forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Shahina 25 Sentyabr 2006, 07:57:45

Nom: Islom Ensiklopediyasi
Yuborildi: Shahina 25 Sentyabr 2006, 07:57:45
ISLOM ENSIKLOPEDIYASI

Zuhriddin Husniddinov tahriri ostida

Taqrizchi: akademik Ne’matulla Ibrohimov

© «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti, 2004




HARFLAR KO’RSATKICHI

A (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg18903#msg18903) B (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg20139#msg20139) V (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg20869#msg20869) G (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg20895#msg20895) D (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg20898#msg20898) Y (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg21187#msg21187) J (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg21192#msg21192) Z (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg21255#msg21255) I (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg21519#msg21519) K (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg21774#msg21774) L (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg21802#msg21802) M (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg22024#msg22024) N (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg22286#msg22286) O (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg22624#msg22624) P (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg23301#msg23301) R (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg23306#msg23306) S (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg23754#msg23754) T (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg24002#msg24002) U (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg24405#msg24405) F (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg24423#msg24423) X (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg24712#msg24712) Ch (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg24746#msg24746) Sh (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg24752#msg24752) E (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg24787#msg24787) Yu (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg24793#msg24793) Ya (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg24797#msg24797) O’ (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg24807#msg24807) Q (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg24809#msg24809) G’ (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg24847#msg24847) H (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=767.msg24855#msg24855)
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 25 Sentyabr 2006, 08:01:55
- A -

ABBOSIYLAR - arab xalifalari sulolasi (750-1258), Muhammad (sav) ning amakilari Abbos avlodlari. Abu Muslim qo‘zg‘oloni natijasida hokimiyat tepasiga kelgan. Dastlabki poytaxti - Kufa sh. "Saffoh" ("Xunrez") laqabi b-n mashhur bo‘lgan Abul Abbos Abdulloh sulolaning birinchi xalifasi edi. Ikkinchi xalifa Saffohning ukasi Abu Ja’far Mansur (754-775) Bag‘dod sh.ga asos solib, poytaxtni shu yerga ko‘chirdi. A. hukmronligining dastlabki davrida mulkchilik munosabatlari o‘sib, savdo-sotiq rivojlandi. Bag‘dod Sharqning yirik savdo markaziga aylandi, ilm-fan ravnaq topib, falsafa, matematika, tabiiyot va b. fanlarga oid ko‘plab asarlar yaratildi. Andalusiya (Ispaniya) dan tashqari butun musulmon mamlakatlari - Mag‘rib, Hindiston, Movarounnahr A. qo‘li ostiga o‘tdi. Bular xalifalikning iqtisodiy negizini, siyosiy va harbiy qudratini mustahkamladi. Ayniqsa Horun ar-Rashid va uning o‘g‘li Ma’mun zamoni A. sulolasining gullagan davri edi. 9-a.ning ikkinchi yarmidan boshlab A. xalifaligi zaiflasha boshladi, Afrikada ag‘labiylar, Misrda tuluniylar, Xuroson va Movarounnahrda somoniylar A. xalifaligidan ajrab chiqdilar. 10-a.ning boshiga kelib faqat Bag‘dod va uning atroflaridagina siyosiy hokimiyat A. qo‘lida qoldi. Harbiy kuchlar turk sarkardalari qo‘liga o‘tib ketdi. Ular xoxlagan vaqtlarida xalifalarni almashtira olar edilar. 10-a. o‘rtalariga kelib A. siyosiy hokimiyatni tamoman qo‘ldan boy berib, musulmonlarning diniy xalifasi (payg‘ambar o‘rinbosari)gina bo‘lib qoldilar. Erondagi buvayhiylar (945 y.) Bag‘dodni o‘z qo‘liga oldi, lekin ular A.ning mavqei b-n hisoblashar edi. Bag‘dod saljuqiy-sunniylar tomonidan bosib olingandan keyin A. siyosiy hukmronligi qisman tiklandi va dinning mavqei mustahkamlandi. 1258 y. mo‘g‘ullar Bagdodni vayron qilib, A.ni tamoman tor-mor keltirdi. Mo‘g‘ul xoni Huloku buyrug‘i b-n Abbosiy xalifalarning so‘nggisi -Musta’sim qatl etildi. A. sulolasining qolgan vakillari esa Misrga qochdi. Mamluk sultonlari davrida (turklar 1517 y. Misrni olgunga qadar) A. Qohirada muqaddas kishilar sifatida yashab keldilar. 1261 y. mamluk sultoni Beybars A.dan biri al-Mustansirni xalifa deb e’lon qildi. 1517 y. A.ning avlodi Mutavakkil III Istanbulga keltirilib, u diniy rahnamolik huquqini turk sultonlariga topshirgan. A. dan 37 kishi xalifa bo‘lgan. Ular quyidagilar:
                     hijriy milodiy
1. Saffoh               132    750
2. Mansur              136    754
3. Maadiy              158     775
4. Hodiy          169      785
5. Horun ar-Rashid  170    786
6. Amin          193      809
7. Ma’mun            198    813
8. Mutasim            218    833
9. Vosiq         227      842
10. Mutavakkil          232     847
11. Muntasir           247    861
12. Musta’in           248    862
13. Mu’tazz           252    866
14. Muhtadiy          255      869
15. Mu’tamid          256    870
16. Mu’tazid           279    892
17. Muktafiy           289    902
18. Muqtadir          295    908
19. Qohir            320     932
20. Roziy            322     934
21. Muttaqiy           329    940
22. Mustakfiy          333    944
23. Mute’           334    946
24. Toi’        363      974
25. Qodir           381    991
26. Qoim          422      1031
27. Muqtadiy        467      1075
28. Mustazhir        487      1094
29. Mustarshid       512        1118
30. Rashid         529    1135
31. Muqtafiy        530    1136
32. Mustanjid       555          1160
33. Mustazi’        566    1170
34. Nosir          575    1180
35. Zohir         622    1225
36. Mustansir     623       1226
37. Musta’sim      640-656    1242-1258
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 25 Sentyabr 2006, 08:03:22
ABD (arab. - qul, banda) - keng ma’noda "qul" tushunchasi; shuningdek, majoziy ma’noda aksariyat musulmonlar ismining tarkibiy qismi (mas., Abdurahmon, Abdurahim va b.). Allohning quli, bandasi ma’nosini bildiradi. Qur’onda Alloh b-n inson o‘rtasidaga munosabat xoja b-n kul o‘rtasidagi munosabatga o‘xshatilgan. Bunga binoan Alloh insonlarga qanchalik g‘amxo‘r bo‘lsa, xojalar ham qullariga shunday g‘amxo‘r bo‘lmoqliklari lozim. O’z ixtiyori b-n qulni ozod qilish solih amallardan sanalib, u yetim yoki kambag‘alni ocharchilik paytida yedirib-ichirganida olgan savobidek savobga erishadi. Xoja ichgan qasamini buzsa yoxud ataylab emas, bexosdan biror-bir musulmonni o‘ldirsa, o‘ziga xos xun to‘lash shakli sifatida qul ozod qiladi. Ozod qilinganlik yozma ravishda qayd etiladi. Muhammad (sav)ning yigirmatacha (ismlari ma’lum) qullari bo‘lib, u zot ularni turli vaqtlarda ozod etganlar; payg‘ambar (sav)ning ikki ayollari qul-cho‘rilardan bo‘lishgan, ozod ayollaridan farqli suratda ularga mahr berilmagan. Musulmon huquqi barcha musulmonlarni erkin, ozod deb bilib, ularni musulmon davlatlarida qul qilinishi, jumladan qarzi evaziga qulga aylantirilishi mumkin emas deb hisoblaydi. Shunga binoan topib olingan go‘dak, hanafiylik ta’limotiga ko‘ra, musulmonlar yashaydigan yurtdan topilgan bo‘lsa, musulmon va erkin hisoblanadi. Kimda-kim dalillarsiz uni qul deb da’vo qilsa, u qabul qilinmaydi. Biroq qulning islom diniga kirishi, uning o‘z-o‘zidan erkin, ozod bo‘lganini bildirmaydi. Qonun merosxo‘rlarning manfaatidan kelib chiqqan holda, vasiyatnomada qullarni, 1/3 qismidan ortig‘ini ozod etilishiga ruxsat etmagan. Cho‘ri b-n turmush kurish - unga egalik qilishning shakllaridan biri. Agar tug‘ilgan farzand xojadan bo‘lsa (xoja uni o‘ziniki deb tan olsa) cho‘ri umm valad ("go‘dak onasi")ga aylanadi va ayrim imtiyozlarga ega bo‘ladi. Agar xojaning ozod xotini bo‘lmasa u cho‘riga uylanishi mumkin bo‘lgan, cho‘ri esa, ozod ayolga nisbatan yarim huquqqa ega bo‘la olgan. Uning farzandlari erkin hisoblangan, ya’ni bolalar otaga merosxo‘r bo‘lganlar. Shuning uchun cho‘ridan tarqalganlik shaxsning sha’niga dog‘ tushirmagan. Ko‘pchilik xalifalar (mas., Horun ar-Rashid) cho‘rilarning farzandlari bo‘lishgan. Qullar xojalarining roziligi b-n oila qurish hukuqiga ega bo‘lganlar, bu hatto Qur’onda ham tavsiya etilgan. Ajralish uchun xojaning roziligini olish shart emas, hatto xoja o‘z qullarining nikohini bekor qilishga haqqi bo‘lmagan. Diniy jihatdan musulmon-qul erkin musulmonlar b-n teng deb bilingan, biroq juma namozida bo‘lish hamda zakot to‘lash va sadaqa berish uning uchun majburiy hisoblanmagan. Bordi-yu, namoz paytida erkin musulmon bo‘lmasa, qul imomlikka xam o‘tishi mumkin bo‘lgan, lekin mustaqillikni talab etuvchi bironta ham diniy mansablarni (qozi, muhtasib, maosh oluvchi imom) unga topshirish mumkin bo‘lmagan. Islom davlatlarida qulchilik 20-a. o‘rtalarigacha saqlanib kelgan. Jazoirda - 1848 y., O’rta Osiyoda 1865-73 y.larda rasman, amalda esa 20-a. 1-choragida, Afg‘oniston, Eron, Iroqda- 1923-29 y.larda, Saudiya Arabistonida - 20-a.ning 70-y.larida bekor qilingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 25 Sentyabr 2006, 08:03:42
ABDI BERUN, Xoja Abdi berun, Sayid Abdi ibn Ya’kub ibn Sa’id ibn Usmon ibn Affon (9-a.) - Muhammad (sav)ning (qizlari Ruqiya tomondan) avlodi. Abdi nomli arab qabilasidan. A.b.ning bobosi (Sa’id ibn Usmon) Movarounnahrni fath etishda qatnashgan. A.b. Samarqand qozisi bo‘lgan. Qabri shahar tashqarisida bo‘lganligi uchun shunday atalgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 25 Sentyabr 2006, 08:03:53
ABDI DARUN, Xoja Abdi darun, Abd al-Mu’iziddin ibn Muhammad Ya’qub ibn Muhammad Abdi ibn Usmon ibn Affon (9-a.) - Muhammad (sav)ning (qizlari Ruqiya tomondan) avlodi. Abdi berunning o‘g‘li. Laqabi Xojai Ganjravon. Qabri Samarqand sh. ichida bo‘lgani uchun shunday atalgan. A.d. Samarqand qozisi bo‘lgan, nihoyatda adolatli, to‘g‘riligi b-n shuhrat qozongan. Uning qabri muqaddas ziyoratgoxlardan sanaladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 26 Sentyabr 2006, 07:53:27
ABDI DARUN MAQBARASI, X o j a A b-di darun maqbarasi-Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (12-a. - 15-a.ning 1-yarmi). Samarqand qal’a devorining sharqiy tomonida (darun - ichkari) joylashgan qad. ziyoratgoh. Markazida eng yirik bino - xonaqoh (15-a.) bor. Uning peshtoqi, gumbazi va devorining bezaklari Ulug‘bek davri me’morligi mahsuli. Xonaqohning ichida Abdi darunning qabri bor. Xoja Abdi darunni Xojai Kunj deb ham ataganlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 26 Sentyabr 2006, 07:53:39
ABDOL (arab. - avliyo(lar)) - tasavvufda valiylikning muayyan bir darajasiga erishgan guruh. Keng ma’noda avliyolar, shayxlarni ham anglatadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 26 Sentyabr 2006, 07:54:10
ABDU (Abdo) Muhammad (1849-1905) -misrlik ilohiyotchi, jamoat arbobi. Qohiradagi al-Azhar dorilfununida tahsil olgan (1869-77). Milliy-ozodlik kurashida ishtirok etganligi uchun hibsga olinib, so‘ngra Misrdan chiqarib yuborilgan (1883-88); 1884 y.da Parijda Jamoliddin al-Afg‘oniy b-n birgalikda "Al-Urvat al-vusqo" ("Mustahkam birlik") yashirin jamiyatini tuzgan, bu jamiyat musulmon ziyolilari orasida katta ta’sirga ega bo‘lgan, shu nomda gazeta nashr etgan. 1889 y. Misrga qaytib kelib, qozilik, al-Azhar dorilfununida mudarrislik qilgan. 1898 y. "Al-Manar" jurnaliga asos solgan. 1899 y.dan umrining oxirigacha Misr muftiysi bo‘lgan. A. ijtihod huquqini ilgari surib, islom aqidalarini har bir davrning shart-sharoitidan kelib chiqqan holda talqin qilish zarur deb hisoblagan, ba’zi urf-odat va taqiqlarni yengillashtirishni yoqlab chiqqan. A. "Tafsir al-Qur’on al-hakim" ("Qur’on tafsiri"), "Risolat at-tavhid" ("Yakkaxudolik to‘g‘risida risola"), shuningdek shariat, ta’lim tizimini isloh qilishga oid 30 ga yaqin kitob muallifi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 26 Sentyabr 2006, 07:55:16
ABDULAVVAL NIShOPURIY (? - 15-a.) -mutasavvif. Nishopurda tug‘ilgan. "Masmuot" ("Eshitilganlar") kitobi b-n mashhur. Bu asar naqshbandiylik tariqatining namoyandasi Xoja Axrorning sufiylik qarashlariga bag‘ishlangan. Uning yoshligidan to umrining oxirigacha bosib o‘tgan sufiyona hayot yo‘li o‘sha davrdagi siyosiy, ijtimoiy ahvol b-n bog‘lab ko‘rsatilgan. Kitobda Mirzo Ulug‘bek davri (15-a. 1-yarmi) voqealari ham o‘z ifodasini topgan. Bu asarning nodir 2 nusxasi saqlangan. A.N. Samarqandda Xoja Ahror qabristoniga dafn etilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 26 Sentyabr 2006, 07:55:41
ABDULJABBOR ibn Axmad al-Xamazoniy (? - 1025 - mu’taziliylarning yirik mutakallimi, shofi’iylik mazhabi faqihi. Buvayhiylar davrida mu’taziliyaning qayta tiklanishi A. faoliyati b-n bog‘liq. Kalomda u dastavval ash’ariylar ta’limotiga suyangan, so‘ngra mu’taziliylar qarashlarini qabul qilgan. Bag‘dodda yashagan, taxm. 971 y. buvayhiylar vaziri mu’taziliya kalomi homiysi as-Sohib ibn Abbod (938-995) tomonidan fiqxdan saboq berish uchun Rayga taklif etilgan. Rayda A. qozi ul quzzot etib tayinlangan. A. - kalom, fiqh va tabiiy fanlarga ovd ko‘plab asarlar muallifi. A.ning hoz. davrgacha saqpangan (1950 y.lar boshida topilgan) asarlari, shuningdek uni bevosita shogardlari Abu Rashid an-Naysaburiy (taxm. 1024 y. v. e.) va Ibn Mattuvayx (1076 y. v. e.) ishtirokida yozgan asarlari mu’taziliya ta’limotiga oid asosiy manba hisoblanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 26 Sentyabr 2006, 07:56:01
ABDULLOH ibn ABBOS (yoxud al-Abbos) Abul Abbos (619-686) - Muhammad (sav)ning amakivachchalari. A.i.A. nihoyatda ilmli bo‘lgashshgi tufayli "xabr al-umma"("jamoa donishmandi") laqabiga sazovor bo‘lgan. Muhammad (sav) va sahobalarning faoliyatlari, aytgan so‘zlari haqidagi hikoyalarini (hadislar) to‘plash fikri dastlab A.i.A.ga kelgan. A.i.A. Qur’onni tafsir qiluvchi, fiqhga oid masalalarni sharxdovchi (huquqga doir masalalar bo‘yicha uning o‘zi xulosa chiqargan), johiliyat davri tarixi, Muhammad (sav)ning g‘azotlariga oid hikoyalarni yetkazuvchi sifatida mashhur.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 26 Sentyabr 2006, 07:57:19
ABDULLOH ibn ABU BAKR (? - 632) - Abu Bakr Siddining o‘g‘li, payg‘ambarimiz (sav) ning qayin inilari. Islomning dastlabki yillarida musulmonlikni qabul qilgan. Hijrat chog‘i payg‘ambarimiz (sav) birodarlari Abu Bakr b-n uch kun Savr g‘orida qolib ketganlarida Abdulloh ularga ham yegulik keltirib, ham mushriklarning ishlaridan xabardor qilib turish b-n muhim vazifani ado etgan. Keyin u ham Makkadan ketib, "muhojir" degan nomga sazovor bo‘lgan. Makka fathida qatnashgan. Hunayn va Toif janglarida ishtirok etgan. Toifdagi muhosarada o‘q tegib, yaralangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 26 Sentyabr 2006, 07:57:34
ABDULLOH ibn MAS’UD, to‘liq ismi Abdulloh ibn Mas’ud ibn Rofiya ibn Habib al-Xuzaliy; kunyasi - Abu Abdurahmon (590-653) - sahoba, buyuk faqih va mujtahidlardan biri, Muhammad (sav) xizmatlarida turgan zotlardan. Shu sababli Qur’oni karimni hammadan yaxshi o‘rgangan, juda ko‘p hadis eshitgan va yod bilgan. Rasululloh og‘izlaridan eshitib hifz etgan, tafsir ilmining eng mohiri. A. i. M. Qur’oni karimni Makkada qurayshlar orasida eng avval yoygan, Maqomi Ibrohimda Rahmon surasini ochiq-oshkor o‘qigan. Badr va Uhud va b. barcha janglarda qatnashgan. Rasululloh (sav) vafotlaridan so‘ng Kufa xazinasining boshlig‘i bo‘lgan. Usmon (ra) davrida Madinaga kelib shu yerda 63 yoshida vafot etgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 26 Sentyabr 2006, 07:57:56
ABDULLOH ibn MUBORAK, to‘liq ismi Abu Abdurahmon Abdulloh ibn al-Muborak al-Xanzaliy al-Marvaziy (736-797) - ikkinchi darajali tobeinlardan; sufiy, muhaddis. Hadis, fiqxda zamonasining yetakchi olimi. Xorazm turkiylaridan Muborak ibn Vozihning o‘g‘li. Xurosonning ilmiy-madaniy markazi Marvda tug‘ilgan. Butun umrini haj, jihod, ilm va ibodat yo‘liga baxsh etgan. Ko‘p mamlakatlarga sayohat qilgan. Sayohatlarida Abu Hanifa b-n ko‘rishgan va uning eng mumtoz shogardlari safidan o‘rin olgan. Sufiylik, fiqh, hadisshunoslik, tarix, filologiya va tafsirga oid asarlar yozgan. 20 ming hadisni o‘z ichiga olgan 20 asarini Abu Hanifaning abvobi fiqhiga ko‘ra tartib etgan. Jihod haqida ilk asar ta’lif etgan va ilk daf’a Arba’in (qirq hadis) yozgan. A.i.M.dan bahramand bo‘lganlardan biri Ahmad ibn Xanbaldir. Imom Buxoriyning otasi -Ismoil A.i.M.ning shogardlaridan bo‘lgan. Tarsus (Suriya)dan qaytayotganda vafot etgan va Furot daryosining qirg‘og‘idagi Xish sh.da dafn etilgan. Uning "Kitob az-zuhd varraqoiq" nomli 16 juzdan iborat kitobi bizgacha yetib kelgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 26 Sentyabr 2006, 07:58:10
ABDULLOH ibn UMAR, to‘liq ismi Abdulloh ibn Umar ibn al-Xattob al-Adaviy, kunyasi - Abu Abdurrahmon (taxm. 612-693) - ashobi kiromning eng yuksak olim va mujtahidlaridan biri. Hijoz fiqhi va hukuqining tamal toshini qo‘ygan zot. Oltmish yil fatvo berish b-n shug‘ullangan. Abu Hurayra (ra)dan so‘ng Rasuli Akram (sav)dan eng ko‘p - 2630 hadis rivoyat etgan. Otasi Umar (ra) b-n Madinaga hijrat qilgan, Usmon (ra) vafot etgach xalifalik taklif qilingan, ammo bu rutbadan bosh tortgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 26 Sentyabr 2006, 07:58:44
ABDULLOH NADIM, to‘liq ismi - Abdulloh ibn Misboh Ibrohim al-Idrisiy an-Nadim (1845-1896) - misrlik jamoat arbobi, ma’rifatparvar, mutafakkir. Arablar ozodlik harakatining namoyandalaridan biri. Qohiradagi al-Azhar un-tida o‘qigan. 80-ylarda A.N. taraqqiyparvar va vatanparvar ziyolilar b-n birgalikda inglizlar asoratiga qarshi kurashda faol qatnashgan, jurnallar nashr etgan. Islomning axloqiy ta’limotiga asoslangan ijtimoiy tenglik va adolat g‘oyalarini targ‘ib qilgan. Bir qancha vatanparvarlar qatori A.N. ham o‘lim jazosiga hukm qilingan, lekin u qochib, 9 y. muhojirlikda ta’qib ostida yashagan. A.N. 20 dan ortiq asar yozgan. Ular orasida "Sulofat an-nadim fi muntaxabat as-sayid an-Nadim ibn Misboh" ("An-Nadim ibn Misboh tanlangan asarlarida do‘st uchun shirin may"), "Xoni an-Nadim" ("Nadimning nolalari") kabilar ayniqsa mashhur. Umrining oxirgi yillarini Istanbulda o‘tkazgan va shu yerda vafot etgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 26 Sentyabr 2006, 07:59:00
ABDURAHMON ibn AVF (taxm. 579-654) -sahoba; makkalik ilk (Xadichadan keyin) sakkiz musulmonning beshinchisi. Asharai Mubashsharalardan. A.i.A. ham Habashistonga, ham Madinaga ko‘chgan muhojirlardan. Badr, Uhud va b. janglarda Muhammad (sav)ning yonlarida bo‘lgan.- Uhud jangida yigirma joyidan yaralangan. Dastlab faqir edi, so‘ngra tijorat b-n shug‘ullanib boyib ketgan. Xayr-ehsonni ko‘p qiladigan, bu odatni yaxshi ko‘radigan zot bo‘lgan. Bir kunda o‘ttiz qulni ozod qilgan. Mol-dunyosining bir qismini hayotligida musulmonlarga tarqatgan, bir qismini  g‘oziylarga vasiyat qilib qoldirgan. Umar (ra)dan so‘ng xalifa bo‘lishni istamagan, hakamlik qilgan. Usmon (ra)ni xalifa etib saylagan va hammadan oldin unga bay’at qilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 26 Sentyabr 2006, 07:59:14
ABDURAHMON ibn SAMUR al-ANSORIY (? - 670) - sahobalardan. Tobuk g‘azoti, Iroq, Sijiston, Xuroson va b. mamlakatlarni fath etishda qatnashgan. Seyiston noibi (653-666). Basrada vafot etgan. Mahmud ibn Valining yozishicha, uning qabri Marvi Shohijahon (Marv)da joylashgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 26 Sentyabr 2006, 07:59:34
ABDUSSALOM al-MUBORAKPURIY, to‘liq nomi Abulhuda Muhammad Abdussalom ibn ash-Shayxxon Muhammad (1872-1924) -hadisshunos, tarixchi. Hindistondagi Muborakpur kishlog‘ida, ziyoli, taqvodor oilasida dunyoga kelgan. Qur’oni karim, hadisi sharif, tafsir, fiqh, tarix, hikmat va tabobat ilmlari bo‘yicha zamonasining eng yirik allomalaridan ta’lim olgan. 22 yil davomida boshlang‘ich va oliy madrasalarda, so‘ng umrining oxirigacha "Dor ul-hadis ar-rahmoniyya" un-tida mudarris. Uzoq yillar olib borgan tadqiqotlariga tayanib, islom ilmi va tarixga doir bir qancha asarlar yaratgan. Ulardan "Siyrat al-Imom al-Buxoriy" islom olamida mashhur bo‘lib, hadis ilmi va muhaddislar xususidagi asarlarning eng batafsili va mukammali hisoblanadi. Bu asar 1955-86-y.larda Banorasda ikki marta nashr etilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 26 Sentyabr 2006, 08:00:09
ABDULXOLIQ G’IJDUVONIY - q.G’ijduvoniy.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 26 Sentyabr 2006, 08:00:29
ABODILA (arab. abdullohlar) -ilmida to‘rt sahobai kirom (Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Umar, Abdulloh ibn Azz ibn Zubayr, Abdulloh ibn Amr ibn Oss)ga nisbatan qo‘llaniladigan istiloh. Biror fiqhiy masala A.ning so‘zi sifatida zikr etilsa, bu masalada mazkur shaxslarning muttafiq (bir xil fikrda) ekanlari tushuniladi. "Abdulloh" ismli sahobai kiromning adadi, ibn as-Salohning so‘ziga ko‘ra, ikki yuz yigirmaga, ibn ul Fathunning zabt va tahqiqiga ko‘ra esa, uch yuzga yetadi, ammo "abodila" istilohi faqat mazkur to‘rt shaxsga nisbatangina qo‘llaniladi. Ilmi fiqhni to‘la egallagan bo‘lishiga qaramay, Abdulloh ibn Mas’ud A. qatoriga kirmaydi. Chunki bu istiloh uning vafotidan so‘ng paydo bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 26 Sentyabr 2006, 08:01:00
ABRAXA (habashcha Ibrohim) - Yaman hokimi. Rivoyatga ko‘ra, A. Yamanda hukmronlik qilib turgan vaqtda Sa’no sh.da Qullays nomli bahaybat xristian cherkovini barpo etib, xalqni Makkaga borib haj qilmasdan, uni ziyorat qilishga da’vat etgan. Lekin Yaman axdi Makka ziyoratini tark qilmagan. Shunda A. Ka’bani vayron qilish uchun fillar b-n hujum boshlagan (A. shuning uchun Sohib ul-fil laqabini olgan). Alloh taoloning qudrati b-n uning qo‘shini ustiga to‘p-to‘p qushlar uchib kelib, tosh parchalarini yog‘dirib fillarni ham, lashkarlarni ham halok etgan. Bu voqea Muhammad (sav) tavalludlaridan bir oz oldin bo‘lib o‘tgan. Qur’onning 105-surasi "Fil" nomi b-n atalishi va Muhammad (sav) "Fil" yilida tug‘ilgan deyilishining sababi ham shu.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 07:49:39
ABROR (arab. - yaxshilar, pok kishilar) -tasavvufga ko‘ra, darajalari o‘rta hol kishilar. Ularning darajasi avliyolardan kuyi, oddiy xalkdan yuqori hisoblangan. Ular Allohning buyruklarini o‘rtacha bajaradilar, man qilgan ishlaridan saqlanib yuradilar. ABU (arab. - ota so‘zining izofa holatidagi shakli) - arablar va b. musulmon xalklarda ko‘pchilik kunyalarning tarkibiy qismi. Mas., Abu Nuvos, Abu Rayhon Beruniy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy va b.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 07:50:02
ABU BAKR VARROQ, Shayx Abu Bakr Muhammad ibn Umar al-Varroq (? - 907) -faqih. Balxdagi Ayoz mahallasida tavallud topgan. Islomdan tashqari yahudiylik va xristian dinlaridan ham mukammal bilimga ega bo‘lgan. Ilohiyotga doir o‘nga yaqin asar, jumladan "Kitob al-ixlos", "Kitob al-xuruf", "Kitob al-ajab", "Kitobi Xadiqat al-botin" va b. muallifi. Mahmud ibn Valining yozishicha 907 y. Siyohjird kishlog‘ida vafot etgan, Termizdagi Mashohid degan joyda dafn etilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 07:50:36
ABU BAKR SIDDIQ (ra), to‘liq ismi Abu Bakr Siddiq Abdulloh ibn Abu Qahhofa ibn Omir (571/572 - 634.23.8) - islomda "xulafoi roshidin" ("to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar"), Movarounnahrda "chahoryorlar", "choryorlar" deb atalgan dastlabki to‘rt xalifadan birinchisi (632-634). Muhammad (sav)ning eng yaqin safdoshlari, qaynotalari (Oishaning otasi). Yirik savdogar. Makkaning kuraysh qabilasidan. Muhammad (sav) da’vatlari b-n islomni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan. Islomga kirishdan oldin ismi Abdulka’ba edi. Abdulloh ismini Muhammad (sav) qo‘yganlar. Siddiq deb atalishiga sabab shuki, isro va me’roj hodisasini eng birinchi bo‘lib tasdikdagan. Muhammad payg‘ambar unga Siddiq, ya’ni imoni kuchli deb laqab berganlar. Makkadan Madinaga hijrat qilishda Muhammad (sav)ga hamroh, g‘orda hamnishin bo‘lgan. Badr, Uhud, Handaq, Xudaybiya va b. joylardagi janglarda ishtirok etgan. A.B.S. (ra) umr bo‘yi to‘plagan 40 ming dirhamlarini islom yo‘liga sarf qilgan, chunonchi, Bilol Habashiyni sotib olib, qullikdan ozod etgan. Muhammad (sav) vafotlaridan keyin birinchi xalifa bo‘lib saylangan (632). Arab qabilalarining Madina hokimiyatiga qarshi ko‘targan qo‘zg‘olonlarini bostirgan (q. Ridda). A.B.S. (ra) xalifaligi davrida arablar Iroq va Suriyani fath etgan. 634 y.dan Vizantiya imperatori (Rum sultoni) Irakliy (Xiraqil) yuborgan yuz mingdan ortiq qo‘shin ham islom lashkarlaridan yengilgan. Qur’oni karimni tartibga solib, jild holiga keltirishga kirishgan. Sarvari olamdan 142 hadis rivoyat qilgan. Islom davlatini boshqarishda qator tartiblar joriy etgan, mamlakatni boshqarish uchun Maslahat kengashi, har bir viloyatga voliy (hokim) tayinlash, Baytulmol tashkil etish kabilar shular jumlasidandir. A.B.S. (ra) Muhammad (sav) vasiyatlariga sodiq qolib juda kamtarona hayot kechirgan. Madinada vafot etgan va Muhammad (sav) yonlariga dafn qilingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 07:51:01
ABU BAKR SHOSHIY, Muhammad ibn Ahmad Shoshiy (1038-1114)-fiqhshunos. Shoshda tug‘ilib o‘sgan, Bag‘dodda ta’lim olgan. Madrasani tugatgach, Nizomiya madrasasida mudarrislik qilgan. Asarlari ichida eng mashxuri "Xilyat al-ulamo"("Olimlar chiroyi") bo‘lib, olim bu asarini abbosiylar xalifalaridan Mustazhir (vafoti 1118 y.)ga bag‘ishlagan. Shu kitobi tufayli A.B.Sh. "Mustazhiriy", ya’ni Mustazhir tarafdori degan nom taratgan. Asariga sharh sifatida Shoshiy "al-Mu’tamad" ("Ishonchli") kitobini yozgan. Olimning fiqhshunoslikka oid yana bir yirik asari "ash-Shofiy"("Shifo beruvchi") bo‘lib, u arab olimi Abu Ibrohim Ismoil ibn Yahyo al-Muzaniy (791-878)ning "al-Muxtasar"("Qisqacha") asariga sharhdir. Bu sharh 20 jilddan iborat bo‘lib, olim uni 5 yil davomida yozib tugatgan. A.B.Sh. ning "ash-Shofiya shoxobchasining ustuni", "Taloqqa oid masala" kabi asarlari ham bo‘lgan. Shoshiy arab adabiyoti, she’riyati, tilshunosligi, Qur’on, hadisni puxta egallagan. Fiqhshunoslikdagi bilimi, tutgan mavqei jihatidan uni barcha arabiynavis entsiklopedik kitoblarda nomi zikr qilinganda "Islom mamlakatlarining faxri" deb ataydilar. A.B.Sh. Bag‘dodda vafot etgan, qabri shaharning Bob al-Sheroz maqbarasida, ustozi va mashhur olim Abu Ishoq Sheroziy qabri yonida.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:06:23
ABU DOVUD Sijistoniy, to‘liq ismi Sulaymon ibn Ash’as ibn Ishoq ibn Bashir ibn Shaddod ibn Amr al-Azdiy as-Sijistoniy (817-888/889) - muhaddis, imom. Yoshligadan hadis ilmini o‘rgangan. O’smirlik chog‘laridayoq hadis to‘plash niyatida sayohatga chiqib, Xuroson, Iroq, Suriya, Misr, Hijoz kabi yurtlarda bo‘lgan. Bir qancha ulug‘ muhaddislar (Buxoriy, Ahmad ibn Hanbal, Qutayba ibn Said, Termiziy) b-n uchrashgan. Abul Faraj ibn Javziyning guvohlik berishicha, u hadislarni naql qilish va ularning sabablarini ko‘rsatish bo‘yicha muhaddis ulamolarning eng ulug‘laridan biri sanaladi. A.D. o‘zining aytishicha, 500 ming hadis yozib olgan. Shulardan 4800 tasini ma’lum bir shartlar asosida ajratib, hadislar to‘plami tuzgan. Bu to‘plam "Sunan" ("Sunnatlar") nomi ila mashhur bo‘lib, sahihligi jihatidan imom Buxoriy va Muslimlarning asarlaridan keyinga o‘rinda turadi, ya’ni "Kutubus sitta" ("Oltita ishonchli") hadis to‘plamlaridan biri hisoblanadi va shuning uchun ham keyinchalik uni imom A.D. deb yodga olinadigan bo‘ldi. A.D. umrining so‘nggi yillarini Bag‘dodda o‘tkazgan va Basrada vafot etgan. Uning "Nosix ul-Qur’on va mansux" ("Qur’onning nasx qiluvchi va qilingan oyatlari") va "Daloil al-nubuvvat" ("Payg‘ambarlik dalillari") asari ham bor. Ibn Nadim uning "Kitob ixtilof al-masohif" ("Ilk mushaflar (Qur’on qo‘lyozmalari)ning bir- biridan farqi haqida kitob") nomli asarini eslatib o‘tadi. A.D.ning asarlari "axli sunna val-jamoa"ning muhim hujjatlaridan hisoblanganligi uchun azaldan Movarounnahrda ham keng tarqalgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:06:38
ABU JAHL, asl ismi Amr ibn Hishom (? -624) - Makka zodagonlaridan biri. Muhammad (sav) targ‘ibotiga qarshi turgani, unga dushmanlik kdpgani uchun la’natlangan. Islom an’anasida unga A.J. (jaholat egasi) laqabi berilgan. A.J. Badr jangida. halok bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:06:53
ABU ZAYD, to‘liq ismi Ubaydullo ibn Umar ibn Iso ad-Dabusiy (? - 1039) - buxorolik, hanafiylikka asoslangan fiqh olimi. Fiqhda keng tarqalgan "Ilm ul-xilof" ("Ixtiloflar haqidagi ilm") uning nomi b-n bog‘liq. O’zbekiston FA Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida A.Z.ning 1094 y.da ko‘chirilgan "Taqvim ul-adilla fil-usul" ("Qonunshunoslik asoslari bo‘yicha dalillar bayoni") va 1278 y.da ko‘chirilgan axloqqa doir "al-Amad ul-aqso" ("Oxirga chegara") asarlari nusxasi sakdanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:07:22
ABU ZARR al-G’iforiy, to‘liq ismi Jundub ibn Junoda ibn Sufyon ibn Ubayd al-Riforiy (? - 652/53) - sahobalarning ulug‘laridan. G’ifor qabilasidan. Islomga juda erta kirgan zotlardan. Xalifalikda Ali avlodlari hukmron bo‘lishi kerak degan g‘oyani ilgari surgan. A.Z.ning bu g‘oyalari shialikdagi imomat ta’limotiga asos bo‘lgan. A.Z. o‘zining taqvosi va sodda hayot tarzi b-n mashhur bo‘lgan. Payg‘ambar (sav) vafotidan so‘ng Shom sahrosida yashagan. Usmon (ra) xalifaligi davrida Damashkda yashagan. Uning huzuriga ko‘plab kambagal va bechoralar kelib turgan. A.Z. ularga Payg‘ambar (sav)ning shariatga itoat qilmaydigan, ziqna boylarni mazammat qiladirgan hadislarini rivoyat qilib bergan. A.Z. kambag‘allarning boylar mulkida haklari borligini targ‘ib qilgan. Muoviyanshg shikoyati asosida Usmon (ra) uni Madinaga chaqirtirib olgan. Lekin kambag‘allarni boylarga qarshi qo‘zg‘atgani uchun ar-Rabda qishlog‘iga jo‘natilgan va shu yerda vafot etgan. 281 ta hadis rivoyat qilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:07:41
ABU ISO TERMIZIY - q. Termiziy Abu Iso.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:07:56
ABU LAYS SAMARQANDIY, to‘liq ismi Abu Lays Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim as-Samarqandiy (? - 1003) -faqih, mufassir. "Al-Faqih" va "Imomul-xudo" nomlari b-n tanilgan. Samarqand shayxulislomi. Hikmatli so‘zlari b-n islom olamida shuhrat qozongan. "Xizonat ul-fiqh" ("Fiqh xazinasi"), "Bo‘ston ul-orifin" ("Oriflar bo‘stoni"), "Tanbihul-g‘ofilin" ("G’ofillarga tanbeh") va b. asarlar yozgan. Qur’on tafsiriga bag‘ishlangan mashhur "Bahrul-ulum" ("Ilmlar dengizi") asarining ikkita qo‘lyozma nusxasi saqlanib qolgan. Ularning biri Misr Arab Respublikasi kutubxonasida, ikkinchisi Buyuk Britaniyaning Edinburg sh. kutubxonasidadir. Hozirda mazkur tafsir nashr etilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:08:09
ABU LAHAB (arab. - "o‘tda kuyuvchi", "alangalanuvchi"; asl ismi Abd al-Uzzo ibn Abdulmuttalib (6-a. o‘rtalari - 624) -Muhammad (sav)ning amakisi va yovuz dushmani. A.L.NING Ataba va Utayba ismli ikki o‘g‘li payg‘ambar (as)ning qizlariga uylangan. Abu Tolib o‘limidan so‘ng (619 y.) u banu Hoshim qabilasining boshlig‘i bo‘lgan. Dastlab Abu Tolib kabi Muhammad (sav)ga homiylik qilgan. Ammo Muhammad (sav) Makka ahli sig‘ingan uch ma’budni tan olishdan butunlay voz kechganlaridan so‘ng, qaynog‘asi Abu Sufyon ta’sirida Muhammad (sav)ni himoya qilishdan bosh tortgan. Payg‘ambar (as)ni masxaralab, xotini b-n birgalikda u zotga qarshi har xil makrlar ishlatgan. Muhammad (sav)ning dushmanlari ichida Qur’onda ismi keltirilgan yagona shaxsdir. Qur’onning 111-surasida A.L. la’natlanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:08:42
ABU MADYON (Bumedyen) Abu Madyon Shu’ayb ibn al-Husayn al-Ansoriy (taxm. 1126-1197) - shimoliy afrikalik mashhur sufiy. Sevilya sh. atrofida, andalusiyalik arablar oilasida tug‘ilgan. Ota-onasi vafotidan so‘ng akalari qo‘lida cho‘pon bo‘lgan, to‘quvchilik hunarini o‘rgangan A.M. o‘smirlik chog‘ida Shimoliy Afrikaga o‘tib, baliqchilik b-n shug‘ullangan, jangchi ham bo‘lgan. A.M. sufiylik xirqasini Fes sh.da, Mag‘ribning eng yirik shayxlari ad-Daqqoq (12-a. o‘rtalarida vafot etgan), Ali ibn Xirzixim (1195 y.v.e.), Abu Ya’azza al-Xazmiriy (1177 y.v.e)lar qo‘lida saboq olayotgan chog‘ida olgan. Fiqhiy masalalarda A.M. molikiylar mazhabi tomonida bo‘lgan. Haj safaridan qaytib kelgach, A.M. Bejaya (Buji)da yashagan, bu yerda u o‘zining va’zlari va taqvodorligi b-n shuhrat qozongan. Uning atrofida ko‘plab shogird va izdoshlari to‘plangan. A.M.ning shuhrati va ta’siri oshib borayotganidan, A.M. nomidan mahdiylik harakati bayroq sifatida foydalanishi, bu esa hali mustahkam bo‘lmagan Almohadlar (Al-Muvahhidun) hokimiyatiga xavf tug‘dirishi mumkinligidan xavotirga tushgan Marokash hukmdori Abu Yusuf al-Mansur uni Marokashga keltirishga amr qilgan. Io‘lda keksayib qolgan sufiy og‘ir xastalanib Tlemsen sh. atrofidagi Ubbod degan joyda vafot etgan. Rivoyatlarga ko‘ra, A.M. o‘z davrining Ravsul A’zami bo‘lgan. Ubboddagi qabri atrofida zamonlar o‘tishi b-n me’moriy majmua vujudga kelgan, u hozirda muqaddas ziyoratgoh sanaladi. Tlemsen sh. aholisi A.M.ni o‘zlarining pirlari deb biladilar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:08:51
ABU MANSUR al-MOTURIDIY - q. Moturidiy Abu Mansur.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:10:06
ABU MUSLIM (laqabi; boshqa laqablari Abo Muslim, Abu Muslim Xurosoniy, Abu Muslim Marvaziy; asl ismi Abdurahmon) (taxm. 727-755) - Xuroson va Movarounnahrda umaviylar sulolasiga qarshi harakat rahbari. Isfahon viloyatidan chiqqan qul. Ba’zi manbalarga ko‘ra, abbosiylarning Kufadagi targ‘ibotchilaridan Iso as-Sarrojning quli bo‘lgan, boshqa bir manbalarga qaraganda, Isfahon viloyatida yashovchi bir arab, yirik yer egasining quli bo‘lib, 738 y. xo‘jayini Kufa qamoqxonasiga tashlangan paytda A.M. uning xizmatida bo‘la turib as-Sarroj b-n tanishgan va uning topshiriklarini bajara boshlagan. Keyinchalik abbosiylarning Xurosondagi targ‘ibotchilari rahbari Abu Salamaga sotilgan (yoxud berilgan). 744 y. boshida u b-n birga Xurosonga kelgan. Keyinchalik A.M. alaviylardan Ibrohim ibn Muhammadga ma’qul kelgani tufayli unga tuhfa qilingan. Ibrohim uni ozod qilib, Abdurahmon deb ism qo‘ygan va uni o‘ziga yaqin tutgan.
747 y. martda Ibrohim A.M.ni umaviylarga qarshi tayyorlanayotgan harakatga rahbarlik qidish uchun Xurosonga o‘zining shaxsiy vakili sifatida jo‘natgan. May oyida u Marv vohasiga yetib kelib, bir oy ichida bir necha ming tarafdorlarini to‘plagan. A.M. kullarga ozodlik berilishini va’da qilgan. Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor qo‘shinlari ustidan g‘alaba qilib, 748 y. boshida Marvni egallagan. A.M. shu yerdan turib Xuroson va Movarounnahrni egallanishiga rahbarlik qilgan. A.M. Marvda ko‘pgina qurilish ishlarini olib borgan, ilk bor xutbani o‘tirib emas, balki minbarda turib o‘qigan. A.M.ning hukmronlik davri notinch bo‘lgan: 750 y. umaviylar o‘rniga kelgan abbosiylar sulolasidan norozi bo‘lgan Buxoro arablari qo‘zg‘olon ko‘tarishgan va Movarounnahrning ko‘pgina hokimlari xalifalikdan ajrab chiqishgan. A.M. Samarqandgacha borib, uning istehkomlarini yangilagan va Movarounnahrga egalik qilish uchun kurash boshlagan. 751 y. iyulda uning sarkardasi Ziyod ibn Solih Taroz yonida Xitoy qo‘shinini tor-mor keltirgan va bu b-n abbosiylarning Sirdaryo ortidagi hududlariga egalik qilishlarini ta’minlagan. 752 y. boshida A.M. Marvga qaytib kelgan, biroq oz fursatdan so‘ng Movarounnahr noibi etib tayinlangan Ziyod isyon ko‘targan va A.M.ga yana Amudaryoni kechib o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. A.M. qudratining oshib borayotgani abbosiylarni xavotirga solgan va ular uni yo‘qotish payiga tushishgan. 754 y. may-iyunda A.M. hajga borish uchun Xurosonni tark etgan. Shu paytda as-Saffoh vafot etib, xalifalik taxtiga al-Mansur o‘tiradi. Mansur hokimiyatini amakisi, Vizantiyaga yurish qilgan qo‘shin ko‘mondoni Abdulloh tan olmagan. A.M. isyonchini tor-mor keltirgan (754 y.noyab.) va katta o‘ljani qo‘lga tushirgan. Mansur o‘ljani talab qiladi, bundan g‘azablangan A.M. Xurosonga qaytgan. Biroq xalifa uni yo‘ldan qoldirib Madoyin sh.ga muzokaraga chaqirtirib keltirishga erishgan. A.M. shu yerda 755 y. 12 fev. (yoxud 27 yanv.)da xalifa qabulida bo‘lgan chogida o‘ldirilgan. Sakkiz yillik faol diniy-siyosiy faoliyati davrida A.M. "ashaddiy" shialar ta’limotiga yoki imomatlikka yaqinlashmagan bo‘lsa ham uning  o‘limi   zamonaviy   mazdakiylar, shialarning  bir  qancha  qo‘zg‘olonlarini keltirib chiqargan. "Ashaddiy" shialarning ayrim firqalari uni imom deb e’lon qilgan, abumuslimiya   firqasi   paydo   bo‘lgan. Bularning so‘nggi  aks-sadosi  Muqanna qo‘zg‘oloni hisoblanadi. A.M. haqida Marvda udum bo‘lgan rivoyat, afsonalar keyinchalik fors tilida (uning turkiycha varianti ham bor) yozilgan xalq romani - "Qissai Abu Muslim" (o‘zbekcha "Abu Muslim jangaomasi")ga asos bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:10:20
ABU MUSO Al-ASH’ARIY, to‘liq ismi Abdulloh ibn Qays al-Ash’ariy (taxm.601 - taxm. 665, Quddus) - ashobi kiromning faqihlaridan,  zohid  va  fozil  bir  zot. Hijratdan avval qabilaning aholisi va o‘z birodarlari b-n Makkaga kelib musulmon bo‘lishgan. Ilmu fazli, zuxdu taqvosi b-n hazrati Payg‘ambar (sav)ning tavajjuhlarini qozongan. Rasuli Akram tomonidan Zobit va Adan tomonlarga valiy qilib tayinlangan. Umar (ra) A.M.al-A.ni Basraga voliy qilib tayinlagan.  Askariy qo‘mondon  sifatida Ehvaz (Efes) va Isfahon taraflarni fath etgan. Usmon (ra) zamonida Kufada voliy bo‘lgan. Siffinda ham hokimlik qilgan. Qur’oni karimni go‘zal bir sado b-n tilovat etar, tinglovchilarni hayajon va tug‘yonga solar edi. Ushbu jihatdan ham Rasuli Akramning madhu sanosiga sazovor bo‘lgan. 360 hadis naql etgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:10:47
ABU NAZR SAMARQANDIY, to‘liq ismi Abu Nazr Muhammad ibn Mas’ud al-A’yoshiy as-Sulamiy (10-a.) - fiqh olimi. Xurosonda bosh imom bo‘lgan. Arab tilida 200 dan ortiq asar yozgan. Bulardan "Kitob siyrat Umar" ("Umarning tarjimai holi kitobi"), "Kitob al-muvazzah" ("Izohlangan narsalar haqida kitob"), "Kitob siyrat Muoviya" ("Muoviyaning tarjimai holi kitobi") kabi asarlari diqqatga sazovor. Ayniqsa, uning "Tafsir as-Sulamiy" kitobi mashhur bo‘lib, unda Qur’oni karim tafsir qilingan. Kitobning Ibrohim ibn Ahmad al-Qummiy tomonidan qayta ishlangan nusxasi bizgacha yetib kelgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:10:59
ABU NUAYM, to‘liq ismi Ahmad ibn Abdulloh al-Isfahoniy (944-1038, Isfahon) - tanikdi hadis imomlaridan biri. Fiqh va tasavvufda ham zamonasining yetakchi olimi bo‘lgan. Tabaroniy kabi buyuk muhaddislardan hadis olgan, uning o‘zidan ham Xatib Bag‘dodiy kabi yuksak shaxslar hadislar rivoyat etgan. Eng mashhur asarlari: yigirma jildli "Hiltul-avliyo", "Daloilun-nabaviyya", "Kitobul-mustaxraj alal-Buxoriy", "Al mustaxraj alo sahihi Muslim", "Kitobut-taboqat", "Ma’rifatus-sahoba" va b.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:11:17
ABU SAID al-XUDRIY, to‘liq ismi Abu Said Sa’d ibn Molik al-Xazrajiy al-Ansoriy (taxm. 609-693) - sahoba. Uning otasi Molik ibn Sinon ham sahobalardan bo‘lib, Uhud jangida shahid bo‘lgan. A. S. a.-X. Rasululloh (sav) b-n birga Xandaq jangi va b. g‘azotlarda qatnashgan. Imom Buxoriy, imom Muslim va imom Termiziyning hadis kitoblarida uning rivoyatida 1170 ta hadis keltirilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:11:52
ABU SAYID MAYXONIY (Mixoniy, Mixni), Fazlulloh ibn Abulxayr Ahmad (967-1049) - tasavvufdagi sharqiy (Xuroson) maktabining asoschilaridan biri. Xuroson viloyatidagi kichik shaharcha - Mayxonada tug‘ilib, o‘sha yerda vafot etgan. Otasi sufiylar b-n aloqador bo‘lib, o‘g‘lini ham shu davraga boshlab kelgan. Sufiylar yig‘inlaridan birida A.S.M.ni shoir Qosim Bishr ibn Yasin (990 y. v.e.)ga tanishtirganlar, u A.S.M.ning sufiylikdagi birinchi ustozi bo‘lgan. Keyinchalik A.S.M. o‘zining va’z-nasihatlarida doimo uning she’rlaridan foydalangan. O’smirlik chog‘larida A.S.M. Marvga borib, besh yil mobaynida Abu Abdulloh Muhammad al-Xisriy (983-1000 y.lar oralig‘ida v.e.), so‘ngra shuncha yil Abu Bakr Abdulloh al-Qaffol (1026 y. v.e.)dan shofi’iylik fiqhi bo‘yicha ilm olgan; Saraxsda shofi’iylik faqihi Abu Ali Zoxir ibn Ahmad (999 y. v.e.) rahbarligida tafsir, hadislar va kalomni o‘rgangan. O’sha yerda (taxm. 997 y.) devonai Luqmon Saraxsiy A.S.M.ni Abul Muhammad as-Saraxsiyning xonaqohiga boshlab kelgan, u A.S.M.ni ilohiyot fanlarini tashlashga ko‘ndirgan, unga o‘zi pir bo‘lib, Mayxonaga qaytishni va faqat "Alloh" deb zikr bajo etishni topshirgan. A.S.M. Mayxonada 15 y. umr kechirib, shuning deyarli yetti yilini to‘liq uzlatda (yolg‘izlikda) o‘tkazib, odamlar nigohidan chetda, yarim och holda yashagan. Bu davrda u chillai ma’qus (boshini pastga qilib osilgan holda 40 kunlik ro‘za davrida zikrni bajo etish)ni mashq qilgan, uni 40 yoshga to‘lgunicha (yoxud hatto undan ham oshiq - 1016 y.gacha) bajo etgan. O’zining birinchi sufiylik xirqasini A.S.M. mashhur sufiy Abu Abdurrahmon as-Sulamiy (1021 y. v.e.)dan Nishopur sh.da olgan, ikkinchisini - Amulda sufiy Abul Abbos Ahmad b. al-Qassobdan olgan. Hayotining ikkinchi yarmini A.S.M. taniqli murshid sifatida o‘tkazgan. U Mayxonadagi o‘z uyida, shuningdek shahar chetidaga yolg‘iz hujrasida, ba’zan Nishopurga borganda Adanikuban mahallasida o‘zining ko‘plab muridlariga va’z, pand-nasihatlar qilgan. A.S.M. tomonidan zikri samoga musiqa, raqslar va shahvoniy mazmundagi qo‘shiqlarni kiritilishi unga nisbatan keskin tanqid qiluvchilarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi, u shariat yo‘lidan chekinishda va hatto ilohiyotchilar tomonidan kofirliqtsa ayblandi. A.S.M. xonaqohlarda yashovchi muridlari uchun axloq-odobning 10 ta moddasini ishlab chiqqan birinchi sufiy shayxdir. Bunga qo‘shimcha tarzda u murshid uchun zarur bo‘lgan 10 ta sifatni va muridlar uchun zarur bo‘lgan 10 ta xususiyatni ko‘rsatib bergan. A.S.M. tasavvufning mahalliy maktabiga asos soldi. Uning ko‘plab avlodlari keyinchalik bu qarashlarni o‘zlari yashagan viloyat hududvdan chetga tarqata olmadilar. Bu mahalliy maktab 1154 y.gacha mavjud bo‘lib, shu yili qo‘zg‘olon ko‘targan urug‘lari butun Xurosonni talon-toroj qilganlar va Mayxonani egallagan paytda esa, A.S.M. avlodlaridan bo‘lgan 115 kishini qatl qilganlar. A.S.M. qarashlari ziddiyatli bo‘lib, "xudoning ishqi b-n mast" sufiylar g‘oyasiga yaqin. "Bechoralarga xizmat qilish" A.S.M. qarashlariga xos xususiyat edi. U malomatiya ta’limotiga muvofiq, qalandarlik b-n xayru ehson to‘plab, shogird va muridlarining, yon-atrofidagi aholining manfaat va ehtiyojlarini qondirishni o‘ylagan. U yaratgan maktab amaliyoti Movarounnahrga ham tarqalgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:12:10
ABU SUFYON, to‘liq ismi Abu Sufyon Saxr ibn Harb ibn Umayya ibn Abdushshams (567-652) - yirik savdogar, kurayshiylar zodagoni. Makkada Muhammad (sav)ga va ularning diniy targ‘ibotiga qarshi kurashib, ul zotni ta’qib qilgan. Mushriklarning musulmonlarga qarshi olib borgan Uhud va Xandaq janglaridagi boshliqlaridan biri. Muhammad (sav) Makkani fath qilishi arafasida islomni qabul qilgan. Keyinchalik Madinaning mavqei kuchaya boshlagach, o‘z xonadoni vakillarining islom davlatida ta’sirli o‘rin egallashini ta’minlash maqsadida Muhammad (sav) b-n yarashgan. 630 y.da Makkani musulmonlarga jangsiz topshirgan. Islom himoyasi uchun Hunayn va Toif janglarida qatnashib, bir ko‘zidan judo bo‘lgan. So‘ngra Rasululloh (sav) uni Najron viloyatiga hokim etib tayinlaganlar. Nabiullohning vafotlaridan keyin Shom fathida qatnashgan. Yarmuk jangida jasorat ko‘rsatib, ikkinchi ko‘zidan ham ajralgan. Xalifa Usmon (ra) davrida A.S.ning o‘gli Muoviya Suriya hokimi etib tayinlangan. Keyinchalik, Ali (kv) vafotidan keyin (661), xalifalik hokimiyatini qo‘lga olgan Muoviya umaviylar sulolasiga asos solgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:12:28
ABU TUROB Naxshabiy (? - 875) - Naxshab (hoz. Qarshi)lik avliyo. A.T. Xuroson mashoyixlari orasida mashhur bo‘lgan. Qirq marta hajni ado etgan. Ma’ruza va suhbatlarida kishilarni nafsni tiyib yurishga, sabr-qanoatli bo‘lishga, shariat, tariqat va ma’rifat yo‘lidan borishga chaqirgan. Zamondoshlari uni "ma’no shohining mardoni", "Taqvo osmonining oyi", "Haqiqat ilmining orifi", "qutbi zamon" deb ta’riflashgan. A.T. haqida el orasida o‘nlab nakllar yoyilgan. Shulardan yigarmaga yaqini Muhammad Siddiq Rushdiyning "Avliyolar sultoni, turonlik avliyolar" kitobida (Toshkent, 1995) keltirilgan. A. Navoiy uning 261 hijriy (mil. 875) yilda olamdan o‘tganligini qayd etadi. Basra dashtida vafot etganligi rivoyat qilinadi. Qabri Qarshi sh.da.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:13:21
ABU UBAYDA ibn Jarroh (? - 639) - sahoba, makkalik ilk musulmonlardan keyin islomga birinchi bo‘lib kirgan kishi. Asharai Mubashsharalardan. Ismi Omir, quraysh qabilasining bani Fixr urug‘idan bo‘lgan. AU. Habashistonga, keyin Madinaga hijrat qilgan. Muhammad (sav) b-n hamma g‘azotlarda kdtnashgan. Islom tarixida shijoatli va o‘ta jasur mujohid, buyuk sarkarda, odil bir inson sifatida tanilgan. Otasi Badr jangida makkalik mushriklarga qo‘shilib, musulmon qo‘shinlariga qarshi kurashgan, o‘g‘li A.U.ni o‘ldirishga qasd qilgan, doimo uni ta’qib etgan. Abu Bakr Siddik, xalifaligi davrida Shom (Suriya) fathi uchun yuborilgan. A.U. odil, shafqatli va halim zot bo‘lgan. Bu hol dushmanni yengishga qo‘l kelgan, Shomning urushsiz olinishiga sabab bo‘lgan. 639 y. Shomda og‘ir, yomon kasallik (touni amvos) garqalgan. Kasallik dastlab Falastindagi Amvos qishlog‘idan chiqqan bo‘lib, bu kasallikdan bir oy ichida yigirma ming musulmon vafot etgan. A.U. ham shu kasallik qurboni bo‘lgan. A.U. Urdun (Iordaniya) nohiyasida vafot etgan, qabri Shariat daryosining g‘arb tomoni, Amyo qishlog‘idadir. Umar (ra) o‘zidan keyin xalifalikka A.U.ni munosib nomzod deb bilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:13:39
ABU SHAYBA, to‘liq ismi Abubakr Abdulloh ibn Muhammad ibn Abu Shayba (? - 849) -muhaddis, olim. Sufyon ibn Uyayna, Abdulloh ibn Muborak, Yahyo ibn Said kabi zotlardan hadis olgan, uning o‘zidan ham Buxoriy, Muslim, Abu Dovud kabi buyuk muhadtsislar qadis nakd etganlar. Xalifa Mutavakkilning amri b-n xalqqa hadisdan dars bermog‘i uchun Bag‘doddagi Rusofa yaqinida bir minbar hozirlatgan. Uni tinglagani 3000 kishi to‘plangan. Hadisga doir "Musnad" va uch jildli "Almusannaf" asarlari mashhurdir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:14:15
ABU SHUJO RO’ZROVARDIY, Zahiruddin Muhammad ibn Husayn (1045, Ahvoz - 1095, Madina) - tarixchi, davlat arbobi. Fiqh, hadis, til va tarix sohasida, xususan somoniylar tarixiga oid bir qancha asarlar yozgan. 1076 y.da xalifa Muqtadiy (1075-94) tomonidan vazirlikka tayinlangan. Uning davrida ba’zi soliqlar yengillashtirilgan. U o‘z yerlarini vaqfga ajratib, masjid va madrasalar qurdirgan. Sunniylar va shialar o‘rtasidagi nizolarni bartaraf qilgan. ABU YuSUF, to‘liq ismi Yoqub ibn Ibrohim al-Kufiy al-Ansoriy (731-798 yoki 804) -faqih, islomdagi dastlabki qozi ul-quzzot. Kufada, kambag‘al oilada tavallud topgan. 13 yoshida Kufa qozisi mashhur faqih Ibn Abi Laylodan fiqxdan saboq olgan, oradan 9 y. o‘tgach, Abu Hanifaga. shogardlikka o‘tib, 15 y.ga yaqin uning shogirdi va eng yaqin yordamchisi bo‘lgan. Boshqa shogardlar, ayniqsa Zufar al-Huzayl b-n birgalikda A.Yu. fiqh nazariyasini ishlab chiqishda qatnashgan. Abu Hanifa vafotidan so‘ng Irokdagi ulamolar davrasida ustozi o‘rnini egallab, uning ishini davom ettirgan. Xalifa al-Maxdiy (775-785) A.Yu.ni Bag‘dod qozisi etib tayinlagan, xalifa Horun ar-Rashid (786-809) esa, unga qozi ul-quzzot mansabini berib, butun xalifalikdagi barcha qozilarni tayinlash va qozilar qarori yuzasidan tushgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish huquqini bergan. Bunday yuksak martaba A.Yu.ga Abu Hanifaning nazariy qarashlarini amaliyotda keng qo‘llash imkonini bergan, bu esa, hanafiylik mazhabining tarqalishi va mustahkamlanishiga xizmat qilgan. A.Yu. "Kitob al-xiroj" ("Soliq haqida kitob") asarining muallifi bo‘lib, u Horun ar-Rashidning soliq, yer va suvdan foydalanish, davlat boshqaruviga oid savollariga berilgan batafsil javoblaridan iborat. A.Yu.ning shogirdlaridan Muhammad ash-Shayboniy uning maslahat va ma’lumotlaridan keng foydalanib, Abu Hanifa ma’naviy merosini to‘plagan va bir tizimga solgan. Boshqa bir shogirdi esa Ahmad ibn Hanbal bo‘lgan. A.Yu.ning qarashlari Muhammad ash-Shofi’iyga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:14:29
ABU QATODA, to‘liq ismi Abu Qatoda al-Haris ibn Rab’iy al-Ansoriy as-Sulamiy (taxm. 604-674) - ansori kiromdan va Paygambar (sav)ning suvoriylaridan biri. Rasuli Akramdan 170 hadis rivoyat etgan. Bulardan 21 tasida Buxoriy va Muslim hamfikrdirlar. Faqat Buxoriyda 2, Muslimda 8 hadisi bor. Qolgani boshqa kitoblardadir. Madinai munavvara yoki Kufada vafot etgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:15:05
ABU HANIFA Nu’mon ibn Sobit al-Kufiy; Imomi A’zam (699 - 767) - ilohiyotchi, fiqhshunos, muhaddis, ulug‘ imom, hanafiylik mazhabi asoschisi. Kufada tug‘ilgan. "Imomi A’zam" (buyuk imom) - ulug‘ligi e’tirof etilib berilgan unvon. Uziga to‘q, zodagon oiladan bo‘lib, olim va fozil insonlar orasida voyaga yetgan. Otasidan qolgan katta boylikni ilm yo‘lida sarf etgan. Yoshligidayoq Qur’onni yod olgan. Kalom ilmi va mantiqni o‘rgangan. 22 yoshida iroklik ulug‘ alloma, ilohiyotchi Hammod ibn Abu Sulaymonga shogard tushib, uning ta’limini olgan. Keyin Kufa va Basraning eng obro‘li faqihi bo‘lib yetishgan va o‘zi shogirdlar tarbiyalagan. Kamtar, mehribon va o‘ta saxovatli, nihoyatda taqvodor inson sifatida hurmat qozongan. Uning qirq yil mobaynida xufton tahorati b-n bomdod namozini o‘qigani, 55 marta haj qilgani haqida rivoyat bor. 747-48 y.larda A.H. Iroq hokimi ibn Hubayra ta’qibidan qochib Makkaga ketgan. Abbosiylar hokimiyat tepasiga kelgach, Iroqqa qaytib ulamolik faoliyatini davom ettirgan. Xalifa al-Mansur (754-775) unga yanga poytaxt Bag‘dodtsa qozilik yoki boshqa istagan yuksak lavozimni taklif qilgan. Biroq A.H. bu taklifni qat’iyan rad etgan. Shunda Mansur uni qamab, turli qiynoklarga solgan. A.H. ko‘p o‘tmay Bag‘dodda vafot etdi. Mansur A.H.ga zahar ichirgan va u shu sababdan shahid bo‘lgan, degan rivoyat ham bor.
A.H. fiqhiy ilmni birinchi bo‘lib tasnif qilib, uni boblarga ajratib, tartibga solgan va kitob shakliga keltirgan. A.H.ning ilmi kalom, fiqh, hadis, sarfga oid bir necha kitoblari bo‘lib, ular jumlasiga "Kitob as-salot" ("Namoz ahkomlari kitobi"), "Kitob al-Manosik" ("Haj kitobi"), "Kitob ash-shurut" ("Shartnomalar haqida kitob"), "Kitob al-faroiz" ("Meros ilmi haqida kitob"), "Kitob al-olim val-mutaallim" ("Ustoz va shogard haqida kitob"), "Kitob al-fiqx al-akbar" ("Katta fiqx kitobi"), "Kitobi al-vasiya" ("Vasiyatnoma kitobi") va b. kiradi.
A.H. faqixdarning ustozi, imom Shofi’iy ta’biri b-n aytganda, "barcha odamlar fiqxda uning boqimandalari" edi. Hech qanday shubhaga o‘rin qolmaydigan darajadagi aniq hujjat va dalillar asosida hukm chiqaradigan olim bo‘lgan. A.H.ning bulardan tashqari hadis sohasida ham asarlari mavjuddir. O’rta asr faqihi Abul Muayyad Muhammad ibn Mahmud Xorazmiy A.H. musnadlarini jam qilib, kitob shakliga keltirgan, 1907 y.da Misrda chop etilgan bu kitoblar zamonlar osha musulmonlar tayanadigan ilmiy manba va asos bo‘lib kelmoqda.
A.H.dan ta’lim olgan shogirdlar zamonasining yetuk peshvolari bo‘lib yetishgan. Ulardan biri Abu Yusuf bo‘lib, Horun ar-Rashid davrida qozilik vazifasida ishlagan. Ikkinchi shogardi imom Muhammad ibn Hasan o‘z navbatida imom Shofi’iyga ta’lim bergan. Hadislarni saralashda nihoyatda mohir bo‘lgan, har bir masalani dalil b-n isbotlay oladigan Zufar ibn Huzayl ham A.H.ning ko‘zga ko‘ringan izdoshlaridandir. Yana bir shogirdi Xasan ibn Ziyod A.H.ning "Al-Mujarrad", "Qozining odobi", "Nafaqalar", "Faroiz" (Meros ilmi), "Xislatlar" kabi kitoblarini yozib tugatgan. A.H.ning o‘g‘li Hammod va nabirasi Ismoil ham shar’iy ilmlar borasida yetuk alloma bo‘lganlar, turli shaharlarda qozilik mansabida ishlagan. Xurosonda birinchi bo‘lib hadisni yozib olgan Abdulloh ibn Muborak ham A.H.dan ta’lim olgan. Movarounnahrdagi mamlakatlarda va dunyoning boshqa ko‘pgina joylarida musulmonlar A.H. mazhabi qoidalari asosida ibodat qiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:15:21
ABU XAFS KABIR Buxoriy (767 - Buxoro - 832) - islom olamining buyuk fiqhshunos olimi. Imom Buxoriyning zamondoshi. Buxorodan Bagdodga borib, imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy (804 y. v.e.)ga shogird tushgan. A.H.K. islom qonunshunosligi asoslarini yaratgan yirik olim bo‘lgan. Narshaxiyning yozishicha, uning sharofati b-n Buxoro "Qubbat ul-islom" - "Islom dinining gumbazi" unvonini olgan. Abu Hafsning o‘ziga "Kabir Buxoriy" - "Buxoriylarning kattasi" va "Hojatbaror imom" degan unvonlar berilgan, o‘g‘li Abu Abdulloh (Abu Hafs Sagir Buxoriy; 877 y. v.e.) ham otasi singari fiqh ilmida peshqadam bo‘lgan. A.H.K. fiqhning turli masalalari yoritilgan "Al-Ahvo’ val-ixtilof" ("Havoyi gaplar va kelishmovchiliklar"), "Ar-raddu alal-Lafziyya" ("Yuzaki qarovchilarga raddiya") va b. asarlar yozgan. A.H.K. Buxorodagi Darvozai nav qarshisidagi tepalikda dafn etilgan. Buxoroliklar u joyni muqaddas sanab, "Haqrah" ("Haq yo‘l") va Xoja Imom Abu Hafs deb ataganlar. Mustabid sovet tuzumi davrida uning qabri va atrofidagi me’moriy yodgorliklar buzib tashlangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:15:49
ABU HUZAYL ALLOF, Muhammad ibn al-Huzayl (749/753-841/849) - mu’taziylar (huzayliylar) Basra maktabining yirik vakili, g‘oyaviy rahnamosi. Alloflar savdo qiladigan joydan bo‘lganligi uchun al-Allof laqabini olgan. 818 y.da Bag‘dodga ko‘chib kelgan. Samarra (Iroq)da vafot etgan. A.H.A. ko‘p qismi bahs-munozara tusidagi 60 ta asarning muallifi bo‘lgan, ammo ularning birontasi bizgacha yetib kelmagan. Uning "Raddiyalar" asari boshqa dinlar (yahudiylik, xristianlik, zardushtiylik)ga ham, islom dinidagi turli oqim va maktablarga ham qarshi qaratilgan. Qur’on va sunna ta’limotini akl-idrokka mos talqin etishga urinib, ma’lumotlarni qabul qilishda faqat aklga suyanish kerak, Qur’on yaratilgan, banda o‘z fe’l-atvorini o‘zi yaratadi, degan g‘oyani ilgari surgan. A.H.A.ning "xudoning kalomi" iroda erkinligi, odamning o‘z xatti-harakatlari uchun ma’naviy javobgarligi, hayotiy ne’matlar haqidagi va b. fikrlari nafaqat sunniy ilohiyotchilar, balki boshqa mu’taziliy oqimlarning vakillari tomonidan ham tanqidga uchragan. A.H.A. xalifa Ma’munning ustozi bo‘lgan va ayni shu xalifa davrida (813-833) mu’taziliylar ga’limoti hukmron diniy e’tiqod hisoblangan. Xalifa amri b-n barcha qozilar, ilohiyotchi olimlar, mansabdor shaxslar aqidaviy masalalarda imtihon qilingan. Mutaziliylik, ya’ni A.H.A. aqidalarini tan olmagan kishilar xizmatidan bo‘shatilib, jazolangan, hatto o‘limga mahkum etilganlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:16:10
ABU HURAYRA (602 - 679, Madina) - mashhur sahoba, roviy, faqihlardan. Asli ismi Abdurahmon ibn Sahr al-Davsiy Abdushams. Rasululloh tomonidan Abdurrahmon deb atalgan. Mushuklarni juda sevgan. Bir kun uning etagida bir mushuk bolasini ko‘rgan Rasuli Akram, "Abu Hurayra" - mushukning otasi deya lutf etgan va u ham bundan iftixor etib, ushbu laqab b-n shuhrat topgan. Tijorat va boyligi yoxud ma’lum bir mashg‘uloti bo‘lmagani uchun ashobi Suffa sirasiga kiritilgan. U Doril-irfondan dars olgan va huzuri Rasulotdan bir lahza ham ayrilmagan. Ajoyib faqih bo‘lib, ifto (fatvo beruvchi) mavqeiga ko‘tarilgan. Umar (ra) tomonidan Bahrayn voliyligiga tayinlangan. Usmon (ra) zamonida Makka qozisi va Muoviya davrida Madina voliysi bo‘lgan. Favqulodda kuvvai-hofizaga ega bo‘lgan A.H. uch yil muttasil Nabiy (as)ning majlisidan ajralmagan va bu muddat mobaynida kuch-quvvatini Rasuli Akram(sav)ning so‘zlari va ishlarini egallash hamda qayd etishga baxsh etgan. 5374 hadis rivoyat etgan. Bulardan 335 tasida Imom Buxoriy va Imom Muslim hamfikrdirlar, 93 tasi faqat Buxoriyda, 189 tasi yolg‘iz Muslimda, qolgan 4757 tasi boshqa hadis kitoblarida keltirilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:16:23
ABUD-DARDO, asl ismi Uvaymir, kunyasi b-n mashhur (? - 652) - ashobi kiromning faqixlaridan, olim va hakimlaridan biri. Shom fathidan so‘ng u yerga hokim qilib tayinlangan. 179 hadis rivoyat etgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:16:57
b]ABULABBOS MUSTAG’FIRIY[/b], Imom Mustag‘firiy (to‘liq ismi: Nasafiy Samarqandiy Ja’far ibn Abu Ali Muhammad ibn Abu Bakr) (961-1041, Nasaf) - tarixchi, adib, muhaddis va faqih, Sam’oniyning "Kitob al-ansob" asarida yozilishicha, Ab.M bir qancha vaqt Marv, Saraxs, Nishopur, Buxoro va Samarqandda yashagan. 987 y.dan Nasaf jome masjidida ma’ruzalar o‘qigan. Umrining oxirida Nasafning bosh imom-xatibi lavozimida bo‘lgan. U "Kitob tarixi Samarqand", "Kitob tarixi Nasaf va Kesh" (2 jildlik), "Kitob ush-shi’r vash-shuaro" ("She’r va shoirlar haqida kitob"), "Kitob ul-vafo" ("Vafo kitobi"), "Kitob daloil an-nubuvva" ("Payg‘ambarlik dalillari"), "Kitob ud-da’vot" ("Targ‘ibotlar kitobi"), "Kitob xutab an-nabiy" ("Payg‘ambar xutbalari kitobi"), "Kitob tibb in-nabiy" ("Payg‘ambar tibbi kitobi") kabi o‘ndan ziyod asarlar yozgan. Uning "Kitob tibb in-nabiy" asari Tehronda nashr etilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:17:16
ABULBAQO ibn BAHOUDDIN (16-a. 1-yarmi - 17-a. 1-choragi) - tarixchi. Xoja Ahmad ibn Jaloluddin Kosoniy (Maxdumi a’zamning nabirasi bo‘lib, Abdulazizxon (1540-49) saroyida kichik davlat lavozimi (hukmgar)da turgan. U bobosiga atab "Jome’ ul-maqomoti Maxdumi a’zam" ("Mahdumi a’zam maqomotining majmui") kitobini yozgan (1617). Bu asarda Maxdumi a’zamning hayotiga oid ma’lumotlardan tashqari, Movarounnahrning 16-a. 1-yarmidagi iqtisodiy va siyosiy ahvoli hamda shayboniylar b-n Eron o‘rtasidagi munosabatlarga oid qimmatli ma’lumotlar bor.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:17:37
ABUL ASVAD DUALIY (? - 689) - islom olimlaridan, ulug‘ tobe’inlardan. Ayniqsa, go‘g‘riso‘z va hozirjavobligi b-n shuhrat qozongan. Hazrati Ali b-n birga Siffin jangida ishtirok etgan. Muoviya ibn Abu Sufyon zamonida ham hurmati baland bo‘lgan. Basrada qozilik qilgan. A.A.D.ning ikki ishini avloddar ehtirom b-n esga oladilar. U zot nahv ilmiga asos solgan hamda Qur’oni karimning harflariga nuqtalar qo‘yib chiqqan (avvalgi Kur’on nuqtalarsiz va harakatlarsiz edi).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:17:58
ABULFATH ALOUDDIN MUHAMMAD ibn Abdulhamid Usmandiy Samarqandiy (? - 1157) - fiqhshunos olim. Uning Abu Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniyning "al-Jomi’ al-Kabir" ("Katta to‘plam") kitobiga yozgan "Sharh ul-Jomi’ al-Kabir" ("Jomi’ al-Kabirning sharhi") nomli bir necha jildli asarining 1-si bizgacha yetib kelgan. U "Kitob ul-imon" ('Imon haqida kitob"), "Kitob un-nikoh" ("Nikoh haqida kitob"), "Kitob ush-shahodat" ("Shahodat kitobi"), "Kitob ul-qazo" ("Hukm kitobi") kabi boblarga bo‘linadi. Mazkur asarning kotib Ahmad ibn Mahmud ibn Muhammad ibn Umar Samarqandiy tomonidan 1361 y.da ko‘chirilgan nodir qo‘lyozma nusxasi O’zbekiston FA Sharqshunoslik institutida (inv. № 5558) saklanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:18:22
ABULQOSIM HAKIM SAMARQANDIY, go‘liq nomi Ishoq ibn Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Zayd (856-946) -hanafiylik mazhabining ko‘zga ko‘ringan nazariyotchisi, hakim. Samarqandda tug‘ilgan. Yoshligida ilm olish uchun Balxga borgan, u yerda Abu Bakr Varroq Termiziydan tariqat ta’limini olgan. U kalom, fiqh va tafsir ilmlarini chuqur o‘rganib, o‘sha davrning mashhur shayxlaridan hadis va rivoyatlar eshitgan. Manbalarga ko‘ra, keyinchalik u Samarqandga keladi, qozi lavozimida ishlaydi va shu yerda vafot etadi. Ulamolar somoniylar amiri Ismoil Somoniyga murojaat qilib, Movarounnahrda avj olgan turli mazhab va firqalarni kelishtirish uchun aqidalar majmui bo‘lgan bir kitob yaratishni tavsiya etadilar. Amir kitob yozishni A.H.S.ga topshirgan. Shu tariqa "as-Savod ul a’zam" ("Ko‘pchilik tomon") kitobi vujudga kelgan. A.H.S. o‘ziga xos kalom maktabini yaratgan. U o‘z asarida imonni yaratilmagan, ya’ni azaliy deb hisoblab, bu fikrga qo‘shilmaganlarni bid’at ahli deb atagan. A.H.S. hanafiy mazhabining asosiy aqidalarini himoya qilib, mazhabni tug‘ilib kelayotgan aqliy dalillar vositasida qayta ko‘rib chiqishga qarshi turgan, aqidaviy ixtilofga barham berish yo‘li b-n Movarounnahr musulmonlari o‘rtasidagi fikriy yakdillikni saklab qolmoqchi bo‘lgan. U ahli sunna va jamoa ta’limotining shakllanishiga muhim hissa qo‘shgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:19:28
AVESTO, Ovasto (parfiyoncha: arastak -matn; ko‘pincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb ataladi) -zardushtiylikning muqaddas kitoblari to‘plami. A.Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qad. davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlarini, forsiy va turkiy tilda so‘zlashuvchi qabilalarning yozuvlarini o‘rganishda muhim va yagona manba. A. o‘rta fors (paxlaviy) yozuviga yaqin bo‘lgan maxsus Avesta yozuvida bitilgan. Mil. av. 6-a.da, Axomaniylar sulolasi zamonvda oromiy alifbosida ilk bor kitob qilib ko‘chirilgan. A.ning tafsiri "Zend A." nomi b-n yuritiladi. Zardushtiylik ruhoniylari qo‘lida A.ning asl nusxasi muqaddas bitik sifatida saqlangan. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, A. O’rta Osiyoda, xususan, Xorazmda mil. av. 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. A.da keltirilgan geofafik ma’lumotlar ham buni tasdiklaydi. Mas., xudo yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qad. Xorazm, Gava (Sug‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi bo‘lib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yoxud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. A.dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo‘lgan. A. uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qad. qismlari mil. av. 2-ming yillik oxiri - 1-ming yillik boshiga oid bo‘lib, og‘zaki tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda A. tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va h.k. qo‘shilib borgan. A.ni Zardusht diniy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa, 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolda saqlangan. Axomaniylar sulolasininng poytaxti Sheroz yaqinidagi Taxti Jamshidda saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51-78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar shohi Xusrav I (531-579) davrida yaxlit kitob holiga keltirilgan. 9-a.da yozilgan "Denkart" asari A.ning 21 nask (qism)dan iborat ekanligi haqida ma’lumot beradi. A. hajmi katta kitob bo‘lgani sababli, dindorlar kundalik faoliyatida foydalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli - "Kichik A." (Xurdak A.) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-a.), zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga ko‘chib o‘tgan. Ularning avlodlari (parslar) Bombay sh.da o‘z jamoalarida hozirgacha A.ning asl nusxasini saqlab keladi. Frantsuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron zardushtiylar jamoasida yashab, A. tilini va yozuvini o‘rganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771). A.ning bu nusxasi 27 jilddan iborat bo‘lib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi b-n yuritiladigan kitoblarni o‘z ichiga oladi.
A.da bayon etilgan g‘oyalarga ko‘ra, olam ikki asosning, ikki ibtidoning, ya’ni yorug‘lik b-n zulmatning, yaxshilik b-n yomonlikning to‘xtovsiz kurashidan iborat. Yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda yer, o‘simlik va b. qamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi to‘xtovsiz kurashadi, ammo uni yengashga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sathi esa, kurash maydonidir. Hayotdagi turfa o‘zgarishlar qaysi kuchning g‘alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa, yaxshi va yomon xulqning o‘zaro kurashidan iborat. Cheksiz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron bo‘lgan abadiy yorug‘lik b-n yomonlik va Anxramaynu hukmron bo‘lgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.
A. ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson Govamard (xo‘kiz-odam; forscha Kayumars) bo‘lib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda o‘lim bo‘lmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Kishilar bekamu ko‘st, baxtiyor yashagan. 900 y. o‘tgach, shoh Yima g‘ururga berilib, man etilgan sigir go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh ko‘taradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri b-n odamlar va hayvonlarni sovukdan sakdab qolish uchun qo‘rg‘on (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin davri tugagach, Xayr b-n Sharr (yaxshilik va yomonlik) o‘rtasidagi kurash davri bo‘lgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda g‘alaba qilib, ezgulik saltanati barqaror bo‘ladi, o‘lganlar tiriladi. A.ning axloqiy-falsafiy mohiyati "ezgu fikr", "ezgu so‘z" va "ezgu amal" kabi muqadtsas uchlik (axloqiy triada)da o‘z ifodasini topadi. Zardushtiylarning namoz ibodat oldidan aytiladigan niyati, so‘zlari shu uch ibora b-n boshlanadi.
A. mil. av. 6-a.da yashagan va o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan Spitama Zardusht faoliyati tufayli diniy asar sifatida tizimga solingan. Zardushtiylik jamoalari xozir ham Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlarida hamda Eronning ba’zi shaharlarida mavjud. Kaliforniya (AQSh) shtatida zardushtiylarning ilmiy markazi mavjud.
Eronlik tadqiqotchi Pur Dovud 1920-1940-y.larda A.ning qad. nusxalarini fors tiliga tarjima qildi.
Zardushtiylik dini ibtidoiy jamoa tuzumidan ijtimoiy tabaqalanishga o‘tish davrida vujudga kelgan, ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni diniy shaklda ifodalagan va ko‘p xudolik (politeizm)dan yakka xudolikka (monoteizmga) o‘tishni aks ettirgan. A. "Eng mo‘‘tabar, qad. qo‘lyozmamiz... Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir" (I.A.Karimov, "Adolatli jamiyat sari", T., 1998, 39-40-bet). AVLIYo (arab. valiy so‘zining ko‘pligi, xudoga yaqin odam) - tasavvufda Allohning zoti va sifatlarini yaxshi bilgan, uning buyurganlarini bajarib, gunoh ishlardan o‘zini saklovchi, dunyo lazzati va shahvoniy ishlardan yuz o‘giruvchi kishi. Islom an’anaslda A.lar qaysidir bir ishi, xizmati yoki xislati tufayli Allohga yaqin bo‘lib qolgan, duolari mustajob, solih, qobil, kamtar kishilardir. A.lar payg‘ambarlar darajasidan keyin turadi. A.larning mozorlarini ziyorat qilib ibrat olish islom dinining hanafiylik mazhabida savobli ishlardan hisoblanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:19:41
AVRAT (arab.) - 1) himoyalanmagan, zaif joy; 2) jinsiy a’zo - shariatga ko‘ra, ibodat (diniy amallar) paytida namozxon tanasining kiyim b-n yopib turishi lozim bo‘lgan qismi. Namozda er kishining kindikdan to tizzagacha bo‘lgan gavda qismi, ayollarning esa, yuz va kaftlaridan boshqa hamma joylari hatto sochlari ham A. hisoblanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:20:03
ADAB (arab.) - tasavvufda tariqatdan saboq beruvchi pir yoki shayx va saboq oluvchi murid yoki solikning rioya qilishi zarur bo‘lgan qonun-qoidalar. Shayxlar va soliklar A.i xususida ko‘plab asarlar yozilgan. ADL ("adolat", "to‘g‘rilik") - 1) adolat va to‘g‘rilik nuqtai nazaridan shaxsni axloqiy baholash tushunchasi. Qur’oni karimda A.-yaxshilik uchun ham, yomonlik uchun ham birday adolatli hukm chiqaruvchi Allohning sifatlaridan biri. Biroq Allohning A.i -inson ongi, tafakkuri anglab yetmaydigan darajadagi oliy adolat. Shu tufayli inson Alloxdan adolat qilishni emas, raxm-shafqat qilishni so‘rab iltijo qilishi lozim. Insonga nisbatan A. - bu birovga nisbatan yomonlik (jabr) qilish niyati borligani payqab olish va uni bartaraf etish imkoniyati, shuningdek umumiy ma’nodagi adolat tushunchasi. G’azoliy A.ni ehson ("chin ko‘ngillik", "vijdon") tushunchasi b-n birgalikda qo‘llaydiki, bular "adolat va vijdon" ma’nosini anglatgan. Davlat xizmatidagi biror mansabga da’vogar yoki biron-bir muhim jamoatchilik majburiyatlarini, chunonchi: vasiylik, vakillik, guvoxdik va b.ni bajaruvchi har qanday shaxsda A. bo‘lishi lozim. Birovga jabr qilmagan, g‘ayriaxloqiy (fisq, fujur) harom yo‘llarga yurmagan har qanday musulmon odil, ya’ni A.i bor kishi deb qaraladi. Bu sifatlarni yo‘qotganlar (fosiklar) agarda solih amallar bajo keltirib tavba qilsalar va shundan so‘ng haqiqiy musulmonga xos hayot kechirsalar A.ni tiklashlari, unga erishishlari mumkin. 2) shialikdagi 5 aqidadan biri. AJAL (arab. - belgilangan vaqt, muxlat) -islom dinida inson umrining Alloh tomonidan belgilangan muddati tugashi. Islom aqidalariga ko‘ra, A. Alloh tomonidan qatiy belgilangan bo‘ladi. Qur’oni karimda shunday oyat bor: "Qachonki ularning ajali yetsa, bir lahza oldin ham, bir lahza keyin ham qo‘yilmaydi" ("A’rof" surasi, 34-oyat).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:20:17
AJAM (arab. - arab emas) - arablardan boshqa Sharq xalklarining umumiy nomi. Shuningdek, arablar yashaydigan Sharq mamlakatlari, xususan, Turon, Eron .ham "Mulki ajam" deb yuritilgan. Bu yerlardan yetishib chiqqan olimlar "ajamiy" deb atalgan. Keyinchalik A. nomi faqat eronliklarga nisbatan qo‘llanilgan, Eronni esa, A. yoxud Ajamiston deb ataganlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 27 Sentyabr 2006, 21:21:00
AJDODLARGA SIG’INISH - ibtidoiy din shakli. A.s.ning turli shakllari mavjud bo‘lgan. A.s. dafn marosimlari (o‘lgan kishilarning joni va ruhi haqidagi tasavvurlar), shaxsiy homiy ruxlarga, oila-urug‘ oqsoqol homiylariga sig‘inish kabilar asosida tarkib topgan. A.s.da ajdodlarning ruhlari urug‘ning a’zosi bo‘lib qolishi, lekin ular odamlardan kuchli bo‘lgani sababli urug‘ning farovonligi shu ruxdarga bog‘liq, degan tasavvur katta ahamiyat kasb etgan. Bu tasavvurlar obro‘-e’tiborli urug‘ oqsoqoli timsolini qabila xudosi darajasiga ko‘tarish uchun g‘oyaviy asos bo‘lib xizmat qilgan. Jamiyatda kishilarning ijtimoiy belgilariga ko‘ra, tabaqalashuviga mos ravishda ajdodlar ruxlarining ham tabaqalashuvi sodir bo‘ladi, natijada qabila boshliqlari, urug‘ oqsoqollariga sig‘inish birinchi o‘rinni oladi. Buning asosida qad. dinlarda qahramonlarga sig‘inish, keyin esa, avliyoyaarga sig‘inish vujudga kelgan. O’rta Osiyo xalklari orasida ham bu odat mavjud. Arvohlarni eslash, ularga sig‘inib, madad so‘rash, jonliq so‘yish, is chiqarish kabi shakllarda namoyon bo‘ladi. Islomda A.s. qoralanadi. AJR (arab. - to‘lanadigan haq, mukofot) -islomdagi tushuncha. Kur’onga ko‘ra, odamlar bu dunyodaga yaxshi ishlari uchun oxiratda A.ini topadi, ya’ni nasib etgan mo‘min-musulmonlarga savobli ishlari evaziga turli maqom va martabalar, nozu ne’matlar beriladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:36:16
AZAYIMXONLIK, duoxonlik - duo o‘qish, dam solish yo‘li b-n tabiblik qilish. A. b-n shug‘ullangan shaxslar azayimxon, duoxon, baxshi va h.k. deb ataladi. Nomi chiqqan, tajribali, martabali duoxon azayimxon deb atalgan. Azayimxon issiq-sovuq qilish, jodugarlik b-n ham shug‘ullangan. Ibtidoiy jamiyatning urug‘chilik bosqichida ayrim kishilar odamlarni oddiy usul (dorivor giyoh, qon olish va b.) b-n davolashgan. Lekin ularning ba’zilari bemorni davolash jarayonida, go‘yo kasal "sababchisi" bo‘lgan "yomon ruhlar"ni har xil xatti-harakatlar (avrash, duo o‘qish, sehrlash, afsungarlik) b-n "haydab chiqara olishlariga" odamlarni ishontirishgan. Jahonning ko‘pgina xalqlarida keng tarqalgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:36:27
AZOB (arab. - qiynoq) - shariatda gunoh uchun belgilangan jazo. Gunoh uchun qozi tomonidan belgalanadigan jazo ham, narigi dunyoda beriladigan jazo ham A. deb atalgan (yana q. Azob al-qabr).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:36:43
AZOB al-QABR (sinonimi azob al-barzox; "qabr jazosi") - sinov, qabrdagi jazo, inson o‘lgan zahoti bo‘ladigan kichik sud. Shunga ko‘ra, qabr jannat yoki do‘zaxga kirishdan oldingi o‘tloq (yaylov)dir va unda dastlabki sud sodir etilib, bandaning qilgan amallariga yarasha dastlabki hukm belgilanadi. Ikki farishta - Munkar va Nakir bandaning islomga bo‘lgan munosabati haqida savol-javob qiladilar. Mo‘minlarni to qiyomat kuniga qadar qabrda tinch-osoyishta, orom olib yotishi uchun qoldiradilar. Gunohkorlarni og‘ir yuk (bosim) b-n qiynaydilar, dinsizlarni farishtalar bundan tashqari yana Alloh taoloning xohishiga qarab, ba’zan qiyomatgacha betinim suratda uradilar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:37:08
AZON (arab. azana - bildirish, e’lon qilish; sinonimi nido chiqarish) - namozga chaqirish. A. namoz uchun buyurilgan sunnat hisoblanadi. Odatda har bir masjidda muazzin bo‘ladi. Uning aytgan A.i namoz vaqti kirganini bildiradi. A. baland ovoz b-n o‘ziga xos ohang ila aytiladi. A. 622-623 y.larda Muhammad (sav) tomonidan belgilangan. Birinchi muazzin Bilol bo‘lgan. Sunniylikda A. aytish qoidasi: ikki qo‘lning bosh barmoklarini quloqning yumshoq joyiga tekkizib, ko‘rsatkich barmoklarni quloq ichiga tiqib, shunday deyiladi: "Allohu akbar" ("Alloh -eng ulug‘dir") - 4 marta; "Ashhadu al-la iloha illalloh ("Guvohlik beramanki, Alloxdan o‘zga iloh yo‘q") - 2 marta; "Ashhadu anna Muhammadur-rasululloh" ("Guvohlik beramanki, Muhammad Allohning payg‘ambaridir") - 2 marta; "Hayya alas-solah" ("Namozga kelinglar") - 2 marta; "Hayya alal falah" ("Najotga kelinglar") - 2 marta; "Allohu akbar - Allohu akbar, La ilaha illalloh". A. hamma namoz uchun bir xilda aytiladi, lekin faqat bomdod namozi A.ida "Hayya ala falah" degandan so‘ng "As-salotu xoyrum min-an-navm" ("Namoz uyqudan afzaldir") deb 2 marta qo‘shib aytiladi. Islomda yangi tug‘ilgan chaqaloqning o‘ng qulog‘iga A. aytish odati ham bor. Bunda avval o‘ng qulog‘iga A., chap qulogaga takbir aytiladi. Bu odat go‘dakning bokira shuuriga Alloh taolo nomini muhrlash mazmunida talqin etilgan. Takbirda A. lafzlariga "hayya alal falah"dan so‘ng ikki marta "qad qomati saloh" (namoz o‘qishga tayyor) lafzini ziyoda qilinadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:38:24
AZRAQIYLAR - xorijiylardan ajralib chiqqan o‘ta murosasiz firqa tarafdorlari. Asoschisi - Nafi ibn al-Azraq (685 y. v.e.). 7-a. ning 2-yarmida arab xalifaligining sharqiy hududida xorijiylar harakati kuchayadi. A.ning umaviylar xalifaligiga hamda shialarga qarshi qaratilgan eng yirik isyoni Iroq va Eronda boshlandi va 15 y. davom etdi (684-699). Qullarni ozod etgani, ezilganlarni himoya qilgani uchun qishloq aholisi, ayniqsa forslar A.ni qo‘llab-kuvvatladi. Shu b-n birga A.ning islomdagi boshqa oqimlarga nisbatan mutaassiblarcha murosasiz va qattiqqo‘lligi, o‘z qarashlariga qo‘shilmagan barcha kishilar, shu jumladan ayol va bolalarni ham o‘ldirishni talab qilishi, zinoga belgilangan jazoni bekor etishi A. harakatining ijtimoiy negizini susaytirdi. A. tarafdorlari 8-a.dayoq butunlay yo‘qolib ketgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:38:51
AZROIL - islom dinida to‘rt bosh farishtadan biri (Jabroil, Mikoil va Isrofil b-n birga), jon oluvchi farishta. Rivoyatlarga ko‘ra, A. dastlab oddiy farishta bo‘lgan, Alloh Odamatoni yaratish uchun farishtalarni yerdan tuproq olib kelishga yuboradi. Yer qarshilik ko‘rsatadi va farishtalar undan bir siqim ham yulib ololmaydilar. Bu ishni faqat A. bajarganligi sababli u o‘limdan ustun turuvchi farishta deb hisoblangan. A. taqvodorlarning jonini oson, gunohkorlarning jonini esa qiynab oladi degan fikrlar mavjud.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:41:09
AYNULQUZZOT, asl ismi Abdulla ibn Muhammad ibn Ali Miyonjiy Hamadoniy (1099-1132) - shayx, mutasavvif. Hamadon sh.da tug‘ilgan. Uning ilohiy hikmat va tabiatshunoslik ilmlariga oid "Yazdon shenoht" ("Xudoni tanish"), tasavvufning o‘n asosini talqin qiluvchi "Tamhidot" ("Tekislash"), xudoning sifatlari va zotiga bag‘ishlangan "Zubdat-ul-haqoyiq" ("Haqiqatlar qaymog‘i") kitoblari bor. U aklni bilim hosil qilishning muhim vositasi deb bildi. Mutafakkir fikricha, aql faqat moddiy dunyodagi voqealarnigina tushunib yetishi mumkin, Haqning mohiyatini anglashda esa, ojizdir. A. insonning mohiyatini ishq tashkil etadi, ishq vositasidagina inson kamolotga erishadi, ishq dunyoni harakatlantirib turadi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, oliy darajadagi ilohiy ishq quyi darajadagi insonning dunyoviy ne’matlarga bo‘lgan rag‘batini inkor etmaydi, balki uni to‘ldiradi. "Kimki xudoni sevsa, uning rasuli, o‘zining piru murshidi va o‘z hayotini ham sevishi lozim", - deb yozadi. A. bir necha yil qozi ul quzzot - bosh qozi bo‘lib ishlagan va adolat yo‘lini tutgan, diniy ixtiloflarga qarshi turgan. Uning ijtimoiy-axloqiy fikrlari O’rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron mutafakkirlariga ta’sir o‘tkazgan. AYYuB (as) - Qur’onda nomi zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. A. ismi Kur’onda to‘rt o‘rinda zikr etilgan: Niso surasi 163-oyat, An’om surasi 84-oyat, Anbiyo surasi 83-oyat. Sod surasi 41-oyat. A. Muso (as)dan ilgari yashab o‘tganligi rivoyat qilingan, ba’zi rivoyatlarda esa, Ibrohim payg‘ambardan yuz yil ilgari yashagan deyiladi. A. o‘ta taqvodor, kambag‘allarga mehribon, yetim va bevalarga saxovatli, mehmondo‘st inson hamda o‘zi nihoyatda badavlat va serfarzand bo‘lgani rivoyat qilingan. Shunday imkoniyatlar sohibi bo‘lgan A. biron marta ham Allohga osiy bo‘ladigan ish sodir etmay, ibodatni tark qilmagan, har doim shukrona aytib yurgan. A. katta boylik egasi bo‘la turib, Allohga biron bir gunoh ish qilmaganidan shaytoni lain iztirobda edi. Chunki boshqa boylar har qadamda Allohga osiylik qilishardi. Va shaytoni lain hasad qilib Allohga xitob qiladi va: "Bu A. sening bergan molu davlating, farzandlaring va salomat qilib qo‘yganing uchungina senga ibodat qilib yuribdi. Men kafillik berurmanki, agarda sen uning molu dunyosini va sog‘ligini ketkazib, imtihon qilsang, albatta u kufrga ketib, seni unutadi" - deydi. Shu boisdan Alloh A. molu-dunyosini, farzandlarini halokatga uchratib, o‘zini ham og‘ir xastalikka mubtalo qilib sinaydi. Lekin A. boshiga har qancha musibat yetganda ham Allohning zikrini tilidan qo‘ymay, ibodatini aslo tark qilmaydi. A. yetgan og‘ir xastalik oqibatida u joyidan qo‘zg‘ala olmaydigan holga yetganida ham uning vafodor ayoli unga qarab, uni parvarish qilib turadi. Nihoyat shuncha og‘ir sinovlarni boshidan o‘tkazgan A.ga Alloh yana sog‘liq in’om qiladi va unga farzandlaru ko‘pgina molu dunyo ato etadi. Shu o‘rinda ulamolar bir mulohazani qayd etadilar: A.ga yetgan xastalik borasida turli rivoyatlar kelgan, jumladan A.ning tanasini yara bosib, qurtlar yeb, odamlar A.ni dashtga chiqarib yuborgan emish. Tavhid ulamolari qayd etadilarki, payg‘ambarlar bunday jirkanch xastalikka mubtalo qilinmaydilar. Zero, bunday holatga tushishlik payg‘ambarlik maqomiga to‘gri kelmaydi. A. qissasida va uning boshiga tushgan musibatlaru xastalikda hamda A.ning Allohga duo qilishi oqibatida uning shifo topib yana molu dunyo sohibi bo‘lishida mo‘‘minlarga ibrat va namuna bor. Zero, payg‘ambarimiz ham: "Sinovning eng qattig‘i payg‘ambarlarga, so‘ngra solihlarga, so‘ngra shularga o‘xshashlarga bo‘lur..." mazmunida hadis aytganlar. Shundan ma’lum bo‘ladiki, bu dunyoda musibat yetish b-n bo‘ladigan sinov badbaxtlik belgasi emas. Zero, bu foniy dunyo qilingan ishga yarasha mukofot olish o‘rni emas, balkim imtihon va oxirat uchun zaxira to‘plash o‘rnidir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:42:38
AKROMIYLAR - islomdagi diniy-siyosiy guruh (oqim). 1997-1999 y.larda Farg‘ona vodiysida paydo bo‘lgan. Guruh asoschisi -Akrom Yo‘ldoshev (1960 y.da Andijonda tug‘ilgan). Guruh a’zolari, asosan, hunarmandlardan iborat bo‘lgan. Ular rasmiy ishxonalardan bo‘shab, jamoa ma’qullagan mehnat faoliyati b-n shugullanganlar. Ular mavjud tuzumni tan olmaydilar, davlat, qonun, ota-onaga emas, faqat oqim sardorlariga bo‘ysunish lozim deb hisoblaydilar. A.asoschisi vahhobiylik ta’limotiga tayanib, 1992 y.da 12 darsdan iborat "Imonga yo‘l" deb nomlangan dastur ishlab chiqqan. Dasturda oxirgi maqsad - islom davlatini barpo etishdan iborat ekani ta’kidlangan. A. siyosiy xokimiyatga erishishning 5 bosqichini rejalashtirganlar: 1. "Sirli" yoki "maxfiy". 2. Moddiy. 3. Ma’naviy. 4. "Uzviy maydon". 5. "To‘ntarish". Dasturda diniy taassubga moyilligi bor shaxs tanlab olinishi, uning "¢moddiy hayoti yaxshilanishi, ekstremizm, terrorchilik ruhidagi adabiyotlar b-n tanishtirilishi, boshliqning topshiriqlarini so‘zsiz bajarishi va nihoyat mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlab, o‘z xokimiyatlarini o‘rnatishi bayon etilgan. A. xozirgi kunda musulmonlarga namoz, ro‘za, zakot, haj farz emas, chunki biz kufr davlatida yashamokdamiz, deb hisoblaydilar. To islom davlati qurilmaguncha, mazkur ibodatlarni bajarish shart emas deb qaraydilar. O’zbekiston musulmonlari bu oqimni islomga yot oqim deb baholadi. Oqim xalqning keskin qarshiligiga uchradi va faoliyati barham topdi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:42:46
ALAVIYLAR - q. Nusayriylar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:44:05
AL-AZHAR, Azhar (al-Jome’, al-Azharning qisqa nomi) - Qohiradagi jome masjid, universitet, o‘rta va o‘rta maxsus bilim yurtlarini o‘z ichiga olgan yirik rasmiy diniy muassasa. Masjid Al-Mu’iz al-Fotimiy buyrug‘iga binoan Javhar as-Siqolliy tomonidan 970-972 y.lari Qohira sh. b-n barobar qurilgan. Uning tarkibidaga madrasa (996) 11-a.dan boshlab Kur’on, hadis, fiqh, til hamda balog‘at fanlari o‘qitiladigan universitetga aylantirilgan. 14-15-a.larda unga yana bir necha yanga qurilgan madrasalar qo‘shilgan. 18-a.da A. eng mo‘‘tabar umummusulmon fan va ta’lim maskani sifatida shuhrat qozondi. 1961 y.da "al-Azharni rivojlantirish haqida" qonun qabul kilingach, vazirlik maqomi berilgan. A. diniy muassasasiga rahbar - Shayxul Azharni Misr Prezidenti tayinlaydi. Ushbu qonunga ko‘ra, A. universitetida qator dunyoviy fakultetlar, jumladan, idora ishlari va savdo, politexnika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, pedagogika va xotin-qizlar fakultetlari ochildi. A. huzurida 50 yirik ulamodan tashkil topgan (shulardan 30 nafari misrlik va 20 nafari xorijlik) Islom tadqiqotlari Akademiyasi faoliyat ko‘rsatadi. A. kutubxonasida 20 mingdan ziyod qo‘lyozmalar jamg‘armasi mavjud. "Majallat al-Azhar" jurnalini nashr etadi. Universitet fakultetlariga shu muassasa tarkibiga kiruvchi boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus bilim yurtlarini muvaffaqiyatli tugatgan talabalar qabul qilinadi. O’rta ta’lim yurti (maohid i’dodiya)da o‘qish muddati - 3 yil, maxsus ta’lim (maohid sanaviya)da esa - 4 yil.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:44:36
ALAYHISSALOM (arab. - unga salom bo‘lsin) - islomda payg‘ambarlar nomi tilga olinganda aytiladigan ibora. Bu ibora barcha payg‘ambarlar, jumladan, Muxammad (sav) nomi tilga olinganda ham aytiladi. Ammo, mazkur iboraning ikkinchi turi -"Sallallohu alayhi vasallam" ("Alloh taolo ul zotga o‘zining salavot va salomini nozil etsin") ham mavjud bo‘lib, u faqat Muhammad (sav) payg‘ambarga nisbatan aytiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:45:13
ALAM (arab. - alomat, belgi, bayroq) - 1) aziz-avliyolar mozorida, qadamjolarida o‘sgan daraxtlarga osiladigan har xil (ko‘pincha oq) lattalar. O’ldirilgan kishilar qabrida tayoqqa osilgan latta ham A. deyiladi. A. joy nomlari tarkibida ko‘p uchraydi (Alamlisoy, Xo‘jaalambardor va b.); 2) Eronda har yili o‘tkaziladigan bayram. Shialar e’tiqodiga ko‘ra, avliyo Imom Rizo besh o‘g‘li b-n haj qilish uchun Makkaga ketayotganda yo‘lda qaroqchilar ularni o‘ldiradi. Har yili xalq shu kunni xotirlash maqsadida A. - rasm tushirilgan bayroq ko‘tarib ko‘chaga chiqadi. Mis yoki birinj (bronza)dan quyilgan besh panjali (besh avliyoni ifodalovchi) A. shu marosim asosida paydo bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:47:56
AL-ASMO al-HUSNO (arab. - go‘zal ismlar) - Allohning ismlari.  Mazmunan  uning sifatlari,  fazilatlarini  ifodalaydi. Qur’onda Allohni shu ismlar b-n yodga olish buyuriladi: "Allohning go‘zal ismlari bordir. Bas, uni o‘sha ismlar b-n chorlanglar (yod etinglar)" ("A’rof" surasi, 180-oyat); "Alloh, deb chorlangaz, yoki Rahmon - Mehribon, deb chorlangiz.   Qanday   chorlasangizlar-da (joizdir). Zero, U zotning go‘zal ismlari bordir" ("Al-isro" surasi, 110-oyat). Bu ismlar - 99 ta. Ular musulmon ilohiyotida muhim o‘rin tutadi. Alloh ismlari ko‘p duolarda qo‘shib aytiladi. Odatda tasbih donalari soni Alloh ismlari soni b-n tengdir. Hamma ismlar Qur’onning turli joylarida uchraydigan Alloh sifatlaridan kelib chiqadi va ular b-n bog‘langan fe’llaridan hosil bo‘lgan. Bu ismlar va ularning mazmuni kuyidagicha:
1.   Alloh - Tangri, Ma’budi bar haq.
2.   ar-Rahmon - o‘ta mehribon.
3.   ar-Rahim - juda rahmli.
4.   al-Malik - podshoh.
5.   al-Qudtsus - nuqsonlardan xoli.
6.   as-Salom - ofat va balolardan salomat.
7.   al-Mu’min - amonli va omon beruvchi.
8.   al-Muhaymin - egallab, qoplab oluvchi.
9.   al-Aziz - izzat va qudrat sohibi.
10.   al-Jabbor - bandalari ishini isloh etuvchi.
11.   al-Mutakabbir - kattalik yarashuvchi zot.
12.   al-Xoliq - yaratuvchi, vujudga keltiruvchi.
13.   al-Bori’ — yaratuvchi.
14.   al-Musavvir - maxluqot va mavjudotlarga surat va shakl beruvchi.
15.   al-Raffor   -   bandalarning   aybu nuqsonlari va gunohu ma’siyatlarini fosh qilmay yopib turuvchi, kechiruvchi.
16.   al-Qahhor - barchani  bo‘ysundiruvchi, g‘olib.
17.   al-Vahhob - o‘z ne’matlarini tekin ato etuvchi.
18.   ar-Razzoq - barcha tirik mavjudot rizqini yetkazib beruvchi.
19.   al-Fattoh - kushoyish beruvchi, rahmat xazinalarini ochuvchi.
20.   al-Alim - biluvchi, dono, ilm sohibi.
21.   al-Qobiz  -  kimlarningdir  rizqini qiyuvchi, ruhlarni qabz etuvchi (oluvchi).
22.   al-Bosit - kimlargadir keng rizq beruvchi, ruh baxsh etuvchi.
23.   al-Hofiz - kofirlar martabasini tushiruvchi.
24.   ar-Rofi’ - mo‘minlar martabasini ko‘taruvchi.
25.   al-Muizz - kimlarnidir aziz, qadrli etuvchi.
26.   al-Muzill - kimlarnidir xoru zalil qiluvchi.
27.   as-Sami’ - maxfiy va oshkora gap va sharpalarni, hatto dildan o‘tganini ham eshituvchi.
28.   al-Basir - hamma maxfiy va oshkora narsalarni ko‘ruvchi.
29.   al-Hakam - qat’iy hukm etuvchi.
30.   al-Adl - o‘ta adolatli.
31.   al-Latif - bandalariga sezdirmay o‘z lutfu ehsonini yetkazib beruvchi.
32.   al-Xabir - hamma maxfiy va oshkora ishlardan xabardor.
33.   al-Halim - jazolashga shoshmaydigan, yumshoklik b-n yaxshilik qilib turuvchi.
34.   al-Azim - ulug‘, buyuk, katta.
35.   al-Rafur - gunohlarni yashirib, jazo bermay turuvchi.
36.   ash-Shakur - oz ishga ko‘p mukofot beruvchi.
37.   al-Aliy - ulug‘ martabali, buyuk.
38.   al-Kabir - katta, har jihatdan yuqori.
39.   al-Hafiz - saklaguvchi (o‘z panohida).
40.   al-Muqit - moddiy va ma’naviy oziq beruvchi.
41.   al-Hasib - har bir ishga o‘zi kifoya qiluvchi.
42.   al-Jalil - barcha sifatlari mukammal, ulug‘ zot.
43.   al-Karim   -   karamli,   sahovatli, kechirimli.
44.   ar-Raqib - hamma narsani kuzatib, nazorat ostiga olib turuvchi.
45.   al-Mujib - duolarni qabul etuvchi.
46.   al-Vosi’ - mulki, rahmati va qudrati keng zot.
47.   al-Hakim - hikmat sohibi. Daqiq va nozik ilmlarni biluvchi.
48.   al-Vadud - do‘st, xayrixoh, mahbub.
49.   al-Majid - ne’mati va ehsoni bepoyon.
50.   al-Bois  -  payg‘ambarlar  yuboruvchi, o‘lgandan keyin qayta tiriltiruvchi.
51.   ash-Shahid - hamma narsani bilib, ko‘rib turuvchi, guvoh.
52.   al-Haq - haqiqatan mavjud zot.
53.   al-Vakil - hamma ishlarni o‘z zimmasiga, kafolatiga oluvchi.
54.   al-Qaviy - haqiqiy quvvat va qudrat egasi.
55.   al-Matin - quvvatli, matonatli.
56.   al-Valiy - do‘stlariga do‘st, madadkor.
57.   al-Hamid - hamdu sanoga, maqtovga loyiq zot.
58.   al-Muhsiy   -   barcha   maxluqot   va mavjudotlarning  hisob-kitobini  yaxshi biluvchi.
59.   al-Mubdi’ - yo‘kdan bor qiluvchi, yaratuvchi.
60.   al-Muid - hayotdan o‘limga, o‘limdan yana hayotga qaytaruvchi.
61.   al-Muhyiy - tiriltiruvchi.
62.   al-Mumit - o‘ldiruvchi.
63.   al-Hay - tirik.
64.   al-Qayyum   -   o‘z-o‘zidan   turuvchi, boshqalarni turg‘izuvchi.
65.   al-Vojid - xoxdagan narsasini topuvchi.
66.   al-Mojid - karamli va sharafli zot.
67.   al-Vohid - yagona, bir (xudo-bir).
68.   as-Samad - hojatbaror.
69.   al-Qodir - qudratli.
70.   al-Muqtadir - qudratli, qodir.
71.   al-Muqaddim - o‘ziga yaqin qiluvchi.
72.   al-Muaxxir - o‘zidan uzoq etuvchi.
73.   al-Avval  -  hamma  narsadan  avval, boshlanishi chegarasiz.
74.   al-Oxir - hamma narsadan boqiy, oxiri cheksiz.
75.   az-Zohir - borligi hamma tomonlama bayon bo‘lmish zot.
76.   al-Botin - o‘zi mavjud, lekin sezgi vositalarimizdan maxfiy zot.
77.   al-Voliy - barcha ishlarni tasarruf etuvchi hokim.
78.   al-Mutaol - ulug‘, oliy martabali.
79.   al-Barr - yaxshilik va ehson sohibi.
80.   at-Tavvob - tavbalarni qabul etuvchi.
81.   al-Muntaqim - gunohkor bandalaridan o‘ch oluvchi, jazolovchi.
82.   al-Afuv - gunohlarni afv etuvchi.
83.   ar-Rauf - o‘ta mehribon, rahmati keng.
84.   Molikul-mulk - mulk, saltanat, hukm sohibi.
85.   Zul-jaloli val-ikrom - sharaf va karam egasi.
86.   al-Muqsit - adolatli, odil.
87.   al-Jomi’ - to‘plovchi,  qiyomat  kuni xaloyiqni mahshargohga jam etuvchi.
88.   al-Raniy - boy, ehtiyojsiz.
89.   al-Mugniy - boy etuvchi, kifoya qiluvchi.
90.   al-Moni’ - do‘stlarini himoya etuvchi, noloyiklarga o‘z ne’matlarini man etuvchi.
91.   az-Zorr - xoxdagan bandalariga ofat, zarar va musibat yetkazuvchi.
92.   an-Nofi’ - xoxlagan bandalariga manfaat va foyda yetkazuvchi.
93.   an-Nur - o‘z-o‘zidan borligi ayon va borliqni ham ayon etuvchi.
94.   al-Hodiy - yo‘l ko‘rsatuvchi, hidoyatga soluvchi.
95.   al-Badi’ - yaratuvchi (ixtiro ila)
96.   al-Boqiy - doimiy, abadiy mavjud.
97.   al-Voris - borliqni meros qilib oluvchi.
98.   ar-Rashid - barcha ish va tadbirlari to‘g‘ri chiquvchi.
99.   as-Sabur - gunohkor-isyonkorlarga jazo berishga shoshilmaydigan zot.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:48:22
ALVASTI - Sharq mifologiyasi va diniy- xurofiy tasavvurlarga ko‘ra yovuz ruh. A. ko‘pincha sochlari yoyilgan, ko‘kraklari uzun osilgan va badbashara ayol qiyofasida tasavvur etilgan.  Manbalarda A. dastlab yaxshilik qiluvchi,  hosildorlik,  uy-ro‘zg‘or,  yovvoyi hayvonlar va ovchilik homiysi, sahiy ma’buda sifatida  tasvirlangan.   Rivojlangan mifologik tasavvurlarning keng yoyilishi b- n esa, yovuz ruxlardan biriga aylantirilgan. Ba’zan A. jin, ajina so‘zlarining sinonimi sifatida ham ishlatiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:48:45
ALI ibn Abu Tolib (kv) (taxm. 600-661.21.1, Ko‘fa) - "xulafoi roshidin" yoxud "choryorlar" deb ataluvchi dastlabki to‘rt xalifaning to‘rtinchisi, Muhammad (sav)ning amakivachchalari va kuyovlari (Fotimaning eri). Otasi - Abu Tolib ibn Abdulmuttalib, onasi - Fotima binti Asad ibn Hoshim. 9 yoshidan Muhammad (sav)ning tarbiyasida bo‘lgan. Laqabi - Haydar. Islomda vujudga kelgan shialik harakati bevosita A. (kv) ismi b-n bog‘likdir. 7-a. o‘rtalarida xalifa Usmon (ra) siyosatidan norozilik ommaviy tus oldi. Muhammad (sav)ning barcha yurishlarida ishtirok etgan, qo‘rqmas va sodiq jangchi, o‘ta taqvodor inson, mohir notiq A. (kv) xalifalikka munosib nomzod sifatida ko‘pchilikka ma’qul edi. 656 y. iyunida Usmon (ra) o‘ldirildi va A. (kv) xalifa deb e’lon qilindi. Ammo sahobalardan Talha va az-Zubayr hamda A. (kv)ga nisbatan adovatda bo‘lgan payg‘ambar (sav)ning bevasi Oisha (ra) tarafdorlari unga qarshi bosh ko‘tardilar. Qatl etilgan Usmon (ra)ning qarindoshi Suriya hokimi Muoviya ham A. (kv)ga qarshi urush e’lon qildi. 657 y. Furot daryosi o‘ng qirg‘og‘idagi Siffin degan joyda yuz bergan jangda A. (kv) qo‘li baland kelgan bo‘lsa-da, u raqiblari b-n kelishishga ko‘ndi. Bundan norozi bo‘lgan A. (kv) askarlaridan 12 ming kishi jang maydonini tark etdilar va xorijiylar deb atalgan diniy-siyosiy oqimni tashkil qildilar. Xorijiylar raqiblariga nisbatan yakka terror usulini qo‘llay boshladilar. 661 y. 19 yanv.da A. (kv) Abdurahmon ibn Muljam as-Sorimiy degan shaxs tomonidan Kufa masjididan chiqish paytida jarohatlanadi va ikki kundan so‘ng vafot etdi. Jasadi ana shu masjid yaqiniga dafn etilgan, keyinchalik Najaf qasabasiga ko‘chirilgan. Rasulullohdan 586 ta hadis rivoyat etgan. Islomda A. (kv) shaxsiga munosabat turlichadir. Xorijiylar unga o‘ta salbiy munosabat bildirgan bo‘lsalar, shialar aksincha uni ilohiylashtirib yuborganlar. Axli sunna A. (kv) shaxsiga mo‘‘tadil va to‘g‘ri baho beradi. A. (kv) tarafdorlari keyinchalik islomdagi shialik (arab. - "shia" - guruh, bu o‘rinda "Ali tarafdorlari" mazmunida) oqimini tashkil etganlar. A. (kv) shialarning 1-imomi va shia imomlari shajarasini boshlab beruvchi hisoblanadi. Shia yo‘nalishining ba’zi ashaddiy firqalari A. (kv) shaxsini ilohiylashtirib, uni Muhammad payg‘ambardan ham yuqori qo‘yadilar. O’rta Osiyo, xususan, O’zbekistonda bir necha qadamjo va mozorlar A. (kv) nomi b-n bog‘lanib, muqaddaslashtirilgan. Haqiqatda esa A. (kv) O’rta Osiyo va Eronda hech qachon bo‘lmagan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:49:45
ALI AVLODLARI - Ali ibn Abu Tolib avlodlari. Manbalarga ko‘ra, Ali (kv)ning turli xotinlaridan (8 yoxud 9) ko‘plab farzandlari - 14 (yoki 18) o‘g‘il va 19 (yoxud 17) qizi bo‘lgan. Ularning ichida tarixda eng mashhurlari Muhammad (sav) qizlari Fotimadan tug‘ilgan Hasan va Husayn hamda banu hanifa qabilasidan bo‘lgan xotinidan tug‘ilgan Muhammad ibn al-Hanafiya hisoblanadi. Aynan mana shu uch farzandtsan tarqalgan tarmoq oliy hokimiyatga da’vogar bo‘lishgan. Shialikdagi imomiylar oqimi tan oladigan 12 imomdan 9 tasi Husayn tarmog‘iga mansubdir. Islomning deyarli butun tarixi mobaynida A.a. yoxud ularning tarafdorlari oliy hokimiyatga erishish yo‘lida qurolli va g‘oyaviy kurash olib borganlar. Ular imomatga faqat A.a. hukmron bo‘lish huquqiga ega deb hisoblaydilar. Kurash jarayonida xalifalikning turli chekkalarda A.a. bosh bo‘lgan imomatlar barpo etilgan. Ularning ichida eng mashhurlari Marokashdagi Idrisiylar (789-926), Shimoliy Afrika, Misr va Suriyadagi Fotimiylar (909-1171), Yamandagi Rassiylar (9-a. boshidan 1281 y.gacha), Tabariston (863-64 - 928) va Yaman (1592-1962)dagi Zaydiylar sulolasi hisoblanadi. Hoz. vaqtda ko‘plab A.a. barcha musulmon mamlakatlarida yashaydilar. Ular imtiyozli huquklarga ega bo‘lib, yashil salla o‘raydilar va sayyidlar yoxud shariflar deb ataladilar. Tor ma’noda A.a. alaviyya deganda "ashaddiy" shialar jamoasi - nusayriylar tushuniladi. Xalq fikriga ko‘ra, Fotimadan tarqalgan A.a. O’zbekistonda "sayidlar" yoxud "to‘ralar" deb ataladi. Ali (kv)ning boshqa xotinlaridan tarqalgan avlodlari "xo‘jalar"ga kiradi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:50:26
ALI ar-RIZO, Ali ibn Muso (765/770-818) - shialarning sakkizinchi imomi. Madinada yashagan. 816 y.da xalifa al-Ma’mun mo‘‘tadil shialar b-n ittifoklashish va ular yordamida o‘z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida A. ar-R.ni taxt vorisi deb e’lon qilgan. Lekin bu ittifoq uzoqqa cho‘zilmagan. Sunniylar bunga qarshi harakat boshlagan.  Xalifa shialar b-n munosabatini uzgandan keyin A. ar-R. Xurosonda Tus sh. yaqinidagi Nukan qishlog‘ida zaharlab o‘ldirilgan va Sanobad qishlog‘iga dafn qilingan, keyinchalik uning qabriga maqbara barpo etilgan va shialar uchun ziyoratgoh, asosiy muqaddas joylardan biriga aylangan. Qabr joylashgan qishloqqa A. ar- R.  sharafiga Mashhadi  Ali  Rizo  nomi qo‘yilib (A. ar-R. shahid bo‘lgan joy), u yirik shahar (hoz. Mashhad)ga aylangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:50:42
ALIILOHIYLAR - q. Ahli haq.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:51:07
ALIXONTO’RA Shokirxo‘ja o‘g‘li (taxallusi Sog‘uniy; 1885.21.3, To‘qmoq- 1976, Toshkent) din va davlat arbobi, ulamo, tarjimon. Taxallusi tug‘ilgan shahrining kdts. nomi - Bolasog‘un b-n bog‘liq. Arabiston (Madina)da va Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Chor ma’muriyatining yerli aholini mardikorlikka olish siyosatiga qarshi chiqqanligi uchun podsho maxfiy politsiyasi ta’qibida bo‘lgan. 1916  y.  siyosiy  muhojir  bo‘lib  Qashqar (Xitoy)ga ketgan. Omma orasida hurriyat uchun kurash g‘oyalarini targ‘ib qilganligi sababli 1937 y. Xitoy ma’murlari tomonidan hibsga olinib, umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan. 1941  y. ozod qilingan.   1944 y.  Sharqiy Turkiston jumhuriyati e’lon qilinib, A. Muvaqqat inqilobiy  hukumat  raisligiga saylangan. Milliy qo‘shin tashabbuskori bo‘lgan va unga qo‘mondon etib tayinlangan. 1946 y.dan umrining oxirigacha ilmiy, ijtimoiy faoliyatini davom ettirgan. Ahmad Donishning "Navodir ul-vaqoe", Darvish Ali Changiyning "Musiqa risolasi", shuningdek, "Temur tuzuklari" kabi asarlarni tarjima qilgan. A.ning "Devoni Sog‘uniy" she’riy to‘plami, "Tarixi Muhammadiy", "Shifo ul-ilal" ("Xastaliklar davosi") va b. asarlari bor. "Tarixi Muhammadiy" (yoki "Muhammad tarixi" asarini A. 1959 y. yozib tugallagan, lekin u muallif vafotidan keyin chop etilgan (1991 va 1997). Asar 2 kitobdan iborat, unda Muhammad (sav)ning islom dini vujudga kelishi va rivojlanishidagi xizmatlari mufassal yoritilgan, din yo‘lida qilingan g‘azotlar, islom diplomatiyasi, g‘oyalari, amaliyoti va yutuqlari tahlil etilgan, Muhammad (sav)ning shaxsiy va oilaviy hayoti, payg‘ambarligini tasdiklovchi mo‘‘jizalar bayon qilingan. A. tarixiy me’morlik obidalari va qad. qo‘lyozmalarni saqlab qolishda jonkuyarlik qilgan. Toshkentdagi Shayx Zayniddinbobo qabristoniga dafn etilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:51:44
ALLOH (arab. "al-iloh" - ilohiy kuch, turkiy xalklarda, xususan, o‘zbeklarda - Tangri, fors-toj. Xudo, Yazid), O l l o h - islom dinida butun mavjudotni yaratgan oliy ilohiy kuch; xudoning nomi. Odatda A.ga Taolo (ulug‘, oliy), Taboraka va taolo, Jalla jalalahu, karim, buzurg, Parvardigori olam kabi sifatlar qo‘shib aytiladi. Islom diniga binoan A. -yakkayu-yagona xudo, olamning yaratuvchisi va qiyomat kunining egasi. U Muhammad payg‘ambar (sav)ni insoniyatga o‘zining so‘nggi elchisi sifatida yuborgan. Islomning eng asosiy talabi hisoblangan kalimai shahodat "Lo iloha illalohu Muhammadur rasululloh" ("A.dan boshqa iloh yo‘q, Muhammad - A.ning payg‘ambari"), deb uqtiradi. Islomga ko‘ra, Qur’on Muhammad (sav)ga farishta Jabroil (as) orqali yuborilgan A.ning so‘zidir. Qur’oni karimda A.ning yagonaligi va buyukligi juda ko‘p bor ta’kidlanadi. 112-Ixlos surasida: "...U - Alloh Birdir (ya’ni Uning hech qanday sherigi yo‘kdir. U yakka-yu yolg‘izdir). A. (barcha hojatlar b-n) ko‘zlanguvchidir (ya’ni barcha hojatlar Undan so‘raladi, ammo U hech kimga muhtoj emasdir). U tug‘magan va tug‘ilmagandir (ya’ni A.ning o‘g‘il-qizi ham, otasi-onasi ham yo‘kdir. U azaliy va abadiy zotdir). Va hech kim U zotga teng emasdir", deyilgan. Shuningdek, Qur’onda doimo A.ning mukammalligi, qodirligi va ulug‘ligi haqida gapiriladi. A. "aliym", ya’ni biluvchidir, u bo‘lib o‘tgan ishlarni, endi bo‘ladigan ishlarni, xoh katta, xoh kichik, barchasini biladi; A. "murid", ya’ni xoxlaguvchidir - dunyodagi ishlarning har biri A. taoloning irodasi va xohishi ila bo‘ladi, u xoxdagan ish bo‘lmay qolmas va xoxlamagan ish aslo bo‘lmas; A. "qadir", ya’ni har ishga qudrati yetuvchidir; A. "basir", ya’ni ko‘ruvchi yer va osmondagi, qorong‘u va yorug‘dagi, katta va kichik narsalarning barchasini ko‘radi; A. "sami’", ya’ni eshituvchi - baland bo‘lsin, sekin bo‘lsin har qanday ovozlarni eshitadi; A. "mutakallim", ya’ni so‘zlaguvchi - Qur’oni karimdagi barcha oyatlar, shuningdek, Tavrot, Injil, Zabur kitoblari A. taoloning so‘zidir; A. "mukavvin", ya’ni bo‘ldirguvchi - dunyodagi barcha  narsalar  uning bo‘ldirmog‘i  ila bo‘lgandir; A. "rabbun", ya’ni tarbiya qiluvchi - barcha jonli va jonsiz narsalarni tarbiya qiladi;  A.  taolo  "odil", ya’ni to‘g‘rilik qiluvchi - har bir hukmni va har bir ishni to‘g‘rilik ila qiladi, hech kimga jabr va zulm qilmaydi. U mehribon va kechirimli. Odamlar butunlay unga itoat etishlari  (islomga kirishlari),  xudodan  qo‘rqib  vijdonli bo‘lishlari, barcha narsada A.ga va uning irodasiga ishonishlari lozim. A. o‘zi xoxdagan paytda yerdagi barcha narsani barbod etadi, o‘liklarni tiriltiradi va ularni o‘z huzuriga hukm qilish uchun yig‘adi: u yerda har kishining qilgan amaliga ko‘ra yo jahannam (do‘zax) azobiga duchor qiladi yoki jannat b-n mukofotlaydi. A.  haqidagi ta’limot musulmon dini va ilohiyot fanining asosi bo‘lib qoldi.  A. tabiatining turli qirralari hadis, tafsir va ilohiyotga oid maxsus asarlarda tilga olinib, tushuntiriladi. Shunga ko‘ra, U inson sifatlaridan tubdan farq qiladi. Islom ta’limotiga ko‘ra, A. taoloning zoti va sifatlari to‘g‘risida chuqur  bahs yuritish shar’an  man  etiladi.  A.  biror  narsaga o‘xshatilmaydi va biror narsa ham A.ga o‘xshatilmaydi. A.ning ism va sifatlari Qur’oni karimda tilga olingan 99 ismlarida yaqqol ko‘rinadi (q. Al-asmo al-husno).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:51:57
ALLOHU AKBAR - q. Takbir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:52:12
 ALYASA’  (as)  -  Qur’onda  nomi  zikr  qilingan payg‘ambarlardan biri. A. Banu  Isroil  payg‘ambarlaridan  biri  bo‘lib, Qur’onda A. haqida alohida oyatlar nozil  bo‘lmagan,  balkim  imon keltirish lozim  bo‘lgan bir guruh payg‘ambarlar jumlasida zikr qilingan (Sod surasi, 48-oyat, An’om surasi, 86-oyat). Rivoyatlarga ko‘ra A. Ilyos payg‘ambarning amakivachchasi bo‘lib, Ilyos (as) vafotidan so‘ng Alloh A.ni payg‘ambar etishni ixtiyor qiladi va A. Ilyos (as) ning da’vatini davom ettirib  odamlarni  Allohga imon keltirishga va Ilyos (as) shariatini tatbiq etishga chaqirgan.  A.  zamonasida turli hodisalar sodir bo‘lgani rivoyat qilingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:52:51
AMAL (arab - ish, faoliyat, harakat) - din aqidalariga ishonishdan tashqari dindor o‘z faoliyati va harakati b-n bajaradigan barcha ishlarni ifoda etuvchi tushuncha. A. umumiy mazmunda diniy marosim, urf-odatlar b-n bog‘liq vazifalarni o‘z ichiga oladi. Qur’onda "A." so‘zi juda ko‘p suralarda keladi, bunda musulmonlar tomonidan bajariladigan yaxshi, savob va gunoh ishlar ham, shayton tomonidan odamlarga qilinadigan vasvasa va zararli ishlar ham tushuniladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:53:03
AMIN (arab. - ishonchli, halol) - Muhammad (sav)ga payg‘ambarlik vahiyi kelmasidan burungi davrda u zotning nihoyatda halol, rostgo‘y bo‘lganliklari tufayli xalq tomonidan berilgan laqab (Muhammad amin, ya’ni Muhammad halol, ishonchli).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:53:16
AMIR al-MO’MININ (arab. - mo‘minlar amiri) - arab xalifaligi davridagi xalifalarning unvoni. Islom ta’limotida  Muhammad (sav) oxirgi payg‘ambar, xalifalar esa, payg‘ambarning o‘rinbosarlari hisoblanadi. Diniy, dunyoviy va harbiy  hokimiyat ularning qo‘llarida jamlangan. Bu  vazifalarni bajaruvchilar "xalifa", "imom", "amir" istilohlari o‘rniga, har uchala  mazmunni ifodalovchi yagona A.al-m. istilohi b-n atalgan. Mazkur unvon ilk daf’a ikkinchi xalifa Umar (ra)ga berilgan, keyingi barcha  xalifalar (Usmon (ra), Ali (kv) va b.) ham shu unvon b-n atalgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:54:04
 AMIR ul HAJ, Amiral-Haj - haj  boshlig‘i, hojilar karvoni rahbari. Haj  ziyoratiga keluvchilarga rahbarlik qilish  odatini Muhammad (sav) belgilab berganlar.  Payg‘ambar (sav) 631 y. Abu Bakr Siddiqqa Madinadan Makkaga boruvchi karvonga haj amiri sifatida boshchilik qilishni, unga g‘ayridinlar qo‘shilib qolmasligi ustidan nazorat qilishni topshirganlar. 632 y. Muhammad (sav) ning o‘zlari "vidolashuv haji" ("haj ul vido")ga boshchilik qilib, haj marosimlariga doir bir qancha muhim ko‘rsatmalarni berganlar. Hajga rahbarlik qilish yoxud A. ul H.ni tayinlash huquqi xalifalarda bo‘lgan. 13-a.da A. ul H.ni tayinlash huquqi mamluk sultonlariga o‘tgan, ayni shu vaqtdan e’tiboran Makkaga yo‘l olgan hojilarning asosiy to‘planadigan yerlari (mas., Damashq)da tashkil etilga'n karvonboshilar ham A. ul H. deb atala boshlagan. Makkaga boruvchi hojilarning asosiy karvonini tayyorlash va jo‘natishga Usmoniylar davrida ham katta e’tibor berilgan. A. ul H. tomonidan qurolli guruh ajratilib, unga Hijozda Turkiyaning mavqeini kuchaytirish bo‘yicha muhim vazifalar yuklatilgan. 20-a.ning 20-y.larida Saudiya Arabistoni qiroli Ibn Sa’ud davlat hududida A. ul H.ning har qanday siyosiy faoliyat yurgizishini taqiqlab qo‘ygan. A. ul H. vazifalari karvondagi tartibni saqlash va diplomatik topshiriqlarni bajo keltirish b-n cheklanib qolgan. 1954 y. hajga boruvchilarning asosiy qismi to‘planadigan Misrda A. ul H. unvoni bekor qilinib, o‘rniga "hojilar guruhi rahbari" (ra’is ba’sat al-haj) tayin etilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:54:20
AMMOR ibn YOSIR, to‘liq ismi Abul Yaqzon Ammor ibn Yosir ibn Omir al-Kinoniy (565-657) - sahoba, islomga birinchi bo‘lib kirganlardan biri. O’tkir fikrli va jasoratli kishi bo‘lgan. Madinaga hijrat qilgan. Badr, Uxud, Xandaq janglarida qatnashgan. U islomda birinchi bo‘lib masjid kurgan kishidir, u o‘z masjidini Qabo deb atagan. Ali (kv) xalifaligi davrida Kufa amiri bo‘lgan. Ali (kv) b-n birga Jamol va Siffin janglarida qatnashgan va Siffin jangida shahid bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:54:49
AMR ibn al-OSS, to‘liq ismi Amr ibn al-Oss ibn Voil al-Sahmiy al-Qurayshiy; kunyasi Abu Abdullo (571-664) - Misrni fath etgan islom sarkardasi, arablarning qabila boshliklaridan. Johiliyat davrida islomga qarshi bo‘lgan. Xudaybiya sulhida islomga kirgan. Rasululloh (sav) uni g‘azotga yuborib, yoniga Abu Bakr Siddiq (ra) va Umar (ra)ni qo‘shganlar. Keyin A.a.-O.ni Ummonga voliy qilib yuborganlar. Umar (ra)ning xalifalik davrida Shom fath qilingach, A.a.-O. Falastin, so‘ng Misrga katta lashkarga qo‘mondon bo‘lib borgan. 39 ta hadis rivoyat qilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:54:59
AMR ibn UBAYD (699-761) - mu’taziliylar oqimi asoschilaridan biri. Balxda tug‘ilgan. Otasi b-n Basraga ko‘chib borib, Hasan al-Basriydan ta’lim olgan. Ba’zi o‘rta asr ilohiyotchilari islomdan mu’taziliylar oqimining ajralib chiqishiga Vosil ibn Ato emas, balki A.i.U. sababchi deb hisoblaydilar. Aslida esa, mutaziliylarning aqlga tayanuvchi alohida oqim bo‘lishi Vosil ibn Atoning xizmatidir. Ammo A.i.U. ham iste’dodli shaxs sifatida mu’taziliylar ta’limotini shakllantirishga sezilarli hissa qo‘shgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:55:18
AMRI MA’RUF (arab. to‘liq shakli "amri ma’ruf, nahiy munkar" - "yaxshilikka buyurish, yomonlikdan qaytarish") - islom dinidagi marosim. Musulmonlar bir-birlarini haq yo‘lga, yaxshilik va go‘zal axloqqa chaqirishi Alloh tarafidan farz qilingan. Chunki, do‘stona, beg‘araz nasihat, xususan, amalda o‘zi o‘rnak bo‘lgan holda, boshqalarni tarbiyalash juda katta ta’sirga ega. Kishi o‘z oilasini, farzandlarini diniy e’tiqod, halollik va pok axlokda tarbiyalash ham A.m. sifatida farzi ayn hisoblanadi. Alloh musulmonlar bir-birlarini to‘g‘ri yo‘lga da’vat etib, insoniylikka nomunosib, nojo‘ya ishlardan qaytarishlarini (nahiy munkar) zaruriy farzlardan qilgan. Hadislarning birida "Agar sizlar bir-biringizni yaxshilikka buyurib, yomonliklardan qaytarib turishlik vazifasini tark etadigan bo‘lsangiz, Alloh taolo sizlarga shunday balo va ofatlarni yuboradiki, bu hamma uchun fojia bo‘ladi", deb rivoyat qilinadi. Alloh taolo ham o‘z kitobida: "Sizlardan yaxshilikka da’vat etadigan, amri ma’ruf va nahiy munkar qiladigan bir toifa kishilar bo‘lsin. Aynan ular najot topuvchilardir" (3.104) deydi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:55:47
ANAS ibn MOLIK, to‘liq ismi Anas ibn Molik ibn an-Nazr an-Najjoriy al-Xazrajiy al-Ansoriy, kunyasi Abu Sumoma (610, Madina - 712, Basra) - ansorlardan va ashobi kiromning faqihlaridan biri. Hijratning ibtidosidan e’tiboran o‘n yil Rasuli Akram(sav)ning xizmatida bo‘lishi b-n shuhrat topgan. 2630 hadis rivoyat etgan. Abu Bakr, Umar, Usmon, Ubayy bin Ka’b va b. ko‘pgana ashoblardan rivoyat etgan, uning o‘zidan ham Hasan Basriy, Zuhriy, Qatoda, Yahyo ibn Said kabi zotlar hadis naql etganlar. Basrada eng keyin vafot etgan sahobadir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:55:58
ANBAR - erkaklar tobutining 4 burchagiga tik qoqilgan tayoklarga o‘rnatilgan gazlama, surp; shuningdek, ayollar tobutining tepasiga ishkom tarzida egib o‘rnatilgan tol yog‘ochlari ustiga yopilgan malla bo‘z.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:56:12
ANBAR BIBI MAQBARASI - Zangi ota majmuasi tarkibidagi maqbara. Toshkent yaqinidagi Zangi ota qishlog‘ida barpo etilgan (15-a. boshlarida). Zangi ota maqbarasi qatori bu yodgorlik ham Amir Temur zamonasi me’morlik an’anasining yorqin namunasidir. Rivoyatlarga qaraganda, maqbara Zanga otaning xotini Anbar bibining qabri ustiga qurilgan. Maqbara ichidagi ikkinchi qabr Anbar bibining avvalgi qaynonasi Ulug‘poshshoniki. A.b.m. keyingi asrlardagi ta’mirlanish oqibatida hozir o‘zining asli holatini deyarli yo‘qotgan. Anbar bibi xalq orasida afsonaviy shaxsga aylangan. U kishining ruhiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan urf-odat va marosimlarning ko‘pchiligi suv toshqini, bola tug‘ilishi va hosildorlik b-n bog‘liq bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:56:32
ANBAR ONA, Ambar ona- xalq og‘zaki ijodi va islom an’analarida ayollar mashg‘ulotining homiysi, piri. Rivoyatlarga ko‘ra, u dastavval shayx Hakim otaning zavjasi bo‘lgan, u vafot etgach, Zangi otaga turmushga chiqqan. A.o. haqida hosildorlik ma’budalari, jumladan Avestodagi Anaxita ma’budasiga o‘xshatib bayon etilgan afsonalar ham bor. Shuningdek, A.o.ni ko‘p yillar sarson-sargardonlikda yo‘qolgan o‘g‘lini qidirganligi, lekin uni topa olmaganligi haqidagi rivoyatlar saqlanib qolgan. A.o.ga bag‘ishlab o‘tkaziladigan urf-odat va marosimlarning ko‘pchiligi suv toshqini, bola tug‘ilishi va hosildorlik b-n bog‘liq bo‘lgan. Sumalak uchun tayyorlangan bug‘doyning tez yoki sekin unib chiqishi ham A.o. nomi b-n bog‘langan. A.o.ga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tadbirlarda otin bibilar, doyalar, sehrgarlar, parixonlar ishtirok etib, ular A.o. haqida to‘qilgan rivoyatlar yordamida turli irim-sirimlarga ishongan sodda kishilarni aldab, boylik orttirganlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:56:43
ANBIYO (arab. nabiy, payg‘ambar so‘zining ko‘pligi) - q. Payg‘ambar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:57:01
ANJIRFAG’NAVIY Mahmud [12-a. oxiri, Vobkent tumanidagi Anjir Fag‘nav (hoz. Anjirbog‘) qishlog‘i - 1286] - xojagon-naqshbandiya silsilasining yirik namoyandasi, buxorolik yetti pirning uchinchisi.
Xoja Orif Mohitobon - Revgariydan tahsil olib, uning vafotidan so‘ng xojagonlik silsilasini boshqargan. "Silsilai sharif"da 12-halqaning piri hisoblanadi. Xufiyona (yashirin) zikr b-n jahriya (baland tovushli) zikrga barobar amal qilgan. Xoja Ali Romitaniy (Xojai Azizon)ga ustozlik kilgan. Tug‘ilgan qishlog‘ida dafn etilgan. Qabri ustidagi maqbara mustaqillik davrida ga’mirlangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:57:14
ANSORIY Boyazid ibn Abdulloh (1525-1572) - Afg‘onistondagi ravshaniylar diniy oqimi asoschisi, soxta payg‘ambar. O’zbeklar orasida Bobo Ravshan nomi b-n ma’lum bo‘lgan. Yoshligida savdo-sotiq ishlari b-n shug‘ullanib ko‘p shaharlarga borgan. Tasavvuf hamda ismoiliylar ta’sirida bo‘lgan. Fiqh ilmi asoslarini o‘rgangan. Ulamolar b-n diniy bahslarda ishtirok etgan. 1542 y. "menga ilohiy vahiy tushdi" deb, o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan va "yangi g‘oyalari"ni targ‘ib qilishga kirishgan. Tenglik va adolatli jamiyat kurish fikrini ilgari surgan. Afgon mulkdorlariga va mo‘g‘ul istilochilariga qarshi olib borilgan harakatga rahbarlik qilgan. A.ning tarafdorlari unga Piri Ravshan laqabini berishgan. A. pushtu, fors va arab tillarida bir necha asarlar ("Madad qiluvchi pirning ahvoli", "Mo‘minlarning maqsadlari") yozgan. A. pushtu tili uchun o‘z alifbosini taklif etgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:57:39
ANSORIY al-HARAVIY, Abu Ismoil Abdulloh ibn Muhammad (1006-1089) - mashhur sufiy-hanbaliy. Hirotda tug‘ilgan. Otasi sufiylardan bo‘lib, o‘g‘lini ham tasavvuf yo‘liga boshlagan. To‘qqiz yoshida Abdulloh hirotlik yetakchi shofi’iylar rahbarligida hadis va tafsirdan saboq olgan. Ular jumlasiga Mansur al-Azdiy (1018 y.v.e.), Abul Fadl al-Jorudiy (1023 y.v.e.) vaYahyo b. Ammor (1031 y.v.e.)larni kiritish mumkin. Garchi uning ustozlari shofi’iylar bo‘lsa-da, Abdulloh Qur’on va sunnaga o‘ta mehr qo‘yganidan hanbaliy mazhabining ashadtsiy tarafdoriga aylangan. A. al-H. saboq olish maqsadida 1026 y. Nishopurga, so‘ngra Tus va Bistomga borgan. 1031 y. u bir fursat Bag‘dodda to‘xtagan chog‘ida mashhur hanbaliy muhaddislarning mashg‘ulotlariga qatnagan. Oradan bir oz vaqt o‘tgach, u mashhur sufiy -Abul Hasan al-Haraqoniy (1033/34 y. v.e.) b-n uchrashgan. Boyazid Bistomiyning izdoshi bo‘lgan bu zot b-n muloqotda bo‘lish uning hayoti va tafakkurida o‘chmas iz qoldirgan. So‘ngra u Xirotga qaytib ta’lim berish b-n shug‘ullangan va mu’taziliy va ash’ariylarga qarshi faol munozaralar olib borgan. Shayxulislom unvoniga sazovor bo‘lgan A. al-H. umrining oxirida ko‘z nuridan ajrab Hirotda vafot etgan. Yusuf al-Hamadoniy (1140 y. v.e.) A. al-H.ning eng buyuk izdoshlaridan sanalib, yassaviylik va xojagon tariqatlari mana shu zotga borib taqalgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 28 Sentyabr 2006, 20:57:48
ANSORLAR (arab. - yordamchilar, safdoshlar) - Muhammad (sav) sahobalari bir tabaqasining nomi. 622 y. Makkadan Madinaga ko‘chib borgan musulmonlar (muhojirlar)ga va Muhammad (sav)ga yordam bergan hamda islom dinini qabul qilgan madinalik Avs va Hazraj qabilalarining a’zolari. A. muhojirlar b-n birga ilk musulmonlar jamoasini tashkil etgan. A. b-n muhojirlar o‘zaro munosabatlarini bitimlar orqali belgilagan. A. Badr jangidan e’tiboran Muhammad (sav)ning Makka mushriklariga qarshi yurishlarida faol ishtirok etishgan. Harbiy o‘lja taqsimlanganda muhojirlardan keyingi navbatda turganlar. Keyinga siyosiy voqealarda ham A.ning o‘rni katta bo‘lgan. Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng ular o‘z ichlaridan xalifa saylashga urinib ko‘rganlar. Lekin xalifalik ko‘pchilik ovozi b-n Abu Bakr Siddiqqa nasib bo‘lgan. A. hadis roviylari sifatida ham mashhur.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:04:31
ANQO - qadimiy sharq xalqlari mifologiyasiga ko‘ra, Alloh tomonidan har tomonlama mukammal qilib yaratilgan afsonaviy qushning nomi. Ba’zi rivoyatlarda ko‘rsatilishicha, A. tamomila yo‘qolib ketgan emas, lekin juda kam uchraydi. Islom an’anasida A. afsonaviy qush - Semurg‘ b-n aynanlashtiriladi, rivoyat, ertaklarda Humo qushga ham o‘xshatiladi. Qad. Sharq xalklari afsona, ertak va dostonlarida bosh qahramonga homiy. U insonlar ko‘ziga ko‘rinmaydi, qanoti, pati oltin, kumush va b.dan deb ta’riflanadi. Xalqimiz orasida A. baxt, tole, davlat qushi, kimga soyasi tushsa, o‘sha baxtli bo‘ladi degan fikr mavjud. Taqchil, kamyob narsalar haqidagi "anqoning urug‘i" degan ibora shuvdan olingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:04:44
ARASOT - q. A’rof.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:04:55
ARAFA (arab. - bilmoq, tanimoq, ma’rifat hosil qilmoq) - 1) hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha 12-oy (Zil-hijja) 9-kunining nomi. Islom manbalarida aytilishicha, bu kunning A. deb atalishiga sabab Ibrohim (as)ga Jabroil haj ibodatining arkonlarini shu kuni o‘rgatib ketgan. Hojilar shu kuni Arafot tepaligiga chiqib, to Quyosh botgunga qadar duo, ibodat va iltijo b-n mashg‘ul bo‘ladilar; 2) Hayitdan oldingi kun ham A. deb nomlanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:05:17
ARAFOT - Makka sh.dan 20 km narida joylashgan, uzunligi 11-12 km va kengligi 6,5 km bo‘lgan vodiy. Shimol tomondan tog‘ tepaligi b-n o‘ralgan, bu tepalik ham A. deyiladi. Qurbon oyi (Zilhijja oyi)ning 9-kuni, ya’ni arafa kuni hojilar shu tepalikka chiqib, to quyosh botgunga qadar ibodat b-n mashg‘ul bo‘ladilar. Islom manbalaridagi rivoyatga ko‘ra, Ibrohim (as)ga Jabroil shu tepalikni ko‘rsatib: "Shu joy - Arafotdir, bilib oling, haj arkonlari shu yerda kamoliga yetadi, shu yerda gunohlaringizni e’tirof etasiz", deganlar. Boshqa bir rivoyatda Odamato b-n Momohavo jannatdan chiqarib yuborilganidan keyin bir-birlari b-n shu yerda uchrashgan, deyiladi. A. tepaligida bir baland joy borki, u yerni "jabalir rahma" ya’ni "rahmat tog‘i" deyiladi. Muhammad (sav) vafotlaridan 81 kun oldin, hijratning 10-yili Madinadan hajga kelib, arafa kuni shu tepalikka chiqqanlar va oq tuyalarini cho‘ktirib, uning ustida turib mashhur "Vidolashuv va’z"larini aytganlar. Shu sababli bu joy uzoqdan ko‘rinib turishligi uchun ustun shaklida ko‘tarilib, oqqa bo‘yab qo‘yilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:05:34
ARVOH (arab. - ruhlar) - q. Ruh.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:05:46
ARKON ad-DIN - q. Rukn.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:05:58
ARSLONBOB (taxm. 11-a.) - turkistonlik mashhur sufiy. A.ning hayoti, sufiylik faoliyati haqidagi ma’lumotlar nasabnoma (shajara)larda va qo‘lyozma manbalarda qisqa berilgan. Ahmad Yassaviyning birinchi ma’naviy ustozi bo‘lgan. Yosh Ahmad uning rahbarligida sufishtik tariqatining murakkab amaliy va nazariy bilimlarini olgan. Rivoyat qilinishicha, A. Qirg‘iziston hududidagi shu nom b-n ataluvchi qishloqqa dafn qilingan. Maqbarasi hozirgacha saqlanib qolgan va ziyoratgoh hisoblanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:06:18
ARSH, Arshi a’lo (arab. taxt) - buyuk taxt. Aqoid ilmi ulamolari fikri, oyat hamda hadislarga ko‘ra, A. oyokdari bor taxt bo‘lib, uni farishtalar ko‘tarib turadi. U xuddi olam ustidagi kubbaga o‘xshash. U maxluqotlarning shiftidir. Alloh taoloning A.ga ehtiyoji yo‘q, balki uni O’zi bilgan hikmat uchun yaratgandir. A. faylasuflar aytganidek falak emasdir. Ular A.ni to‘qqizinchi falak yoki atlas falaki deyishgan. Arablar A.ni hech qachon bu ma’noda ishlatmaydilar. Alloh taolo A.ga barobar bo‘lib, uning ustida turgani unga muhtojligidan emas. Alloh bundan oliy va ulug‘dir. U o‘z kudrati ila o‘zidan pastdagi A.ni, uni ko‘tarib turuvchilarni va undagi narsalarni ko‘tarib turuvchidir. Shuningdek, Alloh A.ni va undagi narsalarni ihota qiluvchidir. A. Allohning qudrati ostida chegaralangan va Unga muhtojdir. Qur’oni Karim oyatlarida A. to‘g‘risida 23 joyda bayon etilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:06:32
ASMO bint ABU BAKR (taxm. 592-692, Makka) - sahoba, Abu Bakr Siddiqning qizi. Muhammad (sav) zavjasi Oishaning ota bir, ona boshqa opasi. Asharai mubashsharadan biri - az-Zubayr ibn Avvomning zavjasi. O’g‘li -Abdulloh ibn az-Zubayr Hajjoj ibn Yusuf tomonidan o‘ldirilgach (692), nihoyatda qayg‘urib, ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan va Makkada yuz yoshida vafot etgan. U 56 ta hadis rivoyat etgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:06:44
ASR - besh vaqt o‘qiladigan namozpint biri. 4 rakaat farz bo‘lib, kun botishidan 2 soat ilgaridan to kun botgunga qadar muddatda bajariladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:07:08
ASSALOMU ALAYKUM (arab. sizga tinchlik, salomatlik tilayman) -musulmonlar o‘zaro uchrashganda ishlatiladigan salomlashuv iborasi. Salom qabul qiluvchi "Va alaykum assalom" ("Sizga ham tinchlik, salomatlik tilayman"), deb javob qaytaradi. A.a. tanigan va tanimagan musulmonlarga beriladi. Kichik yoshdagilar yoshi ulug‘larga, ulov mingan odam piyodaga, piyoda ketayotgan kishi o‘tirganga, ozchilik ko‘pchilikka salom beradi. A.a. ko‘pchilik huzuriga kirib o‘tirishda ham aytiladi. A.a. deyish sunnat, javob qaytarish esa vojib hisoblanadi. A.a. namoz o‘qiyotgan kishining namozi tugaganining alomati hamdir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:07:18
ASHOB - q. Sahoba.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:07:54
ASHOB al-KAHF, Ashobi kahf (arab. "g‘or egalari", "g‘or odamlari") - o‘z zamonlari podshohi Daqyonus (imperator Detsiy) zulmidan qochib, Robbilariga bo‘lgan imonlarini sakdash maqsadida g‘orga kirib yashiringan va Alloh taoloning irodasi, ilohiy mo‘‘jiza b-n ko‘p yillar uxlatib qo‘yilgan yosh yigitlar va ularning iti. Allohning inoyati b-n ular 309 y.dan so‘ng uyg‘onishadi. Oyatda bu mo‘‘jizani Alloh taolo keyingi ummatlar qiyomatga va o‘lgandan keyin tirilish haq ekaniga ishonch hosil qilsinlar deb sodir etgan, deyiladi. Uzoq uyqudan uyg‘ongan yigitlar uchun go‘yo kunning bir qismi o‘tgandek tuyulgan. Ular oralaridan bir kishini vakil qilib uni taom keltirish uchun shaharga pul b-n jo‘natganlar va biron-bir kishi uni tanib qolishidan ehtiyot bo‘lishini tayinlashgan. Vakil bozorga borib pulni berganda, odamlar u qad. zamon puli ekanligini bilib qolganlar. Vakil b-n muomalada ham uning o‘z zamonlari odami emasligini sezib qolishgan. Xullas, Allohning irodasi b-n yigitlarning siri fosh qilinib, ular o‘sha davr odamlariga tanitilgan. Vaqt o‘tishi b-n shahar aholisi ham imonga kelgan edi. Ular qahf egalari haqidagi qissani yaxshi bilishardi. Shuning uchun bozorga kelgan vakilni darhol tanib olishadi. Shahar aholisi g‘or ustiga masjid bunyod etishgan, so‘ngra ular kahf ahli necha kishi ekanligi (3,5,7 kishi) va ular qancha muddat g‘orda bo‘lganliklari haqida tortishganlar. Ularning adadi va qancha mudtsat g‘orda bo‘lganliklari yolg‘iz Allohga ayondir. Kur’oni karimning "Kahf surasi"da A.k. haqida batafsil hikoya qilingan. Islom olamining turli yerlarida - Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Yaman, Mag‘rib, Ispaniyada go‘yo "A.k. yashiringan g‘or" deb hisoblanuvchi g‘orni ko‘rsatadilar. Ba’zi rivoyatlarga ko‘ra, A.k.ning nomlari: Amlixo, Makshalino, Mashlino, Marnush, Dabarnush, Shoznush. Kashfittanus hamda itning nomi - Qitmir bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:08:15
ASHOB al-HADIS, axd al-hadis (arab. -rivoyat tarafdorlari) - an’anaviy islom tarafdorlari, ilk islomdagi oqimlardan biri. 8-a.da shakllangan. Ashob ar-ra’yga qarshi o‘laroq, dastlab Madina maktabiga mansub faqixdar va muhadtsislarni shu nom b-n atashgan. A. al-H. diniy-huquqiy masalalarni hal etishda har xil yangicha uslublarga qarshi chiqishgan. Bu ishda ular mavhum, tajribadan o‘tmagan uslublarni qo‘llanishga yo‘l qo‘ymaslik lozim deb hisoblab, amaliy faoliyatda faqat Alloh kitobi (Qur’on) va payg‘ambar sunnasiga asoslanishga da’vat etishgan. Keyinchalik tobora rivojlanib borgan jamiyat zayli va talablari ta’sirida ijmo’ va qiyosni musulmon huquqining manbalari deb tan olishgan, biroq Qur’onni talqin etishda yangicha uslublarni keng qo‘llanishga yo‘l berishmagan va uni cheklab qo‘yishgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:08:22
ASHOB ar-RA’Y (arab. - fikr tarafdorlari) - ra’y, fikr va akl b-n hukm chiqaruvchi ulamolarga berilgan nom. Islom ilmlaridan tafsir, fiqh kabi sohalarda ijod qiluvchi olimlar ikki turga bo‘linadi. Birinchi turi - Qur’onni tafsir qilishda va biror shar’iy hukm chiqarishda faqat Qur’on oyatlari, hadislar, sahoba va tobeinlardan naql qilingan rivoyatlarga suyanadigan olimlardir. Ikkinchi turi -tafsir va fiqh sohasida faqat nakliy dalillarga suyanish b-n qanoatlanmay ijtihod, ya’ni akd, fikr va ra’yni ham ishga solib shar’iy hukmlar, fatvolar ijod etadigan olimlardir. Shu ikkinchi turiga A. ar-R. deb nom berilgan. Ular mutafakkir olimlar deb ham yuritiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:09:00
ASHOB ar-ROSS, Ashobur Ross ("ar-Ross odamlari", "quduq odamlari") - Kur’onda ikki marta tilga olingan va Alloh hidoyatga da’vat etgan qad. qavm. Ammo, ularga pand-nasihatlar kor qilmaydi, shu sababli halok etiladilar (25-sura, 38-39-oyat). "Ross" iborasi ichi mahkamlanmagan, nurab turgan quduqni anglatadi. Rivoyatlarda aytilishicha, o‘sha jinoyatchi qavm quduq atrofida o‘tirganida, u qulab tushib hammalarini halok etadi. Rivoyatlarga ko‘ra, ar-Ross odamlari ilgari halokatga uchragan Samud qabilalarining avlodi bo‘lib, Yamomadagi quduq yonida yashagan va ulkan kush - anqo xujumidan ozor chekkan. Payg‘ambar Hanzala ibn Safvon Allohtsan bu odamlarni qutqarishni so‘raydi, shundan so‘ng qonxo‘r qushlar g‘oyib bo‘ladi. Ammo qavm baribir Hanzalaning yakka xudoga sig‘inish haqidaga da’vatlariga quloq solmaydi, buning ustiga uning o‘zini kuduqqa tashlab yuboradi. Shu bois Alloh ularni yakson qiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:09:24
ATTOR Alouddin, Xoja Alouddin Attor, Muhammad ibn Muhammad al-Buxoriy (? -1399) - mashhur mutasavvif, shayx. Baxouddin Naqshbandning xalifasi va kuyovi. A. madrasani tugatmasdanoq Naqshband sulukiga kirgan, bir umr piri yonida bo‘lgan. Buxoroda vafot etgan. Naqshbandning boshqa bir xalifasi - Xoja Muhammad Porso A. iltimosi b-n "Risolai qudsiya" ("Xoja Bahouddinning qudsiy kalimalari") kitobini bitgan va unda A. tilidan o‘z piri haqidagi o‘nlab rivoyat va xotiralarini keltirgan. Ularda Naqshbandning tarjimai holi, hayot tarzi, odatlariga oid qimmatli ma’lumotlar, hikmatli so‘zlar bayon etilgan. Ular keyinchalik Naqshband hayoti va tariqati haqidagi ko‘pgina risolapar, jumladan, ular ichida eng e’tiborlisi - Muhammad Boqir ibn Muhammad Alining "Maqomoti Xoja Naqshband" ("Bahouddin Naqshband", T., 1993) asari uchun muhim manba bo‘lgan. ATTOR Farididdin, Muhammad ibn Abubakr ibn Ibrohim (1148/51-1220) - fors-tojik mutafakkiri, mutasavvif shoir. Nishopur yaqinidagi Xadkana (Kadkon) qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasining izidan borib, dorishunoslik va tabiblik qilgan. Hajga borgan, Misr, Iroq, Shom safarida bo‘lgan, atokli sufiylar b-n uchrashib, din va tasavvuf arboblarining hayoti hamda faoliyatini o‘rgangan. Zamonasining tariqat peshvolaridan biri bo‘lib, "Farididdin" ("dinda yagona") va shayx unvonlarini olgan. Mo‘g‘ullarning Eronga birinchi bosqini paytida dushman qo‘lida halok bo‘lgan. Nishopurda dafn etilgan. "Ilohiynoma", "Musibatnoma", "Mazhar ul-ajoyib", "Asrornoma", "Haydarnoma", "Javhar uz-zot", "Hayloj", "Muxtornoma", "Xusravnoma", "Sharx ul-qalb", "Bulbulnoma", "Me’rojnoma" kabi asarlarida ilohiy ma’rifat g‘oyalarini targ‘ib etgan. Haq va haqiqat sirlarini kashf qilishga uringan. Asosiy asarlaridan biri "Mantiq ut-tayr" ("Qushlar mantig‘i") dostoni (1175) sufiylikning eng yirik adabiy yodgorligi hisoblanadi. 'Tazkirat ul-avliyo" asari islom olamida mashhur. Unda o‘nlab aziz-avliyolarning hikmatli so‘zlari, ibratli hayoti, karomatlari bayon etilgan. A. she’rlarida darvishlik axloqi to‘g‘risidagi g‘oyalarni mujassamlantirgan. A. asarlarida shialik g‘oyalari va qoidalari mutlaqo uchramaydi, sunniylikka mo‘‘tadil munosabatda bo‘linadi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda "Mantiq ut-tayr" va "Ilohiynoma"dan ayrim parchalar ("Ilohiynoma", Toshkent, 1994) hamda "Tazkirat ul-avliyo" ("Avliyolar kitobi", Toshkent, 1997) asari o‘zbek tilida nashr etildi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:09:45
AUZA’IY, Abu Amr Abdurrahmon ibn Amr (707-774) - ilohiyotshunos, faqih, auza’iylik mazhabi asoschisi. Baalbak sh.da tug‘ilgan, Makkada-Ato ibn Abi Rabaldan, Madinada - Muhammad az-Zuhriydan, Basrada - Vosil as-Salamoniydan saboq olgan. Suriyaga qaytib, Damashkda yashagan, davlat xizmatida bo‘lgan, so‘ngra Kur’on ilmlaridan dars bergan. 750 y. Suriyani zabt etgan abbosiylar qo‘shini qo‘mondoni Abdulloh ibn Ali b-n janjallashib qolgan A. uning ta’qib etishidan qochib Basraga, ustozi Vosil as-Salamoniy huzuriga ketishga majbur bo‘lgan. Yangi sulola b-n yarashgach, A. Suriyaga qaytib, Bayrutda joylashgan va umrining oxirigacha shu yerni tark etmagan. Uning qabri hozirgacha ziyoratgoh hisoblanadi. A. Suriyaning imomi deb tan olingan, bu yerda uning izdoshlaridan alohida mazhab shakllangan. Uning tarafdorlari fikricha, huquq (fiqh) manbai faqat Qur’on va sunna bo‘lib, ulardagi ko‘rsatmalar hech qanday talqinsiz, o‘zgarishsiz aynan qabul qilinishi lozim bo‘lgan. Bu mazhab 9-a.gacha Suriya va Andalusiyada tarqalgandi. Suriyada uni shofi’iylik mazhabi, Andalusiyada esa -molikiylik mazhabi siqib chiqargan. Lekin A.ning qarashlari tizimi izsiz yo‘qolmagan, zero uning shogirdlari orasida Sufyon as-Savriy (777-778 y. v.e.) va Molik ibn Anas (795 y.v.e.) - ikki mazhab asoschilari bo‘lgan. Molik ibn Anas orqali A.ning qarashlari ash-Shofi’iyga ta’sir o‘tkazgan, u esa o‘z navbatida Ahmad ibn Hanbal qarashlarining shakllanishiga ta’sir qilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:09:58
AFG’ONIY, Muhammad ibn Safdor Jamoliddin (1839-1897) - diniy-siyosiy arbob. Kobulda diniy, Hindistonda dunyoviy bilim olgan. Hayotining ko‘p qismi muhojirlikda kechgan. Islom dinini isloh qilish va musulmon olamini islom bayrog‘i ostida birlashishga qilgan da’vatlari b-n tanilgan. 1871-79 ylarda Misr ijtimoiy-siyosiy hayotida faol qatnashgan. Istibdodni tanqid qilib, konstitutsiyaviy tuzum o‘rnatish uchun kurashgan. Islom dinining ma’naviy-axloqiy aqidalariga asoslangan ijtimoiy tenglik va adolat g‘oyalarini targ‘ib qilgan. Isyon ko‘tarishga undagani uchun hibsga olinib, Misrdan chiqarib yuborilgan. Politsiya nazoratida Kalkutta va Haydarobod (Hindiston)da yashagan. 1883 y.dan Yevropa (London, Parij)da istiqomat qilgan. Abdu Muhammad b-n birga gazeta nashr etgan. Ko‘p o‘tmay mustamlakachi davlatlarga nisbatan kelishuvchilik mavqeini egallagani uchun u b-n aloqasini uzgan. Eron, Rossiya, Irokda bo‘lgan. Inqilobiy millatparvar doiralar b-n hamkorlik qilgan. 1892 y.da Turkiyaga qaytgan va shu yer (Istanbul)da vafot etgan. 1944 y.da hoki Kobulga olib kelingan. Dafn etilgan joyiga dahma kurilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:10:25
AXBOR (arab. - xabarning ko‘pligi, xabarlar) - shialarning muqaddas rivoyatlari. Muhammad (sav) va Ali (kv)ning so‘zlari, faoliyati to‘g‘risidagi rivoyatlar to‘plami. A. Qur’ondan keyingi muqaddas manbalardan hisoblanadi. Sunna Muhammad (sav) va sahobalarning, A. esa faqat payg‘ambar va uning oila a’zolari, Ali (kv) va b. imomlarning faoliyati haqidagi rivoyatlarni o‘z ichiga oladi. Hadis olimlarining istilohida A. so‘zi hadis so‘zining sinonimi shaklda qo‘llaniladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:10:39
AXBORIYLAR - 1) imomiylarning diniy-huquq tizimidagi oqimlardan biri. 10-a.da shakllangan. Uning tarafdorlari Axbor rivoyatlarini fiqhning asosiy manbai deb hisoblaydi. A. imomiylarning yana bir huquqiy oqimi bo‘lgan usuliyga qaraganda kamroq tarqalgan. 2) Xabar - axbor janrida ijod qilgan o‘rta asr arab tarixchilari.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:11:03
ASHARAI MUBASHSHARA - jannati ekani bashorat qilingan O’n saxobiy. Ular quyidagilar: Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Zubayr ibn Avvom, Talha ibn Ubaydulloh, Abu Ubayda ibn Jarroh, Ssshd ibn Zayd. Ularning barchasi Quraysh qabilasidan chiqqan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:11:17
ASHURO (arab. - o‘n kunlik) - 1) Muhammad (sav) Madinaga ko‘chib o‘tganlaridan so‘ng dastlabki paytda, muharram oyining 10-kunida tutilgan ro‘za. Keyinroq ramazon oyida ro‘za tutish belgilangach, A. ro‘zasini tutish ixtiyoriy deb e’lon etilgan; 2) shialarda xalifa Alining o‘g‘li Husaynning Karbalo yonidagi jangda halok bo‘lganligi xotirasiga bag‘ishlab muharram oyining dastlabki o‘n kunligida o‘tkaziladigan motam marosimlari. Eron va Irokda A. kuni masjid va madrasa hovlilari, takyaxona va husayniyaxonalarda imom Husayn va safdoshlari chekkan azob-ukubatlar haqidagi qissalar jamoat orasida o‘qiladi. Ko‘chalarda shialar yurish qilib, motam tug‘lari va shiorlarini ko‘tarib: "Shoh Husayn, voh Husayn" so‘zlarini takrorlab, nola chekishadi, musht va zanjir b-n ko‘kraklariga urishadi. A. kunida islom mamlakatlaridan minglab shialar Karbalo sh.ga yig‘ilishib, imom Husayn va safdoshlari qabrini ziyorat etishadi. Sunniylarda A. kuni odatdaga tabarruk sanalardek o‘tadi, ayrim joylarda "ashur oshi" ulashiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:11:46
ASH’ARIY, Abul Hasan Ali ibn Ismoil (873-935) - mashhur ilohiyotchi, kalomtnng ash’ariylar maktabi asoschisi. Basrada tug‘ilgan. 40 yoshigacha mu’taziliy ilohiyotchi bo‘lgan. Munozaralardan birida ustozi b-n kelisha olmay, o‘z qarashlarini keskin o‘zgartirib, shofi’iylarga qo‘shilgan, mu’taziliylik aqidalari islom asoslariga to‘g‘ri kelmaydi, deb xulosa chiqargan. Umrining oxirgi yillarini Bag‘dodda o‘tkazib, shu yerda vafot etgan. A. mu’taziliylarga qarshi diniy-falsafiy tizimni asoslash uchun Qur’on va hadislarga qo‘shimcha qilib falsafa va mantiq uslubidan kengroq foydalangan. A. shogirdlari uning ta’limotini rivojlantirganlar. A. 100 ga yaqin asar yozgan, ulardan eng mashhuri "Maqolat al-islomiyin" ("Musulmonlar ta’limoti")dir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:12:03
ASH’ARIYLAR - kalomning asosiy yo‘nalishlaridan biri - Ash’ariy maktabi tarafdorlari. Boqiloniy (1013 y. v.e.), ibn Furq (1015 y. v.e.), Abu Ishoq Isfaro’iniy (1027 y v.e.), Abdul Qohir Bag‘dodiy (1037 y. v.e.), Juvayniy (1085 y. v.e.), Shahristoniy (1153 y. v.e.) va Faxriddin Roziy (1209 y. v.e.) taniqli vakillaridir. A.ning dunyoqarashida akd diniy an’ana - nakddan ustun qo‘yiladi. A. moturidiylik tarafdorlaridan o‘nlab aqidaviy masalalarda fark qiladilar. Mas., A. Alloh o‘z bandalariga toqatlaridan tashqari og‘ir ishlarni ham buyurishi mumkin desalar, moturidiylar mumkin emas deydilar. A. Allohni akl b-n tanish vojibligiga ham qarshi turadilar. Dalil keltira olmaydigan muqallid musulmonning imonini A. qabul emas deydilar. Imon ozayib-ko‘payib turishi, amal imonning tarkibiy qismi deb qarash va b. A.ning qarashlarini eng avval Eronda (10-a.da) keng tarqalgan shofi’iylik mazhabi tarafdorlari qabul qilganlar. Ash’ariyning o‘zi tayangan hanbaliylik tarafdorlari bu maktab dushmanlari bo‘lib qolgan. Tanikdi ilohiyotchilarning ko‘pchiligi (mas., Andalusiyada Ibn Hazm) A. g‘oyasiga qarshi chiqqan. Birinchi saljuqiy sulton To‘g‘rulbek (1038-1063 y.larda hukmronlik qilgan) davrida A. ta’limoti bid’at deb e’lon qilinib, uning tarafdorlari ta’qib etilgan. Biroq bu ta’limot Boqiloniy, G’azoliy va b.ning asarlari tufayli musulmon olamida katta ta’sirga ega bo‘lib, kalomning eng keng tarqalgan oqimiga aylangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:12:42
A’LAM (arab. - bilag‘on, eng olim) - diniy-huquqiy masalalar yuzasidan fikr beruvchi diniy amaldor. Odatda, muftilar tuzgan fatvo A. muhr bosgach, kuchga kirgan va qozilar o‘sha hujjat asosida hukm chiqargan. Buxoro xonligi davrida har bir qozi yonida A. mansabi bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:14:22
A’ROF (arab. to‘siqlar) - islom manbalarida, xususan, Qur’onda ta’riflangan jannat b-n do‘zax o‘rtasidagi balandlik joy - devorto‘siq. O’zbek tilida A. o‘rnida odatda Arasot istilohi ishlatiladi. Islom aqidasiga ko‘ra, qiyomat kuni jannatga ham, do‘zaxga ham tushmay o‘rtada qoladigan odamlar A.da turadilar. Ular jannatda rohat qilayotganlarni ham, do‘zaxda azob tortayotganlarni ham ko‘rib turadilar, ularni tanib, ular b-n suhbatlashadilar. Ba’zi rivoyatlarda A. ustidan bog‘lar unib, anhorlar oqib turadi, deyiladi. Demak, uning qalinligi ham hiylagina bo‘lgan. A.dagi odamlar kimlar ekanligi haqida ulamolar o‘rtasida ikki xil fikr mavjud. Birinchisi: ular yaxshilik va yomonliklari teng kelib, na jannatga, na do‘zaxga hukm bo‘lmay qolgan kishilar. Ikkinchisi, o‘z qavmiga payg‘ambarlarning haq da’vatlarini yetkazib, ularni yaxshilikka boshlagan da’vatchilar, ulamolar va shuhadolardir. Ma’lum muddatdan so‘ng Alloh taolo A. ahliga jannatga kirishlikni amr etadi va ular bihishtdan o‘z maqomlariga yarasha joy oladilar. Qur’onning 7-surasi A. deb nomlangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:14:46
AQD (sinonimlari ijob, qabul, qubul, sig‘a) - bitim, shartnoma. Islomdagi A. me’yorlari johiliyat va Rim-Vizantiya huquqiy tasavvur-lariga borib taqaladi. Qur’oni karimda A. -qasam b-n mustahkamlangan bitim. Fiqxda A. - o‘zaro majburiyatlar haqidagi ikki yoki ko‘p tomonlama shartnoma bo‘lib, shartnomaning mavzui faqat mavjud buyum va munosabatlar bo‘lishi, unga kelishuvchi tomonlarning huquqi qo‘llanilishi lozim. Islomda bitimga doir munosabatlarning yagona nazariyasi ishlab chiqilmagan, shu tufayli bitim turlari va shakllari hamda ularning kafolatlari turli guruhga mansub fiqhshunoslar va ayrim faqixdar ta’biri bo‘yicha bir-biriga mos kelmaydi. Biroq ularning aksariyati A.ni to‘rt katta guruhga jamlaydi: hokimiyat, vasiylik, himoyalash, rahnamolik A.i va b.; biror narsani sotish, hadya etish, meros qoldirish, yon bosish va b. yo‘l b-n mulkka bo‘lgan huquqni to‘liq topshirganlik haqidagi A.; ijara, topshirish, vakolat berish, saqlash, garovga berish va b. yo‘l b-n u yoki bu narsaga vaqtinchalik egalik qilish huquqini topshirish haqidagi A.; hamkorlik, ish yuzasidan topshiriq berish, ish yuzasidan sheriklik va b. haqidagi A. Har qanday aqli raso inson ijtimoiy mavqeidan va qaysi dinga mansubligidan qat’i nazar A. tuzish huquqiga ega. Lekin, ko‘pchilik faqixlarning fikricha o‘zaro qasam ichib kafolat beriladigan holatlarda musulmonlar b-n g‘ayridinlar o‘rtasida A. mumkin emas. Boshqa bir faqihlar buni mumkin deb hisoblaydilar, lekin bunda A. tuzish tartibi alohida bo‘lishi lozim. Balog‘at yoshiga yetmaganlar va aqli norasolar cheklangan, ma’lum hollardagina A. huquqiga ega (mas., xayriya maqsadida hadya qilish). A. tuzish vaqtida tomonlar uning shartlari va bu shartlar buzilgan holda beriladigan kafolatlar haqida to‘liq xabardor qilinishlari lozim. A.ni rasmiylashtirish tartibi mahalliy urf-odatlar va tayin sharoitlarga bog‘liq. Agarda qaysi bir shaxs xudtsi A. tuzilgandek harakat qilsa va unga e’tiroz bo‘lmasa (vasiylik berish, ijara va b.) A. o‘tgan davr hisobida ham tuzilishi mumkin. Bir tomonlama majburiyat (ehson qilish, nazorat va b.) ayrimlarning fikricha Alloh b-n tuzilgan bitim ya’ni qasam sifatida qaraladi, boshqalarning fikriga ko‘ra esa - butun jamoa b-n tuzilgan bitim deb qaraladi, unda boshqa tomonning vakili sifatida qozi yoki har qanday guvoh (shohid) bo‘lishi mumkin. Agarda bitim mavzui muhim yoxud g‘ayri oddiy yoki tomonlardan biri ishonchsiz (fosiq) bo‘lsa A. tuzilayotgan vaqtda uchinchi bir shaxsning hozir bo‘lishi shart hisoblanadi. Agarda barcha zaruriy shartlarga rioya etilgan bo‘lsa, ya’ni tomonlarning akdi joyida, bitim mavzui aniq, majburiyatlar kelishilgan bo‘lsa, A. haqiqiy (sahih) hisoblanadi. Bordi-yu, ulardan birontasi buzilsa, mas., yanglishsa yoki xabardor bo‘lmasa A. haqiqiy emas (fosid) deb topiladi, lekin u kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng haqiqiy bo‘lishi mumkin. Agarda qaysidir shartlardan biri umuman bo‘lmagan bo‘lsa, mas., firibgarlik, majbur qilish va b. zo‘ravonlik holatlarvda A. to‘liq ravishda yaroqsiz (botil) deb topiladi. Bordi-yu, tomonlar yetkazilgan zararni qoplash haqida bir bitimga kela olishmasa, har bir tomon ham sudga murojaat qilish huquqiga ega. A. shartlarini qo‘pol suratda buzish hollarida aybdorlar yetkazilgan zararni qoplashlaridan tashqari jinoiy javobgarlikka tortiladi. Maishiy turmushdagi kelishuv, bitim va shartnomalarning aksariyati A. sifatida rasmiylashtiriladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:15:28
AQIDA (arab. "aqd" - bir narsani ikkinchisiga mahkam bog‘lash; ko‘plikda -aqoid) - balog‘atga yetgan kishi e’tiqod qilishi, imon keltirishi, islom dinining zaruratlari shaklida tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog‘lab olib undan ajralishi mumkin bo‘lmagan shar’iy e’tiqodiy hukmlar. Insonning ikki dunyodagi saodati aynan A.siga bog‘liq. Agar A.si pok bo‘lsa, yo‘li to‘g‘ri bo‘ladi, qilgan barcha amallari qabul bo‘ladi va bandalik b-n sodir etgan ba’zi gunohlari afv etiladi. Agar A.si sof bo‘lmasa, buzuq bo‘lsa, yo‘li noto‘g‘ri bo‘ladi, qilgan amallari behuda ketadi va oxiratda jahannam ahlidan bo‘ladi. A. masalasi o‘ta muhim bo‘lganidan ham, Odamatodan boshlab, oxirgi payg‘ambar Muhammad (sav)gacha bu masalani Alloh taoloning o‘zi ko‘rsatib bergan. Odamatodan tortib hozirgacha A. masalasi bir xil bo‘lib kelgan. Islom A.larining asosi Qur’onda berilgan, hadislardagi ko‘rsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Islomning sunniylik yo‘nalishi ilohiyotda e’tirof etiladigan A.lar yoki imon talablari 7 ta: Allohning yagonaligiga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg‘ambarlarga, oxiratga, takdirga va qiyomat kuni barchaning qayta tirilishiga ishonish (q. Sunniylik). Shialik yo‘nalishi ilohiyotida 5 A. tan olinadi: tavhid (Allohning yagonaligi), nubuvvat (payg‘ambar)ga ishonish, adl (ilohiy takdirning adolatligiga ishonish), imomat (imomlar hokimiyatini tanish), maod (oxiratga ishonish) (q. Shialik).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:15:51
AQIQA (arab. - "chaqaloq sochini olish, qurbonlik so‘yish") - musulmon oilalarida yangi tug‘ilgan bolaga ism qo‘yish va "qorin sochi" (bolaning tug‘ilgandagi sochi)ga qaychi urish b-n bog‘liq odat. Johiliyat davridagi turli ma’bud va ma’budalarga atab qilinadigan kurbonliklar o‘rniga musulmon oilasida farzand tug‘ilganligining shukronasi sifatida bir qo‘y so‘yib (imkoniyatga qarab) A. marosimini o‘tkazishlik joriy etilgan. So‘yiladigan qo‘y sog‘lom, nuqsonsiz bo‘lishi lozim. Islom an’anasida A.ni chaqaloq tug‘ilgan kunning 7 yoki 14 yoxud 21-kunlari o‘tkazish tavsiya etiladi. Bu kunlarda A. o‘tkazilmay qolinsa, so‘ng qaysi kunda, qachon amalga oshirilsa ham vazifa bajarilgan hisoblanaveradi. Islomda A. sunnat amallardan. Imom Buxoriyning "Adab durdonalari" nomli kitoblarida payg‘ambarimiz (as) nabiralari Imom Hasan ila Imom Husaynga bittadan qo‘y so‘yib A. qilib berganlari rivoyat qilingan. A. kuni chaqaloqqa nom qo‘yish, uning tanglayini shirinlik ila ko‘tarish, qorin sochini olib sochni tarozining bir pallasiga, ikkinchisiga sochga barobar kumush solib, uni hadya qilish hamda chaqaloq o‘g‘il bo‘lsa xatna qilish ham shu kuni o‘tkazilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:16:03
AQL (arab. - ong) - insondagi anglash va tafakkur qilish xususiyati. Islomda A. Allohning eng ulug‘ ne’matlaridan sanaladi va diniy majburiyatlarning dindor zimmasiga yuklanishi uchun A.ning raso bo‘lishi shart qilinadi. A. ikki xil bo‘ladi, biri - tug‘ma A., ikkinchisi kasbiy, ya’ni bilim va tajriba asosida rivojlanib boruvchi A.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:16:34
AQSO MASJIDI (arab. - uzoqdagi masjid) - Quddus (Ierusalim) sh.dagi yahudiylik an’anasida muqaddas hisoblangan qad. ibodatxona (Sulaymon ibodatxonasi). Qur’onda shu nom b-n tilga olingan. Islomdan ilgari arablar, undan keyin musulmonlar jamoasining a’zolari A.m. tomonga qarab ibodat qilganlar. 624 y.da Makkadagi Ka’ba qibla deb e’lon qilingandan keyin u tomonga qarab ibodat qilish to‘xtatilgan. Keyinchalik 7-a. oxiri - 8-a. boshida xalifa Abdumalik tomonidan bu yer Haram ash-Sharif deb atalgan va islom ibodatxonalari majmui barpo etilgan. Hadislarda keltirilishicha A.m. islomdagi uchta muqaddas masjid (Makka va Madinadaga masjidlar qatorida)dan biri. AXD - qasam b-n berilgan va’da, topshiriq, so‘z berish, shartnoma, axdu paymon. Qur’onda A. Allohning o‘z bandalariga bergan va’dasi va bandalarining Alloh oldidagi iltijo va ahdu paymonlarini bildiruvchi barqaror tushuncha. A. bir-birini himoya etish, homiylik ko‘rsatish, qo‘shnichilik, ittifoq tuzish va shu kabi har qanday shartnomaviy majburiyatlarni mustahkamlagan. A. ayrim odamlar yoki guruxdar o‘rtasida bevosita yoki vositachilar orqali tuzilishi mumkin. A. topshiriq sifatida hokimiyatni vorisga topshirish amalining asosiy qismini ifodalab, u o‘z navbatida, hokimiyatni qabul qilish hukuqiga ega bo‘lgan shaxs, o‘zining bunday vazifani bajarishga roziligini e’lon qilib, axdu paymonning alohida rasmiy so‘zlarini aytib, va’da beradi va shu lahzadan boshlab vali al-axd (valiaxd) unvoni va lavozimi egasi bo‘ladi. Tasavvufdagi A. - alohida qasam bo‘lib, tariqatga kirayotganlar tomonidan bajariladigan marosimning bir qismidir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:16:50
AHKOM (arab. hukmning ko‘pligi) -islomdagi tushuncha. Shar’iy A. sakkizta -farz, vojib, sunnat, mustahab, muboh, harom, makruh, mustakrah. Bulardan tashqari yana odob, mandub, fazilat, nafl, tavavvu’ kabilar bor, ularning hammasi bir gap, qilsa savob bo‘ladi, qilmasa malomati yo‘q. Ammo qilmoq yaxshidir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:17:04
AHL uz-ZIMMA - q. Zimmiy.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:17:18
AHL ul-KITOB, Axdi kitob (arab. - kitob axdi, mazmunan o‘z diniy kitobiga ega bo‘lgan xalqlar) - islom aqidasiga ko‘ra, musulmonlardan oldin ilohiy kitobga ega bo‘lgan ummatlar. Ular o‘zlariga yuborilgan muqaddas kitoblar (Tavrot, Zabur, Injil) matnini buzganlar; Muhammad (sav) va uning oxirgi payg‘ambarlik vazifasi to‘g‘risida eslatilgan gaplarni chiqarib tashlaganlar. A. ul-K.ga xristianlik va yahudiylikka e’tiqod qiluvchilar kiritilgan. Musulmonlar umuman A. ul-K.ga sabr-toqatli munosabatda bo‘lib kelganlar. Bu hol musulmonlar b-n boshqa dindagilar o‘rtasida kelishuv va tinch munosabatlar o‘rnatilishiga imkon bergan. Hoz. kunda Zaburga e’tiqod va amal qiluvchilar yo‘q bo‘lganidan A. ul-K.lar deyilganda nasoro va yahudiylar tushuniladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:17:31
AHLI BAYT (sinonimlari: Ol al-bayt, Ol an-nabi) - "Xonadon ahli", "Payg‘ambar oilasi". Qur’onda zikr etilgan. U musulmon mualliflari tomonidan har xil sharxlanadi. Sunniylar bu tushunchani keng ma’noda qo‘llab, unga Muhammad (sav)ga yaqin bo‘lgan odamlarni ham kiritadilar. Shialar A.b.ni Fotima, Ali, Hasan, Husayn va ularning avlodlari b-ngina chegaralaydilar. "Payg‘ambar oilasi"ga sig‘inishni samoviy ahamiyatga ega deb bilib, uning oila a’zolarini "ilohiy nur" sohiblari va maxsus bilimlar egasi, deb hisoblaydilar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:18:13
AHLI SUNNA val JAMOA -musulmonlarning asosiy va jumhur ommasi e’tiqod va amal qilib kelayotgan akdtsaviy va mafkuraviy mazhablarning jamlama nomi. Islomning dastlabki davrlarida boshqa mazhab va oqimlar kabi A.S.val J. ham bo‘lmagan. Birinchi hijriy asrning birinchi yarmi oxirlarida turli siyosiy sabablarga ko‘ra, musulmonlar safida ajralish paydo bo‘ldi. Avval xorijiylar toifasi, keyinroq shia va b. musulmonlar ommasidan ajrab chiqtsilar. Ularga o‘ziga xos nomlar berila boshladi. Har tomon o‘zining haqligani isbot qilish uchun o‘z fikrini, yo‘nalishini himoya qilib chiqqan, shu tariqa har guruhning o‘ziga xos aqidasi shakllana boshlagan. Boshqa firqalar ajralib chiqqach, qolgan musulmonlarning asosiy ommasi A.S.val J. deb atala boshlangan. Bu nomda Payg‘ambar (sav)ning sunnatiga amal qilish va musulmonlarning asosiy ko‘pchilik jamoasi ma’nolari aks etgan. Shuning uchun ham A.S.val J. ulamolari boshqa toifalarning hammasi b-n tortishganlar va ularning xato fikrlarini tanqid qilganlar. Avvalgi aqidaviy tortishishlar faqat Kur’on va hadis asosida bo‘lgan. Bu ma’noda hazrati Ali, Abdulloh ibn Abbos kabi sahobalar xorijiylarning boshliklari b-n olib borgan bahs va tortishuvlari A.S.val J.ning dastlabki dalil keltirish urinishlari bo‘lgan. Keyingi avlod musulmonlari ichidan Hasan Basriy va uning hamfikrlarini keltirish o‘rinlidir. A.S.val J.ga mansublikni bildiruvchi asosiy belgilar quyidagilardir: dastlabki to‘rt xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali) hokimiyati qonuniy ekanligini tan olish, oltita hadis to‘plami (al-Buxoriy, Muslim, at-Termiziy, Abu Dovud, an-Nasoiy, Ibn Moja to‘plamlari)ni sahih (ishonchli) deb bilish, to‘rt diniy-huquqiy mazhab - hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik, xanbaliylikdan biriga mansub bo‘lishdan iborat. Islom davlatlari hududlarining kengayib borishi turli din, toifa, mazhab va mafkura tarafdorlarining musulmon bo‘lishi oqibatida aqidaviy masalalar yana ham murakkablashib ketdi. Buning ustiga turli tomonlardan musulmonlar aqidasini buzishga urinish va tanqid qilish ham avj oldi. Ana shunday murakkab holat A.S.val J. aqidasi va fikrlarini ilmiy asosda jamlash va tartibga solishni taqozo etdi. Bu ishni musulmon olamining mashriq tomonida Abu Mansur al-Moturidiy as-Samarqandiy va ikkinchi tomonida Abul Hasan aya-Ash’ariy uddaladilar. A.S.val J.ning aqidaviy masalalari o‘sha ikki olim shaxsiga nisbat berilib (ash’ariylar, moturidiylik) deb nomlanadigan bo‘ldi. A.S.val J. faqatgana aqida bobida emas, balki boshqa sohalarda ham o‘ziga xos mazhablarni birlashtirgan. A.S.val J.ning o‘ziga xos tafsir maktabi ham bor. Ularning mashhur tafsirlari jumlasiga Abu Mansur al-Moturidiyning "Ta’vilotu ahli sunna", Abul Barakot Nasafiyning "Madorikut Tanziyl", Ismoil Haqqiyning "Ruhul Bayan" tafsirlari va b. kiradi. A.S.val J.ning o‘ziga xos hadis sharhi maktabi ham yuzaga kelgan. Bu maktabning yirik namoyondalari ichida Asqaloniy, Badriddin Ayniy, Ali Qori kabilar bor. Shunga o‘xshash islomiy ilmlarning barcha sohalarida A.S.val J.ning o‘z maktablari bor. 20-a. oxirida islomning dunyodagi siyosiy o‘rni kuchayishi sharoitida sunniylik va shialik o‘rtasidagi munosabatlar ham keskinlashdi, bu hol mamlakatlar o‘rtasida (Eron-Iroq), shuningdek, turli mamlakatlarning ichki hayotida (Saudiya Arabistoni, Livan) ham ko‘zga tashlandi, biroq ular ko‘p holatlarda uchinchi darajali ahamiyat kasb etgan (Eron-Iroq) yoxud osongina hal etilgan. Sunniylikning ko‘pgina o‘ziga xos xususiyatlari hoz. vaqtda islomning haqiqiy demokratik din ekanligani isbot qilishda dalil sifatida ko‘rsatilmoqda. Sunniylar barcha islom olamidagi davlatlar aholisining ko‘pchiligini (Eron va Irokdan tashqari) tashkil etadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:18:37
AHLI HAQ (fors., arab. - "haqiqat kishilari"), aliilohiylar - shialarning yashirin jamoasi. Eronlik shialar A.h. tarafdorlarini "aliilohiylar" deb ataydilar. Bu jamoa taxm. 14-a.da vujudga kelgan. G’arbiy Eron va Sharqiy Turkiyaga, keyinchalik Afg‘oniston, Iroq, Suriya, Ozarbayjonning janubiga yoyilgan. A.h. Ali azaldan ilohiy va u Odamatodan to Muhammad (sav)ga qadar bo‘lgan payg‘ambarlarda, shia imomlari va kelajakda mahdiyda mujassamlanadi, deb hisoblaydilar. A.h. jannat va do‘zaxni inkor etib, jonning yangicha shaklga kirishiga ishonishadi. Ular darvishlarga o‘xshab jazavaga tushishadi, shuningdek, ularda nasroniylikdagi kabi muqaddas uchlik aqidasi ham mavjud. A.h. ning aqidasida masihiylikdagi uchlik tushunchasi asosiy o‘rin tutadi. Hoz. vaqtda A.h. Turkiyada shialarning taxm. 90% ini, Afg‘onistonda 15% dan ortig‘ini, Eronda 8% ga yaqinini tashkil qiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:19:10
AHMAD ibn HANBAL, Abu Abdulloh; Ibn Hanbal (780-855) - ilohiyot olimi, sunniylikdagi hanbaliylik mazhabining asoschisi va imomi. A.i.H. o‘smirligidanoq hadis va fiqhni o‘rgana boshlagan, zamonasining yirik ulamolari, jumladan Abu Yusuf va ash-Shofi’iylar b-n muloqotda bo‘lgan. 816-833 ylarda Bag‘dodda mudarrislik qilgan va fiqh ilmi b-n shug‘ullangan. A.i.H. an’anaviy sunniylikni himoya qilgan, mu’taziliylarga qarshi kurashgan. Abbosiy xalifalar Ma’mun (813-833), Mu’tasim (833-842) va Vosiq (842-847)lar davrida mu’taziliylar oqimi ta’limoti rasmiy e’tiqod sifatida e’tirof etilgan, A.i.H. mansub bo‘lgan an’anaviy islom tarafdorlari ta’qib ostiga olingan edi. Aslida an’anaviy islom ulamolari va mu’taziylar o‘rtasidaga bahs bir asrdan (xalifa Hishom (724-743) davridan) beri davom etib kelar, ular islom ummasining parchalanishida bir-birini ayblardi. Ma’mun ana shu bahsga barham berish, mu’taziliylarning bir necha aqidalari, va ayniqsa, Qur’onning yaratilganligi (ya’ni Alloh tomonidan yaratilgani), haqidagi fikrni qaror toptirish maqsadida 833 y. maxsus hay’at tuzgan va barcha ulamolarni imtihon (mehna) qildirgan. Bu aqvdalarni qabul qilmagan din arbobi Qur’onni Alloh b-n bir darajaga qo‘yuvchi mushrik, ya’ni ko‘pxudolik tarafdori deb e’lon qilinar va shunga yarasha jazoga tortilardi. O’z fikrlaridan qaytmagan bir necha ulamo qatori A.i.H. 2 yil zindonda yotgan. Ozodlikka chiqqach, umrining oxirigacha diniy-siyosiy faoliyatini davom ettirgan. Pirovardida mehna kutilgan natija bermadi va an’anaviy islom tarafiga o‘tgan xalifa Mutavakkil (847-861) 848 y. mehnani bekor qilgan. Keksayib qolgan A.i.H. Bag‘dodda endi o‘zining nomi b-n atala boshlagan diniy-siyosiy harakatning g‘oyaviy rahnamosiga aylangan. Bag‘dod va Basradagi faol mu’taziliylarning ro‘yxati tuzilib, ular qirg‘in qilinganlar. 9-a.ning 20-40-ylari musulmon ummasida yuz bergan parokandalik holatini tahlil qilib, A.i.H. islomning "oltin davri" - Muhammad(sav) va ilk xalifalar davriga qaytish kerak, degan xulosaga keldi. Ayniqsa, "bid’at" masalasida u keskin mavqeda bo‘ldi. Uning fikricha, Kur’on, hadis va musulmon ulamolarining ilk uch avlodi fikri (ijmo)ga asoslanmagan din va hayotga oid har qanday "yangilik" qoralanmog‘i darkor. Shuningdek, u diniy arboblar hokimga ta’sir o‘tkazishlari lozim, deb uqtirdi. A.i.H. ta’limotini uning shogirdi al-Barbahariy (847-941) o‘z asarlarida davom ettirgan. Hanbaliylik mazhabi nazariyasi Ibn al-Javziy (1116-1200) va Ibn Taymiya (1263-1328) asarlarida o‘z ifodasini topdi. A.i.H.ning "6 aqida" (islom dini ahkomlarining qisqacha bayoni), hadislar to‘plamlari, shu jumladan 30 ming hadisni o‘z ichiga olgan "Musnad" ("Isnodli hadislar to‘plami") va imon-e’tiqod, fiqh va ibodat masalalari bo‘yicha risolalari hozirgacha saqlanib qolgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:19:25
AHMAD KOSONIY - q. Maxdumi A’zam.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:20:05
AHMADIYA - 19-a. oxirida Hindistonda vujudga kelgan diniy harakat. Mirza Rulom Ahmad Kodiyoniy (1835-1908) asos solgan. U 19-a.ning 70-y.larida Panjob musulmonlari o‘rtasida yirik ulamo va avliyo sifatida nom chiqargan. Islom tarixi va ilohiyot bo‘yicha bir necha asar yozgan. 1891 y.da "Anjumani Ahmadiya" diniy tashkilotini tuzgan. Izdoshlari uni "payg‘ambar", deb e’lon etgan. Vafotidan keyin uning o‘rniga Hakim Nuriddin qolgan. Bashar Ahmad ibn Rulom ham taniqli A. arboblaridan hisoblanadi, "Siyrat ul Mahdiy" ("Mahdiyning hayot yo‘li"), "Kalimat ul-fasl" ("Ajratuvchi so‘z") va b. kitoblari bor.
A. aqidalari islomga zid. A. aqidasi bo‘yicha: 1) G’ulom Ahmad va’da qilingan Iso Masih emish; 2) Alloh ro‘za tutar, namoz o‘qir, uxlar, uyg‘onar, yozar, imzo chekar, ba’zan adashar emish; 3) Muhammad (sav) oxirgi payg‘ambar emas, chunki Alloh o‘z ehtiyojiga ko‘ra yer yuziga payg‘ambarlar yuborib turar, ulardan eng afzali esa G’ulom Ahmad emish; 4) Jabroil (as) G’ulom Ahmadga vahiy olib tushar emish; 5) Kodiyon qishlog‘i Makkai-mukarrama va Madinai-munavvaradan afzal emish; 6) Araq ichish, af’yun va b. mast qiluvchi narsalarni iste’mol qilish mumkin. Hoz. kunda ahmadiylar Hindiston va Pokistondan tashqari, bir necha arab mamlakatlari, Eron, Afg‘oniston, Afrika hamda G’arb mamlakatlarida tarqalgan. Londonda ularning katta markazi bor. Ahmadiylar MDH hududiga keyinga yillarda kirib keldi. Ko‘proq ishbilarmon, tojir va xayriya jamiyati vakillari sifatida Tatariston va b. joylarda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan. Robita al-alam al-islom (Islom olami ittifoqi) A.ni "islomga yot oqim" deb e’lon qilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 29 Sentyabr 2006, 20:20:33
AHROR (arab. - "hur" so‘zining ko‘pligi) -islomda "hur", "ozod" ma’nolarini anglatuvchi tushuncha. Tasavvufda uch xil asirlikdan xalos topgan kishiga "hur" unvoni beriladi. Birinchisi - hayvoniy va shahvoniy his-tuyg‘ularni yengib, ularning asirligidan qutulish. Bu martaba nomi - "hurriyati omma". Bu xususiyat hammada ham bo‘lishi mumkin. Ikkinchisi - ortiqcha orzu-havaslardan voz kechish. Bu - "hurriyati xossa" atalib, u tasavvuf ahlining ko‘pchiligida topilishi mumkin. Uchinchisi - barcha dunyoviy taqlid, an’ana va mashg‘ulliklardan dilni pok tutish. Bu - "hurriyatu xossatil-xossa" atalib, u tasavvuf ahlining ayrimlarigagina nasib etadi
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:09:14
- B -

