forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 09:59:16

Nom: Imom Navaviy. Al-azkor
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 09:59:16
Al-faqih Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf an-Navaviy

Al-AZKOR

min kalami sayyidil abror
(Yaxshilar sayyidining  kalomidan zikrlar)

Tarjimon
Anvar Ahmad

«Movarounnahr»
Toshkent


© “MUTARJIM”  2003-2005 y.

Al-Azkor

(http://www.ziyouz.com/images/books/al_azkor.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=60)

Muallif: Al-Faqih an-Navaviy
Hajmi: 827 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=60)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.0)


MUNDARIJA

Muallif va uning ushbu asari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg17934#msg17934)
Muallif muqaddimasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg17938#msg17938)
Vaqti tayin qilinmagan fazilatli zikrlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg17955#msg17955)
Qur’on tilovat qilish kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg18580#msg18580) 
Alloh taologa hamd aytish kitobi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg18602#msg18602)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish kitobi   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg18606#msg18606)
Favqulodda holatlarda qilinadigan duo va zikrlar kitobi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg18621#msg18621)
Kasallik va o’lim hamda u ikkisiga taalluqli zikrlar  kitobi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg18721#msg18721)
Maxsus namozlardagi zikrlar kitobi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg18926#msg18926)
Ro’za zikrlari kitobi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg19029#msg19029)
Haj  zikrlari kitobi   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg19061#msg19061)
Musofirlikdagi zikrlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg25967#msg25967)
Yemak va ichmak zikrlari kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg26779#msg26779)
Izn so'rash va salom berish kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg26825#msg26825)
Nikoh zikrlari kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg26940#msg26940)
Ismlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg26959#msg26959)
Turli zikrlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg27004#msg27004)
Tilni saqlash kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg27609#msg27609)
Duolarni jamlovchi kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg27849#msg27849)
Istig'for kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg27913#msg27913)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:00:22
MUNDARIJA

Muallif va uning ushbu asari haqida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg17934#msg17934)
Muallif muqaddimasi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg17938#msg17938)
Vaqti tayin qilinmagan fazilatli zikrlar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg17955#msg17955)
Qur’on tilovat qilish kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg18580#msg18580) 
Alloh taologa hamd aytish kitobi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg18602#msg18602)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish kitobi   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg18606#msg18606)
Favqulodda holatlarda qilinadigan duo va zikrlar kitobi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg18621#msg18621)
Kasallik va o’lim hamda u ikkisiga taalluqli zikrlar  kitobi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg18721#msg18721)
Maxsus namozlardagi zikrlar kitobi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg18926#msg18926)
Ro’za zikrlari kitobi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg19029#msg19029)
Haj  zikrlari kitobi   (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg19061#msg19061)
Musofirlikdagi zikrlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg25967#msg25967)
Yemak va ichmak zikrlari kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg26779#msg26779)
Izn so'rash va salom berish kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg26825#msg26825)
Nikoh zikrlari kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg26940#msg26940)
Ismlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg26959#msg26959)
Turli zikrlar kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg27004#msg27004)
Tilni saqlash kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg27609#msg27609)
Duolarni jamlovchi kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg27849#msg27849)
Istig'for kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=741.msg27913#msg27913)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:01:13
Muallif va uning ushbu asari haqida

Imom, hofiz, faqih, muhaddis Yahyo ibn Sharofiddin ibn Murriy ibn Hasan al-Hizomiy al-Huvroniy an-Navaviy ash-Shofe’iy Islom olamining mo’’tabar olimlaridan sanaladi. Kunyalari — Abu Zakariyo, laqablari Muhiddin. Ammo Allohga tavozu’ qilib, Muhiddin deb laqablanishni karih ko’rganlar. Chunki din doimiy hayot va sobit bo’lgan narsadir, tiriltiruvchi kishiga muhtoj emasdir, deb aytardilar. («Muhiddin» — dinni tiriltiruvchi degan ma’noni anglatadi.) Lahmiy u zot haqida: «Meni Muhiddin deb ataydiganlarni do’st tutmayman, deb aytdilar», deydilar.

Imom Navaviy hijratning 631 yili muharram oyida Damashqdagi Navo shahrida dunyoga keldilar. Yoshliklaridayoq Qur’onni yod oldilar. O’n to’qqizga kirganlarida otalari Damashqqa olib bordilar va «Ravohiya» madrasasiga joylashtirdilar. Maqsad ilm tahsilini yanada kuchaytirish edi. Bu yerda Ishoq ibn Ahmad ibn Usmon Mag’ribiy al-Maqdisiydan fiqhni ta’lim oldilar, Sheroziyning «Muhazzab» nomli kitoblarini o’qib chiqdilar. Ishoq ibn Ahmad u zotning fiqh ilmidagi birinchi ustozlari bo’ldi. Navaviy hazratlari har kuni 12 xil dars bilan mashg’ul edilar. Orada tib bilan ham mashg’ul bo’lishga qasd qildilar. Lekin Alloh taolo u zotni bu ilmdan burib qo’ydi. Balki Damashqdagi «Dorul hadis al- Ashrafiya»da dars berishni nasib qildi. Bu hodisa hijratning 665 yili ro’y berdi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:02:13
Imom Navaviy hazratlari nihoyatda taqvodor, zohid, par-hezli kishi edilar. Biror soatlarini Alloh toatidan boshqa ishga sarf qilmasdilar. Kechalarini ibodat va kitob tasnif etish bilan o’tkazardilar. Haq u kishi uchun hamma narsadan ustun edi. Podshoh Zohir Bibris bilan bo’lib o’tgan hodisa u zotning xulqlaridagi ana shu qirrani ochadi. Malik Zohir bir fatvoga imzo chekish uchun u zotni chaqirtirdi. Imom hazratlari boshlariga kichikkina salla o’rab bordilar. Sallalariga qarab, mensimasdan: «Ey shayx! Bu fatvoga imzo chek», dedi. Ammo Imom bosh tortdilar. Podshoh g’azab bilan: «Nima uchun?» deb so’radi. Shunda Shayx hazratlari: «Bu fatvoda og’irlik keltiruvchi zulm bor», dedilar. Podshoh yanada g’azablanib: «Uni hamma vazifalaridan bo’shatinglar», deb amr qildi. Ayonlar esa: «Unda hech qanaqa vazifa yo’q», deb javob berishdi. So’ng podshoh qatl qilishni qasd qildi. Lekin unga Alloh niyatini amalga oshirishga jur’at bermadi. «Nega o’ldirmadingiz, bunaqa vaziyat boshqa bo’lmaydi», de-yishganida, podshoh: «Allohga qasamki, uning vajohati meni qo’rqitib yubordi», deb javob berdi.

Bu ish Allohning fazlidir. Uni solih bandalaridan xohlaganiga beradi.
Imom Navaviy juda ko’p kitob tasnif etganlar. Misol tariqasida ularning ba’zisini keltirib o’tamiz.
1. Sharhi Sahihi Muslim. 2. Irshod.  3. Taqrib va Taysiyr fiy ma’rifati sunanil Bashiyr an-Naziyr. 4. Tahziybul asmo val lug’ot.  5. Tibyon fiy odobi hamlatil Qur’on. 6. Minhoji at-Tolibiyn. 7. Bustonil orifiyn. 8. Xulosatul ahkom fiy muhimmoti sunani va qavoidil islom. 9. Ravzatut tolibiyn va umdatul muftiyn. 10. Sharhul muhazzab. 11. Riyozus solihiyn. 12. Hulyatul abror va shiorul axbor fiy talxiysi da’vot val azkor (Bunisi qo’lingizdagi mazkur kitobdir).
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:02:32
Quyidagi sunnat kitoblarini shayxlaridan eshitganlar: 1. Jomi’ as-sahih al-Buxoriy. 2. Sahihi Muslim. 3. Sunani Abu Dovud. 4. Jomi’ut Termiziy 5. Sunani Ibn Moja. 6. Sunani Nasoiy. 7. Muvatto Molik. 8. Musnadi Shofe’iy. 9. Musnadi Ahmad. 10. Musnadi Doramiy. 11. Musnadi Abu Ya’lo. 12. Sahihi Abu Avona. 13. Sunani Bayhaqiy. 14. Sharhi sunna lil Bag’aviy. 15. Amalul yavm val layla li Ibn Sunniy. 16. Al-jomi’ li odobir roviy vas somi’ lilxatib Bag’dodiy. 17. Ansob li Zubayr ibn Bakkor. 

Damashqda istiqomat qilganlarida fiqh, hadis, usul kabi har turli ilmlarni quyidagi ustozlardan ta’lim olganlar:
1. Abu Ibrohim Ishoq ibn Ahmad ibn Usmon al-Mag’ribiy.
2. Abdurahmon ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Qudoma Maqdisiy al-Hanbaliy.
3. Abu Muhammad Abdurahmon ibn Nuh Maqdisiy al-Damashqiy.
4. Abu Hafs Umar ibn As’ad ibn Abu Folib Rub’iy al-Irbiliy.
5. Abul Hasan Sallor ibn Hasan Irbiliy al-Damashqiy.
6. Abu Ishoq Ibrohim ibn Umar al-Vositiy («Sahihi Muslim»ni shu kishidan eshitganlar).
7. Abul Baqo Xolid ibn Yusuf ibn Sa’d Nobilisiy.
8. Abu Ishoq Ibrohim ibn Iso al-Murodiy al-Andalusiy.
9. Imomul muhaddis Ziyo ibn Tammom Hanafiy.
10. Shayx Abul Abbos Ahmad ibn Solim Misriy Nahviy al-Lug’aviy.
11. Alloma Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh ibn Molik Jayyaniy.
12. Qozi Abul Fath Umar ibn Bandor ibn Umar ibn Ali Taflisiy.
13. Abul Abbos Ahmad ibn Abduddoim Maqdisiy.
14. Abul Faraj Abdurahmon ibn Shayx.
15. Abu Muhammad Abdurahmon ibn Solim Abu Yahyo Anboriy.
16. Abu Muhammad Ismoil ibn Ibrohim at-Tanuhiy.
17. Abu Muhammad Abdulaziz ibn Abu Abdulloh Abdul Muhsin Ansoriy.
18. Alloma Abu Shoma Abdurahmon ibn Ismoil Damashqiy.
19. Abdurahmon ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Hasan Bodironiy Bog’dodiy.
20. Qozi Imoduddin Abul Fozil Abdulkarim ibn Abdussamad Xiristoniy.
21. Fazl Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad Fikriy.
22. Abu Zakariyo Yahyo ibn Abulfath Xironiy Sayrufiy.

Imom Navaviy hazratlari 676 hijriy sananing 24 rajabida chorshanba kuni kechasi Navo shahrida dorul baqoga rihlat qildilar va shu yerga dafn etildilar. Bu zotning vafotlaridan butun Damashq ahli qayg’uga botdi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:03:27
MUALLIF MUQADDIMASI

«Bas, Meni eslanglar, Men ham sizlarni eslayman va Menga shukr qilinglar va Meni inkor etmanglar!» (Baqara, 152-oyat).

Qahhor va aziz, gunohlarni mag’firat etuvchi, qadarlarni o’lchovchi, ishlarni tasarruf qiluvchi, qalbi uyg’oq, ko’zi ochiq kishilar tafakkur qilishlari uchun kechani kunduzga alishtiruvchi yagona Allohga hamd bo’lsin. U ba’zi bandalarini uyg’oq qilib, yaxshilar jumlasiga kiritdi, ba’zilarini tanlab oldi va o’ziga muqarrab-yaqin bandalaridan qildi. Bu bandalar Uning roziligi uchun bor kuchlarini sarflaydilar va oxiratga tayyorgarlik ko’radilar, Uning g’azabini keltiradigan narsalardan chetlanib, do’zax azobiga tushib qolishdan ehtiyot bo’ladilar, hamisha Uning toati va zikrida yuradilar. Bandalarining qalblariga nur bergan Allohga hamd aytaman. Fazlu karamining bundan-da ziyoda bo’lishini so’rab qolaman. Aziym, vohid, samad, aziz, hakim sifatli Allohdan boshqa iloh yo’qligiga, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Uning bandasi va rasuli, tanlab olgan do’sti va habibi, yaratganlarining eng afzali, o’tgandagi va kelgusidagi kishilarning eng hurmatlisi ekaniga iymon keltiraman. Bu zotga va boshqa payg’ambarlarga, barchalarining oilalariga hamda boshqa solih kishilarga Allohdan salovot va salomlar bo’lsin.

Alloh taolo Baqara surasining 152-oyatida: «Bas, Meni eslanglar, Men ham sizlarni eslayman», Zariyat surasining 56-oyatida:

«Jin va insni faqat o’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim», deydi.

Bu oyatlardan banda uchun eng afzal ish olamlar Rabbini yod etish va payg’ambarlarning sayyidi Rasulullohdan vorid bo’lgan zikrlar bilan mashg’ul bo’lish ekani bilinadi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:03:43
Ulamolar kechayu kunduzdagi amallar, ularda o’qiladigan duo va zikrlar to’g’risida ko’plab kitoblar tasnif etishgan. Lekin ularda zikrlarning sanadi uzun va takror-takror kelgan. Tabiiyki, bu hol o’quvchining qiziqishini bir oz susaytiradi. Shuning uchun bu borada yengil, ravon o’qiladigan risola tasnif etishni qasd qildim va ko’p sanadlarni tushirib yubordim. Chunki maqsad sanadlarni bilish emas, balki zikrlarni o’rganish va unga amal qilishdir. Ammo bu sanadlar o’rnini muhimroq narsalar bilan to’ldirdim. Ya’ni, hadislarning holatini — sahih, hasan, zaif... ekanini bayon etdim. Chunki oz sonli muhaddislarni hisobga olmaganda, ko’pchilik bu narsani bilishga muhtojdir. Bu kitobga hadis ilmidan nafis jumlalarni, fiqhning nozik tomonlarini, qoidalarning ahamiyatli o’rinlarini, nafs tarbiyasiga taalluqli matnlarni, soliklar bilishi ta’kidlangan odoblarni qo’shib qo’ydim. Xullasi kalom, avomu olimlar yengil fahmlashlari uchun nima lozim bo’lsa, shuni zikr qildim.

Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim (biror kishini) hidoyatga chaqirsa, hidoyatga ergashgan kishining ajridan biror narsa kamaytirilmasdan, uning ajricha ajr oladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari

Men ham oson yo’llarni bayon qilish bilan yaxshilik ahllariga yordam berishni xohladim. Kitobning avvalida hammamiz muhtoj bo’lgan muhim bir Faslni zikr qildim. Agar uncha mashhur bo’lmagan sahobiyning nomi kelsa, bilmaganlarni ogoh etish uchun falon sahobiydan, deb aytdim.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:04:04
Bu kitobni yozishda Islom asosi bo’lmish beshta mashhur asar — «Sahihul Buxoriy», «Sahihul Muslim, «Sunani Abu Dovud», «Sunani Termiziy», «Sunani Nasoiy» kitoblariga suyandim. Juda oz o’rinlarda boshqa taniqli asarlardan foydalandim. Asosan sahih hadislarni keltirdim. Zaiflarini zikr qilishdan saqlandim. Ba’zi o’rinlarda zikr qilgan bo’lsam ham, zaifligini bayon etdim. Shuning uchun bu kitobning ishonchli manbalardan bo’lishiga umid qilaman.

Allohdan bu ishlarning muvaffaqiyatli bo’lishini, inobatga olishini, yordam berishini, hidoyatga boshlashini, o’zi saqlashini so’rayman. Yana har turli mukarram ishlarda bardavom bo’lishni va men bilan do’stlarimni karamli hovlida jam qilishini so’rab qolaman.

Menga Alloh kifoyadir. Va U juda ham yaxshi vakil. O’zgartirish va quvvat faqat hakim va aziz bo’lgan Allohnikidir. Alloh nimani xohlasa, o’sha bo’ladi. Allohdan boshqada quvvat yo’q. Allohga tavakkal qildim. Uni mahkam tutdim. Undangina yordam so’radim. Ishimni Unga topshirdim.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:04:39
Allohdan nafsimning, ota-onamning, birodarlarimning va jamiki musulmonlarning dunyoyu oxirat ishlarida bergan ne’matlarini saqlashini so’rab qolaman. Agar Allohdan biror narsaning saqlanishini so’rasangiz, albatta, U saqlaydi. U eng yaxshi saqlovchidir.

Fasl: Xoh maxfiy, xoh zohiriy bo’lsin, barcha amallarda niyatni chiroyli qilish hamda ixlosli bo’lish

Alloh taolo Bayyina surasining 5-oyatida aytadi:

«Holbuki, ular faqat yagona Allohga, U zot uchun dinni xolis qilgan, To’g’ri yo’ldan og’magan hollarida ibodat qilishga buyurilgan edilar». Haj surasining 37-oyatida esa bunday deydi:

«Allohga (qilgan qurbonliklaringizning) go’shtlari ham, qonlari ham yetmas, lekin U zotga sizlarning taqvo-ixlosingiz yetar». Ibn Abbos (r.a.) «U zotga sizlarning taqvo-ixlosingiz yetar» jumlasining ma’nosini: «Unga sizlarning niyatingiz yetadi», deb tushuntirganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:04:54
Hofiz Abulbaqo Xolid ibn Yusuf Maqdisiy Abul Yaman Kindiydan, bu zot Muhammad ibn Abdulboqiy al-Ansoriydan, bu zot Abu Muhammad Hasan ibn Ali al-Javhariydan, bu zot Abul Husayn Muhammad ibn Muzaffar al-Hofizdan, bu zot Abu Bakr Muhammad ibn Muhammad ibn Sulaymon al-Vositiydan, bu zot Abu Nu’aym Ubayd ibn Hishom al-Xalabiydan, bu zot Ibn Muborakdan, bu zot Yahyo ibn Saiddan, bu zot Muhammad ibn Ibrohim at-Taymiydan, bu zot Alqama ibn Vaqqos al-Laysiydan, bu zot Umar ibn Xattobdan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta, amallar niyat bilandir. Har bir kishi niyat qiluvchidir. Kimning hijrati Alloh va rasuli uchun bo’lsa, bas, Alloh va rasuli uchun hijrat qilibdi. Kimning hijrati dunyoga yetishish yoki xotinga uylanish uchun bo’lsa, uning hijrati o’sha narsasiga bo’libdi». Bu hadisning sahihligiga va darajasi ulug’ligiga ittifoq qilingan. Bu hadisi sharif Islom asoslaridan birini ifoda etgandir. Ulamolar bir kitob tasnif etsalar, mana shu hadis bilan boshlaganlar va bu bilan unga o’quvchining diqqatini qaratganlar.

Imom Abu Said Abdurahmon ibn Mahdiydan rivoyat qilinishicha, u kishi: «Kim kitob tasnif etmoqchi bo’lsa, mana shu hadis bilan boshlasin», deganlar.

Imom Abu Sulaymon Xattobiy aytadilar: «Ilgarigi shayxlarimiz hamma ishda, xoh diniy, xoh umumiy hojatlarda bo’lsin, «Amallar niyat bilandir», hadisini muqaddam etishni ma’qul ko’rishgan».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:05:08
Ibn Abbosdan bizgacha yetib kelgan bir gap bor. U zot: «Kishi niyatiga qarab saqlanadi», degan ekanlar. Boshqalar esa: «Niyatiga qarab beriladi», deyishgan.

Sayyid Abu Ali Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: «Insonlar sababli bir amalni tark qilish riyo va insonlar sababli bir amalni bajarish shirkdir. Alloh bu ikkitasidan saqlagani haqiqiy ixlosdir».

Imom Horis Muhosibiy: «Rostgo’y kishi boshqalarning qalbidan chiqadigan narsaga e’tibor bermaydigan va zarracha yaxshiligidan insonlar ogoh bo’lishini yoqtirmaydigan hamda yomon amallaridan insonlar xabardor bo’lishini karih ko’rmaydigan kishidir», deydilar.

Huzayfa Mar’ishiy aytadilar: «Ixlos insonning zohiri ham, botini ham bir xil bo’lganidir».

Abulqosim Qushayriy deydilar: «Ixlos — toatda Alloh taoloning yakka o’zini qasd qilish. Toatdan maqsad Allohga yaqin bo’lishdir, maxluqqa ko’rinish uchun yoki insonlardan maqtov eshitish, muhabbatini qozonish kabilar emas».

Sayyid Abu Muhammad Sahl ibn Abdulloh Tustariy bunday deydilar: «Ixlosni aqlli kishilar, harakat, sukut, botin-u zohir faqat Alloh uchun bo’lib, havoyi nafs ham, dunyo ham aralashmasligi kerak, deb tushunishgan».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:05:31
Abu Ali Daqqoq aytadilar: «Ixlos — xalqning rioyasini qilishdan saqlanish. Rostgo’ylik esa, nafsga toat etishdan omonda bo’lish. Ixlosli kishida riyo bo’lmaydi, rostgo’yda mag’rurlanish».

Zunnun Misriy: «Ixlosning alomati uchta narsada bilinadi: ommaning maqtovi ham, malomati ham bir xil bo’lishi; amallar ichida o’zining amalini unutish; amallarga savobni oxiratda talab qilish», deydilar.

Qushayriy (r.a.) aytadilar: «Rostgo’ylikning eng past darajasi botin bilan zohirning barobar bo’lishidir».

Sahl Tustariy deydilar: «O’zini yoki birovni aldagan kishi rostgo’ylikning hidini ham hidlamaydi».

Bu to’g’rida co’zlarimiz ko’p, lekin kifoya darajasida ishora qildim.

Fasl: Agar birorta fazilatli amaldan xabar topsangiz, uning ahlidan bo’lish uchun bir marta bo’lsa ham, amal qilib qo’ying. Aslo tark etmang. Rasulullohdan vorid bo’lgan sahih hadisda: «Agar sizlarga biror narsani buyursam, qodir bo’lganingizcha unga amal qilinglar», deb aytilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:05:52
Fasl: Muhaddislar, faqihlar va boshqa ulamolar mavzu’-to’qima bo’lganidan tashqari barcha rag’batlantiruvchi va ogoh etuvchi hadislarga fazilatli ibodatlarda amal qilish joiz, deb aytishadi. Ammo halol-harom, oldi-sotdi, nikoh, taloq kabi hukmlarda faqat sahih va hasan isnodli hadislarga amal qilinadi. Mabodo, zaif hadislar olinadigan bo’lsa, juda ehtiyotkorlik bilan yo’l tutiladi. Shunga ko’ra, savdo-sotiq yoki nikoh masalalarida karih ko’rilgan narsalar zaif hadislarda vorid bo’lsa, undan chetlanish mustahabdir. Vojib emasdir.

Fasl: Zikr qilish mustahab bo’lganidek, zikr halqalarida o’tirish ham mustahabdir. Bunga ochiq-oydin dalillar kelgan. Ularga, inshaalloh, o’rnida batafsil to’xtalamiz. Hozircha ikki-uchta hadisni zikr qilish bilan kifoyalanamiz.

Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar jannat bog’laridan o’tsangiz, sayl qilib (aylanib) ketinglar», dedilar. Shunda sahobalar: «Jannat bog’lari nima, ey Rasululloh?» deb so’rashdi. Rasululloh: «Zikr halqalari», deb aytdilar». Chunki Alloh taoloning farishtalari zikr halqalarini istab, dunyoni kezib yurishadi. Zikr qilayotganlarni uchratib qolishsa, ularni o’rab olishadi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:06:10
Muoviya (r.a.) rivoyat qiladilar: «Sahobalar halqa bo’lib o’tirishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning oldiga chiqib: «Sizlarni bunday o’tirishga nima narsa undadi?» deb so’radilar. «Allohni zikr qilish va bizni Islomga hidoyat qilganiga hamd aytish uchun o’tiribmiz», de-yishdi sahobalar. Shunda Rasululloh: «Mana shuning uchun o’tirdinglarmi? Sizlarga tuhmat qilgan holda, ont ichinglar, demayman-u, lekin menga Jabroil (alayhissalom) kelib, Alloh taolo sizlar bilan farishtalariga faxrlanayotgani xabarini berdi», dedilar».

Abu Said Xudriy va Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir qavm o’tirib, Allohni zikr qilsa, ularni maloikalar o’rab oladi va rahmat qoplaydi. Ustlariga xotirjamlik tushiradi. Alloh ularni o’zining huzuridagilar (ya’ni, farishtalar) bilan eslaydi», dedilar. Muslim rivoyatlari

Fasl: Zikr qalb yoki til bilan bo’ladi. Afzali qalb va til bilan birga bo’lganidir. Agar bittasi ila kifoyalanishni xohlasangiz, qalb bilan bo’lgani afzal. Riyodan qo’rqib, qalb va til bilan qilinadigan zikrlarni tark etish kerak emas. Balki Allohning roziligini tilab, doim zikr qilib yurish lozim. Fuzayl (r.a.) yuqorida aytganlaridek, insonlar gapidan qo’rqib, bir amalni tark qilish riyodir. Agar odamlarning mulohazasiga qarab ish tutilsa, ko’p yaxshilik eshiklari yopiladi, dinning muhim ashyolari zoe’ bo’ladi. Bu yo’l oriflarning yo’li emas.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:06:46
Oisha (r.a.):
«Namozingni jahriy ham, maxfiy ham qilib yuborma» (Isro surasi, 110), oyati duo haqida nozil bo’ldi», deganlar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Fasl: Zikrning doirasi tasbih, tahlil, takbir yoki shularga o’xshash narsalar bilan chegaralanib qolmagan, balki Allohning toati uchun bo’lgan har bir amal Allohni zikr qilish hisoblanadi.
(Tasbih — «Subhonallohi», tahmid — «Alhamdu lillahi», tahlil — «La ilaha illalloh», takbir — «Allohu akbar» deb aytishdir. — Tarjimon.)

Said ibn Jubayr va boshqa ulamolar aytishadi: «Halol-harom hukmlari zikr etilgan majlislar, oldi-sotdi, namoz o’qish, ro’za tutish, nikoh qilish, taloq qo’yish, hajga borish va shunga o’xshash masalalardan so’z borgan barcha yig’inlar zikr majlislaridir».

Fasl: Alloh taolo Ahzob surasining 35-oyatida:
«Allohni ko’p zikr qiluvchi erkaklar va (Allohni ko’p) zikr qiluvchi ayollar — ular uchun Alloh mag’firat va ulug’ mukofot (ya’ni, jannat) tayyorlab qo’ygandir», deydi.

«Sahihi Muslim»da esa, Abu Hurayradan (r.a.) quyidagi hadis rivoyat qilingan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mufarridlar oldinga o’zib ketishdi», dedilar. Shunda sahobalar: «Mufarridlar deganingiz kimlar, ey Rasululloh?» deb so’rashdi. Rasululloh: «Allohni zikr qiluvchi erkaklar va ayollar», dedilar».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:07:04
Yuqoridagi oyat to’g’risida ixtilofli fikrlar bor. Imom Abul Hasan Vohidiy aytadilar: «Ibn Abbos (r.a.): «Bu oyatdagi zikr qiluvchilardan murod har bir namoz so’ngida va kechasiyu kunduzi, to’shakda, uyqudan uyg’onganda, har gal manzildan chiqqanda Allohni yod etuvchilardir», dedilar».

Mujohid esa: «Yonboshlaganida, o’tirganida, tik turganida  Allohni zikr qilmagan erkak yoki ayol haqiqiy zokir bo’la olmaydi», deganlar.

Ato (r.a.) aytadilar: «Kim besh vaqt namozni haqlarini ado etib o’qisa, Allohning oyatidagi zikr qiluvchilar sirasiga kiradi».

Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishi kechasi ahlini uyg’otib, birgalikda ikki rak’at namoz o’qishsa, ko’p zikr qiluvchi erkak va ayollardan deb yoziladi», dedilar. Bu hadis mashhurdir. Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari

Shayx Abu Amr ibn Salohdan (r.a.): «Qanday qilib kishi zokir bandaga aylanishi mumkin?» deb so’rashganida, u zot: «Sobit bo’lgan ma’sur (ya’ni, Payg’ambarimizdan naql etilgan) zikrlarni tong otganida, kechqurun, kunduzi, yarim kechasi va har turli holatlarda doimiy o’qib yursa, ana shunda oyatda kelgan ko’p zikr qiluvchilar qatoriga qo’shiladi», deb javob berdilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:07:25
Fasl: Ulamolarimiz, tahoratsiz yoxud junub bo’lgan erkaklar, hayz va nifosdagi ayollar tasbih, tahlil, hamd, takbir, salovot va boshqa duolarni tili va qalbi bilan bajarishi joiz, deyishadi. Lekin junub bo’lgan erkak, hayz yoki nifosdagi ayol Qur’ondan bir parcha bo’lsa-da, tilovat qilishi haromdir. Ammo lafzsiz qalbda aytishi va nazar solishi joiz, deyishadi. Shuningdek, ular musibat yetganida, «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un», deb istirjo’ aytsa, ulovga minganlarida, «Subhanallaziy saxxoro lana haza va ma kunna lahu muqriniyn», desa, «Robbana atina fid dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar», deb duo qilsa, biror kishiga «Kitobni quvvat bilan ol» yoki «Omon va salomat holda kiringlar», deb buyursa, «Bismillah», «Valhamdu lillah», desa va bular bilan Qur’on o’qishni qasd qilmasa,  gunohkor bo’lmasliklarini aytishgan. Va yana ular «Ash-shayxu vash-shayxotu iza zanaya farjumuhuma» kabi mansux oyatlarni ham o’qishlari mumkin. Agar suv topa olishmasa, tayammum qilib, Qur’on tilovat qilishlari joiz. Bundan keyin tahorat buzilsa-da, qiroat qilish mumkin. Shu singari g’usl va tayammumdan keyin tahorat ketganida ham qiroat qilinaveradi. Ba’zi sohiblarimiz: «Muqim (ya’ni, o’z yurtida bo’lgan) kishi tayammum bilan namoz o’qisa, faqat namozda qiroat qilishi joiz. Ammo namozdan tashqarida mumkin emas. Safarda bo’lsa, joiz», deyishadi. Lekin yuqorida aytganimiz to’g’riroqdir. Chunki tayammum ham g’usl o’rniga o’tadi. Agar junub kishi tayammum qilib, keyin suvga yetishsa, g’usl qilishi lozim bo’lib, tayammumi bilan qiroat etishi haromdir. Agar endi tayammum qilib, namoz o’qisa va unda qiroat qilsa, so’ng tayammumi buzilib, yangidan tayammum qilsa, unga qiroat harom bo’lmaydi. Bundan boshqa fikrlar ham bor, lekin ular zaifdir.

Agar junub kishi suv ham, tuproq ham topa olmasa, vaqt-ni g’animat bilib, namoz o’qisa, faqat namoz ichida qiroat qilishi joiz. Shunda ham Fotiha surasidan ortig’ini o’qimaydi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:07:55
Fasl: Zikr qilayotgan kishi ishiga jiddiy qarashi lozim. Agar bir joyda o’tirgan bo’lsa, qiblaga yuzlanib, o’zini xokisor tutib, xushu’, sokinlik va viqor bilan boshini egib o’tiradi. Bundan boshqacha o’tirishning bir oz karohiyati bor. Agar uzrsiz holda mana shu ishlarni tark etsa, afzal narsani qilmagan bo’ladi. Komil sifatlarga amal qilmaslikning karohiyati yo’qligiga quyidagi oyat va hadislarni dalil qilib keltirishadi:

«Osmonlar va yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun alomatlar borligi shubhasizdir. Ular turganlarida ham, o’tirganlarida ham, yotganlarida ham Allohni eslaydilar hamda osmonlar va yerning yaralishi haqida tafakkur qiladilar...» (Oli Imron, 190 — 191-oyatlar).

Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasululloh men hayz ko’rgan paytimda tizzamga suyanib, Qur’on o’qir edilar». Imom Buxoriy rivoyat qilganlar.

Muslimning rivoyatlarida esa: «Men hayzlik paytimda boshlarini tizzamga qo’yib», deb kelgan.

Yana Oisha (r.a.) aytadilar: «Kundalik zikr vazifalarimni to’shagimga suyanib o’qir edim».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:08:16
Fasl: Zikr qilinadigan makon xoli, pok bo’lishi lozim. Chunki zikrni va zikr qilinajak Allohni hurmat qilishda ajr ko’pdir. Shuning uchun zikr masjidda va ulug’ maskanlarda bo’lishi afzal ko’riladi. Ulug’ imom Abu Maysara: «Alloh faqat pok makonda zikr qilinadi», deb aytganlar.

Yana bir sharti og’iz toza bo’lishi kerak. Agar og’izda biror o’zgarish bo’lsa, misvok bilan ketkaziladi, yomon narsalar bo’lsa, suv bilan yuvib tashlanadi. Mabodo, og’iz yuvilmasdan Alloh zikr qilinsa, makruhdir, ammo harom emas. Og’iz tozalanmasdan turib, Qur’on o’qish ham makruh.

Fasl: Zikr qilish shariat istisno qilgan o’rinlardan boshqa har qanday holatda mahbub amaldir.

O’tirganda, hojat chiqarayotganda, jimo’ paytida, xutba o’qilayotganda, esnayotgan holatlarda zikr qilish makruh sanaladi. Ammo yo’lda va hammomda makruh emas.

Fasl: Zikrdan maqsad qalbning huzur olishidir. Kishi zokir bo’lishi uchun zikrga qiziqishi va aytayotganlarining ma’nosini anglashi-tadabbur qilishi lozim. Qiroatda tadabbur matlub bo’lganidek, zikrda ham matlubdir. Shuning uchun «La ilaha illalloh» kalimasini cho’zib aytish ixtiyor qilingan. Chunki bunda tadabbur qilish imkoniyati bo’ladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:08:37
Fasl: Kimning kunduzi yoki kechasida yo namozdan keyin yoxud boshqa bir paytda zikrdan vazifasi bo’lsa, kechiktirmasdan ado qilish lozim. Agar vaqtida bajarishga odatlansa, hech qachon o’tkazib yubormaydi. Ammo uni bajarishni yengil sanasa, zoe’ qilishni ham yengil sanaydi. Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim kunlik vazifasini ado etmasdan uxlab qolib, so’ng bomdod bilan peshinning orasida o’qib olsa, go’yo kechasi o’qiganning savobi yoziladi», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari

Fasl: Gohida kishi zikr qilayotib, ba’zi sabablar bilan uni to’xtatishga majbur bo’lib qoladi. Masalan, salom berilishi mumkin. Shunda alik olib, so’ng yana zikr qilinaveradi. Biror kishi aksa ursa, «yarhamukalloh» deb qo’yiladi, keyin yana zikrida davom etadi. Zikr qilinayotib, azon eshitilib qolsa, orada uning kalimalariga javob beriladi. Shuningdek, biror munkar ishni ko’rsa, undan  qaytaradi, biror yaxshi ishga da’vat qiladi. So’ngra yana davom etadi.

Esnaganda va shu kabi hollarda zikrni to’xtatib turadi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:09:02
Fasl: Yaxshi bilingki, namoz yoki boshqa ibodat-amallarda mashru’ bo’lgan zikrlar vojib yoki mustahab bo’lsa, o’zi eshitadigan qilib talaffuz etmasa, hisobga olinmaydi. (Masalan, namozda qiroatini o’zi eshitadigan qilib o’qishi kerak, yo’qsa, qiroat qiroat bo’lmaydi. — Tarjimon.)

Fasl: Kunduz va kechasidagi amallar to’g’risida imomlarimiz tomonidan nafis kitoblar tasnif etilgan. Ularning eng yaxshisi Abu Abdurahmon Nasoiyning «Kunduzi va kechasidagi amallar» nomli kitoblaridir. Bundan-da nafisrog’i va foydalirog’i Imom Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Ishoq Sunniyning «Kecha va kunduzgi amallar» nomli risolalari. Men Ibn Sunniyning hamma kitoblarini shayximiz Abulbaqo Xolid ibn Yusuf ibn Sa’d ibn Hasandan eshitdim. Bu zot esa, 602 hijriy sanada alloma Abul Yaman Zayd ibn Hasan ibn Zayd ibn Hasan Kindiydan, u kishi shayx Abul Hasan Sa’dulxayr Muhammad ibn Sahl Ansoriydan, u zot shayx Abu Muhammad Abdurahmon ibn Sa’d ibn Ahmad ibn Hasan Duvniydan, u kishi Qozi Abu Nasr Ahmad ibn Husayn ibn Muhammad ibn Kassor Daynuriydan, u zot shayx Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Ishoq Sunniydan eshitganlar. Bu dalillarni keltirishimdan maqsad, inshaalloh, Ibn Sunniyning kitobini o’quvchiga isbotlari bilan taqdim qilishdir. Gapni isboti bilan keltirish hadis imomlari nazdida yaxshi amal. Bu kitobda jamiki zikr qilganlarim sahih rivoyatlar bo’lib, alhamdulillah, muttasil eshitilib kelingandir. Bundan tashqari, yana beshta sahih kitobdan ko’chirdim. Ular: «Sahihul Buxoriy», «Sahihul Muslim», «Sunani Abu Dovud», «Sunani Termiziy», «Sunani Nasoiy». Shuningdek, Imom Molikning «Muvatto’» kitoblariga yoki Ahmad ibn Hanbalning va Abu Avonaning musnadlariga o’xshash yoki Ibn Moja, Dora Qutniy, Bayhaqiyning  sunanlariga o’xshash boshqa kitoblar ham bor.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:09:18
Fasl: Bu kitobda zikr qilingan hadislar mashhur kitob-lardan saralandi. Xususan, «Sahihul Buxoriy» va «Sahihul Muslim»dan. Bu ikkisidan boshqa o’rinlarda sunan yoki shunga o’xshash kitoblardan foydalandim va  ulardan olingan hadislarning sahih, hasan yoki zaif ekanini bayon qildim. Ularning orasidan eng ko’p ko’chirganim Abu Dovudning «Sunan»i bo’ldi. Bu zotning o’zlari kitoblari haqida shunday deganlar: «Kitobimda sahih yoki shunga yaqin hadislarni zikr qildim. Agar juda zaif bo’lsa, zaifligini bayon etdim. Ammo hech narsa demagan bo’lsam, bilingki, u yaroqlidir. Shuningdek, hadislarning ba’zisi ba’zisidan sahihroqdir».

Bu so’zlar biz uchun ham, boshqalar uchun ham foydalidir.

Demak, Imom Abu Dovuddan rivoyat qilingan hadislar zaif deyilmagan bo’lsa, u zaif emas.

Kitobning avvaliga zikr fazilati haqidagi bobni qo’ydim. Keyingilari oson bo’lishi uchun ba’zi tushunchalar keltirdim. So’ng kitobning maqsadini zikr etdim. Allohdan mag’firat umid qilib, uni istig’for bobi bilan tugatdim.

Bu ishlarga Allohning o’zi muvaffaq qiluvchidir. Ungagina ishonamiz, tavakkal qilamiz — suyanamiz va ishimizni Ungagina topshiramiz.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:10:12
1-bob. Vaqti tayin qilinmagan fazilatli zikrlar

Alloh taolo Ankabut surasining 45-oyatida:
«Aniqki, Allohni zikr qilish (barcha narsadan) ulug’roqdir», Baqara surasining 152-oyatida:

«Bas, Meni eslanglar, Men ham sizlarni eslayman», deydi. So’ngra Soffat surasining 143-oyatida:

«Endi agar u (ya’ni, Yunus alayhissalom Allohga doimo) tasbih aytuvchilardan bo’lmasa edi, albatta, u (baliq) qornida to qayta tiriladigan kungacha (ya’ni, qiyomatgacha) qolib ketgan (ya’ni, halok bo’lgan) bo’lur edi», deb xabar beradi. Anbiyo surasining 20-oyatida esa:

« Ular tun-u kun (Allohni) poklaydilar», deb aytadi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:10:32
1/1. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki kalima borki, ular tilga yengil, tarozida og’ir va Rahmonga mahbubdir. Ular:

«Subhanallohi va bihamdihi, subhanallohil ‘aziym», deb aytdilar». (Ma’nosi: Allohni hamd aytish va ulug’lash bilan poklayman.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:10:42
2/2. Abu Zarr (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh menga: «Alloh taologa eng mahbub bo’lgan kalomni aytaymi? Alloh taolo uchun kalomlarning eng yaxshisi

«Subhanallohi va bihamdihi», deb aytishingdir», dedilar».

Boshqa rivoyatda aytiladi: «Rasulullohdan: «Qaysi kalom afzal?» deb so’rashdi. U zot: «Alloh farishtalari yoki bandalari aytishini ixtiyor qilgan «Subhanallohi va bihamdihi», kalimasidir», dedilar», deyilgan.  Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:10:52
3/3. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taologa kalomlarning eng yaxshisi to’rttadir:

«Subhanallohi, valhamdu lillahi, va la ilaha illallohu, vallohu akbar». Ularning qaysi biridan boshlasang, zarari yo’q», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:11:01
4/4. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Poklik iymonning yarmidir. «Alhamdu lillah» kalimasi tarozini to’ldiradi.

«Subhanallohi valhamdu lillahi» yer bilan osmonni to’ldiradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:11:16
5/5. Ummul mo’miniyn Juvayriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ertalab subh namozi paytida uning huzuridan chiqib ketdilar. U namoz o’qiydigan xonasida edi. So’ngra zuho namozini o’qib bo’lib qaytib kelsalar, Juvayriya onamiz hali ham o’tirgan edilar. Shunda Rasululloh: «Chiqib ketganimdan beri shu holatda o’tiribsanmi?» deb so’radilar. Onamiz (r.a.): «Ha», deya javob berdilar. «Men sendan keyin to’rtta kalimani uch martadan aytdim, agar ular tarozida o’lchansa, sen bugun aytgan narsalardan og’ir keladi, — dedilar Rasululloh. — Ular:

«Subhanallohi va bihamdihi ‘adada xolqihi va rizo nafsihi va zinata ‘arshihi va midada kalimatihi». (Ma’nosi: Yaratganlarining adadicha, nafsi rozi bo’lgunicha, arshning vaznicha, kalimalarning uzunligicha Allohga hamd aytaman va Uni poklayman.) Imom Muslim rivoyatlari

Boshqa bir rivoyatda:

«Subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi midada kalimatihi», deyilgan. (Ma’nosi: Xalqining adadicha Allohni poklayman, nafsi rozi bo’lguncha Allohni poklayman, arshning og’irligicha Allohni poklayman, kalimalarining uzunligicha Allohni poklayman.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:11:28
6/6. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadislarning lafzi quyidagicha:

«Subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi ‘adada xolqihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi midada kalimatihi, subhanallohi midada kalimatihi, subhanallohi midada kalimatihi».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:11:37
7/7. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha  illallohu vallohu  akbar», deyishim men uchun quyosh chiqib, nur sochganidan yaxshiroqdir», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:11:48
8/8. Abu Ayyub Ansoriy (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim:

«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», deb o’n marta aytsa, Ismoil zurriyotidan to’rt kishini ozod qilgandek bo’ladi», dedilar». (Ma’nosi: Allohdan boshqa iloh yo’q, U yolg’iz, Uning sherigi ham yo’q, butun mulk Uniki, hamd ham Unga xos va U har bir narsaga qodirdir.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:11:59
9/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim:

«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», deb bir kunda yuz marta aytsa, o’nta qul ozod qilgan barobarida bo’libdi. Unga yuzta hasanot yozilib, yuzta yomonligi o’chiriladi, kech kirgunicha shaytondan omonda bo’ladi. Uning bu amalidan afzalroq ishni hech kim qila olmaydi. Faqat shu kalimalarni ko’proq aytgan kishi o’zib ketishi mumkin», dedilar. Va yana Rasululloh: «Kim: «Subhanallohi va bihamdihi», deb bir kunda yuz marta aytsa, xatolari dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, kechib yuboriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:12:10
10/10. Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Zikrlarning afzali «La ilaha illalloh»dir». Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:12:18
11/11. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh alayhissalom: «Allohni zikr qiladigan kishi bilan zikr qilmaydigan kishining misoli xuddi tirik bilan o’likning misoli kabidir», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:12:32
12/12. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Bir a’robiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Menga bir kalom o’rgating, aytib yuray», dedi. Shunda Rasululloh:

«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, Allohu akbar kabiyro valhamdu lillahi kasiyro va subhanallohi robbil ‘alamiyn, la havla va la quvvata illa billahil ‘aziyzil hakiym», deb ayt», deb o’rgatdilar. (Ma’nosi: Allohdan bosh-qa iloh yo’q, U yakkayu yolg’izdir. Uning sherigi ham yo’q. Alloh juda buyuk, Allohga cheksiz hamd bo’lsin, olamlar rabbi Alloh barcha aybu nuqsonlardan pokdir, hakim va aziz bo’lgan Allohdan o’zgada o’zgartirish ham, quvvat ham yo’q.) Keyin haligi a’robiy: «Ey Rasululloh, bu aytganlaringiz Rabbim uchun, men uchun-chi?» deb so’radi. Rasululloh:

«Allohummag’fir liy varhamniy vahdiniy varzuqniy» deb, ayt», dedilar». (Ma’nosi: Allohim meni mag’firat qil, menga rahm ayla, meni hidoyat et, meni rizqlantir.) Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:12:42
13/13. Yana Sa’d ibn Abu Vaqqos rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida edik. U zot: «Birontangiz bir kunda mingta hasanot kasb qila oladimi?» deb so’radilar. O’tirganlardan biri: «Mingta hasanotni qanday qilib olish mumkin?» dedi. Rasululloh: «Kim yuzta tasbih aytsa, mingta hasanot yozilib, mingta xatosi o’chiriladi», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:12:59
14/14. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarning har bitta a’zoingizga sadaqa vojibdir. Har bir tasbihingiz — sadaqa, har bir tahmidingiz — sadaqa, har bir tahlilingiz — sadaqa, har bir takbiringiz — sadaqa, yaxshilikka buyurishingiz — sadaqa, yomonlikdan qaytarishingiz — sadaqa. Endi bularning hammasi uchun ikki rak’at zuho namozi o’qishingiz kifoyadir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:13:19
15/15. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Jannat xazinalaridan birini senga aytaymi?» dedilar. Men: «Ha, ayting, ey Rasululloh», dedim. Shunda Rasululloh:

«La havla va la quvvata illa billah»ni ayt, u jannat xazinalaridandir», dedilar». Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:13:35
16/16. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot Rasululloh alayhissalom bilan bir ayolning huzuriga kirdilar. Uning oldida danak (yoki mayda) toshlar bor edi. Ayol ana shularni sanab, tasbih aytardi. Rasululloh unga: «Bundan yengilroq va afzalroq narsani aytaymi?

«Subhanallohi ‘adada ma xolaqo fis-samai va subhanallohi ‘adada ma xolaqo fil-arzi va subhanallohi ‘adada ma bayna zalika va subhanallohi ‘adada ma huva xoliq», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: Osmonda yaratgan narsalari adadicha Allohni poklayman, yerda yaratgan narsalari adadicha Allohni poklayman, u ikkalasi orasidagi narsalar adadicha Allohni poklayman va U yaratadigan narsalari adadicha Allohni poklayman.)

«Allohu akbar», «alhamdu lillah», «la ilaha illalloh», «la havla va la quvvata illa billah» kalimalarini ham xuddi «subhanalloh»ni aytgandek aytadi. (Ya’ni, «Allohu akbar ‘adada ma xolaqo fis-samai va Allohu akbar ‘adada ma xolaqo fil-arzi...» deb.) Imom Termiziy va Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:13:46
17/17. Yusayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam takbir, tahlil, taqdisga rioya qilgan holda aytib yurishga buyurib, barmoq bilan ado etishni tavsiya etar edilar. Chunki barmoqlar so’ralib nutq qildiriladi». Imom Termiziy va Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:13:55
18/18. Abdulloh ibn Umar (r.a.): «Rasulullohning o’ng qo’llari bilan sanab tasbih aytayotganlarini ko’rdim», deydilar. Termiziy, Abu Dovud, Nasoiy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:14:06
19/19. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim:

«Roziytu billahi robban va bil islami diynan va bimuhammadin sollallohu alayhi vasallama rosula», desa, unga jannat vojib bo’ladi», dedilar. (Ma’nosi: Allohni rabbim deb, Islomni dinim deb, Muhammad alayhissalomni rasul deb rozi bo’ldim.) Abu Dovud rivoyat qilganlar
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:14:16
20/20. Abdulloh ibn Busr (r.a.) rivoyat qiladilar: «Bir kishi: «Ey Rasululloh, Islom shari’ati menga ko’payib ketdi. Menga bir narsa o’rgatingki, ana shuni mahkam ushlay», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Doimo tiling Allohning zikri bilan nam bo’lib yursin», dedilar». Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:14:25
21/21. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Qiyomat kuni Allohning huzurida darajasi ulug’ ibodat qaysi?» deb so’rashdi. Rasululloh: «Allohni ko’p zikr qiluvchilar», deb aytdilar. Shunda men: «Allohning yo’lida g’azot qiluvchidan ham afzalmi?» dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qilichi bilan kofir va mushriklarni urib, qilichi sinib, qonga belanib ketsa ham, Allohni zikr qiluvchining darajasi undan afzaldir», dedilar». Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:15:04
22/22. Abu Dardo (r.a.) aytadilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Rabbingiz huzurida amallarning yaxshisi, darajangizni baland qiluvchisi, pul va oltinlarni infoq qilishdan afzalroq bo’lgan va dushmaningizga yo’liqib, uning bo’yniga qilich urishdan ham yaxshi narsani aytaymi?» dedilar. Sahobalar: «Ayting», deyishdi. Shunda Rasululloh: «Allohni zikr qilish», dedilar. Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari

Hokim «Mustadrak» nomli kitoblarida bu hadisning isnodini sahih deganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:15:24
23/23. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Isro kechasi Ibrohim alayhissalomga yo’liqdim. U zot: «Ey Muhammad, ummatingizga mendan salom ayting va jannatning tuprog’i pok, suvi shirin va o’zi tekis, o’simligi

«Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar» ekanini ularga xabar bering», dedilar». Imom Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:15:35
24/24. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki:

«Subhanallohi va bihamdihi», desa, u kishi uchun jannatda bir xurmo ekiladi», dedilar. Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:15:56
25/25. Abu Zarr (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Kalomlarning qaysi biri Alloh taologa mahbubroq?» deb so’radilar. U zot: «Alloh farishtalariga ixtiyor qilgan

«Subhana robbi va bihamdihi, subhana robbi va bihamdihi» jumlasini aytish», dedilar». Termiziy rivoyatlari

* * *

Kitobning asosiy mag’zini voqe’likdagi tartibga muvofiq zikr qildim, ya’ni, avval inson ertalab uyqudan turganida o’qilishi lozim duo-zikrlarni, so’ng kiyinib, uydan chiqayotganida o’qiladiganlarini, keyin esa, masjidga borayotib aytiladigan zikrlar va hokazolarni kunlik tartibiga mos ravishda keltirdim.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:16:48
2-bob. Uyqudan uyg’onganda aytiladigan zikrlar

26/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Uxlayotgan vaqtingizda shayton bo’yningizga uchta tugun tugib qo’yadi. Har tugunni harakatga keltirib, kecha hali uzun, yotaver, deydi. Agar kishi uyg’onib, Allohni zikr qilsa, tugunlarning biri yechiladi. Agar tahorat qilsa, ikkinchisi yechiladi. Namoz o’qisa, tugunlarning hammasi yechiladi va kishi nafsi pok, faol va g’ayratli bo’lib, tong orttiradi. Ammo uyquda yotaversa, nafsi iflos, dangasa bo’lib  uyg’onadi». Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:17:03
27/2. Huzayfa ibn Yamon (r.a.) va Abu Zarrning (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to’shaklariga yotsalar,

«Bismikallohumma ahya va amutu», deb aytganlar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening isming bilan tirilaman va o’laman.) Uyg’onganlarida:

«Alhamdu lillahillaziy ahyana ba’da ma amatana va ilay-hin nushur», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Bizni o’ldirgandan keyin tiriltirgan Allohga hamd bo’lsin. Va biz Ungagina qaytamiz.) Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:17:18
28/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar sizlardan birontangiz uyqusidan uyg’onsa:

«Alhamdu lillahillaziy rodda ‘alayya ruhiy va ‘afaniy fiy jasadiy va azina liy bizikrihi», deb aytsin». (Ma’nosi: «Ruhimni menga qaytib bergan, jasadimni ofiyatda qilgan va o’zini zikr qilish uchun menga izn bergan Allohga hamd bo’lsin.) Ibn Sunniy bu hadisni sahih isnod bilan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:17:30
29/4. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir bandaga Alloh taolo ruhini qaytib berganida (uyg’onganda):

«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», desa, gunohlari dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, Alloh taolo uni kechirib yuboradi», dedilar». Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:17:50
30/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bir kishi uyqusida ogoh bo’lib:

«Alhamdu lillahillaziy xolaqon-navma val-yaqzota, alhamdu lillahillaziy ba’asaniy saliman saviyya, ashhadu annalloha yuhyil mavta va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», deb aytsa, Alloh taolo: «Bandam rost aytdi», deydi». (Ma’nosi: Uyquni va uyg’oqlikni yaratgan Allohga hamd bo’lsin. Meni salomat va to’g’ri qilib, hayotga olib kelgan Allohga hamd bo’lsin. Albatta, Alloh tiriltiruvchi va o’ldirguvchi va har bir narsaga qodir, deb guvohlik beraman.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:18:01
31/6. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi uyg’onib qolsalar, o’n marta takbir, o’n marta tahmid, o’n marta «subhannallohi va bihamdihi», o’n marta «subhanalqudus» deb, o’n marta istig’for, o’n marta tahlil aytardilar. So’ngra:

«Allohumma inniy a’uzu bika min ziyqid dunya va ziyqi yavmil qiyamah»ni o’n marta aytib, namozni boshlardilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, dunyoning tangligidan, qiyomatning torligidan Sendan panoh tilayman.) Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:18:20
32/7. Yana Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi uyg’onsalar:

«La ilaha illa anta, subhanakallohumma va bihamdik, astag’firuka lizanbiy va as`aluka rohmatak, Allohumma zidniy ‘ilman va la tuzig’ qolbiy ba’da iz hadaytaniy va hab liy min ladunka rohmah, innaka antal vahhab», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Sendan boshqa iloh yo’q. Senga hamd aytish bilan Seni poklayman. Gunohlarimga istig’for aytaman. Rahmatingni so’rayman. Ey Rabbim, ilmimni ziyoda et. Hidoyatga sol-ganingdan keyin qalbimni og’dirma. Huzuringdan menga rahmat ber. Albatta, Sen ko’plab ato etguvchisan.) Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:18:39
3-bob. Kiyim kiyishda o’qiladigan duolar

Kiyim kiyishda va shu singari amallarda bismillohni aytish mustahabdir.

33/1. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko’ylak, rido yoki salla kiysalar, bismillohni aytib, so’ng:

«Allohumma inniy as`aluka min xoyrihi va xoyri ma huva lahu va a’uzu bika min sharrihi va sharri ma huva lahu», deb o’qir edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sendan uning yaxshisini va unga beriladigan narsaning yaxshisini so’rayman. Va uning yomonidan hamda unga beriladigan narsaning yomonidan panoh tilayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:19:07
34/2. Muoz ibn Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim biror kiyim kiyib,

«Alhamdu lillahillaziy kasaniy haza va rozaqoniyhi min g’oyri havlin minniy va la quvvah», desa, Alloh uning oldingi gunohlarini kechiradi», dedilar. (Ma’nosi: O’zgartirmasdan, quvvatimni ketkazmasdan menga rizq bergan va meni kiyintirgan Allohga hamd bo’lsin). Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:19:34
4-bob. Yangi kiyim yoki yangi poyabzal va shunga o’xshash narsalar kiyganda o’qiladigan duolar

Yangi kiyim kiyganda bismillohni aytish mustahabdir.

35/1. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh yangi kiyim kiysalar, sallami, ko’ylakmi yoki ridomi, bismillohni aytib, so’ng quyidagi duoni o’qir edilar:

«Allohumma lakal hamdu anta kasavtaniyhi, as`aluka xoyrahu va xoyra ma suni’a lahu va a’uzu bika min sharrihi va sharri ma suni’a lahu». (Ma’nosi: Ey Rabbim, meni kiyintirganing uchun Senga hamd bo’lsin. Sendan buning yaxshiligini va unga qilingan yaxshilikni so’rayman. Va buning yomonligidan va unga qilingan  yomonlikdan panoh tilayman.) Abu Dovud, Termiziy va Nasoiy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:19:52
36/2. Umar (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim yangi kiyim kiyib, so’ng:

«Alhamdu lillahillaziy kasaniy ma uvariy bihi ‘avrotiy va atajammalu bihi fiy hayatiy» duosini o’qib, so’ng eskirgan kiyimini sadaqa qilishni qasd qilsa, u Allohning hifzu himoyasida va Uning yo’lida bo’ladi», deganlarini eshitdim». (Ma’nosi: Avratlarimni to’sib, meni kiyintirgan va hayotimni go’zal qilgan Allohga hamd bo’lsin.) Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:21:35
5-bob. Birodari yangi kiyim kiyganda aytiladigan duolar

37/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qora astarli ko’ylak berishdi. U zot: «Bu ko’ylakni kimga ravo ko’rasizlar?» deb so’radilar. Hech kim indamadi. Shunda: «Ummu Xolidni keltiringlar», dedilar. Ummu Xolid kelganlaridan keyin u zot ko’ylakni muborak qo’llari bilan kiydirdilar va: «Kiyib-kiyib to’zdirgin», deb ikki marta aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 10:22:38
38/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Umarning (r.a.) egnida bir ki-yim ko’rib: «Bu yangimi yoki yuvilganmi?» dedilar. Umar (r.a.): «Yuvilgan», dedilar. Shunda Rasululloh:

«Ilbas jadiydan va ‘ish hamiydan va mut shahiydan sa’iydan», ya’ni, «Yangisini kiy, maqtovli yasha, shahid bo’lib dunyodan o’t», dedilar. Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:31:58
6-bob. Kiyim va poyabzalni kiyib-echish tartibi

Kiyim, poyabzal, ishton va shunga o’xshash yengli, pochali liboslarni o’ng tomonidan kiyib, chap tomonidan yechish mus-tahabdir. Shu singari, surma qo’yish, misvok ishlatish, tirnoq olish, mo’ylovni qisqartirish, qo’ltiq tukini yulish, soch olish, namozdan salom bilan chiqish, masjidga kirish, hojatxonadan chiqish, tahorat olish, g’usl qilish, taom yeyish, ichimlik ichish, qo’l berib so’rashish, Hajarul asvadni ushlash, birovdan narsa olish hamda berish va shunga o’xshash ishlar o’ng tomon bilan boshlanadi.

39/1. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh alayhissalom har bir narsani o’ng tarafdan boshlashni yoqtirar edilar. Hatto, poklanish va soch tarashda ham». Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:32:19
40/2. Yana Oisha (r.a.) onamiz aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o’ng qo’llari poklanish va taom uchun, chap qo’llari esa, xalo hojati va boshqa noxush narsalar uchun edi». Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:33:22
41/3. Hafsa (r.a.) onamiz xabar qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o’ng qo’llari taom, ichimlik va kiyim kiyish, chap qo’llari bulardan boshqa ishlar uchun bo’lgan. Abu Dovud va Bayhaqiy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:35:15
42/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar libos kiysangiz yoki tahorat qilsangiz, o’ng tomoningizdan boshlanglar», deb aytdilar. Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja, Bayhaqiy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:36:10
7-bob. Uxlash, yuvinish yoxud boshqa ehtiyojlar uchun kiyim yechilganida aytiladigan duo

43/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmon kishi kiyimini yechmoqchi bo’lsa:

«Bismillahillaziy la ilaha illa huva», deb aytsin, shu so’z odam bolasi avrati bilan jin ko’zi orasida pardadir», dedilar. (Ma’nosi: Undan boshqa iloh yo’q bo’lgan Allohning ismi bilan.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:36:35
8-bob. Uydan chiqayotganda o’qiladigan duolar

44/1. Ummu Salama onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uydan chiqayotib:

«Bismillahi, tavakkaltu ‘alallohi. Allohumma inniy a’uzu bika an adilla av udalla av azilla av uzalla av azlima av uzlama av ajhala av yujhala ‘alayya», degan duoni o’qir edilar». (Ma’nosi: Alloh nomi bilan. Allohga tavakkal qildim. Ey Rabbim, adashish va adashtirilishdan, toyilish va to-yiltirilishdan, zulm qilish va zulm ko’rishdan, johillik qilish va menga nisbatan johillik qilinishidan Sendan panoh so’rayman.) Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:36:54
45/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim uyidan chiqqanida:

«Bismillahi, tavakkaltu ‘alallohi va la havla va la quvvata illa billah» (Alloh nomi bilan. Allohga tavakkal qildim. Allohdan o’zgada o’zgartirishg ham, quvvat ham yo’qdir), desa, unga:

«Kufiyta va vuqiyta va hudiyta» (Hidoyat qilinding, shaytondan saqlanding va himoya etilding), deyiladi va undan shayton uzoqlashtiriladi», dedilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari

Abu Dovudning rivoyatlarida quyidagi so’zlar ziyoda qilingan: «Shayton boshqa bir shaytonga: «Bir kishi hidoyat etilib, sendan himoya qilinibdi. Endi ahvoling qanday bo’ladi?!» deydi».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:38:14
46/3. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam manzillaridan chiqsalar:

«Bismillahi tuklanu ‘alalloh, la havla va la quvvata illa billahi», deb aytar edilar».  (Ma’nosi: Alloh nomi bilan. Allohga tavakkal qildim. Allohdan o’zgada o’zgartirish ham, quvvat ham yo’qdir.)  Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:39:34
9-bob. Uyga kirayotganda o’qiladigan duolar

Manzilga kirayotganda bismillohni aytib, zikrni ko’paytirib, uyda odam bo’lsin-bo’lmasin, salom berib kirish mus-tahabdir. Alloh taolo Nur surasining 61-oyatida: «Bas, qachon uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo’lgan muborak pokiza salomni aytinglar (ya’ni, assalomu alaykum, denglar)», deb buyuradi.

47/1. Anas (r.a.) aytadilar: «Rasululloh menga: «Ey o’g’ilcham, uyingga kirsang, salom berib kir. Bu ishing o’zingga va ahli ayolingga baraka keltiradi», dedilar». Imom Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:40:13
48/2. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kishi uyiga kirayotganida:

«Allohumma inniy as`aluka xoyral mavlaji va xoyral maxraji, bismillahi valajna va bismillahi xorojna va ‘alallohi robbina tavakkalna» (Ey Rabbim, Sendan kirishning ham, chiqishning ham yaxshisini so’rayman. Allohning ismi bilan kirdik. Allohning ismi bilan chiqdik. Rabbimiz Allohga tavakkal qildik), deb aytib, so’ngra ahliga salom bersin», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:40:30
49/3. Abu Umoma Bohiliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch kishi Alloh taoloning himoyasidadir: Allohning yo’lida g’azotga chiqqan kishi to shahid bo’lib, jannatga kirgunicha yoki o’lja-mukofotlarni olib qaytgunicha; masjidga ketayotgan kishi yo vafot etib, jannatga kirgunicha yoki ajr-savoblarni olib (ahliga) qaytgunicha; uyiga salom berib kirgan kishi», dedilar. Hasan isnod bilan Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:40:50
50/4. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytadilar: «Rasulullohdan quyidagilarni eshitdim: «Kim uyiga kirayotganida va taom paytida Allohni zikr qilsa, shayton sheriklariga: «Sizlarga yotoq ham, ovqat ham yo’q», deb aytadi. Kim uyiga kirayotib, Allohni zikr qilmasa, shayton sheriklariga: «Yotoqlaringizga yetishdingiz», deydi. Taom paytida ham Allohni zikr qilmasa, shayton sheriklariga: «Ovqatgayam yetishdingiz», deydi». Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:41:10
51/5. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylariga kunduzi qaytsalar:

«Alhamdu lillahillaziy kafaniy va avaniy valhamdu lillahillaziy at’amaniy va saqoniy valhamdu lillahillaziy manna ‘alayya, as`aluka an tujiyroniy minan nar», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Menga boshpana berib behojat qilgan, meni yedirib-ichirgan va ko’p ne’matlarni in’om etgan Allohga hamd bo’lsin. Undan meni do’zaxdan saqlashini so’rayman.) Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar.

Imom Molik «Muvatto’» kitoblarida aytishlaricha, kishi o’zi yashamaydigan uyga kirganida:

«Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn» (Bizga va Allohning solih bandalariga salom bo’lsin), deb aytishi mustahab.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:41:29
10-bob. Kechasi uyg’onganda va uyidan chiqayotganda o’qiladigan duolar

Kechasi uyg’onganda va uyidan chiqayotganda, osmonga qarab, Oli Imron surasining 190-oyatidan to oxirigacha o’qish mus-tahab sanaladi.

52/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi uy-g’onsalar yoki uylaridan chiqsalar, Oli Imron surasini 190-oyatidan boshlab oxirigacha o’qir edilar. Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:41:47
53/2. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi tursalar, tahajjud o’qir, so’ng ushbu duoni aytar edilar:

«Allohumma robbana lakal hamd, anta qoyyimus-samavati val-arzi va man fiyhinna va lakal hamd, laka mulkus-samavati val-arzi va man fiyhinna va lakal hamd, anta nurus-samavati val-arzi va man fiyhinna va lakal hamd, antal haqq va va’dukal haqq va liqouka haqq va qovluka haqq val-jannatu haqq van-naru haqq va Muhammadun haqq vas-sa’atu haqq. Allohumma laka aslamtu va bika amantu va ‘alayka tavakkaltu va ilayka anabtu va bika xosamtu va ilayka hakamtu, fag’firliy ma qoddamtu va ma axxortu va ma asrortu va ma a’lantu. Antal muqaddim va antal muaxxir, la ilaha illa anta». Ba’zi rivoyatlarda

«La havla va la quvvata illa billah» ziyoda qilingan. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Senga hamd bo’lsin. Sen osmonlaru yer va undagi narsalarni saqlovchisan. Senga hamd bo’lsin. Osmonlaru yer va undagi narsalar Sening mulking. Senga hamd bo’lsin. Sen osmonlaru yer va undagi narsalarning nurisan. Senga hamd bo’lsin. Sen haqsan, va’dang haq, Senga yo’liqish haq, so’zing haq, jannat haq, do’zax haq, Muhammad alayhissalom haq, qiyomat haq. Ey Rabbim, Senga bo’yin egdim, Senga iymon keltirdim, Senga tavakkal qildim, Senga qaytuvchiman, xusumat qilish Sening qo’lingda, hukm chiqarish ham Sening qo’lingda, oldingiyu keyingi, maxfiyu oshkora gunohlarimni mag’firat qil. Sen eng avvalgi va eng oxirgisan. Sendan boshqa iloh yo’q.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:48:50
11-bob. Hojatxonaga kirayotganda o’qiladigan duolar

54/1. Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh hojatxonaga kirayotganlarida:

«Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xobais» duosini o’qir edilar». (Ma’nosi: Ey Rabbim, erkak va ayol shaytonning yomonligidan panoh tilayman.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:49:10
55/2. Imom Termiziy, Abu Dovud, Nasoiylarning rivoyatlarida:

«Bismillah. Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xobais», deb kelgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:49:39
56/3. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hojatxonaga kirayotganda bismillahni aytish odam bolasining avrati bilan jinlar ko’zi orasida parda bo’ladi», dedilar.

Bu hadisni Termiziy rivoyat qilganlar va: «Isnodi unchalik kuchli emas», deb aytganlar. Yuqorida zikr qilganimizdek, zaif hadislarga fazilatli ishlarda amal qilinaveradi. Ba’zi birodarlarimiz: «Bismilloh to’silgan joyda yoki sahroda ham aytilaveradi», deyishadi. Ba’zilari esa: «Avval bismilloh, so’ng «Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xobais» aytiladi», deb aytishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:49:59
57/4. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonaga kirsalar:

«Allohumma inniy a’uzu bika minar rijsin najasi al-xobiysil muxbisi ash-shaytonir rojiym», deb o’qir edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, kir, najas, iflos, ifloslik qiluvchi, (Allohning dargohidan) quvlangan shaytondan panoh tilayman.) Ibn Sunniy va Tabaroniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:50:17
12-bob. Hojatxonada so’zlashish va zikr qilishni man’ etish

Xoh yalanglik-sahroda bo’lsin, xoh pana joyda, hojat chiqarayotib so’zlashish va zikr qilish makruhdir. Faqat zarurat yuzasidan ruxsat berilgan. Ba’zi birodarlarimizning fikricha, aksa ursa, hamd aytilmaydi, aksa urib, hamd aytganga javob berilmaydi, salomga alik olinmaydi, muazzinga ijobat qilinmaydi. Chunki bu holatida musulmon kishi javobga mustahiq emas. Javob berishi makruh hisoblanadi. Ammo harom emas. Lekin aksa urganida tilini qimirlatmasdan, qalbi bilan hamd aytsa, zarari yo’q. Shuningdek, jimo’ paytida ham aytish bezarardir.

58/1. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bavl qilayotganlarida bir kishi u zotga salom berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning salomiga alik olmadilar». Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:50:43
59/2. Muhojir ibn Qunfuz (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borsam, u zot bavl qilayotgan ekanlar. Salom berdim, u zot tahorat qilib bo’lgunlaricha javob bermadilar. So’ng menga uzr aytib: «Allohni nopok yoki tahoratsiz holda zikr qilishni xushlamadim», dedilar». Abu Dovud, Nasoiy va Ibn Mojalar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:50:59
13-bob. Hojatda o’tirgan kishiga salom berishdan qaytarish

Birodarlarimiz aytishadi: «Hojatda o’tirgan kishiga salom berish makruhdir. Mabodo, salom berilsa, javobi shart emas». Yuqoridagi bobda kelgan Ibn Umar va Muhojirlar rivoyat qilishgan hadislar buning dalilidir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:51:25
14-bob. Hojatxonadan chiqayotganda aytiladigan duo

Rasululloh alayhissalom hojatxonadan chiqqanlarida:

«G‘ufronaka» (Sening mag’firatingni so’rayman ) va «alhamdu lillahillaziy azhaba ‘annil aza va ‘afaniy» (mendan aziyatlarni ketkazib, ofiyatda qilgan Allohga hamd bo’lsin), deb aytar edilar. Avvalgisini Abu Dovud va Termiziy, keyingisini Nasoiy va Ibn Mojalar rivoyat qilishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:51:40
60/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonadan chiqsalar:

«Alhamdu lillahillaziy azaqoniy lazzatahu va abqo fiyya quvvatahu va dafa’a ‘anniy azahu», deb aytardilar. (Ma’nosi: Meni (taomning) lazzatidan bahramand qilgan va menda uning quvvatini qoldirgan, so’ng mendan aziyatini daf qilgan Allohga hamd bo’lsin.) Ibn Sunniy va Tabaroniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:51:54
15-bob. Tahoratdan oldin o’qiladigan duo

Yuqorida aytilganidek, bismillohni aytish mustahabdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:52:43
16-bob. Tahorat qilganda o’qiladigan duolar

Tahoratning avvalida «Bismillahir rohmanir rohiym», deb aytish mustahab qilingan. «Bismilloh», desa ham kifoya. Birodarlarimiz aytishadi: «Agar tahoratning avvalida bismillohni aytmasa, davomida aytaveradi. Xoh qasddan, xoh adashib aytmay qolsa ham, tahorati mukammal bo’ladi». (Muallif Imom Shofe’iy mazhabidalar. Shuning uchun bismillohni aytish mustahab deyilyapti. Bu sunnat ma’nosidadir. Bizning Imomi A’zam mazhabidan boshqa mazhablarda sunnat «mustahab» deb yuritiladi. — Tarjimon.)

Bismillohni aytish haqida kelgan hamma hadislar zaifdir. Ahmad ibn Hanbal: «Tahoratda bismilloh deyish to’g’risida birorta sobit hadis bilmayman», deb aytganlar.

61/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tahorat qilayotganda Allohni zikr qilmagan kishining tahorati yo’qdir», dedilar. Bu hadisni Abu Dovud rivoyat qildilar, Bayhaqiy va boshqalar ham rivoyat qilishgan va zaif deb aytishgan.

Fasl: Abul Fath Nasr Maqsidiy: «Bismillohdan keyin tahoratning boshida quyidagi duoni o’qish mustahab», deydilar:

«Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh». (Ma’nosi: Allohdan boshqa iloh yo’q va Uning sherigi ham yo’q deb va Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning bandasi va rasuli deb guvohlik beraman.)

Fasl: Abul Fath Nasr Maqsidiy tahorat qilib bo’lgandan keyin ushbu duo o’qiladi deydilar:

«Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh. Allohummaj’alniy minat tavvabiyna vaj’alniy minal mutatohhiriyn. Subhanakallohumma va bihamdik. Ashhadu alla ilaha illa anta astag’firuka va atubu ilayka». (Ma’nosi: Yakka Allohdan bosh-qa iloh yo’q va Uning sherigi ham yo’q, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning bandasi va rasuli deb guvohlik beraman. Ey Rabbim, bizlarni tavba qiluvchilardan va poklanuvchilardan qil. Ey Rabbim, Senga hamd aytish bilan Seni poklayman. Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo’q. Senga istig’for aytaman va Senga tavba qilaman.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:52:59
62/2. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tahorat qilib bo’lib:

«Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluhu», desa, unga jannatning sakkizta eshigi ochilib, xohlaganidan kiraveradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari

Termiziy «Allohummaj’alniy minat tavvabiyna vaj’alniy minal mutatohhiriyn» kalimasini ziyoda qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:53:19
63/3. Ibn Umardan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tahorat qilganidan keyin, gapirishdan oldin:

«Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh», desa, ikki tahorat orasidagi gunohlari kechiriladi», dedilar. Bu hadisni Dora Qutniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:53:50
64/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tahoratini chiroyli qilib, so’ng uch marta:

«Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh», desa, u uchun jannatning sakkizta eshigi ochiladi va xohlagan eshigidan kirib ketaveradi» dedilar. Bu hadisni Ahmad ibn Hanbal, Ibn Moja, Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:54:45
65/5. Usmon ibn Affon (r.a.) rivoyat qilgan hadisda:

«La ilaha illalloh» kalimasini uch marta takrorlash aytilgan. Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar.

Ba’zi faqihlar, ushbu zikr va duolarni tahoratdan ke-yin qiblaga yuzlangan holda aytiladi, deyishadi.

Fasl: Tahorat mobaynida har bir a’zo yuvilayotganda o’qiladigan duolar bor, ammo ularning birortasi ham Rasulullohdan vorid bo’lmagan. Lekin salaf ulamolarimiz bu zikrlarni aytishni mustahab deyishgan.

Tahorat qilayotgan kishi bismillohdan keyin:

«Alhamdu lillahillaziy ja’alal ma-a tohuro» (Suvni pok qilgan Allohga hamd bo’lsin), deydi.

Og’iz chayqayotganida:

«Allohummasqiniy min havzi nabiyyika sollallohu alayhi vasallama ka’san la azmau ba’dahu abada» (Ey Rabbim, meni payg’ambarning havzidagi suv bilan sug’or, undan keyin hech ham chanqamayin), deyiladi.

Burun chayqayotganida:

«Allohumma la tahrimniy roixata na’iymika va jannatik» (Ey Rabbim, ne’matlaring va jannatingning hididan meni mahrum qilma), deyiladi.

Yuzni yuvayotganida:

«Allohumma bayyiz vajhiy yavma tabyazzu vujuhun va tasvaddu vujuh» (Ey Rabbim, yuzlar oq va qora bo’ladigan kunda yuzimni oq qilgin), deyiladi.

Ikki qo’l yuvilayotganida:

«Allohumma a’tiniy kitabiy biyamiyniy, Allohumma la tu’tiniy kitabiy bishimaliy» (Ey Rabbim, nomai a’molimni o’ng qo’limdan ber, chap qo’limdan berma), deyiladi.

Boshga mash tortilayotganida:

«Allohumma harrim sha’riy va bashariy ‘alan nari va azollaniy tahta ‘arshika yavma la zilla illa zilluk» (Ey Rabbim, sochimni va yuzimni do’zaxga harom qil va meni soyalar bo’lmaydigan kunda arshingni ostida soyalantir), deyiladi.

Ikki quloqqa mash tortilayotganida:

«Allohummaj’alniy minallaziyna yastami’unal qovla fayattabi’una ahsanah» (Ey Rabbim, so’zlarni eshitib, ularning yaxshisiga ergashadiganlardan qil), deyiladi.

Ikki oyoq yuvilayotganida:

«Allohumma sabbit qodamayya ‘alas-sirot» (Ey Rabbim, sirot ko’prigida qadamimni sobit qil), deb o’qiladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:55:19
66/6. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasulullohga tahorat uchun suv olib bordim. U zot tahorat qilib bo’lib:

«Allohummag’firliy zanbiy va vassi’ liy fiy dariy va barik liy fiy rizqiy» (Ey Rabbim, gunohlarimni kechir. Hovlimni keng qil va rizqimga baraka ber), degan duoni o’qidilar. Men: «Ey Rasululloh, sizning shunday-shunday deb o’qiyotgan duoingizni eshitdim», dedim. Rasululloh: «Biror narsani o’qimay tashlab ketdimmi?» dedilar». Nasoiy va Ibn Sunniy sahih isnod bilan rivoyat qilishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:55:42
17-bob. G‘usl qilayotganda aytiladigan zikrlar

o‘usl qiluvchi tahorat olganida nimani zikr qilsa, o’shalarni aytadi. Bismillohdan tortib hammasini. Junub bilan hayz ko’rgan ayolning bunda farqi yo’q. Ba’zi birodarlarimiz: «Agar junub bo’lgan yoki hayz ko’rgan bo’lsa, bismillohni aytmaydi», deyishgan. Lekin ularning bismillohni zikr qilishlari afzalroqdir. Faqat bismillohni aytish bilan ular Qur’on tilovatini qasd qilmasliklari kerak.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:56:06
18-bob. Tayammum  qilganda aytiladigan duo

Tayammum qiluvchi kishi, hoh u junub, xoh hayz ko’rgan ayol bo’lsin, bismillohni aytishi mustahab. Ammo yuzi va kaftiga turpoq surtgandagi o’qiladigan duolar haqida biror narsa ko’rmadik.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:56:22
19-bob. Masjidga ketayotganda o’qiladigan zikrlar

67/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot xolalari Maymunaning (r.a.) uylarida tunab qolganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi ishlariga guvoh bo’lganini aytadilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam muazzinning bomdodga aytgan azonini eshitdilar, so’ng namozga ketaturib, quyidagi duoni o’qidilar:

«Allohummaj’al fiy qolbiy nuron va fiy lisaniy nuron vaj’al fiy sam’iy nuron vaj’al fiy basoriy nuron vaj’al min xolfiy nuron va min amamiy nuron vaj’al min favqiy nuron va min tahtiy nuron, Allohumma’tiniy nuro» (Ey Rabbim, qalbimda nur qil, tilimda nur qil, qulog’imda nur qil, ko’zimda nur qil, orqamdan nur qil, oldimdan nur qil, ustimdan nur qil, ostimdan nur qil, ey Rabbim, menga nur ato et). Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:56:37
68/2. Bilol (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga chiqsalar, quyidagi duoni o’qir edilar:

«Bismillahi amantu billahi tavakkaltu ‘alallohi la havla va la quvvata illa billah. Allohumma bihaqqis soiliyna ‘alayka va bihaqqi maxrojiy haza fainniy lam axrujhu asharan va la bataran va la riya`an va la sum’atan, xorojtu ibtig’oa marzotika vattiqoa saxotik, as`aluka an tu’iyzaniy minan nar va tudxilaniy al-jannah». (Ma’nosi: Allohning ismi bilan. Allohga iymon keltirdim. Allohga tavakkal qildim. Allohdan boshqada o’zgartirish va quvvat yo’q. Ey Rabbim, so’rovchilar haqqi va chiquvchilar haqqi, men takabburlik, kufronalik, riyokorlik yoki ovoza bo’lish uchun chiqqanim yo’q. Bu chiqishimdan maqsad roziligingni talab qilish, g’azabingdan qo’rqish, do’zaxdan panoh tilab, jannatga kirishni so’rashdir). Ibn Sunniy bu hadisni zaif deganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:57:51
20-bob. Masjidga kirayotganda va undan chiqayotganda o’qiladigan duolar

Masjidga
«A’uzu billahil ‘aziym va bivajhihil kariym va sultonihil qodiym minash shaytonir rojiym. Alhamdu lillah. Allohumma solli va sallim ‘ala Muhammadin va ‘ala ali Muhammad. Allohummag’firliy zunubiy vaftahliy abvaba rohmatik» (Ulug’ Allohning karim sifatli yuzi va azaliy sultonligi bilan shaytondan panoh tilayman. Allohga hamd bo’lsin. Allohim, Muhammadga va u zotning oilalariga salovot va salomlar yog’dir. Ey Rabbim, gunohlarimni kechir va menga rahmating eshiklarini och), deb, bismillohni aytib, o’ng oyoq bilan kiriladi. Chiqishda esa, avval chap oyoq qo’yiladi.

69/1. Abu Humayd yoki Abu Usaydlardan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar birortangiz masjidga kirsa, Rasulullohga salom aytib, so’ng:

«Allohummaftah liy abvaba rohmatik», deb aytsin. Chiqqanida esa:

«Allohumma inniy as`aluka min fazlik», desin». (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening fazlingni so’rayman.)

Bu hadisni Imom Muslim rivoyat qilganlar. Lekin u zotning rivoyatlarida «Rasulullohga salom aytsin», degan lafz yo’q. Ibn Sunniy bu rivoyatga

«Allohumma a’izniy minash shaytonir rojiym» (Ey Rabbim, meni la’nati shaytondan saqla), jumlasini ziyoda qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:58:08
70/2. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga kirsalar:

«A’uzu billahil ‘aziym va bivajhihil kariym va sultonihil qodiym minash shaytonir rojiym», der edilar. Agar mana shu duo o’qilsa, shayton: «Boshqa kunlarda ham mendan muhofaza qilindi», deb aytadi». Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:58:25
71/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga kirganlarida ham, chiqqanlarida ham:

«Bismillah, Allohumma solli ‘ala Muhammadin» (Alloh nomi bilan. Ey Allohim, Muhammadga salovot yog’dir), deb aytar edilar.  Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:59:06
72/4. Abdulloh ibn Hasan onalaridan, onalari momolaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga kirsalar, Allohga hamd aytib, bismillah, der edilar. So’ngra:

«Allohummag’fir liy vaftahliy abvaba rohmatik»ni o’qirdilar. Masjiddan chiqsalar:

«Allohummaftah liy abvaba fazlik» (Ey Allohim, menga fazling eshiklarini och), deb o’qir edilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:59:20
73/5. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom aytdilar: «Agar birortangiz masjiddan chiqishni xohlasa, iblis askarlarini chaqiradi. Va asalarilar amirlarining oldida jamlanishgandek, ular ham jamlanishadi. Shuning uchun masjid eshigi oldida tursangiz:

«Allohumma inniy a’uzu bika min ibliysa va junudih» (Allohim, men iblisdan va uning askarlaridan Sendan panoh tilayman), deb aytinglar. Shunda shayton zarar bermaydi». Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 22:59:51
21-bob. Masjid ichida o’qiladigan duo

Masjidda zikrlar — tasbih, tahlil, tahmid, takbirlar aytish va Qur’on tilovat qilish mustahabdir. Shuningdek, Rasulullohning hadislari, fiqh ilmi va boshqa shar’iy ilmlarni o’qish ham fazilat sanaladi.

Alloh taolo Qur’oni karimning Nur surasi 36-oyatida:

«Alloh ularni (masjidlarni) baland ko’tarib (bino) qilinishiga va ularda o’zining nomi zikr etilishiga izn bergan (ya’ni, amr qilgan) edi. U (masjidlarda) ertayu kech U zotni poklaydigan kishilar bordir...» deydi. Haj surasining 30-oyatida aytadiki:

«Kim Alloh harom qilgan narsalarni hurmat (rioya) qilsa, bas, bu Parvardigori nazdida o’zi uchun yaxshidir». Yana Haj surasining 32-oyatida deydi:

«Kim Allohning qonunlarini hurmat qilsa, bas, albatta (bu hurmat) dillarning taqvodorligi sababli bo’lur».

74/1. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Masjid nima uchun qurilgan bo’lsa, o’shanga asoslangandir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:00:20
75/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga bavl qilgan a’robiyga: «Masjidda bavl etish yoki ifloslik qilish durust emas. Balki unda Alloh zikr qilinadi, Qur’on o’qiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari

Ba’zi birodarlarimiz aytishadiki: «Kim masjidga kirib, tahorati yo’qligi yoki ishi zarurligi tufayli «Tahiy-yatul masjid» namozini o’qiy olmasa, to’rt marta «Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar», deb aytishi mustahabdir. Ba’zi salaf olimlari shunday qilishgan. Unda zarar yo’qdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:01:06
22-bob. Masjidda yo’qolgan narsasini izlaganni va oldi-sotdi qilganni ta’qib etish yoki la’natlash

76/1. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim yo’qolgan narsasini masjidda ovoza qilib, axtarilishini so’ragan kishini eshitib qolsa, «Alloh uni senga qaytarmasin, deb aytsin. Albatta, masjidlar buning uchun qurilmagan», deb tayinlaganlar». Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:01:25
77/2. Burayda (r.a.) aytadilar: «Bir kishi masjidda: «Kim menga yo’qolgan qizil tuyamni olib keladi?» dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Topa olma. Masjidlar nima uchun qurilgan bo’lsa, o’shanga asoslangandir», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:01:40
78/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Masjidda oldi-sotdi qilayotgan kishini ko’rsanglar, Alloh tijoratingga foyda bermasin, deb aytinglar. Yo’qolgan narsasini ovoza qilib, axtarilishini so’raganni ko’rsanglar, Alloh senga qaytarmasin, denglar». Imom Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:02:26
  23-bob. Masjidda islomiy va axloqiy bo’lmagan she’rlarni aytgan kishini la’natlash

79/1. Savbon (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim masjidda she’r aytgan kishini ko’rsa, Alloh tishingni sindirsin, deb uch marta aytsin», dedilar». Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:03:00
24-bob. Azonning fazilati

80/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Agar insonlar azon bilan birinchi safda nima borligini bilganlarida, chek tashlab bo’lsa ham, unga erishar edilar», deb aytdilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:03:17
81/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar namozga azon aytilsa, shayton orqasidan yel chiqarib, to azon eshitilmaydigan yergacha qochadi», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:03:31
82/3. Muoviya (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alayhissalomning: «Qiyomat kuni insonlarning eng bo’yni uzuni muazzinlardir», deganlarini eshitdim». Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:03:54
83/4. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Muazzinning ovozini eshitgan ins ham, jin ham qiyomat kuni unga guvohlik beradi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari
 
Birodarlarimiz azonmi yoki imomlik afzalligi to’g’risida ixtilof qilishdi. Bu boradagi bahs to’rt fikrdan iborat bo’ldi: 1) azon aytish afzal; 2) imomlik afzal; 3) ularning maqomlari bir xil; 4) imomlik huquqini bilsa, imomlik afzal, bilmasa, azon afzal.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:04:20
25-bob. Azonning sifati

Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar (Alloh ulug’dir).
Ashhadu alla ilaha illalloh, Ashhadu alla ilaha illalloh (Allohdan boshqa iloh yo’q deb guvohlik beraman).
Ashhadu anna Muhammadar rosululloh, Ashhadu anna Muhammadar rosululloh (Muhammad alayhissalom Allohning rasuli deb guvohlik beraman).
Hayya ‘alas solah, Hayya ‘alas solah (Namozga kelinglar).
Hayya ‘alal falah, Hayya ‘alal falah (Najotga keling-lar).
Allohu akbar, Allohu akbar.
La ilaha illalloh (Allohdan boshqa iloh yo’q).
Bomdod namozida «Hayya ‘alal falah»ni aytib bo’lgandan keyin

«Assolatu xoyrum minan navm, Assolatu xoyrum minan navm» (Namoz uyqudan yaxshiroqdir), deb aytadi.

(Imomi A’zam mazhablarida azon tarjiy’ — ikkita ashhaduni bir gal past ovozda, bir gal baland ovozda qilib  aytilmaydi. Lekin tasvib — azon bilan iqomat orasida o’sha shahar tushunadigan lafz ila namozni bildiruvchi kalimani aytsa bo’laveradi. Ba’zilar ana shu tasvib faqat bomdod namozida joiz xolos, deb aytishadi. — Tarjimon.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:05:31
26-bob. Iqomatning sifati

Iqomatning kalimalari imom Shofe’iy mazhablarida o’n bir kalimadan iboratdir. (Ya’ni, «Qod qomatis solah»dan boshqa kalimalar bir martadan aytiladi. Bizning Imomi A’zam mazhablarida esa, iqomat o’n yettita kalimadan iborat. Ular azon kalimalari bilan bir xil bo’lib, faqat «Hayya ‘alal falah»dan keyin ikki marta «Qod qomatis solah» ziyoda qilinadi va bir oz tezlatib aytiladi. — Tarjimon.)

Fasl: Azon va iqomat sunnat amaldir. Agar shahar ahli azonni tark etishga jamlansalar, ularga qarshi urush e’lon qilinadi. Chunki azon Islomning zohir shiorlaridandir. 

Fasl: Azonni tartib bilan, orasini uzib va ovozini balandlatib, iqomatni esa bir-biriga ulab, azonga nisbatan pastroq ovozda aytish mustahab amaldir. Muazzin chiroyli ovozli, ishonchli, vaqtdan xabardor, tajribali kishi bo’lishi kerak. Va azonni tik turib, tahorat bilan, baland joyda, qiblaga yuzlanib aytish ham mustahab amaldir. Agar muazzin azonni yoki iqomatni qiblaga orqasini qilib yoki o’tirib yoki yonboshlab yoki tahoratsiz yoki junub holatda aytsa ham joiz bo’ladi, lekin karohiyati bordir. Junublikdagi karohiyat tahoratsizlikdan qattiqroqdir. Iqomatdagi karohiyat esa, azonnikidan qattiqroq. 

Fasl: Azon aytish faqat besh vaqt namoz uchun mashru’dir.  Ular bomdod, peshin, asr, shom, xuftondir. Xoh u vaqtida o’qilayotgan bo’lsin, xoh qazo, xoh muqimlikda bo’lsin, xoh musofirlikda, xoh yakka  o’qilayotgan bo’lsin, xoh jamoat bilan. Agar bir kishi aytsa, qolganlarga ham kifoya qiladi. Bir vaqtning o’zida bir nechta qazo namozlarini o’qisa, faqat birinchisiga azon aytib, qolganlariga iqomat aytadi.

Fasl: Iqomat faqat namozga kirilayotganda aytiladi, azon esa, namoz vaqti kirganda.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:06:15
27-bob. Azon va iqomatni eshitganda aytiladigan zikrlar

Azon va iqomatni eshitgan kishi muazzin nima desa, o’shani takrorlaydi. Faqat «Hayya ‘alal solah, Hayya ‘alal falah», deganda:

«La havla va la quvvata illa billah», deb aytadi. «Assolatu xoyrum minan navm», desa:
«sodaqta va barorta» yoki «sodaqa rosululloh assolatu xoyrum minan navm», deydi. Agar «qod qomatis solah», desa:
«aqomahallohu va adamaha», deydi. Agar «ashhadu anna Muhammadar rosululloh», desa, «va ana ashhadu anna Muxammadar rosululloh», deb, ortidan:
«roziytu billahi robban va biMuhammadin sollallohu alayhi vasallama rosulan va bilIslami diyna», deydi. Azonning hammasini eshitib bo’lganidan keyin Rasulullohga salovot aytib, ortidan mana bu duoni o’qiydi:

«Allohumma robba hazihid da’vatit tammah vassolatil qoimah, ati Muhammadanil vasiylata val faziylah vab’as-hu maqomam mahmudanillaziy va’adtah» (Ey bu komil duoning va qoim bo’lgan namozning egasi--Allohim, Muhammadga vasila va fazilat ber, u zotni va’da qilganing maqtovli maqomda tiriltir). So’ngra xohlaganicha dunyoviy va uxroviy duolarni qilaveradi.

84/1. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Azonni eshitganinglarda muazzin nima desa, o’shani aytinglar», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:06:31
85/2. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Muazzinning azon aytayotganini eshitsanglar, u aytganidek aytinglar. So’ngra menga salovot yo’llanglar. Kim menga salovot aytsa, Alloh taolo unga o’nta salovot aytadi. Keyin menga Allohdan vasilani so’ranglar. U (ya’ni, vasila) jannatdagi bir makondir. U makon Allohning bandalaridan bittasiga nasib etadi. O’sha banda men bo’lishimga umid qilaman. Kim menga vasila so’rasa, unga shafoatim nasib etadi», dedilar. Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:06:45
86/3. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Muazzin «Allohu akbar, Allohu akbar», deganida, eshituvchi ham: «Allohu akbar, Allohu akbar», desa, «Ashhadu alla ilaha illalloh», deganida, «Ashhadu alla ilaha illalloh», deb takrorlasa, «Ashhadu anna Muhammadar rosululloh», deganida, u ham «Ashhadu anna Muhammadar rosululloh»ni aytsa, «Hayya ‘alas solah», deganida, «La havla va la quvvata illa billah», desa, «Hayya ‘alal falah», deganida ham, «La havla va la quvvata illa billah»ni aytsa, «Allohu akbar, Allohu akbar», deganida, «Allohu akbar, Allohu akbar», desa, «La ilaha illalloh», deganida, «La ilaha illalloh», deb qalbdan aytsa, jannatga kiradi». Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:07:26
87/4. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Kim muazzinni eshitgan paytda:

«Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh, roziytu billahi robban va bi Muhammadin sollallohu alayhi vasallam rosulan va bil-Islami diyna», desa, uning gunohlari kechiriladi».

Boshqa rivoyatda:
«Va ana ashhadu», desa, deyilgan. Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:07:41
88/5. Oisha (r.a.) onamiz aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muazzinning: «Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadar rosululloh», deb aytgan ovozini eshitsalar, «Men ham, men ham shahodat keltiraman», deb aytar edilar». Imom Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:08:16
89/6. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim azon eshitganida, «Allohumma robba hazihid da’vatit tammah vassolatil qoimah, ati Muhammadanil vasiylata valfaziylah vab’ashu maqomam mahmudanillaziy va’adtah», desa, unga shafoatim hosil bo’ladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:08:34
90/7. Muoviya (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muazzinning «Hayya ‘alal falah», deganini eshitsalar:

«Allohummaj’alna muflihiyn», der edilar». (Ma’nosi: Ey Allohim, bizlarni najot topganlardan qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:08:51
91/8. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bilol (r.a.) iqomatda «qod qomatis solah»ga yetganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Aqomahallohu va adamaha» (Alloh uni qoim qilib va doim qilsin), der edilar. Iqomatning boshqa lafzlarida azonniki kabi qaytarar edilar». Abu Dovud rivoyatlari

Uni qanday aytishni yuqorida Hazrati Umardan (r.a.) rivoyat qilingan hadisdan bildik.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:12:50
92/9. Abu Hurayra (r.a.) muazzin iqomat aytayotganini eshitsalar:

«Allohumma robba hazihid da’vatit tammah vassolatil qoimah, solli ‘ala Muhammadin va atihi su’lahu yavmal qiyamah», deb aytar edilar. Ibn Sunniy rivoyatlari

Azon yoki iqomatni namozda turganida eshitgan kishi unga javob qaytarmaydi. Ammo namozini tugatganidan so’ng qaytarib oladi. Hojatxonada eshitib qolsa ham, muazzinga o’sha paytda javob qaytarmaydi, balki chiqqanidan keyin javob beradi. Lekin Qur’on yoki hadis o’qiyotgan, tasbih aytayotgan va boshqa ishlar bilan shug’ullanayotgan bo’lsa, darhol to’xtab, muazzinga javob beradi. So’ngra yana mashg’ulotida davom etadi. Chunki muazzinga javob berish fursati tezda o’tib ketadi. Boshqa ishlarni keyin ham davom ettirish mumkin.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:13:15
28-bob. Azondan keyingi duolar

93/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Azon bilan iqomatning orasidagi duo rad qilinmaydi», dedilar. Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Sunniy va Termiziylar rivoyati

Termiziyning rivoyatlarida quyidagi jumla ziyoda qilingan: «Ey Rasululloh, bu ikkalasining orasida nima deymiz?» deb so’rashdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Allohdan dunyo va oxiratda ofiyat berishini so’ranglar», dedilar».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:13:33
94/2. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) aytadilar: «Bir kishi Rasululloh alayhissalomdan: «Muazzinlar fazilatli bo’lishda bizdan o’zib ketishyapti», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen ham muazzin aytganidek ayt va azon tugagandan keyin duo qilib so’ra, senga ham unikidek fazilat beriladi», dedilar». Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:13:52
95/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki narsa rad qilinmaydi. Biri, azon paytidagi duo, ikkinchisi, urush paytida qiyinchilikdagi duo», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:14:23
29-bob. Bomdodning ikki rak’at sunnatidan keyin aytiladigan duo

96/1. Abu Maliyh otalaridan rivoyat qiladilar. Otalari bomdodning ikki rak’at sunnatini o’qiyotganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham bomdodning ikki rak’at sunnatini uning yonida yengil o’qib, mana bunday duo qilgan ekanlar:

«Allohumma robba Jibriyla va Isrofiyla va Miykaiyla va Muhammadinin nabiyyi sollallohu alayhi vasallam, a’uzu bika minan nar». «A’uzu bika minan nar»ni uch marta aytdilar. (Ma’nosi: Ey Jabroil, Isrofil, Mikoil va Muhammad alayhissalomning robbi bo’lgan Allohim, Sendan do’zaxdan panoh berishingni so’rayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:14:58
97/2. Anas (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kuni ertalabki namozdan oldin:

«Astag’firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayh», deb uch marta aytsa, Alloh taolo uning gunohlarini dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, kechirib yuboradi», dedilar. (Ma’nosi: Hay va qayyum sifatiga ega bo’lgan Allohdan boshqa iloh yo’q. Unga istig’for aytib, Unga tavba qilaman.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:15:53
30-bob. Safga tizilgandan keyin o’qiladigan duo

98/1. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) aytadilar: «Bir kishi namozga keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni boshlagan edilar. U kishi safga turganidan keyin:

«Allohumma atiniy afzola ma tu’tiy ‘ibadakas solihiyn» (Ey Rabbim, menga solih bandalaringga beradigan narsalaringning eng afzalini ber), dedi. Rasululloh alayhissalom namozni tugatganlaridan so’ng: «Hozirgi gapirgan kim?» dedilar. Haligi kishi: «Men, ey Rasululloh», deb javob berdi. Shunda Rasululloh alayhissalom: «Oting o’ldirilib, o’zing Alloh yo’lida shahid bo’lasan», dedilar. Ibn Sunniy va Nasoiy rivoyatlari

Buxoriy ham tarix kitoblarida Muhammad ibn Muslimning tarjimai holida shu rivoyatni keltirganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:16:16
31-bob. Namozga turishni xohlagan paytda o’qiladigan duo

99/1. Ummu Rofi’ (r.a.) aytadilar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Ey Rasululloh, menga bir amalni ko’rsatingki, u bilan Alloh menga ajr bersin», dedim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Ummu Rofi’, agar namozga tursang, Allohga o’n marta tasbih, o’n marta tahlil, o’n marta tahmid, o’n marta takbir, o’n marta istig’for ayt. Tasbih aytganingda, Alloh: «Bu Men uchun», deydi. Tahlil aytsang ham, Alloh: «Bu Men uchun», deydi. Hamd aytsang ham, «Bu Men uchun», deydi. Takbir aytganingda ham, «Bu Men uchun», deydi. Agar istig’for aytsang, «Buni bajardim» (ya’ni, gunohlarini avf etdim), deydi», dedilar». Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:16:42
32-bob. Iqomat paytida o’qiladigan duo

100/1. Rasululloh alayhissalom aytdilar: «Duo ijobat bo’lishini askarlar dushmanga to’qnashganida, namozga iqomat aytilganida va yomg’ir yog’ayotgan paytda izlanglar».

Bu hadisni Imom Shofe’iy mursal holatda rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:17:16
33-bob. Namozga kirganda o’qiladigan zikrlar

Bu bob juda kengdir. Juda ko’p sahih hadislar turli darajada kelgan. Ammo biz bu yerda asl maqsadlardan ogoh etgan holda, nozik va nodirlariga to’xtalamiz. Ko’p dalillarni qisqartirdik. Bu kitobni yozishimizdan maqsad, boshda aytilganidek, dalillarni bayon qilish emas, balki amal qilinishi lozim bo’lgan narsalarni aytishdir. Alloh o’zi muvaffaq qilsin.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:17:34
34-bob. Takbiri tahrima

Har qanday namozning boshida, u xoh farz bo’lsin, xoh nafl, takbiri tahrimani (namoz amallaridan boshqa narsalarni harom qiluvchi takbirni) aytish bilangina namoz durust bo’ladi. (Bizning Hanafiy mazhabida buni aytish namozning birinchi farzidir.) Takbiri tahrimaning lafzi «Allohu akbar» kalimasidir. Bu takbir ikki rak’atli namozda o’n bir marta takrorlanadi. Uch rak’atli namozda o’n yetti, to’rt rak’atli namozda yigirma ikki marta takrorlanadi. Ya’ni, har bir rak’atda beshtadan takbir aytiladi. Bularning bittasi ruku’da, to’rttasi ikkita sajdaga borishda va undan ko’tarilishda. Yana avvalgi tashahhuddan turayotgandagi takbir ham bor.

Bu takbirlarni aytish sunnatdir. Ularni qasddan yoki xato qilib tark etgan bilan namoz buzilmaydi, sahv sajdasi ham qilinmaydi. Faqat namozning avvalidagi takbiri tahrima bunday emas.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:18:06
35-bob. Takbiri tahrimadan keyingi duolar

Bu borada juda ko’p hadislar kelgan. Ular umumiy holda quyidagicha duolar qilishni taqozo etadi:

«Allohu akbar kabiyro, valhamdu lillahi kasiyro va subhanallohi bukrotan va asiyla, vajjahtu vajhiy lillaziy fataros samavati val-arza haniyfam musliman va ma ana minal mushrikiyn, inna solatiy va nusukiy va mahyaya va mamatiy lillahi robbil olamiyna la shariyka lahu va bizalika umirtu va ana minal muslimiyn. Allohumma antal maliku la ilaha illa anta robbiy va ana ‘abduka zolamtu nafsiy va’taraftu bizanbiy, fag’firliy zunubiy jamiy’a, fainnahu la yag’firuz zunuba illa anta, vahdiniy liahsanil axloqi la yahdiy liahsaniha illa anta, vasrif ‘anniy sayyiaha la yasrif sayyiaha illa anta, labbayka va sa’dayka valxoyru kulluhu fiy yadayka vashsharru laysa ilayka  ana bika va ilayka taborokta va ta’alayta, astag’firuka va atubu ilayka». (Ma’nosi: Alloh buyuklarning buyugidir. Allohga bisyor hamd bo’lsin. Allohni ertayu kech poklab yod eturman. Yuzimni hanif va musulmon bo’lgan holda yeru osmonni yaratgan Zotga yuzlantirdim. Men mushriklardan emasman. Albatta, namozim, qurbonligim, tirikligim va o’limim olamlarning rabbi Alloh uchundir. Uning biror sherigi yo’qdir. Men shuni aytishga buyurilganman va men musulmonlardanman. Ey Rabbim, Sen malikdirsan, Sendan boshqa iloh yo’q. Sen rabbimsan, men esa, bandangman. Men nafsimga zulm qildim. Gunohlarimni e’tirof qildim. Gunohlarimning barchasini kechirgin, chunki gunohlarimni Sengina kechirasan, xolos. Xulqlarning eng yaxshisiga meni hidoyat qil. Sendan boshqasi hidoyat qila olmas. Va meni yomonliklardan chetlatgin. Sendan boshqasi chetlata olmas. Ijobat qilaman, yaxshilikning barchasi Sening qo’lingda. Yomonlik esa, Senga emas. Men esa, Sening noming ila Senga qaytaman. Sen barakotli va oliysan. Senga istig’for aytaman va Senga tavba qilaman.) Muslim rivoyatlari

Muhaddislar, fuqaholar, sahobalar, tobe’inlar va ulardan keyin kelgan musulmon ulamolar barchalari, yaxshilik, yomonlik va foyda, zararning hammasi Allohning hohishi va taqdiri bilan bo’lishiga ittifoq qilishgan.Shuning uchun  duodagi «yomonlik esa, Senga emas» degan iborani bir oz ta’vil qilishga to’g’ri keladi. Ulamolarimiz javoblari qu-yidagicha bo’lgan. Nazr ibn Shumayl, yomonlik Senga yaqin bo’lmaydi, deganlar. Ikkinchilari, yomonlik Senga ko’tarilmaydi, senga faqat yaxshi so’zlar ko’tariladi, deganlar. Uchinchilari, odob jihatidan Unga nisbat qilinmaydi, ya’ni, haqiqatda cho’chqani yaratgan bo’lsa ham, ey cho’chqani yaratuvchi, deyilmay-di-ku? To’rtinchilari esa, Sening hikmatingda yomonlikka nisbat beriladigan narsa yo’qdir, chunki Sen biror narsani behuda yaratmaysan, deyilgan. 

