forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Ro'za => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 13 Oktyabr 2006, 05:37:35

Nom: Laylatul qadr
Yuborildi: AbdulAziz 13 Oktyabr 2006, 05:37:35
LAYLATUL QADR FAZILATLARI

Abu Zakariyya al-Madaniy

Bismillahir Roxmanir Rohim

Barcha Olamlar Robbisi bo‘lgan Allox ta’ologa xamdu sanolar, paygambarimiz, Uning oilasi va barcha saxobalariga salavotu salomlar bo‘lsin.

Muxtaram va aziz dindoshlar, kuni kecha ramazon kirishini zavk bilan kutib olgandik. Mana bugun esa uning ko‘pi ketib ozi kolibdi. Xash-pash deguncha ramazon tugab xayit xam kelib koladi. Xammangizga ma’lum ramazon oyi oylarning eng ulugi bo‘lganidek, bu oyning xam kecha va kunduzlarining fazilatli va uluglari bor. Ular ramazonning oxirgi o‘n kunligi. Ularning fazilati shu kechalarda yashiringan «Laylatul kadr-Kadr kechasi» sabablidir. Kadr kechasining kadrini kuyida zikr kilinadigan oyat va xadislarni taammul kilgan kishi anglab yetadi. Allox taolo Kur’on Karimda dedi: «Albatta Biz u (Kur’on)ni Kadr kechasida nozil kildik. (Ey Muxammad sallalloxu alayxi va sallam), Kadr kechasi nima ekanligini Siz kaerdan xam bilar edingiz?! Kadr kechasi ming oydan yaxshirokdir. U (kecha) da farishtalar va Rux (ya’ni, Jabroil alayxissalom) Parvardigorlarining izni-ixtiyoriy-la (yil davomida kilinadigan) barcha ishlar bilan tushurlar. U (kecha) to tong otguncha tinchlik-omonlikdir.» (Kadr surasi)

Duxon surasida esa shunday deydi: «Ochik-ravshan Kitob-Kur’onga kasamki, albatta Biz uni bir muborak kechada nozil kildik. Darxakikat, Biz (insu-jinlarni ushbu Kur’on bilan oxirat azobidan) ogoxlantiruvchi bo‘ldik» (Duxon: 2,3).

Abu Xurayra roziyalloxu anxu rivoyat kiladi, rasulullox sallalloxu alayxi va sallam dedilar: «Kimki Kadr kechasida iymon bilan va savob umidida bedor bo‘lsa, uning avvalda kilgan gunoxlari kechiriladi» (Muttafakun alayxi).

Paygambarimiz Muxammad sallalloxu alayxi va sallamning odatlari doimo fazilatli ishlarga shoshish va Ummatini unga targib kilishdir. Rasulullox sallalloxu alayxi va sallam bir ishga targib kilsalar, o‘zlari bu ishda o‘rnak bo‘lardilar. Oisha roziyalloxu anxo rivoyat kiladilar: «Rasulullox sallalloxu alayxi va sallam oxirgi o‘n kunlikda boshkasida misli ko‘rilmagan darajada ibodatlarga tirishar edilar» (Imom Muslim rivoyati).

Paygambar sallalloxu alayxi va sallam bu kechalarning xammasida namoz, Kur’on tilovati, Olloxning zikri va e’tikof kabi turli xil ibodatlar bilan bedor bo‘lardilar. O’zlarigina bedor bo‘lmasdan ko‘l ostidagilarini xam bunga buyurar edilar. Oisha roziyalloxu anxo rivoyat kiladilar: «Paygambar sallalloxu alayxi va sallam oxirgi o‘n kunlik kirsa, izorlarini maxkamlardilar (ya’ni, ayollaridan uzlat kilardilar) kechasini bedor o‘tkizardilar va axli-oilasini (ibodat uchun) uygotar edilar» (Muttafakun alayxi).

Ul zot axli-oilasini ibodat, Alloxning zikri uchun uygotardilar. Chunki, bu kechalar tezda tugab koladigan juda xam ozdir, uni ganimat bilib, ibodatlar kilib kolishga loyikdir. Bugungi kunda odamlar Kadr kechasini o‘tkizish uchun uylarda jamlanadilar, anvoi taomlar tayyorlab, dasturxon ustida tuni bilan gurunglab chikadilar. Saxar bo‘lgach o‘zlaricha biz laylatul kadrda uxlamadik, bizning gunoxlar xam kechirildi deb, uy-uylariga tarkaladilar. Ularning Kadr kechasi bilan paygambar sallalloxu alayxi va sallamning Kadr kechasi o‘rtasida osmon bilan yercha fark bor.

Oisha onamiz roziyalloxu anxo rasulullox sallalloxu alayxi va sallamdan so‘radilar: «Ey rasulullox, agar men Kadr kechasiga muvofik kelib kolsam nima deb duo kilay? Rasulullox sallalloxu alayxi va sallam dedilar: «Alloxumma innaka afuvvun tuxibbul afva fa’fu anniy» «Parvardigoro, Sen afv etuvchisan, afvni yaxshi ko‘rasan, meni afv et» deng, dedilar.

