ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Jamiyat va inson => Biznes => Mavzu boshlandi: Ansora 06 Avgust 2012, 14:43:56

Nom: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 06 Avgust 2012, 14:43:56
 :asl3:

Menga bir tarjima taklifi keldi: tabiiy o'g'itlar bilan bog'liq. Bu soha men uchun tamoman begona bo'lgani uchun bu haqda ma'lumoti bor forumdoshlardan orada yordam so'rab tursam, degandim.

Asarlar O'zbek tilidan Turk tiliga tarjima qilinishi kerak. Agar taklifni olib kelgan kishi rozi bo'lsa, asarni forumga ham joylayman, foydasi tegar kimgadir.

Oldindan rahmat.
Nom: Bir savol!
Yuborildi: Ansora 10 Avgust 2012, 20:01:16
 :asl3:

Qisqartmalar bilan bog'liq savolim bor edi:

O'zR QHIICHM -O'zbekiston Respublikasi Qishloq Ho'jaligi Ishlab Chiqarish Markazi deganimi?

Nom: Bir kun javob beradigan biri chiqib qolar:)
Yuborildi: Ansora 22 Avgust 2012, 18:43:38
 :asl3:

Shu jumladagi "barqaror" so'zini qaysi ma'noda tarjima qilishga ikkilanib turibman:

Paxta va g'alla seleksiyasi va urug'chiligini barqaror rivojlantirishni yangi ilmiy-texnologik yo'nalishlari.

Barqaror so'zi- qaror topgan, mustahkam, uzil-kesil o'rnashgan, mustahkam, ustuvor ma'nolarida ishlatiladi.

Ba'zi matnlarda jumlalar qolip holida keladi albatta. Ayniqsa rasmiy hujjatlarda. Lekin hech jiddiy o'ylab ko'rmagan ekanman "barqaror" so'zini:)

Siz nima deb o'ylaysiz, yuqorida ko'rsatilganlardan qaysi biri mos tushadi tarjimaga?

Turk tiliga "kesin" deya tarjima qilsam asl matnda qasd etilgan ma'no o'zgarmasmikan?

Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Abdulhafizaka 22 Avgust 2012, 20:36:51
 :asl3:
Мени ўйлашимча барқарор сўзи собит сўзи билан алмаштирилса туркчада тушунарлироқ бўлар яна билмадим.
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 23 Avgust 2012, 01:22:12
 :asl3:

Xayrli kech. Yana bir savol:

Birlamchi va elita urug' nima degani:)

Shuhrat_Menimcha dehqon edilar shekilli, yordam bervoring:)

Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Sadulla 23 Avgust 2012, 06:38:13
:asl3:

Birlamchi va elita urug' nima degani:)

Bu huddi birinchi sort va oliy nav deganga o'xshashmi  :)
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Donishmand 23 Avgust 2012, 08:07:17
:asl3:

Shu jumladagi "barqaror" so'zini qaysi ma'noda tarjima qilishga ikkilanib turibman:

Paxta va g'alla seleksiyasi va urug'chiligini barqaror rivojlantirishni yangi ilmiy-texnologik yo'nalishlari.

"Barqaror"ning o'zi qolsa ham bo'ladi. "Samarali rivojlantirish", "yuqori sur'atda rivojlantirish" deb yozsangiz ham yaxshi. Aslida "jadal rivojlantirish" desa ham bo'lardi-ku, hozirda bu jumlani ko'p ham qo'llamayapmiz, sal qo'polroqqa o'xshaydi shekilli.

:asl3:
Мени ўйлашимча барқарор сўзи собит сўзи билан алмаштирилса туркчада тушунарлироқ бўлар яна билмадим.

"Sobit" unchalik ham to'g'ri kelmasa kerak, bilmadim-u, menga shunday tuyuladi.

:asl3:

Xayrli kech. Yana bir savol:

Birlamchi va elita urug' nima degani:)

Shuhrat_Menimcha dehqon edilar shekilli, yordam bervoring:)

Birlamchi urug' - bu seleksiya natijasida saralab olingan, birinchi marta ekilayotgan urug'. Elita - shu yo'l bilan olingan eng sifatli urug'.
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 23 Avgust 2012, 15:45:39
 :asl3:

Donishmand, rahmat fikrlar uchun. Aslida matnda "barqaror va jadal rivojlantirish..." kabi jumlalar serob:)

Yana bir savol: Gidromeliorativ sharoitni qisqacha qanday izohlash mumkin?
Oldindan rahmat.
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Donishmand 23 Avgust 2012, 20:12:52
Gidromeliorativ sharoit - bu sug'orilish holati, sharoiti.
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 23 Avgust 2012, 23:36:12
 :asl3:

Rahmat Donishmand.