Takbiri tahrimadan keyin quyidagi duoni o’qisa ham bo’ladi:

 «Allohumma ba’id bayniy va bayna xotoyaya kama ba’adta baynal mashriqi val mag’rib. Allohumma naqqiniy min xotoyaya kama yunaqqis savbul abyazu minad-danasi, Allohumma ag’silniy min xotoyaya bis-salji val-mai val-barod». (Ma’nosi: Ey Rabbim, men bilan xatolarim orasini mashriq bilan mag’ribning orasini uzoq qilganingchalik uzoq qil. Ey Rabbim, oq kiyimni kirlardan tozalaganingdek, meni xatolarimdan tozala. Ey Rabbim, mening xatolarimni qor, suv va do’llar bilan yuv.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:18:48
101/1. Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni boshlasalar:

«Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va ta’ala jadduka va la ilaha g’oyruk», der edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Senga hamd aytish bilan Seni aybu nuqsonlardan poklayman. Sening isming muborakdir. Azamating oliydir. Sendan boshqa iloh yo’qdir.)

Bu hadisni «Sunan» sohiblari rivoyat qilishgan va zaif deyishgan. Lekin Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilingan xuddi shu lafzdagi hadisni sahih, deb aytishgan. (Bizning Imomi A’zam (r.a.) mazhablarida mana shu duoni o’qiladi.-- Tarjimon.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:19:03
102/2. Ali (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga kirsalar:

«La ilaha illa anta subhanaka zolamtu nafsiy va ‘amiltu su’an fag’firliy, innahu la yag’firuz zunuba illa anta, vajjahtu vajhiy»ni oxirigacha o’qir edilar». Bayhaqiy rivoyatlari

Bu hadis zaifdir, chunki Alidan rivoyat qilgan roviy Horis al-A’varni yolg’onchi ekaniga ittifoq qilingan. Sha’biy, Horis yolg’onchi edi, deb aytgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:19:30
36-bob. Namozni ochuvchi duodan keyin «a’uzu»ni aytish

Namozda takbiri tahrimadan keyin «A’uzu billahi minash shaytonir rojiym»ni aytish sunnat amaldir. Qur’oni karimning Nahl surasi 98-oyatida:

«Agar Qur’on o’qisang, la’nati shaytondan Allohning (nomi) ila panoh tila», deyilgan.
Bu oyatdan ixtiyor qilingan narsa «A’uzu billahi minash shaytonir rojiym»ni aytishdir.

Ba’zilar, bundan «A’uzu billahis samiy’ul ‘aliym minash shaytonir rojiym»ni aytish qasd qilingan, deyishgan.

Lekin avvalgi lafz bilan aytish mashhurdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:20:51
37-bob. «A’uzu»dan keyingi qiroat

Namozda qiroat qilish farzdir. Uning o’rnini boshqasi bosmaydi. Bunga quyidagi sahih hadis dalil: Rasululloh alayhissalom: «Fotiha surasi o’qilmagan namoz hisobga o’tmaydi», dedilar. Ibn Huzayma va Ibn Hibbon rivoyatlari

Yana: «Namoz Fotiha surasi bilangina namozdir», deb aytganlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Buxoriy va Muslim rivoyatlari

104/1. Huzayfa ibn Yamon (r.a.) rivoyat qiladilar: «Bir kechasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga namoz o’qidim. U zot Baqara surasini boshladilar. Yuz oyatda ruku’ qilsalar kerak, deb o’yladim. Ammo namozda davom etdilar. Hammasini o’qib bo’lib, ruku’ qilsalar kerak, deb o’yladim. Ammo namozda davom etdilar. So’ng Oli Imron surasini boshladilar. Keyin Niso surasini shu taxlit o’qidilar. Ohista va shoshilmay qiroat qildilar. Biror oyatni o’qiyotganlarida tasbih kelsa, tasbih aytdilar, so’raladigan narsa kelsa, so’radilar, panoh tilaydigan oyat kelsa, panoh tiladilar». Imom Muslim rivoyatlari

Sohiblarimiz aytishadi: «Imomga, ergashuvchiga, yolg’iz o’qiyotgan kishiga namozda yoki boshqa narsada tasbih aytish, so’rash, panoh tilash oyatlari kelganida, ana shularni qilish mustahabdir. Shuningdek, Vat-tiyn surasining

«Axir Alloh hukm qilguvchilarning eng adolatlisi emasmi?!» oyati o’qilganini eshitsa, «Ha, Alloh taolo qiyomat kunida eng odil hukm qilguvchi ekaniga iqrorman», deb aytish, Qiyomat surasining 40-oyatidagi
«Ana shu (Alloh) o’liklarni tiriltirishga qodir emasmi?!» oyatini eshitganida, «Albatta, Alloh bunga qodirdir!» deb javob qilish yoki A’lo surasidagi
«Eng oliy zot bo’lmish Parvardigoringizning nomini (har qanday aybu nuqsondan) poklang!» oyati o’qilganida, «Oliy rabbim Alloh ayb-nuqsonlardan pokdir», deyish mustahabdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:21:30
38-bob. Ruku’dagi zikrlar

Namoz o’qiyotgan kishi ruku’ga to’la egilsa;
«Subhana robbiyal ‘aziym», deb ruku’ zikrlarini aytadi. (Ma’nosi: Ulug’ Rabbim nuqsonlardan pokdir.)

105/1. Huzayfa (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’larini Baqara, Niso va Oli Imron suralarini o’qish darajasida uzun qilar edilar. Unda «Subhana robbiyal ‘aziym»ni takrorlardilar». Imom Muslim rivoyatlari

«Sunani Abu Dovud»da esa, quyidagicha kelgan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz «Subhana robbiyal ‘aziym», deb uch marta aytsa, ruku’si komil bo’ladi», dedilar».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:21:44
106/2. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’lari va sajdalarida:

«Subhanakallohumma robbana va bihamdik, Allohummag’firliy», deb aytar edilar». Buni Qur’ondan ta’vil qilardilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Senga hamd aytib, Seni poklayman. Ey Rabbim, gunohlarimni mag’firat qil.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:22:02
107/3. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’ qilsalar:

«Allohumma laka raka’tu va bika amantu va laka aslamtu xosha’a laka sam’iy va basoriy va muxxiy va ‘azmiy va ‘asabiy» (Allohim, Senga ruku’ qildim va Senga iymon keltirdim. Senga bo’yin egdim va Senga qulog’im, ko’zim, miyam, suyagim, paylarim bo’ysindi), der edilar». Imom Muslim rivoyatlari

«Sunan» kitoblarida esa,

«Xosha’a sam’iy va basoriy va muxxiy va ‘azmiy va mastaqollat bihi qodamiy lillahi robbil ‘alamiyn» lafzi bilan kelgan. (Ma’nosi: Qulog’im, ko’zim, miyam, suyagim, yuruvchi oyog’im olamlarning rabbi Alloh uchun bo’ysindi.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:22:27
108/4. Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’ va sajdalarida:

«Subbuhun quddusur robbul malaikati varruh» (Farishtalar va Jabroilning rabbi subbuh va quddus sifatli Allohdir), deb aytar edilar». Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:23:03
109/5. Avf ibn Molik (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga namoz o’qiganimda, u zot Baqara surasini o’qidilar. Rahmat oyati kelsa, rahmat so’radilar, azob oyati o’tsa, to’xtab panoh tiladilar. So’ng qiyomda turganlaricha ruku’ qildilar. Ruku’larida:

«Subhana zil jabaruti val malakuti val kibriyai val ‘azomat» (Jabarut, malakut, kibriyo sifatli Allohni poklab yod eturman), deb o’qidilar. So’ng sajdalarida ham xuddi shundoq qildilar». Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:23:15
110/6. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ruku’ga borganingizda Rabbingizni ulug’langlar», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari

Bu hadisdan Alloh taoloni qaysi lafz bilan bo’lsa ham, ruku’da ulug’lash tushuniladi. (Bizning Imomi A’zam mazhablarida «Subhana robbiyal ‘aziym»ni aytish yuqoridagi hadisda aytilganidek, Allohni ulug’lash hisoblanadi. — Tarjimon.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:23:28
111/7. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’da yoki sajdada qiroat qilishdan qaytardilar». Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:23:48
112/8. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Ogoh bo’linglarki, men ruku’da yoki sajdada Qur’on o’qishdan qaytarildim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:24:48
39-bob. Ruku’dan bosh ko’targanda va tik turganda o’qiladigan duolar

Ruku’dan bosh ko’tarilganida «Sami’allohu liman hamidah», deyilishi sunnat amaldir.

113/1. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’dan qomatlarini ko’targanlarida:

«Sami’allohu liman hamidah» (Kim hamd aytsa, Alloh uni eshitadi), tik bo’lganlarida esa, «Robbana lakal hamd» (Rabbimiz, Senga hamd bo’lsin), deb aytar edilar (ba’zi rivoyatlarda: «Robbana va lakal hamd», bo’lib kelgan). Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:25:33
114/2. Ali (r.a.) va Ibn Abu Avfo (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’dan boshlarini ko’targanlarida:

«Sami’allohu liman hamidah, Robbana lakal hamdu mil`as samavati va mil`a larzi va mil`a ma shi`ta min shay`in ba’d», der edilar. (Ma’nosi: Kim hamd aytsa, Alloh uni eshitadi. Rabbimiz, Senga osmon to’laligicha, yer to’laligicha va undan keyin nimani xohlasang, o’shaning to’laligicha hamd bo’lsin.) Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:25:47
115/3. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’dan boshlarini ko’tarsalar:

«Allohumma robbana lakal hamdu mil`as samavati val arzi va mil`a ma shi`ta min shay`in ba’d, ahlas sanai val majd. Ahaqqu ma qolal ‘abdu va kulluna laka ‘abd. Allohumma la mani’a lima a’toyta va la mu’tiya lima mana’ta va la yanfa’u zal jaddi minkal jadd», der edilar. (Ma’nosi: Ey Allohim, Senga yeru osmon to’laligicha va undan keyin nimani xohlasang, o’shaning to’laligicha hamd bo’lsin. Ey Alloh Sen sano va ulug’lik ahlidansan. Banda aytadigan narsaga haqliroqsan. Va barchamiz Senga bandamiz. Ey Rabbim, Sen bergan narsani man’ qiluvchi yo’q. Sen man’ qilgan narsani beruvchi yo’q. Boshqalarning buyukligi hech narsa emas, buyuklik faqat Sendandir.) Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:26:39
117/5. Rifo’ata ibn Rofi’ Zarqiy (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ortlarida namoz o’qiyotganimizda, u zot ruku’dan boshlarini ko’tarib:

«Sami’allohu liman hamidah», dedilar. Shunda bir kishi:

«Robbana va lakal hamd, hamdan kasiyron toyyiban mubarokan fiyh» (Ey Rabbim, Senga ko’p, yaxshi, muborakli hamd bo’lsin), dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni tugatib: «Bu kalimalarni kim aytdi?» deb so’radilar. Haligi kishi: «Men», deb javob berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’ttizdan ortiq farishta uni birinchi bo’lib yozishga shoshilayotganini ko’rdim», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:27:31
40-bob. Sajdadagi zikrlar

Huzayfa (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Baqara, Oli Imron, Niso suralarini bir rak’atda o’qiganlarida, rahmat oyati kelsa, uni so’rar, azob oyati kelsa, undan panoh tilar, so’ng sajda qilar edilar, sajdalari qiyomlariga yaqin bo’lardi. Unda «Subhana robbiyal a’la»ni aytardilar. (Ma’nosi: Oliy Rabbim aybu nuqsonlardan pokdir.) Muslim rivoyatlari

118/1. Mo’minlar onasi Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom ruku’ va sajdalarida:

«Subhanakallohumma robbana bihamdik, Allohummag’firliy», der edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Senga hamd aytib, Seni poklayman. Ey Rabbim, mening gunohlarimni mag’firat qil.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:28:44
119/2. Yana Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’ va sajdada:

«Subbuhun quddusur robbul malaikati varruh»ni aytar edilar. Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:29:33
120/3. Ali (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar sajda qilsalar:

«Allohumma laka sajadtu va bika amantu va laka aslamtu, sajada vajhiy lillaziy xolaqohu va sovvarohu va shaqqo sam’ahu va basoroh, tabarokallohu ahsanul xoliqiyn», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Senga sajda qildim va Senga iymon keltirdim va Senga bo’yin egdim. Yuzim xalq qiluvchi va suvrat beruvchi va ko’zni, quloqni ochuvchi Zotga sajda qildi. Xalq qiluvchilarning eng yaxshisi Alloh barakotli bo’ldi.) Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:30:34
121/4. Avf ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uzoq ruku’ qilib, unda:

«Subhana zil jabaruti val malakuti val kibriyai val ‘azomat»ni aytar edilar. Sajdalarida ham xuddi shundoq qilardilar. Sunan kitoblarida rivoyat qilingan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:35:04
122/5. Rasululloh alayhissalom: «Agar birortangiz sajda qilsa, kamida uch marta:

«Subhana robbiyal a’la», deb aytsin», dedilar. Sunan kitoblarida rivoyat qilingan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:35:31
123/6. Oisha (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Bir kuni Rasulullohni topolmay qoldim. Axtarib borsam, ruku’ (yoki sajda) qilayotgan ekanlar. Unda:

«Subhanaka va bihamdika la ilaha illa anta»ni aytayotgan edilar. (Ma’nosi: Senga hamd aytish bilan Seni poklayman. Sendan boshqa iloh yo’q.) Muslim rivoyatlari

Muslimning boshqa bir rivoyatlarida Oisha onamiz aytadilar: «Mening qo’lim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oyoqlariga tegib ketdi. U zot oyoqlarini uzatib, sajdada turganlarida:

«Allohumma a’uzu bika birizoka min saxotika va bimu’afatika min ‘uqubatika va a’uzu bika minka, la axsiy sanaan ‘alayk, anta kama asnayta ‘ala nafsik»ni o’qiyotgan edilar». (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening roziliging bilan g’azabingdan, ofiyating bilan uqubatingdan panoh tilayman. Sening noming ila Sendan panoh tilayman (ya’ni g’azabingdan). Men Senga Sen o’zingga sano aytganing kabi ko’p sano ayta olmayman.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:35:49
124/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ruku’da Allohni ulug’langlar, sajdada duoni ko’paytiringlar, chunki (sajdadagi duo) ijobat bo’lishga loyiqdir», dedilar. Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:36:10
125/8. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bandaning Rabbiga eng yaqin bo’ladigan payti sajdada turganidadir. Unda (sajdada) duoni ko’paytiringlar», dedilar».  Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:36:28
126/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sajdalarida:

«Allohummag’firliy zambiy kullahu, diqqohu va jillahu va avvalahu va axirohu va ‘alaniyatahu va sirroh»ni aytar edilar. (Ma’nosi: Ey Allohim, gunohlarimning hammasini, ozini va ko’pini, avvalgisi va oxirgisini, ochiqchasini va maxfiyini kechir.) Muslim rivoyatlari

Agar imkoni bo’lsa, yuqoridagi zikr qilgan duolarimizning hammasini jamlab, bitta sajdada o’qish mustahabdir. Ammo imkoni bo’lmasa, uch marta «Subhana robbiyal a’la», desa kifoya qiladi.

Fasl: Tilovat sajdasini qilganda, namoz sajdasining duolari o’qilaveradi. Ularga qo’shimcha quyidagi duoni o’qish mustahabdir:

«Allohummaj’alha liy ‘indaka zuxron va a’zim liy biha ajron va zo’ ‘anniy biha vizron va taqobbalha minniy kama taqobbaltaha min Davuda ‘alayhissalam». (Ma’nosi: Ey Rabbim, uni menga huzuringda zaxira qil, u sababli ajrimni ko’paytir, u tufayli gunohlarni mendan ketkaz, Dovud alayhissalomdan qabul qilganingdek, mendan ham qabul et.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 19 Sentyabr 2006, 23:36:45
127/10. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qur’on sajdasida:

«Sajada vajhiy lillaziy xolaqohu va shaqqo sam’ahu va basorohu bihavlihi va quvvatih», der edilar. (Ma’nosi: «Yuzimni yaratgan va unda kuch-quvvati bilan ko’z-quloqni ochgan Zotga yuzim sajda qildi.) Termiziy, Abu Dovud, Nasoiy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:13:09
41-bob. Sajdadan boshini ko’targanda va ikki sajda orasida o’qiladigan duolar

128/1. Huzayfa (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tungi namozda qiyomni uzun qilib, Baqara, Niso, Oli Imron suralarini o’qirdilar. Ruku’lari va sajdalari qiyom miqdoricha bo’lar edi. Ikki sajda o’rtasida:

«Robbig’firliy, robbig’firliy» (Rabbim, meni mag’firat et), der va orada sajda miqdoricha o’tirar edilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy, Bayhaqiylar rivoyati
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:14:06
129/2. Ibn Abbos (r.a.) xolalari Maymuna (r.a.) uylarida yotib qolganlarida, Rasulullohning tungi namozlari haqida ko’rganlarini quyidagicha rivoyat qiladilar: «Rasululloh sajdadan boshlarini ko’tarsalar:

«Robbig’firliy varhamniy vajburniy varfa’niy varzuqniy vahdiniy va ‘afiniy», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Ey Rabbim, gunohlarimni kechir, menga rahm qil, menga yordam ber, meni oliy martabalarga ko’tar, menga rizq ber, meni hidoyatda va ofiyatda qil.) Bayhaqiy va Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:16:53
42-bob. Ikkinchi rak’atdagi zikrlar

Birinchi rak’atda nimalar o’qilgan bo’lsa, ikkinchi rak’atda ham shular aytiladi. Faqat takbiri tahrima, sano va a’uzu aytilmaydi. Va ikkinchi rak’atdagi qiroat avvalgisiga qaraganda qisqaroq bo’ladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:18:43
43-bob. Vitrdagi qunut duosi

Vitr namozida qunut duosini o’qish vojibdir.

130/1. «Allohumma inna nasta’iynuka va nastahdiyka va nastag’firuka va natubu ilayka va nu`minu bika va natavakkalu ‘alayka va nusniy ‘alaykal xoyro kullah, nashkuruka va la nakfuruka va naxla’u va natruku may yafjuruk. Allohumma iyyaka na’budu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka nas’a va nahfidu narju rohmataka va naxsha ‘azabaka inna ‘azabakal jidda bilkuffari mulhiq» (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening yordam berishingni, hidoyat qilishingni, gunohlarni kechishingni so’rayman. Senga tavba qildim, iymon keltirdim va Senga suyandim. Yaxshiliklarning barchasi bilan Seni sifatlaymiz. Senga shukr qilamiz, noshukrlik qilmaymiz. Senga fojirlik qilganlardan chetlashamiz. Ey Rabbim, Senga ibodat, namoz, sajda etamiz. Va Sening yo’lingda sa’y-harakat qilib, rahmatingni umid qilamiz. Azobingdan qo’rqamiz. Albatta, haq azobing kofirlarga ro’para qilinuvchidir.) Ibn Abu Shayba rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:19:04
131/2. Hasan ibn Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh  alayhicsalom menga bir qancha kalimalarni o’rgatdilar. Ularni men vitrda aytaman.

«Allohummahdiniy fiyman hadayta va ‘afiniy fiyman ‘afayta va tavallaniy fiyman tavallayta va barik liy fiyma a’toyta va qiniy sharro ma qozoyta fainnaka taqziy va la yuqzo ‘alayka va innahu la yazillu man valayta tabarokta robbana va ta’alayt». (Ma’nosi: Ey Rabbim, hidoyat qilgan kishilaring qatori meni hidoyat qil, ofiyatda qilgan kishilaringdek meni ofiyatda qil, yordam bergan kishilaringdek menga ham yordam ber. Bergan narsalaringni menga barakali qil. Hukm qilgan narsalaringning yomonidan saqla. Sen hukm qiluvchisan. Senga hukm qilinmaydi. Senga do’st bo’lgan kishilar aslo xor bo’lmaydi. Ey Rabbim, Sen barakotli va oliy zotsan.) Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja, Bayhaqiylar rivoyati

Ba’zilar Umar ibn Xattob (r.a.) rivoyatlarida kelgan quyidagi duoni o’qishni yaxshiroq deyishadi:

«Allohumma inna nasta’iynuka va nastag’firuka va la nakfuruk va nu`minu bika va naxla’u may yafjuruk. Allohumma iyyaka na’budu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka nas’a va nahfidu narju rohmataka va naxsha ‘azabaka inna ‘azabakal jidda bilkuffari mulhiq. Allohumma ‘azzibil kafarotallaziyna yasudduna ‘an sabiylika va yukazzibuna rosulaka va yuqotiluna avliyaak. Allohummag’fir lilmu`miniyna val mu`minat val muslimiyna val muslimat vaslih zata baynihim va allif bayna qulubihim vaj’al fiy qulubihimul iymana val hikmata va sabbithum ‘ala millati Rosulillah sollallohu alayhi vasallam va avzi’hum ay yufu bi’ahdikallaziy a’hadtahum ‘alayhi vansurhum ‘ala ‘aduvvika va ‘aduvvihim ilahal haqqi vaj’alna minhum». (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sendan yordam so’raymiz va Senga istig’for aytamiz, kufr keltirmaymiz, Senga iymon keltirib, Senga fojirlik qiladiganlardan chetlanamiz. Ey Allohim, Senga sajda qilib, namoz o’qib, ibodat qilamiz. Harakat etib, Senga intilamiz. Rahmatingni umid qilamiz, azobingdan qo’rqamiz. Albatta, haqiqiy azobing kofirlarga ro’para qilinuvchidir. Ey Allohim, Sening yo’lingdan to’sadigan, rasullaringni yolg’onchiga chiqaradigan va do’stlaringni o’ldiradigan kofirlarni azobla. Ey Rabbim, mo’min-musulmon erkaklarning va mo’mina-muslima ayollarning gunohlarini kechir. Ularning oralarini isloh etib, qalblarini ulfat qil, qalblariga iymon va hikmat urug’larini soch. Ularni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam millatlarida sobitqadam qil va ahdlashgan narsalarida Sening ahding bilan vafo qilishni ularga nasib et. O’zingning va ularning dushmanlariga qarshi ularga yordam ber. Ey haq Iloh, bizni ulardan (ya’ni, nusrat berilganlardan) qil.)

Imom namozda bu duolarni o’qiyotganida, faqat o’ziga xoslab emas, balki jamoat uchun qiladi. Rasululloh  alayhissalom quyidagi hadislarida shunday qilishga buyurganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:19:20
132/3. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Qavmga imom bo’lgan kishi duoda o’zini xoslab olmasin. Agar shundoq qiladigan bo’lsa, jamoatdagilarga xiyonat qilibdi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari

(Masalan, imom «gunohlarimni kechir», demasdan, «gunohlarimizni kechir», deb ko’plik lafzida  aytadi. — Tarjimon.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:19:39
44-bob. Tashahhud

133/1. Ibn Mas’ud (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar:

«Attahiyyatu lillahi vassolavatu vattoyyibat assalamu ‘alayka ayyuhan nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh». (Ma’nosi: «Salomlar, duolar va yaxshiliklarning barchasi Alloh uchundir. Ey Payg’ambar, sizga salom va Allohning rahmatiyu barakoti bo’lsin. Bizlarga va Allohning solih bandalariga ham salom bo’lsin. Allohdan boshqa iloh yo’q deb guvohlik beraman. Va yana Muhammad Allohning bandasi va rasuli deb guvohlik beraman.) (Bizning Imom A’zam mazhablarida shu hadisdagi lafz ixtiyor qilingan. -- Tarjimon.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:20:15

134/2. Ibn Abbos (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar:

«Attahiyatul mubarokatus solavatut toyyibatu lillah. Assalamu ‘alayka ayyuhan nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadar rosululloh». Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:20:31
135/3. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qilgan rivoyatlarida tashahhud quyidagi lafzda kelgan:

«Attahiyyatut toyyibatus solavatu lillah. Assalamu ‘alayka ayyuhan nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn. Ashhadu alla ilaha illallohu va anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh». Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:20:53
136/4. Qosimga (r.a.) Oisha onamiz (r.a.) Rasululloh alayhissalomning tashahhudlari, deya quyidagilarni o’rgatganlar:

«Attahiyyatu lillahi vassolavatu vattoyyibat. Assalamu ‘alayka ayyuhan nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh». Imom Bayhaqiy yaxshi isnod bilan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:21:17
137/5. Abdurahmon ibn Umar Qoriydan rivoyat qilinadi.  U kishi Umar ibn Xattob (r.a.) minbarda turib, quyidagi tashahhudni kishilarga o’rgatayotganlarini eshitgan ekanlar:

«Attahiyyatu lillah, azzakiyatu lillah, attoyyibatus solavatu lillah, assalamu ‘alayka ayyuhan nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh, assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh». Imom Molik va Bayhaqiy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:21:37
138/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz tashahhud o’qiydigan bo’lsalar, quyidagilarni aytar edilar:

«Attahiyyatut toyyibatus solavatuz zakiyatu lillah. Ashhadu alla ilaha illallohu va anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh. Assalamu ‘alayka ayyuhan nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn». Oisha onamizdan qilingan boshqa rivoyatda esa, quyidagicha:

«Attahiyyatus solavatut toyyibatuz zakiyatu lillah. Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh. Assalamu ‘alayka ayyuhan nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn». Imom Molik, Bayhaqiy va boshqalar rivoyati
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:21:53
139/7.Molik Nofe’dan, u kishi ibn Umar (r.a.)dan  rivoyat qiladilar:
«Ibn Umar (r.a.) tashahhudni quyidagicha aytar edilar:

«Bismillah, attahiyyatu lillah, assolavatu lillah, azzakiyatu lillah, assalamu ‘alan nabiyyi va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn. Shahidtu alla ilaha illallohu. Shahidtu anna Muhammadar rosululloh». Imom Molik va Bayhaqiy rivoyatlari

Mana shu zikr qilganlarimiz turli tashahhud duolari bo’lib, avvalgi uchtasi, ya’ni Ibn Mas’ud, Ibn Abbos, Abu Musolardan (roziyallohu anhum) qilingan rivoyatlar Rasulullohdan sobit bo’lgandir. (Bizning mazhabimiz, ya’ni Imom A’zam (rahmatullohi alayh) mazhablarida Ibn Mas’uddan rivoyat qilingan birinchi hadis ixtiyor qilingan. — Tarjimon.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:22:17
140/8. Tashahhudni maxfiy o’qish sunnat amaldir. Bunga Abdulloh ibn Mas’udning (r.a.): «Tashahhudni maxfiy qilish sunnatdir», deb aytgan gaplari dalil bo’ladi. Abu Dovud, Termiziy, Bayhaqiy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:22:37
45-bob. Tashahhuddan keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish

Namoz oxirida tashahhuddan keyin  Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish Shofe’iy mazhablarida vojibdir. Kim uni tark etsa, namozi namoz emas. Nabiyning ahliga salovot aytish vojib emas, balki mustahabdir. Ammo vojib deganlar ham yo’q emas. (Imomi A’zam mazhablarida namoz tashahhud miqdorida o’tirish bilan tugallanadi. Tashahhuddan keyin ushbu salovotni aytish esa, sunnatdir.--Tarjimon.)

«Allohumma solli ‘ala Muhammadin va ‘ala ali Muhammad, kama sollayta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiym, innaka hamiydum majiyd. Allohumma barik ‘ala Muhammadin va ‘ala ali Muhammad, kama barokta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiym, innaka hamiydum majiyd». (Ma’nosi: Allohim, Ibrohim alayhissalomni va u zotning oilalarini yaxshilik va rahmatda qilganing kabi, Muhammad alayhissalomni va u zotning oilalarini ham yaxshilik va rahmatda qil. Albatta, Sen maqtovli ulug’ zotsan. Allohim, Ibrohim alayhissalomni va u zotning oilalarini barakotli qilganingdek, Muhammad alayhissalomni va u zotning oilalarini ham barakotli qil. Albatta, Sen maqtovli ulug’ zotsan.)

Tashahhuddan keyin mana bu salovotni o’qish afzaldir:

«Allohumma solli ‘ala Muhammadin ‘abdika va rosulikan nabiyyil ummiyyi va ‘ala ali Muhammadin va azvajihi va zurriyyatihi kama sollayta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiyma va borik ‘ala Muhammadin nabiyyil ummiyyi va ‘ala ali Muhammadin va azvajihi va zurriyyatihi kama barokta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiyma fil ‘alamiyna innaka hamiydum majiyd». (Ma’nosi: Allohim quling, rasuling, omi nabiyying Muhammad alayhissalomni, ayollari va zurriyotlarini rahmat va yaxshilikda qil, xuddi Ibrohim alayhissalomni va oilalarini rahmat va yaxshilikda qilganingdek. Omi nabiy Muhammad alayhissalomni, u zotning ayollari va zurriyotlarini barakotli qil, xuddi Ibrohim alayhissalomni olamlarda barakotli qilganingdek. Albatta Sen maqtovga loyiq ulug’ zotsan.)   
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:23:36
46-bob. Oxirgi tashahhuddan keyin o’qiladigan duo

Tashahhuddan keyin duo qilish hech bir ixtilofsiz joiz ishdir.

141/1. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qiladilar: Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarga tashahhudni o’rgatib, undan keyin xohlagan duoni o’qishni aytdilar», deydilar. Imom Muslim rivoyatlarida: «U zot xohlagan narsalarini so’rardilar», deb aytilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:23:46
142/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar birortangiz oxirgi tashahhudni o’qib bo’lsa, to’rtta narsadan panoh so’rasin: jahannam azobidan, qabr azobidan, hayot va o’lim fitnasidan, Masiyh Dajjolning yomonligidan», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari

Imom Muslimning boshqa bir rivoyatlarida: «Agar birortangiz tashahhudda bo’lsa, to’rt narsadan panoh tilab aytsin:

«Allohumma inniy a’uzu bika min ‘azabi jahannama va min ‘azabil qobri va min fitnatil mahya val mamat va min sharri fitnatil masiyhid dajjal».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:23:56
143/3. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozda quyidagicha duo qilar edilar:

«Allohumma inniy a’uzu bika min ‘azabil qobri va a’uzu bika min fitnatil masiyhid dajjal va a’uzu bika min fitnatil mahya val mamat. Allohumma inniy a’uzu bika minal ma`sami val mag’rom». (Ma’nosi: Allohim, qabr azobidan, Masih Dajjolning fitnasidan, tiriklik va o’lim fitnasidan, gunohkor va qarzdor bo’lishdan panoh tilayman.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:24:06
144/4. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga tursalar, tashahhud bilan salomning orasida (ya’ni, salovotdan keyin):

«Allohummag’firliy ma qoddamtu va ma axxortu va ma asrortu va ma a’lantu va ma asroftu va ma anta a’lamu bihi minniy, antal muqoddim va antal muaxxir, la ilaha illa anta»ni o’qir edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, oldingiyu keyingi, oshkorayu maxfiy va isrofgarchilik bilan qilgan gunohlarimni va mendagi o’zing bilgan gunohlarimni kechir. Albatta, Sen avvalgi va oxirgidirsan, Sendan boshqa iloh yo’q.) Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:24:20
145/5. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) rivoyat qiladilar. U zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan namozda o’qib yurishlari uchun bir duo o’rgatishlarini so’radilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakrga:

«Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiyron va la yag’firuz zunuba illa anta fag’firliy mag’firatan min ‘indika varhamniy innaka antal g’ofurur rohiym», deb ayting», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, men nafsimga ko’p zulm qildim. Gunohlarni Sendan boshqa hech kim kechira olmaydi. O’zingning huzuringdan bo’lgan mag’firat ila gunohlarimni kechir va menga rahm qil. Albatta, Sen kechirguvchi hamda rahmli zotsan.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:24:32
 146/6. Abu Solih Zakvondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishiga: «Namozda qanday duo qilasan?» deb so’radilar. Haligi kishi: «Tashahhud o’qiyman va:

«Allohumma inniy as`alukal jannata va a’uzu bika minannar» (Ey Rabbim, Sendan jannatni so’rayman va do’zaxdan panoh tilayman), deb aytaman. Ammo siz so’raganingizdek va panoh tilaganingizdek go’zal qilolmayman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shunga yaqin qilib so’ra», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari

Har bir o’rinda «Allohumma inniy as`alukal ‘afva val ‘afiyah. Allohumma inniy as`alukal huda vattuqo val ‘ifafa val g’ina», deb aytish mustahab amaldir. (Ma’nosi: Ey Allohim, Sendan afv va ofiyatni so’rayman. Ey Allohim, Sendan hidoyat, taqvo, iffat va boylikni so’rayman.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:24:42
47-bob. Namozdan salom bilan chiqish

Namozdan salom bilan chiqish uning asosiy ruknlaridan biri, farzlaridan bir farzdir. Uningsiz namoz namozga o’tmaydi. (Bizning mazhabimizda salom bilan chiqish vojib sanaladi. — Tarjimon.) O’ng tomonga burilganda ham, chap tomonga burilganda ham «Assalamu ‘alaykum va rohmatulloh», deb aytadi. Ammo «va barokatuh»ni qo’shmaydi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:24:58
48-bob. Kishi namozda turganida bir odam gapirsa, unga nima deydi?

147/1. Sahl ibn Sa’d Soidiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning namozida biror hodisa yuz bersa:

«Subhanalloh», deb aytsin», dedilar. Boshqa bir rivoyatda: «Agar biror ish sodir bo’lsa, erkaklar tasbih aytsin, ayollar qarsak chalsin», deyilgan. Yana boshqa bir rivoyatda: «Tasbih erkaklar uchun, qarsak ayollar uchun», deyiladi. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:25:11
49-bob. Namozdan keyingi zikrlar

148/1. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalomdan: «Qaysi duo yaxshi eshitiladi?» deb so’rashdi, u zot: «Kechaning oxirgi qismi va farz namozlari so’ngida qilingan duo», deb javob berdilar. Imom Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:25:22
149/2. «Sahihayn»da keltirilgan hadisda Ibn Abbos (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozlarini takbir bilan tugatganlarini bilaman», deb xabar berganlar. U zot boshqa bir rivoyatda yana aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida odamlar farz namozidan qaytayotib, ovozlarini baland qilib, takbir aytishar edi». Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:25:30
150/3. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni tugatsalar, uch marta «Astag’firulloh», deb so’ngra:

«Allohumma antas salam va minkas salam, tabarokta ya zal jalali val ikrom», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Ey Allohim, Sen salomsan va salom Sendandir. Ey ulug’ va hurmatli zot, Sen barakotlisan.) Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:25:41
151/4. Mug’iyra ibn Sho’’ba (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozdan forig’ bo’lsalar:

«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qumma la mani’a lima a’toyta va la mu’tiya lima mana’ta va la yanfa’u zal jaddi minkal jadd»ni o’qir edilar. (Ma’nosi: «Allohdan o’zga iloh yo’q, Uning sherigi ham yo’q. Mutlaq mulk Uniki va hamd ham Ungadir. U har narsaga qodirdir. Ey Rabbim, Sen bergan narsani ma’n qiluvchi yo’q. Va Sen ma’n qilgan narsani beruvchi yo’q. Buyuklik Sendandir, boshqaning buyukligi foyda bermaydi.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:25:57
152/5. Abdulloh ibn Zubayr (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har namoz ketidan tahlil aytar edilar», deydilar. O’zlari ham har namoz ketidan:

«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr. La havla va la quvvata illa billah, la ilaha illallohu va la na’budu illa iyyah, lahun ni’matu val fazlu va lahus sanaul hasan, la ilaha illallohu muxlisiyna lahud diyna va lav karihal kafirun», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Yakka Allohdan boshqa iloh yo’q. Uning sherigi ham yo’q. Mutlaq mulk Uniki va hamd ham Ungadir. U har bir ishga qodirdir. Allohdan boshqada o’zgartirish va quvvat yo’q. Allohdan boshqa iloh yo’q. Ungagina ibodat qilamiz. Ne’mat, fazl, chiroyli sano U uchundir. Allohdan boshqa iloh yo’q. U uchun din xolis qilinadi, garchi kofirlar karih ko’rsalar ham.) Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:26:07
153/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kambag’al muhojirlar kelib: «Badavlat kishilar oliy darajalarga ko’tarilib, ne’matda bizdan o’zib ketishdi. Ular biz namoz o’qigandek namoz o’qiydilar, biz ro’za tutgandek ro’za tutadilar, shularning ustiga, mollarini sarflab, haj, umra, sadaqa hamda jihod qiladilar», deb aytishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga bir narsa o’rgataymi? U bilan sizlardan o’zib ketganlarga yetib olasiz va keyingilardan o’zib ketasizlar, biror kishi sizlardan afzal bo’lolmaydi. Faqat sizlar qilgan amalni qilsa, afzal bo’ladi», dedilar. Sahobalar: «O’rgating, ey Rasululloh», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir namozning ortidan o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdu lillah, Allohu akbar», deb aytinglar», deb buyurdilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:26:16
154/7. Ka’b ibn Ujradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim har bir farz namoz so’ngida o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdu lillah, Allohu akbar», tasbihlarini aytsa kambag’al bo’lmaydi», dedilar. Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:26:25
155/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kim har bir namoz so’ngida o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdu lillah, Allohu akbar», deb yuzinchisini

«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», deb aytsa, gunohlari dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, kechiriladi», dedilar. Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:26:38
156/9. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har namoz so’ngida ushbu kalimalarni aytib, panoh tilar edilar:

«Allohumma inniy a’uzu bika minal jubni va a’uzu bika an arudda ila arzalil ‘umuri va a’uzu bika min fitnatid dunya va a’uzu bika min ‘azabil qobr». (Ma’nosi: Ey Rabbim, qo’rqoqlikdan, umrning zoe’ bo’lishidan, dunyo fitnasidan va qabr azobidan panoh berishingni tilayman.) Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:26:51
157/10. Abdulloh ibn Amr (r.a.) rivoyat qiladilar: «Ikki xislat bor. Qaysi bir musulmon banda uni doim bajarib yursa, jannatga kiradi, -- dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. — Ular yengil, ammo amal qiladiganlar oz. Birinchisi, har bir namoz so’ngida o’n martadan «subhanalloh, alhamdu lillah, Allohu akbar», deyish. Bu bir kunda tilda 150 ta, mezonda bo’lsa, 1500 tadir. Ikkinchisi, to’shakka kirganda, uxlashdan oldin o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdu lillah» va o’ttiz to’rt marta «Allohu akbar», desa, tilida 100 ta, mezonda esa, 1000 ta bo’ladi». Rasululloh buni qo’llari bilan ta’kidladilar. Sahobalar: «Ey Rasululloh, nima uchun yengil bo’lsa ham, uni bajaradiganlar oz?» deb so’rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishi uxlashni xohlagan paytda shayton kelib, mana shu kalimalarni aytishdan oldin uxlatib qo’yadi. Namoz o’qib bo’lganidan keyin ham shayton kelib, mana shu kalimalarni aytishidan oldin unga bir zarur ishni eslatadi», dedilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:27:00
158/11. Uqba ibn Omir (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga ikki «Qul a’uzu»ni har namoz so’ngida o’qishni buyurdilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari

Abu Dovudning rivoyatlarida: «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq», «Qul a’uzu birobbinnas»ni o’qish lozim, deyilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:27:10
159/12. Muoz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening qo’llarimdan ushlab: «Ey Muoz, Allohga qasamki, men seni yaxshi ko’raman va senga har namoz so’ngida

«Allohumma a’inniy ‘ala zikrika va shukrika va husni ‘ibadatik»ni aytishni tavsiya qilaman», dedilar». (Ma’nosi: Ey Allohim, Seni zikr etishda, Senga shukr qilishda va ibodatingni go’zal bajarishda menga yordam ber.) Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:27:18
160/13. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozlarini tamomlasalar, o’ng qo’llarini peshonalariga surtib:

«Ashhadu alla ilaha illallohur rohmanur rohiym. Allohummazhib ‘annil hamma val hazan», deb aytardilar. (Ma’nosi: Rahmon va rahiym sifatli Allohdan boshqa iloh yo’q, deb guvohlik beraman. Ey Rabbim, mendan g’am va xafachiliklarni ketkaz.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:27:28
161/14. Abu Umoma (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga biror farz yoki nafl namoz so’ngida yaqinlashsam, u zotning:

 «Allohummag’firliy zunubiy va xotoyaya kullaha. Allohumman’ishniy vajburniy vahdiniy lisolihil a’mali val axlaq, innahu la yahdiy lisolihiha va la yasrifu sayyiaha illa anta», deb aytayotganlarini eshitar edim». (Ma’nosi: Ey Rabbim, gunohlarimning hammasini kechir. Ey Rabbim, meni ishlarimda faol qil, isloh et va xulq, amallarning yaxshisiga hidoyat qil. Sendan o’zgasi ishlarning yaxshisiga hidoyat qilib, yomonidan burolmaydi.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:27:40
162/15. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni tugatsalar (salom berishdan oldin yoki keyin — aniq bilmayman):

«Subhana robbika robbil ‘izzati ‘amma yasifun va salamun ‘alal mursaliyn valhamdu lillahi robbil ‘alamiyn», deb aytar edilar» (Ma’nosi: Izzat egasi bo’lgan Parvardigoringiz ular sifatlayotgan narsadan pokdir. Barcha payg’ambarlarga salom bo’lsin, olamlarning Rabbiga hamd bo’lsin.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:27:48
162-b/16. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozdan forig’ bo’lsalar:

«Allohummaj’al xoyra ‘umuriy axirohu va xoyro ‘amaliy xovatimahu vaj’al xoyro ayyamiy yavma alqoka», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Ey Alohim, umrimning yaxshisini oxiri, amalimning yaxshisini xotimasi va kunlarimning yaxshisini Senga yo’liqadigan kun qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:27:59
163/17. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz so’ngida:

«Allohumma inniy a’uzu bika minal kufri val faqri va ‘azabil qobr», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Allohim, kufrdan, kambag’allikdan va qabr azobidan Sendan panoh tilayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:28:09
164/18. Fazola ibn Ubaydullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz namoz o’qisa, Allohga hamd va sano aytish bilan boshlasin. Keyin Rasulullohga salovot aytib, so’ngra xohlaganicha, duo qilsin», dedilar. Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:28:24
50-bob. Bomdod namozidan keyin Allohni zikr qilishga undash

Biling, kunduzgi zikr vaqtlarining eng sharaflisi bomdod namozidan keyingi zikrlardir.

165/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bomdod namozini jamoat bilan o’qib, so’ng quyosh chiqqunicha Allohni zikr qilsa, keyin ikki rak’at nafl namozi o’qisa, xuddi to’la-to’kis haj va umra qilganning savobini olgandek bo’ladi», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:28:36
166/2. Abu Zarrdan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim bomdod namozidan so’ng bir gap gapirishidan oldin:

«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu yuhyi va yumiytu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», deb o’n marta aytsa, u kishiga o’nta yaxshilik yozilib, o’nta yomonlik o’chiriladi va o’nta darajaga ko’tariladi. Shu kunida yomon ko’rgan narsasidan saqlanadi. Shayton unga yaqinlasha olmaydi. Va shu kuni birorta ham gunoh qilishga yo’liqmaydi. Faqat Allohga shirk bundan mustasno». Imom Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:28:49
167/3. Muslim ibn Horis Tamimiyga (r.a.) Rasululloh alayhissalom shivirlab: «Shom namozini o’qib bo’lsang,

«Allohumma ajirni minan nar» (Allohim, menga do’zaxdan najot ber), deb yetti marta ayt. Shuni aytgan kechangda vafot etsang, senga do’zaxdan omonlik yoziladi. Agar ana uni bomdod namozida aytsang va shu kuni vafot etsang, senga do’zaxdan omonlik yoziladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:29:01
168/4. Ummu Salama onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam subh namozida:

 «Allohumma inniy as`aluka ‘ilman nafi’an va ‘amalan mutaqobbalan va rizqon toyyiban», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Allohim, Sendan foydali ilm, qabul bo’luvchi amal, pok rizq so’rayman.) Imom Ahmad, Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 11:29:16
169/5. Suhayb (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bomdod namozidan keyin ikki lablarini qimirlatar edilar. Men: «Ey Rasululloh, bu aytayotgan narsangiz nima?» deb so’radim. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

 «Allohumma bika uhavilu va bika usovilu va bika uqotilu», deb aytyapman», dedilar». (Ma’nosi: Allohim, Sening noming bilan harakat qilaman, Sening noming bilan g’olib bo’laman va Sening noming bilan urush qilaman.) Ibn Sunniy rivoyatlari

Abu Muhammad Bag’aviy «Sharhi sunan»da quyidagilarni keltirganlar. Alqama ibn Qays: «Bizga yetib kelishicha, subh namozidan keyin olim kishi uxlasa, Alloh taologa yer uning ustidan arz qiladi», deb aytdilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:06:53
51-bob. Tong va kechqurunda o’qiladigan duolar

Bu bob juda kengdir. Bu kitobda undan katta bob yo’q. Men, inshaalloh, jumlalarni muxtasar qilaman. Kim aytilganlarning hammasiga amal qilishga muvaffaq bo’lsa, Alloh tomonidan unga fazldir. Kim hammasini jamlab aytishga ojiz bo’lsa, xohlagan bitta zikrni aytsin.

Bu bobning asli Qur’oni karimdadir:

«Quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Parvardigoringizga hamd aytish bilan (U zotni) poklang»
(Toha, 130-oyat);

«Tunu kun Rabbingizga hamd aytish bilan (Uni) poklang» (G‘ofir, 55-oyat);

«Parvardigoringizni ichingizda yolvorib, qo’rqib, dildan ertayu kech yod qiling va g’ofil kimsalardan bo’lmang!» (A’rof, 205-oyat);

«Ertayu kech Parvardigorlarining yuzini istab Unga iltijo qiladigan zotlarni (huzuringizdan) haydamang!» (An’om, 52-oyat);

«U (masjidlarda) ertayu kech U zotni poklaydigan kishilar bordirki, ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohni zikr qilishdan mashg’ul qila olmas» (Nur, 36-oyat).
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:07:15
170/1. Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim sayyidul istig’for —

«Allohumma anta robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana ‘abduka va ana ‘ala ‘ahdika va va’dika mastato’tu a’uzu bika min sharri ma sona’tu, abu`u laka bini’matika ‘alayya va abu`u bizambiy fag’firliy fainnahu la yag’firuz zunuba illa anta»ni  kechki payt aytib, tong otgunicha vafot etsa, jannatga kiradi. Kim tongda aytib, shu kuni vafot etsa, unda ham jannatga kiradi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen parvardigorimsan, Sendan boshqa iloh yo’q. Meni xalq qilding va men Sening qulingman. Men Senga bergan va’damda va Senga bergan ahdimda qodir bo’lganimcha turibman. Qilgan narsalarimning yomonidan Sening noming bilan panoh tilayman. Menga ato qilgan ne’matlaringga iqror bo’ldim. Va yana gunohlarimga ham iqror bo’ldim. Mening gunohlarimni kechir. Chunki Sendan boshqasi gunohlarni kechira olmaydi.) Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:07:28
171/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ertalab yoki kechqurun:

«Subhanallohi va bihamdihi», (Allohga hamd aytish bilan Uni aybu nuqsonlardan poklab yod etaman), deb yuz marta aytsa, qiyomat kuni biror kishi undan afzal bo’lmaydi. Faqat ana shu kishi aytganidek yoki undan oshirib aytsagina, bo’lishi mumkin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari

Abu Dovudning rivoyatlarida:
«Subhanallohil ‘aziym va bihamdihi», deb kelgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:08:13
172/3. Abdulloh ibn Hubayb (r.a.) aytadilar: «Biz zulmatli yomg’irli kechada Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz o’qib berishlari uchun u zotni axtarib ko’chaga chiqdik. U zotni topganimizda, «Ayt», dedilar. Men hech bir narsa ayta olmadim. So’ngra yana: «Ayt», dedilar. Men hech narsa yta olmadim. So’ngra yana: «Ayt», dedilar. Men: «Ey Rasululloh, nimani aytaman?» dedim. Shunda Rasululloh: «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq», «Qul a’uzu birobbinnas» suralarini kechki payt va ertalab uch martadan aytsang, senga har bir narsada kifoya qiladi», dedilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiylar rivoyati
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:08:22
173/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tong otganida:

«Allohumma bika asbahna va bika amsayna va bika nahya va bika namutu va ilaykan nushur» (Allohim, Sening noming ila tong ottirdik, Sening noming ila kech kirgizdik. Sening noming ila tirilamiz va Sening noming ila o’lamiz. Va Senga qaytajakmiz), der edilar. Kech kirganida esa:

«Allohumma bika amsayna va bika nahya va bika namutu va ilaykan nushur» (Allohim, Sening noming ila kech kirgizdik. Sening noming ila tirilamiz va Sening noming ila vafot etamiz. Va Senga qaytajakmiz), deb aytar edilar. Abu Dovud, Termiziy, Ibn Mojalar rivoyati
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:08:33
174/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarda bo’lsalar, erta tongda:

«Samma’a sami’un bihamdillahi va husni balaihi ‘alayna robbana sohibna va afzil ‘alayna ‘aizan billahi minan nar», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Eshitguvchi Allohga hamd aytganimizni va bizga chiroyli sinovlar berganini eshittirdi. Ey Rabbimiz, bizni do’st ayla. O’zingning noming ila do’zaxdan panoh tilashni bizga eng afzal amal qil.) Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:08:43
175/6. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kech kirsa:

«Amsayna va amsal mulku lillah, valhamdu lillahi la ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr. Robbi as`aluka xoyro ma fiy hazihil laylati va xoyro ma ba’daha va a’uzu bika min sharri ma fiy hazihil laylati va sharri ma ba’daha, robbi a’uzu bika minal kasali valharomi va su`ul kibar. A’uzu bika min ‘azabin fin nari va ‘azabin fil qobr», deb aytar edilar. Agar tong otsa: «Asbahna va asbahal mulku lillah», deb, qolganini o’shanday davom ettirardilar. (Ma’nosi: Biz ham, butun mulk ham Allohniki bo’lgan holda kech kirgizdi. Allohga hamd bo’lsin. Allohdan boshqa iloh yo’q. Uning sherigi ham yo’q. Mutlaq mulk Unikidir. Maqtov ham Unga xosdir. U har narsaga qodirdir. Ey Rabbim, Sendan bu kechaning yaxshiliklarini va undan keyingi yaxshiliklarni so’rayman. Bu kechaning yomonligidan va undan keyingi kechaning yomonligidan Sendan panoh tilayman. Ey Rabbim, Sening noming ila dangasalikdan, juda qarib ketishdan va yomon kibrlikdan panoh tilayman. Yana do’zax va qabr azobidan ham panoh tilayman.) Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:08:53
176/7. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir kishi kelib: «Ey Rasululloh, kecha meni chayon chaqib oldi», dedi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kech kirganida:

«A’uzu bikalimatillahit tammati min sharri ma xolaq», desang, senga hech narsa zarar bermaydi», dedilar. (Ma’nosi: Allohning hamma kalimalari bilan U yaratgan narsalarning yomonligidan panoh tilayman.) Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:09:40
177/8. Abu Bakr Siddiq (r.a.): «Ey Rasululloh, menga biror kalimani o’rgating, uni tong otganida va kech kirganda aytib yuray», dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Allohumma fatiros samavati val arzi ‘alimal g’oybi vash shahadati robba kulli shay`in va maliykah, ashhadu alla ilaha illa anta, a’uzu bika min sharri nafsiy va sharrish shaytoni va shirkihi», deb tong otganida, kech kirganida va to’shagingizga yotganingizda aytib yuring», dedilar. (Ma’nosi: Ey yeru osmonni bor qilgan Allohim, ey g’oibni va shohidni biluvchi Rabbim, Sen har bir narsaning parvardigori va podshohidirsan. Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo’q. Nafsimning yomonligidan va shaytonning yomonligiyu hiylasidan Sening noming ila panoh tilayman.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:09:50
178/9. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir necha sahoba: «Ey Rasululloh, bizga bir kalimani o’rgatingki, biz uni ertalab va kechqurun hamda to’shagimizga yotganimizda aytib yuraylik», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuqoridagi duoni aytib, unga:

«va an naqtarifa su`an ‘ala anfusina av najurrohu ila muslim»ni qo’shib qo’ydilar. (Ma’nosi: Nafsimizga yomonlik bo’lishidan va musulmonning ham  yomonlikka giriftor bo’lishidan panoh tilaymiz.) Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:10:02
179/10. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror bir banda har tongda va tunda:

«Bismillahillaziy la yazurru ma’asmihi shay`un fil arzi va la fis samai va huvas samiy’ul ‘aliym», deb uch marta aytsa, unga biror narsa zarar bermaydi», dedilar. (Ma’nosi: Shunday Allohning ismi bilan boshlaymanki, Uning ismi tufayli yeru osmonda biror narsa zarar bera olmaydi. U eshituvchi va biluvchi Zotdir.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:10:12
180/11. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim kech kirgan paytda:

«Roziytu billahi robban va bil Islami diynan va bi Muhammadin sollallohu ‘alayhi vasallama nabiyya», desa, Alloh uni rozi qilishi (berajak ne’matlari bilan) haqiqat bo’ladi», dedilar.

Bu hadisni Termiziy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar. Lekin Abu Dovud va Nasoiylar Rasulullohga xizmat qilgan bir kishidan keltirgan boshqa rivoyat esa sahihdir. (Ma’nosi: Allohni rabbim, Islomni dinim, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni payg’ambar deb rozi bo’ldim.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:11:05
181/12. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tong otganida yoki kech kirganida:

«Allohumma inniy asbahtu ushhiduka va ushhidu hamalata ‘arshika va malaikataka va jamiy’a xolqik, annaka anta la ilaha illa anta va anna Muhammadan ‘abduka va rosuluk», deb aytsa, Alloh taolo tanasining to’rtdan birini do’zaxdan xalos qiladi. Kim shuni ikki marta aytsa, Alloh taolo uning yarmini do’zaxdan xalos qiladi. Kim uch marta aytsa, Alloh taolo uning to’rtdan uch qismini do’zaxdan xalos etadi. Kim to’rt marta aytsa, Alloh taolo uni butunlay do’zaxdan xalos qiladi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, albatta, men tong ottirdim. Seni va arshingni ko’taruvchi farishtalaringni va hamma xalq qilgan narsalaringni guvoh qilib aytamanki, Sendan boshqa iloh yo’q, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Sening bandang va rasulingdir.) Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:11:13
182/13. Abdulloh ibn o‘annomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tong otganida:

«Allohumma ma asbaha biy min ni’matin faminka vahdaka la shariyka lak, lakal hamdu va lakash shukr», desa, kunduzning shukrini ado qilibdi. Kim shu duoni kech kirganida aytsa, kechaning shukrini ado etibdi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, men bilan tong ottirgan ne’matlar Sen tomondandir. Sen yakkayu yolg’izdirsan, Sening sheriging yo’q. Senga hamd va shukrlar bo’lsin.) Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:11:23
183/14. Ibn Umar (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagi duolarni kech kirganida va tong otganida hech tark qilmas edilar:

«Allohumma inniy as`alukal ‘afiyata fiddunya val axiroh. Allohumma inniy as`alukal ‘afva val ‘afiyata fiy diyniy va dunyaya va ahliy va maliy. Allohummastur ‘avrotiy va amin rav’atiy. Allohummahfazniy min bayni yadayya va min xolfiy va ‘an yamiyniy va ‘an shimaliy va min favqiy va a’uzu bi’azomatika an ug’tala min tahtiy». (Ma’nosi: Allohim, men Sendan dunyo va oxiratda ofiyat so’rayman. Ey Rabbim, dinimda va dunyoimda, ahlimda va molimda afv va ofiyat so’rayman. Ey Rabbim, avratimni bekit, xavflarimni omonlikka aylantir. Ey Allohim, meni oldimdan, orqamdan, o’ng tomonimdan, chap tomonimdan, ustimdan saqlagin. Ey Rabbim, ostimdan halok qilishingdan Sening azamating ila panoh tilayman.) Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojalar rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:11:33
184/15. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to’shaklariga yotayotganlarida:

«Allohumma inniy a’uzu bivajhikal kariym va bikalimatikat tammati min sharri ma anta axizum binasiyatih. Allohumma anta takshiful mag’roma val ma`sama. Allohumma la yuhzamu junduka va la yuxlafu va’duka va la yanfa’u zaljaddi minkal jadd, subhanaka va bihamdik», der edilar. (Ma’nosi: Allohim, karim yuzing ila barcha kalimalaringni o’rtaga qo’yib, peshonasidan ushlashingga sabab bo’luvchi yomonlikdan panoh tilayman. Ey Rabbim, Sen xasorat va gunohlarni fosh qiluvchisan. Ey Rabbim, Sening askarlaring aslo yengilmasdir. Sening va’dang xilof qilinmas. Sening buyukliging oldida boshqa ulug’lik foyda bermas. Senga hamd aytish ila Seni poklayman.) Abu Dovud va Nasoiylar rivoyati
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:12:41
185/16. Abu Ayyoshdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kim tong otganida:

«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», desa, Ismoil alayhisalom bolalaridan qulni ozod qilgan barobarida bo’ladi va unga o’nta yaxshilik yozilib,  o’nta yomonligi o’chiriladi hamda darajasi o’n barobar ko’tariladi, kech kirgunicha shaytondan himoya qilinadi. Agar shu kalimalarni kech kirganida aytsa, tonggacha shaytondan himoyada bo’ladi», dedilar. (Ma’nosi yuqorida o’tdi.) Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:13:28
186/17. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz tong otganida:

«Asbahna va asbahal mulku lillahi robbil ‘alamiyn. Allohumma as`aluka xoyra hazal yavmi fathahu va nasrohu va nurohu va barokatahu va hudahu va a’uzu bika min sharri ma fiyhi va sharri ma ba’dah», deb aytsin. So’ngra kech kirganida ham xuddi shunday desin», dedilar. (Ma’nosi: Biz ham, mulk ham olamlar parvardigori Allohniki bo’lgan holda tong ottirdik. Ey Rabbim, bu kunning yaxshisini, fath bo’lishini, g’alabasini, nurini, barakasini, hidoyatini so’rayman. Va Sendan bu kunning va bu kundan keyingisining yomonligidan panoh tilayman.) Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:14:09
187/18. Abdurahmon ibn Abu Bakra otalariga: «Ey otajon, har tongda uch marta va kechqurun uch marta:

«Allohumma ‘afiniy fiy badaniy, Allohumma ‘afiniy fiy sam’iy, Allohumma ‘afiniy fiy basoriy, Allohumma inniy a’uzu bika minal kufri val faqri, Allohumma inniy a’uzu bika min ‘azabil qobr, la ilaha illa anta» (Allohim, badanimni, qulog’imni va ko’zimni ofiyatda qil. Ey Rabbim, Sening noming ila kufrdan, kambag’allikdan va qabr azobidan panoh tilayman. Sendan boshqa iloh yo’q), deyayotganingizni eshitaman», dedilar. Abu Bakra (r.a.): «Men Rasulullohning shunday duo qilganlarini eshitganman va men u zotning sunnatlariga amal qilishni yaxshi ko’raman», deb javob berdilar. Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:15:01
188/19. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tong otganida:

«Fasubhanallohi hiyna tumsuna va hiyna tusbihun. Va lahul hamdu fis samavati val arzi va ‘ashiyyan va hiyna tuzhirun. Yuxrijul hayya minal mayyiti va yuxrijul mayyita minal hayyi va yuhyil arza ba’da mavtiha va kazalika tuxrojun», deb aytsa, shu kungi yo’qotgan narsalarini topibdi. Kim bularni kechki payt aytsa, tunda yo’qotgan narsalarini topibdi», dedilar. (Ma’nosi: «Kech kirayotganida, tong otayotganida, oqshomda va peshin paytida Allohga tasbih aytinglar. Osmonlaru yerdagi hamdu sanolar U uchundir. U o’likdan tirikni va tirikdan o’likni chiqarur. Va yerni o’lganidan keyin tiriltirur. Sizlar ham mana shunday tiriltirursizlar» (Rum, 17 --19-oyatlar). Bu hadisni Abu Dovud rivoyat qilganlar, lekin Imom Buxoriy uni «Tarixul-kabiyr» va «Kitobu zuafo» nomli kitoblarida zaif, deb aytganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:15:24
189/20. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizlarining bittasidan rivoyat qilinadi. U zot qizlariga tong otganida:

«Subhanallohi va bihamdihi, la quvvata illa billahi masha`allohu kana va ma lam yasha` lam yakun. A’lamu annalloha ‘ala kulli shay`in qodiyr. Va annalloha qod ahato bikulli shay`in ‘ilma», deb aytishni o’rgatar edilar. Chunki bu kalimalarni tong otganida aytgan kishi kech kirgunicha muhofaza qilinadi. Kech kirganida aytsa, tong otgunicha muhofaza etiladi. (Ma’nosi: Allohga hamd aytish bilan Uni poklab yod etaman. Allohdan boshqada  quvvat yo’q. Alloh xohlagan narsa bo’ladi. Xohlamagan narsa bo’lmaydi. Bilamanki, Alloh har bir narsaga qodirdir. Va, albatta, Alloh har bir narsani ilmi bilan ihota qilgandir.) Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:15:56
190/21. Abu Said Xudriy (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni masjidga kirsalar, Abu Umoma degan ansoriy sahoba o’tirgan edilar. Rasululloh  alayhisalom: «Ey Abu Umoma, namoz vaqtidan boshqa paytda masjidda o’tirganing boisi nima?» deb so’radilar. «Ey Rasululloh, meni g’am va qarz shu ahvolga solib qo’ydi», dedilar. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Senga bir duoni o’rgataymi? Ularni aytib yursang, Alloh g’amingni ketkazib, qarzingdan xalos etadi. Agar tong otsa va kech kirsa:

«Allohumma inniy a’uzu bika minal hammi val hazani va a’uzu bika minal ‘ajzi val kasali va a’uzu bika minal jubni val buxli va a’uzu bika min g’olabatid dayni va qohrir rijal»ni ayt» (Allohim, Sening noming ila g’am-tashvishdan, ojizlik va dangasalikdan, qo’rqoqlik va baxillikdan, qarz ezib qo’yishi va kishilarning qahridan panoh tilayman), deb buyurdilar. Abu Umoma: «So’ng Nabiy sollallohu alayhi vasallamning aytganlariga amal qildim. Alloh mening g’am-g’ussamni ketkazib, qarzdan xalos etdi», deb aytadilar». Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:16:03
191/22. Abdulloh ibn Abzodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tong ottirsalar:

«Asbahna ‘ala fitratil Islam va kalimatil ixlasi va diyni nabiyyina Muhammadin sollallohu alayhi vasallam va millati Ibrohiyma haniyfam musliman va ma ana minal mushrikiyn», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Mushrik bo’lmasdan, musulmon holimizda va to’g’ri yo’lda bo’lgan Ibrohim alayhissalomning millatlarida, payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning dinlarida, ixlos kalimasi va Islom fitratida tong ottirdik.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:16:13
192/23. Abdulloh ibn Avfo (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tong otganida:

«Asbahna va asbahal mulku lillahi azza va jalla valhamdu lillahi val kibriyau val ‘azomatu lillahi val xolqu val`amru val laylu van naharu va ma sakana fiyhima lillahi ta’ala, Allohummaj’al avvala hazan nahari solahan va avsatahu najahan va axirohu falahan ya arhamarrohimiyn», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Biz ham, butun borliq ham Allohniki bo’lgan holda tong ottirdik. Hamd, kibr, ulug’lik, yaratish, buyurish, kechasi va kunduzi hamda ular orasida turadigan narsalarning barchasi Alloh uchundir. Allohim, bu kunning avvalini isloh, o’rtasini najot, oxirini yutuq qil, ey rahm qiluvchilarning Rahmlisi.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:16:27
193/24. Ma’qal ibn Yasordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tong otganida kim uch marta:

«A’uzu billahis samiy’ul ‘aliym minash shaytonir rojiym», deb Hashr surasidan uch oyat o’qisa, Alloh taolo unga kech kirgunicha salovot aytib turadigan yetmish ming farishtani vakil qilib qo’yadi. Agar vafot etsa, shahid ketadi». (Ma’nosi: Eshituvchi va biluvchi Allohning nomi ila la’natlangan shaytondan panoh tilayman.) Termiziy va Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:16:52
194/25. Muhammad ibn Ibrohim  otalaridan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni bir sariyyaga (o’zlari ishtirok etmagan urush) yuboraturib, tongda va kech kirganida:

«Afahasibtum annama xolaqnakum ‘abasan» (Sizlarning gumoningizcha, Biz sizlarni behuda yaratdikmi?!) oyatini o’qishni buyurdilar (Mo’minlar surasi, 115-oyat). Biz shu oyatni o’qiganimizda, g’alaba qilib, g’animatlarni qo’lga kiritar edik». Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:17:23
195/26. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar tong otsa va kech kirsa:

[Allohumma as`aluka min faj`atil xoyri va a’uzu bika min faj`atish sharr», degan duoni o’qir edilar. (Ma’nosi: Allohim, to’satdan yaxshilik bo’lishini Sendan so’rayman va to’satdan yomonlik bo’lishidan Sendan panoh tilayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:19:39
196/27. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alay-hissalom Fotimaga (r.a.): «Vasiyat qilgan narsamni eshitishdan seni nima to’sadi? Har tong va kechqurun:

«Ya hayyu ya qoyyumu bika astag’iysu faslih liy sha`niy kullahu va la takilniy ila nafsiy torfata ‘ayn», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: Ey hay-tirik va qayyum sifatiga ega bo’lgan Zot, Sendan yordam so’rayman. Sha’nimni har bir narsada isloh et va ko’z yumib ochgunchalik muddat ham o’z holimga tashlab qo’yma.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:19:51
197/28. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasulullohga sollallohu alayhi vasallam bir kishi ofat yetayotganidan shikoyat qildi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar tong ottirsang:

«Bismillahi ‘ala nafsiy va ahliy va maliy», deb ayt, shunda senga biror narsa yetmaydi», deya nasihat qildilar. Haligi kishi shu duoni o’qigan edi, undan ofatlar ko’tarildi». (Ma’nosi: Nafsimda, ahlimda va molimda Sening isming bilan boshlayman.) Ibn Sunniy zaif isnod ila rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:20:02
198/29. Ummu Salama onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tong otsa:

«Allohumma inniy as`aluka ‘ilman nafi’an va rizqon toyyiban va ‘amalan mutaqobbala», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Allohim, Sendan foydali ilm, pokiza rizq, qabul bo’ladigan amal so’rayman.) Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:20:11
199/30. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tong otganida:

«Allohumma inniy asbahtu minka fiy ni’matin va ‘afiyatin va satrin faatimma ni’matika ‘alayya va ‘afiyataka va satroka fiddunya val axiroh», deb uch marta va kechqurun uch marta aytgan kishiga Alloh shu duoda kelganidek, hammasini mukammal qilib beradi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening ne’matingda, ofiyatingda, ayblar yopilgan holda tong ottirdim. Meni dunyoyu oxiratda ne’matda, ofiyatda, ayblar yopilgan holatda bo’lishni mukammal qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:20:20
200/31. Zubayr ibn Avvomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Banda tong ottirsa, bir nido qiluvchi nido qilib: «Malik va quddus sifatli Allohni poklab yod etinglar», deydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari

Ibn Sunniyning rivoyatlarida: «Ey xaloyiq, malik va quddus sifatli Allohni poklab yod etinglar, deb bir jarchi jar soladi», deyilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:20:30
201/32. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tongda va kech kirganida:

«Robbiyalloh, tavakkaltu ‘alayhi la ilaha illa huv, ‘alayhi tavakkaltu va huva robbul ‘arshil ‘aziym, la ilaha illallohul ‘aliyyul ‘aziym. Ma sha`allohu kana va ma lam yasha` lam yakun. A’lamu annalloha ‘ala kulli shay`in qodiyr. Va annalloha qod ahato bikulli shay`in ‘ilma», deb aytsa, so’ng vafot etsa, jannatga kiradi», dedilar. (Ma’nosi: Rabbim Allohdir. Unga tavakkal qildim. Undan boshqa iloh yo’q. Unga tavakkal qildim. U ulug’ arshning Rabbidir. Ulug’ va oliy Allohdan boshqa iloh yo’q. U xohlagan narsa bo’ladi. U xohlamagan narsa bo’lmaydi. Alloh hamma narsaga qodir ekanini bilaman. Albatta, Alloh hamma narsani ilmi bilan ihota qilgan zotdir.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:20:50
202/33. Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar Abu Zamzamdek bo’lolmaysizlarmi?» dedilar. Sahobalar: «Ey Rasululloh, Abu Zamzam kim?» deb so’rashdi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «U har tong otganida:

«Allohumma inniy qod vahabtu nafsiy va ‘irziy lak» (Allohim, men nafsimni, obro’yimni Senga topshirdim), der, biror kishi uni so’ksa, u so’kmas, biror kishi unga zulm qilsa, u zulm qilmas, biror kishi uni ursa, u urmas edi», dedilar». Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:21:00
203/34. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim har kuni tong otganida va kech kirganida:

«Hasbiyallohu la ilaha illa huv, ‘alayhi tavakkaltu va huva robbul ‘arshil ‘aziym» (Alloh menga kifoya qiladi. Undan boshqa iloh yo’q. Unga tavakkal qildim. U ulug’ arshning rabbidir), deb yetti marta aytsa, uning dunyo va oxiratdagi muhim ishlarida Allohning o’zi kifoya qiladi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:21:23
204/35. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tong otganida «Ha, Miym»dan «ilayhil masiyr»gacha (o‘ofir surasi, 1--3) va Oyatul kursiyni o’qisa, kech kirgunicha muhofaza qilinadi. Kim u ikkitasini kech kirganida o’qisa, tong otgunicha muhofaza qilinadi», dedilar. Termiziy va Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:21:42
205/36. Talq ibn Habibdan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Abu Dardoning (r.a.) oldlariga kelib: «Ey Abu Dardo, uyingiz yonib ketdi», dedi. Abu Dardo esa: «Alloh azza va jalla bunday qilishi mumkin emas. Chunki men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir nechta kalimani eshitganman. Kim ularni kunduzi aytsa, kech kirgunicha unga biror musibat yetmaydi. Kim ularni kechki payt aytsa, tong otgunicha unga biror musibat yetmaydi, deganlar. U duo  quyidagicha:

 «Allohumma anta robbiy, la ilaha illa anta ‘alayka tavakkaltu va anta robbul ‘arshil ‘aziym. Masha`allohu kana va ma lam yasha` lam yakun. La havla va la quvvata illa billahi ‘aliyyil ‘aziym. A’lamu annalloha ‘ala kulli shay`in qodiyr va annalloha qod ahato bikulli shay`in ‘ilma. Allohumma inniy a’uzu bika min sharri nafsiy va min sharri kulli dabbatin anta axizun binasiyatiha, inna robbiy ‘ala sirotim mustaqiym». (Ma’nosi: Allohim, Sen parvardigorimsan. Sendan boshqa iloh yo’q. Senga tavakkal qildim. Sen ulug’ arsh Rabbidirsan. Sen xohlagan narsa bo’ladi, xohlamaganing bo’lmaydi. Ulug’ va oliy Allohdan boshqada o’zgartirish va quvvat yo’q. Albatta, Alloh har bir narsaga qodir ekanini bilaman. Albatta, Alloh har bir narsani ilmi bilan ihota qilgandir. Ey Rabbim, nafsimning yomonligidan va peshonasidan tutadiganing har bir hayvonning yomonligidan Sening noming ila panoh tilayman. Albatta, ey Rabbim, Sening yo’ling to’g’ri yo’ldir.) Ibn Sunniy rivoyatlari

Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan birining rivoyatida keltirilishicha, bir kishi u sahobaning oldlariga kelib, uyingiz yonib ketdi, deb xabar berganida, bu sahoba: «O’nishi mumkin emas. Chunki men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan, kimki tong otganda shu kalimalarni o’qisa nafsiga, ahliga, moliga yomon ko’rgan biror narsa yetmaydi, deganlarini eshitib, bugun shu kalimalarni o’qigan edim», dedilar. So’ngra u kishi bilan birga hovlisiga borishsa, hovli atrofi yonib, uyga  zarar yetmagan ekan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:22:01
52-bob. Juma tongida aytiladigan zikrlar

206/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kuni bomdod namozidan oldin:

«Astag’firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayh», deb uch marta aytsa, Alloh taolo uning gunohlarini dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, kechirib yuboradi», dedilar. (Ma’nosi: Hay va qayyum sifatli Zotdan boshqa iloh yo’q va Unga istig’for aytaman, Unga tavba qilaman.) Ibn Sunniy rivoyatlari

Juma kuni quyosh chiqqandan boshlab, toinki quyosh botgungacha, ijobat soatiga yo’liqish umidida duo bilan mashg’ul bo’lish mustahab amaldir. Bu ijobat vaqti xususida ixtiloflar ko’p. Bularning eng to’g’risi Abu Muso Ash’ariy Rasulullohdan qilgan quyidagi rivoyatlaridir:

«Albatta, u vaqt juma kuni imom minbarga o’tirishi bilan namozdan salom bergungacha bo’lgan payt oralig’idadir». Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:22:39
53-bob. Quyosh chiqqanda aytiladigan zikrlar

207/1. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyosh chiqsa:

«Alhamdu lillahillaziy jallalanal yavma ‘afiyatahu va jaa bish shamsi min matla’iha. Allohumma asbahtu ashhadu laka bima shahidta bihi linafsika va shahidat bihi malaikatuka va hamalatu ‘arshika va jamiy’u xolqika annaka antallohu la ilaha illa antal qoimu bilqist, la ilaha illa anta ‘aziyzul hakiym. Uktub shahadatiy ba’da shahadati malaikatika va ulil ‘ilm. Allohumma antas salamu va minkas salamu va ilaykas salamu as`aluka ya zal jalali val ikromi an tastajiyba lana da’vatana va an tu`tiyana rog’batana va an tug’niyana ‘amman ag’naytahu ‘anna min xolqik. Allohumma aslih liy diyniyallaziy huva ‘ismatu amriy va aslih liy dunyayallatiy fiyha ma’iyshatiy va aslih liy axirotiyallatiy ilayha munqolabiy», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Bugun bizga ofiyatini buyuk etgan va quyoshni chiqadigan tarafidan keltirgan Allohga hamd bo’lsin. Ey Rabbim, tong ottirdim va o’zingga guvohlik bergan narsangga, farishtalaring, arshingni ko’tarib turuvchilar va butun maxluqotlar guvohlik bergan narsalarga guvohlik beraman. Albatta, Sen Allohsan, Sendan boshqa iloh yo’q. Sen odillik bilan turuvchi zotsan. Aziz va hakim sifatli Zotdan boshqa iloh yo’q. Farishtalaring va ilm egalari shahodatlaridan keyin mening shahodatimni ham yoz. Ey Rabbim, Sen salom sifatli Zotsan. Salom Sendandir. Salom Senga qaytajakdir. Ey ulug’ va hurmatli Zot, Sendan duolarimizning ijobat bo’lishini, rag’batlarimizning hosil bo’lishini va maxluqlaringning behojatlari qatori bizlarni ham behojat qilishingini so’rayman. Ey Rabbim, ishlarimning poklaguvchisi bo’lgan dinimni isloh qil, yashashim unda bo’lgan dunyoimni isloh qil va qaytishim unga bo’ladigan oxiratimni ham isloh qil.) Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:22:49
208/2. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot quyosh chiqishini kuzatishga bir kishini tayinlar edilar. Ana shu kishi quyosh chiqqanining xabarini bersa:

«Alhamdu lillahillaziy vahaba lana hazal yavma va aqolana fiyhi min asarotina», deb aytardilar. (Ma’nosi: Bizga bu kunni bergan va xatolarimizni afv etgan Allohga hamdlar bo’lsin.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:23:00
54-bob. Quyosh ko’tarilganda aytiladigan zikrlar

209/1. Amr ibn Abasa (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Quyosh ko’tarilganida xalq qilingan narsalarning barchasi Allohga hamd va tasbih aytadi. Faqatgina shayton va odam bolalarining a’tolari bundoq qilmaydi», dedilar. Men: «Ey Rasululloh, odam bolalarining a’tolari kim?» deb so’radim. U zot: «Xalqning eng yomonlari», deb javob berdilar». Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Sentyabr 2006, 20:23:26
55-bob. Quyosh zavolga ketganidan keyin asrgacha bo’lgan vaqt orasida aytiladigan zikrlar

210/1. Abdulloh ibn Soibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyosh zavolga og’ganidan keyin peshindan oldin to’rt rak’at namoz o’qir va: «Bu bir soatki, unda osmon eshiklari ochiladi. Men uchun solih amallarim ana shu soatda ko’tarilishini yaxshi ko’raman», der edilar. Termiziy rivoyatlari

G‘ofir surasining 55-oyatidagi Allohning:
«Vasabbih bihamdi robbika bil ‘ashiyyi val`ibkar» (Quyosh og’ganida va kechqurun Rabbingizga hamd  aytish ila (Uni) poklang), degan so’ziga binoan peshindan keyin zikrni ko’paytirish mustahabdir. Tilshunoslar «al-’ashiyyi» so’zini «quyosh zavolga ketganidan to botgungacha bo’lgan payt», deb aytishadi. Arablarda ham undan quyosh zavolga ketganidan to botgungacha bo’lgan fursat tushuniladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:02:10
56-bob. Asrdan keyin quyosh botgungacha bo’lgan fursatda aytiladigan zikrlar

Bu vaqtda ham zikrlarni ko’paytirish mustahabdir. Salaf va xalaf ulamolari oyatdagi «solatul vusto»--«o’rta namoz»ni asr namozi deb ittifoq qilishgan. Allohning:

«Quyosh chiqishidan oldin va botishidan avval Parvardigoringizga hamd aytish ila (Uni) poklab yod eting» (Toha surasi, 130-oyat), degan so’zi ham ushbu so’zimizga dalil bo’ladi. Bu boradagi oyatlar juda ko’p:

«Quyosh og’ganida va kechqurun Rabbingizga hamd aytish ila (Uni) poklang» (G‘ofir surasi, 55-oyat);

«Parvardigoringizni ichingizda yolvorib, qo’rqib, dildan ertayu kech yod eting» (A’rof surasi, 205-oyat);

«U (masjidlarda) ertayu kech U zotni poklab yod etadigan kishilar bordirki, ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohni zikr qilishdan to’sa olmas» (Nur surasi, 36-oyat).
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:02:31
211/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Asr namozidan to quyosh botgunigacha Allohni zikr qiluvchi bir qavm bilan o’tirishim Ismoil alayhissalom zurriyotlaridan saksonta qulni ozod qilishdan mahbubroqdir», dedilar. Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:03:05
57-bob. Shom azonini eshitganda aytiladigan duo

212/1. Ummu Salama (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alay-hissalom menga shomga azon aytilganida,

«Allohumma haza iqbalu laylika va idbaru naharika va asvatu du’atika fag’firliy», deb aytishni o’rgatdilar». (Ma’nosi: Allohim, bu (shom azoni) kechangning kelishi, kunduzingning ketishi, Senga duo qiluvchilarning ovozidir. Bas, Mening gunohlarimni kechir.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:03:33
58-bob. Shom namozidan keyin aytiladigan duolar

213/1. Ummu Salama onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shom namozidan forig’ bo’lsalar, uylariga kirib, ikki rak’at namoz o’qir, so’ngra:

«Ya muqollibal qulubi val`absor, sabbit qulubana ‘ala diynik», deb duo qilardilar. (Ma’nosi: Ey qalb va ko’zlarni o’zgartiruvchi Zot, qalbimizni diningda sobit qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:03:59
214/2. Ammora ibn Shubayldan (rahmatullohi alayh) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim shom namozidan keyin o’n marta

«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu yuhyiy va yumiytu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», desa, Alloh taolo unga qo’riqchilarni yuboradi. U qo’riqchilar uni subhgacha kafillikka oladilar va Alloh unga o’nta yaxshilik yozadi, o’nta yomonlikni o’chiradi, unga o’nta mo’min qul ozod qilganning savobini beradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:04:35
59-bob. Vitr namozida o’qiladigan va undan keyin aytiladigan narsalar

215/1. Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vitr namozida salom bersalar:

 «Subhanal malikil quddus», deb aytar edilar. Abu Dovud rivoyatlari

Nasoiy va Ibn Sunniyning rivoyatlarida «Subhanal malikil quddus»ni uch marta aytishlari rivoyat qilingan. (Ma’nosi: Malik va quddus sifatli Alloh pokdir.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:04:52
216/2. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vitrlarining oxirida:

«Allohumma inniy a’uzu birizoka min saxotika va a’uzu bimu’afatika min ‘uqubatika va a’uzu bika la uxsiy sana`an ‘alayka anta kama asnayta ‘ala nafsik», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening roziliging ila g’azabingdan panoh tilayman, ofiyating ila uqubatingdan panoh tilayman, Senga sano ayta olmaslikdan panoh tilayman. Sen o’zingga sano aytganingdeksan.) Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari

Uch rak’atli vitr namozini o’qiyotgan kishi avvalgi rak’atda «Fotiha» surasidan keyin «Sabbihisma robbikal a’la» surasini, ikkinchi rak’atda «Qul ya ayyuhal kafirun» surasini, uchinchi rak’atda esa, «Qul huvallohu ahad», yoki Falaq va Nos suralarini o’qish sunnat amaldir. Agar «Sabbihisma robbikal a’la» ni avvalgi rak’atda o’qishni unutsa, ikkinchi rak’atda «Qul ya ayyuhal kafirun» bilan birga qo’shib o’qiydi. Agar ikkinchi rak’atda «Qul ya ayyuhal kafirun» ni o’qishni unutsa, uchinchi rak’atda «Qul huvallohu ahad» yoki Falaq va Nos suralariga qo’shib o’qiydi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:05:20
60-bob. Uxlash uchun to’shakka yotganda aytiladigan zikrlar

Alloh taolo Oli Imron surasini 190-oyatida: «Albatta, osmonlar va yerning yaratilishida, kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun oyat-alomatlar bordir. Ular turganlarida ham, o’tirganlarida ham, yotganlarida ham Allohni zikr qiladilar», deydi.

217/1. Huzayfa (r.a.) va Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’rinlariga yotsalar:

«Bismikallohumma ahya va amutu», der edilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening isming bilan tirilaman va o’laman.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:05:30
218/2. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Fotima bilan Aliga (roziyallohu anhumo): «To’shakka yotsangiz, o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdulillahi, Allohu akbar», deb aytinglar», deb tayinlaganlar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Boshqa rivoyatda: «Tasbihni o’ttiz to’rt marta aytingiz», yana bittasida: «Takbirni  o’ttiz to’rt marta aytingiz», deganlar.

Ali (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganimdan beri ularni aytishni tark qilganim yo’q», degan edilar, «Siffin kechasida ham tark qilmadingizmi?» deb so’rashdi. «Yo’q», dedilar Ali (r.a.).
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:05:42
219/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi to’shakka yotayotganida ko’rpa va izorini qoqib tashlasin. Chunki uning orasida nima borligini bilmaydi. So’ng:

«Bismika robbiy vazo’tu jambiy va bika arfa’uhu, in amsakta nafsiy farhamha va in arsaltaha fahfazha bima tahfazu bihi ‘ibadakas solihiyn», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening isming bilan yotdim va Sening isming bilan turaman. Agar mening ruhimni olsang, unga rahm qil. Agar uni qo’yib yuborsang, xuddi solih bandalaringni saqlaganingdek, uni ham hifzu himoyangga ol.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:05:50
220/4. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to’shaklariga yotsalar, qo’llariga suflab, ikkita «Qul a’uzu»ni o’qir, so’ng tanalariga surtar edilar». Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:05:56
221/5. Yana Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar ko’rpalariga kirsalar, ikki kaftlarini jamlab turib, unga «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq», «Qul a’uzu birobbinnas»ni o’qib, qo’llari yetgan joylarigacha surtar edilar. U ikki kaftlarini boshlari, yuzlari va jasadlarining old tomonidan boshlab uch martadan bajarardilar». Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:06:03
222/6. Abu Mas’ud Ansoriy Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Baqara surasining oxirida ikki oyat borki, kim ularni kechasi o’qisa, o’sha kecha ofatlardan unga kifoya qiladi», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:06:14
223/7. Barro ibn Ozib (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alayhissalom menga: «Agar to’shagingga kelsang, namozga tahorat qilganingdek tahorat qil, so’ng o’ng tomoningga yonboshlab:

«Allohumma aslamtu nafsiy ilayka va favvaztu amriy ilayka va alja`tu zohriy ilayk, rog’batan va rohbatan ilayk, la malja`a va la manja minka illa ilayk, amantu bikitabikallaziy anzalta va nabiyyikallaziy arsalta fain mitta mitta ‘alal fitroh», deb ayt. Yotishdan oldin oxirgi aytadiganing shu bo’lsin», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, nafsimni Senga taslim etdim. Ishimni Senga topshirdim. Sening ne’matingga rag’bat qilib, g’azabingdan qo’rqib, Senga suyandim. Sendan boshqa qochadiganim ham, najot topadiganim ham yo’q. Nozil qilgan kitoblaringga va yuborgan payg’ambarlaringga iymon keltirdim. Jonimni oladigan bo’lsang, islom fitratida ol.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:06:23
224/8. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni ramazon zakotiga qo’riqchi qildilar. Shunda bir kishi kelib, taomdan hovuchlab ola boshladi. Men uni ushlab: «Allohga qasamki, seni Rasululloh huzurlariga olib boraman», dedim. U : «Bolalarim ko’p, juda muhtojman», deb aytgan edi, qo’yib yubordim.  Tong ottirganimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Hurayra, kechagi asiring nima qildi?» dedilar. Men: «Ey Rasululloh, ehtiyoji juda qattiqligini va bolalari ko’pligini aytgan edi, unga rahm qilib, qo’yib yubordim», dedim. Rasululloh: «U senga yolg’on gapirgan bo’lmasin, yana keladi», dedilar. Men Rasulullohning so’zlaridan uning tag’in kelishini bilib, kutdim. U kelib, yana taomdan hovuchlab ola boshladi. Ushlab olib: «Seni Rasululloh huzurlariga olib boraman», dedim. U yana: «Meni qo’yib yubor, bolalarim ko’p, shunga juda muhtojman, boshqa qaytib kelmayman», deb aytdi. Rahmim kelib, yana qo’yib yubordim. Tong otgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Hurayra, asiring nima qildi?» dedilar. Men: «Ehtiyoji juda qattiqligini va bolalari ko’pligini aytgan edi, rahm qilib qo’yib yubordim», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Senga yolg’on gapiryotgan bo’lmasin, u yana qaytadi», dedilar. Uchinchi bora kuta boshladim. U kelib, yana taomdan hovuchlab ola boshladi. Uni ushlab oldim va: «Kelmayman, deysan-da, yana qaytib kelaverasan, bu oxirgisi, seni Rasulullohning huzurlariga olib boraman», dedim. Shunda u: «Meni qo’yib yubor, agar qo’yib yuborsang, senga bir nechta kalimalarni o’rgatib qo’yaman, u bilan Alloh senga naf beradi», dedi. «Qaysi kalimalar?» deganimda, «To’shagingga yotsang, Oyatul kursiyni o’qi, Allohning qo’riqchisi doim seni qo’riqlab turadi, tong otgunicha shayton senga yaqinlasha olmaydi», dedi, so’ng men uni qo’yib yubordim. Tong otgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kechagi asiring nima qildi?» deb so’radilar. Men: «Ey Rasululloh, u Alloh foyda beradigan kalimalarni o’rgatuvdi, quyib yubordim», dedim. Rasululloh: «Qaysi kalimalar ekan?» dedilar. Men: «Agar to’shagingga yotsang, Oyatul kursiyni o’qi, Allohning qo’riqchisi doim seni qo’riqlab turadi, tong otgunicha shayton senga yaqinlasha olmaydi», deb aytdi», dedim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’zi yolg’onchi bo’lsa ham, rost gapiribdi. Ey Abu Hurayra, uch kundan beri sen bilan gaplashayotgan kishi kimligini bilasanmi?» dedilar. «Yo’q», dedim. «U shayton edi», deb aytdilar Nabiy alayhissalom». Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:06:33
225/9. Hafsa onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yotishni xohlasalar, o’ng qo’llarini chakkalarining tagiga qo’yib:

«Allohumma qiniy ‘azabaka yavma tab’asu ‘ibadak», deb uch marta aytar edilar. (Ma’nosi: Allohim bandalaringni qayta tiriltiradigan kundagi azobingdan saqla.) Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:06:43
226/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to’shaklariga yotsalar:

«Allohumma robbas samavati va robbal arzi va robbal ‘arshil ‘aziym, robbana va robba kulli shay`in. Faliqul habbi van nava munazzilut Tavroti val Injiyli val Qur’an. A’uzu bika min sharri kulli ziy sharrin anta axizun binasiyatih, antal avvalu falaysa qoblaka shay`un va antal axiru falaysa ba’daka shay`un va antazzohiru falaysa favqoka shay`un va antal batinu falaysa dunaka shay`un iqzi ‘annad dayna vag’nina minal faqr», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen yeru osmonning va ulug’ arshning parvardigorisan. Ey Rabbimiz, Sen hamma narsaning tarbiyakunandasisan, urug’, danaklarning yoruvchisisan. Tavrot, Injil va Qur’onni tushirgan zotsan. (Bandalaringning) peshonasidan ushlashingga sabab bo’luvchi yomonlikning har qanaqasidan Sening noming ila panoh tilayman. Ey Alloh, Sen avvalsan, Sendan oldin biror narsa yo’q. Va Sen oxirsan, Sendan keyin biror narsa yo’q. Sen zohirsan, Sening ustingda biror narsa yo’q. Sen botinsan, Sening pastingda biror narsa yo’q. Ey Rabbim, qarzlarimni mendan yech, kambag’allikdan meni behojat qil.) Muslim, Termiziy, Nasoiy, Ibn Mojalar rivoyati
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:06:54
227/11. Ali (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alayhissalom o’rinlariga yotayotgan paytlarida:

«Allohumma inniy a’uzu bivajhikal kariym va kalimatikat tammah, min sharri ma anta axizun binasiyatihi, Allohumma anta takshiful mag’roma val ma`sam, Allohumma la yuhzamu junduka va la yuxlafu va’duka va la yanfa’u zal jaddi minkal jadd. Subhanakallohumma va bihamdik», deb aytardilar». (Ma’nosi: Allohim, karim sifatli yuzing bilan va mukammal kalimalaring bilan (bandangning) peshonasidan ushlashingga sabab bo’luvchi yomonliklardan panoh tilayman. Ey Rabbim, Sen ziyon va gunohlarni ochuvchi zotsan. Ey Rabbim, Sening askarlaring yengilmaydi, va’dang xilof qilinmaydi. Buyuklik Sendandir. Boshqaning buyukligi foyda bermaydi. Ey Rabbim, Senga hamd aytish ila Seni poklab yod eturman.) Abu Dovud va Nasoiylar rivoyati
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:07:08
228/12. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to’shaklariga yotadigan bo’lsalar:

«Alhamdu lillahillaziy at’amana va saqona va kafana va avana fakam mimman la kafiya lahu va la mu`viy», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Bizni yedirgan, ichirgan, kifoya qilgan va boshpana bergan Allohga hamd bo’lsin. Qanchadan-qancha kishilarning saqlaguvchisi va boshpana berguvchisi yo’q.) Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:07:23
229/13. Abu Zuhayr Anmoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom kechasi joylariga yotsalar:

«Bismillahi vazo’tu jambiy, Allohummag’fir zanbiy va axsi’ shaytoniy va fukka rihaniy vaj’alniy fin nadiyyil a’la», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, gunohlarimni kechir, shaytonimni hayda, garovdagi narsalarimni yech va meni oliy jamoalar (ya’ni, farishtalar) majlisida qil.) Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:07:30
230/14. Navfal Ashjaiy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Uxlashga shaylanganingda, «Qul ya ayyuhal kafirun»ni o’qi, shirkdan seni uzoq qiladi», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari

Abu Ya’lo Mavsiliyning «Musnad»larida Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga shirk keltirishdan saqlaydigan kalimalarni o’rgataymi? Uxlashga shaylangan paytingizda «Qul ya ayyuhal kafirun»ni o’qinglar», deganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:07:38
231/15. Irboz ibn Soriyadan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uxlashdan oldin «Sabbaha, yusabbihu, subhana»lar bilan boshlanadigan suralarni o’qiganlar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:07:45
232/16. Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Bani Isroilga taalluqli suralarni va Zumarni o’qimagunlaricha uxlamas edilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:08:05
233/17. Ibn Umar (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yotishga shaylansalar:

«Alhamdu lillahillaziy kafaniy va avaniy va at’amaniy va saqoniy vallaziy manna ‘alayya faafzola vallaziy a’toniy faajzala. Alhamdu lillahi ‘ala kulli hal. Allohumma robba kulli shay`in va maliykahu va ilaha kulli shay`in. A’uzu bika minan nar», deb aytardilar». (Ma’nosi: Menga kifoya qilgudek narsa va maskan bergan, meni taomlantirgan, sug’organ va menga afzal narsalarni berib, to’la-to’kis qilgan Allohga hamd bo’lsin. Har qanday holatda Allohga hamd bo’lsin. Ey Rabbim, Sen har bir narsaning tarbiyachisi, moliki va har bir narsaning ilohisan. Sening noming ila do’zaxdan panoh tilayman.) Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:08:14
234/18. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim to’shagiga yotayotgan paytda:

«Astag’firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubi ilayh», deb uch marta aytsa, gunohlari dengiz ko’pigicha yoki yulduzlar adadicha yoki bir-biriga jips qumlar sonicha yoki dunyo kunlarining adadicha bo’lsa ham, Alloh taolo kechiradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:08:33
235/19. Sahobalardan biri aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida o’tirgan edim, bir sahobiy kelib: «Ey Rasululloh, mana shu kecha chayon chaqib olib, tong otgunigacha uxlaganim yo’q», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kech kirganida:

«A’uzu bikalimatillahit tammati min sharri ma xolaq», desang, inshaalloh, biror narsa zarar bermaydi», dedilar. (Ma’nosi: Allohning mukammal kalimalari ila U xalq qilgan narsalarning yomonligidan panoh tilayman.) Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:08:52
236/20. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishiga vasiyat qilaturib: «To’shagingga yotsang, Hashr surasini o’qi. Agar shu kuni o’lsang, shahid holatda o’lasan yoki jannat ahlidan bo’lasan», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:08:59
237/21. Ibn Umar (r.a.) bir kishiga: «To’shakka yotayotganingda:

«Allohumma anta xolaqta nafsiy va anta tatavaffaha, laka mamatuha va mahyaha, in ahyaytaha fahfazha va in amattaha fag’fir laha, Allohumma inniy as`alukal ‘afiyah», deb ayt, bu duoni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen mening nafsimni xalq qilding va Sen uni o’ldiruvchisan. Uning tirikligi ham, o’limi ham Sening qo’lingda. Agar uni tirik qo’ysang, muhofaza qil. Agar o’ldirsang, mag’firat et. Ey Rabbim, Sendan ofiyat so’rayman.) Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:10:17
238/22. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiq (r.a.): «Ey Rasululloh, menga biror kalima o’rgating, men uni ertalab va kechqurun aytib yuray», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Allohumma fatiros samavati val arzi ‘alimal g’oybi vash shahadati robba kulli shay`in va maliykah, Ashhadu alla ilaha illa anta, a’uzu bika min sharri nafsiy va sharrish shaytoni va shirkih», deb erta tongda, kech kirganda va joyingga yonboshlab yotganingda ayt», dedilar. (Ma’nosi: Ey yeru osmonni bor qilgan Rabbim, ey g’oibni va shohidni biluvchi Rabbim, Sen har bir narsaning parvardigori va podshohidirsan. Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo’q. Nafsimning yomonligidan, shaytonning yomonligiyu shirkidan Sening noming ila panoh tilayman.) Abu Dovud va Termiziylar rivoyati
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:10:28
239/23. Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmon kishi to’shagiga yotaturib, Allohning kitobidan biror surani o’qisa, Alloh taolo unga bir farishtani vakil qilib qo’yadi. Farishta unga zarar beradigan narsani yaqinlashtirmaydi, qachon biror narsadan ogoh bo’lsa ogohlantiradi», dedilar. Termiziy va Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:10:37
240/24. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishi to’shagiga yotadigan bo’lsa, farishta va shayton musobaqalashadi. Farishta: «Ey Rabbim, yaxshilik bitgin», deydi. Shayton: «Yomonlik bitgin», deydi. Agar kishi Allohni zikr qilsa, so’ng uxlasa, farishta uni muhofaza qilgan holda tong ottiradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:10:46
241/25. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom uyquga yonboshlasalar:

«Allohumma bismika robbiy vazo’tu jambiy fag’firliy zanbiy», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening isming bilan yonboshimni qo’ydim. Mening gunohlarimni kechir.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:10:53
242/26. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim to’shagiga pok holatda yotsa, to  esnab uyqusi kelgunicha Allohni zikr qilsa va shu kechada Allohdan oxirat va dunyo yaxshiliklarini so’rasa, Alloh taolo unga yaxshilikni beradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:11:06
243/27. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhissalom agar to’shaklariga yotmoqchi bo’lsalar:

«Allohumma amti’niy bisam’iy va basoriy vaj’alhumal varisa minniy, vansurniy ‘ala ‘aduvviy va ariniy minhu sa`riy. Allohumma inniy a’uzu bika min g’olabatid dayni va minal ju’i fainnahu bi`saz zoji’», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, qulog’im va ko’zimni foydalanishim uchun qoldirib, ularni menga merosxo’r qil (ya’ni, o’lgunimcha, salomat qil) va dushmanlarimga qarshi menga yordam ber va o’ch olishni menga ko’rsat. Ey Rabbim, menga qarz g’olib kelishi va ochlikdan Sening noming ila panoh tilayman. Chunki ochlik yomon yotib qoladigan hamrohdir.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:11:13
244/28. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uxlaydigan bo’lsalar, qo’rqoqlikdan, dangasalikdan, malol ko’rishdan, baxillikdan, kibrdan, ahli va molidagi yomon ko’rinishdan, qabr azobidan, shayton va uning shirkidan panoh tilar edilar. Shu amallarini vafot etgunlaricha davom ettirdilar». Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:11:28
245/29. Oisha onamizning (r.a.) o’zlari ham uxlamoqchi bo’lsalar:

«Allohumma inniy as`aluka ru`ya solihatan, sodiqatan g’oyro kazibah, nafi’atan g’oyro zorroh», deb aytar edilar va so’ng hech bir so’z gapirmas edilar. (Ma’nosi: Allohim, Sendan solih, yolg’on bo’lmagan, rostgo’y, zararli bo’lmagan, foydali tushni so’rayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:11:36
246/30. Ali (r.a.): «Aqlli kishining Baqara surasining oxirgi uch oyatini o’qimay uxlaganini ko’rmadim», deb aytar edilar. Abu Bakr ibn Abu Dovud sahih isnod ila rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:11:43
247/31. Yana Ali (r.a.) aytadilar: «Islomga kirgan aqlli kishilarning Oyatul kursiyni o’qimasdan oldin uxlaganini ko’rmadim». Bu rivoyatni ham Abu Bakr ibn Abu Dovud naql qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Sentyabr 2006, 19:11:53
248/32. Ibrohim Naxaiy aytadilar: «Agar to’shaklariga yotadigan bo’lsalar, ikkita «Qul a’uzu»ni o’qishni o’rgatar edilar».

Boshqa rivoyatda: «Har kecha uch martadan «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq», «Qul a’uzu birobbin nas»ni o’qish mustahab amal», deb sanardilar, deyiladi. Muslimning shartlariga binoan sahih.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:43:28
61-bob. Allohni zikr qilmasdan uxlashning karohiyati

249/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir o’ringa o’tirib, Allohni zikr qilmasa, u kishiga Alloh tomonidan noqislik bordir. Kim bir suyanchiqqa yonboshlab, Allohni zikr qilmasa, Alloh tomonidan u kishi uchun ham noqislik bordir», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:43:52
62-bob. Kechasi uyg’onib, yana uxlashni xohlagan kishi aytadigan zikrlar

Kechasi uyg’onadigan kishi ikki holatdan birida bo’ladi: yo uyg’onganidan keyin uxlamaydi (uning zikrlari kitob avvalida aytib o’tildi) yoki yana uxlashni xohlaydi. Bunda uyqu g’olib kelgunicha Alloh taoloni zikr qilish mustahab amaldir. Bu to’g’rida zikrlar juda ko’p.