Bu ulug kechalarni ganimat bilib, unda mazkur duoni takror-takror kilmogimiz darkor. Kishi vaktidan unumli foydalanmogi lozim, nafs malollanuvchidir, shuning uchun kishi kechani malollanmasdan o‘tkizishi uchun turli ibodatlar bilan mashgul bo‘lishi kerak. Masalan: avval namoz o‘kisin, namozdan charchasa, o‘tirib kur’on tilovat kilsin, ma’lum vakt kur’on o‘kigach, duoga ko‘l ochib, parvardigorga yolborsin. Yolborish yukorida zikri o‘tgani kabi duolarni kayta-kayta kilishdir. Va xokazo shu tartibni kaytadan takrorlasa xam bo‘ladi. Muximi vaktini bexuda o‘tkizmasin.

Kadr kechasi oyning muayyan bir kunida deb birov jazm kila olmaydi. Chunki, odamlar ko‘prok ibodatda bo‘lishlari va unga muvofik kelishga tirishishlari uchun Allox subxanaxu va taolo uni oxirgi o‘n kunlikda yashirib ko‘ydi. Rasulullox sallalloxu alayxi va sallam dedilar: «Kadr kechasini oxrigi o‘n kunning tok kechalaridan izlanglar» (Imom Buxoriy rivoyati).

Ibn Taymiyya roximaxullox dedilar: «Tok o‘tgan kunlar e’tibori bilan bo‘lishi mumkin. U xolda kadr kechasi 21-kecha, 23- kecha, 25- kecha, 27- kecha va 29- kechalardan izlanadi. Tok kolgan kunlar e’tibori bilan bo‘lishi xam mumkin. Bu xakda rasulullox sallalloxu alayxi va sallam shunday dedilar: «Uni kolgan to‘kkizinchi kechadan, kolgan yettinchi kechadan, kolgan beshinchi kechadan izlanglar» (Imom Buxoriy rivoyati). Bunga ko‘ra agar oy o‘ttiz kun bo‘lsa, mazkur kechalar juft sonli kechalarda bo‘ladi. Ya’ni, 22- kolgan to‘kkizinchi, 24- kolgan yettinchi va xokazo. Abu Sa’iyd al-Xudriy buni saxix xadisda shunday izoxlaganlar. Agar oy 29 kun bo‘lsa, yukorida aytganimizdek bo‘ladi. Ya’ni o‘tgan kunlar e’tibori bilan xam, kolgan kunlar e’tibori bilan xam tok kechalar ayni kechaga to‘gri keladi.

Demak, mu’min kishi Kadr kechasini oxirgi o‘n kunlikning xammasida izlashi kerak bo‘ladi. Bunga rasulullox sallalloxu alayxi va sallam kuyidagi xadisda ishora kilganlar: «Uni oxirgi o‘n kundan izlanglar» (Imom Buxoriy rivoyati).

Kadr kechasi oxirgi yetti kechada bo‘lishi ko‘prok, bunga Abdullox ibn Umar roziyalloxu anxumoning xadisi dalolat kiladi: «Paygambar sallalloxu alayxi va sallamning asxoblaridan bir nechtalari tushlarida Kadr kechasini oxirgi yetti kechadaligini ko‘rdilar. Paygambar sallalloxu alayxi va sallam: «Men sizlarning tushlaringiz oxirgi yetti kechaga muvofik kelganini ko‘rmokdaman. Kimki Kadr kechasini izlamokchi bo‘lsa, oxirigi yetti kechada izlasin» — dedilar. Imom Muslim kilgan rivoyatda: «Uni oxirgi o‘n kunlikdan izlanglar, agar sizlardan biringiz zaiflik kilsa yoki ojiz bo‘lsa, kolgan yetti kechada (uykuga) maglub bo‘lmasin».

Oxirgi yetti kechaning toklarining extimolga yakinrogi 27- kechadir. Bunga Ubay ibn Ka’bning xadisi dalolat kiladi: «Alloxga kasam ichib aytamanki, men rasulullox sallalloxu alayxi va sallam bizni turishga buyurgan kecha kaysi kechaligini bilaman. U 27- kechadir» (Imom Muslim rivoyati). Undan siz buni kanday bildingiz deb so‘radilar? U: rasulullox sallalloxu alayxi va sallam xabar bergan belgi bilan, dedi. «Kadr kechasining tongida kuyosh chikkanida uning nuri bo‘lmaydi to ko‘tarilguncha xuddi togoradek bo‘lib turaveradi» deganlar. Bu xabar saxix bo‘lsada, kishi yalkovlik kilmasdan Kadr kechasini topish uchun kattik tirishishi lozim. Yukorida zikr kilganimizdek paygambar sallalloxu alayxi va sallam oxirgi o‘n kunlikda o‘zlari bedor bo‘lar va axli ayollarini xam uygotar edilar. Aliy va Fotima roziyalloxu anxumolarning eshiklarini kokib, «Turib namoz o‘kimaysizlarmi!» derdilar. Keyin Ummaxotul mu’miniynlarning xujralariga yuzlanib: «Xujra soxibalarini uygotinglar, bu dunyoda kancha-kancha kiyimlilar bor, Kiyomat kunida yalangochdir» derdilar. (Imom Buxoriy rivoyati).

Allox subxanaxu va taolodan barchalarimizni Kadr kechasiga muvaffak kilishi, tutgan ro‘zalarimizni va tarovex namozlarimizni kabul kilishini so‘raymiz.
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: AbdulAziz 13 Oktyabr 2006, 05:38:08
QADR SURASI

Qadr surasining audioqiroatini shu yerdan tinglaysiz va saqlab olishingiz mumkin (http://quran.islamway.com/sudais/097.mp3).

