forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Nodi 18 Sentyabr 2006, 04:49:32

Nom: Allohim duolarimni ijobat qil...
Yuborildi: Nodi 18 Sentyabr 2006, 04:49:32
Muslimasubh:

As-Salomu Alaykum ,
azizlar "Ne amal qilsak Alloh duolarimizni ijobat qiladi" degan savolga javob topish niyatida ushbu ishga qo'l urdik, sizlar ham o'z hissangizni qo'shasizlar degan umiddamiz.
Allohim hamma ishlarimizda madakorimiz bo'lsin!
Nom: Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
Yuborildi: Nodi 18 Sentyabr 2006, 04:50:04
Bir hakimdan so’rashibdi:"Bizlar dou qilamiz, lekin duolarimiz ijobat bo’lmaydi. Alloh taolo:"Menga iltijo-duo qilinglar, Men sizlarga(qilgan duolaringizni ) mustajob qilurman", deb aytganku?" Hakim aytibdi:"Sizlarda yeti xislat duolaringizning ijobatini man qiladi"."Qaysi xislatlar " deb so’rashdi. Aytdi:
"œ*Sizlar Rabbingizni g’azablantirasizlar, ammo Uning rizosini talab qilmaysizlar,ya’ni,Allohning g’azabini chiqaradigan ishlaringga pushaymaon qilmaysizlar.
*Bizlar Allohning bandalarimiz,deysizlar.Ammo bandaning ishini qilmaysizlar,ya’ni,banda ho’jasi buyurganni bajaradi va uning amridan qaytmaydi.
*Sizlar Qur’onni o’qiysizlar,lekin unga ergashmaysizlar,ya’ni,tafakkur va ta’zim bilan o’qimaysizlar,buyruqlariga amal qilmaysizlar.
*Biz Muhammad(s.a.v)ning ummatlarimiz,deysizlaru,u kishining sunnatiga amal qilmaysizlar,ya’ni,sizlar odatlarga va rasm-rusumlarga(irim-sirim,ayrim urf-odatlar) amal qilib, sunnatlarga(hadislarga) ergashmaysizlar.
*Sizlar dunyoni yalang’och deb aytasizlar,ammo unga ishonib qolgansizlar. (mol yig’ish, boy bo’lishni orzu qilish, faqat yaxshi kiyinib,yaxhsi yeyishni o’ylash, molini sadaqa qilishdan qizg’onish)
*Sizlar harom va shubhali luqma yeysizlar.U ikkovidan qaytmaysizlar.
*Oxirat dunyodan yaxshiroq,deysizlar,lekin oxirattalabida harakat qilmaysizlar va oxiratdan ko’ra (bu) dunyoni ko’proq xohlaysizlar"
Duoda shoshmaslik lozim.Chunki duogo’y Alloh taologa duo qilsa,Alloh,albatta,qabul etadi.Duoning ijobati o’sha soatda ko’ringani ham ko’p,bu dunyoda ko’rinmay,oxiratga qolgani ham ko’p.
Nom: Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
Yuborildi: Nodi 18 Sentyabr 2006, 04:50:52
Alloh taolo Qur’oni Karimda duo qilish to’g’risida oyatlar nozil qilgan:"œRobbingizga yolvorib yashirin duo qiling.Chunki Alloh haddidan oshganlarni sevmaydi."(A’rof,55)
"œAllohga(azobidan) qo’rqib,rahmatidan umidvor bo’lib duo qiling"(A’rof,56)
"œParvardigoringiz:"Menga duo qilinglar, duolaringizni ijobat qilaman",-dedi. Albatta menga ibodatdan kibrlanganlar yaqinda bo’yinlari egilgan holda jahannamga kirurlar".(G’ofir,60
Nom: Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
Yuborildi: Nodi 18 Sentyabr 2006, 04:51:13
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom duo ham ibodat ekanini marhamat qiladilar.
Binobarin, namoz so‘ngida Payg‘ambarimiz tomonlaridan tavsiya qilingan ushbu duolarni o‘qish maqsadga muvofiqdir:

* Ey Robbimiz, bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni do‘zax olovi azobidan saqlagin.

