forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Rasululloh SAV va sahobalar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 15 Iyun 2006, 20:53:29

Nom: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyun 2006, 20:53:29
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Butun olamlarning egasi, bizlarni ko’radigan, eshitadigan, aql yurgizadigan inson sifatida yaratgan Allohga cheksiz, O’zi rozi bo’lgancha hamdu sanolar bo’lsin!
Sarvari olam, bu dunyoning yaratilishiga sababchi bo’lgan, dunyodagi eng hushxulq inson, so’nggi rasul — Muhammad sallollohu alayhi vasallamga durudu salovotlar bo’lsin!

Alhamdulilloh, bizlar musulmon bo’lib tug’ildik, muslim bo’lib yashayapmiz, mo’min holimizda dunyodan ketajakmiz inshaalloh! Bizning musulmon bo’lishimizga sabachi bo’lgan, o’limi oldida ham ummatim deb qayg’urgan, qiyomat kunida shafoat qiladigan sevikli payg’ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam haqlarida bu kunlarda qancha eslasak shuncha kam. Ul zot butun insoniyatga dunyoning nimalgini o’rgatgan, Islomning mohiyatini tushuntirgan, bashariyatga haqiqat yo’lini ko’rsatgan buyuk zotd edilar.

Bir marta «Birodarlarimni sog‘indim» degan edilar Rasuli Akram va buni eshitgan sahobalar: «Biz sizning birodarlaringiz emasmizmi yo Rasululloh» deb so‘raganlarida, «Sizlar mening do‘stlarimsizlar, birodarlarim oxir zamonning og‘ir imtihonlariga duch kelgan paytda ham Islomni tark etmagan mo‘minlardir» deb javob bergan edilar.

Allohim barchamizni u kishining birodarlaridan qilsin!

Yo Rasululloh, men sizni yaxshi ko’raman. Siz bilan to’yib-to’yib gaplashgim, muborak hidingizdan bo’y olgim keladi. Siz bilan bir masjidda namoz o’qisam deyman. Jamolingizdan nur olmoq istayman. Quchoqlab olgim keladi muborak jussangizni"¦
Garchi men bunga arzimasam-da, tushlarimga kiring yo Rasulalloh"¦

Mavzu arxivi (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=islom&action=display&thread=1145025936)
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Laylo 17 Iyun 2006, 10:43:19
Assalomu alaykum!
AbdulAziz, Alloh rozi bo'lsin sizdan!
Judayam ajoyib ta'riflar.

Muhammad alayhissalomni yaxshi ko'rish, ularning hayotlaridan ibrat olish, ulardek bo'lishga intilish har birimizning orzuimizdir.

Sallallohu alayka ya Rasululloh!
Sollallohu alayka ya Nabiyalloh!
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Munira xonim 18 Iyun 2006, 11:37:44
Assalamu alaykum. Allohga beadad hamd bo'lsin! Allohning eng sevimli Rasuli va bandasi, ikki olam sarvari unsonlarning sardiri, barcha Rasullarning afzali va ohiri, to Qiyomatgacha keladigan ummatlarining yo'lboshchisi, ustozi, tarbiyachisi, ota-onamizdan-da mehribon, Qiyomat kuni InshaAlloh shafoatchimiz Muhammad Mustafo s.a.v. ga chekiz durudi salovatlar bo'lsin! U kishining ashoblariga, zavjayi mutahharolariga, farzandu arjumandlariga va yo'llarini tutgan tobe'inlarga Allohning rahmati va mag'firati yog'ilsin. Amiyn. Biz gunohkor bandalarni ham Ul zoti muborakni hurmatlaridan Allohning O'zi mag'firat qilsin.Amiyn. Har birimizga u muborak zotni bu dunyoda o'zdan-da sevib,sog'inib yashash va ohiratda shafoatlariga musharraf bo'lish naib etsin. Alloh barchamizdan rozi bo'lsin. Amiyn.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Doniyor 18 Iyun 2006, 18:23:59
Payg’ambarimiz Muhammad sav ga muhabbatni orttiradigan quyidagi kitoblarni tavsiya etaman:

Nurul-yaqin. Muallif: Muhammad Huzariy.

Shamoili Muhammadiya. Muallif: Abu Iso Muhammad at-Termiziy

Saodat asri qissalari. Muallif: Ahmad Lutfiy.

Tarixi muhammadiya. Muallif: Alixonto’ra Sog’uniy.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: AbdulAziz 24 Iyun 2006, 05:56:03
Muslimasubh:

Odamlar hozir go'zallikni dabdabalikka almashtiradilar, ya'ni Alloh go'zallikni yaxshi ko'radi deyishib, uylarini chiroyli qilishadi, ya'ni judayam dabdabali, keyin esa so'zlari go'zallikni yaxshi ko'rish bo'ladi.
Agar Rasululloh s.a.v. kelsalar edi, bilmadim, odamlar-mo'minlarning uyatdan yuzlari qizarsa kerak, chunki Rasululloh s.a.v.ga ergashishni gapiramizu, lekin amalda esa...

Bir birodarim aytgan edi, ilohim ohiratda Rasululloh salallohu alayhi vassallam bilan quchoqlashish nasib etsin deb, man bu so'zlarni eshitib, naqadar chiroyli soz' va go'zal niyat, ilohim Allohim o'sha birodarimni niyatlariga yetkazsin!
Bizni esa shunday ismimizni chaqirib , bizga qarasalar , shuni o'zi kifoya edi!Alloh nasib aylasin!
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: AbdulAziz 24 Iyun 2006, 05:56:28
Mubashshir:

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wabarakatuh.Quyidagi she'rni she'riyat bulimiga yozmoqchiydim,lekin shu joyni afzal kurdim.Agar tartibni buzgan bulsam uzr.
--------------------------------------------------------------------------------

Ko'ngil qushim qo'nmoq istar,
Qo'llariga Muhammadning.
Turli gullar oshiq bo'lmish,
Bollariga Muhammadning.

Ko'ngil hayron,jigar giryon,
Jamoliga Muhammadning.
Qurbon bo'lsin minglarcha jon,
Visoliga Muhammadning.

Boshim ochiq,yalang oyoq,
Borar bo'lsam yig'lab-yig'lab,
Gullar ungan tuproq bo'lsam,
Yo'llariga Muhammadning.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: AbdulAziz 24 Iyun 2006, 05:56:58
Muslimasubh:

Parvardigori olam Muhammad s.a.v.ning nurlarini necha zamonlar koinot ichra yashirib va uning zarralaridan yeru osmonlarni yaratib, qanchadan qancha ashyolarni va farshtalarni xalq etib, oxiri ularning timsolarini oshkor qilmoqlikka qaror qildi va Jabroil aminga shunday deb buyurdi:
-Zamin yuzasiga ingin va eng pokiza joyidan bir siqim tuproq olib kel! Olib kelgan tuprog'ingni Salsabil suvi bilan pokla va jannatga qo'y!
Farishta maloikalar bilan yer yuziga tushdi va Alloh rizoligi yo'lida pok tupqorni axtardi. Yer yuzasini keza-keza oxiri Makka shahriga yetib keldilar va pokiza tuproqni ana shu yerdan oldilar-da, yewtti qavat osmonga ko'tarilib, Alloh farmoni bilan Salsabil suvida pokladilar, Kavsar suvi bilan tozaladilar va jannatga keltirib qo'ydilar.
Xaloqu olam O'zining qudrat qo'li bilan ana o'sha tuproqdan bir surat yasadi va unga jon ato qildi; Alloh taolo un odam deb nomladi, Odamda Muhammad s.a.v.ning muborak nurlarini jilva qildirdi. Buning jufti bo'lishi kerak deya unng chap qovurg'asidan Momo Havvoni yaratdi, ulardan keyin ko'p otalarni va onalarni bino qildi.
Bu muborak nur Odam safiullohdan tortib, Muhammad s.a.v.ning ota-onalarni peshonalarigacha aks etdi. Nurning muhofazasiga mas'ul bo'lgan farishtalar nur sohibini ehtirom qilishib, tahiyot aytar edilar. Bu nur avval Odam a.s.da , so'ngra ummul-bashar Momo Havvoda, so'ng ularning farzandlari Shis a.s.da aks etdi. Kimning peshonasida shu nur yaraqlasa, farishtalar o'sha bandaga ta'zimda bo'ldilar. Momo Havvo Shis a.s.ga homiladorligida nur uning peshonasida aks etdi. Farishtalar Momo Havvoga ta'zim va ehtiromda bo'ldilar. Buni ko'rgan Odam a.s. hafa bo'ldilar, u kishining dilgirliklarini ko'rgan Jabroil a.s. buning sababini anglatdilar:"Shuni bilingki, nur o'z sohibiga yetib borguncha, barcha avlodlaringizga o'tib boraveradi, sizda hamisha qolishi mumkin emas"
Assalotu vassalomu alayka, yo Rasululloh,
Assalotu vassalomu alayka,yo habibulloh
Assalotu vassalomu alayka,yu hayr hayqulloh
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: AbdulAziz 24 Iyun 2006, 05:57:18
Mubashshir:

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Butun olamlar Parvardigori,cheksiz qudrat egasi,mehribon va rahmli, berganini minnat qilmaydigan, hech qachon bizni tashlab ketmaydigan Alloh subhanahu va taologa hamdu sano. Rasullarning ohiri va halqlarning eng afzali Rahmatan lil alamiyn Muhammad s.a.v.ga va ularni ashobi kirom,ahli oilalariga salavotu salomlar.
Yo,Rasululloh men sizni yahshi ko'rdim,sizni ota-onamdan-da,o'zdan- da sevdim.Sizni sevishga loyiq bo'lmasam ham sizni sevdim Yo,Rasululloh.Sizga qalbimdagi dil izhorlarimni aytishni iloji bo'lganda edi...Afsus buni iloji yo'q.Sizni go'zalligingizni,hush fe'lu-hush zabonligingizni tasavvur qilmoqchi bo'laman-u,lekin mendek gunohkor banda-yu ummatingiz bunga qodir emas.Sizni muborak ismingizni eshitsam tanamga titroq turadi.Sizga loyiq ummat bo'la olarmikinman,Ulug' kunda Sizni shafoatingiz nasib qilarmikin... deb o'ylayman.Men sizni faqatgina bir marta ko'rishni emas,qiyomat kunida muborak qo'lingizdan Kavsar suvini ichishni,Jannatlarda siz ila to'yib-to'yib suhbat qurishni,Sizni hizmatingizni qilishni Muborak poyingizga poyondoz bo'lishni Allohimdan so'rayman.Garchi men bunga loyiq bo'lmasamda lekin Allohdan umidlarim shu va shunga jonim boricha harakat qilaman.Men sizni sevaman yo,Rasululloh.Jonim sizga qurbon bo'lsin yo,Habiballoh.

--------------------------------------------------------------------------------

Allohumma solli va sallim va barik alayk...
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: AbdulAziz 24 Iyun 2006, 05:57:34
Oisha onamiz rivoyat qiladilar: (mazmuni)
"Rasululloh SAV bilan bizning hujramiz juda kichik edi. Kechasi men uxlardim. Rasululloh namoz o'qirdilar. Sajdaga borganlarida ko'p yig'lardilar. Hatto ko'z yoshlari oyog'imga to'kilardi."
rasulullohning uylarida nima bor edi. 1 kunga yetarlik arpa, yana ba'zida hurmo. Shunga shukr qilardilar.

Bizchi? Oh, bizlar. Koshonayu qasrlar, noz-ne'matlar orasida yashaymizu, yana sabrsizlik qilamiz, noshukrlik qilamiz. Rasulullohni unutamiz. Allohni esdan chiqaramiz...
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: AbdulAziz 24 Iyun 2006, 05:57:55
Soliha:

Butun olamlar podshoxi bo`lmish Alloh s. t hamdu sanolar , uning rasuli Muhammad sav ga salomlar bo`lsin , amin .Allohimga behad shukurlar bo`lsinkim , bizlarni mussulmon holimizda dunyoga keltirdi , musulmon holimizda ulg`aydik va yashayapmiz, alhamdillah ,hozirgi zamon ummat b-n payg`ambarimiz davirlaridagi ummat b-n farqimizzi o`ylasam yuragim orqaga tortib ketadi , l-n qaysidir kitobda ohirzamon ummatlarim tutgan roza , ibodatlari b-n emas balki ko`ngillarini kengligi , tozzaligi b-n jannatga erishadilar deganlarini o`qigan edim , Alloh bilgichiroqdir.
Yo Rasuli Muhammad sav man sizni otamdan , onamdan , dunyodagi eng shirin narsa - jonimdan ham ortig' ko'rdim
rasulalloh , mani sizga bo'lgan sog'inchim ortsa ortyaptiki hech kamaymayapti.
Yo Mehribon , hamma narsaga qodir Egam , ozing shu ojiz bandangni niyatlarini amalga oshirgin , Yo Allohim O'zing mani ohirat kunida Rasulalloh sav bn uchrashishni , ula mani tanib yonlariga chaqirishlarini , mani va er yuzidagi barcha ummatlarini o`z shafotlariga loyiq insonladan qilishingni so'riman , amin Alohu akbar
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: AbdulAziz 24 Iyun 2006, 05:58:21
(http://islam.uz/main/images/banners/rasululloh.gif) (http://islam.uz/main/index.php?option=com_content&task=view&id=262&Itemid=2)

Ushbu maqolani o'qib chiqishni barchaga tavsiya qilaman.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: AbdulAziz 24 Iyun 2006, 05:58:56
Muhammad:

Allohumma solli ala sayyidina Muhammadiv va ala ali sayyidinaa Muhammadin Salllolohu alayhi vasallam.

Allohumma solli vasallim wa barik alayh!
Sollalohu alayka ya habiballoh!
Ya rosulalloh!
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: AbdulAziz 24 Iyun 2006, 05:59:26
Abdurahmonqizi:

Salatulloh salatulloh alaa Yosin nabiyulloh,
Tavasaalna bi-bismillah, vadni hodiy Rasululloh,
Vakilli mujohidin lillah bi-ahlil badri yo Alloh,
Allohi-l-salim-mi-l-ummah, mina-sh-shafaati va-n-nigmah,
Va min hammin va min hummah,
Bi-ahlil badri yo Alloh va-li-l-hummah,
Salatulloh, salatulloh ala' Toha Rasululloh,
Salatulloh, salatulloh ala' Yosin habibulloh.
Ilohig'fir va akrimna bi-hayri matholibin minna
Vadafi masaa-ati anna bi-ahli badri yo Alloh
Salatulloh, salatulloh ala' Toha Rasululloh,
Salatulloh, salatulloh ala' Yosin habibulloh.
Tavassalna bi-bismillah va bi-l-hodiy Rasululloh

Bi-smi-llohi-r-rahmoni-r-rahiym. Allohumma navvir ayni bi-hurmati ismi Muhammad. Allohumma navvir ayni bi-hurmati fe'li Muhammad. Allohumma navvir ayni bi-hurmati sirri Muhammad. Allohumma navvir ayni bi-hurmati sidqi Muhammad. Allohumma navvir ayni bi-hurmati hilmi Muhammad. Yo anvara-n-nur, yo munavvaru-l-umur. Yo Shaf'i, yo Kafi, yo Muafi, ashshiq Muhammadan bi-hurmati hozohi-l-asma'i yo Alloh.
Ey, Allohim, Muhammadning ismi hurmatidan, uning bajargan amallari hurmatidan ko'zlarimni nurlantir, har tarafdan meni nurga cho'mdir, Muhammadning sirlari hurmatidan uning muloyim hulqi hurmatidan ko'zlarimni nurlantir. Ey, nurlarni nurlantirauvchi, porlantiruvchi! Ey, shifo beruvchi, ey, kifoya etuvchi, ey, tinchlik-hotirjamlik beruvchi! Shu ismlaring hurmatidan meni Muhammadga oshiq qil, Allohim.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: AbdulAziz 24 Iyun 2006, 05:59:46
Abdurahmonqizi:

Rasululloh s.a.v: menga bir marta salovot aytgan kishiga,Olloh subhana va taolo 10 marta rahmat e'lon qiladi.Qiyomatgacha bo'lgan bashariyatga,u kishi Ollohning muhabbatiga sazovor bo'laman degan kishiga na'muna bo'lib qolganlar.Rasululloh s.a.v ni sahobalar shunchalik yahshi ko'rishganlarki,u kishilar Jannatda Payg'ambarimiz s.a.v ning Jannatdagi bo'lishlarini va o'zlarining ham Jannatda bo'lishlarini o'ylaganlarda,u kishining martabalarini balandligini o'ylab,ranglari o'zgarib ketar ekan,u kishi bilan birga bo'lmasligini o'ylab.Ashoblarning bittalari ranglari o'zgarib ketganlaridan savol qilib aytdilar: sizning maqomingiz baland,meni maqomim past.Shuning uchun men Jannatda siz-siz bo'lishligimni o'ylab rangim o'zgardi deganlari-da! Rasululloh s.a.v: bir toyfani yahshi ko'rgan kishi,ularning jamoasida mahsharda birga bo'ladi dedilar.Shundan keyin hursand bo'lishgan ekanlar.Payg'ambarimiz s.a.v ni otalaridan,farzandlaridan va o'zlarining jonlaridan ham yahshi ko'rishardilar.Hubayb roziyallohu anhuni baylahshib o'ldirishlik uchun kamonlar otib o'ynab,mashara qilib o'ldirayotganlarida,shunchalik nayzalarning badanlariga sanchilayotganlarida,biror tovush qilmagan kishi.Shunda ana Muhammadga ergashishlikning oqibatini ko'rdingmi?! Endi seni yoningda Muhammad bo'lishligini hohlayapsanmi?-deganlarida.Habbob r.u shunda dod deb yuborgan ekanlar.Muhammad alayhissalomning oyog'lariga tikon kirgandan,meni jon taslim qilganligim afzal deb yuborgan ekanlar.Shunaqa muhabbat qilishgan ekanlar.Bizning endi ba'zi bir oddiy sunnatlarda ham ergasholmasak,bu Payg'ambarimiz s.a.v ga bo'lgan muhabbatni da'vo qilmasak ham bo'laveradi.Olloh subhana va taolo bugungi darsimizdagi sunnatni mahkam ushlashlikka hammamizga tavfiq bersin.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: AbdulAziz 24 Iyun 2006, 06:00:05
Mubashshir:

Sevdim sizni, sevdim sizni, sevdim Yo Rasululloh,
Sevdim sizni, sevdim sizni, sevdim Yo Habiballoh.

Sevdim sizni har jonlarga jonon deya sevdim,
Bir men emas olam sizga qurbon deya sevdim.

Tog'dek qalbim bir lahzacha ey, nuri dilorom,
Savdoni qongil ko'nglima darmon deya sevdim.

Alloh,deya birlikda eslar ismingizni dillar,
Asllarga lutfin oliy farmon deya sevdim.

Arshga chiqar har kechada oshiqlarning ohi,
Robbim sizga, siz Robbimga oshiq deya sevdim.

Avlodi-yo'ldan kechibon ravzangizga keldim,
Raf sofini madh etmoqqa Qur'on deya sevdim.

Bechorani Shohu Rasul quvma eshigingdan,
Olamlarga rahmat dedim, rahmon deya sevdim.

Sevdim sizni har jonlarga jonon deya sevdim...
--------------------------------------------------------------------------------

Hatoliklar bo'lishi mumkin,chunki bu izhori dilni faqat bir martagina eshitganman.Shuning uchun Allohdan mag'firat sizlardan uzr so'rayman.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: AbdulAziz 01 Aprel 2007, 11:37:12
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning ozod qilgan qullari qullari Savbon roziyallohu anhu Rasuli akramni qattiq yaxshi ko‘rar, firoqlariga sabr qilolmas edi. Bir kuni Savbon Rasulullohning huzuriga yuzlari qizargan va titragan holda kirib keldi. U zot Savbonning bu holatini ko‘rib, sababini so‘radilar. Shunda Savbon: "œBetob emasman, ammo ozgina vaqt sizni ko‘rmay qolsam, dahshatga tushyapman. Mana hozirgina oxiratni esladim.

Shubha yo‘q, siz jaggatda payg‘ambarlar bilan birga bo‘lasiz. Men, garchi Alloh rahmat qilib jannatga kirsam ham, siz bilan bo‘lolmayman. Chunki sizning manzilingiz baland. Agar jannatga kirolmaydigan bo‘lsam, keyin sizni hech qachon ko‘ra olmayman. Oxiratda holim ne kechishini o‘ylab titrab ketyapman", dedi. Shunda ushbu oyat nozil bo‘ldi: "œKimda kim Alloh va payg‘ambarga itoat etsa, ana o‘shalar Alloh in’omlariga sazovor bo‘lgan zotlar — payg‘ambarlar, siddiqlar (haq-rost iymon egalari), shahidlar va solihlar bilan birga bo‘lurlar. Ana o‘shalar eng yaxshi hamrohlardir." (Niso surasi, 69).
davomi... (http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=789&Itemid=80)

Mavludunnabiy muborak!
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Laylo 02 Aprel 2007, 07:11:08
Assalomu alaykum!
Alloh sizdan rozi bo'lsin!
Rabiul avval oyida va boshqa oylarda ham Payg'ambarimiz Muhammad SAVni qancha ko'p eslasak, shuncha zavq olamiz.
Mavlud muborak bo'lsin!
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Munira xonim 07 Noyabr 2007, 21:04:06
YO,MUHAMMAD SAV!!!

Buroq otni keltirdilar,
Min Muhammad, dedilar.
Minmagayman Jabroil,
Ashobim minmaguncha.
Minmagayman Jabroil,
Ummatim minmaguncha.

Sirotni keltirdilar,
O't Muhammad, dedilar.
O'tmagayman Jabroil,
Ashobim o'tmaguncha,
O'tmagayman Jabroil,
Ummatim o'tmaguncha.

Kavsarni keltirdilar,
Ich Muhammad, dedilar,
Ichmagayman, Jabroil
Ashobim ichmaguncha,
Ichmagayman,Jabroil,
Ummatim ichmaguncha.

Jannatni keltirdilar,
Kir Muhammad, dedilar,
Kirmagayman Jabroil,
Ashobim kirmaguncha.
Kirmagayman Jabroil,
Ummatim kirmaguncha.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Muslimа 16 Fevral 2008, 10:15:52
Rasulullohni tarbiyalarini olish

    Faraz qiling: biz bugungi kunda emas, saodat asriga, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vassallam zamonlariga qaytib qolsak. Ul zotning tarbiyalari, nasihatlari kunimizga, ko’nglimizga ziyo ulashsa. Masalan, bir kuni sahar vaqti eshigimiz taqillasa va : "œFotima! Jon qizim, otam payg’ambar, deya ishonib qolma! Qiyomat kuni har kim o’z amalidan hisob beradi. Qani, turaqol bomdod namoziga", - degan hitob bilan uyg’onsaydik, o’rnimizdan turib, o’z-o’zimizni hisob qilar, buyuk hisob-kitob kuniga tayyorgarlik ko’rardik.
    Yana bir kuni Oysha onamizni ziyoratlariga brogan singillari bo’lib qolsaydik, huddi hazrati Asmo kabi"¦ Oysha onamiz bilan o’zaro suhbatlashib o’tirganimizda, eshik qoqib, ichkariga Rasululloh sallallohu alayhi vassallam kirib kelsaydilar. Bizga ko’zlari tushib, yuzlarini chetga burgancha: "œEy Asmo! Qizlar balog’atga yetgandan keyin qo’llari va yuzlaridan tashqari butun a’zolarini nomahramlardan to’sishlari kerak", deya yoqimli nasihat qilsaydilar. Yuzimiz qanchalar qizarib, o’zimizni tartibga solib olgan bo’lardik.
Yana bir kun haujrai saodatda Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vassallamning muhtaram zavjalari bilan birga bo’lib qolsaydik. Eshik taqillab, ostonada ko’zi ojiz Abdulloh ibn Ummu Maktum ichkariga kirishga izn so’rasaydi. Biz bir-birimizga: "œKiraversin, uning ko’zlari ojiz, baribir bizni ko’rmaydi-ku!" — deganimizda ikki jahon quyoshi yarim yoqimli, yarim qattiq ohangda boshqa honaga kirib ketishimizni buyurib: "œTo’g’ri uning ko’zlari ko’r, lekin sizlarniki-chi?" desaydilar.
Qiziq unda bugungi xato-kamchiliklarimizdan nima qolardi?
     Ibodatga loqaydligimiz, satri avrat borasida ba’zan me’yordan oshib, ba’zan e’tiborsiz bo’lib qolishimiz, ortiqcha hoyu-havaslarga berilib, qanoatsizlik qilishimiz, erkaklar bilan aralashib yuradigan o’rinlarda o’zimizga haddan ortiq erk berib, ular bilan ortiqcha hazil-mazah qilishimiz"¦ Bularning barchasi muammoga aylanmay, o’z vaqtida, hal bo’lgan bo’larmidi?!
      Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vassallam tarbiyalari ostida bo’lish imkoni yo’qmi? Buning uchun faqatgina o’sha davrga qaytib yashash, Ul zot bilan bir havodan nafas olish, Madinai munavvarada istiqomat qilish kerakmikan o’zi? Yo’q! Madomoki, Ul zot Allohning elchisi ekan, so’zlari va hayot tarzlari ma’lumu mashhur bo’lib, butun — mayda tavsilotlarigacha kitoblarda yozilgan, hadis majmualariga kiritilgan ekan, Ul zotni o’n to’rt asr uzoqlikdagi masofadan axtarishga hojat yo’q! Ul zotning tarbiyalarini olish uchun ul zot bilan zamondosh bo’lishning ham keragi yo’q! Faqatgina niyatlarimizni tuzatishimiz, hayotimizni, yashash tarzimizni Ul zotning sunnati-saniyalariga hamohang holda tartibga solib olsak bo’lgani.

 Fotima Nur Jahon.
"œIrfon" taqvimi 2007/1428 (III)
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Muslimа 14 Mart 2008, 08:11:55
Assalomu alaykum!
Alloh taoloning lutfu inoyati ila bahor faslini ham kutib oldik. Alhamdulillah!

     Bu fasl ichra qutlug’ tavallud ayyomi o’z tarixiga sharaf ila bitgan Rabi’u-l-avval oyini ham birga kutib olamiz.
   Har gal Rabi’u-l-avval oyida quvonch aralash mahzunlik hukumron qalblarda! Quvonchning boisi — ikki olam quyoshi, insonlarning eng hayrlisi Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vassallam o’z tavalludlari bilan dunyoni va to qiyomat kelib ketadigan butun insoniyatni sharaflantirdilar bu oyda"¦
   Mahzunlikka sabab — ikki dunyo saodatini baxsh etib, bu ummatning eng HAYRLI UMMAT bo’lishiga sabab bo’lgan, butun g’ami ummat tashvishi bo’lgan bu ulug’ zot Alloh tomonidan yuklangan vazifani qoyilmaqom tarzda ado etib, Parvardigor huzuriga yo’l oldilar ayni shu oyda"¦
   Har gal mana shu oyda hazin dillar samosining hijron bulutlari to’kkan sog’inch jolalari ko’ngillarimizga mangu cho’kkan RASULULLOH MUHABBATI uzra qo’ngan g’uborlarni yuvib yuborganida, ul zot sallallohu alayhi vassallam diydorlariga kamoli ishtiyoqdan orziqadi.
Axir qanday ham orziqmasin?! Risolat kelgan damdan e’tiboran insonlarni vahdoniyatga, insoniylikka va haqiqiy bandalikka chorladingiz, Rasululloh! Bu yo’lda qarshiliklar, qiynoqlar va hatto tahqirlarga uchrab, o’z ona diyoringizda yashashga qo’ymaganlarida ham oily maslagingizdan bir qadam bo’lsin chekinmadingiz.
Yoningizda Sizga, dinni islomga jonini tikkan fidokor do’stlaringiz bor edi. Do’stlarki, ularning ko’ngillari Sizning muhabbatingiz bilan limmo-lim edi: Mus’ab ibn Umayringiz bor edi — avvallari shohona hayot kechirgan, biroq iymon sharbatini totib, sizga erishgach, o’z ota-onasi va yaqinlari tomonidan eng haqir hayotga tashlangan, yirtiq-yamoq libosda qolgan Mus’abingiz. Uhudda bayrog’ingizni ko’tarib olgan Mus’abning Sizga bo’lgan sadoqati shunchalik kuchli ediki, Alloh o’sha kuni musulmonlarga yordam uchun yuborgan farishtalarni uning suratida tushirdi.
Yana Bilolingiz bor edi. U Sizga shu qadar bog’lanib qolgan ediki, vafotingizdan so’ng doimgi ishi — azon chaqira olmay qoldi. Qachon azon aytmoqchi bo’lsa, "œAshhadu anna Muhammadar Rasululloh", deyishi bilan hushidan ketib yiqilardi. U bir gal atrofidagilarga: "œBiror kecha yo’qki, Rasulullohni tushimda ko’rmasam", degandi"¦
Bolalik chog’ingizda amakingiz Abu Tolib savdo safariga jo’nayotgan payt tuyasining jilovidan ushlab: "œMeni kimga tashlab ketyapsiz amakijon?", degandingiz.
ENDI O’ZINGIZ BIZLARNI — BUGUNGI ZAIF UMMATLARINGIZNI KIMGA TASHLAB KETDINGIZ, YO RASULULLOH?
Umringiz poyonida birinchi va so’nggi bor bajargan haj ziyoratingizda (Vado hajida) chor atrofni to’ldirgan yuz minglab do’stlaringizga va asrlar osha bizlarga bir qator qimmatli hamda betakror vasiyatlar qildingiz. So’zingiz so’nggida: "œ Uchrashuv joyimiz HAVZI KAVSAR yoqasidir. Kim men bilan u yerda ko’rishishni xohlasa, Qur’on va sunnatimni mahkam ushlasin", dedingiz.
"¦Do’stlaringizdan biri Hazrati Umar Ka’ba ziyorztiga yo’l olayotganida unga: "œDuolaringizda bizni ham eslaysizmi?" — dedingiz. Biz Umar emasmiz. Lekin doimo duolarimizning boshida Allohga hamddan so’ng sizni yod etamiz, yo Rasululloh! Sizga qalbimiz qo’ridan minglarcha salot, minglarcha salom!..
Allohim, Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga O’z huzuringdan yuksak maqom nasib et, maqomi mahmudga erishtir ul zotni, yo Rabbim! Ul zotni (sallallohu alayhi vassallam) Rafiqi a’loga yuksaltir!
Biz bechoralarni ham O’z izning va marhamating ila ul zotning shafoatlaridan nasibador ayla! Havzi Kavsar yoqasida ul zoti sharif bilan ko’rishmoqlik baxti ila masrur et bizlarni, Allohim! Biz ul zotni juda sog’indik, Rabbim, ul zot bilan ko’rishishga juda mushtoqmiz"¦

Sodiq Nosir.
"œIrfon taqvimi" 2007/1428 (III)
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Zakiya1 27 Mart 2008, 00:14:06
Assalomu alaykum!
Alloh taoloning lutfu inoyati ila bahor faslini ham kutib oldik. Alhamdulillah!

