forum.ziyouz.com

Ilm va ziyo => Ma'rifat => She'riyat => Mavzu boshlandi: Abdusalom 16 Iyun 2006, 09:23:59

Nom: EY, KO'NGIL...
Yuborildi: Abdusalom 16 Iyun 2006, 09:23:59
EY KO‘NGIL

Abdulkarim Jumaboyev

Ey ko‘ngil, sevgining hijronlaridan,
Manglayga bitilgan armonlaridan.
Taqdirning beayov farmonlaridan,
Sen hamon yig‘larsan, men yig‘lab bo‘ldim.

Bu bir kam dunyoda kimning kami yo‘q?
Bu bir kam dunyoda kimning g‘ami yo‘q?
Bu bir kam dunyoda dil malhami yo‘q,
Sen hamon izlarsan, men izlab bo‘ldim.

Endi rashk otashi bag‘rimni yoqmas,
Endi visol menga qayrilib boqmas.
Hatto hijron kelib eshigim qoqmas,
Sen hamon kutarsan, men kutib bo‘ldim.

Karvonlar ortidan yo‘l qolgusidir,
Sahroyi bahordan cho‘l qolgusidir.
Behuda yongandan kul qolgusidir,
Sen hamon yonursan, men yonib bo‘ldim.

Cho‘qqilar cho‘kmagay - qor ketgan bilan,
Ilk sevgi ketmagay yor ketgan bilan.
Dardlaring tugamas soz chertgan bilan,
Sen hamon kuylarsan, men kuylab bo‘ldim.

Quyoshdan ayrilib yig‘lamas ko‘zim,
Bulutlar to‘ssa-da oyu yulduzim.
Ranglarga zor buldi kecha-kunduzim,
Sen hamon bo‘zlarsan, men bo‘zlab bo‘ldim.

Parvarish yetmadi ishk niholiga,
Xazondek to‘kildim kuz shamoliga.
Ey ko‘ngil, to hanuz Karim holiga,
Sen hamon kularsan, men kulib bo‘ldim.

Mavzu arxivi (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=poetry&action=display&thread=1126193186&page=1)
Nom: Re: EY, KO'NGIL...
Yuborildi: Mohinur 17 Iyun 2006, 12:15:42
KO'NGIL

Ko'ngil bu-ko'ngildan yulish demakdir,
Yulib yana unda qolish demakdir.

Ko'ngil degani bu-cheki yo'q sog'inch,
Bir umr sevinish, nolish demakdir.

Unda Jomiy yashar, Navoiy yashar,
Ko'ngil-shu zotlarni bilish demakdir.

Ko'ngil ishq uchundir, muhabbat uchun,
Agar unda ishq yo'q, kalish demakdir.

Sirojiddin Sayyid
Nom: Re: EY, KO'NGIL...
Yuborildi: Kumushbibi 18 Iyun 2006, 15:13:43
YURAK


Yurak,sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo'r etding.
Ko'zimga oyni berkitding,
Yurak,sensan ishqibozim.


Senga tor keldi bu ko'krak,
Sevinching toshdi qirg'oqdan,
Tilim charchar, ajab,gohi
Seni tarjima qilmoqdan.


Sen, ey sen - o'ynoqi dilbar,
Zafardan izla yoringni.
To'lib qayna, toshib o'yna,
Tirikman, kuyla boringni!


Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bo'lsa,
Yoril,chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom o'lsam!

Usmon Nosir
Nom: Re: EY, KO'NGIL...
Yuborildi: Kumushbibi 18 Iyun 2006, 15:14:04
Ko'ngil, sen munchalar nega
Kishanlar birla do'stlashding?
Na faryoding, na doding bor,
Nechun sen muncha sustlashding?

Haqorat dilni og'ritmas,
Tubanlik mangu ketmasmi?
Kishanlar parchalanmasmi,
Qilichlar endi sinmasmi?