* Iloho, men Sendan hidoyat, taqvo, iffat va g‘ino (birovga muhtoj bo‘lmaslik holatini) so‘rayman.

* Allohim, meni afu et, yorlaqa, to‘g‘ri yo‘ldan boshla, menga ofiyat ber, haloldan rizqlantir.

* Qalblarimizni rizoligingga uyg‘un bo‘lgan amal va ibodatga tomon yo‘naltir.
Nom: Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
Yuborildi: Nodi 18 Sentyabr 2006, 04:51:21
* Parvardigoro, dosh berib bo‘lmaydigan balodan, insonni o‘limga qadar sudrab boruvchi (mol, jon, oilaga taalluqli) mushkulotga duch kelishdan, (mol, jon, oilaga taalluqli) balo-qazodan va dushmanlarni quvontiradigan bir musibatga ro‘baro‘ bo‘lishdan Sening panohingga sig‘inaman.

* Iloho, ojiz qolishdan, dangasalikdan, qo‘rqoqlikdan, aljiratib qo‘yuvchi qarilikdan, xastalikdan, qabr azobidan, hayot va mamot fitnasidan Sening panohingga sig‘inaman.

* Yo Robbim! Men o‘z nafsimga ko‘p zulm qildim. Sendan o‘zga gunohlarni kechirguvchi yo‘q. Meni yorlaqa va afu et. G‘ofur, Rohiym yolg‘iz Sensan.

* Iloho, foydasi tegmaydigan ilmdan, qo‘rqmaydigan qalbdan, to‘ymaydigan nafsdan, qabul bo‘lmaydigan duolardan panoh ber.

* Allohim! Do‘zax o‘tida yonishimga sabab bo‘ladigan fitnadan, do‘zax olovidan, boylik va faqirlikning yomonligidan meni asragin.

* Allohim! Yomon fe’l-atvor va amallardan, nafsoniy orzulardan asragin.

* Allohim! Qulog‘imning, ko‘zimning, tilimning, qalbimning, farjimning yomonligidan asragin.
Nom: Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
Yuborildi: Nodi 18 Sentyabr 2006, 04:51:31
QUR’ONI KARIMDAN BA’ZI DUOLAR

Odam alayhissalom va momo Havvo jannatdan chiqarilganlarida ushbu duoni o‘qiganlar:«Ey Rabbimiz! Biz o‘zimizga (o‘zimiz) zulm qildik. Agar bizni kechirmasang, biz, albatta, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lib qolurmiz» (A’rof, 23).

Nuh alayhissalomning duolari:
«Rabbim! Men Sendan o‘zim (yaxshi) bilmagan narsani so‘rashimdan panoh tilayman. Agar meni kechirmasang va rahm qilmasang, albatta, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lurman» (Hud, 47).

Lut alayhissalomning duolari:
«Ey Rabbim, bu buzg‘unchilar qavmi ustidan O‘zing meni g‘olib qil!» (Ankabut, 30).

Ibrohim alayhissalomning duolari:
«Parvardigorim, meni va zurriyotlarimni namozni to‘kis ado etguvchi qilgil. Parvardigoro, duoimni qabul ayla. Parvardigoro, hisob-kitob (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va barcha mo‘minlarni mag‘firat qilgil» (Ibrohim, 40-41).
Nom: Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
Yuborildi: Nodi 18 Sentyabr 2006, 04:51:38
Yusuf alayhissalomning duolari:
«Ey osmonlar va yerni ijod etgan Zot! Dunyo-yu oxiratda O‘zing egamdirsan. (Ajalim yetganida) musulmon holimda jonimni olgin va meni solihlar (qatori)ga qo‘shgin» (Yusuf, 101).