250/1. Uboda ibn Somitdan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda aytilishicha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim kechasi uyg’onib,
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr, valhamdu lillahi va subhanallohi va la ilaha illallohu vallohu akbar, va la havla va la quvvata illa billah», yoki

«Allohumma ig’fir liy», (ey Allohim, gunohlarimni kechir), desa yoki duo qilsa, ijobat bo’ladi. Agar tahorat olsa, o’qigan namozlari ham qabul qilinadi», dedilar. Imom Buxoriy va Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:44:05
251/2. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi uyg’onsalar:

«La ilaha illa anta subhanakallohumma astag’firuka lizambiy va as`aluka rohmatak. Allohumma zidniy ‘ilman va la tuzig’ qolbiy ba’da iz hadaytaniy va hab liy mil ladunka rohmatan innaka antal vahhab», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Sendan boshqa iloh yo’q. Ey Rabbim, Seni poklab yod eturman. Gunohlarimga istig’for aytaman. Sendan rahmatingni so’rayman. Ey Rabbim, ilmimni ziyoda qil. Meni hidoyatga boshlaganingdan keyin qalbimni undan og’dirib qo’yma. Va o’zingning huzuringdan rahmat ber. Albatta, Sen ko’plab ato etguvchi zotsan.) Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:44:15
252/3. Yana ummul mo’minin Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi uyg’onsalar:

«La ilaha illallohu vahidul qohhar robbus samavati val arzi va ma baynahumal ‘aziyzul g’offar», deb aytardilar». (Ma’nosi: Qahhor sifatli yakkayu yolg’iz Allohdan boshqa iloh yo’q. U yeru osmon va uning orasidagi bor narsalarning rabbi bo’lgan aziz va g’affor sifatli zotdir.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:44:23
253/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh  alayhissalom: «Agar Alloh bir musulmon bandaga kechasi o’z nafsini qaytarib bersa (ya’ni, o’ldirmasa), Allohga tasbih va istig’for aytsin va duo qilsin, undan duolarini qabul qiladi», dedilar. Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:44:34
254/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz kechasi to’shagidan turib, so’ng unga qaytsa, uni izorining bir tarafi bilan uch marta qoqib yuborsin. Chunki unda nima borligini bilmaydi. Agar yonboshlasa:

«Bismikallohumma vazo’tu jambiy va bika arfa’uh, in amsakta nafsiy farhamha va in rodadtaha fahfazha bima tahfazu bihi ‘ibadakas solihiyn», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening noming ila yonboshimni yerga qo’ydim va Sening noming ila turaman. Agar mening nafsimni olsang, rahm qil. Agar uni yana hayotga qaytarsang, solih bandalaringni saqlaganingdek muhofaza qil.) Imom Termiziy, Ibn Moja, Ibn Sunniylar rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:44:43
255/6. Imom Molikdan rivoyat qilinadi. Abu Dardo (r.a.) agar yarim kechasi tursalar:

«Namatil ‘uyunu va g’orotin nujum va anta hayyun qoyyum», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Ko’zlar uxladi, yulduzlar botdi. Sen esa, Allohim, tirik va qoyimsan.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:45:06
63-bob. To’shakda bezovta bo’lib, uxlay olmaganda aytiladigan zikrlar

256/1. Zayd ibn Sobit (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uyqusizlikdan shikoyat qildim, u zot:

«Allohumma g’orotin nujumu va hada`atil ‘uyunu va anta hayyun qoyyum, la ta`xuzuka sinatun va la navm, ya hayyu, ya qoyyumu, ahdiy layliy va anim ‘ayniy, deb ayt», dedilar. Shu duoni aytgan edim, Alloh mendan uyqusizlikni ketkazdi». (Ma’nosi: Allohim, yulduzlar botdi, ko’zlar tindi. Sen tirik, qoimdirsan. Seni mudroq ham, uyqu ham olmaydi. Ey tirik va qoyim bo’lgan Zot, kechamni tinch qilib, ko’zimga uyqu ber.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:45:14
257/2. Muhammad ibn Yahyo ibn Habbondan rivoyat qilinadi. Xolid ibn Valid (r.a.) uyqusizlikka chalinganlarida, Rasulullohga shikoyat qildilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uxlayotgan paytingda Allohning mukammal kalimalari bilan Uning g’azabidan, bandalarning yomonidan, shayton hozir bo’lib vasvasa qilishidan panoh tila», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:45:26
258/3. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Xolid ibn Valid (r.a.) Rasulullohga uyqusizlikdan shikoyat etganlarida, Rasulullohi alayhissalom: «Agar to’shagingga yotsang:

«Allohumma robbas samavatis sab’i va ma azallat, va robbal arziyna va ma aqollat va robbash shayatiyna va ma azallat, kun liy jaron min xolqika kullihim jamiy’an an yafruta ‘alayya ahadun minhum va an yabg’iya ‘alayya, ‘azza jaruka va jalla sanauka va la ilaha g’oyruka va la ilaha illa anta», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen yetti osmon va uni soyalantiradigan narsalarning parvardigorisan, yer va u ko’tarib turgan narsalarning parvardigorisan, shayton va u adashtirgan narsalarning parvardigorisan. Menga biror kishi zo’ravonlik qilib, haddan oshmasligi uchun hammasining ustidan o’zing menga himoyachi bo’l. Sening himoyang aziz, sanoing oliy bo’ldi. Sendan boshqa iloh yo’q. Faqat Sengina ilohdirsan.) Termiziy bu hadisni zaif deganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:45:46
64-bob. Uyquda qo’rqqanda aytiladigan duo

259/1. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyqusida qo’rqqanlarga:

«A’uzu bikalimatillahit tammah min g’ozobihi va sharri ‘ibadihi va min hamazatish shayatiyni va an yahzuruni», deb aytishni o’rgatganlar. (Ma’nosi: Allohning mukammal kalimalari bilan Uning g’azabidan, bandalarining yomonligidan, shayton hozir bo’lib, vasvasa qilishidan panoh tilayman.) Abu Dovud, Termiziy va Ibn Sunniylar rivoyatlari

Abdulloh ibn Amr shu duoni aqli kirgan bolalariga o’rgatar edi. Agar aqli kirmagan bo’lsa, uni yozib bo’yniga osib qo’yardi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:46:04
65-bob. Tushida yaxshi yoki yoqtirmagan narsani ko’rganda aytiladigan zikrlar

260/1. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birontangiz tushida yaxshi narsa ko’rsa, u tushi Alloh tomonidandir. Buning uchun Unga hamd aytsin va uni odamlarga so’ylayversin. (Ba’zi rivoyatlarda: «faqat yaxshi ko’rgan kishisiga so’ylasin», deyilgan.) Agar yomon tush ko’rsa, u shaytondandir. Uning yomonligidan panoh so’rasin va uni hech kimga so’ylamasin. Shunday qilsa, unga zarar bermaydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:46:12
261/2. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshi tush (boshqa rivoyatda: «solih tush») Alloh tomonidandir. Alg’ov tush esa, shaytondandir. Kim yoqtirmagan narsasini ko’rsa, chap tomoniga uch marta tuflab, shaytondan panoh tilasin. Ana shundoq qilsa, unga zarar bermaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:46:20
262/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birontangiz yomon tush ko’rsa, chap tomoniga uch marta tuflab, shaytondan Allohning nomi ila uch marta panoh tilasin. So’ng boshqa tomonga ag’darilib olsin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:46:27
263/4. Abu Hurayradan (r.a.) marfu’ holatda rivoyat qilingan hadisda u kishi aytganlar: «Agar birontangiz yomon tush ko’rsa, hech kimga gapirmasin va turib namoz o’qisin». Imom Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:46:37
264/5. Ibn Sunniyning rivoyatlarida Abu Hurayra (r.a.) bunday deganlar: «Agar birortangiz o’zi yoqtirmagan tush ko’rsa, uch marta tuflab:

«Inniy a’uzu bika min ‘amalish shaytoni va sayyiatil ahlami», desa, unga hech narsa bo’lmaydi». (Ma’nosi: Men shaytonning amalidan va bulg’angan tushdan Sening isming ila panoh tilayman.) 
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:46:58
66-bob. Tushini aytib bergan kishiga qilinadigan javob

265/1. Ibn Sunniyning kitoblarida rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga kim tush ko’rdim, desa:

«Xoyron roayta va xoyron yakun» (Yaxshisini ko’rding, yaxshi bo’ladi), derdilar. Boshqa rivoyatda:

«Xoyron talqohu va sharron tavaqqohu, xoyron lana va sharron ‘ala a’daina, valhamdu lillahi robbil ‘alamiyn» (Yaxshisiga yo’liqasan va yomonidan saqlanasan. Bu ko’rgan tushing bizning foydamizga, dushmanlarimiz zararlariga bo’lsin. Olamlar rabbi Allohga hamd bo’lsin), deb aytar edilar, deyilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:47:16
67-bob. Kechaning ikkinchi yarmida istig’for aytish va duo qilishga undash

266/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kechaning oxirgi uchdan biri qolganida Rabbimiz dunyo osmoniga tushib: «Kim Menga duo qiladi, ijobat etaman, kim Mendan so’raydi, so’raganini beraman, kim Menga istig’for aytadi, gunohlarini kechiraman», deydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari

Imom Muslimning rivoyatlarida: «Kechaning uchdan biri o’tgan paytda Alloh taolo dunyo osmoniga tushib: «Men podshohman, Men podshohman, kim Menga duo qilsa, ijobat etaman, kim Mendan so’rasa, beraman, kim Menga istig’for aytsa, uni kechiraman», deydi. Mana shu holat tong otgunigacha, (boshqa bir rivoyatda: «kechaning yarmigacha yoki uchdan ikkisi o’tguncha») davom etadi», deyilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:47:27
267/2. Amr ibn Abasadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Banda Rabbiga yaqin bo’ladigan payt kechaning ikkinchi yarmidir. Ana shu soatda Allohni zikr qilishga qodir bo’lsang, zikr qil», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:47:43
68-bob. Ijobat bo’ladigan soatlarga to’g’ri kelishini umid  etib, kechaning hammasida duo qilish

268/1. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kechasida bir soat bor. Musulmon kishi ana shu soatga to’g’ri kelib, Allohdan dunyo va oxirat yaxshiliklarini so’rasa, Alloh unga beradi. Bu soat har kechada bo’ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:48:15
69-bob. Allohning go’zal ismlari

A’rof surasining 180-oyatida:
«Allohning chiroyli ismlari bor. U bilan duo qilinglar», deb aytilgan.

269/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taoloning to’qson to’qqizta — bir kam yuzta ismi bor. Kim uni sanasa, jannatga kiradi. Alloh toqdir, toqni yaxshi ko’radi», dedilar.

Bu hadisni shu yergacha Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilishgan. Davomida Imom Termiziy va boshqalar Alloh taoloning ismlarini keltirishgan:
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:49:04
Alloh taoloning ismlari:
 
1.  Alloh.
Alloh lafzi «alaha» fe’lidan olingan «iloh» masdariga mansub bo’lib ma’bud-ibodat qilingan zot ma’nosini anglatadi. Arablarda «iloh»ning alif va lom harflari kiritilgan va «alilohu» hosil bo’lgan. So’ngra hamzaning harakatini lomi ta’rifga naql qilingan va bir jinsdagi ikki harfni idg’om qilingandan keyin «Alloh» lafzi hosil bo’lgan. Alloh lafzi yakkayu yagona ma’budi haqqa ism bo’lib qolgan. U zotdan boshqaga bu ism ishlatilmagan.

2. Rahmon.
Ulug’ ne’matlarni beruvchi. Bu sifat faqat Allohga xos bo’lib, barchaga kofirga ham, mo’minga ham mehribon va ne’mat beruvchi ma’nosini anglatadi. Rahmon sifatini Alloh taolodan boshqa hech kimga nisbatan ishlatib bo’lmaydi.

3. Rahiym.
«Rahiym» latif ne’matlarni beruvchi. Bu sifat xosroq bo’lib, qiyomat kuni faqat mo’minlarga rahm qiluvchi ma’nosini anglatadi. Va Allohdan o’zgalarga, jumladan Payg’ambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:51:40
4.  Malik.
Barcha narsani egasi. «Malik» haqiqiy egadir. Undan o’zga ega yo’qdir. Shuning uchun bandalar faqat unga qul bo’ladilar.  Hech vaqtda bir qulga ikki xo’jayin bo’lmaydi. Shuning uchun insonlar o’zlariga o’xshagan insonlarga emas, balki yagona yaratganga, haqiqiy Malikka qul bo’lishlari lozim.

5. Quddus.
«Quddus»-barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan munazzah, mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning o’zigagina xosdir.

6.  Salom.
«Salom»-barcha nuqsonlardan salomat. Shuningdek, tinchlik, xotirjamlik va rohat beruvchi degani. Alloh «Salom» sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:54:14
7.  Mo’min.
Mo’min-iymon va omonlikni beruvchi.

8.  Muhaymin.
Hamma narsani qamrab oluvchi. Alloh bandalarning barcha holatlariga guvoh bo’lib turadi. Undan hech narsa maxfiy qolmaydi.

9. Aziz.
Barchaning ustidan g’olib. Undan biror narsa g’olib kelolmaydi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:55:34
10.  Jabbor.
«Jabbor» oliy qadar ulug’, Uning oldida hamma o’zini xor tutadi.

11.  Mutakabbir.
«Mutakabbir»- kibriyosi va ulug’ligi behad. Uning oldida boshqalar qul bo’lib turadi.

12.  Xoliq.
Asli va o’xshashi yo’q narsaning o’lchovini mos qilib yaratuvchi. Alloh maxluqlarni yaratishdan oldin ham Xoliq degan vasfga ega edi. U xaloyiqni xalq qilganidan keyin Xoliq ismini olgani yo’q. Xoliq mutlaq vujudga keltiruvchidir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:56:10
13.  Bori’.
Yo’qdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi. Bori’ning  vujudga keltirishida tafovut yo’qdir.

14.  Musavvir.
Musavvir mahluqotlarning suvratini shakllantiruvchi, har bir narsaga o’ziga xos suvrat beruvchi.

15.  G‘affor.
Ko’plab mag’firat qilib, bandalarning aybini o’z fazli ila kechib yuboruvchi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:56:51
16.  Qahhor.
Barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni o’z hukmiga yuritib va qudrati ila bo’ysundirib turuvchi.

17.  Vahhob.
Ne’matlarni behisob beruvchi.

18.   Razzoq.
Ko’plab rizq beruvchi. Rizqlarni va ularning vositalarini yaratuvchi. Razzoq maxluqotlariga hech bir og’irliksiz, qiyinchiliksiz, yordam so’ramasdan rizq beruvchidir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:57:16
19.  Fattoh.
Ko’plab narsalarni ochuvchi. O’z rahmati xazinasini bandalarga ochuvchi

20. Aliym.
Har bir narsani biluvchi. Bo’lgan va bo’ladigan, avvlgi va oxirgi zohir va botin narsalarning barchasini biluvchi.   

21. Qobiz.
Ruhlarni qabz qiluvchi. Xohlagan kishisining rizqini qabz qiluvchi. Qalblarni qabz qiluvchi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:57:55
22. Bosit.
Ruhlarni kenglikka qo’yib yuboruvchi. Xohlagan kishisining rizqini keng qilib qo’yuvchi. Qalblarni keng qiluvchi.

23. Xofiz.
Pasaytiruvchi. Misol uchun, kofir va fosiqlarning martabasini ularni xoru zor qilib pasaytiradi.

24.  Rofe’.
Ko’taruvchi. Misol uchun, mo’min va taqvodorlarning martabasini azizu mukarram qilib ko’taradi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:58:17
25.  Mu’izz.
Aziz qiluvchi. Kimni xohlasa, to’g’ri yo’lga solib aziz qiladi.

26.  Muzill.
Xor qiluvchi. Kimni xohlasa, egri yo’lga yurgani uchun xor qiladi.

27. Samiy’.
Har bir narsani eshituvchi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:59:05
28. Basiyr.
Har bir narsani ko’ruvchi.

29. Hakam.
Hukm qiluvchi.

30. Adl.
Mutlaq adolat qiluvchi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 06:59:29
31. Latiyf.
O’ta lutf ko’rsatuvchi. Barcha narsalarning nozik va daqiq joylarigacha biluvchi.

32. Xabiyr.
Hamma narsadan o’ta xabardor.

33. Haliym.
o‘azabi qo’zimaydigan va iqob qilishga shoshilmaydigan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:00:07
34. Aziym.
Aql tasavvur qila olmaydigan darajada azamatli va ulug’.

35.  G‘afur.
Ko’p mag’firat qiluvchi.

36.  Shakur.
Oz amal uchun ko’p savob beruvchi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:00:36
37. Aliy.
Martabasi oliylikda benihoya.

38. Kabiyr.
Har bir narsadan katta.

39. Hafiyz.
Har bir narsani komil muhofaza qiluvchi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:01:19
40. Muqiyt.
Barcha moddiy va ruhiy rizqlarni yaratuvchi

41. Hasiyb.
Kifoya qiluvchi. Qiyomatda bandalarning hisobini qiluvchi.

42.  Jaliyl.
Sifatlarida ulug’likka ega.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:01:47
43.  Kariym.
Birov so’ramasa ham, hech bir evaz olmasdan, narsalarni ko’plab ato qiluvchi. Qarama-qarshiliklardan pok. Karamli ishlar va xislatlar sohibi.

44. Raqiyb.
Hech bir zarrani ham qo’ymay tekshirib turuvchi.

45. Mujiyb.
Duolarni ijobat qiluvchi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:03:25
46. Vose’.
Keng-Hamma narsani keng ilmi ila ihota qilgan. Barchani keng rahmati ila qamrab olgan.

47. Hakiym.
Har bir narsani hikmat ila qiluvchi.

48. Vadud.
Barchaga yaxshilikni ravo ko’ruvchi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:03:50
49.  Majiyd.
Shon-sharafi va qadri behad yuksak.

50.  Bo’is.
Xalqlarga payg’ambarlar yuboruvchi. Kishilarga himmat yuboruvchi. O’liklarni qayta tiriltiruvchi.

51.  Shahiyd.
Har bir narsaga hoziru nozir. Barchaga shohidlik beruvchi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:04:31
52. Haq.
O’zgarmas, sobit zot. Haqni yuzaga chiqaruvchi.

53.  Vakiyl.
Barchaning ishi unga topshirilgan zot.

54.  Qaviy.
Quvvatli zot.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:04:52
55.  Matiyn.
Matonatli zot.

56.  Valiy.
Muhabbat qiluvchi, nusrat beruvchi va xalqining ishini yurituvchi zot.

57.  Hamiyd.
Barchaga maqtovlar ila maqtalgan zot.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:05:48
58. Muhsiy.
Barcha narsaning hisobini oluvchi zot.

59.  Mubdi’.
Barcha narsalarni avval boshdan bor qilgan zot.

60.  Mu’iyd.
Yo’q bo’lgan narsalarni yana qaytadan bor qiluvchi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:06:08
61.  Muhyi.
Tiriltiruvchi. U zot o’liklarni tiriltiruvchidir. Bu ismga maxluqlarni qayta tiriltirishdan oldin ham sazovordir. Alloh o’liklarga jon kiritib, tiriltirganidan keyin tiriltiruvchi, deb atalganidek, ularni xalq qilishdan oldin, hayot berishidan oldin ham tiriltiruvchi deyilaveradi. Xuddi xaloyiqni xalq qilishdan oldin Xoliq bo’lganidek. Alloh qiyomat kuni o’liklarni tiriltiradi, shuning uchun, tiriltiruvchi nomi berildi. Bas, tiriltirish sifati Alloh taoloda maxluqlarni tiriltirishdan oldin ham sobit .

62.  Mumiyt.
O’ldiruvchi. Barcha jonzotlarning jonini oluvchi.

63.  Hayy.
Tirik. U hamisha tirikdir, U o’lmaydi. Ya’ni, Allohning hayoti abadiydir, o’lim ila yo’q bo’lmas. Shuningdek, Allohning hayoti azaliy, oldin yo’q bo’lgan emas. Yagona Allohning tirikligi o’zigagina xos alohida hayot bo’lib, bandalar hayotiga o’xshash boshqa masdardan berilgan emas. Bu hayot azaliy va abadiydir. Ibtidosi ham, intihosi ham yo’q. Allohning tirikligi hech bir jihatda bandalarning hayotiga o’xshamaydi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:07:14
64. Qayyum.
O’zi qoyim bo’lgan va boshqalarni qoyim qilgan zot. Allohning «qayyum»lik sifati ma’nosi Alloh taboraka va taoloning har bir narsa ustida turuvchi ekani va har bir turuvchi narsa Uning sababidangina turishini anglatadi. Shu bilan Allohning qoyimligi boshqanikiga o’xshamaydi va doimiydir.

65. Vojid.
Topuvchi. Xohlagan narsasini topuvchi. Bu ishda birov Uni to’sa olmaydi.

66. Mojid.
Ulug’lik va sharaf sohibi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:07:24
67.  Vohid.
Yagona, bitta. U zot zotida ham, sifatlarida, ishlarida ham yagonadir.

68. Somad.
Somad sifati ko’p ma’nolarni o’z ichiga oladi:
itoat qilingan, ulug’, Usiz hech bir ish bitmaydi;
hech kimga hojati tushmaydi, barchaning hojati Unga
tushadi;
butun maxluqot bitib tugasa ham, o’zi doim boqiydir va
hokazo.

69. Qodir.
Cheksiz qudrat sohibi. U zot har bir narsaga qodirdir. Har bir ish unga osondir. Alloh taolo azaldan har bir narsaga qodirdir. Agar azaldan qodir bo’lmasa, qachon va qandoq qilib, har bir narsaga qodir bo’la oladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:08:04
70.  Muqtadir.
Juda ham qudratli.

71.  Muqaddim.
Oldinga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlagan shaxs va narsasidan oldinga suradi.

72.  Muaxxir.
Orqaga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani, xohlagan shaxs va narsasidan orqaga suradi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:08:37
73.  Avval.
U hamma narsadan avval, ya’ni, barcha mavjudotlar yo’qligida Alloh bor edi. Mavjudotlarni «Avval» sifatiga ega bo’lgan Alloh yaratdi. Ya’ni, Allohning vujudga kelishining boshlanishi yo’qdir.

74.  Oxir.
Hamma narsa yo’q bo’lib ketganda ham, Uning o’zi qoladi.

75.  Zohir.
Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir. U hamma narsadan zohir-ustundir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:09:01
76.  Botin.
U ko’zga ko’rinmaydi. Hammadan pinhon-maxfiy narsalarni bilib turuvchidir.

77. Voliy.
Har bir narsaga voliy-ega.

78.  Muta’oliy.
Nuqsonlardan yuqori turuvchi zot.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:09:32
79.  Barr.
Ulug’ yaxshilik qiluvchi.

80.  Tavvob.
Bandalarni tavbaga yo’llovchi va ularning tavbasini ko’plab qabul qiluvchi zot.

81.  Muntaqim.
Zolim va osiylardan intiqom oluvchi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:09:56
82.  Afuvv.
Afv qiluvchi.

83.  Ra`uf.
O’ta shafqatli va mehribon.

84.   Molikul mulk.
Mulk egasi. Bu dunyodagi ishlarni o’zi xohlaganicha qiladi. Uning qazosini qaytaradigan va hukmini o’zgartiradigan yo’q.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:10:28
85.  Zul jalol val ikrom.
Sharaf va kamol egasi. Karam va ikrom egasi.

86.  Muqsit.
Adolati ila mazlumlarga nusrat va zolimlarga jazo beruvchi.

87.  Jome’.
Jamlovchi. Barcha haqiqatlarni jamlovchi. Odamlarni qiyomat kuni jamlovchi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:11:34
88.  G‘aniy.
Behojat. Uning hech kimga va hech narsaga hojati tushmaydi.

89.  Mug’niy.
Behojat qiluvchi. U zot o’z bandalaridan xohlaganini behojat qilib qo’yadi.

90.  Mone’.
Man’ qiluvchi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:12:18
91.  Zorr.
Xohlaganiga zarar qiluvchi.

92.  Nofe’.
Manfaat beruvchi.

93.   Nur.
O’zi o’zi ila zohir bo’lgan va o’zgalarni zohir qilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:12:36
94. Hodiy.
Hidoyat qiluvchi. U zot o’z fazli ila xohlagan kimsani hidoyat qiladi. Ya’ni, Alloh kimni to’g’ri yo’lga hidoyat qilsa, albatta, o’z xohishi va fazli ila hidoyat qiladi.

95. Badiy’.
O’xshashi yo’q narsalarni keltiruvchi.

96. Boqiy.
Boqiy qoluvchi. U doimiy bordir, unga foniylik yetmaydi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:13:15
97. Voris.
Mavjudotlar yo’q bo’lganda ham boqiy qoluvchi zot.

98. Rashiyd.
To’g’ri yo’lga irshod qiluvchi.

99. Sabur.
O’ta sabrli. Osiylarni azoblashga shoshilmaydi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:13:57
QUR’ON TILOVAT QILISH KITOBI

70-bob. Qur’on tilovati


Qur’on o’qish zikrlarning afzalidir. Qiroatda tadabbur qilish — tushunib o’qish matlub ish sanaladi. Qiroatning o’ziga xos odob va maqsadlari bor. Qori va qiroatning odoblari, sifatlari va ularga taalluqli narsalar haqida bir kitob ham jamlagan edim. Chunki hofizi Qur’on uchun shunga o’xshash narsalar maxfiy qolishi mumkin emas. Men bu kitobda esa maqsadga muvofig’ini qisqa holda keltiraman.   

Fasl: Qur’on o’quvchi kishi ertami-kechmi, musofirmi-muqimmi, uning tilovatini tark qilmasligi, bardavom bo’lishi lozim. Salaf ulamolarimizning Qur’onni xatm qilish odatlari turlicha edi. Ba’zilari ikki oyda, ba’zilari har oyda, boshqalari har o’n kun, sakkiz kun yoki yetti kunda Qur’onni xatm qilishardi. Ko’pchilikning odati shu edi. Olti, besh, to’rt yoki uch kunda xatm qiluvchi ulamolar ham bor edi. Bundan tashqari har kecha va kunduzi xatm qiluvchilar bo’lgan. Sayyid Jalil ibn Kotib as-Suvfiy kechasi to’rt marta, kunduzi ham to’rt marta Qur’onni xatm qilardilar. Tobe’in Mansur ibn Zozon ibn Ibod esa peshin bilan asr orasida xatm qilardilar. Ibn Abu Dovud rivoyatlarida keltirilishicha Mujohid (r.a.) ramazonda Qur’onni shom namozi bilan xufton orasida xatm qilganlar. Ammo Qur’onni bir rak’atda xatm qiladiganlar ko’pligidan ularni sanab adog’iga yetib bo’lmaydi. Masalan, ular Usmon ibn Affon, Tamiym ad-Doriy, Said ibn Jubayrlardir. Lekin oldingi jamoalar Qur’onni bir kecha-  kunduzda xatm qilishni makruh deb, quyidagi hadisni dalil qilib keltirishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:14:08
270/1. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Qur’oni karimni uch kundan oz fursatda xatm qilsa, ma’nolarini anglamaydi», dedilar. Abu Dovud, Termiziy, Nasoiylar rivoyatlari

Ammo Qur’on o’qishni qachon boshlash va xatm qilish-tugatish vaqti qorini ixtiyoridadir. Masalan, Usmon (r.a.) bir haftalik xatmlarida juma kechasi boshlab, payshanba kechasi tugatar edilar. Abu Homid Fazzoliy «Ihyou ulumiddin» kitoblarida: Xatmlarni afzali kechasidagi xatm va kunduzidagi xatm. Kunduzgi xatm dushanba kuni bamdod namozining ikki rak’atida yoki undan keyin tugatiladi. Kechasidagi xatm juma kuni shom namozining ikki rak’atida yoki undan keyin tugatiladi deb aytganlar. Shunda kunduzini avvali va oxiriga yetishadi. Ibn Abu Dovud tobe’in Amr ibn Murradan qilgan rivoyatlarida: «U Qur’onni kechaning avvalida yoki kunduzni avvalida xatm qilishni yaxshi ko’rardilar», deydi. Tobe’inlardan Talha ibn Masraf aytadilar: «Kim Qur’onni kunduzi xatm qilsa, farishtalar kech kirgungacha u kishiga salovot aytishadi. Va kechasi xatm qilsa, tong otguncha salovot aytishadi».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:14:25
271/2. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) aytadilar: «Qur’onni xatm qiluvchining xatmi kechaning avvaliga to’g’ri kelsa, farishtalar tong otguncha unga salovot aytishadi. Agar kechaning oxiriga to’g’ri kelsa, ertasi kunning kechqurunigacha salovot aytishadi». Imom Ahmad rivoyatlari

Fasl: Qur’on qiroati uchun ixtiyor qilingan vaqtning eng yaxshisi namozda bo’lganidir. Imom Shofe’iy va boshqalarning fikrlaricha, namozda qiyomni qiroat bilan uzun qilish sajda va undan boshqa o’rinlarda uzoq turishdan afzalroqdir. Namozdan tashqaridagi qiroat esa, kechasi bo’lgani yaxshiroq. Kechani ikkinchi yarmida bo’lgani esa, avvalida bo’lganidan yaxshiroq. Shom namozi bilan xufton orasida bo’lgan tilovat ham mahbubdir. Ammo kunduzgi tilovatlarning eng yaxshisi bomdod namozidan keyingisidir. Biror vaqt ham Qur’on tilovat qilishning karohiyati yo’q. Hatto namoz o’qish man’ qilingan paytlarda ham tilovat qilinaveradi. Ibn Abu Dovud (r.a.) Muoz ibn Rufoadan hikoya qilib: «Ular asrdan keyin tilovatni karih ko’rar edilar», deb keltirgan so’zlari esa, nomaqbul va asossiz gapdir.

Tilovat uchun ixtiyor qilingan kunlar juma, dushanba, payshanba va arafa kunlaridir. O’n kunliklarda esa zul hijja oyining avvalgi o’n kuni va ramazon oyining oxirgi o’n kunidir. Oylar ichida esa, ramazondagisi afzalroq.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:14:44
Xatmning odobi va unga taalluqli narsalar

Yakka xatm qiluvchi qori xatmni namozda tugatishi mustahabdir. Ammo namozdan tashqarida xatm qiluvchi va ko’pchilik bo’lib xatm qiluvchilar, kechaning avvalida yoki kunduzning avvalida qilishlari yaxshidir. Xatm kunida ro’za tutish ham mustahab. Faqat shariat ro’za tutishni man’ qilgan kunlardagina ro’za tutilmaydi. Masalan, tobe’inlardan Talha ibn Musarraf, Musayyib ibn Rofi’ va Habib ibn Abu Sobitlar Qur’onni xatm qiladigan kunlari ro’zador bo’lardilar.  Xatm majlislarida o’qishni biladiganlar ham, bilmaydiganlar ham hozir bo’lishi mustahabdir.

272/3. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayit kunlari hayz ko’rgan ayollarga da’vat va boshqa yaxshiliklarda ishtirok etishni buyurar edilar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:14:56
273/4. Rivoyat qilinishicha, Ibn Abbos (r.a.) bir kishiga Qur’on o’qiydigan bir odamni kuzatib yurishni tayinladilar. Haligi qori Qur’on xatm qilishni boshlasa, tayin qilingan kishi Ibn Abbosga xabarini berar edi. Ibn Abbos esa, ana shu xatmda ishtirok etardilar. Imom Doramiy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:15:12
274/5. Anas ibn Molikning sohiblaridan bo’lgan ulug’ tobe’in Qatoda (r.a.) aytadilar: «Anas ibn Molik (r.a.) qachon xatm qilsalar (ya’ni, Qur’onni o’qib tugatsalar), ahli ayollarini to’plab, duo qilardilar». Hakam ibn Utbadan qilingan sahih rivoyatda u kishi aytadilar: «Menga Mujohid bilan Abda ibn Abu Lubobani yuborishibdi. Ular, biz Qur’onni xatm qilishni hohlaymiz, chunki duolar Qur’onni xatm qilinganda ijobat qilinadi, deb aytishdi». Ibn Abu Dovud rivoyatlari

Ba’zi sahih rivoyatlarda keltirilishicha, Qur’on xatm qilinganda rahmat yog’ilib turadi, deb aytilgan.

Fasl: Qur’on xatm qilinganda yaxshilab, ta’kidlab, qabul bo’lishiga ishongan holda duo qilish mustahab amaldir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:15:20
275/6. Humayd A’raj (r.a.) aytadilar: «Kim Qur’on o’qib, so’ngra duo qilsa, uning duosiga to’rt ming farishta omiyn, deb turadi». Doramiy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:15:28
276/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Amallarning yaxshisi al-hallu varrihla», dedilar. Shunda sahobalar: «Al-hallu varrihla nima deganingiz, ey Rasululloh?» deb so’rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qur’onning boshlanishi va uning xatmi-oxiri», dedilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:15:42
Odatlanilgan vazifa va virdlarni bajarmasdan uxlab qolgan kishi haqida

277/8. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim kechasidagi vazifalarini yoki ulardan birortasini bajarmasdan uxlab qolsa, so’ng ularni bomdod namozi bilan peshin orasida o’qib olsa, go’yo kechasi o’qigandek bo’ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:15:55
Fasl: Qur’onni mahkam tutish va uni unutishdan ehtiyot bo’lish to’g’risida

278/9. Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qur’onni yodlagandan keyin mahkam tutinglar. Muhammadning nafsi qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, Qur’on arqoni yechilgan tuyaning qochganidan ham qattiqroq qochadi», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:16:03
279/10. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qur’on sohibi (ya’ni, uni yod olgan kishi) bog’lab qo’yilgan tuyaga o’xshaydi. Agar uni mahkam tutsang, o’rnida turadi. Agar bo’sh qo’ysang, ketib qoladi», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:16:12
280/11. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga ummatimning savoblari ko’rsatildi. Bularning ichida kishi masjiddan chiqarib tashlagan axlatlar (uchun olgan savobi) ham bor edi. Yana menga ummatimning gunohlari ko’rsatildi. Bir kishiga Qur’ondan biror sura yoki oyat berilganidan so’ng, uni unutib yuborganidan kattaroq gunohni ko’rmadim», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:16:33
281/12. Sa’d ibn Ubodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Qur’onni o’qib, so’ng uni unutib yuborsa, qiyomat kuni Alloh taologa qo’li kesik holda yo’liqadi», dedilar. Abu Dovud va Doramiy rivoyatlari

Fasl: Qur’on o’quvchi kishi undagi odoblarga ahamiyat berishi lozim. Avvalo, qiroatida ixlosli bo’lish va u bilan Allohning roziligini talab qilish, boshqa narsani maqsad qilmaslik, Qur’on xulqi bilan xulqlanish, zehnni bir joyga qo’yib, undagi ma’nolarni tadabbur qilish talab etiladi. Qur’on tilovat qilayotganda Allohga murojaat qilayotganini va Uni ko’rib turgan kishidek his qilishi, agar Uni ko’rmayotgan bo’lsa, Alloh uni ko’rib turganini zehniga joylashi lozim.

Fasl: Qur’on tilovat qilishni hohlagan kishi og’zini misvok va shunga o’xshash narsalar bilan tozalashi lozim bo’ladi. Misvok arok daraxti shoxidan bo’lishi yaxshiroq. Agar u topilmasa, boshqa narsalar bilan tozalashining zarari yo’qdir. Misvok iste’mol qilinayotganda og’izni o’ng tomonidan boshlash va sunnatni bajarayotganini niyat qilish kerak. Misvok iste’mol qilinayotib: «Allohumma barik liy fiyhi ya arhamar rohimiyn» Ya’ni: «Ey rahm qiluvchilarning Rahmlisi bo’lgan Allohim, unda men uchun baraka qilgin», deb aytadi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:17:01
Fasl: Qur’onni xushu’-xuzu’ va tadabbur bilan o’qish lozim. Mana shu talab qilingan narsadir. Shunda qalb yumshab, nurga to’ladi. Salaf ulamolari ichida tadabbur qilib bir oyatni kechasi bilan yoki ko’p qismida o’qib chiqqanlari bordir. Va yana Qur’on o’qib turib, hushdan ketganlari va vafot etganlari bor. 

Qur’on o’quvchi Qur’on o’qiyotganida yig’lashi, agar yig’lay olmasa, o’zini yig’lashga majburlashi mustahabdir. Ana shundoq qilish oriflarning sifati va solih bandalarning shioridir. Bunga Alloh taoloning kitobida:

«Ular yig’lagan hollarida yuzlari bilan yiqilurlar va bu (Qur’on) ularning xushu’-xokisorliklarini ziyoda qilur» (Al-isro surasi, 109-oyat), degan dalil bor.

Sayyid Ibrohim al-Xavvos (r.a.) aytadilar: «Qalbning davosi beshta narsada. Ular: tadabbur bilan Qur’on o’qish, qorinning bo’sh bo’lishi, kechasi qoim turish, sahar tongda tazarru’ qilish, solih kishilar bilan o’tirish».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:17:26
Fasl: Qur’on tilovat qiluvchining Qur’on kitobidan o’qishi yoddan o’qiganidan afzaldir. Salaf ulamolari shunday deyishgan. Ammo kimning tadabburi, fikrlashi, qalbini jamlashi Qur’ondan  o’qiganidan ko’ra yoddan o’qiganida ziyodaroq bo’lsa, yoddan o’qigani afzaldir. Ikkalasi barobar bo’lsa, Qur’on kitobidan bo’lgani afzal. 

Fasl: Tilovatda ovozni baland qilishning, shu bilan birga ovozni chiqarmaslikning fazilati haqida ham ulamolarning so’zlari bor. Riyodan qo’rqqan kishi ovozini chiqarmasdan o’qigani afzaldir. Agar qo’rqmasa, baland ovoz bilan o’qigani yaxshi. Shu shart bilanki, atrofidagilar namoz o’qiyotgan, uxlayotgan bo’lmasligi kerak. Baland ovoz bilan o’qiganda boshqalarga ham foyda bor. Chunki qalbni uyg’otadi, butun vujudini fikrlashga chorlaydi, uyquni ketkazib, faollikni ziyoda qiladi.

Fasl: Tilovat qilayotganda ovoz chiroyli qilinadi. Ammo juda cho’zib yuborilmaydi. Biror harf ziyoda qilinishi yoki tushirib qoldirilishi haromdir. Cho’zib o’qish, agar haddan oshmasa, zarari yo’q. Ovozni chiroyli qilish haqida mashhur hadislar bor. Biz bu yerda ozginasini zikr qildik, xolos.   
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:17:57
Fasl: Tilovat qiluvchi kishi suraning o’rtasidan boshlasa, bir-biriga bog’liq so’zlarning avvalidan boshlashi kerak. To’xtatganda ham bir-biriga bog’liq so’zlar bilan to’xtatadi. Boshlanishi, vaqf, juz’, hizb, o’ndan biri deb e’tibor qilmaydi. Shuning uchun ulamolar: «Bir suraning hammasini o’qishi uzun suradan bir miqdor o’qigandan afzal», deyishgan. Chunki ko’p holat va o’rinlarda bir-biriga bog’liq narsalar bilinmay qoladi.     

Fasl: Kishilarga taroveh namozini o’qib beruvchi ba’zi johillar, yettinchi kechada oxirgi rak’atda An’om surasini, bir yo’la nozil bo’lgan deb gumon qilib, hammasini o’qish mustahab amal, deb aytishadi. Bundan tashqari bu amallariga yana har turlik bo’lmagur dalillarni ham keltiradilar. Bu  amallari bid’atning o’zginasidir.

Fasl: Baqara, Oli Imron, Niso, Ankabut va boshqa suralarni o’z nomi ila zikr qilish lozim. Bu to’g’rida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir qancha hadislar kelgan. Shuningdek, Abu Amrning qiroatlari, Ibn Kasirning qiroatlari va bulardan boshqalarni qiroatlari deb aytishning ham karohiyati yo’qdir. Bu gaplarni keltirishimizdan maqsad ba’zi salaf olimlari bunday deyishni makruh deb aytishgan. Masalan, Ibrohim Naxaiy: «Ular falonchining sunnati, falonchining qiroati, deb so’ylashni karih ko’rardilar», deb aytganlar. Ammo, yuqorida aytganimizdek, bularning zarari yo’q.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:18:06
282/13. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan birortangiz falon-falon oyatni unutdim, demasin. Balki unuttirildi, desin», dedilar.

Boshqa rivoyatda: «Sizlardan birortangizning falon-falon oyatni unutdim, deyishi muncha ham yomon, balki unuttirildi, desin», deganlar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:18:19
283/14. Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishi Qur’on o’qiyotganini eshitib: «Alloh uni rahm qilsin, men tushirib qoldirgan oyatni menga eslatdi», dedilar.

Boshqa bir rivoyatda: «mendan unutilgan», deyilgan. Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Fasl: «Qori va qiroat odoblari» haqida ma’lumotni bir nechta mujallad kitoblar ham qamrab ololmaydi. Endi, kim Qur’on odoblari haqida ko’proq ma’lumot olishni xohlasa, «At-tibyan fiy adabi hamalatil Qur’an» kitobiga murojaat qilsin.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:18:32
284/15. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kecha va kunduzda ellik oyat o’qigan odam g’ofillar qatorida yozilmaydi, yuz oyat o’qigan kishi kechani ihyo qilib, Allohning ibodatida uzoq turuvchi, deb yoziladi, ikki yuz oyat o’qigan kishi bilan Qur’on qiyomat kuni hujjat talashmaydi, besh yuz oyat o’qigan odamga esa, bir necha qintor ajr yoziladi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari

Abu Hurayradan (r.a.) qilingan rivoyatda esa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim o’nta oyat o’qisa, g’ofillar qatorida yozilmaydi», deganlar.

Bir kecha va kunduzda o’qilishi lozim bo’lgan suralar haqidagi ko’p hadislarni zikr qildik. Ular Yosin, Taborak-Mulk, Voqe’a, Duxon suralaridir. Bu suralarni har kuni o’qib yurish lozim.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:18:45
285/16. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir kecha va kunduzda Allohning roziligini talab qilib, Yosin surasini o’qisa, uning gunohlari kechiriladi», dedilar.

Boshqa bir rivoyatda: «Kim kechasi Duxon surasini o’qisa, gunohlari kechirilgan holda tong ottiradi», deyilgan.

Ibn Mas’uddan (r.a.) qilingan rivoyatda esa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim har kecha Voqe’a surasini o’qisa, unga kambag’allik yetmaydi», deganlar.

Jobirdan (r.a.) qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alif, lam, miym. Tanziylul kitab...» va Taborak suralarini o’qimasdan uxlamaganlari aytilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:18:55
286/17. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kim kechasi «Iza zulzilatil arzu...» surasini o’qisa, Qur’onning yarmini o’qigandek bo’ladi. Kim «Qul ya ayyuhal kafirun»ni o’qisa, Qur’onning to’rtdan birini o’qigandek bo’ladi. Kim «Qul huvallohu ahad»ni o’qisa, Qur’onning uchdan birini o’qigandek bo’ladi», dedilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:19:02
287/18. Boshqa bir rivoyatda: «Kim Oyatul kursiy va «Ha, miym»ning avvalini o’qisa, shu kuni har qanday yomonlikdan saqlanibdi», deganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:19:30
ALLOH TAOLOGA HAMD AYTISH KITOBI

71-bob. Alloh taologa hamd aytish

Alloh taolo aytadi: «Allohga hamd bo’lsin va Uning o’zi (payg’ambarlik uchun) tanlagan bandalariga duoyu salomlar bo’lsin», deb ayting» (Naml surasi, 59-oyat); «Ayting: «Allohga hamd bo’lsin. Yaqinda U sizlarga o’z oyat-mo’’jizalarini ko’rsatur» (Naml surasi, 93-oyat); «Bola-chaqa qilmagan Allohga hamd bo’lsin» (Isro surasi, 111-oyat); «Agar bergan ne’matlarimga shukr qilsangizlar, albatta, sizlarga ziyoda qilaman» (Ibrohim surasi, 7-oyat); «Bas, Meni eslanglar, Men ham sizlarni eslayman va Menga shukr qilinglar va Meni inkor etmanglar!»
(Baqara surasi, 152-oyat).

Allohga hamd aytish va Unga shukr qilish to’g’risidagi oyatlar juda ko’pdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:19:55
288/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir muhim ish Allohga hamd aytish bilan boshlanmasa, oxiri kesikdir», dedilar. Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari

Boshqa bir rivoyatda: «Har bir muhim ish «Bismillahir rohmanir rohiym» bilan boshlanmasa, u kesikdir», deyilgan.

Ulamolar: «Kitob tasnif qiluvchi, dars oluvchi, dars beruvchi, xutba aytuvchi Allohga hamd bilan boshlashlari mustahab», deydilar.

Bulardan tashqari, yeb-ichgandan keyin, aksa urganda, ayolga sovchi qo’yganda, nikoh o’qilayotganida, hojatxonadan chiqayotganda, shuningdek, boshqa ishlarda ham Allohga hamd aytish mustahabdir. Biz bularni, inshaalloh, o’rnida zikr qilamiz.

Fasl: Duoning xotimasida ham, boshlanishida ham Allohga hamd aytish mustahab qilindi. Bunga dalil Alloh taoloning:

«Oxirgi istaklari Olamlar Rabbi Allohga hamd aytishdir» (Yunus surasi, 10-oyat), degan so’zidir. Biror ne’matga yetishganda yoki yomon ko’rgan narsasidan uzoqlashganda, Allohga hamd ham aytish mustahabdir. Hamd aytishning eng yaxshi iborasi «Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyn»dir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:20:03
289/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Isro kechasida ikkita qadah keltirildi. Ularning birida sharob, ikkinchisida sut bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sutni oldilar. Shunda Jabroil (alayhissalom): «Sizni fitratga hidoyat qilgan Allohga hamd bo’lsin. Agar sharobni olganingizda, ummatingiz zalolatga ketar edi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:20:22
290/3. Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar birq kishining farzandi vafot etsa, Alloh taolo farishtalariga: «Bandamning farzandini oldinglarmi?» deydi. Farishtalar: «Ha», deb javob berishadi. Alloh: «Bandamning qalbining mevasini oldinglarmi?» deydi. Farishtalar yana: «Ha», deyishadi. Alloh taolo: «Bandam nima dedi?» deb so’raydi. Farishtalar: «Senga hamd va istirjo’ (ya’ni, «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un», deb) aytdi», deyishadi. Shunda Alloh taolo: «Bandam uchun jannatda bir uy quringlar va uni hamd uyi, deb atanglar», deydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari

Fasl: Xurosonlik do’stlar aytishdi: «Kimki, hamma hamdni o’z ichiga olgan hamd bilan Allohga hamd aytaman desa, «Alhamdu lillahi hamdan yuvafiy ni’amahu va yukafiu maziydahu», deb aytishi bilan qasamini bajargan bo’ladi». (Ma’nosi: Ne’matlarini hosil qilgan va ziyodaligini mukofot qilgan Allohga hamd bo’lsin.)

Kimki maqtovlarning eng chiroylisi bilan Allohni maqtayman, deb qasam ichsa, «La uxsiy sanaan ‘alayka anta kama asnayta ‘ala nafsika» deb aytishi bilan qasamini bajargan bo’ladi. (Ma’nosi avval kelgan.) Ba’zilar: « Falakalhamdu hatto tarzo» (Rozi bo’lguningcha Senga hamd bo’lsin), deyilgan gapni ziyoda qilishgan.

Abu Nasr Tammor Muhammad ibn Nazrdan (r.a.)  rivoyat qilib keltirishlaricha, Odam alayhissalom: «Ey rabbim, kasbi korim meni mashg’ul qilib qo’ydi. Menga bir narsa o’rgatginki ana shu hamma hamd va tasbihlarni o’z ichiga olsin», dedilar. Shunda Alloh taolo u zotga vahiy qilib: «Ey Odam agar tong ottirsang uch marta va kech kirgizsang uch marta «Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyna hamdan yuvafiy ni’amahu va yukafi’u maziydahu» deb ayt, hamd va tasbihlarni hammasini o’z ichiga olgandir», deb aytdi. (Ma’nosi yuqorida kelgan.)       
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:20:42
RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMGA SALOVOT AYTISH KITOBI

Alloh taolo Ahzob surasining 56-oyatida:

«Albatta, Alloh va Uning farishtalari payg’ambarga salovot ayturlar. Ey iymon keltirganlar, sizlar ham u zotga salovot va salom aytinglar!» deydi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:20:58
72-bob. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish

291/1. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim menga salovot aytsa, Alloh taolo unga o’nta salovot aytadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:21:08
292/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh  alayhissalom: «Kim menga bitta salovot aytsa, Alloh taolo unga o’nta salovot aytadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:21:17
293/3. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qiyomat kuni menga eng yaqin bo’ladigan kishilar menga ko’p salovot aytadiganlardir», dedilar. Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:21:26
294/4. Avs ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kunlaringizning eng yaxshisi juma kunidir. Ana shu kunda menga salovotni ko’paytiringlar. Chunki menga shu kuni salovotlaringiz ko’rsatiladi», dedilar. Shunda sahobalar: «Ey Rasululloh, sizning suyaklaringiz chirib ketsa, qanday qilib ko’rsatiladi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo payg’ambarlarning jasadlarini yeyishni yerga harom qildi», dedilar. Abu Dovud, Nasoiy va Ibn Mojalar rivoyati
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:21:35
295/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qabrimni bayram o’tkaziladigan joy qilib olmanglar. Balki menga salovot aytinglar. Qaerda bo’lsanglar ham, menga salovotlaringiz yetib keladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:21:44
296/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror kishi menga salom aytsa, Alloh taolo ruhimni menga qaytaradi. Men salom aytgan kishiga alik olaman», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:21:58
73-bob. Kimning huzurida Rasululloh zikr qilinsa, u zotga salovot va salom aytishga buyurish

297/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishining huzurida zikr qilinsam, lekin u menga salovot aytmasa, uning burni yerga ishqalsin», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:22:07
298/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning huzurida zikr qilinsam, menga salovot aytsin. Chunki kim menga bir marta salovot aytsa, Alloh unga o’nta salovot aytadi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:22:16
299/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning huzurida zikr qilinsam-u, menga salovot aytmasa, batahqiq, u badbaxt bo’libdi», dedilar. Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:22:25
300/4. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishining huzurida zikr qilinsam-u, menga salovot aytmasa, ana shu kishi baxildir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari

Ba’zi ahli ilmlardan rivoyat qilinishicha, kishi majlisda bir marta Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytsa kifoya qiladi, deyilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:22:39
74-bob. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishning sifati

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qanday salovot aytilishi haqida «Namoz zikrlari» kitobida aytib o’tdik. Ammo Ibn Abu Zayd Molikiy va u kabilar ana shu salovotga «Varham Muhammadan va ola Muhammad» (Muhammadga va u zotning oilalariga rahm qil), kabi asli yo’q, bid’at so’zlarni kiritishgan. Imom Abu Bakr Arabiy «Termiziyga sharh» nomli kitoblarida Ibn Abu Zayd aytgan gap xatoligini va unga amal qilish johillik ekanini zikr etganlar. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam salovot qanday aytilishini sahih hadislarida ko’rsatib qo’yganlar. Endi bunga ziyoda qilish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni kamchilikda ayblash bo’ladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:22:52
75-bob. Duoni Allohga hamd aytish va Rasulullohga salovot aytish bilan boshlash

301/1. Fazola ibn Ubayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishi Allohni ulug’lamasdan va Rasulullohga salovot aytmasdan duo qilayotganini eshitib: «Bu kishi duo qilishda shoshildi», dedilar. So’ng yana aytdilar: «Sizlardan birortangiz duo qilsa, Allohga sano aytib, Uni ulug’lab va Rasulullohga salovot yo’llab, keyin xohlaganicha duo qilaversin». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:23:04
302/2. Umar ibn Xattob (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytilmagan duo ko’tarilmasdan, yer bilan osmon orasida to’xtab turadi», deganlar. Imom Termiziy rivoyatlari

Ulamolar, duoni Allohga hamdu sano, Rasulullohga salovot aytish bilan boshlash va tugatish mahbub amaldir, deb aytishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:23:27
76-bob. Payg’ambarlarga salovot aytganda oilalarini ham qo’shib aytish

Payg’ambarimizga «sollallohu alayhi vasallam» deb salovot aytishga ulamolar ittifoq qilishgan. Shuningdek, boshqa payg’ambarlar va farishtalarga ham alohida salovot aytish joiz. Ammo anbiyolardan boshqalarga joiz emas. Masalan, Abu Bakrga «sollallohu alayhi vasallam», deyilmaydi, balki u zotga «roziyallohu anhu», deyiladi. Chunki salaf ulamolari salovot va salomni faqat anbiyolarga aytganlar. Shuningdek, «azza va jalla» so’zi Alloh taologagina xosdir. Hech qachon payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga «azza va jalla» deb aytilmaydi, garchi u zot aziz va ulug’ bo’lsalar ham. Shuning singari Abu Bakr yoki Aliga «sollallohu alayhi vasallam» deyilmaydi. Garchi ma’nosi to’g’ri kelsa ham. Ammo anbiyolarga salovot aytganda oilalari, ashoblari, zurriyotlari va atbo’larini qo’shib aytish joiz.

Fasl: Sahobalar, tobe’inlar, ulardan keyingi ulamo va obidlarning ismlariga «roziyallohu anhu» yoki «rohimahulloh»ga o’xshash duolar aytiladi. Lekin ba’zilar, «roziyallohu anhu»ni sahobalarga xos, boshqalarga «rohimahulloh» deb aytiladi, deyishadi. Ammo avval aytganimiz sahihroqdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:23:41
Favqulodda holatlarda qilinadigan duo va zikrlar kitobi

Yuqoridagi zikr etgan duolarimiz har kecha va kunduz takror qilinadi. Ya’ni, hammasining muayyan vaqti bor. Ammo quyida keltiriladigan duo va zikrlarga ma’lum bir vaqt tayinlanmagan, ular favqulodda holatlar yuzaga kelganida aytilaveradi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:24:03
77-bob. Istixora duosi

303/1. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga hamma ishlarda istixorani (yaxshilik so’rash) xuddi Qur’ondan sura o’rgatgandek o’rgatar edilar. U zot: «Birortangiz bir ishni qasd qilsa, farzdan tashqari ikki rak’at namoz o’qisin. So’ng:

«Allohumma inniy astaxiyruka bi’ilmika, va astaqdiruka biqudrotika va as`aluka min fazlikal ‘aziym. Fainnaka taqdiru va la aqdiru va ta’lamu va la a’lamu va anta ‘allamul g’uyub. Allohumma in kunta ta’lamu anna hazal amro xoyrun liy fiy diyniy va ma’ashiy va ‘aqibati amriy, ‘ajili amriy va ajilihi, faqdurhu liy va yassirhu liy, summa barik liy fiyhi va in kunta ta’lamu anna hazal amro sharrun liy fiy diyniy va ma’ashiy va ‘aqibati amriy, ‘ajili amriy va ajilihi fasrifhu ‘anniy vaqdurliyal xoyro haysu kana summa rozziniy bih», deb hojatini aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening ilming bilan Sendan yaxshilik so’rayman. Sening qudrating bilan Sendan qodirlik va ulug’ fazlingni so’rayman. Sen (har narsaga) qodirsan, men qodir emasman. Sen (har narsani) biluvchisan, men bilmayman. Sen g’aybni biluvchisan. Ey Rabbim, agar mana shu qilayotgan ishim (hojatining nomini aytadi) dinimda, yashashimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yaxshi bo’lsa, uni menga nasib et va oson qil. So’ng uni menga barakotli qil. Agar mana shu ishim (hojatining nomini aytadi) dinimda, yashashimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yomon bo’lsa, mendan uni uzoqlashtir, qaerda bo’lsa ham, men uchun yaxshilikni taqdir qil va meni undan rozi et.) Imom Buxoriy rivoyatlari

Ulamolar: Namoz va mazkur duo bilan istixora qilish mustahab amaldir», deyishdi. U ikki rak’at bo’lib, farz namozidan oldingi yo keyingi sunnat namozlarida, tahiyyatul masjid va bundan boshqa nafl namozlarida ham hosil bo’laveradi. Fotiha surasidan keyin birinchi rak’atda «Qul ya ayyuhal kafirun»ni, ikkinchi rak’atda esa «Qul huvallohu ahad»ni o’qiydi. Duoni yuqorida zikr qilganimiz bilan boshlab, Allohga hamd  va Rasulullohga salovot va salom aytish bilan yakunlaydi. Hadisi sharifda zikr qilinganidek, istixorani har bir ishda qilish mustahabdir. Agar istixora qilgandan keyin qalbi qaysi tomonga moyil bo’lsa, o’shani bajaraveradi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:24:12
304/2. Abu Bakr (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir ish qilishni xohlasalar:

«Allohumma xir liy vaxtar liy», deb aytardilar».
(Ma’nosi: Allohim, menga yaxshilik ixtiyor qil) Termiziy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:24:52
305/3. Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Ey Anas, agar biror ishni qasd qilsang, Rabbingga yetti marta istixora qil, so’ngra qalbingga yaqiniga qara, yaxshilik ana shundadir», dedilar». Ibn Sunniy g’arib sanad bilan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:25:48
Qiyinchilik va g’amginlikda aytiladigan zikrlar bobi

78-bob. Muhim ishlarda va qiyinchilikdagi duolar


306/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mahzunlikda:

«La ilaha illallohul ‘aziymul haliym, La ilaha illallohu robbul ‘arshil ‘aziym, La ilaha illallohu robbus samavati va robbul arzi robbul ‘arshil kariym», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Halim va ulug’ Allohdan boshqa iloh yo’q. Ulug’ arshning rabbi bo’lgan Allohdan boshqa iloh yo’q. Mukarram arshning va yeru osmonlarning rabbi bo’lgan Allohdan boshqa iloh yo’q.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:26:26
307/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga biror ish mashaqqat yoki mahzunlik keltirsa:

«Ya hayyu ya qoyyumu birohmatika astag’isu», der edilar. (Ma’nosi: «Ey hay va qayyum sifatli Zot, Sening rahmating ila yordam so’rayman.) Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:27:15
308/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga biror ish xafalik olib kelsa, boshlarini osmonga ko’tarib:

«Subhanallohil ‘aziym», der, duo qilmoqchi bo’lsalar: «Ya hay, ya qoyyum»ni aytar edilar. Imom Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:27:28
309/4. Anas (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko’pincha:

«Allohumma atina fid dunyo hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar», deb duo qilar edilar». (Ma’nosi: «Ey Allohim, dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni ber. Do’zax azobidan bizlarni saqla.) Imom Buxoriy rivoyatlari

Imom Muslim rivoyatlarida bunday deyiladi: «Anas (r.a.) duo qilsalar, ana shu duo bilan boshlar edilar. Agar boshqa duoni o’qisalar, unga o’sha duoni qo’shardilar».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:27:38
310/5. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar menga biror qiyinchilik yoki xafachilik yetsa, quyidagi kalimalarni aytishni buyurdilar:

 «La ilaha illallohu karimul ‘aziym. Subhanahu tabarokallohu robbul ‘arshil ‘aziym. Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyn». (Ma’nosi: Ulug’ va karim sifatli Allohdan boshqa iloh yo’q. Ulug’ arsh rabbi Alloh barakotli va pokdir. Olamlar rabbi Allohga hamd bo’lsin.) Nasoiy va Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:27:58
311/6. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiyinchilik paytlarida:

«Allohumma rohmataka arju fala takilniy ila nafsiy torfata ‘aynin va aslih liy sha`niy kullahu la ilaha illa anta» duosini o’qirdilar. (Ma’nosi: Allohim, rahmatingni umid qilaman. Meni o’z holimga bir lahza ham topshirib qo’yma va ishlarimning hammasini isloh qil. Sendan boshqa iloh yo’q.) Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:28:22
312/7. Asmo binti Umays (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Qiyinchilik paytlarida aytiladigan kalimalarni senga o’rgataymi?

«Allohu Allohu robbiy, la ushriku bihi shay`a», deb ayt», dedilar». (Ma’nosi: Alloh, rabbim Alloh. Unga biror narsani sherik qilmayman.) Abu Dovud, Ibn Moja rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:29:15
313/8. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim xafalik paytida Oyatul kursiy va Baqara surasining oxirgi oyatlarini o’qisa, Alloh taolo unga yordam beradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:29:34
314/9. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men bir kalimani bilaman, uni mahzunlikka tushib qolgan kishi aytsa, najot topadi. U kalima birodarim Yunus alayhissalom (baliqning qorniga tushib qolganlaridan keyin) zulmatlarda turib:

«La ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz zolimiyn» (Anbiyo surasi, 87-oyat), deya qilgan duolaridir», dedilar. (Ma’nosi: Sendan boshqa iloh yo’q. Ey pok Parvardigor, albatta, men (o’z jonimga) zulm qiluvchilardan bo’ldim. Ibn Sunniy rivoyatlari

Sa’dning rivoyatlarida: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror musulmon kishi Yunus alayhissalomning baliq qornida Rabblariga qilgan duolari — «La ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz zolimiyn»ni aytib, duo qilsa, duosi ijobat bo’ladi», dedilar. Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:30:27
79-bob. Biror narsadan qo’rqqanda aytiladigan zikrlar

315/1. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni biror narsa cho’chitsa:

«Huvalloh, Allohu robbiy la shariyka lah», deb aytardilar. (Ma’nosi: U Allohdir. Alloh mening rabbimdir. Uning sherigi yo’qdir.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:30:38
316/2. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror narsadan qo’rqqan kishilarga:

«A’uzu bikalimatillahit tammah min g’ozobihi va sharri ‘ibadihi va min hamazatish shayatiyni va an yahzuruni», deb aytishni o’rgatar edilar. (Ma’nosi: Allohning mukammal kalimalari bilan g’azabidan va bandalarining yomonligidan va shayton vasvasa qilib, mening yonimda hozir bo’lishidan panoh tilayman.) Abu Dovud va Termiziylar rivoyati
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 23 Sentyabr 2006, 07:31:39
80-bob. g‘am yoki tashvish yetganida aytiladigan zikrlar

317/1. Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimga g’am-tashvish yetsa, ushbu kalimalar bilan duo qilsin, deganlarida, bir kishi: «Ey Rasululloh mana shu kalimalardan bebahra qolgan kishi xasoratdami» dedi, Rasululloh: «Ha», deb javob berdilar. So’ngra , «Bu kalimalarni o’zinglar aytib, boshqalarga ham o’rgatinglar. Kim bir narsa talabida ana shu kalimalarni aytsa, Alloh undan xafalikni ketkazib, xursandchiligini ziyoda qiladi», deb o’sha kalimalarni aytdilar:

«Ana ‘abduka, ibnu ‘abdika, ibnu amatika fi qobzotik, nasiyatiy biyadik, mazin fiyya hukmuk, ‘adlun fiyya qozouk, as`aluka bikulli ismin huva laka sammayta bihi nafsaka av anzaltahu fi kitabika av ‘allamtahu ahadan min xolqika av ista`sarta bihi fiy ‘ilmil g’oybi ‘indaka an taj’alal Qur’ana nuro sodriy va robiy’a qolbiy va jilaa huzniy va zahaba hammiy». (Ma’nosi: Men Sening qulingman, qulingning o’g’liman, cho’ringning zurriyotiman. Kokilim Sening qo’lingda. Hukming mening ustimda joriydir. Sening hukming odildir. O’zingni nomlagan yoki kitobingda nozil qilgan yoki xalqingdan biror kishiga o’rgatgan yoki g’ayb ilmingda saqlab qo’ygan ismlaring ila so’raymanki, Qur’onni dilimning nuri, qalbimning bahori, mahzunligimni arituvchi va g’amimni ketkizuvchi qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:35:56
81-bob. Qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan duo

318/1. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Ey Ali, qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan kalimalarni o’rgataymi?» dedilar. «Alloh meni sizga fido qilsin, o’rgating», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qiyin ahvolga tushib qolsang,

«Bismillohir rohmanir rohiym. Va la havla va la quvvata illa billahil ‘aliyyil ‘aziym», deb ayt. Chunki Alloh mana shu duo bilan xohlaganicha, har turlik balolardan xalos qiladi», dedilar». Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:36:11
82-bob. Bir qavmdan qo’rqqanda aytiladigan duo

319/1. Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar biror qavmdan xavfsirasalar:

«Allohumma inna naj’aluka fiy nuhurihim va na’uzu bika min shururihim», deb aytardilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, biz Seni ularga ro’para qo’yamiz va Sening noming ila ularning yomonligidan panoh tilaymiz.) Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:36:28
83-bob. Sultondan qo’rqqanda aytiladigan duo

320/1. Ibn Umar (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Agar sultondan yoki boshqa kishidan qo’rqsang:

«La ilaha illallohul haliymul hakiym. Subhanallohi robbis samavatis sab’i va robbil ‘arshil ‘aziym, la ilaha illa anta ‘azza jaruka va jalla sanauka», deb ayt», dedilar». (Ma’nosi: Hakim va halim sifatli Allohdan boshqa iloh yo’q. Yetti osmon va ulug’ arshning rabbi Alloh pokdir. Sendan boshqa iloh yo’q. Himoyang aziz bo’ldi. Sanoing ulug’ bo’ldi.) Ibn Sunniy rivoyatlari

(Yuqorida keltirilgan Abu Musodan rivoyat qilingan duoni aytsa ham, joiz va mustahabdir.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:36:43
84-bob. Dushmanga qaraganda aytiladigan duo

321/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dushmanga yo’liqqanlarida:

«Ya malika yavmiddin iyyaka a’budu va iyyaka asta’iyn», deb aytganlarida, kishilarni yerga yotqizib, farishtalar oldidan va orqasidan urayotganini ko’rdim» (Ma’nosi: Ey qiyomat kunining Podshohi, Sengagina ibodat qilaman, Sendangina yordam so’rayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:37:20
85-bob. Shayton yo’liqqanda yoki shaytondan qo’rqqanda, aytiladigan zikrlar

Alloh taolo A’rof surasining 200-oyatida:

«Agar shaytonning vasvasasi sizni yo’ldan urmoqchi bo’lsa, Allohdan panoh so’rang. Albatta, U eshituvchi va biluvchi zotdir»; Isro surasining 45-oyatida:

«Qachon siz Qur’on qiroat qilganingizda, siz bilan oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalar o’rtasida ko’rinmas parda qilib qo’yamiz (ular Qur’onni anglay olmaslar)», deydi.

322/1. Abu Dardo (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga turdilar va biz u zotning: «A’uzu billahi minka. Al’anuka bila’natillahi salasa» (Allohning nomi bilan sendan panoh tilayman va uch marta Allohning la’nati ila seni la’natlayman), deganlarini va yana qo’llarini yozib, go’yo bir narsani olayotganga o’xshash harakatlarining guvohi bo’ldik. U zot namozdan forig’ bo’lganlaridan keyin: «Ey Rasululloh, namozda nimadir deganingizni eshitdik, uni oldin eshitmagan edik va qo’lingizni yozganingizni ko’rdik, uni oldin ko’rmagan edik», dedik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohning dushmani iblis bir parcha o’t bilan yuzimga urish uchun keldi. «A’uzu billahi minka» (Allohning nomi ila sendan panoh tilayman), deb uch marta aytdim, so’ng «Al’anuka bila’natillahi at-tommati» (Allohning mukammal la’natlari bilan la’natlayman), dedim, ammo «uch marta» so’zi orqada qoldi. Shunda men uni olish uchun qo’limni yozdim. Allohga qasamki, agar birodarim Sulaymonning duolari bo’lmaganda, u mahkam bog’lanar va Madina bolalari uni ermak qilib o’ynab yurar edi», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:37:28
323/2. Suhayl ibn Abu Solih (r.a.) aytadilar: «Otam meni Bani Horisaga yubordilar. Men bilan birga bir do’stim ham bor edi. Devor ortidan do’stimni bir kishi chaqirdi. Do’stim devor yoniga bordi, ammo hech kimni topolmadi. Bu hodisani otamga zikr qilgan edim, otam: «Agar shundoq bo’lishini bilganimda, seni yubormas edim. Lekin bundan keyin biror ovoz eshitsang, namozga azon ayt. Chunki men Abu Hurayraning (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Agar namozga azon aytilsa, shayton orqa o’girib ketadi», degan hadisni rivoyat qilganlarini eshitganman», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:37:44
86-bob. Biror ish og’ir kelganida aytiladigan duolar

324/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kuchli mo’min Alloh taologa kuchsiz mo’mindan yaxshiroq va mahbubroqdir. Har ikkalasida yaxshilik bor. Senga foyda beradigan narsaga haris bo’l. Allohdan yordam talab qil. Ojizlik qilma. Agar senga biror musibat yetsa, agar undoq qilganimda, bundoq bo’lardi, deb aytma. Balki, Allohning taqdiri, U xohlagan narsa bo’ladi, de. Chunki «agar» kalimasi shayton amalini ochadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:37:54
325/2. Avf ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki kishi o’rtasida hukm qildilar. Zarariga hukm qilingan kishi:

«Hasbiyallohu va ni’mal vakiyl» deb aytdi. Shunda «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo ojizni malomat qiladi. Sen kuchlilikni mahkam tut. Agar sen yoqtirmaydigan biror ish sodir bo’lsa, «Hasbiyallohu va ni’mal vakiyl», deb ayt», dedilar». (Ma’nosi: Allohning o’zi menga kifoya qiladi. U qanday yaxshi vakil.) Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:38:09
87-bob. Bir ish og’irlik qilganida aytiladigan duo

326/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Allohumma la sahla illa ma ja’altahu sahlan va anta taj’alul hazna iza shi`ta sahla», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen yengil etgan narsagina yengildir. Agar Sen xohlasang, qattiq yerni ham tekis qiluvchisan.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:38:26
88-bob. Yashash qiyinlashganda aytiladigan zikr

327/1. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birortangizning yashashi qiyinlashib qolsa, uyidan ko’chaga chiqayotib, quyidagi duolarni aytishdan nima man’ qiladi?

«Bismillahi ‘ala nafsiy va maliy va diniy. Allohumma rozziniy biqozoika va barik liy fiyma quddiro liy  hatta la uhibba ta’jiyla ma axxorta va la ta`xiyro ma ‘ajjalta». (Ma’nosi: Nafsim, molim va dinimga Allohning ismini aytaman. Ey Rabbim, qazoi qadaringdan meni rozi et. Va taqdir qilgan narsangni men uchun barakali qil. Toki, kechiktirgan narsangni shoshiltirishni va shoshiltirgan narsangni kechiktirishni yaxshi ko’rmayin.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:38:41
89-bob. Ofatni daf qilish uchun aytiladigan duo

328/1. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo bir bandaga ahli ayoli, moli va farzandida bir ne’mat bersa va u:

«Ma sha`allohu la quvvata illa billahi» deb aytsa, shu ne’matlarda o’limdan boshqa ofat ko’rmaydi», dedilar. (Ma’nosi: Allohning xohlagani bo’ladi. Allohdan boshqada quvvat yo’q.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:39:05
90-bob. Katta-kichik musibat yetganida aytiladigan duo

Alloh taolo Baqara surasining 155 - 156-oyatlarida:

«Biror musibat yetsa: «Albatta, biz Allohning (bandalarimiz) va albatta, biz U zotga qaytguvchilarmiz», deydigan sobirlarga xushxabar bering. Ana o’shalarga Parvardigorlari tomonidan salovot (mag’firat) va rahmat bordir. Ana o’shalar haq yo’lni topguvchilardir», deb aytgan.

329/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir narsada istirjo’ (ya’ni, «inna lillahi va inna ilayhi roji’un», deb) ayting, hatto oyoq kiyimingizning ipi (uzilgani) uchun ham, chunki u ham musibatdir», dedilar». Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:39:23
91-bob. Qarzini to’lashga qurbi yetmaganida aytiladigan duo

330/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir qul ozod bo’lish uchun shartlashilgan bahodagi mablag’ni topolmay, Hazrati Alidan (r.a.) yordam so’radi. Shunda u zot: «Senga Rasululloh o’rgatgan kalimalarni o’rgataymi? Agar

«Allohumma akfiniy bihalalika ‘an haromika va ag’niniy bifazlika ‘amman sivaka» duosini o’qib yursang, qarzing tog’ning bir taraficha bo’lsa ham, xalos bo’lasan», dedilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, harom (aralashtirmay) haloling bilan menga kifoya et. Fazling ila o’zingdan boshqalardan behojat qil.) Imom Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:39:41
92-bob. Qo’rqqanda aytiladigan duolar

331/1. Valid ibn Valid (r.a.) Nabiy sollallohu alayhi vasallamga:  «Ey Rasululloh, men qo’rqyapman», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To’shagingga yotganingda:

«A’uzu bikalimatillahit tammati min g’ozobihi va ‘iqobihi va sharri ‘ibadihi va min hamazatish shayatiyni va an yahzuruni», deb ayt, shunda senga biror narsa zarar bermaydi va yaqinlasha olmaydi», dedilar. (Ma’nosi: Allohning mukammal kalimalari bilan Uning g’azabidan, azobidan, bandalarining yomonligidan, shayton vasvasa qilib, mening huzurimda hozir bo’lishidan panoh tilayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:39:51
332/2. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga bir kishi kelib, bezovtalikdan shikoyat qildi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Subhanal malikil quddus, robbil malaikati varruh, jallaltas samavati val arza bil ‘izzati val jabarut», deb aytishni ko’paytir», dedilar. (Ma’nosi: Farishtalar va Jabroil alayhissalomning rabbi va quddus, malik sifatli Allohni poklab yod eturman. Yeru osmonlarni izzating va jabarut sifating ila ulug’ qilding.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:40:18
93-bob. Vasvasaga yo’liqqanda aytiladigan zikrlar

Alloh taolo Fussilat surasining 36-oyatida:

«Agar sizni shayton tomonidan biror vasvasa yo’ldan ozdirsa, Allohdan panoh so’rang. Albatta, U eshituvchi va biluvchi zotdir», dedi.

333/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan birortangizga shayton kelib: «Uni kim yaratdi?» «Buni kim yaratdi?» deb savol beradi, hatto, «Rabbingni kim yaratdi?» deyishgacha boradi. Ana shunda u  Allohdan panoh so’rasin va (fikriga) barham bersin», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Boshqa sahih rivoyatda aytiladi: «Insonlar so’rashda davom etishadi, hatto: «Alloh butun maxluqotni yaratdi. Unda Allohni kim yaratdi?» deyishadi. Kimning qalbida shu savol paydo bo’lsa,

«amantu billahi va rusulihi» (Allohga va Uning rasullariga iymon keltirdim), deb aytsin».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:40:26
334/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning fikriga vasvasa kelsa, «Amanna billahi va birosulih», deb uch marta aytsin. Shu duoni aytsa, undan vasvasa ketadi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:40:34
335/3. Usmon ibn Abul Osiy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Ey Rasululloh, shayton men bilan namozim va qiroatim orasida xalaqit qilib, chalkashtirib yuboryapti», dedim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ana shu shaytondir. U «Xinzab», deyiladi. Agar sen uni his qilsang, Alloh nomi ila undan panoh tila va chap tomoningga uch marta tuflab qo’y», dedilar. Men u zotning aytganlarini qilgan edim, Alloh taolo mendan uni ketkazdi». Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:40:56
336/4. Abu Zumayl (r.a.) aytadilar: «Ibn Abbosga (r.a.): «Qalbimda nimanidir his qilyapman», dedim. U zot: «Nima u?» dedilar. «Allohga qasamki, uni biror kishiga aytmayman», dedim. U zot: «Biror shak bo’lyaptimi?» deb kuldilar. So’ng: «Biror kishi shak-shubhadan omonda bo’lmagan. Hatto, Alloh taolo: «Agar Biz sizga tushirgan narsaga shubhada bo’lsangiz...» (Yunus surasi, 94) oyatini nozil qilgan. Nafsingda biror narsa topsang, «Huval avvalu val axiru vaz zohiru val batinu va huva bikulli shay`in ‘aliym», deb ayt», dedilar». (Ma’nosi: U avval va oxirdir, U zohir va botindir. U har bir narsani biluvchidir.) Abu Dovud rivoyatlari

Ustoz Abulqosim Qushayriyning risolalarida Ahmad ibn Ato Ruzboriydan rivoyat keltirilgan. U zot aytadilar: «Tahorat qilganimda, suvni ko’p ishlatib yuborganday bo’ldim, ichimda g’ashlik paydo bo’ldi. Keyin: «Ey Rabbim, afv et, afv et», dedim. Shunda: «Afv ilmdadir», degan nido eshitildi. So’ngra mendan haligi g’ashlik ketdi».

Ba’zi ulamolar: «Namoz, tahorat va shularga o’xshash narsada vasvasaga tushgan kishi: «La ilaha illalloh» kalimasini aytishi mustahabdir. Chunki shu kalimani shayton eshitsa, uzoqlashadi», deyishgan.

«La ilaha illallohu» kalimasi zikrning boshidir. Shuning uchun ummatning ulug’lari, solihlarning tarbiyachilari, muridlarga odob beruvchilar shu kalimani doimo aytib yurishni buyurishgan.

Sayyid Ahmad ibn Abul Havoriy aytadilar: «Abu Sulaymon Doroniyga vasvasa oralagani to’g’risida shikoyat qildim. U zot: «Agar sendan vasvasa ketishini xohlasang, qay vaqt bo’lsa ham, xursand bo’l. Chunki mo’minning xursandchiligidan ko’ra shaytonni g’azablantiradigan narsa yo’qdir», dedilar».

Ba’zi ulamolar: «Iymoni komil kishi vasvasa bilan sinaladi. Chunki o’g’ri hech qachon xaroba uyni o’marishni qasd qilmaydi. Shuning singari shayton ham iymoni zaifni emas, balki iymoni komilni qasd qiladi». deb aytishdi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:41:13
94-bob. Esi og’ganda va biror narsa chaqqanda o’qiladigan duolar

337/1. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bir nechtasi safarga chiqishdi. Ular arab mahallalaridan biriga tushib, mehmon qilishini so’rashdi. Mahalladagilar esa, ularni mehmon qilishdan bosh tortishdi. Nogahon, ana shu mahalla oqsoqolini bir narsa chaqib oldi. Unga hamma narsani qilib ko’rishdi, ammo foyda bermadi. Ba’zilar: «Ana u mehmonlarga boringlar-chi, shoyad, ularda biror narsa bo’lsa?» deyishdi. Ular borib: «Ey mehmonlar jamoasi, bizning boshlig’imizni bir narsa chaqib oldi. Hamma harakatni qilib ko’rdik, ammo foyda bermadi. Sizlarda biror narsa bormi?» deb so’rashdi. Mehmonlardan bittasi: «Allohga qasamki, men dam solinadigan bir duoni bilaman. Lekin sizlardan bizni mehmon qilishingizni so’raganimizda, rad etdinglar. Bizga bu duoning evaziga biror narsa bermasanglar, uni aytmayman», dedi. Ular bir to’da qo’y berishga kelishib olishdi. Shunda u sahoba «Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyn»ni (ya’ni, Fotiha surasini) o’qib sufladi. Oqsoqol go’yo arqondan chiqqandek harakatga keldi.  Unda biror og’riq qolmay yurib ketdi. Keyin ular kelishilgan narsani berishdi. Sahobalar: «Uni taqsimlanglar», deyishgan edi, dam solgan kishi: «Rasulullohdan bu to’g’rida so’rab, bizga biror narsani buyurmagunlaricha taqsimlamanglar», dedi. Sahobalar Rasululloh huzurlariga borib, bu voqeani aytib berishdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sen uning (Fotiha surasining) shifo ekanini qaerdan bilding? - dedilar, so’ngra, to’g’ri qilibsizlar, ularni taqsimlanglar. Menga ham ulush ajratinglar», deb kulib qo’ydilar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari

Boshqa rivoyatda esa: «Fotihani o’qib, suflab qo’ydi. So’ng haligi kishi tuzalib ketdi», deyiladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:41:22
338/2. Abdurahmon ibn Abu Laylodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Mening inim kasal», dedi. Rasululloh: «Uning kasali nima?» deb so’radilar. U kishi: «Bir oz jununligi bor», dedi. Nabiy: «Uni menga olib kel», dedilar. U kishini olib kelishdi. Nabiy bemorni oldilariga o’tqizib, unga Fotiha surasini, Baqaraning avvalgi to’rt oyatini va o’rtadagi ikki oyatini (ya’ni, 163-164-oyatlarini), Oyatul kursiyni, yana Baqaraning oxirgi uch oyatini, Oli Imronning ilk va 18-oyatini, A’rofning 54-oyatini, Mo’minunning 116-oyatini, Jin surasining 3-oyatini, Soffat surasining avvalgi o’n oyatini, Hashrning oxirgi uch oyatini, «Qul huvallohu ahad»ni, «Qul a’uzu birobbil falaq»ni, «Qul a’uzu birobbin nas»ni o’qidilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:41:30
339/3. Xorija ibn Salt amakilaridan rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bordim va musulmon bo’ldim. Qaytishda bir qavmning yonidan o’tib ketayotganimda, ularning oldida bir jinni odamni ko’rdim. U zanjir bilan bog’langan edi. Shunda uning ahli: «Biz eshitdikki, sizning do’stingiz yaxshi narsa keltirgan emish (ya’ni, Rasulullohning risolatlarini nazarda tutyapti). Senda davolaydigan biror narsa bormi?» deb so’rashdi.  Men Fotiha surasini o’qib dam soldim. Ular menga yuzta qo’y berishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga borib, buning xabarini berdim. Rasululloh: «Bundan boshqasini ham aytdingmi?» dedilar. Men: «Yo’q», dedim. «Uni ol, umrim haqqi, kimdir botil bilan dam solib rizqlanadi. Sen xaq bilan dam solib, uning orqasidan rizqlanding», dedilar». Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:41:38
340/4. Xorija (r.a.) amakilaridan rivoyat qiladilar: «Rasululloh huzurlaridan kelaturib, arab mahallalaridan biriga yetganimizda: «Sizlarda davo (bo’ladigan biror narsa) bormi?» deyishdi. Ular mahkam qilib bog’langan, esi ketib qolgan kishini olib kelishdi. Men unga uch kun ertalab va kechqurun Fotiha surasini o’qib suflab qo’ydim. Uning kasali tuzaldi. Buning evaziga menga narsa berishdi. Men olmay turib oldim. «Undoq bo’lsa, Rasulullohdan so’ra», deyishdi.  Rasululloh alayhissalomdan so’ragan edim, u zot: «Umrim haqqi, kimdir botil bilan yeydi. Sen esa, haq bilan yeding», dedilar». Abu Dovud va Ibn Sunniy rivoyatlar
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:41:47
341/5. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) dardga chalingan bir kishining qulog’iga nimanidir o’qidilar. U sog’ayib ketdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uning qulog’iga nima deb aytding?» deganlarida,  «Mo’minun» surasining 115-oyatidan to oxirigacha o’qiganlarining xabarini berdilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar biror kishi mana shu oyatlarni ishonch bilan o’qisa, tog’ni ham maydalab yuboradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:42:03
95-bob. Bolalarga va boshqalarga panoh tilanadigan duo

342/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hasan va Husaynlarga

«U’iyzukuma bikalimatillahit tammati min kulli shaytonin va hammah va min kulli ‘aynin lammah», duosini o’qib panoh tilar va: «Bu duo otangiz Ismoil va Ishoq alayhimossalomlarning panoh tilaydigan duolari edi», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Allohning mukammal kalimalari bilan har bir shaytondan, zararli hasharotlardan va yomon ko’zdan sizlarga panoh tilayman.) Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:42:23
96-bob. Yiringlaganda, yallig’langanda va a’zolarga toshadigan narsalarga aytiladigan duo

343/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ayollaridan biri rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening huzurimga kirdilar. Barmog’im yallig’langan edi. Shunda Rasululloh: «Senda g’arov qamishi (Hindistondan keltirilgan o’simlik) bormi?» deb so’radilar. Uni barmog’imga qo’ydilar va:

«Allohumma musag’g’irol kabiyr va mukabbiros sog’iyr, sog’g’ir ma biy», deb ayt, shunda u sendan yo’qoladi», dedilar». (Ma’nosi: Ey kattani kichik, kichikni katta qiluvchi Zot, mendagi narsani kichik qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:42:49
KASALLIK VA O’LIM HAMDA U IKKISIGA  TAALLUQLI ZIKRLAR KITOBI

97-bob. O’limni eslashni ko’paytirishning mustahabligi

344/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Lazzatlarni ketkazuvchi (o’limni) ko’p zikr qilinglar», dedilar. Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:43:08
98-bob. Kasalning ahvolini uning ahli va qarindoshlaridan so’rash hamda so’ralgan kishining javobi to’g’risida

345/1. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’lim to’shagida yotgan edilar. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) u zotning huzurlaridan chiqqanlarida, odamlar: «Ey Abul Hasan, Rasulullohning ahvollari qanday?» deb so’rashdi. Shunda Ali (r.a.): «Alhamdu lillah, shifo topgan holda tong ottirdilar», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:43:24
99-bob. Kasal aytadigan, uning huzurida aytiladigan va o’qiladigan zikrlar haqida

346/1. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to’shaklariga yotishda ikki kaftlarini jamlab, so’ng unga suflar va: «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq», «Qul a’uzu birobbin nas» suralarini o’qir, ikki kaftlari bilan qodir bo’lganlaricha tanalariga surtar edilar. Surtishni boshlari, yuzlari va tanalarining old tomonidan boshlardilar. Uch marta shunday qilardilar. Shikoyat qilsam, menga ham ana shunday qilishni buyurar edilar». Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Boshqa bir sahih rivoyatda: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’lim to’shagida yotganlaridagi kasalliklarida ham ikkita «Qul a’uzu»ni o’qib, o’zlariga dam solardilar», deyiladi.

Oisha (r.a.): «Rasulullohning ahvollari og’irlashganida, ana shularni qo’llariga o’qib suflab, barakali bo’lgani o’z qo’llarini o’zlariga  surtar edim», deydilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:43:48
347/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga birov bir narsadan — chaqami, jarohatmi — shikoyat qiladigan bo’lsa, ko’rsatgich barmoqlarini yerga qo’yib, so’ngra ko’tarib, quyidagi duoni o’qir edilar:

«Bismillahi turbatu arzina biriyqoti ba’zina yushfa bihi saqiymuna biizni robbina». (Ma’nosi: Allohning ismi bilan, yerlarimizning tuprog’i bilan, ba’zilarimizning tupugi bilan Rabbimizning izni ila kasallarimiz shifo topadi.) Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va boshqalar rivoyat qilishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:43:59
348/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ahllaridan ba’zilariga o’ng qo’llarini surtib, panoh tilab, quyidagi duoni o’qirdilar:

«Allohumma robban nasi azhibil ba`sa ishfi anta shafiy la shifaa illa shifauka shifaan la yug’odiru saqoma». (Ma’nosi: Allohim, Sen insonlarning rabbisan, qiyinchiliklarni ketkaz, shifo ber, Sen shifo beruvchisan. Sening shifoingdan boshqa shifo yo’q. Sen bergan shifo birorta ham kasallik qoldirmaydi.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Boshqa rivoyatda: «Ey insonlar Rabbi, kasallikni ketkaz.  Shifo Seni qo’lingda, sendan boshqa uni ochuvchi yo’q», deyilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:44:47
349/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Sobitga (r.a.): «Rasululloh dam solib o’qiydiganlari bilan dam solaymi?»  deb quyidagilarni aytdilar: «Allohumma robban nas, muzhibal ba`si ishfi anta shafiy, la shafiya illa anta shifa`a la yug’odiru saqoma». (Ma’nosi: Allohim, Sen insonlarning rabbisan, qiyinchiliklarni ketkaz, shifo ber, Sen shifo beruvchisan. Sening shifoingdan boshqa shifo yo’q. Sen bergan shifo birorta ham kasallik qoldirmaydi.) Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:44:56
350/5. Usmon ibn Abul Osiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zotga kasallik yetganidan Rasulullohga shikoyat qildilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotga: «Og’riyotgan yeringga qo’lingni qo’y, «Bismilloh»ni uch marta aytib:

«A’uzu bi’izzatillahi va qudrotihi min sharri ma ajidu va uhaziru», deb yetti marta o’qi», dedilar. (Ma’nosi: Allohning izzati va qudrati ila o’zimda topadigan va hazar qiladigan narsaning yomonligidan panoh tilayman.) Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:46:21
351/6. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kasalligimda meni ko’rgani kirib:

«Allohumma ishfi Sa’dan, Allohumma ishfi Sa’dan, Allohumma ishfi Sa’dan» (Sa’dga shifo ber), deb aytdilar». Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:46:33
352/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim kasal ko’rgani borganida, agar ajali yetmagan bo’lsa, uning huzurida yetti marta:

«As`alullohal ‘aziym robbal  ‘arshil ‘aziym an yashfiyaka», desa, Alloh taolo uni kasalidan xalos qiladi», dedilar. (Ma’nosi: Ulug’ Allohdan, buyuk arsh Rabbidan senga shifo berishini so’rayman.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:46:53
353/8. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar bir kishi bemorning ziyoratiga kelsa:

«Allohumma ishfi ‘abdaka yankau laka ‘aduvvan av yamshiy laka ila solatin», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening dushmaningga zarba beruvchi yoki Sen uchun namozga yuruvchi kishiga shifo ber.) Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:47:05
354/9. Ali (r.a.) aytadilar: «Men kasalimdan shikoyat qilib: «Ey Rabbim, agar ajalim yaqinlashgan bo’lsa, meni rohatlantir, agar ajalimni kechiktirgan bo’lsang, mendan kasallikni ko’tar. Agar balo keltirgan bo’lsang, menga sabr ber», deb aytayotganimda, nogahon oldimdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’tib qoldilar. Va: «Nima deding?» deb so’radilar. Men aytganlarimni takrorladim. U zot oyoqlari bilan meni turtib: «Yo’q,

«Allohumma ‘afihi» yoki «Allohumma ishfihi» (Ey Rabbim, ofiyatda qil yoki shifo ber), deb ayt», dedilar. Men ana shu kundan keyin kasallikdan shikoyat qilmadim». Imom Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:47:20
355/10. Abu Said Xudriy va Abu Hurayralardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim:

«La ilaha illallohu vallohu akbar» (Allohdan boshqa iloh yo’q, Alloh ulug’dir), desa, Parvardigor uni tasdiqlab, «Mendan boshqa iloh yo’q, Men ulug’man», deydi. Kim:

«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah», desa, Parvardigor: «Mendan boshqa iloh yo’q, Mening sherigim ham yo’q», deydi. Agar banda:

«La ilaha illallohu lahul mulku va lahul hamd», desa, Parvardigor: «Men ilohman, mulk Meniki, hamd ham Men uchun», deydi. Agar banda:

«La ilaha illallohu va la havla va la quvvata illa billah», desa, Parvardigor: «Men ilohman, o’zgartirish ham, quvvat ham faqat Mendadir», deydi. Kim mana shu kalimalarni kasalligida aytib, so’ngra vafot etsa, unga do’zax o’ti tegmaydi», dedilar. Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:47:34
356/11. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Jabroil (a.s.) Rasululloh huzurlariga kelib: «Ey Rasululloh, tobingiz yo’qmi?» deb so’radilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», deb javob berganlarida, Jabroil (a.s.):

«Bismillahi urqiyka, min kulli shay`in yu`ziyka, min sharri kulli nafsin av ‘aynin hasidin, Allohu yashfiyka, bismillahi urqiyka», deb aytdilar. (Ma’nosi: Allohning ismi ila dam solaman. Har bir aziyat beruvchi narsadan, har bir nafsning yomonligidan yoki hasad qiluvchi ko’zdan Alloh sizga shifo bersin. Allohning ismi bilan sizga dam solaman.) Imom Muslim, Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:47:56
357/12. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir a’robiyni kasalligida ko’rgani kirdilar. Agar kasal ko’rgani kirsalar,

 «La ba`sa tohurun inshaalloh» (Zarari yo’q, inshaalloh, bu kasallik seni poklaydi), deb aytish u zot sollallohu alayhi vasallamning odatlari edi. Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:48:02
358/13. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir a’robiy isitma chiqarib yotganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni ko’rgani kirib: «Bu kasallik gunohlarga kafforat bo’luvchi va poklovchidir», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:48:14
359/14. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kasalni ziyorat qilish uning peshonasiga qo’lni qo’yish yoki qo’lini ushlab, ahvoli nechuk ekanini so’rash bilan mukammal bo’ladi», dedilar. Termiziy rivoyatlari

Ibn Sunniyning rivoyatlarida: «Kasal ko’rishning mukammalligi kasalga qo’lni qo’yib turib: «Qanday tong ottirding?» yoki «Nechuk kechlatding?» deb aytishdir», deyiladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:48:24
360/15. Salmon (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni kasalligimda ko’rgani kirib: «Ey Salmon:

«Shafallohu saqomaka va g’ofaro zanbaka va ‘afaka fiy diynika va jismika ila muddati ajalika», dedilar».
(Ma’nosi: Alloh senga shifo berib, gunohingni kechirsin. Ajaling kelgunicha jisming va diningni ofiyatda qilsin.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:48:35
361/16. Usmon ibn Affon (r.a.) rivoyat qiladilar: «Men kasal bo’lganimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga panoh tilardilar. Bir kuni:

«Bismillahir rohmanir rohiym. U’iyzuka billahil ahadis somad, allaziy lam yalid va lam yulad va lam yakullahu kufuvan ahad. Min sharri ma tajidu», deb menga panoh tiladilar. Buni aytib bo’lganlaridan keyin tik turib: «Ey Usmon, mana shu kalimalar bilan panoh tila, boshqasi bilan ulardek panoh tilay olmaysan», dedilar». (Ma’nosi: Yakka, behojat, tug’magan, tug’ilmagan va biror tengi yo’q Alloh nomi ila yetadigan narsaning yomonligidan panoh tilayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:48:49
100-bob. Kasalning oilasiga va unga xizmat qilayotganlarga kasalga yaxshi qarashni va qiyinchiliklarga sabr etishni nasihat qilishning mustahabligi

362/1. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga Juhayna qabilasidan zinodan homilador bo’lgan bir ayol kelib: «Ey Rasululloh, menga had urish lozim bo’lib qoldi. Uni menga qoim qiling», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning voliyini chaqirdilar. «Unga chiroyli muomala qil va homilasini tug’ib bo’lganidan keyin olib kel», dedilar. Xotin tuqqanidan keyin uni keltirishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u ayolning ko’ylagini mahkam bog’lashni, so’ng toshbo’ron qilishni buyurdilar. Bu ishlardan keyin unga janoza namozini o’qidilar. Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:49:12
101-bob. Bosh og’rig’i, isitma va boshqa og’riqlarga aytiladigan duo

363/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alay-hissalom barcha kasalliklarga va isitma chiqqanida:

«Bismillahil kabiyr, na’uzu billahil ‘aziym, min sharri ‘irqin na’’ar, va min sharri harrin nar», deb aytishni o’rgatar edilar. (Ma’nosi: Buyuk Allohning ismi bilan boshlayman. Ulug’ Allohning nomi ila tomirdan shovullab oquvchi qonning yomonidan va do’zax o’tining yomonidan panoh tilayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:49:39
102-bob. Bemorning: «Kasalim qattiq» yoki «Og’rig’im kuchli» yoki «Voy, boshim», deyishi, g’azablanish va sabrsizlik ko’rinishida bo’lmasa, joizligi haqida

 364/1. Abdulloh ibn Ma’sud (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirsam, og’riqlari kuchayayotgan ekan. U zotni ushlab turib: «Ey Rasululloh, qattiq og’riyapsizmi?» dedim. «Ha, men sizlardan ikki kishiga beriladigan og’riq bilan kasallanaman», dedilar Nabiy alayhissalom». Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:49:47
365/2. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Qattiq kasal bo’lib yotganimda, Rasululloh (s.a.v) meni ko’rgani kirdilar. «Ey Rasululloh, ko’rib turganingizdek, badavlat kishiman. Bitta qizimdan boshqa merosxo’rim yo’q», dedim...» Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:49:55
366/3. Qosim ibn Muhammaddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oisha (r.a.): «Voy, boshim!» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:  «Yo’q, mening boshim og’riyapti», dedilar. Hadisning mana shu lafzi mursaldir. Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:50:10
103-bob. Zarar yetganida o’limni orzu qilishning karohiyati, faqat diniga fitna bo’lishidan qo’rqsagina, uni orzu qilish joizligi

367/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan birortangizga zarar yetsa, o’limni orzu qilmasin. Agar iloji bo’lmasa:

«Allohumma ahyiniy ma kanatil hayatu xoyron liy va tavaffaniy iza kanatil vafatu xoyron liy», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, agar mening hayotda yashashim yaxshi bo’lsa, meni tirik qoldir. Agar vafotim yaxshi bo’lsa, meni vafot ettir.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:50:27
104-bob. Muqaddas shaharlarda o’lishni so’rashning mustahabligi

368/1. Hafsa binti Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Umar (r.a.):

«Allohumma urzuqniy shahadatan fiy sabiylika vaj’al mavtiy fiy baladi rosulika sollallohu alayhi vasallam» (Allohim, meni o’zingning yo’lingda shahidlik bilan rizqlantir va rasulingning shahrida vafot topdir), deb duo qildilar. Shunda: «Bu qandoq bo’ladi?» dedim. Umar (r.a.): «Agar Alloh xohlasa, bo’ldiradi», dedilar». Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:50:43
105-bob. Kasalni shod qiladigan so’zlar aytish mustahabligi

369/1. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v): «Kasal huzuriga kirsanglar, uning ajali haqida taskin beruvchi gaplarni aytinglar. U gap ajalini qaytara olmasa ham, nafsiga xotirjamlik berib, xursand qiladi», dedilar. Termiziy va Ibn Mojalar zaif isnod bilan rivoyat qilishgan.   
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:51:09
106-bob. Kasalni yaxshi amallari bilan maqtash, unda xavf ko’rsa, uni ketkazish, Allohga bo’lgan gumonini yaxshilash to’g’risida

370/1. Ibn Abbos (r.a.) Umar ibn Xattobga (r.a.) suiqasd qilinganida, u zotga tasalli beraturib: «Ey Mo’minlar amiri, bu hammasi emas. Siz Rasulullohning chiroyli suhbatlarida bo’lgansiz. U zot sizdan rozi holatda dunyodan ketdilar. Keyin Abu Bakrning (r.a.) chiroyli suhbatlarida bo’ldingiz. Bu zot ham sizdan rozi holatda dunyodan o’tdilar. Keyin musulmonlar bilan chiroyli suhbatda bo’ldingiz. Agar dunyodan ketsangiz, albatta, ular ham sizdan rozidirlar...» deganlarida, Umar (r.a.): «Ana shu Allohning menga bergan ne’matidir», deb aytdilar.  Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:51:17
371/2. Ibn Shumosa (r.a.) aytadilar: «Biz Amr ibn Os (r.a.) huzurlarida edik. U zot o’lim to’shagida edilar, yuzlarini devor tomonga qaratib, uzoq yig’lardilar. Shunda o’g’illari: «Ey otajon, Rasululloh sizga undog’-bundog’ deb bashorat qilmaganlarmi?» deganlarida, yuzlarini burib: «Biz  hozirlaydigan eng afzal narsa «La ilaha illallohu va anna Muhammadar rasululloh» shahodatidir», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:51:42
372/3. Qosim ibn Muhammad ibn Abu Bakrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oisha (r.a.) kasal bo’lib qoldilar. Shunda Ibn Abbos (r.a.) kelib: «Ey mo’minlar onasi, siz, Rasululloh va otangiz Abu Bakrga yetishishda (ya’ni, havzga erishishda) avvalgilardan bo’ldingiz», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari

Ibn Abu Mulaykaning rivoyatlarida esa, quyidagicha aytiladi: «Ibn Abbos (r.a.) Oishaning (r.a.) o’limlaridan oldin, zaiflashib turganlarida huzurlariga kirishga izn so’radilar.  Oisha onamiz: « Meni maqtashlaridan qo’rqaman», dedilar. Shunda: «Musulmonlar nomidan Rasululloh amakilarining o’g’illari», deyildi. «U zot izn beringlar»? dedilar. Ibn Abbos: «O’zingizni qanday his qilyapsiz?» deb so’radilar. Oisha onamiz: «Agar taqvoda bo’lsam, juda yaxshi his qilyapman», dedilar. Shunda Ibn Abbos: «Inshaalloh, sizga yaxshi bo’ladi, chunki siz Rasulullohning xotinlarisiz. U zot sizdan boshqa qizga uylanmaganlar, bundan tashqari, sizga osmondan avf-uzr tushgan», deb yaxshi xislatlarini zikr qildilar».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:51:54
107-bob. Kasalning ishtahasini keltiradigan narsa to’g’risida

373/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kasal kishini ko’rgani kirib: «Ko’ngling biror narsa tusayaptimi? Biron narsa yeyishni xohlaysanmi?» deb so’radilar. U kishi: «Ha», deb javob berdi. Rasululloh (s.a.v) so’ngra bir yegulik keltirishni buyurdilar. Ibn Moja va Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:52:02
374/2. Uqba ibn Omirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Bemorlaringizga ovqat va ichimlikni majburlamanglar. Chunki Allohning o’zi ularni yedirib-ichirib turadi», dedilar. Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:52:16
108-bob. Ziyoratga kelganlar kasaldan duo  qilishini so’rash xususida

375/1. Maymun ibn Mahrondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kasalning oldiga kirsang, haqingga duo qilishini so’ra. Chunki ularning duolari xuddi farishtalarning duosiga o’xshaydi», dedilar. Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:52:42
109-bob. Kasal kishi tuzalgandan keyin o’zini o’nglashi va Allohga tavba qilishni ahd etganidan  keyin unga vafo qilishi xususida

Alloh taolo: «Ahdga vafo qilinglar. Zero, ahd (qiyomat kuni) mas’ul bo’linadigan ishdir» (Isro surasi, 34-oyat); «Ahdlashganlarida ahdlariga vafo qiluvchilar...» (Baqara surasi, 177-oyat), deb aytgan.

