forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Munira xonim 07 Oktyabr 2006, 09:28:19

Nom: Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar ul-Foruq)
Yuborildi: Munira xonim 07 Oktyabr 2006, 09:28:19
HAQ HAMISHA G’OLIB
(Umar ul-Foruq)

Muallif: Ahmad Muhammad

Movarounnahr
Toshkent – 2004

MUNDARIJA

Taqdim (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=812.msg22573#msg22573)
Jaholat zamoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=812.msg22576#msg22576)
Hazrati Umarning Islomga kirishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=812.msg23653#msg23653)
Rasululloh bilan yonma-yon (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=812.msg23662#msg23662)
Ahli jannat sayyidlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=812.msg23681#msg23681)
Mo’minlar amiri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=812.msg23883#msg23883)
Hazrati Umarning adolati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=812.msg23907#msg23907)
Yamoq ko’ylakli xalifa (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=812.msg24339#msg24339)
Hazrati Umarning shahodati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=812.msg24350#msg24350)
Nom: Re: "Haq hamisha g'olib".(Umar - ul Foruq) Ahmad Muhammad.
Yuborildi: Munira xonim 07 Oktyabr 2006, 09:28:48
TAQDIM

Bismillahir rohmanir rohiym.

Islom olamining shavkatli qahramoni, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning ishonchli va sadoqatli safdoshi, musulmonlarning ikkinchi xalifasi, dono va odil Umar Ibn Xattobning (r.a.) nomi, Islom da’vati yo‘lidagi xizmatlari tillarda doston bo‘lib kelyapti. Hazrati Umarning (roziyallohu anhu) tilidayu dilida hamisha Allohning zikri edi. Alloh taolo Umar (r.a.) sababidan Islomning shavkatini ulug‘ladi. Alloh taolo hazrati Umarni (r.a.) shunday martabaga erishtirdiki, u so‘zlaganda dunyo larzaga kelardi. U odillik bilan hukm chiqarganda g‘ayridinlar ham lol qolardi. To‘g‘rini egridan ajratishda o‘ta hassos bo‘lganidan Payg‘ambarimiz alayhissalom unga "œForuq" (farqlovchi) deb nom bergandilar. U haqiqat yo‘lida javlon urganida dunyoni o‘tqazib-turg‘izardi. U musulmon ummati uchun yorqin nur, jannat ahli uchun porlagan chiroq bo‘ldi. Hazrati Umar (r.a.) Islomni qabul qilganida Allohning maloikalari bu xushxabarni bir-birlariga yetkazib, xursand bo‘lishgandi.

Umar Ibn Xattob (r.a.) Quraysh qabilasidan edi, kunyasi Abu Hafsa, laqabi Foruq bo‘lgan. Ota tomondan shajaralari - Xattob o‘g‘li, Nufayl o‘g‘li, Abdul Uzzo o‘g‘li, Riyoh o‘g‘li, Qurt o‘g‘li, Raziy o‘g‘li, Adiy o‘g‘li Ka’bdir. Sulolasi to‘qqizinchi otada (Ka’bda) Payg‘ambarimizning sulolalariga birlashadi. Onalari Xontama ismli ayol bo‘lib, Qurayshning Bani Maxzum naslidan, Hoshimning qizi edi.
Nom: Re: "Haq hamisha g'olib".(Umar - ul Foruq) Ahmad Muhammad.
Yuborildi: Munira xonim 07 Oktyabr 2006, 09:29:19
Hazrati Umar (r.a.) fil yilidan uch yil keyin tug‘ilgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg‘ambarlikka musharraf bo‘lganlarida, 27 yoshda edi. Payg‘ambarlikning oltinchi yili, ya’ni 33 yoshda Islomga kirdi. U makkalik musulmonlarning qirqinchisi bo‘ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan o‘n uch yosh kichik edi, u zotdan o‘n uch yil keyin vafot etdi. Boqiy dunyoga rihlat qilganida, Janobi Payg‘ambarimiz kabi 63 yoshda edi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan so‘ng o‘n yarim yil xalifa bo‘ldi. Asharai Mubashsharadan edi.

Hazrati Umar (r.a.) odil va dono xalifa bo‘libgina qolmadi. U kishi davrlarida Islom futuhoti ancha tezlashdi, Qur’on va hadisni o‘rganish va targ‘ib qilish kuchaydi. Umar ibn Xattobning (r.a.) xalifalik yillarida ko‘plab madaniy-maishiy islohotlar amalga oshirildi. Hazrati Umar (r.a.) idoraviy va moliyaviy ishlarni takomillashtirishga katta e’tibor berdi, Islom davlatida ilk bor pochta xizmati, taftish idorasi, bolalar uylari, hibsxona tashkil ettirgan ham Hazrati Umar (r.a.) bo‘ldi. U kishining davrida pul islohotida katta o‘zgarishlar bo‘ldi, beqiyos obodonchilik, qurilish ishlari olib borildi. Xalifa Umar (r.a.) Basra, Kufa, Misrdagi Fistat shaharlarini barpo qildi, Nil bilan Qizil dengizni tutashtiruvchi kanal qazitdi, ko‘plab ariq va ko‘priklar qurdirdi. Makka va Madina, Shom va Hijoz o‘rtasidagi qatnov yo‘liga musofirxonalar, Islom yetib borgan joylarga ko‘plab masjidlar tiklatdi. Makkadagi Masjidul-Haromni va Madinadagi Masjidul-Nabaviyni kengaytirdi
Nom: Re: "Haq hamisha g'olib".(Umar - ul Foruq) Ahmad Muhammad.
Yuborildi: Munira xonim 07 Oktyabr 2006, 09:29:39
Shunday insonning holi hayotda nihoyatda kamtar, kamsuqum, oddiy bo‘lganliklari haqida juda ko‘p rivoyatlar bor. Islom olamini boylik va shuhratga ko‘mib tashlagan xalifa berilgan ozgina maoshga qanoat qilar, kiyimida bir qancha yamoq bilan yurar, vafot etganida anchagina qarzi bor edi.

Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) shunday deganlar: «Umarning ilmini tarozuning bir pallasiga qo‘yib, butun Arabistondagilarning ilmini boshqa bir pallasiga qo‘yganda, Umarning ilmi qo‘yilgan tarozu pallasi og‘ir kelardi. U kishi Allohni eng yaxshi tanigan, Alloh kitobini eng yaxshi tushunib anglagan va dinni ham nihoyatda chuqur tushunadigan bir odam edi». Payg‘ambar alayhissalom esa: «Ko‘kda Umarni hurmat qilmagan farishta yo‘q, yerda undan hayiqmagan shayton yo‘q», deganlar.

Ushbu kitob Islom olamida «Mo‘minlar amiri», «Haqni botildan ajratuvchi», «Odil xalifa» kabi nomlar bilan mashhur bo‘lgan Umar ibn Xattob (r.a.) haqida hikoya qiladi. Kitobxonni Suriya, Eron, Mag‘rib, Misr kabi katta o‘lkalarning fathiga bosh bo‘lgan ulug‘ fotih, Rasuli akramning (s.a.v.) ishlarini davom ettirgan sodiq safdosh, jannatga kirishi bashorat qilingan o‘n sahobiyning biri, to‘g‘ri yo‘ldagi to‘rt xalifaning ikkinchisi bo‘lmish hazrati Umarning (r.a.) hayoti va faoliyatidan lavhalar bilan tanishtiradi. Islomiy idora yuritishda va madaniy sohada ulkan islohotlar uyushtirgan, musulmonlar uchun taqvim va hijriy sana yuritishni joriy etgan, xalifalik paytida favqulodda adolat bilan ish tutgan sahobiyning ibrati bilan o‘quvchilarni tanishtiradi.

Nom: Re: "Haq hamisha g'olib".(Umar - ul Foruq) Ahmad Muhammad.
Yuborildi: Munira xonim 07 Oktyabr 2006, 09:30:01
JAHOLAT ZAMONI

Sahrodagi voqea

Kechga borib havo aynidi. Osmonni bir zumda chang-to‘zon qopladi. Kun bo‘yi olov selini yog‘dirgan quyosh ham jamolini berkitib oldi. Garmsel issig‘ini yuzlarga urib turgan shamol yanada kuchaydi. Uchib yurgan qumlar og‘iz, ko‘zlarga kirar, tishlar orasida g‘ijirlar edi. Kechgacha yo‘l yurib holdan toygan, tashnalikdan og‘zi ko‘pikka to‘lib, tumshug‘iga ko‘pirib chiqqan tuyalar sarbonning buyruqlariga ham bo‘ysunmay qo‘ydi. Savdogarlarning karvonni to‘xtatib, shu yerda manzil qurishdan o‘zga chorasi qolmagandi. Makkadan o‘n chaqirim berida, issiq shamol uvillab yotgan sahroda tunab qolish Umarga juda alam qilayotgandi. Ayniqsa, bir oy o‘zga yurtlarda sarson-sargardonlikdan keyin, shomlik savdogarlar bilan qizg‘in talashib-tortishuvlardan     keyin, safar mashaqqat-azoblaridan charchagan vujudlar orom, farog‘at, taskin istab turgan bir paytda bu majburiy qo‘nish hammaga ham malol kelayotgandi.

Shu payt tuyalardan biri yoshgina tuyakashga bo‘ysunmay, karvondan chetga chiqdi-da, lo‘killab qocha boshladi. Bir necha kishi tuya ortidan yugurib ketdi. Sababi unga nodir buyumlar yuklangan bo‘lib, savdogarlar tuyaning beboshligidan sarosimaga tushib qolishgandi.
Nom: Re: "Haq hamisha g'olib".(Umar - ul Foruq) Ahmad Muhammad.
Yuborildi: Munira xonim 07 Oktyabr 2006, 09:30:59
Yarim soatlardan keyin tuyakash bola sarkashni sudrab keldi. Umar tutoqib ketganidan, hech narsa so‘ramadi. Tuyakashni qamchi ila yuz-ko‘zi demay, savalab ketdi. Tuya ortidan chopaverib, shundoq ham holdan toygan bola yerga yuztuban yiqildi. Yuz-ko‘zi qonga belandi, qumga aralashib loyga aylandi. Umarning jahli shunda ham pasaymagan, g‘azabi so‘nmagan edi. Agar sheriklari o‘z vaqtida to‘xtatib qolishmaganida, u bolani kaltaklab o‘ldirib qo‘yishi hech gap emas edi.

U harsillab, bo‘g‘riqib hozirgina tiklangan chodirga kirib kelarkan, qo‘lidagi qamchinini jahl bilan chodir ichiga otdi. U boshidagi ro‘mol va chambarini ham yechib tashladi. Hayajonini bosolmay, dag‘al sholcha ustiga cho‘zildi. Sal narida yotgan Abu Muso uning ahvolini ko‘rib, ovutmoqchi bo‘ldi.

- Rossa jahling tez-da, Xattobning o‘g‘li, axir tuya ongsiz bir hayvon-ku! Hammasi ham sarkashlik qiladi. Bolada nima ayb?

-Hamma gunoh tuyakashda. Beparvo bo‘lmaganda, tuya ham qochib ketmasdi, g‘azabimga ham uchramasdi. Munosib jazosini berdim. Uning yonini olib, nima qilasan, Musoning o‘g‘li?

-Aytdim-qo‘ydim-da. Tuya ham, tuyakash ham seniki. Shunday bo‘lgach, xohlaganingni qilaver, Xattobning o‘g‘li!Uning murosali ovozidan Umarning g‘azab oti jilovlanganday bo‘ldi. Qo‘li bilan paypaslab, kichkinagina meshni topdi-da, bog‘ichini yechib, undagi sharobni yutoqib simira boshladi...

Umar keng gavdali, uzun bo‘yli, qorachadan kelgan, quyuq soqol-mo‘ylovli, boshining old qismi sochsiz, ikki qo‘li bilan teng harakat qila oladigan, katta qadam tashlab yuradigan alp kelbat bir kishi edi. Birovga bo‘yin egmas, kuchi vujudiga sig‘mas edi.

Umar Makkada o‘zining jahldorligi, qahri shadidligi, qattiqqo‘lligi bilan nom chiqargandi. Ana shu qusurlariga qaramay, u shaharning baobro‘ a’yonlaridan edi, e’tiborli, badavlat, sayyid kishi edi.
Nom: Re: "Haq hamisha g'olib".(Umar - ul Foruq) Ahmad Muhammad.
Yuborildi: Munira xonim 07 Oktyabr 2006, 09:36:40
Alloh uni qalbi pokiza, zakovati kuchli, haq deb ishongan narsasiga sodiq qoladigan sohibi jasorat qilib yaratgan edi. U boy-badavlat bo‘lishi ila Qurayshning siyosiy ishlariga bosh-qosh edi, qabilalar o‘rtasidagi nizo va janjallarni o‘zining obro‘-e’tibori, mavqei bilan murosaga keltirardi.

...Umarning qorni ochqab ketdi. Yegulik axtarib, chodir ichidagi barcha xurjunlarni titkilab  chiqdi.   Nafsni  orom  oldirmoq uchun yarim  meshsharobdan boshqa narsa topolmadi. Birdan xurjun ichida qo‘liga nimadir urilganday bo‘ldi. Olib qarasa, ertalab ibodat qilish uchun xurmo va halvodan ezg‘ilab yasab olgan sanam ekan. U butga biroz hayron bo‘lib tikilib turdi, keyin unga ibodat qila boshladi. Ibodatini tugatib bo‘lgach, yana qorni ochligi esga tushdi. Baribir ochlik ustun keldi. U sanamni uch-to‘rt tishlam qilib, pok-pokiza tushirdi.

Nom: Re: "Haq hamisha g'olib".(Umar - ul Foruq) Ahmad Muhammad.
Yuborildi: Munira xonim 07 Oktyabr 2006, 09:37:00
Xattobning o‘g‘li

Makkadan Madinaga boradigan karvon yo‘lining ikki tomonida keng va bepoyon o‘tloqlar bo‘lardi. Bolalar u yerlarda tuya va qo‘ylarini boqar, hayvonlarni yaylovga qo‘yib yuborib, o‘zlari ertadan-kechgacha bolalarga xos o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishardi.

Xattob ham o‘n uch yoshli Umarni tuya boqishga qo‘ygandi. U Bani Maxzum qabilasidagi boshqa oilalarning tuyalarini ham qo‘shib boqar, erta tongdan to qosh qorayguncha kunni hayvonlar ortida yurib o‘tkazardi. Uzun bo‘yli, chayir, baquvvat, xiylagina jahldor Umar qat’iyat, jasurligi va mehnatsevarligi bilan alohida ajralib turardi.

Hozir ham hayvonlarni yantoq, shuvoq kabi ko‘katlar Arabiston quyoshida qovjirab yotgan sayxonlikka qo‘yib yuborib, bir necha tengdoshlari bilan kurash tushishga kirishdi. U o‘zidan ham kattaroq bolalarning uchtasiga teng kelayotgandi. Bolalar Umarga har tomondan tashlanishar, biri oyog‘iga yopishsa, ikkinchisi belidan ushlab, tortib yiqitishga urinardi. Ammo Umar aslo ularga taslim bo‘lishni istamasdi. Ajib bir epchillik bilan ikkitasini chalqancha ag‘dardi. Vaziyatning qaltisligini ko‘rgan uchinchi bola tirqirab qochib qoldi. Umar g‘olib chiqqanidan shodlanib, u yer-bu yerini qoqarkan, shu payt ko‘zi sal nariroqda otdan tushmay, o‘g‘lining olishuvini tomosha qilib o‘tirgan otasiga tushdi.
Nom: Re: "Haq hamisha g'olib".(Umar - ul Foruq) Ahmad Muhammad.
Yuborildi: Munira xonim 07 Oktyabr 2006, 09:37:15
Yuragini vahima chirmadi. Tuyalarni o‘z holiga tashlab, kurash tushayotganidan otasining jahli chiqishini o‘ylab, oyoq-qo‘liga titroq kirdi. Qattiqqo‘lligi, toshbag‘irligi, qahri kuchliligi bilan butun Makkaga dovrug‘i ketgan Xattobdan o‘g‘li u yoqda tursin, hatto kattalar ham hayiqib yurishardi. Uning jahli chiqib qolganida yoki biror narsadan achchiqlanganida ro‘para bo‘lishdan Xudoning o‘zi asrasin. U nafaqat qullarning, balki kichkina Umarning yelkasida ham qamchisini tez-tez sinab ko‘rar, jonidan yaxshi ko‘rgan o‘g‘lini ayovsiz kaltaklab turar, buning sababini so‘raganlarga yoki o‘rtaga tushmoqchi bo‘lganlarga: «Qo‘yaver, mayli pishisin, Xattobning o‘g‘li bo‘shang, qo‘rqoq va noshud bo‘lib o‘sishini xohlamayman», deb o‘zini ovutardi. Shuning uchun Umardan kaltak yegan yoki kurashda yengilgan bolalar uning badanidagi, oyoq-qo‘lidagi kaltak, qamchi izlarini ko‘rib tasalli topishardi. Hozir ham unga qamchi tushib qolishi hech gap emasdi...

Umar qo‘rqa-pisa otasiga qaradi. Ammo uning vajohatli yuzida qahr-g‘azab alomatlarini emas, nimtabassum va mamnunlik ko‘rinishlarini o‘qidi. Vujudidagi taranglik, zo‘riqish bo‘shashdi. U ham otasiga jilmayib boqdi
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 09:53:42
-Yasha, o‘g‘lim, mening arslon o‘g‘lim, - degan xitoblar bilan Xattob otdan tushdi, o‘g‘lining yelkasiga zalvorli qo‘llari bilan bir-ikki urib qo‘ydi. Umar munkib ketay dedi. Otasi yana uni rag‘batlantirib qo‘ydi: «Bolalar bilan kurash tushganingni ko‘rdim. Har qalay tarbiyam behuda ketmabdi.

Chavandozlik va merganlikda qanchalik ilgari bo‘lsang, kurashda ham shunaqa maqomga ega bo‘libsan. Xattoblar xonadoniga, Bani Maxzum qabilasiga munosib o‘g‘lon bo‘libsan!»

O’g‘li tuyalarni qaytarish uchun chopib qolarkan, Xattob u tug‘ilgan paytni xotirlab, jilmayib qo‘ydi. Xotini Xontamaning oy-kuni yaqinlashganida unga: «Qiz tug‘ishni xayolingga keltira ko‘rma, Makkada hech kimga gap bermaydigan Xattobning qiz farzand ko‘rishi mumkin emas, agar shu safar o‘g‘il tug‘sang, keyinchalik qancha qiz ko‘rsang ham roziman», deb dag‘dag‘a qilganlarini esladi. O’shanda Alloh unga o‘g‘il ato etdi. O’sha o‘g‘li Umarni endi o‘ziga o‘xshash botir, shijoatli, haybatli bo‘lishini orzu qilardi. Umarni qanchalik yaxshi ko‘rmasin, ana shu niyat yo‘lida uni kaltaklashdan ham o‘zini tiya olmasdi. Umar ham otasining yuzini, qabilaning yuzini yerga qaratadigan bola bo‘lib ulg‘aymayotgandi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 09:55:21
«Otajon, rahm qiling!»

Bugun eng fojiali, eng baxtsiz kun edi. Bugun musibatli va tengsiz uqubat kuni edi. Makkaning taniqli kiborlaridan biri Umar ibn Xattob johiliyat davrining qabih va yaramas bir odatini amalga oshirmoqchi edi. U qabiladoshlarining urfiga rioya qilib, o‘z qizini, jajjigina, mushtipar, ma’suma qizchasini tiriklay ko‘mib yubormoqchi edi. Chunki barcha hijozliklar qatori qurayshiylar ham qiz farzand ko‘rishni o‘zlariga ayb va or sanashar, yoshligidayoq tiriklay yerga ko‘mishardi.

U hovlida o‘ynab yurgan qizchasini oldiga chorladi. Qizaloq o‘yinini tashlab, chopqillab otasining oldiga keldi: «Labbay otajon!»

-Yur, seni bir o‘ynatib kelay! - Umar shunday deb qo‘liga yog‘och kurakchasini oldi. Savol nazari bilan tikilib turgan qizchasiga dalda berdi:
-Hozir senga bozordan chiroyli ko‘ylakcha olib beraman.
Qizi xursand bo‘lib, otasiga ergashdi. Ular yetaklashib shahar tashqarisiga chiqishdi. Umar tepalik yaqinidan bir joyni kavlay boshladi. Qizi hayron bo‘lib so‘radi:
-Otajon, chuqurni nima qilasiz?
Unga seni ko‘mmoqchiman.
-Nega bunday qilasiz, axir men sizning qizingizman-ku, rahmingiz kelmaydimi?
-Ota-bobolarimizning odati - bu!

Ammo qizaloqqa bu dalil ishonarli emas edi. Shuning uchun u jonining boricha bemehr otadan va tahlikali joydan qocha boshladi. Umar ikki hatlashdayoq dag‘-dag‘ titrayotgan qiziga yetib oldi. Jajji qo‘lchalaridan siltab tortib yana chuqur oldiga olib kelib o‘tqazib qo‘ydi. Qizcha yana qochmoqchi bo‘ldi. Ammo otasining kuchli va dag‘al qo‘llari uni yana chuqur oldiga irg‘itdi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 09:56:13
Shu payt chuqur kavlayotgan Umarning otgan tuprog‘i sachrab yuz-ko‘ziga sochildi. Otasining qilmishlarini ko‘zida yosh jalasi, qo‘rquv va taajjub ila kuzatib turgan qizaloq otaning terchigan yuziga sochilgan tuproqni shiringina qo‘llari bilan tozaladi, soqolini tarab ularni tushirdi.

-   Otajon, meni ko‘mib yuborsangiz, soqolingizni kim tarab, yuzingizni kim tozalaydi?

Umar qizining qo‘lchalarini siltab tashladi, o‘zini itarib yubordi. Yana qazishda davom etdi.

Hozir uning qalbida bir-biriga zid ikki tuyg‘u kurash boshlagandi: «Olti yil avaylab-e’zozlab o‘stirgan qizchasini o‘z qo‘li bilan tiriklayin yerga ko‘myapti. Bordi-yu, uni yetaklab Makkaga qaytsa, nima bo‘ladi? Qurayshiylarning masxarasiga, ta’na-malomatlariga qoladi-ku!»

Ko‘mib yuboray, desa, qizining yalinchoq nolalari, «Otajon rahm qiling», degan iltijolari yuragini qiymalayotganga o‘xshardi. Uni o‘ldirib yuborsa, umr bo‘yi vijdon azobiga qolib ketmasmikin?

Birdan Umar o‘ziga keldi. Fitratidagi toshbag‘irlik, qahri qattiqlik ustun bo‘ldi. Qizchani jahl bilan, dod-faryodiga quloq solmay, chuqur ichiga tortib tushirdi. Shoshib yerga yuztuban yiqilgan qizi ustiga tuproq tashlay boshladi. Uning faryod solib o‘rnidan turmoqchi bo‘lganini ko‘rib, qo‘pol oyoqlari ila murg‘ak va ojiz tanani bosib turdi. Tuproq qimirlamay qolgandan keyingina peshonasidagi terni arta-arta qabrdan uzoqlashdi. U uyiga qarab ketarkan, yuzida g‘azab, vajohat, qahr o‘ynab turar, ammo ko‘zlari g‘ij yoshga to‘lgan edi...
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 09:56:44
Bo‘ysunmas joriyalar

Umar ko‘chadan kelib, endigina istirohat uchun yonboshlamoqchi edi, qo‘shni ayol kirib keldi:
-   Menga qara, Ibn Xattob, sendan yordam so‘rab chiqdim. Ikki joriyam sarkashlik qilib, jonimga tegyapti. Ota-bobolarimizning dinini tashlab, anavi Muhammad deganlariga ergashayotgan emish. Yo‘lga solishga kuchim etmayapti, bilasan, boshimda erkagim yo‘q. Sen bir ta’zirini berib
qo‘yarmikansan, deb chiquvdim.

