senlar aldandilaring, senlar tufayli xalq ham aldandi», deb tursa, so‘nib ulgurmagan umid cho‘g‘i: «Yana ozgina kutaylik-chi...» deb sabrga undardi...
Markaziy ijroqo‘mning bir oy avvalgi maxsus majlisida bu umid cho‘g‘i butkul so‘nmog‘i lozim edi, lekin bu safar ham sabr ustun chiqdi.
Undan oldinroq Asadullani yo‘qlab, maxsus topshiriq bilan Farg‘ona muzofotiga borajagini aytishdi. Unga ma’lum qilishlaricha, Eskijo‘vada qo‘qonliklar «Farg‘ona fojeasi» degan tomosha ko‘rsatishibdi. Tomosha mazmuni zararli, millatchilik ruhida bo‘lgani sababli to‘xtatilibdi. Unda zikr etilgan ayrim voqealar esa tekshiruvga muhtoj emish.
Asadullaning tomosha qo‘yilishidan xabari bor, biroq, kelib ko‘rishga imkoni bo‘lmagan edi. Tomoshani sahnaga qo‘ygan Niyoziyni u yaxshi tanirdi. U bir necha yil muqaddam Asadullaga uchrashib, teatru san’ati bilan qiziqqan, Qo‘qonda ham shunday tomoshalar ko‘rsatish niyati borligini aytib, maslahatlar so‘ragan edi. Shu bahona ular orasida ustoz-shogird maqomida yaqinlik vujudga kelib edi. Asadula Markaziy ijroqo‘mdan topshiriq olgach, yo‘lga otlanishdan avval Niyoziy bilan uchrashib, tomosha matnini so‘radi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:01:13
— Matnni olib qo‘ydilar, — dedi Hamza Niyoziy afsus bilan. Keyin uning qisqacha mazmunini bayon qilib berdi-da, qo‘shib qo‘ydi: — Tomoshada fojealarning bir-ikki zarrasigina ko‘rsatildi. Agar dashnoqlar vahshiyligining uchdan bir qismini ko‘rsatsak edi, dunyoga o‘t ketardi. Usta, siz Farg‘onaga borarsiz-u, ammo bir natija chiqarmikin?
— Biron nimadan gumoningiz bormi?
— Oq podsho zamonida ham tomoshalarimizga bu darajada taz’yiq yo‘q edi. Kechagi zo‘ravonlikka qaraganda dashnoqlarning Markaziy ijroqo‘mingizga ham ta’siri bormikin, deyman?
— Markaziy ijroqo‘mda dashnoqlar vakili yo‘q.
— Bu bizga ma’lum. Ularni burjua-millatchi fir-qa sifatida inkor etasizlar. Inkor etasizlaru inon-ixtiyorlarini o‘zlariga qo‘yib bergansizlar. Ijroqo‘mingizda ularning vakillaridan bo‘lmasa ham ta’siri bordir. Axir Qo‘qon muxtoriyatini shu dashnoqlar qonga botirib berishdi-ku? Komissarlaringiz ularning bu xolis xizmatlarini unutishmagandir? Ariqlarda suv o‘rniga qon oqdi, deganimda ishonmagandingiz. Avval faqat Qo‘qondagina ariqlarda suv o‘rniga qon oqqan bo‘lsa, endi butun Farg‘ona soylarida oqyapti inson qoni.
Asadulla bu masalada Niyoziy bilan bahslashmadi. Safarga u bilan birga borish istagi tug‘ildi. Lekin Favqulotda qo‘mitadan ijozat tegmadi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:01:46
Niyoziy to‘g‘ri aytibdi: dashnoqlarning vahshiyligini bayon etmoqqa qalam ojiz ekan. Butun bir qishloq ahlini yosh demay — qari demay, bola demay — ayol demay, adirga haydab chiqib, «bosmachilarga qarshi handaq qaziysanlar», deb majburlab, so‘ng barchalarini otib o‘ldirib, o‘zlari qazigan handaqlarga ko‘mib ketishlarining o‘ziyoq ularga qarshi keskin choralar qo‘llash uchun yetarli dalil edi. Asadulla ko‘rib-bilib kelgan dalillarini bayon qilib, «Odamlarning sho‘rolarga qarshi qo‘lga qurol olishlariga aynan shunday vahshiyliklar sabab bo‘lgan», degan xulosasini aytganida majlis ahli kutilmagan bu haqiqatni tan olganday avvaliga bir oz sukut saqladi.
Bu sukutni o‘shanda birinchi bo‘lib Ushinskiy buzgan edi:
— O‘rtoq Mira’lamovning so‘zlariga e’tibor berilsa, bu o‘rtoq nutqlarida «bosmachi» degan atamani ishlatishdan qochyaptilar. Yo men adashdimmi?
— Adashmadingiz, — dedi Asadulla. — Ularni siz bilan biz «bosmachi» deymiz. Xalq ularni o‘zgacha ataydi.
— Bilaman, — dedi Ushinskiy una qattiq tikilganicha. — Ular o‘zlarini «Milliy ozodlik jangchilari» deyishadimi yo «islom lashkarlari» deydilarmi yo yana allanima balolar deydilarmi, bu bizga yaxshi ma’lum. Sizning o‘zingiz nima deb ataysiz? Men sizning bu masalaga partiyaviy nuqtai nazaridan munosabatingizni bilmoqchiman.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:02:13
Farg‘onaga jo‘nash arafasidagi uchrashuvda Hamza «o‘zining uyini himoya etuvchilarni «bosmachi» deyish urf bo‘lib boryapti. Bosmachi kim ekani farqlab olinsa durust bo‘lardi», degan edi. Asadulla Ushinskiyga shunday javob qaytarmoqchi bo‘ldi-yu, bundagilarning behos hujumlaridan saqlanish uchun:
— Gap nima deb atalishida emas, gap — uning kelib chiqishi sabablari va bu urushni to‘xtatish masalasida, — dedi. Agar bu majlis ahli orasida gapga tushunadigan, xalq dardini anglaydigan bir odam bo‘lganida ham Asadulla Mashrabning «Dil tig‘i sitamdin pora bo‘lgan xalqni ko‘rdum, tani dardu alamdin yora bo‘lgan xalqni ko‘rdum» — degan baytini o‘qib, ruschaga tarjima qilib bergan bo‘lardi. Biroq, mashoyihlar: «Tani boshqa dard bilmas», — deb bejiz aytishmaganlar. Asadulla yuragini kuydirayotgan gaplarning ko‘pini tilga chiqarmadi. Faqat asosiy xulosani isbot etish maqsadida:
— Farg‘ona viloyatida to hozirga qadar mahalliy millat vakillaridan bironta odamning bolsheviklar firqasiga qabul qilinmasligini qanday izohlash mumkin? — dedi.
Bu savolni ham majlis ahli sukut bilan qarshi oldi.
Bu sukutni ham Ushinskiy buzdi:
— Demak, mahalliy millat vakillari orasida bolsheviklar safida turishga arzirli ongli odam yo‘q ekan...
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:02:37
Shu odam kutilajak uzoq safarda Asadullaga hamroh bo‘lishi kerak...
Ushinskiyning elchilar guruhiga kiritilishi, majlisda «kekchi», «adovatchi» degan nom olishi Asadullani behad g‘azablantirdi. O‘tgan yili xuddi shu binoda Asadulla bilan Ushinskiy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mojaro hali unutilgani yo‘q. Kechagi majlisda Ushinskiy nomzodiga qarshi chiqishi bilan ko‘pchilik o‘shani eslagan bo‘lishi kerak. «Shaxsiy adovat...» degan gaplar shuning oqibati. Ushinskiyga qarshi aytilgan har bir gap istasang-istamasang shu mojaroga qarab yetaklaydi. Do‘st libosidagi g‘animlarga bu ayni muddao. Kechagi majlisda «shaxsiy adovat» deb o‘sha mojaroga shama qilgan odam chin do‘stmi yo ko‘ngli qorami, Asadulla aniq bilmaydi. Balki u toza ko‘ngildan aytgandir bu gapni. Do‘ppini qo‘yib, yaxshilab o‘ylab ko‘rilsa, uning bu fikri bir jihatdan to‘g‘ri. Shaxsiy adovatga sira yo‘l berish kerakmas. Lekin u qora niyatda aytgan bo‘lsa-chi?
Ertalab qaldirg‘ochlarning bexos chirillashidan uyg‘ongan Asadullani ana shu xayollar beorom qilmoqda edi.
Nonushta mahali ham o‘yga tolgan holda o‘tirdi. Xotiniga ko‘zi tushdi-yu, g‘alati bo‘lib ketdi: Hojiyaxon unga ma’yus tikilib turibdi. Asadulla undan ko‘zini olib qochdi. Choydan bir ho‘plab, yana qaradi. Yana o‘sha ahvol.
— Senga nima bo‘ldi? Tobing yo‘qmi? — deb so‘radi Asadulla.
Hojiyaxon cho‘chib tushganday boshini chayqadi.
Asadulla, «choyingni ich, sovutma», deb, undan nigohini oldi. Dam o‘tmay yana boqdi: Hojiyaxon endi dasturxon uchini qayirib o‘tiribdi, ko‘zini dag‘allashib qolgan barmoqlariga tikkan.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:03:07
— Onasi... — Hojiyaxon yalt etib qaradi. Bu safar erining nigohiga dosh berolmay ko‘zini olib qochdi. — Dardga yem bo‘lmay, ichingdagini aytaver.
— Dardim yo‘q... — Hojiyaxon yana dasturxon uchini qayirdi. — Faqat... aytadiganim... juda ishga berilib ketdingiz. Bolalaringizga ham keraksiz. Hadeb o‘zingizni o‘tga uravermang...
— Bor gaping shumi?
— Shu.
Asadulla kuldi. Gapni hazilga aylantirmoqchi bo‘ldi:
— Hamma erkaklar uyida o‘tirib olsa, hurriyatning ahvoli nima kechadi? Xalq dodini kimga aytadi? Yana qulligicha qolaveradimi?
Hojiyaxon indamadi. Boshqa xotin bo‘lganda: «Uyda o‘tirib oling, demayman, begonalarga o‘xshab birrov kelib ketmay, «uyim-joyim bor», deb bolalaringiz bilan chaqchaqlashib ham o‘tiring. To‘rt yil yo‘lingizga ko‘z tikkanim, to‘rt yil ko‘zyoshi to‘kkanim menga kammidi», deb nolalar chekardi. Hojiyaxon esa indamadi. Shu indamaslik Asadullaning boshiga cho‘qmorday urildi. Bunaqa sharoitlarda ibratli gaplar topishga usta bo‘lgan bu shoir odam xotiniga tasalli bera oluvchi so‘z aytishga nochor qoldi. Xayoliga kelayotgan gaplar— bu og‘irliklar vaqtinchaligi, yaxshi kunlar yaqin qolgani, o‘zbekning bag‘riga ham shamol tegishi... avval aytilgan, takrorlashga hojat yo‘q edi. Nima qilganda ham Hojiyaxon haq — oilasiga vaqt ajratishi lozim.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:03:51
Asadulla o‘zini koyib, xayolida turli rejalar tuzib, o‘rnidan turdi. Ko‘cha eshigi tomon yurdi-yu, to‘xtadi.
— Bir nima esingizdan chiqdimi? — dedi Hojiyaxon.
— Haligi gaping... to‘g‘ri, onasi, — dedi Asadulla jilmayishga harakat qilib. — Bugun ertaroq qaytaman.
Hojiyaxon kulimsiradi. Labida nimkulgu bor edi. Ko‘zidan esa ma’yuslik ko‘tarilmagandi. Asadulla buni o‘sha topda sezmadi. Buni keyin, fojia yuz bergandan so‘ng, oradan kunlar o‘tib eslaganda, yuragi zardobga to‘lib ko‘z oldiga keltirganida sezadi. Hozir esa «xotinimning ko‘nglini ko‘tardim», degan tasalli bilan ko‘chaga chiqadi.
U va’dasida turdi. Uyga odatdagidan erta qaytdi. Hali oqshomga vaqt bor. Bugun Asadulla Kalas tomondagi qishloqlarga borib kelish topshirig‘ini oldi. Dehqonlar boylardan tortib olingan yerlardan yuz o‘girayotgan emishlar. Boshqa joylarda ham shunday bo‘layotgani uchun Markaziy ijroqo‘m bu masalani beto‘xtov o‘rganishni Asadullaga topshirdi. U ertalab xotiniga bergan va’dasini bajarish, shu bahonada yangi maktab uchun mo‘l yozgan kitobidan birini olvolish maqsadida uyiga keldi. Eshigiga yaqinlashganda bir odamga ko‘zi tushib, sergak tortdi. Ertalab ham ko‘rgan edi uni: baland bo‘yli, baquvvat odam, engagida chandig‘i bor. Boshidagi marg‘ilon nusxa do‘ppi ancha urinib qolgan. Notanish odam Asadullani ko‘rib cho‘chidimi, har holda qadamini sekinlatdi. Keyin tezlatdi. Salom berib o‘tib ketmoqchi edi, Asadulla to‘xtatdi.
— Inim, birovni qidirib yuribsizmi? Ertalab ham ko‘rganday edim.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:04:34
Notanish odam kalovlandi, darrov javob topib bera olmadi.
— Shu deng... birovni izlayotganim yo‘q. Ommo lekin... ijaraga uy bo‘lsa... Zavutta ishlasammi...
— Qaerliksiz?
— Rishtondanman. Bezorim chiqib ketdi u yerlarda. Halovat yo‘q. Ko‘chimni ko‘tarib kelaverdim. Ijaraga uy topilmaydimi?
— Siz samovarxonaga kiring. Asadulla aytdi, desangiz, yordam berishadi.
— Qulluq, taqsir.
Notanish odam yengil ta’zim qildi-yu, unga olazarak qarab oldi. Asadulla buni sezmadi. «Halovat izlab kelibdi. Shunday baquvvat, dev odam o‘zini olib qochsa... Uning halovati uchun boshqalar jon bersa» Asadulla shu xayol bilan uning izidan qaradi. Ayni choqda, notanish odam ham o‘girilgan edi. Ammo uning xayolida boshqa gap: «Ijaraga uy topib bermoqchi... Jonini ijaraga topshirganidan xabari yo‘q. Go‘lmi u yo o‘zini xalqparvar qilib ko‘rsatmoqchimi?.. E, nodon, sen Muhiddinning kimligini bilmay o‘tasan bu dunyodan...».
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:04:56
2

Turkijroqo‘m majlisida Afg‘onistonga boradigan elchilar nomzodi muhokama etilayotgan damda Mirkomilboyning Sebzordagi uyida antiqa suhbat borar edi. Tuprog‘i ko‘pchib yotgan ko‘chadagi yagona qayrag‘och soyasiga to‘nini tashlab o‘tirgan Muhiddin esa daraxtning bujur tanasiga suyanib mudrardi. O‘tgan-ketgan «issiq elitgan» bu notanish odamga parvo qilmas edi. Muhiddin esa o‘zini mudraganday ko‘rsatib, chalayumuq ko‘zlari bilan ko‘chadagi har bir harakatni ziyrak kuzatardi. Agar biror xavfni sezsa, o‘rnidan turib, to‘nni qoqadi-yu, yelkaga tashlab Qo‘shtut ko‘chasiga buriladi. Mirkomilboyning boloxonasidan shu tomon tikilib turgan bir juft ko‘z uchun bu kifoya: ichkaridagilar darhol ogohlantiriladi.
Ichkaridagilarning biri — uy egasi — Mirkomil hoji. Yaqin-yaqinlarda Mirkomilboy desa odam uyoqda qolib, daraxtlar ham bir silkinib tushardi. Toshkentdagi ikki zavodga ega bo‘lgan bu odamning salobati, o‘zini tutishini ko‘rgan kimsa, «bu boy zavodning egasimi yo dunyoning xo‘jasimi?» deb yoqa ushlardi. O‘n yettinchi yilning bahoridan to kuziga qadar xo‘pam muloyimlashdi. Ishchilarning maoshini oshirdi, yo‘qsillarga in’omlar berdi. Ko‘z tikkan umidi — Qo‘qon muxtoriyati barham topgach, qolgan umrini toat-ibodatga bag‘ishlaganini e’lon qildi. Endi Mirkomilboy emas, taqvodor Mirkomil hoji nomi bilan tilga tushdi. Yetti yil muqaddam Ka’bani ziyorat qilgani endi asqatdi. U besh vaqt namozni masjidda o‘qirdi. Biron-bir marta bo‘lsin, siyosatdan so‘z ochmasdi, sho‘rolar qilayotgan ishlarga munosabatini oshkor qilmasdi. Shu tufayli u ashaddiy aksilinqilobchilar ro‘yxatidan tushib qolgan edi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:05:22
Uning bugungi mehmoni egniga oq surp yaktak, boshiga simobi salla o‘ragan bo‘lsa-da, rang-ro‘yidan o‘zbek emasligini sezish qiyin emasdi. O‘zbek emasligi ayniqsa gapirganda oshkor bo‘lardi. U so‘zlarni bir oz cho‘zib, yumshoqroq talaffuz qilardi. Bu odamning ismi — Xauston, o‘zi ingliz fuqarosi bo‘lib, uzoq yillar davomida Eronda, so‘ng Turkistonda turli qiyofalarda yurdi. Toshkentdagi so‘nggi «vazifasi» — ingliz tili muallimi edi. Mirkomilboy Yevropa sanoati egalari bilan mustahkam aloqa o‘rnatish maqsadida o‘g‘illarini shu odam qo‘liga topshirgandi. Ingliz tilida gaplashishga o‘rganib olgan ikki o‘g‘il Angliyaga yuborilgan, orada bolsheviklar to‘ntarishi ro‘y berib, ular uyga qaytarlarini ham, qaytmasliklarini ham bilmay, o‘sha yoqda tentirab yurardilar.
Ilgari Mirkomilboy bilan Xaustonni shu ikki o‘g‘il bir-biriga bog‘lagan bo‘lsa, endi maqsad birligi qovushtirib turadi. Ingliz tili muallimining asl vazifasi endi Mirkomilboy va unga o‘xshash bir-ikki odamga ma’lum edi. Ikki yil avval Xauston ularning ko‘ziga kemasi bilan Toshkentga suzib kelib, cho‘kayotganlarni qutqaruvchi Nuhday ko‘ringan edi. Isyonlarning bostirilishi uni ancha obro‘sizlantirdi.
Xauston bu xonadonga Osipov isyonidan avval kelganicha qadam bosmay qo‘ygandi. Kerak bo‘lganda ular aloqachi orqaligina bog‘lanardilar. Bugun uning bu ahvolda kirib kelishi Mirkomilboyni ham ajablantirdi, ham tashvishga soldi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:05:35
Xauston maqsadga darrov ko‘cha qolmadi. Hol-ahvol so‘ragan bo‘ldi-yu, sukutga berildi. Uning bunaqa odati yo‘q edi. Gapini chertib-chertib aytuvchi bu odam vaqtini zoe ketkazmasdi. Sharqona lutflar, dasturxon atrofidagi keraksiz gap-so‘zlar unga begona edi. Hozir, ajab, xuddi atayin choyxo‘rlikka kelganday xotirjam o‘tiribdi. Mirkomilboyning toqati toq bo‘lsa-da, undan sado chiqishini sabr bilan kutdi.
— Bolsheviklarning janozasini qachon o‘qiymiz?
Qo‘qqisdan berilgan bu savoldan Mirkomilboy asabiylashdi. Yuzi uchdi. Qo‘lidagi tasbeh donalarini g‘ijimladi.
— Janozani... suyangan tog‘laringizga o‘qib qo‘yishdi-ku, — dedi u g‘ijinib.
Xauston shunday javob kutgani uchun ham bu kinoyani eshitib ranjimadi. Aniqrog‘i, bu savolni atayin mezbonning g‘ashiga tegish uchun bergan edi. Uning rejasicha, hamsuhbat bir oz asabiylashganda maqsad ayon etilsa ko‘ngildagiday bo‘lishi kerak.
Bu rejadan bexabar Mirkomilboy bir kinoya bilan uzib oldim deb, o‘z ko‘ngliga taskin berdi. Aslida u bundan battar gaplarni aytishga ham haqli edi. Qo‘qon muxtoriyatining uzil-kesil g‘alabasini bashorat qilgan shu Xauston emasmidi?! Qishda Osipovning ad’yutanti bilan kelib, «zavodlaringizni qabul qilib olishga tadorik ko‘ravering», degan ham shu Xauston emasmidi? Qani muxtoriyachilar, qani Osipovning sara askarlari, qani «TVO» deb olamga jar solgan «engilmas» tashkilot?! Angliyaning yuz million aqchasi, o‘n olti tog‘ zambaragi, qirqta to‘pi, miltiqlarining qudrati nimaga yetdi?! Mirkomilboy bularni o‘ylasa, «Turkistonning kuni shularga qolganmidi», deb ezilib, o‘zini-o‘zi bo‘g‘izlab tashlagisi kelardi. O‘n yettinchi yil to‘ntarishida ham, zavodlarini topshirganida ham bunchalik iztirob chekmagan edi. Har bir isyonning bostirilishi, har bir mag‘lubiyat unga go‘yo azroilning ogohlantirishi bo‘lib tuyular edi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:05:58
— Siz... chindan ham tarki dunyo qilganga o‘xshaysiz, — dedi Xauston bir zumlik sukutni buzib.
— Ko‘rib turganim bu buzuq dunyo — dunyo emas, do‘zax. Do‘zaxdan battar. Janob Xauston, siz o‘zgarib qolibsiz. Muddaongizni anglamay qoldim?
— Hayronligingizni sezib turibman, hoji. Daf’atan maqsadga ko‘chmayotganimning boisi bor. Taklifimni qabul qilishingizga ishonmayroq turibman.
— Sabab?
— Bu ancha og‘ir ish. Sizni qiynab qo‘yishim mumkin.
Bu gap Mirkomilboyga malol kelib, bir qo‘zg‘alib oldi.
— Ayting! — uning ovozidagi amirona ohang Xaustonga yoqdi.
— Sizni Afg‘oniston safariga taklif etmoqchiman. Kobulda bir oz turib, so‘ng Hindiston orqali Angliyaga, o‘g‘illaringiz yoniga olib boraman.
Farzandlarining eslatilishidan boyning yuragi hapriqib ketdi. Bu taklif uchun mehmonni bag‘riga bosgisi ham keldi. Lekin bu oniy tuyg‘u edi. Shamolday g‘uv etdi-yu, o‘tdi-ketdi. Tuyg‘ulari o‘sha onning o‘zida aqlga bo‘ysundi. Xauston boyning yuzi bir dam yorishgani, so‘ng nigohi yana sovuq tus olganini sezdi. «Bu odamni laqillatish qiyin», deb qo‘ydi o‘zicha.
— Lekin... — dedi u o‘smoqchilab.
— O‘sha «lekin»dan boshlasangiz durust edi gapni, — dedi boy.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:06:25
— Bir-ikki yumushni sizning yordamingizsiz bajarish mumkin emas. Endi ochiqroq tushuntiray: Afg‘onistonning yangi amiri nodonlik qilib Leninga xat yuboribdi. Rossiyaga do‘st bo‘lish niyati bor. Avvalgi amir Farg‘onadagi islom lashkarlariga xayrixoh edi. Bunisi aksi bo‘lib chiqdi. Agar Leninning choparlari Kobulga yetib borsa, Buxoroning Toshkentga yurishiga ishonch qolmaydi. Ikki amir bir yoqadan bosh chiqarsa, nur ustiga nur bo‘lardi. Bugun Turkijroqo‘mda Afg‘onistonga boruvchi elchilar nomzodi tasdiqlanishi kerak. Biz elchilarning yo‘lga chiqishini kechiktirishimiz shart. Ishning bir tomonini pishitganmiz; ular orasida ishonchli odamlarimiz bor. Eng muhimi, elchilar orasida yerli millat vakillari bo‘lmasin. Fikrimni anglagandirsiz?
— O‘zbeklardan kim borarkan?
— Asadulla Mir’alam. Eski tanishingiz. Yanglishmasam, «Ulamo» jamiyati uni o‘limga hukm qilgan edi. Hukm ijrosi cho‘zilib ketmadimi?
— Hukmdan qochib qutulmas. Lekin... u bormasa, boshqasini yuborishar?
— Biz esa vaqtdan yutamiz. Afg‘oniston amiriga ular emas, avval biz ro‘para bo‘lishimiz shart.
— «Biz» deganiniz kim?
— Ma’zur tuting, so‘zdan adashdim. Men «siz» demoqchi edim. Turkiston a’yonlari nomidan amir bilan siz muzokara yuritasiz. Amirga bolsheviklar bilan yaqinlashuvning zarar ekanini aytib, ishontirish kerak.
— Mulohaza qilib ko‘rishim lozim buni...
Xauston, «ha, albatta», deganday bosh liqillatib qo‘ydi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:07:05
Mirkomilboy o‘n yettinchi yilning bahorida, Xauston niqobini yechib, asl qiyofasiga kirgandan beri bir narsani ko‘p o‘ylaydi: bu odam «avag‘amning avag‘asi, umurtqamning sho‘rvasi»dan battar bo‘laturib, Turkiston taqdiri uchun buncha qayg‘urmasa? Ikki yil avval xuddi shu uyda Xauston bu savolni o‘rtaga qo‘yib, o‘zi javob qilgan edi. Mirkomilboy uning so‘zlarini yaxshi eslaydi: «Biz yurtimizni Buyuk Britaniya deb ataymiz. E’tibor qiling: Bu-yuk Britaniya! Siz Buyuk Turkiston sultonligi bunyod etmoqchi ekansiz, nechun biz ko‘mak bermaylik? Niyatimiz beg‘araz, ishonavering. Shubhalanishingiz o‘rinli, bir davlat ikkinchisiga bemaqsad yordam bermaydi. Turkiston, mening nazarimda, mana shu dasturxonday to‘kin. Maqsadimiz kamtarona — iltifot etgan choqlaringizda shu dasturxondagi ne’matlardan bahramand bo‘lish. Biroq biz dasturxoningizga quruq kelmaymiz: pilla olamiz — shoyi beramiz, paxta olamiz — gazlama beramiz, mashinalar beramiz. Mana, janobi Mirkomilboy hoji korxonasiga bizning mashinalardan o‘rnatsa, o‘n hissa kuchayadi. Bu yaxshimi yo yomonmi?» Ha, Xauston shunday deb ishontirmoqchi bo‘lgan edi. Tan olish kerak, ishonishgan ham edi. Keyinroq loyqa suv tinib, ariq tubidagi haqiqat ko‘rindi. Savolga javob juda oddiy edi: Turkistonni Rossiya qo‘lidan tortib olib, Angliyaga tobe qilish. Mirkomilboyning buni anglab yetishi uchun ko‘p fursat talab etilmadi. U buni anglab yetgani bilan sir boy bermadi, arqonni uzun tashladi. Boy boshqa narsaga hayron: «Turkiston qo‘ymidiki kim yetaklasa ketaveradigan. Tobe bo‘luvimizga nima uchun qattiq ishonishadi bular?» Mirkomilboy hozir ham shu savol atrofida aylanib, Xaustonning asl maqsadini tushunmoq istardi. Angliyaga, o‘g‘illari huzuriga olib borishga va’da qilishi — qarmoq uchidagi chuvalchangdek gap, Mirkomilboy nodon baliq emaski, bu qarmoqqa ilina qolsa. Afg‘onistonga borish, amir bilan yuzma-yuz bo‘lish Turkistonga nima naf beradi? Hoji shuni anglab yetishi kerak. U hozir ming o‘ylagani bilan bari bir aniq maqsadning ildiziga yetib borolmaydi. Chunki Afg‘onistondagi voqealardan u to‘liq boxabar emas. Amirning o‘z chodirida o‘ldirilganini, o‘rniga uchinchi o‘g‘il taxtga o‘tirganini biladi xolos. Angliya bilan urush boshlanib ketgani, bu urushda afg‘onlarni yengish qiyinlashib borayotgani, Hindistondagi g‘alayonlar inglizlarni ancha shoshirib qo‘yganidan bexabar.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:07:17
Tulki ming bir hiylaga ega bo‘lsa ham, qopqonga tushib qoladi. Mirkomilboy tulki qismatiga sherik bo‘lishni istamaydi. Shu uchun o‘zicha ajoyib bir qarorga keldi:
— Janob, mening yurtdan uzoqlashish niyatim yo‘q. Bu tuproqning pokizalanishiga umidim bor hali. Afg‘onistonga jo‘nashimni ma’qul ko‘rar ekansiz, mayli, siz aytgancha bo‘la qolsin. Ammo Kobuldan Hindistonga, undan Angliyoga yurishni rejangizdan chiqarib tashlang. Ishni bunday qilamiz: siz yurtingizdagi baobro‘ janoblarga yetkazing: o‘g‘illarim Hindiston orqali Kobulga kelsinlar. Vazifangizni ado etganimdan so‘ng, birgalikda Toshkentga qaytamiz. Ma’qulmi?
Xauston kulimsiradi.
— Biz uchun bundan oson ish yo‘q. Asadulla Mir’alam taqdirini birga ham etamiz. Men Toshkentdan chiqib ketaman. Sizni Buxoroda kutib olaman. Avvalgiday ishonchli odamlar bilan bog‘lanib turamiz.
Xauston bu yerdan shom qorong‘isida chiqib ketmoqchi edi. Shu sababli shoshilmadi. Ikkovlon «dunyoning ishlari»dan gaplashib o‘tirdilar. Bu til uchidagi dilkash suhbat edi. Aslida har birining xayoli boshqa gaplar bilan band.
Mirkomilboy, garchi safarga rizolik berib qo‘ygan bo‘lsa-da, Xaustonning yashirin maqsadlarini izlardi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:08:19
Xauston esa uy egasining makkorligiga ham qoyil qolib, ham g‘ashi kelib o‘tirar edi. Xauston umrining anchasi Sharqda o‘tdi. Kerak paytida gadoga hamtovoq bo‘ldi, keragida manman degan boylarning burnidan ip o‘tkazib istagan yo‘rig‘iga soldi. Ko‘pni ko‘rdi, ammo Mirkomilboydayini ko‘rmadi. Bu odamni hatto ChK ham yo‘q qila olmadi. U yoqda muxtoriyatchilar, bu yoqda osipovchilar, tvochilar badnom bo‘lib ketdilar. Manman degan siyosatchilar, rahnamolarning biri avaxtada chiriyapti, biri sarsonlikda yuribdi. Hoji esa suvdan quruq chiqdi. Uning Qo‘qonga borganini, bu yerda Osipov bilan aloqada bo‘lib turganini juda oz odam bilardi. Biladiganlarning ham og‘zi mahkam edi. Xauston yuragida bir og‘ir dard bor edi: u sharqliklarni odam o‘rnida ko‘rmas, uning uchun eng og‘iri — buni oshkor eta olmas edi. Kasb-kori shunga majbur qilardi. Tagi past odamni ko‘pchilik orasida ulug‘lab, «nasli toza aslzoda» ekanini isbotlagandan, tug‘ma ahmoq odamning «behad o‘tkir zehni» haqida gapirgandan keyin haromga qo‘l urganday ijirg‘anardi. Uning yuragidagi dardlar yurtiga yo‘llangan maktublarga ko‘chardi, Toshkentda boshpana topgan o‘zga xorijiylar bilan suhbatlarda picha forig‘ bo‘lardi.
Lekin istisno tariqasida ayrim odamlarni yoqtirib ham qolardi. Mirkomilboy nomi ana shu kichik ro‘yxatga kirgan edi. Boy faqat oyoq ostiga qaramasdan, uzoqni ko‘zlardi. Uzoqni mo‘ljal qilganlar, Xaustonning nazarida o‘tkir mulohazali bo‘lishadi, bular bilan ish pishitsang qoqilmaysan. Xauston o‘n yettinchi yil voqealarida bu odamning qo‘llagan yurishlariga besh ketdi. U hokimiyat uchun kurashgan jamiyatlarga hotamtoylik qildi. Ammo o‘zi hokimiyatga intilmadi — chetda turdi. «Men boyman, men hukmdor bo‘laman», deganlarning nechtasi in-iniga kirib ketdi. Hokimiyat bolsheviklardan tortib olinganda ham bu hoji davlat boshiga intilmasdi. Ikki zavodni uch, uchni to‘rt qilardi. Pul buning qo‘lida bo‘lgandan keyin hokimiyat boshlig‘i kimning nog‘orasiga o‘ynardi? Pul qayoqqa oqsa — baxt shu tomonga oqadi. Mirkomilboy buni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq bilardi. Xauston uning shu ziyrakligiga tan berardi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:08:43
Mana hozir ham uning javoblargia lol qolib o‘tiribdi. Xauston bu yerga kelishida aytadiganlarini ming taroziga solib ko‘rgan, Mirkomilboyning tuzoqni izlab qolishini ham hisobga olgan edi. O‘ylay-uylay Angliyaga, o‘g‘illari huzuriga borishni tuzoq o‘rnida ishlatishga qaror qildi. O‘ylagani to‘g‘ri bo‘lib, hoji ilindi. Shu sababli ham Xauston uning shartiga ko‘na qoldi. «E, boy, — deb o‘yladi u, — makrning ham chegarasi bor. Xaustonni laqillatadigan sharqlik hali dunyoga kelmagan. Sen yurtni to‘rqovoqdagi bedana deb o‘ylaysan shekilli. Bugun to‘rqovoqni Peterburg qo‘lidan olib bizga in’om etmoqchisan. Lekin bilib turibman, uni ertaga Istambulga uzatishdan toymaysan. Buyuk Britaniya bog‘idagi to‘rqovoqlarning birida Hindiston, ikkinchisida Eron, uchinchisida Afg‘oniston sayrab turibdi. Xotiring jam bo‘lsin: Turkiston ham ular yonida umrbod qoladi. Angliya qudrati qayoqda-yu, sening xomxayoling qayoqda!..»
Xauston shomda o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Uni hovligacha kuzatib chiqqan Mirkomilboy xayrlashish uchun uzatilgan qo‘lni olib, darrov qo‘yib yubormadi.
— Janob Xauston, siz o‘g‘illarimning taqdirini pesh qilib, bu o‘yinni yutdim, desangiz yanglishasiz. Mening o‘g‘illarimdan ko‘nglim to‘q, ular xor bo‘lmaydilar. Nazarimda, afg‘on amirini yo‘ldan qaytarish sizga juda zarur. Buning uchun o‘g‘illarimni garovga qo‘yishdan qaytmadingiz.
Xauston ishtoni yirtiqligi ma’lum bo‘lib, siri ochilgan odamday shoshib qoldi. E’tiroz bildirmoqchi edi, boy og‘iz ochirgani qo‘ymadi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:08:55
— Men amir bilan muzokara yuritishga tayyorman. Ammo bilib qo‘ying: o‘g‘illarimni Kobulda ko‘rganimdan keyingina ishga kirishaman. «Mirkomilboy qo‘rqyapti», deb o‘ylamang. Nimadan qo‘rqaman, bir boshga bir o‘lim. Xohlasam, siz aytganday Angliyoga jo‘navorishim ham mumkin. Sizning boylaringizdan kam emasman. Ammo... — hoji tin oldi, — men umrim bo‘yi ko‘p narsalar bilan savdo qilganman. Foyda tushadigan joydan qaytish yo‘q. Lekin... yurtimni savdoga qo‘yishni sira o‘ylamaganman. Shu fikr xayolimga kelgan bo‘lsa, kalomullo ursin. Endi men bilan ish yuritganingizda shularni hisobga olib qo‘ying...
Mirkomilboy shunday degach, mehmonning qo‘lini bir siltab, qo‘yib yubordi. Xauston tang qotdi: bu o‘sha, o‘zi bilgan boymi? Uning zehniga yuqori baho bergan edi, ammo bu darajada bo‘lishni kutmovdi. Chindan ham boy bilan endi teppa-tengiga muomala qilishi kerakmi? Ba’zan shunaqa yon bosishga ham to‘g‘ri keladi. Nachora!
Muhiddin Xaustonning orqasidan soyadek ilashib, Eskijo‘vagacha bordi. Mehmon izvoshga o‘tirgandan keyin bir oz sabr qildi-da, so‘ng izvosh kira qilib, uning izidan jo‘nadi. Xaustonning uyiga xojasi bilan ketma-ket yetib bordi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:09:03
Unga qarab turib, Xauston o‘zicha mamnun bo‘ldi. Bu ayiqdy yigitni Qo‘qonda Ergashning changalidan tortib olgan edi. Hamma Qo‘qon dardida yurganda bu yigit Ergashga atalgan qiz bilan ovora bo‘libdi. Qo‘rboshining qahriga uchragan odamning birontasi shu paytgacha tirik qolgan emas. Muhiddinning qismati ham shu bo‘lardi. Baxtiga shu inglis oraga tushdi. Mana bir yildan oshdi, Muhiddin xizmatlarini beminnat ado etib yuribdi. Nechta odamning kallasini olib bir tuki qilt etmagan bu yigitga qarab turib, ba’zan Xaustonning yuragiga qo‘rquv oralardi: bu xumday kalla ichida nima xayol borligini qaerdan bilsin? Otasini chavaqlashdan toymaydigan odamdan har narsani kutish mumkin. Shu sababli ham Xauston unga hamisha yumshoq gapiradi. Ko‘nglini og‘ritmaslikka harakat qiladi. «Cho‘pni xor tutma, ko‘zingga sanchilur», deb bekorga aytmaganlar-ku, axir!
Ko‘rinishi qahrli bo‘lgan bu inglisning yaxshi muomalada yurishi Muhiddinga ta’sir qilgan edi. U Ergash qo‘rboshining odam bolasi bajarishi mushkul bo‘lgan yumushlarigacha eplab kelardi. Ammo yaxshi gap eshitmasdi. Qo‘rboshi juda erib ketgan taqdirda: «Obbo zang‘ar-e, boplabsan», deb qo‘yardi. Xizmatlarining oqibati nima bo‘ldi — jonini bitta qizga olmadi. Bu inglisni Xudo yetkazdimi, bilmaydi, har holda shu odam bo‘lmasa bitta qizning oh-vohiga jonini tikib, bu dunyodan ko‘z yumib ketaverardi. Muhiddin Xaustonni avval xaloskorim deb sig‘ingan bo‘lsa, endi uni avliyoday aziz ko‘rardi. Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqadi, deyishadi. Buni qarangki, yaxshi gap bilan kallakesarning ham yuragini zabt eta olish mumkin ekan.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:09:11
Muhiddin uy ostonasida to‘xtab, amr kutdi. Kutilmaganda Xauston yonidan joy ko‘rsatib, «o‘tir», dedi. Muhiddin chang etigi bilan gilamni bosib o‘tib, ko‘rpachaga chordana qurdi. U har safar shunday qiladi. Har safar Xaustonning g‘azabi keladi. Ammo indamaydi: gilam jondan aziz emas-ku!
— Bir yumush bor, — dedi Xauston. Muhiddin unga baqrayib tikilib qaradi. Bu qarashga inglis dosh berolmay nigohini chetga oldi. — Bir odamning do‘ppisi kerak.
— Shuning o‘zimi! — dedi Muhiddin yayrab jilmayib. — Qo‘limdan kelmaydigan ishmikan, depman. O‘sha odamni ayting, boshini olib kelay, do‘ppisini o‘z qo‘lingiz bilan oling.
— Sen Xudo yarlaqagan odamsan. Olloh yomonlarning jonini sening qo‘ling bilan oladi. U dunyo-bu dunyo kam bo‘lmaysan. Shu ishni qilganingdan so‘ng, istasang, uch-to‘rt kun Farg‘onangga borib kel, keyin olis safarga jo‘naysan.
— Farg‘onada menga nima bor, xo‘jayin, siz qaerda bo‘lsangiz men ham shundaman.
— Qoyilman, senga. Qulog‘ingga quyib ol: Mirobod mahallasiga borasan. Asadulla Mira’lam deganni topasan. Uyi boloxonali deyishadi. Boloxonasida dahriy tomoshalar ko‘rsatarkan, topishing oson bo‘ladi. Ammo ehtiyot bo‘l: ovoz chiqmasin. Bolsheviklarning kerakli odami u. Do‘ppisini olishga urinma. Kuli ko‘kka uchsa ham mayli. Undan nom-nishon qolmasligi kerak. Bu ishni qoyillatganingdan keyin Mirkomil hoji otang bilan safarga jo‘naysan.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:09:22
Muhiddin, angladim, deganday o‘rnidan turib, qulluq qildi. Belbog‘i orasidn oshiq olib, «gardkam!» deb gilamga tashladi-da: «Yo Jamshid, nafasingdan!» — deganicha tepdi. Oshiq yumalab borib olchi turdi. Xauston kulumsiradi. Muhiddin har safar shunday qiladi. Har safar oshiq olchi turgach, ko‘ngli xotirjam bo‘lib, xizmatni ado etishga jo‘naydi.
U oshiqni olib, o‘pib qo‘ydi-da, yana belbog‘iga qistirib, Xaustonga qaradi.
— Xo‘jayin, picha aqcha kerak.
Xauston uning maqsadini darrov fahmladi; u pulni oladiyu Kallaxonagami, Langargami boradi. Oshiq tepib, avval atayin yutqizadi, keyin qimorbozlarning xonumonini kuydirdi. Keyin qarzga botgan, xotini yoki qizini yutqazgan besh-olti chapanini ishga soladi. Bir falokt bosib ish pachava bo‘lsa ham shularning o‘zi balogardon. Mol egasiga o‘xshamasa xarom o‘ladi, deganlaricha bor. Muhiddin ehtiyotkorlikda xo‘jasidan qolishmaydi. Xauston mana shunisidan mamnun.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:09:36
3

Chaqirilmagan mehmon chiqib ketgach, boyning yuragiga yana g‘ashlik oraladi. U Makkai mukarramaga otlangan chog‘ida Asadulla bilan birinchi bor uchrashgan edi. Jadidlarning faollaridan hisoblanmish bu yigit Sebzordagi shu uyga kelib, boyga «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» degan kitobini taqdim etgan, o‘zbeklarga yangicha saboq berish, dunyoviy ilmlarni o‘rgatish haqida kuyunib gapirgan edi. Mirkomilboyga uning jonkuyarligi yoqib, so‘ragan narsasini — yangi usul maktabga atalgan hadya pulni berib yuborgan edi. Keyinroq Asadullaning boshqa yo‘lga kirganini bilib, astoydil afsuslandi. Shunga qaramay «Sibirdan esi kirib qaytgandir», deb «Sho‘royi islomiyaning gazetini shunga topshirishni taklif qildi. Bu gazitda Asadulla din ahli orasidagi johillarning sharmandasini chiqarganini ma’qulladi. Chunki ayrim din arboblarining millatni jaholatga tortuvi unga yoqmas, ular qo‘lidagi hokimiyatning biron nimaga erishuviga ishonmas ham edi. Uning fikricha, din arboblarining siyosatga aralashuvi ishni faqat buzar edi. Asadulla ham, do‘sti Mirmuhsin ham buni yaxshi anglab, dindorlarning ayblarini fosh etdi. O‘shanda «Ulamo»ning hukmini eshitib, Mirkomil hojining yuragidagi bir tomir uzilganday bo‘lib edi. «Bir odamga o‘limni ravo ko‘rmoq bunchalar oson. Bir odam o‘lgani bilan bu «Ulamo» gurkirab yashnab ketadimi? Yo bir odamning o‘limidan so‘ng hayot chiroyliroq bo‘lib qolarmidi? Bir-birovimizni shu zaylda qirib, ado etamizmi? — deb o‘ylagandi u. — Bir qavm o‘zaro qirg‘in boshlasa ular orasida g‘olib bo‘lmaydi. Nodonlar nahot buni anglamasalar? Mushriklar Rasulullohni haqoratlar qilganlari yetmay, tosh otib, ozor yetkazganlarida ham, muhtaram afandimiz ularni o‘limga hukm etish u yoqda tursin, hatto duoyi bad ham qilmagan ekanlar. Bu nodonlar esa birgina haq gapga chiday olmasdan bema’ni fatvoga qo‘l ochib o‘tirsalar... Oqibat ne bo‘lar ekan endi...»
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:09:44
Oqibat shu bo‘ldiki, ulamolar hukmining ijrosi endi Xauston istagi bilan amalga oshmoqchi. Balki ulamolar bu qarordan ogoh emasdirlar. Asadulla o‘ldirilgach, «Jazosini Ollohning o‘zi berdi», deb qo‘ya qolishar... Boyning ko‘ngli shundan xijil bo‘ldi. Asadullani xavfdan ogoh qilish fikri ham tug‘ildi. Ammo boshqa bir kuch uni to‘xtatdi: «Xalqni mendan kam yaxshi ko‘rmas edi. Lekin boshi gangidi. Yo‘lga ko‘ndalang turib qoldi. Taqdiri shu ekanda. Menig yo‘rig‘imda yurganida ko‘proq savobli ishlar qilarmidi... Shunday millatparvar odam nobud bo‘lib ketaveradimi... Attang... Nima bo‘lsa ham endi gunoh «Ulamo»da...» — deb notinch ko‘nglini ovutdi. Faqat nohaq hukm chiqarganlargina emas, bu hukmning ijrosini befarq kuzatguvchilar ham Yaratgan huzurida gunohkor ekanligini fahm etmadi.
Mirkomil hoji Asadulla bilan oxirgi marta Osipov isyonidan keyingi g‘alag‘ovur kunlarda ko‘rishgan edi. Osipov otib tashlagan komissarlar orasidagi bittagina o‘zbekning tasodif bilan tirik qolishi bolsheviklarga mahalliy millat vakillarini xoinlikda ayblashga bahona bo‘ldi. Yangi ijroqo‘mdan uni chiqarib, Asadullaning saylanishi Mirkomil hojiga xush kelmadi. Asadullani yo‘qlatib, bu yo‘ldan qaytarishga undamoqchi bo‘lganida uning o‘zi kelib qoldi.
Shaharni ikkiga bo‘lib oquvchi O‘rda suvining so‘l tomonida yashovchilarning ahvoli nochor ekanligini bayon qilib, oziq-ovqatdan ko‘mak berishga da’vat etdi. Mirkomil hoji uning jonkuyarlik biln aytayotgan so‘zlarini diqqat bilan tinglab, javob berishga oshiqmadi. Asadulla ham uni shoshiltirmadi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:09:53
— O‘rdaning bu tomonidagi eski shahar aholisining ahvoli ham nochor, afandim, — dedi hoji Asadullaga sinovchan tikilib. — Ular ham allaqachondan beri bir tishlam nonga zorlar.
— Bilaman, — dedi Asadulla, yengil xo‘rsinib. — Ammo, eski shaharliklarning dasturxonida ozgina bo‘lsa ham turshakmi, yong‘oqmi, nonjiydami — har holda bor. Bug‘doyga o‘roq tushadigan paytga eson-omon yetib oladilar, Xudo xohlasa.
— Afandim, bu lafzingiz ajab g‘aroyib bo‘ldimi, a? Agar O‘rdaning narigi tomonidagilarning dasturxonida turshagu jiyda bo‘lmasa eski shaharliklar aybdormi? Bug‘doyni nonga ishlatmay, achitib aroq haydayotgan bo‘lsalar-chi? Agar mening imkonim topilguday bo‘lsa, ko‘makni eski shaharga beraman. Ortsa... yana o‘ylab ko‘rarman...
— Taqsir, hozir ayirmachilik qiladigan payt emas,— dedi Asadulla tanbeh ohangida.
— Topib gapirdingiz, afandim. Ayrimachilikdan hech zamon yaxshilik kelib chiqmagan. Buni ijroqo‘mdagi birodarlaringiz ham bilisharmikin?
— Bu so‘zlaringizdan maqsadingizni anglamayroq turibman?
— Ayrimachilarning eng ulug‘lari komissar1laringiz-ku? Sizni yo‘qlab, bir fikr bildirishni niyat qilib yuruvdim, niyat xolis ekan, o‘zingiz keldingiz. Endi shu fikrimni aytay: Markaziy ijroqo‘mda Nizomiddinxo‘ja o‘rniga bo‘luvingiz menga sira-sira xush kelmadi. Balki siyosat bobida aqlim qosirdir, ammo shu kalta aqlim deydiki: siz o‘ris va yahudiy komissarlarning aniq maqsadlarini durust fahmlamay ularning nog‘orlariga o‘ynamoqlikni lozim ko‘ryapsiz?
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:10:02
— Ularning maqsadlarini siz fahmlaysizmi? Bilsangiz ayting?
— Afandim, sizning zehningiz menikidan o‘tkirroq. Xudo sizga aqldan bergan: o‘ylang-chi, bu yurt bizniki bo‘lsa-yu, yurtni boshqarishga tayin qilinmish Markaziy ijroqo‘mda bittagina o‘zbek bo‘lsa? Boshqalari o‘rusmi, yahudiymi, yana kimlar.. qaysi aqlga sig‘ar ish bu? Ular bizlarni o‘zlarining xohishlari bilan boshqaradilar. Ehtiyotdan bitta o‘zbeknimi yo qozoqnimi saflarida ushlab turadilaru bir falokat yuz bersa o‘zlari oppog‘u o‘sha o‘zbekmi qozoqmi balogardon. Misol kerakmi? Osipov isyonida Nizomiddinxo‘janing ishtiroki yo‘q esa-da, uni aybladilar. Ertaga O‘rdaning u betida bitta odam ochdan o‘lsa yoki ochlar g‘alayon ko‘tarsa sizni ayblaydilar. Sizga maslahatim, ijroqo‘mdan chiqing, qanaqangi noma’qul buzoqning go‘shtini yegilari kelsa o‘zlari yeyaversinlar. El-yurt oldida ham javobni o‘zlari bersinlar.
— Siz aytayotgan yo‘l maqbul emas, taqsir. Biz ijroqo‘mdan chiqishni emas, unda ko‘proq o‘rin egallamoqni o‘ylashimiz kerak.
— O‘ychi o‘yiga yetgunicha tavakkalchi uyiga yetadi. Ertaga aldangan go‘l bola holiga tushib qolib, yig‘lab yurmasangiz edi, deb qo‘rqaman. Oq podsho bir burda bo‘lsa ham non berib turardi. Bolsheviklaringiz shuning evini ham qilolmayapti. Nahot sizga shu nochorlik yo‘li maqbul bo‘lsa? «Oh, millat, millat!» — deb yurib, millatni xorlikka boshlamayapsizmi?
— Siz oq podshonning zamonini qo‘msayapsizmi?
— Xudo saqlasin! Xossatan, u zamon menga ma’qul ko‘rinar. Boyligimga boylik qo‘shilgan zamonlar edi. Ommatan esa u ham xorlik zamoni edikim, buni tan olaman. Yana ommatan shuki, podsho zamoni ham, sizning zamonangiz ham bir go‘r — xalqqa nur bermaydi. Siz orzu qilgan millat erki sarobligicha qolaveradi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:10:09
— Aybsitmang, taqsir, sizga bir to‘g‘ri gap aytay: mol-dunyodan ayrilib, ko‘zlaringiz picha xira tortibdi. Sho‘rolarning afzalligini mutlaqo ko‘rmayapsiz.
— Ajab, ajab, — dedi Mirkomil boy, — ko‘rmaganimni ko‘rsating-chi?
— Ovrupoliklar Amriqoni zabt etganlarida yerlik xindularni cho‘lu biyobonlarga, tog‘u toshlarga ko‘chirib, unumdor yerlarni egallab olgan ekanlar. Oq podsho ham shu usulni qo‘llashni ihtiyor etgan edi, bundan bexabarmisiz? O‘zbeklarning qismatida yerlarini mujiklarga bo‘shatib, cho‘llarga chiqib ketish yozilgan ekan. Bolsheviklar bunga barham berdilar-ku?
— Daganingiz vaqtincha chora, afandim. Qarab turing, zamonni tinchitib olishgach, yana oq podshoning yo‘liga qaytadilar. U zamonlarda balki siz bilan biz bo‘lmasmiz. Men avlodlarimizning «Otalarimiz juda nodon bo‘lgan ekanlar», deyishlaridan xijolatdaman. Siz mol-dunyoni tilga oldingiz, a? Ha, zoxiran «mol achchig‘i — jon achchig‘i» bo‘lib ko‘rinadir. Biroq, inoning afandim, qo‘ldan ketgan boylika armon qilmasman. Boylik kimga baxt beribdiki, menga vafo qilsa. Olloh lozim ko‘rib bu boylikni omonatga bergan ekan, istadi-yu, qaytarib oldi-qo‘ydi. Berganda shukur qilib edim. Endi ham shukurdaman, qiyomatdagi hisobim osonlashdi. Mendan ko‘ra xorlanganlar bor, nochorlar bor. O‘shalardan qilmaganiga shukur. Siz mulla odamsiz, Ollohning muqaddas kalomlarini bilasiz, Qudsiy hadisda marhamat qilinishicha, Yaratgan egam deb emishki: «Ey Odam farzandi, senga uch narsani ihtiyor qildim: ya’ni, oila ahlingni, molu dunyoyingni va amalingni. Ammo, mol-dunyoying sen o‘lib, oyog‘ing yerdan uzilishi bilan ortingda qoladi. Oyog‘ing uydan chiqishi bilan oilang ham ajralib qoladilar. Keyin qabrda bo‘lasan. Qiyomat kunida faqat yaxshi amaling foyda beradi. Amaling tuzuk bo‘lsa seni ham tuzatib qo‘yar, agar yomon bo‘lsa, seni halok etguvchi yerga topshirar...» Afandim, bayonda xatoga yo‘l berib qo‘ymadimmi?
— Xato-ku qilmadingiz, biroq, «yaxshi amal» deganingizga nochorlarga yordam berish ham kiradi. Bu mas’alada kofirmi-musulmonmi qaralmaydi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:10:17
— Bu gapingiz durust. Maqsadingizni anglaganday bo‘lib turibman: Rasululloh kofirlarga xayr-ehson qilishni buyurganlar, lokin bosqinchilarga emas. Agar siz aytayotgan nochorlar O‘rdaning u betida emas, o‘zlarining ota yurtlarida bo‘lsalar edi, bizlarni bosqin qilmasalar edi, ularga so‘nggi tishlam nonimni yuborib, o‘zim ochdan o‘lishga ham tayyor edim. Shunday qilmasam, meni musulmon demang edi.
Bu gapdan keyin Asadulla yana sho‘rolarga ishonmoq mumkinligini, istiqbolda to‘kin va ozod hayot chiroyli jilmayish bilan kutmoqda ekanini ishontirmoqqa urindi. Mirkomil hoji bu eski gaplarni toqat bilan eshitdi. Hamsuhbati so‘zlamoqdan tingach:
— Ko‘ryapmanki, aqidangizga sobit ekansiz. Sizni aqidangizdan qaytarmoqqa urinish — shamolga qarshi qichqirish kabi bo‘lsa-da, musulmonlik burchimga rioya etib, ogohlantirmog‘im shartga o‘xshaydi: bilarsiz, Olloh demish ekanki: «Ey bandam, agar menga bir qarich yaqin kelsang — men senga bir quloch yaqinlshaman. Agar menga qarab sekin yursang — men senga qarab qattiqroq yuguraman». Ojiz fikrim deyapti-ki, siz bir qarich yaqin yurish o‘rniga tobora qochyapsiz. Yaratgan egamdan uzoqlashmoqning oxiri xayrli emasdir. Shundan ogoh bo‘lsangiz bas...
Bu gaplarning to‘g‘riligiga Asadulla amin bo‘lsa-da, hamsuhbatidan eshitish malol keldi. U suhbatdan norozi ekanini yashirmay dedi:
— Sizni avvaldan bilmaganimda «dushmanim yana bittaga ko‘paydi» deb qaytardim. Vaqti kelib hammaslak bo‘larmiz, degan umidim bor edi. Har holda siz xalqning qismatiga befarq emas edingiz?
— Siz bilan hammaslak bo‘lmoqlik meningda umidim edi. Afsusim shuki, siz nojo‘ya qirg‘oqni tanlab qo‘ydingiz. Savohil ayri-ayri, yo‘llarimiz ayri-ayri ekan, nachora...
Mirkomilboy Asadulla bilan bo‘lgan shu suhbatni eslab: «O‘shandayoq paymonasi to‘lgan ekanda, o‘sha ko‘rishuvimiz oxirgisi ekanda. Endigi diydor qiyomatdami? Ya Robbim, adashgan musulmon bandalariga o‘zing rahm qil», deb qo‘ydi.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:10:33
II b o b
XAYRLI SABOH


1

Dunyoni to‘rt yil behalovat qilgan urush barham topdi. Janglar Yevropa yerlarida o‘tgani bilan uning nafasi Osiyoga ham yetib kelgan edi. Afg‘oniston amiri Habibulloxon Germaniyaning mag‘lub bo‘lgani haqidagi xabarni eshitib, to‘g‘ri yo‘ldan ozdirmagan Yaratganga shukrlar qildi. Berlindan Kobulga qadar mashaqqatli yo‘lni bosib kelgan nemis elining elchilari qanchalik urinmasinlar, qanchalik va’dalar bermasinlar, Afg‘onistonni Hindiston sari qo‘shin tortib, Angliyaga qarshi urush boshlashga ko‘ndira olmagan edilar. Aniqrog‘i, Habibulloxon ko‘proq Angliyaning va’dasiga ishongan edi. Ana endi hisob-kitob vaqti yetdi: Afg‘oniston urushga aralashmadi, shuning hisobiga xazinasi to‘ladigan bo‘ldi.
Hisob-kitob vaqti yetganini faqat Afg‘oniston amiri emas, balki Germaniyaga qarshi urushgan yigirma yetti davlat rahnamolari ham anglab, mag‘lubning boyliklarini talash bo‘yicha o‘zlaricha reja tuzardi. G‘olib davlatlarning rahbarlari Parijdagi uchrashga tayyorlanayotgan onlarda Kobulda saroy ahli amirning Jalolobodga, qishlik qarorgohiga jo‘nashiga tadorik ko‘rar edi. Amir Parijda dunyo ahamiyatiga molik masalalar hal etilajagidan xabardor edi va shu bois mazkur yig‘indan ham foydalanishni reja qilgandi. U yaqinlari bilan kengashib, Angliyaga noma yuborishni lozim topdi. To ulug‘ davlatlar Parijga to‘plangunlaricha Angliya Afg‘onistonning talabini mulohaza qilib ko‘radi. Yo‘q desa, o‘ziga qiyin, amir Parijga borishga ham tayyor. Uning bu qarori faqat o‘zigayu Yaratganga ayon. Shu bois ahdning qat’iyligi xususida fikr bildirish qiyin.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:10:40
Hozir amirning qo‘liga Hindiston noib-qiroliga jo‘natilajak maktub qoralamasini tutqazdilar. Habibulloxon unga ko‘z yugurtirdi:
«...Ma’lumingizkim, Jahon muhoribasi avvalida Almmon vakillari Buyuk Afg‘oniston tufrog‘iga bosh urib kelib, afg‘on elini Almoniya hamda turk eli tomonida turib, Jahon muhoribasiga kirmoqg‘a undagan edilar. Buyuk Afg‘onistonga ko‘p va’dalar in’om etilgani inobatga olinmay, ziyo al-millat va-d-din jannatmakon padarim amir Abdurahmonxon tomonidan Buyuk Ingliston hukumati ila imzolangan bitimga sodiq qolishni lozim topib, Almon vakolasini yurtimizdan badarg‘a qildik. Bizning bu qarori oliyimiz Buyuk Inglistonga xush kelib, Buyuk Afg‘onistonni taqdirlash xususida va’dalar in’om qilib edi. Ya’nikim, muhoriba tugagach, Buyuk Ingliston hukumati Buyuk Afg‘oniston xazinasiga ellik million rupiy bermagi lozim edi. Bu — birlamchi.
Ikkilamchi: Buyuk Ingliston Buyuk Afg‘onistonning barcha muammolar borasida mustaqil hukm chiqara olishiga imkon berish xususidagi o‘z va’dalariga amal qilib, Farangistonga jam bo‘lajak hukumatlarga murojaat etsa, Buyuk Afg‘onistonning hurligi, erkinligi, shuningdek, mutlaq mustaqilligini, ya’ni inon-ixtiyorimizni o‘z qo‘limizga to‘la beriluvi, kelgusi zamonlarda ham bizning ishlarimizga aralashuvdan, afg‘on eliga ziyon-zahmat yetkazuvdan o‘zlarini tiyajaklarini e’tirof etuvchi yorliqlarni olib, menga yuborsa — nur alannur. Bil’aks, Buyuk Afg‘onistonning o‘zi Farangiston qurultoyida ishtirok etmakni lozim ko‘rib, qurultoy ahliga o‘z haq-huquqlarini anglatadi, Tangri taoloning inoyati ila Buyuk Afg‘oniston hukumatiga mutlaq mustaqillik in’om etuvchi yorliqlarni ola biladi...»
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:10:48
Amir maktubning so‘nggi jumlasini qayta-qayta o‘qidi. U qariyb yigirma yil badalida Angliya nomiga bunday keskin ohangdagi maktub bitmagan edi. «Bu talablar Inglistonning qahrini qo‘zg‘atadi. So‘ng oqibat nima bo‘ladi?» Habibulloxon ijobiy javobga ishonmas edi. Qaysi nodon arslon panjasidagi o‘ljasini ozodlikka chiqarib yuboribdi? Balki qorni to‘q sher o‘ljasini bir oz erkin qo‘yar, ammo oqibat nima bo‘lishi tayin-ku?! Angliya rad javobi bergach (umuman, javob qaytarishni lozim ko‘rmasa-chi?), amir ahdida turib Parijga bormog‘i ham mumkin. U o‘ylagan ishining haqligiga ishonsa, hech nimadan qaytmaydigan qaysar odam. Parijga borishga-ku boraveradi. Ammo mustaqillik yorlig‘iga qanday erishadi? Parijga jam bo‘lganlar uning so‘zlariga quloq osadilarmi yoxud Angliyaning da’volarigami? Amirni shu jumboq qiynardi. Shu jumboq maktubga muhr bosishga to‘sqinlik qilardi.
Shu o‘yda o‘tirganda ukasi Nasrulloxon kirdi. Amir bu safar Kobulni uchinchi o‘g‘li Omonulloxonga topshirib ketayotgan edi. Nasrulloxon amirni bu fikrdan qaytarmoq qasida unga ro‘para kelib «Omonulloxon o‘zboshimcha, u sizga nisbatan padarazanning yo‘lini afzal biladi. Omonulloxon biron-bir g‘alvani boshlab qo‘ymati ham mumkin... Poytaxt mo‘min-qobil taxt vorisiga, to‘ng‘ich o‘g‘ilga qoldirilgani ma’qulmikin...» dedi. Amir ukasining uzundan-uzoq gaplarini indamay eshitdi. Nasrulloxon jim bo‘lishi bilan javobni hayalltmadi:
— Biz farmon berganmiz...
Bo‘lak gapga hojat yo‘q edi. Nasrulloxonga akasining odati ma’lum. Akasiga ro‘pra kelishning befoydaligini bilsa ham, chiqmagan jondan umid degan o‘y bilan kirgan edi. Bo‘shashib iziga qaytdi.
Habibulloxon ukasining izidan qarab g‘ijindi. «Omonullodan qo‘rqadi. Unga Inoyatulloning bayovligi ma’qul. Istagan yo‘rig‘iga soladi. Omonullo bunday emas. Mendan keyin jonini olsa-Omonullo oladi. U shundan xavotirda...»
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:10:57
Amir maktubga yana bir ko‘z tashladi-da, uni nari surdi. «Fursat bor hali. Mulohaza qilmoq darkor». U mazkur harakati bilan maktubni emas, balki sirli qotillik onini nari surdi. Shu bo‘yi amir maktubni yana bir oydan keyin, yo‘lbars ovidan xushnud qaytganida qo‘lga oladi. Ajabtovur dadillik bilan muhr bosadi. Bu dadillik hayotiga nuqta qo‘yajagini, maktubi oxir-oqibat umuman javobsiz qolib ketajagini bilmaydi. Hatto umrining so‘nggi soatlarida, orom olmoq uchun chodiriga kirib ketayotganida ham buni o‘ylamaydi...
Hali bu voqealarga ancha vaqt bor. Hozir u Kobulda. Ertaga Afg‘onistonning kunchiqaridagi suluv Jalolobodga jo‘naydi.
Ukasi chiqib ketgach, uning gaplarini mulohaza qilib ko‘rib, o‘g‘lini chaqirishni lozim topdi.
Amirzodaning qaddi-basti otasiga o‘xshardi: oyoqlari gavdasiga nomutanosib — sal kaltaroq edi. Shunga qaramay, u otasiga nisbatan chaqqon, serharakat edi. Amir semirib ketgani sababli gavdasidagi nomutanosiblik aniqroq sezilardi. Badaniga yopishib turuvchi harbiy kiyimi, belidagi tilla bezakli enli kamar go‘yo uni yoniga o‘sishdan to‘xtatib turuvchi vositaga o‘xshardi. Tilla popukli pogon, ko‘kragidagi har biri o‘n yashar bolaning shapalog‘iday keladigan nishonlar esa uni pastga bosib turganday edi. Kalta qora soqolli amir og‘ir-og‘ir qadam bosardi.
Amir xonaga chaqqon qadamlar bilan kirib qulluq qilgan o‘g‘lini ko‘rib, jilmaydi. Tikilib qaraganda har qanday odamni dovdiratib qo‘yadigan o‘tkir nigohini o‘g‘liga qadadi. Uning ko‘zida g‘azab ham, tashvish ham yo‘q edi. U go‘yo sog‘ingan odamiga qarab to‘yib olmoqchiday tikilardi. Omonullo otasining bu holatiga tushunmay, taraddudlandi. Yuqoriga qayrilgan kalta mo‘ylabini silab, yerga qaradi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:11:07
— Poytaxtni senga, seni Xalloqi olamga inonib ketyapman, — dedi nihoyat amir. — Ammo xavotirim bor, — amir shunday deb o‘g‘liga savol nazari bilan tikildi.
— Nimadan? — dedi amirzoda ajablanib.
— Yengilsan. Boshboshdoqlikka moyilsan. Hukmni o‘tkazmoqda ojiz bo‘lib qolmasmikansan? Hukmni o‘tkazmoq uchun qattiqqo‘l, og‘ir bo‘lmoq darkor. Ko‘ngilbo‘shlik fuqaroni to‘zitib yuboradi.
— Odillik-chi?
Amir o‘g‘liga yaqinlashib, uni ikki yelkasidan ushladi:
— Davlatning ustvori — odillik. Amir — Ollohning yerdagi noibi. Tangri yo‘lidagi odillik ila qattiqqo‘llik qilmoq esa burchimiz. Afg‘oniston — xudodot mamlakat. Islomni g‘ayridinlardan xalos etmoq uchun Olloh marhamatini darig‘ tutmay Afg‘onistonni tanlagan. Buni unutma.
Habibulloxon yumshoq kursiga o‘tirib, o‘g‘liga joy ko‘rsatdi.
— Ollohning majburiyatini anglaganman, ammo uni amalga oshirish yo‘llarini bilmakka aqlim qosirlik qilyapti, — dedi Omonulloxon, otasi yoniga omonatgina o‘tirib.
— Dunyo qalqib turibdi. Biz ehtiyotkor sayyod saydini poylagani kabi g‘azavotga ko‘tarilish onini kutamiz. Inglistondan va’da qilingan pullarni undirgach, miltiqlar, zambaraklar sotib olamiz.
— Pushtular bizdan yarog‘ kutishyapti. Jihodga chorlashyapti. Afg‘onistonning badaniga qilich bo‘lib tushgan Dyurandning shartnomasi uch million afg‘onni bizdan ayirib turibdimi? Bu qilich yigirma olti yildan beri qabilalarni qon qaqshatyapti-ku? Afg‘oniston xudodot mamlakat bo‘lmog‘i uchun avval shu qilichni sindirib tashlash kerakmasmi?
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:11:14
«Padarzanining sabog‘i». Shu fikr xayoliga urilib, amirning yuzida zaharli jilmayish zohir bo‘ldi.
— Tentak. Aqling chindan ham qosir. Bizning ro‘paramizda bo‘ri turganda bir navi edi, ammo sher turibdi, anglayapsanmi, sher!!!
— Fikri ojizimcha, sher — hayvonlar shohi. Odamlarga hukm o‘tkazmoqchi bo‘lgan sher mahv etilmog‘i shart.
Habibulloxon o‘ng qo‘liga tayanib, o‘rnidan turdi.
— Sherni mahv etmoq... Men buni istamas ekanmanmi? Sher uch-to‘rt yuz minglik lashkari bilan bir hamla qilsa, Peshavordan Kobulga qanday yetib olganini bilmay ham qolasan. Shimolda Mashhaddan Ko‘shkka yurish boshlasa quduqqa tushganday bo‘lasan. Bugun boshlangan g‘azavot Afg‘onistonning mahv etilishi bilan tugashiga shubham yo‘q. Sherni qarib, kuchdan qolgan deysanmi? Unga Almoniya bas kelolmadi. Rusiyaning yangi hukumati bas kelolmayapti... Yengilsan, go‘daksan... Kobulni qanday qilib senga ishonib topshiryapman, o‘zimning ham aqlim lol.
Amir bir qo‘lini beliga qo‘yganicha jimib qoldi. «Ajab, kuyunchaklik bu o‘g‘limga kimdan yuqdi? Vorisim bo‘lmagani holda yurt taqdiriga buncha tashvishlanadi? Yo taxtdan umidvormi? U holda mendan keyin og‘a-inilar... Jihod u yonda qolib... Nasrulloning tek turmasligi aniq. Ajab... Ajab... Mahmudbek Omunulloga shu qadar kuchli ta’sir o‘tkazdimi? Sezmabmidim? Inoyatullo Mahmudbekning to‘ng‘ich kuyovi. Unda Omonulloning fikrlari shijoati yo‘q-ku?.. U beg‘amlikni qaerdan yuqtirdi?..»
— Mendan so‘raydigan so‘roving bormi? — dedi amir zarda bilan.
— Sizga sidqidildan xizmatda bo‘lish — burchim, burchimni ado etmoqqa bobolarimizning ruhlari yor bo‘lgay. Nojoiz so‘zlarim uchun avf etib, gunohimdan o‘ting. Safarga otlangan oningizda so‘rashning xosiyani bo‘lmasa ham bir o‘tinchim bor.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:11:23
— Ayt.
— Mavlono Abdul G‘anini...
— Yo‘q!!! — Habibulloxon keskin o‘girilib, o‘g‘liga g‘azab bilan tikildi. Omonulloxon otasi ko‘zidagi qahrni ko‘rib, beixtiyor o‘rnidan turib ketdi. — Aslo!!! — dedi amir dag‘al tovushda. — Kimga jon kuydiryapsan?!
— Ul zotdan men saboq olganman. Sizning lutfingiz ila bunyod bo‘lgan «Habibiya»da ko‘p zoti oliylarning farzandlariga tarbiya berdilar. Sizga xusumatlari yo‘q edi, inoning menga, sizga bisyor sodiqlar ul zot. Yurtimizga ziyo kelturmakdan o‘zga niyatlari yo‘q edi.
Omonulloxon otam to‘xtatmasin, deb bu gaplarni tez-tez aytdi. Amir buni sezdi. O‘g‘lining jur’ati ma’qul kelgani bo‘lsa ham buni sirtiga chiqarmadi.
O‘n besh yil muqaddam u Kobulda yangi usulda maktab ochmoq niyatida Hindistondan donishmand muallimlarni chorlagan, amir xizmatiga kelganlar orasida Abul G‘ani o‘tkir zehni, quvvai hofizasi, bilim daryosining chuqurligi bilan diqqatini tortgan edi. Chindan ham u Omonulloxonga ko‘p saboq berdi. Amirzodaning fe’lidagi o‘zgarishlar balki o‘sha saboqlarning oqibatidir? Habibulloxon Abdul G‘anining yangicha fikrli to‘da tashkil etganini, bu to‘daning amir tutgan yo‘ldan norizo ekanini bilib, uni zindonband qilgan edi. Oradan necha yillar o‘tdi. Mahmudbek sardor ham shu uzr bilan bir-ikki yuzlangan edi. Yozdagi suiqasd, so‘ngra yaqinda Bog‘i balandga tashlangan po‘pisali maktub bo‘lmaganida balki amir o‘g‘liga yon bosardi. Abdul G‘ani tavbasiga tayanibdi, deb ishonib, afv etar edi. Suiqasddan keyin... Poytaxtning gavjum ko‘chalaridan o‘tib borayotganida amirga o‘q uzishga jur’at etdilar, fuqaro «ziyo ul millat va-d-din», deb unga sig‘ingani holda bir mal’un uning joniga qasd qildi?! Habibulloxon shunisiga chiday olmasdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:11:31
— Padaringga o‘q uzganlarini unutdingmi?
— Axir mavlono Abdul G‘ani o‘n yildan beri hibsdalar?
— G‘oyasi-chi? — amirning ovozi ko‘tarildi. — G‘oyasi ham hibsdami? Afsus, men bu mal’unlarning jisminigina zindonga tashlab, xumordan chiqibman. G‘oyalarini quritishni o‘ylamabman. Endi... kech, juda kech...
Omonulloxon otasining fe’lini yaxshi bilar edi: endi unga gapirish ortiqcha. Achchiq ustida afv etmoq o‘rniga qatlga amr qilib yuborishi hech gapmas. Shu sababli amirzoda qo‘l qovushtirib, mo‘minlik holatida turdi.
Mahmudbek Tarzi kirganida Habibulloxon yumshoq kursida yastanib o‘tirgan edi. Amirning o‘rnidan qo‘zg‘almaganiga qarab, Tarzi uning noxush kayfiyatini sezdi. Amir hojido‘ppi kiygan, cho‘qqisoqol qudasining salomiga alik olib, yonidan joy ko‘rsatdi.
— Eshitganingiz bordir, Jalolobodga jo‘nayapman. Suyukli kuyovingiz Kobulga noib al hukuma bo‘lib qolyapti. Kobulni suyukli kuyovingizga, suyukli kuyovingizni Ollohga inonib topshirdim.
Tarzi kulimsiradi. U amirning kinoyasini tushundi. Buyoqqa kelaturib Omonulloning otasi huzuriga kirib chiqqanidan xabar topgan edi. Ota-bola suhbatining qanday kechgani amirning kinoyasidan oshkor bo‘lib qoldi. Shu sababli Tarzi ohistalik bilan gap boshladi:
— Ulug‘ amirim, kuyovlarimnnig har biri men uchun arjumand. Marhamatingiz bilan men amirzodalarga padarzan bo‘lish sharafiga yetishibman, ularning har birini ko‘zimning oq-qorasi deb bilaman.
— Sardor, so‘zga chechansiz. — Amir shunday deb ayyorona jilmaydi. — Ammo Omonulloni ko‘proq yoqtirasiz, tan oling. Sababini aytaymi?
— Ayting, davlatpanoh.
— Amirzodalar ichida Omonulloning zehni bo‘lakcha, ahvoli olamga qarashi bo‘lakcha. U dunyoga ko‘proq sizning ko‘zingiz bilan qaraydi.
— Fikri ojizimcha, amirzoda olamga sizning dono nigohingiz bilan qaraydi. U sizning pushti kamaringiz. Afg‘onistonni behad suyishi ham sizdan o‘tgan.
— U taxtdan umidvormi?
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:11:40
Bu savol Tarzini esankiratib qo‘ydi. Sermulohazaliligi va aqli donishligi biln shuhrat topgan bu odam amirga tayinli javob qaytarishga taraddudlandi. Bu yerga kelishida amir odatdagiday xayrlashish maqsadida chorlagandir deb o‘ylagan edi. Dastlabki kinoyalardan ko‘ngli noxushlikni sezdi. Endi bu savol... Yana taxt malasida... Nahot ota-bola shu xususda gap yuritganlar?.. Amirning dili g‘ash, ko‘ngli notinch...
— Xo‘sh, sardor, og‘ir jumboq berib qo‘ydim shekilli?
— Yo‘q, davlatpanoh, sukutim sababi jumboqning og‘irligi emas. Meni ko‘nglingizga oralagan shubha taajjubga soldi. Taxt vorisi — Inoyatulloxon. Padar amri — vojib deydilar. Omonullo padari amriga zid bormaydi. Bunga imonim komil.
Habibulloxon kulib yubordi. Uning kulgisida shodlik emas, balki zahar zohir edi: yuzi kulsa-da, ko‘zlarida sovuq o‘t bor edi.
— Sizni sirtmoqqa tushirib bo‘lmaydi, sardor. Ammo bilib qo‘ying, mana bular, — amir devorlarga ishora qildi, — devor emas, quloq. Hamma xabar oqib kiradi. Nima edi, — amir istehzo bilan jilmaydi,— javoni Afg‘onistonmi?.. Amirdan norizo yoshlar. Qani, aytingchi, sardor, Habibulloxon Afg‘onistonning boshiga kulfat soldimi? Quvg‘inlarni yurtga qaytarib, gunohga botdimi?
— Umrimiz duoi joningiz bilan o‘tadi.
— Gapimni bo‘lmang, men minnat qilayotganim yo‘q... Yangi maktabni Habibulloxon ochgan edi, yodingizdadir? Jannatmakon padarim xat-savodli afg‘onlardan o‘ttiztasini saroy xizmatiga chorlagan ekan. Yurt kezib, nechta ilm egasini topishgan? O‘nta ham topisholmagan, ha! «Harbiya»ni ham Habibulloxon ochib edi, turk zobit1larini chorlagan ham Habibulloxon edi. O‘zingiz chop etayotgan «Siroj ul axbor» ham Habibulloxon amri bilan yuzaga kelganmasmi?
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:11:54
— Olloh shohid, yurt saodati yo‘lidagi xizmatlaringiz afg‘onlarni baxt yo‘liga olib chiqg‘ay.
— Shunday deng... U holda yoshlaringiz nimani istaydi?
— Yoshlarmi? — Tarzi ko‘zini amirdan uzib, soqolini siladi.
— To‘g‘risini ayting, qahrimdan cho‘chimang. Menga haq gap lozim.
— Yoshlar Afg‘onistonni mustaqil ko‘rishni istaydilar. Qulay fursat o‘tib ketyapti, davlatpanoh.
— Fursat hali kelgani yo‘q.
— Fursat almon vakolasi bilan birga kelgan edi.
— Shundaymi?.. Fursatni boy berganimga nima sabab ekan? Qo‘rqdimmi?
— Yo‘q, ulug‘ amirim, sababi boshqa: yiliga oladiganingiz ikki million to‘rt yuz ming rupiy va muhoribadan so‘ng berilguchi ellik million rupiy...
Amir xona to‘ridagi kursi tomon ko‘z tashladi. Tarzi aytgan mustaqillikni va ellik millionni talab qilib yozilgan maktub o‘sha yerda turibdi. Habibulloxon bir ko‘ngli uni qudasiga ko‘rsatgisi, so‘ng qattiq-qatiq gaplar aytgisi keldi. Lekin «erta, hali erta», degan mulohazaga borib, o‘zini tiydi. Sardor Tarzi unga xunuk ayb taqagan edi. Odatda amirga birov yurak yutib bo‘lsa-da, bunday muomala qilolmasdi. Hatto Tarzi ham uning oldida muloyim edi. Endi bu ne hol bo‘ldi? Habibulloxon uni haqoratlab haydab chiqarsinmi? Amirning shunaqa odati ham yo‘q emas. Biroq hozir o‘zi ham sezmagan holda odatini kanda qilib, o‘zini oqlamoqqa kirishdi:
— Sizdan eshitganlarimni norastalar aytsa ajablanmas edim. Men sakson minglik lashkarim bilan nima qila olar edim? Ikki biqinimga Inglistonning xanjari tiralgan, peshonamda O‘rusiya zambaragi tursa... Buni yoshlarga siz uqtirishingiz lozim edi. Biz muhoribaga aralashmay yutdik. Ko‘p yutdik, ha!
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:12:01
— Endi-chi? Endi peshonamizda O‘rusiya zambaragi yo‘q-ku? Ular endi bizga do‘st qo‘lini uzatmaklari mumkin.
— Ularning kimligini men hali bilmayman. O‘rusiya ahli podshohi a’lamni quvg‘in qilibdi, yurtni kambag‘allar so‘rayotgan emish, deb o‘zingiz aytgan edingiz. Qani, bir mulohaza qilib ko‘ring-chi, o‘z podshohidan tongan el o‘zga amirga qanday marhamat ko‘rsatsin?
— Yurtni boshqarayotganlarning kimligi menga ham qorong‘i. Ammo ular O‘rusiya podshohining barcha nohaq farmonlarini bekor qildilar. Afg‘oniston ila Eronning mustaqilligiga shak keltirmadilar. Musulmonlarga murojaat etib, g‘animlarning kishanlarini parchalashga, ozodlikka undamishlar.
— Sardor, gazitingizdagi gaplarni takrorlamang. Bu tashviqotlar uchun noibi qirol ro‘znomani yopishni talab etyapti. U haq. Siz mening mehrimni suiiste’mol qilyapsiz. Ro‘znoma yangiliklar chirog‘i bo‘lmay, ikki davlatni barvaqt urishtirib qo‘yadigan vositaga aylanib qolishiga sira yo‘l qo‘ymayman, buni uqib oling.
Tarzi, noiloj o‘rnidan turib, qulluq qildi. Habibulloxon unga yaqin keldi:
— Sizni yo‘qlatishimning boisi bu emas. Mening asl maqsadimni siz anglashingiz lozim. Yaratganning o‘zi belgilagan vaqt yetgach, barchamiz jihodi akbarga ko‘tarilamiz. Unga qadar Omonulloni tergab turmoq darkor. «Habibiya» atrofidagi, ro‘znomangiz atrofidagi yoshlarga tushuntiring: fuqaro orasida barvaqt parokandalik boshlamasinlar. Omonulloni Kobulda qoldirishimdan maqsad — uni sinamoq. Nojo‘ya xatti-harakati bilan qahrimga duch kelmasin. Uni nazorat qilib turing. U sizga suyukli kuyov, menga esa... — amir qudasining ko‘ziga tikilib jilmaydi, — arjumand farzand, ha!
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:12:09
2

