forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Munira xonim 26 Sentyabr 2006, 10:01:02

Nom: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Munira xonim 26 Sentyabr 2006, 10:01:02
Assalamu alaykum.
Biz bu mavzuda sizlar bilan insonning eng oliy tuyg'ularidan bir bo'lgan Do'stlik haqida fikr almashmoqchimiz.
Sizningcha Do'stlik nima o'zi?Nima uchun Do'stingiz bilan Do'st bo'lgansiz? Do'st sizga faqat yahshi va yomon kunlarda yoningizda turishi uchun, dardingizni tinglashi va tasalli uchun zarurmi yoki boshqa niyatlar ham bormi?
Inson uchun zarur bo'lgan Do'stlik nima uchun ko'pda sizga vafo qilmaydi? Nima uchun chin do'stim deganingiz bir kun kelib sizga dushmanlik qilib qoladi? Buni hech o'ylab ko'rganmisiz?
Biz o'zimizga yoqqan kishini, dunyoqarashimiz bir-biriga o'hshash,chiroyli, yahshi oilada tarbiya topgan kishilar do'st bo'lib asosiy Do'stni unutib qo'ymayapmizmi? Shuni bir o'ylab ko'rganmisiz?
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Munira xonim 26 Sentyabr 2006, 10:15:41
Do'stim kelib:
- Sengacha shuncha yo'l va shuncha mashaqqat. Juda olisda turasan. Kelib ketishga ikkimiz ham juda qiynalamiz,-dedi.
Men aytdim:
- Mendan sengacha va sendan mengacha bo'lgan manzil Haq taologacha bo'lgan manzilning bir qismi holos.Alhamdulillah, sen va men bu yo'lni qisqartirmoqdamiz. Va asl Do'st Vasliga musharraflik aziyatini shu dubnyoning o'zida totmoqdamiz. Manziling behatar bo'lsan, Rafiq!
So'ngra boshqa oshiq ko'ngillar uchun hitob qildim:
- Siz ham do'stnigiz bilan do'st bo'lishdan maqsad haqiqiy DO'STning vasliga erishishmi? Siz ham o'z do'stingiznikiga haqiqiy DO'ST uchun bormoqdamisiz?Chunki U - DO'STingiz ont ichib:"Asr vaqtiga qasamki, (barcha) insonlar ziyon-bahtsizlikdadirlar.Faqat iymon keltirgan va yahshi amallar qilgan,bir-birlariga Haq(yo'li)ni tavsiya etgan va bir-birlariga shu yo'lda sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina (najot topguvchilardir)".(Val-asr surasi),demoqdadir.
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Muslima_subh 26 Sentyabr 2006, 19:11:47
Do'st bu uning yordamini kutish emas, balki unga yordam berishlikka yoshilish demakdir! Hamisha uning to'g'risida o'ylash, mushkulini oson qilishga intilish, u qachon yordam berar ekan deb kutish emas aslo! Alloh yo'lidagi do'stlik bebaho, hatto bu uchun Alloh ularga Arshing soyasidan joy va'da qilgan!
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: AbdulAziz 27 Sentyabr 2006, 06:08:33
DO’STLIKLAR, DO’STLIKLAR...

Odam topmoqqa juda e’tibor qiling!.. Do‘stliklar!.. Do‘stliklar, do‘stliklar... Ko‘ngilni olmoq, qalbni topmoq, birodar tutinmoq, har kuni birodarlarini orttirib bormoq... Fihrist daftariga yangi ismlarni qo‘shmoq... Alloh rizosi uchun bo‘lishi sharti bilan ziyoratlar va yana ziyoratlar qilmoq... Endi menga og‘alarim aytishadiki: «Istanbuldan chiqma, boshqa tashqi, chekka viloyatlarga ketma!.. Qara, Istanbul falon million, ustozim, qancha Onado‘li shahridan afzal! Ellik minglik bir shaharga borasan, uch kuning yo‘lda ketadi. Bu yerda seni izlaganlar topa olmaydi...» Yaxshi, ammo men borgan joyimda birodaralarim anjumani bo‘ladi, dars bo‘ladi!.. Bir kishi bo‘lsa ham, borgayman!.. Hatto bir kishi bo‘lsa ham, Fizonga qadar borgayman!.. Bir zal to‘lgulik odam to‘planadi.
Antaliyalik birodarlarim eslaydilar: «Meni faqat markazlarda gapirtirasiz, bir oz uzoq viloyatlarga ham eltsalaringiz-chi!» dedim. «Ketdik!» deyishdi. «Lekin, afsuski, shundoq, undoq, bundoq... Qaerga boramiz?..» «Olmaliga boramiz!» dedik. «Olmalida hech tanishlarimiz yo‘q-da», deyishdi. Men aytdimki, «Mening bir tanishim bor». «Kim?» deyishdi. «Olmalik Sinoni Ummiy hazratlari!» dedim. «Tasavvuf adabiyotidan bilaman, shundoq bir muborak zoti muhtaram bor, uni taniyman men. O’shanga boramiz», dedim.
Turdik, Antaliyadan u yoqqa ketdik. Peshin namozida u yerda bir kishi bilan qo‘rishdik: «Ooo, marhabo!» Birodarlar salomlashdilar... Undan bir imom-xatib birodarimiz bilan qo‘rishdik... Bittasi yonimizga yondoshib: «Bir qahvamizni, choyimizni ichmaysizmi?» dedi. «Ichamiz!» dedik. Jon deymiz!.. Bordik, choyini ichdik. «Xojam, bu kecha biznikida qolmaysizmi?» dedi. Valloh, xuddi shundoq gaplashdik. Biror tanish kishi topa olsak, qolamiz, topa olmasak, mashinamiz tagimizda — qaytib kelaveramiz, Antaliya bu yerdan ko‘p uzoq emas, deb o‘yladik. «Mamnuniyat bilan qolamiz!» dedik. Va qoldik. Uylarining zali katta ekan, yonida yana bir zal bor edi. Ikkovini ochishdi, odamga liq to‘ldi.
Men shunday bir so‘radim: «Sening kasbing nima?.. Sen nima ish qilasan?..» «Qur’on kursi domlasiman, muhandisman, davlat ishlarida ishlagan falonchi, nafaqador falonchi...» bir jamoa birodarlarimizning hammasi zikr darsini oldi, oltmish-sakson kishi hammasi zikr vazifasini olishdi. Endi Olmaliga borib bo‘lmaydi?.. Ya’ni, o‘n ming aholisi bor, deb sakkiz ming, besh ming aholisi bor deb, u yoqlarga borilmaydimi?.. Birodar topgan bo‘ladi inson... Birodar topgan bo‘ladi, qarindosh topgan bo‘ladi, do‘st topgan bo‘ladi...

