ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Yurtdosh => Xorijdagi o'zbeklarim => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 15 Iyun 2006, 21:20:44

Nom: Horijda o'qish
Yuborildi: AbdulAziz 15 Iyun 2006, 21:20:44
Assalomu alaykum!

ushbu bo`lim orqali horidagi o`qish istagida bo`lgan toliblarga yordam berasizlar degan umiddamiz.

Aynan shu bo`lim orqali chetda o`qish uchun applicationlar reklama qilinsa yaxshi bo`lardi.

Chet-eldagilar u yerdagi sharoitlar haqida hikoya qilib berishsa, maslahatlar berishsa deyman.

Nima dedingiz?

Mavzu arxivi (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=uzbek&action=display&thread=1108385095&page=1)
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ziyo 03 Iyul 2006, 05:38:56
AQSh XORIJ TALABALARINI JALB ETMAY QO‘YDI

09.02.2005.
O‘tgan o‘quv yilida AQSh oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 2,4 foizga qisqardi, deya xabar qiladi Financial Times gazetasi. Bu dalilni xorijda tahsil olish va malaka oshirish ishlarini nazorat qiluvchi eng yirik xalqaro agentliklardan biri, Xalqaro ta’lim instituti tadqiqotchilari keltirgan.

AQShda tahsil olishga qiziqish o‘tgan asrning 70-yillarida paydo bo‘lgan edi. Endi esa, bu hol manfiy tomonga o‘zgarmoqda. Buning asosiy sabablari xorijlik talabalarga amaldagi prezident Jorj Bushning tashqi siyosati yoqmasligi, 11 sentyabr voqealaridan keyin mamlakatda qattiq tartib vujudga kelib, erkin harakatlanishning cheklanganligi va yana shunga o‘xshash bir qator noqulayliklardir.

Endilikda talabalar Avstraliya, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya kabi ingliz tilida gaplashuvchi mamlakatlarda tahsil olishni afzal ko‘rmoqdalar. Ta’lim bozorida liderlikni qo‘ldan chiqarish xavfi AQSh davlat departamentini xorijlik talabalarni qaytarishga mo‘ljallangan “jalb qilish kampaniyasi”ni tashkillashtirishga undadi. Bu tashviqot xorijlik talabalarga viza va samolyot chiptasi kabi yengilliklarni va’da qiladi.

Shuningdek, departament davlat imidjini ham unutmadi. Bu masala bilan davlat arboblari bilan bir qatorda, kampaniya reklamasiga ko‘maklashuvchi universitet va kollej xodimlari ham qayg‘uradilar.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ziyo 03 Iyul 2006, 05:39:16
YAPONLAR QIYNALIB QOLISHDI

09.02.2005.
Yapon oliygohlarining deyarli 25 foiz talabalari o‘z ona tillarini 15 yoshli maktab o‘quvchisi darajasida o‘zlashtirmoqda. Multimedia ta’lim instituti talabalar orasida aynan shu masalaga bag‘ishlangan loyihaviy sinov o‘tkazdi. Loyihada 33 ta universitet va kollejning 13 mingdan ortiq talabalari ishtirok etishdi. Ko‘p sonli test savollari o‘rtacha murakkablikda edi. Ammo, natija kutilganidan ham past ko‘rsatkichda.

Har uch talabadan ikkitasi “g‘amgin” ma’nosini beruvchi ieroglifni “quvnoq” deb qabul qilgan. Ajablanarlisi, yapon tilini o‘rganayotgan xorijlik talabalar til sohiblaridan ko‘ra zehnliroq ekanlar. Olimlar loyiha natijasi haqida fikr bildirishdan o‘zlarini tiydilar. Har holda bu shunday ham ravshan. So‘nggi o‘n yil ichida Yaponiyada ona tili va yozuvini o‘zlashtirish ingliz tiliga nisbatan pasaydi. Uning asosiy sababi sifatida dunyodagi eng murakkab yapon yozuvlarini ko‘rsatish mumkin.

Yapon ierogliflari tuzilmasi taxminan 15 mingdan ortiq belgidan iborat va Xitoy yozuvlari asosida paydo bo‘lgan. Yapon alifbosi esa, har biri 47 harfdan iborat ikki Xiragana va Katakana qismlaridan tashkil topgan. Ammo, grafik harflar bilan ierogliflarni almashtirib bo‘lmaydi. Axir, har bir belgi o‘nlab ma’no kasb etishi mumkin.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ziyo 03 Iyul 2006, 05:40:06
Otabek:

Koreya oliygohi bilan tahsil olayotgan Universitetingiz o'zaro shartnoma tuzgan bo'lsa, muammo yo'q. Bizning O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti va Chung-Ang universiteti o'rtasida shartnoma tuzilgan. Shartnomaga muvofiq, Xalqaro Talaba Almashuv dasturi amalga oshiriladi. Bunda ma'lum miqdordagi o'zbek talaba Koreaga, shuncha miqdordagi koreys talaba O'zbekistonga o'qishga yo'l oladi. Dasturga ko'ra, talaba o'qishi tekin, yotoqxona va 3 mahal ovqati tekin bo'ladi. Lekin samalyot biletini o'zi olishiga to'g'ri keladi. Agar o'zbek talaba Chung-Ang Universitetida kontraktni o'z yonidan to'lab o'qimoqchi bo'lsa, koreyslar buni sal yengillashtirishi mumkin. Ya'ni, talaba kontraktning 70% foizinigina to'laydi. Yotoqxona va ovqatlanish talabaning o'z cho'ntagidan bo'ladi.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ziyo 03 Iyul 2006, 05:41:07
Bonu:

Assalomu alaykum! Otabek aka, mana siz shu chet eldasiz, hozirgi o'qish sistemasi bilan bizada Uzb. dagini solishtiradigan bolsak, qaysi davlatdaligingizda ichingizdan, dildan ham qiynalib ham mazza qilib oqigansiz? Masalan, mani USA dagi dostlarim etishadi: "mani Toshkentdagi dars qilishim hozirgi kitob titkilashimni 7 dan biri bolsa kerak". Angliyadagilar etishadi: "Man oldin UMUMAN dars qilmas ekanman, oqish degani mana bunaqa ekande!"
Siz nima deysiz?
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ziyo 03 Iyul 2006, 05:41:32
Otabek;

