forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:59:26

Nom: Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 06:59:26
ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ISMOIL AL-BUXORIY
 
AL-JOMI’ AS-SAHIH
(Ishonarli to‘plam)

3
jild

Arabchadan RAHMATULLOH QORI QOSIM O'G’LI va XOJA BAXTIYOR NABIXON O’G’LI tarjimasi

QOMUSLAR BOSH TAHRIRIYATI

1991 yil

Al-Jome' as-sahih. 3-jild

(http://www.ziyouz.com/images/books/sahih3.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=85)

Muallif: Imom al-Buxoriy
Hajmi: 1,15 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=85)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.0)


MUNDARIJA

Kitob ul-Mag‘oziy (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg25031#msg25031) (Raxmatulloh qori Qosim o‘gli tarjimasi)
Qur’on tafsiri kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg25668#msg25668) (Raxmatulloh qori Qosim o‘gli tarjimasi)
Qur’on fazilatlari kitobi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg27480#msg27480)(Raxmatulloh qori Qosim o‘gli tarjimasi)
Nikoh kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg27759#msg27759) (Xoja Baxtiyor Nabixoi o‘gli tarjimasi)
Taloq kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg28163#msg28163) (Xoja Baxtier Nabixon o‘gli tarjimasi)
Nafaqalar kitobi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg28228#msg28228)(Xoja Baxtier Nabixon o‘gli tarjimasi)
Taomlar kitobi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg28245#msg28245)(Xoja Baxtiyor Nabixon o‘gli tarjimasi)
Aqiqa kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg28557#msg28557) (Xoja Baxtiyor Nabixon o‘gli tarjimasi)
Qurbonlik, ov va tasmiya aytmoq haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg28562#msg28562) (Xoja Baxtiyor Nabixon o'g'li tarjimasi)
Qurbon qilinadirgan jonlig‘lar haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg28604#msg28604) (Xoja Baxtiyor Nabixon o‘g'li tarjimasi)
Ichimliklar haqida kitob  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg28621#msg28621)(Xoja Baxtiyor Nabixon o‘gli tarjimasi)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 07:02:17
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
KITOB UL-MAG’OZIY

(G’oziylarning fazilatlari va ular qilgan amali solihlar haqida kitob)

1-bob. «Al-Ushayra yoki Al-Usayra janggi» haqida «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ishtirok qilgan g‘azotlarning birinchisi «Al-Abvo» g‘azoti, keyin «Buvot», keyin ersa «Al-Ushayra» g‘azotidir»,— deydilar.


Imom Buxoriy rivoyat qiladilarki, Abu Ishoq bunday debdurlar: «Men Zayd ibn Arqamning yonlarida erdim. Ul kishidan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam necha gazotda ishtirok qilganlar?»—deb so‘rashdi. Zayd: «19 ta»,— dedilar. Zayddan yana so‘rashdi: «Siz Rasululloh birlan necha gazotda birga bo‘lgansiz?». Ul kishi: «17 tasida»—deb javob qildilar».

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ishtirok qilgan gazotlarning birinchisi qaysi?»—deb Zayddan so‘rasam, ul kishi: «Al-Ushayra (yoki Al-Usayra)»—deb aytdilar, Qatodadan ham so‘ragan erdim, ul kishi ham «Al-Ushayra» deb tasdiqladilar»,— deydilar Abu Ishoq.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 07:03:02
2-bob. Badr janggida o‘ldiriladigan kishi haqida Rasulullohning aytganlari (bashoratlari) to‘g‘risida

Abdulloh ibn Mas'ud raziyallohu anhu Sa'd ibn Muoz haqida shunday deydilarki,  «Sa’d ibn Muoz Umayya ibn Xalafning do‘sti erdi. Umayya qachon Madinaga borsa, Sa’dning uyiga, Sa’d Makkaga kelsa, Umayyaning uyiga tushardi. Rasululloh (u kishiga Ollohning salomi bo‘lsin! ) Madinaga kelganlaridan so‘ng, Sa’d umra qilish uchun Makkaga bordi-da, odatdagiday Umayyaning uyiga tushdi. Unga: «Bo‘sh vaqtingda meni kuzatib tursang, Baytullohni tavof qilib olardim!» —dedi. Umayya kunning yarmida Sa’dni tavofga olib chiqdi. Ularga Abu Jahl duch kelib, Umayyadan: «Ey Abo Safvon, yoningdagi kishi kim?» — deb so‘radi. Umayya: «Bu kishi Sa’d»,— deb javob berdi. Abu Jahl Sa’dga: «Sen ota-bobosining dinidan qaytgan kishilarni bagriga olib, o‘zlarini ularning yordamchisi deb hisoblayotgan kishilarning biri bo‘la turib, Makkada xotirjam tavof qilayotganingga taajjub! Bilib qo‘y, agar sen Abu Safvon birlan birga bo‘lmaganingda erdi, bola-chaqang oldiga salomat qaytmagan bo‘lar erding!» — dedi. Sa’d ovozini baland ko‘tarib, Abu Jahlga dedi: «Sen ham bilib qo‘y, agar menga tavof qilmoqni man’ qilsang, men ham senga bundan badtarroq qilaman — Madinadan o‘tadigan Shom yo‘lini to‘sib qo‘yaman!». Umayya Sa’dga: «Ey Sa’d, butun vodiy ahlining ulugi bo‘lmish Abulhakimga baqirma!» — dedi. Shunda Sa’d: «Ey Umayya, biz bilan ishing bo‘lmasin, Ollohga qasamyod qilurmenkim, Rasulullohdan eshitganman, albatta bular seni ham o‘ldirishlarini aytganlar»,— dedi. «Makkadami?» — deb so‘radi Umayya. Sa’d: «Bilmayman»,— dedi. Shundan keyin, Umayyaning diliga qattiq gulgula tushib, uyiga qaytdi-da, xotiniga: «Ey Safvonning onasi, bildingmi, Sa’d menga nima dedi?» — dedi. Umayyaning xotini: «Sa’d nima dedi?»—deb so‘radi. Shunda Umayya: «Sa’d menga aytdiki, Muhammad alayhissalom Quraysh albatta Umayyani o‘ldiradi, deb ularga xabar bergan emishlar. Men Sa’ddan: «Makkadami?»—deb so‘rasam, u bilmayman, deb javob berdi. Ollohga qasamyod qilurmen-kim,   men  Makkadan  chiqmayman!»  —  dedi.   Badr   kuni  kelgach,   Abu  Jahl odamlarni yig‘di-da, ularga: «Savdo karvonlaringizni himoya qilingizlar!»—dedi. Umayya himoyaga chiqishdan bosh tortdi. Abu Jahl uning oldiga kelib: «Ey Umayya! Sen vodiy ahlining ulug‘i bo‘la turib karvon himoyasiga chiqmayotganingni odamlar ko‘rsa, ular ham bosh tortadi»,— dedi. Abu Jahl shunday qattiq qistovga oldiki, oxiri Umayya bunday dedi: «Mayli sen yengding, Ollohga qasamyod qilurmenkim, Makkaning eng uchqur tuyalaridan sotib olurmen!». Keyin, Umayya xotiniga: «Ey Safvonning onasi, menga yo‘l tadorikini ko‘r!» — deb buyurdi. Xotini unga: «Ey Abo Safvon, yasriblik birodaringiz o‘zingizga aytgan gapni unutdingizmi?»—dedi. Umayya: «Yo‘q, lekin men ular birlan birga ozgina bo‘lib qaytib kelaman»,— dedi. Umayya yo‘lga chiqqach, qaerda tushmasin, tuyasini tushovlab qo‘yardi. U shul tariqa yo‘lda davom etib, Badrga borganda Olloh taolo undan o‘z omonatini oldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 07:03:49
3-bob. Badr janggi qissasi

Olloh taoloning qavli («Oli Imron» surasi): «Va haqiqatan ham Olloh taolo Badr maydonida sizlarga madad qilgan erdi, vaholanki sizlar ozchilik erdingizlar. Bas, Olloh taolodan qo‘rqingizlar, toki shukrguzor bo‘lingizlar! Vaqtiki siz (Muhammad alayhissalom) musulmonlarga der erdingiz: «Ayo, sizlarga bu kifoya qilmasmiki, parvardigoringiz osmondin uch ming farishta tushirib sizlarga madad bersin. Ha, agar sizlar sabru taqvo qilsangizlar va ular (mushriklar) ustingizga to‘satdan bostirib kelib qolsalar, parvardigoringiz besh ming nishondor farishtalar birla sizlarga madad qilur va buni Olloh taolo sizlarni xushnud etmoq uchungina qildi, toki ko‘ngillaringiz orom topsin va madad Olloh taoloning o‘z tarafidangina bo‘lurki, ul g‘olibu hikmat sohibidur, toki kofirlardan ba’zilarin halok qilsin yohud ularni xor qilsin, keyin ular noumid bo‘lib qaytsinlar».

Vahshiy: «Badr kuni Hamza Ta’iyma ibn Adiy ibn al-Xiyorni o‘ldirdi», — deydilar.

Olloh taoloning qavli («Al-Anfol» surasi): «Va yod qilinsin ul vaqtniki, Olloh taolo ikki jamoatdan birini sizlarga va’da qilur erdiki, ul sizlarniki bo‘lur va sizlar istar erdingizlarki, qurolsiz jamoat qo‘llaringizga kelsin».

Abdulloh ibn Ka'b: «Ka’b ibn Molik bunday deb aytar erdi»,— deydilar: «Men Rusululloh sallallohu alayhi va sallam ishtirok qilgan g‘azotlarning barchasida qatnashganman, faqat Tabuk g‘azotida hamda Badr janggida yo‘q erdim. Biroq, buning uchun hech kim meni aybdor sanamadi, chunki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quraysh karvonini ko‘zlab yo‘lga chiqqan erdilar, Olloh taolo ularni o‘z dushmanlari birlan tasodifan to‘qnashtirib qo‘ydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 07:05:04
4-bob.

Alloh taoloning qavli («Al-Anfol» surasi): «Eslangizlar ul vaqtniki, parvardigoringizga iltijo qilur erdingizlar, keyin ul qabul etdi iltijoingizni, dediki: «Men sizlarga ming farishta ila madad berurmen, paydar-pay kelurlar» Va Olloh taolo o‘zidan bashorat bo‘lsin hamda uning ila dillaringiz taskin topsin, degan maqsaddagina sizlarga madad berdi va Olloh taolo madadidan o‘zga madad yo‘qdur, albatta Olloh taolo g‘olibdur, hikmatlidur! Eslangizlar, Olloh taolo taskin topingizlar deb sizlarga yengil uyqu nozil etdi va osmondan sizlarga yomg‘ir yog‘dirdi, toki uning ila sizlarni pok qilmoq, sizlardan shayton vasvasasin ketkazmoq va dillaringizni o‘zaro mustahkam bog‘lamoq hamda qadamlaringizni sobit qilmoq uchun. "Vaqtiki, hukm yubordi parvardigoringiz farishtalargaki: «Men sizlar iladurmen, bas sizlar sobitqadam tutinglar musulmonlarni, men xavf solurmen kofirlar dillariga». Bas, ey musulmonlar, sizlar uringlar ularning gardanlariga va uringlar qo‘lu oyog‘larin atroflariga! Bu shuning uchundurki, ular Olloh taologa va uning rasuliga qarshi turdilar va kimiki Olloh taologa va uning rasuliga xiloflik qilur, albatta Olloh taoloning azobi qattig‘dur!»

Ibn mas'ud raziyallohu anhu bunday der edilar: «Men Miqdod ibn al-Asvad tufayli bir «mashhad»ning guvohi bo‘ldim (ya’ni, Badr janggi nazarda tutiladi). Shu mashhadda ishtirok qilganimga beriladigan savob mening uchun har qanday dunyoviy mukofotdan mahbubroqdur. Miqdod ibn al-Asvad Payg‘ambar alayhissalomning qoshlariga kelganda, ul zot musulmonlarni mushriklarga qarshi jangga da’vat qilib turgan edilar, Miqdod bunday dedi: «Biz sizga musoiylarning Musoga «Ey Muso, o‘zing rabbing birlan borib kofirlarga qarshi jang qilaver!» degan gaplarini aytmaymiz, bilaks biz o‘ng tomoningizda ham, chap tomoningizda ham, ortingizda ham, oldingizda ham turib jang qilamiz». «Shunda men Rasulullohning yuzlari yorishib ketganini ko‘rdim»,— deydi Miqdod. Chunki, uning gapi Rasulullohni behad xursand qilgan edi-da!».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Badr kuni: «Yo Olloh, va’dangga vafo qilmog‘ingni iltijo qilurmen! Yo Olloh, agar istasang, ijobat qilmagaysen!» — dedilar. Shunda Abu Bakr ul zotning qo‘llarini ushlab: «Kifoya!»— dedilar. Janob Rasululloh: «Mushriklar yengilib, ortlariga qochgaylar!» — deya masjiddan chiqdi-lar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 07:06:19
5-bob.

Ibn Abbos janob Rasulullohning «Badr janggiga chiqmagan va chiqqan mo‘minlarni o‘zaro tenglashtirib bo‘lmaydi» deganlarini eshitgan erkanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 07:06:41
6-bob. Badr janggida qatnashganlar soni

Abu ishoq Barrodan naql qiladilar: «Men va Ibn Umar ikkovimiz,— deb erdi Barro,— Badr kuni sag‘ir bo‘lib qoldik. Badr kuni muhojirlar oltmishdan ortiq va ansorlar ikki yuz qirqtacha erdilar».

Barro raziyallohu anhu bunday degan ekanlar: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning sahobalari Badrda qatnashganlar haqida menga so‘zlab berganlar, ularning soni Tolutning ashoblari adadicha bo‘lgan erkan.

Tolut bilan (Urdun) daryosini kechib o‘tganlar soni 310 kishi-dan ortiqroq edi». «Olloh nomiga qasamyod qilurmenkim, Tolut birlan birga faqat mo‘minlargina daryodan o‘ta olgan, xolos»,— deydilar Barro.