BADAVIY, Abu Fityon (yoxud Abu Abbos) Ahmad Sidi ash-Sharif (1199-1276) -badaviya (yoki ahmadiya) tariqati asoschisi, Misr xalqi hozirgacha e’zozlaydigan mashhur sufiy. Fes sh.da o‘z shajarasini Aliga bog‘lagan va 7-a. oxirida Mag‘ribga ko‘chib kelgan oilada tug‘ilgan. 1210 y. Makkaga kelgan. Bu yerda B. shofi’iylik huquqi va Qur’on tilovati b-n mashg‘ul bo‘lgan. 1230 y. otasi vafotidan keyin B. odamlardan uzoklashib, yolg‘iz zohidona turmush kechirgan, u faqat imo-ishora vositasida odamlar b-n muloqotda bo‘lgan. 1236 y. B. o‘zining tushi ta’biriga amal qilib Iroqqa borgan, u yerda Abdulqodir Geloniy (Jiloniy) va Ahmad ar-Rifo’iy maqbaralarini ziyorat qilgandan so‘ng Bato’ik sh.da rifo’iylar tariqatiga qabul qilingan. 1237 y. B. Misrning Tant sh.ga ko‘chib kelib, shu yerdagi rifo’iylarga rahbarlik qilgan. Bu yerda u o‘zining darvishona turmush tarzi (suv ichmasdan va taom yemasdan 40 kun ro‘za tutishi, uyining tomidan quyoshga tikilib qarashi - "soyaga yurish", ba’zan to‘la sukunatda, ba’zan baqirib-chaqirib yurish va b. b-n xalq orasida shuhrat qozongan. Tantda vafot etgan. Xalq orasida uning "mo‘‘jizakor" kuchi haqida ko‘plab rivoyatlar tarqalgan. B.ning vafotidan so‘ng, uning xalifasi va vorisi Solih Abdul Ol (1333 y.v.e.) uning qabri ustiga masjid qurdirgan, u avliyoni ziyorat qilish markaziga aylangan. B.ga sig‘inish Misrning qad. qibtiy-xristian urf-odatlarini o‘zida uyg‘unlashtirib yuborgan. Ko‘pchilik misrlik musulmonlar B.ning Tantdagi maqbarasini ziyorat qilib, keyin haj ziyoratiga borishadi. Shundan uning "Bob un-nabiy" ("Payg‘ambar darvozasi") laqabi kelib chiqqan. Oddiy xalq orasida u as-Sayid ("janob"), tariqat a’zolari uchun u - qutb deb ataladi. Magrib badaviylari kabi bosh kiyim kiygani uchun "Badaviy" laqabini olgan deb hisoblanadi. B. Misrda xonanda ayollar va raqqosalar uyushmasining rahnamosi hisoblangan, shuningdek u yo‘qolgan narsalarni, jumladan yo‘qolib qolgan bolalarni topishda ko‘mak beruvchi shaxs sifatida mashhur bo‘lgan. B.ga siginishni, ayniqsa Tantga ziyorat qilishni ulamoyu fuqaholar doimo qora-lab kelishgan. 1498 y. ularning qatiy talabi b-n mamluk sultoni az-Zohir Jaqmoq B. qabrini ziyorat qilishni taqiqlash haqida farmon chiqargan. B.ga e’tiqod qilish xalq orasida juda chuqur ildiz otib ketganligi bois farmonning ta’siri bo‘lmagan. Usmonli turk saltanati davrida mavlaviylar, bektoshiylar, naqshbandiylik kabi qudratli sufiylik tariqatlari tarafdorlarining talabi b-n B.ni dabdabali suratda ziyorat etish ancha kamaygan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:11:16
BADAVIYA (yoxud ahmadiya) - sufiylik tariqati. Ahmad al-Badaviy Misrda asos solgan. B. amaliyotda qodiriylar va rifo’iylarga yaqin. B.ning tashkiliy asoslari aniq belgilanmagan. Mahalliy zoviya va jamoa rahbarlari nomigagina tariqat rahbariga itoat etib, kamdan-kam hollarda undan fatvo olganlar. Tariqat qarorgohi asosiy ziyoratgoh - Tant sh.da joylashgan. 1333 y. tariqat asoschisining vorisi Solih Abdul Ol vafotidan so‘ng B.ga rahbarlik qilish merosiy bo‘lgan. 14-15-a.larda ayrim mamluk sultonlari B. b-n aloqa bog‘lashgan. Uzoq vaqt mobaynida (20-a.ning 50-y.larigacha) B. Misr xalqi orasida o‘zining ta’sirini saklab kelgan. B.dan kamida 15 ta tarmoq ajralib chiqqan, ularning ayrimlari (mas., dasuqiya-burhoniya) mustaqil tariqatga aylangan. B.ga Misr xalqining qad. islom va xristianlikdan avvalgi diniy e’tiqodlari, urf-odatlari chatishib ketgan. Shu sababdan bo‘lsa kerak Abdul Vahhob ash-Sha’roniy (1493-1565) B.ni shariat yo‘lidan og‘ganlikda ayblagan. B. tarafdorlari o‘ziga xos - qizil rangda kiyim kiyishgan, ularning xirqasi va 12 shokilali uzun qalpoklari, shuningdek bayroqlari ham qizil bo‘lgan. Ular odatda chorshanba kunlari Tant sh.dagi markaziy ziyoratgohda, maxsus xonalarda (taxdirxona) va Qohiradagi al-Husayn masjidida jamoa bo‘lib zikr tushishgan. Unda maxsus qo‘shiqchi xonishi va nog‘ora sadosi ostida davra bo‘lib zikr tushganlar. Davra bo‘ylab aylanayotgan zikr ishtirokchilari vaqti-vaqti b-n chuqur ta’zim bajo keltirib, shu x,olatda qo‘llarini oldinga cho‘zganlar. O’zaro uchrashganlarida tariqat a’zolari qo‘l sqiqishib ko‘rishganlar. Tariqat yilda uch bayramni nishonlagan. Bayram sanalari qad. qbtiy quyosh taqvimiga qarab belgilangan. Birinchi bayram sanasi "ilohiy cho‘qintirish" kuniga to‘g‘ri keladi, qolgan ikki sana Nil daryosi suvining ko‘tarilishi muddati b-n bog‘liq (hosildorlikka bag‘ishlangan marosim). Bayramlar vaqtidagi tartib ustidan B. a’zolaridan tuzilgan maxsus qo‘riqchilar - Nuh avlodlari nazorat yurgizishgan. Ularning belida yog‘och qilich, ko‘llarida - arqon qamchin, bo‘yinlarida turli rangdagi munchoq shodasi bo‘lib, u ko‘krakka tushib turgan; bosh kiyimlarining tepasida rangli tizimchalardan qilingan tutama (o‘ram) bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:13:04
BADA’ ("paydo bo‘lish", "vujudga kelish") - shialikka oid tushuncha. Unga ko‘ra Allohning fikri, qarori turli shart-sharoitlarga qarab o‘zgarib turadi. Bu g‘oyani kaysoniylarning peshvosi al-Muxtor ibn Abi Ubayd nomi b-n bog‘laydilar. U o‘zida bashorat qilish qobiliyati borligini da’vo qilib, agarda uning bashorati to‘g‘ri chiqmasa, bunga Allohning fikri o‘zgarib qolganini ro‘kach qilgan. Shialar B.ni sunniylikdagi nasx ta’limotiga qarshi qo‘yadilar. O’zlarini kelajak haqida bashorat etish qobiliyatiga ega deb hisoblaydigan shia imomlari agarda bashoratlari noto‘g‘ri chiqqudek bo‘lsa, o‘zlaridan javobgarlik mas’uliyatini soqit qilish uchun xohlagan paytda o‘z fikr va qarorlarini "Allohning fikri o‘zgarib qoldi" deb o‘zgartirishlariga B. imkon bergan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:14:11
BADR JANGI - Muhammad (sav) rahbarligida musulmonlarning Badr qudug‘i yaqinida (Madinadan 150 km jan.-g‘arbda) Makka qo‘shinlari b-n qilgan birinchi yirik jangi (624 y. 15 yoki 17 mart). Makkadan Falastin va Suriya yerlariga olib boradigan yirik karvon yo‘li Madina yaqinidan o‘tar edi. Bu yo‘l Makka hokimlari va savdogarlari uchun katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Musulmonlar bu yo‘ldagi Makka karvonlarini bosib olishga, Makka zodagonlari esa karvonlarni himoya qilishga uringan. Badr qudug‘i yonida madinaliklar makkaliklarning savdo karvoniga hujum qilgan. Manbalarda ko‘rsatilishicha, jangda musulmonlar tomonidan 80 muhojir, 230 ansor, makkaliklar tomonidan Abu Jahl rahbarligida 850 kishi qatnashgan. Makkaliklar yengilgan, katta talafot ko‘rgan. Makkaliklarning 50 dan ortig‘i halok bo‘ldi, yana shunchasi asir olindi. Ular o‘z yo‘lboshchisi Abu Jaxldan ham judo bo‘lishdi. Musulmonlardan faqat 14 kishi halok bo‘ldi. Kuchlar nisbati kam bo‘lishiga qaramay musulmonlar qozongan g‘alaba Muhammad (sav) ning siyosiy va diniy obro‘yini oshirib yubordi, Madina va butun Arabiston ya.o.da faol harakat boshlab yuborishga asos soldi. Jangda katta o‘lja, jumladan 30 ta ot, 150 tuya, ko‘p qurol, anjomlar qo‘lga kiritildi. Muhammad (sav) bu o‘ljalarni jang ishtirokchilariga taqsimlab, uning beshdan bir qismini o‘zlari olganlar. Islom an’anasida o‘lja taqsimlashda uning beshdan bir qismi xalifalar xazinasiga tushishi, piyoda askarga bir hissa, otliq askarga ikki hissa berilishi ana shundan boshlangan. Keyinchalik bu shariatda qonunlashtirilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:15:38
BAZDOVIY, Abul Hasan Ali ibn Muhammad al-Bazdoviy (1009 - 1089) - xanafiylikdagi yirik muhaddis va faqih. Nasaf viloyatidagi Bazda (Pazda) qal’asida tug‘ilgan; ko‘plab shogarddar yetishtirgan. Tarixchi Sam’oniy B.ning o‘g‘li al-Hasan ibn Ali al-Bazdoviy qo‘lida ta’lim olgan. B. fiqhga doir 6 asar muallifi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:16:26
BAYT ul-MAQDIS, Bayt ul Muqaddas (arab. - Muqaddas uy) - Quddus (Ierusalim) sh.da qadimdan mavjud bo‘lgan, musulmonlar, xristianlar va yahudiylarda muqaddas hisoblangan ibodatxonalar. Shu munosabat b-n Qudtsus sh.ning o‘zi ham B.ul-M. deb nom olgan. B.ul-M.ning o‘rta asrlarga oid sharqiy qismida - Harom ash-Sharif (Moria tog‘i etaklarida) qo‘riqxonaga aylantirilgan hudud bo‘lib, Aqso masjidi, Qubbat as-sahro masjidi va b. inshootlar uning tarkibiga kirgan. Kur’oni Karimning Muhammad (sav)ning me’roj kechasida borgan yerlari haqidagi oyatdagi joy - B. ul-M. deb hisoblanadi. Muhammad (sav) Madinada bo‘lgan dastlabki bir yarim-ikki yillik davrlarida musulmonlar B.ul-M.ga qarab namoz o‘qiganlar (q. Qibla). Quddus sh. Umar (ra) b-n patriarx o‘rtasida tuzilgan bitimga asosan 638 y. boshida musulmonlar qo‘liga o‘tgan. Umar (ra) Quddusda bo‘lgan chog‘ida Aqso masjidini qurdirgan (705-715 y.larda u yangidan qurilgan). Qubbat us-sahro masjidi bunyod etilgach, shaharning diniy markaz sifatidagi mavqei kuchaygan. Arabcha al-Quds nomi shu payt (8-a. boshi)dan e’tiboran qo‘llanila boshlagan (bu paytgacha shahar Iliyo deb atalgan). 11-13-a.larda B.ul-M. diniy urushlar, xususan, salbchilar b-n musulmonlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning asosiylaridan sanalgan. 1517 y. shaharni Usmonli turk saltanati egallagan. 16-a.da Harom ash-Sharif tubdan qayta ta’mirlangan. Ark va b. inshootlar qurilgan. 16-19-a. o‘rtalarida shahar (80 ga yaqin shahar hududi va 13 ga dan iborat Harom ash-Sharif) devor b-n o‘rab olingan. 1553 y.dagi aholi ro‘yxatiga ko‘ra shaharda 1950 musulmon, 413 nasoro va 324 yahudiylar oilasi, jami taxm. 15 ming aholi yashagan. 19-a. so‘nggi choragidagi aholi ro‘yxatida ham taxm. shu manzara aks etgan. 19-a.da xristian qadamjolarini himoya qilish bahonasida Yevropa davlatlari Usmonlilar saltanatining ichki ishlariga aralasha boshlagan. 19-a.ning ikkinchi yarmida Kuddusning g‘arbiy qismida yevropalik bir qancha missionerlik markazlari paydo bo‘lgan; shu asr oxirida esa, bu yerda yahudiy-immigrantlar (muhojirlar)ning koloniyasi (manzilgohi) vujudga kelgan. 1920-47 y.larda Quddus Millatlar Ligasi mandatiga ko‘ra, Buyuk Britaniya tomonidan boshqarilgan Falastinning ma’muriy markazi bo‘lgan. 1947 y. Isroil davlati barpo etilishi tufayli Quddus sh. BMT boshqaruvidagi alohida zona sifatida ajratilgan, biroq Isroil-Arab urushi (1948-49) natijasida shaharning g‘arbiy qismini Isroil bosib olgan, sharqiy qismi esa, Iordaniyaga o‘tgan. 1967 y. Qudtsusning sharqiy qismi Falastinning arablar yashaydigan qismi b-n birgalikda Isroil tomonidan egallangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:16:50
BAYTULLOH (arab. - Alloh uyi) - Makka sh.dagi Ka’ba binosi. Uning boshqa nomlari ham bor. Mas., Masjidi harom, Baytulatiq, Qibla, Xonai Ka’ba. "Allohning uyi" deganda Allohning manzili yoki maskani emas, balki Allohga ibodat qilinadigan joy, qiblagoh ma’nosida tushunmoq kerak. Shu ma’noda yer yuzidagi masjidlarning har birini ham "Allohning uyi" deb atash mumkin. B.ni "Makkatulloh" deb atash noto‘g‘ridir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:18:21
BAYTULMOL (arab. - "mol-mulk uyi") - 1) islom mamlakatlarida davlatga qarashli mol-mulk; 2) qimmatbaho narsalar saklanadigan bino. B.ni dastlab xalifa Umar ibn al-Xattob (ra) ta’sis qilgan. Undagi boyliklar asosan xiroj, jizya, zakot, hums kabi soliklardan to‘plangan. BAY’AT (arab. oldi-sotdi) - shariatda kishilarning Rasululloh (sav)ga itoat haqida bergan va’dalari. Bu va’dada va’da ahd beruvchi shaxs o‘z itoati evaziga savobni sotib olish ma’nosi borligidan "bay’at" deyilgan. Rasululloh (sav)dan keyin xalifalar, davlat boshliqlariga B. qilish odati bo‘lgan. Keyinroq davlat boshlig‘idan boshqalarga, ma’lum rahbarlik ma’nosidagi ulug‘larga ham B. qilish tarqagan. Alloh taolo Fath surasida: "Albatta, Senga bay’at qilayotganlar, haqiqatda Allohga bay’at qilmokdalar. Allohning qo‘li ularning qo‘llari ustidadir", degan. Bu oyat Hudaybiya sulhi vaqtida nozil bo‘lgan. Rasuli Akram (sav) 1400 nafar sahobiylar b-n umra qilgani Makka tomon yurganlar. Makkaga yaqinlashganlarida, mushriklar yo‘lni to‘sishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar kelgan. Hudaybiya degan joyda to‘xtalgan. Ikki taraf bir-biriga vakil yubora boshlagan. Rasululloh (sav) hazrati Usmon ibn Affon (ra)ni yuborganlar. U kishi daraksiz uzoq qolib ketganlar. Shunda "Mushriklar Usmonni o‘ldiribdi" degan gap tarqalgan. Vaziyat og‘irlashib, qurolli to‘qnashuv bo‘lishi muqarrarga o‘xshab qolgan. Ana shunday nozik va xatarli bir paytda musulmonlar Islom yo‘lida fidokorlik axdini berib, Rasululloh (sav)ga B. qilishlari lozim bo‘lgan. Payg‘ambar (sav) daraxt tagida turib, B. olganlar, Alloh taolo ushbu B.da ishtirok etganlardan rozi ekanini e’lon qilib, oyatlar nozil qilgan. B. vaqtida qo‘l ushlashib turib ahd berilganidan ahli tasavvufda muridning shayxga qilgan B.ini "qo‘l berish" deyiladi. Shayxga muridning B. qilishi hijriy beshinchi asr (mil.11-a)larda boshlangan, bunda murid o‘z ustoziga taqvoda bardavom bo‘lishga axdu paymon ila B.qiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:18:58
BALOZURIY Ahmad ibn Yahyo ibn Jobir ibn Dovud (taxm. 820-892) - arab tarixchisi. "Futuh ul-buldon" ("Mamlakatlarni fath etish") va "Ansob ul-ashrof" ("Iqtidorli kishilarning nasablari") kabi tarixiy asarlari b-n mashhur. Birinchi asarining qisqartirilgan nusxasi bizgacha yetib kelgan. Unda hijrat davridan boshlab to Suriya, Armaniston, Misr, Mag‘rib, Ispaniya, Iroq va Eronning fath etilishigacha bo‘lgan tarixiy voqealar bayon etilgan. Asarda mahalliy xalqlar va turli mashhur qurilishlarga doir juda ko‘p muhim ma’lumotlar ham bor. Shuningdek, unda arab tilining fath qilingan mamlakatlarda devon ishlarida qabul etilishi, turli jarima va soliqlar, tanga va chaqa pullar, arab yozuvining tarixi xususida ma’lumotlar mavjud. Bu kitob Gollandiyada sharqshunos de Gue tomonidan 1866 y.da nashr etilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:19:40
BALUZIY, Abul Abbos al-Hasan ibn Sufyon ash-Shayboniy al-Baluziy an-Nasaviy (? -915/916) - shofi’iylikdagi yirik muhadtsis, faqih, muftiylardan. Niso viloyatidagi Baluz (Faruz) qishlog‘ida tug‘ilgan. Sam’oniyning yozishicha, u Iroq, Shom, Misr va Xuroson shaharlari bo‘ylab sayohat qilgan, uning huzuriga turli mamlakatlardan olimlar kelib saboq olganlar. 12-a.da uning Baluz qishlog‘idagi qabri ziyoratgoh bo‘lgan. Sam’oniy B.ni fiqh, hadis va ilmi adab bo‘yicha 20 ustozi va 10 ta shogirdini qayd etib o‘tgan. Fiqhga doir 3 asari bor.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:20:39
BAL’AMIY Abu Ali Muhammad ibn Muhammad (? - 974 - Buxoro) - tarixchi olim, davlat arbobi. Somoniylardan Abdulmalik ibn Nuh (954-961) va Mansur ibn Nuh (961-976) zamonida bosh vazir bo‘lgan. U 963 y. Tabariy (839-923)ning "Tarix ul-anbiyo var-rasul val muluk val-xulafo" ("Payg‘ambarlar, podshohlar va xalifalar tarixi") nomli yirik asarini fors tilida qaytadan yozgan. Bu Sharqda 9-a.gacha bo‘lgan siyosiy voqealarni o‘zida aks ettirgan, O’rta Osiyoda yangi fors tilida bitilgan birinchi asar bo‘lib, Tabariyning arab tilida yozilgan va Leydenda (1879-89) nashr etilgan yuqoridagi asariga qaraganda aniq ma’lumotlarga boy va ayrim hollarda mufassalroqdir. Aftidan, B. Tabariy asarining avvalgi to‘laroq nusxalaridan foydalangan. B.ning bu asari chet tillariga tarjima qilingan. Mazkur kitob 1958 va 1974 y.da tuzatishlar b-n Tehronda 2 marta nashr etildi. Uning qo‘lyozma nusxasi O’zbekiston musulmonlari idorasining kutubxonasida saqlanmoqda.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:21:27
BARAKA - islom ilohiyotida biror ishga Alloxdan rivoj tilash, oq fotiha berish mazmuniga ega bo‘lgan tushuncha; xayrli istak va qo‘rqut. Qur’onda B. uch harf, ya’ni BRK ildizidan chiqqan bir qancha so‘z va tushunchalardan iborat. B. so‘zi ko‘plik shaklida barakot deb yuritiladi. Qur’onda keltirilishicha, B.ning nozil etuvchisi Alloh bo‘lib, u B.ni payg‘ambarlarga (Iso - 19:31/ 32, Muso - 27:8, Ibrohim, Ishoq - 37:113) va ularning yaqinlariga (11:48/50, 76/73) ato etgani zikr etiladi. B. istagi musulmonlar o‘rtasidagi an’anaviy salom-alikning tarkibiy qismiga aylangan. Oddiy xalq tilida B. mehnat va faoliyatda, hosil va daromadda unum, mo‘l-ko‘llik ma’nosini bildiradi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:22:19
BARKONIY, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ad-Barkoniy (948 - 1034) - shofi’iylikdagi mashhur muhaddis, mufassir, faqih, adib va shoir. Xorazmdagi Kot (Kas) sh. atrofidagi Barkon qishlog‘ida tug‘ilgan. B. fiqhni dastlab Xorazmda o‘rganib, so‘ngra Xuroson va Iroq sh.lari bo‘ylab sayohat qilgan. Bag‘dodda yashagan va jome masjidi qoshidagi qabristonga dafn etilgan. B.ning 5 ustozi va 5 shogardi bo‘lib, fiqhga doir 3 ta asar yozgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:22:53
BARO’ ibn OZIB, to‘liq ismi Abu Amr al-Baro’ ibn Ozib ibn al-Xoris al-Ansoriy al-Avsiy (7-a.) - sahoba. Badr jangiga. bormoqchi bo‘lganida Rasululloh (sav) uni yoshligi tufayli jangdan qaytarganlar. Muhammad (sav) b-n birga 14 ta g‘azotda, u zot vafotlaridan so‘ng Ray sh.ni fath etishda (644) qatnashgan. Keyinchalik Ali b-n birga Jamol, Siffin va Nahravon janglarida jasorat ko‘rsatgan, ko‘p hadislar rivoyat qilgan. Mus’ab ibn az-Zubayr zamonida (689-691) vafot etgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:24:40
BARSISA, Barsis - Qur’onda (59: 16-17) zikr etilgan inson nomi. Qur’oni karimda "Mana u (shayton) insonga dedi: "Kofir bo‘l!" Inson kofir bo‘lganida, u dedi: "Men sendan yuz o‘gardim. Men butun dunyoning rabbisi Alloadan qo‘rqaman!" Ularning har ikkisi ham oxir-oqibatda to abad do‘zax o‘tiga tashlandilar. Kofirlarning holi shu bo‘lur!". Bu oyatlar Iblis-shaytonning timsolini aks ettirishda juda muhimdir. Shayton garchi insonni to‘g‘ri yo‘ldan og‘dira olsa ham, uni Allohning g‘azabidan himoya eta olmaydi. U Allohga raqib emas, lekin uning zaif dushmani. Qiyomatda shayton o‘zi yo‘ldan urgan kishilari qatorida teng jazolanadi. Qur’oni karimdan keyingi rivoyatlarda aytilishicha, B. ismli zohid aka-ukalari tomonidan tashlab ketilgan bemor qizning hol-ahvolidan boxabar bo‘lib turishga rozilik bergan. Shaytonning so‘ziga kirgan B. zino ish qilib, so‘ngra jinoyatini yashirish maqsadida qizni o‘ldirgan; qizning aka-ukalari kelganida B. qizni xastalikdan vafot etganini aytgan. Biroq Shayton aka-ukalarga singillari o‘limining asl sababini yetkazgan, ular zohidni o‘ldirish qasdida tutib olishgan. Shunda Shayton Alloxdan yuz o‘girish evaziga uni xalos etishini taklif etgan. B. yuz o‘girgan, lekin shu zahoti Shayton ham undan yuz o‘girgan. Bu hikoyadan pand-nasihatlarga oid adabiyotlarda keng foydalaniladi. Fuqaholar undan Shaytonning usullari, kirdikorlarini ko‘rsatishda yaqqol misol sifatida foydalanadilar: insonning g‘oyibona xohish-istaklaridan foydalanib, Shayton uni go‘yo solih amallarni (yuqoridagi holatda - bemor qizning hol-ahvolidan boxabar bo‘lish) qilishga, aslida esa, uni halokatga yetaklovchi amallarni bajo etishga undaydi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:25:34
BAQO VA FANO (arab. baqo - boqiylik, barqarorlik; fano - foniylik, yo‘qolish, o‘tkinchilik) - islomdagi tushuncha. Islom dinida baqo - Alloh sifatlaridan biri. Tasavvufda baqo Allohning boqiy do‘sti bo‘lib qolish uchun o‘zidan voz kechish, barcha yaxshi sifatlarni o‘zida mujassam qilish deb ham tushuniladi. Fano - o‘zidagi barcha yomon sifatlarni yo‘q qilish yo‘li b-n Allohga yaqinlik hosil qilishlikdir. Tasavvufda solik fano maqomiga yetgach, Allohning haqligi va ulug‘ligi to‘g‘risidagi fikru zikrga g‘arq bo‘lib, bu foniy dunyodagi jamiki narsalarni unutib yuboradi. Bu maqom "fano filloh" deb ataladi (yana q. Fano).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:26:44
BAG’DODIY, Abul Barakot Hibatulloh ibn Malka al-Baladiy (1077-1164) - faylasuf, tabiatshunos, tabib. Bag‘dod xalifalari va saljuqiylar sultonlari saroyida tabiblik qilgan. B.ning asosiy asari "al-Mu’tabar fil hikma" bizgacha yetib kelgan. Bu asar sharq peripatetizmi ruhida yozilgan bo‘lib uch qismni - mantiq, fizika va metafizikani o‘z ichiga oladi. Ikkinchi bo‘limda (Ibn Sino fizikasiga nisbatan) muammoni toraytirib, asosiy e’tibor tabiiy-ilmiy masalalarni tadqiq etishning asosiy vositalari sifatida tajriba va kuzatishga qaratiladi. Metafizikada, asosan, sharq peripatetiklari izidan borib B. ularning ayrim qoidalarini tanqid qiladi. Unga ko‘ra yagonalikdan faqat yagonalik kelib chiqadi, abadiy o‘tkinchi hodisalarni (havodis) o‘ziga sig‘dira olmaydi, xudoning mohiyatidan tashqari uning boshqa atributlari bo‘lishi mumkin emas hamda o‘nta fazoviy akdlar mavjud deb tanqid qildi. Keyinchalik bu tanqid kalom b-n falsafani yaqinlashtirishga zamin hozirlagan ar-Roziy tomonidan davom ettirildi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:27:06
BAG’DODIY, Abu Mansur Abduqohir ibn Tohir (? - 1037) - shofi’iylik faqixlaridan, ash’ariy ilohiyotchi. Nishopurda ash’ariy Abu Ishoq al-Isfaroiniy (1027 y. v.e.) rahbarligida o‘qigan. B.ning Xurosonda shogirdlari ko‘p bo‘lib, ular orasida mashhur ilohiyotchi-sufiy Kushayriy ham bor edi. B. muhofazasi keng olim bo‘lib, fiqh, usuli al-fiqh, kalom, grammatika, handasa - jami 17 fandan dars bergan. U uchta asar - "al Farq baynal firaq", "Usul ad-din", "al Milal van nihal" yozgan. Bulardan oxirgisi o‘zining ma’nosi jihatidan Shahristoniyning xuddi shu mazmundagi asaridan ancha ustun turadi. B. boshqa sunniy huquqshunoslar yo‘lidan borib xorijiylar, shialar va mu’taziliylar b-n munozarada imomat g‘oyasini rivojlantirdi. U o‘zining zamondoshi va maslakdoshi Boqiloniydan farqli o‘laroq, imomat zaruriy narsa va bir vaqtda ikki imomning (mulki dengiz b-n ajralgan bo‘lsa) mavjud bo‘lishi mumkin deb hisoblagan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:27:42
BAHIRO, Buhayro- Muhammad (sav) siyratlari haqidagi hikoyalarda uchraydigan shaxs ismi; Muhammad (sav)ning bolalik paytlarida u zotdagi payg‘ambarlik alomatlarini payqagan Busrolik (Suriya, Basra sh.) xristian rohib. Hikoya etilishicha, Makka karvonlari Damashqqa borayotganda va undan qaytayotganda ko‘pincha B. uyi oldida dam olish uchun to‘xtagan. Bir kuni Abu Tolib o‘zi b-n safarga jiyani Muhammad (sav)ni ham olgan. B. bulutlar, quyosh va daraxt shoxlari harakatiga asoslanib, kelganlar orasida bo‘lg‘usi payg‘ambar borligani aniklagan va uning belgilarini Muhammad (sav)da ko‘rgan. U Abu Tolibga bolani ehtiyot qilishni va uni Damashqqa olib bormaslikni maslahat berib, Damashkda uni yahudiylar o‘ldirishi mumkinligini aytadi. Shu sababdan Abu Tolib savdo ishlarini shu yerning o‘zida bajarib, Damashqqa borishdan voz kechadi. Muhammad (sav)ni tanish uchun B. xristianlarning buzilmagan muqaddas kitoblaridagi u zot haqida bitilgan yeridan foydalangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:28:25
BAHOIYLIK, bahoiyya - diniy-siyosiy oqim. 19-a. o‘rtalarida Erondagi bobiylik harakatining davomi sifatida Irokda vujudga kelgan. Asoschisi Bahoullo. U insoniyat uchun yagona din, iqtisodiyot va davlat zarur, degan g‘oyalarni ilgari suradi (shu b-n bobiylikdan farq qiladi). Bahoullo fikricha, mavjud dinlarni yo‘qotishning hojati yo‘q, ularni qandaydir bir nuqsonsiz ta’limot asosida birlashtirish lozim. Aslida hamma dinlar yaxshi, faqat ularni ortiqcha aqida va urf-odatlardan tozalash kerak. Muhimi - Xudoni sevish kerak, chunki muhabbat - taraqqiyotning sharti va koinot qonunidir. 1979 y.da Eronda islom inqilobidan so‘ng bu ta’limotning o‘nlab rahnamolari qatl etildi. Bahoiylar Osiyoning ba’zi mamlakatlarida ham bor. Bahoiylarning ko‘pchiligi Yevropa va Amerikada, asosiy markazlari Germaniya, AQSh, Panamada, markaziy qarorgohi Xayfa (Isroil) shahrida. O’zbekistonda bahoiylarning ro‘yxatdan o‘tgan 3 ta jamoasi bor (1998). Ular Toshkent, Samarqand, Navoiy shaharlaridadir. O’z an’anaviy bayramlarini o‘tkazadi, Xayfa sh.ga ziyoratga borib turadilar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:28:52
BAHOUDDIN MAJMUASI - shayx Baxouddin Naqshband mozori yonidagi hazira - ansambl (Buxoro viloyati, 16-a.). Mozor Abdulazizxon buyrug‘i b-n tartibga solinib, hazira barpo etilgan va 1544-45 yillarda majmuaning eng katta binosi - xonaqoh qurilgan. B.m. daxmalar (Daxmai shohon va Bahouddin daxmasi), maqbara, 2 masjid, saqoxona, hovuz, quduq, minora, madrasa va Abdulazizxon xonaqohidan iborat. Majmua kichik gumbazli chortoq darvozaxonadan boshlanadi. Darvozadan o‘tgach, o‘ngda kichkina masjid, chap tomonda ziyoratchilar uchun turli binolar bo‘lganligi ma’lum. Yo‘l davomida chapda xonlar mozori - Daxmai shohon joylashgan. Daxmai shohon to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli, bal. 2,5 m, usti kulrang marmar b-n qoplangan. Unda marmar o‘ymakorligi, xattotlik san’atining ajoyib namunalari mavjud. Marmarlarga tokchalar, ustunchalar, sharafalar, sarv surati va b. bezaklar o‘yilgan; naqshlar ba’zida yozuvlar b-n aralash uchraydi. Daxmai shohondan o‘tgan yo‘lak nafis bezatilgan peshtoqqa olib keladi (peshtoqning ikki tabaqali eshigiga "bag‘dodi" va "guli nav" uslida naqshlar o‘yilgan). Peshtoqning eshigidan o‘tilgach, o‘ngda gumbazli maqbara bor (unga kim dafn qilinganligi noma’lum). Chapda -kiraverishda 6 ustunli (soddagina), oldi ayvonli Muzaffarxon masjidi joylashgan. Masjid yoniga 2 ustunli Hakim qo‘shbegi masjidi tushgan (masjid mehrobida ajoyib mujassamotli namoyon bor). Uning jan.da naqshdor, shim.da naqshsiz ayvonlar bor. Bahouddin daxmasi marmar qoplangan kattagina murabba supa bo‘lib, atrofi chiroyli marmar panjara b-n o‘ralgan. Undan sal nari, shim.da - tomonlari 9,5 m keladigan aylana zinali marmar hovuz, uning shim. tomonida kichikroq, ko‘rkam chortoq saqoxona bor. Bahouddin daxmasi b-n hovuz oralig‘ida quduq, uning yonidagi chiroyli shiypondan qadimda ziyoratchilarga turli shaklli idishlarda "muqaddas" suv ulashilgan. Hakim qo‘shbegi masjidining shim.da ko‘rimsizgana bir minora, undan narida hovlidaga hovuzdan 3 baravar katta boshqa hovuz bor. Hovlining tashqarisi (shim.-g‘arbi)da to‘rtburchak supa ustida xonaqoh (eni 37 m, bo‘yi 40 m li) qad ko‘targan. Markazida atrofi peshtok, ravoqli ayvonlar b-n o‘ralgan masjid, uning to‘rvda chorzamin uslubda ishlangan qirma naqshli mehrob mavjud. Imoratning har ikki tomonida simmetrik qurilgan ikki qavatli katta-kichik hujralar bo‘lgan. B.m.ga undan 0,5 km shim.-sharkda joylashgan "Qasri Orifon" masjidi ham kiradi; uning yonida pastakkina minorasi bor. Masjid 3 tarafdan ayvon b-n o‘ralgan; shipi naqsh tushirilgan hovuzaklik. B.m. 16-a. me’morliganing yangacha ansambl tuzishda erishilgan yutuqlardan namuna bo‘lib, qo‘sh binoli simmetrik ansambllardan farq qiladi. Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi (1993) munosabati b-n majmua qayta ta’mirlanib, qo‘shimcha binolar bunyod etildi (2003).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:30:52
BAHOUDDIN NAQSHBAND, Muhammad ibn Muhammad Bahouddin an-Naqshband al-Buxoriy (ko‘proq Bahouddin yoki Xoja Bahouddin Balogardon, Xo‘jai Buzruk, Shohi Naqshband nomlari b-n mashhur) (1318-1389) - mashhur avliyo, naqshbandiylik. tariqatining asoschisi. Buxoro viloyati hoz. Kogon tumanidagi Qasri Hinduvon qishlog‘ida tug‘ilib, shu yerda vafot etdi. Bu qishloq keyinchalik B.N. sharafiga Qasri orifon deb atalgan. B.N.ning oilasi va farzandlari to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Uning Muhammad payg‘ambar avlodlariga mansub sayyidzodalardan ekanligi qayd etilgan. Otasi to‘quvchi hamda o‘yma naqsh soluvchi (naqshband) bo‘lgan. B.N. hayotida bobosining alohida xizmati bor. U sufiylar b-n yaqin aloqada edi. Shu sababli nabirasida ilohiyotga katta qiziqish uyg‘otdi. B.N. Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol, mavlono Orif, Xalil ota, Qusam Shayx kabi ustozlardan saboq oldi. B.N.ning deyarli butun umri Buxoro va uning atrofidagi qishloklarda sufiylik b-n o‘tgan. U ikki marta haj qilgan. Raribona hayot kechirgan, faqat o‘z mehnati - dehqonchilik va keyinroq kimxobga naqsh (gul) solish b-n kun ko‘rgan. O’z ta’limotini yaratishda Yusuf Hamadoniy va Abdulholiq G’ijduvoniy g‘oyalariga asoslangan. Ta’limotining asosida "Dil-ba yor-u, dast-ba kor" ("Ko‘ngil Xudoda bo‘lsin-u, qo‘l ish b-n band bo‘laversin") degan shior yotadi.
B.N. tasavvufdagi ilgarilari amalda bo‘lgan qattiq talablarni bir qadar yumshatdi, mo‘‘tadillashtirdi, kundalik turmushga mosladi. Uningcha, Allohga intilish ko‘ngil b-n amalga oshishi kerak. Qo‘l esa, ish - mehnat b-n band bo‘laversin. B.N.ning tarkidunyochilik   qilmay, demakki, bu dunyo ishlaridan ochiq-oshkor qo‘l silkimay turib ham Allohga yetishish mumkinligi haqidagi g‘oyasi  musulmon olamida tasavvufning juda keng aholi qatlamlari ichiga kirib borishini ta’minladi. B.N.ning Buxorodagi qabri ziyoratgoh hisoblanadi. B.N. va uning ta’limoti hamda naqshbandiy shayxlar to‘g‘risida talay asarlar yaratilgan. Birgana Uzbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik in-ti qo‘lyozmalar   xazinasining o‘zida a naqshbandiylikka doir 195 kitob mavjud. B.N. tavalludining 675 yilligi (1993) O’zbekistonda keng nishonlandi. Unga bag‘ishlab qator asarlar nashr etildi, xalqaro ilmiy anjumanlar bo‘lib o‘tdi. B.N. nomi b-n bog‘liq yodgorliklar qayta tiklandi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:31:44
BAHOULLO (arab. - Alloh nuri, jilosi; asl ismi Mirzo Husayn Ali Nuri) (1817 - 1892) - bahoiylik asoschisi. Bobiylik harakatining   ko‘zga   ko‘ringan namoyandalaridan. Mozandaronda tug‘ilgan. Bobiylarning Eron shohiga uyushtirgan suiqasdi muvaffaqiyatsizlikka uchragandan keyin B. Iroqqa qochgan (1852), bu yerda o‘zini Bob ishini davom ettiruvchi va xudodan vahiy olgan mahdiy deb e’lon qilgan. 1858 yilda Bag‘dodda chiqqan "Kitobi iymon" ("Ishonch kitobi") asarida Bob ta’limotiga bo‘lgan munosabatini aks ettirgan. 1873 yilda Falastinda "Kitob al-akdas" ("Eng muqadtsas kitob") asarini yozadi, unda bahoiylik ta’limotining asosiy g‘oyalarini bayon etadi. Keyinchalik B. o‘z ta’limotini davom ettirishni katta o‘g‘li Abbos afandiga (taxallusi Abdulbaho, 1920 y.v.e.) vasiyat qiladi. Uning avlodlari hamon o‘z g‘oyalarini targ‘ib etmoqda.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:32:25
BEDIL (taxallusi; asl ismi Mirzo Abdulqodir) (1644-1721) — shoir, mutafakkir. Ota-bobosi kesh(shahrisabz)lik, turkiy barlos urug‘idan. Yoshligidan turli fanlarga qiziqqan. Shayx Kamol, shoh Fozil va Mirza Abdulqosim kabi olimlardan ta’lim olgan. Hindiston bo‘ylab ko‘p sayohat qilgan, 1685 y.dan umrining oxirigacha Dexdida yashagan. Uning falsafiy-axloqiy qarashlari tasavvuf aqidalari ta’sirida shakllangan. B. dunyoqarashi tasavvufning vahdati vujud ta’limotiga asoslanadi, ya’ni olamni Allohning ko‘zgusi, inson qalbini shu ko‘zguning markazi, deb biladi. Inson qalbi qanchalik sayqal topsa, u shunchalik Alloh nurini aks ettiradi. B. 120 ming misradan ortiq she’riy, ko‘pgana nasriy asar yozgan. Yirik asari "Chor unsur" ("To‘rt unsur", 1703) nasrda yozilgan bo‘lib, uning dastlabki boblarvda B. o‘z hayoti haqida hikoya qiladi. So‘nggi ikki bobda esa, to‘rt unsur -havo, suv, yer, olov to‘g‘risida; o‘simliklar, hayvonlar va odamning paydo bo‘lishi, mutlaq ruh, ruh va narsalar, din hamda ruhoniylarning o‘rni haqida fikr yuritadi. Kitobda parilar, jinlar, uyku, tush ko‘rish va b. haqida hikoya va afsonalar ham mavjud. B. "Irfon" ("Bilim", 1711-12; "Komde va Mudan", "Nukot" asarlari ham shuning tarkibida) dostonida falsafa, tarix, tibbiyot, adabiyot va ilohiyotning xilma-xil masalalariga to‘xtalgan. Borliq, yo‘qlik, fano, baqo singari falsafiy masalalar haqida fikr bildirgan. U xind falsafasvdaga tanosux nazariyasi hamda islom falsafasvdagi tavakkul ta’limotini tanqid qiladi. B.ning ijtimoiy qarashlarida ma’rifatparvarlik, muruvvat va odamiylik mavzulari asosiy o‘rinni egallaydi. B. asarlari 19-a.da O’rta Osiyoda keng tarqaldi. Ular falsafiy fikrga boyligidan B. Turkistonda "Abulma’oniy" ("Ma’nolar otasi") degan nom olgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:33:11
BEKTOSHIYLAR, bektoshiya- Turkiyada tarqalgan tasavvuf tariqati. Kichik Osiyoda 13-a. oxiri - 14-a. boshida mahalliy turk ko‘chmanchi va o‘troq aholisi orasida paydo bo‘lgan. Tariqatning nomi Hoji Bektosh Rumiydan boshlanadi.
B. tariqatining haqiqiy asoschisi va’zxon va qalandar Hoji Bektosh Vali Nishopuri Xurosoniy (1208 - 1270) hisoblanadi. Uning silsilasi esa, turkistonlik shayx Ahmad Yassaviyga, undan esa, shia imomi Muso al-Kozimga taqaladi. B. a’zolari shialardek hazrati Ali va 12 imomga, ayniqsa, 6-imom Ja’far as-Sodiqqa e’tiqod qiladilar. Hoji Bektosh Kichik Osiyoda tez shuhrat qozongan. Bu tariqat ko‘proq qishloq aholisi orasida qo‘llab-quvvatlangan. Vaqti kelib B. keng tarmoq yoygan tashkilotga aylangan, o‘zining belgisi va maxsus kiyimiga ega bo‘lgan. B. tariqatining qat’iy uyushgan jamoaga aylanishida "Ulug‘ pir" Balim Sultonning (1516 y. v.e.) ta’siri katta. Ilmiy adabiyotda uni "Ikkinchi pir" ("Piri soniy") deb atashadi. Balim Sulton o‘zini Hoji Bektosh Rumiyning avlodi, deb e’lon qilgan va tariqat tuzilishiga aloqador bir qator islohotlarni amalga oshirgan. B. ayni Balim Sulton zamonida keng tarqalib, yanicharlar (Turkiyadagi imtiyozli piyoda askarlar) orasida yoyilgan, ular orqali davlat ishlariga o‘z ta’sirini kuchaytirgan. 1826 y.da Sulton Mahmud 11 yanicharlar korpusini tugatgach, B. faoliyati taqiqlandi. Uning yirik rahnamolari qatl etildi. B. tarafdorlari esa, Bolqonga va Albaniyaga tarqalib ketdi. Lekin hozir ham B. tarafdorlarini Turkiya va Irokda uchratish mumkin. B. turk xalqi diniy dunyoqarashining shakllanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, uning madaniyati, musiqasi va ayniqsa adabiyotining rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:33:47
BERUNIY Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (973-1048) - o‘rta asrning buyuk qomusiy olimi, mutafakkiri. Xorazmning qad. poytaxti Kot (Kat) sh.da tugaldi. Yoshligidanoq ilm-fanga qiziqdi. B. o‘z ona tilidan tashqari arab, so‘gd, fors, suryoniy, yunon va qad. yahudiy gillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini o‘rgandi. Tarix, matematika, astronomiya, tibbiyot, geologiya, geofafiya va b. fanlarni chuqur o‘rgandi va bu ilmlarga oid 150 dan ortiq asar yozdi. B. Allohni birinchi yaratuvchi sifatida e’tirof etdi, lekin olam keyin tabiiy ravishda rivojlanadi, deb hisobladi. B. xudoga, uning payg‘ambariga bag‘ishlab madhlar aytgan. U koinotda Yerdan, bizning hayotimizdan tashqari yana boshqa dunyolar mavjudligi haqida fikr yuritgan. Uning mashhur "Mas’ud qonuni" kitobi astronomiya va matematika bo‘yicha ungacha yozilgan barcha kitoblarning eng mukammalidir. Qizig‘i shundaki, ushbu kitobda bayon etilgan ta’limotlarning ko‘pchiligini B. Kur’on oyatlari b-n solishtirgan. Shuning uchun ham uning "Hindiston", "Mas’ud qonuni" asarlari o‘tmishdaga barcha dinlar va islom uchun ham katta ahamiyatga egadir. Keyinchalik *Mas’ud qonuni"da bayon etilgan kashfiyotlardan Ulug‘bek rasadxonasida unumli foydalanilgan. Ulug‘bek kutubxonasida bu asarning bir necha nusxasi mavjud bo‘lgan. B. mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashiga bog‘liq, inson bilimli va ma’rifatli bo‘lgandagina baxtli bo‘la oladi, deb bildi. Zero, islom dini ham ilm olishga da’vat etadi. B. "Qadimgi xalkdardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston" asarlarida o‘sha davrdagi va undan oldingi davrdagi ko‘p dinlar (mas., hind e’tiqodlari, zardushtiylik va b.)ga xos urf-odatlar, marosimlar, taqvimlar qaqida boy ma’lumotlar qoldirgan. Uning dunyoqarashiga xos xususiyatlardan biri - diniy e’tiqodlarga xolisona qarashi, g‘ayri dinlarga beg‘araz munosabatda bo‘lishidir. U ma’rifat dushmanlariga, yomon urf-odatlarga, adolatsizlikka qarshi edi. B. asarlari rus, lotin, frantsuz, italyan, nemis, fors, ingliz, turk tillariga tarjima qilingan. Uning ijodi musulmon Sharqi madaniyatining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:34:19
BEHBUDIY Mahmudxo‘ja (1875-1919) -ma’rifatparvar, muftiy, Turkistonda jadidchilik harakati asoschilaridan biri. Samarqand sh.da imom-xatib oilasida tug‘ilgan. Qorilar maktabini tugatgan. Samarqand va Buxoro madrasalarida tahsil olgach, qishloq joylardagi qozilar va muftiylarga mirzalik qilgan. 1899-1900 y.larda haj safarida bo‘lgan. 1906 y. Nijniy Novgorodda o‘tkazilgan Butun Rossiya musulmonlarining 3-qurultoyida Turkiston delegatsiyasini boshqargan va ma’ruza qilgan. B. o‘sha paytda Turkistonda g‘oyalari tarqala boshlagan sotsial-demokratik partiya dasturiga keskin qarshi chiqqan. "Biz musulmonlar uchun bu partiyaga kirish katta ziyon keltiradi. Sotsial-demokratlarning dasturi shariatga xilofdir" ("Taraqqiy" gazetasi, 1906 y. 29-son). B. adabiy-ilmiy, noshirlik faoliyati b-n shug‘ullangan. Uning yangi usuldagi maktablar uchun yozgan "Amaliyoti islom" (1908), "Muxtasari tarixi islom" ("Islomning qisqacha tarixi") (1909) darsliklarini alohida ko‘rsatish mumkin. B. o‘z davrining yirik islom ulamosi bo‘lib, fiqhga oid kitoblar ustida tinimsiz ishlagani bois unga muftiy unvoni berilgan. B. umrining oxirigacha Jomboyda muftiylik qilgan. Hamisha bid’atga qarshi kurashib, dinni to‘g‘ri tushunish va targ‘ib qilishga da’vat etgan. Uning umuman tarix, xususan, islom tarixi haqidagi asarlari diqqatga sazovordir.
B. 1917 y. oktyabr to‘ntarishini zo‘ravonlik deb bilib, moddiyunchilik va xudosizlikni shior qilib olgan sho‘rolar tuzumini qoralagan. Shu bois sho‘ro ayg‘oqchilari chaquvi b-n Shahrisabzda hibsga olinib, 1919 y. qatl qilingan.
B.ning   "Tanlangan   asarlar"   kitobi mustaqillik yillarida 2 marta (T.,  1997; 1999) nashr etilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:35:31
BIBI MARYAM - q. Maryam.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:36:44
BIBI MUSHKULKUSHOD    (fors.    - mushkulni oson qiladigan ayol) - diniy tasavvurlarga ko‘ra kishini qiyinchiliklardan xalos etadigan avliyo ayol obrazi. B.M. haqidaga rivoyatlardan birida o‘tin yig‘ib yurgan chol o‘rog‘ini yo‘qotib qo‘yadi va uni qidirib B.M. yashaydigan g‘orga kirib qoladi. B.M. cholga agar u xar haftaning chorshanbasida unga atab ziyofat o‘tkazsa, o‘rog‘i topilishini va hozirgisidan ko‘proq o‘tin yig‘ishi mumkinligani aytadi. Chol bu talabni bajaradi va ishi yurishib ketadi. Chol ehtiyotsizlik qilib bir safar chorshanbani o‘tkazib yuboradi va yana og‘ir ahvolga tushib qoladi. Xatosini tuzatgach, yana ishi yaxshilanib ketadi. Rivoyatning musulmonlashtirilgan ko‘rinishida B.M. sufiylik tariqatlaridan biriga asos solgan Bahovuddin Naqshbandiyning xolasi sifatida talqin qilinadi. Asosan, dindor ayollar orasida kishining mushkulini oson qilish, ishini yurgizish maqsadida qilinadigan irim-sirimlar B.M. rivoyatiga borib taqaladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:37:33
BIBI SESHANBA, Seshanba ona-diniy-xurofiy tasavvurlarga ko‘ra ayollar sig‘inadigan avliyo, afsonaviy shaxs (ona); charx yigiruvchi ayollarning homiysi, oila baxtining himoyachisi. Qad. diniy e’tiqodlarning islomga moslashib saklanib qolgan ko‘rinishlaridan biri. Dindor ayollar B.S.ga sig‘inib, seshanba kunlari uning sharafiga ziyofat beradilar. Soddadil ayollar B.S.dan, muruvvat, madad tilaydilar, "mushkullarini oson qilish"ni iltijo qiladilar. B.S.ga sig‘inish, unga atab marosimlar o‘tkazish hoz. vaqtda juda kam uchraydi va shirk amallardan sanaladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:38:05
BIBLIYA (yun. Viblia - kitoblar) - yahudiylik va xristianlikda muqadtsas hisoblangan diniy kitoblar va risolalar majmuasi. B. ikki asosiy qism - Qadimgi axd va Yangi axdga bo‘linadi. "Axd" so‘zi Xudoning insonlar b-n maxsus aloqasini ifodalaydi. Qad. axd yahudiylikda ham, xristianlikda ham muqadtsas sanaladigan va eng qad. davrlarda yaratilgan diniy adabiyotlardan, Yangi axd esa, faqat xristianlar muqaddas deb biladigan, ular dini shakllanishiga aloqador diniy asarlardan iborat. Mazkur dinlarning aqidalariga binoan, B. - Xudoning kalomi, barcha insonlarga yo‘llagan, dunyo va odamzodning paydo bo‘lishi va "oxirat" sirini ochib beruvchi muqaddas kitobidir. Uning asosiy mavzusi - yagona haq Xudoning fazilatlari va insoniyat b-n munosabati haqidadir. B. mil. av. 8-a. va mil. 2-a.lar oralig‘ida oromiy hamda yunon tillarida yozilgan. B. matnlari tadqiq etilganda shu narsa tasdiqlandiki, ular qariyb ming yil davomida xilma-xil joylarda yaratilgan. B. eng qad. adabiy yodgorliklardan biri bo‘lib, diniy pand-nasihatlar, aqidalar, bashoratlar, duolar, solnomalar, masallar, ishqiy va falsafiy dostonlar, hikoyat, rivoyat va maktublardan iborat. B.da, bir yoqdan, odamzodning gunohkor bo‘lib, Xudo tomonidan rad etilishi, abadiy halokatga mahkum qilinishi to‘g‘risida gap ketsa, ikkinchi yokdan, Xudo insonni qutqarish uchun qanday rejalar tuzgani haqida hikoya qilinadi. Ayniqsa, odamlarga najot yo‘lini ochgan Iso Masih (as) to‘g‘risida to‘laqonli xabar beriladi.
Jami qad. yahud tilida 66, lotin tilida 70 kitob (bo‘lim)ni o‘z ichiga olgan B. 13-a.da kardinal Stefan Lengton tomonidan hoz. ko‘rinishga keltirilgan, kitoblarni she’rlarga bo‘lish va raqamlashtirishni parijlik matbaachi Rober Stefan (16-a.) amalga oshirgan.
B. - dunyodagi 1-bosma kitob (1452-55) bo‘lib, jahon bo‘yicha keng tarqalgan, asrlar mobaynida ko‘pgina xalqlarning axloqi, ma’naviyati, madaniyati, adabiyoti, musiqa va rangtasvir san’atiga barakali ta’sir ko‘rsatgan. B.ning ayrim qismlari 1891, 1913 ylarda Leyptsig sh.da arab imlosida, 1981, 1983, 1986, 1996 ylarda B.ni tarjima qilish in-ti (Stokgolm) tomonidan kirill yozuvida o‘zbek tilida chop etilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:53:04
BID’AT (arab. - yangilik kiritmoq, yangitdan yaratmoq) - noma’qul yangilik; din aqidalariga xilof yangilik. Qur’on va Sunnatga xilof ravishda paydo bo‘lgan har bir narsa B.dir. Dastlab xalifa Usmondan norozi odamlar, asosan, shialar va xorijiylar uni Muhammad (sav) so‘zlari va amallariga zid yangiliklar kiritganlikda, B.da ayblaganlar. Keyinroq islom dunyosida diniy-g‘oyaviy ixtiloflar va bahslar avj olgan paytda B. tushunchasi "noto‘g‘ri yoki xato tasavvur", "yanglish fikr" degan ma’nolarni kasb etdi. B.ga nimani kiritishning aniq chegarasi bo‘lmagan. Faqixdar B.ni bir necha turga bo‘ladilar: 1) Harom B. - qadariylar, jabariylar, murji’iylar va xorijiylar mazhablarining qilgan B.lari; 2) Mandub B. - madrasalar tashkil etish, tarovih namozini jamoat b-n o‘kish: 3) Makrux B. - masjidlarni bezashga o‘xshash ishlar; 4) Muboh B. - namozdan keyin qo‘l olishib ko‘rishish, taom va libosda kengchilikka yo‘l qo‘yish; 5) Vojib B. - kerakli ilmlarni o‘rganishga o‘xshash ishlar. Ba’zi ulamolarning fikricha B. asosan, uch turli bo‘ladi: 1. Kofirlikka olib boradigan B. Mas., o‘liklardan, g‘oyib kimsalardan yordam so‘rash. 2. Harom bo‘lgan B. Mas., duoda o‘liklarni vosita qilish. 3. Makruh bo‘lgan B. Mas., juma namozidan keyin ehtiyot yuzasidan peshin namozini o‘qish. Muayyan amal bir fiqhiy mazhab vakillari tomonidan "nojoyiz yangilik", ya’ni islom ahkomlariga xilof ish deb baholansa, boshqa mazhab tarafdorlari uni Qur’on va sunnatga muvofiq keladigan "haq yo‘l" deb bilganlar. Bu xildagi bahslar hamon uchrab turadi. Aytaylik, Imom A’zam mazhabiga ko‘ra, ota-bobolar mozorlarini ziyorat qilish, olamdan o‘tgan ajdodlar ruhi poklariga duoi fotiha savob ish sanaladi va shunga rioya qilib kelinadi. Ammo hanbaliylik mazhabining vahhobiylik oqimi vakillari bularni B. deb hisoblaydilar. Shundan foydalanib odamlarni yo‘ldan urmoqchi, jamiyatda beqarorlik vujudga keltirmoqchi bo‘ladilar. B. bema’ni gap, safsata ma’nolarini ham anglatgan. Adabiyotda B. - xurofot, uydirma ma’nolarida keng ishlatiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:53:44
BILOL, to‘liq ismi Abu Abdullo Bilol ibn Raboh al-Habashiy (? - 641) - islom tarixvdagi birinchi muazzin. Baland, shirali, ta’sirli ovozga ega bo‘lgan. Asli habashistonlik, Makkada islomni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan qullardan. Xojasi Umayya ibn Halaf islomdan voz kechishni talab etib, B.ga toqat qilib bo‘lmas azoblarni bergan. Abu Bakr Siddi (ra) B.ni Umayyadan sotib olib, ozodlikka chiqargan. Payg‘ambar (sav) b-n Madinaga hijrat qilgan. 622 y. Madinada ommaviy azon aytish joriy etilganda u birinchi bo‘lib baland ovozi b-n musulmonlarni namozga chorlagan va bir necha yil davomida Muhammad (sav)ga muazzinlik qilgan. Payg‘ambar (sav) vafotidan so‘ng Shomda yashagan va hazrat Husayn iltimosiga ko‘ra Madinaga kelganida bir bor bomdrd namozi azonini aytgan, degan rivoyat bor. Qabri Damashq sh.da.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:54:11
BILQIS - musulmonchilik rivoyatlarida va Qur’onda tilga olingan Sabo yurtining podshohi (malikasi). Injilda Savro podshosi sifatida tilga olinadi. Qur’onda Sulaymon payg‘ambarning ulug‘vorligini ta’riflovchi hikoyalardan birida keltirilishicha, hudhud qushi podshoga Sabo mamlakatiga borgani va u yerda "hamma narsa ato etilgan" xotin hukmronlik qilayotgani, ammo butun xalqi b-n shaytonga aldanib, Allohga emas, Quyoshga sig‘inayotganini aytadi. Sulaymon shu qush orqali malikaga maktub yo‘llab, unga bo‘ysunishni buyuradi. B. o‘z yaqinlari b-n maslahatlashib, Sulaymonga katta hadyalar yuboradi. Ammo Sulaymon malikaning elchilari oldida bu hadyalardan jirkanishini aytib, Sabo yurtiga qo‘shin tortishini e’lon qiladi. So‘ngra, matnda aytilishicha, malika Sulaymon huzuriga o‘zi keladi. Sulaymon xizmatida bo‘lgan sehrgar va jinlar ko‘z ochib-yumguncha, malikaning taxtini uning oldiga olib kelishadi. Malikani saroyga kiritishganida, saroy sathini "suv to‘lqinlari sifatida ko‘radi va oyoklarini to‘pig‘igacha ochadi". Saroyning qadam bosiladigan qismi shaffof billurlardan iboratligini ko‘radi. Alloh hamma ishda yorlaqagan Sulaymonning bunday ulug‘vorligi dalillariga shohid bo‘lgan malika, o‘zining gumrohligini tan oladi va Allohga imon keltiradi (Qur’on, "Naml" surasi, 22-45-oyatlar).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:54:33
BISMILLOH, Bismillohir Rahmonir Rahim (arab. - "Mehribon va rahmli Alloh nomi b-n") - islomda ko‘p tilga olinadigan, har bir niyat, ibodat va amaliy harakat oldidan aytiladigan oyat. B. Qur’onda 114 suradan 113 tasining boshlanishida ishlatilgan (faqat 9-surada yo‘q). Bu oyat xudo bandalariga rahmli (rahim), mehribon (rahmon), musulmonning har bir harakati Alloh nomi b-n boshlanishi lozimligini bildiradi. Payg‘ambar (sav) o‘z hadislaridan birida: "E’tiborli har bir ish "Bismilloh" b-n boshlanmas ekan, uning oxiri kesikdir" deganlar. Ya’ni uning barakasi bo‘lmaydi, oxiriga yetmaydi, deganidir. Qur’on tilovatida B. oldidan "A’uzu billohi minashshaytonir rajim" ("Shaytonning yomonligidan Alloxdan panoh tilayman") ham qo‘shib aytiladi. Buni har qanday ish va xatti-harakat oldidan shaytonni haydash va uning vasvasasidan xoli bo‘lish mazmunida ham talqin etadilar. B. maktublar, rasmiy hujjatlar, diniy asarlar boshida ham yoziladi. Diniy manbalarda "basmala" nomi b-n ham yuritiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:55:10
BISTOMIY, Boyazid Tayfur ibn Iso Bistomiy (? - 875) - fors tasavvuf oqimining asoschilaridan biri. Tayfuriya sufiylik tariqatining piri. Uning bobosi islomni qabul qilgan zardushtiylardan bo‘lgan, butun umrini, asosan, Bistomda o‘tkazgan. Vafotidan keyin uni "Sulton al-orifin" laqabi b-n atay boshladilar. B. ta’limotiga ko‘ra, inson zikr holatida o‘zligini unutadi (g‘alaba) va xudo ishqidan mast bo‘lib (sukr) butun vujudini his-tuyg‘u qamrab oladi, pirovardida u xudoga singib ketadi. Bunday holatni u fano (mavjudlikni yo‘qotish) deb atadi va musulmon tarki dunyochiligining muhim ahamiyatli holati bo‘lgan "sen mendirsan, men esa sendirman" iborasining ta’rifini berdi. Buning ma’nosi shuki, go‘yo shaxs o‘zligini tark etib, ilohiylikka singib ketadi va uning sifatlarini qabul qiladi. Bunday xulosa an’anaviy islom tarafdorlarining ashaddiy qarshiligiga uchradi va B.ni "xulul" (xudolik da’vosini qilish)da aybladilar. B. tasavvufning ayrim tushunchalarini ishlab chiqqan bo‘lsa ham, o‘zining bir butun ilohiy tizimdagi ta’limotini yaratmadi. U nazariyada ilohiy (lohut) va insoniy (nosut) ruhni bir-biriga biriktirishga harakat qildi, ya’ni ma’naviy va moddiy ibtidoni bir-biriga qo‘shishga intildi. B. o‘zidan asar qoldirmagan. Uning ibratli gaplari, nasihatlarini mulozimlari yozib olishgan. Ayrim tasavvuf kishilari B. obro‘yidan foydalanib o‘zlarining shariatga unchalik to‘g‘ri kelmaydigan fikrlarini ham B. fikri deb ko‘rsatishga uringan. BOB (taxallusi; asl ismi Sayid Ali Muhammad Sheroziy) (1819 - 1850) - bobiylik asoschisi, bobiylar qo‘zg‘oloni rahbari. Sayid Ali Muhammad 1844 y.da o‘zini B. (arab tilidagi "eshik", "darvoza" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, "haqiqat va adolat yo‘liga olib boruvchi eshik" degan ma’noda talqin qilingan) deb atadi. Mahdiyning xohish-irodasi, yo‘l-yo‘riqlari xalqqa "men orqali boradi", deb e’lon qildi. U xaloskor -Maxdiyning kelishi yaqinlashganligi g‘oyasini targ‘ib qildi. B. "Bayon" kitobida o‘zini Muhammad (sav) o‘rniga kelgan payg‘ambar, o‘z kitobini esa, Qur’on va shariat asosining o‘rnini olishi kerak, deb e’lon qilgan. B. 1847 y.da qamoqqa olindi, u yerda "Bayon" (arabcha - tushuntirish, yoritib berish, ta’riflash) asarini yozdi. "Bayon"da bobiylar harakatining asoslari yoritilgan. B. bobiylar qo‘zg‘oloni vaqtida Eron shohi farmoni b-n qatl etilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:55:28
BOBIYLIK - 19-a.ning 40-50-y.larida Eronda shialik ichida vujudga kelgan diniy harakat. Asoschisi - Mirzo Ali Muhammad Sheroziy Bob laqabi b-n tanilgan (1849 y.v.e.) bo‘lib, vafotidan keyin Bahoullo laqabli Mirzo Husayn Ali harakatga rahbarlik qilgan. Shundan keyinroq bu harakat bahoiylik deb nomlandi. Bobiylar (bahoiylar) akdtsasini quyidagilar tashkil qiladi: ular e’tiqod qilishlaricha, Bob butun borliqni yaratgan. Tanosux (ruhning bir jismdan boshqasiga ko‘chib yurishi) B. aqidasining asosini tashkil qiladi. 19-raqamni muqaddas bilib oylarni va oylardagi kunlarni 19 tadan deb bo‘lgan. Shuningdek, B. aqidasida Budda, Konfutsiy, Brahma va Zardushtni payg‘ambar deb e’tiqod qilish buyuriladi. Iso Masihni xochga mixlangan deb ishonadilar. Jannat, do‘zax, farishtalar, jinlarni va payg‘ambarlar mo‘‘jizasini inkor qiladilar. Ayollar satri avratda hijob b-n yurishini harom deydilar. Boylar, shoh zulmiga qarshi qaratilgan yirik xalq qo‘zg‘olonlari B. bayrog‘i ostida ko‘tarilgan. Bobiylar shaxsni himoya qilish, kambag‘allardan olinadigan soliklarni bekor qilish, yirik yer egalarining xususiy mulkini tugatish, barcha mol-mulkni teng taqsimlashni talab qildilar. Mavjud din va davlat tizimini ag‘darib tashlashni targ‘ib etdi. Bobiylar ta’qib etildi, ularning qo‘zg‘olonlari shafqatsiz bostirildi. Kutulib qolganlari yashirindi yoki mamlakatni tark etishdi. B. tarafdorlari Eronda, oz mikdorda Iroq, Suriya va Isroilda mavjud.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:55:51
BOBO DEHQON - 1) Markaziy Osiyo xalklarining mifologiyasida dehqonchilik homiysi. Islomdan oldin vujudga kelgan timsol. Miflarda B.D. odamlar uchun turli narsalar - olov, o‘simliklar, mehnat qurollarini topib beradigan yoki dastlab ularni yaratgan, ularga ov qilish, hunar va san’atni o‘rgatadigan, ular orasida ijtimoiy tartib, nikoh qoidalari, sehrgarlik, urf-odat va bayramlarni joriy etadigan afsonaviy shaxs, baquvvat keksa dehqon sifatida talqin etilgan. Afsonalarda aytilishicha, B.D. birinchi bo‘lib omoch va sug‘orish arikdarini ixtiro qilgan. Markaziy Osiyoda islomning tarqalishi natijasida B.D. obrazi uning manfaatlariga moslashtirilgan, ba’zan B.D.ni Odamato va Xizr obrazlari b-n aynanlashtirilgan. Yer haydash, ekin ekish, hosilni yig‘ib olish va shunga o‘xshash dehqonchilik ishlari B.D. nomi b-n boshlangan. Hosilni yig‘ib olish munosabati b-n B.D.ga atab maxsus xirmon to‘yi o‘tkazilgan, har xil taomlar tayyorlangan, ularda mullalar, qorilar B.D. sharafiga duolar o‘qigan. O’zbek va tojiklarda yer xaydashni va ekishni birinchi boshlab bergan dehqon B.D.ning timsoli deb qaralgan; 2) dehqonchilik ishida katta tajribaga ega bo‘lgan odam, obro‘li dehqon.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:56:16
BOYKANDIY, Ahmad ibn Ali as-Sulaymoniy al-Boykandiy (923-1014) -muhaddis. Poykend (Boykend) sh.da tug‘ilgan. Iroq, Suriya va Misr shaharlari bo‘ylab ko‘p syohatlar qilgan va ko‘plab hadislar to‘plagan. Vataniga qaytib kelgach, har haftada bittadan hadis to‘plami yozib, juma kunlari uni Buxoroga olib borgan va shahar jome masjidida uni juma namoziga kelgan xalq o‘rtasida o‘qib bergan. B. jami 400 dan ortiq katta va kichik asarlar yozgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:56:41
BOMDOD (fors.), salotal-fajr, salot as-subh - besh mahal o‘qiladigan namozning biri. 2 rakaat sunnat, 2 rakaat farz o‘qiladi. B. namozi tong yorishgani(subh)dan boshlab to kun chiqqunga qadar ado etiladi (yana q. Namoz).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:57:07
BOTINIYLAR (arab. botin - ichkari, yashirin, sirli) - 1) islomdagi mafkuraviy oqimlardan birining tarafdorlari. 8-a.da vujudga kelgan. Bu oqim tarafdorlari Kur’on oyatlari va hadislarni zohiriy va lug‘aviy talqin etishga qarshi chiqqan. Ularning iddaolaricha, oyat va hadislarning zohiriy ma’nolarini emas, balki yashirin mazmunlarini olish zarur. Bu aqida b-n ular islom shariatiga qarshi chiqqan bo‘ldilar. Zero, shariat hukmi bo‘yicha oyat, hadis va b. Zarcha manbalarning iboralari, u qaysi tilda bo‘lmasin, zohiriy, lug‘aviy va istilohiy ma’nolariga asoslangan holda talqin etiladi. Ba’zi fasohat, kinoya, tanbeh, istiora, ishora kabi so‘z o‘yinlari, "mutashobih" oyatlar va tasavvufiy talqinlar bundan mustasnodir. Islomning "Axli sunna val jamoa" aqidasiga binoan, B. shariatga xilof e’tiqodda bo‘lgani uchun dinsizlar qatorida sanalgan. 2) Tasavvufda zohirdan ko‘ra botin islohiga ko‘proq e’tiborni qaratuvchi kishilar (yana q. Zohiriylar).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:57:27
BOQILLONIY, Abu Bakr Muhammad at-Tayyib al-Boqilloniy (? - 1013) -kalomning yirik vakili, Basrada tug‘ilgan. Asosan, Bag‘dodda yashab, shu yerda vafot etgan. Fiqh masalalarida molikiylik mazhabiga suyangan. B. 52 asar yozgan bo‘lib, bizgacha 6 tasi yetib kelgan. Ilohiy sifatlar va ilohiy mohiyat haqidagi mu’taziliylar oqimiga mansub Abu Hoshim al-Jubboiy ishlab chiqqan g‘oyaga qo‘shildi. Bir necha mu’taziliylarning bu masalaga doir g‘oyalarini rivojlantirib, Xudoning sifatlari haqida fikr yuritdi. Iroda erkinligi muammosini ham B. yuqoridagi fikrga muvofiq ravishda hal qildi: Xudo faqat "borliq" va "asos"ni yaratgani, inson esa, borliqni shakllantirib, amaliyotni muayyan yo‘singa solishini uqtirdi. U imomat masalasida shialar va rofiziylar b-n bahsga kirishib, imom yoki xalifa lavozimi merosiy emas, balki ular saylanishi zarur, deb hisobladi. Ammo bu lavozimga saylanadigan kishi Alining avlodlaridan bo‘lishi shart bo‘lmasa ham, qurayshiylardan bo‘lishi lozim. Agar imom o‘ziga topshirilgan vazifani uddalay olmasa vazifasidan tushirish zarur.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:57:47
BUVAYHIYLAR - G’arbiy Eron va Iroqtsa hukmronlik qilgan sulola (932-1055). Asoschilari - aka-uka Ahmad, Hasan va Ali. Ularning otasi Buvayh (sulola nomi shuning ismidan olingan) Eron podshohi Bahrom Go‘r naslidan bo‘lib, Daylam (Gilon viloyatining tog‘lik qismi)dan jangari qavmlar sardori edi. Shu boisdan mazkur sulola vakillari "daylamiylar" deb ham atalgan. Buvayh 930 y. somoniylardan ajrab chiqib, ziyoriylarga qo‘shilgan. Ziyoriylar hukmdori Mardovij (928-935) Buvayhning o‘g‘illaridan Alini Karaj sh.ga voliy, Ahmad va Hasanni esa, yirik harbiy qismlarga boshliq qilib tayinlagan. So‘ng, B. 932-945 y.larda Arrajon, Nubinjon, Isfahon, Hamadon, Ray, Kirmon, Ahvoz, Sheroz sh.larini bosib olganlar. Shunda Bag‘dod xalifasi Al-Mustakfiy Billoh (Abdulloh) (944-946) aka-uka B.ni o‘zlari istilo qilgan viloyatlarga noib etib tayinlashga majbur bo‘lib, Aliga "Imoduddavla" ("Davlat tayanchi"), Hasanga "Ruknuddavla" ("Davlat ustuni") va Ahmadga "Mu’izzuddavla" ("Davlat qudrati") degan faxriy unvon bergan. Keyin, B. 945 y. Bag‘dodni ham bosib olib, abbosiylar xalifaligining siyosiy mavjudligiga chek qo‘yganlarda, amalda davlatni o‘zlari boshqara boshlaganlar. 10-a.ning 2-yarmida B. qad. Eron hukmdorlarining "shahanshoh" degan unvonini qabul qilganlar. B.ning eng mashhur vakili - Adududdavla (949-983) mamlakatdagi barcha uluslarni birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Uning davrida sug‘orish tarmoqlari kengaytirilgan, Sheroz, Bag‘dod va b. sh.larda katta qurilish ishlari olib borilgan, iqto’ yerlari ko‘paytirilgan, ilm-fan va san’at birmuncha taraqqiy etgan. Adududdavla vafotidan so‘ng mamlakatda boshlagan taxt uchun kurash oqibatida B. zaiflashib qolib, mamlakat yerlarining sharqiy qismi Mahmud G’aznaviy tomonidan ishg‘ol etilgan (1029 y.). Saljuqiylarning 1055 y. qilgan bosqini esa, B. sulolasi hukmronligini butunlay tugatgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:58:36
BUDDIZM (Budda nomidan olingan), B u d d a v i y l i k - jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini b-n birga). Mil. av. 6-5-a.larda Hindistonda paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyo, Jan.-sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq Sharqda tarqalgan. Hoz. kunda B. Shri-Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kambodja, Vetnam, Tibet, Butan va Yaponiya kabi davlatlarning asosiy dinidir. B. muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, ya’ni jahonning salkam 2/3 qismi aholisi ma’naviy qadriyatlariga juda katta ta’sir ko‘rsatgan. Rivoyatlarga ko‘ra, B. ga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan. B. da 2 asosiy yo‘nalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda ko‘p sekta va oqimlarga bo‘linadi. Boshqa dinlardan farkli ravishda B.da hech bir o‘zgarmas narsa yo‘q hatto xudo ham o‘zgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud bo‘lib, ularning har biri yo‘qolib, keyingisiga o‘rin beradi. B. ta’limotiga ko‘ra, inson doimo azob-uqubatga mahkum va bunga uning o‘zi sabab bo‘ladi. Zero u, garchand befoyda bo‘lsa-da, o‘z hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azob-uqubatdan qutulish uchun ko‘ngil xush ko‘rgan barcha narsalardan o‘zini tiyishi darkor. Muntazam ravishda yolg‘ondan, o‘g‘rilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan o‘zini tiyish hamda meditatsiya (ongai oliy haqiqatga yetishishga qaratish) "bodxi", ya’ni "xotirjamlik"ka va oxir-oqibatda nirvanaga (azob-uqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. B. zaminida 3 narsa - Budda, Dxarma va Sangxaga e’tiqod yotadi. Budda (Siddhartha Gautama) oliy haqiqatga yetishishning yorqin timsoli. Dxarma - Gautama qoldirgan ta’limot. Bu ta’limotning eng qisqa bayoni "to‘rt oliy haqiqat"dan iborat: 1) azob-uqubat mavjud; 2) azob-uqubatning sababi (istak) mavjud; 3) azob-uqubatning tugashi (nirvana) mavjud; 4) azob-uqubatning tugashiga olib keluvchi sakkiz bosqichli yo‘l mavjud. Sangxa - Budda asos solgan va hozirgacha faoliyat ko‘rsatib kelayotgan rohiblar jamoasi. Tor ma’noda bu - o‘tgan asrlarda "oliy haqiqat"ga yetishgan ko‘plab avliyolardir. Sangxa jamoasiga qabul etilgan shaxs quyidagi 10 farzni ado etishga qasamyod qiladi: 1) hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik; 2) yolg‘on so‘zlamaslik; 3) o‘g‘rilik qilmaslik; 4) jinsiy aloqaga kirmaslik; 5) mast qiluvchi ichimlik ichmaslik; 6) kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul qilmaslik; 7) uch kiyimdan ortiq hech narsa b-n tanani bezamaslik; 8) ommaviy ko‘ngil-xushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida qatnashmaslik; 9) baland va yumshoq o‘rinda yotmaslik; 10) pul ishlatmaslik. Rohiblar jamoasi asosan txeravada B.ga xosdir. Maxayanada "haqiqat yo‘li" har kim uchun ochiq: rohiblarga ham, dunyoviy kishilar (ya’ni oddiy qavm)ga ham; Buddaga e’tiqod qilinsa, bas. Kenfoq qaraganda, Sangxa -muqaddaslik va qudrat xazinasi. Qisqasi, B. - Buddaga ergashib, Dxarma talablarini bajarish va Sangxa jamoasining a’zosi bo‘lib qolishdir.
B. tarixi 2500 y.dan ortiq davrni o‘z ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizm va jaynizmning ta’siri kuchli bo‘lgan. Imperator Ashoka (mil. av. 3-a.) davrida B. kuchli mustaqil din sifatida shakllandi. 9-a. muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatgan B. Hindistonda inqirozga yuz tuta boshladi va pirovardida bu yerda uning o‘rnini hinduizm to‘liq egalladi. Ammo B. Shri-Lanka, Jan.-sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyo orqali Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetga yoyilib ulgurgan edi. Shri-Lanka va Jan.-sharqiy Osiyoning materik qismida txeravada B. (qad. an’analarga sodiqlik), Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetda esa, maxayana (yangicha yondashuvlar) tarqaldi. 15-a.da Osiyo qit’asida paydo bo‘lgan yevropaliklar B. b-n tanishdilar. Ularning ba’zilari B.ga kirgach, Angliya, Germaniya, AQShda o‘z jamoalarini tashkil etdilar. Xitoylik va yaponiyalik muhojirlar bu e’tiqodni Gavayya orollari va AQShning g‘arbiy sohillariga olib keldilar. Hoz. paytda AQShga ko‘plab yapon va tibet rohiblari hamda olimlarining kirib kelishi natijasida mamlakat bo‘ylab yirik B. jamoalari tashkil topdi. B. ning bir necha xalqaro tashkilotlari ham mavjud.
B.da kundalik, davriy, maxsus va bayram marosimlari ado etiladi. Monastir, butxona va xonadonlarda ertalabki va kechki ibodatlar uyushtiriladi. Odatda 12—13 yoshli o‘spirin 20 yoshgacha, ya’ni balog‘atga yetgunga qadar monastirda rohiblikni o‘taydi, lekin taxm. ularning uchdan bir qismi umrbod shu maqomda qoladi. Oddiy qavm yoki dunyoviy kishilarning eng asosiy kundalik vazifasi - rohiblarni ovqat b-n ta’minlashdir. Bu b-n ular xayrli xizmat qilgan bo‘ladilar. 20-a.da jahon bo‘ylab dunyoviy kishilarni ushbu dinga jalb etish odat tusiga kirdi. Hatto Hindistonning o‘zida ham B. dunyoviy shakdtsa qayta tiklanmoqda. Yaponiyada dunyoviy kishilar "sinsyuko" (yangi dinlar) deb atalgan oqimlarni (Rossiyada katta shov-shuvga sabab bo‘lgan "Aum sinrikyo" shulardan) tashkil etmokdalar. Amerikadagi "yangi buddizm" jamoalari, asosan, dunyoviy kishilardan tarkib topgan.
O’zbekistonda bitta B. jamoasi rasmiy ravishda faoliyat ko‘rsatadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:58:51
BURAYDA ibn al-HUSAYB, to‘liq ismi Abu Saxl Burayda ibn al-Husayb ibn Abdullo al-Aslamiy (? - 684) - sahoba. Muhammad (sav) Madinaga hijrat qilib ketayotib, to‘xtagan vaqtlarida u va uning qishlog‘i aholisi (taxm. 80 xonadon) islomga kirgan. Uhud jangdan so‘ng Burayda Madinaga kelib, ko‘plab g‘azotlarda qatnashgan. Madina, Basra sh.lari so‘ngra Xurosonda yashagan. Marv sh. yaqinidagi qishloqlardan birida vafot etgan. BURDA (arab. yoping‘ich, xirqa) — Muhammad (sav)ning xirqalari. Rivoyatga ko‘ra, Alloh rasulini sharaflab shoir Ka’b ibn Zuhayr (661 y. v. e.) "Bonat Suod" qasidasini bitgan va uni Payg‘ambar (sav) huzuriga kelib o‘qib bergan. Bundan xushlangan Muhammad (sav) xirqai shariflarini shoirga hadya etganlar. Shoirning o‘g‘lidan xalifa Muoviya sotib olgan B. keyin abbosiylarga o‘tgan va islom dinining eng qadrli yodgorliklaridan biri bo‘lib qolgan. Boshqa bir shoir - Muhammad ibn Said al-Busiriy (1212-1294) ham o‘z asarini "Qasidai burda" deb nomlagan. Bu qasida muallifiga Muhammad (sav) o‘z xirqalarini uning tushida hadya etgan. Bu qasidani duoxonlar yodlab xastalarga dam solishi odat tusiga kirgan. Qasidaxonga ixlos qo‘yish musulmonlar o‘rtasida an’anaga aylangan. Har ikkala qasida musulmonlar orasida hamon mashhurdir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:59:10
BUROQ (arab. "yarqiroq", "barq" so‘zidan) -islom rivoyatlarida juda tez chopadigan va uchadigan otsimon maxluqning nomi. Qur’oni Karimda zikr qilinishicha (17:1), Muhammad (sav) uni minib Makka sh.dan "tungi sayr"da dastlab Kuddusga, so‘nfa me’rojga chiqqanlar. Rivoyat qilishlaricha, B. Muhammad (sav)ni Ka’ba oldiga kelib kutib turgan, avvaliga u sarkashlik qilgan, hazrat Jabroil majbur etgandan so‘ng bo‘ysungan. B. boshqa payg‘ambarlar, chunonchi Ibrohim (as) va Dovud(as) ga ham xizmat qilgan, deydilar. B. goh ot, goho xachir shaklida ifodalangan, oq rangli, bo‘yni cho‘ziq, quloqlari uzun, oyoklarida qanoti bo‘lgan, deb ta’riflangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 30 Sentyabr 2006, 23:59:32
BURHONIDDIN BUXORIY, to‘liq nomi Mahmud ibn Sadrus Said Tojuddin Ahmad ibn Sadrulkabir Burhonidtsin Abdulaziz ibn Umar ibn Moza (16-a.) - buxorolik faqih. Ilmni o‘z davrining "sudurul ulamo"si (ulamolar peshqadami) hisoblangan ota-bobolaridan olgan. B.B. "Muhitul Burhoniy" ("Hujjatli muhit"), "Zahira"("To‘planma"), "Tajrid" ("Ajratish"), "Tatimmatul fatavo" ("Fatvolarni to‘ldirish"), "Tariqatul Burhoniya"("Xujjatlash yo‘li") kabi kitoblar, ko‘pgana asarlarga sharhlar yozgan. U o‘z asarlarida fiqhning muammoli masalalarini hal qilib berish b-n islom huquqi turli tarmoklari rivojiga hissa qo‘shgan. Chunonchi, 62 ta mustaqil kitobni o‘zida jamlagan "Muhitul Burhoniy"da ibodat va muomalot masalalari alohida-alohida yoritilgan, vaqf, zakot va h.k. bo‘yicha mukammal ko‘rsatmalar bor. Bu kitob O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida sakdanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 00:00:07
BURHONIDDIN MARG’INONIY (to‘liq ismi - Abu-l-Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abdu-l-Jalil al-Fargoniy al-Rishtoniy al-Marg‘inoniy) (1123. 23. 9, Marg‘ilon - 1197. 29. 10, Samarqand) - fiqh olimi, islom huquqshunosi, imom. Dastavval otasi Abu Bakr ibn Abduljalil, imom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbijobiy qo‘lida tahsil ko‘rdi. Rishton, Marg‘ilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnahrning boshqa shaharlarida islomiy ta’lim olib, hanafiy mazhabining buyuk faqihi sifatida nom qozondi. Shariat ilmini muftiy Najmiddin Abu Xafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiy, Xusomiddin Umar ibn Abdulloh ibn Umar ibn Maoz, as-Saraxsiy Abu Umar Usmon ibn Ali Poykandiy, Tojiddin Ahmad ibn al-Xusayn al-Banandinjiy, Ahmad ibn Abu Rashid al-Buxoriy kabi mashhur faqihlardan, hadis ilmini Abu Iso at-Termiziy Ziyo-ud-din Abu Muhammad Say’id ibn As’ad, al Hasan ibn al-Marg‘inoniy singari allomalardan o‘rgandi. B. M. fiqh bo‘yicha asosiy asari ("Fiqh o‘rganishni boshlovchilar uchun qo‘llanma")ni hanafiylik nazariyotchisi, shariat asoschilaridan Abul Hasan al-Kuduriy (1029 y. v. e.) va Muhammad ash-Shayboniy (884 y. v. e.) asarlariga tayanib yozgan. B. M.ning "Bidoyot-al-mubtadiy" ("Qonunni o‘rganishga kirish") kitobi nazariy, asar edi. Undan amaliy jihatdan foydalanish qiyin bo‘lgan. Shu sababli B. M.ning o‘zi 8 jildli sharh - "Kifoyat ul-Muntahiy" ("Yakunlovchilar uchun tugal ta’limot")ni yozishga qaror qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida "Kitob al-Hidoya" ("Hidoya")ni yaratadi (1178 y.). Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom Sharqida bir necha tillarga tarjima etilib, ma’lum va mashhur bo‘lib ketdi. Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi bo‘yicha qo‘llanma sifatida foydalanilgan (q. "Hidoya").
B. M. yana bir qancha asarlar yozgan: "Nashr al-mazhab" ("Mazhabning tarqalishi"), "Kitob-at-tajnis val-Mazid" ("Fuqarolik huquqini taqtsim etish"), "Kitob ul-faroiz" ("Meros haqida kitob"), "Mazid fi-furu’-ul-hanafiy" ("Hanafiy mazhabiga qo‘shimchalar") va b. U o‘z asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilik turli shakllari (davlat va xususiy mulkchilik), moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning huquqiy asoslarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari tarkibi, tartibi va jinoiy ishni ko‘rish masalalarini batafsil yoritib berdi.
B. M.ning ilmiy merosi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Jahondagi ko‘p oliy o‘quv yurtlarida musulmon huquqshunosligi fani B. M.ning fiqh ta’limoti asosida o‘rganiladi. 1997 y. dek.da O’zbekistonda B. M. vafotining 800 y.ligi nishonlandi. B. M. Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 00:00:37
BURHONIDDIN TERMIZIY, Sayid Husayn Burhoniddin Muhaqqiq (7-1240 yoki 1275/76) - tadqiqotchi olim (Muhaqqiq laqabi shundan), shayx. Baho Valad (1231 y.v.e.) degan donishmandga shoird tushgan va davrining eng yuksak - Sayidi sirdon (hamma sirlardan voqif) unvoniga sazovor bo‘lgan. Umrining so‘nggi yillarida Turkiyaning Ko‘niyo sh.ga kelib, Jaloliddin Rumiy maqbarasi xonaqohida shayxlik qilgan va shu shaharda (boshqa manbalarga ko‘ra Qaysariyada) vafot etgan. B.T.ning "Maorif" asari bizgacha yetib kelgan. Unda falsafa, qonunshunoslik, tafsir, hadis ilmi b-n bog‘liq masalalar, islom mazhablari yoritilgan. Bu asar 1920 y. Tehronda bosilib chiqqan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 00:01:03
BURHONIDDIN QILICH (11-a.) - o‘rta osiyolik shayx, sayid. O’zganda tug‘ilgan. Qoraxoniylardan Bug‘roxon Abu Ali al-Hasan ibn Sulaymon (1059-75) ga zamondosh bo‘lgan. Farg‘ona vodiysi, Qashqar, Samarqand va Badaxshonda katta obro‘-e’tibor qozongan. Unga "Qilich" deb berilgan taxallus haqidagi rivoyatda aytilishicha, Burhoniddin bolalik chog‘larida o‘z tengdoshlari b-n o‘ynab yurib, yog‘ochdan o‘yinchoq qilich yasagan va kunlardan bir kuni mana shu yog‘och qilich b-n qo‘shnisining o‘g‘lini qoq ikki nimta qilib chopib tashlagan. Uning ustidan shikoyat qilishgach, Burhoniddin podshoh huzuriga chaqirtirilgan. Bu yerda u podshohning farmoniga ko‘ra o‘zining yog‘och qilichi b-n buqani ikkiga bo‘lib tashlagan. Bunday kuch-quvvat mo‘‘jiza deb e’tirof etilib, podshoh boladan o‘ldirilgan qo‘shni bolasi uchun xun olmay qo‘yib yuborgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 00:01:33
BUT (fors.), s a n a m (arab.), butparastlik - xudoni tasvirlaydigan va uning timsoli deb sig‘iniladigan moddiy buyum (ko‘pincha xudolarning tosh, yog‘och, sopol va b. narsalardan yasalgan haykalchalari, rasmlari, tasvirlari va b.). Islom dini shakllanishidan oldin Arabiston ya.o.dagi qabilalarda butparastlik rasm bo‘lgan, ya’ni har bir qabila o‘z xudosiga, uni ifodalovchi B.ga topingan. Bunday B.lar Makkadagi diniy ibodatxona - Ka’bada 300 dan ortiq edi. Islom dini shakllanib, yakka xudoga sig‘inish paydo bo‘lgandan so‘ng B.lar Ka’badan chiqarib tashlandi. Xristianlik, buddizm kabi dinlarda ham B. (mas., xristianlikda ikona, krest(xoch)ga, buddizmda kichkina haykalchalarga sig‘inish) saqlanib qolgan. Ko‘pxudolikka e’tiqod qiladigan qabilalar-da, xususan, Afrikadagi ayrim qabilalarda B.ga sig‘inish hali ham bor.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 00:02:34
BUXORIY, Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy) (810.21.7, Buxoro — 870.31.9, Samarkand yaqinvdagi Xartang qishlog‘i) - islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muhaddis. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi.
Otasi Ismoil o‘z davrining yetuk muhadtsislarvdan, imom Molik ibn Anasning shogird va ashoblaridan biri bo‘lib, tijorat ishlari b-n shug‘ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (sav)ning hadislarini o‘rganishga va yodlashga kirishadi. Tanikli muhaddislar-al-Dohiliy, Muhammad ibn Salom al-Beykandiy, Muhammad ibn Yusuf al Beykandiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy va b. dan saboq olgan. Azaldan muhadtsislar safarga chiqishdan oldin o‘z yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoddirmasdan yozib olgan bo‘lishi va shundan keyingana boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. B. 16 yoshga yetguncha, o‘z yurtidaga mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yo‘l oladi. 825 y. B. onasi va akasi Ahmad b-n Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan mashoyixlarning ilmiy yig‘inida qatnashadi. 827 y. Madinaga boradi. Madinadagi mashxur ulamolardan Ibrohim ibn al-Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va b. b-n muloqotda bo‘lib, ulardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammad(as)ning hadislarini to‘plash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi. Bir necha tarixchilarning ta’kidlashicha, B. Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan rixlati 6 y. davom etgan. So‘ng Basra, Kufa va Bag‘dodga safar qiladi. Shom va Misrga o‘tadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, Xirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda bo‘lib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar to‘pladi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targ‘ib etishga kirishadi. Ul zotning bu sa’yu kushishlari bu vaqtda Buxoroda hukmdorlik qilgan Xolid ibn Ahmad az-Zuhliyga xush kelmaydi. Shu sababli B. Buxoroni tark etib, Poykendga, keyin esa, Samarqavd yaqinidagi Xartang qishlog‘iga kelib yashashga majbur bo‘ladi. B. butun faoliyati davomida ilm kishilarini ma’naviy va moddiy jihatdan ko‘llab-kuvvatlagan. Tijorat qilganda topgan oylik daromadidan besh yuz dirhamdan faqiru miskin va talabalarga sarflagan. Shaxsiy hayotida ortiqcha dabdaba va sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymagan. B. umr bo‘yi hadislarni to‘plash va tizimga solish b-n shug‘ullangan, ularni sahih (to‘g‘ri, ishonchli) va g‘ayri sahih (xato, zaif)ga ajratgan. Bu ishni hadis roviylarining maishiy hayotlari, yashash joylari, tug‘ilgan va vafot etgan sanalari, bir-birlari b-n qilgan o‘zaro muloqotlarini o‘rganish b-n bog‘liq holda olib borgan. B. jami 600 mingga yaqin hadis to‘plagan bo‘lib, shundan 100 ming "sahih" va 200 ming "g‘ayri sahih" hadisni yodtsan bilgan. B. o‘zining noyob qobiliyati, iqtidori, quvvai-hofizasining o‘ta kuchliliga b-n ilm ahllarini lol qoldirgan. Hadis ilmiga o‘ta fidoyilik, aql-zakovatini baxshida etish B. ga shon-sharaf keltirdi, uni islom dunyosining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tanitdi. B. 20 dan ortiq kitob tasnif etgan. Ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelgan. B.ning "Al-Jomi’ as-sahih" ("Ishonchli to‘plam") deb nomlangan 4 jild (juz’)dan iborat hadislar to‘plami islom olamidagi boshqa muhadtsislar tuzgan hadis to‘plamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. Asar bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Shu jumladan o‘zbek tiliga ham tarjima qilinib, 1991-96 y.larda 4 jildda nashr etildi (yana q. "Sahihi Buxoriy").
B. yaratgan "Al-Adab al-mufrad" ("Adab durdonalari") asari katta tarbiyaviy ahamiyatga molik benazir to‘plamdir. 1322 hadis va xabar jamlangan bu asar Turkiya va Misrda bir necha marta chop etilgan. Uning o‘zbekcha tarjimasi 1990 y. Toshkentda nashr qilingan. Roviylarning kunyalariga bag‘ishlangan "Kitob al-kunya" ("Kunyalar haqida kitob") 1940 y. Hindistonda chop etilgan. B.ning "At-Tarix al-kabiyr" ("Katga tarix") kitobi esa Turkiyada 9 jildda nashr qilingan. Asar qo‘lyozmasining ba’zi qismlari Haydarobod kutubxonasida saklanadi. Shuningdek, "At-tarix as-sag‘iyr" ("Kichik tarix") ham hadis tarixiga oid qimmatli asar xisoblanadi. U Hindiston va Qohirada chop etilgan. B. yaratgan "Kitob al-favoid" ("Foydali ashyolar haqida kitob"), "Al-Jome’ al-kabiyr" ("Katta to‘plam"), "Xalq af’ol al-ibod" ("Alloh bandalari ishlarining tabiati"), "Al-Musnad al-kabiyr ("Katta musnad"), "At-tafsir al-kabiyr" ("Katta tafsir"), "Kitob al-xiba" ("Xayr-ehson haqida kitob") va b. asarlarning ba’zilari bizgacha etib kelmagan, ba’zilari jahonning turli mamlakatlari   kutubxonalarida saklanayotganligi haqida ma’lumotlar bor. B.ning boshqa asarlari orasida "Tafsir al-Qur’on" ("Qur’on tafsiri") kitobini ham alohvda ta’kidlash kerak. B. asarlari musulmon dunyosining barcha madrasa va dorilfununlarida payg‘ambar (as) sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik, qo‘llanma hisoblanadi. Davlat va jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari B. asarlariga tayanib ish tutadilar. Istiklol sharofati b-n azaliy va adabiy qadriyatlarimiz qatori B.ning o‘lmas merosi el-yurti bag‘riga qaytdi, xalqimiz ongu tafakkurini ravshan eta boshladi. O’zR Vazirlar Mahkamasining "Buyuk muhaddis imom al-Buxoriy tavalludining 1225 (hijriy hisobda) yilligini nishonlash haqida"gi qarori (1997 y. 29 apr.) asosida Samarqandda yubiley to‘y-tantanalari bo‘lib o‘tdi. Alloma abadiy qo‘nim topgan Chelak tumanidagi Xartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi (q. Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui). "Imom al-Buxoriy va uning dunyo madaniyatida tutgan o‘rni" mavzuida xalqaro konferentsiya o‘tkazildi.
O’zbekistonda B. xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan. Toshkent islom in-ti (oliy ma’had)ga B. nomi berilgan. B.ning hayoti va ijodiga bag‘ishlab bir necha tillarda kitob-albom, 2 qismli film (1995), "Hadis ilmining sultoni" 4 qismli kino qissa (1998) yaratilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:16:43
- V -