376/1. Xavvot ibn Jubayr (r.a.) aytadilar: «Rasululloh  sollallohu alayhi vasallam kasalligimda meni ko’rgani kirib: «Ey Xavvot, jisming sog’aysin», dedilar. Men esa: «Sizning jismingiz ham, ey Rasululloh», deb aytdim. Rasululloh: «Va’dangda Allohga vafo qil», dedilar. Men: «Allohga hech narsa va’da qilmadim», dedim. Rasululloh (s.a.v): «Banda kasal bo’lsa, so’ng Alloh unga yaxshilik keltiradi, Unga bergan va’dangga vafo qil», dedilar». Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:52:56
110-bob. O’lim yaqinlashganda aytiladigan narsalar

377/1. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o’limlari yaqinlashgan edi. Oldlarida bir qadahda suv bor edi. Unga qo’llarini tiqdilar, so’ng suvini yuzlariga surtib:

«Allohumma a’inniy ‘ala g’omarotil mavti va sakarotil mavt», deb aytdilar». (Ma’nosi: Allohim, o’lim shiddati va o’lim talvasasida menga yordam ber.) Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:53:09
378/2. Yana Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga suyanib turib:

«Allohummag’firli varhamniy va ‘alhiqniy birrofiqil a’la», deganlarini eshitdim». (Ma’nosi: Allohim, meni mag’firat qil va menga rahm et. Meni Oliy do’st bilan qovushtir.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari

O’limi yaqinlashgan kishi Qur’on tilovat qilishi va zikrlarni ko’paytirishi mustahabdir. Ammo besabrlik ko’rsatish, noo’rin harakatlar qilish, birov bilan so’kishish, xusumatlashish va tortishish karih ko’rilgan amallar. Kishi qalbi va tili bilan Allohga shukr etishi, umrining so’nggi daqiqalarini yaxshilik bilan xotimalashga harakat qilib, bor zehnini sarflashi va tirishishi, shuningdek, Allohga nisbatan yaxshi gumonda bo’lishi, ya’ni, Allohning unga rahm qilishiga umid bog’lashi va ahliga sabr etishlarini, vafot etsa, yig’lamasliklarini, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo’lgan: «O’lik o’z ahli yig’isi sababli azoblanadi», deyilgan sahih hadisni eslatishi hamda vafotidan keyin do’stlariga yaxshilik qilishni va janozada odat tusiga kirib qolgan bid’atlardan chetlanishni vasiyat qilishi lozim.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:53:16
379/3. Muoz ibn Jabaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning oxirgi kalomi «La ilaha illalloh» bo’lsa, jannatga kiradi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 24 Sentyabr 2006, 06:53:25
380/4. Abu Hurayra va Abu Said Xudriylar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’lim to’shagida yotganlarga «La ilaha illalloh»ni aytib turishni buyurdilar». Imom Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari

Ulamolar: «Agar «La ilaha illalloh»ni ayta olmasa, ana shu yerda hozir bo’lganlar muloyimlik bilan ohista aytib turiladi», deyishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Sentyabr 2006, 14:37:06
111-bob. O’lgan kishining ko’zini yumgandan keyin aytiladigan zikrlar

381/1. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Salamaning oldiga kirganlarida, u zot vafot etib, ko’zlari ochiq qolgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning ko’zlarini yumib qo’ydilar. So’ngra: «Agar ruh olinsa, ko’z unga ergashadi», dedilar. Abu Salamaning ahllaridan bo’lgan kishilar baland ovoz ila qichqirib yuborishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’zingizga duo qilayotganingizda, faqat yaxshilik so’ranglar, chunki farishtalar aytayotgan narsangizga omiyn, deb turishadi», deb quyidagi duoni o’qidilar:

«Allohummag’fir liabiy Salamata varfa’ darojatahu fil mahdiyyiyna vaxlufhu fiy ‘aqibihi fil g’obiriyna vag’firlana va lahu ya robbal ‘alamiyn vafsah lahu fiy qobrihi va navvir lahu fiyhi». (Ma’nosi: Allohim, Abu Salamani mag’firat qil. Uning darajasini hidoyat topganlar qatoriga ko’tar. Orqasida qolganlarga O’zing uning o’rnini bos. Ey olamlar Rabbi, uni va bizni mag’firat qil. Uning qabrini keng qil, nurga to’ldir.) (Bu duoni o’qiyotganda «Abu Salama»ning o’rniga o’lgan kishining ismi aytiladi.) Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Sentyabr 2006, 14:37:25
382/2. Ulug’ tobe’inlardan biri Bakr ibn Abdulloh: «Agar mayyitning ko’zini yopib qo’ysang:

«Bismillahi va ‘ala millati rosulillah», deb ayt. Agar ko’tarsang, «Bismillah», de. Agar ko’tarishda yana davom etsang, tasbih ayt», deydilar. Bayhaqiy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Sentyabr 2006, 14:37:42
112-bob. Mayyitning huzurida aytiladigan zikrlar

383/1. Ummu Salama onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kasal yoki mayyitning oldida hozir bo’lsangiz, faqat yaxshi gapni aytinglar. Chunki farishtalar aytayotgan narsangizga omiyn, deb turishadi», dedilar. Abu Salama vafot etganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirib: «Ey Rasululloh, Abu Salama vafot etdi», dedim, u zot:

«Allohummag’firliy va lahu va a’qibniy minhu ‘uqba hasana» (Allohim, meni va uni mag’firat qil hamda menga undan yaxshisini qoldir), deb ayt», dedilar. Men shu duoni aytganimda, Alloh taolo menga erimdan ham afzal Rasulullohni berdi (ya’ni, meni nikohlariga oldilar)». Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Sentyabr 2006, 14:38:01
384/2. Ma’qal ibn Yasordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’liklaringizga Yosin surasini o’qinglar», dedilar. Abu Dovuddan boshqalar bu hadisni zaif sanashgan. Chunki sanadida ikkita noaniq kishi bor.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Sentyabr 2006, 14:38:18
113-bob. Kishining yaqini vafot etganida aytiladigan zikrlar

385/1. Ummu Salama onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alayhissalom: «Biror bandaga musibat yetganida:

«Inna lillahi va inna ilayhi roji’un, Allohumma ajurniy fiy musiybatiy vaxlufliy xoyrom minha» (Biz Allohnikimiz va Allohga qaytuvchimiz. Ey Rabbim, musibatimda ajr qil va menga undan yaxshirog’ini ber), deb aytsa, Alloh taolo musibatiga ajr berib, undan yaxshisini ato etadi», dedilar. Erim Abu Salama vafot etganida, Rasululloh buyurganlaridek, o’sha duoni aytdim. Alloh taolo erim Abu Salamadan ham yaxshirog’iga — Muhammad alayhissalomning nikohlariga musharraf qildi». Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Sentyabr 2006, 14:38:36
386/2. Yana Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlarning birortangizga musibat yetsa:

«Inna lillahi va inna ilayhi roji’un. Allohumma ‘indaka ahtasibu musiybatiy faajurniy fiyha va abdilniy biha xoyrom minha», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Biz Allohnikimiz va Allohga qaytuvchimiz. Ey Rabbim, musibatimga seni huzuringdan savob umid qilaman. Menga musibatimda ajr ber va uni undan yaxshirog’iga almashtir.) Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Sentyabr 2006, 14:38:54
387/3. Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar biror bandaning farzandi vafot etsa, Alloh taolo farishtalariga: «Bandamning farzandi ruhini oldinglarmi?» deydi. «Ha», deb javob berishadi ular. «Qalbining mevasini qabz qildinglarmi?» deydi so’ng. «Ha», deb javob berishadi yana. «Bandam nima dedi?» deb so’raydi Alloh taolo. Farishtalar: «Senga hamd va istirjo’ (inna lillahi va inna ilayhi roji’un, deb) aytdi», deyishadi. Shunda Alloh taolo: «Bandam uchun jannatda bir uy quringlar va uning hamd uyi, deb atanglar», deydi», dedilar. Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Sentyabr 2006, 14:39:19
388/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Bir mo’min bandaning dunyo ahlidan eng yaqin do’stining ruhini qabz qilsam, u sabr etib, shikoyat qilmasa, Men huzurimda unga jannat degan mukofotni tayyorlab qo’yganman», deb aytdi». Shu ma’nodagi hadis Imom Buxoriydan rivoyat qilingan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Sentyabr 2006, 14:39:38
114-bob. Do’stining o’limi xabari yetganida aytiladigan zikrlar

389/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’lim qo’rqinchdir. Sizlarning biringizga birodarining o’limi xabari yetsa:

«Inna lillahi va inna ilayhi roji’un va inna ila robbina lamunqolibun, Allohummaktubhu ‘indaka fil muhsiniyna vaj’al kitabahu fiy ‘illiyyin vaxlufhu fiy ahlihi fil g’obiriyn va la tahrimna ajrohu va la taftinna ba’dah», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Biz Allohnikimiz va Unga qaytuvchimiz. Va, albatta, biz Rabbimizga qaytajakmiz. Ey Rabbim, O’zingning huzuringda uni yaxshilardan deb yoz. Va uning kitobini Illiyyinda (ettinchi osmonda nomai a’mollar bitilgan makonda) qil. Orqasida qolganlarga O’zing uning o’rnini bos. Uning ajrini bizlardan mahrum qilma. Undan keyin bizlarni fitnaga solma.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Sentyabr 2006, 14:40:01
115-bob. Islomga dushman bo’lgan odamning o’limi xabari yetganida aytiladigan zikr

390/1. Ibn Mas’ud (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib: «Ey Rasululloh, Alloh taolo Abu Jahlni qatl etdi», dedim, u zot:

«Alhamdu lillahillaziy nasoro ‘abdahu va a’azza diynahu», deb aytdilar. (Ma’nosi: Quliga nusrat berib, dinini aziz qilgan Allohga hamd bo’lsin.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Sentyabr 2006, 14:40:29
116-bob. Mayyitga yig’lash va johiliyat da’volari bilan dod-voylash haromligi haqida

391/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim yuziga urib, yoqalarini yirtib, johiliyat da’volari bilan voy-dod qilsa, bizdan emas», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Sentyabr 2006, 14:40:59
392/2. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yig’i bilan ovozini baland qiluvchidan, musibat chog’ida sochini qirib tashlovchidan va kiyimlarini yirtuvchidan yiroqdirlar». Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Sentyabr 2006, 14:41:31
393/3. Ummu Atiyya (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mayyitga ovoz chiqarib yig’lamaslikka bizdan bay’at oldilar». Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Sentyabr 2006, 14:41:47
394/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Insonlarda ikki xislat borki, ular ana shu ikki xislat bilan kufrdadirlar: Nasabini haqorat qilish va mayyitga baland ovoz bilan yig’lash», dedilar. Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Sentyabr 2006, 14:42:23
395/5. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’likka baland ovoz bilan yig’lovchini va o’g’rincha quloq tutib, eshituvchini la’natladilar». Abu Dovud rivoyatlari

La’natlangan yig’i ovozni baland qo’yib, mayyitning yaxshiliklarini zikr qilib yig’lashdir. Ammo baqirmay, voy-dod qilmay yig’lash harom emas.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Sentyabr 2006, 14:42:37
396/6. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abdulloh ibn Mas’udlar bilan birga Sa’d ibn Ubodani ko’rgani kirdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga qarab turib, yig’lab yubordilar. Rasululloh yig’laganlarini ko’rib, qavmdagilar ham yig’lashdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Eshitmadinglarmi, Alloh ko’z yoshiga va qalbning xafaligiga azoblamaydi. Lekin mana bunga azoblaydi yoki rahm qiladi», dedilar tillarini ko’rsatib». Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Sentyabr 2006, 14:42:57
397/7. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizlarining o’g’li vafot etgani xabari kelganida, ko’zlaridan yosh oqdi. Shunda Sa’d: «Ey Rasululloh, bu nimasi?» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu Alloh bandalarining qalbiga qilgan rahmatdir», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 24 Sentyabr 2006, 14:43:18
398/8. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’g’illari Ibrohim vafot etganida, ko’zlaridan ko’p yosh oqdi. Abdurahmon ibn Avf: «Siz shundoq qilyapsizmi, ey Rasululloh?» degan edilar, u zot: «Ey Ibn Avf, bu rahmatdir, -- dedilar. Keyin qo’shib qo’ydilar: -- Ko’z yosh oqizadi. Qalb xafa bo’ladi. Biz esa, Rabbimiz rozi bo’lgan narsani aytamiz. Albatta, biz, ey Ibrohim, sendan ajrab qolganimizga xafamiz». Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 05:57:57
117-bob. Ta’ziya haqida

399/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kim musibat yetgan kishiga ta’ziya bildirsa, uning savobidek ajrga ega bo’ladi», dedilar. Termiziy va Bayhaqiylar zaif isnod bilan rivoyat qilishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 05:58:33
400/2. Abu Barza Aslamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim farzandidan ayrilgan ayolga ta’ziya bildirsa, unga jannatda kiyim kiygiziladi», dedilar. Termiziy rivoyat qilib, isnodi kuchli emas, deb aytganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 05:58:50
401/3. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Fotimaga (r.a.): «Ey Fotima, uyingdan nima sabab bilan chiqding?» deb so’radilar. Fotima (r.a.): «Mana bu mayyitga rahm qilib, ta’ziya bildirish uchun chiqdim», dedilar. Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 05:59:03
402/4. Amr ibn Hazmdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Qaysi bir mo’min birodarining musibatiga ta’ziya bildirsa, Alloh taolo unga qiyomat kuni karomat kiyimini kiygizadi», dedilar. Ibn Moja va Bayhaqiy rivoyatlari

Ta’ziya sabrga chaqirish, mayyit egalariga tasalli beradigan narsalarni zikr qilish va xafalik, musibatlarini yengillatish, deganidir. Bunga Alloh taoloning: «Yaxshilik va taqvoda bir-biringizga yordam beringlar», degan so’zi va Rasulullohning: «Alloh birodarining yordamida bo’lgan bandaning yordamidadir», degan hadislari chiroyli misol bo’ladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 05:59:52
403/5. Usoma ibn Zayd (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qizlaridan biri otasiga bir odam yuborib, nevaralari o’lim bo’sag’asida yotganini aytdi. Rasululloh kelgan kishiga: «Borib qizimga ayt, Alloh berganini oluvchidir. Har bir narsaning ajali Uning huzurida belgilab qo’yilgandir. Qizimga savob uchun sabr qilishni buyur», deb aytdilar». Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Mana shu hadisi sharif din usullari, furu’lari, odoblarini o’z ichiga olgan eng katta qoidalaridandir. U musibatlarga, g’am va kasalliklarga hamda boshqa qiyinchiliklarga sabr qilishni o’rgatadi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:00:07
404/6. Muoviya ibn Qurra ibn Iyos otalaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko’rinmay qolgan bir sahobasini  so’radilar. «Ey Rasululloh, haligi siz taniydigan bolasi vafot etdi», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’sha sahobaning oldiga borib, o’g’lini so’ragan edilar, u kishi o’g’lining vafot etganini aytdi. Rasululloh u kishiga ta’ziya bildirdilar, so’ngra: «Ey falonchi, senga o’g’lingni hayotda bo’lishi yaxshimi yoki ertaga jannat eshigi tagiga sendan oldin borib, senga eshikni ochib kutib olganimi?» dedilar. Haligi sahoba: «Ey Allohning payg’ambari, mendan oldin borib, eshikni ochib kutib olgani yaxshi», deb javob qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Undoq bo’lsa, keyingisi senga», dedilar. Nasoiy rivoyatlari

Imom Shofe’iy ta’ziya haqida: «Men senga ta’ziya bildiraman, ammo o’zim ham abadiy qolishga ishonmayman, buni din buyurgani uchun bajaraman. Ta’ziya aytilgan kishi ham mayyitligida boqiy qoluvchi emas. Ta’ziya aytuvchi ham uzoq muddat yashovchi emas», degan ma’noda bayt aytganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:00:22
118-bob. Mayyitning o’limini do’stlari va qarindoshlariga bildirish joizligi va jarchilarni yuborib, o’lim xabarini yetkazish karohiyati

405/1. Huzayfa (r.a.): «Agar vafot etsam, o’limim xabarini jarchilar orqali ayttirib, men tufayli biror kishiga ozor bermanglar. Chunki men Rasulullohning jarchilar orqali o’lim xabari berilishidan qaytarganlarini eshitganman», dedilar. Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:00:52
406/2. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’lim xabarini jarchilar vositasida aytishdan saqlaninglar. Chunki u johiliyat amallaridandir», dedilar. Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:01:09
407/3. Imom Buxoriy va Imom Muslimning «Sahih»larida aytiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Najoshiy o’limi xabarini  sahobalarga xabar qildilar».

Buxoriy va Muslimning boshqa rivoyatlarida: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi hech kimga bildirmasdan ko’milgan mayyit haqida eshitib: «Nega menga aytmadinglar!» dedilar», deyiladi.

Ba’zi ulamolar mana shu ikkita hadisni mayyitning o’limi xabarini do’stlariga, qarindosh-urug’lariga yetkazish joiz ekaniga dalil qilishgan. Man’ qilingan o’lim xabari esa, johiliyat davridagidek bir ulug’ kishi vafot etsa, qabilalarga  otliqlar yuborib, falonchi o’ldi, uning o’limi bilan butun arablar o’ldi, deb jar solish kabilardir, deyishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:01:47
119-bob. Mayyitni yuvayotganda va kafanlayotganda aytiladigan zikrlar

Bu amallarni bajarayotganda, Allohni zikr qilib, mayyitni duo qilib turish mustahabdir. Agar g’assol mayyitni yuvayotganida, uning yuzida nur yoki xush bo’y sezsa, uni odamlarga aytishi yaxshi amallardandir. Ammo buning aksini ko’rsa, odamlarga aytishi haromdir.

408/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’liklaringizni yaxshiliklarini zikr qilinglar, yomonliklaridan tiyilinglar» deb aytdilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati. Termiziy buni zaif dedilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:02:11
409/2. Abu Rofe’dan rivoyat qilinadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir mayyitni yuvib, uning ayblarini bekitsa, Alloh taolo uni qirq marta mag’firat qiladi», dedilar. Bayhaqiy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:02:45
120-bob. Mayyitning janozasida o’qiladigan zikrlar

Mayyitga janoza namozini o’qish farzi kifoyadir. Shu singari, uni yuvish, kafanlash, dafn qilish ham farzi kifoyadir. Bunga hamma bir ovozdan ittifoq qilishgan.

Janoza namozi quyidagicha o’qiladi: Avval «Allohu akbar» deb, ya’ni, takbiri tahrimani aytib quloq qoqadi. So’ng Sano — «Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va ta’ala jadduka  va la ilaha  g’oyruk» duosi o’qiladi. So’ngra yana takbir aytadi, ammo qo’lini ko’tarmaydi. Keyin Rasulullohga biror salovotni aytadi. So’ng «Allohu akbar», deb janoza duosini o’qiydi. Janoza duosi:

«Allohummag’fir lihayyina va mayyitina va shahidina va g’oibina va sog’iyrina va kabiyrina va zakarina va unsana. Allohumma man  ahyaytahu minna faahyihi ‘alal islam va man tavaffaytahu minna fatavaffahu ‘alal iyman. Allohumma la tahrimna ajrohu va la taftinna ba’dahu». (Ma’nosi: Ey Rabbim tirigu o’ligimizni, hoziru g’oyibimizni, kichigu kattamizni, erkagu ayolimizni mag’firat qil. Ey Rabbim, kimimizni hayotda qoldiradigan bo’lsang, uni Islomda qil, kimimizni o’ldiradigan bo’lsang, uni iymon bilan vafot ettir. Bizni uning ajridan mahrum qilma. Undan keyin bizni fitnaga solma.) Agar mayyit yosh bola bo’lsa, quyidagi duoni o’qiydi:

«Allohummaj’alhu lahuma farotan vaj’alhu  lahuma salafan vaj’alhu lahumo zuhron va saqqil bihi mavaziynahuma va afrig’is sobro ‘ala qulubihima va la taftinnahuma ba’dahu va la tahrimhuma ajrah», so’ng yana «Allohu akbar» deydi va ikki tomonga salom berib, namozni tugatadi. (Ma’nosi: Allohim, bu go’dakni  ota-onalari uchun ajr, fazl va zahira qil. U sababli ota-onasining tarozilarini og’ir qil, qalblariga sabr yog’dir. Undan so’ng ularni fitnaga solma, ularni uning ajridan mahrum qilma.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:03:00
410/1. Ibn Ma’suddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janoza namozida Qur’ondan biror narsa o’qishni tayinlamaganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:03:53
411/2. Avf ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janoza namozi o’qiganlaridagi duolarini yodlab oldim, unda:

«Allohummag’fir lahu varhamhu va a’fihu va’fu anhu va akrim nuzulahu va vassi’ mudxolahu vag’silhu bil mai vas salji val barodi va naqqihi minal xotoya kama naqqoytas savbal abyazo minad danasi va abdilhu daron xoyron min darihi va ahlan xoyron min ahlihi va zavjan xoyron min zavjihi va adxilhul jannata va a’izhu min ‘azabil qobri va min ‘azabin nar», deb aytganlar, o’shanda, hatto men o’sha mayyitning o’rnida bo’lishni orzu qilib qoldim». (Ma’nosi: Ey Rabbim, uni mag’firat qil, unga rahm et. Uni ofiyatda qil va avf et. Tushadigan yerini mukarram, kiradigan yerini keng qil. Uni suv, qor, do’l bilan yuv. Oq kiyim kirdan toza bo’lgani kabi, uni xatolardan pokla. Unga hovlisidan yaxshiroq hovli, ahlidan yaxshiroq ahl, juftidan yaxshiroq juft ber. Uni jannatga kirgiz, qabr va do’zax azobidan saqla.) Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:04:50
412/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janoza namozida:

«Allohummag’fir lihayyina va mayyitina va shahidina va g’oibina va sog’iyrina va kabiriyna va zakarina va unsana, Allohumma man ahyaytahu minna faahyihi ‘alal islam va man tavaffaytahu minna fatavaffahu ‘alal iyman. Allohumma la tahrimna ajrohu va la taftinna ba’dahu», deb aytdilar. (Ma’nosi yuqorida o’tdi.) Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:05:20
413/4. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Agar mayyitga namoz o’qisanglar, u uchun duoni xolis qilinglar», deb aytganlarini eshitdim». Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:05:31
414/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janoza namozida:

«Allohumma anta robbuha va anta xolaqtaha va anta hadaytaha lil islam va anta qobazta ruhaha va anta a’lamu bisirriha va ‘alaniyyatiha ji’na shufa’a fag’firlahu», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen uning rabbisan, Sen uni xalq qilding, Islomga hidoyat etding va ruhini olding. Sen uning sirini va oshkorasini biluvchi zotsan. Biz unga shafe’ bo’lib keldik, uning gunohlarini kechir.) Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:05:42
415/6. Vosila ibn Asqa’ (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir musulmon kishining janozasida quyidagi duoni o’qidilar:

«Allohumma inna  Fulan ibn Fulan fiy zimmatika va habli jivarika faqihi fitnatal qobri va ‘azaban nari va anta ahlul vafa val hamd. Allohumma fag’fir lahu varhamhu innaka antal g’ofurur rohiym». (Ma’nosi: Allohim, falonchining o’g’li falonchi Sening zimmangda va himoyangdadir. Uni qabr fitnasi va do’zax azobidan saqla. Sen vafo va hamd ahlisan. Ey Rabbim, uni mag’firat qil, rahm ayla, Albatta, Sen kechiruvchi va rahmli zotsan.) Abu Dovud va Ibn Mojalar rivoyati
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:31:05
121-bob. Tobut ko’taruvchilar nima qiladi?

Tobut qabristonga olib ketilayotgan paytda Allohning zikri bilan mashg’ul bo’lish, shuningdek, mayyitning oqibati, qaerga ketayotgani haqida fikr yuritish, foydasiz so’zlardan tiyilish lozim. Chunki bu vaqt g’ofillik, befoyda so’zlar so’ylash mavridi emas. Aslida-ku, foydasiz so’zlar hech bir joyda gapirilmasligi kerak. Xususan, janoza mahali umuman mumkin emas. Bunda eng to’g’ri ish, salaf olimlari ta’kidlaganlaridek, sukut saqlash, zikr, qiroat va duolarni ovozni balandlatmasdan aytishdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:31:25
122-bob. Mayyit olib ketilayotganini ko’rganda aytiladigan zikr

Tobutni ko’rganda:

 «Subhanal hayyillaziy la yamut» (Hargiz o’lmaydigan, abadiy tirik zot Alloh pokdir), deb aytish mustahabdir. Yoki Abulmahosin Ravyoniy «Bahr» nomli kitoblarida keltirganlaridek,

«La ilaha illallohu hayyullaziy la yamut», deb aytib, so’ng mayyitni yaxshilik bilan eslanadi va uning haqqiga duo qilinadi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:31:43
123-bob. Mayyitni qabrga qo’yayotganda  o’qiladigan duo

416/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh  alayhissalom mayyitni qabrga qo’yayotganlarida:

«Bismillahi va ‘ala sunnati rosulillah», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohning ismi bilan, Rasulullohning sunnatlariga muvofiq.) Abu Dovud, Termiziy, Bayhaqiylar rivoyati
(Bizning mazhabda «‘ala sunnati»ning o’rniga «‘ala millati» deyiladi. — Tarj.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:32:00
124-bob. Dafndan keyin aytiladigan zikrlar

Mayyitni qabrga qo’yayotgan kishi mayyitning bosh tomoniga uch chimdim tuproq sochib qo’yishi sunnatdir. Ba’zilar: «Birinchi sochishda «Minha xolaqnakum» (Sizlarni undan (tuproqdan) yaratdik), ikkinchi sochishda «Va fiyha nu’iydukum» (Unga yana sizlarni qaytarurmiz), uchinchi sochishda: «Va minha nuxrijukum tarotan uxro» (Sizlari yana bir bor undan chiqarurmiz), deydi», deyishadi. Mayyitni ko’mib bo’lgandan keyin, qabristonda hayvon so’yib, go’shtini tarqatish miqdoricha  muddat o’tirish mustahabdir. O’tiruvchilar Qur’on tilovati, mayyit haqqiga duo, va’z-nasihat, solih va yaxshilar hayotidan ibratli so’zlar aytish bilan mashg’ul bo’ladilar.

417/1. Ali (r.a.) aytadilar: «Biz «Baqiy’ul g’arqad»da janozada bo’lganimizda, Rasululloh qo’llarida bir novda olib keldilar va uning uchi bilan chiziq chizib, so’ngra: «Sizlardan bo’lgan kishilarning jannat yoki do’zaxdagi bo’lgan makonlari yozib qo’yilgandir», dedilar. Shunda sahobalar: «Ey Rasululloh! Biz unda nomai a’molimizdagi yozilgan narsalarga suyanmaymizmi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Amal qilinglar, zero, har bir kishi xalq qilingan narsasiga muyassar  qilingandir», dedilar». Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:32:07
418/2. Amr ibn Os (r.a.): «Meni dafn qilganlaringdan keyin bir hayvon so’yib, go’shtini taqsimlash miqdoricha fursat qabrim tepasida turinglar. Toki, sizlarning hamrohligingizda Rabbimning elchisiga javob qaytarib olay», dedilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:32:16
419/3. Usmondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mayyitni dafn qilganlaridan keyin uning tepasida turdilar va: «Birodaringiz uchun istig’for aytinglar  va u sobit turishini so’ranglar, chunki hozir u so’ralyapti», dedilar. Abu Dovud va Bayhaqiy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:32:26
420/4. Ibn Umar (r.a.) dafndan keyin qabr ustida Baqara surasining avvalini va oxirini o’qishni yaxshi amal deb bilganlar. Bayhaqiy rivoyatlari

Dafndan keyin mayyitga quyidagicha talqin qilishni ulamolar mustahab deyishgan. Ulardan Shayx Nasr Maqdisiy «Tahzib» nomli kitoblarida quyidagilarni keltiradilar: «Agar kishi mayyitni dafn qilib bo’lsa: «Ey falonchi o’g’li falonchi, dunyoga chiqqaningdagi ahdingni va «la ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh» shahodatini zikr qil, qiyomat, shak-shubhasiz, qoyim bo’luvchidir, Alloh qabrlardan qayta tiriltiruvchidir. Rabbim Alloh, dinim Islom, payg’ambarim Muhammad sollallohu alayhi vasallam, qiblam Ka’ba, yo’lboshchim Qur’on, musulmonlar birodarim, rabbim Allohdan boshqa iloh yo’q. U ulug’ arsh rabbidir», deb aytsin».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:32:40
125-bob. Kishi o’limidan oldin janozasini o’qishga bir odamni tayinlashi va maxsus sifat va maxsus o’ringa dafn etilishini vasiyat qilishi. Shuningdek, kafanlash va boshqa ishlarda vasiyat qilish xususida.

421/1. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Abu Bakr (r.a.) kasallik paytlarida oldilariga kirganimda mendan: «Rasulullohni nechta kafan bilan kafanlagan edinglar», deb so’radilar. «Uchta bilan», deb javob qildim. So’ng: «Rasululloh qaysi kuni vafot etganlar», dedilar. «Dushanba kuni», deb javob berdim. Yana: «Qaysi kuni», deb so’radilar. «Dushanba kuni», dedim. Shunda u kishi: «Men kechasi o’lishni istayman», deb ko’ylaklariga qaradilar. Ko’ylakda kasalliklarida ishlatilgan za’faronning izi qolgan edi. «Mana shu ko’ylagimni yuvib, unga yana ikkita ko’ylak qo’shib, o’sha uchtasi bilan meni kafanlanglar», dedilar. Shunda men: «Bu eski-ku?» dedim. U zoti sharif: «Yangisiga o’liklardan ko’ra tiriklar haqli, bu eski ko’ylagim esa, yiringni artish uchun», dedilar. So’ng bu zot seshanba kechasida vafot etdilar va tong otishidan oldin dafn qilindilar». Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:32:48
422/2. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot jarohatlanganlarida: «Vafot etsam, meni Oishaning oldiga ko’tarib boringlar. Salom berib, Umar izn so’rayapti, denglar. Agar izn bersa, meni u yerga kirgizinglar (dafn qilinglar). Agar rad etsa, meni musulmonlar qabristoniga olib borib ko’minglar», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:32:55
423/3. Omir ibn Sa’d ibn Abu Vaqqosdan rivoyat qilinadi. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.): «Menga qabrni lahad qilib qazinglar va xuddi Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam qabrlariga qo’yganingizdek, mening qabrimga ham g’isht qo’yinglar», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:33:05
424/4. Amr ibn Os (r.a.) o’lim to’shagida yotganlarida: «Agar vafot etsam, voy-dod solib yig’laydiganlarni va o’t yoquvchilarni ortimdan ergashtirmanglar. Agar dafn qilsanglar, tuproqni oz-ozdan tashlanglar. So’ng qabrim tepasida bir hayvon so’yib, go’shtini taqsimlaguncha vaqt turinglar. Men sizlarga hamroh bo’lib, Rabbim elchisiga nima deb javob berishimga tayyorlanib olayin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari

Mayyit vasiyat qilgan hamma narsa ham bajarilavermaydi. Balki uning vasiyatlari ilm ahllariga yetkaziladi. Agar ruxsat berishsa, amal qilinadi. Ruxsat berishmasa, u vasiyatni bajarilmaydi. Masalan: «Meni tobut bilan dafn etinglar, desa, u vasiyatiga amal qilinmaydi. Faqat ehtiyoj tufayli amal qilinishi mumkin. Yana qabrining boshqa yerga ko’chirishlarini vasiyat qilsa, unga ham amal qilinmaydi. Faqat Makka, Madina yoki Baytul Maqdis kabi muborak yerlarga  ko’chirilishi joiz. Shuningdek, dafn etilayotganida boshining tagiga yostiq va shunga o’xshash narsalar qo’yishni, ipak bilan kafanlashni, shariatda belgilanganidan oshiqcha kafan qilishni, badanini yopishga yetmaydigan kiyim bilan kafanlashni, janozasini ancha kechiktirishni, ziyorat qilishlari uchun qabriga maqbara qurishni va shunga o’xshash shariatda joiz ko’rilmagan ishlarni vasiyat qilsa, ularning birortasi bajarilmaydi. Ammo qabri yonida Qur’on tilovat qilinishini, sadaqa berilishini va shu kabi Allohga qurbat-yaqinlik hosil qiladigan ishlarni yoki shahridagi ulug’lar yotadigan qabristonga ko’mishni vasiyat qilsa, u vasiyatlari ado etiladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:33:55
126-bob. Boshqalarning so’zidan mayyit manfaat olishi haqida

Ulamolar mayyitga qilingan duo foyda beradi, savobi yetadi, degan fikrda yakdildirlar. Bu so’zlariga Qur’oni karimning Hashr surasidagi 10-oyatni hujjat qilishgan:

«Ulardan keyin (dunyoga) kelgan zotlar: «Parvardigoro, O’zing bizlarni va bizlardan ilgari iymon bilan o’tgan birodarlarimizni  mag’firat qil...» deb ayturlar». Bu xususda Rasulullohdan sollallohu alayhi vasallam vorid bo’lgan mashhur hadislar ham bor: «Ey Rabbim, "œBaqiy’il g’arqad" qabristoni ahlini mag’firat qil» yoki «Ey Rabbim, tiriklarimiz-u o’liklarimizni mag’firat ayla» kabi.

425/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sahobalar bir janoza oldidan o’tib turib, mayyitni yaxshilik bilan sifatlashdi. Shunda Rasululloh  alayhissalom: «Vojib bo’ldi», dedilar. So’ngra boshqa janoza oldidan o’tib, mayyitni yomonlik bilan sifatlashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Vojib bo’ldi», dedilar. Umar ibn Xattob (r.a.): «Nima vojib bo’ldi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Haligi yaxshilik bilan sifatlangan kishiga jannat, yomonlik bilan sifatlangan kishiga do’zax vojib bo’ldi. Sizlar esa, Allohning yerdagi guvohlaridirsiz», deb aytdilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:34:04
426/2. Abul Asvad (r.a.) aytadilar: «Madinaga borib, Umar ibn Xattob (r.a.) huzurlarida o’tirgan edim. Bir tobutni olib o’tib qolishdi. Shunda mayyit yaxshilik ila sifatlandi. Umar ibn Xattob (r.a.): «Vojib bo’ldi», dedilar. So’ngra boshqasi olib o’tildi. Undagi mayyit ham yaxshi sifat ila maqtaldi. Umar ibn Xattob (r.a.): yana: «Vojib bo’ldi», dedilar. Keyin uchinchi mayyitni olib o’tishdi. Uni yomonlik ila sifatlashdi. Umar ibn Xattob (r.a.): «Vojib bo’ldi», dedilar. Shunda men: «Nima vojib bo’ldi ey Mo’minlar amiri?», deb so’ragan edim, Umar ibn Xattob (r.a.) xuddi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek: «Qay bir musulmon kishining yaxshi ekaniga to’rt kishi guvohlik bersa, Alloh uni jannatiga kirgizadi», dedilar. Shunda biz: «Uchta bo’lsa-chi?» deb so’radik, «Uchta bo’lsaham», dedilar. «Ikkita bo’lsa-chi?» degan edik, «Ikkita bo’lsa ham», dedilar. Ammo «Bitta bo’lsa-chi?» deb so’ramadik». Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:34:17
127-bob. O’lganlarni so’kishdan man’ qilish

427/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’lganlarni so’kmanglar, chunki amallari bilan boradigan joylariga borib bo’ldilar», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:34:26
428/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’liklaringning yaxshiliklarini zikr qilinglar, yomonliklarini aytishdan tiyilinglar», dedilar. Abu Dovud va Termiziyzaif isnod ila rivoyat qilishgan.

Ammo yomonlik bilan dong taratgan kishilarning yomonligini zikr etish joiz, boshqalarga ibrat bo’ladi. Alloh taoloning o’zi bizga Qur’onda yomonlarning yomonliklaridan xabar bergan va uni tilovat qilishni hamda boshqalarga yetkazishni buyurgan. Hadisi shariflarda ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Amr ibn Luxay, Abu Rig’ol, Ibn Jud’on va boshqalarning qissalarini zikr qilganlar. Yuqoridagi hadisda yomonning yomonligi aytilganida, Rasululloh man’ etmadilar, balki «Vojib bo’ldi», dedilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:34:36
429/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oisha onamizning navbatlaridagi kecha oxirida hamisha Baqiy’ qabristoniga chiqib:

«Assalamu ‘alaykum daro qovmin mu`miniyna va ‘atokum ma tu’adun, g’odan muajjaluna va inna inshaallohu bikum lahiqun, Allohummag’fir liahli baqiy’il g’orqod», deb aytardilar. (Ma’nosi: Assalomu alaykum, ey mo’minlar hovlisidagi qavmlar. Sizlarga va’da qilingan narsa keldi. Inshaalloh ertaga kechikib bo’lsa ham, sizlarga yo’liqamiz. Ey Rabbim, «Baqiy’ g’arqad» qabristondagilarni mag’firat qil.) Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:34:47
430/2. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: «Ey Rasululloh, qabrlarni ziyorat qilganimda nimani aytay?» deb so’radim, u zot sollallohu alayhi vasallam:

«Assalamu ‘ala ahlid-diyari minal mu’miniyna val muslimiyn va yarhamullohul mustaqdimiyna minkum va minna valmusta’`xiriyna va inna inshaallohu bikum lahiqun», deb ayt», dedilar». (Ma’nosi: Ey mo’min va musulmonlardan iborat diyor ahli, sizlarga salom bo’lsin. Alloh sizlardan va bizlardan oldin o’tganlarga va keyin keladiganlarga rahm qilsin. Inshaalloh, biz ham sizlarga yo’liqurmiz.) Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:34:57
431/3. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v) qabristonga chiqib:

«Assalamu ‘alaykum daro  qovmin mu`miniyna va inna inshaallohu bikum lahiqun», deb aytardilar». (Ma’nosi: Mo’minlar qavmi hovlisidagilar, sizlarga salom bo’lsin. Alloh xohlasa, bizlar ham sizlarga qo’shilamiz.) Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojalar rivoyati
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:35:08
432/4. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madina ahli qabristonidan o’taturib:

«Assalamu ‘alaykum ya ahlal qubur, yag’firullohu lana va lakum. Antum salafuna va nahnu bil asar», deb aytdilar». (Ma’nosi: Assalomu alaykum, ey qabr ahllari, Alloh bizu sizni mag’firat qilsin. Sizlar bizdan oldin ketdinglar, bizlar izingizdan yetib olamiz.) Imom Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:35:21
433/5. Burayda (r.a.) aytadilar: «Rasululloh (s.a.v) agar qabristonga chiqadigan bo’lsalar:

«Assalamu ‘alaykum ahlad diyari minal mu`miniyna va inna inshaallohu bikum lalahiqun, as`alulloha lana va lakumul ‘afiyah», deb aytishni o’rgatardilar».  (Ma’nosi: Mo’minlar diyori ahli, sizlarga salom bo’lsin. Inshaalloh, bizlar ham sizlarga qo’shilamiz. O’zimizga va sizlarga ofiyat so’rayman.) Imom Muslim rivoyatlari

Nasoiy va Ibn Mojalarning rivoyatlarida:
«Antum lana farotun va nahnu lakum taba’un» lafzi ziyoda qilingan. (Ma’nosi: Sizlar bizdan oldin o’tdinglar. Bizlar esa sizlarga ergashuvchimiz.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:35:34
434/6. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Baqiy’ qabristoniga kelib:

«Assalamu ‘alaykum daro qovmin mu`miniyn, antum lana farotun va inna bikum lahiqun, Allohumma la tahrimna ajrohum va la tuzillana ba’dahum», dedilar». (Ma’nosi: Assalomu alaykum, mo’minlar qavmi hovlisidagilar. Sizlar bizdan oldin ketdinglar. Bizlar sizlarga qo’shilguvchilarmiz. Allohim, ularning ajridan bizni mahrum qilma va ulardan keyin bizlarni adashtirma.) Ibn Sunniy rivoyatlari

Qabrlarni ziyorat etuvchi kishi Qur’on qiroati va zikrlarni ko’paytirib, qabristondagi boshqa musulmonlarni ham duo qilishi mustahabdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:35:48
129-bob. Ziyorat qiluvchi qabristonda yig’layotgan odamni yig’idan va boshqa shariat man’ qilgan narsalardan qaytarishi, uni sabrga undashi xususida

435/1. Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v) qabr yonida yig’layotgan bir xotinning oldidan o’tib, unga: «Allohdan qo’rq va sabr qil», dedilar». Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:35:55
436/2. Bashiyr ibn Ma’bad (r.a.) aytadilar: «Men Rasululloh (s.a.v) bilan ketayotgan edim, u zot qabrlar orasida poyabzali bilan yurgan kishini ko’rib: «Ey poyabzal sohibi, oyoq kiyimingni yechib qo’y», dedilar». Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 25 Sentyabr 2006, 06:36:08
130-bob. Zolimlar qabri yonida o’tganda, qo’rqib yig’lash, Allohga muhtojlikni izhor qilish va g’aflatda qolishdan saqlanish xususida

437/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Samud qavmining diyori Hijrga yetganlarida, sahobalariga: «Ana bu azoblanayotganlar yeriga faqat yig’lagan holda kiringlar. Agar yig’lamasanglar, kirmanglar. Ana shunda ularga yetgan narsa sizlarga yetmaydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:16:07
 MAXSUS NAMOZLARDAGI ZIKRLAR KITOBI

131-bob. Juma kuni va kechasida aytilishi mustahab bo’lgan zikr va duolar


Juma kuni va kechasi Qur’on tilovat qilish, zikr, duo, salovot aytish va Kahf surasini o’qish bilan mashg’ul bo’lish mustahab amaldir.

438/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom juma kunini zikr qilaturib: «Unda bir soat bor. Bir musulmon banda namozda qoim bo’lsa va bu (ibodati) ana shu paytga to’g’ri kelib qolsa, Alloh unga so’ragan narsasini beradi», dedilar va u fursat juda oz ekanini qo’llari bilan ko’rsatdilar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:16:23
439/2. Abu Muso Ash’ariy (r.a.): «U soat imom minbarga o’tirishidan namozini tugatgungacha bo’lgan vaqt», deganlar. Imom Muslim rivoyatlari

Juma kuni Kahf surasini o’qish va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish to’g’risida mashhur hadislar ko’p bo’lib, hamma bilgani uchun kitob uzayib ketmasin, deya ularni keltirib o’tirmadim.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:16:34
440/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kuni tongda bomdod namozidan oldin:

«Astag’firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayh» (Allohga istig’for aytaman. Tirik va qayyum sifatli Allohdan boshqa iloh yo’q), deb uch marta aytsa, gunohi agar dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, Alloh taolo kechirib yuboradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:16:47
441/4. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juma kuni masjidga kirsalar, eshikning kesakisidan ushlab:

«Allohummaj’alniy avjaha man tavajjaha ilayka va aqroba man taqorroba ilayka va afzola man sa`alaka va rog’iba ilayk», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Ey Allohim, meni o’zingga yuzlanuvchilarning yuzlanuvchirog’i, yaqin bo’lguvchilarning yaqinrog’i, so’rovchi va rag’bat etguvchilarning afzalrog’i qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:17:06
442/5. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma namozidan keyin «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq» va «Qul a’uzu birobbin nas» suralarini yetti marta o’qisa, Alloh taolo uni keyingi jumagacha yomonlikdan saqlaydi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari

Fasl: Juma namozidan keyin Allohni ko’p zikr qilish mustahabdir. Alloh taolo Jum’a surasining 10-oyatida aytadi:

«Endi qachon namoz ado qilingach, yer-yuziga tarqalib, Allohning fazlu marhamatidan (rizqu ro’z) istayveringlar. Allohni ko’p zikr qilinglarki, shoyad najot topursizlar».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:18:16
132-bob. Ikki hayit namozida mashru’ bo’lgan zikrlar

Ikki hayit kechasida Allohning zikri, namoz va boshqa toatlar bilan mashg’ul bo’lish mustahabdir. Hadisda vorid bo’lganidek, «Kim hayit kechalarini ihyo qilsa (uyg’oq o’tkazsa), qalblar o’ladigan kunda uning qalbi o’lmaydi» yoki «Kim ikki hayit kechasida Alloh uchun savob umid qilgan holda qoyim bo’lsa, qalblar o’ladigan paytda uning qalbi o’lmaydi». Shofe’iy va Ibn Mojalar zaif isnod ila rivoyat qilishgan.

Ikki hayit kunlari takbir aytish ham mustahab. Fitr (Ramazon) hayiti kuni uydan chiqqanidan to namozgohga kelguncha takbir aytiladi. Qurbon hayitida esa, arafa kunining bomdodidan boshlab to tashriq kuni oxirigacha (asrdan keyingacha) aytadi.

Takbir quyidagicha aytiladi:
«Allohu akbar Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd». (Ma’nosi: Alloh ulug’dir, Alloh ulug’dir, Alloh ulug’dir. Allohdan boshqa iloh yo’q. Alloh ulug’dir, Alloh ulug’dir. Allohga hamd bo’lsin.) Ba’zilar:

«Allohu akbar kabiyron, valhamdu lillahi kasiyron va subhanallohi bukrotan va asiyla, la ilaha illalloh va la na’budu illa iyyahu muxlisiyna lahuddiyna va lav karihal kafirun, la ilaha illallohu vahdahu sodaqo va’dahu va nasoro ‘abdahu va hazamal ahzaba vahdahu la ilaha illallohu vallohu akbar» deb aytsa ham yaxshi», deyishgan. (Ma’nosi: Alloh ulug’larning ulug’idir, unga ko’p hamdlar bo’lsin. Ertayu kech Allohni poklab yod eturman. Allohdan boshqa iloh yo’q. Unga ibodat qilib, Uning dinida xolis bo’lamiz, garchi kofirlar karih ko’rsalar ham. Yakka Allohdan boshqa iloh yo’q. Alloh ulug’dir.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:19:23
133-bob. Zulhijja oyini avvalgi o’n kunida aytiladigan zikrlar

Alloh taolo Haj surasini 28-oyatida:

«Ma’lum kunlarda Allohning nomini zikr qilinglar», deb aytgan. Ibn Abbos (r.a.) «Ma’lum kunlar»ni zulhijjaning avvalgi o’n kuni, deganlar.

443/1. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mana bunda (ya’ni, zulhijja oyining avvalgi o’n kunida) qilinganidan-da afzalroq amal yo’q», dedilar. Shunda sahobalar: «Alloh yo’lidagi jihoddan hammi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, deb, «lekin bir kishi moli va nafsini xatarga qo’yib ko’chaga chiqsayu, hech bir narsa bilan qaytmasa, ana o’sha afzaldir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari

Imom Termiziyning rivoyatlarida: «Solih amallar qilingan kunlar ichida zulhijja oyini o’n kunidan ko’ra Allohga mahbubroq kun yo’qdir», dedilar, deb keladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:19:48
444/2. Abdulloh ibn Abdurahmon Doramiyning «Musnad»larida rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam «Zulhijja oyining o’n kunidagi amaldan ko’ra afzalroq amal yo’qdir», deganlarida, «Jihoddan hammi?» deyishdi. (Roviy hadisni oxirigacha zikr qilgan.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:19:58
445/3. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Duolarning yaxshisi arafa kunidagi duodir. Men va mendan oldingi payg’ambarlar aytgan kalimalarning yaxshisi

«La ilaha illallohu vahdaxu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodir», deb aytishdir», dedilar». Termiziy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:20:10
446/4. Imom Molikning «Muvatto»larida esa: «Duolarning afzali arafa kunidagi duodir. Men va mendan oldingi payg’ambarlarning aytgan kalimalarining afzali

«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah»dir», deb kelgan.

Imom Molik bu hadisni mursal holatda lafzida noqislik bilan rivoyat qilganlar.

Solim ibn Abdulloh ibn Umar (r.a.) arafa kuni bir tilanchi odamlardan tilanib yurgani ko’rib: «Ey ojiz, bu kunda Allohdan boshqadan ham so’raladimi?» dedilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:21:03
134-bob. Quyosh tutilganda aytiladigan zikrlar

Quyosh yoki oy tutilganda Allohni zikr qilishni ko’paytirib, duolar ila mashg’ul bo’lish sunnatdir.

447/1. Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Quyosh va oy Allohning alomatlaridan biridir. U biror kishining o’lishi yoki tug’ilishi tufayli tutilmaydi. Agar ana shunday bo’lganini (tutilganini) ko’rsanglar, Allohga duo qilinglar, takbir aytinglar va sadaqa beringlar», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari

«Ikki sahih»da kelgan boshqa bir rivoyatda: «Agar ana shundoq bo’lganini ko’rsanglar, Alloh taoloni zikr qilinglar», deyilgan.

Yana Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar shunda biror narsa bo’lganini ko’rsanglar, Allohning zikriga, Unga duo qilishga va istig’for aytishga shoshilinglar», deganlar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Mug’iyra ibn Sho’’badan (r.a.) rivoyat qilingan rivoyatda esa: «Agar uni ko’rsanglar, Allohga duo qilib, namoz o’qinglar» deyilgan. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:21:24
448/2. Abdurahmon ibn Samura (r.a.) rivoyat qiladilar: «Quyosh tutilganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo’llarini ko’tarib, namozda turgandek turib, tasbih, tahlil, takbir, hamd aytib duo qildilar. Quyosh ko’ringunicha shunday qildilar. Quyosh ko’ringanidan keyin ikki rak’atlik namozga turib, unda ikkita sura o’qidilar». Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:21:37
449/3. Asmodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyosh tutilganida, qullarni ozod qilishni buyurar edilar. Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:22:05
135-bob. Yomg’ir so’raladigan namozdagi zikrlar

Qurg’oqchilik bo’lganida, xuzu’ bilan Allohga o’zini xor tutib, istig’for, zikr va  duo qilishi ko’paytiriladi. Ana shu paytda o’qiladigan duolardan biri ushbudir:

«Allohumma asqina g’oysan mug’iysan haniy’an mariy’an g’odaqan mujallilan sahhan ‘amman tobaqan daiman. Allohumma alazzirobi va manabitish shajari va butunil avdiyah. Allohumma inna nastag’firuka innaka kunta g’offaro. Faarsilis samaa ‘alayna midroro. Allohumma asqinal g’oysa va la taj’alna minal qonitiyn. Allohumma anbit lanazzar’a va adirro lan azzar’a vasqina min barokatis samai vanbit lana min barokatil arzi. Allohumma irfa’ annal jahda val juv’a val’urya. Vakshif ‘anna minal balai maa laa yakshifuhu g’oyruka». (Ma’nosi: Ey Rabbim, bizni yoqimli, foydali, yaxshi, unumli, qoplaydigan, shaldirab oquvchi, shomil, bir-biriga yopishgan yomg’ir bilan sug’or. Ey Rabbim, bu yomg’irni chekka joylarga, daraxtzorlarga, vodiylarga yog’dir. Ey Rabbim, Senga istig’for aytaman. Albatta, Sen kechiruvchi zotsan. Bizga osmondan ko’p yog’uvchi yomg’irni yubor. Ey Rabbim, bizni yomg’ir ila sug’or va bizni noumidlardan qilma. Ey Rabbim, bizga o’simliklarni o’stir, yomg’irni ko’p miqdorda yog’dir. Osmon barakasidan bizni sug’or. Yer barakasidan o’simliklarimizni o’stir. Ey Rabbim, bizdan qiyinchilik, ochlik, yalong’ochlikni ko’tar. Va bizdan baloni olib tashla, chunki Sendan boshqa kishi olib tashlay olmaydi».

Agar qavmning orasida biror solih kishi bo’lsa, uni o’rtaga qo’yib, yomg’ir so’raladi. Ya’ni,
«Allohumma inna nastasqiy va natashaffa’u ilayka bi’abdika fulan», deyiladi. (Ma’nosi: Ey Parvardigorim, falonchi bandangning haqqi Sendan yomg’ir so’raymiz.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:22:17
450/1. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot qurg’oqchilik bo’lsa, Abbos ibn Abdulmuttalibni (r.a.) o’rtaga qo’yib: «Ey Rabbim, biz Sendan payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vsallamni o’rtaga qo’yib yomg’ir so’rardik, yomg’ir berar eding. Endi biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amakilarini o’rtaga qo’yib, yomg’ir so’raymiz, bizga yomg’ir ber», deb iltijo qilar, Alloh yomg’ir yuborar edi. Imom Buxoriy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:23:20
451/2. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasalam "œBavok" nomli joydan kelib:
«Allohumma asqina g’aysan mug’iysan, mariyyan sariy’an nofi’an g’oyra zorrin, ‘ajilan g’oyra ojilin» (Bizga yoqimli, tez, foydali, zararsiz, kechikmaydigan yomg’irni yog’dirib, u bilan bizni sug’or), deb aytganlarida, ularga osmondan yomg’ir yog’di. Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:23:45
452/3. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar suv talab qilsalar:

«Allohumma isqi ‘ibodaka va bahoimaka vanshur rohmataka va ahyi baladakal mayyita» (Ey Rabbim, bandalaring va hayvonlaringni suv ila sug’or, rahmatingni yoy va o’lik shaharlaringni tiriltir), deb duo qilardilar. Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Laylo 25 Sentyabr 2006, 13:24:12
453/4. Oishadan (r.a,) rivoyat qilinadi. Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yomg’ir yog’mayotganidan shikoyat qilishganida, u zot namozgohga bir minbar qo’yishni buyurdilar va u yerga chiqishga va’da berdilar. Quyosh ko’rina boshlaganida chiqib, minbarga o’tirdilar, Allohga takbir va hamd aytdilar, so’ng: «Sizlar diyoringiz qurib, yomg’ir kechikkanidan shikoyat qilyapsizlar. Alloh taolo sizlarga duo qilishni buyurib va uni ijobat etishni va’da qilgan», dedilar va:

«Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyn. Arrohmanir rohiym, maliki yavmiddiyn, la ilaha illallohu yaf’alu ma yuriyd. Allohumma antallohu la ilaha illa antal g’oniyyu va nahnul fuqorou anzil ‘alaynal g’oysa vaj’al ma anzalta lana quvvatan va balag’on ila hiyn» (Olamlar rabbi Allohga hamd bo’lsin. U rahmon va rahim sifatli zotdir, qiyomat kunining podshosidir. Allohdan boshqa iloh yo’q, u xohlagan narsasini qiladi. Ey Rabbim, Sendan boshqa iloh yo’q, Sen boydirsan, bizlar kambag’almiz. Bizga  yomg’irni yog’dir va yomg’iringni bizga quvvat va uzoq vaqtga yetadigan qil), degan duoni o’qidilar. So’ngra qo’llarini ko’tarib duo qilishda bardavom bo’ldilar, hatto qo’ltiqlarining oqi ko’rindi. So’ngra insonlarga orqalarini qilib, ridolarini yaxshilab tuzatib oldilar-da, qo’llari ko’tarilgan holda odamlarga yuzlandilar va tushib, ikki rak’at namoz o’qidilar. Shunda Alloh taolo bulutlarni keltirdi, momaqaldiroq gumburlab, chaqmoq chaqdi. So’ngra Allohning izni bilan yomg’ir yog’di. Masjidlariga yetmasdan turib, sel oqa boshladi. Kishilarning uylariga shoshayotganlarini ko’rib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kulib yubordilar, qoziq tishlari ko’rinib ketdi. Keyin:

«Ashhadu annalloha ‘ala kulli shay`in qodiyr, va anniy ‘abdullohi va rosuluh» (Guvohlik beramanki, Alloh har bir narsaga qodir va men Allohning quli va rasulidirman), dedilar. Abu Dovud rivoyatlari

Istisqo namozi hayit namoziga o’xshab o’qiladi va shu tarzda xutba qilinadi. Unda Allohga takbir, hamd va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytiladi. Iloji boricha istig’for ko’paytiriladi va:

«Istag’firu robbakum innahu kana g’affaro, yursilis sama`a ‘alaykum midroro» (Parvardigoringiz Allohdan mag’firat so’ranglar, albatta, U o’ta mag’firatli bo’lgan zotdir. (Shunda) U zot ustlaringizga osmondan yomg’ir quydirur) (Nuh surasi, 10 — 11), oyatlari o’qiladi.

Umar (r.a.) agar yomg’ir so’rasalar, duolarining aksari istig’for bo’lar edi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:24:44
136-bob. Qattiq shamol bo’lganda aytiladigan zikrlar

454/1. Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Agar qattiq shamol bo’lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Allohumma inniy as`aluka xoyroha va xoyro ma fiyha va xoyro ma ursilat bihi va a’uzu bika min sharriha va sharri ma fiyha va sharri ma ursilat bihi», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sendan uning yaxshisini, undagi yaxshilikni va u bilan yuborilgan narsaning yaxshisini so’rayman. Ey Rabbim, Sendan uning yomonidan, undagi yomonlikdan va u bilan yuborilgan narsaning yomonligidan panoh so’rayman.) Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:25:12
455/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v): «Shamol bandalarga yuborilgan rahmatdir. Gohida u rahmat bilan keladi, gohida azob bilan. Agar shamol essa, uni so’kmanglar. Allohdan uning yaxshisini so’rab, yomonidan panoh tilanglar», dedilar. Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:25:46
456/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam osmon ufqida to’plangan bulutni ko’rsalar, qilib turgan ishlarini to’xtatardilar, agar namozda bo’lsalar:

«Allohumma inniy a’uzu bika min sharriha» (Ey Rabbim, Sening noming ila uning yomonligidan panoh tilayman), deb aytardilar. Agar yomg’ir yog’sa:

«Allohumma sayyiban haniy`an» (Ey Rabbim, shaldirab oquvchi yoqimli yomg’ir yog’dir), deb aytardilar. Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:26:26
457/4. Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shamolni so’kmanglar, agar biror karih narsani ko’rsanglar:

«Allohumma inna nas`aluka min xoyri hazihir riyhi va xoyri ma fiyha va xoyri ma umirot bihi va na’uzu bika min sharri hazixir riyhi va sharri ma fiyha va sharri ma umirat bihi», deb aytinglar», dedilar.  (Ma’nosi: Allohim, Sendan shamolning yaxshisini va undagi yaxshiliklarni va u bilan buyurilgan narsalarning yaxshiligini so’rayman. Va Sendan, shamolning yomonidan, undagi yomonliklardan va u bilan buyurilgan yomonliklardan panoh so’rayman.) Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:26:37
458/5. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar shamol kuchaysa:

«Allohumma laqhan la aqiyman», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, bulutni suvlik qil, suvsiz qilib qo’yma.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:26:51
459/6. Anas ibn Molik va Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar biror katta ish sodir bo’lsa yoki qattiq shamol essa, ko’p takbir aytinglar, chunki u qora tutunni uzoqlashtiradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:27:32
460/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom agar shamol essa tizzalarini yerga qo’yib:

«Allohummaj’alha rohmatan va la taj’alha ‘azaba. Allohummaj’alha riyahan va la taj’alha riyha», deb aytardilar.  (Ma’nosi: Allohim, uni rahmat ayla, azob qilma. Allohim, uning osoyishtaligidan qil, kuchliligidan qilma.) Imom Shofe’iy «Al-umm» kitoblarida rivoyat qilganlar.

Alloh taolo kitobida aytadi:
«Biz ularning ustiga davomli nahs kunida bir dahshatli bo’ronni yubordik» (Qamar surasi, 19-oyat);

«Biz ularning ustiga tug’mas (foydasi yo’q) bo’ronni yuborgan edik» (Vaz-zoriyot surasi, 41-oyat);

«Biz shamollarni (bulutlarga) homilador bo’lgan hollarida yubordik» (Hijr surasi, 22-oyat);

«(Allohning qudrati ilohiyiga dalolat qiladigan) oyatlaridan (biri) — (yomg’ir haqida) xushxabar olib keluvchi shamollarni yuborishidir» (Rum surasi, 46-oyat).
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:28:38
461/8. Imom Shofe’iy aytadilar: «Bir kishi Rasululloh alayhissalomga kambag’alligidan shikoyat qilganida, u zot: «Sen shamolni so’kkansan, shekilli» dedilar».

Imom Shofe’iy bu hadis sharhida: «Biror kishi shamolni so’kishi joiz emas. Chunki ular Allohga itoat qiluvchi maxluq va askarlarning biridir. Uni xohlasa, rahmatga aylantirishi, yana xohlasa, o’ch qilishi mumkin», deganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:28:50
137-bob. Yulduz uchganda aytiladigan zikrlar

462/1. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Agar yulduz uchsa, unga qaramaslikka va:

«Ma sha`allohu la quvvata illa billah», deb aytishga buyurildik». (Ma’nosi: Alloh nimani xohlasa, bo’ladi. Allohdan boshqada biror quvvat yo’q.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:29:42
138-bob. Yulduz va chaqmoqga qarab ishora qilmaslik xususida

Urva ibn Zubayr (r.a.) aytadilar: «Agar birortangiz chaqmoq yoki yomg’irni ko’rsa, unga ishora qilmasin, balki uni sifatlasin». Imom Shofe’iy «Al-umm» kitoblarida rivoyat qilganlar va: «Hali ham arablar ishora qilishni karih ko’rishadi», deganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:29:58
139-bob. Momaqaldiroq ovozini eshitganda aytiladigan zikrlar

463/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar momaqaldiroq va gumburlagan chaqmoq ovozini eshitsalar:

«Allohumma la taqtulna big’ozobika va la tuhlikna bi’azabika va ‘afina qobla zalika», deb aytardilar.  (Ma’nosi: «Ey Rabbim, g’azabing bilan bizni o’ldirma, azobing bilan halok qilma va ana shundan (ya’ni, jonimizni olishingdan) oldin bizni ofiyatda qil). Imom Termiziy zaif isnod ila rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:30:08
464/2. Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) momaqaldiroq gumburlaganini eshitsalar, gapdan to’xtab:

«Subhanalziy yusabbihur ro’du bihamdihi val malaikatu min xiyfatih», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Allohni poklab yod etaman. Momaqaldiroq Allohga hamd aytish bilan tasbih aytur. Farishtalar ham undan qo’rqib tasbih aytur.)  Imom Molik «Muvatto’» kitobida sahih isnod ila rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:30:16
466/2. Rasululloh (s.a.v): «Duolar ijobatini askarlar dushmanga yo’liqqanda, namozga turilganda va yomg’ir yog’ayotganda talab qilinglar», dedilar. Imom Shofe’iy «Al-umm» kitoblarida mursal holda rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:35:52
141-bob. Yomg’irdan keyin aytiladigan zikrlar

467/1. Zayd ibn Xolid Juhaniy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hudaybiyada kechasi yoqqan yomg’irdan namiqqan yerda bizga bomdod namozini o’qib berdilar. Namoz tugaganidan keyin odamlarga yuzlanib: «Parvardigorlaringiz nima deb aytganini bilasizlarmi?» dedilar. Sahobalar: «Alloh va Uning rasuli bilguvchiroq», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo bandalarim Menga mo’min yoki kofir bo’lgan holda tong ottiradilar. Kim, Allohning fazli va rahmati sababli yomg’ir yog’dirildi, desa, ana shu kishi Menga iymon va sayyoraga kufr keltirgan bo’ladi. Ammo kimiki sayyoradagi undoq va bundoq o’zgarishlar sababli yomg’ir yog’dirildi desa, ana shu kishi Menga kufr va sayyoraga iymon keltirgan bo’ladi dedi», dedilar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:36:19
142-bob. Yomg’irning zararidan qo’rqilganda o’qiladigan duolar

468/1. Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: «Bir kishi juma kuni masjidga kirdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tik turib xutba aytayotgan edilar. Haligi kishi: «Ey Rasululloh, mollar halok bo’lib, ko’chalar huvillab qoldi. Allohdan so’rab bering, bizga yomg’ir yuborsin», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo’llarini ko’tarib:

«Allohumma ag’isna, Allohumma ag’isna, Allohumma ag’isna», (Ey Rabbim, yomg’ir ber, ey Rabbim, yomg’ir ber, ey Rabbim, yomg’ir ber), dedilar. O’shanda osmonda biror to’p yo tarqoq bulut yo’q edi. Bizga Sal’ tog’i shundoq ko’rinib turardi, o’rtamizda biror uy, hovli yo’q edi. Ana shu tog’ orqasidan qalqondek bir bulut chiqib, osmon o’rtasiga kelib yoyildi, so’ng yomg’ir yog’di. Allohga qasamki, (ko’p yoqqanidan) bir qancha payt quyosh ko’rinmay qoldi. Haligi kishi kelasi jumada yana o’sha eshikdan kirib keldi. Rasululloh o’shanda ham tik turib xutba aytayotgan edilar. U: «Ey Rasululloh, mollar halok bo’lib, ko’chalar huvillab qoldi. Allohga duo qiling, yomg’irni to’xtatsin», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki qo’llarini ko’tarib:

«Allohumma havaliyna va la ‘alayna Allohumma ‘alal akami vazzirobi va butunil avdiyati va manabitish shajari» (Ey Rabbim, atrofimizga yog’dir, ustimizdan yog’dirma, ey Rabbim, uni tepaliklarga, tog’larga, vodiylarga, daraxtzorlarga yog’dir), dedilar. Keyin yomg’ir to’xtadi, biz ko’chaga chiqdik va quyosh nuri ostida yurib ketdik». Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:36:32
143-bob. Taroveh namozidagi zikrlar

Bilingki, taroveh namozi sunnat amaldir. Bunga hamma ulamolar ittifoq qilishgan. U yigirma rak’atdir. Har ikki rak’atda salom beriladi. Tarovehning sifati xuddi boshqa namozlar singaridir. Buni yuqorida ko’rib o’tdik.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:36:50
144-bob. Hojat namozidagi zikrlar

469/1. Abdulloh ibn Abu Avfodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Alloh taologa yoki odam bolalaridan birortasiga hojati bo’lsa, chiroyli tahorat olib, ikki rak’at namoz o’qisin va Allohga sano, Rasulullohga salovot aytib, so’ng ushbu duoni o’qisin:

«La ilaha illallohul haliymul kariym. Subhanallohi robbil ‘arshil ‘aziym. Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyn. As`aluka mujibati rohmatika va ‘azoima mag’firotika val g’oniymata min kulli birrin, vassalamata min kulli ismin, la tada’ liy zanban illa g’ofartahu va la hamman illa farrojtahu va la hajatan hiya laka rizon illa qozaytaha ya arhamar rohimiyn». (Ma’nosi: Halim va karim sifatli Allohdan boshqa iloh yo’q. Ulug’ arsh rabbi Allohni poklab yod etaman. Olamlar rabbi Allohga hamd bo’lsin. Rahmatingga mustahiq bo’ladigan narsani, mag’firatingni vojib qiladigan narsani, har bir yaxshilikda g’animatni va har bir gunohdan salomat bo’lishni so’rayman. Menda biror gunoh qoldirmasdan mag’firat qilishingni, biror g’am qoldirmasdan ochib yuborishingni va o’zing rozi bo’ladigan biror hojat qoldirmasdan ravo qilishingni so’rayman, ey rahm qilguvchilarni Rahmlisi.) Imom Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:37:02
470/2. Usmon ibn Hunayf (r.a.) rivoyat qiladilar: «Ko’zi ojiz bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Alloh menga ofiyat-sihat berishini so’rab duo qilsangiz», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xohlasang duo qilaman, xohlasang sabr qil, ana shu sabr qilishing sen uchun yaxshidir», dedilar. Haligi kishi duo qilishlarini so’radi, Nabiy alayhissalom unga chiroyli tahorat olishni, so’ng ushbu duoni aytishni buyurdilar:

«Allohumma inniy as`aluka va atavajjahu ilayka binabiyyika Muhammadin nabiyyir rohmati sollallohu alayhi vasallam, ya Muhammadu, inniy tavajjahtu bika ila robbiy fiy hajatiy hazihi lituqzo liy. Allohumma fashaffi’hu fiyya». (Ma’nosi: Allohim, men payg’ambaring Muhammad alayhissalom bilan Senga yuzlanib, Sendan so’rayman. Ey Muhammad alayhissalom, men bu hojatim ravo bo’lishi uchun siz bilan Rabbimga yuzlandim. Ey Rabbim, ana shunda u kishini menga shafoatchi qil.) Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:37:22
145-bob. Tasbih namozidagi zikrlar

Abu Vahb aytadilar: «Abdulloh ibn Muborakdan tasbih aytib o’qiladigan namoz haqida so’raganimizda u zot: «Takbir aytib quloq qoqadi, so’ngra:

«Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va ta’ala jadduka va la ilayha g’oyruk»ni o’qib, ortidan

«Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar»ni o’n besh marta aytadi, so’ngra a’uzu bilan bismillohni, Fotiha va zam surani o’qiydi, keyin o’n marta yana «Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illalohu vallohu akbar»ni aytib, ruku’ qiladi, ana shu kalimalarni o’n marta aytadi. So’ng ruku’dan boshini ko’tarib, yana o’n marta aytadi. So’ngra sajdada o’n marta va sajdadan boshini ko’targanida ham o’n marta aytadi. Ikkinchi sajdada yana o’n marta ana shu kalimalarni aytadi. Mana shunday qilib, to’rt rak’at o’qiydi. Bular har ra’katda yetmish beshtadan bo’lib to’rt rak’atda uch yuzta bo’ladi», dedilar».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:37:29
471/1. Abu Rofe’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh  sollallohu alayhi vasallam Abbosga (r.a.): «Ey amaki, men sizga qarindoshlik qilmaymi, sizni yaxshi ko’rmaynmi, sizga manfaat bermaymi?» deganlarida, Abbos (r.a.): «Albatta, bularning hammasini qiling, ey Rasululloh», deb javob qildilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unda to’rt rak’at namoz o’qing va har bir rak’atida Fotiha bilan zam surani o’qing. Agar qiroatni tugatsangiz, ruku’dan oldin «Allohu akbar valhamdu lillahi va subhanallohi», deb o’n besh marta ayting, so’ng ruku’ qilib, u kalimani o’n marta ayting. Ruku’dan boshingizni ko’tarib, yana o’n marta ayting, so’ng sajda qilib, tag’in o’n marta ayting. Sajdadan boshingizni ko’targaningizda turishdan oldin ham o’n marta ayting. (Ikkinchi sajdada ham o’n marta aytiladi.) Ana shunda har rak’atda yetmish beshta bo’ladi. To’rt rak’atda uch yuzta bo’ladi. Agar gunohingiz zich qum zarralari sonicha bo’lsa ham, Alloh taolo kechirib yuboradi», dedilar. Abbos (r.a.): «Ey Rasululloh, bir kunda bularni aytishga kim qodir bo’la olardi?» deb so’radilar. Rasululloh: «Agar bir kunda qodir bo’lmasangiz, har juma kuni ado eting. Har juma ado etolmasangiz, har oyda ado eting. Mana shundoq aytishda davom etib, uni bir yilda bir marta bo’lsa ham, ado eting», dedilar. Imom Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. Termiziy buni g’arib xadis deb aytganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:38:00
146-bob. Zakotga ta’alluqli zikrlar

Alloh taolo Tavba surasining 103-oyatida:  «(Ey Muhammad), siz ularning mollaridan bir qismini o’zlarini tozalab poklaydigan sadaqa sifatida oling va ularning haqlariga duo qiling», deb aytgan.

472/1. Abdulloh ibn Abu Avfodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror qavm sadaqa olib keladigan bo’lsa,

«Allohumma solli alayhim» (Ey Rabbim, ularga rahmatingni yubor), deb aytardilar. Abu Avfo sadaqa bilan kelganlarida ham:

«Allohumma solli ‘ala ali Abi Avfa» (Allohim, Abu Avfo oilasiga rahmatingni yubor), deb aytganlar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari

Imom Shofe’iy zakot oluvchi zakot beruvchiga agar xohlasa: «Ajarokallohu fiyma a’toyta va ja’alahu laka tohuron va baroka laka fiyma abqoyta», deb aytsin, deydilar. (Ma’nosi: Berganingizga Alloh ajr ato etsin, uni sizga poklovchi qilsin, qolganiga Alloh baraka bersin.)

Fasl: Zakot, sadaqa, nazr, kafforat yoki shunga o’xshash narsalarni beruvchi kishi: «Robbana taqobbal minna innaka antas samiy’ul ‘aliym», deb aytish mustahabdir. (Ma’nosi: Ey Rabbimiz, bizdan qabul et, albatta, Sen eshitguvchi va bilguvchi zotsan.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:38:46
RO’ZA ZIKRLARI KITOBI

147-bob. Oyni yangi chiqqanda yoki keyin ko’rganda aytiladigan zikrlar

473/1. Talha ibn Ubaydullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yangi chiqqan  oyni ko’rsalar:

«Allohumma ahillahu ‘alayna bilyumni val iymani vassalamati val islam. Robbiy va Robbukalloh», deb aytardilar. (Ma’nosi: Ey Allohim, bizga bu oyni barakotli, iymon, salomatlik va islom oyi qil. (Ey hilol!) Mening rabbim ham, seni rabbing ham Allohdir.) Doramiy va Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:41:43
474/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yangi chiqqan oyni ko’rsalar:

«Allohu akbar, Allohumma ahillahu ‘alayna bil amni val iymani vassalamatu val islami vattavfiqi lima tuhibbu va tarzo. Robbuna va Robbukalloh», deb aytardilar. (Ma’nosi: Alloh ulug’dir, ey Rabbim, bizga bu oyni omonlik, iymon, salomatlik, islom, tavfiq, O’zing yaxshi ko’radigan va rozi bo’ladigan oy qil. (Ey hilol!) Mening rabbim ham, seni rabbing ham Allohdir.) Doramiy  rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:42:13
475/3. Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar yangi oyni ko’rsalar:

«Hilalu xoyrin va rushdin, hilalu xoyrin va rushdin, hilalu xoyrin va rushdin. Amantu billahillaziy xolaqoka», deb uch marta aytar, so’ngra:

«Alhamdu lillahillaziy zahaba bishshahri kaza va ja`a bishshahri kaza», der edilar. (Ma’nosi: Yaxshilik va hidoyat oyi, yaxshilik va hidoyat oyi, yaxshilik va hidoyat oyi. Seni xalq qilgan Allohga iymon keltirdim. U oyni ketkazib, bu oyni keltirgan Allohga hamd bo’lsin.) Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:42:29
Oyni ko’rganda aytiladigan duolar

476/4. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oy chiqqanida, mening qo’limdan ushlab: «Zulmatga cho’mgan kechaning yomonligidan Allohdan panoh so’ra», dedilar». Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:43:01
477/5. Zayyod Nomiyriy (r.a.) qilgan rivoyatlarida: «Rajab oyi kelsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Allohumma barik lana fiy rajab va sha’bana va ballig’na romazona», deb aytardilar», deyiladi. (Ma’nosi: Ey Rabbim, bizga rajab va sha’bon oyida baraka ato ayla va bizni ramazonga yetkaz.) «Hulyatul avliyo»da zaif isnod ila rivoyat qilingan
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:43:22
148-bob. Ro’zada aytiladigan mustahab zikrlar

478/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ro’za shahvatlardan to’suvchidir, agar birortangiz ro’za tutadigan bo’lsa, noloyiq so’zlarni aytib, johillik qilmasin, biror kishi urushib yoki so’kadigan bo’lsa, men ro’zadorman, deb ikki marta aytsin», dedilar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:43:45
479/2. Yana Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa kishining duosi  rad etilmaydi. Ular: Ro’zadorning og’zini ochgunicha qilgan duosi, odil imomning duosi, mazlumning duosi». Termiziy va Ibn Moja  rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:44:01
149-bob. Iftor paytida aytiladigan duolar

480/1. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar og’izlarini ochsalar: «Zahaba az-zamau vabtallatil uruqu va sabatal ajru inshaallohu ta’ala», deb aytardilar». (Ma’nosi: Chanqoqlik ketib, tomirlar ho’llanib, Xudo xohlasa, ajr sobit bo’ldi.) Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:44:29
481/2. Muoz ibn Zuhra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam iftor qilsalar:

«Allohumma laka sumtu va ‘ala rizqika aftortu», deb aytardilar». (Ma’nosi: Allohim, Sen uchun ro’za tutdim va Sen bergan rizq ila iftor qildim.) Abu Dovud mursal holatda rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:44:41
482/3. Muoz ibn Zuhradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar iftor qilsalar:

«Alhamdu lillahillaziy a’ananiy fasumtu va rozaqoniy faaftortu», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohga hamd bo’lsin. U menga yordam berdi, ro’za tutdim, menga rizq berdi, iftor qildim.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:45:30
483/4. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam iftor qilsalar:

«Allohumma laka sumna va ‘ala rizqika aftorna, fataqobbal minna innaka antas sami’ul ‘aliym», deb aytardilar». (Ma’nosi: Ey Rabbimiz, Sen uchun ro’za tutdik va Sen bergan rizq bilan iftor qildik. Bizdan qabul et. Albatta, Sen bilguvchi va eshitguvchi zotsan.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:45:43
484/5. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ro’zadorning iftor paytida qilgan duosi rad qilinmaydi», dedilar.
Ibn Abu Mulayka: «Abdulloh ibn Amr iftor qilsalar:

«Allohumma inniy as`aluka birohmatika allatiy vasi’at kulla shay`in an tag’firo  liy», deb aytardilar», deydi. (Ma’nosi: Ey Rabbim, har bir narsada keng qilib qo’ygan rahmatingni so’rayman, meni mag’firat ayla.) Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlar
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:46:09
150-bob. Biror qavmning huzurida iftor qilganda aytiladigan zikrlar

485/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn Ubodanikiga iftorlik qilgani borganlarida, u non va yog’ qo’ydi. Rasululloh sollallohu alyhi vasallam ulardan tanovul qilib, so’ng: «Aftora ‘indakum soimuna va akala to’amakum al-abroro va sollat ‘alaykum al-malaikah», deb aytdilar. (Ma’nosi: Ro’zadorlar sizlarning huzuringizda iftor qilishdi. Yaxshilar ovqatlaringizdan tanavvul qilishdi. Va farishtalar sizlarga salovot aytishdi.) Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:46:27
486/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror qavm huzurida iftor qilib, og’izlarini ochsalar: «Aftoro ‘indakumus soimun», deb yuqoridagi duoni oxirigacha aytar edilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:46:50
151-bob. Laylatul qadrda aytiladigan duo

487/1. Oisha (r.a.): «Ey Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, agar Laylatul qadr ekanini bilsam, nima deb aytaman», deb so’radilar, shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Allohumma innaka ‘afuvvun, tuhibbul ‘afva fa’fu ‘anniy», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sen afv qilguvchisan va afv qilishni yaxshi ko’rasan. Meni afv et.) Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari

Ulamolar Qadr kechasida mana shu duoni o’qishni, Qur’on tilovat qilishni va boshqa duo-zikrlarni ko’p aytishni mustahab deyishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:47:15
152-bob. E’tikofda aytiladigan zikrlar

E’tikofga o’tirgan kishi Qur’on tilovati va zikrlar bilan mashg’ul bo’lishi mustahab amallardir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:47:52
HAJ  ZIKRLARI KITOBI

153-bob. Haj zikrlari bobi

Bilingki, hajning zikr va duolari juda ko’pdir. Lekin ulardan muhimlarini aytib o’tamiz. Bu zikrlar ikki qism: 1) safardagi zikrlar; 2) hajning o’zidagi zikrlar.

Safardagi zikrlarni, inshaalloh, o’rnida zikr qilamiz. Ammo Hajdagi zikrlarni haj amallari tartibiga binoan bayon etamiz. Bu bob juda uzun bo’lgani sababli, o’quvchiga malol kelmasligi uchun muxtasar uslubni tanladik.

Kim ehrom kiymoqchi bo’lsa, avval tahorat oladi, so’ng g’usl qilib, izor va ridosini kiyadi. Tahorat, g’usl va kiyim kiyishdagi duolarni oldingi boblarda zikr qildik, o’shalarni aytadi. Keyin ikki rak’at namoz o’qiydi. Birinchi rak’atda «Qul ya ayyuhal kafirun»ni, ikkinchi rak’atida «Qul huvallohu ahad»ni o’qiydi. Namozdagi zikrlarni aytadi. Namozni tugatganidan keyin xohlaganicha duo qiladi. Agar ehrom kiyishni xohlasa, qalbi bilan niyat qilib, ushbu duolarni o’qiydi:

«Navaytul hajja va ahramtu bihi lillahi azza va jalla». (Ma’nosi: Hajni niyat qilib, Alloh azza va jalla yo’lida ehrom kiydim.)

Yoki: «Allohumma inniy uriydul hajja fayassirhu liy va taqobbalhu minniy». (Ma’nosi: Ey Rabbim, haj  qilishni xohlayman, uni menga oson qilib, mendan qabul et.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:48:05
Va yana:

«Labbaykallohumma labbayk, labbayka la shariyka laka labbayk, innal hamda vanni’mata laka val mulk, la shariyka lak». (Ma’nosi: Labbay, Allohim, Senga itoatdaman. Senga itoatdaman. Sening sheriging yo’q. Labbay Senga. Albatta, hamd, ne’mat va mulk Senikidir. Sening sheriging yo’q.)

Bilingki, talbiya aytish sunnatdir. Uni tark qilsa ham, haj va umrasi sahih bo’laveradi, lekin Rasulullohga iqtido qilinmagan  bo’ladi. Ba’zilar uni vojib deb, haji sahih bo’lishi uchun aytishni shart qilishgan. Lekin avvalgi so’zimiz kuchliroqdir. Boshqa kishi uchun ehrom kiyadigan bo’lsa: «Navaytul hajja va ahromtu bihi lillahi ta’ala ‘an fulan», deb talbiyani oxirigacha o’qiydi va kimning nomidan haj qilayotgan bo’lsa, o’shaning ismini aytadi.

Talbiyadan keyin Rasulullohga salovot aytiladi, o’ziga va dunyoyu oxirat ishlarida xohlagan kishisi haqqiga duo qiladi, Allohning roziligi va jannatini so’rab, do’zaxdan panoh tilaydi. So’ng yana talbiyani aytishni boshlaydi, iloji boricha ko’paytiradi. Tik turganda, o’tirganda, piyoda yurganda, biror narsa minib ketayotganda, yonboshlab o’tirganda, biror yerdan tushayotganda, sayr qilib yurganda, tahoratsiz, junub, hayz holatida, kunduzi, kechasi, saharda, do’stlar bilan jam bo’linganda, namoz so’ngida, masjidlarda, qo’yingki, tavof bilan sa’ydan tashqari hamma vaqt talbiya aytish mustahabdir. Tavof bilan sa’yda esa, o’zining maxsus duolari bor, ana shu duolar ila mashg’ul bo’linadi.

Talbiyani aytishda unga mashaqqat bo’lmasa, ovozini balandlatadi. Lekin ayollar ovozini ko’tarmaydi. Talbiya har gal uch martadan qaytariladi. Uning orasi gap bilan bo’linmaydi. Agar biror kishi salom bersa, javob qaytaradi. Lekin talbiya aytayotgan kishiga salom berish karih amaldir. Agar biror ajablanarli narsa ko’rsa: «Labbayka innal ‘aysha ‘ayshul axiroti», deb Rasulullohga iqtido qilgan holda aytadi. (Ma’nosi: Toatingdaman, haqiqiy yashash oxiratdagi yashashdir.) Ana shu talbiyani nahr kuni Aqabada tosh otguncha yoki ifoda tavofini ado etgunicha aytadi. Mana shu amallardan birortasiga kirishsa, talbiyani to’xtatib, takbir bilan mashg’ul bo’ladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:48:30
Fasl: Agar ehromdagi kishi Makkadagi haramga yetsa (Alloh uning sharafini ziyoda qilsin), quyidagi duoni o’qishi mustahabdir:

«Allohumma haza haromuka va amnuka faharrimniy ‘alan nari va amminiy min ‘azabika yavma tab’asu ‘ibadaka vaj’alniy min avliyaika va ahli to’atik». (Ma’nosi: Ey Rabbim, bu Sening haraming va omonlik yeringdir. Do’zaxni menga harom et. Azobingdan meni omon saqla. Meni avliyolaring va toat ahli qatorida qil.)

Fasl: Kim Makkaga kirgach, ko’zi Ka’baga tushsa, quyidagi duoni o’qiydi. Chunki Ka’bani ko’rganda musulmonning qilgan duosi ijobat qilinadi, deyilgan:

«Allohumma zid hazal bayta tashriyfan va ta’ziyman va takriyman va mahabatan va zid man sharrofahu va karromahu mimman hajjahu av i’tamarohu tashriyfan va takriyman va ta’ziyman va birron», deydi. (Ma’nosi: Ey Rabbim, bu uyning sharafini, ulug’ligini, hurmatini, haybatini ziyoda qil. Va uni sharaflagan, hurmatlagan, haj qilgan, umrani bajargan kishilarning sharafini, ulug’ligini, yaxshiligini ziyoda et). Yana:

«Allohumma antas salamu va minkas salamu hayyina robbana bissalam», deb aytadi. (Ey Rabbim, Sen salom sifatli zotsan, salomatlik Sendan. Bizni salomatlik ila tiriltir.), deb aytadi. So’ngra dunyo va oxirat yaxshiliklarini so’rab, xohlaganicha duo qiladi. Masjidga kirganda esa, masjidga kirish duosini o’qiydi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:49:07
Atodan qilingan rivoyatda, Rasululloh agar Baytullohga yo’liqsalar,

«A’uzu birobbil bayti minal kufri val faqri va ziyqis sodri va ‘azabil qobri», deb aytardilar. (Ma’nosi: Baytullohning Rabbi ismi ila kufrdan, kambag’allikdan, qalb ziqnaligidan, qabr azobidan panoh tilayman.)

Baytullohga kirilganida, quyidagi duoni o’qish ham yaxshi amaldir: «Allohumma antas salam va minkas salam va ilayka yarji’us salam, hayyina robbana bis salam va adxilna daroka daros salam. Tabarokta robbana va ta’alayta ya zal jalali val ikrom». (Ma’nosi: Ey Allohim, Sen salomsan, salom Sendandir. Salom Senga qaytuvchidir. Ey Rabbimiz bizni salom bilan tiriltir, hovling bo’lmish salom hovlisiga bizlarni kirit. Ey Rabbimiz, bizni barakotli va oliy qil. Sen ulug’ va hurmatli zotsan.)

Fasl: Hajarul asvadni ushlaganda va tavofning boshlanishida:
«Bismillahi vallohi akbar, Allohumma iymanan bika va tasdiyqon bi kitabika va vafa`an biahdika vattiba’an lisunnati nabiyyka sollallohu alayhi vasallam», deb, aytish mustahab amal. (Ma’nosi: Alloh nomi bilan Uni ulug’lab, Ey Rabbim, Senga iymon keltirib, kitobingni tasdiqlab, ahdingga vafo qilib, Payg’ambaringning sunnatiga tobe’ bo’lib boshlayman.)

Har gal Hajarul asvadga yetganida ana shu duoni o’qiydi. Avvalgi uch aylanishda

«Allohummaj’alhu hajjan mabruron va zanban mag’furon va sa’yan  mashkuron», deydi. (Ma’nosi: Allohim, hajni qabul bo’ladigan, gunohni kechiriladigan va harakatni maqtaladigan qil.) Qolgan to’rt aylanishda:

«Allohummag’fir varham va’fu ‘amma ta’lam va antal a’azzul akrom. Allohumma robbana atina fiddunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar», deb aytadi. (Ma’nosi: Allohim, mag’firat qil, rahm ayla, bilgan narsalaringni afv et. Sen aziz va karamli zotsan. Ey Rabbim, dunyoyu oxiratda bizga yaxshilik ber va bizni do’zax azobidan saqla.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:49:24
Imom Shofe’iy (r.a.): «Tavofda aytiladigan narsalarni eng yaxshisi «Allohumma robbana atina fiddunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar», deganlar.

 Kishi tavofdan keyin dini va dunyosida yaxshi ko’rgan narsalarini so’raydi. Agar bir kishi duo qilib, qolganlar omiyn deb tursa ham, bo’ladi.

Hasandan (r.a.) rivoyat qilinishicha, duolar quyidagi o’n besh o’rinda ijobat etiladi: tavofda, multazamda, mezob ostida, Baytullohda, Zamzam qudug’i oldida, Safo va Marva ustida, ular orasidagi sa’y qilinadigan yerda, maqomi Ibrohim orqasida, Arafotda, Muzdalifada, Minoda va uchta tosh otiladigan yerda. Kim mana shu o’rinlarda duo qilishga jiddu jahd etmasa,  ko’p narsadan mahrum bo’libdi.

Ibn Umar (r.a.) tavofda: «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku val lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», deb aytardilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:49:49
Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ka’batullohni yetti marta tavof qilib, gapirmasdan, faqat: «Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illalohu vallohu akbar va la havla va la quvvata illa billahil ‘aliyyil ‘aziym», deb aytsa, u kishining o’nta yomonligi o’chirilib, o’nta hasanot yoziladi va darajasi o’n barobar ko’tariladi», dedilar.

Tavofni tugatgach, undan keyin o’qiladigan ikki rak’atni ham ado etgach, istaganicha duo qiladi, so’ng quyidagi duoni ham o’qiydi:

«Allohumma ana ‘abduka vabnu ‘abdika ataytuka bizunubin kasiron va a’malin sayyiah va haza maqomul ‘aizi bika minan nari fag’firliy innaka antal g’ofurur rohiym». (Ma’nosi: Ey Allohim, men Sening qulingman va qulingning o’g’liman, huzuringga ko’p gunohlar va yomon amallar ila keldim. Bu yer do’zaxdan panoh tilanadigan maqomdir. Mening gunohlarimni kechir, Sen gunohlarni kechiruvchi rahmli zotsan.)

Fasl. Multazam, ya’ni Ka’ba bilan Hajarul asvad orasida qilinadigan ma’sur duo:

«Allohumma lakal hamdu hamdan yuvafiy ni’amaka va yukafiu maziydaka, ahmaduka bijami’i mahamidika ma ‘alimtu minha va ma lam a’lam ‘ala jami’i ni’amika ma ‘alimtu minha va ma lam a’lam va ‘ala kulli hal. Allohumma solli va sallim ‘ala Muhammadin va ‘ala ali Muhammad. Allohumma a’izniy minash shaytonir rojiym va a’izniy min kulli suin va qonni’niy bima rozaqtaniy va barik liy fiyhi. Allohummaj’alniy min akromi vafdika ‘alayka va alzimniy sabiylal istiqomati hatta alqoka ya robbal ‘alamiyn». So’ng xohlasa, o’zi yaxshi ko’rgan boshqa duolarni ham o’qiydi. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Senga hamd bo’lsin, ana shu hamd ila ne’matlaringni to’la-to’kis qilib, ziyodaliging ila mukofotla. Men bilgan va bilmagan ne’matlaringning hammasiga men bilgan va bilmagan hamd aytish lozim bo’lgan narsalarning bariga har bir holatda hamd aytaman. Ey Rabbim, Muhammad alayhissalomga va u kishining oilalariga salovotlar bo’lsin. Ey Rabbim, meni la’natlangan shaytondan asra. Har bir yomonlikdan saqla. Rizq qilib bergan narsangda meni qanoatli et, uni menga barakotli qil. Ey Rabbim, meni O’zingga  mehmon bo’lib kelganlarning eng hurmatlisi qil. Ey olamlar Rabbi, Senga yo’liqqunimcha meni to’g’ri yo’lda mustahkam qil, istiqomat yo’lida mustahkam ayla.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:50:04
Fasl. Ka’bani shimol tarafidagi «hijr»da, ya’ni meyzob ostida ham duolar ijobat bo’ladi. U yerda quyidagi ma’sur duo o’qiladi:

«Ya Robbi, ataytuka min shuqqatin ba’iydatin muammilan ma’rufaka faanilniy ma’rufan min ma’rufika tug’niniy bihi ‘an ma’rufi man sivaka ya ma’rufan bilma’rufi». (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening yaxshiliklaring umidida uzoq maskanlardan keldim. Yaxshiliklaringga meni yetkaz. O’zingdan boshqalarning yaxshiligidan meni behojat qil, ey yaxshilik qiluvchilarni Yaxshisi.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:50:18
Fasl. Ka’bada qilinadigan duolar

488/1. Usoma  ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ka’baga kirsalar, yuzlari va chakkalarini unga qo’yar, so’ng Allohga hamdu sano aytib, so’raydigan narsalarini so’rar va istig’for aytar edilar. So’ngra Ka’baning har bir ustunlariga borib, Allohga takbir, tahlil, tasbih, sano, iltijo, istig’for aytardilar. Keyin chiqib ketardilar. Imom Nasoiy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:50:46
Fasl. Safo va Marva o’rtasidagi sa’yda ham duo qilinsa, ijobat bo’ladi. Sa’yda «Innas safa val marvata min sha`a’irillahi, ibdau bima badaallohu bihi», deb o’qiydi. Safoda uzoq turib, Ka’baga yuzlangan holda, takbir aytadi, so’ng ushbu duoni o’qiydi:

«Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd, Allohu akbar ‘ala ma hadana valhamdu lillahi ‘ala ma avlana la ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu yo’hyiy va yo’miytu biyadihil xoyru va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr. La ilaha illallohu anjaza va’dahu va nasoro ‘abdahu va hazamal ahzaba vahdahu la ilaha illallohu va la na’budu illa iyyahu muxlisiyna lahud diyna va lav karihal kafirun, Allohumma innaka qulta: Ud’uniy astajib lakum va innaka la tuxliful miy’ad va inniy as`aluka kama hadaytaniy lil islam an la tanzi’ahu minniy hatta tatavaffaniy va ana muslim». (Ma’nosi:  Alloh ulug’dir, Alloh ulug’dir, Alloh ulug’dir, Allohga hamd bo’lsin. Bizni hidoyatga boshlagan Alloh ulug’dir. Bizni valiy - do’st qilgan Allohga hamd bo’lsin. Yakka Allohdan boshqa iloh yo’q. Uni sherigi ham yo’q. Mulk va hamd Unikidir. U o’ldiradi va  tiriltiradi. Yaxshilik Uning qo’lida. U har bir narsaga qodirdir. Allohdan boshqa iloh yo’q. U va’dasini bajardi, qulini g’olib etdi, guruhlarni yolg’iz O’zi mag’lub qildi. Allohdan boshqa iloh yo’q. Ungagina ibodat qilamiz. Uning dinigagina ixlos qilamiz, garchi kofirlar xushlamasalar ham. Ey Rabbim, «Menga duo qilinglar ijobat qilaman», degan eding. Albatta, Sen va’dangga xilof qilmaysan. Meni Islomga hidoyat qilganingdek, uni mendan tortib olmasligingni, musulmon holimda vafot ettirishingni so’rayman.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:50:58
Ibn Umar (r.a.) Safoda turganlarida quyidagi duoni o’qir edilar:

«Allohumma a’simna bidiynika va tova’iyatika va tova’iyati rosulika sollallohu alayhi vasallam va jannibna hududaka, Allohummaj’alna nuhibbuka va nuhibbu mala`ikataka va anbiyaaka va rusulaka va nuhibbu ‘ibadakas solihiyn, Allohumma habbibna ilayka va ila mala`ikatika va ila anbiyaika va rusulika va ila ‘ibadikas solihiyn, Allohumma yassirna lilyusro va jannibnal ‘usro, vag’firlana fil axiroti val ula vaj’alna min aimmatil muttaqiyn». (Ma’nosi: Allohim, diningda bizni mustahkam et, O’zingning va rasulingning toatida qil. Hududlaringdan oshib o’tishdan bizni saqla. Ey Rabbim, bizni O’zingni, farishtalaringni, rasullaringni va solih bandalaringni yaxshi ko’radiganlardan qil. Allohim,  bizni O’zing, farishtalaring payg’ambar va rasullaring hamda solih bandalaring yaxshi ko’radiganlardan qil. Allohim, bizga oson qil va qiyinchilikni ketkaz. Dunyo va oxiratda bizni mag’firat etib, muttaqiylarning peshvolaridan qil.) U zot Safo va Marva oralig’idagi sa’ydan qaytishlarida quyidagi duoni o’qirdilar:

«Robbig’fir varham va tajavaz ‘amma ta’lamu innaka antal a’azzul akrom. Allohumma atina fid dunyo hasanatan va fil axirati hasanatan va qina ‘azaban nar». (Ma’nosi: Ey Rabbim, mag’firat qil, rahm ayla va mendagi bilgan narsalaringni kechib yubor. Albatta, Sen aziz va karamli zotsan. Allohim, dunyoda va oxiratda yaxshiliklar ber va do’zax azobidan bizni saqla.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:51:11
Sa’y qilinganida, har bir makonda quyidagi duo aytiladi:

«Allohumma ya muqollibal qulub, sabbit qolbiy ‘ala diynik, Allohumma inniy as`aluka mujibati rohmatika va ‘aza`ima mag’firotika vas salamata min kulli ismin val favza bil jannati van najata minan nar. Allohumma inniy as`alukal huda vat tuqo val ‘afaf val g’ina. Allohumma a’inniy ‘ala zikrika va shukrika va husni ‘ibadatik. Allohumma inniy as`aluka minal xoyri kullihi ma ‘alimtu minhu va ma lam a’lam va a’uzu bika minash sharri kullihi ma ‘alimtu minhu va ma lam a’lam. Va as`alukal jannata va ma qorroba ilayha min qovlin av ‘amalin va a’uzu bika minan nari va ma qorroba ilayha min qovlin av ‘amalin». (Ma’nosi: Ey qalblarni buruvchi Zot, qalbimni diningda sobit qil. Ey Allohim, rahmatingga mustahiq bo’ladigan narsani, mag’firatingni vojib qiladigan har gunohdan salomat bo’lishni, jannat bilan zafar qozonishni, do’zaxdan najot topishni so’rayman. Allohim, Sendan hidoyatni, taqvoni, iffatni, behojatlikni tilayman. Allohim, Seni zikr qilishda, shukringni bajo keltirishda va ibodatingni chiroyli qilishda yordam berishingni so’rayman. Allohim, Sendan bilgan-bilmaganim barcha yaxshiliklarni so’rayman. Va Sendan bilgan-bilmaganim yomonliklardan panoh so’rayman. Yana men  jannatingni va unga yaqin qiluvchi so’z va amalni so’rayman, do’zaxingdan va do’zaxingga yaqin qiluvchi so’z va amaldan panoh tilayman.) Bundan tashqari, sa’y mahali zikr, duo va Qur’on tilovati bilan ham mashg’ul bo’laveradi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:51:31
Fasl. Makkadan Minoga chiqib ketayotganda, quyidagi duoni o’qish mustahabdir:

«Allohumma iyyaka arju va laka ad’u, faballig’niy soliha ‘amaliy vag’firliy zunubiy, vamnun ‘alayya bima mananta bihi ‘ala ahli to’atika innaka ‘ala kulli shay`in qodiyr». (Ma’nosi: Ey Alloh, Sendan umid etaman, Senga duo qilaman, orzularimning yaxshisiga meni yetkaz, gunohlarimni kechir, toat ahlingga bergan narsangni menga ham ber. Albatta, Sen har narsaga qodir zotsan.)

Minodan Arofatga ketayotganda,  ushbu duo o’qiladi:   

«Allohumma ilayka tavajjahtu va vajhakal kariyma arodtu faj’al zanbiy mag’furon va hajjiy mabruron varhamniy va la tuxayyibniy innaka ‘ala kulli shay`in qodiyr». (Ma’nosi: Ey Allohim, Senga yuzlandim, mukarram yuzingni iroda qildim. Gunohlarimni mag’firat,  hajimni qabul qil. Menga rahm ayla, noumid qilma, albatta, Sen har narsaga qodir zotsan.)

Bu duodan tashqari talbiya, Qur’on tilovati va boshqa duo-zikrlar bilan ham mashg’ul bo’ladi. Shuningdek:

«Allohumma atina fid dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar»ni aytadi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:51:51
Arafotda aytilishi mustahab bo’lgan  duo va zikrlar

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Duolarning eng yaxshisi arafa kunidagisidir. Men va mendan oldingi payg’ambarlar aytgan narsalarning eng yaxshisi

«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr»dir».

Arafotda zikr va duolar ko’paytiriladi. Chunki bu kun yilning duo qilish uchun eng yaxshi fursatidir, hajning eng ulug’ amali, maqsadi va e’timod qilinganidir. Shundoq ulug’ kunda banda zikr, duo, Qur’on tilovatiga  o’zi, ota-onasi, qarindoshlari, do’stu birodarlari va jamiki musulmonlar haqqiga duo qilishga bor kuch-quvvatini sarf etadi, ulug’ kunning buyuk imkoniyatlaridan bebahra qolib, vaqtini behuda o’tkazishdan o’zini saqlaydi. U kunda duolar saj’ -- qofiya bilan aytilmaydi. Chunki saj’ qalbdan xushu’ va xuzu’ni, o’zni xor tutish kabi narsalarni ketkazadi. Lekin yodlangan duolar qofiyali bo’lsa, zarari yo’q. Duo qilayotganda ovozini pasaytirib aytish sunnatdir. Yana shu kunda chin qalbdan istig’for aytiladi, tavba qilinadi. Duolar takror-takror aytilaveradi. Duolar Allohga hamdu sano va Rasululohga salovot va salom aytish bilan tugatiladi. Duo qilayotganda, albatta, tahoratli bo’lib, qiblaga yuzlangan holda turiladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:52:26
489/2. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam arafa kuni o’sha joyda:

«Allohumma lakal hamdu kallaziy naqulu va xoyron mimma naqulu, Allohumma laka solati va nusukiy va mahyaya va mamatiy va ilayka maaliy va laka robbi turosiy, Allohumma inniy a’uzu bika min ‘azabil qobri va vasvasatis sodri va shattotil amri, Allohumma inniy a’uzu bika min sharri ma tajiy’u bihirriyhu», deb ko’p aytar edilar». (Ma’nosi: Allohim, aytgan narsalarimizda va aytgan narsalarimizning yaxshisida Senga hamd bo’lsin. Ey Rabbim, namozim, hajim, hayotu mamotim Sen uchundir. Oqibatim va merosim ham Sengadir. Ey Rabbim, Sendan qabr azobidan, qalb vasvasasidan va ishlar har turlik bo’lib ketishidan panoh tilayman. Allohim, Sendan noming ila shamol olib keladigan yomonlikdan ham panoh so’rayman.) Imom Termiziy rivoyatlari

Arafa kuni hojilar Payg’ambarimiz  aytgan ushbu duoni ko’p takrorlaydi, orada talbiya va boshqa  duolarni ham aytadi, bunda ham ixtiyor qilingan duo «Robbana atina fid dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar»dir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:52:45
Shuningdek, ushbu duolarni ham o’qiydi:

«Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiyron va innahu la yag’firuz zunuba illa anta fag’firliy mag’firotan min ‘indika varhamniy innaka antal g’ofurur rohiym». (Ma’nosi: Ey Rabbim, men o’z nafsimga ko’p zulm qildim. Albatta, sen gunohlarni mag’firat qilasan. Mening gunohlarimni huzuringda kechir, menga rahm qil, albatta, Sen kechiruvchi, rahmli zotsan.)

«Allohummag’firliy mag’firotan tuslih biha sha`niy fiddaroyni varhamniy rohmatan as’adu biha fiddaroyni va tub ‘alayya tavbatan nasuxan la ankusuha abadan. Va alzimniy sabiylal istiqomati la aziyg’u ‘anha abadan». (Ma’nosi: Ey Rabbim! Meni mag’firat qilginki, ana shu bilan ikki dunyoda sha’nim isloh bo’lsin. Menga rahm qilginki, ana shu bilan ikki dunyoda baxtli bo’lay. Menga nasux tavbasi ila tavbalanishni nasib etginki, abadiy u tavbani buzmay. Va meni to’g’ri yo’lda bo’lishni mustahkam et, abadiy undan og’may.)

«Allohumma unqulniy min zullil ma’siyah ila ‘izzit to’ah va ag’niy bihalalika ‘an haromika va bito’atika ‘an ma’siyatika va bifazlika ‘amman sivaka» (Ma’nosi: Ey Rabbim, gunoh xorligidan  toatning izzatiga ko’chir. Haloling bilan haromdan,  fazling bilan O’zingdan boshqalardan behojat qil.)

«Va navvir qolbiy va qobriy va a’izniy minash sharri kullihi vajma’liyal xoyro kullahu» (Ma’nosi: Qalbim va qabrimni nurlantir, yomonlikning hammasidan saqla va menda barcha yaxshiliklar  jamla.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:53:01
Fasl. Arafotdan Muzdalifaga ketayotganda, talbiya aytib, Qur’on tilovati va duolarni ko’paytirib, «La ilaha illallohu vallohu akbar»ni takrorlab boradi. Quyidagi duoni ham o’qiydi:

«Ilayka Allohumma arg’abu va iyyaka arju, fataqobbal nusukiy va vaffiqniy varzuqniy fiyhi minal xoyri aksaro ma atlubu va la tuhayyibniy innaka antallohul javadul kariym». (Ma’nosi: Ey Allohim, Senga rag’bat etaman, Sendan umid qilaman, hajimni qabul ayla, uni muvofiq qil. Meni talab qilganimdan ham ko’proq yaxshiliklar ila rizqlantir. Noumid qilma, albatta, Sen saxiy va qo’li ochiq Allohsan.)

Mana shu kecha hayit kechasidir. Hayit kunidagi zikrlar va kechani qoim bo’lib o’tkazish fazli haqida yuqorida aytildi. Bu kecha bilan birga, u makon ham sharaflidir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:53:43
Muzdalifa va Mash’arul haromda  aytilishi mustahab bo’lgan zikrlar

Alloh taolo Baqara surasining 198-oyatida: «Arafotdan tushgandan keyin Mash’arul haromda Allohni zikr qiling. U zot sizlarni garchi ilgari adashganlardan bo’lgan esangiz-da, haq yo’lga hidoyat qilgani kabi, sizlar ham u Zotni eslang, zikr qiling», deb buyuradi. Yuqorida aytganimizdek, Muzdalifada zikr, talbiya, Qur’on tilovati bilan mashg’ul bo’lib, quyidagi duoni ham o’qiydi:

«Allohumma inniy as`aluka an tarzuqoniy fiy hazal makani, javami’al xoyri kullihi va an tusliha sha`niy kullahu va an tasrifa ‘anniy ash sharro kullahu fainnahu la yaf’alu zalika g’oyruka va la yajudu bihi illa anta». (Ma’nosi: Ey Allohim, mana shu makonda meni hamma yaxshiliklar bilan rizqlantirishingni, butun sha’nimni isloh etishingni va mendan yomonlikning barchasini daf qilishingni so’rayman. Chunki Sendan boshqa buni qila olmaydi. Va Sendan boshqa kishi saxiylik qila olmaydi.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:54:14
Ana shu kuni bomdod namozini avval vaqtida o’qiydi. Takbir aytib, Mash’arul harom tomon yuradi. U Muzdalifa oxiridagi kichik bir tog’ bo’lib, «Quzax» deb nomlanadi. Agar unga ko’tarilish imkonini topsa, ko’tariladi. Ko’tarilishning imkoni bo’lmasa, uning ostida qiblaga yuzlanib, Allohga hamd, takbir, tahlil, tasbih aytib, duo va talbiyani ham ko’paytiradi. Shu yerda quyidagi duoni o’qish mustahab:

«Allohumma kama vaqoftana fiyhi va aroytana iyyahu favaffiqna lizikrika kama hadaytana vag’firlana varhamna kama va’adtana biqovlika va qovlukal haqqu». (Ma’nosi: Ey Rabbim, u yerda turg’izganingdek, uni bizga ko’rsat, zikringga muvofiq qilganingdek, hidoyat et. O’z so’zingda va’da qilganingdek, rahm etib, bizni mag’firat qil va Sening ushbu so’zing haqdir:

«Faiza afaztum min ‘arafotin fazkurulloha ‘indal mash’aril haromi vazkuruvhu kama hadakum va in kuntum min qoblihi laminaz-zolliyna summa afiyzuv min haysu afazon nasu vastag’firulloha innalloha g’afurur rohiym». (Arofatdan tushgandan keyin Mash’arul haromda Allohn i zikr qiling. U zot sizlarni ilgari adashganlardan bo’lsangiz-da, hidoyat qilgani kabi sizlar ham U zotni eslab zikr qiling. So’ngra odamlar tushgan tomondan tushinglar va Allohdan mag’firat qilishni so’ranglar, albatta Alloh kechiruvchi va rahmli zotdir.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:54:46
Va yana «Robbana atina fid dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar»ni aytish ko’paytiriladi. U yerda quyidagi duolarni o’qish mustahabdir:

«Allohumma lakal hamdu kulluhu va lakal kamalu kulluhu va lakal jalalu kulluhu va lakal taqdiysu kulluhu, Allohummag’firliy jamiy’a ma aslaftuhu va’simniy fiyma baqiya varzuqniy ‘amalan solihan tarza bihi ‘anniy ya zal fazlil ‘aziym». (Ma’nosi: Ey Allohim, hamd, kamollik, ulug’lik, muqaddaslikning hammasi Sengadir. Ey Rabbim, oldin qilgan gunohlarimning barchasini kech. Qolganlarida esa, meni saqla. Meni solih amallar bilan rizqlantir, ey ulug’ fazl Egasi, mendan ana shular ila rozi bo’lasan.)

«Allohumma inniy astashfi’u ilayka bixovassi ‘ibadika va atavassalu bika ilayka, as`aluka an tarzuqoniy javomi’al xoyri kullihi va an tamunna ‘alayya bima mananta bihi ‘ala avliyaika va an tusliha haliy fil axiroti vad dunya ya arhamar rohimiyn». (Ma’nosi: Ey Rabbim, xos bandalaring bilan Sendan shafoat so’rayman. Bu bilan Senga vasila  — qurbat hosil qilaman. Ey Rabbim, yaxshiliklarning barchasi ila meni rizqlantirishingni va avliyolaringga ato qilgan narsangni menga ham berishingni, dunyoyu oxiratda holatimni isloh qilishingni so’rayman, ey rahm qiluvchilarni Rahmlisi.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:55:15
Fasl.  Qurbonlik kuni Minoda aytilishi mustahab bo’lgan zikrlar.

Mash’arul haromdan Minoga qaytib kelinsa, quyidagi duo o’qiladi:
«Alhamdu lillahillaziy ballag’oniyha saliman mu’afan, Allohumma hazihi Mina qod ataytuha va ana ‘abduka va fiy qobzotika as`aluka an tamunna ‘alayya bima mananta bihi ‘ala avliyaika, Allohumma inniy a’uzu bika minal hirmani val musiybati fiy diyniy ya arhamar rohimiyn». (Ma’nosi: Bu yerga salomatlik va ofiyatda yetkazgan Allohga hamd bo’lsin. Ey Rabbim, mana shu Minoga keldim, men Sening qulingman, Sening qabzingdaman, avliyolaringga ato qilgan narsangdan menga ham ato qilishingni so’rayman. Ey Rabbim, mahrumlikdan va dinimda musibat bo’lishidan Sening noming ila panoh tilayman, ey rahm qiluvchilarni Rahmlisi.)