Mahmud As'ad Jo'shon
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Naqshbandiy 28 Sentyabr 2006, 07:04:37
Assalomu alaykum!
Bayotda do'st bitta bo'ladi.
U sening og'ir kunda qanoting, mamnun kuningda yo'ldoshing bo'ladi.
Har qanday do'st kuni kelib sendan nimanidir ta'na qilishi yoxud minnat qilishi mumkin.
Chunki biz insonlarmiz, xato qilaveramiz.
Lekin bir do'st bor. U sen xato qilsang ham, uni unutsang ham, hatto xiyonat qilsang ham sendan mehrini, yordamini ayamaydi. Ko'pincha biz o'sha haqiqiy do'stimizni unutib qo'yamiz...
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Munira xonim 28 Sentyabr 2006, 08:13:31
Do'st faqat yahshi va yomon kuningda yoningda yo'losh bo'lishi emas, balki, aybingni yuzingga aytuvchi, hato qilganingda ogohlantiruvchi, adashganingda seni to'g'ri yo'lga soluvchi ham bo'lishi lozim.
Umar r.a:"Ayblarimni menga hadya qilgan kishiga Allohning rahmati yog'ilsin",-derdilar.
Salmon r.a. huzurlariga kelgan kishidan so'radilar:
-Men haqimda qanday yomon gap eshitding?
U kishi qancha uzrhohlik aytganiga qaramasdan, Salmon r.a. uni gapirishga majbur qildilar.
- Eshitdimki, dasturhoningizga ikkita idom(nonga surib yeyiladigan ziravor)qo'yar ekansiz. Yana kechasi va kunduzi kiyadigan ikkita kiyimingiz ham bor ekan.
-Bundan boshqa ayblarim ham bormikan?
- Yo'q.
- Shunisi ham kifoya qiladi,-degan ekanlar Salmon r.a.
Salmon r.a. Huzayfaga der ekanlar:
- Sen Rasulullohning s.a.v. sirdoshi eding. Rasululloh s.a.v. senga munofiqlarni tanitgan. Ayt-chi, menda ham nifoq alomati bormi?

Iymonu ihlosda tanilgan shunday ulug' zotlar o'zlaridan shubhalanishsa, nafsidan ayb qidirsa, aybini aytgan kishini o'ziga do'st tutsa,bizning ahvolimiz, do'stligimiz qanday?
Bu hususiyatlar hozir ham fazilat sanaladimi? Bugungi do'stlar qanday? Hiyla - nayrang bilan aybingni yashiradimi yoki g'araz bilan ayb sanalmaydigan narsani ayb qilib ko'rsatadimi?
Shu sababli Dovud Toiy odamlardan uzlat qilgan ekanlar. Unga:"Nega odamlarga aralashmaysiz?"deyilganida,aytgan ekan:"Ayblarimni mendan yashiradigan qavm bilan nima ham qilardim".
Demak,o'tgan ulug'larimiz o'zgalarga tanbeh bergan-u, aslida o'zlarining ayblariga e'tibor berishgan ekan. Bizda esa nasihat qilgan, ayblarimizniyuzimizga aytgan kishi dushmanimizga aylanadi,unga nisbatan kek saqlaymiz. Bu esa - Iymonimizning zaifligidandir.
Yomon ahloq ilon va chayon kabidir. Tasavvur eting,ko'ylagingizga yopishgan chayonni ko'rib kimdir:"Ana, ichingga chayon kirib ketyapti",-desauning ogohlantirishidan minnatdor bo'lib, darhol zaharlihashoratdan uzoqlasharsiz .Balki uni o'ldirarsiz. Chayon zaharining ta'siri inson badaniga bir kun yoki undan ko'proq bo'lar. Nari borsa o'lib qutularsiz,lekin yomon ahloqning qalbga ta'siri bundan-da havfliroq.Uning ta'siridan o'lib ham qutulomaysiz. BAlki uning oqibatlaridan mangu azob chekasiz. Alloh saqlasin.
Hammamizga haqiqiy Do'st topishligimizga,bizning haqiqiy, vafodor, hech qachon tashlab ketmaydigan, bergan narsasini hech qachon minnat qilmaydigan Do'stimizning O'zi madadkor bo'lsin.
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Munira xonim 28 Sentyabr 2006, 20:41:19
Topmadim...

Ey,do'st, tafakkur ahllari go'zal tushunchalar soyasidagina tin ola biladilar. Bir dugonam,nega Ko'ngilning nomi ko'ngil ekan, ko'nmagil bo'lsa bo'lmasmidi,derdi. Ko'nmoq asli Rizo!
Ey, Do'st, Undan-da ulug'roq maqom topmadim.
Ulug'lar ko'nglingni hech narsaga bermagil deya yonganlar. Chunki,ularning ta'kid etishlaricha,"Odam a.s. Jannatga ko'ngil bergan va undan ayrilgan,Yoqub a.s. Yusufga ko'ngil bergan va undan ayrilgan. Muhammad s.a.v. Oishaga ko'ngil berganlar va oqibatda unga tuhmat yog'ilgan".
Odatda qalbni ne'matlar o'g'irlab qo'yadi. Lekin hech kim musibatga ko'ngil bermas. Ey, Do'st, aslida jon to g'amga ko'ngil bermas ekan,suyunchlik habarlarni topmas.
Musavvirlar ko'proq eski zamonning suratini chizadilar. Hozirgi zamonni esa chizmoqqa ojizdirlar. Chunki u nihoyatda yarqiroq jilva. Anglash ham, ilg'ash mumkin emas. Anglanmagan narsani esa chizishni iloji yo'q. Ey, Do'st, tez-tez o'zgaruvchi,yangi-yangi liboslar kiyuvchi ne bor?Ey, Do'st bunga zamondan munosibroq hech nimarsa topmadim.
Ey,Do'st, Bemorlikda achchiq - achchiq dorilarni ko'p yutdim,lek Sabrdan achchiqrog'ini topmadim. Muhabbatga qaraganda undan shirin ma'jun topmadim.
Ey, Do'st, noshukrning tomirida la'in oqsa, oshiqning tomirida og'riq oqadi.
Sevgilisiga mushtoqlikdan tug'ilgan og'riq, qytlug' dard, maqsadli og'riq, yoqimli sanchiq topgandekman.
Ey, do'st, men o'zimga o'zimdek qattol dushman topmadim.
Ey,mening sodiq Do'stim, men SENkabi DO'ST topmadim...
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 10:35:12
Ey,Do'st,men sizni biroz Mushohadaga chorlamoqchiman.
Do'stim, ajablanarlisi,Allohni tanib, Unga muhabbat qo'masligimiz! Bundan-da ajablanarlisi, shafoatgihimiz, Rasulullohning s.a.v. chaqirig'ini eshitib turib javobini kechiktirishimiz!
Ajablanarlisi,bizni yaratuvchi Zot bilan muomalada ulkan foydalar borligini bilaturib, begonalar bilan mutloq zararimizga ahd boylashimiz! Undan-da ajablanrlisi, qahru g'azabi nechog'lik hceksiz ekanini bila turibQahhoru Jabbor Zotga qarshi borishimiz!
Ajablanarlisi, Robbimizda isyon qilish dahshatini totib, yana tinimsiz toatdan qochishimiz! Bundan-da ajablanarlisi, behuda va be'mani so'zlar ila eng so'nggi imkoniyatimizni - umrimizni zoye bo'layotganini qalbdan sezib, Allohning zikri va munojotiga emas,dunyoga mushtoqligimiz.
Juda ajablanarli!Allohdan o'zgasiga qalb bog'langanidan azobdamiz,ammo nega, bu azobdan bizni halos etuvchi Diydor ne'matiga shoshilmaymiz?!
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 10:42:18
Ey, Do'st, hech o'ylab ko'rganmisiz,masjidga yoki biror muhtoj kishiga yuz so'm berayotganimzda shu pulimiz ko'pga o'hshaydi,lekin shu pul bilan hech qachon bozorga tushmaymiz?!