     Bu fasl ichra qutlug’ tavallud ayyomi o’z tarixiga sharaf ila bitgan Rabi’u-l-avval oyini ham birga kutib olamiz.
   Har gal Rabi’u-l-avval oyida quvonch aralash mahzunlik hukumron qalblarda! ...
....Allohim, Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga O’z huzuringdan yuksak maqom nasib et, maqomi mahmudga erishtir ul zotni, yo Rabbim! Ul zotni (sallallohu alayhi vassallam) Rafiqi a’loga yuksaltir!
Biz bechoralarni ham O’z izning va marhamating ila ul zotning shafoatlaridan nasibador ayla! Havzi Kavsar yoqasida ul zoti sharif bilan ko’rishmoqlik baxti ila masrur et bizlarni, Allohim! Biz ul zotni juda sog’indik, Rabbim, ul zot bilan ko’rishishga juda mushtoqmiz"¦

Sodiq Nosir.
"œIrfon taqvimi" 2007/1428 (III)

Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Rosulullohning SAV shafoatlariga erishishni duo qilib qolaman!
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 24 Dekabr 2008, 07:04:28
To olguncha aytay sizga salovat,
jonim fidi sizga sarvari koinot
mahshargohda kutib sizdan shafoat,
RASULULLOH sizni KO"RGIM keladi,
sizga loyiq Ummat bo'lgim keladi.

Alloh nasib etdi ummatlik bahtim ,
sizni hammadan ziyod ko'rmoqlik ahdim,
bu maqom meni boru toju tahtim,
RASULULLOH sizni KO"RGIM keladi,
shafoatga loyiq bo'gim keladi.

tosh otib tishingizni sindirsalar ham ,   
lek azizi joningiz og'rib tursa ham,
iymon so'rab duo qildingiz shu dam ,
RASULULLOH sizni ko'rgim keladi ,
sabringizdan o'rnak olgim keladi

kovushingiz qora qonga to'lsa ham ,
aziz boshindizni urib yorsa ham
huzur avf....va oyatida mustahkam,
RASULULLOH sizni ko'rgim keladi ,
Hulqingizniodat qilgim keladi,

Ummat uchun jon berdingiz esimda,
ummatlikni orzu qildi-ISOda,
yig'ladinggiz Robbingizga Hiroda,
RASULULLOH sizni ko'rgim keladi,
ohiratda qo'shni bo'lgim keladi

Qabringizdan ummat deb uyg'onasiz,
Jibriildan ummat holin so'raysiz,
gunohimiz Haqdan so'rab turasiz,
RASULULLOH sizni ko'rdgim keladi ,
jannatlarda birga yurgim keladi

Ilohim ummat deb tanib olarsiz.
qiyomatda bizga nazar solingiz,
INSHALLOh shafoatga izni olingiz,
RASULULLOH sizni ko'rgim keladi,
qo'lingizdan kavsar ichgim keladi

toyilmas iymon bersin bizga ALLOh ,
sunnatingiz bizga doim bo'sin hamroh,
qo'lingizdan tuting ro'zi mahshargohda ,
RASULULLOH sizni ko'rgim keladi,
Haq yo'lida voris bo'lgim keladi
 :2 :2 :2

FORUM.ISLOM.UZ

Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 17 Mart 2009, 08:04:12
Kelsangiz edi
Ey,Suyukli Rasulimiz ! Biz huddi bugun Abdulloh ibn UMMU Maktum kabi  Muborak yuzingizni ko'rmay turib Sizga murojaat etmoqdamiz ............Nafastovushlaringizni his qilib ,ko'zimizni ochishimiz bilan nurli chehrangizni ko'radigandek hitob qilmoqdamiz Sizga.
  Huzuringizda baland ovozda gapirilmaydi ,odob bilan so'zlanadi ,odob bilan sukut saqlanadi .Aslida bu eshikning biz kabi gadolariga qo'l ochib kutishdan boshqa ish tushib qolmagandi ,agar o'rtamizdagi yillar devori bo'lmaganida ,Madinaga uzangan yo'llar dovoni bo'lmagandadargohingizda ilinjla termulishdan boshqa ishimiz bo'lmasdi .
 Sizni kutmoqdamiz ey,Olamlar Sarvari !.........jilla qursa tushlarimizda bo'lsaham tashrif buyurarmikinsiz deb,deya.....Hech kimni ko'rishga bunchalik mushtoq bo'lmagan ko'zlarimizni intiqlik bn yo'lingizga tikkanmiz .
 G'oyibdan sog'inish yomon bo'lar ekan ,chunki Siz bilan ko'rishish ,suhbatingizdan bahra olishga erishgan sahobalar Sizni sog'inishardi ,holos.Bizda esa o'sha sog'inchdan tashqari ,Sizni bir ko'rish ishtiyoqi ,shamoyil kitoblari rasululloh( sav )ni to'la tariflay oldimiikin degan maroq ham bor.Bu ikkisi qo'shilib ruhimizni iskanjaga olganda , siz haqingizda kitoblarni o'qib taskin topamiz biroz.
  Kelsangiz edi ,saodatli asringizdan turib yo'llagan salomingizni "birodarlarim " daya qilgan lutfingizni bir birimizga qanchalik zavq bilan aytayotganimizga guvoh bo'lardingiz .........
 bi-ir kelsangiz edi ....!   
 
 irfon 2009
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: AbdulAziz 17 Mart 2009, 08:20:32
RASULULLOH SOG’INCHI

Gul yuzingiz ro’yomizda,
Ko’raylik, yo Rasululloh!
Gul bog’ingizga dunyoda
Kiraylik, yo Rasululloh! 

Sizsiz ko’ngillar sultoni,
Keltirgan buyuk Qur’onni,
Siz uchun tandagi jonni,
Beraylik, yo Rasululloh! 

Ishqingiz-la, yosharar ko’z,
Hasratingiz-la, yondik biz,
Muborak ravzangizga yuz
Suraylik, yo Rasululloh! 

Vido etib mosuvoga,
Yolvorib buyuk Mavloga,
Shafoati Mustafoga,
Yetaylik, yo Rasululloh! 

Lavlaka dedi sizga Haq,
Yuzimizga boqing ul vaqt,
Huzurullohga yuzi oq
Boraylik, yo Rasululloh! 

AbdulAziz tarjima qildi.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 17 Mart 2009, 17:49:51
Rasululloh sizni qattiq  so’g’indim!!!!!!!!!!!!

Yashashga mador yo’q, ho’p to’ydim holdan
saodat davriga hosdir sog’inchim,     
yo’lboshchi axtarib adashdim yo’ldan
Rasululloh sizni qattiq so’g’indim.                     
Nasixat olmagach dilbandim farzand,     
biror bir go’zallik qilolmas xursand     
otam ham tuzukroq berolmadi pand,               
Rasululloh sizni qattiq sog’indim.             
Gala kas ichida tentirab horib,               
o’zimni sezyapman tamoman g’arib,               
Oyisha onamni tushimda ko’rib             
Rasululloh sizni qattiq sog’indim.             
Hech qanday foyda yo’q ming bir tamirlar,       
xatto to’shagimda ilon g’imirlar         
hiyonatning boshi bu kun amirlar,         
Rasululloh sizni qattiq sog’indim.                     
Tamom gunohkorman qo’ysam bir qadam,             
qalbimga topolmam tuzik bir odam       
dalda bo’lolmaydi goho volidam ,                 
Rasululloh sizni qattiq sog’indim.                       
Axlimda ko’rinmas Xaqning talabi,           
yopilib is bosgan islom maktabi                                 
quchib qo’yvormagan Ukkosha kabi,                   
Rasululloh sizni qattiq sog’indim.             
O’ttiz yil teran bir nigohla o’sdim.
Oxir do’stlik uyin ko’nglimla buzdim,       
dushmanga aylandi,eng yaqin do’stim     
Rasululloh sizni qattiq sog’indim.                     
Omon-omon yurtda deganlar balli,             
og’ir kun tushganda yo’qdir tasalli,                 
 Ustoz deb nom olmish munofiq fe’lli         
Rasululloh sizni qattiq sog’indim.                         
Sizning boshingizga nurin sochib bir ,                         
ajabki shams nechun yig’lamayotir                   
 bugungi kunimdan ketib xavotir,                 
Rasululloh sizni qattiq sog’indim.                     
Sezdim bu yog’iga omadim kulmas,                         
qolgan umrimdan ham yuragim to’lmas,                 
sal toza imonda ketmasam bo’lmas                     
Rasululloh sizni qattiq sog’indim.
 H.Hamidov
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 26 Mart 2009, 06:19:45
Yodingiz ila saodatmandmiz

Zalolat ichra edi dunyo "¦"¦Jaholat aro qolgan edi kurrai zamin "¦"¦"¦
Butun koinot qutlug’ tashrif-la sharaflanish orzusida yonardi"¦"¦ Va bir kecha muborak tavallud ila dunyo sharafga to’ldi .
     Siz keldingiz "¦"¦"¦"¦yo, Rasululloh  siz keldingiz"¦"¦"¦"¦
Nafis iforlaringiz bilan cho’l  bag’ri  jannat  bog’chalariga ,olam hushbo’y gulzorga aylandi .Sizni tanlagan Rabbim eng   buyuk vazifani yuklagangi Sizga .Shunday yashadingizki ,joningizga qasd etmoq istaganlar huzuringizdan jon topib orqaga qaytilar .Muborak vujudingizga tosh otganlar halok bo’lmog’Ii muqarrar bir paytda qo’llaringizni ochdingiz va duoyi hayr qildingiz g’ofillarning haqqiga "¦Zero  ,Siz rahmat Payg’ambari edingiz .Har qadamda sizni haqoratlashni o’ziga burch bilgan Abu Jahlni tiyib qo’yish o’rniga duo qilardingiz : "œAllohim  Islomni ikki Umardan biri ila quvvatlantir "œ.Va bu duolar Umar ibn Hattobni hidoyatga yo’naltirish bilan o’z ijobatini topdi .
"¦"¦.Siz bor edingiz "¦"¦"¦.Dunyo qanday bahtiyor edi .Tog’u toshlar ,daryolaru dengizlar ,o’simliklaru qushlar "¦"¦"¦hamma —hammasi saodatmand edi .Yoningizda sizni ota-onasi ,ahli oilasi ,o’zi-yu nafsidan ortiq sevgan ashobingiz —hazrati Abu Bakr ,hazrati Umar ,Hazrati Usmon ,Hazrati Ali ,Huzayfalar  Bilollar (r.a)"¦"¦"¦Eng saodatliasrni ,eng bahtli yillarni yashadi dunyo"¦"¦
Va birkun ketdingiz"¦"¦"¦shunday ketdingizki ya,Rasululloh"¦"¦"¦..
Koz’larimizni ochganimizda siz yo’q edingiz,yo’q edi saodatga to’lgan yillar ,yo’q edi ,kunlar ,lahzalar ,..faqat yodi sog’inchibor  edi,u toleli onlarning.SHukurki mujdalar boredi bizga yetib kelgan ."birodarimga salom bo’lsin degan so’zlaringiz".Yo’qsa bu hasratlarga qanday bardosh berardik.Biroq"¦"¦
Umrning siinovli yo’llarida adshib ,uloqqan paytlarimiz qancha .Gunohlarimiz zalvori bilan yelkalarimizdan bosib yerga kirgizgudek.Biroq"¦"¦..shu tugamasdek  ko’ringan qayg’ular aro bir nur bor-u Sizning yodingiz  yo,Rasulullloh.(sav) Asri Saodat      sog’inchidan yuragimiz     ko’ksimizdagai qafaslarni parchalagudek,bo’lgan onlarda to’kilgan ko’z-yoshlar  faqat yuzlarimiznimas ko’ngildagi barcha g’uborlarni yuvib ketdi.Sifatlaringiz sanalganda aytilmishki ,shafoatingiz katta kichik gunoh qilganlarga  barobardur.Biz ham shafoatingizdan umidvormiz.,yo,Raululloh (sav).
Shu muborak kunlarda   sog’inch va ishq to’la ko’ngillarimizdan minglarcha salotu salom yo’llaymiz .
Va Allohdan so’raymiz:
Ul nurli yuzga boqishga muborak toza yuz bergin ,visolga loyiq ish ber Allohim ! Janobimiz (as)bilan abadiy olamda abadiyan birga bo’lmoqlik uchun U zot (sav) munosib  seva olmoq bahtini nasib et .Rahmat va Shafoat eshiklaridan noumid qaytishdek musibatdan bizlarni asra.
 
Irfon.2009
 
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 02 Aprel 2009, 02:23:56
Yo, Rasulalloh

Ishqing ila oshiqlar
Yonsin, yo Rasulalloh.
Ichib ishqing sharobin,
Qonsin, yo Rasulalloh!

Shul seni sevgan kishi
Tikmish yo'lingda boshin,
Ikki jahon quyoshi
Sensan, yo Rasulalloh!

Shul seni sevganlarga,
Qil shafoat onlarga,
Mo'min bo'lgan tanlarga
Jonsan, yo Rasulalloh!

Darvish Yunusning joni,
Olam shafoat koni,
Ikki jahon sultoni
Sensan, yo Rasulalloh!..

Yunus Emro

Mirzo Kenjabek tarjimasi
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Muzayyana 10 Aprel 2009, 11:39:31
Assalamu alaykum!
Olamlarning Robbisi rahmon va Rahiym bo'lgan Zotga o'zi biladigan adadicha, uning saltanatining buyukligi qadar xamdu sano bo'lsin!
Zulmat ko'chalariga daydigan ummatlariga ziyo nurlarini sochgan, Alloh bergan ne'matlarga shukrona aytishni o'rgatgan, insonlarning eng mahbubi bo'lgan Zot sallallahu alayhi vasallamga to qiyomatga qadar Allohning salomi, saloti va durudlar bo'lsin!
Payg'ambar alayhissalomning ahli baytlari va shoblaridan Alloh O'zi rozi bo'lsin!

Hozirga kunda "ideal" degan tushuncha juda taraqqiy etdi.
Achinarlisi shuki yosh avlod qayoqdagi ideallarga, agar ularni shunday deb atash lozim bo'lsa, taqlid qilishyapti.
Masalan, dunyoni bir chekkasidagilar ham taniydigan Mayk Kekson yoki bo'masa Elton Jonni olaylik. Maykl Jekjson kim bo'pti, Alloh bergan rangiga rozi bo'lmagan bir shaxs. Elton jonchi, u bir nojins.
Ideal degani o'zi mukammal, komil inson degani. Hozirgi kunda ko'pchilik taqlid qiladigani estrada yulduzi, sport yulduzi va xokazo yulduzlar. Yulduzning vazifasi nima o'zi? Zulmatda insonlarga to'g'ri yo'lni ko'rsatish emasmi? Ular yo'l ko'rsata olyaptilarmi, ularning o'zlari avval to'g'ri yo'lni topib olsinlar!
Mana men xam o'z ideal insonim xaqida ma'lumot bermoqchiman!U zotning yashash tarziga amal qilish mening bir umrlik orzuim! U zotdayini bashariyat boshqa ko'rmadi!
U Zot hulqi Qur'on bo'lgan Zotdir!
Muhammad sallallahu alayhi vasallam--payg'ambarlarning ohirisi va so'nggisi edilar!
Tug'ilgan yillari--milodiy 571-yilning aprel oyi, Rabbiul avvalning dushanba kunida tug'ilganlar.
Tug'ilgan shaharlari--Makkayi Mukarramadir.
Otalari: Abdulloh
Onalari:Omina
Yaxshi ko'rgan ranglari: yashil

Ukishi kishilarning eng yaxshisi va eng jasuri edilar. Dushmanlari orasida qo'riqchilarsiz yurar edilar. Goh eshakda, goh tuyada, goh piyoda, yalangoyoq yurar edilar. Tarixdan ma'lumki qaysi raxbar o'ziga aytilgan haqoratni ko'tara oladi, baribir bir kuni kelib boplayman deb ichiga tugib qo'yadi.Toifga safarni eslaylik...U kishi(s.a.v.) Toif axlini islomga davat etish uchun tutingan o'g'illari Zayd(r.a.)ni olib yo'lga chiqishdi. Payg'ambar alayhissalom ularni islomga davat qilayotganlarida ularni yani toifliklarni nima qilganlari bizga ma'lum, ular U zot (s.a.v.)ni toshbo'ron qildilar, shunda Zayd(Alloh u kishidan rozi bo'lsin) tutingan otalari, Payg'ambarlarini goh orqa tomonlariga, goh yonlariga, goh old tomonlariga o'tib U Zot(s.a.v.)ni toshlardan himoya qila boshladilar, shunda xam Nabiya alayhissalomning oyoqlarida qon oqa boshlaydi. Shunda ular orqaga qaytayotganlarida, yo'lda Jibriyil alayhissalom ularga dush kelishdi va agar Payg'ambar alayhissalom hohlaslar, Makkada ro'parama-ro'para turgan Qayqaon va Abu Qubays tog'larini bir-biriga urib, Toif axlini yer bilan yakson qilishi aytiladi. Shunda Uzot9s.a.v.) bashariyat xali ko'rmagan javobni beradilar."Yo'q, ularni hammasi xozir halok bo'lgandan ko'ra, kelakakda ular avlodidan xattoki bir kishining bo'lsada islomga kirishi sevimliroq "deb aytadilar!
Allohga xamd bo'lsin, hozir magazinlarda va kitob rastalarida U Zot (s.a.v.)ning sunnatlarini tiriltirishni istaganlar uchun risolalar yetarli deb o'ylayman. Rasuli Akram(s.a.v.) ning umr yo'llarini va sunnatlarini qattiq tutsak, InshaAlloh Robbimiz vada qilgan ikki dunyo saodatiga yetamiz, birodarlar!
Zero, :Alloh vadasida haqdir!"!

Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Muzayyana 10 Aprel 2009, 11:41:56
Gyote yozadi:" Men dunyo tarixini o'rganib shuni bildimki, dunyo shohlari qurgan saroy va qasrlar va to'plagan mol-davlatlar Muhammad alayhissalomning yamoq yaktaklariga ham arzimas ekan!
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Hadija 13 Aprel 2009, 18:01:55
 :as:

А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг очиқ қсллиги

Абдуллоҳ ибн Аббос (разисллоҳу анҳу) айтди: А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам очиқ қслликда ҳар нарсани учириб келган шамолдан ҳам саховатпеша сдилар (Имом Муслим ривости, ҳадис â„– 2308).

А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг кулгиси ва ҳазиллари

Термизий ривост қилди: Абу Ҳурайра (разисллоҳу анҳу) айтди: (Саҳобалар): А А асулуллоҳ, Сиз биз билан ҳазиллашаспсизми?,- деганларида: «Ҳа, бироқ мен фақатгина ҳақиқат билан ҳазил қиламан!»- дедилар (Саҳиҳ ҳадис. «Мухтасаруш-шамааилил-Муҳаммадийс», ҳадис â„– 202).
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Muzayyana 14 Aprel 2009, 11:03:45
 :as:
Ingiliz olimiJon Davenport mana bu fikrlarni yozib qoldirgan:
"Mashhur payg'ambarlar va fotihlar orasida hayoti Muhammad :sw: ning tarixidek eng ko'p va barcha nuqtalarigacha batafsil o'rganilgan tarixiy shaxs yo'q!"
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Muzayyana 16 Aprel 2009, 12:02:14
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!


Siyratingiz o'qib o'rganganim choq
G'aflatdan uyg'ondim, tarqadi mudroq
Taniganim sari sizni yaxshiroq
Qalbimni o'rtaydi sog'inchli firoq.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Sizni yoningizda bo'lgim kelyapti
Ashoblaringizni ko'rgim kelyapti
Qay tomon yursangiz sira ajramay,
Ortingizdan izma-iz yurgim kelyapti.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Anasdek jon fido qilolmasam ham,
Abu Dujonangiz bo'lolmasam ham
Ularning hayotin o'qiganim dam
Avj olar sog'inchim ko'zlarimda nam.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Umardek xizmatingiz qilsaydim qani,
Kel Umar desangiz qaniydi mani
Buning uchun rozi edim bir necha kunlab
Ochlikdan qornimga toshlar osgani.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Uxud jangin o'qib, ko'zimga yoshlar to'ldi,
Xandaq sabab Salmon, ahli-baytingizdan bo'ldi
Mening esa eng sharafli baxtim sizga ummatlik
Allohga cheksiz hamdlar Habibiga ummat qildi.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Qani edi jannatda yoningizda tursaydim
Nur yuzlik chehrangizga to'ymayin termulsaydim.
Siz-la yonma-yon turib Alloh yuzin ko'rsaydim
Siz birla bir havodan to'yib nafas olsaydim.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Toifliklar zulmi qalbim tirnaydi,
Makkalik mushriklar tinmay tergaydi,
Evaziga tog'dek-tog'dek oltin bersa ham,
Madinalik ansorlar sizni bermaydi.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Mehr ko'rsatishar otam ham onam,
Ko'nglimni ko'tarar dilkash hamxonam,
Bunday g'amxo'rlikdan quvnayman bir dam,
Ammo sog'inch xissi tinmas shunda ham.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Dunyo-dunyo chiroydan bezganda yurak,
Aytmangiz menga latifa, ertak,
So'rasangiz gar: - Ne aytay bo'lak,
Xadis aytib bering, menga shu kerak.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!
 

Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Hadija 03 May 2009, 12:54:04
:as:
 :bsm:

Shariyatingizni tutib yashaymiz!

Qur’onda bizlarga o’rgatmish Alloh
Shafoatingizni kutib yashaymiz
Dunyo ne desa der yo Rasululloh
Shariyatingizni tutib yashaymiz!

Odamlar tomondan qonunlar chiqib
Bizni zulumotga ketganda yiqib
Qiyomatda Alloh nazar solsin deb
Shariyatingizni tutib yashaymiz!

Qalbimiz Alloh deb hamisha tetik
Dunyo uchun butkul uzildi hadik
Bandalar bandaga qilsa bandalik
Shariyatingizni tutib yashaymiz!

Biz eng baxtli qavmmiz nechalar dinda
Adashdilar qancha-qanchalar banda
Tamom kufrlarga botgan zaminda
Shariyatingizni tutib yashaymiz!

Birgina yo’l bo’lsa shu asli talab
Yurakni zig’ircha qo’ymagan g’ashlab
Minglab kufr yo’lni changitib tashlab
Shariyatingizni tutib yashaymiz!

Qiyomat kunida bizni Ummat deb
Atashingiz uchun ketmaymiz qaytib
Faqat Alloh iloh shiorini aytib
Shariyatingizni tutib yashaymiz!

Mayli bu dunyodan o’taylik kulmay
Bir kungina rohat farog’at bilmay
Dunyo qonunlarin pisanda qilmay
Shariyatingizni tutib yashaymiz!

Manba: "Xolislik sari" she'riyatidan...
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 05 May 2009, 09:00:56
Jonim qurbon bo'lsin sening yo'lingga,
Ismi go'zal, o'zi go'zal Muhammad.
Shafoat aylagin kamtar ummatingga,
Ismi go'zal,o'zi go'zal Muhammad.

Mo'min bo'lganlarning ko'pdir jafosi,
Oxiratda bo'lur zavqu safosi,
O'n sakkiz olamning Mustafosi,
Ismi go'zal,o'zi go'zal Muhammad.

Yetti qavat ko'ni sayron aylagan,
Samo minbarida javlon aylagan,
Me'rojida ummatini tilagan,
Ismi go'zal o'zi go'zal Muhammad.

To'rt choriyor uning sodiq yoridir,
Uni sevgan gunohlardan beridir,
O'n sakkiz olamning sultonidir,
Ismi go'zal, o'zi go'zal Muhammad.

Sen haq payg'ambarsan, shaksiz, gumonsiz,
Yo'lingdan yurmagan ketar iymonsiz,
Oshiq Yunus naylar, dunyoni sensiz,
Ismi go'zla, O'zi go'zal Muhammad.

Yunus Emro.
Nosir Muhammad tarjimasi.

Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Muzayyana 05 May 2009, 11:28:52
Kelsangiz edi...
Ey, suyukli Rasulimiz!
Biz bugun huddi Abdulloh Ummu Maktum kabi muborak yuzingizni ko'rmay turib Sizga murojat etmoqdamiz! Nafas tovushlaringizni his etib, ko'zimizni ochishimiz bilan nurli chehrangizni ko'radigandek hitob qilmoqdamiz sizga.
Huzuringizda baland ovozda gapirilmaydi, odob bilan so'zlanadi, odob bilan sukut saqlanadi. Aslida bu eshikning biz kabi gadolariga qo'l ochib kutishdan boshqa ish  tushib qolmagandi, agar o'rtamizdagi yillar devoribo'lmaganda , Madinaga uzangan yo'llar dovoni bo'lmaganda dargohingizga ilinjla termulishdan boshqa ishimiz bo'lmasdi.
Sizni kutmoqdamiz ey olamlar Sarvari! Jilla qursa tushlarimizga bo'lsa ham tashrif buyurib qolarmikansiz, deya...Hech kimni ko'rishga shunchalik mushtoq bo'lmagan ko'zlarimiz intiqlik bilan yo'llaringizga tikamiz...
G'oyibdan sog;'inish yomon ekan...
Kelsangiz edi, saodatli asringizdan turib yo'llagan salomingizni, "birodarlarim" deya qilgan lutfingizni bir-birimizga qanchalik zavq va hayajon bilan aytib berayotganimizga guvoh bo'lardingiz...
Biiir kelsangiz edi...

"Irfon" taqvimidan.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Munavvara 10 May 2009, 17:12:25
YO RASULALLOH!
Odam Ato boshlab bergan manhajni
Aylagan qabulsiz, yo Rasulalloh.
Tasdiqlab shahodat kalimasini,
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

Me`rojga "marhaba" deb ko`tarilgan,
Yig`lagan Musoni ovutib ketgan,
Iysoni eng yaqin birodar tutgan
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

Halilulloh bo`lmish Ibrohimga ham
Salovat aytishga undagan odam,
"Namoz - ko`zim nuri" degan so`nggi dam
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

Og`ir yo`llarda ham bosib ming tikan
Har lahza ummatning qayg`usin egan,
So`nggi lahzada ham "Ummatim" degan
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

Ba`zilar sunnatdan voz kechib ketmish,
Siz aytgan firqalar bo`ldilar etmish...
Bashar garchi turli yo`llar kashf etmish,
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

Bilaman, dahshatdir tirilguvsi Kun!
Sizga izn bo`lgay shafoat uchun,
Tavhidni tutganlar salomat butun...
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

Tinmagay ummatning tilovatlari
Qur`on taratmish hush tarovatlarin.
Allohning salomi, salovatlari
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.

Sherni kim yozganligini bilolmadim...
 Manba  (http://www.sevgi.ucoz.com/news/2008-07-17-74)
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Hadija 03 Iyun 2009, 14:07:46
Сен йсқ сдинг
Сен йсқ сдинг  ё А асулоллоҳ, ҳазрати одамнинг вужудида сдинг.
Аввал жаннатни сснг сса, ер юзинин шарафлантирдинг.
Одам сенинг нуринг туфайли авф стилди, арофат увофга шохитдир,Сен йсқ сдинг, нуҳнинг кемасида сдинг, тслқинлар ер юзинин бсғар скан, Тупроқнинг бағридаги сув осмон билан учрашар скан ва бу бир илоҳий азоб дейилар скан, Аллоҳ минг бир сабаб ила руҳингни асради, Тсфон нурингга салом айтди одоб билан.

Сен йсқ сдинг ҳазрати Исмоилнинг пешонасида сдинг. Кимсасиз чслларда Иброҳим дуоси юксалди
"œА оббим" — деди: Уларга сзларининг ичларидан сенинг остларингни сқийдиган, китоб ва ҳикматни сргатадиган. Уларни поклайдиган бир слчи юбор. "œОмин" — деди сн саккиз минг олам. Сенинг нуринг билан ёғду сочган қслларини самога кстариб, "œОмин" — деди Исмоил
Ҳиро, Аур тоғи ҳам "œОмин" деб оёққа турди. Мадинада Уҳуд тоғидан "œОмин" садоси юксалди.

Сен йсқ сдинг ё Аaбисллоҳ, Ҳазрати Исо сени Аҳмад деб йсқлади. Икки олам сарвари дес юзланди сенга. "œМен сизлар билан ксп гаплашмайман" —деди, ҳаворийларга. Чунки бу оламнинг раиси келспти, кутинг Аҳмад келспти, Оламларга раҳмат келспти. Ҳаворийларнинг юзинин силаган, сликларни тирилтирган, бир нафас бслдинг, аммо сен йсқ сдинг.

Сен йсқ сдинг Ҳазрати Абдуллоҳнинг пешонасида сдинг, бошии сгик, хафа бслиб юрар сди у. Мухайро ксклардан сени ссрар, Варақа қидирар сди сени самодан. Оналар қиз фарзандларини слимга йиғлаб ссантирар сдилар. Йиғлаб, йиғлаб қизим бобонгникига бориб келасан дер сдилар. Сен йсқ сдинг ё Хабиболлоҳ аслида тупроққа тирик ксмилиш сди, бобога бориш. Чорасиз қолган волидайи муҳтарама жигарбандини слимга кузатишдан сзга иложи йсқ сди. А­нг сснгги қиз чохга улоқтирилар скан онасининг суьратида бир фаришта ксринди унга ва табассум стиб Ҳиро тоғини ксрсатди унга. Фаришталар Ҳирони ссантирар сдилар. Аур тоғи соҳибига тайёрланар сди. Саййидига ҳозирланар сди Макка. Коинот сарвари учун безанар сди. Коинот ҳазрати Оминага илҳақ сди. Тупроқ А оббисига ёлворар сди. Мазлумлар ксзларин самога тиккан ксйи, "œкел"-дес йиғлар сдилар. Сенинг келишинг кутилар сди ё А асулоллоҳ, бир тушишинг бор сди ер юзига. Олдингда Жабройил, орқангда малаклар. Етимларга снг ҳузурли кеча бслди у кеча. Аочорлар оналарини тсйиб-тсйиб қучоқладилар. Сснг сахар вақтини бир сукунат қоплади. Борлиқ нарса жим-жит бслган сди.
"œҚани?" -дер сди юлдузлар, "œҚани?" —дер сди ой. Коинот бир исм сшитмоқ истайди. Оминанинг уйидан бир овоз юксалди. МУҲАММАД зулмат сз срнини нурга бсшаттиб берди. Муҳаммад, фаришталар унинг нурли қслларидан спди.
Муҳаммад сени сратган Оллоҳга қурбонмиз, сй Дурри Якто. Сенга бу исмни берган А оҳманга қурбонмиз.
А­нди сен борсан. Сувсиз тупроқларга раҳмат нозил бслди сен ила. Онангдан сснг, онанг Ҳалима суйинди сен ила. Амғирга сҳтиёж борми кстар шаҳодат бармоғингни. Амғирларни ёғдирсин Аллоҳ. Сснг ушла дарахт баргини томирлардан қспиб ёнигда юргизсин Аллоҳ, фақат сен иста ё А асулоллоҳ. Дегил ки ман кимман тоғлар, тошлар тилга кирсин. Мурғак гсдак қслингдан тутиб сен А асулуллоҳ сан десин.