Barro aytadilar: «Biz Muhammad sallallohu alayhi va sallamning ashoblari birlan Badr ishtirokchilarining soni Tolut birlan (Urdun) daryosini kechib o‘tgan kishilar sonicha bo‘lganini o‘zaro gapirib yurar erdik. Daryoni faqat mo‘minlar kechib o‘tgan edilar, ular 310 dan ko‘proq kishi edilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 07:07:28
7- bob. Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallamning Quraysh kofirlaridan Shayba, Utba, Valid va Abu Jahl ibn Hishomlarni duoyi bad qilganlari hamda ularning halok bo‘lganlari haqida

Abdulloh ibn mas'ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Ka’baga yuzlarini burib, Qurayshdan bir necha kishini — Shayba ibn Rabi’ani, Utba ibn Rabiy’ani, Valid ibn Utbani va Abu Jahl ibn Hishomni duoyi bad qildilar. Olloh taoloning nomini aytib guvohlik berurmenkim, men ularning o‘ligini ko‘rdim, kun issiqligidan sasib ketibdi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 07:09:05
8- bob. Abu Jahlning o‘ldirilishi haqida

Badr kuni Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu Abu Jahlning oldiga keldilar. Ul jon taslim qilish oldida turgan bo‘lib, Abdullohga: «Sizlar o‘ldirgan odamdan ko‘ra ulug‘roq kishi bormi?!-dedi.

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz alayhissalom: “Abu Jahlga nima bo‘lganini kim bilib keladi?» — dedilar. Ibn Mas’ud raziyallohu anhu borib, Abu Jahlni o‘lar holatda ko‘rdilar, ul Afro’ning ikki o‘g‘li (Muoz va Mu’avviz) tomonidan yarador qilingan erdi. Ibn Mas’ud: «Sen Abu Jahlmisan?»—dedilar-da, Abu Jahlning soqolidan ushladilar. Abu Jahl: «Sizlar o‘ldirgan (yoki o‘z qavmi o‘ldirgan) odamdan ko‘ra ulug‘roq kishi bormi?!»—dedi». Ahmad ibn Yunus aytgan rivoyatda «Sen Abu Jahlsan» deyilgan.

Anas ibn Molik aytadilarki,  «Badr kunida Payg‘ambar alayhissalom: «Abu Jahlga nima bo‘lganini kim bilib keladi?»—dedilar. Shunda Ibn Mas’ud borib, uni Afro’ning ikki o‘g‘li tomonidan yarador qilingan holda topdilarki, o‘lar holatda erdi. Uning soqolidan ushalab turib: «Sen Abu Jahlmisan?» — dedilar. Shunda Abu Jahl: «Qavmi o‘ldirgan (yoki sizlar o‘ldirgan) odamdan ulug‘roq odam bormi?!» — dedi».

Anas ibn Molikdan naql qilingan qator rivoyatlarda ham yuqoridagi mazmun takrorlanadi. Ali ibn Abdulloh ham Yusuf ibn al-Mojshundan Badr haqidagi mazkur hadisni yozib olganlarini aytadilar.

Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadiki, ul zot: «Men qiyomat kuni parvardigorning huzurida dushmanimdan o‘ch olmoqni birinchi bo‘lib talab qilgaymen»,— degan erkanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 07:11:01
Qays ibn Ibod aytadilar: «Hazoni xasmoni ixtasamuu fiy rabbihim», ya’ni «Bul ikki xusumatlashuvchi toifa parvardigorlari xususida xusumatlashdilar» degan mazmun-li oyat Badr kuni yakkama-yakka jang qilganlar haqida nozil qilingandur. Ular — Hamza, Ali, Ubayda ibn al-Hars, Shayba ibn Rabiy’a, Utba ibn Rabii’a, Valid ibn Utba erdilar».

Abu Zarr G'iforiy aytadilar: «Hazoni xasmoni» oyati Qurayshdan bo‘lgan 6 kishi, ya’ni Ali, Hamza, Ubayda ibn al-Hars, Shayba ibn Rabiy’a, Utba ibn Rabiy’a va Valid ibn Utbalar haqida nozil qilingan».

Yusuf ibn Ya'qub rivoyat qiladilarki, ushbu oyati karima bani Sudusning mavlosi bo'lmish baniy Zabiy'a haqida nozil bo'lgan ekan.
 
Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu: «Hazoni xasmoni» oyati bizning haqimizda nozil bo‘ldi»,— deb guvohlik beradilar.

Abu Zarr G'iforiy: «Mazkur oyat Badr kuni ro‘baro‘ jang qilgan 6 kishi haqida nozil bo‘lgan»,— deb qasamyod qiladilar.

Ya'qub ibn Ibrohim Abu Zarr G'iforiydan naql qiladilar: «Hazoni xasmoni ixtasamuu fiy rabbihim» oyati karimasi Badr janggida ro‘baro‘ qilich solishgan 6 kishi, ya’ni Hamza, Ali, Ubayda ibn al-Hars, Rabiy’aning ikki o‘g‘li — Utba va Shayba hamda Valid ibn Utba haqida nozil bo‘lgan».

Abu ishoqdan naql qilinadi: «Bir kishi Barrodan: «Ali Badrda qatnashganmi?»— deb so‘ragan erdi, ul: «Ali ikki qavat sovut kiyib jang qilgan» — deb aytdi, men eshitib turgan erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 07:14:44
Abdurahmon ibn Avf bobolari Abdurahmondan naql qiladilar: «Men va Umayya ibn Xalaf bir-birimizni himoya qilmoq haqida ahdlashgan erdik. Badrda jang bo‘lgan kuni u va o‘g‘li o‘ldirilgani haqida gapirishdi. Shunda Bilol raziyallohu anhu: «Agar Umayya najot topganda men najot topmagan bo‘lardim»,— dedi».

Abdulloh ibn Mas'ud raziyallohu anhudan naql qilinadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Van-Najmi» surasini o‘qib, oyati sajdadan so‘ng, o‘zlari va ul yerda hozir bo‘lganlar sajda qildilar, lekin bir chol bir siqim tuproqni oldi-da, peshonasiga tekkazib: «Menga shul ham kifoya qilgay!» — dedi. Ko‘p o‘tmay, men o‘shal odamning kofir holda o‘ldirilganining shohidi bo‘ldim».

Urvadan naql qilinadi: «Az-Zubayrning tanalarida qilich zarbidan hosil bo‘lgan uch jarohatning o‘rni bor erdi, ulardan biri yelkalarida erdi. (Bolaligimda) barmoqlarimni jarohatdan qolgan teshiklarga tiqib o‘ynar erdim. Ikkitasi Badr janggida, bittasi Yarmuk janggida bo‘lgan erdi. Abdulloh ibn az-Zubayr o‘ldirilganda, Abdulmalik ibn Marvon menga: «Ey Urva, az-Zubayrning qilichini bilurmisan?»— dedilar.  Men:   «Ha»,— dedim.   «Uning qanday  alomati  bor  edi?»—dedilar.   «Badr janggida tig‘i qaytgan erdi»,— dedim.  Shunda Abdulmalik ibn Marvon:  «Ha,  rost aytding. Dushman birlan qilichbozlik chog‘ida tig‘i qaytgan erdi»,— dedilar».

Keyin, o‘shal qilichni Urvaga qaytarib beribdilar. Hishom: «Biz qilichning narxini 3000 deb belgilagan erdik, uni birimiz oldik (Qilich merosda Hishomning akasi Usmon ibn Urvaga tegdi). Men: «Qilich menga tegsa!»—deb orzu qilgan erdim»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 07:16:10
Urva: «Az-Zubayrning qilichi kumush birlan bezatilgan erdi»,— deydilar.

Hishom ham: «Urvaning qilichi kumush birlan ziynatlangan erdi»,— deb rivoyat qiladilar.

Urva otalari az-Zubayr haqida rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimizning ashoblari Yarmuk janggida Az-Zubayrga: «Ey Zubayr, dushmanga hamla qilmaysizmi? Biz ham siz birlan birga hamla qilur erdik!» — deyishdi. Az-Zubayr: "Men dushmanga hamla qilsam, sizlar meni aldamaysizlarmi?" — dedilar. Ular: «Aldamaymiz»,— deyishdi. Az-Zubayr yakka o‘zlari dushmanga tashlandilar-da, ularning safini yorib o‘tdilar, so‘ng ashoblar tomoniga qaytayotganlarida Rum askarlari (dushmanlar) Az-Zubayrning otlarini jilovidan ushlab qolib, yelkalariga ikki bor qilich birlan zarba berdilar. Bu ikki jarohatning o‘rtasida Badr janggida olgan jarohatlarining ham o‘rni bor erdi».

Urva:  «Men yoshlik paytimda ana shu jarohatlar o‘rniga barmoqlarimni tiqib o‘ynardim»,— deydilar.
«Yarmuk janggida Abdulloh ibn Az-Zubayr otalari birlan birga bo‘lib, o‘n yashar erdilar. Shunda ul kishi Abdullohni otga mindirib, dushmandan himoya qilmoqni bir odamga topshirdilar»,— deydilar Urva.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 07:17:29
Anas ibn Molik raziyallohu anhu Taha raziyallohu anhudan naql qiladilar: «Badr kuni payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom Quraysh mushriklarining kattalaridan 24 kishining o‘ligini Badrdagi eng iflos quduqqa tashlashni buyurdilar. Janob Rasulullohning odati shariflari shunday erdi-ki, agar biror qavm ustidan g‘alaba qilsalar, yalanglik joyda uch kecha jangchilarga dam berardilar. Bu gal Badr janggidan uch kun o‘tgach, Janob Rasululloh tuyalarini keltirishni buyurdilar. Tuyaga ko‘chlari yuklandi, so‘ng asta ashoblarini ergashtirib ilgari yurdilar. Ashoblar aytadilarki, Janob Rasululloh biror ishlari bo‘lsagina piyoda yo‘l boshlar erdilar. Mushriklarning kattalari tashlangan quduq labiga kelib, ularning o‘z ismlari va otalarining ismlarini aytib: «Ey falonchi o‘g‘li falonchi»,— deb nido qildilar-da, «Agar Ollohga va uning rasuliga itoat qilganlaringizda erdi, sizlarga xursandlik bo‘lmasmidi?! Albatta, bizlar parvardigorimiz va’da qilgan narsalarning haq erkanligini bildik, sizlar ham parvardigoringiz va’da qilgan narsalarning rost erkanligini bildingizmi?»—dedilar. Shunda Umar ibn Xattob raziyallohu anhu: «Ey Ollohning payg‘ambari, ruhsiz jasadlar ham gapiradimi?»—deb so‘radilar. Janob Rasululloh: «Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zot (Olloh) nomi birlan qasamyod qilurmenkim, sizlar men aytayotgan gapni ulardan ko‘ra eshituvchiroq emassizlar!» — dedilar. Qatoda raziyallohu anhu: «Olloh taolo ularni muvaqqat tiriltirib, malomatu xor qilmoq, o‘ch olmoq va hasrat-nadomat qildirmoq uchun payg‘ambar alayhissalomning gaplarini ularga eshittirdi»,— deydilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Allaziyna baddaluu ni’matallohi kufran» oyatida aytilgan Ollohning ne’matini kufrga alishtirgan kishilar, Ollohga qasamyod qilurmenkim, Quraysh kofirlaridur!» — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 07:18:25
Amr ibn Diynor: «Ular Qurayshdur, Muhammad alay-hissalom ersalar, Ollohning ne’matidurlar. Quraysh Badr kuni o‘z qavmiga «Halokat uyi — do‘zax»ni halol qildi, ya’ni, qavmining do‘zaxga tushmog‘iga sababchi bo‘ldi»,— deydilar.

Hishom otalari Urva ibn az-Zubayrdan rivoyat qiladilar: Oisha raziyallohu anhoning huzurlarida aytishdiki, Ibn Umar: «Janob Rasululloh «Darhaqiqat, mayyit o‘z qarindoshlarining yig‘isi sababli qabrda azoblanadi» deb aytganlar»,— degan emishlar. Shunda Oisha raziyallohu anho bunday debdilar: «Darhaqiqat, Janob Rasululloh: «O’lik o‘zining xatosi va gunohi sababidan azoblanadi, shu vaqtda uning qarindoshlari yig‘lab turgan bo‘ladilar»,— deb aytganlar. Bu gap Janob Rasulullohning Quraysh kofirla-ri tashlangan choh yonida turib aytgan gaplariga o‘xshaydi. Janob Rasululloh o‘shanda: «Albatta, bu mushriklar mening aytayotgan gapimni eshitadilar»,— degan erdilar». Darhaqi-qat, Janob Rasululloh bu birlan «Albatta, mushriklar hozir ilgari men aytgan gapning haq erkanligini biladilar» degan mazmunni iroda qilganlar. Keyin, Oisha «Albatta, siz o‘lganlarning gapini eshitmaysiz va siz qabrda yotganlarning ovozini eshituvchi emassiz» degan oyati karimani o‘qidilar, so‘ng «Kofirlar do‘zaxdagi joylariga borganda» deb qo‘shib qo‘ydilar».

Ibn Umar aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom Badrdagi quduq yoniga kelib, unga tashlangan kofirlarning jasadlariga qarata: «Parvardigoringiz va’da qilgan narsaning rost erkanligin ko‘rdingizmi?» —dedilar, so‘ng yonlaridagi sahobalarga qarab: «Darhaqiqat, hozir bu kofirlar men aytayotgan gapni eshityaptilar»,— deb aytdi-lar. Shu voqeani Oisha raziyallohu anhoga aytishganda, Oisha: «Albatta, payg‘ambarimiz bu gapni «Kofirlar men ilgari ularga aytib yuradigan gapning rost erkanligin biladilar» degan mazmunda gapirganlar»,— dedilar va «Albatta, siz o‘liklarning gapini eshitmaysiz» degan oyatni oxirigacha o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 07:19:43
9- bob. Badrda shahid bo‘lganlarning fazilatlari haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu aytadilar: «Badr janggida Horisa (ibn Suroqa) halok bo‘ldi. U yosh bola erdi. Onasi Payg‘ambar alayhissalomning oldilariga kelib: «Ey Ollohning rasuli, yaxshi bilasizki, men o‘g‘limni juda ham yaxshi ko‘rardim. Agar u jannatga kirsa, men uning halok bo‘lganiga sabr qilib, Ollohdan ajr umid qilaman, agar aksincha bo‘lsa, nima qilishimni ko‘rasiz!» — dedi. Shunda Janob Rasululloh: «Sho‘ring qursin, Ollohning jannati bitta ermas, ko‘pdur, Horisa Jannat ul-Firdavsda»,— dedilar».