Tiriksan, o'lmagansan,
Sen-da odam, sen-da insonsan;
Kishan kiyma, bo'yin egma,
Ki, sen ham hur tug'ilg'onsan!..

Abdulhamid Cho'lpon

http://www.htwm.de/truziboy/adabiyot/chulpon.htm
Nom: Re: EY, KO'NGIL...
Yuborildi: Kumushbibi 18 Iyun 2006, 15:14:28
Birga tug'ildik-ku, yuragim,
Jahonni kezmakka piyoda
Odimlarimizdir birdir bizning,
Shu baxtli, shu badbaxt dunyoda
Odamlarimiz birdir bizning.

Birga tug'ildik-ku yuragim,
Nasib etganda ham mangulik
Sen yashayver, sen meni kutma,
Men-ku ismingman xolos,
va lek,
Yuragim, ismingni unutma...

Paur Parfi
Nom: Re: EY, KO'NGIL...
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:04:17
Nega tinch qo'ymaysan, yuragim, meni,
Qalbim devoriga bag'rimni urib,
Shunchalar ummonli firoqing sening,
Munchalar yig'laysan, madoring qurib.

O'tinib so'rayman, yig'lama yurak,
Muhabbat chiroyin sig'dirgan nigor.
Qalbi tun bo'lsa-da ayrilma, aslo
Dunyoni qon bilan yuvsa-da, ming bor.
Sevgini qadr etmas, bevafo falak
O'tinib so'rayman, yig'lama yurak.
Nom: Re: EY, KO'NGIL...
Yuborildi: maknuna 27 Iyul 2006, 08:04:35
Avval hayron qolding, quvonding, kulding,
Jim qotding. Ko’zingga yosh olding birdan.
So’ng begonaday menga termulding,
Yig’i nuqsi urgan nigohing bilan.

Xavotir ichida deding: "žMen ketdim..."œ
To’xtading. Xo’rsinding. Jo’nading shitob.
Kuzgi chorbog‘ aro yo’qolding, yitding,
Atlas liboslarga belangan sarob.

Avval hayron qoldim. Beparvo kuldim.
Jim qotdim. Go’dakday yig’ladim birdan.
So’ngra begonaday ko’kka termuldim —
Men hanuz falakka begonadayman...

Usmon Azim
Nom: Re: EY, KO'NGIL...
Yuborildi: ZOKIRIY 09 Oktyabr 2006, 08:57:19
Сени согиндим, факат сени ....
-----------------------------------------------
Энди кеч билибман яшаб утганим
Уртамизга тушган экан бир маним
Кимга айтиб, кимдан олай аламим
Сени согиндим мен, сени согиндим
-----------------------------------------------
Аввалги бахтимиз бахт булган экан
Бахтиёр дамларим тахт булган экан
Сенинг висолинга маст булган экан
Сени согиндим мен, сени согиндим
-----------------------------------------------
Нахот юлдузимиз ёлгон булдиму
Кейинги хаётим ёлгон булдиму
Сенинг висолинга мехмон булдиму
Сени согиндим мен, сени согиндим
-----------------------------------------------
Nom: Re: EY, KO'NGIL...
Yuborildi: shoir 23 Sentyabr 2007, 17:47:12
KO'NGIL SOZI

Ko'nglim manim osmondir,
Yer bo'lmog'i gumondir,
Oh, ayriliq yomondir,
Yor menga jafo qilma.

Toshni tillo atashdi,
Ko'zlaringni aldashdi,
Taqdir yo'li adashdi,
Ag'yora jafo qilma.

Mani ko'kka otdilar,
Muhabbatni sotdilar,
Gunohlarga botdilar,
Sen ayshu safo qilma.

Yulduz yig'lar, tong otar,
Yerda kim kimni sotar,
Og'riqlar jonga botar,
Haqdilni gado qilma.

Osmon bo'lsang, osmon bo'l,
Yomonlarga yomon bo'l.
Faqat ko'ngil tomon bo'l,
Yurakni ado qilma.