Assalomu alaykum, Bonu.
Darhaqiqat, til o'rganish borasida Toshkentda yaxshi o'qimaganligim ko'rinib qolayapti. Buni eng avvalo, Koreyada "koreys tili" darsining chuqur o'rgatilishi bilan izohlash mumkin. Harqalay, Toshkentda hali koreys tilini o'rganuvchilar uchun darsliklar ko'p emas. Shunday bo'lsa ham koreys tilini iloji boricha zo'r o'tishga harakat qilgan ustozlarimdan minnatdorman.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ziyo 03 Iyul 2006, 05:42:10
Noza:

Salom Otabek! Korea bilim yurtlarida forma masalasi qanday?
Kinolarda ko'rganmiz maktablarda hamma bir hil formada yuradi, hoh u boyni bolasi bo'lsin hoh oddiy oilanong bolasi.
Lekin oliy o'quv yurtlarida qanday forma masalasi?
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ziyo 03 Iyul 2006, 05:42:39
Otabek:

Assalomu alaykum, Dilnozaxon!
Koreyadagi maktablarda forma kiyish ommaviy sanaladi. Xatto, yakshanba kunlari ham ko'chaga aylangani chiqqan o'quvchi formada chiqadi.
Oliy o'quv yurtlarida forma kiyish shart emas. Men kuzatganlarim talabalarning deyarli hammasi yengil sport kiyimlari kiyishadi...
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ziyo 03 Iyul 2006, 05:43:12
Maknuna:

Assalomu alaykum!
Hozirgi kunda barcha yoshlarning orzusi chetga chiqib shu yewrda ta'lim olishdir.
Horijdagi vatandoshlar!
Sizlarning bundan yoshlarga maslahatlaringiz qanday?
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ziyo 03 Iyul 2006, 05:44:07
Behzodbek:

Assalomu alaykum,

Horijda o'qish yaxshi narsa, lekin bunda niyat muhimroq, kimdir o'yin-kulgi uchun, kimdirbutunlay qolib ketish uchun, kimdir pul topish uchun... Lekin, albatta, bilim olish uchun borayotganlar ham bor.

Zo'r, o'qishga borishsin, ilm o'rganishsin, pul ham topishsin, o'yin kulgi ham qilishsin, chegaradan chiqmay wa muhimi, ortlarida O'zbekiston, xalq, oilalari turganini, ularga yordam berish kerakligini unutishmasin.
Men balandparvoz gaplarni gapirmayapman, ehtimol rostdan ham balandparvoz, odamning ensasini qotiradigan gaplardir. Lekin men shunday o'ylayman.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ziyo 03 Iyul 2006, 05:44:21
Maknuna:

Albatta hammasi emas. Chunki haqiqiy bilim bolaman deb borayotgan yoshlar ham juda ko'p. Ham ziyorat ham tijorat deganlaridek, boshqa narsalarga ham ulgishayotgani albatta yaxshi narsa. Ular ham ota-onalarini o'ylayotganlari uchun chet-eldan moliyaviy najot kutmoqdalar. Buni qoralab bo'miydi.

PS. Hindistonda ta'lim tizimi qanday?
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ziyo 03 Iyul 2006, 05:44:49
Dilshodbek Zoirov:

Salom forum qatnashchilari ya’ni opayu akaxonlarim. Kechagina Navro’z bayramini nishonlab yerga dehqonlarimiz chigit qadagan edi bugun esa taqdir charxpalagi aylanib yana o’shal kunga yetdik va bu uchun Olloy Taologa shukurlar bo’lsin. Hayotda shunday nemat bor buning otin vaqt deydilar biz esa bu nematdan unumli foydalanmog’imiz zarurdir qadrdon. Men bir narsadan juda ham hafaman va ulardan afsusdaman. Men chet elda o’qiyotgan ko’p talabalarni
Bilaman ular davlatimizning ishonchini qozonib chet elga grant asosida o’qishga ketishgan ammo ular bu pullarni qaytarish haqida o’ylashmaydi(qo’pol qilib aytganda) . Ular faqatgina o’sha yerda qolib ko’p pul ishlash payidalar lekin hech o’ylab ko’rganlarmi ya’ni bu pullla temirchining qora peshonasidan, dehqonning siniq ketmonidan, savdogarning uyqusiz tunlaridan
Kelgani haqida. Ba’zida vijdonlariga havola deb qo’yaman ammo oltin zanglamas deganlari shu ekanda. Tarixda Navoiy ham tojik tilida asar yozib bir dunyo pul yig’ishi mumkin edi ammo u bunday qilmadi qiyin bo’lsa ham jar yoqasida yotgan turkey tilni jonlantirdi va unga zeb berdi bu esa haqiqiy turkey farzandning qo’lidan keladi va u buni uddaladi. Kechirasizlaru biz hozirda forumda vaqtimizning ko’p qismini ikkinchi darajali muloqotlarga sarflamoqdamiz. Uning o’rniga biz chet elda o’qiyotgan o’zbek talabalrni yana o’zbekistonga chorlab O’zbekistonni rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shmog’imiz zarur. Men sizlardan ularni birlashtirishga yordam so’rayman agarda bu ish qo’lingizdan kelmasa iltimos bunga qarshilik qilmang. “Bir kishi hamma uchun hamma bir kishi uchun “, “O’zbekiston vatanim manim agarda mening vatanimga zarradek bo’lsa ham nafim tegsa men dunyodagi eng yaxshi agarda bu qo’limdan kelmasa eng nonko’r vatanim o’g’loniman. ” , “biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam ham bo’lmaymiz.” Umid qilaman siz meni qo’llab quvatlaysiz va biz birgalikda Mustaqil O’zbekistonimizni prezidentimiz rahnamoligi ostida bundanda rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shamiz.??
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ziyo 03 Iyul 2006, 05:45:05
Behzodbek:

Qoyil, Dilshodbek, shoir bo'lib keting-e.

Lekin hamma ham siz kabi o'ylamaydi-da. Ehtimol, vaqt o'tib sizning ham fikrlaringiz o'zgarib qolar. Lekin gaplaringizga to'la qo'shilaman. Inshaalloh, hammasi yaxshi bo'ladi.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ziyo 03 Iyul 2006, 05:45:19
Malik:

Ajoyib fikrlarni bildiribsiz, qoil, lekin, aqlingizga, shu narsaga yetmagan aqlingizga.
O'ylisizki, shuncha ketvotgan yoshlar pul uchun ketvottimi?
Hato qilasiz, pulli o'zimizadayam topsa bo'ladi.