VAZIR (arab., fors.) - davlat ma’muriy boshqaruvi rahbari. Qur’onda (20:29/30; 25:35/ 37) bu so‘zning dastlabki ma’nosi - "yordamchi" shaklida uchraydi; mana shu ma’noda u Muhammad (sav) vafotlaridan keyin xalifa tayin etish paytida muhojirlar b-n ansorlar o‘rtasidagi munozarada uchraydi. Muhojirlar ansorlarga "Bizdan - amir, Sizdan - vazir" deyishgan. Abbosiylarning birinchi V.i Abu Salama bu unvonni "sulola yordamchisi" faxriy unvonining tarkibiy qismi sifatida olib yurgan. Faqat Mansur davri(754—775)dagina V. ma’muriy boshqaruv apparat rahbari ko‘rinishida paydo bo‘lgan. O’rta asr arab (keyinchalik fors) tarixiy va adabiy asarlarida V. sosoniylarning vuzurg framandori deb ataladi. Ehtimol ularni o‘xshatishlariga "V." va "vuzurg" so‘zlarini ohangdoshligi hamda abbosiylar davridagi V. b-n vuzurg framandorning vazifalari bir xil bo‘lganligi ta’sir etgan bo‘lsa kerak. V.ni davlat ma’muriy boshqaruvi rahbari sifatida yuzaga kelishi, so‘zsiz abbosiylar davrida Eron madaniy an’analarini qayta tug‘ilishi b-n bog‘liq bo‘lgan. V.ning asosiy faoliyat sohasi - ma’muriy, moliya, armiya va adliya ishlari odatda uning zimmasiga yuklatilmagan, amaldagi hokimiyat mavqei muayyan shart-sharoitga va V.ning shaxsiga bogliq bo‘lgan. 10-a.dan barcha yirik hukmdorlar, ayniqsa xalifalikning sharqiy qismidagi hukmdorlarning V.i bo‘lgan G’arbda aynan shu vazifalarni ijro etuvchi kishi ko‘pincha boshqa nom b-n yuritilgan. Usmonli turk saltanatida bir necha V. bo‘lgan, ulardan faqat ulug‘ V.gana sulton huzuriga kirib axborot bera olgan. Ahmad III davri (1703-30)da faqat bir kishi V. unvoniga ega edi, keyinchalik bu unvon yirik viloyatlarning posholariga berilgan, haqiqiy vazirlik ishini esa, faqat ulug V. olib borgan, u ayni vaqtda sulton muhrdori ham bo‘lgan. Yevropa ta’siri kirib kelishi b-n V. atamasi yevropaliklarning ministriga aynan bo‘lib qolgan. O’zbekistonda mustaqillik sharofati b-n V. istilohi qayta amaliyotga kiritildi (mas., Bosh V., Vazirlar Mahkamasi va b.).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:17:30
VAKIL OTA - musulmonlarning nikoh marosimlarida kelin tarafidan tayinlanadigan vakil. V. o. kuyovga va nikoh qiluvchi (o‘quvchi) domlaga qizning otasi o‘rnida kafillik bergan. Nikoxda kuyov tomonning kelin mahriga beradigan mol-mulki, kuyov va kelinning o‘zaro majburiyatlari V. o. huzurida e’lon qilingan. Mabodo er-xotin ajraladigan bo‘lsalar, mahrni ajrim qilishda V. o. qozi xuzurida yagona guvoh bo‘la olgan. V. o. tayinlash hozir ham rasm bo‘lib kelmoqda.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:17:44
VALIY - q. Avliyo.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:18:02
VALIULLOH AHMAD - q. Shoh Valiulloh.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:18:12
VASAN (jan. arab. vsn - "chegara ustuni", "but") - johiliyat davridagi Arabistonda butparastlar topinadigan sanamlarni anglatuvchi asosiy iboralardan biri. V.dan tashqari nusub (ko‘pligi ansob) va sanam (ko‘pligi asnom) atamalari ham qo‘llanilgan. Ansob - butlarga atab qurbonlik qilinganlarning qoni to‘kiladigan toshlar, qabrtoshlar va sajdagohning muqaddas hududi (xima)ning ihotalovchi (chegaralovchi) toshlardir. Bunday tosh ma’bud sifatida e’zozlanishi mumkin bo‘lgan, biroq u kamdan-kam holatlarda doimiy topinish ob’ekti hisoblangan. Har bir manzilda ko‘chmanchilar o‘zlariga ma’bud sifatida yangi toshni tanlab olganlar. Mil. 4-a. o‘rtalarida, asosan, Nabateya va Suriya - Falastin ta’siri ostida nusub -"tarashlanmagan tosh" - Arabistondagi o‘troq aholi muhitida sanam yoxud V. - ma’budning haykal ko‘rinishidagi tasviriga aylangan. Ibn al-Qalbiyning ta’kidlashicha, sanam so‘zi yog‘och va metalldan yasalgan butni anglatgan, V. esa, tosh haykallarni anglatadigan istiloh bo‘lgan. Biroq johiliyat she’riyatida, Qur’oni karimda (6:74 va 29:17/16) va hadislarda vasan va sanam terminlari bir ma’noni anglatgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:18:25
VASIY (ko‘pligi ausiya) - vasiyatnoma ijrochisi. Islom aqidasiga ko‘ra, birinchi bo‘lib Abdulloh ibn Sabo har bir payg‘ambarning o‘zining V.si, vasiyatnoma bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan, deb uqtirgan. Horun (as) Muso (as)ning V.si, havoriy (apostol) Petr - Iso (as)ning V.si, Ali ibn Abu Tolib (kv) - Muhammad (sav)ning V.si bo‘lgan. Shialarning da’vosiga ko‘ra, Rasululloh (sav) Ali (kv)ni o‘zlariga voris ekanligi haqida bevosita ko‘rsatma berganlar. V. haqidagi ta’limotni ishlab chiqish va targ‘ib etishda kaysoniylar, imomiylar - isno’ashariylar jamoalari faollik ko‘rsatgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:18:55
VASIYA (ko‘pligi vasaya; turkiycha - vasiyat) - 1) o‘lim to‘shagida yotgan kishining so‘ngti irodasini ifoda etuvchi topshiriq. V. haqida Qur’onda ko‘rsatma berilgan. Mol-mulkning barcha turlari, munosabatlar, ish yuzasidan topshiriqlar, qarindosh-urug‘larga ko‘rsatmalar xullas, "so‘ngti xohish-istak"ni anglatuvchi barcha boshqa narsalar V. bo‘lishi mumkin. V.ga ko‘ra, harakatdagi va ko‘chmas mol-mulkning ko‘pi b-n 1/3 qismi aytilgan kishiga berilishi mumkin. 2/3 qismi vorislar o‘rtasida meros tariqasida taqsimlanadi, V. qiluvchi agarda u boshqa merosxo‘rlarning huquqlarini poymol etmaydigan bo‘lsa, kimga nima qoldirayotganini ko‘rsatishi mumkin.
V. bo‘yicha kimga mulk tegaaydigan bo‘lsa, u merosxo‘rlikka da’vo qilolmaydi. V. og‘zaki yoki yozma shaklda tuzilishi mumkin, unda 2 guvoh (shohid)ning ishtirok etishi maqbul hisoblanadi. V. o‘limdan ancha avval qilinishi mumkin va V. qiluvchi uni xoxdagan paytda o‘zgartirishi yoxud bekor qilishi mumkin. Bordi-yu, V. noto‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa yoxud merosxo‘rlar unga rozi bo‘lmasalar, qoziga murojaat qilingan. Qozi V.ni tuzatish, bekor qilish haqida xukm chiqargan. Hozirda V. turli mamlakatlarda mahalliy odatlarga ko‘ra o‘ziga xos ko‘rinishga ega.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:19:15
VASL (arab. - "etishish", "visol") - tasavvufda "fano" maqomidan keyingi martaba, "Fano" maqomiga yetgan solik Allohning haqligi va ulug‘liga to‘g‘risidagi fikru zikrga g‘arq bo‘lib, foniy dunyodaga borliq narsalarni unutib yuborgan bo‘lsa, "vasl" maqomiga erishgan solik Allohdan o‘zga barcha borliqtsan ajralib, Allohga "etishgan" bo‘ladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:19:31
VA’Z, xitobat - islomda, asosan, yaxshilik va ezgulikka chaqiruvchi da’vat. V. ibrat mazmunida ham ishlatiladi. V. aytuvchilar, bu borada mutaxassis bo‘lgan shaxslar "voiz" deb yuritiladi. Islomdaga ilk voizlardan biri Hasan Basriy (728 y.v.e.) bo‘lgan. U garchi arab bo‘lmasa-da, arab nutqining mashhur ustoziga aylangan. Odamlarning yuziga qarab fikrini, kayfiyatini sezib olar va buni V. vaqtida nazardan qochirmasdi. Islomda tajovuzkorlikka da’vat etib, yomonlikni tashviqot qilish V. hisoblanmaydi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:20:09
VAQF (arab.) - musulmon mamlakatlarida davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan diniy ehtiyoj yoki xayriya ishlari uchun ajratilgan mol-mulk. Vaqfnoma orqali rasmiylashtiriladi. Yer-suv, uy-joy, maktab, masjid, shifoxona va b. V. mulki bo‘lishi mumkin. O’z mulkini V.ga topshirgan shaxslar mazkur mulkka nisbatan egalik huquqini yo‘qotadi. Lekin uning o‘zi yoki oila a’zolari yoxud uchinchi bir shaxs V. mulkidan vaqfnomada qayd etilgan maqsadlarda foydalanilayotganligini aniqlash uchun V. mulkini boshqarish huquqini saklab qolishi mumkin. O’z mulkini V. mulki sifatida topshirgan shaxsning farzanddari yoki boshqa avlodlari mazkur V. mulkidan keladigan daromadlardan nafaqa olib turishi mumkin. V. mulkini shariat qonuni bo‘yicha davlat boshlig‘i yoki qozi nazorat qiladi. Bu tartib Sharqning ba’zi mamlakatlarida hozir ham amalda.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:21:17
VAHDATI VUJUD (arab. - birlik va borliqning bir butunligi) - abadiy yagona Allohgana bor, deb hisoblovchi ta’limot. Bu ta’limotga ko‘ra, moddiy olam, narsalar dunyosi haqiqiy emas, haqiqat faqat Allohda mujassamlangan, moddiy olam Allohning nuri, shu’lasidir. V.v. namoyandalari (Ibn Arabiy va b.) xudo butun borliqni yaratib turadi, deb hisoblashgan. V.v. ayniqsa 17-19-a.larda Hindiston va Turkistonda tasavvufning keng tarqalishiga sabab bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:21:42
VAHDATI MAVJUD (arab. - mavjudot birligi) - Alloh b-n birga yagona moddiy olam bor, deb hisoblaydigan ta’limot. Bu ta’limot tarafdorlari tabiatni abadiy deb biladi. Alloh olamning o‘zida, unga singib ketgan deb qaraydi. V.m. vakillari odam bu dunyodan voz kechmay, tarki dunyo qilmay yashashga intilishi kerak degan fikrni olg‘a suradi. Hindistonda V.m. qadimdan mavjud bo‘lib, olamni moddiylik asosida tushunishga ustuvor tsarajada ahamiyat bergan. Shuning uchun ko‘pchilik musulmon ruhoniylari bu ta’limotga shubha va ehtiyotkorlik b-n qarashgan edi. Kindiy, Forobiy, Ibn Rushd, Bedil bu ta’limotning namoyandalari hisoblanadi. V.m. namoyandalari fikricha, tabiat abadiy, undagi narsa va hodisalar o‘zaro bog‘liq, dunyo hamisha o‘zgarish, rivojlanish holatida turadi. V.m. tarafdorlari musulmon Sharqida tabiatshunoslik bilimlarining rivojlanishi uchun falsafiy asoslar yaratib berdi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:22:08
VAHDONIYAT (arab. - yakkalik, yagonalik) -Allohning yakka-yagonaligani tanish va e’tirof etish. Islomning asosiy g‘oyasi hisoblanadi. Yahudiylik va xristianlik yakkaxudolik g‘oyasini himoya qilsa ham, bu dinlarda V. uzil-kesil shakllanmagan. Qur’oni karimda aytilganidek, yahudiy dinida Uzayr paygambar, xristian dinida Hazrat Iso xudoning o‘g‘li deb e’tiqod qilinadi (9:30). "Ixlos" surasida V. yaqqol va ravshan bayon qilingan. "Anbiyo" surasida esa, "Agar (osmonu zaminda) Alloxdan o‘zga xudolar bo‘lganida har ikkisi buzilib ketar edi", deyilgan (21:22). Bu oyat zardushtiylikning ikkixudolik aqidasiga qarshi qaratilgan edi. Ko‘pxudolik e’tiqod shaklida tugab ketganiga qaramay, kishilar ongida turli ko‘rinishda paydo bo‘lib turadi. Hoz. zamonda islom olamida ko‘pxudolik aqidasi eskilik sarqiti sifatida u yoki bu shaklda uchrab qoladi. Ko‘pxudolik xalkdarni bir-biriga qarama-qarshi bo‘lishiga olib kelgan, yakkaxudolik esa, ularni birlashtirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qilgan, tor qabilachilik tuzumiga barham berib, millatlarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:22:30
VAHIY - diniy e’tiqodga ko‘ra, Alloh taoloning o‘z payg‘ambarlariga farishtalar orqali yuborgan buyruq yoki ko‘rsatmalari. V. aniq va ravshan qilib aytilgan. Lekin ba’zi V.lar tushda ko‘rilgan ishorat shaklida ham bo‘lgan. Mas., hazrat Ibrohim (as) ning tushida "o‘g‘ling Ismoil (as) ni qurbonlik qil" deb buyurilgani ham V. deb hisoblanadi. V. Muhammad (sav)ga farishta hazrat Jabroil orqali nozil bo‘lgani Qur’oni karimda keltirilgan (53:5-10). V. farishtalar orqali yoki bevosita Alloh taolo b-n roz aytish (gaplashish) orqali ham kelishi mumkin. Payg‘ambar Muhammad (sav)ga esa, V. quyidagicha hollarda tushgan: Oisha (ra) aytadilarki: 1. "Payg‘ambar (sav) V.ning birinchi kelishi o‘ngidan kelgan tush bo‘lgan. Ko‘rgan har bir tushlari uyg‘oklik vaqtlarida ham xuddi tong yorugidek kelar edi. 2. Farishta o‘zi ko‘rinmay turib, Payg‘ambar qalblariga kerakli xabarni yetkazar edi. 3. Qo‘ng‘iroq chalingandek ovoz chiqarib kelar edi. 4. Jabroil farishta Payg‘ambarga odam shaklida bo‘lib ko‘rinar edilar". Shu to‘g‘risida "Sahihi Buxoriy" kitobida kuyidagi hadisi sharif keltirilgan: "Horis ibn Hishom Payg‘ambardan: "Yo Rasululloh, sizga V. qanday keladi?", deb so‘rabdi. Shunda ul janob quyidagi javobni beribdilar:"Ahyonda xuddi qo‘ng‘iroqdek jaranglab keladi, shunisi menga qiyin. U ketgandan keyin hamma narsani men o‘zimda singdirib olgan bo‘laman. Gohida, esa farishta menga odam shaklida kelib so‘zlab ketadi va uning aytganlarini anglab olaman". 5. Farishta o‘zining asl shaklida ko‘rinadi va V.ni yetkazadi. 6. Alloh taolo Payg‘ambar (as)ga me’roj kechasida namozni farz qilish va shunga o‘xshash ba’zi narsalarni bevosita V. qilgan. V. faqat payg‘ambarlargagina nozil bo‘lgan. Jabroil farishta payg‘ambarlarga V. keltirishga mas’ul bo‘lgan. V. tushgan paytda, agar kunlar sovuq bo‘lsa ham Paygambar (as) terlab ketardilar, nafas olishlari tezlashardi. Sahobalardan Zayd ibn Sobit shunday hikoya qiladi: "Mening sonim Rasululloh (sav)ning sonlariga tegab turgan paytda V. tushib qoddi, uning shiddatidan sonim yorilib ketay dedi". Agar Payg‘ambar (as) tuyada ketayotganlarida V. tushib qolsa, og‘irlikdan tuya ham yura olmay qolar ekan. V.ni Alloh ilhom shaklida ham nozil qilgan. Buni ayrim avliyolarning hayotida uchratish mumkin. Biroq avliyolar ilhomni o‘zlariga shaxsiy ko‘rsatma, payg‘ambarlar esa, V.ni xalqqa yetkazishi lozim bo‘lgan ko‘rsatma deb qabul qilgan. Johiliyat davrida (islomdan avval) butparast arablar Ka’ba ichiga Hubal nomli butni o‘rnatib, undan V. (ko‘rsatma) olganliklarini da’vo qilib kelgan va shu tariqa go‘yo o‘zlarining kundalik muammolarini hal qilgan. Islom davrida Hubal sindirib tashlandi. V.ning faqat payg‘ambarlarga nozil bo‘lishi musulmonlik e’tiqodini mustahkamladi. Bu borada har xil bid’at va xurofotlarni keltirib chiqarish va dinga zararli bo‘lgan turli qo‘shimchalarni kiritish man qilindi. Diniy tushuncha bo‘yicha V. ilohiy bir kuch sifatida insonlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:23:03
VAHHOBIYLIK - islom dinining hanbaliy mazhabidagi oqim. Arabiston ya. o.ning markaziy qismida 18-a. o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Asoschisi - Muhammad ibn Abdulvahhob. U 1703 y. Uyayna degan joyda, qozi oilasida tug‘ilgan. Dastlabki ta’limni o‘z otasidan olgach, o‘spirinlik yillari Arabiston va ko‘shni o‘lkalar bo‘ylab ko‘p safar qilgan. Ibn Abdulvahhob aqoidda Ibn Taymiya, Ibn al-Qayyim va Ibn Kasirga ergashdi. Muhammad Ibn Abdulvahhob diniy targ‘ibotni taxm. 1730 y.da boshlagan, o‘z otasining vafotidan (1740) so‘ng uni faollashtirgan, chunki ota-o‘g‘il o‘rtasida da’vatning uslubi xususida ixtilof bo‘lgan. Turk tilidagi tadqiqotlarda Ibn Abdulvahhob uzoq yillar ingliz josusi b-n hamkorlik qilgani hakdtsa dalillar mavjud. V. tarafdorlari fikricha, faqat Alloh ma’bud va islomning manbai faqat Kur’on va Sunnadir. Muqaddas joylarni ziyorat qilish, aziz-avliyolardan duolarda shafoat yordam tilash shirk hisoblanadi. Musiqa, qo‘shiq va umuman ma’naviy taraqqiyotning boshqa ko‘p ko‘rinishlari "bid’at" ( keyin kirib kelgan yangilik) deb sanaladi. Vahhobiylar "dinni tozalashga, Muhammad davrvdagi asl holiga keltirish"ga harakat qiladi.
V.da g‘ayridinlarga, "ilk islom ahkomlaridan chekingan" musulmonlarga qarshi kurash alohida o‘rin tutadi. Ularning da’vatini qabul qilmaganlarning barchasi go‘yo "kofir"dirlar. Dastlabki vahhobiylar imon masalasida o‘ta mutaassibchilik, siyosiy raqiblar b-n kurashda esa, oshkora ekstremizm b-n ajralib turganlar. V. ta’limoti o‘sha paytdayoq norozilik tug‘dirgan. Ibn Abdulvahhobni hatto Uyaynadan quvib chiqarishgan. Ammo bu ta’limot Arabiston ya. o.ning markaziy qismvda o‘sha davrdagi mavjud muhit uchun qo‘l kelib qoldi. Zero, bu yerda bir necha mayda sulolalar tomonidan boshqarilgan amirliklar doimo o‘zaro nizolashib kelardilar. Shunday sulolalardan biri - saudiylar - taxm. 4 a.dan beri ad-Dir’iyani o‘zlariga markaz qilib olib, atrofdagi amirliklarni birlashtirishga harakat qilardilar. Amir Muhammad ibn Saud (1725-1765) bu ishda V. ta’limotidan foldalandi. Muhammad ibn Saud va uning o‘g‘li Abdulaziz vahhobiylar bayrog‘i ostida yarim orolning katta qismini kuch b-n egallab, birinchi saudiylar davlatini barpo qildshtar. Ammo bu davlat 19-a. boshida misrliklar istilosi natijasida quladi. V. Imom Sannusiy vositasida Jazoirda, Muhammad Abduh yordamida Misrda, Sharqiy Afrikaning Zanzibar mamlakatida tarqala boshladi, Sayid Ahmad esa, Panjob va Shim. Hindistonda vahhobiylar davlatini barpo qilishga uringan. Ayni vaqtda V. Arabiston ya. o.dan tashqarida - Hindiston, Indoneziya, Sharqiy va Shimoliy Afrikada yoyila boshladi. 20-a. boshida Abdulaziz ibn Abdurahmon saudiylar davlatini tiklash uchun boshlangan harakatga rahbarlik qildi va hoz. Saudiya Arabistoniga asos soldi.
V. xatarli, reaktsion diniy-siyosiy oqimdir. Vahhobiylar odatda terror yoki davlat to‘ntarishi yo‘li b-n hokimiyat tepasiga kelishga intiladilar. 19-a.ning 70-y.larida Hindiston vahhobiylari Kalkutta bosh sudyasi Normanni o‘ldirish b-n "shuhrat" qozondilar. 1979 y. noyabr oyida saudiyalik vahhobiychi Juhayman al-Utaybiy guruhi musulmonlarning eng muqaddas - Makkai mukarrama sh.dagi "Masjid al-Haram"ni bosib oldi. Masjidni egallagach, bu yerga kelishi kutilgan podshoh Xolidni bandilikka olish, oralarvda bo‘lgan "Maxdiy rahbarligida umumxalq qo‘zg‘olonini ko‘tarish, dastlab Saudiya Arabistoni, so‘ng boshqa mamlakatlarda ham "haqiqiy" islom g‘alabasiga erishish rejalashtirilgan edi. Saudiya xukumati frantsuz jandarmeriyasining mutaxassislari yordamida ikki haftadan ortiq muddatda bu harakatni bostirdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, vahhobiylardan 117 kishi o‘ldiridtsi va 143 kishi hibsga olindi, ayni vaqtda hukumat kuchlaridan 127 kishi halok bo‘ddi va 451 kishi yaralandi.
V. muayyan ko‘rinishda O’zbekistonda ham paydo bo‘ldi. Birinchi bo‘lib ular 1989 y. Namangan sh.dagi "Otavalixon" masjidini o‘zlariga qarorgoh qilib oldilar, so‘ng 1989-1990 y.larda Qo‘qon va Andijon shaharlarida "Jome" masjidlarini zo‘ravonlik yo‘li b-n egalladilar. 1995 y. bu ikkala masjid faoliyati adliya boshqarmalari tomonidan to‘xtatilgach, vahhobiylar respublika bo‘ylab yoyilib ketdilar. O’zbekistondagi vahhobiylar uzun soqol qo‘yish, namozda ikki oyoqni keng kerib qiyom turish, qo‘llarni ko‘krakda bog‘lab turish, baland ovozda "omin" deyish b-n hanafiylik mazhabidagilardan ajralib turadilar. 1997 y. dek.da Namangan sh.da sodir etilgan qotilliklar ularning amaliy "ish uslublari" sifatida namoyon bo‘ddi. O’zbekiston hukumatining izchil siyosati V. ko‘rinishidagi diniy ekstremizm va aqidaparastlik yoyilishining oddini oldi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:23:23
VIDO XUTBASI - Muhammad (sav)ning vidolashuv xutbalari: 632 y. 8 martda Makkada, Arafotda. Qusvo degan tuyalariga mingan holda Arabistonning turli yerlaridan kelgan 124 ming musulmonga qarata o‘qilgan. Bu tarixiy xutba "V. x." nomini olgan bo‘lib, u nafaqat yig‘ilgan musulmonlarga, balki butun insoniyatga qaratilgandi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:23:36
VIJDON ERKINLIGI - ijtimoiy-falsafiy tushuncha; har kimning o‘z e’tiqodiga ko‘ra, mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy me’yorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani bo‘yicha yashash, ishlash imkoniyati. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni hisoblanadi. Siyosiy jihatdan V.e.ga demokratiya ko‘rinishlaridan biri sifatida qaraladi. Yuridik nuqtai nazardan V.e. insonning asosiy shaxsiy huquklari sirasiga kiradi va demokratik erkinliklardan biri hisoblanadi. O’zbekistonda u O’zR Konstitutsiyasida, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi Qonunda (1991 yil 14 iyunda qabul qilingan, 1998 yil 1 mayda yangi tahriri tasdiklangan) nazarda tutilgan. Konstitutsiyaga ko‘ra, "hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xoxlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega" (31-modda). O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo‘yicha diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ayni vaqtda yangi tahrirdagi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi Qonunga ko‘ra, dinga munosabatidan qat’i nazar, fuqarolarning tengligi ta’minlanadi (4-modda). Ushbu Qonunda ta’kidlanishicha, hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonun muayyan yoshga yetgan fuqarolarning o‘z diniy ehtiyojlarini qondirish uchun diniy tashkilot tuzish, oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida ta’lim olish tartib-qoidalarini ham belgilab bergan. Ayni vaqtda dindan davlat va Konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishda, millatlararo adovat uyg‘otishda, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi o‘rtasida vahima chiqarishda ham davlat, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa g‘arazli maqsadlarda foydalanishga yo‘l ko‘yilmaydi (5-modda).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:24:05
VILOYATI FAQIH - shialikda "yashiringan imom" - mahdiyning kelishi va adolat o‘rnatishi haqidagi g‘oyaga bog‘langan tushuncha. 1979 y.dagi Eron islom inqilobi natijasida bu g‘oyani amalga oshirish, amalda imom zimmasiga yuklash mumkinligi haqidagi aqidalar vujudga keldi. Eron islom jumhuriyatiga 1989 y.gacha rahbarlik qilgan oyatullo al-uzmo Ruhalloh al-Musaviy al-Humayniy ana shunday V.f. rahbari vazifasini bajardi, ya’ni u davlatning biror lavozimida bo‘lmasa ham, amalda butun Eron ijtimoiy hayotiga rahbarlik qildi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:24:16
VIRD (arab. - vazifa) - tark qilmay doim bajarib turiladigan vazifa, duo; tasavvufda shayx va muridlarning kundalik o‘qib yurishlari uchun zarur bo‘lgan Kur’oni karim gilovati, zikr, tasbeh o‘garish, duo, salavotlar. Ular kechki va tunga ibodatlar orasida ado etilib, tariqatning asosi hisoblanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:24:30
VOBKENT MINORASI - me’moriy yodgorlik. Buxoro sadri Burxoniddin Abdulaziz II tomonidan 1197-98 y.larda kurdirilgan. Minoraning tepa qismida devoniy xatvda "Minora 595 hijriy yilda qurib bitkazildi", deb yozilgan. "Kimki masjvd qursa, o‘ziga jannatdan makon kurgan bo‘ladi", degan hadis ham bitilgan. O’sha davrda minoraga yondosh bir masjid va bir Madrasai sadriya mavjud bo‘lib, u Movarounnahrdagi eng yirik bilim maskani bo‘lgan. Minoraning bal. 38,7 m.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:24:46
VOJIB (arab. - majburiyat, burch) - islomda bajarilishi zarur bo‘lgan amal turi. Zaruriylik nuqtai nazaridan V. farzdan keyin, sunnat talablaridan oldin turadi. Islomda V.ni inkor etish og‘ir gunoh hisoblansa-da, kofirlikka nisbat berilmaydi. "Podshohning amri vojib" degan tushuncha Qur’onda bor. Sunniylikda V.ga shariat tushunchalari bo‘yicha farz b-n sunnat erasidan joy berish hanafiylik mazhabidagina e’tirof etilgan. Boshqa uch ushhabda V. alohida tushuncha sifatida qabul qilinmagan. Ularda farzdan keyin bevosita sunnatga o‘rin berilgan. V.ni esa, ular farzga qo‘shib yuborishgan. Binobarin ular hanafiylik mazhabidagi V.larni farz qisoblaydi. Mas., besh vaqt namoz, ro‘za, zakot, qajni hanafiylar farz desa, ular farz ham, V. ham deb atayveradi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:25:04
VOIZLIK (arab. va’z - targ‘ib, nutq) -va’zxonlik, notiklik. V. arablarda, umuman musulmon Sharqida qadimdan mavjud bo‘lib, dabirlik, xatiblik, muzak-k i r l i k va b. ko‘rinishlarga ega bo‘lgan. Savlat ahamiyatiga molik yozishmalar, maktublar va b. hujjatlarni o‘qib berish b-n shug‘ullanuvchilar dabirlik, hayitlar, bayramlar, turli yig‘inlar, juma namozlari va b. ommaviy tadbirlarda ma’naviyat, axloq-odobga oid mavzularda pand-nasihat aytuvchilar, Qur’oni karim oyatlari, Hadislarni sharhlovchilar V. xatiblik, tarixga oid narsa, voqea, hadislarni bayon etish, tushuntirish b-n shug‘ullanganlar, muzakkirlik (zikr qilmoq) qilganlar. Sharqda V.ni o‘rgatuvchi maxsus soha kalom ilmi, balog‘a ilmi bo‘lgan. Ar-Roziy, Mavlono Riyoziy, Mavlono Muin Voiz, Husayn Voiz Koshifiy va b. bu sohaning yetuk bilimdoni hisoblangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:25:20
VOSIL ibn ATO, Abu Huzayfa al-G’azzol (699-748) - mu’taziliylar oqimi asoschilardan biri. Madinada tug‘ilgan, so‘ng Basraga ko‘chib o‘tgan, bu yerda Hasan al-Basriy to‘garagining faol ishtirokchisiga aylangan. Gunohi kabira qilgan kishi holati haqida Hasan al-Basriy b-n ixtilofda bo‘lgani tufayli V.i.A. bir guruh maslakdoshlari b-n to‘garakni tark etgan va bu b-n mu’taziliyaga asos solgan. O’z ta’limotini tarqatish uchun xalifalikning barcha viloyatlari - Mag‘rib, Xuroson, Yaman, Jazira, Armanistonga targ‘ibotchilarini jo‘natgan. Uning targ‘ibotchilari ayni vaqtda umaviylarga qarshi tashviqot ishlari ham olib borishgan va bu b-n umaviylar sulolasining ag‘darilishiga imkon yaratganlar. V.i.A. Allohni inson ko‘rinishida tasavvur etilishiga qarshi bo‘lgan. U Qur’ondagi tegashli iboralarni majoziy ma’noda talqin etgan. Xususan, "o‘z qo‘ling b-n yarat" degan ibora uning fikricha, "o‘z hukming b-n" deganidir, bu xuddi qo‘l kaftlarini ochiq holdaligi saxiylikning ramziy belgisi, yopikdiga esa - xasislikni ifoda etgani kabi. V.i.A. ko‘plab asarlar yozgan, uning "as-Sabil ila ma’rifat al-haqq" Haq(Alloh)ni tanish yo‘li asari musulmon fiqhi tarixida nihoyatda muhim o‘rin tutadi. V.i.A. birinchi bo‘lib haqiqat (al-haqq)ni bilishning 4 usuli (vujux)ni aniklab bergan: Kitob (kitob natiq), yakdil qabul qshshngan sahih hadis (xabar mujtamo alayhi), akliy dalil (hujjat aql) va jamoaning yakdil fikri (ijmo’ min al-umma). Bu tamoyillar musulmon huquqini ishlab chiquvchilar (xususan, ash-Shofi’iy) tomonidan fiqhning 4 manbai (usul)ni belgilashda juda qo‘l kelgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:25:40
VUJUD (arab. - "borlik", "bo‘lishlik", "mavjudlik") - tasavvufda. Allohning borligi haqidagi aqida. Allohning bor bo‘lishi o‘z-o‘zidan zarurligi "vojib ul-vujud" deb ataladi. Alloxdan boshqa mavjudotlar esa, "mumkin ul-vujud" deb nomlanadi. Ya’ni, bu mavjudotlar Alloh tomonidan yaratilishi ham, yaratilmasliga ham mumkin bo‘lgan narsalardir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:25:53
VUZU’ (arab. - yuvinish, tahorat) - islom an’anasida maxsus poklanish ibodati. Namozdan oldin yuz, qo‘l va oyoqni yuvish, boshga mash tortish, tahoratning yengil shakli, ya’ni kichik tahorat. Butun tanani boshdan-oyoq yuvish esa, katta tahorat (g‘usl) hisoblanadi. Zero, islomda tahoratsiz namoz o‘qish, Kur’onni ushlash mumkin emas.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:26:53
- G -

GILONIY (Jiloniy) Muhiddin Abdulqodir ibn Abi Solih Jangiydo‘st (1077- 1166) - fors ilohiyotchisi, mutasavvif. Gilon viloyati (Eron) da tug‘ilgan. 18 yoshida Bag‘dodga kelib saboq oladi. Uning hanbaliylik mazhabiga oid va’zlari shuhrat qozonadi. Keyinchalik G. Qur’on tafsirchisi va muftiy sifatida faoliyat ko‘rsatadi. U hadis va fiqh ilmlaridan dars beradi. G. hanbaliylik mazhabida qat’iy turgan, Muhammad (sav) sunnatlariga so‘zsiz rioya etgan. Va’zlarida musulmonlar uchun zarur bo‘lgan o‘nta axloqiy qoidani bayon etgan. G. o‘zining tariqat uslubini vujudga keltirmagan, biror tariqatga boshchilik qilmagan bo‘lsa ham uni qodiriylik sufiylik tariqatining asoschisi deb hisoblaydilar. Ammo, haqiqatda esa, bu tariqat uning avlodlari yoki muridlari tomonidan faqat 13-a.ning o‘rtalarida, ba’zi mutaxassislarning fikricha, hatto 15-a.da vujudga kelgan. Xalq ommasi uni mo‘‘jiza ko‘rsatishga qodir bo‘lgan aziz-avliyo va bechoralarning homiysi deb, ulug‘lar edi. Unga "Ravsul A’zam" ("ulug‘ himoyachi") va "piri dastgir" ("madadkor pir") laqablarini berishgan edi. G. maqbarasi Bag‘dodda bo‘lib, islomdagi muqaddas joylardan biri hisoblanadi.
G.ning "Al-g‘unya li tolib tariq il-haqq" ("Haq yo‘lini istovchilar uchun qo‘llanma") asari saqlanib qolgan. Bu asarda musulmonlarning ijtimoiy, axloqiy burch va vazifalari hanbaliylik mazhabi nuqtai nazaridan bayon qilingan. GUL - ayol jinsidan bo‘lgan jinning bir turi; nihoyatda badjahl va insonlarga dushmanligi b-n ajralib turgan. Go‘yo cho‘lu biyobonlarda yashab, turli qiyofalarga kirib yo‘lovchilarni o‘z tuzog‘iga ilintiradi, so‘ngra ularga hujum qilib o‘ldiradi. Erkak jinsdagi G. - kutrub; ba’zan G. si’lat b-n aynan deb qaraladi. O’rta asrlarda islom mamlakatlaridagi xalq rivoyatlarida G. Iblis va shaytonlar b-n aloqador bo‘lgan kofir jinlar qatoriga kiritilgan; ular odamxo‘r va o‘laksaxo‘r hisoblanganlar. Deyarli butun islom axdi xalq adabiyoti va folklorida G. b-n bog‘liq sarguzashtlar bayon etilgan ko‘plab hikoyalar uchraydi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:27:12
GUNOH (fors - jinoyat, ayb; asli shu ma’nodagi arab. "junoh" so‘zidan olingan) -shariat qonunlariga va diniy aqidalarga xilof ish yoki harakat. Islom dinida eng katta G. - shirk, ya’ni Allohni butunlay inkor etish yoki unga teng keladigan boshqa ilohiy kuchlar bor, deb e’tiqod qilish hisoblanadi va bunday G.ni Alloh kechirmaydi. Ammo undan boshqa katta va kichik G.larni xohlaganicha kechirishi yoki ma’lum me’yorda jazolashi mumkin. Katta G.larning adadi to‘g‘risida islom manbalarida turlicha fikrlar aytilgan. Ota-ona qarg‘ishini olish, sehr-jodu b-n shug‘ullanish, qotillik, yolgon guvoxlik berish, o‘g‘rilik, chaqimchilik, qimorbozlik, riyokorlik, firibgarlik, harom qilingan narsalarni iste’mol qilish, dilozorlik va h.k. katta G. hisoblanadi. Ba’zi islom olimlari katta G.lar sonini 300 tagacha sanab o‘tganlar. Kichik G.lar behisobdir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:27:31
GURGONIY Abulqosim Ali (10-a. oxiri -vaf.taxm. 1058) - tasavvufning Xuroson maktabi shayxlaridan. Tug‘ilgan va vafot etgan yili, qabrining qaerdaligi haqida aniq ma’lumotlar yetib kelmagan. Ali ibn Usmon Hujviriy (vaf.taxm. 1072) "Kashf ul-mahjub" asarida G. b-n bir necha marta (aksariyat Tus shahrida) uchrashib, ba’zi masalalarni undan so‘raganligi haqida yozadi. G.ning Tusda xonaqo va masjidi bo‘lib, u o‘z davrining qutbi deya e’tirof etilgan. "Silsilat uz-zahab"dagi 9-piri murshid. Tasavvuf ta’limini Abu Usmon Mag‘ribiy va Abulhasan Haraqoniy (vaf. 1034)dan olgan. Tasavvufdagi nisbasi, bir tomondan, Abu Usmon Magribiy, Abu Ali al-Kotib, Abu Ali ar-Rudboriy orqali Junayd Bagdodiy (vaf. 910)ga, ikkinchi tomondan, Abulhasan Haraqoniy orqali Boyazid Bistomiy (vaf. 848 yoki 875)ga borib bog‘lanadi. Manbalarda G. ikki yo‘nalish "sahv" va "sukr"ni o‘zida birlashtirgan murshid sifatida zikr etiladi. G. Abu Ali Formadiy (1011-1085)ning tasavvufdagi ustozidir. Shayx Abusaid Abulxayr (967-1049) b-n yaqin aloqada bo‘lgan. Hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlar "Tabaqot us-sufiya", "Risolai Qushayriy", "Nafahot ul-uns", "Nasoyim ul-muhabbat" singari asarlardan joy olgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:28:37
- D -

DABBAT ul-ARZ (arab. - Yer hayvoni) - oxir zamon kelganining bir alomati sifatida chiqib keladigan Yer hayvoni. Bu xususda Qur’oni karimda xabar berilgan: "Qachon (kofirlarning) ustiga so‘z-azob tushganida (ya’ni, qiyomat yaqinlashib qolganida) Biz ular uchun yerdan bir jonivor chiqarurmiz. U ularga odamlar Bizning oyatlarimizga ishonmaydigan bo‘lib qolganlari haqida so‘zlar" (Naml, 82-oyat).
D. ul-a.ning, ya’ni yer hayvonining chiqishi haqida ko‘pgana hadislar vorid bo‘lgan. Lekin ularning hammasini ham sahih deb bo‘lmaydi. Ayniqsa, bu jonivorlarning sifatlari keltirilgan xabarlar sahixlikdan yirokdir. Aslida, mo‘min odamga uning vasfini bilishdan ma’no yo‘q. Yer hayvonining chiqishi qiyomat alomatlaridan ekani, kofirlar azobga mustahiq bo‘lishi, endi ularning tavbasi qabul etilmasligi, qilmishlariga yarasha hukm qilinishi, o‘sha jonivorning ularga gapirishi, uning mo‘minga ham, kofirga ham tanish bo‘lishini ifodalovchi Qur’oni karim va hadisi shariflar hujjati b-n kifoyalanish shart. Hayvonning gapirishi g‘ayritabiiy tuyuladigan kishilarga javob shulki, uni yaratgan Zot gapirtirishga ham qodirdir. D.ul-a. chiqqan kuni Alloh taoloning oyatlari va oxirat kunini inkor qiluvchi odam qolmaydi. Lekin, yuqorida aytib o‘tilganidek, o‘sha kunda keltirilgan imon, tavba, istig‘for va amallar qabul qilinmaydi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:28:48
DABUSIY, Abu Zayd Abdulloh ibn Umar ad-Dabusiy (? - 1038) - hanafiylikdagi yirik faqihlardan; fiqhdagi ziddiyatlarni o‘rganishga asos solgan. Samarqand viloyatvdaga Dabusiya sh.da tug‘ilgan. Fiqhga doir 7 asar yozgan. Sam’oniyning yozishiga ko‘ra, D. Buxoroda yashagan, Bag‘dodda ta’lim olgan. Buxoro va Samarqandning yirik olimlari b-n munozara olib borgan. Qabri Buxoroda, imom Abu Bakr ibn Tarxon mozori yonida.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:29:07
DAJJOL (arab. - aldamchi, firibgar) -islom diniga ko‘ra, qiyomat oldidan paydo bo‘ladigan va dindorlarni xudo ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘ldan ozdiradigan bir ko‘zli odamsimon maxluq. U, shuningdek, al-Masih al-Kazzob va al-Masih al-Dajjol deb ataladi. Qiyomatga yaqin u yovuzlik timsoli sifatida ezgulik tarafdorlari b-n jang qilib, oxir-oqibatda mag‘lub bo‘lishi haqida rivoyatlar bor. Islomga ko‘ra, D. Iblis b-n aloqador bo‘lib, qiyomatga yaqin insonlarni to‘g‘ri yo‘ldan og‘dirish uchun o‘zini haqiqiy Iso (as) yoxud al-Maxdiy deb ataydi. Bungacha u Hind okeanidaga orollardan birida qoyaga zanjirband qilingan holda yashaydi: orol yaqinidan o‘tayotgan kemadagalar u yerdan musiqa tovushini eshitadilar. D. bir ko‘zli, terisi qizil, peshonasida kof harfi yoxud kofir yozuvi bor. Qiyomatdan oldin D. Sharq tomondan ulkan, bahaybat eshakda paydo bo‘ladi, uning ortidan barcha dinsizlar va munofiqpar ergashadi. U Makka va Madinadan boshqa butun dunyoda o‘z hokimiyatini o‘rnatadi. Uning podsholigi 40 kun (yoxud yil) davom etadi, so‘ngra Alloh tomonidan yuborilgan Iso (as) va al-Mahdiy uni mag‘lub etib, o‘ddirishadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:29:36
"DALOIL ul-XAYROT" - daloilxonada. o‘qilgan asosiy kitob. 15-a.da musulmon aqoidshunosi Muhammad ibn Sulaymon Jazuliy (7-1466) arab tilida yozgan. Muhammad (sav)ga atab o‘qiladigan salavot va madhiyalardan iborat. 7 qismga bo‘lingan bo‘lib, har bir qism haftaning ma’lum kunida o‘qishga mo‘ljallangan. Kitobda musulmonlarga tavsiya etilgan kundalik salavot aytish uslublari ko‘rsatib berilgani uchun dindorlar undan muntazam foydalangan. Xorijiy Sharq mamlakatlarida "D. ul-x." hozir ham keng tarqalgan. Uning sharxlari va turkiy tilga qilingan tarjimalari ham mavjud.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:29:54
DALOILXONA (arab. daloil - dalillar) - O’rta Osiyoning yirik shaharlaridagi eski diniy maktab. D.ga savodi chiqqan bolalargana qabul qilingan. Unda dastlab (taxm. 1-2 oy) bolalarga Qur’onning ayrim sura va oyatlari, so‘ngra asosiy kitob - Daloil ul-xayrot" yodlatilgan. D.da o‘qish muddati aniq belgilanmagan. Qobilyatli, xotirasi kuchli talabalar kitobni 2-3 oy davomida yod olganlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:30:15
DARVISH, qalandar (fors. - turkcha -qashshoq, kambag‘al; arab. faqir) - o‘zini Alloh yo‘lida xizmat qilishga bag‘ishlagan va o‘zini o‘zi kamolotga yetishtirish yo‘liga kirgan inson. "Sufiy" so‘ziga sinonim. D.lik ta’limotining asosini zikr tushish orqali xudo b-n "yaqinlashish" va, hatto, u b-n "qo‘shilib ketish" mumkin, degan g‘oya tashkil qiladi. Eron, O’rta Osiyo, Turkiyada D. so‘zi tor ma’noda - shaxsiy mulki bo‘lmagan kambag‘al, daydi zohidni (16-asr boshigacha -"qalandar" atamasining sinonimi) anglatgan. D.ning boshlang‘ich ma’nosini bildirgan "kambag‘al" so‘zi sufiylikning ixtiyoriy kambag‘allik, oz narsaga qanoat qilish haqidagi ta’limotidan kelib chiqqan. D. lar muayyan maslak (suluk)ka birlashgan va uning goyalarini targ‘ib qilgan. D. likning mashhur suluklari: naqshbandiylik, yassaviylik, kubroviylik va b. Ta’limoti, amaliyoti, odati va kiyimlaridan qat’i nazar, D.lar ikki guruh - daydi, doimo darbadarlik qilib yuruvchilarga va shayx, pirlar rahbarligida muqim yashovchilarga bo‘lingan. D.larning birinchi guruhi erta bahorda dunyo bo‘ylab safarga otlanganlar. Shuning uchun ularni "darbadar", eshikma-eshik yuruvchi deb ham ataydi. Ikkinchi guruhi hunarmandlar, savdogarlar, turli darajadagi amaldorlar va b.dan iborat bo‘lib, uyda yashab, o‘z ishlari b-n shug‘ullangan. Ular har kungi ibodatni bajargan, hafta yoki oyning aniq belgilangan kuni umumiy zikr tushishga qatnashganlar. Inqilobdan oldin O’rta Osiyoda ham D.lik keng yoyilgan, D.larning faoliyati b-n bog‘liq qalandarxonalar va xonaqoxlar mavjud bo‘lgan. D.lik suluklarining ta’siri Pokiston, Hindiston, Indoneziya, Eron va Afrikaning ayrim mamlakatlarida hozir ham mavjud.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:30:38
DARVISHONA - O’rta Osiyo xalqpari orasida qadimda tarqalgan urf-odat. Har yili bahor faslida qishloklarda va shahar mahallalarida 2-3 kishi uyma-uy yurib, pul yoki oziq-ovqat to‘plagan, so‘ngra biror kishining hovlisida yoki masjidda ovqat (halim) pishirib butun mahalla baham ko‘rgan. Bu marosim yurtda biror ofat bo‘lganda (kasallik tarqalganda, qahatchilik, ocharchilik boshlanganda) undan xalos bo‘lish yoki dehqonchilik ishlariga xudodan rivoj tilash maqsadida o‘tkazilgan. Mazkur marosim darvishlar odatlariga o‘xshab, uyma-uy yurib oziq-ovqat yig‘ish b-n bog‘liq bo‘lgani uchun D. (darvishlarga o‘xshab) deb atalgan. Odatda D.ni har bir qishloq yoki mahalla alohida-alohvda o‘tkazgan, unda katta-kichik hamma erkak qatnashgan, musofirlar mehmon qilingan. Ba’zan D.da yig‘ilgan mablag‘, g‘alla va b. mahallada yashovchi qashshoq oila yoki beva-bechoralarga berilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:30:52
DAXD (fors. - o‘n kunlik) - eshonlarning xonaqoxdarida bo‘lib o‘tadigan o‘n kunlik toat-ibodat. D.ning eng kattasi Ramazon oyida o‘tgan. Murid va xalifalar (erkak va ayollar) eshon huzuriga kelib, D. talab etgan vazifalarni bajarishgan, o‘z murshidlarining pand-nasihatlarini tinglab, undan yana "vird" (ko‘rsatmalar) olib tarqalishgan. Tasavvuf ta’limotida D.ga o‘tirish xudo oldida tavba qilish, gunoxlarni yuvish, xudoning rahmatiga erishish hisoblangan. D. 3 davrga: ramazonning birinchi o‘n kunligi - "dahayi rahmat", ikkinchi o‘n kunligi - "dahayi mag‘firat", uchinchi o‘n kunligi - "dahayi itkun minannor"ga bo‘lingan. D. ramazondan boshqa ba’zi oylarda ham o‘tgan, ammo unga xoxdagan kishilar, ko‘proq ayollar borgan. Taqvodorlar uchun xonaqoh ichida bo‘zdan pashshaxonaga o‘xshagan bo‘lmalar qurilgan. D.ga o‘tirganlar uning ichiga kirib, ro‘za tutib, Qur’oni karim, salavot va duolar o‘qigan. D.ning o‘xshashi e’tikof deb ataladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:31:42
DAHRIYLIK (arab. dahr - vaqt, takdir, falak) - islom paydo bo‘lmasdan ilgari arab jamiyatida keng tarqalgan aqida. "O’lim", "takdir", "ajalning yetishi" ma’nolarini anglatgan. Bu aqidaga ko‘ra, insonning taqtsiri oldindan belgilab qo‘yilgan, u erkin iroda yoki ixtiyor egasi emas, peshonasiga "yozilgan" narsa albatta sodir bo‘ladi va undan qutulishning iloji yo‘q. Johiliya arablarida narigi dunyo borligiga, bu dunyoda zahmat chekkanga u dunyoda ajr, gunoh ishlar qilganlarga azob berilishiga ishonch yo‘q edi. Borliqning egasi, oliy hokimi sifatida muayyan bir xudo emas, qandaydir "dahr", taqdiri falak, inson irodasi b-n hisoblashmaydigan va undan yuqori turadigan tasodifiy o‘zgarishlar jarayoni tasavvur qilinardi. Ularning e’tiqodicha, o‘limdan so‘ng hamma narsa tugaydi, shuning uchun bugungi kun b-n yashab qolish kerak. Bunday hissiyot Kur’onda kuyidagi so‘zlar b-n ifodalangan: "Ular deydilar: faqat bitta - bu dunyodagi hayotimiz bor - yashaymiz va o‘lamiz; bizni dahr (vaqt, takdir) halok qiladi" ("Josiya" surasi, 24-oyat). Keyinchalik, islom adabiyotida "dahriy" so‘zi "mo‘‘min" so‘zining ziddi sifatida ishlatila boshlandi. 19-a.da D. atamasi "materialist" (moddiyun) tushunchasining istilohi sinonimi sifatida qo‘llanilgan. O’rta asrlarda bir qancha olim, mutafakkir va shoirlar (mas., Mansur al-Halloj) D.da ayblanib, shafqatsiz jazolangan. Hozir ham musulmon dunyosida D. qoralanadi. D. va ateizm bir ma’noni anglatmasa-da, sho‘rolar davrida ularni sinonim so‘z sifatida ishlatish rasm bo‘lib qolgan edi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:32:06
DEV (fors. - div) - qad. Eron mifologiyasidaga bahaybat yovuz kuchlar. Lekin, ular ba’zan sehrgar, kohin, avliyolarga bo‘ysungan bo‘lsa, yaxshi foydali ishlarni ham bajaradi deb tasavvur etilgan. D. haqidagi tasavvur zardushtiylikdan islomga ham o‘tgan, ular yovuz ruxlar deb talqin etiladi. O’tmishda O’rta Osiyo xalklari orasida turli qiyofadagi D.lar (etti boshli, bir ko‘zli, badani jun b-n qoplangan va h.k.) to‘g‘risidagi tasavvurlar mavjud bo‘lgan. Ularga atab har xil urf-odatlar (maxsus ovqatlar tayyorlash, chiroq yoqish, jonliq so‘yish va b.) o‘tkazilgan. Hoz. vaqtda ham ayrim dindorlar ongida D. to‘g‘risidagi tasavvurlar saklanib qolgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:32:55
DIN (arab. - mulk, hukm, hisob, jazo, tadbir, bo‘ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yo‘l tutish, odat qilish, e’tiqod qilish va b.). Arab tilida "D." so‘zi juda keng ma’noda ishlatiladi. Qur’onda ham "D." turli ma’nolarda 100 dan ortiq marotaba ishlatilgan. Ana o‘sha ma’nolarning hammasi ham urfdagi "D."da ham o‘z aksini topgan. D.da Allohning mulki, hukmi, qiyomatdagi hisob-kitobi, osiylarni jazolashi, tadbir qilish bor. Shuningdek, D.da bandaning bo‘ysunishi, itoat qilishi, ibodati, parhezkorligi, Alloh ko‘rsatgan yo‘lni tutishi, ma’lum ishlarni odat va e’tiqod qilishi kabi ma’nolar bor. Bundan D. Alloh b-n banda orasida bo‘lishi kerak aloqalarning to‘plami ekanligi kelib chiqadi. Musulmon ulamolar mazkur ma’nolarni e’tiborga olgan holda D.ni "Sog‘lom aql egalarini ularning o‘z ixtiyorlariga binoan bu dunyoda salohiyatga, u dunyoda najotga eltuvchi ilohiy ko‘rsatmalar" deb ta’riflaganlar. D. aqida, shariat va tariqat bobidagi ilohiy ko‘rsatmalarning to‘plamidir. Aqida musulmon kishi imon keltirib ishonmog‘i lozim bo‘lgan narsalarni o‘z ichiga oladi. Misol uchun Allohga, ilohiy kitoblarga, payg‘ambarlarga, farishtalarga, qiyomat kuniga, yaxshi yomon qadar Alloxdan ekanligiga ishonish va b. Shariat D.ning amaliy qismidir. U ibodat, muomalot va hududga bo‘linadi. Ibodatga namoz, ro‘za, zakot, haj kabi narsalar kiradi. Muomalotga insonlar orasida bo‘ladigan savdo-sotiq, kasb-hunar, dehqonchilik kabi hayotiy aloqalar va ishlar kiradi. Hududda esa, yuqoridagi masalalarda xatoga yo‘l qo‘yib jinoyat qilganlarga belgilangan jazo choralari haqida so‘z ketadi. Tariqat esa, ruhiy va axloqiy tarbiyani o‘z ichiga olgandir. Ana o‘shalarning hammasining majmuasi D. deb ataladi.
Imom al-Buxoriy hadislarida keltirilgan D.ga berilgan ta’rif keng tarqalgan. Unga ko‘ra D. - imon, islom, ehson yig‘indisidan iborat. D. tushunchasini sharxlashda bu uchlikni saqlab qolgan holda hanafiylar imonning ahamiyatiga urg‘u beradilar, ash’ariylar - diniy ko‘rsatmalarga rioya etish (al-islom) muhimligani, xanbaliylar, keyinchalik Ibn Taymiya - "haqiqiy an’ana", sof yo‘lni Qur’on va sunnatga amal qilish ahamiyatini aytadilar. Alloh o‘zi yaratgan insonning tabiatini bilganidan va uning o‘zi yaratgan bu dunyoda qandoq yashab o‘tishi uchun eng yaxshi yo‘lni ko‘rsatib, unga D.larni yuborib turgan. Inson jamiyati sodda bo‘lgan davrda Alloh D. hukmlarini ham sodda qilgan. U insoniyatni asta-sekin tarbiyalab o‘stira borib ilohiy D.ni ham mukammallashtirgan. Bir D.ning vazifasi bitgandan keyin uning hukmini bekor qilib, o‘rniga hukmlari mukammalroq bo‘lgan keyingi D.ni yuborgan. Har bir ilohiy D.ni undan keyingi kelgan ilohiy D. amaldan qoldirgan. Insoniyat kamoliga yetganda Alloh islom dinini oxirgi, mukammal va boqiy D. qilib yuborgan. D. ilohiy-samoviyga va soxta-qalbakiga bo‘linadi. Alloh tomonidan insonlar ichidan payg‘ambar tanlab olib, u orqali diniy ta’limotlar yetkazilgan bo‘lsa, ilohiy D. bo‘ladi. Hoz. kunda yahudiylik, nasroniylik va islom ilohiy D.lar hisoblanadi. Qolgan D.lar soxta-qalbaki D.lardir. Ularni turli odamlar o‘zlari to‘qiganlar va obro‘-e’tiborini oshirish uchun o‘z ta’limotlariga ilohiylik nisbatini berganlar. Gohida ta’limot egasining o‘zi o‘z ta’limotlarining ilohiy ekanligani da’vo qilmagan bo‘lsa ham, undan keyingi kelgan shogirdlari bu da’voni qilgan bo‘ladilar. Keng ma’noda D. "ma’naviy olam", "ma’naviyat" sifatida "moddiy olam" - dunyoga qarama-qarshi qo‘yilgan. Biroq bu holat ularning o‘zaro bir-birlaridan ajralganliklarini anglatmagan. Bu tushunchalar dialektikasi, ularning aloqadorlik va qarama-qarshilik darajasi, ularning har birini faoliyati doirasi azaldan diniy va ijtimoiy munozaraning muhim belgisi bo‘lib kelgan (q. Qur’on). Shaxsiy ismlar (mas., Salohad D., Faxr ad-D.), shuningdek, ilohiyotga doir adabiyotlarda D. so‘zi ko‘pincha "Al-Islom"ga sinonim sifatida qo‘llaniladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:33:11
DINIY JAMOA - diniy tashkilotlarning boshlang‘ich, asosiy va eng ommaviy turi. D.j.lar dindorlarning ibodatda, diniy marosimlar va rasm-rusumlarda birgalashib ishtirok etishlari jarayonida ularning diniy ehtiyojlarini bevosita qondiradi. Muayyan jamoaga birlashgan dindorlarning diniy tasavvurlari, g‘oyalari, e’tiqodlari, belgi va ramzlari bir xil bo‘ladi. D.j.lar ijtimoiy hayotda va davlat b-n munosabatlarda mustaqil faoliyat ko‘rsatadi. Fuqarolar D.j. tuzilganligi haqida diniy markazlarini va diniy tashkilotlar nizomlarini ro‘yxatga oluvchi davlat idoralarini xabardor qilib qo‘yishlari shart. D.j. odatda ruhoniy va qavmlardan iborat bo‘ladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:33:31
DINIY MAROSIMLAR - fuqarolarning diniy ta’limotlardan, ularning qonun-qoidalari va aqidalaridan kelib chiqadigan diniy faoliyat va xatti-harakatlari. D.m. har qaysi din vakillarining o‘z diniy ta’limotlari asosidan kelib chiqqan. Islom dinida aqiqa, amri ma’ruf, xatna, ro‘za va ramazon hayiti, qurbonlik va kurbon hayiti, namoz, haj va b. marosimlar bor. O’zbekistonda D.m.ning bemalol amalga oshirilishi ta’minlanadi, ammo ular qonunlarni, jamoat tartibini buzmasligi va shaxsga hamda fuqarolarning huquqiga daxl qilmasligi kerak. D.m.da qatnashish fuqarolarning xususiy ishidir va hech qanday huquqiy munosabatlarni keltirib chiqarmaydi. D.m.ga amal qilinganlik haqidagi hujjatlar hukuqiy kuchga ega emas. D.m. ibodatxonalarda, diniy tashkilot muassasalarida, ziyoratgohlarda, qabristonlarda, fuqarolarning xonadonlari va uylarida o‘tkaziladi. Maxsus binolardan tashqarida D.m. yoki ommaviy ibodatlar o‘tkaziladigan holatlarda bu hakda mahalliy hokimiyat ogoxlantirib qo‘yilishi va bunday tadbirlar qat’iy tartibga rioya qilingan holda tashkil etilishi lozim.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:33:55
DINIY TASHKILOT — diniy ehtiyojlarni birgalikda qondirish yoki qondirishga ko‘maklashish maqsadida tuziladigan va diniy marosimlarni ado etish asosida ish ko‘radigan ixtiyoriy, teng huquqli va o‘z-o‘zini boshqaruvchi uyushma. Ayni vaqtda fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlovchi tuzilmalardan biri hisoblanadi. D. t. larning eng muhim belgisi ularning o‘z-o‘zini boshqarishidir, ya’ni, ular ma’muriy jihatdan davlat idoralaridan ajratilgan. D.T.larning faoliyati qonunlarga zid kelmasa, davlat ularning ichki aqidaviy ishlariga aralashmaydi. Ular o‘z ustav (nizom)lariga muvofiq tashkil topish va ish yuritish, xodimlarni tanlash, tayinlash va almashtirish huquqiga egadir. "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi O’zbekiston Qonunida ta’kidlanganidek, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusmlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar va b.) D. t.lar deb e’tirof etiladi. Tegishli ustav (nizom) asosida faoliyat yurituvchi respublika diniy uyushmalari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinadi. Viloyat, tuman va shahar, shaharcha va qishloq hududida bo‘lgan D. t.lar tegashli viloyatlar, shuningdek, Toshkent sh. hokimiyati adliya boshqarmalari tomonidan ro‘yxatga olinadi. D. t. ro‘yxatga olingandan so‘ng u yurvdik shaxs deb tan olinadi. D. t.lar tasarrufida binolar (masjidlar), transport vositalari, pul va b. mulklar bo‘lishi mumkin. D. t.larning mulkiy huquqi qonun tomonidan himoya qilinadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:34:38
DINIY O’QUV YURTLARI - ilohiyotni o‘qitib, ruhoniylar tayyorlovchi maktablar. Islom dinida madrasalar ilk D.o‘.yu. hisoblanib, ular diniy va tarixiy asarlarda 9-a.dan tilga olina boshlagan. Ularda ko‘p asrlar mobaynida ilohiyot, til va shariat darslari b-n bir qatorda, falsafa, amaliy fanlar ham o‘qitilgan. Keyinchalik madrasalarda, asosan, diniy ta’lim beriladigan bo‘ldi. Faqat ayrim musulmon dorilfununlarida ta’lim avvalgisicha qoldi. Hozir jahondagi ko‘p mamlakatlarda oliy, o‘rta va boshlang‘ich ma’lumot beruvchi ko‘plab D.o‘.yu. mavjud.
Islom mamlakatlarida hozir ham madrasalar asosiy D.o‘.yu. hisoblanadi. Misr Arab Respublikasida al-Azhar, Tunisda Zaytuna, Hindistonda Aligarx, Pokistonda Panjob, Turkiyada Anqara diniy dorilfununlari va b. mavjud. O’zbekistonda 12 ta D.o‘.yu. faoliyat ko‘rsatadi. Bular: Toshkentdagi Imom al-Buxoriy nomli islom in-ti, "Ko‘kaldosh", Buxorodagi "Mir Arab" madrasalari, shuningdek, Toshkentdagi "Xadichai Kubro", Buxorodagi "Jo‘ybori Kalon" ayol-qizlar islom o‘rta maxsus bilim yurtlari, Namangandagi "Mulla Qirg‘iz", Urganchdagi "Faxriddin ar-Roziy", Nukusdagi "Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy", Andijondagi "Said Muhyiddin Mahdum" islom o‘rta maxsus bilim yurtlari va b. O’zbekistonda din davlatdan ajratilgani uchun D.o‘.yu. davlat xalq ta’limi tizimiga kirmaydi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:35:01
DOVUD (as) - Qur’onda nomi zikr qilingan "Bani Isroil" qavmidan chiqqan payg‘ambarlardan biri. Alloh D.(as)ga payg‘ambarlik b-n birga podshohlikni ham bergan. D.(as)ga Alloh Zabur kitobini tushirgan. Zaburni axdi kitoblar al-Mazomir deb ataydilar. Bu kitob, asosan, diniy she’rlar, Allohni ulug‘laydigan baytlar, Alloxning savob va iqoblari vasfini o‘z ichiga olgan. D.(as)ning ismlari Qur’onda o‘n olti o‘rinda zikr qilingan, unda D.(as) haqida gohida muxtasar va gohida mukammalroq tarzda ma’lumot berilgan bo‘lib, bular bir-birini to‘ldiradi. D.(as) Tolut (Shovl) askarlari safida xizmat qilib yurgan chog‘laridayoq, dushmanlar sarkardasi Jolut (Juliyot)ga qarshi yakkama-yakka muborazaga chiqib, g‘olib bo‘lganlar va xalq orasida nom qozonganlar. D.(as)ning hayot kechirish tarzlari ham o‘zgacha edi. Kunlarni to‘rt qismga bo‘lib qo‘ygandilar. Bir kunni faqat ibodat b-n o‘tkazardilar. Bir kunni xalq orasida yurib, shunga qarata hukm chiqarar edilar. Bir kunni xalqqa va’zu irshod etish b-n yana bir kunni o‘zlarining shaxsiy ishlari b-n o‘tkazardilar. Alloh D.(as)ga bir necha mo‘‘jizalar in’om etgan edi, shulardan eng asosiysi temirlarni o‘tda qizdirib, bolg‘ada urib o‘tirmay undan har xil narsalar yasashlik qobiliyatiga ega edilar. Temir D.(as)ning qo‘llarida go‘yo shamdek yengil va oson tarzda har xil shaklga kirardi. Bu borada Kur’onda Saba’ surasi 10-11-oyat va Anbiyo surasi 80-oyatda bayon qilingan. Kur’onda D.(as) nihoyatda Allohga ixlosli, har doim zikru ibodatda bo‘lganliklari bir necha oyatlarda madh etilgan. D.(as) shunday xushovoz edilarki, tasbeh aytib Allohga munojot qilganlarida, tog‘laru qushlar ul zotga qo‘shilib tasbeh aytishardi. Lekin buni D.(as)dan boshqa odamlar sezmas edilar. Shuningdek, Alloh D.(as)ga mukammal ilm, da’volashuvchi tomonlar orasida odilona hukm qilish qobiliyatlarini ato etgandi. Bu hakda Sod surasining 17-19-oyatlari nozil bo‘lgan. D.(as) vafotlaridan so‘ng, barcha mulk va payg‘ambarlik o‘g‘illari Sulaymon (as)ga meros bo‘lib qoldi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:35:12
DOMLA - diniy maktab va madrasalarda talabalarni o‘qituvchi shaxs; din va shariat peshvosi. "D." so‘zi qachon iste’molga kirgani haqida biron ishonchli manba yo‘q. Lekin "D." "mullo" so‘zidan olinib, uning asosida sanskritcha "dodo" (ota) so‘zi yotadi. Dastlab "mullo" so‘zi oldiga "dodo" so‘zi qo‘shilib "dodomullo" deyilgan, so‘ng qisqartirib "domullo" ("katta mulla") bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:35:24
DOR ul-BAQO (arab. boqiylik uyi) - islom dinida abadiylik dunyosi, oxirat (narigi dunyo) haqidagi tushuncha. Bunga ko‘ra, u joyda o‘lim yo‘q, doimiy yoshlik hukm suradi, noz-ne’matlar zavol topmaydi, taomlar o‘z-o‘zidan hazm bo‘ladi, chiqindilar bo‘lmaydi. Qur’onda oxiratning abadiyligiga dalolat qiluvchi oyatlar bor.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:35:42
DOR ul-ISLOM ("Islom hududi") - dor ul-harb. zid ravishda mamlakat hayoti to‘laligicha shariat yo‘li b-n tartibga solib turiladigan, musulmon hukmdorlari qo‘l ostidagi barcha musulmon mamlakatlarning umumlashma belgisi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:35:54
DOR ul-SULH ("tinchlik sulhi hududi") -islom futuhoti davrida musulmon bo‘lmagan aholining musulmonlar b-n to‘lanadigan soliq mikdori va aholining huquqiy holatini belgilab berish haqida sulh tuzgan viloyatlarni anglatuvchi umumlashma atama; sulh shartlari tuzilmagan joylarda ilgarigi tartiblar mavjud bo‘lgan D. ul-S. aholisi (axd as-sulh)ga ahl-uz-zimma sifatida qaralgan, lekin D. ul-S.lik savdogarlar dor ul-islomga qaraganda 2 barobar ko‘p boj to‘lashgan. Xalifalik parchalanib ketgach, musulmon-hukmdorlar hukm surgan barcha viloyatlar, aholisining tarkibi va qo‘shni sof musulmon davlatlari b-n o‘zaro munosabatlari qandayligidan qat’i nazar, dor ul-islom sifatida qarala boshlagan. Nomusulmon davlatlar b-n tuzilgan bitimlar esa, davlatlararo oddiy shartnomalar maqomini olgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:36:14
DOR ul-FANO (arab. foniylik uyi) - islom dinida inson yashayotgan dunyo (bu dunyo) "foniy" (o‘tkinchi) ekanligani bildiruvchi tushuncha. Unga ko‘ra, bu dunyo yaxshi va ezgu amallar, savob ishlar qiladigan joy; D. f.da dor ul baqo uchun tayyorgarlik ko‘riladi. D. f. g‘oyasi tasavvufda rivoj topgan, bu dunyoga befarq qarash, dunyo lazzatlaridan voz kechish ayrim tasavvuf arboblariga xos amallardan hisoblanadi. Bu dunyoni D. f. deb atash 9-10-a.larda ayniqsa, malomatiylar tariqatida keng rasm bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:36:26
DOR ul-HARB ("urush hududi") - dor ul-sulh tashqarisida joylashgan nomusulmon mamlakatlar; ular musulmon faqihlari tomonidan musulmonlar b-n urush holatida turgan mamlakatlar, ular o‘rtasida harbiy harakatlar olib borilayotganligi esa, vaqtinchalik sulh deb qaralgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:36:40
DORIMIY, to‘liq ismi Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahmon ibn Bahrom ibn Abdussamad ad-Dorimiy al-Hofiz as-Samarqandiy (794-869) - samarqandlik muhaddis, mufassir, fiqhshunos, Imom al-Buxoriy ustozi. Yoshligidan akl-zakovati, o‘tkir quvvai-hofizasi b-n boshqalardan ajralib turgan. Hadis ilmi bo‘yicha dastlabki bilimni Samarqandda egallagan, so‘nfa Misr, Shom, Iroq, Xurosonning turli shaharlari hamda Makka va Madinada tanikli olimlardan saboq olgan Najmiddin Umar an-Nasafiy (12-a.) D. haqida: "Imom ad-Dorimiy ilmi hadis, ilmi osor, ilmi sunnatni Samarqandda yuzaga chiqargan zotdir" deb aytgan. D. Samarqand sultoni tomonidan qozi kalon lavozimiga taklif etiladi, biroq qozixonada 1 ta ish ko‘rilishi bilanoq, iste’foga chiqadi. D.ning "Al-Musnad", "At-Tafsir", "Al-Jome’", va b. asarlari bor. "Al-Musnad" asari "Sunani ad-Dorimiy" nomi b-n mashhur. Islo^m allomalari uni "As-Sahih" deb atashni taklif qilganlar va "As-Sihoh as-Sitta" ("Olti sahih") kitoblari jumlasiga (Ibn Mojaning "Sahihi" o‘rniga) kiritishni tavsiya etishgan. U hadislarni mavzularga ajratib bayon etgan. D. Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga (boshqa manbalarga ko‘ra Marvda) dafn etilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:37:01
DO’IY (arab. - da’vat etuvchi, biror narsaga chaqiruvchi) - islom dinini targib qiluvchi, da’vatchi. Ismoiliylar firqasida D. diniy lavozim va unvon. D. ismoiliylar ta’limotidagi yetti darajadan (rasul (notiq), vasiy (asos), imom, hujjat, do’iy, ma’zun, mustajib) beshinchisi. D. firqaning maxfiy ta’limotidan xabardor va uni targ‘ib qiluvchi hisoblangan, firqa rahnamolarining yuqori qatlamiga mansub bo‘lgan. D. unvoni ismoiliylar rahnamolari orasida hozir ham amalda.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:37:23
DRUZLAR - shialikda vujudga kelgan firqa (diniy guruh). Asosan, Livanda va Suriyada yashaydi. Ularning qarashlari ismoiliylar qarashlariga yaqin. Firqa fotimiylar xalifasi Hakim (996-1021 y. hukmronlik qilgan) davrida paydo bo‘ldi. Hakim umrining oxirida o‘zini xudo deb e’lon qilgan va o‘ziga e’tiqod qilishni talab etgan. U sirli ravishda o‘lgach, Livan va Antilivan tog‘larida yashovchi xalqlar unga xudo deb e’tiqod qila boshlagan. D. nomi xalifa Hakimning targ‘ibotchilaridan bo‘lgan Nishtegin Daroziy (1019 y. v.e.) ismi b-n bog‘liq. D. aqidasi o‘ta sirli bo‘lganidan farzandlariga ham qirq yoshga yetmaguncha o‘rgatishmaydi. D. aqvdasi bir qancha din va mafkuralardan tashkil topgan. Jannat, do‘zax, savob va jazoni inkor qiladi. Qur’onni butunlay inkor qilishadi, o‘zlarining xos mushaflari mavjud. Musulmon olimlari D.ni dindan chiqqan oqim deb e’lon qilgan. D. aqidasiga ko‘ra, xudo odam qiyofasiga kirib, insonlar o‘rtasida paydo bo‘lishi mumkin (shuning uchun ular Hakimning qaytishiga ishonadi). D. Qur’on mazmunini majoziy talqin qiladi. Jonning ko‘chib yurishi to‘grisidaga tasavvur tufayli o‘limga befarq qaraydilar, islom dini marosimlarini bajarishni shart deb hisoblamaydilar. Diniy bayramlardan faqat qurbon hayitini va shialarda motam marosimi hisoblangan ashuroni nishonlaydilar. D. sunniylar tomonidan ta’qib etilgani uchun shialarga xos bo‘lgan taqiyya talablariga amal qiladilar. Barcha ismoiliylar kabi D. ham shariatni tan olmaydilar. D. ikki qismga; "omiy" ("bexabar") va "uqqol" ("bilimdonlar", "xabardorlar")ga bo‘linadi. D.da masjidga borish, namoz o‘qish odati yo‘q. Ularning ibodatxonalari "xalvo" deb ataladi. Bu yerda payshanba kunlari faqat "uqqol"largina to‘planadi. O’rta asrlardan boshlab D. o‘zlarining merosiy mulklariga va hukmdor amirlar sulolasiga ega bo‘lgan. Livanda druz amirlari hokimiyati, ayniqsa, Faxriddin II Maon (1590-1633) va Bashir II Shihob (1788/ 9—1840 )davrlarida   juda  yuksalgan .D.Suriya xalqining 1925-27 y.larda frantsuzlar hukmronligaga va 1958 y.da Isroilga qarshi chiqishlarida faol ishtirok etishgan. Hoz vaqtda D. Livan milliy-vatanparvar kuchlari tarkibida jamiyatni qayta qurish uchun kurash olib bormoqda.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:37:44
DULDUL - 1) Muhammad (sav) mingan xachir (ot) larining ismi yoxud laqabi. Uni payg‘ambar (as)ga Muqavqis hadya etgan, u zot esa, hazrat Aliga sovg‘a qilgan. 2) "D." so‘zi arablarda boshini u-bu tomon chayqab yuruvchi odamga nisbatan ham ishlatiladi, shuningdek tipratikan va jayra ham D. deb ataladi. DUO (arab. - iltijo, chaqirish, so‘rash) - Kur’on sura va oyatlaridan o‘qib, so‘ngra Alloh taolodan o‘zi yoki boshqalar uchun tilak tilash, iltijs qilish. D. ikki turli bo‘ladi. Birinchisi "ma’sura", ya’ni matni Kur’on, hadis yoki boshqa diniy manbalarda aniq belgilab qo‘yilgan Dlar Ularni buzmay, qo‘shmay, qanday ko‘rsatilgan bo‘lsa, o‘sha tarzda o‘qiydilar. Ikkinchisi "muhtaraa", ya’ni D. matnini o‘zi to‘qib, erkin holatda iltijo qilish. Islom dini Alloxdan boshqadan madad so‘rashlikni man etadi Insonning ko‘lidan keladigan yordamni insondan so‘rash mumkin. Islom aqidasi bo‘yicha, farzad ato etish, shifo berish, balo-qazodan asrash insof-tavfiq kabi hojatlar faqat Allohning o‘zidan so‘raladi. Undan boshqadan so‘rashlik shirk va kufr sanaladi. D.ning "ma’sura' turlari bir necha shaklda ta’lif etilib bizning davrimizgacha yetib kelgan. D.ni qaysi tilda qilishning ahamiyati yo‘q. Lekin islom dini aqidasi bo‘yicha, agar talaffuzini o‘rniga qo‘ya olsa va mazmunidan ogoh bo‘lsa, D.ni arab tilida o‘qish afzaldir. Ko‘pincha D. b-n bir narsani talab qilish ma’nolari bir-biriga aralashib ketadi. Shuning uchun talab nimayu D. nima ekanini aniq bilib olish alohida ma’no kasb etadi. Talab - so‘rovchi nutq qiladigan lafzning vasfidir. Menga tilagan narsamni bergan, kabi. D. esa so‘rovchida payds bo‘ladigan nafsiy holatdir. Mazkur nafsiy holat ikki narsa b-n: qalb va hislarning uyg‘oqligi hamda ularning har birining siniqlik va xokisorlik ila Alloh taologa yuzlanishi b-n va yana D. qiluvchining Alloh taolodan sidqidildan o‘zi qilgan gunoxlarga tavba qilishni boshlashi b-n bo‘ladi. D qilayotgan paytda qalb va hislarning uyg‘oqligi hamda ularning har birining siniqlik va xokisorlik ila Alloh taologa yuzlanishi bo‘lmasa odatga ko‘ra, ikki ko‘lni ko‘tarib tilga kelgan talab so‘zlarini takrorlayotgan bo‘ladi. Bundoq vaqtlarda qalb g‘ofil bo‘lishi, tilda bir gap, xayolda boshqa gap bo‘lishi ham mumkin. Albatta, bu holatni D. deb bo‘lmaydi. Bas, shundoq ekan, bu ishni qilayotgan odamni falonchi Alloh taolodan so‘ramokda deyishimiz mumkin, ammo falonchi Alloh taologa D. qilmoqtsa deya olmaymiz. D. talab qilingan narsaga erishishni taqozo qiluvchi sababdir. Sababning esa, shartlari va man qiluvchilari bor. Qachon shartlar hosil bo‘lib, man qiluvchilar yo‘q bo‘lsa, talab qilingan narsaga erishiladi. Agar undoq bo‘lmasa, erishilmaydi. Balki, gohida boshqasi, D. qiluvchi uchun xayrlirog‘i hosil bo‘lishi mumkin. Alloh taolo Dlarni ijobat va hojatlarni ravo qiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:37:58
DUOI BAD (fors. qarg‘ash) - kimnidir qarg‘ab, uning zarariga qilingan duo. Mas., ota-ona qarg‘ishi, mazlum qarg‘ishi va h.k. Hadisi sharifda ota-ona, musofir va mazlum (zulm qilingan)larning duolari shaksiz qabul qilinishi ta’kidlangan. Duoi xayrning ziddi - D. b.dir. Duoi xayrda kimnidir alqab yoki olqishlab, uning haqqiga qilingan duo tushuniladi. Payg‘ambarlardan Nuh (as) o‘z qavmlarini D. b. qilganlar. Natijada ularga Alloh taolo to‘fon balosini yuborgan. Islom dinida D. b. qilish tavsiya etilmaydi. Bir inson yoki hatto farzand yomonlik qilib,ko‘p zarar keltirgan taqdirda ham, ularning sha’niga faqat duoi xayr qilib, Yaratgandan ularga insof-tavfiq so‘rashlik ulug‘ insoniy fazilatlardan ekani uqtiriladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:38:17
DUOXONLIK - duo o‘qish, dam solish b-n shugullanish. D.da Qur’oni karim va hadisi shariflarda ko‘rsatilgan muayyan duolarni o‘qish b-n dam solishga islom dini nuqtai nazaridan ruxsat etilgan, uni to‘gri o‘qib, ko‘rsatilgan tartibda ijro etish mumkin; duoxonning mantiqsiz, poyma-poy so‘zlarni o‘zicha o‘qib dam solishi mutlaqo man etiladi va u b-n shug‘ullanish firibgarlik, aldamchilik va gunoh hisoblanadi. Umuman D. kasbi b-n kifoyalanib, jismoniy yoki akliy mehnat b-n shug‘ullanmaslik ham aklan, ham shar’an salbiy xususiyatlardan biridir. Yana q. Azayimxonlik.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 01 Oktyabr 2006, 20:38:31
DO’ZAX (forscha; arabcha - nor, jahannam, jahim, saqar; o‘zbekcha - tamug‘) - din talablarini bajarmagan gunohkorlar oxiratda jazolanadigan joy. Islom dinidagi asosiy tushunchalardan biri. Qur’onda D. haqida bir necha o‘rinda ta’kidlab o‘tilgan (6:128; 11:106, 107). D.ni Alloh kofirlarga va gunohkor bandalarga jazo berish uchun yaratgan. Diniy tasavvurga ko‘ra, D. dahshatli chukurlik, ichida olov yonib turadi. D.ga mahkum qilingan bandalar shu olovga tashlanadi, ular qaynoq suv ichadi, u yerda o‘sadigan zaqqum daraxtining (shayton boshiga o‘xshagan) mevasi b-n ovqatlanadi, cheksiz azob chekadi, terilari kuyadi. Qur’onda ta’kidlanishicha, "qachonki terilari kuyib bitishi bilan haqiqiy azobni totib ko‘rishlari uchun o‘rniga boshqa terilarni' almashtiramiz" (4:56). D. azoblaridan yana biri - achishtiruvchi sovukdir. D. bir necha tabaqadan iborat bo‘lib, har bir gunohkor o‘z gunohiga qarab tabaqalarda azoblanadi. Islom diniga ko‘ra, D.ning yetti darvozasi bor: 1. Hoviya. 2. Jahim. 3. Saqar. 4. Lazo. 5. Xutama. 6. Sair. 7. Jahannam. D.ni qo‘riklovchi farishtaning ismi "Moliki do‘zax" deb ataladi. Qalbida Allohga imoni bo‘lgan bandalar D.da ma’lum vaqt azob tortganlaridan so‘ng o‘sha imonlari sharofati b-n D.dan chiqarilib, jannatga kiritiladi. Faqir-fuqaro, yetim-esirlarga rahm-shafqat qilish, musulmonlar va inson bolasining og‘irini yengil qilish ko‘plab bandalarning D. o‘tidan ozod etilishiga sabab bo‘ladi. Ammo, iymonsiz kishilar, kofir va mushriklar D.dan chiqmay doimiy azobda qoladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:10:00
- Y -

YEVROPA ISLOM KENGASHI - Yevropadagi 12 mamlakatda ish ko‘ruvchi 30 dan ortiq islom markazlari va tashkilotlarining faoliyatini boshqarib turuvchi organ. 1973 yilda Londonda tuzilgan. Kengash islom tarixi muammolari, dolzarb siyosiy masalalar bo‘yicha anjumanlar o‘tkazadi, faol targ‘ibot ishlari b-n shug‘ullanadi, bir qancha vaqtli matbuot nashrlarini chiqarib turadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:10:36
YEZDRA, Ezra - Qadimiy Ahdda nomi kelgan rohib, Qonunni o‘rgatuvchi shaxs. Qur’onda nomi zikr etilgan Uzayr b-n bir deb hisoblanadi. Kur’onda aytilishicha (9:30), xristianlar Iso Masihni Xudoning o‘g‘li degani kabi yahudiylar Uzayrni Xudoning o‘g‘li deganlar. Rivoyatlarga ko‘ra, yaxudiylar Tavrot solingan kutini yo‘qotganlarida Uzayr ushbu muqaddas kitobni tiklab bergan. Tavrot topilganidan so‘ng Uzayr tiklagan kitob b-n bir xil ekani ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng yahudiylar Uzayrni Xudoning o‘g‘li deganlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:11:04
YETIM - islom ta’limotiga ko‘ra, onadan emas, otadan ayrilgan norasida (balog‘at yoshiga yetmagan) go‘dak. Chunki, farzand tug‘ilganidan so‘ng uni boqib, voyaga yetkazish otaning zimmasida bo‘ladi. Ye.ning hakqini yeyish katga gunoh hisoblangani kabi uni o‘z kafolatiga olish, unga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lish eng ulug‘ savoblardan sanaladi. Bu hakda ko‘plab Qur’oni karim oyatlari va Paygambar hadislari mavjud. Sadaqa berish va har qanday ehson qilishda miskin, faqirlar b-n bir qatorda Ye.ning ham haqqi bor ekani zikr etiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:12:16
YOSIN, Yasin - Qur’ondagi 36-suraning nomi. Sura avvalidagi "ya" va "sin" harflaridan tashkil topgan "yosin" kalimasi suraga nom bo‘lib qolgan. Bu sura Makkada nozil bo‘lgan va 83 oyatdan iborat. Yo.ning fazli haqida ko‘pgina xadislarda rivoyat qilingan. Ularning aksariyatida Yo. surasi Qur’onning qalbi ekani ta’kidlangan. Shuning uchun "Kur’on qalbi" suraga ikkinchi nom bo‘lib qolgan. Makkada nozil bo‘lgan boshqa suralar kabi Yo. ham asosiy e’tiborini e’tiqod masalasiga qaratadi. Xususan, qayta tirilish, Payg‘ambarlik hamda Alloh taoloning vahtsoniyati masalalariga apohida e’tibor beradi. Surai karimaning boshida Kur’oni karim b-n qasam ichilib, Muhammad (sav)ning haqiqiy Payg‘ambar ekanliklari ta’kidlanadi. Jaholatga botgan quraysh kofirlarining haddan oshib, Muhammad (sav)ni yolgonchiga chiqarganlari haqida so‘z yuritiladi. Shundan so‘ng bir qishloqqa yuborilgan Payg‘ambarlar va ular b-n o‘sha qishloq aholisi orasida bo‘lib o‘tgan hodisalar keltiriladi. Payg‘ambarlikni inkor etganlarning oqibati nima b-n tugaganiga urg‘u beriladi. Iymonga kelgan bir odamning o‘zini qanday tutgani va uning oqibati nima bo‘lgani ham ajoyib uslub b-n bayon etiladi. Keyin esa, Alloh taoloning borliqdagi vahdoniyatiga va cheksiz kudratiga dalolat qiluvchi hodisalar haqida so‘z ketadi. Ko‘rib-qaqrab yotgan yerga hayot kirishi, kecha b-n kunduzning almashinuvi, quyoshning ziyo sochib, o‘z o‘rnida aylanishi, oyning burjlarga chiqib-botib turishi va b. jarayonlar haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, qiyomat kuni va uning dahshatlari, sur chalinib, o‘liklarning qayta tirilishi, ularning mahsharga to‘planishi, kishilarning mo‘min va kofirga ajralishi, ularga mukofot va jazo berilishi kabi mavzularga ham surada o‘rin berilgan. Yo. insonlarning jismoniy azoblarini yengillashtiradi, shuning uchun uni ovoz chiqarib o‘lim to‘shagida yotgan bemor tepasvda yoxud ro‘za vaqtida o‘qiydilar. Yo. dafn marosimida, qabr tepasida ham o‘qiladi. Hadisi shariflarda rivoyat qilinishicha, kimki bu surani ixlos b-n o‘qisa hojati ravo bo‘lishi, och bo‘lsa qorni to‘yishi, tashna bo‘lsa serob bo‘lishi, kiyim-boshga ega bo‘lishi, xavf-xatarda bo‘lsa xotirjamlik topishi, kambag‘al bo‘lsa boy bo‘lishi, mahbus bo‘lsa ozod bo‘lishi, qarzdor bo‘lsa qarzidan oson kugulishi kabi va’dalar bayon qilingan. Yo. surasi yozilgan tumorlarni taqib yurish qadimdan udum bo‘lgan. Sura erkaklar ismida ham uchraydi. YoFAS, Abu Turk (g‘arb manbalarida Iafet, Yafet) s Nuh payg‘ambarning uch farzandidan biri (Som, Xom b-n birga). To‘fondan so‘ng omon qolgan Nuh (as) o‘g‘illariga Yer yuzini bo‘lib bergan. Jumladan, Ye. «otasining hukmi birlan... Atil (Itil) va Yoyiq suvining yoqosig‘a bordi. Ikki yuz ellik yil anda turdi. Taqi vafot tobdi. Sakkiz o‘g‘li bor edi (Turk, Xazar, Saqlab, Rus, Ming, Chin, Qamari, Tarix)» («Shajarayi turk»). To‘ng‘ich o‘g‘li nomidan Yo.ni «Abu Turk» («Turkning otasi») deb ham atashgan. Mirzo Ulug‘bekning yozishiga qaraganda, Yo.ga «Chin Mashriqining boshqa muhitlari, Qomarun tog‘lari va rus yerlari oxirigacha cho‘zilgan oq cho‘qqilar va beshinchi iqpimning qolgan uchdan bir qismi to ma’mur yerlarning oxirigacha va Shimolning zulumotigacha yerlar baxsh etilgan edi... Aytadilarki, Turon zamin va Turkistonni Yo. (as) o‘ziga asrab qo‘ygan edi. Shu sababli uni Abut-turk deyishgan». Qadimda turkiy o‘jalarda yomg‘ir yog‘diruvchi tosh (yada toshi) yordamida duo o‘qib osmondan yomg‘ir-qor yog‘diruvchi kishilar bo‘lgan. Mana shu yada ilmini Ye.ga otasi Nuh (as) o‘rgatgan degan nakd bor. Turk otasining vafotidan so‘ng Yo. uning o‘rniga o‘tirib yurtni boshqargan. Xalq uni Yo. o‘g‘lon deb atagan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:12:38
YOQUT HAMAVIY, Abu Abdulloh Shahobiddin Yoqub ibn Abdulloh ar-Rumiy (1179-1229) -mashhur sayyoh, geograf, adib, tarixchi. Bolalik chog‘ida asir olingan. Uni bag‘doddik savdogar Asqar al-Hamaviy Suriyaning Hama (Hamot) shahrida sotib olgan va qullarga xos ismlardan Yokut ismini berib, Hamaviy nisbasi b-n atalgan. Yo.H. savod chiqargach, xo‘jasining tijorat ishlarini tartibga solib turgan. Keyinroq savdo ishlari b-n xo‘jasiga hamroxdik qilib ko‘p mamlakatlarni kezgan. 20 yoshida qullikdan ozod qilingach, Bag‘dod sh.ga borib, ilm o‘rganishni davom etgargan. 13-a. boshida Xurosonning Marv sh.da yashagan. 1213 y. safarga chiqib, 16 y. davomida Suriya, Falastin, Misr, Arabiston ya. o. janubi, Iroq, Eron, Afgoniston, Movarounnahrda bo‘lib, geografiya, tarix, filologiya, etnografiyaga oid ma’lumotlar to‘pladi. Manbalardan Yo.H. yozgan qariyb o‘nta asarning nomi ma’lum. Shulardan 1224 y. yozib tugatgan 14 jildli toponimik asari «Mu’jam ul-buldon» («Mamlakatlar qomusi»)da Farg‘ona vodiysi shahar va qishloklariga oid ma’lumotlar ham bor. Yetti jilddi «Mu’jam ul-udabo» («Adiblar qomusi») biografik asarida 7-13-a.lar boshigacha yashagan va arab tilida ijod qilgan qariyb 1100 olim mufassir, muhaddis, faqih, adiblar hakidagi ma’lumotlarni jamlagan. Asarda, jumladan, O’rta Osiyoning Xorazm, Buxoro, Marv, Axsjat, Samarqand, Farg‘ona, Forob kabi shahar va viloyatlaridan chiqqan olimlar (Abu-l-Vafo Muhammad Axsikatiy, Abu Rashod Axmad Axsikatiy, Abu Nasr Forobiy, Mansur ash-Shoshiy, Abu-l-Hasan O’zgandiy va b.)ning nomi zikr qilingan. «Mu’jam ul-udabo»da muallif buxorolik Ifriqiy ijodidan bahramand bo‘lganligani ta’kiddagan. Bu ikki yirik asar qo‘lyozmasi bizgacha yetib kelgan, ular Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari kutubxonalarida sakdanmoqtsa. Yo.H. asarlari 13-a.gacha bo‘lgan davr geografiyasi, adabiyoti, tili, tarixini o‘rganishda muhim manba sanaladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:14:13
- J -

JABARIYLAR (arab. jabr so‘zidan - zo‘rlik ishlatish, majbur qilish ma’nosida) - 7-a. oxiri - 8-a. boshida islom ilohiyotida paydo bo‘lgan oqim tarafdorlari. J. islomda taqtsir masalasida adashgan deb tan olingan firqalardan biri hisoblanadi. J. axdi sunna val jamoada tan olingan takdir masalasini inkor qiladi. J. inson takdirini xudo mutlaq oldindan belgilab qo‘ygan, insonda hech qanday iroda va faoliyat erkinligi yo‘q, bular faqat xudoda mavjud, inson esa, ana shu faoliyatni o‘zlashtirib olish imkoniyatiga ega, degan aqidalarni ilgari surgan. Iroda erkinligi tarafdori bo‘lgan qadariylarga J. qarshi bo‘lgan. Shuningdek, J. turli davrlarda ma’lum muddat hokimiyat tepasida bo‘lgan xalifalarga ta’sirini o‘tkazib, siyosiy hayotda muhim rol o‘ynagan. Natijada o‘ziga qarshi oqim va mazhablarga tazyiq o‘tkazgan. J.ni hokimiyat tepasida turgan umaviylar qo‘llab-kuvvatlab, ularga qarshi bo‘lgan diniy firqa va siyosiy guruxlarni ta’qib ostiga olgan. JABROIL - islomda to‘rt bosh farishtadan biri (Mikoil, Isrofil, Azroil b-n birga). Alloh amrlarini Payg‘ambarlarga yetkazib, vahiy keltiruvchi (xabar beruvchi), samoviy ofatlarni yer yuzida ijro qiluvchi farishta; barcha Payg‘ambarlarga jumladan Payg‘ambarimiz (sav)ga ham xudo tarafidan kelgan vahiylar farishtalar ulug‘i J. orqali kelgan. J. Allohning irodasi b-n Muhammad (sav)ga Qur’on oyatlarini yetkazib bergan Qur’oni karimda J. "muqaddas ruh" "olijanob elchi" nomi b-n tilga olinadi Qur’ondan keyingi rivoyatlarda J.ni avvals Muhammad (sav) hayotlaridagi o‘rni batafsil bayon qilingan. U Rasulullohga me’roj kechasi hamroh bo‘lib, u zotni ehtiyot qilgan va yo‘l yo‘riqlar ko‘rsatgan, harbiy yurishlarda va ilohiyotga doir munozaralarda ko‘maklashgan J. boshqa Payg‘ambarlar tarixida ham muhim o‘rin tutgan. Alloh taolo Odamatoni yaratish uchun J.ni tuproq keltirishga yuborgan, J Odamato jannatdan quvilganida unga g‘amxo‘rlik qilgan, Nuh (as)ni xalos bo‘lishiga yordamlashgan va Ibrohim (as)ning o‘g‘illarini qutqargan, Yusuf (as)ni ko‘p tillardan boxabar qilgan, Dovud (as)ga sovut yasashni o‘rgatgan Sulaymon (as)ga yordamlashgan, Zakariyo (as)ga Yah’yo (as)ni tug‘ilishini bashorat qilgan va b. JAZAVA (arab. "jazaba" so‘zining buzilgan shakli) - kuchli asab qo‘zg‘alishi, o‘z xatti-harakatlarini nazorat qilolmay qolish xayolot va voqelik o‘rtasidagi muvozanatning yo‘qolishi natijasida yuzaga keladigan holat J-ning eng ko‘p turlari odatda shialikdagi "shaxsey-vaxsey"d,a uchraydi. Tasavvuf istilohida esa, J. tariqat ahlining ilohiy ishq ta’sirida shavku zavqqa tulishi, zikr va samo’ asnosida o‘zidan ketish holatlari sifatida talqin etiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:14:48
"JAMOATI ISLOMIY" - Hindistonda 1941 y. barpo bo‘lgan umumhindiston partiyasi. 1948 y. uning asosida mustaqil "Jamoati islomiy hind" tarkib topdi. Hoz. vaqtda u so‘l islom oqimlarining umumiy g‘oyaviy uyushmasi sifatida Pokiston, Hindiston va Bangladeshda (1971 y.dan) faoliyat olib borayotir. "J.I."ning nazariy dasturini pokistonlik Abul A’lo Mavdudiy (1981 y.v.e.) ishlab chiqqan. Partiyaning nizomiga ko‘ra, rahbariyat tarkibi islomiy qoida - mushovara (maslahat) asosida tuziladi. Tashkilotni barcha a’zolar tomonidan saylangan amir boshqaradi. Partiyaga a’zolik cheklangan. Unga "shaxsiy va ijtimoiy hayotda shariat qonunlariga qatiy rioya qiladigan", sinov muddatini o‘tagan hamda qasamyod qilgan shaxslar qabul etiladi. Mavdudiy ta’biri b-n aytganda, Pokistonning atigi 4-5% aholisi haqiqiy musulmon xisoblanishi mumkin. Shu boisdan partiyaning go‘la huqukli a’zolari soni uncha katta emas (2500-3000), ammo uning asosiy kuchini behisob "tarafdorlar" va "xayrixohlar" tashkil etadi. "J.I." ijtimoiy jihatdan zyolilar, talabalar, kichik mulkdorlar va shahar quyi tabaqalari hamda harbiylarning eskilikni yoqlovchi toifalaridan tarkib gopgan. Partiyaning asosiy maqsadi - islom davlatini tuzishdir. Bunday davlat tuzumini Mavdudiy "teodemokratiya" deb atadi va u "yangi tipdagi (ya’ni o‘ziga o‘xshagan) ulamolar tomonidan boshkdrilishi kerak". A. Mavdudiy vafot etgach, partiyaga Mian Mohammad, Rafur A.hmad va Mavdudiyning o‘g‘li - Mavlono Faruqiy rahbarlik qilmoqda.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:15:38
JANABA, j u n u b ("ifloslanish"; sinonimi najasa) - ifloslantiruvchi xatti-harakatlar yoxud holatlar natijasida diniy marosimdagi nopoklik. J. masalalari fiqhning ibodat bo‘limida talqin etiladi. Ifloslantiruvchi narsalarga quyidagilar kiradi: a) inson tanasidan chiqargan barcha narsa, jumladan uning axlati, siydik, maniy, qusug‘i, yiring, hayz qoni, ba’zi mazhablarga ko‘ra yaradan oqqan qon, kesilgan soch va tirnoklar va b.; b) harom o‘lgan hayvon, ishlov berilmagan teri, shox, ichak va b.; v) vino va b. mast qiluvchi va gangituvchi moddalar (agarda ular tibbiy maqsadlarda ishlatilmasa); g) cho‘chqa, vahshiy hayvon va qushlar go‘shti; d) ko‘rinishi va hidi badbo‘y, yaramas bo‘lgan barcha narsalar. Ifloslanib qoluvchi holatlarga, yuvilmagan o‘likka, agarda u shahid ketmagan bo‘lsa qo‘l tekkizish, qon oqishi, jinsiy aloqa, hayz ko‘rish, tug‘uruq, og‘ir kasallik, ayniqsa bemor hushidan ketgan bo‘lsa, olis va uzoq safarga chiqish, shuningdek, inson o‘z xohish-irodasidan tashqari u yoki bu man etilgan narsaga qo‘l urib qo‘yishi kabilar kiradi. Kundalik jihozlar, uy-joy va kiyim boshning ifloslanib qolishi xuddi o‘shanday holatlarda yuz beradi, mas., xonadonga daydi it kirib qolsa, idishga vino kuyilsa yoxud unga cho‘chqa go‘shti solinsa, kiyimga qon tegsa va b. Agarda ifloslanish gunoh ish yoki qonunga xilof faoliyat b-n bog‘lanmagan holatlarda sodir bo‘lsa, mas., qassob yoki ko‘nchining ishi b-n bog‘liq holatda ro‘y bersa, g‘usl qilish b-n poklaniladi. Agarda u qandaydir man etilgan xatti-harakatlar oqibatida sodir bo‘lgudek bo‘lsa, mas., g‘irt mast bo‘lguncha vino ichilsa, man etilgan aloqada bo‘lsa va b., u holda gusldan tashqari tavba qilish zarur bo‘ladi va kafforat berishi lozim. Ifloslangan narsalar va xonalar yaxshilab tozalanadi, yuviladi va shamollatiladi, bunda ifloslanishdan xalos bo‘lish niyatini tasdiklovchi duolar o‘qiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:17:15
JANDA - q. Xirqa.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:18:00
JANNAT (arab. - bog‘, bo‘ston, uchmoh; fors. - behisht; dor us-salom, dor ul-baqo, dor ul-oxir, dor ul-muqoma, dor ul-muttaqin, bog‘i eram, firdavs, illiyun va b. nomlari bor) — taqvodor dindorlar narigi dunyoda rohat va farog‘atda yashaydigan joy. Qur’onda J. haqida bir necha yerda bayon qilingan (47: 15-55: 46-78; 76: 11-22). Diniy aqida bo‘yicha, bu dunyodagi hayoti davrida imonli holida ezgu ishlar b-n shug‘ullangan kishilarga Alloh tomonidan J.dan joy beriladi. J.dagi hayot abadiy, bezavoldir. J.dagilarni Alloh turli ne’matlar b-n ta’minlaydi. U yerda g‘am-g‘ussa va tashvish yo‘q. Odamlarning yaxshi ko‘rgan barcha narsasi muhayyo etiladi, hatto juftlari ham birga bo‘ladi. Qur’onda J. daraxtzor ostidaga ariklarda zilol suvlar oqib turadi, deb ta’riflanadi. U yerda insonlar qarimaydi va kasal ham bo‘lmaydi. Diniy ta’limotda ta’kidlanishicha, J.da havzi Kavsar mavjud bo‘lib, uning suvi oq va sovukligi hamda xislatlari ta’riflanadi. Havzi Kavsardan J. axli suv ichadi.
Islom diniga ko‘ra, J.ning sakkiz darvozasi bor. Bular Payg‘ambarlar, shahidlar, siddiq bandalar va saxiylar; namozxonlar; zakot beruvchilar; amri ma’ruf, nahyi munkar qilgan mo‘minlar; nafsu shahvatini jilovlab yurganlar; haj va umra qilganlar; Alloh yo‘lida jiddu jaxd qilganlar; taqvodorlar va ota-onasini rozi qilganlar va ro‘zadorlar kiradigan darvozalardir. J.ni qo‘riklovchi farishta "Rizvoni jannat" deb ataladi. J.da eng oliy ne’mat - Allohning diydorini ko‘rishlik hisoblanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:18:36
JANOZA - islomda dafn etish marosimi; mayyit, murda, tobut. Qur’onda J. to‘grisida hech qanday ko‘rsatma berilmagan. Fiqhga oid asarlarda J.ga batafsil tavsif berilgan. J. marosimi turli musulmon mamlakatlarida turlicha bo‘lib, islomgacha bo‘lgan davrda ushbu xalklarda mavjud bo‘lgan tegashli urf-odatlar b-n qorishib ketgan. Biroq, amalda hamma yerda rioya qilinadigan asosiy qoidalarni ajratib ko‘rsatish mumkin. O’lim yaqinlashib kelayotganini sezgan musulmon kalimai shahodat keltirishi lozim. Agar uning o‘zi buni amalga oshira olmasa, uni boshqa odam qulog‘iga shivirlab aytishi lozim. Bemor "Yesin" surasini o‘qishi yoki eshitishi kerak. O’lim sodir bo‘lgandan keyin murdaning yuzi qiblaga qaratib qo‘yiladi. Undan so‘ng murdani odatda maxsus odam - g‘assol yuvadi (g‘usul qiladi). G’usuldan so‘ng murda 2-5 qavatdan iborat toza matoga o‘ralib kafanlanadi. Kafanlik odatda, oq, yashil, qora mato bo‘lishi mumkin. Murdaning ko‘zini yumib, engagi bog‘lanadi. Tizzalari bir-biriga bog‘lanib, qo‘llari ko‘kragiga buklab qo‘yiladi. Shundan so‘ng uyida yoki masjidda marhumga J. namozi o‘qiladi. O’z joniga qasd qilgan va dinsizlarga J. o‘qilmaydi (9:84/85). Chaqaloq loaqal bir marta ovoz chiqarib yishagan bo‘lsa unga J. o‘qiladi. "Shahid ketganlar" g‘usul qilinmaydi va qanday kiyimda qazo qilgan bo‘lsa, o‘sha kiyimda dafn etiladi. J. o‘qilmaydi. Agar o‘lim ertalab sodir bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha kuni (imkon boricha, kun botgunga qadar), agar kunduzi yoki kechasi vafot etgan bo‘lsa ertasiga dafn etiladi. Ayollar odatda, dafn marosimida qabristonga borishmaydi. Ularning qattiq ovoz chiqarib yig‘lashlari ham man etiladi. Qabrga mayyitning yaqin qarindoshlarini tushirishadi va uning yuzi qiblaga qaratib qo‘yiladi. Qabr imkon boricha kengroq qilib kavlanadi, uning yon burchagida tuynuk bo‘lib, undan pastga qaragan lahadga tushiladi. Unda e’tiqodga ko‘ra, Munkarnakir savol-javobga kelganda mayyit "o‘tira oladigan" bo‘lishi lozim. Buning uchun kafandagi bog‘ichlar ham bo‘shatib (echib) qo‘yiladi. Dafn marosimi Qur’on sura (odatda 1, 2, 18, 36, 44, 97-sura)larini o‘qish b-n yakunlanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:19:01
JANOZA NAMOZI - vafot etgan musulmonlar uchun jamoat bo‘lib o‘qiladigan namoz. Mayyit yuvilib, kafanlanadi, masjidga keltiriladi. Jamoatning oldiga yuqoriroq yerga qo‘yiladi. Imom jamoatning oldiga o‘tib J.n.ni o‘qiydi. J.n.ni o‘quvchi kishi avval: "Niyat qildim ushbu marhum uchun J.n.ni o‘qimoqqa, iqtido qildim ushbu imomga. Xolisan lillohi Taolo", deb niyat qiladi. Imom baland ovoz b-n, qolganlar imomga iqtido qilib ichda "Allohu Akbar" deb qo‘llarini bog‘laydi. Iqtido qilib o‘quvchi ichida takbir aytib qo‘llarini bog‘laydi. So‘ngra ovoz chiqarmasdan "Sano"ni o‘qiydi: "Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va ta’ala jadduka va la ilaha g‘oyruk". So‘ngra imom b-n birgalikda takror takbir aytiladi. Lekin qo‘llar ko‘tarilmaydi. Solli va Barik duolari o‘qiladi. Takror yana qo‘llar ko‘tarilmagan holda takbir aytiladi, janoza duosi o‘qiladi. Janoza duosini bilmaydiganlar esa, Qunut duosini yoki duo niyati b-n Fotiha surasini o‘qisa ham bo‘ladi. So‘ngra imom b-n birgalikda takror takbir qilinib oldin o‘ngga, keyin chapga salom beriladi. J.n. o‘qilib bo‘lganidan keyin mayyit mozorga olib boriladi, qabrga qo‘yiladi, ruxdariga bag‘ishlab Qur’on tilovat va duo qilinadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:19:37
JA’FAR as-SODIQ, to‘liq ismi Ja’far ibn Muhammad Abu Abdulloh (taxm. 700-765) - shialiqdagi ja’fariylik mazhabi asoschisi, shialarning 6-imomi. "Sodiq" laqabini to‘g‘ri so‘z bo‘lganligi uchun olgan. Madinada tug‘ilgan. J.as-S. nasabi ota tomondan hazrat Aliga, ona tomondan hazrat Abu Bakr Siddiqqa. borib taqaladi. J.as-S. siyosiy faoliyatda mutlaqo qatnashmagan, imomlikka da’vogarlik ham qilmagan. U hokimiyat uchun qurolli kurash olib borishning dushmani edi, o‘z qarindoshlarining (739-740 y.larda Zayd ibn Alining Kufada, 762 y. Muhammad an-Nafs az-Zakiyning Hijozda) chiqishlarini qoralagan. Lekin diniy fanlar (hadis, tafsir, fiqx)ni o‘rganishda oilaviy an’anani davom ettirgan va "mo‘‘tadil" shialarning ma’naviy rahbari bo‘lgan. U fiqh va ilohiyot masalalari muhokama qilinadigan majlislar tashkil etgan. Rasululloh avlodlari (axdi bayt)ning eng ko‘zga ko‘ringan olimlaridan biriga aylangan. J.as-S. din usullarini ishlab chiqqan. Uning kimyoga oid bir necha risolalari bo‘lgan. Hoz. ba’zi musulmon ulamolari J.as-S. "arab ilmiy an’anasining otasi" degan fikr bildiradilar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:20:20
JA’FARIYLIK - shialikdagi diniy-huquqiy mazhab. Unga Ja’far as-Sodik, asos solgan, deb hisoblasalar-da, aslida 9-10-a.larda bir necha mujtahid va ilohiyotchilar tomonidan ishlab chiqilgan. J. sunniylikdaga 4 mazhab (hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik va hanbaliylik) qatori islomda 5-diniy-hukuqiy mazhab (imomiylar) deb tan olingan. J. imomiylik yoki isnoash’ariylar deb ham yuritiladi. Shialikdagi imomiylik mazhabi o‘zining shariat hukmlarini Imom Ja’far as-Sodiq(ra) fiqhidan olgani uchun J. deb nomlanadi. Bu mazhabda ijtihod eshiklari ochiq hisoblanib mujtahid Qur’on va sunnatga tayangan holda ijtihod qilishi mumkin. J. mazhabining sunniylikdagi mazhablardan asosiy farqi: ja’fariylar qiyosni Qur’on, sunna, ijmo’dan keyingi shariat manbai ekanligini rad qiladi, shialikdagi imomlar nakllarinigina tan oladi, vaqtinchalik nikoh (mut’a)ga yo‘l qo‘yadi, xavf paydo bo‘lgan chog‘da o‘z e’tiqodlarini yashiradi, ijtihod (diniy va huquqiy masalalar bo‘yicha mustaqil fikr yuritish)ga imkon yaratadi. J. 16-a. boshlaridan Eronda hukmron diniy-hukuqiy mazhabga aylangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:20:56
JAHANNAM - q. Do‘zax.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:21:48
JAHM ibn SAFVON, Abu Muhriz (? - 745) - mashhur ilohiyotchi, jabariylar vakili, voiz. Umaviylarning Xurosondaga noibi Nasr ibn Sayyorga qarshi qaratilgan qo‘zg‘olonda qatnashib asirlikka tushgan va qatl etilgan. J.i.S. musulmonlar an’analarida Qur’onning yaratilganligi g‘oyasini birinchi bo‘lib aytgan Joid ibn Dirhamning shogardi. U qazo va qadarga ishonish tarafdori bo‘lib, antropomorfizm (xudoni insonga o‘xshash qiyofada deb bilish)ning dushmani edi. J.i.S. ta’kiddashicha, insonning ixtiyori o‘zida emas, uning xohishi va orzulari amalga oshmaydi, u mustaqil harakat qilishdan mahrumdir. Imon-Alloh haqidagi bilimdir, imonsizlik -Alloh haqida hech narsa bilmaslikdir. Agar inson Allohni tanigan-u, so‘ngra so‘zda undan yuz o‘girgan bo‘lsa ham, u imonli bo‘lib qolaveradi. Imon (Alloh haqidagi bilim) payg‘ambardan oddiy musulmongacha - hamma uchun birdir. Mu’taziliylar kabi J.i.S. ham xudoni ko‘z b-n ko‘rish imkoniyatini rad qildi, Kur’onning yaratilganligani va vahiy kelguncha akliy bilim zarurligini e’tirof etdi. U Alloh imkoniyatlarining ham chegarasi borligi haqida mulohaza yuritdi. Vafotidan keyin uning nomi b-n ataluvchi jahmiya ilohiyot maktabi shakllandi. 9-a.da sunniylik va mu’taziliylik oqimlariga mansub ilohiyotchilar bu ta’limotni "rad etuvchi" juda ko‘p asarlar yozdilar. Ular ichvda Ahmad ibn Hanbal, Ibn Qutayba, Dorimiy va b. bor edi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:22:17
JIZYA (arab. - jon solig‘i) - dastlab arab xalifaligida, keyinchalik boshqa musulmon davlatlari (jumladan, O’rta Osiyo) da musulmon bo‘lmagan fuqarolardan olingan jon soligi. J. balogatga yetganlarga solingan (qariyalar, ayollar, bolalar, kul va ishga yaroqsizlar esa J.dan ozod qilingan). J., asosan, pul va natura tarzida undirilgan. J. 3 xil bo‘lib, yilda bir marta olingan. Ishga yaroqli er kishidan 12 dirham, o‘rta holdan 24 dirham, boydan esa 48 dirham olingan. Zero, musulmon davlati, musulmon bo‘lmagan fuqarolarni ham hukuklarini himoya qilishi, ularni tashqi va ichki tajovuzdan saqlashi lozim. Shuning evaziga undan J. olinadi. 48 dirham beruvchi har oyda 4 dirhamdan, 24 dirham beruvchi har oyda 2 dirhamdan, 12 dirham beruvchi har oyda 1 dirhamdan beradilar. Agar ular islomni qabul qilsalar J.dan ozod qilinganlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:23:14
JIN (arab. to‘silgan, ya’ni odamlar ko‘zidan to‘silgan narsa; ko‘pligi - ajina) - Alloh yaratgan uch toifadagi aklli mavjudotlardan biri (farishtalar va odamlar b-n bir qatorda). Kur’oni karim nozil bo‘layotgan paytda arab qabilalari Jlarga maxfiy, noravshan xudolar deb e’tiqod qilardilar. Ular J.larning nasabi Alloh taologa yetib boradi, uning J.lardan sheriklari bor, degan buzuq e’tiqodga ham bo‘ysunishardi. Shuningdek, arablar J.lar g‘oyibdan xabardor, folbin va munajjimlarga osmon sirlarini aytib turishadi, degan o‘yda edilar. Arablarda Jlarning hukmi yer yuzida o‘tadi, degan xom xayol bo‘lib, agar ulardan birortalari ma’lum bir yerga borib yotib qolmoqchi bo‘lsalar, "Ushbu joyning xo‘jayin J.idan panoh so‘rayman", degan ma’nodagi duoni qilishardi. Hoz. vaqtgacha kishilarda yuqoridagi aytiladiganlarga o‘xshash turli-tuman buzuq, bid’at-xurofotdan iborat tushunchalar mavjud va ular bu yolg‘on e’tiqodga bo‘ysunadilar. Islom ilohiyotchilari J.larning mavjudligini tan oladilar. Shu b-n birga J.lardan kutiladigan mavhum qo‘rqinch va xavfu xatarni ham rad etadi. J.lar haqiqatda bor mavjudotlar bo‘lib, asli o‘tdan yaratilgan. J. so‘zining lug‘aviy ma’nosi avval aytilganidek, to‘silgan degani, ya’ni odamlar ko‘zidan to‘silgan narsa. Shu sababli ham u insonlarga ko‘rinmaydi. Ular o‘zlari ko‘rinmay turib, odamlarni va b. narsalarni ko‘rishlari mumkin. Shu b-n birga turli shakllarga kirishlari ham mumkin. J.lar erkak va ayol jinsiga mansub, dashtu biyobonlar, tog‘ va o‘rmonlarda yashaydi. Ular bir necha toifadan iborat, g‘ul, ifrit, silot toifasidagilari mashhur. Shaytonlar J.larning yovuzlaridir. Qur’onga ko‘ra, Muhammad (sav)ni Alloh insonlarga ham, J.larga ham yuborgan. J.larning bir qismi Rasululloh tomonidan o‘qilgan Qur’on tilovatini eshitib, dinga e’tiqod qo‘ygan va islomni targ‘ib qilgan. Ularning ichida ham xuddi odamlarga o‘xshab imonsiz-imonli, yaxshi-yomon, adashgan va hidoyatda yurganlari, firibgar va soddalari bor. J.lardan ham Qur’onga, Payg‘ambar (as)ga imon keltirib yaxshi yo‘lda yurganlari jannatga, imonsiz bo‘lib yomon yo‘lda yurganlari do‘zaxga tushadilar. Ular odamlarga hech qachon yordam bera olmaydilar va g‘oyib sirlarini bilmaydilar, chunki Kur’oni karim nozil bo‘lgandan so‘ng ular bu xislatlardan mahrum bo‘lganlar. "Saba’" surasida bir guruh J.lar Sulaymon (as)ga xizmatkor bo‘lganliklari, u zot hassaga suyanib turib vafot etganliklaridan so‘ng ham tirik, kuzatib turibdi, deb o‘ylab, mashaqqatli ishda davom etganliklari haqidagi oyatlar bor.
Islomdan avvalgi vaqtda Jlar osmonga chiqib maloikalarning o‘zaro suhbatlarini, jumladan yaqin kunlarda sodir bo‘ladigan ba’zi ishlar haqidagi ma’lumotlarni yashirin eshitib, yerdaga folbinu munajjimlarga birga o‘nni qo‘shib yetkazishar edi. Oradan ancha vaqt o‘tib, osmon xabariga quloq osgani chiqsalar, ularni yulduzlardan uzilib chiqqan uchqunlar urib haydaydigan bo‘lib qolibdi. Ular yerga o‘z qavmlari huzuriga qaytib, "Nima bo‘ldi ekan, bizni uchqunlar quvadigan bo‘lib qoldi-ku? deyishadi. Shunda ba’zilari, dunyoda ulkan, olamshumul o‘zgarish bo‘lgan bo‘lsa kerak, deyishadi. Mashriqu mag‘ribni kezib bizdan osmon xabarini to‘sgan narsani qidirish zarur, degan qarorga kelib, safarga otlanadilar. Rivoyatlarda nakl qilinishicha, Nasiybin nomi b-n ataluvchi joyda yashovchi J.lardan yetti nafari Payg‘ambarimiz (sav) bomdod namozini qiroat qilayotganlarini eshitib to‘xtashgan, bizdan osmon xabarini to‘sgan narsa shu, deb o‘z qavmlariga qaytib, bo‘lgan hodisani aytadilar. Shunda Alloh taolo O’z Payg‘ambariga "Jin" surasini nozil qildi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:24:24
JIRJIS - musulmon rivoyatlarida zikr etilgan shaxs. Allohga e’tiqod qiluvchi falastinlik taqvodor, Iso (as) havoriylaridan birining shogirdi. J. e’tiqodi yo‘lida zolimlardan panoh izlab Iroqqa, zolim, butparast Mosul podshosi huzuriga keladi. Podsho uni e’tiqodidan qaytarish uchun turli azoblarga soladi, lekin J. ularga osonlikcha bardosh beradi. Shunda uni qayta-qayta qatl qiladilar, lekin har bir qatldan so‘ng Alloh uni tiriltirgan. J. uchun Alloh yana boshqa mo‘‘jizalarni ham namoyish etadi - kambag‘al bechora kampirning o‘lgan ho‘kizlarini tiriltiradi, o‘liklarni qabrdan turg‘izadi, yog‘och kursilarni daraxtga aylantiradi va b. Pirovardida Alloh mal’un podsho va uning shahrini yo‘q qilib tashlaydi. J. haqidagi rivoyatlar xristianlikdagi avliyo Georgiy haqidagi rivoyatlar b-n hamohangdir. Musulmonlarda u Hizr va Ilyos nomlari b-n birga keladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:25:34
JIHOD, g‘azavot (arab. - g‘ayrat qilish, kuchni ishga solish) - din yo‘lida kurash. Dastlab J. deyilganda islomni himoya qilish va yoyish uchun kurash tushunilgan. Bu kurashga nisbatan Qur’onda Muhammad (sav)ning Makka va Madinada kechgan xayot faoliyatlariining muayyan shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda gurlicha ko‘rsatmalar bor: 1) ko‘pxudoliklar b-n mojaroga bormaslik va ularni okdllik va odob b-n haqiqiy dinga og‘dirish; 2) islom dushmanlariga qarshi mudofaa urushi olib borish; 3) g‘ayridinlarga hujum qilish, lekin muqaddas oylarda harbiy harakatlar olib bormaslik; 4) ular b-n har vaqt va hamma joyda kurash olib borish. J. so‘zi lug‘atda urush ma’nosini anglatmaydi, buning uchun arab tilida "qitol" so‘zi ishlatiladi. J. so‘zining lug‘atdagi xususiyatidan kelib chiqib J.ning turlari ham ko‘paygan. Islomda J. ma’nosi avvalo urush ma’nosida emas, Allohning diniga so‘z b-n da’vat qilish ma’nosida yuzaga kelgan. Insonning havoyi nafsining kuyiga kirmaslik, uni yengab shariatga muvofiq yashash uchun jon jaxdi ila qilgan harakati, haq so‘zni joyini topib aytmoqligi J.ga kiradi. Farzandni ota-onasi xizmatida bo‘lishi ham J.dir. Islomning dastlabki o‘n uch yili davomida Muhammad (sav) boshliq sahobalar Makkada urush ma’nosi bo‘lmagan J.ni olib borganlar. O’sha vaqtda Alloh taolo musulmonlarning mushriklarga qarshi kuch ishlatishini man qilgan edi. Shu b-n birga ulardan yetgan azob-uqubat va ozorlarga sabr qilishga amr qilgan ham edi. Faqatgina xijratning ikkinchi yili (mil. 624 y.) Qur’oni karim ta’biri b-n aytilganda 'O’zlariga qarshi urush ochganlarga ularga zulm qilingani uchun (urushga) izn berildi". Islomda J. hukmi sharoitga qarab o‘zgarib turadi. Dunyoda fitna bo‘lmasligi uchun, Alloh dinning ustun bo‘lishi uchun qilinadigan J. farzi kifoya hisoblanadi. Bunda dunyo bo‘yicha Yslomni tarqatish, Allohning dini yo‘lidagi g‘ovlarni yo‘qotish uchun J. qilinadi. Kimki Islom da’vati yo‘liga to‘siq bo‘lmasa, erki o‘zi b-n - xoxlagan diniga e’tiqod va amal qilishi mumkin. Agar dushmanlar biror musulmon yurtiga urush qilib, bostirib kirsalar, J. hamma musulmonlarga farzi ayn bo‘ladi. J.ga ko‘ra agarda musulmonlar yurtiga tashqaridan hujum bo‘lmasa, balog‘at yoshiga yetmaganlar, aqli norasolar, xizmatkorlar, ayollar, bemor-zaiflar, safar aslahalari bo‘lmagan kishilar, shaharning eng yaxshi faqihlari, ota-onasi J.ga qatnashishga rozilik bermaganlar va qarz bergan kishining ruxsatini olmagan qarzdor J.dan ozod qilingan. Urushayotgan tomonlarning o‘zaro munosabatlariga nisbatan J.ga ko‘ra raqib qarorgohida ayollar va balog‘at yoshiga yetmaganlar musulmonlarga qarshi kurashmayotgan bo‘lsa, ularni o‘ldirish man etilgan. Katta yoshdagi erkaklar harbiy asirga aylantirilgan. Shu b-n birga hanafiylar bu qoidani harbiy ishga va avlod (zurriyot) qoldirishga noqobil bo‘lgan kishilarga (keksalar, rohiblar va b.) tatbiq etmaganlar. Harbiy asirlarga nisbatan imom uch xil yo‘l tutgan: qatl etish, tovon evaziga ozod qilish, qulga aylantirish. Agar u harbiy asirni qatl etishga hukm qilmoqchi bo‘lsa, to bu qaror amalga oshmaguncha asirni qiynoqkd solish va jismonan mayib qilishga hech bir kimsaning haqqi bo‘lmagan. Islomni qabul qilgan asirlarni o‘ldirishga ruxsat etilmagan. Barcha mazhablarga binoan musulmonlar yashaydigan hududga olib o‘tishni iloji bo‘lmagan raqibning mol-mulki yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan (biroq chorva-mol xususida yagona bir fikrga kelinmagan). Oxirgi paytlarda Yaqin va O’rta Sharkdagi ba’zi diniy ekstremistik guruxlar to‘g‘risida so‘z yuritilganda ko‘pincha J. so‘zi ishlatilmokda (mas., Misrdagi "Jihod", Livandagi "Islom jihodi" va h.k.). Aslida J. Alloh yo‘liga, islom dinini yoyish maqsadiga butun kuch va imkoniyatlarni sarf qilish ma’nosini anglatib kelgan va ba’zida muayyan shartlar bo‘lgandagina harbiy kuch ishlatishni ham taqozo etgan. Shu ma’noda J.ni "muqaddas urush" deb talqin qilish odat tusiga kirib qolgan. Turkiya, Kavkaz va Markaziy Osiyoda J. ko‘proq "g‘azavot" nomi b-n ma’lum bo‘lgan. 9 - 10-a.lardan J. yanga mazmun b-n to‘ldirildi: Alloh yo‘lida o‘zni takomillashtirish tushunchasi (ya’ni ma’naviy J.)ga 4 J. - qilich J.i, qalb J. i, qo‘l J.i va til J.i haqidagi tasavvurlar qo‘shildi. Milliy-ozodlik harakatlari davrida J. goyasidan mustamlakachilikka qarshi kurashda foydalanildi. Umuman, hoz. zamon musulmon nazariyotchilari J.ni islomni tinch yo‘l b-n yoyish, uni tashqi tazyikdan himoya qilish uchun musulmonlarning kuch va g‘ayratlarini safarbar etish vositasi deb ta’riflaydi. Mo‘‘tadil islom (ahli sunna val jamoa) tarafdorlarining e’tiqodiga ko‘ra, kuch ishlatish - "kichik J.", har bir mo‘min-musulmonning o‘z nafsi b-n kurashi va ma’naviy barkamollik yo‘lidagi sa’y-harakati esa, "buyuk J." hisoblanadi. Hoz. kunda xalqaro maydonda islom dini b-n niqoblangan terrorchilar J.dan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqdalar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:26:22
JOBIR ibn ABDULLOH, to‘liq ismi Jobir ibn Abdullo ibn Amr ibn Harom al-Xazrajiy al-Ansoriy as-Sulamiy (? - 697) - sahoba. Otasi Abdullo ibn Amr va uning o‘zi Rasululloh (sav)ning xizmatlarida bo‘lgan. J.i.A. Rasululloh b-n birga 19 ta g‘azotda ishtirok qilgan. Umrining oxirida Madinada, Masjidi Nabaviyda halqa tashkil kdlib dars bergan. "Sahih al-Buxoriy" va "Sahih Muslim" kitoblarida uning rivoyatida 1540 ta hadis keltirilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:27:03
JOIZ (arab. - ijozat berilgan, yo‘l berilgan) - shariatdagi muboh tushunchasining sinonimi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:27:34
JOYNAMOZ - namoz o‘qiladigan to‘shama. J. ibodat vaqtida kishini bu dunyodan ajratuvchi omil, deb tasavvur qilinadi. J. turli matodan tayyorlanadi. J.ning bosh tomoniga burchak (mehrob) shakli tikilgan bo‘ladi. Katta-kichikligi har xil. Namoz o‘qishda o‘rni kelganda pokiza gilam yoki chopon, qiyiqcha kabilardan ham foydalanish mumkin. J. ustida namoz o‘qish ilk islom davrida keng tarqalmagan, balki yerda, bo‘yrada ham namoz o‘qilavergan. Hozirda J. keng ko‘lamda qo‘llanishidan qat’i nazar, zarurat taqozo qilgan paytlarda pok tuproq yoki o‘tloq ustida ibodat qilish mumkinligi nazarda tutilishi lozim. J. tayyorlash - musulmon mamlakatlarda amaliy san’atning an’anaviy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. J.dan asosiy maqsad namoz o‘qiladigan joy pokiza bo‘lishini ta’minlashdan iborat.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:27:59
JOLUT - Qur’ovda zikr etilgan shaxs. Tolut (Saul)ga dushman qo‘shin boshlig‘i. Kur’onda aytilishicha, Tolut J.ga qarshi oz sonli qo‘shin b-n otlangan, biroq Alloh taoloning yordami b-n zafar qozongan. J. Dovud (as) tomonidan o‘ldirilgan (2:249/250-251/252). Musulmon rivoyatida bu urush haqida ancha batafsil berilgan. J. to‘g‘risidagi rivoyatlar kelib chiqishi jihatidan turli (barbar, xananey, odiy, samudiylardan) bo‘lsa-da, lekin u Falastinning tub aholisi vakili sanaladi. Musulmon rivoyati J. shaxsi atrofida isroilliklarning ko‘shni xalqpar b-n kurashi haqidagi boshqa rivoyatlarni xam guruhlashtirgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:28:28
JOME MASJID - Islom mamlakatlarida shahar markazidagi yoki nisbatan katta hududtsagi asosiy va eng katta bosh masjid. Jamoa uchun zarur turli xabarlar e’lon qilinadigan, haftalik juma, hayit namozlari jamoa bo‘lib o‘qiladigan maxsus bino. Shahar tashqarisida musallo, namozgoh. Juma masjid, guzar (mahalla) masjidlariga nisbatan uning tuzilishi salobatli. Urta Osiyoda J.m.ning umumiy tarhi murabba yoki to‘g‘ri to‘rtburchakli xonaqoh bo‘lib, bir (old yoki yon) tomoni, ikki (jan. va sharqiy yoki shim. va sharqiy) yoki uch tomoni ayvon b-n o‘ralgan. Xonaqoh tomi gumbazli yoki to‘sinli. Ayvon va xonaqoh kattaligi to‘sinlar soni va qatori b-n belgilangan, ba’zan xonaqoh 1, 2, 4 gumbazli, ayvonlar atrofi qator ustunli, burchakda azon aytishga mo‘ljallangan mezana va hovli o‘rtasida hovuz bo‘lgan. Buxoroda birinchi J.m. 713 y. Qutayba ibn Muslim tomonidan ta’sis etilgan. J.m. uchun mahalliy majusiylar ibodatxonasi moslashtirilgan. 14-15-a.larda J.m. qurilishiga davrning mashhur me’mor va muhandislari safarbar qilingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:29:16
JOMIY, Abdurahmon Nuriddin ibn Ahmad (1414-1492) - fors-tojik shoiri, mutafakkiri va mutasavvifi. Nishopur yaqinidagi Jom sh.da, ruhoniy oilasida tug‘ilgan. Otasi Nizomiddin Ahmad shayx ul-islom mansabiga tayinlangach, oilasi b-n birga Hirotga ko‘chib keladi. Bu yerda J. arab tili, ilohiyot, tasavvuf, adabiyot asoslarini o‘rganadi. Tahsilni oxiriga yetkazish maqsadida Samarqandga borib, Ulug‘bek madrasasida o‘qiydi. Mirzo Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi singari allomalarning ma’ruzalarini tinglaydi. Ulamo Fazlulloh Abullaysdan Qur’on, hadis, fiqh ilmlari bo‘yicha saboq oladi. Bahouddin Naqshband sulukiga mansub shayx Sa’diddin Koshg‘ariyga murid bo‘lib, hurmatini qozonadi va qiziga uylanadi. Hirotga qaytib, darvishona hayot kechiradi, o‘z daromadi hisobiga bu yerda ikki madrasa va xonaqoh, Jomda bir masjid qurdiradi.
J. Hirot naqshbandiylik tariqatining piri va murshidi bo‘lgan. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy J.ni o‘zlariga pir va ustoz deb tanishgan. J. uchta devon tuzgan, "Haft avrang" ("Yetti taxt") dostonlar turkumini yarattan. Shuningdek, diniy-falsafiy mazmundagi asarlar ham J. ijodiyotida katta o‘rin egallaydi. "Payg‘ambarlikka dalillar", "Naqshband ta’limoti haqida risola", "Zikr shartlari haqida risola", "Haj qilish yo‘llari haqida risola", "Xojalar tariqati haqida risola" va b. asarlarida islom dini, gasavvuf, falsafaning asosiy masalalari yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etadi. Jumladan, "Muqaddas dargohdan esuvchi tso‘stlik shabadalari" asari tasavvuf tarixini o‘rganishda muhim manba sanaladi, unda 616 nafar mutasavvif hayoti va faoliyati to‘g‘risida muxtasar ma’lumotlar bor. Navoiy bu asarni J. vafotidan so‘ng to‘ldirishlar b-n turkiy gilga tarjima etgan.
J. asarlarida diniy-tasavvufiy mazmun, Allohni tanish va bilish b-n bog‘liq haqiqat majoziy yo‘lda ifodalangan. J. Allohni yorug‘ nur ko‘rinishida tasavvur etadi, uni go‘zal mahbub qiyofasida tasvirlaydi. Alloh minglarcha ko‘zguda, turli qiyofa va ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. J. hayot, inson go‘zalliga, tuyg‘u va ehtiroslariga tasavvufiy ma’no beradi. ''Ahrorlar uchun tuhfa" asarida tasavvufga oid atamalarni izohlaydi.
J.ning din, xususan tasavvuf, arab tiliga oid asarlari qayta-qayta nashr etilgan, keyingi davrlarda ham madrasalarda darslik va qo‘llanma vazifasini o‘tagan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:29:56
JOHIZ, al-Johiz Abu Usmon Amr ibn Bahr taxm. 767-868) - basralik arab mutafakkiri. Mu’taziliylar oqimi nazariyotchilaridan biri. "Al-johiziya" deb nom olgan ilohiyot maktabining asoschisi. J. yunon tabiat falsafasi g‘oyalari ta’sirida moddaning abadiyligi va xususiyatlarining doimiy o‘zgarib turishi haqidagi fikrlarni bayon qilgan. J. tirik va noorganik jismlar o‘ziga xos tabiiy xususiyatlarga ega, deb hisoblaydi. J. insonning iroda erkinligini tabiiy intilish sifatida talqin etgan. Aql-idrok beradigan dalillarni islom akidalariga tatbiq etish tarafdori bo‘lgan. Hayvonot olamiga bag‘ishlangan 10 jildli "al-Hayavon" nomli, arab tili notiqligiga oid "al-Bayon vat-tabyin", baxil odamlar hayotidan olingan hajviy hikoyalar yozilgan "al-Buxalo" kabi asarlari hoz. kungacha yetib kelgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:30:26
JOHILIYA (arab. bilimsizlik holati, jaholat) - arablar tarixining islomdan ilgarigi davriga berilgan nom. Aniqroq qilib aytganda, odamlar hayotida Iso (as) b-n Muhammad (sav) oralig‘idagi payg‘ambarsiz o‘tgan davr tushuniladi. J. tushunchasi Qur’onning bir necha suralarida uchraydi ("Oli-Imron", 154; "Moida", 50; "Ahzob", 33; "Fath", 26). J. atamasining paydo bo‘lishiga muayyan sabablar bor edi. Zero, islomdan oldingi arablarning ko‘pchiligiga "jahl" tuyg‘usi xos edi. Bu boshqalarga nisbatan beshafqat va vahshiyona munosabatda bo‘lishda o‘z ifodasini topardi (qasos olish zarurati, go‘dak qizlarni tiriklayin ko‘mish, o‘zga qabila vakiliga dushman sifatida qarash va b.). Islomdan ilgari Arabistonda qonunsizlik, axloqsizlik, zo‘ravonlik hukm surgani uchun ham keyingi avlod o‘sha davrni hakli ravishda J. deb atagan. Bundan tashqari, J. davri arablarining diniy tasavvurlari ham kam taraqqiy qilgan, sodda holda bo‘lgan. J. arablari narigi dunyoga ishonmasdi. Islom g‘alabasidan so‘ng ular "dahriy"lar yoki "mushrik"lar (Allohga boshqa xudolarni sherik qiluvchilar) degan nomlarni oldi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:31:15
JUBBAIY, Abu Ali Muhammad ibn Abdulvahhob (850-915) - Basra mu’taziliylarining peshvosi al-Ash’ariyning o‘gay otasi va murabbiysi. Jubba sh. (Xuziston)da tugalgan, Basrada Abu Yoqub ash-Shaxxomdan ta’lim olgan, uning vafotidan (880 y.) so‘ng mu’taziliya maktabining peshvosi sifatida ustozi o‘rnini egallagan. J.ning asarlari saklanib qolmagan. Umuman uning qarashlari mu’taziliylar an’anasi ruhida bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:31:46
JUVAYNIY, Abul Ma’oliy Abdulmalik ibn Abdulloh, Imom al-Xaramayn (1028-85) -ash’ariy kalomining yetuk namoyondasi, G’azoliyning ustozi. Nishopur yaqinidagi Azozvar qishloga (Juvayn tumani)da tug‘ilgan. Nishopurda Abul Qosim al-Isfaroiniy (1059 y. v. e.) rahbarligida kalom va usul ud-dindan, otasidan esa - fiqxdan saboq olgan. Otasi vafotidan so‘ng 19 yoshli J. otasi o‘rniga shofi’iy fiqhi mudarrisi vazifasini egallagan. Saljuqiylar vaziri al-Qunduriy tomonidan ash’ariylarga quvg‘in uyushtirilgan chog‘da J. Hijozga qochib borib, Makka va Madinada yashagan (1058-62), shu tufayli Imom al-Xaramayn ("ikki muqaddas masjid imomi") faxriy unvonini olgan. Vazir Nizomulmulk davrida ash’ariylarni quvg‘in qilish to‘xtatilgan. J. Nishopurga qaytgan, vazir unga atab Nizomiya madrasasini ta’sis etgan. Shu madrasada J. shofi’iy fiqhining eng yaxshi bilimdoni sifatida shuhrat qozongan va umrining oxirigacha shu yerda dars bergan. J.ning kalomga oid asosiy asari "ash-Shomil"dan bizgacha uning uchdan bir qismi yetib kelgan, uning qisqartirilgan nusxasi -"al-Irshod" deb ataladi. Umuman olganda J. Ash’ariy, Boqilloniy va Abu Ishoq al-Isfaroiniy (1027 y. v. e.)larning g‘oyalarini rivojlantirgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:33:18
JUMA (arab. - jam bo‘lish) - musulmonlar solnomasida oltinchi kun nomi. Islom dinida "sayyid ul-ayyom" - kunlarning ulug‘i sifatida e’zozlanadi. J. kuni peshin namozi o‘rniga J. namozi o‘qiladi. Imom-xatiblar namoz oldidan yarim soat chamasida mav’iza (diniy va’z) o‘qiydilar. So‘ng ikki bor azon aytilib, katta jamoat b-n namoz ado etiladi. Musulmon mamlakatlarida J. kunini dam olish kuni deb belgilaganlar. Mufassir ulamolarning rivoyatlariga ko‘ra, Alloh taolo yahudlarga shanba kunida boshqa ishlarga mashgul bo‘lmay, faqat ibodat ila shug‘ullanishni buyurgan. Nasorolar esa, yakshanba (voskresene) kunini faqat ibodat uchun belgilab olganlar. J. kunini islomdan oldin arablar "aruba" deb ataganlar. Birinchi bo‘lib, bu kunni J. deb atagan kishi Ka’b ibn Luay. Buning sababi, Madinaga payg‘ambar (as) kelishlaridan oldin, ansorlar (madinaliklar) "yahudlar va nasorolar 7 kunda bir bor to‘planib ibodat qiladilar. Kelinglar, biz ham bir kun to‘planib Allohga shukur va zikr aylaylik, yahudlar shanbani, nasorolar yakshanbani ixtiyor qilishgan, biz "aruba" kunini olaylik", deb aytishdi. As’ad ibn Zaroraning uyida to‘planib, 2 rakaat namoz o‘qib, zikr aytganlar. Shu kuni to‘planganliklari sababli, J. deb ataganlar. Islomda birinchi J. shu kuni bo‘lgan. Bu voqea "Jumua" surasi nozil bo‘lmasdan oldin bo‘lgan, Ammo haftada bir kun dam olish bo‘lsa, bundan taxm. 150-170 y. ilgari, ko‘pchilik kishilar ishlaydigan korxonalar paydo bo‘lganda, soatbay ish kunlari joriy qilinganda, haftada bir kun dam olish kunini nasorolar - ruslar o‘zlarining ibodat uchun ajratilgan kunini tiklashgan. Keyinchalik musulmonlar ham dam olish kunini J. deb belgilaganlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:33:46
JUNAYD BAG’DODIY, Abul Qosim al Junayd ibn Muhammad al-Qavoririy al-Hazzoz al-Bag‘dodiy (? - 910) - tasavvufdagi 2 asosiy oqimdan biri - junaydiya asoschisi. J. fors bo‘lib, Bag‘dodda (yoki Naxovand sh.) tug‘ilgan va butun umri shu yerda o‘tgan. Go‘dakligida otadan yetim qolib, tog‘asi, sufiy Sari as-Saqatiy (867 y. v.e.) qo‘lida tarbiyalangan. Shofi’iy huquqi va hadislarni mashhur faqih Abu Savra Ibrohim al-Bag‘dodiy (854 y. v.e.)dan o‘rgangan. Tasavvufda J.ning ustozlari Sari as-Saqatiy va al-Xoris al-Muhasibiy (taxm. 781-857) bo‘lgan. Ular Bag‘dod sufiylik maktabi asoschilari hisoblanib, Allohning yagonaligi (tavhid) va psixologik tajriba va his etish asosida Uni bilish darajasi haqidagi ta’limotni ishlab chiqqanlar. J. sufiylikni doimiy ruhiy poklanish va turli qarashlar kurashi vositasi deb bilgan. Uning fikricha, sufiyning hayoti Allohning yagonaligani bilish yo‘lvda tinimsiz sa’y-harakat qilish, o‘zini Allohga abadiy tobe ekani va uning oldida o‘zini naqadar ojiz ekanini his etishdan iborat. J.ning bir asari - "Rasoil" saklanib qolgan. Unda J.ning maktublari, sufiylikka doir maqola, risolalari jamlangan bo‘lib, ularning bir qismi Qur’onning ayrim oyatlariga sharh shaklida yozilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:34:05
JUNUJIRDIY, Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad al-Junujirdiy al-Marvaziy; laqabi Abdon (835-906) - shofi’iylikdaga yirik faqih, muhaddis; Marv muftiysi va shofi’iylari peshvosi. Marv viloyatidagi Junujird (Genugird) qishlog‘ida tug‘ilgan. Sam’oniyning yozishicha, J. Iroq, Shom (Suriya), Xijoz va Misr shaharlari bo‘ylab ko‘p yillar sayohat qilgan va o‘sha yerlardagi allomalardan shofi’iya fiqhidan saboq olgan. Xususan, u imom al-Mozijiyning shogardi bo‘lib, uning shofi’iylikdagi mu’tabar manba hisoblangan "al-Muxtasar" kitobini birinchi bo‘lib Marvga keltirgan. Vataniga qaytgach, Xurosondagi eng yirik shofi’iylardan sanalgan va keng shuhrat qozongan. 900 y. haj safari oldidan somoniylar amiri Ismoil ibn Ahmad qabulida katta ehtirom b-n kutib olingan. Sam’oniy J.ning 20 ta ustozi va 12 shogirdini sanab o‘tgan va fiqh va hadisga doir 3 asari borligani qayd etgan. Marvda, Tannurgaron qabristoni orqasida, Abdulloh ibn al-Muborak al-Marvaziy raboti qarshisida dafn etilgan. 12-a.da uning qabri ziyoratgoh joy bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:34:26
JURJONIY, Ali ibn Muhammad, laqabi as-Sayid ash-Sharif (1339-1413) - so‘nggi kalom vakili, mutakaplim. Astrobod yaqinidagi Tagu sh.da tug‘ilgan. Astrobodda ta’lim olgan, mudarrislik faoliyati b-n shug‘ullangan, O’rta Sharq shaharlari bo‘ylab ko‘p sayohat qilib, Kugbiddin ar-Roziy at-Taxtaniy, al-Fanariy, Muborakshoxlardan saboq olgan. Taxm. 1374 y. Sheroz sh.ga kelgan, shahar Amir Temur tomonidan egallangach (1387), Samarqandga ko‘chib ketib, bu yerda yashagan, 20 y.ga yaqin Temur saroyida ijod qilgan. Temur vafotidan so‘ng (1405) Sherozga qaytib, shu yerda vafot etgan. J. "Mavokif al-Ijiyga sharh" va falsafiy atamalar lug‘ati - "at-Ta’rifat" muallifi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:36:01
JU’AL ibn SUROQA, Ju’ayl, Ji’ol, Juffol, to‘liq ismi Ju’al ibn Suroqa ad-Damriy al-Riforiy (7-a.) - ilk muhojirlardan. Faqir bo‘lgani uchun Suffa ashobi orasidan joy olgan. Hazrati Payg‘ambar (sav) Banu Musta’liq g‘azvasiga ketayotganlarida Ju’alni Madinada o‘rinlariga vakil qilib qoldirganlar. Zotur-Riqo g‘azvasidan qaytayotganlarida esa, zafar mujdasini Madinaga yetkazish vazifasini unga topshirganlar. Ju’al bani Kurayza g‘azvasida bir ko‘zidan ayrilgan. Ju’al Janobi Rasululloh (sav)ga nihoyatda bog‘lanib qolgan edi. Uning mustahkam imon egasi ekaniga Hazrati Payg‘ambar shohidlik berganlar. Hunayn g‘azotidan keyin o‘ljalar taqsimoti chog‘i Rasululloh Aqro’ ibn Hobis b-n Uyayna ibn Xisnga 100 tadan tuya berib, Ju’alga hech narsa bermagan edilar. Sababini so‘ragan bir sahobiyga, Aqro’ b-n Uyaynani Islomga isintirish uchun ortiqcha o‘lja berganlari, Ju’alning esa, imoniga tayanganlarini aytganlar. "Ju’al bulardaqasidan bir dunyo kimsalarga teng keladi", deganlar. Tabuk g‘azvasida Hazrati Payg‘ambar (sav) bir mo‘‘jizalari ila qornini to‘yg‘izgan uch sahobiyning biri Ju’al edi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:36:36
JO’YBOR XOJALARI, J o‘ y b o r shayxlari- naqshbandiylik tariqatining vakillari. Ularning J.x. nomini olishi Xoja Muhammad Islomning bobosi Xoja Muhammad Yahyo Buxorodagi Jo‘ybor degan yerga ko‘chib kelishi b-n bog‘likdir. J.x. o‘zlarini islom dinini targ‘ib qilish uchun Makkadan Nishopurga, undan Buxoroga kelgan Imom Ali Murtazo avlodi deb hisoblaganlar. J.x.dan Abu Bakr Sa’dga va uning avlodlariga somoniylar davrida Buxoroning shayx ul-islomi degan mansab beriladi. Abu Bakr Sa’dning nevarasi Muhammad Islom J.x.ning iqtisodiy va siyosiy jihatdan katta nufuzga ega bo‘lishida muhim o‘rin tutgan. U 16-a.ning 50-y.larida Shayboniylar davlatidagi toj-taxt uchun bo‘lgan kurashlarga aralashib, o‘z muridi Abdullaxon II ning taxtga chiqishiga yordam beradi. Bu davrga kelib J.x.ga Buxorodagi Sumiton qishlog‘i in’om etiladi. J.x.ning ota-bobolari Buxorodagi Chor Bakr mozoriga qo‘yilganligi uchun 16-a.dan boshlab J.x. bu joydagi qabrlar ustiga hashamatli maqbara kurib, ziyoratgohga aylantirishgan. Bu ziyoratgoxdar katta vaqf yerlariga ega bo‘lib, ularga J.x. merosxo‘rlar tariqasida egalik qilishgan va bu yerlar J.x. xo‘jaligining rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan. J.x. katta yer-mulkka, yuzlab qullarga, ko‘plab chorva mollarga, sug‘orish inshootlariga, savdo korxonalariga ega bo‘lganlar. Ularning savdo karvonlari 16-a.ning 2-yarmidayoq xorij b-n savdo aloqalari olib borgan. Mustahkam iqtisodiy poydevorga ega bo‘lgan J.x. shayboniylar davlatining siyosiy hayotida juda katta rol o‘ynagan. Ingliz sayyohi A. Jenkinson 1559 y.da Buxoroda bo‘lib, bu yerdaga ruhoniylarning rahbarlari bo‘lgan J.x. haqida shunday degan edi: "Buxoroda diniy rahbar bor. Unga qirolga nisbatan ko‘proq kuloq soladilar, u o‘z xohishi b-n qirolni o‘rnidan olib, boshqasini qo‘ya oladi". J.x. 17-a.ning 1-yarmida mamlakatda paydo bo‘lgan qiyin siyosiy vaziyatdan so‘ng o‘zlarining oldinga mavqeini yo‘qotganlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:38:08
- Z -