Dalv oyi oxirlab, Kobuldagi izg‘irinning kuchi ancha qirqildi. Xut yaxshi kelib, hamalga eson-omon chiqib olinsa, buyog‘i bahor... Demak, amirning qaytishi ham yaqin. Amir Mahmudbek Tarzi bilan ba’zi-ba’zida maslahatlashib turar edi. Ammo xayrlashar chog‘i allanechuk gaplar qildi. Buning sababini Tarzi anglamadi. Umuman, amir yozdagi suiqasddan keyin ancha yurak oldirib qo‘ygan. Bir tomonda yoshlar, bir tomonda din peshvolariga orqa qilayotgan Nasrulloxon... Habibulloxon gangib qolgan. Tarzi buni biladi. Bunday onda amir qat’iy qarorini anglatishi lozim, lekin u galga solyapti. Bu bilan o‘z payiga bolta urayotganini nahot sezmasa?! U Inglistondan ham cho‘chiyapti. Inglistonning ilgarigi kuchi yo‘q hozir. Shimolda inglisning tinchini Rusiya buzgan. Hindistondagi g‘alayonlardan joni halak. Lashkarining borini Afg‘onistonga tashlay olmaydi. Sarhaddagi qabilalarga qurol berilsa, ular ikki yuz ming askar bilan bosh ko‘tarishi mumkin. Amir buni tushuna olmayapti. Unga kim tushuntiradi? Nasrulloxonmi? Amirning gangib turishi unga foyda emasmi?
Tarzi bu muammolar xususida ko‘p o‘yladi. Savollar go‘yo katta daryo o‘zani-yu, javob esa irmoqdan jildirab keluvchi suv edi.
U Omonulloxonning xatti-harakatidan ham xavotirda edi. Noib al-hukumaning shahar kezishi amirga xush yoqmaydi, qahrini uyg‘otadi. Bunga shak-shubha yo‘q. Ammo Tarzi bundan emas, shahar kezayotgan amirzodaning falokatga uchrab qolishidan cho‘chiydi. Kuyovi bugun ham odmi kiyimda yolg‘iz o‘zi shaharga chiqib ketibdi. Oxiri baxayr bo‘lsin.
Mahmudbek Tarzi o‘zini ovutish uchun gazetiga tayyorlangan xabarlarni qayta o‘qiy boshlaganida xonaga kuyovi kirib keldi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:12:17
— Xorun ar-Rashidning safarlari qutlug‘ o‘tdimi? — dedi Tarzi kinoya bilan.
— Sovar1larda bo‘ldim, Ingliston sari ot qo‘yishga tayyor ular.
— Inglistonni birgina risale2 bilan mahv eta olish mumkinligini bilmagan ekanman.
Omonullo kulib yubordi.
— Noroziligingizning boisini bilolmayapman?
— Xatti-harakatingizning amirga xush kelishiga ishonchim yo‘q.
— Amir meni Jalolobodga chaqirib olib, Kobulga Inoyatulloxonni noib qilib tayinlaydi. Bu Xudoga ham, bandaga ham ayon. Xo‘sh, shunday bo‘lsa nima? Men amirzodaman. Padarimga tobe fuqaroning dilidagini bilib olsam yomonmi? Lashkar maoshining ozligidan norizo, fuqaro begor3dan norizo, maliat4ning bisyorligidan norizo. Norizoliklar qo‘shilsa, ko‘chkiday yopiriladi. Risaleda bir sovar ila so‘zlashdim. Choraymoqdan ekan. Saroy xizmatiga chorlasammi, deb fikr qildim. Bunday yovqurlar kerak bizga.
— Nima uchun?
— Davlat bexatar bo‘lmog‘i uchun...
Tarzi bu gapni eshitib, amirning: «U taxtdan umidvormi?» — degan savolini esladi.
— Amir bularni devor emas, quloq degan edi.
— Sardor, bu qadar yuraksiz bo‘lmang...
— Ertaga ham Xorun ar-Rashid libosini kiyish niyatingiz bordir? Juma kunlari bu yumushdan saqlanganingiz ma’qul edi.
— Mavlono Abdul G‘anini ziyorat qilsam, degan niyatdaman. Padarim Jaloloboddan qaytgunicha boquvidan boxabar bo‘lsam...
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:12:24
— Asti unday qila ko‘rmang. Bu harakatingiz o‘sha kuniyoq amir qulog‘iga yetib boradi. Abdul G‘ani sizdan olgan luqmasini yutishga ulgurmay, qatl etiladi. Amir Jaloloboddagi sayru hushini tark etishdan ham qaytmaydi.
— Men begunoh bandalarning azob chekishiga ortiq xotirjam qaray olmayman.
— Nailoj, amirzoda, otangizning amriga ham qarshi borolmaysiz...
Omonullo jahl bilan qo‘l siltadi. Bundan avval ham qaynotasi uni bir-ikki bor bu yo‘ldan qaytargan edi. Amirzoda g‘azabini bosolmay, xona bo‘ylab u yoqdan-bu yoqqa bir-ikki yurdi. So‘ng qaynotasining ro‘parasida to‘xtadi.
— Ertaga yo‘qlashim shart. Buni Xudo ko‘nglimga soldi, — dedi qat’iy.
Ammo Omonullo ertasiga Abdul G‘anini yo‘qlay olmadi.
Kobul tongi bu safar mudhish xabar bilan otdi. Dastlab qayg‘u bilan ko‘z ochgan bu saboh, oqibatda el uchun xayrli bo‘lib chiqdi. Chodirida uxlab yotgan Habibulloxonning qulog‘iga o‘q uzgan kimsa amirning jonini oldi va shu bilan, o‘zi bilmagan holda xayrli ish ham qildi — Afg‘onistonni mustaqillik yo‘liga olib chiquvchi darvozani ochib yubordi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:12:32
3

Kobul osmoni musaffo edi. Go‘yo kecha qora bulutlar hunarini ko‘rsatmagandek, go‘yo izg‘irin shaharni yamlab-yutish qasdida sira avjga chiqmagandek...
Bomdoddan ancha ilgari, so‘zi kozibda qo‘qqis uyg‘onib ketgan G‘ulomqodir tashqariga chiqib, tabiatning bu ajoyibotidan lol qoldi. Samo yuzini bezab turgan yulduzlarga bir oz tikildi. «Bir qarasang — olam chiroyli ko‘rinadi, — deb o‘yladi u, — yana bir qarasang — hammayoq abri balo ostida: buzuqlik, adovat, riyokorlik, razolat... bulutlari bosib, yamlamay yutaman deydi. Nimaga shunday ekan?»
Kechagina dili xufton edi. Ichiga chiroq yoqsa yorishmasdi. Mo‘ylabi yuqoriga qayrilgan past bo‘yli notanish yigit bilan hamsuhbat bo‘ldi-yu, qalbining allaqaerida umid chirog‘i miltillab qoldi. Yigit odmi kiyingan bo‘lsa-da, so‘zlarini tinglay turib, G‘ulomqodir uning oliy martabali zotlardan ekanini fahmladi. Bundaylar so‘zlarini chertib-chertib gapiradilar, martabalarini yashirishga qanchalik urinishmasin, gap ohanglaridagi takabburlik ularni fosh qilib qo‘yadi. G‘ulomqodir otasiga mehmon bo‘lib kelgan akobirlar suhbatini tinglayverib, pishib ketgan. Kechagi yigit nima uchun risalega keldi, nima sababdan sovarlar bilan suhbat qurdi — G‘ulomqodir bilmaydi. Sovarlarning ahvol-ruhiyasi, turish-turmushi bilan qiziqqanidan bildiki, bu yigitni arkonlardan biri yuborgan. «Inglistonning jilovimizni ushlashi abadiyanmi?» — deyishidan angladiki, oliy zotlar jihod tadorigini boshlaganlar. Yo‘qsa, sovarlarning bu xususdagi fikrlari bilan qiziqmas edilar. Urushni akobirlar boshlaydilar. Ingliston o‘qiga esa sovarlar ko‘kragi qalqon bo‘ladi. Sovarlar bunga rizomilar yo yo‘qmi, bilib qo‘yishlari lozim-da. Shunga qarab ish yuritsalar kerakda. Sovarlarga qolsa, ayniqsa G‘ulomqodirga qolsa, Peshovorga qarab bugun desa bugun, ertaga desa ertaga ot soladi. Shahid ketsa zarracha achinmaydi. Bil’aks, jannatda otasiga ro‘para bo‘lishidan quvonadi. Biron marta bo‘lsin ko‘rmagani — otasi ko‘ksiga boshini qo‘yadi. «Ota, sizning to‘kilgan qoningiz uchun, zavjamning bulg‘angan nomusi uchun qasos oldim. Gunohlarimni qonim bilan yuvdim, billohi azim, armonim yo‘q», deydi. Jangda shahid ketsa, jannatda otasi bilan birgalikda hurlar orasida yashaydi. Saodati abadiyani o‘sha joyda topadi. Buzuqlik, adovat, razolat, riyokorlikdan holi poklik dunyosida yashaydilar... Choraymoq ulug‘laridan birining o‘gay o‘g‘li G‘ulomqodir shularni o‘ylardi.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:12:40
Kecha Inglistonga qarshi adovatni oshkor qilib ketgan yigitning oyin ad davla1, noib ul-hukuma Omonullo ekanidan G‘ulomqodir bexabar: u amirzodani bir necha kundan so‘ng — risale shohi2 safida turganida ko‘radi.
Bir necha haftadan keyin esa shu yosh hukmdor amri bilan uning taqdiri butkul o‘zga yo‘lga burib yuboriladi.
Alhol, bomdodga qadar picha vaqt bor, yengil izg‘irin xush yoqib, daraxtning nam tanasiga suyanganicha o‘y suryapti. Uning uyqusini kechagi yigit buzmadi. Buning sababi boshqa: xotinining badanini xanjar bilan tilib-tilib tashlaganidan beri yil o‘tdi. O‘shandan beri bu anduh otashida yongandan-yonib, o‘rtangandan-o‘rtanadi. Uning ahvolidan ag‘yorlar mamnun, ahboblar dili xun. «Boriga boricha g‘am, yo‘g‘iga yo‘qcha bor g‘am» deganlariday, bu olam sitamlarining bori G‘ulomqodirga atalgan ekanmi, bola-faqir tug‘ilgan kuniyoq anduh tuzidan totib qo‘ygan. Otasi u tug‘ilmasdan bir oy ilgari inglizlar bilan to‘qnashuvda shahid ketdi. Onasi — Choraymoqning suluvlaridan biri— iddat1ni oyoqlatib, urug‘ ulug‘laridan biriga tegdi. G‘ulomqodir uni «ota» deb o‘sdi. Bellashuvda, qilich chopishda, merganlikda, chavandozlikda urug‘ning faxri edi. Bunday yigitga suluv lozimmi? Suluv bor edi, unga nasib etdi. O‘zining ko‘z ostida o‘sgan afifa edi u. O, o‘sha kunlar olam qanchalar go‘zal edi. Quyosh nur emas, baxt yog‘dirardi. Zahar ham asalday tatiydigan kunlar edi... Qani, qayda qoldi o‘sha kunlar, o‘sha shirin damlar?.. G‘ulomqodir bularni eslasa birov yuragini go‘yo omburda qisib buraydi. Azobiga chidamay, ingrab yuboradigan kezlari ham bo‘ladi. Hozir ham shu holga tushdi. Shart o‘girilib, peshonasini muzdek daraxt tanasiga tiradi. Keyin yuzini qo‘ydi. Yuziga tekkan shilimshiq narsani qon gumon qilib seskanib ketdi. O‘shanda qonli qo‘li bilan yuzini silaganda shunday seskangan edi. Qon iliq edi, daraxt tanasi sovuq, nimaga qon gumon qildi, o‘zi ham hayron.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:12:48
Oraga iblis alayhila’na aralashgandan beri olam yigitning nazarida har bir tomchisi hasratdan iborat motam seliga ko‘milgan. Bu sel qachon to‘xtaydi, to‘xtagunga qadar nimalarni yakson qilib ketadi, u bilmaydi. Ko‘zini bir yumib ochsa — to‘shakni qoniga belab yotgan suluvi keladi. Shunda ko‘zimni ochmasam deydi, yorug‘ olamni ko‘rmasam deydi.
Bugun tushida xotinini ko‘rdi. Tilib-tilib tashlangan badanidan tirqirab qon oqayotgan xotini uni quchoqlab, o‘pyapti, o‘pyapti... lablari o‘sha-o‘sha — olovday. G‘ulomqodir xotini quchog‘idan bo‘shashga urinadi. Na oyoqda, na bilakda kuchi bor. O‘pichlardan nafasi qaytib, xirillay boshladi... O‘zining xirillashidan uyg‘onib ketdi. Shundan keyin hovliga chiqdi.
Bomdodni o‘qigach, kundalik yumushlar boshlanib, xayolidagi noxush to‘lqinlar mavji bir oz pasaydi. Kun yoyilganda Kobulga oqib kirgan g‘alati mish-mishlar sovarlar qulog‘iga ham yetib kelib, besaranjomlik uyg‘otdi:
— Ziyo ul millat va-d-din amir Habibulloxon ovda yo‘lbars changalida qolib nobud bo‘libdilar.
— Yo‘q, ovga chiqmabdilar. Jalolobodni yer yutgan emish.
Amirning o‘limi haqida xabar tarqabdimi — demak, rost gap. Bunday ovoza tarqatishga har kim ham jur’at qilavermaydi. Faqat o‘lim sababi qorong‘i. G‘ulomqodir bu sababga o‘zgalar kabi qiziqmaydi. Uni boshqa narsa tashvishga soladi: elning yo‘qlovchisi kim bo‘ladi endi? Yurtning boshida ne g‘avg‘olar bor? Inglistonga qarshi ot suraman, degan G‘ulomqodir taxt ishqidagi amirzodalarni deb og‘a-inilariga qilich ko‘tarmaydimi hali? Bu ne ko‘rgulik o‘zi?! G‘ulomqodir maoshining kamligiga ko‘nar, xalq begorga, maliatning bisyorligiga ham sabr qilar, biroq amirzodalarning so‘qishuvi — Xalloq yuborgan baloga qanday chidasin?
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:12:56
G‘ulomqodir kunni shunday tahlikali o‘ylar bilan o‘tkazdi. Kobul tinchi buzildi. Ko‘pni ko‘rgan savdogarlar rastalarni berkitdilar. Zobitlar ancha muloyimlashdilar. Ularning yurish-turishida, ko‘zlarida hadik mavjud edi.
«Amirlik toji noib-us-saltana Nasrulloxonga nasib etibdi», degan xabar yetgach, risale bir guvrandi. Taxtga nima uchun valiahd Inoyatulloxon emas, Nasrulloxon o‘tirdi, degan jumboq barchani taajjubga solgan edi. To‘g‘rirog‘i, taxt uchun so‘qishishning muqarrarligi oydin bo‘lib qolgan edi.
Habibulloxon taxtga o‘tirar chog‘ida ukasini voris deb, keyinroq esa ahdini buzib, to‘ng‘ichi Inoyatulloxonni valiahd deb e’lon qilganidan G‘ulomqodir boxabar edi. Amir qarorining ne boisdan o‘zgargani u uchun qorong‘i, aniqrog‘i bu xususda sira o‘ylab ko‘rmagan. Mana endi yurt qalqib ketganda, fahmi yetgancha mulohaza qila boshladi. Nasrulloxonning valiahdni chetga surib, amir bo‘lib olgani unga g‘ayritabiiy tuyuldi. Alhol Kobulda uning nomi xutbaga qo‘shib o‘qilmayotgani esa Jalolobodda battarin ish yuz berganidan dalolat edi. Inoyatulloxon bayovmi, Nasrulloxon badgirmi, G‘ulomqodir bilmaydi. Biroq Kobul noibi Omonulloning jimligi, yangi amirga vafosi, sadoqatini bayon qilmay turishi uni sergaklantirdi. «Habibulloxondan norozi yoshlarning umidi Omonulloxonda» degan gaplarni eshitib yurar edi. Nahot, to‘ng‘ich — valiahd qolib, uchinchi o‘g‘il taxtga chovut solsa? Yurt uch o‘rtada talash bo‘lmaydimi? G‘ulomqodirning xavotiri shu.
Ne baxtki, uning xavotiri uzoqqa cho‘zilmadi.
Ko‘klam nafasi Kobulga bir kunlik mehmon ekan. Shanba tongi bilan yopirilgan sovuq astoydil o‘rnashib oldi. Ertasiga kun ochiq bo‘lsa-da, sovuqning kuchi qirqilmadi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:13:05
Kobul ahli ertalabdan Ark maydoni sari oqdi. Erta tongdanoq jarchilar jar qoqib, noib ul-hukumaning nutq irod etajagini xabar qilib chiqdilar. Risale shohi oldingi qatorda saf tortdi. Jamoa amirzodani uzoq kutdi. Noibning o‘z og‘zidan eshitilajak so‘zlarga bo‘lgan qiziqish sovuq qahridan kuchliroq edi.
Kun peshindan oqqanda darvoza ochilib, harbiy libosdagi amirzoda as’asa-dabdaba bilan chiqib keldi. U aqrabolardan ilgarilab, maydon o‘rtasiga yetgach, jilovni qattiq tortdi. Gijinglab turgan ot kishnab, ikki oyoqda tik turdi. Olomon nafas yutib, amirzodaga tikildi. G‘ulomqodir uni tanib, bir oz gangidi. Jilovi bo‘shagan ot old oyoqlari bilan yer tepindi. Omonulloxon qilichini shart qinidan sug‘urib, baland ko‘tardi.
— Aziz fuqaro! — dedi u jarangdor ovozda. — Olloh-taolo yurtimiz boshiga beadoq qayg‘u yubordi. Din va millat ziyosi, arzandai ikromanda padarim, Afg‘onistonimiz amiri amir Habibulloxon bandalikni bajo keltirdilar. Azroil padarimning jonini kimning qo‘li ila olgani menga noma’lum. Kobul fuqarosi qarshisida, Olloh-taolo oldida ont ichib aytamanki, padarim joniga qasd qilgan mal’unni topib qasos olmagunimga qadar bu qilichni qiniga solmayman! Jaloloboddagi durbar1da Nasrulloxon valiahd Inoyatulloxonni chetga surib, noib us saltana amirlik tojini o‘z boshiga kiyibdi. Aqoidga to‘g‘ri kelmaydurgon, Ollohning g‘azabiga uchrovi bu harakati evaziga Nasrulloxon jazoga tortilgay.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:13:12
— Aziz fuqaro! Endi mening so‘zim shudir: Ingliston Afg‘onistonni aftoda yurt qilib qo‘ydi. Bugundan e’tiboran Buyuk Afg‘onistonning inon-ixtiyori o‘zida. Yorug‘ dunyodagi mustaqil davlatlar qandayin haq-huquqqa ega bo‘lsa, bizning ozod yurtimiz ham shu huquqlar egasidir. Ozod Afg‘onistonning tobelari ham ozoddirlar. Bugundan e’tiboran, begorga barham berilgusi, maliat kamaygusi, lashkarlar maoshi oshirilgusidir. Padarim arvohi haqqi shu qarorga keldim!
Omonulloxon qilich o‘ynatganicha otni burdi. Yuvosh otda cho‘kib o‘tirgan Tarzi kuyovining so‘zlaridan mamnun bo‘ldi.
G‘ulomqodir amirzodaning gaplarini jon qulog‘i bilan tingladi. Omonulloxon arkka kirib ketgandan keyin ham maydondan ko‘z uzmadi. Nazarida darvoza qayta ochilib, noib ul-hukuma chiqib keladiganday, muxtasar nutqiga qo‘shimcha yana allanimalar deydiganday edi.
Amirzodaning jumboqli nutqi mag‘zini har kim o‘zicha chaqib, asta tarqala boshladi. Zobitning buyrug‘i bilan sovarlar ham otlarini burdilar. G‘ulomqodir Omonulloxonning yashirin niyatini payqaganday edi. Noibning nima sababdan o‘zini amir deb e’lon qilmagani ko‘p qatori uni ham taajjubga soldi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:13:20
4

Omonulloxon amakisining amir bo‘lib qolganiga ko‘pam hayratlanmadi, aksincha, g‘azablandi. Yana ham aniqroq aytilsa, o‘ylagani ro‘yo bo‘lganidan achchiqlandi. Vodarig‘kim, amir Habibulloxon qanotidagi ukasining pinhon niyatlarini fahmlamadi. Fahmlasa ham chora ko‘rmadi. Aks yo‘l tutib, rostbasar yoshlardan shubhalandi. Endi vovaylo aytmoqqa ne hojat? Endi yurt taqdirini o‘ylamoq lozim. «Oh, endi elning ahvoli nima kechadi? U barandozning piri Abdul Razzoq aqoidni ro‘kach qilib, yurtni jaholat chodiriga chirmab tashlamaydimi? Mamlakat ixtiyorini butkul Inglistonga berib, sadaqalarini olib, ayshlarini surmaydimi? Afg‘onistonning horijiy davlatlar ila aloqada bo‘lmog‘i mutlaq zarar deb hisoblar edi. Uning shu istagi bilan Afg‘oniston olam aro vohid bo‘lib qolaveradimi? Olam nurga to‘lganda nechun biz qorong‘ilik ichinda ojiz tentiraymiz, bani bashar sohillarda farog‘at qo‘ynida bo‘lgani holda, nechun afg‘on eli to‘fon ichinda behalovat yashamog‘i kerak? Yurtning yozug‘i shumi?!» Omonulloxon shu fikrlar iskanjasida, katta xona, nainki xona, olam ko‘ziga tor ko‘rinar edi.
U bir narsani aniq biladi — Nasrulloxon amirlik tojiga noloyiq. Inoyatulloxon ham. Ikkinchi akasi — Hayotulloxonning onasi past tabaqadan, amirlikni xayol qilmasa ham bo‘ladi. O‘zi-chi? O‘zi loyiqmi? Bunga jur’at etib, taxtni omon saqlab qola oladimi? Axir sardorsalor1 Jalolobodda, amirlikning sara lashkarlari ham o‘sha yerda. Agar qo‘shin Nasrulloxonga sodiq bo‘lsa, Omonulloxon nima qilar olardi? Omonulloxon kallasiga kelgan bu fikrdan g‘ijinib, shart burildi-da, deraza oldiga bordi. Anchagacha shu ahvolda — harakatsiz turdi.
Eshik ochilganini sezib qaradi: oldinda hindcha libosdagi Abdul G‘ani, orqada qaynotasi Mahmudbek Tarzi.
— Sizni ozod ko‘rmakka yetkurganiga shukr, — dedi Omonulloxon, ustoziga peshvoz chiqib.
Abdul G‘ani kaftlarini birlashtirib ta’zim qildi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:13:28
— Mening ozodlik kunim sizning anduhli kuningiz ila vobasta bo‘lgani afsusli hol. Umid ulkim, idborin Haqtaolo iqbolg‘a mubaddal qilg‘ay.2 Sizga sabr bersin, hazrat amir sohib.
Omonulloxon, yuragi shig‘ etib, qaynotasiga qaradi. Tarzi miyig‘ida jilmayib qo‘ydi.
— Siz yanglish so‘z aytdingiz, men... amir emasman.
— Vallohi a’lam, balki boshingizga tushgan qayg‘u Afg‘oniston uchun kulfat emas, saodatdir. Buni zindon azobini totgan kishi emas, afg‘on eli xizmatiga kelib, ravzamonand yurt baxtini astoydil tilagan odam aytyapti.
— Mavlono Abdul G‘ani haqlar, Afg‘onistonning boshi johillik kundasida chopilsin, desangiz, amakingizga ostonbo‘sliq1 ila sadoqatingizni bayon qiling. Yurtim osmonida quyosh charaqlasin, desangiz, boshingizga toj kiying. Boshingizdagi toj — yurtning hurlik quyoshi.
— Yo‘q!!!
Shunday orzusi bo‘laturib birdan: «Yo‘q!» — deb yuborganiga Omonulloxonning o‘zi ham taajjublandi. Taklifni barq sur’atda qabul qilish ham nodonlik bo‘lar edi. Bayiharnav: «Yo‘q!!!» — deishi durust bo‘ldi, faqat... u qadar keskin aytmasligi lozim edimi...
Omonulloxonning jimib qolganini o‘zlaricha tushungan hammaslak bu ikki odam bir-biriga ma’noli qarab oldi.
— Umr bahori yetsa bulbullar kelgusidir, — dedi Tarzi. — Afg‘oniston bahori yetdi. Buni anglamak kerak.
— Anglayman, ammo nochorman, — Omonulloxon shunday deb bir necha daqiqa muqaddam lashkar borasida xayoliga kelgan gapni bayon qildi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:13:37
— Vahmak bo‘lmang. Ko‘nglingizga navmidlik ham yetmasin, — dedi Abdul G‘ani unga javoban. — Sardor Tarzi qo‘shinda yosh afg‘onlar ta’siri baland deb aytdilar. Habibulloxon baytulmol ishqida lashkarni maoshdan siqib, norizo qilgan ekan. Nasrulloxonning bu borada saxiy bo‘lariga imonim komil emas. Alqissa, qo‘shin unga nofarmondir, vafo qilmas. Fuqaro esa vati-kuti, a’rofda qolgan odam etagini ushlamas. Siz jur’at etmas ekansiz, yurt parokandalikka yuz tutar, Jalolobodda Nasrulloxon nomini xutbaga qo‘shib o‘qitaversin. Bunda siz Kobulning osmontaziin ahlini chorlab, qaroringizni ayting. Yosh afg‘onlar esa ahdlarini fuqaroga ma’lum qiladilar.
Omonulloxon bu gapdan keyin ham bir qarorga kela olmadi.
— Jalolobodda ne hol, bilmaymiz, — dedi u qaynotasiga qarab.
Shu gapi bilan ikkilanayotganini oshkor qildi. Tarzi buni tushunib, kuyovini yolg‘iz qoldirishni ma’qul ko‘rdi. Abdul G‘anini bilagidan asta ushladi. Ikkovlon xayrlashib chiqdilar. Bo‘lajak amirni alanga olgan toj kiyish orzusi bilan mag‘lubiyat xavotiri iskanjasiga topshirib ketdilar.
Jaloloboddan dastlabki ishonchli xabarlar kelgunga qadar u ichidagini sirtiga chiqarmadi.
«Pulton1da g‘alayon ko‘tarilibdi. Nasrulloxonga sodiqmiz, degan zobitlarni sarbozlar kaltaklashibdi», degan xabar Omonulloxonga dalda bo‘lib, fuqaroni Bog‘i balandga, ark maydoniga chorlash haqida farmon berdi. Shunda ham maqsadini ochiq bayon qilmadi.
Jumodul avvalning yigirma oltinchi kuni, Jalolobodda isyon ko‘targan lashkar bilan fuqaro birlashib, Nasrulloxon, Inoyatulloxon, sardorsalor Nodirxonni hibsga olganlaridan keyingina, juma namozidan so‘ng, amir Omonulloxonning nomi xutbaga qo‘shib o‘qildi.
Idgoh masjididan Bog‘i balanddagi qarorgohiga qaytganida, Qodir og‘a hazratning muborakbod etmoq maqsadida tashrif buyurganini ma’lum qildilar. Omonulloxon bu tashrifdan taajjublandi. Hazrat bilan hozirgina masjidda xayrlashib edi. Uni bu yerga muborakbod etish istagi olib keldimi yo boshqa biror niyati bormi? Shu qiziqish bilan hazratning «muborakbod»ini qabul etajagini bildirdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:13:47
Qodir og‘a hazrat oppoq soqolli, ko‘zlari tiyrak, payg‘ambar yoshidan hatlagan bo‘lsa-da, yurish-turishi bardam odam edi. Uning qarashlarida anglash mushkul bir sehr mavjud, shu bois u arkoni dinga emas, fusungarga o‘xshab ketardi. Hazrat avvallari amir Habibulloxon huzuriga tez-tez tashrif buyurib turardi. Izdahomlarga uning taklif etilishi muqarrar edi. Nasihatgo‘ylikni kasb etgan bu odam Omonulloxonga uncha yoqmasdi. Na iloj, ko‘ngil istagi shart-sharoitga hukmini o‘tkazishi mushkul, aksincha, shart-sharoit ko‘ngil istagini o‘z yo‘rig‘iga solib turadi. Qodir og‘a hazrat faqat saroy ahli orasida e’tiborli bo‘lsa bir nav edi. Hirotu Jalolobodgacha, Mazori Sharifu Qandahorgacha avom hazratning nomini eshitsayoq ostonbo‘sliqqa shaylanadi. Bunday e’tiborga yana Nasrulloxonning piri Abdul Razzoqgina da’vo qilishi mumkin. Agar Omonulloxon ko‘ngil istagiga yurib, Qodir og‘a hazratni o‘zidan uzoqlashtirsa, tang ahvolga tushib qolishi tayin. Ikki qo‘chqorning birlashishi mahol deydilar, ammo zarur hollarda ularning boshi bir qozonda qaynay olishi ham mumkin. Bunga ishonmagan odamning aqli qosirdir. Halokat yoqasiga kelib qolgandan keyin ko‘zning ochilishidan ne foyda?
Hazrat kirib kelgunga qadar o‘tgan qisqa fursat ichida Omonulloxon shularni fikr ko‘zgusidan o‘tkazib, unga iltifot ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. Amirga yarashmagan ishni qildi: huzuriga kirgan odamga peshvoz chiqib, yengil ta’zim bilan kutib oldi.
Qodir og‘a hazrat uzundan-uzoq tabrik so‘zlari aytgandan so‘ng amir unga javob berdi:
— Tangri amirlik libosini menga lozim ko‘rgan ekan, haq yo‘liga jonimni tikgayman. Ammo qanotimda siz, siz kabi akobirlar bo‘lmas ekan, sahrodagi yakka daraxt holiga tushaman. Yakka daraxtning qismati ma’lum. Vohidlik — Xudoga oid, amirga emas.
Yosh amirning bu gaplari hazratga behad ma’qul tushib, labida nimkulgu paydo bo‘ldi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:14:01
— Padaringiz donishmand edi — bobongiz yo‘lini tutdi. Noxalaf1 o‘g‘ildan o‘zi asrasin. Tashrifimning boisi — muborakbod bahonasida sizni ayrim gaplardan voqif etmoq. Ijozat bersangiz...
— Qulog‘im sizda.
— Menga yetib ma’lum bo‘lishicha, Kobulda Inglistonga urush ochmoq qasdida yonib yurganlar mavjud emish. Amir sohibning Inglistonga qarshi urush ochish niyatlari bormi?
— Behuda qon to‘kmakka ne hojat?
— U holda ark maydonidagi nutqingizni anglamabman.
— Men Afg‘oniston mustaqil bo‘lmog‘i darkor, tizginini Ingliston qo‘lidan olamiz, dedim.
— Tizginini bermasalar-chi?
— Unda... buni mulohaza qilib ko‘rishga fursat bor.
— Men bisyor o‘ylab, bu xususdagi fikrimni sizga aytmoqqa jur’at qildim.
— Padarim qarshisida qanday jur’atda bo‘lsangiz, mening qarshimda ham shunday bo‘lavering.
— Inglistonga qarshi harakatlardan o‘zingizni tuta turing. Jannatmakon Habibulloxonni bunday harakatdan tutib turgan bir sabab bor edi. Men shuni aytgali huzuringizga kelganman. Padaringiz Afg‘oniston sarhadlarini birmuncha kengaytirishni xayol etib edilar. Ya’ni, Jayhunning ul qirg‘oqlari ham afg‘on yerlariga qo‘shib olinuvi lozim, deb edilar. Alhosil, bu kunlarda islom yo‘lida qon to‘kayotgan ellarga rahnamolik qilishni Olloh dillariga solgan edi. Amirning farmoni ila a’yonlarimiz amiralmuslimin ila shartlashuv niyatida Farg‘ona muzofotiga bordilar. Mashriqda Farg‘onadan boshlanub mag‘ribda Xazar bahriga tutashuvchi ulug‘ musulmon davlati barpo etuvida amirimiz ko‘maklashib, oqibatda bu davlatni qanotlariga olmoq niyatlari bor edi. A’yonlarimiz amiralmuslimin ila bo‘lak qo‘rboshilarni baqamti qilmoq harakatida Farg‘onada qolganlar. Buxoroda ham talay a’zamlarimiz, alalxusus, arkoni harbda bor. Alqissa, Inglistonga qarshi bormoqlik, padaringiz boshlagan ishlarga putur yetkazmog‘i tayin.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:14:07
Bu gaplarni eshitib, amir qorong‘ilik chodiri ostida qoldi. Bu odam uning oyoqlari ostiga tuzoq tashlayaptimi yo chindan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatayaptimi? Bular nimalarni orzu qilishgan? O‘zi mustaqil bo‘lmagani holda, o‘zga davlatga (hali yo‘q davlatga) qanday rahnamolik qilish mumkin? Omonulloxon shimoldagi ahvolni yaxshi bilmaydi. Balki Farg‘onadan Xazar bahriga qadar yerlarda musulmon davlati bunyod etishga amiralmusliminda kuch bordir. Ammo shunday katta kuch topa olgan odam Inglistondan sadaqa olib kun ko‘rayotgan Afg‘onistonga bosh egib kelarmikin? Panoh istab o‘ziga mustaqil, quvvatliroq davlatlarga murojaat etmasmikin? Turk hukmdori turkiy zabonda so‘zlashuvchi xalqlarni Afg‘oniston ixtiyoriga topshirib, qo‘l qovushtirib turarmikin? «Nahot padarim shularni mulohaza qilib ko‘rmagan? Do‘stni ag‘yor bilib, ag‘yorni birodar etmakning oqibati bu..»
Qodir og‘a hazrat amirning o‘yga botganini ko‘rib, «gapim nishonga yetib bordi», deb xotirjam bo‘ldi. U aytadiganini aytib, muddaoga erishgan edi, shu sababli yana bir karra muborakbod etib, yana bir karra duo qilib, iziga qaytdi.
Omonulloxon esa g‘azabdan lovullab, uni la’natladi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:14:14
5

Buyuk Britaniyaning Hindistondagi hukmdori — noibi qirol lord Chelmsford keyingi paytlarda Afg‘onistondan xushxabar kelishiga ishonchini yo‘qotdi. Simlada ob-havo yaxshi bo‘lsa-da, u qarorgohidagi tennis kortida kam ko‘rinadi. Uning tinchini avval Habibulloxonning mustaqillik so‘rab yuborgan maktubi oldi. Bu xomxayol amirning taqdiri osonlik bilan hal etilib, Nasrulloxondan noma kelgach, noibi qirolning chehrasi sal yorishgan edi. «Buyuk Inglistonning Hindistondagi noibi qiroli lord Chelmsford hazrati oliylariga...» Maktubning boshlanishiyoq unga yoqqan edi. «Buyuk Afg‘oniston ila Buyuk Inglistonning birodarlik rishtalari yanada mustahkam bo‘lmog‘ini Yaratgandana so‘raymiz. Ollohning inoyati ila Buyuk Inglistonning qudratiga qudrat, shuhratiga shuhrat qo‘shilib, Buyuk Afg‘oniston bu qudrat, bu shuhrat soyasida gullab-yashnagay...» Afg‘oniston, Chelmsfordning nazarida, endigina farosatli amirga yolchigan edi.

Ko‘ngil quyoshining charaqlashi, xushxabarning umri bir haftalik ekan. Bir haftadan so‘ng, Nasrulloxonning taxtdan tushgani, Kobulda Omonulloxon toj kiygani haqida darak keldi. Xabar bilan izma-iz amirning maktubi ham yetdi. Chelmsford maktubdan yaxshilik ham kutmagan edi. Birinchi murojaatning o‘ziyoq fikrini tasdiqladi: «Hindiston noibi qiroli lord Chelmsford janoblariga...» Bu qadar quruq, bu qadar beadab murojaatnomani Chelmsford shu paytgacha uchratmagan edi. Ayniqsa maktub xotimasi Hindiston hukmdorining bo‘g‘ziga o‘qdek qadaldi: «Ma’lumingiz bo‘lsinkim, ozod va mustaqil Afg‘oniston hukumati Ingliston hukumati ila istalgan paytda do‘stlik va o‘zaro hurmat qoidalari asosida ham sizning, ham bizning davlat manfaatlariga mos keluvchi, tijorat ishlarimizga foyda keltiruvchi shartnomalar tuzishga rizodur va bu muzokaralarni boshlashga shaydur...»
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:14:22
Chelmsford bu maktubni o‘qigach, kun bo‘yi o‘ziga kelolmay yurdi. Hatto Habibulloxon ham bu qadar bezbetlikka jur’at etolgan emas. Bu go‘dak nima qilyapti o‘zi? Malokand ahli ko‘targan isyonni bostirishda qatnashgan leytenant Uinston Cherchill xotiralari jamlangan kitobida: «G‘azavotga ko‘tarilgan afg‘onlar quturgan itlarni eslatadilar. Shu bois ularni itday xor qilish kerak...» degan ekan. Keyingi kunlar ichi Chelmsford shu jumlalarni qayta-qayta esladi. Agar Georg V1 inon-ixtiyorni unga to‘la berganidami, bu yurtning kulini ko‘kka sovurib yuborardi-ya!
Necha kunki, u Afg‘onistondan kelayotgan xabarlarni sinchiklab o‘rganadi. Dastlab, Omonulloxonning maktubini o‘qiganda, g‘azabini bosish uchun, «amirning g‘o‘rligi-da, bu», deb o‘ziga-o‘zi tasalli ham bergan edi. Xabarlar oqimidan ma’lum bo‘lyaptiki, bu shunchaki g‘o‘rlik emas. Yangi amir otasiga o‘xshab mustaqillik so‘rab o‘tirmadi, hech narsadan tap tortmay, ovoza qilib qo‘ya qoldi. Xalqni o‘ziga qaratdi. Endi bu xalq amir o‘l desa o‘ladi, tiril desa tiriladi. Kun o‘tgan sayin Afg‘onistonda tartib qaror topyapti. Hatto Maymana noibi ham tiz cho‘kibdi.
Chelmsford Afg‘onistonni avvalgiday tobe qilish endi oson emasligiga astoydil ishona boshladi.
Bugun barcha g‘alvalardan bir oz holi bo‘lmoq maqsadida tennis kortiga kelgan edi. O‘yini qovushmay battar asabiylashdi. Raketkani uloqtirdi. Tashqi ishlar bo‘yicha kotibiga ruxsat berganidan afsuslanib, uni yana chaqirtirdi. Gamilton Grant hayallamadi.
— Mister Grant, — dedi Chelmsford uni boqqa boshlab, — siz Nasrulloxonni mendan ko‘ra yaxshiroq bilasiz. Bu lapashang Londonda ta’lim olgan. Yanglishmasam, Abdurahmonxon taxtni dastlab shu o‘g‘ilga mo‘ljallagan edi. To‘qqiz yuz birinchi yilda og‘zidagi luqmasini oldirdi. Bu safar-chi?
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:14:29
— Bu safarmi?.. Bu safar befahmlik qildi. Kobulda katta jiddiy kuch borligini nazarga ilmadi. Ser, buni biz ham hisobga olmadik. Lashkar maoshini oshirganda bu g‘avg‘olar yo‘q edi. Bir necha ming rupiy bilan bitadigan ish edi. Nasrullo xasislik qildi, biz esa qarab turdik. Omonullo noiblik davridayoq sovarlarga va’da bergan ekan. Bu gap Jalolobodga yetib kelib, sarbozlarning g‘azabini qo‘zg‘atgan. Buning ustiga mustaqillik haqidagi va’dalar...
— Xo‘sh, va’dalar bilan taxtani qancha ushlab turish mumkin?
— Bir-bir yarim oy. Uzoqqa borolmaydi. Xazinasi ma’lum-ku? O‘jarlik qilaversa, subsidiyani to‘xtatamiz. Shunda ham esini yig‘ib ololmasa, buning ham ishi oson: nari borsa, bir haftalik urushda Afg‘oniston degan nomni xaritadan butunlay o‘chirib tashlashga to‘g‘ri kelar, balki?
Chelmsford indamadi. Xayolida: «Qani edi shunday bo‘lsa», deb qo‘ydi. Gamilton uning rangpar ot yuziga qarab, biron ma’no uqa olmadi.
— Kalta o‘ylayapsiz, Gamilton, — dedi Chelmsford qat’iy ohangda, — Afg‘onistonning shimol bilan aloqasini hisobga olmayapsiz.
— Rossiya bilanmi? — Gamilton zaharxandalik bilan kuldi. — Bolsheviklar avval o‘zlarini eplashsin.
— Leninning topshirig‘iga ko‘ra Habibulloxon bilan aloqa o‘rnatmoqchi bo‘lishganini menga o‘zingiz aytuvdingiz. Habibulloxonning ehtiyotkorligi tufayli bu ish amalga oshmagan edi. Endi ularga kim to‘sqinlik qiladi? Amirning yonida kim borligini unutmang. Rossiyadagi to‘ntarishni gazetasida maqtagan odamdan nima kutish mumkin? Omonulloxonning Lenin bilan aloqa o‘rnatishiga shubham yo‘q. Bizdan olmagan yordamni, oz bo‘lsa ham ulardan oladi. Biz bu yerda savdo yo‘lini berkitsak, Rossiya orqali Yevropaga chiqadi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:14:36
— Biz bunga yo‘l bermasak-chi? Mallison Kushka, Termiz, Karkini olsa, Omonullo dardini kimga aytadi? Qafasga tushadi-ku? Ana unda istasak, don beramiz, istasak...
— Gap bunday, Gamilton, vazifangizdan to‘ymagan bo‘lsangiz, ziyrakroq ish yuriting, Afg‘oniston Rossiya bilan aloqa o‘rnatish uchun bugun bo‘lmasa ertaga harakat boshlaydi. Biz bunga yo‘l qo‘ymasligimiz shart. Nima qilishni o‘ylang. Operatsiyaga shaxsan o‘zingiz rahbarlik qilasiz. Hamma choralarni ishga solishingiz mumkin. Amir Olimxonga chopar yo‘llang: Karki, Termiz, Kushka yo‘llarini qattiq nazorat ostiga olsin. Toshkentga bitta ham afg‘on, Afg‘onistonga bitta ham bolshevik o‘tmasligi kerak. General Mallison Olimxon bilan doimiy aloqada bo‘lsin. Yana ehtiyot chorasini ham ko‘rib qo‘ying: Rossiya bilan aloqa o‘rnatiladigan taqdirda. — Chelmsford Gamiltonga savolomuz tikildi, — bu dunyoda anqov odamlar ko‘p, to‘g‘rimi, xo‘sh, demak, aloqa o‘rnatilgan taqdirda, afg‘on elchilari orasida ham, rus elchilari orasida ham o‘z odamingiz bo‘lishi shart. — Chelmsford endi boqqa yurmay, saroy tomon burildi. Gamilton unga ergashdi. Chelmsford zinalardan chaqqon ko‘tarilayotib, birdan to‘xtadi: — Ha, aytmoqchi, Olimxon bilan Omonulloxonning do‘stlashuviga zinhor yo‘l qo‘ymang, bu ham esingizda tursin.
Chelmsford yuqoriga ko‘tarilganda ichkaridan xizmatkor chiqib, unga dumaloq kumush patnisda bir parcha qog‘oz uzatdi. Noibi qirol xizmatkoriga qaramay, xatni oldi. Avval bee’tibor ko‘z tashladi. Keyin qoshlarini chimirib tez-tez o‘qidi-da:
— Ana! — dedi qo‘lidagi qog‘ozni silkib, Zinadan ko‘tarilayotgan Gamilton uning avzoyini ko‘rib, to‘xtadi. — Ana, bir yarim oyga hukm qilgan amiringizning gaplarini o‘qib ko‘ring!
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:14:45
Gamilton yuqoriga ko‘tarilib, xatga qo‘l uzatdi. Lekin Chelmsford xatni unga bermay, kinoya bilan gapira ketdi:
— Bog‘i balandda nutq so‘zlabdilar. Afg‘oniston boshqa davlatga tobe bo‘lib turar ekan, podshohlik tojini kiymas emishlar. Panjobdan Kashmirga qadar ularning yerlari emish. Bobokalonlarining lashkarlari bosqinchilarga qarshi mardona jang qilgan emish. Yurtning ozodligi uchun jon qurbon qilishga chaqiribdi. Bu nima degani, bilyapsizmi? Urushni biz emas, ular boshlamoqchi. Ha, ha, ular bosh-lash-moq-chi!!! Mana, o‘qing buni, mana bu yerini o‘qing, — Chelmsford shunday deb barmog‘ini qog‘oz o‘rtasiga nuqdi.
Gamilton pichirlab o‘qidi:
— «Ingliston hukumatining barcha tobelari, musulmonlar ham, hindlar ham qirol-imperatorga halollik bilan xizmat qilib, sadoqat bilan bo‘ysunib keldilar. Buning evaziga inglislar na dinga, na nomusga, na e’tiqodga shafqat qildilar. Aksincha, berahmlik, zo‘rlik, buzg‘unchilik bilan taqdirladilar. Mening Hindiston ishlariga aralashish istagim yo‘q. Biroq, islom va insoniylik nuqtai nazaridan qaraganda men Rouletning adolatsiz qonunlariga qarshiman. Nazarimda, g‘alayon ko‘tarayotgan hindlar juda to‘g‘ri ish yurityaptilar...»
— Gamilton, bu sizning xatoingiz, — Chelmsford shunday deb xatni uning qo‘lidan yulib oldi-da, g‘ijimlab pastga otdi. — Odamlaringiz yalqov, lapashang, befahm... — u yana nimadir demoqchi bo‘ldi-yu, so‘z topolmadi. Tez-tez yurib ichkari kirib ketdi.
Gamilton marmar zinada bir zum harakatsiz turdi. U tabiatan og‘ir, bosiq hukmdorning bu harakatidan hayron edi. Chelmsford Omonulloxonning amir bo‘lganini eshitgandan beri tutaqadi. Uning bu asabiylashishini ko‘rgan sari Gamilton ajablanadi: Chelmsford uni hozir kaltabinlikda aybladi. Lekin lord Kerzon1 uni uzoqni ko‘ra biladigan mutaxassis sifatida qadrlaydi. Habibulloxon taqdiri «qimorga tikilgan» onda Gamilton o‘nlab gumonlarni hisob-kitob qilgan, shular orasida Omonulloxonning taxtga o‘tirishi ham mavjud edi. Shu sababli bu xabarni xotirjam kutib oldi. Hindiston hukmdori esa...
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:14:53
«Hindistonni bu po‘k yurak bilan boshqarib bo‘lmaydi» — Gamiltonning xayoliga shu gap keldi.
Oradan bir oy o‘tgach, u Omonulloxonga yuborilajak maktub qoralamasini olib, Chelmsford huzuriga kirdi.
«Afg‘oniston amiri Omonulloxonga!
Abadiy do‘stlik va o‘zaro hurmatga yo‘g‘rilgan maktubingizni oldik. Otangiz vafotidan cheksiz qayg‘udamiz va ta’ziyamizni yo‘llaymiz. Sizni taxtga o‘tirganingiz bilan qutlaymiz. Buyuk Britaniya va Afg‘oniston o‘rtasida mavjud mustahkam do‘stlik aloqalari marhum bobongiz «millat va din shu’lasi», marhum otangiz «millat va din ziyosi» tuzgan shartnomalar asosidadir. Maktubingizdan menga ma’lum bo‘ldiki, Afg‘on hukumati bundan keyin ham bizga avvalgiday sodiq do‘st bo‘lib qoladi...»
Lord Chelmsford maktubni o‘qib, kinoya bilan dedi:
— Aql bilan yozilibdi, ma’qul. Ammo... Gamilton, siz ularning umrini bir yarim oy deb belgilagan edingiz, esingizdami? Xo‘sh, endi nima deysiz? Shu maktub bilan yengamizmi ularni?
— Ser, ma’lumotlarga qaraganda, Omonulloxon chindan ham urushga tayyorlanyapti. Qo‘shinlarini uch yo‘nalish bo‘yicha chegaralarimizga tashlamoqchi. Bu maktub vaqtdan yutib, ularni chalg‘itishimizga yordam beradi. Ular asosiy harakatlarni boshlab ulgurmay, biz hujumga o‘tsak bas.
— Bir haftalik urush deng? — dedi Chelmsford yana kesatib.
— Ha, ser, men harbiy emasman, biroq g‘alabaning yashin tezligida bo‘lishiga ishonaman. Aeroplanlar Kobulga uchib borib, bomba tashlagan kuniyoq Londonga xushxabar yo‘llayveramiz, menga ishonavering.
Chelmsford unga ishondi. Chunki harbiy qo‘mondonning fikri ham shu edi. Ular hammasini aniq hisob-kitob qilishdi. Ular faqat bir narsani: vatan va ozodlik tuyg‘usi aeroplanlardan ham, zambaraklardan ham qudratliroq ekanini unutishdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:15:02
6

Savr seryog‘in keldi. O‘tgan kuz sovuq barvaqt tushib, barvaqt surgun etilgan qushlar go‘shalariga ancha hayallab qaytdilar. Hamal gulga yor bo‘lib ko‘z ochgandan beri Omonulloxon xavotirda: samoda suzgan bulut uning ko‘ziga abri balo bo‘lib ko‘rinadi. Xeshlari unga qilich ko‘tarmay, noiblari birin-sirin itoat maktublarini yo‘llasalar-da, kun o‘tgan sayin u amirlik tojining og‘irligini tobora his etardi. Uning ziyrak zehni a’yonlarining yakdil emasligini ham tobora aniqroq sezardi. Qanotlarining biri amirni uchishga chorlasa, biri pastga tortadi.
Omonulloxon har tong amorat devoni1dan xabar kutadi. Hindiston noibi qirolining javobiga bir oydan beri ilhaq. Qaynotasi sardor Mahmudbek Tarzi: «Chelmsforddan yaxshi noma kutmang, shimoldagi qo‘shni bilan do‘st tutinaylik», deb ko‘p eslatdi. Amir Hindistondan keladigan maktubni kutib, qaynotasining taklifini paysalga solaverdi.
Bugun oqshom savalab o‘tgan yomg‘irning salqinida amir sarobo‘stonda sayr qilib yurardi. Xufton o‘qib bo‘lingan, Kobul ahlining aksari ertagi yumushlar tashvishida uyquga berilgan. Omonulloxon kiprigiga uyqu ilinishi qiyin. U qaynotasini chorlagan.
Bemavrid yo‘qlovdan bir oz xavotirlangan Tarzi bog‘da yolg‘iz turgan kuyovining ahvol-ruhiyasidagi ezginlikni ko‘rib, ajablandi.
— Sardor, Hindistondan xabar yo‘qmi? — dedi amir.
— Xushxabarga umid ham yo‘q.
— Ajab... Biz ulardan butkul yuz o‘girganimiz yo‘q, avvalgiday aloqada bo‘luvimizni ma’lum etib edik-ku, anglab yetishmadimi?
— Ingliston siz suzib bergan oshga qanoat qilmaydi. Qozon boshini bering ularga.
Amirning lablari titrab ketdi:
— Aks holda... urushmi? — dedi oniy sukutdan so‘ng.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:15:10
Omonulloxon, yaqindagina otasini urush ochishga undagan safdar amirzoda, hozir o‘zining gapidan o‘zi cho‘chidi. Otasiga ayb qo‘yganida, yurt ozodligi, mustaqilligini e’lon qilganida botir edi. Endi «urushning hidi kelib qoldi», degan farazning o‘ziyoq unga dahshat bo‘lib ko‘rinyapti. Bir necha oy muqaddam ozod qabilalar yordamida g‘animni tavbasiga tayantirish mumkin, deb hisoblagan yigit amirlik tojini kiyib, yurt taqdiriga javobgarlikni bo‘yniga olgach, bu ishning butun mashaqqatini sezib, yuragiga g‘ulg‘ula tushdi.
Tarzi — quvg‘inlik jafosini, musofirlik tuzini totgan, ozodlik, muqaddas tuproq qadriga yetgan, ozod yurt deb jabrlar o‘tida jonini yoqqan odam, endilikda donishmand vazir — amirning ahvolini yaxshi tushunib turar edi. Saltanatni yuritish — Kobulga noiblik qilish, va’dalar berish emas. Amir boshiga yog‘ilajak g‘avg‘olarni pisand etmay, toj kiydi. Mana endi ilk to‘g‘anoqlarda gangib turibdi. Shodlik ortidan fig‘on ko‘rinur, deganlari shumi yo? Uning gangishi faqat hadiksirashdan emas. Tarzi amir atrofida Qodir og‘a hazratning girdikapalak bo‘lishidan xabardor. Kuyovi bildirmasa ham hazratning niyatlaridan ogoh. Kunda amirga hazrat misol yana necha odam ta’zimga kiradi. Necha odam saltanatni boshqarish yo‘lni ko‘rsatadi.
— Bobokalonlarim yo‘li menga nasib etgan ekan-da, — dedi amir bir zumlik jimlikdan keyin, — nachora, ayyomi shabobim barham topib, amorat siyti xususida qayg‘urmoq vaqti yetibdi. Afg‘onistonni butkul ozod ko‘rmak uchun qo‘limizdan kelganini qilib, qolganini sarnavisht hukmiga topshirajakmiz... Rusiyaga noma bitmakni gapirib edingiz?
— Ha, amir sohib, musovida sizning nazaringizga muhtoj.
— Yuring, — amir shunday deb ichkari yo‘l boshladi. Yevropa usulida jihozlangan yorug‘, keng xonaga kirgach, qaynotasiga yumshoq kursidan joy ko‘rsatdi.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:15:17
— Qulog‘im sizda, sardor, — dedi u Tarzining ro‘parasiga o‘tirib. Tarzi qo‘yin cho‘ntagidan qog‘oz chiqarib, ko‘zoynagini to‘g‘rilagan bo‘lib, o‘qishga tutindi.
— «Buyuk Rusiya davlati prezidenti oliy hazratlariga...»
— Davlatlarining nomini Sho‘ravi Rusi deb edingiz shekilli?
— Amir sohib, davlatlarining nomi, shuning barobarinda a’yonlarining nomi bizga aniq emas. Nomini shu iltifot ila boshlamog‘imiz maqbul.
— O‘qing.
— «Afg‘oniston hukmdori amir Omonulloxon sizga salom yuborib, sof yurakdan hurmat bildirur».
— «Birodarlik salomini», deb tuzating. Shunda iltifotimiz tugal bo‘ladi.
Tarzi ma’qul ishorasinda bosh irg‘adi.
— «Musibatli voqea yuz berganini, xalqimiz ko‘zidagi nur, dinimiz tayanchi bo‘lgan oliy hazrat padarimning o‘z yurtida sayohat etib yurgan chog‘ida noma’lum jinoyatkor tomonidan o‘ldirilganini chuqur alam va hasrat ila bildiraman». «Shuning bilan birgalikda, hijriy sanasining 1337 yilida, jumodul avvalning 19-kunida, ya’ni nasariy sanasining 1919 yili, 21 fevral kunida mustaqil va ozod Afg‘oniston poytaxti bo‘lgan Kobulda podshohlik tojini kiyganligim hamda taxtga o‘tirganimni sizga ma’lum etaman...»
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:15:25
Tarzi maktubni oxirigacha o‘qib bo‘lach, ikkinchi qog‘ozni oldi:
— Horijiy aloqalar qoidasiga binoan men o‘z nomimdan tashqi ishlar noziriga maktub bitdim.
— Ma’qul, sardor. Hayallatmay jo‘natish tadorigina ko‘rib qo‘ygandirsiz?
— Fikri ojizimcha, eng yaqin yo‘l bilan — Mazori Sharif orqali Tirmiz qal’asiga yetkazmagimiz ayni muddao bo‘lur.
— Bu sa’yimiz sir tutilmog‘i darkor. Rusiyadan javob olganimizdan so‘ng harakatimizni oshkor etamiz. Maktub ittifoqiy odamlar qo‘liga tushmasligi shart. Amorat devonidagi ishonchli odamlardan birini tanlang. Uning yoniga... — amir bir zum o‘ylandi,— yodingizdami, Kobulga noib ekanimda bir sovarni aytib edim. Nomini eslaysizmi?
Tarzi yelka qisdi.
— Men ham unutibman. Uni huzurimga chorlayman, deb edim. Shu yovqur sovarni topmoq lozim. Ha, Choraymoqdan edi. Musulmonsheva yigit, bir baqamti bo‘lsangiz kifoya, bilib olasiz. Ikki notanish yigitni yo‘llasangiz, bir-birovidan hadiksirab, xoin bo‘lsa-da, o‘zini tiyib, niyatiga yeta olmaydi. Alqissa, maktubimiz eson-omon yetib boradi.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:15:33
* * *

G‘ulomqodir bomdodni o‘qib bo‘lib, azmi tasbihu musalloga shaylanganida uni yo‘qlashdi. «Azharu min ash-shams amir Omonulloxon» huzuriga oshiqish zarurligini bilib ham ajablandi, ham bir oz xavotirga tushdi.
Amir saroyida xushta’m taomlar bilan qorinni to‘qlab olgan G‘ulomqodir kun yoyilmay turib, notanish hamrohi bilan birgalikda Mazori Sharif sari ot soldi. U amir bilan ko‘p suhbatlashmadi. Omonulloxon gapni qisqa qildi. G‘ulomqodir unga e’tiroz bildirib, maqsadini bildirishga jur’at etdi. Amir uning gaplarini inobatga olmadi.
«Zimmangga yuklangan yumushni o‘rinlatuving Inglistonning o‘n pulton sarbozini mahv etmak ila barobar», dedi.
Balki olib ketayotgan nomasi g‘animning butkul lashkarini qirib yuborar, bundan G‘ulomqodirga ne foyda? Sariq yuzli bu noboplardan birining qonini o‘z qo‘li bilan to‘kmas ekan, qasos tashnaligi bosilmaydi. Buni amir tushunmadi...
G‘ulomqodir nima qilsin, amir farmoni vojib. Hamrohini tanimaydi. «Bul vazifani saroyning ishonchli odamlariga emas, nechun menga topshirishdi? Men hamrohimni poylaymanmi yo u menimi?» — degan xayol to Mazori Sharifga qadar, undan daryoga yetib, kechib o‘tib, tiliga tushunmaydigan odamlarga ro‘para bo‘lgunga qadar tinchlik bermadi. Bu bir umrga jumboq bo‘lib qoldi, desak-da, yanglishmaymiz.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:15:41
Daryoni suzib o‘tishgach, ularni qal’aga olib borishdi. G‘ulomqodir gapirdi, ular gapirishdi, bir-birlariga tushunishmadi. Tilmoch kelgandan keyingina har ikki tomon yengil tortdi.
Qal’a boshlig‘i amirning muhri bosilgan maktubni olib, darhol inqilobiy harbiy qo‘mitani yig‘di. Muhrga qaraganda muhim hujjat ekanini, uni Buxoro amiri yerlaridan omon-eson olib o‘tib, Toshkentga yetkazish zarurligini aytdi. Bir qancha takliflar muhokama etildi. Olimxon sarbozlari temir yo‘lni ko‘p yerlarda buzib tashlagan edilar. Shu bois to‘rt kishi drezinada Toshkentga yo‘l oladigan bo‘ldi.
— Javobni kutasizlarmi? — dedi boshliq, elchilar huzuriga chiqib. — Biz uni Toshkentga jo‘natamiz.
— Biz-chi? — dedi G‘ulomqodir.
— Sizni yuborolmayman. Yo‘l xatarli. Istasangiz shu yerda kuting.
— Men kutaman, — dedi G‘ulomqodir.
Shunday qilib G‘ulomqodir Termizda qoldi. Hamrohi esa iziga qaytdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:16:00
III b o b
AYRILIQ O‘TI


1

Bu nima: tushimi yo o‘ngimi? Nahot bir tirik jonga shuncha g‘am ravo ko‘rilsa?! Nahot odam bu ko‘rguliklarga chiday olsa? Bu mitti yurak o‘ziga shuncha sitamni qanday sig‘diradi? Bu qayg‘ularga chidash bergandan ko‘ra yorilib keta qolmaydimi, uni azoblardan qutqara qolmaydimi?
Hech ishongisi kelmaydi. Kenjasi hali ham uyda Kalasning qulupnayini kutib o‘tirganday. Hovliga qadam qo‘yishi bilan, «adajonim keldilar!» — deb mahkam quchoqlab oladiganday...
Taqdirini, endigi hayotini ostin-ustun qilish uchun bir kecha kifoya qildimi? Unda kimning qasdi bor ekan? Qasd qilgan nomard, o‘ziga ro‘para kelmaysanmi, pichog‘ingni ko‘ksiga sanchmaysanmi, sanchib-sanchib xumoringdan chiqmaysanmi. Shu bolalarning hayoti uchun bir emas, o‘n joni bo‘lsa hammasini bermasmidi. Pichog‘ingni sanchib, burab-burab olayotganingda ham g‘iq etmagan bo‘lardi-ku...
Kalasga ketayotganda gullab turgan xonadoni birdan huvilladi.
Ijara uy qidirib yurgan odam uzoqlashgach, safarga chiqishga oyog‘i tortmay qolgan edi-ya... Hatto Eskijo‘vaga borib, otga minganida ham uyiga qaytgisi keluvdi. Qayta qolmaydimi, bolalari bilan birga yonib keta qolaydimi?..
Ko‘ngil xijil bo‘lsa ham, qorong‘i tushguncha yetib olay, deb otni qichab haydagan edi.
Bora-borgunicha yo‘l chetlaridagi xarob bostirmalarni, bostirmalar atrofida yurgan bechorahol odamlarni ko‘rib, Asadullaning ichi achishardi. Somonsuvoq bostirmalarning har biridan nola eshitilganday bo‘lardi. Shunday serhosil yerlarda dehqon nochor yashasa?! O‘zi ekib, o‘zi o‘rib, o‘zi yanchgan donga zor bo‘lsa?
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:19:00
Kalasga borayotgan Asadulla qishloqqa kiraverishda to‘xtashga majbur bo‘ldi: tarvaqaylab o‘sgan bir tup o‘rik daraxti ostida oq yaktak, oq ishton kiygan yalangoyoq chol yigirma qadamcha narida javdirab turgan o‘n yoshlar chamasidagi bolalarga qarab baqirar edi:
— Xonumonimni kuydirasanlarmi? Shuni ham ko‘p ko‘rasanlarmi! Insof bormi senlarda?!
Boshqa vaqt bo‘lganida Asadulla cholning bu qilig‘idan ranjirdi. Chunki qariyalar mevalarni bolalardan hech qizg‘anishgan emas. Bola-baqra tosh-kesak otib bezor qilaversa, yolg‘iz po‘pisa bilan quvishgan. Hozir esa... chol astoydil haydayapti.
Asadulla otdan tushib, cholga salom berdi. Chol batartib kiyingan, istarasi issiq bu odamga ajablanib qarab qoldi.
— Otaxon, bolalarni qarg‘amang. Bilmay qilishgan bu ishni.
Chol o‘z ishidan o‘zi uyaldimi, boshini sarak-sarak qilib ko‘zini olib qochdi.
— Xo‘p gapni aytdingiz-ku, a, qarg‘agan bo‘lsam til uchida qarg‘adim, azbaroyi... mayli, yeganlari osh bo‘lsin, iloyim. Ko‘z tikib turganimiz shu-da. Uyimda yeguligim bo‘lsa, xudo bergan ne’matni qizg‘anib baraka toparmidim? Mulla odamga o‘xshaysiz, ahvolimiz ma’lumdir sizlarga?
— Ahvolingizdan xabar olay, deb keldim. Ijozat bersangiz, shu supangizda nafas rostlasam, — Asadulla shunday deb, otning oyog‘ini tushovladi.
Chol uni nurab yotgan supaga boshladi. Titilib ketgan bo‘yra ustiga o‘tirdilar. Chol quroq dasturxon yozib, sopol taqsimchada dumbul o‘rikdan qo‘ydi. Asadulla xaltadan ikkita non, bir bo‘lak qand chiqardi-da, bitta non bilan qandni cholga uzatib: «Ichkariga bering», dedi. Qariya nonga xijolat bilan qo‘l uzatdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:19:33
— O‘zingiz safarda ekansiz, taqsir, nasibangizni yarimta qilib...
— Oling, otaxon, olabering, yo‘l yurganning nasibasi yo‘lda, terib yeyaberadi.
Qumg‘on qaynab, choy damladilar. Asadulla qarasaki, chol qimtinib, nondan deyarli tishlamayapi. Shu sababli uni gapga solib, chalg‘itmoqchi bo‘ldi:
— Otaxon, davru davronlar o‘zgarib ketdi, turish-turmushingiz qalay bo‘lyapti?
Chol og‘zidagi nonni qult etib yutdi.
— Bu yil Yaratganning rahmi keldi shekilli, sal durust.
«Yaratganning rahmi keldi», degan gapni eshitib, Asadulla miyig‘ida kulib qo‘ydi.
— Yerlarni musodara qilishdimi? Sizga qancha tegdi?
— Peshonamizga bitgan, Xudo bergan bir parcha yerimiz bor. Musodara yerlardan bizga ham berdilar. Olmadik. Surishtiraman, desangiz, ko‘pchilik olmadi. O‘t bosib yotibdi yerlar.
— Nimaga?
— Sababi ko‘p, taqsir.
— Siz shu sabablarni menga ayting-da. Mendan cho‘chimang, niyatim gap o‘g‘irlash emas. Biz yer ishlaganniki bo‘lsin, boy faqirning qonini so‘rmasin, deb inqilob qildik, yerlarni tortib olib sizlarga berdik. Bu uchun qon to‘kdik, to hanuz qon to‘kilyapti, qadrdon do‘stlarimizdan judo bo‘lyapmiz. Siz esa boyga xizmat qilib yurib, endi o‘zingiz uchun ishlagingiz kelmaydi.
— Unday emas, taqsir. Asti unday emas. Ayt desangiz, aytay: bugun boyning yerini olsak, erta boy qaytsa sho‘rimizni quritmaydimi?
— Boy qaytmaydi, bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Hukumat ishchi-dehqonniki, boyniki emas. Mana men hukumat a’zosiman. Siz nuqul taqsir, taqsir deysiz. Men siz bilgan taqsirlardan emasman. Aslimni so‘rasangiz, imoratsoz ustaman.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:19:41
— Bu gaplarni xo‘p eshitganmiz. Bari bir yurak dov bermaydi-da. Yurak dov bergani bilan cho‘pchak aytsangiz ekin bo‘lavermaydi. Yerga qarash uchun ot-ulov kerak. Besh panja bilan shudgor qilolomasak... Bilmadim, nima bo‘lyapti o‘zi, astag‘firullo, oxir zamon deganlari shumikin?
— Oxir zamoningiz nimasi, yangi zamon boshlanyapti. O‘zbekning bag‘riga shamol tegadigan, davru-davron suradigan zamon boshlanyapti. Bu zamonning qadriga siz bilan biz yetmasak, uvoli tutadi. Harakat qilish kerak, jon kuydirish kerak.
— Xo‘p gaplarni gapiryapsiz-da, taqsir, — chol shunday deb bo‘shagan sopol piyolani to‘ntarib qo‘ydi.
— Siz nondan oling, gapga solib, choydan qo‘ydim-ku, sizni.
— Qulluq, taqsir, qorinning xarxashasi tindi. Kambag‘alning to‘ygani — chala boy bo‘lgani. Chala boy bo‘ldik bugun. Sizlarning qadamlaringiz yoqib, chin boy bo‘lib ketsak ajabmas... Endi... meni gapga solganingiz bilan, sezib turibman, bir yumush bilan kelgansiz bu tomonlarga.
— Uch-to‘rt dehqon to‘ppa-to‘sindan omonatini topshirgan emishmi?
— Ha... — chol afsuslanib bosh chayqab, soqolini tutamladi. — Bahorda yangi hukumat yer bergan edi. Odamlar: «Birovning haqqi, olmanglar», deyishibdi. O‘jarligimi yo, bilmadim, boshqa sababmi, boshlarini yedi-da. Jo‘jabirday jon edi hammasi.
— Kimning yerlari edi?
— Toshkentlik Hasanxon hazratniki.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:20:20
Bu gapdan so‘ng masala oydinlashganday bo‘ldi. Hasanxon hazrat... Asadulla uni yaxshi biladi. Sibirga surgun bo‘lgunga qadar ko‘p duch kelgana unga. Yangi maktab desa quzg‘unday uchib kelib, yakson qilguchi zot edi u. Hurriyat arafasida «Sho‘roi islomiya» shu hazratning istagi bilan ikkiga bo‘linib, «Ulamo» yuzaga keldi. Asadulla o‘shanda, «vabodan ham, o‘latdan ham battar jamiyat», deb baho bergan edi unga. Eng muhimi... «Ulamo» Asadullani o‘limga hukm qilganda shu hazrat oq fotiha bergan edi.
Qo‘qon muxtoriyati bo‘g‘ilgach, bu hazratning ham nafasi o‘chgan edi. Uni o‘lgan yo qochgan, deb taxmin qilardilar. Uning tasarrufidagi yerlarda dehqonlarning to‘satdan o‘lib qolishlari, so‘ng «qarg‘ish tekkan yer», deb ovoza tarqalishi Asadullada shubha uyg‘otdi. Bu hazratning ishimi yo noma’lum kavaklarda jon saqlayotgan muridlarnikimi, shuni bilmay hayron edi.
Ko‘chada eshak yetaklagan o‘n to‘rt-o‘n besh yoshlar chamasidagi bola ko‘rindi. Bola qari eshak bilan bahs boylaganmi, qovurg‘alari aniq-tiniq sanalguday edi. Bola hovli tomon qarab, qariyaga salom bergan choqda eshagi munkib ketdi-yu, ustidagi bir qop bug‘doy tushib, sochildi. Bola picha garangsib, sochilgan bug‘doyga tikildi. So‘ng yoshiga yarashmagan holda yig‘lab yubordi. Qariya o‘rnidan chaqqon turib, bola tomon yurdi.
— Nimaga yig‘laysn, bolam, yig‘lama. Xudoga shukr qil, bug‘doy to‘kildi, endi yurtda serobchilik bo‘ladi, shukr qil, bolam, shukr qil.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:20:27
Chol to‘kilgan bug‘doyni ko‘ziga surtib «xudoyimdan aylanay, serobchilik yuboradi endi», deb qo‘ydi. To bug‘doyning so‘nggi boshog‘i terib olinguncha chol bu gapni bir necha marta takrorladi. Bir dona ham boshoqqa xiyonat qilmagan chol yaqindagina o‘rik qoqqan bolalarni haydagan odamga sira o‘xshamas edi.
Asadulla qorong‘i tushgani uchun qishloq oralamadi. Chol bilan shu supada yotib qoldi. Azonlab turib, uyma-uy yurdi. So‘rib-surishtirdi. Hammaning og‘zida bir gap: qarg‘ish tekkan yerda ishlamasliklari lozim edi... Asadulla bu gaplarni eshitgani sayin ko‘ngliga xavotir oralardi. Dehqonlarning birdan shaytonlab, jon berishlari ular zaharlanganliklaridan dalolat berardi. Sho‘rolarga ishonmay yurganlar shu ishga astoydil bel bog‘lagan bo‘lsa, ularning payini qirqish qiyin bo‘ladi. Odamlar yerlarga qarg‘ish tekkaniga ishonib, dalaga chiqmay qo‘yadilar. Oqibatda minglab tanob yer qarovsiz qoladi. Bu, demak, yurtga kutilmagan yangi qahatchilik chovut soladi.
U hurriyatdan keyin hamma narsa o‘zgaradi, yaxshi bo‘lib ketadi, deb bekor kutgan ekan. Mal’unlarning mal’unligi o‘zgarmay qolarkan. Kiyimlar boshqa, muomalalar boshqa, ammo dehqon haqiqat nimadaligini bilolmay hanuz hayron.
Asadulla o‘zicha shu xulosaga kelib, shaharga qaytdi. Kun tik kelganda Toshkentga kirdi. Xulosalarini bayon qilish maqsadida to‘g‘ri Markaziy Ijroqo‘mga uchragan edi, unga, «tezda uyingizga boring», deyishdi. Bu gapni eshitib, yuragi shig‘ etib ketdi. Nimaga shunday bo‘lganini o‘sha topda bilmadi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:20:35
2