Hech o'ylab ko'rganmizsiz,soatlab TV yonida o'tiramiz-u,lekin birovning hojatini chiqarish,yordam berish va zikr qilishga erinchoqligimiz tutadi va boshqa zarur "ish"larimiz yodimizga tushadi.

Hech o'ylab ko'rganmizsiz, Duoda tutiluib qoladigan tilimiz, g'iybatda negadir biyron bo'lib ketadi.

Hech o'ylab ko'rganmisiz, har hil o'yinlarni qo'shimcha vaqtigacha tomosha qilamiz,lekin qo'shimcha savob bo'ladigan nafl namozidan nafsimiz og'rinadi.

Hech o'ylab ko'rganmisiz, ko'p sahifalik gazet jurnallarni o'qiymiz,lekin eng katta savob bo'lmish Qur'ondan bir bet o'qish hayolimizdan ko'tariladi...
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 10:48:28
Hech o'ylab ko'rganmizsiz, jahonning qay burchida nimalar bo'layotganini bilamiz,lekAllohning kalomida nimalar bitilhanidan behabarmiz.

Hech o'ylab ko'rganmisiz,fikr qilmay, tiyilmay,amal qilmay ham jannatni orzu etadigan odam borligini, vaholanki, ular orasida biz ham bo'lishimiz mumkin.

Hech o'ylab ko'rganmisiz,namoz yodidan ko'tarilgan kishi,ammo ishdan kechikmayin deb shoshilayotgani haqda.

Hech o'ylab ko'rganmisiz, bugungi insoniyatnig ahvoli hususida. O'ylab ko'rgansiz,biroq chuqurroq kirishga yuragingizdov bermaydi,sababi ana shu insoniyatning bir bo'lagini siz ham tahskil qilasiz.
Vaholanki, endi chuqurroq o'ylash vaqti yetdi,chunki vaqtimiz juda ham oz qoldi....
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Munira xonim 01 Oktyabr 2006, 14:12:43
Alloh taolo bilan do'stligini odamlar orasida eslab, o'zi yolg'iz qolganida unutadigan kishi kasaldir.

Alloh taolo bilan do'stligini odamlar orasida unutib, yolg'iz o'zi qolganida eslaydigan kishi zaif do'stdir.

Na odamlar orasida, na yolg'iz qolganida bu do'stlikni topgan, balki ikki holida ham undan holi bo'lgan kishi ko'chaga uloqtirilgan jasaddir.

Hilvatda ham, odamlar orasida ham Alloh taolo bilna do'stligini unutmagan kishi haqiqiy va suyukli do'stdir.
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Munira xonim 04 Oktyabr 2006, 09:17:16
Ey, do'st, kechasi uyqum kelmay, hayol ila shahsiy kutubhonam sari qadam bosdim. Kirdim-u hayron qoldim. Oynalari mahkam berkitilgan, nur tushib turgan joyning o'zi yo'q, zim-zimiston.To'g'ri anchadan beri kirmaganman. Devorda alifbo tartibida terilgan kitoblar turibdi. Duch kelganiga qo'l uzatdim-u o'qiy boshladim. "Men sevgan insonlar..." Muqaddimaga ko'zim tushiboq kitobni joyiga qo'ydim. To'g'risi bu kitobni o'qishdan qo'rqaman. Aslida bu honaga kirishning o'zidan hayiqaman. Bu yyerda mening butun hayotim yozilgan hujjatlar bor. Shunday qilib, hadik bilan kitoblarga ko'z tashlay boshladim."Do'stlarimga hiyonat","So'zlagan yolg'onlarim","Haqoratomuz hazillar",Manfaatim yo'lida..."Ba'zida "Yoshlik janjallari"degan quvnoqlari ham chiqib turadi."Yoshlikdagi injiqliklar", "Ota-onamga qilgan harhashalrim",deganlarini o'qisam kulgim qistaydi. Bular mening 30yillik hazinam,hammasini o'zim bitganman."Zoye ketgan vaqtlarim","Isrof bo'lgan olti yil" degan kitoblarimni qo'limga olsam ichimni muz qoplaydi.
Narigi tomondagi javonda atiga bitta kitob bor.Kichkina, juda ham kichik, sahifalari kamgina bu kitob "Savob ishlarim", deya nomlanadi. Va men buni o'qishni yoqtiraman.Qo'limga olishim bilan hona yorish ketadi.Shu payt yig'lagim keldi, to'yib - to'yib yig'ladim.Kech bo'lsa ham Allohga qaytganimdanhursandman. Unga, har nega Qodir Zotga hamdlar aytdim. Javondagi kitoblarni ko'piga gunohlarim yozilgan va bundan men afsuslanaman. Bularni o'zgartirishning iloji borligi esako'nglimni ko'taradi. Shu hayollar ila honadan chiqdim. Mening kutubhonam "Qalb"deya ataladi....
Bilaman, ey, do'stim, sizda ham shunday kutubhona bor. Kaliti qo'lingizda turibdi,lek ochishni, ichiga kirishni hohlamaysiz va hushlamaysiz... Ey, Rafiq, sizga maslahatim, tez-tez bu honaga kirib,"kitob"laringizni nazardan o'tkazing....
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Foniy 04 Oktyabr 2006, 09:31:04
Assalomu alaykum!
Iqtibos: Nargiza opa
...Narigi tomondagi javonda atiga bitta kitob bor.Kichkina, juda ham kichik, sahifalari kamgina bu kitob "Savob ishlarim", deya nomlanadi. Va men buni o'qishni yoqtiraman.Qo'limga olishim bilan hona yorish ketadi.Shu payt yig'lagim keldi, to'yib - to'yib yig'ladim.Kech bo'lsa ham Allohga qaytganimdanhursandman. Unga, har nega Qodir Zotga hamdlar aytdim. Javondagi kitoblarni ko'piga gunohlarim yozilgan va bundan men afsuslanaman. Bularni o'zgartirishning iloji borligi esako'nglimni ko'taradi. Shu hayollar ila honadan chiqdim. Mening kutubhonam "Qalb"deya ataladi....
Bilaman, ey, do'stim, sizda ham shunday kutubhona bor. Kaliti qo'lingizda turibdi,lek ochishni, ichiga kirishni hohlamaysiz va hushlamaysiz... Ey, Rafiq, sizga maslahatim, tez-tez bu honaga kirib,"kitob"laringizni nazardan o'tkazing....
Rahmat sizga, Olloh rozi bo'lsin!
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: soliha_siddiq 05 Oktyabr 2006, 19:34:23
.
Alloh taolo bilan do'stligini odamlar orasida eslab, o'zi yolg'iz qolganida unutadigan kishi kasaldir.