Jamratul aqabaga kelib, tosh otishga kirishsa,  talbiya aytishni to’xtatadi. Takbir bilan mashg’ul bo’lib, har toshni otganda takbir aytadi. U yerda duo uchun vaqf qilib turmaydi. Agar qurbonlikka hayvoni bo’lsa, so’yadi. Hayvonni so’yayotganda:

«Bismillahi vallohu akbar. Allohumma solli ‘ala Muhammadin va ‘ala alihi vasallim, Allohumma minka va ilayka taqobbal minniy», deb atadi. (Ma’nosi: Alloh nomi bilan. Alloh ulug’dir. Yo Rabbim, Muhammadga va u zotning oilasiga salovot va salom yo’lla. Yo Rabbim, mana shu qurbonlik Sendandir. Uni Sen uchun so’yyapman, mendan qabul et.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:56:08
Fasl. Tashriq kunlari Minoda aytilishi mustahab bo’lgan zikrlar.

490/3. Nubayshatulxoyr  Huzaliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tashriq kunlari yeyish, ichish va Allohni zikr qilish kunlaridir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari

Bu kunda zikr ko’paytiriladi. Zikrlarning eng yaxshisi esa, Qur’on tilovat qilishdir. Birinchi va ikkinchi «jamralar»da tosh otayotganda, Ka’baga yuzlanib, hamd, takbir, tahlil, tasbih aytib, xuzu’ va xushu’ ila duo qilinadi va Baqara surasini o’qish miqdoricha turiladi. Ammo uchinchi «jamra»da, ya’ni «jamratul ‘aqoba»da bunday qilinmaydi.

Fasl. Minodan tarqalganda, haj nihoyasiga yetadi. Hajga taalluqli zikrlar qolmaydi. Lekin hojilar musofir bo’lgani sababli takbir, tahlil, hamd va boshqa musofirga mustahab zikrlar bilan mashg’ul bo’ladi. Xudo xohlasa, bu to’g’rida kelgusi boblarda to’xtalamiz.

Makkaga kelib, umra qilishni xohlagan kishi, haj bilan umra orasida mushtarak bo’lgan amallardagi zikrlarni aytadi. U mushtarak amallar ehrom, tavof, sa’y, qurbonlik, soch oldirishdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:57:10
Zamzam suvini ichganda aytiladigan zikrlar

491/4. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Zamzam suvi nima uchun ichilsa, shunga bo’ladi», dedilar. Ya’ni, nima niyat ila ichilsa, o’sha niyatiga yetadi. Imom Muslim rivoyatlari

Zamzam suvini ichayotib, ulug’ maqsadlarni ko’zlash ulamo va solih kishilarga xos ishdir. Ba’zi ulamolar, Zamzam ichayotganda gunohlari mag’firat bo’lishini va kasaldan shifo topishini so’rab ichish hamda quyidagi duolarni o’qish mustahabdir, deyishgan:
 
«Allohumma va inniy ashrabuhu litag’firo liy va litaf’ala biy kaza-kaza fag’fir liy»

«Allohumma inniy ashrobuhu mustashfiyan bihi fashfiniy». (Ma’nosi: Allohim, bildimki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Zamzam suvi nima uchun ichilsa, shunga bo’ladi», deb aytganlar. Allohim, bu suvni men gunohlarim mag’firat bo’lishi va mana shu-mana shular bo’lishi uchun ichyapman. Allohim, meni mag’firat qil yoki mundoq qil. Allohim, u suv shifo bo’lishini niyat qilib ichyapman, menga shifo ber).

Ibn Abbos (r.a.) agar Zamzam suvini ichsalar: «Allohumma inniy as`aluka ‘ilman nafi’an va rizqon vasi’an va shifaan min kulli dain», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, men Sendan foydali ilm, keng rizq va har dardga shifo berishingni so’rayman.) Imom Hakim rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:57:43
Fasl. Vataniga qaytishdan oldin, vidolashuv tavofini qilgandan so’ng quyidagi duo o’qiladi:

«Allohumma, al-baytu baytuka val’abdu ‘abduka vabnu ‘abdika vabnu amatika hamaltaniy ‘ala ma saxxorta liy min xolqika hatta sayyartaniy fiy biladika va ballag’taniy bini’matika hatta a’antaniy ‘ala qozoi manasikika fain kunta roziyta ‘anniy fazdad ‘anniy rizon va illa faminal ana qobla an yanayan dariy haza avanu insirofiy in azinta liy g’oyro mustabdilin bika va la bibaytika va larog’ibin ‘anka va la ‘an baytika, Allohumma faashibniy ‘afiyata fiy badaniy val’ismata fiy diyniy va ahsin munqolabiy varzuqniy to’ataka ma abqoytaniy vajma’liy xoyrol axiroti vad dunya innaka ‘ala kulli shay`in qodiyr». (Ma’nosi: Ey Rabbim, mana shu uy Sening uying. Mana bu qul Sening quling, qulingning va cho’ringning o’g’li. Xalq qilgan (hayvonlaring) ustida meni o’z shahringga keltirding. Ne’matingga yetkazib, hatto haj amallarini bajarishda menga yordam berding. Agar mendan rozi bo’lsang, ana shu rozilikni o’z uyingdan uzoqlashishdan oldin ziyoda qil. Hozir bu yerdan ajrashish paytimdir. Agar uyingdan, o’zingdan ajralmaslikka izn bersang, aslo uyingdan va o’zingdan ajralmasman. Allohim, badanimda ofiyatni, dinimda mustahkamlikni va chiroyli o’zgarishni sohib qil. Qoldirganing muddatda toating bilan rizqlantir. Dunyo va oxiratda yaxshiliklarni men uchun jam qil. Albatta, Sen har bir narsaga qodirsan.)

Mana shu duo bilan boshlab, Allohga hamdu sano va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish ila tugatadi. Hayz ko’rgan ayollar esa, masjid eshigi oldida turib, yuqoridagi duoni o’qiydi, so’ngra u yerdan tarqalishadi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:58:05
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrlarini ziyorat qilish va undagi zikrlar.

Bilingki, haj qiluvchi kishi xoh yo’li tushsin, xoh tushmasin, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ziyoratlariga borishi lozim. Chunki ziyorat qurbat hosil qilish, ulug’lash va matlub ishlarning eng afzalidir.

Ziyoratga yuzlanganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishni ko’paytirish lozim. Ko’z Madinadagi daraxtlarga tushishi bilan salovot va salom yo’llash yanada ko’paytiriladi. Allohdan bu ziyorati foydali bo’lishini, ikki dunyo baxtiga muyassar qilishini so’raydi. So’ng quyidagi duoni o’qiydi:

«Allohumma iftah ‘alayya abvaba rohmatika varzuqniy fiy ziyaroti qobri nabiyyika sollallohu alayhi vasallam ma rozaqtahu avliya`aka va ahla to’atika vag’firliy varhamniy ya xoyra mas’ul». (Ma’nosi: Ey Rabbim, menga rahmat eshiklaringni och. Nabiyyingning qabri ziyoratida avliyolaring va toating ahllarini rizqlantirgan narsa ila rizqlantir. Ey so’raladiganlarning yaxshisi, meni mag’firat qil, rahm ayla.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:58:20
Masjidga kirayotganda tegishli duolar o’qiladi. Kirgandan keyin tahiyyatul masjid namozini o’qib, qabr yoniga kelib, unga yuzlanib, qabr devoridan to’rt ziro’ uzoqda turib, ovozni balandlatmay salom beriladi, so’ng:

«Assalamu ‘alaka ya Rosululloh, assalamu ‘alayka ya xiyrotallohu min xolqihi, assalamu ‘alayka ya habiyballoh, assalamu ‘alayka ya sayyidal mursaliyn va xotaman nabiyyin, assalamu ‘alayka va ‘ala alika va ashabika va ahli baytika va ‘alan nabiyyiyna va sa`iris solihiyn. Ashhadu annaka ballag’tarrisala va addaytal amana va nasaxtal umma fajazakallohu ‘anna afzola ma jaza rosulan ‘an ummatihi», deb aytadi. (Ma’nosi: Ey Allohning rasuli, sizga salom bo’lsin. Ey xalq qilinganlarning yaxshisi, sizga salom bo’lsin. Ey Allohning habibi, sizga salom bo’lsin. Ey Payg’ambarlarning sayyidi va nabiylarning oxirgisi, sizga salomlar bo’lsin. Sizga, oilangizga, ashoblaringizga, ahli baytingizga, nabiylarga va boshqa solihlarga salom bo’lsin. Guvohlik beramanki, siz risolatni yetkazdingiz, omonatni ado etdingiz, ummatga nasihat qildingiz, Alloh sizni biz sababdan rasullarni ummati tufayli mukofotlaydigan mukofotlarning  eng afzali ila mukofotlasin.)

Agar biror kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom ayting, degan bo’lsa, «Assalamu ‘alayka ya Rosululloh min fulon ibn fulon», deb o’sha kishining ismini aytadi. So’ng o’ng tomoniga bir qadamcha surilib, Abu Bakrga (r.a.) salom beradi. So’ng yana surilib, Umarga (r.a.) salom beradi. So’ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrlari ro’parasiga qaytib, o’zi uchun u zotni vasila qilib, Parvardigoridan u zotning shafoatlarini so’raydi. So’ng o’ziga, ota-onasiga, do’stlariga va o’ziga yaxshilik qilgan boshqa musulmonlarga duo qiladi. Va bu o’rinni g’animat bilib, Allohga hamd, tasbih, tahlil, Rasulullohga salovot aytishni ko’paytirib, so’ng qabr bilan minbar orasidagi ravzaga keladi, u yerda ham duoni ko’paytiradi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:58:35
492/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Minbarim bilan qabrim orasida jannat bog’laridan bir bog’ bordir», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Madinadan chiqib ketayotib, masjidda ikki rak’at namoz o’qib vidolashish mustahabdir. U yerda yaxshi ko’rgan narsalari ila duo qiladi. So’ngra qabr ro’parasiga kelib, avvalgidek salom beradi. Duoni qaytarib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan vidolashadi, keyin quyidagi duoni o’qiydi:

«Allohumma la taj’al haza axirol ‘ahdiy biharomi Rosulika va yassir liy al-’avda ilal haromayni sabilan sahlatan bimannika va fazlika varzuqni al-’afva val ‘afiyata fid dunya val axiroti va ruddana salimiyna g’onimiyna ila avtonina, amiyn». (Ma’nosi: Ey Rabbim, Rasulingning harami ila buni oxirgi ahd qilib qo’yma. Bu ikki haramga o’z fazling va minnating ila yana kelish yo’lini oson qil. Dunyo va oxiratda avf va ofiyat ila meni rizqlantir. Salomat va g’animat bo’lgan holda vatanimizga qaytar. Duolarimizni qabul et.)

Ushbu duolar Alloh hajga oid zikrlarni jamlashga meni muvaffaq qilganlarining oxirgisidir. Karim sifatli Allohdan toatiga muvofiq bo’lishni so’raymiz.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 26 Sentyabr 2006, 06:59:17
Utbiy aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrlari yonida o’tirganimda, bir arobiy kelib: «Ey Allohning rasuli, sizga salom bo’lsin. Men Allohning: «Agar ular o’z nafslariga zulm qilgan paytlarida sizning oldingizga kelib, Allohdan mag’firat so’raganlarida va Payg’ambar ham ular uchun mag’firat so’raganida edi, Allohni tavbalarni qabul qilguvchi, mehribon ekanini topgan bo’lur edilar», deganini eshitib, sizning oldingizga gunohlarimga istig’for talab qilib keldim va Rabbimdan sizning shafoatingizni so’rayman», dedi, so’ng quyidagi she’rni o’qidi:

Ey bu yerga suyaklari ko’milgan zot,
Atrofingiz muncha xushbo’y qildingiz.
Shu qabrga jonim fido bo’lsin-ey,
Iffat, sharaf, karamga to’ldirdingiz.


So’ng haligi a’robiy u yerdan qo’zg’aldi. Ko’zim shunda uyquga ilinib, tushimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko’rdim. U zot men uchun: «Ey Utbiy, haligi a’robiyga borib, xushxabar berginki, albatta, Alloh taolo uning gunohini kechirdi», dedilar».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:46:49
MUSOFIRLIKDAGI ZIKRLAR KITOBI

Bilingki, kecha va kunduzda hamda turli holatlarda muqim uchun mahbub bo‘lgan zikrlar musofir uchun ham mustahabdir. Lekin musofirga bulardan tashqari biroz qo‘shimcha zikrlar ham bordir. Bu bobda ana shu qo‘shimchani zikr etishni maqsad qilganman. Bu bob katta bo‘lgani uchun qisqartirib, munosib boblarga ajratishni ixtiyor etdim. Buni bajarishda Allohdan yordam so‘rab, Unga tavakkal qilaman.

167-bob Istixora va mashvarat bobi

Bilingki, kim safar qilishga shaylansa, holini tushunadigan, dini va ma’-rifati ishonchli kishidan nasihatini olib, tajribasini o‘rganib, maslahat-lashmog‘i lozim. Zero, Alloh taolo Oli Imron surasining 159-oyatida: «Va ish-larda ularga maslahat soling», deb aytgan. Bundan tashqari ham dalillar juda ko‘pdir. Agar kishi mashvarat qilib, yaxshi bir maslahatni qo‘lga kiritsa, endi ana shu maslahatda Allohga istixora qiladi. Ya’ni, farzdan tashqari ikki rakat namoz o‘qib, istixora duosini aytadi. Biz bu namoz va duo haqidagi ma’lumot-larni kitobning birinchi qismida o‘rgandik.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:50:23
168-bob Safarga azmu qaror qilgandagi zikrlar

Safarga azmu qaror qilgan kishi quyidagi ishlarni ado etishga harakat etmog‘i lozim:
—   vasiyat qilishga ehtiyoj sezgan narsasida vasiyat etmoqligi;
—   va yana shu vasiyatiga guvohlarni jalb qilmoqligi;
—   o‘zi bilan boshqa kishi orasida bo‘lgan muammosini yechib ketmoqligi;
—   ota-onasi, ustozlari va o‘ziga yaxshilik qilganlarni rozi qilmoqligi;
—   va bu safarida yordamni faqat Allohdan talab etmoqligi;

Bundan tashqari safarida muhtoj bo‘ladigan narsalarni ham o‘rganishga harakat qilmoqligi lozim.

Agar safar qiluvchi kishi g‘oziylik niyatida bo‘lsa, urush, da’vat va o‘lja haqida ma’lumotlarga ega bo‘lmoqligi lozim. Bundan tashqari urushda yengilish haromligi haqida ham bilmoqligi darkor.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:51:13
Agar safar qiluvchi kishi haj yoki umrani niyat qilsa, u haj amallarini o‘rganishi va o‘zi bilan birga shu haqdagi kitoblarni olmoqligi lozim. Shu singari g‘oziy va boshqalar ham kitob olmoqliklari kerak.

Agar safar qiluvchi kishi savdogar bo‘lsa, oldi-sotdi ishlarida kerakli nar-salarni bilmoqligi va u savdoda nima qilsa — durust va nima qilsa — botil, nima halolu nima harom, nima mustahabu nima makruh, nima muboh va qaysi narsa boshqasidan afzalligi haqida bilmoqligi zarur.

Agar safar qiluvchi kishi insonlardan uzlatta chekingan holda ibodatni iroda etsa, din ishlarida muhtoj bo‘lgan narsalaridan ta’lim olmoqligi kerak.

Agar safar qiluvchi kishi ovni iroda qilsa, ov ahllari muhtoj bo‘ladigan narsadan ta’lim olib, hayvonlarning va ovning qaysi biri halol va qay biri haromligi hamda uning pok bo‘lishiga nima shart qilingani yoki it, nayza ila o‘ldirilgan narsaning hukmi kabi narsalarni ham o‘rganmog‘i kerak.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:51:25
Agar safar qiluvchi kishi cho‘pon bo‘lsa, yuqorida aytilganidek, ana shu sohada muhtoj bo‘linadigan narsalarni bilmoqligi, hayvonlarga muloyim bo‘lmo-qligi va chorva egasining narsasini muhofaza qilmoqligi, agar tasodifiy holda biror hayvonni so‘yish lozim bo‘lib qolsa, egasining ruxsatini olmoqligi darkor.

Agar safar qiladigan kishi bir podshohdan boshqa bir podshohga elchi sifati-da boradigan bo‘lsa, katta mansabdorlar bilan suhbat odoblarini va ular orasidagi muzokaralarga javob qaytarish yo‘llarini, ziyofat va hadyalarning qaysi biri halol-u qaysi biri haromligini bilishi va bundan tashqari ichidagi nar-salarini ustida ham bajarib, aldov, hiyla, nifoq kabi yomon illatlardan chetla-nishi, xiyonatga sabab bo‘ladigan narsalardan uzoq bo‘lishi lozim.

Agar safar qiluvchi kishi ikki kishi orasidagi tijoratda ishchi yoki va-kil bo‘lsa, u ham o‘ziga kerakli narsalarni, ya’ni nimani sotish va nimani xarid qilish joiz yoki joiz emas, nimani tasarruf qilish joiz yoki joiz emas, guvohlikda shart qilingan va vojib bo‘lgan narsalar yoki guvohlikda shart qilinmagan va vojib bo‘lmagan narsalar, safardagi joiz yoki joiz bo‘lmagan narsalarni bilmog‘i kerak. Bundan tashqari safar qiluvchi kishi dengiz orqali safar qilishni iroda qilsa, dengizda ketayotganda nima qilsa, joizu nima qilsa, joiz emas — shulardan ham xabardor bo‘lmog‘i kerak. Yuqorida zikr qilingan narsalarning barchasi fiqh kitoblarida batafsil yozilgan. Bu kitobning maqsadi undagi xos zikrlarni bayon qilish bo‘lgani uchun kengroq keltirib o‘tirmadik.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:52:10
169-bob
Safar niyatida uydan chiqishni xohlagandagi zikrlar


Uydan chiqishda ikki rakat namoz o‘qimoqlik mustahab amaldir.

519/1. Mut’im ibn Miqdom San’oniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi safarni xohlagan paytida ahliga ikki ra-kat namozdan afzalroq narsani qoldira olmaydi», dedilar. Tabaroniy rivoyati.

Mana shu ikki rakatning avvalgi rakatida Fotihadan keyin Kafirunni, ikkinchi rakatida Ixlos surasini o‘qimoqlik mustahab, deyishgan.

Ba’zilar avvalgi rakatida Falaqni, ikkinchi rakatida Nosni aytishgan. Agar salom berib namozni tugatsa, «Oyatal kursi»ni o‘qiydi.

Ba’zi rivoyatlarda keltirilishicha, «Kimki manzilidan chiqishdan oldin «Oyatal kursi»ni o‘qisa, u qaytib kelguncha karih bo‘lgan narsasi yetmaydi».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:52:34
Ba’zilar «Liilafi quraysh» surasini o‘qish mustahab, deb aytishdi.
Abul Hasan al-Qazviniy: «Ana shu sura har bir yomonlikdan saqlovchidir», dedilar.

Abu Tohir Jahshaviyh aytadilar: «Safar qilishni xohladim-u, lekin xavfda edim. Qazviniy hazratlarining huzurlariga kirib, duo qilmoqliklarini so‘ra-dim. Shunda u zot so‘zlarini boshlanishidayoq: «Kimki safar qilishni xohlasa-yu, dushmandan yoki vahshiy narsadan qo‘rqsa, «Liiylafi quraysh»ni o‘qisin, chunki u har yomonlikdan saqlovchidir», deb aytdilar. Men ana shu surani o‘qidim, hozirgacha hech narsaga duchor bo‘lmadim».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:52:52
Mana shu qiroatlardan forig‘ bo‘lgach, ixlos va muloyimlik ila quyidagi duoni ham o‘qiydi:

«Allohumma bika asta’iynu va ‘alayka atavakkalu, Allohumma zallil liy su’uvbata amriy va sahhil ‘alayya mashaqqata safariy varzuqniy minal xay-ri aksara mimma atlubu, vasrif ‘anniy kulla sharrin. Robbish rahliy sadriy va yassirliy amriy. Allohumma inniy astaxfizuka va astavdi’uka nafsiy va diniy va ahliy va aqoribiy va kulla ma an’amta ‘alayya va alayhim bihi min axiratin va dunyo, faxfazno ajma’iyna min kulli suv’in ya kariymu». (Ma’-nosi: «Ey Rabbim, Sendan yordam so‘rayman. Va Senga tavakkalqilaman. Ey Rab-bim, ishimdagi qiyinchiliklarni menga yengilqilgin. Safar mashaqqatini menga yengillashtirgin. Yaxshilikni talab qilganimdan ko‘proq qilib rizqlantirgin. Va har bir yomonlikni mendan ketkazgin. Ey Rabbim, qalbimni ochib, ishlarimni yengillashtirgin. Ey Rabbim, nafsimni, dinimni, ahlimni, qarindoshlarimni va menga-yu ularga dunyo va oxiratda ne’mat qilib bergan har bir narsangni Sening omonating va himoyangda qoldiraman. Ey karamli Zot, bizlarni har xil yomonlik-lardan saqla».)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:53:23
520/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarni xohlab o‘rinlaridan turadigan bo‘lsalar,

«Allohumma ilayka tavajjahtu va bika i’tasamtu, Allohumma ikfiniy ma hammaniy va ma la ahtammu lahu, Allohumma zavvidniy taqvo vag‘firliy zanbiy va vajjihniy lil xoyri aynama tavajjahtu», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Ey Rabbim, Senga yuzlanib, Senga iltijo qilaman. Ey Rabbim, meni tashvishga solgan va ahamiyat bermagan narsamdan O’zing kifoya qilgin. Ey Rabbim, taqvo-imni ziyoda qilgin. Va gunohlarimni kechirgin. Qaerda yuzlansam, yaxshilikka yuzlantirgin».)   Tabaroniy rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:53:41
170-bob Safar niyatida uydan chiqayotgandagi zikrlar

Kitobimizning avvalida uydan chiqayotganda aytiladigan duolar zikr qilindi. Musofir kishi ana shu duoni ko‘p aytib, ahli, qarindoshlari, do‘stlari va qo‘shnilari bilan xayrlashgach, ulardan o‘ziga duo qilishlarini so‘rashi va u ham ularni duo qilmog‘i yaxshi amaldir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:54:12
521/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar Allohga biror narsa omonat qilib topshirilsa, uni saqlab beradi», dedilar.  Ahmad ibn Hanbal rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:42:17
522/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki safar qilishni xohlasa, orqasida qolgan kishilarga
«Astavdi’u kumullohallaziy la taziy’u vadoi’uhu», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Sizlarni omonati zoe bo‘lmaydigan Allohga topshirdim».) Ibn Sunniy va boshqalar rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:42:31
523/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan birortangiz safar qilishni xohlasa, birodarlari ila xayrlashsin. Chunki Alloh ularning duolarida yaxshilik qiluvchidir», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:43:05
524/4. Qaz’adan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ibn Umar (r.a.): «Mening yonimga kel, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam men bilan xayrlashganlaridek, men ham sen bilan xayrlashaman», deb

«Astavdi’ulloha diynaka va amonataka va xavotima ‘amalika» duosini o‘qidilar. (Ma’nosi: «Dining, omonating va amalingning xotimasini Allohga topshirdim».) (Ya’ni, bu duoni muqim kishi musofirga aytadi.) Abu Dovud rivoyat qildilar.

Imom Xattobiy: «Bu yerdagi omonatdan maqsad ishonchli kishi oldida qoldirilgan ahli va moli», dedilar.
Bu yerda din zikr qilindi. Chunki safar mashakqatni olib kelib, ba’zi din ishlarini tark qilishga sabab bo‘lishi mumkin.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:43:34
525/5. Nofe’ (r.a.) Ibn Umardan (r.a.) qilgan rivoyatlarida: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar biror kishi bilan xayrlashsalar, o‘sha kishining qo‘lini ushlab, toinki o‘zi ko‘lini qo‘yib yubormagunicha tark etmasdilar va:
«Astavdi’ulloha diynaka va amonataka va oxira ‘amalika», deb aytardilar», deganlar. (Ma’nosi yuqorida kelgan.) Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:43:44
526/6. Solim (r.a.) qilgan rivoyatlarida Ibn Umar (r.a.) biror kishi safar qilishni xohlasa, unga: «Menga yaqin kel, xuddi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xayrlashganlaridek, xayrlashaman», deb «Astavdi’ulloha diynaka va amonataka va xavotima ‘amalika»ni o‘qirdilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:43:53
527/7. Abdulloh ibn Yazid al-Xatmiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar askarlar bilan xayrlashmoqchi bo‘lsalar, «Astavdi’ulloha diynakum va amonatikum va xavotima a’molikum», deb aytardilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:44:05
528/8. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yonlariga kelib, «Ey Rasululloh, men safar qilishni xohlayman, safarga yetarli narsa bilan ta’minlang», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Alloh seni taqvo bilan ta’minlasin», dedilar. Xdligi kishi: «Yana ziyoda qiling», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Gunohingni kechirsin», dedilar. Xdligi kishi: «Yana ziyoda qiling», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Qaerda bo‘lsang ham senga yaxshiliklarni yengil qilsin», dedilar. Termiziy rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:44:17
171-bob Yaxshi kishilardan vasiyat talab qilishning yaxshiligi haqida

529/1. Abu X,urayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, men safar qilishni xohlayman, menga vasiyat qiling», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Senga Allohdan taqvo qilishingni va har bir balandlikka ko‘tarilishda takbir aytishingni vasiyat qilaman», dedilar. Xdligi kishi orqasiga qaytib ketganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma itvi lahul ba’iyda va havvin ‘alayhis safara», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohim, uzog‘ini yaqinlashtirgin va safarni unga yengil qilgin».) Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:44:35
Muqimning musofirga yaxshi makonlarda o‘zining haqqiga duo qilishini vasiyat etishining yaxshiligi haqida

530/1. Umar ibn Xattob (r.a.)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan umra qilishga izn so‘radim. U zot izn berib: «Ey birodar, duoingda bizni unutmagin», deb aytdilar. Ana shunda menga shunday so‘z aytdilarki, u so‘zni dunyoga alishtirish meni xursand qilmas edi», deb aytdilar». Abu Dovud va Termiziylar rivoyatlari.

Boshqa bir rivoyatda esa: «Ey birodar, duoingda bizni ham sherik qilgin», deb aytdilar, deyilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:45:07
173-bob Ulovga (mashina va shunga o‘xshash narsalar) minayotganda aytiladigan zikrlar

Alloh taolo Zuxruf surasining 14-oyatida: «Bizlarga bu (kema yoki ot-ulov)ni bo‘ysundirib ko‘ygan Zot (ya’ni, Alloh barcha aybu nuqsondan) pokdir. Bizlar o‘zimiz bunga qodir emas edik. Shak-shubhasiz, bizlar (barchamiz) «Parvardigorimizga qaytguvchidirmiz», degaysizlar», degan.
531/1. Ali ibn Rabiy’adan rivoyat qilinadi. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) otlarini mingani kelib, oyoqlarini ulovga qo‘yganlarida «Bismillah», dedilar. Qachonki, uning ustiga o‘rnashganlarida

«Alhamdu lillahillaziy saxxara lana haza va ma kunna lahu muqriniyn va inna ila robbina lamunqolibun», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Bizga bularni bo‘ysundirib qo‘ygan Zotga hamd bo‘lsin. Bizlar o‘zimiz bunga qodir emas edik. Barchamiz Parvardigorimizga qaytuvchidirmiz».) So‘ngra uch marta «Alhamdulillah» va uch marta «Allohu Akbar», so‘ngra

«Subhanaka inniy zolamtu nafsiy fag‘firliy innahu la yag‘firuz zunuba illa anta», deb kulib qo‘ydilar. «Ey mo‘minlarning amiri, qaysi narsadan kulyapsiz?» deyilganda, u zot aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham xuddi shu amalni qilib kulganlarida, «Ey Rasululloh, nima narsadan kuldingiz?», deganimda, u zot: «Albatta Rabbing biror banda gunohimni kechir, deb aytsa, U: «Mendan boshqasi kechira olmasligini biladi», deb ajablanadi», dedilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasaiylar rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:46:10
532/2. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarga chiqadigan bo‘lib, ulovlariga o‘rnashib olganlaridan keyin uch marta takbir aytar, so‘ngra

«Subhanallaziy saxxara lana haza va ma kunna lahu muqriniyn va inna ila robbina lamunqolibun. Allohumma inna nas’aluka fiy safarina haza al-birro vattaqva va minal ‘amali ma tarzo, Allohumma havvin ‘alayna safarana haza vatvi ‘anna bu’dahu, Allohumma antas sohibu fissafari valxaliyfatu fil ahli. Allohumma inniy a’uzu bika min va’sois safari va kaobatil manzari va su'‘il munqolabi fil mali val ahli», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Bizlarga bu (kema yoki ot-ulov)ni bo‘ysundirib qo‘ygan Zot (ya’ni, Alloh barcha aybu nuqsondan) pokdir. Biz o‘zimiz bunga qodir emas edik. Shak-shubhasiz, bizlar (barchamiz) Rabbimizga qaytguvchidirmiz. Allohim, Sendan bu safarimizda yaxshilik va taqvoni hamda Sen rozi bo‘ladigan amalni so‘raymiz. Allohim, bu safarimizni bizga yengil qilib, uzoqligini yaqin qilgin. Allohim, safardagi yo‘ldosh ham, xonadonda qoluvchi o‘rinbosar ham Uzingdirsan. Allohim, men Sendan safar mashaqqatlaridan, mahzunlik manzarasi va molu-mulk, oilaga yetadigan ziyon-zahmatdan panoh berishingni so‘rayman».)
Agar safardan qaytsalar, yuqoridagi duoni aytib, quyidagilarni qo‘shimcha qilardilar: «Oyibuna,  toibuna,  obiduna, lirobbina hamiduna».  (Ma’nosi:  «(Biz) qaytuvchi, tavba qiluvchi, ibodat qiluvchi va Rabbimizga hamd aytuvchilarmiz».) Muslim rivoyatlari.

Abu Dovud rivoyatlarida esa: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va askarlari agar balandlikka ko‘tarilishsa, takbir, agar pastlikka tushishsa, tasbeh aytishar edi» ko‘shimchasi keltirilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:46:40
533/3. Abdulloh ibn Sarjisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar safar qilsalar, safar mashaqqati, xafalik yetishi, istiqomat yoki ziyodalikdan noqislikka qaytish, mazlumning duosi va molu mulk, oilaga yetadigan yomon manzaralardan panoh tilardilar. Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:48:56
534/4. Abdulloh ibn Sarjisdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar safar qilsalar,
«Allohumma antas sohibu fissafari val xaliyfatu fil ahli. Allohumma inniy a’uzu bika min va’sois safari va kaobatil munqolabi va minal havri ba’dal kavni va min da’vatil mazlumi va min su'il manzari fil ahli val mali», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sen safardagi yo‘ldosh va xonadonda qoluvchi o‘rinbosardirsan. Allohim, men Sendan safar mashaqqatini, xafalik yetishi, istiqomat yoki ziyodalikdan noqislikka qaytish, mazlum duosi va molu-mulk, oiladagi yomon manzaradan panoh tilayman».) Termiziy, Nasaiy, Ibn Mojalar rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:51:30
174-bob Kemaga minganda aytiladigan zikrlar

Alloh taolo Hud surasining 41-oyatida: «U dedi: «Kemaga mininglar!» Uning yurishi ham, turishi ham Alloh nomi bilan bo‘lur» va yana Zuxruf surasining 12-oyatida: «Va sizlar uchun kemalar va chorva hayvonlaridan - sizlar minadigan narsalar (paydo) qildi», deb aytdi.

535/1. Husayn ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatim (kema)ga minishganida

«Bismillahi majraha va mursaha, inna robbiy lag‘afurur rohiym» va «Vama qadarulloha xaqqa qadrihi», deb aytishsa, g‘arq bo‘lib ketishdan omondadirlar», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Uning yurishi ham, turishi ham Alloh nomi bilan bo‘lur, albatta Parvardigorim mag‘firatli, mehribondir» va «Ular Allohni to‘g‘ri taniy olmadilar».) Ibn Sunniy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:52:12
175-bob Safarda mahbub bo‘lgan duolar

536/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shak-shubhasiz, uch duo ijobat qilingandir: mazlumning duosi, musofirning duosi, otaning farzandiga qilgan duosi», deb aytdilar. Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja rivoyatlari. Termiziy bu hadisni hasan, deb aytdilar. Abu Dovuddan tsilingan rivoyatda «farzandiga» degan lafz yo’q.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:52:36
176-bob Musofir tepalikka (dovon)ga ko‘tarilganda takbir, pastlik (vodiy)ga tushganda tasbeh aytishi haqida

537/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Bu zot: «Agar tepalikka ko‘tarilsak, takbir aytardik. Agar pastlikka tushsak, tasbeh aytardik», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:52:44
538/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululoh sollallohu alayhi vasallam va askarlari agar tepalikka ko‘tarilishsa, takbir aytishar edi. Agar pastlikka tushishsa, tasbeh aytishar edi. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:52:59
539/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar haj yoki umradan (roviy: «o‘azot, deb aytganlarini bilaman, xolos», dedilar) qaytadigan bo‘lib, tepalik yoki sahro yeriga ko‘tariladigan bo‘lsalar, uch marta takbir aytib, so‘ngra:

«La ilaha illallohu vahdahu la sharika lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shayin qodiyr. Oyibuna obiduna sajiduna lirobbina hamiduna, sodaqollohu va’dahu va nasoro abdahu va hazamal ahzoba vahdahu», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q. Mulk U uchundir. Hamd ham U uchundir. U har bir narsaga qodirdir. (Bizlar) qaytguvchi, tavba qilguvchi, ibodat qilguvchi va Rabbimizga hamd aytguvchilarmiz. Allohning va’dasi haqdir. Quliga nusrat berib, ahzoblarni (guruhlarni) yakka Uzi yengadi.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:53:09
540/4. Abu Muso al-Ash’ariy (r.a.) rivoyat qilib aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga bo‘lganimizda, agar biror vodiyga ko‘tarilsak, tahlil va takbir aytardik. Shunda ovozimizni baland qilib ko‘tarar edik. Buni eshitgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey insonlar, nafslaringizni muloyim tutinglar. Chunki sizlar kar yoki bu yerda yo‘q bo‘lgan Zotga duo qilmayapsizlar. Zero, U zot sizlar bilan birgadir. Albatta U eshitguvchi va yaqinda turuvchi Zotdir», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Imom Termiziy qilgan rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga taqvo etishni va har qanday tepalikka ko‘tarilishda takbir aytishni lozim tut», deb aytdilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:53:17
541/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar yerning baland qismiga ko‘tarilsalar,

«Allohumma lakash sharafu ‘ala kulli sharafin va lakal hamdu ‘ala kulli hol», deb aytardilar. ( Ma’nosi: «Har balandlikda Seni ulug‘lash va har holatda Senga hamd aytish bor».) Ibn Sunniy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:53:33
177-bob Takbir va shunga o‘xshash  narsalarda ovozni balandlatib, mubolag‘a etishdan man qilish haqida

Yuqoridagi bobdagi Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) qilingan rivoyat mana shu bobimizga ham dalil bo‘ladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:53:45
178-bob Tuya tez yurishi va rohatlanishi hamda yo‘li ravon bo‘lishi uchun xirgoyi qilib haydab borish to‘g‘risida

Bu haqda ham mashhur hadislar ko‘pdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:54:04
179-bob Hayvon qochib ketganda aytiladigan narsalar

542/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringizning ulovi cho‘lda yechilib qochib ketsa,
«Ya ibadalloh ahbisu ya ibadalloh ahbisu» (ya’ni, ey Allohning bandalari, ushlanglar), deb aytsin. Chunki Allohning yerda to‘suvchilari bordir. Ushalar uni ushlab berishadi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari.

Ilmdagi ba’zi ulug‘ shayxlarimizning menga hikoya qilishlaricha, ularning xachirlari qochib ketdi. Bu hadisni bilishar edi. Shu hadisdagi so‘zni aytishganida, o‘sha zahoti Alloh taolo uni hibs ettirdi.

Men ham bir jamoa bilan ketayotgan edim. Ulardan birining hayvoni qochib ketdi. Uni tutishdan ojiz qolganda mana shu duoni o‘qidim. Shu duoim sababli haligi hayvon o‘sha zahoti to‘xtab qoldi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:54:22
180-bob (Minilishi) qiyin bo‘lgan ulovda aytiladigan duo

543/1. Mashhur tobe’inlardan Abu Abdulloh Yunus ibn Ubayd ibn Dinor al-Basriy aytdilar: «Kishi (minilishi) qiyin bo‘lgan ulovning qulog‘iga
«Afag‘oyra diynillohi yabg‘una valahu aslama man fissamavati val arzi tov’an va karhan va ilayhi yurja’un», desa, Allohning izni bilan to‘xtab qoladi». Ibn Sunniy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:54:36
181-bob Biror qishloqni ko‘rib, kirish yoki kirmaslikni xohlaganda aytiladigan zikrlar

544/1. Suhaybdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror qishloqni ko‘rib, unga kirishni xohlasalar,

«Allohumma robbas samavatis sab’i vama azlalna, val arziynas sab’i vama aqlalna, va robbish shayotiyni vama azlalna va robbar riyohi vama zarayna, as’aluka xoyra hazihil qoryati va xoyra ahliha va xoyra ma fiyha, va na’uzu bika min sharriha va sharri ahliha va sharri ma fiyha», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sen yetti osmon va uni soyalantiradigan narsalarning Parvardigorisan, yetti yer va u ko‘tarib turgan narsalarning Parvardigorisan, shayton va u adashtirgan narsalarning Parvardigorisan, shamol va u uchirgan narsalarning Parvardigorisan. Allohim, bu qishloqning yaxshisini, ahlining yaxshisini va undagi yaxshiliklarni so‘rayman. Allohim, bu qishloqning yomonidan, ahlining yomonidan va undagi yomonliklardan Sening noming ila panoh tilayman».) Nasaiy va Ibn Sunniy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:54:50
545/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar biror yerga tashrif buyurib, u yerga kirishni xohlasalar,
«Allohumma inniy as’ aluka min xoyri hazihi va xoyri ma jama’ta fiyha va a’uzu bika min sharriha va sharri ma jama’ta fiyha. Allohummarzuqna hayoho, va a’izna min vabaho, va habbibna ila ahliha va habbib solihiy ahliha ilayna», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sendan bu shaharning yaxshisini va unda jamlagan narsalaringning yaxshisini so‘rayman. Allohim, Sendan bu shaharning yomoni va unda jamlagan narsalaringning yomonidan panoh tilayman. Allohim, undagi hayodan bizni rizqlantir. Vabosidan bizga panoh ber. U yer ahliga bizni do‘st ayla. Va solih ahllarini bizga do‘st et».) Ibn Sunniy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:55:35
182-bob Kishilardan yoki boshqa narsadan xavfga tushganda aytiladigan zikr

546/1. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar biror qavmdan qo‘rqsalar,

«Allohumma  inna  naj’aluka  fiy  nuhurihim  va  na’uzu  bika  min  shururihim»,   deb aytardilar.  (Ma’nosi:  «Allohim,  biz Seni ularga ro‘baro‘ qo‘yamiz va Sening noming ila yomonligidan panoh tilaymiz».) Abu Dovud va boshqalar rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:55:47
183-bob Musofirga jin yoki shayton turli suratda zohir bo‘lsa aytiladigan zikrlar

547/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlarga jin yoki shayton biror suratda ko‘rinsa, azon aytinglar», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari.

Bundan maqsad uning yomonligini azon aytish bilan daf etishdir. Chunki shayton agar azon ovozini eshitgudek bo‘lsa, orqa o‘girib ketadi. Biz bunga o‘xshash zikrlarni «Favquloddagi holatlarda qilinadigan duo va zikrlar kitobi»ning avvalida zikr etganmiz. Va yana shu holat yuzaga kelsa, jin va shaytonlarni daf etishga taalluqli Qur’ondagi oyatlarni o‘qish lozim bo‘ladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:59:01
184-bob Biror manzilga tushganda aytiladigan zikrlar

548/1. Xavla binti Hakimdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bir manzilga tushib
«A’uzu bikalimatillahit tammati min sharri ma xolaq», deb aytsa, toinki boshqa manzilga ko‘chgunicha biror narsa zarar yetkaza olmaydi», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohimning hamma kalimalari bilan U yaratgan narsalarning yomonligidan panoh tilayman».) Imom Muslim, Imom Molik va Termiziylar rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:59:09
549/2. Abdulloh ibn Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar safar qilsalar, ana shu kuni kechasi
«Ya arzu robbiy va robbukillahu, a’uzu billahi min sharriki va sharri ma fiyki, va sharri ma xuliqo fiyki, va sharri ma yadibbu ‘alayki, A’uzu bika min asadin va asvada va minal hayyati val ‘aqrabi va min sakinil baladi va min volidin vama valada», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Ey yer, mening va sening Rabbing Allohdir. Allohning nomi bilan sening yomonligingdan, sendagi yomonlikdan, senda xalq qilingan yomonlikdan, senda sudralib yuradiganlarning yomonligidan panoh tilayman. Va yana sherdan, shaxslardan, ilondan, chayondan, yerda yashovchi jinlardan, iblis hamda shaytondan panoh tilayman».) Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:59:36
185-bob Safardan qaytganda aytiladigan duo

550/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men va Abu Talha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yo‘liqdik. Sofiya (r.a.) u zotning tuyalarida mingashib ketayotgan edilar. Xattoki, biz Madina kiraverishiga yetib kelganimizda,
«Oyibuna, taibuna, ‘abiduna, lirobbina hamiduna», deb aytishda bardavom bo‘ldilar, shu holda biz Madinaga kirib keldik». (Ma’nosi: «Biz qaytguvchi, tavba qilguvchi, ibodat qilguvchi va Rabbimizga hamd aytguvchilarmiz».) Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 00:59:58
186-bob Musofir kishi bomdod namozidan keyin aytadigan zikrlar

Musofirga ham avvalgi boblarda kelgan muqim aytadigan zikrlarni bomdod namozidan keyin ado etmoq va shu bilan birga quyidagi zikrlarni ham bajarmoq mustahabdir.

551/1. Abu Barzadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar bomdod namozini o‘qisalar, (roviy: «Safarda aytganlarini bilaman, xolos», deb aytdilar) sahobalar eshitadigan darajada
«Allohumma aslih liy diyniy allaziy ja’altahu ‘ismata amriy, Allohumma aslih liy dunyoyallatiy ja’alta fiyha ma’ashiy», deb uch marta, «Allohumma aslih liy oxiratil latiy ja’alta ilayha marji’iy», deb uch marta, «Allohumma a’uzu birizoka min suxtika, Allohumma a’uzu bika», deb uch marta, «La mani’a lima a’tayta, vala mu’tiya lima mana’ta vala yanfa’u zal jaddi minkal jaddu», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Ey Rabbim, ishlarimning poklaguvchisi bo‘lgan dinimni isloh et, yashayotgan dunyoimni isloh qil. Allohim, Sening roziliging ila g‘azabingdan panoh tilayman. Allohim, Sening noming ila panoh tilayman. Sen bergan narsani man qiluvchi yo‘q. Va Sen man qilgan narsani beruvchi yo‘q. Buyuklik Sendadir, boshqaning buyukligi foyda bermaydi».) Ibn Sunniy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:00:30
187-bob Uz shahrini ko‘rganda aytiladigan duo

Yuqorida keltirilgan 544-545 va Anasdan (r.a.)  rivoyat qilingan 550-raqamdagi duolarni o‘qib, so‘ngra
«Allohumma ij’al lana biha qaroran va rizqon hasanan», deb aytmoqlik mustahab amaldir. (Ma’nosi: «Allohim, bizga bu yerni qaror qilib, rizqimizni yaxshi etgin».)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:01:48
188-bob Safardan kelib uyiga kirganda aytiladigan zikrlar

552/1. Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar safardan qaytib, ahllari huzuriga kirsalar,
«Tavban-tavban lirobbina avban, la yug‘odiru havban», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Qaytganimizda Rabbimizga tavba-tavba, deb ayturmiz. (Biror) gunoh qoldirmasligini so‘raymiz».) Ibn Sunniy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:02:02
189-bob Safardan kelgan kishi uchun aytiladigan duo

Safardan kelgan kishiga «Alhamdu lillahillaziy sallamaka», yoki
«Alhamdu lillahillaziy jama’a ashshamla bika» yoki shunga o‘xshash hamdlarni aytish mustahab amaldir. Chunki Alloh taolo: «Agar shukr qilsalaringiz, ziyoda qilaman», deb
aytgan. (Ma’nosi: «Seni salomat qilgan Allohga hamd bo‘lsin. Yoki sen bilan to‘plab, jam qilgan Allohga hamd bo‘lsin».)

Bunga yana quyidagi bobda Oisha onamizdan  rivoyat qilingan hadisni ham ko‘shish mumkin:
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:02:18
190-bob G‘azotdan kelgan kishiga aytiladigan duo

553/1. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam g‘azotdan kelib, uyga kirganlarida, u zotga peshvoz chiqib, qo‘llaridan ushladim-da,

«Alhamdu lillahillaziy nasoraka va a’azzaka va akromaka», deb aytdim. (Ma’nosi: «Sizga nusrat berib, aziz qilib, hurmat etgan Allohga hamd bo‘lsin».) Ibn Sunniy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:02:36
Hajdan kelgan kishiga aytiladigan va hoji aytadigan zikrlar

554/1. Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir bola Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Rasululloh, men haj qilishni xohlayman», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u bilan birga yurib, «Ey bola,
«Zavvada kallohut taqva, va vajjahaka filxoyri va kafakal hamma», dedilar. (Ma’nosi: «Alloh taqvoingni ziyoda etib, yaxshilikka yuzlantirib, g‘amdan o‘zi kifoya qilsin».) Qachonki, u bola hajdan qaytib kelganida, Rasulullohga salom berdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey bola,
«Qabalallohu hajjaka va g‘ofara zanbaka va axlafa nafaqotaka», dedilar (Ma’nosi: «Alloh hajingni qabul qilsin, gunohingni kechirib, nafaqangni to‘ldirsin»). Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:02:43
555/2. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma  ig‘fir  lil  hojji  va  liman   istag‘faro  lahul  hojju»,   deb  aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, hojini hamda hoji istig‘for aytgan kishilarning gunohini kechir».) Bayhatsiy  rivoyatlari. Hokim bu hadisni Imom Muslim shartlariga binoan sahih, deganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:03:04
YEMAK VA ICHMAK ZIKRLARI KITOBI

192-bob Taom tortilganda aytiladigan duo


556/1. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga taom tortiq etilsa,
«Allohumma borik lana fiyma rozaqtana vaqina ‘azaban nari, bismillahi», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, bizga rizq qilib bergan narsangni barakali qil, bizlarni do‘zax azobidan saqla, Allohning ismi bilan boshlayman».) Ibn Sunniy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:03:24
193-bob Mezbon mehmonga taom tortiq qilganda «englar» yoki shunga o‘xshash so‘zlarni aytmog‘i mustahabligi haqida

Bilingki, mezbon mehmonga ovqat tortiq etganida «Bismillah» yoki «olinglar», deyishi yoki duo o‘qishi yo yeyishga kirishishligi uchun ochiqcha iboralarni ishlatmoqligi vojib emas, mustahab amaldir. Balki ovqatni qo‘yishning o‘zi kifoya qiladi. Mehmonlar esa lafz ila aytmasa ham, ovqat yeyishga kirishishlari mumkin. Ba’zilar esa: «Lafzni ishlatish vojib», deb aytishgan. Lekin avvalgi fikrimiz to‘g‘riroqdir. Chunki lafz ila izn berishning mustahabligiga sahih hadislar dalolat qilib turibdi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:04:00
194-bob Yemak va ichmak paytida «Bismillah»ni aytish

557/1. Umar ibn Abu Salamadan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga (ovqatlanayotganimda) «Alloh ismini zikr qil va o‘ng qo‘ling bilan yegin», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:04:24
558/2. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz (ovqat) yeydigan bo‘lsa, ana shu taomning avvalida Alloh ismini zikr qilsin (ya’ni, «Bismillah»ni aytsin). Agar avvalida Alloh ismini zikr etishni unutsa,
«Bismillahi avvalahu va axirahu», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Ovqatning avvali va oxiriga bismillah») Abu Dovud  va Termiziylar  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:04:35
559/3. Jobirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan quyidagilarni eshitdim: «Kim uyiga kirayotganida va taom paytida Allohni zikr qilsa, shayton sheriklariga: «Sizlarga yotoq ham, ovqat ham yo‘q», deb aytadi. Kim uyiga kirayotib, Allohni zikr qilmasa, shayton sheriklariga: «Yotokdaringizga yetishdingiz», deydi. Taom paytida ham Allohni zikr qilmasa, shayton sheriklariga: «Ovqatga ham, yotoqqa ham yetishdingiz», deydi». Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:04:43
560/4. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Abu Talha va Ummu Sulaymlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ovqatga taklif etishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulardan yana o‘n kishi birga kelishiga izn so‘radilar. Ikkovlari o‘sha o‘n kishiga ham izn berishdi. Rasululloh ushbu o‘n kishi ovqat tanovul qilgani kirishganda «Yenglar va Allohning ismini zikr qilinglar», dedilar. Ular ovqatdan yeyishdi. Bundan tashqari yana sakson kishi ham tanovul qildi. Bu Rasulullohning zohiriy mo‘‘jizalaridan biri edi. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:04:51
561/5. Huzayfadan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga ovqat tanovul qilgani o‘tirsak, u zot ko‘llarini uzatmagunlaricha biz uzatmas edik. Bir gal u zot bilan birga taomda bo‘lganimizda, bir qiz kelib, ovqatga qo‘l uzatishga shoshayotganida u zot qo‘lidan ushlab chetga olib qo‘ydilar. Keyin bir a’robiy kelib, u ham uzatmoqchi bo‘lganida Rasululloh uning ham qo‘lidan ushlab, chetga olib qo‘ydilar. So‘ngra u zot: «Albatta shayton Alloh ismi zikr qilinmagan ovqatni o‘ziga halol qilib oladi. U (shayton) ovqatni halol qilish uchun bu qizcha bilan keldi. Men uning qo‘lidan tutdim. So‘ngra ovqatni halol qilish uchun bu a’robiy bilan keldi. Uning ham qo‘lidan tutdim. Mening nafsim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, u (shayton)ning ko‘li ular ikkovining ko‘li bilan mening kaftimdadir», dedilar. Keyin Alloh ismini zikr qilib, ovqat tanovul qildilar». Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:05:02
562/6. Umayya ibn Maxshiydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘tirgan edilar. Bir kishi ovqat tanovul qilib, oxirgi luqma qolguncha Alloh ismini zikr qilmadi. Qachonki, oxirgi luqmani og‘ziga solayotganida
«Bismillahi avvalahu va axirahu» (ya’ni, avvali-yu oxiriga Allohning ismi bilan), deb aytdi. Buni kuzatib turgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kuldilar, so‘ngra u zot: «Shayton uning ovqatiga sherik bo‘lib tanovul qilayotgan edi. Qachonki, bu kishi Alloh ismini zikr qilganda qornidagini qayt qilib yubordi», dedilar. Abu Dovud  va Nasaiy rivoyatlari.

Bu hadisning sharhida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu kishining «Bismillah»ni tark qilganini ish oxirida bildilar. Agar avvalda bilganlarida jim turmasdan eslatar edilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:05:19
563/7. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalardan oltitasi bilan ovqatlanayotgan edilar. Shunda bir a’robiy kelib, o‘sha ovqatdan ikki luqma bilan hammasini yeb qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar u Allohning ismini zikr qilganida, sizlar to‘yar edingiz», dedilar. Imom Termiziy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:05:39
564/8. Jobirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ovqatlanayotganida Alloh ismini zikr qilishni unutsa, ovqatdan forig‘ bo‘lgandan keyin «Qul huvallohu ahad» ni o‘qisin», dedilar. Imom Termiziy  rivoyatlari.

Ulamolar taomning avvalida «Bismillah»ni aytish mustahab ekaniga ittifoq qilishgan. Agar avvalida qasddanmi, unutibmi, majburanmi, boshqa sabablarga ko‘ra ojiz bo‘libmi, «Bismillah»ni aytishni tark qilsa, so‘ngra ovqatlanish asnosida esiga tushib qolsa, yuqoridagi hadisga muvofiq «Bismillahi avvalahu oxirahu», deb aytish mustahabdir. Shu singari suv, sut, asal, sho‘rva va boshqa ichimliklarda ham ovqatga «Bismillah» zikr etilur. Ba’zi ulamolarimizning fikrlaricha, «Bismillah»ni balandlatib aytish mustahabdir. Chunki bunda boshqalarni ham ogohlantirib, ularning ergashishlariga targ‘ib bor.

Fasl: «Bismillah»ning sifati haqida gapiradigan bo‘lsak, undagi eng afzal lafz «Bismillahir rohmanir rohim», deb aytmoqlikdir. Agar «Bismillah», desa ham sunnat hosil bo‘lib, kifoya qiladi. Buni junub, hayzli ayol va boshqalar ham aytaverishadi. Ovqatlanayotganlarning har biri «Bismillah»ni aytishi lozim bo‘ladi. Agar (ko‘pchilik orasidan) bir kishi aytsa, boshqalarga ham kifoya qiladi. Xuddi salomga alik olish va aksa urganga javob qaytarishdagi kabi jamoadan bir kishining so‘zi kifoya qilganiga o‘xshaydi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:06:07
195-bob Ovqat va ichimlikni (kamchiligini topib) ayblamaslik haqida

565/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hech vaqt taomni ayblamadilar. Agar ishtahalari bo‘lsa, undan yedilar. Agar ko‘ngillari tusamasa, uni tark qildilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari. Muslim  rivoyatlarida: «Agar ishtahalari tusamasa, sukut kildilar», deyilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:06:18
566/2. Hulb (r.a.)  rivoyat qilib aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir kishi: «Ba’zi taomlar borki, ulardan o‘zimni noqulay his qilaman», deb aytganida, u zot: «Qalbingda biror narsani iztirob qilma, unda nasroniylarga o‘xshab qolasan», deb aytganlarini eshitdim». Abu Dovud , Termiziy, Ibn Mojalar rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:06:28
196-bob Ovqatni ko‘nglim tusamayapti yoki uni yeyishga odatlanmaganman, deb aytish joizligi

567/1. Xolid ibn Validdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga pishirilgan taom tortiq etilganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga qo‘llarini cho‘zib, moyillik ko‘rsatdilar. Shunda: «U Zabb-ku (echkiemarga o‘xshagan jonivor), ey Rasululloh», deb aytishganda, u zot qo‘llarini undan ko‘tardilar. Xolid ibn Valid: «Ey Rasululloh, Zabb harommi?» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q, lekin qavmim yerida bo‘lmagani uchun uni yeyishdan o‘zimni tiydim», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:06:38
197-bob Ovqatlanuvchining yeydigan taomini maqtashi haqida

568/1. Jobirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ahliyalaridan nonxo‘rak so‘radilar. Shunda ular: «Bizda faqat sirka bor», deyishdi. Rasululloh uni keltirishni buyurdilar. Va uni yeya turib: «Muncha ham yaxshi bu nonxo‘rak sirka, muncha ham yaxshi bu nonxo‘rak sirka», deb aytdilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:07:00
198-bob Bir kishi ro‘zador bo‘lsa-yu taom hozirlanib qo‘yilganda aytadigan zikri

569/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz taomga chaqirilsa, unga javob bersin. Agar ro‘zador bo‘lsa, duo qilsin. Agar og‘zi ochiq bo‘lsa, ovqatidan tanovul qilsin», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:07:07
570/2. Ibn Sunniyning  rivoyatlarida quyidagicha keltiriladi: «Agar og‘zi ochiq bo‘lsa, taomdan yesin. Agar ro‘zador bo‘lsa, unga baraka tilab duo qilsin».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:07:38
199-bob Biror kishi ovqatga chaqirilsa-yu u o‘zi bilan boshqa bir kishini ergashtirsa aytiladigan narsalar

571/1. Abu Mas’ud al-Ansoriydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi besh kishilik taom hozirlab, beshinchisi etib Rasulullohni ham chaqirdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari bilan bir kishini ham olib keldilar. Uning eshigi oldiga yaqinlashganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uy egasiga: «Bu kishi menga ergashib keldi. Agar xohlasang, bunga izn ber, kirsin. Agar xohlamasang, qaytib ketadi», deganlarida, uy egasi: «Ey Rasululloh, uning kirishiga izn beraman», deb aytdi. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:08:00
200-bob Ovqatlanishda beodoblik qilgan kishini odobga chaqirib, nasihat qilish xususida

572/1. Umar ibn Abu Salamadan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Men yoshlik paytimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qaramog‘larida bo‘lganimda qo‘limni laganning har tomoniga uzatib (ovqatlanayotganimda), u zot: «Bolam, Alloh ismini zikr qilib, o‘ng qo‘ling bilan yeb, o‘zingning tarafingdan tanovul qilgin», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Boshqa bir sahih  rivoyatda: «Kunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan ovqatlanib, laganning har tomonidan yeyayotganimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga «Uzingni oldingdan yegin», deb aytdilar», deyiladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:08:15
573/2. Jabala ibn Suhaym (r.a.)  rivoyat qilib aytdilar: «Ibn Zubayr bilan birga (yashaganimizda) bizga ochlik yetdi. So‘ngra rizkdandik. (Yegulik) tanovul qilayotganimizda, oldimizdan Abdulloh ibn Umar o‘tib: «Bir luqmada ikki xurmo yemanglar. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ana shunday qilishdan qaytarganlar. Faqat birodaring izn bersa, joiz, deganlar», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:08:24
574/3. Salama ibn Akva’dan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida chap qo‘li bilan taom tanovul qildi. U zot: «Ung qo‘lingda yegin», dedilar. Haligi kishi: «Bunga qodir emasman», dedi. Rasululloh: «Qodir ham bo‘lmagin, bundan faqat mutakabbirligi man qildi, xolos», dedilar. Shunda haligi kishi (o‘ng) qo‘lini og‘ziga ko‘tara olmadi. Imom Muslim  rivoyatlari.

Bu sahobaning ismi Busr ibn Ro’iydir. «Sahihi Muslim»ga yozgan sharhimda bu hakda batafsil to‘xtalganman.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:08:44
201-bob Taom paytida gapirish yaxshiligi haqida

Bunga yuqoridagi Jobirdan (r.a.)  rivoyat qilingan 568-hadis misol bo‘ladi. Imom Abu Homid G’azzoliy «Ihyou ulumid-din» nomli kitoblarida: «Yeyayotgan holatida yaxshi so‘zlar va solihlarning hikoyalarini gapirish taom odoblaridandir», deb aytganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:08:56
202-bob Yeb to‘ymaydigan kishining qilishi va aytishi lozim bo‘lgan zikrlar

575/1. Vahshiy ibn Harbdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari: «Ey Rasululloh, biz yeymiz-u, ammo to‘ymaymiz», deyishganda, u zot: «Sizlar tafriqa bo‘lib yesangizlar kerak-da», deganlarida, ular: «Ha», deb javob berishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Taomingizni jam bo‘lib yenglar. Alloh ismini zikr qilinglar. Alloh o‘shanda sizlarga baraka ato qiladi», dedilar. Abu Dovud va Ibn Moja  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:09:34
203-bob Nogiron kishi bilan ovqatlanganda aytiladigan zikr

576/1. Jobirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam moxovning ko‘lidan ushlab, uni tovoqqa qo‘ydilar-da:
«Kul bismillahi siqotan billahi va tavakkulan ‘alayhi», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohga ishonib, Unga tavakkal qilib, Uning ismini (zikr) etish bilan yegin».) Abu Dovud, Termiziy va Ibn Mojalar rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:09:52
204-bob Mehmon ovqatdan qo‘lini tortganda, agar kifoya qilgudek yemagan bo‘lsa, mezbonning takror-takror «eng» yoki «oling», deb aytishi mustahabligi

Bilingki, bu amalni qilish mustahabdir. Hattoki, agar kifoya qilgudek taom yemasa, kishi o‘z ahli-ayoliga ham mana shunday muomala qilishi mahbub amallardandir. Bunga dalil qilib quyidagi hadis keltiriladi:

577/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilingan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zohir mo‘‘jizalariga dalolat qiluvchi uzun hadisda keltirilishicha, Abu Hurayraning (r.a.) qorinlari ochib, yo‘l bo‘yiga o‘ltirganlaricha mehmon qilishlari uchun Qur’on o‘qir edilar. So‘ngra Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam ahli suffadagilarni olib kelish uchun (odam) yubordilar. Ular kelishganida barchalarini bir qadah sut ila siyladilar. Hadisning oxirida Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Bu sutdan ichmagan) sen va men qoldik, xolos», deganlarida, men: «To‘g‘ri aytdingiz, ey Rasululloh», dedim. U zot: «Utir va bundan ich», dedilar. Men undan ichdim. U zot: «Yana ich», dedilar. Men yana ichdim. Mana shunday ich, deyishda bardavom bo‘ldilar. Hattoki, «Yo‘q, sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, unga joy qolmadi», dedim. Shunda u zot: «Keltir», dedilar. Men qadahni u zotga uzatganimda Allohga hamd aytib hamda Uning ismini zikr qilib sutning ortib qolganini ichdilar». Imom Buxoriy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:10:08
205-bob Ovqat yeb bo‘lgandan keyin aytiladigan zikrlar

578/1. Abu Umomadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dasturxon yig‘ishtirib olingach,
«Alhamdu lillahi kasiron toyyiban mubarokan fiyhi g‘oyra makfiyyin vala muvadda’in vala mustag‘nan ‘anhu robbana», der edilar. (Ma’nosi: «Allohga beadad pok, muborak hamd bo‘lsinki, Undan o‘zga kifoyachi yo‘q. U tark qilingan ham emas. Undan behojat ham bo‘linmas».) Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Boshqa bir  rivoyatda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ovqat yeb bo‘lgandan keyin dasturxon yig‘ishtirilgach,

«Alhamdu lillahillaziy kafono va arvono g‘oyra makfiyyin vala makfurin», derdilar. (Ma’nosi: «Bizga kifoyachi bo‘lgan va bizni qondirgan, Undan o‘zga kifoyachi yo‘q va inkor ham qilinmagan Allohga hamd bo‘lsin».)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:10:15
579/2. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo bandalaridan rozi bo‘ladi, agar ular biror taom yeb, hamd aytishsa va biror ichimlik ichib, hamd aytishsa», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:10:44
580/3. Abu Said al-Xudriydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar ovqat yeb bo‘lsalar,
«Alhamdu lillahil laziy at’amana va saqona va ja’alana muslimiyn», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Bizlarni ovqatlantirib, bizlarni sug‘orib hamda bizlarni musulmon qilib qo‘ygan Allohga hamd bo‘lsin».) Abu Dovud «al-Jome’», kitoblarida va Termiziy «Shamoil», kitoblarida  rivoyat qilishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:11:05
581/4. Abu Ayub Xolid ibn Zayd al-Ansoriydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar yeb yoki ichsalar,
«Alhamdu lillahil laziy at’ama va saqo va savvag‘ahu va ja’ala lahu maxroja», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Ovqatlantirib, sug‘orib va uni hazm hamda chiqadigan qilib ko‘ygan Allohga hamd bo‘lsin».) Abu Dovud  va Nasaiylar sahih isnod ila rivoyat qilishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:11:12
582/5. Muoz ibn Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki taom yeb, so‘ngra
«Alhamdu lillahil laziy at’amaniy haza va rozaqoniyhi min g‘oyri havlin minniy vala quvvatin», deb aytsa, uning avvalgi gunohlari kechiriladi», dedilar. (Ma’nosi: «Mening kuch-quvvatimni ketkizmay, mana bu rizq ila taomlantirgan Allohga hamd bo‘lsin».) Abu Dovud, Termiziy va Ibn Mojalar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:11:21
583/6. Tobe’in Abdurahmon ibn Jubayrdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga sakkiz yil xizmat qilgan bir xodim u zotdan ovqatlanganlarida
«Bismillah», deyishlarini, agar ovqatlanib bo‘lsalar,
«Allohumma at’amta va saqoyta va ag‘nayta va aqnayta va hadayta va ahsanta, falakal hamdu ‘ala ma a’toyta», deb aytishlarini eshitgan ekan. (Ma’nosi: «Allohim, (meni) taomlantirib, sug‘orib, behojat qilib, qanoatlantirib, hidoyatli etib, yaxshilik qilding, (menga) bergan narsalaringda Senga hamd bo‘lsin.) Nasaiy va Ibn Sunniy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:11:28
584/7. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ovqatlanib bo‘lganlaridan keyin
«Alhamdu lillahil laziy manna ‘alayna va hadana, vallaziy ashba’ana va arvana va kullal ehsoni atana», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Bizga ne’matlar berib, hidoyat qilgan va to‘ydirib-sug‘organ hamda barcha yaxshiliklarni ato qilgan Allohga hamd bo‘lsin».) Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:11:52
585/8. Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz taom yesa, (Ibn Sunniy  rivoyatlarida «Alloh kimni biror ovqat ila taomlantirsa...» deyilgan)
«Allohumma borik lana fiyhi va at’imna xayrom minhu», desin. (Ma’nosi: «Allohim, bizga uni barakali qilib, undan-da yaxshirog‘i ila taomlantir»).   Kimni Alloh sut ila ikrom qilsa,

«Allohumma borik lana fiyhi va zidna minhu», deb aytsin. Chunki sutdan ko‘ra kifoya qiluvchiroq biror ovqat yoki ichimlik yo‘qdir», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, bizga uni barakali qilib, bizga undan-da ziyoda qil».) Abu Dovud , Termiziy va Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:11:59
586/9. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar biror idishda suv ichsalar, (ichayotganlarida) uch bora nafas olardilar. Har nafasda Allohga hamd aytib, oxirida shukr qilardilar. Ibn Sunniy zaif isnod ila  rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:12:31
206-bob Mehmon ovqat yeb bo‘lganidan keyin mezbonni duo qilishi haqida

587/1. Abdulloh ibn Busrdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam otamning huzuriga kelganlarida, biz bu zotga taom va suti bor mesh ko‘yganimizda, undan tanovul qildilar. So‘ngra xurmo keltirildi. Undan ham yeb, danagini o‘rta va ko‘rsatkich barmokdariga jamlab turib uloqtirib yubordilar. So‘ngra ichimlik keltirilganida, undan ham ichdilar. Ichib bo‘lib, o‘ng tomonlariga uzatdilar. Shunda otam u zotning ulovlari yuganidan ushlab turib: «Ey Rasululloh, bizni duo qiling», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma borik lahum fiyma rozaqtahum vag‘fir lahum varhamhum», deb aytdilar». (Ma’nosi: «Allohim, ularga rizq qilib bergan narsangni barakali qil, ularning gunohlarini kechir, rahm ayla».) Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:12:51
588/2. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn Ubodanikiga iftorlik qilgani borganlarida, u non va yog‘ keltirdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulardan tanovul qilib, so‘ng:
«Aftora ‘indakum soimuna va akala to’amakum al-abroru va sollat ‘alaykum al-malaikah», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Ro‘zadorlar sizlarning huzuringizda iftor qilishdi. Yaxshilar ovqatlaringizdan tanovul qilishdi. Va farishtalar sizlarga duo qilishdi».) Abu Dovud  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:13:02
589/3. Abdulloh ibn Zubayrdan  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn Muoz huzurlarida iftor qilib:
«Aftora ‘indakum as-soimuna...», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Ro‘zadorlar sizlarning huzuringizda iftor qilishdi».) Ibn Moja  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:13:18
590/4. Bir kishi Jobirdan (r.a.)  rivoyat qilib aytdi. Abul Haysam ibn Tayyixon Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga taom hozirlab, Rasulullohni va sahobalarini unga chaqirtirdi. Ovqat tanovul qilib bo‘lingandan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birodarlaringizni mukofotlab ko‘yinglar», dedilar. Sahobalar: «Ey Allohning rasuli, mukofotlash qanday bo‘ladi?» deyishganida, u zot: «Agar biror kishining uyiga kirib, taomidan yeb, ichimligidan ichib, unga duo qilsangiz, ana shu mukofotlash bo‘ladi», dedilar. Abu Dovud  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:13:38
207-bob Suv yoki sut bilan siylaganni duo qilish haqida


591/1. Miqdoddan (r.a.) mashhur uzun hadisda  rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (suv yoki sut bilan siylanganlarida) qo‘llarini osmonga ko‘tarib:
«Allohumma at’im man at’amaniy vasqi man saqoniy», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, meni ovqatlantirgan kishini taomlantirib, siylagan kishini ham siylagin».) Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:15:29
592/2. Amr ibn Hamiqdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni sut ila sug‘organlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma amti’hu bishabobihi» («Allohim, uni yoshlik ila ne’matlantir»), deb aytdilar. Amr ibn Hamiq sakson yoshga ham kirdilarki, sochlarida biror oq ko‘rinmadi. Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:15:37
593/3. Amr ibn Axtobdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suv talab qilganlarida, men yog‘ochdan bo‘lgan bir qadahda suv keltirdim. Unda sochning tuki bor ekan, olib tashladim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma jammilhu» (ya’ni, «Allohim, uni go‘zal ayla»), deb duo qildilar». Roviyning aytishlaricha, u to‘qson uchga kirganida ham soch-soqoli qora edi. Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:15:50
208-bob Mehmon qilishga undash haqida

594/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga mehmon qilishlarini so‘rab kelganida, bu zotda mehmon qilish uchun hech narsa yo‘q edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishini mehmon qiladigan Alloh rahm etuvchi odam bormi?» deganlarida ansoriylardan bir kishi turib u bilan ketdi...», deb hadisning qolgani zikr qilindi. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:16:14
209-bob Mehmonni hurmat qilganni maqtash haqida

595/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Men ovqatlanishni xohlayman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u bilan bir ayollari huzuriga borganlarida, u ayollari: «Sizni haq ila yuborgan Zotga qasamki, menda suvdan boshqa narsa yo‘q», dedi. So‘ngra boshqasiga borganlarida, u ham xuddi shunday dedi. Hattoki, barchalari shunday deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishini mehmon qiladigan Alloh rahm etuvchi odam bormi?» deganlarida ansoriylardan bir kishi: «Men, ey Allohning rasuli», deb u bilan maskaniga bordi. Va xotiniga: «Senda yegulik biror narsa bormi?» deganida: «Yo‘q, faqat yosh bolalarimning ovqati bor, xolos», deb aytdi. Shunda bu ansoriy: «Bolalarni biror narsa bilan yupatib turgin. Agar mehmonimiz kirsa, chiroqni o‘chirgin va biz o‘zimizni yeyayotgandek qilib ko‘rsataylik. Agar yeyishga qo‘lini cho‘zsa, unda ham turib chiroqni o‘chirgin», dedi. Ular o‘tirdilar va mehmon ovqatni yedi. Qachonki, tong otib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borishganda, u zot: «Bu kechasi mehmonlaringizga qilgan narsalaringizdan Alloh taolo ajablanib, quyidagi oyatni nozil qildi: «(Ansorlar) garchi o‘zlarida ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘zlarini qo‘yib (o‘zgalarni) iysor - ixtiyor qilurlar» (Hashr surasi, 9-oyat)», dedilar.
Sharh: bu yerda yosh bolalar zaruriy ehtiyoj bo‘lgan holda ovqatga muhtoj emasdirlar. Odatda, yosh bolalar bir kishi ovqatlanayotganini ko‘rishsa, qorinlari to‘q bo‘lsa ham, uni talab qilishadi. Bu yerda haligi erkak ham, xotini ham mehmonlariga o‘z nasibalarini tortiq qilishdi. Vallohi a’lam.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:16:40
210-bob Kishi mehmonini xush sanab, mehmonga yetkazgani uchun Allohga hamd-sano aytishi haqida

596/1. Abu Hurayra (r.a.) Abu Shurayh al-Xuza’iydan (r.a.)  rivoyat qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin», dedilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:16:50
597/2. Abu Hurayradan (r.a)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kunlarning birida yoki kechalarning birida ko‘chaga chiqqanlarida, Abu Bakr va Umarlarni (r.a.) uchratdilar. Ularga: «Sizlarni bu soatda uyingizdan nima olib chiqdi?» deganlarida, ikkovlari: «Ey Allohning rasuli, ochlik», deb aytishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mening jonim Uning ko‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, meni ham sizlarni olib chiqqan narsa olib chiqdi. Turinglar», dedilar. Ular u zot bilan turib, ansoriylardan bir kishinikiga borishdi. Borishsa, u uyida yo‘q ekan. Uning xotini bularni ko‘rib: «Xush kelibsizlar, marhabo», deb aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Falon kishi (ya’ni, ering) qaerda?» dedilar. U ayol: «Bizga ichimlik suvi olgani ketdi», dedi. Shu payt haligi ansoriy kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va ikki birodarlarini ko‘rib, «Allohga hamd bo‘lsinki, bugun mendan ko‘ra mehmon jihatidan hurmatliroq kishi yo‘qdir», dedi...», deb hadisni oxirigacha zikr qildilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:17:11
211-bob Taomdan keyin aytiladigan duo

598/1. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Taomlaringizni Allohning zikri va Unga duo qilish ila xotimalanglar. Uni uyqu bilan xotimalamanglar. Agar uyqu bilan xotimalasangiz, qalblaringiz qotib qoladi», dedilar. Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:17:49
IZN SO’RASH VA SALOM BERISH KITOBI

Alloh taolo: «(Jihodga chiqmay qolishlarida) ko‘zi ojiz kishiga xaraj-tanglik yo‘qdir, cho‘loqqa xaraj yo‘qdir, xastaga xaraj yo‘qdir (ya’ni, ular jihodga chiqmaganlari uchun ayblanmas). (Ey mo‘minlar), sizlar o‘z uylaringizdan yo otalaringizning uylaridan yo onalaringizning uylaridan yo og‘a-inilaringizning uylaridan yo opa-singillaringizning uylaridan yo amakilaringizning uylaridan yo ammalaringizning uylaridan yo tog‘alaringizning uylaridan yo xolalaringizning uylaridan yo sizlar kalitlariga ega bo‘lgan uylardan yo do‘stingizning uyidan (izn so‘ramasdan) taomlanishingizda sizlarga (gunoh yo‘qdir). To‘plangan yo bo‘lingan hollaringizda taomlanishingizda sizlarga gunoh yo‘qdir. Bas, qachon uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo‘lgan muborak pokiza salomni aytinglar (ya’ni, «Assalomu alaykum», denglar). Sizlar aql yurgizishlaringiz uchun Alloh Uz oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilur», deb aytdi (Nur surasi, 61-oyat).

«Qachon sizlarga biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar yoki (hech bo‘lmasa) o‘sha iborani qaytaringlar. Albatta Alloh hamma narsani hisobga olguvchi bo‘lgan Zotdir» (Niso surasi, 86-oyat).
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:18:33
«Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizgacha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. Shoyad, eslatma-ibrat olsangizlar» (Nur surasi, 27-oyat).

«Qachon go‘daklaringiz balog‘atga yetsalar, bas, ular ham xuddi ulardan ilgari (balogatga yetganlar) kabi izn so‘rasinlar! Alloh Uz oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir» (Nur surasi, 59-oyat).

«(Ey Muhammad), sizga Ibrohimning izzat-ikromli mehmonlari haqidagi xabar keldimi?» (Vaz-Zoriyot surasi, 24-oyat).

Bilingki, salomning asli Qur’on, sunnat hamda ijmo’da sobitdir. Ammo uning masala va furu’larini ihota qilish kitobxon uchun ko‘plik qiladi. Shuning uchun yengil boblarda maqsadni qisqa holda, inshaalloh, bayon etdim. Alloh shuni hidoyat etsin hamda yuqoridagi  rivoyatlarni mavzuimizga muvaffaq qilsin.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:18:46
212-bob Salomning fazli va uni ochiq aytishga buyurish to‘g‘risida

599/1. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Islomdagi qaysi amal yaxshi?» deganida, u zot: «Qorni ochlarni to‘ydirishing hamda tanigan va tanimagan kishiga salom berishing», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:19:33
600/2. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo Odamni o‘z suratida, uzunligi oltmish ziro’ (gaz) qilib xalq qildi. Qachonki, uni xalq qilib bo‘lgach, u kishiga «Ana bu o‘tirgan bir necha farishta oldiga borgin-da, salom bergin, so‘ngra ularning senga oladigan aligini yaxshilab eshitgin, chunki bu senga va sendan tarqaladigan zurriyotlaringga yo‘llangan salom bo‘ladi», dedi. Odam alayhissalom borib: «Assalomu alaykum» («Sizlarga salom»), dedilar. Farishtalar: «Assalomu ‘alayka va rahmatullohi» («Senga ham salom va Allohning rahmati bo‘lsin»), deb «rahmatullohi»ni ziyoda qilishdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:19:41
601/3. Baro ibn Ozibdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yetti narsaga buyurdilar:
1.   Kasalni borib ko‘rmoqni;
2.   Janozada qatnashmoqni;
3.   Aksa urganga javob qaytarmoqni;
4.   Kuchsizga yordam bermoqni;
5.   Mazlumga ko‘mak bermoqni;
6.   Salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoymoqni;
7.   Qasamga vafo qilmoqni. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:19:48
602/4. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Imon keltirmaguningizcha jannatga kirmaysizlar. Bir-biringizga muhabbat qilmaguningizcha imonli bo‘la olmaysizlar. Agar amal qilsangiz, o‘rtalaringizda muhabbat paydo etadigan narsaga sizlarni dalolat qilaymi? U oralaringizda salomni yoymoqligingizdir», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:19:56
603/5. Abdulloh ibn Salomdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey insonlar, salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoying. Ovqat bilan (kambagallarni) taomlantiring, qarindoshlarga yetishing. Kishilar uxlaganda namoz o‘qing, jannatga omon holatda kirasizlar», dedilar. Doramiy, Termiziy va Ibn Mojalar  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:20:07
604/6. Abu Umomadan (r.a.)  rivoyat qilinadi:  «Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallam salomni yoymoqqa buyurdilar». Ibn Moja va Ibn Sunniylar  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:20:32
605/7. Ishoq ibn Abdulloh ibn Abu Talhadan  rivoyat qilinadi. Tufayl ibn Ubay ibn Ka’b Abdulloh ibn Umarning (r.a.) huzurlariga kelib, u zot bilan birga bozorga borishar edi. Tufaylning xabar berishlaricha, «Bozorga borarkanmiz, Abdulloh ibn Umar biror ichak-chavoqlarni sotuvchi yoki do‘kondor yoki biror miskinga yo‘liqsalar, ularga salom berardilar». Tufayl aytdilar: «Kunlarning birida Abdulloh ibn Umarning oldilariga bordim. Meni o‘zlari bilan bozorga ergashtirdilar. U zotga «Bozorda nima qilasiz, baribir oldi-sotdi qilmasangiz, narxlarini so‘rab, baholashmasangiz va bozor majlislarida o‘tirmasangiz?» desam, u zot: «Sen bilan bu haqda ana bu yerda gaplashamiz», dedilar-da, «Ya abobatn» («ey qorin otasi»), dedilar (ya’ni, Tufaylning qorinlari katta bo‘lgani uchun shunday atadilar). So‘ng yana: «Biz bu yerga salom sababli, ya’ni yo‘likqan kishilarimizga salom berish uchun kelamiz», dedilar». (Abdulloh ibn Umar (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini tiriltirish uchun birortasini qoldirmay mana shunday amal qilishda boshqa sahobalardan ajrab turardilar... - tarj.) Imom Molik «Muvatto» kitoblarida rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:20:44
606/8. Ammor (r.a): «Kimki o‘zida uch narsani jamlasa, imonning barchasini jamlabdi:
1.   Nafsiga insof qilmoq;
2.   Olamga salomni tarqatmoq. (ya’ni, tanigan va tanimagan kishilariga salom bermoq.);
3.   Tanqislikda (molidan) infoq qilmoq», dedilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.

Imom Navaviy bu hadisni quyidagicha sharhlaydilar: «Bu uch kalimada dunyo va oxirat yaxshiliklari jamlangandir. Chunki insof Allohning barcha buyurgan hukmlarini ado etib, jamiki qaytariqlaridan saqlanishni hamda kishilar huquqiga rioya qilishni taqozo etadi. Ularda bo‘lmagan narsani talab etmaydi. Va yana o‘z nafsini qabohat narsalarga urmasligini ham taqozo etadi. Endi «Olamga salomni tarqatish»ning ma’nosi kishilarning hammasiga salom berib, biror kishiga mutakabbirlik qilmaslikni anglatadi. Va yana biror kishi bilan orasida jafo sababli man qilmasligini anglatadi. «Tanqislikda infoq qilish» deganda, Alloh taologa to‘la bog‘lanib, Unga tavakkul bilan musulmonlarga shafqat qilish tushuniladi».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:20:58
213-bob Salomning sifati haqida

Bilingki, musulmon kishi (salom) aytishining eng afzali «Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu»dir. Agar salom beriluvchi bir kishi bo‘lsa ham, ko‘plik olmoshi ila aytilaveradi. Javob beruvchi «Vaalaykum assalomu va rahmatullohi va barokatuhu», deydi. Ya’ni, «va» ko‘shimchasini ziyoda qiladi.

607/1. Imron ibn Husayndan (r.a.)  rivoyat qilinadi. «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, «Assalomu alaykum», dedi. Unga javob qaytarib o‘tirdilar-da, o‘nta, dedilar. So‘ngra boshqa kishi keldi-da, «Assalomu alaykum va rohmatullohi», dedi. Unga ham javob qaytarib o‘tirdilar-da, yigirmata, dedilar. So‘ngra boshqa bir kishi keldi-da, «Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuhu», dedi. Unga ham javob qaytarib, o‘ttizta, dedilar». Imom Termiziy  rivoyatlari.

Abu Dovud Muoz ibn Anasdan (r.a.) qilgan  rivoyatlarida shunga quyidagilarni ziyoda qildilar: «So‘ngra boshqasi kelib «Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu va mag‘firotuhu», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qirqta, fazilatlar mana shunday bo‘ladi», dedilar». (Ya’ni, salom qancha ziyoda bo‘lsa, savobi ham shunga qarab bo‘ladi... -tarj.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:21:16
608/2. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yonlaridan o‘tdi. U kishi birodarlarining hayvonlarini boqib yurardi. Bas, «Assalomu alayka, ya Rasulalloh», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Va alaykas salom va rohmatullohi va barokatuhu va mag‘firotuhu va rizvonuhu», dedilar. Shunda: «Ey Rasululloh, siz buning salomiga bunday alik olyapsiz-u, sahobalardan birortasining salomiga bunday alik olmagansiz?» deyilganida, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Meni bundan nima man qilsinki, bu kishi bir necha o‘n kishi ajri bilan ketyapti», dedilar. Ibn Sunniy zaif isnod ila rivoyat qilganlar.

Salom aytishga Qur’oni karimdan dalil Hud surasining 69-oyatidir: «Salom berdilar. U ham salom, dedi».

Hadisi sharifdan dalil esa yuqorida Abu Hurayradan (r.a.) qilingan  rivoyatdagi Odam alayhissalomga farishtalar qilgan javobdir. Buni bizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xabar berganlar. Unda Alloh: «Mana shu saloming zurriyoting salomidir», degan. Bu ummat ham o‘sha zurriyot ichiga kiruvchidir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:21:45
609/3. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror gap aytsalar, eshituvchi uni anglagunicha uch marta qaytarardilar. Agar biror jamoaga borib salom bersalar, uch marta salom berardilar.. Imom Buxoriy  rivoyatlari.

Bu hadisning ma’nosi agar jamoat ko‘p bo‘lsa, deganidir.

Fasl: Haqiqiy sunnatga amal qilingan salom ovozini salom berilgan kishi eshitish darajasida aytilganidir. Agar uni eshitmasa, salom beruvchi deb hisoblanmaydi. Unga javob qaytarish ham vojib bo‘lmaydi. Salomga alik oluvchidan vojib soqit bo‘lishi uchun uning ovozini salom beruvchi eshita oladigan darajada bo‘lishi kerak. Agar salom beruvchi uni eshitmasa, javob qaytaruvchidan vojib soqit bo‘lmaydi. Bularni Mutavalliy va boshqalar zikr qilishgan. Imom Navaviyning fikrlaricha, salom berilgan kishi eshitadigan darajada ovozni balandlatish mahbub sanalgan ishdir. Agar uni eshitdimi yoki eshitmadimi, deb shak qiladigan bo‘lsa, ovozni yana ham balandlatadi va uni bildirishga harakat qiladi. Agar salom berayotganda salom berilgan kishilar orasida uxlayotgan bo‘lsa, ovozni pasaytirish sunnatdir. Salom shu darajada bo‘lsinki, uyg‘okdar eshitib, uyqudagilar uyg‘onib ketmasin.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:21:55
610/4. Miqdoddan (r.a.) qilingan uzun hadisda keltirilishicha, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga sutdan bo‘lgan nasibalarini olib qo‘ydik. U zot kechasi kelib, uyqudagilar uyg‘onmaydigan va uyg‘oqlar eshitadigan qilib salom berdilar. Mening uyqum kelmasdi. Ammo ikki sherigim uxlab bo‘lishgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelib, avval qanday salom bersalar, shu tarzda salom berdilar». Imom Muslim  rivoyatlari.

(Ushbu hadis uzun bo‘lib, bu yerda mavzuga tegishli joyi qisqa holda keltirilyapti... - tarj.) Fasl.   Imom   Abu  Muhammad   qozi   Husayn   va  Imom   Abul   Hasan   al-Vohidiy   hamda boshqalarning fikricha, salomga javobni tezlik bilan berish kerak. Agar kechiktirib alik qilsa, javobi o‘tmaydi. Javobni tark qilgani sababli gunohkor ham bo‘ladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:22:25
214-bob Salomni lafz qilmasdan, qo‘l bilan ishora orqali berishning karohiyati xususida

611/1. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari bobolaridan  rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uzini boshqalarga o‘xshatgan kishi bizdan emas. Uzingizni yahudiy va nasorolarga o‘xshatmangiz. Chunki yahudiylar salomi - barmoq bilan ishora qilish. Nasorolar salomi esa - kaft bilan ishora qilish», dedilar. Imom Termiziy zaif isnod ila  rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:24:07
612/2. Ammo Termiziy kitoblarida Asmo binti Yaziddan qilingan  rivoyatda «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kunlarning birida masjid oldidan o‘tdilar. Bir qancha ayollar o‘tirishgan edi. U zot qo‘llari bilan ishora qilib, salom berdilar».

Bu hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam lafz ila ishorani jamladilar. (Agar jamlasa joiz, deganidir).
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:24:26
215-bob Salomning hukmi

Bilingki, salomni boshlash sunnatdir. Lekin vojib emas. U sunnati kifoyadir. Agar salom beruvchilar ko‘pchilik bo‘lsa, ulardan bir kishining salom berishi kifoya qiladi. Agar hammalari salom berishsa-ku, afzal bo‘ladi.

613/1. Alidan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘pchilik agar (yo‘ldan) o‘tishsa, ulardan bittalarining salom berishi kifoya qiladi. Utiruvchilarning ham bittalari salomga alik olsa, kifoya qiladi», dedilar. Abu Dovud  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:24:47
614/2. Zayd ibn Aslamdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qavmdan bir kishi salom bersa, qolganlarga ham kifoya qiladi», dedilar. Imom Molik «Muvatto»da  rivoyat qilganlar.

Fasl: Imom Abu Said al-Mutavalliy aytdilar: «Agar bir kishi boshqa bir shaxsga parda yoki devor orqasidan chaqirib, «Assalomu alayka, ya falon», desa yoki maktub yozib, unda «Assalomu alayka, ya falon» yo «Assalomu ‘ala falon», desa yoxud biror elchi jo‘natib, «Falon kishiga salom ayt», desa, uning ham maktubi yoki biror elchisi yetib borsa, o‘shanga ham salom uchun javob qaytarish vojib bo‘ladi». Shu singari Al-Vohidiy ham: «Maktub yozib salom aytgan bo‘lsa, unga ham javob xati yozish vojib bo‘ladi», dedilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:24:59
615/3. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Jabroil (alayhissalom) senga salom aytdi», deganlarida, men ham: «Va’alayhissalom va rohmatullohi va barokatuhu» («U zotga ham Allohning rahmati, salomi va barakasi bo‘lsin»), dedim». Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Ikki «Sahih»ning ba’zi  rivoyatlarida mana shunday «...va barokatuhu» bo‘lib kelgan va ba’zisida bunday bo‘lmagan. Ishonchli roviyning qo‘shimchasi maqbul bir ishdir. Imom Termiziy kitoblarida esa «...va barokatuhu» bo‘lib kelgan. Bu hadis hasan va sahihdir. Va o‘zidan uzoqda bo‘lgan kishiga salom yo‘llash ham mustahab amaldir.

Fasl: Agar bir inson boshqa bir shaxsga salom yo‘llasa yoki elchi: «Falon kishi sizga salom aytdi», deb aytsa, yuqorida aytganimizdek, tezlik ila salomga javob qaytarmog‘i vojib bo‘ladi. Yetkazuvchi kishiga ham qo‘shib «Va’alayka va’alayhis salom», deb aytish mahbub amaldir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:25:29
616/4. G’olib al-Qattondan (r.a), u esa bir kishidan  rivoyat qildi. Unga otasi, otasiga esa bobosi gapirib bergan ekan. «Otam meni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yuborib, «U zotga borib mendan salom ayt», dedi. Men u zot huzurlariga borib, «Otam sizga salom aytdi», dedim. U zot: «Senga va otangga salom bo‘lsin», dedilar». Abu Dovud  rivoyatlari.

Bu hadisdagi roviylar orasida noaniq kishi bo‘lsa ham, yuqorida aytganimizdek, fazilatli hadislarni aytishga ahli ilmlarning barchalari ruxsat berishgan.

Fasl: Mutavalliy aytdilar: «Agar eshitmaydigan karga salom berilsa, u tushunadigan salom lafzi ila beriladi. U anglashi uchun qo‘l bilan ishora qilib bo‘lsa ham, salom beriladi. Ana shunda javobga haqdor bo‘linadi. Agar ular orasi jamlanmasa, javobga haqdor bo‘linmaydi. Shu singari kar salom bersa va javobni xohlasa, til bilan aytib, ishora ila javob beradi. Shunda u kishidan javob vojibligi soqit bo‘ladi. Agar tilsizga salom berilsa, u tilsiz qo‘li bilan ishora qilib javob bersa, undan vojib soqit bo‘ladi. Chunki uning ishorasi ta’bir o‘rniga o‘tadi. Agar tilsiz (duduq) ishora bilan salom bersa, javobga haqdordir».

Fasl: Bir kishi salom bersa, so‘ngra yaqinroq bir joyda yo‘liqib qolsa, unga ikki va uch marta, balki bundan ham ko‘proq salom berish sunnatdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:25:52
617/5. Abu Hurayradan (r.a.) namozini yomon holda o‘qigan kishi haqida  rivoyat qilinadi. U kelib namoz o‘qidi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning salomiga alik olgach, «Qaytadan namoz o‘qi. Chunki sen hali namoz o‘qimading», dedilar. U qaytib namoz o‘qidi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom berdi. Hattoki, shuni uch marta qildi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:26:23
618/6. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlarning biringiz birodariga yo‘liqsa, unga salom bersin. Agar ular orasini daraxt yo devor yoki tosh to‘sib ko‘yib, so‘ngra unga yana yo‘liqsa, salom bersin», dedilar. Abu Dovud  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:26:36
619/7. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari ketishayotganda ro‘paralaridan daraxt yoki adirlik chiqib qolib, o‘ng va chapga qayrilib ajrashsa, so‘ngra yo‘liqishsa, yana bir-birlariga salom berishar edi. Ibn Sunniy  rivoyatlari.

Fasl: Agar ikki kishi yo‘liqib, har biri shu vaqtning o‘zida salom bersa yoki biri boshqasidan keyin salom bersa, nima bo‘ladi? Bu haqda Qozi Husayn va Abu Sa’d Mutavalliylar shunday deyishadi: «Ikkovi ham salomni boshlagan bo‘lib, ularning har biriga salomga javob qaytarish vojib bo‘ladi». Ammo Abu Bakr Shoshiy esa: «Bunga to‘xtalib bir oz javob berishga to‘g‘ri keladi. Agar biri ikkinchisidan keyin salom bersa, javob bo‘ladi. Agar bir vaqtning o‘zida bo‘lsa, javob bo‘lmaydi», dedilar. Mana shu Shoshiy aytgan fikr to‘g‘riroqdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:26:49
620/8. Abu Jizyil Hujaymiydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, «Alaykassalam, ey Allohning rasuli», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alaykassalam, demagin. Chunki u o‘liklarning salomidir», dedilar. Abu Dovud , Termiziy va boshqalar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan.

Imom Navaviyning fikrlaricha, bu hadis salomning mukammal va yaxshiroq ekanini bayon etishda vorid bo‘lgan. Bundan «salom emas» degan maqsad bo‘lmaydi. Vallohi a’lam.

Imom Abu Homid G’azzoliy «Ihyou ulumid-din» kitoblarida shunday deydilar: «Bu hadisga binoan salomni «Alaykum assalom», deb boshlamoqlik makruhdir. Agar boshlab ko‘ygan bo‘lsa, javob vojib bo‘ladi. Chunki u ham salom-da».
Fasl: Hamma so‘zdan oldin salomni boshlash musulmon kishiga sunnatdir. Sahih hadislar va ummatning salafi va xalafining amali shunga muvofiqligi mashhurdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:27:02
621/9. Jobirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «So‘zlardan oldin salom», dedilar. Termiziy zaif isnod ila  rivoyat qilganlar.

Fasl: Salom bilan boshlash afzal ekaniga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi sahih hadislari dalildir: «Ular ikkovining yaxshisi salom bilan boshlaganidir». Shundan kelib chiqib, har bir ko‘rishgan kishi salomni boshlashga hirs etmog‘i lozim bo‘ladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:27:21
622/10. Abu Umomadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishilarning Alloh huzuridagi oliy martabaligi salomni boshlaganidir», dedilar. Abu Dovud  rivoyatlari.

Imom Termiziy  rivoyatlarida keltirilishicha, «Ey Rasululloh, ikki kishi yo‘liqib qolsa, qaysi biri salomni boshlaydi?» deyilganida, u zot: «Alloh huzuridagi oliy martabaligi», deb aytdilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:27:37
216-bob Salomning mustahab, makruh va muboh holatlari haqida

Bilingki, yuqorida aytganimizdek, salomni ommaviy qilishga buyurilganmiz. Lekin bu ba’zi holatda ta’kidlangan va ba’zi holatda yengillatilgan va ba’zi holatda man qilingan. Ammo ta’kidlab mahbub sanalganlarining hududi yo‘qdir. Va yana bilingki, tirikka ham, o‘likka ham salom beriladi. Biz o‘likka salom berish kayfiyatini «Janoza zikrlari kitobi»da aytib o‘tganmiz. Ammo salomning makruh, yengillatilgan va muboh holatlarini istisno qilib, bir oz bayon qilishga ehtiyoj bor. Masalan, kishi bavl va shularga o‘xshash narsaga mashg‘ul bo‘lib turganida salom berish makruhdir. U javobga ham hakdor emas. Yana uxlayotgan yoki esnayotgan yoki namoz o‘qiyotgan yoki muazzin namozga azon yoki iqomat aytayotgan bo‘lsa yoxud hammomda bo‘lsa yo shunga o‘xshash salom o‘z ta’sirini o‘tkazmaydigan ishlarda ham salom bergan kishi javobga haqdor emas. Ammo ovqatlanayotgan bo‘lsa-yu og‘zida luqma bo‘lmasa, salomning zarari yo‘qdir. Javob berish u kishiga vojib bo‘ladi. Oldi-sotdi va boshqa muomalalarda salom berilsa, javob berish vojibdir. Ammo jumaga xutba o‘qilib turganda salom berish makruhdir. Chunki xutbada jim turishga buyurilganmiz. Endi shunga xilof qilib salom berib qo‘ysa, javob beriladimi? Bunda bir oz ixtilof bor. U amal qilmagani uchun javob qaytarilmaydi, deganlar bor. Agar xutbada jim turish vojib, deyilsa, salomga alik olmaydi. Agar xutbada jim turish sunnat, deyilsa, o‘sha hozir bo‘lganlar orasidan bir kishi javob qaytaradi. Bir kishidan ko‘pi javob qaytarmaydi deganlar ham bor. Ammo Qur’on qiroati bilan mashg‘ul kishiga beriladigan salom haqida Abul Hasan al-Vohidiy: «Tark qilgan afzaldir», deydilar. «Agar salom berilsa, ishora bilan javob berish kifoya qiladi. Agar Qur’on o‘qiyotgan kishi lafz ila salomga alik olsa, «A’uzu»ni aytib, yana tilovatga qaytadi». Bu Vohidiy fikrlari edi. Bunga bir oz e’tibor qilishga to‘g‘ri keladi. Zohiriy olib qaralganda, Qur’on o‘qiyotgan kishi lafz ila alik oladi. Ammo xotirni jamlab, berilib duo bilan mashg‘ul bo‘layotgan kishini Qur’onga mashg‘ul bo‘layotganga o‘xshatish mumkin. Fikrimcha, ana shu holda unga salom berish makruhdir. Chunki bu unga ovqatlanishdagi mashaqqatdan ham ko‘proq qiyinchilik olib keladi. Ammo ehromdagi talbiya aytuvchi kishiga salom berish makruhdir. Chunki talbiyani to‘xtatish makruh. Bordi-yu salom berilsa, lafz ila alik olib qo‘yadi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:27:52
217-bob Salom beriladigan va berilmaydigan, alik olinadigan va olinmaydigan kishilar haqida

Bilingki, fosikdigi va bid’atchiligi ila mashhur bo‘lmagan musulmon kishiga salom beriladi va salomiga alik olinadi. Ya’ni, salom berish sunnat, alik olish vojibdir.

623/1. Asmo binti Yaziddan  rivoyat qilinadi: «Biz ayollar bilan turganimizda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldimizdan o‘tib bizga salom berdilar». Abu Dovud va Termiziy  rivoyatlari.

Ammo Termiziy  rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kunlarning birida masjid yonidan o‘tayotganlarida, bir necha ayollar o‘tirishgan edi. Ularga ko‘llari ila ishora qilib salom berdilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:28:01
624/2. Jarir ibn Abdullohdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollar oldidan o‘tib, ularga salom berdilar. Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:28:10
625/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Bizda bir ayol bor edi (boshqa  rivoyatda boshqacha keltiriladi: «Bizning bir (tanish) kampirimiz bo‘lib...»), u lavlagini olib kelardi-da, qozonga solib arpaning maydalangani bilan aralashtirib qo‘yar edi. Biz har gal jumani o‘qib qaytayotganimizda, unga salom berar edik. U bizga haligi taomni tortiq qilar edi». Imom Buxoriy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:28:27
626/4. Ummu Hone’ binti Abu Tolibdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Fath kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borsam, u zot g‘usl qilayotgan ekanlar. Fotima (r.a.) esa (parda bilan) to‘sib turgan ekanlar. Bas, men salom berdim...» deb hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

Fasl: Zimmiyga salom berilishi haqida ixtilof qilingan. Ularga salom berishni qat’iy joiz emas, deganlar. Boshqalar esa harom emas, balki makruhdir, deyishgan. Agar zimmiy kishi musulmonga salom bersa, musulmon javob berishda faqat «Vaalaykum» deydi. Undan boshqasini ziyoda qilmaydi.

Qozi Morudiyning fikrlaricha, ularga salom berish joiz. Faqat musulmon kishi «Assalomu alaykum», deb aytmay, balki «Assalomu alayka», deb, ya’ni birlik lafzi ila aytadi. Alik olishda «Vaalaykum assalom», deydi. Lekin «...va rohmatulloh»ni qo‘shmaydi, deb aytganlar. Bu ikki fikrlari qoidadan tashqari bo‘lib, rad qilingan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:28:35
628/6. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlarga ahli kitoblar salom berishsa, ularga «Va alaykum», deb aytinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:28:51
629/7. Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlarga yahudiylar salom berib, «As-somu alaykum» (ya’ni, senga o‘lim), desa, «Vaalayka» (ya’ni, senga ham), deb ayting», dedilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari. Bu hatsda zikr qilganimizga o‘xilash hadislar ko‘pdir.

Abu Sa’d Mutavalliyning aytishlaricha, bir kishiga musulmon deb gumon bilan salom berilsa-yu, uning kofirligi ravshan bo‘lsa, salomini qaytarib olmoqligi mustahabdir. «Rudda ‘alayya salomiy», ya’ni «Salomimni qaytarib ber», degan lafz ila qaytarib oladi. Bundan maqsad uni qo‘rqitib, o‘rtasida do‘stlik yo‘qligini bildirib qo‘yishdir.

Abu Sa’d esa: «Agar zimmiyga salom xohlansa-da, salom lafzidan boshqacha qilinsa, masalan, «Alloh sizni hidoyat qilsin» yoki «Alloh sizning tonggingizni ne’matli qilsin», desa, zarari yo‘q», dedilar.

Imom Navaviy: «Mana shu Abu Sa’d aytgan narsaga ehtiyoj bo‘lib, «Xayrli tong tilayman» yoki «Saodat tilayman» yoki «Ofiyat tilayman» yoki «Alloh sizga xursandchilik, saodat, ne’mat, surur ila tong ottirsin», desa yoki shunga o‘xshash narsalarni aytsa, zarari yo‘q. Agar ehtiyoj sezmasa, biror narsa aytmaslikni ixtiyor qiladi. Chunki salom aytish ularga ochiq yuzli bo‘lish, yaqinlik va do‘stlikni ifoda etadi. Biz esa ularga ko‘pol bo‘lish va do‘stlik izhor etmaslikka buyurilganmiz», dedilar.

Agar bir kishi jamoat oldidan o‘tsa, ular orasida bir necha musulmon tursa yoki bir musulmon bilan bir necha kofir bo‘lsa, musulmon va musulmonlarni qasd qilib salom berish sunnatdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:29:01
630/8. Usoma ibn Zayddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir majlisdan o‘tdilar. U majlisda oddiy musulmonlar, mushriklar, butlarga ibodat qiluvchilar va yahudiylar bor edi. Va ularga salom berdilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Agar biror mushrikka maktub yozsa va unda salom bitsa, quyidagicha yozish lozim bo‘ladi:
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:29:11
631/9. Abu Sufyon (r.a.) Hiraql qissasi haqida qilingan  rivoyatda aytishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohning quli va rasuli Muhammaddan Rumning kattasi Hiraqlga, hidoyatga ergashganlarga salom», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Kasal zimmiyni ziyorat qilish haqida ixtilof qilingan. Ba’zi jamoalar uni mahbub sanashgan. Ba’zilari esa man qilishgan.

Abu Bakr Shoshiy esa quyidagilarni zikr qiladilar: «Kofir betob bo‘lganida qarindoshlik yoki qo‘shnichilik yuzasidan qurbat hosil qilish uchun ziyorat joiz». Imom Navaviy ham Shoshiy aytgan ushbu fikrni yaxshi, deganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:29:21
632/10. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir yahudiy bola Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xizmat qilar edi. Kunlarning birida u betob bo‘lib qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning ziyoratiga kirib, boshi tomonga o‘tirdilar va «Islomga kir», dedilar. U bola esa otasiga qaradi. Shunda otasi: «Abul Qosimga itoat qil», dedi. Bas, u bola musulmon bo‘ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning huzuridan chiqa turib,

«Alhamdu lillahillaziy anqozahu minan-nar» (ya’ni, «Uni do‘zaxdan xalos qilgan Allohga hamd bo‘lsin»), dedilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:29:29
633/11. Said ibn Musayyib otalari Musayyib ibn Hazndan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Abu Tolibga o‘lim yaqinlashganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning huzuriga kelib, «Ey amaki, «La ilaha illallohu», deb ayting», dedilar...» Roviy bu hadisni uzunligi ila zikr qildilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:29:39
634/12. Imom Buxoriy va Muslimning  rivoyatlarida keltirilishicha, Ka’b ibn Molik (r.a.) va ikki hamrohlari Tabuk g‘azotiga bormay qolishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarni ular bilan gaplashishdan man qildilar. Ka’b ibn Molik aytadilar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, u zotga salom berardim-da va ikki lablarini qimirlatdilarmi yoki yo‘qmi, deb alik olayotganlariga nazar solardim».

Abu Bakr ibn Arabiy zikr qilishlaricha, ulamolar: «Gunohkorga salom beraveradi, chunki salom Alloh ismlaridan biri bo‘lib, ma’nosi Alloh sizlarni kuzatuvchi, deganidir. Ammo yosh bolalarga salom berish sunnat amaldir», deyishdi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:29:49
635/13. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot bolalar yonidan o‘tib ketayotib, ularga salom berdilar-da, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday qilardilar», dedilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.