Gullab turgan, charaqlab turgan, yashnab turgan uy bir kechada kuyib, ko‘mirga aylansa...
Endi quyosh nimaga chiqyapti, nimaga nur sochib turibdi... Endi bu quyosh, bu nurning unga nima keragi bor...
Turkijroqo‘mdan avtomobilda yo‘lga chiqqan Asadulla uyiga yetib kelgach, qorayib turgan devorlarni ko‘rdi-yu, esi og‘ib qolayozdi. Shoshilganidan avtomobil eshigini qanday ochishni bilmay timirskilandi. Haydovchi chaqqonlik bilan pastga tushib, eshikni ochmaganda anchagacha shunday o‘tirishi tayin edi. Pastga tushgach, to‘planib turgan odamlarga qaradi. Ko‘z oldi qorong‘ilashganidan ularni daf’atan tanimadi. U o‘sha odamlar orasidan xotini, bolalari ajrab chiqishini kutdi. Lekin ular ko‘rinmadi... xotini, bolajonlari ko‘rinmadi... «Qulupnay olib keling», deb qolgan kenjatoyi ko‘rinmadi...
— Qani... bolalarim qani?!
U, nazarida, jonholatda, bor ovozi bilan baqirdi. Aslida esa bu dardli so‘roq titrab, lablaridan bazo‘r uchdi. Uyiga talpinib, yugurmoqchi edi, tosh qotgan oyoqlarini qimirlata olmadi.
Kimdir yaqinlashib unga dalda berdi — so‘zlar qulog‘iga kirmadi. Boshqalar ham unga bir-bir yaqin kelib gapirdilar. Bu gaplarni ham anglamadi. U hozir bir narsani aniq bilardi: uyi yongan. Xotini, bolalariga bir nima bo‘lgan. Nima bo‘lgan: kuyishganmi? Shifoxonaga olib ketishganmi ularni? Asadullaning ko‘z oldi bir oz ravshanlashdi; darhaqiqat, yengil-elpi kuygan bo‘lsa davolagani olib ketishgandir... O‘zini o‘rab turgan odamlar ko‘zidagi mungni ko‘rib birdan tomog‘iga nimadir qadaldi. Bilagidan ushlab turgan odamni tanidi: Shuvalov. Tuproqqo‘rg‘onda topishgan, birga yaralanib, birga davolangan, sinashta bo‘lib qolgan do‘sti. Shuvalov uni uy tomon boshladi. Asadulla unga suyanib og‘ir-og‘ir qadam bosardi. Boshqalar turgan yerlarida qolishdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:20:42
Avval hovliga kirdilar. Kechagina bu hovlida atirgulning dastlabki g‘unchasi lab ochgan edi. Qad rostlab, shoxlay boshlagan rayhonlar hidi atrofga taralardi. Endi hammasi toptalgan. O‘tni o‘chirishayotganda payhon qilib tashlashgan. Hozir Asadullaning ko‘ziga bular ko‘rinmaydi. Hozir uning ko‘zi uyga olib kiruvchi eshik o‘rnida. Nazarida bu yonib ketgan eshik o‘rni emas, balki o‘lim g‘origa boshlovchi qora tuynuk bo‘lib ko‘rindi.
Shuvalov uni uy ichiga emas, hovli etagiga, mevasi pishay-pishay deb turgan bahaybat balxitut tomon boshladi. Tut tagidagi supaga bo‘yra solingan. Unda nimadir do‘mpayib turibdi, ustida ancha uringan choyshab. Asadulla bu manzarani keyinroq elas-elas eslaydi. Hozir esa yonidagi odamni nari itarib, supa tomon intiladi. Oyoqlari chalishadi. Supaga yetib kelib choyshabni tortadi...
Asadulla ko‘rganini dahshat deb bo‘lmas. Chunki dahshatni ko‘rganda odam zoti qo‘rquvga tushadi. Undan qochishga yoki uni daf etishga kirishadi. Yo‘q, bu dahshat emas, tasvirlashga so‘z ojizlik qiluvchi undan battar narsa edi...
Jizg‘anagi chiqib ketgan xotini, bolalari akashak bo‘lib yotishardi. Kenjasi onasiga qattiq yopishgan. Uni ajratib olisholmagan shekilli... Uyqusida onasini achomlab yotishni yaxshi ko‘rardi. Shunday yotibdi.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:20:49
Hali o‘t to‘la o‘chmay turib, uyga birinchi bo‘lib Shuvalov otilib kirgan edi. Alanga bosilgani bilan hali g‘o‘lalar pisillab oqish tutun chiqarardi, bu tutunda uy ichini ko‘rish mahol edi. Shuvalovning ko‘zi burchakdagi qorani ilg‘adi. Yaqin borib qaradi: o‘rtada ona, atrofida bolalari. Ona tovuq jo‘jalarini qanoti ostiga yashirganday Hojiyaxon ham bolalarini quchoqlab olgan...
Shuvalovning ko‘rgani shu. U hali eshik, derazalar oldiga g‘o‘zapoyalar uyulib, ustiga yermoy sepilib yoqib yuborilganini, ichkariga tutun o‘rmalab kirishi hamon Hojiyaxonning uyg‘ongani, bolalarini uyg‘otgani, yo‘l topolmay o‘zini har yon urgani, bolalarning avval qo‘rquvga tushib, so‘ng jon achchig‘ida faryod urganlarini bilmaydi.
— Adajon, qaerdasiz!!!
— Adajon, jon, adajon!!!
Bu norasidalarning, bu onaizorning ne azoblar bilan jon berganlarini hech kim bilmaydi. Ko‘z oldiga ham keltira olmaydi. Eng oxirida kenjatoyning joni uzildi. Onasini qattiq quchoqlab, dodlashga ham qurbi yetmay o‘tdi bu olamdan...
Zorlanib chaqirganlari, adajonlari keldi...
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:20:56
Nechun jimsan, Hojiyaxon? Ko‘z ochib ko‘rganing, yo‘llariga ko‘z tikkaning, Sibirda yurib seni sarg‘aytirgan, xavotirga solgan shirinso‘z ering keldi. Och ko‘zlaringni, hech bo‘lmasa bir og‘izgina gapingni aytib ketgin...
Nechun jimsiz, bolalar? Otangiz hovliga qadam bosishi bilan hammangiz yugurar edingiz, bo‘yniga osilar edingiz... Sizga, sizning o‘rtoqlaringizga savod o‘rgatuvchi, kitoblar o‘qib beruvchi, ertaklar aytuvchi, sizlarni dorilfununlarda o‘qishlaringizni umid qiluvchi mehribon dadangiz keldi. Hech bo‘lmasa sizlar bir nima denglar...
Kenjatoy, sen-chi? Sen nimaga jimsan? Axir sen emasmiding dadang kelganda eng ko‘p suyunadigan. Sen emasmiding, dadangning quchog‘idan tushmay, kalta soqolini silab o‘tiradigan. Sen emasmiding uni hammadan qattiqroq quchoqlab oladigan... Sen ham gapirmaysanmi?
Nimaga jimsizlar? Axir dadangiz keldi...
Asadulla supaga chiqdi. Xotini yoniga tiz cho‘kdi. Birdan atrof qorakuyaga aylandi qoldi. Nafasi tiqildi. Qulog‘i shang‘illadi. So‘ng shang‘illash tindi. Atrof sokin... Tiq etgan tovush yo‘q. Ko‘z oldidagi qorakuya ham yo‘qoldi. Hammayoq oppoq... oppoq... Hech nima ko‘rinmaydi. Atrofda hech nima yo‘q...
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:21:04
3

Gospitaldagi vrachlar, Asadulla uchinchi kuni ham hushiga kelmagach, undan umid uza boshlagan edilar. Lekin muolaja ta’sirdanmi yohud azob-uqubatlarda toblangan jismi bu safar ham mash’um ko‘rgilikka bardosh berganidanmi, ishqilib, to‘rtinchi kuni ko‘zini ochdi. Badani zirqiradi, miyasi g‘uvilladi. Biron nimani daf’atan anglay olmadi. Sibirdaligida yomon tush ko‘rganda shunday bo‘lardi. Bugun tushida nimani ko‘rdi? Uyi... yongan uyi... bolalari... Esladi. Hammasini esladi. Supani, supadagi xotini, uni quchoqlagan kenjasi...
U ingrab yubordi.
Asadulla ko‘zini ochganda navbatchi hamshira doktorga yugurgan edi. Doktor kirganda Asadulla yana behush yotardi. Doktor uning bilak tomirini ushladi. Hamshiraga savolomuz qaradi.
Bir ozdan so‘ng Asadulla yana ko‘zini ochdi. Bu safar miyasidagi g‘uvillash kamaygan edi. Doktor o‘tkir hid tarqatayotgan suyuq dori tutdi. Qurushgan lablar unga itoat etmadi. Dori to‘kilib, jag‘idan tomog‘iga oqdi. Doktor uni suyab, qaddini ko‘tardi. Asadulla ko‘rganlari tushimi yo o‘ng ekanni so‘ramoqchi bo‘ldi. Biroq unga tili ham bo‘ysunmadi.
Keyingi kunlarni bir hushidan ketib, bir o‘ziga kelib o‘tkazdi. A’zolari asta-sekin o‘ziga bo‘ysuna boshladi. Ikki haftadan so‘ng, o‘zini tetik sezib, o‘rnidan turdi.
Uning oldiga asosan Shuvalov kelardi. Ahamiyatsiz, Asadullani mutlaqo qiziqtirmaydigan voqealarni gapira-gapira chiqib ketardi. Uning shoshib turganini Asadulla sezardi. Hozir ChK xodimining kasalni yo‘qlashdan muhimroq ishlari boshidan ortib yotibdi. Shu sababli ham Asadulla uni tutib turmasdi. Shuvalov har safar Asadulla bo‘lib o‘tgan mudhish voqeadan so‘z ocharmikin, deb cho‘chirdi. Bu voqeani eslash, hayajonlanish Asadullani yana to‘shakka mixlashi mumkin edi. Bu voqea haqida so‘z ochila bermagach. Shuvalov avval: «Nahot butunlay unutgan yo xotirasiga bir nima bo‘ladimi?» — deb o‘ylardi. So‘ng uning botiq ko‘zlaridan nur qochganini, ba’zan bir nuqtaga tikilib o‘yga botganini ko‘rib, uning irodasiga qoyil qolardi.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:21:11
Asadullaning xotirasi joyida, mudhish manzarani unutgani yo‘q edi. U hamma narsani esidan chiqarishi mumkin, ammo bunisini unutmaydi. Hatto oradan yillar o‘tib, so‘nggi nafasi chiqayotganda eslaydigan narsasi ham shu bo‘ladi. Ko‘z oldiga qora parda tortilganida shu manzara — jizg‘anagi chiqqan xotini, unga yopishgan kenjatoyi ko‘rinadi. Qattiq uf tortadi. Keyin ikki ko‘zidan ikki tomchi yosh sizib chiqib yonog‘iga dumalaydi... Vassalom... Bunga hali bir necha yil bor. Asadullani hali oldinda ko‘p sinovlar, ko‘p kurashlar kutadi...
Hozir u gospitalning keng xonasida yolg‘iz. U endi o‘lim haqida o‘ylamaydi. Chunki bu haqda o‘ylash — o‘limdan qo‘rqish demak. Asadulla bu qo‘rquv maydonidan o‘tib bo‘lgan. U ko‘proq qotilning kimligini o‘ylaydi. Har safar ko‘z oldiga ijara, boshpana qidirib yurgan ayiqday yigit keladi. «U-ku, bajaruvchidir. Uni yo‘llaganlar kim?» Asadulla ba’zan «Ulamo»ning hukmini eslaydi. Bu hukm o‘n yettinchi yilning yozida o‘qilgan edi. Oradan ikki yil o‘tib... Bolalarida nima gunoh edi? Yo uni ham uyda deb gumon qilishganmi?.. Ikki yildan so‘ng hukmni ijro etish ularga nima sababdan zarur bo‘lib qoldi?.. Asadulla turli taxminlarga borardi. Qotillikdan maqsad — Afg‘onistonga borajak vakolatga to‘sqinlik ekani haqidagi o‘y xayoliga kelmas edi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:21:19
4

Muhiddin Asadulla bilan uchrashgandan keyin muyulishdagi paxsa devorga suyanib turgan yigitga yaqinlashdi.
— O‘sha odamni tanib oldingmi? Hali kechroq uyiga qaytadi. Qaytganidan keyin boshlaysanlar. Ovoz chiqmasin. Sen shu uydan ko‘z uzmaysan. Mening kimligimni bilasan, a?
Bu gap xotinini boy bergan qimorbozga malol keldi.
— O‘, manam yuribman erkakman, deb, ja tuproqqa qorishtirvormang, oka!
Muhiddin uni yelkasiga urib qo‘ydi.
— Yigitligingga borman-da.
Muhiddin qimorbozlarning bir so‘zli ekani, aytganidan qaytmasliklarini bilardi. Shu uchun xotirjam edi. Oqshomda yana to‘rt qimorboz somonbozorga keldi. Ular aravaga g‘o‘zapoya bosib, Mirobodga jo‘nadilar.
Qorovullikda qolgan yigitning ko‘zi ko‘chaga tikila-tikila toldi, yuragi siqildi. Oxiri bor-e, dedi-yu, samovarxonaga kirib, piyolaga ko‘knoridan ezib, ichib oldi. G‘ira-shira qorong‘ida samovarxonada nimadir sharaq etib, kayfini uchirib yubordi. U shoshib o‘rnidan turdi-da, Muhiddin tayinlab ketgan joyga jo‘nadi. Atrofga timqorong‘ilik tushganda arava g‘ildiraklarining g‘ijirlashi eshitildi.
— Keldimi?
— Keldi. Uyida xotinini quchoqlab yotibdi...
Tun yarmidan oqqanda Asadullaning uyida alanga ko‘tarildi...
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:21:27
Muhiddin Asadullaning qanday tirik qolganini bilmaydi. Qorovullikdagi yigit yuz qasam ichsin, ming qasam ichsin, foyda bermadi, bari bir asfalasofilinga jo‘nadi. Boshqalar o‘z ishini bilib qilgan edi. Muhiddin ularga tegmadi.
Xauston Muhiddinning Asadullaga duch kelib qolganidan bexabar edi. Agar buni bilganida safar tadorigini tezlatardi.
Asadullaning tirik qolishi uning rejalarini ko‘p ham o‘zgartirmadi. U tirik qolgani bilan bu mudhish voqeadan keyin o‘ziga kelishi qiyin. Agar bolsheviklar shoshilayotgan bo‘lsalar, uni kutishmaydi. O‘rniga boshqa odam jo‘nayveradi. Lekin ungacha ancha vaqt o‘tadi.
Eng muhimi, u hozir Buxoroga beshikast yetib olishi kerak. Mirkomil hoji uning maslahatiga amal qilib, «Xudo yana haj qilishni ko‘ngliga solganini» masjid ahliga bildirib qo‘ydi. Muhiddin esa Xasanxon hazrat tirik ekanlar, besh-o‘n muridlari bilan Afg‘onistonga ketmoqchilar, degan gapni uch-to‘rt odam orasida ma’lum qildi. Xabarning qanot chiqarishiga shuning o‘zi kifoya edi.
Xaustonning rejasicha, Muhiddin aeroilga ham pichoq tortib yuborishdan qaytmaydigan besh-o‘n ishonchli yigiti bilan Mirkomilboyning qanotiga kirishi kerak. Yana bir guruhni — «Afg‘onistonga boruvchi muridlarni» ham o‘ylab qo‘ygan. ChK tuzoq qo‘ygan bo‘lsa shular tushadi. Guruhboshi ham aniq — Tal’at maqsum degan betayin jadid. Hali unga qo‘shilib, hali bunga qo‘shilib gangib yuribdi. Xauston bir-ikki sirni unga aytib qo‘ysa bas. Qo‘lga tushib, qiynoqqa chidamay gullaydi-yu, tamom-vassalom. Unga chippa-chin ishonishadi. Mirkomilboyning borib-keluvi esa xamirdan qil sug‘urgandek bo‘ladi.
Asadulla gospitalda shifo topayotganida Xaustonning o‘y-hayoli shu edi.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:21:35
5

Doktorlar xatar orqada qoldi, endi bemor odamlar orasida ko‘proq yursa, xotiralardan picha uzoqlashadi, xayoli faqat dahshat bilan band bo‘lmaydi, ish bilan ovunadi, deb unga ruxsat berishdi.
Asadulla Turkijroqo‘mdan yuborilgan avtomobilga o‘tirmay, uyiga piyoda ketdi. U uy o‘rnida xarobani ko‘raman, deb yurak yutib borgan edi. Ko‘chasiga burilib qarasaki, uyi o‘sha-o‘sha turibdi — devorlar oqlangan, atrof sarishta... Faqat... boloxona yo‘q.
Eshik og‘zida turib ichkari kirishga yuragi betlamadi. Birdan hovlida kimdir chelakni tepib yuorganday bo‘ldi. Birov gapirdi. Hatto kenjatoyi shod qiyqirdi shekilli? Chelakni shu bolajoni tepib yubordimi? Nahot... hammasi tush bo‘lsa... Nahot xotini, bolalari tirik?! Uning kasalxonadan qaytishini kutishyaptimi?
Asadulla, nafasi qaytib, eshikni shart ochib, ichkariga qaradi. Hovli o‘rtasida chelak ko‘targan Shuvalov turardi... Hovliga qadam qo‘yib, etak tomon ko‘z tashladi: supa ham huvillagan.
Shuvalov u bilan salomlashdi-yu, ortiq gapga tutmadi. Samovar o‘txonasiga tarasha tashlab, puflay-puflay o‘t oldirdi.
Uyga qarasa ham, supaga ko‘zi tushsa ham Asadullaning yuragi zirqirardi. Bu yerdan qochib ketgisi kelardi. Lekin bu oniy tuyg‘u edi. Axir bu yerlardan qochib, qayga ham ketari. Dahshatdan dalolat berib turuvchi bu imoratdan-ku, qochib, uzoqlashar, ammo xotiralaridan qayga qochadi, nimaga qochadi? Mudhish kechmish yonida shirin xotiralari ham bor-ku, ular uyga qo‘shilib yonib, kulga aylanmagan-ku?!
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:21:43
Shuvalov ayvonga joy oldi. Asadulla zinaga oyoq qo‘yaturib beixtiyor shiftga qaradi. O‘zi hafsala bilan tergan toqilar yonib bitgan. Endi toqi o‘rniga duch kelgan qing‘ir-qiyshiq poyalar tashlanib, ustiga lo‘mboz bostirib qo‘yilaverilgan. Ayvon shifti bilan devor birlashgan joyda qaldirg‘ochning ini yo‘q. Uylari kuyib qayoqlarda chirqirab yurishgan ekan? Tuxumiga ilhaq ilon-chi? Jon saqladimi yo kuyib ketdimi? Qaldirg‘och polaponini ochganda... qutqara olardimi yo...
To‘shalgan ko‘rpacha notanish. Biroq... choynak-piyolalar o‘zlariniki, Hojiyaxon shu choynakda choy damlardi, shu piyolalardan biriga quyib uzatardi. Anavi labiga g‘azal bitilgan xitoyi piyolasini bolalari talashishardi. Unga ko‘proq oilaning erkatoyi ega chiqardi...
Yo‘q, Asadulla choy icha olmadi. Do‘stining ko‘nglini ranjitmaslik uchungina piyolani qo‘liga oldi. Piyolaning issig‘i Hojiyaxon qo‘lining taftiday tuyuldi unga. O‘sha kuni ertalab piyolada choy uzatib, «hadeb o‘zingizni o‘tga-cho‘qqa uravermang», degan edi. Shunday deb... o‘zi o‘t ichida qoldi...
Shuvalov bir haftadan beri shu uyda yashayotanini, Asadullaga malol kelmasa bundan keyin ham shu yerda qolish niyati borligini aytdi. Asadulla uning nima sababdan bu qarorga kelganini o‘ylamadi ham, «istagingiz», deb qo‘ya qoldi.
Uy ichkarisidan hali tutun, ohak hidi anqib turardi. Shuning uchun, Shuvalov ayvonga joy soldi. Asadulla go‘yo mehmon edi, xizmatni Shuvalov qilardi.
Asadulla tongga qadar cho‘g‘ ustida yotganday bo‘ldi. Tongga yaqin ko‘zi ilingan ekan, qaldirg‘ochning vijir-vijiridan uyg‘onib ketdi. Shart ko‘zini ochib, shiftga qaradi. Nazarida uyilon toqilar orasidagi teshikdan chiqib, qaldirg‘och iniga hamla qilayotganday edi. Shiftda ilonni ko‘rmadi. Axir qaldirg‘ochning ovozini aniq eshitdi-ku! U qani? Bir vaqt ayvonga qaldirg‘och uchib kirdi. Yengil suzib, shiftga yaqinlashdi-yu, yana tezgina hovliga otildi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:22:03
Bu ona qaldirg‘och uyasida polaponlarini kutayotgan edi. Avvaliga ilon hamla qildi, undan omon saqlab qolishdi. Keyin o‘t... Bu baloga bas kelisha olishmadi. Hozir boshqa yerga uya qurishgan. Lekin har tong shu tomon uchgisi keladi. Avval qorayib turgan devorlarga uncha yaqinlashmasdi. Keyin devorlar asl holiga keldi. Keyin odam isi anqidi. Shundan so‘ng ayvonga dadil uchib kiradigan bo‘ldi. Avval ayvonga bir martagina uchib kirardi. Bu tong ilonni daf qilgan odamni tanib, yana bir marta uchib kirdi...
Shuvalov yengil xurrak otib uxlardi. Asadulla o‘rnidan turib, hovliga tushdi. Ko‘tarilayotgan quyoshni endi ko‘rayotganday mashriqqa tikilib qoldi. Keyin oyoq ostiga qaradi. Toptalib, singan atirgul tanasidan yangi novdalar chiqa boshlabdi. Ildizi omon qogan rayhonlar ham novda chiqaray deb qolibdi. U yer-bu yerda ko‘katlar bosh ko‘taryapti. Ular orasida o‘tgan kunlar sharpasi sassiz ivirsidi. So‘ng yangi oqlangan uy devorlariga urilib, jarangladi. Shunday jarangladiki, Asadullaning qulog‘i qomatga kelib, o‘zi chayqalib tushdi. Xotiralar oqimi toshib, dilini ovlab, talashib, qora o‘pqonga tortayotganda birdan ko‘zi oshxona yonidagi ketmonga tushdi. Loyxonada ishlatilganicha qolib ketgan ketmonni zang bosgan edi. Asadulla cho‘p olib, ketmonga yopishib qotgan loyni qirdi, so‘ng atirgullar atrofini yumshatdi. Qo‘shni devori ostidagi ko‘milib qolgan quvur og‘zini ochdi. Keyin ko‘chaga chiqib, suv boyladi. Dam o‘tmay gulzorga suv oqdi.
Shuvalov o‘rnidan turib, Asadullaning harakatlarini kuzatib, ko‘ngli ravshanlashdi. «Har g‘amning poyoni, har alamning oxiri bo‘lishi kerak-da, o‘zi», deb o‘yladi.
— Dehqonchilik zo‘r-ku, Mira’lamovich! — dedi quvnoqroq ohangda.
— Ha... yerga qaramasa uvoli tutadi. — Asadulla shunday deb, qaddini rostladi. Anchadan beri bunday ish qilmagan va bedarmon ekanidan hansirab qolgan edi.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:22:09
Shuvalov yana nima deb uning ko‘nglini ko‘tarishni bilmay turganida Asadulla ayvonga yaqinlashib, o‘zi so‘z ochib qoldi:
— Vitaliy Sergeevich, siz Afg‘onistonga jo‘nashingiz kerak edi-ku?
— Shu hafta ichi afg‘onlar kelishi kerak. Shuni kutishyapti shekilli. Keyin... Moskva Xmarinning nomzodini hali tasdiqlamagan.
— Tasdiqlamasligi ham mumkin... Vitaliy Sergeevich, vakola hay’atini nimaga asoslanib tanlashgan, bilmaysizmi?
Shuvalov Asadullaga qarab, kulumsiradi:
— Sen Markaziy Ijroqo‘m a’zosisan, men oddiy chekistman, hay’atni Markaziy Ijroqo‘m tasdiqlagan, demak, bu savolni men senga berishim kerak.
— Men bir odamning qo‘shilishiga qarshi chiqqan edim. Ushinskiyning kimligini bilasizmi? Sobiq eser. O‘n yettinchi yil yozda men u bilan jazo otryadini kutib olganman. Biz Korovichenkoning soldatlariga Toshkentdagi vaziyatni to‘g‘ri tushuntirishimiz lozim edi. Soldatlarni: «Toshkent kallakesarlarga to‘lib ketdi, o‘zbeklar o‘rislarni bir chekkadan so‘yshiyapti», deb ishontirishgan ekan. Men bir tomondan, vaqtli hukumat nayranglaridan gapirsam, bu odam bolsheviklarning g‘oyasi puchligini gapiribdilar. Oxiri bir poruchik menga, «qay birlaringga ishonaylik», deb qoldi.
— Mira’lamovich, bu ikki yil avvalgi gap. Zamon o‘zgardi, odamlar o‘zgardi. Balki Ushinskiy ham... Unda shaxsiy adovating yo‘qmi o‘zi?
Asadulla qo‘lidagi ketmonni jahl bilan nari otdi-da, shaxt bilan yurib Shuvalovning ro‘parasiga kelib to‘xtadi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:22:15
— Shaxsiy adovat... Siz ham shunday o‘yladingizmi?.. Agar bilsangiz... men mana bu tomirlarimni, — Asadulla shunday deb bilagini ko‘rsatdi, — yurtim ozodligining tomirlariga ulaganman, Shaxsiy adovatga quloq tutib yurgandan ko‘ra, pana-panada to‘pponcha tutib yo‘l poylardim.
— Mir’alamovich, seni ranjitdim shekilli, kechir meni, Ushinskiy masalasida... unga qarshi biror dalil bo‘lmasa... Umuman, hozirgi ahvolni anglab turibsan. Turkiston Markaziy Ijroqo‘mida ham, partiya markazqo‘mida ham tushunarsiz ishlar bo‘lyapti. Chetdan kelganlarga munosabatlarini aniq bildirishyapti. Meni ham shu sababli elchilar safiga qo‘shishgan, bilib turibman. Men chekistman, maxsus topshiriq bilan kelganman, diplomat emasman. Xullas, Mira’lamovich, partiyada boshqacha fikrlaydigan odamlar ham bor ekan. Avval mahalliy millat vakillariga to‘sqinlik qilishdi, endi markaz yuborgan vakillarning ko‘kragidan itarishyapti. Katta g‘oyaviy kurashlarning isi kelib turibdi.
— Vitaliy Sergeevich, o‘sha majlisda sizni «sobiq politsiyachi» deyishdi?
Shuvalov qo‘l siltadi.
— Deyishsa deyishaverishsin. Politsiyachi bo‘lganman, to‘g‘ri, xo‘sh, nima qipti?
— Qanday qilib?
— Mana, sen Mira’lamovich, bir paytlar «Ulamo» degan jamiyatdan kechirim so‘ragan ekansan-a? Gapimni bo‘lma. Demak, tavba qilgansan. Men esam shaxsan imperator hazrat oliylariga tavba qilganman. Xo‘sh, nimasi yomon? Men dvoryanlardanman, ha, asl dvoryanlardanman! — Shuvalov shunday deb ko‘rsatkich barmog‘ini yuqoriga nuqib qo‘ydi. — Beshinchi yildagi ishlarim uchun qamashdi. Men tavba qildim. Xo‘sh, qamoqda burga boqib yotganim yaxshimidi yo yolg‘ondan tavba qilib, ozodlikda inqilob ishini davom ettirganimmi? Men ikkinchisini tanladim. Ha, buni yashirmayman. Bundan afsuslanmayman ham. Tavbam inobatga olinib, Orenburg politsiyasida ishlaysan, deyishdi. Amalning eng kichkinasini berishdi. Asl dvoryan uchun haqoratli edi bu, ammo chidadim. Ana endi ayt: bolsheviklar ishi uchun qamoqdagi odam kerakmidi yo politsiyachi zarurmidi? — Bosiqlik bilan so‘z boshlagan Shuvalov shu yerga kelganda asablarini jilovlay olmadi. — Mening mana bu yerim, — ko‘ksiga mushtladi,— inqilob tomiriga ulangan.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:22:22
— Vitaliy Sergeevich, siz meni noto‘g‘ri tushundingiz, — dedi Asadulla, — men sizni ayblaganim yo‘q-ku? Boshqa yerda, Moskvadami, Kievdami, Tiflisdami ishlaganingizda balki eslatmas edim, Orenburgga tegishli bir gapim bor. U kunlarni eslash malol kelsa, mayli, so‘ramay qo‘yaqolay.
— So‘rayver, Mira’lamovich, sendan xafa bo‘lganim yo‘q. So‘rayver.
— Surgun bo‘lmasimdan avval biz orenburglik o‘rtoqlar bilan yaqin aloqada edik. Men bunda o‘zbekcha gazit chiqarar edim. Orenburgdan oladiganimiz «Soldat» degan gazitni o‘zimiznikiga qo‘shib yashirincha tarqatar edik. «Soldat»ni bilarsiz?
— Bilmay-chi, necha marta fosh bo‘lishidan o‘zim asrab qolganman.
— Xullas, Orenburg inqilobchilari bilan aloqamiz durust edi. Bir faolimiz o‘sha yoqqa jo‘nadi-yu, izsiz ketdi. Oradan ko‘p o‘tmay, bizni bitta-bittadan, risoladagiday qilib terib oldilar. Faolimizning izsiz ketishi bilan bizning fosh etilishimiz orasida bog‘liqlik yo‘qmikin, deb ko‘p garang bo‘laman.
— Kim edi o‘sha faolingiz?
— Irisov, Rafiq Irisov.
Shuvalov iyagini qashib, o‘yga toldi.
— Irisov... Irisov... — dedi u pichirlab, keyin Asadullaga boqdi. — Ha, esladim. Shunaqa nusxani qo‘lga olganmiz. Birinchi so‘roqdayoq gullagan. Agar yanglishmasam, savdogar oilasidan edi, a? O‘ylamay-netmay ishonavergansizlar.
— Orenburgga borib-kelishi xavfsiz edi, shu nazarda tutilgan.
— O‘lchovni kalta olgansizlar, kalta o‘ylagansizlar. Orenburgdagi o‘rtoqlarni ogohlantirishga ulgurdik. Sizlarni...
— U-chi?
— Kim? Irisovmi? Qo‘yib yuborilgan.
— Bu yerga qaytmadi-ku? Axir bu yerda oilasi bor.
— Shu yerdami, Toshkentdami? — Shuvalov sergak tortdi. — O‘zining kelmagani aniqmi?
— Kelmagan deyishadi.
— Mira’lamovich, iltimos sendan, aniqla shuni. Bilasanmi... bunaqalar bir-ikki odamni sotib tinchishmaydi. Balki qaytgandir, yashirinib yotgandir. Kimlarningdir topshiriqlarini bajarayotgandir.
Shuvalovning bu gapi Asadulla uchun antiqa bo‘ldi.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:22:28
6

Shu kuniyoq O‘qchiga qarab yo‘l oldi. Kaftdek hovli osmonini bir tup tok berkitib turuvchi bu xonadonga Asadulla surgundan qaytgan paytda kirgan edi. Ikki bolasi bilan yolg‘iz qolgan Roziyadan tez-tez xabar olib turish savob ekanini bilsa ham, xonadonda erkak yo‘qligi sababli kelmas, tanish-bilishlari orqali bu oilaning ahvolini surishtirib qo‘yishdan nariga o‘tolmas edi.
Ikki yildan beri oyoq bosmayotgan odamning to‘satdan kirib kelishi Roziyani ajablantirdi. Asadulla supa chetiga omonat o‘tirib, hol-ahvol so‘radi. Hovli sarishta, xonadonga yo‘qchilik nafasi urmagani sezilib turibdi. «Yolg‘iz ayol boshi bilan bu qiyinchilik, bu ocharchilikda qanday yashayapti ekan? Eri shuncha yilga yetarli mablag‘ tashlab ketganmidi yo?» Bu savol Asadullaning xayoliga ikki yil burun kelgan edi. Hozir yana uyg‘ondi.
Asadulla hovlida uzoq qolmadi. Boshidagi ro‘molining bir uchi bilan yuzini chala-yarim to‘sib, supaning narigi chetida o‘tirgan ayolni ko‘p gapga solishni o‘ziga ep bilmay, o‘rnidan turib, hayrlashdi.
Bolaligidan qadrdon bo‘lib qolgan tor ko‘chalardan yurib, Shayxontahurga yo‘l oldi. Roziya bilan bo‘lgan suhbatni dilida yana takrorladi:
«Rafiq afandidan hanuz darak yo‘qmi?»
«Yaratgandan umid qilib o‘tiribmiz».
«Dunyo o‘zarib ketdi, xat-xabar ham qilmadilarmi?»
«Yo‘q...»
«Ketgan keladi, ketmonlagan kelmaydi. Qaerda bo‘lsalar ham bolalarning baxtiga sog‘-omon yursinlar».
«Iloyim...»
Avvalgi kelganida ham shunday qisqa savol-javob bo‘lib edi. Eri bedarak ketgan ayol bunchalik xotirjam javob bermaydi. Buni Asadulla o‘shanda sezgan, ko‘ngliga shubha oralagan edi. Bugun o‘sha shubhasi haqiqatga aylanganday bo‘ldi. Nazarida Rafiq Irisov shu uyda berkinib, qaysi bir tirqishdan mo‘ralab o‘tirganday edi. Asadulla bir narsaga hayron: Rafiq Irisov vaqtida firqa uchun xizmat etdi. Qo‘rqibmi yo boshqa sabab bilanmi sotqinlik qildi. Shunga shuncha qo‘rqib, qochib yuribdimi? Nahot kelib, bola-chaqasidan xabar olmasa? Bolalarning sog‘inchi ko‘r qilmaydimi uni? Shuvalovning shubhasi Asadullaga ham o‘tib, turli-tuman xayollar girdobiga tushib borar, ammo haqiqatga moyil biror aniq fikrga kelishga ojiz edi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:34:33
IV b o b
MUXTOR VAZIR


1

Omonulloxon dog‘da qoldi: ag‘yorlar ularning rejasidan xabar topishdimi yo boshqa sabab bo‘ldimi, har qalay uch yo‘nalish bo‘ylab borayotgan qo‘shin manzilga yetib ulgurmay, Peshovor yo‘lida nogoh urush boshlandi. Kecha Kobul osmoniga qanotli maxluqlar uchib kelib, poytaxtni xokiturob qilib ketdi. Shahar ahli bundan tahlikaga tushdi. Risalpurda qirol harbiy floti mavjudligi, Kobulga «Xendli-Peyj» deb nomlangan aeroplanlar uchib kelib, bomba tashlaganini amir biladi. Fuqaro bunday mo‘’jiza, yo‘q, mo‘’jiza emas, bunday ofat borligiga bugun guvoh bo‘ldi.
Janggohdan ko‘ngilni xushlovchi darak kelmay turibdi. Sardorsalor Solih Muhammadxon sarbozlarining Ingliston lashkarlariga bas kelolmasligi aniq bo‘lib qoldi. Jalolobod isyonchilari hibsga olgan, Omonulloxon marhamati tufayli ozod etilgan sobiq sardorsalor Muhammad Nodirxon esa nimaningdir payida, nimanidir poylayapti. Abdulquddusxon ozod qabilalar bilan birgalikda hujumga o‘tishi kerak. «Ular qachon bosh ko‘taradilar, qachon yovga zarba beradilar?» Omonulloxon yursa ham, tursa ham, hatto shabistoniga kirganda ham xayoli shu bilan band.
«Bobolarim inglis bilan ikki karra to‘qnashdilar. Taxt menga — amirning uchinchi o‘g‘liga nasib etdi, uchinchi muhoriba ham mening peshonamga yozilgan ekan. Yozug‘imda yana nelar bor: kunmi yo tun? Olam aro hali ro‘yi siyoh bo‘lmaymanmi?..»
Dilkusho saroyining ikkinchi qavatidagi serbar xonasida yolg‘iz o‘tirgan amirning xayoli uzildi: sardor Tarzi bilan mavlono Abdul G‘anining salomga kelganlarini ma’lum qildilar. Omonulloxon ajablandi: sardor Tarzi odati bo‘yicha har tong yo‘qlaydi. Mavlono Abdul G‘ani nima yumush bilan kelibdi ekan?
Xonaga kirgan Tarzi amirning ajablanganini payqab, muddaoga ko‘cha qoldi:
— Amir sohib, mavlono Abdul G‘ani istig‘for tariqidan1 kirishni istak qiib edilar, men boshlab kelishga jur’at etdim.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:34:41
— Istig‘for? — Omonulloxon battar ajablandi. — Allomai kishvarning qanday gunohlari bor ekanki istig‘for tariqidan yuzlansalar?
— Hazrat amir sohib, — dedi Abdul G‘ani suhbatga aralashib, — mening harakatim istig‘forga loyiq, alqissa, adl eshigini kushod aylagan sizdayin saltanat hukmdorining qanotidan chiqmakni xayol qilishning o‘zi ko‘rnamaklikdir. Biroq, mening bu sa’y-harakatim Afg‘oniston kamoli yo‘lida ekanini inobatga olursiz.
— Mavlono, maqsadingizni oydinroq bayon eting.
— Men Kobulni tark etib, Hindiston sari yurishni niyat qildim. Qulog‘imga yetgan daraklar Hindiston shaharlarida isyonlar ko‘tarilganini ma’lum qilyapti. Panjobdagisi inglisni ancha parokanda etibdi. Temir yo‘llar buzilibdi. Bu harakatlar muhoribadagi inglis lashkarlarining tizginini tortibroq qo‘yar!
Amir Abdul G‘aniga tikilib qoldi: bu simyon odam kichkina jussasiga bunchalik ko‘p tashvish yuklamasa? O‘zi afg‘on bo‘lmagani holda Afg‘oniston tuprog‘i uchun bunchalik jon koyitmasa?
— Mavlono, harakatingiz nojoiz. Olam hodis...
— Amir sohib, javobingiz meni hayratga solarlik bo‘ldi. Bu onda men o‘z yurtimda, qasos bahri to‘lqin urgan yerda bo‘lishim shart. Bil’aks, bu dunyodan hijrat qilsam, yuragimda ulug‘ armon qoladi.
— Hoshalloh!2 — Amir shunday deb Abdul G‘anining ikki yelkasini ushladi. — Hoshalloh, bu gapni siz aytmang. Xiradmandga munosib emas. Biz sardor bilan fikrlashib olaylik.
— Sardor rozi.
Amir qaynotasiga savol nazari bilan, aniqrog‘i, norozilik nazari bilan qaradi.
— Amir sohib, — dedi Tarzi bosiq ohangda, — mavlono xayrli ishni niyat qilganlar.
Hamisha qaynotasining maslahatiga quloq soluvchi amirning qaysarligi tutdi. Tarzi bilan Abdul G‘anining avvaldan ishni pishitib, so‘ng huzuriga kirishlari unga malol keldi.
— Javobni keyinroq aytaman, — dedi u qoshlarini chimirib.
Avval Abdul G‘ani, so‘ng Tarzi ta’zim qilib, eshik sari yurdilar. Tarzi ostonaga yetganda amir uni qaytardi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:34:48
— Sardor, — dedi u qaynotasiga tik qarab. — Hindistonga odam yubormoq zarur bo‘lsa Kobulda Ingliston zulmidan ozor chekkan hijronzada muhojirlar ko‘p. Mavlono Abdul G‘anining yumushlari bo‘lak. Menga bir odam aytib ediki, go‘yo ma’rifatsiz davlat nochor go‘dak misol, fuqarosi ilmdan bahramand saltanat esa mamolik1 orasinda o‘z o‘rnini topa olguvchi qudratga ega bo‘lar ekan.
Tarzi bir vaqtlar aytgan gapini kuyovi og‘zidan eshitib, kulimsiradi. Amir unga e’tibor bermay, davom etdi:
— Fuqaroga bergan va’dalarim bisyor. Bu yerdagi, — amir ko‘ksiga nuqdi, — umidlarim undan ko‘p. Siz, sardor, yoshlarni o‘qitmak uchun Farangistonga yubormoqni orzu qilib edingiz. Men esam, amorat xizmatidan ta’lim beruvchi, oliy muallimlar yetishtiruvchi, muhandislar, qozilar ilmini beruvchi maktablarni orzu qilganman. Mavlono Abdul G‘ani shu orzularimning rahilkushi, unga tegmang. Muhoriba taqdirini arkoni harbga qo‘yib bering.
Tarzi javob o‘rniga yengil ta’zim qildi. Amir gaplarining qaynotasiga malol kelganini sezsa ham sezmaganga oldi.
— Sardor, noibi qirolning maktubi mening hamiyatimga tegib, tinchimni oldi. Unga javob yo‘llashga qasd qildim, — dedi suhbat mavzuini shartta o‘zartirib.
— Shu damda-ya? — dedi Tarzi ajablanib.
— Ha. Takallufsiz maktublarining mazmuniga tushunib yetganimizni ma’lum etib qo‘yishimiz shart. Shunday bir noma biting, — amir o‘yga toldi. Tarzi toqat bilan kutdi. — Javobimiz iltifotdan xoli bo‘lmog‘i kerak. Alqissa bunday deymiz: «Siz janobning bu qadar kechikib javob yo‘llashingiz menda beqiyos hayrat o‘tini yondirmoqqa asos bo‘ldi va yuragimga zarracha quvonch baxsh eta olmadi. Sizning hukumatingiz mening hukumatimni mutlaq mustaqil deb tan olmog‘i lozim edi, chunki Afg‘oniston muhim jug‘rofiya holati, o‘rni va siyosiy martabasiga ko‘ra shunga loyiqdir. Ming afsuslar bo‘lsinkim, Ingliston ila do‘stlik va ittifoq bog‘lash umidlarimiz rishtalari sizning maktubingiz tufayli butkul uzildi».
Amir so‘zini davom ettirishga qiynalib, Tarziga najot ko‘zi bilan qaradi:
— Shunday desak bo‘ladimi?
— Ma’qul. Chelmsford bizning tavbamizni kutayotgani holda bu javobni olsa, boshini qay toshga urishni bilmay qoladi. Ofarin, amir sohib.
— Bizga xuddi shu kerak. Ingliston hukumati hech qachon bizga yaxshilik istamas ekan, bunga amin bo‘ldim, sardor.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:34:56
2

Mahmudbek Tarzi amir huzuridan chiqib, xonasiga yo‘naldi. U Rusiyaga yuborilgan maktublarning javobini sabrsizlik bilan kutardi. Tarzi daryoning narigi qirg‘og‘idan xushxabar kelishiga ishonar, shu bois, yuborilajak elchilar vakolasini xayolan tayin qilar edi. Muhoribadan olingan ko‘ngilsiz daraklar, Kobulga bomba yog‘dirilishi unda javobni kutmay, vakolani yo‘lga otlantirish fikrini uyg‘otdi.
Tarzining xonasi ham yevropa usulida jihozlangan: deraza yoniga katta yozuv stoli, o‘rtaga yumshoq kursilar qo‘yilgan edi. U yozuv stoliga borib, tortmani ochdi. Rusiyaga oid barcha ma’lumotlarni shu yerda saqlaydi. Tarzi qog‘ozlarni bir-bir olib, ko‘z tashlay boshladi. Qog‘ozlardan biridagi baytni o‘qib, o‘yladi: qachon, nimaga yozib qo‘ygan ekan?
«Tanam zi bandi libosi takalluf ozod ast,
Barahnagi ba baram xil’ati xudodot ast.

Bu bayt Habibulloxonga atalmaganmidi? Ha, Habibulloxon Inglistondan pul ta’ma qilganida g‘azablanib, Mirzo Bedilning shu satrlarini eslagan edi. Eslashga eslab, amirga so‘z aytishga jur’at qilolmagandi. Ne shodki, sarpo tamaidagi amirning pushtikamari takalluf libosining bandidan ozod bo‘lmoqni lozim topdi. Shukrki, ko‘ngli kayfi sahboni istamadi. Aks holda, Tarzi dodini kimga aytar edi? Otasi surgun qilingan zamonda yorug‘ dunyoga kelgan, musofirlik sahrosida sarsari kezgan, mardudi davron madarini begona tuproqqa qo‘ygan bu aftodavash, ozodlik ilinjida dunyodan ko‘z yumib ketmasmidi?..
Eshik og‘asi kirib, Hirotdan chopar yetib kelganini bildirdi. «Rusiyadan xabar keltirdimikan? Unday desam, biz Termiz sari yuborib edik-ku? Hirotdan qanday xabar yuborishlari mumkin?» Chopar ostonada paydo bo‘lgunga qadar Tarzini shu jumboqlar qamrab oldi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:35:04
Chopar shoshganmi, hatto yuvinishga ham ulgurmagan, ust-boshi chang bir ahvolda kirib keldi. Tarzi uning kirtayib, qizarib ketgan yuzlariga qarab, behad holdan toyganini sezdi.
— Noib ul-hukuma Muhammad Sarvarxon hazrat sardorga duo yo‘lladilar, — chopar shunday deb qo‘ynidan muhrlangan qog‘oz chiqarib, ta’zim bilan uzatdi.
Tarzi nomani olib, shoshib ko‘z yugurtirdi. Hirot noibi Tarziga sihatlik tilab, Ko‘shk tomondagi hamhudud qo‘shinlar yaxshi niyat ila chopar yuborganlari, yurtni amir Habibulloxon so‘rab turgan damlarda ham shunday chopar kelgani, biroq amir sohib ro‘yxush bermagani sababli ularning salomlari qabul bo‘lmaganini bayon etib, endigi noma amir hazratlari tomonidan inobatga olinuviga umid bildirgan edi. Noib maktubiga Tarzi anglamaydigan harflardagi noma, so‘ng pushtuda yozilgan xat ham ilova etgan edi. Tarzi bu xatni o‘qib, avvaliga hayron bo‘ldi: Afg‘onistondan yo‘llagan maktub haqida nechun kalima yo‘q? U maktub bitilgan muddatga qarab olgach, hammasiga tushunib yetdi: demak hamhududlar ulardan o‘n kun ilgari maktub yozishib, Afg‘onistonning mustaqilligini tan olishibdi.
— Nechun hayallab yetkazding? — dedi Tarzi norozi ohangda.
— Gunohkorman, sardor sohib, — dedi chopar bosh egib, — men kecha-kunduz beto‘xtov yo‘l bosdim. Hazrat noib aytdilarki, noma Hirotga yetgunga qadar behad uzoq yo‘l yuribdi.
Tarzi choparni bejiz ayblaganini bilib, unga ruxsat berdi.
«Darvoqe, maktubni nima sababdan uzoq yo‘l bilan yuborishibdi? Shu yo‘lni bexatar deb bilganlarmi? U holda Tirmizga yuborganimiz chakki bo‘lganmi? Maktublarimiz aro yo‘lda qolib ketganmi yo?»
Tarzi shu jumboqli o‘ylar bilan amir huzuriga oshiqdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:35:12
Omonulloxon maktubni eshitib, xayolga botdi: «Xatolik bo‘ldi, — dedi u o‘ziga-o‘zi. — Dastlab Inglistonga yuzlanganim, so‘ng ulardan xushxabar umid qilganim xatolik bo‘ldi, ko‘p xatolik bo‘ldi. Inglistondan muruvvat kutib, mudoxala1ga o‘zim eshik ochib berdim. Mahdud saltanatim ozodlikka chiqmas ekan, joyim saqarda bo‘luvi muqarrar».
Tarzi amirning javobini toqat bilan kutdi. Nihoyat, Omonulloxon ko‘zini derazadan olib, unga qadadi:
— Shaytanat taxtidan umidvorlikning gunohi mening bo‘ynimda, sardor.
— Amir sohib, o‘kinchingiz o‘rinsiz. Ulardan iltifot kutmay, dastlab shimolga chopar yuborgan holingizda ham mudoxala muqarrar edi. Hazrat mirzo Bobur aytmoqchi, «har kimki jafo qilsa jafo topqusidur».
— Inshoolloh. Fikri ojizimcha, Rusiya ham Afg‘onistonga ega chiqmoqlikni istaydi. Tarixda Hirot sari qo‘shin tortib, ko‘p yerlarimizni bosib olganini unutsak, nodon bo‘larmiz. Ammo... bu fursatda ilojsizmiz. Tarbiyatsiz bog‘u bo‘stondan samar kutmak abas bo‘lganidek, yolg‘iz yurtning taraqqiyot sari yuz tutmagiga umid yo‘q edi. Endi maktubga iltifot ila javob yo‘llashimiz lozim.
— Amir sohib, endi maktubga ehtiyoj yo‘q. Turkiston jumhuriyati Rusiya nomidan gapirib, bizni ozod, mustaqil deb bilib, o‘ziga teng tutibdimi, bas, saforat ishlarini beto‘xtov yo‘lga qo‘ymak tadorigini boshlamog‘imiz darkor. Yo‘llagan maktubimiz eson-omon qo‘llariga yetsa, ularning-da shunday yo‘l tutmoqlariga imonim komil.
— Ma’qul. Nechoqlik simu zar zarur bo‘lsa, oling. Saforatga kimlarni lozim ko‘rasiz?
— Muxtor vazirlik sardor Muhammad Valixonga lozim ko‘rilsa. O‘zga yurt sardorlari bilan uningdek fikrlasha oladigan odam oramizda yo‘q. Muhammad Valixonga mavlaviy Sayfurrahmonxon, Mirza Muhammadxon Yaftali, Sulton Ahmad ko‘mak beradilar. Fayiz Muhammadni maslahatchi hamda munshi etib tayin etsak. Edin afandi muxtor vazirning noibi bo‘lsa.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:35:20
— Kamolxonni lozim topmadingizmi? So‘z aytishga suyagi yo‘q-ku? Saforat ishida so‘zamol bo‘lish kerakdir?
— Fikringiz o‘rinli. Biroq ko‘p so‘zlamoqlik saforat ishida husn emas. Bunda ko‘p emas, xo‘b so‘zlamak darkor.
Amir kulimsiradi:
— Ko‘p otgan mergan emas, ko‘p aytgan chechan emas, deng?
— Alqissa, shunday, amir sohib. Vakolani uzatib bormoq uchun sarbozlar ham zarur.
— Risale shohining eng botir sovarlarini oling.
— Yana bir mulohazam bor edi.
— Ayting.
— Buxoroi Sharifda, Toshkentda ham saforatxona ochsak. Buxoroga Abdushukurxon, Toshkandga Muhammad Aslanxonni tayin etsak. Ular ham muxtor vazir bilan yo‘lga chiqishsa...
— Sardor, minnatdorman sizdan. Hammasini puxta o‘ylab qo‘yibsiz. Farmonim shu: vakola beto‘xtov safarga otlansin.
Tarzi eshikka yo‘nalganda amir uni to‘xtatdi.
— Hozir menga bir xabar yetkardilar. Mendan norizo amlokdorlarning mulki dehqonlarga bo‘lib berilsin, degan amru farmonimni faqirlar noxush qabul etibdilar. Yerlarni olmayotgan emishlar. Mening aqlim lol. Siz bu ko‘rnamaklik boisini bilmaysizmi?
— Bu ko‘rnamaklik emas. Buning sababi shulki, farmoni oliyingiz o‘sha damda zarur edi. Siz taxtga o‘tirar chog‘ingizda va’dalar berib edingiz. Shul va’daga binoan mulklarni hadya etdingiz. Va’daga vafo qildingiz. Endi esa ular muhoribada amir mag‘lubiyatga yuz tutsa, amlokdor qaytadi, deb qo‘rqadilar. Bu — birlamchi. Amlokdor qaytmagan taqdirda, ammol1 qalamidan ro‘zg‘ori qaro bo‘ladi, bu — ikkilamchi.
— Ammol qalamidan? Soliqlarni kamaytirdim-ku?
— Ahli ammol orasida nobakorlar, ahli dehqon ichida dilu jonini jaholat qoplamish nodonlar bisyor. In’omingizni qabul etmaganlariga yana bir sabab, ularda yer boru ishlov bermoqqa ot-ulov yo‘q. Ularning amlokdor hukmida qad bukkanlari afzalroq.
— Ozodlikning fahmiga bormaydilar, deng? — amir shunday deb qo‘l siltadi.
— Siz saxovatda Hotamtoydan, adolatda No‘shiravoni odildan ortiq ish yurityapsiz. Buning fahmiga yetishlari uchun fursat darkor.
— Qancha?
— Muhoribada yengib chiqqanimizdan so‘ng fuqaro qudratingizga tan berib, farmonlaringizga amal qila boshlaydi.
Tarzining: «Muhoribada yengib chiqqanimizdan so‘ng», deb ishonch bilan, qat’iy aytishi amir ko‘ngliga taskinlik berdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:35:28
3

Tavba! Bu odamlar sirlardan qanday voqif bo‘ladilar? Omonulloxonning marhum otasi, «bular devor emas, quloq», deb ta’kidlashni yoqtirar edi. Chindan ham saroy devorlari quloqqa aylanib ketgan shekilli? Yo‘qsa, Qodir og‘a hazrat Rusiyaga muxtor vazir tayin etilganidan qanday ogoh bo‘ldi? Hazrat og‘zidan: «O‘rusiyaga safir yuborayotgan emishsiz?» — degan gapni eshitib, amir avval lol qoldi. Keyin achchiqlandi. Hazratni siltab tashlagisi keldi-yu o‘zini tutdi.
— Inglistondan marhamat kut, deb edingiz, kutdim.
— Muhoribaga kirishmaslik lozim edi.
— Urushni kim boshladi? Bu bandasiga ham, Yaratganga ham ma’lum-ku, nahot siz bilmasangiz?
— Uzunquloq gaplarga inonavermayman.
— Amirning gapiga-chi?
Omonulloxon, «amirning gapi», deb chertib-chertib aytdi. Hazrat bu ta’kid boisini anglab, rangi quv o‘zgardi, ammo sir boy bermadi.
— Siz O‘rusiyaning vafo qilishiga aminmisiz?
— Siz-chi, hazrat?
— Amin emasman.
— Sabab?
— G‘ayridinga ishonu qo‘yningda xanjaring bo‘lsin.
— Inglis-chi? U ham g‘ayridin-ku?
— Inglis sinalgan do‘st edi, Xudo xohlasa, gunohlarimizdan kechib, yana do‘st bo‘lib qoladi. O‘rusiyaning vafosini esa sinab ko‘rmoq kerak.
— Sinab ko‘rmoq? — amirga bu taklif qiziq tuyuldi. — Qani, ayting-chi?
— O‘rusiyaning vafosini sinash bahonasida Afg‘oniston yerlarini birmuncha kengaytirishingiz ham mumkin, — Qodir og‘a hazrat ayyorona jilmaydi. — Siz ulardan daryoning u qirg‘og‘ini, xususan, Ko‘shk, Karki, Tirmiz qal’alarini berishni so‘rab ko‘ring. Qal’alar qo‘lga kirsa, Buxoro payi qirqiladi, undan Turkistonga qo‘l uzatsa yetgulik, Jannatmakon padaringiz amir Habibulloxon orzulari sizga madad bo‘lgay. So‘raganlaringizni olsangiz, Ingliston gunohimizdan o‘tib, yana marhamat sandig‘ini keng ochib beradi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:35:37
— Gaplaringiz mushohadaga arziydi, hazrat. Ammo gunohlarimiz xususida ikki karra eslatdingiz, bu chakki. Bizning Ingliston oldida gunohimiz yo‘qdir, bil’aks ular gunohkordurlar. Fikri ojizimcha, padarimning o‘limiga ular fatvo berganlar.
— Alhazar! — hazrat titroq qo‘llarini baland ko‘tardi. — Alhazar! Bunday demakning o‘zi gunoh. Ingliston jannatmakon padaringizga zo‘r iltifotlar ko‘rgazar edi, hazrat amir ham ularga sodiq edi.
Omonulloxon uning harakatlariga qarab turib, «ajab, bular inglisni buncha xushlamasa, tobelikni buncha qadrlamasa, gulistondan kechib, sayri mazoratni bunchalik istamasa...» deb o‘yladi. U tepaga qayrilgan gajak mo‘ylabini burab, hazratga yaqinlashdi.
— Hazrat, duo qiling, sizning duolaringiz ijobat bo‘lgusi: Olloh gunohlarimizdan kechib, g‘alabaga yetkazsin, shahidlar jonini dargohida qabul etib, jannatdan joy ato qilsin, omin!
Hazrat noiloj fotihaga qo‘l ochib, uzoq duo qildi. «Ayyor bu bola, juda ayyor», deb o‘yladi u chiqib ketar chog‘ida.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:35:45
* * *

Qarashlari muloyim, bo‘y-basti kelishgan, kalta mo‘ylabli Muhammad Valixon amir uzatgan maktubni olib ko‘z yugurtirdi: «Bu zamonda baxtdan darak beruvchi taraqqiyot nuri xalqlarni birlashuvga, birodarlik aloqalari o‘rnatuvga chorlayotgan damlarda, do‘stlik iplari avval hamhududlarni, so‘ng bo‘lak elatlarni bir-biriga bog‘lamog‘i lozim. Afsuslar bo‘lsinkim, uzoq vaqt mobaynida Buyuk Afg‘oniston Ingliston nayranglari tufayli ozodlik va mustaqillik nuridan bebahra qolib, eng yaxshi, eng saxovatli qo‘shnilaridan hazor-hazor chaqirim nariga surib qo‘yildi. Endi afg‘on xalqi bu nayranglarga barham berib, qaddini rostladi va shavkatli hamhudud mamlakatga safir yo‘llaydi. Sardor Muhammad Valixon bizning muxtor vazirimiz sifatida sizlar bilan muzokara yuritib, har ikki davlat o‘rtasidagi chin, mustahkam do‘stlik qasriga poydevor tayyorlaydi...»
Muhammad Valixon maktubdan nigohini uzib, amirga qulluq qildi.
— Bag‘oyat dono so‘zlar bitilibdi, — dedi u.
— Siz, avvalo, Sho‘ravi Rusiyaga, so‘ng Ovrupodagi barcha mamolik hukumatlariga Buyuk Afg‘onistonning mustaqil ekanini ma’lum eting. Sho‘ravi Rusiya hukumatidan esa iltimos qiling: Ovrupodagi bo‘lak mamolik ila tijorat aloqalari o‘rnatgan taqdirimizda mollarni xiroj-bojsiz Rusiya yeridan olib o‘tuvimizga izn bersinlar. Yana aytingki, urush tufayli bizlarimizdan tortib olishgan daryoning ul qirg‘og‘idagi yerlarni qaytarib bersinlar.
— Amir sohib, — dedi Tarzi, bu gapdan hayratga tushib, — asti bunday demaylik. Hozirgi ahvolimiz bunday iltimoslarga imkon bermaydi.
— Hechqisi yo‘q, — amir Tarzining gapiga pinagini buzmadi, — biz bu bilan ularning... — amir «vafosini» demoqchi bo‘ldi-yu, joiz emasligini fahmlab, boshqacha aytdi: — maqsadini bilib olamiz.
Tarzi bu gapni eshitib, ichidan zil ketdi-yu, bosh chayqab qo‘ydi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:36:20
Ikkinchi qism
DIYDOR YO‘LI

I b o b
HISOBLI DUNYO


1

Asadulla ish bilan ovora bo‘lib asta-sekin ovuna boshladi. O‘z g‘amiga yemirilib o‘tiradigan zamon emasdi. Turkiston Markaziy Ijroqo‘mi uning Afg‘oniston safaridan ozod qilishni so‘rab yozgan iltimosnomasini rad etdi. Barcha nomzodlarni Moskva tasdiqlagan, ularning nazarida qarorni o‘zgartirishga «arzirli asos» yo‘q edi. Asadulla ilgari «elchilikni eplay olarmikanman», deb o‘ylagan bo‘lsa, endi «sihatim dosh berarmikin», degan xavotirga tushgan edi.
Afg‘onistondan kelayotgan elchilarni kutib olishda shaxsan ishtirok qilajagini bilib, safarga jo‘nash masalasi uzil-kesil hal etilganini angladi.
Afg‘oniston elchisi sardor Muhammad Valixon va uning a’yonlari kutilganday kunduzi emas, oqshomda yetib kelishdi. Temir yo‘l bekatida qo‘shkarnay, qo‘shsurnay, qo‘shnog‘ora as’asayu dabdabani boshlab berdi. Muhammad Valixon vagondan tushishi bilan Tashqi ishlar xalq noziri, Xmarin va Asadulla Mir’alam unga peshvoz yurdilar.
— Ozod Turkiston jumhuriyatining poytaxtida ozod Afg‘oniston amirining elchisini Sho‘ro hukumati nomidan muborakbod etaman.
Xmarin nozirning so‘zlarini forsiyga o‘girdi. Bunga javoban Muhammad Valixon yengil ta’zim qildi.
— Bir daryo suvini ichsak-da, bir quyoshdan nur emsak-da, — dedi u, — oramiz uzoq edi, nainki uzoq, oramizda Ingliston tiklab qo‘ygan Iskandar devori mavjud edi. Bul devorning yiqiluvi har ikkimizga ham qutlug‘ bo‘lsin.
— Safaringizning bexatar o‘tgani rost bo‘lsin, ziyoratlaringiz qabul bo‘lsin, — dedi Asadulla suhbatga qo‘shilib.
Elchi forsiyda gapirgan cho‘qqisoqol, qotmadan kelgan, istarasi issiq bu odamga qarab:
— Olloh ziyoda qilsin, — dedi-da, yuziga fotiha tortdi.
Nozir Xmarin bilan Asadullani unga tanishtirdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:37:06
— Yorug‘ dunyoda ikki yurtni do‘stlashuviga xizmat qilishdan savobroq ish yo‘q, — dedi elchi Asadullaning qo‘lini siqib. — Shu savob bizga nasib etgan ekan, hazor-hazor shukr.
Muhammad Valixonning hamrohlari behad ko‘p edi. Xizmatchilar, sovarlar alohida to‘p bo‘lishdi. Elchi nozirni saforat ishlari bilan shug‘ullanuvchi a’yonlari bilan bir-bir tanishtirdi. Zar choponlilar orasida sersoqol bir odam Asadullaning diqqatini tortdi.
— Said G‘afforbek, — dedi elchi, tanishtirish navbati unga yetganda, — Buxoro amiri Said Olimxon hazrati oliylarining iltifotlari ila saforat ishlariga ko‘mak bermoqqa chorlanganlar.
Said G‘afforbek nozir, so‘ng Xmarin bilan jilmayib ko‘rishdi. Navbat Asadullaga kelganda esa ko‘zlarini undan olib qochdi. Asadulla uning qo‘lini olib, darrov qo‘yib yubormadi.
— Azaldan birodarsizlar shekilli? — dedi Muhammad Valixon Asadullaning harakatidan ajablanib.
— Yo‘q, yo‘q, bir birodarimga o‘xshatdim. Rafiq Iris o‘g‘li degan qadrdonim bo‘lar edi. Xudo uni bizga ko‘p ko‘rdi.
— Olloh rahmat qilsin birodaringizni, — dedi Said G‘afforbek, yuziga fotiha tortib.
Mehmonlar shaharga yo‘l olishganda Asadulla Shuvalovga yaqinlashdi.
— Sersoqolga e’tibor qiling, Irisovning xuddi o‘zi.
— Elchilar orasida nima qilib yuribdi?
— Buxoro amiri qo‘shgan emish.
— Buxoro amiri?... Yaxshi, Mira’lamovich, sen sir boy berma. Buyog‘ini o‘zimiz kuzatamiz.
Kechqurun sobiq general-gubernatorning bog‘ida ziyofat berildi. «Sen je, men je, qolganini tomga tashla», deydigan zamon emasdi. Shu bois dasturxon kamtarona bezaldi. Buxoro amiri saroyida to‘kinlik guvohi bo‘lgan afg‘onlar bu yerda bundayin kamtarinlikni ko‘rib, ajablanishdi. Mezbonlar esa izoh berishni lozim topishmadi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:37:13
Asadulla Said G‘afforbekdan nariroqda o‘tirdi. Ammo ko‘z qurg‘ur nuqul shu odam tomonga tortadi — beixtiyor qarab-qarab qo‘yadi. Said G‘afforbek uning qarashlarini sezar, illo sezsa-da, sezmaganlikka yo‘yib, pinagini buzmaslikka tirishadi.
Libosiyu turqi tarovatini o‘zgartirgan Rafiq Irisov — Said G‘afforbekni qaysi balo yo‘ldan urgan, uning qaysi yerlarda qanday hunar ko‘rsatgani Asadulla uchun qorong‘i. Hozir u bir narsaga aniq ishondi — Buxoro amirining ishonchiga kiribdimi, demak, katta xiyonatlar ko‘chasidan o‘tib borgan. Mayda xoinligu chaqimchilik bilan amir qarorgohiga kirib bo‘lmaydi. Xo‘sh, endigi vazifasi nima uning? Asadullani shu jumboqlar o‘rtaydi. Shuvalov-ku, uni nazaridan qochirmas, ammo u ham anoyimasdir. Pinak buzmay o‘tirganiga qaraganda, uncha-buncha hiylagarga dars berishi mumkin. Ilgari ham shunaqamidi yo keyinroq o‘zgardimi?
Irisov yoshligiga qaramay, ko‘pni ko‘rgan, ko‘zi pishgan edi. Ming to‘qqiz yuz beshinchi yildagi g‘alayonlar davrida naq Peterburgda bo‘lgan ekan. Uning hikoyalaridan Asadulla lol qolardi. «Kayfu safoni tashlab, vafosiz dunyoda mehru vafoni boshlamoq vaqti yetdi», degan edi u. «Faqir shodlikni naylaydi, bir kunlik vafosi bo‘lmasa. Vafoli shodliqg‘a erishmoq uchun esa kurashmoq, hokimiyat egasi bo‘lmoq kerak». Asadula bu gaplarni unutgani yo‘q. Rafiq Irisovga nisbatan ko‘ngliga shubha oralaganda shu so‘zlarni eslardi. Shunday dono, haq gapni aytgan odamning xoin bo‘lishi mumkin emas, deb hisoblardi. Hozir ham shuni eslab, balki bu odam Rafiq afandi emasdir, degan gap xayolini bir yoritib o‘tdi.
Asadulla qorong‘ilikda gangib qoldi. Go‘yo tun bog‘ni emas, uning vujudini bosgan edi. U yo‘llariga churuk turmushning qanday go‘rlar hozirlaganidan bexabar edi.
Asadulla ham, Shuvalov ham Said G‘afforbekka qarab, bu nusxa Buxoro amiri ishonchini qanday qozondi ekan, amir nima uchun afg‘onlarga lutf qilib uni qo‘shdi ekan, deb bosh qotirardilar. Ular Xaustonning Buxoroga qo‘noq bo‘lgani, amir bilan uzoq suhbatlashganidan bexabarlar. Buxoroga boraturib Kattaqo‘rg‘ondan Rafiq Irisovni yoniga olganini ham bilmaydilar.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:37:21
2

G‘ulomqodir Termizda javob kutaverib yuragi to‘lib-toshib ketdi. U to hanuz bu qadar bekorchilikka bandi bo‘lmagan edi. Kunda qal’aga boradi, xabar oladi. Avval: «Odamlar Toshkentga yetib borishmabdi, o‘zimiz ham xavotirdamiz», deyishdi. Keyin: «Amir hazratning maktubi Toshkentga yetkazilib, Moskvaga uzatilibdi, endi javobini kuting», deyishdi. «Maktub egasiga tegibdi, bugun-erta javobini ham yetkazishar», deb yurdi. Kun o‘taverdi. Ingliston bilan boshlanib ketgan urushdan bu yerga chala-yarim xabarlar kelib turardi. Ana shu uzuq-yuluq daraklar uning ko‘nglini battar ezar edi. G‘ulomqodir Eron sarhadi, Hazar bahridan o‘tgan inglislarning ahvoli birmuncha tang ekani haqida ham xabarlar eshitardi. Eshitardiyu ich-ichidan zil ketardi. Loaqal bittagina inglisning ko‘ksiga dudamasini sanchganda edi, ko‘nglidan armoni chiqarmidi...
Mana shu armonlar tutunida bo‘g‘ilib yurganida daryoning u betidan chopar o‘tib, muxtor vazir Mazori Sharifdan yo‘lga chiqqanini ma’lum qildi. Keyin Termizga Muhammad Valixon kirib keldi. G‘ulomqodir o‘sha kuniyoq unga ro‘baro‘ bo‘lib, vazifasini ado etganini, endi iziga qaytish ilinjida ekanini ma’lum qildi.
Sardor, ko‘rinishi muloyim bo‘lgani bilan, gapni shart kesdi:
— Seni saforat ishlariga lozim ko‘rgan ekanlarmi, demak, biz bilan yo‘lga otlan. Muhoriba sensiz ham sharafli nihoyasiga yetgusi. Bizning safarimiz esa uzoq, ham xatarli.
G‘ulomqodir yana dardini ichiga yutdi. Paroxod degan ajoyibotda Chorjo‘yga suzib bordilar. Undan Buxoroi Sharifga o‘tdilar. Buxoroning shuhrati qulog‘iga chalingan edi, shaharning o‘zini ko‘rdi-yu, ko‘ngli taskin topmadi. Chunki uning tasavvuridagi Buxoro faqat tilla minoralardan iborat mo‘’jiza shahar edi. Ko‘cha-ko‘yda faqirlar, saroy atrofida esa zar to‘n kiygan odamlarni ko‘rib, «bizdan hech bir farqi yo‘q ekanda», deb qo‘ydi.
So‘ng siltab-siltab o‘rnida qo‘zg‘aluvchi poezd degan g‘aroyibotga o‘tirib Samarqandga, undan Toshkentga yetishdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:37:31
Toshkent Buxorodan salqinroq, yerning umurtqasini sindirib yuboradigan katta imoratlari kam, ko‘chalari ancha batartib shahar edi. G‘ulomqodir bu yerda ham to‘kinlikni ko‘rmadi. Ayniqsa bog‘dagi ziyofat uni lol qoldirdi. «Ahvollari shu bo‘lsa, amir sohib ulardan nima umid qilyapti», deb o‘yladi. Ahvoli olamdan bexabar, faqat miltiq otishu qilich chopishga chapdast bu yigitning ajablanishi tabiiy edi. Faqat u emas, vakolani kuzatib kelayotgan o‘zga sovaru sarbozlar ham shu fikrda edilar Serdaraxt hovli tashqarisiga faqat muxtor vaziru bir necha a’yonlar chiqib turishar, shahardan esa kam odam tashrif buyurar edi. G‘ulomqodir bu yerga tez-tez kelib turuvchi cho‘qqisoqol, kichik jussali odamni yaxshi tanib qolgan. G‘ulomqodir uni shu yerning sardorlaridan deb bilib, ro‘para kelganda ta’zim bilan salom berganda u gerdayib o‘tmay, o‘shanday ta’zim bilan alik oldi. G‘ulomqodir sardorlar orasida bundayini uchratmagan edi. Uning ziyrk ko‘zi yana bir narsani kuzatdi: Buxorodan qo‘shilgan sardor shu hovliga qo‘nishgandan beri shaharga chiqmadi.
Said G‘afforbekning shaharga chiqishdan o‘zini tiyishini Muhammad Valixon ham sezdi. Turkiston jumhuriyatining elchisi deb tayin etilgan Asadulla Mira’lam tashrif buyurganda a’yonlar suhbatidan o‘zini tortishi esa uni shubhalantirdi.
Muxtor vazir Buxoro amiriga Afg‘oniston amirining nomasini yetkazib, Buxoroda Afg‘oniston saforatxonasini ochib, Toshkentga yo‘l olaman deganda, Said Olimxon marhamat ko‘rsatdi: O‘rusiya yerlarini, urf-odatlari, shuningdek, lisonini ham durust biluvchi a’yonlaridan birini vakola birlan jo‘natajagini ma’lum qildi. Muhammad Valixon bundan norizo bo‘lsa-da, amir marhamatini qaytara olmas edi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:37:38
Bugun Turkiston jumhuriyati nozirlari huzurida bo‘lganda unga noxush gaplar aytishdi: Moskva yo‘li ag‘yorlar tomonidan band etilgani sababli ularning safarlari Toshkandda vaqtincha barham topar emish. Ag‘yorlar mahv etilib, temir yo‘l ochilgach, ularning Moskva tomon boruvlari mumkin emish. Toshkandda qancha fursat ipsiz bog‘lanishlarini na nozirlar, na-da muxtor vazir bilardi.
Jumhuriyat nozirlari Afg‘onistonga harbiy yordam berilajagini ma’lum qilishgach, muxtor vazirning ko‘ngil g‘ashligi bir oz tarqaldi. Toshkanddan Kobul sari elchilar vakolasi jo‘nashga hozir ekanini bilib, ko‘ngli taskin topdi.
Saforat ahli Toshkandda noma’lum fursat qolajagi tufayli xizmatchilardan va sovaralardan bir nechasini ortga qaytaruvga qaror qildi. Toshkanddagi saforatxonaga yetarli sovarlar a xizmatchilardan tashqari barcha odamlar Mirza Qandilxon boshchiligida Kobulga qaytish amrini oldilar. Muxtor vazir shu bahonada Said G‘afforbekka ham ruxsat bergan edi, u darhol ko‘naqoldi. «Vakola bahonasida Kobulni ziyorat qilib, umrlari uzun bo‘lgur hazrat amir Omonulloxon xizmatiga yuz tutajagini», bildirdi.
Shunday qilib, hijriy hisobning 1337 yili javzosida, milodiy hisobning 1919 yil 15 iyunida sho‘rolarning birinchi elchilar vakolasi hay’ati qizil askarlar, afg‘on a’yonlari, sovarlari kuzatuvida Kobulga qarab yo‘l tutdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:37:45
3