ZABUR - diniy manbalarga ko‘ra, Dovud(as)ga. nozil bo‘lgan ilohiy kitob. Bibliya "Qadimga axd" kismining bo‘limi. Yunon tilida "rsalom" ("psalom"), "psalterion" ("psaltir"), qad. yahudiy tilida "tahalim" deb atalgan "Hazrati Dovudning sanolar kitobi" nomi b-n mashhur bo‘lgan diniy-musiqiy oyatlar majmui. Mil av. 1500-500-yillarga tegashli. 3. sanolari, asosan, Xudoga bag‘ishlangan madhiyalar, duolar, shukrona, iltijo, nola-fig‘on, dushmanlardan shikoyat va h.k.dan iborat. Ularga ko‘ra, xudo hamma narsalarni ko‘rib-bilib, inson qalbini doim sinab-imtihon etib turuvchi zotdir, u Isroil mamlakati tarixida ham g‘aroyib mo‘‘jizalarni namoyon qilgan. Ayrim sanolarda Yaso(as)ning dunyoga kelishi, azob chekib, jon taslim etishi, so‘ng tirilib, yer yuzida abadiy hukmronligini o‘rnatishi bashorat etilgan (mas., 2, 21, 44, 71, 109-sanolar). Z.ning ba’zi oyatlari Injilga aynan ko‘chirilgan, Iso(as) shu oyatlar mavzuida pandu nasihatlar qilgan ekan. Qur’oni karimning "Sod" surasi (18-20-oyatlar)da Dovud(as) sanolari tilga olinadi. Z.ning asl nusxasi ajoyib she’riyat namunasi sifatida Yevropa xalqlari madaniyati va san’atiga, og‘zaki ijodiga barakali ta’sir ko‘rsatgan. Z.ning o‘zbek tilidaga to‘liq matni Bibliyani tarjima qilish instituti (Stokgolm) tomonidan 1992 y.da "Injil", "Tavrot" ("Ibtido"), "Zabur" kitobi tarkibida chop qilingan (tarjimon doktor Yusuf Gulkarov).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:38:49
ZAYD ibn ALI (7-740) - shialikdagi zaydiylar firqasining asoschisi. Muhammad (sav) oilasining avlodi sifatida imomlikka da’vogarlik qilib, 739 y.da Kufa sh.da umaviylar hokimiyatiga qarshi isyonga bosh bo‘lgan. Muhammad al-Bokirning sustligidan norozi bo‘lgan shialar uning ukasi g‘ayratli Z.i.A. atrofida birlashib, uni imom deb e’lon etadilar. Ammo xalifa Hishom (724-743) qo‘shinlari 740 y. isyonni bostiradi. Z.i.A.ning o‘zi jangda halok bo‘ladi. Jasadi Kufada chormix qilinib, kesik boshi Damashqqa, xalifa Hishomga yuboriladi.
Z.i.A. tarafdorlari alohida diniy-siyosiy guruh tuzib, Hazrat Ali avlodiga mansub imom boshchiligida diniy davlat tuzishga intiladi. Ular Z.i.A.ni so‘nggi - 5-imom deb bilib, keyingi imomlarni tan olmagan. Z.i.A. o‘zining imomat da’vosini Hasan va Husayndan so‘ng Ali va Fotimaning har qanday avlodi imom bo‘lishi mumkin, deb asoslagan. Imomlikka da’vogar ko‘liga kurol olib, isyon ko‘tarishi - imomatga o‘tirishning asosiy sharti, deb bilgan. Shialarning imomlari, xususan, Jafar as-Sodiq esa, o‘z tarafdorlarni qurolli isyon ko‘tarmaslikka chaqirgan edi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:39:48
ZAYD ibn SOBIT, Abu Xorija (Abu Said) Zayd ibn Sobit ibn az- Zahhok al-Ansoriy al-Xazrajiy (taxm. 615 - taxm. 665) -Muhammad (sav)ning kotibi, Qur’on yozma matni tuzuvchisi. Xazraj qabilasidan. 11 yoshida islomga kirgan va Muhammad (sav) huzurida Qur’onni o‘rgangan. Sahobalarning yetuk namoyandalaridan biriga aylangan. Oromiy (suryoniy) hamda yahudiylar xati (yozuvi) va tilini bilgan. Muhammad (sav) vafotidan so‘ng xalifa Abu Bakr as-Siddiq (ra) unga Qur’on matnini jam qilishni buyurgan. Xalifa Usmon ibn Affon (ra) davrida (650 y.dan so‘ng) unga uch makkalik (Abdulloh ibn az-Zubayr, Sa’d ibn al-Asom, Abdurahmon ibn al-Horis) b-n birga Qur’onning rasmiy yozma matnini tuzish topshirilgan. Tuzilgan bu to‘plam "Mushaf", "Usmon mushafi" nomi b-n yuritilgan. Uni xalifa Usmon (ra) birdan-bir to‘g‘ri va barcha musulmonlar o‘qishi uchun majburiy matn, deb e’lon qilgan. Undan farq qiladigan to‘plamlarning barchasini yo‘qotish haqida buyruq berilgan. Z.i.S. shuningdek mol-mulkni taqsimlash qoidalari (faroiz) ning bilimdoni, hazrat Umar (ra) davrida qabilalar devonini tuzuvchilardan biri ham bo‘lgan. Xalifa Usmon (ra) davrida Madinada xalifaning xazinaboni bo‘lgan va qozilik qilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:43:12
ZAYD ibn HORISA (? - 629) - sahoba, Muhammad (sav)ning ozod qilgan quli va tutingan o‘g‘li. Yoshligidan Payg‘ambar (as) oilasida tarbiyalangan. Xadichadan keyin makkalik ilk musulmonlarning uchinchisi, Qur’onda zikr qilingan birdan-bir sahoba (Ahzob, 37). Zaydning otasi Horisa qadoa qabilasidan edi. Kichik yoshdaga Zayd onasi b-n birga qabila ziyoratiga borayotib asir tushgan, Makkaga keltirib Ukoz tijorat markazida sotilgan. Bozordan hazrati Xadichaga atab sotib olingan. Zaydni keyinchalik Xadicha onamiz hazrati Muhammad (sav) ga hadya qilgan. Rasuli Akram (sav) esa, uni qullikdan ozod etganlar va Zayd otasi va qabilasiga qaytib ketishni istamagach, uni farzandlikka qabul qilganlar. 3. Badr jangidan tortib Muta jangida shahid bo‘lgunga qadar barcha g‘azavotlarda Muhammad (sav) b-n birga bo‘lgan. Payg‘ambar (as) chor atrofga yuboradigan sariyyalarga (o‘zlari bo‘lmagan qo‘shinlarga) doimo Zaydni amir etib tayinlaganlar. Zayd Muta jangida kdtnashgan askariy qo‘shinga amirlik qilgan va jangda halok bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:43:36
ZAYDIYLAR - shialikda vujudga kelgan firqa tarafdorlari. 8-a. o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Arab xalifaligida ziddiyatlar keskinlashib, guruhlar o‘rtasidagi kurash kuchaygan, umaviylar hokimiyati inqirozga uchragan davrda vujudga kelgan. Firqa shialarning 5-imomi Muhammad al-Bokirning ukasi Zayd ibn Ali Zayn al-Obidin nomi b-n atalgan.
864 y.da Z. qo‘zg‘oloni Shim. Eronda g‘alaba qilib, mustaqil davlat vujudga keldi. Tabariston, Daylam, Gilon viloyatlarini o‘z ichiga olgan bu mustaqil davlatdagi Z. imomlari 300 yilcha hukmronlik qilgan. 901 y.da Z. Yamanda ham hokimiyatni qo‘lga kiritib, mustaqil davlat tuzgan. Yamanda Z. hukmronliga 1962 y. 26 sent. inqilobigacha, ya’ni Yaman respublika deb e’lon qilinguncha davom etgan. Z. Zaydni so‘nggi 5-imom hisoblab, undan keyingi shia imomlarini tan olmaydi. Ular o‘z aqidalari va marosimlari jihatidan shialar va sunniylar o‘rtasida turib, har ikkala oqimga nisbatan murosasozlik yo‘lini tutadi. Z. yashiringan imom Mahdiyga ishonmasliklari, Alidan ilgarigi uch xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon)ni la’natlamasliklari, taqiyya tamoyilini va muta (yoki siyg‘a) nikohini inkor etishlari b-n shialardan, avliyolar va mozorlarga sig‘inishni hamda darvishlik va zohidlikni inkor etishlari b-n sunniylardan ajralib turadilar. O’z aqidalarida mu’taziylardan iroda erkinligi va Qur’onni Alloh yaratganligini, xorijiylardan esa, diniy e’tiqodni amaliy faoliyat b-n mustahkamlash tamoyillarini qabul qilib olganlar. Hoz. Yaman aholisining yarmidan ko‘prog‘i Z. firqasiga mansub. Saudiya Arabistonida, Pokiston va b. davlatlarda xam bor
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:44:13
ZAYNIDDIN BOBO, Shayx Abu Bakr Zayniddin boboKo‘yi Orifon Toshkandiy (1164-1259) - shayx. Otasi Shayx Shahobiddin Abu Hafs Umar Suxravardiy, Bag‘dodning katta mutasavviflaridan bo‘lgan, suxravardiya tariqatiga asos solgan. Shayx Shahobiddin Suxravardiy 1215 y. Bag‘dod xalifasining elchisi sifatida xorazmshoh Muhammad huzuriga kelgan. Shunda Z. ham otasi b-n Movarounnahrga kelgan va keyinchalik Shosh (Toshkent)da, shaharning Ko‘kcha dahasidagi Ko‘yi Orifon mahallasi (laqabi shundan)dagi mavjud maqbara chillaxonasida hayot kechirgan va tasavvuf b-n shug‘ullangan. Tarixiy manbalarda Z. "sayyidlarning ulug‘i va sharif kishilarning karomatlisi va buyugi", "oriflarning qutbi va ishonchli rahnamosi" deb ta’riflanadi. Amir Temur 1391-92 va 1402 ylarda Z. maqbarasini ziyorat qilgan va ta’mir ettirgan. Z. Toshkentda vafot etgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:46:47
ZAYNIDDIN BOBO MAQBARASI, Shayx Zayniddin bobo maqbarasi  - Toshkentdaga me’moriy yodgorlik (13-14-a.lar). Amir Temur Ko‘kcha darvozasi tashqarisidagi Orifon qishlog‘iga dafn etilgan Zayniddin boboga atab soldirgan. Arxeologik tekshirishlarga ko‘ra, yodgorlik yonida joylashgan chillaxona 12-13-a.larga, maqbara o‘rnida bo‘lgan xonaqoh 14-a.ga oid. Maqbara devori asosi 16-a.da qurilgan, tepasi va peshtoqi 19-a. oxiri - 20-a. boshlarida ta’mir etilgan. Tashqi gumbaz baland asosga o‘rnatilgan. Yog‘och darvozaga ustaning nomi -"Mirsharob Abdumo‘min o‘g‘li" o‘yib yozilgan. Darvoza tepasidagi deraza o‘rnida yog‘och panjara saqlanib qolgan. 13-14-a.larda maqbara atrofida qabriston vujudga kelgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:47:37
ZAKARIYO (as) - Qur’onda nomi zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. Z. (as) Qur’onda 8 joyda zikr qilingan. 3. (as)ning nasabi haqida Qur’onda biron narsa deyilmagan. Z. (as) yoshi ulg‘ayganda ham befarzand edi. Shu sababli o‘zlaridan keyin "Bani Isroil" qabilasining ahvoli ne kechar ekan, deya ko‘p o‘ylardi. Chunki, ular shariat ahkomlariga yaxshi rioya qilmas, Z. (as)dan keyin ularga nomaqbulroq kishi sardorlik qilsa, ular zalolat ko‘chasiga kirib ketishlari aniq edi. Qur’onda kelganqtsek, o‘zini ibodatga bag‘ishlagan Maryamga Z. (as) kafillik qilar, zero, Z. (as) Maryamning xolasining eri edi. Z. (as) masjiddan Maryam uchun maxsus joy hozirlab, har kuni uning holidan xabar olib turar edi. Masjidda Maryamga g‘oyibdan turli taomu sharbatlar, mevalar in’om etilayotganini sezgan Z. (as) uvdan bu nozu ne’matlar qaerdan kelayotganini so‘radi. Maryam bularning barchasi Allohning marhamati ekanligini aytdi. Shunda, Allohning har narsaga qodir ekanini bilgan Z. (as) Allohning marhamatidan umid qilib, qarib, zaif bo‘lib qolgani va befarzandlik dog‘i uni kuydirayotganini arz etib, Alloxdan iltijo b-n farzand so‘radi. Farzand so‘rashidan asosiy maqsad nasl qoldirish va o‘zidan keyin qavmu qarindoshlarini yomon yo‘lga yurib ketishlaridan saqlab, ular orasida odilona hukm yurgazadigan o‘rinbosar bo‘lishini istagan edi. Bu hakda Ol Imron surasi 37-38-oyatlarda va Maryam surasi 2-7-oyatlarda bayon qilingan. Alloh taolo Z. (as)ning duosini qabul etganini, Yahyo ismli farzand dunyoga kelishi bashoratini maloikalar Z. (as)ga yetkazadilar. Z. (as) "o‘zim qari, xotinim yoshligidan befarzand bo‘lsa, endi bu xushxabar qanday bo‘lar ekan" deb taajjublanadi. Shunda unga: "Bu Allohning irodasi. Alloh har narsaga qodir zotdir" - degan vahiy bo‘ladi. Z. unday bo‘lsa xotini homilador bo‘lganligini qanday qilib bilishi mumkinligini Allohdan so‘raganida - "Xotining homilador bo‘lganida sen odamlarga gapira olmay, tiling so‘zga kelmay qolur. Faqat ishora bilangana ularga xitob qila olursan. Bu holat 3 kun davom etur. Ana shunda bilgilkim ayoling farzandga homilador bo‘lgan bo‘lur. Shu kunlarda sen Allohga tasbeh va tahlil aytishga mashgul bo‘lgan", - degan xitob bo‘ldi. Bu haqda Ol Imron surasi 41-oyatda bayon qilingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:49:06
ZAKOT (arab - tozalash, sadaqa berish) - mol-mulk va daromaddan beriladigan sadaqa, xayr-ehson. Islomning besh asosiy talablaridan biri. Shariatga muvofiq, muayyan boylikka nisobga ega bo‘lgan musulmon 3. beradi. Uning mikdori (85 gr. oltin mikdoridagi mablag). Mazkur mablag kishining o‘zi va qaramog‘idagilarning zaruriy ehtiyojlaridan ortiqcha bo‘lishi lozim. Bu mablag‘ga kishining jamg‘armasi, do‘kondaga sotiladigan mollari, sotaman deb olib qo‘ygan narsalari, birovga bergan qarzi kiradi. Qur’oni karimning ayrim suralarida 3. namoz b-n yonma-yon zikr etilgan. U yilda bir marta berilishi shart bo‘lgan xayr-ehson (sadaqa) qatoriga kiradi va ayni vaqtda ibodat hisoblanadi. Beriladigan Z. mikdori mablag‘larning 1/40 ulushi (2,5%)ga teng; Zotan Z.ning asl hikmati faqir va muhtojlarning hojatlarini chiqarmoqdir. Z.ni bera olmaydigan musulmonlar olishga haqli, avval Z. qarindoshlar orasvdaga muhtojlarga, unday qarindoshlar bo‘lmasa, so‘ng boshqa kambag‘al, qarzdor, musofirlarga beriladi. Dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan Z. miqdori bir oz boshqacharoq belgilangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:52:33
ZALOLAT (arab. - adashish, haqiqatdan yuz o‘girish, gumrohlik) - haqiqiy e’tiqoddan adashish, yuz o‘girish, aynish. Hidoyatning qarama-qarshisi. Sharq mutafakkirlarining ta’kidlashlaricha, Z. to‘g‘ri yo‘ldan chiqib ketishdir. Boshqa guruhlar fikricha, Z. maqsadga erishish uchun olib boradigan narsaning yo‘kligvdir. Tasavvuf axli odamni to‘g‘ri yo‘ldan boshlab olib bora olmagan tariqatni Z. deb hisoblaydi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:54:36
ZAMAXSHARIY, Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad (1075-1144) - tilshunos, shoir, mu’taziliylar nazariyotchisi, faqih. "Jorulloh" - "Allohning qo‘shnisi", "Butun dunyoning ustozi", "Xorazm faxri" nomlari b-n ulug‘langan. Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi rahbarligida savod chiqarib, Gurganjda, Buxoroda ilm olgan. Bir necha yil xorazmshohlar saroyida xizmat qilgan. 1118 y.dan butun umrini ilm-fanga bag‘ishlagan. Ikki marta haj safarida bo‘lgan. Ko‘hna Urganchda vafot etgan. Z arab tili, adabiyot, geografiya, tafsir, hadis va fiqhga oid 50 dan ortiq asar yaratgan, ularning 20 ga yaqini saklanib qolgan. Uning Qur’on tafsiriga bag‘ishlangan "Qur’on haqiqatlari va uni sharxdash orqali so‘zlar ko‘zlarini ochish" ("Al-Kashshof an haqoiq it-tanziyl va uyun-il-aqoviyl fi vujuh it-ta’viyl) asari mashhurdir. 1132-1134 ylarda Makkada yozilgan bu kitob qisqacha "Kashshof" deb ataladi. Mu’taziliylik ruhidagi bu asarda Z Qur’onning yaratilgani g‘oyasi ifodalangan. Tavhid (yakkaxudolik) tushunchasini, Alloh sifatlarini mu’taziliylar nuqtai nazaridan talqin qilgan. Asar Qur’on matnini chuqur filologik tahlil qilganligi b-n qimmatlidir. Bu asar dunyoning turli shaharlarida qayta-qayta nashr qilingan. Musulmon ahli, olimlar undan hozirgacha muhim dastur sifatida foydalanadilar. "Kashshof"ning yuzga yaqin qo‘lyozmasi va unga yozilgan 20 dan ortiq sharhi bor. Z.ning fiqhga oid "Turli masalalarning muhimi", "Vorislik huquqi ilmi bo‘yicha mashq", din asoslari haqidagi "Usuldagi tartibotlar", "Shahodat kalimasi haqida risola", hadislarga bag‘ishlangan "G’arib hadislar haqida ajoyib asar", shuningdek til, nahv masalalarini keng yoritgan kitoblari, she’riy devonlari saklangan bo‘lib, ular turli tillarga tarjima qilinib chop etilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:55:31
ZAMZAM, Obi zamzam- Makka sh.dagi "Masjidi Harom" sahnidagi muqaddas buloq. Ka’ba yonida bo‘lib, hoz. vaqtda pastda -alohida va maxsus joyga o‘tkazilgan suv jo‘mraklari orqali ichiladi. Buloq suvi kengligi bir qarichdan ortikroq po‘lat quvur orqali chiqadi, oynaband xonada xizmatchilar uni Masjidning birinchi, ikkinchi va uchinchi qavati (tomi)ga tarqalishini nazorat qilib turadilar. Suv tarqatgach uskunalar kecha-kunduz beto‘xtov ishlaydi.
Z tarixi uzoq. Rivoyatlarga ko‘ra, buloqning paydo bo‘lishi Ibrohim (as)ning o‘g‘li Ismoilning tavalludi b-n bog‘lanadi: cho‘lda qoldirib ketilgan bibi Hojar chaqalog‘i (Ismoil) dunyoga kelgach, yuvinish va chanqovini bosish maqsadida suv axtarib shu yaqindagi Safo va Marva tepaliklari orasida yetti marta yelib-yuguradi. Suv topolmay obdon toliqqan ona chaqalog‘i yoniga qaytsa, uning oyoklari ostidan suv chiqayotganligini ko‘radi. Nima kdlarini bilmay shoshib qolgan bibi Hojar "zam, zam" (ya’ni "to‘xta, to‘xta!") deydi. Boshqa bir rivoyatda onaning mushkul ahvolidan boxabar bo‘lgan Jabroil (as) yerni siypalab suv chiqarib bergan deyiladi. Lekin oradan ko‘p asrlar o‘tib buloq ko‘zi yopilib qoladi. Vaqti kelib Muhammad (sav)ning buvalari Abdulmuttalib buloq ko‘zini qayta ochgan. Z Qur’oni karimda tilga olingan. Z suviga yuz-qo‘llarni yuvish, undan ichish haj va umra amallarini bajarishning belgisi va savobli ish hisoblanadi. Ziyoratchilar qaytishda o‘zlari b-n suvdan olib ketib, ko‘pchilikka tarqatadilar. Hoz. Makkada suvni turli hajmlardagi idishlarga kuyadigan moslama ishga tushirilgan.
Z suvi o‘ziga xos xususiyatga ega. Tarkibi kishi tanasi uchun foydali ma’danlarga boyligi, oshqozon-ichak, qon tomiri va b. ba’zi kasalliklarga davo ekani aniklangan. Shu bois "Z suvi salomat kishi uchun taom, kasalmandlar uchun shifobaxshdir" deyilgan hadisi sharifda.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:56:20
ZANGI OTA, asl ismi Oyxo‘ja ibn Toshxo‘ja (? - 1258) — avliyo, hakim. Toshkentda tug‘ilib, yashagani haqida ma’lumotlar bor. Ahmad Yassaviyning ustozi Arslonbob eshonning avlodi (avarasi). O’ta qora tanli bo‘lgani uchun zangi (zanji) deyishgan. Tasavvufni targib qilgan. El-yurt molini boqib podachilik b-n shug‘ullangan. Rivoyat qilishlaricha, uning qaramog‘idaga mollar yaylovda o‘tlab kechqurun uyga qaytishda kishilarning ekinzorlariga kirmas, o‘t-o‘landan bir chimdim ham yemas ekan (shu sababli chorvadorlar Z.o.ni o‘z pirlari deb hisoblaydilar). Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Zangi ota Hakim ota (piri)dan diniy bilimlarni olib, shu b-n birga mustaqil aql va ilm hosil qilgan. Hakim otaning asl nomi Sulaymon Boqirgoniy bo‘lib, u zot sufiy shoir bo‘lgan, Ahmad Yassaviyning xalifasi edi. Hakim ota vafot etganidan keyin, oradan ma’lum vaqt o‘tgach Z.o. u zotning bevalari bo‘lmish bibi Anbarga Xorazmga sovchi yuboradilar va o‘z nikohiga oladi, Anbar bibidan bir necha farzandlar ko‘radi. Z.o. maqbarasi O’rta Osiyodaga g‘oyat ajoyib tarixiy va me’moriy obidadir. U 14-a.ning 90-y.larida qurilgan. Bu hakdagi bir rivoyatda, Amir Temur Yassaviyning qabrini ziyorat qilgani keladi va qabr ustiga maqbara qurishga farmoni oliy beradi, ustalar ishga kirishadilar, lekin har kuni kechasi devor kulab tushaveradi. Bu qiziq bir sinoat edi. Shunda Ahmad Yassaviyning ruhlari paydo bo‘lib, mendan avval shoshlik (toshkentlik) Z.o. (Oyxo‘ja)ga maqbara quringlar, degan ekanlar. Bu voqeadan keyin Yassi sh.dan Z.o. maqbarasigacha odamlar qator turib g‘ishtlarni qo‘lma-qo‘l uzatishgan emish. Z.o. qabrini me’moriy obidalar majmui ham deyiladi. Zero, u darvozaxona, minor-mezona, masjvd, madrasa, xonaqoh, shiypon, hovuz, Zangi ota va umrdoshlari Anbar bibi maqbaralaridan tashkil topgan. Olimlarning fikricha, maqbara uslubiy jihatdan Samarqand sh.dagi obidalarga o‘xshashligi chindanda, uning Amir Temur tomonidan qurilganidan dalolat beradi. Z.o. va Anbar onaning qabrlari Toshkentdan 16 km jan.da, Zangaota tumanidagi Zangaota qishlog‘ida. Bu maskan katta ziyoratgoh hisoblanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:57:36
ZANGI OTA MAJMUASI - Toshkent viloyati Zangi ota qishlog‘idagi me’moriy yodgorlik (15-20-a.lar). Z.m. Zangi ota, Anbar bibi maqbarasi, darvozaxona, madrasa, masjid, xonaqoh-shiypon, minora va hovuzdan  iborat.
Anbar bibi maqbarasi, hovuz, shiypon va darvozaxona alohida-alohida qilib kurilgan. Zangi ota maqbarasi esa madrasa va masjid b-n yonma-yon tushgan bo‘lib, hovliga shim.-sharq va shim.-g‘arbdagi darvozalar orqali o‘tiladi. Minora ham shu hovlining o‘rtarog‘iga, masjid va maqbaraga yaqinroq qilib kurilgan. Z.m.ga ikki tomoni terakzorli xiyobon orqali boriladi. Majmuaga jandan qad. qabriston tutashgan, uning atrofi devor b-n o‘ralgan. Zangi ota maqbarasi peshtoqi hovliga qaragan, qolgan uch tomoni esa qabristonga yondosh qilib qurilgan.
Zangi ota maqbarasi dastlab 4 xonali (ziyoratxona, go‘rxona va uning ikki yonida kichik xona qoldikdari saklangan), bezaksiz bo‘lgan. Ichki xona devorlari ravokli chorsi asosdan, burchaklaridagi bag‘al sakkiz qirrali, gumbazlari har xil. Darcha va tobodonlar ishlangan. Go‘rxonadagi oq marmar qabrtoshiga nafis o‘yma naqsh va arabiy xatlar bitilgan. Keyinchalik maqbara oldiga peshtoq qurilib koshinkori bezak berilgan. Peshtoq va xonalar tashqi devori, ziyoratxona va go‘rxona poygumbazi sayqallangan g‘ishtchalar, o‘ymakor rang-barang koshinlar b-n bezatilgan. Ichki xona idorasi parchinli, mehrobiga "P" shaklida koshin va arabiy yozuv bitilgan. Gumbaz osti bezaklari ustiga zarhal berilgan. Peshtog‘idagi namoyon hoshiyalari sopol, sirkor gasht va yig‘ma koshin terilib, unga sakkiz burchakli turunjlar ishlangan. Maqbara Amir Temur tomonidan qurilganligi (14-a. 90-y.lari) va Ulug‘bek davrida (15-a.ning 20-y.lari) bezak ishlari bajarilganligi aniqlangan. 16-17-a.larda peshtoq va gumbazlari ta’mirlangan. Maqbara yoniga bir qavatli madrasa va namozgoh masjidi kurilgan (1832). Madrasa bir qavatli qator hujra, 2 darvozaxona va 3 yirikroq xona (darsxona)dan iborat. 1870 y.da Z.m. ta’mirlanib, namozgoh masjidining peshayvoni qurilgan. Qo‘qonlik usta hoji Muhammad bezagan. Majmua atrofi obodonlashtirilib, tarixiy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:58:31
ZARAZMIY, Abul Hasan Ali ibn Xujr as-Sa’diy al-Marvaziy az-Zarazmiy (771-858) -muhaddis, faqih, adib. Marv viloyatidagi Zarazm qishlog‘ida tug‘ilgan. Iroq va Xijozdagi shaharlar bo‘ylab ko‘p sayohatlar qilgan. Undan ta’lim olish uchun huzuriga turli mamlakatlardan olimlar kelishgan. Sam’oniy Z.ning 10 ta ustozi va 7 shogardini sanab o‘tadi. Z fiqh va hadisga oid 3 ta asar yozgan. Zarazm qishlog‘idagi qabri ziyoratgoh bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 16:58:55
ZAHABIY, Abu Abdulloh Shamsuddin Muhammad ibn Ahmad (1274, Damashq -1348) -mashhur tarixchi va muhaddis. Damashq va Qohira madrasalarida tahsil olgan, so‘ng Damashq madrasasida mudarrislik qilgan. Islom olamida tarix va hadis allomasi sifatida shuhrat qozongan. 12 jildli "Tarix al-Islom" ("Islom tarixi"), "Al-Ibar" ("Ibratlar"), "Siyar an-nubalo" ("Olijanob kishilar siyratlari"), 'Tabaqot al-huffoz" ("Hadis hofizlari tabaqalari"), "Tabaqot al-qurro’" ("Qorilar tabaqalari"), "Miyzon al-i’tidol fiy naqd ar-rijol" ("Hadis roviylariga baho berishning adolatli mezoni") kabi islom tarixi va hadisga doir ko‘plab asarlar yozgan. Bulardan eng mashhuri "Tarix al-Islom" asari bo‘lib, unda O’rta Osiyo, jumladan Movarounnahr tarixining o‘rganilmagan jihatlarini oydinlashtiruvchi ko‘plab muhim ma’lumotlar bor.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 17:01:29
ZIYOVUDDIN ibn ESHON BOBOXON (1908 - 1982) - muftiy, diniy arbob. Dastlab o‘z otasi Eshon Boboxon Abdumajidxon o‘g‘li qo‘lida, so‘ngra Toshkentdagi Baroqxon, Ko‘kaldosh madrasalarida tahsil ko‘rgan (1923-31). Qohiradagi al-Azhar dorilfununini tugatgan (1947). Z.E.B. O’rta Osiyo va Qozogaston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkiliy qo‘mitasida bosh kotib (1942), diniy boshqarma raisining o‘rinbosari (1943-57), raisi (1957-82). Toshkentda Imom Buxoriy nomidaga Islom in-tini tashkil etdi (1969) va unga bevosita rahbarlik qildi. Uning sa’yi harakati b-n Buxorodagi "Mir Arab" madrasasi faoliyati qayta tiklandi (1945). Sobiq Sovet Ittifoqi va bir qancha musulmon mamlakatlarida o‘tkazilgan yirik xalqaro diniy anjumanlarning tashkilotchisi yoki faol ishtirokchisi sifatida turli xalqlar va dinlar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilishiga harakat kdpdi. Masjidlar bo‘yicha Butunjahon Oliy Kengashi a’zosi etib saylandi (Makka, 1976). Ziyovuddinxon diniy merosni keng targ‘ib va tashviq qilishdan tashqari ilmiy, adabiy faoliyat b-n ham shug‘ullangan. Ibn Sinoning gagaenaga oid kitobini o‘zbek va rus tillariga o‘gargan (Abu Ali ibn Sina, Traktat po gigiene, T., 1982). Ziyovuddinxonning "Diyorimizda islom va musulmonlar" asari (1979, rus tilida)da islom dinining mohiyati ochib berilgan, u barcha zamon va xalqlar uchun salohiyatli din, uning tamoyillari barcha yaxshi niyatli kishilarning orzu-umidlari b-n hamohang ekani ko‘rsatilgan. Futuhiy taxallusi b-n she’rlar bitgan. Xalqlar o‘rtasida tinchlikni saqlash, yer yuzida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash ishiga hissa qo‘shgani uchun Iordaniya, Suriya, Marokash va Misr Arab Respublikasining oliy ordenlari b-n takdirlangan. 1998 y. tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlab Toshkentda ilmiy-amaliy konferentsiya o‘tkazildi. Toshkentdagi Qaffol ash-Shoshiy qabrlar majmuasida otalari Eshon Boboxon yoniga dafn etilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 17:02:56
ZIYORAT (arab. - biror yerga yoki shaxs huzuriga borish) - muqaddas joylarga, mozor va qabristonlarga borib, muayyan rasm-rusumlarni bajarib kelish. Z marosimi odatda qabr tepasida Qur’onning ayrim suralari (ayniqsa Fotiha surasi)ni o‘qib, marhum haqqiga duo qilish, shuningdek xayr-ehson, sadaqa berish kabilardan iborat. Islom dini aqidasiga ko‘ra, aziz-avliyolarning maqbaralariga Z uchun borilganda ularning ruhlaridan madad so‘rapshik, hojatlar ravo qilinishi, dardlarga shifo berilishi, farzand ato etilishi kabi iltijolar nojoizdir. Chunki, bu kabi amallarni ro‘yobga chiqarish faqat Allohning ixtiyoridadir. Z qilinuvchilar payg‘ambar bo‘ladimi, avliyo yoki tariqat shayxi bo‘ladimi, ulardan najot so‘rash o‘rniga haqlariga duoi xayr qilish, sadaqa-ehson savoblarini ularning ruhlariga hadya etish o‘rinlidir. Islomda shaxsga sig‘inish shirk sanaladi. Muhammad (sav) o‘zlarining bir hadisi shariflarida aytganlar: "Qabristonlarni ziyorat qilib turingazlar, zero u oxiratni eslatadi". Oxiratni eslash esa, kishini yovuzlikdan uzoqlashtirib, ezgulikka yaqinlashtiradi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 17:03:49
ZIYORATGOH - q. Muqaddas joylar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 17:04:28
ZIKR, zikr tushish (arab. yodga olish, eslash) - tasavvufda xudoni yodga olish b-n bog‘liq marosim. Ilohiyotchilar Allohni yodga olish zarurligini Qur’oni karimning "Allohni zikr qilish b-n qalblar orom olur" (13:28) degan oyati b-n bog‘laydilar. Z ovoz chiqarib (zikr al-jahriy) va ovoz chiqarmasdan (zikr al-xafiy) tushiladi. Ovoz chiqarib Z tushish O’rta Osiyoda ham keng tarqalgan. Bunda bir guruh sufiylar avval davra qurib o‘tiradi, bir kishi (qavvol) muayyan iboralarni ma’lum ohangda o‘qiydi, unga ayrim musiqa asboblari jo‘r bo‘ladi; bora-bora kishilar o‘rnidan turib, o‘ziga xos harakatlar qila boshlaydilar. Z vaqtida sufiy va darvishlar "Alloh hayy" (Alloh tirik); "la iloha illalloh" (Alloxdan o‘zga ma’bud yo‘q); "Allohu akbar" (Alloh -eng ulug‘); "al hamdu lilloh" (Allohga hamdu sanolar)" va b. so‘zlarni takrorlaydi. Uzoq vaqt takrorlangan so‘zlar, musiqa va raqs natijasida Z tushayotgan o‘zligani unutadi, Alloxdan boshqa hech kim va hech narsani yodiga keltirmaydi. Zotan sufiylar uchun Z tushishdan asosiy maqsad Allohga yaqinlashishdan iborat. Z mavlud va boshqa diniy marosimlarning tarkibiy qismiga aylangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 17:05:10
ZIMMIY (arab. birovning zimmasidagi shaxs), ahli zimma- islom davlati soyasida yashaydigan g‘ayridinlar. Ya’ni, ular dini, joni, moli va b. sohalarining tinch-omonligi musulmonlar zimmasida bo‘lganlardir. Ular b-n axdnoma tuzilganda musulmonlar ana o‘sha narsalar ila ularni ta’minlashni o‘z zimmalariga olganlar. Payg‘ambar (sav) davrlarida Madinai Munavvarada yahudiylar musulmonlar b-n axdnoma asosida axli zimma bo‘lib tinch-omon o‘z dinlariga amal qilib yashaganlar. Abu Bakr Siddiq (ra)ning davrlarida ham ana o‘sha siyosat davom etdi. Umar ibn Xattob (ra)ning Baytul Makdis nasorolariga bergan axdlari va ular b-n qilgan muomalalari islomda Zlarga bo‘lgan munosabatning namunasidir. U kishi Jobiyada turganlarida huzurlariga Iliya axli kelib omonlik so‘rashdi. Ular b-n jizya berish haqidagi sulh tuzildi va quyidagi axdnoma yozildi: "Bismillahir roxmanir rohiym. Ushbu Allohning bandasi, mo‘minlarning amiri Umar Iliya axliga bergan omonlikdir. U ularning jonlariga, mollariga, cherkovlariga, xochlariga, bemorlariga va sog‘lariga hamda barcha millatiga omonlik berdi. Ularning cherkovlari maskan qilinmaydi, buzilmaydi va cherkovlar, ulardagi narsalar, xochlar hamda ularning molu mulklaridan biror narsa kamsitilmaydi. Ulardan biror kishiga zarar etkazshshaydi. Iliyada ular b-n birga birorta ham yahudiy maskan tutmaydi. Ahli Iliya zimmasida xuddi axdi Madoin bergandek jizya berish bordir. Rumlarni (vizantiyaliklarni) va o‘g‘rilarni chiqarish ularning zimmasidadir. U yerdan kim chiqsa, to omonlik yeriga yetib olgunicha joni ham, moli ham omonda bo‘ladi. Ulardan kim muqim qolsa, u ham omondadir. Uning zimmasiga ham axli Iliyaga bo‘lgan jizya lozim bo‘ladi. Axli Iliyadan kim joni va moli ila Rumlar b-n ketishni va ibodatxona hamda xochlarini qoldirishni istasa, ular omoshtik joylariga yetib olgunlaricha o‘zlariga ham, ibodatxona hamda xochlariga ham omonlik bor. U yerda yer axdidan kim bo‘lgan bo‘lsa, ulardan kim qolishni istasa qolaveradi. U axdi Iliya o‘tagan jizyani o‘taydi. Kim istasa, axli Rum b-n ketaveradi. Kim istasa, axliga qaytib kelaveradi. Hosillarini yig‘ib olmagunlaricha ulardan hech narsa olinmaydi. Qachon ular o‘z zimmalaridagi jizyani bersalar, ushbu maktubdaga narsalarda Allohning axdi, Uning Rasulining zimmasi, xalifalarning zimmasi va mo‘minlarning zimmasi bor". Ushbu ahdnomani Iliyaning a’yonlariga olib borishganvda ular cheksiz kuyundilar. Bunchalik kengliklar va himoyalar bo‘lishi ularning yetti uxlab tushlariga ham kirmagan edi. Bir ming to‘rt yuz yildan ko‘proq oldin yozilgan ushbu hujjatda Islom davlatining g‘ayridin kishilarga qandoq munosabatda bo‘lishi ko‘rinib turibdi. Ular to‘liq erkinlik, haq-huquklari b-n ta’minlangan bo‘lishi ham yaqqol ko‘rinib turibdi. Shuning uchun ham o‘sha paytlarda ko‘pgina g‘ayridin xalqlar va jamoalar o‘z dindoshlari hukmidan ko‘ra musulmonlarning hukmini afzal ko‘rganlar. Bunga misollar ko‘p. Buni insofli g‘ayridin bohislar kitob qilib yozganlar. Ana o‘sha narsani hozirgacha birov qila olgani yo‘q. Hoz. xorijiy Sharkdaga musulmon mamlakatlarida Z haqidagi tasavvur borgan sari yo‘qolib bormokda, qaysi dinda ekanidan qati nazar barcha fuqarolar umumiy qonunga itoat etadilar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 17:06:17
ZINDIQ (ko‘pliga - zanodiqa) - ilohiyotda, asosan, moniylik, mazdakiylik va xurramiylar ta’limoti vakillarini anglatuvchi istiloh; keng ma’noda "Allohga ishonmovchi", mo‘minning ziddi. Z so‘zi Islomga sosoniylar davridaga eroniy lahjadan  Z deb Avestoni yangicha, allegorik talqin etuvchi kishilarni atashgan. Islomda Z istilohini keng qo‘llanilishi uning diniy talqinidan ko‘ra, ko‘proq siyosiy jihati b-n izohlanadi. "Allohga ishonmasliga" (zandaqa) imon uchun emas, avvalambor davlat hokimiyatiga xavf-xatar tug‘diruvchi shaxslarni Z deb e’lon qilishgan. Zandaqani targ‘ib etgani uchun islomda ilk bor Z. deb qatl etilgan shaxs Ja’ad ibn Dirham bo‘lgan. U Kur’on yaratilgan deb da’vo qilgani uchun 742 (743) y. Irokda osib o‘ldirilgan. Xalifa al-Maxdiy davri 775-785)da maxsus qozilik mansabi - Zlarni nazorat etuvchi (sohib yoki Orif az-zandaqa) tayin etilgan. Islom tarixidagi Z.larga qarshi namunali jazo choralari ko‘rilgan xollar ko‘p bo‘lgan (molikiylar G’arbda, xanafiylar - Usmonli turk saltanati davrida). Hoz. vaqtda islom aqidaparastlari Z tushunchasini din manfaati yo‘lida yetarlicha qayg‘urmayotganlarga nisbatan ham qo‘llaydi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 17:06:42
ZINO (arab. - buzuklik, fahsh, zinokorlik) - islom aqidasi bo‘yicha erkak va ayolning shar’iy nikohsiz jinsiy aloqada bo‘lishi. Shariatda Z. uchun yuz darra urishdan tortib o‘lim (toshbo‘ron qilish) jazosigacha belgalangan. Lekin jazoga hukm qilish uchun Z. b-n ayblanuvchilarning o‘zlari iqror Bo‘lishi yoki to‘rtta ishonchli guvohning bo‘lishi shart qilingan. Aks holda, - diniy manbalarda aytilishicha - arzimagan sabablar b-n insonning obro‘si to‘kilishi, ig‘vogar, bo‘htonchilarga qo‘l kelishi mumkin. Yuz darra urishga hukm etilgan Z. qiluvchi (zinokor) er va ayol avval uylanmagan, turmush qurmagan bo‘lishi kerak. Ammo, uylangan, turmush qurgan bo‘lsa, ularni o‘lguncha toshbo‘ron qilinishi belgilangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 17:07:03
ZOVIYA (arab. - burchak, hujra) - sufiylar, darvishlar to‘xtaydigan va yashaydigan maskan. Arab mamlakatlarining ba’zilarida rabot, ba’zilarida Z deb atalgan. Eron va Afg‘onistondagi tak’ya, O’rta Osiyodagi xonaqohga to‘g‘ri keladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 17:07:46
ZOHID (arab. yuz o‘giruvchi, tark etuvchi) -tarkidunyo qilgan kishi. Z.lar musulmonlarni bu dunyo rohat-farog‘atidan voz kechishga, ollohning zikriga xalal beruvchi barcha narsalarni tark etishga undaydilar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 17:08:21
ZOHIDLIK - tarkidunyochilik, saqlanish. Xudoning marhamatiga musharraf bo‘lish, jannatga tushish uchun tarki dunyo qilish zarurligi haqidagi diniy tasavvur, mutaassiblikka, bir yoqlama dunyoqarashga da’vat etuvchi oqim. Z islomda darvishlik, chilla o‘tirish, ro‘za tutish, zikr tushish kabilarda namoyon bo‘ladi. Tasavvufda Z Allohning zikriga xalal beruvchi barcha narsalarni tark etish, demakdir. Bunda Allohga shirk keltirishdan saklanish va ibodatda riyodan xoli bo‘lish; barcha gunoxdardan va harom narsalardan saklanish va nihoyat, ortiqcha dunyoviy ashyolarga mehr qo‘ymaslik nazarda tutiladi. Shariat va tariqat odoblariga bu xilda rioya etishni Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror, Najmiddin Kubro va b. targ‘ib etganlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 17:09:18
ZOHIRIYLAR  (arab. zohir - tashqi, oshkor) - 1) Kur’on ta’limotini aynan tushunuvchi va so‘zma-so‘z talqin qiluvchi oqim tarafdorlari. Botiniylarning qarama-qarshisi. 2) 10-13-a.larda tarqalgan va keyinchalik yo‘qolib ketgan shariat mazhabi. Unga Dovud ibn Ali al-Isfahoniy az-Zohiriy (883 y. v. e.) asos solgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 17:09:47
ZUBAYR ibn AVVOM, to‘liq ismi Abu Abdullo az-Zubayr ibn al-Avvom ibn Xuvaylid al-Asadiy al-Qurayshiy (? -656) - sahoba, makkalik ilk musulmonlardan. Asharai Mubashsharadan. Kuraysh qabilasidan, Xadicha kabi bani Asad urug‘idan. Muhammad (sav)ga xolavachcha, Xadichaga esa, akaning o‘g‘li. Oishaning singlisi Asmoga uylanganligi uchun Rasuli Akramga boja hisoblanadi. 12 yoshida islomga kirgan. Oldin Habashistonga, so‘ngra Madinaga ko‘chgan(hijrat qilgan)lardan. Muhammad(sav)ning barcha g‘azotlarida qatnashgan. Badr jangida dushmanga birinchi bo‘lib qilich solib hamla qilgan. Umar (ra) davrida Yarmuk jangida qatnashib, ikki joyidan yaralangan. Misrni fath etishda qatnashgan. Z.ibn A. badavlat bo‘lib, uning bir quli, hisobsiz moli, yer va bir necha uyi bo‘lgan; u xayr-ehson qilishni sevar, mol dunyosini Alloh yo‘lida sarflagan. Savdogarlik b-n shug‘ullangan. Xalifa Umar (ra)ning xalifalik uchun ajratgan 6 kishilik maslahat ashobidan edi. Usmon (ra) xalifaligi davrida chiqqan ixtiloflarga qo‘shilgan. Jamal jangida Aliga qarshi chiqqan, so‘ngra afsus chekib, orqaga qaytgan. Biroq qaytishda bir daraxt tagida uxlab yotganida o‘ldirilgan. Qotil Ibn Jurmuz Zubayrning boshini Aliga olib borgan. Mukofot kutgan qotilga Ali payg‘ambarimizning "Zubayr qotiliga jahannamga kirishini xabar beringiz", mazmunidagi hadislarini o‘qib bergan. Z.ibn A. payg‘ambarimizdan 38 hadis rivoyat qilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 17:10:16
ZULKIFL (as) - Qur’onda nomi zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. Z.ning asl ismi Bishr bo‘lib, Ayyub (as)ning o‘g‘lidir. U otasi Ayyub (as)dan so‘ng payg‘ambar qilib yuborilgan. Allohga bergan ahdiga vafo qilgani uchun Z deb nomlangan (Zulkifl -Kafolat sohibi). Kur’onda Z nomi Ismoil va Idris (as)lar b-n birga zikr qilingan (Anbiyo surasi 85-86-oyatlar, Sod surasi 48-oyat). Ammo, qaysi qavmga payg‘ambar etib yuborilgani va payg‘ambarlik da’vati haqida Qur’onda aniq oyat zikr etilmagan. Boshqa bir rivoyatga ko‘ra, rumliklar Z.ga ergashganliklari nakd etiladi. Bu qavm Z.dan o‘zlarini uzoq umr ko‘rishliklarini Allohdan so‘rashni iltimos qilishgan. Parvardigor Z.ning duosini qabul etib, "ular o‘zlari xoxdamaguncha o‘lmaslar, bunga sen ham kafil bo‘lgan", degan vahiy keladi. Bishr o‘z qavmiga bu bashoratni yetkazadi. Ilohiy vahiyga o‘zi kafil bo‘ldi. Shu sababdan uni Z deb atay boshlaganlar. Iroqda al-Xilla yaqinida Z.ning qabri deb hisoblanadigan ziyoratgoh mavjud. Boshqa joylarda ham Z maqbarasi mavjudligi, jumladan u Termiz yaqinida dafn etilgani haqida rivoyatlar bor.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 17:11:03
ZULKIFL MAQBARASI - Termiz yaqinidagi me’moriy yodgorlik (11-12-a.lar). Rivoyat qilinishicha, bu yerga payg‘ambar Zulkifl dafn etilgan. Tarixiy manbalarda Abbosiylarning atoqli lashkarboshilaridan Ishoq ibn Kuntoj ham shu yerda dafn etilgani qayd qilingan. Amudaryodagi Payg‘ambar orolining jan. qismida joylashgan masjid, go‘rxona va ularga tutash 2 xonadan iborat. Binolar turli davrlarda bunyod etilgan. Masjid murabba tarhli (6,95 x 6,95), gumbazli, oldi peshtokli. Mehrobiga ganchkori garih naqsh ishlangan.-Go‘rxona (6 x 4 m) masjid sathidan 1 m cha baland qilib qurilgan, unda sag‘ana saqlangan. Go‘rxonaning ikki eshiga orqali tutash kurilgan ikki xonaga o‘tiladi. Xonalar devoriga g‘ishtlar mavjli shaklda terilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 17:11:43
ZULM, nohaqlik, sitam, istibdod - odamlar o‘rtasida barqaror bo‘lgan munosabatlarni qasdtsan buzish; insonni ruhan siqish, majburlash, xafa qilish, taxqirlash, unga zo‘ravonlik qilish, mol-mulkni bosib olish va h.k. Kur’oni karimda Z jazo berilishi lozim bo‘lgan jinoyat sifatida qoralanadi. Odatda Z tushunchasida mulkdorlarning ijarachilarga, xo‘jayinlarning mardikorlar, xizmatkorlar va qullarga, katta qarindoshlarning kichiklariga, mansabdorlarning xalqqa bo‘lgan salbiy munosabati, shuningdek, qozilar va hokimlarning g‘ayriqonuniy qarorlari tushuniladi. Z xukuqni poymol qilish ma’nosida barcha mazhablar tomonidan qoralanadi, biroq, unga bo‘lgan munosabat va qarshilik ko‘rsatish tarzi har xildir. Z.ga qarshi kurashish mavjud ijtimoiy tartiblarni buzadigan bo‘lsa, Z.ga qarshi kurashmasdan unga chidash afzal, degan fikr ilgari ham, hoz. ham islomiy aqida vakillarini to‘la qoniqtiradi va islom axloqiy asosining bosh ahkomlaridan biri sanaladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 17:12:21
ZULFIQOR (arab. - teshib o‘tuvchi, o‘tkir) -Muhammad (sav)ning Badr jangida qo‘lga tushirgan mashhur 2 uchli shamshirlari. Z johiliyat davrida Arabistondagi mashhur shamshirlardan sanalib, makkalik Munabbih ibn Xajjojga tegishli bo‘lgan. Muhammad (sav) vafotlaridan keyin hazrat Aliga, so‘ngra esa, xalifalarga o‘tgan. Islom an’anasida Z sehrli kuchga ega hisoblanib, uzayishi yoki qisqarishi mumkin bo‘lgan. Islom dini tarqalgan xalklarda o‘g‘il bolalarga Z ismini qo‘yish odati bor.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 17:14:14
ZULQARNAYN (arab. - ikki shoxli) -Qur’onda qissasi kelgan mo‘min bandaning ismi. Z shaxsi haqida turli fikrlar mavjud. Ba’zi tadqiqotchilar uni makedoniyalik Iskandar deb hisoblashadi. Biroq, Islom ta’limotiga ko‘ra bu to‘g‘ri emas, chunki makedoniyalik podsho Allohning yagonaligiga ishongan mo‘min bo‘lgan emas. Kur’ondagi Z esa, mo‘mindir. Alloh "Kahf" surasida Payg‘ambar (sav)ga xitob qilib: "sendan Zulqarnayn haqida so‘rarlar" degan. Muhammad (sav)dan odamlar Z to‘grisida so‘raganlar. Qissada aytilishicha, Alloh taolo Z.ga yer yuzida hukmronlik, molu dunyo, askarlar va b. katta imkoniyatlarni bergan edi. Shuningdek, Alloh unga hukm yuritish, binokorlik va obodonchilik, davlatni mustahkam tutish kabi ishlarni o‘rgatgan edi. Z o‘z mulklarini aylangan. O’ shim. tomon yo‘l olgan. Ikki tog‘ orasiga yetganida, ularning ortida biron gapni anglamaydigan qavmni ko‘rgan. Bu qavm Z.dan yer yuzida buzg‘unchilik qilguvchilar - Ya’juj va Ma’jujdan o‘zlarini himoya qilish uchun to‘siq qilib berishini so‘rashgan. Z Alloh unga bergan ilm orqali mustahkam temir devor kurib, haligi qavmni Ya’juj va Ma’jujning hujumlaridan saqpanishiga yordam bergan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 02 Oktyabr 2006, 17:15:08
ZUNNUN al-MISRIY, Abul Fayz Savbon ibn Ibrohim (taxm. 796-860/61) - Misrdagi ilk tasavvuf vakili, sufiy shayxlardan biri. Misrdagi Axmim degan joyda tug‘ilgan. Targ‘ibot ishlari b-n Makka, Damashq, Antioxiyada safarda bo‘lgan. Molikiylik mazhabi faqihi va tarixchi Abdal Hakam tasavvufni targ‘ib qilgani uchun Z al-M.ni qoralagan va sufiylik ta’limotini "noma’qul bid’at", deb hisoblagan. Mu’taziliylar ta’limotiga qarshi bo‘lgani uchun Z al-M. hokimiyat tomonidan ta’qibga uchragan. Z al-M.ning o‘n beshga yaqin asari bor, deb hisoblaydilar. Bizgacha yetib kelgan she’riy parchalarida aziz-avliyolar tarkidunyochiligining afzalliklari va tasavvuf ahlining eng oliy orzusi - Allohga "yaqinlashish" holatlari bayon etilgan. Bunga ma’rifat orqali erishiladi, ma’rifat esa, uning fikricha, dunyoviy ishlardan, o‘z tabiiy ehtiyojlaridan voz kechish, nafsni tiyish orqali o‘zini kamolotga olib chiqish b-n belgilanadi. Tasavvuf an’anasida Z.al-M. sufiylikning "maqomat va ahvol" to‘g‘risidagi ta’limotining asoschisi hisoblanadi. Z.al-M. Allohni insoniy qiyofada tasavvur etishni rad qiladi, uning butunlay ilohiy olam ekanligini ta’kidlaydi. Z.al-M.ning goyalari keyingi sufiylar tomonidan o‘zlashtirildi, rivojlantirildi. Jomiy, Attor va b. sufiylar hayotini vasf etuvchi majmualarida Z.al-M. shaxsini uluglab, afsonaviy darajaga ko‘targanlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:06:29
- I -