Bu sura ham Makkada nozil qilingan bo‘lib, besh oyatdan iboratdir.
Unda so‘z insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan bir Kecha haqida — insonlarga bu hayoti dunyodan chin insoniy hayot kechirib o‘tish yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatib beradigan so‘nggi muktammal Ilohiy dasturul-amal bo‘lmish Qur’oni Karim nozil bo‘la boshlagan nihoyat qadrli bir Kecha va uning fazilatlari haqida boradi.


Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan.

1. Albatta Biz u (Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik.

2. (Ey Muhammad alayhissalom), Kadr kechasi nima ekanligini Siz qaerdan ham bilar edingiz?!

3. Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir.
Izoh: Demak, u kechada qilingan toat ibodat ham ming oylik ibodatdan yaxshiroq bo‘ladi. Bu kechaning barakoti haqida «Duxon» surasining 2-5-oyatlari izohida aytib o‘tilgan. Ko‘pchilik ulamolarning aytishlaricha, Qadr kechasi Ramazon oyining yigirma yettinchi kechasidir.

4. U (kecha)da farishtalar va Ruh (ya’ni, Jabroil alayhissalom) Parvardigorlarining izni-ixtiyori-la (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar bilan (osmondan zaminga) tushurlar.

5. U (kecha) to tong otguncha tinchlik-omonlikdir.

Alouddin Mansur tarjimasi.
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: AbdulAziz 13 Oktyabr 2006, 05:38:30
DUXON SURASI

Duxon surasining audioqiroatini shu yerdan tinglaysiz va saqlab olishingiz mumkin (http://quran.islamway.com/sudais/044.mp3).

Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan.

2-3. Ochiq-Ravshan Kitobga — Qur’onga qasamki, albatta Biz uni bir muborak-barakotli kechada nozil qildik. Darhaqiqat, Biz (insonlarni ushbu Qur’on bilan Oxirat azobidan) ogohlantirguvchi bo‘ldik.
Izoh: Ko‘pchilik ulamolarning aytishlaricha, bu kecha Ramazon oyidagi Qadr kechasi bo‘lib, Qur’oni Karim o‘sha kechada nozil bo‘la boshlagandir. Uning "muborak-barakotli kecha" deyilishiga sabab esa jaholat zulmatlarida qolib, o‘z yo‘lini yo‘qotib qo‘ygan insoniyat olami o‘sha kechada osmon bilan bog‘lanib, undan o‘zi uchun to Qiyomat dasturul-amal bo‘ladigan Ilohiy yo‘l-yo‘riqlar ola boshlaganidir. Bu kechaning yana boshqa xislatlari ham borki, u haqda quyidagi oyatlarda bayon qilinadi.

4. U (kecha)da barcha puxta-aniq ish(lar) ayrilur (belgilanur).
Izoh: Ibn Abbos (Alloh undai rozi bo‘lsin) aytadilarki, Alloh taolo bu kechada to kelgusi sananing shu kechasigacha bo‘ladigan, bandalarga taalluqi barcha ishlar hiqida hukm qilur.

5. (Bu kechada taqdir qilinadigan barcha ishlar) Bizning huzurimizdan bo‘lgan Ishdir. Darhaqiqat, Biz (bashariyatga payg‘ambarlar) yuborguvchi bo‘ldikki;

6. (Bu) Parvardigiringiz tomonidan bo‘lgan rahmat-mehribonlikdir. Albatta Uning O’zi (barcha narani) Eshitguvchi, Bilguvchidir.

Alouddin Mansur tarjimasi.
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: UmmatiY_MuhammadiY 13 Oktyabr 2006, 06:20:51
As-salamu alaykum varahmatulloh!

Mana INSHA ALLOH Qadr kechalari ham yetib keldi. Buning uchun ALLOH ga hamd sanolar bo'lsin! Hamma forumdoshlarga Qadr kechalari muborak bo'lsin!

Ma'assalama
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: Muslimaxon 14 Oktyabr 2006, 05:54:40
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Laylat ul-Qadrning fazilati qaqida


Olloh taolo bunday deydir: «Biz ushbu Qur’onni Qadr Kechasi nozil qildik. Laylat ul-Qadr deganda, neni tushung‘aysen va Laylat ul-Qadr o‘zi nedir? Laylat ul-Qadr ming oydan ham yaxshiroqdir. O’shal kecha parvardigorlari hukmi ila farishtalar va Jabroil tushg‘aydirlar, ul kecha tong otguncha omonliq kechasi bo‘lg‘aydir».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Ramazonning farz ekanlig‘iga ishonib, unga ixlos qilib va uning savobidan umid aylab, ro‘za tutgaydir, ilgarigi qilgan gunohlarining barchasi kechirilg‘aydir, va shuningdek, kimki Qadr Kechasini, uning ulug‘ligiga inonib, unga ixlos qilib va undan savob umid aylab, bedor o‘tkazg‘aydir ham, ilgari qilgan gunohlarining barchasi kechirilg‘aydir»,- deganlar».
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: Muslimaxon 14 Oktyabr 2006, 05:56:28
Laylat ul-Qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisida
kutingiz!