Ali raziyallohu anhu aytadilar: «Janob Rasululloh meni, Abu Marsadni va az-Zubayrni bir yumush birlan jo‘natdilar. Biz hammamiz otliq erdik. Janob Rasululloh bizga: «Boringizlar, Xox degan bog‘ga yetganlaringizda mushriklardan bo‘lgan bir xotinni uchratasizlar, unda Hotib ibn Abu Balta’a mushriklarga yo‘llagan maktub bor!»— dedilar. Biz borib, o‘shal xotinni uchratdik, uni tuyadan tushirib, maktubni qidirdik, topolmadik. So‘ng unga: «Janob Rasululloh yolg‘on gapirmaydilar, yo maktubni topib berasan yoki seni yalang‘och qilib yechintiramiz!» — dedik. Xotin jiddiy gapirayotganimizni bilib, lozimi orasidan maktubni chiqarib berdi. Biz xatni Janob Rasulullohning huzurlariga olib bordik. Hazrat Umar raziyallohu anhuning g‘azablari kelib: «Yo Ollohning rasuli, Hotib Ollohga va uning rasuliga xiyonat qildi, ijozat beringiz, uning bo‘ynini uzib tashlayin!»—dedilar. Paygambarimiz sallallohu alayhi va sallam Hotibdan: ^Ey Hotib, bunday qilishga seni nima majbur qildi?» — deb so‘radilar. Hotib bunday deb javob berdi: «Olloh nomi birlan qasamyod qilurmenkim, men Olloh va uning rasuliga bo‘lgan iymonimdan qaytganim yo‘k„ faqat dushmanlar orasida mening ham bola-chaqayu mol-dunyomni ulardan himoya qiladirgan bir yaqin kishim bo‘lmog‘ini xohladim, xalos. Chunki, ashoblaringizdan birortasi yo‘q-ki, u yerda uning molu bola-chaqasini dushmandan himoya qiladirgan yaqin kishisi bo‘lmasa». Shunda Payg‘ambar alayxissalom: «Hotib rost aytdi, unga faqat yaxshi gapiringialar!»— dedilar. Ammo, Umar raziyallohu anhu: «Axir, Hotib Ollohga va uning rasuliga hamda mo‘minlarga xiyonat qildi-ku, ijozat beringiz, uning bo‘ynini uzib tashlayin!» — deb takror so‘radilar. Janob Rasululloh: «Hotib Badr janggi qatnashchisi ermasmi? Olloh taolo ersa, Badr ahliga nisbatan o‘z hukmini allaqachonlar chiqarib qo‘ygan va ularga: «Ko‘nglingiz tusagan ishni (amali solihlarni) qilaveringizlar, sizlarga jannat vojibdur (yoki sizlarning barcha gunohlaringizni mag‘rifat qildim)»  - degan»,— dedilar. Shunda Umar raziyallohu anhu ikki ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib: «Olloh va uning rasuli yaxshiroq bilgaydur! - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 07:20:45
10-bob.

Abu Usayd rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh Badr kuni bizga: «Agar dushman sizlarga yaqin kelsa, tosh birlan uringizlar, nayza va o‘qlaringizni asrangizlar!»—deb o‘rgatdilar.
Bu hadis ham lafzan va ma’nan avvalgining o‘zidur.

Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alay-hissalom Uhud kuni kamonchi merganlarga Abdulloh ibn Jubayrni boshliq qilib qo‘ydilar. O’shal kuni bizlardan (musulmonlardan) 70 kishi shahid bo‘ldi, Badr kuni ersa, Payg‘ambar alaydissalom va ul zotning ashoblari mushrik-lardan 40 kishini yarador qilib, 170 kishini asir olgan erdilar, 70 kishi ersa, o‘ldirilgan erdi. Shuning uchun ham mushriklarning boshlig‘i Abu Sufyon (payg‘ambarimizga)- Bugungi kun Badr kunining evaziga bo‘ldi. Urush suvchelak kabidur (ya’ni, urushda goh u tomon, goh bu tomon zafar qozonadi)»,— dedi».

Abdurahmon ibn Avf rivoyat qiladilar: «Badr kuni men jangchilar safida erdim, qarasam, o‘ng va chap yonimda ikki yosh yigit turibdi, ular menda shubha tug‘dirdi. Biri ikkinchsiga eshittirmay, mendan: «Ey amaki, menga Abu Jahlni ko‘rsating!» — dedi. Men: «Ey jiyan, uni nima qilasan?" deb so‘radim. Boyagi yigit: «Men Abu Jahlni ko‘rsam, o‘ldiraman yoki uning qo‘lida o‘laman, deb Olloh taologa ont ichganmen»,— dedi. Ikkinchi yigit ham birinchisiga eshittirmay menga shu gapni aytdi. Shunda men ularning o‘rnida bo‘lmaganimdan afsuslandim. So‘ng, men ularga Abu Jahlni ko‘rsatdim. Ikkovi Abu Jahlga burgutday tashlandi-da, uni qilich birlan urib o‘ldirdi. Bu ikki yigit Afro’ning ikki o‘g‘li erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 07:21:56
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Osim ibn Umar al-Xattobning bobolari bo‘lmish Osim ibn Sobit al-Ansoriyning boshchiliklarida o‘n kishini mushriklar orasiga ayg‘oqchi qilib yubordilar. Ular Makka birlan Asfon oralig‘idagi Hadda degan joyga yetganlarida, Huzayl qabilasiga mansub Banu Lihyon mushriklari sezib qoldilar. Mushriklar musulmoilar to‘xtab dam olgan yerdan xurmo danagini topib olgan hamda uning Yasrib (Madina) xurmosi danagi erkanligini bilgan erdilar. Yuztacha mergan mushrik musulmonlarni ta’qib qila boshladi. Osim va boshqa musulmonlar buni bilib qolib, bir tepalik ortiga yashirindilar. Mushriklar ularni qurshab olib: «Tushingizlar, qo‘lni qo‘lga berib yarashaylik, sizlardan birortangizni ham o‘ldirmaymiz, deb va’da berurmiz!» — deyishdi. Shunda Osim ibn Sobit: < Ey mushriklar, men siz kofirlardan panoh so‘rab tushmayman »—dedilar, so‘ng: «Yo Olloh, bizning holimizdan rasulingni xabardor qilgaysen!» — deb iltijo qildilar. Mushriklar nayza otib Osimni o‘ldirdilar. Musulmonlardan uch kishi — Hubayb, Zayd ibn Dasina va yana bir kishi dushmanning va’dasiga ishonib pastga tushdilar. Mushriklar kamoplarining iplarini yechib, musulmonlarni bog‘ladilar. Shunda uchinchi kishi: «Xudo haqi, bu xiyonatning boshidur, men sizlarga aslo taslim bo‘lmagaymen, albatta men o‘limni afzal ko‘rib, sheriklarimga ibrat bo‘lgaymen!»—dedi. Mushriklar uni ko‘p majbur qilib qiynadilar, ammo ul taslim bo‘lmoqdan bosh tortdi. Badr janggidan so‘ng. mushriklar Hubayb birlan Zayd ibn Dasinani qul kilib sotdilar. Hubaybni Hars ibn Omir ibn Navfal avlodlari sotib oldi Hubayb Hars ibn Omirni o‘ldirgan bo‘lib, u Hars ibn Omirning bolalari huzurida bir necha muddat asirlikda turdi Keyin, ular otalarining qasosi uchun Hubaybni o‘ldirmoqqa qaror qildilar Shunda Hubayb Harsning qizlaridan biridan ustara so‘rab olib, tozalandi Shu asnoda o‘shal ayolning o‘g‘ilchasi Hubaybning huzuriga kirib keldi. Ayol bolasini izlab, uni Hubaybning tizzasida o‘ltirgan holda topdi, Hubaybning qo‘lida ersa ustara bor erdi «Mening qattiq qo‘rqqanimni sezib, Hubayb «Bolamni o‘ldiradi, deb qo‘rqyapsanmi, men hech qachon bunday qilmayman'» —dedi,— deydi ael,— Olloh nomi birlan qasamyod qilurmenkim, men Hubaybdan ko‘ra yaxshiroq asirni ko‘rmaganman, qasamed qilurmenkim, bir kuni men uning bir bosh uzum yeb turganini ko‘rdim, vaholanki, (shu vaqtda) Makkada uzum bo‘lmay, buning ustiga qo‘li ham kishanlangan erdi» Ayol buni mo‘‘jiza deb bilar va «Hubaybga Olloh taoloning o‘zi rizq qilib beryapti»,— der erdi Hubaybni qatl qilmoqqa olib chiqqanlarida, u «Ikki rak’at namoz o‘qimoqqa menga ijozat beringizlar » —dedi Unga ijozat berganla-ridan sung, ikki rak’at namoz o‘qidi, keyin «Agar sizlar meni o‘limdan qo‘rqyapti deb uylamaganingizda, men ko‘proq g‘amoz o‘qigan bo‘lardim. Yo Olloh, bu kofirlarning birortasini ham qoldirmay halok qilgin»—dedi-da, quyidagi she’rni o‘qidi.

«Musulmon holda o‘lsam, zarra parvoyimga kelmas,
Qaysi yon birla yiqilmog‘imni Olloh farqlamas,
Saxovat sohibi bo‘lmish o‘zi tanho ilohimga,
Qiyma-qiyma jismima bermoq savob hech gap emas »


So‘ng, Abu Sirva’a Aqaba ibn Hars o‘rnidan turib, Hubaybni o‘ldirdi. Shu-shu bo‘ldi-yu, o‘limga hukm qilingan har bir musulmonning o‘limi oldidan namoz o‘qimog‘i darkorligi Hubaybdan sunnat bo‘lib qoldi. Janob Payg‘ambarimiz ularga musibat yetgan kuni ashoblariga xabar bergan erdilar Quraysh mushriklari Osimning o‘ldirilgani to‘g‘risidagi xabarni eshitib, bunga ishonch hosil qilmoq uchun uning bir a’zosini kesib kelmoqqa odam jo‘natdi, chunki Osim Quraysh kattalaridan birini o‘ldirgan erdi. Olloh taolo Osimning jasadini himoya qilmoqqa arilar to‘dasini yubordi, mushriklar uning hech bir a’zosini kesib olishga muvaffaq bulmadilar»

Ka'b ibn Molik: «Aytishlaricha, Mirora ibn Rabi’ Al-Umariy va Hilol ibn Umayya Al-Voqifiy ikkovlari ham solih kishilar bo‘lib, Badrda shahid bo‘lgan erkanlar»,— deydilar.

Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utbadan rivoyat qilinurki,  ul kishining otalari Abdulloh Umar ibn Abdulloh ibn al-Arqam az-Zuhriyga xat yozib, unga Subay’a binti Hars al-Aslamiyyaning huzuriga kirmoqni hamda undan Rasulullohdan fatvo so‘raganda nima deb javob qilganlari haqida bilib bermoqni buyurdi. Umar Abdulloh ibn Utbaga javob xat yozib, bunday deb xabar berdi «Subay’a binti al-Harsning aytishicha, u Baniy Omir qabilasidan bo‘lmish Badr jangi qatnashchisi Sa’d ibn Xavlaning xotini bo‘lgan. Eri Hajjat ul-Vido’da vafot qilgan. Shu vaqtda Subay’a homilador bo‘lib, erining vafotidan ko‘p o‘tmay tuqqan va nifosdan pok bo‘lishi birlanoq sovchi kutib, yasanib olgan. Shu payt uning huzuriga Abussanobiyl ibn Ba’kak kirib «Ne uchun yasanib olding, erga tegmoqchimisan? Ollohga qasamyod qilurmenkim, to‘rt oy-u o‘n kun o‘tmasidan burun erga tegmoqqa haqqing yo‘q»—dedi «Menga u shu gapni aytgandan so‘ng,— deydi Subay’a,— kiyimlarimni almash-tirdim-da, Janob Rasulullohning huzurlariga borib shul haqda fatvo bermoqlarini so‘radim. Janob Rasululloh bolamni tuqqanimdayoq halol bo‘lganimni, agar xohlasam, erga tegmog‘im mumkinligini aytib, fatvo berdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 15 Oktyabr 2006, 07:26:55
11-bob. Maloikalarning (farishtalarning) Badrda bo‘lganlari haqida

Maoz ibn Rufoa otalaridan naql qiladilar: (otalari Badr g‘azoti qatnashchisi erdilar) «Bir kuni Jabroil alayhissalom kelib, payg‘ambarimizga «Badrda qatnashgan sahobalaringiz haqida ne deysiz »—dedilar Janob Rasululloh «Ular musulmonlarning eng yaxshilaridur-lar»,— dedilar yoki shunga o‘xshash gapni aytdilar Shunda Jabroil alayhissalom «Badrda qatnashgan farishtalar ham eng yaxshi farishtalardur»,— dedilar»

 Maoz ibn Rufoa ibn Rofe' rivoyat qiladilar: «Rufo’a Badr janggi, Rofi’ ersa Aqaba voqeasi ishtirokchisi erdilar Rofi’ o‘g‘illariga «Men Aqaba voqeasi o‘rniga Badr janggida qatnashganimda ko‘proq xursand bo‘lur erdim, chunki bu haqda Jabroil alayhissalom payg‘ambarimizdan so‘raganlar» deb yuqoridagi hadisga ishora qildilar»

Yahyo ibn Muoz Rufoadan naql qilib, bir farishta payg‘ambarimizdan Badr ishtirokchilari haqida so‘raganini, Yazid ibn Hod ersa, bu farishta Jabroil alayhissalom erkanliklarini aytganligini rivoyat qiladilar

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Janob Paig‘ambarimiz otlari jilovidan Jabroil alayhissalomning Badr kuni jang libosini kiygan holda qanday yetaklab yurganlarini ko‘rsatdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:42:34
12-bob.

Anas raziyallohu aphu: «Abu Zayd o‘ldi, ammo undan zurriyot qolmadi, u Badr ishtirokchisi erdi»,— deydilar.