Umarga jon kirdi. Uning vujudida yovvoyi bir kuch, shafqatsiz bir telba tuyg‘u aslo tinchlik bermas, fitratidagi badjahllik, qaysarlik, urishqoqlik hamisha uni gij-gijlab turar, qaerda janjal-to‘polon bo‘lsa, o‘sha yerda Umar hoziru nozir edi. Hozir ham endigina qoziqqa ilgan qamchisini olib, bevanikiga qarab yurdi. Kira-solib, ona-bola Nahdiyya va Lubaynani ayamay, boshi-ko‘zi demay savalay ketdi. U «dindan chiqqan» ona-bolani uzoq qamchiladi, ularning yuz-ko‘zi qip-qizil qonga belandi. Umar ora-sira urishdan to‘xtab, ayollarning «insof»ga kirib, uzr so‘rashini kutar, ammo ularning shuncha kaltakka ham parvo qilmay, «iymon», «iymon», deyaverishlari battar g‘azablantirardi. U yana jazavaga tushganicha, qamchi ustiga qamchi yog‘dirardi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 09:57:08
Oxiri Umar holdan toydi, peshonasidagi reza-reza terlarni qomiysining etagi bilan artib, ona-bolaga ko‘zlarini qahr bilan tikdi:
-   Xo‘sh, Lubayna, kaltakka to‘ygandirsan? Senga rahmim kelganidan emas, charchaganimdan to‘xtadim. Oxirgi marta so‘rayman, bekangning aytganiga ko‘nasanmi-yo‘qmi?

Lubayna og‘zidagi qonni tupurib tashladi, indamay Umarga qarab, «yo‘q» deganday bosh chayqadi:
-   Yana savashimni xohlayapsan, shekilli?
-   Sen-ku kaltaklab charchaysan, Umar, ammo men kaltak yeyishdan charchamayman. Sening qamchilaring mening qalbimdagi iymonni mustahkamlayapti, xolos!..

Ayol gapini tugata olmadi. Umarning a’zoi badani qaltirab, jazavaga tushdi, ilojsizlikdan, gapiga ko‘ndirolmaganidan alamga kirdi va «uv» deya qichqirganicha, holdan toygan Lubaynaga tashlanib, uni bo‘g‘a boshladi. Bu ikki cho‘ri kim bo‘libdiki, hech kim gapini ikki qilolmaydigan Umarga tik boqsa, gapiga rad javobi bersa?! Ularning ishongani kim o‘zi, suyangani nima o‘zi?!
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 09:57:34
Umar go‘yoki quturgan bir maxluq holatiga tushgandi, ko‘ziga hech narsa ko‘rinmasdi. U baquvvat va dag‘al qo‘llari bilan Lubaynani bo‘g‘arkan, ayol bor kuchini to‘plab, uning qo‘llarini ajratib tashlamoqchi bo‘ldi, ammo kaltaklar zarbidan holsizlangan tananing bunga majoli yetmadi. Lablari «Alloh, Alloh», deya pichirladi-yu boshi shilq etib shalvirab tushdi. Umar uni o‘ldi, deb o‘ylab qo‘lini bo‘shatdi. Endi u boyadan beri qiziga azob berayotgan Umarga qo‘rquv, dahshat va g‘azab bilan termulib turgan Nahdiyya tomon yurdi. Uni ham rosa kaltakladi, keyin tomog‘idan olib bo‘g‘di. Bechora ona ham hushidan ketdi. Umarning shunda ham g‘azabi so‘nmagan, jahli pasaymagan edi.

Oradan bir necha kun o‘tib, beva ayol yana cho‘rilarini xo‘rlab, kaltaklayotganida bir voqea sodir bo‘lganini Umar eshitib qoldi. Beva ayol: «O’ ota-bobolarimiz diniga qaytasizlar, yo o‘lib qutilasizlar», deb xo‘rlayotganida, yaqindagina Islomga kirgan Makka kiborlaridan Abu Bakr shu yerdan o‘tib qolibdi va ikki cho‘rini sotib olib, Alloh roziligi yo‘lida ozod qilib yuboribdi. Bu xabardan Umarning hayronligi oshdi, Abu Bakr bilan urishmoqchi ham bo‘ldi. Nimadir uni bu yo‘ldan qaytarib qoldi... Nimadir uning qalbini bezovta qilayotgandi...

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 09:58:25
Quturgan sel

Makka mushriklari shaharda Islom diniga kirib, Muhammad alayhissalomga ergashganlarga aslo tinchlik bermay qo‘yishdi. Ko‘cha-ko‘yda uchratib qolishsa, haqoratlashar, goho kaltaklashar, itga talatishardi. Boshlaridan xamr quyib yuborishardi. Axlat va mag‘zavalarni sochib ketishardi. Bolalarini musulmonlarning bolalariga qarshi gij-gijlashardi. Xullas, mushriklar Islomga kirganlarning boshiga it kunini solayotgan alamli, xo‘rlik kunlar edi. Bu ishda, ayniqsa, Makkaning obro‘li, gapi butun akobirlaridan Abu Sufyon, Amr ibn Hishom, Umar ibn Xattob kabilar rosa quturib, alamini uchragandan olayotgan, zahrini xohlaganga sochayotgan fojiali kunlar edi.

Amr ibn Robia ham xotini Laylo bilan ko‘p musibat, xo‘rlik-kamsitishlarga duchor bo‘lishdi. Oxiri ko‘ch-ko‘lonlarini yig‘ishtirib, qancha yillar yashagan hovli-joylar, xesh-aqrobalarini tashlab, Habash yurtiga hijrat qilishga qaror qilishdi. Ularning yo‘l tadorigiga tushib qolganini ko‘rgan Umar Layloning yo‘lini to‘sib chiqdi:
-Yo‘l bo‘lsin, Abdullohning onasi, Makkani tark etib, safarga ketmoqchimisizlar?

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 09:59:12
Laylo Umar bilan gap talashish befoydaligini his etib, o‘zini qo‘lga oldi-da, hayajonini yashirib ohista dedi:
-   Ha, Umar, bu yurtdan bosh olib ketmoqchimiz. Allohning dargohi keng, shuncha xo‘rlanganimiz, azob-sitamlarga qolganimiz yetar! Axir sizlar kun bermay qo‘ydingizlar-ku, ayovsiz xo‘rlab, kamsitib, azoblab tashladingizlar-ku! Ha, Umar, Allohning yeri bepoyon, karami keng, biror joydan tinchroq, erkinroq yashash imkoni chiqib qolar?
-   Yaxshi o‘ylabsizlar, xudoyingiz sizlarga yo‘ldosh bo‘lsin!


Er-xotin gapni chuvalatmaslik uchun eshaklarini niqtashdi. Umar ularning ortidan ma’yus tikilganicha qoldi. Laylo buni sezdi. Hatto Umarning tovushida allaqanday siniqlik, achinish ohanglarini ilg‘aganday bo‘ldi. Yo o‘zining hozirgi holati juda g‘amgin bo‘lgani, yig‘lab yubormaslik uchun lablarini qattiq qimtib olgani uchunmi, unga shunday tuyulgan bo‘lishi mumkin edi. Har qalay, tug‘ilib o‘sgan joyingni, vataningni, qavmu-qarindoshlaringni tashlab ketish oson ish emasdi. Ammo bunday qilmaslikning iloji ham yo‘q edi. Chunki tarozining narigi pallasiga er-xotinning dini-iymoni qo‘yilgan edi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 09:59:34
Biroz yurishgach, Laylo eri Amirga qalbini kemirayotgan shubhalarini so‘zlab berdi. Ammo u xotinining kuzatishlariga uncha ahamiyat bermadi:
-   Nima, Umar ham musulmon bo‘ladi, deb o‘ylayapsanmi?
-   Aniq aytolmayman-u, ammo shunaqaga o‘xshaydi. Gaplaridan qilgan zulmlariga pushaymon bo‘layotgani sezilganday tuyuldi.
-   E, bunga aslo aqlim yetmaydi. Xattobning eshagi musulmon bo‘lishiga ishonish mumkindir, ammo Umarning Islomga kirishiga ishonish qiyin.
-   
Hijratga otlanib, vatanini tark etayotgan Amir va Laylo zolim va toshbag‘ir Umarning qalbida hozir nelar kechayotganini, nimalar tug‘yon urayotganini qayoqdan bilsinlar? Go‘yoki jilovsiz sel kabi kuch-shijoati vujudiga sig‘mayotgan Umar, kechagina uchraganga zahrini sochib yoki tekkanga tegib, tegmaganga tosh otib, dilini og‘ritib yurgan Umar, ayniqsa Muhammad alayhissalomga ergashib, iymon va Islom ne’matiga musharraf bo‘lgan musulmonlarni qon qaqshatayotgan Umar bugun sal boshqacharoq bo‘lib qolayotgandi. Quturgan, vahshatli, dahshatli, yo‘lida uchragan hamma narsani, jonzot va jonsizni surib, yiqitib, yanchib borayotgan sel oqimini to‘g‘ri to‘g‘onga yo‘llab qo‘yilsa, sokin bo‘lib, tinchlanib qolgani kabi jaholat va g‘azab, qaysarlik va shafqatsizlik uya qurgan Umarning qalbiga bugun iymon nurlari, Allohning nuri tajalliysi o‘ziga yo‘l axtarayotgandi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:00:13
Payg‘ambarning (s.a.v.) duosi

Arab jazirasida Ukoz bozorining oldiga tushadigan ma’mur bozor yo‘q. Makkadagi bu bozorga dunyoning hamma joyidan mol, qul va pul oqib keladi. Ertadan kechgacha xaridor chaqirayotgan sotuvchilarning qichqirig‘i, odamlarning g‘ala-g‘ovuri, tuyalarning o‘kirishi, qo‘ylarning ma’rashi, raqqosalarni jazavaga solgan duf ohanglari, shoir va notiqlarning kuchanib she’r o‘qishlari, nutq irod etishlari bir zum tinmaydi. Bir tomoni Yamanu Shomdan, Bag‘dodu Sherozdan kelayotgan savdogarlar mol yuklangan tuya karvonlarini Ukozga qarab burishardi. Anvoyi gazmollar, kiyim-kechaklar yonida mis va kumushdan yasalgan idish va ko‘zachalar terib qo‘yilgandi. Bir tomonda Habashistondan olib kelingan qullar - erkak, ayol va bolalar sotuvga qo‘yilgan. Yana bir tomonda mesh va idishlarda uzum va xurmodan tayyorlangan xamr va sharob. Boshqa tomonda hayvon bozori, tuyalar, qo‘ylar, parrandalar... Och ham, to‘q ham, boy ham, faqir ham shu yerda. Oshpazlar doshqozonlarda taom tayyorlab, miskinlarga, ochlarga tarqatish bilan ovora, saxiy boylar kambag‘allarga sadaqa ulashish bilan mashg‘ul. Xullas, qaynab-toshgan, guvillagan, odamga liq to‘lgan Ukoz bozori ana shunaqa ajoyib va g‘aroyib edi.

Bozordan sal chetroqdagi kattagina maydonda, odatda arab shoirlari she’rlarini xaloyiqqa o‘qib beradigan, voizlar, notiqlar nutq so‘zlab, hammani og‘ziga qaratadigan joyda bugun odam har qachongidan ham ko‘p. Olomon davra qilib, o‘rtani o‘rab olgan. O’rtada esa ko‘ksi ochiq, keng, etagi yerga tegay, deb turgan ko‘ylakda Umar gir aylanib yurardi:
-Qani, Umarga teng keladigan, men bilan kurash tusha oladigan bormi? Qani, o‘ziga ishonganing bormi?

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:00:45
Shu payt bo‘yni yo‘g‘on, keng gavdali, bo‘ydor, quyoshda qop-qorayib ketgan bir badaviy o‘rtaga chiqdi. Umar unga boshdan-oyoq bir qarab chiqdi-da, asta yaqinlashdi. Keyin hali o‘zini o‘nglashga ulgurmagan sahroyining belidan mahkam qisib, dast ko‘tardi-da, boshidan aylantirib yerga urdi. Tuyqus zarbadan gangib qolgan a’robiy o‘rnidan turishga ham holi kelmay, yerda indamay yotardi. Hamma yoqni qiyqiriq, olqish, qarsak ovozlari tutib ketdi. Odamlar Umarning yelkasiga urib, «Yashavor, Xattobning o‘g‘li», «Boplading», «Butlarimiz seni qo‘llasin!» degan xitoblar bilan xursandchiliklarini izhor etishardi.

Faqat bir kishigina bu g‘ala-g‘ovurga aralashmay, chetda xomush turardi. U Umarning alp kelbatiga, issiq va hayajondan bo‘g‘riqib ketgan yuziga, baquvvat qo‘l-oyoqlariga allaqanday faxr va mehr bilan nigoh tashlarkan, yuzlarini Haram tomonga qaratib, qo‘llarini biroz ko‘tardi-da, Allohga iltijo qila boshladi:
-Ey Allohim! Sen har narsaga qodir Zotsan, o‘likdan tirikni, tirikdan o‘likni yaratguvchi Zotsan! O’z diningni ana shu Umar kabi jasur va baquvvat bandang bilan kuchlantirgin. Uning qalbiga iymon nurlarini yuborgin! Ey Allohim, bu dinni yo Umar bilan, yoki Amr bilan aziz qil!..

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:01:14
Duo qilgan bu zot insoniyatga Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi Payg‘ambar Muhammad alayhissalom edilar. Keyinchalik ham Islomga kirgan mo‘minlar Rasulullohning (s.a.v.) ana shunday duo qilganlarini ko‘p eshitishdi. Har gal u zotning duosiga «Omin», deya qo‘shilib turishdi. Chunki Payg‘ambar alayhissalom ular bilan Islomni aziz va kuchli qilishni istagan ikki kishi Makkaning eng nomdor, oliy martabali, so‘zi o‘tkir kiborlaridan edi. Umar ibn Xattob bilan Amr Ibn Hishom (ya’ni, Abu Jahl) ikkovlari Islom ne’matidan bahramand bo‘lishsa, dinga quvvat bo‘lishini, yuzlab, minglab odamlar ularga ergashishini Rasululloh (s.a.v.) yaxshi bilardilar, doimo shuni orzu qilardilar. Ammo Alloh taoloning hikmati va irodasini qarangki, ularning biri - Umar Ibn Xattobning qalbi iymon nuri ila munavvar bo‘lib, Rasulullohning (s.a.v.) eng yaqin safdoshlariga, xulafoi roshidinning biriga aylandilar, Islom diniga ulkan xizmatlarni qilishga musharraf bo‘ldilar. Ikkinchisi - Amr Ibn Hishom Islomning va musulmonlarning eng katta dushmaniga aylandi, kofirligicha o‘lib ketdi, Abu Jahl nomini olib, la’nat va mazammatlarga g‘arq bo‘ldi.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:01:42
HAZRATI UMARNING ISLOMGA KIRISHI

«Musulmon bo‘lishga keldim»

Makka shahri ajib bir evrilish, g‘alat bir tozarish ostonasida turardi. Jaholat   va   razolat   botqog‘iga   botgan   shahar   bir   nuri   ilohiyningtajallisi ila munavvar va nurafshon bo‘lmoqda edi. Necha asrlardan buyon bijg‘ib yotgan buzuqlik, ifloslik, haqsizlik axlatxonalari uzra bir pokiza va farahbaxsh nasimlar esib, o‘lik qalblarni uyg‘otayotgan edi. Odamlar ummoni po‘rtanalarida bir-biriga zid ikki to‘lqin: shirk va iymon to‘lqinlari kurash boshlagandi. Necha asrlar bo‘yi jaholat, axloqsizlik, qimor, zino, fahsh, ribo qon-qoniga singib ketgan makkaliklar ana shu iflosliklardan xalos bo‘la olmay ikkilanayotgan, qiynalayotgan, g‘azabga minayotgan bir davr boshlangan edi. Arab jazirasidagi bu tabarruk shahar to‘lg‘onib, qaynab-toshib, aziyat cheka-cheka ana shu ikki to‘lqin kurashiga jimgina shohid bo‘layotgandi. Gunohlarga botib ketgan Quraysh Ka’ba atrofini zavq-safo, qimor va mayxo‘rlik uyiga aylantirib olgandi.

Xuddi mana shu pallada Makka yaqinidagi Xiro tog‘ining cho‘qqisidagi torgina g‘orga Alloh taoloning ilk vahiylari tusha boshladi. Alloh taolo tomonidan oxirgi payg‘ambarlikka munosib ko‘rilgan rasullarning sayyidi Muhammad sollallohu alayhi vasallam malak Jabroil alayhissalom keltirgan mujdalarni hayajon, qo‘rquv, qiziqish va ixlos ila qabul qilishni boshlagan saodatli bir davr boshlandi. Jaholat asri o‘z o‘rnini saodat asriga bo‘shatib berayotgan muborak bir zamon boshlanayotgandi.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:02:43
Makka yaqinidagi shahar kiborlari mashvarat va kengashlar o‘tkazadigan Sho‘ro uyi - Dorunnadva bugun har qachongidan bezovta, besaranjom, tahlikali bir to‘lg‘onish og‘ushida. Amir Hamzaning musulmon bo‘lishi Quraysh akobirlarini sarosimaga solib qo‘ygan. A’yonlar to‘plangan joyda Sho‘ro raisi Abu Sufyonning g‘azabnok va qahrli so‘zlari aks-sado berib yangrayotir:

-Ey ahli Quraysh, qachongacha bu bedodlikka tomoshabin bo‘lib turamiz? Abdulmuttalibning nabirasi o‘zini payg‘ambar sanab, ota-bobolarimizning ming yillik dinini oyoq osti qilishiga qachongacha yo‘l qo‘yib beramiz? Uning kasriga Makkaning va Baytullohning chin egalari qurayshiylar ikkiga bo‘linib ketishdi. Ota-bola, aka-uka bir-biriga dushmanga aylandi. Qabila parokandalikka yuz tutdi. Erta-indin Quraysh o‘z mavqeini yo‘qotib, hamma obro‘-e’tiboridan mahrum bo‘ladi...

Boyadan beri g‘azabidan ko‘karib-bo‘zarib o‘tirgan Abu Jahl raisning gapini sabrsizlarcha bo‘lib, shartta o‘rtaga chiqdi:
-Bas, yetar! Muhammadni yo‘q qilmasak, o‘zimiz mag‘lub bo‘lamiz. Qani,
oralaringda bu ishning uddasidan chiqa oladigan biror mard bormi?

Safning orqa tomonidan: «Bor, mana men uning adabini beradigan», degan hayqiriq yangradi. Otilib chiqqan Umar qilichini shartta qinidan sug‘urib, havoda bir silkidi-da, «Uning jonini mahv eturman», deganday tahdid qildi. Har tarafdan kiborlarning «Yashavor, Xattobning o‘g‘li», «Umarday mardlar - Qurayshning faxri», degan qizg‘in xitoblari eshitildi.

Umar qilichini taqib, Ka’bani tavof qildi, Safo tepaligiga qarab yurdi. Uning maqsadi - janobi Rasulullohni jisman yo‘q qilish, shu tariqa Islomning g‘olibona yurishini to‘xtatib qolish edi. U bu ishni qabila oldidagi burchi deb bilardi. Bo‘linib ketgan Qurayshni birlashtirib, avvalgi mavqeini tiklamoqchi edi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:03:28
Umar yo‘lda Abdulloh o‘g‘li Nuaymga duch kelib qoldi. Uning vajohatini ko‘rib, Nuaym sergak tortdi. Umarni savolga tutdi:
-Yo‘l bo‘lsin, Xattob o‘g‘li?
-Arablar o‘rtasiga nifoq solayotgan Muhammadning vujudini yo‘q qilish uchun ketyapman. U Qurayshni xarob qilyapti, allaqayoqdagi safsatalari bilan ota-bobolarimiz diniga tajovuz qilyapti. Uning adabini berib qo‘yishni Makka kiborlari menga topshirishdi.

Nuaym titrab ketdi. U hali Islomga kirmagan esa-da, agar Umarni chalg‘itmasa, Makkaning eng rostgo‘y va halol kishisi Muhammadga biror kor-hol bo‘lishi mumkin. U tezda bir qarorga keldi:
-Vallohi, juda qiyin ishga bosh uribsan. Muhammadning sahobalari uni qattiq qo‘riqlashadi. Menga qara, Umar, sen Muhammadning dinini mag‘lub qilish uchun ketyapsan-u, u yoqda singling bilan kuyoving allaqachon uning diniga kirib bo‘lishdi-ku!
-Yo‘q, yolg‘on aytasan, Abdullohning o‘g‘li! Bo‘lishi mumkin emas! Agar gaplaring rost bo‘lsa, ikkovini ham qilichdan o‘tkazganim bo‘lsin! - dedi Umar qahr bilan.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:04:38
U yo‘lidan qaytib, to‘ppa-to‘g‘ri kuyovi Saidning uyiga bostirib bordi. Bu yerda bir necha ashob Qur’on mutolaasi ila mashg‘ul edi. Umarning selday shiddat bilan kirib kelishi Saidning uyiga to‘planganlarni parokanda qilib yubordi. O’qib o‘rganilayotgan muqaddas Qur’on sahifalari darhol yashirildi. Umar ichkariga kirar-kirmas, vahshat ila so‘radi:
-Menga qara, badbaxt, dindan qaytdingmi, nima o‘qiyotgan eding?
-Nima o‘qiyotganimizni senga aytolmaymiz.
-Ie, kuyovim bo‘laturib, hali mendan sir yashiradigan bo‘ldingmi?

Umar shunday dedi-yu, Saidni yerga yotqizib do‘pposlay ketdi. Ozg‘in va nimjon Said filday baquvvat va jahldor Umarga aslo bas kelolmasdi. Vaziyatning qaltis tus olayotganini ko‘rgan Umarning singlisi Fotima yig‘lab yubordi va erini ajratish uchun akasining qo‘liga yopishdi. Bu «odobsizlik»ka chidolmagan Umar singlisining basharasiga musht solib yubordi. Ayolning yuz-ko‘zi qonga belandi. U shunda ham taslim bo‘lmadi, aksincha, g‘azab va qat’iyat bilan akasiga mag‘rur tikildi:
-Allohdan qo‘rq, ey Umar! Kuching bir xotinga yetdimi? Erim bilan musulmon bo‘ldik. Boshimizni olsang ham, biz baribir musulmonlikdan kechmaymiz!
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:04:58
«Voajab! Avvalgi yuvvoshgina, itoatgo‘y Fotima aytyaptimi shu so‘zlarni? Undagi bu ishonch, bu shijoat, bu qat’iyat qaerdan paydo bo‘ldi?» Yuzidagi qonlarga ham parvo qilmay, qahrli ko‘zlarini akasidan uzmay turgan Fotimaning shu topdagi holatini ko‘rib, aka hovridan tushdi. U qilgan ishidan pushaymon edi. Ular o‘qiyotgan qog‘ozlarni so‘radi, keyin allaqanday soxta beparvolik, loqaydlik bilan o‘qiy boshladi. Bular «Hadid» surasining quyidagi ilk oyatlari edi:

«Osmonlardagi va yerdagi narsalar Allohga tasbeh aytdi. Va U aziz va hakimdir. Osmonlaru yer Uning mulkidir, tiriltiradi va o‘ldiradi, U har bir narsaga qodirdir. U osmonlaru yerni olti kunda yaratib, so‘ngra Arshga ko‘tarilgan Zot. Yerga nima kerakligini ham, undan nima chiqqanini ham, osmondan nima tushganini ham biladi. U qaerda bo‘lsangiz ham, siz bilan birga. Alloh qilayotgan amallaringizni ko‘rib turuvchidir. Osmonlaru yerdagi mulklar Unikidir va barcha ishlar Allohning O’zigagina qaytadi. Kechasini kunduzga kiritadi, kunduzni kechasiga kiritadi va ko‘ksingizdagi narsani ham yaxshi biluvchidir. (Ey insonlar) Allohga va Uning payg‘ambariga iymon keltiringlar...»


Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:05:26
Bu ne sir-sinoatki, oyatlarni o‘qib bo‘liboq Umar taxtadek qotib qoldi. Avvalda hech eshitmagan bu fasohatli oyatlarning yuksak ohangi, teran mazmunidan hayratga tushdi, vujudi larzaga keldi, ko‘zlariga yosh qalqdi. Alloh kalomining ta’siri ruhini qamrab oldi. Shu zahoti tillari beixtiyor «Ashhadu anla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan rasululloh» degan kalimani qaytara boshladi. U ajib bir holatga tushib qolgan, nazarida vujudi ham o‘ziga bo‘ysunmayotganday edi. Mushrik Umar o‘rniga mo‘min Umar paydo bo‘lib qolgandi. U atrofida hayron qotgan odamlarga titrab-qaqshab murojaat qildi:
-Meni Allohning payg‘ambari huzuriga yetkazinglar!

Bu paytda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Arqamning Safodagi uyida ashoblari bilan din suhbati qurib o‘tirgandilar. Umar eshikdan ovozining boricha: «Men musulmon bo‘lishga keldim», deb hayqirar edi.

Mushriklar tarafdori bo‘lgan, hamisha ularning suhbatida qoim turgan bu jangari va badjahl odamning suhbatga beijozat va shitob ila kirib kelishi ashobni sergaklantirdi. Sababi Umardan hamma narsani kutish mumkin edi. Ehtimol, u Nabiy alayhissalomga suiqasd qilish uchun kelgandir? Yaqindagina Islom ne’matidan bahramand bo‘lgan hazrati Hamzaning qo‘li beixtiyor qilich dastasiga yugurdi. Ikki-uch sahoba shaxdam o‘rindan turib, Umarning qo‘lini qayirishga shay turardi. Ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nim tabassum ila «Unga tegmanglar», deb ishorat qildilar.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:05:42
Bundan dadillangan Umar Rasulullohning (s.a.v.) oldilariga yaqinlashdi. Shunda Payg‘ambar alayhissalom Umarning ko‘ylagidan tortib, shunday dedilar:
-   Ey Xattob o‘g‘li, Islomga kelsang bo‘lmaydimi?

-   Bunga javoban Umar:
-   Ashhadu anla ilaha illallohu va annaka Rasululloh, - deb shahodat kalimasini aytib yubordi. Rasululloh (s.a.v.):
-   Allohu akbar! - dedilar.

Odamlar bu quvonchli holdan shodlanib, yeru-ko‘kni «Allohu akbar!» takbirlariga to‘ldirib yuborishdi. Bu takbirdan tog‘lar larzaga kelayozdi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Umarning Islomga kirganida Payg‘ambarimiz huzurlariga Jabroil alayhissalom tashrif buyurib, Umarning musulmon bo‘lganiga maloikalar ham xursand bo‘lganining xabarini berib ketgan ekanlar.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:06:23
Eng baxtli kun

Makka musulmonlarining qirqinchisi bo‘lgan Umar hozir juda baxtiyor edi. Ana shunday mard, jasur, shijoatli insonning Islomga kirganidan ashoblar ham shod va mamnun edilar. Ular:
-   Dushanba kuni Rasulimiz Robbilaridan Abu Jahl yohud Umar birla Islomni madadlantirishni so‘rab duo qilgandilar. Allohga behisob hamdlar bo‘lsinki, ushbu ulug‘ sharafga siz noil bo‘ldingiz, ey Umar, - deb birodarlarini muborakbod etishdi.

Hammalari Umarning taklifi bilan birgalikda Arqamning uyidan chiqib, Ka’ba sari yurishdi. Ka’ba atrofida Makka mushriklari ko‘pligidan oz sonli musulmonlar u yerda ibodat qilishga botinolmas, hatto u yerda hozir bo‘lishdan ham hayiqishardi. Hozir saflarida Umar bo‘lgani uchun ular Ka’baga dadil yaqinlashib kelishdi. «Dorun-nadva»da Umarning qaytishini poylab o‘tirgan mushriklar safdoshlarining olomonni boshlab kelayotganidan xavotirga tushdilar. Oldinda kelayotgan Umar Quraysh peshvolariga qarata shunday dedi:
-Ey ahli Quraysh, meni tanimasanglar tanib olinglar, men Xattobning o‘g‘li Umarman! Men bugun Islomni qabul qildim: Allohdan o‘zga iloh va ma’bud yo‘q, Muhammad uning bandasi va elchisidir.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:06:50
Umarning baland ovozda shahodat kalimasini aytib kelishi mushriklarni tamoman dovdiratib, sarosimaga solib qo‘ydi. Boyagina Islomga kirgan Umar Abu Jahlning uyiga borib, musulmon bo‘lganini aytganida, u uyiga ham kiritmay so‘kib jo‘natgandi. Hozir ro‘parasidagi Quraysh mushriklari uning musulmon bo‘lganidan g‘oyat g‘azablanib ketishdi. Umar arslon kabi ularga tashlandi. Janjal kuchayib, vaziyat qaltis tus ola boshladi. Qon to‘kilishi ayon bo‘lib qoldi. Holatning yomonlashuvini sezib qolgan Umarning ona tomondan qarindoshlari Os Ibn Voil o‘rtaga tushib, mushtlashayotganlarni ajrata boshladi.

Ishning pachavasi chiqqanini sezgan mushriklar birin-ketin masjidni tark eta boshlashdi.  Hozirgacha ular  musulmonlarning Haramda ibodat qilishlariga to‘sqinlik ko‘rsatib kelishardi. Alamga kirgan Umar musulmon birodarlarini ochiq, erkin suratda ibodat qilishga da’vat etdi. Qurayshiy mushriklarga qasdma-qasdiga Haramda ilk bor jamoat bo‘lib namoz o‘qildi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:07:11
RASULULLOH BILAN YONMA-YON

Umarning hijrati

Makka mushriklarining musulmonlarga qarshi zulm va tazyiqi kun sayin kuchayib borardi. Ular Islomni qabul qilgan hamshaharlarini haqoratlashar, kaltaklashar, turli qiynoq-azoblarga solishar, hatto o‘ldirishdan ham toyishmasdi. Qullar va cho‘rilardan Islomga kirganlar-ku, eng og‘ir tahqir, xo‘rlovlarga mahkum edi. Shunda Rasuli akram (s.a.v.) musulmonlarni Madina shahriga hijrat qilishlariga amr etdilar. Bir vaqtlar Habashistonda jon va iymon asrab qolgan musulmonlar uchun endi Madina najot qal’asi, osoyishtalik maskani bo‘lib qolgandi. Makkalik musulmonlardan birinchi bo‘lib Abu Salama Abdul Asad o‘g‘li, eng oxirida esa Rasuli akramning (s.a.v.) amakilari Abbos ibn Abdulmuttalib Madinaga hijrat qildi. Muharram va safar oylari mobaynida hamma yashirincha berkinib, qochib Madinaga ko‘chib bo‘ldi. Faqat hazrati Umargina bundan mustasno edi.

Uning Yasrib (Madina)ga ko‘chishi Rasuli akramning (s.a.v.) hijratlaridan o‘n besh kun oldin bo‘ldi. U barcha ashobdan farqli o‘laroq ochiq-oydin, yashirinmay hijrat qilishga qaror qilgandi. Chunki hazrati Umar (r.a.) Islom ne’matidan bahramand bo‘lganidan keyin avvalgi jasorati yanada kuchlangan, «Haq hamisha g‘olibdir», degan mustahkam e’tiqodda edi.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:09:05
Hazrati Umar (r.a.) Madinaga jo‘naydigan kunlari ertalabdanoq yaxshi kiyimlarini kiydilar, qilichlarini taqdilar. Kamonlarini belga osib, bir necha o‘qlarni o‘qdonga joyladilar. Keyin qo‘lga asolarini olib, Ka’baga shahdam kirib bordilar. U yerda Quraysh mushriklari o‘zlaricha majlis qurib o‘tirishgandi. Ular hazrati Umarning (r.a.) Islomga kirganidan g‘azablari oshib, nafratlari toshib yotgan bo‘lsa-da, u kishining fe’l-atvorlarini yaxshi bilishgani uchun biror so‘z yoki harakat qilishga botina olishmasdi. Hozir ham hech narsaga parvo qilmay kirib kelgan Umarning (r.a.) hatti-harakatidagi qat’iyat va nopisandlikni ko‘rib ularning dami ichiga tushib ketdi. Yer ostidan o‘qrayib qaraganlaricha, uning har bir ishini kuzata boshlashdi.

Umar (r.a.) ular tomonga hatto qiyo boqmay, Ka’bani yetti bor tavof qildilar. Keyin Maqomi Ibrohimda turib, bemalol namoz o‘qidilar. Ibodatlarini xotirjam tugatib bo‘lgach, mashvarat qilib o‘tirgan mushriklarning qarshisiga borib to‘xtadilar. Keyin qilichlarini shartta sug‘urib, havoda o‘ynatib qo‘ydilar. Bundan cho‘chib ketgan ikki-uch mushrik hatto o‘rnidan turib ketdi. Hazrati Umar (r.a.) ularga parvo qilmay, mushriklarga shunday dedilar:
-   Hozirgacha musulmonlar sizlarning zulmingizdan qochib, Madinaga yashirincha, qo‘rqib hijrat qilishdi. Bugun mana men Madinaga ketyapman! Oralaringda onalarini yig‘latishni, xotinlarini tul, bolalarini yetim qilishni xohlaganlar, jonidan to‘yganlar bo‘lsa, qani orqamdan tushsin!

Umar ibn Xattob shunday deb, Ka’badan uzoqlashdilar. Birorta ta’qib qiluvchi ortlaridan ergasha olmadi. Yigirma chog‘li musulmon shu kuni hazrati Umar (r.a.) bilan Madinaga hijrat qildi.


Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:09:31
Rashk tufayli...

Bir kuni janobi Rasululloh (s.a.v.) ashoblar bilan suhbatlashib o‘tirgandilar. Keyin ularga qarata shunday dedilar:
-   Tushimda jannatni ko‘rdim. Bir ayol ko‘rkam va ulug‘vor bir qasr hovlisida o‘ziga oro berib turardi. Men farishtalardan: «Bu qasr kimniki?» deb so‘radim. Ular: «Umar ibn Xattobnikidir», deyishdi. Shunda men Umarning nihoyatda rashkli ekanligini eslab, qasrdan nari
ketdim.

Umar ibn Xattob (r.a.) Rasuli akramning (s.a.v.) bu gaplarini eshitib, to‘lqinlanib ketganidan ho‘ngrab yig‘lab yubordi va yig‘i aralash shunday dedi:
-O’ Allohning Rasuli, ota-onam sizga fido bo‘lsin, kelib-kelib sizdan rashk qilarmidim?!

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:09:46
«O’liklarimiz - jannatda»

Uhud g‘azoti Badr jangi kabi makkalik mushriklarga qarshi olib borilgan dahshatli urushlardan edi. Mushriklar avvalgi urushdagi mag‘lubiyatlari alamini olish uchun jon-jahdlari bilan jang qilishardi. Qurayshiylardan Ibn Shihob, Utba, Ibn Qomiya, Ubay ibn Xalaflar qanday bo‘lmasin, hazrati Payg‘ambarni (s.a.v.) o‘ldirishga qaror berib, u zotning qarorgohlariga bostirib kirishdi. Ubay «Muhammadni o‘ldiraman», deb qasam ichdi, ammo Rasuli akram uni yaralab, mahv etdilar. Biroq Sa’d ibn Abu Vaqqosning mushrik ukasi Utba otgan toshdan Rasuli akramning (s.a.v.) lablari yorilib, tishlari sindi. Ibn Hishom otgan o‘q Payg‘ambarimizning (s.a.v.) peshonalaridan yaraladi. Yana bir qurayshiy Ibn Kamia u zotni qilich bilan yaralab yiqitdi va darhol Abu Sufyonga borib, «Muhammadni o‘ldirdim», deya maqtandi. Dushman tomoni bu xabardan nihoyatda quvondi.

Musulmonlar orasida tahlika, sarosima boshlandi. Ba’zilar qocha boshladi, qo‘shin parokandalikka yuz tutdi. Ammo Anas ibn Nadir kabi «Muhammad o‘lgan bo‘lsa, Alloh boqiydir!» deb jangni davom ettirganlar ham bor edi. Ana shunday alamli, fojiali damlarda ham hazrati Umar  (r.a.) Rasuli akramning (s.a.v.) yonlaridan jilmadi, u zotni jon-jahdi bilan dushman hamlasidan himoya qildi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:10:16
Ammo mushriklarning yetakchisi Abu Sufyon hanuzgacha hazrati Muhammadning (s.a.v.) o‘lik-tirikliklarini bilolmay garang edi. U shubhasini yo‘qotish uchun Islom qo‘shinlari tomon qichqirib, uch bora «Oralaringda Muhammad bormi?» deb so‘radi. Rasuli akram (s.a.v.) ogohlantirib qo‘yganlari uchun musulmonlardan hech kim unga javob qilmadi. Shunda Abu Sufyon ayni tarzda Abu Bakrni (r.a.) so‘radi. Yana javob ololmadi. Keyin Umarni (r.a.) so‘radi. Bu gal ham hamma jimligini ko‘rib, u sevinib ketdi: «Demak, bularning uchovi ham o‘libdi, g‘alaba biz tomonda ekan!»

Boyadan buyon g‘azabidan to‘lg‘onib o‘tirgan hazrati Umar (r.a.) bu gapni eshitib, chidolmay qoldi. Bor ovozda Abu Sufyonga qarab qichqirdi:
-Tovushingni o‘chir, ey Allohning dushmani! Bu odamlarning hammasi
tirik, mana qarshingda turishibdi!

Abu Sufyon Umarning gapidan biroz talmovsirab qoldi. Dushmanlarining tirik ekanidan hafsalasi pir bo‘lgani uchun Ka’badagi eng katta butlarini eslashdan o‘zga iloj topolmadi:
-Oliy bo‘l, Hubal! Aziz bo‘l, Hubal!

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:11:57
Bunga javoban esa hazrati Umar (r.a.) Rasuli akramning (s.a.v.) amrlari bilan shunday dedi:
-Alloh a’lo va ajall! (Alloh - eng jalil, eng ustun!) Abu Sufyon ham jim turolmadi:
-Bizning Uzzoimiz bor, sizniki yo‘q!

Hazrati Umar( r.a.) ham bo‘sh kelmadi:
-Alloh bizning mavloimizdir, sizniki esa yo‘q!
-Jang navbati bilan, g‘oliblik navbati bilan. Bugun biz Badrning intiqomini oldik! - dedi Abu Sufyon bolalarcha g‘ururlanib.

Ammo Hazrati Umar (r.a.) ham osonlikcha mag‘lub bo‘ladiganlardan emasdi:
-To‘g‘ri, sizlar ustun keldinglar. Ammo baribir teng emasmiz. Bizning o‘liklarimiz jannatda, sizlarniki esa jahannamdadir!
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:12:16
Abu Sufyon bu gapga chidolmay, ovozining boricha baqirdi:
-   Ey Umar, Alloh uchun to‘g‘ri gapir! Biz Muhammadni o‘ldirdikmi yoki yo‘qmi?
-   Vallohi, o‘ldirmadinglar! Hozir Rasuli akram sening bu gaplaringni eshitib o‘tiribdilar.

Hazrati Umar (r.a.) bilan Abu Sufyonning bu dahanaki jangidan so‘ng mushriklar o‘z qo‘shinlarini jang maydonidan olib ketishdi. Ular bu jangda ustun kelgan bo‘lsa-da, biroq zafar sharobini icholmadilar, batamom mudofaasiz Madinani istilo qilolmadilar. Birorta musulmonni ham asir ololmay,  Makkaga  qo‘rquv va alam bilan  qaytishdi. Ana  shu jangdan   so‘ng  hazrati   Umar   (r.a.)   Payg‘ambar   alayhissalomga   yanada qattiqroq bog‘lanib qolganini his etdi.

Tarixda musulmonlarning birinchi bor imzolagan sulh shartnomalari bo‘lmish Hudaybiya sulhi shartlariga ko‘ra, musulmonlar va mushriklar o‘n yilgacha bir-biri bilan urushmaslikka, o‘sha yili musulmonlarning Ka’ba ziyoratiga kelmasligiga, Ka’ba ziyoratiga qo‘shilgan musulmonlar Makkada uch kundan ortiq qolmasligiga, ular Ka’bani ziyorat qilayotganida qurayshiylarning Makkadan tashqariga chiqib turishiga kelishib olindi. Yana sulh shartlariga ko‘ra, qurayshiylardan birortasi musulmonlar tomoniga o‘tmoqchi bo‘lib, valiysining ruxsatisiz Madinaga kelsa, musulmon bo‘lsa ham, u odam qabul qilinmaydi, qaytarib yuboriladi, ammo biror madinalik musulmon Quraysh tarafiga o‘tib, Makkaga kiradigan bo‘lsa, qaytarib berilmaydi, deya kelishib olingandi. Xuddi shu masalada hazrati Umar (r.a.) Rasuli akramni (s.a.v.) tushunmay, xiyla ozor berib qo‘yganlarini muarrixlarimiz yozib qoldirishgan.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:12:52
Pushaymonlik

Tarixdan ma’lumki, Hudaybiya sulhiga imzo chekib bo‘lingach, u yerga Suhayl o‘g‘li Abu Jandal kelib qoldi. U avval Makkada musulmonlikni qabul qilgani uchun otasi tomonidan zanjirband qilinib, qamab qo‘yilgandi. U ming mashaqqat bilan qamoqdan qutilib chiqib, zanjirini sudraganicha sulh tuzilgan joyga kelgan va musulmonlardan panoh so‘ramoqchi bo‘lgandi. Shunda Abu Jandalning otasi Suhayl: «Sulh shartlariga muvofiq sizdan birinchi bo‘lib so‘raydigan narsam shuki, o‘g‘limni qaytarib bersangiz, agar berilmasa, sulh buziladi», deb oyoq tirab turib oldi.

Rasuli akram (s.a.v.) Abu Jandalni sulh hukmidan istisno etilishini xohlagan edi. Biroq qurayshiylar rahnamosi Suhayl qaysarlik qilib turib oldi. Valiysining istagiga yon bosib, Abu Jandalni topshirishga rozi bo‘ladilar. Bechora Abu Jandal vaziyatning bunday tus olib ketganidan xafa bo‘lib, qovoq-tumshug‘i osilib ketgandi. U musulmonlarga qarata shunday dedi:
-Men musulmonlikni qabul qilganim uchun bu azob-uqubatlarga giriftor bo‘lib, zulm va xo‘rlik ko‘rgandim. Meni yana o‘sha mushriklarning qo‘liga topshirmoqchimisizlar? Axir manavi yaralarim hali bitib ulgurgani ham yo‘q-ku! - deya o‘zining nochorlikda va iztirobda qolganini bildirib, birodarlaridan marhamat va najot kutardi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:13:09
Uning ahvolini ko‘rib, janobi Rasululloh (s.a.v.) tasalli berdilar:
-   Ey Suhaylning o‘g‘li! Sabr qil, Allohdan umidingni uzma! Biz musulmonlar mag‘lub bo‘lmaymiz! Alloh taolo yaqinda senga va sen kabilarga najot yo‘lini ko‘rsatadi, berishga majburmiz, uning hukmlarini buzish esa bizga to‘g‘ri kelmaydi.

Abu Jandal yana kishanlangan holda Makkaga qaytarildi. Bu holat, bu muomala hammaning asabini tarang, o‘zini garang qilib qo‘ygandi. Musulmonlar g‘alayonga kelishdi. Darhaqiqat, birodarlarini kishanlangan holatda yana mushriklar qo‘liga topshirilishiga toqat qiladigan hollari yo‘q edi. Eng avvalo hazrati Umar (r.a.), o‘sha qiziqqon va haqiqatgo‘y Umar chidolmay qoldilar. O’zlarini bosolmay, Rasuli akram (s.a.v.) huzurlariga borib:
-   Men tushunolmay qoldim, Siz Allohning payg‘ambari emasmisiz, da’voyingiz haq da’vo emasmidi? Bu zalolatni nega qabul qilyapsiz? Bu hukmga qandoq yo‘l qo‘ydingiz? - deya ovozini balandlatib, qizishib gapirdi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:13:29
Rasuli akram (s.a.v.) hazrati Umarning bu qizg‘in ta’nalariga osoyishtalik bilan javob  qaytardilar:
-   Muhaqqaq, men Allohning rasuliman, Allohga isyon ham qilganim yo‘q. Musulmon bo‘lganlarga Allohning o‘zi najot beradi, yo‘l ko‘rsatadi. Biz sabr qilishimiz kerak.

Biroq Umar (r.a.) Payg‘ambar alayhissalomning bu gaplaridan qoniqmay, yana tortishuvda davom etdi:
-   Siz bizga Ka’bani tavof qilamiz, degandingiz-ku!
-   Ha, aytdim. Biroq bu yil tavofi ifo qilamiz, demaganman. Yana takror aytaman, Makkaga kirasizlar, Ka’bani tavof qilasizlar, - dedilar Rasululloh (s.a.v.) yana xotirjamlik bilan.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:13:45
Umar ibn Xattob (r.a.) yana hayajonga tushib, to‘g‘ri Abu Bakr Siddiqni qidirib ketdilar. Unga ham yuqoridagi e’tirozlarini bildirdilar. Hazrati Abu Bakr (r.a.):
-   Hazrati Muhammad (s.a.v.) Allohning payg‘ambaridirlar, nima qilsalar ham, Allohning amriga muvofiq qiladilar. Bu qiziqqonlik nechun, birodari aziz? - deb hazrati Umarni ogohlantirdilar.

Hazrati Umar (r.a.) qizishgan holda sayyidul-mursalin Muhammadga (s.a.v.) qilgan qo‘pol muomalalaridan keyinchalik ko‘p pushaymonlik va afsus chekdilar, Alloh taoloning mag‘firatiga noil bo‘lmoq uchun nafl ibodatlar qildilar, ro‘za tutib yurdilar va bir necha qulni ozod qildilar. Ana shu voqea esa musulmonlar o‘z shaxsiy fikrlarini izhor etishda naqadar hur, erkin ekanliklariga ham bir misoldir.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:14:01
Shayton ham qochgay..

Bir kuni Umar ibn Xattobning (r.a.) janobi Rasulullohni (s.a.v.) ko‘rgilari kelib qoldi. Payg‘ambar alayhissalomning xonadonlariga yetib borib, u zotning huzurlariga kirmoqqa izn so‘radilar. Shu paytda ichkarida Quraysh qabilasining bir guruh ayollari bor edi. Erkaklar qatori ayollar ham o‘zlarini qiziqtirgan, yechisha olmayotgan savollariga javob   so‘rab,   tez-tez   Rasuli   akramning   (s.a.v.)   huzurlariga   kelib turishardi. Bu gal ham ular ezmalanib nimanidir so‘rab turishgan ekan. Rasulullohning (s.a.v.) ovozlari ayollarning shanqi tovushlari orasidan arang quloqqa chalinib qolardi.

Ijozat bo‘lgach, hazrati Umar ichkariga kirib bordilar. U kishining kirganini ko‘rgan ayollar shosha-pisha hijob-ro‘mollariga o‘ranib olishdi. Bu holatni ko‘rib janobi Rasululloh (s.a.v.) miyig‘larida chiroyli tabassum qilib qo‘ydilar. Hazrati Umar buni ko‘rib: «O’ Rasululloh, ota-onam sizga fido bo‘lsin, Alloh taolo sizni umr bo‘yi kuldirsin», dedilar. Shunda janobi Rasululloh (s.a.v.) shunday dedilar: «Men hozir manavi huzurimdagi ayollardan taajjubdaman, sening ovozingni eshitib, ular shosha-pisha ro‘mollarini o‘rab olishdi». Hazrati Umar bunga javoban: «Siz ayollarning izzat-ehtirom va hayo qilmoqliklariga hammadan ham haqliroqsiz», dedilar va ayollarga o‘girilib, ularga dashnom berdilar: «Ey o‘ziga-o‘zi dushmanlar, nechun mendan uyalib, Allohning Rasulidan hayo qilmaysizlar?» Ayollar bu ta’naga javoban chuvillashib: «Siz janobi Rasulullohga nisbatan qo‘polroq va dag‘alroqsiz, vajohatingizdan qo‘rqamiz», deyishdi. Shunda Rasuli akram (s.a.v.) shunday dedilar: «Ey Xattobning o‘g‘li! Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqqi, agar sening yo‘lingdan hatto shayton chiqib qolsa, (dag‘alligingdan qochib) boshqa yo‘lga burilib ketgay!» Ayollar Payg‘ambar alayhissalomning gaplarini tasdiqlab, bosh silkib qolishdi.



Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:14:28
Umid - oxiratdan!

Bir kuni hazrati Umar (r.a.) Rasuli akramni (s.a.v.) ziyorat qilmoq uchun bordilar. Hazrati Oishadan (r.a.) izn so‘rab, hujrai saodatga kirib bordilar. Kichkinagina hujra. Bir tomonda yalong‘och bir sadr. Ustida teridan tikib, ichiga poxol solingan bir to‘shak. Bir burchakda xaltaning tagida bir hovuch suli. Bitta po‘stak, nariroqda suvi bo‘shagan mesh. Allohning so‘nggi payg‘ambari, butun Islom olamining rahbari, dunyoning yarmiga Alloh taoloning haq dinini yoyib, yotqizib-turg‘izayotgan komil insonning uy jihozlari shular edi, xolos. Hazrati Oisha (r.a.) ham ana shu kamtarona hayot tarziga ko‘nganlar. Oylab qozon osilmasa ham, go‘sht va bug‘doy noni bu xonadon uchun nihoyatda tansiq bo‘lib ketsa ham, yemishlari nuqul xurmo va suv bo‘lib qolsa ham zorlanmaydilar, Rasuli akramni (s.a.v.) ta’na va malomat bilan qiynamaydilar. Chunki bu zot Alloh roziligi yo‘lida shu turmushni, shu yo‘lni tanlaganlarini yaxshi biladilar.

Hujradagi bu holatni, Rasuli akramning (s.a.v.) birgina ehromda o‘tirganlarini ko‘rib, hazrati Umar (r.a.) o‘zlarini tutib turolmadilar. Ko‘zlaridan yosh jalasini oqizib, yig‘lab yubordilar. Rasuli akram (s.a.v.) taajjublanib, yig‘i sababini so‘radilar.

Hazrati Umar (r.a.) hamon o‘zlarini bosolmay, bolalar kabi piq-piq yig‘lab javob aytdilar:
-   Siz ustida yotgan ko‘rpa badanlaringizga botib, iz qoldiribdi. Butun mol-mulkingiz shu xona ichida, ko‘rib turibman. Qozoningizga nima tushayotganidan ham xabarim bor. U yoqda qaysarlar va kisrolar oltin-kumush ichra ko‘milib yotibdi, dunyoning butun zavq-shavqi va lazzatiga g‘arq bo‘lgan, dasturxoniga kuniga bir necha xil taom va nozu-ne’matlar tortiladi, bir necha sidra kiyim kiyadi. Aslzodalar, boylar, akobirlar ham dunyo ne’matlaridan foydalanishda ulardan qolishmaydi. Siz esa Allohning payg‘ambarisiz, musulmon olamining rahnamosisiz, shundayin
hayot kechiryapsiz, shunga aslo toqat qilolmayapman.

Rasuli akram (s.a.v.) hazrati Umar gapini tugatishi bilan nim tabassum qilib qo‘ydilar-da:
-   Ey Xattobning o‘g‘li! Sen bu dunyo ularniki, oxirat ne’mati bizniki bo‘lishini istamaysanmi? Mening bor umidim - oxirat dunyosidan! — deb marhamat qildilar.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:14:43
Ilmga yo‘ydilar

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng yaqin safdoshlari Abu Bakr Siddiq va Umar ibn Xattobni tez-tez tushlarida ko‘rib turardilar. Bir kuni Payg‘ambar alayhissalom shunday deb qoldilar:
-   Men uxlab yotganimda tush ko‘rdim. Tushimda sut ichdim, hatto uning tirnoqlarim atrofidan oqib chiqayotganini ham ko‘rdim. So‘ng sutning ortib qolganini Umar ibn Xattobga berdim.
-   
Shunda sahobalar Rasuli akramdan (s.a.v.) so‘rashdi:
-   Buni nimaga yo‘ydingiz, yo Rasululloh?
-   Ilmga, - dedilar u zot.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:14:58
Uzun ko‘ylakda..

Yana bir kuni Rasululloh (s.a.v.) hazrati Umarni tushda ko‘rganlarini so‘zlab berdilar:
-   Men uxlab yotgandim, tushimda ko‘ylak kiyib olgan odamlar menga namoyon bo‘ldi. Ba’zi ko‘ylaklarning etagi tizzaga qadar tushib turibdi, boshqalari esa kaltaligidan tizzaga ham yetmaydi. Umar uzun ko‘ylak kiyib olgan bo‘lib, etagini sudrab borardi.

Shunda sahobalar u zotdan savol so‘rashdi:
-   O’ Rasululloh, buni nimaga yo‘ydingiz?
-   Dinga, - dedilar Payg‘ambar alayhissalom.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:15:16
Achchiq haqiqat

Bu kun musulmonlar uchun eng og‘ir, eng musibatli, eng qayg‘uli kun bo‘ldi. Alloh taoloning so‘nggi rasuli, payg‘ambarlarning sayyidi, eng komil inson hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallam dorul-omonatdan dorul-baqoga rixlat qilayotgan kun edi. Bir necha kungi xastalik dushanbaga o‘tar kechasi kuchaydi, ammo bemorlikka qaramay, Rasuli akram  (s.a.v.) erta tongda hazrati Ali va hazrati Fazl yordamida jome’ga chiqmoqni ixtiyor etdilar. Hazrati Abu Bakrga iqtido  qilib, bomdodni o‘qidilar, kuchlari yetganicha, jamoatga va’z-nasihatlar qildilar.

Xonalariga qaytib kelganlarida ahvollari ancha og‘irlashgan edi. Peshingacha bir necha bor o‘zlaridan ketib qoldilar. Ora-sira yonlaridagi suv idishga qo‘llarini botirib, yuzlarini ho‘llab olardilar, shahodat kalimasini keltirib, o‘lim qo‘rquvi va shiddatiga bardosh bermoqlikda yordam so‘rab, Allohga iltijo qilardilar. Lablari tinmay ushbu duoni takrorlardi: «Allohim, meni afu et! Meni rafiqu a’loga (payg‘ambarlar, siddiqlar, shahidlar, solih zotlar maqomi) yetkazgin!»

Hazrati Rasululloh (s.a.v.) hazrati Oishaning qo‘llarida jon berdilar, muborak ruhlari Buyuk Allohga qovushdi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:15:35
Rasuli akram vafot etgan kunlari Madina ahli qattiq motamda qoldi. Peshindan so‘ng o‘lim xabari hamma yoqqa tarqalib, xonadonlarga qayg‘u, musibat, g‘am-alam kirib bordi. Ashobi kirom ham, xesh-aqrabolar chuqur iztirobda, mutaassir, esankiragan holatda edilar. Hazrati Ali tek qotgan, hazrati Usmonning tili tutilgan edi. Mo‘minlar tinmay ko‘z yoshi to‘kishar, motam tutar, munofiqlar esa xursandchiligini yashirolmasdi. Bunday ahvoldan hazrati Umar (r.a.) g‘azab otiga mingan, o‘zini bosolmas, bu ayriliqqa, so‘ngsiz musibatga chidolmay, qafasga tushgan qush kabi har yonga urar, qayg‘ulari vujudiga sig‘may qiynalardi. U qilichini qinidan sug‘irib olgan, uni havoda o‘ynatib, o‘zi tinmay telbalarday qichqiradi:
-   Yo‘q, Muhammad o‘lmagan! U shunchaki behush bo‘lib qoldi, ko‘p o‘tmay, o‘ziga keladi! Kim Muhammadni o‘ldi, deydigan bo‘lsa, bo‘ynini shu zahoti uzib tashlayman!

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:15:56
Shunday nozik va tahlikali bir paytda o‘zini tutib, sarosimaga tushmagan hazrati Abu Bakr Siddiq bo‘ldilar. U kishi janobi Rasululloh (s.a.v.) bilan vidolashdilar, «Hayotligingizda ham ko‘rkam edingiz, o‘limingiz ham ko‘rkam!» deb peshonalaridan o‘pdilar. Keyin hamon o‘zini bosolmay, hayqirayotgan hazrati Umarga (r.a.) qarata: «Jim bo‘l, yo Umar!» deb uni tinchitdilar. Keyin masjidga kirib, xalqqa yuzlanib gapirdilar: «Ey insonlar! Orangizda Muhammadga sig‘ingan kishi bo‘lsa, yaxshi bilib olsinki, Muhammad o‘ldi. Allohga ibodat qilganlar bo‘lsa, yaxshi bilib olsinlarki, Alloh boqiydir, aslo o‘lmagaydir». Keyin Qur’oni karimdan payg‘ambarlar, shu jumladan, Muhammad alayhissalom ham o‘tguvchi va o‘lguvchi ekanlari haqidagi oyatlarni o‘qidilar. Shundagina boshqalar qatori hazrati Umar (r.a.) ham tinchlandi. Hushi o‘ziga qaytdi. Sodir bo‘lgan voqeaning achchiq haqiqatini anglab yetdi. Shundagina o‘n olti yil yonlaridan bir dam jilmagan do‘stlaridan, Allohning rasulidan ayrilib qolganlariga ishonib, o‘ksib-o‘ksib yig‘ladi.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:16:25
AHLI JANNAT SAYYIDLARI

Rasululloh sirlari

Hafsa binti Umar hazrati Umarning (r.a.) qizlari edi. U Rasuli akramning (s.a.v.) sahobalaridan Xaniys ibn Xuzoma as-Sahmiyning xotini edi. U Madinada vafot topdi va Hafsa tul qoldi. Shunda Umar ibn Xattob (r.a.) qizini xayriyat ahllaridan birortasiga xotin qilib berishni o‘ylab qoldi. U birodari Usmon ibn Affon (r.a.) huzuriga borib, tul qolgan qizini xotinlikka olishini taklif qildi. Negadir hazrati Usmon bu taklifga uncha ro‘yxushlik bermadi. «Biroz o‘ylab ko‘rayin», degan mavhumroq javobni qildi. Hazrati Umar (r.a.) bir necha kun kutib toqati tugadi. Shunda hazrati Usmonning (r.a.) o‘zi kelib uchradi va: «Shu kunlarda uylana olmayman, shekilli, buning ilojini topolmadim», dedi.

Hazrati Umar (r.a.) uning gapidan hafsalasi pir bo‘lib, boshqa birodari Abu Bakr Siddiqning (r.a.) huzuriga jo‘nadi. Hazrati Usmonga aytilgan taklif unga ham yetkazildi: «Agar istasangiz, qizim Hafsani sizga nikohlab qo‘yaman». Hazrati Abu Bakr Siddiq lom-mim ham demadi, indamay burilib ketaverdi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 10 Oktyabr 2006, 10:16:51
Umar ibn Xattob (r.a.) bir necha kun u kishidan javob bo‘lishini kutib yurdi. Ammo birodarlari hamon sukutda edi. Tabiatan qiziqqon Umarning (r.a.) bundan jahli chiqdi, kuyundi: «Qizimni tortiq qilib tursam-u bu odam yo «ha», yo «yo‘q» demasa. Hatto Usmon kabi bir tayinli javob qilmasa!»

Oradan bir kun o‘tdi. Ana shu muhlat ichida Sarvari olam Muhammad (s.a.v.) Hafsani so‘rattirib qoldilar. Hazrati Umar (r.a.) juda sevinib ketdi: «Allohning rasuli qizini so‘rattirsa, sen u zotga qaynota maqomiga erishsang, inson uchun bundan ortiq sharaf va baxt bormi?» Ularning nikohini hazrati Umarning (r.a.) o‘zlari o‘qidi.

Ana shunday mas’ud kunlarning birida hazrati Umar (r.a.) do‘stlari Abu Bakr Siddiqni (r.a.) uchratib qoldilar. Abu Bakr Siddiq birodariga shunday dedilar:
-   O’shanda qizing Hafsani menga xotinlikka taklif etganingda, nega lom-mim demay ketganim sababini bilganmisan? Nazarimda, mening bu qilig‘imdan og‘rinib, xafa bo‘lgansan ham. Aslida, bu taklifingga ko‘nmaganimning sababi bor. Bir kuni janob Rasulullohning o‘z suhbatlarida Hafsa haqida gapirib o‘tganlaridan xabardor bo‘ldim. Sarvari olamning bu niyatlari meni taklifingga ko‘nishimga monelik qildi.

-   Nega bu gaplarni o‘shanda menga ochiq ayta qolmading? - deb so‘radilar hazrati Umar (r.a.).
-   Chunki men u zotning sirlarini oshkor qila olmasdim-da! Bordi-yu janob Rasululloh qizingni olmaganlarida, men olgan bo‘lardim, - dedi hazrati Abu Bakr Siddiq (r.a.) birodariga mehr ko‘zi bilan boqib.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:20:47
Hovuz bo‘yida

Bir kuni Rasuli akram (s.a.v.) shunday deb qoldilar: «Men tushimda ko‘rsam, bir quduq bo‘yida turibman. Undan chelakda suv olib, odamlarga ichirayotgan ekanman. Shu asnoda oldimizga Ibn Abu Qahofa (ya’ni, Abu Bakr) kelib qoldi. U menga dam bermoq niyatida qo‘limdan chelakni oldi-da, hovuzdan bir-ikki bor suv tortdi. Ammo suv kamroq chiqdi. Alloh taolo uni mag‘firat qilsin! Keyin Umar ibn Xattob kelib qoldi. U Abu Bakrning qo‘lidan chelakni olib, hovuzga tashladi. U baquvvat va mohir bo‘lgani uchun shu qadar ko‘p suv tortib chiqardiki, hatto odamlar suvni to‘ygunlaricha ichib, batamom qonishdi. Hovuz suvi esa kamayishi o‘rniga tobora ko‘payib borardi. Hatto odamlar quduq atrofiga tuyalari uchun qo‘ralar ham qurishdi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:21:42
Qay biri mahbubroq?

Kunlarning birida janob Rasululloh (s.a.v.) Amr Ibn Osni qo‘shinga qo‘mondon qilib, Zotus-Salosilga yuboradigan bo‘ldilar. Safar oldidan ikkovlari biroz suhbatlashib qolishdi. Amr Ibn Os Sarvari olamdan (s.a.v.) so‘rab qoldi:
-   Ey Allohning rasuli, qo‘shinda Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumo bo‘laturib, meni bosh qilib tayinladingiz. Bu odamlardan qay biri siz uchun mahbubroq?
-   Oishaning otasi Abu Bakr, - dedilar Sarvari olam (s.a.v.).
-   U kishidan keyin-chi? - yana so‘radi Amr Ibn Os.
-   So‘ng Umar ibn Xattob, - dedilar va u zot hazrati Umardan so‘ng yana bir necha kishining nomini sanab o‘tdilar.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:22:05
Jannat bashorati

Ulug‘ sahobiylardan Abu Muso al-Ash’ariy uylarida tahorat olib, ko‘chaga chiqdilar. U kishining niyati Rasulullohga (s.a.v.) chin dildan komil ixlos bilan xizmat qilish, kunlarini u zot bilan birga o‘tkazish edi. Abu Muso yaqindagi masjidga borib, Rasuli akramni (s.a.v.) so‘radi. Masjiddagilar: «Hozirgina bu yerdan chiqib, hov anavi tarafga ketdilar», deyishdi.

Sahobiy ular ko‘rsatgan tomonga bordilar. Axtara-axtara surishtirsalar, Bi’ru Arisga, ya’ni sahnida qudug‘i bo‘lgan bir boqqa kirib ketgan ekanlar. Payg‘ambar alayhissalom toki tahorat olib, poklanib bo‘lgunlaricha, Abu Muso bog‘ning xurmo shoxlaridan yasalgan eshigi oldida sabr bilan kutib turdi. Keyin u zot turgan joyga bordi. Qarasalar, Payg‘ambar alayhissalom quduq taxtasining o‘rtasida izorlarini shimarib, oyoqlarini quduq ichiga osiltirib o‘tiribdilar. Sahobiy u zotning qoshlariga borib, salom berdilar. Rasuli akram (s.a.v.) alik oldilar-da, yana indamay xayolga berildilar.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:22:33
Abu Muso yana eshik oldiga borib o‘tirdi. «Bugun bir eshikbonlik qilib, Payg‘ambar alayhissalomni xushnud etayin», deb dildan o‘tkazdi. Shu asnoda Abu Bakr Siddiq (r.a.) kelib, eshikni taqillatdilar. Abu Muso:
-   Kim? - dedi.
-   Men Abu Bakrman.
-   Shoshmay turing, men janobi Rasulullohdan so‘rab kelay, - deb u zotning huzurlariga ketdi va Abu Bakr kelib, ichkariga kirmoqqa izn so‘rayotganini izhor etdi. Shunda u zot:
-   Ijozat ber va jannati ekanliklarini aytib, xushnud qil! - dedilar.

Abu   Bakr   (r.a.)   boqqa   kirib,   Rasulullohning   (s.a.v.)   huzurlariga
bordilar. Salomlashishgach, Abu Bakr (r.a.) ham izorlarini Payg‘ambar alayhissalom kabi shimarib, u zotning o‘ng tomonlarida quduqning ichiga oyoqlarini osiltirib o‘tirdilar.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:22:54
Abu Muso yana eshik yoniga qaytib keldi. Boya ko‘chaga chiqayotib, birodari Abu Burdaga «Tahorat olib, ortimdan yetib bor», deb tayinlab kelgandi. Shuning uchun Alloh taolo birodariga yaxshilikni ravo ko‘rgan bo‘lsa, bu yerga yetib kelib, Rasuli akram (s.a.v.) suhbatlaridan bahramand bo‘lishini orzu qilib o‘tirgandi. Shu payt eshik taqillab qoldi. Abu Muso shoshilib so‘radi:
-   Kim bu?
-   Umar ibn Xattobman, - degan ovoz keldi.
-   Biroz kutib tursangiz, - dedi o‘tinch ohangida Abu Muso. - Men ijozat so‘rab kelay.
U Rasulullohning (s.a.v.) qoshlariga borib, salom berdi va Umar ibn Xattob kelib, ichkariga kirish uchun ruxsat so‘rayotganini ma’lum qildi. U zot:
-   Ijozat ber va jannati ekanini aytib, xushnud qil, - dedilar. Abu Muso shoshqich eshik oldiga borib, Umar ibn Xattobga (r.a.) xitob qildi:
-   Kiring, janobi Rasululloh sizning jannati ekaningizni bashorat qildilar.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:23:16
Xuddi shu taxlitda hazrati Umar (r.a.) ham boqqa kirib keldilar va janobi Rasulullohning (s.a.v.) chap yonlariga borib, oyoqlarini quduq ichiga osiltirib o‘tirdilar.

Birozdan so‘ng Usmon ibn Affon (r.a.) ham boqqa keldilar va jannatga kirishi bashorati bilan kutib olindilar. Faqat hazrati Usmon (r.a.) quduq labidagi taxtada joy qolmagani uchun quduqning janobi Rasulullohga (s.a.v.) qarama-qarshi tarafiga borib joylashdilar.

Sa’id ibn al-Musayyib bu voqeani, ya’ni janob Rasuli akramning (s.a.v.) o‘ng tomonlarida Abu Bakr Siddiq, chap tomonlarida Umar ibn Xattob, oyoq tomonlarida Usmon roziyallohu anhuning o‘tirganlarini ularning qabrlari keyinchalik qay tartibda joylashganiga yo‘ygan ekanlar.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:23:39
Ikki shahid

Bir kuni Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining eng sodiq sahobalaridan Abu Bakr, Umar, Usmon roziyallohu anhumlar bilan Uxud tog‘iga chiqdilar. Shunda hatto ongsiz, zabonsiz tog‘ ham azboroyi xursand bo‘lganidan titrab ketdi. Shunda Payg‘ambar alayhissalom uni tinchlantirdilar: «Ey Hud, tek tur, chunki payg‘ambar va hamisha rostgo‘y (Abu Bakr) hamda ikki shahid (Umar va Usmon) ustingdadir», dedilar. Darhaqiqat, Abu Bakr Siddiq har qanday sharoitda ham biror marta yolg‘on so‘z aytmadilar, ikki xalifa Umar ibn Xattob va Usmon ibn Affon din dushmanlari qo‘lida shahid bo‘lishdi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:24:06
MO’MINLAR AMIRI

«Allohdan qo‘rq!»

Umar ibn Xattob (r.a.) chinakamiga mo‘minlarning amiri, odil va foruq xalifasi edi. Hazrati Umar (r.a.) o‘z oilasi va bolalari uchun ovqat va unni o‘zi orqalab tashidi. Xalifa o‘z qo‘li bilan ovqat pishirib, yetimlarga tarqatdi. U Allohdan qo‘rqardi, hamisha Allohning rizoligini istardi, Allohga maqbul ishlarni qilishga intilardi. «Dajla qirg‘og‘ida bir cho‘ponning qo‘zisini bo‘ri olib qochsa, Alloh xalifa Umardan so‘raydi», deb ko‘z yoshini to‘kardi. Bir gal otda ketayotib o‘ziga-o‘zi: «O’ Umar, Allohdan qo‘rq!» dedi va shu zahoti otdan tushib, boshini yerga qo‘yib, sajda qildi va ovozi bo‘g‘ilgan holda «Umar kimki, Allohdan qo‘rqmasin!» deya nola qildi. U har ishda odillik qilardi, nochor, mazlum, ojiz kishilarning himoyachisi edi. Hatto, bir gal bir voliyga shahodatnoma berib, viloyatga rahbar qilib jo‘natayotib, suhbat chog‘ida uning o‘z farzandlarini biror marta quchog‘iga olib erkalamaganini bilib qolgach, shahodatini yirtib tashlab, quvib chiqargan ham shu hazrati Umar (r.a.) edi. U kishining yana bir odatlari bor edi. Har kuni qosh qoraygach, o‘zidan-o‘zi: «Ayt-chi, ey Umar, bugun Alloh yo‘lida nima ish qilding?» deb so‘rardi.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:24:45
«Men ham kechirdim»

Hazrati Umar roziyallohu anhuning xalifalik yillarida adolat bilan ish tutganlari, ayniqsa, faqir, nochor, mazlum kishilarga jon fido qilganliklari tillarda doston bo‘lib ketgan. U kishining xalifalik
yillarida bir odam janjalkash, shaddod xotinining janjallariyu baqir-chaqirlaridan to‘yib, xalifaga shikoyatga keldi. U Umarning (r.a) eshiklari oldiga kelib, endi chaqirmoqchi bo‘lib tursa, ichkaridan ayol kishining qattiq-qattiq gapirgani eshitildi. Boyagi kishi hayron bo‘lib qoldi, quloqlariga  ishonmadi. Nahotki, xalifaning xotini baqir-chaqir qilayotgan bo‘lsa? Astoydil quloq solsa, xalifaning xonimi Ummu Gulsum eri hazrati Umarga qattiq gapirmoqda. Xalifadan esa sado chiqmasdi.