Nima qilsin, o'zimizada poraxo'rlik, ho'jako'rrlik uchun o'qib yuraversinmi?
Ho'p qani o'sha temirchining bolg'asidan yaralgan pullar?
O'sha kottalariz cho'nchagiga kiradigan pulli 1 foiziyam emas bu.
Ikkinchidan unaqa zamonla o'tib ketdi. Hozir hech kim sizi tekinga chetga o'qishga jo'natmiydi.
Aqliz bo'lsa, imkoniyatiz bo'lsa, keturasiz.

Ha, biz hech kimdan kam emasmiz, lekin...
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ziyo 03 Iyul 2006, 05:45:58
Margilanets:

Iqtibos
Men bir narsadan juda ham hafaman va ulardan afsusdaman. Men chet elda o’qiyotgan ko’p talabalarni  Bilaman ular davlatimizning ishonchini qozonib chet elga grant asosida o’qishga ketishgan ammo ular bu pullarni qaytarish haqida o’ylashmaydi(qo’pol qilib aytganda).

Hozir davlat sizi bepulga jo'natadimi? Puliz bo'sa bemalol keto'rasiz. Hamma chet-elga ketganlaram unaqabas. Endi borib attegi sharoitti ko'rgandan keyin nima qiladi qaytib. Betga kelib ketmon chopadimi yo 50 ming oylikka ishlaydimi? Qandini ursin. Yurursin. Pul topadi, ilm o'rganadi. Dunyoni ko'radi. O'sha davlatimiz kelajagi uchun uyoqdan valyuta jo'natadi. Davlatimizam boyiydi. Xalqimizam boyiydi (agar qisib qomasa).

Iqtibos
Ular faqatgina o’sha yerda qolib ko’p pul ishlash payidalar lekin hech o’ylab ko’rganlarmi ya’ni bu pullla temirchining qora peshonasidan, dehqonning siniq ketmonidan, savdogarning uyqusiz tunlaridan
Kelgani haqida. Ba’zida vijdonlariga havola deb qo’yaman ammo oltin zanglamas deganlari shu ekanda.

Temirchi, ketmonchingizni puli oldin o'ziga yetsin. Keyin siz aytgandaqa bo'ladi. O'qitgan bo'lsa, o'zini farzandini o'qitgan. Bir kun kelib , albatta kuniga yaraydi.

Iqtibos
Tarixda Navoiy ham tojik tilida asar yozib bir dunyo pul yig’ishi mumkin edi ammo u bunday qilmadi qiyin bo’lsa ham jar yoqasida yotgan turkey tilni jonlantirdi va unga zeb berdi bu esa haqiqiy turkey farzandning qo’lidan keladi va u buni uddaladi.


Eee, akam Navoiyni ilm bilan shug'ullanishi uchun kotta sharoit yaratib berishgan. Hazrat boy bo'lgan. Kotta-kotta ehsonlar qilgan. Tashvishi (iqtisodiy) yo'q bo'lgandan keyin bemalol ijod qilgan. Sizga kim hozir sharoit yaratib beradi. 15000 stipendiyez bilan necha kun tirik yura olasiz?

Iqtibos
Uning o’rniga biz chet elda o’qiyotgan o’zbek talabalrni yana o’zbekistonga chorlab O’zbekistonni rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shmog’imiz zarur. Men sizlardan ularni birlashtirishga yordam so’rayman agarda bu ish qo’lingizdan kelmasa iltimos bunga qarshilik qilmang.

Asta-sekin ko'pchiligi kelyapti. Mayli-da, borib ko'p narsalarni o'rganib keladi, keyin o'zimizdayam qo'llashar. Lekin kel-kel, deyaverish, ularning ustiga mag'zava ag'darish kerak emas.

Iqtibos
“Bir kishi hamma uchun hamma bir kishi uchun “,

Stalinning shiori! KOmmunizmning shiori!

Iqtibos
“O’zbekiston vatanim manim agarda mening vatanimga zarradek bo’lsa ham nafim tegsa men dunyodagi eng yaxshi agarda bu qo’limdan kelmasa eng nonko’r vatanim o’g’loniman. ”

Juda yaxshi shior. Hammaning maqsadi ham shu! Qabrga to'plaganiz opketalmesiz. Xalqqa qilgan xizmatiz, xalqti duosi qoladi. (agar shunga loyiq bo'sez).

Iqtibos
“biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam ham bo’lmaymiz.” Umid qilaman siz meni qo’llab quvatlaysiz va biz birgalikda Mustaqil O’zbekistonimizni prezidentimiz rahnamoligi ostida bundanda rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shamiz.??

Ha, biz hech kimdan kam emasmiz, Amerikayam 2000 yilda erishgan, bizga endi 15 yil bo'ldi : )))) Shunday deb o'zimizi o'zimiz ovutib yururamiz...
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ziyo 03 Iyul 2006, 05:47:43
Dilshodbek Zoirov:

Shior hech qachon bitta inson tompnidan o'ylab topilmaydi Stalinga ham uning o'qituvchisi o'qutuvchisiga esa o'qituvchisi o'rgatgan. Menimcha siz tarixga uncha qiziqmaysiz shekilli agar siz tarixga chuqur nazar solganingizda bu shior haqida bunday nomaqbul fikr uyg'onmasdi. Bir kun chet elda bir tajriba o'tgazilibdi 2 ta o'zbek odamini chiziq bilan chegaralabdi qolgan xalqlarni
esa 10 100 metr chuqurga taqshlab hech qayoqqa qochma deyishibdi shunda bir inson so'rabdi nega o'zbeklarni chiziqlab chegaraladinu boshqalarni o'ralarga tashlading deb so'rabdi. Shunda bir ulamo agar buylarning biri qochadigan bo'lsa ikkinchi xabar beradi yani ular jipslasha olmaydi deb NEWSWEEK jurnalida o'quvdim balkim o'sha endi o'z so'zini aytayapti.
It hururadi Karvon o'turadi deganlari shudurda do'stlar

Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ziyo 03 Iyul 2006, 05:48:55
Kumushbibi:

Bir o'qituvchimiz tanishish bahonasida uyiga taklif etdilar.Har xil mamlakatdan talabalar kelishgan.Hamma o'z yurti haqida to'lib-toshib gapirib berdi.Navbat menga..Qo'limdan kelgancha tanishtirishga harakat qildim.Al- Buxoriy,At-Termiziylar haqida gapirganimda ba'zi talabalar ular haqida bilishligini lekin yurtimiz haqida ma'lumotga ega emasliklarini aytishdi.Hatto ba'zilari O'zbekistonni Pokiston deb bilishgan ekan..:(
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ziyo 03 Iyul 2006, 05:49:44
Shoir:

AQSH yoshlari asosan qaysi sohalarga qiziqishadi?
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ziyo 03 Iyul 2006, 05:50:13
Ozodaxon:

AQSH yoshlari menimcha ko'pincha o'qituvchi, rassomlikga qiziqishadi. Masalan meni maktabimda AQSHlik tanishlarimni tahminam hammasi o'qituvchi, yoki rassom bo'lmoqchi. RAssomchilik sinfimda o'quvchilarni ko'pligi ham shundan dalolat bo'lsa kerak. Yanayam, bilmadim!!!