Muslimning  rivoyatlarida: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yosh bolalar oldidan o‘tdilar-da, ularga salom berdilar», deb kelgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:30:01
636/14. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘ynayotgan yosh bolalar oldidan o‘tdilar-da va ularga salom berdilar. Abu Dovud rivoyatlari.

Ibn Sunniy  rivoyatlarida keltirilishicha, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Assalomu alaykum, ey bolalar», dedilar».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:30:19
218-bob Salomdagi odob va masalalar

637/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Suvoriy piyodaga, piyoda o‘tirganga va ozchilik ko‘pchilikka salom beradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Imom Buxoriyning boshqa bir  rivoyatlarida: «Kichik kattaga, piyoda o‘tirganga, ozchilik ko‘pchilikka salom beradi», deyilgan.

Ulamolar: «Bu zikr qilinganlar sunnatdir, bularning aksini qilib, piyoda suvoriyga yoki o‘tirgan suvoriyga va piyodaga salom bersa, makruh emas, shu singari ko‘pchilik ozchilikka, katta kichikka salom bersa ham, makruh emas», deyishadi. Faqat salomga haqdor narsani tark qilgan bo‘ladi. Va yana ana shu odoblardan - ikki kishi yo‘lda yo‘liqishsa, ularning biri o‘tirgan bo‘lsa, xoh kichik yoki katta, oz yoki ko‘p bo‘lsin, hamma holatda keluvchi salom beradi. Qozi Morudiy bularning ikkinchisini sunnat, avvalgisini sunnatdan tashqaridagi fazilatli odoblar, deb ismladilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:30:41
Fasl: Mutavalliy aytadilar: «Agar bir kishi jamoatga yo‘liqib, ulardan ba’zilariga xoslab salom bersa, makruhdir. Chunki salomdan maqsad do‘stlik va ulfatlikni kasb etishdir. Endi ba’zilarni xoslash esa qolganlar uchun qo‘pollikdir. Balki o‘rtada adovatga ham sabab bo‘lib qoladi».

Fasl: Bozorda yoki ko‘chada, bir-biriga ko‘p yo‘liqiladigan joylarda ba’zilarga xoslab salom berishning zarari yo‘q. Chunki har bir yo‘liqqan kishiga salom beraverish ham muhim ishlardan to‘xtatib, odatiylikdan chiqarib yuboradi. Salom berishdan maqsad - yo do‘stlikni kasb qilish yoki o‘rtadagi karohiyatni daf qilish.

Fasl: Mutavalliy aytadilar: «Agar jamoat bir kishiga salom bersa, haligi kishi «Vaalaykum assalom», deydi. Bu bilan hammani qasd qiladi. Va undan hammaning hakqidagi alik olish vojibi soqit bo‘ladi. Xuddi janoza namozini bir daf’ada o‘qilganda, boshqa hammadan namozning farzligi soqit bo‘lgani kabi».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:30:53
Fasl: Morudiy aytadilar: «Agar kishi ozroq jamoat oldiga kirsa, bir salomni umumlashtirib, o‘sha bitta bilan kifoyalanadi. Ba’zilarni xoslab ziyoda qiladigan bo‘lsa, u odobdandir. Ulardan ham bir kishi alik oladi. Ulardan ham alik olishda ziyoda qiladigan bo‘lsa, u ham odobdandir. Agar jamoat joyi va majlisxona kabi bir salom tarqamaydigan makon bo‘lsa, bu yerdagi salomning sunnati kiruvchi kishining birinchi kirgan paytida salom berishidir. Shu bilan u hamma eshitganlarning hakqidagi salomni ado qilgan bo‘ladi. Va eshitgan kishilarning barchasidagi alik olishning farzi kifoyasiga doxil bo‘ladi. Agar o‘tirishni xohlasa, eshitmay qolganlardan salomning sunnati soqit bo‘ladi. Bordiyu eshitganlardan keyingi qatordagi eshitmaganlar yoniga o‘tirishni xohlasa, bu haqda ikki xil fikr aytilgan: avvalgisi - salom aytish ila salom hosil bo‘ladi. Chunki ular bir jamoadir. Salomni qaytadan berishi esa odobdandir. Shunga binoan qaysi majlis ahli unga alik olsa, bu bilan hammalaridan farzi kifoya soqit bo‘ladi, deyilgan. Ikkinchi fikr esa - salom beruvchi o‘tirmoqchi bo‘lsa, ovoz yetmagan kishilar uchun salomning sunnati soqit bo‘lmagan. Shunga ko‘ra, orqada o‘tirganlar alik olganiga qaramay, oldingilardan farz soqit bo‘lmaydi».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:31:27
Fasl: Kishi uyiga kirsa va u yerda hech kim bo‘lmasa ham, «Assalomu alayna va ‘ala ibadillahis solihiyn», deb salom berishi mustahabdir. Buni kitobimizning avvalidagi «Uyga kirishda aytiladigan zikrlar» bobida bayon qilganmiz.

Shu singari masjidga yoki boshqa birovning uyiga kirsa-yu, u yerda hech kim bo‘lmasa ham, «Assalomu alayna va ‘ala ibadillahis solihiyn, Assalomu alaykum ahlal bayti va rohmatullohi va barakatuhu», deb aytish ham mustahabdir.

Fasl: Bir jamoa bilan o‘tirgan bo‘lsa-yu, so‘ngra ulardan ajrab turadigan bo‘lsa, yana salomlashmog‘i sunnatdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:31:47
638/2. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz biror majlisga boradigan bo‘lsa, salom bersin. Agar turishni xohlasa ham, salom bersin. Avvalgisi oxirgisidan haqli emasdir», dedilar. Abu Dovud va Termiziy  rivoyatlari.

Imom Navaviy aytadilar:   «Haligi ajralayotgandagi  salom  bergan kishining salomiga jamoatning alik olishi vojibdir».

Qozi Husayn va Abu Sa’d Mutavalliylar: «Jamoadan ajrab ketayotganda ba’zi odamlar orasida salom berish odati bor. Bu duo bo‘lib, unga javob qaytarish vojib bo‘lmay, balki mustahabdir. Chunki salom ajralayotganda emas, balki yo‘liqqanda bo‘ladi», deb aytdilar.

Bu fikrni Abu Bakr Shoshiy inkor qilib, fosid, dedilar. Chunki salom o‘tirgan paytda sunnat bo‘lgani kabi ko‘zg‘alganda ham sunnatdir. Shu Abu Bakr Shoshiyning fikrlari to‘g‘ridir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:32:06
Fasl: Agar biror kishi yoki ko‘proq kishi yonidan o‘tib qolinsa-yu, salom bersam, takabburlik qilib yoki boshqa sabab yuzasidan alik olmaydi, degan gumon bilan salom tark qilinmaydi. Chunki salom har bir o‘tuvchi kishiga buyurilgan. Javobni hosil qilish buyurilmagan. Qaerdan bilsin, balki gumoni xato bo‘lib, javob berib qolishi mumkin.

Ammo «Utuvchining salomi sababli o‘tirgan kishi alik olmasa, gunohga botib qoladi, shuning uchun salom beravermasin» kabi so‘zlar johillik va kaltafahmlikdir. Chunki shar’iy buyruqlar mana shu kabi xayoliy narsalar ila soqit bo‘lmaydi.

Bir kishi eshittiradigan qilib salom bersa-yu, alik olinmasa, «Salom berishdagi hakqini ado qildim» kabi so‘zlarni aytish mahbub amaldir. Shu bilan bu odamning hakqi soqit bo‘ladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:32:15
639/3. Abdurahmon ibn Shibldan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim salomga alik olsa, uning foydasidir. Kimki alik olmasa, bizdan emas», dedilar. Ibn Sunniy  rivoyatlari.

Bir insonga salom berilsa-yu, u alik olmasa, chiroyli ibora bilan «Salomga alik olish vojib, sendan vojib soqit bo‘lishi uchun salomga alik olmog‘ing lozim bo‘ladi», deb aytish mahbub amaldir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:32:40
219-bob Izn so‘rash to‘g‘risida

Alloh taolo aytadi: «Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizgacha kirmanglar. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. Shoyad eslatma-ibrat olsangizlar» (Nur surasi, 27-oyat); «U osmonlar va yerni hamda ularning orasidagi barcha narsalarni olti kunda yaratib, so‘ngra Uz arshiga o‘rnashgan Zotdir. U Rahmondir. Bas, U zot haqida ogoh-bilimdon (kishilar)dan so‘rang!» (Nur surasi, 59-oyat).

640/1. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Izn so‘rash uch martadir. Agar izn berilsa, kirgin. Agar berilmasa, qaytib ketgin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:32:48
641/2. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Izn so‘rash ko‘z (tushishining oldini olish) sababidan joriy qilindi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Uch bor izn so‘rashni ko‘p jihatdan  rivoyat qildik. Sunnatda avval salom beriladi. So‘ngra izn so‘raladi. Eshik oldida turganda ichkaridagi kishiga qaralmaydi. So‘ngra «Assalomu alaykum, kiraveraymi?» deyiladi. Agar biror kishi javob qilmasa, ikki va uch marta aytiladi. Yana biror kishi javob bermasa, qaytib ketiladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:33:03
642/3. Tobe’inlardan Ruba’iy ibn Hiroshdan  rivoyat qilinadi: «Menga Bani Omir qabilasidan bo‘lgan bir kishi gapirib berdi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uydaliklarida oldilariga kirishga izn so‘rab, «Kiraveraymi?» dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xodimlariga: «Buning oldiga chiqib, izn so‘rashni va «Assalomu alaykum, kiraveraymi?» deyishni o‘rgat», dedilar. U kishi buni eshitib turgan edi. Bas, «Assalomu alaykum, kiraveraymi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga izn berdilar, u kirdi». Abu Dovud rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:33:17
643/4. Kalada ibn Hanbaldan (r.a.)  rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib, oldilariga kirdim-da, salom bermadim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaytib, boshidan «Assalomu alaykum, kiraveraymi?» degin», dedilar». Abu Dovud  va Termiziy  rivoyatlari.

Mana shu salomni izn so‘rashdan oldin keltirganimiz to‘g‘ridir. Morudiy aytishlaricha, bu uch ko‘rinishdadir. Birinchisi, yuqoridagi (ya’ni, avval salom, keyin izn). Ikkinchisi, izn so‘rashni salomdan oldin qilish. Uchinchisi, ixtiyoriy, agar izn so‘rovchining ko‘zi xonadon sohibiga kirishdan oldin tushadigan bo‘lsa, salomni avval beradi. Agar ko‘zi tushmasa, izn so‘rashni oldin qiladi.

Fasl: Agar biror kishidan kirishga salom ila izn so‘ralsa yoki eshikni taqillatilsa va ichkaridan «Kimsan?» deyilganida, «Falonchi o‘g‘li falon» yoki «Falon faloniy» yo «Taniqli falonchi» kabi tom ma’noda tanitish lozim bo‘ladi. Ammo «men» yoki «bir bola» yoki «xodimingiz» yoki «do‘stlaringizdan biriman» kabi so‘zlarni aytish makruhdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:33:25
644/5. Mashhur Isro hodisasida kelgan hadisda keltirilishicha, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men Jabroil (alayhissalom) bilan dunyo osmoniga ko‘tarilganimda, uning ochilishini talab qildilar. «Bu kim?» deyilganida, «Jabroil», dedilar. «Sen bilan birga kim?» deyilganida, «Muhammad» (alayhissalom), dedilar. So‘ngra ikkinchi va uchinchi va qolganlariga ko‘tarilganlarida, har bir osmonda «Bu kim?» deyildi, «Jabroil», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:33:33
645/6. Abu Musoning (r.a.) hadislarida keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bi’ru bo‘ston», degan joyda o‘tirganlarida, Abu Bakr (r.a.) kelib izn so‘radilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kim?» dedilar. «Abu Bakrman» dedilar. So‘ngra Umar (r.a.) kelib izn so‘radilar. Rasululloh «Kim?» dedilar. «Umarman», dedilar. So‘ngra Usmon (r.a.) ham shu singari qildilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:33:46
646/7. Jobirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, eshiklarini taqillatdim. U zot: «Kim bu?» dedilar. «Men», deb aytdim. Shunda u zot «men», «men», deb go‘yoki karih ko‘rgandek aytdilar».

Fasl: Agar xitob qilingan kishi undan boshqasini bilmaydigan narsa bilan o‘zini sifatlasa, zarari yo‘qdir. Masalan, o‘zini viqor suratida «men falon muftiy» yoki «qozi» yo «falon shayx» va shunga o‘xshash narsalar bilan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:33:56
647/8. Ummu Hone’ Abu Tolibdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borsam, u zot g‘usl qilayotgan ekanlar. Fotima esa to‘sib turgan ekan. Shunda u zot: «Bu kim?» dedilar. Men: «Ummu Hone’man», dedim». Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:34:04
648/9. Abu Zarrdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Kechalarning birida ko‘chaga chiqsam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yakka o‘zlari ketayotgan ekanlar. Men ham oyning soyasida ketayotsam, men tomonga burildilar-da va meni ko‘rib qoldilar. «Kim bu?» dedilar. «Abu Zarrman», dedim». Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:34:25
649/10. Abu Qatoda al-Horis ibn Rib’iydan (r.a.)  rivoyat qilingan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mo‘‘jizalarini hamda ilmlarning barchasini o‘z ichiga oluvchi idishdagi suv haqidagi hadisda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshlarini ko‘tarib, «Kim bu?» dedilar. Men: «Abu Qatodaman», dedim. Imom Muslim  rivoyatlari.

Bunga o‘xshash hadislar ko‘p. Buning sababi unga bo‘lgan ehtiyoj va faxrlanishni iroda etmaslikdir. Mana shu ma’noga yaqin bo‘lgan hadislar ham bor. Ulardan:
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:34:34
650/11. Abu Hurayradan (r.a)  rivoyat qilinadi: «Men: «Ey Rasululloh, Allohga duo qiling, Abu Hurayraning onasini hidoyat qilsin», dedim. (Hadisni davom ettirib) u zotning huzurlariga qaytib, «Ey Allohning rasuli, Alloh duoingizni ijobat qilib, Abu Hurayraning onasini hidoyat qildi», dedim». Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:34:54
220-bob Salomdagi furu’ masalalar haqida

Abu Said Mutavalliy aytdilar: «Hammomdan chiqayotgan kishiga «yoqimli hammom» kabi so‘zlarni aytmoq joiz emas. Ya’ni, bu so‘zlarning asli yo‘qdir. Lekin  rivoyatda Ali (r.a.) hammomdan chiqayotgan kishiga «Najas bo‘lmasdan pok bo‘lgin», deganlar».

Imom Navaviyning fikrlaricha, bu o‘rinda biror narsa aytish joiz emas. Agar yaqinlik, ulfat va do‘stlikni jalb qilish uchun «Ado mallohu lakan na’iyma», ya’ni «Alloh senga bu ne’matni bardavom qilsin» kabi duolarni aytishning zarari yo‘qdir.

Agar o‘tib ketayotgan kishi o‘tirgan kishiga salom o‘rniga «Alloh tonggingizni xayrli qilsin» yoki «Sodatli etsin» yoki «Alloh qo‘llab-quvvatlasin» yoki shunga o‘xshash kishilar odatda ishlatadigan so‘zlarni aytsa, javob berish shart emas. Bu kishi salomga beparvo bo‘lib, xilof qilgani uchun unga tanbeh ma’nosida javob tark etiladi. Unga va boshqalarga salom berishga undash uchun odob bergan holda shunday qilinadi.

Fasl: Agar zohidligi, islohchiligi, ilmi, sharafi, taqvodorligi yoki din ishlaridan bo‘lgan shunga o‘xshash narsasi uchun boshqa kishining qo‘li o‘pilsa, makruh bo‘lmay, balki mustahab amaldir. Lekin boyligi-dunyosi, badavlatligi, shavkati, obro‘si uchun dunyo ahllarining ko‘lini o‘psa, qattiq makruhdir. Mutavalliy fikrlaricha, haromdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:35:03
651/1. Zore’dan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qo‘llari va oyoqlarini o‘pish uchun ulovlarimizdan shoshib borar edik», dedilar. Abu Dovud  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:35:11
652/2. Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot bir qissada: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yaqin bo‘lib, qo‘llarini o‘pdik», dedilar. Abu Dovud  rivoyatlari.

Ammo kichik bolaning yuzidan o‘pish yoki ukasini o‘pish yoki yuzidan boshqa joylarini o‘pishi shafqat, rahmat, lutf va qarindoshlik muhabbati yuzasidan sunnatdir. Bunga mashhur sahih hadislar ko‘pdir. U xoh o‘g‘il, xoh qiz bo‘lsin. Shu singari bolalari do‘stini va boshqa yosh bolalarni ham shu alfozda o‘pish sunnatdir. Ammo shahvat bilan o‘pish ittifoq qilingan holda haromdir. Xoh yosh bola bo‘lsin, xoh boshqasi bo‘lsin. Hatto shahvat bilan nazar qilish haromdir. Xoh yaqini, xoh uzoq kishisi bo‘lsin.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:35:19
653/3. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hasan ibn Alini (r.a.) o‘pganlarida, huzurlarida Aqra’ ibn Hobis at-Tamiymiy bor edi. Shunda u: «Mening o‘nta bolam bor-u, ularning birortasini o‘pmaganman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga qaradilar-da, «Kim rahm qilmasa, rahm qilinmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:35:32
654/4. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam huzurlariga a’robiylar kelib, «Sizlar yosh bolalaringizni o‘pasizlarmi?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. Ular: «Biz, Allohga qasamki, bolalarimizni o‘pmaymiz», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh sizlardan rahmni tortib olgan bo‘lsa, men nimaga ham qodir bo‘lardim?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Bu hadis boshqacha lafzlar bilan ham  rivoyat qilingan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:35:40
655/5. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘g‘illari Ibrohimni ushlab turib, o‘pdilar va hidladilar. Imom Buxoriy va boshqalar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:35:50
656/6. Baro ibn Ozibdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Madinaga kelingan paytda Abu Bakr (r.a.) bilan birga (uylariga) kirsak, qizlari Oisha (r.a.) isitma bo‘lib yonboshlab yotgan edilar. Abu Bakr (r.a.) oldilariga borib, «Ey qizcham, ahvolingiz qanday?» deb yuzlaridan o‘pib qo‘ydilar». Abu Dovud  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:36:25
657/7. Safvon ibn Assoldan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir yahudiy do‘stiga «Anavi nabiy huzuriga bizni olib bor», dedi. Bas, ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib, to‘qqizta ochiq-oydin oyat haqida so‘rashdi. (Hadisning davomida) ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qo‘llari va oyoqlarini o‘pib, «Biz guvohlik beramizki, albatta sen nabiydirsan», deyishdi. Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:36:35
658/8. Iyos ibn Dag‘faldan (r.a.)  rivoyat qilinadi. «Abu Nazrani Hasan ibn Alining (r.a.) yuzidan o‘pganini ko‘rdim», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.

Ibn Umar (r.a.) o‘g‘illari Solimni o‘pib, «Qariya qariyani o‘pganida ajablaninglar», dedilar.

Bu ummatning zohid va obidlaridan biri bo‘lgan Sahl ibn Abdulloh at-Tustariy Abu Dovud Sijistoniyning oldilariga kelib, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini gapiruvchi o‘sha tilingizni chiqaring, o‘pib olay», deb o‘par edilar. Salaflarimizning bu to‘g‘ridagi amallari chegarasiz ko‘p edi.

Fasl: Solih mayyit kishining yuzini muborak bo‘lgani uchun o‘pishning zarari yo‘q. Safardan qaytgan do‘stining yuzidan o‘pishning ham zarari yo‘q.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:36:56
659/9. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlari haqidagi uzun hadisda aytilishicha, Abu Bakr (r.a.) u zot huzurlariga kirib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yuzlarini ochdilar. So‘ngra engashib turib o‘pdilar-da, yig‘lab yubordilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:37:04
660/10. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Zayd ibn Horisa Madinaga kelganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyimda edilar. Zayd kelib eshikni taqillatdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam turib, kiyimlarini sudrab borib, quchoqlashib o‘pdilar». Imom Termiziy  rivoyatlari.

Ammo yosh bola va safardan qaytuvchidan tashqari kishilarning yuzidan o‘pish va quchoqlashish makruhdir. Bunga dalil quyidagi hadis:
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:37:19
661/11. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Rasululloh! Kishi birodari yoki do‘stiga yo‘liqsa, bosh egadimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Uziga yaqinlashtirib o‘padimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Qo‘lidan ushlab so‘rashadimi?» deganida, «Ha», deb javob qildilar. Termiziy va Ibn Mojalar  rivoyatlari.

Fasl: Bilingki, yo‘likqanda qo‘l berib so‘rashish sunnat amaldir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:37:37
662/12. Qatodadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. «Anasga (r.a.) «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarida qo‘l berib so‘rashish bormidi?» desam, «Ha», deb javob qildilar». Imom Buxoriy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:37:49
663/13. Ka’b ibn Molikning (r.a.) tavbalari haqidagi qissada keltirilishicha, «Talha ibn Ubaydulloh (r.a.) yugurib kelib, menga qo‘llarini berib so‘rashdilar va tabrikladilar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:37:57
664/14. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki musulmon yo‘liqib, qo‘l berib so‘rashishsa, ular ikkovi ajralmaslaridan oldin gunohlari kechiriladi», dedilar. Abu Dovud  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:38:05
665/15. Barodan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki musulmon yo‘liqishsa, ikkovlari ajralmasdan oldin gunohlari kechiriladi», dedilar. Abu Dovud, Termiziy va Ibn Mojalar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:38:13
666/16. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Rasululloh! Kishi birodari yoki do‘stiga yo‘liqsa, bosh egadimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Uziga yaqinlashtirib o‘padimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Qo‘lidan ushlab so‘rashadimi?» deganida, «Ha», deb javob qildilar. Termiziy va Ibn Mojalar  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:38:29
667/17. Ato ibn Abdulloh al-Xurosoniydan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Ko‘l berib so‘rashinglar, u nafratni ketkazadi. Bir-biringizga hadya berib turinglar, shunda bir-biringizga muhabbat qilasiz hamda ginalar barham topadi», dedilar». Imom Molik rivoyatlari.

Bilingki, har yo‘likqanda qo‘l berib so‘rashish mustahabdir. Ammo kishilar odat qilib olganidek, subh hamda asr namozlaridan keyin ko‘l berib so‘rashishdek ma’lum bir vaqtlarni belgilab olish shariatda yo‘q. Lekin ko‘l berib so‘rashishning asli sunnat bo‘lgani uchun zarar qilmaydi. Ular esa ba’zi holatlarda bardavom bo‘lib, ko‘p holatlarda kamchilikka yo‘l ko‘yishdi. Ba’zida bo‘lsa ham, qo‘l berib so‘rashish shariatda vorid bo‘lgan narsadan chiqarib yubormaydi.

Imom Abu Muhammad Abdusalom (r.a.) «Al-Qavo’id» nomli kitoblarida; «Albatta bid’at besh qism bo‘ladi: vojib, harom, makruh, mustahab, muboh. Subh va asr namozi so‘nggida ko‘l berib so‘rashmoq muboh bo‘lgan bid’atlar qatoriga kiradi», deganlar.

Imom Navaviyning fikrlaricha, tuk chiqmagan chiroyli yuzli kishi bilan qo‘l berib so‘rashishdan saqlanmoq lozimdir. Chunki ularga nazar solishning o‘zi harom. Ba’zi sohiblarimizning fikricha, har bir nazar qilish harom bo‘lgan narsani ushlash ham haromdir. Balki ushlash undan ham harom. Uylanadigan kishi begona ayolga uylanishini iroda qilib qarasa, halol. Shu singari oldi-sotdi va olish-berishlarda ham nazar solish halol. Ammo bularning birortasida ushlashlik joiz emas.

Fasl: Qo‘l berib so‘rashayotganda ochiq yuzli bo‘lish va mag‘firat so‘rab duo qilish mahbub amallardandir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:38:37
668/18. Abu Zarrdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Yaxshiliklardan birortasini past sanama! Agar birodaringga yo‘liqsang, ochiq yuz ila ko‘rishishing ham yaxshilikdir», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:38:48
669/19. Baro ibn Ozibdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ikki musulmon yo‘liqishganda qo‘l berib so‘rashib jilmayishsa va do‘stona hamda nasihatda bo‘lishsa, o‘rtalaridagi xatolar sochilib ketadi», dedilar. Ibn Sunniy  rivoyatlari.

Boshqa bir  rivoyatda quyidagicha keltiriladi: «Ikki musulmon yo‘liqib, qo‘l berib so‘rashishsa va Allohga hamd hamda istig‘forda bo‘lishsa, Alloh azza va jalla ularning gunohlarini mag‘firat qiladi», dedilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:38:56
670/20. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rishgan ikki kishi yo‘liqib, bir-biriga qo‘l berib so‘rashishsa hamda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishsa, ajramaslaridan turib avvalgi-yu oxirgi gunohlari kechiriladi», dedilar. Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:39:24
671/21. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror kishining qo‘lini ushlasalar,
«Allohumma atina fid-dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan vaqina azaban-nar», deb aytmasdan ajralmasdilar. Ibn Sunniy  rivoyatlari.

Fasl: Har qanaqa kishiga har bir holatda bo‘yin egish joiz emas. Biz bunga misol qilib, Anasdan (r.a.)  rivoyat qilingan 666-raqamli hadisni yuqorida keltirgandik. Ana shu hadis hasan bo‘lib, muxoliflik yo‘qdir. Ilm, isloh va boshqa fazilatli xislatlarga mansub kishilarni unga amal qilishlari sizlarni g‘ururga olib bormasin. Chunki ergashish faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xosdir. (Ya’ni, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bo‘yin egma dedilarmi, buyruqlarini bajarmoq lozim.) Alloh taolo Hashr surasining yettinchi oyatida: «Payg‘ambar o‘zi sizlarga ato etgan narsani olinglar, u zot sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar» hamda Nur surasining 63-oyatida: «(Payg‘ambarning) amriga xilof ish qiladigan kimsalar o‘zlariga biror fitna-kulfat yetib qolishidan yoki alamli azob yetib qolishidan hazir bo‘lsinlar!» deb aytgan.

«Janoza kitobi»da keltirganimizdek, Fuzayl ibn Iyozdan quyidagi ma’nodagi narsa  rivoyat qilingan: «Hidoyat yo‘liga tobe’ bo‘l. Usha yo‘lda yuruvchilarning ozligi seni o‘ksitmasin. Zalolat yo‘lidan chetlan. Halokatga olib boruvchi yo‘ldagilarning ko‘pligi seni g‘ururga olib bormasin».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:39:40
Fasl: Ammo kiruvchi kishiga hurmat qilib o‘rnidan turish mahbub amallardandir. Agar o‘sha kishi ilmda fazilatli yoki isloh, sharaf yoki o‘zini saqlagan boshliq bo‘lsa yoki tug‘ishgani hamda katta yoshdagi qarindosh bo‘lsa, ana shu turishdan maqsadi yaxshilik, ikrom va ehtirom bo‘lishi shart. Ammo riyo va buyuk sanash bo‘lsa, joiz emas. Bunga salaf hamda xalaflar bardavom amal qilishgani uchun bu so‘zni ixtiyor qildik. Bunga dalil bo‘luvchi salaflarning so‘zlari va asarlarini jamladim. Bunga xilof qilganlarni ham zikr etdim va javob ham berdim. Kimga bu narsalar tushunarsiz bo‘lsa, mana shu qismda yozganlarimdan o‘qib, tushunmagan narsalarini bartaraf etishini umid qilaman.

Fasl: Solih kishilar, og‘aynilar, qo‘shnilar, do‘stlar va qarindoshlarni ziyorat qilish ta’kidlangan mahbub amallardandir. Vaqtini aniqlash ularning holatlari, martabalari va bo‘sh paytlariga qarab o‘zgaradi. Ziyorati karih ko‘rmaydigan ko‘rinishda va rozi bo‘ladigan vaqtda bo‘lishi shart. Bunga bir necha mashhur asar va hadislar bor.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:40:06
672/22. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishi boshqa bir qishloqdagi og‘aynisini ziyorat qildi. Alloh taolo uning yo‘lida kuzatuvchi qilib bir farishtani yubordi. Farishta uning oldiga kelib, «Qaerga borishni xohlaysan?» deganida, haligi kishi: «Mana bu qishloqdagi og‘aynimnikiga», dedi. Farishta: «Sening unda parvarishlab turgan biror mol-mulking bormi?» deganida, «Yo‘q, lekin men uni Alloh yo‘lida yaxshi ko‘raman», dedi. Shunda haligi farishta: «Men senga yuborilgan Allohning elchisiman. Albatta Alloh seni xuddi uni yaxshi ko‘rganingdek yaxshi ko‘radi», dedi», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:40:17
673/23. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim biror kasalni borib ziyorat qilsa yoki birodarini Alloh yo‘lida ziyorat qilsa, bir nido qiluvchi nido qilib: «Qadamlaringga hasanot, jannatdan o‘z manzilingni tayyorlab qo‘yding», deb aytadi», dedilar. Termiziy va Ibn Mojalar  rivoyatplari.

Fasl: Kishi solih do‘stidan ziyoratni ko‘paytirmog‘ini so‘rash mahbub ekanligi haqida:
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:40:39
674/24. Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomga: «Bizni bundan-da ko‘proq ziyorat qilishdan sizni nima man qiladi?» deganlarida, quyidagi oyat nozil bo‘ldi: «(Ey Muhammad), biz yolg‘iz Parvardigoringizning amri-farmoni bilangina nozil bo‘lurmiz. Oldimizdagi (oxirat) ham, ortimizdagi (dunyo) ham, (dunyo va oxirat) o‘rtasidagi barcha ish-amallar ham yolg‘iz Unikidir» (Maryam surasi, 64-oyat). Imom Buxoriy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:40:57
221-bob Aksa urganga javob berish va esnashning hukmi

675/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo aksa urganni yaxshi ko‘radi. Esnashni esa karih ko‘radi. Sizlardan biringiz aksa urib, «Alhamdulillah», deb Allohga hamd aytsa, har bir eshitgan musulmon kishiga «Yarhamukalloh», ya’ni «Alloh senga rahm qilsin», deb aytmog‘i shart bo‘ladi. Ammo esnash shaytondandir. Agar sizlardan biringiz esnaydigan bo‘lsa, qodir bo‘lganicha uni qaytarsin. Chunki esnagan kishiga shayton kuladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

Ulamolar shunday deyishgan: «Vaznning yengil bo‘lishi, taomni kam va kuchsizini iste’mol qilish aksaga sabab bo‘luvchi narsalardandir. Shuning uchun aksa maqtalgandir. Bu tavsiya qilingan ishlardan bo‘lib, shahvatni zaiflashtirib, toatni osonlashtiradi. Esnash esa buning aksidir».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:41:08
676/2. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz aksa bersa,
«Alhamdulillah», desin. Yonidagi og‘aynisi yoki do‘sti
«Yarhamukalloh», desin. «Yarhamukalloh», degan kishiga
«Yahdikumullohu va yuslih bolakum», ya’ni «Alloh sizni hidoyat qilib, sha’ningizni isloh etsin», desin», dedilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:41:19
677/3. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida ikki kishi aksa urdi. Ularning biriga javob qaytardilar. Ikkinchisiga javob qaytarmadilar. Haligi javob qaytarilmagan kishi: «Falon kishi aksa uruvdi, javob qaytardingiz. Men aksa ursam, javob qaytarmadingiz», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu «Alhamdulillahi», dedi. Sen «Alhamdulillah», demading», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:41:26
678/4. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz aksa urib Allohga hamd aytsa, unga javob qaytaring. Agar hamd aytmasa (ya’ni, «Alhamdulillah», demasa), javob qaytarmang», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:41:35
679/5. Barodan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni yetti narsaga buyurdilar va yetti narsadan qaytardilar. Buyurilgan narsalar quyidagilardir:
1.   Kasalni borib ko‘rish;
2.   Janozaga ergashish;
3.   Aksa urgan kishiga javob qaytarish;
4.   (Taom yoki boshqa biror narsaga) chaqirgan kishiga javob qilish;
5.   Salomga alik olish;
6.   Mazlumga yordam berish;
7.   Qasamning ustidan chiqish». Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:41:56
680/6. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonning musulmon ustidagi haqqi beshtadir:
1.   Salomga alik olish;
2.   Kasalni borib ko‘rish;
3.   Janozaga ergashish;
4.   (Taom yoki boshqa biror narsaga) chaqirganga javob qilish;
5.   Aksa urganga javob qaytarish», dedilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.
6.   
Muslimning  rivoyatlarida esa quyidagicha keltiriladi: «Musulmonning musulmondagi haqqi oltitadir:
1.   Yo‘likqanda salom berish;
2.   (Taom yoki boshqa biror narsaga) chaqirganga javob qilish;
3.   Nasihat talab qilsa, nasihat qilish;
4.   Agar aksa urib hamd aytsa, («Yarhamukalloh», deb) javob qaytarish;
5.   Kasal bo‘lsa, borib ko‘rish;
6.   Janozada qatnashish». Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Fasl: Ulamolar aksa urgan kishi ketidan «Alhamdulillah», deb aytishini mustahab, deyishgan. Agar «Alhamdulillahi robbil alamiyn», desa, yaxshiroq. Agar «Alhamdulillahi ‘ala kulli hol», desa, afzalroqdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:42:04
681/7. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz aksa ursa,
«Alhamdulillahi ‘ala kulli hol», desin. Uni eshitgan og‘aynisi yoki do‘sti
«Yarhamukalloh», desin. (Aksa urgan)
«Yahdikumullohu va yuslih balakum», deb aytadi», dedilar. Abu Dovud va boshqalar sahih isnod ila  rivoyat qilishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:42:14
682/8. Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi Ibn Umarning yonlarida aksa urib, «Alhamdu lillahi vassalomu ‘ala rasulillah», dedi. Ibn Umar (r.a.): «Alhamdu lillahi vassalomu ‘ala rasulillah» dedingmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga
«Alhamdu lillahi ‘ala kulli hol», deyishga buyurganlar-ku», dedilar. Imom Termiziy  rivoyatlari.

Imom Navaviyning fikrlaricha, eshitgan kishi «Yarhamukalloh» yoki «Yarhamukumulloh» yoki «Rahimakumulloh», deyishi mahbubdir. Bundan keyin aksa urgan kishining «Yahdikumulloh va yuslih balakum» yoki «Yag‘firullohu lana valakum», deb aytishi ham mahbubdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:42:44
683/9. Nofe’dan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Ibn Umar (r.a): «Sizlardan biringiz aksa ursa, unga
«Yarhamukalloh», deydi. U esa
«Yarhamunallohu va iyyokum va yag‘firullohu lana va lakum», ya’ni «Alloh bizlarni va sizlarni rahm qilib, sizlarni va bizlarni mag‘firat qilsin», deydi», dedilar. Imom Molik  rivoyatlari.

Fasl: Aksa uruvchi hamd aytmasa, javob qaytarilmaydi. Biz buni yuqoridagi hadisda o‘rgandik. Hamd va aksaga javob qaytarish kamida yonidagi sherigi eshitadigan darajada bo‘lishi kerak.

Fasl: Aksa uruvchi kishi «Alhamdulillah»dan boshqa lafzni aytsa, javob qaytarilishiga haqli emas.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:42:56
684/10. Solim ibn Ubayd al-Ashja’iydan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edik. Shu payt qavm orasidan bir kishi aksa urib, «Assalomu alaykum», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uzingga hamda onangga salom bo‘lsin», dedilar, so‘ngra «Sizlardan biringiz aksa uradigan bo‘lsa, Allohga hamd aytsin. Uning huzuridagilar «Yarhamakumulloh», desin. Yana aksa urgan kishi «Yag‘firullohu lana valakum», ya’ni «Alloh sizni va bizlarni mag‘firat qilsin», deb aytsin», dedilar». Abu Dovud va Termiziylar  rivoyati.

Fasl: Aksa kelgan paytda ko‘lini yoki kiyimini yo shunga o‘xshash narsalarini og‘ziga ko‘yib, ovozini pastlatmog‘i sunnat amallardandir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:43:04
685/11. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar aksa uradigan bo‘lsalar, ko‘llari yoki kiyimlarini og‘zilariga qo‘yib, ovozlarini pastlatardilar. Abu Dovud  va Termiziylar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:43:19
686/12. Abdulloh ibn Zubayrdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh azza va jalla esnaganda va aksa urganda ovozni balandlatganlarni yomon ko‘radi», dedilar. Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:43:38
687/13. Ummu Salamadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Baland (ovoz ila) esnash va qattiq aksa shaytondandir», dedilar. Ibn Sunniy  rivoyatlari.

Fasl: Agar bir insonda aksa orqama-orqa takrorlanadigan bo‘lsa, toinki uch martagacha har gal javob bermoqligi sunnatdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:43:48
688/14. Salama ibn Akva’dan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida bir kishi aksa urganida «Yarhamukalloh», dedilar. Ikkinchi bor aksa urganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishi shamollab tumov bo‘lib qolibdi», dedilar». Imom Muslim  rivoyatlari.

Ammo Abu Dovud va Termiziylar  rivoyatida keltirilishicha, Salama ibn Akva’ aytadilar: «Mening guvohligimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida bir kishi aksa urdi. U zot: «Yarhamukalloh», dedilar. Ikkinchi va uchinchi gal ham aksa urganda, «Yarhamukalloh»ni aytib, «Bu kishi shamollab qolibdi», dedilar. Imom Termiziy bu hadisni hasan sahih, dedilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:43:57
689/15. Ubaydulloh ibn Rifo’adan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Aksa urganga uch bor javob beriladi. Agar uchtadan ziyoda bo‘ladigan bo‘lsa, xohlasangiz, javob qiling, xohlamasangiz, javob qilmang», dedilar. Abu Dovud  va Termiziylar  rivoyati.

Bu hadis zaifdir. Imom Termiziy so‘zlariga ko‘ra, bu hadis g‘arib bo‘lib, isnodi majhuldir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:44:13
690/16. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sizlardan biringiz aksa ursa, yonidagi o‘tirgan kishi javob qaytarsin. Agar uchtadan ziyoda bo‘lsa, u shamollagandir. Uchtadan keyin javob qaytarilmaydi», dedilar.

Bu haqda ulamolar ixtilof qilishgan. Ba’zilar ikkinchisida, deyishgan, uch va to‘rtinchisida, deganlar ham bor. Eng to‘g‘risi uchinchisidir. Buning ma’nosi - u kishi aksasiga javob qaytarilmaydi. Chunki bu tumov kasalligi bo‘lib, yengil aksa emas. Agar «Tumov kasali bo‘lsa, duo qilib javob qaytarilishiga boshqalardan ko‘ra hakdi emasmi?» deyilsa, bunga javob shunday: «Haqiqatda duo qilish mahbub amal. Lekin mashru’ bo‘lgan aksa duosidan tashqaridagi duoni qilsin. Balki musulmon boshqa musulmonga ofiyat, salomatlik va shunga o‘xshash narsalarni duo qilaverishida zarar yo‘q, faqat aksa urishga taalluqli bo‘lmasin».

Fasl: Agar aksa ursa-yu hamd aytmasa, yuqorida aytib o‘tganimizdek, javob qaytarilmaydi. Shu singari agar hamd aytsa-yu uni kishi eshitmasa ham, javob qaytarilmaydi. Agar jamoat bo‘lsa-yu ularning ba’zilari eshitib, ba’zilari eshitishmasa, eshitganlar javob qaytarishadi. Bilingki, agar hamd aytmasa, bunda hamdni eslatmoqlik mustahabdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:44:25
691/17. Abu Muso Ash’ariydan  rivoyat qilinadi. Yahudiylar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida aksa urib, Rasulullohning «Yarhamukalloh», (ya’ni, «Alloh rahm qilsin»), deyishlariga umid qilishar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa: «Yahdikumullohu va yuslih balakum», (ya’ni, «Alloh sizni hidoyat qilib, sha’ningizni isloh etsin»), deb aytardilar. Abu Dovud  va Termiziy  rivoyatlari.

Abu Ya’lo al-Muvsiliy «Musnad»larida Abu Hurayradan (r.a.) qilingan  rivoyat shunday keltiriladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim biror so‘z gapirayotgan bo‘lsa-yu, uning huzurida aksa urilsa, bas, u haqdir», deganlar». Buning isnodi ishonchlidir. Faqat Baqiyya ibn Validning sanadida ixtilof qilingan. Aksar hadis imomlari buning  rivoyatini shomliklardan bo‘lsagina hujjat qilib keltirishgan. Bu hadisni esa Muoviya ibn Yahyo Shomiydan  rivoyat qilganlar.

Fasl: Agar esnasa, yuqoridagi sahih hadisga binoan qodir bo‘lganicha qaytarmoqligi va qo‘lini og‘ziga ko‘ymoqligi sunnatdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:44:33
692/18. Abu Said al-Xudriydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz esnaydigan bo‘lsa, ko‘li bilan og‘zini to‘ssin, chunki shayton kirib ketadi», dedilar.

Imom Navaviyning fikrlaricha, esnash xoh namozda, xoh tashqarida bo‘lsin, qo‘lini og‘ziga ko‘yish mahbub amallardandir. Ammo esnashdan tashqari holatlarda namoz o‘quvchi kishining ko‘lini og‘ziga ko‘yishi makruh sanaladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:44:49
222-bob Maqtash haqida

Bilingki, kishini gohida o‘z oldida va gohida yo‘qligida chiroyli sifatlar ila maqtaladi. Yo‘qligida maqtashning zarari yo‘q. Faqat maqtovchi kishi yolg‘on aralashtirmasligi va ana shu yolg‘on sababidan o‘sha sifatdan mahrum bo‘lmasligi hamda maqtalgan kishi fasodga ketib fitnalanib qolmasligi kerak.

Ammo o‘zining oldida yuziga maqtash to‘g‘risida ba’zi hadislar mahbub ekanligini, ba’zisi esa man qilinganligini aytgan. Ulamolar ikki tomon hadislarini jamlab, quyidagi fikrlarni aytishgan: «Agar maqtalayotgan kishi komil imonli, ishonchli, riyozatli, ma’rifatli kishi bo‘lib, o‘sha maqtovdan fitnalanmasa va g‘ururga ketmasa, harom ham, makruh ham emas. Agar bu ishlarning birortasidan ko‘rqilsa, maqtashlik qattiq makruh».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:45:09
Maqtashni man qiluvchi hadislar

693/1. Miqdoddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi Usmonni (r.a.) maqtaganida Miqdod (r.a.) tizzalarini bukib, uning yuziga mayda toshlarni otib chang soldilar. Shunda Usmon (r.a.): «Bu nima qilganingiz?» deganlarida, Miqdod (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Agar maqtovchilarni ko‘rsangiz, yuzlariga tuproq soching», deganlarini eshitdim», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:46:14
694/2. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishining boshqa bir kishini ko‘klarga ko‘tarib maqtayotganini eshitib: «Uni halok qildinglar yoki bu kishining belini sindirdinglar-ku», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:47:08
695/3. Abu Bakradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida bir kishi zikr qilindi. Shunda boshqa bir kishi uning yaxshiligini gapirib maqtab yubordi. Buni eshitgan Rasululloh: «Do‘stingning bo‘ynini sindirding-ku», deb bir necha marta aytdilar. So‘ngra u zot: «Agar sizlardan biringiz maqtashga majbur bo‘lib qolsa, uni unday-bunday va shu singari, deb o‘ylayman, desin. Agar men bilganimdek ana shu sifatlarga ega bo‘lsa,

«Hasiybuhu Alloh vala yuzakkiy ‘alallohu ahada» (ma’nosi: «Uning kifoyachisi Allohdir. Allohning oldida biror kishi aybsiz emas»), desin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:50:04
Maqtashni muboh qiluvchi hadislar

Sahih hadislarda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakr Siddiqqa (r.a.) «Ikkitamiz bo‘lsak, uchinchimiz Alloh ekaniga gumoning qanday?» yoki (boshqa bir hadisda aytilishicha) «Sen izorini mutakabbir niyatida ko‘tarib yuruvchi emassan», (yana boshqa bir hadisda keltirilishicha) «Ey Abu Bakr, yig‘lamagin, albatta menga do‘stligi va molidagi eng ishonchlisi Abu Bakrdir. Agar ummatimdan xalil (do‘st) ushlash kerak bo‘lganida, Abu Bakrni xalil qilib olardim», (boshqa bir hadisda esa aytilishicha) «Jannatga kirishda, hamma eshigidan chaqiriluvchilardan bo‘lishingni umid qilaman», (yana bir hadisda keltirilishicha) «Unga kirishiga izn berib, jannatga kirishining xursandlik xabarini ber», (yana boshqa bir hadisda aytilishicha) «Ey Uhud tog‘i, tinchlan, chunki senda nabiy, siddiq va ikki shahid bor», dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Jannatga kirib, bir qasr ko‘rdim. «Bu qasr kim uchun?» desam, «Umar uchun», deb aytishdi. Unga kirishni xohladim-u, sening rashkchi ekaningni eslab qoldim», deganlarida, Umar (r.a.): «Ota-onam fido bo‘lgur, ey Rasululloh, sizga rashk qilarmidim?» dedilar. Boshqa hadisda keltirilishicha, «Ey Umar, shayton sening yo‘ling tomon yo‘liqmagan. Agar yo‘liqadigan bo‘lsa ham, sen tomondan boshqa yoqqa burilib ketgan», dedilar. Boshqa bir hadisda keltirilishicha esa, «Usmonga (eshikni) ochib, jannatga kirishining xabarini bergin», yana boshqa bir hadisda aytilishicha, Aliga (r.a.) «Sen mendansan, men sening (qavming)danman» va «Muso huzuridagi Horundek mening huzurimda bo‘lishga rozi bo‘lmaysanmi?» deb aytganlar. Boshqa bir hadisda keltirilishicha, Bilolga (r.a.) «Jannatda kavushing ovozini eshitdim», deb aytganlar. Boshqa bir hadisda aytilishicha esa, Ubay ibn Ka’bga «Ilm sizni baxtli qilsin, ey Abu Munzir», deb aytganlar. Boshqa bir hadisda keltirilishicha, Abdulloh ibn Salomga «Sen o‘lguningcha Islomdasan», deganlar. Boshqa bir hadisda aytilishicha, ansoriylarga «Alloh azza va jalla sizlarga kuldi. (Yoki) qilgan ishlaringizdan ajablandi», deb aytganlar. Boshqa bir hadisda keltirilishicha, ansoriylarga «Sizlar kishilar orasidagi eng mahbublisidirsizlar», deb aytganlar. Boshqa bir hadisda aytilishicha, Ashaj Abdulqaysga «Senda ikki xislat bordir. U xislatlarni Alloh va Uning Rasuli yaxshi ko‘radi, ular: halimlik va bosiqlikdir», dedilar. Mana shu ishora qilgan hadislarim sahih, mashhurdir. Bunga o‘xshash Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kishilarning yuziga maqtagan hadislari juda ko‘pdir. Ammo sahoba, tobe’in va ulardan keyingi ergashiladigan ulamolarning maqtovlari behad ko‘pdir.

Abu Homid G’azzoliy «Ihyo» kitobining zakot qismida quyidagi so‘zlarni keltirganlar: «Agar biror kishiga sadaqa berilsa, oluvchi kishi beruvchiga qarashi kerak. Agar beruvchi rahmatni va sadaqasi ovoza bo‘lishini yaxshi ko‘rsa, oluvchi kishi uni maxfiy qilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki hakqini ado etishlik zulmga yordam berishga olib bormasligi kerak. Sadaqa beruvchining rahmat talab etishi zulmdir. Agar sadaqa bergan kishining rahmat aytilishini yaxshi ko‘rmasligini bilsa, olgan kishi rahmat aytmog‘i va bergan sadaqasini ovoza qilmog‘i lozim». Sufyon as-Savriy: «Kimki o‘z nafsini bilsa, kishilarning maqtovi zarar qilmaydi», dedilar. Abu Homid G’azzoliy avvalgi bobdagi o‘tgan narsalarni zikr qilganlaridan keyin quyidagi so‘zlarni keltirdilar: «Bu ma’nolarning nozikligini qalbiga rioya qilgan kishi mulohaza qilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki bu nozik narsalarga ahamiyat bermay, a’zolarning amal qilishi foydasi oz, qiyinchiligi ko‘p bo‘lgani uchun shaytonga kulgi bo‘ladi. Bir masalani ta’lim olmoq bir yillik ibodatdan afzal, deyilganida, mana shu ilm nazarda tutilgan. Endi bu ilm bilan umr ibodati tiriltiriladi. Johillik bilan esa umr ibodatini o‘ldirib, yaroqsiz qilib ko‘yiladi».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:50:13
223-bob Kishi o‘zini maqtab, qilgan yaxshiliklarini zikr qilishi haqida

Alloh taolo Najm surasining 32-oyatida «Bas, sizlar o‘zlaringizni poklamay qo‘ya qolinglar», deb aytgan.

Bilingki, o‘zini maqtab, yaxshiliklarini zikr qilish ikki xil bo‘ladi: yomon ko‘rilgan va mahbub ko‘rilgan. Yomon ko‘rilgani faxrlanib, o‘zini baland tutib, tengdoshlaridan ajralib turish uchundir. Mahbub ko‘rilgani esa, diniy islohotda yoki amru ma’rufda, yoki nahiy-munkarda, yoki nasihat qilishda, yoki biror maslahatga ishora etishda, yoki ta’lim berishda, yoki va’z aytishda, yoki zikrlarda, yoki ikki kishining orasini isloh etishda, yoki o‘zidan yomonlikni daf etishda va shunga o‘xshash narsalarda bo‘ladi. Uzining yaxshiliklarini zikr etish bilan, voiz so‘zi qabul qilinib, aytayotgan narsasiga e’tibor qilinishi niyatida yoki «Mana shu aytayotgan so‘zimni boshqa kishidan topa olmaysizlar, bas, uni yodlab olinglar» qabilidagi niyat bilan bo‘lsa, zarari yo‘q. Bu ma’nodagi narsalarga misollar nasslarda (ya’ni, Qur’on va hadisda) to‘lib-toshib yotibdi.

Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi so‘zlariga o‘xshash - «Men yolg‘on bo‘lmagan nabiydirman», «Men odam bolalari sayyidiman», «Men birinchi yer yorib chiqqan kishiman», «Men sizlardan ko‘ra Allohni biluvchi va taqvodoringizman», «Men Rabbim huzurida tunayman» va bunga o‘xshash so‘zlar ko‘pdir.

Yusuf alayhissalom: «Meni shu yerning xazinalari ustiga qo‘ygin. Chunki men (ularni) to‘la-to‘kis saqlaydigan va (to‘g‘ri tasarruf qilishni) biladigan kishiman», dedilar (Yusuf surasi, 55-oyat).

Shuayb alayhissalom: «Inshaalloh, sen mening solih kishilardan ekanligimni ko‘rursan», dedilar (Qasos surasi, 27-oyat).
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:50:27
696/1. Imom Buxoriy «Sahih»larida qilgan  rivoyatlarida shunday keltiriladi. Usmon (r.a.) qamal qilinganlarida, «Bilmaysizlarmi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim qiyinchilikda   askarlarni   ta’minlasa,   unga   jannat   bo‘ladi»,   deganlarida,   bas,   ularni ta’minladim. Bilmaysizlarmi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim «Ruvma» qudug‘ini kavlasa, unga jannat bo‘ladi», deganlarida, bas, quduqni kavladim», deb o‘zlarini maqtovga loyiq fazilatlarini zikr qilganlaridan keyin aytgan narsalarini qavm tasdiqlashdi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:50:38
697/2. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Ko‘fa ahli bu zot ustidan Umar ibn Xattobga (r.a.) namozni chiroyli o‘qib bermaydi, deb shikoyat qilishganida, Sa’d ibn Abu Vaqqos: «Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan g‘azot qilib, Allohning yo‘lida arablar ichida birinchi nayza otgan kishiman...», deb hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:50:46
698/3. Alidan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot: «Donni yorgan va nafslarni xalq qilgan Zotga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning menga «Kimki meni yaxshi ko‘rsa, mo‘mindir, meni yomon ko‘rsa, munofiqdir», degan ahdlari bordir», deganlar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:50:54
699/4. Abu Voildan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Ibn Mas’ud (r.a.) bizga quyidagicha xutba aytdilar: «Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam og‘izlaridan yetmishtadan ko‘proq sura o‘rgandim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalari yaxshilari bo‘lmasam-da, Allohning kitobini biluvchirog‘lari ekanimni bilishadi. Agar mendan ko‘ra biluvchiroq kishini ko‘rsam, uning oldiga yetib borardim». Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:51:04
700/5. Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. «Urmalab kelgan tuya haqida so‘ralganida...», hadisni davom ettirib, «... bilimdonga yo‘liqding», deb hadisning oxirini zikr qildilar. Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:51:19
224-bob Yuqoridagilarga taalluqli masalalar

Sizni chaqirgan kishiga «Labbayka va sa’dayka» yoki «Labbayka», deb aytishingiz mahbub amaldir. Sizning huzuringizga kelgan kishiga «Marhabo», ya’ni «Xush kelibsiz», deb aytish mahbub amal. Sizga yaxshilik qilganga yoki chiroyli ishni ko‘rsangiz, «Hafizakalloh va jazokallohu xayron» (ma’nosi: «Alloh sizni sakdab, ko‘p yaxshiliklar ila mukofotlasin») kabi so‘zlarni aytish ham mahbub amallardandir. Bunga ham sahih hadislarda dalillar bordir.

Ilmli va salohiyati ulug‘ kishiga «Alloh meni sizga fido qilsin» yoki «Ota-onam sizga fido bo‘lsin» kabi so‘zlarni aytishning zarari yo‘q. Bunga sahih hadislardan dalillar ko‘pdir.

Agar ayol nomahram kishiga oldi-sotdi yoki bundan boshqa narsalarda gapirishga majbur bo‘lib qolsa, u ovozini dag‘al qilib so‘zlashi lozim bo‘ladi. Ayolga erkaklar xohish-istak bildirishidan qo‘rqqan holda ovozini aslo mayin qilmaydi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:51:42
NIKOH ZIKRLARI KITOBI

225-bob Biror ayolga sovchi bo‘lib kelgan kishi aytadigan narsalar haqida


Sovchi bo‘lib keluvchi kishi Allohga hamdu sano, Rasulullohga salavot aytib, so‘ngra «Ashhadu anla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluhu»,  deb sizlarning qizingizga rag‘bat qilgan holda yoki falonchi qizi falonchini so‘rab keldik, deb aytadi.

701/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir kalom, (ba’zi  rivoyatlarda) har bir ish Allohga hamd aytish ila boshlanmasa, bas, u kesikdir», (ya’ni, barakasi ozdir)» dedilar. Abu Dovud , Ibn Moja va boshqalar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:51:51
702/2. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir xutbada tashahhud bo‘lmasa, kesik qo‘lga o‘xshaydi», dedilar. Abu Dovud  va Termiziylar rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:52:24
226-bob Ahli fazl va solih kishilarga qizini uzatishni taklif qilish to‘g‘risida

703/1. Imom Buxoriy qilgan  rivoyatda keltirilishicha, Hafsaning (r.a.) eri vafot etganida, Umar ibn Xattob Usmonga (r.a.) yo‘liqib, Hafsani Usmonga (r.a.) taklif qilib: «Xohlasangiz, qizim Hafsani sizga nikohlab ko‘yaman», dedilar. Usmon (r.a.): «Bir o‘ylab ko‘raman», dedilar. Umar (r.a.): «Bu gapdan keyin bir kecha kutdim. So‘ngra Usmon (r.a.) menga yo‘liqib, «Ravshan bo‘ldiki, bugungi kunda uylana olmas ekanman», dedilar. Bas, Abu Bakr Siddiqqa yo‘liqib, «Agar xohlasangiz, qizim Hafsaga sizni uylantirib qo‘yaman», dedim. Abu Bakr (r.a.) sukut qilib turdilar...», deb hadisning oxirigacha zikr qildilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:53:02
227-bob Nikoh bitimi tuzilayotganda aytiladigan zikrlar

Oldingi bobda zikr qilganimizdek, hamd va tashahhudlarni o‘z ichiga oluvchi xutba o‘qimoq mustahabdir. Quyidagi xutbani o‘qish esa, afzalroqdir:

704/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojat xutbasini quyidagicha o‘rgatdilar:

«Alhamdu lillahi nasta’iynuhu va nastag‘firuhu va na’uzu bihi min shururi anfusina man yahdillahu fala muzilla lahu vaman yuzlil fala hadiya lahu va ashhadu an la ilaha illallohu va ashhadu anna muhammadan abduhu va rosuluhu. Ya ayyuhannasu ittaquv robbakumullaziy xolaqokum min nafsiv vahidativ va xolaqo minha zavjaha va bassa minhuma rijolan kasiyran va nisoan vattaqullohallaziy tasoaluvna bihi val arhama innalloha kana a’laykum roqiyba. Ya ayyuhallaziyna amanuv ittaqulloha haqqa tuqotihi vala tamutunna illa va antum muslimun. Ya ayyuhallaziyna amanuv ittaqulloha va quluv qovlan sadiydan yuslih lakum a’molakum va yag‘fir lakum zunubakum va man yuti’illaha varasuvlahu faqod faza favzan ‘aziyma». (Ma’nosi: «Hamd Alloh uchundir. Biz Undan yordam so‘raymiz va istig‘for aytib gunohlarimizni kechishini so‘raymiz. Hamda nafslarimiz yomonligidan panoh tilaymiz. Kimniki Alloh hidoyat qilsa, uni adashtiruvchi yo‘q. Kimniki adashtirsa, uni hidoyatga eltuvchi yo‘q. Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik beraman. Va albatta Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning quli va rasulidir. Ey insonlar! Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratgan va undan juftini (Havvoni) vujudga keltirgan hamda u ikkovidan ko‘p erkak va ayollarni tarqatgan Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Yana oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi solinadigan Allohdan ko‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ajralib ketishdan saqlaningiz), albatta Alloh ustingizda kuzatuvchi bo‘lgan Zotdir. Ey mo‘minlar, Allohdan haq-rost qo‘rqish bilan qo‘rqinglar va faqat musulmon bo‘lgan hollaringda dunyodan o‘tinglar. Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqinglar, to‘g‘ri so‘zni so‘zlanglar, (shunda Alloh) ishlaringizni o‘nglar va gunohlaringizni mag‘firat qilur. Kim Allohga va Uning payg‘ambariga itoat etsa, bas, u ulug‘ baxtga erishibdi»).

Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar sahih isnod ila  rivoyat qilishdi. Bu Abu Dovud  rivoyatlari lafzidan biri. Abu Dovudning yana boshqa bir  rivoyatida «va rasuluhu» so‘zidan keyin

«Arsalahu bilhaqqi bashiran va naziron bayna yadayis so’ati man yuti’illaha va rasulahu faqod roshada vaman ya’sihima fainnahu la yazurru illa nafsahu va la yazurrulloha shay’a» jumlalari keltirilgan. (Ma’nosi: «Uni (ya’ni, payg‘ambarni) qiyomat qoim bo‘lishidan oldin haq ila jannatning xursandlik xabarini beruvchi va do‘zaxdan ko‘rqitib, undan ogohlantiruvchi etib yubordi. Kimki Allohga va Uning rasuliga itoat etsa, batahqiq to‘g‘ri yo‘lda bo‘libdi. Kimki Alloh va rasuliga osiylik qilsa, faqat o‘z nafsiga ziyon qilibdi. Allohga biror narsa bilan zarar keltira olmaydi».)

Sohiblarimiz bu zikrlarga qo‘shib
«Uzavvijuka ‘alama amarallohu bihi min imsokin bima’rufin av tasrihin biihsanin», deb aytish ham mahbub amaldir, deb aytishdi. (Ma’nosi: «Alloh buyurganidek, yaxshilik ila ushlab turish yoki yaxshilik ila ko‘yib yuborish shartiga binoan senga qizimni uzataman».)

Bu xutbalarning eng ozi
«Alhamdu lillahi vassalatu ‘ala rasulillah sollallohu alayhi vasallam uvsiy bitaqvalloh», deb aytishdir. (Ma’nosi: «Allohga hamd, Rasulullohga salavot va Allohga taqvo qilishingni vasiyat qilaman».)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:53:15
228-bob Nikoh bitimi tuzilgandan keyin eru-xotinga aytiladigan zikrlar

«Barokallohu laka» yoki
«Barokallohu alayka va jama’a baynakuma fiy xoyrin» (ma’nosi: «Alloh senga baraka bersin» yoki «Oralaringizni yaxshilikda jamlasin»), deb aytish sunnat amaldir.
Ikki juftning har biriga
«Barokallohu likulli vahidim minkuma fiy sohibihi va jama’a baynakuma fiy xoyrin» (ma’nosi: «Alloh juftingni barakali qilib, oralaringizda yaxshilikni jamlasin»), deb aytmoq mustahab amaldir.

705/1. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Abdurahmon ibn Avf (r.a.) uylanganlari xabarini berishgan paytda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Barokallohu laka» (ma’nosi: «Alloh senga baraka bersin»), deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:53:33
706/2. Sahih  rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Jobir (r.a.) uylanganliklari xabarini berishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Barokallohu alayka» (ma’nosi: «Alloh senda baraka qilsin»), deb aytdilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:53:41
707/3. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar biror kishi uylansa,
«Barokallohu laka va boraka ‘alayka va jama’a baynakuma fiy xoyrin», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Alloh senga baraka berib, senda baraka qilsin. Va oralaringizni yaxshilikda jamlasin».) Abu Dovud , Termiziy va Ibn Mojalar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:54:04
229-bob Kelin tushirdi kechasida xotini kirgan paytda erining aytadigan zikrlari

Ayoliga ilk bor yo‘likqanda, uning peshonasiga qo‘lni qo‘yib, «Barokallohu likulli vahidim minna fiy sohibihi» (ma’nosi: «Alloh har birimizni o‘z juftiga barakali qilsin»), deb aytmog‘i mahbub amaldir. Va bu bilan birga quyidagi hadisdagi duoni ham qo‘shib aytadi:

708/1. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari esa bobolaridan qilgan  rivoyatlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz biror xotinga uylanadigan bo‘lsa yoki biror xizmatkor sotib oladigan bo‘lsa,
«Allohumma inniy as aluka xoyraha va xoyra ma jabaltaha ‘alayhi. Va a’uzu bika min sharriha va sharri ma jabaltaha ‘alayhi», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, men Sendan uning yaxshisini va unga xalq qilgan narsangning yaxshisini so‘rayman. Va uning yomonidan va unga xalq qilgan narsangning yomonidan Sening noming ila panoh tilayman».)

Agar tuya sotib olsa, o‘rkachi cho‘qqisidan ushlasin-da, ana shu yuqoridagi duoni o‘qisin. Abu Dovud, Ibn Moja va Ibn Sunniylar  rivoyati.

Boshqa bir  rivoyatda «So‘ngra xotini va xizmatkori peshonasidan ushlab, ularga baraka tilab duo qilsin», deb aytilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:54:32
230-bob Kishi ahli huzuriga kirganda aytadigan zikrlar

709/1. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zaynabga uylanganlarida, non va go‘shtlarni ulashib to‘y qilganlarini va to‘yning sifatlarini hamda unga ko‘pchilikni chaqirganlarini aytib, hadisning davomini zikr qildilar: «Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chiqib, Oishaning (r.a.) hujralariga borib, «Assalomu alaykum, ahlal bayti va rahmatullohi va barokatuhu», deganlarida, Oisha (r.a.): «Va’alaykassalomu va rahmatullohi, ahlingizni nechuk holda topdingiz?» dedilar. Shunda Rasululloh ham: «Alloh senga baraka bergan holda», dedilar. Bas, shu alfozda barcha xotinlarinikida mehmon bo‘lib, ularga ham Oishaga aytgan so‘zlarini aytardilar, xotinlari ham Oishaning aytganidek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga javob qaytarishardi». Imom Buxoriy va boshqalar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:54:50
231-bob Jimo’ paytida aytiladigan zikrlar

710/1. Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz o‘z ahli huzuriga kelib, (jimo’ qilishni xohlab)
«Bismillohi, Allohumma jannibnash shaytona va jannibish shaytona ma rozaqtana», desa, o‘rtalarida bola bo‘lib qolsa, unga u (shayton) zarar bera olmaydi», dedilar. (Ma’nosi: «Allohning ismi ila, Allohim, bizni shaytondan va shaytonni Sen bizga rizq qilib bergan farzandimizdan yiroq qilgin».) Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Buxoriyning  rivoyatlarida: shayton hech qachon zarar bera olmaydi, deb «shayton» lafzi ila kelgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:55:02
232-bob Kishining xotini ila hazil-mutoyiba hamda latofatli iboralar bilan muomala qilishi haqida

711/1. Jobirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Qiz bolaga uylandingmi yoki juvonga?» deganlarida, men: «Juvonga», dedim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qiz bolaga uylanmaysanmi, u sen bilan, sen esa u bilan o‘ynashar eding», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:55:11
712/2. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘minlarning imon jihatidan mukammal va xulqi jihatidan yaxshilari ahllari uchun xushmuomalali bo‘lganlaridir», dedilar. Termiziy va Nasaiylar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:55:28
233-bob Erning xotini qarindoshlari bilan muomala odobi bayonida

Bilingki, er kishi xotinining qarindoshlaridan birortasiga xotinlari bilan jimo’ qilish yoki o‘pish yo quchoqlash yoxud bulardan boshqa holatlarda foydalaniladigan lafzlar ila xitob qilmasligi mahbub amaldir.

713/1. Ali (r.a.)  rivoyat qilib aytdilar: «Men ko‘p maziy ko‘ruvchi kishi edim. Qizlari mening ko‘l ostimda bo‘lgani uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bu haqda so‘rashga uyalib, Miqdodga (r.a) u zotdan so‘rashni buyurdim. Bas, u bu haqda so‘radi». Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:55:40
234-bob Tug‘ayotgan paytda va to‘lg‘oq tutayotganda aytiladigan duolar

714/1. Fotimadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu onamizning tugishlari yaqinlashganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ummu Salama va Zaynab binti Jahshlarga (r.a.) Fotimaning (r.a.) huzurlarida «Oyatal kursi»ni va A’rof surasining 54-oyatini oxirigacha hamda ikkita «Qul a’uvzuni» o‘qishni buyurdilar. Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:55:54
235-bob Tug‘ilgan bolaning qulog‘iga azon aytish haqida

715/1. Abu Rofe’dan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Fotima (r.a.) tuqqan paytlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (nevaralari) Husayn ibn Alining qulogiga namozdagi azonni aytdilar. Abu Dovud  va Termiziylar rivoyati.

Ulamolar: «Bolaning o‘ng qulogiga azon va chap qulogiga iqomat (takbir) aytish mahbub amaldir», deganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:56:03
716/2. Husayn ibn Alidan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror bola tugilganida o‘ng qulogiga azon va chap qulogiga iqomat (takbir) aytilsa, jodugar zarar bera olmaydi», dedilar. Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:56:15
236-bob Yosh bolaning tanglayini ko‘tarayotganda aytiladigan duo

717/1. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga yosh go‘dak olib kelinsa, unga duo qilib, tanglayiga xurmo qo‘yib qo‘yardilar. Abu Dovud  rivoyatlari.

Boshqa bir  rivoyatda «Ularga baraka tilab duo qilardilar», deyilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:56:32
718/2. Asmo binti Abu Bakrdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Abdulloh ibn Zubayrga Makkada homilador bo‘lib, Madinaga kelgach, Quboga tushib, o‘sha yerda tugdim. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib bordim. U zot tizzalariga qo‘yib, xurmo olib kelishni buyurdilar. Bas, uni chaynab, ogziga tuflab qo‘ydilar. Bolaning qorniga birinchi kirgan narsa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak tupuklari bo‘ldi. So‘ngra u zot xurmoni tanglayi tagiga ko‘yib, unga baraka tilab duo qildilar». Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:56:41
719/3. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Men o‘g‘il ko‘rganimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib bordim. U zot unga Ibrohim deb ism ko‘yib, tanglayiga xurmo ko‘yib, unga baraka tilab duo qildilar». Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Ammo Muslimning  rivoyatlarida «... unga baraka tilab duo qildilar», degan lafz yo‘q.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:57:00
ISMLAR KITOBI

237-bob Tug‘ilganlarga ism qo‘yish haqida


Bolaga yettinchi kunida yoki tug‘ilgan kunida ism qo‘ymoq sunnatdir.

720/1. Amr ibn Shu’aybdan (r.a.), u zot otalaridan, otalari esa bobolaridan qilgan  rivoyatlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bolaga yettinchi kuni ism ko‘yishga va turli aziyat beruvchi narsalarni olishga hamda jonliq so‘yishga buyurdilar. Termiziy kitoblarida  rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:57:07
721/2. Samura ibn Jundubdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir bola tug‘ilganida yettinchi kuni jonliq so‘yib aqiqa qilinishiga, sochi oldirilishiga va ism qo‘yilishiga garovdir», dedilar. (Ya’ni, bular ota-onaning burchlaridir.) Abu Dovud , Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar  rivoyati.

Ammo tug‘ilgan kuni ism qo‘yilishiga yuqoridagi Abu Musodan (r.a.)  rivoyat qilingan 719-raqamli hadis dalildir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:57:23
722/3. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men kechalarning birida o‘g‘il farzand ko‘rdim. Uni otamiz Ibrohim alayhissalom ismlari ila nomladim», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:57:30
723/4. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Otam Talha o‘g‘il farzand ko‘rganlarida, men uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib bordim. U zot uning tanglayini ko‘tarib, xurmo ko‘yib ko‘ydilar va Abdulloh deb ismladilar». Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 01:57:37
724/5. Sahl ibn Sa’d as-Sa’idiydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Munzir ibn Abu Usayd tug‘ilganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib kelindi. U zot bolani tizzalariga o‘tqazdilar. Otalari Abu Usayd esa o‘ltirgan edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldilaridagi nimagadir chalg‘idilar-da, bolani unutib qo‘ydilar. Shunda otalari Abu Usayd ishora qilgan edi, bola Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tizzalaridan ko‘tarib olib ketildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam avvalgi holga qaytib, «Bola qani?» dedilar. Otasi: «Ey Rasululloh, biz uni (o‘z makoniga) qaytarib yubordik», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uning ismi nima?» deganlarida, «Falonchi», deyildi. Shunda u zot: «Yo‘q! Uning ismi Munzirdir», dedilar. Shu kundan boshlab uning ismi Munzir bo‘lib qoldi. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:00:00
238-bob Chala tug‘ilgan bolani ismlash haqida

Chala tug‘ilgan bolani ismlab ko‘yish mahbub amaldir. Agar uning o‘g‘il yoki qiz bola ekanligi bilinmasa, Hind, Hunayda, Xorija, Talha, Umayra va Zur’a kabi o‘g‘il bolaga ham, qiz bolaga ham qo‘yish mumkin bo‘lgan ismlar bilan nomlanadi.

Imom Bag‘aviy: «Hadisda vorid bo‘lgani uchun chala tug‘ilgan bolani ismlash mahbub amaldir», deganlar.

Ba’zilar: «Agar bola ismlanishdan avval vafot etadigan bo‘lsa, uni ismlab ko‘yish mahbub amaldir», deyishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:00:08
239-bob Ismni chiroyli qo‘yish mahbub ekanligi haqida

725/1. Abu Dardodan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta sizlar qiyomat kuni ismlaringiz va otalaringiz ismi ila chaqirilasizlar. Bas, shunday ekan, ismlaringizni chiroyli qilinglar», dedilar. Abu Dovud «Sunan» kitoblarida yaxshi isnod ila  rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:00:19
240-bob Alloh azza va jallaga mahbub bo‘lgan ismlar bayoni

726/1. Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh azza va jallaga ismlaringizning eng mahbubi Abdulloh va Abdurahmondir», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:00:28
727/2. Jobirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Bizdan bir kishi o‘g‘il ko‘rganda, uni Qosim deb ismladi. «Seni Abulqosim, ya’ni Qosimning otasi, deb kunyalamaymiz, sening sha’ning ulug‘ emas-ku», deganimizda, u kishi Rasulullohga buning xabarini berdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ug‘lingni Abdurahmon deb ismlagin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:00:36
728/3. Abu Vuhayb Jushamiydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Farzandlaringizni) payg‘ambarlar ismlari ila nomlanglar. Alloh taologa ismlarning mahbubi Abdulloh va Abdurahmondir. Eng sodiq ismlar Horis (kasb qiluvchi) va Hammom (ahamiyat beruvchi), ismlarning eng xunugi Harb (urush) va Murra (achchiq)lardir», dedilar. Abu Dovud  va Nasaiylar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:00:49
241-bob Tabriklashning mahbubligi va tabriklangan kishining javobi haqida

Farzand ko‘rgan kishini tabriklash mahbub amaldir. Bunga Husayndan (r.a.) qilingan quyidagi  rivoyatdagi bir kishiga o‘rgatilgan jumlalar dalildir:

«Barokallohu laka fil mavhubi laka va shakartal vohiba va balag‘a ashuddahu va ruziqta birruhu» (ma’nosi: «Berilgan narsada Alloh seni barakali qilsin. Beruvchiga shukr qilishingni, farzanding voyaga yetishini va itoatli bo‘lishini nasib etsin»).

Tabriklangan kishi ham quyidagi jumlalar ila javob qaytarmog‘i mahbub amaldir:
«Barokallohu laka va boraka ‘alayka va jazokallohu xoyron va rozaqakallohu mislahu av ajzalallohu savobaka» (ma’nosi: «Alloh senga baraka berib, seni barakali qilib, yaxshiliklar ila mukofotlantirib, uning mislicha rizkdantirsin yoki savobingni to‘laligicha qilsin»).
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:01:06
242-bob Karih ko‘rilgan ismlar ila nomlashdan man qilish to‘g‘risida

729/1. Samura ibn Jundubdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bolalaringizni Yasor (osonlik), Raboh (foyda), Najoh (najot topuvchi), Aflah (muvaffaqiyat qozonuvchi) deb ismlamanglar, unday deb ataysiz-u, «U (uyda) bormi?» deysiz. Agar u bo‘lmasa, «Yo‘q», deyiladi. Mana shular to‘rttadir. Menga bundan ziyoda qilmanglar», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:01:16
730/2. Abu Dovud Jobirdan (r.a.) qilgan  rivoyatlarida Baraka deb nomlashdan ham qaytarganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:01:25
731/3. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohning huzuridagi eng tahqirlangan ism Malikul amlok (Mulklar podshohi) degan ismdir», dedilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.

Imom Muslimning  rivoyatlarida: «Qiyomat kuni Allohning huzurida eng gazabga duchor bo‘luvchi kishi Malikul amlok deb ismlangan kishidir. Allohdan boshqa podshoh yo‘qdir», deyilgan.

Sufyon ibn Uyaynadan (r.a.) qilingan  rivoyatda «Malikul amlok - «shahanshoh» degan so‘zning o‘zidir», deb keltirilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:01:38
243-bob Kishining o‘z bolasi, gulomi, shogirdi yoki shu kabilarni odob berish maqsadida qabih ismlar ila zikr qilmogi haqida

732/1. Abdulloh ibn Busr al-Moziniydan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Onam meni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir shingil uzum bilan yubordilar. U zotga yetkazishdan oldin undan (ozginasini) yeb ko‘ydim. U zot huzurlariga borsam, qulogimdan ushladilar-da, «Ya o‘udar», ya’ni ey xiyonatchi, deb aytdilar». Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:02:04
733/2. Abdurahmon ibn Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) qilingan  rivoyatdagi Abu Bakr Siddiqning (r.a.) karomatlarini o‘z ichiga oluvchi uzun hadisda keltirilishicha, Siddiqqa (r.a.) bir jamoa mehmon bo‘lib kelishdi. U zot ularni o‘z manzillariga o‘tqazdilar-da, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga jo‘nadilar. Biroq ozgina kechikib qaytdilar. Mehmonlarga «Ovqatlandinglarmi?» deganlarida, ular: «Yo‘q», deb aytishdi. U kishi o‘gillari Abdurahmonga yuzlanib, «Ya o‘unsar», ya’ni ey pastkash, burning kesilsin, deb so‘kdilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:02:15
244-bob Ismi bilinmagan kishini qay tarzda chaqirish xususida

Ismi bilinmagan kishini aziyat berilmaydigan iboralar bilan chaqirmoqlik lozim bo‘ladi. Unda yolgon va laganbardorlik bo‘lmasligi kerak. Masalan: «ey inim», «ey faqih», «ey faqir», «ey sayyidim», «ey bu», «ey falon kiyim, kavush, ot, tuya, qilich, nayza sohibi» kabi chaqirilganlar holatiga qarab chaqiriladi.

734/1. Ibn Xasosiyya nomi ila mashhur bo‘lgan Bashiyr ibn Ma’baddan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga ketayotgan edim. U zot bir kishini ko‘rdilarki, u kavushini kiyib qabrlar orasida ketayotgan edi. Shunda «Ey kavush sohibi! Holingga voy bo‘lsin, kavushingni yechgin...», deb hadisni oxirigacha zikr qildilar. Abu Dovud, Nasaiy va Ibn Mojalar hasan isnod ila qilgan  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:02:23
735/2. Joriyatal-Ansoriydan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida ekanimda, u zot biror kishining ismini eslay olmasalar, «Ya ibna Abdulloh», ya’ni ey Alloh qulining o‘g‘li, deb aytardilar». Ibn Sunniy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:02:36
245-bob Bola va shogird hamda o‘quvchining otasi, ustozi va shayxining ismini aytib chaqirishdan qaytarilgani xususida

736/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘g‘li bilan ketayotgan bir kishini ko‘rib, uning o‘g‘liga «Bu kim?» dedilar. Haligi bola: «Otam», deb javob berdi. Shunda u zot: «Otangdan oldin yurma, unga qarshi ish qilib so‘kishiga sababchi bo‘lma, undan yuqorida o‘tirma va ismi bilan chaqirma», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:02:43
737/2. Ubaydulloh ibn Zahrdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Otasining ismini aytib chaqirish va yo‘lda ketayotganda old tomonida yurish oq bo‘lishlikdandir, deyildi. Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:02:54
246-bob Ismni undan yaxshirog‘iga o‘zgartirish mahbub ekanligi haqida

Bunga Munzir ibn Abu Usayd qissasi haqidagi Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan (r.a.)  rivoyat qilingan 724-hadis dalildir.

738/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Zaynabning asl ismlari Barra (yaxshilik) edi. Uzini maqtab shu ismni qo‘ygan, deyilganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni Zaynab (xushmanzara va xushbo‘y daraxtning nomi ) deb o‘zgartirdilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:03:44
739/2. Zaynab binti Abu Salamadan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Men Barra deb ismlandim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uni Zaynab deb nomlanglar», dedilar. Rasulullohning huzurlariga Zaynab binti Jahsh kirganlarida, bularning ham ismlari Barra edi. Zaynab deb nomladilar». Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:03:51
740/3. Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Juvayriyaning (r.a.) ismlari Barra edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni Juvayriya deb o‘zgartirdilar. Chunki Barraning huzuridan chiqib kelyapti, deb aytilishini karih ko‘rar edilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:03:58
741/4. Said ibn Musayyab ibn Hazn otalaridan qilgan  rivoyatlarida keltirilishicha, otalari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelganlarida, «Isming nima?» deb so‘radilar. Shunda u kishi: «Hazn»,(qiyinchilik) dedilar. U zot: «Sening isming Sahl», (osonlik) dedilar. U kishi esa: «Otam ko‘ygan ismni o‘zgartirmayman», dedi. Ibn Musayyab: «Bundan keyin ham bizda mahzunlik qolib ketdi», dedilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:04:06
742/5. Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Osiya ismli ayolni Jamila ismiga almashtirdilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

Muslimning boshqa  rivoyatlarida keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Umarning (r.a.) Osiya ismli qizlarini Jamila deb nomladilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:04:19
743/6. Usoma ibn Axdariydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam   huzurlariga   kelgan   kishilar   orasida   Asram   (kesilgan)   ismli   shaxs   bor   edi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Isming nima?» deganlarida, u Asram, dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sening isming Zur’a (ziroat ekuvchi)», dedilar. Abu Dovud  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:04:36
744/7. Abu Shurayh Honiy al-Horisiydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga qavmlari ila vakil bo‘lib kelishganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qavmi uni Abulhakam deb kunyalashganlarini eshitib, huzurlariga chaqirdilar. «Albatta Alloh hakamdir. Hukm ham Unga xosdir. Nima uchun seni Hakamning otasi, deb kunyalashadi?» deganlarida, u: «Qavmim agar biror narsada ixtilof qilishsa, menga kelishar edi. Men ularning oralarida hakam bo‘lar edim. Ikki tomon ham mendan rozi bo‘lishardi», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu-ku yaxshi! Bolalaring bormi?» deb so‘radilar. U: «Ha, Shurayh, Muslim va Abdulloh ismli bolalarim bor», dedi. «Ularning kattasi kim?» deganlarida, «Shurayh», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen Abu Shurayhsan, ya’ni Shurayhning otasi», dedilar.

Abu Dovud aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Osiy (gunohkor), Aziz, Atla(qo‘pol), Shayton, Hakam (hukm qiluvchi), G’urob (qarg‘a), Hubob (shaytonning ismlaridan biri) va Shihob (uchqun) ismlarini Hoshim, deb o‘zgartirdilar. Va yana Harbni (urush) Silm (tinchlik), deb, Muztaji’ni (yonboshlagan) Munba’is (harakatga tushuvchi), deb, Afira (quruq) degan yerni Xazira (ko‘m-ko‘k), deb, Shi’baz zalolani (zalolat darasi) Shi’balhuda (hidoyat darasi), deb, Banuzzaniyyani (zino bolalari) va Banumug‘viyani (adashganlar bolalari) Banurishda (rushdu-hidoyatdagilar bolalari), deb ismladilar». Bularning isnodini qisqa bo‘lgani uchun tark qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:04:49
247-bob Agar sohibi aziyat chekmasa, ismni qisqartirish joizligi haqida

745/1. Sahih  rivoyatlarda kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalardan bir qanchalarining ismlarini qisqartirib aytganlar. Masalan, Abu Hurayrani (r.a.) «Ya Abo Hirr», deb chaqirganlar. Oisha onamizni «Ya Oish» va Anjishani (r.a.) «Ya Anjash», deb chaqirganlar.

Ibn Sunniy kitoblarida kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Usomani (r.a.) «Ya Usaym» va Miqdomni «Ya Qudaym», deb chaqirganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:05:10
248-bob Sohibi karih ko‘radigan laqabni aytib chaqirishdan man qilingani haqida

Alloh     taolo     Hujurot     surasining      11-oyatida     «Bir-birlaringizga     laqablar tashlamanglar», ya’ni ayrimlaringiz ayrimlaringizga yomon laqablar qo‘yib olmanglar, degan.

Ulamolar kishi karih ko‘radigan laqab ila atamoq harom ekaniga ittifoq qilishgan. Xoh o‘zidagi ko‘z yoshlanishi, kal, ko‘r, oqsoq, g‘ilay, pes, peshonasida yara izi bo‘lgan, sariq, bukri, kar, ko‘kko‘z, puchuq burunli, labi yorilgan, tishi siniq, surunkali kasallikdan azob chekuvchi, ko‘li kesilgan, nogiron, cho‘loq kabi kamchiliklar bo‘lsin, xoh ota-onasidagi kamchiliklar bo‘lsin, laqab qo‘yish harom sanaladi. Ammo laqabini aytmasa, tanilmaydigan bo‘lsa, bunda joiz, deyishgan. Bunga mashhur dalillar ko‘p bo‘lgani uchun qisqa qilish niyatida zikr qilib o‘tmadim.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:05:56
249-bob Sohibi yaxshi ko‘radigan laqabni aytib chaqirish joiz ekani haqida

Abu Bakr Siddiqning (r.a.) ismlari Abdulloh ibn Usmon, laqablari Atiq edi. Mana shunga jumhur olimlar, muhaddislar, siyrat va tarix ahllari ittifoq qilishgan. Yana kimlardir Atiq - bu ismlari, deyishgan. Avvalgisi sahihdir. Ammo buning nimaga Atiq deb atalgani haqida ixtilof qilishgan.

Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Abu Bakr do‘zaxdan Allohning atiqidir, ya’ni ozod qilinganidir», dedilar. Oisha (r.a.): «Mana shu kundan boshlab Abu Bakr (r.a.) Atiq, deb nomlandi», dedilar.

Mus’ab ibn Zubayr (r.a.) va boshqa qarindoshlari: « Abu Bakr (r.a.) Atiq, deb nomlandi, chunki nasablarida aybli biror narsa yo‘q edi», deyishdi.

Bulardan yana biri Ali ibn Abu Tolibni Abu Turob, deb laqablashlaridir. Kunyalari esa Abulhasan edi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:06:14
746/1. Sahih  rivoyatlarda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alini (r.a.) masjidda uxlayotgan holda ko‘rdilar. U kishining ustilarida biroz tuproq bor edi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tur, ey Abu Turob (tuproq otasi), tur, ey Abu Turob», deb aytdilar. Bas, mana shu chiroyli, yaxshi laqabni o‘zlariga xoslab oldilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:06:24
747/2. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot: «Mana shu Abu Turob Alining eng yaxshi ko‘rgan ismlari edi. Bu ism bilan chaqirilishini yaxshi ko‘rardilar», deganlar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:06:35
748/3. Sahih  rivoyatlarda kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xirboq ismli kishini qo‘li uzun bo‘lgani uchun Zulyadayn (ikki ko‘l egasi), deb chaqirdilar. Imom Buxoriy mana shu lafz ila «Al-Birru vassila» kitobining avvalida  rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:08:15
250-bob Fazl ahllariga xitob qilishda kunyani aytish joizligi hamda mahbubligi to‘g‘risida

Naql etilgan  rivoyatni zikr qilishimizdan oldin ham bu bob mashhurdir. Chunki buning dalillarida xos ham, avom ham ishtirok etaveradi. Fazl ahllari va ularning yaqinlariga kunya bilan xitob qilish odobdandir. Masalan, unga maktub yozishda va biror  rivoyatni naql qilishda Shayx, Imom, Abu Fulon, Fulon ibn Fulon va shunga o‘xshashlarni qo‘llash mumkin. Kishi kunyasini o‘z kitobida zikr qilmaslik odobdandir. Faqat kunyasi orqali tanilsa yoki kunyasi ismidan mashhur bo‘lsa, zarari yo‘q.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:08:28
251-bob Kishi katta o‘glining ismi ila kunyalanishi haqida

Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam o‘gillari Qosim nomi bilan Abulqosim, deb kunyalandilar. Qosim eng katta o‘gillari edi. Bunga yuqori bobdagi Abu Shurayhdan (r.a.)  rivoyat qilingan 744-raqamli hadis dalildir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:08:38
252-bob Kishining o‘z bolasi emas, boshqa bolaning ismi ila kunyalanishi to‘grisida

Bu keng tarqalgan hodisa bo‘lib, u bilan sifatlangan kishilarning son-sanogi yo‘q. Buning zarari ham yo‘qdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:08:59
253-bob Hali (uylanib) bola ko‘rmagan go‘dakni kunyalash haqida

749/1. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam insonlarning eng xulqi yaxshisi edilar. Mening Abu Umayr degan inim bor edi. (Roviy uni emadigan yoshdan o‘tgan, deb hisoblayman, dedilar.) Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning oldiga kelsalar, «Ey Abu Umayr, nima qildi nug‘ayr (kichik qush)?» der edilar. U go‘dak nug‘ayr (kichik qush) bilan o‘ynar edi». Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:09:06
750/2. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Oisha onamiz: «Ey Rasululloh, hamma o‘rtoqlarimning kunyalari bor», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ug‘ling Abdulloh bilan kunyalan», dedilar. (Roviy aytadi: «U-Abdulloh ibn Zubayrdir, ya’ni singillari Asmo binti Abu Bakrning o‘g‘lidir. Oisha (r.a.) Ummu Abdulloh, deb kunyalandilar».) Abu Dovud va boshqalar sahih isnod ila  rivoyat qilishgan. Mana shu tan olingan sahih hadisdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:09:15
751/3. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bo‘lgan bir bolam tushib ketdi. Uni Abdulloh, deb ismladilar. Va meni Ummu Abdulloh, deb kunyaladilar». Ibn Sunniy rivoyatlari. Bu hadis zaifdir.

Farzand ko‘rishdan oldin kunyalangan Abu Hurayra, Anas, Abu Hamza kabi bir nechta sahobalar jamoasi bor. Va yana ulardan keyin kelgan tobe’inlar ham bor. Bunda karohiyat yo‘q. Balki yuqoridagi shartda aytilganidek, mahbub amaldir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:10:09
254-bob Abulqosim deb kunyalanishdan qaytarilgani haqida

752/1. Jobir va Abu Hurayradan (r.a.) qilingan  rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ismim bilan nomlanglar-u, ammo kunyam bilan kunyalamanglar», deb aytganlar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Ulamolar Abulqosim deb kunyalashda ixtilof qilib, uchga bo‘linishadi. Birlari: «Ismi xoh Muhammad bo‘lsin, xoh boshqa bo‘lsin, Abulqosim deb kunyalash to‘g‘ri bo‘lmaydi», deyishdi. Ikkinchilari: «Ismi Muhammad bo‘lsa ham, boshqacha bo‘lsa ham, Abulqosim deb kunyalash joizdir. Faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlari bilan xos bo‘lmasligi kerak», deyishdi. Uchinchilari esa: «Ismi Muhammad bo‘lganlarga joiz emas-u, boshqalarga joiz», deyishdi. Abulqosim Rofe’iy fikrlaricha, mana shu uchinchisi sahihrokdir. Chunki hamma asrdagilar inkorsiz bu kunya bilan kunyalanishyapti. Lekin bu gap hadisning zohiriga qaraganda muxolifdir.

Ammo kishilar hamda dinning muhim ishlarida ergashuvchi mashhur imomlarning bu kunya bilan kunyalanishlariga sabab ular man qilingani faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlariga xos bo‘lib qolmasin, deb tushunishgan. Va yana bundan tashqari yahudiylar u zotga aziyat berish uchun «Ey Abulqosim», deb chaqirishganidir. Bu ma’nodagi aziyat berish uchun kunyalash tugab ketdi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:11:28
255-bob Kofir, bid’atchi va fosiqni kunyasiz tanilmasa yoki ismini zikr qilib fitnalanishdan qo‘rqilsa, kunyalash joizligi to‘g‘risida

Alloh taolo Qur’oni karimda «Abu Lahabning qo‘llari qurigay - halok bo‘lgay!» deb
aytgan. Abu Lahabning asl ismi Abuluzzo bo‘lgan. U kunyasi bilan zikr qilinyapti, chunki o‘sha kunyasi bilan taniladi. Ba’zilar:  «Uzzo butning ismi, bu yerda butning quli, deb aytish karohiyatli bo‘lgani uchun kunyasi ila zikr qilindi», deyishgan.

753/1. Usoma ibn Zayddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn Ubodani ko‘rgani eshak mingan holda jo‘nadilar. (Hadisning davomini hamda Abdulloh ibn Ubay ibn Salul munofiqning oldidan o‘tganlarini zikr etdilar.) So‘ngra yo‘lda davom etib, Sa’d ibn Ubodaning oldiga kirdilar. Va: «Ey Sa’d, Abu Hubob, ya’ni Abdulloh ibn Ubay unday-bunday deganini eshitmadingmi?» deb hadisning qolganini zikr qildilar.

Hadislarda Abu Tolib kunyasi takror bo‘lib keldi. Asl ismlari esa Abdumannof edi. Sahih  rivoyatlarda «Bu Abu Rig‘olning qabri», deb kelgan. Bunga o‘xshashlar ko‘pdir. Endi bu kunyani keltirishda, zikr qilganimizdek shartlari topilishi kerak. Agar topilmasa, ismga u kunya ko‘shilmaydi.

Ikki «Sahih» kitobida kelganidek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohning quli va rasuli Muhammaddan Xiraqlga», deb yozdilar. Bu maktubda kunyalarini, laqablarini va Rum podshohi laqabi Qaysarni ham zikr qilmay, faqat ismlarni zikr qildilar. Bunga o‘xshashlar ham ko‘pdir. Biz g‘ayrimuslimlarga ko‘pollik qilishga buyurilganmiz. Ularning kunyasini aytib, yumshoq iboralarni ishlatib, muloyimlik qilmaslikka, do‘stlik va ulfatlikni bildirmaslikka buyurilganmiz.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:12:06
256-bob Kishini Abu Fulon va Abu Fulona, ayolni Ummu Fulon va Ummu Fulona deb kunyalash joizligi haqida

Bilingki, bularning har birida ta’qiq yo‘q. Ummatning salaflaridan tashkil topgan sahoba, tobe’in va ulardan keyingilar Abu Fulona, deb qiz bolaning ismi bilan ham kunyalanishgan. Ulardan Usmon ibn Affonda uchta kunya: Abu Amr, Abu Abdulloh va Abu Laylolar bor edi. Va yana shunday kunyalardan Abu Dardodir. Bu sahobaning Xayra ismli katta xotinlari ham Ummu Dardo, Hujayma ismli kichik xotinlari ham Ummu Dardo edilar. Bu kichik xonim yetuk aqlli, fozila, faqih, qadri ulug‘ tobe’inlardan edi. Va yana Abdurahmon ibn Abu Laylo, otalari Abu Laylo, bularning xotinlari Ummu Laylo bo‘lib, bu ikkovi sahobalardan edi. Va yana Abu Umoma, Abu Rayhona, Abu Ramsa, Abu Riyma, Abu Amra Bushayr ibn Amr, Abu Fotima al-Laysiy, Abu Maryam Azdiy, Abu Ruqayya Tamim Doriy, Abu Karima Miqdom ibn Ma’diy Karibalarning hammalari sahoba bo‘lishgan.

Tobe’inlardan Abu Oisha Masruq ibn Ajda’ va shunga o‘xshash son-sanog‘i yo‘q kishilar bo‘lgan.

Sam’oniy «Al-Ansob» kitobida Masruqning bunday (Masruq, ya’ni o‘g‘irlangan) deb ismlanishiga sabab u zotni yoshlik paytlarida bir odam o‘g‘irlab ketgan. So‘ngra topilganlar, deb aytganlar.

Sahih hadislarda kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abdurahmon ibn Saxrni Abu Hurayra, deb kunyalaganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:12:31
TURLI ZIKRLAR KITOBI

Bilingki, bu kitobni foydasi katta bo‘lgan duo-zikrlardan tashkil topgan turli boblar ila to‘ldirdim. Bu duolarda tartib lozim bo‘lmagani uchun tartiblamadim.

257-bob Xursandchilik xabari berilgan paytda Alloh taologa hamdu sano aytish mahbubligi haqida

Bilingki, biror ne’mat hosil bo‘lganda yoki biror balo-ofat ketganda, Allohga shukr sajdasi qilmoq va hamdu sano aytmoq mahbub amallardandir. Bunga dalil sifatida mashhur hadis va asarlar ko‘pdir.

754/1. Amr ibn Maymun uzun kelgan mashvarat haqidagi hadisda Umar ibn Xattobning (r.a.) o‘limlari haqidagi qilgan  rivoyatlarida Umar (r.a.) o‘g‘illari Abdullohni Oishaning (r.a.) huzurlariga ikki do‘stlari bilan birga dafn etishga izn berishlarini so‘rash uchun yubordilar. Qachonki, Abdulloh (r.a.) kelgach, Umar (r.a.): «Biror yangilik olib keldingmi?» deganlarida, Abdulloh (r.a.): «Ey mo‘minlar amiri, siz yaxshi ko‘rgan narsaning iznini olib keldim», dedilar. Shunda Umar (r.a.): «Alhamdulillah, menga bundan ko‘ra muhimroq narsa yo‘q», dedilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:13:06
258-bob Xo‘roz qichqirig‘i, eshak hangrashi va it vovillashini eshitganda aytiladigan zikrlar

755/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar eshakning hangrashini eshitsangizlar, Alloh nomi ila shaytondan panoh tilanglar. Chunki u shaytonni ko‘rgandir. Agar xo‘roz qichqirig‘ini eshitsangizlar, Allohdan Uning fazlini so‘ranglar. Chunki u farishtani ko‘rgandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:13:51
756/2. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kechasi it vovillashini va eshakning hangrashini eshitsangizlar, Alloh nomi ila panoh so‘ranglar. Chunki ular sizlar ko‘rmaydigan narsani ko‘radi», dedilar. Abu Dovud  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:14:32
259-bob Yong‘inni ko‘rgan paytda aytiladigan narsalar

757/1. Amr ibn Shu’ayb otasidan, u esa bobosidan qilgan  rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar yong‘inni ko‘rsanglar, takbir aytinglar. Chunki takbir olovni o‘chiradi», dedilar. Ibn Sunniy  rivoyatlari.

Bunga qo‘shib qiyinchilik va ofatlarda o‘qiladigan zikrlar ham aytiladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:14:58
260-bob Majlisdan turgan paytda aytiladigan zikrlar

758/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bir majlisda o‘tirganida shovqin-suron ko‘payib ketsa, majlisdan turishidan oldin
«Subhanakallohumma va bihamdika ashhadu anla ilaha illa anta astag‘firuka va atubu ilayka», deb aytsa, ana shu majlisda sodir bo‘lgan gunohlari kechiriladi», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, Senga hamd aytish ila Seni poklab yod etaman. Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo‘q. Senga istig‘for aytib tavba qilaman».) Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:15:41
759/2. Abu Barzadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ishni tugatib, majlisdan turishni xohlasalar,

«Subhanakallohumma va bihamdika, ashhadu anla ilaha illa anta astag‘firuka va atubu ilayka», deb aytardilar. Shunda bir kishi: «Ey Allohning rasuli, siz bir so‘z aytdingiz, buni avval aytmagan edingiz», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mana shu kalimalar majlisda bo‘lgan narsalarga kafforatdir», dedilar. Abu Dovud rivotlari.

Imom Hakim ham mana shu hadisni «Mustadrak» kitobida Oisha (r.a.)  rivoyatidan sahih musnad ila  rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:16:52
760/3. Alidan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot: «Kimki (Qiyomat kunida) to‘liq o‘lchov ila unga (savobni) o‘lchanishini yaxshi ko‘rsa, majlisning oxirida yoki undan turgan paytda

«Subhana robbika robbil izzati ‘amma yasifuvn va salamun ‘alal mursaliyn val hamdu lillahi robbil olamiyn», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Qudrat egasi bo‘lmish Parvardigoringiz ularning sifatlaridan (ya’ni, har qanday aybu nuqsondan) pokdir. (Barcha) payg‘ambarlarga Alloh tomonidan salom bo‘lgay. Hamdu sano barcha olamlarning Parvardigori -Alloh uchundir.) «Huliyyatul avliyo» kitobida  rivoyat qilingan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:17:04
261-bob Majlisda o‘tiruvchining o‘zini va jamoatda o‘tirganlarni duo qilishi

761/1. Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagilar bilan sahobalariga duo qilib, majlisdan turib ketardilar:

«Allohumma aqsim lana min xashyatika ma yahulu baynana va bayna ma’asiyka va min toatika ma tuballig‘una bihi jannataka va minal yaqiyni ma tuhavvinu bihi a’layna masoibaddunyo. Allohumma matti’na biasma’ina va absorina va quvvatina ma ahyaytana vaj’alhul vorisa minna vaj’al sa’rana ‘ala man zolamana vansurna ‘ala man ‘adana vala taj’al musiybatana fiy diynina vala taj’alid dunyo akbara hammina vala mablag‘a ‘ilmina vala tusallit ‘alayna man la yarhamuna». (Ma’nosi: «Allohim, Senga qilinadigan gunoh ila bizning oramizni to‘sadigan qo‘rquvni va jannatingga yetkazadigan toatingni hamda dunyo musibatlarini bizga yengillashtiradigan yaqiynni (to‘la ishonchni) ulush qilib ber. Allohim, bizni tirikligimizda qulog‘imiz, ko‘zimiz va quvvatimiz ila naflantirib, uni bizga merosxo‘r qil (ya’ni, vafot etgunimizcha omonda qil). Uchimizni bizga zulm qilganlarga qarat! Dushmanlarimiz ziyoniga bizga nusrat ber. Musibatimizni dinimizda qilma. Dunyoni eng katta g‘amimiz va oxirgi ilmimiz qilma. Va bizga rahm qilmaydiganlarni bizga boshliq etma».) Termiziy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:17:16
262-bob Allohni zikr qilmay majlisdan turishning karohiyati haqida

762/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror qavm majlisdan turib Allohni zikr qilmasa, xuddi eshakning o‘laksasi kabi turib, hasratda qoladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:17:22
763/2. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bir o‘rinda o‘tirsa-yu, Allohni zikr qilmasa, Alloh tomonidan unga noqislik bo‘ladi. Kimki bir o‘ringa yonboshlasa-yu, Allohni zikr qilmasa, Alloh tomonidan unga ham noqislik yetadi», dedilar. Abu Dovud  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:17:29
764/3. Abu Hurayradan  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror qavm bir majlisda o‘tirib, Allohni zikr qilmasa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot aytmasa, unga ham noqislik yetadi. Agar Alloh xohlasa, azoblaydi va agar xohlasa, kechiradi», dedilar. Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:17:42
263-bob Yo‘lda zikr aytish haqida

765/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror qavm bir majlisga o‘tirib, Alloh azza va jallani zikr qilmasa, unga noqislik yetadi. Kishi yo‘lda keta turib Alloh azza va jallani zikr qilmasa, unga ham noqislik yetadi», dedilar. Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:17:52
766/2. Abu Umoma al-Bohiliydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabukdaliklarida Jabroil alayhissalom kelib, «Ey Muhammad, Muoviya ibn Muoviya al-Muzaniyning janozalarida ishtirok eting», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bordilar. Va Jabroil alayhissalom ham yetmish ming farishta bilan tushib, o‘ng qanotlarini toqqa qo‘yganlarida, u egildi. Chap qanotlarini yerga qo‘yganlarida, u ham egildi. Hattoki, u zot Makkaga va Madinaga nazar soldilar. U sahobaning janoza namozlarini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, Jabroil alayhissalom va farishtalar o‘qishdi. Qachonki, undan forig‘ bo‘lishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Jabroil, Muoviya nimasi sababli bu maqomga yeta oldi?» deganlarida, Jabroil alayhissalom: «Tik turganda ham, yurib ketayotganda ham, ulov minib ketayotganda ham, «Qul huvallohu ahad»ni qiroat qilib yurishi sabab bo‘ldi», dedilar. Ibn Sunniy va Bayhaqiylar  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:18:23
264-bob G‘azab kelganda aytiladigan zikrlar

Alloh taolo Oli Imron surasining 134-oyatida «g‘azablarini ichlariga yutadigan» va Fussilat surasining 36-oyatida «Agar sizni shayton tomonidan biron vasvasa yo‘ldan ozdirsa, u holda Alloxdan panoh so‘rang. Zero, U eshitguvchi, bilguvchi Zotdir», deb aytgan.

