forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Darsxona => Internet => Mavzu boshlandi: MaxCmd 28 Sentyabr 2006, 16:22:36

Nom: GMail(Google Mail) haqida hamma narsa va unda yangi pochta ochish
Yuborildi: MaxCmd 28 Sentyabr 2006, 16:22:36
Google Mail

Assalomu alaykum!

Men hozir sizlarni GMail haqidagi o`zim bilgan ma'lumotlar bilan tanishtirishga harakat qilaman.
http://mail.google.com (http://mail.google.com), gmail.com (http://gmail.com)
GMail - Google Mail Google ning yangi servislaridan biri bo`lib, u o`zining juda ko`p imkoniyatlari bilan boshqa elektron pochta servislaridan ajralib turadi. Uning imkoniyatlari haqida to`xtalib o`taman:

1. Elektron pochtangizning hajmi taxminan 2,5 GigaBaytni tashkil etadi va kundan kunga bu hajm ortib boraveradi. Siz pochtangizning to`lib qolishi haqida o`ylab ham o`tirmaysiz.
(http://img225.imageshack.us/img225/3228/1tu6.th.jpg) (http://img225.imageshack.us/my.php?image=1tu6.jpg)
2. Interfeys AJAX texnologiya orqali qilingan bo`lib, pochtaga kirgandan so`ng, unda xatlarni ko`rish/o`chirish, yangi maktub yozish va h.k. lar juda tez amalga oshadi. Boshqa pochta servislari kabi bir maktubni o`qib bo`lgandan so`ng, boshqasini yuklanishini kutib o`tirmaysiz.
(http://img223.imageshack.us/img223/1158/2no2.th.jpg) (http://img223.imageshack.us/my.php?image=2no2.jpg)
3. Kontaktlar, maktublar va WEB da qidiruv imkoniyatining tezligi. Agar siz kontaktlarda biror kishining ismini yozishni boshlasangiz, tergan harflaringiz ishtirok etgan ism-familiyalarni avtomatik ko`rsatib turadi. Maktub qidiruvi esa, 2-3 sekundga qolmay amalga oshadi.
(http://img224.imageshack.us/img224/9246/3tm4.th.jpg) (http://img224.imageshack.us/my.php?image=3tm4.jpg)  (http://img97.imageshack.us/img97/2042/4pw3.th.jpg) (http://img97.imageshack.us/my.php?image=4pw3.jpg)
4. Pochta sahifasining yuqorirog`ida yangiliklar mavjudligi. Bunda yangiliklarning davomini ko`rish uchun sahifa boshidan yuklanmaydi.
(http://img89.imageshack.us/img89/6943/5uv8.th.jpg) (http://img89.imageshack.us/my.php?image=5uv8.jpg)
5. GMail Chat. Pochtaning o`zida biror kishi bilan chatda gaplashish mumkin. Faqat u ham GMail mijozi bo`lishi kerak.
(http://img220.imageshack.us/img220/6406/6hx8.th.jpg) (http://img220.imageshack.us/my.php?image=6hx8.jpg)    (http://img223.imageshack.us/img223/8202/7qr9.th.jpg) (http://img223.imageshack.us/my.php?image=7qr9.jpg)
6. Spamlarni avtomatik Spam papkasiga tashlaydi. Biror pochtadan kelgan xatlarni Spam deb e'lon qilish ham mumkin. Spam papkasida joylashgan maktublar 30 kundan keyin avtomatik o`chirib tashlanadi.
(http://img220.imageshack.us/img220/3618/8ql4.th.jpg) (http://img220.imageshack.us/my.php?image=8ql4.jpg)   (http://img81.imageshack.us/img81/777/9gc9.th.jpg) (http://img81.imageshack.us/my.php?image=9gc9.jpg)
7. Yangi xat yozayotganda kontaktlarning avtomatik paydo bo`lishi ishingizni ancha osonlashtiradi.
(http://img83.imageshack.us/img83/226/10hn0.th.jpg) (http://img83.imageshack.us/my.php?image=10hn0.jpg)
8. Maktubni HTML formatida tahrirlash imkoniyati.
(http://img81.imageshack.us/img81/518/11ld5.th.jpg) (http://img81.imageshack.us/my.php?image=11ld5.jpg)
9. Maktubingiz har 5 minutda avtomatik saqlanib turadi. Agar biror ish bilan maktubingizni jo`natishga ulgurmasangiz, Uni Drafts papkasidan topib, maktubingizning davomini yozishingiz mumkin.
(http://img222.imageshack.us/img222/7847/12cn6.th.jpg) (http://img222.imageshack.us/my.php?image=12cn6.jpg)
10. GMail juda ko`p tillarda ishlashi mumkin. Buni Settings ga kirib o`zgartirishingiz mumkin.
(http://img83.imageshack.us/img83/6307/14gb9.th.jpg) (http://img83.imageshack.us/my.php?image=14gb9.jpg)
11. Pochtaga Filter qo`yish. Bunda sizning talablaringiz asosida kelgan xatlar olinmaydi.
(http://img222.imageshack.us/img222/5067/13sh0.th.jpg) (http://img222.imageshack.us/my.php?image=13sh0.jpg)

Va hokazo. Bitta pochta uchun buncha imkoniyatlar ko`pga o`xshaydiyu, lekin nailoj... Qolganlarini mavzu davomida gaplashaveramiz.