Feruza:

ASsalomu alaykum.
Bizning yoshlardan farqli o'laroq, ular ko'proq sport bo'yicha mutaxassis bo'lishni istashadi.(Mening maktabimda) Umuman olganda, hamma har xil. Lekin ijtimoiy sohada ketmoqchi bo'lganlar judayam oz.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Shoxjahon12 07 Sentyabr 2006, 12:43:03
Ozodaxon:

AQSH yoshlari menimcha ko'pincha o'qituvchi, rassomlikga qiziqishadi. Masalan meni maktabimda AQSHlik tanishlarimni tahminam hammasi o'qituvchi, yoki rassom bo'lmoqchi. RAssomchilik sinfimda o'quvchilarni ko'pligi ham shundan dalolat bo'lsa kerak. Yanayam, bilmadim!!!

Feruza:

ASsalomu alaykum.
Bizning yoshlardan farqli o'laroq, ular ko'proq sport bo'yicha mutaxassis bo'lishni istashadi.(Mening maktabimda) Umuman olganda, hamma har xil. Lekin ijtimoiy sohada ketmoqchi bo'lganlar judayam oz.

Xorijdagi forumdoshlardan iltimos: chet eldagi ta'lim tizimi va asosan  magistratura haqida ma'lumot bersalaring yaxshi bo'lardi.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: fazilathon 27 Yanvar 2007, 03:04:58
Assalomu alaykum aziz vatandoshlar men ham Begzodbekni gaplariga qo'shilgan holda hamma narsani o'rtasi chiroyliligini eslatib o'tmoqchidim.Sog'bo'lila
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: watson 02 Fevral 2007, 21:18:25
horijda uqituvchlarning oylik maoshi baland,
bu esa uqituvchilarning saviyasini oshiradi!!!!
lekin horijda masdaniyat dagan narsa umuman yuq!!!
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Sultonhuja 16 Iyun 2007, 01:54:37
Salom Forum azolari. chet eldagi yurtdoshlarimizga alangali salom lekin nega forumda xechkim yo'q. man sizlarga bitta iltimosim bor mani orzuyim AQSHda o'qish i ishlash. lekin man ilojini topishga qiynalyapman(VIZA olish). iltimos agar malol kelmasa manga maslaxat beringlar iltimos man sizlarning maslaxatlaringizni e-mailimda kutaman iltimos sultankhodja@mail.ru
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Simran 08 Sentyabr 2007, 11:49:11
men ham xorijda  o'qishni orzu  qilaman lekin  turli  xil soz'larni  eshitib  bu armonga  aylanishidan  qo'rqaman
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Simran 08 Sentyabr 2007, 11:55:12
Men orzuim  informatsion  technologiyalarini  bank  sohasi  bilan  bog'lash  va kelajakda Shvetsariyada ta'lim  olish  nima  deb  o'ylaysiz  buni  iloji  bormikan  maslahat  bering
forever1711@doda.uz
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Shaxnozaxon89 25 Oktyabr 2007, 02:19:40
Assalomu alaykum! Mavzulariz manga judayam yoqdi...
Horijda o`qish albatta yaxshi, lekin uyni sog`inasiz. Masalan man AQSHga kelganimga hali endi 3 oy bo`ldi, uyga ketamanga tushganman.   ;DBaribir o`z Vataningda, o`z yaqinlaring oldida bo`lishga nima yetsin? Uyimni judayam sog`indim. Ko`zimga hech narsa ko`rinmay ketadi ba`zan  :'(
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Feruzabegim 26 Oktyabr 2007, 12:45:59
Assalomu alaykum! Mavzulariz manga judayam yoqdi...
Horijda o`qish albatta yaxshi, lekin uyni sog`inasiz. Masalan man AQSHga kelganimga hali endi 3 oy bo`ldi, uyga ketamanga tushganman. ;DBaribir o`z Vataningda, o`z yaqinlaring oldida bo`lishga nima yetsin? Uyimni judayam sog`indim. Ko`zimga hech narsa ko`rinmay ketadi ba`zan :'(

Bu dunyoda Vatandan-da aziz, qadrdon dargoh bormikan o'zi? Albatta yo'q. O'zga yurtda o'tgan har bir on faqat Vatanning sog'inchi va yodi bilan o'tadi.
Shaxnozaxon, to'g'ri, har bir inson, chetga chiqqanida o'z uyini, oilasini judayam sog'inadi, qaytib ketgisi keladi. Lekin boshqa tomondan o'ylab qarasak,  mana shu qiyinchiliklar bilan birgalikda, Vatanning qanchalik aziz ekanligini his qilganligingizning o'zi bir baxt! Shunday emasmi?
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Shoxjahon12 27 Oktyabr 2007, 11:16:44
Tez orada Janubiy Koreyaning Jusong Universitetiga o'qishga kirishni istaganlar uchun imtixonlar o'tkaziladi.Batafsil ma'lumotlar valenciafanat@mail.ru  orqali olishingiz mumkin.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ikromjon 27 Oktyabr 2007, 19:35:57
Assalomu alykum Men Namangandan Eraliyev Ikromjonman Iktimos Menga AQSH da oqish uchun yordam bersanglar iltimos qilaman e-mail Ikromjon8@gmail.com javobini kutaman Oldindan rahmat.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: zuzu 05 Noyabr 2007, 12:16:17
Assalomu alaykum! Mavzulariz manga judayam yoqdi...
Horijda o`qish albatta yaxshi, lekin uyni sog`inasiz. Masalan man AQSHga kelganimga hali endi 3 oy bo`ldi, uyga ketamanga tushganman.   ;DBaribir o`z Vataningda, o`z yaqinlaring oldida bo`lishga nima yetsin? Uyimni judayam sog`indim. Ko`zimga hech narsa ko`rinmay ketadi ba`zan  :'(
To'g'ri bu dunyoda o'z vatanidan azizroq, ota-ona va  yaqinlaring yoningdaligini his qilishdanam yaxshiroq narsa bormikan inson uchun.Lekin siz zerikmang yaxshi o'qing ortingizda vataningiz ota-onangiz sizga umid bilan ko'z tikib o'tirganlarini unutmang.bu kunlariz hali o'tib ketadi va siz bu damlarni sog'inasiz.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Usmon 07 Noyabr 2007, 11:29:22
Amerika 2000 yilda erishmagan, afsus, buni aniq vaqtda o'lchab bo'ladimi? Amerika bilan O'zbekistonimizni taqqosab bo'ladimi? Ular erishgan narsalaga erishishni orzu qilish kerakmi? bilmadimu, lekin har holda bechoralar bu kungi ahvoliga 230 yilda erishishdi ;)
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Usmon 20 Noyabr 2007, 11:01:12
Hamma study.uz web-saytini biladimi?
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Kamola.93 08 Dekabr 2007, 17:02:32
Hammaga salom!!! Men xitoyga o'qishga borgim kelyapti. Lekin qayerda grant topishni bilmayapman. Ilitimos menga yordam berila.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: JaviK 05 Yanvar 2008, 08:01:17
Hammaga salom!!! Men xitoyga o'qishga borgim kelyapti. Lekin qayerda grant topishni bilmayapman. Ilitimos menga yordam berila.