767/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kurashda kuch bilan yengadigan odam kuchli emas, balki jahli chikqanda gazabini bosib olgan kishi kuchlidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:18:32
768/2. Ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimni pahlavon deb hisoblaysizlar?» deganlarida, biz: «Kishilar bellasha olmaydigan odamni pahlavon, deymiz», dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unday emas, gazab paytida o‘z nafsiga ega bo‘lgan (gazabini bosib olgan) kishi haqiqiy pahlavondir», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:18:39
769/3. Muoz ibn Anas al-Juhaniydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki gazabini sochishga qodir bo‘la turib, uni ichiga yutsa, Alloh taolo qiyomat kunida xaloyiq boshiga chaqirib, xohlagan hurini tanlash huquqini beradi», dedilar. Abu Dovud, Termiziy va Ibn Mojalar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:18:48
770/4. Sulaymon ibn Suraddan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga o‘tirgan edim, ikki kishi so‘kisha ketdi. Ulardan birining yuzi qizarib, bo‘ynidagi ko‘k tomirlari bo‘rtib chiqdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men bir kalimani bilaman, agar o‘shani aytsa, undan bu holat ketadi. Agar u

«A’uvzu billahi minash-shaytonir rojiym», (ya’ni, la’nati shaytondan Alloh nomi ila panoh tilayman) desa, undan mana bu holat ketadi», dedilar. Kishilar o‘sha odamning oldiga borib, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «La’nati shaytondan Alloh nomi ila panoh tila», deb aytdilar», deyishganida, u kishi: «Nima, menda jinnilik bormi?» dedi». Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:19:01
771/5.   Xuddi   mana   shu   ma’nodagi   hadis   Abu   Dovud   va   Termiziyning   kitoblarida Abdurahmon ibn Abu Laylo Muoz ibn Jabaldan (r.a.) qilgan  rivoyatlarida ham bor. Termiziy buni mursal, deganlar. Ya’ni, Abdurahmon Muoz bilan ko‘rishmaganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:19:12
772/6. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurimga kirdilar. Usha paytda jahlim chiqib turgan edi. Burnimning bir tarafini ushlab tortdilar-da, «Ey Uvaysh (Oisha ismining qisqartmasi),

«Allohumma ig‘firliy zanbiy va azhib g‘oyza qalbiy va ajirniy minash shaytoni», deb ayt», dedilar». (Ma’nosi: «Allohim, gunohlarimni kechirib, qalbim g‘azabini ketkaz va shaytondan saqlagin».) Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:19:26
773/6. Atiyya ibn Urva as-Sa’diydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta g‘azab shaytondandir. Albatta shayton o‘tdan xalq qilingan. Ut esa suv bilan o‘chiriladi. Agar sizlardan biringiz g‘azablansa, tahorat qilsin», dedilar. Abu Dovud   rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:20:02
265-bob Yaxshi ko‘rgan kishisiga buni bildirib qo‘yish mahbubligi va bildirganda aytadigan zikrlari

774/1. Miqdom ibn Ma’diy Karibadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishi birodarini yaxshi ko‘rsa, uni yaxshi ko‘rganini bildirib qo‘ysin», dedilar. Abu Dovud , Termiziy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:20:10
775/2. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edi. Boshqa bir kishi o‘tib qoldi. U: «Ey Rasululloh, men uni yaxshi ko‘raman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unga yaxshi ko‘rishingni bildirdingmi?» deganlarida, «Yo‘q», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Buni bildirgin», dedilar. U kishi borib, «Men seni Alloh yo‘lida yaxshi ko‘raman», dedi. Shunda haligi kishi: «Alloh (yo‘lida) meni sevganing uchun Alloh ham seni yaxshi ko‘rsin», dedi. Abu Dovud  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:20:17
776/3. Muoz ibn Jabaldan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishining ko‘llaridan ushlab, «Ey Muoz, Allohga qasamki, seni yaxshi ko‘raman. Men senga har namoz ketidan
«Allohumma a’inniy ‘ala zikrika va shukrika va husni ‘ibadatika», deb aytib uni tark qilmasligingni vasiyat qilaman», dedilar. Abu Dovud  va Nasaiylar rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:20:26
777/4. Yazid ibn Nu’oma Zabbiydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishi boshqa bir kishi bilan do‘stlashsa, uning ismini, otasining ismini va qaysi nasabdan ekanini so‘rasin. Chunki shunda do‘stlik bardavomroq bo‘ladi», dedilar. Termiziy  rivoyat qilib, bu hadisni garib, deganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:20:48
266-bob Kasallik yoki boshqa narsa bilan balolangan kishini ko‘rganda aytiladigan zikrlar

778/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki (nogironlik va bemorlik ila) balolangan kishini ko‘rib,
«Alhamdu lillahillaziy ‘afoniy mimma ibtalaka bihi va fazzalaniy ‘ala kasirin mimman xolaqo tafziyla», desa, unga ana shu balo yetmaydi», dedilar. (Ma’nosi: «U kasallik bilan balolagan narsangda meni ofiyatda qilganing uchun va odamlar orasida meni ko‘proq fazilatli qilganing uchun Senga hamd bo‘lsin».) Termiziy hasan isnod ila qilgan rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:20:58
779/2. Umar ibn Xattobdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki balolangan kishini ko‘rib, «Alhamdu lillahillaziy ‘afoniy mimma ibtalaka bihi va fazzalaniy ‘ala kasirin mimman xolaqo tafziyla», desa, tirikligida bo‘ladigan ana shunday balolardan ofiyatda bo‘ladi», dedilar. Termiziy zaif isnod ila qilgan  rivoyatlari.

Ulamolar: «Bu zikrni o‘zi eshitadigan qilib aytish lozim», deyishadi. Chunki balolangan kishi eshitib qolsa, qalbi bu bilan aziyat chekadi. Ammo gunohi tufayli balolangan bo‘lsa va fitna bo‘lishidan ko‘rqmasa, u eshitadigan qilib aytishning zarari yo‘q.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:21:35
267-bob Balolangan kishining yoki do‘stining holini so‘raganda so‘ralgan kishi javobi bilan birga Allohga hamd aytish mahbubligi haqida

780/1. Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Ali (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘lim yaqinlashgandagi kasalliklarida huzurlaridan chiqqanlarida, odamlar: «Ey Abu Hasan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday tong ottirdilar?» deyishganida, Ali (r.a.): «Allohga hamd bo‘lsin u zot sog‘ holatda tong ottirdilar», dedilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:22:02
268-bob Bozorga kirganda aytiladigan zikrlar

781/1. Umar ibn Xattobdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bozorga kirganda,
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku valahul hamdu yuhyi va yumiytu va huva hayyun la yamuvtu biyadihil xoyru va huva ‘ala kulli shay'in qodir», desa, Alloh taolo unga bir million hasanot yozib, bir million yomonlikni o‘chirib va bir million daraja ko‘taradi», dedilar. (Ma’nosi: «Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q. Barcha mulk Allohnikidir va hamd Uning uchundir. U (zot) tiriltiradi va o‘ldiradi. U tirikdir, o‘lmaydi. Yaxshilik Uning ko‘lida va U har bir narsaga qodirdir».) Imom Termiziy va boshqalar  rivoyati.

Imom Hokimning ba’zi  rivoyatlarida «U uchun jannatda uy quriladi»ni ziyoda qilingan.

Roviy aytdilar: «Xurosonga borib, Qutayba ibn Muslimning oldilariga kirib, sizga hadya olib keldim, deb shu hadisni aytib berdim. Qutayba ibn Muslim ulovlariga minib, bozorga borib, ushbu duoni aytdilar-da, so‘ngra u yerdan ko‘zg‘oldilar».

Imom Xrkim Buraydadan (r.a.) qilgan  rivoyatlarida: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bozorga kirsalar:

«Bismillohi, Allohumma inniy as'aluka xoyra hazihis suqi va xoyra ma fiyha va au’zu bika min sharriha va shari ma fiyha. Allohumma inniy au’zu bika an usiyba fiyha yamiynan fajira av safqatan xosira», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohning ismi ila. Allohim, Sendan bu bozorning yaxshisini va undagi yaxshiliklarni so‘rayman. Va bu bozorning yomonidan hamda undagi yomonlikdan Sening noming ila panoh tilayman. Allohim, Sening noming ila gunohga eltuvchi qasamdan va zarar keltiruvchi bitimdan panoh so‘rayman».)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:23:02
269-bob Kishi biror ayolga uylanganda yoki biror narsa sotib olganda yo shariat yaxshi sanaydigan biror ish qilganda «To‘g‘ri qilibsan» yoki «Yaxshi qilibsan» deb aytishning mahbubligi haqida

782/2. Jobirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Ey Jobir, uylandingmi?» deganlarida, men: «Ha», dedim. «Qiz bolami yoki juvon?» deganlarida, men: «Juvon, ey Rasululloh», dedim. Shunda u zot: «Qiz bolaga uylanmaysanmi? U sen bilan va sen u bilan o‘ynashar eding yoki u sen bilan va sen u bilan kulishar eding», dedilar. So‘ngra men: «Abdulloh, ya’ni otam vafot etganlarida, to‘kqizta (yoki yettita - roviy shak qildilar) qiz qoldi. Men u qizlar tenggi qizga uylanishni karih ko‘rdim. Va ularga qarab, parvarish etishi uchun juvonga uylanishni yaxshi ko‘rdim», desam, u zot: «To‘g‘ri qilibsan», dedilar». Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:23:14
270-bob Oynaga qaraganda aytiladigan zikrlar

783/1. Alidan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar oynaga qarasalar,
«Alhamdu lillahi, Allohumma kama hassanta xolqiy fahassin xuluqiy», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohga hamd bo‘lsin. Allohim, yaratilishimni yaxshi qilganingdek, xulqimni ham yaxshi qilgin».) Ibn Sunniy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:23:26
784/2. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar yuzlarini oynaga qaratsalar,
«Alhamdu lillahillaziy savva xolqiy fa’addalahu va karrama surata vajhiy fahassanaha va ja’alaniy minal muslimiyn», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Yaratilishimni mutanosib qilgan va ko‘rinishimni mukarram va chiroyli etgan hamda musulmonlardan qilgan Allohga hamd bo‘lsin».) Ibn Sunniy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:23:35
271-bob Qon oldirganda aytiladigan zikrlar

785/1. Alidan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki qon oldirayotgan paytda «Oyatal kursi»ni o‘qisa, o‘sha oldirayotgan qoni manfaatli bo‘ladi», dedilar. Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:24:19
272-bob Quloq g‘ing‘illaganda aytiladigan zikrlar

786/1. Rasululloh mavlolari Abu Rofe’dan  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringizning qulogi gingillasa, meni eslasin va menga salovot aytib,
«Zakarallohu bixoyrin man zakaraniy», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Meni eslagan kishini Alloh yaxshilik ila eslasin».) Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:24:36
273-bob Oyoq uvishganda aytiladigan zikrlar

787/1. Haysam ibn Hinshdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Biz Abdulloh ibn Umarning (r.a.) huzurlarida edik. U zotning oyoqlari uvishib qoldi. Shunda bir kishi: «Sizga mahbub bo‘lgan kishini eslang», dedi. U zot: «Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam», deb eslaganlarida, go‘yoki oyokdarini tirishishdan xalos bo‘lgandek his qildilar». Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:24:51
788/2. Mujohiddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishining oyog‘i Ibn Abbos (r.a.) huzurlarida uvishib qoldi. Ibn Abbos u kishiga qarata, «Uzingga mahbub bo‘lgan kishini esla», deganlarida, u kishi: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam», dedi. Shunda undagi uvishish ketdi. Ibn Sunniy rivoyatlari.

Imom Buxoriy «Sahih» kitoblarida  rivoyat qilgan shayxlardan biri Ibrohim ibn Munzir al-Huzomiyning aytishlaricha, Madina ahli Abulatohiyaning quyidagi baytidan ajablanishadi:
Ba’zi paytlarda oyoqlar uvishsa, bas, Ey Utba, deyilmasa, uvishish ketmas.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:25:21
274-bob Musulmonlarga yoki o‘ziga zulm qilgan kishini duoibad qilish joizligi haqida

Bilingki, bu bob juda kengdir. Bunga Qur’on va hadisdan dalillar juda ko‘p. Ummatning salafi va xalaflari ham buni qilib kelishgan. Alloh taolo Qur’oni karimda ko‘p o‘rinlarda anbiyolar kofirlarni duoibad qilganlarining xabarini bergan.

789/1. Alidan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ahzob (g‘azoti) kuni Alloh ularning uylari-yu qabrlarini o‘tga to‘ldirsin. Ular bizni vusto (o‘rta) namozini o‘qimog‘imizga xalal berishdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:25:28
790/2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qorilarni o‘ldirgan (qavmni) duoibad qilib, bir oy unda bardavom bo‘ldilar. Va: «Allohim, Ri’lni, Zakavonni va Usayyani la’natlagin», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:25:36
791/3. Ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Abu Jahl va uning Qurayshdan bo‘lgan hamrohlari haqidagi uzun hadisda ular so‘yilgan hayvon qornini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning orqalariga qo‘yishganida, ularni uch martadan duoibad qildilar. So‘ngra «Allohim, Qurayshga Uzing kifoya qil», deb uch marta aytdilar. So‘ngra «Allohim, Abu Jahlga Uzing kifoya qil va Utba ibn Rabiy’aga ham...», deb yettitasini zikr qildilar, deb hadisni oxirigacha aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:25:43
792/4. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohim, Muzarga azobingni qattiq qil. Allohim ularga, Yusuf alayhissalomga yuborgan (qahatchilik) yiliga o‘xshash yil yuborgin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:25:50
793/5. Salama ibn Akva’dan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida chap ko‘li bilan taom tanovul qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga «Ung qo‘lingda yegin», dedilar. U kishi: «Bunga qodir emasman», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qodir bo‘lmagin», dedilar va «Buni unday qilishdan faqat kibrligi man qildi, xolos», dedilar. U kishi og‘ziga qo‘lini ko‘tara olmadi. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:26:04
794/6. Jobir ibn Samuradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Ko‘fa ahli Umarga (r.a.) Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) shikoyat qilishganida, bu kishini ishdan bo‘shatib, ularga boshliq tayinladilar. (Hadisning davomida) Umar (r.a.) bu haqda surishtirish uchun bir kishi yoki bir necha kishini Ko‘faga yubordilar. Ular biror masjid qoldirmasdan bu haqda so‘rashganida, barchalari Sa’dning yaxshiliklarini aytib maqtashdi. Qachonki, Abs qabilasidagi bir masjidga kirishganida, Abu Sa’da Usoma ibn Qatoda ismli shaxs turib, «Agar siz surishtiradigan bo‘lsangiz, albatta Sa’d ibn Abu Vaqqos sariyya (urush)larga bormaydi, o‘ljani teng taqsimlamaydi. Qozilikda odillik qilmaydi», dedi. Buni eshitgan Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.): «Allohga qasamki, men seni uch narsa ila duoibad qilaman: Allohim, agar mana shu quling yolg‘onchi va o‘zini ko‘rsatib, riyo uchun buni qilgan bo‘lsa, umrini uzoq, kambag‘alligini uzun va o‘zini fitnaga duchor qilgin», dedilar. Mana shundan keyin shayx: «Sa’dning duoibadi menga yetib, fitnaga duchor bo‘ldim», deb aytdi. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Jobir ibn Samuradan  rivoyat qilgan roviy Abdulmalik ibn Umayr shunday deydi: «Men u shayxni qarib ketganidan ikki qoshi ikki ko‘zi ustiga tushgan holda ko‘rdim. U yo‘lda uchragan qizlarga ko‘z qisar edi».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:26:12
795/7. Urva ibn Zubayrdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Said ibn Zayd (r.a.) bilan Arvo binti Avs xusumatlashib, Marvon ibn Hakam huzurlariga kelishdi. U ayol yeridan bir parchasini Said ibn Zayd olganini da’vo qildi. Said: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan buning yomonligi haqida eshitganimdan keyin ham yeridan bir parcha olarmidim?» deganida, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan nima eshitgansan?» dedi Marvon. Shunda Said: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki zulm bilan yerdan bir qarichiga ega bo‘lib olsa, yetti (qavat) yerga o‘raladi», deganlarini eshitganman», dedi. Buni eshitgan Marvon: «Bundan keyin sendan dalil-isbot so‘ramayman», dedi. Said esa: «Allohim, agar bu ayol yolg‘onchi bo‘lsa, ko‘zini ko‘r qilib, o‘z yerida o‘ldirgin», dedi. Aytishlaricha, bu ayolning ko‘zi o‘lishidan oldin ko‘r bo‘lib, o‘z yerida keta turib, bir chuqurga tushib vafot etdi. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:26:20
275-bob Gunoh va bid’at ahllaridan o‘zini daxlsiz etmoq haqida

796/1. Abu Burda ibn Abu Musodan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Abu Muso qattiq kasal bo‘lib, hushsiz yotib qoldilar. Boshlari xotinlari tizzasida edi. U xotin baland ovoz ila baqirardi. Ammo u kishi biror javob qilishga qodir bo‘lmadi. U zot hushlariga kelganlarida, «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uzoq bo‘lgan narsadan yiroqdadirman. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musibat paytida qattiq ovoz ila baqiruvchidan, sochini yuluvchidan va kiyimini yirtuvchidan uzoqdadirlar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:26:27
797/2. Yahyo ibn Ya’mardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Ibn Umarga «Ey Abu Abdurahmon, bizning oldimizda shunday kishilar paydo bo‘lishdiki, ular Qur’on o‘qiydilar-u, ammo qadar yo‘q, albatta ishlar Alloh ilmida muqaddam bo‘lmagan, deydilar», deb aytganimda, u zot: «Agar o‘shalarga yo‘liqsang, men ulardan yiroq, ular ham mendan yiroq ekanliklarining xabarini bergin», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:26:41
276-bob Munkar narsani ketkazishga kirishilganda aytiladigan zikrlar

798/1. Ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fath kuni Makkaga kirganlarida, Ka’ba atrofida 360 ta but bor edi. Ularni ko‘llarida bo‘lgan novda ila urib,
«Ja'al hakqu va zahaqol botilu innal botila kana zahuvqo ja'al haqqu vama yubdi'ul botilu vama yu’idu», dedilar. (Ma’nosi: «Haq keldi, botil yo‘q bo‘ldi. Albatta botil yo‘q bo‘luvchidir. Haq keldi. Endi botil yangidan ham qaytib kelmaydi».) Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:27:29
277-bob Uyatsiz gaplarni so‘zlagan kishi aytadigan zikrlar

799/1. Huzayfadan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tilimning uyatsiz so‘zlarni aytishidan shikoyat qilsam, u zot: «Sen istig‘for aytmaysanmi? Men har kuni Alloh azza va jallaga yuz marta istig‘for aytaman», dedilar. Ibn Moja va Ibn Sunniylar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:27:40
278-bob Ulov qoqilib ketganda aytiladigan zikrlar

800/1. Mashhur tobe’in Abu Mulayh bir kishidan qilgan  rivoyatlarida «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ortlariga mingashib ketayotganimda, u zot minib olgan hayvonlari qoqilib ketdi. Shunda men: «Shayton bizni nochor holatga solib ko‘ydi», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unday deb aytma. Shunday desang, u o‘zini ulug‘ sanab, uydek kattalashib, mening quvvatim bilan bo‘ldi, deydi. Lekin sen «Bismillah», deb ayt. Ana shunday desang, pashsha kabi kichkina bo‘ladi», dedilar. Abu Dovud  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:28:32
801/2. Xuddi mana shu lafzdagi hadisni ibn Sunniy  rivoyatlarida Abu Mulayh otalari Usomadan (r.a.)  rivoyat qilganlar. Mana shu ikki  rivoyat ham sahihdir. Chunki Abu Dovud  rivoyatlaridagi noma’lum shaxs ham sahobalardandir. Sahobalarning barchalari adolatli, jaholat zarar bermaydigan shaxslardir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:28:42
279-bob Agar voliy vafot etsa, o‘sha shaharning kattasi kishilarni tinchlantirib, va’z-nasihat bilan sabr va sabotga buyurib xitob qilishi mahbubligi haqida

802/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etgan kunlari Abu Bakr Siddiqning (r.a.) xutbalari haqidagi mashhur hadisda  rivoyat qilinishicha, u zot: «Kimki Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ibodat qilayotgan bo‘lsa, albatta Muhammad sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar. Kimki Allohga ibodat qilayotgan bo‘lsa, albatta Alloh tirikdir, U o‘lmaydi», deb aytdilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:28:49
803/2. Jarir ibn Abdulloh (r.a.)  rivoyat qildilar. Basra va Ko‘fa amiri Mug‘iyra ibn Sho‘‘ba vafot etganlarida, Jarir o‘rinlaridan turib, Allohga hamdu sano aytdilar va «Sherigi yo‘q yakka Allohdan ko‘rqing hamda amir kelguncha xotirjamlik va bosiqlikni lozim tuting. Albatta sizlarga hozir amir keladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:29:10
280-bob Kishining yaxshilik qilgan shaxsga duosi hamda ana shuni yaxshilikka yo‘yib maqtashi haqida

804/1. Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonaga borganlarida, u zotning tahoratlari uchun suv olib borib qo‘ydim. U zot chiqib, «Buni kim ko‘ydi?» dedilar. Ibn Abbos (r.a.) ko‘yganlari xabar berilganda,

«Allohumma   fakqihhu»   («Allohim,   uni   faqih   qilgin»),   dedilar».   Imom   Muslim  rivoyatlari.
Imom Buxoriy  rivoyatlarida «Faqqihhu fid diyni», ya’ni dinda faqih qilgin, deb  ziyoda qilingan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:29:31
805/2. Abu Qatodadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mo‘‘jizalarini o‘z ichiga oluvchi uzun hadisda keltirilishicha, «Kechaning yarmida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ketayotganlarida men yonlarida edim. U zotni mudroq bosib, ulovlaridan og‘a boshladilar. Men u zotni uyg‘otmasdan o‘rinlariga mahkamlab qo‘ydim. Hattoki, ulovlarida yaxshi o‘rnashib oldilar. So‘ngra kechaning ko‘p qismi o‘tganda ketaturib ulovlaridan yana og‘a boshladilar. Men u zotni uyg‘otmasdan yana mahkamlab ko‘ydim. Hattoki, ulovlarida mo‘‘tadil bo‘ldilar. So‘ngra sahar oxiri bo‘lganda ketaturib, avvalgi ikkisidan ko‘ra qattiqroq og‘ib, yiqilay dedilar. Borib mahkamlab ko‘ydim. U zot boshlarini ko‘tarib «Kim bu?» dedilar. «Abu Qatoda», dedim. «Qachondan beri bu holda men bilan ketyapsan?» dedilar. Men: «Shu kechadan beri siz bilan ketyapman», deganimda u zot: «Nabiysini (kuzatish ila) himoya qilganingdek, Alloh seni himoya qilsin», dedilar», deb hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:29:38
806/3. Usoma ibn Zayddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimga yaxshilik qilinsa, bajaruvchisiga
«Jazokallohu xoyron», ya’ni Alloh yaxshilik ila mukofotlasin, desa, maqtashning eng yetugini qilibdi», dedilar. Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:29:45
807/4. Abdulloh ibn Abu Rabiy’adan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan qirq ming qarz so‘radilar. So‘ngra, uni menga qaytarib,
«Barokallohu fiy ahlika va malika», («Alloh ahlingga va molingga baraka bersin»), dedilar. Albatta salaflarning mukofotlashlari uni ado etish va maqtov edi». Nasaiy, Ibn Moja va Ibn Sunniylar  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:29:57
808/5. Jarir ibn Abdulloh al-Bajaliydan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Johiliyat davrida Xas’am qabilasida bir uy bor edi. Uni Ka’ba al-Yamoniyya yoki Zul xalasa, deb aytishar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Zul xalasadan (uni yo‘q qilib) bizni xursand qilmaysanmi?» dedilar. Men Ahmas qabilasidan bo‘lgan bir yuz ellik otliq bilan safarbar bo‘ldim. Biz u yerni buzib, uchratgan kishilarimizni qatl qildik. Kelib, u zotga xabarini berganimizda bizni va Ahmasni duo qildilar». Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Boshqa bir  rivoyatda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ahmasning otliqlari va piyodalariga besh marta baraka tilab duo qildilar, deyilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:30:04
809/6. Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zamzam oldiga kelganlarida sahobalar undan ichib o‘sha yerda ishlashayotgan edi. Shunda u zot: «Ishlanglar, chunki sizlar solih amal qilyapsizlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:30:20
281-bob Hadya oluvchining hadya topshirganga mukofot tarzida duo qilishi mahbubligi haqida

810/1. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qo‘y hadya qilindi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xizmatkor ayolga uni «Taqsimla», dedilar. Oisha (r.a.) odatlariga ko‘ra, xizmatkor qaytganida, «Kelganlar nima dedilar?» deb so‘rardilar. Shunda xizmatkor: «Barokallohu fiykum (Allohning barakasi bo‘lsin), deyishdi», deb aytdi. Oisha   (r.a.):   «Va   fiyhim   barakalloh   (Ularga  ham   Allohning   barakasi   bo‘lsin).   Ular aytganlaridek, biz ham shunday javob qaytaramiz. Va bizga bundan ajr qolur», dedilar. Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:30:32
282-bob Uzri sababli shar’iy ma’noda hadya bergan kishiga uzr aytib hadyasini qaytarish joizligi haqida

811/1. Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Sa’b ibn Jassoma (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yovvoyi eshak hadya qildi. U zot ehromda edilar. Hadyasini o‘ziga qaytarib, «Agar biz ehromda bo‘lmaganimizda sendan buni qabul qilar edik», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:31:50
283-bob Aziyatni ketkazgan kishiga aytiladigan zikrlar

812/1. Said ibn Musayyibdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Abu Ayub al-Ansoriy (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam soqollaridan aziyat beruvchi narsani olib tashlaganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Masahallohu anka ya abo Ayyuba ma takrahu», («Ey Abu Ayub, yomon ko‘rgan narsangni Alloh sendan ham o‘chirsin»), dedilar. Ibn Sunniy  rivoyatlari.

Sa’ddan qilingan boshqa bir  rivoyatda aytilishicha, Abu Ayub (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir narsani olib tashlaganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam

«La yakun bikas suv'u ya abo Ayyub, la yakun bikas suv'u», («Ey Abu Ayub, senga yomonlik bo‘lmasin, senga yomonlik bo‘lmasin»), dedilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:31:57
813/2. Abdulloh ibn Bakr al-Bohiliydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Umar (r.a.) bir kishining soqolidan (yoki boshidan) bir narsani olib tashlaganlarida, u kishi: «Alloh sizdan yomonlikni ketkazsin», dedi. Shunda Umar (r.a.): «Musulmon bo‘lganimizdan beri bizdan yomonlik ketkazilgan. Va lekin agar sendan biror narsa olib tashlansa,
«Axazat yadoka xoyron» («Qo‘ling yaxshilikni olsin»), deb aytgin», dedilar. Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:32:15
284-bob Mevaning birinchi hosilini ko‘rganda aytiladigan duolar

814/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Kishilar birinchi mevani ko‘rsalar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga olib kelishar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni olib,

«Allohumma borik lana fiy samarina va borik lana fiy madinatina va borik lana fiy so’ina va borik lana fiy muddina», deb aytib, so‘ngra eng kichik bolani chaqirib, o‘sha mevani unga berar edilar. (Ma’nosi: «Allohim, mevalarimizga baraka ber. Shahrimizga baraka ber. So’ va mudda o‘lchovlarimizga baraka ato qil».) Imom Muslim rivoyatlari.

Muslimning boshqa  rivoyatlarida keltirilishicha, «Baraka ma’a baraka», («Baraka ustiga baraka ber»), deb hozir bo‘lgan eng kichik bolaga u mevani berardilar.

Termiziyning  rivoyatlarida esa ko‘ringan eng kichik bolaga berardilar, deyilgan.

Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga birinchi hosil olib kelinsa, uni ko‘zlariga, so‘ngra ikki lablariga ko‘yib,

«Allohumma kama aroytana avvalahu faarina oxirahu», («Allohim, avvalini ko‘rsatganingdek oxirini ham ko‘rsatgin»), deb aytib, so‘ng huzurlarida bo‘lgan go‘dakka berib yuborar edilar. Ibn Sunniy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:32:29
285-bob Va’z va ilmda iqtisod qilishning mahbubligi haqida

Bilingki, jamoatga va’z qilayotgan yoki ularga ilm berayotgan kishi ana shu narsalarni malol keltiradigan darajada uzun qilmasdan, uning halovati hamda ulug‘ligi qalblardan ketib qolib malol ko‘rilmasligi uchun hamda ilm va yaxshi narsalarni tinglashni karih ko‘rib xatarga yo‘liqmasliklari uchun iqtisod qilmokdari mahbub amaldir.

815/1. Shaqiq ibn Salamadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Ibn Mas’ud (r.a.) har payshanba kuni va’z qilib berardilar. Shunda bir kishi: «Ey Abu Abdurahmon (ibn Mas’ud), bizga har kuni va’z qilib berishingizni istardim», dedi. Ibn Mas’ud: «Sizlarga malol kelishini karih ko‘rmog‘im meni har kuni va’z qilishdan qaytaradi. Va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga malol kelishidan ko‘rqib va’z havola qilganlaridek, men ham sizlarga shunday va’z taqdim etaman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:32:56
816/2. Ammor ibn Yosirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishining namozini uzun qilib, xutbasini qisqa qilishi faqihligiga dalolat qiluvchi alomatdir. Bas, shunday ekan, namozlaringizni uzun qilib, xutbalarni qisqa qilinglar», deb aytdilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

Ibn Shihob Zuhriy: «Agar majlis uzayib ketsa, unda shaytonning nasibasi bordir», dedilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:33:14
286-bob Yaxshilikka yo‘llab va unga qiziqtirish xususida

Alloh taolo Moida surasining 2-oyatida «Yaxshilik va taqvoda bir-biringizga yordam beringlar», deb aytgan.

817/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim hidoyatga chaqirsa, ergashuvchi kishining savobidek unga ham ajr bo‘ladi. (Bu bilan amal qilgan kishining) savobidan biror narsa kamaymaydi. Kimki zalolatga chaqirsa, ergashuvchi kishining gunohidek unga gunoh yoziladi. (Bu bilan amal qilgan kishining) gunohidan biror narsa kamaymaydi» dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:33:20
818/2. Abu Mas’ud al-Ansoriy al-Badriydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim yaxshilikka dalolat qilsa, unga ham bajaruvchining ajridek savob bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:33:28
819/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Aliga (r.a.): «Allohga qasamki, sen bir kishini hidoyatga boshlamog‘ing qizil tuyadan ham yaxshidir», deb aytdilar. (Qizil tuya ilgari arablarning eng qimmatbaho mulki bo‘lgan... -tarj.) Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Sahih  rivoyatlarda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Modomiki, bandasi birodarining yordamida bo‘lsa, Alloh bandasining yordamidadir», deganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:33:48
287-bob Bir kishidan biror ilm so‘ralsa-yu, uni bilmasa, boshqa biladigan kishiga dalolat qilishi haqida

Bunga    yuqori    bobda    kelgan    «Din    xayrixohlikdir»    hadisi    dalildir.    Bu    ham xayrixohlikdandir.

820/1. Shurayh ibn Hone’dan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Oishaning (r.a.) oldilariga borib, ikki mahsiga mash tortish haqida so‘radim. Oisha (r.a.) esa: «Ali ibn Abu Tolib huzurlariga borib, o‘sha kishidan so‘ragin, chunki u kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga safarga chiqardilar», deb aytdilar. Keyin biz Alidan (r.a.) bu haqda so‘radik...», deb hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:33:55
821/2. Sa’d ibn Hishom ibn Omir haqlarida kelgan hadisda keltirilishicha, bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vitr namozlari haqida so‘rashni xohlab, Ibn Abbosning (r.a.) huzuriga kelib vitr haqida so‘raganlarida, Ibn Abbos (r.a.): «Yer ahli orasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vitrlarini biluvchi kishiga seni dalolat qilaymi?» dedilar. Sa’d: «U kim?» deb so‘raganlarida, Ibn Abbos (r.a.): «U Oishadir, sen vitrni o‘sha zotdan so‘ragin», dedilar, deb hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Muslim  rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:34:02
822/3. Imron ibn Hittondan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Oisha (r.a.) huzurlariga borib, ipak haqida so‘radim. «Ibn Abbos (r.a.) huzurlariga borib, o‘sha zotdan so‘ragin», dedilar. U zotdan so‘rasam, «Ibn Umardan (r.a.) so‘ragin», dedilar. Ibn Umardan (r.a.) so‘rasam, «Menga Abu Hafs (Otam Umar ibn Xattob) xabar berganki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta ipakni dunyoda oxiratdan nasibasi yo‘qlar kiyadi», deganlar». Imom Buxoriy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:34:50
288-bob Allohning hukmiga chaqirilgan kishi aytadigan zikrlar

Bir kishi boshqa bir kishiga: «Men bilan sening o‘rtangda Allohning kitobi yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari yo musulmon ulamolarning so‘zi bor, yoki men bilan birga musulmonlar hokimi huzuriga bor yo o‘rtamizdagi xusumatni ajratish uchun mufti huzuriga bor» yoxud shunga o‘xshash so‘zlarni aytsa, «Sami’na va ato’na» yoki «Sam’an va to’atan», («Eshitib itoat qildik») yoki «Ha», deb lutf qilgan holda shu kabi javob qaytarmog‘i lozim bo‘ladi.

Alloh taolo Nur surasining 51-oyatida bu haqda: «Alloh va Uning payg‘ambariga o‘rtalarida hukm chiqarish uchun chorlangan vaqtlarida mo‘minlarning so‘zi «Eshitdik va bo‘yinsundik» (demoqdir). Ana o‘shalargina najot topguvchilardir», degan.

Xusumatlashgan yoki biror ishda nizolashgan kishiga «Allohga taqvo qil» yoki «Allohdan xavf qil» yoki «Allohdan ko‘rq» yoki «Albatta Alloh seni ko‘rib turuvchi ekanini bil» yoki «Sen aytgan narsani hisoblovchi borligini bil», deb aytish, yoki Alloh taolo Oli Imron surasining 30-oyatida «Har bir jon o‘zi qilgan yaxshi amallarni hoziru nozir holda ko‘radigan (kunni eslanglar)», yana Baqara surasining 281-oyatida pb[«Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqinglar!»[/b] deb aytgan so‘zini va shu kabi so‘zlarni aytmog‘i lozim bo‘ladi. U esa odob bilan «Eshitaman va bo‘yinsunaman» yoki «Allohdan tavfiq so‘rayman» yoki «Karim sifatli Allohning lutfini so‘rayman», deb aytishi kerak. So‘ngra ana shuni aytganga shirinsuxan bo‘lmog‘i va so‘zlashda ko‘pollik qilishdan saqlanmog‘i kerak. Chunki ko‘pincha kishilar loyiq bo‘lmaydigan so‘zlarni gapirishadi. Ehtimol, kufr bo‘ladigan so‘zni aytib ko‘yar. Agar do‘sti: «Mana shu qilgan ishing Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislariga xilof», desa, agar-da hadis xos yoki ta’vil uchun tark qilingan bo‘lsa ham, hargiz «Hadisni lozim tutmayman» yoki «Unga amal qilmayman», deb yoki shunga o‘xshash jirkanch iboralarni aytmasin. Balki ana shu paytda «Bu hadis xos yoki ta’vil qilingan yo zohir ijmo’ ila tark qilingan», deb aytsin.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:35:21
289-bob Johillardan yuz o‘girish to‘g‘risida Alloh taolo bu haqda quyidagi oyatlarni nozil qilgan: «(Ey Muhammad), marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring!» (A’rof surasi, 199-oyat); «Qachonki behuda (so‘z yo ishni) eshitsalar, undan yuz o‘girurlar va: «Bizlarning amallarimiz o‘zimiz uchun, sizlarning amallaringiz ham o‘zlaringiz uchundir. Omon bo‘linglar. Bizlar nodon kimsalar bilan (hamsuhbat) bo‘lishni istamaymiz», derlar» (Qasos surasi, 55-oyat); «Bas, (ey Muhammad), siz Bizning eslatmamizdan orqa o‘girib ketgan va faqat hayoti dunyonigina istagan kimsalardan yuz o‘giring» (Najm surasi, 29-oyat); «Bas, (ey Muhammad, siz johil kimsalarning yetkazayotgan ozor-aziyatlariga sabr-toqat qiling va ulardan) chiroyli yuz o‘girish ila yuz o‘giring!» (Hijr surasi, 85-oyat).

823/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Hunayn kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘lja taqsimotida arab ashroflaridan bo‘lgan kishilarni afzal ko‘ydilar. (Ya’ni, ularning Islomga kirishiga ragbat qilib, o‘ljadan ko‘proq berdilar.) Shunda bir kishi: «Allohga qasamki, bundagi taqsimda adolat qilinmadi. Va Allohning roziligi iroda etilmadi», deb aytdi. Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga buning xabarini berganimda, yuzlari o‘zgarib, qizarib ketganga o‘xshadi. So‘ngra u zot: «Agar Alloh va Uning rasuli adolat qilmasa, kim adolat qiladi? Alloh Muso alayhissalomni rahmat qilsin, u zotga bundan-da ko‘p aziyat berilganida ham, sabr qildilar», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:36:11
824/2. Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Uyayna ibn Hisn ibn Huzayfa kelib, akasining o‘gli Hirr ibn Qaysning uyiga tushdi. U Umarning (r.a.) yaqinlaridan va yoshlar orasidagi maslahatdosh hamda majlisdoshlaridan edi. Uyayna jiyaniga: «Ey akamning o‘gli, amir bilan tanishliging bor. Uning huzuriga kirishga men uchun izn olib ber», dedi. Jiyani izn so‘raganida Umar (r.a.) kirishga izn berdilar. Uyayna kirib, «Ey Ibn Xattob, Allohga qasamki, bizga mukofot bermaysan, adolat bilan hukm qilmaysan», dedi. Shunda Umar (r.a.) gazablanib, uni jazolamoqchi ham bo‘ldi. Hirr oraga tushib: «Ey mo‘minlar amiri, albatta Alloh taolo paygambariga «Marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring», degan, amakim o‘sha toifa johillardandir», deb aytganida, Allohga qasamki, Umarga (r.a.) mazkur oyat tilovat qilingan paytda gazabidan tushdi va Alloh taolo hukmiga itoat qilib jazolamadi. Imom Buxoriy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:36:36
290-bob Uzidan ulug‘ bo‘lgan kishiga va’z qilish haqida

Bunga yuqoridagi Ibn Abbosdan  rivoyat qilingan Umar (r.a.) qissalari dalil bo‘ladi.

Bilingki, bu bob ahamiyat berilishi ta’kidlanganlaridandir. Xoh kattaga, xoh kichikka bo‘lsin, kishining nasihat, va’z, amru ma’ruf, nahiy munkar qilishi vojib bo‘ladi. Faqat ana shu ma’vizasi fasodga olib bormasligi kerak. Alloh taolo Nahl surasining 125-oyatida: «(Ey Muhammad), Parvardigoringizning yo‘li - diniga donolik-hikmat va chiroyli pand-nasihat bilan da’vat qiling! Ular (siz bilan talashib-tortishadigan kimsalar) bilan eng go‘zal yo‘lda mujodala - munozara qiling!» deb aytgan.

Ammo ko‘pchilik martabasi ulug kishilarga qilinadigan ana shu va’zga e’tibor bermaydi. Ularning o‘ylashlaricha, uluglarga nasihat qilish hayo emish. Bu fikrlari ochiq xato va qabih johillikdir. Bu hayo emas. Albatta bu yuzakilik, zaiflik va ojizlikdir. Hayo esa yaxshilikdir. Hayo faqat yaxshilikni olib keladi. Bu esa yomonlikni olib kelyapti. Hargiz hayo emas. Rabboniy va muhaqqiq ulamolar huzuridagi hayo qabohatni tark qilishga undovchi xulq va haqdorning haqqidagi qo‘li kaltalikni man qiluvchi fazilatdir.

«Qushayriya» risolasida Junayddan (r.a.) qilingan  rivoyat mana shu ma’noni kasb etadi. Hayo - ko‘plik (boylik) va ozlik (kambag‘allikni) his qilishdir. Bas, uning o‘rtasida bir holat yuzaga keladi. U «hayo» deb ismlanadi. Men bu haqda «Sahih Muslim»ga yozgan sharhimning avvalida batafsil yoritganman.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:36:59
291-bob Ahd va va’daga vafo qilishga buyurish haqida

Alloh taolo Nahl surasining 91-oyatida: «Ahd-paymon bergan vaqtlaringizda Allohga bergan ahdingizga vafo qilingiz», deya marhamat qilgan. Moida surasining 1-oyatida: «Ey mo‘minlar, aqdlarga (o‘zaro kelishgan bitimlarga) vafo qilingiz», deb kelgan. Al-Isro surasining 34-oyatida: «Axdga vafo qilinglar. Zero, axd-paymon (Qiyomat kuni) mas’ul bo‘linadigan ishdir», deb marhamat etiladi. Saf surasining 2-3-oyatlarida: «Ey mo‘minlar, sizlar nega o‘zlaringiz qilmaydigan narsani (qilamiz, deb) aytursizlar? Sizlarning o‘zlaringiz qilmaydigan ishni (qilamiz, deb) aytishlaringiz Alloh nazdida o‘ta manfur (ishdir)», deb kelgan.

825/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Munofiqning alomati uchtadir: agar gapirsa, yolg‘on gapiradi. Agar va’da qilsa, xilof etadi. Agar omonat berilsa, xiyonat qiladi», deganlar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Imom Muslim  rivoyatlarida: «Agar namoz o‘qib, ro‘za tutib va o‘zini musulmon, deb gumon qilsa ham» ziyoda qilingan.

Kishining bir shaxsga biror narsani va’da qilishi man etilmaganiga ulamolar ittifoq qilishgan. Faqat ana shu va’da qilgan narsasini bajarmog‘i lozim. Endi mana shu va’daning bajarishi vojib yoki mustahab ekanida oralarida ixtilof bor. Imom Shofe’iy, Abu Hanifa va jumhur ulamolari uni mustahab, deyishadi. Agar uni tark qilsa, fazilatni yo‘qotib, qattiq makruh amalni qilgan bo‘ladi. Lekin gunoh bo‘lmaydi. Yana kimlardir uni vojib, deyishgan. Abu Bakr ibn al-Arabiyning aytishlaricha, «vojib» deganlarning eng kattasi Umar ibn Abulazizdirlar. Uchinchi yo‘l - Molikiylarning yo‘lidir. Agar va’dasi sababidan, masalan, «Turmushga chiqsang, falon narsa senga» yoki «Meni so‘kmasang, piston narsa senga» kabi so‘zlarni aytsa, aytgan so‘ziga vafo qilmog‘i vojib bo‘ladi. Agar umumiy va’da bo‘lsa, vojib bo‘lmaydi. Vojib emas, deganlar u hadya ma’nosida, deyishdi. Hadya esa jumhur ulamolari nazdida ushlashlik bilan lozim bo‘ladi. Molikiya mazhabida esa ushlashdan oldin ham hadyaga o‘taveradi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:37:41
292-bob Moli yoki boshqa narsasini taqdim etganga duo qilishning mahbubligi to‘g‘risida

826/1. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Sahobalar Madinaga kelishganida Abdurahmon ibn Avf (r.a.) ansorlardan Sa’d ibn Robiy’ning uyiga tushdilar. Sa’d ibn Robiy’ (r.a.): «Molimda seni sherik qilib, xotinlarimdan birini senga beraman», deganida, Abdurahmon ibn Avf (r.a.):
«Barokallohu laka fiy ahlika va malika», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Alloh ahlingga-yu molingga va o‘zingga baraka bersin».) Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:38:26
293-bob Zimmiy musulmonga yaxshilik qilganida unga aytiladigan zikrlar

Unga mag‘firat tilab duo qilish joiz emas. Lekin hidoyat, sog‘lik va ofiyat tilab duo qilsa bo‘ladi.

827/1. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suv talab qilganlarida bir yahudiy suv ila siyladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
«Jammalakallohu», («Alloh seni chiroyli qilsin»), dedilar. Haligi yahudiyning sochi o‘lgunicha oqarmadi. Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:38:50
294-bob O'zi yo bolasida yoki molida yoxud boshqa narsalarida biror ajablanarli holatni ko‘rganida, unga ko‘z tegib zararlanishidan qo‘rqqanida aytiladigan zikrlar

828/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘z tegishi haqiqatdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:38:56
829/2. Ummu Salamadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylarida xizmatkor qizni ko‘rdilar. Uning yuzida dog‘i bor edi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unga dam solib ko‘yinglar, chunki ko‘z tegibdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:39:05
830/3. Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘z tegishi haqiqatdir. Biror narsa qadardan oldin bo‘lsa, ko‘z tegishi undan ham oldin bo‘ladi. Agar yuvinsalaringiz, ko‘z tekkan kishini u suv bilan yuvinglar», deb aytdilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

Ulamolar: «Ko‘zi bilan urgan kishiga «Kiyim ostidagi badaningni yuvib, uning suvini ko‘z tekkan kishiga quygin», deyiladi», deb aytishadi.

Oishadan (r.a.) sobit bo‘lgan  rivoyatda keltirilishicha, ko‘zi bilan urgan kishi tahorat qilib, so‘ngra ko‘z tekkan kishi o‘sha tahorat suvida yuvinishga buyurilgan. Abu Dovud  rivoyatlari.

Bu hadis Imom Buxoriy va Muslim shartlariga binoan sahihdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:39:12
831/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jindan va kishilarning ko‘zi tegishidan panoh tilab yurardilar. Qachonki, ikki «Qul a’uzu» suralari nozil bo‘lganida u zot ikkovini o‘qib, qolganini tark qildilar. Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:39:22
832/5. Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hasan va Husaynlarga panoh tilab,
«U’iyzukuma bikalimatillahit tammati min kulli shaytonin va hammah va min kulli ‘aynin lammah», duosini o‘qib panoh tilar va: «Bu duo otangiz Ismoil va Ishoq alayhimassalomlarning panoh tilaydigan duolari edi», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Allohning mukammal kalimalari bilan har bir shaytondan, zararli hasharotlardan va yomon ko‘zdan sizlarga panoh tilayman.) Imom Buxoriy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:39:28
833/6. Said ibn Hakimdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar biror narsada ko‘z tegishidan ko‘rqsalar,
«Allohumma borik fiyhi vala tazurrahu», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, unda baraka berib, zarar bermagin».) Ibn Sunniy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:39:40
834/7. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki biror narsa ko‘rib ajablansa, «Ma shaallohu la quvvata illa billahi», desa unga zarar yetmaydi», dedilar. (Ma’nosi: «Alloh xohlagani bo‘ladi. Allohdan boshqa quvvat yo‘q».) Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:39:47
835/8. Sahl ibn Hunayfdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz nafsida va molida biror narsa ko‘rib, uni ajablantirsa, baraka tilab duo qilsin, chunki ko‘z tegishi haqiqatdir», dedilar. Ibn Sunniy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:39:57
836/9. Omir ibn Robiy’adan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlarning biringizni nafsi va molida biror narsa ajablantirsa, baraka tilab duo qilsin», dedilar. Ibn Sunniy  rivoyatlari.

Abu Muhammad qozi Husayn «At-Ta’liq fil mazhab» nomli kitoblarida zikr qilishlaricha, nabiylardan biri kunlarning birida o‘z qavmiga nazar soldi. Ularning ko‘pligi nabiyni ajablantirdi. Shunda ulardan yetmish mingtasi vafot etdi. Alloh taolo: «Sening ko‘zing tegdi. Agar ko‘z tegishidan ularni himoya qilganingda halok bo‘lishmas edi», deb vahiy qildi. Nabiy: «Qaysi narsa ila ularni ko‘z tegishidan himoya qilaman?» deganida, Alloh taolo

«Hassantukum bilhayyil qoyyum allaziy la yamutu abadan, va dafa’tu ‘ankum suv'a bila havla vala quvvata illa billahil aliyyil aziym», deb aytishni vahiy qildi. (Ma’nosi: «Abadiy o‘lmaydigan Hayy va Qoyyum sifatli zot ila sizlarni himoya qilaman. Ulug‘ va oliy hamda kuch-quvvatda tenggi yo‘q zot Alloh bilan sizlardan yomonlikni daf qilaman».)

Qozi Husayn odatlariga ko‘ra agar do‘stlariga nazar solsalar, ularning qiyofasi va holati ajablantirsa, mana shu duo bilan ularni himoya qilardilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:40:08
295-bob Mahbub va karih narsani ko‘rganda aytiladigan zikrlar

837/1. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar mahbub narsani ko‘rsalar,
«Alhamdu lillahillaziy bini’matihi tatimmus solihot», («Ne’mati ila ezgulikni mukammal qilgan Allohga hamd bo‘lsin»), deb aytardilar. Agar karohiyatli narsani ko‘rsalar,
«Alhamdu lillahi ‘ala kulli hol», («Har holatda Allohga hamd bo‘lsin»), deb aytardilar. Ibn Moja va Ibn Sunniylar yaxshi isnod ila  rivoyat qilishgan. Imom Hokim esa sahih isnod, deganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:41:50
296-bob Osmonga nazar solganda o‘qiladigan duo

Osmonga qaraganda Oli Imron surasining 191-oyatini boshidan oxirigacha o‘qish mahbub amaldir. Buni Ibn Abbos (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan  rivoyat qilganlar. Biz buni yuqorida o‘rgandik.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:42:35
297-bob Biror narsadan shumlanganda aytiladigan zikrlar

838/1. Muoviya ibn Hakam as-Sulmiydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. «Ey Rasululloh, bizda kishilar shumlanishadi», deganimda, u zot: «Bu ularning qalblarida bor narsadir, ularni to‘sib bo‘lmaydi», dedilar». Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:42:49
839/2. Urva ibn Omir al-Juhaniydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan shumlanish haqida so‘ralganda, «Uning to‘g‘risi nekbinlikdir, musulmonni shumlanish (orqaga) qaytara olmaydi. Agar shumlanishdan biror karih narsani ko‘rsanglar,

«Allohumma la ya'tiy bilhasanoti illa anta vala yazhabu bissayyi'oti illa anta vala havla vala quvvata illa billahi», deb aytinglar», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, yaxshiliklarni Sen olib kelasan. Yomonliklarni ham Sen ketkazasan. Sendan boshqa biror o‘zgartiruvchi ham, quvvat ham yo‘qdir».) Ibn Sunniy va boshqalar  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:43:01
298-bob Hammomga kirayotganda aytiladigan zikrlar

Hammomga kirayotganda Allohning ismini aytib, undan jannatni so‘rab, do‘zaxdan panoh tilashlik mustahabdir.

840/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh azza va jalladan jannatini so‘rab, do‘zaxidan panoh tilab kirilgan hammom muncha ham yaxshi», dedilar. Ibn Sunniy zaif isnod bilan  rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:44:16
299-bob Xizmatkor yoki ulov sotib olganda va qarzini uzayotganda aytiladigan zikrlar

Ularning peshonasiga qo‘l qo‘yib,
«Allohumma inniy as'aluka xoyrohu va xoyro ma jubila alayhi va a’uzu bika min sharrihi va sharri ma jubila alayhi», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, men Sendan uning yaxshisini va unga xalq qilgan narsaning yaxshisini so‘rayman. Va uning yomonidan va unga xalq qilingan narsaning yomonidan Sening noming ila panoh tilayman».)

Qarzini uzayotganda
«Barakallohu laka fiy ahlika va malika va jazoka xoyron», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Alloh ahlingda va molingda baraka berib, yaxshilikni mukofot qilib bersin».)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:44:35
300-bob Otda o‘rnasha olmagan kishining duosi

841/1. Jarir ibn Abdulloh al-Bajaliydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga otda o‘rnasha olmasligimdan shikoyat qilganimda qo‘llari bilan ko‘kragimga urib,
«Allohumma sabbithu vaj’alhu hadiyan mahdiyya», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohim, uni (otda) mustahkam turuvchi sabotli va hidoyatli qilginki, o‘zgalarni ham hidoyatga yetaklovchilardan bo‘lsin».) Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:45:59
301-bob Olimning kishilar tushunmaydigan narsani gapirmog‘idan yoki ma’nosini o‘zgartirib maqsadning xilofiga undab qo‘yishidan qo‘rqib, uni man qilish haqida

Alloh taolo Ibrohim surasining 4-oyatida: «Biz har bir payg‘ambarni (hukmlarimizni) bayon qilib berishi uchun o‘z qavmining tili bilan (so‘zlaydigan qilib) yuborganmiz», deb aytgan.

842/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muoz (r.a.) jamoat bilan bo‘lgan namozni uzaytirgan paytlarida unga: «Ey Muoz, sen fitnachimisan?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:46:14
843/2.   Alidan   (r.a.)    rivoyat  qilinadi.   Bu  zot:   «Odamlarga  biladigan   narsalari   ila gapiringlar. Sizlar ularning Alloh va rasulini yolg‘onga tutishini yaxshi ko‘rasizlarmi?» dedilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:46:55
302-bob Majlisdagilar olim hamda voizning so‘zini jim turib eshitishi haqida

844/1. Jarir ibn Abdullohdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Vido hajida menga: «Odamlarni jim qil», dedilar, so‘ngra u zot: «Mendan keyin ba’zilaringiz ba’zilaringizni gardaniga (qilich bilan) urib kufrga qaytib ketmanglar», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:47:16
303-bob Ergashiladigan kishining aslida to‘g‘ri, lekin zohiridan xilofga o‘xshagan ish qilsa, aytadigan narsalari haqida

Bilingki, olim, muallim, qozi, muftiy, shayx, murabbiy va ularga o‘xshash ergashiladigan kishilarning zohiri to‘g‘rilikka xilof bo‘lgan turli amal, so‘z va tasarrufotlardan, agar ular haqli bo‘lishsa ham, chetlanmog‘lari mahbubdir. Chunki ana shuni qilsalar, fitna-fasod ishlar kelib chiqadi. Ergashiladigan kishi biror amal qilsa, u amali shariat yoki doimiy amal qilinadigan bir ish bo‘lib qoladi. Endi mana shu kabi ishlarni qilgudek bo‘lsa kishilar orasida uni noqislikda ayblab, tillarini tiya olmaydiganlari bordir. Va yana kishilar orasida ular haqida yomon gumon qilib, boshqalarni ham ularning fatvosiga amal qilish botil ekanini aytuvchi, shahodati va  rivoyati yaroqsiz bo‘lib, ulardan ilm olishdan nafratlantiruvchilar ham bordir. Bu ayblovlardan keyin kishilar ular aytayotgan ilmlarga amal qilishdan o‘zini tortadi. Bu amallar fasod bo‘lib, bunaqa narsalarning hatto bittasidan ham chetlanmoq lozim. Bordi-yu, mana shunaqa narsani bajarishga muhtoj bo‘lib qolsa, uni zohir qilmaydi. Agar zohir qilsa yoki zohir qilishda yaxshilikni ko‘rib, shariatning hukmi joiz ekanini bildirish bo‘lsa, quyidagi so‘zlarni aytmoq lozim bo‘ladi: «Men amal qilayotgan narsa harom emas. Buni harom emasligini bildirish uchun qildim, xolos. Bu qilganim unday yoki bunday dalilga asoslangandir», deb dalillarni zikr qiladi».
845/1. Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam minbar ustida turib yerdagi namoz o‘quvchilarga takbir aytganlarini ko‘rdim. So‘ngra (sajdani yerda qilgandan keyin) yana minbarga qaytib, namozlarini tugatdilar. Keyin kishilarga yuzlanib: «Ey insonlar, men buni sizlar men bilan namozni tamomlashingiz hamda namozimdan ta’lim olishingiz uchun qildim xolos», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Buxoriydan qilingan  rivoyatda keltirilishicha, Ali (r.a.) tik turib ichimlik ichdilar-da, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni ko‘rib turganlaringizdek tik turib ichayotganlarini ko‘rdim», dedilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:48:24
304-bob Ergashuvchining o‘zi ergashgan kishisi biror amal qilsa aytadigan narsasi haqida

Bilingki, ergashuvchi kishi ergashayotgan shayxida zohiri yaxshilikka muxolif narsa ko‘rsa, amal qilishi uchun ko‘rsatma niyati ila so‘rab-surishtirmog‘i mahbub amaldir. Agar qilayotgan narsasida unutish bo‘lsa, uni to‘g‘rilaydi. Agar qasddan bo‘lsa, u uchun qilayotgan amalini bayon etadi.

846/1.  Usoma ibn Zayddan  rivoyat qilinadi:  «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Arafot (tog‘i)dan qaytib, Shi’ab degan joyga tushganlarida bavl qilib, so‘ngra tahorat oldilar. Shunda men: «Ey Rasululloh, namoz-chi?» desam, u zot: «Namoz oldinda», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Imom Navaviyning fikrlaricha, Usoma buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shom namozini unutganlar, deb gumon qilganlari uchun aytdilar. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u yerdan chiqishlariga yaqin namozning vaqti kirgan edi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:48:38
847/2. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.): «Ey Rasululloh, falon kishi haqida nimaga bunday qilyapsiz? Allohga qasamki, men uni mo‘min, deb o‘ylayman», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:48:45
848/3. Buraydadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fath kuni barcha namozlarini bitta tahorat bilan o‘qidilar. Umar (r.a): «Bugun qilgan narsangizni hech qilmagan edingiz», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Umar, buni qasddan qildim», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

Bunga o‘xshash sahih  rivoyatlar ko‘pdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:49:03
305-bob Maslahatga chorlash haqida

Alloh taolo Oli Imron surasining 159-oyatida: «Ishlaringizda maslahat qilinglar», deb aytgan.

Bu haqda sahih, mashhur hadislar ko‘pdir. Mana shu oyati karimaning o‘zi hamma narsadan behojat qiladi. Chunki Alloh taolo kitobida ochiq bir narsani buyursa, nabiysini maslahat qilish haqida ogoh etgan. Maxluqlarning eng mukammaliga (ya’ni, Rasulullohga) shunday qilishni buyurgandan keyin boshqalarga gumoning qanday?

Bilingki, bir ishni qasd qilgan kishining dini, tajribasi, mohirligi, taqvosi va mehribonligiga ishonilgan shaxs bilan maslahatlashmoqligi mahbub amaldir.

Jamoatda ham mazkur ishlarda maslahatlashish, ularga ana shu ishdagi maqsadini tanishtirish va undagi yaxshilik hamda fasodlarni bayon etish mahbub amaldir.

Qozi va sultonlarga o‘xshash omma ishlarida boshliqlarning maslahat bilan ish yuritmoqlari ta’kidlangan. Umar ibn Xattob (r.a.) sahobalar ila maslahatlashib, ularning so‘zlariga amal qilganlari mashhurdir. Bu haqda sahih hadislar vorid bo‘lgan. Maslahatchining maslahati, yuqorida zikr qilganimizdek ishora qilgan narsasida fosid narsa bo‘lmasa, undan maslahatini qabul qilish foydalidir. Maslahat beruvchi ham fikrini aytib, nasihat ila o‘z kuchini ayamasligi lozim.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:49:12
849/1. Tamiym ad-Doriydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Din xayrixohlikdir», deganlarida, sahobalar: «Kim uchun, ey Rasululloh?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, kitobiga, rasuliga va musulmonlar imomi hamda ommasiga», deb aytdilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

(Allohga bo‘lgan xayrixohlik - Unga imon keltirib, amrlarini bajarish, qaytariqlaridan qaytish. Kitobiga bo‘lgan xayrixohlik - undagi narsalarga bo‘ysunib, tilovat qilish. Rasuliga bo‘lgan xayrixohlik - u olib kelgan risolatni tasdiqlash. Musulmonlar imomiga bo‘lgan xayrixohlik - haq bo‘lsalar, ularga yordam berib, itoat qilish. Ommaga bo‘lgan xayrixohlik -ularga amru-ma’ruf, nahiy-munkar qilish hamda aziyat bermaslik bilan bo‘ladi... - tarj.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 20 Oktyabr 2006, 02:49:22
850/2. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Maslahat beruvchi ishonchli shaxsdir», dedilar. Abu Dovud , Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:25:23
306-bob Muloyim so‘zlashga undash haqida

Alloh taolo Hijr surasining 88-oyatida: «O’zingizga ergashgan mo‘min kishilar uchun
qanotingizni past tuting»
(ya’ni, ularga xushxulqlik bilan kamtarona muomalada bo‘ling), deb aytgan.

851/1. Adiy ibn Hotamdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xurmoning yarmicha (sadaqa berib) bo‘lsa ham, do‘zaxdan saqlaninglar. Kimki uni topa olmasa, muloyim kalima bilan bo‘lsa ham saqlansin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:25:31
852/2. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har kuni kishi har bir a’zosi va bo‘g‘imiga sadaqa qilishi lozimdir. Ikki kishining orasini isloh etish ham sadaqadir. Uloviga chiqayotganda yordamlashib qo‘yilsa yoki yukini yuklashib berilsa, u ham sadaqadir. Muloyim so‘z ham sadaqadir. Namozga yurib borilgan har bir qadam ham sadaqadir. Yo‘ldan aziyat beruvchi narsalarni olib tashlash ham sadaqadir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:25:38
853/3. Abu Zarrdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshiliklardan birortasini past sanamagin, agar birodaringga ochiq yuz bilan yo‘liqib bo‘lsa ham, yaxshilik qilgin», dedilar (ya’ni, birodariga ochiq yuz bilan yo‘liqish ham yaxshilikdir). Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:26:16
307-bob Xitob qilinayotgan kishilarga so‘zni bayon qilib, sharhlab berishning mahbubligi haqida

854/1. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlari batafsil bo‘lib, har bir eshitgan kishi fahmlar edi. Abu Dovud  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:26:23
855/2. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror kalima so‘zlasalar, uch bor takrorlardilar. Hattoki, uni anglab olinar edi. Agar biror qavm huzuriga kelsalar, ularga salom berardilar. Salomlari uch bor bo‘lar edi. Imom Buxoriy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:26:33
308-bob Mazaxlash to‘g‘risida

856/1. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning kichik ukasiga: «Ey Abu Umayr, nima qildi nugayr (kichik qush),?» deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:26:41
857/2. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Ey ikki quloqegasi», deb aytdilar. Abu Dovud , Termiziylar rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:26:55
858/3. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Meni (tuyaga) mingashtirib ko‘ying», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men seni tuyaning bolasiga mingashtiraman», dedilar. Shunda u kishi: «Ey Rasululloh, tuyaning bolasida nima qilaman?» deb (ajablanganida), u zot: «Axir tuyaning bolasini ham ona tuya tugadimi?» deb aytdilar. Abu Dovud  va Termiziylar rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:27:03
859/4. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey Rasululloh, siz ham biz bilan hazillashasiz-ku», deganlarida, u zot: «Men faqat haq narsani aytaman», dedilar. Termiziy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:27:12
860/5. Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birodaring bilan tortishma, mazax qilma va xilof qiladigan bo‘lsang, va’da berma», deb aytdilar. Termiziy  rivoyatlari.

Ulamolar: «Man qilingan mazax haddan oshib uzluksiz bo‘lishdadir. Chunki u kulgi va qalb qattiqlashishini keltirib chiqaradi hamda Alloh zikridan va dinning muhim ishlaridan to‘sib ko‘yadi. Ko‘p vaqtlarda u aziyat berishgacha olib boradi. Va ginaga sabab bo‘lib, kishidan haybat va viqorni ketkazadi. Ammo kimki bu ishlarda haddan oshmasa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilganlaridek mazax qilish mahbubdir. Rasululloh bularni ayrim holatlarda kishilarning do‘stlashishi va dilkashlik uchun qilardilar. Qat’iy holatda bunga man yo‘q, balki u yuqorida zikr qilingan sifat ila sunnat va mustahabdir», deganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:27:37
309-bob Shafe’lik (vositachi bo‘lish va himoya qilish) haqida

Bilingki, agar shafe’lik biror had (shar’iy jazo) yoki muhim ishlarda bo‘lmasa, boshliq va ularga haqdorlarning shafe’ bo‘lishlari mahbub amaldir. Agar had va unga o‘xshash muhim ishlarda bo‘lsa, shafe’ bo‘luvchiga ham, shafe’ bo‘linganga ham uni bilib turib harakat qilganga ham haromdir. Bunga Qur’onda, hadisda va ummat ulamolari so‘zlarida dalillar ko‘p.

Alloh taolo Niso surasining 85-oyatida: «Kim (odamlar orasida) chiroyli - haq taraf olish bilan taraf olsa, o‘ziga ham uning savobidan bir ulush tegur. Kim nohaq taraf olish bilan taraf olsa, o‘zi uchun uning gunohidan bir ulush tegur. Alloh hamma narsaga qodir bo‘lgan Zotdir», deb aytgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:27:47
861/1. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga biror hojattalab kishi kelsa, atroflaridagi o‘ltirganlarga yuzlanib, «Shafe’ bo‘linglar, ajr olasizlar va Alloh nabiysining tili bilan yaxshi ko‘rgan narsasini hukm qildiradi», dedilar. Ba’zi  rivoyatlarda «xohlagan narsasi» bo‘lib kelgan. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Abu Dovudning  rivoyatida: «Alloh nabiysining tilida xohlagan narsasini hukm qilish uchun va ajr olish uchun menga shafe’ bo‘linglar», deb kelgan. Bu  rivoyat Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlarini yanada ravshanlashtirib beradi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:27:54
862/2. Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Barira va uning eri haqida keltirilgan qissada Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Bariraga: «Agar o‘z eringga murojaat qilsang yaxshi bo‘lardi», deganlarida, Barira: «Ey Rasululloh, erimga qaytishni buyurasizmi?», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shafe’ (vositachi) bo‘laman xolos», dedilar. Barira esa: «Erimga menda hojat yo‘q», dedi. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:28:09
863/3. Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Uyayna ibn Hisn ibn Huzayfa kelib, akasining o‘g‘li Hirr ibn Qaysning uyiga tushdi. U Umarning (r.a.) yaqinlaridan va yoshlar orasidagi maslahatdosh hamda majlisdoshlaridan edi. Uyayna jiyaniga: «Ey akamning o‘g‘li, amir bilan tanishliging bor. Uning huzuriga kirishga men uchun izn olib ber», dedi. Jiyani izn so‘raganida Umar (r.a.) kirishga izn berdilar. Uyayna kirib, «Ey Ibn Xattob, Allohga qasamki, bizga mukofot bermaysan, adolat bilan hukm qilmaysan», dedi. Shunda Umar (r.a.) g‘azablanib, uni jazolamoqchi ham bo‘ldi. Hirr oraga tushib: «Ey mo‘minlar amiri, albatta Alloh taolo payg‘ambariga «Marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring», degan, amakim o‘sha toifa johillardandir», deb aytganida, Allohga qasamki, Umarga (r.a.) mazkur oyat tilovat qilingan paytda g‘azabidan tushdi va Alloh taolo hukmiga itoat qilib jazolamadi. Imom Buxoriy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:28:56
310-bob Xushxabar va tabriklashning mahbubligi haqida

Bu haqda Alloh taolo Qur’oni karimda quyidagi oyatlarni aytgan: «(Zakariyo) mehrobda namoz o‘qib turgan vaqtida unga farishtalar nido qildilar: «(Ey Zakariyo), Alloh senga Yahyo ismli farzand xushxabarini berur» (Oli Imron surasi, 39-oyat); «Qachonki bizning elchilarimiz (ya’ni, farishtalar) Ibrohimga (farzand ko‘rish haqidagi) xushxabarni keltirishgach...» (Ankabut surasi, 31-oyat); «Darhaqiqat, bizning elchilarimiz farishtalar Ibrohimga (Ishoq ismli farzand ko‘rish haqida) xushxabar bilan kelib...» (Hud surasi, 69-oyat); «Bas, Biz unga bir halim o‘g‘ilning xushxabarini berdik» (Vas-saffot surasi, 101-oyat); «Ular: «Qo‘rqmagin, (bizlar farishtalarmiz, shuning uchun taom yemaymiz)», dedilar va (Ibrohimga) bir dona o‘g‘il xushxabarini berdilar» (Vaz-zoriyot surasi, 28-oyat); «Ular dedilar: «Qo‘rqmagin, (biz Alloh yuborgan elchi - farishtalarmiz). Biz senga bir bilimdon o‘g‘il (ya’ni, Ishoq) xushxabarini yetkazurmiz» (Hijr surasi, 53-oyat); «(Parda ortida Ibrohimning) xotini turgan edi. U (farishtalarning Lut qavmini halok qilish uchun kelganliklarini eshitib) kuldi - xursand bo‘ldi. Shunda Biz (farishtalarimiz vositasida) u ayolga Ishoq (ismli o‘g‘il ko‘rish) haqida va Ishoqdan keyin Ya’qub (ismli nabira ko‘rish) haqida xushxabar berdik» (Hud surasi, 71-oyat); «Farishtalar: «Yo Maryam, albatta Alloh senga Uzining so‘zini xushxabar qilib beradiki...» (Oli Imron surasi, 45-oyat); «Alloh imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan bandalariga beradigan xushxabari ana shudir» (Sho‘ro surasi, 23-oyat); «Bas, (ey Muhammad), Mening bandalarimga - so‘zga quloq tutib, uning eng go‘zaliga (ya’ni, najotga eltuvchi rost So‘zga) ergashadigan zotlarga xushxabar bering» (Zumar surasi, 17-18-oyatlar); «Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar» (Fussilat surasi, 30-oyat); «Mo‘min va mo‘minalarning oldilarida va o‘ng tomonlarida nurlari (ya’ni, qilgan yaxshi amallari va nomai a’mollari yo‘llarini yoritib) ketayotganini ko‘radigan Kunni (eslang)! (Usha Kunda ularga deyilur): «Sizlar uchun bugungi xushxabar - ostidan daryolar oqib turadigan, (sizlar) mangu qoladigan jannatlardir» (Hadid surasi, 12-oyat); «Parvardigorlari ularga Uz tarafidan rahmat va rizolik hamda ular uchun bo‘ladigan jannatlar xushxabarini berurki, u jannatlarda doimiy ne’matlar bordir» (Tavba surasi, 21-oyat).
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:29:04
Xursandchilik xabarini berish haqida vorid bo‘lgan sahih hadislar ham juda ko‘p. Bulardan - Jannatda Xadichaga (r.a.) qamishdan qurilgan uy haqida xushxabar berilishi. U uyda charchash ham, shovqin ham bo‘lmaydi.

Va yana ikki «Sahih» kitobida Ka’b ibn Molikdan (r.a.)  rivoyat qilingan tavba qissasidir. U zot shunday dedilar: «Baland ovoz bilan «Ey Ka’b, xursandchilik xabarini ber», deb qichqiruvchining ovozini eshitdim. Insonlar bizga xushxabar bera boshlashdi. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga iqtido qilib namoz o‘qishga borsam, kishilar jamoat-jamoat bo‘lib, meni tavba bilan tabriklab, «Alloh tavbangni qabul qilgani bilan qutlaymiz», deb tabriklashdi. Masjidga kirsam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam atroflarida odamlar turishgan ekan. Talha ibn Ubaydulloh turib yugurib keldi. Ko‘l berib so‘rashdi-da, tabrikladi. Talha qilgan bu ishni hech unutmayman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom bersam, u zot xursand bo‘lganlaridan yuzlari yaraqlab ketdi. Va: «Onangdan tug‘ilganingdan beri o‘tgan kunlarning eng yaxshisi bilan xursandlik xabarini ber», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:29:25
311-bob Tasbeh («Subhanalloh»), tahlil («La ilaha illalloh») lafzlari bilan taajjublanish joizligi haqida

864/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot junubliklarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yo‘liqdilar. Shunda hech kimga bildirmay ketdilar-da, g‘usl qilib keldilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa bu zotni yo‘qotib qo‘ydilar. Kelgan vaqtlarida «Qaerda eding, ey Abu Hurayra?» dedilar. Bu zot: «Ey Rasululloh, siz menga yo‘liqqaningizda men junub edim, shuning uchun yuvinmagunimcha siz bilan o‘tirmoqni karih ko‘rdim», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Subhanalloh, mo‘min kishi najas bo‘lmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:29:32
865/2. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Bir ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hayzdan tozalanish haqida so‘raganida, u zot qanday tozalanishni (quyidagicha) buyurdilar: «Xushbo‘y bir parcha (latta)ni olasan-da, u bilan poklaysan», dedilar. U ayol: «Qanday qilib tozalayman?» deganida, u zot: «U bilan tozalaysan», dedilar. U yana: «Qanday qilib?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Subhanalloh, tozalaysan-da», dedilar. Men u ayolni o‘zimga tortdim-da, «Qonning izidan uni ergashtirib (artasan)», dedim». Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:29:48
866/3. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rubay’ning singlisi Ummu Horisa bir kishini jarohatlab ko‘ydi. Shunda ular xusumatlashib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borishdi. U zot: «Qasos, qasos», dedilar. Ummu Rubay’: «Ey Rasululloh, falon ayolga jazo berasizmi? Allohga qasamki, ayol jazolanmaydi», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Subhanalloh! Ey Ummu Rubay’, qasos olish Allohning buyrug‘idir», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:29:57
867/4. Imron ibn Husayndan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Asirga olingan bir ayolning qissasi haqidagi uzun hadisda keltirilishicha, u ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tuyalarini minib asirlikdan qochib ketdi. Va agar Alloh uni qutqarsa, o‘sha tuyani so‘yishni nazr qildi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga zikr qilinganida: «Subhanalloh! Mukofot qilgan narsasi muncha ham yomon», deb aytdilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:30:09
868/5. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.)  rivoyat qilingan izn so‘rash haqidagi hadisning oxirida Umarga (r.a.): «Ey Ibn Xattob, siz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalariga azob beruvchi bo‘lmang», deganlarida, u zot: «Subhanalloh! Men eshitgan narsamni ishonchli qilmoqni mahbub ko‘rdim xolos», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:30:15
869/6. Abdulloh ibn Salomdan (r.a.)  rivoyat qilingan uzun hadisda u zotga «Siz jannat ahlidanmisiz?» deyilganida, «Subhanalloh, biror kishiga bilmagan narsasini aytmog‘i lozim emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:30:51
312-bob Yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish haqida

Bu hakda ko‘p narsalar kelgani va mavqei ulug‘, ammo aksariyat kishilar yengil sanashgani uchun bu bob ahamiyatlidir. Buni shu yerda batafsil tadqiq qilish imkoni bo‘lmadi. Lekin usul qoidalaridan birortasini buzmadik. Ulamolar bu to‘g‘rida turli narsalar tasnif etishdi. «Sahih Muslim» sharhining avvalida bu haqda biroz narsalarni jamladim. Bilish lozim bo‘lgan narsalardan ogoh etdim. Alloh taolo bu haqda quyidagi oyatlarni nozil qilgan: «Oralaringizdan yaxshilikka (Islomga) da’vat qiladigan, ibodat - itoatga buyuradigan va isyon-gunohdan qaytaradigan bir jamoat bo‘lsin. Ana o‘shalar najot topguvchilardir» (Oli Imron surasi, 104-oyat);«(Ey Muhammad), marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring» (A’rof surasi, 199-oyat); «Mo‘min va mo‘minalar bir-birlariga do‘stdirlar. Ular yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan to‘xtatadilar» (Tavba surasi, 71-oyat); «Ular bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar» (Moida surasi, 79-oyat).

870/1. Abu Said al-Xudriydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan bir kishi munkar (yomon ko‘rilgan) ishni ko‘rsa, qo‘li bilan o‘zgartirsin. Agar qodir bo‘lmasa, tili bilan. Agar qodir bo‘lmasa, qalbi bilan (o‘zgartirsin). Ana shu (qalbi bilan bo‘lgani) imoni zaifligidandir», deb aytganlarini eshitdim. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:31:43
871/2. Huzayfadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jonim Uning ko‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, amru ma’ruf va nahiy munkar qilasizlar yoki Alloh taolo sizlarga iqob yuboradi. So‘ngra duo qilsangizlar ham ijobat etilmaydi», dedilar. Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:31:50
872/3. Abu Bakr Siddikdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey insonlar, sizlar Allohning «Ey mo‘minlar, o‘zingizni bilingiz! (Ya’ni, gunohlardan saqlaningiz!) Modomiki, haq yo‘lni tutgan ekansiz, adashgan kimsalar sizlarga zarar yetkaza olmas», degan so‘zini o‘qiysizlar. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Agar ular zolimni ko‘rib, ko‘lidan tutmasalar (ya’ni, zulm qilishdan to‘xtatmasalar), Alloh barchalarini to‘plab birga jazolaydi», deganlarini eshitganman», dedilar. Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:32:03
873/4. Abu Saiddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jihodlarning afzali zolim podshoh huzurida adolatli so‘z aytmoqlikdir», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar  rivoyati.

Bu bob zikr qilganimizdan ham mashhurdir. Yuqorida kelgan oyatni ko‘pgina johil kimsalar noto‘g‘ri talqin qilishadi. To‘g‘ri ta’vili esa bunday: «Albatta sizlar buyurilgan narsalarni qilsangizlar, zalolatdagi kishining zalolati zarar bermaydi. Quyidagi oyat ham amru ma’ruf va nahiy munkarga buyurilganlar jumlasiga kirib, yuqoridagi ma’nolarga yaqindir: «Payg‘ambar zimmasida esa faqat (Alloh farmonini bandalarga) ochiq-ravshan yetkazishgina bordir» (Ankabut surasi, 18-oyat)».

Bilingki, amru ma’ruf, nahiy munkarning o‘ziga xos shart va sifatlari bordir. Bu yerda ularni mufassal aytish o‘rinli emas. Bu hakda eng yaxshi manba Imom G’azzoliyning «Ihyou ulumid-din» kitoblaridir. Men buning muhimlarini «Sharhi Muslim»da ham bayon etdim.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:32:43
TILNI SAQLASH KITOBI

313-bob Tilni saqlash haqida


Alloh taolo Qof surasining 18-oyatida: «U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru-nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)»;   Val-fajr   surasining   14-oyatida  esa:   «Shak-shubhasiz,  Parvardigoringiz   (barcha narsani) kuzatib turguvchidir», deb aytgan.

Oldingi o‘tgan boblarda Alloh oson qilganicha mustahab bo‘lgan zikrlarni aytib o‘tdim. Endi lafz ahkomlarini jamlab, qismlarini bayon etish uchun makruh yoki harom bo‘lgan lafzlarni bularga qo‘shmoqni ham xohladim. Har bir diyonatli kishi muhtoj bo‘ladigan ana shu narsalarni zikr qildim. Ularning aksariyati ma’lum va mashhur bo‘lgani uchun ko‘pchiligidan dalillarni tark qildim. Allohning Uzi bu ishda tavfiq bersin.

Fasl: Bilingki, har bir mukallaf kishi manfaat (foydali) bo‘lgan so‘zlardan tashqari qolgan barchasida tilini tiymog‘i lozim bo‘ladi. Gapirish va gapirmaslik manfaatda barobar bo‘lib qolganida gapirmaslik sunnatdir. Chunki gohida muboh so‘zlar haromga yoki makruhga olib boradi. Aksariyat yoki ko‘p hollarda shunday bo‘ladi. Bundan saqlanishni esa biror narsaga tenglashtirib bo‘lmaydi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:32:55
874/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, yaxshi so‘z aytsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Bu hadisi sharif sahih ekanligiga ittifoq qilingan. Buning ma’nosi: «Manfaat zohir bo‘lgan yaxshi so‘zni gapirsin. Qachonki, manfaat zohir bo‘lishida shak qilsa, gapirmasin».

Imom Shofeiy (r.a.): «Agar kishi gapirishni xohlasa, so‘zlashdan oldin fikrlamog‘i lozim. Agar manfaat zohir bo‘lsa, gapirsin. Agar shak qilsa, toinki zohir bo‘lgunicha gapirmasin», dedilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:33:15
875/2. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. «Ey Rasululloh, musulmonlarning qaysinisi afzal?» deb so‘ralganida, u zot: «Agar musulmonlar uning tili va qo‘lidan omonda bo‘lishsa, ana shunisi afzal», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:33:22
876/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim menga ikki jag‘i va ikki oyog‘i orasini (sakdashga) kafolat bersa, uning jannatga kirishiga kafolat beraman», dedilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:33:29
811/4. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Banda o‘ylamay bir so‘zni aytib qo‘yadi-da, keyin do‘zaxda mashriq bilan mag‘rib oralig‘idek joyda sarson bo‘lib yuradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Buxoriyning  rivoyatlarida «mag‘rib» so‘zi zikr qilinmagan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:33:51
878/5. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir banda Alloh taolo rozi bo‘ladigan so‘zni aytib, natijasini o‘ylamay yuraveradi-da, ammo Alloh taolo Uzi bilib, uning darajasini ko‘taradi. Yana bir banda Alloh taoloni norozi qiladigan bir so‘zni aytib, oqibatini o‘ylamay yuraveradi-da, biroq Alloh taolo buni ham Uzi bilib, jahannamga tashlaydi», dedilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:33:58
879/6. Bilol ibn Horis al-Muzaniydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi Allohning roziligidan bo‘lgan so‘zni gapirib, u bilan oliy darajaga yetishni fikr qiladi. Alloh taolo so‘zi sababli Unga yo‘liqadigan kungacha roziligini yozib ko‘yadi. Va yana bir kishi Allohning g‘azabini keltiruvchi so‘zni gapirib u bilan oliy darajaga yetishni fikr qiladi. Alloh taolo so‘zi sababli Unga yo‘liqadigan kungacha g‘azabini yozib ko‘yadi», dedilar. Imom Molik, Termiziy va Ibn Mojalar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:34:09
880/7. Sufyon ibn Abdullohdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Ey Rasululloh, menga bir ishni aytib bering, men uni mahkam ushlay», deganimda, u zot: «Rabbim - Alloh, deb ayt, so‘ngra istiqomatda (sobitqadam) bo‘l», dedilar. Yana «Ey Rasululloh, menga qo‘rqiladigan narsaning eng xavflisi (xabarini bering)», deganimda, u zot tillarini ushlab, «Bu», dedilar». Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:35:01
881/8. Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohning zikridan boshqa so‘zlarni ko‘paytirmanglar. Chunki Allohning zikridan boshqa so‘zlar bag‘ritosh qilib qo‘yadi. Allohdan insonlarning eng uzog‘i bag‘ritoshlaridir», dedilar. Imom Termiziy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:35:07
882/9. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh kimni ikki jag‘i orasidagi yomonlikdan va ikki oyog‘i orasidagi yomonlikdan saqlasa, jannatga kiradi», dedilar. Imom Termiziy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:35:13
883/10. Uqba ibn Omirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Ey Rasululloh, najot nimada?» desam, u zot: «Tilingni tiygin va xatolaringga yig‘lagin. Shunda turmushing farovon bo‘ladi», deb javob berdilar. Imom Termiziy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:35:19
884/11. Abu Said al-Xudriydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar odam bolasi tong ottirsa, a’zolarning barchasi tilning gunohini kechirib, «Bas, ey til, Allohdan ko‘rq! Biz ham sendanmiz. Agar sen to‘g‘ri bo‘lsang, biz ham to‘g‘ri bo‘lamiz. Agar sen egri bo‘lsang, biz ham egri bo‘lamiz», deydi», deb aytdilar. Termiziy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:35:25
885/12. Ummu Habibadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odam bolasining har bir so‘zi uning foydasiga hal bo‘lmaydi. Faqatgina yaxshilikka buyurgan va yomonlikdan qaytargan yoki Allohni zikr qilganigina foydasiga hal bo‘ladi», dedilar. Termiziy va Ibn Mojalar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:35:32
886/13. Muozdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Ey Rasululloh, menga bir amalning xabarini beringki, u meni jannatga kiritib, do‘zaxdan uzoq qilsin», desam, u zot: «Sen juda katta narsa so‘rading. Albatta, u Alloh oson qilgan kishiga yengildir», deb, so‘ngra: «Allohga biror narsani shirk keltirmasdan ibodat qilasan. Namozni qoim qilasan. Zakotni berasan. Ramazon ro‘zasini tutasan. Baytullohni haj qilasan», dedilar. Va yana u zot: «Seni eshiklarning yaxshisiga dalolat qilaymi? Ro‘za pardadir. Sadaqa xatolarni xuddi suv olovni o‘chirgandek o‘chiradi. Kishining kechaning o‘rtasidagi namozi», deb quyidagi oyatni o‘qidilar: «Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur (ya’ni, tunlarini ibodat bilan o‘tkazishib, oz uxlaydilar). Ular Parvardigorlariga ko‘rquv va umidvorlik bilan duo-iltijo qilurlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar. Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (ya’ni, oxirat ne’matlarini) biror jon bilmas» (Sajda surasi, 16-17-oyatlar). So‘ngra yana u zot: «Ishning boshi va ustuni hamda yuksak cho‘qqisining xabarini beraymi?» deganlarida, «Ha, ey Rasululloh», dedim. Shunda u zot: «Ishning boshi - Islom. Ustuni - namoz. Yuksak cho‘kqisi jihoddir», dedilar. Yana u zot: «Bularning hammasidan ham asosiysining xabarini beraymi?» deganlarida, «Ha, ey Rasululloh», dedim. Bas, u zot tillarini ushlab, «Sen mana buni tiygin», dedilar. Shunda men: «Ey Rasululloh, gapirgan narsalarimizga ham so‘roq qilinamizmi?» desam, u zot: «Onang bolasiz qolgur, kishilarning yuzlari bilan do‘zaxga ag‘darilishlari faqat tillari aytgan narsalar sababidandir», dedilar». Imom Termiziy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:35:44
887/14. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Befoyda so‘zlarni tark qilish kishining Islomi chiroyliligidan (dalolat)dir», dedilar. Imom Termiziy va Ibn Mojalar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:35:55
888/15. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki gapirmasdan jim tursa, najot topadi», dedilar. Imom Termiziy zaif isnod ila  rivoyatp qilganlar.

Men bu hadislarni mashhur bo‘lgani uchun bayon etdim. Zikr qilganimga o‘xshash sahih hadislar ko‘p. Kifoya qilguliklariga ishora etdim. Inshaalloh, «G’iybat» bobida batafsil keladi.

Ammo bu bobga tegishli salaflardan kelgan asarlar juda ko‘p. Utgan hadislar oldida bularga hojat yo‘q. Lekin ko‘z yugurtirib chiqish uchun ulardan ham keltirib o‘taman.

Bizga yetib kelgan xabarda aytilishicha, Qass ibn So’ida va Aksam ibn Sayfiy bir yerga to‘planib, biri ikkinchisiga: «Odam bolasidagi ayblardan qanchasini topding?» deganida, sherigi: «Sanog‘i yo‘q, sanaganim sakkiz mingta ayb chikdi. Ammo unda bir xislat bor. Agar o‘sha xislatni qattiq ushlasa, ayblarining hammasi yopiladi», dedi. «U nima?» deb so‘raganida, «Tilni saqlash», deb javob qildi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:36:05
Abu Ali Fuzayl ibn Iyozdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot: «Kim so‘zini amalidan sanasa, befoyda so‘zlari kamayadi», dedilar. Imom Shofe’iy sheriklari Rabiy’ga: «Ey Rabiy’, befoyda so‘zni gapirma. Agar sen ana shunday so‘z gapirib ko‘ysang, u senga ustingdan molik (ega) bo‘ladi, sen uni ustidan ega bo‘la olmaysan», dedilar.

Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): «Tildan ko‘ra biror narsa tutqunda ushlashga haqli emas», dedilar. Yana u zot: «Tilning misoli xuddi yirtqichga o‘xshaydi. Agar uni mahkamlamasang, o‘zingga dushmanlik qiladi», dedilar.

Ustoz Abulqosim Qushayriy mashhur risolalarida quyidagilarni aytdilar: «Jim turishning asli omonlikdir. Xuddi nutq o‘z o‘rnida eng sharafli xislat bo‘lganidek, vaqtida sukut qilish ham kishilarning sifatlaridandir».

Abu Ali Daqqoq: «Kimki haqdan sukut qilsa, tilsiz shaytondir», dedilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:36:21
Nafslariga mujohada qiluvchilarning sukutni afzal ko‘rishlariga sabab ular so‘zdagi ofatlarni, nafs u ofatlardan nasibador bo‘lishini, maqtovli sifatlarini namoyon bo‘lishini, nutqni chiroyli qilib, kishilar orasida ajralib turishga moyillikni va bundan boshqa ofatlarni bilganliklari uchundir. Mana shu sukut qilish riyozat arboblarining sifatlaridan bo‘lib, darajalarni hukm qilishdagi va xalqni tarbiya etishdagi muhim narsalardan biridir. Bu haqda quyidagi she’rlar ham bitilgan:

Tilingni saqlagin, ey inson,
Boshingga g‘am-kulfat solmasin.
Til - go‘yoki zaharli ilon,
Ehtiyot bo‘l, chaqib olmasin.

Qabrda yotur ming-minglab odam,
Vafot etgan til sababidan.
Qo‘rqar ekan hatto botir ham,
Til zahri-yu va g‘azabidan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:36:39
314-bob G’iybat va chaqimchilikning haromligi haqida

Bilingki, g‘iybat va chaqimchilik kishilarda tarqalgan eng xunuk xislatlardandir. Bu ikkovidan kishilarning ozginasigina omonda qolishadi, xolos.

G’iybat yomon ko‘radigan narsasi bilan kishini zikr qilmoqlikdir. Xoh u badanida yoki dinida yoki dunyosida yoki nafsida yoki xalq qilinishida yoki xulqida yoki molida yoki bolasida yoki otasida yoki xotinida yoki xizmatkori va qulida yoki sallasi va kiyimida yoki yurishi, harakati, jilmayishida, nuqsonligi, qovog‘i solinganligi va xushchaqchaqligi yoki bundan boshqa ana shunga taalluqli narsalarda bo‘lsin, g‘iybat sanalaveradi. Xoh uni lafz bilan yoki yozish bilan yoki ramziy ma’noda zikr qilish yoki ko‘z, qo‘l, bosh va shunga o‘xshashlar ila ishora qilish orqali ham g‘iybat bo‘ladi.

Badandagi g‘iybat: ko‘r, oqsoq, xira ko‘radigan, tepakal, kalta, uzun, qora, sariqligini aytmoqlikdir.

Dindagi g‘iybat: fosiq, o‘g‘ri, xoin, zolim, namozga e’tibor bermay, beparvo bo‘ladi, najasotlarni yengil sanaydi, otasiga yaxshilik qilmaydi, zakotni o‘z o‘rniga sarf qilmaydi, g‘iybatdan saqlanmaydi, deb aytmoqlikdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:36:49
Dunyodagi g‘iybat: odobi oz, insonlarni past sanaydi, biror kishining hakqini tanimaydi, ko‘p gapiradi, ko‘p yeydi, ko‘p yoki noo‘rin uxlaydi, o‘rinsiz joyga o‘tiradi, deb aytishga o‘xshashlardir.

Otasiga taalluqlisi esa: otasi fosiq yoki hindiy yoki nabatiy, zanjiy, etikdo‘z, gazmol sotuvchi, miskor, duradgor, temirchi, to‘quvchi, deb aytishga o‘xshashlardir.

Xulqqa taalluqlisi esa: yomon xulqli, mutakabbir, riyokor, shoshqaloq, kuchli, ojiz, qalbi zaif, o‘zini tutolmaydi, qovog‘i soliq, axloqsiz kabi so‘zlarni aytmoq.

Kiyimga taalluqli g‘iybatlar esa: yengi keng, etagi uzun, kiyimi kir va shunga o‘xshash narsalarni aytmokdik.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:37:28
Qolganlari ham zikr qilganimizdek qiyoslanadi. Yana ham to‘g‘rirog‘i yomon ko‘rgan narsasini zikr qilmoqlik-g‘iybatdir.

Abu Homid G’azzoliy musulmonlar ijmo’ini quyidagicha naql qildilar. G’iybat - yomon ko‘rgan narsasi bilan boshqani zikr qilmoqlik. Sahih hadislar buni aniqlab keladi.

Ammo chaqimchilik - ba’zilarga ba’zi kishilarning fasod so‘zini tashimokdikdir.

Bu ikkitasining hukmi musulmonlar ijmo’i bilan haromdir. Buning haromligiga Qur’ondan, sunnatdan va musulmonlar ijmo’idan ochiq-oydin dalillar kelgan.

Alloh taolo Xujurot surasining 12-oyatida: «Ayrimlaringiz ayrimlarni g‘iybat qilmasin» va Xumaza surasining 1-oyatida: «Barcha (kishilarga dilozorlik qilib, ularning obro‘larini to‘kib yuradigan) bo‘htonchi-g‘iybatchiga halokat bo‘lgay» hamda Qalam surasining 11-oyatida: «Siz har bir tuban qasamxo‘r, g‘iybatchi-yu, gap tashuvchi... kimsaga itoat etmang», deb aytgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:37:35
889/1. Xuzayfadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Chaqimchi jannatga kirmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:37:43
890/2. Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki qabr oldidan o‘tib, «Bu ikkovi azoblanishyapti, biroq katta amal sababli azoblanishmayapti. Ularning biri chaqimchilik bilan yurardi. Ikkinchisi siydikdan o‘zini ehtiyot qilmas edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Imom Buxoriyning  rivoyatlarida «albatta u kattadir», bo‘lib kelgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:37:57
891/3. Abu Xurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «G’iybat nima ekanligini bilasizlarmi?» deganlarida, sahobalar: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Karih ko‘radigan narsasi bilan birodaringni zikr qilmog‘ing», dedilar. Shunda: «Aytgan narsam birodarimda bo‘lsa-chi?» deyilganida, u zot: «Aytayotgan narsang birodaringda bo‘lsa, g‘iybat qilibsan. Agar aytayotgan narsang birodaringda bo‘lmasa, unda bo‘hton qilibsan», dedilar. Imom Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiylar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:38:03
892/4. Abu Bakradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurbonlik kuni Minodagi Vidolashuv hajida: «Bu kuningiz, bu shahringiz, bu oyingizda qon to‘kish harom bo‘lgani kabi sizlarning qoningiz, molingiz va obro‘ingizga (tajovuz qilmoqligingiz) haromdir», dedilar. Abu Dovud  va Termiziylar rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:38:18
893/5. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Safiyyaning unday yoki bundayligi (ba’zi  rivoyatlarda pakanaligi) misol sifatida yetarlidir», desam, u zot: «Sen bir kalima aytdingki, agar u dengiz suviga aralashtirib yuborilsa, ta’mi yoki hidi o‘zgarib ketardi», dedilar. Va yana u zotga bir insonni hikoya qildim. Shunda u zot: «Menda u yoki bu narsa bo‘laturib boshqa birovni hikoya qilmoqni yaxshi ko‘rmayman», dedilar. Abu Dovud  va Termiziy  rivoyatlari.

Bu hadis g‘iybatchilarga eng katta zajr beruvchi hadisdir. Mana shu darajada g‘iybatni yomonlashda yetuk bo‘lgan boshqa biror hadisni bilmayman. Va u Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «(Qur’onni) o‘z havoyi-xohishi bilan so‘zlamas. U (Qur’on) faqat vahiy qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir.» (Najm surasi, 3-4-oyatlar).
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:38:25
894/6. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men osmonga ko‘tarilganimda (ya’ni, Me’roj kechasida) bir qavmning oldidan o‘tdim. Ularning misdan tirnoqlari bo‘lib, yuzlari va ko‘kraklarini tirnashar edi. Shunda men: «Ey Jabroil, anavilar kim?» desam, u zot: «Ular shunday kishilarki, kishilar go‘shtini yeb (ya’ni, g‘iybat qilib) obro‘lariga bo‘hton qilishardi», dedilar. Abu Dovud  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:38:32
895/7. Said ibn Zayddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonning obro‘sida nohaq tilni uzun qilish ribolarning buyugidir», dedilar. Abu Dovud   rivoyatlari.

(Ya’ni, obro‘sini to‘kish ribodek buyuk gunohdir... - tarj.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:38:41
896/8. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmon musulmonning birodaridir. Unga xiyonat qilmaydi, yolg‘on so‘zlamaydi va uni xo‘rlamaydi. Har bir musulmonni boshqa musulmonning obro‘si, moli va qoniga (tajovuz qilmog‘i) haromdir. Taqvo bu yerda (Ya’ni, qalbda). Kishi musulmon birodarini past sanamog‘i uning yomonligiga kifoya qiladi», dedilar. Imom Termiziy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:38:59
315-bob G’iybatga taalluqli muhim masalalar bayoni

Utgan boblarda zikr qildikki, g‘iybat - kishini u karih ko‘radigan narsasi bilan zikr qilmoqlikdir. Xoh u lafz bilan yoki yozish bilan yoki ramziy ma’noda bo‘lsin yoki ko‘z, qo‘l va bosh bilan ishora etish orqali bo‘lsin, barchasi joiz emas.

Yana ham aniqrog‘i, har bir musulmonning nuqsonini boshqaga anglattirmoq harom bo‘lgan g‘iybatdir.

Ana shu g‘iybatlardan biri - egilib va bukilib yuradigan yoki shularga o‘xshash nuqsonli kishilarni hikoya qilib, ana shu hikoyadan unga noqislikni xohlashlikdir. Bularning har biri xilofsiz haromdir.

Yana g‘iybatlardan biri - musannif kitobida bir shaxsni zikr qilib, bu bilan uning noqisligini va uni obro‘sizlantirishni xohlasa, u ham haromdir. Ammo bu zikri bilan uning xato qilayotganini, ilmda zaif ekanligini va buning sababidan odamlar unga taqlid qilib, ergashib g‘ururga ketib qolmasliklarining oldini olib gapirmog‘i g‘iybat emas. Balki vojib bo‘lgan nasihatdir. Agar mana shuni iroda qilsa, savob ham oladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:39:11
Shu singari musannif yoki boshqasi: «Bir qavm yoki bir jamoa unday yoki bunday», «Bu qilgani noto‘g‘ri yoki xato yoki jaholat va g‘aflat» kabi so‘zlarni aytishi ham g‘iybat emas. Chunki haqiqiy g‘iybat bir kishining ayni o‘zini yoki bir jamoatning ayni o‘zini zikr qilmoqlikdir.

Va yana harom g‘iybatlardan biri - ba’zi kishilar unday qildi yoki ba’zi faqihlar yoki ba’zi ilmni da’vo qiluvchilar yoki ba’zi muftiylar yoki ba’zi o‘ziga islohni nisbat beruvchilar yoki zuhdni da’vo qiluvchilar yoki bugun oldimizdan o‘tgan ba’zi kishilar yoki ba’zi bir ko‘rgan kishilar bunday qildi, deb bu bilan xitob qilingan shaxsning o‘zini tushunilmoqlikdir.

Va yana ana shu g‘iybatlardan biri - faqih va obidlarning g‘iybatidir. Chunki ular ochiq-oydin anglanganidek g‘iybatga yo‘liqurlar. Ularning biriga falon kishining ahvoli qanday deyilsa, bas, u Alloh bizni isloh qilsin yoki Alloh bizni mag‘firat qilsin yoki Alloh uni isloh qilsin yoki Allohdan ofiyatni so‘raymiz yoki zulm qilish bilan balolab qo‘ymaganiga Allohga hamd bo‘lsin yoki yomonlikdan Alloh nomi ila panoh tilaymiz yoki hayo ozligidan Alloh bizni ofiyat qilsin, Alloh tavbalarimizni qabul qilsin kabi noqislikni anglanadigan so‘zlarni aytmoqlikdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:39:22
Va yana ana shu g‘iybatlardan biri - falon kishi ham barchamiz balolangan narsa bilan balolandi yoki hammamiz qiladigan hiylani u ham mol topishda ishlatadi, deb aytmoqlikdir.

Yana ham to‘g‘rirog‘i yuqorida aytganimdek, kishining kamchiligini xitob qiluvchidan anglanmog‘idir. Biz buni yuqorida Imom Muslimdan qilingan  rivoyatda zikr qildik.

Fasl: Bilingki, g‘iybat qiluvchiga g‘iybat harom bo‘lganidek, eshituvchiga ham uni eshitib iqror bo‘lish haromdir. Bir insonning harom bo‘lgan g‘iybatni boshlaganini eshitsa, agar zohiriy zarardan qo‘rqmasa, uni g‘iybatdan man qilishi vojib bo‘ladi. Modomiki, qo‘rqadigan bo‘lsa, qalbi bilan uni inkor qilib, ana shu majlisdan ajrab chiqib ketishi vojib bo‘ladi. Agar tili bilan inkor qilishga yoki g‘iybatni boshqa so‘z bilan kesishga qodir bo‘lsa, uni lozim tutadi. Agar bunday qilmasa, gunohkor bo‘ladi. Bordi-yu tili bilan jim bo‘l, desa-yu qalbi bilan u g‘iybat davom etishini xohlasa, Abu Homid G’azzoliy aytganlaridek, ana shu nifoq bo‘lib, gunohdan uni xalos eta olmaydi. Xalos etish uchun qalbi bilan ham g‘iybatni karih ko‘rmog‘i lozim.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:39:56
Qachonki ana shunaqa g‘iybat qilinayotgan maqomda o‘tirishga majbur bo‘lib qolsa-yu, inkor qilishdan ojiz bo‘lsa yoki qaytarsa-yu g‘iybatdan kishilar qaytmasa va ana shu yerdan ajralishga ham imkon topmasa, u holda g‘iybatni eshitib quloq tutishi harom bo‘ladi. Balki bundagi eng to‘g‘ri yo‘l - tili va qalbining o‘zi bilan Allohni zikr qilmog‘i yoki eshitmaslik uchun boshqa narsalar haqida fikr yuritmokdikdir. Mana shundan keyin mazkur holatda g‘iybatning quloqqa chalinishining zarari yo‘q. Ana shu g‘iybatda yana bardavom bo‘laversalar, unda ulardan chetlashmoq lozim bo‘ladi. Bu haqda Alloh taolo An’om surasining 69-oyatida: «Qachon Bizning oyatlarimizni (masxara qilishga) kirishayotgan kimsalarni ko‘rsangiz, to boshqa gapga kirishgunlaricha ulardan yuz o‘giring! Endi agar shayton yodingizdan chiqarsa, eslaganingizdan so‘ng bu zolim qavm bilan birga o‘tirmang», deb aytgan.

Ibrohim ibn Adhamdan  rivoyat qilinadi. Bu zot bir ziyofatga chaqirilganida, u yerga bordilar. U yerdagilar ziyofatga kelmagan bir kishini zikr qilib, uni og‘ir kishi, deb aytishdi. Shunda bu zot: «Men kishilar g‘iybat qilinadigan yerda hozir bo‘lib qolibman», deb u yerdan chiqib ketdilar va uch kun ovqatlanmadilar.

Bu haqda quyidagi she’rlar bitilgan:
Tilingni tiyganing kabi qabih so‘zlardan,
Qulog‘ingni saqla, zarar - eshitgan narsang.
Chunki yomon so‘zlarni tinglayotgan payting,
Uni aytgan kishi bilan sheriksan, bilsang.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:40:33
316-bob Nafsdan g‘iybatni ketkazadigan narsalar haqida

Bilingki, bu bobga Qur’on va hadisdan dalillar juda ko‘p. Lekin quyida uning bir qirrasigagina ishora qilaman. Kim bunga muvofiq bo‘lsa, u bilan kifoyalanadi. Kim muvofiq bo‘lmasa, bu haqda tom-tom kitoblarni o‘qisa ham, qanoat hosil qilmaydi.

G’iybatning haromligi haqidagi yuqorida zikr qilgan narsalarning nafsiga namoyish qilmoqni o‘zi kifoya qiladi. So‘ngra Allohning quyidagi so‘zlari bor: «U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru-nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof surasi, 18-oyat); «O’shanda sizlar uni tildan tilga olib, og‘izlaringiz bilan o‘zlaringiz aniq bilmagan narsani so‘ylar va buni yengil ish, deb o‘ylar edinglar. Holbuki, u Alloh nazdida ulug‘ (gunohdir)» (Nur surasi, 15-oyat).

Va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo‘lgan «Bir banda Alloh taoloni norozi qiladigan bir so‘zni aytib, oqibatini o‘ylamay yuraveradi-da, biroq Alloh taolo buni ham Uzi bilib, uni jahannamga tashlaydi» kabi sahih hadislar va bunga o‘xshash yuqoridagi bobda kelgan tilni saqlash to‘grisidagi so‘zlar xususida fikr yuritadi. Va yana bularga «Alloh men bilan birga», «Alloh Uzi shohid», «Alloh meni kuzatib turibdi» kabi so‘zlarni ham ko‘shib ko‘yadi.

Hasan Basriydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi bu zotga: «Siz meni giybat qilibsiz», deganida, bu zot: «Yaxshiliklarimga hukm qilmoqqa sening kuching yetmaydi», dedilar.

Ibn Muborak (r.a.): «Agar biror kishini giybat qilganimda ota-onamni giybat qilgan bo‘lar edim. Chunki ular ikkovlari mening hasanotlarimga haqlidirlar», deb aytdilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:40:52
317-bob Ruxsat etilgan g‘iybat bayoni

Bilingki, giybat harom bo‘lsa-da, ba’zi holatlarda isloh uchun ruxsat etilgan. Ana shu isloh sahih, shar’iy maqsadda bo‘lib, undan boshqa yo‘l bilan yetishish mumkin bo‘lmasa, o‘shanda ruxsat etilgan. U quyidagi oltita sabablarning birida bo‘ladi:

Birinchisi - shikoyat. Mazlum sultonga yoki qoziga yoki zolimni insofga chaqirishga qurbi yetadigan shunga o‘xshash biror boshliqqa shikoyat qilib, «Falon kishi menga zulm qildi» yoki «Mendan buni tortib oldi» kabi so‘zlar aytmogi joiz.

Ikkinchisi - munkar narsani o‘zgartirishga va osiyni to‘gri yo‘lga qaytarishga yordam so‘ramoq. Bas, u ana shu munkar narsani ketkazishga qudrati yetadigan kishiga «Falon kishi bunday ishlarni qilib yuribdi, uni bundan to‘xtatib qo‘ying» kabi so‘zlarni aytadi. Ana shu paytda uning maqsadi munkar narsani ketkazishga bo‘lmogi kerak. Uning maqsadi bunday bo‘lmasa, harom bo‘ladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:41:10
Uchinchisi - fikr-mulohaza so‘rash. Masalan, muftiga «Otam yoki inim yoki falonchi menga zulm qildi, undan xalos bo‘lish, haqqimni olish va zulmni o‘zimdan daf etish yo‘li qanaqa?» deb aytmogi joiz. Va shu singari «Xotinim meni unday qildi» yoki «Erim bunday qildi», deb hojati uchun aytmogi joiz. Yana ham to‘grirogi, «Bir kishini ana bu ishida nima deysiz?» yoki «Er yoki xotin bunday qildi», deb tayin qilmasdan maqsadini hosil qilmogi ham durust.