Ibn Xabbobdan rivoyat tsiliiurki, Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu safardan qaytib keldilar. Shunda ul kishining xotinlari qurbonlik go‘shtidan pishirilgan taom keltirdi. Abu Sa’id: «Men aniqlamagunimcha, bu go‘shtni yemayman!»— deb o‘gay akalari Qatoda ibn Nu’monning oldiga bordilar, ul kishi Badr ishtirokchisi bo‘lib: «Siz safarga ketgandan so‘ng, qurbonlik go‘shtini uch kun o‘tgach yeyishlikni man’ qiluvchi hukm bekor bo‘ldi»,— dedilar.

Zubayr ibn Avvom aytadilar: «Men Badr kuni Ubayda ibn Sa’idga ro‘baro‘ bo‘ldim, u shu qadar jang liboslariga burkanib olgan erdiki, hatto ikki ko‘zi bazo‘r ko‘rinar erdi. Uning laqabi Abu Zotil-Karsh bo‘lib, u menga: «Men Abu Zotil-Karshman!»—dedi Men unga nayza birlan hamla qilib, ko‘zini ko‘r qildim, shu ondayoq o‘ldi. So‘ng, oyog‘imni unga tirab turib nayzani tortib olmoqchi bo‘ldim-u, qiynaldim, nihoyat sug‘irib oldim, shunda nayza ikki ko‘zini ham yulib chiqdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:42:45
Urvaning aytshilaricha, Janob Rasululloh Zubayrdan o‘shal nayzani so‘raganlar, Zubayr ul kishiga berganlar. Janob Rasulullohning vafotlaridan so‘ng, Zubayr nayzani qaytarib olganlar. Keyin, uni Hazrat Abu Bakr so‘rab oldilar, ul kishidan keyin Umar raziyallohu anhu, keyin ersa Usmon raziyallohu anhu o‘z xalifalik davrlarida so‘rab olib saqlaganlar. Usmon raziyallohu anhu qatl qilinganlaridan keyin, nayza Ali raziyallohu anhuning xonadonlarida qoldi. So‘ng, uni Abdulloh ibn Zubayr so‘rab olib, qatl qilingunlarigacha o‘zlarida saqladilar.

Badr ishtirokchisi bo‘lmish Uboda ibn As-Somit raziyallohu anhu rivoyat tsiladilarki, Janob Rasululloh: «Menga bay’at qilingizlar!» - deb aytibdilar.

Paygambarimizning jufti xalollari — Oisha onamizdan rivoyat tsilurlarki, Badr ishtirokchisi bo‘lmish Abu Huzayfa Solim degan yigitni asrab olib, unga jiyanlari Hind binti Valid ibn Utbani nikohlab berdilar. Solim ansoriylardan bo‘lgan bir ayolning quli bo‘lgan erdi. Shuningdek, Janob Rasululloh ham Zaydni asrab olgan erdilar. Johiliyat davrida asrandi bola asrab olgan kishining o‘g‘li deb hisoblanar va asrab olgan kishi o‘lsa, unga merosxo‘r ham bo‘lardi. Qachonki, Olloh taolo «Asrandilarni o‘z otalari nomi birla atanglar!» degan oyatni tushirgandan keyin, Abu Huzayfaning xotini Janob Rasulullohning huzurlariga keldi va: «Ey Ollohning rasuli! Erim Abu Huzayfa meni asrandi o‘g‘lim Solimdan rashk qilyapti»,— dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Unday bo‘lsa, Solimni emizgil!»— dedilar. Xotin: «Solimning soqoli chiqib yotibdi-ku! — deb e’tiroz bildirdi. Janob Rasululloh: «Uni emizgil, mahram bo‘lib qolgaysan, ering ham rashk qilmagay!»— dedilar. Shundan so‘ng, Abu Huzayfaning chehrasi yorishdi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:48:47
Rabi binti Mu’avviz aytadilar: «Men kelin bo‘lib tushirilgan kechaning ertasiga ertalab Janob Rasululloh kirib keldilar-da. men solgan to‘shakka xuddi siz o‘ltirganingizdek o‘ltirdilar. Qizchalar ersa, doira chalishib, Badrda vafot qilgan otalarini eslashardi, ularning bittasi: «Oramizda Janob Payg‘ambar borlar, ertaga nima bo‘lishini ham biladilar» — deb kuyladi. Shunda Janob Rasululloh: «Bunday deb aytmagil, avvalgi marsiyangni aytavergil!» — dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat tsiladilar: «Janob Rasulullohning do‘stlari, u kishi birlan birga Badrda ishtirok qilgan kishi — Abu Talha raziyallohu anhu Janob Rasulullohning «Qaysi bir uyda it bo‘lsa yoki jonli narsaning surati bo‘lsa, o‘sha uyga farishtalar kirmaydi-lar» deb aytganlari haqida xabar berdilar».

Husayn ibn Ali rivoyat tsiladilarki, Hazrat Ali bunday deb aytgan erkanlar: «Badr janggida menga berilgan g‘animatlar (o‘ljalar) orasida bir tuya ham bor erdi, uni Janob Rasululloh o‘lja taqsimlayotgan vaqtlarida menga bergan erdilar. Men Janob Rasulullohning    qizlari    Fotimaga    uylanadigan    bo‘lganimda,    Baniy    Qaynuqo’ qabilasidan bo‘lmish bir bo‘yoqchi men birlan birga bo‘yoqchilar huzuriga borib, ulardan menga isiriq olib berishni va’dalashdi. Undan nikoh to‘yimda foydalanmoqchi erdim. Ikki tuyam ansoriylardan birining uyi yonida cho‘kkan erdi. Men egar-jabduqlarni olib, tuyalarimning yoniga bordim. Ne ko‘z birlan ko‘rayki, ikki tuyam o‘rkachi kesilgan, qorni yorilgan, jigari qirqib olingan holda yotardi Bu manzarani ko‘rib dahshatga tushdim, «Buni kim qildi?» — deb so‘radim. Shunda odamlar menga bunday deyishdi: «Hamza ibn Abdulmuttalib shunday qildi. U bir necha ichuvchi ansorlar birlan mana bu uyda o‘ltiribdir. Yonida qayna (qo‘shiqchi ayol) va yaqin do‘stlari ham bor. Qayna ashula aytayotib. «Ey Hamza, semiz tuya so‘ya olurmisan?!»—dedi g‘amza qilib. Shunda Hamza darhol o‘rnidan turdi-da, tuyalarning o‘rkachini kesdi, qornini yerib jigarini qirqib oldi». Men Janob Rasulullohning huzurlariga bordim, nyolarida Zayd ibn Horisa o‘ltirgan erkanlar. Janob Rasululloh ne maqsadda kelganimni so‘radilar. Men: «Yo Rasulalloh Bugun Hamza menga qattiq tajovuz qildi, tuyalarimning o‘rkachini kesib, qornini yorib, jigarini qirqib oldi, o‘zi bir necha aroqxo‘rlar birlan bir uyda o‘ltiribdi»,— dedim. Janob Rasululloh ridolarini keltirishni buyurdilar, so‘ng uni kiyib, piyoda yo‘lga tushdilar. Men va Zayd ibn Horisa ortlaridan ergashdik. Janob Rasululloh Hamza va boshqa aroqxo‘rlar o‘ltirgan uyga borib, ichkariga kirishga ruxsat so‘radilar. Ijozat bo‘lgach, ichkariga kirdilar va Hamzani qilgan ishi uchun malomat qila boshladilar. Shu payt Hamza mastlikdan qizargan ko‘zlari birlan Janob Rasulullohning avval yelkalariga. keyin yuzlariga tikildi, so‘ng: «Siz kim bo‘libsiz, mening otamning qulisiz, xolos!» — dedi. Janob Rasululloh Hamzaning qattiq mastligini, unga nasihat befoyda erkanini bilib, orqalari birlan ohista qaytib chiqib ketdilar, biz ham birga chiqdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:49:17
Ibn Mu’atstsal rivoyat tsiladilarki, Hazrat Ali Sahl ibn Hanifning Badr ishtirokchisi erkanligini aytibdilar. Hazrat Ali Sahl ibn Hanifdan 5 yoki 6 yosh katta erdilar.

Hazrat Umar raziyallohu anhudan nakl tsilinadiki, u kishining qizlari Hafsa binti Umar avval Xanis ibn Huzofaning xotini erdi. Xanis ibn Huzofa Janob Rasulullohning ashoblaridan bo‘lib, Badrda ishtirok qilganlardan erdi. U kishi Madinada vafot qilib, Hafsa tul qolganlarida Umar raziyallohu anhu Hazrat Usmonga kelib: «Agar xohlasangiz, Hafsani sizga nikohlab qo‘yaman»,— dedilar. Hazrat Usmon: «Men o‘ylab ko‘rayin»,— deb javob berdilar. «Men bir kun kutdim,— deydilar Hazrat Umar,— keyingi kun Hazrat Usmon: «Buguncha uylanmay turishga qaror qildim»,— deb uzr aytdilar. Keyin, Abu Bakr Siddiqqa uchradim-da, u kishiga: «Agar xohlasangiz, Hafsani sizga nikohlab berayin»,— dedim. Abu Bakr ersa. hech qanday javob qilmadilar. Men Abu Bakrdan qattiq g‘azablandim. Bir kecha kutdim. Uchinchi kun Janob Rasululloh Hafsaga sovchi yubordilar, men uni ul zotga nikohlab berdim. Keyin, Abu Bakr menga kelib: «Siz menga «Hafsani nikohlab berayin» deganingizda, men javob qilmadim, siz mendan qattiq g‘azablangan bo‘lsangiz kerak, shundaymi?»—dedilar. Men: «To‘g‘ri»,— dedim. Abu Bakr: «Men taklifingizga rozi bo‘lardim-u, lekin Janob Rasululloh qizingizga uylanmoq niyatida erkanliklarini aytgan erdilar, men bu sirni sizga ocha olmadim. Agar Janob Rasululloh unga xaridor bo‘lmaganlarida, men olgan bo‘lardim»,— dedilar».

Abu Mas’ud al-Badriy rivoyat tsiladilarki, Janob Rasululloh: «Erkak kishining o‘z oilasiga qiladirgan sarfi ham sadaqadur»,— degan erkanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:49:42
Urva ibn Az-Zubayr xalifa Umar ibn Abdulazizga bunday deb hikoya tsiladilar: «Mug‘iyra ibn Shu’ba Kufa shahrining amiri bo‘lgan paytda bir kun asr namozini kechiktirdi. Shunda Badr ishtirokchisi bo‘lmish Abu Mas’-ud Uqba ibn Amr al-Ansoriy uning huzuriga kirib, bunday dedi: «Yaxshi bilasizki, Janob Rasulullohning huzurlariga Jabroil alayhissalom tushib, namoz o‘qidilar. Janob Rasululloh ham ul zot birlan birga besh vaqt namoz o‘qidilar, keyin Hazrat Jabroil Rasulullohga: «Sizga shunday namoz o‘qish buyurildi»,— dedilar». (Bu hadisning ma’nosi shuki, har bir namoz o‘z vaqtida o‘qilishi kerak).

Abu Mas’ud al-Badriydai nakl kilinadiki, Janob Rasululloh bunday degan erkanlar: «Baqara» surasining oxirida ikki oyat bor, kimki shu ikki oyatni kechasi o‘qisa, unga kifoya qiladi (Bu ikki oyatning savobi ulug‘ligiga ishoratdur). Oyatlar quyidagicha: «Omanar-rasulu bimo unzila ilayhi mirrabbihi val-mu’minun kullun omana billohi va maloikatihi va kutubihi va rusulihi, lo nufarriqu bayna ahadim-mirrusulih va qolu sami’no va ata’no g‘ufronaka rabbano va ilaykal-masir.

Lo yukallifullohu nafsan illo vus’aho, laho mo kasabat va alayho moktasabat, robbano lo tuoxizno in nasiyno av axta’no, rabbano va lo tahmil alayno isran kamo hamaltahu alallaziyna min qablino, rabbano va lo tuhammilno mo lo toqata lano bih va’fu anno vag‘fir lano varhamno, anta mavlono, fansurno alal-qavmil-kofirin»

(Oyatlarning mazmuni: «Payg‘ambar o‘ziga parvardigori tomonidan nozil qilingan narsaga iymon keltirdi va mo‘minlar ham hammalari Olloh taologa va uning farishtalari, kitoblari hamda elchilariga iymon keltirdilar. (Ular derlarki): «Biz Olloh taolo elchilarining hech birini ajratmasmiz, Ey rabbimiz, biz eshitdik va itoat etdik, sening mag‘rifatingni tilarmiz va sening dargohingga qaytmoqlik bordur!» va (yana) derlarki: «Olloh taolo hech kimga qudrati yetmaydirgan narsani buyurmas, kishining yaxshiligi ham, yomonligi ham o‘ziga bo‘lur. Ey rabbimiz, agar (biror hukmingni) unitib yo xato qilib qo‘ysak, bizni kechirgil! Ey rabbimiz, bizga bizdan ilgarigilarga yuklaganing kabi og‘ir yuk yuklamagil! Ey rabbimiz, bizga qudratimiz yetmaydirgan yukni ham yuklamagil, bizni kechirgil, mag‘firat qilgil va rahm etgil, sen bizning xojamiz erursan, bizni kofirlar ustidan g‘olib qilgil!»).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:49:57
Mahmud ibn Rabi’adan naql kilinadiki, Janob Rasulullohning Badr ishtirokchisi bo‘lgan ashoblaridan biri Atbon ibn Molik bir kuni Jonob Rasulullohning huzurlariga keldi...

(Imom Buxoriy bu va bundan oldingi hamda keyingi hadislarni, ularning mazmunidan qat’iy nazar, roviylarning Badr ishtirokchisi ekanliklari uchungina keltirganlar).

Abdulloh ibn Omir ibn Rabi’a rivoyat kiladilarki, Xalifa Umar ibn Xattob Qudoma ibn Maz’unni Bahraynga hokim qilib yubordilar. U Badr ishtirokchilaridan bo‘lib, Xazrat Umarning o‘g‘illari Abdulloh va qizlari Hafsaga tog‘a erdi.