hitoyga qanaqa soha yoki nimaga bormoqchisiz?
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: ikbaljohn 12 Yanvar 2008, 15:57:34
O'qiganga yarasha o'rtoqlar,Yaponiya,Yevropa yoki USAda o'qila.Xitoy,Malayziya-Palayziya qilib yurasilarmi?
Eng yaxshisi-Moskva yoki Piter.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: mutaallimah 13 Yanvar 2008, 02:23:15
O'qiganga yarasha o'rtoqlar,Yaponiya,Yevropa yoki USAda o'qila.Xitoy,Malayziya-Palayziya qilib yurasilarmi?
Eng yaxshisi-Moskva yoki Piter.
Assalomu alaykum.

MISR dayam o'qilar  :) :) qidirsa ilm chiqadi bettayam ::)
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: ikbaljohn 13 Yanvar 2008, 11:02:18
Малайзиянинг нимаси ёмон. Малайзия мусулмон мамлакати, бу ерда ибодатларни ўз вақтида ва тўлиқ адо этишга имкон кўпроқ деб ўйлайман АҚШ ёки Россияга қараганда.
Endi Birodar,ibodat qilish uchun davlatni farqi yo'q.Moskva va Piterdayam masjidlar ko'p.


Assalomu alaykum.

MISR dayam o'qilar  :) :) qidirsa ilm chiqadi bettayam ::)
Vaalaykum assalom!
Sizzi fikrizam ma'qul ::)
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: ikbaljohn 14 Yanvar 2008, 18:55:24
Endi Birodar,ibodat qilish uchun davlatni farqi yo'q.Moskva va Piterdayam masjidlar ko'p.
Энди Иқболжон, ибодат қилиш деганда фақат намоз Ñžқиш тушунилмайди. Мусулмонларнинг йўлидан бир тошни четга олиб ташлаш ҳам ибодат. Расулуллоҳ САВ ҳатто мўъминнинг ўз жуфти ҳалоли билан шаръий қўшилишини ҳам ибодат санаганлар. Шундан ибодат маъноси нақадар кенг эканлигини тушуниб олаверамиз.
Endi Birodar.Moskva taraflardayam kamida 1 mln bo'masayam,500 mingtacha musulmon yashasa kerak.Shu 500 mingta odammi oyog'i tagidegi toshni opqo'ysezam 500 mingta tosh bo'ladi.
Ibodatni ma'nosi naqadar kengligini aytginiz uchun raxmat.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: mutaallimah 14 Yanvar 2008, 20:08:59
qayerga bo'sayam mayliydi,o'qish bo'masayam mayliydi ..ehhh xorijda yurganlarga rosa havas qilamanda ...


Assalomu alaykum.
Aynan nimasiga havas qilasiz horijdagilarni?!
Menimcha chet elda yurish havas qilishlik uchun yetarli emas...
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Mahzunabonu 15 Yanvar 2008, 15:58:53
.....LEKIN UNUTMENG HAR JOYNI QILMA ORZU HAR JOYDA BOR TOSH ILA  TAROZU....
vayy, manam shuni etaman-de, tosh ila tarozu bor ekan, lekin shu tarozu judaaa og'ir ekan o'ziyam...
Mani bir jajji singilcham bor, u har doim:-manga qolsa hech qayerda o'qimasdan uyda o'tirardim, eee....-desa e'tibor bermagan ekanman, shu kunlarda manda ham shu fikr paydo bo'lib qoldi, lekin o'qib olganimiz ham bir kunimizga yarab qolar deb tishshi tishga qo'yiiib yubirmiza ::)
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: rukiya 14 Dekabr 2008, 19:23:46
assalomu  alaykum  chet  eldagi yurdoshlarizmizga omad Alloh doim ular bilan. biz mulsima qizlargayam borish nasib qilsin. mahramlarimiz bilan.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: The_Alchemist 20 Dekabr 2008, 10:46:20
Tugrisini etsam chet eldagi hayot Uzbekistondagidan kura orzoq osonroq lekin Hudo kursatmasin biror narsa bulib qolsa begonalar orasida qolib ketish daxshati tinchlik bermaydi. Uzbekistonda mana shundan kunling tuq buladi, ajdodlaring tuprogida qolishingni his qilish ozroq taskin beradi!