Shuayb alayhissalomning duolari:
«Allohgagina tavakkul qildik. Ey Rabbimiz! Biz bilan qavmimiz o‘rtasida haqiqiy ajrimlik ato et! Sen ajrim qiluvchilarning yaxshisidirsan» (A’rof, 89).

Muso alayhissalomning duolari:
«Ey Rabbim, bag‘rimni keng qilgin, ishimni oson qilgin, tilim (dan duduqlik)ni yechib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni anglasinlar» (Toha, 25).
«Parvardigorim, O‘zing men uchun nima yaxshilik, (ya’ni, rizq) tushirsang, o‘shanga muhtojdirman» (Qasos, 21).
Nom: Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
Yuborildi: Nodi 18 Sentyabr 2006, 04:51:48
Yunus alayhissalomning duolari:
«Sendan o‘zga iloh yo‘qdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o‘zimga) zulm qiluvchilardan bo‘ldim» (Anbiyo, 87).

Zakariyo alayhissalomning duolari:
«Ey Rabbim, meni yolg‘iz tashlab qo‘yma (merosxo‘r farzand ato et), Sen (O‘zing) vorislarning yaxshirog‘idirsan» (Anbiyo, 89).
«Rabbim, menga ham o‘z huzuringdan pok zurriyot ato et! Darhaqiqat, Sen duoni eshituvchidirsan» (Ol-i Imron, 38).

Ahli ilmning duosi:
«Parvardigoro, bizni hidoyat qilganingdan keyin, endi dillarimizni haq yo‘ldan og‘dirma va bizga O‘z huzuringdan rahmat ato et!» Omiyn.
Nom: Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
Yuborildi: Nodi 18 Sentyabr 2006, 04:52:17
Abu Hurayra raziallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sallallohi alayhi vasallam shunday deganlar:
"œUch xil duo qabul qilinadi:
1.Mazlumning duosi.
2.Musofirning duosi.
3.Ota-onaning farzandi haqqiga qilgan duosi(Termiziy)
Uch kishining duosi rad etilmaydi:
1.Ro’zadorning iftor vaqtida qilgan duosi;
2.Adolatli hukmdorning duosi;
3.Mazlumning duosi; "œ
Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilingan hadisda shunday deyilgan:
Uch kishining duosi shubhasiz qabul qilinadi:
1.Allohni ko’p zikr etgan insonning duosi;
2.Mazlumning duoibadi;
3.Adolatli hukmdorning duosi;
   
Nom: Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
Yuborildi: Nodi 18 Sentyabr 2006, 04:52:25
Payg’ambarimizsallallohi alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadislarda quidagi insonlarning duosi qabul qilinishi aytilgan:
1.Alloh uchun sevishganlarning duosi.
2.Allohni ko’p zikr qiluvchi insonning duosi.
3.Yaxshilik ko’rgan insonning,yaxshilik qilgan insonga nisbatan qilgan duosi rad etilmaydi.
4.Jamoat duo qilib "œomin" degan vaqtda Alloh ularni istaganini albatta beradi.
5.Birgalikda duo qilgan uch kishining qilgan duosi.Ularni qo’lini bo’sh qaytarish Allohga yarashmaydi.
6.Bemorni shifo topguniga qadar qilgan duosi qabul bo’ladi va gunohlari mag’firat etiladi.
7.Mazlumning aziyati tugagan vaqtga qadar qilgan duosi
8.Hojining uyga qaytgunga qadar qilgan duosi
Nom: Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
Yuborildi: Nodi 18 Sentyabr 2006, 04:52:31
Aytildiki:
"œorifning tashvishi hamdu sano, zohidning tashvishi duo. Chunki orif Rabbining rizoligini istaydi, zohid esa, nafsining tashvishini".

Ibn Hajar Asqaloniyning "œOxirat kuniga tayyorgarlik" kitobidan.
Nom: Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
Yuborildi: Nodi 18 Sentyabr 2006, 04:52:39
Abdulloh Antokiy (r.a.) aytgan ekanlarki:
Dilning davosi beshtadir:
1.Ahli solih (ulug’ zotlar) suhbatidan bahramand bo’lish
2.Tilovati Qur’on qilib turish.
3.Luqmai halol topib yeyish.
4.Ortiqcha uyqudan saqlanish.
5.Barvaqt turishni odat qilib, saharlarda DUO etish.