IBLIS - q. Shayton.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:07:05
IBN al-ASIR Izziddin Abulhasan Ali (1160-1232) - tarixchi. Iroqning Mosul va Bag‘dod sh.lari madrasalarida tahsil ko‘rgan, so‘ng ilm talabida Shom (Suriya)ga safar qilgan. U yerdan qaytgach, butun umrini uzlatda, tarixga doir asarlar yozish b-n o‘tkazgan. Eng yirik va muhim asari - "Al-Komil fit-tarix" ("Tarix bo‘yicha mukammal asar") bo‘lib, u 12 jidddan iborat. Unda Islom olamida insoniyat tarixining ilk davrlaridan 1230 y.gacha bo‘lgan voqealar, xususan, Xuroson va Movarounnahrning 12-a. va 13-a.ning 1-choragidagi tarixi yilma-yil bayon kilingan. Asarning mo‘g‘ullar istilosiga bag‘ishlangan so‘nggi jildlari qimmatli manba hisoblanadi. Bu asarning tanqidiy matni Leyden (1851-76) va Misr (1873) da nashr etilgan. Ogahiy o‘zbek tiliga tarjima etgan. I.al-A. "Tarix atabikat al-Mavsil" ("Mosul otabeklari tarixi"), "Usud ul-g‘oba fiy ma’rifat ahvol is-sahoba" ("Sahobalar ahvolini bilish xususidaga o‘rmon sherlari yanglig‘ qudratli kitob") nomli asarlar ham yaratgan. I.al-A.ning akasi [Majiduddin Muborak ibn Abil Karam Muhammad Jazariy ibn Asir (1166-1228)] va ukasi [Ziyovidtsin Abul Fath Nasrullo ibn Asir (1180-1248)] ham tarix, hadis, ilohiyot va adabiyot sohalarida ko‘plab asarlar yaratgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:07:48
IBN ARABIY (Ibn al-Arabiy), Muhyi ad-din Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali al-Hotamiy at-Toiy (1165-1240) - diniy faylasuf, "vahdati vujud" ta’limoti asoschisi, sufiylikning ko‘zga ko‘ringan vakili. "Ulug‘ shayx" (muallim), "Aflotun (Platon)ning o‘g‘li" nomlari b-n ulug‘langan. Andalusiya (Ispaniya)ning Mursiya sh.da tug‘ilgan va diniy bilim olgan. Dunyoqarashi sufiylar ta’sirida shakllanib, Andalusiya va Shim. Afrika bo‘ylab safarga chiqqan, mashhur olim va mutafakkirlar b-n muloqotda bo‘lgan. I. A. shuningdek, Sharkdagi yirik musulmon sufiy va ilohiyotchilari Xarroz, Hakim at-Termiziy, Xalloj, G’azoliy va b.ning asarlarini ham o‘rgangan. 1200 y.da haj ziyoratiga borib, umrining oxirigacha Sharkda qolgan. 1201 y.da Makkada yashagan, bu yerda mashhur she’riy to‘plami - "Tarjumon al-ashvoq" ("Ishqiy shavq tarjimoni")ni hamda sufiylikka oid risolalarini yozgan. Shu yerda ko‘p jildli "Futuhot al-makkiya" ("Makkaning fath etilishi") asari ustida ish boshlagan. Bu asarni "sufiylik qomusi" deb atashadi. I. A.ning eng mashhur risolasi "Fusul al-hikam" bo‘lib, unga 150 dan ortiq sharxlar yozilgan. Umuman I. A. ijodiy merosi 300 ga yaqin asarni tashkil etadi. Olim Damashq sh. yaqinidagi tog' yonbag‘riga dafn qilingan. Sulton Salim I buyrug‘i b-n 16-a. boshida uning qabri ustiga mahobatli maqbara qurilgan, bu maqbara hoz. ham mavjud. I. A. zamonasining barcha ilmiy oqimlaridan xabardor edi. U Ibn Rushd, Suhravardiy, ar-Roziy va b. b-n uchrashgan hamda yozishib turgan. Uning falsafiy dunyoqarashi panteistik xarakterda, hamma narsaning yagona asosi diniy substantsiya (ruh, ideya), deb hisoblaydi. Mashhur shaxslarga sajda qilishni inkor qilgan, turli dinlarning ahamiyati barobar deb hisoblagan. Sufiy sifatida Xudoni oliy, mutlaq haqiqat holda anglash va unga ko‘ngilni poklash orqali erishishni tan olgan. I. A. o‘rta asrlar musulmon olamida eng ziddiyatli shaxslardan biri. Uning qarashlarini Ibn Taymiya, Taftazoniy singari ilohiyotchilar, shuningdek, arab tarixchisi Ibn Xaldun keskin tanqid qilgan. Boshqa ko‘pgina musulmon ulamolari esa, uni himoya etgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:08:04
IBN ASOKIR (Abulqosim Ali ibn al-Hasan) (1105 - Damashq -1176) - tarixchi, muhaddis, faqih va shoir. Madrasada tahsil ko‘rgach, o‘z bilimlarini yanada ziyoda qilmoq istagida Iroq va Xuroson bo‘ylab kezib, u yerlardagi ulamolardan ta’lim olgan. So‘ng Damashqqa qaytib, An-Nuriyya madrasasida mudarrislik qilgan. Tarix, hadis va fiqhga doir ko‘plab asarlar yaratib, "Sadiqat ud-diyn" (Din vafodori) hamda "Nur ud-diyn" (Din nuri) kabi faxriy unvonlarga sazovor bo‘lgan. Uning eng yirik asari "Tarixu madiynati Dimashq" ("Damashq shahri tarixi") bo‘lib, u ko‘proq "Tarixu ibn Asokir" ("Ibn Asokir tarixi") nomi b-n ma’lum. Shom (Suriya) va Damashq tarixi hamda shomlik mashhur kishilar tarixiga bag‘ishlangan mazkur asar 80 jilddan iborat. I. A. hadis va fiqh ilmiga oid "Al-Muvofaqot", "Al-Atrof lis-sunan", "Mu’jam ash-shuyux", "Manoqib ash-shabob" nomli asarlar ham yozgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:08:42
IBN BOBUYA ash-Shayx as-Soduq Muhammad ibn Ali Abu Ja’far al-Qummiy (? - 991) -shialarning mashhur ilohiyotchi olimi, faqih; shia rivoyatlari bilimdoni, imomiylar (ja’fariylar) huquqini ilk bor ishlab chiqqanlardan. Yoshlik chog‘idayoq Xurosonda shia rivoyatlarini bilishda unga teng keladigan kishi bo‘lmagan. 965 y. u Bag‘dodga kelib, Buvayhiylar b-n yaqinlashgan va faol tashviqot ishlarini boshlagan. I.B.Ray sh.da vafot etgan. I.B. 200 ga yaqin asar yozgan, shundan 20 tasi saklanib qolgan. Asosiy asarlari - "Man la yaxduruxu al-faqih" - 4 rivoyatlar to‘plami (al-usul ar-arba’)dan biri shialikdagi imomiylar fiqhi bo‘yicha eng e’tiborli asar hisoblanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:09:02
IBN JAUZIY, Jamoliddin Abul Faraj Abdurahmon ibn Ali (taxm. 1116-1201) -hanbaliylik mazhabi faqihi, ilohiyotchi, muhaddis, tarixchi, bag‘dodlik mashhur va’zxon. Bag‘dodda, o‘ziga to‘q misgar oilasida tug‘ilgan. Turli fanlardan ta’lim olgan. Xanbaliylikning mashhur allomalari unga ustozlik qilganlar, jumladan, faqih va va’zxon Ibn az-Zag‘uniy (1133 y. v.e.), Abu Bakr ad-Dinovariy (1137 y. v.e.) unga munozara qilish san’atidan, adib Abu Mansur al-Javoliqiy (1144 y. v. e.) unga ilmi adabdan, Abu-l-Fadl ibn Nosir (1150 y. v.e.) hadis va Qur’ondan saboq bergan, faqih Abul Hakim an-Nahravoniy (1161 y. v.e.), qozi Abu Yada Kichik (1163 y. v.e.) va b. I.J. Bag‘dodning diniy-siyosiy hayotida faol qatnashgan. Xalifa al-Mustadiy davri (1170-80)da hanbaliy mazhabi poytaxtda hukmron mavqega ega bo‘lgan. I.J. saroy masjidida va’zxonlik qilganida uni eshitish uchun juda ko‘p xalq to‘plangan. Xalifa vafotidan so‘ng o‘rniga an-Nosir o‘tirgach, vaziyat o‘zgargan va I.J.ning ishlari orqaga ketgan. 1194 y. hanbaliy vazir Ibn Yunus vazifasidan chetlatilib, qamoqqa olingan, o‘rniga shialardan bo‘lgan Ibn al-Qassob o‘tqazilgan. I.J. an-Nosir siyosatini tanqid qilgani uchun hibsga olinib, Vositga surgun qilingan, u yerda qamoqda qattiq nazorat ostida sakdangan. Xalifaning onasi aralashuvi tufayligina 5 yildan so‘ng ozod etilgan. I.J. Bag‘dodga tantanali suratda qaytib kelgach, biroz vaqtdan so‘ng vafot etgan.
I.J. eng sermahsul musulmon allomalardan bo‘lib, 200 ga yaqin asar yozgan. Eng mashhur asari - 10 jidddi "al-Muntazam" - xalifalik tarixiga oid nodir manba. 12-a. 60-80-y.larida Bag‘dod hanbaliylari peshvosi bo‘lgan I.J. hanbaliylik harakatiga juda katta ta’sir ko‘rsatgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:09:24
IBN ISHOQ Muhammad (704-767) - arab tarixchisi. Muhammad (sav) vafotidan keyin uning hayotiga oid barcha yozuvlar va rivoyatlarni umumlashtirish asosida "Siyratu Rasululloh" ("Alloh elchisining hayot yo‘li" - islom an’anasida "Siyra" nomi b-n mashhur) tarixiy asarini yozgan. Lekin bu asar bizgacha yetib kelmagan, uning qayta ishlangani ma’lum.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:09:53
IBN MOJA, to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Moja ar-Rab’i al-Qazviniy (824, Qazvin, Eron - 886) - yirik muhadtsis. I.M. hofiz, to‘g‘riso‘z tanqidchi, keng fikrli olim bo‘lgan. U yoshligidan Payg‘ambar (sav)ning hadislari va b. diniy ilmlar b-n shugullana boshlagan. Hadis yig‘ish niyatida Iroq, Hijoz, Shom, Misr, Kufa, Basra va islom olamining boshqa shahar va davlatlariga sayohat qilib, ko‘plab shayx, muhaddislardan dars olgan, bahs va munozaralarda ishtirok etgan va hadis ilmining yetuk bilimdoni darajasiga yetishgan.
I.M. ko‘plab shogardlar yetishtirgan. I.M.ning eng yirik asarlari sirasiga "Kitob as-Sunan" ("Payg‘ambar sunnati haqida"), "Tafsir al-Qur’on al-Karim" ("Qur’oni karimga tafsir"), "Kitob at-Tarix" ("Tarix kitobi"). I.M. ijodining bosh asari bo‘lmish "Sunan" asarini musulmon olimlarining ko‘pchiligi "Sihah as-sitta" ("Olti sahih hadislar to‘plami")ga oltinchi to‘plam sifatida kiritganlar. Uning ushbu asari 32 qism, 1500 bobdan iborat bo‘lib, 4341 ta hadis jam qilingan, ulardan 3002 tasi beshta "Sahih" to‘plamlariga berilgan hadislar b-n mos keladi. 1339 ta hadis ko‘shimcha hisoblanadi. I.M. "Sunan" asariga Al-Hofiz Jaloliddin as-Suyutiy (1505 y. v.e.) va Shayx as-Sindi al-Madiniy (1725 y. v.e.) sharxdar yozishgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:10:16
IBN ar-RAVONDIY, Axmad ibn Yahyo Abul Husayn (9-a.) - ilohiyotchi; umri davomida o‘zining diniy-siyosiy qarashlarini bir necha marta o‘zgartirgan. Marvarrudda tug‘ilib, Bag‘dodtsa katta bo‘lgan. Bu yerda mu’taziliy Bishr ibn al-Mu’tamir (825 y. dan keyin v.e.)ning izdoshi bo‘lgan, uning ilohiyot maktabida ta’lim olgan. Dastlabki asarlari mu’taziliylar g‘oyasini targ‘ib etishga bagashlangan, keyinchalik u mu’taziliylardan yiroqlashgan va ko‘pgana muarrixlar fikricha, "xudosiz" (mulxid) bo‘lgan. Mu’taziliylar uni jazolashni xalifadan so‘rashgan. I. ar-R. qochishga majbur bo‘lib, Kufada bir yahudiyning uyiga yashiringan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, u 9-a. 60-y.da Bag‘dodda, taxm. 40 yoshda vafot etgan, boshqa ma’lumotlarga ko‘ra esa, 10-a. boshlarida taxm. 80 yoshda   vafot etgan.
I. ar-R. 40 dan oshiq asar yozgan. Ularning aksariyati, ham mu’taziliylar, ham umummusulmon aqidalarini rad etishga bag‘ishlangan. Xususan, "Kitob az-zumurrud" asarida u payg‘ambarlikni, xususan, Muhammad (sav)ni tanqid qilgan, payg‘ambarlar ko‘rsatadigan mo‘‘jizalar va Qur’onni rad etgan, ba’zi diniy aqidalar sog‘lom aqlga to‘g‘ri kelmaydi deb da’vo qilgan va b. Ibn al-Murtadoning ta’kidlashicha I. ar-R. asarlari ma’lum mukofot evaziga yahudiylar, nosarolar, duapistlar va b. uchun yozilgan bo‘lsa kerak. Xususan, imomiylar haqida rofiziylar uchun yozgan risolasi uchun u rofiziylardan 30 dinor olgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:10:42
IBN RUSHD Abdulvalid Muhammad (lot. Averroes) (1126, Kordova - 1198.12.12, Marokko) - arab faylasufi va tabibi. Andalusiya va Marokashda yashagan, qozi va saroy hakimi bo‘lgan. Aristotel asarlariga sharxlar yozgan. Razoliy ta’limotiga qarshi "Tahofut ut-tahofut" ("Raddiyatni rad etish") asari b-n falsafada muayyan o‘rin tutadi. I. R. moddiy dunyo abadiy, uning boshi xam yo‘q, oxiri ham bo‘lmaydi, degan. Lekin, uningcha, moddiy dunyo fazoda cheklangan. Xudoning borligini tan olgan I. R. uning olamdan oldin bo‘lganligiga ishonmagan va xudo yaratilgan olam b-n birga abadiy, deb hisoblagan. U ruh o‘lmaydi, oxirat bor degan gaplarga qarshi chiqqan. I. R. - ikki haqiqat nazariyasini ilgari surib, bilimni e’tiqodga, falsafani ilohiyotga qarama-qarshi qo‘ydi hamda fanning, inson aklining roliga yuqori baho berdi. I. R. kishi oliy kamolotga zikru sano orqali emas, balki ilmiy-falsafiy bilim orqali erishadi, deb hisoblagan. O’z davrining ilg‘or kishisi bo‘lgan I. R. adolatli jamiyat qurishni, xotin-qizlarga teng huquq berilishini, hurlik g‘oyalarini targab qildi. I. R. g‘oyalari o‘rta asr falsafasiga katta ta’sir ko‘rsatdi. I. R. 7 jildli qomusiy tibbiy asar "Kitob al-kulliyot" (tibbiyot bo‘yicha umumiy qo‘llanma) muallifidir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:11:15
IBN SINO, Abu Ali al-Xusayn b. Abdulloh Buxoriy (980-1037) - o‘rta osiyolik qomusiy olim. Yevropada Avitsenna nomi b-n mashhur. Buxoro viloyatining Afshona qishlog‘ida amaldor oilasida tug‘ilgan. Otasi ismoiliylar firqasiga mansub bo‘lgan. I.S. yoshligidan ilm-fan o‘rganishga kirishadi, Sharq mutafakkirlari asarlarini, qad. yunon tabiiy-ilmiy va falsafiy merosini o‘rganadi. I.S. asarlari 280 dan oshadi, bizgacha ularning 160 ga yaqini yetib kelgan. I.S. iste’dodli, xotirasi kuchli, zehni o‘tkir bo‘lib, 10 yoshidayoq Kur’onni yod bilgan. I.S.ning ilohiyotga oid qarashlari "Ash-shifo", "An-najot", "Ishorat va tanbehot" kabi asarlarida bayon etilgan. Uning fikricha, olamdagi barcha mavjud narsalar ikkiga bo‘linadi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud - hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan, irodali, qudratli Tangridir. Qolgan hamma narsa imkoniy tarzda mavjud bo‘lib, zaruriy vujud - Tangridan kelib chiqadi.
I.S. "At-ta’liqot" risolasida "insonlarning aqli haqiqiy mohiyat va haqiqatni, "birinchi"ni (ya’ni, Xudoni) idrok qilmaydi" deb yozadi.
I.S. fikricha, vujudi o‘zidan bo‘lgan narsagana hakdir. Binobarin, Xudo hakdir va undan boshqa har qanday narsa botildir. Vujudi vojib uchun biror isbot ham yo‘q va o‘zidan o‘zgacha yo‘l b-n uni bilib bo‘lmaydi. Chunonchi, u Kur’oni karimdagi fikrga qo‘shilib, "Alloh guvoxlik beradiki, undan boshqa iloh yo‘kdir" deydi. I.S. "Donishnomaye aloiy" asarida yozadi: "Uning barakotidan shu narsa kelib chiqadiki, olamning avvali bordirki, U olamga o‘xshaydi. Olamning borlig‘i Undan, Uning vujudidandir. U esa, vojib va o‘z-o‘zicha vujuddir. Barcha narsalarning borlig‘i Uning tufaylidir". I.S. dinga e’tiqod qilsa ham o‘z davridagi ba’zi tasavvurlarga e’tiroz bildirgan. I.S. ijodi, ilmiy faoliyati Sharq va Yevropadagi fan, ma’rifat va madaniyat taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:11:47
IBN TAYMIYA, Taqiy ad-Din Ahmad (1263 - 1328) - hanbaliylik mazhabiga mansub faqih va ilohiyotchi olim. Harron (Suriya)da tug‘ilgan 1269 y otasi oilasi b-n Damashqqa ko‘chib o‘tadi. I.T. dastlab otasi asos solgan Sukkariya madrasasida ta’lim oladi, so‘ng shu madrasaga o‘zi rahbarlik qiladi. 1306-1312 y.larda Misrda yashagan. Shu davrda u Misr ilohiyotchilari b-n keskin bahslar yuritdi va natijada 2 marta zindonga tashlandi. 1313 y. Damashqqa qaytib yana mudarrislik faoliyatini davom ettirdi. Ammo, bu yerda ham 1321 va 1326 y.da zindonga tushadi va pirovardida qal’ada vafot etadi.
I.T. o‘z dunyoqarashiga ko‘ra, hanbaliylik mazhabining salafiya oqimiga mansub edi. U Payg‘ambar (sav)ning sahobalari fikrlarini to‘rt mazhab asoschilarining ta’limotlaridan ustun qo‘yish, ijtihod masalasida esa, Kur’on va hadis matnlari b-n cheklanish tarafdori edi. I.T. islomning "sof"ligi uchun kurashib, falsafa, kalom (xususan, ash’ariya)ni, avliyolarga sig‘inish va Payg‘ambar(sav) qabrlarini ziyorat qilishni keskin qoraladi. Siyosat bobida I.T. davlat va dinning birligi g‘oyasini targ‘ib etdi. U yozgan ilmiy va diniy asarlar o‘rta asrlar islom merosining tarkibiy qismini tashkil etadi va hamma tomonidan e’tirof qilinadi. Ammo, ayni vaqtda hanbaliylik ta’limotining to‘la shakllanishida katta xizmat qilgan bu asarlar Yaqin Sharq tarixining keyingi davrlarida radikal islom oqimlari uchun nazariy asos vazifasini o‘tay boshladi. Hanbaliylarga xos ijtimoiy-siyosiy faollik I.T. asarlarida yuqori darajaga ko‘tarilganining sababi shundaki, u davrda Suriya (Shom)dan sharkda joylashgan yerlar mo‘g‘ullar qo‘l ostida, ammo, aholisi musulmon edi. Hatto Eron va Irokda hukmron bo‘lgan ilxonlar (xulaguiylar) ham islomga kirgandilar. Lekin, I.T. ularni haqiqiy musulmon deb hisoblamas, ularga qarshi jihodga da’vat etardi. I.T. ta’limoti uning hayotligi chog‘ida keng tarqalmagan bo‘lsa-da, 18-a.da vahhobiylikning kelib chiqishiga manba bo‘ldi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:12:41
IBN TUMART, Muhammmad ibn Abdurahmon (1078 yoxud 1081-1130) - Shim. Afrikadagi al-"Muvahhidun" harakati rahbari va sulolasi asoschisi. Susa (Jan. Marokash)da tug‘ilgan. Ko‘pgana muarrixlar uning shajarasini Ali ibn Abu Tolib (kv)ga bog‘laydilar, biroq Ibn Xaldun uni barbarlardan hisoblaydi. 1106 y. I.T. Qurtubaga kelib fiqh b-n mashg‘ul bo‘lgan, 1108 y. Iskandariyada mashg‘ulotini davom ettirgan, bir muncha vaqt Bag‘dodda tahsil olgan. Sharkda I.T. ash’ariylarning izchil izdoshi bo‘lgan, hadislarga tayanmay mustaqil hukm chiqarishga qarshi chiqqan. Dinni poklash, uning asl, ilk manbalariga qaytish (usul) haqidagi va’zlari natijasida uni Bijayndan quvg‘in qilishgan. 1120 y. Marokashda al-Muvahhidun amiri Ali ibn Yusuf (1106^3) I.T. b-n mahalliy ulamolar o‘rtasida munozara uyushtirgan. Ulamolarning I.T. qarashlariga bo‘lgan noroziligi shu qadar bo‘lgan-ki, u hibsga olinishdan zo‘rg‘a qutilib qolgan. Shundan e’tiboran I.T. dinni poklash shiori ostida "al-Muvahhidun"ga qarshi ochiqtsan-ochiq siyosiy qarshi chiqqan (11-a. o‘rtasi - 1147). Uni ko‘plab barbar qabilalari qo‘llab-quvvatlashgan. Uch yillik urushdan so‘ng u Nfis daryosining yuqori oqimidagi tog‘li Tinmalal qal’asi (Marokashdan 75 km jan.da)da o‘rnashib olgan. U har tomondan Muhammad (sav)ga o‘xshashga da’vo qilgan. Tinmalalga ko‘chishni hijrat, yaqin safdoshlarini - ashoblar deb atagan va b. O’zini gunohlardan xoli imom va maxdiy deb atagan. 1130 y. Marrokashni 6 kun muvaffaqiyatsiz qamal qilgach, I.T. qo‘shini tor-mor keltirilgan, bir ozdan so‘ng o‘zi ham vafot etgan. Uning vafot etganini yaqin do‘sti va yordamchisi Abdulmo‘min harakatga rahbarlikni o‘z qo‘liga olgunga qadar (1132 y.) yashirishgan. I.T.ning Tinmalaldagi qabri 16-a.gacha ziyoratgoh bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:13:15
IBN FARID, Sharafiddin Umar ibn Ali Abu Hafs (yoxud Abul Qosim) al-Misriy as-Sa’diy (1181-1235) - yirik arab mutasavvif shoiri. Qohirada, Xama sh. (Suriya)dan bo‘lgan mol-mulkni taqsimlash bo‘yicha vakil (farid) oilasida tug‘ilgan, laqabi - Ibn al-Farid shundan. Yoshligidan otasi diniy ilmlarni o‘rgatgan. Ibn Asokir va al-Munziriydan hadis ilmidan saboq olgan. O’smirlik chog‘idanoq I.F. odamlardan xoli bo‘lib yashashni yoqtirgan, otasining roziligi b-n al-Muqattam tog‘iga borib uzoq vaqt yolg‘izlikda yashagan. 15 yilga yaqin Hijozda yashab, aksariyat asarlarini o‘sha yerda yozgan. Qohiraga qaytgan I.F. valiy sifatida kutib olingan. I.F. al-Azhar masjididan qo‘nim topgan, uni boylar va kambag‘allar ziyorat qilishgan. I.F, vafotidan so‘ng uning al-Muqattam tog‘idagi qabri ziyoratgohga aylangan.
I.F. tasavvufga oid 2 mashhur qasida - "al-Xamriya" va "Nazm as-suluk" (uni ko‘pincha "at-Ta’iya al-Kubro" deb atashadi) muallifi bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:16:48
IBN XALDUN Abdurahmon Abu Zayd ibn Muhammad (1332, Tunis - 1406, Qohira) - arab tarixchisi va faylasufi. Ibn Rushdning izdoshi. 1349-75 ylarda Tunis, Fes, G’arnota, Bujjoya (Jazoirda) hukmdorlari saroyida yuqori lavozimlarda ishlagan. 1382 y. Misrga kelib, mudarrislik qilgan, umrining oxirida molikiylar mazhabi qozisi bo‘lgan. Asosiy asari: "Kitob ul-ibar"("Ibratli misollar kitobi", 1370). Asarda I.X. jamiyat taraqqiyoti xususida o‘z fikrlarini hamda Sharq musulmon xalqlari (xususan, Mag‘rib) tarixini bayon qilgan. I.X. kishilar hayot tarzidagi tafovutlarni, asosan, geografik va b. moddiy omillarga bog‘liq deb hisoblagan. Asarda I.X. o‘z tarixiy-ijtimoiy nazariyasini bayon qilib, axloq va ijtimoiy muassasalar kishilar turmushi b-n bog‘liqligani hamda mehnat va kishilarning o‘zaro munosabati jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan. I.X. tarixiy-ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr yuritgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:17:21
IBN SHIHOB, to‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Muslim ibn Ubaydullo ibn Shihob az-Zuhriy al-Madaniy (670-721) -tobe’inlarning ulug‘laridan, hofiz va muhaddis. Ibn Umar, Anas ibn Molik, Samu ibn al-Musayyab va b.dan hadis va fiqh ilmini o‘rgangan. Allomalardan imom Molik ibn Anas, al-Avzo’iy, Suf’yon ibn Uyayna, Savriy va b.ning ustozi bo‘lgan. Kuchli xotira va qobiliyat egasi bo‘lib, aytishlaricha, 80 kunda Kur’onni yod olgan. Ilmga ko‘p xizmati singgan zotlardan. I.Sh. ilm haqidagi "Hech bir bandaning ilmga xizmat qilishdan ko‘ra ulug‘roq ibodati bo‘lmagay" degan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:17:43
IBN XAZM, Abu Muhammad Ali ibn Ahmad (994-1064) - andalusiyalik ilohiyotchi va faqih, zohiriylar huquq maktabining yirik vakili. Zohiriylar an’anasini davom ettirib, I. H. muqaddas matnlarni qanday bo‘lsa, shunday sharhlashni qat’iy talab qildi; fiqhning asoslari sifatida faqat Qur’on va sunnani tan oldi (o‘zi tan olgan ijmo’ni faqat Payg‘ambar(as) sahobalari ijmo’si sifatida tushunar edi); qiyos, ra’y, istihson, ta’lil (asoslash) kabi hukuqshunoslik usullarini rad etdi; kalomnnng barcha ko‘rinishlariga, jumladan, Ash’ariy kalomiga ham qarshi chikdi. Shu b-n birga I. H. payg‘ambargagana ergashishni yoqlab, taqlidni rad etdi (uning fikricha, ergashish takdid emas). I. H. ning asarlaridan eng mashhuri "al-Fisol fi-l-milal va-l-ahvo va-n-nihal" ("Dinlar, oqimlar, mazhablar xususidagi bahs") bo‘lib, Qohirada (1938 y.) bosilib chiqqan. Bu asarda musulmonlarni ko‘p mazhab va oqimlarga ajratib yuborgan ilohiyot muammolarini oshkora madh etdi. Uning huquqshunoslikka bag‘ishlangan "al-Muhallo" ("Shirinlangan") asari ham bor. O’zini fiqh sohasida I. H.ning muxlisi hisoblovchi Ibn Arabiy mazkur asarning qisqacha bayonini "al-Mu’allo" ("Baland martabaga ko‘tarilgan") nomi b-n ta’lif etgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:18:00
IBN HIBBON Abu Hotam Muhammad ibn Hibbon al-Bustiy (? - 965) - muhaddis. Shofi’iylik faqihlaridan. Samarqandda voyaga yetgan va u yerda bir muddat qozilik qilgan. Tib, falakiyot va b. ilmlardan voqif bo‘lgan. Movarounnahr, Iroq, Xuroson, Shom, Hijoz kabi islom ilm markazlarini kezib, hadis bilimdonlarining ko‘pchiligidan istifoda etgan va ko‘pgana asarlar ("Al-anvo vat-taqosim", "Kitobus-sahoba", "Kitobul-fasli baynannaqala", "Kitobul-ilal", "Ashobut-tavorix", "Kitobu atboit-tobein", "Kitobus-siqat" va b.) yozgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:18:21
IBN HISHOM (? - 834) - arab adibi. Ibn Ishoqning "Siyra" asarini qaytadan ishlagan va shu kitob hozirgacha yetib kelgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:18:41
IBODAT (arab. - qulluq qilish, bo‘ysunish, o‘zini past olish, itoat qilish) - xudoga sig‘inish, iltijo qilish. Musulmon ulamolari I.ni bir-biriga yaqin ma’noda turlicha ta’riflaganlar. I. Allohga bo‘ysunish va unga o‘zini xokisor tutishning oliy darajasidir. I. faqatgana Allohni ulug‘lash uchun Uning amriga binoan amal qilishdir. I. Alloh yoqtiradigan va rozi bo‘ladigan so‘zlar, ishlar va zohiriy hamda botiniy amallardir. Allohga kurbat hosil qilish uchun niyat b-n qilinadigan barcha amallar I.dir va h.k. Fuqaholar I.ni tor doirada olganlar. Ularning nazdida namoz, ro‘za, haj, zakot, Qur’on qiroati, zikr, xayri sadaqa kabi narsalar I. hisoblanadi. Shu ma’nodagi I. jismoniy, moliyaviy va jismoniy-moliyaviy I.larga taqsimlanadi. Jismoniy I.ga namoz, ro‘za kabilar kiradi. Moliyaviy I.ga zakot, sadaqai fitr kabilar kiradi. Jismoniy-moliyaviy I.ga haj, umra kabilar kiradi. I. farz, vojib, sunnat, mustahab darajalarida bo‘ladi. Farz I.ni inkor qilgan kofir, uni tan olib, amal qilmagan osiy bo‘ladi. Vojib I.ni qilgan savob oladi, qilmagan gunohkor bo‘ladi. Sunnatni bajargan savob oladi, bajarmagani itob qilinadi. Mustahabni qilgan savob oladi, qilmaganga hech narsa yo‘q. I.ni ado qilishda boshqaning yordamidan foydalanish mumkin. Birovning yordami ila I. qilish imkoni bor odam I. qilishga qodir hisoblanadi va qilmasa gunohkor bo‘ladi. I. qilish uchun uning hammasini ado etishga niyat bo‘lmog‘i lozim. Ba’zisini ado etishga niyat qilsa-yu, qolganiga niyat qilmasa I. to‘g‘ri bo‘lmaydi. Aqli raso bo‘lmagan kishilardan I. soqit bo‘ladi. Uzrli kishilardan I.nish ba’zisi soqit bo‘ladi. Mas., bemor odam turishga qodir bo‘lmasa, o‘tirib namoz o‘qiydi. Musofir odam to‘rt rakaat o‘rniga ikki rakaat namoz o‘qiydi. I.ni ado etmaslik uchun hiyla qilish joiz emas. Mas., namoz vaqti yaqinlashganda uyqu dori ichib olib, uxlab qolib namozni o‘tkazib yuboribman deyish. Zakot farz bo‘lganda molining yarmini o‘g‘liga hadya qilib, molim nisobga yetgani yo‘q, deyish kabilar. I. ado etilayotgan paytda buzilsa, u boshqatdan ado etiladi. Agar I. jarayonida uni tuzatish imkoni bo‘lsa, tuzatib ham olish mumkin. Mas., namozni fosid qilmaydigan xato sodir bo‘lsa, uni sahv sajdasi ila tuzatib olish mumkin. I. ta’abbudiy va g‘ayri ta’abbudiy (hikmati ma’lum va hikmati ma’lum emas) ga bo‘linadi. Mas., ro‘za I.ining sabr, chidam, sog‘liqqa foydasi kabi hikmatlari ma’lum. Ammo namozning nima uchun peshinda 4, shomda 3, bomdodda 2 rakaat farz bo‘lganining hikmati ma’lum emas. Shunga o‘xshash ta’abbudiy I.larni amr bo‘lgani uchun hikmatini surishtirmay ado etilaveradi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:19:06
IBODIYLAR, abodiylar - xorijiylarga mansub 4 asosiy firqa (jamoa)ning eng "mo‘‘tadil" hisoblangan qismi, Abdulloh ibn Ibod (yoxud Abod) (7-a.ning 2-yarmi)ning izdoshlari. 684 y. Basradagi xorijiylar orasida bo‘linish sodir bo‘lgan: azraqiylar umaviylarga qarshi chiqishgan, Abdulloh bo‘lsa, Basrada qolib, qurolli kurashdan voz kechgan va xorijiylarning "mo‘‘tadil" qanotiga rahbarlik qila boshlagan. I. firqasining haqiqiy asoschisi va rahnamosi Jobir ibn Zayd (Ummonda tug‘ilgan, 717 y.v.e.) edi. 9-a. oxirigacha Ummon I.i mustaqil bo‘lishgan, so‘ngra mamlakat yana abbosiylar tasarrufiga o‘tgan, lekin 11-a. boshidan e’tiboran I. Ummonda yana hokimiyat tepasiga kelganlar. Hozirda bu mamlakat aholisining yarmidan ortig‘ini I. tashkil etadi. I. diniy-siyosiy dasturi asosini imomat haqidaga ta’limot tashkil qiladi. I. imomatning mavjud bo‘lishi shart emas, bir vaqtning o‘zida islom dunyosining turli qismlarida bir necha imomlar bo‘lishi mumkin deb hisoblaganlar. Imom shayxlarning maxfiy kengashi tomonidan saylanib, bu qaror xalqqa e’lon qilingan. Ko‘pincha saylovlar bitta qabila yoki urug‘ doirasi b-n cheklanib qolgan. I. imomi - hokim (lashkarboshi, qozi, faqih) ham bo‘lgan. I. aqidasida sunniylar va mutaziliylar aqidasidagi tamoyillar aks etgan. I. odamlarning qilmishini vujudga keltiruvchi Alloxdir, deb biladilar. Siyosiy va diniy sabablarga ko‘ra, kishini o‘ldirishni rad etganlar. I. ta’limoti tarafdorlari garchi ko‘p mamlakatlarga tarqalgan bo‘lsalar-da, ular diniy sohada ham, siyosiy sohada ham yakdil bo‘lmaganlar. Hoz. Shim. Afrikada, Ummon, Zanzibar o.da I. jamoalari mavjud. Ularning diniy e’tiqod va marosimlari sunniylik va shialikdagi oqim, firqalardagi e’tiqod va marosimlardan o‘zining ayrim xususiyatlari b-n farq qiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:31:54
IBROHIM (as) - Qur’onda nomi zikr etilgan payg‘ambarlardan biri, o‘zidan keyin o‘tgan barcha payg‘ambarlarning bobokaloni, arablar va yahudiylarning umumiy ajdodi. Yakkaxudolikni targ‘ib qilgan. Allohning chin do‘sti (xalilulloh), imom ("jamoa rahbari"), siddiq ("haqiqatgo‘y") va hanif ("yakkaxudolikni targ‘ib qiluvchi") deb ta’riflanadi. Yahudiy-xristian diniy adabiyotlarida Avraam nomi b-n ma’lum. Bobilda tavallud topgan. Avvaliga yudduz, oy, quyoshga sig‘inmoqchi bo‘lgan, keyin yolg‘iz Allohga ibodat qila boshlagan. Otasi Ozor va qavmlarini ham ana shunga da’vat qilgan. Bu hakda Kur’onda (Anbiyo surasi 53-56-oyatlar) kelgan. Ular b-n bahslashgan, ammo ishontirolmagach, otasi va qavmlari sig‘inib yurgan hamma butlarni sindirib tashlagan (Anbiyo surasi 58-60-oyatlar). Shu sababli uni yondirib yubormoqchi bo‘lib o‘tga tashlaganlar, ammo, u Alloh irodasi b-n olovdan sog‘-salomat chiqqani Qur’onda bayon qilingan (Anbiyo surasi 68-72-oyatlar). Qur’onda yozilishicha, Alloh I.(as)ga qariganda ikki farzand bergan. Bular Ismoil va Ishok; (as)lardir. Ismoil (as) Muhammad (sav)ning katta bobosi, Ishoq esa, Iso (as) va undan avval o‘tgan payg‘ambarlarning katta bobosvdir. I.(as) tushida qilingan ilhomga asosan Allohga bo‘lgan chin e’tiqodi evaziga bitta o‘g‘li (Ismoil)ni kurbon qilishga qaror qilgan, lekin Alloh bolaning o‘rniga qo‘chqor yuborgan (q. Kurbonlik). Makkai mukarramada Baytulloh (Allohning uyi)ning bunyod bo‘lishi, islom arkonlarining 5-farzi - haj qilish I. (as)ga borib taqaladi. Ka’ba yaqinidagi "I. joyi" ("I. maqomi") musulmonlar ziyoratgohidir. Odatda, xatna qilishni ham I. (as) nomi b-n bog‘laydilar. Manbalarda I. (as)ning 175 yil umr ko‘rgani, o‘g‘illari tomonidan Madinatul Xalil (Xevron, Falastin)ga dafn etilgani yozilgan. Bu qabr ziyoratgoh hisoblanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:32:09
IBROHIM OTA MAQBARASI -Toshkentdagi me’moriy yodgorlik (15-17-a.lar). Rivoyatlarga ko‘ra Ahmad Yassaviyning otasi Ibrohim ota mozori ustiga qurilgan deb taxmin qilinadi. Maqbara (tarhi 6,7x9,34 m, balanddiga 5,65 m) bir xonali, oldi peshtokli (balandligi 5,65 m), gumbaz tomli. Tarzlari bezaksiz, ichkarisi ganch suvoq qilingan. Poliga g‘isht yotqizilgan. Eshik tepasidagi tuynukka panjara ishlangan. Maqbaraning g‘arbida yer sathidan 1,5 m chuqurlikda chillaxona ham bor. Maqbara keyingi asrlarda bir necha marta ta’mir qilingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:32:31
IDDA, i d d a t a l-m a r ‘ a (arab. -ma’lum vaqt, ayollar uchun belgilangan muxdat) - shariat bo‘yicha eri o‘lgan yoki eridan ajralishgan xotinlar boshqa erga chiqishi uchun o‘tishi shart bo‘lgan muxdat. Bunday ayollarga I. o‘tmaguncha erga chiqish taqiklangan: beva uchun I. 4 oy-u 10 kun, eridan ajralishgan hayz ko‘rmaydigan ayol uchun 3 oy, hayz ko‘radigan ayolning I.si uch hayz belgilangan. Muxdatning belgilanishi Qur’onga asoslangan holda shariatga kiritilgan bo‘lib, ayolning ajralgan yoki o‘lgan eridan homilasi bor yoki yo‘kdigani aniqlash b-n bog‘liq bo‘lgan. Eridan taloq ila ajragan ayol, I.ni eri ila yashagan uyda o‘tkazishi lozim. Chunki bu, yana qayta yarashish uchun berilgan imkoniyatdir. Homilador ayolning eri vafot etsa yoki taloq qilgan bo‘lsa, I.si tug‘guncha bo‘lib, tug‘sa I.dan chiqadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:32:43
IDRIS (as) - Kur’onda nomi zikr etilgan payg‘ambarlardan biri. Rivoyat qilishlaricha, I. (as) yer yuzida 365 yil yashagan. Bu olijanob, taqvodor insonni Alloh "yuksak martabaga ko‘targan" (Qur’oni karim, 19:56-57). Islomshunoslar I. (as)ni Bibliyadaga Enoh, ba’zan Ezdra kabi afsonaviy shaxslar b-n taqqoslaydilar. I. (as) islom rivoyatlaridagi Ilyos (as) va Xizr (as) hazratlari singari "abadiy barhayot" hisoblanadi. U xat va yozuvni, kiyim tikib, kiyinib yurishni boshlab bergan, yulduzlarga qarab takdirni aytib berishni, vaqt hisobini bilgan pamg‘ambardir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:33:13
IDRISIYLAR, banu Idris -Mag‘ribdagi birinchi alaviylar sulolasi (789-926). Asoschisi - Idris I, Hasan ibn Alining chevarasi, Madinada Abbosiylarga qarshi alaviylar qo‘zg‘oloni (786) qatnashchisi bo‘lib, ta’qibdan qochib Shim. Marokashga eson-omon yashiringandi. Barbar - zenatlar sardorlarining qo‘llab-quvvatlashiga tayanib, markazi Ulili bo‘lgan kichik davlat barpo etgan (788), Ulili yaqinida yangi shahar - Fes qad ko‘targan. Idrisning ukasi Sulaymon, bir oz vaqtdan so‘ng markazi Tlemsen sh. (G’arbiy Jazoir) bo‘lgan yana bir davlatga asos solgan. I. davlatining ravnaqi Idris II (808-828) va uning o‘g‘li Muhammad (828-836) hukmronliklari davriga to‘g‘ri kelib, bu davrda davlat hududi Baland Atlas tog‘laridan shim.-garbdagi butun hududni qamrab olgan. Bu davrda Fes va Tlemsen juda tez taraqqiy etgan, yanga shaharlar vujudga kelgan. Idris II davlatni ko‘p sonli merosxo‘rlari o‘rtasida taqsimlagan, bu o‘zaro nizolarni keltirib chiqargan. 917 y. Fotimiylar Yahyo IV ni tor-mor keltirganlar, u tobelikni bo‘yniga olgan, lekin 919-920 y.da qamoqqa olinib, qatl qilingan. Fotimiylar va Umaviylarning Marokash uchun olib borgan uzoq kurashlaridan foydalanib I. Rifdagi mulklarini saqlab qolganlar. 974 y. Umaviylar so‘nggi I.ni asir olishgan. Ulardan biri, al-Hasan, Qohiraga qochib borib, Fotimiylarni yordam berishga ko‘ndirgan, biroq yana asirga tushib qatl etilgan.
1010 y. I.ning uzoq tarmokdaridan biri -Hammudiylar Malaga va Alxesirasni egallab, u yerda viloyat hokimi sifatida 1057 y.gacha hokimlik qilishgan. Marokashda I.ning avlodlari (shariflar, mahalliy lahjada- shorfa) ko‘pchilik bo‘lib, hozirgacha ta’sir kuchiga ega.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:33:52
IJARA - biror narsani ma’lum muddatga ma’lum mablag‘ evaziga omonatga olish, yollash. Shariat huquqi bu tushunchada barcha ko‘rinishdagi I.ga olishni yoki biror xodimni yollashni nazarda tutadi. Yollash haqida tuzilgan shartnoma quyidagi holatlarda haqiqiy hisoblanadi: 1) I.ga olinayotgan narsa aniq ifodalangan va ikki tomonning roziliga ochiq-ravshan bayon etilgan bo‘lsa; 2) to‘lov mikdori va muddati aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa; 3) I.ga olinayotgan narsa (yoki yollanayotgan mehnat) musulmon uchun ruxsat berilgan va foydali bo‘lsa. Bu shartlar oldi-sotdi amaliyotidagi asosiy talablarga mos keladi. I.ga olish oldi-sotdi sifatida qaralib, unda narsaning o‘zi emas, balki undan keladigan foyda nazarda tutiladi. I.ga olingan narsaga I.ga oluvchi ziyon yetkazsa, uning haqqini to‘lashga majbur.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:34:00
IJIY, Adudaddin Abdurahmon ibn Ahmad (taxm. 1281-1355) - so‘nggi kalom vakili, mutakallim. Ij sh.da tug‘ilgan. Fiqhda shofi’iy mazhabiga tayangan. Kalomni al-Baydoviy (1286 y. v. e.) izdoshlaridan o‘rgangan. Elxoniylardan Abu Sa’id (1316-36) saroyida qozi bo‘lgan. 1355 y. noma’lum sabablarga ko‘ra qamoqqa olinib, o‘sha yili vafot etgan. Mashhur mutakallim Sa’diddin at-Taftazoniy uning shogirdi bo‘lgan. I.ning "Mavoqif fi ilm al-kalom" asari ko‘p asrlar davomida kalom bo‘yicha asosiy qo‘llanma bo‘lib kelgan va bir necha bor (jumladan, al-Jurjoniy tomonidan) sharh qilingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:34:30
IJMO’ (ittifoq bo‘lish, azmu qaror qilish) - muhokama etiladigan masala yuzasidan mujtahidlarning bir fikrga kelishuvi; fiqh manbalaridan biri. Usul al fiqh ulamolari I.ni quyidagacha ta’riflaydilar: Muhammad (sav)ning ummatidan bo‘lgan barcha mujtahiddarning u kishining asridan keyingi davrlarda biror shar’iy ishga yaqtsillik b-n ittifoq qilishlari I.dir. I. faqat mujtahidlar tarafidan sodir bo‘ladi. I.da faqatgana fosiqlik va bid’atchilikdan xoli bo‘lgan mujtahidlar qatnashadi. I.ning kelib chiqishi 7-a.ning 2-yarmida o‘tgan dastlabki mujtahidlar - "Madinaning yetti faqihi" -Said ibn al-Musayyib, Urva ibn az-Zubayr, Abu Bakr ibn Ubayd, al-Qosim ibn Muhammad, Ubaydulloh ibn Abdulloh, Sulaymon ibn Yasar va Xorij ibn Zayd faoliyatlari b-n boshiq. Ular munozarali masalalarni o‘rganish tartibini belgilab berishgan. Buning uchun har bir munozarali masala yuzasidan imkoni boricha to‘liq ma’lumot to‘plashgan, iloji boricha ko‘pchilik kishilardan so‘rab bilishgan. So‘ngra bu ma’lumotlar solishtirilib muhokama etilgan, eng ishonchli deb bilingani bo‘yicha yagona bir qarorga kelingan. Zamon, sharoitga qarab o‘zgarib turadigan hukmlar musulmon jamoasi ijtihod qilib yechish uchun qoldirilgan. Agar Kur’onda ham, sunnatda ham zikri kelmagan masala ko‘ndalang bo‘lib qolsa, bu masalaning yechilishi musulmonlarning ishboshilariga havola qilinadi. Ijtihod maqomiga yetgan ishboshilar mazkur masalani Kur’on va Sunnat qoidalari asosida hal etadilar. Bunga amal qilish har bir musulmon uchun vojibdir. Chunki oyatda: "...Payg‘ambarga va o‘zingizdan bo‘lgan ishboshilarga itoat qiling", degan amr bor. Allohning amriga bo‘ysunish esa, vojibdir. Ammo, ishboshilarga bo‘ysunishda bir necha shartlar bor. Avvalo, oyatda "o‘zingizdan bo‘lgan" deyilyapti. Faqixdar bu oyatdagi "ishboshi"larni fiqhda ijtihod darajasiga yetgan ulamolarning jamlanib, biror masala bo‘yicha ittifoq bo‘lib qaror qilishlari, ishboshilikdir, deganlar. Ahli Sunnaning barchalari, I. faqat mujtahidlarning ittifoqi ila bo‘ladi, kim bo‘lishidan qat’i nazar boshqalarning qilgan ittifoqi I. bo‘la olmaydi, deganlar. Ba’zi taraflar eng yaxshi I. to‘rt roshid xalifaning qilgan I.laridir deganlar. I. uchun suyanch bo‘lishi shart. Bu suyanch matnda kelgan dalil yoki qiyos bo‘ladi. Odatda o‘sha matn yoki qiyos maxfiy bo‘ladi. Mujtahidlar uni oshkor qilishga ijtihod qiladilar va uni hal qilishda itgifoq bo‘ladilar. I. yo‘li b-n sobit bo‘lgan hukm qagiy bo‘lsa, uni inkor qilgan shaxs kofir bo‘ladi. Far’iy va mashhur bo‘lmagan masalalardagi I.ni inkor qilgan shaxs kofir bo‘lmaydi. Hanafiylarning fikricha, qatiy ravishda sobit bo‘lgan har qanday I.ni inkor qilgan shaxs kofir bo‘ladi. Agar bir asrning ba’zi mujtahidlari bir masalada I. qilsalar va bu hakda boshqa mujtahidlarga xabar yetganda ular javob berish muddatida sukut saklasalar, I.i sukutiy bo‘ladi. Bu ham hanafiylar nazdida qat’iy I. hisoblanadi. I. nasx bo‘lmaydi. Chunki, u Payg‘ambar (sav)ning vafotvdan keyin bo‘lgan narsadir. Payg‘ambar (sav)ning vafotlaridan keyin nasx bo‘lishi mumkin emas. Qur’on va Sunnatga xilof ravishda fatvo berib bo‘lmaganidek, I.ga xilof ravishda ham fatvo berib bo‘lmaydi. Shuningdek, Qur’on va Sunnatda hukmi bor masalada qiyosni ishlatish mumkin bo‘lmaganidek, I.da hukmi bor bo‘lgan masalada ham qiyosni ishlatish mumkin emas. Oxirgi paytlarda mujtahidlar yo‘q bo‘lgani va ijtihod eshigi berkitilgani oqibatida I. ham to‘xtab qolgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:34:41
IJOZA (arab. - ruxsat, guvoxlik) - tariqatga oid tushuncha. I.ning uch turi mavjud: 1) murid yoki darvishga shayx tomonidan topshiriladigan malaka irshodi. Irshod murid va darvishga o‘z shayxi nomidan amaliy ishlar b-n shug‘ullanish imkonini beradi; 2) Shayxning xalifasi (o‘rinbosari)ga tariqatga yangi a’zolarni qabul qilish vakolati berilganini tasdiqlovchi hujjat; 3) murid yoki darvish sufiylik ta’limotini to‘liq o‘taganini tasdiklovchi hujjat.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:35:10
IJTIHOD (arab. - g‘ayrat qilish, intilish) - faqih tomonidan shar’iy hukmni hosil qilish uchun barcha bilim va toqatini ishga solish. I. shar’iy hukmi kelmagan ishning maxsus qoidalarni ishga solib shar’iy hukmini aniklash uchun qilinadi. Payg‘ambar (sav) tirikligida u kishidan boshqa odam I. qilmagan. Bu mumkin ham emas edi. I. 7-a. oxirida vujudga kelgan. Bu vaqtga kelib sahobalarning Muhammad (sav) faoliyatlari, aytgan so‘zlari haqidagi xabarlarida ixtilof paydo bo‘lgan. Bundan tashqari musulmon jamoasidagi hayot tarzining o‘zgarib borayotganligi tufayli ko‘plab huquqiy muammolar tug‘ilgan. Shuning uchun I.ning asosiy maqsadi yangi yoxud o‘tmishdoshlar tomonidan hal etilmagan masalalarni topish, islomga tayanilgan va uni quvvatlagan holda hal etish bo‘lgan. Keyingi davrlarda Qur’on va Sunnatga tegishli ilmlarning barchasini, ijmo’ga oid narsalarni, arab tiliga oid barcha ilmlarni, usul ul fiqh ilmini va shunga o‘xshash I. qilish uchun shart bo‘lgan ilmlarni ya’ni oyatlarning sabab nuzulini, hadislarning aytilish sababi va o‘rnini oliy darajada bilgan, taqvodorlik, adolatlilik va shunga o‘xshash oliy shaxsiy fazilatlarga sohib bo‘lgan kishilar (mujtahidlar) I. qilishga hakli bo‘lganlar. I., asosan, fiqhga oid masalalarga qo‘llangan. Aqida va falsafaga oid masalalarda I. qilish mumkin bo‘lmagan. O’rta asrlarda, aniqrog‘i 12-a.da ba’zi hokimlarning faqihlarni majbur qilib noto‘g‘ri hukm chiqarishga urinishlaridan, noahil odamlarning I.ga o‘zlarini urishlaridan ehtiyot qilib ulamolar, I. eshigi berkilganini e’lon qilganlar. Bu masalada xilof qilganlar ko‘pchilikning qarshiligiga duchor bo‘lganlar. Shu b-n birga goh-gohida I.ni da’vo qilganlar ham chiqib turgan. Bunday shaxslarga Ibn Taymiya va Ibn Qaym misol bo‘la oladi. Hanafiylardan Kamol ibn Humom haqida shunga o‘xshash gaplar bor. Ammo, I. eshigi berkitilganligi holati hozirgacha davom etib kelmokda. Yaqin orada biror kishi I. qilgani tan olingani yo‘q. Ammo I. qilish zarurligi tobora ortib borayotgani haqidagi chaqiriqlar ziyoda bo‘lib bormoqda. Ba’zi zamondosh ulamo va ilmiy muassasalar shaxsiy I. emas, ulamolar jamoat bo‘lib I. qilishi tarafdori bo‘lmokdalar. Shu maqsadda yangi paydo bo‘layotgan masalalarda I. qilish uchun Islom davlatlari uyushmasi, Islom olami robitasi va b. ba’zi bir mintaqa va davlatlarda Islom fiqhi akademiyalari tashkil qilingan va qilinmoqda.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:35:23
IYD (arab. - hayit, bayram) - islom an’anasidagi 2 diniy bayram. 1-si qurbon hayiti (iyd al-adha) - zul-hijja oyining 10-kuni. 2-si ro‘za hayiti (iyd al-fitr) - ramazon oyi tugagandan keyin shavvol oyining 1-kuni.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:35:44
ILYOS (as) - Qur’onda nomi zikr etilgan payg‘ambarlardan biri. I.(as) o‘z qavmi Ba’l nomli oltindan yasalgan butga sig‘inib zalolatga botgach, ularni hidoyat yo‘liga da’vat etish uchun payg‘ambar qilib yuboriladi. Ammo, ular da’vatni qabul qilmaydilar. "Bani Isroil"ni hidoyat yo‘liga sola olmay umiddari uzilgan I. (as) parvardigordan o‘z jonini olib, mashaqqatdan xalos etishni so‘raydi. Alloh unga qavmini isloh qilish vazifasi yuklatilgani, binobarii jonini olmay, o‘rniga so‘ragan narsasini muhayyo etishni va’da qiladi. Qurg‘oqchilik boshlanib xalq qahatchilikka uchraydi, begunoh hayvonu qushlar ham nobud bo‘lib, daraxtlar quriydi. Shundan so‘ng qavmning iltijosi b-n I. (as) Allohga yolvorib duo qilgach, ko‘kda bulut paydo bo‘lib yomg‘ir yog‘adi. Xiyonatkor qavm esa, yana axdini buzib zalolat yo‘liga kiradi... Rivoyatda I. (as) pirovardida samoga ko‘tarilib ketgani aytiladi. Injildagi Iliya to‘g‘risidagi hikoyatlarda ham shunday mazmun bor. ILM (ko‘pligi ulum) - bilim. Islom dini asoschisi Muhammad payg‘ambar (sav) turli munosabatlar yuzasidan doimo Alloh ilmi va insoniy ilm haqida uqtirib kelganlar. Qur’oni karimda 750 ga yaqin joyda I. so‘zi va u b-n bog‘liq fe’l o‘zaklari uchraydi. Alloh ilmi abadiy va keng qamrovliligi Allohning naqadar qudratli ekanligi belgilaridan biri bo‘lib xizmat qiladi, inson ilmi ikki xil: oddiy, dunyoviy va diniy, e’tiqodiga mos bo‘ladi. Islomni islomgacha va undan tashqari bo‘lgan narsalarga, imonni - imonsizlikka va bilimni - johillikka qarama-qarshi qo‘yish muhim bo‘lgan. I.ga avval boshdanoq o‘ta e’tibor b-n qarash natijasi shunga olib keldiki, bilimning mohiyatiga ilohiyot, huquqshunoslik, falsafiy, ijtimoiy-axloqiy kabi musulmon ta’limotlarida juda katta o‘rin ajratildi. Bilimga intilish har bir mo‘min musulmon va musulmon ayolning burchi va vazifasi ekani farz qilingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:36:10
ILM al-HADIS, hadis, ilmi hadisshunoslik - hadislarni o‘rganishga bag‘ishlangan ilm sohasi. Soxta hadislar sonini ilk islom davridayoq oshib ketgani musulmon ulamolari orasida ularga nisbatan tanqidiy yondashish lozim ekanini ko‘rsatdi. Muhaddislar muomaladagi soxta hadislarni asldan ajratish uchun ularni sinchiklab o‘rganish zaruriyatini anglab yetganlar. Musulmon tankidchiligining asosiy e’tibori hadisning mazmuni (matn)ga emas, balki roviylar zanjiri (isnod)ga qaratilgan, isnodning sifatli bo‘lishi yetkazilgan ma’lumotning to‘g‘riligiga kafolat hisoblangan, Muhaddislar uchun roviylar (ar-rijal) zanjiri (silsila)ni uzluksizligini belgilash muhim bo‘lgan. Roviylarning ismi, yashagan yshshari, tarjimai hollarini bilishga harakat qilganlar. Ularning imoni sofligi va axloqiy xususiyatlari alohida muhim ahamiyat kasb etgan. Roviylar haqida batafsil ma’lumot to‘plash va ularni tanqidiy o‘rganish I. al-H.da alohida yo‘nalish - ma’rifat ar-rijol ("roviylar haqida bilim")ni vujudga keltirgan. Bu bilimni har bir bilimdon muhaddis egallamog‘i lozim hisoblangan. Roviylarni aniqlash maxsus lug‘at yoki isnodlarda nomi zikr etilgan shaxslarning tarjimai hollari bitilgan tabaqot ko‘rinishidagi ma’lumotnomalarning yaratilishiga olib kelgan. Bu turdagi asarlarning bizgacha yetib kelgani Ibn Sa’d (845 y. v.e.)ning "Kitob tabaqot al-kabir" asaridir. Shu b-n bir qatorda "zaif" hadis roviylari haqida ham ma’lumotnomalar yozilgan, mas., "an-Nasoiy" (915 y. v.e.)ning "Kitob ad-du’afa" asari. Hadislar tanqidi juda puxta bo‘lgan, shu munosabat b-n maxsus istiloxlar paydo bo‘lgan. Hadislar bir xil qiymatga ega bo‘lmasdan, "sahih" (ishonchli), "hasan" (yaxshi) va "zaif" (kuchsiz) kabi turlarga bo‘lingan. "Sahih" hadis deb to‘liq, hech qanday uzilishsiz roviylari bo‘lgan, roviylarining imoni va fazilatlari hech qanday e’tirozga sabab bo‘lmaydigan hadislarga aytiladi. "Hasan" hadis deb, roviylari zanjirida uzilish bor bo‘lgan hadislarga aytiladi. Bunday hadislar garchi "sahih"lardan pastroq darajada tursa-da, har holda ilohiyot - huquqiy masalalarni yechishda qabul etilib, ulardan foydalanilgan. "Zaif" hadis deb hadisning mazmuni shubha tug‘dirsa yoki roviylardan biri ishonchga noloyiq deb topilsa, shunday deb atalgan. Bunday hadislar faqatgina ulardan turli xildagi o‘git-nasihat yoki yaxshi odob-axloqqa oid misollar keltirilgan holdagana qabul qilingan.
Hadislar tanqidiga 9-a.ning yirik allomalari, musulmon olamida eng ishonchli deb hisoblangan olti sahih hadis to‘plamlarining mualliflari: Buxoriy (870 y. v.e.), Muslim (875 y. v.e.), Ibn Moja (886 y. v.e.), Abu Dovud as-Sijistoniy (888 y. v.e.), Termiziy (892 y. v.e.) va Nasoiy (915 y. v.e.)lar katta hissa qo‘shdilar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:36:31
ILOHIYOT (arab. - xudo to‘g‘risidagi ta’limot) - xudo, uning sifatlari, belgilari va xususiyatlari to‘g‘risidagi diniy ta’limot. Muayyan diniy akdtsa va ular haqidaga ilohiy ko‘rsatmalarni o‘rgatadi. I. muqadtsas kitoblar, rivoyatlar kelib chiqishining ilohiy ekanini, shuningdek ibodatni bajarish b-n bog‘liq bir qator amaliy bilimlar yig‘indisini o‘z ichiga oladi. I.ning barcha tizimlari dunyoni yaratgan va uni inson bilolmaydigan qonunlar orqali boshqaradigan xudoni tan olishga asoslanadi. Islom dinida I. shakllanish davrida xilma-xil I. oqimlari (jabariylar, qadariylar, mutaziylar, murji’iylar va b.) vujudga kelgan. Islomda I. ilk shakllanishi davridan boshlab kalom deb atalgan. I. diniy o‘kuv yurtlarida o‘qitiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:36:49
ILOHIY KITOBLAR - muayyan dinda muqaddas va ilohiy hisoblanadigan kitoblar. Diniy ta’limotga ko‘ra, Alloh o‘tgan payg‘ambarlarning ba’zilariga sahifalar, ba’zilariga esa, kitoblar nozil qilgan. 100 sahifa va 4 kitob - 100 sahifadan 10 sahifani Odam (as)ga, 50 sahifani Shis (as)ga, 30 sahifani Idris (as)ga, 10 sahifani Ibrohim (as)ga yuborgan. Muso (as)ga Tavrot, Dovud (as)ga Zabur, Iso (as)ga Injil va Muhammad (sav)ga Qur’onni nozil qilgan. Kur’ondan boshqa ilohiy kitob va sahifalar bir yo‘la bir daf’ada nozil qilingan, deb hisoblanadi. Qur’on hazrat Jabroil orqali 23 yil mobaynida oyat-oyat, sura-sura shaklida yuborilgan. Diniy aqidaga ko‘ra, Alloh bandalarining ruhiy va moddiy ahvollarini yaxshi bilgan holda har bir payg‘ambarga uning ummatlariga munosib hukmlar bayon etilgan kitob va sahifalar yuborib turgan. Ular o‘z davrida ummatlar uchun hidoyat manbai bo‘lgan. Islom ta’limoti bo‘yicha, Qur’oni karim Allohning qiyomatgacha hukmi o‘zgarmaydigan, tillarda va dillarda saqlanib qoladigan oxirgi kitobidir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:37:03
ILTIJO - ruhoniy yoki dindorning Xudodan, g‘ayritabiiy kuchlardan madad tilab hamda yovuz kuchlarni qaytarishni so‘rab, murojaat qilishi. I. dinga SIEINISHNING zaruriy qismi, ibodat qilish va diniy marosimlarning ajralmas xususiyatidir. Diniy tasavvurlarga ko‘ra, I. orqali g‘ayritabiiy kuchlarga ta’sir qilish mumkin. Har bir dinda I.ning o‘ziga xos shakli vujudga kelgan. Mas., islomda duo qilinganda qo‘lini ochib, yuziga surtish (omin qilish).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:37:22
ILHOD ("bosh tortish", "rad etish") -munozara adabiyotida keng ishlatiladigan ilohiyot atamasi. Kur’oni karimda (7:180/179; 22:26; 41:40) va hadislarda "buzg‘unchilik", "qaytishlik", "man etilgan narsani buzish" ma’nosida qo‘llaniladi. Qur’on tafsirchilari I.ga Allohning go‘zal ismlari muqaddasligini buzish, uning sifatlarini noto‘g‘ri talqin qilish va b.ni kiritganlar. Ilk islom davrida I. zandaqa (q. Zindiq,) atamasining sinonimi bo‘lgan, 9-a.da har qanday "yangilik" (bid’at) yoki sunniylik ta’limotiga oddiy ravishda qo‘shilmaslik sunniy ilohiyotchilar tomonidan I. deb baholangan; I.da ayblanganlarni malahida yoki mulhidun (birligi - mulhid) deb atashgan. Mulhid "g‘orat etuvchi", "xudosiz" degan haqoratomuz ma’noga ega bo‘lgan. Ka’badan "qora tosh"ni o‘g‘irlagan bahreynlik qaramatiylar I.da ayblanganlar. Muqaddas yerda man etilgan narsalarni buzgan (mulhidun) uch kishini Alloh huzurida eng manfur kimsalar ekani haqidagi hadisga binoan, sunniy ilohiyotchilari islomdagi mana shu "yovuz murtaddar" (mulhidun)ni aniqlashga harakat qilishgan. Ko‘pincha bunday "izzat-ikrom"ga ilohiyot sohasida o‘zining tez-tez o‘zgarib turadigan qarashlari b-n mashhur bo‘lgan Ibn ar-Ravondiy (taxm. 10-a. boshida v.e.), "Payg‘ambarlarning yolg‘onlari" asarini yozgan mashhur tabib Abu Bakr ar-Roziy (912 y. v.e.) va mashhur adib Abu-l-A’lo al-Ma’arriy (973-1057)lar "sazovor" bo‘lganlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:37:34
ILHOM - ko‘ngilga solish; tasavvufda solik qalbida Alloh tomonidan paydo etilgan fikr. Shariat ulamolari fikricha, I. qat’iy ma’lumot manbai bo‘la olmaydi. Tasavvuf axdi, aksincha, I.ni ilohiy fayz deb qabul qilib hamda unga asoslanib, so‘z va ish yuritadi. I. tor ma’noda "vahiy"ning sinonimidir. I. o‘z mohiyatiga binoan "aqliy ilm"dan ham farklanadi, chunki I. fikr-mulohaza yuritish va xulosa chiqarish yo‘li b-n vujudga kelmaydi. Tasavvufga ko‘ra, I. mo‘min dilini yorituvchi ilohiy nurdir, Qur’onning botiniy ma’nosini ham I. orqali anglab yetish mumkin.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:38:18
IMOM (arab. - oldinda turuvchi) - namozda oldinda turuvchi, g‘oyaviy rahbar, musulmon jamoasi boshlig‘i. Kundalik hayotda masjidtsa jamoa namozining rahbarini I. deb ataydilar. I. vazifalarini ayni bir odam bajarishi mumkin, ammo I. mansab ham, kasb ham hisoblanmaydi: u haqiqatda namozni boshqarib turgani uchungana I. deb e’tirof qilinadi. Mahalla va qishloq masjidlarida odatda diniy ma’lumoti bor odam I. hisoblanadi. Jome masjidlarining I.i maxsus diniy ma’lumotga ega va dindorlar o‘rtasida obro‘ qozongan bo‘lishi kerak. Namozda kimlar imom bo‘lishga hakliroq ekani fiqh kitoblarida bayon qilingan. Islom dini paydo bo‘lgan dastlabki yillarda I.vazifasini Muhammad (sav), u zotning vafotlaridan so‘ng esa, xalifalar bajargan. Muhammad (sav) va dastlabki xalifalar namozda oldinda turuvchilargina emas, shu b-n bir vaqtda qavm boshliqlari ham edilar, binobarin I. -xalifa amalda oliy diniy va siyosiy rahbar hisoblangan. Nazariy jihatdan yagona musulmon jamoasida I.ni oliy diniy va dunyoviy hokim sifatida tasavvur qilish ana shundan boshlangan. Aynan kimni qonuniy I. deb hisoblash kerak va uning hokimiyatining mohiyati qanday, degan masaladagi bahslar musulmonlarning sunniylar va shialarga bo‘linishiga sabab bo‘ldi. Sunniylarning oliy hokimiyat nazariyasiga ko‘ra, xalifa barcha musulmonlarning I.i hisoblanadi. Xalifa -I.ning asosiy vazifasi - dinni sakdash va dunyoviy ishlarni boshqarish. I. diniy qonun-qoidalar qavm hayotiga to‘g‘ri joriy qilinayotganini kuzatib borishi kerak. Sunniylar, shuningdek, xorijiylar I.ni qavmning vakili hisoblaydilar, u nazariy jihatdan butun qavm tomonidan, amadda esa, uning vakillari tomonidan saylanadi yoki o‘tmishdoshi tomonidan tayinlanadi. Shialar nazariyasiga ko‘ra, Ilarning oliy hokimiyati xudo tomonidan belgilab qo‘yilgan, shu sababli u odamlarning xohishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas, ya’ni I. saylanishi mumkin emas (I.ning saylab qo‘yilishiga faqat zaydiylar qarshi emasdilar). Avval boshdan I.ning saylanish qoidasini rad etgan shialar musulmonlar qavmi va davlatining oliy hokimiyati Ali avlodlariga meros hisoblanadi, chunki ularning huquqi ilohiy ko‘rsatma b-n belgilab qo‘yilgan, deb e’lon qildilar. Shialarning diniy ta’limotiga ko‘ra, I. 3 vazifani bajaradi: 1) qonuniy I. - islom qavmi boshlig‘i, odamlarning ishlarini amalga oshirishda Payg‘ambarning vorisi; 2) u - diniy bilim va huquklar tafsirchisi, Qur’on va hadislarning eng to‘g‘ri mufassiri; 3) u - odamlarga hamma narsaning botiniy ma’nolarini anglatadigan oliy diniy rahbar. I. hokimiyati, shu tarzda, odamlarning dunyoviy va ruhiy hayotidan tashqari ko‘zga ko‘rinmas dunyo - "g‘ayb olami"ga ham tegishlidir. Oliy hokimiyatning ilohiy tabiatidan kelib chiqib, shialar avval boshdan o‘z Ilarini Allohning yerdaga haqiqiy va to‘la huqukli vakillari deb hisoblab kelganlar. Shialarning I.i - Allohning noibi, u orqali Allohga yaqinlashish mumkin, I.lar payg‘ambarlarga xos bilimlar merosxo‘ri. Biroq Ali avlodlari tabiiy ravishda bo‘linib, tarqalib keta borgan sari oliy hokimiyatga da’vogarlik qilishi mumkin bo‘lganlar soni ko‘paya bordi. Ali avlodlarining turli shajarasi vakillarini I. sifatida tan olgan shialik har xil oqim va jamoalarga bo‘linib ketdi. Zaydiylar, ismoiliylar, imomiylar, "keskin" shialar oliy hokimiyatni berish qoidasi, I.ning huquq va burchlari, I.larning hukmron sulola b-n hamkorlik qilishi mumkinligi, ularning "adolatsiz" hukmdorlarga munosabati va h.k. masalalarni turlicha talqin qildilar. Ko‘pchilik uchun hoz. vaqtda Ali avlodlari bo‘lgan haqiqiy I. yo‘q. Shialarning diniy rahnamolari - "din odamlari" (rijal ad-din) uning to‘la huquqli vakillaridir. I. atamasi shialik va sunniylikda, shuningdek, yirik diniy rahnamolar, katta qavmlarning rahbarlari, diniy mazhab va maktablar asoschilari (Abu Hanifa, al-Ash’ariy, Humayniy va h.k)ga hurmat yuzasidan ham qo‘llaniladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:38:37
IMOM BUXORIY - q. Buxoriy.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:38:58
IMOM al-BUXORIY YODGORLIK MAJMUI - Samarqand yaqinidaga me’moriy yodgorlik, qadamjo. Chelak tumanining Xartang qishlog‘ida joylashgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 y. 29 apr.dagi "Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligani nishonlash to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Prezident Islom Karimov loyihasi asosida allomaning maqbarasi o‘rnida barpo etildi. Majmua 1998 y.da ochilgan. Yodgorlik majmui avvalo ziyoratgoh, qadamjo, so‘ng kundalik, juma, hayit namozlari o‘qiladigan joy vazifasini o‘taydi. Umumiy mayd. 10 ga ni tashkil etadi. Majmuada maqbara, ma’muriy bino, masjid, kutubxona, ilmiy xodimlar xonasi va b. yordamchi xonalar mavjud. Masjid va peshayvonida 1500 gacha kishi namoz o‘qishi mumkin. Masjid ichidagi mehrobning o‘ng tomoniga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Saudiya Arabistoni podshohi Fahd ibn Abdul Aziz tuhfa qilgan kisva -Ka’bapo‘sh parchasi osib qo‘yilgan. Kutubxonada Qur’onning noyob qo‘lyozmalari, turli nashrlari, Imom Buxoriy asarlaridan namunalar va b. kitoblar bor. Majmua to‘rida, maqbaraning orqa tarafida hadis ilmini o‘rganishga mo‘ljallangan o‘quv markazi -"Dorul hadis" binosi joylashgan. Bu yodgorlik majmui keyingi asrlarda bunyod etilgan ulkan va noyob inshootdir. U yosh avlodni ezgulik ruhida tarbiyalaydigan, har bir insonni hayot va abadiyat haqida o‘ylantiradigan aziz maskanga aylandi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:39:53
"IMOM al-BUXORIY SABOQLARI"  - Imom al-Buxoriy xalkaro jamg‘armasining ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy jurnali. 2002 y.dan Toshkentda uch oyda bir marta nashr etiladi. Uning vazifasi - xalqimiz, ayniqsa yoshlarni milliy-diniy qadriyatlarni sog‘lom idrok etishiga yordam berish, milliy-ma’naviy merosimizdan bahramand etish. Jurnalning "Abadiy barhayot kitob", "Muhaddislar
sultoni", "Hadislarning ulug‘ hikmati", "Movarounnahrlik buyuk allomalar", "Islom va ma’rifat", "Istiqlol va islom" kabi ruknlari bor. Bosh muharriri Zohidillo Munavvarov. Adadi 1000 nusxa (2002).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:40:40
IMOM   BUXORIY XALQARO   JAMG’ARMASI - buyuk muhaddis Imom Buxoriyning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida tuzilgan xalqaro jamg‘arma (1998 y. 4 noyab.). Muassislari: O’zbekiston musulmonlari idorasi, Madaniyat ishlari vazirligi, O’zbekiston Fanlar akademiyasi, Toshkent shahar va Samarqand viloyat hokimliklari, "O’zbekturizm" va "O’zbekiston havo yo‘llari" milliy kompaniyalari, O’zbekiston milliy universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi, "Mahalla" va "Oltin meros" jamg‘armalari va b. Boshqaruvi -Toshkent shahrida, Samarqand bo‘limi - Chelak tumanidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuida joylashgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning "Ymom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi Farmonida (1998 y. 16 noyab.) jamg‘armaning asosiy vazifalari belgilab berilgan. Jamg‘armaning dastlabki ustav fondi Vazirlar Mahkamasi zaxira fondidan o‘tkazilgan 50 mln. so‘m va Kuvayt Davlati Amiri tomonidan Imom Buxoriy yodgorlik majmuiga xayriya etilgan 500 ming AQSh dollaridan shakllavdi. Jamg‘armaning asosiy fondlariga uning balansiga o‘tkazilgan binolar va ko‘chmas mulklar, jumladan, Imom Buxoriy yodgorlik majmui kiradi. Jamg‘armaning milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlari O’zbekiston fuqarolari va tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy shaxslarning xayriya ulushlari uchun ochiq, deb belgilangan. Tashkiliy tuzilmasi rais va uning o‘rinbosarlari, ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, turizmni rivojlantirish, xalqaro aloqalar va investitsiyalar, qo‘lyozmalar elektron kutubxonasi, Imom Buxoriy nashriyoti kabi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:41:00
IMOM ad-DORIMIY MAQBARASI -Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (2000 y.). Imom Buxoriyning ustozlaridan biri imom Abdurahmon ad-Dorimiy as-Samarqandiy (q. Dorimiy) qabri ustida bunyod etilgan. Mustaqillik yillari qabr atrofi obod etilib, ziyoratgohga aylantirildi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:41:14
IMOM MUSLIM, to‘liq ismi Abul-Husayn Muslim ibn al-Hajjoj ibn Varad ibn Kushoz al-Qushayriy an-Naysoburiy (821-875) -mashhur muhaddis. Imom Buxoriydan keyin hadis ilmining eng zabardast allomasi. Fiqh ilmvdan ham yaxshi xabardor bo‘lgan. 12 yoshida hadis ilmini o‘rganishga kirishgan. I.M. shu maqsadda ko‘p mamlakatlarga sayohat qilgan, jumladan Hijoz, Misr, Suriya, Irokda bo‘lgan. Ulamolarning qayd etishlaricha, u 300 mingdan ziyod hadislarni ko‘zdan kechirib shundan atigi 12 mingtasini ishonchli (sahih) deb topib o‘zining "As-Sahih" asariga kiritgan. Bu kitob axdi sunna nazdida "ikki sahihning biri" deb ta’vil qilingan, olti sahih kitobning ikkinchisidir. I.M. bundan tashqari "Al-Musnadul-kabir", "Al-asmo val-kuno", "Al-ilal", "Kitobu avlodis-sahoba" kabi asarlar yozgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:41:35
IMOM NASAIY, Abu Abdurrahmon Ahmad ibn Ali ibn Shuayb ibn Ali ibn Sinon ibn Bahr al-Xurosoniy (827-915) - muhaddis, hadischilik bobida eng ishonchli 6 hadis to‘plamlaridan birining muallifi. Naso(Niso) sh.da tavallud topgan. Ona yurtida Qur’oni karimni yod olib, boshlangach diniy ma’lumotlarni olgandan keyin kengroq ilmu ma’rifat hosil qilish niyatida xorijiy mamlakatlarga safarga chiqadi. 15 yoshli muhaddis Hijoz, Iroq, Shom, Misr va b. mamlakatlarga borib diniy fanlarni puxta o‘zlashtiradi. U Misrning "Zuqoq al-qanodil" mahallasida uzoq vaqt yashab, so‘ngra Damashqqa boradi. U yerda umaviylarga yon bosmagani sababli tazyiq ostida og‘ir holatga tushadi. Bir rivoyatga ko‘ra, Makkaga yetib borib, o‘sha yerda, ikkinchi rivoyatga ko‘ra, Baytil-Makdis (Quddus)da vafot etadi. Hadis bobida yozgan "as-Sunan al-kubro" to‘gshami uning shoh asari hisoblanadi. Undan tashqari u "as-Sunan as-sug‘ro" yoki "al-Mujtabo", "al-Xasois", "Fazoil as-sahoba", "al-Manosik" va b. kitoblarni yozib qoldirgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:41:51
IMOMIYLAR - shialikdagi asosiy oqimlardan birining tarafdorlari, Ali avlodiga taallukdi 12 imomni tan oluvchi mo‘‘tadil shialar. I. 11-imom Hasan al-Askariy vafoti (873 y.)dan keyin uning yosh o‘gli Muhammadni oxirgi, 12-imom deb tan oladilar. Rivoyatlarga ko‘ra, bu imom yo‘qolgan (tarixda o‘ldirilgan bo‘lsa kerak) deb hisoblanadi. I. uni "yashiringan imom", ya’ni maxdiy deb e’lon qilib, u qaytib kelishi b-n adolat tantana qiladi, deb hisoblaydilar. "Yashiringan imom"ga e’tiqod I.ning asosiy aqidalaridan biridir. Ular imomat ta’limotini asosiy qoida sifatida ilgari suradi, imomning saylab qo‘yilishini rad etadi. Ular o‘zlarining hamma imomlarini "jabrdiyda" deb biladi va ularga e’tiqod qiladi. I. shialarning ancha ko‘p tarqalgan qismidir. I. ta’limoti hoz. Eronning davlat dini hisoblanadi. I. Irokda aholining deyarli yarmini tashkil etadi. I. jamoalari Livan, Kuvayt, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Afg‘oniston va b. mamlakatlarda bor.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:42:11
IMOMLIK, i m o m a t (arab. - boshqarmoq) - 1) musulmon teokratik davlatining umumiy nomi. Islom evolyutsiyasi jarayonida I. haqidagi tasavvur ham o‘zgarib borgan. Ilk islomda Muhammad (sav) va xalifalar musulmonlar jamoasida ma’muriy hokimiyat va diniy rahnamo(imom)likni birga qo‘shib olib borgan. Keyinchalik xalifalar hokimiyatida ma’muriy rahbarlik asosiy o‘rin egallagan. Diniy hokimiyat - I. esa nomigagana saqlanib qolgan. Shia mazhabida I. faqat Muhammad (sav) avlodlaridan bo‘lgan (Ali (kv) va Fotima avlodlari) shaxsning diniy va ma’muriy hokimiyati hisoblangan; 2) Dogaston va Chechenistonda muridlar davlati, 19-a.ning 20-y. oxirida chorizmning mustamlakachilik siyosatiga qarshi Shim. Kavkaz xalklarining kurashi davrida paydo bo‘lgan. Imomlari: G’ozi Muhammad (1828-32), Hamzatbek (1832-34), Shomil (1834-59); 3) Namoz vaqtida jamoat oldida turib ibodatni boshqarish, imomlik qilish.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:42:24
IMON, i y m o n (arab. - ishonch, e’tiqod) -islom dinida Allohga, uning farishtalari, kitoblari, payg‘ambarlari, qiyomat kuni, takdir va o‘lgandan keyin tirilishga ishonish. Bu "imoni mufassal", ya’ni iymonning mufassal ta’biri deb ham ataladi. I. moturidiylik ta’limotiga ko‘ra, 2 narsaning butunligi -e’tiqod (dinga ichdan chuqur ishonish) , iqror (so‘zda buni tan olish)dan iborat deb hisoblanadi. Islomda I. talablari "arkon al-imon (e’tiqod asoslari) sanaladi. I. asoslariga, u aqlimizga xoh sig‘sin, xoh sig‘masin, baribir ularga shak-shubhasiz e’tiqod qilish talab qilinadi. I. talablari, ya’ni aqidalar islomning diniy dunyoqarash asoslarini tashkil etadi. Din va huquq ilk islom davrida ajratilmagani tufayli "I." muammosi ilohiyotchilarni ham, fiqhshunoslarni ham band etgan. I. tushunchasi islomda muhim va bahsli masalalardan biri hisoblanib, uni 8-a. boshidan turli ilohiyot va diniy-hukuqiy maktab vakshshari turlicha talqin qilgan. Hoz. kunda I. so‘zi vijdonlilik, halollik, soflik, Vatanni sevish ma’nolarida ham ishlatiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:42:59
INJIL - Alloh taolo Iso (as)ga Jabroil orqali og‘zaki tarzda nozil qilgan kitob. Musulmonlar bunga imon keltiradilar. Bu hakda Kur’onda bir necha oyatlar kelgan. "Va unga kitobni, hikmatni, Tavrot va Injilni o‘rgatadi" (Oli Imron surasi 48-oyat). "Ularning izlaridan Iso ibn Maryamni o‘zidan oldingi Tavrotni tasdikdovchi qilib yubordik. Unga Injilni berdik. Unda hidoyat va nur bor. U o‘zidan oldingi Tavrotni tasdiklaguvchidir. u taqvodorlar uchun hidoyat va mav’izadir" (Moida surasi 46-oyat). Qur’onga ko‘ra, I.da Muhammad (sav)ning kelishlari haqida bashorat qilingan, biroq I. matni nasorolar tomonidan buzilgan. Lekin o‘sha ilohiy kitobning asl nusxasi hoz. yo‘q. Chunki, Iso (as)ning vaqtlarida I. kitob shaklida bo‘lmagan. Hech kim hech narsani yozmagan. U zotdan keyin ba’zi kishilar o‘zlari kitob yozib, mana shu I., menga vahiy qilindi va uni men yozib oldim, deb chikdilar. Asta-sekin "I. vahiy qilinganlar" ko‘payib boraverdi. Oxiri borib ularning soni juda ham ko‘payib ketdi. Ularning har biri o‘zining I.i haq ekanini da’vo qilar edi. Orada gap-so‘z, ixtiloflar kuchaydi. Shunda imperator Konstantin mil. 325 y.da Nikeya (Nisea)da katta majlis chaqirdi. Bu majlisda 2048 patriarx qatnashdi. So‘ngra turli jamoalardan 2000 dan ortiq ruhoniy o‘nlab Ilarni ko‘tarib keldilar. Imperator majlis axdi oldiga mavjud I.lardan eng ishonchlisini tanlab olish vazifasini qo‘ydi. Ular uzoq talashib-tortishishlardan keyin 4 dona I.ni tanladilar. Hoz.da nasorolar e’tiqod va amal qiladigan I.lar ana o‘sha 4 I.dir. 1-Mutto (Matfey) I.i. Bu I. eng qad. I. hisoblanadi. U Iso (as)dan 4 y. keyin yozilgan. U ibroniy tilda yozilgan edi. Ammo, o‘sha asl nusxasi ham hoz. yo‘q. Hoz. bori o‘shaning tarjimasi. Lekin tarjimon ham, u qaysi matndan tarjima qilgani ham hozirgacha ma’lum emas. Buning ustiga bu I.ning muallifi Mutto Iso (as)ning havoriylaridan emasdi. Keyinroq uni xoin Yahuzoning o‘rniga saylashgan edilar.
2-Markos (Mark) I.i. Bu I. yunon tilida Iso (as)dan 23 y. keyin yozilgani aniq. Ammo uni kim yozgani noaniq. Ba’zi nasorolar, uni Pyotr yozgan, deydilar. Boshqalari esa, uni Pyotrning o‘limidan keyin Markos yozgan, deydilar.
3-Luka I.i. Bu kitob Masih (as)dan 20 y. keyin yozilgan. Luka u zotning shogardlaridan emas. U Polning shogardi. Uning ustozi ham Iso (as)ni ko‘rgan emas. Buning ustiga Pol nasorolikka dushman bo‘lgan yahudiylardan edi. Shuning uchun hiyla b-n nasorolikka qarshi ko‘p buzg‘unchiliklar qilgan.
4-Yuhanno (Ioann) I.i. Bu I. Iso (as)dan 32 y. keyin yozilgan. Ba’zi nasoro toifapari uni Iso (as)ning shogirdlaridan biri Yuhanno ibn Zabdiy yozgan, deydilar. 500 tanikdi nasoro olimlari ishtirokida yozilgan "Britaniya entsiklopediyasi" bu kitobni, qalbaki kitob, degan. Musulmon shaxs I.ni Alloh tomonidan Iso (as)ga tushirilgan ilohiy kitob deb imon keltirmasa musulmonliga qolmaydi. Shu b-n birga musulmon shaxs asl nusxadagi I.ning yo‘kdigi va hoz. Ilar buzilgan ekaniga ishonadi. Alloh Qur’onda Iso (as)ning tug‘ilishidan oldin uning kelajagi haqida quyidagilarni aytgan: "Va unga kitobni, hikmatni, Tavrot va Injilni o‘rgatadi" (Oli Imron surasi 48-oyat). Tavrot Muso (as)ga tushirilgan ilohiy kitobdir. U Iso (as)ga ham kitob bo‘lishini Allohning O’zi aytib turibdi. Tavrot Iso (as)ga kelgan dinning ham asosini tashkil etadi. I. esa, Tavrotni to‘ldirib kelgan. I.ning o‘zbek tilidagi to‘liq nashri kirill yozuvida 1992 y.da so‘zboshi, lug‘at, jadval va rangai suratlar b-n birga Bibliyani tarjima qilish in-ti (Stokgolm) tomonidan chiqarilgan (tarjimon -   Ibrohim Abaev).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:44:19
IRAM ZOT al-IMOD ("ko‘p ustunli Iram") -   Jan.  Arabistonda go‘yo mavjud bo‘lib, Kur’onga binoan Alloh taolo tomonidan yo‘q qilib yuborilgan inshootlar majmuasi. Qur’onda (89:7/6) Alloh tomonidan kibrga berilib  gunohga  botganlari uchun  nobud qilingan od va samud qavmlari b-n birga qayd etiladi. Ushbu oyatning eng ko‘p tarqalgan tafsiri I.Z.I.ni od qavmi tarixi b-n  bog‘laydi. I.Z.I. - odiylar podshohi Shaddod tomonidan qurilgan shahar. Shadtsod Allohning elchisi Hud (as)ning so‘zlariga quloq solmay Yer yuzida, Adan yaqinida jannatga o‘xshash makon yaratishni istagan;  bu shaharning binolari oltin va kumushdan bunyod etilib, qimmatbaho   toshlar    b-n    bezatilgan. Podshohning kibru havosi va imonsizligi uchun Alloh I.Z.I.ga kuchli  bo‘ron yuborib shaharni qumga ko‘mdirib yuborgan. Ba’zan sahroda adashib qolgan yo‘lovchilar mana shu o‘lik shaharni ko‘rganlari va u yerdan olib kelgan qimmatbaho toshlar    kulga aylanib qolgani haqida afsonalar mavjud. Qur’ondagi I.Z.I. - qad. arab shaharlarining halokati haqidagi rivoyatlardan biri. Haqiqiy I.Z.I. - nabateylarning Shim. Hijozdagi ko‘p ustunli ar-Ramm ibodatxonasi vayronalari. Ko‘p ustunli I.Z.I. obrazida tadqiqotchilar ba’zan narigi dunyoning qad. mifologik ramzini ko‘radilar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:44:39
IRIM - g‘ayritabiiy hodisalarning kishilarga ta’sir qilishiga ishonib, biror niyat b-n qilinadigan odat, xatti-harakat. I. o‘zni ehtiyotlash, birovlarga yaxshilik tilash yoki zarar yetkazish va b. niyatlarda qilinadi. Jahovdagi deyarli hamma xalqlarda va turli kasb-hunar sohalarida uchraydi. I., bir tomondan kishilarning ezgulikka intilishlari, orzulari b-n bog‘lansa, ikkinchi tomondan, tabiat va jamiyatda qandaydir g‘ayritabiiy sehrli kuchlarning borligiga ishonishga asoslanadi. I.ni Islom dini b-n hech qanday aloqador joyi yo‘q. Islom diniga ko‘ra, bu amal xurofot sanaladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:47:42
ISLOM (arab. - bo‘ysunish, itoat etish, o‘zini Alloh irodasiga topshirish) - jahonda keng tarqalgan uch din (buddaviylik va xristianlik b-n bir qatorda)dan biri. I. diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha "muslim" ("islomni qabul qilgan", "itoatli", "sadoqatli"; ko‘pligi "muslimun") deb ataladi. "Muslim", "muslimun" so‘zining boshqa xalqlar orasida o‘zgacha talaffuz etish (mas., forslarda -musalmon, o‘zbeklarda - musulmon, qirg‘iz va qozoklarda - musurmon, Ukraina va Rossiyada - basurman) natijasida bu dinga e’tiqod qiluvchilar turli nom b-n ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan.
Jahonda qariyb 1,2 mlrd. kishi I.ga e’tiqod qiladi. Musulmonlarning 2/3 qismidan ko‘prog‘i Osiyoda yashaydi va bu qit’a aholisining 20% idan ortiqrog‘ini tashkil etadi. Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga to‘g‘ri keladi (qita aholisining deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud bo‘lgan 120 dan ortiq mamlakatdan 35 tasida musulmonlar aholining ko‘pchiligani tashkil qiladi - Shim. Afrika, Rarbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Afg‘oniston, Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va b. ba’zi mamlakatlarda aholining 80% dan ortig‘i musulmonlardir; bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80% igacha tashkil qiladi (Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan). Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, ba’zi bir mamlakatlarda musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, ta’sir doirasi kuchli (Gvineya-Bisau, Kamerun, Burkina Faso, Serra-Leone va b.)- Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar - Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladesh; musulmonlarning anchasi Xitoy, Tailand, Efiopiya, Tanzaniya, Kiprda, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Yugoslaviya, Albaniya, Buyuk Britaniya, GFR, Frantsiya va b.), Shim. va Jan. Amerika qit’asi mamlakatlari (AQSh, Kanada, Argentina, Braziliya, Gayana, Surinam, Trinidad va Tobago)da, Avstraliyada, Fidji orollarida yashaydi.
I. 7-a.da Hijoz (G’arbiy Arabiston)da paydo bo‘ldi. Uning asoschisi Muhammad (sav)dir. Islom dinining paydo bo‘lishi xususida islom manbalariga asoslangan diniy an’anada u ilohiy hodisa, insonlarni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi ta’limot deb hisoblanadi. I. talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar e’tiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu xudo, ya’ni Alloh odamlarga payg‘ambar - elchilar yuborgan. Ammo, insonlar payg‘ambarlar ta’limotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammad (sav)ni tanladi, unga o‘zining kalomi - Qur’onni nozil qildi. Muhammad (sav) oldin o‘z hamshaharlarini, so‘ng barcha arablarni ko‘plab qabila xudolariga sig‘inishdan voz kechish va yagona xudo - Allohga e’tiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga. tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga da’vat etdilar. Qur’onga ko‘ra, arablar va yahudiylarning umumiy bobokaloni Ibrohim (as) Allohga birinchi bo‘lib imon keltirgan. Demak, I. batamom yangi e’tiqod emas, balki Ibrohim(as)ning qayta tiklangan dinidir.
I. dini tarixini o‘rganishda o‘sha davrdaga ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy omillarni hisobga olish kerak. I. dini vujudga kelgan davrda Arabiston ya. o.da Makka va Yasrib (Madina) kabi shahar-davlat (polis)lar boshqalarga nisbatan muayyan ustunlikka ega edilar. Bu shaharlar xalqaro savdoning eng yirik markazlaridan bo‘lib, iqtisodiy hayot jo‘shqin tus olgandi. Shahar-davlatning kelajak taraqqiyoti uchun polis tuzumi torlik qila boshlagan. Hijoz (Makka, Yasrib, Xaybar, Dumat al-Jandal, Tayma va b.) va umuman Arabistonni xalqaro savdoni barqaror qiladigan, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qodir harbiy kuchga ega bo‘lgan yagona saltanatga aylantirish davr talabi bo‘lib qolgan edi. Saltanat tuzish b-n bir qatorda Arabiston ya. o.dagi qabilalarning etnik va madaniy jihatdan birlashuvi, yagona arab tili, ogzaki va yozma adabiyot, umumiy fikrlashning shakllanishi va nihoyat, arablarning diniy tafakkurida o‘zgarish jarayonlari kechayotgan edi. Bunday harakatni boshqargan kishilar o‘z faoliyatlarini ilohiy ilhom b-n asoslay olgan holdagana muvaffaqiyatga erisha olardi. Shuvday qilib, Muhammad(sav)ning diniy va siyosiy faoliyatlari yuqoridagi jarayonlarning xususiy ko‘rinishi bo‘lgan. Muhammad (sav) har tomonlama barkamol inson bo‘lganlari uchun, u zotning shaxsiy fazilatlari tufayli yahudiy-xristian ta’limotlariga yaqin g‘oya b-n yashovchi mahalliy hijozliklar harakati o‘ziga xos xususiyatlar kasb etdi, diniy va siyosiy kuchga ega bo‘ldi; bu kuch islomning vujudga kelishini eng muhim tarixiy voqealardan biriga aylantirdi.
Muhammad(sav) 610 y., ya’ni 40 yoshlarida vahiy (ilohiy ilhom) olayotganlarini e’lon qildilar. Ammo, bir necha nufuzli yaqin qarindoshlarini hisobga olmaganda, Makkaning ko‘pchilik aholisi, ayniqsa, Quraysh qabilasining zodagonlari ularning targ‘ibotlariga ochikdan-ochiq qarshi chiqtsilar. U zot o‘zga yerlarda tarafdorlar izlashga majbur bo‘ldilar. Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga ko‘chdi, so‘ng Makka zodagonlari b-n ma’lum davrdan buyon raqobatlashib kelayotgan Yasribdagi Banu Avs va Banu Xazraj qabilalarining vakillari 622 y. musulmon jamoasini o‘ziga qabul qilish, Muhammad(sav)ni umumiy rahnamo sifatida tan olishga rozi bo‘lishdi. Yasrib shahridagi mavjud etnik vaziyat ham shuni taqozo etgandi. Hijra nomini olgan bu voqea I. tarixida burilish yasadi. Ko‘chib o‘tgan kishilar muhojirlar (ko‘chib kelganlar), Madinada I.ni qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Madina va Makka o‘rtasida boshlangan kurash 8 y. davom etdi (q. Badr jangi, Uxud jangi, Xandaq jangi va b.). 628 y. Makka zodagonlari Muhammad(sav) b-n kelishishga majbur bo‘ldilar. 630 y. musulmonlar qo‘shini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga I. dinini qabul qildi va Muhammad (sav)ni Allohning elchisi (rasuli) deb e’tirof etdi. Ana shundan boshlab Makka I. dini markaziga, Ka’ba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan. Muhammad (sav) vafot etgan 632 y.da Arabiston ya. o. to‘la birlashtirilgan, uning aksariyat aholisi I. dinini qabul qilgan edi. Arabistonning siyosiy, iqtisodiy, etnik va madaniy jihatlardan birlashishida I. dini muhim omil bo‘lib xizmat qildi va kelajakda vujudga kelgan musulmon olamining mafkurasiga aylandi.
Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib payg‘ambarning o‘rinbosari (xalifa) sifatida hukmronlik qildilar. 7-8-a.larda Iroq, Falastin, Suriya, Eron, Movarounnahr, Misr, Shim. Afrika, Pireney ya. o., Shim. Hindiston fath etildi. Bir asrdan kamroq vaqt davomida Shim. Xitoydan Ispaniyagacha, Kavkaz ortidan Hind okeanigacha bo‘lgan katta hududni zabt etildi va I. dini keng hududda tarqaldi.
I.ning muqaddas kitobi Qur’ondir. Musulmonchilikda bu kitobning butun mazmuni Allohning vahiy qilingan so‘zi deb tushuniladi. I.ning aqidalari, e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlari, cheklash va taqiqlari Qur’on b-n birga uning tafsirlarida, hadis to‘plamlari va shariat qo‘llanmalarida, shuningdek, 8-12-a.larda vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida o‘z ifodasini topgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:47:54
I.ning asosiy aqidasi - "Alloxdan boshqa iloh yo‘q va Muhammad uning rasuli". I. ilohiyotining ilk shakli - kalom bo‘lib, 8-a.da arab xalifaligida vujudga kelgan. Mutakallimlar I. dini aqidalarini ishlab chiqqanlar.
I. dini 5 "asos" yoki "ustun" (arkon ad-din al-islomiy)ga ega: 1) kalima keltirish; 2) namoz o‘qish; 3) ro‘za tutish; 4) zakot berish; 5) imkoniyat topilsa haj qilish. Shulardan birinchisi imon va qolganlari ibodat deb e’tirof etilgan. Imon 7 akdtsani - Allohga, uning farishtalariga, muqaddas kitoblariga, payg‘ambarlariga, oxirat kuniga, takdir (yaxshilik va yomonlik Allohning irodasi b-n bo‘lishi)ga va o‘lgandan keyin tirilishga ishonishni o‘z ichiga oladi. Islomda xatna, ro‘za hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, aqiqa, mavlud, xudoyi, ashuro kabi o‘ziga xos diniy marosimchilik tarkib topgan. Bundan tashqari, mahalliy xalqlarda islomgacha mavjud bo‘lgan urf-odatlar, jumladan, fol ochirish, dam soldirish, aziz-avliyolarga, muqaddas joylarga sig‘inish ham I. marosimchshshgaga moslashib ketgan. Islomda ilk davrdan paydo bo‘lgan eng birinchi yirik muammo - oliy hokimiyatni egallashga payg‘ambardan keyin kim hakliroq, degan masala bo‘ldi. Ali (kv) tarafdorlari "shia" nomini olib, islomda birinchi bo‘linishni boshlab berdilar. Uchinchi xalifa Usmon (ra) aynan shu bo‘linishning qurboni sifatida jon taslim qildi. Ikki taraf - sunniylik va shialik o‘rtasidaga kurash asnosida xorijiylar deb atalgan uchinchi yo‘nalish ham paydo bo‘li. Ammo, I. tarixi uzra sunniylik asosiy yo‘nalish bo‘lib keldi. O’rta asrlarda hukmronlik qilgan abbosiylar, saljuqiylar, ayyubiylar, mamluklar, usmonli turklar, temuriylar sulolalari sunniylar edilar. Hoz. kunda ham sunniylar musulmonlarning mutlaq ko‘pchiligi (93%)ni tashkil etadi. Birdan-bir davlat - Eronda "shia" rasmiy diniy yo‘nalish sifatida qabul qilingan. Iroq, Livan, Shim. Yaman, Ozarbayjon va Afg‘onistonda shialarning yirik jamoalari mavjud. Ummon va Shim. Afrikada xorijiylarning ba’zi toifalari saqlanib qolgan. Musulmon huquqshunosligi - fiqhda 4 sunniy (hanafiylik, shofi’iylik, molikiylik, hanbaliylik} va 1 shia (ja’fariylik) mazhablari shakllangan. Mazhablar sekta (firqa)lardan farq qiladi. Sektalar, asosan, geofafik va iklimiy omillar hamda I.ni qabul qilgan xalklarning oddingi madaniyati, an’analari va diniy tasavvurlari ta’sirida vujudga kelgan. Ularning aksariyati shia yo‘nalishiga mansub bo‘lib, eng yiriklari -imomiylar, ismoiliylar va zaydiylardur. Islomda ilk davrlardan shariat (barcha to‘la rioya qilishi kerak bo‘lgan qonunchilik) b-n tariqat (faqat ayrimlar Alloh xayrixoxligiga muyassar bo‘lishi mumkinligi) yonma-yon rivojlanib kelgan. Tariqat asoschilari - murshadlarning "vali-ne’mati" asrlar osha hoz. avlodgacha yetib keladi, degan tushuncha bor. 8-9-a.larda I.da diniy falsafiy oqim - tasavvuf paydo bo‘ldi. Sharkda eng mashhur bo‘lgan tasavvuf tariqatlari -naqshbandiylik, qodiriylar, shoziliylardir.
I. dinining muhim xususiyatlaridan biri -uni qabul qilgan xalklar vakillari uchun I. akdtsalarini ishlab chiqishda ishtirok etish imkoniyatini berganidadir. U o‘ziga xos 3 taraqqiyot bosqichi yoki davrni o‘tadi. Birinchisini, shartli ravishda, Kur’on davri deb atash mumkin. Qur’oni karimda o‘z aksini topgan Arabiston aholisining diniy ongi darajasini ifoda etuvchi diniy-siyosiy va ijtimoiy qarashlar, huquqiy va axloqiy mezonlar butun musulmon olami uchun hozirgacha shak-shubhasiz umumiy qadriyat hisoblanadi. Deyarli 4 a. davom etgan ikkinchi davr I.da umumislomiy ahkomlar hukmronligi ostida turli fikrlar (plyuralizm)ga yo‘l qo‘yilgani b-n ajralib turadi. I.dagi yo‘nalishlar, mazhablar va firqalar ana shu davrda paydo bo‘ldi. Musulmonlarning diniy birligi muammo bo‘lib qoldi. 10-11-a.larda an’anaga sodiq sunniylar b-n imomiy shialar, mu’taziliylar hamda ash’ariylar o‘rtasida munosabatlar, ayniqsa, keskinlashib ketdi. Xalifa Qodir (991-1031) an’anaviy I.ni qonun asosida barcha uchun majburiy bo‘lgan davlat dini deb qaror toptirishga urinib ko‘rdi. Shu maqsadda an’anaga. sodiq ilohiyotchilar imzolagan "Dinning qodiriy ramzi" e’lon qilindi. Unda "haq din" deb e’lon qilingan an’anaviy diniy ta’limotning asosiy qoidalari mufassal bayon qilib berildi, undan chetga chiqish jazolashga loyiq e’tiqodsizlik deb qaraldi. Biroq, bu tadbir ham I.da diniy birlik o‘rnatilishiga olib kelmadi. Royaviy kurash keyingi asrlarda ham davom etdi. Bu kurashda sunniylar ilohiyotchisi Ibn Taymiya ayniqsa ajralib turdi. U ilk islomni tiklashga "haq din" asosida diniy birlikni o‘rnatishga astoydil harakat qildi. I.daga uchinchi taraqqiyot bosqichi musulmon dunyosi "chekka" o‘lkalarining ahamiyati va o‘rni ortgani b-n bog‘likdir. Batamom o‘zga madaniy an’analarga ega bo‘lgan xalklar musulmon dunyosining ma’naviy hayotiga qo‘shilgach, I.ga o‘z diniy-axloqiy tasavvurlari, huquqiy me’yorlari va odatlarini olib kirdilar. Movarounnahr, Eron, Shim. Afrika, Hindiston, Indoneziya kabi yirik tarixiy-madaniy mintaqalarda I. o‘ziga xos xususiyatlar kasb etadi.
I.ning rivojlanishiga Movarounnahrda yetishib chiqqan allomalar katta hissa qo‘shdi. Imom Buxoriy kitob holiga keltirgan hadislar to‘plami - "Al-Jomi’ as-Sahih" I. dinida Qur’oni karimdan keyingi iyusinchi manba hisoblanadi. Buxoriy va uning safdoshlari I. ilohiyotining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha muhim tadqiqotlar qildilar. Jumladan, I. nazariyotchiligida yuqori baholanadigan "Ilal ash-Shariat va Xatm ul-Asliyot" risolasini ta’lif etgan Hakim Termiziy, I. huquqshunosligini o‘rganishning asosiy qo‘llanmasi hisoblangan "Hidoya"ning muallifi Burxoniddin Marg‘inoniy, I. aqidasi asoslarini muayyan tartibga solgan, kalom ilmida maktab yaratgan Imom Moturidiy (q. Moturidiylik), buyuk faqih Abu Lays Samarqandiy, musulmon dunyosining eng e’zozli muhaddislaridan Abu Iso Termiziy, qomusiy ilmlar sohibi, xususan, tafsir, hadis, shariat qonunshunosligida salmoqli asarlar bitgan Zamaxshariy, tasavvufda o‘ziga xos iz qoldirgan Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Maxdumi Azam, Najmiddin Kubro, So‘fi Olloyor, Xoja Ahror, Abdulxoliq G’ijduvoniy va b.ni misol qilib keltirish mumkin. Ular musulmon e’tiqodini xalq dunyoqarashi b-n uyg‘unlashtirganliklari tufayli O’rta Osiyoda madaniy hayotning adabiyot, me’morlik, musiqa kabi sohalarida taraqqiyot yuzaga keldi. I. dini musulmon mamlakatlari san’atvda o‘z izini qoldirdi. Me’morlik sohasida bu jarayon yangi imorat turlari (masjid, minora, xonaqox., madrasa va b.) ning paydo bo‘lishiga hamda keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. I. dini paydo bo‘lgan davrida avj olgan butparastlik, suratparastlikni oldini olish maqsadida Muhammad (sav) suratkashlikni qattiq taqiqlab qo‘ygan edi. Shu asosda I.ning yirik mutafakkir huquqshunoslari ham tasviriy san’atning bu turini taqiqlangan ishlar qatoriga qo‘shganlar. Bundan ular amaliy san’at turlari, naqsh, bezak, insondan boshqa hayvon va o‘simliklar suratini istisno qilishgan. I.da inson suratini chizish yoki uning haykalini yasashning taqiklanishiga asosiy sabab - payg‘ambar va aziz-avliyolarning rasmlarini chizib yoki haykallarini yasab, ularga sig‘inib ketish xavfining mavjudligi bo‘lgan. 15-a.ga kelib Alisher Navoiy kabi taraqqiyparvar olim va mutafakkirlar musulmonlar qalbida Allohga bo‘lgan imon va e’tiqod mustahkamlanib, suratparastlikka mutlaqo moyillik qolmaganini e’tiborga olib, endilikda inson suratini chizishga ruxsat berishlikni lozim deb topganlar. Natijada Behzod, Mahmud Muzahhibga o‘xshash miniatyura san’atini rivojlantirgan yetuk musavvirlar yetishib chiqqan, Hirot miniatyura maktabi, Buxoro miniatyura maktabi kabilar rivojlangan. 20-21-a.larga kelib, I. dunyosi ulamolarining bu san’atga munosabatlariga yana bir karra aniqlik kiritildi: ilohiylashtirish va odamlarning sig‘inishi maqsadida inson rasmini chizish mumkin emasliga e’tirof etildi. Ammo, fotosuratlar, shuningdek, yosh bolalar uchun yasalgan odam shaklidagi qo‘g‘irchoqlar taqiq doirasiga kirmaydi. Ulamolarning bergan fatvolariga ko‘ra, musulmonlarga fahsh va uyat narsalarni ifoda etuvchi rasmlar, but, sanam va ikona tasviridan boshqa tasviriy san’at turlari taqiqlanmaydi.
Musulmon Sharqi 8-11-a.larda taraqqiyotda Rarbdan oldinda edi: g‘arb olimlari musulmon faylasuflari va tabiblaridan saboq olishgan; g‘arb savdogari I. dunyosidagi savdoning ko‘lamiga havas b-n qaragan; sharq tovarlari g‘arbda zebi ziynat mollari hisoblangan. Sharq shaharlarining boyligi va hashamati G’arb uchun afsonadek tuyulgan. Bularning barchasida asosiy mafkura vazifasini bajargan I.ning ijobiy xizmati buyuk, albatta. Ammo 12-13-a.lardan keyin musulmon dunyosi dastlab turg‘unlik, so‘ng tanazzulga yuz tuta boshladi. Ba’zilar konservativ (qotib qolgan) din sifatida I. taraqqiyotga to‘siq bo‘ldi, deya unga katta ayb qo‘ymoqchi bo‘ladilar. Aslida so‘nggi o‘rta asrlarda yuz bergan musulmon dunyosining tushkunligi juda murakkab ijtimoiy-iqtisodiy omillar b-n bog‘liq bo‘lib, o‘sha davrdagi I.ning o‘zi ana shu tushkunlikning muayyan shakldagi ifodasi edi. 19-a. boshidan 20-a.ning 2-yarmigacha o‘tgan bir yarim asrlik davr I.ning rivojlanishida muhim burilish bosqichi bo‘ldi. Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishidagi o‘zgarishlar yangi sinf - milliy burjuaziyaning vujudga kelishi, milliy ozodlik harakatining avj olishi - bularning hammasi I.ning jamiyatdagi mavqeiga bo‘lgan qarashlarda ham, ijtimoiy hayotdagi yangaliklarni I. nuqtai nazaridan baholashda ham o‘zgarishlar yasadi. I. diniy-falsafiy va hukuqiy me’yorlarining yangi tarixiy sharoitga moslashish jarayoni 19-a. o‘rtalaridan boshlanib, hoz.gacha davom etmokda. Bu jarayonni ko‘pgana tadqiqotchilar "I. islohotchiligi" deb ataydilar, u xristian reformatsiyasvdan tubdan farq qiladi. Bu tafovut, birinchidan, shundan iboratki, mazkur jarayonlar turli davrlarda, turlicha muayyan tarixiy sharoitlarda ro‘y berdi. Ikkinchidan, "I. islohotchiligi" dunyoviy hayotning turli jihatlarini diniy nuqtai nazardan qayta baholashda namoyon bo‘ldi va sof ilohiyotga doir masalalarga u qadar daxli bo‘lmadi. Uchinchidan, I.da xristianlarnikiga o‘xshash cherkov b-n ruhoniylarni bog‘lab turuvchi tizim bo‘lmaganidan I.dagi islohotlar xususiyatiga jiddiy ta’sir qildi.
O’rta asrlarda tarkib topgan musulmon sudlov tizimida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Musulmon huquqi tizimining o‘zi ham muayyan darajada o‘zgardi: shariat sudlari hukuqi asta-sekin cheklana bordi; 19-a. o‘rtalariga kelib, usmoniylar imperiyasi hududida shariat sudlari va dunyoviy sudlarning vakolati butunlay chegaralab qo‘yildi. Bir qancha mamlakatlarda shariatda ko‘zda tutilmaydigan jinoyat kodekslari va b. huquqiy hujjatlar joriy qilindi. Misrda Muhammad Alining islohotlari va usmoniylar imperiyasidagi tanzimat siyosati (islohotlar) tufayli I.ning ijtimoiy hayotdagi mavqeida muayyan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish talablari musulmon ilohiyotchilari va huquqshunoslarini I.ning bir qancha an’anaviy qoidalarini yangicha talqin etishga majbur eta boshladi. Biroq, bu jarayon oson kechmadi va uzoqqa cho‘zilib ketdi. Bu, jumladan, musulmon mamlakatlarida bank tizimini yaratish joizmi (yoki gunohmi) degan masala yuzasidan boshlangan munozarada o‘z aksini topdi. 1899 y. muftiy Muhammad Abdu bank omonatlari va ulardan foiz olish sudxo‘rlikka kirmaydi, binobarin, u man qilingan ribo hisoblanmaydi, degan fatvo chiqardi. Bu fatvo mavjud moliya tizimini milliy sarmoyadorlar manfaatiga moslashtirdi. Musulmon mamlakatlarida tadbirkorlikning avj olishi shariat qoidalarini ham, musulmonchilikdagi boshqa an’anaviy tamoyillarni ham yangacha talqin qilishga olib keldi. Ijtimoiy ong sohasida ro‘y bergan o‘zgarish juda muhim rol o‘ynadi. Bu, avvalo, milliy o‘zini anglash jarayoniga taalluqlidir. Shu jarayon davomida I.ning barcha musulmonlarning birliga to‘g‘risidaga an’anaviy qoidasi yangacha ma’no kasb etdi. Jamoliddin al-Afg‘oniy musulmonlarning birdamligi g‘oyasini ko‘tarib chikdi. M. Abdu, J. Afg‘oniy, Rashid Rizo va b.ning g‘oyalari milliy ozodlik harakatlariga turtki bo‘lib, ko‘pchilik musulmon davlatlarining siyosiy mustaqilligiga erishuvida ijobiy rol o‘ynadi. Ayni vaqtda I. birdamligi g‘oyasiga asoslangan xalqaro I. harakati shakllana boshladi: 1926 y. birinchi xalqaro musulmon tashkiloti - Islom olami kongressi (Mu’tamar al-alam al-islomi) tashkil qilindi. Shuningdek, I.ning go‘yo Muhammad (sav) zamonidaga "asl" tamoyillariga qaytishga da’vat etishga turli fundamentalistik oqimlar (q. Vahhobiylik) va mutaassib guruxdir (mas., hizbut-taxrir) paydo bo‘ldi. 20-a.ning 2-yarmida jamiyatda ijtimoiy adolat o‘rnatish masalasida ham I. omilidan foydalanishga qaratilgan urinishlar sodir bo‘ldi (Eron islom inqilobi, Liviya Jamohiriyasi va h.k.).
Bir qator mamlakatlar (MAR, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Afg‘oniston va sh.k.)da I. davlat dini (yoki rasmiy din) sifatvda tan olingan. Ayrim mamlakatlarda "I." so‘zi davlatning rasmiy nomi tarkibiga kiritilgan: Eron Islom respublikasi, Pokiston Islom respublikasi, Afg‘oniston Islom respublikasi, Mavritaniya Islom respublikasi va b. Osiyo, Afrika qit’asidagi ba’zi mamlakatlarda I.ning tarqalishiga musulmon partiyalari ta’sir qilmokda, ular ko‘pincha siyosatda muhim rol o‘ynamokda. Erondagi Islom respublikasi partiyasi, Indoneziyadaga Birlik va taraqqiyot partiyasi, Malayziyadagi Panmalayziya islom partiyasi, Hindiston va Pokiston Jamoati islom partiyasi bunga misol bo‘la oladi. Bir qancha mamlakatlarda diniy-siyosiy tashkilotlar (shu jumladan, qonundan tashqaridaga tashkilotlar - "Musulmon birodarlar", Islom ozodlik partiyasi) tarqalgan, ko‘pgina diniy bilim yurtlari (qorilik maktablari, madrasa, musulmon un-tlari), islom jamiyatlari, missionerlik tashkilotlari, tijorat korxonalari (islom banklari, sug‘urta kompaniyalari) ishlab turibdi. 19-a.ning 70-80-ylaridagi shariatning ilgari amaliyotda bekor qilingan ba’zi bir qoidalarini tiklashga urinib ko‘rildi (mas., Pokistonda, Sudanda prezident J. Nimeyri davrida, arab monarxiyalarida jinoiy ishlar uchun tan jazolari berish). O’tgan asr 70-y.larining oxiri - 80-y.larining boshida xalqaro ishlarda hukumat darajasida yoki nohukumat darajasida ish olib boruvchi xalqaro musulmon tashkilotlari muayyan mavqega ega bo‘la boshladi. Bunday tashkilotlardan eng nufuzlisi Islom konferentsiyasi tashkiloti (Munazzamat al-mu’tamar al-islomi) bo‘lib, u 1969 y. tuzilgan, unga 55 mamlakat (O’zbekiston Respublikasi 1996 y.dan) a’zo. Xalqaro nohukumat musulmon tashkilotlari orasida Islom olami uyushmasi, Islom olami kongressi, Islom olami tashkiloti, Yevropa islom kengashi, AQSh Oliy islom kengashi va b.ni ko‘rsatish mumkin. Ular, asosan, I.ni targ‘ib qilish va yoyish, diniy arboblarning xalqaro uchrashuvini tashkil qilish, turli mamlakatlardagi I. jamoalariga yordam berish b-n shug‘ullanadi. I. Turkiston mustamlakachilik davrini boshdan kechirgan paytda, ayniqsa, sho‘rolar davrida turli ta’qib va har tomonlama cheklashlarga duch keldi, ulamolarning takdiri ayanchli bo‘ldi. I.ga oid bebaho kitoblar yo‘qotidtsi, muborak yodgorlik va qadamjolar oyoqosti qilindi, din peshvolari eng xavfli yov, muxolif sifatida mahv etildi. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin, I. dini hayotda munosib o‘rinni egallay boshladi. Musulmonlarning diniy ibodat va marosimlarni ado etishlari uchun sharoit yaratib berildi. Qur’oni karim 2 marta o‘zbek tilida chop etildi (1992, 2001 ylar), hadis to‘plamlarining tarjimasi, I. ulamolarining yuzlarcha kitoblari yana xalqqa yetkazildi. I. tarixi manbalari va marosimlarini har tomonlama, ilmiy, xolisona o‘rganishga kirishildi, mutaxassis kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Shu maqsadda Toshkent davlat sharqshunoslik in-tda islomshunoslik kafedrasi ochildi (1992), deyarli barcha viloyatlarda diniy o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsata boshladi, Toshkent Islom ushversiteti tashkil qilindi (1999), uning tarkibida Islomshunoslik i.t. markazi ishlab turibdi.
I. tarixi manbalari, aqidalari, marosimlari. Qur’oni karim, Muhammad (sav) hayoti va faoliyati, payg‘ambar hadislarini o‘rganish, tadqiq qilish I.shunoslik fanining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu sohadagi tadqiqotlar I. tarqalgan mamlakatlarda, xususan, Movarounnahrda I. va uning yozma manbalari paydo bo‘lgandan buyon olib boriladi. Musulmon dini tarixi va Qur’onni o‘rganish Amerikada (G. Grunebaum, X. Gibb, M. Vott va b.), Yevropada (I. Goldtsier, L. Kaetani, A. Masse, R. Sharl), jumladan, Rossiyada (A.E.Shmidt, V.V.Bartold. I.Yu.Krachkovskiy va b.) 19-a. o‘rtalaridan keng tus oldi. Sho‘rolar davridaga tadqiqotlarda I.ga, asosan, yagona marksistik mafkura nuqtai nazaridan kelib chiqib yondashildi. I.ning insoniyat tamadduni tarixidagi ahamiyatini ommaga tushuntirishda, Turon zaminida yetishib chiqib islomiy ilmlar xazinasini boyitgan ulug‘ allomalarning merosini xalqqa yetkazishda Eshon Boboxon Abdumajidxon o‘gli, muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon, Alixonto‘ra Sog‘uniy, shayx Abdug‘ani Abdullo va Yusufxon Shokirovlarning xizmati kattadir. 20-a. oxirlaridan boshlab mamlakatimizda I. bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyati tug‘ildi. O’zbekistonlik olimlar I. manbashunosliga, Qur’on tarjimasi va tafsiri, I.dagi mazhablar, oqimlar, mashhur muhaddis va faqixlar xalqaro I. tashkilotlari, diniy bag‘rikenglik, diniy ekstremizmga oid bir qancha asarlar yozdilar (marhum M.A.Usmonov, shuningdek, N. Ibrohimov, H. Karomatov, A. Mansurov, A. Hasanov, 3. Husniddinov, 3. Islomov, U. Uvatov, B. Eshonjonov, B. Abduhalimov, A. Juzjoniy, A. Mo‘minov, A. Azimov, R. Obidov va b.)- O’zbekiston musulmonlari idorasi "Movarounnahr" nashriyoti faoliyat ko‘rsatadi, "Islom nuri'' gaz., "Hidoyat" jur. nashr etiladi. Ad.: K a r i m o v I., Olloh qalbimizda, yuragamizda, T., 1999; K a r i m o v I., O’zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997; Qur’oni karim, T., 2001; Hadis (Al-Jomi’ as-sahih), 1-4 j.lar (2-nashri), T., 1997; Hidoya (1-j.), T., 2000; Sog‘uniy A., Tarixi Muhammadiy, (1-2-kitob), T., 1997; H a s a n o v A., Qadimgi Arabiston va ilk islom (1-kitob: Johiliya asri), T., 2001; K o m i l o v N., Tasavvuf, T., 1999; Husniddinov 3., Islom: yo‘nalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:48:20
ISLOM BAYRAMLARI - musulmonlar nishonlaydigan va muayyan diniy marosimlar b-n o‘tkaziladigan mashhur kunlar. Ular ko‘pchilik musulmon davlatlarida rasmiy umumdavlat ahamiyatiga ega. Qurbon hayit (iyd al-adha), ramazon hayiti (iyd al- fitr) asosiy I. b. hisoblanadi (q. Hayit). Hamma I. b. hijriy yil hisobi bo‘yicha nishonlanadi. I.b.ni Payg‘ambarimiz (sav) quyidagicha ta’riflaganlar: "Har bir millatning o‘z bayrami bor. Musulmonlar bayrami ro‘za va qurbon bayramidir". Ammo isro va me’roj, rajab, ashuro, mavlud kabi kunlar umumiy bo‘lmay, ularni nishonlash ixtiyoriydir. Nishonlamaganlar ayblanmaydi. Shu b-n birga ular turli joyda turlicha nishonlanadi. Musulmonlar haftaning juma kunini "sayyid al-ayyom va haj al-masakiyn" (kunlar ulug‘i va miskinlar uchun haj deb) hisoblaydilar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:48:44
ISLOM DAVLATI - islom dini davlat dini deb e’lon qilingan mamlakatlarga va aholisining asosiy qismi musulmonlardan tashkil topgan davlatlarga nisbatan qo‘llaniladigan tushuncha. Islomiy shiorlar ostida faoliyat yurituvchi hoz. siyosiy harakatlarning dasturlarida bayon etilgan maqsadni ifodalashda ham "I.d." tushunchasidan foydalaniladi. Bunda mazkur tushuncha "islom jamiyati" ma’nosida ipshatiladi va ijtimoiy adolatni o‘zida mujassamlashtiruvchi jamiyat ramzini bildiradi. "I.d." g‘oyalari hoz. sharoitda jamiyatni siyosiy jihatdan tashkil etishning an’anaviy islom modelini amalga oshirishni ko‘zda tutadi. "I.d." nazariyotchilari fikricha, bunday davlatda Alloh -hokimiyatning birdan-bir asosi sifatida tan olinadi; dunyoviy va diniy hokimiyat biron-bir shaklda o‘zaro qo‘shilib ketadi; daromadni adolatli ravishda taqsimlash qoidalari amadda bo‘ladi; iqtisodiyot sohalari shariat ko‘rsatmalariga muvofiq boshqariladi va h.k. Pokistonlik islom mafkurachilari va siyosatdonlari Muhammad Iqbol, Muhammad Ali Jinna, Parvez, indoneziyalik mafkurachi Natsir, marokashlik olim al-Fasil va eronlik oyatulloh Humayniy Ruhullo Musaviy "I. d." haqidagi nazariyalarning asoschilari hisoblanadi. Islom dini davlat dini deb e’lon qilingan ba’zi mamlakatlarda "islom" so‘zi davlatning nomiga qo‘shib aytiladi. Mas., Eron Islom Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Mavritaniya Islom Respublikasi va b.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:49:06
ISLOM KONFERENSIYASI
TAShKILOTI
(IKT) - hukumatlararo xalqaro tashkilot. Islom mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining 1-konferentsiyasida (1969 y., Rabot sh., Marokash) asos solingan. Islom davlatlari tashqi ishlar vazirlarining 3-konferentsiyasida (1972 y. Jidda sh., Saudiya Arabistoni) ta’sis etilib, ustavi qabul qilingan. Hozir IKT diniy mushtaraklik asosida jami 55 davlatni, jumladan, mustaqillikka erishgan Markaziy Osiyo davlatlarini, shuningdek Falastin ozodlik tashkiloti (FOT)ni birlashtiradi. IKTning maqsadi a’zo davlatlar o‘rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy va b. sohalarda hamkorlikni mustahkamlash, irqiy kamsitishni,   barcha   shakldagi mustamlakachilikni tugatishga harakat qilish, tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun tadbirlar belgilash, Falastin arab xalqining o‘z hukuklarini tiklash va uning yerlarini ozod qilish uchun kurashini qo‘llab-kuvvatlashdan iborat. IKTning rahbar organlari - Davlat va hukumat boshliqlari konferentsiyasi (1981 y.dan har 3 yidda bir marta chaqiriladi) va Tashqi ishlar vazirlarining konferentsiyasi (har yili yoki zarurat tug‘ilganda chaqiriladi) va bosh kotib rahbarligidagi kotibiyatdir. IKT qarorgohi Jidda sh.da. IKT huzurida Islom taraqqiyot banki, Fan va texnika sohasida hamkorlik bo‘yicha doimiy qo‘mita faoliyat ko‘rsatmokda. 1975 y.dan IKTga Birlashgan Millatlar Tashkiloty (BMT) huzurida kuzatuvchi maqomi belgilangan. O’zbekiston Respublikasi 1996 y.dan IKTga a’zo.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:50:46
ISLOM MAZHABCHILIGI - islom dinida ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar va hokimiyat uchun kurash jarayonida vujudga kelgan xilma-xil yo‘nalishlar va oqimlarning umumiy nomi. Mazhab tor ma’noda shariatga xos huquq yo‘nalishlarini anglatadi. Lekin, mazhabchilik iborasi keng ma’noda dinlardagi barcha guruxlarga ajralishlarni ifodalaydi. Shu ma’noda I. m. bu dindagi barcha guruhlar ajralish shakllarini o‘z ichiga oladi, ularning 5 turini bir-biridan tafovut qilish kerak: 1) islomdagi asosiy yo‘nalishlar. Islomda dastlab yuz bergan ixtiloflar natijasida alohida diniy ta’limot, marosimchilik, axloqiy-huquqiy me’yorlarga oid bir qator masalalarda bir-biridan tafovut qiladigan 3 asosiy yo‘nalish vujudga kelgan. Bulardan sunniylik va shialik hozirda ham mavjud, lekin xorijiylar yo‘nalishi o‘rta asrlardayoq avval ko‘p firqalarga ajralib, keyinchalik yo‘qolib ketgan, undan faqat bitta ibodiylar (abodiylar) firqasi saqlanib qolgan. 2) Islomdagi firqalar, mohiyatan aqidaviy ta’limot va marosimchilik masalalarida oz yoki ko‘p darajada bir-biridan tafovut qiladigan diniy guruhlar. Islomda firqalarning eng ko‘pi shialikdan ajralib chiqqan, bulardan qarmatiylar, ismoiliylar, zaydiylar, nusayriylar, aliilohiylar, druzlar va b. hamda ular ichidan ajralgan ko‘p kichik firqalarni, yangi davrda vujudga kelgan bobiylik, bahoiylik kabilarni tilga olish mumkin. Sunniylik islomda ortodoksal diniy ta’limot hisoblangan, o‘rta asrlarda undan firqalar ajralib chiqmagan. Urta asr oxirlari va yangi davrga kelib unda ham firqa va oqimlar paydo bo‘lgan. Bulardan ravshaniylar (17-a.), ahmadiya, voisovchilar firqalarini (19-a.), vahhobiylik, mahdiylik, panislomizm kabi diniy-siyosiy oqimlarni ko‘rsatish mumkin. 3) Mazhablar, shariat mazhablari ham islomdagi ajralishning alohida shaklidan iborat. 4) Ilohiyot oqimlari bo‘lib, ular islom ilohiyotining shakllanish bosqichida ilohiyotga doir ayrim masalalar bo‘yicha ixtiloflar tufayli vujudga kelgan. Bulardan ash’ariylar, jabariylar, qadariylar, sifatiylar, murji’iylar, mu’taziliylar va b.ni ko‘rsatish mumkin. Ortodoksal ilohiyot ta’limoti bo‘lgan Kalom shakllanib hukmron rol o‘ynay boshlagach, ilohiyot oqimlarining barchasi yo‘qolib ketgan. 5) Sufiylik yoki tasavvuf tariqatlari. Sufiylik goyalari keng tarqalgach, musulmon mamlakatlarida har biri o‘z yo‘li (suluk)ni olib borgan sufiylik rahnamolari (pirlar) nomi b-n bog‘liq ravishda juda ko‘p uyushmalar paydo bo‘lgan. Ulardan ko‘plari o‘rta asrlardayoq yo‘qolib ketgan. Lekin, hozirda ham g‘oyat ko‘p tariqatlar mavjud. O’rta Osiyoda -naqshbandiylik, yassaviylik, kubroviylik, Kavkazda - muridizm, xorijiy Sharq mamlakatlarida o‘rta asrlardan ma’lum bo‘lgan qodiriylar, bektoshiylar, rifo’iylar, tayfuriylar, suhrovardiya, mavlaviylar, shoziliylar, chishtiylar, safaviylar, haydariylar, ne’matullohiylar, jaloliylar keng tarqalgan. Ularning ayrimlari hozir ham mavjud. O’rta asr oxirlari va yangi davrda Arab mamlakatlari, Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo xalqlari orasida ham ko‘p tariqatlar tarqalgan: salafiylar, shartariylar, rashidiylar, rahmoniylar, tayyibiylar, tinoniylar, ammoriylar, hamoliylar, muridiylar, barqiylar, idrisiylar, sanusiylar, g‘ufriylar va h.k. Umuman olganda 30 dan ortiq tariqat mavjud. I. m.ning barcha ko‘rinishlari islom tarixida yuz bergan g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, diniy aqidaviy va hayotning boshqa sohalaridagi ixtiloflarni ifoda etadi. Shu jihatdan islomni shartli ravishda yaxlit din hisoblash mumkin. Xilma-xil oqim va firqalarning vujudga kelishiga birinchi navbatda ijtimoiy-siyosiy harakatlarning diniy shaklda namoyon bo‘lishi sabab bo‘lgan. Islom dinini qabul qilgan xalkdarning madaniyati, an’analari, ilgariga diniy e’tiqodlari, shuningdek ular yashagan geofafik sharoitlar ham oqimlarning xarakteriga ta’sir etgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:51:08
"ISLOM NURI" - O’zbekiston musulmonlari idorasining diniy-ijtimoiy gazetasi. 1990 y.dan chop etiladi. Islom dinining asosiy manbai bo‘lgan Qur’oni karim va hadisi shariflarga suyangan holda faoliyat ko‘rsatadi. Uning sahifalarida O’zbekiston musulmonlari idorasining fatvolari, Oliy hay’at va Ulamolar kengashi qarorlari e’lon qilinadi va islom arkonlari tashviq va targ‘ib qilinadi. O’zbekiston musulmonlari hayotiga, axloq-odobga oid maqolalar, diniy asarlar keng yoritiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:51:29
ISLOM OLAMI KONGRESSI (IOK) -ko‘gshab musulmon mamlakatlari arboblarini birlashtirgan xalqaro islom tashkiloti. 1926 y.da Makkada tashkil etilgan. Qarorgohi -Karochi sh.(Pokiston)da. Hoz. vaqtda 36 davlat vakillarini birlashtirgan. IOK faoliyatiga musulmonlarning har iilgi haj ziyorati tugagan vaqtda to‘planadigan Oliy Kengash rahbarlik qiladi. IOK bir necha ilmiy tadqiqot markazlari orqali islom tarixi, aqidalari, falsafasi sohasidagi tadqiqotlarni amalga oshirishga rahbarlik qiladi, islom mavzuidaga nashrlarni (xususan, "Musulmon olami" jurnalini) chiqarib turadi, uning ixtiyorida "Islom ovozi" radiostantsiyasi mavjud.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:51:48
ISLOM OLAMI UYUSHMASI - xalqaro islom tashkiloti. Ruhoniylarning 1962 y. may oyida Makkada bo‘lib o‘tgan konferentsiyasida asos solingan. Qarorgohi Makka sh.da, oliy rahbar organi Ta’sis kengashi bo‘lib, unga turli mamlakatdan 60 nafar diniy arbob kiradi. Uyushma qarorlari tavsiya xarakteriga ega, majlisi yiliga 1 marta chaqiriladi. Ta’sis kengashi ishini Bosh kotibiyat muvofiklashtirib, boshqarib turadi. Saudiya Arabistonining 3 ta shahri - Ar-Riyod, Madina va Jiddada uyushmaning bo‘limlari mavjud. Yana 13 ta joyda vakolatxonasi bor. Bu vakolatxonalar Ummon (Iordaniya), Jakarta (Indoneziya), Kuala-Lumpur (Malayziya), Nuakshot (Mavritaniya), Dakar (Senegal), Parij (Frantsiya), Nyu-York (AQSh) va b. bir necha xorijiy mamlakatlar poytaxtlarida joylashgan. Bundan tashqari I.o.u..ning barcha musulmon mamlakatlarida vakillari ham bor. Uyushma BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi hamda YuNYeSKO huzurida maslahat berish huquqini olgan. Y.o.u. BMTning Bolalar fondiga badal o‘tkazib turadi. Uyushmaning asosiy e’tibori islomni targ‘ib qilish, masjidlar qurilishiga ko‘maklashish, haj ziyoratini uyushtirishga qaratilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:52:20
ISLOM SAN’ATI MUZEYI - Misrdagi eng yirik muzeylardan, Qohira sh.da 1881 y.da asos solingan. 1952 y.gacha A r a b s a n-’ati muzeyi deb atalgan. Arab mamlakatlari, Eron va Turkiyaning o‘rta asrlar monumental bezak va amaliy san’at asarlarini jamlagan. Muzey to‘plami negizini Qohira masjidlari, xususiy uylardan keltirilgan va Qohirada qazib olingan topilmalar tashkil qiladi. Muzeyda o‘ta qimmatbaho qo‘lyozma kitoblar va miniatyuralar, yog‘och o‘ymakorligi (Fotimiylar saroyidagi ov lavhalari tasvirlangan releflar, 11-a. va b.), kulollik, kandakorlik, rangli emal b-n naqshlangan shisha (masjidlar chiroqlari, idishlari) buyumlar va b. saklanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:52:32
ISLOM TARAQQIYOT BANKI (ITB) -xalqaro bank. 1974 y. musulmon davlatlari tashqi ishlar vazirlarining kengashida ITBni tuzish haqida qaror qabul qilingan, bank o‘z faoliyatini 1975 y.da boshlagan. Qarorgohi Jiddada. ITBni Boshqaruvchilar kengashi va Direktorlar kengashi boshqaradi. Bank prezidenti 5 yil muddatga saylanadi. Maqsadi - musulmon mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga yordam berish. Islomda pulga foyda (foiz, q. Ribo) olish taqiklangani sababli bankka qo‘yilgan mablag‘lar uchun foiz olinmaydi va berilmaydi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:52:57
ISLOM FUNDAMENTALIZMI
 - Qur’on va hadislarni so‘zma-so‘z talqin etuvchi, ilk islomga qaytishga qaratilgan aqidalarni targ‘ib qiluvchi diniy-konservativ ruxdagi oqim. I.f. vakillari islomning fundamental (asosiy) tamoyillari (I.f. nomi shundan) jamiyatning taraqqiyot yo‘lini belgilab beradi, deb hisoblaydilar va faqat ularga amal qilishga da’vat etadi. Keyingi paytlarda mutaassib musulmonlar "fundamentalistlar" deb atalmoqda. I.f. turli yo‘nalish va kayfiyatdagi guruhlarni o‘z ichiga oladi. Ularning ba’zilari terroristik usullar b-n qonuniy hokimiyatga qarshi kurashda o‘zlarini namoyon etsalar, boshqalari targ‘ibot-tashviqot ishlari, diniy ta’lim, turli jamoat tashkilotlari, maktab, universitet, ommaviy axborot vositalariga kirib borish, ayniqsa, foydalanish oson bo‘lgan audio-video kassetalarni tarqatish b-n shug‘ullanadi. I.f.ga xos bo‘lgan g‘oyalar - g‘arb turmush tarzi va g‘arb tovarlarining iste’moliga qarshi kurash, dinsiz yoki "sof islomdan chekingan" davlat rahbarlarini jismonan yo‘q qilish (eng yorqin misol - Anvar Sadatga uyushtirilgan suiqasd), islomda "shirk" (butparastlik)ka barham berishdir. I.f. talqinida aziz-avliyolar qabrlarini e’zozlash (masalan, Axmad Yassaviy, Najmiddin Kubro va Bahouddin Naqshband kabi tasavvuf tariqatlari asoschilari ruhini hurmatlash) ham butparastlikka kiradi. Hoz. davrda I.f. vakillari butun dunyoga yoyilib, turli yo‘llar b-n bir davlatdan boshqa davlatga o‘tishga, har yerda o‘z maslakdoshlarini topishga intilmokda.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:53:23
ISLOM ENSIKLOPYEDIYASI - islom muammolariga doir universal entsiklopediya. Islom dini, tarixiga oid barcha masalalar va istiloxlarni hamda musulmon mamlakatlariga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. 20-a. boshlaridan nashr etila boshlagan. Nemis, golland, frantsuz, ingliz sharqshunoslari uning asosiy tashabbuskorlari bo‘lgan. I.e. 1913-38 ylarda bir vaqtning o‘zida nemis, ingliz va frantsuz tshsharida 4 jildli qilib Leydenda nashr etildi. I.e. 1954 y. qayta chop qilingan. 1933-65 y.larda arab tiliga tarjima qilib bosildi. 1950 y.dan Istanbulda turk tilida qayta ishlangan va to‘ldirilgan holda chiqarildi. 1954 y.dan Yevropa va Amerikaning yirik islomshunoslari I.e.ni qayta nashr qilish ustida ish olib bormokda. Hozirda turk tilida "Islom fiqhi", "Hadis entsiklopediyasi" nashrdan chiqqan. I.e. islomni va Sharq tarixini o‘rganuvchi tadqiqotchilar uchun muhim manba hisoblanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:53:47
ISLOM EKSTREMIZMI - islomning qad. g‘oyalari va ideallarini qayta tiklashni kuch ishlatish yo‘li b-n amalga oshirishga qaratilgan diniy-siyosiy harakat. Bunday harakat diniy mutaassiblikka asoslangan bo‘lib, muayyan mazhab ta’limotiga qattiq yopishib olish oqibatida yuzaga keladi va ko‘pincha muayyan siyosat va iqtisodiy manfaatlarni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Islom dini doirasida birinchi ekstremistik oqim - xorijiylar harakati edi. Xorijiylar Ali ibn Abu Tolib b-n umaviylar davlatining asoschisi Muoviya o‘rtasidagi urushni muzokara va kelishish orqali to‘xtatish siyosatiga Ali rozilik bergani uchun unga qarshi bo‘ldilar. Xorijiylardan biri Abdurahmon ibn Muljam as-Sorimiy 661 y.da 4-xalifa Ali ibn Abu Tolibni yarador qilib o‘ldirdi. Xorijiylar umaviylar va abbosiylar xalifaligaga qarshi urush olib borib, juda ko‘p musulmonlarning o‘limiga sabab bo‘ldi. Zamonlar o‘tishi b-n ular barcha islom jamoasining qarshiligiga uchradi. 10-a.da O’rta Sharkda Hamdon al-Ash’as "al-Karomita" deb atalgan diniy-siyosiy harakatga asos soldi. Bu harakat vakillari boshqa mazhablar tarafdorlarini o‘ldirish siyosatini olib bordi. 12-a. boshida ismoiliylardan Hasan Sabboh (1124 y.v.e.) va uning tarafdorlari o‘z diniy g‘oyalari va siyosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun qurol ishlatish, qatl qilish, yo‘lto‘sarlik, terrorchilikdan foydalanib kelgan. Ularning asosiy qarorgohi va markazi Alamut qal’asi (Eron)da bo‘lgan. Ular hashish (giyohvandlik moddasi)ni qo‘llash yo‘li b-n fidoyilarni tarbiyalab, o‘z muxoliflarini o‘ldirishga buyurgan. Keyinroq Alamut qal’asi Xuloku tomonidan zabt etilib, ularning terrorchilik va siyosiy faoliyatiga barham berildi. 18-a. o‘rtalarida hanbaliy mazhabining ayrim vakillari ta’limotidan foydalanib, Muhammad ibn Abdulvahhob (1703-1794) diniy ekstremistik harakat - vahhobiylikka asos soldi. Keyingi yillarda vahhobiylar harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, Tojikiston va Chechenistonda qo‘poruvchilik, terrorchilikni kuchaytirdilar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:54:08
ISLOMSHUNOSLIK - dinshunoslikning islom tarixi, manbalari va marosimlarini o‘rganuvchi, tadqiq qiluvchi sohasi. Islom dini va uning yozma manbalari paydo bo‘lgandan keyin I. islom tarqalgan mamlakatlarda, xususan, Movarounnahrda rivojlandi. Ayniqsa, hoz. O’zbekiston zaminida yetishib chiqqan imom Buxoriy, Abu Iso Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Lays Samarqandiy, Zamaxshariy, Qaffol Shoshiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abdulholiq G’ijduvoniy kabi faqih, ilohiyotchi, muhaddis, tafsirchilar boy ilmiy meros qoldirdilar. Islom tarixi va Qur’onni o‘rganish Yevropada 9-a.dan boshlangan. Amerika, Yevropa va Rossiya islomshunosligi va kur’onshunosligida olib borilgan tadqiqotlar ko‘pligi, ma’lumotlarga boyligiga qaramay, ularda cheklanganlik, biryoqlamalik bor. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyingina I. bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyati tug‘ildi. 1992 y.da Toshkent davlat sharqshunoslik in-tida I. kafedrasi, 1995 y.da Toshkentda Xalqaro islom tadqiqotlari markazi, 1999 y.da Toshkent islom un-ti ochildi. Universitet tarkibida I. bo‘yicha tadqiqot markazi tashkil qilindi. Bu ilm maskanlari islom dinini har tomonlama chuqur va puxta o‘rganish, uning asoslari, ahkomlari, jahon madaniyatining yuksalishiga qo‘shgan ulkan hissasini tadqiq qilish va natijalarini keng jamoatchilik diqqat-e’tiboriga yetkazish yo‘lida faoliyat ko‘rsatmokda. I. fan sifatida Toshkent islom un-ti va Toshkent davlat sharqshunoslik in-tida o‘qitilmokda.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:54:41
ISMOIL (as) - Qur’onda nomi zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. Ibrohim (as)ning ayoli Soradan farzandi yo‘q edi. Ibrohim (as) Allohga duo qilib farzand ato etishini so‘radi. Ibrohim (as)ning farzandga bo‘lgan ishtiyoqini sezgan Sora o‘zi farzand ko‘rmayotgani uchun Ibrohim (as)ga o‘zining Hojar ismli joriyasiga uylanishni tavsiya qiladi. Ibrohim (as) Hojarga uylangach, undan farzand ko‘radi va uni Ismoil deb nomlaydi. Hojar farzanddik bo‘lgach, Soraning nafsida unga nisbatan g‘ayirlik ko‘paya bordi va Ibrohim (as)dan uni farzandi b-n olisroq yerga olib borib qo‘yishini talab qildi. Allohning irodasi va amri hamda Soraning talabiga binoan Ibrohim (as) emizikli I.(as)ni o‘z onasi Hojar b-n birga bir cho‘lu biyobonga, hozirdagi Ka’ba yoniga olib borib qo‘ydi. Qaytib ketishi arafasida Hojarning nolasiga javoban Ibrohim (as) bu ishni Allohning amri b-n qilayotganini aytgach, u taskin topdi. Ibrohim (as) qaytgach, qoldirgan suv va oziqa tugab, Hojar o‘zi va farzandi uchun suv axtarib Safo va Marva tepaliklari orasida yetti marta u yokdan bu yoqqa yugurgan (hojilarning bu tepaliklar orasida yugurish ibodatining kelib chiqishi ushbu voqea b-n bog‘lanadi). Shu payt I.(as) oyog‘i ostidan Zamzam bulog‘i paydo bo‘ladi va undan muqaddas suv otilib chiqadi. Ibrohim (as) gohida kelib ulardan xabar olib ketar edi. Alloh Ibrohim (as)ni imtihon qilish maqsadida o‘zining suyukli farzandi I.(as)ni Alloh yo‘lida kurbonlik qilishga amr qiladi. Ibrohim (as) bu voqeani farzandi I.(as)ga aytganida u otasiga "Parvardigor nimaga amr qilgan bo‘lsa bajaravering, men roziman" - deb javob beradi. Ibrohim (as) farzandi I.(as)ni qurbonlik qilmoqchi bo‘lganida Allohdan xitob kelib I.(as) o‘rniga bir qo‘chqorni yuborib shuni so‘yishlikka amr qiladi. I.(as) voyaga yetgach, Allohning amriga binoan o‘z otasi Ibrohim (as) b-n birga Ka’bani bino kdladilar. I.(as) shu atrofda yashovchi Jurhum qabilasidagi bir qizga uylanadi, lekin bu ayolning noshukur va besabrligini bilgan I.(as) ushbu qabiladan yana boshqa bir qizga uylanadi. Ulardan arab tilini o‘rganadi. Rivoyatlarga ko‘ra, shim. arab qabilalarining hammasi I.(as)dan tarqalgan. I.(as) 137 y. umr ko‘rib, Makkada vafot etgani va onasi Hojar yoniga dafn qilingani rivoyat qilingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:55:24
ISMOILIYLAR - shialik ichida vujudga kelgan asosiy firqalardan birining tarafdorlari. I. harakati 8-a. o‘rtalarida boshlangan. 10-11-a.larda Yaqin va O’rta Sharkda keng tarqalgan, imom Ja’far as-Sodiq (q. Ja’fariylar) vorisi masalasi yuzasidan shialar o‘rtasida kelib chiqqan ixtilof b-n bog‘liq. I. turli davrlarda, turli mamlakatlarda har xil nom b-n atalgan: botiniylar, sab’iylar, ta’limiylar, mulhidlar va h.k. I. shakllanishi Arab xalifaligida ziddiyat va xalq qo‘zg‘olonlarining kuchayishi oqibatida ro‘y bergan. Shialikning ba’zi tarafdorlari abbosiylar b-n hamjihat bo‘lib, boshqa bir guruh shialar esa, abbosiylarga qarshi kurashni davom ettirishda Ja’far as-Sodiqning to‘ng‘ich o‘g‘li Ismoilni yettinchi imom deb tan olib, uning atrofiga jipslashdi. Ammo, Imom Ja’far maishatga berilgan Ismoil o‘rniga kichik o‘g‘li Muso al-Kozimni voris etib tayinladi. Bundan norozi bo‘lgan Ismoil tarafdorlari uning vafotidan (762) keyin o‘g‘li Muhammad ibn Ismoilni imom deb tanidi, shu tariqa imomlikni Ismoil avlodida sakdab qolish tarafdorlari o‘zlarini Ismoiliylar deb atay boshladi. Muhammad ibn Ismoil vafot etgach, uning tarafdorlari o‘rtasida kelishmovchilik chikdi. Ba’zilar uni oxirgi - yettinchi imom deb bilib maxdiy sifatida qayta tiriladi, deb ishondi. 9-a. 2-yarmidan bu ta’limot tarafdorlarini qaramatiylar deb atay boshladilar. Ta’qibotlardan Suriya, Xuroson va boshqa mamlakatlarga qochgan ikkinchi guruh botiniy (mahfiy) imomlar nomini oldi. Ularning faol da’vatlari tufayli Shim. Afrikada Fotimiylar halifaligiga asos solindi. 10-a. oxirida Mag‘rib, Misr, Suriya, Falastin, Hijozda I. hokimiyati o‘rnatildi. 11-a. oxirlarida I. o‘rtasida taxt vorisligi xususida nifoq chiqib, ular nizoriylar b-n musta’liylarga bo‘linib ketdi. Nizoriylar Fotimiylar xalifaligiga kirmaydigan sharqiy islom mamlakatlari (Eron, Suriya va b.)da ustun edi. Musta’liylar esa, Misr va g‘arbiy islom mamlakatlarida hukmronlik qildi. Hindiston (Bombay)dagi hoz. I. jamoalari musta’liylarning ma’naviy vorislaridir. 11-a. oxirlarida Suriya, Livan, Iroq va Eronning tog‘li joylarida harakat qiluvchi nizoriylar ta’qibotlardan qochib, asta-sekin Hindistonga ko‘cha boshladi. 19-a.ning 1-yarmidan nizoriylarning ma’naviy rahbari Og‘axon unvoni b-n yuritiladi. Nizoriylarning Hindiston va Keniyadagi qarorgohlaridan turli mamlakatlarga nizoriylar ta’limotining targ‘ibotchilari yuboriladi. 17-a. boshlarida musta’liylarning ham diniy markazlari Hindiston (Gujarot)ga ko‘chdi. Hindistonga borib o‘rnashgan musta’liylar dovudiylar deb, Yamanda qolganlari esa sulaymoniylar deb atala boshladi, ular o‘rtasida hech qanday aqidaviy tafovut yo‘q.
Umuman, I. ta’limotiga kelganda, u ikkiga: zohiriy (tashqi) - ochiq va botiniy (ichki) -maxfiy ta’limotlarga bo‘linadi. Zohiriy ta’limot shialarning umumiy ta’limotidan kam farq qiladi, u firqaning maxfiy ta’limotidan bexabar bo‘lgan oddiy I. ommasiga mo‘ljallangan. Botiniy ta’limotni movarounnahrlik an-Nasafiy (942 y. v.e.) asoslab berdi. Unga ko‘ra, mutlaq xudo o‘zidan quyi bo‘lgan 7 ta pog‘onani ajratadi (emanatsiya), ya’ni: mutlaq xudo, olamiy aql, olamiy jon, birlamchi materiya, fazo, vaqt va komil inson (ya’ni payg‘ambar). Kamolotga erishgan inson (al-inson al-komil), I. ta’limoti bo‘yicha, o‘zvda "olamiy akd"ni aks ettirgan notiq (gapiruvchi) bo‘lib, u payg‘ambar maqomida bo‘ladi va vahiyni insonlarga yetkazib beradi, o‘zida "olamiy jon"ni aks ettirgan somit (jim turuvchi) esa, oyatlardagi botiniy mazmunni tushuntirib beradi. I. tasavvurida insoniyat tarixi Odamatodan Qoimgacha bo‘lgan "buyuk davr"dir. U 7 "fitra"dan iboratki, ularning har biriga muayyan notiq (payg‘ambar) to‘g‘ri keladi: Odam (as), Nuh (as), Ibrohim (as), Muso (as), Iso (as), Muhammad (sav). Har bir payg‘ambar davrining yettinchi imomi keyingi payg‘ambar (notiq)ga aylanadi. Demak, Ismoilning o‘g‘li Muhammad - yettinchi imom, u Qoim qiyofasida yettinchi payg‘ambar bo‘lib kelishi va "qiyomat qoim" gacha hukm surishi kerak. I. ta’limoti, xususan, qarmatiylar mafkurasi islom dinining o‘ta so‘l maslaga bo‘lgan. O’rta asr tafakkurining yirik namoyandalari Rudakiy, Ibn Sino, Abu-l-Alo al-Ma’arriy va b.ga qarmatiylar mafkurasi ta’sir ko‘rsatgan. Mashhur shoir va mutafakkir Nosir Xisrav esa, I.ning yirik namoyandalaridan biri edi. Hoz. davrda nizoriylar Suriya, Eron, Afg‘oniston shimoli, Tog‘li Badaxshonda, musta’liylar Yaman, Hindiston, Pokiston, Misrda, druzlar Suriya va Livanda bor.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:55:37
ISNOASH’ARIYLAR (arab. - o‘nikkichilar, ya’ni o‘n ikki imom tarafdorlari) - q. Imomiylar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:55:50
ISNOD (arab. - tirgak, dalil, asos) - islomda har bir hadisning tarkibiy qismi. I. -aytilgan so‘zni aytuvchisiga bog‘lashlik. Muhaddis olimlar sanad b-n I.ni bir ma’noda qo‘llaydilar. Hadisning boshlanishida uni birinchi bo‘lib aytgan va eshitgan kishidan boshlab, hadislarni to‘plovchiga qadar barcha shaxslarning ismlari birma-bir ko‘rsatib chiqiladi va bu hadisning asosi, dalili hisoblanadi. Hadisning haqiqiy yoki soxta ekanini ulamolar shu ismlarni taqqoslash yo‘li b-n tekshirgan. Hadisni nakl qiluvchi kishilarning yashagan yillari va ijobiy sifatlari shartga to‘g‘ri kelsa, I. to‘g‘ri, demak, hadis ham to‘g‘ri deb hisoblangan (yana q. Hadis).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:56:08
ISO (as), Iso Masih (Iisus Xristos) - Kur’onda zikri kelgan payg‘ambarlardan biri. I.(as) islomda Muhammad (sav)dan oldingi payg‘ambar - Isoi Ruhulloh (Allohning ruhi) sifatida e’zozlanadi, shuningdek, "Masih", "Hakni so‘zlovchi", "Ibn Maryam", "Allohning muqarrabi" (yaqini) deb ta’riflanadi. I.(as) yoshi 30 ga yetganida Alloh uni "Bani Isroil" qavmini hidoyatga boshlash uchun payg‘ambar qilib yuboradi. I.(as)ning da’vatida shijoat va sidqidildan yordam bergan 12 nafar shogardlari bo‘lgan, ular Qur’onda "havoriylar" deb nomlanadi. I.(as)ni ko‘ra olmagan gumroh qavmi undan o‘z payg‘ambarligini isbotlash uchun mo‘‘jiza ko‘rsatishini talab qilgan. Allohning irodasi b-n I.(as) loydan qush shaklini yasab, unga puflasa qush bo‘lib uchar, tug‘ma ko‘r bo‘lib tug‘ilganlarni qo‘li b-n silasa, u ko‘radigan bo‘lar, peslarga qo‘lini tekkizsa, u tuzalar edi. I.(as) Muhammad(sav)ning dunyoga kelishini ham bashorat qilgan edi. Kur’on ta’limotiga ko‘ra, I.(as) - Allohning o‘g‘li emas, Xudo ham emas. I.(as) - Allohning qulidir va bokira qiz Maryamning mo‘‘jiza b-n tug‘ilgan o‘g‘lidir. Alloh tomonidan I.(as)ga Injil nozil qilingan. Qur’onda yana ta’kidlanishicha, I.(as)ni dushmanlari o‘ldirishmagan, u chormix etib qatl kilinmagan, bu hodisa ular ko‘ziga ko‘ringan, xolos. Aslida I.(as) tiriklayin osmonga ko‘tarilgan va Qiyomat kuni arafasida Yer yuzida yana paydo bo‘ladi ("Maryam" surasi). I.(as) haqida Oli Imron surasi 52-59-oyatlarda, Maryam surasi 33-37-oyatlarda, Saf surasi 6-oyatda, Moida surasi 112-115-oyatlarda bayon qilingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:57:31
ISROILIYOT - yahudiylar va nasroniylardan o‘tib qolgan oldingi ummatlarning va nabiylarning qissalariga tegapshi rivoyatlar. Tavrot va Injilda vorid bo‘lgan xabarlar qisman Qur’oni karimda ham zikr etilgan. Mas., Odam(as) va uning yerga tushishi qissasi, Muso(as) b-n qavmi yahudiylarga tegishli nakdlar, Iso(as) va onalari Maryam haqidagi rivoyatlar va h.k. Bularning hammasi Qur’oni karimda va’z va ibrat uchun muxtasar hodda bayon etilgan. Keyinchalik musulmonlar mana shu muxtasar xabarlarning tafsilotini avvalgi ummatlarning rivoyatlarida ko‘rishgan va ularni o‘rganishgan, iqtiboslar olishgan. Lekin bu ma’lumotlarning sahixdigaga ko‘p ham e’tibor berishmagan. Holbuki, Alloh taolo ahli kitoblar o‘zlariga berilgan Kalomni o‘zgartirib yuborganlarini Qur’onning bir qancha o‘rinlarida bildirgan edi. Nabiy (sav) ashobiga ahli kitob b-n qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatib: "Axdi kitobni tasdiqlamanglar, yolg‘onchi ham qilmanglar", degan edilar. Lekin musulmonlar bunga yengil qaradilar, ma’lumot olishda e’tiborsizlik qildilar. Natijada I. tafsir kitoblaridan talaygana joy oldi. Ilarning masdari, asosan, 4 kishining nomi b-n bog‘likdir. Ular Abdulloh ibn Salom, Ka’bul Ahbor, Vahb ibn Munabbah (bu ikkalasi tobe’in), Abdulmalik ibn Abdulaziz ibn Jurayj.
Ulamolar I.larni 3 qismga ajratganlar: 1. Maqbul xabarlar. Ularning sahihligi Payg‘ambar(sav) hadislari orqali bilingan. Mas., sobiq kitoblarda zikr etilgan Hizr (as)ning ismi Buxoriy rivoyat qilgan hadisda ham uchraydi. 2. Sukut qilinadigan xabarlar. Ularning rost yoki yolg‘onligi ma’lum emas. Bu turdagi rivoyatlarni nasihat va ibrat uchun loyiq bir suratda hikoya qilish joiz. 3. Inkor etiladigan xabarlar. Ular islom diniga va sog‘lom aklga xilofdir. Mas., Iso (as)ning xochga osilgani haqidagi rivoyatlar. Bu xabarlarni tasdiklash, qabul etish, rivoyat qilish mumkin emas. Biron zarurat tufayli naql etilgan takdirda unga izoh berishlik vojibdir. Ko‘pgina tafsirlar bu nosahih xabarlar tufayli ishonchlilik darajasini yo‘qotgan. Allomalar o‘z asarlarida I.larni to‘la aniqlab berganlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:57:41
ISROFIL - islomda to‘rt bosh farishtadan biri (Azroil, Jabroil, Mikoil b-n birga) qiyomat kuni darakchisi. U ikki marta sur chaladi. Birinchi chalganida butun dunyo ostin-ustun bo‘ladi. Tog‘lar kul tepalarga yoki bo‘yalgan junlar kabi narsalarga aylanadi. Osmondagi yulduzlar to‘kiladi. Daryo suvlari bir-biriga qo‘shiladi. Dunyo tep-tekis bo‘ladi. Ikkinchi marta chalganda eng birinchi yaratilgan Odam (as)dan boshlab kim dunyoda yashagan bo‘lsa, hammasi tiriladi va Yer (mahshargoh)da yig‘iladi. I. gunohkorlarning do‘zaxda qiynalayotganliklarini ko‘rib, ularga achinganidan kunduzi 3 marta, kechasi 3 marta yig‘lar ekan. I. Bibliyada Serafiil nomi b-n ma’lum.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:57:57
ISRO VA ME’ROJ - islom tarixida Muhammad(sav)ning Makkadan Quddusga qilgan tungi sayrlari (isro) hamda Quddusdagi Aqso masjididan osmonga ko‘tarilishlari (me’roj). Bu haqda Qur’on oyatlari va hadisi shariflarda keng ma’lumotlar berilgan. Bu hodisa ilohiy mo‘‘jizalar turiga kirgani uchun moddiylik va aqliy dalillar b-n chegaralanuvchi kishilar uni inkor etadi. Hadis va rivoyatlarda aytilishicha, Muhammad (sav) Jabroil (as) boshchiligida tuvda ko‘p yillik masofani bosib o‘tib, bu samoviy sayohatlaridan boy xotiralar b-n qaytishgan. Jumladan, yetti qavat osmon oraliklarida o‘zlaridan oldinga o‘tgan yirik paygambarlar b-n muloqotda bo‘lishgan. Jannat va do‘zaxni tomosha qilishgan. 5 vaqt namoz ham shu kechada farz qilingan. Bu hodisa tasvirlab yozilgan ko‘pgana asarlar mavjud. I. va m. kechasi islom olamida diniy bayram sifatida har yili hijriy rajab oyining 27-kechasida nishonlanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:58:24
ISTISLOH (arab. - manfaatlarni hisobga olish) - fiqxning qo‘shimcha manbalaridan biri, uning me’yorlarini aql-idrok b-n ifodalash usuli (q. Ijtihod). I. "mutlaq manfaatlar" atamasining sinonimi. I. tushunchasi asosida musulmonlar dinini saqlash, ularni hayotda qo‘llab-quvvatlash, avlodning akl-idrokli bo‘lishi uchun qayg‘urish, ularning davom etishini ta’minlash, mol-mulkini himoya etish g‘oyasi yotadi. I. tarafdorlari fikricha, Qur’onda, sunnada aniq javoblar berilmagan masalalar yuqoridaga besh manfaatni hisobga olish yo‘li b-n hal etilishi lozim.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:58:39
ISTIG’FOR (arab.) - Allohdan gunohni kechirishni, afv etishni so‘rash. Kimki qilgan gunoh ishlari uchun astoydil tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul etadi, degan qat’iy ishonchga asoslanadi. Hadislardan biriga ko‘ra, inson yomon ishning ortidan yaxshi ish qilsa, o‘sha yomonligini yuvgan bo‘ladi. Qur’oni karimda "... saharlarda istig‘for aytuvchilar" (3.17), deyilgan. Ibn Kasir I.ning eng afzali sahar paytidagisi ekaniga shu oyatni dalil qilgan. Rasul (sav) deydilarki: "Alloh taolo har kecha dunyo osmoniga tushadi. Bu payt kechaning oxirgi uchdan biridir. Shunda Alloh subhonahu aytadi: "So‘rovchi bormi, beraman. Duo qiluvchi bormi, ijobat etaman. Istig‘for aytuvchi bormi, mag‘firat qilaman..." I. gunohlardan forig‘ bo‘lishning, o‘z-o‘zini poklashning, tavba qilishga da’vat qilishning muhim vositasi hisoblanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:58:53
ISTIHSON (arab. - bir narsani yaxshi deb hisoblash, yaxshilash, ma’qullash) - fiqxga oid tushuncha; shariat masalalariga qiyosiy tatbiq etishda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xulosalardan musulmonlar jamoasi uchun qaysinisi yaxshiroq, foydaliroq, ma’qulroq bo‘lsa, o‘shanisini qo‘llash tamoyili. Buni shariatga Abu Hanifa (ra) kiritgan. Tajriba asosida, k,iyos bo‘yicha qabul qilingan rasmiy qaror maqsadga muvofiq bo‘lmasa yoki zarar keltirsa I. qo‘llaniladi. Mas., shariat kishi o‘zida yo‘q narsani sotishdan qaytargan, lekin I.ga, asosan, kosiblar, zargarlarga ruxsat bergan. Zero kosib, zargar xaridor ila hali tikilmagan mahsi, qilinmagan taqinchoq uchun savdolashadi. I. tamoyili kishilarning hayotdagi ehtiyoji va urf-odatlariga moslashtirilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:59:11
ISHOQ (as) - Qur’onda nomi zikr etilgan payg‘ambarlardan biri; Ibrohim (as)ning Sora ismli ayolidan tug‘ilgan o‘g‘li. "Bani Isroil" qavmining barcha payg‘ambarlari I. (as) avlodidandir. Rivoyatga ko‘ra, yoshi 90 ga yetgan Sora I.(as)ga homilador bo‘ladi va u tug‘ilgach, unga "Yashak" (arabcha "yazxak" - "kuladi" ma’nosida) deb nom qo‘yadi. Bunday nomlanishidan maqsad, ota-onasi shu yoshga yetganda farzand ko‘rganini eshitgan barcha odam taajjublanib kulishi tabiiy edi. I. (as) voyaga yetgach, Rifqa nomli qizga uylanadi va undan egazak farzand ko‘radi. Ular Iysu va Yaqub edilar. Rivoyat qilinishicha, I.(as) 180 yil umr ko‘rgan, Madinatul Xalilga dafn etilgan. I.(as) haqida Soffot surasi 112-113-oyatlarda va Sod surasi 45-47-oyatlarda bayon qilingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:59:29
ISHOQ ibn IBROHIM ash-SHOSHIY (? -937) - faqih. Shoshda tug‘ilib, dastlab shu yerda ta’lim olgan. So‘ngra Misrga borib qozilik ishlari b-n shug‘ullangan, ba’zi idoralarni boshqargan. Shoshiy umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Uning "Fiqh usuli" degan asari bo‘lgan. Bu asar "Usul Shoshiy" nomi b-n shuhrat topgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:59:49
ITTIHOD (arab.- birlashish) - tasavvuf tushunchasi. Sufiyning jazavaga tushish holatida xudo b-n ruhan "qo‘shilib ketishi" tushuniladi. Sufiylar xudoga bo‘lgan muhabbat (ishq)ni I.ning zaruriy qismi deb qaraydi. I. turli davrda turlicha talqin qilingan. Sunniy tasavvufda I. qatiy rad etilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 21:59:58
IFRIT (ko‘pligi afarit; "qudratli", "g‘alaba qiluvchi") - eng serjaxd, ayyor va kuchli jinlar nomi. Ko‘plikda (afarit) ba’zan jinlar va shaytonlarning umumiy nomi hisoblanadi. Qur’onda "Jinlardan I." Sulaymon (as)ga Saba malikasining taxtini keltirishga otlanadi (27:39). Ko‘pincha folklor va xalq adabiyotida haqiqiy shaxs sifatida uchraydi (mas., "Ming bir kecha" ertaklarida). So‘ngti o‘rta asrlarda Misrda Ilar qatl etilgan, zo‘rlab o‘ldirilgan kishilarning ruhlari hisoblangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 22:00:11
IFTOR (arab. - og‘iz ochish, ro‘zani ochish) -islomda ro‘za tutish b-n bog‘liq odat. Ro‘za kunlari ko‘pchilik ishtirokida ziyofat -iftorlik o‘tkazilishi islomda savob ishlardan sanaladi. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda "Kimiki bir ro‘zadorni og‘zini ochirsa, unga ham ro‘za tutgan kishining savobi berilur" deyilgan. Demak, savob bo‘lishi uchun ro‘zador og‘zini ochirish lozim ekan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 22:00:25
IXVON as-SAFO (arab. - sof birodarlar) - 9-a.da Basrada paydo bo‘lgan diniy-falsafiy maktab. Uning vakillari o‘z nomlarini e’lon qilmasdan 52 ta risola yozib tarqatgan. Ularning maqsadi falsafiy, tabiiy-ilmiy bilimlarni yoyish bo‘lgan. "Risolalar to‘plami" 10-a.da Movarounnahr va Xurosonda keng tarqalgan. U chuqur falsafiy mazmunga ega bo‘lib, omma uchun emas, ziyolilarga mo‘ljallangan. Bu to‘plam bizgacha yetib kelgan va 1995 y.da Eronda chop etilgan. 1150 y.da xalifa Mustanjid risolalarning barchasini yondirishga buyruq bergan, lekin ko‘p nusxalari saqlanib qolgan, forsiy va turkiyga tarjima qilingan. Risolalar riyoziyot va mantiq, tabiatshunoslik va ruhshunoslik hamda ilohiyot va shariatga bag‘ishlangan. I.as-S. vakillari o‘zi orzu qilgan insonni tarbiyalash tizimini ishlab chiqqan. I.as-S. risolalari barcha musulmon mutafakkirlari va tasavvuf ahliga katta ta’sir ko‘rsatdi. 16-a. oxiriga kelib mustaqil yo‘nalish sifatida yo‘qolib ketgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 22:00:38
ISHROQ ("sharqiy munavvarlik") -sufiylikdagi - falsafiy ta’limot; Yahyo as-Suxravardiy (1191 y. v.e.) tomonidan ishlab chiqilgan. Yorug‘lik va zulmat ramzlaridan, shuningdek, zardushtiylikdagi muqaddas kitoblardan olingan obrazlardan keng foydalanib as-Suxravardiy aslini olganda o‘ziga xos ta’limot yaratgan. I. haqidagi ta’limotga asosan har qanday mavjudlikning manbasi va energiyasi "Oliy nur" (nur al-anvar; fors. - xorra) bo‘lib, u o‘zining borlig‘i b-n birinchi maxluq - "farishta", Baxman nurini "yoritadi".
I. ta’limotiga ko‘ra bayon etilgan dunyo manzarasi sufiyning o‘ta berilib zikr tushishi paytida o‘ta sezgir va ongli bilimga ega bo‘lishi mumkinligiga isbot bo‘lib xizmat qiladi. Sufiyning ruhi moddiy olamning har xil "chiqitlari"dan zohidlik tajribasi orqali poklangach, ilohiy nur b-n "nurlanadi", u "dunyoning sir-asrorlaridan" boxabar bo‘ladi va o‘z manbasi tomon uchib, u b-n qo‘shilib ketadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 22:01:01
ISHQ (arab. - muhabbat) - tasavvufda Allohga bo‘lgan ishq. Alloxdan o‘zga har qanday mahbubga bo‘lgan ishq yoki muhabbat soliklar nazdida majoziy ishq sanalgan. Tasavvufona bitilgan g‘azal va boshqa turdagi she’rlarda majoziy ishq orqali haqiqiy ishq tarannum etiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 22:01:14
I’JOZ al-QUR’ON - islom aqidasida Qur’oni karimni mo‘jizakor va beqiyos ekanligani anglatuvchi atama.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 22:02:05
IQOB (ko‘pligi iqobot; sinonimlari uquba, azob, jazo, naqal) - jazolash, fiqhning eng muhim kategoriyalaridan biri. Qonunni buzganlik uchun I. faqat sud hukmi, ya’ni imom, qozi, odilona sud qiluvchi yoxud jamoat tartibini nazorat qiluvchi boshqa bir shaxsning hukmi b-n qonuniy ravishda berilishi mumkin. Jazo berish xillari deyarli to‘liq suratda johiliya davridagi kundalik huquqiy me’yorlardan olingan. Barcha jazolar quyidagi turlarga bo‘lingan: o‘lim jazosi, undan ko‘zlangan maqsad jamiyatni jinoyatchidan to‘liq xalos etish; qasos oluvchi jazolar, ular ijtimoiy adolat hissini qondiriishari lozim bo‘lgan; oldini oluvchi jazolar, ular evaziga kelajakda huquqbuzarliklar kamayishi ehtimoli oshadi; ibratli jazolar, ular, asosan, huquqbuzarning o‘ziga ta’sir ko‘rsatib, uni keyinchalik xukuqni buzishdan qaytarishga qaratilgan. Jazolash usullariga qarab, ular jismoniy, ozoddikdan mahrum qilish va quvgan qilish, jarimalar, jamoatchilik ta’siri va tavba qilish kabilarga bo‘linadi. Jazo jinoyatning og‘ir-engilligi qatiy mutanosib bo‘lmoga lozim. O’lim jazosi (qatl) islomga qurol ko‘tarib chiqqanlarga, ya’ni isyon ko‘targani uchun yoki dindan qaytish haqida va’zxonlik qilgani uchun berilishi mumkin. Agarda qo‘lga tushgan jinoyatchi tavba qilsa, u holda o‘lim jazosi yengilroq jazo b-n almashinadi. Qotil, ayniqsa talon-torojlik b-n bog‘liq qotillikka o‘lim jazosi belgilanadi. Agarda jinoyatchi uni qo‘lga olgunlarigacha bo‘yin egab kelsa u holda uni qatl etmaydilar, lekin u diya to‘lashi va tavba qilishi lozim bo‘ladi. O’lim jazosi ko‘pincha aybdorning boshini tanasidan judo qilish yo‘li b-n amalga oshirilgan, biroq uni dorga osish, nimtalash va b. xil usul b-n jazolash ham mumkin bo‘lgan. Hoz. vaqtda otishga hukm qilish joriy etilgan. Er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro xiyonat o‘lim jazosining maxsus turi - toshbo‘ron qilish (rajm) b-n jazolanadi.
Qasos oluvchi jazolar (qasos, qavad, sa’r) inson hayoti va salomatligiga yetkazilgan og‘ir jinoyatlar: qotillik, mayib qilish, zaharlash va b. uchun beriladi. Bunday jinoyatlar uchun jazolar, agar bu b-n yanada og‘irroq ziyon yetmaydigan bo‘lsa, talion tamoyili (ko‘zga ko‘z) asosida beriladi. Bunday holatlarda, shuningdek qotillik yoxud yetkazilgan ziyonlar atayin qilinmagan bo‘lsa, diya to‘lash lozim bo‘ladi. Agarda qotillik buyruq yoki majburlash yo‘li b-n sodir etilgan bo‘lsa, qotillikni amalga oshirgan shaxs buyruq bergan shaxsga qandaydir bog‘liq yeri bor bo‘lsa u holda buyruq bergan shaxs qotil hisoblanadi. Agarda jinoyat biror-bir shaxsning gij-gajlashi orqali sodir etilgan bo‘lsa, u holda qotil va gij-gijlovchi teng javobgar bo‘ladilar. Qasos oluvchi jazolar agarda jabr ko‘rganlar yoki ularning hukuqiy vorislari jinoyatchilarni afv etgan takdirda bekor qilinishi mumkin.
Oldini oluvchi jazolar (hadd) butun jamiyatga yetkaziladigan og‘ir jinoyatlar va huquqbuzarliklar uchun beriladi. Hadd dindan qaytganlik va isyon uchun, agarda sud jinoyatchini qatl etishni lozim topmagan bo‘lsa beriladi. Shuningdek, diniy marosim ko‘rsatmalarini namoyishkorona buzgani va ularni tahqirlagani; qasamxo‘rligi va og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan soxta guvohligi, huquqbuzarlik qilish uchun undagani; g‘ayri qonuniy jinsiy aloqa qilgani, agarda ular o‘zaro nikoxda bo‘lmasalar; voyaga yetmaganlarni zo‘rlagani, ichkilikbozligi, ichkilik va qimorbozlikka o‘rgatgani; firibgarligi va shunga o‘xshash boshqa huquqbuzarliklar uchun beriladi. Hadd jazosi - qamchin yoki kaltak b-n 40 tadan 100 tagacha urish b-n amalga oshiriladi. Aybdor o‘lib qolmasligi uchun jazo ijrosi bir necha xil usulda amalga oshirilishi mumkin. Sud qaroriga ko‘ra hadd qo‘shimcha mikdorda kaltaklash, jarima, ozodlikdan mahrum qilish va mahalliy udumlarda ko‘zda tutilgan boshqa jazolar b-n yanada qattiqroq bo‘lishi mumkin.
Ibratli jazolar (ta’zir) hokimiyatga bo‘ysunmaganlik, jamoat tartibini buzganlik, atayin birovning mulkidan foydalanganlik, mayda firibgarlik, savdo qoidalarini buzganlik va b. uncha katta bo‘lmagan huquqbuzarliklar uchun beriladi. Ta’zir -qamchin b-n savalash yoki kaltak b-n urish (5 tadan 39 tagacha), yoxud olti oygacha qamoq yoki uy qamog‘ida saklash, yoki jamoatchilik o‘giti yo‘li b-n amalga oshiriladi. Bozorda qilingan o‘g‘irlik, agarda u jabrlanuvchiga katta moddiy zarar keltirmagan bo‘lsa, bir necha marta kaltak b-n urishga hukm qilinishi yoki umuman kechirib yuborilishi mumkin. Agarda o‘g‘irlik malakali xarakterga ega bo‘lsa, o‘g‘riga nisbatan hadd belgilanadi. Qayta o‘g‘irlik qilish chap qo‘l panjalarini chopish b-n jazolangan.
Yuqorida zikr etilgan choralardan tashqari, mansabdor shaxs tomonidan qilingan jinoyat uchun uning mol-mulki musodara qilinishi mumkin. Har qanday hadd jazosiga o‘sha zahoti ta’zir jazosi ham qo‘llanishi mumkin, bundan tashqari u barcha jazo turlari doirasida ham ogirroq jazolanishi mumkin. Har qanday jazo huquqbuzarning qilgan ishiga afsuslanishiga mo‘ljallangan. Agarda u qaysarlik qilsa, jazo qayta berilishi mumkin. Agarda u tavba qilsa, kafforat amallarini qilishi lozim bo‘ladi, uni sud belgilaydi (ikki oygacha ro‘za tutib berish, uzoq vaqt jinsiy aloqadan saklanish, axd bo‘yicha haj qilish, bir kulni ozod qilishi yoki sotib olishi lozimligi, katta mikdorda sadaqa berishi va b.)- Sud tomonidan belgilangan talablar bajarilgach, kishi g‘usl qilmoga lozim bo‘ladi va shu paytdan e’tiboran u yana qaytadan jamiyatning odatdagi a’zosiga aylanadi.
Jazoni belgalashdagi katta erkinlik sudga aybdorning shaxsiga nisbatan, ham uning aybini e’tiborga olgan holda, ham unga nisbatan eng munosib jazo berishni ko‘zda tutgan holda tabaqaviy yondashish imkonini beradi. Umuman olganda har qaysi musulmon, agarda uning aybi isbotlansa, har qanaqa jazoga tortilishi mumkin. Biroq sud uning madaniy darajasi va ijtimoiy ahvolini hisobga olishi shart va shunday jazoni tanlashi kerakki, u eng samarador bo‘lgani hodtsa ortiqcha qattiq ham, tahqirlovchi ham bo‘lmasin.
Hukuqbuzarlik uchun javobgarlik insonning umumiy huquqiy qobiliyati shakllaridan biridir va shunga ko‘ra barcha huquqiy qobiliyatlar (mas., yosh bolalar va aqli zaiflar) jazoga tortilmaydilar, qullar, ayollar va b. to‘liq huquqqa ega bo‘lmaganlarga erkin musulmon erkakka beriladigan jazoning yarmi beriladi. Jazoni teng yarmiga bo‘lishni imkoni bo‘lmagan holatlarda (mas., o‘lim jazosi), qul xuddi erkin kishi kabi jazoga tortiladi. Agarda jinoyatchi g‘ayridin bo‘lib, uning jinoyati qaysi dindaligi b-n mutlaqo bog‘lanmagan bo‘lsa, u xuddi musulmon kabi jazolanadi; tabiiyki u tavba qilishdan ozod etiladi, albatta, buning o‘rniga unga jarima to‘lash yuklatilishi mumkin. Hoz. vaqtda jazoning barcha turlari shaklan saklanib qolgan, biroq eng rivojlangan mamlakatlar qonunchilik idoralari tomonvdan qabul qilingan jazo turlari, ya’ni qamoqqa olish va majburiy mehnatga jalb etish, jarimalar va jamoatchilik o‘giti kabilar afzal ko‘rilmoqda.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 22:02:24
IQTISOB - bu dunyo ne’matlariga erishmoq. O’zi va yaqinlarini I. doirasida zaruriy narsalar b-n ta’minlash har bir musulmonning vazifasidir, unga qad. payg‘ambarlar va Muhammad (sav)ning sahobalarini savdo va hunarmandchilik b-n shug‘ullanganlari ham misol bo‘lishi mumkin. Hunarmandchilik va savdo yo‘li b-n topilgan mablag‘ davlat maoshidan ko‘ra sofrokdir. I. Allohning marhamatiga umid qilib (tavakkul) o‘zini o‘zi ta’min etishdan voz kechuvchi taqvodan afzaldir, o‘z nafsini barcha narsadan tiyish -    har qanday qotillik kabi gunoxdir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 22:03:59
IQTO’ (ko‘pligi iqta’ot; aqta’a fe’lidan -   "kesmoq", "taqsimlab bermoq")- ma’lum hududdan  xiroj olish  huquqini davlat tomonidan biror shaxsga berilishi. Yer bo‘lib berishlar Muhammad (sav) hayotliklari davrida ham qayd etilgan va ayniqsa Usmon (ra) davrida (644-656) keng tarqalgan. Odatda davlatga qarashli egasiz va tashlandiq yerlar merosiy va musodara qilish huquqi b-n biror kishiga xususiy mulk (muqta) tariqasida berilgan. Bu er uchastkalari qati’a deb atalib mulkka o‘xshash bo‘lgan, in’om etish hodisasining o‘zi esa iqto’ deb atalgan. Aksariyat hollarda muqta’ (muqtadorlar) yerga o‘zlari ishlov bermaganlar,   balki  yerni  o‘sha  joydagi ijaradorlar  b-n  qo‘shib  olganlar  yoki sugorishga mablag‘ sarflab, o‘zlashtirilgan yerni ijaraga berganlar. Muqta’ yerdan ushr to‘lagan, unga yer solig‘i deb emas balki zakot sifatvda qaralgan. Haqiqiy, mumtoz I.da, ya’ni xiroj olinadigan yer berilgan takdirda, muqta’ xiroj  b-n ushr  o‘rtasidagi  farqni  o‘z foydasiga olgan. Ilk fiqhshunoslar (Yahyo ibn Adam, Abu Yusuf) faqat ana shunday I. shaklini biladilar.
Mo‘g‘ullar davrida I. istilohi rasmiy suratda ishlatilmasdan, uning o‘rniga suyurg‘ol -merosiy qilib berilgan yer mulki va tuyul (tiul) - vaqtinchalik yoki umrbod muddatga berilgan yerni anglatuvchi istiloxlar ishlatila boshlangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 03 Oktyabr 2006, 22:04:31
IHVON al-MUSLIMUN (arab. - musulmon birodarlar) - musulmon birodarlar uyushmasi (MBU) diniy-siyosiy tashkiloti a’zolari. Bu tashkilotni 1928 y.da shayx Hasan al-Banno Ismoiliya sh. (Misr)da tashkil etgan. MBU murakkab tuzilishga ega bo‘lib, unda sufiy birodarlar tashkiloti va hoz. zamon Yevropa partiyalarining unsurlari qo‘shilib ketgan. Uyushmaning asoschisi targ‘ib qilgan ta’limot keyinchalik bir necha boshqa islom mafkurachilari (Said al-Qutb, Mustafo as-Siboi va b.) tomonidan rivojlantirildi. MBU faoliyati mafkura, qonun, axloqiy me’yor va b.ning yagona manbai sifatida islom qoidalariga asoslangan "adolatli islom jamiyati"ni qurishga qaratilgan. Bu maqsadga erishish uchun, MBU rahnamolari fikricha, "taraqqiyotning islom yo‘li"dan borish kerak. MBU xayr-ehson va ma’rifatchilik faoliyatidan (1928-36) to siyosiy hayotda terror usulini keng qo‘llashda faol ishtirok etishgacha bo‘lgan murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. 1949 y.da Hasan al-Banno o‘ldirilganidan keyin tashkilotda ajralish yuz berdi: bir qancha mustaqil guruhlar va tashkilotlar paydo bo‘ddi. 1954 y. Misrda bu tashkilotlarning respublika tartib-qoidalariga qarshi qaratilgan faoliyati g‘ayriqonuniy, deb e’lon qilindi. Lekin ular keyingi yillarda yashirin holatda ish ko‘rib, prezident Nosir hukumatini ag‘darib tashlashga bir necha marta urindilar. 70-y.larda prezident Sadat davrida I.al-m. tashkiloti ochiq holatga o‘tib, yana faoliyatini kuchaytirdi. 70-y.lar oxiri - 80-y.lar boshida Misrda I.al-m. va unga yaqin bir necha o‘nlab tashkilotlar faol ish olib bordi. 1981 y.da Sadat ekstremistik islom guruxdaridan birining a’zolari tomonidan o‘ldirilgandan keyin, Misrda I.al-m..ning ko‘pchilik tashkilotlari man etildi, rahbarlari qamoqqa olindi. 30-y.lar o‘rtalaridan boshlab MBU bo‘limlari Misrdan tashqarida ham vujudga keldi. Hozirda I.al-m. tashkilotlari bir qancha musulmon mamlakatlarida mavjud. Bu tashkilotlarning faoliyati "ixvoniylar" ("birodarlar") harakati degan umumiy nom oldi. Ixvoniylar harakati o‘zining ijtimoiy-sinfiy tarkibi hamda siyosiy va g‘oyaviy yo‘nalishi jihatdan bir xil emas. Bu harakat ichida uch asosiy yo‘nalish mavjud. Bular: "mo‘‘tadil" Misr mafkurasining tarafdorlari (I.al-m. nomini olganlar); turli nomdagi ko‘p guruxdarni o‘z ichiga olgan o‘ng ekstremistlar hamda bir necha yirik xalkaro tashkilotlar (mas., 50-y.larda Iordaniyada tashkil etilgan Islom ozodlik partiyasi va b.); "islom sotsializmi" mavqeida turuvchi "islom demokratlari"dir. Bu harakatning g‘oyaviy-siyosiy yo‘li hozir mustaqillikka erishgan yosh mamlakatlarda har xil qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirish va davlatlar o‘rtasida nizolar chiqarishga qaratilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 20:54:36
- K -