The Alchemist
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Shohrux 27 Dekabr 2008, 04:15:22
Uzbekistonlik bollar dunyoni zabt etishmoqda manimcha , lekin nima bulganda ham bu yaxshi chunki dunyoni ko'rish judayam zur, nima bulsa ham chet- elda uqish yaxshi
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: prettyuz 09 Yanvar 2009, 17:16:40
Chet elda o'qish yahshi lekin bazi chet elda o'qiyotganlar o'zi bilib yoki bilmay O'zbeklar haqida noto'g'ri malumotlar berishadi masalan Koreada.Ular oýlashmaydi bu yerda faqat man emas butub o'zbeklar nomini ko'tarib yuribman deb.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ansora 23 Avgust 2009, 23:50:07
Assalomu-alaykum azizlar. Bu yerda judaaa dolzarb mavzular yozilib tortishilganiga ham ancha bo'libdi, men ziyouzga yaqinda a'zo bo'lganim uchun, sekin asta qolgan sahifalardagi mavzularni o'qiyabman. Endiii, grant degan narsalar bizga nasib bo'lmagan. Ota-onamiz davlatda ishlaydigan oddiy odamlar bo'lgani uchun o'qishga ham Alloh-Taoloninggina yordami, nasibi bilan kirganman. Yana boshqa sahifalarda yozganimday o'qishga kirganimga o'zim ham ishona olmay, o'rnimdan turolmay qolganman. Davlat imtihoniga 1-2 hafta qolgunicha belimga kitobni bo'g'lab qo'limda ketmon bilan, egilganimda o'qib yurganman. Ha endi nima qilasiz, tirikchilik. Hullas, o'qish ham tugadi, Turk tilida aspirantura o'qish niyati bilan yana o'zimni Allohga omonat qilgan holda, qayerdasan Turkiya deb, yo'lga tushdim. Turkiya Aeraportiga kelib tushganimda cho'ntagimda 11 Dolar bor edi.
Allohga shukrlar bo'lsin, boshda Ollohning menga bergan dastaklari bilan aspiranturamni ham tugatdim. Tabiiki ota-ona yor birodarlarimning hayir duolari ham katta yordamchi bo'lgan. 
Balki shahsiy hayotimni yozish bilan sizlarni ancha siqqandurman, lekin bular haqiqat, shunchaki aytilgan go'zal so'zlar emas. Ukalar-singillar, hech narsa uchun hech qachon kech emas, Ollohga tavakkal qilinglar har doim, inson avvalombor ota-onasi, tanish bilishini emas, o'zining kuchiga ishonishi kerak. Agar e'tibor bergan bo'lsangiz butun mashhur kishilar kambag'allikda yashab ijod etganlar. Faqatgina qorin masalasi emas, jon masalasi ham ular uchun jiddiy muammo bo'lgan. Yuqorida bir ukamiz Navoiy boy bo'lgan,debdilar. To'g'ri lekin hech kim Navoiyning joni uchun so'z beraolmas edi. Shuning uchun inson o'zidan so'rashi kerak:
Men nima uchun o'qimoqchiman, o'qib pul topib boy bo'lish uchunmi?
Yoki faqat ilm yo'lida yangi kashflar qilib insonlarga foydali bo'lish uchunmi?
Va yohud faqatgina Ollohning menga bergan aqlini bir ishlatib ko'ray qanchalik muvoffaqiyatli ishlar ekan, deyish uchunmi?
Men hech qachon ilmni orqasidan pul topishni o'ylamadim, hamma so'rardi ota-onamdan,  "qizingiz pul jo'natib turibdimi Turkiyadan?"deb :) 
Aytganimday hammaning kelajakdagi niyatlari farqli farqli. Lekin kun o'tishi uchun ham tabiiki moddiyat lozim.Ortiqcha pulni hech zarari yo'q, hech bo'lmaganda ehtiyoji bo'lgan bechora bir talabaga dastak bo'lasiz. Alloh Taolo: İlm yo'lidagi kishi mening yo'limdadir, deb buyurganku ahir.  Lekin moddiyatni asiri bo'lib qolishdan qo'rqish kerak.

Barchaga kelajakdagi o'qish-ishlarida omadlar tilayman, buni beradigan ham Alloh, demakki nima ekan, bu yo'lga duo bilan boshlashimiz kerak ekan:)
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Muslima.bgm 24 Avgust 2009, 16:04:31
Assalomu aleykum Kapalak. Menda xam siznikiga o'xshab ketadigan voqealar bolgan.Koreyaga o'qishga borganimda odamlar ota-onamdan qizingiz pul jonatib turibdimi deb so'rashgan ekan.Odamlar chetga kimdir chiqsa faqat pul topishga chiqadi deb o'ylashsa kerakda a?
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ansora 24 Avgust 2009, 16:22:45
V.assalom. Musofir bo'lmaguncha musulmon bo'lmaysan, degan gap borku. Yana : "Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh- tarozu " deb ham bekorga aytishmagan:)
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Bayern M 24 Avgust 2009, 17:50:41
Qattiq hohlagan edim horijda o'qishni, alhamdulillah Alloh niyatimga yetkazdi. Musofir bo'lmaguncha musulmon bo'lmaysan degan gapni ma'nosini tushunib yetdim. Ota-onani, vatanni qadriga yetdim. Burchlarimni qiladigan ishlarimni aniqlashtirib oldim. Uzb-da ancha narsarlarni qadriga yetmay yurar ekanman.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ansora 24 Avgust 2009, 18:30:43
Omadingizni bersin:) Doimo qadriga yeting, o'zgarmang.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Muhammadiy 25 Avgust 2009, 03:47:46
Falonchi Amerikada o'qiydi, falonchi Angliyada ishlayapti, degan gaplarni ko'p eshitamiz.
Yuqorida bir birodarimiz aytganlaridek, har yerda tosh-tarozi bor.
Men, ba'zan, ayrim masalalada O'zbekistonda yurgan birodarlarimga havas qilaman. Xorijda inson o'zligini, dinini yo'qotib qo'yishi xavfi juda yuqori. Odam dinini boy bergandan ko'ra, dala-dashtda cho'ponlik qilib, namozini o'qib yurgani ming marta afzal.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Muslima.bgm 25 Avgust 2009, 10:05:48
Assalomu aleykum azizlar.
Falonchi Amerikada o'qiydi, falonchi Angliyada ishlayapti, degan gaplarni ko'p eshitamiz.
Yuqorida bir birodarimiz aytganlaridek, har yerda tosh-tarozi bor.
Men, ba'zan, ayrim masalalada O'zbekistonda yurgan birodarlarimga havas qilaman. Xorijda inson o'zligini, dinini yo'qotib qo'yishi xavfi juda yuqori. Odam dinini boy bergandan ko'ra, dala-dashtda cho'ponlik qilib, namozini o'qib yurgani ming marta afzal.
Lekin Xammasi insonni irodasiga, imon kuchiga  bog'liq. Imonini, dinini yo'qotaman degan odam shu erda xam yo'qotadi. Shu erda xam ko'rib turibmizku xar -xil missionerlarning sovg'a, pullariga uchib dinidan kechayotganlarni.
Avvalo odamni o'ziga insof bersin.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ansora 25 Avgust 2009, 13:37:08
İnson bu dunyoga turfa hil hayot shartlari bilan sinov qilinishga kelganligi uchun horijga borib o'qish nasib qilgan ekan bu ham bir imtihon, bir sinov tabiiki. Qarshimizga chiqqan turli hil voqealar qarshisida o'z  irodamizni qanday ishlata olishimizga qarab yo jazolantirilamiz yoki mukofotlandirilamiz albatta. Yuqorida bildirilgan barcha fikrlarda jon bor. İnson buzilaman, shaytonni yo'lini tutaman, desa onasini tizzasida o'tirib ham qilaveradi. Agar diniga bog'liq, iymoni but bo'lsa, hech tanimaydigan yerlarda ham, meni Alloh ko'ryapdi, ota-onam, tanishim ko'rishi shart emas, deydi.
Alloh barchamizni, qayerda bo'lishimizdan qat'iy nazar Yaratgandan qo'rqadigan, bandasidan uyaladigan qullardan aylasin insholloh.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Ezozkhon 24 Mart 2010, 23:33:49
Assalamu alaykum birodarlar!
 Yaponiyaga o'qishga topshirish tartibi qanday, shu haqda malumot berila iltimos!
 IT bo'yicha bo'lsa zo'r bo'lardi 
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: OnLine 25 Mart 2010, 03:52:37
polshada o'qishga grant kelgandi..kim topshirdi? yana yer osti xabarlariga qaraganda jahon tillari universitetiga ham Xitoyda o'qish uchun grant kelgan...xarakat qilyapasilami forumdoshla?