("œTanbehul g’ofilin" kitobidan).
Nom: Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
Yuborildi: Nodi 18 Sentyabr 2006, 04:52:46
Qur’oni karimda Muhammad alayhissalomga o‘rgatilgan ba’zi duolar:
«Ey Rabbim, meni (qabrga) sodiqlik bilan (gunohlarim kechirilgan holimda) kiritgin va (tiriltirganingda ham) sodiqlik (roziliging) bilan chiqargin hamda men uchun o‘z dargohingdan bir madad beruvchi hujjat ato qilgin» (Al-Isro, 80).

«Ey Rabbim, menga (kofirlarga) va’da qilinayotgan narsa (azob)ni ko‘rsatsang-chi?! Ey Rabbim! (O‘shanda) meni u zolimlar qavmi ichida qilmagin! Ey Rabbim! Men Sendan shaytonlarning vasvasalaridan panoh berishingni so‘rayman. Yana men Sendan, ey Rabbim, ular mening huzurimga kelishlaridan panoh so‘rayman. Ey Rabbim! (Gunohlarimizni) mag‘firat et va (holimizga) rahm ayla! Sen (o‘zing) rahm qiluvchilarning yaxshisidirsan!» (Mo‘minun, 93, 94, 97, 98, 118).

«Parvardigorim, ilmimni yanada ziyoda qilgin» (Toha, 114).

«Parvardigoro, bizlar Senga imon keltirganmiz, bas, gunohlarimizni mag‘firat ayla va bizni jahannam azobidan asra!» (Ol-i Imron,16).
Nom: Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
Yuborildi: Nodi 18 Sentyabr 2006, 04:52:59
Hojat duosi va namozi.

Allohdan ishini amalgam oshishini, hojati ravon bo’lishini istab o’qiladigan namoz va duoni Abdulloh ibn Avf(r.a) rivoyat qilib, Payg’ambarimiz(s.a.v) shunday deganliklarini aytganlar:
"œKimning Allohga yoki biror odamga ehtiyoji bo’lsa tahorat olib , ikki rakar namoz o’qisin. Allohga hamd, PAyg’ambarga salovat aytganidan so’ng shunday duo qilsin:
"œLa ilaha illallohul Haliymul Kariym. Subhanallohi Robbil arshil Aziym. Alhamdulillahi robbil ‘alamiyn. As’aluka mujibati rohmatika va a’zaima mag’firotika val g’onimata min kuli birrin vas salamata min kulli ismin. La tada’li zanban illa foffartah. Va la hamman illa farrojtah. Va la hajatan laka fiyha rizon illa qozaytaha ya arhamar rohimiyn".
"œHaliym va Kariym (sifatlarining sohibi) Allohdan boshqwa iloh yo’q. Buyuk arshining rabbi—Alloh nuqsonlardan pok. Olamlarning rabbi—Allohga hamd bo’lsin. Rahmating bilan gunohlarimni ketkazguvchi sifatlarni, mag’firatingni taqozo qiluvchi, har bir yaxshilikdan g’animatni, har bir yomonlikdan salomat bo’lishni Sendan istayman. Hech bir gunohimni qoldirmay mag’firat qil. Hech bir aziyatimni qoldirmay ketkazgin. Ey marhamatlilarning eng marhamatlisi, Sen xushnud bo’ladigan, roziligingga uyg’un bo’lgan hojatimni ravon qil".
Hojat namozini shanba kuni sahar o’qish afzalroqdir. Chunki Payg’ambarimiz s.a.v :"Kim shanba kuni ertalab hojatini aytsa hal bo’ladi. Uning hojati ravon bo’lishiga men kafilman",-deganlar".
Nom: Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
Yuborildi: Nodi 18 Sentyabr 2006, 04:53:13
Bir olimdan so'rabdilar:
- Bir kimsa tavba qilgan chig'ida tavbasi qabul qilingan yo qilinmaganligini bilish mumkinmi?
Olim shunday javob berdi:
- Yo'q, qabul qilingani yo rad etilgani to'g'risida keskin bir hukm chiqarilishi mumkin emas. Lekin qabul etilganini ko'rsatuvchi ba'zi bir alomatlar bor:
1. Kishi o'zida gunoh qilishga mayl bo'lmayotganini ko'radi;
2. Qalbidan shod-hurramlik ketganini ko'radi, har narsada Allohni hoziru nozir holda topadi;
3. To'g'ri va yahshi ahloqli kishilar bilan birga yuradi, yomon fe'lli kishilardan o'zini uzoq tutadi;
4. Ochko'zlik qilmaydi. Oz bo'lsa ham halol yo'l bilan topilganiga qanoat qiladi. Ozgina bo'lsa ham halol yo'l bilan topgan narsalari uning ko'ziga ko'p ko'rinadi, lekin qilgan hayrli va go'zal amallari ko'p bo'lsa ham uning ko'ziga oz ko'rinadi;
5. Qalbi doim Alloh farz qilgan narsalar bilan band bo'ladi;
6. Dinini yomon ko'zlardan himoya qiladi;
7. Davomli tafakkur holida yoradi;
8. O'tmishda qilgan gunohlari tufayli nadomat ichida yuradi.
« Last Edit: Mar 19, 2006, 3:36am by Abdurahmonqizi »   
Nom: Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
Yuborildi: Nodi 18 Sentyabr 2006, 04:53:21
Duo