Taqdir beshafqat bo‘lsa, u bilan kelishishga urinib ko‘r, deydilar. Poezd o‘rnidan jilganida Asadulla Ushinskiyga hamxona bo‘lishini bildi-yu, Afg‘onistonga borib-kelgunga qadar taqdir bilan kelishuvdan o‘zga chorasi yo‘qligini fahmladi.
Kupeda yolg‘iz qolishgach, anchagacha bir-birlariga qarab indamay o‘tirishdi. Ikkovi ham deraza osha tashqariga tikilar, ikkovi ham o‘z fikrlariga bandi edi.
Sukutni birinchi bo‘lib Ushinsiy buzdi:
— Xo‘sh, o‘rtoq Mira’lamov, Afg‘onistonga borib kelguncha shunday gung-soqov bo‘lib o‘tiramizmi?
— Gapingiz bo‘lsa gapiring, — dedi Asadulla noxush ohangda.
Uning ko‘ngil noxushligiga sabab faqat Ushinskiyga hamxona bo‘lishi ems. Uyini maktab ixtiyoriga topshirib, Mirobodni tashlab chiqar mahalida ko‘kragidan bir nima uzilib qolganday bo‘ldi. Nazarida bu tuproq ko‘chani, devorlarga yelka tirab o‘sgan jiydalarni, olchalarni... boshqa ko‘rmaydiganday edi. Uning xotini, bolalarisiz huvillagan uy, ko‘cha, mahalla endi butunlay yetim bo‘lib, bo‘zlab qolayotganday edi.
U sog‘inch qirg‘oqlarida sarsari kezmoq uchun yo‘lga chiqdi. Hali duch kelgan qayg‘ularini, quvonchli chog‘larini, puchga chiqqan tilaklarini, aytilmagan so‘zlarini eslaydi. Bedork qolgan ko‘zlarni qo‘msaydi. Bu qadrdon ko‘chasiga, bolalarining kindik qoni to‘kilgan uyga qachon qaytadi, mungli uyi qachon qayta jonlanadi? Hayot uni bahor mo‘’jizasi-la qarshilarmikin hech, yo hazonrezgi tomon ayovsiz surib ketaverarmikin? Chigallashib ketgan hayot ipi qachon, qaerda uzilarkin? Tun qachon, qaerda erib, qachon, qaerda umidi tongi otarkin?.. Asadulla shu dard bilan mahallani tashlab chiqdi. Shu dard bilan bekatga keldi. Dardini sirtiga chiqarmay, yaqinlari bilan xayrlashdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:37:53
Mana endi kupeda bu dard huruj boshlagan. Uni yengillatay desa, ro‘parasidagi odam dardkash emas. Shuvalov bo‘lganda boshqa gap edi. Aksiga olib u Kogonga ketgan. Vakolani o‘sha yerda kutib oladi. Asadulla o‘z yog‘iga o‘zi qovuriladi. Ushinskiy esa uning noxushligini boshqa narsaga yo‘yadi.
— O‘rtoq Mira’alamov, mening nomzodimga qarshi chiqqan ekansiz, eshitdim, lekin bundan xafa emasman. Men boshqa narsadan ranjidim. Nahot mening tanqidiy gaplarimni ko‘ngilda saqlab yurgan bo‘lsangiz, axir haqiqat bahslarda yuzaga chiqadi. Men orqangizdan g‘iybat qilmay, fikrimni ko‘pchilik orasida aytganimdan beg‘araz ekanimni bilishingiz kerak edi. Unda boshqa-boshqa yo‘lda edik. Endi bir firqadamiz...
— Veniamin Samoylovich, men bir gap uchun gina saqlab yuradigan yoshda emasman. Buni siz ham bilib oling. Bir firqada bo‘lganimiz bilan maslaqdosh ekanligimizga ishonchim yo‘q, buni ham bilib oling.
— Eserlar safida bo‘lganimga shama qilyapsizmi? Qiziq... Pershinga ham shunday deganmidingiz?
— Pershinni holi qo‘ying. Umuman, unga o‘zingizni tenglashtirmang. Pershin qoya edi. Men ham, siz ham Pershinday inqilobchi bo‘la olsak, bu dunyodan armonsiz keta olardik.
— Shunaqa deng... — Ushinskiy pensnesini ko‘zidan olib, ko‘krak cho‘ntagiga soldi. — Biz Pershin bilan uzoq vaqt yelkama-elka turganmiz. Darvoqe, — Ushinskiy istehzo bilan jilmaydi, — buni bilmasangiz kerak, unda siz jadidlar bilan bo‘lgansiz...
— Veniamin Samoylovich, to‘g‘risini ayting, «jadid» nim degani, bilasizmi?
— Bilaman: aksilinqilobiy tashkilot.
— Jadidlarning bir guruhi «Sho‘roi islomiya», «Ulamo»ga qo‘shilgani uchun shunday deyapsiz. E’tiboringiz uchun «jadid» — «yangi» degani. O‘qish-o‘qitish ishlarini yangi usulga ko‘chirish ularning maqsadlari edi. Maorif yo‘li bilan zulmga, nohaqlikka barham beriladi, deb ishonishgan. Men esam hurriyatga faqat maorif yo‘li bilan erishib bo‘lmasligini anglab, kurash yo‘liga o‘tdim, ulardan uzoqlashdim. Jadidlarning qay birlari haq, qay birlari nohaq ekanini kelajak ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘tmishni yuzimga solishingiz o‘rinsiz.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:38:01
— Bu gapni o‘zingiz boshladingiz.
— O‘ylab ko‘ring-chi, kim boshladi ekan?
Ushinskiy Asadullaga tikilib, mug‘ambirlik bilan kulimsiradi.
— Yaxshi, meni kechiring, — dedi u qo‘l uzatib, — tinchlik sulhini imzoladik, desam bo‘lar?
Asadulla istar-istamas uning qo‘lini olib, «ha», deb qo‘ydi.
— Elchimizning kotibalarini ko‘rdingizmi, juda huriliqo-yu, a? — dedi Ushinskiy, oradagi noxushlik yo‘qolganidan xursand bo‘lib. — Nima uchun bu parini qo‘shdi, bilmaysizmi?
— Bilmayman, diplomatiya qonun-qoidasi shunaqa bo‘lsa kerak.
Ushinskiy: «Asadulla to‘g‘ri javobdan bo‘yin tovlab atayin shunday deyapti», deb o‘yladi. Holbuki Asadullaning o‘zi ham bu xonimni ko‘rganida hayron bo‘lib edi. Xizmatchilar, kuzatib boruvchi qizil askarlar nomzodi Tashqi ishlar xalq nozirligida ko‘rilgan, bundan Asadullaning xabari yo‘q edi. Nozirlik mahkamasida ishlovchi bu ayolning Xmaringa tanish ekani, vakolaga Xmarin istagi, iltimosi bilan qo‘shilganini u keyinroq bildi.
— Unda siz nimaga olmadingiz, axir siz Turkiston respublikasining elchisisiz-ku? — dedi Ushinskiy uning javobidan qanoatlanmay.
— Veniamin Samoylovich, bunaqa ikir-chikirlarga aralashmaylik. Bizning vazifamiz bo‘lak.
— Yo‘q, azizim, vakola hay’atini biz boshqarishimiz kerak. Safar natijasiga elchi emas, biz — bolsheviklar javob beramiz. Xmarin partiyasiz. Unga to‘la ishonib bo‘lmaydi. Siz, men, o‘rtoq Shuvalov — har bir ikir-chikirga javobgarmiz. Aytmoqchi, harbiy attashemiz ko‘rinmadilar?
— Bilmadim. — Shu qisqa javob bilan Asadulla suhbatga toqati yo‘q ekanini bildirdi.
Poezd Sirdaryodan o‘tganda atrofni qorong‘ilik chulg‘ay boshlagan edi. Asadullaning nazarida ular tun qa’riga uchishardi. Zim-ziyo tun ko‘p o‘tmay ularni bag‘riga oladi.
Ushinskiy hadeb gapiravergani uchunmi, Asadulla ko‘pchilik yodga olayotgan o‘sha mojaroni esladi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:38:08
O‘shanda Asadulla majlisda emas, cho‘g‘ ustida o‘tirganday betoqat edi. Bu yerga kelaturib Shuvalovdan ham hayratlantiruvchi, ham g‘azablantiruvchi bir xabarni eshitib, boshiga cho‘qmor urilganday gangib qolgan edi. U aksilinqilobchilardan hamma mal’unliklarni kutishi mumkin edi. Lekin yurtni sotishlari yetti uxlab tushiga kirgan emasdi: o‘zini TVO deb yurituvchi Turkiston harbiy tashkiloti Turkistonni yigirma besh yil muddatga Angliyaga sotibdi! Odam aqldan ozsa mol-mulkini, hatto xotinini, boringki eng ashaddiylari onasini sotishi mumkindir. Lekin yurtni sotish, Vatanni sotish!?
Shu xabardan dunyo ko‘ziga tor ko‘rinayotgan Asadulla munozaraga aralashmay o‘tirgan edi.
Majlis boshlanishida keskin munozara ham kutilmagan edi. Chunki unda aytarli bahs talab etmaydigan masala — mahalliy aholi orasida maorif ishlarini yo‘lga qo‘yish, Munavvar qori tashabbusi ila aprelda ish boshlagan Turkiston xalq dorilfununiga yordam berish masalasi o‘rtaga qo‘yilgan edi. Lekin kutilmaganda go‘yo to‘g‘on o‘pirildi-yu, yig‘ilib qolgan suv o‘zanni boshqa tomonga burdi.
Turkiston O‘lka Sho‘rolarining III qurultoyida mahalliy aholida ishchilar sinfi tashkilotlari yo‘q, degan bahonada hokimiyatga bironga o‘zbek kiritilmagan edi. Majlisda bu katta xato ekani aytildi-yu, eserlarning jon tomiriga bolta urildi. Chunki III qurultoyda eserlar ta’siri kuchli bo‘lgan edi. Maorif ishi uyoqda qolib, mahalliy aholiga ishonish kerakmi yo yo‘qmi degan masala yana ko‘ndalang bo‘lib qoldi.
Asadulla bilan Ushinskiyning to‘qnashuvi shunda boshlangan edi.
Eserlarning janjalkash vakili sifatida tanilgan Ushinskiy munozaralarning oxirrog‘ida gapirishni xush ko‘rardi. U mo‘ljalni aniq olardi: boshqalarning fikridan ogoh bo‘lib, shiddatli zarbaga tayyorlanardi. Bu gal ham odatini kanda qilmadi. Bahs yakunlanay deganda o‘tirgan yerida:
— Siz dekabr voqealarini unutib qo‘yyapsiz! — dedi baqirib. Majlis ahli tinchigach, viqor bilan o‘rnidan turdi. U shu gapi bilanoq bolsheviklar fraktsiyasini mag‘lub etganday ro‘parasidagi odamlarga g‘olibona qarab qo‘ydi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:38:17
— Muhammad payg‘ambarning tug‘ilgan kunini nishonlaydigan to‘da eski shahardan yurishni boshlab nima qildi? — dedi u yana ro‘parasidagi odamlarga murojaat qilib. So‘ng javob kutmay gapini davom ettirdi: — Yangi shaharga keldi. Keyin turmani o‘rab oldi. Ishg‘ol ham qildi. Xo‘sh, keyin-chi? Keyin sovet hokimiyati dushmanlarini chiqarib yubordi. Ana endi, muhtaram bolshevik o‘rtoqlar, menga javob bering: bu yil Muhammad payg‘ambar tug‘ilgan kuni nishonlanmaydimi? Endi ular Turkiston Markaziy Ijroqo‘miga yurish qilib, komissarlarni turmaga tiqmaydi, deb siz kafolat berasizmi, o‘rtoq rais? Meni kechiring-u, — Ushinskiy istehzo bilan kuldi, — men kafolat bera olmayman. Turmada o‘tirishga toqatim yo‘q. Men bir narsaga kafolat bera olishim mumkin: ularning TVO tarafida turib, bizga qarshi kurashishlari aniq!
Notiqning gaplari quruq safsataga aylanganidan g‘ala-g‘ovur kuchaydi. Ushinskiy esa bunga parvo qilmay ovozini balandlatdi:
— Ana, o‘rtoq Asadulla Mira’lam nima deya oladilar? Keyingi qurultoyda bu o‘rtoq rahbar organlarga mahalliy millat vakili sifatida saylandilar. Men bu o‘rtoqning inqilob ishiga sadoqatlari boriga, afsus, ishona olmayman.
— O‘rtoqlarning shaxsiyatiga tegmasligingizni talab qilaman!
— O‘rtoq rais, iltimos, gapimni bo‘lmang. Biz hozir printsipial masalani hal qilyapmiz. Men aytgan har bir gapim uchun javob berishga tayyorman. Demak, o‘rtoq Mir’alamga ishonchim yo‘q, dedim. Endi o‘rtoq Mira’lamga savolim bor: yanglishmasam, siz o‘tgan yili, «Sho‘roi islomiya»ning gazetasida ishlardingiz, shundaymi? Aniqrog‘i, muharrir edingiz?
Asadulla o‘rnidan turdi. Majlis ahli jim bo‘lib, unga o‘girildi. «Eserning niyati ma’lum, qani, oxirigacha eshitay-chi?» — degan o‘yda javob berdi:
— Ha, muharrir edim.
— Ular sizdan xafa bo‘lishganda tavba qilgan-siz-a?
— Ha, tavba qilganman.
— Bo‘ldi, rahmat, shuning o‘zi yetarli. Ana, o‘rtoqlar, shu odamga qanday ishonish mumkin? Bu odamning men bilan birga bo‘lishiga sira ishonchim yo‘q.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:38:25
Xonada yana g‘ala-g‘ovur kuchaydi.
— O‘rtoq Ushinskiyga mening ham savolim bor, — dedi Asadulla. Uning jussasi kichik bo‘lgani bilan ovozi jarangli edi. So‘zlarni dona-dona qilib, chertib-chertib gapirishi diqqatni tez jalb qilar edi. Hozir ham shunday bo‘ldi: hamma jimib, unga tikildi.
— Mening «Sho‘roi islomiya» xizmatida bo‘lganim sababini nahot bilmasangiz? — dedi Asadulla, Ushinskiyga tikilib.
— Bu sizning shaxsiy ishingiz. G‘oyangiz shunga yo‘l qo‘yar ekan... — Ushinskiy shunday deb undan ko‘zini olib qochdi.
— Ha, men o‘z g‘oyamni amalga oshirishda «Sho‘roi islomiya»dan ham, «Ulamo»dan ham foydalandim. Men ularning gazitini o‘zlariga qarshi kurashda qurol qildim. O‘rtoq Mirmuhsinning «Ikki tarixiy voqea» degan maqolasi aynan shu gazitda bosilishi kerak edi. Biz ayrim din peshvolarining razilligini o‘z gazitida fosh etdik. Maqolaning birinchi yarmi uchun tavba qildim, to‘g‘ri. Chunki maqolaning asosiy — ikkinchi qismini ham xalqqa yetkazishim lozim edi. O‘rtoq Ushinskiyga hayronman, mening tavbamni unutmabdilaru Mirmuhsinning sazoyi qilingani, mening esa «Ulamo» tomonidan o‘limga hukm qilinganimni eslaridan chiqaribdilar-da, a? Agar biz bu yerda «men sadoqatliroqman, u esa ishonchsiz», deb safsata sotsak...
— O‘rtoq Mira’alam, o‘ylab gapiring... — Ushinskiyning endigi gapida avvalgi shijoat qolmagan edi.
— Ha, safsata sotsak, — Asadulla Ushinskiyning holini sezib, qat’iylik bilan ta’kidladi, — podachi ko‘payib, qo‘ylar harom o‘lishi tayin. O‘rtoq Ushinskiy: «Bu odamning men bilan bo‘lishig ishonmayman», dedi. To‘g‘ri gap bu o‘rtoqlar. Men Ushinskiy bilan birga bo‘lmayman. Hatto uni «o‘rtoq» deyishga tilim bormaydi.
Ushinskiy jahldan bo‘zarib, bir oz turdi-da, keyin shartta o‘tirib oldi.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:38:32
Majlis ahli garchi Asadullani ayblamagan bo‘lsa-da, uning ko‘ngli g‘ashlandi. Aslida-ku Ushinskiyning gaplariga e’tibor qilish kerak emas. Kadetlarga yuvindixo‘r bo‘lgan bu balodan har narsani kutish mumkin. Ertaga anarxistlarga, indinga mensheviklarga qo‘shilibdi, deyilsa, hech ajablanmaslik kerak. Asadulla bunga o‘tgan yiliyoq amin bo‘lgan. Shunga qaramay, uning gaplari malol keldi.
Kuzdagi jang kunlari, Tuproqqo‘rg‘on atrofida jon olib jon berilayotganda: «Yaxshi ham eski shaharliklar bor ekan, shular bizni boqmasa ochdan o‘lardik», degan kim edi? Shu Ushinskiy emasmidi? Endi nima uchun eski shaharliklarga ishonmay qoldi? O‘shanda, Tuproqqo‘rg‘on yaqinida yurakdan gapirgan edi. Endi-chi? O‘sha gapini unutdimi? Unutmagan. Dekabrdagi yurishga kim aybli ekanini biladi. Lekin o‘z firqasining obro‘yini to‘kmaslik uchun eng pokiza narsalar ustiga ham mag‘zava ag‘darishdan toymaydi.
Mana shunday beburd odam eserlarni tark etib, bolsheviklar tomoniga o‘tdi. Unga ishonishdi. Ishonganda ham muhim vazifa bilan borayotgan vakolaga qo‘shishdi. Shu odam qo‘shilmasin, degan Asadulla adovatchiga chiqarildi. Ana endi bir kupeda ketyapti. Hatto yarashishdi, «sulh» tuzishdi...
Kupe dimiqib ketgani uchun Ushinskiy derazani pastga tushirdi-da, boshini chiqarib, yuzini shabadaga tutdi.
— O‘rtoq Mira’lamov, hind muhojirini yaxshi bilasizmi? — dedi Ushinskiy joyiga o‘tirgach.
— Zikriyo afandini aytyapsizmi? Unchalik emas, nima edi?
— Meni ularning platformasi qiziqtiradi. Kobulda ularning muvaqqat hukumati bor ekan, eshitganmisiz?
— Bo‘lsa bordir... Boburiylar hukmdorligi tugagandan beri inglizlarga tobe ular. Yuz yillab qaramlikda yashagan xalqning ko‘z ochadigan vaqti yetgandir. Tutgan yo‘llari ham shundan kelib chiqadi. Asosiy maqsadlari ozodlik ekaniga shubham yo‘q.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:38:41
— Ozodlikka ham turli yo‘l bilan boriladi.
— Bu tabiiy. Yuz million yo‘l, qing‘ir-qiyshiq yo‘ldan eng adlini tanlay olishsa muddaoga erishishadi.
— O‘sha siz aytgan adl yo‘li qanaqa bo‘ladi?
— Buni bilmayman.
— Ana ko‘rdingizmi, ularning maqsadini bilmaymizu, ammo ishonib, qatorimizga olaveramiz.
— Veniamin Samoylovich, siz bu shubhalaringiz bilan oramizda ishonchsizlik uyg‘otasiz, safarimizni tahlikaga qo‘yasiz.
— Yo‘q, azizim, men bir narsani bilmasam gapirmayman. Hammaga ishonishga haqqim yo‘q. Ishonganlarimizdan biri Osipovmidi? Revolyutsiya taqdiri qil ustida turganda hatto o‘zimdan ham shubhalanaman.
— Bekor qilasiz. Inqilobni shubhalar bilan ushlab turish mumkin emas. Inqilobning suyanchiqlaridan biri — ishonch.
Ushinskiy yana Osipovni misolga keltirib javrab ketdi. Asadulla u bilan bahslashish ortiqchaligini bilib, yostiqq yonboshladi, gaplariga e’tiroz bildirmadi. Ushinskiy hamrohining bahsdan bo‘yin tovlayotganini anglab, gapni bas qildi.

Poezd bir-ikki silkinib, Asadulla uyg‘onib ketdi. Tong yorishib qolgan edi. Asadulla o‘rnidan turib, dahlizga chiqdi.
— Sabohingiz xayrli bo‘lsin.
Asadulla ovoz kelgan tomonga qaradi. Qora qoshlari tutashgan, jussador kishi tutqichga suyanganicha unga kulimsirab turardi.
— Zikriyo afandi? Uyqungiz qochdimi?
— Uyqu — g‘aflat. G‘aflat jafosini bilamiz biz, — dedi Zikriyo afandi o‘ychan tarzda.
— G‘am yemang, g‘aflatlar chekinuvchi davronlar keldi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:38:50
— Bunday davr o‘zi kelmaydi. Vujudi jaholat ichida tor-mor bo‘lgan xalqni kurashga ko‘tarish oson emas. — Zikriyo afandi shunday deb sukut qildi. Keyin deraza ortida mudrayotgan o‘lik cho‘lga boqqancha gapini davom ettirdi:

Ko‘zlardin oqar qon yosh, bilmam, nechuk olamdur,
Dunyoni bosib selob, har go‘shada motamdur.
To‘fonmu, balodurmu har qatrasi bir g‘amdur,
Bizlarni yaratmoqdan savdosi nedur, bilmam...

— Zikriyo afandi, badbinlik ham jaholat kabi yomon illat.
— Men badbin emasman, bu gaplaringiz bekor. Nekbinligim boisidan musofirlikda, quvg‘indaman. Eshitganingiz bordir. Kobulda Hindiston muvaqqat hukumati tuzilib edi. Kaltabinligimizni qarangki, biz Rusiya imperatoridan marhamat kutibmiz. Hukumdorga maktub yo‘llabmiz. Maktubni nimaga zarb etganmiz, bilasizmi? Tilla laganga! Umid bilan yo‘lga chiqdik. Safarimiz Toshkanda uzildi. Bizni tutib, inglislarga topshirdilar. Men qochdim. Rusiya hukmdoriga bizning qullikda qolmog‘imiz ma’qul ekan.
— Afg‘onistonning o‘zini mustaqil deb e’lon qiluvi hindlarga ta’sir etmasdan qolmas? Bizning do‘stlik aloqalari o‘rnatuvimiz ozodlik kurashiga qanot bo‘lar?
— Aytganingiz kelsin. Sharq uyg‘onadi, uyg‘onish shodiyonasini ko‘rish bizga-da nasib etadi, bunga ishonaman.
Zikriyo afandi shunday deb jimib qoldi. Asadulla uning o‘yiga xalal bergisi kelmadi. «Uyi, bola-chaqasi yodiga tushdi shekilli», deb o‘yladi. U yanglishmagan edi. Chindan ham Zikriyo afandi uyini esladi. Hindistonda uning bir qizi, xotini, qarib, kuchdan ketgan ota-onasi, besh ukasi, singlisi qolgan. Uyini eslaganda eng avval quchog‘ini ochib, yugurib kelayotgan qizalog‘i ko‘ziga ko‘rinadi. Uyni tashlab chiqqanda qizi besh yoshda edi. Hozir o‘ndan oshgan. Lekin bari bir ko‘ziga besh yoshli do‘mboq qizaloq bo‘lib ko‘rinaveradi. O‘n yoshli qizini tasavvur qila olmaydi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:39:20
Afg‘oniston safariga otlangandan beri Zikriyo afandi tinchini yo‘qotgan. U har kuni xayolan uyiga kirib boradi. Yugurib chiqqan qizini dast ko‘taradi. Keyin tiz cho‘kib, avval ota-onasining etaklarini ko‘ziga surtib tavob qiladi. So‘ng onasi uni bag‘riga bosadi... Kim bilan qanday ko‘rishishi bir-bir ko‘z oldidan o‘tadi. Ana shu shirin umid uni Hindiston sari chorlaydi. Zikriyo afandi uch yil burun barcha yaqinlarining vabodan ko‘z yumganligini bilmaydi. Bu dunyoda yakka-yolg‘iz qolganidan bexabar u. Orzu ummonida sarxush suzadi...
Asadulla Kogon bekatida Shuvalovni ko‘rib chehrasi ochildi. Kogonda ularni tantanali suratda kutib oldilar. Bundan Xmarin ham, boshqalar ham hayron edilar.
— Men bu yerga shuning uchun barvaqt keldim-da, — dedi Shuvalov, ularga izoh berib.
— Faqat buning uchun emasdir? — dedi Ushinskiy.
— Buyog‘ini surishtirmang. Ijozat bersalaring, o‘rtoq Mira’lamovni bir-ikki soatga olib ketsam.
— O‘rtoq Shuvalov, — Ushinskiy shunday deb uni qo‘ltig‘idan olib, chetga boshladi, — sizning sirli harakatlaringiz menga yoqmayati. Bolsheviklar orasida sir bo‘lmasligi kerak. Safar natijasi o‘zaro ishonchga ham bog‘liq. Do‘stingiz Mira’lamov kela-kelguncha menga ishonch haqida gapirib keldilar.
Shuvalov bu pichingdan g‘ashi kelsa ham o‘zini tushunmaganga oldi.
— Veniamin Samoylovich, — dedi muloyim ohangda, — bizning hozirgi ishimiz safarga aloqador emas. ChKni qiziqtirgan ishni ovoza qilishga haqqim yo‘q. Endi kelishib olaylik: bundan keyin hamma o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘lsin.
— E, yo‘q, azizim bu anarxiyaga yo‘l qo‘ya olmayman. Har bir ish kollektiv hal qilinadi. Markazkomning topshirig‘iga ko‘ra, safar chog‘ida firqa guruhiga men rahbarlik qilaman. Shuning uchun, o‘rtoq Shuvalov, o‘zboshimchalik qilishni o‘ylamang.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:39:26
Bu gaplardan Shuvalovning xamiri achigandan achidi: «Mira’lamovich to‘g‘ri aytgan ekan, bu odam bilan hamtovoq bo‘lgandan ko‘ra devonaning mushtini yegan afzalroq...»
— Veniamin Samoylovich, menga boshqa gapingiz yo‘qmi? Men hozir muhim ish bilan bandman, Mira’lamovich menga yordam berishi kerak. Xayr, siz bilan kechqurun ko‘rishamiz.
Shuvalovning harbiychasiga shartta gapni uzishi Ushinskiyning e’tiroziga o‘rin qoldirmadi.
— Sog‘intirgan do‘stlaring bilan uchrashishga hushing qalay? — dedi Shuvalov, izvoshga, Asadullaning yoniga o‘tirib.
— Kim ekan?
— «Ulamo»chilarning qolgan-qutganlaridan biri. Sen Hasanxon hazrat degan odamni bilarmiding?
— Ha. Qo‘qon voqeasidan so‘ng izsiz yo‘qolgan edi. Birovlar o‘ldiga chiqardi, birovlar xorijga ketgan dedi.
— O‘lmagan bu hazrat, tirik. Afg‘onistonga ketayotgan ekan. Buyoqqa shoshilganimning sababi ham shu. Afsus, katta baliq to‘rga ilinmadi. Maydaroqlarini ushladik. Bittasi seni tanir ekan. Seni o‘limdan qutqarganmish.
— Kim? Tal’at maqsum emasmi?
— Ha. Gapi rostmi?
Asadulla kulimsiradi.
— Rost, tavba qilishga undagan.
— Endi o‘zi tavba qilyapti, ishonsa bo‘ladimi?
— Tulkining tavbasidan, mug‘ambirning navhasidan qo‘rqish kerak. Yana kim biladi, balki chindan ham tavbasiga tayangandir?
— Hozir shu odam bilan gaplashasan. Hazratning qaerdaligini aytsin.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:39:33
Tal’at maqsum bilan Asadulla sakkizinchi yilda tanishgan edi. Jadidlar safiga qo‘shilgan bu yigit davralarda maorif haqida ko‘p gapirardi. Ana shu sergapligi tufayli ham Asadullada noxush taassurot qoldirgandi. Asadullaning o‘zi kamgap, sermulohaza bo‘lgani sabablimi, ko‘p gapiradiganlarni uncha xushlamasdi. «Ko‘p gapiradiganlar amalda kam ish qiladilar», deb hisoblar edi. O‘shanda ham Tal’at maqsum maorif haqida ko‘p gapirar edi-yu, ammo yangi maktab ochish yoxud ochilganlarida ishlashni o‘ylamasdi.
O‘n yettinchi yilda surgundan qaytgan Asadulla o‘zini yana maorif ishiga urgan edi.
Bahor adoqlay boshlagan pallada odamlar Shayhontahurga oqdi. Mardikordan qutulib kelganlar shu yerga to‘plandilar. Olomon qalqib turgan zamon edi. Siyosatni to‘la anglab yetmagan aholini har kim o‘z maslagi tomon og‘dirish yo‘lida bo‘lardi. Demakki, bunday yig‘inlarda kattayu kichik firqa, to‘da, jamiyatlar yeng shimarib, maydonga tushardi. Kimki xalq dilidagisini topsa — marra o‘shaniki.
Bu yig‘in xabarini eshitgan Asadulla ham boshqa do‘stlari qatori ota mahallasiga kelgan edi. Notiqlardan biri Kerenskiyni alqay boshladi. Xudodan o‘ris askarlariga g‘alaba tiladi.
Bu azamat notiq besh-olti oy muqaddam «podsho imperator a’zam Nikolay hazratlari»ga uzoq umr tilagandir. Zamon o‘zgardi-yu, duoning mazmunini ham o‘zgartirib qo‘ya qolibdi. «Ikki-uch yil vatandan uzoqda, xorlikda, it azobida mehnat qilgan, qancha yoronlarini o‘rmonlar, botqoqlar bag‘riga dafn etib, ko‘zlaridan yosh emas, qon oqqan, muhoriba nima ekanini bilib qaytgan odamlar endi Xudoga nola qilib, Kerenskiyga g‘alaba tilasharmikin? Muhori baning davom etuvi boshdagi kulfat toshlarining ko‘payishiga olib kelishini xalq anglamaydi, deb o‘ylaydilarmi ular?»
Asadulla shu g‘azabnok fikrlar changalida turganida kimdir bilagidan ushladi. Yoniga o‘girilib ko‘rdiki, eski tanishlaridan biri — Tal’at maqsum. Bo‘ydor, yelkador bu yigit qorin qo‘yib yanada basavlat bo‘libdi. Darvoqe, to‘rt yil oldin u kelishgan yigit edi, endi katta kishi kelbatida. Burniga qo‘ndirilgan to‘garak ko‘zoynagi katta yuziga yarashmabdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:39:39
— Asadulla afandim, sizni ko‘rar kun bor ekan-ku, a? — dedi u past ovozda.
Asadulla surgundan qaytganidan keyin ularni ko‘rishga oshiqmagan edi. Tal’at maqsumning bu gapini gina o‘rnida qabul qilib, o‘zini sal noqulay sezdi.
— Vatanga qaytib, rohatda bo‘larman, desam, Toshkandni doshqozonga aylantirib, tagiga o‘t qo‘yib qaynatib yuboribsiz-ku, — dedi u gapni hazilga burib.
— O‘t qo‘ymasak, osh pishmayapti, — dedi Tal’at maqsum, tagdor qilib.
— Jadidlarimizning vazifalari nima: go‘lahlikmi, o‘tin keltirishmi yo haybarakallachilikmi?
— Jadidlar yo‘q endi, «Sho‘roi islomiya» bor.
Asadulla bir zum o‘ylanib qoldi.
— Demak, jadidlarning bari...
— Hammasi emas, yuragida yurt tuyg‘usi qolganlari. Boshqalari o‘zga yo‘llarda.
— Shunday bo‘lishi tayin edi. Yagona maslaksiz birlashuv — qog‘ozni tupuk bilan yopishtirishday gap. Buni endi tushungandirsiz?
— Asadulla afandi, endi maslak bor, aniq yo‘l mavjud. Sizday odamlar rahnamo bo‘lmoqlari kerak.
— «Sho‘roi islomiya»gami? Rahnamolari bor shekilli? — Asadulla shunday deb minbarga imo qildi.
— Sizning kelganingizni Qori akamdan eshituvdim, — dedi Tal’at maqsum, Asadullaning kinoyasiga parvo qilmay. — Siz bilan uchrashish niyatlari bor ekan.
— Sababini bilarsiz?
Tal’at maqsum ayyorona jilmaydi:
— Bilaman. Jamiyatimizga gazit kerak. Bu ishda sizning oldingizga tushadigani yo‘q. Bokuga borib, arabcha harflar olib kelib, gazit chiqarganlaringiz esimizda.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:39:46
Vatan mehri agar bo‘lsa dilingda ishq savdosi,
Otil, nuri ozodliqqa, o‘zingni misli Farhod et... —
degan satrlarni ham unutganimiz yo‘q. Farhodlikdan yuz o‘girmagandirsiz?
— Yuz o‘girganimcha yo‘q... Ammo maqsum, baytni o‘zingizga ma’qul tarzda yodlash odatingiz chakki. Xotirim faromushlik qilmasa, men «nuri ozodlik» emas, «nuri maorifg‘a» deb edim shekilli?
— Ammo maorif — ozodlik yo‘li, shunday emasmi? — Tal’at maqsum Asadulladan javob kutmay davom etdi. — Qori akamning uylarini bilasiz, a, ertaga kutishsinmi?
Asadulla shartta rad javobini bermoqchi edi. Biroq nimadir ushlab qoldi. O‘sha «nimadir»ni keyin ham ko‘p o‘yladi. Lekin anglashga qurbi yetmadi. «Sho‘roi islomiya» gazetidan o‘z maqsadida foydalanmoqchi edi, deyilsa, o‘sha onda bunday fikr uyg‘onmagan edi. Bu fikr oqshomda, depodagi o‘rtoqlari bilan maslahatlashganda yuzaga chiqqan edi. Jadid oshnasining yuzidan o‘tolmadi, deyilsa — kulgili hol.
Qo‘shtutdagi bu uyda Asadulla ilgari bir necha marta bo‘lgan. U Tal’at maqsum yetkazgan taklifni qabul qilgandan keyin bu uyda qanday kutib olinishini ko‘p o‘yladi. Turli tahminlar qildi.
Bularga gazetachi muharrir lozim ekan, Toshkentda gazetachi kammi, qalam ahliga qahat kelibdimi? Nima sababdan Asadulla Mira’lamga xaridor bo‘lib qolishdi? Bir paytlar jadidlar safida bo‘lgani uchunmi? Maorif uchun jon kuydirgani, muallimlar orasida obro‘yi balandligi uchunmi? Bokudan arabcha harflar olib kelib, gazit chiqarganini unutishmagan emish. Unda «Shuhrat» gazetasining yashirin temir yo‘l inqilobiy qo‘mitalar bilan, Orenburgda yashirin chiqadigan «Soldat» degan ruscha gazeta bilan aloqada bo‘lgani, bu faoliyatining oxir-oqibati nima bilan tugagani ham yodlaridan ko‘tarilmagandir?
Qo‘shtutni qoralab yo‘lga chiqqan Asadullaning xayoli shu o‘ylar, gumonlar bilan band edi. U yo‘l-yo‘lakay do‘sti Mirmuhsinnikiga kirib, maslahatlashdi. Shu sababli ham Munavvar qorinikiga kechikib keldi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:39:53
— Surgun degan ofatdan qutulib kelganingiz muborak bo‘lsin, — dedi Munavvar qori unga quchoq ochib. Yaratganing ishiga ba’zan tushunmay qolaman. Sizday donishmand odamga shu azobni ravo ko‘rsa-ya!..
— Arining zahrini chekmagan bolning qadrini bilmas ekan. Surgun bahona Vatan, ozodlik qadriga yetdik.
— Ko‘rganingiz shu bo‘lsin, qani, to‘rga marhamat.
Asadulla bu takallufni inkor etmadi.
— Jadidlikni o‘zingizga nomunosib ko‘rganingizdan so‘ng, safimizda parokandalik bo‘ldi, xabaringiz bor, ko‘p fozillar o‘zga yo‘l tutdilar. Vallohi, bu harakatlarning barchasi chakki, — dedi Munavvar qori. — Negaki, siz O‘rda bo‘yiga Miroboddan kelasiz, men esam Shayxontahurdan. Yo‘limiz bo‘lak, ammo marramiz bir.
— Qirg‘og‘imiz-chi?
— Gap qirg‘oqda emas. Eng muhimi ichadigan suvimiz bir. Ya’ni siz ham millat deysiz, biz ham. Siznig:
«Marizing bir tarafdan, bir tarafdan xorsan — millat!
Badandan doimo qon oldurar bemorsan — millat!» —
dagan satrlaringizni unutganimizcha yo‘q. Endi bemorni davolash vaqti yetdi.
— Millatni johil ulamolar ishtirokida davolamoqchimisiz?
— «Sho‘roi islomiya» — johil ulamolar to‘dasi emas. Bunda ma’rifat deb jon kuydiruvchi do‘stlaringiz ham bor, tijorat ahli, katta-kichik sarmoya egalari, ziyo istagidagi mullalar...
— Mullarlarning ziyo istashini bilmagan ekanman.
— Hammani bir qarichdan o‘lchashingiz chakki. Johil mullalarga mening ham tob-toqatim yo‘q, bilasiz.
Munavvar qori «Sho‘roi islomiya»ning maqsadini tushuntira ketdi. Asadullaning ziyrak fahmi uning bayonidan ko‘p narsani ilg‘ab oldi. «Mmaslaksiz to‘da», deb yanglishibman. Qadamni katta olmoqchi bular. Uchrashganim yaxshi bo‘libdi». Asadulla shu qarorga kelib, hamkorlik qilishga rozilik berdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:40:00
Sarmoya bo‘lsa gazetani chiqarish oson ekan. Asadulla ortiqcha urinishsiz ish boshladi. Mirmuhsin so‘zida turdi: «Ikki tarixiy voqea» degan kattagina maqola yozib berdi. Podsho ag‘darilganini aytib turib, din ahli johilligini fosh etib, «Sharhi mulla»ni yoqishga undagan bu maqolani Asadulla hech bir tap tortmay bosmaga berdi.
Gazeta chiqqan kuni idorasiga to‘rtta chapani yigit kirib, ura-ura uni izvoshga olib chiqdi. Keyin o‘zini zax yerto‘lada ko‘rdi. Maqoladan ba’zilaning norizo bo‘lishini kutgan edi. Ammo bu holga tusharman, chapanilarning mushtini yeb, yerto‘laga tashlanarman, deb o‘ylamagan edi. Baqamti kelganimda norizolarga tushuntirarman, deb bahona tayyorlab qo‘ygan edi. Endi uni kimga aytadi? Uning so‘zlarini tinglasharmikin? Umuman, bu yerdan tirik chiqarmikin? Oilasi ham, depodagi o‘rtoqlari ham endi uni izsiz yo‘qotishdi. Ertalab idoraga ketyapman, deb chiqqan. Boshqa gapni bilishmaydi. Depodagi inqilobiy qo‘mita dindorlarga da’vo qilishi mumkin. Lekin, bular «biz ham yo‘qotib qo‘ydik, o‘zimiz ham garangmiz», deyishsa-chi?
Asadulla xayolan ming ko‘chaga kirib chiqdi, ammo yorug‘lik yo‘lini topmadi. Birdan Mirmuhsinni esladi: uning ahvoli nima kechdi ekan? Unga zug‘um qilishmadimikin? Maqolada nomini yashirib, taxallus bilan chiqarsa bo‘larkan, shu ishi xom bo‘libdi.
Asadullaning suyaklari zahdan zirqirayotgan damda Sebzor ahli eshakka teskari mindirilgan, yuziga qora chaplangan odamni tomosha qilardi. G‘ulomxon qoziga ro‘para qilinganida ham shakkokning tavba o‘rniga: «Sharhi mulla»ni yoqing, odamlar», deb hayqirish, ularga ajab tuyuldi.
Asadulla bu voqeadan bexabar, do‘stining taqdiridan xavotirda edi.
U yerto‘lada qancha o‘tirganini bilmadi. Mo‘ljali bo‘yicha kunni ham, tunni ham o‘tqazdi. Umidlari asta so‘na boshlaganda yerto‘la eshigi ochilib, zinada odam qorasi ko‘rindi. Asadulla to Tal’at maqsum tushib, ovoz bermaguncha uni tanimadi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:40:08
... Asadulla Shuvalovning yonida o‘tirib, shularni xayolidan o‘tqazdi.
Kogon turmasidagi tor, zax xonada Tal’at maqsum yolg‘iz edi. Temir panjara bilan to‘silgan tuynukdan yopirilgan nur xonani ojiz yoritib turardi. Tal’at maqsum eshik og‘zida paydo bo‘lgan Asadullani ko‘rdi-yu, hayajondan o‘rnidan turib ketdi. Quchoq ochib, unga peshvoz yurdi.
— Mahbus, joyingizga o‘tiring!
Soqchining dag‘al tovushi uni to‘xtatdi.
— Asadulla afandi, siz meni yaxshi bilasiz, maslakdosh edik, men jinoyatchi emasman, muallimman, ayting ularga.
— Muallimligingizni kech, juda-juda kech eslabsiz, Tal’at maqsum.
— Gapirmang, Asadulla afandi, gapirmang, boshim tars yorilib ketadi hozir. Istasangiz yalinay, istasangiz oyog‘ingizga bosh uray, tavbamni yetkazing ularga, Toshkandimizga qaytarishsin, maorif ishidan bo‘lak yumushlarga bosh suqmayman. Maorifdan o‘zgasini o‘ylasam, kalomullo ursin! Xizmatingiz evaziga bir sir aytaman sizga.
— Ayting.
— Avval va’da bering.
— Maqsum, savdolashmaylik, aytgingiz bo‘lsa ayting, bo‘lmasa yo‘q.
U ikkilanib o‘yga toldi. Nihoyat, bir qarorga kelib, tilga kirdi:
— Vakolangizda g‘ayri fikrli odamlar bor.
— Kim?
— Ikki kishiligi ma’lum menga, ammo nomlarini bilmayman.
— Maqsadlari?
— Vakolangiz Kobulga yetib bormasligi kerak.
— Bizning aynan shu kunlarda yo‘lga chiquvimizni qaerdan bildilaring?
— O‘sha odamlardan.
— Siz o‘zingiz nima qilib yuribsiz, bu yerlarda?
— Manzilimiz Buxoro edi.
— Shuginami?
— ...
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:40:15
— Yashirmang, Tal’at maqsum. Siz Buxoroni ziyorat qilgali kelmagansiz. Hazrat qani?
— Hazratni ko‘rmadim. U boshqa, biz boshqa yo‘l bilan borishimiz kerak edi.
— Nima uchun?
— Nima uchun bo‘lardi, sizlarni chalg‘itish uchun-da.
— Sizning vazifangiz nima edi?
— Biz Turkistonning kofirlar zulmidan azob chekayotganiga kafolat berishimiz lozim edi.
— Kimga?
— Afg‘on amiriga... Istasangiz, yana bir sir aytay sizga... Uyingizni Muhiddin degan yigit yoqqan.
Bu gapni eshitib, Asadulla uzoq o‘y surdi, so‘ng ijaraga boshpana so‘ragan yigitni esladi: «Yuzida chandig‘i bor edi shekilli?»
— O‘sha odamning yuzida chandig‘i bor edi-a? — deb so‘radi Asadulla. — Shundaymi, a?..
— Ha, bor, uni taniysizmi?
— Taniyman... — Asadullaning boshi qizib, ko‘kragida sanchiq turdi, qo‘l-oyog‘i darmonsizlandi. Picha o‘tgach, chuqur nafas olib, og‘riqdan bir oz holi bo‘ldi.
— U «Ulamo»ning o‘sha hukmini bajarmoqchi bo‘lgan, baxtingiz bor ekan, qutulib qolibsiz.
«Baxtingiz bor ekan?..» Asadulla bu gapni eshitib, dodlab yuboray dedi. Baxti bor ekanmi? Bu baxtning nima keragi bor unga? «Ulamo»ning hukmini ijro qilibdimi u iblis? O, bilganda edi, ularning bu qadar razilliklarini, bu qadar vahshiyliklarini bilganda edi. «Ollohga shak keltirgan Asadulla Mira’lamning jazosi — o‘lim», deb hukm qilganlarida to‘g‘ri borib kundaga boshini qo‘yib bermasmidi?
Hozir g‘azabga, xotiralar oloviga beriladigan payt emas edi. Asadulla chuqur-chuqur nafas olib, o‘zini bosdi.
— Tal’at maqsum, siz ko‘p narsalarni bilasiz, ammo aytgingiz yo‘q. So‘roq qiluvchi o‘rtoqqa yashirmay ayting hammasini. Bo‘lib o‘tgan ishlardan ham, rejadagilarni ham. Men siz bilan uzoq qola olmayman.
— Va’dangizda turasizmi, meni Toshkandimizga qo‘yib yuborishadimi?
— Tal’at maqsum, men ularga kafolat beraman. Jinoyatlardagi ulushlaringizga qarab, ajrim qilishadi.
— Bu — nohaqlik! Siz o‘ch olyapsiz!
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:40:23
— Maqsum! — Asadulla baqirib yuborganini o‘zi ham bilmay qoldi. Eshik ochilib, soqchi ko‘rindi. Asadulla, badaniga titroq yugurgan bo‘lsa ham o‘zini bosib gapirdi: — Tal’at maqsum, birgina mening uyim kuygan bo‘lsa mayliga edi. Bir qarang atrofingizga, qancha-qancha yoziqsiz mazlumlarning uyi kuydi ekan. Uyaling, shunday deyishga, — Asadulla shart burilib, dahlizga chiqdi.
Asadulla Shuvalovning yoniga kirib, bo‘lgan gaplarni aytdi.
— Ikki odam bor ekanmi? Kim bo‘lishi mumkin? — dedi Shuvalov.
— Biri Irisov, bunga shubham yo‘q.
— U... Toshkentda qolmadimi?
— Biz bilan qaytyapti.
— Toshkentda hech kim bilan uchrashmagan. O‘rtoqlar kuzatishdi. Qiziq... nimaga qaytyapti?
— Afg‘onlar hali-beri yo‘lga chiqishmaydi. Shuning uchundir?
— Bo‘lsa bordir. Lekin sen bilan birga qaytishi... «Men Irisov emasman, bilib qo‘y, men sen bilan birgaman, sendan qo‘rqmayman», deganimi yo? Demak, azizim, yo‘lda zerikmas ekanmiz. Xo‘-o‘sh, ikkinchisi kim?
— Shunga boshim qotdi?
— Ushinskiymi?
— Undan nimaga shubhalanyapsiz?
— Hamma narsadan xabardor bo‘lishim kerak, deyapti-ku? Yo Xmarinmi? U biz uchun sinalmagan odam. Balki muhojirdir?
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:40:30
— Mendan shubhangiz yo‘qmi, Vitaliy Sergeevich?
— Piching qilma, Mira’lamov, ikkita odamdan bittasini topishimiz shart.
— Balki ikkita deb chalg‘itgandir?
— Yo‘q. Agar vakola Kobulga yetib bormasligi kerak, degan vazifa qo‘yilgan bo‘lsa, bitta odamga suyanilmaydi. Uch-to‘rttaga ishonaman-ku, ammo bitta odam qo‘yilishiga ishonmayman. Maqsadlari faqat bizning safarimizga to‘sqinlik qilish emas, amirni qayrashmoqchi. Ikki amir bir bo‘lib urushga kirishsa, janubimizda ham halovat yo‘qoladi. Bu uzoqni ko‘zlagan harbiy taktika! Bu ishni hazratga o‘xshagan bitta-ikkita odam qilmaydi. Ularning orqasida boshqa kuchlar bor.

* * *

Poezd ertalab belgilangan vaqtda yo‘lga chiqmadi. Kecha oqshom Said Olimxon mulozimlari kelib, afg‘onlarni amir qarorgohiga chorlab olib ketgan edi. Afg‘onlar kun yoyilganda qaytdilar. Said G‘afforbek Mirza Qandilxon yonida viqor bilan yurib keldi-da, Asadullaga muloyim salom berib, afg‘onlarga ajratilgan qo‘shni vagonga chiqdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:40:46
II b o b
UMID YULDUZI


1

Lord Chelmsford Vaziristondan kelgan xabardan butunlay gangib qoldi. O‘tgan kuni shimoli-g‘arb chegara viloyatidan olingan noma qabila boshliqlarini hech qanday pulga sotib olish mumkin emasligini bildirgan edi. «Bu — Shimoliy Hindistondagi ahvol chatoq, degan gap, — deb o‘yladi Chelmsford. — Bosh shtabning bugungi axboroti esa Kobulning hali-beri taslim bo‘lmasligini aniq qilib qo‘ydi. General Nodirxonning qo‘shini o‘tgan haftada Sulaymontog‘da g‘oyib bo‘lgan edi. Tal shahri ostonasida qo‘qqis chiqib qolgani nimasi? Yana zambaraklari bilan! Bosh shtabning xabariga ishonsam, afg‘onlar xaritada belgilanmagan yo‘llar bilan kelishgan. Bu qanaqasi?! Xaritada belgilanmagan yo‘llar yana bordir balki. Ularning biri Simlaga — Bosh shtabga olib kelmaydimi? Yana biri Dehliga boshlar...»
Chelmsford bosh shtabdan kelgan nomani yirtib tashladi. Qo‘ng‘iroq tugmasini bosib, Gamilton Grantni chaqirtirdi.
O‘n yettinchi yilning adog‘ida Chelmsford Londondan telegramma olgan edi: «Biz bolsheviklarning g‘oyat xavfli varaqasidan xabar topdik. Rus hukumatining Rossiya va Sharq musulmonlariga, ayniqsa, Eron va Hindiston xalqlariga murojaati bizni xavotirga soldi. U mumkin qadar uzoq vaqt qo‘l ostimizdagi xalqlar uchun sir tutulmog‘i shart». Oradan ko‘p o‘tmay noib-qirol o‘sha «g‘oyat xavfli varaqa» bilan ham tanishdi: «Endi jim turmoq mumkin emas. Vaqtni boy bermay, mutelik zanjiridan qutulingiz, mustabidlarni mahv etingiz. Tabarruk tuproqlaringizning zolimlar oyog‘i ostida toptalishiga yo‘l qo‘ymangiz! O‘z yurtingizga o‘zingiz egalik qilingiz! O‘z xohishingizga ko‘ra hayot kechirishga haqqingiz bor. Taqdiringiz o‘z qo‘lingizda!..»
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:40:54
Lord Chelmsford hozir shuni esladi. Aniqrog‘i, bu xavfli chaqiriqlarni hali unutganicha yo‘q. Hindistonning qaerida g‘alayon ko‘tarilsa bot-bot eslaydi. Mayda g‘alayonlar tobora yiriklashib, mana endi subsidiyaga qanoat qilayotgan «chivinday mamlakat» katta g‘avg‘olar boshladi. Bu oxir-oqibat Chelmsfordni Hindistonda qolish yo qolmasligiga ta’sir o‘tkazmasa edi. «Qay masalani hal etishda yanglishdim? Habibulloxonni o‘ldirilishidami? Bolsheviklarning varaqalari bu yerga qanday yetib keldi?»
Chelmsford notinchlik boisini xalqning to‘lib-toshgan sabr-kosasidan izlamas edi. Zero, ezilgan fuqaroning dardi unga begona, mazlumning nolasi esa tushunuksiz edi. Shuning uchun ham u vaziyatga to‘g‘ri baho berish qudratidan mahrum edi.
Gamilton Grant kirib kelganda ham u hali xayollar domida edi.
— Oradan oy o‘tyapti, — dedi noib-qirol, unga bir qarab olib. — Bir haftalik urush deb ishontirgan edinglar.
Gamiltonning tili gapga kelmay, yelka qisdi.
— General Yustesning holi tang. Talni ushlab qololmaydiganga o‘xshaydi.
— To‘xtatish kerak.
— Kimni, afg‘onlarnimi? — dedi Chelmsford ovozini balandlatib.
— Urushni... urushni to‘xtatish kerak.
Chelmsford odamni tahlikaga solishi mumkin bo‘lgan o‘tkir nigohini Gamiltonga qadadi.
— Keyin-chi?
— Afg‘onlarning o‘ylab ko‘rishiga fursat beramiz. Bizning yordamimizsiz ular uzoqqa borisholmaydi.
— Rossiyaning yordami-chi?
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:41:02
— Rossiya yordam berish qudratiga ega bo‘lguncha mamlakatning sillasi quriydi. Omonulloxon tavbasiga tayanadi. Shu urushning o‘ziyoq uni nochor ahvolga solib qo‘ydi. Ma’lumotlarga qaraganda saroydagi ayrim qimmatbaho mollar sotilgan. Ruhoniylar urushdan norozi. Bu katta gap. Buxoro amiri bu tentak Omonulloxonga ta’sirini o‘tkaza oladi, deb o‘ylayman. Buxoro Qizil Turkistonga urush ochishi bilan Afg‘oniston o‘z-o‘zidan jihodga qo‘shiladi. Turkiston yerlari hisobiga mulkni kengaytirishdan qaytadigan amir hali dunyoga kelmagan. Hatto Habibulloxon ham shunaqa umidda edi.
— Yanglishmasam, Habibulloxonning Hindistonga ham ishtahasi bor edi, a?
— Habibulloxon ahmoq, xomxayol edi.
— Gamilton, bas qiling, — dedi Chelmsford jahl bilan, — bu safsata, bu xom rejalarga hatto o‘zingiz ham ishonmaysiz. Toshkentdan yangilik bormi?
— Bor, ser. Omonulloxonning elchilari Toshkentda to‘xtab qolganlar. Toshkent — Moskva yo‘li berk... Lekin... Moskva Leninning Omonulloxonga javob maktubini ochiq matn bilan Toshkentga bergan. Kobulga qanday yetkazilishi sir.
— Ruslarning elchisi-chi?
— Yo‘lga chiqishgan. Elchi — Xmarin. Eronda bir tasodif bilan omon qolgan edi.
— Ana, ko‘rdingizmi? Eronda tasodif bilan omon qolgan. Bir tasodif bilan yo‘lga chiqdi. Yana bir tasodif bilan Kobulga yetib keladi. Keyin qarabsizki, diplomatik aloqa o‘rnatilib, shartnomalar imzolanib turibdi!
— Ser, ular hali Kobulga yetib kelishgani yo‘q. Biz hammasini aniq rejalashtirganmiz.
— Gamilton, ular chegaradan o‘tgan kuni bu yerdan qorangiz o‘chadi.
Gamilton bosh egdi.
— Xotirjam bo‘ling, ser, biz hali siz bilan birga ko‘p ishlaymiz.
Chelmsford uning bu surbetligidan g‘ashi kelib, «boring», deganday qo‘l siltadi. Gamilton yengil ta’zim qilib chiqib ketdi.
O‘sha kuni Chelmsford Bosh shtabga buyruq jo‘natdi. Bir oy davom etgan urush Buyuk Britaniya uchun samarasiz barham topdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:41:11
2

Tashvishni botmonlab bergan, fursati kelganda shodlikni ham qo‘sha-qo‘sha berarkan.
Bir oy mobaynida yurtni bosib turgan rutubat ko‘tarilib, hech kutilmaganda quyosh ko‘rindi.
Bomdoddan so‘ng boqqa chiqqan Omonulloxonning ko‘ngli ravshan tortdi. Nazarida Kobulda hech mahal bugungiday beozor tong otmagan edi. Osmon tiniqligi shu bugungiday bokira, qushlar chug‘uri shu bugungiday serjarang, barglar shiviri shu bugungiday huzurbaxsh bo‘lmagan edi. Bu tong unga uzoq xastalikdan forig‘ bo‘lib, ko‘zi charaqlab ochilgan kishi quvonchini nasib etdi.
Avval sardor Nodirxonning sarhadni kechib o‘tib, inglislarni g‘aflatda bosgani haqidagi xabardan ko‘ngli yoz bo‘ldi. Otasining o‘limida uning ham aybi muqarrar deb bir necha kun hibsda ushlab turganiga, sardor salorlik unvonidan mahrum qilganiga pushaymon yedi. Vaqtida insof berib, sardorni ozod etgani, unga qanot qo‘shinni ishonib topshirganidan bir nav quvonib, Xalloqi olamga shukrlar aytdi. Kecha oqshom esa barqi ibtilo1 barham topgani, inglislar muhoribani bas qilgani haqidagi xushxabar bag‘ri-dilini yoritib yubordi. Qorong‘ilik elchisi bo‘lmish oqshom yurtning quyoshli kunlari boshlangani haqida xabar keltirdi.
«Jannatmakon padarim to so‘nggi nafasiga qadar jur’at qilolmadi. Hazor-hazor lashkari bo‘lgani bilan inglisning ahvoli bu ekan. Bir oylik zarbamizdan hayiqdi. Buyuk Afg‘onistonning ozodligiga endi kim shak keltira oladi? Hech kim!» Amir xayoliga kelgan bu gapdan kulimsirab qo‘ydi.
Orqa tomonda oyoq sharpasi kelib, amir shart o‘girildi.
— Amir sohib, xushxabar oldik, — dedi Tarzi unga yaqinlashib.
— Lashkarimiz Simlaga yetibdimi? — dedi amir hazil ohangida.
— Bundan ham a’lo xushxabar, amir sohib. O‘rusiya poytaxtidan javobnoma yetib keldi. — Tarzi shunday deb qo‘lidagi qog‘ozni uzatdi.
— O‘qing, — dedi amir nomani qo‘liga olmay.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:41:24
Tarzi burniga ko‘zoynagini qo‘ndirib, o‘qishga tutindi:

«Afg‘oniston amiri amir Omonulloxonga.
Ozod va mustaqil afg‘on millati nomidan rus xalqiga salom yo‘llab yozilgan hamda siz, hazrat oliylarining taxtga o‘tirganingiz xabar qilingan ilk maktubni olib, ishchi-dehqon hukumati va butun rus xalqi nomidan o‘z ozodligini xorijiy mustabidlardan qahramonona himoya etgan mustaqil afg‘on xalqiga shoshilinch javob salomini yo‘llaymiz. Siz, hazrat oliylarini, 1919 yil 21 fevralda taxtga o‘tiruvingiz munosabati ila muborakbod etamiz...
... Mazkur salomnomani afg‘on xalqiga yo‘llar ekanmiz, o‘zimizni behad baxtli hisoblab, siz hazrat oliylaridan xalqingiz do‘stlarining do‘stona ta’zimini qabul qilishingizni so‘raymiz.
Moskva shahrida 1919 yilning 27 may kuni yozildi».

Tarzi qog‘ozdan ko‘zini olib, amirga qaradi. Omonulloxonning nigohi uzoqqa, poytaxt etagi borib tutashgan ufqda edi. U eshitganlarini bir-bir xayolida takrorlab, mushohadaga berildi. Tarzi undan sado chiqishini ancha kutdi.
— Sho‘ravi Rusi bizga bag‘rini samimiy tarzda ochgani rost bo‘lsa, endi bu yurt orqali Ovruponing barcha yerlariga boruvimiz mumkin. Mustaqil Afg‘oniston yo‘llari ochildi.
Amir Rossiyaning g‘arbidagi davlatlar bilan hali-beri til topisha olmasligini hozir, shu topda xayoliga keltira olmas edi. Uning fikricha, Afg‘onistonning yagona dushmani — Ingliston, qolgan mamlakatlar esa ular bilan bajonidil do‘st tutinadilar. Omonulloxon achchiq haqiqat bilan keyinroq, yil oyoqlaganda, RSFSR Tashqi ishlar xalq noziri Chicherindan noma olib, g‘arbdagi mamlakatlar Muhammad Valixonning safariga monelik bildirganlaridan xabar topganida yuzma-yuz keladi. Hozir esa bu noxushliklardan ancha berida, dastlabki quvonchli xabar og‘ushida nekbin rejalar tuzadi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:41:31
— Xushxabar faqat shugina emas, amir sohib. Chopara muxtor vazirimizning Toshkentga yetganini ham xabar qildi. Toshkentda Kobulga qarab Sho‘ravi Rusi vakolasining yo‘lga chiqishiga harakat bor emish.
— Nur alan-nur. Shimoldagi noiblarga farmon jo‘nating, saforat ishlari bilan kelmish Sho‘ravi Rusi a’yonlariga afg‘on xalqining eng aziz mehmonlari qatorida izzat ko‘rsatilsin. Ziyon-zahmatsiz yetib keluvlari uchun javobgardir ular.
Amir bir-ikki qadam yurib, yana to‘xtadi.
— Padarim O‘rusiyaning niyatini bilmoq istagida edi, — dedi o‘ychan ohangda. — Arqonni uzun tashladi, behad uzun tashlab yubordi. Bu faqat Inglistonga naf berdi, katta naf berdi. Endi nadomatdan ne foyda? Kamolni o‘ylamoq vaqti yetdi. Endi tijorat ishlarini yo‘lga qo‘ymoqni mulohaza qilish darkor. Ovrupo bilan bo‘lajak tijorat ishlarini afg‘on savdogarlari qo‘liga bermoq lozim. Ibriylar, tojiklar, o‘zbeklar tijoratda afg‘onlarni siqib qo‘yishlari barham topmog‘i shart. Afg‘on tijorat ahli bunga qodirmi?
— Shak-shubhasiz, «Semmar» tijorat jamiyati — qand, quruq meva bo‘yicha, «Omonie» — teri, «Birodaroni afg‘on» attorlik, gazmol bo‘yicha mustaqil ish yuritishlari mumkin.
— Bu kifoya emas. Bu bahr yuziga tomgan shabnam, xolos. Yaxshi qo‘shniga ega bo‘lgan yurt bunga kifoya qila olmaydi.
Amir shunday deb bog‘dan chiqdi. Ikkinchi qavatga ko‘tarilib, mukammal bejalgan serbar xonasiga kirdi-da, yumshoq o‘rindiqqa o‘tirib, qaynotasiga yonidan joy ko‘rsatdi.
— Olloh ko‘nglimga yaxshi niyat soldi, — dedi.
— Muborak bo‘lsin, - dedi Tarzi.
— Mustaqilligimiz hamda muhoribadagi g‘alabamiz sharafiga yangi dorulsaltanat bino qilamiz. Unga... Dorul Omon deb nom beramiz. Bu istagimizni «Siroj ul axbor»ingiz orqali fuqaroga yetkazing. Darvoqe, — amir kursi ustidagi gazetani qo‘liga oldi, — qo‘shiqlar beribsiz, o‘zingiz yozganmisiz?
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:41:38
Amir javob kutmay o‘qidi:

Inglislar uylarimiz xonavayron ayladi,
Yulduz misol tillo sochib, tangu sarson ayladi.
Niyati qul qilmoq erdi, bizni hayron ayladi,
Qon qusgan yurt bo‘ldi do‘zax, ani makon ayladi.

— Durust aytilgan. Do‘zaxni makon aylaganlari rost.
— Amir sohib, bu qo‘shiq fuqaro og‘zida yuribdi, men to‘qiganim yo‘q. Sho‘rbozorda eshitib, yozib olib, menga keltirdilar.
— Dono odam to‘qibdi. Nomi ma’lum bo‘lganda zarga o‘rar edim.
— Bu qo‘shiq qalbning mahsuli. Bu qalb zarga emas, ozodlikka muhtoj edi, yetishdi. Unga bundan ulug‘ mukofot darkor emas.
— Sho‘rbozorda shunday qo‘shiqlar aytilar ekan, yurt osoyishtaligidan ko‘nglim to‘q, — dedi amir shodligini yashirmay.
— Ko‘ngilto‘qlikka hali fursat bor. Qo‘shiqlarni eshitmay, deb quloqlarini berkitib oladiganlar hisobsiz hali.
— Biz bu quloqlarga qo‘rg‘oshin quyamiz. Bunga qudratimiz yetadi, ha!
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:41:45
3

«Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Musulmon ahlining umidi, dinimiz peshvosi, piri rohimiz, umrlari uzun bo‘lg‘ur piramandu donishimizga.

Ollohning inoyati ila yetib ma’lum bo‘lsinkim, Toshkanddin pok niyat ila yo‘lga chiqg‘on Mirkomil hoji Buxoroi Sharifga ziyon-zahmatsiz yetib keldilar. Mirkomil hoji Buxoro amiri Said Olimxon birlan uzoq suhbat qurib, musulmonlarning jihodi akbarg‘a ko‘tariluvida Buxoroi Sharif ila Afg‘oniston zimmasiga Olloh oliy sharaf yukini tashlaganini aytub ishontirdilar. Buxoro amiri Said Olimxon amir hazratning Afg‘oniston amiriga murojaati, yovgarchilikni bas qilub, Ingliston ila yarashmoq, Inglistondan yordam pullarini olmoq va shuning muvoziysida yov-yaroqlarga ega bo‘lmoqni taklif etib yozgan nomai muboraklari chopar ila yo‘lga chiqdi. Buxoroi Sharifga Inglistonning yov-yaroqlari va oltmish dono a’yoni yetub keldi. Ular jihodi akbarimizda o‘z ulushlarini qo‘shish nitini bildirdilar. Shu bois Afg‘onistonning Inglistonga qarshi yarog‘ ko‘tarmog‘i nojoizdur va amirning bunga amin bo‘luviga sizning donish so‘zlaringiz lozimdur.
Kuni kecha qulog‘imizga yetib kelgan xabar Toshkanddan sho‘ro vakolasi yo‘lga chiqqanini ma’lum qildi. Olloh ularning safarlarini barvaqt qaritgay. Agar tasodif bo‘lib, shaytonu lain ko‘magida qo‘limizdan chiqub, Kobulga yetishishsa, Pandin viloyati, Ko‘shk, Karki, Tirmiz qal’alarini iltimos qilmoq kerak. Bu holda O‘rusiya vakolasi kelishuvdan chekinadi. Bizga faqat fursat lozim. Omonulloxon O‘rusiyaning do‘st bo‘lmasligiga inongach, jihodi akbar fursati yetadi. Mazkur rejadan xabar topgan-topmaganingiz kaminaga noma’lum bo‘lgani uchun yana qisqa bayon etmoqni lozim topdim. Mirkomil hoji bu sahar Karki sari yo‘lga chiqadilar. Mazori Sharifda bul zot Hasanxon hazrat bilan eson-omon ko‘rishib, so‘ng safarlarini birgalikda davom ettiradilar. Bul ikki e’tiborli zotning amir Omonulloxon ila muzokara yurituviga o‘zingiz ko‘mak bergaysiz.
Duoyi bilonihoya va salomi mushtaqona addoyi muxlisingiz».
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:41:51
Qodir og‘a hazrat ko‘zlarini yumdi. «Bu qanday balolig‘ bo‘ldi? Inglistondek ulug‘ qudrat muhoribani nechun bas qildi. Yarashni Omonulloxon taklif etmagi o‘rniga, ular past keldilar. Omonulloxonni endi tizginlab bo‘lar ekanmi? O‘rusiya vakolasi Kobulga yetib kelgan taqdirda bu shakkok zinhor-bazinhor jihodga ko‘tarilmaydi...»
Qodir og‘a hazrat xayoliga kelgan bu fikrdan o‘zi ham seskanib ketdi. Beixtiyor qarsak chaldi. Eshik og‘zida o‘spirin ko‘rindi.
— Davot-qalam keltir, — dedi hazrat.
O‘spirin aytilganni muhayyo qilib chiqib ketgach, hazrat xat bita boshladi:

«Bismillohir ar-rahmonir ar-rohiym...
Mazori Sharifning noibi Vazir Adali hazrat noibga duoyi salom.
Ulug‘ Afg‘onistonimizning aziz boshiga yog‘ilayotgan kulfatlar, yog‘ilajak musibatlar munosabati ila sizga murojaat qilmakni lozim topdim. Omonulloxonning taxtga o‘tiruvidan norizo ekaningizdan benihoya quvondim, bu shijoatingiz va donoligingiz evaziga Ollohning marhamatiga erishgaysiz. Omonulloxonning aldangan sarbozlar qudrati ila taxtga erishgani Yaratganga maqbul kelmaydi. Halloq o‘ziga maqbul mo‘minga lozim ko‘radi taxtni. Shukrkim, yurtning asl amiri Nasrulloxon, amirzoda Inoyatulloxon sihatiga ziyon-zahmat yetmadi. Ularning joni saqlab qolingan ekan, taxtning ham qaytarib beriluvi muqarrardir. Taxt ularga ravo ko‘rilmagan taqdirda, sizdek musulmonsheva va xiradpeshalar borki, yurt amirsiz qolmas.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:41:58
Alqissa, xudodot yurtimiz taqdiriga kuyinmoq vaqti yetdi. Inglistonning muhoribani bas qilg‘oni yurtga kamol bermas, bil’aks, musibatlarga ro‘baru qilar. Shul bois, Omonulloxon Ingliston hukumatiga uzrnoma bitishi joizdirki, uning bunday qiluviga ishonchim yo‘q. Amir O‘rusiya ila do‘stlashmoqda, alar ko‘magiga umidvor. Bu umid iplarini qirqa olsak, Ingliston marhamatiga erishamiz, bu demak, Turkiston yerlari hisobiga Afg‘oniston mulki kengayib, qudratiga qudrat qo‘shilgusi, Amir nomasining Mazori Sharif orqali Tirmizga yetkazuvlari sizdan o‘tgan xatolikdir. Siz bunga yo‘l bermasligingiz lozim edi. Menga yetib kelgan axbor O‘rusiya elchilarining yo‘lga hozirlanayotganlarini ma’lum qildi. Vakola zinhor Mazori Sharifga kirmasligi darkor. O‘rusiya vakolasidan ilgari tuprog‘imizga Toshkanddin tabarruk zot qadam qo‘yadi. Sizning qanotingizdagi yana bir oliy zot hamrohligida u Mazori Sharifda uzoq qolmay, shoshqich Kobulga yetib keluvi shart. Sizning xizmatingiz, Yaratganning inoyati ila, inshoolloh, shunday bo‘lajak.
Shuning bilan birgalikda, ishonchli mulozimlaringizni daryoning u qirg‘og‘iga jo‘nating, ular O‘rusiyaning zulmi, Afg‘onistonning muruvvati haqida gap yoysinlar. Avomni bunga ishontira olsak, u yerlarni Afg‘oniston mulkiga qo‘shmoq oson kechadi.
Siz bilan xudodot yurtimizning omonli kunlarida diydor ko‘rishmak nasib etishini Ollohdan iltijo etib, duoyi joningiz qilib qoluvchi piringiz...»

