forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Fan va texnika => Mavzu boshlandi: Sayyid90 13 Sentyabr 2012, 19:21:41

Nom: Apple ipfone 5
Yuborildi: Sayyid90 13 Sentyabr 2012, 19:21:41
Apple shirkati chorshanba
kuni San Fransiskoda taniqli
iPhone smartfonining yangi
modeli taqdimotini o‘tkazdi. Shirkat vitse prezidenti Fil
Shiller namoyish etilgan yangi
iPhone5 ni "haqiqiy brilliant"
deb ta‘rifladi. Shirkat
prezidenti Tim Kuk esa yangi
smartfonni "Apple shu kungacha yasagan eng
mukammal mahsulot" deb
aytdi. Nega? Quyida iPhone 5 ning
oldingi modellarga
solishtirgandagi
quylayliklarini keltiramiz: - iPhone 5 og'irligi 112 gramm,
qalinligi esa 7 millimetr. 4S
modeliga qaraganda 20
yengilroq, 18% yuqparoq. -
Uning korpusi faqat shisha va
alyuminiydan yasalgan. Shisha ekrani maksimal darajada
tashqari kuchlarga bardoshli
etib tayyorlangan. - iPhone 5
protsessori 4S nikiga
qaraganda ikki barobar kuchli.
Unga A6 chipi o'rnatilgan. 4S chipi A5 edi. Bu esa smartfonni
eng mukammal grafikali
mobil uskunaga aylantirdi. -
Smartfon HSPA+, DC-HSDPA va
LTE simsiz tarmoqlariga
bemalol ulana oladi.  - Katta energiya talab qiluvchi yangi
funksiyalariga qaramasdan,
iPhone 5 batareyasi 4S nikiga
qaraganda bir necha soat
uzoqroqqa yetadi. - Yangi
smartfonning kamerasi 4S nikidagi kabi 8 mekapiskel.
Biroq unga yangi,
mukammalroq filtrlar
o'rnatilgan. Bu esa ranglarni
aniq va tiniq olinishiga
imkoniyat yaratadi. - Panorama funksiyasi
yordamida Phone 5 egalari
yuqori sifatli panorama (180
va undan oshiq gradusli)
suratlarni olishlari mumkin. -
Kutilganidek, yangi iPhone da 4 dyuyumli Retina ekrani
o'rnatilgan. 4S ekari 3,5
dyuym edi. - iPhone 5 dok
konnektori va quloqchinlari
ham o'zgargan. Konnektor
oldingilariga qaraganda 80% kichikroq. Quloqchin esa
so'nggi texnologiyalar bilan
yasalgani aytilmoqda.
Apple vakillari taqdimot
marosimida iPhone ning yangi
modeli bilan birga iOS 6 operatsion tizimi, yangi iTunes
dasturi, yangi iPod Touch va
Nano mahsulotlarini e'lon qildi. Shirkat rahbari Tim Kukning
aytishicha, Apple o'z narx
siyosatini o'zgartirmadi.
AQShda iPhone 5 ning 16 Gb
modifikatsiyasi 199 dollar, 32
GB si 299, 64 GB si esa 399 dollar turadi. Bu narxlar AQSh mobil
operatorlariga ulangan
smartfonlar narxlaridi.
"Factory unlocked", ya'ni
hoxlagan SIM karta bilan
ishlayveridagi "ochiq" iPhone 5 narxi kamida 699 dollar
bo'lishi tahmin qilinmoqda. iPhone 5 smartfoni sotuvga 21
sentabrdan chiqadi. Unga 14
sentabrdan boshlab Apple
veb-sahifasi orqali "preorder",
ya'ni oldindan buyurtma
berish mumkin bo'ladi. Iqtisodchilar yangi iPhone
smartfonining AQShda
sotuvga chiqishi mamlakat
iqtisodiga yaxshigina turtki
bo‘lishi mumkinligini bashorat
qilishmoqda. J.P.Morgan nufuzli moliyaviy
tadqiqotlar markazi
iqtisodchisi Maykl Feroliga
ko’ra, yangi smartfon AQSh
bozori rastalariga chiqishi bilan
mamlakat yalpi ichki mahsuloti 0,5 foizga, ya’ni
qaryib 13 milliardga o’sishi
mumkin.