"œEy Allohim! Eng buyuk salotlaringni, eng ulug’ barakotlaringni, eng ziyoda xayrlaringni, asrab- avaylashingni, mehribonlik va salomingni ummat janobi, Rahmat payg’ambari, barcha yaxshiliklar fotihi, xayr yo’lboshchisi, olamlar Parvardigorining Rasuli, nabiylarining so’ngisi, mutaqqiylarning imomi, rasullarning sayyidi Muhammad (alayhissalom)ga ehson et!".

Ey Allohim! U zotni avvalgilar va oxirgilar orzu etadigan, ko’zni oydin etajaging va o’zingga ziyoda yaqin etajaging maqomi Mahmudga yuksaltir!

Ey Allohim! Muhammad (alayhissalom)ning tilaganini ber, umidiga yetkaz! U zotni ilk shafoat etuvchi va shafoatni ilk qabul qiluvchi et!

Ey Allohim! U zotning hujjatini (dalilini) buyuk qil. Tarozusini barcha payg’ambarlarning mezonidan og’ir qil, dilini ochiq qil, darajasini muqarrar qullaringning eng balandiga yuksaltir!

Ey Allohim! Bizni uning jamoatida, uning shafoatiga sazovor ayla! Uning sunnati bilan yashat, uning millatiga (diniga) ol, bizni, uning havzi kavsariga qovushtir. Xor bo’lmasdan, razil bo’lmasdan, pushaymon bo’lmasdan, shubhalarga tushmasdan, uning yo’lini o’zgartirmasdan, o’zgalarni fitnaga solmasdan, dunyo zarlari bilan fitnalanmasdan bizni uning kosasidan ichirgil! Ey Olamlar Rabbisi, duoimizni qabul et.

Ey Allohim! Men qalbim bilan qaror berib, tavba qilib, so’ng nafsimning bexosiyatligi, jaholatim sabab, takror etgan barcha gunohlarimga Sendan mag’firat tilayman.
Nom: Re: Allohim duolarimni ijobat qil...
Yuborildi: sevar 16 Oktyabr 2007, 14:30:50
Assalomu alaykum, raxmat sizga anchadan beri DUO xaqda ko'proq bilgim kelar edi, mana siz orqali olloh nasib etibdi,shukr. Olloh rozi bo'lsin.