Qodir og‘a hazrat nomani yana bir qayta o‘qib, ko‘ngli xotirjam topgach, qarsak chaldi.
— Akangni chaqir, — dedi u, ostona hatlab ta’zim qilgan o‘spiringa.
Bir zumdan so‘ng qoruvli yigit kirib keldi.
— Qalandarlar bilan safarga otlan. Mana bu nomani Mazori Sharifga tezlikda yetkaz. Boshing ketsa ketsin, nomaga o‘zgalar nazari tushmasin.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:42:14
III b o b
TAHLIKALI KUNLAR


1

Asadullaning ham, Shuvalovning ham tundlashib qolganini Ushinskiy sezdi. Asadullaga bir-ikki savol berib, tayinli javob ololmagach, toqati toq bo‘ldi. Chorjo‘yga yetishgach, Shuvalovning: «Yuklarni tushirmay turinglar», degan gapini eshitib, sabri chidamadi.
— O‘rtoq Shuvalov, nima gapligini balki bizga tushuntirib berarsiz? — dedi u istehzo bilan.
— Tushuntirib beraman, Veniamin Samoylovich, elchi bilan maslahatlashib olay-chi?
— Elchi bilan birgalikda maslahatlashamiz.
Shuvalov: «Bu qanaqasi?» — degan savol nazari bilan Asadullaga qaradi.
— Paysalga solmaylik, — dedi Asadulla, — tezdan bir fikrga kelib olishimiz kerak.
Uchovlari oldinma-keyin Xmarinning kupesiga kirdilar. Kiyimlarini jomadonga joylayotgan elchi bundan hayron bo‘ldi.
— Nikolay Zaxarovich, — dedi Shuvalov, — safarni qaysi yo‘l bilan davom ettirishni o‘ylab olishimiz kerak.
— Nimasini o‘ylaymiz, yo‘limiz aniq belgilangan. Bu yerda paroxodga o‘tiramiz, keyin Karki...
— Nikolay Zaxarovich, men faqat harbiy maslahatchi emasman, balki shu safar xavfsizligini ta’minlashga ham javob beraman. Shu sababli belgilangan yo‘lni o‘zgartirishni taklif qilaman.
— Sabab? — dedi Xmarin ajablanib.
— Ha, sababini ayting, — dedi Ushinskiy oraga suqilib.
Shuvalov yo‘l-yo‘lakay mulohaza yuritib, orada g‘ayri maqsadli odamlar borligini aytmaslikka qaror qilgan, bularning shunday savolni o‘rtaga qo‘yishlarini hisobga olib, javobni ham tayin qilib qo‘ygan edi, shu sababli kalovlanib o‘tirmadi:
— Biz Buxoro amiri yerlaridan o‘tib borishimiz kerak. Bunga amirning ruxsatini olgan bo‘lsak ham, yo‘limiz xatarli. Kutilmagan hodisaga duch kelishimiz mumkin. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, safarimizni to‘xtatishga qaratilgan harakatlar mavjud. Ular bizni aynan shu Karki yo‘lida kutishlari mumkin. Chunki, birinchidan, bu eng yaqin yo‘l, ikkinchidan, yurar yo‘limiz ularga ma’lum bo‘lishi kerak.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:42:21
— «Ular» deganingiz kim? — dedi Ushinskiy. — Said Olimxon odamlarimi?
— Kimligini aniq aytolmayman.
— Nimani taklif qilasiz? — dedi Xmarin o‘yga tolib.
— Mari, Ko‘shk orqali Hirotga o‘tish kerak. Bu yo‘l uzoq, shuning uchun bizni kutishmaydi.
— Safarimiz necha kun cho‘ziladi shunda? — dedi Ushinskiy norozi ohangda. — Yo‘q, o‘rtoq Shuvalov, siz vahimachi ekansiz. Yo‘lda pistirma bo‘lsa nima? Quruq qo‘l bilan ketayotganimiz yo‘q-ku? Undan tashqari, «elchiga o‘lim yo‘q», degan gap bor.
— Veniamin Samoylovich, hozir bunaqa qoidaga amal qiladigan zamon emas.
— Bahslashmanglar. Men o‘ylab ko‘raman, — dedi Xmarin.
— Bu nima deganingiz? — dedi Ushinskiy Xmaringa tikilib.
— Tushunmadingizmi? O‘ylab ko‘rib, bir qarorga kelaman.
— Yo‘-o‘q, azizim, bunaqa anarxiya ketmaydi. Birga o‘ylab, birga qaror qilamiz.
— Veniamin Samoylovich, men elchiman, demak, vakola hay’ati menga bo‘ysunishi kerak, diplomatiya qonuni bu.
— Bunaqa qonunlar imperator zamonasida qolib ketgan, bu boshqa zamon. Siz bizga, firqa guruhiga bo‘ysunasiz.
— Janoblar, uzr, grajdanlar, — dedi Xmarin tutaqib, — bu mutlaqo mumkin emas. Maslahatlaringizga albatta quloq solaman, ammo elchining yordamchilariga bo‘ysunishi... Agar bolsheviklar menga ishonishmasa, izimga qaytishim mumkin.
— Nikolay Zaxarovich, bu gapdan xafa bo‘lmang, — dedi Asadulla, uni shahdidan tushirish maqsadida. — Biz diplomatiya ishlaridan bexabarmiz. Lekin ko‘pchilik bilan bamaslahat bitadigan ish pishiqroq bo‘ladi. Bolsheviklar sizga ishonishmasa shunday muhim ishni yuklashmas edi. Biz hoziroq bir qarorga kelishimiz kerak. Vitaliy Sergeevich taklifini qabul qilsak, yuklarni tushirmasak. Men ham Hirot yo‘lini ma’qullayman.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:42:29
Ko‘pning maslahatiga bo‘ysunish haqidagi gap Xmarinning hamiyatiga tegib, battar o‘jarligi tutdi:
— Gap bunday, azizlarim, anarxiyaga yo‘l qo‘yilmas ekan, unda avvaldan belgilangan yo‘ldan boramiz.
— Men ma’qullayman, — dedi Ushinskiy shoshilib.
Shuvalov yo‘lda pistirma bor-yo‘qligini aniq bilmas edi. Shu sababli ularga qat’iy qarshilik ko‘rsata olmadi. Yuklar tushirilib, vakola ixtiyoriga ajratilgan eski paroxodga ortildi. Shuvalov ehtiyot choralarini ko‘rishga majbur bo‘ldi. Chorjo‘y qal’asidan qo‘shimcha askar, o‘q-dori, bitta zambarak, bitta pulemyot olib, kemaga barja ulatdi. Kema darg‘asi bundan norozi bo‘lib, to‘ng‘illadi:
— Shu dumsiz ham besh kunda zo‘rg‘a yetamiz, oqimga qarshi suzish oson ekanmi?..
Kun tikkaga kelganda, quyosh tig‘iga chiday olmaganlar o‘zlarini kayutalarga urdilar. Asadulla ham dastlab kayutada o‘tirdi. Keyin nafasi qaytib, yuqori sahnga chiqdi. Kemaning tumshuq tomoniga o‘tib, yo‘g‘on arqonga suyangancha ayqirib oqayotgan loyqa suvga tikildi. «Qadimda Jayhun deganlaricha bor, tentak daryo — boshini qayga urishni bilmaydi...»
Shu paytda daryo to‘lqinlari uzra xotiralari qalqib-qalqib kela boshladi: «Hayotning o‘yini ham Jayhunning oqishiga o‘xshaydi: visol sari oqdi, desang, bir buriladi-yu, ayriliq o‘zaniga tushadi: quvonchga yo‘l ochdi, desang, qayg‘uga qarab boshlaydi. Endi hayotning nag‘masi qanday bo‘larkin?.. Hayot ostonada kutib turolmaydi. Shu daryo mavjiday bostirib kelaveradi. O‘zingni o‘nglab ololmasang, chilparchin qilib qirg‘oqqa uloqtiradi-yu, yana olg‘a ketaveradi. Hijron kishanlarini shu to‘lqinlarga ura olgan odamgina omon qoladi. Men shunga qodirmanmi?..»
— Asad Mira’lamovich, xayollaringizga sherik qilasizmi?
Asadulla nozli ovozdan o‘ziga kelib, orqasiga qaradi: oq ko‘ylak, keng soyabonli oq shlyapa kiyib olgan dilbar ayol, elchining kotibasi — Valentina Nikolaevna unga shirin jilmayib turardi. Asadulla uning yoniga keldi.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:42:36
— Oftobdan qo‘rqmaysizmi?
— Bu oftoblar menga begona emas, bu yerlarda ko‘p bo‘lganman.
— Yo‘g‘-e?
— Ha, otamning Ishqobod1da, Marida ham zavodlari bor edi. Otam bilan ko‘p kelganman.
— Dadangiz?
— Ha, dadam kapitalist edi, — ayol shunday deb kuldi. — Qo‘rqmang, men kapitalist emasman. Dadam shunchaki injener edilar. Hozir Petrogradda tinchgina yashab yuribdilar. Siyosatga aralashmaydilar. Men ham siyosatdan uzoqdaman. She’riyatni sevaman. Siz shoir ekansiz, a?
— Kim aytdi? Bekor gap. Shunchaki havasmanadlik bor.
— E, yo‘q, kamtarlik qilmang. Siz haqingizda Toshkentda yetarli ma’lumot to‘plaganman.
— Shunaqami, siyosatdan uzoqdaman, deysizu razvedkaga yaqin ekansiz-da?
— Ayol xandon otib kulib yubordi. Asadullaning ko‘zi uning oq yuzidagi kulgichga tushib, eti jimirlashdi. Valentina Nikolaevna Sinelnikova o‘zining chiroyli ekanini ham, kulishi erkaklarga yoqishini ham bilardi. Hozir Asadulladagi o‘zgarishni ayollarga xos sezgirlik bilan payqadi. Payqadi-yu, odamovi tuyulgan bu erkakni ham iydira boshlaganidan o‘zicha yayradi.
— Siz ayollarni bilmas ekansiz, ayollarning hammasi erkaklar saltanatidagi razvedkachi. Kerakli erkak haqida har qanday ma’lumotni to‘plashi mumkin.
— Sizda yana kimlar haqida ma’lumot bor?
— Hozircha faqat sizga tegishli ma’lumotga egaman, — Sinelnikova shunday deb nozli qarash qilib qo‘ydi. Bundan Asadulla sergak tortib, jiddiylashdi. Undagi bu o‘zgarish ham ayol nazaridan chetda qolmadi.
— Siz Pushkinni sevasizmi? — dedi ayol gapni boshqa yoqqa burib.
— Uni ko‘p o‘qiganman. Menga Krilov yoqadi, undan tarjimalar ham qilganman.
— Pushkindan Krilovni afzal deb bilasizmi? Qiziq...
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:42:44
Gurjistonning dardlarin, go‘zal,
Kuylamagil chok etib dilni:
U eslatar menga har mahal
O‘zga hayot, olis sohilni...

Sinelnikova ko‘zlarini yarim yumib, she’r sehridan mast bo‘lib o‘qirdi. She’r Asadullani ham o‘ziga tortdi.
— Nahot shu she’rlardan Krilovni baland qo‘ysangiz? — dedi ayol norozi ohangda.
— Baland qo‘ymayman, lekin... xalqini g‘aflat uyqusidan uyg‘otmoqchi bo‘lgan shoir ishqiy she’rlar bilan kun ko‘rolmaydi. Buning uchun Krilovning she’rlari zarurroq.
— Unda o‘zingiz ham shunaqa she’rlar yozarkansiz-da, a? — dedi Sinelnikova labini xiyol burib. — O‘qib bering-chi...
— Pushkinning shaydosiga o‘qiydigan emas-da.
— Noz qilmang, Asad Mira’lamovich, erkaklarga yarashmaydi.
Asadulla miyig‘ida kulib, gapni hazilga olmoqchi bo‘ldi:

Bizim Toshkand elida ancha loy ko‘b,
Hisobni bilmagan bema’ni boy ko‘b...

Sinelnikova kuldi, lekin boyagiday yayrab, xandon otib emas, ko‘ngil uchungina kuldi.
— Hafsalangizni pir qildimmi? Aytdim-ku, shoir emasman, deb.
— Menga ishqiy she’rlaringizdan o‘qing.
— Ishqiy?.. Bunaqasi yo‘q menda.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:42:52
— Qo‘ysangiz-chi, sharq she’riyatida ishqiy she’r yozmay bo‘larkanmi, jononning bitta xoliga Samarqandu, Buxoroni berib yuborasizlar-ku?
— Duch kelganining xoliga emas, Valentina Nikolaevna, agar ko‘ngilni rom etsa o‘sha jonon...
— Nima, sizning ko‘nglingizni hech kim rom etmaganmi?
— Rom etgan... Lekin mening ko‘nglimda boshqa tashvish ham bor edi. Xalqimni jaholat uyqusidan uyg‘otishga bor kuchimni sarflab, jononga Samarqandu Buxoroni berib yuborishni unutibman.
— Hazilni ham bilar ekansiz, a, dastlab ko‘rganimda serjahl odamdirsiz, deb o‘ylovdim.
— Xilvatda nimani sirlashyapsizlar?
Ikkovi ham ovoz kelgan tomonga baravar qarashdi. Asadulla Ushinskiyni ko‘rib, ta’bi tirriq bo‘ldi. Sinelnikova esa sir boy bermay jilmaydi.
— Veniamin Samoylovich, savolingiz bir hikoyatni esimga soldi, — dedi Asadulla ensasi qotganini yashirmay. — Bir bola qo‘shnining uyiga usti yopiq toboqda taom olib borayotgan ekan. Bir kishi uchrab: «E, o‘g‘lim, toboqda nima olib borursan? — debdi. Aqlli bola shunday javob beribdi: «Ey, otajon, toboq ichindagi narsani kishiga aytmoq va ko‘rsatmoq darkor bo‘lsa edi, usti o‘ralmagan, ochiq bo‘lar edi...» Xuddi shunga o‘xshash, sirlashayotgan bo‘lsak, savolingizga nima deb javob qilamiz?..
— O, Veniamin Samoylovich, sharq shoirlari bilan hazillasha ko‘rmang. Ayniqsa Krilovni qadrlaydiganlari ayab o‘tirmaydi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:43:00
— Buni bilaman, Valentina Nikolaevna, Asadulla Mira’lamovichning tillari qilich damidan ham o‘tkir.
— Bo‘ldi, chegaradan chiqmanglar, — dedi Sinelnikova piching toshlari otila boshlaganini fahmlab. — Biz Pushkinni eslayapmiz. Veniamin Samoylovich, qatorimizga qo‘shilishingiz mumkin.
— Minnatdorman, xonim, Pushkin! O, buyuk daho!
— Uni sevasizmi?
— Uni sevmaslik — kaltabinlik!
Asadulla tomoq qirb, teskari qaradi. Ayol undagi o‘ng‘aysizlikni sezmaganga oldi.
— Bitta she’rini o‘qib bering, Veniamin Samoylovich!
— She’rini? — Ushinskiy beo‘xshov kulimsiradi. — Bu kallada she’rga o‘rin yo‘q. Hammasi manifestu chaqiriqlar bilan band.
— Ayollarning ko‘nglini shu manifestlar bilan olasizmi?
— O, ayollarning ko‘nglini qanday olishni bilamiz biz...
Asadulla bu yerda ortiq qolgisi kelmadi. Shilqimlik isi kela boshlagan suhbatdan dimiqqan kayutani afzal bilib, ulardan uzr so‘radi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:43:08
2

Kun oqqanda kema langar tashladi. Shuvalov kayutada yotgan Asadullani yuqori sahnga chaqirdi.
— Darg‘aning aytishicha, anov tepalik ortida turkmanlarning ovuli bor ekan. Yoningga bir-ikki musulmonlarni olib, borib kel, yon-atrof tinchmi, so‘rab-surishtir, — dedi. Keyin yaqinlashayotgan elchiga yuzlandi. — Nikolay Zaxarovich, shu yaqi o‘rtada ovul bor ekan. Mira’lamovich borib kelsin. Oziq-ovqat xarid qilish kerak.
— Mayli, borsinlar, — dedi Xmarin hafsalasizlik bilan.
Sinelnikovaning atrofida girdikapalak bo‘layotgan Ushinskiy Asadulla, Zikriyo afandi va to‘rt afg‘onning qirg‘oqqa tushganini bilmay, dog‘da qoldi.
Bir barxanni oshib o‘tib, yalanglikka chiqdilar. Yalanglikda o‘ttizga yaqin o‘tov tikilgan, atrofda qo‘y-echkilar yoyilgan edi. Ovulga yaqinlashayotgan begonalarni ko‘rib, oqsoqol peshvoz chiqdi.
— Xosh keldingizlar, — dedi u salomga alik olib.
— Karkiga yo‘l olganmiz, ortiqcha non-go‘shtingiz bo‘lsa sotib olaylik, — dedi Asadulla.
— Musulmonmisanlar baring?
Asadulla sheriklariga qarab oldi.
— Alhamdulilloh...
— Unda senmas ekansanlar. Bizga o‘ruslar keladi, deyishib edi. O‘ruslar kelsa o‘tkazmanglar deyishgan.
— Nimaga?
— Karkida zulm qilishibdi. Bizga yarog‘ qoldirishdi.
— Kimlar tashlab ketdi?
— E, o‘g‘lon, surishtirishingdan o‘ruslaring borga o‘xshaydi. Demak, senlar ekansan. Izzating borida qayt. Boshlaring balolalarga qolmasin.
Qariya shunday deb irg‘ay tayog‘ini do‘qillatib, orqasiga qaytdi.
Asadulla va Zikriyo afandi bir-biriga savol nazari bilan tikilgan holda turib qoldilar. Keyin orqalariga burildilar...
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:43:17
— Ovullarni qurollantirishibdi, — dedi Asadulla Shuvalovga.
— Qaytish kerak, hali ham kech emas, — dedi Shuvalov.
— Bir gap topib keldingizmi? — dedi Xmarin ularga yaqinlashib.
Asadulla aytdi. Bu orada Ushinskiy bilan Sinelnikova ham ularga qo‘shildi. Jiddiy maslahat ketayotganini bilib, Ushinskiy avval Zikriyo afandiga yuzlandi:
— Bizning muhim gapimiz bor, iltimos, holi qo‘ysangiz, — so‘ng Sinelnikovaga qaradi. — Valentina Nikolaevna, uzr, sizni toliqtirib qo‘ymaylik.
— Veniamin Samoylovich, sizdan iltimos, Zikriyo afandiga bunday muomala qilmang. U hamma gapdan boxabar, — dedi Asadulla uning qilig‘idan norozi bo‘lib.
— Mana shu ishingiz bekor. Muhojirga ishonishga haqqimiz yo‘q.
Ular past ovozda bahslashib, bir qarorga kela olmadilar. Sahnda davra qurib o‘tirgan afg‘onlar ularga qarab-qarab qo‘yib, bezovtalanishdi.
— Ertalab hal qilamiz, — dedi Xmarin bahsga yakun yasab. — Hozir sir boy bermaylik. Yuringlar, afg‘onlar bilan gurung qilaylik.
Afg‘onlar ularni o‘rinlaridan turib qarshiladilar.
— Mirza Qandilxon, gapimiz chala qolib edi, — dedi Xmarin chordana qurib, — demak, amir Omonulloxon Inglistondan tap tortmabdi-da, a?
— Ha, sohib, tap tortmadi. Avom jon desa jonini bermoqqa tayyor hozir. Eronda ham shu holmi?
— Yo‘q, Mirza, Eronda butkul aksi. Rossiya Eronga mustaqillik bergan edi. Mustaqillikni asray olmadi.
Xmarin Eron voqealarini aytishga tutindi. Afg‘onlar uni qiziqib jon qulog‘i bilan tinglashar, Said G‘afforbek esa undan ko‘zini uzmas edi. Xmarin bu o‘tkir nigohni sezdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:43:33
— Muhtaram Said G‘afforbek, hikoyam sizga ma’qul kelib qoldi shekilli, a? — dedi u bir mahal.
Said G‘afforbek bunday murojaatni kutmagan edi, shu bois javobga shoshilib qoldi.
— Ha, ha, —dedi u, — g‘oyat qiziq hikoya. Eronning ahvoli ko‘p mushkul ekan.
— Siz ham yurt kezganga o‘xshaysiz, ko‘laringiz aytib turibdi, yo‘l uzoq, hamsuhbat bo‘laylik, hangoma qilaylik.
— Yurtlarni kezganim rost, biroq muxtasar gapni xushlayman: yo‘l quvlagan xazinaga, gap quvlagan baloga yo‘liqarkan. Xazinaga yo‘liqaylik ilohim, — u shunday deb yuziga fotiha tortdi. — Nasib qilsa hali ko‘p suhbat qurarmiz. Hozir toliqdim. Yak nafas huzur — taxti Sulaymon, deydilar...
Said G‘afforbek o‘rnidan turib, kayutaga tushib ketdi. Shuvalov Asadulla bilan ko‘z urishtirib oldi.
«Biri — G‘afforbek. Sherigi kim?»
Har ikkovining xayolida shu jumboq hukmron edi.
Telba daryo mast uyquga kirib to‘lg‘andi. Qorong‘ilik hammayoqni bir tekisda bag‘riga oldi. Tiniq yulduzlar osmonga sochilgan cho‘g‘day porillaydi. Daryodan ko‘tarilgan yengil shabada go‘yo shu yulduz — cho‘g‘larni alanga oldirmoqchiday yuqoriga intiladi. Kemaga kuchi yetmagan to‘lqinlar barjani siltab-siltab tortadi. Kayutalardan xurrak ovozi eshitiladi.
Asadullaning ham, Shuvalovning ham kiprigiga uyqu ilashavermadi.
Shabada osmondagi cho‘g‘larni yondira olmadi, aksincha, o‘chirib qo‘yib, tongni uyg‘otib yubordi. Barxanlar ortidan bostirib kelgan tong hademay yoyilib ketdi.
Xmarin olg‘a qarab yurishni buyurdi.
Peshinga yaqin o‘ng qirg‘oqdagi barxanlar ustida turkmanlar ko‘rinib, miltiqlarini silkitganlaricha baqira boshlashdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:43:54
— To‘xtashni talab qilishyapti shekilli? — dedi Shuvalov ularga xavotir bilan qarab. — To‘xtamasak, otishadi.
— To‘xtang! — deb buyurdi Xmarin, darg‘aga qarab. Keyin Asadullaga yana yuzlandi. — Gaplashib kelish kerak ular bilan, borib keling.
— Men ham boraman.
— Veniamin Samoylovich, bunaqa ishni musulmonlarning o‘zlari bajargani ma’qul, men bularning fe’lini bilaman, — dedi Xmarin. — Asadulla Mira’lamovich, Zikriyo afandi bilan birga boring.
Ular oq bayroq ko‘tarib, sohilga tushdilar. Arkoni harbdan ikki otliq ajralib, ularga yaqinlashdi. Otliqlarning ikkalasi ham yelkasiga miltiq, beliga qilich osgan, keksayib qolganiga qaramay, egarda tetik o‘tirishardi. Ular otdan tushib, elchilar bilan omonlashdilar.
— Bekbobo, bu harakatlaringizning boisi ne? — deb so‘radi Asadulla. — Kemamizga oq bayroq ilganmiz. Bu yerlardan o‘tuvimizga amiringiz Said Olimxon izn berganlar.
Qariyalardan biri engagidagi siyrak soqolini silab, o‘tkir nigohini Asadullaga qadadi. Ammo savolga javob bermadi.
— Bekbobo, — dedi yana Asadulla, — biz sizlarga mehmonmiz. Daryo uzorindan Karkiga borib, undan Afg‘onistonga o‘tib ketajakmiz. Balki sizning askarlaringiz bizning kimlar ekanligimizni bilmaslar, balki bizlarni dushman hisoblab otish ochgandirlar?
— Bolam, bizlarni tentak fahmlama, — dedi tikilib turgan qariya, — sen bilganni biz-da bilamiz. Bizning o‘ruslar bilan oramiz buzuldi.
— Sabab nima, bekbobo?
— Sababini bilmaysanmi? Bilmasang aytay, eshit: o‘ruslar Karkida turkmanlarga zulm qildilar. Beklarni tutib o‘ldurdilar. Uylarni yondurdilar. Bola-baqrani ham o‘ldirishdan toymadilar. Insoniyat nuqtai nazaridan bunday xo‘rlikka chidashga toqatimiz qolmadi. Yo najot, yo o‘lim! Yo ishlarimizni o‘ngarib olamiz, yo barimiz qirilib bitamiz.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:44:01
— Qirilib bitishdan o‘zi asrasin, bekbobo, yaxshi nafas qiling. Turkmanlarning baxti ochilib ketsa ajabmas. Bekbobo, ruslarning zulmini o‘zingiz ko‘rdingizmi?
— Zamin bevafo bo‘lib qoldi, bolam, hech kimga ishonolmaymiz! Mana sen musulmonsheva ekansan, gaplaring ma’nili, ammo ishonmayman. Hozir yaxshi gaplar gapirib, Karkidagi birodarlaringga yarog‘ olib ketayotgandirsan? Kemaning dumida zambarak ko‘rdim?
— Yarog‘imiz bor, ammo zinhor ko‘makka borayotganimiz yo‘q. Karkida turkmanlarga zulm qilinganini sizdan bilib, hayratda qoldim. Bunday bo‘luviga sira ishonmayman. Sizlarni aldashgan. So‘zimga inonmasangiz, mayli, kemani bunda qoldirib, o‘zimiz qayiqqa o‘tirib boraylik manzilimizga.
— Bo‘lmaydi, bolam, qayiq tugul chibinni ham o‘tkazmaymiz. Biz o‘tkazsak-da, narida boshqalar bor. Nobud bo‘lishingiz tayin.
— Bekbobo, unda bizning Afg‘onistonga safarimiz nima bo‘ladi? Biz urush bo‘lmasin, musulmonlarning qoni behuda to‘kilmasin, musulmonlarning ham bag‘riga shamol tegsin, o‘zining nonini o‘zi yesin, boshqalar tortib olmasin, degan kelishuvni afg‘on amiriga yetkazmoq uchun xayrli safarga chiqib edik.
— Gaping chinmi?
— Bekbobo, sizni aldamoq gunoh emasmi?
— U holda... Kemadan tushinglar. Elchiga o‘lim yo‘q. Yarog‘laringni bizga beringlar. Biz sizlarni ot-arobaga o‘tqazub, bir kecha-kunduzda sarhadga yetkazib qo‘yamiz.
— Ichimizda o‘ruslar ham bor, ular-chi?
— Kim bo‘lsa bo‘lsin, odam ayirmaymiz.
— Bekbobo, o‘zingizni urintirmay, bizlarni o‘tkazib yubora qolmaysizlarmi?
— Bolam o‘zbekmisan, o‘zbeklar o‘jarmas-ku? Men senga bog‘ona aytdim. Karkiga bora-borguncha askar ko‘p.
— Bekbobo, u holda men kemaga qaytib, birodarlarim bilan maslahat quray. Balki yoningizga qaytarman.
— Turkman bobongning gapiga kir. Nobud bo‘lasan yo‘qsa.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:44:08
Asadulla kemaga qaytganda Shuvalov barchani qurollantirib ulgurgandi. Kema xizmatchilari pastdagi toy paxtalarni yuqoriga tashish bilan ovora edilar. Xmarin, Shuvalov, Ushinskiy kema quyrug‘ida elchining qaytishini sabrsizlik bilan kutishardi. Asadulla ularga turkman begidan eshitganlarini aytayotganida Zikriyo afandi nari keta boshladi.
— Zikriyo afandi, to‘xtang, sizdan yashirguvchi sir yo‘q, — dedi Xmarin. Ushinskiy e’tiroz bildirmoqchi edi, u o‘ng qo‘lini ko‘tarib: «Jim bo‘ling», degan ishora qildi.
— Chol hiyla ishlatmayaptimikin? — dedi Xmarin Shuvalovga qarab.
Shuvalov darrov javob bermadi.
— Boshim qotib qoldi. Nazarimda qirg‘oqdagi turkman ovullarini oyoqqa turg‘azishgan. Bu cholning gapi g‘alati. Afg‘onistonga o‘tkazib qo‘yishiga ishonaylik. Lekin qurollarimizni topshirishimiz... Niyati qorong‘i.
— Ishonmaslik kerak ularga, — dedi Ushinskiy.
— Yo‘lda ketaberamizmi? — dedi Xmarin.
— Orqaga qaytish kerak, hali ham kech emas, — dedi Shuvalov.
— Siz zambarakdan bir o‘q uzing, qirg‘oqda askar zoti qolarmikin, — dedi Ushinskiy. — Ular otgan o‘q kemamizga yetib kelmasa ham kerak. Kemaga shuncha askar olganimiz nimasiyu qochishni taklif qilganingiz nimasi?
— Veniamin Samoylovich, miltiq otishni bilasizmi?
— Men siyosiy arbobman. Vitaliy Sergeevich, hali meni jangga solmoqchimisiz?
— Veniamin Samoylovich, uyoqdan uchib kelgan o‘q kim arbob, kim jangchi, deb surishtirib o‘tirmaydi. Yaxshisi bejanjal ortga qaytaylik.
— Endi qo‘rqityapsizmi? — dedi Xmarin zarda bilan. — Qarorimiz shu: olg‘a yurish. Kerak bo‘lsa, jangga kiramiz. Ha, Vitaliy Sergeevich, men yaxshigina merganman, hisobga olib qo‘ying.
Shuvalov, ilojim qancha, deganday yelka qisdi.
Kemaning jilganini ko‘rgan turkmanlar qiyqirib, pala-partish o‘q uzdilaru tinchidilar.
— Ana, aytmadimmi? — dedi Ushinskiy quvonib. — Bular bir po‘pisa. Zambarakni ko‘riboq, eslarini yig‘ib olganlar.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:44:15
3

Hijron dardining yaralariga tuz sepuvchi tush tugamay, tun oyoqladi. Asadulla tushida bolalarini ko‘rdi. Ularni shu yerda, shu daryo yuzida ko‘rdi. Udar daryoning telba mavjlarini pisand qilmay, kema orqasidan izma-iz kelardilar. Asadulla ularga yetishay deb harakat qiladi, ammo kema atrofini o‘rab olgan yo‘g‘on arqonlarni oshib o‘tolmaydi. Birdan loyqa suv yermoyga aylandi-yu, yona boshladi... Uning alangasi Asadullaning ko‘kragini kuydirdi, tutuni nafasini bo‘g‘di. Shu alpozda uyg‘onib ketdi. Kayuta ichi dimiqib qolgan — yotolmadi. Shart o‘rnidan turib, sahnga chiqdi.
Tong bo‘zarish arafasida. Kema sahnida daryodan ko‘tarilgan shabada hukm suradi, barxanlar ortidan o‘t purkovchi kuch yo‘q. Qumlarning tafti ham so‘ngan. Tumshug‘ini qumli orolga tiragan kemani uyqusirayotgan to‘lqinlar siltab-siltab qo‘yadi.
Asadulla quyruq tomonda o‘tirgan odam qorasini ko‘rib, dastlab tanimadi. Bag‘rini shabadaga tutib turganda G‘ulomqodir qo‘zg‘aldi-da, unga yaqinlashib salom berdi.
— Ha, inim, uyqu qochdimi? — dedi Asadulla, uning salomiga alik olgach.
G‘ulomqodir javob bermay yelka qisib qo‘ya qoldi.
— Uyingizni sog‘ingandirsiz. Hademay yurtingizga yetasiz. Halovat topasiz.
— Halovatni qo‘msaganim yo‘q.
Tundroq yuruvchi afg‘on yigitning bu gapidan Asadulla sezdi-ki, uning qalbida bir tosh bor. Odatda bunday tosh qo‘zg‘alsa, alam daryosi to‘lqin urib qirg‘oqdan toshib ketadi. Balki bu tun bir nima sabab bo‘lib tosh qo‘zg‘algandir. Balki yigit alamlari otashida qovjirayotgandir. Balki uning ham dardi ayriliqdandir. Shunday bo‘lsa, ayriliq og‘rig‘ining qalbdagi kuchi, larzasi Asadullaga begona emas.
— Siz nimadandir qattiq alamdasiz, — dedi Asadulla hamdard odamning ovozi bilan.
G‘ulomqodir: «Qanday sezdingiz», deganday savol nazari bilan tikildi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:44:23
— Alamsiz odam bormi? — dedi u picha sukutdan keyin.
— Istasangiz ayting, ko‘nglingiz yoziladi.
— Gapingiz g‘alati, sohib, men erkakman, alamini baham ko‘rgan erkakni ko‘rganmisiz?
— Ma’qul aytdingiz, inim, erkak nomini olish uchun o‘g‘il bola bo‘lib tug‘ilish kifoya emas, dardlar bandiligiga dosh berib, yengish ham lozim. Tan jarohatidan yurak jarohati yomon. Siz yoshsiz, bu azoblarga bardosh bera olasiz.
— Sohib, men bilan bular haqda gaplashmang.
— Xohishingiz...
Asadullaning shunday deb jimib qolganini ko‘rgan G‘ulomqodir, terslik qilganini fahmlab, izza bo‘ldi.
— Ma’zur tuting, sohib, ijozat etsangiz bir so‘rog‘im bor edi.
— So‘rang.
— Yurtimni hali borib ko‘rasiz. Fuqaro nochor. Amir, nazarimda, sizlarga ko‘z tikib edi, yordamga mahtal edi. Sizlar esa... o‘zim ko‘rdim, bizday nochor ekansiz. Bizning boruvimiz, sizning keluvingizdan nima naf?
— Nochorligimiz haq. Bizni urushlar yedi, inim, hozir ham urush tingani yo‘q. Ilgari faqir ming uqubat ila bitta non topsa, o‘ziga bir tishlamgina qolardi. Endi topgan nonimni o‘zim yeyman, desa urushib yotishibdi. Hademay urush tugaydi, faqirning noni butun bo‘ladi. Sizning yurtingiz ham luqmasini Inglistonga bermaydi. Bunga yetishish uchun qo‘shnilar inoq, ahil, tinch bo‘lishi kerak. Biz shuning ahdlashuviga bormoqdamiz.
— O‘ruslar noningizga sherikmasmi?
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:44:31
Sahnga kema darg‘asi chiqib, Asadulla savolga javob bera olmadi, suhbatlari uzildi. Kema pishqirib, siltanib, qum orol changalidan qutula boshladi. Birin-sirin uyg‘onganlar sahnga chiqaverishdi. Shuvalov darg‘aga xaritani ko‘rsatib, nimanidir aniqlab olgach, barchani to‘pladi.
— Agar kechagi cholning gapi rost bo‘lsa, bugun yana turkmanlarga duch kelamiz. Besh-olti soatdan keyin daryoning tor yeriga yetamiz. Pistirma uchun bundan bop joy yo‘q. Ehtiyotdan shay bo‘lib turishimiz shart.
Pistirmaga yetishni istamaganday kema tez-tez qumga tiqilaverdi. Bundan darg‘a ham, xizmatchilar ham holdan toyishdi. Shuvalov aytgan joyga besh-olti soatda emas, kun peshindan oqqanda yetishdi.
Olg‘a yurishganlari sayin sohil asta ko‘tarilib, daryoni ikki tomondan siqib kela boshladi. To‘lqinlarning bevoshligi ortdi. Kema tor, chuqur o‘pqon sari kirib borganday bo‘laverdi. Ana shu paytda har ikki qirg‘oqdagi tepaliklar ustida odamlar ko‘rindi. Dam o‘tmay har ikki qirg‘oqdan o‘q do‘li yog‘a boshladi.
Shuvalovning buyrug‘i bilan vakola hay’ati va afg‘on a’yonlari pastga tushib, kayutalarda jon saqlaydigan bo‘lishdi. Qolganlar tepada jang boshladilar.
— Bular ogohlantirib ham o‘tirishmadi, demak, kuchlari ko‘p, o‘zlariga ishonishadi.
— Vahima qilmang, o‘rtoq Mira’lamov, o‘tiring, — dedi Ushinskiy zarda bilan.
Asadulla unga javob bermay, tik turganicha yuqoriga quloq tutdi: zambarak uch-to‘rt o‘q uzib, jimib qoldi. Nima bo‘ldi? Barjadagilar qirilib bitishdimi? Pulemyot ham bir me’yorda otmayapti. «Bema’nilik, bu holda jangga kirmoqlik mutlaq tentaklik. Kema tayyor nishon-ku? Bu yoqdan otilgan o‘q tuproqqa sanchiladi, behuda ketadi. Nahot Shuvalovning fahmi shunga yetmasa?»
Kema imillab olg‘a boradi, o‘q do‘lining tinishidan esa darak yo‘q.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:44:37
— Nikolay Zaxarovich, eshityapsizmi, turkmanlarda kuch ko‘p. Orqaga qaytish kerak.
— Tor o‘zandan chiqib olsak, ular bas kelisholmaydi.
— Ungacha odamlarimiz nobud bo‘lib ketishadi.
— Vahima qilmang, azizim, o‘tiring. Odam bunaqa paytda o‘zini qo‘lga ola bilmog‘i kerak.
Shu payt kayuta eshigi zarb bilan ochili, ichkariga afg‘on sarbozi yiqildi. Sinelnikova qonga belangan yigitni ko‘rib qo‘rquvdan qichqirib yubordi. Ushinskiy dovdirab qoldi. Avval Asadulla, keyin Xmarin sarbozga yordam berish uchun shoshilishdi. Sarbozning o‘ng bilagi o‘qdan titilib ketgan, og‘riqdan gapirishga qurbi yetmasdi.
— O‘rus sardor o‘ldi, — dedi ingrab.
Asadulla o‘zi ham bilmagan holda yuqoriga intildi.
— Mira’lamov, qayting! — deb buyurdi Xmarin.
— Yaradorga qaranglar! — Asadulla shunday deb eshikni yopdi.
Yuz-ko‘zi qonga belangan Shuvalov toy paxtaga suyanganicha harakatsiz o‘tirardi.
— Vitaliy Sergeevich! — dedi Asadulla, uni yelkasidan ushlab.
— Tirikka o‘xshayman, Mira’lamovich, — dedi Shuvalov ingrab, — qara, kenglikka chiqdikmi?
— Yo‘q.
— Qaytish kerak.
Asadulla paxtadan bir siqim yulib olib, Shuvalovning yuzidagi qonni artdi. O‘q peshonasini yalab o‘tgan ekan.
— Bog‘lab qo‘y, Mira’lamovich, to‘ygacha tuzalib ketadi.
— Bunaqada to‘yni ko‘rmasligimiz ham mumkin. Kayutaga tushing.
— Sen tushib ayt, orqaga qaytishga ruxsat bersin.
Shu payt kema bir siltanib, to‘xtadi.
— Qumga tiqildi, — dedi Asadulla asabiylashib. — Endi yem bo‘lishimiz tayin. Zambarak nimaga jim?
— Otilmayapti.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:44:45
«Ish yurishmasa bulamiq1 dandon sindiradi, degani shu», deb o‘yladi Asadulla, keyin darg‘aning yoniga yugurdi.
— Kenglikka qachon chiqamiz? — dedi u baqirib.
— Bu ahvolda ikki-uch soatsiz chiqib bo‘lmaydi, — dedi darg‘a otishayotganlarga ishora qilib.
— Orqaga haydang, qaytamiz, — dedi Asadulla qat’iy. Bu qat’iylikdan o‘zi ham hayron bo‘ldi.
Kema siltanib-siltanib qum changalidan qutuldi-da, ortga qayta boshladi. Saldan so‘ng kayuta eshigi qiya ochilib, Xmarinning boshi ko‘rindi.
— Nima gap? — dedi tahdidli ohangda.
— Qaytyapmiz, — dedi Asadulla. — Qarang, o‘tish mumkin emas.
Xmarin tashqariga chiqmadi. Shuvalovning ahvolini ko‘rdi-yu, indamay eshikni yopdi.
Turkmanlar ularni ancha yergacha ta’qib etib bordilar. Oqim iziga tushgan kema tezlashib ketdi.
Omon qolgan askarlar yarador sheriklarining jarohatlarini bog‘lashdi. To‘rt kishining jasadini kemaning quyruq tomoniga qo‘yib, ustiga mato tashlashdi. Barjada ham uch odam harakatsiz yotardi.
Yarasi yuvilib, malham qo‘yib bog‘langach, Shuvalov kayutaga tushdi.
— Valentina Nikolaevna, malol kelmasa, yaradorlarga qarasangiz, — dedi Asadulla.
Xmarin bosh irg‘ab «boring» degach, Sinelnikova norozi kayfiyatda chiqib ketdi.
— Yetti kishi halok bo‘ldi. O‘ttiz ikki odam yaralangan, og‘irlari ham bor, — dedi Asadulla horg‘in ohangda.
— Bunga Buxoro amiri javob berish kerak, — dedi Ushinsiy.
— Veniamin Samoylovich, Buxoro amiri o‘liklarni tiriltirib berolmaydi.
— Vitaliy Sergeevich, siz harbiy odamsiz. Shuni bilar ekansiz, nimaga qattiq turmadingiz, bizni ishontirmadingiz?
— Veniamin Samoylovich, — dedi Xmarin asabiylashib, — iltimos, bunaqa bema’ni bahsni bas qiling. Axir o‘rni emas, nahot tushunmasangiz?
Kayuta eshigi taraqlab ochilib, G‘ulomqodir ko‘rindi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:44:52
— Sohib, sizni yo‘qlashyapti, — dedi u Asadullaga.
— Kim?
— Mirzo Qandilxon sohib. Said G‘afforbek sohib og‘irlashib qoldilar.
G‘ulomqodir shunday deb eshikni ohista yopdi.
— Nima deyapti? — dedi Ushinskiy.
Asadulla aytdi. Shuvalovning yarim yumuq ko‘zi shart ochildi.
— Tez chiqing, — dedi u.
Afg‘onlarga ajratilgan kayutada ko‘kraklari bog‘langan Said G‘afforbek hansirab yotardi. Asadullaning kirganini bilib, Mirza Qandilxonga «chiqinglar» deb iltimos qildi. Unga itoat etdilar.
— Asadulla afandi, men Rafiqman, — dedi u o‘zbekchalab.
— Bilaman. Sizga... bu yerda... qanaqasiga o‘q tegdi?
— Xudo uraman desa, joy tanlamas ekan. Bir qaray deb edim...
— Menda gapingiz bormi?
— Gunohimdan o‘ting meni.
— Shuginami?
— Toshkentga qaytsangiz, Xudo xohlasa qaytasiz, sizdan bir o‘tinchim bor: O‘qchidagi uyimga boring. Ko‘chadan kirishda o‘n bir qadam, ayvondan ko‘chaga o‘n uch qadam yurib, so‘ng qiblaga to‘rt qadam qo‘yasiz. So‘ng odam beli barobar qazisangiz bir xum chiqadi. Tillolarning yarmi, yo‘q, uchdan ikkisi sizga, roziman, oling. Qolganini zavjamga berib, bolalarim bilan Buxoroga yetkazing. Buxoroda akam bor, zavjamni nikohiga olib, bolalarimga otalik qilsin. Vasiyatim shu.
— Toshkentga nima uchun borib edingiz? To‘g‘risini aytsangiz, vasiyatingizni bajo keltiramiz. Tillolaringiz menga kerak emas.
Said G‘afforbek ko‘zlarini yumdi. Nafas olishi tezlashdi.
— Moskvaga yetganda elchini o‘ldirmagim lozim edi.
— O‘zingizga yarashmagan hunarni tanlagan ekansiz. Qotillikdan ko‘ra xoinlik durust emasmidi sizga?
— Gapirmang... Xudo urdi meni.
— Qaytishingiz sababi nima?
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:55:25
— Moskva yo‘li berk... Valixonga boshqa odam boradi. Buxoroda Xauston degan inglis hammasining hisob-kitobini qilib bergan. U Toshkentdan odam kutayotgan edi. Kimligini bilmayman. O‘sha odam kelsa, ular ham Afg‘onistonga yo‘l oladilar. Men... sizlarni yo‘q qilishim kerak edi.
— Bir o‘zingiz-a? Sherigingiz kim?
— Sherigimning kimligini bilmayman... bir odam bor yana, g‘ayridinlardan... Endi vasiyatimni bajo keltirasizmi... qasam iching...
— Istagingizni oilangizga yetkazaman.
— Ilohim Toshkentga omon-eson qayting...
Asadulla tashqariga chiqdi. «Meni o‘ldirishi lozim bo‘lgan odam, endi omonlik tilasa?! Ajab dunyo bu...» — dedi u o‘zicha.
Ko‘p o‘tmay afg‘onlar Said G‘afforbek jasadini ham quyruqdagi murdalar yoniga qo‘ydilar.
Oqshom tushishi bilan kema daryo o‘rtasida langarandoz qildi. Marhumlarni sohilga dafn etdilar. Tun tahlika bilan kechdi. Tong yorishar-yorishmas langar ko‘tarildi. Qosh qoraymay turib Termizga yetdilar. Yaradorlarni qal’a gospitaliga jo‘natgach, Xmarin Asadulla bilan birgalikda temir yo‘l bekatiga borib nazoratchiga Ko‘shkka borajaklarini ma’lum etdi.
— Poezdingiz Toshkentga jo‘nab ketgan, — dedi nazoratchi. — Faqat xarob vagonlarim bor.
Nazoratchi o‘qlar teshib o‘tgan, ayrim yerlari kuygan, derazalari singan vagonlarni ko‘rsatdi. U yer-bu yerini tozalab, ertalabga tayyor qilishini aytdi.
— Asadulla Mira’lamovich, siz Ushinskiyning nomzodiga qarshi chiqqan ekansiz. Buni eshitib, milliy adovat deb o‘ylagan edim, yanglishgan ekanman. Siz uni yaxshi bilarkansiz, — dedi Xmarin.
— Buni nimaga eslab qoldingiz?
— Men o‘zimni oqlamayman, lekin ko‘proq o‘sha aybdor, uning gaplari me’damga tegdi.
— Nikolay Zaxarovich, bir-birimizni ayblamaylik. Oldinda hali uzoq yo‘l bor.
— Siz hukumat a’zosisiz, shu odamni orqaga qaytarib yuborsangiz-chi?
— Haqqim yo‘q, Nikolay Zaxarovich. Menga bunday huquq berilmagan. Undan tashqari u firqa guruhiga bosh.
— Mushkulimizni oson qilib bo‘lmas ekan, azizim, — dedi Xmarin afsuslanib.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:55:39
Asadulla unga qarab turib, dastlabki uchrashuvini esladi. O‘shanda Xmarin Asadullada noxush taassurot qoldirgan edi. Ikki oy avval Turkiston Tashqi ishlar xalq nozirligiga chaqirilganda Asadulla yana Ishoqxonni jo‘natish masalasida gaplashmoqchidir, deb o‘yladi. Biroq xonaga kirishi bilan nozir uning qo‘liga arabcha imloda chiroyli qilib yozilgan maktub tutdi.
— Afg‘onistonning yangi amiri Moskvaga maktub yuboribdi. Shu yerda tarjima qilib, radiotelegraf orqali yetkazamiz. Sizga Nikolay Zaxarovich yordam beradilar. Tanishing: Xmarin, Nikolay Zaxarovich. Rossiya imperiyasining Erondagi elchixonasida mas’ul vazifada ishlaganlar. Diplomatlar ichida birinchi bo‘lib Sovet Rossiyasiga xizmat qilish istagini bildirganlar. Inglizlarning tazyiqi tufayli Eronni tashlab kelishga majbur bo‘lganlar.
— Siz men bilan istasangiz forsiyda, istasangiz rus tilida gaplashavering, — dedi qotmadan kelgan, orasta kiyingan, hali qirqni qoralamagan Xmarin unga qo‘l uzatib:
— Forsiyni sizchalik bilmasam kerak, har holda usta ko‘rmaganman, ko‘p so‘zlashmaganman ham, — dedi Asadulla.
Ko‘z qarashlaridan kiborligi sezilib turgan Xmaringa bu gap xush yoqib, jilmaydi.
— Boshladik bo‘lmasa, — dedi u Asadullani yozuv stoliga taklif qilib. — Xo‘-o‘sh, amirning birinchi gapi shunday, — Xmarin oyoqlarini chalishtirib olgancha og‘zaki tarjima qila ketdi. Asadulla esa yozib bordi. Maktub yarimlaganda Xmarin maktubni Asadullaga uzatdi. — Bir chekib olay, o‘zingiz ermak qisib turing.
— Shu yerda chekavering, Nikolay Zaxarovich, — dedi nozir kuldonni u tomon surib. Xmarin minnatdorchilik bildirib, papiros tutatdi-da, ko‘zini sal qilib, Asadullaga razm soldi.
Asadulla uning nayrangini fahmlab, ichida kulib qo‘ydi-yu, sir boy bermay ishni davom ettirdi. «Podsho xizmatida bo‘lgani uchun nozir unga ishonqiramay, meni chaqirtirgan. Bu dimog‘dor janob haligi gapimga ishonib, endi meni sinab ko‘rmoqchimi?.. «Asadulla xat mazmunini yaxshi tushunsa-da, so‘zlarni ruschada qiyomiga yetkazib ifoda etishga qiynaldi. Shuning uchun tarjimani daf’atan boshlay olmadi. Xmarin unga e’tibor bermaganday xotirjam papiros tutataverdi. Asadulla uzoq o‘ylab, maktub tarjimasini davom ettirdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:55:47
«... Oliy hazratlari, mening buyuk va qadrli do‘stim, Buyuk Rusiya davlatining prezidenti! Siz insoniyatning do‘stlari bo‘lmish o‘z yo‘ldoshlaringiz ila baqamti adolatli va oliyjanob vazifani — odamlarning farog‘ati hamda farovonligi xususida qayg‘urmoqni zimmangizga olganingiz boisi va dunyodagi yurtlar, dunyodagi xalqlarning ozodligini, teng huquqliligini ovoza etganligingiz uchun men mustaqil va ozod Afg‘onistonning shu do‘stlik xatini taraqqiyot yo‘liga intilmish afg‘on xalqi nomidan ilk bora sizga yubormagimdan sarfarozdirman.
Sof yurakdan bildirgan hurmat-ehtiromim buyuk do‘stim tomonidan lutfan qabul etilajak, deb hohish bildiraman va chin yurakdan ishonaman.
Hijriy sanasining 1337 yili, rajab ul murajaba oyining 6-kuni, ya’ni nasariy sanasining 1919 yili, 7 apreli.
Sizning do‘stingiz Omonullo».

Asadulla xatni nozirga uzatdi. Nozir ko‘zoynagini burniga qo‘ndirib, tezgina o‘qib chiqdi.
— Demak, uchinchi maktubimiz hali ularga yetib bormabdi. Lekin... niyatlari yaxshi, juda yaxshi. Nihoyat, mustaqillik nima ekanini anglashibdi.
Xmarin Asadullaning tarjimasini o‘qishga oshiqsa ham sirtiga chiqarmadi. Stol ustidagi ikkinchi xatni olib, ko‘z yugurtirdi.
— Bunisi «umrlari uzoq bo‘lgur tashqi ishlar ministriga», «umrlari uzun bo‘lgur amirning» pok niyatlarini tasdiq etuvchi noma. Horijiya noziri Mahmud Tarzi imzolagan. Sharqliklarning odati shunaqa. Har bir so‘zi takallufga to‘ydirilgan, gaplari yolg‘onmi, chinmi ajratib bo‘lmaydi. Umuman... diplomatiya tiliga juda mos.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:56:06
Bu gap Asadullaga malol kelib, manzirat qilib o‘tirmadi:
— Janob Xmarin, — dedi u norozi ohangda, — buni Yevropada aytsangiz yarashardi.
— Ha, ha, Nikolay Zaxarovich, — dedi nozir uning gapini bo‘lib, — kesatiqlaringiz o‘rinsiz.
— Kesatayotganim yo‘q, meni kechiring, — dedi Xmarin o‘rnidan turib. — Chindan ham diplomatiya tili takallufga boy bo‘lishi kerak. Qoidasi shunaqa. Umuman... diplomatiyada soxtalik mavjud. Genri Uolten degan diplomatning bir gapi bor: «Elchi o‘z davlati manfaatlari yo‘lida boshqa mamlakat ahlini ustalik bilan aldash uchun horijga yuboriladigan rostgo‘y, halol odamdir», deydi. Jan Labryuyer esa: «Diplomatning vazifasi o‘zi aldanmagani holda boshqalarni alday olishdan iborat», deydi. Satou esa...
— Janob Xmarin, qo‘ying bu gaplarni. Kim o‘zi ularingiz?
— Ularmi? — Xmarin nozirga qarab, yelka qisdi. — Ular mashhur diplomatlar. Biri ingliz, biri frantsuz...
— Ana ko‘rdingizmi, o‘zgalarni aldash ularga yarashadi, bizga emas.
— Siz, Asadulla Mir... kechirasiz...
— Mira’lamovich, deb eslatdi nozir.
— Ha, Mira’lamovich, diplomatiya siyosatidan bexabar bo‘lsangiz kerak. Har bir davlat, kim boshqarishidan qat’i nazar, o‘zga davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatishga majbur. Diplomatik aloqalarning ea o‘z qonun-qoidalari bor.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:56:15
— Aldashni asos qilib olgan qoidalarimi? Yo‘q, bu bizga to‘g‘ri kelmaydi. Eski dunyoning bunday diplomatiyasi bizga to‘g‘ri kelmaydi.
— Yangisi, ma’quli bormi?
— Unisini bilmayman. Lekin... bo‘lishi kerak, bo‘ladi. Bir-birini aldash bilan qanaqa do‘stlik o‘rnatish mumkin, hech tushunolmayapman.
— Bu haqda keyinroq bafurja mulohaza qilamiz, — dedi nozir, ularni murosaga keltirish niyatida. — Hozir Tarzining maktubini tarjima qili beringlar. Shu bugunoq Moskvaga yetkazishimiz kerak.
Asadulla Turkijroqo‘m majlisida Xmarin nomzodini eshitganida, bir narsaga hayron bo‘lgan edi: shu paytgacha podshoga astoydil xizmat qilgan, kimlardir asos solgan diplomatiya qoidalarini to‘g‘ri deb biluvchi bu odamga shunday vazifani qanday ishonib topshirishdi ekan? Faqat shaxsiy taassuroti emas, balki mana shu mulohazalar paydo bo‘lgani uchun ham Xmarin nomzodi Asadullada ikkilanish uyg‘otgan edi. Tal’at maqsumning, so‘ng Rafiq Irisovning gaplaridan keyin bu ikkilanish qayta uyg‘ondi. Karki sari yurishga o‘zi buyruq bergani holda aybni o‘zgaga yuklashi esa shubha eshigini ochib yubordi...
Tunni kemada o‘tkazdilar. Kun yoyilganda «majruh» vagonlarga joylashib, «qaydasan Ko‘shk», deb yo‘lga chiqdilar. Shuvalovning yarasi xavfli emas ekan, doktorlar uning safarga chiqishiga monelik bildirmadilar.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:56:29
4

Ko‘shk yo‘li bexatar bo‘lsa-da, Asadullaning yurak-bag‘rini ezib yubordi. Yo‘l chetlarida urush dahshatidan darak berib turuvchi kuygan uylar, qoraygan o‘choqlar, so‘ppayib qolgan mo‘rilar, yaqin-yaqin yerdagi inson mozorlari, hayvonlarning o‘limtiklari... Go‘yo bu qumlik ulug‘ mahshargoh ko‘rinadi. Mana shu kuygan uylar odamlarning baxti edi. Bu uylarga ham qaldirg‘ochlar bahor keltirar edilar. Bu uylarga ham qaldirg‘ochlar oz bo‘lsa-da baxt, oz bo‘lsa-da shodlik olib kirar edilar. Endi uylar kuygan. Endi qaldirg‘ochlar yo‘q. Insonlarning notinchligi beozor qushlarni ham to‘zitgan. Qayg‘uga bandi bo‘lganda ko‘zga tor ko‘ringan bu uy baxti chechagi kulganida olam qadar keng, olam qadar go‘zal ko‘rinardi. Endi bu odamlar qayda? Tirikmi ular? Yo mozoristonni makon qilganmilar? Yo ayriliqning temir tirnoqlari orasida nola chekib, bu yerlardan bosh olib ketganmilar? Bundagi qaldirg‘ochlar qayda? Qay yerlarda osoyishtalik izlab charx urayotgan ekanlar?
Asadulla shu o‘ylar girdobida turib, o‘z uyini esladi. O‘sha qorayib, tutayotgan uyini, supa ustini, supada jizg‘anagi chiqib yotgan xotini, unga yopishgan kenjasini esladi. Ko‘z oldidagi hamma narsa ayqash-uyqash bo‘lib ketdi. Xarobazorlar yerdan uzilib, vagon bilan yonma-yon chopayotganday, «menga qara, mendan ko‘z yumma, meni unutma», deb nola qilayotganday bo‘ldi. Xarobalar «yugura-yugura» charchaganday, ortda qolib ketdi. Ana shunda... bolalari ko‘rindi. Shod, chaq-chaqlab o‘ynayotgan bolalari emas, kuygan azoblangan bolalari ko‘rindi. Ular tinmay yugurishadi. Nimadir deb baqirishadi. Asadulla eshitmaydi. Poezd g‘ildiraklarining taraq-turuqidan boshqa tovush qulog‘iga kirmaydi. G‘ildiraklar esa bir me’yorda, «Bu nimasi? Bu nimasi?», deb ovoz chiqarayotganday...
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:56:36
Asadulla anchagacha shu tuyg‘ularga bandi bo‘lib turdi, keyin o‘zini bosib, fikri tiniqlashgach, xayoliga satrlar quyilganini o‘zi ham sezmadi:

Gullar xazon o‘lmish, tikoni qolmish,
Bog‘lar barbod o‘lmish, xazoni qolmish.
Zolim falak bu ellarga qahr etmish,
Xonavayron, singan qozoni qolmish...

Ko‘pdan beri, ayniqsa, uyi yongandan beri xayoliga she’r kelmagan edi. Dahshatli manzaralar uni kutilmaganda she’rga qaytardi. Lekin bu oniy holat uni tezda tark etdi. Ko‘kragidagi og‘riq qo‘zg‘alib, ko‘zlarini yumdi. Shuvalovning maslahatiga ko‘ra, yaxshi kunlarni, baxtli damlarni eslashga harakat qildi. Dahshatga tirik guvoh bo‘lib turganingda quvonchli damlarni eslashga urinish bachkana tuyularkan. O‘zining harakatidan o‘zi nafratlanib, ko‘zini ochdi: ro‘parada Zikriyo afandi ko‘zini yumib yotardi. Pastki o‘rindiqda boshi bog‘loqliq Shuvalov o‘yga tolgan. Ushinskiy tirsagiga tayanib, nigohini tashqariga tikkan. «U ham xarobazordan dahshatga tushganmikin? Indamay qolgani qiziq. Axir temir emas, odam-ku, yuragiga nayza botgandir, jim ketishi shundandir. Yo boshqa sababmi? Rafiq aytgan g‘ayridin shu emasmi? Shuvalov asosan shundan shubhalanyapti. Ushinskiy Karki yo‘lidan boramiz, deb turib olganidan keyin shubhasi yana ham ortdi. «Boz gardad ba asli xud hama chiz, zari sofiyu nuqrau arziz»1, deyishlari bejizmas. Mana, Said G‘afforbek — Rafiq Irisov so‘nggi nafasi oldida asliga qaytdi-ku? Ushinskiy asl qiyofasini qachon ko‘rsatadi? Agar Shuvalovning shubhasi to‘g‘ri chiqsa, ko‘p vaqt niqobda yurmaydi, safar oyoqlamay o‘zini o‘zi fosh etishga majbur bo‘ladi. Balki u dushman odami emasdir? Bu ahvolda qancha yuradi? Yurt boshiga musibat tushgunchami? Ha, bunaqalar musibatning ilk daqiqasidayoq boshqa tomonga o‘tishga mamnuniyat ila shay turishadi. Eng xavflisi ham shu — ko‘zingning yog‘ini yeb yuradi, suyansam suyanchig‘im, yopinsam yopinchig‘im, deganingda ham suyanchiqsiz, ham yopinchiqsiz qolasan.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:56:43
Ushinskiy lip-lip o‘tayotgan yo‘l chetidagi xarobazorga ko‘zlarini tikib o‘tirgan bo‘lsa-da, xayoli boshqa yoqda edi. «Mira’lamovning fe’lini bilardim, bularga qo‘shilmasligim kerak edi. Sodiqligimni ko‘rsataman, deb topshiriqqa bo‘ysunishim — mening kaltabinligim. Sodiq odamdan qachon minnatdor bo‘lishibdi? Sodiq odamning qismati bir — bevaqt sharafsiz o‘lim. Bular safiga o‘tgan edim, menga kim qo‘yuvdi sadoqatni ko‘z-ko‘z qilishni. Sadoqatlilarning o‘n to‘rttasi yotibdi yer tishlab. Shularni ko‘rib ham aqlim kirmabdi-ya. Umuman, o‘yindan chiqishim kerak edi. Payt poylashim kerak edi. Endi kech... Manavi jandarmdan ehtiyot bo‘lishim kerak. Menga kun bermaydi endi...»
Shuvalov ko‘zlarini yumib yotgani bilan uyg‘oq edi. U Orenburgni, unda qolgan xotini, bir o‘g‘il, bir qizini o‘ylardi. Oilasini Moskvaga jo‘natolmay qoldi. O‘rtoqlari va’da berishgani bilan ko‘ngli notinch. Agar Dutovning odamlari sobiq jandarm Shuvalovning bolshevik ekani, hozir Turkiston ChKsida xizmat qilayotganidan xabar topishsa oilasini omon qo‘yishmaydi. U oilasini Moskvaga, undan Tulaga, otasining huzuriga jo‘natmoqchi edi. Yo‘lning xatarga to‘la ekanini bilardi, ammo o‘zga chorasi yo‘q edi. Shuvalovning ham qalbida ayriliq jafosi bor edi, shu sabab Asadullaning dardini eslasa, oilasi yodiga tushaveradi. Nazarida bolalarini ataman Dutov tiriklayin o‘tga tashlaganday bo‘ladi. Hozir ham xayolini shu mash’um fikr yoritdi. Seskanib, shart ko‘zini ochdi.
— Kuningiz xayrli bo‘lsin, — dedi Ushinskiy, xuddi uning uyg‘onishini poylab o‘tirganday, — yaxshi tushlar ko‘rdingizmi?
Shuvalov yomon xayolini haydamoqchi bo‘lganday, boshini silkib, kerishdi.
— Bunaqa shohona vagonda faqat shohona tush ko‘riladi. Agar lozim bo‘lsa, aytib berishim mumkin.
— Vitaliy Sergeevich, piching qilmang.
Shuvalov uning ko‘ziga tikilib, yovuzlik uchqunini ko‘rmadi. Xayolida kutilmaganda uyg‘ongan gap o‘ziga ma’qul kelib, soxta jilmaydi.
— Piching qilayotganim yo‘q, Veniamin Samoylovich, tushimda izimizga tushgan ayg‘oqchini naq peshonasidan otib tashlabman. Mening tushim hamisha o‘ngidan keladi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:56:49
— Ayg‘oqchi? — Ushinskiy sarosimalandi. Barmoqlari yengil titradi. Buni Shuvalov ham, tepada kuzatib yotgan Asadulla ham sezdi.
— Ichimizda ayg‘oqchi bor ekanmi?
— Kim aytdi? — dedi Shuvalov uning ko‘ziga tikilib.
— O‘zingiz, hozir aytdingiz-ku?
— E, omon bo‘ling, men tushimni aytdim sizga.
Shuvalov shunday deb kuldi-da, Ushinskiyning yelkasiga ohista urib qo‘yib, dahlizga chiqdi.
Asadulla ularning suhbatiga aralashmadi.
Ko‘zini yumib yotgan Zikriyo afandi bo‘lib o‘tgan suhbat tubida og‘ir tosh yashiringanini sezdi. «Oralarida ixtilof bor. Ushinskiy deganlari boshqacha odam. Shuvalovning turgan-bitgani sir. Xmarin, kiborligi demasa, bama’ni, bilimdonga o‘xshaydi. Xonimchaning sirli qarashlari, nozli kulishlari g‘alati, bu Ovrupo odamlari uchun g‘ayritabiiy emas, ammo sharqliklarga hazm bo‘lishi qiyin. Safarga ayolni olib nima qilardi. Shuni deb g‘alva chiqmasa edi. Ixtilofga barham bera olishmasa, oqibat nima bo‘ladi? Yurt ahvoli nima kechadi?»
Zikriyo afandi yo‘lga chiqqanida Kobulga yetib borishni, Hindiston muvaqqat hukumati a’zolariga vakola hay’atini tanishtirishni orzu qilgan edi. Bularning ahil emasligini sezib, ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushdi. Biri bir g‘oyani, ikkinchisi ikkinchi g‘oyani aytib tursa, hukumat a’zolari nima deyishadi?
Poezd xarish bo‘lgan bedavo otday sudralardi. Vagon dam-badam silkitganda chalqancha yotgan Sinelnikovaning ko‘kraklari yupqa ko‘ylakni titratadi. Qo‘llarini bolish qilib olgan bu zebo ayol eshik o‘rniga tortilgan pardaga ko‘z tikkan. Kimningdir, kim bo‘lsa mayli, kirib kelishini kutadi. Avvaliga Asadullaning kirib kelishini istadi. Beva erkak ayol imosiga ilhaq bo‘ladi, lekin bu Mira’alamovichdan sado chiqmaydi. Shoir bo‘lib sevgi haqida she’r bitmagan erkak erkakmi? Sinelnikova shuni o‘ylayverib, boshi qotib ketdi. Oxiri Asadulla haqida o‘ylamaslikka qaror qildi. «Bu erkak bilan zerikkan mahalda faqat adabiyot haqida suhbatlashish mumkin», deb qo‘ydi. «Veniamin Samoylovich — tayyor pishgan osh. Istasam yeyman, istasam chaynab, tupurib tashlayman, istasam itlarga beraman... Bunaqa shilta, arzon-garov odamlarni itga bergan ma’qul. Ungacha silab-siypab turish kerak. Muhojirning ishi oson. Nafasim tegsa, boshi aylanib, tiz cho‘kkanini o‘zi ham bilmay qoladi. Chekist — chaqilmaydigan yong‘oq. Unga qip-yalang‘och ro‘para bo‘lsang ham, avval hujjat tekshiradi. Bunaqalardan uzoqroq yurgan ma’qul. Xmarin... O, u mening sodiq qulim bo‘lishi kerak. Hozir go‘yo men sichqonu u qorni to‘q mushuk. Nima ham qilardik, mushuk janoblarining qorni ochar, keyin izimdan emaklab qolarlar...»
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:56:56
Shundoqqina qo‘shni xonada Xmarin oyoqlarini chalishtirib yotgan holda papiros tutatardi. Siniq derazadan kirayotgan iliq shamol papiros tutunini bir onda to‘zitib, ko‘zdan yo‘qotardi. «Biz ham tutunga o‘xshab qoldik, — deb o‘yladi u, — Rossiya to‘zib ketdi. Bechora Rossiya. Shunday qudratli mamlakatning parokanda bo‘lishi mumkinligi g‘alati hol. Aqlga sig‘maydigan hodisa. Tarixning qaltis xatosi. Imperator-ku, ildiziga qurt tushgan, chirib ado bo‘lgan daraxt edi. Kerenskiy hukumati-chi? Nimaga anqovsiradi? Nima uchun hokimiyatni boy berib qo‘ydi? Na siyosatdan, na davlat yuritishdan xabari bo‘lgan odamlarning qo‘li baland kelsa?! Ushinskiy deganlarini elchixonaga farrosh qilib olmas edim. Endi menga aql o‘rgatmoqchi. Nodon! Unga faqat Shuvalov bas keladi. Har holda dvoryan dvoryan-da. Muomalasidan bilinib turibdi. Bolsheviklarga nimaga aralashib qolgan ekan bu? Yana ChKga... Mira’lamov pokiza odam ekan. Unga diplomatiyani o‘rgatmasa ham bo‘ladi. Sharqli ziyolilar muomalasining o‘ziyoq diplomatga xos. Boshiga og‘ir kulfat tushsa ham bildirgisi kelmaydi. Bu odam loydan emas, toshdan yasalgan bo‘lsa kerak. Muhojirning fe’li ham Mira’lamovga o‘xshaydi. Buning xomxayolligiga hayronman. Hindistonni Angliya changalidan tortib olib bo‘larkanmi? Hindiston — Angliyaga bir umrga berilgan ne’mat. Afg‘oniston ham uzoqqa bormaydi. Bu urinishlari avvalgi buyuk Rossiya davrida naf berardi. Bolsheviklar inglizlarga qarshi nima qila olishardi? Diplomatlar vagonining ahvoli bu. Yaxshi hamki shu vagonlarda Kobulga kirib bormaymiz. Yo‘qsa... E, Tangrim, Rossiyada nima qasding bor edi? Men nima gunoh qilgan edim. Men sargardonlikni emas, saroylarda viqor to‘kib yurishlarni umid qilib edim-ku? Yuragim kechagina to‘lgan kosa yanglig‘ edi. Bugun egasiz bo‘sh yotoqqa aylandi. Goho ravshan, goho xira bu olamdagi dabdabalar momaqaldiroqday o‘tkinchi ekan-da, a? Rossiyaning qudratini qaytarib ber, Tangrim. Iso Masixning jonini qaytarib bergansan-ku, uning ummatlariga ham ishonchni, qudratni qaytar...! «Xmarin xayolidan shu gaplar o‘tib beixtiyor o‘rnidan turdi-da, shoshilib cho‘qinib qo‘ydi. U xudojo‘y emas, cho‘qingan onlari kamdan-kam bo‘lardi. Hozirgi ishi bir ozdan so‘ng o‘ziga ham nasha qilib, achchiq kulimsiradi. «Asablarim charchabdi. Bu odamlar bilan muomala qilish uchun temir asab kerak. Yaxshi ham Valyushani yonimga oldim. Lekin... xonimning ko‘z suzishlari sal boshqacha bo‘lyapti. Ogohlantirib qo‘yishim kerak... «Imro‘z bukush chu metavon kusht. Otash chu baland shud jahon so‘xt»1, deganlari rost...»
Xmarin shu qarorga kelib, o‘rnidan turdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:57:04
Qo‘shni vagon afg‘onlarga berilgan, G‘ulomqodir eshikka yaqin bo‘lmada, uch sarboz bilan birga edi. Yuragiga gap sig‘may, sarbozlar gurungiga qo‘shila olmagan G‘ulomqodir vagon eshigini ochib, zinaga o‘tirib oldi. Iliq shamol uni yalab-yulqay boshladi. Kemada Karki tomon yo‘lga chiqishganda u xotirjam edi. Hatto pistirmaga duch kelganda ham o‘zini yo‘qotmadi. Lekin Ko‘shk — Hirot orqali Kobulga borilajagini bilib, bezovtalandi. Kobulga agar Hazora yo‘li bilan ketilsa, Choraymoqni bosib o‘tishadi. Demak o‘sha yerda... uning kuni tugaydi. Kindik qon to‘kilgan ochofat yerga endi yurak qoni to‘kiladi. Uning gunohlari behisob ko‘paydi. Ollohning marhamatiga umid yo‘q. Sersoqolni otganda ko‘zi tindi. Ilgari hech bunday bo‘lmagan edi. Begunoh odamni otib, Xudoning qahrini keltirdimi? Olloh shuning uchun uni Karki yo‘lidan qaytarib, Hazora yo‘liga ro‘para qildimi? Choraymoqda kimning qilichi qonsiragan ekan? Uning jonini kim olar ekan? Peshonasida shunday sharmandali o‘lim borligini bilsa, bunchalar sargardonlikka ko‘narmidi... G‘ulomqodirning yozug‘i faqat shumi?.. Shu gaplarni xayolidan o‘tkazgan sovar ko‘zlarini chirt yumib, ingrab yubordi.
Vagon to‘rida, alohida bo‘lmaga joy qildirgan Mirza Qandilxon xayoli kemadagi voqealar bilan band edi. Buxoro amirining istagi bilan qo‘shilgan Said G‘afforbekning xatti-harakati, halokati unga sir bo‘lib qoldi. Buxoro yerida otish ochganlarga amir nomidan so‘z aytmagani bir sir, otishda o‘zini tutmay, to‘pponcha bilan tashqariga chiqib, oqibatda o‘q yeb pastga qulashi o‘n sir, «bolshevik sardor»ga gap aytgani yuz sir edi. Eng alam qiladigani — bu sirlarning birontasiga ham uning tishi o‘tmas edi. Kemadan poezdga emas, sirlar qanotidan alam qanotiga o‘tganday bezovta edi u.
... Poezd imillab yo‘l bosadi.
Vakola hay’ati, afg‘onlar, askarlar... har biri o‘z xayoli, umidi, ilinji, o‘z tashvishi, hijroni, dardini ortmoqlab Turkiston hududiga tobora yaqinlashar edi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:57:11
5