Alloh taolo bilan do'stligini odamlar orasida unutib, yolg'iz o'zi qolganida eslaydigan kishi zaif do'stdir.

Na odamlar orasida, na yolg'iz qolganida bu do'stlikni topgan, balki ikki holida ham undan holi bo'lgan kishi ko'chaga uloqtirilgan jasaddir.

Hilvatda ham, odamlar orasida ham Alloh taolo bilna do'stligini unutmagan kishi haqiqiy va suyukli do'stdir.


Nima deb yozishni ham bilmiman ,faqatgina etadiganim Alloh rozi bo'lsin sizdan Nargiza opa.
Allohim shu muborak ramozon oyida har birimizning kutubhonamizdagi alifbo tartibida terilgan kitoblarimizni kamaytirib,Kichkina, juda ham kichik, sahifalari kamgina kitob "Savob ishlarim", deya nomlanadigan kitobimizni sahifalarini va kitobimizni sonini ko'paytiraylik inshaAlloh.Allohim bu ishda barchamizga sabr toqat ato etsin , bardavom qilsin
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Sohibjon Rahimiy 07 Oktyabr 2006, 13:42:22
 QOYIL JUDA ZO'RKU
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Chustiy 11 Oktyabr 2006, 19:37:09
Aziz do`stim!
Ishoing, o`lim farishtasi bugun sizni tashlab, boshqalarga o`tib ketgan bo`lsada, bir kuni sizga ham etib keladi. Yillar, kunlar va lahzalar o`tib, Siz, molingiz, oilangiz, do`stlaringiz bo`lmagan qabringizda tanho qolasiz. Bas, qabrning e`sa zulmati, tanholigi, torligi, qo`rquvi, dahshati va siquvi bor!

Allohga qiyomat kuni, qalblar qo`rquvga to`lgan, farzandlaringiz, ota-onangiz, rafiqangiz va aka-ukalaringizdan voz kechadigan kunda, duch kelgan holatingizni o`ylab ko`ring. U holat va dahshatlarni e`slang! Tarozilar qo'yiladigan va nomalar tarqariladigan u kunni e`slang! Sizning nomangizda ko`plab toyilishingiz va amallaringizda xatolar bo`lishi mumkin. Tinimsiz qochib yurganingiz, da`vat e`tsa da`vatiga qarshi to`sqinlik qilganingiz haqiqiy podshoh huzurida qo`lingizda barcha katta va kichik narsalar yozilgan nomalar bilan turishingizni e`slang! Alloh sizdan umringiz, yoshligingiz, qilgan ishlaringiz va topgan boyliklaringiz haqida so`rasa qaysi tilingiz bilan javob berasiz? Alloh huzurida qaysi oyoqlaringiz bilan tura olasiz? Alloh sizdan: "Bandam, mening seni ko`rib turishlarimni engil sanadingmi? Meni senga qarab turganlarning e`ng arzimasi deb o`yladingmi? Men senga yaxshiliklar va ne`matlar ato e`tmadimmi? Shunday e`kan nega sen menga osiy bo`lding?!"- deb savol berganida qaysi ko`zlaringiz bilan boqasiz va qaysi qalbingiz bilan javob berasiz?!


Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Mahdiyah 22 Avgust 2009, 08:29:45
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: "œDo’stlarning yaxshisi — Tangrini zikr qilishingga yordami tegadigan va yoddan chiqarganingda eslatadiganidir
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Mahdiyah 22 Avgust 2009, 08:30:12
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar:
Alloh yo’lida bir —birlari bilan do’stlashuvchi, o’zaro suhbatlashuvchi, bir-birlariga hayru saxovat qiluvchi va bir-birlarini ziyorat etuvchi kishilarga Allohning muhabbati haqdir".
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Mahdiyah 22 Avgust 2009, 08:30:47
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "œKishi do’stining dinidadir. Bas, har biringiz kim bilan do’stlashayotganiga qarasin".
Imomi Termiziy Abu Hurayradan rivoyat qilgan
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Mahdiyah 22 Avgust 2009, 08:31:13
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: "œAlloh yo’lida do’st bo’lganlarni jannat ahli ham ziyorat qiladi. Ular jannat ahliga quyosh kabi nur taratadi."
Termiziy rivoyati
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Mahdiyah 22 Avgust 2009, 08:31:37
Bir olimdan so’rashibdi: "œUkangni ko’proq yaxshi ko’rasanmi yoki do’stingni?
Olim javob beribdi: "œUkamni, agar u do’st bo’lsa
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Mahdiyah 22 Avgust 2009, 08:32:10
Adiblarning biri aytdi: "œZahiraning afzali vafoli do’stdir".
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: siddiqa 22 Avgust 2009, 08:58:42
haqiqiy do'st ko'zgudir ,unda o'zingni ko'ra boshlaysan ....
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Munira xonim 28 Avgust 2009, 18:28:32
Besh narsa insonning haqiqiy hamrohi bo'lar ekan. Ular bizdan hech qachon ajralmaydigan bizning ikkinchi bo'lagimiz, bizni najotga olib chiqadigan yoki botqoqlikka botiradigan hamrohlarimiz ekan. Kimki shularni bilsa, tanisa najot topibdi. Agar bilmasa va tanimasa halokatga yuz tutibdi.
1.Alloh.
2.Nafs.
3.Shayton.
4.Dunyo.
5.Xaloyiq.

Alloh senga neni taqdir qilibdi, shunga rozi bo'l. Unga haqiqiy DO'st bo'la olishingni bu dunyoda isbotla. Shunda ikkinchi hayotingda U seni qo'llaydi. U senga hech qachon bevafolik qilmaydigan Chin DO"STdir.

Nafsga muxolif bo'l. U neni buyursa sen aksini qil. SHunda uni jilovini qo'lingda ushlaysan.

Shaytonga adovat va dushmanlik birla bo'l. Hech qachon uni o'zingga do'st deb bilma. U sendagi barcha yaxshi va hayrli fazilatlaring va amallaringni ketkazmaguncha tinchimaydigan, seni muslimligingga hasad qilguvchi, seni Ulug' DO'stingdan qizg'anuvchi, Seni Jannatga noloyiq deb bilguvchi Jahannam o'tlarida o'ziga hamroh qilishni istagan dushmaningdir. Shuni hech qachon yodingdan chiqarma.

Dunyo bilan halol muomalada bo'l. Bu dunyo va undagi mol mulk hech qachon seniki bo'lmagan, bo'lmaydi ham. Uning ozginagina senga berilgan qismidan sarmast bo'lib kibrga berilma. U sendan tez orada tortib olinadi va hisobi so'raladi.