Сен бор сдинг Бадрда ғалаба ёр сди. Уҳуд тор сди, Ҳандақ ёр сди. Йигитларинг, слим учун мусобақалашган йигитларинг бор сди. Анас ибн Молик исмли саҳобанг бор сди ё А асулоллоҳ. Уҳдда вафотингни сшитиб, нимага бу ерда стирибсизлар деб мурожаат қилди у. Аллоҳнинг расули слдирилди деганларида, у слдирилган бслса, сизлар сшаб нима қиласизлар, туринг ва унинг каби слинг деганди. Ўзи ҳам жангда шаҳид стилганди. Шаҳид жароҳатларидан танилмас ҳолатга келди. Синглиси, фақат акасининг бармоқларидан таний олди.
Уҳудда найзангни ташиган Мусьайб ибн Умайиринг бор сди сенинг. Шундай бир мухаббат билан сенга боғлиқ сдики, Аллоҳ сша куни фаришталарни Мусьайбнинг суьратида туширди. Абу Хурайранг бор сди сенинг, қорни очиб, масжиднинг олдида туриб, сени кутар ва термулиб қараб турар сди. Сен кел сй Абу Хийр дердинг.

Сен кетдинг. Шундай кетдингки, ортингдан мағзунлик, маюслик қолди. Ҳасратинг қолди самода. Билол ҳатто азон айтолмай қолди. Қачонки тараддудланса, Муҳаммаду А асулуллоҳ дес олмас ва тиззаси билан йиқилар, хушидан кетар сди. Сснгра кунлар ой, ойлар йил бслди. Асрлар стди. Сенсиз очдик ксзларимизни, лекин, сен ташлаб кетссан бизни, сен борсан, сй шаҳидлар султони, бир шаҳид ҳам слмас скан. Сени қандай йсқ деймиз.

Абу Толиб Шомга йсл олар скан, туссининг олдидан тссиб, мени кимларга ташлаб кетаспсиз?, на онам бор, на отам деганди. Абу Толиб шу сабабдан сафардан воз кечганди.


Сенсиз инграган умматингни кимларга ташлаб кетаспсан ё А асулоллоҳ.! Ташлаб кетма бизни. То Аллоҳ сен уларнинг ичида скансан, биз уларни азобламаймиз деди. Ташлаб кетма бизни, бизга ҳаётни сен орқали танитди А аҳмон. Қулликни сен туфайли англадик. Дуони сендан сргандик, Ҳазрати умар умри учун сендан изн ссраганда, биродарим дуойингда мени ҳам сслайсанми деган сдинг унга. Биз Умар смасмиз аммо, барча дуоларимиз сенинг учун. А­й А оббимиз, А асулингни сслашимиздан уни хабардор қил. Унга минглаб салом-у, саловатлар бслсин. Ҳабибингга мақому маҳбубни бер. Унга лутф айла.
Уни рафиқи аьлога кстар, бизларни ҳам авф ст. Бизларни авф ст!!!

                                                                                                                                    X.Xamidov
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Hadija 06 Iyun 2009, 16:45:30
Tushlarimga kirib turing yo Rasululloh!..

Salomlar bo’lsin Sizga, yo Rasululloh, jonimiz yo’lingizga tasadduq, yo Rasululloh.
Sizni ilk bor ko’rganim yodimda: Bundan o’n besh yil muqaddam — ramazonning ilk kuni edi. O’shanda talaba edim. Gunoh va jaholat biyobonida sang’ib yurardim"¦ bir kuni ketayotsam, oldimdan yaqin do’stim chiqib qoldi. "Bayram qilaylik", dedim. Ko’nmadi. Qistayverganimdan keyin: "Men ro’za tutganman", dedi. (Ramazon kelganidan ham behabar qolgan ekanman-da, yo Rasululloh). So’ng menga ham ro’za tutishni nasihat qildi. "Bo’pti ertadan tutaman", deya so’z berdim.
Ha, Ramazonning ilk kuni edi, mening esa, og’zim ochiq. Ertadan ro’zani boshlasam, "maishat" o’ladi, deya ulfatlar bilan rosa "bayram" qildim"¦
O’sha kuni ichgancha ichdim. (Allohimga tavba qilaman) So’ng sahar kirmasdan turib yuvindim, kiyimlarimni almashtirib, do’stimning xonasiga tushdim. "Maishat"dan keyingi odatdagi bosh o’g’riqdan asar ham yoq, ruhim juda tetik edi. Uch-to’rt kishi birga saharlik qilib, og’iz "yopdik". Bir pas ro’za masalalaridan suhbatlashgach, ular bomdod o’qigani boshqa xonaga chiqishdi. Men esa o’ringa cho’zildim. Bir payt ko’zim ilinibdi. O’shanda ilk bor Sizni ko’rdim, yo Rasululloh! Qomatingiz, so’zlaringiz, atvoringiz huddi sahobalaringiz tariflaganidek edi. (Bu ta’riflarni keyinchalik o’qidim.) Bezovta edingiz. Sizni bezovta etgan narsa kechagi ishlarim ekanini bilib turaradim. "Kimdur birinchi kungi ro’zani buzibdi, endi ro’zani hammamiz boshqatdan tutamiz", dedingiz. Lekin o’sha buzg’inchi men ekanimni bilib turib, aytmadingiz. Huzuringizda uyatdan yerga kirgudek bo’ldim. So’ng"¦ uyg’onib ketdim: do’stlarim namozdan qaytishgan ekan.
O’shanda ilk bor poklik neligini his etdim, yo Rasululloh! Uni Siz anglatib ketdingiz menga, yo Rasululloh! Hamon o’sha poklikni, muborak jamolingizni sog’inaman, lekin Robbimiz dunyo havaslariyu, xato-gunohlar ichra sarson bandasiga Habibining jamolini loyiq ko’rmayotir.
Yo Rasululloh, Sizni sog’inish, jamolingizni bir bor tush ko’rish - baxt, qiyomatda sizni yoningizda bo’lish esa ming chandon ulug’ baxt"¦
Rabbimizning bizga onalarimizdan ham mehribon ekanini aytsangiz. Ha, biz yakkayu yolg’iz Ilohimizning o’ta rahmli, mehribon va sabrli ekaniga iymon keltirdik. Darhaqiqat, uni shuday topdik. Yoqsa, bir kun oldin — ramazonning ilk kunida katta gunohlarni qilib turgan bir bandasini ertasiga saharlik bilan siylarmidi, Rasulining jamolini izhor etarmidi?!
Yo Rasululloh, mana, yana Ramazon keldi, Rabbimizning rahmat eshiklari ochildi. So’ramagan bo’lsam-da, iymon ne’matini in’om etdi, endi Undan rahmatini, jannatini, sizni shafoatingizni so’rasam, ijobatsiz qoldirmas"¦
Yo Rasululloh, Sizga salovat va salomlar yo’llaymiz, sizni qiyomatda maqtovli maqomda tiriltirishini, Havzi Kavsar bo’yida bizni Siz ila diydor ko’rishtirishini so’raymiz"¦
Tushlarimga kirib turing yo Rasululloh!.. ( :amn:,  :amn:,  :amn:)
 
Bir ummatingiz
Musulmonlar taqvim kitobi 2006 (hijriy 1427) IV chorak

Manbaa: www.islom.ziyouz.com...
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: AbdulAziz 08 Iyun 2009, 22:53:07
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Qiyomat xususida savol berib: «Qiyomat qachon?» — dedi. Janob Rasululloh (unga): «Qiyomatga qanday hozirlik ko‘rib qo‘ygansan?» — dedilar. U: «Olloh taolo birlan uning Rasuliga bo‘lgan muhabbatimdan bo‘lak hech qanday tayyorgarligim yo‘q», — dedi. Janob Rasululloh: «Sen o‘zing sevganlar birlan birgasan», — dedilar. Biz Janob Rasulullohning «Sen o‘zing sevganlar birlan birgasan» degan gaplariga quvonganchalik hech narsaga quvonmagan erdik. Men ham Janob Rasulullohni, Hazrat Abu Bakr va Hazrat Umarni sevaman. Garchi men ular qilgan amali solihlarni qilmagan bo‘lsam-da, ularga bo‘lgan muhabbatim tufayli (oxiratda) ular birlan birga bo‘lmog‘imni orzu qilurman!».

Buxoriy rivoyati. "œAl-jome’ as-sahih"dan.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 11 Iyun 2009, 08:39:27
Paygambar Muhammad S.A.W vafot etgan kunlari madina ahli qatiq motamda qoldi, peshin namozidan so’ng habar hammayoqqa tarqalib honadonlarga musibat, qaygu-alam kirib bordi. Ashob ikromlar, ahli ham chuqir istirobda, esankiragan holatda edilar. Hazrati Ali tik qotgan, Hazrati Usmoning tili tutilgan edi. Mominlar tinmay yoshlar tokar, motam tutar, munofiqlar esa hursandchiligin yashirolmasdi. Bunday gamdan Hazrati Umar gazab otiga mingan ozini bosa olmas, ayriliqqa, musibatga chidolmay, qilichini qinidan sugirib olgan tinmay telbalarday qichqirar edi "œyoq Muhammad olmagan u shunchaki behush bolib qoldi, kimki Muhammadni oldi desa boynini shu zahoti uzib tashlayman". Shunday nozik va tahlikalik payitda ozini tutib, sarosimaga tushmagan Hazrati Abu Bakir Siddiq boldilar. U Muhammad S.A.W bilan vidolashdilar, "œhayotligingizda ham korkam edingiz, olimingiz ham korkam" deb peshonlaridan opdilar va hamon ozini bosa olmayotgan Hazrati Umarga qarab "œjim bol ey Umar" deb uni tinchlantirdilar song halqqa yuzlanib "œey insonlar orangizda Muhammadga sigingan kishi bolsa yahshi bilinki U o’ldi, Alloh ga ibodat qilganlar bolsa bilsinlarki Alloh boqiydir, aslo olmagaydir" deb Quron Karimda paygambarlar otguvchi, o’lguvchi ekanlari haqidagi oyatni oqidilar.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Jalol Ahmad 22 Iyun 2009, 06:04:18
 :bsm:
А абиъатул Асламий розисллоҳу анҳу ҳадиси.

А абиъатул Асламий розисллоҳу анҳу ривост қилади: «Мен росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга хизмат қилиб юрар сдим. (Бир куни): — А­й А абиъа, уйланмайсанми? — деб қолдилар. Мен Аллоҳ номига онт ичиб: — А росулаллоҳ, уйланишни истамайман. Оила тебратишга имконим ҳам йсқ, (қола берса) бирор бир нарса мени сиздан машғул қилиб қсйишини суймайман, — дедим. А осулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам (ҳеч нима демай) бурилиб кетдилар.
Бир муддат хизмат қилиб юрдим, сснгра росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам менга юзланиб, иккинчи бор: — А­й А абиъа, уйланмайсанми? —дедилар. (Бу гал ҳам): — Уйланишни истайман. Оила тебратишга имконим йсқ, (қола берса) бирор бир нарса мени сиздан машғул қилмоғини суймайман, — деб (айни) жавобни қайтардим. А осулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам (аввалгидек ҳеч нима демай) бурилиб кетдилар.
Бир оздан сснг сзимга келиб, Аллоҳ номига онтким, росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дунё ва охиратимга нима фойдали сканини мендан ксра схшироқ биладилар. Агар сна бир бор: «уйланасанми?» десалар, ҳа, ё росулаллоҳ, амрингизга (тайёрман), буюринг, дейман, деб қсйдим.
(Ўйлаганимдек) росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам (учинчи бор):
— А­й А абиъа, уйланмайсанми? — дедилар. Мен (дарҳол):
—Ҳа, (уйланаман), истаганингизни буюринг, — дедим.
— Фалончининг хонадонига бориб, мени сизларга росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам юбордилар. Фалончи аёлни менга никоҳлаб беришларингни буюрсптилар, дегин, — дедилар.
У аёл (Мадинадаги) ансорлар маҳалласида (истиқомат қилувчи саҳобанинг қизи) сди. Улар росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламдан бир оз узоқда жойлашган сдилар.
(Айтилган жойга) бориб, мени сизларга росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам юбордилар. Фалончи аёлни менга никоҳлаб беришларингни буюрсптилар, дедим. Улар мени илиқ кутиб олишди. "А осулуллоҳга ва росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам жснатган слчиларига марҳабо, хуш келдингиз. Аллоҳ номига қасамки, росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам слчиларининг мақсуди амалга ошмай (бу ердан) қайтмагай", деб ксп илтифот ксрсатиб, иззат-икром қилишди. (Кимсан, қаердансан) деб бирор бир ҳужжат, далил ссрамай қизларини менга берадиган бслишди.
А осулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ёнларига ғамгин қайтдим. (Мени бу ҳолда ксриб):
— Тинчликми? Сенга нима бслди? — дедилар.
—А росулаллоҳ, жуда олижаноб, улуғ инсонлар олдига борибман. Лутфкорлик билан мени қабул қилиб, ҳеч нима ҳақида ссрамай қизларини менга узатишга рози бслишди. (Ахир) менда қизга берадиган маҳр йсқ-ку,— дедим.
А осулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам (Бурайдани чақириб): —А­й Бурайда, унга данак вазнича тилло жамланглар, — дедилар. Менга данак вазнича тилло йиғиб беришди. Мен тиллони олиб росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ёнларига келдим. — Буни олиб уларга бор. Мана бу қизнинг маҳри, деб айтгин, — дедилар.
Мен уларга бориб, мана бу қизнинг маҳри, дедим. Шу (оз) тиллога рози бслишди. «Жуда ксп, жуда соз», деб (мақтаб-мақтаб) тиллони қабул қилишди.
(Улар ёнидан чиқиб) росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга ғамгин бслиб қайтдим. (Мени бу ҳолатда ксриб росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳайрат билан):
— А абиъа, сенга нима бслди? Яна хомуш ксрина- сан?— дедилар.
— А росулаллоҳ, улардан ксра марҳаматли, оли- ҳиммат инсонларни ксрмадим. Олиб борган (оз) маҳримни «жуда ксп, жуда соз», деб мамнунист билан қабул қилишди. Менда сса валима (тсй) қилгани имконим йсқ, — дедим.
А осулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам Бурайдани чақириб: —Бурайда, бир қсй топинглар, —дедилар. Одамлар (дарров пул йиғиб), катта, семиз қсчқор олиб келишди. А осулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам менга қарата: — Оишага бориб айт, уйда егулик таом бслса жснатсин, — дедилар. Мен Оиша розисллоҳу анҳо ёнларига бориб росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ссзларини етказдим. Оиша (онамиз) розисллоҳу анҳо (ичкаридан) микталда арпа олиб чиқдилар. «Уйдаги бор егулик мана шу тсққиз соъ арпа, олинг», деб (арпани менга узатдилар). Мен арпани росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга олиб келиб, Оиша (онамиз) розисллоҳу анҳо ссзларини ҳам етказдим.
А осулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам: — Буни уларга (келин томонга) олиб бор, нон ёпишсин, — дедилар. Мен Аслам қабиласидан бир неча кишилар билан бирга қсйни етаклаб (келинникига келдик). Арпа билан қсйни уларга топширдик. Улар: — Аонни биз сзимиз пиширамиз, қсйни сса сзларинг сссрсизлар, — дейишди.
Мен ҳамроҳларим билан бирга қсйни ссйиб, терисини шилиб овқат тайёрладик. Аон билан гсштни (дастурхонга) тортиб, валима — тсй қилдик. (Тсйга) росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламни таклиф қилдим.
А осулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам менга ер бердилар. (А осулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ер берганларини ксрган) Абу Бакр розисллоҳу анҳу ҳам менга ер берди.
(Шу лаҳзадан бошлаб менга) дунё (сшик қоқиб, сз оёғи билан кириб) келди.
(Тсйдан кейин Абу Бакр розисллоҳу анҳу иккимиз) бир хурмо дарахтида талашиб қолдик.
— Бу мен томонда, — дедим мен.
— (Аксинча), у мен томонда, — деди Абу Бакр.
Иккимиз сртамизда бироз гап-ссз стди. (Шунда) Абу Бакр оғзидан бир гап чиқиб кетди. Абу Бакр розисллоҳу анҳу бу гапни ёмон ҳисоблаб, қилмишига қаттиқ пушаймон бслди ва дарҳол менга:
— А­й А абиъа, худди шу гапни менга қайтар, токи (шу дунёнинг сзида) қасос бслиб қолсин, — деди.
— Мен бундай қилолмайман, — дедим.
— Менга ҳам худди шу ссзни қайтариб айтгин, бслмаса ишни росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга кстараман.
— Мен асло бундай қилмайман.
Абу Бакр розисллоҳу анҳу ерни ташлаб пайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва саллам ёнларига кетди. Мен у киши ортидан сргашдим. Аслам қабиласидаги айрим кишилар келиб:
— Аллоҳ Абу Бакрни раҳм айласин, қайси иш учун росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламдан ёрдам талаб қилади. (Ахир) унинг сзи сенга нима деган бслса, деди-ку?! — дедилар. Мен уларга:
— Абу Бакр кимлигини биласизларми? Абу Бакр (ғорга беркинган) икки зотнинг иккинчиси, мусулмонларнинг (муҳтарам) оқсоқоли. Асло менинг тарафимни ола ксрманглар. Сизлар менга ёрдам бераётганларингни ксриб, Абу Бакр ғазаб қилмасин. Уни ғазабнок ҳолда ксриб росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳам ғазаб қилмасинлар. У икки (улуғ) инсон ғазабидан Аллоҳ ҳам ғазаб қилса, А абиъа ҳалок бслиб кетади, — дедим.
— Бслмаса, бизга нима қил, дейсан, — дедилар.
— Ортларингга қайтинглар,(бу ишга асло аралашманглар), — деб уларни қайтариб юбордим.
Абу Бакр розисллоҳу анҳу росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳузурларига кетиб борарди. Алғиз сзим унинг ортидан сргашиб бордим.
Абу Бакр розисллоҳу анҳу бслиб стган ишни росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга ссзлаб берди. Он ҳазрат соллаллоҳу алайҳи ва саллам бошларини кстариб менга қарадилар.
— А абиъа, Сиддиқ билан тортишиб нима қилардинг, — дедилар.
— А росулаллоҳ, шундай-шундай иш бслди, кейин Абу Бакр бир калима айтиб қсйдилар ва сзлари бу калимани нобоп, ёмон калима ҳисоблаб пушаймон бслдилар. Қасос бслсинчун мендан айни шу калимани у кишига қарата айтмоғимни талаб қилдилар. Мен айтишдан бош тортдим.
— Тсғри, Абу Бакрга бу гапни қайтарма, унинг срнига: «Абу Бакр Аллоҳ сизни мағфират қилсин», дегин, — дедилар.
Мен Абу Бакрга қарата: «Аллоҳ сизни мағфират қилсин», — дедим.
Абу Бакр ксзлари ёшга тслиб чиқиб кетдилар.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 21 Avgust 2009, 01:54:07
Muhammad alayhissalomga .........

Shifosiz dardimning darmoni sizda ,
Lutfingizga muhtojman yo,Rasululloh,
Zulmatdan halosman farmoni sizda,
Sizdadir  ilojim yo ,Rasululloh.

Mehnat bilan bukildi belim,
Ochmadi umrimda bir g’uncha gulim ,
Qayerga borsam ham bo’sh chiqdi qo’lim ,
Karam sohibisiz yo,Rasululloh.

Qurbon bo’lay yoqmang hijronda meni ,
Al-omon tushurmang hursonga meni ,
Himmat eting yetkazing g’ufronga meni ,
Shafoat konisiz yo Rasululloh .
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 21 Avgust 2009, 01:57:04
Rasululloh
Hutbangiz o’qilur minbari iqlimu baqoda ,
Hukmingiz tutilurmahkamai ro’zi jazoda,
Tashrifingiz bongi chalinur arshi Xudoda,
Asmoi shrifingiz  eslanur arzu samoda,
Siz Ahmadi Mahmudi Muhammadsiz  Afandim ,
Haqdan  bizga sultoni  Muhabbatsiz  afandim .
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 21 Avgust 2009, 01:58:23
Oshiqman.....
To azladan oshiqman ,bechoraman ,so’z berdim sizga ,
Shafoat qiling lutf etib ,men ojiz notovonga ,
Husnu jamolingiz hayot berur oshiqlarga ,
Siz  oshiqlar sultonisiz ,ko’ngilllarning sevgisisiz Rasulolloh .
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 21 Avgust 2009, 02:01:10
ya,Rasulolloh
Ko’ngil yarasini bog’lagan  , Rasulolloh

Ummatim deya yig’lagan  , Rasulolloh

Bizga shul jannatni bag’ishlagan , Rasulolloh

Haq deya yuragain dog’lagan , Rasulolloh

Mo’minlar qalbida sharshara Rasulolloh

Ko’zlarda ishq bo’lib porlagan, Rasulolloh

Ushshoqni manzilga yo’llagan, Rasulolloh

Mahsharda bizlarni qo’llagan, Rasulolloh

Bizni zuljalolga bog’lagan Rasulolloh ,


Bizga haqni tanitgan Rasulolloh.

yuqoridagi she'rlarning hammasi "Rasulullohning bolaliklari" kitobidan keltirilgan .
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Jalol Ahmad 21 Avgust 2009, 02:27:20
Allohumma solli 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad' ('Allohim, Muhammad :sw:ga va ulzotning oilalariga marhamat ko'rsat, ulzotga ko'p salomlar yo'lla''
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ansora 21 Avgust 2009, 03:03:01
Sevgili Payg'ambarim, sizning ismingizni eshita boshlaganimda necha yoshda edim, hotirlay olmayman. Ayam bizni yotog'imizga yotqizib, shu misralarni takrorlashimizni tayinlardilar. "Yotdim yotdim yo Olloh, Muhammadun- Rasulolloh, Yotdim yonim bilan turg'izgin iymonim bilan". Agar bu she'rni aytib uhlasam, juda yaxshi tushlar ko'rib uhlashimga ishonardim. O'zimni kimlarnidir, yoki nimalarnidir qo'liga omonat qilardim. Oradan yillar o'tdi. Dinim bilan haqiqiy ma'noda tanishishni, qo'limdan kelguncha dinimning buyruqlarini bajarishni Rabbim nasib qildi. Bazan o'ylab qolaman, demakki men va menga o'hshagan musulmonlar aziz Payg'ambarimizni tanimay sevdik. Bu ham ilohiy bir inoyatki, hech bir zamon u kim, nimaga uni yaxshi ko'rishimiz kerak, degan savollar bilan ota-onamizning qarshisiga chiqmadik. Zotan, iymon etdim, deya olish uchun mantiqni ko'p qiynashning keragi yo'q. Meni Sen yaratding Yo Rabbim, ojiz qulingman, sening haq diningda iymonim bilan yashashni va omonat jonimni senga taqdim qilishni nasib ayla, demaslik uchun afsus necha necha insonlar haliyam "zamonaviy Firavnlik" ro'lini ijro etishyapdi. Olloh Payg'ambarim uchun bu dunyoni yaratgan ekan, bizning bu ishqning tom manosiyla anglamamiz qanchalar mushkul bila olmadim...
Sevgili Payg'ambarim, sen bizlar uchun senga vada etilgan Jannatdan ham voz kechding, men vaqti kelganda rohat o'rindig'imda 1-2 daqiqamni ayirib salovot aytishga erinaman:( yoki, farzandimizga sigaret chekishning zararidan bahs etib, uni bu yo'ldan qaytara olmas ekanmiz, sen insonlarni Johiliyadan qutqarding.
Rabbim, bizlarni ham Rasulingning ahloqi bilan ahloqlandir, gunohlarimizni avf ayla...
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ansora 23 Avgust 2009, 22:03:13
Azgina oldin iftor programmasida eshitgan so'zim:
"Ey Payg'ambarim, agar siz bu tuproqqa bosmagan bo'lsangiz edi, tayammum hech kimni tozalay olmas edi".... Allohumma Salli Ala Muhammad...
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 24 Avgust 2009, 08:58:21
umar ra aytadilar :
nabiy sav dan umra uchun izn so'radim u zot sav menga izn berdilar va:
"Ey,Birodarim ,duoingda bizni unutmagin "dedilar .
Umar ra aytadi :bu so'zlarning o'rniga menga butun dunyo berilganida ham meni bunchalik masrur qila olmasdi .

naqadar buyuk lutfu naqadar buyuk ehtirom ,Umar ra ham ,sahobalar ahm rasulullohni sevganlar va amalda sevgilarining ,muhabbatlarinig haqligini isbotlaganlar .

Biz ham sevgi davosini qilamizuuuuuuuuuuuu,amallarimizni vijdonimizdan so'raylik  :2
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Mahdiyah 24 Avgust 2009, 09:14:16
Abdulloh ibn Mas’ud  har ishda, hatto jilmayishda ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga taqlid qilar edilar. Payg’ambar alayhissalom shunday dedilar: "œBir kishi jannatga hammadan keyin kiradi. U goh yurib, goh yuztuban yiqilib, goh yuzini kuydirib, nihoyat olovdan o’tadi va olovga qarab aytadi: "œMeni sendan qutqargan Zotga shukrlar bo’lsin. Alloh menga shunday narsani ato qildiki, uni na avvalgilar van a oxirgilar bergan. Shunda uning uchun bir daraxt bo’y cho’zadi. U kishi: "œEy Robbim meni bu daraxtga yaqin qil, soyasida oromlay, suvidan ichay" dedi. Buyuk va qudratli Alloh aytadi: "œEy odam farzandi buni senga bersam-u, koshki boshqasini so’ramasang?!" "œEy Robbim",- dedi u kishi — "œBoshqasini so’ramayman deb Senga ahd beraman". Alloh uni kechiradi, chunki unda sabr yo’qligini Parvardigori Olam biladi. Uni daraxtga yaqinlashtiradi, soyasidan bahramand bo’ladi, suvidan ichadi. Shu payt oldingisidan ham go’zalroq yana bir daraxt uning uchun bo’y cho’zadi. U kishi aytadi: "œRobbim! Meni bu daraxtga yaqinlashtir, suvini ichay, soyasidan rohatlanay. Shundan boshqasini so’ramayman".
Alloh: "œEy odam farzandi, boshqasini so’ramayman deb ahd qilmaganmiding? Koshki seni bu daraxtga yaqinlashtirsamu, boshqasini so’ramasang", dedi. U kishi yana boshqa so’ramaslikka ahd beradi.  Alloh uni kechiradi, chunki unda sabr yo’qligini Parvardigori Olam biladi. Uni daraxtga yaqinlashtiradi, soyasidan bahramand bo’ladi, suvidan ichadi.
So’ngra Jannatning darvozasi oldida avvalgi ikkisidan ham yaxshiroq, go’zalroq bir daraxt uning uchun bo’y cho’zadi. U kishi dedi: "œEy Robbim meni bu daraxtga yaqin qil, soyasida rohatlanay, suvidan ichay. Bundan boshqasini so’ramayman". Alloh uni kechiradi, chunki unda sabr yo’qligini Parvardigori Olam ko’rib turardi.
Uni daraxtga yaqinlashtiradi, yaqin borar ekan Jannat ahlining ovozini eshitadi. Shunda u kishi: "œEy Robbim! Meni Jannatga kirgiz", - deydi. Alloh: "œEy odam farzandi, so’roving tuganmas, senga bu dunyoni va shu singari yana bir dunyoni bersam rozi bo’lasanmi", - deydi. U kishi aytadi: "œIstehzo qilayapsanmi? Axir Sen butun olamlarning parvardigorisan-ku?"
Shu so’zlarni aytarkan Ibn Mas’ud jilmaydi va shunday dedi: "œNega kulayotganimni so’ramaysizlarmi?" "œNimaga kulayabsan?",-deyishdi.
"œRasululloh sollallohu alayhi vasallam ham shu o’rinda shunday kulib qo’yganlar.  Shunda sahobalar Ul zotning nega kulayotganlarini so’rashdi. Payg’ambar alayhissalom : "œHaligi kishi "œIstehzo qilayapsanmi? Axir Sen butun olamlarning parvardigorisan-ku?" degan paytda Butun Olamlar Parvardigori kuldi. Shundan kulayabman. Keyin Alloh aytdi: "œIstehzo qilmayapman. Lekin nimaniki hoxlasam shunga qodirman ".
Imomi Muslim rivoyati
"Holislik sari" dasturidan

Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: IXLOS 24 Avgust 2009, 10:04:54
Bismillahir rohmanir rohiym.
Payg'ambarimiz betob bo'lib yotib qolishlaridan ikki kun avval minbarga chiqib xutba qilishdan
avval saxobalarga qarab shunday degan ekanlar: Ey birodarlar Olloh bandalariga ikki narsni taklif qildi
birinchisi bu dunyoda abadiy qolib dunyoni mulkiga musharraf bo'lishlik.
ikkinchisi bu dunyoni tark etib Ollohni jamoliga yetishlikni ixtiyor etdi.
Inson ikkinchisini lozim deb bildi dedilar. Xamma jim tursa xam Abu Bakr Saddiq xo'ngrab yig'ladilar
shunda sarvari koinot ey Abu Bakr nimaga yig'laysan man dunyodan o'tib ketganimdan keyin xam xuddi
tirikligimdagi singari sizlarga yordamim tegib turadi, farishtalar menga amallaringizni yetkazib turishadi
yaxshi amallaringizni ko'rsam sevinaman, yomon amallaringni eshitganimda kechirishini so'rab Ollohga iltijo qilaman
degan ekanlar.
Yo Rab xatto olamdan o'tganlaridan keyin xam ummatlarini bizni o'ylaydilar. Yo Rab biz ul zoti sharifga ummat
bo'la turib, biz u kishini ummatimiz deb jar solib ne ishlarni amalga oshiryapmiz.........
Biz u kishini izlaridan borishimiz o'rniga nega zalolatga qarab ketyapmiz, Ey ummati Muxammadiylar ko'zingizni
kattaroq ochinglar axir Rasulini sevmoq Ollohni sevmoq,Rasulini yomon ko'rmoq Ollohni yomon ko'rmoqdir!
Shunday ekan biz u kishini sevamiz va Ollohga yetamiz faqatgina ul zoti sharifni sunnatlariga amal qilishimiz lozimdir.
Barchalarimizni Alloh xidoyatdan adashtirmasin...
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ansora 01 Sentyabr 2009, 03:33:55
Bir bahar,senin doğduğun gün gibi
Bir bahar gecesi idi
Dilimde adın ,dualarla seni andım,yattım
Dilimde sen vardın ey sevgili
Sendin huzuru getiren içime
Senin adındı ey sevgili,beni mutlu eden
Sendin sevgili,sendin güllerin kokuşunda sen

Her gece rüyalarımda dilerim ki
Seni göreyim seni duyayım ey sevgili
Bu gece rüyamda dilimden acı döküldü
Hüzün döküldü,senin adına dualar
Senle mutluluklar yaşamak istedim
Ya Muhammet
Lebbeyk ya Muhammet lebbeyk Ya Muhammet demek
Ağlamak dizlerinde,ellerinde,ağlamak istedim peygamberim

Ya Muhammet seni canlı göremedim
Huzuruna gelemedim
Yüzüm yoluna süremedim
Peygamberimi seviyorum,Muhammedi seviyorum

Ya nebi sen alemlere,son peygamber
Yattığın yerler kokar mis-i anber
Ah bir gidebilsem yanlarına bir sefer
Peygamberimi seviyorum,Muhammedi seviyorum

Ya Muhammet kuranı kerimi öğreten sensin
O yolda gitmeyi rabbim nasip etsin
Rabbim hep senden razı gelsin
Peygamberimi seviyorum,Muhammedi seviyorum

Ya nebi senin ismin mutluluk demek
Seni sevmeyen yürek bilmez,aşk ne demek
Bu dünyada en güzel şey, yolunda gitmek
Peygamberimi seviyorum,Muhammedi seviyorum

ALLAH ALLAH diyen diller ile
Seni bilen gönül ile aşk ile sevgi ile
Durmaksızın akan göz yaşı ile
Peygamberimi seviyorum,Muhammedi seviyorum

Duada sen varsın,namazda sen
Rabbimden bir lütufsun ümmetine sen
Hem bu gündesin hem dünde hem gelecek de sen
Peygamberimi seviyorum,Muhammedi seviyorum

Rabbime şükürler olsun sen vardın
Hem ümmetine hem alemlere yardın
O büyük sevginle tüm kainatı sardın
Peygamberimi seviyorum Muhammedi seviyorum







Ali Sevimli
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ansora 01 Sentyabr 2009, 03:39:27
(http://s51.radikal.ru/i131/0908/0f/f15d760dd34c.jpg) (http://www.radikal.ru)

Payg'ambarimiz va İslom dini bilan bog'liq yozuvlarning futbolkalarda yozilganini eshitganmidingiz?