Chillaning uchinchi kuni Ko‘shk ularni otash nafasi bilan qarshiladi. Qizigan tosh ustida tuxum tugul kabob pishirsa ham bo‘lguli edi. Tog‘u tosh tabiiy istehkom vazifasini o‘tovchi bu qadimiy tilsimot qal’aning buloqlar otilib turgan soya yerida jon saqladilar.
Asadulla, Shuvalov va qal’a komendanti ichkariga kirib, Toshkent bilan bog‘landilar. Karki yo‘lidagi voqea shundan so‘ng oydin bo‘ldi: polkovnik Lamkard Karkini o‘rab olib, qal’ani topshirishlarini Asxobod hukumati nomidan talab qilgan, Karki yo‘lida uchragan zotni qirib tashlagan edi.
— Hammasi puxta reja bilan qilingan, — dedi Shuvalov, telegraf tasmasini o‘qir ekan. — Qirg‘inni boshlashlari bilan ovullarga xabar ketgan. Turkmanlar haqiqatni anglashga ulgurmaganlar.
— O‘rtoq Shuvalov, — dedi komendant, — kecha menga g‘alati xabar yetkazdilar. Shahar atrofida qalandarlarmi, shayxlarmi, paydo bo‘lib, aholini Afg‘oniston ixtiyoriga o‘tishga chorlayotgan emish. Bu yerlarni ruslar bosib olishgan, endi Afg‘onistonga deyishayotganmish.
— Bugunoq ularni qo‘lga oling.
— Axir ular qalandarlar... xalq norozi bo‘ladi.
— Bizga shu qalandarlar kerak, — dedi Shuvalov qat’iy ohangda.
Komendant tushunmaganday yelka qisib qo‘ydi.
Bu paytda yoniga sarbozlarni olib yo‘lga chiqqan Mirza Qandilxon Afg‘onistonning sarhad hokimiga ro‘para bo‘ldi. Yo‘ldagi sarguzashtlarni bayon qilib, vakolaning Kobul sari yurmagi uchun lozim bo‘lgan ot-ulov ro‘yxatini berdi. Sarhad hokimi Hirot noibiga hoziroq chopar jo‘natajagini ma’lum qilib, yo‘l bosib horigan birodarlariga dasturxon tuzadi.
Inglistonning muhoribani bas qilgani haqidagi xushxabar shu dasturxon ustida aytildi. Barcha shukrlar aytib, bir-birini muborakbod etganda G‘ulomqodirning ichini mushuk tatalaganday bo‘ldi. Yo‘q, u xushxabardan norizo emasdi, bil’aks, yurtga omonlik musharraf etilganidan mamnun edi, ammo burchini, qasamini ado etolmaganidan, muhoribadan yiroq yerlarda o‘zga yumush bilan band ekanidan, endi qasos umidi so‘nggi nafasiga qadar armon bo‘lib qolishidan afsusda edi. Umri tobora qisqarib borayotganini sezgani uchun emas, armonda ko‘z yumajagini bilgani uchun fig‘on chekardi. Uning nolayu fig‘onlariga begona birodarlari esa ham xushxabardan, ham yurt tuprog‘iga eson-omon yetib kelganlaridan sarmast edilar...
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:57:20
Ular qosh qorayganda yotoqlariga qaytishdi. Kechki salqinda bahri-dili yayragan Xmarin ularni ko‘rib, gap qotdi:
— Mirza Qandilxon, bizni tashlab Afg‘onistonga o‘zingiz jo‘navordingizmi, degan xavotirda edim.
Mirza Qandilxon tabiatan hazilga tobi toqati yo‘qroq edi. Ustiga-ustak no‘noq hazil bilan qarshilanib, dami ichiga tushib ketdi. Yomon gap aytib yuborib, baloga qolmay, deb tilini tishladi. Xmarin esa buning holatini tushunmay: «G‘alati kishi ekan-ku», deb hayron bo‘ldi.
Yo‘l azobi kuchini ko‘rsatdi, tong beozorgina, jimgina bostirib kirib, qushlarni uyg‘otdi, ammo ularni uyg‘otmadi.
Shuvalovning buyrug‘ini bajarib, qalandarni boshlab kelgan komendant ularni uyg‘otgisi kelmay, buloq bo‘yida anchagacha o‘tirdi.
Birinchi bo‘lib Xmarin uyg‘ondi. Yarim-yalang‘och holda yuvingani chiqqan elchi daraxtga suyanib, oyoqlarini bahuzur uzatib o‘tirgan qalandarni, undan sal narida miltiq ushlagan askarni ko‘rib, ajablandi.
— Kim bu? — deb so‘radi komendantdan.
— Qalandar... Teskari tashviqot bilan shug‘ullanayotgan ekan.
— Qiziq... qiziq... — dedi Xmarin, — qalandarlar ham siyosatchi bo‘lib ketishibdimi? Bu yerga nima uchun olib keldingiz?
— Buyurilgan, — dedi komendant, gapni qisqa qilib.
— Qiziq... qiziq diplomatlarning ham ishi o‘zgarib ketgan shekilli?
— Xmarin shunday deb uy tomon qarab baqirdi: — Vitaliy Sergeevich, sizni kutishyapti!
Xmarin yuvinib olgunicha ichkaridan boshqalar ham chiqib, qalandar suyanib o‘tirgan chinor oldida to‘planishdi.
— Mira’lamovich, so‘rab ko‘r-chi, turkmanlarni nimaga avrashyapti ekan?
Asadulla tarjima qildi.
— Afg‘oniston muhoribadan aziyat chekyapti, yovqur sarbozlar kerak. Turkman birodarlarimizning ko‘magiga muhtojmiz, — dedi qalandar.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:57:28
— Yerlariga-chi? Yerlariga muhtoj emasmisizlar?— dedi Asadulla.
Qalandar yelka qisib qo‘ydi, ammo javob bermadi.
— Menga qarang, — dedi Xmarin qalandarga, — qachondan beri askar to‘plash qalandarlarga qolgan?
— Biz pirimizning istaklarini bajo keltiryapmiz.
— Piringiz kim?
Qalandar o‘ylab o‘tirmay, kallasiga kelgan nomni aytdi.
— Urush tugagandan keyin askar to‘plashi qiziq bularning, — dedi komendant.
— Ha. Bularning maqsadi faqat askar to‘plash emas... — dedi Shuvalov. o‘ychan holda. — Nikolay Zaxarovich, buni eslab qoling. Bularning boshqa da’vosi borga o‘xshaydi.
— Bu tabiiy, azizim, — dedi Xmarin. — Ikki qo‘shni mamlakat aloqa o‘rnatayotganda albatta chegara masalasi ko‘tariladi.
— Chegara masalasi? — dedi Ushinskiy hayron bo‘lib. — Biz afg‘onlarning yeriga da’vo qilmaymiz.
— Bunaqa narsalarni yo‘lga chiqmay o‘rganish kerak edi, azizim Veniamin Samoylovich, — dedi Xmarin. — Diplomatik aloqa o‘rnatish oson emas. Amirning maslahatchilari uni turli maqomga solishlari mumkin. Bunaqa gaplarga shay turishimiz lozim. Karki yo‘lini to‘sganlar amir bilan do‘st tutinishimizga osonlikcha ko‘na qolishmas. Ularning bir nayrangi, mana, oydin bo‘lib turibdi. Ular daryoning bu betini so‘rashsa kerak. «Ahvolimiz tang, xalq och, unumli yerlarga muhtojmiz» deydi, u deydi, bu deydi, xullas, ming bahona ro‘kach qilishadi. Bu qalandaringiz shunga poydevor hozirlayapti, ishonavering. Diplomatiya tarixida bunaqa o‘yinlar ko‘p bo‘lgan.
— Buni nima qilamiz unda? — dedi Shuvalov ikkilanib.
— Nimaga tuttirdingiz? So‘roq qilish uchunmi? So‘roq qiling.
— Nimani so‘rayman, ma’lum-ku?
— Ma’lum emas, azizim, bu odamga yaxshiroq qarang: qalandarga o‘xshamaydi. Jandani yaqinda kiygan. Yuzlariga qarang: oftobda kuymagan. Bu oyoqlar ko‘p piyoda yurmagan. Qalandarlarni bilmas ekansiz.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:57:36
— Qaydan bilaman... Rahmat sizga, Nikolay Zaxarovich... Mira’lamovich, unga tarjima qil: to‘g‘risini aytsa aytsin. Nimaga yuborilganini bilamiz. U bilan pachakilashib o‘tirmaymiz, harbiy holat qonuniga ko‘ra shu yerda otib tashlaymiz.
Asadulla tarjima qildi. Shuvalov to‘pponchani g‘ilofdan chiqardi.
— Bunday qila ko‘rmang, — dedi Ushinskiy.
— Jim bo‘ling, — dedi Shuvalov zarda bilan, keyin bir-ikki qadam oldinga bosdi.
Qalandar birpas javdirab turdi-da, so‘ng ikki qo‘lini ko‘tarib, tiz cho‘kib, jonholatda gapira boshladi. Shuvalovning tavakkal bilan yuritgan ishi kutilgan samara berdi.
— Pirining nomini aytdi: kobullik Qodir og‘a hazrat ekan, — dedi Asadulla.
— Yaxshi. Pirining oldiga biz bilan birga boradi. So‘rab ko‘r-chi, bu amirning farmoni emasmikin?
Bu savolga javoban qalandar bosh chayqadi.
— Komendant, ketgunimizcha qamab qo‘ying. Boshingiz bilan javob berasiz. Mira’lamovich, sen afg‘onlar bilan gaplashib ko‘r-chi, bu pirning saroyda mavqei bormikin?
Komendant bilan askar qalandarni olib ketdilar.
Xuddi Neva sohillarida sayr qilish uchun otlanganday kiyinib olgan Sinelnikova ularga yaqinlashib, nozli ohangda dedi:
— Sirli majlisingiz sizlarga ovqat o‘rnida o‘tar, ammo men nonushtani afzal ko‘raman. Veniamin Samoylovich, siz-chi?
Bu savoldan Xmarinning g‘ashi kelib, teskari qarab oldi. Aytgan edi-ya, bu xonimchaga, erkaklarga suykalma deb, yo atayin g‘ashiga tegyaptimi?
Ushinskiy Sinelnikovaning savoliga javobni hayallatmadi.
— Ha, o‘rtoqlar, xonimning tanbehlari o‘rinli, — u shunday deb oldinga tushdi. Sinelnikova uni qo‘ltiqlab oldi.
— Ertalabdan nima g‘alva, Veniamin Samoylovich, bir ta’viya o‘tiruvdi anavi yerda, birovni o‘ldirmoqchi ekanmi?
— E, yo‘q, shunchaki bir qalandar. Pirining gapiga kirib bu yerlar Afg‘onistonga o‘tishi kerak, deb tashviqot qilib yurgan ekan.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:57:47
— Shunga shunchami, endi uni otsalar kerak, a?
— Yo‘q, Valentina Nikolaevna, biz bilan birga ketar ekan.
— Shu yetmay turuvdi.
— Siz aziyat chekmang, afg‘onlarga qo‘shib qo‘yamiz. O‘zlari olib borishadi.
— Veniamin Samoylovich, sut ichganimiz yo‘g‘-a?
Sinelnikova shunday deb gapni ustalik bilan chalg‘itib yubordi.
Ushinskiy izma-iz kelayotgan Xmarin ko‘zidagi g‘azabdan bexabar, Sinelnikovaning iyib qolganidan o‘zida yo‘q xursand edi...
Ko‘shk ularni ipsiz bog‘ladi. Ular Hirotdan darak, nafaqat darak, ot-ulov yetib kelgunga qadar kutishga mahkum edilar. Kutish hammadan ham Xmarinni ezib yubordi. U kotibasining qiliqlaridan xavotirga tushdi. Nazarida bu dunyoni alanga olib bo‘lgan, endi o‘chirish amrimahol edi. Xmarin oxirgi chorani qo‘llab, «Toshkentga qaytarib yuboraman», deb po‘pisa qilgach, Sinelnikova picha insofga kirdi. Shunda ham Xmarinning ko‘ngli tinchimadi.
Ipsiz bog‘lanishning uchinchi kuni, oqshom mahalida ularning qarorgohiga o‘nga yaqin ruslar kirib kelib, baravariga ta’zim qilishdi.
— Kelinglar, mehmonlar, — dedi Xmarin ularga peshvoz chiqib. Ko‘nglidan esa, «mujiklarning shunday ta’zim qilishi qanday yaxshi», degan gap o‘tdi.
— Biz shu yerlik dehqonlarmiz, janob, — dedi qoruvli, tepakal odam. — Bilishimcha, afg‘on amirining vakili bor emish.
— Ha, bor, nima edi?
— Arz bilan keldik.
— Nima, siz Afg‘oniston yerida yashaysizmi?
— Yo‘q, janob, lekin afg‘onlarga arzimiz bor.
Mirza Qandilxon chinor yonidagi supaga to‘shalgan ko‘rpachada yonboshlab, chilimni g‘urillatib tutatardi. Xmarin uni ko‘rsatdi.
— Amirning vakili o‘sha odam. Sizlarga... tarjimon kerakdir?
— Yo‘q, janob, minnatdormiz sizdan, biz forsiyda gaplashaveramiz. Umrimiz shu yerlarda o‘tyapti, tilini o‘rganib olganmiz.
Dehqonlar supaga yaqinlashib, Mirza Qandilxonga egilib ta’zim qildilar. Xmarin qiziqib, ular ortidan bordi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:57:55
— Sardor, — dedi qoruvli, tepakal dehqon, — sizga arzimiz bor.
— Mengami? — Mirza Qandilxon ajablanib, Xmaringa qaradi.
— Sizga, sardor, — dedi mehmon, — arzimiz shuki, Afg‘onistondan qaroqchi bosyapti. Jamshidiy degan bir qabila bor ekan. Ular bu tuproqqa o‘tib, mollarimizni afg‘on tuprog‘iga haydab, shuyla o‘g‘irlik ila kasbi maishat qilyaptilar.
— Jamshidiylarmi? Kim aytdi sizga?
— Birovini tutdik.
— Qani u?
— Jamshidiylarni insofga keltirishga va’da bersangiz, uni sizga topshiramiz, yo‘qsa, o‘zimiz chorasini ko‘ramiz.
— Men sarhad hokimiga, undan o‘tib, Hirot noibi ul hukumasiga arzingizni aytaman. Siz tutgan odamni noibga yetkazaman.
Ikki dehqon to‘pdan ayrilib, dam o‘tmay aftlari momataloq bo‘lib ketgan bir qo‘lli odamni boshlab kelishdi.
— Yurtni sarafkanda qilyapsanmi, qo‘ling chopilgani kam edimi, mal’un, endi boshing ketgay! — Mirza Qandilxon shunday deb gunohkorni tepdi. Bir qo‘llik odam chekindi-da, o‘zini o‘nglay olmay, gursillab yiqildi, anchagacha o‘ziga kelolmadi.
— G‘ulomqodir! — deb qichqirdi Mirza Qandilxon, joyiga qaytar ekan, — Oyoq-qo‘lini bog‘la, Hirotga eltgaymiz.
«Safimiz ikki kishiga ko‘payibdi-da», deb ko‘nglidan o‘tkazdi Xmarin.
Kechki ovqatdan so‘ng, choyxo‘rlik qilib o‘tirishganda Xmarin daf’atan Mirza Qandilxonga gap otib qoldi.
— So‘zlaringiz e’tibori bormi o‘zi, uch kundan beri tiriklay mixladingiz-ku, yo amirning o‘zi bunga kelmoqchimi?
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:58:05
Mirza Qandilxonning piyola o‘shlagan qo‘li bir zum muallaq qoldi. O‘zicha bir nima deb g‘o‘ldiradi, biroq so‘z aytmadi. Piyolani do‘q etib dasturxon ustiga qo‘ydi-da, o‘rnidan turib ketdi. Ushinskiy bilan Shuvalov ular orasida nima gap o‘tganini tushunishmadi. Shu sababli Asadulla Xmaringa forschalab dedi:
— Nikolay Zaxarovich, o‘rinsiz ta’na qildingiz. Axir afg‘onlar bizni bu yerda kutishmagan-ku? Hirotga temir yo‘l bo‘lsaykan, poezdga chiqib ketaversak. Uch-to‘rt kishi bo‘lsak ekan, uch-to‘rt ot bilan yo‘lga tushsak. Xabar borib, to ot-ulov hozirlanguncha chidaymiz-da. Shuni boshqalar aytsa ham siz aytmasligingiz lozim edi. Siz bu yerlarning sharoitini yaxshi bilasiz.
— Men hazillashmoqchi edim.
— Hazilingiz qo‘polroq chiqdi. Uzr so‘rasangiz chakki bo‘lmas.
— Menmi? — Xmarin hayratlandi. Keyin bir oz hovurdan tushdi. — Yaxshi...
— Nima bo‘ldi o‘zi? — dedi Shuvalov, Xmarin o‘rnidan turib ketgach.
— Shunchaki... — dedi Asadulla, — shaxsiy gap bu.
Nonushtada Mirza Qandilxon ko‘rinmadi. Garchi Xmarin uzr so‘ragan bo‘lsa-da, shomda aytilgan gap kechasi bilan unga tinchlik bermay, tong-sahar uyg‘otib, sarhad hokimiga yetakladi. Peshinga yaqin ancha chiroyi ochilgan holda keldi.
— Marhamatli sohib, — dedi u Xmaringa yengil qulluq qilib. — Afg‘oniston tufrog‘i sizlarning poyi qadamlaringizga mahtal. Hirotdan minmagingiz uchun sara otlar, yo‘lda tikmak uchun hayma1, har xil asbob-taomlarni yuklab ketmoqg‘a ulov, sizlarni aziz jonlaringizni muhofaza etib ketmoqg‘a oz bo‘lg‘onda ellik askar yo‘lga chiqib, kechi bilan ertaga Ko‘shkda bo‘lur2.
Daryodagi azoblar, majruh vagonlardagi safardan so‘ng otda yo‘lga chiqish ko‘pchilikka surur bo‘lib ko‘rindi.
Mirza Qandilxon aytganday, ot-ulov ertasiga peshinda yetib keldi. Bu hashamni ko‘rib, boshqalar u yoqda tursin, diplomatiya dabdabalaridan boxabar Xmarin ham hayratga tushdi. «Bunaqa shohona safar tushimga ham kirmagan edi», dedi u Asadullaga. «Shundan bilingki, bizga ilhaq ular», dedi Asadulla.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:58:22
Uchinchi qism
KUZDAGI BAHOR NAFASI

I b o b
HIROT


1

Mirkomil hojining bir odati bor: agar boshlagan ishi haddan tashqari silliq ketsa, xavotirga tushadi. U: «Siyosat bobidagi ishmi yo tijorat yumushlarimi to oxiriga qadar silliq bitmaydi. Qaerdadir qoqiladi», deb qattiq ishonadi. U, mardlik bilan ish yurituvchi boy, bir narsadan — ko‘z tegishdan hayiqardi. Buxoroga oppa-oson kelishi, Tal’at maqsumning odamlari bilan tuzoqqa ilinishi, nihoyat, Said Olimxon huzuriga kirib, amir bilan tez til topishishi uni sergaklantirdi. Mirkomilboy Buxorodan Afg‘onistonning Mazori Sharifiga qadar bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tguncha turli xayollar girdobida azob chekdi.
Ba’zan qum barxanlari ajdahoning panjasiday bo‘lib ko‘rinadi. Ajdahoning o‘ziga, olov purkovchi og‘ziga qachon ro‘para kelar ekanman, deb ko‘ngli g‘ash bo‘ladi.
Mazori Sharifga omon-eson kirib kelganida sal hayron ham bo‘ldi. Na g‘anim, na qanotidagi Muhiddin boshliq chapanilardan zahmat ko‘rdi. Kutilgan yerlarda ajdaho uchramadi. Nahot u afg‘on yerida poylab yotgan bo‘lsa?! Xauston afg‘on yerlarida ziyon-zahmat yetmasligiga kafolat berib edi...
Mirkomilboy — uzoq vaqt ko‘rmagani, hamshahri Xasanxon hazrat bilan quchoqlashib ko‘rishayotganda ham ko‘nglining bir uchi xijil edi. Toshkentday shaharda e’tibori katta bo‘lgan, Qo‘qon muxtoriyatiga oham so‘zini o‘tkaza oladigan Xasanxon hazrat — jussasi kichkina, serjahl qariya Mirkomilboyni chindan sog‘inganmidi yo ko‘ngil uchun shunday qildimi, har holda hamshahrini bag‘ridan darrov bo‘shatmadi. Qo‘qondan Toshkentga qaytmay, Afg‘onistonni mo‘ljal qilib jo‘navorgan Xasanxon hazratning e’tibori bu yerda ham yomon emasdi. Mazori Sharif noibiki, uning hurmatini o‘rinlatyaptimi, demak, hazrat bu yerlarda bekor yurmagan.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:58:32
Mazori Sharif noibining saroyiga o‘sha kuni toshkentlik aziz mehmon bilan birga xunuk darak ham yetib keldi. Bu xabarni keltirgan chopar baraka topmadi. Xuddi bolsheviklarning elchilarini uning yolg‘iz o‘zi atayin qo‘ldan chiqarganday noibdan tepki yedi. Rus elchilarning Karki yo‘lida qurolli pistirmaga uchrab, izlariga qaytib ketishlari Xauston uchun ham, noib, Xasanxon hazrat uchun ham noxush bir hol edi. Ular daryo o‘zani toraygan bu yerda elchilarning mahv etilajagiga to‘la ishonar edilar.
Elchilarning Chorjo‘yga qaytishi, ayniqsa Xaustonni garang qildi. Endi yangi reja tuzish kerak, tuzish ham bir gap bo‘lar, uni amalga oshirish-chi? Xaustonning joniga noib ora kirdi.
— O‘rusiya saforati ahlini Hirotda kutib olmak lozim, — dedi u. Xauston: «Xo‘sh, undan keyin-chi?» — degan ma’noda qarab, so‘zining davomini kutdi. Noib, fikrini to‘la bayon etishga shoshilmadi, Xaustonning toqati toq bo‘layozganda yana tilga kirdi: — Ular Mazori Sharif sari yurishlari mumkin. Ular shu yo‘lda azroil changaliga tushadilar.
Xaustonning xayoliga ham shu fikr kelgan edi-yu, ammo ikkilanayotgandi. Kobulga yana ikki yo‘l bo‘lsa-da, Mazori Sharif orqali boriladigani ular uchun bexavotirroq edi. Karki yo‘lida bir o‘limdan qolgan elchilar endi ehtiyotkor bo‘ladilar va eng xavotirsiz yo‘lni tanlaydilar. Noib Xaustonning fikrini tasdiqladi. Shu bilan birga yaxshi taklif ham aytdi:
— Hirotga ishongan odamlar yuborilmog‘i lozim. Saforat ahli orasidagi odamingiz biz yuborgan yigitlar bilan muloqotda bo‘lsa bas.
Xauston noib xizmatiga suyansa-da, unga to‘la ishona olmas edi. U hammadan xavotirlanardi va bu odati ko‘p holda uni qiyin ahvoldan olib chiqardi. Shu bois noib ajratgan odamlar orasiga Muhiddin bilan uning besh yigitini ham qo‘shdi. Bu bilan noibning odamlariga o‘ziga xos qo‘riqchi yasadi.
Xasanxon hazrat Kobulga oshiqardi. Shu sababli bu o‘yinga qiziqish bildirmadi.
Noibning odamlari bilan Muhiddin va uning chapanilari saharda jo‘nadilar. Xauston Muhiddinga anchagina gap tayinladi. Mirkomilboy ularni beriroqda kuzatib, ichidan qirindi o‘tardi. Bosh silkib-silkib qo‘yayotgan Muhiddinga tikilib, aytilayotgan gap mazmunini uqmoqchi bo‘lardi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:58:46
2

Sarhad. Xaritada yurtlarni yurtlardan, xalqlarni xalqlardan, taqdirlarni taqdirlardan ayirib turuvchi ingichka, ilonizi chiziq. Qog‘ozda shunday jonsiz. Sarhadni bosib o‘tgan odamgina bu chiziqning qudratini his etadi. Kobuldan Toshkentga qadar borgan, Toshkentdan xatarnok, tahlikali yo‘llar bilan yurtga qaytayotgan afg‘onlar otlaridan tushib, Yaratganga tavallolar qilib, yerni o‘pdilar. Bu damda Asadulla va uning birodarlari bag‘rida o‘zga his uyg‘ongan edi. Ular sarhadni bosib o‘tishlari hamon, boshqa mamlakatga emas, go‘yo boshqa olamga, qaytish mushkul bo‘lgan borsa-kelmas yurtga qadam qo‘yganday his qildilar o‘zlarini. O‘sha ko‘zga tanish tuproqli yo‘llar, toshli so‘qmoqlar davom etayotgan bo‘lsa-da, xaritadagi ingichka chiziq ularning qalbini shart ikkiga ayirib, yarmini bu tomonda olib qolganday, ayrilgan qalb bo‘laklari faryod bilan potirlab bir-biriga talpinayotganday edi.
Shu hislar o‘z hukmini o‘tkazgani uchun ham ancha yerga qadar gap-gapga qovushmadi. Ustiga-ustak, otda safar qilish sururi sarob ekani ma’lum bo‘lib, ba’zilarning ona sutlari og‘izlariga keldi. Jinga chaqa tanga childirma bo‘lib ko‘ringanday, hayma, idish-tovoq, oziq-ovqatga moslangan taraqa-turuq aravalar ular ko‘ziga taxtiravonday ko‘rindi. Mirza Qandilxon ularning ahvolini ko‘rib, ikki aravani yukdan bo‘shattirib, joy qilib berdi.
Chordara, Milol manzillari ortda qoldi. Parvonaga yetishsa, u yog‘i Hirot...
Tog‘ yo‘llari ularni chilla oftobida qovjirayotgan cho‘lga olib keldi. «Bizning Mirzacho‘lga o‘xsharkan», dedi Asadulla chor atrofga boqib borarkan.
Uzoqda gumbaz qorayib ko‘rinib, karvon yo‘lni o‘sha tomon burdi. Pishiq g‘ishtdan ishlangan sardoba yonida besh-o‘n chog‘li odam karvonning yaqinlashishini kuzatib turishardi.
— Turkmanlarmi? — dedi Shuvalov, ular tomon ajablanib qarab.
— Shunaqaga o‘xshaydi, — dedi Asadulla. — Shu yerlik turkmanlardir.
— Qurollangan-ku?
— Bu yerdagilar qurolsiz yurmaydi, — dedi Zikriyo afandi, — yo‘q deganidan xanjar topasiz.
Karvon sardobani gir aylanib o‘rab, hamma o‘zini muzdek suvga urdi. Asadulla suvdan to‘yib ichgach, gumbaz soyasida xotirjam o‘tirib olgan turkmanlarga yaqinlashib, salom berdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:58:53
— Qarasam, turkmanga o‘xshaysizlar, nechuk siz afg‘onlar orasida yuribsiz yo makoningiz shu yermi? Sizlar ne vaqt bu yerlarga keldingiz? — deb so‘radi yoshi ulug‘roq kishidan.
— Makonimiz shu yer, yoshulli. Vaqtiki Eron shohlaridan Nodirshoh turkmanlarni taxti idorasiga olgandan so‘ng, turkmanlardan askar yasab, Afg‘onga hujum qilib, bu yurtni ham taxti himoyasiga olgan vaqtida bir ming uyli turkmanlarni ko‘chirib kelib yerlashdirmish. Bizim kindik qonimizda buraya to‘kilmish. Sening yumushing nadir, buraya na maqsadda kelibsan?
— Toshkand degan shahri azimni eshitibmidingiz?
Turkmanlar bir-birlariga qarab, yelka qisishdi.
— Turkiston turkmanlaridan narida, azim shaharlar bor. Biri Toshkand, Turkistonning poytaxti. Shundan Kobulga xayrli salom yetkazmagimiz darkor.
— Yumushing savob ekan. Yo‘lingda hamhudud turkmanlarnida ko‘rding?
— Ko‘rdim.
— Ahvollari nechuk?
Asadulla tayinli javob berishni bilmay, ikkilandi. Turkmanlarning javob kutib, unga ko‘z tikishlaridan ayonki, ular ahvolni biladilar, savol berishdan maqsadlari — eshitganlarini yanada oydinlashtirib olish.
— Turkistonda yurt og‘alari bo‘lak bo‘lgan, eshitganmisiz? Yurtni amir ham, bek ham emas, chorikor, ishchi, hunarmandlar so‘raydi. Bu beklarga xush kelmay, sho‘rish boshlaganlar. Turkmanlarda bu sho‘rish azobidan aziyat chekdilar.
— Eshitmish edik... Sho‘rish tugab murodga yetdilarmi?
— Yo‘q hali.
— Murodga yetilsa ne bo‘lg‘usi, turkmanlarga nalar berilgusi?
— Yer, suv, ayog‘li mollarning bari...
— Beklarnikimi?
— Ha.
Turkmalar afsus deganday bosh chayqadilar.
— Nomaqbul yumush, — dedi yoshi ulug‘rog‘i.
— Sabab?
— Olloh bandalarini sinamoq uchun biriga mo‘l, biriga oz vermish ekan. Yangi amir bizgada yer vermish edi, tuya vermish edi, olmaduk, birovning haqqi...
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:59:00
Bu gapni eshitib Asadullaning ko‘z oldiga Kalasdagi mo‘ysafid keldi: «Taqdirlari buncha o‘xshash bo‘lmasa bularning, — deb o‘yladi u, — hatto ozodlik onlari ham bir vaqtda ko‘z ochsa. Lekin... bizim el ozodligi o‘zga. Bunda... bugun amir yer bergan bo‘lsa, erta tortib olishdan tap tortmas yo birovga in’om etib yuborar. O‘xshash taqdirlar shu nuqtada ayri-ayri bo‘lib ketmaydimi? Ozodlik muqbil va muvaqqat deb shu jihatdan ajralmaydimi?..»
— Qochoqlarmi?
Asadullaning fikri uzilib, yonida paydo bo‘lgan Ushinskiyga qaradi.
— Yo‘q, yuz yillar ilgari ajdodlarini haydab kelishgan.
— O... bechoralar. Bizdagi turkmanlarga ozodlik berildi. Bular ham yerlariga qaytishlari mumkin. Tushuntirib qo‘ying.
— Haqqimiz yo‘q bunday qilishga. Bular Afg‘oniston fuqarolari. Shu yerlarga o‘troqlashib qolishgan.
— Yoshulli, — turkman shunday deb ularning suhbatini bo‘ldi, — muddaong savob emish, bizga qo‘noq bo‘lib o‘t.
— Iltifotingizga qulluq. Ammo bizim ixtiyor afg‘on mehmondorida.
— Qayda mehmondor?
Asadulla sardoba og‘zida turib, xizmatkorlarga ish buyurayotgan Mirza Qandilxonni ko‘rsatdi. Turkman borib, unga nimalardir deb tushuntirdi. Ammo u qat’iy bosh chayqayvergach, turkman avzoyi buzilib, iziga qaytdi. Bir oz o‘ylanib turdi-da, enli belbog‘ini yechib, kumush sopli xanjarini oldi.
— Yodgorlik senga, — dedi xanjarni uzatib, — turkmanlar haqida yomon so‘ylamading. Yo‘lda yarog‘siz yurma.
— Rahmat sizga, mushkullaringiz oson bo‘lsin, — dedi Asadulla tortiqni qabul etib.
— Olloh ziyoda qilsin, — turkman shunday deb sheriklariga imo qilgan edi, ular chaqqon turib, gumbaz chetidagi meshlarni otlarga yuklab, yo‘lga tushdilar.
— Xanjarni nimaga berdi? — dedi Ushinskiy, ular ortidan qarab.
— Yo‘lda yarog‘siz yurib bo‘lmas emish. Siz ham u-bu olvoling, — dedi Asadulla.
— Umuman... to‘g‘ri taklif, — dedi Ushinskiy, uning kinoyasini tushunmay.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:59:07
Oqshomda Parvona degan rabotga tushdilar. Bu yerga ilgariroq yetib kelgan xaymadorlar chodirlarni tikishga, xizmatkorlar o‘choqqa olov yoqib, qozon osishga ulgurgan edilar.
— Bu yerning asli nomi Farg‘ona ekan, — dedi Zikriyo afandi chodirga kirib joylashar ekan. — Bundan avval o‘tganimda rivoyat eshitib edim. Qadimda Farg‘onadan bir mo‘ysafid kelib bino qilgan ekan bu yerni. Shu bois ba’zilar Farg‘ona ota deb ham yuritadilar. Menga o‘xshab yurtga sig‘may, bu yerlarga kelib, ildiz otib ketibdi. Musofirlikda o‘tsa ham joyni obod qilib, nomini qoldiribdi. Unga havas qilaman. Mendan nima qoladi bu dunyoda...
— Zikriyo afandim, sizning xizmatlaringiz rabot qilishdan ulug‘roq. Siz kelgusini aql ko‘zi bilan ko‘rib, oydinlik yo‘lini ochmoq qasdida joningizni tikkansiz.
— Shu yo‘lni ochishga qurbimiz yetarmikin, shu kunlarni ko‘rarmikinmiz, bu harakatimiz xomxayol emasmikin, deb ko‘p o‘yga tolaman.
— Mening ortda qolgan o‘ylarim bu. Xomxayollar jilmayib bersa, dunyo xandon urib uyg‘onadi. Dunyoning uyg‘ongani ayon-ku.
— Ilinjim ham shundan, zora bir kun uyquli baxtimiz uyg‘onsa.
— Bu endi o‘zingizga bog‘liq, afandim. Xalqingiz g‘aflat boshiga mushtlab, jaholat jomasini irg‘itar ekan, baxtning uyg‘onishdan o‘zga chorasi yo‘q.
«Odam quyoshga o‘xshab o‘zidan nur — mehr nurini, yaxshilik nurini tarqatib turishi kerak. Chunki atrofdagilar bunday nurga muhtoj bo‘lishadi. Asadulla afandi shunday odam. Shunday o‘g‘lonlar mavjudligi xalqning baxti», deb o‘yladi Zikriyo afandi, uning gaplarini jimgina tinglar ekan.
Chodir og‘zida Shuvalov ko‘rindi:
— Joylashib oldinglarmi, choy tayyormish, — dedi u ichkariga bosh suqib.
Tashqariga chiqib, Sinelnikovaga ajratilgan chodir yonidan o‘tishayotganda ichkaridan Xmarinning asabiy ovozi, keyin Ushinskiyning to‘ng‘illagani eshitildi. Zikriyo afandi ovozlarga e’tibor bermaganday o‘tib ketdi. Asadulla bilan Shuvalov esa bir-birlariga ma’noli qarab qo‘ydi.
— Xonimchaning noz-firoqlari menga yoqmayapti, — dedi Shuvalov.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:59:14
— Parvo qilmang. Bir o‘zi bo‘lgani uchun shunaqa. Hali unga, hali bunga suziladi. Sherigi bo‘lganda gapdan bo‘shamas edi.
— Senga ham ko‘z suzyapti shekilli, a? Ba’zi sergap bo‘lib qolyapsanlar?
— She’riyat shaydosi ekan, Pushkindan ko‘p o‘qiydi.
— Senga shaydo bo‘lmasa bas, she’r o‘qisa o‘qiyversin.
— Shaydo bo‘lishiga arzimaymanmi?
— U arzimaydi senga.
Shuvalovning ustalik bilan chap bergani Asadullaga ma’qul kelib, kulimsirab qo‘ydi.
Daryodagi tahlikali kunlar uzoqlashgani sayin Ushinskiy gap kelganda Xmarindan shubhalanayotganini qistirib o‘tadigan odat chiqardi. Bugun ham Xmarin Sinelnikova chodiridan avzoyi buzilib chiqib, tobi yo‘qligi, charchaganini bahona qilib, ovqat yemay, turib ketgach, elchining yurish-turishi tobora shubhali bo‘lib borayotganini aytdi. Bu gapga Asadulla ham, Shuvalov ham e’tibor berishmagani uchun jimib qoldi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:59:21
Bu yo‘llar Zikriyo afandiga tanish bo‘lganidan Asadulla otda u bilan yonma-yon borardi. Xmarin bilan Shuvalov orqaroqda, Ushinskiy bilan Sinelnikova esa aravada edi. Oldinda — sovarlar orasida G‘ulomqodir qaddini bukibroq borardi.
— Shu yigit ancha so‘lib qoldi, sezdingizmi? — dedi Asadulla unga imo qilib.
— Sezdim, dardi borga o‘xshaydi. Dardi boru dardkashi yo‘q. Bundan og‘ir azob yo‘qdur odamga. Nazarimda, ba’zan sizning yo‘lingizni poylaydi shu yigit. Sizni holi topmaydi yoinki dardini aytishga kuch yo‘q.
— Dardini aytmaydi, kemada suhbat qurganmiz.
— Bular sofko‘ngil, mard, o‘ta mag‘rur bo‘lishadi. Bo‘yin egishdan ko‘ra o‘zlariga o‘limni ravo ko‘rishadi.
— Bu ham yigit kishining husni, — dedi Asadulla.
Parvonadan chiqib, bir oz yo‘l bosishgach, cho‘l tugab, tog‘lar boshlandi. Tog‘ orasidan chiqishgach, ko‘zlariga minoralar yarq etib tashlandi.
— Hirotga yetdik, — dedi Zikriyo afandi. — Ana, to‘qqiz minora...
Minoralarga yaqinlashganda Asadulla otdan tushdi.
— Shularning bir qismini Shohruh, bir qismini Mir Husayn bino qilgan deb so‘ylaydilar. Bundagi madrasalar zamonaning dorilfununlari bo‘lgan, — dedi Zikriyo afandi.
— Imoratlari qani?
— Madrasa qo‘rg‘on tashqarisida ekanidan inglislar Abdurahmonxon zamonida buzdirib tashlashgan ekan.
— Nima sababdan?
— O‘ruslar Ko‘shkdan bostirib kelishsa, qo‘rg‘on himoyasiga xalal berar ekan.
— Yo alhazar! — Asadulla shunday deb yoqa ushladi. — Savod chiqarmaganni johil desam, bu inglislar... johil ekanlar, bag‘oyat darajada johil...
— Vahshiy deyavering. Buning qadriga yetmaganga o‘zga nom yo‘q.
Har birining balandligi ikki yuz, aylanasi yigirma gaz kelib qoladigan minoralar mash’umliklarga guvoh bo‘laverib, yemirilish pallasini boshlab yuborgan, naqshlaridan nur ketib, xatti ko‘fiy ila yozilmish oyatlar anglab bo‘lmas darajaga tushgan edi.
Asadulla minoralarga anchagacha tikilib turdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:59:28
«Bu yerlar qachonlardir gavjum bo‘lgan. Qachonlardir Shohruh mirzo, Ulug‘bek mirzo, Mirzo Husayn Boyqarolar as’asayu dabdabalar bilan o‘tishgan bu yerlardan. Minoralarning sovuq g‘ishtlari balki mir Alisherning, Mirzo Boburning og‘zidan uchgan g‘azallarni singdirib yuborgandir... Minoralarning biri «g‘urbatda g‘arib shodumon bo‘lmas emish», desa boshqasi: «O‘z yurtni qo‘yub, Hind sori yuzlandim. Yo Rab, netayin, ne yuz qarolik bo‘ldi», deb nola ila aks-sado berar... «Jomiydek, Navoiy, Boburdek ahli donish qadami yetgan bu muborak madrasalar bir johilning, bir vahshiyning xayolxonasiga kelgan xavotir tufayli, buzuq fikr tufayli vayron etilsa?!» Asadullaning bo‘g‘ziga bir nima tiqildi: bu g‘azab cho‘g‘imi yo alam yig‘isimi — o‘sha topda o‘zi ham bilmadi. Faqat... ko‘zlari onamlanganini sezdi. «Bu minoralar nima sababdan ko‘kka bo‘y cho‘zgan, — deb o‘yladi u. — Go‘zallik izlabmi yo haqiqat izlabmi? Minoralarning boshi bulutga yetib nima ko‘rdi? oChaqmoqlarnimi? Battol shamol uning boshiga ne g‘uborlarni yog‘dirmadi? Ne adovatlar, ne kulfatlar, ne alamlar haqida darak yetkazmadi? Endi poyidagi imoratlardan, gumbazlardan ayrilib, kekkayib qolgan bu minoralarga urilgan shamol nimalar deyapti ekan?..»
Karvon minoralarni aylanib, ilgarilab qolgan edi. Zikriyo afandi Asadullaning ruhiyatiga tushungani uchun uni yurishga undamay, tek turdi. Ammo karvondan bir otliq ayrilib chiqib, ularga qarab kelaverdi.
— Sizlarni kutishyapti, sohib, — otliq shunday deb, ortiga burildi.
Asadulla otni yetaklab, minoralardan picha uzoqlashgandan keyingina uzangiga oyoq qo‘ydi.
Hiri ro‘d nahri bo‘yiga, atrofini tog‘ o‘ragan ajib bir vodiyga, saljuq turklari tomonidan bino qilinib, ikki qat devordan qo‘rg‘on yasalgan, handaqlar bilan himoyalangan qadim shahar, tabarruk shahar — Hirot dunyo ellari ichida Afg‘onistonni ozod, mustaqil deb tan olgan yurt vakillarini zo‘r dabdabalar ila qarshilamoqda edi.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:59:36
Hirot noib ul hukumasi, noibi salor, saf tortgan bir ming qadar sarbozu sovar vakola hay’atini Tuproqqo‘rg‘onda kutdilar. Yetti marotaba to‘p otilib, aziz mehmonlar sharaflandi.
Oldinda Xmarin bilan Asadulla, sal orqaroqda Ushinskiy bilan Shuvalov mezbonlarga yaqinlashdilar.
— Buyuk Rossiyaning yangi hukumati nomidan Buyuk Afg‘onistonning yangi amirini, shuningdek, amirga sadoqatli noiblarini, barcha afg‘on fuqarosini muborakbod etmoq sharafiga muyassar etilganimdan bag‘oyat xursandman. Biz Afg‘oniston tuprog‘iga qutlug‘ niyatlar ila qadam bosdik, — dedi Xmarin balandparvoz ovozda.
— Nekqadam azizmonlarimiz niyatlarini Olloh ziyoda qilg‘ay, — dedi noib ul hukuma, sharqona lutf bilan.
— Hamhudud ellar totuvli, birodarli ne’matiga erishib, mustabidlar zulmidan xalos bo‘lib yashamoq baxtiga yetishmog‘i bizning yakkayu yagona umidimiz, — dedi Asadulla.
— Umidlari muborak bo‘lg‘ay.
Rasmiy muborakbod, tanishuvdan so‘ng, qal’adan chiqib, ikki chaqirimcha yiroqdagi «Bog‘i shohi» nomli noibning bog‘iga boshladilar. Farahbaxsh bog‘ning janub tarafiga sharq usulida ikki qavatli imorat tushgan, to‘rt botmon chamasi mevazor, gulzor baland paxsadevor bilan ihota qilingan edi. Imorat qarshisida to‘rt marmar hovuz bo‘lib, tiniq suvda qirmizi baliqlar ohista suzib yurardi. Taom vaqti yetgani uchun istirohatga berilmay, dasturxon atrofida davra qurdilar.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:59:44
3

Nonushtadan so‘ng Mirza Qandilxon ikki foytun bilan Bog‘i shohiga kirib keldi. Foytunlarning biriga Xmarin, Shuvalov (Xmarinning taklifi bilan), Sinelnikova, Mirza Qandilxon, ikkinchisiga Ushinskiy, Asadulla va Zikriyo afandi o‘tirdilar. Oldinda G‘ulomqodir bilan yana uch sovar, ortda esa o‘n chog‘li sovar kuzatuvida shahar ko‘chalariga chiqdilar.
Bozorga olib boruvchi yo‘l manzilga yetmay torayib, foytun yurolmaydigan bo‘lib qoldi.
— Bozor oralash maylingiz bo‘lsa, otga minamiz,— dedi Mirza Qandilxon.
Sovarlar otdan tushib, jilovni ushladilar. Sinelnikova foytundan tushayotganda Mirza Qandilxon Xmaringa:
— Xonim bunda o‘tira tursinlar, — dedi.
— Valya, biz tezda qaytamiz, — dedi Xmarin, Qandilxonning maqsadini anglab.
Sinelnikova yolg‘on jilmayish bilan joyiga qaytib o‘tirdi.
— Mira’lamovich, payqadingmi, kotiba forschani bilmasmikin? — dedi Shuvalov, uning harakatini kuzatib.
— Bilmasa kerak.
— Hozir afg‘on Xmaringa bir narsa devdi, xonim to‘xtab qoldi. Tushundi shekilli.
— Vitaliy Sergeevich, nahotki...
— Sen men bilan bahslashma-yu, gap orasida bir sinab ko‘r, xo‘pmi?
Foytun oldida to‘rt sovar qolib, boshqalar jinko‘cha oralab bozorga kirib bordilar. Keng ishton, uzun ko‘ylak, kalta nimcha kiygan erkaklar kaftlarini peshonalariga qo‘yib, salom berib, yo‘l bo‘shatardilar. Yuziga oq ipdan to‘qilgan parda tortgan ayollar esa devor tomon o‘girilib, otliqlar o‘tib ketguncha qilt etmasdan turardilar.
Bozor deganlari ham tor, ham betartib edi. Rastalar Turkiston bozorlaridagi kabi batartib, muntazam bo‘lmay, chapaqay kalishday poyma-poy edi. Bir rasta chitfurush, yonida kavushfurush, uning yonida attor, so‘ng baqqol, so‘ng yana chitfurush... — aralash-quralash joylashgan edi. Yo‘llar sihatga zid, badbo‘y, issiq kunda ko‘ngilni g‘oyat behuzur qilar edi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:59:51
Unda-bunda otliqlar ham uchrar: oldinda jilovdor, ikki taraf uzangilarning yonida rikobdor1 yurishidan ularning amloqdor ekani ayon edi. Bundaylar bozorda kam — to‘rt-beshdan oshmas, aksar piyodalarning kimligi liboslaridan ma’lum, ular orasida to‘qdan och, tuzuk liboslisidan juldur kiyimlisi bisyor edi. Mehmonlarnnig bozorda paydo bo‘lganini avval gadolar ilg‘ashdi. Qo‘llarini cho‘zib, tavallo aytib, ularga peshvoz chiqa boshlashdi.
Mirza Qandilxon ikki sovarni oldinga o‘tkazib, otni orqaga burdi-da, Xmarin yo‘lini to‘sdi:
— Qaytmog‘imiz lozim, sohib.
— Bir oz aylanaylik, balki ul-bul olarmiz, — dedi Xmarin, uning qilig‘iga tushunmay.
— Chetdan kelgan kishilar, kim bo‘lsin, bozordan mol oladurg‘on ekan, avval noib sohibdan ijozat so‘ramog‘i shart.
— Taajjub, — Xmarin shunday deb otini burdi.— Janoblar, jannatda ko‘rmoq boru yemoq yo‘q deyishardi. Biz jannatda ekanmiz.
Foytunga qaytganlarida Tuproqqo‘rg‘on tomonidan do‘l-nog‘oralar ovozi keldi.
— Qal’aga boramiz, — dedi Mirza Qandilxon.
— Nim bo‘ladi u yerda, tomoshami? — deb so‘radi Xmarin, hafsalasizlik bilan.
— Yo‘q, sohib, Ko‘shkdan olib kelganimiz, jamshidiyning boshi kesiladi.
— A? Darrov-a?
— Avvalgi o‘g‘riligi uchun bir qo‘li kesilgan edi. U shariat bo‘yicha hukm qilindi.
Xmarin uning gapini oxiriga qadar eshitmay, Sinelnikovaga yuzlandi.
— Valya, qiziq tomosha, bir qo‘llik o‘g‘rining boshi kesilar ekan.
— Nikolay Zaxarovich! — Sinelnikova shunday deb yuzini burdi. — Dahshat... taklif qilgani uyalmadingizmi?
— Valya, axir bu yer sharq. Bundan battari ham bo‘lishi mumkin.
— Nimaga to‘xtab turibmiz? — dedi Ushinskiy, Xmaringa yaqinlashib.
Xmarin Mirza Qandilxonning taklifini aytdi.
— Yo‘q, yo‘q, Nikolay Zaxarovich, bizni bu azobdan qutqaring, iltimos, — dedi Ushinskiy Sinelnikovaga bir qarab olib.
— Bizning ishtirokimiz mutlaq noo‘rin, — dedi Shuvalov uni quvvatlab.
— U holda boqqa qaytamiz, kechki ziyofatga qadar bo‘shmiz, — dedi Xmarin.
— Mening Mirza Qandilxondan bir o‘tinchim bor, — dedi Asadulla.
— Bosh ustiga, sohib.
— Men hazrat mir Alisher Navoiy qabrlarini tavob etmog‘im shart. Abdurahmon Jomiy, Abdulla Ansoriy xoki turobini-da, ziyorat etmog‘im lozim. Buning uchun noib sohibdan ijozat olmoq zarurmi yo sizningda ijozatingiz kifoyami?
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 05:59:59
Keyingi gap Mirza Qandilxonga ma’qul kelib, yayrab jilmaydi:
— Savob yumushlarga alohida ijozat joiz emas. Hoziroq boshlab boraman.
— Veniamin Samoylovich, Vitaliy Sergeevich bu yerda ulug‘ odamlarnnig maqbaralari bor. Istasangiz, borishingiz mumkin.
— Men boraman, — dedi Sinelnikova qat’iy ohangda.
— Men ham borishim mumkin, — dedi Ushinskiy.
— Veniamin Samoylovich, siz men bilan bog‘da qolsangiz, iltimos, kechki ziyofatda so‘zlaydigan nutqimni bamaslahat tayyorlasak, — dedi Xmarin.
Ushinskiy o‘zi kutmagan qopqonga bexos tushib qoldi.
Ularni Bog‘i shohida qoldirgach, foytunlar Alisher Navoiy maqbarasi tomon yo‘l oldi.
— Navoiyni eshitganman, ammo she’rlarini bilmayman, — dedi Sinelnikova.
— O‘ruscha o‘gurmasi yo‘qdur-da, — dedi Asadulla. U hozir suhbatlashadigan ahvolda emasdi. Nazarida maqbarani ziyorat qilgani emas, balki Navoiy bilan yuzma-yuz uchrashishga borayotganday edi.
— She’ridan o‘qib bering.
Asadulla darrov javob bermadi. Ayol ham uni shoshirmadi.
— Bitta baytini aytib beraman:

Bu gulshan ichraki yo‘qtur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik bila ot.

— Bu nima degani?
— Bu deganiki... dunyoda abadiy narsa yo‘qdur, hech narsa boqiy emas, yaxshilik bilan nom qoldirishgina abadiydir.
— Dono gap ekan, — dedi Shuvalov, uning so‘zlarini diqqat bilan tinglab.
— Siz o‘zingizga sodiqsiz, Asad Mira’lamovich, shu yerda ham falsafiy she’r aytdingiz. Nima, Navoiyning ishqiy she’rlari yo‘qmi?
— She’rlar nima ekan, dostonlari bor, — dedi Zikriyo afandi suhbatga qo‘shilib.
— Qani ayting-chi...
— Asadulla afandi turganlarida... meni ma’zur tutasiz.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:00:07
Asadulla bu xonimdan qutula olmasligiga aqli yetib, bir bayt aytdi:

Agarchi ishq aro bo‘ldi mubaddam kufr ila dinim,
Ne g‘am, chun poklik rasmidurur bu ishda oyinim...

Sinelnikova bayt tarjimasini eshitib, kulimsiradi.
— Ishqiy she’r, ammo bari bir, falsafasi kuchliroq.
— Siz ishq bilan falsafani ayri-ayri qo‘yasizmi?
Shuvalovning bu xilda nozikta’b bilan savolga tutishi Sinelnikovani sal gangitib qo‘ydi.
— Nimaga endi, — dedi u Shuvalovga jilmayib qarab. — Sevgi — eng murakkab falsafa. Chaqilmagan yong‘oq, uni hamma ham chaqavermaydi.
Shuvalovning savoli Sinelnikovani chalg‘itib, Asadullaning joniga ora kirdi.
Foytun maqbaradan ancha berida to‘xtadi. Asadulla pastga tushib, maqbaraga tikilgancha harakatsiz qoldi. Keyin hamrohlariga e’tibor bermay, bir-bir bosib yurdi.
Zikriyo afandi unga ergashmoqchi bo‘lgan Sinelnikova bilan Shuvalovni to‘xtatdi.
— Nima, bu yerga ham kirish mumkin emasmi? — dedi ayol norozi ohangda.
— Mumkin, xonim, faqat keyinroq boraylik. Aftidan, Asadulla afandi sehrlanib qoldilar, xalal bermaylik.
Asadulla nuray boshlagan maqbaraga yaqinlashib to‘xtaganini, keyin tiz cho‘kkanini o‘zi ham sezmay qoldi. Uning ko‘zlari sag‘nada edi: nahot buyuk bir odam shu sovuq tosh ostida yolg‘iz yotgan bo‘lsa, nahot bu sovuq toshlar suyaklarini ezib turgan bo‘lsa... Shu xayoldan eti seskandi.
Bolaligida g‘aroyibotlar, sehrgarlar haqida ko‘p ertak eshitgan edi. Bu g‘aroyibotlar, bu sehrgarliklar haqiqat emas, xayolot mahsuli ekanini bilsa-da, hozir ko‘ngli shunday bir sehrgarlik istadi. Uning nazarida buyuklarning bu holda jonsiz yotishi insofdan emas. Qani o‘sha sehrgar hozir paydo bo‘lsa, bu toshlarni uloqtirib tashlasa, shoirga jon bersa, o‘sha baqo gulshanidan tashvishli dunyoga qaytarsa...

«Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik bila ot...»

Shunday boqiylik egasi jonsiz yotsa... qanday bedodlik bu!..
Asadulla alhol barcha narsani unutgan edi. U uchun hozir faqat bir inson — Alisher Navoiy mavjud edi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:00:16
4

Kechki ziyofat chog‘ida noibning bir tomonidan Xmarin, ikkinchi tomonidan Asadulla joy olgach, ularga lutfu karamlar ko‘rsatildi. Taomlar keti uzilib, choyga navbat kelgach, noib Asadullaga yuzlandi.
— O‘g‘ri qatl etildi.
— Xabarim bor, noib sohib, qo‘lingiz shariat hukmida qattiq ekan.
— Mahbusingizni so‘roqqa tutdim. Qodir og‘a hazratning ayg‘oqchilaridan ekani aniq. Uni Kobulga yetkarmoq istagidamisiz? Men rizoman.
— Tashakkur, noib sohib. Ijozatingiz bilan so‘rog‘imni so‘rasam... Qodir og‘a hazrat... amir saroyida e’tibori zo‘rmi?
— E’tiborimi?.. Sizga aniq javob qaytarmoqqa ojizman. Hazratning rahmatli amir Habibulloxon zamonida e’tibori baland edi.
— Badniyat emasmi?
Noib ul hukuma bu savolga javob berishdan bo‘yin tovlab, suhbat mavzuini boshqa yoqqa burib yubordi:
— Safaringiz xatarnok bo‘libdi, menga aytdilar. Endi sizlarni qaysi yo‘ldan yo‘llasam ekan? Kobulga uch yo‘l mavjud.
— Bu sizning ixtiyoringizda, noib sohib.
Noib qalin, moshguruch soqolini silab, ancha o‘ylandi. Keyin birdan qarsak chalgan edi, ziyofat ahli jim bo‘ldi.
— Yozuq dasturxonli uy — kuni doim to‘y. Azizmonlarga dasturxonimiz hamisha yozuq, kunimiz faqat to‘y. Biroq bularga Kobulda ilhaqlik ila ko‘z tikkanlarki, yo‘lga uzutuvdan o‘zga choramiz yo‘qtur. Ma’lumingizkim, Hirotdan Kobulga uch yo‘l bo‘lub, biri Kandahor yo‘lidurki, ellik olti rabot bo‘lib, masofatan ming sakkiz yuz qirq olti chaqirimdur. Yana biri Hazora yo‘lidurki, o‘ttiz bir rabot bo‘lub, masofatan ming chaqirimdur, uchinchi Mazori Sharif yo‘lidurki, masofatan ming besh yuz ellik olti chaqirimdur, qirq olti rabotdur. Ko‘rdingizki, Hazora yo‘li eng yaqin, biroq azizmonlarni bu tog‘liq xavfli yo‘lga yo‘llashga ko‘nglum chopmaydur. Yiroq bo‘lsa bo‘lsun, azizmonlar beshikast yetmoqlari uchun Mazori Sharif yo‘lini tanladim. Olloh azizmonlarning yo‘llarini oq qilub, o‘z panohida asragay, omin. Tong bilan chopar yo‘lga chiqub, Mazori Sharif noibiga nomai muboragimizni yetkazgay.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:00:24
Ertasi kuni nonushtadan so‘ng vakola hay’atini noib yo‘qlatdi. U Chorbog‘dagi xonasida yolg‘iz edi. Shundan bildilarki, noib faqat o‘zini qiziqtirgan muammolar xususida suhbat yuritmoqchi. Noib suhbatdan qanoat hosil qilmadi. Chunki ko‘p muammolar, xususan, Rossiyaning bermagi mumkin bo‘lgan yordamlari faqat amirga aytilgusi, faqat amir bilangina hal etilguchi muammolar ediki, noibga bularni bildirib, to‘ydan oldin nog‘ora qoqmoqqa haqlari ham yo‘q edi, lozim deb ham bilmadilar.
Bog‘i shohiga qaytishgach, bir ozdan so‘ng, Xmarin Asadullaning xonasiga kirib keldi:
— Muhojir qani? — dedi u asabiy tarzda.
— Men siz bilan birga edim.
— Muhojir ham, Valya Sinelnikova ham yo‘q. Qayoqqa ketgan bo‘lishlari mumkin?
Savol javobsiz qoldi.
Zikriyo afandi bilan Sinelnikova hech qaerda yo‘q edi. Ular tushlik taom vaqtida ham ko‘rinmadilar.
— Bir yoqqa ketishga bo‘lsa tushlikka yetib kelishadi, — dedi Xmarin, so‘ng Mirza Qandilxonga borib, voqeani bayon qildi.
Ularning chiqib ketgan-ketmaganidan sarbozlar ham bexabar edilar. Birpasda hammayoq taloto‘p bo‘lib ketdi.
Boshi tosh bilan urib majaqlangan Zikriyo afandining jasadini, ko‘ylaklari poralangan, tomoqlari tishlanib, rangi bir ahvolga tushgan Sinelnikovani oqshomga yaqin olib kelishdi.
Tuni bilan ko‘zlariga uyqu ilinmadi.
Tongda Zikriyo afandini, Vatani hajrida o‘rtanib yongan, sargardonlik zahridan bag‘ri kuyib, adoyi tamom bo‘lgan, yurti saodati abadiyasiga bir ishonib, bir ishonmay yurgan hind inqilobchisini Hirot tuprog‘iga qo‘ydilar. Bu, ayniqsa, Asadulla uchun musibatli va alamangiz bo‘ldi.
Qabrga tuproq tortilib, odamlar tarqay boshlaganda ham Asadulla harakatsiz turardi. Asadulla Zikriyo afandi bilan bir necha haftagina hamsuhbat, hamroh bo‘ldi. Ana o‘sha birgalikda o‘tgan kunlar ikki pokiza dilni bog‘ladi. Zikriyo afandi Asadullaga Hindiston haqida, oilasi, birodarlari haqida so‘zlab bergan edi... Bu so‘zlarni Asadulla keyinroq, Zikriyo afandini o‘ylagan kezlari eslaydi. Hozir, qabr yonida, marhumning kuyinib aytgan gaplari qulog‘i ostida jaranglaydi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:00:47
«Men ko‘p narsani da’vo qilmayman. Yurtim ozod bo‘lsa bas. O‘zim osmonni sevsam deyman. Yerni, so‘ng shu tuproqda yurgan barcha odamlarni, bor beg‘uborligi, bor fazilatlari, hatto bor qusurlari bilan sevsam deyman. Boshqa ilinjim yo‘q mening...»
Dafn marosimidan qaytishgach, Sinelnikova bor gapni aytib berdi: Zikriyo afandi uni bozorga borishga ko‘ndiribdi. «Kecha bozorni ko‘rmay qolgan edingiz, men ham ul-bul xarid qilishim kerak», debdi. Bozorni ko‘rolmay qolgani Sinelnikovaga alam qilgan ekan, ko‘nibdi. Bozor yo‘lidagi jinko‘chada ularning yo‘lini uch-to‘rt afg‘on to‘sibdi... Zikriyo afandi chorasiz qolibdi...
Afg‘onlarning ma’lum qilishicha, voqea sodir bo‘lgan uy tashlandiq emish. Buni eshitib, Shuvalov o‘ylanib qoldi: «Bu tasodifmi yo yo‘l poylashganmi?»
Shu voqea sabab bo‘lib, yo‘lga chiqishlari yana bir kunga kechikdi.
Kobul sari yurib, ikkinchi rabotga qo‘nishganda shakl-shamoyili, fe’l-atvori afg‘onlardan butkul farqlanuvchi, yuz tuzilishi Turkiston qirg‘izlarini eslatuvchi odamlarni uchratib, Asadulla ajablandi. Asli mo‘g‘ul bo‘lib, Bobur zamonida ham mo‘g‘ul tilida gaplashgan, keyinchalik forsiylashgan bu xalq to‘g‘risida eshitgan edi. Lekin ular Mazori Sharif yo‘lida emas, o‘z nomlari bilan ataluvchi Hazora yo‘lida yashashlarini ham bilardi. Uch-to‘rt hazora bilan gaplashgach, Shuvalovni ogohlantirdi.
— Demak, noib ham bir nimadan hadiksiragan. Kimlarnidir chalg‘itmoqchi bo‘lgan, — dedi Shuvalov. — Demak, hali ham xatarda ekanmiz.
Erta saharda afg‘onlar besaranjom bo‘lib qolishdi. Kun yoyilay deganda rabotga G‘ulomqodir kirib keldi. Otga o‘ngargan odamni xuddi uloq tashlaganday Mirza Qandilxon oyog‘i ostiga tashladi.
— Qochgan ekan, sohib, kimdir birov arqonlarni kesibdi, xanjar ham beribdi qo‘liga, — u shunday deb kumush sopli xanjarni uzatdi.
Asadulla uni tanidi: Parvona yo‘lida turkman bergan xanjar...
Xanjarni Ushinskiy ham tanib, Asadullaga savol nazari bilan qattiq tikildi.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:01:00
Qalandar o‘ziga kelib qimirladi. G‘ulomqodir uni yelkasidan changallab, qaddini ko‘tardi.
— Nimaga qochding? — dedi Mirza Qandilxon, unga o‘qrayib. Aftidan, tepkilaydigan ishtahasi bor edi-yu, mehmonlar izzatini qilib, o‘zini bu ishdan tutayotgan edi.
— Sohib buyurdi, — dedi qalandar, unga qo‘rquv bilan javdirab qarab.
— Qaysi sohib?
— Qalandar o‘girilib, Xmaringa tikildi.
— Ana u...
Hamma yalt etib Xmaringa qaradi. Xmarin avvaliga tushunmadi. Keyin birdaniga rangi quv o‘chib ketdi. Lablari titradi. Qalandar tomon bir-ikki qadam bosdi. So‘ng to‘xtab, Mirza Qandilxonga o‘qraydi.
— Bu ne tomosha, Mirza Qandilxon?! — dedi baqirib.
— Bu ne tomosha ekani menga- da, ayon emas, sohib, — dedi Mirza Qandilxon g‘azabini yashirmay.
— Shundaymi?.. — Xmarin qalandar ustiga bostirib bordi. — Sen nimasan o‘zing, qalandarmisan, ayg‘oqchimisan yo alayhilla’namisan, seni kim qochirdi, kim xanjar berdi, ayt!
Qalandar bir oz hadiksiragan holda Xmaringa qarab turaverdi.
— Ayt! — dedi Xmarin, jonholatda qichqirib.
— Siz, sohib...
— Shundaymi... xo‘sh, nimaga qochirdim?
— Mazori Sharif yo‘lidan adashganimizni yetkaz, dedingiz.
— Nima?! — Xmarin Mirza Qandilxonga savol nazari bilan qaradi: — Qaysi yo‘ldan boryapmiz?
— Hazora yo‘li bu, sohib.
— Bu qanaqasi!!! Bu qanaqasi, deyapman?!
— Sizlarni Kobulga beshikast yetkazmoq maqsadida bo‘ldi bu.
Asadulla Xmaringa yaqinlashib, uni bilagidan ushladi:
— Nikolay Zaxarovich, yuring, gaplashib olaylik,— Asadulla shunday deb Mirza Qandilxonga qaradi. — Biz kengashib olmog‘imiz shart. Qalandarga biror kori hol bo‘lmasin. U yolg‘on so‘zlayapti.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:01:07
Chodir og‘zida paydo bo‘lgan Sinelnikova qalandarga ajablanib qarab qoldi. To‘rtovlon ayolga e’tibor bermay Shuvalovning chodiriga kirdilar. Asadulla qalandarning gapini bayon qildi.
— Bir narsaga hayronman, — dedi Ushinskiy, — xanjar sizniki edi shekilli, Asadulla Mira’lamovich?
— Ha, meniki edi. Lekin men uni Nikolay Zaxarovichga hadya qiluvdim.
— Qiziq.. hadya birovga oshirilmas edi shekilli?
— Men iltimos qildim, — dedi Xmarin, uning gapini shart bo‘lib. — Men noyob qurollarga o‘chman. Toshkentda yigira uch xanjarni qoldirib kelganman. Asadulla Mira’lamovichni tinch qo‘ying, agar o‘sha la’nati qalandarning gapiga ishonsangiz, mana, meni jazolang.
— Nikolay Zaxarovich, jazolash haqida gap bo‘lmayapti-ku? — dedi Shuvalov bosiqlik bilan. Uning xotirjamligi majlis ahlidagi botiniy asabiylikning portlab, zohirga chiqishiga yo‘l qo‘ymadi.
— Afg‘onlar Hazora yo‘lidan borajagimizni atay yashirishgan, — deb davom etdi Shuvalov, — buning uchun ulardan o‘pkalash kerak emas.
— Siz bilarmidingiz? — deb so‘radi Ushinskiy.
— Kecha ma’lum bo‘ldi, Mira’lamovich aytdi, yo‘lovchilar bilan gaplashib bilibdi.
— Demak, faqat ikkovingiz bilgansiz... Qiziq... Nikolay Zaxarovich, yo‘lga chiqadigan kunimiz nima uchun noibga uchrashdingiz?
— Noibning o‘zi yo‘qlatuvdi. Yo‘qlamagan taqdirda ham borar edim. Diplomatiya rasmi shunaqa.
— Shunaqami? Noib nima dedi?
— Oq yo‘l tiladi... tashviqot yurgizmanglar, dedi. Rossiyadagi ishchi-dehqon qo‘zg‘oloni haqida gapirishni man qildi.
— Nima uchun buni o‘sha vaqtda bizga aytmadingiz?
— Aytganim bilan boshqacha tushunardingiz.
— Nikolay Zaxarovich, iltimos, chodiringizda bo‘lib tursangiz. Firqa guruhi kengashib olishi kerak.
— Qaytib ketishga tayyorlanaveraymi?
— Nikolay Zaxarovich, — Shuvalov shunday deb, uni yelkasiga qo‘lini qo‘ydi. — Yosh bola emassiz-ku, a?
— Vitaliy Sergeevich, elchiga juda mehribon bo‘lib ketibsizmi? — dedi Ushinskiy, Xmarin chiqib ketgach.
— Veniamin Samoylovich, biz afg‘onlar yeridamiz. Har bir harakatimiz ularning kuzatuvida. Har bir so‘zimizga quloq tutishadi. Oramizdagi ixtilofni sezishsa, safarimizdan durust natija chiqishi qiyin.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:01:14
— Janob Xmarinning xatti-harakatlari boshidayoq menga shubhali ko‘ringan. Hamma shubhalar tasdiqlandi: avval Karki yo‘liga boshladi, pistirmaga duch keldik, keyin mana bu voqea. Men uni elchilikdan chetlashtirishni taklif qilaman. Bolshevik sifatida unga ishonchsizlik bildirishimiz zarur.
— Taklifingizga qo‘shilmayman, — dedi Asadulla, — uni elchilik huquqidan mahrum qila olmaymiz. Yorliq uning nomiga yozilgan. Moskvadan favqulodda muxtor elchi yetib kelguncha Afg‘oniston amiri bilan faqat shu odamgina Rossiya hukumati nomidan gaplasha oladi.
— Veniamin Samoylovich, shubhangizga ham, taklifingizga ham qo‘shilmayman. Karki yo‘lidan borishga siz ham undagansiz, esingizdami? Qalandarning gapiga kelsak... U sizni yoki meni ham ko‘rsatishi mumkin edi. Nikolay Zaxarovich qaysi yo‘ldan ketayotganimizni bilmay turib, qanaqasiga uni Mazori Sharifga yuboradi? — dedi Shuvalov.
— Bilgan bo‘lsa-chi? — deb bo‘sh kelmadi Ushinskiy.
— Bilmagan. Bunga ishonaman. Xo‘p, deylik, u bizni yana pistirmaga ro‘para qilmoqchi bo‘lgan. Bu unga nima uchun kerak? Avvalo atrofimizda o‘zimiznikidan tashqari afg‘on askarlari ham ko‘p. O‘zimizni himoya qila olamiz.
— Yengil o‘ylamang, Vitaliy Sergeevich, hamma narsa bo‘lishi mumkin. Shuning uchun taklifimni kun tartibidan olmayman.
— Xohishingiz. Ovozga qo‘ying bo‘lmasa.
— Ovozga qo‘yaman: demak, ikki kishi qarshi... Yaxshi. Ilojim qancha. Ziyraklikni yo‘qotib qo‘yibsiz o‘rtoqlar, ogohlantiraman. Elchining begunohligini isbotlash uchun qalandarni so‘roq qilishingizni qat’iyan talab qilaman.
— Veniamin Samoylovich, buni afg‘onlarga qo‘yib beraylik. Bizga bari bir aytmaydi.
— Sizning beparvoligingiz meni hayratga solyapti, chekist bo‘lganingizga ishongim kelmay qolyapti.
— Men vazifamni unutganim yo‘q. Ichimizda sotqin yo ayg‘oqchi bo‘lsa mendan qochib qutulolmaydi, ishonavering.
Kengash shu tarzda tez va besamar yakun topdi. Ushinskiy chodirdan norozi qiyofada chiqib ketdi. Asadulla bilan Shuvalov qo‘shni chodirga kirishdi.
Xmarin xanjarni jomadondan kim, qachon olgan bo‘lishi mumkinligini bilolmay boshi garang ekanini aytdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:01:21
— Nikolay Zaxarovich, kotibangiz... forschani tushunadimi?
— Valentina Nikolaevnami?.. Yo‘q, nima, siz undan shubhalanyapsizmi?
— Yo‘q, shunchaki so‘radim. Ha, yana bir narsani so‘rasam: Valentina Nikolaevnani ko‘pdan bilasizmi?
— Ha. Petrogradda tanishganman. Bama’ni oilaning farzandi. Otasi injener. Bu oila siyosatga aralashmas edi. Valyani Toshkentda uchratib qoldim. Otasining izidan kelgan ekan, otasi qo‘zg‘olondan keyinoq uyiga qaytgan ekan. Moskva yo‘li berkilgach, Valya chorasiz qolib, Tashqi ishlar nozirligida ishlayotgan ekan. Safarga uni men taklif qilganman. Undan shubhalanishingiz... qiziq, o‘zi bu ahvolda bo‘lsa-yu... U yengiltak ham emas, ishoning. Faqat Ushinskiy xiralik qilib joniga tekkan. Men nafratlanaman bundaylardan. Rossiyaning sharafini bulg‘ashadi bular.
— Nikolay Zaxarovich, bu ishni sizningcha kim qilgan bo‘lishi mumkin? Har holda qalandar qochgan, endi sizga tuhmat qilyapti. Maqsadi nima?
Xmarin: «Rost gapiryapsizmi?» — degan qarash bilan Asadullaga tiqildi.
— Ha, tuhmat bu, — deb ta’kidladi Asadulla, — unga ishonchimiz yo‘q.
— Rahmat, janoblar... Meningcha bu... afg‘onlarning ishi ham bo‘lishi mumkin.
Shamol bulutni, bulut yomg‘irni haydab kelganidek, muammo muammoni boshlab kelaverdi. Muammo osmonini timqora bulut bosdi — yomg‘ir yog‘adimi, do‘lmi, qormi, noma’lum edi. Bulutning tomchi tashlamay o‘tib ketishiga ham umid bor edi.
Asadulla tashqariga chiqib, G‘ulomqodirni izladi. Chodirlar ortida otga yem berayotgan sovarni topib, gapga soldi. G‘ulomqodir ot kishnashidan uyg‘onib ketganini, keyin uzoqlashayotgan chavandoz sharpasini ilg‘ab, izma-iz quvganini gapirib berdi. Shundan so‘ng Asadulla Mirza Qandilxonga uchrab, qalandar so‘zlari tuhmat ekanini, elchidan bunday nopok xatti-harakat gumon qilishning o‘ziyoq gunoh ekanini aytdi.
Mirza Qandilxon «qalandarning qornini yorib bo‘lsa ham, haqiqatni oydinlashtirishga» va’da berdi.
Asadulla chodiriga qaytayotganida ko‘kragida qo‘qqis og‘riq turib, nafasi siqildi. Ko‘z oldi qorong‘ilashib, boshi aylandi. Chodir qozig‘iga uzatilgan qo‘l muallaq qolib, behol yiqildi.
Ko‘zini ochganda o‘zini chodirda ko‘rdi. Shundaygina yoniga afg‘on tabib chordana qurgan. Sal narida vakola hay’ati — bari jam bo‘lgan.
— Ollohga shukr, dard forig‘ bo‘ldi, — dedi tabib,— sohib, andak horigansiz, hordiq chiqarmog‘ingiz darkor ekan.
Asadullaning betobligi sabab bo‘lib, o‘sha kuni rabotda qolishdi.
Erta tongda afg‘onlar yana taloto‘p ko‘tarishdi: kimdir qalandar saqlanayotgan chodir orqasini kesib kirib, «Ollohning sevgan bandasi» bo‘g‘ziga pichoq sanchibdi. Bundan nafaqat soqchi, balki gunohkor bandaning o‘zi ham g‘aflatda qolgan ko‘rinadi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:01:38
II b o b
AYRILIQ VA DIYDOR


1

Asadullaning boshi aylanib turgani uchun uni taxtiravonda ketishga ko‘ndirishdi. Taxtiravon deganlari ko‘rinishidan ancha xunuk — Turkistonning o‘lik ko‘taradigan anbarini eslatar edi. Bu arobaning bo‘yi ham, eni ham bir yarim gaz bo‘lib, ichiga tushgan inson bolasi oyoq uzatib yotish rohatidan mahrum, ustiga-ustak, bu arobaning oldi bilan ortiga ikki ot qo‘shilib, «ravon» qilinar ekan. Mabodo otlar yo‘rtib qolsa ichidagi sog‘ odam og‘rib, og‘riq bo‘lsa u dunyo safariga tadorik ko‘rib qolishi hech gap emas ekan. Asadulla bu «rohatijon maofa»da uzoq yurolmay, tavba-tazarrular bilan yana ot minib yurmoqqa majbur bo‘ldi.
Turon degan rabotga qo‘nishganda Asadulla ancha holdan toygan edi. Shu bois kechki taomdan so‘ng gurunglashib o‘tira olmay, chodiriga kirdi. Yarim kechada sharpa sezib, cho‘chib uyg‘ondi.
— Sardor sohib, gunohimdan o‘ting, halovatingizni buzdim.
— G‘ulomqodir, sizmisiz? Asti xijolat bo‘lmang, keling, o‘tiring.
— Siz yaxshi odam ekansiz, sohib, ko‘rib, sezib yuribman. Afsus, bizim urug‘dan emassiz.
— Bu afsusingiz chakki. Bani basharning bari bir-biriga qarindosh-urug‘.
— Dono odamsiz, sohib.
— G‘ulomqodir, sizga nima bo‘ldi, ruhingiz past?
— Vidolashgani kirdim, sohib, bu tun Choraymoqqa jo‘nayman.
— Mirza Qandilxon yuboryaptimi?
— Yo‘q, sohib. Bundan kunbotar sari yurilsa, mening urug‘im yerlari boshlanadi. Men bu yerlardan bosh burib o‘tolmayman. Urug‘dan chiqar chog‘imda menga marhamat qilgan edilar, qasos oluvimga imkon berib edilar, men uddalay olmadim.
— G‘ulomqodir, so‘zlaringizdan hech nima anglamadim?
— Choraymoqqa borishim kerak, vassalom. O‘zga narsalarni so‘ramang, sohib. Kiruvimning boisi bo‘lak: Karki yo‘lida, Said G‘afforbek ko‘z yummay turib, sizni yo‘qlatgan edi, eslaysizmi?
— Ha, esimda.
— Kim edi u? Birodaringiz emasmidi?
— Bir vaqtlar birodar bo‘lganmiz...
— U holda... — G‘ulomqodir tiz cho‘qdi, — gunohimdan o‘ting.
— Nimalar deyapsiz?
— Sohib, uni men otganman.
— Siz?
— Ha...
— Nimaga?
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:01:46
— U avval o‘rus sohibni otdi. Keyin siz chiqib, paxta bilan uning qonini artar mahalingizda nazarimda sizni nishonga olib edi. Men... adashibman, birodaringiz ekan-ku...
— Adashmagansiz. U badniyati ila bizga qo‘shilib ekan. Sizning zarracha gunohingiz yo‘q.
— Mendan rozi bo‘ling, sohib.
— G‘ulomqodir, ketmang.
— Sohib, jo‘nashimni birovga bildira ko‘rmang, Xudo umringizni ziyoda qilsin..
G‘ulomqodir Asadullaga yaqinlashib engashdi-da yuzini yuziga qo‘yib xayrlashganicha chodirdan chiqdi.
Asadulla nima qilarini bilmay, gangidi. Yumshoq to‘shak ustida emas, tikanaklar ustida yotganday bezovtalanaverdi. Tashqarida nonushta hozirligini boshlagan xizmatkorlar sharpasi eshitilgach, o‘rnidan turdi. Mirza Qandilxonning chodiriga borib, ovoz berdi.
Mirza Qandilxon Asadullani ovozidan tanib, «yana tobi kelishmadimi», deb o‘yladi. So‘ng, G‘ulomqodir voqeasini eshitib, ko‘zlaridan uyqu qochdi.
— Umri qisqa ekan-da, — dedi bosh chayqab, — afsus, yovqur edi...
— Uni o‘lim kutyaptimi? Boshqa chora yo‘qmi?
— Begunoh qon to‘kkan bo‘lsa, qasos olishadi. Choraymoqni bilaman. Qoidalari ayovsiz.
— Bunga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Siz amir nomidan borsangiz-chi?
— Huquqim yo‘q.
— Biz borsak-chi? Gunohini so‘rab olsak-chi? Balki xun to‘larmiz?
— Choraymoqqa begonalarning so‘zi o‘tmaydi.
— Ijozat bering, o‘zim boray.
— Xiyla o‘jar ekansiz, sohib. Besamar yumushni bo‘yningizga olmang.
— Yosh umrga rahm qiling, uvol ketmasin. Amirning maktubini yetkazib, xayrli ish qilgan sovarni o‘limga topshirib ketuvingiz gunohi azim emasmi?
Amirning maktubini eslab, Mirza Qandilxon o‘yga toldi. Darhaqiqat, bu sovar maktub eltgan edi. Uni Tirmizda sardor Muhammad Valixon safga qo‘shgan edi. Unga bu mas’ul yumush topshirlagan ekan, demak, chakana sovar emas... Mirza Qandilxon aniq qarorga kelib, xizmatkorni chaqirdi.
Otlar egarlanib, o‘n chog‘li sovar uzatuvida Asadulla bilan Mirza Qandilxon yo‘lga chiqishdi.
Otlarga tinim bermay, kun yoyilganda Choraymoq joylashgan qishloqqa kirib borishdi. Urug‘ oqsoqoli — yelkalari keng, qirraburun, ko‘zlari o‘tkir, ovozi jarangli odam — ularning niyatlarini bilib, bosh chayqadi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:01:54
— G‘ulomqodir mening mana shu yelkalarimda ulg‘aygan, — dedi u. — Choraymoqda uning olldiga tushadigan yigit yo‘q. Nadomatkim, gunohga botdi. Uni olib ketib, jonini qiynamang. Qonga qon bilan xun to‘lashi lozim. Hali-zamon qizning heshlari keladi. Xalal bermangiz.
— Uning gunohi nima? — dedi Mirza Qandilxon.
— Bilmaysizmi? — ajablandi oqsoqol. — Aytmadimi? Ma’lumingiz bo‘lsinkim, G‘ulomqodir zavjasining jonini olgan. Ammo zavjasiga qo‘shilgan erkakni qo‘ldan chiqargan. Ayolini begona erkak ila o‘ldirganda edi, gunohdan forig‘ bo‘lardi, undan xun talab etilmas edi. Choraymoqning qonuni — shu! Puxtun vala1ni buzmoqqa hech bir kimsaning haddi yo‘q!
— U amirning sovari... — dedi Mirza Qandilxon e’tiroz ohangida.
— Bu menga ma’lum, — dedi oqsoqol uning gapini bo‘lib. — Choraymoqqa bir inglis kelib edi. Tijorat yumushlari bilan kelib turguchi edi. Shul zot zavjasini zo‘rlaganmi yoinki ayol o‘z xohishi ila qo‘shilganmi, bu bizga qorong‘i. Bizga ayoni shuki, inglis qochgan. Uni topish mushkul vazifa. Amir inglisga qarshi lashkar to‘plamoqda deb eshitib edik. «Muhoribaga bor, shahid ketsang rozimiz, omon qaytsang, gunohingdan kechamiz», deb edik. Unga ot berib edik, yarog‘ berib edik. Muhoribaga nasibasi qo‘shilmabdi. Joni shu yerda olinadi. Yozug‘i shu ekan bolamning. Bu ham uning saodati. jasadi begona tuproqqa qo‘yilmaydi.
— Amir uni muhoribadan ayirib, mas’ul... savob yumush bilan sarhadga yo‘llagan, — dedi Asadulla suhbatga qo‘shilib.
Oqsoqol unga tikildi.
— Siz kimsiz? Bizim a’yonlarga o‘xshamaysiz.
Asadulla kimligini, vazifasi, niyatini aytdi.
— G‘ayriyurt bo‘laturib, G‘ulomqodirga nechuk kuyinyapsiz? — dedi oqsoqol, uning so‘zlarini eshitib.
— U bizning jonimizni asrab qoldi.
— Buni o‘zi aytdimi?
Asadulla Mirza Qandilxon oldida Said G‘afforbek o‘limini eslashni lozim topmay, yolg‘on gapirdi:
— Yo‘q, o‘zimiz ko‘rdik. Yo‘lda yov bizga hujum qildi. G‘ulomqodir misoli sher olishdi. Jonini ayamadi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:02:01
— Haq rost bu, — dedi Mirza Qandilxon, uni quvvatlab.
— Yov... inglis edimi? — deb so‘radi oqsoqol.
— Inglisni o‘zimiz ko‘rmadik. Ammo... yovni inglis yo‘llagani aniq.
Oqsoqol o‘yga toldi.
— Biz kengashib ko‘ramiz, — dedi bir ozdan keyin.
Oqsoqol chorlagan kengash ko‘p cho‘zildi. So‘ng qishloq ahli maydonga to‘plandi. Oqsoqol qarorini shunda ma’lum qildi. O‘limni bo‘yniga olib, bir chetda ma’yus turgan G‘ulomqodir amir xizmatiga qaytishi lozimligini bilib, baqirib yubordi. Qo‘llarini ko‘tarib, tiz cho‘kkancha sudralib, oqsoqolga yaqinlashdi-da, uni tizzalaridan quchdi.
— Jonimni qiynamang meni, xunxo‘rlarga topshiring. Topshiring xunxo‘rlarga!
Oqsoqol uning yolborishiga e’tibor bermadi.
— Sening xuningni amir sohib hazrat to‘laydi. Shundaymi? — Oqsoqol Mirza Qandilxonga qaradi. Bu kutilmagan savoldan Mirza Qandilxon gangib qoldi. Yaxshiki oqsoqol undan javob talab qilmadi. Yo‘qsa, nima deyishi o‘ziga ham qorong‘i edi.
G‘ulomqodir onasi bilan rozi-rizolik tilashib, tark etgan edi bu qishloqni. Uni hech yerda o‘lim bag‘riga olmadi. Jon berishni istab kelib edi, bu yerda ham o‘lim undan qochdi. Endi yana onasi huzuriga kirdi. Rozi-rizolik tilab kirdi yana. Yuzlari onasining ko‘z yoshlaridan jiqqa ho‘l bo‘ldi. Yuragi onasining nolalaridan poralandi. Ko‘z oldini alam, hijron pardasi to‘sdi. Tomog‘ini ayriliq panjasi bilan bo‘g‘di.
Uyidan chiqib, kutib turgan sovarlar sari yurdi. Asadullaga ro‘para kelib, to‘xtadi. Unga mungli nigohini qadadi. Asadulla bu nigohga dosh berolmay, ko‘zlarini olib qochdi.
— Sizdan rozi emasman, sohib...
G‘ulomqodirnnig sekin aytgan bu gapi darani gumburlatib yuborganday, atrofni aks-sado tutib ketganday tuyuldi Asadullaga.
«Sizdan rozi emasman, sohib... Sizdan rozi emasman...»
Asadulla uning dardini tushunib turardi. Lekin shunday yosh yigitni nodon o‘lim qo‘liga topshirib keta olmas ham edi.
Rabotdagilar bularni sovar izidan ketganini bilib, qalandarni o‘ldirgan odam topilibdi-da, degan xayolga borishgan edi. Bunday bo‘lmaganini eshitib, hammalari ajablanishdi.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:02:09
2