KABIRA (arab. katta, yirik) - islomda eng katta va og‘ir gunoh. Islomda gunoxlar katta - K. va kichik - sag‘iraga bo‘linadi. Ulamolar qaysi gunohlar K. va qaysinisi sag‘ira ekani xususida fikrlari turlicha. Gunohi K. — hadd jazosiga loyiq, ya’ni, shariatda jazosi belgilab qo‘yilgan gunoh yoki do‘zaxga kirishga, la’natga va g‘azabga sazovor qiladigan gunoxlar K.. gunoxdardir. Sag‘ira (kichik) gunoh esa: "Bu dunyoda haddga loyiq emas, u dunyoda do‘zax, la’nat va g‘azab ila qo‘rqitilmagan gunoxlardir. K.ning eng birinchisi va Alloh tomonidan kechirilmaydigani - kufr (Allohni inkor etish) va shirk (Allohga biror narsani teng qilish)dir. K.ning turlari ko‘p. Mas., ota-onani norozi qilish, birovning joniga nohaq qasd qilish, sehr-jodu b-n shug‘ullanish, yolg‘on guvohlik berish, tuhmat yoki bo‘hton qilish, zinokorlik, o‘g‘rilik, sudxo‘rlik, farz ibodatlarni bajarmaslik, harom qilingan narsalarni iste’mol etish va h.k. Shirk va kufrdan boshqa gunoxdar qiyomat kuni Alloh tomonidan kechirilishi yoki ular uchun ma’lum me’yorda jazo berilishi mumkin. Mo‘min odam gunohi K. qilishi b-n kofir bo‘lib qolmaydi. Agar o‘sha ishni halol sanasa kofir bo‘ladi. Yoki Alloh halol qilgan narsani harom qilsa, kofir bo‘ladi. Shuningdek, gunohi K. tufayli ularni kofirga chiqarish ham to‘g‘ri yo‘qdan chiqishdir. Axli sunna va jamoa biror kishini gunohi K. qilgani uchun kofir qilmaydilar Murji’iylar gunohi K. qilganni kofir qilmaydilar va imon bo‘lsa, gunohi K. zarar qilmaydi, deb hisoblaydilar. Xorijiylar esa gunohi K. qilganni kofir, deydilar Mu’taziliylar gunohi K. qilganni iymondan: chiqaradilar va kufrga kirgazmaydilar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 20:56:02
KAVSAR (arab. mo‘l-ko‘l) - islomga ko‘ra jannatdagi ajib bir daryo yoki hovuzning nomi Qur’oni karimdagi 108-sura ham K. deb ataladi. Tafsir va hadislarda aytilishicha K.ning suvi asaldan totli, qor va sutdan oq bo‘lib, undan ichgan kishi abadiy tashnalik ko‘rmaydi. Shuningdek, qiyomat kuni jannat nasib etgan mo‘min-musulmonlar mazkur K suvidan ichishlari to‘g‘risida bashorat beriladi. K. surasi Qur’on suralar ichida eng qisqasi bo‘lib, 3 oyatdan iborat.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 20:56:23
KAYSONIYLAR - 7-a.da shialar orasidan ajralib chiqqan firqa tarafdorlari Shialarning 3-imomi Husayn 680 y.da Karbals yaqinida halok bo‘lgandan keyin, 4-imomnr e’tirof etishda ular orasida ixtilof yuz bergan: ularning bir qismi Husaynning o‘g‘li Ali (Zayn al-Obidin)ni imom deb tanisa boshqa guruhi Husayn o‘g‘illarining juda yoshligi va rahnamolikka qobil emasligini sabab qilib ko‘rsatib, Alining Banu Hanifa qabilasidan o‘lja sifatida olingan kanizagidan tug‘ilgan, janglarda ishtirok etib tanilgan o‘g‘li Muhammad (637-700)ni 4-imom deb e’tirof qilgan. Barcha manbalarda onasi mansub bo‘lgan qabila nomiga nisbat berilib u Muhammad ibn al-Hanafiya deb ataladi. Uning tarafdori bo‘lgan shialar yaqin safdoshi Muxtor ibn Abu Ubayd rahbarligida 685 y.da Kufada qo‘zgolon ko‘tarib, umaviylarga zarba bergan, Husaynni o‘ldirganlarning ko‘pini jazolagan. Qo‘lga tushirilgan Kufa xazinasidagi pullarni isyonchilarga taqsimlab bergan. Bu isyonda Abu Amr Kayson faol ishtirok etgan (firqaning nomi shundan). Keyinchalik ichki ixtiloflar natijasida isyonchilar yengilib, Muxtor halok bo‘lgan (687). Muhammad ibn al-Hanafiya bevosita qo‘zg‘olonda ishtirok etmagan. K. Alini payg‘ambar qizi Fotimaga uylangani uchun emas, o‘ziga xos imomlik xislati uchun imom deb taniydi, shu sababli imomlik payg‘ambar avlodiga o‘tishi shart emas deb hisoblab, Alining ikki o‘g‘li (Hasan va Husayn)dan keyin imomlik 3-o‘g‘liga o‘tishi kerak, degan g‘oyaga asoslangan edi. K. firqasi kamayib, keyinchalik (9-a. o‘rtalarida) tamoman yo‘qolib ketgan, shialarning ko‘pchiligi tomonidan Ali Asqar 4-imom sifatida tanilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 20:56:48
KALIMAI SHAHODAT (arab. - guvohlik kalimasi) - islom dinidagi 5 asosiy arkonning birinchisi. Unga ko‘ra "Alloxdan o‘zga iloh yo‘q. Muhammad Uning rasulidir" -degan kalimani til b-n aytib, dil b-n tasdiq etish shart qilingan. Bu kalimani inson til b-n aytsa-yu, dili b-n tasdikdamasa, ya’ni o‘zi ishonmasa, unday kishi islomda munofik, hisoblanadi. Lekin, dilida ishonsa-yu, tili b-n aytishdan bosh tortsa, u ham shar’an musulmon hisoblanmaydi. Demak, mo‘minlikning 2 sharti bo‘lib, ularning birinchisi - Muhammad (sav)ning Alloh tomonidan keltirgan barcha xabarlarga til b-n iqror etish, ikkinchisi - shu xabarlarni dil b-n tasdiq etishdir. Sunniy-hanafiy ta’limoti shundan iborat. Lekin ba’zi islomiy aqida va oqimlar bunga xilof ravishda imonning sharti 2 ta emas, 3 ta deb, ibodat va amallarni to‘la bajarishni -imonning uchinchi sharti sanashadi. Bu b-n ular ko‘pchilik musulmonlarni kofirlar safiga qo‘shib qo‘yishadi. Vaholanki, imon b-n kufr e’tiqodiy masalalar turiga, amaliy ibodatlar yoki gunoh va jinoyatlar alohida boshqa masalalar turiga oiddir. Imon b-n birga amal ham bo‘lsa, nur ustiga nur. Amal qilmasa yoki gunoh ishlarni qilsa, (moturidiylik aqidasiga ko‘ra) kofir bo‘lmaydi, balki gunoxdor bo‘ladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 20:57:11
KALOBODIY (yoxud al-Kaloboziy), Abu Bakr Muhammad ibn Ishoq al-Buxoriy (? - 990/ 995 y.) - hanafiy mazhabining mashhur faqihi, tasavvufga doir arab tilida yozilgan eng dastlabki tartibli asarlardan birining muallifi. Buxorodaga Kalobod mahallasida tug‘ilib, shu yerda yashagan va vafot etgan. Muhammad ibn Fadldan hukuqdan ta’lim olgan va sufiy shayx Qosim Forisning shogirdi bo‘lgan. K. yozgan besh yoki olti asardan bizgacha ikkitasi yetib kelgan: Payg‘ambar (as)ning axloqqa doir ba’zi hadislariga yozilgan qisqacha sharh - "Ma’oniy al-axbor" va "at-Ta’arruf li-mazhab ahl at-tasavvuf" -islomning dastlabki uch asri davrida islom tasavvufini o‘rganishda asosiy hisoblangan asarlardan biri. Kitob keyingi davr sufiylari tomonidan yuqori baholangan, xususan, shayx Yahyo as-Suxravardiy al-Maqtul (1191 y. v.e.) bu hakda "Agar at-Ta’arruf bo‘lmaganda edi, biz sufiylikni (tasavvufni) bilmagan bo‘lardik", degan. Bu bizgacha yetib kelgan sufiylar qarashlari tizimi va tajribasi bayon etilgan birinchi asar bo‘lib, unda tasavvufdagi g‘oyalarni islomdaga u b-n tutashmagan qoidalar b-n kelishtirishga harakat qilinmagan, sufizm to‘lig‘icha musulmonchilik doirasidaligi va tizim sifatida u o‘zining dindorligi b-n shubha tug‘dirmasligini tushuntirishga harakat qilingan.
Asar 75 bobdan iborat bo‘lib, ularni uch qismga ajratish mumkin: 1-(1-4, 64-75-boblar) tarixiy: sufiy va tasavvuf tushunchalarini belgilash, eng muhim shaxslar, ularning sufiylikdagi jasoratlari haqidagi hikoyalar va afsonalar; 2-(5-30-boblar) apologetik (madh etuvchi): sufizm qarashlari tizimi, uning "chinislomiy"ligini isbotlash; 3-(31-63-boblar): sufizm amaliyoti, zohidlik yo‘lining asosiy bosqichlari, darvishlar orasida qabul qilingan texnik atamalar. K. asariga ko‘plab sharxdar yozilgan. Ayniqsa, uning zamondoshi va ehtimol shogirdi Abu Ibrohim Ismoil ibn Muhammad al-Mustammiy (1042 y. v.e.) tomonidan fors tilida yozilgan "Nur al-muridin" kitobi mashhur bo‘lgan. Bu sharh sufizm tarixi bo‘yicha manba sifatida original asardan deyarli qolishmaydi. Uning nusxalaridan biri 1081 y. ko‘chirilgan bo‘lib, u bizgacha yetib kelgan fors qo‘lyozmalari ichida ikkinchi eng qad. qo‘lyozma hisoblanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 20:58:07
KALOM (arab. - ravon nutq, jumla, gap, so‘z) - islom ilohiyot ilmi. 8-a.da arab xalifaligida paydo bo‘lgan. K. islom diniy ta’limotini asoslashga harakat qiladi. K. tarafdorlari mutakallimlar deyiladi. K. turli diniy-siyosiy guruhlar (xorijiylar, qadariylar, jabariylar, murji’iylar va h.k.) paydo bo‘lishi b-n bog‘liq bahslar jarayonida vujudga keldi va taraqqiy qildi. Ulamolar ilmi K.ning ta’rifida ham bir necha xil fikrlar aytganlar. Eng qad. ta’rif Abu Nasr Forobiyga tegashli bo‘lib, u, "Kalom sinoati ila millatning asoschisi aytgan chegaralangan gap va ishlarga nusrat berilur va unga xilof qilgan barcha so‘zlarni behudaga chiqarilur", degan. Ilmi K. haqida Razoliy quyidagilarni aytadi; "U bir ilm bo‘lib uning maqsadi ahli sunnaning aqidasini ahli bid’atning tashvishidan muhofaza qilish va qo‘rikdashdir. Alloh taolo O’z bandalariga O’z payg‘ambari tilida haq aqidani ilqo qildi. Unda ularning dini va dunyosining salohi bordir. Shuningdek, uning haqida Qur’on va xabarlar nutq qildi. So‘ngra shaytonlar o‘z vasvasasi ila bid’atchilarga sunnatga xilof ishlarni ilqo qildi. Ular o‘sha ishlarni gapirdilar va axdi haqning aqidasini buzmoqchi bo‘ldilar. Bas, Alloh bir toifa mutakallimlarni paydo qildi va ularning himmatini tartibga solingan kalom ila sunnatning nusrati yo‘lida harakatga soldi. Shu orqali axli bid’atning sunnatga xilof ravishda chiqargan aldamchiliklari fosh qilinadi. Ana shunday ilmi kalom paydo bo‘ldi". Ilmi K. paydo bo‘lgan vaqtga kelib aqidaga oid masalalarga avvalgi vaqtlarga o‘xshab faqat Qur’on va sunnatdan dalil keltirish b-n kifoyalanib bo‘lmay qolgan edi. Qarshi taraf akliy dalil ham keltirishni talab qilar edi. K.ga xos uslub va mavzular majmui birinchi bor al-Ja’d ibn Dirham (742 y. qatl etilgan) ijodida uchraydi. U doimo akl-idrokka tayanish talabini ilgari surdi va faqat inson salohiyati ojizlik qilgan hollardagina Qur’on oyatlarini ramziy-majoziy ma’noda talqin qilish mumkin, deb hisobladi. Uning shogirdi Jahm ibn Safvon (745 y. qatl etilgan) ustozining g‘oyasini davom ettirdi. Jahmning qarashlari mu’taziliylarga yaqin bo‘lgani bois odatda bu ikki ta’limotni bir-biridan farklamaydilar. Mu’taziliylarning K.i 9-a.ning 1-yarmida ravnaq topdi. Ammo, xalifa al-Mutavakkil (847-861) davrida quvgan ostiga olindi.
Ma’lum   vaqtgacha   sunniylikda
mu’taziliylarning falsafiy dalillariga qarshi kurashda g‘oyaviy kurol rolini o‘ynashi mumkin bo‘lgan aqoidlar tizimi mavjud emas edi va faqat Qur’on hamda hadislarga havola kilish b-n cheklanilardi. Aynan mu’taziliylar o‘zlarining mantiqiy-falsafiy isbotlash uslublari b-n haqiqiy islom yo‘li shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Bunday tizim 10 a.ga kelib ishlab chiqildi va uni K.ni aqidaparastlar b-n murosaga keltirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan al-Ash’ariy (873-935) va al-Moturidiy (870-944) amalga oshirdilar. Natijada K.ning ash’ariy va moturidiylik maktabi vujudga keddi.
Mashhur musulmon ulamolari ilmi K. hakdtsa o‘z zamonlari va bilimlariga qarab turlicha fikr biddirganlar. Imom Abu Hanifa ilmi K.da "al-Fiqhul Akbar" nomli kitob yozgan va "dindaga fiqh ilmdagi fiqxdan afzaldir. Chunki, dindagi fiqh asldir. Ilmdagi fiqh far’dir. Asl far’dan afzalligi ma’lumdir" degan. Imom Molik, Ahmad ibn Hanbal, Jaloliddin Suyutiy va Ibn Abdul Barrlar ham bu ilm haqida salbiy fikrda bo‘lganlar. Imom Abul Hasan al-Ash’ariy ilmi K.ni madh etib kitob yozgan. Imom G’azoliy o‘rtacha yo‘l tutgan va ilmi K.da yaxshi taraf ham salbiy taraf ham borligani ta’kidlab, u b-n faqat mutaxassis olimlar mashg‘ul bo‘lishi kerakligani uqtirgan. Bu fikrlarni tadqiq qilib o‘rgangan olimlar, ilmi K.ni, xususan, undagi adashuvlarni tanqid qilganlar. Uni madh qilganlar esa, foydali taraflarini e’tiborga olganlar. Shuning uchun uning ijobiy taraflaridan ko‘p narsani o‘rgansa bo‘ladi, deydilar.
Boqilloniy (1013 y. v.e.), al-Juvayniy (1085 y. v.e.), ash-Shahristoniy (1153 y. v.e.) va ar-Roziy (1209 y. v.e.)lar ash’ariylik maktabining yirik namoyandalaridir. Ash’ariylar zohiran o‘zlarini mu’taziliylarga qarshi qo‘yib, hanbaliylar b-n murosa qilishga intilgan bo‘lsalar-da, dunyoqarashi bo‘yicha mutaziliylarning akl-idrokka asoslangan yo‘lini davom ettirdi. K.ning ikkinchi yirik maktabi -moturidiylik ham mustaqil tarzda taraqqiy etdi. Ash’ariylar maktabi asosan shofi’iylar orasida tarqalgan bo‘lsa, moturidiylik hanafiylik doiralarida ko‘plab tarafdorlarga ega bo‘ldi va xususan, Movarounnahr musulmonlarining asosiy aqidasiga aylandi.
13-a.dan K. Ibn Sino asos solgan sharq falsafasi b-n yaqinlasha boshladi. Natijada, Ibn Xaldun ta’biri b-n aytganda, K. va falsafani bir biridan ajratish mushkul bo‘lib qoldi. Bu hol Baydoviy (1286 y. v.e.), Isfahoniy (1349 y. v.e.), Ijiy (1355 y. v.e.), Taftazoniy (1390 y. v.e.), Jurjoniy (1413 y. v.e.)lar ijodida o‘z ifodasini topdi. Yangi va eng yangi davrlarda Jamoliddin Afg‘oniy, Muhammad Abdu, Ahmad Amin, Hasan Hanafiy kabi musulmon islohotchilarining asarlarida K. va ayniqsa, mu’taziliylar g‘oyalari mafkuraviy asos vazifasini bajarib keldi. Vaqt o‘tishi b-n islom olamida faqat axli sunna va jamoaning ilmi K. bo‘yicha ta’limotlari hukm suradigan bo‘ldi. Falsafa va b. fikriy mazhablar chiqqanidan keyin ilmi K. istilohining o‘zi ham iste’moldan chiqib ketdi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 20:58:21
KARBALO - Iroqdagi shahar, Karbalo muhofazasi (gubernatorligi)ning ma’muriy markazi, Furot daryosi vodiysida, Bag‘doddan 85 km jan.-g‘arbda. Shialikdagi musulmonlarning ziyoratgohi. Ali ibn Abu Tolibning o‘g‘li Husayn ibn Ali hokimiyat uchun kurashda 680 y.da K. yaqinidagi jangda halok bo‘lgan, K.da dafn qilingan, keyinchalik bu yerda maqbara barpo etilgan va shialar uchun ziyoratgoh bo‘lib qolgan. Imom Husayn maqbarasi bir necha marta buzib tashlangan, keyinchalik salobatli inshoot majmui qurilgan. K. har yili muharram oyida motam marosimi o‘tkaziladigan markaz hisoblanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 20:58:40
KAROMAT (arab. - karomat, ikrom qilinish, yuqorilik, sharaf) - islom istilohiga ko‘ra, aqlni lol qoldiradigan g‘ayritabiiy hodisalar. Shu hodisalar payg‘ambarlardan namoyon bo‘lsa - mo‘‘jiza, aziz-avliyolardan sodir bo‘lsa - K. deyiladi. G’ayridin, kufr axdidan sodir bo‘lsa, sehr-jodu, ko‘zbaxshilik (fokus) yoki istidroj (vaqtincha omadli bo‘lish) deb ataladi. Mas., Muso payg‘ambar qo‘lidagi hassasini toshga urganda undan suv otilib chiqqani, kerak bo‘lganda u ajdahoga aylanib, sehrgarlar yasagan ilonlarni yutib yuborgani mo‘‘jizadir. Muhammad (sav)ga berilgan mo‘‘jizalarning eng ulug‘i - Kur’oni karim sanaladi. K.lar tasavvuf shayxlari, tariqat peshvolari, aziz-avliyolarning uzoq masofani oz muddatda bosib o‘tishlari, suv ustida, havoda bemalol yura olishlari, hojatlari zudlik b-n ravo bo‘lishi va b. b-n izohlanadi. K. 2 xil bo‘ladi: birinchisi -asliy; ikkinchisi - kasbiy. Asliy K. quyidagi oyatda ifodasini topgan: "Batahqiq, biz Bani Odamni mukarram qildik. Ularni kuruklik va dengazda ko‘tardik. Ularni pok rizklar ila rizqlantirdik" (al-Isro surasi, 70-oyat). Ushbu K. mo‘min bo‘lsin, kofir bo‘lsin, bashariyatning hamma a’zolari uchun umumiydir. Kasbiy K. quyidaga oyatda ifodasini topgan: "Albatta sizning Alloh huzurida mukarramrog‘ingiz, taqvodorrog‘ingizdir" (Hujurot surasi, 13-oyat). Bu K. taqvodor mo‘minda hosil bo‘ladi. Odatdan tashqari ishlarga K., deyishlik majoziydir. Chunki, Alloh taolo o‘sha ishlarni taqvodor mo‘minning ikromi uchun uning tomonidan sodir etadi. K.ning zohir bo‘lishidagi hikmat: K. sodir bo‘lganidan so‘ng valiyning ishonchi yana ham ziyoda bo‘lib, dunyodagi zuxdi-taqvosi kuchayib, havoyi nafs da’vosi yo‘qolishidir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 20:59:03
KARROMIYLAR - ilohiyot oqimi. 9-13-a.larda Bag‘dod xalifaliganing markaziy va sharqiy viloyatlarida tarqalgan. Asoschisi -Abu Abdulloh Muhammad ibn Karrom (806-869). Seyistonda tug‘ilgan, Nishopur, Balx, Marv, Hirot kabi shaharlarda ta’lim olgan. 5 yil Makkada istiqomat qilgan. Ibn Karrom o‘z yurtiga qaytayotib, Kuddusda xonaqoh barpo qilgan. Seyiston va Xurosonda o‘z ta’limotini targ‘ib qilgani uchun zindonga tashlangan. Quddusda vafot etgan.
K. fikricha xudo - butun borliqning birlamchi asosi, u muayyan jismga ega. Xudo - barcha narsalarning yaratuvchisi, ammo inson o‘z faoliyatining natijalariga ta’sir ko‘rsata oladi. Mu’taziliylar kabi K. ham inson onga mustaqil ravishda, ya’ni vahiy yordamisiz, yaxshilik va yomonlikni farq qilishga qodir, deb uqtirdilar. Shuningdek, murji’iylar singari K. biror insonni musulmon deb tan olish uchun u Allohni til b-n e’tirof etsa kifoya, amal b-n tasdiklashi shart emas, deb hisoblaydi. Ya’ni "La iloha illallohu Muhammadun rasululloh" kalimasini aytgan har bir inson - musulmondir. Ibn Karromning "Kitob as-sirr" va "Azob al-qabr" nomli (bizgacha yetib kelmagan) asarlari va "xudo jismga ega" degan tushunchasi hukmron islom oqimi ulamolarining keskin tanqidi va ta’qibiga uchradi. Mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng K. barham topdi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 20:59:36
KASB ("ega bo‘lish", "o‘zlashtirish") - diniy-axloqiy kontseptsiyani anglatuvchi atama. Uning tarafdorlari qadariylar va jabariylar ta’limotlariga nisbatan kelishuvchan mavqeni tutish maqsadida inson xatti-harakatini Alloh tomonidan "yaratilishi"ni, lekin inson tomonidan   "o‘zlashtirilishi"ni ta’kidlaganlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:00:12
KAFAN - dafn oldidan marhumning jasadi o‘raladigan oq mato. Islomiy aqidaga ko‘ra, musulmon erkak uchun 3 bo‘lak, ayol uchun 5 bo‘lak mato ila K.lab dafn etish tiriklar zimmasidagi muqaddas burchlardan (farzi kifoya) hisoblanadi. Klashdan oldin albatta mayyit yuviladi. Shahidlar yuvilmaydi va K.lanmaydi, balki o‘z kiyimlari b-n dafn etiladi. K.siz ko‘mib yuborilganlar uchun marhumlar emas, balki unga sababchi kishilar javobgar sanaladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:00:33
KAFORAT, kafforat- qilingan gunoh uchun evaz to‘lash yoki gunoh kechirilishi uchun beriladigan mablag‘. Mas., har bir musulmon ramazon oyida biron sabab b-n ro‘za tutmagan bo‘lsa, evaziga boshqa vaqt ro‘za tutgan. K. tushunchasi shariat ahkomlarvda muhim o‘rinni egallab, unda yolg‘on qasam ichish, biror shaxsga nohaq ozor yetkazish kabi holatlarda o‘z gunohini yuvish uchun ma’lum mikdorda sadaqa qilish belgilangan. Mas., bir kishi biror ishni qilaman yoki biror ishni qilmayman deb Alloh nomi ila qasam ichgan bo‘lsa, lekin qilaman deganini qilolmasa, qilmayman deganini qilib qo‘ysa, shariatga ko‘ra, u bir qudni ozod qilishi yoki kishini to‘ygazishi yoki kiyintirishi lozim. Yuqorida aytilganlarning xech birini qilishga kodir bo‘lmasa, 3 kun ro‘za tutishi lozim. Shunda u. Allohning nomi ila ichgan qasaminish uddasidan chiqa olmaganligi gunohiga K. bergan bo‘ladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:00:49
KASHSHIY, Abu Muhammad Abdulhamid (Abd) ibn Humayd al-Kashshiy (? - 863) - yirik mufassir, muhaddis, faqih, adib. Kesh (Shahrisabz)da tug‘ilgan. Fiqhshunoslikdagi maktab asoschisi, undan ta’lim olish uchun huzuriga ko‘plab mamlakatlardan olimlar kelishgan. Sam’oniy K.ning 2 ustozi va 14 shogardi borligani qayd etib o‘tgan. Fiqh, adabiyotshunoslik, Kur’on tafsiriga oid 7 asar yozgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:01:20
KA’BA (arab. - kub, to‘rt burchak) - islom dinining eng muqaddas ibodatxonasi. Baytulloh (Alloxning uyi) deb ham yuritiladi. Uni ziyorat qilish - haj va umraning asosin amallaridan biri.
K. Makkadagi eng katta Masjidi Haramning markazida joylashgan bo‘lib, 10x12x15 (bal. 15 m va poydevori 12x10 m) o‘lchamdaga bino. Odatda, K.ning usti qora mato (kisva) b-n qoplangan bo‘ladi, unga Kur’onning Makka va hajga oid oyatlari zarhal b-n yozib qo‘yilgan. K. devorining tashqi g‘arbiy burchagida "Qora tosh" ("Hajar al-asvad") joylangan. Shim.-sharqiy devordagi eshik ham choyshab b-n qoplangan va yerdan chamasi 2 m baland o‘rnatilgan. K.ning ichi tavof qilinganda devorga narvon qo‘yiladi. Ichkarida uchta ustun bo‘lib, shiftiga sirlangan ko‘pdan-ko‘p chirok osilgan.
Devorning eshik b-n "Qora tosh" oralig‘idagi qismi al-multazam deyiladi, uning yonida Allohga ayniqsa yoqadigan duolar o‘qiladi. Shim.-g‘arbiy devorning tomidan tilla suvi yugurtirilgan tarnov ko‘rinib turadi, u al-mizob yoki mizob al-rahma deb ataladi. Shu tarnov b-n g‘arbiy burchak oralig‘i qibla hisoblanadi. Shim.-sharqiy devor yonidagi yarim doira shaklidagi devor (al-xatim) al-hijr (yoki hijr Ismoil)ni to‘sib turadi, hojilar tavof vaqtida bu joyga kiritilmaydi; Ibrohim (as) zamonida bu joy K.ning bir qismi bo‘lgan; bu yerga Ismoil (as) va uning onasi Hojar dafn etilgan, deb rivoyat qiladilar. Devor qarshisida maqom Ibrohim deb atalgan inshoot bo‘lib, undagi toshda odam izlari ko‘rinadi. Aytishlaricha, Ibrohim (as) K.ni qayta tiklayotganida shu tosh ustida turgan. "Qora tosh" yaqinida esa Zamzam bulog‘i bor. Rivoyat qilishlaricha, Muhammad (sav) 25-30 yoshlarida bu yerdagi ta’mirlash ishlarida qatnashganlar.
Odamatoning uchinchi o‘g‘li Shis (as) tomonidan qurilgan, Ibrohim (as) tomonidan ta’mirlangan va Muhammad (sav) tomonidan kofirlardan tozalangan K. Yasrib (Madina)da qibla deb e’lon qilingach, uning ahamiyati juda oshib ketdi (o‘shangacha Kuddusga qarab ibodat qilinar edi). K. islomning alohida din sifatida shakllanishida g‘oyat katta vazifani bajardi.
Muhammad (sav) boshchiligadagi musulmonlar 629 y.da Makkaga kichik haj qilgan, 630 y.da esa, ular Makkani egallab, Maryam va Iso (as) tasviridan boshqa barcha sanam va tasvirlarni olib tashlaganlar, suvrat va yozuvlarni o‘chirganlar. 630 y.da Abu Bakr (ra) boshchiligida birinchi haqiqiy musulmon haji ado etiladi. Muhammad (sav) 631 y.da haj amallariga boshchilik qiladilar. Xalifa Umar (ra) davrida K. yonidaga uylar buzib tashlandi va uning atrofida Masjidi al-Haram qurildi. 683 y.da K.ni Umaviylar qo‘shinlari o‘qqa tutdi. Keyin u qayta tiklanib, kengaytirildi (va uning yoniga al-hijr qo‘shildi. 929 y.da Qarmatiylar Makkaga "¢ hujum qilib, "Qora tosh"ni olib ketdi. Oradan 20 y. o‘tgandan keyin bu toshni qaytarib olishga muvaffaq bo‘lindi. Asta-sekin K. tevaragida turli inshootlar, jumladan, asosiy musulmon mazhablarining minbarlari tiklandi. 20-a.ning 50-60-y.laridagi katta ta’mirlash vaqtida bu inshootlar olib tashlandi. K. butun dunyo musulmonlarining eng muhim markazi va birlik ramzi bo‘lib keldi, hozir ham shunday bo‘lib turibdi. Islom dinidagi barcha oqimlar uning muqadtsasligi va alohida ahamiyatini tan oladilar. Har yili dunyoning barcha mamlakatlaridan musulmonlar haj ibodatini ado etish uchun bu yerga keladilar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:01:43
KISVA - Ka’ba devorlarini yopib turadigan choyshab. Paxta aralashgan sakkiz bo‘lak qora shoyi matodan tikiladi. Devorning yuqori qismi uchdan bir bo‘lagani yopib turuvchi K. parchasiga Qur’oni karimning: "Albatta odamlar ibodat qilishlari uchun qurilgan birinchi uy - Makkadagi muborak va butun olamlar uchun hidoyat (mayog‘i) bo‘lgan Ka’badurki..." degan oyati (3:96) zarhal yozuvda bitilgan. Shuningdek, K.ga Kur’onning yana boshqa sura va oyatlari yoziladi. Ka’baga kiriladigan eshik maxsus zarhal b-n qogshangan bo‘lib, unga ham Qur’on oyatlari bitilgan. Muhammad (sav) hayotliklarida K. Yamanda tayyorlanardi. Xalifa Umar zamoniga kelib K. Misrda to‘qiladigan bo‘ldi. Xalifa Ma’mun (813-833) davrida K. har yili uch marta yangilab turilgan. Xalifa Mutavakkil (847-861), esa har ikki oyda Ka’batullohga yangi K. yuborgan. Xalifa Umar boshlab bergan an’ana davom ettirilib, K. 1924 y.gacha Misrda tayyorlandi. Har yili yangi K. haj safariga chiqqan misrlik ziyoratchilar b-n birga Makkaga keltirilardi. Avvalgi K. devordan olinib, Ka’ba xazinabonlari va Makka sharifi ixtiyoriga topshirilardi. 1443-1452 y.lari Shohruh Mirzo Misr K.si b-n birga Movarounnahrda tayyorlangan maxsus ka’bapo‘sh yopilib turishiga erishgan. 1925 y. qirol Abdul Aziz Makkada ixtisoslashgan fabrika ochib, unda qora rangli tabiiy shoyidan K. tiktirdi. Shundan boshlab Ka’ba K.si faqat Saudiya Arabistonida tayyorlanadi. Saudiya Arabistoni podshohi Faxd ibn Abdul Aziz O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga tuhfa qilgan K. - Ka’bapo‘sh parchasi hozir Imom Buxoriy yodgorlik majmuida masjid devoriga osib qo‘yilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:02:14
KOMIL INSON - tasavvuf falsafasining asosiy tushunchalaridan biri. Har jihatdan yetuk kishi. Axloqiy jihatdan oliy poklikka erishgan, borliq va Allohni anglashda to‘liq bilimga ega bo‘lgan va natijada Haqqa yetishgan (yoki Qur’on oyatlarining tub mohiyatini tushunadigan) inson. Tasavvuf ta’limotiga ko‘ra, Alloh K.i.da o‘zining barcha xislat va alomatlarini bamisoli ko‘zguda ko‘rgandek ko‘rib turadi. U borliqning bir-biriga zid ikki jihati: ma’naviy va moddiy jihatlarini birga qo‘shadi. Uning butun olam uchun bo‘lgan favkulodtsa ahamiyati ana shundan kelib chiqadi, u - Koinotning botiniy hukmdori, Olam yaratilishining sababchisi va maqsadidir. K.i. haqidagi ta’limot sufiy faylasuf Ibn al-Arabiy tomonidan yaratilgan, keyinchalik uning izdoshlari, jumladan O’rta Osiyoda Ahmad Yassaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va b. tomonidan rivojlantirilgan. O’zbekiston mustaqshshikka erishgach, K.i.ni voyaga yetkazish milliy istikdol mafkurasining asosiy vazifalaridan qilib qo‘yildi. Prezident I.Karimov asarlarida K.i.ni voyaga yetkazish vazifalari atroflicha bayon etilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:02:29
KOTIB - yozayotgan kishi, qayta ko‘chiruvchi, yozuvchi, mirza - amaldor. Dastlab K. -o‘qimishli kishilar bo‘lgan, ular Muhammad (sav)ning so‘zlari, farmoyishlari va maktublarini yozib borganlar. Musulmon Davlatida boshqaruv tizimining murakkab va kengtarmokli bo‘g‘imi rivojlanishi jarayonida turli mansab pog‘onasidagi amaldorlar -devondagi mirzalardan tortib idora boshliklarigacha K. deb atalgan. Oliy K.lar guruhi (K. as-sirr, K. al-insho, K. al-jayn) devonni tashkil etgan. Keyinchalik K. atamasini o‘rta va quyi darajadagi (oliy darajadagilar uchun vazir nomi paydo bo‘ldi va b.) amaldorlarga nisbatan qo‘llaniladigan bo‘lgan. K.lar uchun qo‘llanmalar, ularni madh etuvchi va haqorat qiluvchi asarlar yaratildi. Ko‘pgina shaxslar ularning avlodlariga ham o‘tadigan  al-K. unvoniga ega bo‘lishgan. K.lar amaliy yozishmalar va bejamdor devon uslubining rivojlanishiga imkon tug‘dirganlar va bu b-n musulmon olami xalklarining adabiyotiga ta’sir ko‘rsatganlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:02:50
KOHIN - g‘oyibdan xabar beruvchi, bashoratgo‘y. Islomdan avvalgi Arabistonda vasvasa holatida Alloh yoki uning vakili -farishta yoki jin b-n muloqot qilgan odam shunday deb atalgan. Qabila odamlari biron-bir ish kishidan oldin uning oqibati qanday bo‘lishini K.dan so‘rashgan. Qabiladoshlari Muhammad (sav)ni ham dastlab K. - folbin deb o‘ylashgan. Qur’on oyatlarida (52:29; 69:42) ularning shubhalariga javoban Muhammad (sav) K. - folbin ham, majnun ham emasligi alohida ta’kidlangan. Umuman islom an’anasida K.lar kelajak haqvda yolg‘on so‘zlovchilar sifatida talqin qilinadi. Ularga qarshi islom tarafidan qattiq kurashish tavsiya etiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:03:23
KUBRO, Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy al-Xorazmiy (laqablari: "Najmiddin" ("Dinning yulduzi"), "Kubro" ("Ulug‘"), "Abduljannob" ("Dunyodan chetlanuvchi, parhez etuvchi"), "Valiytarosh" ("Valiylarni tarbiyalovchi"); 1145-1221) — shayx, sufiylikning mashhur vakillaridan biri, kubroviylik tariqatining asoschisi. Xiva (Xorazm)da tug‘ilgan. Yoshligidanoq hadis VA kalomni o‘rganadi, ilm istab Misrga boradi U yerda shayx Ro‘zbixon Vazzon al-Misriydan ta’lim oladi va uning qiziga uylanadi, Keyinchalik Tabriz, Hamadon, Dizfulga kelib ilohiyotdan saboq oladi. Misrga qaytgach. Ro‘zbixon K. to‘la komil inson bo‘lib yetishdi deb hisobladi va unga o‘z vataniga qaytishni maslahat beradi. K. Xorazmga kelgach, xonaqox kuradi va o‘z diniy maktabini yaratadi. K.ning shogardlari orasidan tasavvufning tanikli nazariyotchilari, sufiylik bo‘yicha mumtoz adabiyot vakillari yetishib chikdi. K. mg‘ul bosqinchilariga qarshi jangda shahid bo‘lgan, Uning qabri xonaqohi b-n birga Ko‘hna Urganchda. Bilishning K.ga xos tasavvufiy yo‘li bo‘yicha inson o‘z mohiyati b-n kichik olamdir, u katta olam bo‘lgan koinotdagi barcha narsalarni va sifatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Ammo, ilohiy sifatlar yuqori samoviy doiralarda birin-ketin o‘ziga xos maqomlarda joylashganidan, haqiqat yo‘lini qidiruvchilar bunday kamolotga erishish uchun ma’lum riyozatli yo‘llarni o‘tishlari zarur. K. ana shu kamolotga erishish asoslarini ishlab chikdi. K. o‘z qarashlarini arab tilida yozgan bir necha risolalarida bayon etgan. Ulardan asosiylari: "Favoix al-jamol va favotih al-jalol", "O’n usul", "Risolat al-Xoif al-hoim min lavm al-loim" va b. Bu asarlar arab mamlakatlari va Turkiyada chop etilgan. 'U Qur’onga sufiylar nuqtai nazaridan sharh berishni oxirigacha yetkaza olmadi, bu ishni shogirdlari tugalladilar. Tasavvuf ta’limotining rivoji va keng tarqalishida katta omil bo‘lgan. K. merosi respublikamizda mustaqillik tufayli o‘rganila boshlandi. 1995 y.da O’zbekistonda K. tavalludining 850 yilliga nishonlandi. "Najmiddin Kubro" (Toshkent, 1995), "Sharhi risolayi odobul zokirin" (Urganch, 1997) kitoblari nashr etildi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:03:57
KUBROVIYLIK — tasavvuf tariqati. 13-a. boshida Xorazmda Najmiddin Kubro asos solgan. K. tasavvufning O’rta Osiyodagi maktabi bo‘lib, ma’naviy vorislik zanjirini Ma’ruf al-Karxiy (816 y. v. e.) orqali Abu Bakr yoki Ali ibn Abu Tolibga taqaydilar. K.da tariqat a’zolarining yagona tashkiliy tizimi bo‘lmagan. Ularni ta’limotning ruhi va maqsadi birlashtirgan. Kubroning shogirdi Sayfiddin Boharziy tomonidan Buxoro yaqinidagi Soktariy qishlog‘ida tashkil etilgan xonaqoh N. Kubro nomi b-n atalgan. Bu yerda K. tariqati 18-a.ning oxirlarigacha keng tarqalgan edi. Uning a’zolari Kubro g‘oyalarini Xitoyning g‘arbiy chegaralarigacha yoydi. Keyinchalik K.ning bir qancha mustaqil shaxobchalari vujudga keldi. Bular -firdavsiya, nuriya, rukniya, hamadoniya oliya, ig‘tishoshiya, zahabiya, nurbaxshiya. K. ta’limotiga ko‘ra, har bir kishi kamolotga erishish uchun 10 asosga tayanmog‘i kerak. 1. Tavba - o‘z xohishi b-n Haq taologa qaytish; Xudoning amrisiz, kishining o‘z ixtiyori b-n Xudoni sevishi, o‘zining "men"idan kechishi. 2. Zuxd fi dunyo - barcha dunyoviy narsalardan tiyilish. 3. Tavakkal - barcha ishlarni qilishda Xudoning mehribonligi va kudratiga umid bog‘lash. 4. Qanoat - hayot kechirishda oz narsa b-n qanoatlanish, mo‘‘tadillik, tuban mayllardan ozod bo‘lish. 5. Uzlat - tanholikda bo‘lish, ruhni mustahkamlash, his-tuyg‘ularni jilovlash. Uzlatga ketish hissiyotlarning bosilishiga olib keladi. 6. Mulozamat az-zikr (uzluksiz zikr) - Xudoning ismini yod qilib turish, butun qalbni U b-n to‘ldirish. Shundagina pastkashlik, hasad, ochko‘zlik, ikkiyuzlamachilik kabi razilliklar kishi ko‘ngliga yo‘l topa olmaydi. 7. Tavajjuh -butun vujud b-n Xudoga murojaat qilish, Unga cheksiz muhabbat qo‘yish, undan boshqa narsa borligani his etmaslik. 8. Sabr - o‘z ixtiyori b-n mashaqqatlar chekib bo‘lsa ham, nafs doirasidan o‘zini olib qochish. To‘g‘ri yo‘ldan adashmasdan borish uchun kishi o‘z mayllarini so‘ndirishi lozim. Shundagina dil kuduratlardan poklanadi, ruh nafs natijasida zanglab qolgan bo‘lsa, jilo topadi. 9. Muroqaba (tafakkurga g‘arq bo‘lish) - qalb poklangani va tuban ehtiroslardan xoliligini tuyib, xotirjam bo‘linganini eslab xayolga cho‘mish, Xaq taolo rahm-shafqatini kutib turish holati. 10. Rizo - sufiy endi xudo uni sevib qolganligani, Alloh ko‘nganligini sezadi, uning uchun ana shu muhimdir. Xudoga bo‘lgan muhabbat sufiyning shaxsiy his-tuyg‘u sifatini yo‘qotib, yangi ko‘rinishda -Allohning istak-xohishi tarzida namoyon bo‘ladi. Rizolik maqomi Haqqa yetishganlikni bildiradi. Hozir ham K. ko‘rinishlarini uchratish mumkin.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:04:17
KULINIY (yoki al-Kulayniy), Muhammad ibn Ya’qub Abu Ja’far (? - 941 y. may) -imomiylar muhaddisi va faqihi, imomiylik (ja’fariya) huquqini birinchi bor ishlab chiqqan alloma. Rey sh. yaqinidagi Kulin, yoxud Kulayn qishlog‘ida tug‘ilgan, bu yerda uning otasining mozori mashhur bo‘lgan. Hayotining asosiy qismini Rey va Qumda o‘tkazgan, bu shaharlar o‘sha davrda shia ulamolari markazlari sanalgan. Umrining so‘nggi yillarini Bag‘dodning Bob al-Kufa r-nida o‘tkazgan va o‘sha yerda vafot etgan. Imomiylar an’anasi K.ni 'imomiylik tariqatini "yangilovchi" (mujaddid), iloqiyot va fiqh sohasida yirik olim sifatida biladi. Bunday yuksak bahoga u 20 yil umrini bagishlagan asosiy asari - "al-Kafi fi usul ad-din" tufayli erishgan. Bu shialik (imomiylik)dagi hadislar to‘plami bo‘lib, unda 16 mingga yaqin hadis bir tizimga solingan. Asar saqlangan bo‘lib, bir necha bor nashr qilingan. U 30 kitobdan iborat bo‘lib, har bir "kitob" ko‘plab boblarga ajratilgan, ularda hadislar mavzuga qarab taqsimlangan. Mavzuga qarab taqsimlanmay qolgan hadislar har bir "kitob" so‘nggida alohida bobga - "Bob an-navodir"ga birlashtirilgan. K. asari imomiylar mafkurasining g‘oyaviy asoslarini ishlab chiqishda juda muhim rol o‘ynagan. Shialikda u, "Sahih Buxoriy" sunniylikda o‘ynagan roldan xam yuqoriroq mavqeiga ega bo‘ldi, zero u shia imomiylar tomonidan turmushning barcha sohalari bo‘yicha eng e’tiborli qo‘llanma deb qaralgan. Manbalar "al-Kafi"dan tashqari al-K.ning yana besh asari nomini, jumladan "Kitob ar-radd ala-l-karamita" va "Kitob ar-rijal"ni qayd etishgan, bular saklanmagan. Hoz. shia olamida, avvalo Eron va Irokda "al-Kafi" va uning muallfining nufuzi baland; K.ning Bag‘doddagi qabri hanuzgacha saklanib, qadamjoga aylangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:04:30
KULOH - qad. bosh kiyim. Qalin, dag‘al (ko‘pincha jun) matodan konussimon shaklda, ichiga paxta solib tikilgan. K.ni ko‘pincha qalandarlar, shayxlar kiygan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:05:59
KURSAVIY Abu Nasr (1776, Kursa, Tatariston - 1812, Istanbul) - islomdagi islohotchilik harakati va tatar ma’rifatparvarligining asoschisi. Mahalliy madrasada saboq oldi. 19-a. boshida Buxoroga keladi va Niyozkuli at-Turkmaniy (naqshbandiya -   mujaddadiya   tariqatining   mashhurshayxlaridan biri) ko‘lida tahsil oldi. Buxoro madrasalaridagi o‘quv tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘z dasturini ishlab chikdi. Aqoid va Kalom masalalarida Buxoro ulamolari b-n tortishib qoldi. Yirik ilohiyotchi olim Sa’daddin  at-Taftazoniy  (1390 y.  v.e.) kitobiga yozgan sharhida K. o‘z fikrini oshkora bayon qildi. 1808-09 y.da Buxoro amiri Haydar huzurida bo‘lgan ulamolar majlisida o‘z qarashlarini qat’iyat b-n himoya qilsa ham, u dahriylikda ayblandi va qisqa muddat tutqunlikda sakdandi. Buxorodagi mudarris ustozlarining talabi b-n ozodlikka chiqarildi. K. o‘z yurti - Qozon yaqinidaga Yuqori Kursa qishlog‘iga qaytib,  mahalliy madrasada mudarrislik qildi. U o‘z qarashlarini mashhur "Al-Irshod lil-ibod" risolasida bayon qildi. Makkaga haj safari paytida Istanbulda vafot etdi va o‘sha yerda dafn qilindi. K. g‘oyalari hayotlik chog‘ida unchalik shuhrat topmadi. 19-a. 2-yarmida Marjoniyning asarlari orqali K.ning islom ilohiyotchisi va ma’rifatparvarlik g‘oyalarining tarqatuvchisi ekanligi tan olindi. Turkistonda uning qarashlarli keng tarqalgan va ko‘plab tarafdorlari bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:06:12
KURSIY (arab. - ikki qadam, o‘rindiq, taxt, tayanch, kursi) - islom manbalarida Arshning ikkinchi nomi, yetti qavat osmondan tashqari alohida sakkizinchi osmon ham tushuniladi. Kur’oni karimning Baqara surasidagi 255-oyat "Oyat al-Kursiy" deb nomlangan. Unda "Allohning Kursiysi Yeru osmonlardan ham kenglik qiladi" - deyilgan. Uning tafsirida ba’zi olimlar Arshning keng va kattaligi Yeru osmonlarni o‘z ichiga sig‘dirgudek hajmda deb bilsa, ba’zilari Yeru osmonlar, ularning ichi va tashqarisidagi barcha narsalardan xabardor bo‘lish Allohning ilmidir, deb hisoblaydi. Bu kabi bahslar Qur’oni karimdaga ayrim oyatlar mazmunini Muhammad (sav) hadislarida sharhlanmay qoldirilgani bois vujudga kelgan. Bunday holatda tafsir yozgan olimlar o‘zlarining akd va fikrlari doirasida izoh berishlari tabiiydir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:06:51
KUTTOB (oromiychadan olingan arabcha so‘z) -   alifbo va Qur’on o‘qitiladigan boshlang‘ich maktab.   O’rta   asrlarda   K.   so‘zi keng qo‘llanilgan. endilikda esa Arabiston, Misr va Tunis b-n cheklangan. Boshlangich ("Kur’on o‘qitiluvchi") maktab uchun boshqa nomlar (maktab, mekteb va b.) bo‘lgan va hozir ham bor. Unga joy sifatida biron-bir jamoat binosining xonasi yoxud hovlisidan foydal anishgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:07:08
"KUTUB us-SITTA" - sahixdigi darajasiga ko‘ra eng mo‘‘tabar sanalgan 6 hadis kitobi. Payg‘ambarimiz(sav)ning hadislarini jamlashga ko‘p ulamolar qo‘l urishgan. Shu niyatda bir qancha hadis kitoblari yaratilgan. Lekin bu to‘plamlarning barchasi ham birdek qiymat kasb etmagan. Keyingi davr olimlari bu kitoblardagi hadislarning sahihlik darajalarini o‘rganishgan va 6 hadis to‘plamini e’tiborga molik topishgan. Ular "K.us-s." nomi b-n mashhur. Mo‘‘tabar to‘plamlarning peshqadami so‘zsiz Imom Buxoriynint "Al-jome’ as-sahih" asaridir. 2-mo‘‘tabar manba Imom Muslimnit "Sahih"idir. Imom Muslim to‘plamni tuzishda Buxoriyga ergashgan, qiyos olgan. Zero, ular ustoz-shogird edilar. Doruqutniy bu 2 ulug‘ imomga "Odamlar uchun kuyosh va oy" deb ta’rif bergan. Ular yaratgan to‘plamlar esa "Sahihayn" (Ikki sahih) ismi ila mashhurdir. Lekin, bu 2 asar sahih hadislarni to‘la qamrab olmagan. Qolgan 4 imomning hadislari quyidagilar: Abu Dovudnnng "Sunan"i, Termiziynnt "Sahih"i, Yaasoshning "Sunani Kubro" asari va Ibn Mojaning "Sunan" hadislar to‘plamidir. Bu bitiklarning sahihlik darajasi xuddi shu tartibda. "K. us-s."da payg‘ambarimiz(sav)ning sahih hadislari to‘plangandir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:09:44
KUFR (arab.- satr, to‘smoq; inkor etmoq) -imonsizlik; Islomni tan olmaslik yoki uning amallarini bajarmaslik. K.ga jiddiy gunohlar va jinoyatlar: shirk keltirish, namozdan voz kechish, sehrgarlik, zinokorlik, o‘z joniga qasd qilish, ichkilikbozlik, qimor o‘ynash va b. kiradi. Shuningdek, olimni o‘z obro‘siga ishonib mo‘min-musulmonlarni hak yo‘ldan chalgatib boshqa yo‘lga boshlashi ham K.ga kiradi. K.ga munosabat islomning dastlabki davridan boshlab turlicha bo‘lgan. 7-a.ning 2-yarmida xorijiylar ularga qo‘shshshagan har bir musulmonni kofir, ya’ni dinga ishonmovchi, uni rad etuvchi deb hisoblashgan. 7-8-a. boshida murji’iylar tarkibidan "mo‘‘tadil" oqim ajrab chiqib, ularning fikricha K. sodir etgan kishi kofir bo‘lmaydi   va   u   musulmonlar   safidan o‘chirilmaydi, uning qilishi haqida faqat Qiyomat kuni Allohgana hukm chiqara oladi. K. turi uchta:
1.   Haqiqiy K. Dilida ham, tilvda ham o‘zining kofirligini iqror etish. Bunday odamlar haqiqiy kofirlardir.
2.   Inodiy K. Allohning haqligini, Muhammad (sav)ning haqiqiy payg‘ambar ekanligani bila turib,  qaysarlik  qilib  va  arzimagan sabablarni ko‘rsatib imon keltirmaslik. Bunga mal’un shaytonning va Abu Tolib (Muhammad (sav)ning amakilari)ning Klari misol bo‘la oladi. Zero, shayton Allohning zotu sifatini yaxshi  bila turib,  Uning farmonini bajarmadi. Odam (as)ga sajda qilmay tavqi la’nat va K.ga ega bo‘ldi. Abu Tolib esa, asosan, o‘z qo‘lida o‘sib voyaga yetgan Muhammad (sav)ning rostgo‘yligi va haqiqiy payg‘ambarligini yaxshi bilsa-da, tengqurlari, badavlat, nufuzli mushriklar oldida xijolat bo‘lib   qolmaslik   uchun   o‘shalar   imon keltirmaguncha men ham imon kalimasini aytmayman, deb olamdan o‘tdi.
3.   Hukmiy K. Ba’zan shariatga xilof ishlarni qilish yoki kufr so‘zlarini bilib-bilmay gapirib qo‘yish sababli K.ga hukm qilinuvchi holat. Mas., bir musulmon odam Qur’onni tepsa yoki shariatni masxara qilsa yoxud "namoz farz emas", "to‘ng‘iz go‘shti harom  mas" kabi rad so‘zlarini aytsa, musulmonchilikning boshqa hamma ko‘rsatmalarini bajarayotgan bo‘lsa ham, u kofir deb hukm qilinadi. Xoh haqiqiy, xoh hukmiy kofir bo‘lsin, umr bo‘yi qilgan toat-ibodatlari bekor bo‘ladi, nikohi buziladi. Shunday holatga tushib qolgan odamga yaxshi nasihat etib, tavba qilish va nikohini yangidan o‘kdtib olish tavsiya etiladi. Hoz. vaqtda K. tushunchasidan mutaassib musulmon jamoalari (mas., "Ixvon al-muslimun"), shuningdek, siyosiy kurashda (Eron-Iroq mojarosi) keng foydalanilmoqda.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:10:04
KO’XAKIY, Sulton Muhammad Hofiz Ko‘hakiy (Ko‘ykiy) Toshkandiy (1490, Toshkent viloyati, Parkent - 1572, Toshkent) - tarixchi, huquqshunos, Tarjimon, geograf, etnograf, matematik, faylasuf va mudarris. Ali Qushchining nabirasi, parkentlik ziyoli Mirzo Kamoliddinning o‘g‘li. Arab va fors tillarini, adabiyotni mukammal bilgan. Bir qancha mamlakatlarga, chunonchi Misr, Iroq, Suriya, Yaman, Saudiya Arabistoni, Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Sharqiy Turkiston (Qashqar, Xo‘tan, Yorkent, Turfon, Rulja)ga sayohat qilgan. Kotib Chalabiy (Hoji Xalifa) ning yozishicha, u 1528 y. Bobur huzuriga elchi bo‘lib borgan, 1569 y. esa Boburning nabirasi Akbar uni qabul qilib, bobosini ko‘rish sharafiga muyassar bo‘lgan tabarruk kishi sifatida ko‘p e’zozlagan. K. Toshkentning Sag‘bon ko‘chasidagi o‘z hovlisiga kurdirgan madrasada mudarrislik qilish b-n birga o‘ndan ortiq asarlar yozgan, chunonchi "Risola fiy fann at-tafsir val-usul val-furu’ val-mantiq val-kalom" ("Tafsir, usul, furu’, mantiq va kalom ilmlari xususida risola"), "Tarixi oli Chingaz" ("Chingazxon xonadoni tarixi"), "Sharhu odob al-munozara" ("Munozara odobi kitobiga sharh"), "Favoid ziyoiyya" ("Munavvar foidalar") shular jumlasidandir. Shuningdek, u tarixchi Muhammad ibn In’om (10-a.) ning 2 jildli "Tarixi Turkiston" asarini forschadan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning qabri Qaffol Shoshiy maqbarasiga kiraverishda, o‘ng tomonda. Hozir K. kurdirgan madrasa ta’mirlangan bo‘lib, u joylashgan mavze Hofiz Ko‘ykiy mahallasi deb ataladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:15:23
- L -

LAVHUL MAHFUZ (arab. - muhofaza qilingan lavh) - Alloh insoniyatning taqdirlarini yozgan ulkan kitob; diniy manbalarga ko‘ra, oq durdan yasalgan, uzunligi yer b-n osmon oralig‘icha, eni Mashriq b-n Mag‘rib oralig‘icha, ikki sahifadan iborat. Uning yonida yozuv qalami bo‘lib, uning ham kattaligi Lavhga mos keladigan shaklda. U bir ulkan farishtaning ko‘kragiga o‘rnatilgan bo‘lib, ustki qismi Arshi a’loga bog‘lab qo‘yilgan. Alloh taolo hamma narsadan oldin mazkur Lavh b-n Qalamni yaratib, to qiyomatgacha yaratadigan narsalarini va bo‘lajak ishlarni, ilohiy kitoblarni, takdir va qazoni ham Lavhga bitib qo‘ygan. "Ra’d" surasining 39-oyatiga ko‘ra, Alloh taolo undagi yozuvlardan xohlaganicha o‘chirib, xohlaganicha o‘zgartirishlar kiritib turadi. L.M. to‘grisida Qur’oni karimning Buruj surasi 22-oyatida, Zuxruf surasi 4-oyatida ("Ummul Kitob" nomi b-n), Yosin surasi 12-oyatida (Imom nomi b-n) ham kelgan. Rasululloh (sav): "Albatta, Alloh lavhul mahfuzni oq durdan yaratgandir. Uning sahifalari yoqutdandir. Qizildir. Qalami nurdir. Kitobi nurdir. Unda har kuni Alloh uchun 360 lahza bor. Uning kengliga osmon b-n yerning orasicha. Har kuni unga 360 marta nazar soladi. Xalq qiladi. Rizq beradi. O’ldiradi. Tiriltiradi. Aziz qiladi. Xor qiladi. Xohlagan narsasini qiladi" -deganlar. (Tabaroniy "Mu’jamul kabir"da rivoyat qilgan). Kur’oni karim Alloh taolo huzuridaga L.Mda saqlangan. Bu esa, uni Alloh taolo naqadar zo‘r qadrlaganini ko‘rsatadi. Alloh taolo yetadigan har bir musibat -kasallik, ochlik, kambag‘allik, o‘lim va b., ular yuzaga chiqishidan avval ham L.M.da, Allohning ilmiga sobit bo‘lishini ta’kiddagan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:15:49
LAYLATUL-QADR (arab. - qadr kechasi) -islom aqidasiga ko‘ra, ramazon oyining 26-dan 27-ga o‘tar kechasi. Bu kechaning ulug‘lanishi Qur’oni karimning shu kechada nozil etila boshlagani, bu kechada qilingan ibodat ming oylik ibodatdan afzal ekani to‘g‘risida Qur’onda bashorat berilgani b-n izoxlanadi. Unda aytilishicha, bu kechada osmon farishtalari Jabroil hamrohligida Yerga tushib, tong paytigacha bir yillik bo‘ladigan ishlar rejasini tuzadilar. Ular tuni b-n yana musulmonlar uchun istig‘for aytib, gunohlarini kechirishini so‘rab, Allohga iltijo qilar ekanlar.
al-LOT - qad. Arabistonning butun hududi (Nabateya, Palmira, Xiro, Yaman)da islomdan avvalga davrda topiniladigan ayol - sanam, ayniqsa, Hijozda mashhur bo‘lgan, Vajj vohasidagi Toif yaqinida al-L. sanamining ramzi - oq tosh joylashgan. Mana shu tosh va uning yonidagi sajdagoh ziyoratgoh hisoblangan, vodiy muqaddas joy sanalgan. Al-L. Toifda yashovchi saqif qabilasining bosh ma’budasi hisoblangan, lekin, unga Makkadagi qurayshiylar ham uchta ma’buda (al-Lot, al-Uzza, Manat) qatori topinishgan. Al-L. sanami Makkadagi sajdagoxda turgan. 631-632 y.larda saqifiylar islomni qabul qilishgandan so‘ng al-L. sajdagohi buzib tashlangan, sanamning bezaklari va xazinasi sahobalarning qarzlarini to‘lashga sarflangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:16:02
LOHUT va NASUT - "inson tabiati" (nasut)ga qarama-qarshi qo‘yiladigan "ilohiylik, ilohiy tabiat". Har ikki atama Kur’onda uchramaydi. Islomga ular ehtimol suryoniy xristianlar orqali kirib kelgan. Musulmon ilohiyotida L. va N.ning o‘zaro nisbati masalasi, ularning bir shaxsda uyg‘unlashuvi mumkinligini da’vo qilgan sufiylik ta’limoti vujudga kelishi munosabati b-n ko‘ndalang bo‘lgan. 8-9-a.larda bunday ta’limotni "ashaddiy" shialar va ba’zi sufiylar, jumladan al-Bistomiy va al-Halloj rivojlantirganlar. L. va N. istilohini ham amalda al-Halloj iste’molga kiritgan. Al-Halloj ta’limotiga ko‘ra, L. va N.ning birlashuvi inson b-n xudo o‘rtasidagi o‘zaro sevgi jarayonida amalga oshiriladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:16:21
LUT (as) - Qur’onda nomi zikr etilgan payg‘ambarlardan biri. Harron sh. (Mesopotamiya) da tavallud topib, Ibrohim (as) b-n birga Falastinga borgan. Sadum, Amura va uning atroflaridagi yerlarda chorvachilik b-n shugullangan. Payg‘ambarlik darajasiga yetishgach, odamlarga pand-nasihat qilgan, Allohning birligiga imon keltirishga chaqirgan. Biroq, axloqi buzuq Sadum aholisi bachchavozlik odatini tark etmay, L.(as)ning o‘zini bu yurtdan haydab chiqarmoqchi bo‘ladi. Farishtalar unga oilasi va imonli kishilar b-n birga (xotinidan tashqari, chunki xotini Allohning qahriga uchragan edi) shahardan chiqib ketishni buyurganligi rivoyat qilinadi. Qur’onning "Hijr" surasi, 61-65-oyatlari va 74-oyatida bayon qilingan. L. (as) ma’lum masofaga yetib olgach, shahar ostin-ustun qilib yuborilgani, qavm ustiga sopol tosh yog‘dirshtgani bayon etilgan. Hozir bu dinsiz qavm yashagan shahar o‘rnida dengiz mavjud bo‘lib, u "O’lik dengaz" va "Lut oroli" deb nomlanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:16:39
LUTFULLOH, Chustiy bin Fathulloh (taxm. 1485, Fargona vodiysi, Axsikent mavzesi -taxm. 1571) - natsshbandiylsh tariqatining mashhur namoyandasi. Axsikentdagi madrasada tahsil oladi. Ilmini takomillashtirish maqsadida Samarqandga keladi. Ba’zi manbalarda Xoja Ahrorning xalifasi Muhammad Qozi huzurida 6 yil tarbiyalangani va sulukni o‘taganliga aytiladi. L.ga Maxdumi A’zamning istagi b-n "Farg‘ona va Toshkentdagi barcha naqshbandiylik birodarlari" ishonib topshirilgan. L. bir necha marta yashash joyini o‘zgartirgan. O’zining aytishicha, "qishloq ahlining fitnasi oqibatida" ko‘chishga majbur bo‘lgan. Oxiri Chustga kelib, muqim bo‘lib qoladi. Bu yerda dehqonchilik b-n tirikchilik o‘tkazadi. U shayboniylar orasida nufuz orttirishga muvaffaq bo‘ladi. Shu bois o‘sha davrda davlatdagi ko‘pgana ichki nizolarni bartaraf etishga, saroydagi ayrim bek va amirlarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarini cheklab qo‘yishga erishdi. Movarounnahrda kubroviylik tariqati yoyilgan bo‘lib, L. uning vakillarini ko‘p marta rofiziylik (islom yo‘lidan chetga chiqish)da aybladi. L.ning izdoshlari ko‘p edi. Ular Toshkent, Farg‘onadan tashqari Hisor hamda Movarounnahrning boshqa chekka viloyatlarida 20-a.ning boshlariga qadar faoliyat ko‘rsatgan. L.ning ijodiy merosi haqida ma’lumotlar kam. Manoqiblarda uning o‘z o‘quvchilariga tanbih tarzida yozilgan 2 ta kichik risolasi tilga olinadi. L.ning qabri qaerdaligi aniq emas. Ba’zi manbalarda u Chustga (bu yerda uning maqbarasi bor), boshqa manbalarda Hisorga dafn etilgan deyiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 04 Oktyabr 2006, 21:17:17
LUQMON (as) - Qur’onda tilga olingan donishmand (31-"Luqmon" surasi). L. (as)ning payg‘ambar ekani haqida rivoyat mavjud. Nakd qilishlaricha, L. (as) ming yil umr ko‘rgan bo‘lib, Alloh u zotga narsa va voqea-hodisalarning mohiyat-haqiqatiga bexato yetish va eng to‘g‘ri hukm chiqara olish ne’matini, ya’ni hikmatni ato etgan ekan. Qur’onda L. (as)ning o‘g‘liga qilgan pand-nasihatlari (Allohga shirk keltirmaslik, yaxshi amallar qilish, namoz o‘qish, sabr-toqatli bo‘lish, kibr-havoli, maqtanchoq bo‘lmaslik kabilar) keltiriladi. L. (as) haqida rivoyatlar ko‘p. Shulardan biriga ko‘ra, L. (as) Od qavmidan bo‘lib, uni L. (as) ibn Od deb atashgan. Rivoyatlarda aytilishicha, Arabistonda yashagan ana shu xalq Allohning g‘azabiga uchrab kurg‘oqchilikka duchor bo‘ladi. Xalq bu ofatdan qutulish maqsadida o‘z vakillarini Makkaga yomgar so‘rab, duo qilish uchun yuboradi. Ularga L. (as) boshliq bo‘ladi, lekin u Allohdan o‘ziga uzoq umr so‘raydi. Alloh L. (as)ga yettita burgut umriga teng keladigan umr ato etadi. O’rta Osiyo xalqlari orasida L. (as) buyuk hakim, dono, bilimdon inson timsoli sifatida mashhur bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:24:28
- M -

MAVLAVIYLAR, mavlaviya- sufiylik tariqati. Taxm. 1240 y.da Jalolidtsin Rumiy Ko‘niya sh.(Kichik Osiyo)da asos solgan. Rumiyni ko‘pincha "mavlono" ("janob") deb atashgan. Shundan tariqat nomi olingan. Tariqat faoliyati Eron, so‘ngra Turkiya hududi b-n cheklangan. M. tariqatiga avval shahar aholisining o‘rta va quyi qatlamlari, keyinroq xos tabaqalari kirgan. M. o‘z mavlaviyaxona va takyalariga ega bo‘lib, bu yerda zikru samo’ qilishgan. Boshqa tariqatlardan farqli o‘laroq, M. jamoa bo‘lib, musiqa tinglash, kuylash va gar aylanib zikr tushish marosimiga alohida e’tibor berishgan. M. fikricha, mutlaq ruh - Ilohning inson qalbidagi zarrasi musiqa ta’sirida, zikr tushish paytida tiniklashib, poklanadi, ya’ni o‘z o‘zagaga yaqinlashadi, Allohga o‘z muhabbatini to‘laroq ifodalashiga yordam beradi. M. "gardi darvishlar" nomi b-n ham mashhur bo‘lgan. M.ning birinchi rasmiy boshlig‘i shayx va xalifa unvonini olgan Hisomidtsin Hasan Chalabiy (taxm. 1264 y.v.e.) edi. Rumiyning o‘g‘li, Sulton Valad (1226-1312)ni uning vorisi, tariqatning amaldagi tashkilotchisi, deb hisoblash mumkin. Sulton Valaddan boshlab M. rahbarlik lavozimi - asosan katta o‘shi Ulug‘ Orif Chalabiy (1272-1320) orqali -vorislik lavozimiga aylangan. M. ilk Usmonli turk sultonlari davrida (14-a.) Kichik Osiyo bo‘ylab tarqalib, juda mashhur bo‘lib ketgan. M. tariqati Turkiyada to 1925 y.ga qadar faoliyat ko‘rsatgan va shu yili Kamol Otaturk dekreti b-n tarqatib yuborilib, barcha yerlari, ko‘chmas mulki va bankdagi mablag‘i musodara qilingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:28:46
MAVLO (ko‘plikda - mavoli) - 1) rahnamo, homiy, janob (Kur’onda Alloh haqida: 3:150/ 143; 8:40/41 va b., odatda mavlono - "bizning janob", "xojamiz" shaklida); 2) homiylikdagi shaxs, ko‘pincha ozod etilgandan so‘ng xojasi yoki uning merosxo‘rlariga ma’lum darajada qaramlik rishtalarini saklab qolgan qul; uning zimmasiga sobiq xojalariga yordamlashish yoki ularni himoya qilishdek ma’naviy majburiyat yuklatilgan, u uylanmoqchi bo‘lsa, ularning roziligini olishi lozim bo‘lgan, bevosita merosxo‘rlari bo‘lmagan takdirda uning mol-mulki xo‘jayiniga o‘tgan. Islom futuhotlaridan so‘ng tobe etilgan viloyatlarning arab bo‘lmagan aholisi M. deb atala boshlandi, bu aholi go‘yo arablar himoyasi ostiga olingan deb hisoblana boshlandi. Umaviylar davrida arab bo‘lmagan mavolilar salmoqli ijtimoiy tabaqani tashkil etib, ko‘pgina ommaviy harakatlarda, xususan, abbosiylar davridagi harakatlarda katta rol o‘ynaganlar. Shu davrda qaramlikning ikki asosiy shakli ko‘zga tashlanadi: shaxsly (homiy-xo‘jayindan) va guruhiy (qachonki M. to‘la huqukli bo‘lmagan a’zo sifatida qabilaga qo‘shilsa), bu shakl haligacha o‘rganilmagan. Xuroson qo‘shinida 7 ming kishidan tashkil topgan Mlarning maxsus otryadi mavjud bo‘lgani alohida holat bo‘lib, ular maosh va yegulik olmasalar-da, arablar b-n bir qatorda harbiy harakatlarda ishtirok etishgan, shu b-n bir qatorda boshqa M.lar o‘zlarining homiylari b-n birga jang qilganlar. Umar II davrida ularning huquklarini boshqa jangchilar b-n tenglashtirishga urinib ko‘rilgan. Abbosiylar davlat to‘ntarishidan keyin, barcha musulmonlar - arablar va arab bo‘lmaganlar teng huquqqa ega bo‘ldilar. Shundan so‘ng guruhiy qaramlik yo‘q bo‘lgan bo‘lsa kerak va M. alohida ijtimoiy guruh sifatida ahamiyatini yo‘qotadi. M. arab va xalifalik hududidagi mahalliy madaniyatlar b-n uyg‘unlashuvi asosida o‘rta asr musulmon madaniyatini shakllanishida katta rol o‘ynadilar. Musulmon ilohiyoti va hukuqining ko‘pgana namoyondalari M.lardan chiqqan (Abu Hanifa, an-Naxa’iy va b.). 10-13-a.larda ayrim hokimlar unvonida uchraydigan mavlo amir al-mo‘‘minin yoki falonchining M.si kabi iboralar ko‘p hollarda faqat tobelikni izhor etishni anglatgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:29:22
MAVLONO (arab. - bizning janob) - O’rta Osiyo, Afg‘oniston va Pokistonda eng yuqori lavozimdagi amaldorlar, yozuvchi, olim va fozil kishilarni, ustozlarni ulug‘lab, ularning nomlariga qo‘shib ishlatiladigan so‘z. M so‘zi hurmat ma’nosida shaxs nomlaridan avval aytilgan (mas., Mavlono Alisher Navoiy, Mavlono Jomiy, Mavlono Muqimiy va b.). O’rta Osiyoda o‘rta asrlarda qo‘llanilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:29:48
MAVLUD, m a v l u d a n-n a b i y (arab. -tug‘ilish, payg‘ambarning tug‘ilgan kuni) -Muhammad payg‘ambar(sav)ning tug‘ilgan kunlari, bayram. M. Rabi al-avval oyining 12-kuni nishonlanadi. Musulmon mamlakatlarida M. kuni duolar, payg‘ambar(sav) sha’niga madhiyalardan iborat she’rlar o‘qiladi, sadaqalar beriladi, ruhoniylarning yig‘ilishlari o‘tkaziladi. Ko‘pgina arab mamlakatlarida, shuningdek, bizning diyorimizda ham M. kuni va oyida Imom Barzanjiy qalamiga mansub arab tilida yozilgan "Mavludun-nabiy" qasidasini o‘qish uchun masjid va xonadonlarda maxsus marosimlar o‘tkaziladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:30:03
MADINA (arab. - shahar, to‘liq arab. nomi -Madinat Rasululloh yoki Madinat an-nabiy -payg‘ambar shahri) - Saudiya Arabistonining shim.-g‘arbiy qismidagi shahar. Hijoz viloyatida. Xalq uni M.i munavvara -Nurafshon shahar deb e’zozlaydi. Makkadan 400 km shimolda joylashgan. M.ga asos solingan vaqt noma’lum. Qad. Yasrib (Yatrib) ilk o‘rta asrlardan boshlab M. deb atalgan. 622 y. Muhammad (sav) Makkadan M.ga ko‘chib o‘tganlar (q. Hijra) va qolgan umrlari shu yerda kechgan. Harbiy harakatlarga rahbarlik qilish, Makka ziyoratiga borish uchungina shaharni tark etganlar. M.da musulmonlar jamoasi (umma) tuzilib, islom mustaqil din sifatida shakllandi; 7-a.dan boshlab M. musulmonlarning Makkadan keyingi eng katta ziyoratgohi hisoblanadi. M. 632-656 y.larda Arab xalifaligining poytaxti bo‘lgan. Umaviylar va abbosiylar davrida Hijozning ma’muriy markaziga aylangan. 10-a.dan boshlab esa, Misrga tobe bo‘lgan. 1517 y.da turklar Misrni bosib olgach, M. Usmonli turk saltanatiga, 1919 y.da esa, Hijoz qirolligiga qo‘shib olingan. Oradan 5 yil o‘tgach, M.ni Ibn Saud qo‘shinlari zabt etdi. 1932 y. bu shahar Saudiya Arabistoniga qo‘shib olingan. M. atrofi ilgari mudofaa devori b-n o‘ralgan bo‘lib, sakkizta darvozasi bor edi. Hozir ular buzilib ketgan. Hojilarga hajdan so‘ng M.i munavvaraga borib, Muhammad(sav)ning qabrlarini ziyorat qilish rasm bo‘lgan. M. markazida Rasulullohning uylari (Harami sharif) va maqbaralari bor, Maqbara ustiga katta masjid kurilgan (656). Shahar aholisi, asosan, savdo, ziyoratchilarga xizmat qilish, ibodat qilish uchun zarur buyumlar (tasbeh, joynamoz, ziyoratchilar uchun maxsus kiyimlar) i.ch. b-n mashg‘ul. Aholining bir qismi xurmo va sabzavot yetishtiradi. Bugunga M. ham ko‘hna, ham navqiron shahar. Saudiya Arabistonining deyarli barcha qatnov yo‘llari M. shahri b-n bog‘liq. Shahar eng zamonaviy aloqa vositalari b-n jihozlangan. 1961 y. Islom universiteti ochildi. Shaharning tub aholisi 0,5 mln. kishidan iborat. Shaharda aerodrom bor. M. shahriga haj mavsumida jahonning turli mamlakatlaridan millionlab musulmon ziyoratchilari qadam ranjida qilishadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:30:18
MADOINIY Abulhasan Ali ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Abu Sayf (9-a.ning 1-yarmi) - tarixchi va adib. Basrada ta’lim olgan. Birmuncha vaqt Madoin (Mesopotamiya)da turgan (M. nisbasi ham shundan), Bag‘dodtsa yashagan. Ibn an-Nadim "Fehrist" ("Mundarija") nomli asarida M. to‘g‘risida eslatib o‘tgan. M. islom, xalifalik tarixi, bosqinchilik urushlari, qo‘zg‘olonlar hamda o‘lka va shaharlar, tarixi, Muhammad (sav) tarjimai hollari, adib va shoirlar haqida 239 ta asar yozgan. M. asarlari keyingi asrlarda yozilgan arab tarixchilarining kitoblariga asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan. "Axbor al-xulafo" ("Xalifalar xabarlari"), "Axbor quraysh" ("Quraysh qabilasi xabarlari"), "Kitob futuh ash-Shom" ("Shom-Suriyaning bosib olinishi haqida kitob"), "Axbor shuaro" ("Shoirlar solnomasi"), "Tarix al-buldon" ("O’lkalar tarixi") kabi asarlar muallifi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:30:35
MADRASA (arab. - dars o‘qitiladigan joy, darsxona) - islomda o‘rta va oliy maxsus diniy o‘kuv yurti. Yaqin va O’rta Shark mamlakatlarida ulamolar va maktabdorlar, davlat idora xodimlarini tayyorlagan. Islom mamlakatlarida M. haqidagi ilk ma’lumotlar 10-a.ga oid bo‘lib, ular Xuroson va Movarounnahrda joylashgan. 11-a.dan boshlab yetakchi o‘quv yurtiga aylangan, bungacha ta’lim masjidlarda va xususiy uylarda, shuningdek, mehmonxonalar, kutubxonalar, kasalxonalarda olib borilgan. M.lar vaqf hisobiga ta’sis etilgan. M.da mudarrislar va b. xizmatchilar maosh, talabalar stipendiya, o‘quv jihozlari (daftar, kitob, kalam va b.) va turar joy b-n ta’minlangan. M.lar 11-12-a.larda O’rta Osiyoning barcha yirik shaharlarida bo‘lgan. M.ga maktabni tugatgan o‘spirinlar qabul qilingan. O’rta Osiyodagi Mlarda arab va fors tilida yozilgan - Qur’on, hadislar, shariat qonunlari o‘rgatilgan. Ayrim Mlarda tibbiyot, aruz ilmi, falsafa, geografiya va b. fanlar o‘qitilgan. Hozir jahondagi ko‘p xorijiy musulmon mamlakatlarning M.larida diniy ta’lim b-n birga dunyoviy bilimlar ham o‘qitiladi. Yana q. Diniy o‘quv yurtlari.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:31:03
MAJLIS (ko‘pligi - majolis) - o‘tirish joyi; predmet ma’nosida - o‘rindiq, kursi; kengash, yig‘ilish joyi; mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xona (masjid, madrasa va b.da); auditoriya; dars, ma’ruza; dars, ma’ruzani yozib borish; qabul, audientsiya (qabul marosimi); qabul zali; kengash, yig‘ilish, uchrashuv, kompaniya. Turkiya va Eronda yangi davrda M. vakolatli muassasani (parlament, palata, kengash) anglatadigan bo‘lgan; hozir ham shu ma’noda bir qator arab va musulmon mamlakatlarida qo‘llaniladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:31:14
MAJUSIYLIK - 1) Majusiy - quyosh yoki olovga sig‘inuvchi odam. Islom dini kelmasdan burun ajam xalkdari M. e’tiqodiga mansub edilar. M. kalimasi kuyosh yoki olovga sig‘ingan kishilarda hozirga qadar atama sifatida qo‘llaniladi. 2) yakkaxudolik (monoteizm) paydo bo‘lgunga qadar vujudga kelgan diniy e’tiqodlar, marosim va bayramlarni ifodalash uchun ishlatilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:31:52
MAZDAKIYLIK, al-Mazdakiya (fors. mazdakiyon) - mazdakiylar, 5-a. oxiri - 6-a.da sosoniylar Eronida vujudga kelgan va islomning dastlabki asrlarida xalifalikning Sharqiy qismida mavjud bo‘lgan zardushtiylik tarikatlaridan birining nomi. Asoschisi Mazdak (ism yoki faxriy laqab) sharafiga shunday nom olgan. M. Zardushtakon nomli "ashaddiy" manixeylik (moniylik) tariqatidan kelib chiqqan bo‘lib, bu tariqat ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 3-a.da, boshqasiga ko‘ra esa, 5-a.da vujudga kelgan. Uning muxlislari ezgulikning yovuzlik ustidan uzil-kesil g‘alaba qozonishiga ishonganlar. M. tarafdorlari odamlar o‘rtasidagi mulkiy va tabaqaviy tengsizlikni yo‘q qilishni rejalashtirganlar. Tabaqaviy tengsizlikni yo‘qotishning samarali usuli sifatida xotinlarni umumiy deb e’lon qilganlar. M.ning ijtimoiy shiorlari Eron aholisining keng qatlamlarida tarqalgan. 6-a. boshida urug‘ zodagonlari va zardushtiylikning oliy kohinlariga qarshi keng xalq harakati avj olgan.
Xusrav Anushirvon tomonidan M. harakati tor-mor etilgach (taxm. 530 y.), Mazdak tarafdorlari Sosoniylar davlatining borishi qiyin bo‘lgan chekka tumanlariga qochganlar. M. islomning dastlabki asrlarida ham mavjud bo‘lgan, bu hakda ash-Shahristoniy, Yoqut, Rashididdin, Hamdulloh Qazviniy va b. aytib o‘tishgan. Musulmon tarixchilarining bir qismi M. g‘oyasining asosiy unsurlarini o‘zlashtirib olgan xurramiylarni M. b-n aynan bir deb hisoblaganlar. Zardushtiylardan M. muqaddas olovga e’tiqod qilmasligi b-n ajralib turadi. M. tarafdorlari arablar va mulkdorlarga qarshi 8-9-a.da ko‘tarilgan harakatlarda (Abu Muslim, Sunbod mug‘, Muqanna, Bobak harakati va b.da) ko‘pincha xurramiylar, shialar va xorijiylar b-n birga faol ishtirok etishgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:32:05
MAZOLIM (hukm al-mazolim, yoki nazar al-mazolim - g‘ayriqonuniy harakatlarni ko‘rib chiqishning qisqartmasi) - qilingan adolatsizlik ustidan tushgan shikoyatni davlat boshlig‘i yoki uning vakili tomonidan ko‘rib chiqilishi, appelyatsiya (shikoyat) sudi. Islomda M. tartibi johiliyat davrida nohaq chiqarilgan hukm ustidan qabilalararo va qabila doirasida o‘tkazilgan ajrimlarga borib taqaladi.
Islomning dastlabki davrlarida bu tartib kam o‘zgargan. Lekin shikoyat arizasi berish mumkin bo‘lgan yagona shaxs xalifaning o‘zi bo‘lgan va shu tufayli xoxlagan paytda unga murojaat qilishgan. Umaviylardan bo‘lgan to‘rtinchi xalifa Abdulmalik ibn Marvon (685-705) shikoyatlarni eshitish uchun alohida kunlarni belgilagan va ularni hal etishni o‘zining qozisi Ibn Idris al-Azdiyga topshirgan, o‘zi esa, uning chiqargan qarorini tasdiklagan. Bunday tajriba xalifa Umar ibn Abdulaziz davrigacha (717-720) saklangan, bu xalifa shikoyatlarni o‘zi ko‘rgan. Biroq, undan keyinga xalifalar avvalgi holatga qaytib, bu vazifani qozi va vazirlarga topshirishgan. Xalifa Maxdiy (775-785) shikoyatlarni o‘zi ko‘rgan, al-Muhtadiy davrigacha (869-870) shunday bo‘lgan, keyin esa, shikoyatlarni xalifaning ishonchli kishisi sifatida vazirlar ko‘rgan. Hoz. paytda musulmon mamlakatlarida an’anaga ko‘ra, M. deb huquqni nazorat qilish organlari va apellyatsiya (shikoyat) sudlariga aytiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:32:26
MAZHAB (arab. - yo‘nalish, oqim, yo‘l, ta’limot), shariat mazhablari — islomda diniy huquq tizimlari va yo‘nalishlari. 8-9-a.larga k.elib shariatning shakllanishi jarayonida huquqshunoslik - fiqh sohasida juda ko‘p M.lar yuzaga kelgan. Hoz. vaqtda sunniilikda to‘rtta M. - hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik, hanbaliylik (M.lar nomi ularning asoschilari: Abu Hanifa (Imomi A’zam), Molik ibn Anas, Shofi’iy, Ibn Hanbal nomidan olingan), shialikda bir M. -ja’fariylik (asoschisi - Ja’far as-Sodiq) saqlanib qolgan. Shariat M.lari diniy firqalardan farq qiladi. Sunniylikdagi to‘rttala M. ham teng hisoblanadi, yirik musulmon universitetlarida to‘rt mazhab bo‘yicha alohida dars o‘qitiladi. M.lar umuman an’anaviy diniy hukuq doirasidan chiqmagani holda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari b-n bir-biridan farq qiladi. Hozir islom mamlakatlarida hanafiylik (Turkiya, Pokiston, Hindiston va h.k.), molikiylik (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya), shofi’iylik (Misr, Indoneziya va h.k.), hanbaliylik (Saudiya Arabistoni) M.lari, shuningdek, shialik tarqalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va h.k.)ning huquqiy hayotida ja’fariylik M.i o‘z mavqeini ma’lum darajada saklab kelmokda. O’rta Osiyoda, xususan, O’zbekistonda hanafiylik M.i keng yoyilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:34:04
MAKKA - musulmonlarning muqaddas shahri. Saudiya Arabistonining g‘arbida, Qizil dengaz sohilidan 80 km uzoqlikda tog‘lar orasida joylashgan bu shaharni arablar Umm ul-Qurro, Umm ul-Madoin, ya’ni shaharlar onasi deb yuritadilar. Qur’onda "Bakka" nomi b-n kelgan. U Hijozning ma’muriy va savdo markazi, musulmonlar haj qiladigan -musulmonchilikning beshinchi ahkomi bajariladigan joy. Qur’oni karim 114 surasining 86 tasi Makkada nozil bo‘lgan. M.da Ka’ba b-n bosh masjid - Harom masjidi bor. M. - islom dinining Muhammad payg‘ambari (sav)ning vatanlari, arablarning qad. ziyoratgohi. Musulmon rivoyatlariga ko‘ra, M.da Odamato va Momohavo hamda Shis, Ibrohim, Ismoil va Hojar yashaganlar. Makka sh.ga qachon asos solingani ma’lum emas. Ilk bor Zamzam bulog‘i tevaragida aholi yashash maskanlari paydo bo‘lgani haqida ma’lumot bor. Islomga qadar Makka majusiy arab qabilalarining diniy hamda Sharq b-n O’rta dengaz bo‘yidagi davlatlar o‘rtasidagi muhim savdo markazi bo‘lgan. Islom vujudga kelishidan ko‘p asrlar ilgari Makkadagi Ka’ba ibodatxonasi arab qabilalarining ziyorat markazi bo‘lib, unda qabila xudolarining sanamlari saklangan. Shahar birinchi marta yunon tarixchisi Ptolemey asarlarida Makoraba nomi b-n tilga olingan va bu yerda mil. 2-a.da ibodatxona mavjudliga aytib o‘tilgan. Makkada payg‘ambar Muhammad (sav) tavallud topganlar va shu yerda islom targ‘ibotini boshlaganlar. Muhammad (sav) 622 y. o‘z sahobalari b-n Makkadan Yasrib (keyinchalik al-Madina deb ataladigan) shahriga hijrat qilganlar. Rivoyatga ko‘ra, qad. Jurhum, Xuzo’a qabilalari, 4-a. oxiridan esa, Quraysh qabilasi ko‘chib kelib yashay boshlagan. 6-7-a. o‘rtalarida Ka’badan 800-900 m shim.-sharqqa va taxm. 500 m jan.-g‘arbga cho‘zilgan vodiy bo‘ylab aholi istiqomat qilardi. Markazda, Ka’badan jan.rokda bozor bo‘lgan. Turar-joylar devorlar b-n o‘ralgan katta hovlilardan iborat bo‘lib, hovli ichida qavmi qarindosh oilalarning imoratlari joylashgan. O’sha vaqtda M.da 6-7 ming aholi yashagan. M.da sug‘orish uchun suv yo‘kligi, muqaddas hududda dehqonchilik va ov b-n shug‘ullanish man qilingani ustiga atrofdaga qabilalar uchun muqaddas hisoblangani tufayli qurayshlarning savdo b-n mashg‘ul bo‘lishiga to‘g‘ri kelgan. Shahar aholisi asosan diniy marosimlar uchun zarur bo‘lgan buyumlarni tayyorlagan va hajga kelganlarga xizmat qilgan. Muhammad (sav) M.dan chiqib ketgach, Madinadagi yangi masjidni Ka’baga qarshi qo‘ya boshlaganlari yo‘q, aksincha, uni Ka’ba (qibla)ga to‘g‘rilaganlar. 630 y. musulmonlarning M.ni fath etishlari shaharning muqaddas markaz sifatidagi alohida mavqeini tiklabgana qolmay, uni yangi maqomga ko‘tardi; haj qilish marosimida Ka’bani tavof qilish b-n birga Arafot tog‘iga ko‘tarilish ham qo‘shidtsi; M.ni ziyorat qilish islomning asosiy ruknlaridan biri hisoblanadi.
Umaviylar davrida M. rivojlandi va qiyofasi butunlay o‘zgardi: bir qavatli imoratlar o‘rnida ko‘p qavatli uylar va qasrlar qad ko‘tardi. M. ma’murlari suv yig‘iladigan inshootlar bunyod etdilar, osma quvurlar o‘tkazdilar, shahar atroflarida bog‘-rog‘lar paydo bo‘ddi. Xalifalikning hamma tomonidan kela boshlagan mablag‘lar, shuningdek, ziyoratchilardan tushgan daromad makkaliklarni imtiyozli musulmonlar guruhiga aylantirdi. Ka’ba 624 y. qibla deb e’lon qilinganidan keyin Ka’baga tomon qarab ibodat qilina bopshagan.19-a. boshigacha M.ni G’arbiy Arabistonda hokimiyatni amalga oshirgan davlatlarning noiblari boshqarib kelganlar, lekin shaharning ichki hayotida ko‘p narsalarni shariflar (Muhammad (sav) avlodlari) hal qilardi. Ma’lumki, Bag‘dod xalifaligi inqirozga uchraganidan so‘ng Makka fotimiylar, ayyubiylar va mamluklar qo‘l ostiga, keyinchalik - 1517 y.da Usmonli turk saltanati tobeligiga o‘tdi. 1925 y.dan Saudiya Arabistoni tarkibida. Islom dini amal qilayotgan 14 a.dan ortiq vaqt davomida M. g‘ayridinlar uchun yopiq shahar hisoblanadi, ammo 18-a.dan e’tiboran yevropalik ayrim tadqiqotchilar musulmon ziyoratchilari niqobida unga kira boshlaganlar. 20-a. boshigacha M. abbosiylar davridagi hududga teng joyni egallab kelgan, doimiy aholisi 50 ming kishidan oshmagan. Hoz. vaqtda M.ning tub aholisi salkam 0,5 mln. kishini tashkil etadi, shahar avtomobil yo‘llari orqali tashqi dunyo b-n bog‘langan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:34:57
MAKRUH (arab. - rad etilgan, qoralangan, nomaqbul) - shariat hukmlaridan biri (farz, mandub, muboh, harom b-n birga). Qat’iyan taqiq qilinmagan, lekin nomaqbul hisoblangan va rad etilgan amallar M. hisoblangan. M. -Payg‘ambarimiz (as) qaytargan ish demakdir. Har bir musulmon M. ishlarni qilishdan sakdanishi lozim. M. ishni gunohidan qo‘rqib qilmagan kishi savobli, qilavergan kishi gunoxli bo‘lur. M. ishlarning Mligini inkor qilgan kishi imondan chiqmasa-da, gunohkor bo‘lur. M. ishlar uchun jazo belgilanmagan. M. amallarga diniy burchni bajarish paytdagi ba’zi holatlar, xasislik, berahmlik, dabdabalik va isrofgarchilikka moyillik, oilaviy va ijtimoiy burchga mensimaslilik b-n qarash, birovni yo‘q yaxshi sifatlar b-n maqtash, boshqa dindagilar, balog‘atga yetmagan b-n nikohga kirish va b. kiradi. Mazhabga ko‘ra, M.ga aslida man etilgan ba’zi taom va ichimlik turlari kiradi. M. tushunchasi halol b-n haromni ajratib berishi b-n islomiy axloqning shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:35:18
MAKTAB - yozishadigan joy; boshlang‘ich maktab; yozuv stoli, kabinet, idora, byuro. Boshlang‘ich ("Qur’on" o‘qitishdan) maktabni anglatuvchi istiloh sifatida M. kuttobning sinonimi holida qo‘llanilgan; to‘g‘ri, shunday holat ham qayd etilganki (11-a.da Nishopurda), M.da 5 yoshdan boshlab faqat eng sodda ta’lim, kuttobda esa - 10 yoshdan e’tiboran keyinga ta’lim berilgan. 18-20-a.da M. so‘zi ko‘pincha usmoniylar Turkiyasida, Volga bo‘yi, Qrim va O’rta Osiyoda ishlatilgan. Arab mamlakatlarida esa, uni boshqa so‘z b-n (Kuttob va b.) ifodalashgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:35:34
MALAKUT - oliy ilohiy hokimiyat, Allohning g‘oya va qarorlari, uning ilohiy sirlari (asror)ning oliy olami. Qur’onda M. istilohi Allohning oliy hokimiyati ma’nosida kelgan va u oddiy, "erdagi" hokimiyatdan butunlay o‘zgacha (6:75; 7:185/184; 23:88/90; 36/83). M. b-n odatda jabarut (ilohiy kudrat) tushunchasi ham bog‘liq. M. va jabarutga inson aqli bovar qilmaydi, biroq ular predmet sifatida "Quyi", moddiy olamda aks etgan. Ular mukammallik va doimiylik b-n ajralib turadi, hoz. va kelajak hayot hakdtsagi bilimlarni o‘zlarida saqlaydilar. "Olam al-M." (M. olami) va M.ning o‘zi qo‘shimcha sinonim sifatida ishlatiladi. Jabarut odatda M. va mulk o‘rtasidagi mavqeni egallaydi va M. g‘oyalarini mulkda amalga oshishida vositachi bo‘lib xizmat qiladi. M., jabarut va mulk Qur’onga qilingan o‘rta asrlardagi sharxlarda, sunniylar, shialar, sufiylarning asarlarida ko‘p uchraydi. Ularni qo‘llashdagi farqlarga qaramasdan, ularning asosiy ma’nosi, mazmuni odatda o‘zgarishsiz qolgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:35:49
MALOIKA - q. Farishta.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:36:11
MALOMATIYLAR (arab.- ta’na ahli, ta’naga qoluvchilar) - sufiylik tariqatlaridan birining tarafdorlari. M. ta’limotining asosiy qoidalarini Hamdun al-Kassor (884 y. v.e.) ishlab chiqqan. Al-Muhosibiy, Abu Yazid al-Bistomiy va Sahl at-Tustariy kabi Iroq zohidlarining qarashlari mazkur ta’limotning shakllanishida muhim rol o‘ynagan. M. harakati umuman yagona tashkiliy tuzilmaga ega bo‘lmay, mustaqil mahalliy to‘garaklar shaklida edi. Dastlab Nishopurda yuzaga kelib, g‘arbga - Iroq va Suriyaga, sharqqa -Movarounnahr va Turkistonga tarqalgan. M. ayrim ruhoniylarning o‘z taqvodorligini boshqalarga pesh qilib, ibodat va marosimlarni yuzaki, namoyishkorona bajo etishiga e’tiroz bildirishgan. Vaqt o‘tishi b-n M. tariqati yo‘qolib, uning tarafdorlari qolmadi. Bu ta’limotning ba’zi jihatlari naqshbandiylik tariqatida namoyon bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:36:26
MAMLUK ("egalik qilinadigan kishi") - qul, sinonimi abd, lekin undan farkli o‘laroq hech qachon ko‘chma ma’noda qo‘llanilmaydi (mas., "Allohning kuli" kabi). Dastlab M. - tug‘ma quldan farqli ravishda faqat qo‘lga kiritilgan qul. Qur’onda bir marta abd mamluk (16:75/77) shaklida uchraydi. M.lar deb harbiy qo‘shinda xizmat qiluvchi qul-jangchilar atalgan. Ular ko‘pincha yuqori harbiy lavozimlarni egallab, bu b-n hatto ozodlikka ham erishganlar. 9-a.dan g‘ulom (o‘smir, qul-jangchi) so‘zining sinonimi sifatida, lekin odatda oq gulomlarga nisbatan qo‘llanilgan; 12-13-a.larda M. atamasi Suriya va Misrda g‘ulom istilohini siqib chiqargan. Ayyubiylardan bo‘lgan M. amirlari 1250 y. Misrda hokimiyatni qo‘lga olgan bo‘lib, ular 14-a. o‘rtalarigacha rasman Abbosiylardan bo‘lgan xalifalarning amirlari hisoblanganlar, so‘ngra mutlaqo mustaqil hukmdorlarga aylanishgan. 1250-1290 y.larda hukmronlik qilgan sultonlar M.larning Bahriy sulolasiga mansub; Burjiy M.lari (1382-1517) o‘zaro qon-qarindoshlik rishtalari b-n bog‘lanmaganlar, ular "¢ guruhbozlik asosida birlashganlar. Butun mana shu davr mobaynida qullardan chiqqan sultonlar o‘z qo‘shinlarini M.lar - turklar va kavkazliklardan to‘ldirganlar. Usmoniylar tomonidan Misr bosib olingach (1517 y.), M.lar mamlakatning harbiy mulkdor yuqori tabaqasi sifatida saklanib qolishgan; Istanbuldan tayinlanadigan posho mamlakatni mamluk amirlaridan tashkil topgan kengash yordamida boshqargan. 1805 va 1811 yillarda turk lashkarboshisi, albanlardan bo‘lgan Muhammad Ali Qohirada mamluklarning barcha rahbarlarini qirib tashlagan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:36:55
MANOT - qad. arab ma’budasi; Nabateya, Suriya va Hijozda, ayniqsa, e’zozlangan; takdir va o‘lim ma’budasi bo‘lgan. Qora toshdan ishlangan sanami va sajdagohi Makkadan Yasribga boradigan yo‘ldagi Qudaydada joylashgan. Yasribdagi Avs va Xazraj qabilalari M.ga ayniqsa qattiq topinganlar. Ular Makkadagi Ka’ba qatori M.ning sajdagohini ham ziyorat qilganlar. M. Arabistonning eng qad. ma’budalaridan hisoblanib ko‘pgina kishi nomlari tarkibiga ham qo‘shilgan. Makkada uchta ma’buda (al-Lot va al-Uzza qatorida)dan biri sifatida topilgan. Qudaydadagi  sajdagoh  Muhammad   (sav) topshiriklariga ko‘ra 630-31  y.da buzib tashlangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:37:09
MANDUB (arab. - tavsiya etilgan, lozim topilgan) - shariat hukmlaridan biri (farz, muboh, makruh, harom b-n birga). Dindorlar uchun bajarish lozim topilgan, tavsiya etilgan, lekin majbur hisoblanmagan amallar M. hukmiga kiritilgan. Ixtiyoriy bajariladigan bir qancha urf-odatlar M. hisoblanadi, ular mohiyatan sunna qo‘ygan talablardan keyin turadi, ba’zan ular ayni mazmunda ham talqin etiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:37:20
MANOQIB (arab. - fazilatlar) - tasavvuf tushunchasi. Biror ulug‘ zotning fazl va martabasini maqtab, ta’rif-tavsif qilish. Ko‘pincha shu haqdagi risola yoki asar tushuniladi. Mas., "Manoqibi Xoja Ahror" (Xoja Ahror ta’rifi), "Manoqibi Shoh Abdulloh" (Shoh Abdullohning ta’rif va tavsifi) va h. k.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:37:37
MANSUR ibn NUH I, Abu Solih (? - 976) -somoniylardan bo‘lgan Xuroson va Movarounnahr hukmdori (961-976). As-Sadid ("dono", "tadbirkor") laqabi b-n mashhur bo‘lgan. Davlatni mustahkamlash maqsadida bir qator tadbirlarni amalga oshirgan. Bu ishda unga vazirlari Bal’amiy va Utbiylar yordam bergan. Buvayhiylar ustidan qozongan g‘alabasi uning shuhratini oshirgan. Uning topshirig‘iga ko‘ra Bal’amiy Tabariyning "Tarix ul-anbiyo va-r-rusul va-l-muluk va-l-xulafo" ("Payg‘ambarlar, podshohlar va xalifalar tarixi") nomli asarini arab tilidan fors tiliga tarjima qilgan va boyitgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:37:58
MANSURIYLAR, al-Mansuriya - "o‘ta" shialikdagi jamoa; Abu Mansur al-Ijliy izdoshlari. Abu Mansur sahroyi va savodsiz bo‘lgan. Shialarning 5-imomi Muhammad al-Boqir vafotidan so‘ng (732 y.) u Kufada da’vat b-n chiqqan, o‘zini shu imomning vorisi (xalifasi), ishonchli vakili deb e’lon qilgan. So‘ngra u payg‘ambarlikka da’vo qilib, go‘yo Alloh uni o‘ziga yaqin olib suryoniy tilida uni o‘g‘lim deb atagan. Payg‘ambarlik uning olti avlodida davom etajagi, so‘ngtisi Maxdiy bo‘lishini da’vo qilgan. Alloh yerga o‘z "xabarchilari"ni yuborishni to‘xtatmasligani targ‘ib qilib, Abu Mansur o‘zini yerga qulab tushgan "osmonning bir parchasi" (kisf, shundan M.ning boshqa nomi - kisfiylar) deb e’lon qilgan. Osmon deganda Muhammad (sav) urug‘lari - hoshimiylar, yer deganda esa -shialar tushunilgan. Uning da’vosi: Alloh Muhammad (sav)ni Qur’on b-n, uni esa -Kur’on sharhi b-n yuborgan.
Abu Mansur va uning izdoshlari jannat, do‘zax, qayta tirilish kabilarni majoziy ma’noda talqin qilib, amalda ularni inkor etganlar. Irokda Yusuf ibn Umar as-Saqafiy noibligi davrida (738-742) Abu Mansur va M.ning bir qismi qo‘lga olinib qatl etilgan. Tirik qolganlariga uning o‘g‘li al-Husayn rahbarlik qilgan, u ham payg‘ambarlikni da’vo qilgan. Uning izdoshlarini husayniylar deb atashgan. Ularning faoliyati o‘ttiz yilcha davom etgan. Xalifa al-Maxdiy davrida (775-785) al-Husayn qo‘lga olinib xalifa huzuriga keltirilgan va uning buyrug‘iga ko‘ra xochga tortilgan. Xalifa undan qolgan juda katta boylikni musodara qilib, izdoshlarini ta’qib etib qatl ettirgan.
M. ta’limoti Irokda faoliyat olib borgan "o‘ta" shialarning boshqa ta’limotlari kabi o‘ziga yahudiy-xristian dinlari unsurlarini kiritgan. Jumladan, Abu Mansurning da’vosiga ko‘ra Alloh birinchi bo‘lib Iso (as)ni yaratgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:38:11
MARVAZIY, Abul Fadl Muhammad ibn Muhammad as-Sulamiy al-Marvaziy, al-H a-k i m  a sh-sh a h i d (? - 945) - hanafiylikdagi yirik imom, muhaddis va faqih. Sam’oniyning ma’lumotlariga ko‘ra, u Buxoro qozi kaloni bo‘lgan, somoniylar amiri Nuh ibn Nasrga fiqxdan ta’lim bergan. Amir uni bosh vazir etib tayinlagan. Sam’oniy M.ning 14 ustozi nomini keltirib, M. 60 ming hadisni yoddan bilganligini va doimo vaqtini diniy kitoblar va ibodatda o‘tkazganligi va davlat ishlariga juda oz vaqt ajratganligni yozgan. Bu harbiylarning noroziligiga sabab bo‘lgan va ko‘tarilgan isyon natijasida o‘ldirilgan. Fiqhga doir 8 ta asar yozgan, ular Abu Hanifa kitobidan so‘ng eng e’tiborli kitoblar sanalgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:38:34
MARJONIY Shahobiddin (to‘liq nomi: Shahobidtsin bin Bahouddin bin Subhon bin Abdul Karim al-Marjoniy) (1818, Qozon sh. yaqinidagi Yapanchi qishlog‘i, - Qozon, 1889) -yirik ma’rifatparvar va faylasuf, tarixchi va ilohiyotchi olim, tatar xalqi ilmiy tarixining asoschisi. 1838-43, 1845-49 y.da M. "Ko‘kaldosh" va "Mir Arab", 1843-45 y.da Samarqanddagi "Sherdor" madrasalarida o‘qidi va dars berdi. S.Ayniyning yozishicha, amir Nasrulloning ta’qibvdan so‘ng qisqa mudtsat Samarqandda yashadi. U Buxoro va Samarqandda arab va fors tillarini puxta o‘rgandi, sharq falsafasi va tarixi b-n chuqur tanishdi, matematika va astronomiya b-n shug‘ullandi. U "Ko‘kaldosh" madrasasining boy kutubxonasidan unumli foydalandi. M. Buxoroda olim sifatida shakllandi va Kursaviy ilmiy merosi b-n tanishdi. U Kursaviyning islomdagi islohotchilik faoliyatini davom ettirib, Buxoro madrasalaridagi o‘rta asrlarga xos o‘quv tizimini tanqid qildi, Ahmad Donish b-n hamkorlikda ma’rifatparvarlik g‘oyalarini tarqatishda jonbozlik ko‘rsatdi. M. Buxoroda "Movarounnahr mashhur ulamolarining ahvoli va ishlari" hamda Kursaviyning Buxorodaga faoliyati va mahalliy hokimiyat b-n murakkab munosabati to‘g‘risidagi asarini yozdi. Turkiston tarixi va geografiyasiga oid ko‘plab asarlari mavjud, xususan, uning 10-12-a.da Movarounnahr xonaqolari va tasavvufning ahvoli, Turkistondan yetishib chiqqan buyuk allomalar haqidagi tadqiqotlari diqqatga sazovor.
1850 y.da Qozondaga katta Jome’ masjidi imomi, 1867 y.da muhtasibi etib tayinlandi. Ayni paytda Qozon tatar o‘qituvchilari maktabida dars berdi (1876-1884). Qozon un-ti huzuridagi Arxeologiya, tarix, etnografiya jamiyati a’zosi bo‘lgan dastlabki musulmon olimlaridan. M. o‘zining falsafa va ilohiyotga oid asarlarida diniy islohotchilik va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini rivojlantirdi. 30 dan ortiq yirik asarlar, jumladan 7 jildli "Vafii yat al-aslaf va taxiyat al-axlaf", 2 jildli "Mustafod al-axbar fi axvali Kozon va Bulg‘or" asarlarining muallifi. Kursaviy, M., Ahmad Donishning islom dinini isloh qilish va ma’rifatparvarlik g‘oyalari keyinchalik jadidchilik harakatining vujudga kelishida muayyan darajada xizmat qildi
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:38:57
MARONIYLAR, al-Maruniyun (al-mavorina) - Shim.-G’arbiy Suriya va Shim. Livan aholisi orasidan 5-8-a.larda ajrab chiqqan etnokonfessional xristian-uniat guruhi tarafdorlari. Suriyalik zohid Maron yoki Marun (4-5-a. boshi) nomidan. M. marosimlari suryoniy xristianliganing g‘arbiy (yakoviylar) va sharqiy (nestoriylar) tarmoklari b-n uyg‘unlashib ketgan. Ibodatda hozirda o‘lik suryoniy tili qisman qo‘llaniladi. Ijtimoiy tashkilotida islomning ta’siri bor (mas., cherkov vaqfi, ba’zi sunniy hukuqiy me’yorlar va b.). Yuhanno Marun (taxm. 700 y. v.e.) M.ning birinchi patriarxi, ularning mustaqil cherkovining asoschisi hisoblanadi. 7-a. oxirida M.ning aksariyati Suriyadan Livanga ko‘chgan. 12-13-a.larda M. salibchilarni qo‘llab-quvvatlagan, Rim kuriyasi b-n aloqa bog‘lagan, natijada uniya (ittifoq) barpo etilgan (18-a.da uzil-kesil). 17-18-a.larda M. yashaydigan hududlar Usmoniylar imperiyasining bir qismi bo‘lgan Livan amirligiga qo‘shib olingan. M.ning ba’zi dunyoviy zodagonlari yer mulklari - iqtolarga ega bo‘lishgan. Hukmronlik qilayotgan amirlarning Shibahlar sulolasi xristianlikning maroniy tarmog‘ini qabul qilganlar. Usmoniylar M.ga amalda muxtor jamoa-millat maqomini berishgan, u rasman 1841 y. e’tirof etilgan. Yahudiy katoliklar Yaqin Sharqqa suqilib kirayotganlarida, M.ga suyanishga harakat qilishgan, shu maqsadda tog‘li Livandagi jamoalar o‘rtasidagi nizolardan foydalanishgan. 19-a.da maroniylar cherkovi mamlakatdagi eng yirik mulk egasiga, patriarx esa, eng obro‘li rahbarlardan biriga aylangan. "Milliy pakt" (1943)ga ko‘ra, Livan prezidenti faqat M.dan bo‘lishi mumkin, bundan tashqari boshqa muhim lavozimlar ham M. ixtiyoriga berilgan. M.ning aksariyati qishloq xo‘jaligi, savdo, maishiy xizmat, sanoatda band. Livandan tashqari M.ning ozgana qismi doimiy ravishda Suriya, Kipr, Isroil, Iordaniyada ham yashaydi. M.ning ko‘pchiligi muhojirlikda. Ular Livanda konfessional tuzumni saqlab qolish uchun kurashib, etnik mojarolarni keltirib chiqarmokda, M.ni arab dunyosidan ajratib olishga intilmokda.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:39:29
MARYAM - Qur’onda tilga olingan taqvoli, siddiqa ayol, Iso payg‘ambarning onasi, xristianlikdagi Mariyaga to‘g‘ri keladi. Islom ta’limotiga ko‘ra, u taqvoli, mo‘mina ona, jannatdagi ayollarning rahnamosi. Qur’oni karimning 19-surasi "Maryam" deb ataladi. M.ning otasi Imron "Bani Isroil" qavmi ichida eng obro‘li kishilardan edi. Uning xotini Hanna befarzand edi. Hanna Allohga iltijo kilib, farzand ato etishni so‘radi va agarda farzandli bo‘lsa, ushbu farzandni Alloh yo‘lida Baytul Maqtsis xizmatiga vaqf (nazr) qilishini niyat qildi. Alloh unga qiz farzand ato etdi va uni Maryam deb nomladi. Odatda ibodatxonalardagi xizmatlarni erkaklar bajarganidan u o‘z nazri, qizining takdiri qanday bo‘lishini o‘ylab, hayron qoldi. M. yoshligidayoq otasi vafot etdi, endi uning tarbiyasini kimdir o‘z kafolatiga olishi kerak edi. M.ni tarbiyalash xolasining eri Zakariyo (as) payg‘ambarning chekiga tushadi. U qachon M.ning xonasiga kirsa, u yerda qishda yoz mevalari, yozda qishda bo‘ladigan noz-ne’matlarni ko‘radi. "Bu narsalar senga qayoqdan keldi?" deb so‘raganida M.: "Bular Alloh huzuridandir" deydi. Ibodatxona xizmatiga nazr qilingani uchun doimo shu yerda bo‘lib, umrini faqat toat b-n o‘tkazar edi. U odamlarga aralashmas, ibodatxonada yolg‘iz qolib toat b-n band bo‘lardi. Kunlarning birida, M. ibodatxonada toat b-n mashgul bo‘lib turganida, Alloh taolo unga Jabroil (as)ni yuboradi. M. o‘z axdi-oilasidan chetga -kun chiqar tomonga borib, ulardan berkinib olgan paytida, Jabroil: "Parvardigoringning senga bir pokiza o‘g‘il hadya qilish uchun (kelgan) elchisidurman" deydi. Bundan M. taajjublanib: "Axir men turmushga chiqmagan bo‘lsam yoki fojira ayol bo‘lmasam, qanday qilib men farzandli bo‘lishim mumkin" -tseydi. Shunda Jabroil (as): "Aytganing to‘g‘ri, lekin Alloh aytdiki: "Bir go‘dakni otasiz yaratish menga oson, bu meni ulug‘ qudrat egasi ekanligimning belgisi bo‘lur", deydi. Shunday qilib, Iso Alloh iroda etgani uchun otasiz yaratildi. To‘lg‘oq azobi uni bir xurmo tsaraxtining yoniga olib bordi (va u xurmo shoxiga osilgan holda ko‘zi yorigach), dedi: "Qaniydi, mana shu kundan ilgariroq o‘lib ketsam-u, butunlay unutilsam edi". Shunda xurmo daraxtining ortidagi Jabroil nido qildi: "G’amgan bo‘lma, Parvardigoring (oyoq) ostingdan bir ariq oqizib qo‘ydi. (Mana shu kurib qolgan) xurmo shoxini silkitgan, u senga yanga xurmo mevalarini tashlar. Endi sen yeb-ichgin, shod-xurram bo‘lgin". M. bolasini ko‘targan holda qavmiga kelganda ulardan ta’nalar eshitadi. Shunda beshikdagi go‘dak Iso tilga kirib deydi: "Men Allohning bandasidirman. U zot tez kuvda menga Kitob - Injil ato etadi va meni payg‘ambar qiladi".
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:39:49
MASJID, machit (arab. - sajda qilinadigan joy) - musulmonlar jamoa bo‘lib namoz o‘qiydigan joy, ibodatxona. M.lar, asosan, kundalik besh vaqt namoz o‘qish uchun mo‘ljallangan. Juma va hayit namozlari esa, jome M.larda o‘qiladi. Birinchi M.ni Madinada Muhammad(sav) qurdirganlar. M.lar dastlab shaharlarda, keyinchalik qishloq va mahallalarda barpo etilgan. M.larning to‘rida, Makkaga qaragan (qibla) tomonida mehrob, hovlisida hovuz, bir yoki bir necha minora bo‘ladi. Ayrim yirik M.lar mehrobining o‘ng tomonida va’zxonlik uchun mo‘ljallangan minbar, ba’zilarida esa, Kur’on o‘qiladigan maxsus joylar ham bo‘ladi. Ba’zi M.lar huzurida maktablar ham bo‘lgan bo‘lib, ularda o‘g‘il bolalarga Qur’on o‘qish o‘rgatilgan. M.larda juma va hayit namozi kunlari imom-xatiblar xutba o‘qib, turli diniy masalalar bo‘yicha va’zxonlik qiladi. O’zbekistonda 2000 ga yaqin M. bor.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:40:14
MASJIDI KALON, Jome’ Masjidi - Buxorodaga eng yirik me’moriy yodgorlik. Minorai kalon yonida taxm. 15-a.dan qurila boshlangan (arxeol. qazilmalar natijasida bino ostidan 12-a.ga oid qad. masjid qoldikdari topilgan). Masjid (127x78 m) to‘g‘ri to‘rtburchak tarxdi. Keng hovli (130x80 m) atrofidagi bostirma yo‘laklar (galereya) 288 ta yassi gumbaz b-n berkitilgan. Gumbazlarni chortoq shaklida 208 ustun ko‘tarib turadi. Ustunlarning bir qismi ostiga keyinchalik alohida poyustunlar ishlangan. Sharq tomondagi buyuk peshtoq mahobati va muhtasham bezagi b-n alohida ajralib turadi. Shu peshtoq orqali masjidning katta xonaqoh-maqsurasiga kiriladi. Xonaqohning baland gumbaziga zangori koshinkor bezak b-n pardoz berilgan. Xonaqoxdagi mehrob bezaklari koshinkorlik san’atining yuksak namunasidir. Unda usta Boyozid Puroniy nomi saklangan. Hovliga qaragan peshtoq oldidagi sahnda ko‘p qirrali mo‘‘jaz bir ko‘shk (pavilon) bor (uni qurishda usta Shirin Murodov qatnashgan, 20-a.). Masjid atrofi baland va qalin devor b-n o‘ralgan. Uning bir qismi sirkor gasht b-n, ba’zi yerlari oq, ko‘k va zangori koshin b-n bezatilgan. Maydonga qaragan bosh tarzi markazida peshtoq, qanotlari toqi ravokdarga bo‘lingan. Peshtoqning naqshinkor bezaklari deyarli saklanmagan, ba’zi joylari suvab yuborilgan. M. k. tomlari (gumbazlari) tuzatilib, ustun poyalari betonlashtirildi. Hovli atrofidaga ravoqli devorlar tuzatildi. Tashqi peshtoq to‘la ta’mir etildi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:41:05
MASIH ("muqaddas yog‘ surilgan") - kutqaruvchi, xaloskor. Qur’on va musulmon aqidalarida M.  -   Iso (as)ni anglatuvchi atama, uning ismidan avval qo‘yiladi yoxud alohida qo‘llaniladi. Qur’onning Madina davridagi    Iso (as)ni xristianlar ilohiylashtirishlarini inkor etadigan suralarida uchraydi. (3:45/40; 4:157/ 156,171/169,172/170; 5:17/19,72/76,75/79; 9:30-
31). M. istilohi Iso (as) haqidaga hshsoyalarda, Muhammad (sav)ning tushlarida, Iso (as) bu yerga qaytib tushishida, uni qiyomat kunidagi ishtirokida    qo‘llaniladi.    Dajjolni shuningdek, al-Masih al-Kazzob   va al-Masih ad-Dajjol deb ham atashadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:41:16
MATN (arab. - bel, tekst (o‘zbek. matn)) -hadis istilohida sanadning nihoyasi, ya’ni ma’nolardan tashkil topgan hadisning lafzlari.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:41:28
MAXDUM (arab. - xizmatga yollovchi odam, janob) - pir va ustozlarga beriladigan laqab. Odatda, pir va ustozlarga o‘z muridlari va shogirdlari xizmat qilishgan. M. atamasi ba’zi joylarda pir, ustoz va ulamolarning o‘g‘illariga nisbatan ham ishlatilgan. Na^shbandiylik tariqati shayxlaridan Sayyid Ahmad Xojagi ibn Sayyid Jaloliddin Kosoniy Dahbediy "Maxdumi A’zam", ya’ni "Ulug‘ Maxdum" laqabi b-n mashhur bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:42:13
MAXDUMI A’ZAM (Buyuk hazrat; asl ismi Sayyid Ahmad Xojagi ibn Sayyid Jaloliddin Kosoniy Dahbediy, 1463/64-1542) -   movarounnahrlik alloma, yirik diniy arbob, naqshbandiylik piri. Farg‘ona vodiysining Koson sh.da tugilgan, ilk ta’limni shu yerda olgan. Madrasani bitirgach, Shayx Mir Sayyid Aliga shogard tushadi, so‘ng Shoshga kelib, Xoja Ahrorning shogirdi Muhammad Qozi (1516 y. v. e.) M.A.ni shogard qilib oladi va tez orada o‘ziga xalifa etib tayinlaydi. Manbalarga qaraganda, u   ustozi b-n Hirotga safar  qiladi,   Abduraxmon  Jomiy  b-n uchrashadi. 1503 y. Buxoroga ko‘chib keladi. Biroz vaqt o‘tgach, Axsikatga borib naqshbandiylik tariqatini targ‘ib eta bopshaydi. Muhammad Qozi vafotidan so‘ng tariqat shayxlari M. A.ni o‘z peshvolari sifatida e’tirof etishdi va uning shuhrati Movarounnahr hamda uning atrofidagi mamlakatlarga yoyildi. Buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Bobur uni chukur hurmat qilgan va M. A.ga ruboiylar bagashlagan. M. A. ham shoir haqidagi "Boburiya" risolasini yozib, Hindistonga jo‘natgan. Shayboniy sultonlari va hokimlari M. A.ni o‘zlarining piri deb bilganlar. M. A. tasavvuf nazariyasi va amaliyoti, xususan, naqshbandiylik ta’limotini rivojlantirish sohasida barakali faoliyat ko‘rsatdi. Uning "Asror un-nikoh" ("Nikoh sirlari"), "Ganjnoma", ("Boylik haqida risola"), "Risolatun sam’iyyatun" ("Samo’ risolasi"), "Bayoni zikr" ("Zikr bayoni"), "Risola-i silsila-i Xojagon" ("Xojagon silsilasiga oid risola"), "Me’roju-l-oshiqiyn" ("Oshiklar me’roji"), "Murshidu-s-solikiyn" ("Soliklar murshidi"), "Risola-i Naqshbandiyya", "Risolatun vujudiyyatun" ("Vujudlar haqida risola") kabi 30 dan ortiq risolasi bor. U o‘z asarlarida ulamolar, sufiy shayxlar va davlat arboblari orasidagi munosabatlarga to‘xtalgan. Tariqat odobu qoidalarida murid va shayx munosabatlari o‘zaro hurmat-izzat asosida qurilmog‘i lozimligani uqtiradi. M. A. fikricha, tariqat a’zolari xalqqa yaqin bo‘lib, uning dardlari va ehtiyojlariga qayg‘udosh bo‘lsa, bu ham tariqatga, ham xalqqa foydalidir. M. A. asarlari Uzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti xazinasida saqlanmokda.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:43:05
MAXDUMI A’ZAM MAJMUASI -Samarqand viloyati Dahbed q.dagi me’moriy yodgorlik (16-19-a.lar). Majmua mashhur shayx, sufiylar namoyondasi Maxdumi A’zam nomi b-n bog‘lik, Asli farg‘onalik bo‘lgan ul zot Samarqand hokimi Jonibek Sulton tomonidan Samarqandga taklif etilgan. O’g‘li Iskandar Sulton uni o‘zining piri deb e’zozlagan. Maxdumi A’zam 78 yoshida shu Dahbed q.da vafot etgan. 1610 y.da Yalangto‘sh Bahodir boshchiligida xonaqoh va dahma qurilgan. 17-a.da esa katta masjid qad ko‘targan. Keyinchalik Mahdumi A’zam avlodlari ham shu yerga dafn qilingan. Nodir devonbegi tomonidan atrofi devor (bal. 1,4 m) b-n o‘ralib, ta’mir ishlari olib borilgan. Majmua shim.da hazira, jan.da keng ayvonli katta masjid, yonida kichik masjid, sharqida darvozaxona, chillaxona va hujralardan tashkil topgan. Katta masjid-xonaqoh 6 ustunli, 12 gumbazli, ayvoni 2 qatorli 14 ustundan iborat. Kichik masjidga uzun yo‘lak orqali o‘tilgan. Masjid 2 ustunli, vassa shiftli, ayvoni 4 ustunli, poyustunlari toshdan ishlangan. Haziradagi Maxdumi A’zam saganasi (bap. 1,7 m) kulrang marmar b-n qoplangan. Pastki qismidaga 9 ta marmar toshtaxtalar Maxdumi A’zam avlodlari, Yalangto‘sh Bahodir va uning qizi Iqlimaga tegishli bo‘lib, keyingi yillardagi ta’mir vaqtida hammasi bir joyga to‘plangan. M.A.m. yaqinida minora va keng hovuz joylashgan. 1998 y.da majmua kayta tiklanib, atrofi obodonlashtirildi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:43:31
MASHRAB Boborahim (1640-1711) - o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandasi, shoir, bastakor, sozanda va hofiz. Xalq ichida "Devona Mashrab", "Eshon Mashrab", "Shoh Mashrab", "Mardi xudo", "Avliyoi Haq", "Sohib karomat" kabi nomlar b-n mashhur bo‘lgan. Ijodiy merosi "Devonai Mashrab" qissasi, turli tazkira, bayoz va majmualar orqali yetib kelgan. M. Namanganda bo‘zchi Valibobo oilasida tug‘ilgan. 7 yoshida mullaga o‘qishga berilgan. 1665 y.da Mulla Bozor Oxundga shogird tushgan. So‘ngra Yorkentda, qashqarlik Ofoqxo‘ja eshon xizmatvda ilohiyot b-n shugullanib, 7-8 yil mobaynida tariqat sulukini o‘tadi. Ibrohim Adham va Mansur Hallojni g‘oyibdan piri komil deb bildi. Ijodda Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Imomiddin Nasimiy yo‘lidan bordi. Lutfiy, Navoiy g‘azallariga naziralar yozdi, muxammaslar bog‘ladi. M. she’riyatiga xos asosiy xususiyatlardan biri Allohga bo‘lgan ishqdir. Uning so‘fiyona she’rlarida ilohiy ishq dardi inson iztirob va alamlari, orzu-umidlari b-n hamohangdir. M. ta’kidlashicha, odam zotining asosiy nuqsoni "nafsu hirs balosi"ga mubtalo bo‘lganligidir, bu nuqson uni ilohiy fazilatlardan mahrum etadi, axloqan tubanlashtiradi, o‘tkinchi mayl-istaklarni uyg‘otadi, insoniy xislatlardan, haqiqat, ma’naviyat va ma’rifatdan yiroklashtiradi. "Nafs ajdahosi" komidan xalos bo‘lganlar uchun esa, faqat Alloh - Hakdir, haqiqatdir. Shu bois inson faqat Allohni sevishi, unga oshiq bo‘lishi, komil inson bo‘lishga astoydil intilishi, bu mashaqqatli yo‘lda barcha uqubatlarga chidashi lozim. Barcha yaxshilik, ezgulik - Alloxdandir, binobarin Uni sevgan kishi o‘z yaqinlarini, ota-onasini, el-yurtini, jamiki yaxshi odamlarni ham sevadi. M. umrining so‘ngga 20 yili darbadarlikda o‘tgan, o‘z vatanida haqgo‘y, isyonkor shoir, qalandar sifatida mashhur bo‘lgan. M. turli ma’rakalarda, xalq orasida mutaassib ruhoniylarni, zulmkor hokim-amaldorlarni achchiq kinoya va nafrat b-n tanqid qilgan. Ulamolar fatvosi va Balx hokimi Mahmud Qatag‘on hukmi b-n M. dahriylikda ayblanib, Kunduz sh.da dorga osiladi. M.ning shaxsiyati va ijodiyoti o‘zbek adabiyoti rivojiga barakali ta’sir ko‘rsatdi, g‘azallari el xotirasida muhrlanib qoldi. Mustaqillik davrida M. tavalludining 350 yilligi nishonlandi (1992). Namangan sh.da Mashrab bog‘i va haykali barpo etildi. M.ning tasavvufiy ruxdagi o‘nlab she’rlari, "Mabdai nur" asari mo‘‘tabar manbalar asosida birinchi bor nashr etildi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:43:45
MASHHAD (arab. - shahid bo‘lgan joy) -Erondagi shahar. Muhim tarixiy-madaniy va diniy markaz. Shialar rivoyatiga ko‘ra, ularning 8-imomi Ali ar-Rizo shu joyda xalifa buyrug‘i b-n o‘ldirilgan, keyinchalik maqbara qurilgan. M. imom Ali ar-Rizo maqbarasi tufayli shialarning uch muqadtsas shaharlaridan biri (Najaf va Karbalo b-n birga) va ziyoratgohi hisoblanadi. M.da abbosiylardan Horun ar-Rashidning qabri bor. Aholisi, asosan, to‘qimachilik b-n shug‘ullanadi. Sanoati rivojlangan boy shahar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:44:09
MASHHAD - shahid ko‘milgan yer, aziz insonlar - Muhammad (sav)ning qarindosh-urug‘lari va sahobalari, shia imomlari, yirik diniy arboblar, avliyolar mozorini anglatuvchi keng tarqalgan nom. Boshqa nomlari - kubba, maqom, mozor, imomzoda. Odatda M. - ziyorat qilinadigan joy, bir avliyo uchun ba’zan bir necha joydagi qabr ko‘rsatiladi. M. istilohi muqaddas qabrlar joylashgan shaharlar nomlarida ham qo‘llaniladi, mas., Mashhad Ali (Najaf), Mashhad al-Husayn (Karbalo), yoxud shahar nomiga aylanadi - Erondagi Mashhad (Mashhad ar-Rizo).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:44:22
MA’ZUN ("ruxsat olgan") - xo‘jayinidan savdo-hunarmandchilik faoliyati, jumladan uning ishlarini boshqarishga ruxsat olgan qul. Ruxsat etilgan doirada u oldi-sotdi, qarz olish va berish, garovga olish va berish, ruxsat etilgan faoliyatini yurgizish uchun zarur bo‘lgan erkin yurish huquqini olgan. Boshqa hollarda uning huquqiy ahvoli o‘zgarmagan. Ruxsat etilgan faoliyati davomida u qarzdor bo‘lib qolsa, agarda xo‘jayini uning uchun qarzni to‘lashni istamasa u holda kul sotilishi mumkin. Xo‘jayin ruxsatnomani bekor qilish huquqiga ega, lekin u masjid yoki bozorda bu haqda xalqqa e’lon qilishi lozim. M. orttirgan mulk ba’zi huquqshunoslarning srikricha, unga tegishli hisoblangan, boshqalarning fikriga ko‘ra esa, xo‘jayinning mulki sanalgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:44:45
MA’ARRIY Abu-l-Alo Ahmad (973-1057) -arab shoiri va mutafakkiri. Maarrat an-Nu’mon sh.da (Suriya) qozi oilasida tug‘ilgan. Bolaligida chechak kasaliga yo‘liqib, ko‘zi xiralashadi, so‘ng butunlay ko‘rmay qoladi. Qur’oni karimni yod olib, hofiz bo‘lib yetishadi. Ilmini oshirish maqsadida uzoq safarlarga chiqadi. Zamonasining mashhur adib va olimlaridan hadis va tafsir ilmini, she’r san’ati va falsafani o‘rganadi. Umrining oxirigacha zohidlikda, uzlatda yolg‘iz yashasa-da, ilm axdi orasida obro‘-e’tibori juda baland edi. Uni ko‘rish, undan saboq olish uchun Sharq mamlakatlaridan o‘nlab ilmsevar kishilar uyiga kelib turishardi. M.ning ikki she’riy devoni, "Chaqmoqtosh uchqunlari", "Farishtalar haqida risola", "Tavba haqida risola" asarlari, Buxturiy, Mutanabbiy va b. shoirlar ijodiga sharxlari bizgacha yetib kelgan. M.ni mashhur qilgan "Ixtiyoriy majburiylik" ("Al-Luzumiyyat") nomli ilk lirik-falsafiy devoni 5000 ga yaqin baytdan tuzilgan yaxlit asar bo‘lib, unda har bir she’r o‘zidan keyin keluvchi she’r b-n mavzu va fikr jihatdan hamohangdir. M. o‘z ijodining bosh mavzuini: "Men she’rlarimda faqat Oliy zotni (ya’ni Allohni) ulug‘layman, zero u boshqalarga rahmat ulashib, o‘zi hech bir maqtov-madhiyaga muhtoj emasdur", deb ta’riflagan edi.
M. fikricha, har bir inson ma’naviy jihatdan o‘zini o‘zi takomillashtirib borishi lozim. "Tavba haqida risola"da shoir o‘z davridagi tamagir mansabdorlar, nodon kishilar, shuhratparast adib-shoirlarni o‘tkir hajv qiladi. Asar qahramoni jannatlar va do‘zaxlar ichra sayr etib, u joylarda o‘zining yaxshi va yomon zamondoshlarini uchratadi, ularni bir-bir tavsiflaydi. Dante (14-a.) "Ilohiy komediya"ni yozishda mazkur risoladan foydalangan bo‘lishi mumkin. M. merosi islomiy madaniyat, ijtimoiy-falsafiy va diniy tafakkur cho‘qqilaridan biri bo‘lib, o‘zidan keyingi arab, fors, turk tasavvuf shoirlari ijodiga barakali ta’sir etgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:45:13
al-MA’OD ("qaytish") - kelajakdagi hayot, oxir zamondan keyingi hayot (ba’zi jihatdan oxiratning sinonimi). Al-M. tushunchasi oxir zamon (as-sa’a), o‘liklarning tirilishi (al-qiyama), Allohning odamlarni sud qilishi (yaum ad-din, as-sual), odamlarni jahannam va jannatga tushishlaridan tarkib topgan. Al-M. haqidagi tasavvur - islomning eng asosiy aqidalaridan biri.
Musulmonlar o‘rtasida keng tarqalgan tasavvurga ko‘ra, oxir zamon bo‘lishidan avval ad-Dajjol paydo bo‘ladi, yovuzlik kuchlari Yerda g‘alaba qiladi, sharq tomondan ya’juj va ma’juj paydo bo‘ladi, Yer qa’ridan so‘zlovchi qandaydir bir hayvon chiqadi, Yer uzra tutunlar buralab ko‘kka bo‘y cho‘zadi, Quyosh g‘arbdan chiqadi. So‘ngra Iso (as) va al-Mahdiy Dajjolni yengishadi, Yer yuzida adolat o‘rnatiladi, so‘ngra esa, as-sa’a (soat) muddati kelib, unda yaum al-qiyama (o‘liklarni tirilishi kuni), yaum ad-din (sud kuni), yaum al-hisob (hisob kuni) va b. sodir bo‘ladi. Isrofil (as) sur chaladi, yulduzlar yerga qulaydi, dengizlar to‘lib-toshadi, tog‘lar joyidan qo‘zg‘aladi va barcha insonlar halok bo‘ladi. Surning ikkinchi sadosi b-n qachonlardir Yerda yashagan barcha insonlar qayta tirilib bir yerga to‘planishadi (al-mahshar). So‘ngra ular Alloh oldvda qattiq terga botib (al-araq) uzoq vaqt turadilar (al-mauqif). Alloh odamlarni qilgan a’moli bo‘yicha so‘roqqa tuta boshlaydi (as-sual), farishtalar odamlarni barcha yaxshi va yomon a’mollari yozilgan kitoblarni keltiradilar. So‘ngra qilingan gunoh va yaxshi a’mol tarozuga tortib ko‘riladi (al-mavazin).
Katta hovuz (al-haud) yonida odamlarni Muhammad (sav) kutib olib, ayrim, arzimas gunohlar qilgan ba’zi taqvodorlar uchun Allohdan shafqat qilishini so‘raydilar. Shuning uchun ba’zi gunohkorlar uchun jahannam abadiy bo‘lmasligi mumkin, ayrim insonlarni esa, jannatga tushishdan avval uning darvozasi oldida kutishiga to‘g‘ri keladi. Barcha insonlarning jahannam ustidan tortilgan soch tolasidek ingichka ko‘prikdan (as-sirot) o‘tishlari lozim bo‘ladi: gunohga botganlar undan pastga qulaydilar, taqvodorlar esa, hech qanday to‘siqsiz jannat bog‘larigacha o‘tib oladilar.
"Aqoidun Nasafiy" nomli sunniy aqidalarning to‘plamida (12-a.) musulmon esxatologik (oxirat zamonga oid) ta’limotining asosiy va e’tirof etilgan belgalari deb quyidagilar atalgan: al-ba’s (tirilish), vazn (gunohkorlarni tarozuda tortish), kitob (a’mol yozilgan kitob), as-sual (so‘roq), al-haud (Muhammad (sav) quduklari), as-sirot (jahannam ustidagi ko‘prik), jahannam, jannat. Oxir zamon alomatlari: Dajjolning paydo bo‘lishi, Yerdan hayvon (maxluq)ning chiqishi, ya’juj va ma’jujning paydo bo‘lishi, Iso (as)ning qaytib kelishi, Quyoshning g‘arbdan chiqishi. Umuman olganda al-M. kontseptsiyasi islomni boshqa monoteistik dinlar b-n birlashtiradi. O’rta asrlarda uning yanada kengroq tafsilotlar b-n boyib borgani arablar, shuningdek, islomni qabul qilgan boshqa xalqlarning qad. e’tiqodlaridan olingan tafsilotlarni qo‘shilgani b-n izoxdanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:45:37
MA’RIFAT (arab. - bilish, anglash, idrok etish) - tasavvuf tushunchasi; tasavvufdagi maqomlardan biri; solik ma’naviyatining kundan-kunga ortib borishi, koinot va tabiat ilmu hikmatidan, shuningdek, insoniy va ilohiy sir-asrorlardan voqif bo‘lib borishi. Hadisi sharifda: "Kimki o‘zini yaxshi tanisa, Parvardigorini ham, albatta, tanib oladi", deyilgan. Ya’ni, inson o‘zining tuzilishi, murakkab tarkibi, jismoniy va ruhoniy vujudini qanchalik chukur tafakkur b-n o‘rganib, bilib borsa, Allohning ulug‘ hikmati va beqiyos qudratining buyuk ekanini shunchalik idrok etadi. Inson o‘zidagi kamchilik va xatolarni qancha ko‘p sezib iqror etsa, Allohning benuqson komil zot ekanini shuncha payqab oladi. Har bir inson o‘z M. ini bilimiga karab yuqori darajalarga ko‘tarishi mumkin.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:45:53
MA’UNA - rost imonlari, go‘zal e’tiqodlari sababidan kulfat va mashaqqatlardan xalos bo‘lishlari uchun avom musulmonlar tomonidan sodir bo‘ladigan g‘ayrioddiy ish.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:46:08
MAQBARA (arab. marqad, turbat) - biror mayitning jasadi joylashgan me’moriy inshoot yoki tosh tobut (dahma, sag‘ana). Mlar hashamatli murakkab imoratlar taklidida taraqqiy topdi. Bunday hashamatli M.lar yaratilishi qad. Misr exromlarida Fir’avnni ilohiylashtirish b-n buyuk va o‘lmas degan g‘oya olib borilgan.
O’rta Osiyoda dastlab kabr ustiga biror tosh qo‘yish, imorat kurish man etilgan bo‘lsa-da 9-a.dan xalifalar sharafiga M.lar qurila boshlangan. Movarounnahrda ham 9-a.dan maxsus M.lar qurish odat tusiga kirgan. Keyinchalik, asosan, mashhur kishilar (podshohlar, ruhoniylar, olimlar) qabri ustiga turli M.lar qurilgan. Oddiy M. gumbazli chorsi xonadan iborat bo‘lgan, unga peshtokdi eshik orqali kirilgan. Ba’zan xonaning 4 tomoni ravokdi-chordara shaklida bo‘ladi, keyinchalik M. kurilishi tobora murakkablasha borib, unda ziyoratxona, go‘rxona, tagxona-sardoba kabi maxsus xonalar paydo bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:46:20
MAQOM (arab. - joy, o‘rin, manzil) -islomda sufiylikka xos tushuncha, har bir sufiy bosib o‘tishi lozim bo‘lgan bosklchlar. Tariqatlarda M.larning soni har xil keltiriladi, lekin ko‘p hollarda 4 M. tilga olinadi: shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat (q. Tasavvuf). Lekin, tasavvufning ayrim yirik namoyandalari M.larni ko‘proq deb hisoblagan. Mas., Fariduddin Attor 7 maqom, G’azoliy 9 maqomni ta’riflagan. Har bir M. ham o‘z navbatida bir necha kichik bosqichlarga bo‘linadi (ayrim sufiylarda bu bosqichlar 8 dan 10 gacha ko‘rsatilgan) va ular manzil deb ataladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:46:42
MAQSURA ("To‘silgan") - xalifa, hokim yoki boshqa yuqori mansabdor shaxslarni olomondan to‘sib turish maqsadida shaharning jome’ masjidida mehrob va minbar yonida o‘rnatilgan o‘yma yog‘och panjarali ravon (pavilon) yoki oddiy panjara b-n to‘silgan joy. Uni joriy qilishni Muoviya (661-680) b-n bog‘laydilar, u hayit namozlarida tiqilinch paytida sodir etiladigan suiqasdlardan o‘zini saklamoqchi bo‘lgan; 7-a. oxiri - 8-a. boshida M. eng yirik noibliklar markazlarida paydo bo‘lgan, so‘nfa yirik ma’muriy markazlardagi barcha jome’ masjidlariga tarqalgan. Asta-sekin bu istilohni qo‘llash ham o‘zgargan, M. deb masjiddagi har qanday to‘silgan, ajratib qo‘yilgan joy, mas., ayollar namoz o‘qiydigan panjarali ayvon yoxud xazina sakdanadigan ravon (pavilon) atala boshlangan. Zamonaviy masjidlarda odatda M. yo‘q.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:46:54
MAHDIY (arab. - Alloh tomonidan to‘g‘ri yo‘lga yetaklanuvchi) - islomda zamona oxir bo‘lganda yerga qaytib kelib adolat o‘rnatadi, deb tasavvur etiladigan payg‘ambar. Shialikda M.ga e’tiqod qilish katta o‘rin egallagan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:47:08
MAHDIYLIK - zamona oxir bo‘lishi va Imom Maxdiyning kelishi hakddagi diniy ta’limot. Zamona oxir bo‘lganda "yashiringan imom" yerga qaytib kelib, adolatli tuzum o‘rnatadi, degan e’tiqod dastlab shialar o‘rtasida kelib chiqqan. Keyinchalik bu ta’limot sunniylarga ham o‘tgan. Islom mamlakatlarida M. g‘oyalaridan ayrim davlatga qarshi harakatlarning rahnamolari ham foydalangan. Mas., Eronda bobiylar qo‘zgolonining boshlig‘i Ali Muhammad (q. Bob) va 1881 y.da Sudanda dehqonlar va ko‘chmanchilarning isyoniga rahbarlik qilgan Muhammad ibn Axmad (1848-85) va b. o‘zlarini al-Maadiy deb e’lon qilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:48:07
MAHMAL (mihmal, mahmil) - keng ma’noda tuyaning ustiga o‘rnatilgan taxtiravon; unda boy sayyoxdar, odatda ayollar olib yurilgan. M. ash-sharif, yoki oddiy M. — hashamatli bezatilgan bo‘sh taxtiravon, muqaddas shaharlar Makka va Madina (al-Xaramayn) ustidan siyosiy  homiylik ramzi.   1266 y.dan va tanaffuslar b-n  1952 y.gacha bir qator musulmon davlatlari (Misr, Iroq, Suriya, Yaman) Makkaga hajga yuborilayotgan asosiy hojilar karvoni qatorida M.ni ham qo‘shib jo‘natganlar.
Bu an’ananing paydo bo‘lishi mamluk sultoni Beybars (1260-1277)ning Bag‘dodni mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinganidan so‘ng (1258) xalifaning ayrim imtiyozlariga merosxo‘r bo‘lishi, Misr va Yaman b-n raqobatda (1258-1282) kisva jo‘natish hukuqini qo‘lga kiritishga intilishi b-n bog‘liq. Bu amaliyotga rioya etish, u yoki bu mamlakat tomonidan Makkaga M. jo‘natishdan bosh tortish davlatning kudrati yoki siyosiy obro‘sining oshgani yoki zaiflashganini, musulmon hukmdorlariningo‘zaro raqobatini aks etgirgan. An’ana bir necha bor vahhobiylarning qarshiligi tufayli to‘xtab qolgan.
Musulmon xalqlari orasida M. - haj marosimlarini bajarishni ifodalovchi eng muqaddas ramzdir. M. alohida tuya yoki maxsus vagonda tashilib karvonning markazi bo‘lib xizmat qilgan. M.ni Makkaga jo‘natish, u yerda uni shaharning ko‘zga ko‘rinarli yeriga, so‘ngra uni Arafot tog‘i etagiga o‘rnatish, M.ni xojilar karvoni b-n qaytib kelishi xalq bayramiga aylanib ketgan. M. - baraka keltiruvchi deb hisoblangan. M. jo‘natish amaliyoti bekor qilingandan keyin u b-n bog‘liq udumlar xotiradan o‘chib bormokda.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:48:33
MAHR (turkcha mehr; sinonimi sadoq) - teng huquqli nikoh (zavoj) tuzilgan paytda xotiniga ajratib beradigan mulk. M. to‘lash - shunday nikohning asosiy sharti bo‘lib, nikoh munosabatlari uchun xotinga to‘lanadigan haq sifatida qaraladi. M. faqat xotinga tegashli bo‘lib, xotinning eri vafot etsa yoxud eri taloq etib beva qolgudek bo‘lsa, uni moddiy ta’min etgan. Ozmi-ko‘pmi qiymatga ega va mulk hukuqi joriy etilgan barcha narsa M. bo‘lishi mumkin. Eng kam M.mikdori 10 dirham (30 g kumush), eng ko‘pi cheklanmagan. M. quda tomonlarning o‘zaro kelishuvi b-n belgilanadi. M. mikdori va uni to‘lash shartlari alohida nikoh bitimi (sig‘a)da aytiladi. M. nikoh shartnomasi tuzilgan zahoti berilishi (mahr mu’ajjad) yoki bo‘lib-bo‘lib, yoxud ajralish paytida (mahr mu’ajjal) berilishi mumkin. M.ning katta qismini kuyov albatta to‘y kuni qimmatbaho buyumlar, bezaklar, kiyimlar va b. (sadoq) ko‘rinishida olib kelishi shart bo‘lgan, bu ham nikoh shartnomasida alohida qayd etib o‘tilishi lozim. M. kelinning vasiysi yoki ishonchli odamiga (vakil ota), odatda otasi yoki qarindoshlarining kattasiga berilishi mumkin, zero bordi-yu ajralish sodir bo‘lsa kelin o‘sha xonadonga qaytib borishi mumkin bo‘lsin. Biroq M. bevosita kelinni o‘ziga ham berilishi mumkin, u holda M. kelinning shaxsiy mulki hisoblanib, kelin uni to‘la huqukdi egasi bo‘lgan. M.ni o‘z vaqtida to‘lamaslik xotinga to u to‘liq to‘lanmaguncha shartli ajralish (fash) huquqini bergan. Bordi-yu, er vafot etib qolsa, to‘lanmagan M. uning mulkidan tegashli M. ajratilib xotinga beriladi. Xotin bundan tashqari erining merosidan ham ulush olish hukuqiga ega. Bordi-yu, ayolning ixtiyori b-n nikoh bekor qilinsa (xul) va ikki tomon bir-birini qarg‘ab, la’natlab ajralishsa (li’an) va M. to‘lanmagan bo‘lsa, xotin kishi M.dan mahrum etiladi. U yoki bu shaklda M. to‘lash odati hozirgacha islom mamlakatlarida saqlanib qolgan. Ba’zi mamlakatlarda M. mikdorini biroz cheklash yo‘lida hukumat tomonidan qonuniy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. M. faqat islomga xos, shuning uchun uni qalin b-n aynan deb bilish xatodir. Qalin, garchi tashqi tomondan M.ga o‘xshasa-da, u islomni qabul qilgan ko‘p xalqlarning qadimdan qolgan urf-odati hisoblanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:48:49
MAHRAM (arab. - qarindosh) - shariatga xos tushuncha; ayol kishi yuzi ochiq holda ko‘rishishi mumkin bo‘lgan erkak yaqin qarindoshlar. Shariatga ko‘ra, ayolning otasi, o‘g‘illari, aka-uka, amaki, buva, tog‘a, qaynatasi M., undan yiroq turgan erkak qarindoshlar va yot erkaklar nomahram hisoblanadi. Ayol kishining M. doirasiga kirgan erkaklar b-n nikoh qilinishi taqiqlangan. Ayolga uylanishi mumkin bo‘lgan erkaklar nomahram hisoblanadi.
Ayol har bir oilaning or nomusi, himoyaga muhtoj inson. Shu boisdan payg‘ambarimiz (as) ayollar safarga M.siz chiqmasinlar, deganlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:49:03
MAHSHAR (arab. - to‘planish, yig‘ilish joyi) - sunniylikdagi oxirat va shialikdagi ma’od aqidasi b-n bog‘liq tasavvur. Islom an’anasida dunyo tugagach (q. Oxirat), insonlar tirilib, o‘rnidan turib (q. Qiyomat) to‘planadigan va so‘roq qilinadigan kun, deb tasavvur etiladi. Shundan M. kuni oxirat kuni yoki qiyomat kuni mazmunida tushuniladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:49:25
MEROS (sinonimlari irs, virasa, virs, tarika, turas) - mol-mulk, huquq va majburiyatlar egasi vafot etishi b-n ularning boshqa shaxs ixtiyoriga o‘tishi. M.ning barcha majmuasi, jumladan meros bo‘yicha o‘tadigan narsalarni belgilash, merosxo‘rlarni ko‘rsatish, uni olish va taqsimlash tartibi asosan johiliyat davridagi Arabiston o‘troq aholisining huquqiy me’yorlaridan olingan va Qur’onda tasdiqlangan. M. ilm al-faroidning alohida huquqiy sohasi hisoblanadi. M. tushunchasiga o‘lganning mulkini olishdan tashqari uning qarzlarini to‘lash, uvdan qolgan majburiyatlarni bajarish, vasiyatini ijro etish, o‘lgan kishi oilasini o‘z qaramog‘iga yoki vasiyligiga olish va b. kiradi. Merosxo‘rlar o‘rtasida qolgan mulkning kamida uchdan ikki qismi taqsimlanadi, vasiyat bo‘yicha esa, ko‘pi b-n uchdan biridan mahrum etish mumkin. Marhumning M. olish huquqiga ega bo‘lgan qarindoshlari uch toifaga bo‘linadi: a) 1-darajadagi eng yaqin qarindoshlar: ota-onasi, xotinlari, farzandlari; b) 2-darajadagi qarindoshlar: bobolar va buvilar, aka-uka va opa-singillar, nabiralar; v) 3-darajadagi qarindoshlar: amaki, tog‘a va amma-xolalar, ammavachcha, amakivachcha, xolavachchalar. Bunda qondosh va o‘gay qarindoshlar o‘zaro teng huqukqa ega, boqib olingan bolalar qondoshlar b-n teng deb belgilanadi. 2-darajadagi qarindoshlar 1-darajadagi qarindoshlar yo‘q bo‘lsa, M.ga ega bo‘lishlari mumkin, 3-darajadagi qarindoshlar agarda 1- va 2-darajadaga qarindoshlar yo‘q bo‘lsa, M.ga ega chiqishlari mumkin.
M. taqsimlanish paytida, bu jarayon boshlanishidan avval vafot etgan shaxsning mulkidan u ijaraga olgan, shartnomaga ko‘ra uning ixtiyorida bo‘lgan barcha narsalar ajratib qo‘yiladi, qarzlar to‘lanadi, xotinlarga mahr ajratiladi, xo‘jayini vafot etgach, ozod qilinishga va’da berilgan qullar ozod etiladi. So‘ngra barcha qolgan mol-mulk baholanadi va undan vasiyat bo‘yicha mahrum etilgan qism ajratiladi; faqat shundan so‘nggina u merosxo‘rlar o‘rtasida ularning ulushiga qarab taqsimlanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:49:40
ME’ROJ - q. Isro va me’roj.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:49:57
MEHROB (arab. - sajdagoh) - 1) masjidning Makka (Ka’ba) tomonidagi devori ichiga taxmon shaklida qurilgan joy. M. islom dinining dastlabki davrlaridan har bir masjidda mavjud. U namoz o‘qiladigan tomon (qibla)ni belgilash uchun xizmat qiladi. 2) Arablarda majlislarning to‘ri. 3) Uyning to‘ri.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:50:27
MIKOIL, Mekoil - islomda to‘rt bosh farishtadan biri (Azroil, Jabroil, Isrofil b-n birga). Diniy an’anada koinotni moddiy ta’minlovchi farishta hisoblanadi. U Qur’onda Jabroil b-n bir qatorda tilga olinadi (2-sura 92-oyat). Rivoyatlarda aytilishicha, M. Jabroil b-n birga Odamatoga birinchi bo‘lib sajda qilgan, Muhammad (sav)ning ko‘ksilarini yorib, yuraklarini poklagan. Musulmonlarga Badr jangda boshqa farishtalar b-n birga yordam qilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:50:49
MILLA - din, diniy jamoa. Kur’onda M. istilohi b-n majusiylik (18:20/19; 14:13/16), yahudiylik va xristianlik (2:120/114), Ibrohim (as)ning haqiqiy dini, uni yahudiylar, xristianlar va majusiy-arabiylar tomonidan buzilgani (6:161/162; 2:128/122; 130/124; 3:95/89; 4:125/124 va b.), Muhammad (sav) tomonidan tiklangani va u zotning izdoshlarini birlashtirgani anglatilgan. M. Rasululloh (sav) tomonidan diniy belgilariga ko‘ra birlashgan kishilar uyushmasini anglatgan (q. Umma), Kur’ondagi istilohlar qatorida turadi. M. istilohining ikki xil ma’noda (din -uyushma) ekani Muhammad (sav) zamondoshlari bo‘lgan shoirlar ijodida, o‘rta asr musulmon adabiyotida (mas., Tabariy, Ibn Xaddun), o‘rta asr hukmdorlari unvonlarida (mas., ilk G’aznaviylarda) ko‘zga tashlanadi. Istiloh "yo‘nalish", "tariqat" ma’nosida ham ishlatilgan [mas., al-Hallojda]. Usmoniylar saltanatida 15-a. 2-yarmidan M. istilohi b-n (millat shaklida) davlat tomonidan rasman e’tirof etilgan va cheklangan muxtoriyat huquqini olgan diniy jamoalar (grek-pravoslav, arman-figorian va yahudiylar jamoasi) anglatilgan. Yangi davrda M. istilohi eski, Qur’ondagi ma’nosi b-n birga "xalq", "millat" kabi ma’noga ega bo‘ldi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:51:01
MINBAR - masjidda imom va’z aytadigan baland joy, keng zinapoyali supa. Birinchi M. baland o‘rindiqli bo‘lib, unga 2 zina b-n chiqilgan, Muhammad (sav) 628-629 ylarda va’z o‘qiganlarida unda o‘tirganlar. Shu yagona M.dan birinchi uch xalifa foydalangan, faqat Ali davrida Kufada ikkinchi M. paydo bo‘lgan, keyinchalik Muoviya davrida Damashkda yana bir M. vujudga kelgan. Umaviylar davlat boshqaruvining oxirigacha M. taxt singari hokimiyat ramzi sifatidagi ahamiyatini saklab qoldi. Va’zxonga kafedra bo‘lib xizmat qilgan birinchi M. 748 y.da, Marvda Abu Muslim g‘alaba qilgandan keyin paydo bo‘ldi; shu vaqtdan boshlab siyosiy hokimiyat ramzi bo‘lmay qoldi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:51:25
MINORA (arab. - mayoq) - asosan, masjid va madrasalar yonida yoki ularga tutash qurilgan baland inshoot. Muazzin M.ga chiqib, azon aytadi - namozxonlarni ibodatga chaqiradi. Ba’zi M.lar shaharga, ma’lum bir me’moriy majmuaga ko‘rk va salobat beruvchi yodgorlik sifatida ham quriladi. Mas., Samarqand, Xiva (Islomxo‘ja madrasasining minorasi, Kalta minor) va Buxorodagi (Minorai Kalon) M.lar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:51:45
MINORAI KALON (Katta minora) A r s-lonxon minorasi - Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Muhandis va me’mor Baqo loyihasi asosida Arslonxon qurdirgan (1127). M.k. o‘rnida avval ham minora bo‘lgan, u kulab tushgach, hoz.si mustahkam qilib qayta qurilgan. Poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan. Yer sathidan 9 m chukur, bal. 50,0 m, kursisi qirrador, tanasi g‘o‘lasimon, tepasi gumbazli davra kafasa-ko‘shk b-n bog‘langan. Minora yuqoriga ingachkalashib boradi va muqarnas b-n tugaydi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 104 pilpoya aylanma zina orqali chiqiladi. Masjidi Kalon tomonidan minoraga o‘tiladigan ko‘prikcha bo‘lgan. M.k.ning o‘zagi ham, bezagi ham chorsi g‘isht (27x27x4-5 sm) ganchxok loyida terilgan. Bezak g‘ishti o‘rniga qarab turli shaklda, sirti silliq pardozlangan. Ustma-ust joylashgan turli xil xandasiy shakldagi bejirim bezakli halqalari g‘ishtin dandanalar b-n hoshiyalangan. Bezaklar orasida tarixiy va diniy mazmundagi kufiy yozuvlar uchraydi. Muqarnas ostidagi moviy rang sirkor halqalarning har biri turli xil handasiy shaklda bezatilgan (keyinchalik to‘kilib ketgan). M.k. shu turdagi qad. inshootlar orasida alohida o‘rin tutadi. Shakllarning o‘zaro monandligi va mutanosibliga, handasiy uyg‘unlik, ajoyib ko‘rk va mahobatlilik M.k.ga chinakam go‘zallik bag‘ishlaydi. Tanasi va muqarnaslari ta’mir etilgan (1924). Yer ostidagi asosi (kursisi) usta Ochil Bobomurodov tomonidan ochib ta’mirlangan (1960). Buxoroning 2500 yilligi munosabati b-n M.k.da ta’mirlash ishlari olib borildi (1997). M.k. Buxoro sh.ning noyob va ko‘hna yodgorliklari qatoridan markaziy o‘rin egallagan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:52:32
"MIR ARAB" MADRASASI - Buxorodagi diniy o‘quv yurti. Malakali diniy mutaxassislar tayyorlaydi. O’zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida. Yamanlik amir Abdulloh tomonidan Buxoro xoni Ubaydullaxon in’om qilgan mablag‘ hisobiga qurilgan (1530-36); madrasa amirning laqabi b-n Mir Arab deb atalgan. Sho‘rolar davrida faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, 1945 y.da yana giklangan. O’quv muddati 4 y. O’quv yurti kunduzgi bo‘limiga 15 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan o‘rta va to‘liqsiz o‘rta ma’lumotli kishilar qabul qilinadi. Diniy fanlarni, arab tilini uqitish O’zbekiston musulmonlari idorasi gomonidan tuzilgan reja asosida, umumta’lim fanlarni o‘qitish esa, respublika Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan maktab va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari uchun ishlab chiqilgan dasturlar, darsliklar, qo‘llanmalar asosida olib boriladi. O’kuv mashg‘ulotlari ma’ruza, seminar tarzida o‘tkaziladi. Darslar o‘zbek va arab tillarida olib boriladi. Talabalarga ingliz, rus va fors tillari ham o‘rgatiladi. O’quv rejasi va dasturlari talablarini to‘liq bajargan, bitiruv imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan talabalarga diplom beriladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:52:47
MIR DOMOD, Mir Muhammad Boqir ibn Shamsiddin Muxammad al-Husayniy al-Astrobodiy (? - 1631/32) - shia ilohiyotchisi za faylasuf, Isfahon falsafa maktabi asoschisi. Astrobodda, mashhur shia oilasida tug‘ilgan. Tusda ta’lim olgan, shoh Abbos I davrida (1587-1629) Isfahonga borib saroyda xizmat qilgan. Ilohiyot va falsafa b-n ko‘p shug‘ullangan. Najafda vafot etgan. MD.ning ma’naviy dunyosi Ibn Sino falsafasi, as-Suxravardiyning ishroq teosofiyasi va shialikdagi imomat kontseptsiyasi ta’sirida shakllangan. Olimlar o‘rtasida M.D. "Uchinchi muallim" ("Birinchi muallim" - Aristotel va "Ikkinchi muallim" - al-Forobiydan so‘ng) unvonini olgan. Ishroq g‘oyasi doirasida Isfahon maktabi vakillari shialikdagi uzlarining ta’limotlarini yaratganlar. M.D. ko‘p asarlar yozgan. Ularning orasida eng mashxurlari - "Kitob ar-ravashix as-:amaviya", "ar-Risala al-xal’iya", "al-Jizavat" bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:53:34
MIR KULOL Buxoriy (taxm. 1288, Buxoro yaqinida (hoz. Kogon tumani)gi Suxor qishlog‘i — 1371) - xojagon-naqshbandiya silsilasining yirik namoyandasi, buxorolik yetti pirning oltinchisi. Xoja Muhammad Boboyi Samosiydan tahsil olgan. Kulolchilik b-n shug‘ullanganligi sababli   Mir Kulol nomi b-n mashhur. "Silsilai Sharif"da 15-halqaning piri sifatida kelgan. Uning 114 xalifasi bo‘lib, Bahouddin Naqshband, Shamsuddin Kulol (Amir Temurning piri), Orif Deggaroniy eng mashhurlari sanalgan. Uning hayoti haqida "Maqomati Mir Kulol" kitobi yaratilgan. Tug‘ilgan qishlog‘ida dafn etilgan Qabri ustida maqbara o‘rnatilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:53:49
MIR SAID BAHROM MAQBARASI -Karmanadaga me’moriy yodgorlik (10-11-a.lar) Bir xonali murabba tarxli (4,5 x 4,5 m), gumbaz tomli. Somoniylar davri me’morligiga xos uslubda pishiq g‘isht (21 x 21 - 3 sm)da bezakli qilib terilgan. Peshtoqi 3 qismdan iborat, hoshiyali. Sharafasi va ikki yon tomoni mayda g‘ishtlardan terilgan. Ravoq hoshiyasida kufiy yozuvida Qur’ondan oyatlar bitilgan Tabadoniga yoy shakldagi o‘yma panjara ishlangan. Ustungo‘shasiga g‘ishtlar juft-juft qilib "qo‘sh" uslubida terilgan. Yon va orqa devorlari bezaksiz. Ichki gumbaz osti bag‘ali sakkiz qirrali ravoq (5 g‘ishtin ustun)ga tayangan. Peshtoqi pishiq g‘isht (26,5 x 26,5  5 sm)dan qayta terilgan. Maqbara bir necha bor ta’mir etilib (1960-70 ylar), dastlabki ko‘rinishini yo‘qotgan. Maqbara me’moriy qismlarining o‘zaro aniq nisbati naqshlarining ixchamligi b-n ajralib turadi
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:54:06
MIHNA - "sinov". 833 y.dan boshlab abbosiy xalifalari Ma’mun, Mu’tasim va Vosiq davrida mavjud hokimiyatga nisbatan xolis yoki noxolis ekanliklarini bilish maqsadida ilohiyotchilar M.ga duchor qilinganlar Kur’onni o‘z vaqtida yaratilganini (hudus al-Qur’on) e’tirof etganlar xolis deb hisoblanganlar, buning aksini aytganlar esa, qatag‘on qurbonlariga aylangan. M. avvalambor Bag‘dodda o‘tkazilgan, uning qurbonlaridan biri Ahmad ibn Hanbal bo‘lgan. Xalifa al-Mutavakkil 849 y. Qur’onning kelib chiqishi haqidagi har qavday munozarani man etishi b-n M.ga chek qo‘yilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:54:25
MOZOR (arab - ziyorat qilish joyi) -o‘tmishdagi mashhur shaxslar, xususan, aziz-avliyolar dafn etilgan joy. Islom dinigg ko‘ra, ulug‘ zotlarning qabrlarini ziyorat kilib. ularning ruhlarini duoi xayrlar b-n xotirlash savobli ishlardan hisoblanadi, Lekin, marhum aziz-avliyolar qabriga sig‘inish, ulardan madad so‘rash, farzand, shifo tilash shar’an man etiladi. M.da hojat so‘ralganda faqat Allohning o‘zidan so‘rash lozim.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:55:00
MOL (ko‘pligi amvol) - xususiy, mulk (o‘troq arablarda - "pul", "boylik", badaviylarda -"tuyalar", "chorva"). O’rta asr mualliflarining tushuntirishlariga ko‘ra, M. to‘rtta kategoriyaga ajraladi: "soqov" (qimmatbaho toshlar va pullar), "so‘zlovchi" (qullar va chorva), tovarlar va ko‘chmas mulk. Tor ma’noda M. - moliya, pul mablag‘lari (moliya va soliqlarga doir ko‘p risolalar ham shunday atalgan - "Kitob al-amvol"), shundan bayt- ul-mol va mol al-muslimin (barcha musulmon jamoasiga tegashli mablag‘lar); ba’zi hollarda M. natural soliqlardan farqli ravishda pul b-n to‘lanadigan soliqlarni anglatgan. U yoki bu shaklda M. musulmon xalqlarining barcha tillariga o‘tgan. I.ch. yoki savdoga qo‘yilgan mablag‘lar ra’s al-mol (asosiy mablag‘lar, sarmoya), daromad esa, -   g‘alla, ribh deb atalgan. Hozirda ra’s al-mal  so‘zi  "sarmoya" istilohining aynan mazmunini beradi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:55:52
MOLIK ibn ANAS Abu Abdulloh (713-795) -   faqih, muhaddis, molikiylik mazhabining asoschisi.  Madinada tug‘ilgan.   Bolalikdan diniy ilm oldi, Kur’oni karimni o‘rgandi. Islom  huquqini puxta egallab,  "Madina imomi" unvoniga sazovor bo‘ldi. M.i.A. biror siyosiy oqimga ergashmasa-da, hokimiyatning saylab qo‘yilishi qoidasini afzal hisoblardi, lavozimlarga ma’muriy tayinlanishlarga qarshi edi. M.i.A. Muhammad (sav) sahobalari aytgan hadislarni muayyan mavzularga ajratib, "al-Muvatta’" ("ommaviy, barchaga tushunarli" ma’nosida) deb atalgan to‘plam tuzdi. Muhaddis buning uchun 40 y. umrini sarfladi. Bu ilk hadis to‘plamlaridan biri bo‘lib, bir necha ming hadisni o‘z ichiga olgan. M.i.A. mudarrislik faoliyati b-n shuullangan. Shogirdlari orasida taniqli muhaddis Muhammad Shayboniy (805 y. v.e.), shofi’iylik mazhabi asoschisi Muhammad ibn Idris Shofi’iy (820 y.v.e.) bo‘lgan. M. i. A.ning ijtimoiy-siyosiy qarashlari asosida hokimiyat xalifa qo‘lida bo‘lishi, xalifa esa qurayshiylardan saylanishi, alohida vakolatli shaxslardan tashkil topgan guruh (sho‘ro) uni tasdiklashi kerak, degan fikr yotadi. Umuman u Muhammad (sav) davridagi an’analarni yoklab chiqqan, ya’ni "ashob al-hadis" ("hadis tarafdorlari") oqimining yirik namoyandasi bo‘lgan. Umrining oxirida zohidlikka berilgan va uzlatda yashagan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:56:23
MOLIKIYLIK - sunniylikdagi diniy-huquqiy mazhablardan biri. Molik ibn Anas asos solgan. M. Madinada paydo bo‘ldi, Arabiston ya. o.ga, keyin Misr, Shim. Afrika va Andalusiyaga tarqaldi. Molik ibn Anasning "al-Muvatta’" ("ommaviy, barchaga tushunarli" ma’nosida) asari M. ta’limotining asosiy manbai hisoblanadi. M. tarafdorlari Muhammad (sav) hayotliklari vaqtida ilk islomda shakllangan fiqh me’yorlarini tan oladi, fiqhning asosiy manbai sifatida Qur’on va sunnaga tayanadi, Madinaning savodli aholisi yakdillik b-n ma’qullagan qoidalarnigana ijmo’ deb hisoblaydi. Shu b-n birga musulmonlarning umumiy manfaatlariga javob beruvchi shariat hukmlariga monelik qilmaydi. Hoz. vaqtda ham bu mazhab qoidalarining Marokash, Tunis, Jazoir va Liviya nikoh-oila va mulkka oid huquqiga sezilarli ta’siri bor. U Liviyaning bir qator jinoyat qonunlari asosini tashkil etadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:56:42
MOMOHOVO (qadimiy yahudiycha "havvo" -hayot manbai) - Odamatoning xotini, birinchi ayol va inson zotining onasi. Injilda Yeva nomi b-n ma’lum. M. Odamatoning qovurg‘asidan yaratilgan, deb sharhdanadi. U Iblisning so‘ziga kirib, Odamatoni man qilingan mevani totib ko‘rishga undaydi. Shu gunohi uchun M. jannatdan quvilib, yerda yashashga mahkum etiladi. Ular Makka yaqinida yana uchrashishadi. M. Odamato o‘limidan ko‘p o‘tmay qazo qiladi va uning yoniga dafn etiladi. Nakd qilishlaricha, M. gunohlari tufayli ayollar jismoniy azob chekishga -homilador bo‘lish, tug‘ish va h. k.ga mahkum etilgan. M.ning gunohiga qaramay taqvodor ayollar jannatga tushishi xususida Alloh va’da qilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:57:13
MOTURIDIY, Abu Mansur al-Moturidiy (to‘liq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy; 870-944) - buyuk imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. "Imom al-xudo", "Imom al-mutakallimon" ("Hidoyat yo‘li imomi", "mutakallimlar imomi") nomlari b-n ulug‘langan. Samarqandning Moturid qishlog‘i (hoz. Jomboy tumani)da tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bog‘ ham barpo etgan. M. Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida o‘qidi, mahalliy hanafiy faqixlardan ta’lim oldi, keyin o‘zi fiqh va kalom ilmlaridan dars berdi. Vasiyatiga ko‘ra, Samarkanddagi Chokardiza qabristoniga dafn etilgan. M.ning asosiy asarlari "Kitob at-tavhid" ("Yakkaxudolik haqidagi kitob") "Ta’vilot ahl as-sunna" ("Sunniylik an’analari sharhi")dir. "Kitob at-tavhid" bilish nazariyasi bayon qilingan musulmon ilohyyotining birinchi asari hisoblanadi. Kitobning kalom ilmi ta’rifi berilgan muqaddimasida bilimning uch manbai: hissiy (sezgi) a’zolari vositasida, nakd-rivoyatlar vositasida va akl-idrok vositasida axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. M. sof din doirasidan chiqmagan holda akl-idrokni ulug‘laydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini ta’kidlaydi.
M. ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar - juz’iy ixtiyor, e’tiqod, oxirat hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. "Ma’xaz ash-shari’a", ("Shariat asoslari sarasi"), "Kitob al-usul" ("Diniy ta’limot usuli kitobi"), "Kitob al-jadal" ("Dialektika haqida kitob") kabi asarlari shular jumlasidandir. M. Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Abul Hasan al-Ash’ariy (873-935) ishlab chiqqan islom aqvdasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik e’tiqodiga kirib qolgan noto‘g‘ri, g‘ayri sahih aqidalardan tozaladi.
M. ilmiy merosini butun dunyo qiziqib o‘rganmoqda. Uning asarlari ayrim qo‘lyozmalari bizgacha yetib kelgan va qisman tadqiq qilingan. Jumladan allomaning Qur’onni to‘g‘ri o‘qish uchun mo‘ljallangan "Ta’vilot al-Kur’on" asari va uning uzviy davomi hisoblanmish "Irshod al-mubtadiyn fiy tajvidi Kalomi rabbul-olamin ("Qur’on o‘qishga kirishganlar uchun qo‘llanma") kitobi hozirda O’zR Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik institutida saklanmokda. Gettingen (GFR) universitetining prof. Rudolf Ulrix "al-Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyoti" asarini 1997 y. nemis tilida nashr ettirdi. Uning o‘zbek tilidagi nashri ham tayyorlandi (Toshkent, 2001). O’zR Vazirlar Mahkamasining Qaroriga binoan 2000 y.da M. tavalludining 1130 yligi mamlakatimizda keng nishonlandi. Shu munosabat b-n Toshkent va Samarqandda M. ta’limoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi, Samarqandda alloma qabri ustida yodgorlik majmuasi barpo qilindi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:57:41
MOTURIDIY YODGORLIK MAJMUI, Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi (2000) munosabati b-n, O’zR Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi b-n Samarqand sh. markazida bunyod etilib, ramziy maqbarasi o‘rnatilgan (hududi taxm. 4 ga). Yodgorlik Registon ansambli yaqinida. Vobkent, G’ijduvon va Buxoro ko‘chalari oralig‘ida joylashgan. Bosh kirish qismi Vobkent ko‘chasidagi xiyobon orqali. Loyihaga ko‘ra 3 qismga (markaziy, bog‘ va xo‘jalik) bo‘lingan, ular o‘zaro bir-biri b-n xiyobonli yo‘lka orqali bog‘langan. Loyiha o‘qi manzarali mujassamotda yaratilib, maqbara binosiga tutashgan. Sharsharali favvoralar xiyobonli yo‘lka markazida qurilib, atrofi obodonl ashtirilgan.
Yodgorlikning me’moriy loyihasi va badiiy yechimida o‘zbek milliy mahobatli san’atining eng yaxshi an’analari qo‘llanilgan. Maqbara pishiq g‘ishtdan, murabba tarxdi (12x12 m), shifti gumbazli (bal. 15 m), poygumbazi 24 kichik ravoqchalarga bo‘linib, ganchkori panjaralar b-n bezatilgan. Panjaralar yuqorisi murakkab tuzilishdagi muqarnaslar b-n to‘ldirilgan. Xona markaziga qo‘yilgan saganada arab yozuvida buyuk olimning so‘zlari bitilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:58:09
MOTURIDIYLIK - kalomdagi oqim, Abu Mansur Moturidiy asos solgan. 9-a. oxiri -10-a.da Movarounnahrda ismoiliylar aqidalariga qarshi javob tarzida vujudga kelgan. Bu ta’limot rivojlanib, 13-a.dan keyin Movarounnahr hududidan chiqib, musulmon Sharqi mamlakatlariga yoyildi. Saljuqiylar hukmronligi davrida hamma joyda islom aqidalarida M. tatbiq qilindi. Sunniylikning hanafiylik mazhabiga e’tiqod qiluvchilarning barchasi aqida bobida imom Moturidiy, uning shogirdlari hamda izdoshlari yozib qoldirgan asarlarga tayanib ish ko‘rdilar. Islom olamining aksariyat mintaqalarida, Suriya, Iroq, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Shim. Afrikada bu ta’limot hozir ham o‘rta va oliy diniy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘qitib kelinmokda.
M.ning keng yoyilishiga uning mo‘‘tadillik yo‘lini tutgani, aqidaviy masalalarda Kur’on, hadis va aqlu idrok, mantiq hamda haqiqatga eng yaqin turgani sabab bo‘ldi. Imom Moturidiy tarafdorlari bilishda faqat aklga suyanish kerak, degan mu’taziliylardan farqli o‘laroq, aql b-n naqlni qo‘shib foydalanish zarur, deb hisoblaganlar. Mu’taziliylar Kur’onni yaratilgan desalar, moturidiylar uni qadim, azaliy, deb biladilar. Imon-e’tiqod xususida M. ta’limoti, ayniqsa, diqqatga sazovor. Mu’taziliylar imonning shartlari 3 ta, ya’ni til b-n iqror, dil b-n tasdiq va amal b-n ijro etish, desalar, M.da imonning shartlari 2 ta, ya’ni til b-n iqror etish va dil b-n tasdiqlash, amallarning o‘rni esa boshqa, deb ta’rif qilinadi. M. har bir insonning taqdiri Alloh tomonidan belgalab qo‘yilganiga qaramay, u o‘z xatti-harakatlari uchun javobgardir, deb biladi. Inson imtihonlar uchun yaratilgan. Shu b-n bir vaqtda unga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tish va to‘g‘ri yo‘lni topish uchun keng imkoniyatlar berib qo‘yilgan. U o‘z xatti-harakatlarida ixtiyorlidir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 20:59:12
MUAZZIN (arab. - "da’vat etuvchi", "chaqiruvchi", azon aytuvchi) - masjidda azon aytib, namozga chorlovchi shaxs; xalq tilida "so‘fi" deb ham ataladi. M. uchta asosiy vazifani ado etadi: namozxonlarni to‘playdi, imomni chaqiradi va namoz boshlanganligini e’lon qiladi. Ushbu uch majburiyat vaqt o‘tishi b-n ma’lum o‘zgarishlarga uchragan. Dastlab M. musulmonlar yashaydigan uylarni aylanib chiqib ularni shu tariqa namozga to‘plashi lozim bo‘lgan. Minora paydo bo‘lishi b-n M. azonni uning tepasiga chiqib aytadigan bo‘lgan. Ilk islom davrida shaharning jome masjidida namoz paytida hokimning o‘zi imomlik vazifasini bajargani tufayli M.ning zimmasiga namozxonlar to‘planganlaridan so‘ng hokimni chaqirish ham yuklatilgan. Bu tajriba 8-a. o‘rtalarigacha davom etgan. Ibodat boshlanganligani e’lon qilish uchun maxsus chaqirish - iqoma xizmat qilgan, u orqali dastlabki vaqtlarda masjidga hokim kelgani bildirilgan. M. ilk islom davrida hokimning xizmatkori va yordamchisi hisoblangan. Davr o‘tishi b-n azon aytish murakkablashgan, o‘z tarkibiga kalimai shahodatni kiritgan va ibodatning o‘ziga xos turiga aylangan. Shunga muvofiq M.lik ham yangacha talqinga ega bo‘lgan. Uning faoliyat doirasi kengaygan. 7-a. oxiridayoq Misrda M. zimmasiga tunda qo‘shimcha namozlarni o‘qish yuklatilgan. Bundan tashqari 9-a.ning ikkinchi yarmida M.ning maxsus xonasida namozxonlar tunda Kur’ondan sura, oyatlarni tilovat qilishlari lozim bo‘lgan, 12-a.ning ikkinchi yarmida, Salohiddin davrida M. kechki azon paytida aqida o‘qiy boshlagan, 14-a. boshidan esa, juma kunlari ertalab minorada zikr tushilgan. Muhammad (sav) huzurlarida ikki M. - habash cho‘ri o‘g‘li Bilol ibn Raboh va Abu Bakr (ra)ning mavlosi Ibn Umm Maktum bo‘lishgan. Shuning uchun masjidlarda ikki M. bo‘lishi maqtovga sazovor deb bilingan. Biroq kichik masjidlarda M.ning vazifasini ko‘pincha imomning o‘zi bajargan va bajarmokda. M.lik vazifasi ko‘pincha merosiy bo‘lgan. Xalifa Usmon (ra) davrida (644-656) M.lar maosh oladigan bo‘lishgan.
O’rta asrlarda Mlar tashkilot (korporatsiya)ga birlashganlar, uning tepasida rais al-Muazzinin turgan. M. vazifasini tahoratsiz, mast, aqli noraso kishilar va ayollar bajarishi mumkin emas. Minoralar paydo bo‘lishi b-n nazariy jihatdan M.ni balandlikdan turib masjid atrofidagi uylarning haramiga va ichkari qismiga ko‘z tashlamasligi uchun ko‘zi ko‘r bo‘lishi afzal deb bilingan. Hoz. paytda musulmon mamlakatlarida M.lar ovoz-kuchaytirish   moslamalaridan foydalanadilar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:00:16
MUALLAQ TOSH - Aqso masjidi yaqinidagi Qubbatus Saxra masjidi ichidagi tosh. Quddus (Isroil) sh.da. Rivoyatlarga qaraganda, Rasululloh tosh orqali Buroqga chiqqanlar. Ushbu M. t.ning hajmi taxm. 7-8 kv. metr keladi. Uning pastki qismida 2 kishi sig‘adigan g‘orcha bor. G’or ichiga kirilsa, 7 kishi sig‘adigan joy bo‘lib, u yerga joynamoz to‘shab qo‘yilgan, kirgan odam ikki rakaat namoz o‘qib chiqadi. Ushbu tosh atrofi 1 m balandlikda panjara b-n o‘rab qo‘yilgan. Rasululloh osmonga ko‘tarilganlarida tosh ham orqalaridan ergashib, havoga ko‘tarilgan-u, payg‘ambar "to‘xta" deganlarida, u yerdan 2 m ko‘tarilganicha qolavergan. Musulmonlarga bu toshni muqaddaslashtirish yoki ziyorat qilish buyurilmagan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:00:33
MUBORAK KECHALAR - ba’zi musulmonlar muqaddas hisoblab, maxsus nishonlaydigan kechalar. Bular - rag‘oyib, baroat, me’roj va qadr kechalaridir.
Rag‘oyib - Payg‘ambarimiz (sav)ning javharlari otalaridan onalariga tushgan kun deb e’tiqod qilinadi va u rajab oyining ilk juma kechasiga to‘g‘ri keladi; baroat (sha’bon oyining 15-kechasi) - poklanshtadigan, gunohlar kechiriladigan tun sifatida; me’roj - rajab oyining 27-kechasi payg‘ambarimiz (sav) me’rojga chiqqanlari uchun nishonlaniladi, ya’ni, toat-ibodat ila mashg‘ul bo‘linadi. Aslida, bulardan faqat bittasi - Qadr kechasigina payg‘ambarimiz tomonidan kutilgan va toat-ibodat b-n o‘tkazishga buyurilgandir. Qolganlari keyingi davrlar "mahsuli" bo‘lib, bid’at amallar hisoblanadi. Qolaversa, bu kechalarning qaysi kunga to‘g‘ri kelishi xususida ixtiloflar bor. Xullas, Alloh taolo afzal qilgan, Payg‘ambarimiz (sav) muborak bilgan ma’lum bir oy, kecha, kunlar bor - ramazon oyi, ikki hayit, juma kunlari, qadr kechasi. Bu borada ham Payg‘ambarimiz (sav) va sahobalar izidan borish eng to‘g‘ri yo‘ldir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:00:56
MUBOH (arab. - umumiy, ixtiyoriy ish-harakat) - shariat tushunchalaridan biri. Unga ko‘ra, qilish va qilmaslik barobar bo‘lgan amal. Uni qilgan kishiga ham, qilmagan kishiga ham savob ham, gunoh ham yo‘kdir. Harom bo‘lmagan, man qilinmagan (qaytarilmagan) ishlarning hammasi M.dir. Mas., o‘tirish, turish, yurish, yotish, uxlash, halol taomlarni yeyish va b. M. amallarning adadi behisob. M. b-n joiz tushunchasi mazmunan bir.
M. masalasi fiqhning ahkom bo‘limi tomonidan talqin qilinadi. Mazhabga ko‘ra, bir xil xatti-harakat M. yoki M. bo‘lmasligi mumkin. Hoz. islom jamiyatida M. muammosi ancha dolzarbdir, chunki u jamiyat hayotidagi va maishiy turmushdaga yanga hodisalarni qabul qilish yoxud rad etish b-n bog‘likdir. Chunonchi, artistlik va badiiy ijod ayniqsa, rassomlik va musiqa b-n bog‘liq ko‘plab savollar xususida anchadan buyon munozaralar mavjud. "Ortiqcha dabdaba deb bilinadigan narsalar" tushunchasini belgilash, cho‘chqa terisi va moyidan foydalanib tayyorlangan import mahsulotlar (poyabzal, kosmetika)ni ishlatish mumkinligani anikdash, yevropacha kiyinish, ayniqsa, ayollarni shunday kiyim kiyish imkoniyatlarini belgilash, bo‘sh vaqtdan foydalanish va b.ni aniklash juda murakkab bo‘lib kelmokda. Har bir mamlakatda umumiy sharoitdan kelib chiqib M.ning eng kam cheklanishlari ustidan nazorat qilish kuchli yoki kuchsiz bo‘lishi mumin. M. masalalarini hal etishda huquqning ratsional manbalari (istihson, istisloh va b.)ni jalb etish katta ahamiyatga ega.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:01:08
MUDARRIS (arab. - dars beruvchi) - madrasa o‘qituvchisi. M.lar muayyan ilohiyot fanidan dars bergan. Hozir madrasalar va diniy un-tlarda faqat diniy ilmlardan emas, dunyoviy fanlardan dars beruvchilar ham M. deb ataladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:01:24
MUJASSIMIYLAR, al-Mujassima ("jismlantiruvchilar") - Allohni jism sifatida tasavvur etuvchi turli aqidaviy maktablar izdoshlarining umumiy nomi. M. nomi ko‘pincha al-mushabbihaning sinonimi sifatida qo‘llanilgan. Shia aqidasi asoschilaridan bo‘lgan Hishom ibn al-Hakam (814 y. Bag‘dodda v.e.) Allohni jism sifatida belgilab, U uch o‘lchov birligi (uzunlik, kenglik, balandlik) b-n cheklangan, jism xususiyatlariga (rang, hid, harakat va b.) ega deb hisoblagan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:01:40
MUJOHID (arab. - e’tiqod uchun, muqaddas ish uchun kurashchi; aynan - jihod urushining ishtirokchisi) - Sharkdagi barcha musulmon mamlakatlarida ishlatiladigan tushuncha. Ilk islomda va o‘rta asrlarda M. xudo yo‘lida jang qiluvchi, deb talqin etilgan. Yirik islom ruhoniylari yoki tashkiloglari biror urushni jihod (g‘azavot) deb fatvo bergan holdagana ana shu urush qatnashchilari M. hisoblangan. Hoz. davrda musulmon mamlakatlarida demokratik harakatlarga va milliy hukumatlarga qarshi olib borilayotgan reaktsion harakatlar ishtirokchilari o‘zlarini M. deb ataydilar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:02:01
MUJTAHID (arab. - intiluvchi, g‘ayrat qiluvchi) - o‘rta asrlarda islomda ijtihod huquqiga ega bo‘lgan, ya’ni mustaqil ravishda diniy aqidaviy va huquqiy masalalar bo‘yicha xulosa bera oladigan va hukm chiqara oladigan shaxs. Sunniylarda diniy huquq mazhablarining asoschilari, shialarda yuqori martabali ruhoniylar va diniy xuquqshunoslar M.lar deb ataladi.
Islom ulamolari ittifoqiga ko‘ra, payg‘ambar (as)ning ko‘p sahobalari ham M. bo‘lganlar. Chunki, keyinga avlodlar ulardan islomning avvalidagi fikhiy ilmlarni olganlar. 8-a.ning ikkinchi yarmidan boshlab mazhab asoschilari va ularning usullarini ishlab chiqqan izdoshlari M. deb atala boshlangan. M.lar uch darajaga ajratilgan: 1. Shariat darajasidagi M. (mujtahid fi-sh-shar); u amaliyotda qo‘llagan manbalarni o‘zi aniqlagan, o‘zi sharxlagan. U hech kimning e’tirozini qabul qilmasligi mumkin bo‘lgan. 2. Mazhab darajasidagi M. (mujtahid fi-l-mazhab); u har qanday masalani faqat o‘z mazhabi asoschisi manbalariga suyangan holda hal etgan. 3. Ayrim masalalarni yechish darajasidagi M. (mujtahid fi-t-tarjih); u o‘zidan avvalgi M.lar hal etmagan masalalarni tadqiq etish huquqiga ega bo‘lgan. Agarda ko‘rilayotgan masala bo‘yicha hukmlar bir necha bo‘lsa, u o‘zining ilmiy salohiyatiga ko‘ra, ulardan birini kuvvatlashi mumkin bo‘lgan. M. darajasiga da’vogar faqih fiqhiy bilimlarni mukammal egallagan, boshqa Mlar b-n bo‘ladigan munozaralarda va ommaviy chiqishlarda o‘z qarashlarini himoya qilishi lozim bo‘lgan. Undan tashqari M. arab tilini mukammal egallagan, Kur’on va uning tafsirlarini yod olgan, kamida uch ming hadisni sharxlari b-n bilishi shart bo‘lgan. M. odob-axloqi, turmush tarzi namunali bo‘lishi lozim. Hatgo islomning dastlabki davrlarida ham faqihlar ijtihodning birinchi va ikkinchi darajasiga kamdan-kam hollarda erishganlar. Ko‘pincha ular vafotidan so‘ng ular shu darajada e’tirof etilgan. 11-a.dan boshlab "ijtihod eshiklari yopilgach", bu umuman mumkin bo‘lmay qoldi. Sunniylikda oliy darajadagi M.lar deb mazhablar asoschilari e’tirof etiladi. Hoz. vaqtda buyuk muftiylar, yirik jamoalar (qavmlar) rahbarlari, diniy universitetlar rektorlari va b. ba’zan uchinchi darajadagi M. leb e’tirof qilinadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:02:20
MUKOTAB - fiqxda o‘zini o‘zi sotib olishi haqida yozma bitim tuzgan kul (cho‘ri). Bitim to‘lov mikdori, to‘lov muddati va shartlarini belgilagan. Bitim imzolangandan e’tiboran xo‘jayin qulga bo‘lgan egalik huquqining bir qismidan mahrum bo‘lgan (faqihlarning iborasiga ko‘ra, qul "xo‘jayinning mulkidan chiqadi, lekin uning egalik huquqidan chiqmaydi"). Bitim imzolangach, cho‘ri xo‘jayin uchun begona ayol maqomini oladi, xo‘jayin u b-n birga yashash huquqidan mahrum bo‘ladi va bunga amal qilmasa jinoiy javobgarlikka tortiladi.
M. erkin harakat qilish va iqtisodiy faoliyat yuritish, xususiy mulk sotib olish hukuqiga ega bo‘lgan (faqat kul sotib olish emas), bitim imzolangandan keyin tug‘ilgan farzandlar, bitim shartlari bajarilgach, erkin, ozod bo‘lganlar. Biroq, M. xo‘jayinning roziligisiz turmush kura olmagan. Agarda M. navbatdaga badal yoki so‘nggi to‘lovni berishni kechiktirsa, unga qo‘shimcha muddat berilgan, uvdan so‘ng esa, bitim bekor qilingan. Agarda to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanib kelinayotgan bo‘lsa, u holda hatto xo‘jayin va M.ning bir paytda vafot etishlari ham bitimni bekor qila olmagan - barcha huquq va majburiyatlar har ikki tomonning merosxo‘rlariga o‘tgan
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:02:50
MULK, M i l k (ko‘pligi - amlok) - ma’nodosh bo‘lgan va ko‘pincha aralash holda qo‘llaniladigan istiloxdar (MLK o‘zagidan -"ega bo‘lmoq"). Mulk ham cheklanmagan hokimiyat (jumladan, podsho hokimiyatini) va shak-shubhasiz xususiy egalikni, ham mana shu xususiy egalik ob’ektini, milk esa - faqat xususiy egalik ob’ektini anglatadi.
Xususiy egalik huquqi meros, sotib olish, in’om, xususiy egalik ob’ektini yaratish (buyumlar yasash, unumsiz yerni o‘zlashtirish, foydali qazilmalar qazib chiqarish va b.) va harbiy o‘lja sifatida bosib olish yo‘li b-n vujudga keladi. M. muddatga ega emas, shuning uchun topib olingan buyumning egasi noma’lum bo‘lsa, topgan kishining xususiy mulki bo‘la olmaydi - uni xayriya maqsadlariga berish yoki sarflash lozim bo‘ladi (bundan qad. xazinalar mustasno). Tashlandiq egasiz yer, uni qayta ishlagan shaxsning xususiy yeriga aylanadi - bu holda yer o‘z mohiyatini yo‘qotgan, foydasiz bo‘lib qolgan va shuning uchun xususiy egalik ob’ekti bo‘la olmaydi deb hisoblanadi. Biroq, amalda tashlandiq yer ko‘pincha oldi-sotdi ob’ektiga aylangan, demak uning egasi hayotligida yerga ishlov berilmagan hodda ham xususiy egalik huquqi bekor qilinmagan. Soliq belgilashdagi farqlar, soliq maqomining o‘zgarishlari yerga xususiy egalik huquqiga ta’sir qilmagan. Butun o‘rta asrlar tsavrida katta-katta mulk yerlari davlat boshliqlari ixtiyorida bo‘lib kelgan. Musulmon huquqiga ko‘ra, M. nafaqat moddiy ob’ektlar, balki turli huquqlar (mas., kanaldagi suvdan olinadigan ulushga bo‘lgan huquq) ham bo‘lishi mumkin, ularni ham sotib olish va sotish, garovga berish ham mumkin bo‘lgan. Faqat musulmon kishi uchun foydasiz yoki man etilgan narsalargana (vino, cho‘chqa va b.) xususiy egalik ob’ekti bo‘lishi mumkin emas.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:03:04
MULLA - O’rta Sharq, Markaziy Osiyo mamlakatlarida musulmon odatining bilimdoni, din xizmatchisi, diniy maktab o‘qituvchisi; savodli, ilmli odam.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:03:28
MULLA SADRA, Sadriddin Muhammad ibn Ibrohim Sheroziy (taxm. 1572-1640) - Eron ilohiyotchisi, faylasuf va sufiy, safaviylar Eronidagi shialikning g‘oyaviy rahnamosi, faylasuflarning Isfahon maktabi peshvosi Mir Domodning eng yaqin shogardlaridan biri. O’zining izdoshlari orasida Sadr al-muta’allihin - "teosoflar rahbari" nomi b-n ham mashhur. Boshlang‘ich ta’limni Sherozda olgan, Isfahonda davom ettirgan, uzoq yillar shayx Bahouddin Amiliy (1621 y. v.e.)ning muridi bo‘lgan: tafsir, shia hadislari, fiqh va b.ni o‘rgangan, so‘ngra mustaqil dars berishga ijozat olgan.
Falsafa ilmida M.S.ga Mir Domod ustozlik qilgan Imomiy ilohiyotchilar uni hikmat va irfonga berilib ketganlikda ayblab, ta’qib etishgani uchun M.S. to‘qqiz (yoki o‘n bir) yil Qum yaqinidagi Kohak qishlog‘ida yashirin hayot kechirgan. M.S. Kohakdan Sherozga qaytib, qokimning taklifiga ko‘ra Sherozdagi katta madrasada mudarrislik qilgan. M.S. Sheroz falsafa maktabiga rahbar bo‘lgan, bu maktab Isfahon maktabi b-n bir qatorda Eronning muhim ilmiy markaziga aylangan. M.S. o‘z muridlaridan to‘rtta shartga so‘zsiz amal qilishni: boylik, dunyo lazzatlari, taqlid, itoatsizlikdan voz kechishni talab qildi. M.S. ilohiyot va falsafaga doir qirqqa yaqin asar yozgan. Ibn Sinoning "ash-Shifo", Suxravardiyning "Hikmat al-ishroq", al-Kuliniy (941 y. v.e.)ning "al-Kafi fi usul ad-din" asarlariga sharhlar, shuningdek, Qur’onga batafsil tafsir yozgan, u mohiyatan ta’vil hisoblanadi. Falsafaga doir "Kitob al-asfar al-arba’a al-akliya" yozgan. Eronda M.S. hayoti va ijodiga qiziqish katta. Uning deyarli barcha asarlari va ularga sharxdar 20-a.da nashr qilingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:03:45
MULHID - arab. xudosiz, ateist, dahriy, kofir so‘zining sinonimi. Islom dinida xudosiz M. deb ataladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:04:01
MUNAVVARQORI Abdurashidxonov (1878 -1931) - ma’rifatparvar, ulamo; Turkistonda jadidchilik harakati asoschilaridan biri. Toshkentning Shayxontohur dahasi Darxon mahallasida tug‘ildi. Uning otasi Abdurashidxon mudarrislik, onasi Xosiyatxon otinlik qilgan. M. Toshkentdagi Yunusxon madrasasida va Buxoro madrasalaridan birida tahsil oldi. So‘ngra Darxon mahallasi masjidida imomlik qildi. U Qur’onni yaxshi qiroat qilgani va diniy bilimlarni puxta o‘zlashtirgani uchun "qori" unvoniga sazovor bo‘ldi. M. ziyoli inson sifatida o‘qish va o‘qitish, madrasa va maktab islohotiga oid ilg‘or fikrlarni ilgari surdi. U jadid maktablarini ochib, u yerda dars berdi. Shunday maktablar uchun darslik va qo‘llanmalar yozdi. "Tajvid" (Qur’onni qoidali o‘qish) kitobi darslik sifatida qo‘llanilgan. M. Turkiston xalq dorilfununini tashkil etish va unda musulmon bo‘limi ochilishiga katta hissa qo‘shgan.
M. "Havoyiji diniya" (1907) risolasida islom huquqi (fiqh)ning ibodat bo‘limiga oid tushunchalarni sharxdab bergan. U bu asarida islom dinining yetuk bilimdoni sifatida namoyon bo‘ldi. Boshqa asarlarida islom dini qoidalari, shariat ahkomlarini yoritishga katta o‘rin ajratgan. 1914 y. Salim Ismoil Ulviyning Qur’on qiroati bo‘yicha saboq beruvchi "Tajvid" qo‘llanmasini o‘zbekchaga o‘garib, Orenburgda nashr ettirdi. M. "Sho‘roi islomiya" tashkilotining asoschilaridan biri bo‘ldi. 1929 y. "Milliy ittihod" tashkiloti a’zolari b-n birgalikda kamoqqa olinib, 1931 y. Moskvada otib tashlandi. M.ning "Havoyiji diniya" asari Toshkentda nashr etilgan (1993).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:04:15
MUNKAR VA NAKIR - islomiy tasavvurga ko‘ra, o‘lganlarni qabrda dastlabki so‘roq qiluvchi, ulardan yerdaga qilmishlari to‘g‘risida hisobot oluvchi va qilgan gunohlariga qarab jazolovchi farishtalar. M. va N. taqvodor bo‘lgan mayyitlarni to qiyomat bo‘lgunga qadar tinch qo‘yadi, gunohkorlarni esa, aksincha, Alloh qancha xoxlasa, shuncha azoblaydilar. M. va N. nomlari hadislarda eslatiladi, Qur’onda esa, bu farishtalar tilga olinmaydi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:07:30
MUNOFIQLAR (arab. - ikkiyuzlama) - islom tarixiga xos tushuncha. Dinni yuzaki qabul qilib, o‘zi esa, avvalgi qabilaviy diniga sig‘inishni davom ettirgan arablarga nisbatan qo‘llanilgan. M. istilohi Kur’onning Makka davriga xos ilk suralarida ko‘p tilga olingan, Madina davrida o‘zini islomni qabul qilgan qilib ko‘rsatib, janglarda musulmonlarga yordam bermagan qabilalar ham M. deb atalgan. Munofiklik Qur’oni karimning ifodasiga ko‘ra, Allohga ishonmaganliklari holda musulmonlarning huzurida o‘zlarini imonli qilib ko‘rsatishdir. Alloh taolo M. haqida Baqara surasining 8-16-oyatlarida bayon qilgan. Shuningdek, Qur’oni karimda M.ning kirdikorlarini bayon qilib bergan alohida sura (63) ham mavjud. Hadisga ko‘ra, "...M.ning uch belgasi bor: gapirganda yolg‘on so‘zlaydi, bergan va’dasiga vafo qilmaydi, omonatga xiyonat qiladi".
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:07:51
MURJI’IYLAR (arab. - kechiktirmoq, muddatni cho‘zmoq) - ilohiyot oqimi tarafdorlari. 7-8-a.larda paydo bo‘lgan. Xalifalikda umaviylar hokimiyatiga qarshi kurash kuchaygan davrlarda ilohiyotda gunohkor va uning taqdiri masalasi muhim o‘rin olgan. Katta gunoh qilganni darhol jazolash tarafdori bo‘lgan xorijiylarga qarshi M. uni kechiktirishni yoqlab chiqqan. Ularning nomi shundan olingan. Siyosiy kurashda xorijiylar umaviylar hokimiyatiga karshi turgan, M. esa, umaviylarni himoya qilgan. Umaviylar inqirozga uchrab, abbosiylar hokimiyatni egallagach (750), bu oqim ta’qib qilingan va yo‘qolib ketgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:08:13
MURID (arab. - ergashuvchi) — ixtiyoriy ravishda izdan boruvchi, shogird. Tasavvufda tariqat murshidlaridan dars oluvchi shogard ma’nosida ishlatiladi. M. shayx, pir, murshid oldida o‘z zimmasiga muayyan majburiyatlar oladi, ular b-n pinhona ishonchli munosabatlar o‘rnatadi va ularning irodasiga bo‘ysunadi. Umuman M. atamasi sufiy va hatto oddiy musulmon ma’nolarini ham anglatadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:08:53
MURIDCHILIK - sufiylikning Shim. Kavkazda yoyilgan shakli. M. sufiylik ta’limotining zohidlik, murshidlik va imomat g‘oyalariga asoslangan. M. 19-a.da o‘ziga xos diniy-siyosiy va harbiy uyushma sifatida tarqalib, G’ozi Muhammad, Hamzat, Shomil kabi imomlar rahbarligida tog‘liklarning Rossiyaga qarshi urushida namoyon bo‘lgan. Imomlar bu urushga diniy tus berib (g‘azovot e’lon qilib), islom dini va shariatga asoslangan teokratik davlat - imomlik tuzishga uringanlar. Lekin, tog‘liklarning olib   borgan   bu   kurashlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan.  M. diniy mutaassiblikka asoslangan mafkura sifatida maydonga chiqqan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:09:39
MUROBITLAR (arab. - rabotda yashovchilar) Shim. Afrikadagi zohid, darvishlarning harbiylashgan diniy jamoasi a’zolari. 11-12-a.larda M. Marokashni zabt etgan va Al-Murobitun sulolasi va davlatiga asos solgan. Keyinroq musulmon avliyo, yo‘lboshchilarini yoxud   darvish   jamoalarining tashkilotchilarini ham M. deb atashgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:10:00
MURTAD (arab. - orqaga qaytgan, chekingan) islom tarixida dindan qaytgan, undan voz kechgan, chekingan odam. Bunday odamlar eng katta gunox (q. Kabira) qilgan hisoblanib, o‘limga hukm qilingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:10:16
MURSHID (arab. - yo‘l ko‘rsatuvchi) -tasavvufda tariqat odoblaridan saboq beruvchi pir, shayx va ustoz.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:10:46
MUSAYLAMA (asl ismi Maslama: 633 y. v.e.) - Arabiston ya.o.da Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng, payg‘ambarlikni da’vo qilganlardan biri, Yamoma vohasida yashagan Bani Hanifa qabilasining diniy rahnamosi. Xalifa Abu Bakr (ra) davrida u mutanabbiylar (soxta payg‘ambarlar) safiga kiritilgan va musulmonlarning bu qabilaga qarshi jangada halok   bo‘lgan.   Musulmonlarga   qarshi kurashgani uchun keyingi davr diniy adabiyotida uni kamsitish  maqsadida M.   (Maslama ismining arabcha kichraytirilgan shakli) deb atalgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:11:21
MUSALLO (arab. - namoz o‘qish joyi; fors. -   namozgoh) - 1) dastlab, masjid so‘zining sinonimi, so‘ngra ro‘za va kurbon hayitlarida namoz o‘qiladigan joy.  Bu joy shahardan tashqaridagi ochiq maydon bo‘lib, hayit kuni minbarni ham olib chiqishgan. M. O’rta Osiyo (Buxoro)da 20-a.ning boshigacha mavjud bo‘lgan. 2) Joynamoz, sathi tiz cho‘kib, sajda qilish va M.ga burun va peshonani tekkizish uchun etarli bo‘lishi shart. Qiblaga qaratiladigan tomoniga mehrob tasviri ip yoki ipak b-n tikilgan bo‘ladi. Ammo namoz o‘qish uchun albatga M. bo‘lishi shart emas, uning o‘rnida kiyim-kechak, hatto daraxt barsharini ham ishlatish mumkin, toza-pokiza joy bo‘lsa, kifoya.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:11:49
MUSANNAF  (arab.  - tanlab  olingan, tanlangan) - hadis to‘plamlarining maxsus turi.  Unda  hadislar musnad  turidagi to‘plamlardan farq qilgan holda mavzular bo‘yicha to‘plangan bo‘ladi. Shuning uchun ma’lum soha yoki mavzuga oid hadisni qidirib topish M. to‘plamlarida nisbatan osonroq bo‘lgan. Musnad tarixan ilgariroq, M. esa, keyinroq vujudga kelgan. Buxoriy, Muslim, Ibn Moja, Abu   Dovud,   Termiziy,   Nasaiy   hadis to‘plamlari M. turidagi to‘plamlarning eng mashhurlaridan hisoblanadi
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:12:07
MUSLIM (arab. - o‘zini Allohga bag‘ishlagan) -   musulmon.   M.ning      ko‘plik   shakli (muslimun)ni  buzib talaffuz  qilinishi tufayli Eronda "musalmon", O’rta Osiyoda "musulmon", Rossiyada "basurman" atamalari kelib chiqqan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:13:06
MUSNAD (arab. - asoslangan, dalillangan, ya’ni isnodga asoslangan) - 1) hadis to‘plamlarining ilk turi. M.da musannafdan farq qilgan holda, hadislar ularni bir-biridan eshitgan shaxslar silsilasiga asoslangan holda (har bir hadis uni xabar qilgan shaxsning ismi b-n bog‘langan holda) joylashtirilgan. Shariatning ilk vakillari -   molikiylik va hanbaliylik mazhablarining asoschilari   Molik   ibn   Anas   va Ibn Hanbalning hadis to‘plamlari M. turidagi to‘plamlardir. Musnad 3 xil ma’noda qo‘llaniladi:
1.   Sanadlarning bir-biriga bog‘lanishi.
2.   Kitoblarning nomi, mas., Musnad Ahmad ibn Hanbal.
3.   Umumiy shaklda, hadis roviylarining o‘zidan yuqorisidagilar ham M. deb ataladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:14:34
MUSO (as) - Qur’onda nomi tilga olingan payg‘ambarlardan  biri.   Misr  iodshosi (Fir’avn) Ramses II davrida tavallud topdi. Rivoyatga ko‘ra, Ramses II folbinlari "Bani Isroil" qabilasida bir go‘dak tug‘ilib, u voyaga etgach, podshohning taxtdan ketishiga sabab  bo‘ladi deb aytganlar. Shunga ko‘ra, Fir’avn amri b-n barcha tug‘ilgan o‘g‘il farzandlar qatl etila boshlagan. M. (as)ning onasi Alloh amri b-n uni bir sandiqqa solib, Nsht daryosiga tashlaydi. Bu   hakda Qur’onda Qasos surasi, 7-11-oyatlarda  bayon  qilingan.   Bolani Fir’avnning xotini topib olib tarbiya qildi. Yosh M. (as) bir misrlik b-n urishib uni o‘ldirib qo‘yadi va Madyanga qochadi (Qasos surasi 12-51-oyatlar) u yerda uylanadi. Ba’zi rivoyatlarda M. (as) Shuayb (as)ning qiziga uylanganligi aytiladi. Bir necha yildan so‘ng Misrga qaytadi. Yo‘lda qorong‘ida adashib qolib, olov ko‘rinayotgan joyga yaqinlashadi. Bu yerda Alloh nidosini eshitadi va u payg‘ambarlikka ixtiyor etiladi. Unga yolg‘iz Allohga ibodat qilib, Fir’avn va uning xalqini iymonga da’vat etish buyuriladi. M. (as)ga  birodari  Xorun  yordamchi   qilib beriladi. Misrga qaytib kelgan M. (as) zolim Fir’avnni hidoyatga chaqirib, pand-nasihatlar qiladi. Biroq, Fir’avn va atrofidagilar M. (as) so‘zlarining rostligi, haqiqatan ham payg‘ambar ekaniga ishonmaydilar. M. (as)ning qo‘lidagi   tayoqning   ilonga   aylanishi, cho‘ntagidan qo‘lini chiqarganda,  oyna kabi yaltirab  ko‘zlarni  qamashtirishi  kabi mo‘‘jizalarini   shunchaki    "sehr"   deb hisoblaydilar  (A’rof surasi   106-126- oyatlar). Fir’avn M. (as)ning qavmi bo‘lmish "Bani   Isroil"ga   nisbatan   tazyiqni kuchaytiradi.  Shunda Alloh Misrga turli ofatlar yubordi. M. (as) o‘z qavmi b-n yurtni yashirincha tark etib, Falastin tomon ketadi. Fir’avn ularning izidan tushadi, lekin qo‘shinlarini Qizil dengiz yutib yuboradi (Yunus   surasi  90-92-oyatlar).   M.   (as) Muhammad(sav)ning  o‘tmishdoshi  bo‘lgan haqiqiy payg‘ambar sifatida ulug‘lanadi. Unga Tavrot kitobi nozil etilgan. Biroq yahudiylar, bu kitobdagi ma’lumotlarni, nasihatlarni buzgan, deb nakd qilinadi. M. (as) Nabu tog‘iga borib, o‘sha yerda vafot etgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:15:16
MUSTAKRAH (arab. noloyiq, nomaqbul hisoblangan) - uni qilgandan ko‘ra qilmagani yaxshiroq bo‘lgan amallar. Taomni katta-katta yeyish, ko‘chada ovqatlanish, baland ovozda kekirish, uvlab esnash kabilar M.ga kiradi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:16:08
MUSTAHAB (arab. - sevilgan, yoqtirilgan)  -   shar’iy amal; uni bajargan kishi savobli bo‘ladi, bajarmagan kishi gunohkor bo‘lmaydi. Shar’iy  hukmlar  kitoblarida mo‘min-musulmonlar qilipshari ma’qul bo‘lgan o‘nlab M. amallar (nafl namozlarini o‘qish, nafl
ro‘zasini tutish, sadaqalar berib yurish, turmushda oddiy odob qoidalariga rioya etish, atrofdagi odamlar uchun turli foydali ishlar
qilish va h. k.) ko‘rsatib o‘tilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:16:20
MUSULMON - q. Muslim.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:16:37
MUSULMON BIRODARLAR - q. Ixvon al-muslimun.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:16:53
MUSHAF (arab. - sahifalangan) - xalifa Abu Bakr Siddik, (ra) davrida Kur’onni kiyik terisidan bo‘lgan sahifalarga yozilgan to‘plami, sahifalangan Kur’on. Xalifa Usmon ibn Affon (ra)ning davrida ko‘chirilgan Qur’on nusxalari M.lar deb nomlangan. Keyinchalik kitob shaklidagi Qur’onning har bir nusxasi M. deb nomlanavergan. Shu ma’noda M.larning tahoratsiz ushlash, ular b-n tahoratxonaga kirish man qilinadi. Toshkentda O’zbekiston musulmonlari idorasida saklanadigan Qur’onning qad. qo‘lyozmasi (7-a.) ham M. nusxalaridan biridir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:17:07
MUTAASSIBLIK - o‘z e’tiqodi to‘g‘riligiga o‘ta qattiq ishonish, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo‘lish. M.ka yo‘liqqan odamlar yoki ularning guruxlari jamiyatda beqarorlikni vujudga keltirishga urinadi. Insoniyat tarixida bunday e’tiqoddan g‘arazli maqsadlarda foydalanilgan. M.ning paydo bo‘lishiga diniy zidtsiyatlar, shuningdek, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammolarning hal qilinmagani ham sabab bo‘lishi mumkin. Islom dini M.ga xayrixohlik bildirmaydi. Aksincha, teran o‘ylashga, boshqalarga nisbatan murosali bo‘lishga chaqiradi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:17:30
MUTAVALLI (arab. - ishboshi, boshqaruvchi) -   islom tarixida vaqf mulkiga va undan keladigan daromadga vasiylik qiluvchi, uni taqsimlovchi diniy amaddor. Vaqf yerlarini ijaraga berish, vaqf mulkida xo‘jalik ishlarini yuritishni ham M. bajargan. Xorijiy Sharq mamlakatlarida M.lar hozir ham bor, ular vaqflarni boshqaradi. Ayrim musulmon mamlakatlarida M. yirik ziyoratgohlar (maqbara, mozor va b.)ni, ulardan keladigan daromadlarni ham boshqaradi. O’zbekistonda masjidning xo‘jalik va moliya ishlarini boshqaruvchilar M. deyiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:17:44
MUTAKALLIMLAR - musulmon ilohiyot olimlari. Ular islom diniy-aqidaviy ta’limoti - kalomni asoslab bergan. Hoz. islom ruhoniylari va ulamolariga nisbatan M. atamasi qo‘llanilmaydi, u tarixiy tushunchaga aylangan (yana q. Ash’ariylar).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:18:01
MUT’A (arab. - vaqtincha foydalaniladigan narsa) - shialikdagi ma’lum mablag‘ evaziga qilinadigan muvaqqat nikoh. M. asosida shialik shariati qozi tasdiklagan rasmiy shartnoma asosida erkaklarga vaqtincha xotin olishga ijozat beradi. M.ning muhlati 1 kundan 99 y.gacha belgalanishi mumkin. M. nikohdik xotin va undan tug‘ilgan bolalar qonuniy xotin va undan tug‘ilgan bolalardan hukuqiy jihatdan cheklanganroq bo‘lgan. Qiz bolaga M. nikohidan o‘tish taqikdangan. M. nikohi shialik tarqalgan xorijiy mamlakatlarda hozir ham amalda, lekin u ko‘pincha yashirin qilinadi. Axli sunna val jamoaning to‘rttala mazhabida ham M. harom deyilgan. Ya’ni, M.ni zino-noshar’iy jinsiy aloqa deb e’tiborga olingan. Bunga Qur’on va sunnatdan dalillar keltirilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:18:42
MUFID, ash-Shayx Abu Abdulloh Muhammad ibn Muhammad al-Ukbariy al-Horisiy (948 yoki 950-1022) - shialikdagi mashhur ilohiyotchi va faqih, imomiylikning nazariyotchisi va faol targ‘ibotchisi. Otasi Vosit sh.da o‘qituvchi bo‘lgan, uning birinchi laqabi - Ibn al-Mu’allim ("muallimning o‘g‘li") shundan. Bag‘dodda mashhur ilohiyotchi, faqixlardan ta’lim olgan. Mohir suxandon bo‘lgan M. imomiy ilohiyotchilar peshvosiga aylangan. Uning targ‘ibotchilik faoliyati Buvayhiylar rahnamoligida o‘tgan, shu tufayli imomiylar aqidalari Iroqda, ayniqsa Bag‘dodda keng tarqalgan. Bu esa, shialar va sunniylar o‘rtasida qonli to‘qnashuvlarga olib kelgan. Diniy nizolarga barham berish uchun xalifa shialarning g‘oyaviy rahbari M.ni Bag‘doddan badarg‘a qilishga majbur bo‘lgan. M. Bag‘dodda vafot etgan, o‘z hovlisiga dafn etilgan, bir necha yildan so‘ng uning hoki al-Mashhad (al-Kozimayn)ga ko‘chirilgan. Uning qabri hozirgacha ziyoratgoh sanaladi.
M. 200 ga yaqin asar yozgan (shundan 25 tasi saqlangan). Uning bir qancha asarlari imomiylik nazariyasi, ilohiyot va fiqh, Qur’on tafsiri va hadislar, shialar tarixi, imomlar hayoti va b. ga doir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:19:10
MUFTI, m u f t i y (arab. - fatvo beruvchi, diniy masalalarda qaror chiqaruvchi) - shariat bilimdoni. M. diniy-huquqiy masalalarni izohlash, talqin qilib berish, shariatni tatbiq etish borasida hal qiluvchi huquqqa ega. Odatda, uning fikr va qarorlari fatvolarda bayon etilib, musulmonlar uchun qo‘llanma hisoblanadi. Ilk bor M.lar hokimlar va qozilar huzuridagi maxsus maslahatchilar sifatida xalifa Umar II (717-720) tomonidan Misrda tayinlangan. Har bir musulmon mamlakatda bosh M. bo‘lib, u katta obro‘ga egadir. M. davlat muammolariga oid (diniy jihatdan) ham, sof diniy masalalar bo‘yicha ham (mas., diniy bayramlar va ro‘zaning boshlanish vaqti haqida) qarorlar chiqaradi. So‘nggi paytlarda aksar musulmon mamlakatlarida dunyoviy hokimiyat va aholi keng ommasining turmushdagi, iqtisodiyot hamda siyosatdagi ko‘p yangiliklarga munosabati M.ning qanday fatvo chiqarishiga bog‘liq bo‘lib qolmokda. Musulmon mamlakatlarida M.lik hukumat tayinlaydigan rasmiy lavozim hisoblanadi.
O’zbekiston musulmonlari idorasiga ham M. boshchilik qiladi. U Ulamolar kengashi yig‘ilishida 5 yil muddatga saylanadi
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:19:26
MUSHABBIHA (arab. - o‘xshatuvchilar, o‘xshatish tarafdorlari) - islom ilohiyotida xudoni odamga o‘xshatib tasvirlaydigan ta’limot (antropomorfizm). Islom ilohiyoti - kalom tarafdorlari M. tarafdorlarini rad etib, ularga qarshi kurash olib borgan va ularni sanamga sig‘inuvchilar deb qaragan (yana q. Tashbih, Mujassima).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:19:58
 MUSHRIKIYLIK, mushriklik (arab. -sheriklik, - xudoning sheriklari bor, degan tushunchadan) - ko‘pxudolikning arab qabilalari o‘rtasvda islom vujudga kelishidan oldin keng tarqalgan sodtsa shakli. Mushrikiy qabilalar turli sanam, tosh va h.k.ga, shuningdek, bir qancha erkak va ayol xudolarga e’tiqod qilgan. M. tushunchasi Qur’onda xudoni yakka deb e’tirof etmay, uning sheriklari bor, ya’ni xudolar ko‘p, deb tasavvur qilinadigan qabilaviy dinlar ta’limotiga nisbatan ishlatilgan. Muhammad (sav) yakkaxudolik ta’limotini targ‘ib qilib, M.ni qoralaganlar, islom ta’limoti M.ka qarshi kurash jarayonida shakllangan (yana q. Shirk).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:20:12
MU’ATTILA ("mahrum etuvchilar", "inkor qiluvchilar") - mu’attiliylar, mu’taziliylarning nomlaridan biri. Ular mushabbihadan farqli ravishda "ilohiy sifatlar"ni mavjudligani inkor etishgan, bu esa, ulamolar tomonidan oxir-oqibatda Allohning o‘zini inkor etishga, xudosizlikka olib keladi deb hisoblangan. Har holda o‘rta asr musulmon ilohiyotchilari M. deb Allohning yuborgan elchisi, o‘liklarni qayta tirilishini, Yaratuvchini inkor etganlarni aytishgan. Biroq, ilk M. faqat Allohning o‘zini emas, balki sifatlarini inkor etishgan, shuning uchun ularni hoz. ayrim tadqiqotchilar fikricha, ateist (xudosiz) deyish to‘g‘ri emas.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:21:03
MU’TAZILIYLAR, mu’tazila (arab. -ajralib chiqqanlar, uzoqlashganlar) -islomdagi ilohiyot oqimlaridan biri. 8-a. o‘rtasida Arab xalifaligida vujudga kelgan. Asoschilari Vosil ibn Ato (699-748) va Amr ibn Ubayd (762 y. v.e.). Ular o‘z guruhi b-n ustozlari Hasan al-Basriy (728 y. v.e.) maktabidan ajralib chiqqan. M. Qur’onni diniy haqiqatning manbai deb e’tirof etadi, uni so‘zma-so‘z emas, majoziy talqin qiladilar, rivoyatlarga ko‘r-ko‘rona ishonishga qarshi chiqadilar. M. qadariylarning inson iroda erkinligi haqidagi ta’limotini rivojlantirdilar va asosladilar. Ular 9-a.da o‘zlarining aqidalar tizimini yaratdilar. Bungacha islomda davlat dini va barcha uchun majburiy deb e’tirof etilgan yagona aqidalar tizimi bo‘lmagan. Chunki, dastlabki ikki yuz yillik davomida islom turli fikr, maktab, mazhab, huquqiy firqalar yig‘indisidan iborat bo‘lgan. Shuningdek, xalifalar diniy, siyosiy muxolifatdaga harakat (xorijiylar, shialar va b.)ga qarshi kurashuvchi mafkuraviy qurolga zarurat sezayotgan edi. Shuning uchun xalifa Ma’mun (813-833) M. ta’limotini davlat dini deb e’lon qildi. Xalifa farmoni b-n barcha qozilar, ilohiyotchilar, amaldorlar shu e’tiqoddami yoki yo‘qmi, sinab ko‘rildi. M. aqidasini (xususan, Qur’onning yaratilganini) tan olmaganlarni ishdan bo‘shatdi, hatto o‘lim jazo chorasini qo‘lladi. Maxsus jazo muassasasi - "mihna" tashkil etdi. Ammo, majburiy choralarga qaramasdan M. ta’limoti xalifalikda umuman qabul qilinmadi, xalifa Mutavakkil (847-861) davrida esa, M. ta’limoti "shakkoklik" deb e’lon qilindi. M. aql-idrokni ilohiyot asosi deb e’tirof etgan, tasavvufni inkor etishga uringan, o‘zlarini yakkaxudolik (tavhid) va adolat (adl) tarafdorlari, deb atagan. M.ning asosiy g‘oyalari vaqti kelib shia ilohiyotchilari tomonidan o‘zlashtirib olindi. Keyinchalik Iroq va Eronda 11-12-a.larga, O’rta Osiyoda 13-14-a.larga kelib yo‘qolib ketgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:21:14
MUQQARRABUN (arab. - yaqinlashtirilganlar) - Qur’onda to‘rt bosh farishta (Jabroil, Azroil, Mikoil, Isrofil)ning umumiy nomi. Islom aqidalarida ular Allohga eng yaqin farishtalar deb ta’riflanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:21:29
MUG’AYRA ibn SHU’BA (? - 666) -sahobalardan. Kufadaga saqafiy qabilasidan. Umar (ra) uni Basra hokimi etib tayinlaydi. Yarmuk jangida bir ko‘zidan ayrilgan, Nihovand va Qodisiyya janglarvda ishtirok qilgan. Keyin Kufa hokimi bo‘lib, shialar va xorijiylar orasida yuz bergan fitnalarni bostirgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:21:49
MUG’IYRIYLAR, al-Mug‘iriya - "o‘ta" shialar jamoasi, Mug‘iyra ibn Sa’id al-Ijliy izdoshlari. Xolid ibn Abdulloh al-Kasriyning Iroqdagi noibligi davrida (724-738) Mug‘iyra Kufada o‘zini "payg‘ambar", Muhammad ibn Abdullohni mahdiy deb ochiqdan-ochiq da’vo qilib chiqqan.
Noibning amriga ko‘ra, Mug‘iyra va uning bir guruh izdoshlari qo‘lga olinib, gulxanda yoqilgan (736 y.). Mug‘iyra tarafdorlari Ja’far as-Sodiqning imomligini tan olmaganlar, ularning fikricha, imom Muhammad al-Boqir (732 y. v.e.) imomlikni maxdiy kelishigacha Mug‘iyraga vasiyat qilgan. 762 y. imomlik uchun kurashda Muhammad ibn Abdulloh halok bo‘lgan, biroq M. va unga imom sifatida qasamyod qilgan abbosiy shialarning bir qismi uning vafot etganini inkor etganlar, ularning fikricha, uning qiyofasidagi shayton o‘ldirilgan, uning o‘zi esa, tog‘larga yashiringan va aynan uning o‘zi, Muhammad (sav)ga ismdosh bo‘lgani tufayli, maxdiy sifatida qaytadi. Shundan ularning boshqa bir atalishi - muhammadiylar kelib chiqqan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:22:02
MUHADDIS (arab.- hadis rivoyat qiluvchi) -hadislarni to‘plash, saralash va sharxlash b-n shug‘ullangan ilohiyotchi. Muhammad (sav) vafotlaridan keyin hadislarni to‘plash keng an’anaga aylana boshlashi natijasida ilohiyotchilarning bir qismi bu sohada ixtisoslashgan va ular M.lar deb nom olgan. Hadis to‘plamlari islom an’anasida e’tibor qozonib, M.lar (mas., Muhammad al-Buxoriy, Muslim'ibn al-Hajjoj, Ibn Moja va b.) islom tarixida mashhur bo‘lib ketgan. Islomda hadis Qur’ondan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:22:53
MUHAMMAD (sav), Ahmad ibn Abdulloh (570/571 - 632) - islom dini payg‘ambari va musulmonlarning birinchi jamoasi asoschisi. Musulmonlar e’tiqodiga ko‘ra, Allohning oxirgi payg‘ambari va uning elchisi. U zot orqali odamlarga Qur’on nozil qilingan. Islom ta’limotiga ko‘ra, M. nomlarini aytgan yoki eshitgan kishi "sallalohu alayhi vasallam" (sav) - "unga Allohning rahmat va salomi bo‘lsin" yoki "alayhissalom" - "unga salmlar bo‘lsin" deb salovat aytib qo‘yish vojib hisoblanadi. Quraysh qabilasining hoshimiylar urug‘iga mansub, Makkada uncha boy bo‘lmagan, lekin Makka zodagonlariga yaqin oilada tug‘ilganlar. M. (sav)ning bolalik va o‘smirlik yillari haqidagi ma’lumotlar juda kam. M. (sav) go‘dakliklaridayoq yetim qolganlar; otalari Abdulloh - payg‘ambar (as) tug‘ilmaslaridan avval, olti yoshliklarida esa - onalari Omina vafot etgan. So‘ng M. (sav)ni o‘z tarbiyasiga olgan bobolari Abdulmuttalib ham ko‘p o‘tmay olamdan o‘tadi. Yetim bolani tarbiya qilishni amakilari Abu Tolib o‘z zimmasiga oladi. 12 yoshlarida M. (sav) bir muddat Abu Tolibning podasini boqadilar, keyin tijorat ishlariga jalb qilinganlar. 21 yoshlarida Abu Tolib M. (sav)ni Huvaylid ibn As’adning qizi, badavlat beva ayol Xadicha xonadoniga dastyorlikka beradi. Xadichaning savdo ishlari b-n shug‘ullangan M. (sav) Suriyaga safar qilganlar. xususan. Xalab va Damashq shaharlariga boradilar. M. (sav) 595 y. 25 yoshda 40 yoshlarga borib qolgan Xadichaga uylanganlar. Xadicha hayotligada M. (sav) boshqa xotin olmaganlar. M. (sav)dan Xadicha uch o‘g‘il (Qosim, Tohir, Tayyib) va to‘rt qiz (Ruqiya, Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima) ko‘rgan. O’g‘illari go‘dakligidayoq vafot etgan. Qizlaridan Fotimagana M. (sav) avlodlarini davom ettirgan. Xadicha vafotidan so‘ng M. (sav) bir necha bor uylanganlar (lekin, Oishadan boshqa bokira qiz xotin olmaganlar), ulardan farzand ko‘rmaganlar. Faqat joriyalari Moriyadan Ibrohim ismli o‘gil bo‘lgan. U ham juda yoshligida nobud bo‘lgan. M. (sav) qirq yoshga to‘lganlarida o‘zlarini boshqacha seza boshlaganlar. Yolg‘izlikni qo‘msab, Makka yonidagi Hiro tog‘ida joylashgan g‘orga borib ibodat b-n mashg‘ul bo‘lar, o‘yga tolardilar. Taxm. 610-y.da M. (sav) Makkada o‘zlarining xudodan vahiy olayotganlarini e’lon qiladilar. Buni birinchilardan bo‘lib Xadicha, M. (sav)ning amakivachchalari Ali ibn Abu Tolib hamda asrandi g‘illari Zayd ibn Horisa e’tirof etib imon keltirishgan. Ko‘p o‘tmay, Makkaning eng nufuzli savdogarlaridan Abu Bakr, Zubayr, Talha, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abdurahmon ibn Avf va Usmon ibn Affon M. (sav)ning chin payg‘ambar deb tan olishgan. M. (sav) izdoshlari jamoasi dastlabki paytlarda 50 kishidan oshmagan. Makkaning qolgan aholisi, ayniqsa, nufuzli qurayshiylar esa, M. (sav) ta’limotlarini ochiqdan-ochiq dushmanlik b-n qarshi olgan. Buning natijasida M. (sav) tarafdorlaridan 11 xonadon (50 ga yaqin odam) Habashiston (hoz. Efiopiya)ga ko‘chib ketgan. M. (sav) jamoalariga jasur jangchilar sifatida tanilgan Hamza b-n Umarning qo‘shilishi jamoaning mavqeini oshirdi. Ayni vaqtda kuraysh zodagonlarining M. (sav) va u zotning tarafdorlariga dushmanligi yanada kuchaydi. 620 y.da Xadichaning, so‘ngra Abu Tolibning vafotidan so‘ng Makkada vaziyat yomonlashadi, M. (sav) muayyan xatar ostida qoladilar. Har yilgi an’anaviy Makka ziyoratiga kelgan Yasrib (hozirgi Madina sh.)lik Avs va Xazraj qabilalarining vakillari M. (sav) b-n uchrashib, sodiqlik bildirishadi va yordam qilishga va’da berishadi, M. (sav)ni Yasribga ko‘chib borishga da’vat qilishadi. Avval M. (sav)ning izdoshlari (ashoblar) o‘z oilalari b-n quraysh zodagonlaridan maxfiy ravishda guruh-guruh bo‘lib ko‘chadi. Oxirida M. (sav)ning o‘zlari Abu Bakr (ra) b-n jo‘nab ketadilar. 622 y.da yuz bergan bu ko‘chish payti (arab. xijra)dan musulmonlar erasi - hijriy yil hisobi bolshanadi. Dastlab, ko‘pchilik Makkalik musulmonlar, keyinchalik M. (sav)ning o‘zlari ham Yasribga ko‘chib o‘tishgan (Rabiul avval oyining 12 yoki 8-sanasida yoki 622 y.ning 24 yoki 22 sent.ida). Yasrib Madinat an-Nabiy ("Payg‘ambar shahri") yoki shunchaki, Madina deb atala boshlandi. M. (sav) jamoaning oddiy da’vatchisidan siyosiy yetakchisiga aylanganlar. Asta-sekin Makkadan M. (sav) b-n birga ko‘chib kelgan musulmon - muhojirlar va madinalik musulmon ansorlar M. (sav)ning asosiy tayanchlari edilar.
Shanba o‘rniga musulmonlar uchun jamoa bo‘lib namoz o‘qiladigan juma kuni belgilanadi. Ka’ba muqaddas haj ziyoratgohi deb e’lon qilinadi. U islom dinining asosiy ziyoratgohi, ibodat qiluvchilar o‘sha taraf (Qibla)ga qarab ibodat qiladigan bo‘ldilar. Madinada birinchi masjid, M. (sav) uylari quriladi, musulmon arkonlari (aqoid) -ibodat, tahorat, ro‘za, namozga chorlash - azon xayr-ehson ehtiyojlari uchun zakot yig‘ish qoidalari ishlab chiqila boshladi. M. (sav) Allohning elchisi, odamlarga ilohiy yo‘l-yo‘riq va qonunlarni yetkazuvchi payg‘ambar deb taniladilar. Madinada M. (sav) atroflariga birlashgan muhojir va ansorlardan iborat musulmonlar jamoasi (umma) vujudga keldi. Bu jamoa Arabistonda azaldan hukm surib kelgan qon-qarindoshliqtsan iborat urug‘-qabilachilik birlashmalari asosida emas, balki yagona diniy ta’limot asosida vujudga kelgan edi. Umma diniy ruxdagi uyushma bo‘lib, M. (sav) ayni vaqtda jamoaning ham diniy, ham dunyoviy, ham harbiy rahbari edilar. Hijradan so‘ng bir necha yil davomida Madina va atrofdagi arablar islomni qabul qilib, jamoaga a’zo bo‘lib kirishdi. Shahardagi yahudiylar musulmonlar b-n tuzgan axdnomani buzgani uchun qisman haydab chiqarildi, bir qismi qirib yuborildi. Shunday qilib, M. (sav) diniy ta’limot, marosimlar va jamoani uyushtirishning asosiy tartib qoidalarini shakllantirganlar. Bu qonun-qoidalar keltirilgan vahiylarda kisman M. (sav)ning va’zlari, xatti-harakatlari va qarorlarida o‘z aksini topdi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:23:26
Madina davrining avval boshidan jamoani jipslashtirish va uni kengaytirishning shakllaridan biri makkalik mushriklarga qarshi kurashish edi. 623 y. musulmonlarning Makka savdo karvonlariga hujumlari boshlandi. Makkaliklarga qarshi uyushtirilgan iqtisodiy urush, ular farovonliganing asosiy manbai bo‘lgan savdo karvonlari ishini chippakka chiqardi. 624 y.da Badr qudukdari oldida, (q. Badr jangi) 625 y.da Uhud tog‘i etagida (q. Uhud jangi) janglar bo‘ldi. 626 y.da makkaliklar madinaliklarga uzil-kesil zarba berish maqsadida yirik harbiy safarga otlanishdi. M. (sav) Madinani uzoq qamal sharoitiga tayyorladilar, shahar atrofiga chukur xandaqlar qazildi va u yerlarga kamonchi o‘qchilar joylashtirildi. Qattiq to‘zonli shamollar qamal qiluvchilarni toliqtirdi, ular orasida nizolar boshlandi. Natijada Madina qamali bekor qilindi, bu g‘alaba Madina jamoasini yanada jipslashtirish b-n birga, unga yangi-yanga badaviy qabilalarning qo‘shilishiga olib keldi. Hijraning 6-yilida makkalik quraysh zodagonlari mavjud muammolarni kelishuvchilik yo‘li b-n bartaraf etish uchun M. (sav) b-n tengma-teng muzokara olib borishga majbur bo‘lishdi. Xususan, Xudaybiyada muhim bitim tuzildi: unga ko‘ra, makkaliklar kelgusi yili Madina musulmonlarining Ka’ba ziyoratiga to‘sqinlik qilmaslik, ular Makkaga kelgan kunlari shahardan tashqariga chiqib turish majburiyatini oldi. Madinaliklar o‘z navbatida bundan buyon Makka karvonlariga tegmaydigan bo‘ldi. Bu davrga kelib makkaliklarning G’arbiy Arabistondagi siyosiy ta’siri tobora zaiflasha boshlagan edi. Shu sharoitda Makka hukmron doiralari M. (sav) jamoasi b-n munosabatlarni mustahkamlash zarurligini tushuna boshladi, Madinaga qarshi kurashning yetakchilaridan biri bo‘lgan Abu Sufyon M. (sav) tarafiga o‘tdi. 630 y.da Makka M. (sav)ga jangsiz taslim bo‘ldi, islomning diniy markaziga aylandi. Ka’ba ichidagi butlar va sanamlar buzib tashlandi, u yangi dinning eng muqaddas sajdagohiga aylantiriddi, bu yerga ziyorat (haj) qilish bu dinning shartlaridan biri deb e’lon qilindi. Makkaliklarning o‘zlari esa M. (sav) jamoalariga qo‘shildi. Bu hol M. (sav) jamoalarining badaviylarga ta’sirini yanada kuchaytirishda va ular o‘rtasida islomni kengroq yoyishda muhim ahamiyat kasb etdi. 631 y.da ko‘p qabilalar M. (sav)ga bo‘ysundi va islomni qabul qildi. Hijraning 10-yili (632 y. martida) M. (sav)o‘z oila a’zolarini olib, Madina atroflaridagi 100 mingdan ortiq kishi b-n Makkaga birinchi va oxirga marta ziyorat (haj)ga bordilar. Buni islomda hajjat ul-vado’ deyiladi. Mana shu ziyorat Makkaning islom diniy markazi sifatidagi mavqeini uzil-kesil hal etdi. O’shandan buyon o‘tgan barcha asrlar davomida musulmonlar Makkani ziyorat qiladi. Ana shu ziyoratdan uch oy keyin uzoq davom etmagan kasallikdan so‘ng M. (sav) Madinada vafot etadilar. Payg‘ambar (as)ni o‘z hujralariga dafn qilishgan, maqbaralari keyinchalik u yerda qurilgan katta masjid ichiga olingan, musulmonlarning ziyoratgohiga aylantirilgan.
M. (sav)ning hayotlari va tarjimai hollari Siyrdyaa, u zotning so‘zlari va qilgan ishlari haqidagi rivoyatlar Hadislarda bayon etilgan. Islom ta’limotida M. (sav) komil inson sifatida ta’riflanadilar. Sunnada payg‘ambar (as)ning hayotlari barcha musulmonlar uchun namuna bo‘lishi kerakligi ta’kidlanadi. Islom an’anasida M. (sav) hech qanday g‘ayritabiiy, ilohiy xususiyatga ega emasliklari, balki hamma kabi oddiy odam, lekin Allohning chin va oxirgi paygambarlari ekanliklari qayd etiladi. M.(sav)ning shaklu shamoillari, siyratu sifatlari, insoniy fazilatlari, boshqa payg‘ambarlardan farq etadigan xususiyatlari to‘g‘risida birga yurgan, suhbatlaridan bahramand bo‘lgan sahobalar hamda nikohida bo‘lgan ayollari tomonidan nakl qilingan rivoyatlar asosida ko‘plab asarlar bitilgan. Ulardan Abu Iso Termiziyning "Shamoili nabaviya", Muhammad Busiriyning "Qasidai burda", Abu Ja’far Barzanjiyning "Mavlidin-Nabiy", Muhammad ibn Solihning "Muhammadiya", Mavlono Mu’inning "Siyari sharif", Akbarobodiyning "Nodirul-me’roj", Sayyid Mahmud Taroziyning "Shirin kalom", "Nurul kalom", "Nurul-basar" va b. ko‘plab mualliflarning asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Imom Termiziyning "Shamoili nabaviya" kitobi ular ichida kadimiyligi va rivoyatlarining sahixdigi b-n ajralib turadi. Unda M.(sav)ning jismoniy va axloqiy xususiyatlariga batafsil ta’rif berilgan. Mas., ikki kiftlari o‘rtasida "Muhammadun-Rasululloh" deya bitilgan muhri nubuvvatlari bo‘lgani, soch-soqollarining oku qorasi nechta bo‘lganidan tortib, kiyim-kechaklari, oyoq kiyimlari, taqqan uzuklari, qilich-qalqonlari, salla-choponlari, yegan va yoqtirgan taomlari, ovqatdan oldin va keyin o‘qigan duolari, suv ichishlari, xushbo‘y narsalarni iste’mol qilishlari, so‘zlashish odoblari, xulq-odoblari, kulish va hazil-mutoyibalari, musiqa va she’riyatga munosabatlari, ibodat va riyozatlari, tilovat va munojotlari, yotish-turishlari, tibbiyotga munosabatlari, kundalik tirikchiliklari, nomu laqablari, umrlarining mikdori, xastalik va vafotlari, qoldirgan meroslari va b. sifatlari to‘g‘risida alohida-alohida bob va fasllar orqali bayon etilgan. Jismoniy tuzilishlari to‘g‘risida jumladan shunday nakl qilinadi: "Ul zotning bo‘ylari unchalik novcha ham, past ham emas, bosh, qo‘l, oyoq va kiftlari yo‘g‘on, yuzlari qizg‘ish, ko‘zlari katga, oqi juda oq, qorasi o‘ta qora, o‘tkir, sochlari quloqlarining yumshokdarigacha yopib, yelkalariga tegib-tegmay turar, bo‘yinlari sochlari orasidan tovlanib, go‘yo kumush ko‘zadek ko‘rinib turar, terlasalar, marjondek terlaridan muattar hvd taralar, biror kishiga qayrilib qaramoqchi bo‘lsalar boshlarinigana burib qaramay, balki butun gavdalari b-n o‘girilib qarar edilar. Old tomonlarini qanday ko‘rsalar, orqa tomonlarini ham shunday ko‘rar edilar. M.(sav)ning soyalari yer uzra namoyon bo‘lmas edi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:23:48
MUHAMMAD SHAYBONIY, to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn al-Hasan (749-805) -faqih, musulmon huquqshunosligini bir tizimga solib, tartib beruvchilardan biri. Vosit sh.(Iroq)da mavlo oilasida tug‘ilgan. 14 yoshidan 18 yoshigacha Abu Hanifa mashg‘ulotlariga qatnagan, so‘ngra bir muncha payt Abu Yusufdan saboq olgan. 20 yoshida Kufaning jome masjidida va’z aytgan. Sufyon as-Savriy (777-78 y.v.e.) va Abdurahmon al-Avzo’iy (774 y.v.e.) ma’lumotlaridan foydalanib hadislarni o‘rgangan. 3 yil mobaynvda Madinada Molik ibn Anas ma’ruzalarini tinglagan. Iroqqa qaytib kelgach, M.Sh. Bag‘dodning eng e’tiborli faqixlaridan biriga aylangan. 792-93y.larda zaydiylar imomi Yah’yo ibn Abdullohni qo‘llab-kuvvatlagani uchun xalifa Horun ar-Rashidning qahriga uchragan. Biroq, keyinchalik xalifa o‘z qarorgohini Furotga ko‘chirishga jazm qilganida xalifa M.Sh.ni xalifaljning yangi poytaxti - Rakka sh. qozisi etib tayinlaydi. 805 y. Xurosonga yo‘l olgan xalifa Horun ar-Rashid M.Sh.ni o‘zi b-n olib ketgan. Xalifa uni Xuroson qozisi etib tayinlamoqchi edi. Biroq, u yo‘dda, Ray sh. yaqinida vafot etgan. M.Sh. juda katta sa’y-harakat qilib, asarlarida Abu Hanifa ilmiy merosini to‘plagan. Shu b-n birga uning qarashlari ko‘p hollarda Abu Hanifanikidan farq qilgan. M.Sh. fiqhga ovd al-Mabsut (2-nomi - Kitob al-asl fi-l-furu) to‘plamini tuzgan va unga Kitob az-ziyodatni qo‘shimcha qilgan; fiqhga doir katta ma’lumotnoma - Kitob al-jome al-kabir va kichik ma’lumotnoma - Kitob al jome as-sag‘irni, shuningdek, harbiy hukuqqa oid asar va b.ni yozgan. M.Sh. imom Molik ibn Anasning al-Muvatta asarini tuzuvchi va sharxlovchisidir. M.Sh. shogirdlari orasida eng mashhuri shofi’iy mazhabi asoschisi Muhammad ash-Shofi’iy hisoblanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:24:00
MUHARRAM (arab. - taqiklangan, muqaddas) - qad. arablarning Oy taqvimvda, shushshgdek, musulmonlarning hijriy yil hisobida birinchi oy. M. islomdan ilgari ham arablarda muqaddas oy hisoblangan, bu oyda qabilalar o‘rtasidaga urush-janjallar va qon to‘kishlar taqiqlangan. Bu M. oyining nomidan ham ko‘rinib turadi. M. oyining birinchi o‘n kunida shialar imom Husaynni yodlab motam tutadi, turli diniy marosimlar o‘tkazadi (q. Ashuro). Islomda M. urush man qilingan to‘rt oyning biridir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:24:22
MUHOJIR ("hijrat qilgan") - Makka fathiga qadar Muhammad (sav)ga ergashib Madinaga ko‘chib borgan musulmon. Dastlabki yillarda M.lar soni yuzga yaqin erkak bo‘lgan. Badr jangida 70 ga yaqin kishi qatnashgan. Ular musulmon jamoasining eng sara qismini tashkil qilgan. Ular imon, e’tiqod yo‘lida qarindoshlik rishtalarini uzib, uy-joy, mulklarini tashlab Rasululloh (sav)ga ergashganlar.
Dastlabki davrda M.larning ko‘pchiligi badavlat dindoshlari xayriyalari hisobiga qashshoq yashaganlar (Qur’onda saxiylikka qilingan ko‘plab da’vatlar shu b-n bog‘liq), lekin, yahudiylarning Banu Nadir qabilasi ko‘chirib yuborilgach, ular uy va yerlarga ega bo‘lishgan, o‘lja hisobiga boyiy boshlashgan. Umar I ularga boshqa musulmonlarga qaraganda kattaroq maosh belgilagan (qancha ilgari hijrat qilgan bo‘lsa shuncha ko‘p); o‘lja taqsimotida ularga ko‘proq ulush ajratilgan. Hatto 8-a. boshidagi Misr hujjatlarida Mlarga atalgan ta’minotlar alohida qayd etib o‘tilgan. Xalifalik taxtiga da’vogarlarning barchasi M.lar ichidan chikqan. Muhammad (sav) M.lar qatoriga Makkadan Habashistonga ko‘chgan va 629 y. Madinaga qaytib kelgan musulmonlarni ham kiritganlar, lekin Umar I maosh belgilash chog‘ida ularni oliy darajaga kiritmagan, zero, ular dastlabki janglarda qatnashmaganlar. Keyinchalik ularni M. deb atashmagan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:24:43
MUHOKAMA - sud jarayoni. Sud yuritish tartibi islomda, asosan, 8-a. o‘rtasiga kelib shakllangan. U uchta tamoyilga asoslangan: jarayonda tomonlarning shaxsan ishtirok etishi, jarayonning oshkoraligi, jarayonning uzluksizligi. Jarayon og‘zaki olib borilmog‘i lozim, yozma guvohliklar va dalillar esa, xotira uchun yozuv sifatida qaralgan, ularning haqqoniy ekani guvohlar (shohidlar) tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘lgan. Tomonlarning o‘zlari ayblov yoki da’vo qo‘zg‘atganlar va o‘zlari himoya qilganlar. Agarda tekshiruv lozim bo‘lsa, uni qozi yoki uning vakshsh olib borgan. Agar tomonlardan biri jarayonda ishtirok qila olmasa, uning nomidan vakil qatnashgan, lekin unga albatta qozining ruxsati lozim bo‘lgan. Tomonlar tashqaridan taklif etilgan huquqshunoslar ko‘magidan foydalanishlari mumkin bo‘lgan, ular jarayonda advokatlik vazifasini bajarishgan, lekin, sud uchun ular faqat guvoh hisoblanishgan. Keng oshkoralikni ta’minlash uchun jarayon shunday joyda o‘tishi kerakki, u yerda xalq to‘plana olsin: maydonda, hokim yoki qozining uyi oldida, maxsus xona (mahkama)da va b. Sud shtati doimiy bo‘lmagan: qozi o‘z xohishiga ko‘ra unga kotib, tarjimonlar, xabarchilar va b.ni kiritgan, ularga sudning umumiy xarajatlaridan pul to‘lagan. Sud jarayoni vaqtida haqiqat, yoki tomonlarning biri boshqasini haq ekanini e’tirof etishi, yoki guvohlarning ko‘rsatmalari, yoxud tomonlarning biri qasam ichib o‘z hakdigiga ishontirishi yo‘li b-n aniqlangan. Jarayon quyidagi tartibda o‘tkazilgan: ayblov yoki da’vo qo‘zg‘atilgach, qozi tomonlarning kelish imkoniyatlarini hisobga olib ishning ko‘rilish joyi va vaqtini tayinlaydi. Jarayon boshlanishida ayblovchi tomon o‘z ayblovi yoki da’vosini izhor etib, imkoni boricha dalillar va guvohlarning ko‘rsatmalarini keltiradi, ayblanuvchi tomon o‘zini himoya etuvchi dalil, asoslarni keltiradi. Bordi-yu, tomonlardan biriga qo‘shimcha dalillar to‘plash uchun vaqt zarur bo‘lsa, jarayon shu davrga kechiktirilishi mumkin. Agarda na dalillar, na guvoxlarning ko‘rsatmalari tomonlardan birining haq ekanini isbotlay olmasa, tomonlar qasam ichiriladi, bunda ayblovchi tomon birinchi bo‘lib qasamyod qildiriladi. Bordi-yu, mana shu barcha imkoniyatlar ham samara bermasa, tsa’volar isbotlanmasa, jarayon to‘xtatiladi. Agarda ayblovchi tomon jarayondan so‘ng qo‘shimcha dalillar topgudek bo‘lsa, u yangi jarayonni boshlashi mumkin bo‘lgan. Hozirgi davrda bunday sud jarayonlari, asosan, urf-odatni buzish b-n bog‘liq, oilaviy va ba’zi mulkiy munosabatlar (merosxo‘rlik va mulk gaqsimoti, vasiylik, topshiriq, mahr to‘lash ustidan nazorat va b.)ni ko‘ruvchi diniy sudlardagina olib boriladi. Murakkab zamonaviy usullarni qo‘llash b-n bog‘liq tekshiruvni talab qiluvchi barcha ishlar diniy sudlar tomonidan ko‘rilmaydi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:25:16
MUHOSIBIY, Abu Ali al-Horis ibn Asad al-Anaziy (taxm. 781-857) - bag‘dodlik ilohiyotchi, sufiylikning birinchi nazariyotchilaridan biri. Basrada tug‘ilgan. Hadislar va fikxni mashhur alloma Yazid ibn Horun (821 y. v.e.)dan va Abu Ishoq al-Kurashiy degan shaxsdan o‘rgangan. Yoshligida Bag‘dodga ko‘chib o‘tib, o‘qishni mustaqil davom ettirgan. U zohidona turmush kechirgan, otasi qoldirgan katta merosdan voz kechgan, zero, u mutaziliylarning "inson irodasi erkinligi" haqidagi ta’limoti tarafdori bo‘lgan. M.ning taqvodor va bilimdonligi unga katta shuhrat keltirgan va uning atrofida ko‘plab shogardlar to‘planishiga olib kelgan. Biroq, taxm. 846 y. Ibn Hanbalning o‘zi boshchiligida hanbaliylarning unga qilgan quvginlari oqibatvda u o‘z va’zlari va darsini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
Uni bid’atda ayblashgan va Bag‘dodni tark etishga majbur qilishgan. U qolgan umrini butunlay darveshona hayot kechirib, har qanday ijtimoiy faoliyatni to‘xtatgan, qashshoqlikda vafot etgan.
M. ("Qalblar va xotiralar") asarida sufiylik "psixologiyasi"ning asosiy qoidalarini ta’riflab bergan. Shaxs o‘z-o‘zini kamolotga yetkazishining asosiy vositasi o‘z-o‘zini kuzatuv va o‘zini nazorat qilishi (muroqaba va muhosaba) deb bilgan. Laqabi Muhosibiy shundan olingan, ya’ni "o‘zini-o‘zi nazorat qiluvchi, o‘ziga-o‘zi hisob beruvchi". M. 30 dan ziyod asar yozgan, ulardan mashhurlari "Kitob ar-ri’aya li-huquq Alloh" ("Allohning haklariga rioya qilish"), "Kitob at-tavahhum" va "Kitob al-ba’s va-n-nushur" ("Qayta tirilish va yig‘ilish kitobi"), sufiylikka qadam qo‘yganlar uchun o‘gitlar sifatida "Kitob al-vasaya" ("Tavsiyalar kitobi") va b.
M. Bag‘dodning mashhur sufiylari an-Nuriy (907 y. v.e.) va al-Junayd (910 y. v.e.) va b.ning ustozi bo‘lgan. Uning qarashlarini al-G’azoliy qabul qilib, ularni yuqori baholagan. "Kitob ar-ri’aya" butun musulmon olamida keng mashxur bo‘lib, uni muridlar uchun "shart bo‘lgan adabiyotlar" sifatida tavsiya etishgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:25:35
MUHTASIB (arab. - nazorat qiluvchi) - o‘rta asr musulmon davlatlarida islom marosimlari, urf-odatlari va shariat qonunlarining bajarilishi, odamlarning jamoat joylarida yurish-turishi ustidan nazorat qiluvchi amaldor. Shariat tizimiga xos mansabdor shaxslar toifasiga kirgan. O’rta Osiyoda bunday amaldorlar rais deb atalgan. M.lar bozorlardagi narx-navo va o‘lchov asboblarining to‘g‘riligi ustidan nazorat qilish, urf-odatlarning bajarilishini kuzatish, diniy vazifalarini bajarmagan kishilar (mas., ramazon oyida ro‘za tutmaganlar)ni jazolashga hukm chiqarish va o‘sha yerning o‘zvda hukmni ijro ettirish kabilar b-n shug‘ullangan. M.ni odatda davlat boshlig‘i tayinlagan va u qozi b-n barobar ish ko‘rgan. Ammo, M. ma’muriy jihatdan qozidan pastroq lavozim hisoblangan va undan ancha kam maosh olgan. M. shaharni non b-n ta’minlash, taqchil paytlarda uning bahosini ma’lum chegaradan oshirmaslik, shuningdek, kemalar va hatto hammol, yuk tashuvchi hayvonlarga qancha yuk ortilganini ham tekshirib turish va h.k. b-n shug‘ullangan. M. lavozimi ayrim xristian davlatlari (Quddus qirolliga, Armaniston)da ham bo‘lgan. Yaqin-yaqin vaqtlargacha (1920 y.ga qadar) Buxoroda M. turli vazifalarni bajarib kelardi. O’zbekiston musulmonlari idorasvda masjidlarning moddiy va ma’naviy faoliyatini nazorat qilib turuvchi muhtasiblik bo‘limi mavjud.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:25:49
MO’MIN (arab. - e’tiqod qiluvchi, dinga ishonuvchi) - ilk islom davrida Madina jamoasi (q. Umma) a’zosi. Shar’iy amallarni to‘kis bajaruvchi shaxs esa, muslim deb atalgan. M. va muslim lug‘aviy jihatdan bir-biridan tafovut qilngan. Keyinchalik ular bir mazmunda tushuniladigan bo‘lgan. Qur’onda M. so‘zi Allohning sifati va dindor e’tiqodining ichki, axloqiy tomonini aks ettiruvchi alohida tushuncha sifatida besh joyda qo‘llanilgan. Ulamolar kimni M. qatoriga kiritish haqida turli fikrlarni bildirganlar. Chunonchi, axli sunna va jamoa "qalban ishongan" (akd bi-l-qalb), o‘z imonini ochiq, barchaga e’lon qilib (iqror), chin niyat b-n yaxshi, solih amallarni qiluvchini M. deb hisoblaydi. Murji’iylar bo‘lsa, qalban ishongan va o‘z imonini ochiq, barchaga e’lon qilgan kishi (solih amal qilmasa ham) M.dir, deydilar. M.ning mana shu ikki asosiy mohiyati haqidagi fikr boshqa tariqat va oqimlar tomonidan e’tirof qilingan. M. -oddiy xalq tilida yuvosh, muloyim odam degan ma’noni ham bildiradi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:26:07
MO’JIZA (arab. - aqlni ojiz qoldiruvchi hodisa) - payg‘ambarlarning haqiqatan ham Alloh tomonidan bandalarga yuborilgan elchilar ekaniga dalil-hujjat sifatida yuz beradigan g‘ayri tabiiy hodisa. Mas., Muso (as)ning hissasi tayoq sifatida qo‘y haydashdan tashqari, kerak paytda boshqa shaklga kirib, daryoga ko‘prik bo‘lar, yoki ajdarga aylanib payg‘ambar foydasiga xizmat qilar edi. Qo‘llari qo‘yniga suqib olingach, tunda yo‘lni yoritishdek yog‘du sochar edi. Iso (as)ga og‘ir, bedavo kasalliklarni ham bir nafas b-n tuzatish, murdalarni tiriltira olish kabi mo‘‘jizalar ato etilgan. Muhammad (sav) esa, bir necha o‘nlab mo‘‘jizalarga ega bo‘lganlar. Ularning ichida eng ulug‘i - o‘qish, yozishdan mutlaqo xabari yo‘q savodsiz (ummiy) shaxsning Qur’oni karim oyatlarini yoddan tilovat etishi va ularning nazm va mazmun jihatidan bashariyat imkonida yo‘q oliy darajada aytilgan ilohiy vahiy ekanidir. G’ayritabiiy hodisalar deganda havoda bevosita uchish, suv betida yurish, uzoq masofani bir lahzada bosib o‘tish, jonsiz narsalarni gapirtirish, zarur hojatlarning ravo bo‘lishi, duosining ijobat etilishi kabi ishlar nazarda tutiladi. Bu xildagi hodisalar aziz-avliyolardan sodir bo‘lsa u karomat deyiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 05 Oktyabr 2006, 21:26:24
MO’TABAR JOYLAR, qadamjolar-dindorlar muqaddas deb hisoblagan va ziyorat qiladigan joylar. Bular - payg‘ambar, shayx, eshon, avliyolar nomlari b-n bog‘liq deb hisoblangan va ziyoratgohga aylanib ketgan maqbara, buloq, daraxt yoki tepaliklar, g‘or va b.dir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:06:16
- N -