Ibn Umar raziyalloku anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bir qancha sahobalari Laylat ul-Qadrning Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisida bo‘lmog‘ini tushlarida ko‘rishgan erkan. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarning tushlaringiz Laylat ul-Qadr Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisinda erkanlig‘iga muvofiq kelg‘aydir, deb o‘ylarmen. Kimki Laylat ul-Qadrni kutmoqchi ersa, Ramazonning oxirgi o‘n kunligining yettisinda kutsin!» - dedilar».
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: Muslimaxon 14 Oktyabr 2006, 05:58:39
Abu Sa’id rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Ramazonning ikkinchi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirdik. Janob Rasululloh Ramazonning yigirmanchi kuni ertalab chiqib, bizga va’z qildilar, so‘nt: «Tushimda menga Laylat ul-Qadr aniq ko‘rsatildi, ammo uning qaysi kun bo‘lmog‘i yodimdan chiqib qoldi. Uni Ramazonning oxirgi o‘n kunligining toq kunlarida kutingiz! Men tushimda loy joyda sajda qilayotgan ermishman, endi kimki paygambar birlan e’tikrfga o‘tirgan ersa, uyiga qaytsin!» -dedilar. Biz uyimizga yo‘l oldik. Osmonda hech qanday bulut yo‘q erdi. Ittifoqo, bir bulut paydo bo‘lib, shundoq yomg‘ir yog‘dikim, hatto masjidning tomi oqib tushdi, chunki masjidning tomiga xurmo shoxlari yopilgan erdi. So‘ng, bomdodga takbir aytildi. Shunda, men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning loy joyda sajda qilayotganlarini, hatto peshonalariga loy tekkanini ko‘rdim».
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: UmmatiY_MuhammadiY 14 Oktyabr 2006, 07:25:22
As-salamu alaykum varahmatulloh!

Лайлатул-Қадр кечасини излаш

Аллоҳ таоло айтди: "œҲақиқатда биз уни (Қуръонни) қадр кечасида туширдик. Сенга қадр кечасини нима билдирди? Қадр кечаси минг ойдан яхшироқдир" (Қадр сураси, 1-3 оятлар). Пайғамбар, у кишига Аллоҳнинг солавату саломи бўлсин, айтдилар: "œким қадр кечасини иймону иҳтисоб билан ўтказса, олдинги қилган гуноҳлари кечирилади" (Бухорий ва Муслим ривоятлари). Пайғамбар, у кишига Аллоҳнинг солавату саломи бўлсин, Қадр кечасини излар эдилар (яъни кутар эдилар). Ўз саҳобаларини ҳам излашга буюрардилар. Ўз оила-аҳлларини охирги 10 кечасида Қадр кечасини ушлашлик умидида уйғотар эдилар.
"œМуснад"да Иъбодадан ривоят қилинади: Пайғамбар, у кишига Аллоҳнинг солавату саломи бўлсин, айтдилар: "œкимки уни (Қадр кечасини) излаб етиши нияти билан кутиб ўтирса ва унга етишса,  унинг олдинги қилган гуноҳлари ва кейинги қиладиган гуноҳлари кечирилди" (Ал-Ҳафиз ҳадис санадини Саҳиҳ дедилар). Баъзи саҳоба ва тобеъин салафлардан келдики, улар охирги 10 кечада (Қадр кечасини) топиш (ниятида) ғусл олишар ва ҳушбўй ҳидлар сепиб олишарди. Чунки бу кеча шарафини ва қадрини Аллоҳ жуда ҳам юқори кўтарди.
Энди, эй умрини бекорчи беҳуда нарсалар билан ўтказган кимса, ушбу Қадр кечасида излаб етишгин. Зора бекор кунларингнинг ўрнини қопласа. Чунки бу кеча бир умрдек ҳисобланиб, бу кеча амали-ибодатдан ҳам яхшироқдир. Ким бу кечанинг яхшилигидан маҳрум бўлса, яхшиликнинг ҳаммасидан маҳрум бўлибди. Бу кечанинг Рамазон ойининг охирги 10 кечасининг бирига яширилиб қўйилган ва энг муносиб кечалари, бу охирги 10 кечанинг тоқ ҳисобли кечаларидир (21,23,25,27,29). Умид қилинадиган кеча эса 27 кечадир. Муслим ривоятларида Убай ибн Каъб, Аллоҳ у кишидан рози бўлсин, айтдилар: "œАллоҳга қасамки, ҳақиқатда мен ўша қайси кеча эканлигини биламан. Ўша кечаси бизни Расулуллоҳ, у кишига Аллоҳнинг солавату саломи бўлсин, (ибодат билан) кутиб туришликка буюрдилар. Бу кеча 27 кеча эди".
Бухорий ривоятларида Ойиша, Аллоҳ у кишидан рози бўлсин, айтдилар: "œЭй Расулуллоҳ, агар Қадр кечасини учратсам, нима деб дуо ўқийман? (Расулуллоҳ жавобан) дедилар: "œАйтингки "œАллоҳумма иннака туҳиббул афва фаъву ъанни" (дуонинг маъноси: Эй Аллоҳим, ҳақиқатда сен афв қилишликни яхши кўрасан ва мени авфу қилгин)".

Qadr kechalari muborak!
As-salamu alaykum varahmatulloh!
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: Muslimaxon 15 Oktyabr 2006, 07:00:06
Laylat ul-Qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kunligining toq
kunlarida kutmoq lozim


Oisha raziyallohu anxo: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Laylat ul-Qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kunligining toq kunlari kutingiz, deb aytibdirlar»,- deydilar.

Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazon oyining ikkinchi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirib, yigirmanchi kechani o‘tkazgach, e’tikofni tugatar erdilar. Keyin, yigirma birinchi kechani o‘tkazib, yana e’tikofga o‘tirar erdilar, boshqalar ham qaytib birga e’tikof qilishar erdi. Janob Rasululloh Ramazon oyida odatdagidek e’tikofga o‘tirdilar. Yigirmanchi kechani o‘tkazgach, tashqariga chiqdilar-da, odamlarga ta’z aytdilar, so‘ng ularga bir qancha yumushlarni buyurib: «Bu o‘n kunlikda e’tikof qildim, ammo menga oxirgi o‘n kunlikda ham e’tikof qilmoq lozimligi ayon bo‘ldi, kimki Ramazonning ikkinchi o‘n kunligida e’tikof qilgan ersa, e’tikofni davom ettirsin! Tushimda menga Laylat ul-Qadr (kechasi) bo‘ladirgan kun aniq tayinlandi, biroq ul yodimdan chiqib qoldi. Endi, uni Ramazonning oxirgi o‘n kunligining toq kunlarida kutingiz! Men tushimda loy yerga sajda qilayotgan erkanman» ,— dedilar. Shul kecha yomg‘ir yog‘di, masjid tomidan Nabiy sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qiydirgan yerlariga chakka o‘tib, loy bo‘lib ketdi. Keyin, Ramazonning yigirma birinchi kechasi Janob Rasulullohning bomdod o‘qib qaytayotganlarida muborak yuzlariga loy tekkanini ko‘rdim».
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: Muslimaxon 15 Oktyabr 2006, 07:01:48
Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Qadr Kechasini kutingiz!» deb aytdilar»,-deydilar.

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikofga o‘tirardilar va «Laylat ul-Qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kunligida kutingiz!» - der erdilar»,- deydilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Laylat ul-Qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kunligida, ro‘zaning to‘qqiz kuni qolganda yokim yetti kuni qolganda yohud besh kuni qolganda kutingiz!» - der erdilar»,- deydilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Laylat ul-Qadr oxirgi o‘n kunlikda - yigirma to‘qqizda, yigirma yettida bo‘lg‘aydir»,- dedilar»,- deydilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu «Laylat ul-Qadrni to‘rtinchi kecha kutingiz!» degan hadisni ham aytganlar.
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: Muslimaxon 15 Oktyabr 2006, 07:02:34
Laylat ul-Qadr tayin qilingan kunning, kishilar janjallashib qolganligi sababli, yoddan ko‘tarilganligi haqida

Uboda ibn as-Somiy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Laylat ul-Qadr qaysi kuni bo‘lmog‘ini xabar qilmoq uchun chiqdilar. Yo‘lda ikki musulmonning janjallashayotganini ko‘rib, o‘shal kun yodlaridan chiqib qoldi. Janob Rasululloh sahobalarga: «Men sizlarga Laylat ul-Qadr bo‘ladirgan kunni xabar qilmoqchi bo‘lib chiqqan erdim, biroq yo‘lda falonchi birlan pistonchining janjallashayotganini ko‘rib, yodimdan ko‘tarilib ketdi, Qadr Kechasini Ramazonning yigirma to‘qqiz yokim yigirma yetti yoki yigirma beshinchi kunlarida kutingiz!» - dedilar».
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: Muslimaxon 15 Oktyabr 2006, 07:03:21
Ramazonning oxirgi o‘n kunligida ibodat qilmoqqa qattiq
kirishmoq lozimligi haqida


Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o‘n kunligi kelsa, ahllari ila aloqa qilmoqdan uzoqlashar erdilar, kechalari uxlamas erdilar va uydagilarni ham ibodat qilmoqqa uyg‘otar erdilar»,-deydilar.
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: UmmatiY_MuhammadiY 15 Oktyabr 2006, 07:05:45
As-salamu alaykum varahmatulloh!!!

Jazakallohu hayron va Roziyallohu ank!
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 09:00:27
Bismillahir rohmanir rohiym

Alloh robbil-olamiynga hamdu sanolar, payg‘ambarlar sayyidi — hazrati Muhammad va uning ahli bayti, sahobalari va ularga go‘zal suratda ergashgan barcha mo‘‘minlarga salotu-salomlar bo‘sin!

Ey, musulmon birodarim, Ushbu muborak oyning fayzli kunlari kamayib, barakotli kechalari tugab bormokda. Balki, safar taraddudini ko‘rib, ro‘zadorlar bilan vidolashmokchi bo‘lib turibdi.

Do‘stim, Ramazon oyining ushbu o‘tgan kecha va kunduzlari sizning amallaringizga shohid va ularni saqlab qo‘yguvchi bir sandiqdir. Ular qiyomat kuni sizing foydangizga yoki zararingizga guvoh bo‘ladilar. Alloh taolo aytadi: "Har bir jon o‘z qilgan yaxshi amallarini hoziru nozir holda ko‘radigan, yomon amallarining esa olis-olislarda qolib ketishini istaydigan kunni (eslanglar)! Alloh sizlarni O’zining (azobidan) ogoh kilur. Alloh bandalariga G’amxo‘r-Mehribondir". (Oli Imron: 30)

Ey birodarim, Ushbu kecha va kunduzlaringizni solih amallar, go‘zal so‘zlar bilan bezating! Ularni yomon amallar va xunuk so‘zlar bilan bulg‘atib ko‘ymang! Ulug‘ parvardigorimiz Alloh taolo sizu menga nido kilib aytadi: «Ey bandalarim! Shubhasiz bular sizlarning amallaringizdir, ularni sizlar uchun saqlab qo‘yib, to‘la qilib beraman. Kimki, yaxshilikni topsa, Allohga xamd aytsin, undan o‘zgasini topgan kishi esa, o‘zidan boshqa birovni malomat kilmasin!» (Imom Muslim rivoyat kilgan hadisi kudsiy)

Hoy Allohning bandasi! Ramazon oyi borgan sari kamayib, tugab bormoqda. Qaysi birimiz o‘zimizni hisob-kitob qildik? Qaysi birimiz, jannat eshiklari berkitilishidan avval u yerga qavat-qavat uylar bino qiloldik?.