Biogumus- Biohumus - Vermicompost (Turkchasi Solujan Gubresi) bilan hammasi bir xilmi?

http://en.wikipedia.org/wiki/Vermicompost

"Yer malhami" biyologik o'g'iti haqida ma'lumotingiz bormi?

KMO'- Kompleks mikrobiologik o'g'it haqida maqolalar bormi?
Nom: "пинтотец" vitamini haqida eshitganmisiz?
Yuborildi: Ansora 24 Avgust 2012, 16:08:16
 :asl3:

Xayrli jumalar.

"Pintotes- пинтотец" vitamini haqida malumotingiz bormi?
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Abdullah Isa 24 Avgust 2012, 16:26:17
:asl3:

Xayrli jumalar.

"Pintotes- пинтотец" vitamini haqida malumotingiz bormi?
:vsl3: vitamin nomi hato yozilmaganmi? Uzur
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 24 Avgust 2012, 16:37:22
:asl3:

Xayrli jumalar.

"Pintotes- пинтотец" vitamini haqida malumotingiz bormi?
:vsl3: vitamin nomi hato yozilmaganmi? Uzur

Bilmadim, menda ham shubha uygotdi, lekin qolimdagi kitob jiddiy kitob:(
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 24 Avgust 2012, 17:02:28
:asl3:

Xayrli jumalar.

"Pintotes- пинтотец" vitamini haqida malumotingiz bormi?
:vsl3: vitamin nomi hato yozilmaganmi? Uzur

Bilmadim, menda ham shubha uygotdi, lekin qolimdagi kitob jiddiy kitob:(

Va yoki shunday bolishi ham mumkinmi?

Пантотеновая кислота yoki VitaminB5 ?
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Donishmand 24 Avgust 2012, 17:58:25
:asl3:

Rahmat Donishmand.

Biogumus- Biohumus - Vermicompost (Turkchasi Solujan Gubresi) bilan hammasi bir xilmi?

http://en.wikipedia.org/wiki/Vermicompost

"Yer malhami" biyologik o'g'iti haqida ma'lumotingiz bormi?

KMO'- Kompleks mikrobiologik o'g'it haqida maqolalar bormi?

Biogumus- Biohumus - Vermicompost bular deyarli bir xil narsalar. "Yer malhami" o'g'iti haqidagi bilimlarim yuzaki holos. Umuman, organik o'g'itlarga ko'p ham ishim tushmagan, bilimlarim siznikidan ortiq emas deb o'ylayman. Anorganika haqida bo'lsa bemalol yordam berishim mumkin. :)
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 24 Avgust 2012, 22:45:43
 :asl3:

Yana men:)

tuproqning agregatlik holati, degani tuproqning mashina haydashi bilan bog'liq holati, deganimi:) yani qattiqmi, yumshoq tuproqmi, maydalash kerakmi, vhk:)

Bu tarjima tugaganda anchagina dehqon bo'lib qolaman shekilli :D
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Shuhrat_ 25 Avgust 2012, 14:34:23
 :vsl3: :vsl3:
menda "Umumiy Dexqonchilik"kitobi bor edi, qarab topib qo'yaman ,albatta savollarizga kitobiy javob berish kerak.
Yordam berishga harakat qilaman
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 26 Avgust 2012, 16:23:48
 :asl3:

Shu gapni soddalashtirib bersangiz:

Bir gektarga Oksigumat ishlatish bilan bog'liq sarf-harajat 100kg iqtisod qilinadigan ammoniyli selitra qiymati (16 ming so'm) bilan to'la qoplanadi....

Ha keyin OKSIGUMAT haqida ham malumot kerak edi...

Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Abdulhafizaka 26 Avgust 2012, 17:19:12
OKSIGUMAT (http://www.biona.ua/ru/production/naturalne-gospodarstvo/oxihumat-vegetables/) хақида русча маълумот
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Donishmand 26 Avgust 2012, 17:57:29
Iqtibos
Bir gektarga Oksigumat ishlatish bilan bog'liq sarf-harajat 100kg iqtisod qilinadigan ammoniyli selitra qiymati (16 ming so'm) bilan to'la qoplanadi....
Bir gektar yerga Oksigumat ishlatish 100kg ammoniy selitrasi qiymatiga teng mablag'ni tejash imkonini beradi.
(Bu yerda savol tug'iladi: - bir gektar yerga qancha oksigumat sarf qilinar ekan? - degan)
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 26 Avgust 2012, 18:18:24
OKSIGUMAT (http://www.biona.ua/ru/production/naturalne-gospodarstvo/oxihumat-vegetables/) хақида русча маълумот

Rahmat. Bu maqolani korgandim, hali yaxshilab oqib chiqmadim, lekin koz yugirtirganimda asosan meva-sabzavot uchun qollanilishi haqida yozilgan, men esa g'o'zada qo'llanilishi haqida malumot qidiryotgandim...bormikan shunaqa narsa?
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 26 Avgust 2012, 18:20:48
Iqtibos
Bir gektarga Oksigumat ishlatish bilan bog'liq sarf-harajat 100kg iqtisod qilinadigan ammoniyli selitra qiymati (16 ming so'm) bilan to'la qoplanadi....
Bir gektar yerga Oksigumat ishlatish 100kg ammoniy selitrasi qiymatiga teng mablag'ni tejash imkonini beradi.
(Bu yerda savol tug'iladi: - bir gektar yerga qancha oksigumat sarf qilinar ekan? - degan)

Javob: Go'za va bug'doy parvarishida ikki tadbir (uruqqa ekishdan oldin ishlov berish va ko'k palakka 2 marotaba sepish) bajarishda Oksigumatning umumiy sarfi 4500-500 so'mga teng, ammo traktor purkagichini 2 marotaba sepishga ishlatish harajati bilan 1 gektarga sarf miqdori tahminan 15.000 so'mga teng.

Kitob 2006- yilda yozilgan, balki hozir narxlar ham oshgandir.
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 26 Avgust 2012, 18:22:23
Yana savol:

Naychalash Tuguncha hosil qilmoq, tugmoq manosida ekan. Bu meva sola boshlaganida deganimi?
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Shuhrat_ 27 Avgust 2012, 00:43:08
Yana savol:

Naychalash Tuguncha hosil qilmoq, tugmoq manosida ekan. Bu meva sola boshlaganida deganimi?
naychalash: bu boshoqli ekinlaga aytilgan  yani bug'doy,sholi,arpa
bu ekinla hosildan oldin naychalaydi, boshoqlashdan oldin naychalaydi degani
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Shuhrat_ 27 Avgust 2012, 01:05:35
Iqtibos
Bir gektarga Oksigumat ishlatish bilan bog'liq sarf-harajat 100kg iqtisod qilinadigan ammoniyli selitra qiymati (16 ming so'm) bilan to'la qoplanadi....
Bir gektar yerga Oksigumat ishlatish 100kg ammoniy selitrasi qiymatiga teng mablag'ni tejash imkonini beradi.
(Bu yerda savol tug'iladi: - bir gektar yerga qancha oksigumat sarf qilinar ekan? - degan)
demak 1ga yerga o'rtacha g'o'zaga 300kg selitra solinsa,Oksigumat sepilgan 1ga g'o'zaga 200kg selitra, bu shu kunlada o'rtacha 80ming so'mni tejash .
Oksigumat ishlatmagan ekanmiz, lekin gumi 1ga yerga 0,5kg 200 -300litr suv, oksigumat ham shunga uxshasa kerak.(gala ekinlarini bargdan berilgan ug'it foyda qilmaydi deb o'ylayman)
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 27 Avgust 2012, 17:25:25
 :asl3:

Shuhrat, rahmat javoblar uchun. Bizda Oksigumat qanchadan sotiladi?

Yana savol:
Mineral o'g'itlarni NPK deya nomlashibdi, buning to'liq o'qilishi qanday bo'ladi?

Kitobda "ishchi eritma" jumlasini ilk o'qiganimda ishchi deganda dehqon deyabdi, deb oylabman:) keyin qarasam umuman boshqa nazarda tutilgan ekan.