NABIY (arab. - ko‘pligi anbiyo, ilohiy xabar keltiruvchi) - payg‘ambar, Allohning farmoyishini insonlarga yetkazib beruvchi vositachi shaxs. N.larga ishonish islom dini aqidalaridan biri hisoblanadi. O’zlariga maxsus kitob va shariat berilmay, bir rasulga (ya’ni Alloh elchisiga) ato etilgan kitob va shariatga amal qilmoqqa buyurilgan payg‘ambarlar N.lar deyiladi. Nlarning hech biri rasul bo‘la olmaydi, ammo rasullarning har biri N. nomi b-n ham ataladi. Alloxdan vahiy olib turuvchi shaxs Kur’onda Muhammad (sav)ning rasul (elchi) degan ismi b-n bir qatorda eng asosiy sifatlaridan (nomlanishlaridan) biri. Kur’onda, shuningdek, undan avval o‘tgan qad. payg‘ambarlar, jumladan, birinchi payg‘ambar Odamato haqida ko‘p zikr qilingan. Muhammad (sav) esa, eng oxirgisi bo‘lib, "hotam an-nabiyin" - "payg‘ambarlar muhri" deb ataladilar.
Qad. payg‘ambarlar Allohga imon keltirishga chaqirganlar hamda Muhammad (sav)ning dunyoga kelishlarini bashorat qilganlar. Rivoyatlarga ko‘ra, ularning soni 124 ming. Biroq, Qur’onda 25 tasining nomi zikr qilingan. Ulardan ko‘pining qo‘shimcha nisbalari bor. Mas., Ibrohim (as) Xalilulloh (Allohning do‘sti), Iso Ruhulloh (Allohning ruhi), Muhammad Rasululloh va h.k. To‘qqizta payg‘ambar alohida ajratib ko‘rsatiladi. Ular Nuh, Ibrohim, Dovud, Yaqub, Yusuf, Ayyub, Muso, Iso, Muhammad. Ulardan bir nechasiga muqaddas kitoblar: Musoga Tavrot, Dovudga Zabur, Isoga Injil, Muhammad (sav)ga Qur’on nozil qilingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:07:48
NAVOIY, Nizomiddin Mir Alisher (1441 -1501) - ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri, davlat arbobi. Hirotda tug‘ildi. Temuriylar davrida yashab, temuriy shahzodalar b-n birga tarbiyalandi. 4-5 yoshlarida maktabga bordi, Qur’oni karim va hadislar uning dunyoqarashi shakllanishiga ta’sir qildi. N. "yoshlik va yigitlik zamonida doimo darvishlar suhbatining talabgori edi" (Xondamir). Uning hayoti va ijodiy faoliyatida yirik shoir, Hirot naqshbandiylik tariqatining yetakchi vakili Abdurahmon Jomiy b-n uchrashuvi katta iz qoldirdi. Jomiyni ustoz-pir hisoblab, uning tasavvufi tarixi va namoyandalari haqidagi bir necha asarini turkiy tilda qayta yaratdi. 1466-68 y.larda N. Samarqandtsa yashab taniqli fiqhshunos Xoja Fazlulloh Abullaysdan saboq oldi. Shoirning fiqh ilmini sinchiklab o‘rgangani badiiy ijodida ham, ijtimoiy faoliyatida ham asqotdi. N. o‘z umri davomida musulmonlik tartib-qoidalariga, islom ko‘rsatmalariga to‘la amal qildi. Ayni vaqtda payg‘ambarlar, sufiylar, mashoyixlar hayoti, ularning yashash tarzlari xususida ma’lumot beruvchi "Nasoyimul-muhabbat" ("Muhabbat shabbodasi"), "Tarixi anbiyo va hukamo" ("Payg‘ambarlar va hakimlar tarixi") kabi asarlar yaratdi. N.ning "Xamsa" asariga kirgan dostonlarda, devonlarda sufiylar, darvishlar, oriflar xislatlarini ta’riflovchi g‘azallar, muxammaslar, qitalar, boblar bor. N. bu zotlarni Xudo va payg‘ambardan keyin tilga olib,  ularni Alloh b-n insoniyat orasidagi vositachi, ruhiy va ma’naviy olam posbonlari sifatida e’zozlaydi. N. muqaddas kitoblardagi ilohiy fikrlardan o‘z ijodida foydalanib, ularni maxsus risolalar uchun manba sifatida qabul qildi. Chunonchi, "Arbain" ("Qirq hadis"), "Nazmul-javohir"  ("Gavharlar tizimi"), "Mahbubul-qulub" ("Ko‘ngillarning sevgani"), "Munojot",   "Sirojul-muslimin" ("Musulmonlar chirog‘i") kabi kitoblari Kur’oni karim va hadisi shariflar ta’sirida yuzaga keldi. Ularda shariat axkomlari, Alloh sifatlari, islom arkonlari va aqidalari xususida so‘z yuritdi, bu b-n islom ta’limotining ommalashishiga, ravnaq topishiga katta hissa qo‘shdi. N. vazir va hokim lavozimlarida ishlaganida ham, keyin ham badiiy ijod b-n shug‘ullanish barobarida masjid va madrasalar, xonaqoh va rabotlar bunyod etish, ilm-san’at axdlarini tarbiyalash yo‘lida sa’y-harakatlar qildi. Hirotdagi Jome masjidi va uning huzuridagi madrasa, "Xalosiya" xonaqosiga, Astrobod, Mashhad, Marv singari chekka o‘lkalardagi qurilishlarga ham mablag‘larini ayamadi. O’z jamg‘armasidan 4 ta katta madrasa, 25 dan ortiq masjid va xonaqoh, 50 dan ortiq rabot va h.k. kurdirdi. N.ning elga inoyat va marhamati ro‘za oyida, hayit kunlarida ayniqsa beqiyos bo‘lar edi. Shoir "Vaqfiya" asarida bu jarayonni deyarli qonunlashtirib qo‘ygan. Keyingi yillarda N. asarlarini tadqiq qilish va nashr etishda yangi bosqich boshlandi. Uning ijodiga tasavvufning ta’siri, asarlarida sufiylik g‘oyalarining badiiy talqini masalalarini o‘rganishga kirishildi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:08:20
NAVRO’Z - Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining kad., an’anaviy Yangi yil bayrami. Tarixiy manbalarda N. katta bayram sifatida Ahomaniylar davridan nishonlab kelinadi. Abulqosim Firdavsiy "Shohnoma' asarida N. bayramining urfga aylanishini qad. pahlaviy kitoblaridagi ma’lumotlarga asoslanib Eron eposining qahramoni shoh Jamshidga bog‘laydi. Markaziy Osiyo, Eron va Afg‘onistonga islom dini tarqalgach, bu o‘lkalarda N.ni bayram qilish avvalgidek tantanali bo‘lmasa-da, ammo butunlay yo‘qolib ham ketmadi. Markaziy Osiyo va Eron xalklari 9-10-a.larda arab xalifaligi asoratidan kutulgach, N.ni bayram qilish yana umumxalq bayramiga aylanib rasmiylashdi. Bayram kuni mahbuslar ham ozod qilingan. Mahmud Koshg‘ariyning "Devonu lug‘otit-turk" asarida ham bahor va N.ga bagishlangan xalq qo‘shiqlaridan namunalar keltirilgan Beruniy "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida hayotiy va diniy bayramlarning kelib chiqishi haqida yozgan. N. bayrami yangi yil birinchi oyi - hamalning birinchi kuni, mil. yil hisobi b-n har yili 21 mart kuni nishonlab kelinadi. N. bayrami bahor oyiga - q. x. ishlarining boshlanishiga to‘g‘ri kelgan. N.ning birinchi va OLTINCHI kunlari nihoyatda tantanali o‘tkazilgan. N. bayrami 80-y.lar o‘rtalarida asossi; ravishda diniy bayram va marosimlar qatorida man qilindi. Keyinroq bu bayram boshqa qadriyatlar qatorida tiklandi. Xoz. N respublikada umumxalq bayramlaridan biri sifatida nishonlanadi va dam olish kuni deb e’lon qilingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:12:24
NAJAF, Mashhad Ali - Irokdagi shahar, Kufadan 10 km g‘arbda, Mesopotamiya vodiysi va sahro chegarasida joylashgan ziyoratgoh, An’anaga binoan Kufa atrofida, hoz. N, joylashgan yerda Ali ibn Abu Tolib (kv) dafn etilgan. Umaviylar hukmronligi davrida qabr o‘rni sir tutilgan, shu tufayli keyinchalik N.dagi turli joylar Ali dafn etilgan yer deb belgilangan. Rivoyatga ko‘ra, sag‘ana xalifa Horun ar-Rashid (786-809)ning ko‘rsatmasiga binoan qurilgan. Ibn Havqalning xabar berishicha, Mosul hokimi, hamdoniylardan bo‘lgan Abul Xayja uning tepasiga katta gumbaz o‘rnatgan, 10-a. oxirida esa, maqbara kurilgan. 11-a. o‘rtasida maqbara sunniylar tomonidan yondirib yuborilgan, lekin tez orada qayta tiklangan. 14-a. boshiga kelib shaharda sufiylar xonaqosi paydo bo‘lgan. 1326 y. N.ga geograf Ibn Battuta kelib uni batafsil ta’riflagan: jumladan u shaharning oltin darvozalari, maqbaraning oltin chiroqtsonlari, hashamatli gilamlari va darpardalarini qayd etgan. O’sha davrdayoq N. Iroqning eng muhim shaharlaridan hisoblangan. Hoz. N. - shialik ilohiyotining yirik markazi, ziyoratgohi. Ayniqsa, ashuro kunlari va hazrati Ali vafot etgan kun nishonlanayotgan vaqtda N. gavjum bo‘ladi.
1964-1978 ylarda bu yerda Erondan quvg‘in qilingan oyatulloh Ruhullo Humayniy yashagan
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:12:58
NAJMIDDIN KUBRO MAQBARASI -Ko‘hna Urganchdagi me’moriy yodgorlik (14-a. 20-30-y.lari). Sufiylikdagi kubraviylik oqimining asoschisi, shoir, olim va shayx Najmiddin Kubro nomi b-n bog‘liq. Maqbara 3 xona (Najmiddin Kubro sag‘anasi joylashgan katta xona, bir necha qabrlari bo‘lgan kichik xona va ziyoratxona)dan iborat. Miyonsaroy va xonalar gumbaz tomli, o‘zaro bir-biri b-n bog‘langan. Bosh tarzi chuqur ravoqli, peshtoqgumbazli, koshinkori naqsh b-n hoshiyalangan, yozuvlarida qurilgan yili saqlangan. Peshtoq yuqorisi muqarnasli sharafa b-n yakunlangan. Peshtoq devorlari va sag‘ana oq, ko‘k, havo rang va jigarrang koshin b-n qoplangan. Yog‘och o‘ymakorligida ishlangan eshigiga islimiy naqsh tushirilgan. Katta xonaning ichki gumbaz osti bag‘ali qalqonsimon, 16 qirrali, 4 burchagi toquravoqli, ganchkori murqarnaslar b-n bezatilgan. Xona o‘rtasidagi sag‘ana o‘ziga xos milliy uslubda ishlangan. Bu keyinchalik Xorazm me’moriy yodgorliklarida namuna sifatida keng qo‘llanilgan. N.K.m.da Xorazm me’morligida musavvir va koshinpazlar tomonidan erishilgan barcha yutukdar namoyon bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:14:12
NAJJOR, al-Husayn ibn Muhammad (? -taxm. 845) - mashhur ilohiyotchi; uning izdoshlari o‘zlarini najjoriylar yoki husayniylar deb atashgan. Qum sh.da tug‘ilgan, duradgorchilik qilgan N. munozara qilishga o‘chligi b-n shuhrat qozongan, ayniqsa, Basra mu’taziliylari rahbari an-Nazzom (835/836 yoki 845 y.v.e.) b-n QIZEIN munozara olib borgan va shulardan biri chog‘ida vafot etgan. Shahristotyning fikriga ko‘ra, Rey va uning atrofidagi ko‘pchilik mu’taziliylar N. ta’limotiga amal qilganlar. Ibn an Nadim N.ning 20 ga yaqin asari nomini keltirib o‘tgan. Ba’zi masalalarda u sunniylar b-n, ba’zilarida esa, mu’taziliylar b-n birga bo‘lgan. Xususan, barcha mu’taziliylar kabi u "abadiy ilohiy sifatlar"ni inkor etgan, buning uchun uni sunniy-sifatiylar tanqid qilganlar. Shu b-n birga u mu’taziliylarning inson irodasi erkinligi haqidagi aqidasini rad etgan va sunniy-sifatiylarning Alloh -inson xatti-harakatlarining ijodkori va harakat qilish imkoniyati harakat b-n bir paytda sodir bo‘ladi, degan fikriga qo‘shilgan. Uni jabariy deb ham atashgan, chunki, u dunyoda faqat Alloh xoxdagan narsagana bo‘ladi, deb hisoblagan. Aqoidning xususiy masalalari bo‘yicha najjoriylar ichida o‘zaro ixtilof paydo bo‘lgach, ular ayrim guruxdarga bo‘linib ketishgan, ularning orasida burgusiylar, za’faroniylar va mustadrikiylar mashhur.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:15:09
NAZAR - mushohadaga asoslangan mulohaza, nazariy qarash. Bu ma’noda fiqxda ra’y va qiyos terminlari ishlatilgan. Kalomda N. deganda, asosan, ma’lumdan noma’lumga eltuvchi muhokama tushunilgan va shu ma’noda unga bahs, fikr, tafakkur, istidlol so‘zlari ma’nodosh bo‘lib xizmat qilgan. Shunga ko‘ra, ularning ilmi ko‘pincha "ilm an-nazar va-l-istidlol" deb nomlangan. Falsafada nazariya va amaliyotning o‘zaro nisbatiga asosan nazariy akl (al-akd an-nazariy) va amaliy akl (al-akl al-amaliy) farkdangan, fanlarni esa, nazariy (ulum nazariya-fizika, matematika, metafizika) va amaliy (ulum amaliya-etika, uy-ro‘zg‘or yuritish, siyosat)ga ajratganlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:16:03
NAZZOM, Abu Ishoq Ibrohim ibn Sayyor (? -835-36 yoki 845) - mu’taziliylarning Basra maktabi mashhur namoyandasi; uning izdoshlari o‘zlarini an-nazzomiya (nazzomiylar) deb atashgan. N.ning asarlari saqlanmagan, uning qarashlari shogirdi al-Johiz asarlarida keltirib o‘tilgan. N.ning fikricha, barcha narsalar bir paytda yaratilgan (jumlatan); jismlar cheksizlikkacha bo‘linadi, shuningdek, harakatdagi jism bir yerdan ikkinchi yerga, o‘rtadagi masofani chetlab sakrashi (tafra) haqida; hissiy qabul qilinadigan sifatlarning jismga egaliga; jismlarning o‘zaro birikishi (mudoxala) haqidagi qarashlari ma’lum. Johizning guvohlik berishicha, N. va uning izdoshlari "itlar va xo‘rozlar ustida olib boriladigan tajribani namoz va Qur’on o‘qishdan..., haj va jihoddan afzal ko‘rishgan", "choryorlar"ni qoralaganlar, mashhur muhaddislar Abu Hurayra va Abdulloh ibn Mas’udlarni soxta hadis aytganlikda ayblaganlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:17:03
NAZR (arab. - so‘z berish, va’da qilish, kuchayish) - islom fiqhida biror savobli ishni bajarishga axd qilish va uni og‘zaki yoki yozma ravishda ifoda etish (mas., falon ishimni bitirsam yoki sogayib ketsam, Alloh yo‘liga bir qo‘y so‘yib, qurbonlik qilaman kabi). Islomda N.ga tashviqot yo‘q. Ammo, N. qilgan odam uni bajarishi shart hisoblanadi. Agar bajarmasa bir vojib amalni tark etgan hisoblanib, or gunohkor bo‘ladi. Keyinchalik xalq o‘rtasida N. so‘zi xayr, sadaqa, ehson qilish ma’nolarida ham ishlatila boshlagan (mas., masjid, mozor yoki tilanchiga N. berish kabi). Islomga ko‘ra, N. imkoni bor kishi uchun vojib. Moddiy yoki jismoniy jihatdan bajarishga qodir bo‘lmagan odam N. qilmasligi lozim.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:17:39
NAMOZ (fors., arab. - salot) - islom ko‘rsatmalari bo‘yicha bajariladigan maxsus ibodat turi; islomdagi besh rukndan biri. N. musulmonlarga me’roj kechasi (q. Isro va me’roj) farz qilingan birinchi ibodatdir. Bir kecha-kunduzda besh mahal (bomdod, peshin, asr, shom, xufton) N. o‘qish farz hisoblanadi. N. o‘qish "Allohu akbar" deb takbir aytish b-n boshlanib, sano, Qur’on oyatlaridan tilovat qilish, tasbeh va duolar o‘qish, ruku’, sajda, tiz cho‘kib o‘tirish, salom berish kabilar b-n yakunlanadi. N.da bajariladigan barcha amallar birlashtirilib, yozma holda Muhammad Shayboniy (805 y.v.e.) tomonidan qayd etilgunga qadar, N. o‘qish tartibini bir xillikka keltirish ustida o‘tgan 150 yil mobaynida sa’y-harakatlar qilingan. Kur’on oyatlari va hadisi shariflarda N.ning ahamiyati, fazilatlari haqida gapirilib, uni mukammal ado etishga tashviqot qilinadi. N.o‘qish uchun namozxonning badan va kiyimlari hamda o‘qish joyi pok bo‘lishi shart. N. Makkadagi Ka’ba ibodatxonasiga qarab o‘qiladi. Uni o‘qishda maxsus to‘shama -joynamozdan foydalaniladi. N.ni kishi bir o‘zi yoki jamoa bo‘lib o‘qishi mumkin, lekin juma kunidagi juma N.ini masjidda o‘qish tavsiya etiladi. Jamoa bo‘lib N. o‘qiganda namozxonlar qator turadi, ulardan biri (odatda imom, lekin u ishtirok etishi shart  emas) imomlikka o‘tadi. N. paytida gapirish, yeyish, ichish, kulish, dunyo ishi b-n yig‘lash, yo‘talish, turli harakatlar qilish va b. mumkin emas. Kasal va nogaronlar N.ni o‘zlariga kulay holatda o‘qiydilar.
Islomdagi mazhablar ko‘rsatmalarida N. o‘qish qoidalarining bir-biridan fark qiladigan jihatlari bor. O’zbekistonda N. asosan hanafiylik mazhabiga muvofiq o‘qiladi. Mamlakatimizda N. o‘qish uchun barcha qulayliklar mavjud bo‘lgan ikki mingga yaqin masjid faoliyat ko‘rsatmokda.
 
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:18:00
NARIGI DUNYO - oxirat, boqiy dunyo. Diniy aqidaga ko‘ra, bu dunyo foniy, ya’ni qachondir tugaydi va undan keyin qiyomat qoyim bo‘ladi, oxirat-boqiy dunyo boshlanadi. Barcha odamzod qayta tirilib, Alloh huzurida yorug‘ dunyoda qilgan yaxshi-yomon ishlari to‘g‘risida hisobot bergandan so‘ng jannat yoki do‘zaxga mahkum bo‘lishi oxirat ishlaridan deb talqin etiladi. Qur’on va hadislarda oxirat to‘g‘risida juda ko‘p eslatib o‘tiladi. Zero, N.d.da qilmishlaridan hisobot berishiga ishongan odam, albatta, yovuzlikdan qaytib, ezgulikka moyil bo‘ladi. N.d. yoki oxiratni inkor etish islomda shakkoklik hisoblanib, imonidan mahrum bo‘lishiga olib keladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:18:39
NASAFIY, Abu Hafs Najmiddin Umar ibn Muhammad (1069-1142) - tarixchi, faqix, tilshunos, muhaddis, mufassir olim. Uning musulmon qonunshunosligaga doir "Manzumatun Nasafiya fil-xilofiyut" ("Kelishmovchiliklar borasida Nasafiyning nazmiy asari"), "Aqoyid un-Nasafiya" ("Islom aqidalari Nasafiy tazminida"), shariat qonunlari va Qur’oni karim sharhiga doir "Al-yavoqit fil-mavoqit" ("Qulay vaqtlar xususida yoqutlar"), 3 kitobdan iborat (100 bosma taboq hajmida) "Taysir fit-tafsir" ("Tafsir etishdagi qulayliklar"), shuningdek, tasavvufga doir "Risomayi Najmiya" kitobi bizgacha yetib kelgan bo‘lib, ular yetarli tadqiq etilmagan. Musulmon olamida Abu Hafs Nasafiy asarlariga qiziklsh qadimdan katta bo‘lgan. Uning "Manzumatun-Nasafiya" asariga zamondoshi Alovuddin Abulmujohid Muhammad Samarqandiy (vafoti 1157 y.) "Xasrul masoyil va kasrud-daloyil" ("Masalalarning cheklangani va dalillar kasri") deb, nomlangan tafsir bitgan. Sohibqiron Amir Temur davri olimlaridan Sa’duddin Mas’ud ibn Umar Taftazoniy (vafoti 1390) N. asarlariga "Sharhi aqoyid un-Nasafiya" nomli tafsir yozgan. N.ning "Al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand" ["Samarqand ulamolari xotirasiga doir qand(dek shirin kitob)"] nomli asari, asosan, samarqandlik mashhur kishilar hayoti va faoliyati hamda ular rivoyat qilgan hadislarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Movarounnahr tarixi, geogr., toponimikasi hamda Islom tarixiga doir muhim ma’lumotlar mavjud. Asarga kiritilgan mashhur shaxslar tarjimai holi arab alifbosi tartibida joylashtirilgan bo‘lib, uning bizgacha to‘liq yetib kelmagan qo‘lyozma nusxasining "xo"dan "kof" harflarigacha bo‘lgan qismigina saklanib qolgan. Shunday bo‘lsa-da, bu asar mustaqil yurtimiz o‘tmishiga doir bo‘lak manbalarda uchramaydigan ma’lumotlarga ega ekanligi boisidan nihoyatda muhimdir. O’zbekiston Milliy entsiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti N.ning ushbu asarini "Samarqandiya" nomi ostida chop etgan (2001).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:20:26
NASAFIY, imom Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud an-Nasafiy (? - 1310) -   imom,  fiqhshunos,  muhaddis.  Ustozi Muhammad ibn Abdusattor al-Kardariy bo‘lgan. N.  fiqhga doir ko‘plab  asarlar  yozgan. Olimning "Kanz ud-daqoiq" asari ayniqsa, mashhur. Musulmon hukuqshunosligi asoslari, hanafiylik va shofi’iylik mazhablarining o‘ziga xos jihatlari haqidagi bu risola Nasrulloh ibn Muhammad ibn Jammod al-Irdi  Kermoniy tomonidan  fors tiliga tarjima qilingan. N.ning "Madorikat-tanzil" tafsir kitobi ham mashhur. Uni ta’lif etishda imom Zamaxshariyning "Kashshof" tafsiridan istifoda qilgan.  N. tafsiri hoz.gacha ulamolar va ilmi toliblar o‘rtasida shuhrat topib kelmokda va undan islom o‘kuv yurtlarida   qo‘llanma   sifatida foydalanilmoqda.  N.  hayotining so‘nggi yillarida Bag‘dodda mudarrislik qilgan va o‘sha erda vafot etgan.  N.   asarlari O’zRFA Sharqshunoslik  in-tining  qo‘lyozmalar jamg‘armasida saqlanmokda.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:24:50
NASORO (arab. - nasroniy so‘zining ko‘pligi; masihiylar, xristianlar). Qur’oni karimda Iso payg‘ambarga ergashgan dindorlar shu nom b-n atalgan. Bu so‘zning kelib chiqishiga sabab -   Iso Masih Nosira nomli shaharda tug‘ilgan bo‘lib, uni Nosiriy deb atar edilar. Unga ergashgan kishini esa, nasroniy deb yurita boshlaganlar. N. Iso Masihni ilohiylashtirganlari uchun islom dini nuqtai nazarida shirk axlidan hisoblanadilar. Zero, islomda Alloh taologa hech bir narsani tenglashtirish hatto o‘xshatish mumkin emas. N. esa, Iso payg‘ambarni uchta muqaddas kuch -iloxlardan biri deb e’tiqod qiladi. Shuning uchun ham Qur’oni karimning ko‘pdan-ko‘p oyatlarida N. haqida batafsil to‘xtab o‘tiladi va Muhammad (sav)ni e’tirof etishga da’vat qilinadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:27:55
NASX (arab. - bekor qilish) - Qur’on oyatlaridan ayrimlarining qiroati va yozuvini o‘zgarishsiz saqlagan holda, ularni faqat amaldan qoldirish, tatbiq etmaslik. Shu kabi oyat - "mansux", uni bekor qiluvchi oyat -"nosix" deb ataladi. Islom tarixiga ko‘ra, Kur’on oyatlari yaxlit emas, balki vaqti-vaqti b-n, zarurat va ehtiyojga ko‘ra 23 y. mobaynida nozil qilingan. Bu asnoda shariatning ayrim hukmlari oyat va hadislar ko‘rsatmasi b-n yangilanib turgan. Shuning uchun ba’zi oyatlar mazmuni bir-biriga zid tuyuladi. Bunday vaqtda ulardan qaysi biri keyin nozil qilingan bo‘lsa, o‘shanisi nosix, oldin nozil qilingani esa, mansuxdir. "Baqara" surasining 106-oyatiga yozilgan tafsirlarda N. haqida mufassal ma’lumotlar berilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:28:07
NAQIB (arab. - boshliq, yetakchi, rais) -o‘zlarini Muhammad (sav) avlodlarvdan deb hisoblaydigan sayid (o‘zbeklar orasida -to‘ra)lar jamoalarining yetakchilari, rahbarlarining lavozimi. N. lavozim sifatida o‘rta asrlarda xalifalar hukmronligi davrlarida vujudga kelgan, hukmdorlar N.lar orqali sayidlar jamoalari b-n muomala qilgan. N.lar xazinadan ta’minlab turilgan. Keyinchalik N.lar sayidlar jamoalari va avlodlarining rahbarlari, ularning hayoti va turmushida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi rahnamolari sifatida ish ko‘rgan. Xorijiy mamlakatlarda Nlar hozir ham bor, ular sayidlar jamoalari hayotini boshqaradi, ular nomidan davlat hokimiyati vakillari b-n muomala qiladi. N.lik lavozimi avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:28:32
NAQSHBANDIYLIK - tasavvuf tariqatlaridan biri. Bahouddin Naqshband asos solgan. N. ta’limotining asosida "ko‘ngil Xudoda bo‘lsin-u, qo‘l ish b-n band bo‘lsin" ("dil ba yoru, dast ba kor") shiori yotadi. Unga ko‘ra, dilni Alloh b-n bog‘lagan hodda kasbu hunar va qo‘l mehnatini aslo tark etmaslik kerak. Faqirona yashash, xayr-ehson hisobiga emas, o‘z mehnati hisobiga hayot kechirish lozim. Bu g‘oya tariqat asoslanadigan o‘n bir qoidada ham o‘z ifodasini topgan. Turonzamin tasavvufida zikr tushishning ikki usuli amalda bo‘lgan. Biri - zikri lisoniy, ikkinchisi - zikri xufiya. N.da zikri xufiya amalda bo‘lib, bunda zikr tushayotgan solik so‘zlarni til b-n talaffuz qilmaydi, ovoz chiqarmaydi, so‘zlar faqat dilda aytiladi. N. o‘zidan oldingi oqimlardan bevosita hayotga yaqinligi b-n ajralib turadi. N. tasavvufdagi ilgarilari amalda bo‘lgan qattiq qoidalarni bir qadar yumshatdi, mo‘‘tadillashtirdi, kundalik turmushga mosladi. Bu esa, N.ning keng aholi qatlamlari ichiga kirib borishini taminladi. N. O’rta Osiyo, O’rta va Yaqin Sharq halklarining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy hayotida muhim o‘rin egalladi. Yusuf Hamadoniy, Abdulxoliq Rijduvoniy N. tariqati rivojiga hissa qo‘shdilar. 15-a.da Xoja Ahror bu tariqatning eng yirik rahnamosi bo‘lib maydonga chikdi. Temuriylar davrida mashhur shaxslar N. pirlariga murid bo‘lgan edi. Jomiy, Navoiy, Bobur, Mashrab kabi shoirlar N. tariqatida edilar. Ular o‘z asarlarida N. ta’limotini targ‘ib etdilar. N. O’rta Osiyodan tashqari, Kichik Osiyo, Kavkaz, Kurdiston, Afg‘oniston, Eron, Pokiston, Hindiston, Turkiya va hatgo AQShda keng tarqaldi. Ayrim musulmon mamlakatlarida hozir ham bu tariqat katta mavqega ega.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:29:04
NE’MATULLOH VALIY, Amir (sayid) Nuriddin Ne’matulloh ibn mir (sayid) Abdulloh (laqabi - Shoh Ne’matulloh Valiy) (1330-1431) - sufiy, shoir; ne’matulloxiylar sufiylik tariqati asoschisi. N.V. sunniy -shofi’iy bo‘lib, o‘z shajarasini shialarning 5-imomi Muhammad al-Boqir orqali (21-bo‘g‘imda) Muhammad (sav)ga yetkazgan. Halabda tug‘ilgan, Iroqda, so‘ngra Makkada - shayx Abdulloh al-Yofe’iy (1298-1367) qo‘lida tahsil olgan, 7 yildan so‘ng uning xalifasi bo‘lgan. Iroq, Misr, Tabriz, Ardabil, Movarounnahrda bo‘lib, turkiy qabilalar orasida islomni faol targ‘ib qilib, uni yoygan. Uzining zohidona turmush tarzi (40, 100 kunlik ro‘za tutish, ma’lum muddat to‘liq sukutga ketishi va b.) b-n xalq orasida shuhrat qozongan. Samarqand va Qarshida bir muddat yashagan. Amir Temurga (1336-1405) uning va’zlari yoqmagan, shundan so‘ng N.V. Hirotga ketib, amir Imodiddin Hamza al-Husayniy al-Hiraviyning qiziga uylangan. Hirotdan u Yazdga, u yerdan Ko‘hbanon muzofoti (Kermon viloyati)ga o‘tgan. Keyingi o‘ttiz yillik umrini Yazd, Sheroz va Kermonda, so‘nggi 25 y.ni esa, Mohon qishlog‘i (Kermon atrofida)da o‘tkazgan. Bu yerda u darvishlar uchun alohida binosi bo‘lgan katta xonaqoh va masjid qurdirgan. Uning maqbarasi hozirgacha ommaviy ziyorat qilish joyi hisoblanadi. N.V. tasavvufga doir 544 ta risola yozganliga ma’lum, shundan 110 ga yaqini bizgacha yetib kelgan. Bundan tashqari u 1541 g‘azalni o‘zida jamlagan katga Devon tuzgan, N.V. ta’limotida arab mistitsizmi (Ahmad ash-Shoziliy va Abu Madyon), Ibn Arabiyning vahdati vujud ta’limoti, Najmiddin Kubro g‘oyalari va xojagon tariqati qarashlari aralash bo‘lgan. Sufiylik tajribasida u al-Junayd va Boyazid al-Bistomiy yo‘lidan borgan. N.V. fikricha, sufiy 6 bosqich (marhala)ni bosib o‘tishi lozim. Bular - faqr, mehr, taslim, vara’, rido va fano bo‘lib, shundan so‘ng sufiy Allohga qo‘shilib ketadi. N.V. hunarmand va dehqonlar mehnatini madh etgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:29:42
NE’MATULLOHIYLAR - shialikdagi sufiylik tariqati tarafdorlari. Shialarning 5-imomi Muhammad al-Boqir avlodidan hisoblangan sayid Ne’matulloh Valiy (1330-1431) asos solgan. U Samarqand, Hirot, Yazd va ko‘proq Kermonda yashagan. Xonaqohi va maqbarasi o‘sha yerda. Sulton Shohruh (hukmronlik davri 1405-1447) N. va ularning piri Ne’matullohni o‘z panohiga olgan. 16-a.da Eronda shialik hukmron mafkuraga aylangach, N. tariqati keng tarqalib, asosan shaharlarning savdo-hunarmand doiralarini o‘ziga jalb qildi. N. siyosiy faolligi, davlatning ichki hayotiga ta’sir ko‘rsatishi b-n boshqa tariqatlardan ajralib turardi. N.ning Hindistonda ham tarafdorlari bo‘lgan. Bu yerdaga N. tariqatiga a’zo bo‘lgan har bir shaxs ismiga Ali shoh qo‘shimchasi qo‘shilishini shart qilib qo‘yganlar, boshqa jihatdan Erondagalardan farq qilinmagan. N. Ali (kv) va tariqat asoschisi Ne’matulloh Valiyga sadoqatli bo‘lishga qasamyod qilib, o‘z zikrlarida Ali (kv) va yashiringan imom-mahdiyni madh etishgan. Tariqat a’zosi bosqich (taslim, zuxd, faqr, rido, mahabba, fano, vafo)dan iborat yo‘l (marhala)ni bosib o‘tishi kerak bo‘lgan. N.dagi qutb lavozimi merosiy bo‘lgan. 19-a. o‘rtalarida ko‘plab guruhlarga bo‘linib ketgan. Uning tarafdorlari Eronda hozir ham bor.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:29:57
NIZOMIY GANJAVIY Abu Muhammad Ilyos ibn Yusuf (1141-1209) — ulug‘ ozarbayjon shoiri va mutafakkiri. Ganja sh. (Ozarbayjon)da tug‘ilgan. Yeshlik chog‘laridan insonparvarlik, mardlik, o‘zaro yordam shiorlariga amal qiluvchi axiylar jamoasiga kirgan. N.G.ga shuhrat keltirgan "Xamsa" ("Besh doston") asarida (1173-1203 y.lar) shoirning teran diniy-falsafiy qarashlari aks etgan. "Xamsa"ning birinchi qismi "Mahzanul asror" ("Sirlar xazinasi") deb ataladi. Doston Xudoga munojot, Muhammad (sav)ga na’t (maqtov) b-n boshlanadi. Alohida boblarda Xudoi taolo tomonidan insonning yaratilishi, uning jannatdan kuvilish, tavba-tazarrulardan so‘ng poklanishi va aziz zotga aylanishi tasvirlanadi. Muhammad (sav) hayotiga oid boblarda me’roj voqeasi badiiy tarzda yoritiladi. Shuningdek, unda Muso (as), Iso (as) va b. payg‘ambarlar boshidan kechgan ayrim voqealar ifodalanadi. Doston boshdan oxirigacha so‘fiyona ruh b-n sug‘orilgan, tasavvuf ruknlari ibratli masallar, rivoyatlar, ramziy hikoyatlar orqali tavsif qilingan.
Turkiy va forsiy adabiyotlarda N. G.ning bu asariga javoban 40 dan ortiq doston yaratiddi. Jumladan, Alisher Navoiy "Hayratul-abror" dostonini undan ilhomlanib yozgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:30:27
NIKOH, zavoj ("turmush kurish", uylanish; sinonimlari zavoj, urs) - tenghukukli nikoh. Islomda N. tartibi johiliyat davridaga oila-huquqiy munosabatlar asosida shakllangan va islomning dastlabki davrlarida batafsil ishlab chiqilgan. Islomda N. Allohga xush keladigan amallardan sanaladi, unga har bir kishi, hatto jamiyatda teng huquqli bo‘lmaganlar, akli norasolar ham haklidurlar, agarda buni ular uchun xojalari, vasiylari va vositachilar hal etsalar. Musulmon kishi nasoro Vki yahudiy ayol b-n N. tuzishi mumkin, lekin musulmon ayol faqat musulmonga erga tegashi mumkin xolos. N. uchun cheklashlar juda oz, lekin o‘zaro N.dan o‘tayotganlarga bir-birlariga yosh va jamiyatdagi mavqei bo‘yicha mos kelishlariga rioya etishlari tavsiya etiladi. Birinchi N.da kelinning roziligani olish talab qilinmaydi, otasi yoki vasiysi rozi bo‘lsa bas, beva yoki erdan ajrashgan ayol vositachi (vakili) orqali roziligini o‘zi bildiradi. N.dan o‘tayotganlarning o‘zaro qarindosh-urug‘chilik yaqinligi yon tomondagi qarindoshlik bo‘yicha uchinchi darajadan yaqin bo‘lmasligi lozim. Bir avloddan tarqalgan qarindoshlar o‘rtasidagi N. umuman taqikdangan. Tutashgan qarindoshlik ikkinchi darajadan yaqin bo‘lmasligi kerak. O’z kuli yoki cho‘risi b-n N. o‘qitish man etiladi, lekin xojaning cho‘risi b-n birga yashashga ruxsat qilinadi. Begona qullar b-n N.ga ruxsat etiladi, shuningdek, xojalari ruxsati b-n qullar o‘rtasidaga N.ga ham izn berilgan. N.ning birinchi bosqichi - kelishish, unashtirish (xitba) bo‘lib, unda kuyov o‘zi yoki vakili orqali kelinning otasi, vasiysi yoxud ishonchli kishisiga taklifini aytadi. Erning ayolga ajratadigan mulki (mahr) va N. shartnomasi (sig‘a)ga kiruvchi boshqa shartlar xususida ham shu vaqtda kelishib olinadi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlar - kelinni kuyov xonadoniga uzatish (zifof) va to‘y tantanalari (urs, valima). Bular oldinma-ketin bo‘lishi ham mumkin, chunki, agarda kelin hali balog‘at yoshiga yetmagan go‘dak bo‘lsa, uni uzatish to 13-15 yoshga to‘lmaguncha kechiktiriladi. Valima vaqtida sig‘a aytiladi va mahr yoki uning bir qismi (sadoq) to‘lanadi. Mana shu barcha bosqichlarda faqat kelinga qilingan sarf-xarajatlarni (mut’a) hisobga olmaganda N. hech qanday oqibatsiz to‘xtatilishi mumkin. So‘nggi bosqich - amalda er-xotin bo‘lish (nikoh), shundan keyin N. amalga oshgan hisoblanadi. N.ning zaruriy shartlariga mahr to‘lash, ayolni boqish va unga uning oilasining mavqeiga qarab muomala qilish, erlik vazifalarini ado etish va farzandlarini boqish kiradi.
Erning teng huqukli N.da bo‘lgan xotinlari, ya’ni ular uchun mahr to‘langan xotinlari to‘rttadan oshmasligi lozim. Shuning uchun erkak to‘rtta xotini ustiga yana xotin olmoqchi bo‘lsa, ulardan bittasi b-n ajralishi kerak. Xotin kishi N.da o‘z xuquqini to‘la saqlab qoladi, unga tegishli mulkka erining hech qanday haq-hukuqi yo‘q va faqat uning roziliga b-ngina eri ishonchli kishi sifatida uning ishlarini yuritishi mumkin. N.ni qanday o‘tkazish quda tomonlarning boy-kambag‘alligaga, ularning jamiyatdaga mavqeiga va mahalliy urf-odatlarga bog‘liq bo‘lgan. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik musulmon mamlakatlarda N. o‘qitish nikoh notariusi (ma’zun) tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘pgana islom mamlakatlarida garchi bunday N.larning umumiy foizi hech qachon baland bo‘lmasa-da, poligam N.larni cheklashga, hatto umuman man etish yo‘lida sa’y-harakatlar qilinmokda.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:30:42
NOJIYA ("Najot topganlar") - to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi, haqiqiy dinga e’tiqod qiluvchi musulmonlar jamoasi. Hadislarga ko‘ra, Muhammad (sav) musulmonlar jamoasi 73 jamoaga bo‘linib ketadi, shundan 72 tasi "halok bo‘lib" do‘zaxga tushadi va faqat bittasi "xalos bo‘lib" (najiya) jannatga tushadi, deganlar. Bu - Rasululloh (sav) va u zotning sahobalari amal qilgan e’tiqodga ergashuvchi ahli sunna val jamoadir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:30:57
NOMAHRAM - q. Mahram
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:31:25
NOSUT - oromiycha "inson tabiati". Dastavval "o‘ta" shialar orasida tarqalgan. Ular Alini, o‘zlarining imomlarini va goyaviy rahbarlarini ilohiylashtirganlar va Alloh yoki "ilohiy ruh" (ruh iloh) N.ga joylashishi mumkin deb da’vo qilganlar. Bu istilohni shialardan al-Halloj olgan va uni tasavvuf ta’limotiga singdirib yuborgan. N. va "ilohiy tabiat" (lohut)ning o‘zaro nisbati masalasi bo‘yicha ko‘p asrlardan beri ulamolar o‘rtasida munozara davom etib kelmokda.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:31:39
NUBUVVAT (arab. - payg‘ambarlik) - shialik ilohiyotiga xos tushuncha, uning 5 aqidasidan biri. Payg‘ambar va uning vazifasini aqida sifatida tan olish va unga ishonish (q. Shialik).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:31:59
NUR - ilohiy haqiqat, diniy bilimni ifodalovchi ilohiy nur haqidaga tushuncha. Islom dini tomonidan qad. dinlardan (yahudiylik, xristianlik) va yunon gaostiklaridan o‘zlashtirilgan. Kur’onda N. - Allohning o‘zini ham anglatgan ("osmonlar va yer nuri") (24:35) va Uni o‘z payg‘ambari Muhammad (sav) orqali yuborgan vahiylari nuri (61:8-9: 64:8). Ustiga ustak bu - "toza nur", "nur ustiga nur", uni olovga qiyoslab bo‘lmaydi, u yerdan tashqarida paydo bo‘lgan. Musulmonlar an’anasida N. - Allohning ko‘plab sifatlaridan biri.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:32:57
NUR MUHAMMADIY (fors. nur-i Muhammadiy; "Muhammad nuri") - Muhammad (sav)ning qalin nur taratuvchi nuqta ko‘rinishidagi ruhlari azaldan mavjud bo‘lganligi haqidagi ta’limot; oldindan belgilangan barcha ruhlar shundan kelib chiqqan. Bu ta’limot mualliflari uni Qur’onning "nurli oyati"dan (24:35) olib, uni "ilohiy nur" hakdtsagi ta’limot b-n bevosita bog‘lashgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:33:23
NURBAXSHIYA - shialik ichidagi sufiylik tariqati; 15-a. boshida kubroviylik tariqatidan uning shialikdagi tarmog‘i sifatida ajralib chiqqan. Asoschisi - sayyvd Muhammad ibn Muhammad Nurbaxsh (1392-1464), bahreynlik arab bo‘lgan. U o‘z shajarasini shia imomi Muso al-Kozimga bog‘lagan. Shia shayxi Xoja Ishoq al-Xuttaloniyning muridi bo‘lgan. Qur’on va "barcha fanlar"ni yaxshi o‘zlashtirgani uchun ustozi unga Nurbaxsh laqabini hamda o‘zining vafot etib ketgan ustozi Kubroviylar shayxi sayyid Ali al-Hamadoniyning hirqasini berib, xonaqohga bosh bo‘lishni topshirgan. Nurbaxsh tarafdorlari uni adolat o‘rnatish uchun kelgan imom-maxdiy va xalifa deb e’lon qilganlar. Irokda uning sha’niga atab tangalar zarb etilgan va xutbalar o‘qilgan. Uning dovrug‘i Kurdiston, Ozarbayjon, Gilonga tarqalgan. Temuriylardan Shohruh davri (1405-1447)da N. tariqati qattiq quvg‘in ostiga olingan. Nurbaxsh qolgan umrini Ray viloyatidagi kichik qishlokda shogirdlari orasida o‘tkazgan.
N. g‘oyalari Eronda safaviylar ta’limotini qaror topishiga zamin hozirlagan. N. ta’limoti Muhammad Nurbaxshning "ar-Risolat al-i’tiqodiya" va "al-Fiqh al-axvat" kabi asarlarida bayon etilgan. N. ta’limoti negizida ikki imomlikka e’tiqod qilish yotadi: haqiqiy (haqiqiya) va qo‘shimcha (idofiya), ularni shuningdek, "katta jihod" va "kichik jihod" deb ham ataydilar. Imomning tashqi va ma’naviy sifatlari majmuasi "kichik jihod" deb ataladi. Haqiqiy imom, qo‘shimcha sifatlarga ega bo‘lib valiy darajasiga ham yetishi lozim. Bunga faqat Ali ibn Abu Tolib (kv) erishgan. "Kichik jihod" belgilarini valiylik b-n uyg‘unlashuvi, Nurbaxshning fikricha, "katta jihod"ni tashkil qilgan. Nurbaxsh Muhammad (sav) davrlaridagi urf-odatlarni tiklash va saklab qolishga, "yanga udumlar"ni (bid’at)ni bekor qilishga da’vat qilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:34:12
NURIDDINBASIR, shayx Nuriddin Basiro, Qutbi chaxordaxum(?-1248) - O’rta Osiyolik mashhur shayxlardan, mutasavvif. "Kutbi chaxordaxum" ("O’n to‘rtinchi qutb") nomi b-n mashhur bo‘lgan. Shayx Zayniddin bobo Kuyi Orifoniyning shogardi, xalifasi bo‘lgan. "Samariya"da aytilishicha, shayxlikda tugallanib, eng so‘nggi bosqichiga mingach, yo‘lboshchisining g‘aybiy ishorati yuzasidan, onasi b-n birga No‘jkent (Toshkent yaqinidagi qishloq)dan Samarqandga ko‘chib kelgan. N.B.dan "Sizning zamoningazda qutb kimdir?", deb so‘ralganda u: "birodarim Abdullo o‘n uchinchi kutbdir, biz o‘n to‘rtinchimiz", deb javob bergan. "Basir" atalishiga sabab, u onadan so‘qir tug‘ilgan bo‘lsa ham valiylikning nuri b-n barcha ko‘rguliklarni ko‘rar edi. N.B. qabri Samarqandning Chokardiza qabristonida, Novadon ariga bo‘yida joylashgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:34:35
NUSAYRIYLAR, alaviylar- shialikka mansub firqalardan birining tarafdorlari. 9-a.da yashagan Muhammad ibn Nusayr Basriy rahnamo bo‘lgan. N.ning asosiy aqidasi shialarning birinchi imomi xalifa Alini ilohiylashtirish (shundan "alaviylar" nomi kelib chiqqan), unda xudoning o‘zi mujassamlangan deb ishonishdan iborat. Ularning diniy ta’limoti va marosimlariga xristian dini va ayrim qadimiy e’tiqodlar ta’sir etgan. Xristianlikdagi muqaddas uchlik (troitsa) kabi, N. ham Muhammad, Ali va Salmon al-Forisiyni Xudoning uch xil namoyon bo‘lishi, deb e’tiqod qiladi. Islom aqidasining zohiri va botini (sirti va ichi) bor deyishadi va shu orqali uni buzishga harakat qilishadi. Barcha harom narsalarni halol sanashadi. Ular o‘z falsafalarini yunon, hind, fors va nasroniy falsafalaridan jamlashgan. Ular Kuyosh, Oy va yoritqichlarga sig‘inadilar, jonning ko‘chib yurishiga ishonadilar. Ularning e’tiqodida yana quyidagilar asosiy o‘rin tutadi: N.ning bir qismi Alini oyda yashaydi deb e’tiqod qiladi, ba’zilari esa, Quyoshda yashaydi deydi. N. Muhammad (sav)ni Ali yaratgan deb e’tiqod qiladi. Hajni e’tirof qilmaydi. Zakotni boshqa musulmonlardek belgilamaydilar, balki xums (beshdan bir qism) beradilar.
N.ning bayramlari kuyidagilardir: Navro‘z -bahor bayrami, Yeadir bayrami, mubohala bayrami, Qurbon hayiti va shuningdek, nasroniylarning cho‘qintirish, barbarlik, Isoning tug‘ilgan kuni, xoch kabi bayramlarini ham nishonlaydi.
Hukmron diniy oqimlar tomonidan asrlar davomida ta’qib qilingani sababli N. o‘z e’tiqodlarini sir tutadi, marosimlarini kechalari, maxfiy ado etadi. Ularda namoz, ro‘za va b. islom marosimlari, masjid kabi ibodatxonalar yo‘q. N. hozir Suriya va Turkiyada bor.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:35:06
NUMON ibn BASHIR, to‘liq ismi An-Nu’mon ibn Bashir ibn Sa’laba ibn Sa’d al-Ansoriy al-Xazrajiy (taxm. 623-683) -sahoba. Onasi - Amra bint Ravoha (Abdullo ibn Ravohaning sinshisi) sahobalardan bo‘lgan. N.i.B. juda ko‘plab hadislarni rivoyat qilgan va ko‘plab tobe’inlar undan hadislarni rivoyat etgan. Muoviya ibn Abu Sufyon zamonida (661-680) Xums va Kufada amir bo‘lgan. Xalifa Yazid ibn Muoviya (680-683) vafotidan so‘ng, xalqni Abu Bakr Siddik, (ra)ning nabirasi az-Zubayrga bay’at qilishga chaqirgani uchun Xums aholisi undan norozi bo‘lib o‘ldirgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 06 Oktyabr 2006, 21:35:37
NUH (as) - Qur’onda nomi zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. Injildaga Noyga to‘gri keladi. Qur’onga ko‘ra, Alloh N.(as)ni o‘z qavmiga payg‘ambar qilib yuborgan. N. (as) o‘z qavmi ichida uzoq umr ko‘rdi, ya’ni, 950 yil yashadi (Ankabut surasi, 14-oyat). U turli iloxlarga, butlarga sig‘ingan qavmini to‘g‘ri yo‘lga boshlab, faqat Allohga ibodat qilishga da’vat etdi. Lekin qavm uning so‘ziga kirmadi, uni masxara qildi. N.(as)ning da’vatiga hatto o‘zining xotini va bir farzandi ham ishonmadi. Shunda N.(as) Allohdan yordam berishni, kofirlarni jazolashni so‘radi (Shuaro surasi, 118-119-oyatlar). Alloh uning iltijosini qabul etib, N.(as)ga kema yasashni va barcha jonivorlardan bir juftdan olib kemaga joylashtirishni buyurdi. Keyin osmondan juda ko‘p yomg‘ir yog‘dirdi, yerning hamma tomonidan ham suv chiqartirdi. Osmon suvi b-n yer suvi qo‘shilib ulkan to‘fon paydo bo‘ldi. To‘fonda barcha kofirlar halok bo‘ldi, faqat kemadagilar sog‘ qoldilar. To‘fon boshlanishidan oldin N.(as)ning farzandlaridan biri kemaga chiqmadi. N. (as)ning otalik mehri qo‘zg‘ab, o‘g‘lini kemaga chiqishga undadi. Allohga kufr keltirgan farzand esa, otasiga rad javob aytib imon keltirishdan yana bosh tortdi va toqqa chiqib jon saqlamoqchi bo‘ldi, lekin u ham halokatga uchradi (Hud surasi, 45-47-oyatlar). Suv pasaygandan keyin kema Judiy tog‘i ustida to‘xtadi. Kema tog‘  tepasiga kelib to‘xtab, yer to‘fon suvini yutib bitirgach, Alloh N. (as)ni kemadan yerga tushishga buyurdi. N. (as) va unga imon keltirgan kishilar kemadan tushishdi. Bu zamin Musil degan yurt edi. N. (as) qissasini bayon qiluvchi "Nuh" surasi ham nozil bo‘lgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 07 Oktyabr 2006, 18:33:00
- O -