Rofi’ ibn Xudayj Badr ishtirokchisi bo‘lmish ikki amakilaridan naql kilib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ekinzorlarni ijaraga berib foyda olmoqdan qaytarganlar»,— debdilar. Shunda roviylardan biri bo‘lmish Solim ibn Abdullohga: «Siz ham ekinzorlarni ijaraga berib foydalanasiz-ku?!»— deyishibdi. Solim: «Ha, Rofi’ning o‘zi ham bu ishni ko‘p qilardi»,— debdilar.

Abdulloh; ibn Shaddod: «Men Rufo’a ibn Rofi’ al-Ansoriyni ko‘rdim, u kishi Badr ishtirokchisi erdilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:50:28
Badr ishtirokchisi bo‘lmish Amr ibn Avf rivoyat kiladilarki, payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallam Abu Ubayda ibn Jarrohni Bahraynga soliq yig‘ib kelmoqqa yubordilar. Chunki, Janob Rasululloh Bahrayn birlan sulh tuzib, u yerga Alo ibn al-Hazramiyni amir etib ta’yinlagan erdilar. Abu Ubayda Bahrayndan ko‘p mol birlan qaytib keldi. Bu xabarni eshitgan ansoriylar bomdod namozini o‘qib bo‘lib, Janob Rasulullohga ro‘para bo‘ldilar. Janob Rasulullox. ularni ko‘rib kuldilar-da: «Abu Ubaydaning ko‘p mol birlan qaytganini eshitibsizlar-da!»—dedilar. Hammalari baravariga' «Ha, eshitdik, yo Rasulalloh!» — deb javob berdilar. Shunda Janob Rasululloh: «Xursand bo‘lingizlar, Ollox taolo muyassar qiladirgan narsaga umid qilingizlar, lekin Ollox taologa qasamyod qilamanki, sizlarning kambag‘allashmog‘ingizdan ermas, boyib ketmog‘ingizdan, boylikka mehr qo‘ymog‘ingizdan qo‘rqaman. Chunki, sizdan oldingi qavmlar ham boyib, boylikka mehr qo‘ygandan so‘ng, boylik ularni xalok qilgan erdi»,— dedilar.

Nofi’ rivoyat kiladilarki, Ibn Umar raziyallohu anhu har qanday ilonni ko‘rsalar, o‘ldirar edilar. Abu Luboba al-Badriy raziyallohu anhu Janob Rasulu.llohning uylarda yashovchi jinlarni o‘ldirmoqdan qaytarganlari haqidagi hadislarini aytganlaridan keykn. Ibn Umar ham uy ilonlarini o‘ldirmaydigan bo‘ldilar. (Chunki odamlarninig uyida yashovchi oq rangli yoki kichkina ilonlar jinlar toifasidan erkanligi aytiladi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:50:38
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ansoriylardan bir necha kishi Janob Rasulullohdan izn so‘rab, bunday dedilar: «Yo Rasulalloh, ijozat bersangiz, jiyanimiz Abbosning fidyasidan kechsak!». Janob Rasululloh: «Olloh taologa qasamyod qilurmenki, bir dirdam ham kechmaysizlar!»—dedilar (Badr janggida asirga tushgan makkalik mushriklarning har biridan jarima olib, qo‘yib yuborishga qaror qilingan erdi. Shu asirlar orasida Janob Rasulullohning amakilari Abbos ham bor erdilar. Hazrat Umarning Abbosning qo‘l-oyog‘larini mahkamroq bog‘laganlarini Janob Rasululloh ko‘rib, kechasi birlan uxlamay chiqdilar Bundan xabar topgan ansorlar kechasi Abbosning qo‘l-oyog‘larini yechib yuborib, buni Rasulullohga aytdilar. Shunda Janob Rasulullohning bir oz chehralari yorishganini ko‘rgan ansorlar: «Abbosni butunlay ozod qilsak, Janob Rasululloh xursand bo‘larkanlar» — deb o‘ylab, fidya olmay qo‘yib yubormoqqa izn so‘rashdi, ammo Janob Rasululloh qarorni buzmadilar).

Miqdod ibn Amr al-Kandiy (bu kishi Baniy Zuhra qabilasiniig ittifoqchisi, Badrda Janob Rasulullox birlan birga bo‘lgan) rivoyat qiladilar: «Men bir kuni Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, aytingchi, men bir kofirga yo‘liqib qolsam-u, u birlan jang qilsam, shunda u mening bir qo‘limni qilich birlan chopib tashlasa, keyin bir daraxtning panasiga yashirinib: «Men musulmon bo‘ldim»,— desa, shu gapidan keyin men uni o‘ldirsam bo‘ladimi yoki yo‘qmi?» — dedim. «Uldirmaysan»,— dedilar Janob Rasululloh. «Axir u mening qo‘limni chopib tashlagandan so‘ng kalima keltirdi-ku?!»— dedim men taajjublanib. Janob Rasululloh: «Baribir uni o‘ldirmaysan, agar o‘ldirsang, u sening uni o‘ldirmasingdan avvalgi holatingga tushadi, sen ersang, uning kalima keltirmasidan avvalgi holatiga tushasan!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:50:47
Anas ibn Molik raziyallohu anhu aytadilar: «Badr urushi kuni Janob Rasululloh: «Abu Jahlga nima bo‘lganini kim ko‘rib keladi »—dedilar. Shunda Ibn Mas’ud (jang maydoniga) borib ko‘rdilarki, Afro’ning ikki o‘g‘li uni qilich birlan chopib tashlabdi, u o‘lim talvasasida erdi. Ibn Mas’ud: «Ey Abu Jahl, bu senmi-san?»—deb xitob qildilar. Abu Jahl: «Uldirgan ki-shingizdan ulug‘roq kishi bormi?!» — deb kinoya qildi. Abu Mijlaz aytadilarki, Abu Jahl: «Qaniydi, meni mana shu dehqonlardan bo‘lak kishilar o‘ldirgan bo‘lsa!» — deb afsus qildi (Abu Jahl shunday takabbur erdiki, hatto qotillari oddiy mehnatkash bo‘lganidan afsuslandi)».

Hazrat Umar raziyallohu anhu aytadilar: «Janob Rasululloh vafot etganlarida men Abu Bakrga: «Yuringiz, birodarlarimiz bo‘lmish ansorlar oldiga boraylik!» — dedim. Yo‘lda bizga ulardan ikki solih kishi uchradi. Men ular haqida Urva ibn az-Zubayrga aytganimda, u bu ikki kishining biri Uvaym ibn So’ida, ikkinchisi Ma’n ibn Adiy bo‘lib, ular Badr ishtirokchilari erkanliklarini aytdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:52:12
Qays ibn Abu Hozim aytadilar: «Badr ishtirokchilariga har yili besh mingdan nafaqa berib turilardi. Hazrat Umar: «Men bundan buyon har bir Badr ishtirokchisining oladigan haqini yanada oshiraman»,— dedilar.

Jubayr ibn Mut’im aytadilar: «Otam Mut’im: «Men Janob Rasulullohning shom namozida «Vat-Turi» surasini o‘qiganlarini eshitdim, mening qalbimda iymonning mustahkam o‘rin olishiga birinchi sabab shu bo‘ldi»,— degan erdilar. Janob Rasululloh otam haqida: «Agar Mut’im ibn Adiy tirik bo‘lib, Badrda asir tushgan kofirlarni afv etilishini so‘raganda, men ularni uning ixtiyoriga topshirgan bo‘lardim!»—deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:52:26
Sa’id ibn Musayyab bunday deydilar: «Birinchi fitnaning sodir bo‘lishi birlan, ya’ni Hazrat Usmonning o‘ldirilishi birlan Badr ishtirokchilaridan birortasi qolmadi (Hazrat Usmon o‘ldirilganlaridan so‘ng ham Ali, Talha, Zubayr va boshqa ko‘plab Badr ishtirokchilari uzoq vaqt yashaganlar. Shuning uchun ham «Birortasi qolmadi» degan gapdan «Ularning halokati boshlandi» degan ma’no tushuniladi). Ikkinchi fitna sodir bo‘lishi     birlan,     ya’ni     Harra     voqe’asi     sodir     bo‘lishi     birlan     Hudaybiyya ishtirokchilaridan birortasi qolmadi. (Harra — Madina tashqarisidagi bir joy bo‘lib, hijratning 63- yili Mu’oviyaning o‘g‘li Yazid askarlari birlan bo‘lgan jangda muhojirlar va ansoriylardan 700 kishi halok bo‘lgan. Hudaybiyya — Makka atrofida joylashgan joy nomi. Hijratning 8- yili payg‘ambarimiz ko‘plab sahobalari birlan Makkaga Ka’ba ziyoratiga yo‘l olganlar. Hudaybiyya degan joyga kelib tushganlarida Makka kofirlari elchi yuborib, musulmonlar birlan sulh tuzganlar. Bu sulh sharti bo‘yicha Janob payg‘ambarimiz ashoblari birlan bu yil Makkaga kirmay qaytib ketishlari, kelasi yilda ersa Qurayshlar Makkani musulmonlar ziyorati uchun bo‘shatib berishlari kerak erdi, Janob Rasululloh bunga rozi bo‘lganlar). Keyin, uchinchi fitna sodir bo‘ldi, oradan ko‘p o‘tmay odamlarga tinchlik, farovonlik yetdi (Hijratning 130-yili, Marvon ibn Hakamning xalifalik davrida Madinadan Abu Hamza ismli kishi chiqib, Madina, Makka va Toif amiri bo‘lgan Abdulvohid ibn Sulaymon birlan hokimiyat talashdi va Makkani bosib oldi. Bu xabar xalifaga yetgach, Abdulmalik ibn Muhammad boshchiligida 4 ming kishilik qo‘shin yubordi. Xalifa qo‘shini birlan bo‘lgan jangda Abu Hamza va uning butun askarlari qirib tashlandi)».

Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat tsiladilar: -Men Ummu Mistah birlan yonma-yon ketayotgan erdim, oyog‘i toyilib ketib, «Noumid bo‘lgur, Mistah!» deb o‘z o‘g‘lini qarg‘adi. Men: «Qanday yaramas so‘z aytding-a, Badr ishtirokchisi bo‘lgan kishini shunday qarg‘aysanmi?»—deb uni koyidim. Shunda Ummu Mistah mening haqimda ba’zilar tuhmat qilishayotganini, tuhmatchilardan biri ersa o‘zining o‘g‘li erkanligini so‘zlab berdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:52:44
Ibn Shihob rivoyat tsiladilar: «Janob Rasululloh Badrda o‘ldirilib, jasadlari chuqurga tashlangan kofirlarga xitob qilib: «Ey kofirlar, Olloh taolga sizlarga va’da qilgan narsaning rost erkanligini ko‘rdingizlarmi?»—dedilar. Sahobalar: «Yo Rasulalloh, o‘liklarga gapiryapsizmi?» — deyishdi. Janob Rasululloh «Xozir bular men aytayotgan gaplarni sizlardan yaxshiroq eshitib turishibdi»,— deb javob berdilar. Badrda ishtirok qilib, o‘lja olgan qurayshiylarning jami 81 kishi erdi. Lekin, Urva ibn az-Zubayr: «Ularga o‘ljalar taqsimlab berildi, ularning soni ersa, 100 kishi erdi»,— derdilar. Ammo. Olloh taolo eng biluvchidur!».

Hishom ibn Urva otalaridan naql tsilib: «Badr kuni muhojirlarga 100 ta o‘lja bo‘lib berildi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:59:00
13- bob.

Imom Buxoriy o‘z kitoblarida Badr ishtirokchilarini alifbo tartibida sanab o‘tganlar: An-Nabiy Muhammad ibn Abdulloh al-Hoshimiy sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr as-Siddiq, Umar raziyallohu anhu, Usmon raziyallohu anhu, Ali raziyallohu anhu, Iyos ibn al-Bakir, Bilol ibn Raboh, Hamza ibn Abdulmuttalib, Hotib ibn Abu Balta’a. Abu Huzayfa ibn Utba, Horisa ibn ar-Rabi’ al-Ansoriy, Xubayb ibn Adiy al-Ansorii, Xanis ibn Huzofa, Rufo’a ibn Rofi’ al-Ansoriy, Rufo’a ibn Abdul-Munzir, Abu Luboba al-Ansoriy, Zubayr ibn Avvom, Zayd ibn Sahl Abu Talha al-Ansoriy, Abu Zayd al-Ansoriy, Sa’d ibn Molik az-Zuhriy, Sa’d ibn Xavla al-Qurashiy, Sa’d ibn Zayd, Sahl ibn Xanif, Zahiyr ibi Rofi’, Abdulloh ibn Mas’ud, Utba ibn Mas’ud, Abdurrahmon ibn Avf az-Zuhriy. Ubayda ibn Hars al-Qurashiy, Uboda ibn Somit al-Ansoriy, Amr ibn Avf, Uqba ibn Amr al-Ansoriy. Omir ibn Rabi-a, Sobit al-Ansoriy, Uvaym ibn So’ida, Atbon ibn Molik, Qudoma ibn Maz’un, Qatoda ibn Nu’mon, Ma’oz ibn Amr, Mu’avviz ibn Afro’ va uning birodari, Molik ibn Rabia, Mirora ibn Rabi’. Ma’n ibn Adiy, Mistah ibn Usosa, Miqdod ibn Amr al-Kandiy, Hilol ibn Umayya. Olloh taolo ulardan rozi bo‘lsin!
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:59:56
14- bob. Banu Nazir va Janob Rasulullohning ikki kishining xunini talab qilib Banu Nazirga borgan-lari, ularning Janob Rasulullohga xiyonat qilmoq-chi bo‘lganlari. Urva ibn az-Zubayrning rivoyat qilishicha, bu voqea Badr voqeasidan olti oy burun, Uhud jangidan avval sodir bo‘ldi. Olloh taolo bu haqda oyat nozil qildi. Uning ma’nosi: «Ahli kitoblardan bo‘lgan kofirlarni vatanidan haydab chiqargan zot Olloh taolodir. Kofirlar o‘z lashkarlarini ilk bor to‘plaganlarida sizlar ularni chiqib ketadi, deb o‘ylamagan erdingizlar»

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat tsiladilarki, Banu Nazir va Banu Qurayza musulmonlarga dushmanlik qildi. Buning uchun Banu Nazir vatanidan quvildi. Banu Qurayza ersa, erkaklari o‘ldirilib, xotinu bolalari va mol-dunyosi musulmonlar o‘rtasida taqsimlandi. Ularning ayrimlarigina Janob Rasulullohga ergashib, iymon keltirdilar va omon qoldilar. Madinadagi hamma yahudiylar badarg‘a qilindi.