Ishchi eritma, deganda- qo'llaniladigan, ishlatiladigan eritmani nazarda tutishgan- togri tushundimmi?

Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Donishmand 27 Avgust 2012, 17:33:15
Yana savol:

Naychalash Tuguncha hosil qilmoq, tugmoq manosida ekan. Bu meva sola boshlaganida deganimi?
naychalash: bu boshoqli ekinlaga aytilgan  yani bug'doy,sholi,arpa
bu ekinla hosildan oldin naychalaydi, boshoqlashdan oldin naychalaydi degani

Bizda bodring, pomidor, va hatto paxta ham naychalaydi. :)
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 27 Avgust 2012, 17:34:56
Yana savol:

Naychalash Tuguncha hosil qilmoq, tugmoq manosida ekan. Bu meva sola boshlaganida deganimi?
naychalash: bu boshoqli ekinlaga aytilgan  yani bug'doy,sholi,arpa
bu ekinla hosildan oldin naychalaydi, boshoqlashdan oldin naychalaydi degani

Bizda bodring, pomidor, va hatto paxta ham naychalaydi. :)

Izohli sozlikda: qovun, bodring, qovoq va shuning kabi poliz ekinlari haqida, deyilgan ekan...
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 27 Avgust 2012, 18:01:22
Ha yana: go'za shonalaganda degani- go'zaning g'unchasi paydo bolishi, degani ekan.

Yani go'za shonalaydi, keyin gullaydi, kesin ko'sak paydo bo'ladi, keyin paxta shundaymi?

Shona degani shu top gulday holati yani, togrimi?
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Donishmand 27 Avgust 2012, 19:40:47
:asl3:

Yana savol:[/b] Mineral o'g'itlarni NPK deya nomlashibdi, buning to'liq o'qilishi qanday bo'ladi?
Kitobda "ishchi eritma" jumlasini ilk o'qiganimda ishchi deganda dehqon deyabdi, deb oylabman:) keyin qarasam umuman boshqa nazarda tutilgan ekan.
Ishchi eritma, deganda- qo'llaniladigan, ishlatiladigan eritmani nazarda tutishgan- togri tushundimmi?

NPK... Oo NPK! Bu so'zni eshitsam ikki oy kechasi-yu kunduzi bilan qiynalganlarim esimga tushib ketadi... (Sochlarim tikka bo'lib ketishini aytmay qo'yaveray. Buni boshlayotganda forumga ham bir narsa yozgan edim, "tavakkal ish boshladik..." - degan ma'noda.)

Hullas, NPK - Nitrofoskaliy. Tarkibida azot(nitrogenium), fosfor(phosphorus) va kaliy(kalium) ionlari bo'lgan o'g'it. O'simliklar uchun ancha foydali, hohlovchilar uchun istagan miqdorda yetkazib beramiz. Ammo... anchagina qimmat :)

Ishchi eritma - organik o'g'itning suvga aralashtirilgan, sepishga tayyor holga keltirilgan eritmasi.
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Donishmand 27 Avgust 2012, 20:15:15
Ha yana: go'za shonalaganda degani- go'zaning g'unchasi paydo bolishi, degani ekan.

Yani go'za shonalaydi, keyin gullaydi, kesin ko'sak paydo bo'ladi, keyin paxta shundaymi?

Shona degani shu top gulday holati yani, togrimi?
Guli ochilmagan paytda gulbarg ustki o'ramasining ostida qattiqroq kichkina asos bo'ladi. Mana shu shona deyiladi.

Savollaringizdan o'zim borib ko'rmaganimda Andijonda tug'ilganingizga ishonmasdim. :)   :7
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 28 Avgust 2012, 00:53:12

Rahmat javoblar uchun, rozi boling:)

Ha endi esdan chiqibdi ancha narsa, keyin tushuntirib bera olish ham bir san'at:)
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 30 Avgust 2012, 12:35:00
 :asl3:

Abdulhafiz aka, ozgina oldin dalangizdagi makkalarni kordim:) qanaqa o'g'it ishlatasiz?
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Abdulhafizaka 30 Avgust 2012, 15:15:53
 :vsl3:
Биз бу йил камроқ Ñžғит ишлатдик чунки уруғга қўшиб бир гектарга 10 кг карбамит сепгандик мана шу ёнимиздаги шерикларимизнинг экини билан бизнинг экинни анча фарқ қилдириб юборди.
(http://s019.radikal.ru/i638/1208/d4/14046dbb8c10.jpg)
манабу суратдаги фарқнинг сабаби шунда биз экаётганда қўшнилар экиб бўлиб сув қўяётган эдилар хозир бизнинг экин уларникидан икки барорбар олдинда
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 31 Avgust 2012, 17:41:14
 :asl3:

Tarjima yakunlab borgan sari ancha muncha narsa tushunib qoldim. Hayratga tushyabman xatto, Allohni qudrati bu moddalar...dehqonchilik qilsam ham bolaveradi chamamda:) xayrlisi bolsin.

Bir savol: Ammofos- ammoniy bilan fosfatni aralashmasidan hosil qilingan o'g'itmi?

(Ha yana barqaror rivojlantirishni- başarılı geliştirmek, dedim)
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 31 Avgust 2012, 17:44:46
Abdulhafiz aka, karbamitni qanchadan olgandilar?
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Abdulhafizaka 31 Avgust 2012, 19:58:38
Abdulhafiz aka, karbamitni qanchadan olgandilar?
магазиндан адашмасам бир қопин(50 кг)ни 46мингдан огандик
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Fayzulloh 01 Sentyabr 2012, 01:34:11
Abdulhafiz aka, karbamitni qanchadan olgandilar?
магазиндан адашмасам бир қопин(50 кг)ни 46мингдан огандик

 :asl3:

O'rtaga qo'shilganim uchun uzuru lekin karbamitni meyoridan ko'pam berib bo'midiyov. O'sishga o'sib keto'radikuya meva hosilini somidide. Makka jo'horisi yahshi bo'ganmi Abdulhafizaka?
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Abdulhafizaka 01 Sentyabr 2012, 11:50:48
Abdulhafiz aka, karbamitni qanchadan olgandilar?
магазиндан адашмасам бир қопин(50 кг)ни 46мингдан огандик

 :asl3:

O'rtaga qo'shilganim uchun uzuru lekin karbamitni meyoridan ko'pam berib bo'midiyov. O'sishga o'sib keto'radikuya meva hosilini somidide. Makka jo'horisi yahshi bo'ganmi Abdulhafizaka?
мана хосили макка жўхоримас лекин
(http://s56.radikal.ru/i153/1208/a6/8b3ab5d41742.jpg)
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 02 Sentyabr 2012, 00:21:28
 :asl3:

Soyuz NIHI va Soyuz NIIHI -bu jurnal shekilli a?

Keyin bizda almashlab ekish qay darajada? Qolimdagi kitobda hali unchalik emasligi haqida qaygurib yozilgan ekan.
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Abdulhafizaka 02 Sentyabr 2012, 17:19:29
:asl3:

Keyin bizda almashlab ekish qay darajada? Qolimdagi kitobda hali unchalik emasligi haqida qaygurib yozilgan ekan.
масалан бир йил пахта бир йил қора экин деганингизми, агар шундай бўлса бизда бунга кўп жойда амал қилинади масалан бундай тартибда, бахорда пахта, кузда буғдой, буғдойдан июнда бўшагач қора экин, қишда бўш туради яна бахорда пахта, баъзи жойларда эса бир сезон пахта бир сезон дам олади.
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 08 Sentyabr 2012, 17:19:34
 :asl3:

Shu gapdagi so'zlarda ham yordam bersangiz:

Bu yerda ikkita holat aniq ko'zga tashlanadi: birinchi holat, mexanik tarkib qumoq, ayniqsa soz bo'lsa, bunda uning tarkibida mayda chang(0,005-0,001mm) va il (0,001mm) ustunlik qiladi...

Bu yerdagi SOZ va Il so'zlarni yaxshiroq tushunishimda yordam bersangiz.
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 10 Sentyabr 2012, 13:08:39
 :asl3:

Paxta tuganagi bilan ko'sagining farqi nimada ajabo ::)
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Donishmand 10 Sentyabr 2012, 18:31:30
:asl3:

Shu gapdagi so'zlarda ham yordam bersangiz:

Bu yerda ikkita holat aniq ko'zga tashlanadi: birinchi holat, mexanik tarkib qumoq, ayniqsa soz bo'lsa, bunda uning tarkibida mayda chang(0,005-0,001mm) va il (0,001mm) ustunlik qiladi...