ODAMATO (as) - Qur’onga ko‘ra, Alloh tomonidan yaratilgan yer yuzidagi birinchi odam va inson zotining otasi. Alloh O. (as)ni loydan o‘zining yerdagi o‘rinbosari (xalifa) sifatida yaratib, unga o‘z ruhidan jon ato etgan. O. (as) Abul-bashar (insoniyat otasi) deb ham ataladi. Islomda O. (as) birinchi payg‘ambar hisoblanadi. Alloh O. (as)ga barcha narsalarning nomlarini o‘rgatdi va bu b-n O. (as)ni farishtalardan yuqori qo‘ydi (Baqara surasi, 32-33-oyatlar) va farishtalarga O. (as)ga bosh egib sajda qilishni buyurdi. Faqat Iblis sajda qilishdan bosh tortdi (Sod surasi, 73-78-oyatlar). Iblis takabburligi va sarkashligi tufayli jannatdan quvildi. O. (as) jufti haloli Momohavo b-n jannatda yashab, ularga barcha ne’matlardan yeyishga ruxsat berildi, faqatgina bir daraxtning mevasidan yeyish taqiklandi (A’rof surasi, 19-21-oyatlar). Iblis O. (as) b-n Momohavoni aldab taqiklangan daraxt mevasini yediradi. Buning jazosi evaziga ular jannatdan chiqarilib, ularning avlodlari yerda yashashga va mehnat qilishga mahkum etiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 07 Oktyabr 2006, 18:33:46
OISHA (ra) (613-678) - Muhammad(sav)ning xotinlari, birinchi xalifa Abu Bakrning qizi. Laqablari Siddiqa, unvonlari Ummul-mo‘minin (Mo‘minlar onasi)dir. Muhammad (sav) vafotlaridan keyin O. (ra) xalifalik hokimiyatiga nomzodlar o‘rtasidagi munozaralarda faol ishtirok etgan. O. (ra) payg‘ambarning safdoshlari Talha va Zubayr tomonida turib Ali tarafdorlariga qarshi chiqqan.
Islom tarixida hazrati O. (ra)ning ilm jihatdan mavqei juda balanddir. O. (ra) bevosita Muhammad (sav) b-n birga yashagani tufayli juda ko‘p hadislarning roviysi hisoblanadi. Sahobalar ba’zi oilaviy munosabatlarga doir murakkab masalalarni O. (ra)dan so‘rab bilib olar edilar. Abu Bakr, Umar va Usmon (ra) zamonlarida fatvolar ham bergan. O. (ra) tafsir, hadis, fiqhni mukammal bilgan, arab tili va adabiyotidan yaxshi xabardor bo‘lgan. Hazrati O. (ra) nihoyatda qanoatli ayol bo‘lib, butun hayoti davomida bir juftgina oyoq kiyim, bir nechtagina ko‘ylak kiyganlari rivoyat qilinadi. Mil. 678 y. 13 iyulda vafot etgan, janozasini Abu Hurayra (ra) o‘qigan. Madinadagi Baqiy qabristoniga dafn qilingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 07 Oktyabr 2006, 18:34:15
OLLOH - q. Alloh
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 07 Oktyabr 2006, 18:34:54
OLTINXON TO’RA, Sayyid Mahmud Taroziy - ulamo, adib, tarjimon. To‘liq ismi Mahmud ibn Sayyid Nazir at-Taroziy (1894 y.da Avliyo ota (Turkiston) - 1991-92). Dastlabki ta’limni padari buzrukvoridan, so‘ngra Shayx ibn Kamol Nosirxon To‘ra Kosoniydan, davrining boshqa yetuk olimlaridan oldi. Arab, fors, turk tillarining barcha lahjalarini mukammal egalladi, mudarris bo‘lib yetishdi. Sho‘ro tuzumining ziyolilarga, ilm axllariga o‘tkazgan nohaq zug‘umi sababli mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo‘ldi. 1932 y.dan Kobul sh.da istiqomat qila boshladi. Bir muddat Afg‘oniston maorif vazirligida maslahatchi lavozimiga tayinlandi. So‘ng Hindistonning Bombay sh.dagi masjidda imom-xatib bo‘lib xizmat qildi. Ikkinchi jahon urushi boshlangandan keyin Saudiya Arabistoniga ko‘chib borib, umrining oxirigacha (1991-92) Makka va Madina shaharlarida yashab ijod etdi. O.t. Ka’batulloh joylashgan Harami sharifda, Madinadagi Masjid an-nabaviyda mudarrislik qilib, Kur’on va hadislardan saboq berdi.
O.t. tafsir, hadis, fiqh, adabiyot va ilmning boshqa sohalariga oid asarlar muallifi va tarjimonidir. U Kur’oni karimni zamonaviy o‘zbek tiliga ilk bor tarjima qilib, tafsir yozdi. Bu kitob Hindiston, Pokiston va Saudiya Arabistonida qayta-qayta chop etilgan. Shuningdek, olim Qur’onning ayrim suralarini ham tarjima va tafsirlari b-n alohida holda nashr qildirgan. Imom an-Navaviyning Payg‘ambar hadislariga bag‘ishlangan "Riyoz us-solihiyn" nomli 4 jildli asarini, Imomi A’zamning "Fiqh al-akbar", "Nur ul-basar", "Aqoid islomiya", "Hizb al-A’zam" kabi kitoblarini arabchadan o‘zbek tiliga o‘girdi. O’zbek, arab, fors, urdu tillarida diniy ma’rifiy mazmunda risolalar, tasniflar, ruboiylar yozdi. O.t. tomonidan at-Termiziy qalamiga mansub "Kitob ash-shamoil an-Nabaviya" asarining o‘zbek tiliga qilingan tarjimasi so‘nggi yillarda Toshkentda arab va hozirgi o‘zbek imlosida qayta-qayta nashr etildi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 07 Oktyabr 2006, 18:35:28
OMIN (arab., somiycha - qabul et, ijobat qil) - islom, yahudiy va masihiy dinlarida dindorlar o‘rtasida "qabul etsin", "ijobat bo‘lsin" ma’nosida ishlatiladigan so‘z. Qur’oni karimdagi Fotiha surasi tilovat qilib bo‘lingach, o‘qigan va eshitganlar "O." deb qo‘yish lozimliga haqida hadisi sharifda ko‘rsatma berilgan. Lekin uni imom qiroati jahriy bo‘lgan namozda baland ovoz (jahr) b-n yoki o‘z ichida (xufya) aytish kerakliga to‘g‘risida ulamolar turli ijtihod qilganlar. Hanafiylik mazhabiga ko‘ra, "O." so‘zini xufya aytish sunnat. Muhammad (as) va sahobalari uni baland ovoz b-n aytganlari xususida kelgan hadislarga Abu Hanifa va hanafiylik mazhabi ulamolari aniklik kiritib, shunday dalil keltiradilar: "Duo va iltijolar aslida xufya, ya’ni past ovozda aytilishi lozim (A’rof surasi, 55-oyat). Shu b-n birga O.ni namozda xufya aytilgani haqida hadislar ham bor. O.ni oshkora aytish kerak deganlar keltirgan hadislar Payg‘ambar (sav)ning aytganlari haqidadir. U kishi esa, imom bo‘lgan hollarida aytganlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 07 Oktyabr 2006, 18:36:05
OMON ("xavfsizlik") - musulmonlar tomonidan dushmanga, odatda nomusulmonga beradigan xavfsizlik kafolati. Qur’onda bu atama yo‘q, uning o‘rniga "jivor" ("homiylik", "himoyalash majburiyati") istilohi ishlatilgan. Muhammad (sav)ning arab qabilalariga yo‘llagan nomalarida "jivor" b-n birga, shu ma’nodagi zimma (q. Zimmiy, a hli zimma) istilohi ishlatilgan. O. fath etilganlarning hayoti va mulklari daxlsizligi kafolati ma’nosida Xolid ibn Validning Damashq b-n tuzgan bitimida (634 y.) uchraydi. O.ning zimmadan farqi shundaki, u - keyingi o‘zaro majburiyatlarni belgilamasdan turib afv etilishdir. Musulmon kishi faqat bir yoki bir necha ma’lum shaxslarga O.lik berishi mumkin va uni boshqa musulmonlar bekor qilishga haqlari yo‘q. Faqat imom yoxud uning vakiligina butun shahar aholisi yoki uning garnizoniga O.lik bera olishga hakdidur. Islom fatxdari davrida u sulh tuzishning dastlabki shartlaridan hisoblangan. O.dan daxlsiz noma, xat shaklida nomusulmonlarni musulmon mamlakatlarida bo‘lishi (shuningdek, ziyoratga keluvchilar, savdogarlar, sulh davrida dushman tomon harbiylari) xavfsizligini kafolatlovchi hujjat sifatida foydalanilgan. O.ning bu shakli Yevropa davlatlarini Usmonli turk saltanati b-n sulh munosabatlari o‘rnatilishida asos bo‘lgan. So‘nggi o‘rta asrlarda O. - asir tushilayotgan vaqtda afv etishni, kechirishni so‘rab qilingan iltijo.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 07 Oktyabr 2006, 18:37:10
OSIY (arab. - isyon qiluvchi, itoatsiz, gunohkor) - diniy aqidaga ko‘ra, Allohning buyruqlari, Payg‘ambarning sunnat va ko‘rsatmalariga rioya qilmaydigan, buyurilgan vazifalarni bajarish o‘rniga ularni butunlay yoki qisman tark etadigan, shar’an taqikdangan ishlarni qiladigan shaxs. O. bandalarning taqdiri Allohga havola etiladi. Axli sunna val jamoa aqidasiga ko‘ra, O. banda agar kufr yoki shirkka ketmagan bo‘lsa, har qancha katta-kichik gunohlariga qaramay musulmon-mo‘min sanaladi, ya’ni kofir bo‘lib qolmaydi, balki gunohkor hisoblanadi. Boshqa ba’zi diniy oqimlarga ko‘ra, O. banda kufrga mahkumdir. O.ning qilgan ba’zi gunoxlari uchun bu dunyoda hadd - shar’iy jazo belgilangan. Misol uchun araq ichganga darra uriladi. O.ning qilgan har bir gunohi uchun u dunyoda alohida jazolar belgilangan. O. o‘z gunoxlaridan chin dildan tavba qilib, ularni qayta takrorlamasa, kechirilishi va’da qilingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 07 Oktyabr 2006, 18:38:10
OTIN, Otinoyi - O’rta Osiyodagi diniy maktablarda qizlar o‘qituvchisi. O.lar ayollar o‘rtasidagi diniy marosimlar (mas., mavlud, amri ma’ruf, nahiy munkar va b.) o‘tkazishda boshchilik qilib, ularga diniy ta’lim berish b-n ham shug‘ullangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 07 Oktyabr 2006, 18:38:36
OFOQXO’JA, Oppoqxo‘ja (1625, Kumul, Sharqiy Turkiston - 1695, Qo‘qo‘n qishlog‘i, Qashqar viloyati) - islom va tasavvuf ilmining yirik targ‘ibotchilaridan biri va Yorkend xonligida taxtda o‘tirgan xo‘jalarning dastlabkisi; Turkiston tasavvuf ilmining rahnamolaridan Maxdumi A’zamning avlodi. O.ning ismi Hidoyatullo bo‘lib, u xalq orasida hurmat belgisi bo‘lgan "Ofoq" ("Yorug‘ dunyo" yoki "yorug‘lik egasi") -xo‘ja nomi b-n mashhurdir. O. yoshligada otasi Muhammad Yusuf ibn Eshon Kalon b-n turli shaharlarda yurib bilim va tarbiya olgan. 1638 y.da Qashqarga kelib, otasi vafotidan so‘ng bu yerdagi oqtog‘lik xo‘jalarga bosh bo‘lgan. 1670 y.da Yorkend xonligada yuz bergan ichki kurashlar natijasida O. Qashqarni tark etib Turkiston shaharlarida, qalmoqlar (oyrotlar) orasida va Xeshi yo‘lagadagi (Xesi-tszoulan) viloyatlarda diniy targ‘ibot ishlari b-n shug‘ullangan. 1678 y.da Tibetga borib 2 yilga yaqin yashagan va bu yerdaga Budda dini vakillari b-n yaqin aloqada bo‘lgan. 1680 y. Tibet zodagonlari yordamida oyrotlar xoni b-n tanishgan. 1681 y.da qalmokdar tomonidan Yorkend xonligi taxtiga o‘tqazilgan. Uning jasadi Yog‘du deb nomlangan joydagi ota-buvalari qabri yoniga dafn etilgan. Shundan boshlab ushbu qabriston "Ofoqxo‘ja mozori" deb nomlanib, ziyorat maskaniga aylangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 07 Oktyabr 2006, 18:39:01
OFOQXO’JA MAQBARASI - Qashqar sh.dagi tarixiy yodgorliklardan biri. Shaharning sharqiy-shim.dagi Qo‘qon qishlog‘ida joylashgan. Xitoy adabiyotida "Shyangpeymu" ("Iparxon mozori") deb ataladi. Binobarin, Iparxon Ofoqxo‘janing evarasi bo‘lib, uning otasi manjur istilochilariga qarshi chiqqanligi sababli uning aka-ukalari, opa-singillari va yaqinlari b-n birga Pekinga olib ketilgan. Uning tengsiz go‘zalligi uchun xonning unga ko‘zi tushgan. Ammo u begona el xoqoniga itoat qilishdan bosh tortib yosh olamdan ko‘z yumgan. Mavjud rivoyatlarga ko‘ra, Iparxonning jasadi Pekindan olib kelinib mazkur maqbaraga dafn etilgan. O.m. ilk bor 1664 y.da qurilgan. Ofoqxo‘ja vafotidan so‘ng qayta qurilgan. Maqbara atrofidagi katta mozor ham Ofoqxo‘ja mozori deb ataladi. U yerda Qashqarda o‘tgan ko‘pgina yirik shaxslar ham abadiy makon topgan. Maqbaraning tashqari tomonida 4 burchagida 4 ta minora qurilgan. Har bir minoraning bal. 18 m. Maqbaraga kiradigan eshik devordan sal oldinga chiqarib qurilgan bo‘lib, uning 2 yonida eshik atrofidagi peshtokdan bir oz chiqib turgan yarim minora joylashtirilgan. Maqbara devorining qalinligi 1 m bo‘lib, 4 tomoniga darchalar ochilgan. Qurilgandan beri maqbara ko‘p marta ta’mirlangani bois u yaxshi saklanib kelmokda. Maqbaraning bal. 27 m, katta gumbaz b-n yopilgan. Qabr zalining kengligi 35x27 m, unga jami 5 avlodning vakillari bo‘lmish 72 kishi dafn qilingan. Shular ichida eng kattasi Ofoqxo‘janing buvasi Eshon-Kalon, otasi Muhammad Yusuf, Ofoqxo‘ja va b.dir. Qabrlar ustidagi sag‘analar bir-biriga yaqin qilib joylashtirilgan. Sag‘analar bir kattalikda emas. Ularning hajmi dafn etilgan kishining yoshi va martabasining ulug‘ligiga qarab belgilangan. O.m. tarkibida ko‘chadan kiradigan katta darvoza, uning atrofida bog‘, hovlida ikkita katta hovuz, madrasa, katta va kichik masjidlar mavjud.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 07 Oktyabr 2006, 18:39:24
OXIRAT (arab. - oxirgi kun, dunyoning tugash kuni) - diniy tushuncha. O. haqidagi tasavvurlar barcha dinlarga xosdir. Islomdaga O. haqidaga tasavvur va rivoyatlar yahudiylik, xristianlik va ba’zi Sharq xalkdari diniy rivoyatlariga qisman o‘xshab ketadi. Qur’onda O. kuni osmon yorilishi, dengizlar toshishi, insonlarning tirilib o‘rnidan turishi, so‘roq qilinishi, gunoh va savobning o‘lchanishi, ularning yo jannatga, yo do‘zaxga jo‘natilishi tafsilotlari va sh.k. keng berilgan. O. so‘zining sinonimi - ma’od. Musulmon ilohiyotida O. kontseptsiyasining ishlab chiqilishi ikki yo‘nalishda olib borilgan. Birinchisi - O.ni (uni shuningdek, dor ul-baqo ("abadiy, boqiy dunyo") deb ham atashadi) va yerdagi hayotni (uni shuningdek, dor ul-fano ("o‘tkinchi, foniy dunyo") deb ham atashadi) bir-biriga qarshi qo‘yishda ko‘rindi. Bu yo‘nalish sufiylar, zohidlar orasida keng tarqaddi, ko‘p shoirlarning sevimli mavzusiga aylandi. Ikkinchi yo‘nalishda - O. haqidagi tasavvurlar yanada oydinlashtirishda, jannat va jahannam, o‘liklarning tirilishi, ularning so‘roq qilinishi va b. ishlab chiqilgan. Ular islom aqoidining muhim belgilari bo‘lib qoldi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 07 Oktyabr 2006, 18:39:55
OYAT (arab. - ilohiy belgi, mo‘‘jiza) -Qur’on suralarining bandlari. Islomga ko‘ra, O. Allohning o‘z elchisi Muhammad(sav)ga vahiy qilib, bandalarga qo‘llanma sifatida yuborgan farmoyishi, mo‘‘jizasi. Qur’onning 7-a.ga oid ilk nusxalaridayoq suralar O. larga bo‘lingan va har sura doirasida tartib b-n raqamlangan. O.lar qad. arab tilida, bir qismi saj’ b-n yozilgan. Ayrimlari qisqa iboradan, ba’zilari bir necha jumladan tashkil topgan. Suralarda O.larning soni turlicha (mas., eng qisqa O. "Yosin" bo‘lib, 2 harfdan iborat, 103, 108, 110-suralar faqat 3 O.dan, eng uzun 2-sura 286 O.dan iborat). O.larni bir-biridan ajrata bilish, ularning boshlanish va tugash joylarini anglab yetish ma’nolarni yaxshi tushunib yetishga va b. bir qancha ishlarda yordam beradi. Qur’on O.lari tartibi Alloh tomonidan belgilanib Payg‘ambar (as) nazorati ostida amalga oshirilgan. Qur’on qiroatida O.lar tartibini o‘zgacha qilish qat’iyan man qilingan. Fuqaholar "Bismillahir rohmanir rohiym"ni qaysi suraning O.i ekanligi haqida turlicha ijtihodga borganlar. Shofi’iylik mazhabi ulamolari "Bismillahir rohmanir rohiym" har bir suraning bir O.i hisoblanadi, deydilar. Hanafiylik mazhabi ulamolari "Bismillahir rohmanir rohiym" suralarning orasini bo‘lib turuvchidir, deydilar. Ana shu turlichalik oqibatida O.lar soni haqida ham turlicha sanokdar kelib chiqqan. Avvallari Qur’on O.lariga raqam qo‘yish odati mutlaqo bo‘lmagan. Shuning uchun ham islomiy kitoblarda, falon suraning falon raqami, O.i degan gaplar hech uchramaydi. Qur’on O.lariga raqam qo‘yish yaqinda chiqqan od atl ardandir.
Suralarni matnga hech qanday o‘zgartish kiritmagan holda O.larga taqsimlash va raqamlash 20-a. boshlarigacha davom etgan. Shuning uchun Qur’onning har bir davr va muhitdagi nashrlaridagi O.lar soni turlichadir. Qur’on O.larining soni 6236 ta ekani ko‘proq manbalarda qayd etilgan. Ayrim O.lardan masjidlar, islom mamlakatlaridaga rasmiy idoralar va xususiy uylarning ichki va tashqi bezagi sifatida foydalaniladi. Qabrtoshlarga ham O. yozish uchrab turadi. Bir qancha O.lar va ularning qismlariga mo‘‘jizakor, sehrli kuch sifatida qaralib, ulardan tumor qilingan; bunday O.lar Oyatul hafz (himoyalovchi O.), Oyatush shifo (shifo O.) deb ataladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 07 Oktyabr 2006, 18:40:24
OYATULLOH (arab. - Alloh mo‘jizasi) -shialikda mustaqil fatvo berish huquqiga ega bo‘lgan din olim (mujtaxid)la.rining unvoni. O. istilohi shu ma’noda 19-a. ikkinchi yarmida ishlatila boshlagan, 20-a. 40-y.laridan esa, keng qo‘llanilmokda. O.lar dindorlar orasida katta obro‘ga, shialik tarqalgan davlatlarda (Eron, Iroq) siyosiy ta’sirga ham ega. O. unvoni yuzlab ulamolarda bor. Ulardan bir nechasi "Oyatullohi uzmo" ("Buyuk O.") eng yuksak obro‘ga ega bo‘lgan bittasi "Marjai taqlid" ("Taqlid qilinadigan inson") deb ataladi va u barcha shialarning oliy rahnamosi deb taniladi (yana q. Humayniy).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 07 Oktyabr 2006, 18:41:09
OG’AXON - ismoiliylar oqimidagi nizoriylar firqasi rahbarining unvoni. O’rta asr oxirlaridan boshlab nizoriy ismoiliilar o‘rtasida o‘z rahnamolarini tirik xudo deb bilish, uning amr-farmonlarini so‘zsiz ado etish, unga nazr-niyozlar keltirib berish odat tusiga kirgan. O.lar sulolasiga 18-asrda eronlik boy Abul Hasan asos solgan. U o‘zini shia imomlarining vorisi deb da’vo qilgan. O. qarorgohi Bombey (Hindiston) shahrida joylashgan. Ismoiliylar boshlig‘i Sulton Muhammadshoh (1877-1957) mashhur Olardan biri hisoblangan. U G’arbiy Yevropa hukmdorlari b-n til biriktirib ish olib borgan, Angliyaning Hindistondagi mustamlakachilik siyosatini yokdab chiqqan. O.lar boshqa mamlakatlarda yashaydigan ismoiliylardan ham zakot olib turadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:13:03
- P -

PAYG’AMBAR (fors. - xabar keltiruvchi) -islom aqidasiga ko‘ra, Alloh b-n uning bandalari o‘rtasidaga elchi; Allohning buyruq va ko‘rsatmalarini vahiy orqali qabul etib, ularni o‘z ummatiga to‘la-to‘kis yetkazuvchi vakil. P. b-n Alloh o‘rtasida elchilik qiluvchi farishta ham borki, uning nomi Jabroildir. Ba’zida Alloh taolo P.ga bevosita vahiy yuborishi va bevosita gaplashishi ham mumkin. Qur’oni karimda quyidagi P.lar nomi zikr etilgan: Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya’qub, Yusuf, Lut, Ayyub, Zul-Kifl, Yunus, Muso, Horun, Shuayb, Ilyos, Alyasa, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Iso va Muhammad alayhissalom. Ana shu va b. o‘tgan P. larning barchasini tasdiq etib, ularning barhaq P. bo‘lib o‘tganliklariga ikkilanmay imon keltirish har bir musulmon zimmasidagi imon shartlaridandir. Demak, P.larning birinchisi - Odam (as) oxirgisi - Muhammad (sav)dir. Ulardan keyin to qiyomat kunigacha boshqa P. kelmaydi. Lekin Muhammad (sav)dan keyinga o‘tgan davrda ham bir necha soxta Plar paydo bo‘lgani ma’lum. P.lar katta-kichik gunohlardan pokdirlar. Illo, ba’zi kichik yanglish, sahvu xatolar sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Aziz-avliyolarning hech biri P. darajasiga yeta olmaydi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:13:16
PARANJI (arab. hijob - yoping‘ich) -islomda odatga kirgan ayollar yoping‘ichining o‘zbeklar va tojiklar orasida tarqalgan turi. Ayollarning gavdasini, yuz-ko‘zini yashirib turishga xizmat qilgan. P. uydan tashqarida yopinilgan. P.ning old tomoni to‘rsimon chachvon (chimmat; tojikcha chashmband -ko‘zto‘sar) b-n berkitilgan. Islom tarqalgan boshqa mamlakatlarda bunday yopingachlarning juda ko‘p turlari (mas., Eron va Afg‘onistonda chodira, turkmanlarda yashmal va h.k.) tarqalgan. Paranji yopinib yurish odati deyarli qolmagan bo‘lib, u ayrim marosimlardagina foydalaniladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:13:30
PARIXON (fors. - pari vositasi b-n davolovchi) — bemorlarni go‘yoki pari, jin, ruxlar vositasi b-n davolashga urinuvchi shaxs. P.ning da’vosiga ko‘ra, bemorga jin yoki alvasti tekkan bo‘lib, ularni u haydar yoki qayta tegmasligi uchun ko‘ndirar emish. Sodda odamlar P.larga nazr-niyoz berib, tovuq, uloq, qo‘zi kabilarni qurbonlik qiladi. Aslida islomiy aqida bo‘yicha, g‘ayritabiiy kuchlar ta’sirida betob bo‘lgan bemorlar Kur’on va hadislarda ko‘rsatilgan uslublar b-n shifo talab qilishi lozim. Aks holda folbin, azayimxon va P.larga ixlos qo‘yish natijasida imonlaridan ajrab qolishlari mumkin.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:13:50
PESHIN (fors. - peshin, tush payti) — besh vaqt o‘qiladigan namozning biri. 4 rakaat sunnat, 4 rakaat farz va 2 rakaat sunnat o‘qiladi. P. namozi Quyosh qiyomdan og‘a boshlashidan to asr namozining boshlang‘ich vaqtigacha bo‘lgan paytda ado etiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:14:02
PIR (fors. - keksa, qari) - sufiylik an’anasida tariqatlarning oliy rahnamolari yoki obro‘li rahnamolar. Shuningdek, har bir murid o‘z murshidini ham P. deb atagan. Aholi orasida "P." tushunchasi avliyo, ma’lum bir hunarning asoschisi ma’nosida ham ishlatiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:14:50
- R -

RABOT - 1) 7-10-a.larda Kichik va O’rta Osiyo hamda Shimoliy Afrikaning musulmonlar va xristianlar (yoki butparastlar) yonma-yon yashagan hududlarida vujudga kelgan harbiy istehkomlar yoki qal’alar. R.larda istiqomat qilgan musulmonlar odatda ko‘ngillilar sifatida g‘ayridinlarga qarshi urushlarda qatnashganlar. 11-12-a.larda Marokashda paydo bo‘lgan al-Murobitun harakati va davlati o‘z nomini R. atamasidan olgan. Ayni vaqtda Eronda R. o‘zining harbiy ahamiyatini yo‘qotdi va darvish-qalandarlarning qarorgohi -xonaqohlarga aylandi. Keyinchalik R.ning aynan shu ma’nosi butun musulmon dunyosiga yoyildi. 2) O’rta asrda musulmon shaharlari ichkarisidaga omborxona, karvonsaroylar yoki shahar tashqarisidagi bozorlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:15:15
RAVSHANIYLAR - Afg‘onistonda vujudga kelgan islom dinidaga firqa. Boyazid Ansoriy (1525-1572) ta’limoti asosida pushtu dehqonlarining mahalliy hukmdorlar va boburiylar siyosatiga qarshi harakati kuchaygan. Piri Ravshan deb nom olgan (firqaning nomi shundan) Boyazid Ansoriy, so‘ngra uning o‘g‘illari va nabiralari rahbarligidagi bu harakat 17-a.ning 30-y.larigacha davom etgan, keyin bostirilgan. R. an’analari islom an’analaridan birmuncha farq qilgan. R. harakati pushtu xalqi milliy ongining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan, o‘z davrida bu xalqning yirik shoirlari Arzoni, Davlat, Muxlis va b. R. tarafdori edi. Ularning va R. ba’zi rahnamolari adabiy merosining pushtu adabiyotida muayyan o‘rni bor.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:15:37
RAJM - toshbo‘ron qilish, faqat zino qilganlik uchun qo‘llaniladigan qatl turi. R. haqidaga masala to‘laligicha fiqhning ukubot bo‘limiga tegashlidir. R. johiliyat davridagi huquqiy normalardan qabul qilinib, Kur’on va sunna b-n tasdiqlangan. R. faqat sud hukmiga binoan, qozi yoki uning vakilining nazorati ostida amalga oshiriladi. Maxsus ajratilgan yerda to‘plangan kishilar mahkumga qarata tosh otib, uni o‘lguncha toshbo‘ron qiladilar. Agarda zino guvoxlar ko‘rsatmalari b-n aniqpangan bo‘lsa, birinchi toshlarni guvoxdar otishi lozim, agarda zinokor o‘z gunohiga iqror bo‘lsa - imom yoki qozi otishi kerak bo‘ladi. Jazolanuvchi o‘zini chetga tortmasligi yoki qochib ketmasliga uchun bog‘langan yoki tizzasi yoxud beligacha yerga ko‘milgan bo‘lmog‘i lozim. Ayol kishi qatl etilayotgan paytda uni chachvon b-n yaxshi o‘ralgan bo‘lishiga va o‘layotib badani ochilib qolmasligiga e’tibor berish talab qilinadi. Agar zinokorning aqli noraso ekanligi aniklansa, qatl bekor qilinadi. Agarda homilador ayol jazoga tortilishi kerak bo‘lsa, unda ba’zi mazhablarga ko‘ra, to ayol tug‘gunicha qatl qoldiriladi, boshqasiga ko‘ra esa, emizish davri tugaguncha yoxud qatl umuman bekor qilinadi. Zinoni isbot qilish amalda juda murakkab bo‘lganligi tufayli barcha zamonlarda kamdan-kam hollarda R. jazosi qo‘llanilgan. Kishini ko‘cha-kuyda hech kanday tekshirishsiz va sudsiz toshbo‘ron qilingani haqida keng tarqalgan tasavvurlar g‘irt cho‘pchakdan boshqa narsa emas.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:16:58
RAKAAT (oddiy tilda rakat; arab. - muayyan vazifalarning namozda takrorlanishi) -islomda namozning asosiy qismi, namoz o‘qishda bajariladigan muayyan harakatlar va ular b-n qo‘shib o‘qiladigan duolar majmui. Har R. bir necha ibodat harakatlarini o‘z ichiga oladi: qo‘l ko‘tarib takbir aytish, tik turish, belgacha egilish (ruku’), boshni yerga qo‘yish (sajda), tiz cho‘kish (qa’da) va yana tik turishdan iborat bir tartibdagi harakatlardan tashkil topadi. Bir R. tugagach, yangi R. boshlanadi. Har bir namoz ma’lum mikdordagi Rlardan iborat, ulardan bir nechasi farz, yana bir nechasi sunnat deb belgilangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:17:25
RAMAZON - hijriy yil hisobining to‘qqizinchi oyi. Islom dinida R. oyida Alloh Muhammad (sav)ga Qur’onni vahiy qilgan deb talqin etiladi. Shu sababli, R. muqaddas oy hisoblanadi, bu oy davomida dindorlarga ro‘za tutish buyuriladi.
R. - arablarda islomdan avvalgi to‘rt muqaddas oydan biri; dastlab yoz fasliga to‘g‘ri kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada R. oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) an’ana bo‘lgan. R. oyining 27-kuniga o‘tar kechasi Muhammad (sav)ga birinchi vahiy kelgan (q. Laylat ul qadr). R.da ro‘za tutish hijratdan 17-18 oy keyin, ya’ni qibla tomon o‘zgartirilgandan bir oydan so‘ng joriy etilgan.
R. b-n bog‘liq ko‘p sanalar ichida Rasululloh (as)ning nabiralari Husash tavallud topgan kun (6-kun), Muhammad (sav)ning zavjalari Xadicha vafot etgan kun (10-kun), Badr jangi kuni (17-kuni), Muhammad (sav)ning Makkaga kirib kelishlari kuni (19-kun), Ali va imom Ali ar-Rizo vafot etgan kun (21-kun), Ali tavallud topgan kun (22-kun) kabilar e’zozlanadi. Ro‘zaning tugashi iyd al-fitr bayrami b-n nishonlanadi. Turli musulmon mamlakatlarida qadimgi dinlarga oid marosim, bayramlarni R.oyiga to‘g‘ri kelib qolishi natijasida R.ga oid marosim va an’analar ham har bir mamlakatda o‘ziga xos o‘tkaziladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:17:32
RASUL (arab. - elchi) - islom an’anasida Alloh tomonidan tanlab olinib, vakil qilingan va targ‘ibot yuritish, da’vat qilish vazifasi topshirilgan, ilohiy kitob nozil qilingan payg‘ambar. Muhammad (sav)ga nisbatan doimo R. nomi qo‘llanib kelinadi, bu hatto tashahhud (kalimai shahodat)da ham ifodalangan. Nabiy - kitob nozil qilinmagan payg‘ambar. Shu boisdan ham har bir rasulni nabiy deb atash mumkinligi, ammo nabiylarni R. deb bo‘lmasligi qayd qilingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:17:47
ar-RA’Y ("qarash", "fikr", "hukm qilish") - fiqxda asosan faqihning mustaqil fikrini yoki hukmini anglatib, shunga asosan uning qandaydir huquqiy qaror chiqarishi. Ar-R. tushunchasi xalifa Umar (ra) davri (634—644)da paydo bo‘lgan Umar (ra) sahobalardan Abdulloh ibn Mas’udni Iroqqa hakamlik va dindan ta’lim berish uchun jo‘natayotganda "qanday ko‘rsang va xohlasang" (bi-r-ra’y va n-nazar) shunday sud qilish haqida ko‘rsatma bergan. Xalifa shu b-n birga ar-R. deganda qiyos bo‘yicha ish ko‘rish va jamoatchilik foydasi (al-maslaha) nazarda tutilishini aytgan. Abdulloh ibn Mas’udning Irokdagi izdoshlarini "mustaqil fikr tarafdorlari" (ashob ar-ra’y) deb Madina faqihlarini "rivoyat tarafdorlari" (ashob al-hadis) deb atay boshlaganlar.
Mazhablar shakllanib bo‘lgach, ar-R. tushunchasi muomaladan chiqqan, uning o‘rniga ijtihod yoki al-qiyos tushunchasi qo‘llanilgan
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:18:06
ar-RAHMON (Mehribon) - Allohning ismlaridan biri (q. al-Asmo al-husno), odatda bismilloh ar-Rahmonir-Rahim (Rahimli) shaklida ishlatiladi. Har ikki ism Allohning eng asosiy sifatlaridan bo‘lib, insonlarga Qiyomat kuni Allohning marhamat ko‘rsatishi, mehribonlik qilishini anglatadi. Ar-R. istilohini johiliyat davrida Arabistondagi yahudiy va xristianlar yagona xudoni anglatish uchun qo‘llaganlar. U Jan. Arabistondagi 4-6-a.lardagi monoteistik yozuvlarda uchraydi. Ichki va Shim. Arabistonda yashovchi haniflar shuningdek, Muhammad (sav)ning zamondoshlari va raqiblari - "soxta payg‘ambar" Abxala al-Asvad va Musaylima o‘z xudolarini shunday ataganlar. Qur’onda ar-R. - Alloh va Rabb (Parvardigor)dan so‘ng Xudoni anglatuvchi eng ko‘p ishlatilgan atama. Qur’on nozil qilinishining Makka davrida Muhammad (sav) xudoni asosan ar.-R. deb ataganlar. Ar-R. ko‘plab shaxs nomlari tarkibiga kirgan (mas., Abd ar-Rahmon, "Rahmonning kuli", ya’ni "xudoning kuli").
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:18:17
RIBO (arab - sudxo‘rlik) - pulga foyda (foiz) olish - sudxo‘rlik. Islomdan ilgari arablar orasida R. keng tarqalgan edi. Ilk islomda savdo qilish va u orqali foyda ko‘rish keng rag‘batlantirilgani holda, pulga foyda olish qat’iyan taqiklangan va bu taqiq Qur’onda ham o‘z ifodasini topgan (2 : 276). Hozir ham musulmon mamlakatlaridagi bank va moliya ishlarida ushbu taqiqqa amal qilinadi (q. Islom taraqqiyot banki).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:18:36
REVGARIY Xoja Orif, Mohitobon (12-a. o‘rtasi - Shofirkonning Revgar qishlog‘i - 1259) - xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik yetti pirning ikkinchisi.
Abdulholiq G’ijduvoniy (Xojai jahon)dan tasavvuf ta’limotini o‘rgangan. Ular G’ijduvon b-n Shofirkon o‘rtasidagi Ro‘yibinon qishlog‘ida uchrashib, suhbatlashib turganlar. G’ijduvoniyning 4-xalifasi sifatida ustozi vafotidan so‘ng xojagon silsilasini boshqargan. "Silsilai sharif"da "11-halqaning piri" sifatida zikr etiladi. "Qutbul avliyo" "Valiylar yo‘lboshchisi" unvoniga sazovor bo‘lgan. Xoja Mahmud Anjirfag‘naviyga ustozlik qilgan. Shofirkon sh.da dafn etilgan. Qabri ustidagi maqbara va atrofdagi masjid mustaqillik yillarida ta’mirlangan. R. mozori obod ziyoratgoh sifatida mashhurdir.
Tasavvufning o‘zak masalalari xususida so‘z yuritilgan "Orifnoma" risolasi o‘zbek tilida ham nashr qilingan (T., 1994). Tasavvufshunos olim Ibrohim Haqqul R. haqida "Xoja Orif Mohitobon" essesini yozgan (T., 1996). As.: Orifnoma, T., 1994.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:18:50
RIDDA (arab. - orqaga qaytish, chekinish) -musulmon bo‘lib yurgan odamning o‘z ixtiyori b-n islomdan qaytishi. Islom tarixida birinchi R. - ba’zi arab qabilalari orasida yuz bergan. Ular Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng islomdan chiqqanlar. R. 632 y. bevosita Abu Bakr Siddiq xalifa sifatida davlat boshqaruviga o‘tirgach boshlandi va 1,5 yilcha davom etdi. Bu harakatga rahbarlik qilgan ba’zi shaxslar o‘zlarini payg‘ambar deb e’lon qilganlari bois, islomda ular "mutanabbiylar", ya’ni "soxta payg‘ambarlar' nomini oldi. Markaziy Arabistonda Asd G’atfon, Tayy qabilalariga Tulayha, Sharqiy Arabistonda Hanifa qabilasiga — Musaylima, Tamim qabilasiga - Sajjoh ismli ayol va nihoyat, Yamanda Mazhij qabilasiga Abhala yetakchilik qildi. Ular Abu Bakr davrida zakot berishdan bosh tortdi. Xalifa Abu Bakr bu harakatni R. hisobladi. R. urushlarida ayniqsa, sarkarda Xolid ibn Valid katta shuhrat qozondi. R.ni bartaraf etishda erishilgan g‘alabalar ilk musulmon davlatiga butun Arabiston bo‘ylab to‘liq hukmronlikni o‘rnatishga, keyinchalik yarim oroldan tashqariga yurishlarni boshlashga imkon yaratib berdi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:19:02
RIYOZAT (arab. - "qiynalish" "mashaqqatlanish") - tasavvufda tariqatning asosiy shartlaridan biri. Darvish, murid sufiyning o‘z istagidan o‘zini tiyib, bu yo‘lda qiynalishi, mashaqqat chekishi, azob uqubatlarga chidashi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:19:16
RIYOKORLIK - har qanday savobli, ezgu ishlarni, ayniqsa, xayr-ehsonni odamlar ko‘rsin, maqtasin uchun, manmanlik b-n amalga oshirish. R. islomda qattiq qoralanadi Qur’oni karimda R. b-n qilingan har qanday ishning zoe ketishi haqida uqtiriladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:19:49
RIZQ (arab. - ulush) - 1) Qur’onga ko‘ra Allohning har bir insonga bergan ulushi Islom diniga ko‘ra, barcha bandaning Rini Alloh belgilab bergan, o‘lchab qo‘ygan, kimning R. i tugasa, vafot etadi. R.ni faqat Aploh taoloning o‘zigina beradi. 2) Devonga mansub kishilar uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat ulushi (xalifa O’mar tomonidan 638 y. joriy etilgan va bu 8-a. oxirigacha davom etgan). Oziq-ovqat ulushi devon ro‘yxatidagi jangchilarning oila a’zolariga ham belgilangan. 9-10-a.larda R. - asosan jangchilar maoshi ba’zan umuman maosh (mas., O’rta Osiyoda somoniylar davrida). Misrda 12-15-a.larda ma’lum yer maydonidan natura shaklida to‘langan maosh, shundan - umuman ko‘chmas mulkdan olingan daromad. 16-a.dan Usmonli turk saltanatida R. deb daromad keltiruvchi yer maydoniga, xususan vaqf yerlariga aytilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:20:00
RIFO’IYLAR - sufiylik tariqati a’zolari. O’rta asrlarda vujudga kelgan. Bu tariqatga basralik Sayyid Ahmad Rifo’iy (1182 y. v.e.) asos solgan. R. Yaqin Sharkda, xususan, Eronda keng tarqalgan darvishlardan iborat bo‘lgan. Ular hozir ham mavjud.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:20:16
ROBIA al-ADAVIYA (713/714-801) - Basra zohidlarining taniqli vakilasi. Bolaligida cho‘ri qilib sotilgan. Keyinchalik xudojo‘yligi va zohidlarga xos turmush tarziga ixlos b-n rioya etgani sababli ozodlikka chiqarilgan. Bir necha yil sahroda yolg‘iz yashagan. R.A. Allohni sevishdan boshqa jamiki narsalarni rad etish tarafdori bo‘lgan. Alloxdan hech bir tama’ - manfaat ko‘zlamay, uni mutlaq sevish - inson ma’naviy hayotining mohiyati ekanligini zohidlardan birinchi bo‘lib ta’kidlagan. R.A. g‘oyalari keyingi avlod sufiylari orasida keng tarqalib, Bistomiy, Halloj, Ibn Farid, Ibn Arabiy va b. sufiylar ta’limotining asosini tashkil etgan. R.A. taqvodorlik, Allohni sevish namunasi deb bilinib, "avliyo" sifatida ulug‘lanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:20:30
ROBITA ("aloqa", "rishta") - Sharkdagi tasavvufga xos bo‘lgan istiloh. Murid b-n uning piri (murshid) yoki avliyo (valiy) o‘rtasida paydo bo‘ladigan ruhiy aloqa. Muridning butun fikri-zikrini murshid qiyofasiga jamlashi, u b-n muloqotga kirishi va o‘zligini unda qo‘shilib ketishi b-n erishiladi. Naqshbandiylik va qodiriya tariqatlarining ayrim risolalarida R. zikrdan afzal sanalgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:20:57
ROMITANIY Xoja Ali, Xojai Azizon (13-a. o‘rtasi, Romitan tumanidagi Qo‘rg‘on qishlog‘i - 1316/1321) - xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik yetti pirning to‘rtinchisi. Xoja Mahmud Anjirfag‘naviydan tahsil olgan. Uning vafotidan so‘ng xojagonlik silsilasini boshqargan. "Silsilai sharif"da 13-halqaning piri hisoblanadi. R.ning "Risolai Azizon" asari mashhur bo‘lib, unda tasavvuf maqomlari xususida so‘z yuritilgan. Tojik tilida bitgan she’rlarida tasavvuf g‘oyalari ilgari surilgan. Xoja Muhammad Boboyi Samosiyga ustozlik qilgan. Qo‘rg‘on yaqinidagi Saribo‘ston qishlog‘ida dafn etilgan. Qabri ustida maqbara qurilgan. G.Navro‘zova va I.Qosimov "Hazrat Xoja Ali Romitaniy" risolasini nashr qilishgan (1984).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:21:24
ROFIZIYLAR (arab. rofiz - tark etish, rad etish, ba’zan maslagidan qaytish ma’nolarida) - o‘rta asrlarda sunniy islom ilohiyotida izchil islom yo‘lidan chetga chiqqan oqimlar, xususan shialar (Abu Bakr (ra) va Umar (ra)ning xalifalik huquqini rad etganlari uchun) R. deb atalgan. Keyinchalik Alini ilohiylashtirish tarafdorlari bo‘lgan firqalar (xususan ismoiliylar) shu nom b-n atalgan. Umumiy ma’noda R. imomiylar, alaviylar va zaydiylarga nisbat beriladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:21:44
RUKN (arab. - asos, ustun), arkon ad-din (din asoslari) - islomda eng muhim sanalgan beshta vazifa. Unga "kalimai shahodat", namoz, zakot, ro‘za va haj ibodatlari kiradi. R. talablarini bajarish islomda har bir mo‘min-musulmon uchun majburiy-farz hisoblanadi. Lekin ba’zi istisno holatlarda bu majburiyat zimmadan soqit bo‘ladi. Mas., boyligi shariat belgilagan ma’lum mikdorga (nisobga) yetmagan kishi zakot bermaydi yoki qodir bo‘lmagan musulmonlar zimmasidan haj ibodati ham soqit bo‘ladi. Imonning ruknlari esa, ikkitadir. Ya’ni, Muhammad (sav) Alloh tomonidan keltirgan barcha ahkomu arkon va ma’lumotlarga dil b-n tasdiq etib, til b-n iqror qilishdir.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:22:00
RUMIY, Jaloliddin Muhammad ibn Bahouddin Muhammad al-Balxiy (1207-1273) - shoir, mutafakkir, mavlaviylar (mavlaviya) tariqatining norasmiy shayxi. Balx (Shim. Afg‘oniston)da tug‘ilgan. Otasi - Muhammad ibn al-Husayn al-Xatibiy al-Balxiy (1148-1231) Xorazmshohlar davlatida "Sulton ul-ulamo" ("Ulamolar sultoni") deb ulug‘langan. 1231 y.da otasi vafot etgach, R. uning o‘rniga Ko‘niya madrasasining bosh mudarrisi bo‘ladi. Tariqat yo‘lini tutib, shoir Said Burhoniddinga shogard tushadi, so‘ng qalandar-sufiy Shamsiddin Muhammad Tabriziy b-n do‘stlashib, uni o‘z piri deb e’lon qiladi va aqliy izlanishlardan voz kechadi. Bu R. muridlari, ulamolar noroziligiga sabab bo‘ladi va ular fatvosi b-n Tabriziy o‘ldiriladi. R. bu fojiadan qattiq ta’sirlanib, pirining ismi sharifini taxallus qilib, g‘azallar yoza boshlaydi. R. she’rlarida insonlar irqi, millati, dini va tilidan qat’i nazar teng va hur ekanligi kuylanadi, aqidaparastlik va mutaassiblik qoralanadi. R. Ko‘niya (Kichik Osiyo)da vafot etgan.
R. har bir sufiy islom farzlarini albatta bajarishi shart, deb hisoblagan, o‘zi asos solgan tariqatda she’r va musiqa tinglashni, samo’ paytida gir aylanib, raqs (zikr) tushishni rasm qilgan. Bu esa, R. dushmanlari tomonidan shariat ko‘rsatmapariga zid deb baholangan.
R.ning 25.500 baytdan ortiq "Masnaviyi ma’naviy" asari "tasavvufning chinakam qomusi" deb tan olingan. Unda Sharq xalqlari ogzaki ijodi namunalari - yuzlab rivoyat, afsona, masal, maqol, matal, ramziy hikoyatlar orqali islom va tasavvuf g‘oyalari masnaviy turda talqin etilgan. Jomiy va Navoiy R. ijodiga yuksak baho berishgan. Mashrab esa, "Masnaviyi ma’naviy"dan ilhomlanib, "Mabdai nur" axloqiy-ta’limiy dostonini yaratgan. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda R.ning "Ichingdagi ichingdadur" (Toshkent, 1997) kitobi, "Masnaviyi ma’naviy" izoxdi nashrining 1-kitobi (Toshkent, 1999) va b. asarlari nashr qilindi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:22:25
RUSTUFAG’NIY, Abul Hasan Ali ibn Said ar-Rustufag‘niy (? - 961) - hanafiylikdagi mashhur muhaddis, faqih. Samarqand viloyatidagi Rustufag‘n (Rustufagn) qishlog‘ida tug‘ilgan. Fiqhga doir 3 ta asar yozgan. Sam’oniyning ma’lumotiga ko‘ra, Samarqandning yirik faqixlari, jumladan, Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad al-Moturidiy va Abul Qosim Ishoq ibn Muhammad al-Hakim as-Samarqandiy va b. R.dan ilmi hikmat va ilmi haqiqatdan saboq olganlar. V.V.Bartoldning fikricha, Samarqand yaqinidagi Beyli ota qishlog‘ida (bu qishloq o‘rta asrlardagi Rustufagn o‘rnida joylashgan) R.ning maqbarasi saklanib qolgan. RUH (arab. - jon, ko‘pligi arvoh) - diniy tushunchaga ko‘ra, kishi hayotida u b-n birga, vafotidan keyin esa, tanadan chiqib abadiy qoladigan ko‘zga ko‘rinmas narsa. Hadisi sharifda aytilishicha, ona qornidagi chaqaloq to‘rt oylik bo‘lgan kuni unga R. ato etiladi va umri davomida shu R. b-n bo‘ladi. Ba’zi ulamolar R. - bu qon desa, boshqalari nafas deb hisoblaydi. Ayrimlar esa, R.ni latif va nafis havodan iborat deb, uni modtsiy narsalar safiga kiritadi. Qur’onga ko‘ra, Alloh odamzotni yaratmasdan oldinroq dastlab qiyomatga qadar keladigan odamlarning R.larini paydo qilgan. Islomda R.ning mohiyati haqida bahs yuritish man etiladi. Qur’oni karimning Isro surasida (85-oyat) R. Allohning ilmiga havola etiladigan sir ekani, R. to‘g‘risida odamlar juda oz ma’lumotga ega bo‘lishlari ta’kidlangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:22:36
RUHOBOD - Samarqanddagi Shayx Burhoniddin Sog‘arjiy maqbarasi (14-a.). Amir Temur maqbarasining shim.da joylashgan chorqirra shaklidagi gumbazli bino. Shayx Burhoniddin Sog‘arjiyni Amir Temur o‘ziga ma’naviy pir deb qabul qilgan. Sog‘arjiy 10-a.da Somoniylar davrida yashab, avliyolikda Kutb pog‘onasiga ko‘tarilgan zotdir. Uning nasli-nasabi Umar ibn Xattobga borib taqaladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:25:17
RO’ZA (fors. - ro‘za, kunduzgi ish; arab tilida "savm" deyilib, biror narsadan o‘zini tiyish ma’nosini anglatadi) - islomdaga beshta rukn (majburiyat)dan biri. Har yili bir oy -Ramazon oyida R. tutish farzligi Qur’oni karimda qayd etilgan. Bunda bomdod namozi vaqtining boshlanishidan to quyosh botgunga qadar yemaslik, ichmaslik, jinsiy yaqinlik, g‘iybat, chaqimchilik qilmaslik, harom qilingan narsalarga qaramaslik shart. R. sog‘lom, safarda bo‘lmagan, balog‘at yoshidagi musulmon-mo‘minlarga farz qilingan. Homilador, emizikli ayollar, safarda yurganlar, og‘ir bemorlar R. tutmasligi, keyin imkoniyat tug‘ilganda ado (qazo) etishlariga ruxsat berilgan. R.ga toqati yetmaydigan qariyalar, surunkali bemorlar R. o‘rniga fidya sadaqasi (bir miskinni bir bor to‘ydirish) berishlari mumkin. R. tutish Qur’onda belgilanganidek, insonni taqvoga, ya’ni moddiy va ma’naviy jihatdan sabr-toqatli bo‘lishga, irodani mustahkamlashga o‘rgatadi. R.ning ko‘pgana kasalliklarga shifo baxsh etishini keyingi paytda olimlar ham tasdiqlamoqdalar. Lekin, shariat ko‘rsatmalariga ko‘ra, R.ni boshqa maqsadlarda emas, faqat Allohning farz qilgan ibodatini ado etib savob orttirish, taqvoli bo‘lish maqsadidagana tutish buyuriladi. R. dastlab Muhammad (sav) Madinaga hijrat qilganlaridan 18 oy o‘tgach farz qilingan. Agar R. qasddan ochib yuborilsa, ramazondan keyin biror kun qoldirmay oltmish kun R. tutib beradi, bunga zaiflik yoki bemorlik tufayli qodir bo‘lmasa oltmish miskinga taom berish b-n kafforat to‘lanadi. R. bir necha turli bo‘ladi: yoinki
1.   Farz. Bu Ramazon oyi R.sidir.
2.   Vojib. Mas., naflga kirishib, keyin buzib qo‘yganda,  uning qazosini  tutib  berish vojibdir.
3. Nafl. Dushanba, payshanba kunlarida, shavvol oyida olti kun tutilgan R.lar.
4.  Makruh. Yolg‘iz juma yoki shanba yakshanba kunlarida, shuningdek, ikki hayitda tutilgan R.lar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 09 Oktyabr 2006, 22:25:32
RO’ZA HAYITI - q. Hayit
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:05:32
- S -

SABAIYLAR, as-Saba’iya - "o‘ta" shialarning g‘oyaviy o‘tmishdoshlari; Abdulloh ibn Saba’ning izdoshlari. Sunniy mualliflar S.ni Ali (kv) ibn Abu Tolibni ilohiylashtirishni targ‘ib qilgan islomdagi eng dastlabki guruh deb hisoblashgan. Rivoyatlarga ko‘ra, Ali (kv) uni xudo deb e’lon qilgan S. guruhini gulxanda yondirishga buyruq bergan, bunga javoban S. "endi biz sening haqiqatan ham xudo ekanligingni bildik, zero faqat xudogina o‘t b-n jazolaydi" deganlar. S. Ali (kv)ni vafot etganligini rad etadilar, ularning fikricha, u dushmanlaridan o‘ch olish va adolat o‘rnatish uchun qaytib kelar emish. Ali (kv)ni payg‘ambar Muhammad (sav)ning vasiyatlariga ko‘ra, vorisi deb e’lon qilgan S. islomda birinchi bo‘lib, Ali (kv) imomligini to‘xtashi (tavaqquf) va uni Qiyomat kunigacha Maxdiy sifatida qaytishi" (ar-raj’a) haqidagi g‘oyani ilgari surganlar. Bu tasavvurlar keyinchalik "o‘ta" shialar, xususan kaysoniylar orasida rivojlangan, ular imomlarni "yashirin holati" (al-g‘ayba) va ularni Xaloskor (al-Maxdiy) sifatida qaytib kelishi hakdtsagi g‘oyani ishlab chiqqanlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:06:14
SABR - g‘am-kulfat, azob-musibatlarga chidash, toqat qilish; o‘z ixtiyori b-n nafsni tiyish; yoqmagan narsa sodir bo‘lganda Alloh taolodan qo‘rqib va Uning roziligidan umidvor bo‘lib o‘zini tutishlik. Islomda to‘g‘ri yo‘ldan adashmasdan borish uchun kishi o‘z mayllarini so‘ndirishi lozimligi ta’kidlanadi. S.li bo‘lish musulmonlarning asosiy fazilatlaridan biri hisoblanadi. Qur’onning bir necha oyatlarida musulmonlarning S.li bo‘lishiga da’vat bor. Hadislarda inson uchun S.dan yaxshiroq va ulug‘roq ne’mat ato etilmagani bayon qilingan. Tasavvufda S. turlicha talqin etiladi. S. doim kerak. Yaxshilik yetganida ham, yomonlik yetganida ham, zarar-kamchilik paytda ham, foyda-borchilik paytida ham. Yo‘qchilikka S. qilish oson. Ammo borchilik, to‘qchilikka hamma ham S. qila olmaydi. Aslida esa, banda og‘ir paytda bardosh b-n, ne’mat yetganida shukr va yaxshilik b-n S. qilish kerak. Ulamolarning ta’kidlashlaricha, S. turli xil bo‘ladi. Eng ulug‘ S. imon - islom talablarini bajarish yo‘lvdagi qiyinchiliklarga chidash. Odamlarning noo‘rin tasarruflariga S. qilish. Yetgan musibatlar va ne’matlarga S. qilish va h.k.
S. ko‘pchilik xayol qilgandek salbiy ma’noda, ya’ni nima bo‘lsa ham S. qilyapman, deb jim-harakatsiz turish emas, balki Allohning aytganini bajarish jarayonida duch keladigan mashaqqatlarni yengashdagi S.dir. Eng bosh S. havoi nafs, rohat-farog‘at, mansabni tark qilib, Allohning aytganiga yurishga chidamdir. Qur’oni karimda S.ga da’vat ko‘p gakrorlanadi. Chunki, Allohga toatda ham, gunoxdan saqlanish yo‘lidagi to‘siqlarni yengish uchun ham, zaiflik kelib qolganda ham, havoi nafsni jilovlash uchun ham S. kerak va h.k. O’tgan ulamolar S.ni umumiy tarzda uchga bo‘lganlar:
Birinchisi: Alloh harom qilgan narsalardan va gunoxlardan saqlanishga S. Ikkinchisi: toat va kurbat hosil qilish uchun S.
Uchinchisi: yetadigan musibat va qiyinchiliklarga S. Payg‘ambar (as)ning hadislarida ham S.ga ko‘plab chaqiriqlar bor. A.bu Musodan rivoyat qilinadi: ''Hech kimga sabrdan ko‘ra yaxshiroq va kengroq ne’mat ato qilinmagan", dedilar. Rasululloh (sav): "Odamlarga aralashib, ularning ozorlariga S. qilgan musulmon, ularga aralashmaydigan va ozorlariga S. qilmaydigan musulmondan yaxshidir", deydilar. Bundan odamlarning ozoridan qo‘rqib ularga aralashmay qo‘yish durust emasligi chiqadi. Odamlarga aralashib ularning ozorlariga S. qilgan odam savob oladi. U o‘sha aralashishi davomida ularga yaxshilik ham qilib yurgan bo‘ladi. Odamlarga aralashmagan kishi esa, ko‘pchilikka foyda yetkazishdan bosh tortgan bo‘lishi mumkin.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:06:50
SAVOB (arab. - yaxshilik, ezgulik, ajr) -diniy e’tiqodga ko‘ra, xudoning marhamatiga loyiq ish va shunday ish uchun xudoning marhamati. Insonning xatti-harakati va faoliyati yaxshilik va yomonlikdan iborat bo‘lib, bu islomda savob va gunoh deb ataladi. Diniy ko‘rsatmalarni bajarish, inson manfaati yo‘lida faoliyat ko‘rsatish kabilar S. hisoblanib, insonning ish kitobi (nomai a’moli)ga farishta vositasi b-n yozib boriladi. Oxiratda insonlarning S. va gunohlari tarozuda tortilib, natijalar Allohning hukmiga havola etiladi. Lekin, hadisi sharifda ta’kidlanishicha, insonning qilib o‘tgan har qancha S. ishlari jannatga kirishga sabab bo‘la olmaydi. Unga kirish Allohning fazli, marhamati va ehsoni xisoblanadi. S. ishlar esa, jannatga kirgandan keyin erishiladigan darajalar uchun kerak bo‘ladi. S. so‘zi barcha yaxshi va ezgu ishlarga nisbatan ham ishlatiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:07:35
SADAQA (arab. - chin dildan qilingan ehson) - xayr-ehson. S. berish haqida Qur’onda ham ta’kidlab o‘tilgan. S. haqidagi masalalarni fiqhning uqubot va ahkom bo‘limlari talqin qiladi. S. berish imkoni bo‘lgan har bir kishi uchun zarur hisoblanadi, bu ish mandub amallardan sanaladi. Birovga S. bera olishga qurbi yetmaydigan kishilar S. olishlari mumkin. S.ning kuyidagi turlari mavjud: Bir martalik xayr-ehson ko‘rinishdagi S.; kafforat, ya’ni xayrli maqsadlarga sarf etiladigan jarima ko‘rinishidagi S.; o‘ziga to‘q bo‘lgan musulmonlarning daromadlaridan yo‘qsil, miskinlar foydasiga ajratib beriladigan S. Dastlabki ikki holatda S. pul, ovqat, kiyim, xizmat ko‘rsatish va uy-joy b-n ta’minlash, qarzdan va majburiyatdan kechish va b. shaklida bo‘lishi mumkin. Uchinchi holatda S. - faqat pul b-n beriladigan, u maxsus soliqchilar tomonidan yig‘ilib, markaziy yoki mahalliy xazina (bayt ul-mol)ga kelib tushgan. Bu mablag‘ S. deb ataluvchi zakotdan to‘plangan mablag‘ b-n birgalikda maxsus vakolatli shaxslar tomonidan sugurta vositasi turi sifatida markaziy hokimiyat nomidan kambag‘al, muhtoj kishilarga tarqatilgan. S. mablag‘laridan yordam olishga kambag‘allar va nogironlar haqli bo‘lib, ularning bu holati to‘g‘risida jamoaning uch a’zosining shohidligi lozim bo‘lgan. Shuningdek, biror sabab b-n xonavayron bo‘lgan, qurbi yetmaydigan xarajatlar, to‘lovlarni to‘lashga (mas., muhtoj qarindoshlarini boqish, qarindoshi uchun diya (xun) to‘lash va b.) majbur bo‘lgan kishilarga ham S. beriladi va h.k. Ularning ishi yurishib ketsa, S. to‘lash to‘xtatiladi. S. mablag‘adan urush paytida yordam bergan, lekin ulush-o‘lja olmaganlarga mukofot beriladi, kulni ozod qilish uchun to‘lanadigan pulning yetishmayotgan qismi (agar u kishining ishlari yurishmayotgan bo‘lsa) (mukotab)ni qoplash uchun beriladi. Shuningdek, S. to‘plovchi va taqsimlovchi amaldorlarga, musofirxonalarga, biror sabab b-n safarni davom ettira olmay qolgan yo‘lovchilarga ham mablag‘ ajratiladi. Hadislar va fiqhga oid adabiyotlarda S. istilohi b-n zakot anglatilgan. S. va zakot dastlab bir tushuncha ekanligi, zakotdan qoladigan mablag‘ni olish huquqiga ega kimsalar ham S. mablag‘laridan foydalanish huquqiga ega bo‘lganligi b-n ham tasdiq topadi. Ixtiyoriy S.ni majburiy to‘lovdan farqlash uchun uni sadaqa at-tatavvu ("ixtiyoriy sadaqa") deb ataydilar. S.ning majburiy turiga zakot, xiroj, ushr, fitr, kafforat (jarima) kabilar kiradi. Ixtiyoriy S.lar esa, xudoyi, to‘ylar, ziyofatlar, xayriya tashkilotlariga, jamg‘armalarga beriladigan moddiy xarajatlardan iborat. Odatda S. deganda faqat muhtojlarga, gadolarga beriladigan narsa tushuniladi. Lekin diniy istiloxda S. xayr-ehsonning barcha turlari uchun qo‘llanilaveradi. Islomda S. qilishga ko‘p targ‘ibot qilinadi. Uning savobi, fazilati va foydasi to‘g‘risida Qur’on va hadislarda ta’kidlangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:08:47
SADR (arab. - old, ko‘krak) - musulmon mamlakatlaridagi turli mansabdor shaxslarga beriladigan unvon. Bu unvon ba’zan din peshvolariga ham berilib, ularga butun davlatning yoki biror viloyatning vaqf ishlarini boshqarish vazifasi yuklatilgan. Mas., 12-13-a.larda Buxoroda hukmronlik qilgan burhoniylar Sadri jahon nomi b-n mashhur bo‘lgan. 16-a.dan Usmonli turk saltanatida va 19-a.dan Eronda eng yuqori mansabdor shaxs (vaziri a’zam) S. (to‘lig‘i Sadri a’zam) deb atalgan. 20-a.ga kelib bu unvon tugatilgan. Anjuman va ilmiy majlislarda to‘rdan joy berilib, suhbatni boshqargan olim kishini ham qadimdan Sadri majlis deb atab kelinadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:08:58
SAJDA (arab. - ibodatda yerga egalish, yerga bosh qo‘yish) - namoz o‘qishdagi holatlardan biri. Har bir rakaatdagi oxirga harakat, bunda namoz o‘qiyotgan dindor tiz cho‘kkan holda oldinga egilib boshini yerga qo‘yadi (ya’ni S. qiladi) va uch bor subhana robbiyal a’lo deb tasbeh o‘qiydi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:10:25
SAJJODA ("ta’zim qilmoq", "tiz cho‘kmoq", boshqa nomlari: musallo, bisat, xasir, xumra (arab.), joynamoz (fors.), namozlik (turk.) -q. Joynamoz.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:10:46
SAJOX - soxta payg‘ambar ayol. O’zini xudoning elchisi deb e’lon qilgan va islomni qabul qilgan arablarning bir qismini yo‘ldan urishga erishgan. S. tag‘libiylar orasida voyaga yetgan va ular orasida tarqalgan xristianlikdan yaxshi xabardor bo‘lgan. Muhammad (sav) hayotliklari chog‘idayoq u xudoni "bulutlar egasi" deb atab, undan xabarlar kelayotganini bildirgan. "Vahiylar"ni qofiyali saj’ usulida, maxsus minbardan turib aytgan, ibodatga chaqiruvchi muazzini ham bo‘lgan. Irokdan S. bir guruh tarafdorlari b-n o‘zining qadrdon tamim qabilasi hududiga ko‘chib o‘tgan, u yerda qabilaning o‘zaro kurashayotgan qismini birlashtirishga muvaffaq bo‘lib, ularni harbiy yurishlarga boshlab boradigan siyosiy rahbarga aylangan. Bir necha muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng 633 y. tamimiylar Yamomaga bostirib kirganlar. Bu yerda hanifa qabilasi boshlig‘i, "payg‘ambar" Maslama (Musaylima) ichki nizolarni tinchitish va musulmonlarning hujumlarini qaytarish b-n band edi. U Yamomadan olinadigan ikki hosilning yarmini berish evaziga tamimiylardan qutulgan. S. b-n Maslama o‘rtasida yana qandaydir bir vaqtinchalik shartnoma ham tuzilgan. Musulmon rivoyatlariga ko‘ra, ular o‘rtasida nikoh shartnomasi tuzilib, musulmonlar b-n bo‘lgan jangda S. Maslama yonida halok bo‘lgan. Aslvda esa, S. Yamomaga qilingan yurishdan so‘ng Iroqqa qaytib, keyinchalik o‘sha yerda islomni qabul qilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:12:20
SAID ibn ZAYD (taxm. 600-671) - sahoba, makkalik ilk musulmonlardan. Asharai Mubashshara axlidan. Otasi Zayd Banu Adaviy urug‘idan bo‘lgan. Saidning bobosi johiliya davrida Makkadaga boshlikdardan hisoblangan. S. ibn 3. Umar (ra)ning pochchasi edi. Zavjasi Fotima b-n ikkisi Umar (ra)dan avval musulmon bo‘lishgan, Habashistonga ham birga ko‘chishgan. Talha b-n birga Shomga jo‘natilgani uchun Badr jangida qatnashmagan. Lekin g‘animatlardan uning ulushi ajratilgan. Boshqa janglarda qatnashgan. Xalifa Abu Bakr Siddiq davrida Shom fathida ishtirok etgan. S. ibn 3. saxiy, ibodatga qattiq berilgan, taqvo sohibi, mujohid bir zot bo‘lgan. Dunyo ishlariga ahamiyat bermagani uchun biror vazifa olmagan. Madina yaqinidagi Aqiq degan joyda vafot etgan. S. ibn 3. Rasuli Akramdan to‘rt hadis rivoyat qilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:12:38
SAID ibn al-OS (625-679) - sahoba. Islom amirlaridan. Umar (ra) huzurida tarbiya topgan. Usmon (ra) uni Kufaga amir qilib tayinlagan. Hazrat Usmon (ra)ga qarshi uyushtirilgan fitnada uni himoya qilgan. Usmon (ra) shahid bo‘lganidan so‘ng (658) Makkaga ketgan. Muoviya xalifalik zamonigacha (661) u yerda qolgan, so‘ng to umrining oxirigacha Madinaga voliy bo‘lgan. Tabariston (Eronning shimolida) fathida qatnashgan. Usmon (ra) huzurida bo‘lib, Qur’oni karimni jamlash va kitob holiga keltirishda faoliyat ko‘rsatgan. Uning Madinada qurgan qasri hozirgacha saklanib qolgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:12:50
SAYID OTA, Sayid Ahmad ibn Sayid Abu Bakr (? - 1292 yoxud 1311) - yassaviya tariqatining yirik vakili. Toshkentda tavallud topib, ta’lim olgan. Zangi otaning 2-xalfasi (shogirdi). S.o. nafaqat solih amallari, tariqat yo‘lida chekkan zaqmatlari, balki jihodda ishtirok etganligi b-n ham mashxur. Umrining oxirida Toshkentdan Orolga ko‘chib borib, o‘sha yerda vafot etgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:13:35
SAYYID - qabila boshlig‘i, janob, rahbar. Arabistonda johiliyat davrida qabila zodagonlari vakili, boshlig‘i. Kur’on va hadisda bir necha ma’nolarda kelgan. Ba’zi hadislarda insonga nisbatan rabb ("janob") istilohini S. istilohi b-n almashtirish lozimligi aytilsa, boshqa bir hadislarda keltirilishicha, Rasuli Akram (sav) o‘zlarini S. deb atashlarini man etganlari, chunki S. - faqat Alloxdir deganlari rivoyat qilinadi. Asta-sekin shialar tashviqoti ta’sirida S. istilohi Payg‘ambar (as) avlodlariga, Xusayn avlodlariga nisbatan qo‘llaniladigan bo‘lgan. Ular musulmon jamiyatida imtiyozli ijtimoiy tabaqani tashkil qilib, dindorlar orasida katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lishgan. Xalq S.larni ko‘pincha avliyolar qatoriga qo‘ygan. Avliyo ayollarni Sayyida deb atashgan. S. istilohi musulmon hukmdorlarining rutbalarida keng qo‘llanilgan. Bu bir tomondan Payg‘ambar (as) b-n qarindoshlikka da’vogarlik qilish b-n bog‘liq bo‘lsa (Dexli Slari, Buxoro amirlari, Xiva xonlari va b.), ikkinchi tomondan S.ni johiliyat davridagi ma’nosini saqlab qolishda va uni qo‘llashda ko‘rinadi, xususan S. istilohi musulmonlar hukmronlik qilgan Ispaniyada 10-11-a. boshlarida hukmdor devoniga qurilgan (S.; as-Sayyida al-Kubro, as-Sayyida al-Valida - "hokim onasi"), Bahrayndagi Qarmatlar davlatida oqsoqollar kengashining 6 a’zosini anglatgan, Masqatn sultonliga hukmdorlari S. deb atalgan (18-a.). Ba’zi musulmon mamlakatlarda (mas., Yaman) S. tabaqasi o‘z mavqeini saklab qolgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:13:51
SAYFIDDIN BOHARZIY (1190, Xurosonning Boharz qishlog‘i - 1261, Buxoroning Fathobod qishlog‘i) - kubroviylik tariqatining yirik namoyandasi, shayx. Movorounnahr va Xurosondagi diniy hamda ijtimoiy-siyosiy hayotda muhim rol o‘ynagan. Hirot va Nishopur madrasalarida o‘qigan, Xorazm va so‘ngra Buxoroda muqim yashagan. Najmiddin Kubroning sevimli shogirdi bo‘lib, bu tariqatni ustozi vafotidan so‘ng yanada rivojlantirdi. S.B.dan kubroviylik tariqatining hind tarmog‘i - firdavsiyya boshlanadi. S.B. mo‘g‘ullar istilosi va hukmronligiga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Uning xapq ommasi o‘rtasidagi kuchli nufuzidan cho‘chigan mo‘g‘ul hukmdorlari u b-n kelishishga intilganlar. "Tarixi Banokatiy" (15-a.) asarida yozilishicha, mo‘g‘ul xon (qoon)lari Munkexon (1251-1257), Hulaguxon (1256-1265) va Hubilayxon (1259-1294)larning onasi Buxoroda maxsus madrasa va xonaqoh kurdirib, unga juda ko‘p kishloqlarni vaqf qilgan va mutavalli qilib shayx S.B.ni tayinlagan. Chingizxonning nevarasi, Oltin O’rda xoni Barakaxon (1255-1266) Buxoroga maxsus kelib, S.B.dan islom dinini qabul qilgan va unga murid tushgan. U musulmon bo‘lgan, o‘ziga Barakaxon ismini olgan. Barakaxon Shim. Kavkazdan Sibirgacha cho‘zilgan ulkan davlati hududida islom dinini joriy qilgan, masjvd va madrasalar kurdirgan. Bu voqeadan so‘ng S.B.ga "Shayx ul-olam" darajasi, Buxoro sh.ga esa, "Buxoroyi Sharif" unvoni berilgan. S.B. qabri Buxoro yaqinidagi Fathobodda bo‘lib, 1261 y.da dahma kurilgan. Ibn Battuta 1333 y. bu yerda bo‘lganligini yozib qoldirgan. Keyinchalik Chig‘atoy ulusi xoni Bayonkulixon (1348-1358) va Turon hukmdori Amir Temur tomonidan dahma atrofida Boharziy maqbarasi va xonaqosi hamda katta ziyoratxona kurilgan (14-a.).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:14:27
SALAFIYLAR, As-Salafiya (salaf -"ajdodlar", "o‘tmishdoshlar") - islomning turli davrlarida ilk musulmon jamoasi "solih ajdodlar" (as-salaf as-solihun) e’tiqodi va turmush tarziga rioya etishni da’vat etib, keyingi davrda kiritilgan barcha yangiliklarni, jumladan, Qur’onni majoziy-ramziy talqin etishdan boshlab musulmon dunyosini G’arb b-n aloqasi natijasida kirib kelgan yangiliklarni bid’at deb e’lon qilgan musulmon din arboblarining umumiy nomi.
S.ga barcha sahobalar, tobeinlar, taba’a tobeinlar, mazhab sohiblari va axli sunna val jamoa e’tiqodidagi yirik olimlar kiradilar. G’arb adabiyotida S. mafkurasini ta’riflashda   "traditsionalizm", "fundamentalizm", "tiklashchilik" (gevivalism) kabi terminlar  ishlatiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:14:41
SALLA - musulmonlarda boshga o‘raladigan mato. Faqat erkaklar o‘raydi. Oq, yashil, kul rang matolardan, ko‘pincha dokadan iborat bo‘lib, do‘ppi, kuloh ustidan o‘raladi (Hindiston, Pokistondagana S. bosh kiyimsiz o‘raladi). Shim. Afrika, G’arbiy Osiyo va O’rta Osiyo, qisman Kavkazda keng tarqalgan. S. o‘rash usullari, matosi kishilarning qaysi ijtimoiy guruhga mansubligiga qarab belgilangan (mas., shialik ruhoniylari qora, sayyidlar va hojilar yashil matodan S. o‘raganlar). O’tmishda S. musulmonlik belgisi hisoblangan, ulamolar, namozxonlar uchun majburiy bo‘lgan. Ba’zi holatlarda S. kafanlik o‘rnini bosishi ham mumkin. Madaniyat taraqqiyoti, zamonaviy kiyimlarning keng tarqalishi tufayli S. hatto musulmon mamlakatlarida ham urfdan chiqib qolayotir. Islomda S. b-n namoz o‘qishga targ‘ib qilingan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:15:01
SALMON al-FORSIY, Abu Abdulloh Salmon al-Forisiy (? - 658) - sahoba; Rasululloh (sav)ning mavlolaridan. Asli isfahonlik. Din qidirib safarga chiqqan. Majusiy dinidagi otasidan qochgan. Avval nasroniy diniga kirib, bir necha vaqtdan keyin Madinaga borib, islom dinini qabul qilgan. 627 y.dagi Xandak, jangida aynan S. al-F. Muhammad (sav)ga Madina sh. atrofiga xandaq qazishni va unga kamonchilarni joylashtirishni maslahat bergan. Arabistonda ilgari ko‘rilmagan bu yangi taktik usul makkaliklar harbiy kuchining asosiy zarbdor qismini tashkil etgan badaviylar otliq qo‘shinining jangovarlik imkoniyatlarini ancha pasaytirgan. Bu ular uchun kutilmagan hol bo‘lib, sarosimaga solgan, natijada musulmon qo‘shini zafar qozongan. S. al-F. tasavvufning asoschilaridan biri hisoblanadi. Shialar S. al-F.ni Alining sodiq safdoshi sifatida juda qadrlaydilar. Madoin sh. (Iroq)ga hokim bo‘lganda, bo‘yra to‘qib sotib, o‘z mehnati evaziga tirikchilik o‘tkazgan; maoshini muhtojlarga sadaqa qilgan. Rasuli Akram (sav)dan ko‘plab hadislar rivoyat qilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:15:13
SALOT - bir kunda, muayyan vaqtlarda ko‘rsatilgan tartib va shartlar asosida qilinadigan ibodat. S. 5 ta islom ruknlarining eng muhimidir (yana q. Namoz).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:15:26
SAMOSIY Xoja Muhammad Boboyi (13-a. oxiri, Romitan tumanidagi Samos qishlog‘i -1340/1354) - xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik yetti pirning beshinchisi.
Xoja Ali Romitaniydan tahsil olib, uning vafotidan so‘ng xojagonlik silsilasini boshqargan. "Silsilai sharif"da 14-halqaning piri sifatida keladi. U sayyid Mir Kulol Buxoriyga ta’lim bergan. Baxouddin Naqshband tug‘ilgach, uch kunlik chaqaloqni ma’naviy farzandlikka qabul qilib, shogirdi Mir Kulolga Bahouddin tarbiyasi b-n shug‘ullanishni topshirgan. S. haqida "Maqomati Mir Kulol", "Maqomati Shohi Naqshband", "Nasoyim ul-muhabbat" asarlarida muhim ma’lumotlar bor. Samos qishlog‘ida dafn etilgan. Qabri ustidagi maqbara, atrofdagi masjid va toshquduq mustaqillik yillarida ta’mirlangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:15:47
SAMO’ - 1. "tinglash, quloq solmoq". Hadisshunoslik va arab musulmon adabiyotida hadislar va to‘liq asarlarni tinglovchiga yetkazish usullaridan birini anglatuvchi texnik istiloh. S. quyidagi jarayondan iborat: muhaddis yoddan yoki yozilgan matnga qarab roviylar va isnodga suyangan holda hadisni aytadi, tolib hadisni eshitib, esda saqlab, uni ovoz chiqarib qaytaradi: material to‘g‘ri o‘zlashtirilganiga ishonch hosil qilgan muhadtsis tolibga uni boshqalarga yetkazishga ijozat (ijoza) beradi. Yangi hadisni o‘rganishda bu jarayon qaytarilgan; tolib hadisni yozib olishi ham mumkin bo‘lgan. Asarlar S. usuli b-n qismlarga ajratilgan holda o‘zlashtirilgan. S. o‘zlashtirish, yetkazishning samarali va yaxshi usuli hisoblangan, shuning uchun adabiyotda ko‘pincha unga havola (ishtiboh) kdlinadi. 2. Qo‘shiq, musiqa tinglash; darvishlarning zikr majlislarida gir aylanib, jo‘shib raqs tushishlari. S. ikki xildir: 1) so‘z tinglamoq; S.ning birinchi xilida tasavvufga oid biror so‘z tinglanib, undan ibrat va saboq olinadi, bunda S. poklik va qalb huzuri b-n eshitilmog‘i lozim. 2) kuy tinglamoq; bunda musiqa tinglash ruh ozig‘i sifatida e’tirof etilgan. Shunda ruh yuksak maqomlarga parvoz qiladi, deb hisoblangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:16:03
SAM’ONIY, Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad as-Sam’oniy (1113-1167) -muhaddis, tarixchi, adabiyotshunos. Marvda tugilgan. S.ning ajdodlari butun islom olamida mashhur muhaddis, faqixdar bo‘lishgan. Marvdagi mashhur olimlardan saboq olgan. Dastlab sayohatini S. amakisi Ahmad ibn Mansur as-Sam’oniy b-n birga Nishopurga qilgan. So‘ngra Xuroson, Movarounnahr, Iroq, Xijoz, Suriya va Tabariston shaharlari bo‘ylab uzoq safarda bo‘lgan; 8 yil Bag‘dodda yashagan, u yerdan 2 marta Makkaga haj qilgan. Ray, Hamadon, Damashq, Kufa, Basra, Tus, Quddusda bo‘lgan. Sayohati davomida S. olimlar b-n uchrashib, ulardan saboq olgan, o‘z asarlari uchun material to‘plagan. 1143-44 y.da S. Marvga qaytib, al-Amidiya madrasasida dars bergan. Keyingi yillarda u o‘g‘li Abduraxmon b-n O’rta Osiyo shaharlari bo‘ylab sayohat qilgan. S. fiqh, hadis, arab tili tilshunosligi, grammatikasi, adabiyotiga doir 50 dan ziyod asar yozgan. S.ning ayniqsa tarix va geografiyaga doir asarlari qimmatlidir. Uning "Kitob ul- ansob"("Nisbalar kitobi")da Xuroson va Movarounnahrda yashagan yuzlab muhaddislar, mufassirlar, faqixlar haqida noyob ma’lumotlar keltirilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:16:14
SAM’ONIY, Abul Muzaffar Mansur ibn Muhammad as-Sam’oniy (1035-1096) -mufassir, muhaddis, faqih, qozi, adib. Tarixchi Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad as-Sam’oniyning bobosi. Marvda tug‘ilgan. Yoshlikdan hadislarni o‘rgangan va ota-bobolari singari fiqxdagi qodiriya oqimiga mansub bo‘lgan. Uzoq yillar Xuroson, Iroq va Xijoz sh.lari bo‘ylab sayohat qilgan va 1069 - 70 y.da Makkada shofi’iylarga qo‘shilgan. Sayohati davomida 100 dan ortiq eng yirik muhaddislardan 1000 ta eng sara hadislarni to‘plagan. 50 dan ziyod shogardi bo‘lgan. Fiqh, hadis, tilshunoslikka oid 10 ta asar yozgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:16:32
SANAVIYA - dualistlar. Borliqning ikki oliy ibtidosi - yorug‘lik va zulmat, xudo va shayton va b.ni tan oluvchi g‘ayriislomiy ta’limot (zardushtiylar, moniychilar, mazdakiylar, daysoniylar) vakillarining islomda atalishi. Islomning ichida esa, S.ga ba’zan Alloxdan o‘zga qandaydir oliy ibtido borligani da’vo qilgan ta’limot vakillari kiritilgan. Mu’taziliylar Allohni mohiyatidan farkli o‘laroq abadiy sifatlar egasi deb hisoblaganlari uchun sifatiylarni S. qatoriga kiritganlar; qadariylar inson o‘z xatti-harakati "ijodkori" deb ta’lim berganlari uchun mu’taziliylarni S. deb hisoblashgan; falsafa dunyoni abadiy deb hisoblagani uchun S.ga mansub deb qoralangan. Shuningdek, ismoiliylar, xususan qarmatlarni ikki turdagi "yorug‘lik" - "yorqin" (nur sha’sha’ani) va "xira" (nur zulmani) mavjudligi haqida ta’lim berishgani tufayli S. qatoriga qo‘shishgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:16:50
SANUSIY (yoki Snusiy), as-Sayyid (Sidi) Muhammad ibn Ali al-Mujoxiriy al-Hasaniy al-Idrisiy (taxm. 1791-1859) - shim. afrikalik sufiy, sanusiylar tariqati asoschisi. Mostag‘anim sh. (Jazoir) yaqinidagi Turs mavzeida tug‘ilgan. Nufuzli sufiylik tariqati - tijoniya peshvosi Ahmad at-Tijoniy (1815 y. v.e.)ning qarashlari unga katta ta’sir ko‘rsatgan. 1829 y. S. safarga chiqib, mudarrislik qilgan, turli sufiylik tariqatlari zikrlarida qatnashgan, Qohira va Makkada bo‘lib, xidriylar yoki xadiriylar (xidriya, xadiriya) tariqat peshvosi shim. afrikalik sufiy Ahmad ibn Idrisga shogird tushgan. Ustozi molikiy faqixdar quvg‘inidan xalos bo‘lish uchun Makkani tark etib, Jan. Arabistondagi Sobiya sh.ga yashiringanda, S. unga ergashgan. Ahmad ibn Idris vafotidan so‘ng uning izdoshlari ikki tariqat barpo etganlar, ulardan biriga S. bosh bo‘lgan. 1840 (yoki 1843 y.) S. tariqatlar o‘rtasidagi nizo oqibatida Makkani tark etishga majbur bo‘lgan. Kirenaikaga kelib zoviyalar qurdirgan S. sanusiylar tariqati markazi etib Jagbubni tanlagan. Uzoqni ko‘zlovchi siyosiy va mohir tashkilotchilik qobiliyati S.ni mahalliy qabilalar orasida obro‘sini ko‘targan. Jagbubdagi as-S. qabri ustiga hashamatli maqbara qurilgan. U yaqin vaqtlargacha sanusiylarning bosh ziyoratgohi bo‘lib kelgan.
S. ta’limoti asosida ilk islom davridagi "poklik"ga qaytish yotgan, lekin shu b-n birga u sufiylik va undagi avliyolarga e’tiqod qilishni rad etmagan.
S.ning sufiylik qarashlaridaga xarakterli xususiyat payg‘ambar Muhammad (sav)ga sajda qilish bo‘lib, uning fikricha, sanusiylar doimo o‘z ibodatlarini u zotga bag‘ishlashlari (aurod, ahzob), uni belgilangan mikdorda (40 tadan 100 gacha) qaytarishlari kerak bo‘lgan. S. va uning izdoshlari o‘z tariqatlarini "Muhammadiy" (at-tariqa al-muhammadiya) deb atashgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:17:07
SANUSIYLAR - shim. afrikalik sufiylik tariqati tarafdorlari. Sanusiya tariqatiga 1837 y.da Makkada jazoirlik Muhammad ibn Ali Sanusiy asos solgan. Tariqatning markazi Kirenaika (Liviyaning g‘arbiy viloyati) ga ko‘chgandan keyin uning faoliyati kengaydi. S.ning asosiy maskani Jagbubda, keyinchalik Kufra vodiysida bo‘lgan. Sanusiy o‘z targ‘ibotida izchil e’tiqodli ulamolarni ham, Misr va Turkiya diniy islohchilarini ham tanqid qildi, Yevropa ta’sirining tarqalishiga qarshi chiqdi, "ilk islom sofligiga" qaytishga chaqirdi. Sanusiy qarashlarining shakllanishiga vahhobiylar qarashlari hamda sufiylik g‘oyalari katta ta’sir ko‘rsatdi.
S. mustamlakachilikka qarshi kurashda faol ishtirok etdi, ayni vaqtda tariqat rahbarlari ko‘pincha mustamlakachilar b-n ham hamkorlik qilib turdi. Liviya mustaqillikka erishgandan keyin (1951) tariqatning rahbari Muhammad Idris Sanusiy qirollik taxtini egalladi. 1969 y. inqilobida uning hokimiyati ag‘darilgandan keyin S.ning ta’siri bir muncha pasaydi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:17:19
SARAXSIY, Abu Hafs Umar ibn Muhammad ash-Sheroziy as-Saraxsiy (1058-1135) -mufassir, muhaddis va faqih. Saraxs viloyatidagi Sheroz qishlog‘ida tug‘ilgan. Marvda yashagan va Abul Muzaffar Sam’oniyning shogirdi bo‘lgan. S. fiqxdaga ixtiloflarga doir Zta asar yozgan. Umrining oxirida kambag‘allarga dars berib, Qur’on tilovati b-n mashg‘ul bo‘lgan. Marvdagi Sijdon qabristoniga dafn etilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:17:36
SARAXSIY, Abul Abbos Muhammad ibn Abdurrahmon ad-Dog‘uliy as-Saraxsiy (? - 975 yoki 999) - shofi’iylikdagi mashhur muhaddis, imom va faqih. Saraxsda tug‘ilgan. Buxoro va Nishopurda hadislardan ta’lim olgan, Saraxsda va’zlar o‘qigan. Sam’oniyning ma’lumotiga ko‘ra birinchi bo‘lib shofi’iylikni Saraxsda targ‘ib etgan. Irokda bo‘lgan. Movarounnahr va Xurosonda uning 8 shogardi, Iroq va Marvda 3 ta ustozi borligi qayd etilgan. "Al-Mu’jam" hadislar to‘plami muallifi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:17:51
SAFAVIYA - sufiy-darvishlik tariqati. 13-a. oxirida Eron Ozarbayjonida paydo bo‘lgan. Asoschisi - shayx Safiy ud-din Ishoq (1252-1334). S. dastlab o‘z tarafdorlarini hukmdor-larning jabr-zulmlaridan himoya qiladigan diniy jamoa sifatida shakllangan. 15-a.da S. rahbarlari Ardabil hukmdorlariga, S. esa ular hokimiyatining tayanchiga aylandi. Qizilboshlar S. shayxlarining harbiy tayanchi bo‘lgan. S. tarafdorlari shialikdan mafkuraviy kurol sifatida foydalangan. 1499 y. Ismoil I (1487-1524) boshchiligida S. tarafdorlarining Oq Qo‘yunli davlatiga qarshi harakatlari g‘alaba qilgandan so‘ng safaviylar davlati (1502-1736 yillar) tashkil topdi, shialik bu davlatning rasmiy dini deb e’lon qilindi. Safaviylar davlati tarkibiga Ozarbayjon, Armanistonning bir qismi, Eron, hozirgi Afg‘oniston (Balx viloyatidan tashqari), Iroq Arabistoni (vaqt-vaqti b-n) va b. kirgan edi. Bu davlat Usmonli turk imperiyasi va o‘zbek xonlari b-n uzluksiz urush olib borgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:18:03
SAFVON al-JUMAHIY, Abu Vahb Safvon ibn Umayya ibn Xalaf ibn Vahba al-Jumahiy al-Qurayshiy al-Makkiy (? - 661) -sahobalardan. Johiliyatda ham, islomda ham kuraysh qabilasining ulug‘laridan edi. Makka fathidan so‘ng islomga kirgan. Yarmuk g‘azotida qatnashgan. Makkada vafot etgan. 13 ta hadis rivoyat qilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:18:26
SAFIYA bint HUYAY, Safiya bint Huyay ibn Axtab al-Xazrajiyya (? - 670) - Rasululloh (sav)ning xotinlaridan biri. Johiliyat davrida zodagon oilada tarbiya topgan. Madina axlidan bo‘lib, yahudiy diniga kirgan. Yahudiy qabilasidan bo‘lmish Bani Qurayzalik Sallom ibn Mishkami unga uylangan, keyin undan ajralib, Kinona ibn ar-Rabiga turmushga chiqqan. Kinona Haybar jangida halok bo‘lgan. Undan so‘ng Rasululloh uni o‘z nikoxdariga olganlar. 10 ta hadis rivoyat qilgan. Madinada vafot etgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:18:46
SA’D ibn ABU VAQQOS, to‘liq ismi Molik ibn Vahb ibn Abdumanof al-Qurayshiy Zahriy (taxm. 590-674) - sahoba, makkalik ilk musulmonlardan. Asharai Mubashsharadan, Muhammad (sav)ning qo‘riqchilaridan biri. Quraysh qabilasidan, Rasuli Akramning onalari Omina kabi Bani Zahra urug‘idan bo‘lgan. Madinaga ko‘chib borgan muhojirlardan. Rasululohning barcha g‘azovatlarida qatnashib, u kishining hurmatlariga sazovor bo‘lgan. Royat jasur, mard inson, mohir mergan hisoblangan. Uhud jangida Rasuli Akramning yonlarida turib jang qilgan Sa’d mingdan ortiq o‘q otgan. Eronga yuborilgan qo‘shinga lashkarboshi etib tayinlangan. Unga shuhrat keltirgan Qodisiya jangvda (636y.) Rustam boshchiligidaga 40 ming kishilik fors qo‘shinlari yengilgan. So‘ng Madoin (Ktesifon) sh.ni hujum b-n olgan va Sosoniy shoxlarining behisob xazinalarini qo‘lga kiritgan. Ma’lum muddat Eron va Iroq noibi bo‘lgan. Umar (ra) zamonida (638 y.) Kufa sh.ni qurgan. Usmon (ra)ning fojiali o‘limidan so‘ng biror ishga qo‘shilmagan, xalifalikka da’vogarlik qilmagan. Jamal va Siffin janglarida ishtirok etmagan. Muoviya huzuriga chaqirtirilganda bormagan. Madina tashqarisidaga uyida 84 yoshvda vafot etgan. Vasiyatiga binoan, Badr jangida kiygan va 55 y.dan beri asrab kelgani - jundan to‘qilgan bir jubbasi b-n kafanlangan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:19:05
SA’Y - Safo va Marva tepaliklari orasida chopish, umra va haj marosimlari shartlaridan biri. S. tavofdan so‘ng bajariladi. S. taxminlarga ko‘ra, Safo va Marva tepaliklarida turgan Isofa va No’ila ma’budlariga sajda qilishning mustaqil marosimi bo‘lgan. Musulmon an’anasida S.ning kelib chiqishi haqida bir necha fikrlar bor. Shulardan biriga ko‘ra, nomi zikr etilgan tepaliklar Odamato va Momohavoning dam olish joylari bo‘lgan ekan, shuning xotirasi sharafiga S. bajo etiladi. Boshqa bir fikrga binoan Ibrohim (as) S.ni bajo etib Allohga ibodat qilish marosimini ado etgan. Uning yo‘liga Iblis turib olgan va Ibrohim (as) qochishga majbur bo‘lgan. Hojar va uning o‘g‘li Ismoil (as)ning azob-uqubatlari haqidagi fikr eng ko‘p tarqalgan. Chanqoqlikdan nobud bo‘layotgan Ismoil (as)ni kutqarish uchun Hojar suv izlab yetti marta Safo va Marva oralig‘ida chopgan.
Tavof qilgach, ziyoratchi Masjid al-Haromdan chiqib chap oyog‘i b-n qadam bosishni boshlab Safo tepaligiga ko‘tariladi, yuzini Ka’baga o‘giradi, Allohga iltijo qilib, o‘ziga shafqat qilishni va balo-qazolardan saqlashni so‘raydi, so‘ngra tepalik etagiga o‘rnatilgan ustun (mil)gacha pastga tushadi, u yerdan Marva etagidagai boshqa bir ustungacha chopadi, shundan keyin shu tepalikka ko‘tariladi. U yerda Ka’baga qarab duo o‘qiydi va Safoga qaytadi. S. yetti marta bajariladi. Agarda ziyoratchi "kichik haj" (umra)ni ado etayotgan bo‘lsa, unda S.dan so‘ng ehrom holatidan chiqadi. Agar umradan so‘ng haj qilinadigan bo‘lsa, ziyoratchi haj tugaguncha ehrom holatida qoladi. S. haj marosimining muhim sharti (rukn al-haj) hisoblanadi, uni bajarish vojibdir. Biroq S.ni bajarmaslik hajni bekor qilmaydi, kafforat uchun kurbonlik qilinsa bas.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:19:17
SAHIH (arab. ishonchli, to‘g‘ri) - eng ishonchli deb hisoblangan hadis nomi. O’rta asrlarda hadislarni to‘plash b-n shug‘ullangan muhaddislar ularni din nuqtai nazaridan haqiqiy va nohaqiqiylarini ajratish (ya’ni, kodifikatsiya qilish) b-n shug‘ullanib, hadislar asoslangan isnodni tekshirish yo‘li b-n sahih (ishonchli), hasan (yaxshi) va zaif (zaif, kuchsiz)dan iborat uch toifaga bo‘lgan, ulardan sahixlarni to‘plam qilganlar. Shu munosabat b-n ba’zi to‘plamlarning nomi ham S. deb atalgan (mas., "S. i Buxoriy", "S. i Muslim"). S. hadis deb: uning sanadi to oxirgi muhaddisga qadar o‘rtada uzilib qolmagan, sanadning biror tabaqasidagi roviyning ma’naviy nuqsoni bo‘lmagan (kar, soqov, duduq yoki akd zaiflik, yoki yolg‘on gapirib qo‘yishlik kabi illatlar bo‘lmagan), sanadning biror tabaqasida roviy yolg‘izlanib qolmagan va barcha sanaddagi roviylarning ishonchliligi elga mashhur bo‘lgan kishilarning rivoyatiga aytiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:19:45
"SAHIHI BUXORIY" (asl nomi "al-Jomi’ as-sahih" - "Ishonchli to‘plam") - oltita ishonchli hadis to‘plamidan biri. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy tuzgan. Islom dini tarixiga oid eng mukammal manbalardan hisoblanadi. To‘plamga Muhammad (sav) va uning sahobalari haqidagi hadislardan tashqari islom huquqshunosligi (fiqh), marosimchiligi hamda o‘sha davr tarixi va etnografiyasiga oid hadislar ham kiritilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoriy 600 mingga yaqin hadislarni to‘plab, ulardan faqat 7250 tasini "ishonchli" deb hisoblab kitobiga kiritgan. "S. B." keyinchalik musulmonlar orasida katta obro‘ qozongan va musulmon mamlakatlarida ko‘plab nashr etilgan. Toshkentda Imom Buxoriyning "al-Jomi’ as-sahih" asari to‘rt jildda (1-jild - 1991, 2-jild - 1996, 3-jild - 1994, 4-jild - 1992), 2-nashri esa 1997 y.da chop qilindi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:19:56
"SAHIHI MUSLIM" - oltita ishonchli hadis to‘plamidan biri, Abul-Husayn Muslim ibn Hajjoj al-Kushayriy an-Naysoburiyning shoh asari. Imom Buxoriyning "Sahih"idan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. To‘plamga muallif o‘zi yig‘ib yod olgan 300 mingta hadisdan 12 mingtasini tanlab kiritgan. Buning uchun u 15 yil umrini sarflagan. Imom Muslim o‘z ishiga o‘zi baho berib: "Mabodo, Yer yuzidagi olimlar 200 yil hadis yozsalar ham shu mening to‘gshamimdagi hadislardan oshirib yoza olmagan bo‘lur edilar" - degan. Shunday bo‘lsa ham ba’zi munaqqid ulamolar to‘plamdagi 132 ta hadisning sahihligida shubha borligani bayon etib tanqid qilganlar. Tanqid qilingan hadislar ichida Imom Buxoriy to‘plamida ham rivoyat etilgan bir xil mazmundaga 32 ta hadis bor. Ibn Hajar al-Asqaloniy bu hadislarni oqlab Imom Buxoriy "Sahihi"ga yozgan sharhida javob aytgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:20:17
"SAHIHI TERMIZIY", "S u n a n i Termiziy"- oltita ishonchli hadis to‘plamidan biri. Abu Iso Muhammad Termiziy yozgan. "Al-jomi’ as-sahih" ("Ishonarli to‘plam"), al-Jomi’ ul-kabir" ("Katta to‘plam") nomlari b-n ham yuritiladi. "S.T." Imom Termiziyning 20 yil davomida o‘zga yurtlarda hadislarni o‘rganib, yig‘ib, so‘ng ustozi va zamondoshi Imom Buxoriy b-n maslahatlashib yig‘gan to‘plamidir. U tartibi eng ixchamligi, takrori eng ozliga b-n ajralib turadi. Unda boshqa hadis kitoblarida uchramaydigan xususiyatlar bor. Chunonchi, har bir bobning hadisi zikr qilingandan keyin, xuddi shu bobga tegishli hadis rivoyat qilganlarning ismlari sanab o‘tiladi; fiqhiy masalalarda faqixlarning fikr-karashlari zikr qilinadi; har bir hadisning ishonarlilik va zaiflik darajasi aniqab beriladi va "sahih" ustiga "hasan" belgasi ("juda sahih", "beshak sahih" ma’nosida) kiritiladi. "S.T." kitobida Imomi A’zam mazhabi jihatlari e’tiborga olingan 6 jildtsan iborat "S.T." 1-jildining o‘zbekcha tarjimasi 1999 y. Toshkentda nashr etildi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:20:31
SAHOBALAR (yoxud as-sahoba, sohib -"tarafdor"ning ko‘pligi - ashob) - Muhammad (sav)ning safdoshlari, u zot b-n muloqotda bo‘lgan yoxud g‘azotlarida qatnashgan kishilar; keyinchalik Muhammad (sav)ni loaqal bir marotaba, garchi go‘daklik chog‘ida bo‘lsa ham ko‘rgan barcha kishilar S. deb atala boshlagan. S. Arabistondan tashqaridagi o‘lkalarni fath etishga kirishgan ilk musulmon qo‘shinining o‘zagini va eng sobit qadam, qatiyatli qismini tashkil etgan. S.ning oliy qatlamini muhojirlar va ansorlar tashkil qilgan; ular dastlabki xalifalarni saylashga ta’sir ko‘rsatganlar, ularni noiblik va oliy darajadagi lashkarboshilik mansablariga tayinlashgan. Xalifalikda S.ning imtiyozga ega ekanligi ularga to‘lanadigan katta maoshda (641-y.dan to‘lana boshlangan) ham ko‘ringan: - ularga yiliga 3-5 ming dirham to‘langan, xolbuki jangchilarning asosiy qismi faqat 300 dirhamga yaqin maosh olgan. S. erkaklarning umumiy mikdori Umar I davrida 10 ming kishini tashkil etgan. S.ning islom tarixidagi alohida ahamiyati shundaki, Muhammad (sav) vafot etganlaridan so‘ng, ular Rasululloh (sav)ning ta’limotlarini hammalari bir bo‘lib sakladilar, ularning Payg‘ambar (as) so‘zlari va ishlari haqidaga hikoyalari (hadislar), shuningdek, shaxsiy o‘rnaklari va fikrlari islom axloqiy ta’limoti - sunnaning eng muhim tarkibiy qismini tashkil etdi. S.ga bo‘lgan hurmat, ehtirom keyinchalik ularning qabrlarini e’zozlashga va S.ning fazilatlari haqida asarlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Hadislarni to‘plash va isnoddarni tanqidiy tarzda taxdil etish zaruriyati 9-a.da hadis roviylarining tarjimai hollariga oid lug‘atlarni yaratilishiga sabab bo‘ldi, bu lug‘atlarda eng faxrli o‘rinni S. egalladi. Bunday lug‘atlar ichida eng yirigi Ibn Hajar al-Asqaloniy (15-a.)ning "al-Isoba fi tamyiz as-sahoba" lug‘ati Muhammad (sav) b-n aloqador bo‘lganligi qayd etilgan 12 mingdan ziyod shaxs ismlarini qamrab olgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:21:23
SEHR - g‘ayritabiiy kuchlarni bo‘ysundirib, ular yordamida mo‘‘jizalar vujudga keltiruvchi xatti-harakat yoki duolar; afsun, jodu; shar’iy ta’rifi - g‘aroyib ishlarni qilishga qodir bo‘lish uchun malaka hosil qilishni o‘rgatadigan ilm. Qur’onda payg‘ambarlik S.ga qarama-qarshi qo‘yiladi va S. b-n shug‘ullanish gunoh hisoblanadi (20:69-72). Islom yuzaga kelishining dastlabki davrida Muhammad(sav)ning raqiblari uni sehrgar, targ‘ibotini sehrgarlik deb kamsitmoqchi bo‘ddi. Qur’onga ko‘ra, S. Alloh tomonidan Bobilda 2 farishta - Horut va Morutga yuborilgan (2:102). Bu farishtalar odamlarni yo‘ldan ozdirish uchun S.dan foydalangan. Bu b-n haqiqiy bilimni Alloh berishi, S. esa, yolg‘on ekanligi ta’kidlanadi. Sehrgar turli uslublarni ishlatib, kishilarga ta’sir o‘tkazuvchi shaxsdir. Qur’oni karimda S. to‘g‘risida kelgan oyatda erkakni xotindan ajratuvchi ishlarni qilguvchilar ham sehrgar ekanligi aytilgan.
Imom Nasoiy Abu Hurayradan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar (sav): "Kimki tugun tugab unga dam ursa, sehr qilgan bo‘ladi. Kim sehr qilsa, shirk keltirgan bo‘ladi", deganlar. Qur’onda sehrgarlarning ishi kufr ekanligi aytilgan. Hanafiy ulamolar fikricha, sehrgarning tavbasi qabul qilinmaydi. Uni qatl qilish vojibdir. Uni tavba qilishga chorlab o‘tirilmaydi. Chunki, u jamiyatda fasod tarqatadi. Boshqa fiqhiy mazhablar ham shunga yaqin hukmlarni chiqarganlar. Ba’zi ulamolar, e’tiqodi mustahkam kishilardan ba’zilari odamlardan S.ni qaytarish uchungina uni o‘rganib qo‘ysa joiz, deganlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:21:48
SIDDIQ (arab. — "chin dildan tasdiq etib ishonuvchi") - tasavvufda payg‘ambarlikdan keyin turadigan eng yuqori valiylik martabasi. Bu martaba birinchi bo‘lib, xalifa Abu Bakr (ra)ga nasib bo‘lgan. Umuman siddiqlik martabasiga erishgan valiylar quyidagilardir: 1. Abu Bakr Siddiq. 2. Salmon al-Forisiy. 3. Qosim ibn Muhammad ibn Abu Bakr. 4. Ja’far as-Sodiq. 5. Boyazid Bistomiy. 6. Abulhasan Haraqoniy. 7. Shayx Abulqosim Gurgoniy. 8. Abu Ali Formadiy. 9. Shayx Abu Yusuf Hamadoniy. 10. Abdulholiq G’ijduvoniy. 11. Xoja Orif Revgariy. 12.Xoja Mahmud Anjirfag‘naviy. 13. Xoja Azizon Romitaniy. 14. Xoja Muhammad Boboyi Samosiy. 15. Sayyid Amir Kulol. 16. Bahouddin Naqshband. 17. Mavlono Ya’kub Charxiy. 18. Xoja Ahror. 19. Muhammad Qoziy.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:22:00
SIYRA (arab. - hayot yo‘li, tarjimai hol) -Muhammad(sav) hayot yo‘lini bayon qilishga bag‘ishlangan, ilk islom davrida vujudga kelgan diniy-tarixiy asarlarning umumiy nomi. Dastlab Slar ko‘p bo‘lgan, ularning anchasi yo‘qolib ketgan. Ulardan Voqidiy (747-823)ning "Kitob al-mag‘oziy" ("Harbiy yurishlar kitobi") va avvalgi S.larni umumlashtirgan Ibn Ishoq va Ibn Hishomning "Siyrat Rasul Alloh" ("Alloh elchisining hayot yo‘li") asarlari bizgacha yetib kelgan. S.lar ilk islom tarixini tadqiq qilishda asosiy manba hisoblanadi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:22:15
SILSILA (arab. - zanjir, halqa) -tasavvufda tariqat mashoyixlarining ikki xil nisbiy bog‘lanishlari: 1) har bir shayx o‘z piri (shayxi, murshidi)ning ustozi, ustozining ustozi va ular ajdodlarini birma-bir to Muhammad(sav)ga qadar nomma-nom bayon qilishi; 2) har bir shayx o‘z ota-bobolari (etti pushti) kimlar bo‘lgani va qaysi mashhur zotga borib taqalishini isbotlab beradigan shajara. S. pir va murid o‘rtasidagi barqaror munosabatga asoslanib, 12-a. oxiri va 13-a. o‘rtalarida sufiylik tariqatlarining tashkiliy tuzilishi rivojlanishi b-n mustahkamlandi. Hadislardagi isnod tizimi ham S.ga bevosita ta’sir o‘tkazgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:22:26
SIROT (arab. - yo‘l) - islom manbalarida Sirotul Mustaqim - qiyomat kuni jahannam uzra tortilgan qilko‘prik; fors va turkiyzabon xalklarda Pulsirot ("Sirot ko‘prigi") deb yuritiladi. Diniy manbalarga ko‘ra, jannatga eltuvchi yagona yo‘l mazkur ("soch tolasidan yupqa, shamshirdan o‘tkir") Pulsirot bo‘lib har bir banda undan yurib o‘tishga majbur etiladi. Ba’zilar chaqmoq uchqunidek tez, ba’zilar uchkur otdek, ba’zilar sekinroq o‘tsa, ba’zilar qulab jahannamga ravona bo‘ladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:22:45
SIFAT - ilk marta mutaziliylar tomonidan "ilohiy atributlar" (sifatlarni) anglatish uchun qo‘llanilgan termin. Kalom rivojlanishining dastlabki bosqichlarida S.ning ekvivalenti bo‘lib, ma’oniy ("ahamiyatlar", "ma’nolar", "g‘oyalar") termini xizmat qilgan. Ba’zi mutakallimlar (Jubba’iy, Boqilloniy, Juvayniy va Faxridtsin ar-Roziy) S. termini o‘rniga ahvol ("holatlar") terminini ishlatishgan, shu tufayli ularni ashob al-ahvol ("holat tarafdorlari") deb atashgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:22:58
SIFATIYLAR, as-Sifatiya - "ilohiy sifatlar" (sifat Alloh yoki as-sifat)ni e’tirof etuvchilarning umumiy nomi. "As-Sifat" terminini bu ma’noda dastlab mu’taziliylar "nu’ut" termini o‘rniga muomalaga kiritganlar. Mu’taziliylar Allohning sifatlari va mohiyati haqidagi masalani musulmon ilohiyotining bosh aqidasiga aylantirganlar. Allohning yagonaligidan kelib chiqqan holda mu’taziliylar "ilohiy sifatlar"ni mustaqil mavjudligini inkor etganlar, ular faqat Uning mohiyatining oddiy ko‘rinishi xolos, mohiyati b-n bu xususiyatlar bo‘linmas yaxlitlikni tashkil qiladi, deb hisoblaganlar. S.dan ba’zilari "ilohiy sifatlar"ni maxluklar sifati b-n tenglashtirgan, shuning uchun ularni mushabbihiylar (inson qiyofasiga o‘xshatuvchilar) deb atashgan. Boshqa birlari "ilohiy sifatlar"ni g‘oya, "ilohiy substantsiya"da mavjud bo‘lgan moddiy bo‘lmagan reallik deb hisoblashgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:23:12
SIFFIN JANGI - Yuqori Mesopotamiyada, Frot daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Siffin mavzesida xalifa Ali (kv) qo‘shini b-n Shom (Suriya) hokimi Muoviya qo‘shini o‘rtasida sodir bo‘lgan jang (657 y. yozi). To‘qnashuvga 656 y. uchinchi xalifa Usmon (ra) o‘ldirilishi munosabati b-n Ali (kv) va Muoviya tarafdorlari o‘rtasidagi keskin qarama-qarshiliklar sabab bo‘lgan. Marhum xalifaning yaqin qarindoshi bo‘lgan Muoviya xalifalik taxtini egallagan Ali (kv)dan aybdor jinoyatchilarni topshirishni talab qilgan. Muoviyaning janjalni hakamlik sudi yordamida tinch yo‘l b-n hal qilish haqidagi taklifini Ali (kv) qabul qilishi b-n jang to‘xtatilgan. Sudda Muoviya vakili Ali (kv)ning taxtdan voz kechishiga roziligani olishga erishgan. Ali (kv) qo‘shinining bir qismi uni g‘alabani qo‘ldan boy berganlikda ayblab, qo‘shinni tark etgan. Bu guruh xorijiylar harakatini boshlab bergan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:23:30
SOBI’IYLAR (yoki as-Sobi’a), as-Sobi’un - ahl ul-kitob va ahl uz-zimma kategoriyalaridan biri, dindorlar b-n majusiylar orasidagi mavqeni egallagan va shu tufayli musulmon jamoasining "homiyliga"dan foydalangan diniy jamoa. Qur’onda S. yahudiylar va xristianlar qatorida qayd etilib kelgan, ular Allohga va Qiyomat kuniga ishonganlari uchun Allohning marhamatiga erishib majusiylardan ajratilganlar (2:62/59; 5:69/73; 22:17). Xalifalik vujudga kelgach, Shim. Mesopotamiyadagi Harron diniy jamoasini S. deb atashgan (8-11-a.lar). Harron S.lari gnostik ta’limotlar ta’siri b-n qad. Mesopotamiyaning osmon sayyoralariga sajda qilishni sakdab qolganlar. Ular musulmon dunyosiga johiliyat davridagi Mesopotamiya madaniy merosining ko‘p jihatlarini, jumladan tibbiyot va alkimyo sohasidagi ko‘pgana bilimlarni yetkazganlar. 9-10-a.larda Xarron S.i Bag‘dodda paydo bo‘lib, xalifa saroyida muhim rol o‘ynay boshlagan, ularning ko‘pchiligi kotib, tarjimon, tabiblik b-n shug‘ullanishgan. Ular orasvdan mashhur faylasuflar (Sobit ibn Qurra), tarixchilar (Ibrohim va Hilol as-Sabi) chiqqan. 11-a.da bu S. alohida jamoa sifatida barham topgan. Hozirgi vaqtda S. nomi faqat Jan. Iroqdagi mandeylar jamoasiga nisbatangina qo‘llaniladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:23:48
SOLIMIYA - Basrada 10-11-a.da mavjud bo‘lgan ilohiyotchilar va sufiylar maktabi, Sahl at-Tustariy izdoshlari. Unga at-Tustariyning eng yaqin safdoshi Abu Abdulloh Muhammad ibn Solim (909 y. v.e.) asos solgan. Ba’zi bir xususiy masalalardan tashqari uning qarashlari ustozinikidan farq qilmagan. Muhammad ibn Solim qat’iy zohidlikni targ‘ib etgan: o‘zini to‘liq Alloh irodasiga topshirish (tavakkul), sinoatlarga bardosh berish, turmush qurmaslik va b. S. unga Muhammad ibn Solimning o‘g‘li Ahmad ibn Solim rahbarlik qilgan paytda uzil-kesil shakllangan va ta’sirchan bo‘lgan. Unga ba’zi masalalarda (xususan inson irodasi erkinligi va takdirni oldindan Alloh tomonidan belgilanganligi o‘rtasidagi nisbat haqida) Basra mu’taziliylariga yon bosgan molikiy mazhabidagi ilohiyotchi va sufiylar kirgan. Bag‘dodning mashhur olimlaridan Abdulqohir al-Bag‘dodiy, Abul Muzaffar al-Isfaroiniy, ular b-n bir qatorda sufiy-hanbaliy Abdulqodir Jiloniy as-Solimni al-Halloj qarashlariga xayrihoxligi uchun qattiq tanqid qilishgan va uni "Allohni insonda mujassam bo‘lishi" (xululiya) tarafdorlari qatoriga kiritganlar. Bundan ilgariroq uni mashhur sufiy-shofi’iy Ibn Hafif tanqid qilib "Ibn Solimni rad etish" (ar-Radd ala Ibn Solim) asarini yozgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:24:03
SOLIK (arab. yo‘lchi, yo‘ldan yuruvchi) -tasavvufda suluk - tariqatni ixtiyor qilib, uni o‘zlashtirish harakatiga tushgan, lekin hali biror maqom yoki martabaga erishmagan murid. S. o‘ziga xos odob-qoidalar majmuiga rioya etsagana, tariqat ahli sirasidan joy olgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:24:14
SOLIH (as) - Qur’onda zikri kelgan payg‘ambarlardan biri. Qur’onga ko‘ra, Samud qavmini hidoyatga boshlash uchun payg‘ambar qilib yuborilgan. Hijoz b-n Shom orasida Hijr degan joyda yashovchi bu qavm nafsoniy lazzatlarga berilgan, huzurbaxsh ichimliklar ichib, shohona uylarda yashab yurar, o‘zlari yasab olgan butlarga sig‘inar edi. S. (as) ularni yolg‘iz Allohga ibodat qilishga chaqiradi. Biroq qavm hidoyat yo‘liga yurish o‘rniga S. (as)ni masxara qila boshlaydi, unga qarshi adovatni kuchaytiradi va haqiqatdan ham payg‘ambar bo‘lsang, bizga mo‘‘jiza ko‘rsat deb da’vo qiladi. Shunda S. (as) Alloxdan o‘ziga bir mo‘‘jiza berishini so‘rab duo qiladi. Alloh S. (as)ning duosini ijobat qiladi va S. (as) mo‘‘jiza ko‘rsatib xarsang toshdan tuya chiqaradi. Va S. (as) Samud qavmini mo‘‘jiza qilib berilgan tuyaga ozor bermaslikka chaqirib, Samud qavmi suv olib ichadigan havzadan bir kun tuya suv ichishini va bir kun Samud qavmi suv olib ichishini bildiradi (Qamar surasi 27-28-oyatlar). Ammo, Samud qavmi xiyonat qiladi va tuyani so‘yib yuboradi, shuningdek, S. (as) va uning oilasini yo‘qotishga qasd qiladi. Ammo, osmondan kuchli yashin yuborilib, ular halok etiladi. S. (as) o‘ziga imon keltirgan kishilar b-n birga Falastindagi Ramla degan joyga borib, umrining oxirigacha shu yerda yashaydi (Zoriyot surasi 44-oyat).
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:24:34
SOG’ONIY (to‘liq ismi Roziyyuddin Hasan ibn Muhammad as-Sog‘oniy (577, Lahor - 650) - lug‘atshunos olim, faqih va muhaddis. G’aznada voyaga yetgan. 615 y. Bag‘dodga kelgan, bu yerda bir muddat yashagach, Hindistonga ketgan. Haj ziyoratini o‘tash uchun Makkaga, u yerdan esa Yamanga borgan, so‘ng tag‘in Bag‘dodga qaytib kelgan. Lugat ilmiga doir 2 jildli "Majma’ul-bahrayn" va "Sihohi Javhariy"ni mukammallashtirib, olti jildli bir asar yozgan. Bundan tashqari "ash-Shavorid", "an-Navodir fil-lug‘a", "Sharhi abyotil-mufassal", "Durrus-sahoba fi mavozii vafoyotis-sahoba", "Sharhi sahihi Buxoriy" (muxtasar); hadisga doir "Misbohud-dujo", "Mashorikul-anvorin-Nabaviyya min sihohil-axboril-Mustafaviyya" kabi asarlar yaratgan. 2246 hadisdan iborat bo‘lgan bu kitobni Buxoriy va Muslimdan tanlab tuzgan, abbosiy xalifalaridan Muntasirning kutubxonasiga tuhfa etgan.
S. uydirma hadislarga doir ikki risola yozgan, bu xususda juda talabchanlik b-n bahs yuritgan. Bag‘dodda vafot etgan, vasiyati bo‘yicha Makkaga dafn etilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:24:43
SOHIB az-ZAMON ("Zamon sohibi") - Ali (kv) xonadoniga mansub bo‘lgan kutilayotgan imom, qoim maxdiyning sifatlaridan biri. S. az-Z.ning to‘laqonli hukmdor sifatida "qaytishi", shialik ta’limotiga ko‘ra, "ilohiy amru farmon"ning g‘alabasi va yer yuzida adolat o‘rnatilishidan darak beradi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:24:59
SOHIB as-SAYF ("Shamshir sohibi") - Ali (kv) xonadonidan bo‘lgan kutilayotgan imom, qoim maxdiyning sifatlaridan biri; uning hukmdorlik ramzi shamshir hisoblangan. S. as-S. "qaytishi" b-n shialar yer yuzidan zolimlik va adolatsizlik yo‘qoladi deb hisoblaydilar. Faqatgana u qurol b-n zo‘ravon hukmdorlarga qarshi chiqish va dindorlarni ularni ag‘darishga da’vat qilish hukuqiga ega.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:25:16
SUBAZMUNIY, Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad as-Subazmuniy al-Xorisiy al-Kalaboziy al-Buxoriy; laqabi U s t o z (872-952) - xanafiylikdagi yirik faqih, muhaddis. Buxoro vshyuyatidagi Subazmun (Sabazmun) qishlog‘ida tug‘ilgan. Sam’oniyning ma’lumotiga ko‘ra, u somoniylar amiri Ismoil ibn Ahmadning saroy faqihi bo‘lgan va saroyda fiqhga doir turli masalalarni yechish b-n mashg‘ul bo‘lgan, shu sababdan Ustoz deb nom olgan. S. Xuroson, Iroq va Hijoz bo‘ylab sayohat qilib, ilmi adabdan dars bergan. Sam’oniy uning 12 ustozi va 7 shogirdini sanab o‘tadi. Fiqhga doir 3 asar yozgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:25:36
SUDUR ("chiqish") - musulmon ilohiyoti va falsafasida Alloh tomonidan olam yaratilishi jarayonini ifodalovchi terminlardan biri. Razoliyning fikricha, olam yaralishining yagona sababi Allohning ixtiyoriy xohishidir. Alloh har bir onda bu sababiyatni yangidan yaratadi va istagan paytda voqelarning odatdagi rivojlanishini o‘zgartirib yubora oladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:25:55
SULAYMON (as) - Qur’onda zikri kelgan payg‘ambarlardan biri, adolatli va dono hukmdor, Dovud (as)ning o‘g‘li. S. 13 yoshida taxtga o‘tiradi. Yetuk bilimli, har bir ishda hukm chiqarishda otasidan ko‘ra olimroq bo‘ladi. Rivoyatga ko‘ra, u jamiki insu jin va hayvonlaru qushlar olamiga ham podshoxlik qilgan. Uchar shamollar ham uning ixtiyorida bo‘lib, istagan joyga bir zumda eltib qo‘ygan. S. (as) payg‘ambarga berilgan mo‘‘jizalardan biri mis bulog‘i bo‘lib, rivoyat qilinishicha, undan suv o‘rniga mis oqib yotar, payg‘ambar izmidagi jinlar esa, o‘sha misdan uning xohlagan narsasini yasab berishar ekan. Jinlarning S. (as)ga qasrlar bunyod etgani, dengaz tubidan duru javohirlar olib chiqib bergani nakd etiladi. S. (as)qushlar tilini tushunganligidan, o‘z qo‘l ostida bir necha xil qushlarni tarbiya qilardi. Bu kushlar orasida Hudhud (Sassiqpopishak) ham bo‘lib, u bir necha vaqt g‘oyib bo‘lgan va S. (as)ga Sabo degan yurtdagi malika Bilqisni ko‘rganligi xabarini olib keladi. S. (as) Bilqisga maktub yo‘llaydi va Sabo yurtining malikasi Bilqisni yolg‘iz Allohga itoat etishga majbur qiladi (Naml surasi 20-27-oyatlar). S. (as)ning o‘limi b-n bog‘liq rivoyat jinlar g‘aybni - kelajakda ro‘y beradigan voqea-hodisalarni biladi, degan gumonlarni rad etadi: o‘tirgan holida jon taslim qilgan S. (as) tayangan asoni bir yil davomida yogoch kurti yeb u yerga qulab tushmaguncha, S. (as)ning vafot etganligini bilmasdan payg‘ambar ularga buyurgan vazifa - baland qasr bino qilish ishini davom ettiravergan (Saba surasi 14-oyat).
S. (as) obrazi, u va unga tobe jinlar tomonidan ro‘yobga chiqarilgan g‘aroyib otlar, uning hashamatli saroylari, uchar galami va b. - o‘rta asrlardagi musulmon adabiyoti va folklorvda tez-tez uchraydigan mavzu. S. (as) shuningdek, musulmon olamida keng tarqalgan sehr-jodu ilmining ham yetakchilaridan biri sanalgan. Olti qirrali yulduz - S. (as) muhri ramzi bo‘lib, u jinlar va shaytonlarga berilgan farmonlarga mana shu muhrini bosgan. Olti qirrali yulduz musulmonlarda yomon ko‘zdan, yovuz ruxlardan himoya etuvchi asosiy ramzlardan sanalib, binolar, idishlar, tangalarda naqshi tushirilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:26:07
SULAYMON BOQIRG’ONIY (taxm. 1186 y. v.e.) - mutasavvif, shoir. Uni "Hakim ota" deb ham ataganlar ("Boqirg‘oniy" adabiy taxallusi, tug‘ilgan joyiga ishora). Ahmad Yassaviy ta’limotining davomchisi. She’rlarining tili va ruhi A. Yassaviy ijodiga g‘oyat hamohang bo‘lib, tasavvuf, din, shariat aqidalari shoirona targ‘ib qilinadi. "Bibi Maryam kitobi", "Oxir zamon kitobi" kabi dostonlar muallifi. She’rlari "Boqirg‘on kitobi" nomi b-n to‘plam qilingan. Bu kitob 1877 y. va undan keyin yana 2 marta Qozonda, 1991 y. Toshkentda nashr etilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:26:19
SULAMIY, Abu Abdurahmon Muhammad ibn Husayn (937 yoki 942-1021) - Xuroson sufiylik maktabining yirik vakili, ko‘plab asarlar muallifi. Nishopurda tug‘ilgan. S. xirqani otasidan olgan, lekin uni sufiy bo‘lib shakllanishida bobosi Ismoil ibn Nujayd - mu’tadil malomatiy katta ta’sir ko‘rsatgan. Hadislar va fiqhni u as-Sibaiy, al-Asamm, ad-Daraquniy va b.dan o‘rgangan. S. ko‘p sayohat qilgan, jumladan Iroq, Suriya, Hijoz va xalifalikning sharqiy viloyatlarida bo‘lgan. Uzoq vaqt Bag‘dodda yashagan. Nishopurga qaytib kelib, o‘zining katta uyini kutubxonaga aylantirgan va uni sufiylar ixtiyoriga topshirgan. S. vafotidan keyin ham sufiylar undan foydalanishni davom ettirganlar. S. asos solgan sufiylar dargohi (duvayra sufiya) uning nomi b-n atalgan. S. 100 dan ziyod asar yozgan, shundan 30 ga yaqini saqlanib qolgan. Eng mashhurlari - "Tabaqot as-sufiya" 9-10-a.lardagi sufiylar haqida qimmatli manba sanaladi. S. ko‘plab shogarddar qoldirgan, ularning orasida uning ishini davom ettirgan al-Kushayriy va xurosonlik mashhur tarixchi olim al-Bayhaqiylarni ko‘rsatish mumkin.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:26:33
SULUK (arab. - yo‘l) - solikning tariqat yo‘lini o‘tish jarayoni. Ilohiy ma’rifatni egallashga bel bog‘lagan muridning ruhiy-axloqiy kamolotga erishish yo‘li.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:26:51
SULH (arab. - yarashish, kelishuv) -musulmonlar b-n fath etilgan viloyatlar aholisi o‘rtasida tuziladigan tinchlik bitimi; shahar b-n tuzilgan bitim shartlari butun mamlakat yoki shaharga tobe viloyatga taallukdi bo‘lgan. Bitimni musulmon lashkarboshi va bir necha guvoh, mahalliy aholi nomidan - hokim, shahar komendanti, yepiskop yoki o‘sha paytda shaharni boshqarayotgan boshqa shaxslar imzolashgan. S.ga ko‘ra, aholining hayoti va mol-mulki daxlsizligi, cherkovlar va shahar devorlari sakdab qolinishi kafolatlangan, buning evaziga aholi jizya yoki xiroj to‘lashi, harbiy harakatlarda musulmonlarga yordam ko‘rsatishi, tunash uchun joy berishi va uch kunlik oziq-ovqat b-n ta’minlashi lozim bo‘lgan. Har bir viloyatdan olinadigan soliq turlicha bo‘lgan. Qutayba ibn Muslimning Samarqand b-n tuzgan bitimi (712 y.)da S. shartlari batafsil sanab o‘tilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:27:03
"SUNANI ABU DOVUD" - oltita ishonchli hadis to‘plamidan biri. Muhaddis Sulaymon ibn al-Ash’as ibn Ishoq ibn Bashir ibn Shaddod ibn Amr Abu Dovud al-Azdiy as-Sijistoniyning shoh asari. Ungacha hadis to‘plamlari "al-Jomi’" yoki "al-Musnad" deb nomlangan bo‘lsa, u o‘z to‘plamini "as-Sunan" deb atadi va unga sunnati saniyya va shar’iy ahkomlarni mavzular bo‘yicha boblarga bo‘lib yozib chikdi.
"Sunan"da 4800 ta hadis rivoyat qilingan. To‘plam 35 fasl, 1871 bobdan iborat. Unga uchta olim tomonidan uch xil sharh ham bitilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:27:15
"SUNANI DORIMIY" - to‘qqizta ishonchli hadis to‘plamlaridan biri. Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurahmon ad-Dorimiy as-Samarqandiyning shoh asari. "Sunan"ning 2 jildtsan iborat nashri 1996 y. Bayrutda chop etilgan. Uning 1-jildi Imom ad-Dorimiyning tarjimai holi, nasabi, ustoz va shogardlari, asarlari, olimlarning u haqda aytgan so‘zlaridan iborat. Asarning asosiy qismi muqadtsima va 23 kitobdan (ular o‘z navbatida 1263 ta boblardan) tashkil topgan. "Sunan"da jami 3503 hadis rivoyat qilingan. "S.D."ni ba’zi olimlar 6 ishonchli hadis to‘plamiga (Ibn Mojaning "Sunan"i o‘rniga) kiritishni taklif etganlar.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:27:31
"SUNANI ibn MOJA" - oltita ishonchli hadis to‘plamidan biri. Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid Ibn Moja al-Qazviniyning shoh asari. Asar 32 fasl, 1500 bobdan iborat. Ibn Moja o‘z to‘plamini fiqhiy masalalarga xos mavzularga bo‘lib chiqqan. "Sunan"dan jami 4000 ta hadis joy olgan. Ulamolar ushbu "Sunan"ni mashhur olti ishonchli hadislar to‘plamlari qatoriga qo‘shish yoki qo‘shmaslik masalasida uzoq tortishganlar. Zero, ularning oltinchisi sifatida Imom Dorimiy to‘plamini kiritish tarafdorlari ham talaygana edi. Nihoyat, Ibn Mojaning "Sunan"i oltinchi o‘rinda ishonchli to‘plamlar safiga kiritildi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:27:42
"SUNANI NASOIY" - oltita ishonchli hadis to‘plamidan biri, Abu Abdurahmon Ahmad ibn Aliy ibn Shuayb al-Xurosoniy an-Nasoiyning shoh asari. Nasoiy birinchi bo‘lib "as-Sunan al-kubro", ya’ni, katta hadislar to‘plamini yozgan. So‘ngra Ramla amirining iltimosiga binoan uni qisqartirib, eng ishonchli hadislarni qoldirib, unga "as-Sunan as-Sug‘ro" - kichik to‘plam yoki "al-Mujtabo", ya’ni tanlangan hadislar to‘plami deb nom qo‘ygan. Ulamolar fikricha, "Sunan" nomi b-n yozilgan barcha hadis to‘plamlaridagi hadislarning hammasi sahih emas, balki ularda zaif hadislar ham mavjud. "Sunan"ga Imom Jaloludtsin Suyutiy, shayx Abul-Hasan Muhammad al-Hanafiy as-Sindiy va Shayx Sirojiddin Umar ash-Shofi’iy sharh bitgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:30:02
SUNNA, sunnat (arab. - odat, an’ana, xatti-harakat tarzi) - islomda musulmonlar uchun ibrat hisoblangan Muhammad (sav)ning so‘zlari, amallari va xatti-harakatlari. S. muhadtsislar istilohida, quyidagicha ta’rif qilinadi:
"Payg‘ambar (sav)dan asar bo‘lib qolgan gap, ish, taqrir, xalqiy (tana tuzilishi), axloqiy sifatlar va tarjimai holga tegishli ma’lumotlar "Sunnat" deyiladi.
1.   "Gap" - bunga Payg‘ambar (sav)ning turli holat va munosabatlarda gapirgan gaplari kiradi. Buni "qavliy (gap) sunnat"  deyiladi.
2.   "Ish" - Payg‘ambar (sav)ning qilgan ish-amallaridir. Misol uchun tahorat qilish, namoz o‘qish, haj qilish va b. Buni, "amaliy (ish) sunnat" deyiladi.
3.   "Taqrir" - bir narsaga iqror bo‘lish, uning to‘g‘riligini   tasdiqlash   -   ma’qullash ma’nosini anglatadi. S.dagi taqrir esa, Payg‘ambar  (sav)ning sahobai  kiromlar tomonidan sodir bo‘lgan ba’zi narsalarni ma’qullashlaridan iboratdir. Ma’qullash, gap b-n ma’qul, deb aytish yoki inkor qilmay, indamay qo‘yish b-n ham bo‘ladi. Buni "taqririy sunnat"-deyiladi.
4.   "Xalqiy" - tana tuzilishidagi sifatlar. Payg‘ambar (sav)ni ko‘rgan kishilar u zotning bo‘y-bastlari, tana tuzilishlari, sochlari, ko‘zlari va b. a’zolarini batafsil vasf qilib berganlar. Bu ma’lumotlar ham rivoyat bo‘lib muhaddislarga, ular orqali islom ummatiga etib kelgan.  Mas.,  Imom Termiziyning "Shamoili Muhammadiyya" asari, aynan shu masalaga bag‘ishlangan alohida kitobdir. 5.   "Xulqiy-axloqiy sifatlar".  Sahobai kiromlar Payg‘ambar (sav)ning sabrlari, hilmlari, shijoatlari, saxiyliklari kabi barcha axloqiy fazilatlarini ham rivoyat qilib qoldirganlar. Bu hakdagi ma’lumotlar ham S.ga kiradi.
6.   "Tarjimai hol". Payg‘ambar (sav)ning muborak hayotlari. Bu bobga tegashli rivoyatlar to‘plamini "Siyrat" ham deyiladi. Muhaddis ulamolar ushbu olti bandga tegashli har bir ma’lumotni atroflicha, chukur o‘rganib, so‘ngra o‘z kitoblariga kiritganlar.  S. islom uchun, musulmonlar uchun o‘ta muhim manbadir. S.  islom  shariatida  Qur’oni  karimdan keyingi ikkinchi masdar-manba  ekanligini Alloh taolo va Uning Rasuli Payg‘ambar (sav) aytgandir. Bu - musulmonlarning asrlar osha amal qilib kelayotgan ishi.  Bu — sog‘lom aql va tafakkur taqozosi. S. - hadis ma’nosi Allohdan, lafzi Payg‘ambardan bo‘lgan vahiydir. Dinu diyonat, shariat va b. ma’nolarda Payg‘ambarimiz o‘z shaxsiy fikrlarini emas, Allohning vahiysini o‘z iboralari b-n takdim etganlar. S. Qur’oni karim b-n chambarchas bog‘likdir. Shuningdek, S.ning tarixi Qur’oni karim va islom tarixi b-n birdir. S. 7-a. o‘rtalarida yig‘ila boshlangan. Bir yarim-ikki asr davomida hadislar juda ko‘payib ketgan. Hadisshunoslikning "oltin asri" - 9-a.ga kelib bular tartibga solingan va din, axloq, fiqhning muqaddas manbaiga aylangan. Bulardan Buxoriy (810-870) va Muslim (817-875) to‘plamlari eng obro‘li hisoblanadi. S.da tarixiy asosga ega bo‘lmagan ayrim rivoyatlar mavjudligi b-n birga, arab xalifaliganing dastlabki ikki asrida islom dinining tadrijiy taraqqiyoti va turli ijtimoiy qatlamlarning axvolini ko‘rsatadigan tarixiy ma’lumotlar ham o‘z ifodasini topgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:30:18
SUNNIYLIK (sunna so‘zidan) - q. Ahli sunna val jamoa.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:30:30
SURA (arab. - tizma, qator, qo‘rg‘on, manzil va sharaf ma’nosida) - faqat Qur’onga. xos tushuncha, uning bo‘limlari S. deyiladi, uni shartli ravishda bob b-n taqqoslash mumkin. Ulamolar istilohida esa, S. - Qur’on oyatlarining boshlanish va tugashi belgilangan mustaqil toifasidir. Boshqacha qilib aytganda, Qur’on oyatlarining qo‘rg‘on ila o‘ralgandek bir toifasiga S., deyiladi. Qur’on S.lardan iboratdir, S. Qur’onning bir bo‘laga bo‘lib, uch yoki undan ko‘p oyatni o‘z ichiga oladi.
Qur’onda 114 ta S. bo‘lib, ulardan har birining o‘z nomi bor. Ba’zi Slarning ismi S.ning avvalidagi so‘zdan olingan. Ba’zilariniki esa, o‘sha S.da zikri ko‘proq kelgan narsalarning nomiga qo‘yilgan. Qur’oni karimdagi eng qisqa S. Kavsar S.si bo‘lib, uch oyatdan, eng uzun S. Baqara S.si bo‘lib, 286 oyatdan iboratdir. Qur’on S.lari ikki qismga bo‘linadi: 1. Hijratdan oldin tushgan S.lar - "Makka S.lari" (Makkada tushgan) deyiladi. 2. Hijratdan keyin tushgan S.lar - "Madina S.lari" (Madinada tushgan) deyiladi.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
Yuborildi: Shahina 10 Oktyabr 2006, 19:30:44
SO’FIY - sufiylik tariqatiga mansub shaxs, murid; "Tasavvuf" va "sufiy" so‘zlarining o‘zagi va mazmuni to‘g‘risida olimlar fikri turlicha. Bu so‘zlar arabcha "suvf" (jun, po‘stin) so‘zidan kelib chiqqan, degan fikr ko‘pchilik ulamolar tomonidan ma’qullangan. Chunki, tasavvuf yo‘liga kirganlarning ko‘pchiligi o‘zlarini xilvatda tutish b-n birga egailariga po‘stin kiyib yurishar edi. Lekin sufiylar orasida po‘stin kiymaydiganlari, quroq, hirqa yoki boshqa xildagi kiyim kiyib yuradiganlari ham bo‘lgan. Ammo, po‘stin kiyishga odat qilgan sufiylar ko‘pchilikni tashkil qilgan.
Nom: Re: ISLOM ENSIKLOPEDIYASI