forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Muslima_subh 10 Oktyabr 2006, 07:42:34

Nom: Qaynona va Kelin
Yuborildi: Muslima_subh 10 Oktyabr 2006, 07:42:34
Qaynona va Kelin


Kaynonalarga o‘n maslaxat



Xo‘sh, kelin bilan ahil yashash, oilada totuvlik va farog‘at bo‘lishi uchun qaynona nimalar qilishi kerak?
1. Keliningazni o‘z bolangizdan ustun ko‘rib «qizim-qizim»lab mehr ko‘rsating, uy-ro‘zg‘or ishlarini erinmay o‘rgating, aybu xatolarini yashiring. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom: «Kim bu dunyoda qiynalgan bir musulmonning og‘irini yengil qilsa, Alloh uning qiyomatdagi og‘irini yengil qiladi, kimki bu dunyoda bir musulmonning aybini yashirsa, Alloh dunyo va oxiratda uning aybini yashiradi», deganlar,
2. Kelin bilan o‘g‘lingizning munosabatlari birinchi kundanoq samimiy bo‘lishiga harakat qiling. Kelinga o‘g‘ilni, o‘g‘ilga kelinni maqtang, aslo shikoyat qila ko‘rmang. Chunki Rasululloh (s.a.v.):«Sizlarning yaxshilaringiz - xushxulqli, shirin suhbatlilaringizdir», deb uqtirganlar.
3. Farzandlaringiz oldida kelinning sha’ni va obro‘sini ko‘tarishga harakat qiling, chunki oilada boshqalarning kelinga muomalasi sizga qarab bo‘ladi. Janobi Rasululloh (s.a.v.): «Kimki yoshi kichiklarimizga rahmdil bo‘lmasa va kattalarimizning qadr-qimmati va haqqini bilmasa, u odam bizning qavmdan emas», deganlar.
Nom: Re: Qaynona va Kelin
Yuborildi: Muslima_subh 10 Oktyabr 2006, 07:46:33
4. Er-xotin g‘ijillashib yoki urishib qolsa, siz kelinning tarafini oling. Chunki o‘g‘il o‘zingizniki - gapingiz botmaydi, aksincha o‘sha paytda kelinga aytgan bir og‘iz qattiq gapingiz mojaroni kuchaytiradi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom "Odamlar bilan xushmuomala bo‘linglar, ularga qattiqqo‘llik qilib byohayo so‘zlamanglar!" deb ta’lim berganlar.
5. Yosh kelin ota-onasini sog‘inib qolsa, darrov ruxsat bering, chunki yangi kelinlikda uning boshqa xonadonga ko‘nikishi, yaqinlaridan uzilib qolishi ancha qiyin kechadi. Keyinchalik o‘zidan ortib ko‘pda boravermaydi. Janobi Rasulullohdan «Kim mehribonlik qilmas ekan, mehribonlik ko‘rmagaydir!» degan hadisi sharif vorid bo‘lgan.
6. Keliningiz oldida boshqa kelinlarning husnini, kiyim va taqinchoqlarini, epchilligi va epliligini, o‘zga qudalarning sarfu xarajatlarini aslo maqtamang, chunki uni kamsitgan, ozor bergan bo‘lasiz. Faqat boshqalarning odobi, muomalasini ibrat qilib ko‘rsatish mumkin. Payg‘ambarimiz Muhammad
alayhissalom: «Xotinlarning barakalirog‘i sarf xarajatni kamroq talab qilganidir», deganlar.
Nom: Re: Qaynona va Kelin
Yuborildi: Muslima_subh 10 Oktyabr 2006, 07:49:58
7. Kelinning xizmatidan, ovqatadan, yurish-turishidan ayb topavermang. O’zingiz yangi kelin bo‘lgan davrlarni bir esga oling. Aybi bo‘lsa, malol kelmaydigan qilib o‘ziga ayting. Chunki oliy xulq sohibi janobi Rasululloh hech kimni yuziga yomonlamas, orqasidan ayblamas, aybini axtarmas edilar.
8. Agar o‘g‘lingiz xotiniga sovg‘a olib kelsa, «Nega menga yoki singlingta qo‘shib kelmading?» deb janjal chiqarishga shoshilmang. Balkn puli yetmagandir yoki farosati! Keyinchalik buni o‘ziga tushuntiring. Rasuli akramning (s.a.v.) «Odamlar ichida xotin kishiga nisbatan haqlirog‘i uning eridir», degan hadislarini bir eslang.
9. Qaynotalar kelin olish xarajatlarini qilgan, shuning uchun ko‘pincha kelinning yonini olib maqtab turishadi. Bundan siz «Demak, erim uni yaxshi ko‘rib qolibdi», degan noto‘g‘ri xulosa chiqarib janjal ko‘tarmang. Bu g‘irt bema’nilikdir. Janobi Rasulullohning «Kim birovning yoki o‘z xodimining oilasida mojaro yoki nizo chiqishiga sababchi bo‘lsa, u Islom ahlidan emas», degan hadislarini darrov yodga oling.
Nom: Re: Qaynona va Kelin
Yuborildi: Ansora 21 Sentyabr 2011, 10:54:06
 :asl3:

Judayam yaxshi maslahatlar, bir kun qaynona bo'lsam, mengayam ko'p foydasi tegadi inshalloh:)

"Oila saodati" degan kitob o'qigandim, u yerda 3 varoq qaynonalarga maslahat, 1 varoq kelinlarga maslahat bor edi. Demak, qaynonalarga bog'liq ekan-da ko'p narsa, deb o'ylagandim:) siz nima deb o'ylaysiz:)  
Nom: Re: Qaynona va Kelin
Yuborildi: Usmon 21 Sentyabr 2011, 11:05:27
Kiyovga hech nima deyilmaganakn ko'rdiz..... Bizada hammasi yaxshi... hamma ayb daryoni narigi sohilida
Nom: Re: Qaynona va Kelin
Yuborildi: Ansora 21 Sentyabr 2011, 11:08:21
Kiyovga hech nima deyilmaganakn ko'rdiz..... Bizada hammasi yaxshi... hamma ayb daryoni narigi sohilida

Kelin-kuyov mavzusi alohida. Kuyovga maslahat va nasihatlar adashmasam kitobni yarmini olgandi ;D