Xalq bilan shafqat ve mahribonlik ila muomala qil. Go'zal axloq sohibi bo'lishliging sen uchun ikki dunyoda ulug'likni keltiradi. Badxulq kishini Alloh ham sevmaydi. Agar Allohga qilayotgan ibodatlaring go'zal bo'lsa-yu, lekin xulqing xunuk bo'lsa,sen faqat o'zingni, bunga qo'shib sen qatori amali go'zal musulmonlarga ham dushmanlik qilgan bo'lasan. Insonlarni ko'nglini dindan olimlardan, musulmonlardan sovitgan bo'lasan. Unutmaginki, Iymon suv bo'lsa, axloq unga idish bo'ladi...

Agar bu aytilgan narsalarga amal qilib yashay olsang, baxting muborak bo'lsin.
Aks holda....
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Foniy 28 Avgust 2009, 19:30:03
 :as:

"Yaxshi do`sti bor insonning oynaga ehtiyoji yo`qdir!"

Mavlono Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: siddiqa 03 Sentyabr 2009, 07:08:54
do'stingdan bir martta jafo ko'rsang ,uning ming martta vafo qilganini unutma.

                                                              Jaloliddin Rumiy
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Muhammad Amin 03 Sentyabr 2009, 07:47:03
Dunyoning shodligi yig'ilsa butun
Do'stlar diydoridan bo'lolmas ustun. :)
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: siddiqa 03 Sentyabr 2009, 08:17:52
Agar yahshilikka burishning birorta yahshi yo’li bo’lsa,mo’min birodaringdan  chiqqan so’z haqida  faqat yahshi gumon qil.
                         
                         Umar ibn Xattob
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Muhammad Amin 03 Sentyabr 2009, 08:47:25
Do'stning eng yaxshisi, nafsini jilovlay olganidir.
Do'stning eng yomoni nafsining quli bo'lganidir


Akbar Jalilov :)
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Muhammad Amin 04 Sentyabr 2009, 06:04:35
Do’st tanlash haqida

اباك و مصادقه الاحمق ، فانه يريد ان ينفعك فيضرك و مصادقه البخيل ، فانه يبعد عنك احوج ماتكون اليه ، و اياك و مصادقه الفاجر، فانه يبيعك بالتافه ، و اياك و مصادقه الكذاب ، فانه كالسراب : يقرب عليك البعيد و يبعد عليك القرب

Tarjimasi: Nodon odam bilan do’stlashmagin, chunki bunday do’st senga foyda keltiraman deb zarar keltiradi. Baxil odam bilan ham do’stlashmagin, zero u sen unga eng muhtoj bo’lib turgan paytingda seni tashlab ketadi.  Fojir odam bilan do’stlashma, zero u seni eng arzon qiymatga bo’lsa ham sotvoradi. Yolg’onchi odam bilan ham dost bo’lmagin, chunki sening ko’zingga uzoq narsani yaqin qilib va yaqindagini esa uzoq qilib ko’rsatadi.

Izoh: Hazrat rasuli akram (saov) va shuningdek hazrat Ali (alayhi salom) eng ko’p ta’kidlab o’tgan masalalaridan biri bu do’stni tanlashni bilish haqidadir. Shunki aybu kamchiliklari ko’p bo’lgan odam o’z do’stiga ham yomon tasirini o’tkazmay qo’ymaydi. Shuning uchun tanlagan do’stlarimizda hech bo’lmaganda aytilgan to’rt sifat yani nodonlik, baxillik, fojirlik va yolg’onchilik bo’lmasligi kerakdir.

Nodon odam garchi samimiy bo’lishi mumkin bo’lsa-da, lekin aqlining kaltaligidan foyda va ziyonni bir-biridan yaxshi ajrata olmaydi va shuning uchun o’zi istamagan holda bo’lsa-da zarar yetkazishi mumkin.

Baxil odam esa molu dunyoga o’ch bo’lganligi uchun toki do’sti muhtoj bo’lmagunicha uning yonida bo’ladi. Lekin mabodo do’sti qiyinchilikka duch kelib yordamga muhtoj bo’ladigan bo’lsa, u holda o’z boyligini ayagan baxil do’stligidan ham osonlikcha kechib qo’ya qoladi.

Fojir va gunohkor odamlar bilan ham do’stlashish yaramaydi. Zero unday odamlar oxiratlarini dunyoga almashganlar. Do’stlarini ham arzimagan narsaga almashishlari tabiiydir.

Yolg’onchi odam ham do’stlashishga loyiq emasddir. Chunki u qilgan yomon amallarini yaxshi qilib ko’rsatadi. Natijada yolg’onchi odam bilan do’stlashgan odam bora bora yaxshi amallarni yomon ko’rib qoladi, o’zi ham yaxshi amallarni tark qiladi. Boshqa tarafdan esa yomon ishlarni qila boshlaydi, chunki bunday amallar ko’ziga chiroyli ko’rinib qoladi. Shunday ekan aziz do’stim, do’st tanlashga alohida ahamiyat bergin , ehtiyot bo’lginki tanlagan do’stlaring sanab o’tilgan 4 guruh odamlardan bo’lmasin.

Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Muhammad Amin 05 Sentyabr 2009, 06:32:42
Инсон учун машасœсœатли ишлардан бири дсст танлашдир. Чунки сœадди-басти чиройли ва хулсœи гсзал бслиб ксринган с›ар бир киши табиатан схши ва гсзал хулсœли бславермайди. Зеро, ранги тинисœ ва тоза ксринган сув шср с›ам бслиши мумкин.
Кишига, айнисœса, у ёш бслса, дсст ва йслдошининг таъсири тез стади. Хулсœи ва сътисœоди бузусœ кишилар билан дсстлашиш осœибати пушаймонликдир.
Фарзандларини ёмон хулсœли кимсалар таъсиридан с›имос сœилиш ота-онанинг бурчидир. Ота-она фарзандларига схши ибратли дсст танлашда срнак бслишлари ва ёрдам беришлари керак.
А асулуллос› (соллаллос›у алайс›и ва саллам) марс›амат сœиладилар: "œА остгсйлар билан дсстлашинг! Улар тинчликда зийнат, хавфда сœалсœондир".(1)
А‹акимлардан бири айтади: "œДиёнатли, асœлли ва одобли киши билан дсстлашгин. У мус›тожлигингда ёрдамчинг, сœийин кунларингда сœслловчинг, маъюслигингда сœувончинг, хотиржамлигингда зийнатинг бслади".
"œКишининг кимлигини ссзидан смас, ишидан бил, мус›аббатини тилидан смас, ксзидан бил!"
"œДсстинг сœандай сканини унинг сендан олдин дсстлашган одами ким сканлигидан билиб оласан".
Инсон саломатлиги тановул сœилган таомига бос“лисœ бслганидек, унинг саодати с›ам танлаган дсстларига бос“лисœдир. Шунинг учун дсст танлашда адашманг.
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Muhammad Amin 06 Sentyabr 2009, 21:29:12
Do'stimga aytganlarim         
 