Mani sinfdoshim adashmasam 3 yoki 4 kursni bitirib siz etgande Hitoyga oqishga ketdi. Muammo shundaki uyoda 5 yil oqidi uni bosa bolasi va ayoli bor. Buyoda oqigani nima boladi uni ? Hitoydigi oqish qay darajada samarali ekan arzdimi 5 yil umrni ketqazib yana qayta oqishga ?
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: uzboy 26 Mart 2010, 03:45:42
Falonchi Amerikada o'qiydi, falonchi Angliyada ishlayapti, degan gaplarni ko'p eshitamiz.
Yuqorida bir birodarimiz aytganlaridek, har yerda tosh-tarozi bor.
Men, ba'zan, ayrim masalalada O'zbekistonda yurgan birodarlarimga havas qilaman. Xorijda inson o'zligini, dinini yo'qotib qo'yishi xavfi juda yuqori. Odam dinini boy bergandan ko'ra, dala-dashtda cho'ponlik qilib, namozini o'qib yurgani ming marta afzal.

Shu gaplarga biroz e'tirozim bor edi. Qaytanga ko'pchilik, chet elga chiqib diniy tomondan ham, dunyoviy tomondan ham ancha rivojlanadi. Shaxsan man bilganlarning kupchiligi musofirchilikda islom dinini yaxshi tushuna bowlawdi. Urf-odatlar, ananalarni esa yanada yaxshi bilib olada chet eldagilar, chunki bowqalar suraganda ularga aytib berish uchun yanada chuqurroq o'rganishga harakat qiladi odam. Chet elda yurganlarda, Vatan so'ginchida internetdan O'zbekiston haqida, islom haqida juda ko'p videolarni ko'raveradi. Shu tomonlarini inobatga olganda sizning fikringiz sal noo'rinroq buldi...
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Habib 26 Mart 2010, 09:27:37
Falonchi Amerikada o'qiydi, falonchi Angliyada ishlayapti, degan gaplarni ko'p eshitamiz.
Yuqorida bir birodarimiz aytganlaridek, har yerda tosh-tarozi bor.
Men, ba'zan, ayrim masalalada O'zbekistonda yurgan birodarlarimga havas qilaman. Xorijda inson o'zligini, dinini yo'qotib qo'yishi xavfi juda yuqori. Odam dinini boy bergandan ko'ra, dala-dashtda cho'ponlik qilib, namozini o'qib yurgani ming marta afzal.
Qo'shilishga shoshmagan bo'lardim fikringizga. Aksincha, inson musofirlikda Vatanni,Dinini,Xalqini, ota-onasini,yaqinlarini qadrini seza boshlaydi. Va bun narsa insonni ma'nan shakllanishiga sabab bo'ladi. Siz aytgayotgan guruch ichra kurmaklar yo'q emas to'g'ri. Lekin  bu narsa imonning zaif yoki kuchliliga bog'liq! Vatanda yashab ham, dala -dashtta yurib ham aroqni ichib, yomon ishlarni qilib yurganlar bor...
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: Shokir63 27 Mart 2010, 17:47:18
Ota-onam doim sen ham chet elga chiq, pul yubor deyishardi, lekin men hamma chetga chiqsa, bu yerda kim qoladi deb hech harakat qilmas edim, tabiiyki ota-onamga bunday demadim, magistraturani tugatay keyin dedim, keyin uylandim, endi uylandim, nima farqi bor, kelinga ham azob bo'lmasin, chet eldan qaytgach bari-bir noldan boshlashim kerakku, hoziroq  noldan boshlay qolay derdim, lekin afsuski, ishlar rejalashtirganimdek bo'lmadi, taqdir taqazosi bilan mana chet eldaman, oilamni ham olib keldim, ota-onam ham aylanib ketishdi ... Ammo bu yerlarning O'zbekistonning O' harfiga ham teng kela olmasligini his qilib yashadim, chet elda yashash, pul ishlash qachon qiymatga ega, qachonki siz uni O'zbekiston uchun ishlata olsangiz, agar chet elda pul ishlab u pulga dang'illama uy quradigan bo'lsangiz, chet elga chiqmay qo'ya qoling, agar olgan ilmingiz va ishlagan pulingiz bilan O'zbekistonga qaytgach qandaydir sohani rivojlantirmasangiz unda nima foydasi bor u ilmning sizga-yu millatga.

Sen ham ketibsanku bari-bir deyishingiz mumkin, lekin men xudo xoxlasa, duo qilib tursalariz, uyga O'zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan maxsulotni, ishlab chiqaruvchi uskuna bilan qaytaman, buni maqtanish uchun yozmayabman, shu niyat bilan yurganimni yozyabman xolos, zotan bizdan faqatgina niyat qilish va harakat qilish, Alloh xoxlasa yaratadi, xoxlamasa yaratmaydi, lekin tavakkalni O'ziga qilganingiz uchun siz savobingizni olasiz.