Xabar uchun: http://www.nethaber.com/Ekonomi/61527/I-Love-My-Prophet-Peygamberimi-seviyorum-yazili
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ansora 01 Sentyabr 2009, 03:43:36
"Payg'ambarimni sevaman" ashulasi:
 
http://video.mynet.com/uzay1999aslan/peygamberimi-seviyorum/246516/
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ansora 01 Sentyabr 2009, 04:17:06
Minik dualar guruhidan, Sevgili Payg'ambarim ashulasi:

http://video.google.com/videoplay?docid=-4789862827092102909
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Hadija 04 Sentyabr 2009, 20:55:54
Rasulullohdan, sallollohu alayhi vasallam, nasihat

Sufyon al-Saqafiy rivoyat qiladi: "œMen dedim: "œEy, Rasululloh, sizdan boshqa hech kimdan so’ramasligim uchun menga Islomni bir so’z bilan aytib bering (Abu Muoviyaga ko’ra, "œsizdan keyin hech kimdan so’ramasligim uchun", deyilgan)". Payg’ambar (sallollohu alayhi vasallam) shunday dedilar: "œAllohga ishonaman deb ayt va keyin mustahkam bo’l".

(Imom Ahmad Musnadi, 14869)
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 05 Sentyabr 2009, 07:20:16
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh! (tasirli ekan ,o'qib chiqishni maslahat beraman )

Poklik iymonning yarmidir debon,
So’zingizga kirdikku bosh egibon.
Islom baxtli karvon, dastlabki sarbon,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Ona yurt sevishni sizdan o’rgandik,
Makka, Madinani ko’zda ko’rgandek.
Qalbda iymon, shayton uchun qo’rg’on bek
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Kim kelsa ham "œyo’q" demadingiz,
Dengiz, shamoldan tez sahovatingiz.
Mahmud jannatdadir manzilgoh tengiz,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

"œSizdek inson nurli, ko’rkam"- sahoba:,
Ko’rmadim der tengi yo’q musobaqa.
Qo’shinlar zo’r kofirga mahoraba.
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

O’t yoqmadi ahlingiz oylarda bir,
Bo’ladi qalbida boylarda kir.
Boraringiz saodat joylardadir,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

"œEy ummatim, oh ummatim, ummatim voh",
Deb qiyomat turasiz qabrdan shu choq.
Odamzod, nabiylarga xujjat guvoh.
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Amin bo’lib jaholatda zamonda ,
Va shunda ham qalbi doim omonda.
Alloh sobit qadam qilgan iymonda,
 Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Ketdingizku Xiro sari xilvatga,
Uchrashmoqqa kelgan haq nubuvvatga.
"œIqro" deb barham berib jaholatga.
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Xazrati Fotima Aliga yordir,
Muhabbatingiz ham ul zotga zo’rdir.
Qulog’iga aytdingiz ajib bir sir,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Kerak bo’lsa Uxud bo’ladi tillo,
Dunyo kalitini olmadiz illo.
Iml afzalligin anglab men mullo,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Musulmonlik mo’tadil, o’rta millat,
Bizga yotdir har xil zalolat, illat.
Din birodar nomidan cheksiz xurmat,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Alloh berdi maqom, vahiy ulug’ ish,
Hammaga nasibmas payg’ambar bo’lish.
Alloh buyurgani haqiqat yoyish,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Eng taqvodor obid, amal qilguvchi,
Allohimga habib, afzal bo’lguvchi.
Robbisini bizdan yaxshi bilguvchi,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Mujdasidir mangu, abadiy jannat,
Iymon amal uchun Allohdan rahmat.
Do’zax yomon degan, qo’rqitib zaxmat,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Olam nima va hamda Odam nima?
Ko’pam o’ylab aslo g’am-anduh yema.
Kelgan Qur’on bizga Buyuk qo’llanma,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Darkor juda, inson, tanishi Haqni,
Ziyo nima ekan, zulmatni yoqni.
O’yg’otgan uyqudan, dunyoni, xalqni,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Buyuksan barcha hamd, mehribon Zotga ,
Shukr salovatni soldinku yodga .
She’rim asrab ketkazmay yomon yotga ,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Boshimiz bor oxirimiz qiyomat ,
Hisob-kitob kuni mag’lub yo omad.
Suyukli eslatgan buni salomat
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Sizni sevganlarku ko’p salom berar,
Yurganda ham ular kamtarin yurar.
Tushida va so’ngra Maxsharda ko’rar,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Qalbim to’ldi ko’zim, qog’ozlar jiq ho’l,
Qanday yozsin buni dilim, ojiz qo’l .
Jon chiqar oningiz qildiku mashg’ul,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Mayusman, jimman sukutda ne qilay?
Bu ishni adosin Allohdan so’ray.
Yo’lingizda jonim fidolar bo’lay,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

G’arg’ara jon chiqar inson taqdiri ,
Mishkuldir bu ishni yozish tasviri.
Bu shunchaki o’limmas insonning biri,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Ey Alloh rasuli, go’zal husni xulq,
Butun Olam odamzot Allohga mulk.
Firoqqa ko’ngim yo’q,tuzgim kelmas sulh,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Abu Bakr aqlini yig’di dastlab,
O’z gapirdi o’zini tutib eplab.
Mening esa labim, qo’llarim titrab,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

"œAr-Rofiq, Al-A’lo" aytib so’ngi so’z,
Bu Olamdan ketdi nurli qalbu yuz.
Ey g’ofil shoir, sen, aytgin salom tez,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Ey Alloh, Mehribon madad ber menga ,
Bu ishni yetkazay oxiri enga.
Hissa qo’shay yuborganing haq dinga,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Shu onni alishmam hech bir narsaga,
Dunyo matoh, arzimas bir zarchaga.
Nabiy, Olamlarga bizga barchaga,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Xazrat Umar shijoati zo’r kuchli,
Chuchiyman shu yerda bo’lmay deb duchli.
"œMuhammad o’lmagan" degandir o’chli,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
 
Ey Ummat, birodar, musulmon, yoron,
Ittifoq bo’laylik, ezguga xar on.
Degan:"Najot, madad Sunnat va Qur’on",
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Sinov dunyo, borarimiz yer, tuproq,
Zikr, shukr, salovot diylik ko’proq.
Qur’on so’gra hikmat unagadir hamroh,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Alloh Mehribon Zot, bizni yaratgan,
Barcha ne’mat undan berib taratgan.
Najot uchun Rahmatini qaratagan,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

To qiyomat mavjud abadiy Qur’on,
Alloh vahiy ila bildirdi iymon.
Rahmon berdi baxtga yo’l, Rahmat inson,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Mushruk masxarasi o’tib tushardi,
Kofir xarhashasi o’chib jo’shardi.
Iymon tantanasi yutib yashardi,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Mas’ul bo’ldingizku Haqni tanitish,
Shirkni hayot, qalbdan butkul aritish.
Ezgulik quyoshin mangu balqitish,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Allohga shukrlar, Buyuksan Iloh,
Qur’on, hikmat berding rasul-la ogoh.
Buni to’g’ri qilgin bo’lmasin gunoh,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 05 Sentyabr 2009, 07:21:14
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh 2


Ko’p axtarib topdim durni, ziyoni,
Rasul salom, she’rim oldi riyoni.
To’g’irlash-chun uni,tepib dunyoni,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Odamlar olqishi yoqibdi quloq,
Endi, she’rlar misli qaynaydi buloq.
Lek, yoqib zulmat she’r olamga chiroq,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Badr kuni yoningizda bo’lgim keldi,
Shahid bo’lib o’shanda o’lgim keldi.
Yozgan botil she’rimga kulgim keldi,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Siz keldingiz, Allohimning haq Rahmati,
Qur’on berdi, dilga joylab Hikmati.
Menga oson , shukr, yo’qdir zahmati,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Sahobalar ergashdi yo’lingizga,
Sherik ular, duo qilgan qo’lingizga.
Foyda bo’lar Alloh bergan dinigizga,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Otangiz erta ketdi, ko’rmadingiz,
Jahalotda haromga yurmadingiz.
Dunyo ham, oxiratda omadingiz,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Salomni yuz bora keltirib kunda,
Bizga ming bor bo’lib,qaytar shunda.
Zikrimdan so’ng navbatim kelur dinda,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Haqning farishtasi Jabroil salom,
Xiro uzra ilk bor bildirdi kalom.
Saodat yo’lchisi, yorishdi Olam,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Hadicha onamga yoqqan suyukli,
Haq yelkadan og’irni olgan yukli.
Pok dil, zikri ulug’, xulqi buyukli,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Alloh Olam, Odamlarning Ilohi,
Sizni tanlab, qildi mujda, ogohi.
Avval, oxir kechirilgan gunohi,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Oisha onamiz, boshqa onalar,
Mo’’minlarning onasi parvonalar.
Olib tashlab she’rimdan begonalar,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Ko’p hislatlar kimda ham bor bo’lardi,
Sizda edi, yuksak xulq yor bo’lardi.
Johil, mushrik, kofirga dor bo’lardi,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Qo’y boqdingiz so’ng, xalqni ummat qilib,
Ularning boshiga soyabon ilib.
Bular savobligin hadisdan bilib,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Hamma Nabiy, Rasul duosi edi,
Shu dunyoda ko’rdi, adosi yedi.
Shafoatga asrab, ummatga dedi,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Qur’on Buyuk Haqdan, oliy va najot,
Javob, ko’mak bo’lsa, gar kimda xojat.
Sunnnatingizga sevgim ushbu xujjat,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Nahotki, sen, ey so’z, jonlan bu ishga,
Sen mahkusan baxt, saodat yumushga.
Shu so’z ila gunohlarni yuvishga,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Biz ojiz bandangmiz ey, Buyuk Alloh,
Sen berursan najot va hamda panoh.
Alloh bersin jannat Mahmud manzilgoh,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Go’zal xulqli salom-alik keng yoygan,
Ilm ila jaholatga chek qo’ygan.
Dil quvonchda iymon, naqadar suygan,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Hosil bo’lsa riyo o’t gulzor dilga,
Nifoq siyoh uchun yozishga qo’lga.
Tutilmas-chun endi jaladan do’lga,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Iymonimiz salomat Qur’on ila,
So’ng hadisga to’yar to’kis bir yo’la.
Sohili mo’l daryo, muhabbat to’la,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Olamlarni yaratgandir Pok Xoliq,
Eshitdimki bu ne’mat sizga bog’liq.
Salomning ma’nosi tinchlik va sog’liq,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Muhammadsiz, Ahmadsiz, Mahmud yana,
Abdullohning o’g’li, Amina- ona.
Robbiyul avvaldir siz kelgan sana,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
 
Choriyorlar atrofingizda baxtli,
Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali taxtli.
Men ham borib baxtingizga erta vaqtli,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Salomlarimga siz, alik oldingiz,
Jum’a har kun to’lur qabr oldingiz.
To qiyomat mahbub bo’lib qoldingiz,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Sunnat barpo qilib buzilmas bino,
Qoraladi shirkni, g’iybatni, zino.
Salom aytur malaklar avval Xudo,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Tig’ ko’tardi Abu Jahl, Lahablar,
Jonliq so’ydi, ular butga atablar.
Tushunmadi haqni ba’zi arablar,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Ko’ngillar hurlik nasimdan to’ydi,
Shayton la’in bergan odatni qo’ydi.
Aql ishlab, nafslar iymonni suydi,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Inson edik, aslimizga biz qaytdik,
"œLa ilaha illallohni " ho’p aytdik.
Huddi xayot dunyoda jannat paytdek,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Holis Olim vorisingiz U mana,
Ilm, iymon, hayo, sog’ dilu tana.
Har soniya, har kun, yana va yana,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Elchi xushxabarchi, qutlovga loyiq,
Ogohchisiz, iymonsizlarga toyiq.
Dilim ishq, muhabbat faqat shu boylik,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Shayton dushman avval, nafs ammora ham,
Dunyo ishqi-la mast, avvora ham.
Dushman ne, tanimasa she’rpora ham,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Tongda, peshin, asr, shomda, tunu kun,
Ibodatlar ila oladi mazmun.
Dunyo uchun xafa, ham bo’lmay mag’zun,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

                                                                                   (forum.islom.uz)
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 06 Sentyabr 2009, 14:03:56
Salovoti sharif.
Ezgulikka targ’ib etgan Muhammad,
Alloh yo’lin maqbul degan Muhammad,
G’arib dilga nur taratgan Muhammad,
Iymonsizni yo’lga solgan Muhammad,
Sallallohu ala Muhammad,
Sallallohu alayhi va sallam.

Ummatim, ummatim deb qayg’urgan,
Ummatining mushkulini hal etgan,
Ummat uchun Allohimga yolvorgan,
Ummat qalbin chirog’isan Muhammad,
Sallallohu ala Muhammad,
Sallallohu alayhi va sallam.

O’zinimas o’zgalarni o’ylagan,
Bechorayu, yetim boshin silagan,
Ummatim deb ne kuylarga tushmagan,
Bardoshingga tasannolar Muhammad,
Sallallohu ala Muhammad,
Sallallohu alayhi va sallam.

Mushriklarning tanasiyu dashnomi,
Turli tuman tuhmatiyu bo’htoniyi,
Zarba uchun ko’tarilgan tug’yoni,
Irodangni bukolmmadi Muhammad,
Sallallohu ala Muhammad,
Sallallohu alayhi va sallam.

Zero seni qo’llaguvchi Alloh bor,
Vahiysi — la bo’lib turli madadkor,
Sen bo’lmading Allohdan o’zgaga zor,
Qanoatning timsolisan Muhammad,
Sallallohu ala Muhammad,
Sallallohu alayhi va sallam.


                                                                              Xoji Ahmadjon Bobamurod
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 07 Sentyabr 2009, 08:36:17
Ezgulikka targ’ib etgan Muhammad,
Alloh yo’lin maqbul degan Muhammad,
G’arib dilga nur taratgan Muhammad,
Iymonsizni yo’lga solgan Muhammad,
Sallallohu ala Muhammad,
Sallallohu alayhi va sallam.


Ummatim, ummatim deb qayg’urgan,
Ummatining mushkulini hal etgan,
Ummat uchun Allohimga yolvorgan,
Ummat qalbin chirog’isan Muhammad,
Sallallohu ala Muhammad,
Sallallohu alayhi va sallam
.

O’zinimas o’zgalarni o’ylagan,
Bechorayu, yetim boshin silagan,
Ummatim deb ne kuylarga tushmagan,
Bardoshingga tasannolar Muhammad,
Sallallohu ala Muhammad,
Sallallohu alayhi va sallam.


Mushriklarning tanasiyu dashnomi,
Turli tuman tuhmatiyu bo’htoniyi,
Zarba uchun ko’tarilgan tug’yoni,
Irodangni bukolmmadi Muhammad,
Sallallohu ala Muhammad,
Sallallohu alayhi va sallam
.

Zero seni qo’llaguvchi Alloh bor,
Vahiysi — la bo’lib turli madadkor,
Sen bo’lmading Allohdan o’zgaga zor,
Qanoatning timsolisan Muhammad,
Sallallohu ala Muhammad,
Sallallohu alayhi va sallam.


                                                                              Xoji Ahmadjon Bobamurod
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Hadija 09 Sentyabr 2009, 16:02:16
U zotga salavot va salom ayting!

Allohumma solli 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)

Albatta, Alloh va uning farishtalari Payg'ambarga salovat ayturlar. Ey mo'minlar (sizlar ham) unga salavot va salom aytinglar! (Ahzob, 56).

Alloh taolo ushbu oyat bilan Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning naqadar sharafli ekanliklarini, qadrlari Yaratgan huzurida qay darajada yuksakligini ko'rsatib beradi. Hayotlik chog'larida ham, vafotlaridan keyin ham, oldilarida ham, ortalarida ham u zotga salavot va salom yo'llashni ta'lim bermoqda Alloh taolo. Chunki Allohning O'zi ham, Uning itoatkor farishtalari ham Nabiy(a.s)ga salavot yo'llaydilar. Imom Qurtubiy aytadilar: "Allohning salavoti Uning rahmati va rizosi demakdir. Farishtalarning salavoti esa, duo va istig'for ma'nosidadir. Ummatning salavoti bo'lsa duo va u zotning amrlariga xurmat ko'rsatishni bildiradi".

Bu oyat, yukorida aytilganidek, Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam)ning avvalgi va keyingi barcha insoniyatning eng xayrlisi ekanliklarini ko'rsatib turibti. Shuning uchun ham Alloh oyatda bizlarga marhamat qilmoqdaki, "Ey mo'minlar siz ham Payg'ambar(a.s)ga ko'p-ko'p salavot aytingiz, chunki zimmangizda u zotning haqqi bisyordir". Chunonchi, sizlarni Alloh yordamida zulmatdan nurga, zalolatdan hidoyatga olib chiqqan u zot Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)dir. Shuning uchun ham u zotning muborak nomlari tilga olingani hamono: "Allohumma solli 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad" ("Allohim, Muhammadga va u zotning oilalariga marhamat ko'rsat, uzotga ko'p salom yo'lla") deb ayting!

Ka'b ibn Ujradan shunday ruvoyat qilinadi: " Biz Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)dan: "Ey Allohning rasuli, Sizga salom berishni bilamiz, ammo salavot qanday aytiladi?"- deb so'radik Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday javob berdilar: "Ey Allohim! Ibrohimga salavot aytganing kabi, Muhammad va oilalariga ham salavot ayt..." deng." (Buxoriy rivoyati).

Saviy aytdi: Maloikalar va mo'minlarning Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam)ga salavot aytishlarining hikmati ularning bu ish orqali sharaf topishlaridir. Zero, ular Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam) salavot yo'llash, u zotni ulug'lash haqidagi Allohning amriga bo'ysunganlar. Ayni paytda salavot Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning ummat zimmasidagi halqlari evaziga mukofotdir. Chunki u zot Rosululloh (sollallohu alayhi vasallam) ummatlariga berilgan barcha ne'matlarining asosiy sababchisidirlar. Kishi birovdan bir yaxshilik ko'rsa, unga yaxshilik bilan javob qaytarishga uni taqdirlashga burchli bo'lib qoladi. Ammo insonlar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ni munosib taqdirlashga imkonlari etmasligi sababli, barcha narsaning mutlaq egasi va har ishga qodir Allohdan u zotni taqdirlashini so'raydilar. "Allohim, Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) salavot yo'lla", so'zlarning ma'nosi shudir."
Tafsir kitoblari asosida
"Irfon taqvimi" 2009 / 1430 (II)
www.uzislam.com
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Munira xonim 11 Sentyabr 2009, 23:12:33
Yashashga mador yo'q, xo'p toldiim yo'ldan,
Saodat asriga xosdir sog'inchim,
Yo'lboshchi axtarib adashdim yo'ldan,
Rasululloh sizni qattiq sog'indim.

Nasihat olmagach, dilbandim farzand,
Biror bir go'zallik qilolmas xursand,
Otam ham tuzukroq berolmadi pand,
Rasululloh sizni qattiq sog'indim.

Galakaz ichinda tentirab,xorib,
O'zimni sezyapman tamoman g'arib,
Oisha onamni tushimda ko'rib,
Rasululloh sizni qattiq sog'indim.

hech qanday foyda yo'q, ming bir ta'birlar,
Hatto to'shagimda ilon g'imirlar,
Xiyonatning boshi bugun amirlar,
Rasululloh sizni qattiq sog'indim.

Tamom gunohkroman qo'ysam bir qadam,
Shahrimda topolmama tuzuk bir odam,
Dalda bo'lolmagay hatto volidam,
Rasululloh sizni qattiq sog'indim.

Ahlimda ko'rinmas Haqning talabi,
Yopilib is bosgan Islom maktabi,
Quchib qo'yvormagan Ukkoshi kabi,
Rasululloh sizni qattiq sog'indim.

O'ttiz yil teran bir nigohla o'sdim,
Oxir do'stlik uyin ko'nglim-la buzdim,
Dushmanga aylandi eng yaqin do'stim,
RAsululloh sizni qattiq sog'indim.

Omon-omon yurti deganlar balli!
Og'ir kun tushganda yo'qdir tasalli,
"Ustoz" deb noma olgan munofiq fe'lli,
RAsululloh sizni qattiq sog'indim.

Sizning boshingizga nurin sochib bir,
Ajabki, shams nechun yig'lamayotir,
Bugungi kunimdan ketib xavotir,
RAsulullohs izni qattiq sog'indim.

Sezdim bu yog'iga omadim kulmas,
QOlgan umrimdan ham yuragim to'lmas,
Sal toza Iymonda ketmasam bo'lmas,
Rasululloh sizni qattiq sog'indim!!!

PS:Balki bu sh'er bu forumga joylangandir. Lekin bugungi holatimga juda mos tushdi. Men ham asri saodatni va Rasululloh SAVni qattiq sog'indim. Ilojsizligim alam qilganidan qabristonni ham sog'indim...
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 15 Sentyabr 2009, 07:19:58
 :as:

Sizni juda qo'msadim yo Rasululloh ,taftingizni sog'indim .............
ayni chog'da g'aflatdaligim uchun abgorman ,,,,,,,,,,,,,,,,,,,keling iltimos ......
rasululloh........... sizni sog'indim .
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: imlaah 15 Sentyabr 2009, 10:19:43
:as:

Sizni juda qo'msadim yo Rasululloh ,taftingizni sog'indim .............
ayni chog'da g'aflatdaligim uchun abgorman ,,,,,,,,,,,,,,,,,,,keling iltimos ......
rasululloh........... sizni sog'indim .
Qora bilan belgilab qo'yilgan iltimosnoma kimga oid???? Uzrku singlim bunday duo qilishlik yoq .Rasululloh sollallohu alayhi vasallam endi kelmaydilar,ularni sevgan ularga har ishda ergashgan ummatlari boradilar endi Allah nasib qilsa..
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Mahdiyah 15 Sentyabr 2009, 10:28:04
CHIN DO’ST

Zulmatlarda yurar edim,
Gandiraklab turar edim,
Bir rahnamo tilar edim,
Chin do’stimni topdim, shukr"¦

Savdolanib eng xos qulga,
Yunusdek ergashdim izina,
Jon unga qurbon bo’lsin-a,
Chin do’stimni topdim, shukr"¦

Unda vafo, unda safo,
Usiz hayot — jabru jafo,
Oti — Muhammad Mustafo,  :sw:
Chin do’stimni topdim, shukr"¦
Ramazon Do’nmas
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2009, 12:49:46
Yurorida Siddiqa singlimiz Kel, ey Payg'ambarim, deb duo qilibdilar. Turkiyalik Dursun Ali Erzinjanli ham "Kelsang edi" degan she'e yozgan edilar. Bu she'rni qo'limdan keguncha tarjima qildim, sizlarga havola qilayabman. Kamchiliklar bo'lsa, affola!


Sevgili!

Ummu Maktum kabi

Seni ko’rmasdan seni chaqiryabmiz

Olib-bergan nafasingni eshitganday
Huddi ko’zlarimizni ochganimizda
Seni ko’radiganday
Senga ovoz beryabmiz!

Sen huzuringda ovoz yuksalmaz
Odobla gaplashiliar, odob ila sukutda turilar

Yana bizkim, bu eshikning tilanchilari
Qo’llarimizni ochib kutmoqdan o’zga
Bizga boshqa ish tushmasdi ammo!

Shu oraga kirgan yillar bo’lmasa
Madinaning uzoq yo’llari bo’lmasa
İsming esga kelganda yuraklar yonmasa
Eshigingda kutishdan boshqa 
Bizga bir narsa qolmasdi.

Kutayabmiz Sultonim!

Ro’yolarda bo’lsa ham
Balki tashrif buyurarsan, diya
Hech kimni kutmaganimizchalik
Seni kutyabmiz
 
Kelsang edi,
Biz uchun Jannat bo’lardi kelishing.

Kelsang edi
Saodat asridan jo’natgan salomingni
 "œQardoshlarim" deyishingni
Bir-birimizga aytib berganimizni ko’rarding.

Kelsang edi,
Kezsang edi dasturxonlarimizni
Bir dona tavoq ortiqcha ko’rar eding
Bir piyola, bir qoshiq ortiqcha...
Va dasturxonda bir bo’sh joy
Bosh taraf!
Balki Sen (S.A.V)kelarsin deya

Kelsang edi
Kezsang edi kechalarimizni
U "œQutlug’ tug’ilish" kechalarini
Onalar ko’rar eding.

Sen endigina tug’ilganday
Yer yuziga endigiga tashrif buyurganday
Sen mazza qilib uhlagin, diya
Seni sabohlarga qadar
Xayolan oyoqlarida tebratgan onalar ko’rar eding.

Sevgili!

Kelsang edi,
Madinai Munavvaradan dunyoga yoyilgan Ashobing kabi,
Ayyub Sulton kabi,
Ka’b bin Malik kabi
Bir fajr vaqtida
Hanuz yigirmasida, yigirma beshida
Tashlab yurtlarini, o’chog’larini
Nishonlariga ilohiy rizoni olgan
Orqalariga qarashni or, deb hisoblagan
Yigitlar ko’rar eding...

Ular sening yigiting
Qo’llari, shu o’pilajak qo’llari
Kim biladi, qaysi mamlakatning qahraton sovuqlarida muzlar ekan
Sening qishlog’ingning xayoli bilan isindilar

Kelsang edi
Kechaning zimiston qorong’uligida
Uyquning eng totli orasida
Robiyatul Adeviyya kabi Rabbi bilan yakka yolg’iz duoda
Yoshlar ko’rarding

Ko’zyosh to’kar ekan gunohlari uchun
Vaysal Qoroniydan istaganing kabi
İnsoniyat uchun duo etayotgan yoshlar ko’rar eding.

Kelsang edi,
Asri Saodatdagiday bo’lmasa ham
Hidlashga arzigulik atirgullarimiz bor edi,
Yana sening iqlimingda yetishgan

Ammo sen kelsang edi,
Tikonlar ham gul bo’lar edi AFANDİM (S.A.V)

Sen bilan ko’z-ko’zga kelmasdan, yashirincha seni tomosha qilmoq,,,
Hazrati Vahshiy kabi...

Sen Honai Saodatdan Masjidi Nabaviyaga ketar edingku
Oisha onamiz orqangdan mast bo’lganday termulardi

Seni masjidigning yonida kutgan Ashobingning esa
Boqishlari yerda edi.
Odobdan ko’zlaringga tik qaramas edilar.
Sen (S.A.V.)ham  tabassum bilan nazar tashlarding
Mo’tabassum chehrangni bir Abu Bakr (R.A) ko’rar  edi.
Bir da O’mer (R.A)

Endi o’qilganda Azoni Muhammadiy
Derazalarida, eshik oldilarida
Seni (S.A.V) kutayotgan namli ko’zlar bor.

Kelsang edi,
Va yurub o’tsayding oldimizdan,
Atirgullarni ham hushdan ketkazgan hidingni ichimizga tortardik.

Sevgili!

Haqiqiy oshiqlaring senga qarab uchar ekan,
Bizning bu qilganlarimiz faqatgina yo’lda emaklash edi.

Dunyo go’zalligi bilan qo’llarini ochar ekan,
Bizga tushgan qo’l ochib kutmoq edi..

Sevgili !  Sevgili’


Kutyabmiz!..
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2009, 12:56:45
Dursun Ali Erzinjanlı o'zlarining she'rlari bilan juda ko'p insonning iymonga kelishiga sabab bo'lgan kishi. Olloh u kishidan rozi bo'lsin.
U kishing videolari uchun link:

http://video.google.com/videosearch?hl=tr&source=hp&q=sen+gelseydin&um=1&ie=UTF-8&ei=FEivSsOAMYmX_Qaxv8HZDA&sa=X&oi=video_result_group&ct=title&resnum=4#
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2009, 12:59:09
Eyy Sevgili Payg'ambarim, men ham senga "kel", deyishga tayyormanmi...