Sa’id ibn Jubayr aytadilar: «Men Ibn Abbosga Surai Hashr haqida so‘zlaganimda, u kishi: «Bu surani «Surai an-Nazir deb atagin!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:01:20
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat tsiladilar: «Janob Rasululloh Banu Nazir xurmozorini kestirib va yoqdirib yubordilar. Bu xurmozor Buvayra degan joyda erdi. Shunda Olloh taolo: «Qaysi daraxtni kesgan va qaysi daraxtni qoldirgan bo‘lsangizlar, hammasi Ollohning izni birlan bo‘ldi» degan oyatni nozil qildi».

Ibn Umardan naql tsilinadiki, Janob Rasululloh Banu Nazir xurmozorini yoqdirib yuboribdilar. Bu haqda Hasson ibn Sobit bunday deb she’r bitgan erkan:
«Zarra qiynalmay Luay sardorlari,
Buvayra uzra yoqdi katta gulxan»


Abu Sufyon ibn Hars ersa, unga javoban bunday deb she’r bitibdi:
«Uzoq muddat ilohim gurkiratsin,
Kuyib atrof, qolmasin hatto tikan!
Omon qolgay qaysi yer, so‘ng bilursen,
«Kim zarar ko‘rmay qolur, kim bevatan!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:02:23
Molik ibn Avsdan nakl tsilinadiki, u kishi xalifa Umar ibn Xattobning huzurida o‘ltirgan erdilar. Shu payt Hazrat Umarning hojiblari Yarfo kirib, Usmon, Abdurrah-mon, Zubayr va Sa’d kirishga ijozat so‘rayotganlarini xabar qildi. Xalifa izn berganlaridan so‘ng, ular kirib o‘ltirdilar. Bir ozdan so‘ng, hojib yana kirib Ali birlan Abbos ham kirishga izn so‘rayotganlarini aytdi. Xalifa izn berganlaridan so‘ng, Ali birlan Abbos ichkariga kirdilar. Shunda Abbos: «Yo amiyral-mu’minin, Ali birlan o‘rtamizni kelishtirib qo‘ysangiz!» —dedilar. Ikkovlari Banu Nazirga tegishli musodara qilingan molning Olloh taolo Janob Rasulullohga xos qilib bergan qismi to‘g‘risida janjallashayotgan erdilar. Ultirganlar barobariga: «Ey amiyral-mu’minin. ikkovini yarashtirib, ajrim qilib qo‘yingiz!» — dedi. Xalifa Umar: «Shoshmangizlar, yeru osmonning mavjudligi izniga bog‘liq bo‘lmish Olloh taolo nomi birlan sizlarni guvohlikka chaqiraman! Aytingizlar~chi, Janob Rasulullohning «Biz payg‘ambarlar meros qoldirmaymiz, biz qoldirgan narsa sadaqadur!» deganlarini bilasizlarmi?» — dedilar. Hammalari baravariga: «Rost, Janob Rasululloh shunday deganlar»—deb javob berishdi. So‘ng, Xazrat Umar Ali birlan Abbosning oldilariga kelib: «Sizlar ham Janob Rasulullohning shunday deganlarini bilasizlarmi?» — deb so‘radilar. Ular ham tasdiq qilishdi. «Bo‘lmasa,— dedilar Hazrat Umar,— men sizlarga shu haqda so‘zlab berayin! Olloh taolo Banu Nazirdan musodara qilib olingan molning bir qismini o‘z payg‘ambariga xos qildi, o‘zga biror kishiga bermadi. Bu haqda Olloh taolo Qur’onda: «Olloh taolo o‘z rasuliga ulardan (kofirlardan) urush qildirmay olib bergan mol uchun sizlar na ot va na tuya choptirib (mehnatingiz singan ermas), lekin Olloh taolo o‘zi istagan bandalariga payg‘ambarlarini hukmdor qilgaydur. Olloh taolo har narsaga qodirdur!»— deydi. Olloh taolo ul molni o‘z payg‘ambariga maxsus ato etgandur. Olloh taologa qasamyod qilamanki, Rasululloh musodara qilingan molni o‘zlashtirib olmadilar, nimaiki bo‘lsa, barchasini sizlarga xolisona taqsimlab berdilar. Undan ana shul ozgina mol ortib qoldi. Shu ortgan mol orqali Payg‘ambar alayhissalom o‘z oilalarini boqar erdilar, ortiqchasini «Olloh taoloning moli» deb, Baytulmolga olib qo‘yardilar. Janob Rasululloh umr bo‘yi shunday qildilar, so‘ng vafot etdilar. Shunda Abu Bakr: «Men Janob Rasulullohning vorislaridurmen!» deb o‘shal molni o‘z qo‘llariga oldilar va uni Janob Rasululloh qanday tasarruf qilgan bo‘lsalar, shunday tasarruf qildi-lar, shu vaqtda sizlar ham bor erdingiz». Keyin, Hazrat Umar Ali birlan Abbosga yuzlanib bunday deb davom etdilar: «Eslaysizlarmi, o‘zlaringiz aytganlaringizdek, Abu Bakr xalifalik davrlarida rostgo‘y, yaxshilik qilguvchi, adolatli va haqiqatga bo‘ysunuvchi erdilar. Abu Bakr vafot laridan so‘ng, xalifalikni men qo‘lga oldim. Ikki yildan buyon amirlik qilib, Janob Rasululloh va Abu Bakr tutgan yo‘lni mahkam tutdim. Mening ham rostgo‘y, yaxshilik qilguvchi, adolatli, haqiqatga bo‘ysunuvchi erkanligimga Olloh taolo shohid! So‘ng, ikkovingiz mening oldimga keldingiz, ikkovingizning gapingiz ham, ishingiz ham birdur. Men sizlarga: «Janob Payg‘ambar «Biz payg‘ambar-lar mol-dunyo meros qoldirmaymiz, bizdan qolgan narsa «sadaqadur!» deganlar»—deb aytdim. Mening qat’iy so‘zim shuldur' Olloh taoloning ahdu miysoqi bo‘yingizda, agar istasangiz, Janob Rasululloh, Abu Bakr va men singari tasarruf qilmoq sharti birlan ul molni sizlarga bergay-man, ammo keyinchalik boshqacha hukm chiqarib bermog‘imni talab qilsangizlar, yeru osmonlarning mavjudligi izniga bog‘liq bo‘lgan zot haqi, qiyomatga qadar ham bunga yurmagay-men! Basharti, shartimni eplay olmasangizlar, ul molni menga qaytarib bergaysizlar, men ersam sizlarni bu yumushdan xalos qilgaymen».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:02:42
Zuhriy aytadilarki, «Men mazkur hadisni Urva ibn az-Zubayrga rivoyat qilganimda, ul: «Molik ibn Avs rost aitibdi men Oisha onamizning bunday deb aytganlarini eshitgan edim»,— dedi: «Janob Rasulullohning (mendan bo‘lak) xotinlari Hazrat Usmonni Abu Bakr Siddiqning huzurlariga yuborib, o‘shal moldan o‘zlariga ulush ajratib bermoqni talab qildilar. Men ularni bundan qaytarib' «Olloh taolodan qo‘rqmaysizlarmi? Janob Rasulullohning "Biz meros qoldirmagaymiz, bizdan qolgan narsa — sadaqadur!» deganlarini bilmaysizlarmi? «Biz» deganlari-da ul zot o‘zlarini nazarda tutgan erdilar. Ammo, payg‘ambar oilasi bu molni sadaqa ermas, nafaqa tarzida tasarruf qilaveradi»,— dedim Shunda, Janob Rasulullohning xotinlari mening aytganimga ko‘ndilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:03:12
Zuhriy rivoyatlarini davom ettirib bunday deydilar: «Mazkur sadaqa Hazrat Alining qullarida bo‘lib, Abbosni unga yo‘latmadilar. keyin u Hasan ibn Ali qo‘liga o‘tdi, keyin Husayn ibn Ali, undan keyin Ali ibn Husayn va Hasan ibn Hasan qo‘liga o‘tib, ikkovlari uni navbat birlan tasarruf qildilar, so‘ng u Zayd ibn Hasan ixtiyoriga o‘tdi Bu Janob Rasulullohning o‘shal sadaqala-ri erdi».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir kuni Fotima va Abbos Abu Bakr Siddiqning huzurlariga kelib, Fadakdagi yerdan hamda Xaybar g‘azotida olingan o‘ljalardan o‘z meroslarini talab qildilar. Shunda Abu Bakr Siddiq-«Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Biz meros qoldirmagaymiz, bizdan qolgan narsa — sadaqadur, lekin Muhammad xonadoni uning orqali kun ko‘raveradi» deb aytganlar. Olloh taolo nomi birlan kasamyod qilurmen-ki, o‘zimni Payg‘ambar alayhissalomga yaqin tutib, ul zotning o‘gitlariga amal qilmog‘im qarindoshlarimga yon bosmog‘imdan afzaldur!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:04:07
15- bob. Ka’b ibn al-Ashrafning qatli haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat tsiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ka’b ibn al-Ashrafni kim qatl qilib kelgay? Chunki ul Olloh taolo birlan uning rasuliga behad ozor yetkazdi»,— dedilar. Shunda Muhammad ibn Maslama o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, uni men o‘ldirmog‘imni xohlaysizmi?» — dedi. «Ha»,— deb javob berdilar Janob Rasululloh. Muhammad ibn Maslama: «Unday bo‘lsa, (hiyla uchun) yolg‘on gapirmog‘imga ijozat beringiz!»—dedi. Janob Rasulul-loh: «Gapiraver!» — dedilar. Muhammad ibn Maslama Ka’bning oldiga bordi-da, Payg‘ambar alayhissalomdan shikoyat qilgan bo‘lib: «Anavi odam bizdan sadaqa so‘radi, bizni ko‘p qiynadi,  men sening oldingga qarz  so‘rab keldim»,— dedi.  Shunda Ka’b:  «Ollohga qasamyod qilurmen-ki, hali ko‘p qiynalasizlar»,— dedi. Muhammad ibn Maslama gapida davom etib: «Darhaqiqat, biz unga ergashdik, endi ko‘raylikchi, pirovardida nima qilar erkan? Sen bizga bir vasaq yoki ikki vasaq taom qarz bersang!» — dedi. (Sufyon bunday deydilar: «Amr bizga bu hadisni bir necha bor rivoyat qildi-yu, lekin «bir vasaq yoki ikki vasaq» degan so‘zlarni aytmadi, men unga: «Bu hadisda «bir vasaq yoki ikki vasaq» degan so‘zlar bormidi?» — deganimda, u: «Ha, bor erdi»,— deb javob berdi»). Ka’b: «Unday bo‘lsa, garovga biror narsa beringizlar»—dedi. «Nimani xohlaysan » — deb so‘radi Muhammad. Ka’b. «Xotinlaringizni garovga qo‘yingiz-lar!» — dedi. «Qanday qilib (xunuk) xotinlarimizni garovga qo‘yamiz, axir sen arablarning eng chiroylisisan-ku?!»—dedi Muhammad. Bo‘lmasa, bolalaringizni garovga qo‘yingizlar!»—dedi Ka’b. Muhammad e’tiroz bildirib: «Bolalarimizni qanday garovga beramiz, axir odamlar: «Bir vasaq taom uchun bolalarini garovga qo‘yibdi»~deb aytmaydimi Bunday ta’na biz uchun or hisoblanadi Mayli senga qurol-yarog‘imizni garovga bera qolaylik'» — dedi Nihoyat, ular qurol-yaroqni garovga qo‘yishga va’dalashishdi. Shu kuni kechasi Muhammad ibn Maslama Ka’bning emishgan akasi Abu Noila (va yana bir kishi) brlan birga keldi, Ka’b chiqib ularni qo‘rg‘oniga taklif qildi Shunda, Ka’bning xotini «Bemahal tashqariga chiqma »—deb qarshilik bildirdi. Lekin, Ka’b «Bu kelganlarning biri ibn Maslama, ikkinchisi emishgan akam Abu Noila»,—dedi.Xotini, «Men qonning tomchilagan ovozini eshitayotgandekman», dedi.Ammo, Ka’b «Sixiy kishi kechasi o‘limga chaqirilsa ham, labbay deb javob beradi»,— deb unamadi. Muhammad ibn Maslama ikki sherigiga: «Men Ka’bning boshini mahkam ushlaganimda, sizlar unga tig‘ urasizlar»,deb ta’yinladi.Ka’b ularning oldiga tushib yo‘l boshladi, undan atir hidi anqib turardi Shunda Muhammad ibn Maslama «Men umrimda bugungichalik xushbo‘y hidni hidlamaganman » — deb soxta tilyog‘lamalik qildi. Ka’b ersa uning so‘zidan erib ketib «Mening xotinim ayollarining eng xushbo‘yi va go‘zalidir'»— deb maqtandi. Muhammad ibn Maslama unga «Boshingizdagi atir bo‘yidan hidlamog‘imga ijozat berasizmi »— deb aytdi. Ka’b rozilik bildirgach, Muhammad va uning sheriklari Ka’bning boshini hidladilar. Shu asnoda Muhammad uning boshini ikki qo‘li birlan mahkam ushlab, sheriklariga ishora qilgan erdi, ular uni o‘ldirdilar So‘ng, Janob Rasulullohning xuzurlariga kelib, bo‘lgan voqeani so‘zlab berdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:04:41
16- bob Abu Rofi’ning o‘ldirilishi haqida

Barro ibn Ozib raziyallohu an.hu rivoyat tsilurlarki, Janob Rasululloh bir guruh kishilarni Abu Rofi’ning oldiga yuboribdilar. Abu Rofi’ kechasi uxlab yotganda Abdulloh ibn Atiyk uyiga kirib, uni o‘ldiribdilar.