Birodar, Ushbu oy nihoyalab bormokda, qolgan kunlarni g‘animat bilib, solih amallarga astoydil bo‘ling! Boshqa oylarning o‘rnini bosadigani bo‘lishi mumkin. Ammo Ramazon oyining o‘rnini bosadigan oy yo‘q. Siz agar ushbu oyni g‘aflat bilan befoyda o‘tkazib qo‘ysangiz, o‘zingizga zarar qilasiz, xolos. O’zingiz o‘ylab ko‘ring, ushbu oyni yana kayta kelishini orzu qilgan qancha kishilar unga yetib kela olmadilar-ku! Ajal va uning oqibati hakida o‘ylab ko‘rmadingizmi? Uning aldovi sizga ayon bo‘lmadimi?

Musulmon do‘stim, Kechagina shod hurramlik bilan Ramazon oyini kutib olgandik. Mana endi, biz g‘aflatda turgan bir paytimizda u tugab, safar taraddudini ko‘ra boshladi. Umr ham shunday, uni kanday qilib tugab qolganini sezmay qolamiz. Oxiratmiz uchun nima narsa takdim eta olganimiz haqida ham bir o‘ylab qo‘yaylik!

Aziz do‘stim, G’aflat uyqusini bas qilaylik. Bu muborak oyning ko‘pini g‘aflat bilan o‘tkazib yubordik, uning oxirgi o‘n kunigina qoldi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam oxirgi o‘n kunga qanday e’tibor berganlar?

Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Ramazonning avvalgi ikki o‘n kunligi ya’ni, yigirma kunida namoz ham o‘qir, uxlar ham edilar. Oxirgi o‘n kunlik kirgach esa, ayollardan yiroq bo‘lib, yeng shimarib jiddi-jahd qilar va oila a’zolarini ham uyg‘otar edilar.

Imom Ahmad "Musnad"da Oisha onamiz roziyallohu anhoning hadislarini rivoyat qiladilar. Oisha onamiz aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam yigirma kunda namoz va uyquni aralash qilardilar (ya’ni, kechalarning bir qismida uxlar, bir qismida bedor bo‘lardilar). O’n kunda (ya’ni, oxirgi o‘n kunda) esa, ayollardan yiroq bo‘lib, yeng shimarib ibodatga jiddi-jahd kilardilar».

Hurmatli birodar, Ehtimol bu — ro‘zasini tutishga muvaffaq bo‘lingan oxirgi Ramazonimizdir. Kelgusi Ramazonga yana yetib boraman deb qaysi birimiz ayta olamiz. Shunday ekan ushbu muborak kunlarni g‘animat bilib, qattiq ijtihod kilib, Alloh taolo ato etgan ne’mat — tansihat-xotirjamlikdan unumli foydalanib muzoaf-muzoaf ajru savoblarga erishib olaylik.

Ushbu fazilatli kechalarning qadriga yetmay, g‘aflatda o‘tkazayotgan kishilardan ajablanasan kishi. Undaylar ko‘p xayrli ishlarga beparvo bo‘lgan, ushbu oyning fayzi-futuhotidan mahrum bo‘lgan, tom ma’nodagi ziyonkor shaxslardir.

Aziz birodar, Ramazon oyining yigirma kuni xam o‘tib ketdi. U kunlarni beparvo bo‘lmay, ibodatda mashg‘ul bo‘lib o‘tkazgan bo‘lsangiz nur ustiga nur. Aks holda, Ramazon oyining barcha fazilatidan mahrum bo‘lib qolmaslik uchun qolgan o‘n kunni g‘animat bilib, himmat kamarini belga bog‘lab ibodatga kirishing! Ushbu o‘n kunni kanday kilib o‘tkazishda Rosululloh sollallohu alayhi va sallamdan namuna oling!

Oisha onamizdan rivoyat qilingan sahih hadisda aytadilar: "Rosululloh sallollohu alayhi va sallam (oxirgi) o‘n kunlik kirsa, bellarini bog‘lar (ya’ni, ayollardan yiroq bo‘lar), kechani bedor o‘tkazar va ahllarini uyg‘otar edilar". Buxoriy rivoyati.

Muslimning rivoyatida esa, Oisha onamiz aytadilar: "Rosululloh sollallohu alayhi va sallam oxirgi o‘n kunlikda boshqasida qilmagan jiddi-jahdni qilardilar".

Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: "Fotima va Aliy roziyallohu anhumolarning eshiklarini qoqib, "Namoz o‘qimayapsizlarmi...?",— der edilar. Buxoriy va Ahmad rivoyatlari.

Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam xotinlarining uylariga yuzlanib turib, buyurgan hollarida: "Xonadon sohibalarini uyg‘otinglar, bu dunyoda liboslik bo‘lgan ko‘p kishilar borki qiyomat kuni yalong‘ochdirlar", — derdilar. Buxoriy rivoyatlari.