Xotinidan shikoyatga kelgan odam o‘ziga- o‘zi shunday dedi:
-   Men xotinimning janjallaridan, uning yomon fe’lidan, menga nisbatan hurmatsizligidan xalifaga arz-dod qilib kelgandim. Bu qanday bedodlikki, mening boshimdagi g‘am-alam xalifaning boshida ham bor ekan. Yaxshisi, bu yerdan tinchgina ketaqolay!
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:24:59
U qaytib ketayotgan edi, Umar (r.a.) uni ko‘rib qoldilar:
-   Nega kelding-u endi nega ketyapsan? - dedilar.
-   Sizga xotinimdan shikoyat qilib kelgandim. Qarasam, bu dard, bu tashvish sizning boshingizda ham bor ekan. Shuning uchun shikoyat qilishdan kechib, qaytib ketayotgan edim, - dedi arzga kelgan kishi.
-   Agar gap shundoq bo‘lsa, endi menga yaxshilab quloq sol, - dedilar xalifa. - Oiladagi ayollarimizning bizga sabr-qanoat, toqat bilan qilgan xizmatlari ham, ayni paytda erning zimmasida uning haqlari ham bor. Xotinim jahannam otashi bilan mening o‘rtamda bir parda-to‘siqdir. Ko‘nglim u bilan rohat topadi, haromga boqmayman, chunki u menga xotinlik vazifasini qiladi. U uyim va mulkimning qo‘riqlovchi muhofizidir, uydan chiqsam, u uydagi mol-mulkimni saqlab, bekalik vazifasini bajaradi. Kiyimlarimni yuvib-tozalaydi, uyning boshqa yumushlarini bajaradi, hamma yoqni orasta tutadi, bolalarni yuvib-tarab, yedirib-ichiradi, tarbiya qiladi. U mening ovqatimni pishirib, oldimga qo‘yadi, boshqa yumushlarimni qiladi. Shuncha xizmatlarni o‘rniga qo‘yib bajarib, biror marta ham minnat qilmaydi, zorlanmaydi.

Boyagi odam hazrati Umarning bu nasihatlarini eshitgach:
-   Sizga qilinadigan bu xizmatlar menga ham qilinadi. Sizki
ayolingizni xush ko‘rib, ba’zi qusur-kamchiliklarini kechirganingizdan
keyin men ham xotinimning qusurlarini kechirdim, - dedi.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:25:18
Tundagi hodisa

Musulmonlarning xalifasi Umar (r.a.) doimiy odatlariga ko‘ra, bir kun kechasi Madina ko‘chalarini aylangani chiqdilar. U ana shunday «sayr» paytida aholining holidan xabar olar, adolat buzilmasligini nazorat qilar, beva-bechoralarning arz-shikoyatlarini tinglar edilar.

Bu gal ham tungi ko‘chalarni aylanib yurarkan, oldinda bir sharpa ko‘rindi. Yaqinlashib qarasa, bir odam hadeb chodir ichiga qarayapti. Hazrati Umar undan so‘radilar:
-   Bu yerda nima qilib turibsan?
-   Sayohatga chiqqan edik. Ichkarida o‘tirgan mening oilam, homilador edi, shu yerda to‘lg‘oq tutib qoldi. Majburan biz shu yerda qoldik, biz bilan kelgan karvon yo‘lida davom etib ketdi, - deb javob berdi musofir.
-   Unda nega bu yerda turibsan, kirib xotiningga yordam bermaysanmi? -dedilar Umar (r.a.).
-   O’rdam beray, desam, bu ishga aqlim yetmaydi.
-   Unda sen shu yerda tur, men hozir doya olib kelaman.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:25:39
Umar (r.a.) shunday deb, uylariga jo‘nadilar va uxlab yotgan xotinlarini uyg‘otdilar.
-   O’ Ummu Gulsum. Tur o‘rningdan, hozir sening yordaming kerak bo‘lib
qoldi. Agar urush maydonida jang bo‘lsa, bezovta qilmas edim. Bugun sen
keraksan, bu ish sening qo‘lingdan keladi.

Ummu Gulsum chodirdagi ayolga yordam qildi va bir ozdan so‘ng chodir ichidan chaqaloqning yig‘isi eshitildi. Yumushlarini tugatib chiqqan Ummu Gulsum musofirni o‘g‘illi bo‘lgani bilan qutladi. So‘zlashuv asnosida xotinining tug‘ishiga kimlar yordam berganini sezib qolgan musofir tamoman dovdirab qolgandi:
-   O’ amiral-mo‘minin, sizni bezovta qildimmi?
Bunga javoban hazrati Umar xiyol jilmayib qo‘ydilar va musofirga qattiq tayinladilar:
-   Tongda huzurimga kel. Baytul-moldan kerakli yordam beriladi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:25:54
Chiroyli xotima

Ittifoqo bir kuni mo‘minlar amiri Umar ibn Xattobning (r.a.) huzurlariga uch yigit kirib kelishdi. Ular otalarini o‘ldirgan qotilni tutib kelishgandi, undan qanday qasos olish masalasini aniqlashni xalifaga topshirmoqchi edilar. Qotil hazrati Umarni aldab bo‘lmasligini tushunib, aybini bo‘yniga oldi, har qanday jazoga roziligini izhor qildi. Faqat mol-mulkini farzandlariga bildirib qo‘yish uchun uch kunga muhlat so‘radi. O’sha yerda hozir bo‘lgan sahobiylardan Abu Zarr G’iforiy qotilning kafolatini oldi.

Uch kun o‘tdi, qotildan darak yo‘q edi. Xalifa uning kafolatini olgan Abu Zarrni toptirib keldi. U yetib kelib, qatl etilishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Shu paytda o‘sha qotil halloslaganicha yetib keldi. Xalifaning yuzi yorishdi. Qotildan taajjubda so‘radi:
-   Qochib ketishga imkoning bo‘laturib, nega qaytib kelding?

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:26:11
Xalifalikda va’dasining uddasidan chiqadigan qolmabdi, deyishlaridan qo‘rqib  keldim, - dedi qotil. Shunda xalifa sahobiy Abu Zarrga yuzlanib so‘radilar:
-   Sen nega tanimagan odamingning kafolatini olding, axir u kelmaganda, uning o‘rniga qatl etilgan bo‘larding-ku?!
-   Xalifalikda himmatli kishilar yo‘q ekan-da, deyishmasligi uchun shunday qildim, - dedi sahobiy.

Bu manzarani ko‘rib turgan jabrdiyda uch yigit Xalifaga shunday deb murojaat qilishdi:
-   Biz ham otamizning qotilini kechirdik, undan qasos ham olmaymiz, tag‘in bu dunyoda afv etguvchilar qolmabdi-da, deb yurishmasin.

Masalaning bu yangliq chiroyli adolat bilan xotima topganini ko‘rgan amirning yuzlarida mamnunlik alomatlari jilva eta boshladi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:26:29
«Umar eshitmasinmi?»

Hazrati Umarning xalifalik yillari. U kishi o‘z odatlariga ko‘ra, bir guruh kishilar bilan Madina ko‘chalaridan ketib borardilar. Shunda bir ayol xalifani to‘xtatib, qattiq ovozda nasihat qilishga tushdi: «Ey Umar, yaqindagina Umarcha deb atalarding, ulg‘ayganingdan so‘ng «Ey Umar» deb murojaat qiladigan bo‘lishdi. Endi esa «Ey amiral-mo‘minin» deb atalmoqdasan. Allohdan qo‘rqqin, ey Umar! Kim o‘limga ishonsa, umrini bekor o‘tkazishdan qo‘rqadi, kim Hisob-Kitobga ishonsa, azobdan qo‘rqadi», deya ta’na-dashnom qilaveribdi boyagi ayol.

Butun Islom olamining xalifasi, dunyoning yarmini turg‘izib-o‘tqizayotgan hukmdor yupun kiyingan, ko‘rimsizgina bu ayolning malomatlarini xuddi talaba boladay odob bilan, jimgina tinglayapti, hatto e’tiroz bildira olmayapti. Bu ne hol? Xalifaning hamrohlari taajjub ichra u kishidan: «Ey mo‘minlarning amiri, bu kampirga ham shunchalik to‘xtab, achchiq-tiziq gaplarini eshitib o‘tirasizmi?» deb so‘rashdi. Bunga javoban hazrati Umar: «Allohga qasamki, agar u ertalabdan kechgacha ham yo‘limdan to‘xtatib ushlab tursa ham, farz namozlari vaqtidan boshqa paytda turaveraman. Bu kampirning kimligini bilasizlarmi o‘zi?! Bu - Havla binti Sa’laba. Uning so‘zini Alloh taolo yetti osmonning ustidan eshitgan. Olamlarning Parvardigori bu ayolning so‘zlarini eshitadi-yu oddiy banda Umar eshitmasinmi?» - dedilar.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:26:57
Xalifaning kelini

Hazrati Umar xalifalik yo‘llarida ko‘pincha Madina ko‘chalarini tunda yolg‘iz aylanar, musulmonlarning holi-hayotidan, turmushidan shu tariqa xabardor bo‘lib olardi. O’sha kuni ham oddiy kiyimdagi xalifani Madina ko‘chalarida ko‘rganlar taniy olishmadi, e’tibor ham berishmadi. U katta-katta qadam tashlab borarkan, chor atrofga sinchkovlik bilan nazar tashlar, nigohidan mayda-chuyda narsalar ham qochib kutula olmasdi. Shu payt xonadonlarning biridan ikki ayolning g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir gaplashayotgani qulog‘iga chalindi. Qiziqsinib devorga yaqin bordi. Devor ortidan bir xotinning qiziga aytayotgan gaplari baralla eshitilib turardi:
-   Qizim, bugun soqqan sutimiz negadir ko‘zimga oz ko‘rinyapti, shunga bir
oz suv qo‘shib ko‘paytirmasak, bo‘lmaydi, shekilli. Shunga suv olib kelib
bergin.

Qizi hayratlanib: «Voy onajon, nimalar deyapsiz? Amiral-mo‘minin sutga suv qo‘shmanglar, deb buyurgan edi-ku, - dedi. Onasi unga javoban:
-   Qizim, bilasanki, tirikchiligimiz sut bilan o‘tadi. Men bir beva ayolman,   boshqa   daromadimiz   yo‘q.   Sutga   biroz   suv   qo‘shsak,   ko‘payadi, ehtiyojimizga ishlatamiz, - dedi. Allohdan  qo‘rqish qalbiga jo bo‘lgan odobli qiz:
-   Onajonim, bugun sizga nima bo‘ldi? Sizning bunday deganingizni xalifa eshitsa, nima bo‘ladi? - dedi.
-   Qizim, kechasi bu vaqtda xalifa uxlab yotibdi. Bizning bu yerda sutga suv qo‘shganimizni qanday biladi, qanday ko‘radi?! - dedi.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:28:12
Ul muborak qiz onasini gunohdan qaytarishga harakat qilib:
-   Onajon! Bugun sizga bir narsa bo‘libdi! Siz shunday nomaqbul so‘zlarni aytmoqdasiz! Siz aytgan hiylani agar xalifa ko‘rmasa, hamma narsani biluvchi Alloh biladi va ko‘radi! Sutga suv qo‘shish - gunohdir! - deb onasini gunohdan saqlab qoldi.

Hazrat Umar bu suhbatni oxirigacha eshitdi. Ertasiga ertalab bu yerga kelib, Allohdan qo‘rquvchi, go‘zal axloqli, yaxshi fazilatli, iffatli va tarbiyali qizni o‘g‘liga so‘radi. Hazrat Umar o‘g‘lini shu faqir qizga uylantirdi. Hazrat Umarning o‘sha muborak kelinidan shunday avlodlar -farzandlar dunyoga keldiki, ulardan biri hazrat Umar kabi adolatli bo‘lib, tarixda ikkinchi Umar ismini oldi. Bu zot Umar ibn Abdulazizdir. Umar ibn Abdulaziz bobosi kabi adolatni sevuvchi, Allohdan qo‘rqib yashaydigan muhtaram bir zotdir.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:28:30
Uchta gunoh

Madina ko‘chalarini kezib, ra’iyat ahvolotidan doimo xabardor bo‘lish xalifa Umar ibn Xattobning (r.a.) eng suygan mashg‘ulotlaridan edi. Bu gal ham hazrati Umar (r.a.) ana shu poytaxt ko‘chalarini aylanib yurgandilar. Bir hovli yonidan o‘tib ketayotib, erkak va ayolning g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir gaplashayotganini eshitib qoldilar. Devorga chiqib qarasalarki, ularning o‘rtasida ichkilik to‘la idish turibdi. Shunda Umar (r.a.) tutoqib ketib, erkakka ta’na qildilar:
-   Ey Allohning dushmani, sen qilayotgan bu gunoh ishlar Allohdan pinhon qoladi, deb o‘ylaysanmi?

U odam esa xotirjam turib, xalifaga javob qildi:
-   Ey amiral mo‘minin, men Allohga bir gunoh qilgan bo‘lsam, siz birato‘la uchta gunohga yo‘l qo‘ydingiz. Alloh taolo: «Josuslik qilmanglar!» degan. Siz bizning gapimizni poylab, josuslik qildingiz.
Alloh yana aytganki: «Uylarga eshiklardan kiringlar!» Siz esa devor oshib tushdingiz. Va yana Alloh taolo: «O’zlaringizning uylaringizdan boshqa uylarga uning ahlidan izn so‘ramasdan, salom bermasdan kirmanglar», deydi. Siz buni ham qilmadingiz.

Umar (r.a.) bu kishining zukkoligiga tan berib, bo‘shashib qoldi va undan shunday deb so‘radi:
-   Birorta xayrli ishing bo‘lsa, ayt, seni avf qilaman.
-   Xudo haqqi, qaytib bu ishni hech qachon qilmaslikka so‘z beraman, - deya uzr so‘radi boyagi kishi.
-   Boraqol, seni kechirdim, - dedilar hazrati Umar xotirjam bo‘lib.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:28:54
Sotilgan shikoyat

Payg‘ambar alayhissalomning amakilari Abbos ibn Abdulmuttalib qorong‘u kechalarning birida mo‘minlar amiri Umar ibn Xattobning (r.a.) uyiga borish uchun yo‘lga chiqdilar. Ketayotsalar, yo‘lda sahroyi odamlarning yirtiq kiyimlarini kiyib olgan bir kishi yo‘llarini to‘sib chiqdi va yenglaridan tortib: «Yur men bilan, ey Abbos», dedi.

Abbos (r.a.) diqqat bilan qarasalar, u kishi amiral-mo‘mininning o‘zlari ekanlar. Ko‘pincha birov tanib qolmasligi uchun kiyimlarini o‘zgartirib, Madina ko‘chalarini aylanish, musulmonlarning holi-hayotidan, turmushidan xabardor bo‘lish u kishining odatlaridan edi. Chunki amiral-mo‘minin Rasuli akramning (s.a.v.) «Sizlarning har biringiz bamisoli cho‘pondirsizlar va o‘z qo‘l ostingizdagilarga mas’uldirsizlar», degan gaplarini mahkam tutgan edilar.

Abbos ibn Abdulmuttalib xalifaga salom bergach, so‘radilar:
-   Yo‘l bo‘lsin, ey mo‘minlar amiri?
-   Bu zulmatli tunda arab mahallalarini aylanib chiqmoqchiman, - dedilar hazrati Umar (r.a.).

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:29:15
Kecha salqin edi. Hamma kechki yumushlarini tugatib, uyquga hozirlik ko‘rayotgandi. Hazrati Umar chodirlar va kulbalar oralab borarkanlar, ularning har birini diqqat bilan kuzatar, nimanidir axtarayotganidek ba’zan to‘xtab ham qolardilar. Aylanishni tamomlab, endi orqaga qaytishmoqchi ham ediki, to‘satdan bir chodirdan kelayotgan ovoz xalifani sergaklantirib qo‘ydi. Sekin chodirga yaqinlashishdi. Unda bir ayol qozon oldida kuymalanib o‘tirar, atrofida bir necha bola chirqillab yig‘lardi. Ayol tinmay bolalarni ovutmoqchi bo‘lar, «Sabr qilinglar, ozgina qoldi, hozir ovqatim pishsa, yeysizlar», deb aldardi. Hazrati Umar (r.a.) bu holatni ko‘rib, kayfiyatlari buzildi. O’rinlaridan jilolmay qoldilar. Shu alfoz ancha turib qolishdi. Nihoyat, Abbos tilga kirdi:
-   Ey amiral-mo‘minin! Nega bu yerda turibmiz, yuring ketaylik?!
-   Alloh nomi bilan qasam ichamanki, toki bu ayol ovqatini suzib
bolalariga yedirmaguncha hech qayoqqa ketmayman! - dedilar hazrati Umar.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:29:34
Vaqt o‘tib borardi. Bolalar hamon yig‘idan to‘xtamas, ayol esa «Sabr qilinglar, hozir ovqatni suzaman, ozgina qoldi», deb takrorlashdan charchamasdi. Hazrati Umar chidab turolmadilar va Abbosga:
- Yur, ichkariga kiraylik-chi, nima gap ekan? - dedilar. Ikkovlon orqama-orqa chodirga kirishdi. Hazrati Umar ayolga salom berdilar.
-   Assalomu alaykum!
-   Va alaykum assalomu va rohmatullohu va barokatuh, - deb go‘zal javob qaytardi boyagi ayol.
-   Bolalarga nima bo‘lgan, nega ular yig‘idan to‘xtashmayapti? -so‘radilar hazrati Umar (r.a.).
-   Qorinlari och.
-   Nega qozondagi ovqatdan bermayapsan?
-   Ovqat bo‘lganda, bermasmidim. Ularni aldab, ovuntirib o‘tiribman, xolos. Zora, yig‘idan charchab uxlab qolishsa. Ularga yediradigan hech narsa yo‘q! - dedi ayol bo‘shashib. Hazrati Umar (r.a.) qozonni kavlab ko‘rdilar. Ozgina suv ichiga bir necha mayda tosh tashlab kavlab o‘tirgan ekan.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:29:50
-   Nega bunday nochor ahvolda qolding? - so‘radilar amiral-mo‘minin.
-   Mening hech kimim yo‘q, na aka-ukam, na otam, na erim... Birortayam qarindoshim yo‘q, yolg‘iz ayolman.
-   Unda nega mo‘minlar amiriga borib, ahvolingni tushuntirmading? Baytul-moldan biror narsa berardi-ku!
-   Vallohi, Umar menga zulm qildi, - dedi ayol. Ayolning bu gapidan hazrati Umar (r.a.) dahshatga tushdi, vujudlari qalt-qalt titray boshladi, peshonalaridan sovuq ter chiqib ketdi.
-   Ey xola, Umar senga nima zulm qildi? - deb so‘radi xalifa arang tilga kirib.
-   Ha, Xudo haqqi, Umar bizga zulm qildi. U boshlig‘imiz edi, qo‘l ostidagi har bir odamning hol-ahvolidan ogoh bo‘lib turishi mumkin edi. Axir musulmonlar orasida mendaqa serbola, nochor, yordam va shafqatga muhtoj oilalar bor-ku!
-   Umar sening ahvolingni qaerdan bilsin? Sen unga arz bilan borib, ahvolingni ma’lum qilib qo‘yishing kerak edi., - dedi hazrati Umar (r.a.).
-   Yo‘q, vallohi, haqiqiy boshliqlar qaramoqlaridagi odamlarning nimaga muhtojligidan doimo xabardor bo‘lishlari kerak. Ehtimol, mendaqa kambag‘alning hayosi yo‘l qo‘ymay, boshliq oldiga borishga iymanar...
-   Haq gapni aytding! - dedi hazrati Umar (r.a.). - Bolalarni ozgina tinchitib tur, men hozir kelaman!
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:30:07
Hazrati Umar (r.a.) Abbosni yetaklab chiqib ketdi. Xazinaga borib, ichkariga kirishdi. Hazrati Umar (r.a.) bitta qopga unni to‘ldirib, Abbos yordamida yelkaga oldilar. Ko‘zada turgan yog‘ni Abbosga ko‘tartirib, ikkovlon boyagi ayolning chodiriga jo‘nashdi. Yo‘l xiyla olis edi, qopdagi un hazrati Umarning (r.a.) peshonasiga, ko‘z-yuziga to‘kilib borar, terga qorishib qotib qolardi. Xalifaning charchagani va qiynalayotganini ko‘rgan Abbos yordamlashmoqchi bo‘ldi.

-   Ota-onam sizga fido bo‘lsin, amiral-mo‘minin. Charchab ketdingiz, qopni men ko‘tarib olay!
-   Yo‘q. Xudo haqqi, sen qiyomat kuni bo‘lganda, mening gunoh va zulmimni ko‘tara olmaysan. Ey Abbos, shuni bilib qo‘yki, zil-zambil tog‘larning og‘irligini ko‘tarish oxiratda katta-kichik jinoyatlar azobini ko‘tarishdan osonroq. Yuraqol, Abbos, bolalar charchab uxlab
qolmaslaridan yetib boraylik!

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:30:21
Hazrati Umar (r.a.) va Abbos qadamlarini tezlatishdi. Chodirga yetib kelganlarida ikkovi ham holdan toyib, madordan ketib bo‘lishgandi. Qop yelkadan tushdi. Hazrati Umar (r.a.) o‘choq boshiga borib, qozon ichidagi toshlarni to‘kib tashlab, tozaladi. Unga yog‘ solib, o‘t qaladi. O’tin ho‘l ekan, anchagacha tutab yonmadi. Xalifa engashib, o‘tinga puflay boshladi. Bu yumushlarni Abbos qilmoqchi edi, xalifa ko‘nmadi. Qozonga o‘zi yog‘ solib, un bilan aralashtirib, taom tayyorlay boshladi. Ovqat pishgach, o‘zi uni sovutib bolalarga yedirdi. Ularning qorni to‘yib, o‘ynay boshlaganlaridan keyingina ko‘ngli tasalli topdi. Bu ishlarni hayron bo‘lib kuzatib turgan ayol hazrati Umarga (r.a.) shunday dedi:
-   Hoy yaxshi odam, aslida Umarning o‘rniga sen loyiq odam ekansan!
Shunda hazrati Umar o‘ng‘aysizlanib:
-   Men amiral-mo‘mininning yaqinlaridan bo‘laman. Men ahvolingni unga tushuntirib qo‘yaman. Ertaga uning huzuriga borgin, men ham o‘sha yerda bo‘laman. Inshaalloh, hammasi yaxshi bo‘ladi, - dedi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:31:30
Ikkovlon ayol bilan xayrlashib tashqariga chiqdi. Shundagina xalifa yengil tin olib, chuqur xo‘rsindi:
-   Bugun g‘alati tun bo‘ldi, ey Abbos! Vallohi, o‘sha ayolning bolalarini tosh qaynatib aldayotganini ko‘rganimda, go‘yo tog‘lar silkinib, yelkamga ag‘darilganday bo‘ldi. Masalliqni keltirib, ovqatni pishirib ularga edirganimdan keyingina o‘sha zil-zambil tog‘ yelkamdan tushdi.
Alhamdulillahki, bir haqsizlikning oldi olib qolindi.

Xalifa va Abbos o‘sha tun birga qolishdi. Hazrati Umar (r.a.) tong otguncha to‘lg‘onib uxlolmay chiqdi. Ertasiga tong otgach, o‘sha ayol xalifa huzuriga kirib keldi. Hazrati Umarni (r.a.) boshqa kiyim, boshqa maqomda ko‘rib qolib, qo‘rqqanidan dag‘-dag‘ titray boshladi. Ammo xalifa unga dalda berdi:
-   Qo‘rqmang, sizni bu yerga taklif etishdan murod, kecha siz mendan Allohga shikoyat qilgan edingiz. Shu shikoyatingizni men sotib olmoqchiman, qanchaga sotasiz?
Ayol ham qo‘rquv, ham taajjubdan tili kalimaga kelmasdi.
-   Ey Abbos, siz guvoh bo‘ling, - dedi xalifa o‘rnidan turib, o‘sha shikoyatni o‘z pulimdan 500 dinorga sotib oldim.
Hazrati Umar (r.a.) pulni sanab, ayolga uzatdi. Undan yetkazilgan ozor uchun qayta-qayta uzr so‘radi. Unga va bolalariga Baytul-moldan har oyga yetguday miqdorda nafaqa tayinladi va uning ijrosini doimo nazorat qilib yurdi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:31:48
Bola bilan suhbat

Hazrati Umar (r.a.) erta tongda masjidga borishni odat qilgandilar. U kishi hali azon aytilmasdan masjidga kirib, namoz vaqti bo‘lishini kutib o‘tirardilar.
O’sha kuni ham tong otmay, masjidga otlanib, yo‘lga chiqdilar. Ko‘chada shoshilinch ketib borarkanlar, bir bolaga ko‘zlari tushdi. U ham qayoqqadir shoshilib ketayotgandi. Hazrati Umar (r.a.) qiziqsinib bolakaydan so‘radilar:
-   Ey bolam, erta tongda bunchalik shoshilib qayoqqa ketyapsan?
-   Namoz o‘qish uchun masjidga boryapman, - burro javob qildi o‘sha bola, - namoz vaqti yaqinlashib qoldi. Mening esa tahoratim yo‘q edi, shuning uchun azon aytilmay turib, tahorat olishim va namoz vaqtini kutishim kerak. Shuning uchun shoshilyapman.