Barro ibn Ozib raziyallhuu anhu rivoyat tsilurlarki, Janob Rasululloh ansoriylardan bir necha kishini Abdulloh ibn Atiyk boshchiligida Abu Rofi’ning oldiga yuboribdilar. Abu Rofi’ yahudiylardan bo‘lib, Janob Rasulullohga ko‘p ozor yetkazar va ul zotning dushmanlariga yordam berar erdi, o‘zi ersa Hijoz yerdagi qo‘rg‘onida yashardi. Musulmonlar uning qo‘rg‘oniga yetganlarida kun botgan bo‘lib, odamlar podalarini uylariga qaytargan erdilar. Abdulloh sheriklariga «Sizlar shu yerda o‘ltira turinglar, men borib, darvozabon birlan tillashay, shoyad ichkariga kirolsam» — dedilar. Sung, asta darvozaga yaqinlashdilar-da choponlarini yelkalariga tashlab olib hojatga o‘ltirganday darvozaga tes kari qarab o‘ltirdilar, shunda hanuz ichkariga odamlar kirib turardi. Shu payt darvozabon chiqdi-da, «Ey Ollohning bandasi ichkari kiradigan bo‘lsang, kir, men darvozani yopaman - dedi. Abdulloh aytadilar «Men ichkari kirib berkinib oldim, darvozabon darvozani yopib, qulfladi-da, kalidlarni mixga osib ketdi. Men kalidlarni olib, darvozani ochdim Shunda Abu Rofi’ o‘z xonasida bo‘lib, boshqalar birlan suhbatlashib o‘ltirgan erdi. Hamsuhbatlari tarqalgandan so‘ng, men uning huzuriga ko‘tarildim. Qaysi eshikni ochib kirsam, ichkarisidan yana qulflab olardim, chunki odamlar meni sezib qolsalar, uni o‘ldirishga ulgurolmay qolaman, deb o‘ylardim. Nihoyat, u yotgan uyga yetib bordim-u, ammo qorong‘uda bola-chaqalari orasida bo‘lganidan uning aynan qaysi joyda yotganini bilolmadim, sekin «Ey Abu Rofi’'» —deb chaqirdim. Abu Rofi’ <Kim bu» — deb ovoz qildi. Men ovoz chiqqan joyga borib, zarb birlan qilich soldim, lekin hayajonlanganimdan o‘ldirolmadim, UNING baqirig‘idan qaytib chiqdim Biroz nafasimni rostlab, yana kirdim va «Ey Abu Rofi’, kim baqirdi'» — dedim Abu Rofi’ «Onangni g‘am bosgur, uyda begona erkak yuribdi, menga qilich urdi'»—dedi Shunda unga yana qilich urdim, ammo bu safar ham o‘ldira olmadim. Keyin qilichning tig‘ini qorniga shunday bosdimki, ikki bo‘lak qilib tashladim. Nihoyat, o‘ldirganimga ishonch xosil qilgach, eshiklarni bir-bir ochib, zinaning oxirgi pog‘onasiga tushdim. Yerga yetdim deb oyog‘imni qo‘ygan erdim, yiqilib tushdim, oyog‘imning boldir suyagi sinib ketdi. So‘ng, singan joyni sallam bilan bog‘lab ohista yurib ketdim. Darvozaga yetgach, o‘zimga-o‘zim «Biroz kutay, haqiqatan o‘ldirdimmi yoki yo‘qmi, bilayin'» — dedim Tong otib, xo‘roz qichqirtan paytda qo‘rg‘on tepasidan jarchining Hijoz ahlining savdogari Abu Rofi’ vafot etgani haqidagi xabari tarqaldi. Men sheriklarim huzuriga qaitdim-da «Ollox taolo Abu Rofi’ni o‘ldirdi, tezda bu yerdan ketaylik» — dedim Janob Rasulullohnin: huzurlariga borgach, bo‘lgan voqeani bayon qildim. Janob Rasululloh «Oyog‘ingni uzat »—dedilar, men oyog‘imni uzatdim, ul zot silab qo‘ydilar Muborak qo‘llarining sharofatidan keyin hech qachon oyog‘im og‘rimadi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:04:51
Barro ibn Ozibdan natsl kiladilarki, Janob Rasululloh Abdulloh ibn Atiyk va Abdulloh ibi Utba boshchiligida bir necha kishini Abu Rofi’ning huzuriga yuboribdilar Ular Abu Rofi’ning qo‘rg‘oniga yaqin borganlarida, Abdulloh ibn Atiyk «Sizlar shu yerda kutib turingizlar, men borib vaziyatni bilib kelay!»—debdilar. Abdulloh ibn Atiyk aytadilar: «Men qo‘rg‘onga kirishga urinib ko‘rdim, shu payt u yerdan mash’ala ko‘targan bir necha kishi chiqib qoldi, ular eshaklarini yo‘qotib, qidirib chiqqan erkanlar. Tanib qolishlaridan cho‘chiganimdan xuddi xojatga o‘ltirganday bosh-oyog‘imni libosim birlan yopib, teskari qarab o‘ltirdim. Shu payt eshik og‘asi' «Darvozani qulflamasimdan ilgari qo‘rg‘onga kiruvchilar bo‘lsa, kirsin!»—deb baqirdi. Men qo‘rg‘onga kirib, otxonaga yashirindim. Abu Rofi’ning hamsuhbatlari kechki ovqatni yeb bo‘lib uzoq suhbatlashib o‘ltirgach, tun yarmida uy-uyiga tarqaldi. Atrofga jimjitlik cho‘kkach, berkingan joyimdan chiqdim. Qorovulning darvoza kalitlarini bir kuvacha ichiga yashirganini ko‘rgan erdim, ularni olib, qo‘rg‘on eshiklarini ochdim. So‘ng, meni birov sezib qolmasin, deb tezda darvoza oldidan uzoqlashdim. Qaysi eshikka kirmay, ichkarisidan qulflab qo‘yib, Abu Rofi’ning huzuriga narvon birlan ko‘tarildim. U qorong‘u xonada yotgan erdi. Yotgan joyini topolmay: «Abu Rofi’!» — deb sekin chaqirdim. <'Kim u?» — deb Rofi’ ovoz berdi. Ovoz chiqqan joyni mo‘l qilich birlan qattiq urdim. Baqirgan ovoz keldi, lekin o‘ldirolmagan erdim. Unga yordam bermoqchi bo‘lgan kishiday ovozimni o‘zgartirib: «Ey Abu Rofi’, nima bo‘ldi?»—dedim. «Uzing kimsan, onang g‘amga botgur, uyimga begona odam kirib olibdi, meni qilich birlan urdi»,— deb baqirdi Abu Rofi’. Shunda uning xotini ham uyg‘onib ketdi. Men yana ovozimni o‘zgartirib, unga yaqinlashdim, u osmonga qarab chalqancha yotgan erdi. Qilichimning tig‘ini qorniga shunday botirdimki, hatto suyaklarining qisirlagani ham egaitildi Keyin, men hayajonlanganimdan narvondan tushayotib, yiqilib tushdim. Oyog‘im sindi, uni bog‘lab sheriklarim oldiga bordim. Ularga: «Boringizlar, Janob Rasulullohga xushxabar yetkazingizlar, men ertaga o‘lim xabarchisining ovozini eshitmagunimcha joyimdan jilmayman!»—dedim. Subh vaqtida jarchi uning o‘lganini xabar qildi. Men xotirjam yo‘lga chiqdim. Sheriklarimga, hali ular Janob Rasulullohning huzurlariga yetib bormaslaridan yetib oldim-da, shaxsan o‘zim Janob Rasulullohga xushxabar aytdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:05:29
17-bob. Uhud g‘azoti

Bu bobga Olloh taoloning «Oli Imron» surasidagi quyidagi oyati karimalari mazmunan   taalluqlidur:    «Ey   Muhammad,    siz   ertalab    ahlingiz    oldidan   chiqib, mo‘minlarni jangga shaylab qo‘ygan vaqtingizni bir eslangiz, Olloh hammasini ko‘rib, bilib turuvchidur»

«Ruhan tushmangizlar, xafa bo‘lmangizlar, agar iymonda mo‘stahkam tursangizlar, haqiqiy g‘olib sizdursizlar. Agar bu safar sizlarga jarohatu musibat yetgan bo‘lsa, avvalgi jangda raqiblaringizga talofot yetgan erdi. Bu Dunyo hayotida g‘alaba qo‘ldan-qo‘lga o‘tib turgay, Olloh taolo (mana shunday) sinov birlan oralaringizdan haqiqiy mo‘minlarni bilib olgay va ayrimlaringizni shahid qilgay. Olloh taolo zolimlarni do‘st tutmagay, iymonli bandalarini avvalgi gunohlaridan poklab, kofirlarni halok qilgay. Olloh taolo sizlarni jihodda sinamay turib, sabr qiluvchi ekanliklaringizni aniqlamay turib, jannatga kiritadi, deb o‘ylaysizlarmi? Ulimga do‘ch kelmay turib shahid bo‘lmoqni orzu qilgan erdingizlar. Mana endi uni o‘z ko‘zingiz birlan ko‘rib turibsizlar!»

«Olloh taolo, sizlar uning rizoligi uchun kofirlar birlan urushib turganingizda, o‘z va’dasining ustidan chiqdi. Ammo, Olloh taolo va’da qilgan zafarni ko‘rib turib ham o‘rtalaringizda nizo’ chiqdi, sizlar boshliqqa bo‘yinsunmadingizlar, zaiflashdingizlar, ba’zilaringiz oxi-ratni xohlasa, ba’zilaringiz dunyoni tanladingizlar, natijada Olloh taolo sizlardan zafarni olib qo‘yib, yengildingizlar, bu sizlarga Olloh taolodan bir sinov bo‘ldi, Olloh taolo sizlarni kechirdi. Olloh taolo mo‘minlarga nisbatan muruvvatlidur!».

«Olloh taolo yo‘lida shahid bo‘lganlarni o‘lik deb o‘ylamangizlar!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:06:04
Ibn Abbosdan natsl tsilinadiki, Janob Rasululloh. «Men Uhud janggi kuni Jabroil alayhissalomni ko‘rdim, ul zot jang anjomlarini kiyib olgan bo‘lib, otlari jilovini tortib turgan erdilar»,— debdilar.

Uqba ibn Omirdan rivoyat tsilinadiki, Janob Rasululloh 8 yildan so‘ng Uhud janggi shahidlari qabri tepasiga kelib, go‘yo vidolashayotgandek o‘liklar va tiriklar haqiga Do‘o qildilar. Keyin, minbarga chiqdilar-da: «Albatta, men sizlarning yo‘lboshchingizman va sizlarning iymonlarin-gizga guvohman, sizlar birlan endi Havzi Kavsar bo‘yida ko‘rishamiz, men mana sho‘ joyimda turib uni ko‘ryapman. Men sizlar mushrik bo‘lib ketasizlar, deb ko‘rqmayman, lekin mol-dunyo sizlarni yengib qo‘ymasaydi, deb qo‘rqaman»,— dedilar. «Shunda men Janob Rasulullohni so‘nggi bor ko‘rgan erdim»,— deydilar roviy.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:06:56
Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Uhud kuni biz mushriklarga ro‘baro‘ bo‘ldik. Janob Rasululloh kamonchi merganlarni tepalik ustiga joylashtirib, ularga Abdulloh ibn Jubayrni amir qilib tayinladilar-da, «Bizning g‘alaba qilganimizni ko‘rsangizlar ham, yengilganimizni ko‘rsangizlar ham joyingizdan jilmangizlar, yordamga oshiqmangizlar!» — dedilar. Dushman birlan to‘qnashganimizda ular tumtaraqay qochib qoldilar, hattoki toqqa tirmashgan ayollarining boldirlari ochilib qolib, taqinchoqlari ko‘rinib turganini ko‘rdim. Shunda merganlar: «Ana o‘lja, ana o‘lja!» —deb ochko‘zlik qila boshladi-lar. Amir Abdulloh ibn Jubayr ularga Janob Rasulullohning «Jilmangizlar!» deb buyurganlarini eslaqalar ham, itoat qilmadilar. Natijada ish chappasiga ketib, musulmonlardan 70 kishi shahid bo‘ldi. Mushriklarning boshlig‘i Abu Sufyon tirik qolgan musulmonlar oldiga kelib: «Orangizda Muhammad bormi, nega indamaysizlar? Orangizda Abu Qahhofa (Abu Bakr Siddiq) bormi, nega javob bermaysizlar? Orangizda Ibn Xattob bormi, nega javob bermaysizlar? Demak, ular o‘ldirilganlar, agar tirik bo‘lganlarida erdi, javob bergan bo‘lur erdilar»,— dedi. Umar raziyallohu anhu o‘zlarini tutib turolmay: «Ey Olloh taoloning dushmani, yolg‘on aytyapsan, hali shoshmaytur, Olloh taolo seni albatta g‘am-g‘ussaga botirgay!»—dedilar. Shunda Abu Sufyon: «Hubal buyukdur!» — dedi. Janob Rasululloh: «Javob qaytaringizlar!»—dedilar. Sahobalar: «Nima deymiz?»—deganlarida, ul zot: «Olloh taolo buyuk va ulug‘dur!» deb aytingizlar»,— dedilar. Abu Sufyon: «Bizning Uzzomiz bor, sizlarning Uzzolaringiz yo‘q» — deganda, Janob Rasululloh: «Olloh taolo bizning mavlomiz (egamiz), sizlarning ersa, egalaringiz yo‘q!" — deb aytishni o‘rgatdilar. Abu Sufyon: «Bugungi kun Badr kuni uchun qasos bo‘ldi, urushda zafar goh u tomonga, goh bu tomonga o‘tadi. Jang maydoniga boqsangizlar, men buyurmagan va menga zarari ham bo‘lmagan bir dalilning shohidi bo‘lasizlar»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:07:10
Jobir ibn Abdulloh aytadilarki, Uhud kuni bir necha kishi ichkilik ichgan holda jangga kirib, shahid bo‘libdi (Islomda ichkilik Uhud janggidan bir qancha vaqt keyin harom qilingan).

