forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Pazandalik => Turk oshxonasi => Mavzu boshlandi: Ansora 20 Sentyabr 2012, 18:41:44

Nom: Makaronimizni o'zimiz tayyorlaymiz, yoxud "Erishte"
Yuborildi: Ansora 20 Sentyabr 2012, 18:41:44
 :asl3:

O'tgan bozor kuni Erishte tayyorladik qaynonam bilan. Qoshnilar ham biroz yordam berishdi.

(http://i.imgur.com/6mVua.jpg) (http://imgur.com/6mVua)

Avvalo xamirni qorib olamiz. Buning uchun 7 kg un, 10 dona tuxum, 5-6 qoshiq tuz (yana istakka qarang) va qattiq xamir bo'ladigan darajada sovuq suv kerak boladi. Xamir judayam qattiq bolishi kerak, chunki mashinkadan chiqarilayotganda ezilmasligi, shakkli bolib chiqishi shart.

(http://i.imgur.com/aIuJf.jpg) (http://imgur.com/aIuJf)

Xamirni qorib, 30-40 daqiqa tindirib qoyamiz. Keyin undan rasmda korganingizday zuvalachalar kesib olamiz.

(http://i.imgur.com/o6Evc.jpg) (http://imgur.com/o6Evc)
Nom: Re: Makaronimizni o'zimiz tayyorlaymiz, yoxud "Erishte"
Yuborildi: Ansora 20 Sentyabr 2012, 18:42:03
O'rta kattalikda olingan zuvalalarni dumaloq qilib yoyib, ikkiga bolamiz.

(http://i.imgur.com/HgoM5.jpg) (http://imgur.com/HgoM5)

İkkiga bolingan bolaklarni uzun qilib yoyamiz. Muttasil un sepib turamiz. Makkajohori uni yaxshi bolarkan, xamir yopishmas ekan.

(http://i.imgur.com/9eeOe.jpg) (http://imgur.com/9eeOe)

Uzun yoygan xamirimizni 3-5 daqiqa tinsin, deb yana orasiga un sepib orab qoyamiz.

(http://i.imgur.com/LplA2.jpg) (http://imgur.com/LplA2)
Nom: Re: Makaronimizni o'zimiz tayyorlaymiz, yoxud "Erishte"
Yuborildi: Ansora 20 Sentyabr 2012, 18:42:20
Rasmda korganingizdan hamma javlon urib ishlab yotibdi:) birimiz xamir yoyamiz, birimiz mashinkadan otkazamiz. Bu ish shunday tez ish, chunki xamir turib qolmasligi kerak.

(http://i.imgur.com/0PIDH.jpg) (http://imgur.com/0PIDH)

Maxsus mashinkadan yana mol un sepib otkazib olamiz. Bir kishi darrov ingichka xamirlarni ipga olib borib osadi. Unini qoqish kerak yoymasdan oldin, xamirning qanday qorilganligi shu yerda malum boladi, usun xamirlarni yerga ursangiz uzilmasa, yopishmasa, demak zor xamir:)

(http://i.imgur.com/aQLY3.jpg) (http://imgur.com/aQLY3)

Iplarga makaronlarimiz osildi, uzoqgi bilan 1,5 soatda, quyoshli havoda albatta quriydi, ular qotib qoladi, asta sekin olib dasturxonlarga joylaymiz.
Yerga albatta tokiladi, shuning uchun dasturxon solib qoyamiz.

(http://i.imgur.com/HUhFF.jpg) (http://imgur.com/HUhFF)
Nom: Re: Makaronimizni o'zimiz tayyorlaymiz, yoxud "Erishte"
Yuborildi: Ansora 20 Sentyabr 2012, 18:42:41
Makaronlar qurib bo'lgandan keyin duxovkada sindirmasdani ezmasdan usti qizarguncha pishirib olamiz.
Yana ehtiyotlab korobkalarga solamiz.

Pishirlishi:

4-5 kishiga 2 hovuç bemalol yetadi, 5-6 litr suv qaynatamiz, 0,5 qoshiq tuz solamiz. Makaronni qaynagan suvda 5 daqiqa pishirib olamiz. Suzib, qozonga 5 qoshiq saryog solamiz, 2-3 daqiqa qovurib olamiz.

Ozini ham yeyishingiz mumkin, boshqa ovqatlarni yonida ham zor ketadi:)

Yoqimli ishtaha.
Maxsus mashinka haqida ham malumot beraman inshalloh.
Nom: Re: Makaronimizni o'zimiz tayyorlaymiz, yoxud "Erishte"
Yuborildi: Ansora 20 Sentyabr 2012, 18:43:07
Mashinkalarni turli tumanlari bor, pulingizga qarab. Lekin 1ta olib qo'ysangiz ancha yil ishlatasiz.

Mana bulardan biri:

(http://i.imgur.com/XCA2Y.gif) (http://imgur.com/XCA2Y)

Mashinkalarni turli xil katta kichkiklikda tishlari bor, xohlaganingizni ishlatishingiz mumkin. Bizga shu kattalikdagi maqul bolganligi uchun doimo shu kattalikda qilamiz.

Yaqinda qo'shnimiz 25 dollarga oldi.