Kobulda elchilarni intiqlik bilan kutayotgan bo‘lsalar-da, karvon oshiqmas edi. Vakola hay’atini tog‘li-toshli yo‘llarda urintirib qo‘ymaslik uchun mehmondor karvonning ildamlashiga yo‘l qo‘ymasdi. Kun yoyilmay bir rabotdan yo‘lga chiqib, kun botarda ikkinchisiga qo‘nib, asta-sekinlik bilan Kobulga yaqinlashar edilar. Bosib o‘tgan rabotlarining barchasi bir-biriga o‘xshash: bir suratda, bir qolipda, bir usulda ishlangan: biridan ikkinchisiga ko‘chib borgan kishi avvalgisidan bunisini ayirmog‘i uchun o‘tkir zehn sohibi bo‘lmog‘i lozim edi. Rabotlarga amir tomonidan tayin etilgan arboblar karvonni oqshom chog‘i ehtirom ila kutib olishar, sabohda esa lutflar ko‘rsatib uzatardilar. Shu zaylda karvon Hirot viloyati chegarasini bosib o‘tib, Kobul viloyatiga qadam qo‘ydi.
Chilla chiqib, kun ancha salqinlashdi. Ayniqsa kechalari izg‘irin turib, Asadullannig ko‘kragidagi og‘riq bot-bot azob bera boshladi. Ayniqsa, kunda olti-etti tosh masofani otliq bosib o‘tish mashaqqati ham holdan toydira berdi.
Bugun yo‘l ancha tekis bo‘lganidan ildamroq yurishganmi, har holda Panjob rabotiga oqshom tushmay yetib kelishdi. Besh tomondan besh irmoq kelib qo‘shiluvchi yerga qurilgan rabot atrofi benihoya manzarali edi. Shu manzarasi bilan ham uni o‘zgalardan darhol farqlash mumkin bo‘lardi.
Taom hozirlangunga qadar Asadulla rabotdan tashqariga chiqib, tiniq irmoq bo‘yida bir oz hordiq chiqarmoqchi bo‘ldi. Irmoq tomon yurdi-yu, katta xarsang ustida kunbotarga boqib o‘tirgan G‘ulomqodirni ko‘rib, avvaliga to‘xtadi. Unga xalal bergisi kelmadi. O‘sha kundan beri necha rabot bosib o‘tsalar-da, G‘ulomqodir undan o‘zini nari tutadi. Biroq, bu hamiyatli yigitni shu ahvolga solib qo‘yaverish ham insofdan emas. Jismoniy o‘lim changalidan tortib olib, ma’naviy o‘limga — uzoq davom etadigan azobga yem qilish — o‘taketgan berahmlik, badkirdorlik ekanini Asadulla bilar edi. Shu uchun ham yigitni o‘z holiga butkul tashlab qo‘ya olmasdi.
U beixtiyor G‘ulomqodir tomon yurdi. Yigit sharpani sezib, orqasiga o‘girildi. «Nimaga kelyapsiz?» — deganday Asadullaga bir nafas tikildi-da, so‘ng yana burilib oldi. Asadulla indamay kelib, uning yonidagi kichikroq toshga omonat o‘tirdi. Irmoq adog‘iga, yigit tikilib turgan yoqqa qaradi: kun qizarib botyapti. Go‘yo ufq qonga belangan, go‘yo irmoq qorli emas, qonli cho‘qqidan boshlanadi, go‘yo bu irmoqdan suv emas, qon oqadi, so‘ng kela-kelguncha tinib, suvga o‘xshab qoladi...
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:02:18
Asadulla engashib, kaftiga suv oldi. «Bu yigitning qalbi shu suv kabi toza, tiniq. Shafaq suv yuziga rang berib, ko‘zni aldayapti. Bu yigitning ham ko‘ngil ko‘zi aldayapti. Shafaq ketsa, aldamchi rang yo‘qoladi. Ammo ko‘ngil ko‘zidagi rang pardani qanday yo‘qotish mumkin?..»
G‘ulomqodir yonida o‘tirgan Asadullaga qaramadi ham. Ufqqa tikilib o‘tira-o‘tira, o‘rnidan turdi. Asadulla ham qo‘zg‘aldi.
— Inim, mendan ranjiganingiz nojoiz.
G‘ulomqodir bu gapga dastlab parvo qilmadi. Ammo uch-to‘rt qadam bosgach to‘xtab, o‘girildi:
— Siz mening jonimni asrayman, deb jonimni qiynoqqa solib qo‘ydingiz, sizdan rizo emasman, — dedi u sovuq ohangda.
Bu safar uning gaplari toshlarga urilib, aks-sado bermadi, aksincha muz bo‘lib, Asadullaning vujudini titratdi.
— Men sizning joningizni emas, imoningizni asradim. Bejanoza ketishdan asradim sizni, — dedi u.
— Bu nima deganingiz?
— Siz xunxo‘rlarga joningizni in’om etmoqchi edingiz. Hech bir olishuvsiz, ko‘ksingizni xanjarga tutib berardingiz. Shundaymi? Ha, shunday. Bu esa inim, o‘z-o‘zini o‘ldirmoq ila barobar. Bundaylarga janoza o‘qilmaydi, to‘ng‘iz qavmida ketadi. Bu dunyoingiz kuygani kammi edi, u dunyoingizni ham kuydirsangiz.
G‘ulomqodir birdan bo‘shashdi. Sovuq boqayotgan ko‘zlari mo‘ltillab qoldi.
— Rostmi shu? — dedi u qult etib yutinib.
— Shariat hukmi bu. Bundaylar ahli muslim yotgan qabristonga ham qo‘yilmaydi. Yakka-yolg‘iz, bir chetga qo‘yiladi. Men buni sizga ravo ko‘rmadim. Aybim shu.
G‘ulomqodir boshini xam qilgancha xarsangga qaytib o‘tirdi.
— Men o‘limni istayman, sohib, u mendan ne uchun qochdi? — dedi xo‘rsinib.
— O‘limni o‘ylashingiz chakki. Sizga zehn, idrok ne uchun berilgan, kuch-quvvat ne uchun berilgan, nodon o‘limga bo‘yin egish uchunmi! Yo yurtga omonlik keltirsin, ne’matlardan to‘yib-to‘yib, quvonib-quvonib bahramand bo‘lsin debmi? Siz yashashingiz, ortingizda zurriyod qoldirishingiz lozim.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:02:25
— Asadulla yigitni shu gaplari bilan ovuntirganday bo‘ldi.
Rabot tomonda yana bir karvon ko‘rindi.
Asadulla yigitni yolg‘iz qoldirishni ma’qul ko‘rib, iziga qaytdi.
Rabotga kichik karvon qo‘ngan edi. Rabot arbobining pitirlab qolganiga qaraganda baobro‘ odamlar kelgan ko‘rinadi. Hovli sahniga ko‘rk berib turgan chinor yonida Xmarin ikki a’yon bilan gaplashib turardi. Asadullani ko‘rib, chaqirdi.
Asadulla Mir’alamovich, buyoqqa keling.
Ikkala a’yon ham Xmarin murojaat qilgan tomonga o‘girildi. Biri uzun bo‘yli, qotma, yonoqlari bo‘rtib chiqqan afg‘on edi. Yana biri... o‘rta bo‘y, to‘la, qo‘yko‘z, kalta soqol-mo‘ylab... yopiray... tushimi yo o‘ngimi bu?!
— Toshkentga borayotgan elchilar bilan uchrashganimizni qarang. Amir ketma-ket ikkinchi vakolani ham otlantiribdi. Tanishing: general mirzo Muhammadxon, maslahatchilari va tarjimonlari Mamatsharif...
Xmarinning gaplari elas-elas qulog‘iga chalindi. Asadulla, ko‘zlarini Mamatsharifdan uzmay, qulochini yoyib, qadamini tezlatdi.
— Mir’alam o‘g‘li, sizmisiz?
Taqdir panjalari ayirib, noma’lum tomonlarga, begona yurtlarga itqitib tashlagan hamfikrlar, bir-birovini ko‘rish umidi xira tortgan birodarlarning tilidan boshqa gap uchmadi. Ayriliqlarni ko‘raverib zada bo‘lgan yuraklar bu kutilmagan diydordan larzaga tushdi.
Xmarin bu uchrashuvdan unchalik ajablanmagan sardorga savol nazari bilan qaradi.
— Mamatsharif o‘zbek. Hamyurtini uchratdi shekilli? — dedi sardor.
«Ko‘rinishlariga qaraganda faqat hamyurtga o‘xshamaydi», deb o‘yladi Xmarin.
— Musofirlikda diydor ko‘rishish peshonamizga yozilgan shekilli? Bir Bokuda ko‘rishsak, bir bu yerda? — dedi Asadulla birodarini bag‘ridan bo‘shatib.
— Mir’alam o‘g‘li, siz aytmang, men kuymay. Bu ne shodlik bo‘ldi, diydor ko‘rishdik, bu ne g‘amki, yana ayriliqlardan bag‘rimiz yonsa?
— Ayriliqdan gapirmang. Diydor ko‘rishuvimizning o‘zi bir saodat.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:02:34
Kechki taom chog‘i ikki vakola bir dasturxon atrofida davra qurdi. Dasturxonga taom tortilmay turib, Asadulla do‘stini tanishtirdi:
— Mamatsharif ma’rifatparvar shoirlarimizdan. Jaholatga, zulmga qarshi xo‘b va ko‘p yozganlar. Vitaliy Sergeevich, bu kishining she’rlari hatto Orenburg gazetalarida ham bosilgan.
— Unda men bilishim kerak. Taxalluslari nima edi?
— Taxalluslari... bir oz g‘ayritabiiyroq... zulmni la’natlab yozganlari uchun ko‘proq «Vahshiy» deb imzo chekardilar.
Shuvalov bilmas ekanman, deb bosh chayqadi. Gapni uning o‘rniga Sinelnikova ilib ketdi:
— «Vahshiy»? — U Mamatsharifga ajablanib qaradi. — She’riyatda bunday nom bilan chiqish... Nafosatga bunday nom bilan kirish?..
— Bunda ramziylik bor, Valentina Nikolaevna. Hammayoqni siyosatga bostirib yuborsanglar... go‘zallik qayoqqa qochib jon saqlaydi?
— Go‘zallikning qochishiga yo‘l qo‘ymaymiz, — dedi suhbatga aralashmay turgan Mamatsharif rus tilida burro qilib.
Gapga og‘iz juftlagan Sinelnikovani Ushinskiyning savoli to‘xtadi:
— Ayting-chi, Mamatsharif, Turkistonga qanday maqsad bilan boryapsizlar?
— Amir farmoniga binoan tijorat ishlarini yo‘lga solmog‘imiz lozim. Turkiston hukumati bilan shu xususda muzokara yuritmoq niyatidamiz. — Mamatsharif shunday degach, berilgan savolni va o‘zining javobini elchiga tarjima qilib berdi.
— Turkiston bizga nima sotishi mumkin? — deb so‘radi Muhammadxon Xmaringa yuzlanib.
— Buni Toshkentga borganingizda batafsil bilib olasiz, — dedi Xmarin.
— Bu yil g‘alla mo‘l bo‘ldi. Biz g‘alla sotishimiz mumkin.
— Juda yaxshi... — dedi Ushinskiy, ammo Xmarinning norozi qarashini anglab jim bo‘ldi.
— Buni ham Toshkentda bafurja kelishib olasiz. Bir rabotda uchrashgan ikki elchining vazifasi bu emas, bil’aks, taomni mahtal qilmaylik.
Muhammadxon Xmarinning sharqona nozik qochirimini anglab, jilmaygan holda uning fikrini tasdiqladi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:02:51
Yo‘l azobi kuchini ko‘rsatib, asta-sekin oromga berildilar. Diydor bodasidan mast ikki shoir, ikki hammaslak, ikki ma’rifatchi, bu kecha yo‘l azobini unutdi. Barglari shabada qo‘lida mayin siypalanayotgan chinor ostidagi supada baqamti suhbat qurdilar.
Irisovning xiyonatidan so‘ng Mamatsharif Qo‘qonga, undan yurti Chustga, u yerda ham iziga tushishgach, sarhad hatlab, xorijga bosh olib ketgan edi. Asadulla surgundan qaytgach, ayniqsa Qo‘qonda ish yuritgan kezlari birodarlarini so‘rab-surishtirgan, ammo darak topmay armonda yurgan edi. Hozir ana shularni esladi. Irisovni, Said G‘afforbek libosida ko‘z yumgan sotqinni esladi.
— O‘zgarishlardan xabar topdim. Qanotim bo‘lsa uchar edim, biroq bu yurtni tashlab ketolmadim, — dedi Mamatsharif afsus bilan. — Afg‘oniston og‘ir kunlarimda menga boshpana berdi, bu yerda yangi usul maktab ochdim. Kobuldagi yagona gazitda ishtirok etuvimga monelik qilishmadi. Mahmudbek Tarzidek oqil inson bilan fikrlashmoq baxtiga muyassar bo‘ldim. Bu baxtga erishuvim evaziga yurtning xizmatini ham qilishim lozim edi. Esingizdami, kimki xalq manfaati yo‘lida qadam qo‘ysa, uni tunu kun bad duo qilar edilar. Shu kunlarni ko‘rib, bu yurtga kelganimda bag‘rimga oftob tekkanda jo‘nab qolishim insofsizlik bo‘lmasmidi?
Asadulla javob bermay, bosh irg‘ab qo‘ydi.
— Bilishmcha, Turkiston notinch emish?
— Sizlar faqat tijorat sababi bilan emas, shuni ham bilib kelgani boryapsizlar, shundaymi?
— Amir atrofida turli niyatli odamlar bor. Uning chalg‘ishi tabiiy.
Asadulla Turkistondagi ahvolni muxtasar tarzda bayon qildi.
— Men yo‘l-yo‘lakay razm solib kelyapman, afg‘onlarning ahvoli biznikidan yaxshi emas. Qayoqqa qarasang xarobalik, jaholat izlari. Shia-sunniy qirg‘inlari, qabilalar aro sho‘rishlar oqibati...
— Fuqaro ahvoli og‘ir, ko‘zlari g‘aflat, jaholat uyqusida. Bizning dehqonlar qanday talansa, bularga ham shu qadar zulm o‘tkazdilar. Bu yerda ham shayxlar — sayyod, saydi — johil bandalar.
— Amir tuzumi bularga barham beruviga imoningiz komilmi?
— Amir g‘oyatda dono, ma’rifatparvar, insonparvar.
— Savolimga chap berdingiz? Nazarimda ishonmaysiz. Tarixda oqilu dono podshohlar ko‘p o‘tgan, ammo hech biri xalqqa to‘la ozodlik bermagan, hech biri xalqni jaholat botqog‘idan tortib olmagan.
— Mira’lam o‘g‘li, alhol bunday xulosa vaqti emas.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:03:04
Mamatsharif shunday deb o‘ylandi: oradagi yillarmi yo oradagi yiroq yo‘llarmi, ta’sirini o‘tkazibdi: maslakdosh birodarlar fikrlarida farq sezilibdi.
— Biz siz bilan uzoq vaqt ko‘rishmadik, — dedi Asadulla xuddi uning xayolidagi gapni uqqanday. — Faqat odam emas, olam o‘zgarib ketdi. Zulmga, nifoqlarga, urushlarga... faqat jaholat sabab, xalq savod chiqarsa hammasi barham topadi, degan aqidamiz, u qadar to‘g‘ri emas ekan. Xalqni birov zulmdan ozod etmas ekan, birov nifoqlarga barham berolmas ekan. Qo‘lga qurol olib, kurashib, jon berib erishilar ekan bunday saodatlarga. Siz bu aqidalardan yiroqda yurdingiz, hozir hazm qila olmassiz. Borib ko‘rarsiz, amin bo‘larsiz.
Mamatsharifning istagi bilan birovlari Kobul voqealaridan gapirsa, birovlari Toshkent voqealaridan hikoya qilib, tong ottidilar.
Kun yoyilmay turib, karvonning biri Kobulga, biri Toshkentga yo‘l oldi.
Qisqa diydorning umri tugab, ikki birodar uchun yana ayriliq oni yetishdi.
Mamatsharif xorijiya noziri Mahmudbek Tarzi nomiga maktub bitib, do‘stini ta’riflab berdi. Vakola hay’atining taklifiga ko‘ra, Asadulla Turkiston Markazijroqo‘miga mana bu xatni yozib berdi:

«Sana 1919 milodiy, 13 avgust, tufrog‘i Afg‘oniston, rabot Panjobda yozildi.
Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasiga.
Muhtaram o‘rtoqlarga ma’lum etaramki, ushbu zot shavkat maob mirzo Muhammadxon sardor Afg‘oniston amiri sharafi oliylaridan buyuk vakolat ila bizim Turkistonga tashrif buyurajaklar.
Muhtaram o‘rtoqlar, har holda bu zotning ehtiromlarin yerina yeturingizga aminman.
Ma’lumingiz bo‘lsinkim, bizim vakola hay’ati Afg‘oniston tufrog‘inda beshikast yo‘l bosib Kobulga yovuqlashmoqdadur. Biza ko‘rsatilmish lutfu karamlardan ayonkim, afg‘onlar do‘stlik aloqa bog‘lanuvidan astoydil manfaatdorlar va ularning samimiy istaklariga inonmoq lozim.
Rusiya Ijtimoiy Sho‘rolar jumhuriyatining Afg‘oniston vakola hay’ati».
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:03:13
3

Karvon rabotlarni, yo‘l bo‘yidagi yuzlab mozorlarni ortda qoldirib, tobora Kobulga yaqinlashardi. Kobulga yaqinlashgani uchunmi, yo‘l ancha jonlanib, serqatnov bo‘lib qoldi. Askarlar qurshovidagi katta karvonni savdogarlar hadik bilan kuzatadilar. Sero‘t yerlarga ko‘chayotgan qabilalar esa qiziqish bilan qarab turishadi.
Vakola hay’ati orasida qalandarning o‘limidan keyin sovuqchilik vujudga keldi. Ayniqsa Xmarin serjahl, odamovi bo‘lib qoldi. Bir rabotda Ushinskiy Sinelnikova chodiriga kirib, unda tunab qolgach, somonxonaga yetishgan buzoqday bo‘ldi-qoldi — Xmarinni gapirmay ham qo‘ydi.
Zikriyo afandining o‘limidan so‘ng Asadullaning Shuvalovdan bo‘lak suyanchig‘i yo‘q edi. Bugun ham ular yonma-yon borishyapti. Yo‘l chetiga sanoqsiz qo‘y-qo‘zi, uloq, yilqi, qoramolni yoyib asta jilayotgan qabilaning harakatini kuzatib bir voqeani ko‘rishdiki, oqibatda buning dahshatidan anchagacha o‘zlariga kelolmay yurishdi.
Qabrlari ustiga qo‘chqor shoxlari qo‘ndirilgan, butalarga oq-ko‘k lattalar bog‘langan mozoristonda yigirmaga yaqin erkagu ayol faryod chekib, yuzlarini yulib turardi. O‘rtada eti ustixoniga yopishgan, yoshini aniqlash amrimahol bo‘lgan odam oyoq-qo‘lini uzatib yotar edi. Asadulla avvaliga uni murda deb o‘yladi. Bir vaqt yerda yotgan odam qo‘li harakatga keldi, faryod urayotganlarga nimadir dedi. Shundan so‘ng ular atrofdan tosh olib kelib, tirik odam ustiga tera boshladilar.
— Nima qilyaptilar, ko‘myaptilarmi? — dedi Shuvalov hayratlanib.
— Shunaqaga o‘xshaydi, — dedi Asadulla odamlardana ko‘z uzmay.
Bu dahshatli manzarani oxirigacha ko‘ra olmay, ikkovi xuddi kelishib olgan misol baravariga otni niqtab oldinga intilishdi. Mirza Qandilxon ularning gaplarini beparvolik bilan eshitdi.
— Bemordan umid bo‘lmasa shunday qilishadi, — dedi.
— Balki tabibingiz yordam berar?
— Bularning odatiga aralashmagan ma’qul. Hammaning o‘z udumi bor. Begona bosh suqsa yoqtirmaydi.
Shuvalov, «dahshat, dahshat», deb pichirlab, otning jilovini bo‘shatdi. U asta-sekin ortda qola boshladi. Asadulla bir qancha vaqt Mirza Qandilxon bilan yonma-yon bordi.
— Bu holda bemorlarni ko‘mib ketaverishsa, qirilib bitishadi-ku? — dedi Asadulla.
Mirza Qandilxon uning kuyinishiga kiprik ham qoqmadi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:03:32
— Ollohning irodasi, — dedi u bepisandlik bilan.
— Erkaklarning kamligi... balki shundandir?
— Yo‘q, bundan emas. Erkaklar muhoribada...
Mirza Qandilxonning bu holda, bu ohangda gapirishi Asadullaning g‘ashini keltirdi. Jilovni tortib, otini to‘xtatdi. Mirza Qandilxon: «Nima bo‘ldi?» — deganday unga bir qarab qo‘yib, yo‘lida davom etaverdi.
«Qishda qor yog‘ishiga, yozda oftob chiqishiga odamlar ajablanishmaydi, — deb o‘yladi Asadulla. — Xuddi shuning kabi inson bolasining xoru xaroblik ila o‘lishiga, besabab, bemaqsad qirilishiga ham ajablanishmasa, ajablanish nima ekan, dahshatga tushishmasa, faryod urishmasa...
Erkaklar muhoribada... Butkul yumushlar shu kasalmand, shu ayol, shu bola-baqra bo‘ynida. Oila boshlig‘i ne sababdan ketdi, bilishmaydi. Odam odamga yov, qabila qabilaga, yurt yurtga... Qachon barham topadi bu? Bola otasi bilan, juvon eri, ona o‘g‘li bilan shod-shodon yashaydurgon davru davronlarga yetishuv baxti qachon yuz ochadi?..»
Toshli yo‘lda ot tuyoqlaridan chiqqan ovozlar aks-sado beradi. Asadullaning nazarida bu dara, bu toshlar odamlarga faryod bilan murojaat qilayotganday: «Ey, muxtalif odam bolalari, — deyayotganday go‘yo, - na uchun siz bu qadar bir-biringizga dushman bo‘ldingiz? Tokaygacha bir-biringizga dushmanlik va haqorat nazari ila boqajaksiz. Tokaygacha hayoti ijtimoiyaning yo‘llarina darbadar bo‘lajaksiz?! Yo‘q, bu fikringizdan qaytingiz. Bu hobgohlaringizdan chiqingiz, bu mutaassiblik, bu jaholatingiz chodirin uloqtiringiz! Bir kun kelur, bu qilmishingiz, badkirdorlig‘ingizdan pushaymon bo‘lajaksiz. Lekin so‘ng o‘ngaajagingiz foyda bermas.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:03:39
Na ko‘rdi dunyoda inson buzuq bu ixtilofindan,
Tug‘ildi turli sho‘rishlar maishat ixtilofindan.
Bo‘lib bir-birga dushman kun kechurdi, ko‘rmadi rohat,
Qirildi, mahv o‘ldi, kechdi ulfat ittifoqindan.
Oyildi molu sarvatdan xarif o‘ldi shaqovatga,
Yiroq ketdi adolatdan hama millat xilofindan...»

Toshlar tuyoqlar zarbidan jaranglaydi. Go‘yo faryod qiladi. Tili bo‘lganda edi bu toshlarning. Faryodiga inson bolasi chidash bera olarmidi? Ne qirg‘inlarni, ne adolatsizliklarni ko‘rmagan bu toshlar. Afsuskim, ularning zaboni yo‘q. Bo‘lganda edi, shubhasiz, Asadulla xayolidan o‘tgan gaplarni aytardi. Balki undan ziyoda qilib, inson bolasining yuragini poralaydigan qilib aytardi. Afsus, ming afsus, tili yo‘q...
Agara bu yo‘llar harb-zarb emas, faqat xolis niyatli elchilar yo‘li bo‘lsa edi, olamning kulgisi, qahqahasi o‘zgacha yangrardi. Bu toshlar faryodining unini o‘chirib, bag‘riga singdirib, yashirib yuborardi.
Tahlikali, tog‘li-toshli yo‘llarni ortda qoldirgan karvon shunday birodarlik, yaxshilik yo‘lini ochib borayotgan bo‘lsa ne ajab!
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:03:51
III b o b
TAHLIKA VA UMID


1

Lord Chelmsford Ravalpindidagi sulh natijalarini batafsil eshitib, jahl bilan qo‘l siltadi.
— Sharmandalik, — dedi u bo‘g‘ilib, — bu sharmandalik tamg‘asi uzoq vaqt unutilmaydi. Bu sharmandalik uchun Gamilton Grant bilan lord Chelmsfordni ayblashadi, ha, unutmang buni!
— Ser, aybnomangiz noo‘rin, — dedi Gamilton norozi ohangda. — Birinchidan, avval ham Afg‘onistonga ikki karra qo‘shin tortib, maqsadga erisholmaganmiz. Ikkinchidan, bu sulh bundan ham sharmandaliroq bo‘lishi mumkin edi. Mahmud Tarzining kelishiga norozilik bildirib yaxshi qildik. Muzokarani u yuritganda... bu sharmandalik holva edi.
— Shundaymi? — Chelmsford unga o‘qraydi. — Uning qobiliyatini shu darajada yuqori qadrlaysizmi? Hind muhojiri-chi? Oti nima edi?
— Abdul G‘ani.
— Ha. Uning muzokarada ishtirok etuviga qanday yo‘l qo‘ydingiz? U beto‘xtov qamoqqa olinishi kerak edi.
— Ser, bu mumkin emas, axir u rasmiy vakola a’zosi, qolaversa, u Hindistonda g‘ayri ishlarda ayblanmagan. Aksincha, Habibulloxon shunday ayb bilan qamoqqa olgan.
— Habibulloxonning fahmi yetgan ishga sizning aqlingiz kaltalik qilibdi-da?
— Ser, istagan diplomatingizdan so‘rang, bu ishda biz yutdik. Hayronman, Afg‘onistondan buncha qo‘rqib qolgansiz?
— Qo‘rqib? — Chelmsford jahl bilan teskari qarab oldi. — Siz pashshadan qo‘rqasizmi, Gamilton? Ha, qo‘rqmaysiz. Lekin g‘ing‘illashiga toqat qilolmaysiz. Afg‘oniston men uchun bir pashsha, bilib qo‘ying. Shunday biqinimizda g‘ing‘illashiga chidolmayman.
— Xotirjam bo‘ling, ser, iqtisodiy qamalga Afg‘onistondan kuchliroq davlatlar ham bas kelolmaydi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:03:59
— Qamal dedingizmi? Qiziq... qamal deganda chor-atrofdan o‘rab olish tushunilardi. Afg‘onistonning shimoldagi darvozasi langa ochiq tursa ham qamal deyilaveradimi? Yanglishmasam, rus elchilari Kobulga yaqinlashib qolganlar? Gamilton, mening gapim esingizdami?
— Esimda, ser, biz hamma choralarni ko‘rdik. Elchilar aylanma yo‘l bilan yurib, ko‘p vaqt yo‘qotishdi. Hammasi reja bilan boryapti. Biz qo‘ygan odam ishni puxta yurityapti. Elchilar orasida parokandalik bor. Amir bilan bir qarorga kelisha olishmaydi. Ulardan oldinroq Kobulga yetib kelgan Turkiston arboblari amirning fikrini o‘zgartirib yuborishadi.
— Gamilton, men sizga qoyilman: boshingizga kelgan har bir bema’ni orzuni haqiqatday gapira olasiz.
— Bu bema’ni orzu emas. Aniq bo‘ladigan ish.
— Bo‘lmasa-chi?
— Unda so‘nggi choraga o‘tamiz. Afg‘onistonga kelgan har bir elchi bu tuproqda umrbod qoladi.
— Terrormi?
— Nimaga? — Gamilton ayyorlik bilan kulumsiradi. — Afg‘onistonda nima ko‘p, kasallik ko‘p, dordan qochgan kallakesar ko‘p... Shu maqsadda Xaustonning Kobulda qolgani ma’qul. Siz uning qaytishiga ijozat bergan ekansiz?
— Kobulda qola tursin, deysizmi? Yaxshi. Qolsin. Elchilarning Kobulga sog‘-omon yetib kelishi — uning ham aybi. Ayblaringni birgalikda yuvinglar. Toshkentlik boyning o‘g‘illari Kobulga jo‘nadimi?
— Ha, ser. Ular otalari bilan Toshkentga qaytib, biz uchun ishlashadi. Xauston mana shu ishni juda yaxshi o‘ylabdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:04:06
«Mening ko‘nglumki gulning g‘unchasidek tah-batah qondur. Agar yuz ming bahor o‘lsa ochilmog‘i ne imkondir», deganlaridek, Ravalpindidagi sulhdan so‘ng Mahmud Tarzining ko‘ngli xuftonligicha qolaverdi. Hatto bu tong amirni yo‘qlashni ham kanda qildi. Muhtasham xonasiga, xonani chirmab olgan yolg‘izlikka bandi bo‘lib o‘tirdi. Uzoq o‘tirdi. Aqlini tanib ko‘rgan begona yurtlarni esladi. Qorinlari to‘q edi. Muhtojlik ularga yaqin yo‘lamasdi. Biroq odam bolasi jig‘ildon bilangina tirik emas ekan. Uning kindik qoni Afg‘onistonga to‘kilmagan bo‘lsa-da, yuragi shu tomon talpinardi. Otasi uni g‘azal mulkiga boshlab, nuktadonlik ilmiga oshno qilaman deganda, xayoli uni o‘zga olamga chorlardi. Otasi unga ko‘p tanbeh berdi. U esa farangi lisonini o‘rgandi. Farangi adiblarini forsiyga o‘girdi. Farangi inqilobchilarini o‘rgandi. Otasi g‘azaliyotning nafisligini unga yuqtirmoqchi bo‘ldi. U esa she’riyatga isyonkorlik ruhini olib kirdi.
Bir kuni otasi umidlari singan odam ahvolida undan gina qildi:
— Seni nuktadon shoirlar qatorida ko‘rmakni orzu qilib edim.
— Nuktadonlik oliy xislat, — dedi Mahmudbek otasiga, — ammo yurtni ko‘ngil ishqi haqidagi g‘azallar bilan ozod etib bo‘lmaydi. Yurtni ozod etmoq uchun xalqni jaholat uyqusidan uyg‘otmoq kerak. Buning uchun faqat isyonkor she’r darkor...
Otasi bosh chayqadi-yu, indamadi. Yurtdan quvilgan, yurt sog‘inchi vujudini kemirib tashlagan shoir o‘g‘lining fikri to‘g‘ri ekanini tushunardi. Tushunardi-yu, o‘g‘li tahlikali yo‘l tanlaganidan bezovta edi.
Dunyo tasodiflarga to‘la. Ammo quvg‘in qilgan zulmkor bilan quvg‘indagi bechoraning bir vaqtda olamdan ko‘z yumishi kamyob hodisa. Afsus shuki, otasi amir Abdurahmonxon joni uzilganini bilmay ketdi. Amirdan bir kun, boringki, bir soat keyin ko‘z yumganda ham armoni qolmas edi bu dunyoda.
Mahmud Tarzi jon talvasasidagi otasining mo‘ltillagan ko‘zlarini, so‘nggi nafasida bu ko‘zlardan chiqqan ikki tomchi tiniq yoshni unutmaydi. Bu — armon, bu — ayriliq, bu — hijron ko‘zyoshlari edi. Bu yosh ko‘zdan emas, balki yurakning tub-tubidan, yurt sog‘inchi yashiringan yeridan chiqqan edi. Bu ko‘zyoshlari o‘shanda go‘yo cho‘qqa aylanib Mahmudbekning qalbiga to‘kildi. O‘shandan beri bu tomchi-cho‘g‘lar bot-bot uyg‘onadi, uni qiynoqqa soladi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:04:13
Ravalpindagi sulh natijasini eshitib shu ko‘yga tushdi.
Hojib kirib, amir yo‘qlayotganini aytganda ham o‘rnidan turgisi kelmadi. Bari bir borishi lozimligini bilib, noiloj xonasidan chiqdi.
— Bunday saodatli tong kunda otavermaydi, — dedi amir gina ohangida. — Sizning muborakbod etmagingizga zor bo‘ldik.
— Uzrliman, amir sohib, — dedi Tarzi undan ko‘zini olib qochib, - tobim yo‘qroq...
— Olloh saqlasin, — amir shunday deb, qaynotasini ikki yelkasidan ushlab, ko‘ziga tikildi. — Dilingiz bir nimadan aziyat chekdimi?
— Ha, amir sohib... Xudodan yashirmaganni bandadan yashirmayman: sulhdan ko‘nglimga aziyat yetdi.
— Sulhdan? Ajab... Ingliston bizga yon bosdi, bundan quvonmoq o‘rniga...
— Amir sohib, fikri ojizimcha, Ingliston bizni chalg‘itgan, laqillatgan. Hamonki sarhadlarimizni o‘zimiz belgilamas ekanmiz, ozodligimiz, mustaqilligimiz qayda qoldi? Ular afg‘on amirlari taxtga o‘tirar choqlarida bir oz erkalik qiladilaru, yana oyog‘imizga bosh urib keladilar, deb ishonib qolishgan. Bu uchun sizga olti oy fursat berishibdi. Nahot anglamadingiz?
— Men olti oydan so‘ng bosh urib borarkanmanmi? Men-a?!
Amir xona bo‘ylab asabiy yura boshladi.
— Yov makrini yolg‘on yashiradi. Sulhga ishonmaslik kerak. Hindistondagi g‘alayonlarni bostirib, so‘ng yana bizga hujum qilmaklari aniq.
— Bu fursatda biz qaddimizni o‘nglab olajakmiz. O‘rusiya orqali Farangistonga chiqamiz. Almoniyaga yetamiz. Ingliston hali ko‘p pushaymon yeydi, ha!
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:04:21
Omonulloxon shunday deb, yana qaynotasi ro‘parasida to‘xtadi:
— Sho‘ravi Rusi yo‘llagan vakola qachon yetib keladi?
— Bir haftalik yo‘l qoldi chamamda.
— Bir hafta... Menga yetkurgan daraklariga inonsam, ular orasinda noittifoqlik mavjud emish. Bir-birlariga-da izzat yo‘q emish?
— Ular mashaqqat ila olis yo‘l bosib kelmoqdalar. Bunday ahvolda yaqin xesh-aqrobalar orasinda ham nizo ko‘tarilmog‘i mumkin. Xulosa chiqarishga oshiqmang. Bil’aks, ular bilan qay holda muzokara yuritmoqni fikrlang.
— Turkistondan tashrif buyurmish a’yonlar vakolasi ila muzokaralarni boshlasam-chi?
— Zinhor! Bunday qila ko‘rmang, amir sohib. Avval chin vakola so‘zlariga quloq tuting. Turkiston a’yonlari vakolasi hokimiyatga erisholmagan, yuragi zada. Ko‘ngulda qoralik mavjud bo‘lishi ehtimol. Ular sizni haq yo‘ldan og‘dirishi mumkin.
— Dono fikr. Men ular bilan... bir vaqtda muzokara boshlayman. So‘ng bir vaqtda tarozi pallasiga qo‘yaman.
Tarzi Qodir og‘a hazratning kecha amir huzurida bo‘lganidan boxabar edi. Shuning uchun kuyovining bu fikriga monelik qilmadi. Amirning miltig‘ida bir o‘q bo‘lgani holda ikki quyonni mo‘ljalga olish unda xavotir uyg‘otdi. Bo‘lajak muzokaralarda tushunmovchiliklar, ko‘ngilsizliklara yuz berishi mumkinligini sezib, afsuslandi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:04:28
3

Qodir og‘a hazrat Turkiston a’yonlari vakolasining sarvari Mirkomilboyning so‘zlarini tinglab, ajablandi:
— Qalandar jonini olmoqning nima zarurati bor edi?
— Vakola ichindagi kishimizni fosh qilib qo‘ymog‘i mumkin edi.
— Chakki bo‘libdi... Olloh rahmat qilsin. Islom yo‘lida shahid ketibdi, joyi jannatda bo‘lg‘ay.
— Inshaolloh... Endi muddaoga ko‘chsak.
— Xo‘sh?
— Amir huzuriga kirmagimiz, Buxoro amiri ila so‘zlashgan so‘zlarimizni yetkazmagimiz lozim.
— Nimalarni so‘zlashdinglar?
— Turkiston taqdirini.
— Xo‘sh?
Bu afg‘onning qo‘polligidan hojining ko‘ngli og‘ridi. Afsus, afsus, davru davronlar o‘zga. Yo‘qsa bu odamlar oldida past ketib o‘tirmasdi-ya! Ammo na iloj: «Yovga chiqsang, yarog‘li chiq, yolg‘iz chiqmay, hamrohli chiq», deganlar. Turkistonning yarog‘i ham, hamrohi ham shularmi endi?..
— Buxoro amiri Afg‘oniston amirining inglislar bilan yarashmog‘ini istaydi, — dedi Mirkobilboy alamini ichiga yutib.
— Xo‘sh? — dedi Qodir og‘a hazrat o‘sha-o‘sha sovuq ohangda.
— So‘ng birlashib, Turkistonni shakkoku kofurlardan tozalab, undan so‘ng inglislarga bas kelmoq maqsadga muvofiq deydi.
— Amir bunga ko‘nmaydi.
— Sabab?
— Turkistonni kufrdan holi etiluvidan Afg‘onistonga nima naf bor?
Mirkomilboy Qodir og‘a hazratning bu qadar surbetligini kutmagan edi. Inglislar Turkistonga ko‘p emas, yigirma besh yil hukmronlik qilish badaliga olam-olam aqcha sarfladilar. Ular oldida bu afg‘onlar nima bo‘pti? Na aqchasi bor, na yarog‘i. Bor-yo‘g‘i inglislar bilan yarashib turishi kerak, vassalom. Shunga shuncha nozu firoqmi?..
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:04:37
Mirkomilboy shularni xayolidan o‘tkazib g‘ijingan bo‘lsa-da, ichidagini sirtiga chiqarmadi.
— Jannatmakon amir Habibulloxonning niyatlari bo‘lak edi, — dedi u, o‘zini xotirjam tutishga harakat qilib. — Farg‘ona viloyatida jihodga ko‘tarilgan islom lashkarlariga muruvvat ko‘rsatib edilar.
— Hazrat amir Habibulloxon sarhadlarni birmuncha kengaytirmoqni orzu qilib edilar. Baqo gulshaniga barvaqt chorlandilar.
Bu gapni eshitib, hojining eti seskandi: «Ishtahalari chakki emas-ku?» deb o‘ylab, g‘ijindi.
— Hazrat amir Omonulloxonda bunday istak yo‘qmi? — deb so‘radi u zahrini sirtiga chiqarmay.
— Bu yolg‘iz Ollohga ma’lum.
Shu javob bilan amirning niyatlari boshqa ekani, hazratning saroyda mavqei baland emasligi ayon bo‘lib qoldi. Shu sababli Mirkomilboy uning oldida ko‘pam past ketmadi.
Qodir og‘a hazrat savlati kelishgan bu odamning o‘ziga pishiq-puxta ekani, Turkiston a’yonlari har narsaga laqqa tushavermasligini fahmladi. U faqat bir narsaga tushunmadi: Turkistonning Inglistonga sotilgani, bu ish o‘ngidan kelmay, a’yonlarning Afg‘onistonga yuz tutganlarini bilganda vakolaning tavba-tazarru, yalinish-yolvorishlar ila murojaat etmoqlarini kutgan edi. Vakola sarvarining o‘zini tutishiga qaraganda ular yalinib emas, taklif bilan kelishgan. Agar chindan shunday bo‘lsa Afg‘onistonning xudodot yurtligi qayda qoldi? Qodir og‘a hazrat yana boshqa narsaga: muzokarani arkoni din vakili emas, e’tiborli boy yuritayotganiga hayron bo‘ldi.
Qodir og‘a hazrat shu muammolar chohida garangsidi. Shunga qaramay, amir huzuriga yo‘l olib, uni Turkiston a’yonlari vakolasi bilan muzokara yuritishga da’vat etdi: «Chiqmagan jondan umid», deb o‘ziga-o‘zi taskin berdi.
Kecha bo‘lib o‘tgan bu suhbatdan Tarzi xabar topgan edi.
Amir Habibulloxon: «Bular devor emas, quloq», deb bejiz ta’kidlamagan ekan...
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:04:50
IV b o b
KOBUL


1

Bodi Osiyo, Chovg‘ul, Ko‘hi Hashtro‘ va nihoyat, Qozi qal’a... Kobulga kiraverishdagi so‘nggi rabot, so‘nggi manzil. Oltmish yetti xatarli kecha, oltmish yetti tahlikali kunduz ortda qoldi. Kutilmagan hodisalar, diydor va ayriliqlar, shubhalar, muammolarga boy bo‘lgan oltmish yetti kun xotiraga, o‘tmishga hijrat qildi. Ularni sehrli ohanraboday o‘ziga tortgan Kobul, ana, qo‘l uzatsa yetguday bo‘lib, ro‘paralarida turibdi. Necha-necha sarkarda tig‘ sanchmadi bu shaharga. Necha-necha qirg‘inlarni ko‘rmadi bu shahar. Qilich yalang‘ochlagan sarkardalar shaharni mahv etish yo‘llarini balki xuddi shu yerda turib o‘ylashgandir? Hammasi moziyning qora chodiri ortiga yashiringan edi. Amirlar, sarkardalar kelaverdi, ketaverdi. Ko‘hna shahar esa tirik. Har bir qonli jangdan so‘ng qaddini ko‘tarib, jarohatlariga xalq ko‘z yoshlaridan malham qo‘yib, davolab, muazzam kunlarga yetishish ilinjida yashayverdi, yashayverdi... Shaharni balki ana shu nurli umid yillarning nafasi, temir tirnoqli panjalaridan omon saqlab, shu kunlarga olib kelgandir?
Yer yuzida ko‘hna shaharlar ko‘p. Hammasining bag‘rida urushlar qoldirgan behisob tamg‘alar bor. (Bunday tamg‘alari bilan kullar ostida qolib ketgan shaharlar qancha ekan?) Insoniyat vahshiyligining ramzi bo‘lmish bu tamg‘alarga barham berish fursati yetmadimi? Odamzod izida faqat mozor qoldirmay, yaxshilik chechaklari unuvchi gulzorlar qoldirish pallasiga kirmadimi?
Asadulla Kobul yaqinida shularni o‘ylardi.
Uning yonida turgan Shuvalov esa beshikast yetib kelishganidan ham xursand, ham xavotirda edi: «Demak, amir bilan muzokara yuritayotganda boshlanadi», degan xayol uning tinchini oldi. Endi: «Safimizdagi g‘anim kim ekan?» — deb bosh qotirmasdi. Uni bilardi. Ammo arqonning bir uchini ushlab, barcha g‘alamisliklarni boshqarayotgan odamlar uning uchun noma’lum edi. Buni aniqlamay turib, bir ishga kirishish mumkin emasdi.
Qozi qal’aga chodir tutilmaganidan, taom hozirlanmaganidan bildilarki, bu yerda tunamaydilar. Bir oz salqinlab, tashnaliklarini bosadilar, xolos.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:04:59
— Alhol foytunlar yetib kelgach, beto‘xtov Kobulga doxil bo‘lamiz, — dedi Mirza Qandilxon.
Ko‘p o‘tmay kumush bezaklar ila bezalib, zulukday otlar qo‘shilgan foytunlar vakola hay’atini, qilich ko‘tarib emas, yaxshi niyat bilan kelgan o‘zga yurt elchilarini Kobul sari yeldirib ketdi.
Kobulning nazarga molik bog‘laridan bo‘lmish Mohtob bog‘ida yuzga yaqin sovar mehmonlarga lutf ko‘rgazib, saf tortib turar, sozandalar sozi esa avjda edi.
Kobul a’yonlari vakola hay’atiga izzat ko‘rsatdi, ammo suhbatga berilmadi. To‘kin dasturxon atrofida ham gurung qovushmadi. Taomdan so‘ng Mirza Qandilxon barchani yana foytunga boshladi. Yana bir oz yo‘l bosilgach, Bog‘i Mustafoga yetdilar. Bog‘ o‘rtasida Yevropa usulida tiklangan imorat ular ixtiyoriga berildi. Faqat imorat emas, ichkari xonalarning ashyolari ham tom yevropacha edi. Taomlarning ham yevropacha bo‘lishi vakola hay’atini hayratga soldi. Xullas, uzoq davom etgan safar mashaqqatlaridan xoli bo‘lmoq uchun barcha sharoit muhayyo etilgan edi.
Kechki taomdan so‘ng Xmarin vakola hay’atini shiyponga to‘pladi.
— Janoblar, manzilga beshikast yetib keldik, — dedi u, — endi ijozatingiz bilan, vakolaning barcha xatti-harakatini men nazorat qilsam. Yo‘ldagi har bir harakatimiz, oramizdagi tushunmovchiliklar, ayniqsa Veniamin Samoylovich, sizning harakatingiz allaqachon Kobuldagi zoti oliylarining qulog‘iga yetib kelganiga aminman. Shuni unutmasligingizni va barchangizning diplomatiya qoidalariga qat’iy amal qilishlaringizni so‘rayman. Safar natijasi faqat muzokaraga emas, har biringizning xatti-harakatingizga ham bog‘liq. Menga bugun ma’lum bo‘lishicha, Angliya bilan urush yakuniga doir muzokara tugallanib, shartnoma imzolangan. Shartnoma mazmunini hozircha bilmaymiz. Amirning, saroy ahlining asl niyatlari ham bizga qorong‘i, Angliya bilan imzolangan shartnomadana so‘ng, amirning tashqi siyosati butkul o‘zgarib ketishi ham mumkin. Biz Rossiyaning Afg‘onistondagi birinchi elchilarimiz. Yurtimizga ham, tuzumga ham bizga qarab baho berishadi.
— Nikolay Zaxarovich, xavotiringizga tushunmayapman, — dedi Ushinskiy. — Nazarimda, yo‘lda hech nima yuz bermadi. Axloq-odob doirasidan chiqmadik. Bahslarimiz ham o‘zaro o‘tdi.
— Shunday bo‘lishini istar edim, — dedi Xmarin quruqqina qilib.
Ushinskiy ajablangandek qo‘llarini ikki yonga yoyib, bosh chayqadi.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:05:07
— Nikolay Zaxarovich, buyog‘iga siz qo‘mondonsiz, buyuravering, — dedi Shuvalov qat’iy tarzda.
— Afg‘onlar bilan siyosatdan gaplashmanglar. Ayniqsa, siz, Asadulla Mira’lamovich, amirlik tuzumiga tegishli so‘z aytmang. Ba’zan gap olish, g‘alva chiqarish uchun sizga biron-bir kambag‘alni ro‘para qilishlari ham mumkin.
Asadulla «ma’qul» deb bosh irg‘adi. Xmarin yana bir oz diplomatiya qoidalaridan gapirgach, xonasiga kirib ketdi.
Nonushtadan so‘ng Bog‘i Mustafoga uch avtomobil kirib keldi. Mirza Qandilxon peshinga qadar Kobulni sayr etajaklarini ma’lum qildi. Sayrdan birinchi bo‘lib Sinelnikova bosh tortdi. Yo‘lda charchaganini, hali o‘ziga kelolmaganini bahona qilib xonasiga kirdi-da, eshikni ichidan qulflab oldi. Vakola hay’atini hayratda qoldirib, Shuvalov ham sayrga chiqolmasligini aytdi. Mirza Qandilxon pastda kutardi, kim boradi, kim bormaydi, deb mulohaza qilishga fursat yo‘q edi. Shu sababli uchovlon avtomobillar sari yurdilar.
Bir tarafi tog‘, bir tarafi vodiy bo‘lgan bu ko‘hna shahar manzarasi diqqatni tortguli edi. Eski shahar ko‘chalari birmuncha tor, sihatga zid bo‘lsa-da, yangi shaharda bino bo‘lgan ko‘chalar, uylarning aksari go‘zal, Yevropa usulida edi. Amir Abdurahmonxon boshlab, amir Habibulloxon kamol toptirgan, bugungi kunda ignadan tortib, zambarakka qadar Afg‘oniston ehtiyojiga zarur ashyolar tayyorlaydigan moshinxonani tomosha qilib, so‘ng harbiya maktabida bo‘lib, keyin shaharning kunbotaridagi Bog‘i Boburga ko‘tarildilar.
Bog‘ning shimol tomonida maqbara, janub qismida marmartoshdan bino qilingan bir masjid chinorlar panasida oftobdan yashiringan.
— Bul chinorlarni mirzo Bobur o‘z qo‘llari bilan ekmish ekanlar, — dedi Mirza Qandilxon mehmonlarni bog‘ bo‘ylab boshlar ekan.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:05:15
«Abadiylik shumi? — deb o‘yladi Asadulla, ohista qadam tashlab borib, chinor tanasiga kaftini qo‘yar ekan. — Urushlar, zulmlar ham uzoq vaqt unutilmaydi, ammo bular la’nat bilan eslanadi. Bog‘ qilgan, shahar bino etgan, ezgulik urug‘ini sepgan odam esa shu yaxshiliklari bilan abadiy qolgusidir. Bobur, shoh Bobur buyuk saltanat qaror toptirgan inson tosh ostida yotibdi. Hayotini bag‘ishlagani — barpo etgan saltanati yemirilib bitdi. Ekkan chinorlari esa tirik, bitgan g‘azallari tirik, baytlariga singgan faryodlari, armonlari tirik...

Toli’ yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi...

Demak, inson bolasining baxti toju taxtda emas, to‘kin dasturxonda emas, zebu ziynatda emas. Qo‘shin tortib, yurtlarga ega chiqqan odam o‘z baxtiga ega bo‘lolmas ekan. Shoh Bobur emas, Andijonda qora qumg‘oniga ko‘z tikib qolgan, biri sira ikki bo‘lmagan kambag‘al yigit baxtliroqdir...

Menga oson durur bo‘lsa agar yuz ming tuman dushman,
Vale bo‘lmoq jahonda, ey, ko‘ngul, beyor mushkuldur...

«Beyor», deb nimani nazarda tutdi ekan? Balki: «Bevatan mushkuldur», demoqchi bo‘lgandir?..
— Asadulla Mira’lamovich, daraxt bilan gaplashyapsizmi, nima deyapti?
Ushinskiyning gapi uning xayolini parchaladi. Kaftini chinor tanasidan olib, hamrohlariga qaradi:
— Daraxtlarning ham tili bor, Veniamin Samoylovich, mana bu chinorning gapini eshiting: «Men shu yerga ekilib, necha yuz yildan beri shu tuproqni makon etganman. Suvsizligiga ham, ayozli sovug‘iga ham, jaziramasiga ham chidayman: serunum, sersuv tuproqni ma’qul deb ko‘chirsangiz - o‘laman. Meni ekkan odam makonidan ko‘chirilib, ayriliq armonida ketdi. Men kunda uning maqbarasiga qarab, shivirlab, tasalli beraman. Lekin u javob qaytarmaydi. Bevatanlik azobi ezib, nobud qildi hojamni...»
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:05:23
— Daraxt to‘g‘ri aytibdi buni sizga, — dedi Xmarin unga yaqinlashib. — Bevatanlik — eng ulug‘ bebaxtlik. Afsuski, buni hamma ham anglayvermaydi. Vatandan uzoqlarda yurish — mening kasbim. Baxtim esa Rossiyada. Rossiyada bo‘lgan onlarimni hech nimaga alishmayman.
— Siz Rossiyaning iqboli uchun xizmat qilyapsiz.
— Bu gaplarni qo‘ying, kerakmas...
Xmarin shunday deb nari ketdi. Asadulla noiloj unga ergashdi.
Bog‘i Mustafoga kun peshindan oqqanda kirib kelishdi. Shuvalov shiyponda, dahanini panjaraga tirab o‘tirardi. Sinelnikova ko‘rinmasdi.
— Xo‘sh, safarlar qalay? — dedi u o‘rnidan turib.
— Ko‘p narsani yo‘qotdingiz, — dedi Ushinskiy.
— Ketganlaringdan beri o‘zim ham afsuslanib o‘tiribman....
Xmarin bilan Ushinskiy xonalariga chiqib ketishdi. Asadulla Shuvalovning bir nima demoqchi bo‘layotganini fahmlab, shiyponga o‘tdi.
— G‘ulomqodiring keldi, — dedi Shuvalov joyiga o‘tirib. - Bizga xizmat qiladi shekilli, yaxshi bo‘libdi. Menga qara, Mira’lamovich, sen unga tayinlab qo‘ysang, xonimchamizdan ko‘z-quloq bo‘lib tursa.
— Shaharga chiqmaganingizga shu sababmi?
Shuvalov ko‘rsatkich barmog‘ini labiga bosib, «jim» degan ishora qildi.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:05:33
2

Oqshomda xizmatkorlar g‘imirlaba qolishdi. Atrof sarishta bo‘lsa-da, yana suv sepilib, supurildi. Marmar hovuz, favvora chetlari artildi. Bu harakatlarning sababi tez orada ma’lum bo‘ldi. Mirza Qandilxon Xmaringa uchrab, Afg‘onistonning xorijiya noziri Mahmudbek Tarzi tashrif buyurajagini aytdi.
Ular sardor Tarzi bilan shiypon oldida uchrashdilar. Oldinda Xmarin bilan Asadulla, orqaroqda Ushinskiy bilan Shuvalov. Horijiya nozirining sharaflab aytgan so‘zlariga avval Xmarin, so‘ng Asadulla munosib javob berib, muhoribada g‘alaba Afg‘oniston tarafda bo‘lgani munosabati ila muborakbod etdilar. Xmarin Mahmudbek Tarzining tabrik so‘zlarga javob qilmaganidan sezdiki, Angliya bilan tuzilgan shartnomadan Afg‘oniston rozi emas: «Demak, siyosatlari o‘zgarishsiz qoladi», deb qo‘ydi o‘zicha Xmarin.
Tanishuv marosimi oxirlagach, shiyponga tuzalgan joydan har birlari e’tiborlariga yarasha o‘rin oldilar.
Taomdan so‘ng Xmarin Tarziga yuzlandi:
— Nozir sohib, odobsizlikka buyurmaysiz, vakolamiz hay’ati hazrat amir sohib bilan ko‘rishuv onlarini orziqib kutmoqdalar!
Tarzi javobga shoshilmadi.
— Afsuskim, amir sohib sizlarni bir oz zoriqtirishga majburlar. Kobulda vabo paydo bo‘libdur, degan xavotirdamiz. Amir sohib shu sabab ila shahardan chiqib, mavzega yuzlanganlar. Nasib etsa, iydi qurbonning uchinchi kuni diydor ko‘rishuvingiz mumkin.
— Sabab faqat vabomi?
— O‘zga narsadan gumoningiz bormi?
— Ingliston bilan tuzilgan shartnoma ta’siri emasmi bu?
Tarzi bu gapni eshitib, kulimsiradi:
— Xavotiringiz mutlaq o‘rinsiz, safir sohib, Ingliston bizga muruvvat qilmadi. Yil adog‘ida yana muhoribaga kirishuvimiz mumkin. Tahlikamiz ko‘z yumgani yo‘q hali. Shuni bilingki, Ingliston muruvvat qilgan taqdirda ham Sho‘ravi Rusi ila o‘rnatajak birodarlik aloqalaridan yuz o‘girmaymiz.
Xmarin bundan mamnun bo‘lib, jilmaydi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:05:46
Asadulla Mamatsharifning maktubini topshirish payti yetganini bilib, xatni uzatdi.
— Mamatsharif afandi sizga noma bitib edilar.
Tarzi xatni olib, dumaloq gardishli ko‘zoynagini taqdi-da, tezgina o‘qib chiqdi.
— Xo‘b, bisyor xo‘b, — dedi Asadullaga kulib boqib. — Saforat ahli orasida shoir mavjudligining o‘ziyoq ajabtovur. Shoir — go‘zallik targ‘ibotchisi. Do‘stlik esa eng buyuk go‘zalalik. Men siz ila suhbat qurmoqdan behad shod bo‘lajakman. Ma’zur tuting, bizning «Siroj ul axbor»ga bir-ikki bayt bitib bera olsangiz nur alan-nur bo‘lur edi.
— Shu topdami?
— Ha, shu topda. Afg‘onistonimizni u boshidan-bu boshiga yurib keldingiz, ko‘nglingizda uyg‘ongan gaplar bordir? — Tarzi shunday deb, Mirza Qandilxonga davot-qalam keltirishni buyurdi.
Asadullaning xayolida xomaki satrlar bor edi. Qog‘oz-qalam kelguncha bu satrlarni pishitgan bo‘ldi. Tarzi unga xalal bermaslik uchun Xmarin bilan gaplashib o‘tirdi.
Asadulla xayolidagi o‘zbekcha she’rni forsiyga o‘girib yozdi-da, horijiya noziriga uzatdi.
— Hozirliksiz bitildi, aybsitmaysiz, — dedi hijolatlik bilan.
Tarzi she’rni olib, ovoz chiqarib o‘qidi:
«Afg‘on birodarimga

Yo‘q, azizim, sen o‘ksukdek bukilmagin yeringda,
O‘gay emas, chin farzandsan, tur baralla shu joyda.
Hayajonli hayqirig‘ing fazolarga yuksalsin,
Haq ovozing kezib yursin yulduzlarda va oyda...»

— Tashakkur sizga, Asadulla Mira’lam, behad dono, zarur gaplarni aytibsiz. «Siroj ul axbor»ning ko‘rki bo‘luviga shubham yo‘q. She’ringizga mirzo Bedilning bir baytini ilova qilajakman:

Shohi az gulbun masrufi gulxan meshavad,
Zindagi bo do‘ston aysh ast, tanho otash ast.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:05:54
— Ozod yurtning saodati, kamoli, ellar aro e’tibori beg‘araz do‘stlari bilan, — dedi Tarzi.
Xorijiya noziri ketar mahali amir bilan uchrashuv onining bir oz orqaga surilishi uchun uzr so‘rab, shaharga chiqish mumkin emasligini eslatib qo‘ydi.
Yo‘l azobi — go‘r azobi, deydilar. Lekin kutish azobi undan ham o‘tadi. Yo‘l yurganda vaqt o‘tgani sezilmaydi. Bu yerda esa bog‘ qanchalik manzarali, mukammal bo‘lmasin, uning serhasham xonalari, favvoralari, baliqlar o‘ynab yurgan tiniq suvli hovuzlari, shirin taomlari... jonga tegdi.
Asadulla kunduzi odamlar bilan bo‘lib, bir oz ovunsa-da, qorong‘i tushishi bilan yolg‘iz qolib, xotiralariga bandi bo‘la boshladi. Xotini, bolalari atrofini o‘rab, hol-ahvol so‘rashadi. Bu tun ham shunday bo‘ldi. Kenjatoyi erkalanib, soqolini silayotuvdi: «Menga ham tez soqol chiqsin», deb iyagiga iyagini qo‘yayotuvdi. Xotini to‘g‘rida, darcha yonida jilmayib turuvdi... Bir ovoz keldi... Nima bu? Eshik g‘ichirladi shekilli? Bolasi ham, xotini ham ko‘kka uchdimi, g‘oyib bo‘ldi. Yo eshikni g‘ichirlatib ochib chiqib ketishdimi? Asadullaning nafasi qaytib, yuragi to‘xtab qolganday bo‘ldi. Jonholatda sapchib turib ketdi. Ko‘zini ochdi-yu, eshik og‘zida odam qorasini ko‘rib, badaniga muz yugurdi.
— Menman, sohib, aybsitmang, cho‘chitib yubordimmi? — deb pichirladi odam qorasi.
— G‘ulomqodir? Nima gap? — dedi Asadulla sal o‘ziga kelib.
— Uyqum qochib, ayvonda o‘tirib edim. Bog‘ tomondan bir odam qorasi kelib, xonimning xobgohlariga kirib ketdi.
— Qachon?
— Hozir.
Asadulla yalangoyoq holda tashqariga chiqdi. Xonalarga Yevropa usulida eshik-deraza o‘rnatilgan bo‘lsa-da, eshik tepasida sharqona darcha qoldirilib, ganjli panjara bilan berkitilgan edi. Sinelnikovaning xonasidagi maxfiy suhbat shu darchadan elas-elas eshitilardi. Avvaliga juda past ovozda gaplashganlari uchun so‘zlarni anglab bo‘lmadi. Keyin ayol asabiylashdimi, ovozini beixtiyor ko‘tardi:
— Jonimga tegdi hammasi. Ayt, olib ketishsin. Chekist fahmlaganga o‘xshaydi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:06:01
Sinelnikovaning buzib bo‘lsa-da, o‘zbekcha gapirishi Asadullani hayratga soldi.
— Oz qoldi, begoyim, chidang, mana buni taomlariga tashlang. Arafa oshiga. Bir yo‘la qutulasiz.
Erkakning kimligini ovozidan tanimadi. Talaffuzidan o‘zbekligi aniq edi.
— Eslaringni yedilaringmi? — aftidan Sinelnikova qo‘rqib ketdi shekilli, ovozi sal titradi. — Mening vazifam erkaklarni yovlashtirib qo‘yish edi. Buni bajardim, bas endi!
— Qo‘rqmang, begoyim, sizdan gumonsirashmaydi. Kobulda vabo bor, vabodan ketdi deyishadi, hech kim sezmaydi. Hayit kuni sizni Hindiston tomon olib o‘tishadi.
— O‘zim-chi, ovqatdan o‘zim ham yeyman-ku?
— Bir kun och qolsangiz hech nima qilmaydi.
— Xaustonga ayt, elchi tirik qolishi kerak. U bolshevik emas..
Asadulla G‘ulomqodirga: «Ko‘zdan qochirmang», deb shivirladi-da, iziga qaytdi. Shuvalovni uyg‘otib kelayotganda birdan erkak kishining baqirgani, keyin qattiq ixragani eshitildi.
Sinelnikovaning eshigi oldida ikki odam bukchayganicha tipirchilar, uzun oq ko‘ylakdagi ayol esa ostonada dahshatda qotib turardi. Asadulla yugurib kelib, tiz cho‘kdi-da, G‘ulomqodirning boshini ko‘tardi. Shuvalov esa xonimni ko‘kragidan ichkariga itarib, eshikni yopib oldi.
— Qimirlamang, xonim, joyingizdan jilmang, — dedi-da, qora libosli odam ustiga engashdi. Qo‘lini qayirib, qonga belangan dudamani yerga tushirdi. — Sovarlarni chaqir, — dedi Asadullaga.
Bir onda hamma oyoqqa qalqdi. Mash’alalar yoqildi. Asadulla mash’ala yorug‘ida notanish mehmonga qaradi. Pahmoq soqolli bu odamni tanimadi. Agar uning ko‘zlari ochiq bo‘lganda, soqol chandiqni yopmaganda balki o‘sha mash’um voqeadan avval ijaraga boshpana qidirib yurgan odamni tanirdi.
Chap biqiniga sanchilgan xanjar azobidan bukchayib olgan bu odam — Muhiddin edi. U ko‘zini arang ochib, Asadullaga tikildi. Tanidi. Bemajol qo‘lini unga cho‘zdi.
— Yedilaring-a, oxiri, enag‘arlar, — dedi tishini g‘ijirlatib. Keyin bir xirilladi-yu, jon berdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:06:07
Yashamoqdan maqsad nima ekanini o‘ylab ko‘rmagan, dunyo lazzati oshiq tashlashu yutuqdan iborat deb bilgan, avval o‘ziga yoqmagan, keyinroq borib esa xo‘jayinlariga ma’qul bo‘lmagan odamlarga pichoq sanchib bir tuki qimirlamagan bu mal’unning umri shunday tugadi. Biqiniga xanjar sanchilganda, azobdan to‘lg‘onganda, so‘nggi nafasi chiqishi oldida xayoli ravshanlashganda nimalarni o‘yladi? Otasini tuproqqa qo‘ygach, och qolganlari, sarsari kezganlarinimi? Sillasi qurib, samovarxona yaqinida sulayib o‘tirganda oshxo‘rlik qilayotganlarga qarab ilk marta odamzodga nisbatan nafrati uyg‘onganini, marg‘ilonlik qimorbozning uyidagi xizmatlarinimi, bu uydagi maishat, buzuqchilik yo to‘kilgan qonlarnimi? Qo‘rboshining, so‘ng Xaustonning xizmatlarini ado etganimi yo Hirotda, tashlandiq uyda, hind muhojirining boshiga tosh bilan urib, so‘ng oqbadan xonimchaga och bo‘riday tashlanib, siynalaridan tishlab-tishlab yayraganinimi, so‘ng karvon ortidan soyadek ilashib bu yerga qadar kelgani, qorong‘i kechalarda oqbadan xonim bilan ko‘rishib turgani, ammo nafsini qondirolmaganimi, yo bu kech devor oshib saroyga tushganda: «Endi albatta aysh suraman», deb ahd qilganinimi? Ushalmay qolgan orzularinimi? Qimorda yutib olgan qizlar, yosh juvonlar bilan bo‘lgan kechalarinimi? Yo‘q, bularni emas. U yutuqlarga o‘rganib qolgan edi. Hayotni ham qimor deb bilardi. Bu qimorda ham doimo oshig‘i olchi turishiga amin edi. Nima uchun bugun omad ketdi undan. Bu o‘yinga jonini tikkan edimi? Nahot endi uning oshiq tashlash imkoni yo‘q? Hayot qimori shunchalar beshafqatmi? U ko‘z yumgan mahalida shularni o‘yladi.
— Sohib, bu yoqqa qarang, — dedi G‘ulomqodir yonida o‘tirgan Mirza Qandilxon.
Asadulla tiz cho‘kib, engashib, yigitning boshiga bilagini bolish qildi.
— Sohib, — G‘ulomqodirning ovozi juda zaif chiqdi. - Sohib, sizdan roziman, rozi bo‘ling...
Shunday deb bu yigit ham ko‘z yumdi. Ko‘z yumdi-yu, har tun qonga belangan xotini bilan adoqsiz suhbat qurish azobidan qutuldi. Niyatiga yetdi.
Shuvalov sovarning qo‘lidagi mash’alani oldi-da, eshikni ochib ichkariga bir qadam qo‘ydi-yu, to‘xtadi.
— Mira’lamovich!
Asadulla G‘ulomqodirning boshini asta yerga qo‘yib, o‘rnidan turdi: ichkarida sochlari parishon, ko‘zlari chaqchaygan Sinelnikova jonsiz, to‘shakda chalqancha tushib yotardi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:06:15
— Zahar ichganga o‘xshaydi.
— Bizga atalgan zaharnimi?..
Xmarin xonaga otilib kirib, jasad yoniga keldi-da, tiz cho‘kdi.
Kafti bilan murdaning ko‘zlarini yumdi.
— Janoblar, iltimos, holi qo‘yinglar.
— Nikolay Zaxarovich...
— Iltimos, Vitaliy Sergeevich, xalal bermang...
Ular chiqib, Mirza Qandilxonga bo‘lgan voqeani qisqa bayon etdilar. Sovarlar jasadlarni pastga ko‘tarib tushdilar.
— Veniamin Samoylovich ko‘rinmaydimi? — dedi Shuvalov birdan sergak tortib.
Ular tez-tez yurib, Ushinskiyning xonasiga bordilar.
— Veniamin Samoylovich, uyg‘oqmisiz? — dedi Shuvalov eshikni taqillatib.
— Uyg‘oqman, azizim, uyg‘oqman. Faqat meni bu ishlarga aralashtirmang, iltimos sizdan, murdani ko‘rsam... qo‘rqaman... chidolmayman... — dedi Ushinskiy ichkaridan. Shuvalov eshikni itargan edi, ochilmadi.
— Ana, Pushkinning shaydosini ko‘rib qo‘y, — dedi Shuvalov zinadan pastga tushayotib, — ishqiy she’riyat deb toza boshlaringni qotirdimi?
— Ishongim kelmaydi. She’riyatga shunchalar mehr qo‘ygan ayol, shu nozik tuyg‘ulari bilan...
— Oshirvording, Mira’lamovich, bu ayolda nozik tuyg‘u bo‘lmagan hech.
— Zikriyo afandi, qalandarni ham...
— Ha, shuning ishtirokida bo‘lgan hammasi. Zikriyo afandi xonimchaga shaharga chiqish, Mazori Sharifga xabar yuborish uchun kerak bo‘lgan. Keyin Xmarindan xanjarni o‘g‘irlagan. Ish bitgach, izma-iz kelayotgan odami qalandarni chetlatgan. Xonimchaning boshqacharoq ekanini Hirotdayoq sezganman. Esingdami, forschani biladigan o‘xshaydi, devdim. Qalandar o‘ldirilgan kechasi men tentak bir odamni ko‘ribmanu chodirga Ushinskiy ketyapti, deb o‘ylabman. Kobul sayriga nima uchun bormaganimni endi bilgandirsan? Xonimcha chiqolmadi, odami kelishga majbur bo‘ldi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:06:24
— Sinelnikovani Xmarin qo‘shgan edi.
— Xmarin bilmagan. Yaxshi ko‘rardi uni, sezmaganmisan? Xonimchada ko‘p sir bor edi. Anqovlik qildik. Endi yangi xatarga ro‘para kelishni kutamiz... Boshqa ilojimiz yo‘q. Xauston shu yerda bo‘lsa... demak, Xasanxon hazrat ham yetib kelgan. Balki amir bilan uchrashgandir, a? Balki amir muzokarani shu hazrat bilan boshlab yuborgandir? Ha, ular yaqin yo‘ldan yurib, bizdan oldinroq yetib kelishgan. Ishlarimiz chatoq, og‘ayni...
Tong qorong‘isida murdalarni aravalarga ortib, qayoqqadir olib ketishdi.
Mirza Qandilxon kun yoyilganda qaytdi.
— G‘ulomkodirning janozasida ishtirok etuvimizga ruxsat olib bering. Jilla bo‘lmasa men boray, — dedi Asadulla unga.
— Sohib, biz kengashib, jasadni Choraymoqqa jo‘natdik. Sizning boruvingiz mutlaq mumkin emas. Erta tongda hazrat amir sohib yo‘qlaganlar.
— Erta tongda? Iydi qurbon tongida? Birgina menimi?
— Ha, birgina siz borasiz...
«Bu qanday muammo bo‘ldi?» deb o‘yladi Asadulla.
Tong otishiga hali ancha vaqt bor bo‘lsa-da, Kobul ahli uyg‘onib, namoz tadorigini boshlab yuborgan edi. Ko‘chalar jonlangan: «Iydi qurbon keldi, qurbonlik qiling, o‘g‘lini qurbonliq qilgan ul Halilulloh haqqi», deb jar solayotgan qalandarlar shahar tinchini buzishgan edi.
Asadullani Idgoh masjidiga boshlab keldilar. A’yonlar hali ichkari kirishmagan, aftidan, hamma amirning tashrifini kutar edi. Asadullani Mahmud Tarzi kutib olib oldinga boshladi. Masjid eshigi yaqinida, tarashaday ozg‘in Xasanxon hazrat bilan... Mirkomilboyni ko‘rdi-yu, beixtiyor taqqa to‘xtadi. Ular ham Asadullani tanishdi. Tanishdi-yu, ko‘p parvo qilishmadi. Asadulla Tarziga savol nazari bilan qaradi. U: «Hammasidan boxabarman», deganday bosh irg‘ab qo‘ya qoldi.
So‘fi azon chaqirmay turib, amir keldi. Jussasiga nisbatan oyoqlari kaltaroq, xarakatchan yosh yigit tez-tez yurib kelib, eshikka yetmay, to‘xtadi. Avval Xasanxon hazrat bilan Mirkomilboyning, so‘ng Asadullaning salomiga alik oldi-da, boshqa so‘z aytmay, ichkari kirib ketdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:06:31
— Turkistonliklarning yonidagi kim? — deb so‘radi Asadulla masjidga kirayotib.
— Ul zot, Afg‘oniston hazratlaridan — Qodir og‘a hazrat deydilar.
Asadulla bu gapni eshitib, muammoning chigalini yechganday bo‘ldi.
Namozdan so‘ng Mahmudbek Tarzi Asadullani avtomobilgacha kuzatib qo‘ydi...
Xmarin nonushtadan keyin turib ketmoqchi edi, Asadulla uni to‘xtatdi.
— Kengashib olishimiz kerak, — dedi.
Shiyponda yolg‘iz qolishgach, bo‘lgan gapni bayon qildi.
— Demak, gumonim to‘g‘ri chiqibdi, — dedi Shuvalov o‘ychanlik bilan. — Demak, hazrat Kobulda... Mirkomilboyning paydo bo‘lishi qiziq. Makkaga boradi, deb eshitgan edim. Yo yo‘l-yo‘lakay kelganmikin?
— Makkaga Kobul orqali borilmaydi, Vitaliy Sergeevich, — dedi Xmarin.
— Mirkomilboyning o‘g‘illari ham Kobulda ekan, namozda birga bo‘lishdi, — dedi Asadulla. — Ularning Londondan bu yerga kelishi, otalari bilan uchrashishi tasodifmikin?
Shuvalov o‘ylanib qoldi. Ularni ta’qib etib kelgan muammolar tumani bu yerda quyuqlashdi. Amudaryoda, Karki yo‘lida pistirmaga duch kelganlarida ro‘paradagi xatarni aniq ko‘rib turgan edilar. Endi qanday ofatga, qachon duch kelishlarini bilmaydi. Unga bir narsa aniq: dushmanning rejasi puxta o‘ylangan. Har bir imkoniyat nazarda tutilgan. Hatto Mirkomilboyning o‘g‘illari bir maqsad bilan bu yerga keltirilgan. Shuvalovga ham, vakola hay’atining boshqa a’zolariga ham shu maqsad qorong‘i. Ular hozircha shu muammo ustida bosh qotiradilar. Farg‘onadan ham bir guruh vakil kelib, hazrat va Mirkomilboy qanotida birlashgani ularga hali noma’lum.
Shuvalov o‘ylay-o‘ylay, oxiri Asadullaga qaradi:
— Amirning niyatiga tushunmadim. Ularni nima uchun senga ro‘para qildi?
— Shunchaki bir-biriga ko‘rishtirish, deb o‘ylaysizmi? — dedi Xmarin bosh chayqab. — Yo‘q, bu yerda boshqa gap bor. Ular Qodir og‘a hazrat bilana birga bo‘lsa... bir shumlikni o‘ylashgan. Siz... namoz o‘qidingizmi?
— Ha, bo‘lak ilojim yo‘q edi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:06:39
— Siz? Hali namoz o‘qidingizmi? — dedi Ushinskiy hayratlanib. — O‘sha hazratlar bilan-a?
— Veniamin Samoylovich, o‘zingizni bosing. Namoz o‘qib to‘g‘ri qilganlar. Amirga shu kerak bo‘lgan. Buni nimaga tushunmaysiz? Amirga Turkistonni kofir bosib ketdi, degan vahimali gaplar yetmagan deysizmi?
— Amir ular bilan muzokara boshladimikin? — dedi Asadulla.
— Bundan ajablanmaslik kerak. Hali bolsheviklar Turkistonga uzil-kesil hukmronlik qilisha olganicha yo‘q-ku? — dedi Xmarin. — Farg‘onada islom lashkarlari, Orenburgda Dutov, Qizilqumda Ashxobod hukumati...
— Nikolay Zaxarovich, siz hali... bolsheviklarga ishonmaysizmi?
— Veniamin Samoylovich, mening ishonish-ishonmasligim hozir hech nimani hal qilmaydi, shunday emasmi? Men mavjud ahvolni eslatyapman. Bu vaziyat amirga ham ma’lum. Demak, har ikki tomon bilan ham gaplashaveradi. Buxoro amiri elchi yuborgan bo‘lsa u bilan ham muzokara yuritaveradi. Siz unga biz bilan gaplash, u bilan gaplashma, deyolmaysiz.
— Yo‘q, azizim, deyishimiz kerak, — deya Ushinskiy qo‘lini paxsa qildi. — Biz Rossiyaning, jumladan, Turkiston hukumatining haqli vakillarimiz. Na hukumatdan, na xalqdan vakolasi bo‘lgan qandaydir ulamolar bilan muzokara yuritishiga norozilik bildirishimiz shart.
— Men Veniamin Samoylovichni qo‘llayman, — dedi Shuvalov. — Duch kelgan ulamo bilan muzokara yuritaversa, amirning lafzi qoladimi? Xasanxon hazrat bilan Xauston xalqqa qarshi jinoyat qilishda ayblanadi. Buni amirga ma’lum qilib qo‘yish kerak.
— Habibulloxon Farg‘ona bosmachilariga yordam va’da qilib, elchi jo‘natgan ekan. Balki bu amirning niyati ham shundaydir. Biz bilan bir gapni gaplashib, ulamolarga boshqa va’da berar? — dedi Asadulla.
— Diplomatiya o‘yinida har narsa bo‘lishi mumkin, — dedi Xmarin. — Norozilik bildirish kerak, desanglar, mayli, bu ishni Asadulla Mira’lamovichga topshiraylik, Turkiston jumhuriyatining rasmiy elchisi sifatida janob Tarziga uchrashsinlar. Rasmiy norozilik xatini birgalikda yozamiz.
— Xasanxon hazrat bilan Xaustonni jinoyatchi sifatida bizning hukumatga topshirishlarini ham talab qilishimiz kerak.
Asadulla Mirza Qandilxonni chaqirdi-da, zudlik bilan xorijiya noziriga uchrashishi zarurligini aytib, «bu oqshom sardor sohib o‘zlari tashrif buyurajaklar», degana javobni eshitdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:06:47
... Tarzi norozilik xatini o‘qidi-yu, darrov javob bermadi.
— Turkistonliklar sizlardan ancha avval yetib kelgan Kobulga, — dedi u bir ozlik sukutdan so‘ng. — Shu fursatga qadar hazrat amir sohib sizlarni kutmoqda edilar. Sizlar bilan muzokara yuritmoqdan o‘zga niyatlari yo‘q. Bunga men kafil. Iyd munosabati bilan Turkiston ulamo vakolasi mehmon qatorinda izzat qilinurdi va siz bunga ajablanmasligingiz lozimdir.
— Xasanxon hazrat bilan Xauston Turkistonda xalqning begunoh qoni to‘kilishiga sabab bo‘lishgan. Ularni tutib bizga topshirmog‘ingiz kerak, — dedi Shuvalov, Asadulla uni tarjima qildi.
— Bu mumkin emas, — dedi Tarzi. — Biz mehmonlarga ozor yetkurmaymiz. Odatimiz shunday.
— Odatingiz qiziq ekan. Ular bizni o‘ldirmoqchi bo‘lishdi, eshitgandirsiz? Ular bu fikrdan qaytgan deb o‘ylaysizmi?
— Bu fojeadan darak topdim. Bu bizning-da aybimiz. Sizlarni ihota etajak sovarlar ikki hissa oshirildi. Halovatingiz buzilmaydi sira. Darvoqe... Xauston deganingiz kim? Inglismi?
— Ha. Angliyaning Toshkentdagi ayg‘oqchisi. Ko‘p g‘alamisliklarni boshqargan. Fosh bo‘lishini bilib, bu tomonga kelgan. Uning Kobuldaligi aniq.
— Bunisi men uchun qorong‘i edi.
— Xauston forsiy lisonida-da, turkiyda-da birday yaxshi so‘zlaydi. Shakl-shamoyili, ism-sharifini ham o‘zgartirib olgandir, — dedi Asadulla.
— Uni Qodir og‘a hazrat, Xasanxon hazrat, Mirkomilboylarni kuzatib yurib, topish mumkin, — deb qo‘shimcha qildi Shuvalov.
— Buni aniqlaymiz, — dedi Tarzi, — inglis bizning mehmon emas, unga shafqat yo‘q.
Tarzining bosiqlik va ishonch bilan aytgan bu so‘zlari vakola hay’atidagi gumonni, norozilikni bir oz yumshatdi.
Tarzi miyig‘ida kuldi.
— Bugun iydi qurbon. Nima, Turkiston musulmonlari iydi qurbon namozini kanda qiladilarmi?..
— Bizga bu chorlov sinov bo‘lib ko‘rindi, — dedi Asadulla.
— Siz namozga chorlanib, amirning lutfiga erishdingiz.
— Amir bizni qachon qabul qiladi? — deb so‘radi Ushinskiy.
— Hazrat amir sohib avvalo safir sohib ila diydor ko‘rishadilar.
— Biz-chi?
— Veniamin Samoylovich, g‘azablanmang, diplomatiya qoidasi bu. Ishni elchi yuritadi.
— Bo‘lmagan gap. Biz yangi hokimiyat vakilimiz. Ishni yakka odam emas, ko‘pchilik hal qiladi. Aytib qo‘ying.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:06:55
— Kerak emas, Veniamin Samoylovich...
— Yo‘q, tarjima qiling.
— Janoblari bir nimadan norozimilar? — dedi Tarzi, Ushinskiyning achchiqlanayotganini sezib.
— Nozir sohib, biz Sho‘rolar hukumatining vakillarimiz, — dedi Asadulla bosiqlik bilan, — har bir ish ko‘pning kengashi bilan amalga oshadi. Amir sohib bizni yakka-yakka emas, birgalikda chorlasalar, degan ilinjimiz bor.
— Ajab... — Tarzi kalta soqolini silab o‘ylandi. Amirning: «Elchilar orasida parokandalik bor emish», degan gapini esladi. — Bir-birovlaringizga ishonmaysizlarmi? — dedi afsuslangan ohangda.
— Bu xulosangiz chakki, nozir sohib, inonmaganimiz uchun emas, ishni pishiq-puxta yuritmoq maqsadida ko‘plashib kengashamiz.
— Ma’qul... — Asadullaning izohidan Tarzi qoniqmadi. Ko‘nglining bir chetida afsus uyg‘ondi. — Men istaklaringizni hazrat amir sohibga bildiraman.
Tarzining ruhi shikastlanib, bog‘da uzoq qolmadi. Asadullaning ko‘kragiga bexos qattiq og‘riq turib, halovatini yo‘qotdi. Tarzining barvaqt ketishi unga ayni muddao bo‘ldi.
Shuvalov ertalab Mirza Qandilxonni uning xonasiga boshlab keldi. Og‘riq bosilgan bo‘lsa ham Asadulla o‘zini behol sezib yotardi. Mirza Qandilxon avtomobilda shifoxonaga eltajagini aytgach, o‘rnidan turdi.
Avtomobil Yevropa tarzida qurilgan bir qavatli imorat oldida to‘xtatish bilan ichkaridan qotma, boshiga hoji do‘ppi qo‘ndirilgan bir kishi chiqib, iltifot qildi.
— Shifoxona mudiri Mizbek sohib, — dedi Mirza Qandilxon, uni tanishtirib, — usmonli turklardan bo‘lsalar-da, afg‘on eli uchun a’lo xizmat qiladilar. Tashhis va tashrih1 ilminda buyuk mahoratlari bor.
— Afandim picha ulug‘lab yubordilar, darkor emas bu menga, qani, marhamat qilsinlar, — dedi Mizbek forsiy talaffuzini buzib gapirib.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:07:03
Mudir ularni keng bir xonaga boshlab kirib, o‘zi qayoqqadir chiqdi.
— Yilda yuz tashrihga qo‘l urib, yuzdan besh bemorgina omonatini topshirar ekan. Deydilarki, bir necha yil burun, Mizbek sohibning o‘zlari Farangistonga borib, ko‘p yillarga yetadigan davolar, shifoxonaning mukammal ashyolarini keltirgan emishlar.
Mudir kirib, Mirza Qandilxonning gapi chala qoldi. Mizbek Asadullani obdan tekshirgach, bosh chayqab qo‘ydi.
— Joningizda qasdingiz yo‘qmi, afandim? — dedi u Asadullaning tomir urishini yana bir karra eshitib turib. — Siz nonni tepkilamaysiz, uvol, gunoh deysiz. Biroq sihatingizni tepkilaysiz. Bu gunoh emasmi? Gunoh, afandim, gunoh. Ko‘p uqubatlar boshingizga tushgan ko‘rinadi. Siz shifoga muhtojsiz.
— Shu ilinjda keldim huzuringizga.
— Afandimga davolar qilib beraman, — dedi Mizbek Mirza Qandilxonga qarab. — Qayga qo‘nganlar, men vaqt-bevaqt kirib turay.
— Siz urinmang, sohib, aytgan kuningiz o‘zimiz kelamiz, — dedi Mirza Qandilxon.
Mizbek ularni yana xoli qoldirib chiqdi. Ancha hayalladi. Bir vaqt qo‘lida allaqancha dorilar bilan kirib keldi.
Boqqa qaytganlarida vakola hay’ati shiyponda gurunglashib o‘tirgan edi.
— Asadulla Mira’lamovich, yana namozga olib borishdimi? — dedi Ushinskiy.
Asadulla javob berishga ulgurmay, Xmarin norozi ohangda dedi:
— Ahvolini ko‘rib turibsiz-ku?
— Hazillashdim. Tavba, hazillashib ham bo‘lmaydi-ya...
Mirza Qandilxon shaharga qaytib, peshinda xushxabar bilan keldi: amir ularni huzuriga chorlabdi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:07:17
V B o b
QALDIRG‘OCh


1

Kobuldan o‘n ikki chaqirim yuqorida, tog‘ orasidagi vodiyda barpo etilgan Bog‘i Fag‘mon — amirning yozlik qarorgohi. Daraxtlar larzon-larzon soya tashlab, gul-chechaklar chaman ochilib yotgan bog‘dagi shiyponda Omonulloxon Qodir og‘a hazrat bilan suhbatlashib o‘tirardi. Mahudbek Tarzi suhbat ustidan chiqib, to‘xtab qoldi. Amir qaynotasining ikkilanganini sezib, «bizda sir yo‘q, kelabering», deganday nigohi bilan im qoqdi. Tarzi hazrat bilan omonlashib, uning yonidagi bo‘sh o‘rindiqdan joy oldi. Amir hazratga qarab, chala qolgan gapini davom ettirdi:
— Alqissa, hazratim, jannatmakon bobom farmoni hanuz inobatga olinmaydur. Bu holga arkoni din ham ayblidur. Bu ne fig‘onkim, yurt lutfiga molik aqrobalar-da hanuzga qadarli qullar va cho‘rilar saqlashsa? Aqoid yo‘l qo‘ymagani, jannatmakon bobom Abdurahmonxon farmon ila man etgani holda ham shariat hukmiga, ham amir farmoniga bosh egmaslikni ne deb izohlash kerak? Yurtda qullar, cho‘rilar mavjud ekan. Afg‘onistonning ozodligi qayga bordi? Biz amru farmon qildik: qullar beto‘xtov ozod qilinmog‘i shart. Agar hoja cho‘ri ila birikkan bo‘lsa, undan bola tug‘ilgan bo‘lsa, beto‘xtov nikohlanishi, so‘ng ayol xohish bildirsa, ro‘zg‘ordagi ulushini ayirib, istagan yeriga eltib qo‘yilishi lozim. Umid shulkim, bizim bu farmoni oliyimiz arkoni din tomonidan quvvatlang‘ay.
— Ollohning o‘zi madad berib, qo‘llab-quvvatlag‘ay sizni, — Qodir og‘a hazrat shunday deb, tasbeh donalarini terganicha o‘yga botdi.
Amir ham, Tarzi ham uning bir dardi borligini sezib, so‘z boshlashini indamay kutishdi. Hazratning aytadigani tayin, lekin u niyatini Tarzi huzurida bildirgisi kelmayotgan edi. Shuning barobarida aytmay chiqib keta olmas ham edi. Tarzi bo‘lmaganida maqsadini lo‘nda qilib aytib qo‘ya qolardi. Nachora, gapni aylantirib, burab, maqsadni izhor qilishi zarur. Hazrat shuning uchun o‘ylanib qolgan edi. Bir qarorga kelib, aytadiganlarini fikr tarozisidan o‘tkazib, ko‘zini tasbeh donalaridan oldi-da, amirga qaradi: — Musulmon xalqlarining buyuk oilasi, nadomatkim, o‘z tashvishiga o‘zi bandi bo‘lib qoldi. Turklar turk eli, arablar arab eli, hindlar hind eli, eronilar eroni eli, buxoroliklar buxoro eli yumushlari bilan band. Islom taraqqiysi xususinda kim qayg‘u chekadi? Hech kim... Astag‘firulloh... gunohlarimizni o‘zing kechirgaysan. Ollohga hazor-hazor shukrkim, gunohkor bandalariga yana rahm etib, islomni sharmandalik chohida qutqarish uchun qudrat yubordi yerga. Bu qudrat sizsiz, hazrat amir sohib. Buxoroi Sharifga kofurlar tahdid soladimi. Hindiston musulmonlarning jihodi akbari alanga oladimi, Makkai Madinaga kofurlar qadami yetadimi yo‘qmi, bu muammolarning bari sizning zimmangizga yuklangan. Musulmon olamining taqdiri sizning qo‘lingizda. Buni bilib, huzuringizga bosh urib kelgan musulmon vakolalarining dardu hasratini tinglab, chora-tadbir ko‘rmog‘ingiz farzdur. Turkistondan kelmish vakola diydoringizga yetishmoq ilinjida.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:07:26
— Kimlar ular?
— Men... ularni avval sizga aytib edim...
— Xorijiya noziri ham bilsin, ayting.
— Vakola sarvari Turkistonning e’tiborli amlokdorlaridan Mirkomilboy hoji. Uning qanotida Toshkentning e’tiborli ulamolaridan Xasanxon hazrat, Farg‘ona ulamolari, shuning qatorida Qo‘qon xoni Xudoyorxon avlodlaridan Akromxon to‘ra...
— Xauston deganlari-chi?
Tarzining kutilmagan savoli hazratni gangitib qo‘ydi. Hazrat ichidan zil ketgan bo‘lsa-da, sarosimasini sirtiga chiqarmadi.
— Kim u, inglismi? — deb so‘radi Omonulloxon Tarzidan.
— Ha, inglis, — dedi Tarzi va hazratga tikilib qaradi.
— Astag‘firulloh, bu qanday ig‘vo bo‘ldi?! Musulmonlar orasida inglis mavjudligi?..
Amirning savoliga javob topmay turib, Tarzining savoliga duch keldi:
— Hazratim, ma’zur tuting, menga Hirotdan noma yetib keldi. Afg‘onistondan qalandarlar sarhad hatlab, nojoiz so‘zlar aytib yurishibdi ekan. Ya’nikim, daryoning ul beti Afg‘onistonga tobedur, degan gaplar hamhudud davlatlar orasida ig‘vo uyg‘otmog‘i mumkin. Bu voqeadan darak topganmisiz?
— Astag‘firulloh... Bu qandayin bedodlik! Qalandar ahli Ollohning suygan bandalari, yurtga omonlik tilab, toat-ibodat qilishdan bo‘lak yumushlari yo‘q. Ma’lumingiz bo‘lsinkim, o‘rus vakolasi Hirot yo‘lida bir begunoh qalandar joniga qasd qilgan.
— Shu rostmi? — dedi Omonulloxon Tarziga yalt etib qarab.
— Rost, amir sohib. Ammo qotil g‘oyib bo‘lgan. Bul qalandar Ko‘shkda hibs qilinub, huzuringizga keltirilayotgan ekan. Noib Hirotda so‘roq qilganida qalandar hazratning nomlarini tilga olibdi, qalandarlar hazratning yo‘rig‘i ila ish yuritishayotgan ekan.
— Hazrat! — amir shunday deb o‘rnidan turib ketdi. — Kim vakolat berdi sizga?
— Amir sohib, badxohlik bu, tahayyur1dan jonim bo‘g‘zimga keldi. Vodarig‘, vodarig‘... nahot shunday tahavvur2ga men sa’y etsam? Vallohi a’lam, padaringiz men ila bu xilda muomalada bo‘lmas edilar?
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:07:35
— Ha! — Amir qo‘lini orqasiga qilib, shiypon bo‘ylab yurdi. — Voqean shunday. Noxalaf o‘g‘il bo‘lishdan Ollohning o‘zi asrasin. Sardor, — u qaynotasiga murojaat qildi, — bu so‘zlarni zinhor tildan uchira ko‘rmangiz. Osmontazin hazrat sha’niga mutlaq munosib emas, ha! Omonulloxon hazrat ro‘parasida to‘xtadi: — Musulmon vakolaga ma’lum qiling: suhbatimdan ertaga bahramand bo‘lgulari.
Qodir og‘a hazrat o‘rnidan turib, yengil ta’zim qildi. Bu yerda qiladigan o‘zga yumushi yo‘qligini bilib, amirga omonlik tiladi-da, shiypondan tushdi.
— So‘zlaringiz haqiqatmi? — dedi amir, hazrat uzoqlashgach.
— Muhammad Sarvarxon darak qildi.
— U holda noxanjor1 so‘z aytibsiz. Sharafli xadisga ko‘ra, bir tog‘ning o‘rnidan ko‘chub ketganini eshitsangiz inoningiz, ammo hazratning xulqi bo‘lak bo‘ldi, deb eshitsangiz inonmangiz. Ilon dumini bosish xayrli emas. Hazratning fatvosi inglisning zambaragidan a’loroq.
Tarzi miyig‘ida kulimsiradi:
— Inglistondan cho‘chimagan amir bir johildan qo‘rqsa?
— Ha, qo‘rqaman! — amir shunday deb, qaynotasiga qovoq uyib qaradi. — Siz, dono odam, avomni o‘sha johil izidan menga qaytarib bering-chi? Indamaysiz? Inglistonga tig‘ ko‘targanda avomning izimdan borishiga amin edim. Hazratga qarshi yursam, avom meni tig‘ bilan kutib oladi, fahmingiz yetmaydimi shunga?
— Fahmim yetadi, amir sohib, siz hazratga qarshi bormaysiz, lekin qo‘rqishingizni sezdirib qo‘yganingiz chakki.
— Sezdimi? Yo‘q, sezmadi. Siz ilonning dumini bosdingiz. Men esam afsun qilib o‘ynataman bu ilonni. Haqgo‘yligingiz bilan menga xalal bermang.
— Hali-zamon Shuravi Rusi vakolasi huzuringizga yetib keladi.
— Nur alan-nur. Muzokara vaqti yetdi.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:07:45
* * *

Asadulla o‘rnidan turib yuradigan ahvolda emasdi. Ko‘krakdagi og‘riq tuni bilan azob berib chiqdi. Ko‘zlari qizarib, qovoqlari salqib qoldi. Qadam tashlasa qattiq yerda emas, yuzlarini po‘panak bosib qalqib turgan ko‘lmakdan yurayotganday bo‘ladi.
— Bu ahvolda bormaganim ma’qulmikin, — dedi u Xmaringa.
— Siz vakoladagi yagona musulmonsiz. Amirning ko‘ngliga boshqa gap keladi. Tishni tishga qo‘yib, og‘riqlarga chidab, borib kelmasangiz bo‘lmaydi.
Asadulla avtomobilda borayotganda ham, bog‘i Fag‘monda undan tushib yurganda ham, Tarzi bilan ko‘rishganda ham «ishqilib, hushimni yo‘qotmasam edi», deb havotirlandi. Bu ravzamonand bog‘ning havosi, manzarasi Toshkent biqinidagi Chimyonni eslatganidanmi, sal yengil tortganday bo‘ldi.
Harbiy libosdagi amir ularni bir tarafi oynabandlik qasrda qarshi oldi. Omonulloxonga dastlab Xmarin ro‘para bo‘ldi. U Turkiston Tashqi ishlar xalq noziri imzolagan yorliqni yengil ta’zim bilan uzatdi. Omonulloxon uni olib, Tarziga berdi.
— E’timodnoma1, — dedi Tarzi uni ochib o‘qib. — «Hamhudud, do‘st va ozod Afg‘oniston hukumatiga birodarlik samimiy salomlari yo‘llash barobarinda ushbuni ma’lum etamizki, Rossiya Ijtimoiy Sho‘rolar jumhuriyati taxtdan ag‘darilgan podsho hukumatining barcha shartnomalarini, jumladan, olam yirtqichi Ingliston qiroli va hukumati ila imzolangan, Istambulni mahv etish, turk, eron, shuningdek, afg‘on yerlarini munosafa2 etmoq xususindagi kelishuvlarni mutlaq bekor qildi. Rossiya jumhuriyati bir-birovini o‘zaro hurmatlash asosinda Turkiya ila shartnoma tuzdi. Hamda o‘zga xalqlar yerlariga qo‘shin tortish siyosatidan yuz o‘girish, hamhudud davlatlar mustaqilligini tan olish hamda ular bilan birodarlik, samimiy ham hududlik va tijorat aloqalari bino qilish xususinda qaror qabul etdi.
Mazkur qarorni amalga oshirish maqsadida Rossiya hukumati janob Xmarinni Afg‘onistonga vakil qilib jo‘natadi. Janob Xmarin saforat ishlarida xo‘p tajriba orttirgan, Eronda birmuncha vaqt saforatxona yumushlari ila band bo‘lgan, sharqni durust biluvchi, o‘zini sharq xalqlarining do‘sti deb hisoblovchi, musulmon xalqlarining mustaqilligini tabrik etuvchi xolis niyatli zotdir...»
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:07:59
Tarzi qog‘ozni o‘qib bo‘lib, amirga qaradi.
— Men Sho‘ro jumhuriyati hukumati nomidan Afg‘oniston mustaqilligining tan olinganini rasmiy ma’lum etishga vakil qilinganman. Rossiya Afg‘oniston mustaqilligi va ozodligin tabrik etadi.
— Nur alan-nur! — dedi amir elchiga va xorijiya noziriga ma’nodor qarab qo‘yib, dedi: — Hukumatingizning munir niyatlari, inshoolloh, ijobat bo‘lg‘ay, Fikri ojizimcha, hamhudud Eronga ham lutflar ko‘rgazilgan, shundaymi?
— Shunday, hazrat amir, Eronning inon-ixtiyori o‘ziga qaytarilgan.
— Bizga Erondan yetib kelgan daraklar ko‘ngulni xushlamaydi. O‘rus askarlari yovgarchilik boshlab, barqi ibtiloni chorlab, Tehron ila Tabriz fuqarosini tig‘dan o‘tkazgan emishlar?
— Amir hazrat, bu voqeaga o‘zim shohid bo‘lib edim, — dedi Xmarin. — Sho‘rish yangi hukumat tomonidan emas, podshohning qochoq askarlari tomonidan ko‘tarilgan. Ularga Turk hamda Angliya hukumati ko‘mak bergani aniq. Shunga qaramay, Rossiyaning yangi hukumati Eron fuqarosiga yetkurilgan zararni qoplamoq uchun xayrli ishlar qildi.
— Ma’qul, — amir shunday deb Asadulla tomon bir qadam qo‘ydi. — Turkiston musulmonlarining ahvollari nechuk? Ularga-da ozodlik in’om etilurdimi?
— Ha, amir sohib, — dedi Asadulla, kalta-kalta nafas olib, — ozodlik, hurlikka erishganmiz. Taqdirimizni belgilash huquqi berilib edi. Biz rus xalqi ila birga qolishni ma’qul ko‘rdik.
— Sabab?
— Rus xalqi va bizim xalq taqdir ipi ila bog‘langan. Ruslar rostbasar xalq.
— Afg‘onlarga taqdir ipi ila bog‘lanmoq mumkin emasmi edi?
Amirning bu savoli Asadullani gangitib qo‘ydi. Bu gangish javob topish mushkulligidan emas, aksincha, haq javobning amirga nomaqbul kelishi aniqligidan edi. Qolaversa, xastalik zahmi uni gapni muhtasar etishga undardi. Lekin savol berilgan, undan bo‘yin tovlash noxush fikrlarga sabab bo‘luvi mumkin edi. Shuning uchun Asadulla gapning po‘stkallasini ayta qoldi:
— Dunyodagi insonlar do‘stlikning mehr va muhabbati soyasida yasharlar. Afg‘onlar ila do‘stligimiz zamonlarning tubsiz qa’ridan oqib kelib, bizni qovushtiradi. Rafiqi jovidoniy, rafiqi mavaddatliq1 bizning yozug‘imiz. Ammo alhol borajak yo‘limiz ayri. Bizda arkoni mulk barham topib, avomning inon-ixtiyori o‘ziga berilgan.
— Arkoni mulk barham topmagan, — dedi amir uning so‘zini bo‘lib.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:08:08
Asadulla gaplari amirga malol kelganini fahmlab:
— Shu bois yurt notinch, — deb izoh berdi.
— Ota-ona farzandga, farzand ota-onaga muhtoj bo‘lgandek, boy faqirga, faqir boyga muhtojdir. Ha!
Asadulla o‘jarligi bilinib turgan bu yosh amir bilan bahslashishning befoyda ekanini bilib, e’tiroz bildirmadi. Baxtiga Omonulloxon undan javob kutmay, Shuvalovga yuzlandi.
— Harbiy maslahatchimiz, — dedi Xmarin uni tanishtirib.
— Afg‘on lashkarlarining yarog‘ini ko‘rdingizmi? Ma’qulmi? — deb so‘radi amir Shuvalovdan. Xmarin tarjima qildi.
— Yarog‘lari mukammal, aksar inglisniki ekan. Biroq... kiyimlari bir oz qo‘polroqmi... chaqqon harakat qilish qiyin.
— Ma’qul. Buxoroniki-chi? Biznikidan afzalmi?
— Yo‘q. Nochorroq.
— Sizniki-chi?
Shuvalov kulimsiradi.
— Biz jang qilyapmiz, janob amir, bu xususda so‘ramang.
— Durust, — amir shunday deb Ushinskiyga yuzlandi.
— Siyosiy maslahatchimiz, — dedi Xmarin.
— Siz O‘rusiya podshohi a’lamdan taxtni tortib oldingiz. Podshohdan yuz o‘girgan hukumat amir bilan do‘st bo‘la oluviga imoningiz komilmi?
Asadulla «qovun tushirmasmikin» degan xavotirda Ushinskiyga qaradi. Ushinskiy gapni aylantirib o‘tirmadi, lo‘ndasini aytib qo‘ya qoldi:
— Siz xalqingizni o‘z yo‘lingiz bilan saodatga olib bormoqchisiz. Biz o‘z yo‘limiz bilan. Qaysi yo‘ldan borish har birimizning ichki ishimiz. Bunga aralashmaymiz. Imperator xalqni saodatga emas, jarga boshlagan edi. Shu sababli hokimiyatni oldik, vassalom.
— Ma’qul, — amir shunday deb ularni o‘tirishga taklif etdi. Ana shunda Asadulla muvozanatini yo‘qotdi. Xmarin suyab qolmaganida yiqilib tushishi tayin edi.
— Toblari yo‘q. Hazrat amir suhbatlaridan bebahra qolmay deb kelib edilar, — dedi Xmarin izoh berib.
— Sardor, — dedi Omonulloxon Tarziga qarab, — zudlik bilan shifoxonaga elting. Biz janoblar bilan birgalikda ahvoli olamdan so‘z yuritajakmiz. Siz... — amir Asadullaga tikildi, — erta bilan tashrif buyurarsiz, alohida suhbat qururmiz.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:08:15
2

Mizbekning davosi bu safar picha amal qilib, Asadulla kechga tomon o‘zini bir oz bardam sezdi. Bu tun uyqusi ham xotirjam kechdi. Tongda tiniqib turdi.
Nonushtadan so‘ng Asadullaning amir huzuriga yolg‘iz borishi yoki bormasligi muhokama qilindi. Amirning bu uchrashuvdan ko‘zlagan maqsadini bilolmay gangishdi.
— Amirning xohishiga bo‘ysunishga majburmiz, — dedi Xmarin bahsga yakun yasab. — Mahmud Tarzining gaplarini unutmang: — «Bir-biringizga ishonmaysizmi?» degani yodingizdami? Bolshevik bo‘lmaganim uchun menga uncha ishonmaysizlar. Asadulla Mira’lamovich bolshevik-ku. Diplomatiya qonun-qoidalariga binoan suhbat qura olishlariga shaxsan men aminman.
Asadulla Xmarinning bu iltifoti, bu ishonchi uchun minnatdorlik bildirishi kerak edi. Xmarin undan so‘z bilan bo‘lmasa-da, ko‘z qarashiga ko‘chgan minnatdorlik uchqunini kutdi. Ammo Asadulla uni ajablantirib, sovuqroq qarashini o‘zgartirmadi. Xmarin keyingi kunlarga ichi Asadullaning munosabatida sovuqlik seza boshlagan, buni G‘ulomqodirning yoki Sinelnikovaning o‘limiga doir ruhiy iztirob natijasiga yo‘ygan edi. Kechki sayr chog‘idagi Ushinskiy bilan bo‘lgan dilkash suhbatiga Asadullaning guvoh bo‘lgani esa xayoliga kelmasdi.
... G‘ulomqodirning o‘limidan keyingi kunlar edi...
Uyqusizlik dardi temir tirnoqlarini ishga solgan damda, Asadulla xonasida yota olmay, boqqa chiqdi. Yulduzli osmon ostida yolg‘iz sayr qilyapman, deb o‘ylagan edi. Bog‘ yo‘lkasi bo‘ylab bir oz yurgach, pastlik tomondan Xmarinning, so‘ng esa Ushinskiyning ovozini eshitib, to‘xtadi. Dastlab ikkovi avvalgi g‘alvasini davom ettiryaptimi, deb o‘yladi. Uning gap poylash odati yo‘q edi. Iziga qaytmoqchi bo‘lganda Ushinskiyning: «Bilaman, siz bolsheviklarni yomon ko‘rasiz», degan gapi uni to‘xtatdi.
— Ha. Buni yashirishga hojat yo‘q asli. Kim qaysi partiyani xushlasa, o‘shanga ergashadi, — dedi Xmarin. — Har holda Yevropaning ilg‘or mamlakatlarida shunday. Men barchani baravar emas, asosan bolsheviklarning rahbarini yoqlay olmayman.
— Bolsheviklar sizga ishonch bildirishdi, buni hisobga olmaysizmi?
— Siz menga ochiq gaplashishni taklif etdingiz. Shu taklifingizga ko‘ra men fikrimni yashirmayapman. Bolsheviklarning taklifiga nima uchun ko‘ndim, aytaymi?
— Ha, albatta, ayting.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:08:23
— Turkistonni boshqarishni ruslar o‘z qo‘llarida saqlab qolganlari uchun. Bolsheviklarning eng aqlli ishlaridan biri shu, deb o‘ylayman. Men bolshevik ham eser ham, boshqa balo ham emasman. Men rusman va Rossiya manfaatini hamma narsadan ustun qo‘yaman. Ota-bobolarimning qoni to‘kilgan bu yerlar Rossiyaniki va bu haqda boshqacha so‘z bo‘lishi mumkin emas. Bitta ahmoqning dekreti bilan bu yerlarning qo‘ldan ketishiga jimgina qarab tura olmayman. Siz bolsheviklar tomoniga yaqinda o‘tgan ekansiz. Nima maqsadda o‘tgansiz, bilmayman, biroq, sizning bu partiyangiz xoinligi uchun kelajak oldida javob beradi.
— Xoinlik dedingizmi? Tushunmadim, janoblari?
— Rossiyani parokanda qilish xoinlik emasmi? Finlyandiyani, Polshani, Ukraina va Belorussiyaning g‘arbini qo‘ldan chiqarish, aniqrog‘i ahmaqona tarzda in’om etish xoinlikka kirmaydimi? Endi sharqqa ham ozodlik beradimi u nodon?
— Bu masalada shoshqich xulosa chiqarmang. Sharqni berib qo‘yadigan ahmoq yo‘q.
— Vaqtida general Gorchakov esi pastlik qilmaganida biz bu yerlarga hozirgiday elchi sifatida emas, xo‘jayin sifatida kelar edik. Angliyaning jig‘ini ezib qo‘yishga Rossiyaning kuchi yetardi. Hirotga yaqinlashib qolgan edi. Yana bir zarba berilsa, Afg‘onistonni egallash, hatto Hindistonning g‘arbini bosib olib, Hind okeaniga chiqish imkoni tug‘ilardi. Nimalarni boy berganimizni tasavvur etib ko‘ring! Bu nodonliklarni avlodlar kechirishmaydi. Agar bu nodonliklar davom etaversa, bilmadim, nima bo‘larkin...
— Har narsaning cheki bo‘ladi, vaqtiki kelib, chegaramiz Hind okeaniga qadar kengayadi. Bizning bu safarimiz o‘sha yutuqlarga poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Davlat tuzib, davlat yuritishga bu osiyoliklarning aqli yetmaydi. Ular qullik uchun yaratilganlar, shunday bo‘lib qolishlari kerak.
— Ayrim hollarda kelisholmaslik ham, bu masalada hamfikr ekanmiz, men bundan mamnunman, — dedi Xmarin.
Bu gaplarni eshitish Asadullaga azob bo‘lsa-da, yangilik ham emasdi. Ushinskiy va unga o‘xshaganlardan shu kabi da’volarni avval eshitgan, ammo «tarix g‘ildiragi bir hovuch telbalarning fikri bilan aylanmaydi», deb ozodlikka bo‘lgan ishonchini so‘ndirmagan edi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:08:30
Asadulla sal nari ketdi-yu, xonasiga kirib yotishga yuragi betlamadi. Yo‘g‘onligi salkam ikki quloch keladigan chinor poyiga to‘sha qo‘yilgan gilam ustiga o‘tirdi. Hozirgi nohush suhbat unga safari arafasidagi Munavvar qorining so‘zlarini eslatdi. Munavvar qori — ilgari Asadulla bilan yaqin birodar bo‘lgan, so‘ngroq esa Turkiston taqdiri xususida fikriy ayrilik tufayli sal uzoqlashgan do‘sti Miroboddagi uyiga xayrlashgani kelgan edi.
— Sizni safardan aynitish niyatim yo‘q, — degan edi u. — Faqat iltimosim bor: ruslarning sharqqa doir siyosatini to‘g‘ri anglab, Afg‘on amiriga to‘g‘ri talqin etib bering. Turkistonni mustaqil emas, muxtoriyat holiga keltirgan ruslarning mamlakatni o‘zlari boshqarayotganlarini amir bilishi kerak. Komissarlar nima uchun Turkiston nomidan o‘zlari kabini emas, o‘zbekni yuborayotganlarini o‘zingiz anglang-u, ularga ham anglating. Biz ularga ishonib, chuv tushib yotibmiz, ular aldanishmasin. Dumaga bo‘lgan saylovlarni unutmang. Ruslar bizning emas, «Ulamo»ning aylanmog‘idan manfaatdor bo‘ldilarmi? Ular bizdan qo‘rqishdi. Chunki biz ahvoli olamdan boxabar edik. Bizda siyosat yurita olish ilmi bor edi. O‘rus lisonida bahslashib ularga bas kela olar edik. «Ulamo»da esa bundaylar yo‘qligini ular durust fahmladilar. O‘ruslarga dumada shunday omi odamlar kerak edi. Toki ishlarni o‘zlari yuritsinlarda va oqibat desinlarki: «Qarang, yerli millat davlat yuritmakni bilmaydigan aqli qosirdirlar»... Siz shularni amirga anglatishning evini qila olasizmi?
O‘sha kuni Asadulla bir oz e’tiroz bildirmoqni ixtiyor qilgan bo‘lsa-da, o‘zini tiygan edi. Xmarin bilan Ushinskiyning suhbatidan keyin o‘sha gaplarni eslab, «Bahslashmay to‘g‘ri qilgan ekanman», deb qo‘ydi.
«Shu topga qadar Afg‘oniston amiri bilan baqamti suhbat qurish imkoni tug‘ilgani yo‘q. Balki bugun erkin so‘zlasha olar. Bular aslida shundan bezovta. Men-chi? Men qorimning aytganlarini bajara olamanmi? «O‘rusiya bilan oshna bo‘lavering-u, biroq, yoningizdagi oyboltani qo‘ymang», deya olamanmi?»
Asadullaning bu xayoli chaqmoq umri misol edi. Ortiq o‘ylashga fursati yo‘q. Shu bois ish vaziyatga ko‘ra bo‘lar, degan qarorga keldi-da, yo‘lga chiqdi.
Bog‘i Fag‘monda uni Mahmud Tarzi kutib oldi.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:08:37
— Amir sohib huzuriga mehmonlar tashrif buyurishgan, sabr qilmoqqa majbursiz.
— Nailoj, — Asadulla shunday deb jilmaydi. — Barcha eshiklarning kaliti — sabr, deydilar.
— Biz bo‘lakcharoq naql qilamiz: toqatlig‘a tog‘lar egar boshini... — Tarzi shunday deb uni bahavo yerga qo‘ndirilgan, xarrotlar san’atidan chiroy ochgan shiyponga boshladi.
— Sabr-toqat yaxshi xislat, ammo odam bolasi buning chegarasini bilmaydi. Zulmga ham toqat qila beradi, nohaqlikka ham... Oqibat abgor bo‘lganini sezmay qoladi. Sabr-toqqat kurash darbozalarini qulflab qo‘yadigan kalit.
— Gaplaringiz bama’ni, Asadulla Mira’lam, mehmonlar bahona siz bilan bafurja suhbat qurish imkoni tug‘ildi.
— Darvoqe... mehmonlar... Turkistonliklar emasmi?
— Topdingiz, o‘shalar.
— Amir ular bilan muzokara yuritmaydi, deb edingiz?
— Muzokara emas bu, Qodir og‘a hazratning so‘zi yerda qolmasligi kerak. Faqat sizlar bilan chin muzokara yuritishimizga inoningu boshqasini surishtirmang. Amirning umidlari ko‘krak sutiday toza. U fuqaroni saodati abadiyatga eltmoqchi, avomni johillik uyqusidan uyg‘otmoqchi, hatto ayollar uchun «maktabi masturat» ochmoqchi. Dorul Omon deyilmish yangi poytaxt bino qilmoqchi. O‘rusiya bilan do‘st bo‘lib, Ovruponing bo‘lak davlatlariga-da yetmoqchi. Bu niyatlarga yetishmoq uchun ulamolarga emas, hukumatga suyanish lozimligiga uning-da farosati yetadi. Turkiston ulamolari nimayu Afg‘oniston ulamolari nima? Bilmaysizmi? G‘aflat ular, g‘aflat... Yurtga qorong‘ilik urug‘ini sochib, zulmat mevasini ko‘paytiradilar. O, avom ilmga qanchalar tashna, bular ilmga qanchalar g‘anim! Kalomullo «Ilm oling, o‘qung» degani holda, bular «ko‘zni yumung» deb avraydilar. Men umrimni ma’rifatga sarf etganimga achinmayman, zinhor, men johillar ko‘zini ocholmayotganimdan nadomat chekaman.
— Bundaylar Turkiston elida ham bisyor.
— Mamatsharif aytar edi. Yozug‘imiz bir bizning.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:08:44
— Payg‘ambar afandimiz: «Olim bo‘l yoki ilm talab qiluvchi, yoxud ilmni eshituvchi bo‘l, hech biri qo‘lingdan kelmasa shularga muhabbat qiluvchi bo‘l, beshinchisini tanlama, u holda seni halokat kutadi», deganlar. Bizda ana shu «beshinchi»lar me’yordan oshgan.
— Beshikdan to qabrga qadar ilm o‘rganmagan inson bolasi ne uchun tug‘ilib, ne uchun yashaganini fahmlamay ketadi bu dunyodan. Insonlar hayvonlardan so‘z va aql ila ayrilmish. Insonning yozug‘i faqat tug‘ilish, osh oshalashu o‘lim bo‘lsa, hayvonlardan ayirmas edi.
— Ma’rifat ahli Turkiston yoshlarini ilmga tortmoq maqsadida ko‘p xayrli ishlar qildi. Dorilfunun ochdi. Yangi usul maktablar ko‘paydi. Millatning saodati, davlatning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liq. Afg‘onistonda ham shunday maktablarni ko‘paytirish lozimmikin?
— Ha, fikrimiz shu. Yoshlarni Farangistonga yubormoqni lozim ko‘rduk. Vaqtiki kelib sizning-da dorilfununingizga yubormog‘imiz mumkin.
— Ovrupoga yuborajagingiz ko‘p ibratli ish. Bu kunda ulardan o‘rganmoq joiz. Madaniy millatlar muhoribalardan o‘zni tiyib, tijorat va sanoatda raqobat qilmoqdalar. Sehr va jodu bilan emas, tijorat va sanoatgarlik ila cholishqon Ovrupo Afriqo va Osiyoni o‘ziga asir va musaxxar1 qilmoqda. Ular bir dona bug‘doy ekub, yigirma qadoq don olurlar, o‘zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni keturib, o‘zimizga yigirma besh tiyinga soturlar. Osiyoliklar dumba sotib — chandir chaynab, qaymoq berub — sut oshab, non o‘rniga kesak tishlab yurdilar, bag‘oyat uzoq yurdilar. Endi bular barham topqusi...
Mahmudbek Tarzi Asadullaning fikrini ma’qullab, uni savolga tutib, hayoti bilan qiziqa boshladi. Asadulla qisqa-qisqa javoblar bilan kifoyalanib, Bokuga borgani, Mamatsharif bilan ilk daf’a o‘sha yerda uchrashgani, qaytib Toshkentda teatr tashkil qilganini aytganda, Tarzi hayajonga tushdi:
— Teatru dedingizmi? Farangistonda ko‘rib orzu qilib edim, — dedi u. — Nahot Toshkandda bo‘lsa shunday ajoyibot?
— Ha, bor.
— Ajab! Ajab! Umidim yulduzi Turkiston osmonida charaqlagan ekan, muborak bo‘lg‘ay. Kobulda ham shunday teatru ochgumizdur albatta.
Ularning suhbati peshinga qadar, hojib kelib, amir muntazir ekanini aytguncha cho‘zildi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:08:52
Amir ularni kechagi joyda emas, unga baqamti qurilgan, kattaroq qasrda kutar edi. Keng xonaga dasturxon tuzalgan, to‘rda amir, so‘l tomonida Qodir og‘a hazrat va uning qatorida turkistonlik mehmonlar o‘tirar, o‘ng tomon esa bo‘sh edi. Tarzi bilan Asadulla shu yoqqa o‘tirishdi.
— Taom mahtal bo‘lmasin, — dedi amir.
Asadulla Mirkomilboyning ro‘parasida o‘tirar, vaqti-vaqti bilan beixtiyor ko‘z-ko‘zga tushar edi. Asadulla boshqalarni tanimadi, ammo kiyinishlaridan farg‘onalik ekanliklari ma’lum edi. Xauston ular orasida yo‘q edi. «Ayyorlikda shaytonga dars bersa kerak», deb qo‘ydi u o‘zicha. Asadullaning qo‘li tovoqqa beixtiyor borib kelardi. Taomga hech ishtahasi yo‘q, xayoli shu xonada bo‘lib o‘tgan suhbatda: «Nimani gaplashdilar, amirdan nimani so‘radilar, amir nimalarni va’da qildi?»
Mirkomilboy ham taomga befarq, uning xayoli Asadullada edi: «Joni temirdan ekan buning. Shuncha o‘tdan tirik chiqibdi-ya! Endi amir huzurida, amirning o‘ng tomonida osh oshalasa. Amirning shu ishi chakki bo‘ldi. Ularning meni ko‘rmaganlari ma’qul edi. Endi Toshkentga qaytuvim mushkullashadi. Unda ularni chalg‘itib yo‘lga chiqqanim nima bo‘ldi-yu, bunda bular bilan uchrashganim nima bo‘ldi?..»
Amir taomni shoshilib yegani bilan dam o‘ng, dam so‘l tomoniga qarab-qarab-qarab qo‘yardi. Ularning ichida o‘tayotgan gaplarni aniq bilmasa ham faraz qilardi. «Qaysi millat orasinda birlik ko‘tarilib, nifoq va adovat hukm surgan bo‘lsa, ul qavmning inqiroz dunyosiga yuzlangani aniqdir. Bular shuni fahmlamaydilarmi?»
Mahmudbek Tarzi ham mehmonlarga qarab, o‘zicha fikr qilardi: «Dildagi adovat temirdagi zangga o‘xshaydi. Zang temirni yegani kabi, adovat Vatanni azobga soladi. Odamlar nahot adovatdan chekina olmasalar?..»
Omonulloxon bilan Mahmud Tarzi bu damdagi ahvolni o‘z qarichlari bilan o‘lchar edilar.
Taom pallasi shunday o‘y-xayollar bilan o‘tdi. Amir mehmonlarning imillab o‘tirishlariga ko‘p toqat qilolmadi. Qodir og‘a hazratga qarab, fotihaga qo‘l ochdi.
Ulamolar bilan qasr ostonasida xayrlashib, Asadullani shiyponga boshladi.
— Adovatingiz behad ekan, fahmladim, — dedi amir. — Bu hol menga ajab tuyuldi. Sababki, ularning niyati-da durust.
— Amir sohib, johilning yaxshi niyati fozilning husumatidan zararliroqdir.
— Ularni johil deysizmi?
— Johilgina emas, ular xiyonatkorlar... Sadafdan inju, ilondan zahar hosil bo‘lgani kabi, fidoyilikdan vatan sadoqati, xiyonatdan bebaxtlik zuhur bo‘lur.
— Ular xiyonatda sizlarni aybladilar.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:09:00
Asadulla bosh chayqab, zaharxanda bilan dedi:
— Betahorat benamozni bo‘yniga qo‘yar ekan... Ular Turkistonni Inglistonga sotganlarini aytmadilarmi?
— Sotganlarini?
— Ha, amir sohib, sotib edilar. Isyon qildilar, begunoh qonlar to‘kildi.
— Alhazar!
— Ular hokimiyatni olmasdan taxt talashadilar. Ingliston islomga homiy bo‘lsa Afg‘onistonga tig‘ ko‘tararmidi?
Amir bu gaplardan o‘ylanib qoldi. Tarzi Asadullaning dono fikrlaridan mamnun bo‘lib, suhbatga aralashmay o‘tirdi.
— Muhorida Ingliston hindlarga, barak bazaylarga-da yarog‘ berib, bizni mahv etmoqqa yo‘llab edi, — dedi amir. — Unda o‘zbeklar o‘zbeklarni mahv qilabera... Vodarig‘o!..
— Mol va ashyo o‘g‘rilaridan ko‘ra odamlar orasinda do‘stlik, ulfat, muhabbat, oqibat, qadrni o‘g‘irlaydurgon odamlardan saqlanmoqni ma’qul ko‘ramiz biz. Tomchi sel bo‘lolmaganidek, bular yurt og‘asi bo‘lolmaydi. Fuqaro ularga ergashmaydi, egri tayoqqa suyanmaydi. Bugungi sho‘rishlar o‘tadi-ketadi.
Amir kutilmaganda suhbat mavzuini burib yubordi. Ob-havodan gapirdi. Asadullaning yo‘l taassurotlari bilan qiziqdi. Asadulla shundan bildiki, amirning bugungi chorlovidan niyati suhbatlashish emas, balki ulamo vakolasi bilan yuzlashtirish. Lekin ana shu yuzlashtirishdan maqsadi nima? Asadullaga bu qorong‘i edi. Amirning amalga oshmagan kichik hiylasi, ya’nikim, adovatdagi ikki odam yuzlashgan chog‘ida hech bo‘lmasa biri yoriladi, bir-biriga ta’na toshlari otilajak chog‘ida haqiqat suv yuzasiga qalqib chiqadi, degan umidi hatto Tarzi uchun ham sir bo‘lib qolaverdi.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:09:08
3

Amir Omonulloxon go‘yo vakola hay’atini unutib qo‘yganday edi. Navbatdagi chorlovdan anchagacha darak bo‘lmadi. Mahmud Tarzi haftada bir kelib, gurung qilib ketadi. Vakolaning savoliga: «Amir o‘ylayapti», deb qisqa javob berishdan nariga o‘tmaydi.
Bu orada sunbula tug‘di, suvlar tinib, havo salqinlashib, kuzning nafasi sezilib qoldi.
— Yozning jaziramasida kelgan edik, endi qishning sovug‘ida qaytamiz shekilli? — deb nolib qoldi Ushinskiy. — Nimaga keldigu nima qildik bu yerda. Amirning bitta savoliga javob berib qaytaveramizmi?
— Sizning o‘sha bitta javobingiz hammasidan zo‘r bo‘ldi, — dedi Shuvalov. — Sizdan kutmagan edim.
— Bilaman, siz mendan faqat yomonlik kutgansiz. Lekin sizdan xafa emasman. Kasbingiz shunaqa.
— Janoblar, diqqat, Mirza Qandilxon kelyapti, — dedi Xmarin ularning suhbatini bo‘lib. — Garov o‘ynayman, xushxabar aytadi: qadam olishi chaqqon.
Chindan ham Mirza Qandilxon kelib, amir hazrat yo‘qlayotganini bildirdi.
Omonulloxon bu safar ham ularni o‘sha oynaband qasrda kutib oldi. Uning ko‘rinishi ilgarigiday jiddiy emas, aksincha, nimadandir xursand ko‘rinardi.
— Kobul kuzga bandi bo‘lyapti, — dedi u mehmonlarga bir-bir qarab chiqib. — Lekin kuzda bahor nafasi ufuryapti, sezyapsizmi? Sababi qaldirg‘och kelgan, — amir o‘zining tashbihidan huzurlanib, yayrab jilmaydi. — Qaldirg‘och deganim — sizlarsiz. Saltanatim umri bahoriga yuz tutgan. Qaldirg‘och bahor darakchisi... Alqissa, sizlarni qarorimizdan ogoh etmoq maqsadida chorladim. Ahdimiz shunday: Afg‘oniston Sho‘ravi Rusi ila muzokara boshlashga rozi. Muxtor vakil yetib kelgunga qadar siz, janobning, — amir Xmaringa yuzlandi, — Kobulda qolishingiz ayni muddao. Ayrim muammolarni hal qilishga zudlik bilan kirishmog‘imiz lozim. Shuning barobarinda Hirotda ham saforatxona ochib, siz, janobning, — amir Asadullaga yuzlandi, — o‘sha yerda ish yuritmog‘ingiz joiz. Muxtor vakil yetib kelgach, Mazori Sharif ila Maymanada ham saforatxona ochgumiz.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:09:16
Amirning kutilmagan bu gaplaridan barchalari hayratda edilar. Bu onda faqat Xmaringina tezda o‘zini qo‘lga oldi.
— Rossiya hukumati nomidan shuni ma’lum etamanki, — dedi u, — Afg‘oniston hukumati Rossiyaning istagan shaharida saforatxona ochib, ish yuritmog‘i mumkin. Bu borada cheklanish yo‘qdur.
— Sho‘ravi Rusi bizga yana nimalarni va’da qila oladi?
— Rossiya hukumati Afg‘onistonga moddiy yordam bermoqqa tayyor.
— Qancha?
— Bu maxsus muzokara talab etadi, amir hazrat. Tijorat ishlari yo‘lga qo‘yilsa, avvalgidan ko‘proq mol olib ko‘proq sotib oladi. Mendagi dalillarga qaraganda jahon muhoribasiga qadar Rossiya Afg‘on eliga sotgan molning sakson besh foizi gazlama, olti foizi qand, ikki foizi shisha va chinni buyum, so‘ng ipak, temir jihozlar, yermoy, gugurt bo‘lgan. Afg‘onistondan sotib olingan mollarning yigirma to‘rt foizi paxta, o‘n yetti foizi jun, o‘n ikki foizi qo‘y... bo‘lgan. Kunjut urug‘i, pista, uzum, gilam, xom terilar ham xarid qilingan.
Omonulloxon: «Nechun bulardan biz bexabarmiz?» degan ma’noda Tarziga norozi qiyofada bir qarab oldi-da, Xmarin bilan boshlagan suhbatini davom ettirdi:
— Sho‘ravi Rusi bularni oshirishga qodirmi?
— Shak-shubhasiz.
— Sho‘ravi Rusi mollarni olib kelishda yo‘l chiqimidan bizlarni holi qila oladimi?
— Bu ham alohida muzokara talab etadi. Yanglishmasam, Afg‘oniston Ovruponing bo‘lak davlatlari bilan ham birodarlik aloqalari o‘rnatib, tijorat ishlarini-da yo‘lga qo‘yar. U holda, mollar Rossiya temir yo‘llari orqali yetkazilar? Bu xususda ayni shu damda aniq javob berolmasam-da, Afg‘oniston mushkulining yengil bo‘lishiga ishonchim bor. Shuningdek, Rossiya hukumati Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashmaydi, bo‘lak davlatlar ila Afg‘oniston sha’niga, osoyishtaligiga qarshi sulh tuzmaydi.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:09:25
— Bizim yana bir istagimiz bor: biz inglistonning g‘arazli yordamlaridan voz kechib, Sho‘ravi Rusi tomon yuz tutdik. Hamonki Sho‘ravi Rusi pok niyat ila bizga ko‘mak bermakchi ekan, afg‘on eliga unumli yerlarni qaytarib oladimi? Jayhun nahrining ul qirg‘og‘ini Afg‘onistonga bermog‘i mumkinmi? Qal’alar Afg‘oniston xavfsizligi uchun g‘oyat zarur. Shuningdek, Kobulda radiostansa tiklab, havo tilgiromini mukammal suratdagi ashyolari ila bera oladimi? Bu mavjud bo‘lmasa, Ko‘shkdan Kobulga qadar simli tilgirom tortilsa-chi?
Bu gapni eshitib, Asadulla: «Qodir og‘a hazratning tazyiqi bari bir o‘tibdi-da. Xmarin in’om etib yubormasa edi», deb xavotirlandi. Yo‘q, Xmarin shu qadar nozik ta’b bilan javob qildiki, bunga hatto amir ham tan berdi.
— Afg‘on eli muhoribada ulug‘ zahmatlar chekdi. Yurtga ozor yetdi. Buni o‘zimiz ham ko‘rduk. Buyuk Afg‘onistonga beminnat ko‘mak zarur. Anglab turibmiz. Biroq bizga bunday muammolarni hukm qilmoqqa huquq berilmagan. Talabingizni hukumatga yetkazgum, bu xususda ham maxsus muzokara yurgizilsa ajab emas. Bu talabning rad yoki qabuli markazning hukmiga vobastadir. Radiostantsiya va telegraf xususida iltimosingiz qondirilishi muqarrarligiga aminman.
— Yaqin orada Ingliston ila qayta muzokara boshlangusi. Men siz janobni bu muzokarada ishtirok etmog‘ingizni istar edim.
— Minnadorman, amir sohib.
Amir jilmayib Tarziga, Tarzi ostonada turgan hojibga im qoqdi. To‘rt xizmatkor qo‘lida narsalar bilan kirib, ta’zim qildi.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:09:34
— Sizlarning tashriflaringizdan bisyor shodman, — dedi amir va birinchi xizmatkor qo‘lidagi qutichani ochib, zanjirli tilla soatni oldi. — Xayrbod onidan yodgorlik bo‘lsin. — Shunday deb, soatni Xmaringa uzatdi. Xmarin, sovg‘ani olib, yengil ta’zim bilan minnatdorlik izhor qildi. Amir xuddi shunday soatni Asadullaga ham uzatdi. Mahmud Tarzi esa uning yelkasiga zar chopon yopdi. Amir xizmatkor qo‘lidagi qalin kitobni olib, varaqladi:
— Mirzo Boburning devoni. Shohning barmoqlari tekkan tabarruk kitob. Sizga yo‘ldosh bo‘lsin, — amir kitobni ikki qo‘llab uzatdi.
— Yurtingiz yovlariga qiron kelsin, — amir shunday deb Shuvalovga kumush bezakli qilich tutdi. — Siza yana bir chavkar-da atalgan.
Ushinskiyga ham soat in’om etilgach, boshqa xonaga yo‘l oldilar.
Xayrbod ziyofat ila yakunlanib, ular yaxshi kayfiyat bilan qarorgohlariga qaytdilar.
Ertasiga Rossiya Ijtimoiy Sho‘rolar jumhuriyati saforatxonasi uchun ajratilgan bir qavatli binoga Xmarinni ko‘chirib bordilar. Yana bir kundan so‘ng Xmarin ular bilan xayrlashdi.
— Siz bilan birga uzoq ishlashni xohlar edim, — dedi Xmarin Asadullaga. — Uch yarim oy birga bo‘ldigu nazarimda, uch yarim asrdan beri sizni biladigandayman. Siz Bog‘i Boburda to‘g‘ri aytgan edingiz: men Rossiya istiqboli uchun jonimni tikkanman. Agar Vatanimga qaytish nasib etmasa, sizdan iltimos, Rossiya tomonlarga o‘tsangiz, tuprog‘iga men uchun ta’zim qilib qo‘ying.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:09:50
XOTIMA

Yigirma olti kunlik bexatar yo‘l Hirotga olib keldi. Hirot volisi ularni xushxabar bilan qarshiladi. Ko‘shkdan kelgan darakka qaraganda Orenburg yo‘li ochilib, Muhammad Valixon Moskvaga yetib borgan, Moskva vakolasi esa Toshkentga beshikast kelib, Hirot sari otlanmoqdi ekan. Noib saforatxona uchun Chahorbog‘ atalmish hukumat o‘rdasi yonidan bir saroycha tayin qilib qo‘ygan ekan, shu yerga tushishdi.
Shuvalov, Ushinskiy va Kobuldan birga qaytayotgan qizil askarlar bu saroychada bir kungina qo‘noq bo‘lishdi. Saharda to‘rt askarni qoldirib, yo‘lga otlanishdi.
Ming-minglab odamaro Shuvalov bilan Asadulla g‘oyibona ip bilan qattiq ulangan edi. Bu ishining uzilish oni yetdimi? Ajab... Hayotda yuzlab odamlar bilan tanishasan, aksari chin do‘stday tuyuladi, ammo ko‘p vaqt o‘tmay biron-bir sabab bilan chetga chiqadi. Chin do‘st topganingda, u bilan umrning adog‘igacha qolmoqchi bo‘lganingda umiding rishtasi shart uziladi-yu, undan ajrab qolganingdan so‘ng boshingni qaysi toshlarga urishni bilmay qolasan.
Asadulla do‘stga yetishdim, deganda ham jisman, ham ma’nan ayriliqqa ko‘p duch kelgan. Ana endi Hirotda Shuvalov uni yana bir ayriliq gulxaniga tashlab ketyapti.
Xayrlashuv mahalida ortiqcha so‘zlar aytilmadi.
— Amirning gapi esingizdami, bizni qaldirg‘ochga o‘xshatdi, — dedi Shuvalov. — Qaldirg‘ochning qismatida bahorning shiddatli shamollari, momaqaldiroqlarini ko‘rish bor. Biz bo‘ronlardan omon chiqib, bahorning chiroyidan ham bahramand bo‘lishimiz kerak.
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:10:04
* * *
Asadulla Hirotda qolganidan beri tundagi yolg‘izlik azoblaridan qutula olmaydi. G‘ulomqodirning o‘limga bunchalik talpinish sababini shunda aniq bildi. Dam-badam uni eslab, hayotning shafqatsizligidan fig‘on chekdi. Yoshlik bilan gul chiroyini bir-biriga o‘xshatadilar. Ne dodki, ularning umri ham o‘xshash — qisqa. Gul tez so‘liydi, chiroyini yo‘qotadi, yoshlik esa ko‘z ochib yumguncha o‘tadi-ketadi. Biroq, shu qisqa davrning bemarvid uzilishi eng katta nohaqlik ekanini G‘ulomqodirning o‘limi isbotladi.
Ilgari faqat xotini, bolalari tunning mehmonlari bo‘lishsa, endi G‘ulomqodir, ba’zida Zikriyo afandi keladi. Go‘yo ular bu dunyodagi armonlari, fig‘onlari, alamlarini Asadullaga meros qoldirganday. Asadulla oqshom tushishini yuragi bezillab qarshi oladigan bo‘lib qoldi. Chunki oqshom — qorong‘ilik elchisi: qorong‘ilik esa yolg‘izlik boshlanganidan darak beradi. U kunni, nainki kunni, oylarni, yillarni orqaga surgisi, hammasini bir boshdan boshlagisi keladi. Buning imkoni yo‘qligidan ezildi. Umr o‘q, nishon esa o‘lim, o‘q iziga qaytmaganidek, vaqt sanoqli, qo‘ldan ketgan baxt ham qaytmaydi. Yolg‘izligi boshlanishi bilan ko‘z o‘ngida hammayoq xira tortadi. Atrofda nido yo‘q. Faqat tor ko‘kragidagi bandi yuragi behalovat tepadi. Ko‘krak qafasini sindirib qochib ketishni, bu vujudni tark etgisi keladi.
Armonlar tugamay kunduz tugaydi. Ruhi titilib ketadi. Hammaga orom bera oladigan tun uni chetlab o‘tadi. Orom ko‘zlariga kela qolsa, tunning nafasi kipriklarini yuma qolsa bo‘lmaydimi? Uyqu kela qolsa, halovat tushlarini bera qolsa bo‘lmaydimi? Bu holda subhidamgacha qanday chidaydi?
Har tun ahvol shu. Yaxshi hamki, kunduz bor. Yaxshi hamki, yumush bilan band...
Vujudi parokanda bo‘lib yurganida Hirotga Mamatsharif keldi. Toshkent nafasini, do‘stlar salomini ola keldi. Asadulla uni quchoqlab, qo‘yib yuborsa shu onning o‘zida qochib ketadiganday anchagacha bag‘ridan bo‘shatmadi. Mamatsharif uning ahvol-ruhiyasini bilib, yelkalarini beozor siladi.
— Yuragimda og‘ir tosh bilan qaytyapman, — dedi u. — Tuz haqqini o‘taganimdan so‘ng birga qaytamiz yurtga...
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:10:15
Asadullaning baxtiga ular Hirotda ikki kecha-kunduz qoldilar.
Umrini yashab bo‘lgan yaproqlarga xazin nuqsi urilgan oftobsiz, rangpar kunda xayrlashdilar.
Asadulla noib lutfi bilan berilgan foytunda Mamatsharif bilan suhbat qurib, Hirotdan picha uzoqlashganini sezmay qoldi. Foytunchi yigitning: «Yuraveramizmi, sohib?» degan savolidan keyin xayrlashdilar.
Foytun qaytishda ildamladi.
Tosh yo‘lda foytun bir narsaga urildimi yo tepadan katta tosh tushdimi, yo g‘ildirak chiqib ketdimi, Asadulla bilmay qoldi. Avvaliga foytunchi yigit baqirib yubordi, so‘ng hammasi ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketdi. Asadulla, nazarida, qattiq yerga yiqilmay, bulut ustiga tushganday, suzib yurganday edi.
Osmonni o‘rkach-o‘rkach, hoshiyalari qoramtir, bukri bulutlar egallab olgan. Bir o‘rkachda u o‘tiribdi. Birda xotini, bolalari...
— Ehtiyot bo‘ling, tushib ketmang, — deydi xotini.
U o‘sha o‘rkachga o‘tmoqchi bo‘ladi. Oyoq ostiga qarasa — tubsizlik.
— To‘xtang, dadasi, to‘xtang, — deydi xotini. — Biz o‘zimiz o‘tamiz. Biz tushib ketmaymiz, uchib yuramiz.
— Dada, qarang, qaldirg‘ochlar kelibdi, — deydi katta o‘g‘li quvonib.
Qaldirg‘ochlar, dumi ayri, beozor qushlar bulut bag‘ridan o‘qday otilib chiqib, charx uradi, vijir-vijir qiladi.
Qaldirg‘och osoyishta xonadonga in qo‘yadi, deydilar. Haq gap. Ularning xonadoni osoyishta ei. Uyini yondirishdi, qaldirg‘ochni qo‘shib yondirishdi-ya! Yo‘q, qaldirg‘ochlar uchib ketib jon saqlashgandir, boshqa osoyishta xonadonga uy qurib olishgandir... Uning xotini, bolalari ucholmagan...
— To‘xtanglar, yiqilib tushasizlar! — deb baqirdi Asadulla.
Ular eshitishmay, yura boshladilar.
Asadulla jonholatda ular tomon yurdi. Bulut o‘rkachidan tushib ketdi.
Yuragi shuvillab, tubsizlik chohiga qulayotganda, qaldirg‘ochlar uni ushlab qolib, yana yuqoriga ko‘tarishdi.
Bulutlar ustida endi hech kim yo‘q edi.
Bulutlar tepasida quyosh beg‘ubor nur sochardi.
Qaldirg‘ochlar quyosh otashidan qo‘rqmay tobora yuksakroq uchardilar...

1985 yil.
   
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: shoir 15 Sentyabr 2006, 06:10:38
BIR-IKKI SO‘Z

Alhamdulillahkim, nihoyat, so‘nggi nuqta qo‘yildi. Ko‘p yillar davomida men bilan birga bo‘lgan, izlab topganim, eshitganim — voqealar, taqdirlar... qog‘ozga tushdi. Yelkamdagi og‘ir tog‘ quladi-yu, vujudim bo‘shab qolganday bo‘ldi. Odatda, yozuvchi asarga xotima yozib, izohlar bermaydi. Ammo bu asarni yozish uchun qo‘lga qalam olishim sabablarini aytib o‘tishim lozim.
1978 yil edi. Atoqli siyosiy arbob, ma’rifatparvar, o‘zbek teatrining asoschilaridan biri Abdulla Avloniy tavalludining 100 yilligi arafasida «Guliston» jurnalida xizmat qilar edim. Bosh muharrir o‘rinbosari Vahob Ro‘zimatov menga bir surat ko‘rsatib: «Afg‘onistonga borgan birinchi elchilar delegatsiyasi. Bu odam Abdulla Avloniy. Mana bu ayol «Hayotbaxsh o‘lim»dagi komissar ayolning prototipi Larisa Reysner degan taxmin bor. Shuni aniqlash kerak», dedilar. Abdulla Avloniyning o‘ylariga bordim. Qizlari — Toshkent pedagogika institutining dotsenti Hakima Avloniy, injener-irrigator, fan kandidati Karima Avloniy, o‘g‘illari, kimyogar olim Kenja Avloniy, shogirdlari jumhuriyatda xizmat ko‘rsatgan muallim Mirjalil ota Karimov bilan uchrashdim. Shu masalalarni aniqlash uchun Moskvaga otlanganimda dadam Malik Hobil o‘g‘illari maqsadimni bilib: «Avloniy bizni o‘qitganlar», deb qoldilar. O‘rta Osiyo millatlari harbiy maktabi bitiruvchilarining suratini qo‘lga oldik. Bolalik chog‘larimda yuz martalab tomosha qilgan suratda tanish chehrani ko‘rdim. So‘ng tog‘am — Mirzakalon Ismoiliyga niyatimni aytdim. «Avloniymi? Bizni o‘qitganlar u kishi...» Qarangki, menga faoliyati noma’lum bo‘lgan odam oilamiz kattalariga ustozlik qilgan ekanlar. O‘sha suhbatda tog‘am o‘zbek ziyolilarining taqdirini yozish kerak, deb qoldilar. Bu istak yuragimga cho‘g‘ soldi.
Kutubxonalardagi, SSSR tashqi ishlar vazirligining noyob hujjatxonalaridagi izlanishlar ortda qolib, shu asar vujudga keldi. Asar garchi Abdulla Avloniyga bag‘ishlangan, unga shoirning hayotidagi ko‘p voqealar kirgan bo‘lsa-da, u Avloniy tarjimai holi sifatida bitilmadi. Kamina Asadulla Mir’alam siymosida o‘zbek ziyolilalarining eng yaxshi fazilatlarini jamlashga, shuningdek, o‘ktabr to‘ntarishidan keyingi adashishlarini bayon etishga harakat qildim. Bolsheviklar o‘zbek ziyolilari va shariat peshvolari orasidagi ixtilofdan ustalik bilan foydalanganlar. Ularni ayri-ayri sohillarga tashlab, so‘ng birma bir qirib yuborganlar. Tarixning bu mash’um sahifalari bugungi avlod uchun ibrat bo‘lmog‘i lozim.
Mazkur asar tog‘amning vasiyatlarini bajarishda, XX asr boshlaridagi o‘zbek ziyolilarining murakkab va fojiali taqdirlarini tasvirlashda dastlabki qadamdir. Uni shogirdning ustozlarga ta’zimi, minnatdorligi sifatida baholashlaringizni istar edim. O‘qiganingiz bu asarda Alisher Navoiy, Mirzo Bedil, Mirzo Bobur, Rabindranat Taxur she’rlari qatorida Abdulla Avloniyning she’rlari, hikmatlari, xotiralaridan ham foydalandim.
So‘zim oxirida muhtaram o‘quvchiga men bilan birgalikda yaqin o‘tmishga safar qilganlari uchun rahmatlar aytaman.

Muallif.
   
www.tohirmalik.uz
Nom: Re: Savohil (qissa). Tohir Malik
Yuborildi: AbdulAziz 21 Noyabr 2009, 11:33:27
Savohil (qissa). Tohir Malik

(http://www.ziyouz.com/images/books/savohil.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=39)

Muallif: Tohir Malik
Hajmi: 507 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=39)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=730.0)