Keyingi bobda zikr etiladigan Hinddan (r.a.) qilingan  rivoyat tayin qilishning joizligini ko‘rsatadi. U eri Abu Sufyonning baxil-ziqna ekanini aytganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni bu giybatidan qaytarmadilar.

To‘rtinchisi - musulmonlarni yomonlikdan ogoh etib, ularga nasihat qilish. U bir nechta ko‘rinishda bo‘ladi. Ulardan hadis  rivoyat qiluvchi roviylarning guvohlik ko‘rsatmalarini majruhligi uchun rad etmoq. Mana shu musulmonlar ijmo’i bilan joizdir. Balki ehtiyoj bo‘lgani uchun vojibdir. Aytadilar: «Bir kishi nikoh yo‘li bilan qarindoshlik munosabatlariga kirishini yoki ishda sherik bo‘lishini yoki omonat olishini yoki uning huzuriga omonat qo‘yishni yoki bundan boshqa narsalarda muomala qilishni sendan maslahat so‘rasa, nasihat yuzasidan u hakda bilgan narsangni aytmog‘ing vojib bo‘ladi. Agar sen unga «Muomala qilish yoki nikoh ila qarindosh bo‘lish durust bo‘lmaydi» yoki «Bunday qilmagin», deb aytish bilan maqsad hosil bo‘lsa, yomonligini ortiqcha zikr qilish joiz emas. Endi bordi-yu, maqsad hosil bo‘lmasa, unda ochiqchasiga zikr qilavergin». Va yana aytadilar: «Ug‘irligi, zinokorligi, ichuvchiligi ila mashhur bo‘lgan qulni sotib olayotgan kishini ko‘rsang, uni sotib oluvchi kishi bilmaydigan bo‘lsa, bayon qilmog‘ing lozim bo‘ladi. Nafaqat bu qul sotib olishda. Balki har bir sotib olinayotgan narsaning aybini bilsang, agar sotib oluvchi bilmasa, bayon etmog‘ing vojib bo‘ladi». Yana aytadilar: «Agar bir fikh o‘rganuvchi bid’atchi yoki fosiq huzuriga borib, undan ilm o‘rganayotgan bo‘lsa va sen u fiqh o‘rganuvchi zarar topmog‘idan qo‘rqsang, unga nasihat qilmog‘ing va holini bayon qilmog‘ing lozim bo‘ladi. Shu shart bilanki, sen bunda nasihatni qasd qilmog‘ing kerak. Mana shu narsada ko‘pincha xatoga yo‘l ko‘yiladi. Gohida hasadga olib keladi yoki shayton aldab ko‘yadi. U esa bu qilgan ishini nasihat va shafqat, deb xayol qiladi. Sen buni idrok etib, farosatli bo‘l». Yana aytadilar: «Bir kishi boshliq bo‘lsa-yu, solih bo‘lmagani yoki fosiq va mug‘affal bo‘lgani sababli ishni yaxshi ko‘rinishda bajarmasa, undan ham kattaroq bo‘lgan boshliqqa uning aybini zikr qilmog‘ing vojib bo‘ladi. Ana shu katta boshliq uni ishdan chetlatib, undan-da salohiyatlisini tayinlaydi. Yoki uning holatini bilsa, uni to‘g‘ri yo‘lda bo‘lishga undaydi».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:41:23
Beshinchisi - fosiqligi, bid’atchiligi oshkora bo‘lgan kishilarni g‘iybat qilish joiz. Masalan, aroqni oshkora ichuvchi, kishilarning molini soliq solib, musodara qilib, zulm bilan tortib oluvchi hamda botil ishlarni yurgizuvchilar shular jumlasidandir. Mana shu ishlarni oshkora qiluvchini g‘iybat qilish joiz. Ammo bundan boshqalarida, yuqoridagi zikr qilganlarimizdan tashqari holatlarda joiz emas.

Oltinchisi - tanishlik uchun. Agar kishi ko‘zi xira, oqsoq, kar, ko‘r, g‘ilay, burni pachoq va shunga o‘xshash nuqsonli laqab bilan tanilgan bo‘lsa, tanitish niyatida tanitmoqlik joiz. Ammo noqislik tomonini bundan boshqa maqsadda aytish harom. Agar aybini aytmasdan boshqa yo‘l bilan bo‘lsa, juda ham yaxshi.

Mana shu zikr qilingan oltita sabablarda ulamolar g‘iybat qilish joiz, deb aytishgan. Bunga Imom Abu Homid al-G’azzoliy va boshqa ulamolar ham kitoblarida misol keltirishgan. Buning dalili sahih hadislarda zohiriy holda keltirilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:41:30
897/1. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirishga izn so‘radi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unga izn beringlar, u muncha ham qabilaning yomon birodari ekan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Buxoriy buzg‘unchi ishonchsiz kishilarni g‘iybat qilish joizligiga mana shu hadisni xujjat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:41:43
898/2. Ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir ulushni taqsim qildilar. Shunda ansorlardan bir kishi: «Allohga qasamki, Muhammad bu taqsimi ila Alloh roziligini istamadi», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, buning xabarini berdim. Shunda u zotning yuzlari o‘zgarib, «Alloh Musoni rahmat qilsin. Bundan-da ko‘p aziyat berilsa ham sabr qilgan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Ba’zi  rivoyatlarda keltirilishicha, Ibn Mas’ud (r.a.): «Bundan keyin u zotga gap tashib bormayman», dedilar.

Imom Buxoriy birodari haqida aytilgan narsaning xabarini berishga yuqoridagi hadisni hujjat qilganlar:
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:41:49
899/3. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Falonchi va pistonchi (munofiqlardan ikki kishi) dinimizdan biror narsa biladi, deb gumon qilmayman», dedilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:42:00
900/4. Zayd ibn Arqamdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga safarga chiqqanimizda kishilarga qiyinchilik yetdi. (Munofiq) Abdulloh ibn Ubay: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlaridagi kishilarga (muhojirlarga) ehson qilmanglar, shunda atroflaridagi kishilar tarqalib ketadi. Agar Madinaga qaytsak, kuchli bo‘lganlar kuchsizlarni u yerdan chiqarib yuboradi», deganida, men buning xabarini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetkazdim. Bas, u zot Abdulloh ibn Ubayga odam yubordilar...», deb hadisning qolganini zikr qildilar. Alloh taolo buni tasdiqlab Munofiqun surasining 1-oyatini nozil qildi: «(Ey Muhammad), qachon munofiqlar sizning oldingizga kelsalar...». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Abu Sufyonning xotini Hinddan qilingan sahih  rivoyatda uning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Abu Sufyon - baxil kishi», deb aytgan so‘zlari va yana Fotima binti Qaysga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Ammo Muoviya qashshoq, Abu Jahl esa asoini yelkasidan qo‘ymaydi», deb aytgan so‘zlari g‘iybatning mana shu ko‘rinishdagisi joiz ekaniga dalil qilib keltirilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:42:10
318-bob Shayxi (ustozi), do‘sti yoki boshqalarning sha’niga bo‘lgan g‘iybatni eshitgan kishining qiladigan ishi haqida

Bilingki, musulmonning g‘iybatini eshitgan kishi g‘iybatdan qaytarib, so‘zlovchiga tanbeh bermog‘i lozim bo‘ladi. Agar so‘z bilan tanbeh bera olmasa, qo‘li bilan, agar ko‘li va tili bilan tanbeh bera olmasa, ana shu majlisni tark etadi. Agar shayxi yoki fazl va isloh ahllari g‘iybat qilinsa, undan qaytarishga ko‘proq ahamiyat beradi.

901/1. Abu Dardodan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki birodari obro‘sini himoya qilsa, Alloh taolo Qiyomat kuni yuzidan do‘zaxni daf qiladi», dedilar. Imom Termiziy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:42:17
902/2. Itbondan (r.a.)  rivoyat qilingan uzun hadisda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam turib namoz o‘qidilar. Va: «Molik ibn Duxshum qaerda?» dedilar. Shunda bir kishi: «U munofiq-ku, Alloh va Uning rasuli munofiqni yaxshi ko‘rmaydi», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unday dema, uning «La ilaha illallohu», deganiga qaramaysanmi? U buni aytish bilan Allohning roziligini xohlaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:42:29
903/3. Hasan Basriydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Oiz ibn Amr Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan edi. Bu zot Ubaydulloh ibn Zayyod huzuriga kirib, «Ey o‘g‘ilcham, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman, albatta boshliqlarning yomoni qo‘l ostidagilarga ozor yetkazadiganidir. Sen ana shunaqa ozor beruvchi bo‘lishdan chetlangin», dedilar. Ubaydulloh ibn Zayyod: «Utirgin, sen Muhammad alayhissalomning kichik (ya’ni, elakdan o‘tkazilmagan) sahobalaridansan», dedi. Oiz ibn Amr esa: «Ularning kichigi bo‘lmagan. (Ya’ni, ularning hammalari sof bo‘lishgan), balki ulardan keyin va boshqalarda «kichigi» degan narsa paydo bo‘lgan», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

 (Alloh sahobalardan rozi bo‘lsin, ularning barchalari sof edilar. Imom Husaynning qotili Ubaydulloh ibn Zayyoddek zolimning oldida ham haqni gapirishdan ularni hech narsa to‘xtata olmas edi... - tarj.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:42:35
904/4. Ka’b ibn Molikdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Tavba haqidagi uzun hadisda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabukda qavm orasida o‘tirganlarida: «Ka’b ibn Molikka nima bo‘ldi?» dedilar. Shunda Bani Salamalik bir kishi: «Ey Rasululloh, uning kiyimlari hamda ikki yoniga nazar solishi (Ya’ni, boyligiga ajablanishi) bu yerga kelishidan to‘sib ko‘ydi», dedi. Buni eshitgan Muoz ibn Jabal: «Aytgan narsang buncha ham yomon. Allohga qasamki, ey Rasululloh, biz unda faqat yaxshilik ko‘rganmiz», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sukut qildilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:42:42
905/5. Jobir ibn Abdulloh va Abu Talhadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror kishi bir musulmon kishini hurmati ketib, obro‘si to‘kiladigan o‘rinda qarovsiz tashlab qo‘ysa, Alloh taolo uni ham yordamga muhtoj bo‘lib turgan o‘rinda qarovsiz tashlab qo‘yadi. Bir kishi bir musulmon kishiga obro‘si to‘kilib, hurmati ketadigan o‘rinda yordam bersa, Alloh taolo unga ham yordamga muhtoj bo‘lib turgan joyda yordamini beradi», dedilar. Abu Dovud  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:42:49
906/6. Muoz ibn Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bir mo‘min kishini munofiqdan himoya qilsa (roviy quyidagi so‘zlarni aytdilar deb shak qilyaptilar), Alloh taolo bir farishtani yuborib, Qiyomat kuni uning go‘shtini jahannam o‘tidan himoya qiladi. Kimki musulmonni bir narsa bilan ayblab, uni sharmanda qilsa, toinki aytgan narsasi chiqquncha, (ya’ni ayblagan kishisining roziligini olib gunohidan pok bo‘lguncha) Alloh taolo uni jahannam ko‘prigida hibs qilib turadi», dedilar. Abu Dovud  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:43:17
319-bob Qalb bilan qilinadigan g‘iybat haqida

Bilingki, yomon gumon aytilgan yomon so‘z kabi haromdir. Kishining yomonligini boshqalarga aytmoging harom bo‘lgani kabi uni o‘z nafsingga bildirib, yomon gumon qilmoqliging ham haromdir. Bu haqda Alloh taolo Hujurot surasining 12-oyatida «Ko‘p gumonlardan chetlaninglar», deb aytgan.

907/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Gumondan chetlaninglar, albatta gumon gaplarning yolgonidir», dedilar. Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Bu aytilgan so‘zlardagi ma’noni ifoda etuvchi hadislar ko‘p. Gumon bu qalbda boglashlik va boshqaga yomonlikni hukm qilishdir. Ammo bir fikrga kelmay, ichida gapirsa-yu, qalbida qaror topmasa va unda bardavom bo‘lmasa, bu ulamolar ittifoqi bilan avf qilingandir. Chunki voqe’ bo‘lishda u uchun bu kishida ixtiyor yo‘qdir. Va undan ajralishga yo‘l ham yo‘qdir. Quyida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sahih hadisda sobit bo‘lgandan maqsad ham shu aytgan so‘zimizdir - u zot: «Ummatimdan bo‘lgan kishi ichida bir gapni gapirsa-yu, uni tashiga chiqarmasa yoki unga amal qilmasa, albatta Alloh taolo o‘sha gunohini kechirgandir», deb aytdilar.

Ulamolar: «Bundan maqsad fikrida qaror topmagan narsa», deyishdi. Va yana: «Xoh u fikridagi giybat yo kufr yoki boshqasi bo‘lsin, fikrida qaror topmasa, gunohi kechirilgan. Bas, kimning fikriga qasd qilmasdan kufrlik kelsa, o‘sha paytning o‘zida uni daf etsa, kofir ham va boshqa biror narsa ham bo‘lmaydi», deyishdi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:43:34
Biz «Vasvasa» bobida quyidagi sahih hadisni keltirganmiz: «Sahobalar: «Ey Rasululloh, birortamiz (nafsimizda) gapirish katta bo‘lgan narsani, ya’ni kufr (vasvasasi)ni topadi», deyishganida, u zot: «(Shundoq bo‘lsa ham) u sof imonlikdir», dedilar». (Ya’ni, u faqat shayton vasvasasi, xolos... - tarj.)

Zikr qilgan narsalarimizda avf qilinishiga sabab chetlanish uzrli bo‘lgani uchundir. Shuning uchun u fikrda bardavom bo‘lish va qalbda bog‘lash haromdir. Xoh u g‘iybat, xoh boshqa gunohlar bo‘lsin, fikrga keldimi, o‘sha zahoti uni daf etmoq vojibdir.

Imom Abu Homid G’azzoliy «Ihyou ulumid-din» kitobida quyidagilarni aytganlar: «Agar qalbingda yomon gumon voqe’ bo‘lsa, u shayton vasvasasidir. Bas, sen uni yolg‘onga chiqarmog‘ing lozim bo‘ladi. Chunki shayton fosiqlarning fosig‘idir. Bu haqda Alloh taolo Hujurot surasining 6-oyatida: «Ey mo‘minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biron qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizga afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab-tekshirib ko‘ringlar», deb aytgan. Shuning uchun Iblisni tasdiqlash joiz emas. Agar haqiqatda kishining fasod ekanligi isbot bo‘lib va muxolafatda ekani namoyon bo‘lsa ham, yomon gumon qilish joiz emas. Yomon gumonning alomatlaridan biri undagi narsaga qalbning o‘zgarmoqligidir. Bas, sen undan nafratlanib, noma’qul hisoblab, e’tiboring uni hurmat qilishga susayib, uning yomonliklaridan xafa bo‘lasan. Chunki shayton kishidagi yomonliklarda ozgina tasavvur bilan ham yaqinlashib oladi. Va o‘sha kishini «Bu sening sezgirliging, zakiyliging va fahming o‘tkirligidandir», deb avraydi. Albatta mo‘min Alloh nuri bilan qaraydi. U gumon qiluvchi esa shayton g‘ururi va zulmati ila nutq qiladi. Agar senga bir odil kishi xabar bersa ham, uni tasdiq ham etma, yolg‘onga ham chiqarma. Shunda sen ikki tomonga ham gumon ila yomonlik qilmaysan. Senda musulmon kishi haqida yomon fikr kelsa ham, sen uning rioyasini qil va uni hurmatlashni ziyodalashtir. Chunki shayton bundan g‘azablanadi va sendan o‘zini tortib, o‘sha birodaringga duo ila mashg‘ulligingdan ko‘rqadi va senga vasvasa qilmaydi. Agar bir musulmonda shak-shubhasiz hujjat bilan bo‘lgan xatoni ko‘rsang ham, sir tutgan holatda nasihat qil. Seni shayton aldab, uni g‘iybat qilishga chorlamasin. Agar unga va’z-nasihat qiladigan bo‘lsang, uning xato-gunohidan xabardor bo‘lganing sababli xursand holda nasihat qilma. Chunki u o‘sha paytda senga o‘zingni ulug‘lash ko‘zi bilan qaraydi. Sen esa pastlash ila unga qaraysan. Lekin uni gunohdan xalos etishda xuddi o‘zingga noqislik yetganda xafa bo‘lganing kabi xafa bo‘lishni qasd qil. Ana shu paytda unga nasihat qilmasdan noqisligini tark qilmog‘ing nasihat bilan tark qilganingdan yaxshidir.

Imom Navaviyning fikrlaricha, agar kishining fikriga yomon gumon kelib qolib, shar’iy manfaat fikrlashga chorlamasa, uni to‘xtatmog‘i lozim bo‘ladi. Agar bunga chorlasa, masalan, roviylarni jarohatlash (ya’ni, hadis  rivoyat qiluvchilarning kamchilik va fazilatlarini aytish) kabi hamda bundan boshqa narsalarda, ya’ni yuqoridagi bobda zikr qilganlarimizdagidek, g‘iybat muboh bo‘lgan narsalarda bo‘lsa joiz.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:44:06
320-bob G’iybatning kafforati va undagi tavba haqida

Bilingki, albatta har bir gunoh qilgan kishi tavbaga shoshilmog‘i lozim. Allohning haqlaridan bo‘lgan tavbada uchta shart bor. Ular:
1.   O’sha paytdayoq gunohdan to‘xtamoq.
2.   Qilgan ishiga pushaymon qilmoq.
3.   O’sha gunohga qaytmaslikni qasd qilmoq.

Odam haqlaridan bo‘lgan tavbada esa shu uch shartdan tashqari to‘rtinchisi bor. U tahqir qilgan narsasini egasiga qaytarmoq. Yoki avfni talab qilib va uni oqlamoqlikdir. G’iybat qilgan kishining mana shu to‘rt ishda tavba qilmog‘i vojib bo‘ladi. Chunki g‘iybat odamning haqqidir. G’iybatchi g‘iybat qilgan kishisidan avf so‘ramog‘i lozim. Ana shu holatda «Men seni g‘iybat qildim, meni avf et», deb aytishning o‘zi kifoya qiladimi? Yoki g‘iybat qilgan narsasini batafsil bayon qilmog‘i lozimmi?

Bunda ikki fikr bor. Birinchisi: batafsil bayon qilmog‘i shart. Agar uni bayon qilmasdan o‘zini oqlasa, xuddi noaniq molni oqlaganidek, durust bo‘lmaydi. Ikkinchisi: shart emas, chunki molning xilofi o‘laroq, bunda bilishlik shart qilinmagan. Avvalgisi aniqroqdir. Chunki inson avf qilmaganini gohida avf qiladi. Agar g‘iybat sohibi vafot etgan yoki uzoqqa ketgan bo‘lsa, ya’ni undan oqlanishni qo‘lga kiritish uzrli holga kirsa, unga nisbatan istig‘for, duo va yaxshiliklarni ko‘paytiradi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:44:25
Bilingki, g‘iybat qilingan kishi g‘iybatchi kishini avf qilmog‘i mustahabdir. Ammo vojib emas. Chunki hadyaga o‘xshab haqqini soqit qilyapti. Bunda unga ixtiyor berilgan. Lekin avf qilish ta’kidlangan mustahablardandir. Bu avf ila musulmon birodarini gunoh ofatidan xalos etib, Allohning ulug‘ savobi va muhabbatiga sazovor bo‘ladi. Bu haqda Alloh taolo: «... (taqvodor zotlar) g‘azablarini ichlariga yutadilar va insonlarni avf etuvchilardir va muhsinlarni Alloh yaxshi ko‘radi», deb aytgan (Oli Imron surasi, 134-oyat).

Avf qilish bilan nafsini xursand etish «Bu ish albatta voqe’ bo‘lar edi, uni ko‘tarib tashlashga yo‘l yo‘q. Musulmon birodarimni xalos etishdagi savobni o‘tkazib yubormoqligim yaxshi bo‘lmaydi», deb o‘ziga yo‘l topish bilan bo‘ladi. Bu haqda Alloh taolo: «Sabr qilib kechirimli bo‘lish ishlardagi azmu-qarordir», deb aytgan. (Sho‘ro surasi, 43-oyat). Va bundan tashqari yana Alloh taolo A’rof surasining 199-oyatida: «Marhamatli bo‘ling», deb aytgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:44:41
Sahih hadislarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar bir banda birodariga yordam ko‘rsatsa, Alloh taolo unga ham yordam beradi», deb aytganlar.

Shofe’iy (r.a.): «Kimdan rozilik talab qilinsa-yu, u rozi bo‘lmasa, bas, u shaytondir», dedilar.
Bu haqda oldingilar quyidagi baytni bitishgan:
Aytishsaki, falonchi senga qildi ko‘p yomon,
Yigitning xor bo‘lgani - or-nomusin g‘orati.
Yomonlik qarshisida qilgum uzrni qalqon,
Uzrni qabul qilish - gunohlar kafforati.


Bu zikr qilganlarimiz g‘iybatdan oqlanishga tashviq etuvchi narsalar bo‘lib, bu to‘g‘risi hamdir. Ammo Said ibn Musayyabning «Meni tahqirlaganni oqlamayman», deb aytgan so‘zlari va Ibn Siyrinning «Nimaga uning zarariga harom qilib, foydasiga halol qilaman? Chunki Alloh taolo g‘iybatni harom qilgan. Men hech qachon Alloh harom qilgan narsani halol qilmayman», deb aytgan so‘zlari zaifdir. Chunki bu yerda oqlovchi harom narsani halollamaydi. Balki hakqini soqit qiladi. Qur’onda va sunnatda kelgan narsalar avfni va haqqini soqit etishni mustahab ekanligini ko‘rsatyapti. Lekin Ibn Siyrinning «Hech g‘iybatimni muboh qilmayman», degan so‘zlari to‘g‘ridir. Chunki inson: «obro‘yimni g‘iybat qilgan kishiga berdim», desa muboh bo‘lmaydi. Balki boshqa g‘iybatlar harom bo‘lgani kabi haromdir.

Ammo hadisda: «Sizlardan biringiz Abu Zamzamdek bo‘lishdan ojiz bo‘ladimi? U agar uyidan chiqadigan bo‘lsa, obro‘yimni kishilarga sadaqa qildim, deb aytar edi», deyiladi. Buning ma’nosi quyidagicha: «Meni tahqirlagani uchun dunyo va oxiratda undan evaz talab qilmayman».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:45:01
321-bob Chaqimchilik haqida

Biz chaqimchilikning haromligini va bundagi dalillar hamda tahdidlarni zikr qildik, lekin ular qisqa holatda edi. Biz hozir kengroq sharhlashga o‘tamiz. Imom Abu Homid al-G’azzoliy (rahmatullohi alayh) chaqimchilikni ko‘pincha boshqa bir kishi haqidagi so‘zini u haqda gapirilgan shaxsga yetkazish, chaqish, deb aytganlar. Masalan, «Falon kishi sen haqingda unday dedi» kabi so‘zlar. Chaqimchilik bu bilan tugamaydi. Balki uning chegarasi ochilishi, fosh etilishi karih ko‘rilgan narsani ochib yuborishdir. Xoh karih ko‘rgani undan tashilgan bo‘lsin yoki unga tashilgan bo‘lsin yo uchinchisi bo‘lsin, buning farqi yo‘q. Yoki ana shu ochib yuborish so‘z bilan yoki yozish bilan yoki ramz bilan yoki imo-ishora bo‘lsin yoki so‘z va amalda bo‘lsin, xoh ayb va boshqa narsalarda bo‘lsin - hammasi bir xil chaqimchilikdir. Chaqimchilikning haqiqiysi sirni ochib, fosh bo‘lishi karih ko‘rilgan narsada to‘siqni ochib yuborishdir. Insonga kishilarda ko‘rilgan holatning hammasida sukut qilmoqlik lozim bo‘ladi. Faqat gapirgan narsasida musulmonga foydali yoki gunohni daf qiladigan narsa bo‘lsa, unda zarari yo‘q. Ammo kishi o‘z molini maxfiy tutayotganini ko‘rsa-yu, uni odamlarga aytsa, ana shu chaqimchilikdir. Va yana har bir ko‘tarib, tashib yurilgan narsa chaqimchilikdir. «Falon kishi sen haqingda bunday dedi» kabi so‘zlarni aytsa, u kishiga olti narsa lozim bo‘ladi:
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:45:26
1.   Uni tasdiqlamaslik. Chunki chaqimchi fosiqdir. U yetkazgan xabar marduddir.
2.   Chaqimchilikdan uni qaytarib, nasihat qilib va u ishining yomonligini aytish.
3.   Alloh yo‘lida unga g‘azab qilmoq. Chunki chaqimchilik Alloh huzurida g‘azabga duchordir. Alloh yo‘lida g‘azab qilish vojibdir.
4.   Tashib kelingan so‘zda yomonlikni gumon qilmaslik. Alloh taolo: «Ey mo‘minlar, ko‘p gumonlardan chetlaninglar», deb aytgan (Hujurot surasi, 12-oyat).
5.   Hikoya qilib bergan narsasi sizni josuslik qilishga va uni axtarib haqiqatlashga
majbur qilmasin. Alloh taolo: «Josuslik qilib yurmanglar», deb aytgan (Hujurot surasi,
12-oyat).
6.   Chaqimchini qaytargan narsasida o‘zi rozi bo‘lmasligi va chaqimchiligini hikoya
qilmasligi lozim.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:45:47
Umar ibn Abdulazizga bir odam boshqa bir kishi haqida zikr qilganida, bu zot: «Agar xohlasang, sening ishingni ko‘rib chiqamiz. Bordiyu yolg‘on gapirayotgan bo‘lsang, quyidagi oyat ahlidansan: «Agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, aniqlab-tekshirib ko‘ringlar» (Hujurot surasi, 6-oyat). Agar sen rostgo‘y bo‘lsang, mana bu oyat ahlidansan: «G’iybatchi-yu, gap tashuvchiga itoat etmang» (Qalam surasi, 11-oyat). Agar xohlasang, seni avf qilamiz», deganlarida, u kishi: «Ey mo‘minlar amiri, bu ishni endi zinhor qilmayman», dedi.

Bir kishi Sohib ibn Abbodga bir maktub olib bordi, unda yetimning molini ega bo‘lib olishga rag‘batlantirish bor edi. U juda katta miqdordagi mol-mulk edi. Bu zot maktubning orqasiga quyidagi so‘zlarni bitib qaytarib berdilar: «Ulganni Alloh rahmat qilsin. Yetimga Alloh yordam bersin. Molini Alloh serhosil qilsin. Xat tashuvchini Alloh la’natlasin!»
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:46:00
322-bob Zarar yetishidan xavf tug‘ilmasa, boshliqlarga so‘z tashimoqdan man etish bobi

908/1. Ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sahobalarimdan birortasi boshqasi haqida biror narsa yetkazmasin. Chunki men sizlarning oldingizga qalbim sog‘lom holda chiqmoqni yaxshi ko‘raman», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:46:19
323-bob Shariat zohirida sobit bo‘lgan nasabni haqoratlashdan qaytarish to‘g‘risida

Alloh taolo Al-Isro surasining 36-oyatida: «(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil - bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur», deb aytgan.

909/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishilar orasida ikki toifa borki, ularda kufrlik bor: biri nasabni haqorat qilish, ikkinchisi o‘lganga yig‘lash», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:46:48
324-bob Faxrlanishdan qaytarish haqida

Alloh taolo Van-najm surasining 32-oyatida: «Bas, sizlar o‘zlaringizni poklamay ko‘ya qolinglar! U taqvodor bo‘lgan kishilarni ham juda yaxshi bilguvchidir», deb aytgan.

910/1. Iyoz ibn Himordan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo menga tavozu’li bo‘lmoqni va biror kishi boshqa biror kishiga jabr qilmasligini hamda faxrlanmaslikni vahiy qildi», dedilar. Imom Muslim va Abu Dovudlar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:46:59
325-bob Musulmonga ichqoralik qilishdan qaytarish to‘g‘risida

911/1. Vosila ibn Asqa’dan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birodaringga ichqoralik qilma! Bordi-yu shunday qiladigan bo‘lsang, Alloh unga rahm qilib, seni tashvishga solib qo‘yadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:47:29
326-bob Musulmonlarni mensimay, ularni masxara qilishning haromligi haqida

Alloh taolo Tavba surasining 79-oyatida: «Mo‘minlar orasidan o‘z xohishi bilan sadaqotlar qiluvchi kishilarni va (infoq-ehson qilish uchun) kuchlari yetgan narsani topib kelgan kishilarni ayblab, masxara qiladigan kimsalarni Alloh masxara qilur va ular uchun alamli azob bordir», deb aytgan. Va yana Alloh taolo Hujurot surasining 11-oyatida: «Ey mo‘minlar, (sizlardan bo‘lgan) bir qavm (boshqa) bir (mo‘min) qavmdan masxara qilib kulmasin - ehtimolki, (o‘sha masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar. Yana (sizlardan bo‘lgan) ayollar ham (boshqa mo‘mina) ayollarga (masxara qilib kulmasinlar) -ehtimolki, (o‘sha masxara qilingan ayollar) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar. Uzlaringizni (ya’ni, bir-birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizga laqablar tashlamanglar (ya’ni, ayrimlaringiz ayrimlaringizga yomon laqablar qo‘yib olmanglar)», deb aytgan. Boshqa bir oyatda esa: «Barcha (kishilarga dilozarlik qilib, ularning obro‘larini to‘kib yuradigan) bo‘htonchi-g‘iybatchiga halokat bo‘lgay», deb aytgan (Humaza surasi, 1-oyat).

912/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir-birlaringizga hasad qilmanglar va savdoda soxtalik bilan kelishib narxlarni oshirmanglar. Bir-birlaringizga gazab qilmanglar hamda orqa o‘girib munosabatlarni bo‘lmanglar. Va ba’zilaringiz ba’zilaringiz savdosi ustiga savdo qilmasin. Allohning bandalari, birodar bo‘linglar. Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm ham qilmaydi, xo‘rlamaydi ham, past ham sanamaydi. Taqvo bu yerda», deb, uch bora qalblariga ishora qildilar. «Musulmon birodarini past sanagan kishi yomon ekanligiga dalolat qiladi. Har bir musulmonning boshqa musulmonga qoni, moli va obro‘sini (suiiste’mol) qilishi haromdir», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

Imom Navaviy: «Tadabbur qilgan kishiga bundan-da foydasi ko‘p, manfaati ulug va yaxshiroq hadis bo‘lmasa kerak», dedilar
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:47:38
913/2. Ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qalbida zarra miqdoricha kibri bor kishi jannatga kirmaydi», dedilar. Shunda bir kishi: «Ey Rasululloh, kishi chiroyli kiyim va chiroyli poyabzal kiyadi (bu ham kibr bo‘ladimi?)» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh chiroylidir. Chiroylini yaxshi ko‘radi. Kibr esa haqni buzish va kishilarga nast nazar bilan qarash», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:48:04
327-bob Yolg‘on guvohlikning ulkan haromligi haqida

Alloh taolo: «Va yolg‘on so‘zdan yiroq bo‘linglar», deb aytgan (Haj surasi, 30-oyat).

Yoki «(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil -bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur», deb aytgan (Isro surasi, 36-oyat).

914/1. Abu Bakra Nufay’ ibn al-Horisdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uch marta: «Sizlarga gunohlarning kattasi xabarini beraymi?» deganlarida, sahobalar: «Ha», deyishdi. Shunda u zot: «Allohga shirk keltirmoq, ota-onaga oq bo‘lmoq (suyanib turgan edilar, so‘ng o‘tirib olib), ogoh bo‘ling, yolgon so‘z va yolgon guvohlik», deb takror-takror aytdilar. Biz esa: «Shoyadki, jim bo‘lsalar-ku», deb turardik». Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:48:21
328-bob Bergan narsasini minnat qilishdan qaytarish haqida

Alloh taolo Baqara surasining 264-oyatida:«Ey mo‘minlar, bergan sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo‘qqa chiqarmang», deb aytgan.

915/1. Abu Zarrdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa kishi borki, Alloh Qiyomat kunida ularga gapirmaydi va ularni oqlamaydi hamda ular uchun alamli azob bordir», deb uch bora shu so‘zni aytdilar. Shunda Abu Zarr: «Hasrat-nadomatda qolgurlar - ular kimlar o‘zi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kiyimlarini mutakabbirlik uchun uzun qilib kiyuvchilar, minnat qiluvchilar va molini yolgon qasamlar bilan o‘tkazuvchi kishilar», deb aytdilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:48:32
329-bob La’natlashdan qaytarish to‘g‘risida

916/1. Sobit ibn Zahhokdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot «daraxt» sohiblaridan edilar (ya’ni, daraxt ostida bay’at berganlar). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘minni la’natlash uni o‘ldirgan kabidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:48:38
917/2. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Siddiq la’natlovchi bo‘lishi mumkin emas», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:48:46
918/3. Abu Dardodan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «La’natlovchilar Qiyomat kunida shafoat qiluvchi ham, shohidlik beruvchi ham bo‘lishmaydi», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:48:59
919/4. Samura ibn Jundubdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohning la’nati, gazabi va do‘zaxi bilan la’natlamanglar», dedilar. Imom Abu Dovud va Termiziylar  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:49:06
920/5. Ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘min kishi ko‘p so‘kuvchi ham, ko‘p la’natlovchi ham, fahsh so‘zlarni aytuvchi ham, odobsiz ham bo‘lmaydi», dedilar. Imom Termiziy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:49:12
921/6. Abu Dardodan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar banda biror narsa ila la’natlasa, la’nati osmonga ko‘tariladi. Osmon eshiklari uning ro‘parasida yopiladi. So‘ngra yerga tushadi. Bas, uning eshiklari ham yopiladi. So‘ngra o‘ng va chap tomonga boradi. Agar imkoniyat topa olmasa, la’natlangan kishiga qaytadi. Agar uning sohibi o‘sha la’natga ahl (munosib) bo‘lsa, unda qoladi. Agar ahl bo‘lmasa, aytgan kishining o‘ziga qaytadi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:49:23
922/7. Ibn Abbosdan (r.a.) qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki ahli bo‘lmagan narsa ila la’natlasa, la’nati o‘ziga qaytadi», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:49:35
923/8. Imron ibn Husayndan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarlarning birida ekanliklarida ansoriylardan bir ayol tuyadan achchiqlanib, uni la’natladi. Buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eshitib, «Bundagi narsalarni olib tuyani qoldiringlar, chunki tuya la’natlangandir», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

Imron (r.a.) «Men u tuyani hozir ko‘rgandekman. U kishilar orasida yuradi-yu, ammo unga biror kishi yuzlanmaydi», deb aytganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:49:43
924/9. Abu Barzadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir joriya qiz qavmning yuki turgan tuyada edi. Tog‘ning tor joyida u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rib, tuyaga «To‘xta! Alloh seni la’natlasin», deb yubordi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu la’natlangan tuyani bizga hamroh qilmang», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

Boshqa  rivoyatda «Allohning la’nati bo‘lgan bu ulovni bizga hamroh qilmang», deb kelgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:49:56
Fasl: Gunohkor kishilarni la’natlashning joizligi haqida mashhur sahih hadislarda sobit bo‘lishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Soch ulovchi va soch ulatganni, ribo yeyuvchini, rasm chizuvchini, yer qozig‘ini (qo‘shni haqqini) o‘zgartiruvchini, tuxum o‘g‘risini, otasini la’natlaganni, Allohdan boshqaga qilingan qurbonlikni Alloh la’natladi. Kimki bizlarning ishimizda yangilik yaratsa yoki yangilikka yo‘l bersa, unga Allohning farishtalari va odamlar barchasining la’nati bo‘lsin», dedilar. Va yana: «Allohim, Ri’l, Zakavon va Usayyalalarini la’natlagin. Ular Alloh va rasuliga osiylik qilishdi. Bular arab qabilalaridan uchtasidir. Yana U yahudiylarni la’natladi. Chunki ularga (hayvon) yog‘ini yeyishni harom qilsa, ular uni eritib sotishdi. Yana Alloh taolo yahudiy va nasroniylarni payg‘ambarlar qabrlarini masjid qilib olishgani uchun la’natladi. Va yana ayollarga o‘zini o‘xshatgan erkaklarni va erkaklarga o‘zini o‘xshatgan ayollarni la’natladi», dedilar.

(Bu hadislar lafzi Imom Buxoriy va Muslimning «Sahih»larida kelgan. Bularning ba’zisi ikkitasida, ba’zisi ulardan birida kelgan.)
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:50:03
925/10. Jobirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuziga tamg‘a urilgan eshakni ko‘rib, «Alloh tamg‘a urganni la’natlasin», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:50:20
926/11. Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot qurayshlik yigitlar yonidan o‘tayotganlarida, ular qushni nishon qilib, unga (narsa) otishayotgan edi. Shunda Ibn Umar: «Alloh la’natlasin,   buni  kim  qildi?  Rasululloh  sollallohu alayhi  vasallam:   «Jonli narsani (otish) maqsadida foydalanganni Alloh la’natlasin», deganlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:50:30
Fasl: Uzini saqlab yuruvchi (taqvodor) musulmonni la’natlash musulmonlar ijmo’si bilan haromdir. Yomon sifat sohiblarini la’natlash esa joizdir. Masalan, «Alloh zolimlarni la’natlasin», «Alloh kofirlarni la’natlasin», «Alloh yahudiy va nasroniylarni la’natlasin», «Alloh fosiqlarni la’natlasin», «Alloh surat chizuvchilarni la’natlasin» kabi la’natlash joiz. Ammo gunohlarning birortasi bilan sifatlangan kishining ayni o‘zini, masalan, yahudiy, nasroniy yoki zolim, zinokor, surat chizuvchi, o‘g‘ri, ribo yeyuvchini alohida la’natlash hadisning zohiridan harom emasligi ko‘rinyapti.

Imom G’azzoliy esa bularni harom, deb fikrlarini shunday izohlaydilar: «Faqat kufrda o‘lganligi aniq bo‘lgan Abu Lahab, Abu Jahl, Fir’avn, Homon va shularga o‘xshash kishilar haqida la’natlash harom emas. Chunki la’nat Allohning rahmatidan uzoqlatadi. Biz esa fosiq yoki kofirning oxirgi hayoti nima bo‘lib tugashini bilmaymiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning esa ularni tayin qilib la’natlashlariga sabab ularning kufrda o‘lishlarini bilganlar. Insonga yomonlik bilan qilingan duo la’natga yaqindir. Masalan, «Alloh jismini sog‘ qilmasin, salomat qilmasin» kabi va shunga o‘xshash narsalarning barchasi yomon sanalgandir. Shu singari jamiki hayvonlar va o‘simliklarni la’natlash ham yomon amallardandir».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:50:46
Fasl: Abu Ja’far Nahhos ba’zi ulamolardan hikoya qilib, «Agar kishi la’natlash loyiq bo‘lmagan narsa bilan la’natlasa, uning loyiqmasligini aytishga shoshilsin. Bo‘lmasa, loyiq bo‘lmagan la’nat bo‘lib qoladi», dedilar.

Fasl: Har bir amru ma’ruf va nahiy munkar qiluvchi hamda odob beruvchi kishi xitob qilayotgan kishisiga «Voy bo‘lsin», «Ey holi zaif», «Uz nafsiga oz nazar soluvchi» yoki «Nafsiga zulm qiluvchi» kabi so‘zlarni yolg‘on ishlatmasdan aytmog‘i joiz. So‘zida ochiq kinoya yoki ishora, agar rost bo‘lmasa ham, haqoratli so‘z bo‘lmasligi lozim. Faqat bu odob berish va so‘zining ta’sirini o‘tkazish uchun bo‘lmog‘i kerak.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:50:53
927/12. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurbonlik qilinadigan tuyani haydab ketayotgan kishini ko‘rib, «Uni minib ol», dedilar. Haligi kishi: «Bu qurbonlik tuyasi-ku», dedi. Rasululloh yana: «Uni mingin», deb aytganlarida, u yana: «Bu qurbonlik tuyasi-ku», dedi. Uchinchi marta Payg‘ambar (a.s.): «Voy bo‘lgur, uni mingin», dedilar. Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:51:00
928/13. Abu Said al-Xudriydan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edik. U zot ulushlarni taqsimlayotganlarida, Bani Tamim qabilasidan Zulxuvaysira degan kishi: «Ey Rasululloh, odil bo‘ling», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Voy bo‘lsin, men odillik qilmasam, kim ham odillik qilardi?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:51:07
929/14. Adiy ibn Hotamdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida xutba ayta turib, «Kimki Allohga va rasuliga itoat qilsa, batahqiq to‘g‘ri yo‘lni topibdi. Kimki u ikkoviga osiylik qilsa, batahqiq adashibdi», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen muncha ham yomon xatibsan! (ikkovi, deb barobar aytmasdan) balki «... Kimki Allohga va rasuliga osiylik qilsa...» deb aytgin», dedilar. Imom Muslim  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:51:18
930/15. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Xotibning (r.a.) qullari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, Xotibdan shikoyat qildi. «Ey Rasululloh, Xotib do‘zaxga tushadi», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yolg‘on aytding, u do‘zaxga tushmaydi. Chunki u Badr va Hudaybiyada ishtirok etgan», dedilar. Imom Muslim rivotlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:51:25
931/16. Abu Bakr Siddiq (r.a.) o‘g‘illari Abdurahmonni mehmonni ziyofat ila siylamaganida, «Ey g‘unsar» («Ey pastkash»), deb aytganlar. Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:51:32
932/17. Jobir (r.a.) bir kiyimda namoz o‘qib, (ikkinchi) liboslarini oldilariga ko‘yib ko‘ydilar. «Nimaga bunday qildingiz?» deyilganida, «Sen kabi johillar ko‘rishi uchun», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Boshqa  rivoyatda «Sen kabi axmoq ko‘rishi uchun», deb kelgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:52:05
330-bob Kambag‘al, zaif, yetim, tilanchi va shularga o‘xshashlarni jerkib so‘zlashdan qaytarish hamda ularga muloyim va tavozu’li so‘zlarni aytish haqida

Alloh taolo Vaz-Zuha surasining 9-10-oyatida: «Bas, endi siz ham yetimga qahr qilmang. So‘rovchi gadoni esa (biron narsa bermasdan) haydamang!» deb aytgan. Va yana Alloh taolo: «Ertayu kech Parvardigorining yuzini istab, Unga iltijo qiladigan zotlarni (huzuringizdan) haydamang! Sizning zimmangizda ularning hisob-kitoblaridan hech narsa yo‘qdir va sizning hisob-kitobingizdan ularning zimmalarida hech narsa yo‘qdir. Bas, ularni haydab zolimlardan bo‘lib qolmang», deb aytgan (An’om surasi, 52-oyat). Va yana: «Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorlarining yuzini - roziligini istab, Unga iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting!» deb aytgan (Kahf surasi, 28-oyat). Va yana: «Mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting», deb aytgan (Hijr surasi, 88-oyat).

933/1. Oiz ibn Amrdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kuni Abu Sufyon (islomga kirmasidan oldin) Salmon, Suhayb, Bilol va bir necha boshqa sahobalar huzurlariga kelganida, Ular «Allohning qilichi Allohning dushmanining gardanidan olmadi-da», deyishdi. Abu Bakr (r.a.): «Bu so‘zni Qurayshning shayxi va sayyidi (Abu Sufyon)ga nisbatan ishlatasizlarmi?» deb va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, buning xabarini berganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Bakr, ularni g‘azablantirgan bo‘lishing mumkin. Agar shunday bo‘lsa, Rabbingni g‘azablantirgansan», dedilar. Abu Bakr (r.a.) ularning huzurlariga borib, «Ey birodarlar, sizlarni g‘azablantirdimmi?» deganlarida, sahobalar: «Io‘q», deyishdi. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:52:15
331-bob Pshlatish makruh bo‘lgan lafzlar to‘g‘risida

934/1. Sahl ibn Hunayf Oishadan (r.a.)  rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz ko‘nglim ayniyapti, degan so‘zni (arabchada) «xabusa» lafzi ila emas, balki «laqisat» lafzi ila aytsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:52:28
935/2. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz «ko‘nglim buzilyapti» so‘zini (arabchada) «joshat» lafzi ila emas, «laqisat» lafzi ila aytsin», dedilar. Imom Abu Dovud  sahih isnod bilan rivoyat qilganlar.

(Xuddi o‘zbek tilidagi «qusgim kelyapti» o‘rniga chiroyli qilib «ko‘nglim ayniyapti», deb aytganga o‘xshash... - tarj.)

«Laqisat», «joshat», «xabusat»larning ma’nosi bir: «ko‘ngli aynishi»ni anglatadi. Ammo «joshat»  bilan  «xabusat»  deb  aytish xunuk  bo‘lgani  uchun  bu lafzlarni  ishlatish  karih ko‘rilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:52:41
936/3. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Kishilar uzumni) al-Karmu, deb aytadilar. «Al-Karmu» esa mo‘minning qalbidir», dedilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.

Muslimning  rivoyatlarida «Uzumni «al-Karmu» lafzi ila ismlamanglar. Chunki al-Karmu musulmondir», deyilgan.

Boshqa  rivoyatda «Al-Karmu - mo‘minning qalbi», deyilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:52:49
937/4. Voil ibn Hijrdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Uzumni) al-Karmu lafzi ila aytmanglar. Lekin al-Inab val-Habala lafzi ila aytinglar», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

Bu hadisdan maqsad uzumni «Al-Karmu», deb ismlashdan qaytarish. Johiliyatda uzum «Al-Karmu» deb nomlanar edi. Hozir ham ba’zilar shunday aytishadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday ismlashdan qaytarganlar.

Imom Xitobiy va boshqa ulamolarning aytishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uzumni chiroyli ism bilan chaqirishni xohlardilar. Uning mevasidan mast qiluvchi sharobni tayyorlovchilar uzumning ismini salbiy aytishar edi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:52:59
938/5. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishi insonlar halok bo‘ldi, desa, bas, o‘sha aytgan kishi o‘zi halok bo‘luvchidir», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

Humaydiy: «Odamlarni past va haqir sanab o‘zini fazilatli qilib ko‘rsatish maqsadida bo‘lsa, bunday deyishi joiz emas. Chunki u Allohning xalq qilgandagi sirlarini bilmaydi», dedilar.

Xitobiy aytdilar: «Insonlarning yomonliklarini zikr qilib, ayblab, «Ular fasod bo‘lib, halokatga uchrashdi», desa, o‘zi halok bo‘luvchidir. Ya’ni, ularni ayblash bilan o‘zi eng yomon holatdadir. Ko‘pincha, o‘z nafsiga ajablanishi va o‘zining fazilatli ekanini his qilib, o‘zini yaxshiman, deyishi insonni halokatga eltadi».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:53:08
939/6. Qa’nabiy Molikdan, u esa Sahl ibn Abu Solihdan, u otasidan, otasi Abu Hurayradan qilgan  rivoyatida ham xuddi yuqoridagi hadisni zikr qildilar. Abu Dovud  rivoyatlari.

Molik: «Agar ana shu so‘zni kishilarning dindagi sustkashliklarini ko‘rib aytsa, zarari yo‘q. Lekin o‘z nafsiga ajablanib, kishilarga past nazar bilan qarab aytsa, unda man qilinganlar qatorida bo‘lib qoladi», dedilar.

Imom Navaviyning fikrlaricha ham, mana shu so‘z sahihdir. Xususan, Imom Molikdan (r.a.) bo‘lgani diqqatga sazovordir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:53:24
940/7. Huzayfadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh xohlasa va falonchi xohlasa, deb aytmanglar. Lekin Alloh xohlasa, so‘ngra falonchi xohlasa, deb aytaveringlar», dedilar. Imom Abu Dovud  sahih isnod bilan rivoyat qilganlar.

Xitobiy va boshqalar aytishgan: «Bu hadisda odobga chaqiruvchi irshod bor. Chunki «va» so‘zi «birga», «sherik bo‘lish» ma’nosini anglatadi. «So‘ngra» so‘zi esa tartib va zaiflikni anglatadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu hadisda Alloh xohishini boshqalarning xohishidan oldin keltiryaptilar».

Ibrohim Naha’iy «A’uvzu billahi va bika», ya’ni «Alloh ismi va sening isming bilan panoh tilayman», deb aytmoqni karih ko‘rardilar. Balki «A’uvzu billahi summa bika», deb aytmoqlik joizdir. Ya’ni, Allohning ismi bilan, so‘ngra sening isming bilan, deganidir.

Va yana: «Agar Alloh qilmaganida, so‘ngra falonchi qilmaganida, bunday qilardim», deb aytiladi. Ammo «Alloh qilmaganida va falonchi qilmaganida, bunday qilmasdim», deb hargiz aytma.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:53:45
Fasl: Biror narsa sababli yomg‘ir yog‘di. Albatta buning yog‘diruvchisi bulut yoki yulduzdir, deb e’tiqod qilsa, bas, u kufrlikdir. Agar albatta bu yomg‘irning yog‘diruvchisi Alloh, anavi zikr qilingan narsa esa, yomg‘ir yog‘ishi uchun alomat, xolos, deb e’tiqod qilsa, kufr bo‘lmaydi. Lekin johiliyatda iste’mol qilingan lafzni ishlatgani uchun bu karih ko‘rilgan narsadir. Biz bu haqda yomg‘ir yog‘ayotganda aytiladigan narsalar bobida zikr qildik.

Fasl: «Agar bunday qilsam, yahudiy yoki nasroniy bo‘lay» yo «Islomga aloqasizman» yoxud shunga o‘xshash so‘zlarni aytib, Islomdan chiqish haqiqatini iroda qilsa, ana shu holda kofir bo‘lib, unga murtadlik hukmi yuritiladi. Agar bunday deyish bilan Islomdan chiqishni iroda qilmasa, kofir bo‘lmaydi. Lekin harom ishni bajargani uchun tavba qilishi vojib bo‘ladi. Usha paytdayoq gunohdan to‘xtab, qilgan narsasiga pushaymon bo‘ladi, unga aslo qaytmaslikka qasd qilib, istig‘for aytadi, «La ilaha illallohu Muhammadun Rasululloh», deb aytadi.

Fasl: Musulmon kishini «Ey kofir», deb aytmokdik dahshatli harom amallardandir:
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:53:51
941/8. Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishi birodariga «Ey kofir», desa, batahqiq, u ikkovlaridan birlariga qaytadi. Agar aytganidek bo‘lsa, o‘sha aytilganga, unday bo‘lmasa, aytgan kishining o‘ziga qaytadi». Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:53:58
942/9. Abu Zarrdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Kimki bir kishini kofir yoki Allohning dushmani, deb chaqirsa-yu, u narsa o‘sha kishida bo‘lmasa, u o‘ziga qaytadi», deganlarini eshitdilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:54:33
Fasl: Agar musulmon boshqa bir musulmonga nisbatan «Allohim, undan imonni tortib ol», desa, shu gapi bilan osiy bo‘ladi. Mana shu duoning o‘zi bilan duo qiluvchi kofir bo‘ladimi? Bunda ikki xil fikr bor: Qozi Husayn fatvolariga ko‘ra kofir bo‘lmaydi. Bunga Muso alayhissalomdan xabar berilgan Allohning so‘zi hujjat qilinadi. «Parvardigoro, ularning mol-dunyolarini yo‘q qilgin, ko‘ngillarini qattiq qilgin, toki alamli azobni ko‘rmagunlaricha, imon keltirmasinlar» (Yunus surasi, 88-oyat). Agar bizdan oldingilarning shariati bizning shariatimiz, deydigan bo‘lsak, bu dalilga nazar solmoq kerak.

Fasl: Agar kofir musulmonni kufr kalimasini aytmokdikka majburlasa, bas, musulmon uni aytib, qalbi imoniga xotirjam bo‘lsa, kofir bo‘lmaydi. Bu Qur’ondagi nass (dalillar)da ham, musulmonlar ijmo’ida ham ittifoq qilingan. Endi o‘limdan o‘zini saqlash uchun kufr kalimasini aytishlik afzalmi? Bu savolga besh xil fikr aytilgan:

Eng to‘g‘rirog‘i va afzali o‘limga sabr qilib, kufr kalimasini aytmaslik. Sahih hadislar va sahobalarning amallari bunga dalildir.

Ikkinchisi, jonini qatldan saqlash uchun kufr kalimasini aytmoq afzal.

Uchinchisi, uni omon qolishligi dushmandan qasos olish yoki shariat ahkomlarini qoim qilishlikda musulmonlarga manfaatli bo‘lsa, kufr kalimasini gapirmoqligi afzaldir. Agar bundoq bo‘lmaydigan bo‘lsa o‘limga sabr qilmog‘i afzal.

To‘rtinchisi, ulamo va shularga o‘xshash ergashiladigan kishilar bo‘lsa, avom adashmasligi uchun o‘limga sabr qilmog‘i afzal.

Beshinchisi, Alloh taoloning «Va o‘zingizni halokatga tashlamang» (Baqara surasi, 195-oyat) so‘ziga binoan kufr kalimasini aytmoqlik vojibdir. Mana shu oxirgisi juda ham zaif ko‘rinishdagisidir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:54:56
Fasl: Agar musulmon kishi kofirni Islomga kirishga majburlasa, bas, u ikki shahodat kalimasini aytsa va ana shu aytuvchi kofir harbiy bo‘lsa, Islomi durust bo‘ladi. Chunki uni majburlash haq bilan bo‘lmoqda. Agar u aytuvchi zimmiy bo‘lsa, u musulmon bo‘lmaydi. Chunki  biz unday qilmaslik majburiyatini olganmiz. Bas, majburlashlik to‘g‘ri emas. Ba’zi zaif so‘zlar borki, ularda: «U musulmon bo‘ladi, chunki buyurish haqdir», deyilgan.

Fasl: Agar kofir ikki shahodat kalimasini majburlanmasdan aytsa-yu, hikoya tarzida masalan, Zayddan eshitdim, u «La ilaha illallohu Muhammadun Rasululloh», dedi deb aytsa, Islomda ekaniga hukm qilinmaydi. Agar musulmonning taklifidan keyin ikki shahodat kalimasini aytsa, masalan, «La ilaha illallohu Muhammadun Rasululloh», degin, desa-yu, kofir uni aytsa, musulmon bo‘ladi. Agar hikoya va taklif ko‘rinishida bo‘lmasdan, balki o‘zicha boshlasa, mashhur sahih mazhabga ko‘ra, u musulmon bo‘ladi. Ba’zilar hikoya ehtimoli borligi uchun musulmon bo‘lmaydi, deyishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:55:27
Fasl: Musulmonlar ishiga boshliq bo‘lgan kishini xalifatulloh, ya’ni Allohning xalifasi, deb aytmaslik lozim. Balki u xalifa yoki xalifatur-rasululloh yoki Amirul-mo‘minin, deb aytiladi.

Imom Abu Muhammad al-Bag‘aviy «Sharhi sunna» kitoblarida keltirishlaricha, musulmonlar ishiga boshliq bo‘lgan kishini agar odil imomlar siyratiga xilof bo‘lsa, musulmonlar ishida qoim bo‘lgani va mo‘minlar uning so‘ziga quloq tutgani uchun amirul mo‘minin va xalifa, deb atamoqlikning zarari yo‘q. Xalifa, deb atalishiga sabab u o‘zidan oldingi boshliqqa xalifa (o‘rinbosar) bo‘lib o‘rniga o‘tirganligidir.

Biror kishi Odam alayhissalomdan va Dovud alayhissalomdan keyin xalifatulloh, deb atalinmaydi. Chunki Alloh taolo: «Men yerda (Odamni) xalifa qilmoqchiman» (Baqara surasi, 30-oyat) va «Ey Dovud, darhaqiqat, Biz seni yerda xalifa qildik», deb aytgan (Sod surasi, 26-oyat).

Ibn Abu Mulaykadan  rivoyat qilinadi. Bir kishi Abu Bakr Siddiqqa (r.a.) «Ya xalifatulloh», ya’ni «Ey Allohning xalifasi», deganida, bu zot: «Men Muhammad sollallohu alayhi vasallamning xalifalariman. Men mana shu bilan roziman», dedilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:55:45
Bir kishi Umar ibn Abdulazizga (r.a.) «Ya xalifatulloh», deganida, bu zot: «Senga voy bo‘lsin. Sen ancha yiroq so‘zlarni ishlatding. Onam meni Umar, deb ismlagan. Agar meni shu ism bilan chaqirsang, buni qabul qildim. So‘ngra ulg‘aydim. Bas, Abu Hafs, deb kunyalandim. Agar mana shu kunya bilan meni chaqirsang, qabul qildim. So‘ngra sizlarni ishlaringizga boshliq bo‘ldim. Bas, meni amirul mo‘minin, deb ismladinglar. Agar meni mana shu atama bilan chaqirsang, kifoya qiladi», dedilar.

Abul Hasan al-Morudiy «Ahkom as-Sultoniyya» nomli kitoblarida imomni xalifa, deb ismladilar. Chunki u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ummatlaridan xalifa (o‘rinbosar) bo‘ldi. Umumlashtirib, xalifa yoki xalifatu rasululloh, deb aytish joiz.

«Xalifatulloh» degan so‘zimizning joizligida ixtilof qilingan. Ba’zilar Allohning maxluqotlaridagi huquqlarda qoim bo‘lib, bor bo‘lgani uchun joiz, deyishgan. Bunga Allohning so‘zidagi «U sizlarni yer yuzida xalifa qilib qo‘ygan Zotdir» oyatini dalil qilib keltirishgan (Fotir surasi, 39-oyat).
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:55:56
Lekin jumhur ulamolar xalifatulloh, deb atashdan man qilishdi. Va bunday deb aytsa, gunohkor bo‘lishga olib borishini ta’kidlashgan.

Imom Navaviy aytdilar: «Birinchi amirul mo‘minin, deb ismlangan kishi Umar ibn Xattobdirlar. Ilm ahllari orasida bu haqda xilof yo‘q. Ammo ba’zi johillar Musaylama, deb aytishadi. Bu fikr ochiq xato va ulamolar ijmo’iga muxolif bo‘lgan xunuk johillikdir. Ulamolar kitoblarida ochiqchasiga ittifoq qilib, naql qilishlaricha, birinchi amirul mo‘minin, deb ismlangan zot Umar ibn Xattobdirlar».

Imom Abu Umar ibn Abdulbirr «Istiy’ob» nomli kitoblarida Umar ibn Xattobni birinchi bo‘lib amirul mo‘minin, deb nomlanishlariga sabab Abu Bakr (r.a.) xalifatur-rasululloh (Rasululloh o‘rinbosarlari), deb ismlanganliklaridir, deydilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:56:12

Fasl: Sultonga yoki bundan boshqa hukmdorga shahanshoh, deb aytish qattiq harom bo‘lgan amallardandir. Chunki uning ma’nosi mulklarning podshosi, deganidir. Bu sifat Allohdan

943/10. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohning huzuridagi tahqirlangan ism bir kishining «malikul amlok» (mulklarning podshosi) deb atalmog‘idir», dedilar. Biz buni «Ismlar kitobi»ning 731-hadisida zikr qildik.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:56:28
Fasl: «Sayyid» lafzi haqida:

Bilingki, «sayyid» lafzi qavmida ustun, qadri oliy boshliq, fozil kishilarga va bundan tashqari g‘azabi qo‘zg‘amaydigan halim kishiga, saxiyga, podshohga va erga nisbatan ishlatiladi.

Fazl ahllariga «sayyid» lafzining ishlatilishi haqida ko‘plab hadislar kelgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:56:34
944/11. Abu Bakrdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hasan ibn Ali bilan (r.a.) minbarga ko‘tarildilar-da, «Bu bolam sayyiddir. Shoyadki, Alloh bu bilan musulmonlarning ikki jamoasi orasini isloh qilsa», dedilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:56:42
945/12. Abu Said al-Xudriydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn Muoz kelganlarida ansoriylarga qarata: «Sayyidlaringizga yoki yaxshilaringizga turinglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:56:49
946/13. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Sa’d ibn Uboda: «Ey Rasululloh, bizlardan bir kishi to‘shagida yot erkak bilan yotgan xotinini ko‘rsa, o‘ldiradimi?» deganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadisning davomida: «Sayyidlaringiz nima deb aytayotganiga qaramaysizlarmi?» dedilar.

«Sayyid» lafzi iste’mol qilishdan man qilingan dalillar:
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:57:00
947/14. Buraydadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Munofikqa sayyid lafzini (ishlatib) aytmanglar. Agar sayyid bo‘lsa, Rabbilaringiz azza va jallaning g‘azabini keltirasizlar», dedilar. Imom Abu Dovud sahih isnod bilan  rivoyat qilganlar.

Imom Navaviy: «Bu hadislarni xulosalaganda, «Falonchi sayyid va ey sayyidim», deb yoki shunga o‘xshash ilmi hamda islohchiligi bilan fazilatli, yaxshi kishilarga nisbatan ishlatiladi. Lekin fosiq yoki dinida aybdor va shularga o‘xshash kishilarga nisbatan sayyid, deb aytmoq karih ko‘rilgan», dedilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:57:14
Fasl: Shamolni so‘kishdan qaytarish:

948/15. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : «Shamol bandalarga yuborilgan rahmatdir. Gohida u rahmat bilan keladi, gohida azob bilan. Agar   shamol   essa,   uni   so‘kmanglar.   Allohdan   uning   yaxshisini   so‘rab,   yomonidan   panoh tilanglar», dedilar. Abu Dovud va Ibn Moja  rivoyatlari
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:57:27
Fasl: Isitmani so‘kishning karohiyati:

949/16. Jobirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ummu Soib yoki Ummu Musayyabning (roviy shak qildilar) oldiga kirib, «Nima bo‘ldi senga, ey Ummu Soib yoki Ummu Musayyab, titrayotirsan?» deganlarida, u ayol: «Alloh barakasini ketkazgur isitma sababli», dedi. Shunda u zot: «Isitmani so‘kmagin, chunki u xuddi bosqon temirning kirini ketkazganga o‘xshab odam bolasining xatosini ketkazadi», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:57:43
Fasl: Xo‘rozni so‘kishdan qaytarish:

950/17. Zayd ibn Xolid al-Juhayniydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xo‘rozni so‘kmanglar, chunki u namozga uyg‘otadi», dedilar. Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:57:57
Fasl: Johiliyat da’volari bilan chaqiriq qilishdan qaytarish va ularning so‘zlarini iste’mol qilishning yomonligi:

951/18. Ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki yuziga urib, cho‘ntagini yirtib, johiliyat da’volari bilan chaqiriq qilsa, bizdan emas», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:58:17
Fasl: Muharram oyini Safar oyi, deb ismlamoq karih ko‘rilgandir. Chunki u johiliyat odatlaridandir.

Fasl: Kofir bo‘lib o‘lgan kishiga mag‘firat tilab duo qilmoq haromdir. Bu haqda Alloh taolo: «Na payg‘ambar va na mo‘minlar - agar mushriklar qarindoshlari bo‘lsa ham -ularning do‘zax egalari ekanliklari aniq ma’lum bo‘lganidan keyin u mushriklar uchun mag‘firat so‘rashlari joiz emasdir», deb aytgan (Tavba surasi, 113-oyat).
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:58:30
Fasl: Shar’iy sababsiz musulmonni so‘kishga ijozat berish haromdir:

952/19. Ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonni so‘kishlik fosiqlikdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Abu Xurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki so‘kuvchining boshlovchisiga gunoh bo‘ladi, agar mazlum haddan oshmasa», dedilar. Imom Muslim, Abu Dovud  va Termiziylar  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:58:46
Fasl: Odatda iste’mol qilinadigan yomon lafzlar - kishi xusumatchisiga «ey eshak», «ey axmoq», «ey it» va shunga o‘xshashlarni aytmoqlikdir. Bu ikki jihatdan qabihdir. Birinchidan, u so‘z yolg‘ondir. Ikkinchidan, aziyat berishdir. Ammo zolim, deyish unday emas. Xusumatlashuvchiga zaruratdan ruxsat etilgan. Chunki u ko‘pincha rost ham bo‘lib chiqadi. Kamdan-kam insonlargina o‘z nafslariga zulm qilmaydilar.

Fasl: Nahhosning aytishlaricha, ba’zi ulamolar: «Men bilan birga Allohdan boshqa biror maxluqot yo‘q edi», deb aytmoqni karih ko‘rishdi. Bu yerda karih ko‘rilishdan sabab lafzning yoqimsizligidandir. Aslida, arab tilidagi istisno qoidasi yuqoridagi so‘zga ulashni iroda etadi. Bu yerda u narsa maholdir. Endi bu istisnodan murod yuqoridagi so‘zdan uzishni iroda etadi. Ya’ni, so‘z zamirida «Alloh men bilan birga edi», degan tushuncha olinadi. Bu Allohning so‘zidagi «... va u (Alloh) sizlar bilan birgadir», degan oyatidan olingan». Buning o‘rniga «Men bilan Allohdan boshqa hech kim yo‘q edi», deb aytmog‘i lozim bo‘ladi. Va yana «Allohning ismiga o‘tir», deb aytmoq karih ko‘rildi. Balki buning o‘rniga «Allohning ismi bilan o‘tir», deyiladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:58:57
Fasl: Nahhos ba’zi salaflardan hikoya qilib quyidagilarni aytganlar: «Ro‘zador kishining «Og‘zimdagi mana bu tamg‘a haqqi», deb aytmoqligi ham karih ko‘rilgan. Chunki kofirning og‘ziga tamg‘a qilinadi, deb hujjat qilindi. Endi bu hujjatga nazar solmoq lozim. Chunki unda Allohdan boshqa ila qasam ichilyapti». Bundan man qilinganligi haqida kelgusi boblarda, inshaalloh, tanishamiz. Bu - yuqorida zikr qilganimizdek, Allohdan o‘zga ila qasam ichilganligi hamda hojatsiz ro‘za izhor qilinganligi sababli makruhdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:59:10
953/20. Abdurazzoq Ma’mardan, u Qatodadan, yoki boshqasidan, u Imron ibn Xusayndan (r.a.) qilgan  rivoyatda bu zot: «Biz johiliyatda «Alloh ko‘zingni doim sevgan kishingga tushadigan qilsin!» va «Xayrli tong», deb aytar edik. Qachonki, Islom kelgandan keyin bunday deb aytishlikdan man qilindik», deb aytdilar Abu Dovud rivoyatlari.

Abdurazzoq va Ma’mar: «Kishi «Alloh ko‘zingni doim sevgan kishingga tushadigan qilsin!» deb aytmog‘i makruh, lekin «Alloh ko‘zingni xayrli qilsin», deb aytishning zarari yo‘q», deb aytishdi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:59:23
Fasl: Ikki kishining uchinchi bir kishini yakka qo‘yib, pichirlashib gaplashmog‘idan qaytarish:

954/21. Ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar uch kishi bo‘lsangizlar, birini qoldirib, hattoki, u odamlarga ko‘shilib ketguncha ikki kishi pichirlashmasin. Chunki ana shunday qilish uni xafa qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:59:32
955/22. Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar uch kishi bo‘lsangizlar, uchinchi kishini qoldirib, ikki kishi pichirlashib gaplashmanglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Abu Dovud  rivoyatlarida: «Mana shu hadisning  rivoyat qiluvchisi Abu Solih ibn Umarga: «To‘rt kishi bo‘lsa-chi?» deganlarida, Ibn Umar: «Zarar qilmaydi», deganlar»i ziyoda qilindi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:59:44
Fasl: Ayolning eriga yoki boshqa erkakka agar shar’iy hojat bo‘lmasa, o‘zga bir xotinning badani chiroyli ekanini xabar berishdan qaytarish:

956/23. Ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ayol boshqa bir xotinning xabarini bermasin. Bordi-yu u eriga sifatlasa, go‘yoki eri u ayolga qaragandek bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 08:00:00
Fasl: Nahhosning Abu Bakr Muhammad ibn Yahyodan  rivoyat qilishlaricha, biror kishi g‘azablanib turgan paytda unga «Allohni zikr qil», deb aytish ham karih ko‘rilgan. Chunki bu g‘azabi uni kufrga olib kelishi xavfi bor. Va shu singari g‘azabi kelgan kishiga «Rasulullohga salavot ayt», ham deyilmaydi. Chunki bunda ham yuqoridagi xavf bor.

Fasl: Eng yomon lafzlardan biri aksar kishilar odat qilib olgan qasamdir. Agar biror narsaga qasam ichishni xohlasa, «vallohi» so‘zining o‘rniga «shunday bo‘lganini Alloh biladi», deyishadi. Bunda ular qasam buzishni karih ko‘rganlaridan yoki Allohni ulug‘laganliklaridan va qasam ichishdan o‘zlarini saqlaganliklaridan shunday qilishadi. Bu iborada xatar bor. Agar ushbu so‘z sohibining ana shu aytgan so‘zlari o‘z aytganidek bo‘lsa, buning zarari yo‘q. Agar shak qiladigan bo‘lsa, bas, u eng xunuk so‘zdir. Chunki u Allohga nisbatan yolg‘on ishlatgan bo‘ladi. Chunki u Alloh ana shu narsani albatta biladi, deydi-da, qandayligiga o‘zida ham ishonch yo‘q. Bundan ham nozik qabohatli tomoni bor. U Allohni sifatlab, Alloh bilgan narsaning xilofini bilaman, deyishlikdir. Agar shu aytgani haqiqatda shunday bo‘lsa, kofir ham bo‘ladi. Kishining bu iboralardan chetlanmog‘i lozim bo‘ladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 08:00:13
Fasl: Duoda «Allohim, agar xohlasang yoki iroda qilsang, meni kechirgin», deb aytmoq makruhdir. Balki bunda so‘rashni jazm ila qiladi.

957/24. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz «Allohim, agar xohlasang, meni kechirgin, Allohim, agar xohlasang, menga rahm qilgin», deb aytmasin. So‘rashni qasd qilsin. Chunki Unda qabul qilmaslik yo‘qdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Muslimning boshqa  rivoyatlarida «Va lekin qasd qilsin va rag‘batini oshirsin. Chunki Alloh taologa biror narsada kattalik qilinmasa, uni beradi, dedilar», deyiladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 08:00:28
958/25. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz duo qilsa, so‘rashda qasd qilsin. Hargiz agar xohlasang, menga ato qilgin, demasin. Chunki Unda qabul qilmaslik yo‘kdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Fasl: Allohning nomi va sifatidan tashqari narsalarda qasam ichish karih ko‘rilgan. Xoh u nabiy, Ka’ba, farishta, omonat, hayot, ruh va bundan boshqa narsalarda bo‘lsa ham. Bulardan karohiyatlisining eng qattig‘i omonat bilan ichilgan qasamdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 08:00:37
959/26. Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo sizlarni ota-bobolaringiz nomi bilan qasam ichishdan man qiladi. Kimki qasam ichadigan bo‘lsa, Alloh nomi bilan ichsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Boshqa sahih  rivoyatda «Kimki qasam ichadigan bo‘lsa, Alloh nomi ila ichsin yoki sukut qilsin», deyilgan.

Omonat ila qasam ichishdan qattiq tahdid bilan man qilingan. Bunga quyidagi hadis dalil bo‘ladi:
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 05:53:27
960/27. Buraydadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki omonat bilan qasam ichsa, bizdan emas», deb aytdilar. Imom Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 05:53:48
Fasl: Oldi-sotdida agar rost bo‘lsa ham ko‘p qasam ichishning makruhligi:

961/28. Abu Qatodadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Oldi-sotdida qasamni ko‘p ichishdan saqlaninglar. Chunki u molning bozorini chaqqon qiladi, ammo barakasini ketkazadi», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 05:55:38
Fasl: Osmondagi kamalakni «Qavsu-quzah» lafzi ila ishlatmoqning makruhligi:

962/29. Abu Nu’aym «Huliyatul avliyo»da Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Kamalakni) «Qavsu-quzah», deb aytmanglar, chunki «quzah» shayton, deganidir. Lekin «Qavsullohi azza va jalla», deb aytinglar. Chunki u yer ahli uchun omonlikdir», dedilar (arablar kamalakni «Qavsu-quzah», deb aytishar edi. Bu hadisda kamalakni «Qavsulloh», deb atashga buyurib «Qavsu-quzah», deb atashdan man qilinyapti. Chunki «Quzah» shayton, degani... - tarj.).

Fasl: Kishi biror gunoh ila yoki shunga o‘xshash narsa bilan balolansa, boshqa bir kishiga bu hakda xabar bermog‘i makruhdir. Balki Alloh taologa tavba qilib, o‘sha holatdayoq u gunohdan to‘xtashi, qilgan narsasiga pushaymon bo‘lib, ikkinchi bor ana shunday gunohga qaytmaslikni qasd qilmog‘i lozim. Mana shu uchta shart tavbaning ruknlaridan bo‘lib, ularsiz tavba durust bo‘lmaydi. Shayxiga yoki shunga o‘xshash gunohidan qutulishiga yo‘l ko‘rsatuvchi shaxsga yo ana shu kabi gunohga botishdan omonda bo‘lishni o‘rgatuvchi kishiga yoxud uning sabablarini tanituvchiga yoki uni duo qiluvchi kimsaga qilgan gunohining xabarini berishining zarari yo‘q. Endi bunday manfaatlar bo‘lmasa, ana o‘sha karih ko‘rilgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:00:42
963/30. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimdan har biri avf qilingandir. Faqat mujohirlar (oshkora qiluvchilar) bunday emas. Mujohir shunday bir kishiki, u kechasida bir amalni qiladi-da, so‘ngra tong ottiradi. Alloh esa uning gunohini berkitgan edi. Bas, u: «Ey falonchi, unday va bunday qildim», deydi. Vaholanki, Rabbisi uni berkitgan edi. U esa Allohning yopib ko‘ygan pardasini ochib yuboradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Balog‘atga yetgan mukallafning biror kishining quli yoki xotini yo o‘g‘li yoxud dastyoriga amru ma’ruf yoki nahiy munkar bo‘lmasdan, balki fasod so‘zlar ila gaplashmog‘i haromdir. Bu haqda Alloh taolo: «Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz», deb aytgan (Moida surasi 2-oyat).

Alloh taolo Qof surasining 18-oyatida: «U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u so‘zni yozib olur)», degan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:01:08
964/31. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki biror kishining xotinini yoki qulini (buzg‘unchilik niyatida) aldasa, bizdan emas», deb aytganlar. Abu Dovud  va Nasaiylar  rivoyati.

Fasl: Allohning toatida «molimni infoq qildim» yoki shu kabi so‘zlarni aytmoq joiz. Masalan, hajga borib-kelishimga ming (dinor), g‘azotda qatnashishimga ikki ming (dinor), mehmonlarning ziyofatiga uncha, bolalarim xatnasiga muncha, nikohimga bir qancha infoq qildim, deydi. Lekin aksari avomga o‘xshab, ziyofatimda zarar ko‘rdim, hajimda (uncha) yo‘qotdim, safarimda (bunchadan) mahrum bo‘ldim kabi so‘zlarni aytmaydi. Zarar ko‘rdim, yo‘qotdim, mahrum bo‘ldim kabi so‘zlar gunoh va makruh amallarda ishlatiladi. Infoq qildim so‘zi esa toat yo‘lida ishlatiladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:01:52
Fasl: Allohning zoti ila jannatdan boshqa narsani so‘ramoqning makruhligi:

965/32. Jobirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannatdan boshqa narsani Allohning zoti ila so‘ralmaydi», dedilar. Abu Dovud  rivoyat qildilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:02:29
Fasl: Allohning nomi ila so‘raganni va Alloh nomi ila shafoat talab qilganni man qilishning makruhligi:

966/33. Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki Allohning nomi bilan panoh tilasa, unga panoh beringlar. Kimki Alloh nomi ila so‘rasa, unga beringlar. Kimki chaqirsa, ijobat qilinglar. Kimki sizlarga biror yaxshilik qilsa, uni mukofotlab ko‘yinglar. Agar mukofotlaydigan narsa topa olmasanglar, uning haqqiga duo qilib qo‘yinglar. Hattoki, sizlar mukofotlaganingizni unda ko‘rasizlar», dedilar. Abu Dovud  va Nasaiy sahih isnod ila  rivoyat qilishgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:04:08
Fasl: «Uzoq umr tilayman», deb aytish ham karih ko‘rilgan. Abu Ja’far Nahhos «Sinoatul kitob» nomli asarlarida: ba’zi ulamolar «Uzoq umr tilayman», deb aytmoqni karih ko‘rishgan va ba’zilari ruxsat etishgan, deganlar.

Ismoil ibn Ishoq: «Birinchi bo‘lib bu so‘zni ishlatganlar zindiqlardir», dedilar (Zindiqlar - adashgan bir toifa... - tarj.).

Hammod ibn Salama: «Musulmonlar o‘zaro maktublarida «falonchidan falonchiga ammo ba’d. Senga salom bo‘lsin. Sherigi yo‘q Allohga hamd aytaman. Muhammad alayhissalomga va u zotning oilalariga salovot bo‘lmog‘ini so‘rayman», deb yozishar edi. Zindiqlar mana shu kabi maktublarning avvaliga «Senga uzoq umr tilayman», deb yozib qo‘yishni yangilik qilishdi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:04:57
Fasl: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin» yoki «Alloh meni sizga fido qilsin», deb aytishning karohiyati yo‘q. Xoh uning ota-onasi musulmon bo‘lsin yoki kofir bo‘lsin, buning joizligiga ikki «Sahih» kitobi va boshqalarda dalillar keltirilgan. Ba’zi ulamolar agar ota-onasi musulmon bo‘lishsa, ana shuni aytishni karih ko‘rishgan.

Nahhosning aytishlaricha, Molik ibn Anas «Alloh meni sizga fido qilsin», deb aytishni karih ko‘rardilar. Ba’zilar bunga ham ijozat berishgan.

Qozi Iyozning aytishlaricha, jumhur ulamolar: «Bu joiz, fido qilayotgan xoh musulmon bo‘lsin, xoh kofir bo‘lsin, farqi yo‘q», deyishgan.

Imom Navaviy: «Buning joizligiga son-sanoqsiz hadislar keltirilgan. Men «Sahih Muslim» sharhida bundan ogoh etdim», dedilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:05:38
Fasl: Va yana yomon lafzlar ila tortishmoq, bahslashmoq va xusumatlashmoqlik:

Abu Homid G’azzoliyning aytishlaricha, «Al-Mirou» (tortishmoq) - boshqa kishining so‘zidagi xatoni oshkor qilib, qabul etmaslik. Bu bilan u so‘zlovchini tahqirlash hamda o‘z xususiyatini ko‘rsatib qo‘yishdan boshqa narsani anglatmaydi. «Al-jidol» (bahslashmoq) -biror yo‘lni kuchli ekanini bildirishdan iborat. Ammo «Al-xusumat» (xusumatlashmoq) mol-mulk va boshqa narsalarni qo‘lga kiritish uchun shovqin-suron ila so‘zamol bo‘lmoq. Gohida bu oddiy boshlanib va gohida to‘satdan duch kelish bilan bo‘ladi. Bahslashish esa to‘satdan duch kelish bilan bo‘ladi.

Bilingki, bahslashmoq gohida haq, gohida botil bilan bo‘ladi. Alloh taolo: «Sizlar ahli kitob bilan faqat eng chiroyli yo‘sinda mujodala-munozara qilinglar», degan (Ankabut surasi, 46-oyat).

Va yana: «Ular bilan eng go‘zal yo‘lda mujodala-munozara qiling», degan (Nahl surasi, 125-oyat).

Va yana: «Allohning oyatlari haqida faqat kofir bo‘lgan kimsalargina talashib-tortishurlar», deb aytgan (o‘ofir surasi, 4-oyat).
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:06:01
Agar bahs-munozara haq narsada to‘xtamga kelish uchun bo‘lsa, u maqtalgandir. Agar haqni tan olmaslik yoki ilmsizlik ila bo‘ladigan bo‘lsa, u yomonlangandir.

Ba’zilar xusumatdan ko‘ra dinni ketkizuvchi, muruvvatni noqis, lazzatni zoe qiluvchi va qalbni mashg‘ul etuvchi narsani ko‘rmadim, deb aytishgan. Agar kishi haqqini saqlab qolish uchun xusumat qilishga majbur bo‘lsa, bunga javob imom G’azzoliyning quyidagi so‘zlaridir: «Botillik yoki ilmsizlik ila bo‘lgan xusumat yomon ko‘rilgan. Xuddi qozining vakiliga o‘xshash. Chunki u qaysi tomon haq ekanini bilishdan oldin xusumatda vakil bo‘ladi. Bu vakil ilmsiz xusumat qiladi. Va yana haqqini talab qilib, ehtiyoji qadricha kifoyalanmagani ham yomon xusumatlardandir. Balki u xusumatda hukmron bo‘lish uchun dushmanlik va yolg‘onni zohir qiladi. Haqqini ko‘lga kiritishda hojat tushmaydigan aziyat beruvchi kalimalarni xusumatda aralashtirish ham yomon xusumatdir. Va yana xusumatchisining shikast yetkazishi va bo‘ysundirish uchun sof qarshilik ko‘rsatishi ham xusumatlarning yomonidir. Ammo mazlumning shar’iy yo‘l bilan, dushmanliksiz, chegaradan chiqmasdan, shovqinsiz, qarshiliksiz, aziyat bermasdan o‘z hujjatini oliy qilmog‘i harom emas. Lekin uni qilmaslikka yo‘l topsa, tark qilgani afzaldir. Chunki xusumat paytida tilni mo‘‘tadil holatda ushlab turish uzrlidir. Xusumat esa qalbda dushmanlik tuyg‘usini keltirib, g‘azabni qo‘zg‘aydi. Agar g‘azab qo‘ziydigan bo‘lsa, ikkovlari oralarida gina hosil bo‘ladi-da, ikki tomon ham bir-biriga yetgan yomonlikka xursand va yaxshilikka xafa bo‘ladi. Va tilini uning obro‘sini to‘kish uchun ishlatadi. Kimki xusumatga kirishsa, mana shu ofatlarga yo‘liqadi. Bu ofatlarning eng ozi qalbini mashg‘ul qilib, namozda ham fikri xusumatga bog‘liq bo‘ladi, istiqomatdagi holatidan biror narsa qolmaydi. Xusumat yomonlikning boshlanishidir. Shu singari tortishish va bahslashishlar ham. Xusumat eshiklarini ochmaslik lozim. Faqatgina chorasiz qolib, zarurat tug‘ilgandagina joiz. Ushanda ham tilini va qalbini xusumat ofatlaridan saqlamoqligi darkor.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:06:13
967/34. Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xusumatchi bo‘lib yurishing gunohkor ekanligingga kifoya qiladi», dedilar. Imom Termiziy  rivoyatlari.

Ali (r.a.): «Xusumatchi uchun halokat bordir», dedilar.

So‘zda maydakashlik bilan, ba’zi fasohatchilar odatlanganlaridek, uzaytirib saj-qofiyalar ila va fasohat-jimjimador muqaddimalar hamda bezakli so‘zlar ila gapirish ham karih ko‘rilgan xislatlardandir. Shu singari saj (qofiya)da va e’roblarning noziklarida hamda avomga qilinayotgan xitobda qiyin lug‘atlarni iste’mol qilish ham karih ko‘rilgan. Balki xitob qilayotganda kishilarga og‘ir bo‘lmaydigan va tushunarli lafz ila xitob qilmoq lozim.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:06:37
968/35. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo xuddi sigir tilini bezaganidek tilini bezab so‘zamol -notiq bo‘lgan kishilardan g‘azablanadi», dedilar. Abu Dovud  va Termiziylar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:06:44
969/36. Ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sinchkov, injiq kishilar halok bo‘lishdi», deb uch marta aytdilar. Imom Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:07:00
970/37. Jobirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga mahbublaringiz va Qiyomat kunida majlis jihatidan yaqinlaringiz axloqi yaxshilaringizdir. Menga yomon ko‘rilganlaringiz va Qiyomat kunida mendan uzoqlaringiz sergap-ezmalaringiz, axloqsiz so‘zlarni so‘zlovchilaringiz va mutafayqihlardir», dedilar. Shunda sahobalar: «Ey Rasululloh, sergap va axloqsiz so‘zlarni aytuvchini bildik. Ammo mutafayqihlar, deganingiz kim?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mutakabbirlar», deb aytdilar. Imom Termiziy  rivoyatlari.

Bilingki, xutba va mav’izalarda agar haddan oshishlik bo‘lmasa, lafzlarni chiroyli qilishning yomonlangan joyi yo‘q. Chunki bundan maqsad qalblarni Allohning toatiga qiziqtirish hamda qalbga ta’sir o‘tkazishdir.

Fasl: Xufton namozini o‘qigan kishi bu paytdan tashqari gapirilishi muboh bo‘lgan so‘zlarni gapirmoqligi karih ko‘rilgan. Ammo bu paytdan tashqarida ham harom yoki makruh bo‘lgan so‘zlarni gapirmoq karohiyati va haromligi undan ham qattiqdir. Ammo yaxshi narsalarni so‘ylash, masalan, ilm takrorlash, solihlar hikoyasini va yaxshi axloqli so‘zlarni gapirish hamda mehmon bilan suhbatlashishning karohiyati yo‘q. Balki u mustahab hamdir. Bunga sahih hadislar keltirilgan. Shu singari favqulodda bo‘ladigan uzr sababidan so‘zlashishning zarari yo‘q. Bu zikr qilganlarimning hammasiga mashhur hadislar bor. Men ulardan ba’zisiga qisqa holatda ishora qilib, ko‘pini ifoda etaman:
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:07:09
971/38. Abu Barzadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xuftondan oldin uyquni va undan keyin so‘zlashishni karih ko‘rardilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Ammo yuqoridagi paytlarda so‘zlashishga ruxsat etilgani ham ko‘p:
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:07:16
972/39. Ibn Umardan (r.a.) qilingan  rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlarining oxirida xufton namozini o‘qib, so‘ng salom berdilar-da, «Sizlarga bu kechaning xabarini beraymi? Yuz yildan keyin bugun yer yuzida bo‘lganlardan birortasi qolmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:07:24
973/40. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga salla o‘radilar-da, hattoki qorong‘u tushdi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga namoz o‘qib berdilar. Qachonki, namoz tamom bo‘lgandan keyin o‘sha yerda hozir bo‘lganlarga «Osoyishta bo‘linglar, men sizlarga ta’lim beraman. Xursandlik xabarini beringlar, albatta sizlardan boshqa biror kishi bu soatda namoz o‘qimayapti. Shunday bo‘lishi Allohning sizlarga bergan ne’matidandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:07:38
974/41. Anasdan (r.a.) qilingan  rivoyatda sahobalar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelishlarini kutdilar. Bas, u zot kechaning yarmiga yaqin qolganda keldilar. Ularga xufton namozini o‘qib berdilar. So‘ngra xutba aytib, «Ogoh bo‘linglar, albatta kishilardan namoz o‘qib joylariga yotganlari bor. Sizlar esa namozni kutib namozdasizlar», deb aytdilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.

Ibn Abbosdan (r.a.) qilingan  rivoyatda bu zot xolalari Maymunaning (r.a.) uylarida yotganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xuftonni o‘qidilar-da, so‘ngra uyga kirib, «Bolakay uxladimi?» deb ahllariga gapirdilar.

Va yana Abdurahmon ibn Abu Bakr (r.a.) qilgan  rivoyatlaridagi mehmonlar qissasida «U zot to‘xtalib, hattoki xuftonni o‘qidilar. So‘ngra kelib, ular bilan gaplashdilar va xotinlari hamda o‘g‘illari bilan gaplashdilar. Va ularning so‘zlashuvlari takror-takror bo‘ldi», deb keltiriladi. Bu ikkisi ham sahih kitobdan olindi. Bu kabi hadislar son-sanoqsizdir. Zikr etganlarimizning o‘ziyoq kifoya qiladi.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:08:03
Fasl: Oxirgi xufton namozini «‘atama» va shomni «‘isho», deb ismlamoqlikning karohiyati:

975/42. Abdulloh ibn Mug‘affal al-Muzaniydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shom namozlaringiz ismida badaviy arablar nomlashgan so‘z g‘olib kelmasin, ya’ni badaviylar shom namozini «‘isho», deb atashar edi», dedilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.

Ammo xuftonni «‘atama», deb nomlangani, ya’ni «Agar subhi va ‘atama namozlarida qanday savob borligini bilishganida, emaklab bo‘lsa ham, unga kelishar edi», deb kelganiga ikki xil javob bor: birinchisi - bundagi qaytariq harom emas, balki halol ekanligini bayon qilib kelyapti. Ikkinchisi - agar ‘isho, deb ismlansa, shom namoziga aralashib ketishidan ko‘rqqan kishiga xitob qilinyapti.

Ammo bomdodni «g‘adot», deb atamoqning karohiyati yo‘q. o‘adot, deb ishlatilganligi haqida sahih hadislarda dalillar bor. Bir jamoat buning karohiyati bor, deyishgan. Unday emas. Shom ila xuftonning ikkovini birga «‘ishoayni», deyishning va xuftonni «oxirgi ‘isho», deb atalishining zarari yo‘q. Asma’iy (r.a): xufton «oxirgi ‘isho», deb atalmaydi degan. Bu gaplari noto‘g‘ri. «Sahihi Muslim»da sobit bo‘lishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir ayol xushbo‘y narsalarni iste’mol qilgan bo‘lsa, biz bilan oxirgi ‘ishoda ishtirok etmasin», dedilar.

Bundan tashqari ikki «Sahih»dan boshqalarida ham sahobalarning so‘zlari son-sanoqsiz. Men bularning barchasini «Tahziybul asmo val-lug‘at» kitobida bayon qildim.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:08:29
Fasl: Sirni oshkor qilishdan qaytarish:

Bunga hadislar juda ko‘p. Agar sirni oshkor qilishda zarar yoki aziyat bo‘ladigan bo‘lsa, haromdir.

976/43. Jobirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishi bir so‘zni gapirsa, so‘ng u yoq-bu yoqqa qarasa, bas, u omonatdir», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:09:05
Fasl: Hojatsiz xotinini urgan kishidan nimaga urganini so‘rashning karohiyati:

Biz «Tilni saqlash haqidagi kitob»ning avvalida manfaat bo‘lmaydigan narsada sukut qilish haqidagi sahih  rivoyatni keltirdik. Va yana «Befoyda narsani tark qilish kishining Islomi chiroyliligidandir», deyilgan sahih hadisni zikr qildik.

977/44. Umar ibn Xattobdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xotinini nimaga urgani haqida kishidan so‘ralmaydi», dedilar. Abu Dovud, Nasaiy va Ibn Mojalar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:09:26
Fasl: Ammo she’r haqida biz hasan isnod ila Abu Ya’lo al-Muvsiliyning musnadlarida  rivoyat qildik. Unda Oisha (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan she’r haqida so‘raganlarida, «U kalom bo‘lib, yaxshisi yaxshi, yomoni yomondir», dedilar.

Sahih hadislarda sobit bo‘lishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam she’r eshitganlar va Hasson ibn Sobitga kofirlarni hajv qilib she’r aytmog‘ini buyurganlar. Va yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «She’rda hikmat bordir», dedilar. Va yana u zot: «Sizlardan biringizning qorni qusqiga to‘lgani she’rga to‘lganidan ko‘ra yaxshiroqdir», dedilar.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:10:56
Fasl: Fahsh va beodob gaplarni so‘zlashdan man qilinganligi haqida:

Bu haqda sahih hadislar juda ko‘p. Buning ma’nosi yomon ishlarda ochiqcha iboralarni qo‘llash.  Agar u so‘zlayotgani to‘g‘ri va gapiruvchi rostgo‘y bo‘lsa ham. Bu ko‘pincha jinsiy aloqaga taalluqli narsalarda bo‘ladi. Ana shu narsada kinoya ila maqsadni tushunadigan darajada chiroyli iboralar bilan qo‘llash lozim. Qur’oni karim hamda sahih sunnatlarda mana shu chiroyli uslubda kelgan. Alloh taolo: «Sizlarga ro‘za kechasida xotinlaringizga qo‘shilish halol qilindi», dedi (Baqara surasi, 187-oyat).

Va yana: «Axir bir-biringiz bilan qo‘shilib, ular (ya’ni, xotinlaringiz) sizlardan qat’iy axd-paymon olganlaridan so‘ng qanday qilib, uni (ya’ni, mahrni) qaytarib olasiz», degan (Niso surasi, 21-oyat).

Va yana: «Agar ularni mahrni belgilab qo‘ygan holingizda qo‘l tegizishdan ilgari taloq qilsangizlar...» (Baqara surasi, 237-oyat) deb chiroyli uslubda aytgan. Bunday uslub sahih hadislarda ham kelgan.

Ulamolar: «Shunga o‘xshash aytish uyatli bo‘lgan iboralarni tushuniladigan kinoyali ismlar bilan ishlatish lozim bo‘ladi», deyishgan. Masalan, ayol bilan jinsiy aloqa qilishni bildirishda qo‘shilish, duxul qilish, ishrat qilish va shularga o‘xshash iboralar qo‘llaniladi. Ammo jinsiy aloqa qilish, jimo’ qilish va shunga o‘xshash xunuk iboralar ishlatilmaydi. Shu singari siyish va bo‘shanish iboralarini hojatxonaga yoki xalojoyga boraman, degan kinoya ila chiroyli uslubda ko‘llaniladi. Ammo siyaman, ichimni bo‘shataman, demaydi. Shu singari pes, og‘zidan sassiq hid keluvchi va ko‘ltig‘i ostidan sassiq hid keluvchilar va boshqalarda ham maqsadni tushunadigan qilib, chiroyli iboralar ila gapiriladi. Bilingki, bularning hammasi ochiq ismini aytishga zarurat tug‘ilmasa, qo‘llaniladi. Ammo xitob qilinayotgan kishi majoziy va kinoyali so‘zni idrok etmasa, ta’lim berish va bayon etish maqsadida gapirilaveradi. Yoki maqsad qilingan narsada boshqa narsani anglaydigan bo‘lsa ham, haqiqiy mazmunni hosil qilish uchun ochiqcha gapirilaveradi. Chunki hadislarda kelayotgan narsa mana shuni ifoda etyapti. Yuqorida aytganimizdek, ehtiyoj tug‘ilgandagina shunday qilinadi. Chunki mazmun hosil qilish odobga rioya qilgandan yaxshirokdir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:11:03
978/45. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘min kishi so‘kuvchi, la’natlovchi, fahsh so‘zlarni aytuvchi, axloqsiz bo‘lmaydi», dedilar. Imom Termiziy  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:11:26
979/46. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Fahsh narsa borki, u sharmandalik keltiradi. Hayo narsa borki, u ziynat keltiradi», dedilar. Termiziy va Ibn Mojalar  rivoyati.

Fasl: Ota-onani va ularga o‘xshashlarni jerkib berish qattiq haromlardan. Bu haqda Alloh taolo Al-Isro surasining 23-24-oyatlarida: «Parvardigoringiz yolg‘iz Uning Uziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab (uf) tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt! Ular uchun mehribonlik bilan xorlik qanotini past tut - xokisor bo‘l va: «Parvardigorim, meni (ular) go‘daklik chog‘imdan tarbiyalab-o‘stirganlaridek, Sen ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil)!» deb aytgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:11:35
980/47. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ota-onasini so‘kish katta gunohdir», deganlarida, sahobalar: «Ey Rasululloh, kishi o‘z ota-onasini ham so‘kadimi?» deyishdi. Shunda u zot: «Ha, boshqaning otasini so‘kadi. Bu bilan o‘zining otasini so‘kadi. Va birovning onasini so‘kadi, bu bilan o‘z onasini so‘kadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:11:47
981/48. Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot aytdilar: «Mening (qo‘l) ostimda bir xotinim bor edi. Men uni yaxshi ko‘rar edim. Otam Umar uni karih ko‘rar edi. Otam u xotiningni taloq qil, deb aytdi. Men bunga ko‘nmadim. Bas, otam Umar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, ana shuni zikr qilganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uni taloq qil», deb aytdilar». Abu Dovud  va Termiziylar  rivoyati.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:12:02
332-bob Yolg‘ondan qaytarish va uning qismlari bayoni haqida

Qur’on va sunnatdagi narsalar yolg‘onning harom ekanligini ochiq-oydin ko‘rsatib turibdi. Yolg‘on - gunohlarning qabihi va ayblarning qo‘polidir. Ummat ijmo’i uni ochiq-oydin harom ekaniga kelishishgan. Uni naql qilishga zarurat yo‘q. Bu yerdagi muhim narsa undan istisno qilinganlari va nozik yerlaridan ogoh etishdir. Sahih hadislarda yolg‘ondan hazar qilinganining o‘zi kifoya qiladi.

982/1. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Munofiqning alomati uchtadir. Agar gapirsa, yolg‘on so‘zlaydi. Va’da qilsa, xilof qiladi. Va agar omonat berilsa, xiyonat qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:12:15
983/2. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarda to‘rt toifa kishi borki, ularda sof munofiqlik bor. Kimda ana shu xislat bo‘lsa, to uni tark qilmaguncha unda nifoqlik xislati bor. Agar omonat berilsa, xiyonat qiladi. Agar gapirsa, yolg‘on so‘zlaydi. Agar ahdlashsa, (shartnoma tuzilsa) buzadi. Agar xusumatlashilsa, nomussizlik qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Muslimning  rivoyatlarida «Agar omonat berilsa, xiyonat qiladi»ning o‘rniga «Agar va’da bersa, xilof qiladi», deb kelgan.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:12:52
Ammo yolg‘on gapirish istisno qilingan hadislar quyidagicha:

984/3. Ummu Gulsumdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kishilar orasini isloh etish maqsadida yaxshilikni yetkazgan yoki yaxshilik aytgan kishi yolg‘onchi emas», deb aytganlarini eshitganlar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Muslimning  rivoyatida ziyoda qilinishicha, Ummu Gulsum: «Uch narsadan tashqari kishilar gapiradigan narsaning birortasida ruxsat berilganini eshitmadim. Urushda, kishilar orasini isloh qilishda hamda er xotiniga, xotin eriga gapiradigan so‘zida», deb aytdilar.

Bu hadis o‘zaro manfaatlarda ba’zi yolg‘onlarni ishlatish muboh ekanini ochiq-oydin ko‘rsatib turibdi. Ulamolar o‘sha muboh bo‘lganlarini anikdab ko‘rsatib berishgan.

Bularning eng anig‘i - Imom Abu Homid G’azzoliyning quyidagi so‘zlaridir: «Kalom maqsadga erishish yo‘lidagi vositadir. Har bir maqtovli maqsadga rostgo‘ylik bilan ham, yolg‘onchilik bilan ham yetishish mumkin. Bas, yolg‘on ehtiyoj bo‘lmagani uchun unda haromdir. Agar rostgo‘ylik bilan yetishish imkoni bo‘lmay, yolg‘on bilan yetishish imkoni bo‘lsa, agar maqsad muboh bo‘ladigan narsa bo‘lsa, bundagi yolg‘on mubohdir. Va agar maqsad vojib bo‘ladigan narsa bo‘lsa, vojibdir. Agar biror musulmon kishi zolimdan yashirinib olgan bo‘lsa va u musulmon haqida zolim so‘rasa, uni yashirish uchun yolg‘on gapirish vojib bo‘ladi. Shu singari o‘zida yoki boshqa kishida omonat bo‘lsa va zolim o‘sha molni tortib olishni xohlasa uni yashirib yolg‘on gapirishi vojib bo‘ladi. Bordiyu o‘sha omonat xabar berilsa va u omonatni zolim kuch bilan olib qo‘ysa, xabar beruvchi omonatga kafil bo‘lishi vojib bo‘ladi. Va agar qasam ichishni talab qilsa, qasam ichib, o‘sha qasamida yolg‘on ishlatadi. Shu singari agar urushda yoki arazlashganlarning orasini isloh qilishda yoki qalbini moyil qilib jinoyatdan xalos etishda yolg‘onsiz ro‘yobga chiqmaydigan bo‘lsa, yolg‘on harom emas. Bularning barchasida «tavriya», ya’ni lafzining zohiriga yolg‘on bo‘lsa ham, unga nisbatan yolg‘on bo‘lmagan sog‘lom maqsadli ibora qo‘llash tushuniladi. Agar unday narsani qasd qilmasdan ham bu o‘rinda yolg‘on ishlatish harom emas».
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:13:01
Yana Abu Homid G’azzoliy: «Shu singari o‘zi yoki boshqa uchun yaxshi maqsadga bog‘liq narsalarda ham mumkin. Misol, zolim kishi uning mol-mulkini tortib olish maqsadida so‘raganida, u moli borligini inkor etishi yoki u bilan Allohgina bilishi mumkin bo‘lgan fahsh ishi haqida sulton so‘raganida, uni inkor qilishi joiz. Ya’ni, zino qilmadim yoki sharob ichmadim, deb», dedilar.

Had urishlikka iqror bo‘lgan (jinoyatchi)ga iqroridan qaytishni talqin etish haqida mashhur hadislar bor. Ammo boshqa maqsadda, masalan, birodarining sirini so‘rasa, bas, uni inkor qiladi. Xullas, yolg‘on bilan rost keltirib chiqaradigan zararlarning orasini solishtirib chiqadi. Agar rost gapirishda zarar qattiqroq bo‘lsa, yolg‘on gapiraveradi. Agar uning aksi yoki shak bo‘ladigan bo‘lsa, yolg‘on unga harom bo‘ladi. Agar yolg‘on gapirishning mubohligi o‘z nafsiga taallukdi bo‘lsa, yolg‘on gapirmasligi mahbub. Bordi-yu boshqa kishiga taalluqli bo‘lsa, beparvolik joiz emas. Har bir muboh qilingan paytdagi yolg‘onni tark qilmoq qat’iyatlilikdir. Ammo vojib bo‘ladigan bo‘lsa, unday emas. Bilingki, albatta yolg‘on - biror narsaning xilofini xabar berishlik. Xoh uni qasd qilsin yoki ogohsiz qolsin. Lekin ogohsiz qolsa, gunohkor bo‘lmaydi. Albatta qasd qilsa, gunohkor bo‘ladi. Bunga dalil Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kimki menga qasddan yolg‘on gapirsa, joyini do‘zaxdan tanlab qo‘yaversin», degan so‘zlaridir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:13:38
Yana Abu Homid G’azzoliy: «Shu singari o‘zi yoki boshqa uchun yaxshi maqsadga bog‘liq narsalarda ham mumkin. Misol, zolim kishi uning mol-mulkini tortib olish maqsadida so‘raganida, u moli borligini inkor etishi yoki u bilan Allohgina bilishi mumkin bo‘lgan fahsh ishi haqida sulton so‘raganida, uni inkor qilishi joiz. Ya’ni, zino qilmadim yoki sharob ichmadim, deb», dedilar.

Had urishlikka iqror bo‘lgan (jinoyatchi)ga iqroridan qaytishni talqin etish haqida mashhur hadislar bor. Ammo boshqa maqsadda, masalan, birodarining sirini so‘rasa, bas, uni inkor qiladi. Xullas, yolg‘on bilan rost keltirib chiqaradigan zararlarning orasini solishtirib chiqadi. Agar rost gapirishda zarar qattiqroq bo‘lsa, yolg‘on gapiraveradi. Agar uning aksi yoki shak bo‘ladigan bo‘lsa, yolg‘on unga harom bo‘ladi. Agar yolg‘on gapirishning mubohligi o‘z nafsiga taallukdi bo‘lsa, yolg‘on gapirmasligi mahbub. Bordi-yu boshqa kishiga taalluqli bo‘lsa, beparvolik joiz emas. Har bir muboh qilingan paytdagi yolg‘onni tark qilmoq qat’iyatlilikdir. Ammo vojib bo‘ladigan bo‘lsa, unday emas. Bilingki, albatta yolg‘on - biror narsaning xilofini xabar berishlik. Xoh uni qasd qilsin yoki ogohsiz qolsin. Lekin ogohsiz qolsa, gunohkor bo‘lmaydi. Albatta qasd qilsa, gunohkor bo‘ladi. Bunga dalil Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kimki menga qasddan yolg‘on gapirsa, joyini do‘zaxdan tanlab qo‘yaversin», degan so‘zlaridir.
Nom: Re: AL-AZKOR. Al-faqih an-Navaviy
Yuborildi: Doniyor 22 Oktyabr 2006, 06:14:02
333-bob Kishining gapirgan narsasini isbotlashga undash va sahih bo‘lmagan narsalarni eshitib ularni gapirib yurmoqdan qaytarish haqida

Alloh taolo: «(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil - bularning barchasi