Rabbim bizlarga ham seni "chaqirishga tayyor" qullaringdan bo'lishni nasib etsin insholloh...
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Hadija 15 Sentyabr 2009, 13:37:54
CHIN DO’ST

Zulmatlarda yurar edim,
Gandiraklab turar edim,
Bir rahnamo tilar edim,
Chin do’stimni topdim, shukr"¦

Savdolanib eng xos qulga,
Yunusdek ergashdim izina,
Jon unga qurbon bo’lsin-a,
Chin do’stimni topdim, shukr"¦

Unda vafo, unda safo,
Usiz hayot — jabru jafo,
Oti — Muhammad Mustafo,  :sw:
Chin do’stimni topdim, shukr"¦
Ramazon Do’nmas

 :ms:, juda chiroyli she'r ekan, InshaAlloh, Qiyomat kunida Haqiqiy ummatlari safida turib, shafoatlariga erishishlik nasib etsin.  :amn:
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Hadija 15 Sentyabr 2009, 13:40:39
Yurorida Siddiqa singlimiz Kel, ey Payg'ambarim, deb duo qilibdilar. Turkiyalik Dursun Ali Erzinjanli ham "Kelsang edi" degan she'e yozgan edilar. Bu she'rni qo'limdan keguncha tarjima qildim, sizlarga havola qilayabman. Kamchiliklar bo'lsa, affola!


Sevgili!

Ummu Maktum kabi

Seni ko’rmasdan seni chaqiryabmiz

Olib-bergan nafasingni eshitganday
Huddi ko’zlarimizni ochganimizda
Seni ko’radiganday
Senga ovoz beryabmiz!

Sen huzuringda ovoz yuksalmaz
Odobla gaplashiliar, odob ila sukutda turilar

Yana bizkim, bu eshikning tilanchilari
Qo’llarimizni ochib kutmoqdan o’zga
Bizga boshqa ish tushmasdi ammo!

Shu oraga kirgan yillar bo’lmasa
Madinaning uzoq yo’llari bo’lmasa
İsming esga kelganda yuraklar yonmasa
Eshigingda kutishdan boshqa 
Bizga bir narsa qolmasdi.

Kutayabmiz Sultonim!

Ro’yolarda bo’lsa ham
Balki tashrif buyurarsan, diya
Hech kimni kutmaganimizchalik
Seni kutyabmiz
 
Kelsang edi,
Biz uchun Jannat bo’lardi kelishing.

Kelsang edi
Saodat asridan jo’natgan salomingni
 "œQardoshlarim" deyishingni
Bir-birimizga aytib berganimizni ko’rarding.

Kelsang edi,
Kezsang edi dasturxonlarimizni
Bir dona tavoq ortiqcha ko’rar eding
Bir piyola, bir qoshiq ortiqcha...
Va dasturxonda bir bo’sh joy
Bosh taraf!
Balki Sen (S.A.V)kelarsin deya

Kelsang edi
Kezsang edi kechalarimizni
U "œQutlug’ tug’ilish" kechalarini
Onalar ko’rar eding.

Sen endigina tug’ilganday
Yer yuziga endigiga tashrif buyurganday
Sen mazza qilib uhlagin, diya
Seni sabohlarga qadar
Xayolan oyoqlarida tebratgan onalar ko’rar eding.

Sevgili!

Kelsang edi,
Madinai Munavvaradan dunyoga yoyilgan Ashobing kabi,
Ayyub Sulton kabi,
Ka’b bin Malik kabi
Bir fajr vaqtida
Hanuz yigirmasida, yigirma beshida
Tashlab yurtlarini, o’chog’larini
Nishonlariga ilohiy rizoni olgan
Orqalariga qarashni or, deb hisoblagan
Yigitlar ko’rar eding...

Ular sening yigiting
Qo’llari, shu o’pilajak qo’llari
Kim biladi, qaysi mamlakatning qahraton sovuqlarida muzlar ekan
Sening qishlog’ingning xayoli bilan isindilar

Kelsang edi
Kechaning zimiston qorong’uligida
Uyquning eng totli orasida
Robiyatul Adeviyya kabi Rabbi bilan yakka yolg’iz duoda
Yoshlar ko’rarding

Ko’zyosh to’kar ekan gunohlari uchun
Vaysal Qoroniydan istaganing kabi
İnsoniyat uchun duo etayotgan yoshlar ko’rar eding.

Kelsang edi,
Asri Saodatdagiday bo’lmasa ham
Hidlashga arzigulik atirgullarimiz bor edi,
Yana sening iqlimingda yetishgan

Ammo sen kelsang edi,
Tikonlar ham gul bo’lar edi AFANDİM (S.A.V)

Sen bilan ko’z-ko’zga kelmasdan, yashirincha seni tomosha qilmoq,,,
Hazrati Vahshiy kabi...

Sen Honai Saodatdan Masjidi Nabaviyaga ketar edingku
Oisha onamiz orqangdan mast bo’lganday termulardi

Seni masjidigning yonida kutgan Ashobingning esa
Boqishlari yerda edi.
Odobdan ko’zlaringga tik qaramas edilar.
Sen (S.A.V.)ham  tabassum bilan nazar tashlarding
Mo’tabassum chehrangni bir Abu Bakr (R.A) ko’rar  edi.
Bir da O’mer (R.A)

Endi o’qilganda Azoni Muhammadiy
Derazalarida, eshik oldilarida
Seni (S.A.V) kutayotgan namli ko’zlar bor.

Kelsang edi,
Va yurub o’tsayding oldimizdan,
Atirgullarni ham hushdan ketkazgan hidingni ichimizga tortardik.

Sevgili!

Haqiqiy oshiqlaring senga qarab uchar ekan,
Bizning bu qilganlarimiz faqatgina yo’lda emaklash edi.

Dunyo go’zalligi bilan qo’llarini ochar ekan,
Bizga tushgan qo’l ochib kutmoq edi..

Sevgili !  Sevgili’


Kutyabmiz!..

 :jaza:,  :bar:
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: imlaah 15 Sentyabr 2009, 14:20:24
Eyy Sevgili Payg'ambarim, men ham senga "kel", deyishga tayyormanmi...

Rabbim bizlarga ham seni "chaqirishga tayyor" qullaringdan bo'lishni nasib etsin insholloh...

Uzr singlim bahs yoki nuqson topish maqsadi bilan emas balki shunchaki o'qiganni baham ko'rish maqsadi bilan ba'zi e'tirozim. Ozbek tilida sen[/b ]bu oddiy muomala olmoshi .Ammo hurmatlik insonlar uchun siz olmoshi ishlatiladi.Allahga sen deb muomala qilinishligi tabiiy bir holat.Allah yaratguvchi Holiqdir.Ammo rasululloh sallollohu alayhi vasallamga nisbatan o'zbekcha suhbatlar va yozuvlarda sen deb ishlatishlik bu u zotga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi.

P.S.Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning yonlarida yashashlik bilan " keling iltimos" deyishlikni orasida juda katta farq bor.Rasululloh sallollohu alayhi vasallam vafot etganlar va endi bu dunyoga qayta kelmasliklari hammaga ayon ekanligini bilgan holda u zotdan bunday iltimos qilishlik bu islom shariati va aqiydasiga zid holat...
Fikrlarim kimnidir qalbini og'ritish uchun emas.Kimdir malollansa uzrlarim ,rozi bo'linglar..
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2009, 14:29:20
Rahmat tushunchalaringiz uchun. E'tibor bergan bo'lsangiz, faqatgina O'zbeklar ota-onasiga, kattalarga "siz" deyishadi. Keyin har bir inson to'ppa to'g'ri so'zlar bilan emas, bazan she'r holida, tasavvufiy ma'nolar bilan to'la fikrlar bilan sevgan kishilariga tuyg'larini yetkazadilar. Bu menimcha ruh holi bilan bog'liq.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: imlaah 15 Sentyabr 2009, 14:39:59
Rahmat tushunchalaringiz uchun. E'tibor bergan bo'lsangiz, faqatgina O'zbeklar ota-onasiga, kattalarga "siz" deyishadi. Keyin har bir inson to'ppa to'g'ri so'zlar bilan emas, bazan she'r holida, tasavvufiy ma'nolar bilan to'la fikrlar bilan sevgan kishilariga tuyg'larini yetkazadilar. Bu menimcha ruh holi bilan bog'liq.

Arab yoki boshqa tildagi muomalani aytmadim men ham aynan o'zbek tilidagini aytdim.Yuqoridagi tanbehlarim ham fikrlarini o'zbekcha bayon qilingan postlarga nisbatan edi.Hatto tasavvufda ham o'zbek tilidagi yozishmalarda Rasululloh sallollohu alayhi vasallamga nisbatan sen deb murojaat qilinmaydi.Turk tilida fikringizni bayon qilsangiz o'sha tilni grammatik qoidasini bemalol ishlatib yozasi.Ammo o'zbek tilida ham yozuv va o'zbekona muomala qoidalarini unutmaysizlar deb umid qilaman.
P.S.Siddiqahon sizga kamsitishlik yoki boshqa maqsadda emas shunchaki duoda bo'lsin boshqa maqsadda vafot etgan bandani chorlanishlik islomdan emasligini eslatib o'tdim umid qilaman mendan hafa bo'lmaysiz.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2009, 14:52:17
Men uchun bu mavzuda asos bo'lgan, İnsonning iymoniga zarra bo'lsa ham naf bera oladigan yozuv o'qish, yozish. E'tibor bergan bo'lsangiz she'r Turk tilidan tarjima qilingan va men ham asl holidan ta'sirlandim. Originalligini yo'qotmasligi uchun ham asliga yaqin shaklida tarjima qilishga harakat qildim. Bilaman, yana ham chiroyli, O'zbek tili qurollariga diqqat etgan holda tarjima qilinishi mumkin. "Sen" deyishga kelsak, men ko'proq Turkcha diniy matnlar o'qiganim uchun bu menga yana ham yaqin keladi.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Muhammadali 16 Sentyabr 2009, 02:01:17
Yo Robbim. Ozing bizlarni tog'ri yo'linga boshlagin. Qiyomat kunida Rasululloh SAVning shafoat qilgan ummatlari qatorida turishlikni va U kunda OBI KAWSARNI O'z suyganlarimiz bilan birga ichishlikni nasib aylagin.

Har qanday gul bir kun kelib so'lib qolur,
Lek qalbdagi ishq otashi so'nmas ekan.
Oshiq kishi mashuquiga sodiq bo'lur,
Bir qalbimga ikkinchi yor sig'mas ekan.

Haqiqiy muhabbat bo'lmish Allohni sevishdan o'zga muhabbat qalbga sig'mas ekan.
Allohim bizlarni Rasulingni hurmatidan O'zingni muhabbatinga oshno aylagin. O'tkinchi bu dunyoda o'tkinchi narsalarga muhabbat qo'yib, Seni unitib qo'yishlikdan asragin. Kimnidurning qalbini ojizlarcha og'ritgan bo'lsam ozing kechirgin. Men shohmanmi, gadomanmi bari-bir bir kun kelib bu dunyoni tark etaman. Ey Allohim Rasulungni hurmatidan Sen uchun sajdaga bosh qo'yganimda kozimdan san uchun ko'z yosh tokishimni, doimo sani Zikringni qilib yurishimni nasib aylagin.
Islom dinining ichida zarracha bo'lsa ham inson uchun foydasiz narsa bo'lmaganidek, Islomning tashqarisida ham zarracha foyda yo'qligini tushunib yetgan bu jismimni faqatgina Islomiy ishlar bilan mashgul aylagin. Allohim bizlarni doimo san suygan bandalaring bilan birga qilgin.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 16 Sentyabr 2009, 03:35:31
Yurorida Siddiqa singlimiz Kel, ey Payg'ambarim, deb duo qilibdilar. Turkiyalik Dursun Ali Erzinjanli ham "Kelsang edi" degan she'e yozgan edilar. Bu she'rni qo'limdan keguncha tarjima qildim, sizlarga havola qilayabman. Kamchiliklar bo'lsa, affola!


Sevgili!

Ummu Maktum kabi

Seni ko’rmasdan seni chaqiryabmiz

Olib-bergan nafasingni eshitganday
Huddi ko’zlarimizni ochganimizda
Seni ko’radiganday
Senga ovoz beryabmiz!

Sen huzuringda ovoz yuksalmaz
Odobla gaplashiliar, odob ila sukutda turilar

Yana bizkim, bu eshikning tilanchilari
Qo’llarimizni ochib kutmoqdan o’zga
Bizga boshqa ish tushmasdi ammo!

Shu oraga kirgan yillar bo’lmasa
Madinaning uzoq yo’llari bo’lmasa
İsming esga kelganda yuraklar yonmasa
Eshigingda kutishdan boshqa 
Bizga bir narsa qolmasdi.

Kutayabmiz Sultonim!

Ro’yolarda bo’lsa ham
Balki tashrif buyurarsan, diya
Hech kimni kutmaganimizchalik
Seni kutyabmiz
 
Kelsang edi,
Biz uchun Jannat bo’lardi kelishing.

Kelsang edi
Saodat asridan jo’natgan salomingni
 "œQardoshlarim" deyishingni
Bir-birimizga aytib berganimizni ko’rarding.

Kelsang edi,
Kezsang edi dasturxonlarimizni
Bir dona tavoq ortiqcha ko’rar eding
Bir piyola, bir qoshiq ortiqcha...
Va dasturxonda bir bo’sh joy
Bosh taraf!
Balki Sen (S.A.V)kelarsin deya

Kelsang edi
Kezsang edi kechalarimizni
U "œQutlug’ tug’ilish" kechalarini
Onalar ko’rar eding.

Sen endigina tug’ilganday
Yer yuziga endigiga tashrif buyurganday
Sen mazza qilib uhlagin, diya
Seni sabohlarga qadar
Xayolan oyoqlarida tebratgan onalar ko’rar eding.

Sevgili!

Kelsang edi,
Madinai Munavvaradan dunyoga yoyilgan Ashobing kabi,
Ayyub Sulton kabi,
Ka’b bin Malik kabi
Bir fajr vaqtida
Hanuz yigirmasida, yigirma beshida
Tashlab yurtlarini, o’chog’larini
Nishonlariga ilohiy rizoni olgan
Orqalariga qarashni or, deb hisoblagan
Yigitlar ko’rar eding...

Ular sening yigiting
Qo’llari, shu o’pilajak qo’llari
Kim biladi, qaysi mamlakatning qahraton sovuqlarida muzlar ekan
Sening qishlog’ingning xayoli bilan isindilar

Kelsang edi
Kechaning zimiston qorong’uligida
Uyquning eng totli orasida
Robiyatul Adeviyya kabi Rabbi bilan yakka yolg’iz duoda
Yoshlar ko’rarding

Ko’zyosh to’kar ekan gunohlari uchun
Vaysal Qoroniydan istaganing kabi
İnsoniyat uchun duo etayotgan yoshlar ko’rar eding.

Kelsang edi,
Asri Saodatdagiday bo’lmasa ham
Hidlashga arzigulik atirgullarimiz bor edi,
Yana sening iqlimingda yetishgan

Ammo sen kelsang edi,
Tikonlar ham gul bo’lar edi AFANDİM (S.A.V)

Sen bilan ko’z-ko’zga kelmasdan, yashirincha seni tomosha qilmoq,,,
Hazrati Vahshiy kabi...

Sen Honai Saodatdan Masjidi Nabaviyaga ketar edingku
Oisha onamiz orqangdan mast bo’lganday termulardi

Seni masjidigning yonida kutgan Ashobingning esa
Boqishlari yerda edi.
Odobdan ko’zlaringga tik qaramas edilar.
Sen (S.A.V.)ham  tabassum bilan nazar tashlarding
Mo’tabassum chehrangni bir Abu Bakr (R.A) ko’rar  edi.
Bir da O’mer (R.A)

Endi o’qilganda Azoni Muhammadiy
Derazalarida, eshik oldilarida
Seni (S.A.V) kutayotgan namli ko’zlar bor.

Kelsang edi,
Va yurub o’tsayding oldimizdan,
Atirgullarni ham hushdan ketkazgan hidingni ichimizga tortardik.

Sevgili!

Haqiqiy oshiqlaring senga qarab uchar ekan,
Bizning bu qilganlarimiz faqatgina yo’lda emaklash edi.

Dunyo go’zalligi bilan qo’llarini ochar ekan,
Bizga tushgan qo’l ochib kutmoq edi..

Sevgili !  Sevgili’


Kutyabmiz!..
Dursun alini hamma hamma sevikli sav ga yozgan maktubotlari judayam tasirli ,opa boshqalarini tarjima qilsangiz yahshi bo'lar edi .
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ansora 16 Sentyabr 2009, 10:24:18
İnsholloh Siddiqa, sekin sekin tarjima qilishga harakat qilaman...
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 18 Sentyabr 2009, 03:28:04


Sizni juda qo'msadim yo Rasululloh ,taftingizni sog'indim .............
ayni chog'da g'aflatdaligim uchun abgorman ,,,,,,,,,,,,,,,,,,,keling iltimos ......
rasululloh........... sizni sog'indim .
[/quote]
Qora bilan belgilab qo'yilgan iltimosnoma kimga oid???? Uzrku singlim bunday duo qilishlik yoq .Rasululloh sollallohu alayhi vasallam endi kelmaydilar,ularni sevgan ularga har ishda ergashgan ummatlari boradilar endi Allah nasib qilsa..
[/quote]

assalamu aleykum imlaah opa ,men bu yerda tushda kelishlarini nazarda tutgandim .
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Munavvara 20 Sentyabr 2009, 14:39:06
Dunyo nega bir kam...

Ko'nglim qoldi dildordan ham,yordan ham,
O'tkinchi bu dunyodan ham zardan ham,
Qo'msayman-u topolmayman hech yerdan,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Gunohlarim dunyochadir boshim ham,
Vujudimni poklagan - dir anduh - g'am,
Sog'inaman yig'lab mudom ko'zda nam,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Ma'siyatlar yuz bermoqda har qadam,
Gunohsiz-u,beozormas hech odam,
Izlab-izlab sabablarin so'rasam,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Dunyo yolg'onlarga to'ldi ushbu dam,
Zulmatlarni yoritguvchi yo'qdir sham
Ummatlari qoldi bo'zlab ko'zda nam
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Siz bo'lganda bir kam dunyo to'lardi,
Ummatingiz hulqingizni ko'rardi,
Hech shubhasiz yo'lingizdan yurardi,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Vorislarni saflaridan izlayman,
Hech olimni sizga o'hshatolmayman,
Hatto gardingizni topa olmayman,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Sog'ich ila, firoq ila yig'layman,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Muallifi nomalum
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Муҳаммад Соҳиб 20 Sentyabr 2009, 22:59:05
Ассаламу алайкум!
Гап Аллоҳнинг А асули Муҳаммад Мустафо :sw:га бслган соғинч ҳақида кетаётган скан. Айтиш мумкин-ки, у киши ила дийдор ИншаАллоҳ қиёматда бслади(агар тушда ксриш насийб стмаса). Демакким, А асулуллоҳнинг муборак дийдорларига муштоқ сканлигимизни изҳор стар сканмиз, у гсзал онларни қандай юзага чиқаришни сйлашимиз керак! Буни сса, бизга Ислом жуда чиройлик ксрсатган. Аллоҳга мукаммал  тақво қилганлар ИншаАллоҳ, қиёматда сзларига тенгсиз лаззатларга бой ушрашувга, съни мушфиқ Лайғамбаримиз А асулуллоҳ :sw:нинг дийдорларига сришадилар.
Аллоҳ, ҳар бир мсмин бандани ана сша кунга етказсин!
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: ЖАМШИДЖОН 21 Sentyabr 2009, 09:16:19
OMIYN OMIYN OMIYN.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Muzayyana 10 Oktyabr 2009, 10:57:43
Jobir :ra: hikoya qiladilar: Bir oydin tun edi, men bir osmondagi to'lin oyga, bir Rasuli Akram  :sw: ga qarardim. Rasululloh  :sw: to'lin oydanda nurli edilar."
Izoh: Bularni hammasi nisbiy o'xshatish xolos, bir oy nima bo'pti ming oy ham husni Nabaviyaga tenglasha olmaydi. (bir ma'ruzadan)
Mana shunga o'xshash ta'riflarni eshitgach inson hayolga tolasan, bizgacha yetib kelgan asarlarda Rasululloh  :sw: ga to'liq ta'riflar keltirildimikin?!
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Mahdiyah 11 Oktyabr 2009, 08:08:32
Abu Abdulloh al-Jadaliy aytadi: Oyisha roziyallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oilada xulqlari qanday bo’lganini so’radim. Aytdilar: "œU kishi insonlarning eng chiroyli xulqligi edilar. Fahsh va qo’pol muomilali, baqirib so’zlovchi, yomonga yomon bilan javob qaytaruvchi emasdilar. Lekin afu va kechirimli edilar

Yana qayerda bor bundayin inson?
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Muzayyana 13 Oktyabr 2009, 15:19:01
Qur'oni Karimda U Zot  :sw: "Siz buyuk xulq ustidasiz" deya ta'riflangan Zotdirlar.
Shunday insonni, insonlarni gultojini sevmay bo'larkanmi?!
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: ziyoda_aliyeva 13 Oktyabr 2009, 15:29:58
Quroni Karimda Rasulluloh s.a.v ni kelgan ism va vasiflari!

Ahmad, Amiyn, (omanatdor)  Mo'minlarning birinchisi, Musulmonlarning birinchisi, Obidlarning birinchisi, Hujarat, Hushhabarchi, Payg'ambarlarning ohirgisi, Allohga davat etuvchi, Olamlarga rahmat, Rahimdil, Elchi-Rasul, Allohning elchisi, Omonatdor, Elchi, Ochiq bayon  qiluvchi elchi, Mehribon, Porlagan, Chiroq, Guvoh, Do'st, Toha, Abdulloh, Bashoratchi, Omonatdor, Nasihat go'y, Nabiy, Savodsiz Nabiy, Ochiq ogohlantiruvchi, Valiy(do'st), Yosin,
«Албатта, менинг бир неча исмларим бор. Мен Муҳам-мадман. Мен Аҳмадман. Мен ал-Моҳий-счирувчиман. Аллоҳ мен билан куфрни счиради. Мен ал-Хашр-тспловчиман. Одамлар қадамим остида тспланадилар. Мен, ал-Оқибман. ал-Оқиб-ортдан келувчи-ундан кейин набий келмайдиган зотдир». (Бухорий, Муслим).
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: ziyoda_aliyeva 13 Oktyabr 2009, 15:31:03
Paygambarimiz s.a.v.ning ismlari 5 marta
( 4 marta Muhammad: Al-Imorn-144, Azhob-40, Muhammad-2, Fath-29; 1 marta Ahmad: Sof-6 oyatlarida)

Muhammad - bu payg'ambarimizzi yer yuzidagi ismlari,
Ahmad - bu payg'ambarimizzi osmonlardagi ismlari
 Mahmud - bu payg'ambarimizzi jannatdagi ismlari ekan
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 16 Oktyabr 2009, 07:24:43
 :as:

Uhud ..........hamma yerda rasululloh qatl qilinibdi degan habar tarqalgan .musulmon tushkun ahvolda .
bu habar tog'dek sahobalrni qulata yozdi .
shunda Anas ibn Nazr to'p bo'lib o'tirgan sahobalar yoniga lekdi va nima qilib o'tiribsizlar dedi ..............
Rasululloh deyishardi yig'lashardi .......
shunda anas yig'lab baqira boshladi : Ey.mo'minlar ,ey iymon keltirganlar .......
Turinglar !!
jangga kiringlar .!
sevikligingiz rasululloh (SAV)o'lgan bo'lsalar sizlar ham
o'linglar !!
usiz (sav)yashab nima qilasizlar dedida .........
ey .Sad men uhud tomonidan jannatning hidini sezayapman deb ..shahid bo'ldi ...
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 24 Oktyabr 2009, 08:30:13
U zotga salavot va salom ayting!)
Allohumma solli 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)

Albatta, Alloh va uning farishtalari Payg'ambarga salovat ayturlar. Ey mo'minlar (sizlar ham) unga salavot va salom aytinglar! (Ahzob, 56).

Alloh taolo ushbu oyat bilan Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning naqadar sharafli ekanliklarini, qadrlari Yaratgan huzurida qay darajada yuksakligini ko'rsatib beradi. Hayotlik chog'larida ham, vafotlaridan keyin ham, oldilarida ham, ortalarida ham u zotga salavot va salom yo'llashni ta'lim bermoqda Alloh taolo. Chunki Allohning O'zi ham, Uning itoatkor farishtalari ham Nabiy(a.s)ga salavot yo'llaydilar. Imom Qurtubiy aytadilar: "Allohning salavoti Uning rahmati va rizosi demakdir. Farishtalarning salavoti esa, duo va istig'for ma'nosidadir. Ummatning salavoti bo'lsa duo va u zotning amrlariga xurmat ko'rsatishni bildiradi".

Bu oyat, yukorida aytilganidek, Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam)ning avvalgi va keyingi barcha insoniyatning eng xayrlisi ekanliklarini ko'rsatib turibti. Shuning uchun ham Alloh oyatda bizlarga marhamat qilmoqdaki, "Ey mo'minlar siz ham Payg'ambar(a.s)ga ko'p-ko'p salavot aytingiz, chunki zimmangizda u zotning haqqi bisyordir". Chunonchi, sizlarni Alloh yordamida zulmatdan nurga, zalolatdan hidoyatga olib chiqqan u zot Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)dir. Shuning uchun ham u zotning muborak nomlari tilga olingani hamono: "Allohumma solli 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad" ("Allohim, Muhammadga va u zotning oilalariga marhamat ko'rsat, uzotga ko'p salom yo'lla") deb ayting!

Ka'b ibn Ujradan shunday ruvoyat qilinadi: " Biz Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)dan: "Ey Allohning rasuli, Sizga salom berishni bilamiz, ammo salavot qanday aytiladi?"- deb so'radik Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday javob berdilar: "Ey Allohim! Ibrohimga salavot aytganing kabi, Muhammad va oilalariga ham salavot ayt..." deng." (Buxoriy rivoyati).

Saviy aytdi: Maloikalar va mo'minlarning Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam)ga salavot aytishlarining hikmati ularning bu ish orqali sharaf topishlaridir. Zero, ular Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam) salavot yo'llash, u zotni ulug'lash haqidagi Allohning amriga bo'ysunganlar. Ayni paytda salavot Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning ummat zimmasidagi halqlari evaziga mukofotdir. Chunki u zot Rosululloh (sollallohu alayhi vasallam) ummatlariga berilgan barcha ne'matlarining asosiy sababchisidirlar. Kishi birovdan bir yaxshilik ko'rsa, unga yaxshilik bilan javob qaytarishga uni taqdirlashga burchli bo'lib qoladi. Ammo insonlar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ni munosib taqdirlashga imkonlari etmasligi sababli, barcha narsaning mutlaq egasi va har ishga qodir Allohdan u zotni taqdirlashini so'raydilar. "Allohim, Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) salavot yo'lla", so'zlarning ma'nosi shudir."

Tafsir kitoblari asosida
"Irfon taqvimi" 2009 / 1430 (II)

Allohumma solli 'ala sayyidina Muhammad!
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 24 Oktyabr 2009, 08:37:27
А асулуллоҳга берилган, бошқа ҳеч бир пайғамбарга берилмаган беш хислат
Бошқа ҳеч бир пайғамбарга берилмаган беш хислат фақат Лайғамбаримиз Муҳаммад Мустафога (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) берилган ва бу ҳол у Зоти муборакнинг мақомлари Аллоҳ таоло ҳузурида нақадар юксак сканини ксрсатади.

Ушбу хислатлар қуйидагича:
Мақоми маҳмуд
Бутун ер юзининг А асулуллоҳга ва Ислом умматига саждагоҳ бслиши
Душманларнинг қалбларига қсрқув солишлари ва Аллоҳнинг нусратига восил бслишлари
Бутун оламларга пайғамбар бслишлари
Лайғамбарларнинг охиргиси сканлари


Биринчи хислат - Мақоми маҳмуд
Бу мақом А асулуллоҳга (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) ости карима билан ваъда қилинган бслиб, Унга Аллоҳ таоло наздида бошқа ҳеч бир инсон зоти сриша олмайди. Бу бутун инсонистга шафоат мақомидир.

Саҳиҳ бир ривостда келтирилишича: "Қиёмат кунида бутун инсонист гуноҳларининг кечирилиши учун сзларига бир шафоатчи излайдилар. У кунда одамлар снг аввал сратилган ва биринчи пайғамбар бслган, инсонист отаси Одам (алайҳиссалом) ҳузурига бориб:
— А­й ҳазрати Одам! А­й отамиз! Аллоҳ сизни ҳаммадан аввал сратган ва сизга сз илоҳий руҳидан уфлади ва сизга фаришталарни сажда қилдирди. Сиз улуғ мақом сгасисиз. Аллоҳ таоло наздида биз гуноҳкорларга шафоатчи бслинг, бизни бу ғамдан халос стинг, — деб ёлворади.
Ҳазрати Одам (алайҳиссалом):
— Сиз айтаётган у мақом менга берилган смас. Мен ҳам қилган гуноҳим туфайли Аллоҳ таоло наздида айбдорман. Бу кун илоҳий ғазаб кунидир. Оҳ, нафсим, нафсим, — дейдилар.
Халқ бу ҳолдан снада ғамгин бслиб, ҳазрати Ауҳ (алайҳиссалом) ҳузурларига боради:
— А­й ҳазрати Ауҳ! Сиз Одам отамиздан кейин иккинчи ота ва ер юзига юборилган илк расулсиз. Ҳақ таоло сиз ҳақингизда "шукр қилувчи бандам" дес марҳамат қилган. Ҳолимизга раҳмингиз келсин. Аллоҳ олдида биз осийлар учун шафоатчи бслинг.
Ҳазрати Ауҳ (алайҳиссалом):
— А­й инсонлар! Бундай мартаба ва мақом менга насиб стмаган. Мен қавмим учун охирги дуойимни ҳам изҳор стиб бслганман. Бугун сса Аллоҳ таоло снг ксп ғазаб қиладиган кундир. Бугун илоҳий ғазаб кунидир. Оҳ нафсим, — дейдилар.
Одамлар ҳазрати Иброҳимнинг (алайҳиссалом) ҳузурларига шошади:
— А­й ҳазрати Иброҳим! Сиз Аллоҳнинг халилисиз, дсстисиз, биз гуноҳкор бандаларни шафоат қилинг!..
Иброҳим (алайҳиссалом) шундай дейдилар:
— А­й инсонлар! Менга шафоат қилиш мақоми берилмаган. Бугун илоҳий ғазаб кунидир. Сизлар Мусога боринглар.
Талвасага тушган одамлар Мусо (алайҳиссалом) ҳузурларига келади. Ҳазрати Мусо уларни Исо (алайҳиссалом) ҳузурларига юборадилар. Ҳазрати Исо (алайҳиссалом) бундай дейдилар:
— Менга бундай мақом берилмаган. Бундай улуғ мақом ва мартабага сришган зотгина бугун сизга шафоатчи бсла олади. Ҳазрати Муҳаммаднинг (алайҳиссалом) ҳузурларига боринг. У муборак зот туфайлигина Аллоҳ сизга нажот бериши мумкин.
Шунда бутун Маҳшар аҳли умид билан Муҳаммад Мустафо (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) ҳузурларига йсл олади. Илгари ер юзида сшаган жами мункир, гуноҳкор бандалар ксзёш тскиб, у зотдан шафоат истайди. Лайғамбаримиз Мақоми маҳмудда сажда қилиб, инсонларга шафоат ссрайдилар. Аллоҳ таоло:
— Саждадан бошингизни кстаринг, сй Муҳаммад, дуойингиз ва шафоатингизни қабул қилдим, — дес марҳамат стади.
А асулуллоҳ (алайҳиссалом):
— А А аббим! Умматим, умматим, — деб ксзёш тскадилар.
Ҳақ таоло сна у зотга марҳамат қилади:
— А­й Ҳабибим, бугун қалбида заррача имони бслган киши афвимга лойиқ бслади.
А асуллуллоҳ сна саждага бош қссдилар. Ҳақ таоло марҳамат қилади:
— Бошингизни саждадан кстаринг. Дуо қилинг. Бугун сизнинг дуо ва шафоатингиз қабул бсладиган кун, сй Ҳабибим.
Муҳаммад (алайҳиссалом) сна:
— Умматим, умматим, — дес тазарру ва илтижо қиладилар. Аллоҳ таоло:
— Қалбида зарра қадар имони бслган бандани кечирдим, — дес марҳамат қилади.
А асулуллоҳ сна саждага кетадилар. Ҳақ таоло сна:
— Саждадан бошингизни кстаринг, — дес марҳамат қилади. Муҳаммад (алайҳиссалом) саждадан бош кстарганларида Аллоҳ таоло қалбида заррача имони бор бандаларни кечирган бслади. "Ла илаҳа иллаллоҳ" деганларни мағфират қилиб, азобдан қутқаради.