Bu yerdagi SOZ va Il so'zlarni yaxshiroq tushunishimda yordam bersangiz.
Soz tuproq - toza, unumdor tuproq.
Ill - chirindi.
:asl3:

Paxta tuganagi bilan ko'sagining farqi nimada ajabo ::)
Tuganagi - gulbarg ostidagi qattiq qismi
Ko'sagi - gullab, changlanib  bo'lganidan keyngi o'sha tuganagining rivojlangani.
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 10 Sentyabr 2012, 18:44:12

rahmat. lekin soz biz oylaganday (men ham boshda sunday, deb oylagandim)
emas:
qamish- degani ekan:) kitob Qashqadaryo havzasi bilan bogliq edi...

yanada katta rahmat, judayam kop yordam berdingiz.

Ozgina oldin tarjimani jonatdim egasiga, uf yelkamdan tog agdarildiyeeey:)

lekin judayam kop narsa organdim:)

orada yozib turarman:)

tabiiy ogitlardan togri foydalanishniyam bilish shart ekan, masalan go'ngni olsak, uni sharbat qilib joyakka oqizish bilan ish bitmas, sharbat oqib borgan joyda emib, undan uyogiga otmas ekan, shuning uchun plyonka yoyib, teshib chiqish kerak ekan har har joyda:)

ana shunaqa gaplar:)
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 10 Sentyabr 2012, 18:47:10
Ha keyin men judayam tasirlangan narsa: tuproqda aerob va anaerob-(kislorodli va kislorodsiz yashaydigan bakteriyalar) bularni oldirmaslik uchun tuproqni agdarib haydamaslik kerak ekan, shunday qilganimizda ular olib, bekorga karbongidratga aylaniiib uchib ketarkan havoga:)

yer kavlaganda ehtiyot bolinglar:)
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Donishmand 11 Sentyabr 2012, 07:39:50
Iqtibos
Bu yerda ikkita holat aniq ko'zga tashlanadi: birinchi holat, mexanik tarkib qumoq, ayniqsa soz bo'lsa, bunda uning tarkibida mayda chang(0,005-0,001mm) va il (0,001mm) ustunlik qiladi...
Endi "qamish"ni qo'yib ko'ramiz: Bu yerda ikkita holat ko'zga tashlanadi: birinchi holat, mexanik tarkib qumoq, ayniqsa qamish bo'lsa, bunda uning tarkibidagi mayda chang (0,005-0,01 mm) va il (0,001 mm) ustunlik qiladi...
Opa, heeech kelishmayaptida shu gap... :)
Nom: Re: Mineral, organik va biologik o'g'itlar haqida ma'lumotingiz bormi?
Yuborildi: Ansora 11 Sentyabr 2012, 12:58:43
Iqtibos
Bu yerda ikkita holat aniq ko'zga tashlanadi: birinchi holat, mexanik tarkib qumoq, ayniqsa soz bo'lsa, bunda uning tarkibida mayda chang(0,005-0,001mm) va il (0,001mm) ustunlik qiladi...
Endi "qamish"ni qo'yib ko'ramiz: Bu yerda ikkita holat ko'zga tashlanadi: birinchi holat, mexanik tarkib qumoq, ayniqsa qamish bo'lsa, bunda uning tarkibidagi mayda chang (0,005-0,01 mm) va il (0,001 mm) ustunlik qiladi...
Opa, heeech kelishmayaptida shu gap... :)

 :asl3:

Bugun erta bu soxani yaxshi biladiganlar tarjimani kozdan kechirib menga javob berishadi, men 2-3 xil ma'noda yozdim, xohlaganlarini tanlab olishsin:)

Tadqiqotlar bilan bog'liq jadvallarda "yengil soz" "o'rta soz" deb berilganligi uchunam shevaga xos (chunki soz sozi shevalarda qamish manosini bildirarkan) qamish sozini yozdim)

Mantiqan oylab qarasak, qum aralash tuproqli joylarda chopib yoq qilinishi qiyin bolgan qamishlar boladi (jonimiz chiqardi ularni dastidan)

Yana bir tarafi- soz- yaxshi manosida ishlatmoqchi bolsa, nimaga endi aynan soz, sozini ishlatsin ki?

Yana bilmadim:) javob kelsinchi koramiz:)