Muhabbat baland osmon,
Yetmoqlik emas oson,
Zuhro ko'nglida armon,
Bu yo'lda xato qilma.

Zuhro Aliyeva
Nom: Re: EY, KO'NGIL...
Yuborildi: Muslimahon 21 Dekabr 2011, 19:57:20
Кечалар бедор ажабким, ёлғизим — ёр ишқида,
Бенаво қалб рост меҳрга интизор, зор, ишқида.

Қайта-қайта истихора стдим-у, йсқ бир нишон,
Дсст тутиб жон кун-қуёшни, тунга ағёр, ишқида.

Бу танам билмам қаердан излагай ҳамсуҳбатин,
Билганим; руҳим кезар дарбадар, хор, ишқида.

Юз кезиб, гулгун чаманда топмадим гулғунчани,
Гулни гул дерлар агар, куйса гулзор ишқида.

Субҳидамдан шом қадар ташна, оч нафсим адо,
А озиман, жоним фидо бслса дийдор ишқида.

Ае қилай, дил майни қсмсар — бодаи сарбаста ишқ,
Қуй, қадаҳ тслсин бугун, тутди хумор, ишқида.

Ибтидодан интиҳога етса гар масъудлигим,
Аздан-у, қишдан кечарман, битта баҳор ишқида.

Masud
Nom: Re: EY, KO'NGIL...
Yuborildi: Muslimahon 28 Sentyabr 2012, 06:20:27
 :bsm3:
 :asl3:

Har kishini dardi bo'lsa

Har kishini dardi bo'lsa, yig'lasun yor oldida,
Qolmasun armon yurakda, etsun izhor oldida.

Andalibi benavodek nola-yu afg'on bila
Doimo yig'lab turarman ayni gulzor oldida.

Mansuri Xallojdek ichib sharobi antahur,
Charx urub,yig'lab turarmen ushbu dam dor oldida.

Har kishi bir jur'ae no'sh aylasa bu bodadin,
Ul qiyomatda qilur arzini Jabbor oldida.

Telba Mashrab,qilmag'il sirringni zohidga ayon,
Aytib-aytib yig'lagaysan oshiqi zor oldida.
Nom: Re: EY, KO'NGIL...
Yuborildi: Хадича 04 Noyabr 2012, 13:13:01
Yashamoq aslida tiriklik emas
Shunchaki umrni o'tkazish emas
Kimgadur qullik-u, podshohlik emas
Oxiratga borar bir karvon asli.

Ko'ngil qafasdagi ojiz qush emas
Xijronga tashlovchi mag'rur kibrmas
Kimgadur xorlik-u, kimga zorlikmas
Allohni sevuvchi bir bo'ston asli...

Aql telbalikka aybdor emas
Soxta obro'larga eltuvchi yo'lmas
O'tda yonib bitmas,salga qayrilmas
Komillikka eltuvchi bir ziyo asli.

Sevgi xiyonatga loyiq hirs emas
Zinodan keluvchi ojiz yoshlarmas
Ko'ngilni xatosi,armon yo'l emas
Ko'zlarda namoyon  bir Hayo asli...

Rizq bu yetib bo'lmas ko'kdagi oymas
Xarom bilan oshno bo'lgan ne'matmas
Shukr va Sabrsiz kutilgan nonmas
Allohning sinovli sevinchi asli.

Farzand xirsning guli,munchog'i emas,
Beparvo hayotning gultoji emas
Talab qilinuvchi oylik maoshmas
Yaratgan berguvchi bir Rayhon asli...


( 1yil diganda endi she'r yozdim. Xatolar bo'lsa ma'zur tutasizlar. InshaAlloh davomini yozish niyatidaman :)  )
Nom: Re: EY, KO'NGIL...
Yuborildi: Mahdiyah 06 Noyabr 2012, 07:31:11
Хадича ma'noli she'r chiqbdi. Ijodingizga baraka.
Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^ (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=800.120) degan mavzu bor, shu yer ga ham joylasangiz bo'ladi ijod na'munalaringizni.