Имом Бухорий ва Имом Муслим ривостларида келтирилишича, ал-Исро сурасида зикр стилган "Мақоми маҳмуд"дан мурод ана шу шафоат мақомидир. Демак, инсонларга шафоатчи, дуоси қабул қилинадиган сгона зот пайғамбаримиз ҳазрати Муҳаммаддирлар (алайҳиссалом).

Имом Бухорий "ъасо ан йабъасака роббука мақомам маҳмудан" (ал-Исро,79) ости каримасини тафсир қилиб, қсйидаги ҳадиси шарифни келтирадилар: "Қиёмат куни ҳар бир уммат сз расулига шафоат қилишини ссраб ёлворади. Аиҳост, А асулуллоҳга (алайҳиссалом) мурожаат қилиб, шафоат ссрайдилар. У Кунда А асулуллоҳ Маҳмуд Мақомига кстариладилар".

А асулуллоҳга (алайҳиссалом) муҳаббат юзасидан ҳар бир мсмин итоатга, намозга даъват бслган азонни сшитаркан, унга шундай жавоб қилади: "А­й бу мукаммал даъватнинг ва қоим бслган намознинг А абби! Муҳаммадга (алайҳиссалом) василани ва фазилатни сҳсон айла. Ва унга ваъда қилганинг Мақоми маҳмудни ато ст. Уни у мақомга етказ. У мақом Қиёмат кунида шафоат мақомидир".

Имом Бухорий ривостига ксра, А асулуллоҳ бундай марҳамат қиладилар: "Ҳар ким азон айтилганидан сснг ушбу дуони сқиса, уни Қиёмат куни шафоат қиламан". Ушбу дуодаги "васила" дан мурод жаннатдир.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 24 Oktyabr 2009, 08:38:20
Иккинчи хислат - бутун ер юзининг А асулуллоҳга ва Ислом умматига саждагоҳ бслиши
Ҳар миллат фақат сз ибодатхоналарида диний маросимларини ижро стар скан, мусулмонларга ҳамма ерда намоз сқиш ва ибодат қилиш неъмати ато стилган. Шу боис А асулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам): "Бутун ер юзи менга саждагоҳ бслди", дес марҳамат қилганлар.

Ислом динимизнинг оламшумуллиги, бошқа динларга насиб стмаган бундай неъматнинг исломистга берилиши унинг снг охирги ва мукаммал дин сканига далилдир. Яҳудийлар фақат ҳавраларда йиғилиб ибодатларини бажо келтиришади: насронийлар сз калисоларида ибодат ва маросимларини қилишади. Ислом динимизда ибодат деворлар орасига, қуббалар остига қамалмаган. Исломист инсонларга истаган жойларида ибодат қилишлари мумкинлигини сълон стди. Бутун ер юзи мусулмонларга саждагоҳ сканини маълум қилди ва бу билан Аллоҳга юзланиш йслини ксрсатди. Чунки Аллоҳ жалла жалалуҳу ҳар ерда ҳозиру нозирдир. "Машриқ ҳам, Мағриб ҳам Алғиз Аллоҳникидир. Бас, қай тарафга юз бурсангиз, сша жой Аллоҳнинг тарафидир" (Бақара, 115). "Сизлар қаерда бслсангизлар, У сизлар билан биргадир. Аллоҳ қилаётган амалларингизни Ксриб тургувчидир" (Ҳадид,4). Мазкур ости карималарда Аллоҳ таолонинг фақатгина ҳавра ва калисоларда смас, ҳар ерда ҳозиру нозир скани билдирилмоқда. Исломист исталган ерда ибодат қилиш ҳурристини сълон қилди. Мусулмон киши тоғ тепасида ҳам, чслда ҳам, уйда ҳам, қуруқликда ҳам, денгизда ҳам А аббига юзланиб, ибодат қилаверади. Масжидлар қуббасигина смас, осмон қуббасининг ости ва бутун коинот Аллоҳга ибодат маконидир. Мусулмонлар жомеларда ибодат қилганлари каби, ундан ташқарида ҳам йиғилиб ибодат қилаверадилар. Чунки исломистда одам қаерда бслмасин, юзини қиблага бурса, бслди, Аллоҳ сша ердадир. Мусулмонлар учун ҳамма ер саждагоҳ бслишининг маъноси шу.

Яҳудийлар ибодатларини синагогларида қиладилар. Фақат сша ерда улар қурбонлик келтириб, тақдим стадилар. Аасронийлар фақатгина калисолар ичида ибодат қиладилар. Бутпарастлар маъбадларини безатиб, бутларини хурсанд қилиш билан оворадирлар. А асулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) сса: "Бутун Ер юзи менга саждагоҳ бслди" (Имом Бухорий, Муслим ва Аасаий ривостлари, "Масжидлар" боби) дес марҳамат қилиш билан ҳеч бир динга насиб стмаган тенгсиз неъмат у Зотга ва у Муборак Зотнинг (алайҳиссалом) умматига берилганини сълон қилдилар.
Ксриниб турибдики, бу хос неъмат бошқа набий ва расулларга насиб қилмаган ва фақат А асулуллоҳга (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) лутф стилган юксак илоҳий неъматдир.

Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 24 Oktyabr 2009, 08:39:12
Учинчи хислат - душманларнинг қалбларига қсрқув солишлари ва Аллоҳнинг нусратига восил бслишлари
А асулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам): "Менга бошқа ҳеч бир набийга берилмаган беш нарса берилди. Шулардан бири ръуб, фатҳ ва нусратдир", деб марҳамат қилганлар. "А ъуб" душманнинг қалбига қсрқув солишдир. "Фатҳ" ва "нусрат" сса Аллоҳ таолонинг ёрдами билан ғалабага сришишдир. Муборак зотнинг исмларини сшитганида динимизга ёвлик қилувчиларнинг қалблари ҳамиша қсрқувдан ларзага келган.

Ҳайбар ғазоти куни тонгда саҳобалар шаҳарга сқин келишганида ғаним қабила одамлари бел ва кетмонларини олиб, ишлагани боғлари, скин майдонларига кетишаётган сди. А асулуллоҳнинг отлиқлар билан келаётганларини ксриб, улар бирданига даҳшатга тушишди, ҳушларидан айрилишди. "Муҳаммад келспти, Муҳаммад келспти!" дес қслларидаги иш қуролларини ташлаб, орқага қочишди ва қалъа ичига кириб, сшириниб олишди.

Бошқа ғазотларда ҳам А асулуллоҳни ксрган душманларнинг қалблари қсрқувдан титраб, даҳшатга тушишган. Уҳуд жангида ксринишда мушриклар устун келган бслса-да, моҳист сътибори билан унда ҳам А асулуллоҳ (алайҳиссалом) ғалабага сришган сдилар. Ҳунайн ғазотида ҳам худди шундай ҳолат такрорланган. Шубҳасиз, ғалабага сришиш учун душманнинг қалбига қсрқув солиш керак. Ичига қсрқув оралаган ғаним сафи албатта пароканда бслади.

А асулуллоҳ бундай марҳамат қиладилар: "Менга ръуб, фатҳ ва нусрат сҳсон қилинди. Шу даражадаки, узоқлиги бир ойлик йсл бслган маконда исмим зикр стилса, душманимнинг қалбига таъсир стади".

А асулуллоҳнинг муборак исмларини сшитишлари билан мункир ва мунофиқ кишилар қалби титрашга тушиб, ҳушларини йсқотадилар. Бу мсъжиза бутун инсонист устида ҳамиша жорий. А асулуллоҳни севган, динимизга жону дилдан боғланган инсонлар у Зотнинг овозларини ёки шарафли исмларини сшитишлари билан қалбларида фараҳ ва шодлик жсш уриб, юзлари ёришади. Душманларнинг қалби сса, қсрқув ва даҳшатдан титрашга тушади.

Бир куни Абу Жаҳл у Муборак Зотни ксриб, юраги орқага тортиб кетган ва А асулуллоҳ ҳақларида: "Дунёда снг ёмон ксрган кишим", дейиш билан асл ғаразини билдирган. Абу Жаҳлнинг орқасидан кирган Ҳазрати Абу Бакр сса, А асулуллоҳни ксриб, ксзёш тскиб, муҳаббатини изҳор стган. Дарҳақиқат, А асулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) инсонист учун бир пок ксзгу кабидирлар: схшилар сз схшилигини, ёмонлар сз ёмонлигини ксради. Аллоҳ таоло А асули Акрамни севганларнинг қалбига муҳаббат туйғусини солгани каби, у Зотга душман бслганларнинг қалбига қсрқув ҳиссини солган. У зотни заҳарли қиличлар билан слдиришга чоғланиб, ҳужум қилганлар юзма-юз келганида даҳшатдан титраб, мағлуб бслган ҳолда ортларига қайтишган. А асулуллоҳга қасд стганларни Аллоҳ таоло хор қилган, у зотни қоралаб, масхара ва ёмонлик қилган бадбахтлар сзлари ёмонлик билан жон берганлар. У зотни севган ва ихлос билан сргашганларни Ҳақ субҳанаҳу ва таоло ҳамиша юксак даражаларга кстарган.

А асулуллоҳни илк бор ксрган бир бадавий қсрқувдан титраганида, у муборак зот: "Қсрқма, мен Жаббор смасман, қотган нон еган бир аёлнинг сғлиман", дес марҳамат қилганлар. Бадавийнинг қсрқиши А асулуллоҳдаги буюклик қаршисида қалбларда зуҳур стадиган туйғу таъсиридан сди. Мсминлар севги ва муҳаббат билан ҳаёт топар скан, Ҳақнинг мункир душманлари у муборак зотни ёмонлаш, туҳмат қилиш ва қсрқув билан қалбларини хасталикка топширадилар.

Тарихдан маълум, Ҳазрати Мусо, Ҳазрати Довуд ва Ҳазрати Сулаймон (алайҳимуссалом) кабилар кучли нуфузга сга бслган расуллар жумласидандир. Муҳаммад Мустафо (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) сса, пайғамбарлар тарихида снг қудратли расул бслиб, қавмлари севиб итоат стган зотлар ичида снг олий мақомдадирлар.

Видо ҳажи кунида бир юз йигирма минг саҳобий А асулуллоҳнинг (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) овозларини бутун қалблари билан тинглашган. Мункирлар сса А асулуллоҳга дуч келганида қсрқувдан титрашган, бсйин сгишга мажбур қолишган. Аллоҳнинг ёрдами (нусрати) билан А асулуллоҳ ҳамиша душманлар устидан ғолиб келганлар. Ана шу қсрқув ва нусрат Аллоҳ таоло у зотга ксрсатган буюк лутфлардан саналади. Муборак куракларидаги нубувват муҳрида ҳам шу нарса маълум қилинган ва қай томонга юз бурсалар, ғалабага сришишлари нубувват муҳри ила билдирилгандир.
"А Муҳаммад, Сизга муждалар бслсин, ҳеч ким Сиз етган мартабага ета олмас. Сиз жасурсиз, нусрат калити Сизга берилган. Қаён юз бурсангиз, у ерда барҳақ зафарга сришасиз", деб ёзган сди машҳур шоирлардан бири.
Бошқа бир шоир бундай лутф стган:
"Кимса асло етмади, етмоқ мумкин смас Сизга".

Дарҳақиқат, сратилмишлар ичида тенги бслмаган А асули Акрамнинг (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) мартабаларига ҳеч ким ета олмаган ва ета олмайди ҳам. Аллоҳ таоло у муборак Зотни ҳабибим дес севди ва улуғ нусрат берди.

Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 24 Oktyabr 2009, 08:40:16
Тсртинчи хислат - бутун оламларга пайғамбар бслишлари
Барча расуллар маълум бир қавмга огоҳлантирувчи ва хабар берувчи бслиб келишган. А асулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) сса ер юзидаги бутун инсонларга ва жинларга пайғамбар қилиб юборилганлар.

Қуръони каримнинг Сабаъ сураси 28-остида мазмунан бундай марҳамат қилинади: "(А­й Муҳаммад, алайҳиссалом,) Биз сизни, шак-шубҳасиз, барча одамларга (мсминларга жаннат ҳақида) хушхабар слтгувчи, (кофирларни сса дсзах азобидан) огоҳлантиргувчи бслган ҳолингизда, Лайғамбар қилиб юбордик". Мазкур мазмунли ости карима фақатгина А асули акрамга берилган буюк фазилатдан хабар бермоқда. Албатта, А асулуллоҳни Ҳақ субҳонаҳу ва таоло бутун инсонистни, миллатидан, ирқидан қатъи назар, иршод стиш учун юборгандир. Бундай фазилат расуллар ичида фақат А асулуллоҳга (алайҳиссалом) берилган.

Улул азм расуллардан бслган ҳазрати Мусо ва ҳазрати Исо (алаҳимуссалом) фақат сз қавмларига юборилган сдилар. Инсон бу ости каримани сқиб, бир тафаккур қилса, Лайғамбаримизнинг (алайҳиссалом) оқ, қора, сариқ, қизил танли, ибтидоий ва маданий барча инсонларга, араб, фаранг, инглиз, срис ёки бошқа бир миллатга мансублигидан қатъи назар, ҳамма халқларга бирдек муршид сканларини, ул Зоти муборакнинг мсъжизалари бслган Қуръони карим бутун инсонистга илоҳий қонун сканини англаши муқаррар.

Бошқа бир ости каримада Аллоҳ таоло марҳамат қилади: "Барча оламлар учун (Охират азобидан) қсрқитувчи бслсин деб сз бандаси (Муҳаммад алайҳис салом)га Фурқон — Қуръон нозил қилган Зот — Аллоҳ Баракотли — Буюкдир" (Фурқон, 2).

Ксриниб турибдики, Қуръони карим бутун инсонистнинг Муқаддас китоби, Муҳаммад (алайҳиссалом) барча олам ва одамларга юборилган, ҳаммани Ҳаққа даъват стувчи расулдир. Бундай олий фазилат фақат ул Зотгагина берилган.
Имом Бухорий ва Имом Муслим ривост қилган ҳадиси шарифда Лайғамбаримиз (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) бу ҳақиқатга ишоратан бундай марҳамат стганлар: "Мендан аввалги ҳар расул қавмига юборилган сди, мен сса, бутун оламга юборилдим". Бутун олам аҳли Аллоҳ таоло Лайғамбаримизни (алайҳиссалом) барча оламларга ҳақ расул стиб юборганини англаб, сътироф стиб, сргашса, ер юзида тинчлик, осойишталик барқарор бслиши муқаррар.

А асулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) ҳижратнинг саккизинчи йилида сша замоннинг бир неча қирол ва подшоҳларига мактублар ёзиб, бу ҳақиқатни маълум қилган ва қавмларини ҳақ йслга даъват стган сдилар. Бу даъватга ижобат қилиб, имон келтирганлар нажотга сришган. Кейинги даврларда ҳам шундай бслди. А асулуллоҳга берилган бу фазилатни инкор стиб, бсйин товлаганлар сса, зиёнкорлардан бслиб қолишди.

Хуллас, миллати, ирқи ва бунгача дину мазҳаби қандай бслишидан қатъи назар, ҳар бир инсон нажот топиши учун Қуръони каримга ва Лайғамбаримизга (алайҳиссалом) сргашмоғи керак бслади.

Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 24 Oktyabr 2009, 08:40:48
Бешинчи хислат - пайғамбарларнинг охиргиси сканлари
А асулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) келишлари билан нубувват силсиласи тугаган. Бошқа ҳеч бир пайғамбар келмайди. "(А­й мсминлар) Муҳаммад сизлардан бирон кишининг отаси смасдир, балки у Аллоҳнинг слчиси ва пайғамбарларнинг сснггисидир. Аллоҳ барча нарсани Билгувчи Зотдир" (Аҳзоб, 40) ости каримасида А асули акрамнинг Хотамун Аабий, съни охирги Лайғамбар сканлари таъкидланган. "Хотам" ссзи бир нарсани хатм стувчи, тугалловчи, муҳрловчи маъноларини ифода стади.

А асулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) Хотамун Аабийдирлар. У зоти муборак нубувват силсиласини скунлаганлар ва бошқа бир расул келишига ҳожат қолмаган. Чунки А асулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) инсонист ҳаёти учун зарур бслган барча неъматларга шомил Қуръони каримни етказдилар. Олдидаги барча муаммога инсонист ундан жавоб топа олади.

А асулуллоҳ (алайҳиссалом): "Мендан кейин Аабий келмайди", дес марҳамат қилганлар (Имом Термизий ривости). Бошқа бир ҳадиси шарифда сса, нубувват ва динни тамсил стган барча расуллар рисолат силсиласи деворининг ғиштлари бслишини баён қилиб, деворда срни очиқ қолган бир дона ғиштга ишоратан "Ана шу менман. Мен расулларнинг охиргисиман", деганлар. Бошқа бир ҳадисда: "У ғишт менман. А асуллар силсиласини хатм қилдим", дес марҳамат қилганлар.

А асулуллоҳ (алайҳиссалом) билан нубувват сшиги тамғаланди. Аммо пайғамбарлик даъво қилиб келадиганлар илгари ҳам бслган ва ҳозир ҳам йсқ смас. Бир ҳадиси шарифда шунга ишоратан А асулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) марҳамат стганлар: "Мендан кейин сттиз нафарча пайғамбарлик даъво қилиб чиқадиган ёлғончилар келади" (Имом Термизий ривости). Дарҳақиқат, бундай ҳолат ора-сира зуҳур стиб, ёлғончи "набий"лар бир қанча кимсаларни йслдан уриб, дунёни фасодга тслдиришган.

А асули акрам жисмонист оламига келмасларидан аввал руҳонист оламида биринчи Аабий сдилар. Жумладан, А асулуллоҳ (алайҳиссалом) "Ҳали Ҳазрати Одам сув билан лойнинг сртасида сканида мен набий сдим", дес марҳамат қилганлар. Демак, А асулуллоҳ (алайҳиссалом) руҳонист оламида биринчи пайғамбар ва жисмонист оламида нубувват силсиласини скунловчи охирги пайғамбар саналадилар.

Имом Бухорий "Саҳиҳ"ида бу сирга ишоратан А асулуллоҳдан (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) бундай ривост келтирилади: "Менинг беш исмим бор: Муҳаммадман, Аҳмадман, Маҳдийман, Ҳашрман, Ақибман. Ва мендан кейин бошқа расул келмайди". Муҳаммад исми ерда машҳур бслган. Аҳмад исми самоларда машҳур бслган ва келиши муждаланган. Маҳдий исми куфрнинг маҳв стилишига, съни йсқотилишига васила бслган. Ҳашр исми Аллоҳ таоло ҳаммани у билан ҳашр стишига, съни йиғишига ва Ақиб исми охирги пайғамбар сканларига ва ундан кейин бошқа пайғамбар келмаслигига ишора қилинган зот маъносидадир.

Мазкур беш исми шарифнинг сирлари А асулуллоҳга (алайҳиссалом) берилган илоҳий неъматларда ифодасини топган. А асулуллоҳда пайғамбарлик силсиласи ниҳоссига етди. Аммо солиҳ тушлар руҳонист оламининг хабарчиси сифатида пайғамбарликдан мерос бслиб қолди. Имом Бухорийдан нақл қилинган бир ҳадиси шарифда бу ҳақиқатга ишоратан А асулуллоҳ (алайҳиссалом) асҳобларига бундай марҳамат стганлар: "Аубувватдан фақат табширот (мерос бслиб) қолди". Асҳоби киром тарбширотнинг нималигини ссрашганида, А асулуллоҳ: "Солиҳ тушлар", дес марҳамат қилганлар. Бошқа бир ҳадиси шарифда сса, солиҳ тушлар нубувватнинг қирқ олти жузъидан бири скани баён қилинган.

Бухорий "Саҳиҳ"ида нақл қилиишича, Табук ғазотига кетар сканлар, А асулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) Ҳазрати Алини Мадинаи Мунавварада сз сринларига қолдирганларида, Ҳазрати Али (розийаллоҳу анҳу) ғазотга қатнашиш истагида сканини билдирган сди. А асулуллоҳ (алайҳиссалом) сша Мусо (алайҳиссалом) Сино тоғига кетаётганларида биродарлари Ҳазрати Ҳорунни қавмга раҳбар қилиб қолдирганларини сслатиб: "А Али, Ҳорун Мусога халаф бслгани каби сен менга халаф бслишни истамайсанми? А­нди мендан кейин бошқа расул келмайди", дес марҳамат қилганлар.

Шубҳасиз, А асулуллоҳдан кейин пайғамбар келмайди. Ости карима ва ҳадиси шарифлар билан бу ҳақиқат собитдир. Бундан кейин пайғамбарлик даъвоси билан чиқадиганлар ёлғончидир. Аллоҳ таоло А асулуллоҳни охирги пайғамбар бслиш саодати билан шарафлантирди ва у муборак зот билан нубувват силсиласини муҳрлади. Шу тариқа нубувват ва унинг ҳар қандай ксриниши А асул (алайҳиссалом) билан ниҳос топиб, дин тслиқ ва мукаммал бир шаклда у зот воситасида инсонистга тақдим стилди. У муборак зот Аллоҳ таолонинг инсонистга икром стган охирги таблиғчиси, оламларни ёритган охирги нубувват қуёшидир. У зотнинг дунёга келишлари билан ушбу Қуёш нурларини дунё узра соча бошлади, олам аҳли бу нур туфайли ҳақиқатларни ксрди ва ҳисобсиз неъматларга сазовор бслди.
Чиқди Ҳақнинг қуёши, йсқдир унинг тенги-сши,
Беш юз етмиш бир йилда сснди ширкнинг оташи.

Бизга маълум бслган ва А асулуллоҳга (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) хос қилинган хислатлар хусусида Муслим "Саҳиҳ"ида ҳам бундай ривост мавжуд:
"А асулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) марҳамат қилдилар:
1. Мен бутун дунёга (пайғамбар қилиб) юборилдим.
2. Бутун ер юзи менга саждагоҳ бслди.
3. Менга А уъуб, Фатҳ ва нусрат берилди.
4. Менга "Жавомиъул-калим"лик (ҳар калимасида юзларча ҳақиқат бслган калом — Таржимон.) берилди.
5. Менга ғанимат (қслга киритилган слжалар) ҳалол қилинди. (Бошқа ҳеч бир набийга ҳалол қилинмаган мазкур неъмат А асулуллоҳга ва у зотнинг умматига бахш стилган тенгсиз илоҳий лутфдир.)
6. Анбиё силсиласи мен билан ниҳоссига етди".

Ксриниб турибдики, мазкур ҳадиси шарифда ҳам А асулуллоҳга (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) ато стилган ушбу хислатлар фақатгина у Муборак зотга хос неъматлар сифатида тавсифланган ва анбиё силсиласининг хотами сканлари баён қилинган. Шубҳасиз, бундай шараф анбиёлар орасида фақатгина Муҳаммад мустафога (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) насиб стган.

Манба: hidoyat.uz
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ansora 24 Oktyabr 2009, 13:40:26
Ozgina oldin, Payg'ambarimizni (S.A.V) ni tushimda ovozlarini eshitganimni yoza turib, qanchalar sog'inganimni his qildim....

Hech bo'lmasa, ovozlarini yana bir marta eshitishni Rabbim nasib etsin inshalloh...

Sizni sog'indik yo Rasululloh......
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Jamila 28 Oktyabr 2009, 10:06:23
Sog'indim


QO'LIM OCHGUM DUOGA,
KO'NGLIM OCHDIM XUDOGA.
SABRIM YO'QDIR JUDOGA,
MUHAMMADIM SOG'INDIM.

UMMATIM DEB JON BERGAN,
HAQ YO'LIDA QON BERGAN.
FARISHTALAR TAN BERGAN
MUHAMMADIM SOG'INDIM.

TERMULADI KO'ZIM FALAK,
NELAR BITMISH BIZGA MALAK.
DUNYO ISTAB AXLIM XALAK,
MUHAMMADIM SOG'INDIM.

ETOLSAYDIM O'ZIM FIDO,
O'Z TANIMDAN BO'LIB JUDO.
DINSIZLARDAN TO'YDIM MANO,
MUHAMMADIM SOG'INDIM.

YARATGANDAN TILAB PANOH,
BUTUN TANIM DEYDI ALLOH
LA ILAHA ILLALLAH
MUHAMMADIN RASUL ALLOH.
SOLLALLOHU ALAYHI VASSALLAM

QURBONIY
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ulugbek75 28 Oktyabr 2009, 14:10:02
Shu mavzuga yaqin, sal ilgariroq yozilgan misralar

Janobim, masjidingizmi chorlar meni?

Cho'qqiga kelganda bo'lmasa izn,
Yo'llarim ketma-ket yo'qotsa izin,
Kutilmagan chorraha tutsa o'z yuzin,
Janobim, masjidingizmi chorlar meni?

Qilgan tadbirlarim bir kunda to'zib,
Soniyalar, yillar rejasin buzib,
Fikrlar olishsa miyamda qo'zib,
Janobim, masjidingizmi chorlar meni?

Sabablar yechimga eltmayin qo'ysa,
Do'stlarim unutsa, dushmanlar suysa,
Mening zukkoligim ish bermay qo'ysa,
Janobim, masjidingizmi chorlar meni?

Dunyoning ishlari-dan bo'lsam xunob,
Turli yumushlaridan bezisam sinab,
Sizni men juda ham sog'insam Janob,
Ulug'vor masjidingizmi chorlar meni?

Sokin bir ilohiy rahmatni suysam,
Erisholmay unga qiynalsam, kuysam,
Madina tarafdan bu hisni tuysam,
Janobim, masjidingizmi chorlar meni?

Ulug'bek
2009-10-17
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Munavvara 27 Noyabr 2009, 19:27:36
Muhammad :sw:

Shifosiz dardimning darmoni sizda ,
Lutfingizga muhtojman yo,Rasululloh,
Zulmatdan halosman farmoni sizda,
Sizdadir ilojim yo ,Rasululloh.

Mehnat bilan bukildi belim,
Ochmadi umrimda bir g’uncha gulim ,
Qayerga borsam ham bo’sh chiqdi qo’lim ,
Karam sohibisiz yo,Rasululloh.

Qurbon bo’lay yoqmang hijronda meni ,
Al-omon tushurmang hursonga meni ,
Himmat eting yetkazing g’ufronga meni ,
Shafoat konisiz yo Rasululloh
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Mahdiyah 19 Dekabr 2009, 13:40:37
Sizni sog'indim... Yo Rasululloh
Jonim fido sizga Yo Habibulloh
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 20 Fevral 2010, 02:27:01
Sog'inganim sizsiz habibim

Sobiralik kelmayapti qo'limdan ,

amallarim hozirday qo'rqmayapman o'limdan ,

Turfa inson  chiqdi yo'limdan ,

lek sog'inganim sizsiz habibim .


O'hshamaydi hech bir ishim ,

So'rog'i bor har bir qilmishim ,

hayir yo'qdir bu hil turishim ,

Sog'inganim sizsiz habibim.

yig'layapman qarang alamli ,

tushlarimda keling meni ko'rgali ,

ahlim gapi oh bunchalar ta'nali ,

tergab qo'ying aziz habibim.

Yana ko'rgim kelar sizni tushimda ,

visol orzu endi kavsar bo'yida ,

Tuting meni rasul qo'limdan ,

qaytib zalolatga ketmay habibim .

Siddiqa ...
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Hassan 25 Aprel 2010, 06:53:33
http://www.youtube.com/watch?v=kmCaL07c0AE
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: MASTURA 1 01 Avgust 2010, 00:23:52
Eng katta musibat

Bu dunyoda iymon bilan
nurga cho‘mgan bir ummat bor,
Ul ummatning yo‘li kengdir,
Barchasida ming rahmat bor,
Hayotida hotirjamlik,
O’limida ming hikmat bor,
Rozi bo‘lar taqdiriga
Tutar ikki enlik xat bor:
Rasululloh vafot etdi,
yana qanday musibat bor?!

Kimdir o‘lar, kimdir nafas
olmoq ekan, anglab yetdik.
O’zni mangu da’vo qila,
Go‘ristonni manzil etdik.
Oling, mana, dunyongizni,
Habibulloh birla ketdik,
Endi bizga na go‘zallik,
Va na sokin halovat bor,
Rasululloh vafot etdi,
yana qanday musibat bor?!

Holatingiz ko‘rdik, mahzun,
Asliyatga tezroq qayting,
Ajal o‘qi aniq erur,
Unga boqmang, kulib "Hay" deng,
Dunyo ostin-ustin bo‘lib
ketmaydimi, endi ayting,
Yelkamizdan qolib ketgan
O’lim tutar omonat bor,
Rasululloh vafot etdi,
yana qanday musibat bor?!