Do`stim, men endi ketaman! Koshki meni ketishim Seni tashlab ketgan barcha ayollarning ketishidek oddiygina voqea bo`lsa edi. Afsus unday emas. Mening ketishim yomon ko`rgulukdir, baxtsizlikdir. Endi mening izlarimdan yovuzlik unib chiqadi, jaholat gullab-yashnaydi. Zulm, zo`ravonlik qilichi boshingda o`ynaydi. Mening ketishim bilan bu yurtda zog`lar, quzg`unlar, qarg`alar yayrayrdi, ilon-u chayonlar davru davron suradi, bulbullarning, qumrilarning tillari qirqiladi, gulzorlar, chamanzorlar, bog`-u rog`lar xazon bo`ladi. Mening ketishim bilan xalq xonavayron bo`ladi, millat badnom bo`ladi, yurt xarom bo`ladi. Mening ketishim fojeadir, tanazzuldir, senu-mening, millatning, xalqning, vatanning inqirozidir.
Alvido, aziz do`stim! Badbaxtlik senga muborak bo`lsin!

 
* * *



Do`stimning degani: "Siz ham meni tashlap ketyapsiz. O`zi udumu shunaqa, odamning omadi ketsa uning do`stlari tashlab ketishadi!" Shundaymikin?! Aziz do`stim, sen yana bir karra yaxshilab o`ylab ko`r. Omading nega ketdi? Chunki omadingdan avvalroq seni do`stlaring tashlab ketdi. Uning ketidan omading ketdi, saltanating ketdi, baxti-iqboling ketdi. Sen o`z omading bilan sarxush bo`lib do`stingning tashlab ketganini sezmading ham. Sen taqdirning inoyati bo`lgan bu zig`irdakkina omadni ko`tara olmading. U sening ko`zlaringni ko`r qildi, fahm-farosatingni, aql-zakovatingni quvvatini oldi. Sen do`st bilan dushmanning, shayton bilan farishtaning, yahshi bilan yomonning farqiga yetmay qolding. Jur'atsiz, ojiz kimsaga aylanding. Do`sting seni bu ko`rgulikdan qutqara olmadi. Chunki sen uni mensimading, qadrlamading, avaylamading. U ketishga majbur bo`ldi va... u bilan omad ketdi, baxt ketdi, zafar ketdi...

 
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Muhammad Amin 06 Sentyabr 2009, 21:33:55
* * *
Do`stim! Sening fojeang shundaki, meni tushunmading. Atrofingda o`zini ko`z-ko`z qilib g`imirlab yurgan oddiygina ayollardan biri deb o`ylading. Afsus unday emas edi. Men yo`llringda sen qayg`urgan xalq bo`lib turuvdim, sen mansub bo`lgan millat bo`lib turuvdim, oyog`ing ostida vatan bo`lib turuvdim. Men baxt edim, omad edim, zafar edim. Sen esa mening kelajagim eding, umidim eding, ishonchim eding. Sendan ajralish baxtsizlikdir, iztirobdir. Mendan ajralish esa fojeadir, ko`rgulikdir, juda yomon ko`rgulikdir. Buni sen bir kun tushinasan. Lekin harchand chiransang ham meni topa olmaysan, vatanni, millatni, xalqni topa olmaysan... zor bo`lasan... hor bo`lasan... abgor bo`lasan...



* * *



Do`stim!- tamom, sen batamom yengilding! Bilaman, mag`lubiyat yuki seni ezmoqda. Ko`nglingni ko`taradigan, ruhingga taskin beradigan bir do`stga zorsan hozir. Shunday og`ir kunlaringda yonigda bo`lishim, bisotimdagi eng go`zal so`zlar bilan senga taskin berishim, qo`laringdan tutishim, o`rnigdan turg`azishim lozim edi mendan. Lekin...
...Jamiyatning har 70-100 yilda bir marotaba takrorlanadigan qiziq damlari bor. Vatanning taqdiri, unda yashayotgan millionlab odamlarning qismati hal etiladigan bu damlarga buyuk o`zgarishlar davri deyiladi. Bu davrda jamiyatning katta kurash maydonida yangilik bilan eskilik, ezgulik bilan yovuzlk, hurlik, erk bilan zulm, zo`ravonlik o`zaro olishadi. Mardlarning mardi shu kurash maydoniga bel bog`lab tushadi. Sening omading chopdi, zamonning zayli, taqdirning taqozosi bilan ezgulik, hurlik, erk tarafdori bo`lib maydonga tushding. Adolat, haqiqat, kuch-quvvat sen tomonda edi.. Men raqibingni kekirdagidan olishingga, uni yer bilan yakson qilishingga ishondim, g`alabaga, zafarga umid bog`ladim. Tarix sahnida adolat, shon, shavkat ramzi bo`lib qolishingni istadim. Halqning obro`siga, millatning iftixoriga, vatanning ko`rkiga aylanishingni orzu qildim. Faqat shuning uchun senga xayrixohlik qildim, rag`batlantirdim, jonimni, boru yo`g`imni tikdim. Bu hayot-mamot jangida zafar qozonishing uchun imkoning, kuching, quvvating yetarli edi. Sendan faqat va faqat jur'at va jasorat lozim edi xolos.

Lekin sen maydonga tushishga tushdingu, raqibingni vajohatidan qo`rqding, unga yon berding, murosaga moyillik bildirding. U bilan chinakamiga kurashishga jur'ating yetmadi, ojizlik, qo`rqoqlik qilding. Senga ko`z tikib turgan millionlarning ko`ziga cho`p suqding. Senga ishonganlarning ishonchini paymol etding, umidlarini chil-parchin qilding. Seni sevganlarning muhabbatidan rag`bat, ruh ola bilmading, ularni yuziga oyoq qo`yding. Shuning uchun ham ayyor raqibing seni osongina yiqitdi. Sen mag`lub bo`lding! Sen emas ezgulik, adolat, erkinlik mag`lub bo`ldi. Xalqning sha'ni, millatning obro`si yer bilan yakson bo`ldi. Sen 100 yilda bir keladigan buyuk imkonni qo`ldan chiqarding va raqibing in'om etgan hayhotdek binoda, huvillagan kabinetda yumshoq kursilarlarda o`tirib, pinjingda yurgan bir tasqara shaytonning qo`lida ojizlarcha jon berding.

Men esa senga aza ochmadim, motam tutmadim, ko`z yoshi to`kmadim. Meni aldagan yuragimni qarg`adim, o`jar his-tuyg`ularimga la'natlar aytdim. O`zimdan uyaldim, xolimga, axvolimga kuldim. Majruh muhabbatimni, ojiz va notavon sevgimni, puchga chiqqan umidlarim-u ishonchlarimni senga qo`shib dafn etdim... Alvido!!!

Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Muhammad Amin 06 Sentyabr 2009, 21:34:44
* * *



Aziz do`stim! Seni ko`mganimga ko`p emas, oz emas o`n yil bo`libdi. O`n yil!!! Bu yillar ichida qancha suvlar oqib ketdi, qancha gullar so`lidi, daraxtlar kesildi, buloqlar quridi... Sen butunlay yo`qolib, tuproqqa qorishib ketgan bo`lsang kerak deb o`ylardim. Bugun negadir o`tmishni qumsadim, xazon bo`lgan orzu-umidlarimni sog`indim... va o`sha xotiralar hurmati sening qabringni ziyorat qilgani keldim...

Ne ko`z bilan ko`rayki, sen tirik ekansan, yashaypsan, borsan... O`zingga munosib vatan quribsan, bog`-rog` yaratibsan... Muborak bo`lsin!!!
Tashrifim seni quvontirganini sezdim. Yana shon-shavkat, kuch-quvvat, omad, baxt, muhabbat bo`lib sen tomon boqishimni istayotgandirsan?...

Lekin bugun shuni tushundimki, men o`shanda seni emas, o`zimni ko`mgan ekanman. Sen bilgan o`sha ojiz va notavon ayol allaqachon yo`q bo`lib, tuproqqa qorishib ketibdi. Bu yerga tashrif buyurgan ayol butunlay boshqa. U sen tashvishini chekayotgan vatan, millat, xalq degan tor va biqiq matolardan juda yuksakda turadi. U bunday sariq chaqalar uchun qayg`urmaydi, ko`z yosh to`kmaydi, najot, panoh izlab ojiz kimsalarga yolbormaydi. U daxlsizdir, buyukdir, qudratilidir. Bu ayolning nomi osmondir, oftobdir, oydir, yulduzdir... Uni hech kim talashmaydi, xor qilmaydi, g`ururini, orini, nomusini paymol qilolmaydi. U endi sening yordamingga muhtoj emas. Uning o`z dunyosi bor, o`z saltanati bor, barcha narsaga qodir, buyuklardan ham buyuk yori bor, farishtalar, huru-maloikalardan iborat har ishda hoziru-nozir do`stu yoronlari bor... U endi sen tomonga qayrilib qaramaydi...


Hafiza Nasrulloh

Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Hadija 17 Sentyabr 2009, 19:04:04
DO’STLIKLAR, DO’STLIKLAR...

Odam topmoqqa juda e’tibor qiling!.. Do‘stliklar!.. Do‘stliklar, do‘stliklar... Ko‘ngilni olmoq, qalbni topmoq, birodar tutinmoq, har kuni birodarlarini orttirib bormoq... Fihrist daftariga yangi ismlarni qo‘shmoq... Alloh rizosi uchun bo‘lishi sharti bilan ziyoratlar va yana ziyoratlar qilmoq... Endi menga og‘alarim aytishadiki: «Istanbuldan chiqma, boshqa tashqi, chekka viloyatlarga ketma!.. Qara, Istanbul falon million, ustozim, qancha Onado‘li shahridan afzal! Ellik minglik bir shaharga borasan, uch kuning yo‘lda ketadi. Bu yerda seni izlaganlar topa olmaydi...» Yaxshi, ammo men borgan joyimda birodaralarim anjumani bo‘ladi, dars bo‘ladi!.. Bir kishi bo‘lsa ham, borgayman!.. Hatto bir kishi bo‘lsa ham, Fizonga qadar borgayman!.. Bir zal to‘lgulik odam to‘planadi.

Antaliyalik birodarlarim eslaydilar: «Meni faqat markazlarda gapirtirasiz, bir oz uzoq viloyatlarga ham eltsalaringiz-chi!» dedim. «Ketdik!» deyishdi. «Lekin, afsuski, shundoq, undoq, bundoq... Qaerga boramiz?..» «Olmaliga boramiz!» dedik. «Olmalida hech tanishlarimiz yo‘q-da», deyishdi. Men aytdimki, «Mening bir tanishim bor». «Kim?» deyishdi. «Olmalik Sinoni Ummiy hazratlari!» dedim. «Tasavvuf adabiyotidan bilaman, shundoq bir muborak zoti muhtaram bor, uni taniyman men. O’shanga boramiz», dedim.
Turdik, Antaliyadan u yoqqa ketdik. Peshin namozida u yerda bir kishi bilan qo‘rishdik: «Ooo, marhabo!» Birodarlar salomlashdilar... Undan bir imom-xatib birodarimiz bilan qo‘rishdik... Bittasi yonimizga yondoshib: «Bir qahvamizni, choyimizni ichmaysizmi?» dedi. «Ichamiz!» dedik. Jon deymiz!.. Bordik, choyini ichdik. «Xojam, bu kecha biznikida qolmaysizmi?» dedi. Valloh, xuddi shundoq gaplashdik. Biror tanish kishi topa olsak, qolamiz, topa olmasak, mashinamiz tagimizda — qaytib kelaveramiz, Antaliya bu yerdan ko‘p uzoq emas, deb o‘yladik. «Mamnuniyat bilan qolamiz!» dedik. Va qoldik. Uylarining zali katta ekan, yonida yana bir zal bor edi. Ikkovini ochishdi, odamga liq to‘ldi.

Men shunday bir so‘radim: «Sening kasbing nima?.. Sen nima ish qilasan?..» «Qur’on kursi domlasiman, muhandisman, davlat ishlarida ishlagan falonchi, nafaqador falonchi...» bir jamoa birodarlarimizning hammasi zikr darsini oldi, oltmish-sakson kishi hammasi zikr vazifasini olishdi. Endi Olmaliga borib bo‘lmaydi?.. Ya’ni, o‘n ming aholisi bor, deb sakkiz ming, besh ming aholisi bor deb, u yoqlarga borilmaydimi?.. Birodar topgan bo‘ladi inson... Birodar topgan bo‘ladi, qarindosh topgan bo‘ladi, do‘st topgan bo‘ladi...

Va bir-birlarini Alloh uchun sevganlarning mukofoti juda ortiqdir. Shuning uchun muhabbat bizning sarmoyamiz, sevgi bizning muvaffaqiyat eshigimizdir!.. Bir-birimizni sevgaymiz va birodarlikni rivojlantirmoqqa, kengaytirmoqqa uringaymiz, muhtaram birodarlar!

Endi, layoqatli, munosib xodimlar yetishtirishga majburmiz. Islomga xizmat qilmoq uchun yetishgan, kamolga yetganlarni payqamay o‘tib ketish yo bir quvlik, yo laqmalikdir. Irshod etgaysan, tinglagay. Munosib bir odamni qo‘lga kiritgaysan: bir yuksak muhandis, bir professor... Sizning jomadoningizga kakliklar kirgay, juda go‘zal bir narsa!.. Ammo Alloh uchun ham go‘zal! U kishi uchun ham go‘zal, siz uchun ham go‘zal!.. Ya’ni, har kim bu ishdan naf topgay, kelgan kishi ham foyda topgay. Faqat Islomga xizmat qilmoq uchun biz yanada kuchliroq tayyorlanmoqqa majburmiz. Xarajat eshiklarini ochmoq kerak. Inglizchani biladigan din kishilariga ehtiyoj zo‘r.