GMail ga a'zo bo`lish

GMail ga a'zo bo`lish uchun, sizga taklifnoma kelishi kerak. Bu taklifnomani sizning GMail da pochtaga ega bo`lgan biror tanishingiz jo`natishi mumkin.
(http://img226.imageshack.us/img226/8927/15cl5.jpg)
Mening pochtamda ko`rib turganingizdek, 85 ta taklifnoma bor.
GMailda pochtaga ega bo`lishni xohlaganlar shu xabarda o`z elektron adreslarini qoldirsalar, men ularga taklifnoma yuboraveraman. GMailda pochta ochib bo`lgandan so`ng, sizlar ham taklifnomaga ega bo`lsangiz, boshqalarni GMaildan bahramand bo`lishlariga imkon bering!

Kamoli ehtirom ila, MaxCmd.
Nom: Re: GMail(Google Mail) haqida hamma narsa va unda yangi pochta ochish
Yuborildi: Shohi 30 Sentyabr 2006, 11:25:07
Assalomu alaykum !
Ma'lumotlaringiz uchun katta raxmat !
Nom: Re: GMail(Google Mail) haqida hamma narsa va unda yangi pochta ochish
Yuborildi: Muattar 02 Oktyabr 2006, 10:46:25
Salom.
gmailda taklifnoma yuborgan shaxs uni olganshaxsning yangi gmaildagi mailini biladimi?
Nom: Re: GMail(Google Mail) haqida hamma narsa va unda yangi pochta ochish
Yuborildi: Muattar 02 Oktyabr 2006, 10:49:48
Salom.
gmailda taklifnoma yuborgan shaxs uni olganshaxsning yangi gmaildagi mailini biladimi?
Nom: Re: GMail(Google Mail) haqida hamma narsa va unda yangi pochta ochish
Yuborildi: MaxCmd 02 Oktyabr 2006, 11:43:40
Ha. GMailda pochta ochgan odamning pochtasi va ism-familiyasi taklifnoma yuborgan odamning kontaktlariga avtomatik ravoshda qo`shiladi.
Nom: Re: GMail(Google Mail) haqida hamma narsa va unda yangi pochta ochish
Yuborildi: MaxCmd 18 Oktyabr 2006, 13:19:47
Arofat:

Salom mani pochtam [email protected] manga GMAIL ochishim uchun nima qili pochtam shu
Nom: Re: GMail(Google Mail) haqida hamma narsa va unda yangi pochta ochish
Yuborildi: MaxCmd 18 Oktyabr 2006, 13:52:26
Arofat:
Pochtangizga jo`natib yubordim.
Nom: Re: GMail(Google Mail) haqida hamma narsa va unda yangi pochta ochish
Yuborildi: soima06 25 Sentyabr 2007, 11:06:35
ассалому алайкум биродарлар мени почтам манашу [email protected] менга GMAIL ОЧИШ УЧУА АА ДАМ БЕА ИАГЛАА  ИЛТИМОС
Nom: Re: GMail(Google Mail) haqida hamma narsa va unda yangi pochta ochish
Yuborildi: ilhomman 29 Sentyabr 2008, 17:33:27
Ассалому-алейкум. Мени почтам [email protected] менга GMAIL очиш учун ёрдам беринг.
Nom: Re: GMail(Google Mail) haqida hamma narsa va unda yangi pochta ochish
Yuborildi: Zamiraxon 31 Oktyabr 2008, 13:18:24
Assalomu alaykum.
Siz aytgan Gmail.com ham pochta ochdim. Endi nimalar qilish mumkin u yerda?
Nom: Re: GMail(Google Mail) haqida hamma narsa va unda yangi pochta ochish
Yuborildi: The_Alchemist 31 Oktyabr 2008, 13:50:03
Zamiraxonga,

Endi dustlarizga hat yozsangiz buladi :):):)

The Alchemist
Nom: Re: GMail(Google Mail) haqida hamma narsa va unda yangi pochta ochish
Yuborildi: Sayyod91 22 May 2010, 15:59:38
Menga ham gmaildan pochta ochiwga yordam bersangiz.
[email protected]
Nom: Re: GMail(Google Mail) haqida hamma narsa va unda yangi pochta ochish
Yuborildi: Sayyod91 22 May 2010, 16:34:41
Kirsam faqat login va paröl sörayapti holosu. Regrtratsa dgan joyi y6

[вложение удалено Администратором]
Nom: Re: GMail(Google Mail) haqida hamma narsa va unda yangi pochta ochish
Yuborildi: JaviK 22 May 2010, 16:38:55
Men ochdim hozir. login prolni pasida Create an account degan joyni bosing
Nom: Javob: GMail(Google Mail) haqida hamma narsa va unda yangi pochta ochish
Yuborildi: Userbek 10 Avgust 2013, 23:18:40
Mani pochtam  [email protected].  Endi nima qilish kerak