Otangiz ham, onangiz ham,
Bir kun sizni tashlab ketmish,
Yuraklarni tilka-pora
Aylabon, zor g‘ashlab ketmish,
Ko‘zlaringiz balki namlab,
So‘nggigacha yoshlab ketmish,
Ajal kelsa, siz qochguvchi
Qandayin bir imorat bor:
Rasululloh vafot etdi,
yana qanday musibat bor?!

Chakki tomgay, endi aslo
yamab bo‘lmas bu uy tomin,
Oinasi parchalanmish,
O’rnatmoq na singan romin
Qiyomatga qarab yo‘lin
Tutib bo‘lgach soqov zamin,
Ayting, to‘sib qolar qay kuch,
Va qandayin tumonat bor,
Rasululloh vafot etdi,
yana qanday musibat bor?!

Barchamizning qalbimizda
Dunyoga bir muhabbat bor,
Muhabbatdan hosil bo‘lgan
Razillik bor, qabohat bor,
Oxirlamish so‘zim mening,
Xitobimda nadomat bor,
Ayo, ummat, bu dunyoga
Nechun qattiq sadoqat bor,
Zamin og‘ir nafas olar,
Unda qanday halovat bor,
Rasululloh vafot etdi,
yana qanday musibat bor?!
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: yoqutxon 27 Sentyabr 2010, 06:14:52
Assalam aleykum varahmatullohu vabarakatuh.Barcha dunyolar agasi Mehribon Ollohga behisob hamdu sanolar , Ikki dunyo Rasuli Muhammad(s.a.v) behisob salovatlar bo'lsin . Bir insonni sog'inish uchun avvalo albata u insonga nisbattan qalbda eng ezgu tuyg'ular bo'lishi lozim.....Siz haqingizda esimni taniganimda bilganman. Lek meni kechiring Yo Rasulluloh shuncha yillar ichida sizni haqiqiy sevmabman, sog'inmabman..... Bu ilohiy tuyg'uni yaqindan beri  his qilayapman. Siz aytgan so'zlarni o'qib ovozingizni eshitgim keladi..... siz bo'lgan davralarni eshitib eng uzoqdagi bir burchakda bo'lsa ham,o'sha davralarda bo'lgim keladi...... Nurli yuzingizni bir marta bo'lsa ham ko'rgim keladi. Yoningizda bo'lgan Sahobalar, ahlingiz qanday katta baxtga musharraf bo'lgan insonlar, ularga qanchalar havas qilishimni bilsangiz edi.... Bilaman siz ham bizni sevasiz, sog'inasiz. Ahir biz sizning ummatlaringizmiz.Bu dunyoni tark etar chog'ingizda ham bizni o'ylab hidoyat qilgansiz. Sizga bo'lgan sog'inchimni , bizga bo'lgan sevgingiz, maxshar kunida siz bilan uchrashuv borligi bilan oz bo'lsada yengaman. O'sha kunlarni intizorlik bilan kutaman Yo Rasalulloh..........
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 27 Sentyabr 2010, 19:52:15
sado kelsa arshi A'lodan
man g'aribga gunohlar hamroh
Izn so'rab Alloh Taolodan,
ummatim deng yo rasululloh

Ummatim deng ya,habiballoh .













Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Abdulhafiz 27 Sentyabr 2010, 23:56:49
Sado kelsa Arshi A'lodan,
Men g'aribga gunohlar hamroh.
Izn so'rab Alloh taolodan,
Ummatim deng yo Rosululloh!
Goho qo'pdim ko'ngil mehrini,
Unutgandek hadis sehrini,
Begonaga chiqarmang meni,
Ummatim deng yo Rosululloh!
Kechib ba'zan qazo, qadardan,
Qo'rqib yurdim jami xatardan,
Ajratmayin Havzi Kavsardan,
Ummatim deng yo Rosululloh!
Ko'zimda dard uyg'otdi g'ubor,
Yuragimda ijtiboh qator,
Lek manglayda namoz izi bor,
Ummatim deng yo Rosululloh!
Qiyomatni eslasam takror,
Botqoqzorga aylanar gulzor,
Ahlim bilan turibman bedor,
Ummatim deng yo Rosululloh!
Qizartirib yursamda yuzni,
Uzmasamda faxshdan ko'zni,
Payg'ambarim deganman sizni,
Ummatim deng yo Rosululloh!
Gunohim ko'p men ham bir banda,
Ammo quyosh sharqqa botganda,
Qiyomatning tongi otganda,
Ummatim deng yo Rosululloh!
Allohga hamd avom ketmadi,
Sizga bo'lgan qalb muhabbati,
Qalbimdagi iymon hurmati,
Ummatim deng yo Rosululloh!
Jahannamdan tilarman panoh,
Qiyomat deb yuragim siyoh,
Ismimni bilasiz, Xayrulloh
Ummatim deng yo Rosululloh!
Nom: Qalbida zarracha iymoni bor odamni ko'zlari yoshlanadi...
Yuborildi: Shoxruh Mirzo 09 Oktyabr 2010, 09:44:30
Janobi payg'ambar hayit namozini o'qib chiqayotganlarida ko'chani chekkasida yerga qarab yig'lab o'tirgan 4 yoshlardagi yetim bolani ko'rdilar. Boshqa bolalar tuyalarga minib, ota-onalari qo'llariga shirinlik tutgan kunda haligi bola g'amgin edi. Payg'ambar s.a.v. shu bolani oldiga bordilar va so'radilar:
- Nima uchun yig'laysan, ey bola?
- Men yetimman yo Rasululloh. Mening otam ham, onam ham, aka-opalarim ham yo'q.
Janob payg'ambar s.a.v. bag'irlariga bosib, peshonasini silab:
- Yoshlikda men ham yetimlikda o'sdim, katta bo'lgach qavmim meni sig'dirmay boshqa shaharga hijrat qildim, - dedilar. Yana boladan so'radilar:
- Sen ota-onalik, aka-ukalik bo'lishni hohlaysanmi?
- Albatta hohlayman. Men ham boshqa bolalarga o'xshab o'ynashni hohlayman.
Rasulluloh bolani qo'llaridan ushlab, uylariga olib bordilar va bolaga dedilar:
- Men Muhammad s.a.v. sening otang bo'lay. Oisha onang bo'lsin. Ali sening akang-u, Hasan-Husanlar ukang bo'lsin. Fotima sening opang bo'lsin.
Bola xursand bo'ldi. Yuvintirib, biroz narsa berib, qornilarini to'ydirgandan keyin bola aytdi:
- Mening ham bolalarga o'xshab ko'chaga chiqiqb o'ynagim kelayapti.
Rasululloh bolani qo'llaridan ushlab ko'chaga o'ynatgani olib chiqdilar. Boshqa bolalarni ko'rgan haligi norasida:
- Ey, otajon. Anavu bolalarni qarang, ularni ota-onalari tuyaga mindirib qo'yibdilar. Mening ham ota-onam bo'lganida tuyaga mindirardilar, - dedi.
Rasululloh muborak qo'llarini yerga qo'yib, tizzalari bilan yurib, yetim xursand o'lsin deb Madina ko'chalarida yelkalariga mindirib yurdilar. Bola yana atrofdagi bolachalarga qarab:
- Yo Rasululloh, anu bolalarning tuyalarining og'zida jilovi bor ekan. Mening tuyamning jilovi yo'q-ku! - dedi. Rasululloh muborak sallalarining peshini olib, og'zilaridan o'tkazib, yelakalridan oshirib, bolaga berdilar. U bo'lsa goh-gohida oyog'ini silkitib qo'yardi, jilovni tortardi. Ba'zi tuyalarning ovoz berib "aff-aff" dedydigan odati bor edi. Hali bola Payg'mbar s.a.v.ga:
- Ey, otajon, bularning tuyasini qarang, ovoz berib, "aff-aff" deydi. Nega meniki afflamaydi, - dedi. Shunda Jabroil amin a.s. kelib:
- Yo, habibulloh! Alloh sizdan rozi bo'ldi. Yetimni xursand qildingiz. Alloh subhanahu va taolo amr qildiki, "Jamiki ummatimni gunohini avf qil deya ikki bor "aff-aff" deng. Habibimiz s.a.v. ikki bor "avf-avf" deganlarida, hazrat Jabroil aytdilar:
- Ey, Muhammad s.a.v. uchinchi avfni aytmang. Arshi a'lo larzaga tushdi. Uchinchi avfni qiyomatga qoldiring...



Sizni sog'indik Yo RasulALLOH...!!! s.a.v.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Aqoid 09 Oktyabr 2010, 10:20:30
 :as: Shu postingizni mp3 varianti ham bor edi.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: yoqutxon 02 Noyabr 2010, 20:45:31
 :as:
 :bsm:

Yo Ollohning Rasuli bugun sizni bir boshqacha sog'indim.Ko'chalardagi insonlarni ko'rib, zamoning ahvolini ko'rib, siz o'limni qarshi olayotganingizda ham hidoyatga boshlab ketganingiz , ummatingiz ahvolini ko'rib sog'indim. Balki faqat bitta men sog'inmagandirman. Sizni bugun hazon sochib yotgan dov darahtlar, muborak qadamlaringiz bosib o'tgan yo'llar sog'indi.Sizni ibo-hayo, ibodat sog'indi. Sizni Olloh yo'llida sevaman, sog'inaman Rasululloh.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: yoqutxon 02 Noyabr 2010, 20:54:38
Shu o'rinda mavzu uchun minaddorchilik bildirib o'tmoqchi edim.

Yuqoridagi postni yozayotganimda qalbimdan qanday his

tuyg'ular o'tgani yolg'iz Ollohga va o'zimga ayon.

 Ollohning  Rasulini sevuvchi va

sog'inuvchi insonlar borligini bilish men uchun  qanchalar katta

ahamiyatga egaligini , bu meni qanchalar quvontirishini tassavur

etishingiz dushvor. InshaAlloh bu sog'inchlarimiz, sevgimizni

ohirini Haq taolo mukofatlagay. Zero u Buyuk adolat va Mehr

sohibidir.

Olloh barchamizdan rozi bo'lsin.

Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Aqoid 25 Noyabr 2010, 09:09:34
Mavzu muallifi baraka topsin, bu mavzuga kirganki inson payg'ambarimiz(s.a.v)ga salavot aytadi.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Hadija 28 Dekabr 2010, 12:37:59
Sizni sog'indim Yo Nabiyalloh! Allohim berayotgan ushbu sinovli yaxshi-yomon kunlarimning qalbimda muhrlangan sirlarimni aytib, boshimga qo'lingiz qo'yib, eng yaqin sirdoshim bo'lib, otamdan ulug'im maslahatlar berishingizni hohladim yo Rasululloh, suyukli, mehribon yo'qdan bor qilguvchi Robbial A'lamin Alloh azza va jallaning tanlangan suyukli bandasi Habibulloh sizni ko'rgim, maslahatlar olgim, qizim, ummatim deb sizdan taskin eshitgim keldi yo Rasululloh!!! Sizni juda qattiq sog'indim yo RASULULLOH!!! Sizni ko'rgim keldi yo Habibulloh!!!
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Saliha 29 Dekabr 2010, 18:32:31
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!
Siyratingiz o'qib o'rganganim choq
G'aflatdan uyg'ondim, tarqadi mudroq
Taniganim sari sizni yaxshiroq
Qalbimni o'rtaydi sog'inchli firoq.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Sizni yoningizda bo'lgim kelyapti
Ashoblaringizni ko'rgim kelyapti
Qay tomon yursangiz sira ajramay,
Ortingizdan izma-iz yurgim kelyapti.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Anasdek jon fido qilolmasam ham,
Abu Dujonangiz bo'lolmasam ham
Ularning hayotin o'qiganim dam
Avj olar sog'inchim ko'zlarimda nam.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Umardek xizmatingiz qilsaydim qani,
Kel Umar desangiz qaniydi mani
Buning uchun rozi edim bir necha kunlab
Ochlikdan qornimga toshlar osgani.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Uxud jangin o'qib, ko'zimga yoshlar to'ldi,
Xandaq sabab Salmon, ahli-baytingizdan bo'ldi
Mening esa eng sharafli baxtim sizga ummatlik
Allohga cheksiz hamdlar Habibiga ummat qildi.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Qani edi jannatda yoningizda tursaydim
Nur yuzlik chehrangizga to'ymayin termulsaydim.
Siz-la yonma-yon turib Alloh yuzin ko'rsaydim
Siz birla bir havodan to'yib nafas olsaydim.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Toifliklar zulmi qalbim tirnaydi,
Makkalik mushriklar tinmay tergaydi,
Evaziga tog'dek-tog'dek oltin bersa ham,
Madinalik ansorlar sizni bermaydi.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Mehr ko'rsatishar otam ham onam,
Ko'nglimni ko'tarar dilkash hamxonam,
Bunday g'amxo'rlikdan quvnayman bir dam,
Ammo sog'inch xissi tinmas shunda ham.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!

Dunyo-dunyo chiroydan bezganda yurak,
Aytmangiz menga latifa, ertak,
So'rasangiz gar: - Ne aytay bo'lak,
Xadis aytib bering, menga shu kerak.
Rasululloh sizni juda sog'indim!!!
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 30 Dekabr 2010, 04:47:10
QASIDA

Arshning qubbalariga nomi nur-la yozilgan,
Ismi samoda Ahmad, yerda Muhammad bo’lgan,
Yetti qavat osmonda Haq jamolini ko’rgan
Avval-oxir yo’lboshchi, yo hazrati Muhammad!

Sizga nur yomg’irlari yog’arkan yeti qatdan
U tunda siz, din kelgan azal qadar uzoqdan.
Malaklar har zarraga mujda berarkan haqdan
U tunda siz tug’ilgan, yo hazrati Muhammad!

Quyosh ham u kechaning nuriga sajda qildi!
Yulduzlar behud bo’lib, koinot vajda qildi!
Hamdu sanolar bari Yaratganga o’qildi,
U tunda siz tufayli, yo hazrati Muhammad!

Ka’bada shirk toshlari — butunlay yerga qularkan,
Jaholat bayroqlari bari bir-bir sinarkan,
Ming yillik kufr olovi abadiyan so’narkan,
Qutlug’ qadamingizdan, yo hazrati Muhammad!

Shu tunda Sa’va ko’li mo’jizayla yo’q bo’ldi!
Kisro saroylarining ustunlari yiqildi!
Arzdan Arshgacha olam rahmatingizga to’ldi!
- U kecha siz, din kelgan, yo hazrati Muhammad!

Go’daklik yo’rgagingiz oq bulutdan o’rlagan,
Tug’ilib-tug’ilmasdan, sajda amri berilgan,
Boshingizda olamga rahmat toji ko’rilgan!
Koinotning sarvari, yo hazrati Muhammad!

Sizning go’zal xulqingiz, axloqning namunasi,
Go’zal sabr bobida basharning eng a’losi!
Ul Jannat makoningiz, faqirlarning xonasi!
Ko’ngillar xazinasi, yo hazrati Muhammad!

Sizga shohid haq so’zlar azaldan beri har on,
Sizga shohid oyatlar har zarrada bitilgan!
Sizdan ayro qolmoqqa qanday chidasin, bu jon?
Siz har jonda jononsiz, yo hazrati Muhammad!

Me’roj tunida bir-bir, ochildi so’zga ko’klar,
Salom bilan qarshilab, har qavat payg’ambarlar!
Shunda bir on keldi-ki, to’xtab barcha malaklar!
Haqqa yolg’iz bordingiz, yo hazrati Muhammad!

Haq bilan qul visoli, u ilohiy bir to’yda,
Hech kimdan hech kimsaga foyda bo’lmagan kunda
Xayru-sharrni xos tortgan, u tarozu o’rniga
Siz shafoatchim bo’ling, yo hazrati Muhammad!

Bilamizki, hukmi yo’q, bu dunyo ne’matining,
Ko’ngildir sarmoyasi, oxirat sarvatining,
Sizga salovat-salom yo’llagan har ummatning
Jannat shohidi bo’ling, yo hazrati Muhammad!

Ko’ngil ko’zi ko’r inson, jon ko’zini naylasin!
Dunyoda do’nmagan til, Mahsharda ne so’ylasin?!
Mavlo, butun basharni ummatingiz aylasin!
Bayrog’ingiz ostida, yo hazrati Muhammad!

Jannat sari yetaklang, yo hazrati Muhammad!
Jannatlarga yetaklang, yo hazrati Muhammad!

Turkchadan Gulbahor Abdulloh qizi tarjimasi
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ansora 30 Dekabr 2010, 14:21:59
Siddiqaxon, Alloh rozi bo'lsin. Bu qasidani Turk tilidagi aslini ham joylashni ma'qul ko'rdim. Muallifi: Jengiz Numanog'lu (Cengiz Numanog'lu)

Arş’ın kubbelerine adı nurla yazılan

İsmi semâda "œAhmed", yerde "œMuhammed" olan

Yedi katlı göklerde Hak cemâlini bulan

Evvel-ahir yolcusu yâ Hazreti Muhammed



Sağnak nur yağmurları inerken yedi kattan

O gece sendin gelen, ezel kadar uzaktan

Melekler her zerreye müjde verirken Hak’tan

O gece sendin gelen yâ Hazreti Muhammed



Güneşler, o gecenin nuruna secdederken

Yıldızlar meşk içinde, kâinat vecdederken

Bütün hamd ü senalar Yüce Rabb’e giderken

O gece, sendin gelen, yâ Hazret-i Muhammed
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ansora 30 Dekabr 2010, 14:22:40
Kâbe’de şirk taşları, putlar yere dönerken

Cehâlet bayrakları, birer birer inerken

Bin yıllık küfr ateşi, ebediyyen sönerken

O gece sendin gelen yâ Hazreti Muhammed



O gece Save gölü, mu’cizeyle kururken,

Kisra saraylarında, sütunlar savrulurken

Arz’dan arş’a âlemler rahmetini bulurken

O gece sendin gelen yâ Hazreti Muhammed



Sen ki; doğum kundağı, ak bulutla örülen

Doğar doğmaz, "œAllah’a secde" emri verilen

Doğudan ve Batıdan, her mahlûkça görülen

Kainat efendisi, yâ Hazreti Muhammed
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ansora 30 Dekabr 2010, 14:23:08
Sen ki; asâletine, ezelden hükmedilen,

Tertemiz rahimlerle, lekesiz soydan gelen,

Beşerî şüpheleri, Kur’ân ilmiyle silen,

Seçilen sevgilisin, yâ Hazreti Muhammed.



Sen ki; büyük yargıda, şefaat müjdecisi,

Bunca âciz beşerin, mahşer günü bekçisi,

Sen ki; Kur’ân şahidi, Allah’ın son elçisi,

Kurtuluş habercisi, yâ Hazreti Muhammed.



Sen ki; Âdem neslini, uçurumdan döndüren,

Zulüm sancılarını, şefkatiyle dindiren,

İnkâr yangınlarını, irfânıyla söndüren,

Âlimlerin sultanı, yâ Hazreti Muhammed.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ansora 30 Dekabr 2010, 14:23:39
Sen ki güzel huyların, ahlâkın meş’alesi

Sabır doruklarında beşerin en yücesi

Senin cennet mekanın, fakirlerin hanesi

Gönüller hazinesi yâ Hazreti Muhammed



Sana şâhit sonsuzlar, ezelden beri her an

Sana şahit ayetler her zerre ve her mekan

Senden uzak kalmaya nasıl dayanır ki can

Sen, her canda cânânsın yâ Hazreti Muhammed



Mi’raç gecesi bir bir açılıyorken gökler

Seni selamlıyorken her katta peygamberler

Öyle bir an geldi ki; durdu bütün melekler

Hak’ka yalnız yürüdün yâ Hazreti Muhammed
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ansora 30 Dekabr 2010, 14:25:16
Gönül gözü görmeyen, can gözünü neylesin

Dünyada dönmeyen dil mahşerde ne söylesin

Mevla, bütün beşeri ümmetinden eylesin

Sancağının altında yâ Hazreti Muhammed



Hak ile kul vuslatı o ilâhî düğünde

Hiç kimseden kimseye fayda olmayan günde

Hasatları, has tartan o terazi önünde

Noksanları bağışlat yâ Hazreti Muhammed



Biliriz ki; hükmü yok bu dünya nimetinin

Gönüldür sermayesi ahiret servetinin

Sana salat ve selam gönderen ümmetinin

Cennetler şahidi ol yâ Hazreti Muhammed


Bu qasidani ilohiy sifatida tinglang:

http://www.youtube.com/watch?v=J5lPbibKpqU&feature=related
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ansora 30 Dekabr 2010, 14:45:20
Bu qasidani O'zbekchasini o'qib juda xursand bo'ldim. Alloh rozi bo'lsin, tarjima qilganlardan, joylagandan, o'qigandan...
Bu asarni meni hayotimda juda boshqacha joyi bor. Sizlar bilan baham ko'rmoqchi bo'ldim.
2007 chi yili İstambulda talaba ekanman, "Qutlug' tug'ilish haftasi" (Kutlu doğum haftasi) uchun chet ellik talabalardan ham Payg'ambarimiz (S.A.V) bilan bog'liq bir narsa tayyorlashimizni aytib qolishdi. Men ham bu dasturga qatnashsammikan, deb o'yladim. Bu qasidani ilgari ham eshitganimda juda ta'sirlanib, xuddi sehrlanganday bo'lgandim, shu ilohiyni yodlab aytishga qaror berdim. Odatda men osonlikcha she'r yodlay olmayman, bu qobiliyatim yo'qroq. Lekin Allohni ishini ko'ringki qasidani hammasini yodladim. U paytlar yotoqxonada qolardim, qayerda bo'sh joy topsam o'zimcha tayyorlanaman, balki 100 martaga yaqin o'zimga aytib bergandirman...
Xullas, o'sha kun ham yetib keldi, dastur İstambulning Bo'stanji semptidagi eng katta saroylaridan biri "Bostanji" madaniyat markazida bo'ladigan bo'libdi. Men bu dasturni o'rtalarida joy olgandim. Salonda 5000ga yaqin faqat ayol-qiz bor edi.
Sahnaga chiqdim, o'zimni tanishtirishim kerak, Men İmom al Buxoriy, Shoxi Naqshibandiylarni diyoridan keldim, dedim. Salomimni qabul aylang...Butun salonda o'tirganlar birdan "voh" deb yuborishdi:(
Payg'ambarimizni (S.A.V) duo bilan eslab, sizlar uchun ushbu qasidani tayyorladim, kamchiliklar bo'lsa xush ko'rasizlar, azizlar. O'zbekistonim uchun duo qilinglar, biz Rasulimizdan yillab uzoq qoldik, lekin alhamdulillah mana ortiq Mustaqilmiz, xozirgi nasl bizday yashirinib emas, ochiqcha Dinimizni o'rganib, Payg'ambarimizni (S.A.V) taniyabdi...

Qasida tugaguncha men yig'ladim, salondagilar yig'lashdi...
Xuddi Payg'ambarimizni (S.A.V)ruhlari biz bilan birga edi, hech bilib bo'lmaydi, balki haqiqatdan ham shundaydir, chunki, dasturda boshdan ohirigacha duolar etildi, salavotlar aytildi...

Aslida Musulmonlar orasida hech qanday to'siq, chegara yo'q, yetarki Musulmonlikni yurakdan his qilaylik, mana o'sha kuni ham butun o'tirganlar bizlar-O'zbeklar uchun duo qilishdi...

Alloh Payg'ambarimizni (S.A.V)ni sevgilarini yana ham ortirsin azizlar...
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Hadija 11 Yanvar 2011, 10:07:54
:as:

opa men ham o'zbekchasiuni ko'rib hursand bo'lib ketgandim ,turkchasini eshitardim ,juda ovozi mahzun odam aytganlar tasirli qilib )))

Yo'q demasez sizda b-sa shuni bizaga ham berib turishizni ilojisi bormi?
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ansora 12 Yanvar 2011, 19:00:42
:as:

opa men ham o'zbekchasiuni ko'rib hursand bo'lib ketgandim ,turkchasini eshitardim ,juda ovozi mahzun odam aytganlar tasirli qilib )))

Yo'q demasez sizda b-sa shuni bizaga ham berib turishizni ilojisi bormi?

http://www.youtube.com/watch?v=J5lPbibKpqU&feature=related
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: ubaydullo 01 Fevral 2011, 23:11:09
 :as: :bsm:  Assalamu Alaykum  ( v.r) (v.b.)
 xurmat va extirom egalari . Ushbu bo'limni tashkillashtirgan,o'z po'stlarini qoldirgan,bizlar bilgan va bilmagan, oxirgi zamon payg'ambarimiz Muxammad s.a.v ga bo'lgan cheksiz dil sog'inchlarini yozib qoldirgan  aziz dindoshlar. Sizlarga cheksiz minnatdorchiligimi izxor etib qolaman.Barchamizga olloxdan qalbimizga doymi iymon ,mustahkam etiqod, foydali ilim  ,qo'rquvchi qalb , zikr etuvchi til .afu ofiyat, dunyo va oxiratda xotirjamlikni so'rab qolaman.
Janobi Rasullox Muxammad (s.a.v) payg'ambarimizning  shafaatlariga erishguvchi ummatlaridan bo'lishlik, barcha mo'min musulmon axliga nasibi ro'zi aylasin. Sizlarga yana mingbor tashakkur . Assalau alaykum.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Hassan 06 Fevral 2011, 21:46:28



http://www.youtube.com/watch?v=xzA-4TiNzqQ





Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: G_u_l_i 20 Mart 2011, 08:04:57
Сизни соғиндик
Сизга Аллоҳнинг саломи бслсин, Сизга Аллоҳнинг марҳамати ёғилсин, А асулуллоҳ (с.а.в.)!

Яна Сизни соғиндим, жуда соғиндим: Сизга салавот айтиш учун, Сиз билан диллашиш ва дардлашиш учун бедорман.

А­й Оламларнинг Сарвари (с.а.в.), бир қориндан талашиб тушган ака-укалар ота-онаси тириклигидаёқ уй, мол-мулк талашганини ксрсам, бағрим тилинади. Сиздек Яратганнинг мангу Ошиғи бутун дунёни бир тирноққа арзитмасдан, сски кулбада сз смоқларингизни тикиб стганингизда бу ака-ука нима учун уй талашади?

Юрагимнинг қандили, сй А асулуллоҳ (с.а.в.), баъзан бемеҳр фарзандларнинг ота-оналарига тап тортмай тик боқишларига гувоҳ бслсам, дилим оғрийди. Ким бслибмизки, Сиз жуда срта мосуво бслган ота-она неъматининг қадрига етмаймиз, Сиз зориққан бу ғаниматларни биз топтаймиз, сй А асулуллоҳ (с.а.в.)?

Шафоатчимиз, сй Аабиюллоҳ (с.а.в.), меҳрга ташна қарисларимиздан бир оғиз ширин ссзни қизғонамиз, қораксз гсдакларимизга нисбатан зардали, аччиқ тиллимиз, аҳли оиламизга, жигарларимизга бир жумла ёқимли ссз ҳадс қилишдан оғринамиз. Шу қадар қалбларимиз тош қотдими? Сиз йслда кетаётиб, қаноти синган қушни ксриб, қалбингиздаги шафқат ҳисси билан бир неча соат мобайнида ксз ёш тскдингиз. Яна бир кун қабристонни кесиб стаётиб, азобланаётган қабр сгаси учун юрагингиз доғланганча ҳамроҳингиз Салмон Форсий (р.а.)га нидо қилиб: «А­й Салмон, қара, бу қабр сгаси қанчалар қийналспти, юрагим ёниб кетспти», деб йиғлагандингиз... Сиз марҳумга ксрсатган марҳаматнинг зарраси қадарини биз тирикларимизга раво ксрмаспмиз, афсус!

Ислом осмонининг кунда Қуёши, тунда Ойи бслган, сй А асулуллоҳ (с.а.в.)! А сзғор юмушлари билан банд, фарзандлар тсполонига бардошли аёл қслда гсдаги билан завжи ҳалолини кутиб олгани чиқса-ю, ишдан чарчаб қайтгани баҳонасида қсполлик билан аёли юзидаги табассумни бсғизлаган сркакларни ксрсам, сна Сизни сслайман. Улар Оиша онамиз билан қувлашмачоқ сйнаганингиз, баъзан ғолиб, баъзан мағлуб бслганингизни, ғолиб бслган Оиша онамиз қувончини ксриб ксзларингиз порлаганини билишармикан? Ташқарида йслбошчи-ю, уй ичида меҳрибон ва хайрихоҳ завжи мсътабар бслганингиздан хабардормиканлар?

Қаноатда бизга срнак, сй А асулуллоҳ (с.а.в.)! Қсша-қсша иморатлари бсла туриб, камбағалга закот, садақа бериш срнига сна бойлик дардида юрганлар Сизга бутун борлиқ салтанатига сга бслиш имкони берилганида умматингиз саодати ва имонини тилаганингизни билишармикан? Аафснинг роҳати учун дунё талашганлар Сизнинг кунлаб оч-наҳор юрганингизни сшитганмиканлар? Оч қолган дамларингизда ҳам бирор неъмат етса, уни биринчи навбатда беваларга, мискинларга тарқатганингиздан хабарлари бормикан?

Борлиқ сратилишининг сабабчиси, сй А асулуллоҳ (с.а.в.)! Кимдандир ранжисак, сзимизни жабрдийда ҳис стамиз, воқеани сз манфаатимизга мослаб талқин қиламиз, нафсимиз танқидни кстара олмас даражада димоғдор. Аега биз шунчалар тез унутдик Сизнинг срнагингизни? Ўшанда, Байтул-Ҳарамда саждага бош қсйиб ғариблик ҳисси билан ксз ёш тскар скансиз, устингиздан қсланса тус ичаклари тскиб ташланди. Кулгу, қаҳқаҳа кстарилди. Бу разилликни қилган баттол сса қслларини белига тираганча илжайиб Сиздан арз ва шикост кутди, токи жанжал чиқсин... Сиз сса! Сиз... индамай у томон қарадингиз. Ксзларингиздаги ғам, беғубор ва маъсум скинч уни тош қотирди. Сиздаги жимлик ва гсдакларгагина хос ғамгин софдиллик уни қандай шошириб қсйган сди-с!.. Қанийди ёнингизда бслиб устингизни у чиркин юкдан қслларим билан тозаласам, қанийди у баттолдан Сизни ҳимос қилсам, қанийди жиққа ёшга тсла муборак ксзларингизни рсмолчам билан артиб қсёлсам! Ахир... бу кун — жами умматингиз ёдга олса, ксзёшлари дарё бсладиган амакингиз Абу Толиб ҳамда умр йслдошингиз Хадича онамиздан айрилган ғам йилингизнинг бир куни сди...