Chet elga chiqar ekansiz, niyatingizni faqatgina pulga bog'lamang, men ko'p kishini ko'rdim faqat pul uchun chiqib ketishyapti, albatta ular shuning uchun ham puldan boshqa narsani topishmayabti, ammo hayot faqatgina puldan iborat emasku, hayot abadiy dunyoga olib boruvchi qisqagina yalakcha xolos.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: UzbJADID 06 Noyabr 2010, 01:36:10
Kanadada religious studies yo`nalishi bo`yicha masters degreega o`qimoqchiman. Info bsa xabar beriylar iltimos.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: akmal bax 06 Noyabr 2010, 09:02:15
forumdoshlarga biroz e'tirozim bor. bu yerga xorijda o'qishing yaxshi va yomon tomonlari haqida emas, balki oldiga ezgu maqsadlarni qo'ygan toliblarga maslahat berilsa maqsadga muvofiq bo'lardi. yuqorida adminstrator ta'kidlaganidek, aplikatsiyalarni to'ldirish, qanday qilib grant yutish yoxud oliygohni tanlash haqida gapirilsa barchaga manzur bo'ladi deb o'ylayman.
manashularni ko'zlagan holda men ham o'z bilganlarimni siz bilan biroz baham ko'rmoq istadim. quyidagi linklardagi kitoblar sizni grant yutib olishingizga yordam bersa ajabmas, inshaalloh:
http://uploading.com/files/776b2e31/1932662367Scholarship.rar/
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: _Otabek_ 17 Noyabr 2010, 17:24:51
Assalomu alaykum,

http://www.gradus.us/ ham yaxshi sayt, u yerda chet elda o'qigan bir guruh rossiyalik yoshlar o'z tajribalarini yo'zishadi, masalahatlar berishadi.
TOEFL, GRE degan narsalar ham qo'yilgan edi
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: OnLine 10 Yanvar 2011, 19:47:45
http://englishtips.org/
Ingliz tili va Matematika haqida juda koplab kitoblar topsa boladi.
Hammaga omad!!!
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: olim bola 03 Iyun 2011, 18:42:28
Agar O`zbekistonda arab filalogiyasi bo`yicha bakalavrni tugatsam magistraturani AQSH da davom ettirish imkonim bormi? shu haqda bilsangiz iltimos menga ma`lumot bering. OLLOH barchamizdan rozi bo`lsin.
Nom: Re: Horijda o'qish
Yuborildi: olim bola 03 Iyun 2011, 18:44:58
emailim axrol.12@mail.ru
Nom: Javob: Horijda o'qish
Yuborildi: Grantlar.uz 16 Fevral 2015, 23:33:35
Salom hurmatli forumdoshlar,

Xuddi shu mavzuga mos keluvchi yangi loyiha boshladik. Grantlar deb nomlangan loyihamizni www.grantlar.uz saytida topishingiz mumkin. Granlar loyihasi haqida Ziyouz.comda ham o'qishingiz mumkin:

O‘zbek tilida grantlar sayti ishga tushdi

Xorijda tahsil olishni istovchi o‘zbekistonlik yoshlarga yordam berish maqsadida o‘zbek tilida “Grantlar.uz” nomli yangi sayt ishga tushdi. Saytda yozilishicha, ushbu loyiha talabalarga butun dunyo bo‘ylab turli mamlakatlarda ta’lim olish uchun grantlar topishda yordam beradi.

Unda, grantlardan tashqari, xorijdagi ilmiy konferentsiyalar, tanlovlar, kurslar, ish, amaliyot va volontyorlik o‘rinlari haqida ma’lumot beriladi; shuningdek, xorijdan o‘qish topish, hujjatlarni tayyorlash va topshirish, grantlar topish va ularga hujjat topshirish hamda tanlov bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tish sir-sinoatlari haqida maslahat berish kabi xizmatlar ham taqdim etiladi.

Saytga allaqachon bakalavr, magistratura va doktorantura hamda boshqa yo‘nalish va darajadagi o‘qishlar uchun ko‘plab grantlar qo‘yilgan. Konferentsiyalar, ish, amaliyot va blog sahifalaridan ham bir qator maqolalar o‘rin olganini ko‘rish mumkin.

Loyihaning muhim jihati shundaki, undagi ma’lumotlarning barchasi o‘zbek tilida bo‘lib, maqolalar so‘ngida ingliz yoki boshqa chet tilidagi asl manbaga – grantlarni e’lon qilgan saytlarga havolalar berilgan. Ushbu havolalar orqali kirib, o‘quvchilar qo‘yilgan grantlar va ularga hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin.

Sayt “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida ham o‘z sahifasiga ega: https://www.facebook.com/grantlar.uz

Yangi grantlar haqidagi e’lonlarni bevosita e-pochta orqali olishni xohlovchilar saytning “Obuna” (http://grantlar.uz/obuna) xizmatidan foydalanishlari mumkin. Bu yerdagi sahifaga elektron pochta manzilingizni kiritsangiz, har hafta saytga qo‘yilgan yangi grantlar haqida e-pochta orqali xabarnoma olib turasiz.

Sayt haqidagi taklif-mulohazalaringiz yoki grantlar bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, ularni “Aloqa” sahifasidan sayt xodimlariga yo‘llashingiz mumkin.

http://n.ziyouz.com/maqolalar/o-zbek-tilida-grantlar-sayti-ishga-tushdi
Nom: Javob: Horijda o'qish
Yuborildi: Grantlar.uz 18 Fevral 2015, 01:29:08
AQShda magistratura o’qish uchun Fulbrayt Xorijiy Talaba dasturi

Qayerda: AQSh
Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 3-may
Kim uchun: Bakalavrni tugatganlar
Grant turi: Magistratura uchun
Grant miqdori: To’liq qoplanadi
Umumiy ma’lumot:

Fulbrayt Xorijiy Talaba dasturi AQShda  ikki yillik magistraturada o’qish imkoniyatini taklif qiladi.

Dastur quyidagi yo’nalishlarda o’qish uchun arizalarni qabul qiladi:

Biznes boshqaruvi;
Iqtisodiyot;
Ta’lim (Maorif);
Atrof-muhitni asrashni boshqarish;
Xalqaro munosabatlar;
Jurnalistika va Kommunikatsiya;
Huquqshunoslik;
Kutubxonachilik va Axborot fanlari;
Davlat boshqaruvi;
Ommaviy sog’liqni saqlash;
Davlat siyosati.

To'liq ma'lumot uchun manba: http://grantlar.uz/aqshda-magistratura-oqish-uchun-fulbrayt-xorijiy-talaba-dasturi/