Hazrati Umar (r.a.) bolaning javobidan suyundi, ammo uni bir sinab ko‘rish uchun yana savolga tutdi:
-   Bolam, hali juda yosh ko‘rinasan, hatto namoz ham farz bo‘lmagan, senga
qiyin bo‘lmayaptimi?
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:32:12
Ammo bola savolga dovdirab  qolmadi, aksincha, bir hayajon  ichida qizg‘in javob qildi:
-   Hazratim, nahotki, bu ishda yoshning ahamiyati bo‘lsa? Kecha mahallamizda mendan ham yoshroq bir bola vafot etdi. Demak, menga ham shuncha yil yashaysan, deb kafolatlab qo‘yilmagan. Shuning uchun ibodat qilishga oshiqaman.

Hazrati Umar (r.a.) bolaning bu qadar zukkolik bilan aytgan javobidan hangu-mang bo‘ldi, ikki qarama-qarshi tuyg‘u og‘ushida qoldi. Bir tomondan bolaning kichik yoshdayoq Allohdan qo‘rqib, uning ibodatiga shoshganidan quvongan bo‘lsa, ikkinchi tomondan aqlini tanigan kap-katta odamlarning g‘aflatda, jaholatda yurganidan mutaassir bo‘lib, qayg‘u chekdi.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:33:33
Allohning qadaridan...

Umar (r.a.) bir necha mulozimlar bilan Shom safariga chiqdi. Maqsad - u yerdagi musulmonlarning ahvolini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, holidan xabar olish, Shom voliysi, mashhur sahobiy Abu Ubayda ibn Al-Jarrohning arzi-iltimoslariga quloq osish edi. O’nlab otlar karvoni kechga yaqin Hijozdan keladigan yo‘lda birinchi bo‘lib to‘qnashiladigan Shom qishlog‘i - Sirg‘ga yetib keldi. Bu yerda xalifa Umar va uning yo‘ldoshlarini Ajnod (Falastin, O’rdun, Damashq, Xims, Qunsurayn) amirlari Shom voliysi boshchiligida kutib olgani chiqqan ekanlar.

Abu Ubayda hazrati Umar otining jilovidan ushlab, xalifaning egardan tushishiga yordamlashdi. Ikkovlon quchoqlashib ko‘rishishdi. Hol-ahvol so‘rashildi. Xalifa Umar Rasulullohning mashhur sahobalaridan dono    va    jasur    Abu    Ubaydani    juda    hurmatlar,    uning    dilini
ranjitmaslikka tirishardi. Abu Ubayda gap orasida Shomda vabo tarqaganini aytib qoldi. Hazrati Umar bir sapchib tushdilar. Vabo davosi mushkul, o‘ta yuqumli kasallik bo‘lganidan biror tadorikini topish lozim edi. Hazrati Umar ibn Abbosga yuzlanib buyurdilar:
-   Ey Abbosning o‘g‘li, menga birinchi muhojirlarni chaqirib kel.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:33:54
Ibn Abbos hamsafarlaridan bir necha kishini boshlab keldi. Hazrati Umar ularga maslahat soldilar: «Shomda vabo tarqalibdi. Nima qilamiz - kirib boraveramizmi yoki ortga qaytamizmi?» Muhojirlar tortishib qolishdi. Birlari Shomga boraverishni maslahat berishsa, boshqalari behuda halok bo‘lmaslik uchun Hijozga qaytmoqni maqbul ko‘rishardi. Har ikkovi tomonning gaplari ham jo‘yaliga o‘xshab ko‘rinardi:
-   Shomlik musulmon birodarlarimizning holidan xabar olgani chiqqan edik. Bu xabarni hamma eshitgan, do‘st-dushman qarab turibdi. Do‘stlarimizni hafa qilib, dushmanlarimizni shod qilib, ortga qaytsak, qandoq bo‘larkin?
-   Sen bilan shuncha odam Shomga ketyapti. Ular orasida Rasulullohning sahobalari, Yasribning mashhur a’yonlari ham bor. Shuncha odamni vabo tarqagan joyga olib borish ularni o‘limga mahkum qilmoq ila barobar emasmi?
-   Jo‘nanglar oldimdan, - dedi hazrati Umar ularning ixtilofga
borayotganlaridan tutoqib. So‘ng Abbosga buyurdilar:
-   Menga ansoriylarni chaqirib kel!

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:34:25
Ular ham muhojirlar kabi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vabo haqidagi ko‘rsatmalaridan bexabar ekanlar. Ansorlar ham ikkilanib qolishdi. Umar noiloj hamsafarlaridan boshqa bir guruhni chorlashga jazm etdi:
-   Menga huv anavi yerdagi Quraysh shayxlaridan fath muhojirlarini chaqirib kel!

Fath muhojirlaridan ikkovining ham gapi bir joydan chiqdi: «Odamlar bilan orqaga qaytishni, vabo tarqagan joyga bormaslikni maslahat beramiz!»
Nihoyat, hazrati Umarning ko‘ngli taskin topdi. U odamlar orasiga jarchi yubordi: «Hammaga ma’lum qil, erta tong chog‘i ulovimga minurman, orqaga qayturmiz!»
Shunda Abu Ubayda shunday deb qoldi:
-   Allohning qadaridan qochibmi?

Shom voliysining bu gapi hazrati Umarga malol keldi, og‘ir botdi. Ammo sirtiga chiqarmadi. Chunki xalifa shunday mashhur sahobiyni xafa qilib qo‘yishdan qo‘rqardi. Buni Rasuli Akramga (s.a.v.) xiyonat deb tushunardi. Lekin baribir biroz og‘ringanlarini izhor qilib qo‘ydi:
-   Bu gapni sendan kutmagandim, ey Abu Ubayda. Ha, Allohning qadaridan
Allohning  qadariga  qochyapmiz.   Mana  sening bir  qancha tuyang bo‘lsa-yu ularni ikkiga bo‘lingan vodiyda o‘tlatayotgan bo‘lsang. Bo‘laklarning birinchisida o‘t-o‘lan mo‘l-ko‘l, ikkinchisi esa qup-quruq, qovjiragan. Tuyalarni u o‘tloqda ham Allohning qadari bilan boqasan, bunisida ham Allohning qadari bilan boqasan...

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:34:41
Shu payt allaqayoqqa hojati bilan ketib qolgan Abdurahmon ibn Avf kelib qoldi-yu tortishuvga nuqta qo‘yildi. Hazrati Umar tortishuvga sabab bo‘lgan vabo haqida so‘radi. Abdurahmon ibn Avf shunday dedi:
-   Bu haqda menda ilm bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Qachon biror yerda vabo chiqqanini eshitsangiz, u yerga bormang, qachon siz turgan yerga vabo tarqasa, undan qochib chiqmang», deganlarini eshitganman.

Hazrati Umarning yuzlariga tabassum qalqdi: «Allohning Rasuli, Payg‘ambarlarning sayyidi shunday deb ko‘rsatma bergan ekanlar-u boyadan beri nega behuda tortishib o‘tiribmiz». U kishi hamrohlariga buyurdilar:
-   Qani otlarga mining! Hijozga keturmiz. Shomga esa keyinroq kelurmiz. Xush qol, ey Abu Ubayda! Xush qoling, Ajnod amirlari!
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:35:43
HAZRATI UMARNING ADOLATI

Odillik shamshiri

Hazrati Umar (r.a.) ra’iyatni qattiqqo‘llik bilan boshqarsalar-da, mo‘min-musulmonlar ham, hattoki zimmiylar ham u kishidan norozi bo‘lmasdilar. Chunki Umar ibn Xattob adolat bilan ish tutardilar. Hukm chiqarganda ikki tomonning obro‘-martabasi-yu boy-kambag‘alligi, hukmdoru-qul ekanligini hisobga olmas, Islom shariatiga, Allohning buyrug‘i-yu Rasulullohning (s.a.v.) sunnatlariga amal qilardilar.

Hazrati Umarning xalifalik davrlarida Islom davlati bir necha viloyatlarga bo‘lingan, ularning har biriga alohida voliy (hokim) tayin etilgan edi. Xalifaning o‘zlari Madinada voliy edilar. Makkada Nofi’ ibn Abdulxoris Huzoiy, Toifda Sufyon ibn Abdulloh, Basrada Abu Muso al-Ash’ariy, Damashqda Muoviya ibn Sufyon, Misrda Amr ibn Os, Falastinda Alqama ibn Muhazzaz voliy edilar. Ular xalqqa ham, armiyaga ham, din ishlariga ham rahbar edilar.
Xalifa davlat amaldorlari uchun quyidagi to‘rt qoidani ishlab chiqqandi:
1.   Hech qachon ot yoki izvoshda yurmaslik;
2.   Hech qachon nafis, go‘zal matodan kiyim kiymaslik;
3.   Hech qachon lazzatli taom yemaslik;
4.   Muhtojlar kelganda, hech qachon eshikni yopib olmaslik va tashrifchilarni qabul qiluvchi hojib (maxsus xodim) tutmaslik.

Umar ibn Xattob bir qo‘llarida darra, ikkinchi qo‘llarida adolat shamshirini mahkam tutib, idora etganlari bois u zot nohaq biror kishiga zulm yetkazmadilar,  noo‘rin jazolamadilar. Aksincha,  gunoh ish  qilgan kimsa o‘zining boyligi, nasl-nasabi, martabasiga qaramay, xalifaning dargohlaridan qochib qutula olmadi.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:35:58
Hazrati Umar (r.a.) amaldorlar pora olishmasin, deb ularni biror yerga ishga yuborishdan oldin barcha mol-mulkini hisobga oldirardilar. Oradan vaqt o‘tgach, ana shu mulkni taftish qilib, tekshirtirardilar. Agar tekshiruvda mulk avvalgisidan ko‘proq chiqib qolsa, ortiqchasini davlat xazinasiga - Baytul-molga oldirib qo‘yardilar. Masalan, Kanona arablari huzuriga zakot omili (yig‘uvchi) bo‘lib borgan Utma ibn Abu Sufyon Madinaga qaytib kelganida, uning ortiqcha mol-mulki Baytul-molga qo‘shib olingan. Uning «Men buni savdogarchilik qilib, halol yo‘l bilan ko‘paytirganman», degan bahonalari ham inobatga o‘tmagan.

Shuningdek, Umar ibn Xattob (r.a.) Xolid ibn Validning Ash’as ibn Qaysga o‘n ming dirham mukofot berganlarini eshitib qolib qattiq g‘azablandilar. Xolid ibn Validni vazifasidan bo‘shatdilar va barcha pulni xazinaga musodara qilib olib qo‘ydilar. Keyinchalik Usmon ibn Affon davrlarida xazina molini o‘z manfaati yo‘lida tasarruf qilib, ba’zi amaldorlarni mukofotlar evaziga o‘z tomoniga og‘dirib olgan Muoviya kabi zotlar ham hazrati Umar davrlarida bunday yaramas ishlarga qo‘l urishga botina olmagan edilar.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 07:36:10
Hazrati Umar (r.a.) qo‘l ostilaridagi voliylarga xalq orasida adolatni mahkam ushlashga, katta-kichik, boy-kambag‘al, aslzoda-oddiy fuqaro orasini ayirmasdan, hammaga bir tekis ko‘z bilan qarashni buyurdilar. Qaysi bir o‘lkadan elchi yoki shikoyatchi kelsa, eng avvalo voliylar haqida so‘rar edilar: «Kasallaringizni borib ko‘radimi? Qullarni ziyorat etadimi? Zaif, bechoralarga yumshoqlik bilan muomalada bo‘ladimi? Muhtoj, nochorlar holidan xabardormi? Shikoyatchilar, hojatmandlar uchun eshigi doimo ochiqmi?» degan savollarni berardilar. Agar biror savolga «yo‘q» degan javob olsalar va bu dalil tekshirib ko‘rilganda isbotini topsa, o‘sha voliyning holiga voy, deyavering, u to‘xtovsiz ishdan bo‘shatilardi. Hazrati Umar adolat buzilmasin, degan maqsadda dalillarini juda mukammal tekshirtirardilar. Agar tekshiruv natijasi voliyni bo‘shatishni taqozo etsa, qanday martabali kishi bo‘lmasin, uni vazifasidan to‘xtovsiz olib tashlardilar.


Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 14:19:25
Qasos hammadan olinadi

Bir kuni misrlik bir qibtiy Umar ibn Xattobning (r.a.) huzurlariga kelib, Misr voliysi Amr ibn Osning o‘g‘lidan shunday shikoyat qildi: «Men poygada Amrning o‘g‘lidan o‘zib ketsam, u alam qilib, meni qamchi bilan nohaq urdi, ustingdan xalifaga shikoyat qilaman, desam, «Biz aslzodalarmiz, hech kim bizni tergay olmaydi, qo‘lingdan kelganini qil», deb meni haqoratladi».

Hazrati Umar (r.a.) darhol Amr ibn Osga xat yozib, o‘g‘li bilan zudlikda Madinaga yetib kelishiga amr etdi. Ota-bola shoshilinch yetib kelib, xalifaning huzuriga kirib borishdi. Ularni ko‘rgan xalifa boyagi misrlik qibtiyni chaqirtirdi. Qo‘liga qamchi tutqazib, voliy Amrning o‘g‘lini kaltaklashga buyurdi. Har urganda hazrati Umar (r.a.) «Ur aslzodaning bolasini!» deb turdilar. Amrning o‘g‘lini urib, qasosini olgan qibtiyga endi uning otasini urishga buyurdilar. Ammo misrlik «Otasida qasdim yo‘q, o‘g‘lidan qasosini oldim», deb xalifani xotirjam qildi.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 14:20:25
Amr ibn Os hazrati Umarga (r.a.) ushbu voqeadan mutlaqo bexabar ekanliklarini aytib, uzrxohlik qildi. Ammo xalifa buning bahona bo‘lmasligini aytib, Amrni shundayin ta’naomuz so‘zlar bilan koyidilar: «Sizlar qachondan buyon xalqni o‘zingizga qul qilishga boshladingiz. Holbuki, ularni onalari ozod, hur holda tuqqan-ku!» Umarning (r.a.) adolatlarini qarangki, shikoyatchi oddiy misrlik bir qibtiy bo‘lsa, Amr ibn Os esa butun Misr o‘lkasining voliysi, yangicha ta’bir bilan aytganda, general-gubernatori vazifasidagi kishi bo‘lgan.

Hazrati Umar (r.a.) bir haj mavsumida butun xalqni yig‘ib, voliylar ishtirokida ularga xutba so‘zladilar: «Ey xaloyiq, men ushbu voliylarimni sizga haqlik bilan hukm yurgizishlari uchun yuborganman. Aslo sizning taningizga, molingizga egalik qilish uchun jo‘natmaganman. Hozir kimda-kim bulardan zarar yoki aziyat ko‘rgan bo‘lsa, turib ochiq aytsin!» Shu payt bir kishi o‘rnidan turib, Misr voliysi unga nohaq ravishda yuz darra urganligini aytib berdi. Buni eshitgan hazrati Umar (r.a.) xafa bo‘lib, o‘zlarini qo‘ygani joy topolmay qoldilar va Misr voliysini savolga tutdilar: «Nima uchun yuz qamchi urding?» Undan ma’niliroq asosni eshitmagan xalifa undan qasos olishga amr etdilar. Bu buyruqni eshitgan Amr ibn Os chidab turolmay, o‘rindan turib ketdi va xalifani bu yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘ldi: «Ey amiral-mo‘minin, agar siz bunday yo‘l tutsangiz, voliylarga og‘ir botadi, ularning xalq oldidagi obro‘siga putur yetadi. Sizdan keyingi xalifalarga ham ushbu ish odat bo‘lib qoladi».

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 14:20:47
Hazrati Umar (r.a.) bunga javoban: «Nechun qasos olinmasligi kerak? Hatto Rasululloh ham o‘zlaridan qasos oldirganlar, oldirar edilar», dedilar-da, boyagi shikoyat qilgan odamga buyurdilar: «Voliyni yuz qamchi ur!»

Amr ibn Os qarasalar, xalifa niyatidan qaytadigan holatda emas. Endi o‘zga chora qolmaganini tushungan voliy hazrati Umarga (r.a.) yalinishga tushdi: «Ey mo‘minlar amiri, hech bo‘lmasa, bizga har qamchi o‘rniga pul berib, rizo qilishga ruxsat eting!» Xalifa rozi bo‘ldilar. Voliy boyagi odamni har qamchi uchun ikki dinordan olishga ko‘ndirdi va ikki yuz dinor barobariga muqarrar qasosdan qutilib qoldi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 14:21:38
Voliyning tavbasi.

Bir kuni hazrati Umar (r.a.) Madina ko‘chalarida ketib borayotsalar, bir odam yo‘llarini to‘sib chiqib, u kishiga ta’na-malomatlar yog‘dira boshladi: «Ey mo‘minlar amiri, sen voliylaringga yolg‘iz pand-nasihat qilish bilan Allohning azobidan qutilib qolaman, deb o‘ylaysanmi? Holbuki, Misrdagi voliying Iyoz ibn G’anam Payg‘ambar alayhissalom taqiqlaganiga qaramay, nafis ipak kiyimlar kiyadi, shikoyatchi - hojatmand kirmasin, deya eshigida soqchi ham saqlaydi».

Bu gapni eshitgan hazrati Umar (r.a.) qattiq xafa bo‘ldilar, hatto shu joyning o‘zidayoq taftishchilar boshlig‘i Muhammad ibn Maslamani toptirib keldilar. Uni Misrga borishga va yurtning o‘sha paytdagi voliysi Iyozni qandoq holda topsa, shundayligicha Madinaga olib kelishga amr etdilar. Tekshirishdan ma’lum bo‘lishicha, Iyoz nafis kiyimlar ham kiygan, eshigida soqchi ham ushlagan ekan.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 14:21:56
Iyozni hazrati Umarning (r.a.) huzuriga olib kirishdi. Xalifa Iyozni yechintirib, ustiga dag‘al jundan to‘qilgan qora chakmonni kiygizdirib, qo‘liga cho‘ponlik tayog‘ini tutqazdilar-da, «Endi sen borib, manovi qo‘ylarni boqib kelasan!» dedilar. Iyoz bundan qat’iyan bosh tortdi: «Men katta o‘lkaning voliysi bo‘lsam, qo‘y boqamanmi? Menga bundan o‘lim yaqinroq!» dedi. Hazrati Umar (r.a.) yana buyruqlarini takrorladilar. U esa yana tixirlik qilib turib oldi. Bundan g‘azablangan hazrati Umar (r.a.): «Sening otang qo‘y boqqanligi uchun G’anam (ya’ni, qo‘y) deb nomlangan bo‘lsa kerak, sen nega qo‘y boqishdan or qilasan?» dedilar. Xalifa bilan tortishib battar obro‘si rasvo bo‘lishini tushungan Iyoz yalinib-yolborishga tushdi: «Albatta, o‘zimni tuzataman, xatolarni hargiz qaytarmayman!» Shundan so‘nggina Umar (r.a.) Iyozning chakmonini yechishga buyurdilar va avvalgi vazifasiga qaytardilar.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 14:22:19
Saroyga o‘t qo‘yildi

Kufa shahri barpo qilinganida, shahar hokimi uchun boshqalaridan ko‘ra yuksakroq va hashamatliroq, ko‘rkamroq va bezakliroq bir bino tiklandi. Bu imorat xalq tilida «Sa’dning saroyi», deb yuritiladigan bo‘ldi. Mazkur saroy solingan joy bozor maydoniga yaqin bo‘lib, bozordagilarning tovushi, g‘ala-g‘ovuri baralla eshitilib turardi. Saroyning eshik og‘asi bo‘lib, xalq bilan hukmdorning o‘rtasida o‘sha vositachi edi.

Bir kuni Sa’d eshik og‘asiga «Bozordagilar tovushlarini ko‘tarib so‘zlashmasinlar», deb amr etgan emish, degan gaplar oralab qoldi. Oxiri bu gap hazrati Umarning (r.a.) ham quloqlariga yetib bordi. U kishi darhol taftishchilar raisi Muhammad ibn Maslamani chaqirib: «Kufaga tez yetib borgin-da,   Sa’d   saroyining   darvozasini   yondirib   tashla,   mana   bu maktubni esa Sa’dning o‘ziga topshir», deya qo‘liga bir maktubni tutqazdilar.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 14:22:35
Muhammad ibn Maslama Kufaga yetib kelib, Sa’dga bildirmay, ulkan saroy darvozasiga o‘t qo‘yib yubordilar. Sa’d bo‘lgan voqeaning tagiga yetgach, Muhammad ibn Maslamani tanib qoldi va saroyga taklif etdi. Taftishchilar raisi saroyga borishdan bosh tortdi. Oxiri noiloj qolgan Sa’dning o‘zi Muhammadning oldiga kelib, o‘z uyiga mehmonga taklif etadi. Muhammad ibn Maslama bu taklifni ham keskin rad etadi. Oxiri Sa’d raisga yo‘l kira, oziq-ovqat uchun ul-bul narsa tayyorlab keladi. Muhammad buni olishga ham rozi bo‘lmaydi. Buning o‘rniga Sa’dga xalifa Umarning (r.a.) maktubini topshiradi.

Maktubda shunday qahrli so‘zlar yozilgandi: «Sen o‘zingga hashamatli saroy soldirib, xalqdan ajralib yashar ekansan, saroying xalq tilida «Sa’dning saroyi» nomi bilan mashhur ekan. Xalqning bemalol kirishi uchun to‘siq qilib, darvoza ham qurib, hatto eshik og‘asi ham qo‘ygan emishsan. U sening saroying emas, fasod saroyidir. Bundan keyin saroyga darvoza qurdirib, xalqning kirishiga mone’lik qilma!»

Sa’d maktubni boshdan-oyoq o‘qib chiqib, qattiq iztirobga tushdi. U Muhammad ibn Maslamaga qasam ichib, xalq orasida yurgan gap-so‘zlar yolg‘onligini, hech qachon bunday gap aytmaganini isbotladi. Muhammad ibn Maslama Madinaga qaytib kelib, Sa’dning qasam ichib aytgan gaplarini yetkazgandan keyingina hazrati Umar (r.a.) qanoat hosil qilib, xotirjam bo‘ldilar.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 14:22:58
Zo‘ravonlik ketmaydi

Mo‘minlar amiri Umar ibn Xattob (r.a.) bir gal Abbos ibn Abdulmuttalib (r.a.) hovlisining hisobiga Masjidul Haromni kengaytirmoqchi bo‘ldilar. Abbos ibn Abdulmuttalibning hovlilari masjidga qo‘shni edi. Hazrati Umar (r.a.) undan hovlisining bahosini so‘radilar. Ammo Abbos hovlini sotishga ko‘nmadi:
-   Yo‘q, amiral mo‘minin, bu narsaga ruxsat etmayman. Umid qilamanki, xalifa sifatida zo‘rlik bilan tortib ham olmaysiz.
-   Xo‘sh, unda nima qilay? - so‘radilar hazrati Umar (r.a.).
-   Ey amiral mo‘minin, unda ikkovimizning o‘rtamizni adl ajrim qilib beradigan odil qozini  tanlang, - dedi Abbos.
-   Qozini sen tanlashing kerak, toki mansabidan foydalanib, menga zulm ko‘rsatdi, deya ta’na-malomat qilmasliging uchun sen tanlaganing ma’qulroq, - dedilar hazrati Umar (r.a.).


Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 14:24:07
Abbos ibn Abdulmuttalib (r.a.) Shurayx ismli qozini tanladi. Uning taklifiga xalifa ham rozi bo‘ldi.
-   Unda Shurayhga odam jo‘nating, huzuringizga yetib kelsin, - dedi Abbos.
-   Yo‘q, u kelmaydi, bil’aks biz uning huzuriga boramiz, - dedi Umar ibn Xattob (r.a.).
Shundan so‘ng ikkovlon qozining mahkamasiga yo‘l olishdi. Hazrati Umar (r.a.) u yerda Abbos (r.a.) bilan yonma-yon tik turdilar. Qozi esa o‘tirgan holatda voqeani batafsil diqqat bilan eshitdi. Nihoyat, u hukm qilish oldidan:
-   Ey amiral mo‘minin, - deya hazrati Umarga (r.a.) iltifot bilan murojaat qildi. Hazrati Umar (r.a.) bundan narozilandilar:
-   Menga bunday murojaat qilmang, zero, qozi xuzurida hamma teng huquqli bo‘lishi kerak. Shundoq ekan, nomimni atab gapiravering.
-   Ey Umar, menga quloq soling, - dedi qozi.
-   Nima deysiz, ey Shurayh?
-   Shubhasiz, Allohning nabiyi bo‘lmish Dovud alayhissalom ham Masjidul Aqsoni yonidagi hovli hisobiga kengaytirmoqchi bo‘lganlarida, Alloh taolodan shunday vahiy kelgandi: «Ey Dovud, Mening Uyimga boshqaning uyini qo‘shib kengaytirmagin. Haromdan eng uzoq uy Mening
Uyimdir».
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 14:24:25
Qozi shunday dedi-yu hazrati Umarning (r.a.) da’vosini rad etuvchi hukm chiqarib berdi.
Mahkamadan qaytishayotganda, Abbos (r.a.) birdan hazrati Umarga (r.a.) shunday deb  qoldilar:
-   Ey amiral mo‘minin, Alloh taolo nomiga qasamki, qozi chiqargan hukmni eshitgandan so‘ng rizoi nafs bilan Allohning bayti uchun uyimni qo‘shib berishga rozi bo‘ldim. Albatta, kimniki bo‘lishidan qat’iy nazar, birorta uy pul yoki zo‘ravonlik evaziga olinmaydi. Haqlar ham tortib olinishi lozim emas. Haq-huquqlar har qanday holatda ham rizolik va adolat bilan hal etiladi.

Hazrati Umar (r.a.) Abbos ibn Abdulmuttalibning (r.a.) bu gaplarini tasdiqlashdan boshqa iloj topolmadilar.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 14:25:01
Izzat - Islomdadir!

Tarix kitoblarida hazrati Umarning (r.a.) fath etilgan Quddus shahriga kirib borishlari shunday tasvirlangan: Quddusliklar «xalifangiz kelsagina shaharni sizlarga topshiramiz», deyishadi. Hazrati Umar (r.a.) bir tuya, bir xizmatkor bilan Madinadan Quddusga ravona bo‘ladilar. Kamtarlikni qarang. Dunyoning yarmini boshqarib turgan amir xohlaganida arkoni davlat bilan, as’asayu dabdaba bilan yo‘lga chiqqan bo‘lardi. Ammo uning xizmatkordan boshqa kuzatuvchi yo‘q, qo‘riqchisi yo‘q, qilich-qalqon, o‘q-yoy yo‘q.

Adolatli Umar (r.a.) xizmatkor va o‘zlari navbat bilan tuyaga minib borishaverdi. Quddusga yaqinlashganlarida shahar ahli «xalifa kelyapti», deb  darvoza   kalitlarini  topshirish  uchun  uning  istiqboliga  chiqadi.
Shunda tuyaga minish navbati xizmatkorda edi. U tuyada, xalifa esa piyoda kelyapti. Bir joyda xalifa Umar (r.a.) suvdan kechish uchun pochalarini shimarib oladi. Endi bir tasavvur qilib ko‘ring: «Islom oliy davlatining bosh rahbari yalang oyoq, bosh yalang, pochalari shimarilgan holda mag‘lub shaharga kirib borayotir... Quddusni qamal qilgan Islom lashkarining bosh qo‘mondoni bu ko‘rinishdan xijolat bo‘lib, xalifaga ta’na qiladi:
-   Ey Umar (r.a.), ayb bo‘ldi, bu holdan biz uyalamiz.

Hazrati Umar uning ko‘ksiga bir urib:
-   Yo‘qol ko‘zimdan! Agar shu so‘zingni oldinroq aytsayding, vazifangdan olib tashlardim. Izzat - Islomdadir, qiliq-qiyofada emasdir! - dedilar.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 14:25:32
Baridan voqif

Umar (r.a.) xalqqa e’tiborli, zaiflarga yaxshilik qiluvchi, haqiqat borasida qattiqqo‘l va odamlarning barini barobar ko‘radigan xalifa edilar. Umar (r.a.) odamlarga berish uchun o‘zlarini mahrum qilar va ular to‘yishlari uchun och qolar edilar. Odamlarning uylaridan, manzillaridan xabardor bo‘lib turardilar.

Bir kuni bozorda sadaqa so‘rayotgan qariyani ko‘rdilar va: «Ey shayx, nima qilayapsan?» deb so‘radilar. Qariya: «Men yoshi ulug‘ qariyaman, yordam va nafaqa so‘rayapman», dedi. U Madina axolisidan bo‘lgan yahudiy edi. Umar (r.a.) buyuk insoniy xislat egasi edilar. Shundan unga: «Ey shayx, biz senga insof qilmadik. O’shligingda sendan jizya olib qariganingda tashlab qo‘ydik», dedilar-da, uning qo‘lidan ushlab uyiga olib bordilar. Unga zarur miqdorda oziq-ovqat tayin etdilar va Baytulmol xazinachisiga: «Bu va bunga o‘xshashlarning o‘zi va ahliga yetarli miqdorda mablag‘ ajrat», deb odam yubordilar.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 14:26:04
* * *

Bir marta Umar (r.a.) Madina ko‘chalarida yurgandilar, ozg‘inlikdan to‘zib ketgan qizchani ko‘rib qoldilar. Qiz bir turar, bir yiqilardi. Shunda Umar (r.a.): «Bu qizaloqning aybi nima?! Gunohi ne?! Qaysi biringiz bu qizchani taniysiz?» dedilar. O’g‘illari Abdulloh: «Tanimadingizmi, ey mo‘minlarning amiri?» deganda, u kishi: «Yo‘q», dedilar. Abdulloh aytdilar: «Bu - qizlaringizdan biri!».
-   Bu qaysi qizim?
-   Umarning o‘g‘li Abdullohning qizi Falona.
-   Essiz, uning bu holga tushishida nima sabab bo‘ldi?
-   Sizdagi narsa bundan to‘sib qo‘ydi.

Allohga qasamki, menda musulmonlarnikichalik haqqingdan boshqa narsa yo‘q. Bu men va sizning o‘rtangizdagi Allohning kitobi (farzi)dir.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 14:26:26
Madinaga tijoratchilar karvoni keldi. Unda ayollar va bolalar ham bor edi. Umar (r.a.) Abdurahmon ibn Avfga (r.a.): «Bu kecha ularga qo‘riqchilik qilamizmi?» dedilar. Ularni qo‘riqlab kech kiritishdi. Alloh farz etgan namozlarini o‘qishdi. Shunda Umar (r.a.) bir go‘dakning yig‘isini eshitdilar va u tomon yurdilar. Uning onasiga: «Allohdan qo‘rq, bolangga yaxshi qara», dedilar, so‘ng o‘z o‘rinlariga qaytdilar.shunda yana yig‘i ovozini eshitib, onasiga: «Allohdan qo‘rq, bolangga yaxshi qara», dedilar-da , joylariga qaytdilar. Vaqtiki, tun oxirlagandi, yana uning yig‘isini eshitdilar. Onasiga borib: «Hayf senga, yaxshi ona emas ekansan! O’g‘lingga nima bo‘ldi, kechadan beri tinchimaydi?» dedilar. Onasi u kishini mo‘minlarning amiri ekanliklarini bilmay: «Ey Allohning bandasi, u kechadan beri meni bezor qilib yubordi, men uni ko‘krakdan chiqarishga majburlayman, u esa ko‘nmaydi», dedi. Umar (r.a.): «Nima uchun?» deb so‘radilar. U aytdi: «Chunki Umar ko‘krakdan chiqqan bolalargagina nafaqa belgilaydi (ya’ni, farzandlari ko‘krakdan chiqqan otalargagina haq beradi). Umar (r.a.): «Buning yoshi nechada?» dedilar. U: «Mana shuncha oylik», deb aytdi. Umar (r.a.) esa: «Essiz unaqa shoshmagin», dedilar-da bomdod namozini o‘qidilar. Yig‘ining kuchliligidan qiroatlari odamlarga eshitilmadi. Shunda salom berib dedilar: «Ey baxtsiz Umar, qancha musulmon farzandlari halok bo‘ldi...» So‘ng bir munadiyga: «Go‘daklaringizni ko‘krakdan chiqarishga shoshilmanglar. Biz Islomda tug‘ilgan har bir go‘dak uchun (haq) belgilaymiz», deb nido qilishga buyurdilar. Bu bilan hamma tomonga chopar yuborildi.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 14:26:52
Faqir hokim

Hazrati Umar (r.a.) Said ibn Omir al-Jumahiyni Ximsga voliy qilib tayinladi. Uni safarga jo‘natish oldidan huzurlariga chaqirib:
-   Ey Said, mana voliy bo‘lib ketyapsan, senga qancha maosh ajratay? — deb so‘radilar xalifa.

Said ibn Omir talmovsirab qoldi. U amirning o‘zi juda oz maoshga qanoat qilib yurganini, uyida ko‘pda qozon qaynamasligini, kiyimida bir necha yamoq borligini eshitgandi. Shuning uchun xijolat bo‘lib:
-   Ey amiral mo‘minin, men maoshni nima qilaman? Baytul-moldan berib turiladigan nafaqa (ya’ni, kiyim va ovqat)ning o‘zi yetadi, - deb javob qaytardi va Ximsga jo‘nab ketdi.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 14:27:16
Said Ximsda voliylik qilib tayinlanganidan keyin bir oz vaqt o‘tgach, Umar ibn Xattob (r.a.) bir guruh ishonchli kishilar bilan Ximsga keldilar. Maqsad - voliyning ishi bilan tanishmoq, kamchiliklarini tuzatmoq, adolatsizlik qilgan bo‘lsa, tanbeh bermoq edi. Xalifa xalqning hayoti bilan tanishish, muhtoj va miskinlar bo‘lsa, ularga yordam ko‘rsatish uchun bechora-faqir  kishilarning ro‘yxatini olishga buyurdilar.  Ro‘yxat
tuzildi. Uni ko‘rayotgan Umar (r.a.) ro‘yxatning avvalida «Said ibn Omir» ismiga nogoh ko‘zlari tushib, atrofdagilardan so‘radilar:
-   Kim bu?
-   Bizning voliyimiz...
-   Ie, u ham faqirlar qatoridami? - hayron bo‘lib so‘radilar xalifa.
-   Ha, judayam faqir. Vallohi, uning uyida oylab o‘choqqa o‘t qalanib, ovqat pishirilmaydi.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 14:27:46
Bu gaplarni eshitib, hazrati Umar (r.a.) yig‘lab yubordilar. Bu qandoq mo‘minki, o‘zi voliy bo‘laturib, boy bir o‘lkaning hukmdori bo‘laturib, o‘zi kambag‘allarcha turmush kechirsa, Baytul-moldan yegulik olishga haddi sig‘masa. U-ku bir voliy ekan, butun Islom olamining xalifasi hazrati Umarning (r.a.) o‘zlari-chi? Uning ham xonadonida uncha-munchaga qozon qaynamaydi, egnidagi xirqasining bir necha yamog‘i bor. Musulmonlikning, mo‘minlikning qismati shundoq. Voliysi ham, xalifasi ham, olimi ham, fozili ham sabr-qanoatda, tamkin-itoatda bir-biridan o‘zishga harakat qiladi.

Hazrati Umar (r.a.) shundan keyin voliyning vakillariga ming dinor berib tayinladilar:
-   Mendan Saidga salom aytinglar. Mana bu pullarni amiral-mo‘minin muhtojlikdan qutilishing uchun berib yubordi, deb aytinglar.

Umar ibn Xattob (r.a.) yuborgan xaltachani vakillar Said ibn Omirga keltirib berishdi. Voliy hayron bo‘lib ochib ko‘rdi. Qarasa, ichi to‘la dinor... Shunda u boshiga og‘ir kulfat tushgan odamday, istirjo aytdi: «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un». Xaltachani chetga surdi, kayfiyati buzildi, yuragi siqildi. Oxiri barcha dinorni mayda xaltachalarga solib taqsimladi va hammasini musulmonlarga tarqatib, tinchidi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 14:28:11
Amir qochib ketdi

Musulmon olamida bugun bir shodiyona. Ko‘ngillarni quvnatuvchi, dillarni yashnatuvchi bir mujda tarqalib, hammani shod-masrur qilgan. Yarmuk jangida rumliklar tomonida jang qilgan mashhur sarkarda, G’assoniya amiri Jablaxa o‘g‘li Ayxam ana shu urushdan so‘ng musulmon ummatining mardlik-shijoatiga, Islom dinining haq din ekaniga tan berib, Islomni qabul qilgandi. Hijratning 16-yili butun Madina ahli o‘z yoronlari bilan bu yerga kelgan Jablaxani zo‘r shodiyona bilan qarshi oldi. Xalifa hazrati Umar ham Jablaxaning musulmon bo‘lganidan g‘oyat xursand bo‘ldilar. Shu yili Jablaxa haj qilish uchun Makkaga jo‘nab ketdi. Ana shu haj paytida hazrati Umar (r.a.) bilan Jablaxaning oralarini buzib qo‘ygan mana bu voqea sodir bo‘ldi.

Jablaxa hayrat va ixlos ila Masjidul Xaromga kirib bordi. Ming-ming hojilarga qo‘shilib, Ka’bani tavof qila boshladi. Tavof paytida olomon ichida yurganida, bir a’robiy (sahroyi kishi) Jablaxa egnidagi kiyimning etagini bosib oldi. Bundan Jablaxa quturib ketdi. U bir amir, mashhur sarkarda, buning ustiga xalifaning mehmoni bo‘lsa-yu allaqayoqdagi nasl-nasabining tayini ham yo‘q bir sahroyi ehtiyotkorlikni unutib, uning etagini bosib olsa-ya! Jablaxa g‘azabini bosolmay, o‘sha a’robiyning yuziga bir shapaloq qo‘ydi. Bu ham kamlik qilganday, uni haqoratlab jerkib tashladi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 11 Oktyabr 2006, 14:28:29
Shunda a’robiy adolat izlab, Umar ibn Xattobni (r.a.) topish uchun ketdi. U xalifa hamisha har ishda adl turishini, haq yo‘l uchun hech kimni ayamasligini ko‘p eshitgandi. O’zini haqoratlab, zulm ko‘rsatgan Jablaxaning adabini xalifa yaxshilab berib qo‘yishini ham bilardi.

Hazrati Umar (r.a.) Jablaxani toptirib keldi. Uning ham so‘zini eshitib ko‘rgach, ayb Jablaxaning o‘zida ekanini bilib oldi. Keyin unga yuzlanib: «Yaxshisi, bu odamni rozi qil, bo‘lmasa, sening ham yuzingga uning shapalog‘i tushadi», dedi.

Jablaxa esa taajjubda: «Oddiy sahroyi bilan amirning orasidagi munosabat hali shumi?» - deydi zorlanib. Ammo xalifa yon beradiganlarga o‘xshamadi: «Islom nazdida oddiy halq bilan amir o‘rtasida hech qanday farq yo‘q», deydi hazrati Umar (r.a.).

Oxiri noiloj qolgan Jablaxa xalifadan ertalabgacha muhlat so‘raydi. Xalifaning adolatidan qo‘rqqan Jablaxa yarim tunda butun shon-shavkati bilan Makkadan qochib chiqib ketadi va Qustantaniyadan panoh topadi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 14:58:20
YAMOQ KO'YLAKLI HALIFA

Iftixor

Hazrati Umarning (r.a.) xalifalik davrida bir ming to‘rt yuz shahar fath etildi, Vizantiya, Eron, Misr kabi o‘lkalarning xalqi musulmon bo‘lish baxtiga erishdi. Fath etilgan boy yurtlardan butun-butun xazinalar, g‘animat mollar, oltin-kumushlar xalifalik poytaxti -Madinai munavvaraga xuddi sel kabi oqib kelardi.

Ammo Islom olamining ikkinchi xalifasi Umar Xotamun-nabiy Muhammad (s.a.v.) vasiyatlariga amal qilib, kamtarona, faqirlarday turmush kechirar, juda oziga qanoat qilar, ahli baytini ham shunga targ‘ib qilardi. Uning xonadonida oylab qozon osilmas, kiyimlari yirtilib, to‘zib ketguncha yangi bo‘lmas, u zot o‘z ahvollariga odamlarning kulishi, masxara qilishi yoki achinishiga parvo ham qilmasdi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 14:59:36
Bir kuni hazrati Umarning (r.a.) o‘g‘li otasiga shikoyat qilib qoldi:
- Otajonim, kiyim-boshim eskib, to‘zib ketdi. Oshnalarim masxara qilib, «Xalifaning o‘g‘li ham shunaqa juldur kiyimda yuradimi?» deb ustimdan kulishyapti. Yana «Otang mo‘minlar amiri bo‘lsa, Baytul-mol xazinasining  kaliti  uning  qo‘lida  bo‘lsa-yu  sening  seryamoq  ko‘ylakda yurishingni  qara,  yo dadang yomon  ko‘radimi?» deyishyapti.   Mana  hayit kelyapti, birorta yangi kiyim olib bering. Xalifa Umar (r.a.) norozi bosh chayqadi:
-   Bo‘lmaydi, o‘g‘lim, yangi kiyim olgani pulimiz yo‘q.
-   Otajon, yaqinda oladigan maoshingiz ustidan pul so‘rab ko‘ring, o‘sha pulni kiyimga berasiz, - dedi o‘g‘il hamon bo‘sh kelmay.

Noiloj qolgan hazrati Umar (r.a.) Baytul-molning xazinaboniga bir xat yozdi. Unda «Kelgusi oyning maoshidan biroz pul berib tur, o‘g‘limga hayitlikka libos olmoqchiman», deb yozilgandi. Maktubni o‘g‘lidan berib yubordi. Uni olgan xazinabon xatni o‘qib ko‘rib, kayfiyati buzildi, boshini sarak-sarak qilib, xalifaning o‘g‘liga shunday dedi:
-   Men pul berolmayman.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 14:59:49
-   Nima uchun? O’ maktubga ishonmayapsizmi? - so‘radi yigitcha qizishib.
-   Yo‘q, maktub xalifadan ekanini bilaman. Ammo yana bitta hujjat etishmaydi. Xalifa yanagi oygacha yashashi haqida tilxat bermabdi, - dedi xazinabon.
Hazrati Umarning (r.a.) o‘g‘li bu gapni eshitib, nima deyishini bilmay qoldi. Bo‘shashib, ortiga qaytdi. Uning hech narsasiz kelganini ko‘rgan ota so‘radi:
-   Ha, o‘g‘lim, nima bo‘ldi, pulni ololdingmi?
-   Yo‘q, otajon! Birinchidan xazinabon pulni bermadi va sababini aytdi. Shundan keyin pul olishdan voz kechdim. Ikkinchidan, uning qilig‘idan shunday xulosaga keldimki, siz shu qadar halol, Allohga ishongan millatning xalifasi bo‘lganingizdan har qancha iftixor qilsangiz arzirkan.
-   
Hazrati Umar (r.a.) o‘g‘lining faxr to‘la aytayotgan so‘zlarini eshitarkan, shunday dedi:
-   Xazinabon Umarning fe’lini biladi. Agar senga pul berib yuborganida, tug‘ilganiga pushaymon qildirardim. O’sha zahoti vazifasidan bo‘shatgan bo‘lardim. Sen esa xafa bo‘lma, o‘g‘lim. Alloh nasib etsa, yangi ko‘ylakham kiyib qolarsan.


Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 15:00:05
Kimning chirog‘i?

Bu voqea hazrati Umarning (r.a.) Madinada xalifalik qilib turgan paytlarida sodir bo‘lgandi. Bir kuni u zotning huzuriga makkalik Abdurahmon ibn Avf mehmon bo‘lib keldi. Qorong‘u kecha edi. Hazrati Umar (r.a.) uylarida davlat ishlari bilan mashg‘ul edi. Abdurahmon kirib kelganda, salomlashdi-da, unga joy ko‘rsatib, o‘tirishni va ishlarni tamomlagunlaricha kutib turishni iltimos qildi. Oshnalari xalifaning ishlarni tugatishini sabr bilan kutib turdi.

Nihoyat, hazrati Umar (r.a.) ishlarini tamomlab, yonib turgan chiroqni o‘chirdilar   va  boshqa  bir   chiroqni   yoqa  boshladilar.   Buni  hayrat   va taajjub bilan kuzatib turgan oshnalari bir chiroqni o‘chirib-boshqasini yoqishining sababini so‘radi. Hazrati Umar (r.a.) unga shunday javob qaytardilar:
-   Boyagi o‘chirgan chirog‘imning yog‘i davlat xazinasidan olingandi. Davlat ishlarini qilayotganimda, u yonib tursa, menga halol bo‘lardi. Sen esa mening oshnam bo‘lganing uchun sen bilan qiladigan suhbatimiz o‘zimizga tegishli bo‘ladi. Shu sababli yog‘ini o‘z pulimga sotib olgan ikkinchi chiroqni yoqib qo‘ydim. Davlat molini xususiy ishlarda foydalanilsa,
yorug‘lik o‘rniga qorong‘ulik, ya’ni uyat va insofsizlik bo‘lur edi.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 15:00:19
«Yo‘limizdan ayrilma!»

Payg‘ambar alayhissalomdan ibrat olgan sahobai kiromlar kamtarona, odmigina, boriga qanoat qilib yashadilar. Hazrati Umar (r.a.) ham bu sohada qolishmadilar, imkonlari bo‘laturib juda oddiy, faqirona turmushni afzal ko‘rdilar.

Hazrati Umarning qizlari, hazrati Payg‘ambarimizning zavjalari Xafsa onamiz bir kuni juda xafa bo‘lib ketdilar. Sababi, otalari mo‘minlar amiri bo‘lsa, dunyoning hamma joyidan mol-dunyo oqib kelayotgan bo‘lsa, boyiganlar boyib yursa-yu shundoq xalifaning dasturxoni juda g‘arib edi, otalari quruq, bemaza ovqatlar bilan kifoyalanib yuradi. Xafsa onamiz otalariga ta’na qila boshladilar:
-   Otajonim, hayotimiz ancha yaxshilanib qolgan, hammaning o‘ziga yarasha nafaqasi bor. Biroz o‘zingizga qarasangiz, ahvolingizni yaxshilasangiz, o‘zingizga yoqadigan, mazali taomlardan buyursangiz.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 15:00:37
Bu gaplarni eshitgan hazrati Umar (r.a.) tutoqib ketdilar:
-   Hoy, menga qara, shu gaplarni Payg‘ambar alayhissalomning xotini gapiryaptimi? Axir sen u zotning qanday yashaganlarini boshqalardan ko‘ra yaxshiroq bilasan-ku! Nega endi menga boshqacharoq yashashni taklif qilasan? Bilib qo‘y, men aslo Rasuli akramning (s.a.v.) yo‘llaridan,
sunnatlaridan chiqmayman!