Tabaroniy rivoyat qilgan hadisda Aliy roziyallohu anhu aytadilar: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam Ramazonning oxirgi o‘n kunligida o‘z ahllarini va namozga toqati yetadigan  barcha katta va kichikni uyg‘otar edilar».

Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning oxirgi o‘n kundagi holatlari mana shulardir. Avvalin va oxirin gunohlari mag‘firat qilingan zotki, shu qadar ibodatga mashg‘ul bo‘lgan bir paytda, biz kabi gunoh botqog‘iga botganlar nima uchun beparvomiz? Nega bunday!? Alloh taolo bizlarni ham yaxshilikka muvaffaq aylasin!

Aziz birodarim, Ogoh bo‘lingki, mana shu fayzli kechalar ichida ulug‘ bir kecha bor. U "Kadr kechasi"dir. U kecha haqida muttafaqun alayh hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam aytganlar: "Kimki, "Qadr kechasi" iymon bilan, (Allohdan) savob umid qilgan holda qoyim bo‘lsa (uxlamay ibodatga mashg‘ul bo‘lsa) uning o‘tgan gunohlari mag‘firat kilinadi".

Qadr kechasining oxirgi o‘n kunlikda ekanligi ta’kidlangan. Oisha onamiz rivoyat kilgan sahih hadisda Nabiy alayhissalatu vassalam aytadilar: "Qadr kechasini Ramazonning oxirgi o‘n kunidan izlanglar". Buxoriyning rivoyatlarida esa: "Ramazonning oxirgi o‘n kunning toq kechalarida". (deyilgan) Bu borada juda ko‘p hadislar vorid bo‘lgan.

Do‘stim, Mana shu oxirgi o‘n kunlikda dunyo mashg‘ulotlaridan uzilib, e’tikof o‘tirish ham Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning sunnatlaridan. Sahihaynda rivoyat kilingan hadisda Oisha onamiz aytadilar: "Payg‘ammar  alayhissolatu vassalam Alloh u zotni vafot toptirgunga qadar har Ramazonning oxirgi o‘n kunida e’tikof o‘tirganlar".

Qimmatli birodar, sizu bizga Rosulullohda chiroyli namuna bor. Alloh taolo barchamizni payg‘ambarimizning izlaridan yurishga muvaffaq aylasin! Omiyn.

Abu Muhammad ibn Siroj 
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: watson 18 Oktyabr 2006, 02:41:16
qadr ke4asi qaysi duolarni kuproq qilgani maqulroq????
olloh rozi bulsin
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: AbdulAziz 18 Oktyabr 2006, 05:14:12
qadr ke4asi qaysi duolarni kuproq qilgani maqulroq????
olloh rozi bulsin

Yuqoridagi maqolalarni o'qib chiqing.
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: Tilla 21 Dekabr 2006, 16:18:01
Laylatul qadr kechasida Jabroil a.s ,Alloh ta'olo  amri bilan ;
" Yo farishtalar jamoati,arraxil-arraxil", - deb nido qilurlar.
Farishtalar; "Yo Jabroil qaerga boraylik?" deb aytadilar .
Jabroil a.s shunday javob beradilar; "Bu kechaning 1 qismida dunyoga nazul qilamiz, chunki bu kechada Alloh subxonahu va ta'olo  Muhammad s.a.v ning ummatlariga raxmat nazari bilan qarab,4 guruhdan boshqa barchaning o'tmishidagi gunohlarini mag'firat etgusidur".Farishtalar; "U 4 guruh kimlar?",-deb so'radilar.
Jabroil a.s dedilar;
1. Sharob xo'rlar  (aroqxorlar-alqashlar)
2. Ota-onasiga oq bo'lganlar.
3. Raxm,Mexr-shavqatni tark etganlar
4. Musulmonga nisbatan ko'ngilda 3 kundan ortiq kina-adovat saqlaganlar"nn


Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: Robiya 26 Sentyabr 2008, 13:15:05
Assalamu alaykum aziz birodarlar!
Bu yil ham Qadr kechasiga sog'-salomat yetkizganiga Allohga shukr. Alloh qilayotgan ibodatlarimizda erinchoqlik qilishdan saqlasin, farzlarni mukammal ado etishlikni nasib aylasin. Payg'ambarimiz SAV sunnatlari ila hayot kechiraylik.
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2009, 22:18:30
Ollohga shukrlar bo'lsinkim bu yil ham sog'-salomat Laylatul Qadr kechasiga yetib keldik. Rabbim bu kecha butun qilgan duolarimizni qabul etsin.
Bu kechaning hususiyatlarini sanaydigan bo'lsak:

Qur'oni Karim bu kechada nozil bo'la boshlagandir.
Bu kecha ming oydan ham hayrli bo'lgan kechadir. Ming oy-83 yillik umrga teng bo'lib, bir Musulmon Ramazon oyining 26 kechasini 27 kunga bog'lagan kechani Ollohning qatida haqqi bilan o'tkazsa 83 yilda qozona olmagan savobini bir kechada qozonishi mumkin ekan.
Bu kecha yer yuziga Jabroyil (A.S) va butun malaklar tushishar ekan. Musulmonlar Ka'bani qanday tavof etganiday, malaklar ham u kecha Musulmonlarning atrofida aylanar ekanlar. 
Bu kecha faqatgina Payg'ambarimiz (S.A.V)ning  Ummatiga berilgan qutlug' kechalardan ekan.
Agar bu kechaning ulug'ligiga ishonib ertalabgacha duo qilsak, Rabbim butun gunohlarimizni affedar ekan.
Qadr kechasi-Qadar (taqdir) kechasidir, Qadr kechasi-Qur'on kechasidir.