Tanilgan, juda mashhur boylardan bo‘lgan bir qancha kishilar qoshiga ko‘pdan beri bora olmayotirmiz... Otam: «Boraylik» dedilar. «Xo‘p, otajon!» dedim. Bir kun bordik, u yerda gaplashildi. Janubiy Afrika mamlakatlaridan kelgan, ustlarida yozuv yozig‘liq: «Inglizchani biladigan ikki nafar din odamini izlaymiz» degan. Bular qidirib, Turkiyada o‘zlariga foydali bo‘lgan din odamini topa olishmabdi!.. 55 millionlik Turkiya mamlakatida, Dorul Xilofoti Oliyaning vorisi bo‘mish Turkiyada, 99 foiz aholisi musulmon bo‘lgan Turkiyada inglizchani biladigan bitta domla topilmabdi!..

Domlalar ham oz emas edi, Turkiyada inglizcha so‘zlashadigan faqat men emasman, ya’ni... Men go‘yo professorman, imtihonldardan o‘tdik. Bir emas, ikkita g‘arb tilini, peshonamiz sho‘ri bilan o‘tdik. Terlab, haq bergaymiz. Buning uchun ayrim birodarlarim tabassum bilan qarshilagan bir nazariyam va taklifim bor mening: «Yoshlardan bo‘ydoqlari bo‘lsa, borsinlar, u yoqlardan qiz olsinlar, u yoqlardan qarindoshlik tuzsinlar!» degan edim. Muhimi — Islom o‘lkalari bilan bo‘lgan aloqalar quvvatlanmog‘idir. Masalan, bir yurtdoshingiz Sudanlik bir qizga uylanib, o‘sha yerda yashayotgan bo‘lsa, sizning ham u yurtlarga borishingiz qulay bo‘ladi... Qiyin bir ish bo‘lmaydi. Misrga bemalol borgaysan. Pokistonga va hokazo joylarga bemalol borgaysan. Bularning tashqi do‘stliklari va ichki do‘stliklarini — ish birligini butkul ta’minlagaymiz.

Bunday munosabatlar, rivojlanishlar Bolqonlarga nisbatan, Yugoslaviyaga, Bulg‘oristonga, Yunonistonga, Ruminiyaga, Markaziy Osiyoga nisbatan, Kavkaziyaga nisbatan, O’rta Sharq o‘lkalariga nisbatan, Janubiy Osiyoga nisbatan bo‘ladigan bir qancha vazifalarga bizni tortgaylar. Chegaralar kengayadi, kelib-ketish imkoniyatlari ortadi; biz bu qardosh birodarlarimizga xizmat qilishga mas’ul bir holatga yetgaymiz. Ma’naviy mas’uliyatimizning saxosi ochilgay: xizmat sohamiz ochilgay. Bir zamonlar kelib, Yugoslaviyaga bormog‘imiz lozim bo‘lur... Bir zamon o‘tib, Kavkaziyaga bormog‘i lozim bo‘lgay domla birodarlarimizning...

Hozirdan esa, faqat ziyoratlar bo‘lgay. Markaziy Osiyo jumhuriyatlarini kezmoq lozim bo‘lgay...

Tujjor birodarlarimiz borib kelmoqlari kerak... O’shal istiqbolli munosabatlar uchun hozirdan hozirlanmog‘imiz lozim. Domla birodarlarimizdan bir qismi, masalan, qozoqchani o‘rganmog‘i lozim!.. Bir qismi: masalan, turkmanchani o‘rganmog‘i lozim. O’zbekchani o‘rganmog‘i lozim!.. Jindak farqlari bor, u kitoblarni olmog‘i lozim, o‘qimog‘i lozim!.. Qaerda xizmat ko‘rsatsa, qaerda ish qiladigan bo‘lsa, u yerning tilini, madaniyatini o‘rganish ishlarini qilmog‘i lozim, mening ojizona fikrimga ko‘ra...

«Musulmonlarning tashvishiga sherik bo‘lmagan, dardlari bilan og‘rimagan (kishi) bizdan emas!» deydilar Payg‘ambar janobimiz (s.a.v.).Bir kishini hazrati Rasululloh (s.a.v.): «Sen bizdan emassan», desalar, ul kishi ne ish qilsin?! Ado bo‘ladi, xarob bo‘ladi... Rasululloh (s.a.v.) bizga: «Kelma yonimga, ushlama qo‘limni! Sen bizdan emassan!..» desalar, ne qilgaymiz?!

Mahmud As’ad Jo’shon, "œHaqiqiy sevgi"
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2009, 10:17:53
Assalamu alaykum.
Har bir inson o'ziga haqiqiy do'st tanlashda yanglishmasligi lozim.
Bizni do'stlarimiz nafaqat yaxshi kunimizda, qolaversa yomon kunimizda, bundan ham zaruri biz xato yo'lga kirganimizni, biz ayb ish qilganimizni ko'rib bizni to'g'rilashga, ogohlantirishga harakat qiladigan, biz kibrga berilganimizda, ozgina olgan ilmimizga mag'rurlanganimizda,biz asl kim ekanligimizni va borar joyimiz qayer ekanligini eslatadigan bo'lishini juda juda xohlaymiz.
Va har bir inson shunday do'stga muhtoj...

Ja'fari Sodiq (r.a.) do'st tanlash borasidan shunday tavsiya berganlar:
"Besh toifa inson bilan do'st bo'lishdan saqlaning:
1.Yolg'onchi bilan do'stlashmang.CHunki u xuddi sarob singari uzoqni yaqin, yaqinni esa uzoq ko'rsatib, doimo sizni yanglishtiradi.
2.Axmoq bilan do'st bo'lsangiz,sizga foyda keltirishni istagani holda, hamisha zarar keltiradi.
3.Baxil bilan do'st bo'lmang.CHunki do'stingizman desada, hatto juda muhtoj bo'lib turgan paytingizda boshqalarga nisbatan xasisligini sizga ham qiladi.
4.Qo'rqoq bilan do'stlashsangiz, tahlikali onlarda sizni yolg'iz tashlab, o'z jonini qutqarish payida bo'ladi.
5.Fosiq bilan do'st bo'lmangki, u sizni istagan paytida bir luqma yemak yoki bundan ham oziga almashtirishdan toymaydi".

Alloh har birimizga,bizni chin DO'ST visoliga yetishishimizda ko'makchi bo'la oladigan do'st nasib qilsin!!!
Amiyn.
Nom: Re: Do'stdan Do'stgacha!!!
Yuborildi: siddiqa 12 Oktyabr 2009, 15:18:32
do'st izlasang Alloh yetar ,

Ulfat izlasang Qur'on yetar ,

Mol istasang qanoat yetar,

dushman istasang nafs yetar ,

nasihat istasang o'lim yetar .....

                bir turk olimi