Xafsa binti Umar otalariga endi gap uqtirib, ko‘ndirib bo‘lmasligini anglab, jim bo‘lib qoldilar. Chunki bundan avvalroq ham ikkovlarining o‘rtalarida xuddi shu sohada ko‘ngilsiz gap-so‘zlar o‘tgandi.

O’sha kuni Xafsa onamiz otalarining ziyoratiga kelgandi. Hol-ahvol so‘rashildi, yig‘ilgan gaplar gaplashildi. Shunda Xafsa roziyallohu anho gap orasida otasiga shunday deb qoldi:
-   Otajonim, bugun xirqa (kiyim)ngizda o‘n ikkita yamoq sanadim. Bu eski kiyimni biror faqirga berib, yangisini sotib olsangiz bo‘lmaydimi? Axir Islom olamining xalifasisiz, oldingizga uzoq-yaqindan turli mehmonlar kelib turadi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 15:00:50
Hazrati Umar (r.a.) qizining kuyunib aytayotgan so‘zlarini eshitib turdi-da, miyig‘ida bir kulib qo‘ydi:
-   Ey mening suyukli qizim! Mana sen Rasuli akramning oilasi bo‘lishga musharraf eding, u zotga bizdan ham yaqin eding. Rasuli akramning bu o‘tkinchi dunyoga qanchalik qiymat berganlarini, bu foniy dunyoni nechog‘li xaqir ko‘rganlarini, «Mahshar kuni men va Abu Bakr bilan bo‘lishni  istasang, yo‘limizdan ayrilma!» deb buyurganlarini nahotki tushunmasang?! Oxiratda Allohga hisob berish kerakligi uchun ushbu yamoqli kiyimni kiyib yurganim ma’qul.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 15:01:04
Nafsni qiynash

Bir kuni odamlar ko‘rishsaki, hazrati Umar (r.a.) suv to‘la meshni yelkasiga olib harsillab kelyapti. Yuz-ko‘zidan tinmay ter quyiladi, charchaganidan oyog‘ini arang sudrab bosadi. Otasining ahvolini ko‘rib qolgan o‘g‘li norozi bo‘lib gapirdi:
-   Nega bunday qildingiz, ota, axir suvni biz tashib kelardik-ku!

Hazrati Umar (r.a.) meshni yerga qo‘yarkan, o‘g‘liga dedi:
-   Qarasam, nafsim juda haddidan oshib ketganday bo‘ldi. Ich-ichimdan o‘zimning ham haddimdan oshib ketayotganimni sezib qoldim. Shu bois nafsimni zalil qilib, qiynamoq uchun meshni ortmoqlab yo‘lga tushdim.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 15:01:21
Malomat sababi

Bir gal shunday voqea yuz berdi. Navbatdagi fathlardan birida Islomiyatga kirgan o‘lkadan ko‘plab mol-mulk o‘lja qilib keltirildi. Tartibga ko‘ra, o‘lja mol hammaning o‘rtasida baravar taqsim qilinardi. Shunda qiziq hodisa ro‘y berdi. Ko‘ylaklik gazlamalar hammaga teng taqsimlangandi-yu ammo u oz bo‘lgani uchun birorta odam ham o‘ziga ko‘ylak tiktirolmasdi, chunki bir kishining ulushi ko‘ylakka yetmasdi. Shunda hazrati Umarning (r.a.) o‘g‘li Abdulloh bir tadbir topdi:
-   Berilgan mato menga ko‘ylaklikka yetmaydi, ozlik qiladi. Otamning ulushi ham uning o‘ziga kamlik qiladi. Yaxshisi, men o‘zimga tegishli matoni otamga hadya qilsam, unga ko‘ylak tikish uchun yetarkan.

Abdulloh shunday ham qildi, ota-bolaning ulushidan hazrati Umarga (r.a.) bir ko‘ylak tikildi. Kunlardan bir kuni hazrati Umar (r.a.) ana shu kiyimda minbarda so‘zlayotganida, bir faqir kishi o‘rnidan turib, unga malomat qila boshladi:
-   Ey amiral mo‘minin, endi men sening gapingga ishonmayman, senga itoat ham qilmayman. «Nega?» desang, sen Alloh va Uning rasuli buyurgan ishni qilayotganing yo‘q.


Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 15:01:39
Hazrati Umar (r.a.) sarosimaga tushib qoldi va o‘sha odamdan ajablanib so‘radi:
-   Bu nima deganing?
O’sha kishi o‘rnidan turib, so‘zlay ketdi:
-   Bir kuni o‘lja bo‘linayotganida, har birimizga tekkan matodan bir ko‘ylak chiqmasdi. Shuning uchun biror kishi o‘ziga tekkan ulushdan ko‘ylak tiktira olmadi. Sen esa xalifaligingdan foydalanib, o‘zingga ikki hissa ulush olibsan, mana ko‘ylak tiktirib, kiyib ham olibsan.

Hazrati Umar (r.a.) xijolatlikdan qip-qizarib ketdi. Ammo ayni paytda bu kishining haqni gapirayotganidan xursand ham edi. U najot izlaganday atrofiga boqdi, nigohi odamlar to‘pi ichidan kimnidir axtara boshladi. «Oralaringda Abdulloh bormi, bor bo‘lsa, haqiqatni aytib bersin!» dedi xalifa.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 15:02:01
Xayriyatki, Abdulloh shu yerda, jamoat orasida ekan, o‘z ulushidan voz kechib, otasiga ko‘ylak tiktirib berganini aytib, xalifani xijolatlikdan qutqardi. Bundan qoniqish hosil qilgan boyagi odam uzr so‘radi:
-   Voqea shunday bo‘lgan ekan, mayli, men so‘zimni qaytarib oldim. Haqiqatan tushunmovchilik bo‘libdi. Sening gapingga endi ishonaman, itoat ham qilaman...

Hazrati Umar (r.a.) shundagina yengil tin oldi, yuziga qizillik yugurdi. U tushunmay malomat qilgan odamdan xafa ham bo‘lmadi. Aksincha, shunday teran fikr yurituvchi, sergak va haqgo‘y odamlar borligidan xursand bo‘ldi.




Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 15:02:27
HAZRATI UMARNING SHAHODATI

Xulofoi roshidin (to‘g‘ri yo‘ldagi xalifa)larning hazrati Abu Bakr Siddiqdan tashqari qolgan uch nafari, ya’ni hazrati Umar, hazrati Usmon va hazrati Ali Islom dushmanlarining fitna va suiqasdlari tufayli shahid bo‘lishgan. Hazrati Umar ham Islom dushmanlari qo‘lida shahodat topdilar.

Hazrati Umarning xalifalik davrlarida muborak Islom fathi juda ko‘p o‘lkalarni qamrab oldi, u yerlarga arab lashkarlari Allohning dini Islom shariatini, oxirgi payg‘ambarning sunnatini yetkazib borishdi. Bu xalqqa manzur tushib, risolat yetib borgan o‘lkalar gullab-yashnagan esa-da, mansabidan ayrilib, zulm va istibdodga to‘la siyosatlarini avvalgiday emin-erkin o‘tkazolmay qolgan hukmdorlarning g‘azab va nafratini kuchaytirib yuborgandi. Ayniqsa, Islom fathi tufayli inqirozga yuz tutgan Iroq va Eron davlatlaridagi mansabdorlarning Islom fotihlariga adovati cheksiz edi. Eronning ko‘zga ko‘ringan hukmdorlaridan Xurmuzon urushda asir tushib, Madinaga keltirilgan, hazrati Umarga hiyla ishlatib, o‘z jonini saqlab qolgandi. Madinada undan boshqa o‘z mol-mulki, mansab-martabasidan ajrab qolgan ko‘pgina a’yonlar ham yashab turgandi. Bu ham bir siyosat edi, yovuz dushmanning ko‘z o‘ngingda turgani yaxshiroq edi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 15:02:48
Ana shunday alamzada va dushman kimsalar anchadan buyon musulmonlarning odil xalifasi joniga qasd qilishni niyat qilib yurishgandi. Bir kuni ular Mug‘iyra ibn Shu’ba xonadoniga to‘planib, hazrati Umarni jismonan yo‘q qilish rejasini tuzishdi. Bu ishni Shu’baning quli Abu Lu’luaga topshirishdi. Bu qul o‘zi eronlik nasroniy bo‘lgani uchun musulmonlarga adovati va nafrati cheksiz edi, ular zarariga har qanday qabih ishdan qaytmasdi.

Abu Lu’lua qanday janjal chiqarishni bilmasdi. Bir gal qul dunyoning yarmiga hukmronlik qilib turgan xalifani ko‘chada to‘xtatib, o‘z hayotidan, musulmonlardan ozor chekayotganidan shikoyat qilib zorlandi. Xalifa uning o‘rnida boshqa odam bo‘lganida qul bilan, buning ustiga nasroniy qul bilan gaplashib ham o‘tirmasdi. Ammo hazrati Umar uning shikoyatini batafsil tingladilar, ahvolini yaxshilashga doir maslahatlar berdilar. Ammo ichi alamga to‘lgan qul shunda ham tinchimadi. Amirga ochiqdan-ochiq tahdid qilib, haqorat qila boshladi. Ammo xalifa atroflarida to‘plangan olomonni hayratga solib, qulning haqoratlariga, tahdidlariga e’tibor bermay, o‘z yo‘llarida ketaverdilar.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 15:03:16
Ammo badbaxt Lu’lua nima qilib bo‘lsayam hazrati Umarni o‘ldirishga qasd qilgandi. O’sha kuni kechqurun bir xanjar topdi, uni yaxshilab charxladi, o‘tkir og‘u bilan zaharlab tayyorlab qo‘ydi. U tong oqarmay turib, hazrati Umarning bomdod o‘qish uchun masjidga kelishlarini poylab turdi.

Xalifa namozga juda erta kelardi, shuning uchun masjidda qavm hali to‘la to‘planmagan edi. Qul masjid ichigi kirib yashirindi. Qo‘lidagi xanjarni shay qilib, yuragi duk-duk urib, hazrati Umarning namoz boshlashlarini kutib turdi. Chunki u xalifaning har qanday holatda ham namozni buzmasligini eshitgandi.

Mana, xalifa mehrobga o‘tdi. Ikki qo‘lini quloqlariga yaqinlashtirib, «Alloh akbar», dedi. Ortda turganlar ham guvranib qo‘shilishdi. Xalifa qiroatni boshladi. Hamma churq etmay, some’ bo‘lgan, pashsha uchsa, eshitilguday sukunat hukmron edi. Suiqasd uchun bundan ortiq imkoniyat bormi? Abu Lu’lua xanjarini mahkam changallaganicha, bekingan joyidan chiqib, mehrobga qarab yurdi. Hech narsadan bexabar holda Allohning kalomini qiroat qilayotgan xalifaga yaqinlashib, uning bo‘yni, yelkasi aralash olti yeriga xanjarini jon-jahdi bilan sanchib, botirib oldi. Xalifaning yonida Amr ibn Maymun va Abdulloh ibn Abbos turishgandi. Hazrati Umar (r.a.) ruku’ga ketdilar-da, birdan «Uh, meni o‘ldirdi, ushlanglar», deya qichqirib yubordilar. Abu Lu’lua hazrati Umarning bir necha joylariga xanjar urishga ulgurgan edi. Hazrati Umarning xitoblaridan so‘ng u namozxonlar orasidan otilib chiqdi-da, o‘ngu-so‘lida uchragan har bir odamga xanjar ura boshladi. Shu tariqa bir pasda u o‘n uch kishini jarohatladi, ulardan yetti kishi o‘ldi.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 15:03:35
Bu hodisani ko‘rib turgan musulmonlardan biri burnusi (choponi)ni yechib, qulning ustiga otdi. Shunda boyagi qotil qo‘lga tushganini sezib, o‘ziga xanjar sanchib o‘ldirdi. Hazrati Umar (r.a.) yiqilib ketmaslik uchun Abdurahmon ibn Avfning qo‘lidan ushlab qoldilar. Fojiani faqat xalifaning ortida turganlargina ko‘rib, u kishiga yordamga shoshilishdi. Orqa safdagilar bundan tamoman bexabar, hazrati Umarning ovozi to‘xtab qolganidan taajjublanib: «Subhonalloh, subhonalloh», deyishardi.

Hazrati Umar (r.a.) ko‘p qon yo‘qotganliklaridan holdan toyib qolgandilar. Shuning uchun o‘rnilariga Abdurahmon ibn Avfni imomlikka qo‘ydilar. U kishi namozxonlarga imom bo‘lib, namozni tezda tugatdilar. Namozxonlar masjiddan chiqib bo‘lishgach, hazrati Umar buyurdilar: «Ey ibn Abbos, menga kim suiqasd qilganini bilib kel!» Ibn Abbos chiqib ketib, birozdan so‘ng qaytib keldi va: «Sizga suiqasd qilgan Mug‘iyraning nasroniy quli ekan», dedi. Hazrat Umar (r.a.): «As-Sunu’mi?» - deb so‘radilar. Ibn Abbos tasdiq qildi. Hazrat Umar (r.a.): «Uni Alloh taolo halok qildi. Men unga amru ma’ruf qilgan edim. Alloh taologa shukrkim, U meni musulmonning qo‘li bilan o‘ldirmadi. Ey ibn Abbos, sen va otang Madinada ulujlarning ko‘p bo‘lmog‘ini istar edingizlar!» deya undan o‘pkaladilar. Darhaqiqat, Ibn Abbos va uning otasi ulujlarni, ya’ni arab bo‘lmagan kofir qullarni Madinada ko‘paytirish tarafdori bo‘lib, ularning ajamiy qullari boshqasidan ko‘proq edi. Xijolatda qolgan ibn Abbos: «Agar istasangiz, ularni o‘ldiramiz», dedi. Bunga javoban hazrati Umar (r.a.): «Ikkalangiz o‘z tillaringiz bilan «Madinada ajamiy qullarni ko‘paytiraylik», deganingizdan keyingi bu gaping yolg‘ondir, endi bo‘lar ish bo‘ldi, o‘z qiblalaringizga qarab namozlaringizni o‘qiyveringlar, hajlaringizni ado etaveringlar», dedilar.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 15:03:53
Hazrati Umarni uylariga olib ketishdi. Madina ahli, uzoq-yaqindagi musulmonlar bu dahshatli qotillikdan gangib qolishgandi. Xalifaning qattiq yaralanganini eshitgan musulmonlarning ko‘zidan yosh jalasi quyilar, dushmanlar shod, masrur edi. Ba’zilar «Hech nima qilmaydi, tezda tuzalib ketadilar», deya o‘ziga tasalli bersa, boshqalar u kishining sog‘liqlaridan xavotirga tushib, o‘zini qo‘ygani joy topolmasdi.

Xalifa huzuriga tabib olib kelishdi. U bemorga sharbat, sut ichirib ko‘rdi. Ikkovi ham jarohat o‘rnidan oqib chiqdi. Buni ko‘rgan tabib afsuslanib bosh chayqadi: «Qiladigan ishingizni qilib oling, ey amiral mo‘minin, jarohatingiz xiyla og‘ir!»

Hamma hazrat Umarning huzurlariga kirib, u kishiga tasalli, hamdardlik izhor qildi. So‘ngra bir ansoriy yigit kirib kelib, shunday dedi: «Ey mo‘minlar amiri, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga sahobiylik qilganingiz hamda Islomda o‘zingizga ma’lum shijoatkorligingiz tufayli Alloh taolo jannatiy ekanligingiz xususida qilgan bashoratidan xursand bo‘lingiz! Keyin adolat bilan xalifalik qildingiz, buning ustiga, mana sizga shahidlik ham nasib etib turibdi».
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 15:04:09
Bu qizg‘in gaplarni indamay eshitgan xalifa: «Shoyad shunday bo‘lsa! Ey jiyanim, ammo bular mening na Alloh taolo oldidagi hisob-kitobim va na Uning bandasiga beradigan qarzim uchun kifoya qilmas edi», dedilar. Keyin o‘g‘illarini chaqirib: «Ey Abdulloh ibn Umar, qara-chi, qancha qarzim bor ekan?» - deb so‘radilar. Hisoblab chiqishsa, dunyoning yarmiga hukmronlik qilgan va Arabistonni oltin-kumushga ko‘mib yuborgan xalifaning sakson olti ming dirham qarzlari bor ekan. O’nlaridan esa 30-40 dirham pul chiqdi. Shunda hazrati Umar (r.a.) o‘g‘illariga topshiriq berdilar: «Agar qarzimni uzishga Umar oilasining mol-mulki yetsa, uni to‘lagin, basharti yetmasa, Bani Adiy ibn Ka’b qabilasidagi qarindoshlarimdan so‘ra, ammo ularni o‘zgalar qoshiga bormoqqa majburlama, ular bergan mol-mulknigina qarzimga to‘la! Hozir esa mo‘minlar onasi Oisha roziyallohu anhoning huzurlariga borgil-da: «Otam Umar sizga salom aytdilar», deb aytgin, ammo «Mo‘minlar amiri salom aytdilar», demagin, chunki men bugundan e’tiboran mo‘minlarning amiri emasman. So‘ng «Otam Umar ibn al-Xattob ikki do‘stlari yoniga dafn qilinmoqlariga sizdan ijozat so‘rayotirlar», deb aytgin».

O’g‘illari hazrati Oishaning huzuriga kirishga ruxsat so‘radilar va otalarining iltimoslarini yetkazdilar. Oisha onamiz: «Men o‘zimning ular yoniga dafn qilinmog‘imni orzu qilar edim, ammo bugun bunga o‘zimdan ko‘ra hazrat Umarni munosibroq ko‘rurman», dedilar.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 15:04:33
Ibn Umarning qaytib kelganini hazrati Umarga ma’lum qilishdi. Shunda u kishi boshlarini yostiqdan biroz ko‘tarib qo‘yishni so‘radilar va o‘g‘illariga «Qanday javob keltirding?» - dedilar. Ibn Umar: «Ey mo‘minlar amiri, siz istagan javobni keltirdim, ul muhtarama ijozat berdilar», dedi. Hazrati Umar chuqur qoniqish bilan: «Alhamdulillah, mening uchun ikki do‘st yoniga dafn qilinmog‘imdan ko‘ra muhimroq narsa yo‘q edi!» - dedilar.

So‘ngra mo‘minlar onasi Xafsa (hazrati Umarning qizlari) bir necha ayollar bilan kirib kelishdi. Erkaklarni ko‘rib, ayollar tashqarida qolishdi, birgina Xafsaning yolg‘iz o‘zlari hazrati Umarning huzurlariga kirib, tepalarida bir muncha vaqt yig‘lab o‘tirdilar. To‘planganlar hazrati Umarga: «Ey mo‘minlar amiri, vasiyat qilib, biror kishini o‘rningizga xalifalikka qoldiring», deyishdi. Shunda Umar (r.a.): «Men bu ishga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlari oldida roziliklarini bildirgan o‘shal kishilardan ko‘ra haqliroq biror odamni topmadim. Janob Rasululloh o‘shanda Ali, Usmon, Zubayr, Talha, Sa’d va Abdurahmonni tilga olgan edilar. O’g‘lim Abdulloh ibn Umar esa mening oldimda «Xalifalikni talab qilmayman», deb so‘z beradi. Uning xalifalik xususida hech qanday haq-huquqi yo‘q bo‘lib, mening bu vasiyatim uning uchun xalifalikni talab qilmoqdan tiyib turuvchi bir ulug‘ hay’at kabidir. Agar xalifalik Sa’dga nasib etsa, bu Alloh taoloning irodasidur. Basharti nasib etmasa, qaysi biringiz ham xalifa bo‘lsangiz, o‘z ishingizda unga suyaning, chunki men uning ojizligu xiyonat qilganini sira bilmayman», - dedilar.

Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 15:04:48
Keyin yostiqdan boshlarini arang ko‘tarib, to‘planganlarga so‘nggi vasiyatlarini aytdilar: «Mening o‘zimdan keyingi xalifaga qiladigan vasiyatim shuki, avvalgi muhojirlarning haq-huquqlarini e’tirof qilib, ularning izzat-hurmatini joyiga qo‘ysin! Madinaga va iymonni qalblariga jo etgan ansorlarga yaxshilik qilsin, ularning yaxshi ishlarini qabul aylab, yomonlarini kechirsin! Men unga yana bunday vasiyat qilurman: shahar ahliga yaxshilik ko‘rsatsin, chunki ular Islom tayanchi, mol yig‘uvchi va dushmanga qiron keltiruvchi bo‘lib, ulardan rozi qilib ortiqcha mollarigina olinadi. Men unga yana bunday deb vasiyat qilurman: badaviylarga yaxshilik qilsin, chunki ular arablarning ildizi va Islom o‘zagi bo‘lib, ularning sarxil bo‘lmagan mollaridan olinib, faqirlariga qaytariladi. Men unga yana bunday deb vasiyat qilurman: «Alloh taolo va uning Rasuli zimmasidagi (ya’ni, zimmiylar bilan musulmonlar o‘rtasidagi) ahdnomaga vafo qilsin, zimmiylarni himoya aylasin, ularga toqatlari yetadigan yuknigina yuklangizlar!»

Hazrati Umar (r.a.) yuqoridagi vasiyatni aytib bo‘lgach, hijriy 23 (milodiy 645) sananing 27-zulhijja kuni og‘ir jarohatlardan tuzala olmay, jonni Haqqa topshirdilar. Janozalari masjidda o‘qildi, Suhayb Rumiy imom bo‘ldilar. Tobutlarini ko‘targan yuzlab kishilar Oisha onamizning hujralari tomon yo‘l olishdi. Abdulloh ibn Umar u muhtaramaga salom berib: «Umar ibn al-Xattob ikki do‘stlari yoniga dafn qilinmoqliklariga izn so‘rayotirlar!» - dedi. Oisha onamiz: «Tobutni hujramga olib kiraveringlar», dedilar. Hazrati Umarning (r.a.) jasadlari hujrai saodatga olib kirilib, ikki do‘st yoniga dafn etildi. Shunday qilib, hazrati Umarning (r.a.) xalifalik davrlari o‘n yilu olti oy davom etdi. Bu zot ham vafot etganlarida, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom kabi 63 yoshda edilar.
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Munira xonim 12 Oktyabr 2006, 15:05:02
Amiral mo‘minin hazrati Umar jisman vafot topgan esalar-da, u zotning Alloh yo‘lida, Uning dini ravnaqi yo‘lida olib borgan ishlari, ulug‘ xizmatlari, jasorat va fidoyiliklari musulmonlar olamida yaxshilik va adolat timsoli sifatida yashab kelyapti. Rasuli akram (s.a.v.) Umar (r.a.) haqlarida: «Alloh taolo to‘g‘rilikni Umarning tiliga va qalbiga soldi», degandilar. Yana hazrati Umarga «Islom davlatini boshidan to‘g‘ri asosga bino qilgan zot», deb ta’rif berilgan edi. Alloh taolo barcha ashobi kiromlar qatori hazrati Umar ibn Xattobdan rozi bo‘lsin!
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: Doniyor 13 Oktyabr 2006, 06:51:12
MUNDARIJA

Taqdim (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=812.msg22573#msg22573)
Jaholat zamoni (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=812.msg22576#msg22576)
Hazrati Umarning Islomga kirishi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=812.msg23653#msg23653)
Rasululloh bilan yonma-yon (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=812.msg23662#msg23662)
Ahli jannat sayyidlari (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=812.msg23681#msg23681)
Mo’minlar amiri (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=812.msg23883#msg23883)
Hazrati Umarning adolati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=812.msg23907#msg23907)
Yamoq ko’ylakli xalifa (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=812.msg24339#msg24339)
Hazrati Umarning shahodati (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=812.msg24350#msg24350)
Nom: Re: HAQ HAMISHA G’OLIB (Umar ul-Foruq). Ahmad Muhammad
Yuborildi: AbdulAziz 12 Iyul 2008, 09:09:21
Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

(http://www.ziyouz.com/images/books/haq_hamisha_golib.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=196)

Muallif: Ahmad Muhammad

Hajmi: 124 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=196)

Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=812.0)