Биз Сизни, хуш исларингиз, муборак ссзларингиз, срнакларингиз билан тслган Саодат асрини соғиндик. Бу соғинч умматларингиз кснглида стаётган йиллар, асрлар билан бирга улғайиб бораверади. Сизни севган умматларингиз номингизга салавот ва саломлар йсллашади, Сиз билан диллашиш ва дардлашиш учун бедор бслишади...

Ҳабиба Ҳамдам

http://irfon.uz/index.php?option=com_content&view=article&id=190:2011-03-19-17-39-18&catid=42:qolgan-ruknlar&Itemid=49 (http://irfon.uz/index.php?option=com_content&view=article&id=190:2011-03-19-17-39-18&catid=42:qolgan-ruknlar&Itemid=49)
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Shuhrat_ 07 Aprel 2011, 22:11:36
 :as:
Iltimos Salovotlani xam shu bulimga joylashtirila,bilmaganla bivolardik.
SIZNI SOG`INDIK YO ROSULILLOX
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: azizbek_mx 08 Aprel 2011, 08:31:42
Видеони кура олмадим, нима хакида скан?
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: registan 13 Aprel 2011, 11:14:50
Quyida xristian diniga mansub olim Michael H. Hartning "Insoniyat tarixidagi eng ta'sirli 100 kishi" kitobidan parcha:

"Dunyoning eng ta'sirli kishilari ro'yxatining birinchiligiga Muhammadni (SAV) qo'yishimdan ba'zi o'quvchilar hayratlanishi, ba'zilari savolga tutishi mumkin, lekin u insoniyat tarixida ham diniy, ham dunyoviy jihatdan lol qolarli darajada omadli bo'lgan yagona kishidir."
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 16 Aprel 2011, 07:05:44
Видеони кура олмадим, нима хакида скан?
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: ummugulsumm 16 Aprel 2011, 14:10:55
tugrisini aytsa juda tasirli ekan kurib yigladim rahmat shunday video rolik\+ busa
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: AsiRa 25 Aprel 2011, 08:54:41
Yo, Rasulalloh

Ishqing ila oshiqlar
Yonsin, yo Rasulalloh.
Ichib ishqing sharobin,
Qonsin, yo Rasulalloh!

Shul seni sevgan kishi
Tikmish yo'lingda boshin,
Ikki jahon quyoshi
Sensan, yo Rasulalloh!

Shul seni sevganlarga,
Qil shafoat onlarga,
Mo'min bo'lgan tanlarga
Jonsan, yo Rasulalloh!

Darvish Yunusning joni,
Olam shafoat koni,
Ikki jahon sultoni
Sensan, yo Rasulalloh!..


Mirzo Kenjabek.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: AbdulAziz 25 Aprel 2011, 09:31:54
Yo, Rasulalloh

Darvish Yunusning joni,
Olam shafoat koni,
Ikki jahon sultoni
Sensan, yo Rasulalloh!..


Mirzo Kenjabek.

She'r muallifi Mirzo Kenjabek emas, Yunus Emro.
Mirzo Kenjabek turk tilidan o'zbekchaga o'girganlar.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Shuhrat_ 25 Aprel 2011, 21:16:00
 :as:
Yuqoridagi vidio rolikka minglab ,millionlab raxmatlar xam kam
juda tasirli,men avvalroq kurgandim

SIZ XAM KURING BEIXTIYR YIG`LISZ
[/size][/color]
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: AsiRa 26 Aprel 2011, 07:42:23
Yo, Rasulalloh

Darvish Yunusning joni,
Olam shafoat koni,
Ikki jahon sultoni
Sensan, yo Rasulalloh!..


Mirzo Kenjabek.

She'r muallifi Mirzo Kenjabek emas, Yunus Emro.
Mirzo Kenjabek turk tilidan o'zbekchaga o'girganlar.


Kechirasiz.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Shukrona 17 May 2011, 08:28:36
Assalomu alaykum.
Olamlarni yaratgan Haq Taologa bitmas tuganmas hamdu sanolar bo'lsin,olamlarga rahmat qilib yuborilgan sarvari koinot Rasulimiz Muhammmad s.a.v. ga go'zal salom va salovatlar bo'lsin.

FARQLASH ZARUR HAR BIR KISHIGA!

Farqlash zarur har bir kishiga,
Savob ila zarar, gunohni.
Puxta erur, biling,ishiga,
Kim tanisa Rasulullohni.

Har kim yo'lda horib toladi,
Ohir kelib qulab qoladi.
Islom yo'lin bilib oladi,
Kim tanisa Rasulullohni.

Ibodati bir istirohat,
Ko'rmas aslo ruhiy talofat.
Ko'ksin silar haqiqiy rohat,
Kim tanisa Rasulullohni.

Musibatni kim qarshi olar,
Degan savol,yangrasa agar,
Musibatni jim qarshi olar,
Kim tanisa Rasulullohni.

Najas xokim etmas didini,
Qo'rqitolmas ko'kning tutuni.
To'ymas hidlab zamin hidini,
Kim tanisa Rasulullohni.

Tushida ham aytar zikrini,
Tark aylamas,aslo shukrni.
Tushunadi Abu Bakrni,
Kim tanisa Rasulullohni.

O'limga tik yura oladi,
Jannatni ham ko'ra oladi.
Taxajjudga tura oladi,
Kim tanisa Rasulullohni.

Yana do'stlar nelarni deyin?!
Qiziqtirmas uni so'm,tiyin.
Ovqat yeydi, qo'shnidan keyin,
Kim tanisa Rasulullohni.

Onasiga tik qarolmaydi,
Otasiga tik borolmaydi,
Ahliga ham o'shqirolmaydi,
Kim tanisa Rasulullohni.

Umid qilmay aslo birovdan,
Do'zax qattiq degay olovdan,
Bilmas nedir qochishlik yovdan,
Kim tanisa Rasulullohni.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Shukrona 17 May 2011, 08:32:53

Bilishlik uchun,xilqat qilmini,
Va etishga kashf tilsimini,
O'rganadi dunyo ilmini,
Kim tanisa Rasulullohni.

Obro' ila mansab talashmas,
Do'sti bilan marra talashmas,
Mo'min bilan mazxab talashmas,
Kim tanisa Rasulullohni.

Hargiz ilm tomon otlatar,
Ba'zan majbur qilib dodlatar,
Bolasiga Yosin yodlatar,
Kim tanisa Rasulullohni.

Tillarini tiyib yuradi,
Dinim deya kuyib yuradi,
Toza kiyim kiyib yuradi,
Kim yanisa Rasulullohni.

Saxovatdan hulla to'n bichar.
Faqirlarga kiyimin yechar,
Shaxsiyatdan din deb voz kechar,
Kim tanisa Rasulullohni.

Din ishiga xodim bo'ladi,
U o'lsa gar motam bo'ldi,
Eng chiroyli odam bo'ladi,
Kim tanisa Rasulullohni.

Rizqlarini haloldan terar,
Va uyiga jilmayib kirar,
Salomini birinchi berar,
Kim tanisa Rasulullohni.

Siyrat ila dil topar malham,
Ul zot uyi ma'naviy mahram,
Ozor bermas chumoliga ham,
Kim tanisa Rasulullohni.

Peshonasin shamol ham silar,
Baliqlar ham saodat tilar,
Qalbida ham tahorat qilar,
Kim tanisa Rasulullohni.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Shukrona 17 May 2011, 08:36:55
Birodar der har bir kishini,
Kulsa oydek ko'ring tishini,
O'ngda qilmas chap qo'l ishini,
Kim tanisa Rasulullohni.

Faqirligi juda ham chiroy,
O'rta holi,ko'rmaydi saroy,
Boy bo'lsa ham eng chiroyli boy,
Kim tanisa Rasulullohni.

Yosh holati ipakdan harir,
Yigitligi vazmin va og'ir,
Qarisa ham chiroyli qarir,
Kim tanisa Rasulullohni.

Halol yo'lda xorib,tolmaydi,
Haqiqatga indayolmaydi,
Savdo qilsa aldayolmaydi,
Kim tanisa Rasulullohni.

Yolg'ontakam gul tutolmaydi,
Musibatda bol yutolmaydi,
Qiyomatni unutolmaydi,
Kim tanisa Rasulullohni.

Tinglab dam olasiz so'zini,
Shod bo'lasiz ko'rib yuzini,
Tanigaydir hullas o'zini,
Kim tanisa Rasululohhni!!!
                                                           Xayrulla Xamidov

Alloh barchamizga rasulimizning sunnatlariga og'ishmay amak qiladigan va shafoatlariga muyassar bo'ladigan bandalari qatorida qilsin omin.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Shukrona 17 May 2011, 08:38:39
АААªТИ ААБИЙ
(с.а.в.)
Жумла оламга сармад,
Кук ичра номи Ахмад,
Ер узрадур Мухаммад,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Хакдин келмиш бароти,
«Лавлок» унинг сифоти,
«Асин» срур бир оти
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

«+оба кавсайн» камоли,
«Кашфи дужо» жамоли,
Оби хайвон- зулоли,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Лайгамбари инсу жон,
Умматига мехрибон
Жон ичрадур жонажон.
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Тавхид йулини очган,
Иймон нурини сочган,
Хак келиб, ботил кочган,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Оламларга рахматдир,
Хар бир сузи хикматдир,
Факирлиги ибратдир,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

А уза, намоз, кил дуо,
Шариати-муктадо,
Шафоати-муддао...
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Гавхари насли Халил,
Ходимидур Жабраил,
«Мунтахо»дан утди бил,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Меърожи- фазли илох,
Сифоти - Хабибуллох,
Восили- жамолуллох,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Shukrona 17 May 2011, 08:40:06
Буюкларнинг буюги,
Суюгимнинг суюги,
Утли калбим куюги,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Тасбих айтар хору хас,
Имон истайди хар кас,
Алгон даъволар абас,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Холикимга ёлворсам,
Макка, Мадина борсам,
А авзада кунгил ёрсам,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Озор берди бединлар.
Абужахл, малъунлар,
Огох булинг муминлар,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Орифлар жуёнадир,
Ошиклар парвонадир,
«А расул!», деб ёнадир,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Бандаси тадбир килар,
Аллос‰им такдир килар,
Ае килса билиб килар,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад

Ваъда бордир Куръонда,
Аабийга сргаш банда,
Аллох севар ушанда,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад

Ибодатда баркарор,
Саховатда устувор,
Мархаматли, хушгуфтор,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад

Мухожир, ансор ёри,
Жон нисор стар бори,
Аа гузал хулк - атвори,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад

Мс‹ъжиза срур Куръон,
«Дуруд айт», дейди А ахмон,
Ганиматдир хар бир он,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Sallollohi alayxi vasallam..........
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Bonuxon 17 May 2011, 11:31:35
А амазоннинг файзли кечаларидa.
Сизни кургим келади ё Pосулуллох.
Макка-ю мадина кучаларида.
Сизни кургим келади ё Pосулуллох...
Согиндим-согиндим дийдорингизни.
Зиёратлар килдим мозорингизни.
Афсус куролмадим рухсорингизни.
Сизни кургим келади ё Pосулуллох...
Бир ахли суннатман сизга умматман.
Савоблари йугу гунохла бандман.
Шунча ёлгонлар килиб чарчабман.
Сизни кургим келади ё Pосулуллох...
Тушларимда курсам бирбор курсайдим.
Аурли юзингизга бирбор туйсайдим.
Армоним колмасди кейин улсайдим.
Сизни кургим келади ё Pосулуллох...
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Best friend 19 May 2011, 08:03:27
 Sen yo’q eding yo Rasululloh s.a.v.! Hazrati Odamning a.s. vujudida eding. Avval Jannatni, so’ng esa yer yuzini sharaflantirding. Odam sening nuring tufayli avf etildi, Arofat bu avfga shohiddir! Sen yo’q eding! Nuhning a.s. kemasida eding. To’lqinlar yer yuzini bo’g’ar ekan, tuproqning bag’ridagi suv osmon bilan uchrashar ekan, va bu Ilohiy azob deyilar ekan, Alloh ming bir sabab ila ruhingni asradi. To’fon nuringa salom aytdi odob bilan. Sen yo’q eding! Xazrati Ismoilning a.s. peshonasida eding. Kimsasiz cho’llarda Ibrohim a.s. duosi yuksaldi: "œRobbim", dedi "œUlarga o’zlarining ichlaridan sening oyatlaringni o’qiydigan, kitob va hikmatni o’rgatadigan, ularni poklaydigan bir elchi yubor". Omin dedi o’n sakkizming olam, sening nuring bilan yog’du sochgan qo’llarini osmonga ko’tarib omin dedi Ismoil a.s., Xiro, Nur tog’i ham omin deb oyoqqa turdi, Madinada Uhud tog’idan omin sadosi yangradi. Sen yo’q eding yo Nabiyalloh s.a.v.! Hazrati Iso a.s. seni Ahmad deb yo’qladi, ikki olam sarvari deya yuzlandi senga. "œMen sizlar bilan ko’p gaplashmayman", dedi havoriylarga: "œChunki bu olamning raisi kelyapti. Kuting Ahmad kelyapti, olamlarga rahmat kelyapti!". Havoriylarni yuzini silagan, o’liklarni tiriltirgan bir nafas bo’lding ammo, sen yo’q eding! Sen yo’q eding! Hazrati Abdullohning peshonasida eding! Boshi egik, hafa bo’lib yurar edi u... Bu hayro ko’klardan seni so’rar, varaqa seni qidirardi samodan, onalar qiz farzandlarini yig’lab yasantirar edilar, yig’lab... yig’lab:"Qizim bobongnikiga borib kelasan" der edilar. Sen yo’q eding yo Habiballoh s.a.v.! Aslida qabrga tirik ko’milish edi boboga borish. Chorasiz qolgan volidayi muhtarama jigarbandini o’limga kuzatishdan boshqa iloji yo’q edi. Eng so’ngi qiz chohga uloqtirilar ekan, onasining suratida bir farishta ko’rindi unga va tabassum etib Xiro tog’ini ko’rsatdi, farishtalar Xironi yasantirar edilar, Nur tog’i sohibiga tayyorlanar edi, sayyidiga hozirlanar edi Makka, Koinot sarvari uchun bezanar edi, Koinot hazrati Ominaga r.anho ilhaq edi, tuproq Robbisiga yolvorardi, mazlumlar ko’zlarini samoga tikkan ko’yi: "Kel...", deya yig’lar edi. Sening kelishing kutilar edi yo Rasululloh s.a.v.! Bir tushishing bor edi yer yuziga, oldingda Jabroil, orqangda malaklar, yetimlarga eng huzurli kecha bo’ldi u kecha, nochorlar onalarini to’yib, to’yib quchoqladilar, so’ng sahar vaqtini bir sukunat qopladi, borliq narsa jim-jit bo’lgan edi "œQani", der edi yulduzlar, "œQani der edi oy, koinot bir ism eshitmoq istaydi. Ominaning r.anho uyidan bir ovoz yuksaldi: "œMuhammad s.a.v." zulmat o’z o’rnini nurga bo’shatib berdi, "œMuhammad s.a.v." farishtalar uning nurli qo’llaridan o’pdi, "œMuhammad s.a.v." seni yaratgan Allohga qurbonmiz ey durru yakto, senga bu ismni bergan Rohmanga qurbonmiz.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Best friend 19 May 2011, 08:04:57
 Endi sen borsan! Suvsiz tuproqlarga rahmat nozil bo’ldi sen ila, onangdan so’ng, onang halima suyindi sen ila, yomg’irga ehtiyoj bormi? Ko’tar shahodat barmog’ingni, yomg’irlarni yog’dirsin Alloh, so’ng ushla daraxt bargini, tomirlaridaan qo’pib yoningda yurg’izsin Alloh, faqat sen ista yo Rasululloh s.a.v.! Degilki: "œMen kimman", tog’laar, toshlar tilga kirsin, murg’ak go’dak qo’lingdan tutib: "œSen Rasulullohsan s.a.v." desin. Sen bor eding! Badrda g’alaba yor edi, Uhud tor edi, Handaq yor edi. Yigitlaring, o’lim uchun musobaqalashgan yigitlaring bor edi, Anas ibn Molik r.a. ismli sahobang bor edi yo Rasululloh! Uhudda vafotingni eshitib do’stlariga: "œNimaga bu yerda o’tiribsizlar?", deb murojaat qildi u, "œAlloohning rasuli o’ldirildi", deganlarida: "œU o’lgan bo’lsa sizlar yashab nima qilasizlar? Turing! Va uning kabi o’ling!", degandi, o’zi ham jangda shahid etilgandi, shahid jarohatlardan tanilmas holatga keldi, singlisi faqat akasining barmoqlaridan taniy oldi. Uhudda nayzangni tashigan Mus’ab ibn Umayring r.a. bor edi sening!  Shunday bir muhabbat bilan senga bog’liq ediki, Alloh o’sha kuni farishtalarni Mus’abning r.a. suvratida tushirdi. Abu Hurayrang bor edi sening! Qorta ochib masjidning oldida seni kutar, va termulib qarab turar edi, sen ham: "œKel ey Abu Hir", derding.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Best friend 19 May 2011, 08:06:02
 Sen ketding! Shunday ketdingki, ortingdan ma’yuslik, mahzunlik qoldi, hasrating qoldi samoda, Bilol r.a. hatto azon aytolmay qoldi, qachon taraddudlansa "œMuhammadur rasululloh" deya olmas, va tizzasi bilan yiqilar, hushidan ketar edi. So’ngra kunlar oy, oylar yil bo’ldi, asrlar o’tdi. Sensiz ochdik ko’zlarimizni lekin, sen tashlab ketmassan bizni. Sen borsan ey shahidlar sultoni! Bir shahid ham o’lmas ekan, seni qanday yo’q deymiz. Abu tolib shomga yo’l olar ekan, tuyasining oldidan to’sib: "œMeni kimlarga tashlab ketyabsiz? Na onam bor, na otam!", degan eding, Abu Tolib shu bois safardan voz kechgandi, sensiz ingragan ummatingni kimga tashlab ketyapsan yo Rasululloh s.a.v.? Tashlab ketma bizni, zero Alloh: "œSen ularning ichida ekansan, biz ularni azoblamaymiz", dedi, tashlab ketma bizni, bizga hayotni sen orqali tanitdi Rahmon, qullikni sen tufayli angladik, duoni sendan o’rgandik. Hazrati Umar r.a. umri uchun sendan izn so’raganda, "œBirodarim, duoingda meni ham eslaysanmi?", degan eding unga, biz Umar r.a. emasmiz ammo, barcha duolarimiz sening uchun... Ey Robbimiz! Rasulingni eslashimizdan uni habardor qil, unga minglab saloti va salomlar bo’lsin, habibinga maqomi Mahmudni ber, unga lutf ayla, uni rafiqi a’loga ko’tar, bizlarni ham avf et!... Bizlarni avf et...
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Humayro 19 May 2011, 11:42:04
Best friend: Шерзодбек "А асуллулох сен йук сдинг", шуни мр3 булса майлимга жунатинг Аллох рози булсин
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: siddiqa 24 May 2011, 10:51:23
Best friend: Шерзодбек "А асуллулох сен йук сдинг", шуни мр3 булса майлимга жунатинг Аллох рози булсин
undan ko'ra forumga qo'yiylar bizham eshitarmidik  :) :)
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: azizbek_mx 28 May 2011, 06:55:38
dump.uz orqali upload qiling unda
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Shukrona 31 May 2011, 14:13:01
 :asl3:
 :bsm3:

Hayotning fitnayu, fasotlaridan,
Achiq yoshlarga to’lganda ko’zim.
Barcha barchasini bir chetga surib,
Rasululloh sizni juda sog’indim.

Hadislarni o’qib, o’rganganimda,
Sunnatlariz ila yashashni bildim.
Bajarmagan kunlarimni eslab,o’g’rinib,
Rasululloh sizni juda sog’indim.

Otam chaqirganda: Fotima qizim!
Ko’nglimda ajib xislarni tuydim.
Fotima onaga aytgan so’zingiz eslab,
Rasululloh sizni juda sog’indim.

Siyratingizni o’qib,o’rganib,
Asli komil inson kimligin bildim.
Shu kundan sizga taqlidlar qilib,
Rasululloh sizni juda sog’indim.

Sizga loyiq ummat bo’lay deb,
Allohga tinmayin duolar qildim.
Go’zal salovatu salomlar yo’llab,
Rasululloh sizni juda sog’indim"¦"¦"¦"¦.

Sallallohu alayhi vasallam.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Best friend 07 Avgust 2011, 09:55:11
Валид ибн Муғийра мажлисда йиғилганларга: "Муҳаммад ҳақида бир фикрга келиб олинглар. Их-тилоф қилманглар, токи бир-бирингизни ёлғон-чига чиқарманглар ва гапларингиз бир-бирини ин-кор қилмасин", дейди.
Шунда улар: "Бслмаса, сен гапир", дейишади.
Валид: "Йсқ! Аввал сизлар гапиринглар, мен сшита-ман", дейди.
Улар: "Муҳаммадни коҳин-фолбин, деймиз", дейишади.
Валид: "Йсқ! Аллоҳга қасамки, у қоҳин-фолбин смас. Бизлар коҳин-фолбинларни ксрганмиз. У коҳинларга схшаб ғ^лдурамайди (тушуниб бслмайдиган тарзда ссзла-майди) ва саж (қофис) билан гапирмайди", дейди.
Улар: "Ундай бслса, уни мажнун, деймиз", дейишади.
Валид: "У мажнун смас. Биз жинниликни ксрган-миз, унинг нима сканини схши биламиз. Муҳаммадда бсғма (дифтерис) касали ҳам, қалтираш-титраш (атак-сис) касали ҳам, восвос касали ҳам йсқ", дейди.
Улар: "Ундай бслса, уни шоир, деймиз", дедилар.
Валид: "У шоир ҳам смас. Биз шеърнинг барча турла-рини биламиз: шеърларнинг "ражаз"ини ҳам, "ҳазаж"и-ни ҳам, "қарийз"ини ҳам, "мақбуз"ини ҳам ва "мабсут"и-ни ҳам биламиз. Аниқки, (Муҳаммаднинг айтаётган ссзлари) шеър смас", дейди.
Улар: "Ундай бслса, уни сеҳргар, деймиз", дейдилар.
Валид: "У сеҳргар ҳам смас. Дарҳақиқат, биз сеҳргар-ларни ва уларнинг сеҳрларини ҳам ксрганмиз. Муҳам-мад уларга схшаб туфламайди ва тугунларга дам сол-майди", дейди.
Улар: "Аима дейлик, бслмаса?" деб ссрайдилар.
Валид: "Аллоҳга қасамки, (Муҳаммад сқиётган) ка-ломнинг сзгача ҳаловати бор! Унинг асли-илдизи бара-кали, шохлари сса самаралидир! Сиз у ҳақидаги мазкур сифатлардан қайси бирини айтсангиз ҳам, ботил-ёлгон-лиги маълум бслиб қолаверади... (Сснг бироз сйланиб турди-да), Муҳаммад ҳақида юқорида айтилган гаплар-нинг ичида снг жонлиси уни "сеҳргар" дес гап тарқат-моқларингиздир. Чунки, у ота-бола, ака-ука, сру хо-тин ва қариндош-уруғларнинг срталарини бузадиган сеҳр-жоду ссзларини олиб келди. Шунинг учун ҳам улар-нинг срталари бузилиб кетди", дейди.
Аллоҳ таоло мана шу Валид ибн Муғийра ҳақида Муддассир сурасининг 11 ва 26 остларини нозил стган.

P.S. O'zlari ham ishona olmaydigan tuxmat...
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Best friend 07 Avgust 2011, 09:59:22
Маълумки, Инжилда охир замон пайғамбарининг келиши очиқ-ойдин айтилган:
"Қуддусдаги сҳудийлар юборган руҳонийлар ва ле-витлар (сҳудий дин арбоблари) Яҳё пайғамбарнинг ол-дига бориб ундан:
   Сен кимсан? - деб ссрадилар. Яҳё шаҳодат (гувоҳ-лик) берди:
   Мен (Ийсо) Масиҳ смасман, - деб очиқ тан одяи У, инкор стмади.
   Яна ундан:
   Бслмаса Илёс пайғамбармисан? - деб ссрадилар.
   Йсқ! деди у.
-   Охирзамон набийси (пайғамбари)мисан? - деб савол бердилар. У сна:
-   Йсқ! - деб жавоб берди..."250
Бундан маълум бсладики, сҳудий уламолари сша асрда учта пайғамбар келишини кутардилар: Илёс, Ийсо ва охир замон Лайғамбари. Илёс ва Ийсо алайҳиссаломларнинг келиб кетгани Инжилда ҳам собит бслган. Улардан кейин табиийки "охир замон пайғамбари"нинг келиши кутилган. Бу пайғамбарни биз мусулмонлар, шак-шубҳа-хжз, Муҳаммад алайҳиссаломдирлар, деймиз"
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Best friend 07 Avgust 2011, 10:01:45
Араб тилида феъл (тафъийл) бобида келганда кўпинча бир ишнинг қайта-қайта, кўп марта қилинга-нини ифодалайди. Масалан: (қатаъа) кесди,  (қаттаъа) қиймалади, ёки (ҳамида) мактади,   (ҳаммада) - тўхтовсиз мақтади. Шунда (ҳам-мада) феълидан ясалган (Муҳаммад) исми тўхтов-сиз мақталадиган, деган маънони англатади.
Дарҳақиқат, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам-нинг шаънларига мақтов ўша замонлардан бери тин-май ёғилиб турибди исмлари қиёматгача азону иқомат-ларда эълон қилинади, азондан кейин, намозлар ичи-да, суҳбат-маърузаларда, дуоларда ҳақларига салавот-лар айтилади.
"Муҳаммад" исми мақтов, мадҳ ва шараф маънола-рини англатувчи "ҳамд" сўзидан олинган. Агар бир ки-шининг макташга лойиқ фазилати бўлса, унга 1"Маҳ-муд" сўзи ишлатилади. Агар у киши мақтовга муносиб барча яхши сифатларга, гўзал хулқ-одобларга ва бутун инсоний фазилатларга эга бўлса, бундай инсон "Му-ҳаммад"дир.
Мақтов Пайғамбаримизни ҳар томондан чулғаган: исмлари Муҳаммад ва Аҳмад, шафоат қиладиган ма-қомларининг номи "Маҳмуд" (мақтовли), Қиёмат ку-нидаги байрокдарининг номи "Ливоул ҳамд" (мақтов байроғи), умматлари "ҳаммодуун" (ҳамду санони кўп айтувчилар)дир.
Дунёда энг кўп тарқалган исм Муҳаммаддир. Аллоҳга чексиз ҳамду санолар ва тўхтовсиз мақтала-
диган Пайғамбаримизга салавоту саломлар бўлсин.
Омийн!

islom.uz dan yuklab olingan "Siyrat" nomli test savollari javobidan.
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Aqoid 07 Oktyabr 2011, 15:06:55
 :vsl3: Qayerga yozishni bilmadim. Menga Dursun Ali NING "Habibullahi sevmek" SHERI KERAK EDI, tas-ix da Kimda imkon bo'lsa xo'y devorilar, Netga kirish hozircha qiyinroq bo'p turibdi. Kecha eshitib qoldim
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Ummu Muslima 27 Yanvar 2012, 23:41:05
:vsl3: Qayerga yozishni bilmadim. Menga Dursun Ali NING "Habibullahi sevmek" SHERI KERAK EDI, tas-ix da Kimda imkon bo'lsa xo'y devorilar, Netga kirish hozircha qiyinroq bo'p turibdi. Kecha eshitib qoldim

Dursin Ali chiroylik  tasirlik o'qigan,manda diski boru,afsus joylashni bilmaymanda..

Abdurrohman O'nul ham rosa yahshi aytgan ,
"o'zledik seni Ey Resul" , "Gul yuzlu Peygamberim" , "Mevlam nasib etsin"  kabi qo'shig'larini tinglagan,hatto tosh yuraklarham erib ketsa kerak..
Nom: Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Sayyid90 07 Fevral 2012, 19:09:42
yo  Allohim meni u ulug' bandang Muhammad s.a.v ning avlodi qilib yaratganinga shukr ey robbim meni u zot bobom bilan birga jannatga nasib qilgin.
Nom: Javob: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Secret 13 Yanvar 2013, 09:18:28

  Ahzob Surasi 56- oyat: "œShubhasizki Alloh va malaklari Payg’ambarga salovat aytarlar. Ey iymon keltirganlar Siz ham uning uchun (taslimiyat bilan) salot va salom ayting".

 Payg’ambarimiz s.a.v. marhamat qildilar :
"œAlloh men uchun ikki malak tayinladi. Men bir musulmonning oldida tilga olinsam va u menga salovat aytsa, u ikki malak ham unga "œ Alloh seni mag’firat qilsin" derlar. U malaklarga javoban Alloh Taolo va boshqa maloikalar "œamin" derlar. Bir musulmonning oldida tilga olinsamu u menga salovat aytmasa, bu ikki farishta "œAlloh seni mag’firat qilmasin" derlar va unga javoban Buyuk Robbim va qolgan farishtalar "œAmin" derlar".

"œ Kim menga bir marta salot aytsa, Alloh ham unga o’n salot aytar va o’n gunohidan kechar, o’n daraja yuksaltar" Hadisning davomida: Rasululloh janobimiz juda sevinchli keldilar va aytdilarki : "œ Manga farishta keldi va shu hushabarni berdi: "œEy Muhammad! Robbing aytdiki: "œ Senga salot aytgan har kimsaga mening o’n rahmatim borligi, salom aytgan kimsaga esa o’n salomim borligi senga (ikrom o’laroq") yetmasmi?"

"œ Qiyomat kuni menga insonlarning eng yaqini, manga eng ko’p salovat aytganidir"

"œ Yeryuzida Allohning sayyoh farishtalari bordir. Ular ummatimning salomini (darrov) manga yetqazadilar".


(http://rasm.sb.uz/pics2/3fa481fd1a60879190031b3643ca5a36.jpg) (http://rasm.sb.uz/#3fa481fd1a60879190031b3643ca5a36.jpg)

  ¸."¢Â°*"ËœËœ"*°"¢.¸☆ Sollallohu alayhi va sallam  ☆¸."¢Â°*"ËœËœ"*
Nom: Javob: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: Abdulloh_8800 13 Yanvar 2013, 16:29:54

  Ahzob Surasi 56- oyat: "œShubhasizki Alloh va malaklari Payg’ambarga salovat aytarlar. Ey iymon keltirganlar Siz ham uning uchun (taslimiyat bilan) salot va salom ayting".

 

Shu oyat o`qilganda yoki tinglanganda payg`ambarimizga (s.a.v) salovot aytish vojib bo`ladi
Nom: Javob: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
Yuborildi: $ miss $ 03 Sentyabr 2013, 09:45:18
Rahmat ... Alloh rozi bosin ....