forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Mo'min Mirzo 27 Noyabr 2012, 08:51:38

Nom: Yordam! Qur'oni Karim arabiy nus'hasi kerak.
Yuborildi: Mo'min Mirzo 27 Noyabr 2012, 08:51:38
 :asl3:
Forumdoshlar, Qur'oni Karim tajvid qoidalari bilan bo'lgan nusxasi kerak edi, .doc formatida. Kimda bo'lsa yuklash uchun link bervoringlar. Rahmat.
 
O'zimda bor HolyQuranda imloviy hatolari ko'p ekan, masalana i u belgilari ayrim joylarda almashib qolgan yo tushib qolgan.
Nom: Re: Yordam! Qur'oni Karim arabiy nus'hasi kerak.
Yuborildi: Best friend 27 Noyabr 2012, 14:47:22
 :vsl3:

.doc formatda menda bor edi, lekin fleshkamga virus tushib ko'p fayllarim qatori undan ham ajrab qoldim. www.tanzil.info saytiga kirib o'zingizga kerakli suralarni wordga copy/paste qilsangiz ham bo'ladi.

P.S. Shuningdek bu saytda ko'plab qorilarni online eshitish mumkin, va juda ko'p tillardagi tafsirlar, jumladan o'zbekcha tafsiri ham bor.
Nom: Re: Yordam! Qur'oni Karim arabiy nus'hasi kerak.
Yuborildi: Mo'min Mirzo 28 Noyabr 2012, 10:28:29
Rahmat. Lekin boshqalari ham shundoq chiqib ketyapti.
Kecha izlab yana bittasini ochib ko'rgandim, unda ham shunga o'xshash chiqdi. Menga shriftlari to'g'ri kelmayaptikan, unli harflar biroz oldiga siljigan. Masalan, "kavsar"da A harfi v va r tepasida turibdi, vaholanki brouzerda tuppa tuzuk ko'rsatib K va S tepasida turibdi.
Qanday arabcha shriftlardan foydalansam bo'ladi?