forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumdoshlar hayoti => Mavzu boshlandi: Abdullah Isa 24 Avgust 2012, 02:16:49

Nom: Alloh sizlardan rozi bo'lsin!
Yuborildi: Abdullah Isa 24 Avgust 2012, 02:16:49
 :asl3: Alloh yo'lidagi aka ukalarim va, opa singillarim! Men 1 yildan beri shu forumga a'zo bo'lolmayotgandim. Mana vanihoyat niyatimga yetishdim. Mavzuni ochishimdan maqsad sizlarga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiydim. Men juda ko'p mavzularga qiziqganman. Avvaliga men internetda malumot ko'p o'qirdim har hil yo'nalishda. Bir kuni Uzb birinchi islomiy kanalidagi ko'rsatuv esimga kelib qoldi. Unda ziyo degan yozuv chiqardi. (u kurastuvni bu saytga aloqasi bormi yo'qmi bilmayman.) Yandexda ziyo istagan qalblar chiqdi kirib undagi kitoblarni o'qiy boshladim va, musulman bo'ldim. Avval kim bo'lganimni Alloh bilguvchiroq, lekin Islomdan ko'ra nasroniylikga yaqin edim. Keyin mobilnikim buzilib qoldi. Pulim kamligi sabab, oddiy arzon samsung oldim (modeli esimda yo'q.)
Nom: Re: Alloh sizlardan rozi bo'lsin!
Yuborildi: Abdullah Isa 24 Avgust 2012, 02:38:31
O'sha samsungda googlega kirib yana ziyo deb yozgandim, Bu safar haqiqiy o'zbekona forum chiqdi. Kirsam ziyo istagan qalblar bilan bir hil ekan. Faqat bu mobil versiya ekan. Bilsam o'sha samsung faqat mobil versiyaga kirarkan. Sizlarni bu forumdagi bir birlaringiz bilan bo'lgan suhbatlarni o'qib, sizlarga havasim kelardi. Lekin a'zo bo'lolmagandim. Bir Muslima menga profil ochib berdilar. Sizlardan Alloh rozi bo'lsin! Meni hidoyatimga sababchi bo'lgan bu saytga qilayotgan mehnatlaringni ajrini bersin Alloh! Men uzun go'zal duolar qilishni bilmayman. Lekin qalbimda sizlardan juda minnatdorman. Faqat dilimdagilarni yozolmadim. Meni kechiringlar!
Nom: Re: Alloh sizlardan rozi bo'lsin!
Yuborildi: Aqoid 24 Avgust 2012, 04:37:13
Bundan ortig'i bo'lmaydi. Ishoning siz uchun ham, o'zim uchun ham, barcha musulmonlar uchun ham quvondim. Davramizga xush kelibsiz dindosh, forumdosh birodar!
Alloh barchamizdan rozi bo'lsin!
Nom: Re: Alloh sizlardan rozi bo'lsin!
Yuborildi: Ansora 24 Avgust 2012, 16:39:27
 :asl3:

Alloh barchamizdan rozi bo'lsin...