Payg'ambarimiz (S.A.V) Qadr kechasini Ramazonning so'ng 10 kunida qidiring, degan ekanlar, İslom olimlari ham bu kechaning 26dan 27 kunga o'tadigan kechaga to'g'ri kelishi haqida hamfikr bo'lganlari uchun bizlar ham bu kechani toat-ibodatda o'tkazib, ertasi kunga yangi tug'ilgan bolalarday gunohsiz bo'lishni payida bo'laylik azizlar. Barchangizga Qadr kechasi hayirli bo'lsin.
 
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: Ansora 15 Sentyabr 2009, 22:23:11
Qadr kechasi uchun Turkcha link:

http://video.google.com/videoplay?docid=6732589472409305392#docid=3528683615500315453
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: Jalol Ahmad 17 Sentyabr 2009, 01:19:07
 :as:
Allohumma arzuqnifiyhi fazla laylatil qadr, va sayyir umuri fiyhi minal usr ila yusr, vaqbal muaziri va hutta anni zanba va vizra yo raufan biibodihi assolihin.
 manosi:
 Allohim bu kunda qadr kechasi fazli bilan rizqlantirgin, ishlarimni qiyinidan osoniga o`zgartirib qo`y, uzrlarimni qabul et, bo`ynimdagi gunohlarimni to`k, ey solih bandalarining mehriboni bo`lmish zot ! Alloh  :jl:
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: siddiqa 17 Sentyabr 2009, 10:04:52
  :as:

bosh qo'ydik ..... qulligimizni his qildik Rabbim avf et ,qadr kechasidagi barcha duolarimizni hayirli qil va bizlarni yetishtir ,haqiqiy shohligimizni senga qulligimiz bilan his qilganimizdan bahtiyrmiz bu bahtdan bizni nafas chiqqungacha ayirma,omonatingni oladigan payitgacha omonotdorlikda qolaylik .Rabbim qusurlarimizni avffff et .
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: Muhammad Amin 17 Sentyabr 2009, 11:22:43
Kecha Laylatul qadr kechasi men uchun juda ajoyib o'tdi. Kursdoshlar bilan Hazrati Imom masjidiga bordik. Buni qarangki u erda anchadan beri ko'rmagan forumdoshimiz Chusty janaoblarini uchratdim. Ozgina suhbatlashdik. Odam liq to'la. 5000 mingdan ziyod.
Meni bir narsa quvontirdi. Masjidga borgan har bir namozxon saharlik bilan ta'minlandi. Oshni shunaqa pishirishibdiki ta'riflashga til ojiz. Saharlikda hamma maza qilib oshxo'rlik qilishdi. Allohim o'sha ishni tashkil qilganlarni oliy mukofotlar bilan mukofotlasin...
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: Muzayyana 17 Sentyabr 2009, 15:57:19
Assalamu alaykum.
Bugun ishxonada hamma uyqisiragan, esnagan... :D
Sababi bitta! Alloh O'ziga umid bilan duoga qo'l ochib,
Mag'firat so'raganlarni mag'firat qilsin.
Bir maruzada eshitgandim,
Ummatim, Ummatim deya, ummat uchun qayg'urgan Habibimiz  :sw: "Yo Rabbim nega meni ummatimga boshqa payg'ambarlarning zamondoshlariga berganing kabi uzoq umr bermading, deya so'raganlarida. Kursisi yeru -osmonlardan ziyoda katta bo'lgan Zot Rabbil A'lamin shunday deb marhamat qilgan ekan:" Ey, Muhammad sening ummatingga Qadr kechasini tushirdim. Bu kechadagi ibodatning misli ularning butun umr qilgan ibodatlaridan fazilatliroqdir."
Mana shu kechani g'animat bilganlardan Alloh rozi bo'lsin, duolarini ijobatini bersin, inshaAlloh Qiyomatda o'ng tomon ahli ichinda yuzlashtirsin, amin.
Nom: Re: Laylatul qadr
Yuborildi: Jalol Ahmad 18 Sentyabr 2009, 10:16:39
ҚАДP  Кечаси, Шайх хазратлари бир нечта масжидларда бслди... Сизларга такдим килмокчи бслган ва масжидда килинган дуони сшитиб ксринглар...
Балки Шайх хазратлари ва жамоатни йиғлатган нарса сизларни хам бефарк колдирмас...

тахминан шу вакт кеча ёмғир ёғиб кетди... осмон ҳам жамоатга ксшилиб "йиғлади"... демасмиз...
Аллохнинг рахмати кенг... Ўзи истаган бандасига ва истаган жойига сз рахматини беради...

http://www.islom.uz/mp3/duo.mp3
Nom: QADIR KECHASINI G'ANIMAT BILING !
Yuborildi: Govegastar 05 Sentyabr 2010, 20:35:42
Assalamu alaykum.

http://islom.uz/content/view/510/105/
Nom: Laylatul qadr
Yuborildi: BexRuzBek 21 Iyun 2014, 21:25:09
Assalomu Alaykum forumdoshlar 2014 yilgi Ramazon oyi qaysi oyning qaysi sanasidan boshlanib qaysi sanasida tugaydi .