Ibrohim raziyallohu anhudan naql qilinadiki, «Abdurrahmon ibn Avfga taom keltirildi, u kishi ro‘zador erdilar. Shunda ul kishi: «Mus’ab ibn Umayr o‘ldirildi, vaholanki u mendan yaxshiroq erdi. Kafanligi yo‘qligidan libosiga o‘rab ko‘mildi, libosi kaltaligidan oyog‘ini yopsa, boshi, boshini yopsa, oyog‘i ochilib qolar erdi. Keyin, Amir .Hamza ham shahid bo‘ldi, vaholanki ul ham mendan yaxshiroq erdi. Bizga ersa, bisyor mol-dunyo berildi. Qo‘rqamizki, barcha yaxshiliklar shu dunyodayoq berilib, oxiratda nasibamiz qolmadimikan?» — dedilar-da, xo‘ngrab yig‘lay boshladilar" hatto taom ham yemadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:07:54
Jobir ibn Abullohdan naql qilinadiki, «Uxud kuni bir odam Janob Rasulullohga: «Nima deysiz, men agar hozir o‘ldirilsam, qaerda bo‘laman?» — dedi. «Jannatda»,— dedilar Janob Rasululloh. Shunda u qo‘lidagi hurmolarni otib yubordi-da, jangga kirib ketdi va shahid bo‘ldi».

Xabbob raziyallohu anhu aytadilar: «Biz Olloh taolo rizoligi uchun Janob Rasululloh birlan birga hijrat qildik. Olloh taolo bizga ajru savob ato etmoqni o‘z zimmasiga oldi. Ba’zi birimiz o‘sha ajru savobdan olib ulgurmay dunyodan o‘tib ketdi. Masalan, Mus’ab ibn Umayr. Ul kishi Uhud kuni o‘ldirildilar, o‘zlaridan hech qanday mol-dunyo qoldirmadilar, faqat bitta jundan to‘qilgan choponlari bo‘lib, boshlariga yopsak, oyog‘lari, oeg‘lariga yopsak, boshlari ochilib qoldi. Shunda Janob Rasululloh bizga: «Choponi birlan boshini o‘rangizlar, oyog‘iga ersa izxir tashlab qo‘yingizlar!» — deb amr qildilar. Biroq, oramizda bul dunyoda mukofotini olib, ayshini surib yurganlar ham bordur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:08:14
Anas ibn Molik raziyallohu anhudan naql qilinadiki, ul kishining amakilari Anas ibn Nazr Badr janggida qatnasholmagan erdilar, Shu boisdan ham ul kishi: «Men Janob Rasululloh qatnashgan eng ulug‘ jangda bo‘lolmadim. Agar Olloh taolo meni Janob Rasululloh bo‘lgan jangda shahid qilganda erdi, men bunchalik alam chekmagan bo‘lur erdim!»—deb qattiq afsus chekardilar. Nihoyat, Uhud janggida qatnashish baxtiga muyassar bo‘ldilar. Jangda musulmonlar qocha boshladi. Shunda Anas ibn Nazr: «Yo Olloh, musulmon birodarlarimning qilmishi uchun sendan uzr so‘rayman, mushriklar ofatidan o‘z panohingda asragil!» — deya qilich yalang‘ochlab oldinga tashlandilar Shu asnoda Sa’d ibn Muozga duch kelib: «Ey Sa’d, qaerga qochyapsan? Uhud yonidan dimog‘imga jannat hidi anqiyapti!»—dedilar-da, jangga kirishdilar va shahid bo‘ldilar. Jasadlari odam tanimas bo‘lib ketgan erdi. Singillari ul kishini xollaridangina (yoki barmoqlaridangina) tanib oldi. Jasadlarida nayza, gurzi, qilich zarbi hamda kamon o‘qidan hosil bo‘lgan 80 dan ortiq jarohat bor erdi».

Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Qur’ondan nusxa ko‘paytirayotgan vaqtimizda «Ahzob» surasidagi bir oyatni topmadim. Bu oyatni Janob Rasululloh o‘qiganlarida eshitgan erdim. Usha oyatni ko‘p qidirib, oxiri Huzayma ibn Sobit al-Ansoriydan topdik. Bu oyat quyidagicha: «Shunday mo‘min kishilar borki, ular Olloh taologa qilgan ahdu paymonlarida ustivor turdilar. Ularning ba’zilari maqsadlariga yetib, shahid bo‘ldilar, ba’zilari muntazirdurlar». Biz bu oyatni Mushafdagi tegishli suraga qo‘shib qo‘ydik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:08:30
Zayd ibn Sobit rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhudga chiqqanlarida, ul zot birlan birga chiqqanlarning bir qismi ortiga qaytib ketdi. Shunda Janob Rasululloxning sahobalari ularga nisbatan chora ko‘rmoqlik xususida ikki guruhga bo‘linib qoldilar, ba’zi sahobalar «o‘ldiramiz» deyishsa, ba’zi sahobalar («shoyad, musulmon bo‘lsalar» degan o‘y birlan) «o‘ldirmaymiz» deyishdi. Shu asnoda Olloh taolo quyidagi oyati karimasini nozil qildi: «Bas, nima bo‘ldi sizlargaki, munofiqlar xususida ikki guruh bo‘lib oldingizlar, holbuki Olloh taolo ularni yomon amallari sababidan ortlariga qaytardi». Zayd ibn Sobit so‘zlarida davom etib: «Darhaqiqat, Madina pok joy bo‘lib, olov kumush tarkibidagi begona jismlarni ketkazgandek, gunohlarni ketkazadi dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:09:26
18-bob

Olloh taoloning qavli: «(Ey Muhammad!) Sizlardan ikki toifaning (qo‘rqoqlik qilib jang maydonidan) qochmoqchi bo‘lganini bir eslang, vaholanki Olloh ularning do‘stidur. Mo‘minlar Ollohga tavakkal qilsinlar!»

Jobir ibn Abdulloh: «(Ey Muhammad!) Sizlardan ikki toifaning (qo‘rqoqlik qilib jang maydonidan) qochmoqchi bo‘lganini bir eslang...» degan oyati karima bizning, ya’ni Banu Salama va Banu Horisa to‘g‘risida erdi. Koshkiydi, bul oyat nozil qilinmagan bo‘lsa! Chunki, Olloh taolo: «... vaholanki, Olloh ularning do‘stidur»,— deydi»,— deydilar.

Jobir. ibn Abdulloh; rivoyat qiladilar: «Bir kuni Janob Rasululloh mendan: «Ey Jobir, uylandingmi?» — deb so‘radilar. Men: «Ha»,— deb javob berdim. «Qiz bolaga uylandingmi yoki juvongami?» — deb yana so‘radilar. Men: «Yo Rasulalloh, juvonga uylandim!» — dedim. «Qiz bolaga uylansang bo‘lmasmidi, senga muhabbat qo‘yardi!» — dedilar Janob Rasululloh. Men: «Yo Rasulalloh, otam Uhud jangida o‘ldirilib, menga 9 ta qizni tashlab ketdilar. Men 9 ta opa-singillarim birlan qoldim. Ularga o‘zlariga o‘xshagan yana bitta esi past qizni qo‘shib ko‘yishni ma’qul ko‘rmadim. Xotinim ularni yuvib-taraydi, xizmatini qiladi»,— dedim. Janob Rasululloh: «To‘g‘ri qilibsan!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:10:08
Jobir ibn Abdullohdan nakl qilinadiki, u kishining otalari Uhud janggida shahid bo‘lib, qarzlari va 6 ta qizlari Jobirga qolgan erdi. (Bundan oldingi hadisda 9 ta qiz, bu yerda ersa «6 ta» deb keltirilishining boisi shuki, Jobirning opa-singillari hammasi 9 ta bo‘lib, otalari shahid bo‘lganlarida 3 tasi turmushga uzatilgan, 6 tasi ersa yosh qolgan erdi). Jobir ibn Abdulloh bunday deydilar: «Xurmo hosilini teradigan paytda Janob Rasulullohning qoshlariga kelib: «Uzingiz bilasiz, otam Uhud janggida shahid bo‘lganlar, u kishidan menga katta qarz qolgan. Men otamga qarz bergan kishilarni ko‘rsatmoqchiman»,— dedim. Shunda Janob Rasululloh: «Borgin, har bir daraxt hosilini alohida to‘plab qo‘ygin» — deb buyurdilar. Men aytganlaridek to‘plab, so‘ng ul zotni chaqirdim. Haqdorlarim Janob Rasulullohni ko‘rib menga shu ondayoq yaxshi muomala qila boshladilar. Ularning tilyog‘lamachiligini sezgan Janob Rasululloh hurmo to‘plaridan eng kattasini uch bor yig‘ishtirib o‘zlariga yaqin tortdilar-da, ustiga o‘ltirib oldilar. Keyin: «Qani, sheriklaringni chaqir!» — deb buyurdilar. Ularning hammasiga o‘lchab berdilar. otamning barcha qarzlari uzildi. Men: «Otamning barcha qarzlari uzilsa-yu, singillarimga birorta ham xurmo olib bormasam ham, mayli» —deb o‘ylardim. Janob Rasululloh barcha xurmo uyumlarini otamning qarzlariga berdilar, faqat o‘zlari ustida o‘ltirgan g‘aramgina qoldi, xalos, undan biror dona ham xurmo kamaymadi (mantiq: Janob Rasulul-loh qarzga qancha xurmo ketishini oldindan aniq bilganlar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:10:37
Sad ibn Abu Vaqqos: «Men Janob Rasulullohni Uhud kuni ko‘rdim, u kishi birlan birga ikki notanish kishi ham jang qilardi, ikkovi ham oppoq libos kiyib olgan erdi. Ularni bundan ilgari ham ko‘rmaganman, keyin ham ko‘rmadim»,— deydilar.

Sa’d ibn Abu Vaqqos: «Janob Rasululloh Uhud kuni o‘qdonlaridan o‘q olib bera turib menga: «Ota-onam senga fido bo‘lsin, otgil!» — dedilar»,— deydilar.

Abdulloh ibn Shaddod rivoyat qiladilar: «Men Hazrat Alidan eshitdimki, Janob Rasululloh Sa’ddan boshqa biror kishiga «Ota-onam senga fido bo‘lsin!» deb aytmagan erkanlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:11:31
Abu Usmon ta’kidlaydilarki, g‘azot qilingan mazkur kunlarning ba’zisida Janob Rasulullohning yonlarida Talha birlan Sa’ddan bo‘lak biror kishi jang qilmagan erkan.

Soib ibn Yazid aytadilar: «Men Abdurrahmon ibn Avf, Talha ibn Ubaydulloh, Miqdod va Sa’d birlan hamsuhbat bo‘ldim, ulardan faqat Talha ibn Ubaydullohninggina Uhud janggi haqida gapirganini eshitdim».

Qays ibn Abu Xozim aytadilar: «Men Talhaning bir quli (o‘q tegaverganidan) shol bo‘lib qolganini ko‘rdim, u shu qo‘li birlan Uhud kuni Janob Rasulullohni himoya qilgan erdi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:12:07
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat kiladilar «Uhud kuni odamlar Janob Rasululloxni tashlab qochdilar Abu Talha ersalar, Janob Rasululloh oldilaridan ketmay, qo‘llaridagi qalqonlari birlan ul zotning muborak boshlarini o‘qdan himoya qilib turdilar Abu Talha mergan kishi bulib, kamonni qattiq, tortar erdilar. Shu kuni 2 ta yo 3 ta kamon sindirdilar. Ushanda saxobalardan biri kamon o‘qi to‘la sadoq birlan o‘tib ketayotganda Janob Rasululloh unga «Abu Talhaga yordam ber - deb erdilar. Janob Rasululloh jang paytida jangchilardan shaxsan o‘zlari xabar olib turar erdilar. Shunda Abu Talxa «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasulalloh Kelmang, tag‘in dushman o‘qidan birortasi sizga tegmasin, sizning tomog‘ingizga tegadirgan o‘q mening tomog‘imga tegaversin'»—derdilar. Shu kuni Oisha binti Abu Bakr birlan Ummu Sulaymni ham ko‘rdim. Ikkovlari etaklarini lippalariga qistirib olgan, yelkalarida mesh, jangchilarga suv olib borar erdilar, yana ortlariga qaytishib, meshlarni to‘ldirib jang maydoniga kirishar erdi. Usha kuni Abu Talhaning qo‘llaridan ikki Yoki uch bor qilichlari yerga tushib ketdi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:12:23
Oisha raziyallohu anhodan nakl kilinadiki, Uhud kuni mushriklar jang maidonini tashlab qochibdi Shunda shayton la’natullohi alayhi «Ey Ollohning bandalari, ortingizdagilardan ehtiyot bo‘lingizlar » — deb nido qilib musulmonlarni chalg‘itibdi. Natijada oldingi safdagilar ortlariga o‘girilib, keyingi safdagi (o‘z birodarlari birlan) jang boshlashibdi. Shu payt Huzayfa otasi al-Yamonni ko‘rib «Ey Ollohning bandalari, bu mening otam, bu mening otam » — deb baqiribdi, ammo jangchilar o‘zlarini to‘xtatib qololmay, Huzaifaning otasini o‘ldirib qo‘yishibdi. Lekin, Huzayfa otasining qotillariga «Olloh taolo gunohlaringizni kechirsin'»—deb yomonlik qilmabdi, hattoki umrining oxirigacha ularga yaxshilik qilaveribdi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:14:52
19-bob

Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, ikki gurux (musulmonlar va mushriklar) o‘zaro to‘qnashgan kuni sizlarning oralaringizdan qochgan kishilarni ba’zi xatolari sababli shayton ozdirdi. Olloh taolo ularni afv qildi, Olloh taolo albatta, mag‘firatli, rahmdil zotdir »

Usmon ibn Mavxib rivoyat kiladilar «Bir kishi xajga kelib, Ka’ba yonida suhbatlashib o‘ltirgan bir gurux kishilarga ko‘zi tushdi. «Bu o‘ltirgan kishilar kim» — deb yonidagilardan so‘radi. Unga «Bular qurayshliklar»,— deb javob berishdi. «Bularning ulug‘i kim » - deb yana so‘radi u. Shunda ularning ulug‘i Ibn Umar ekanliklarini aytishdi Boyagi kishi Ibn Umarning yoniga kelib «Men sizdan bir narsa hakida so‘rayman, javob berasizmi »—dedi Ibn Umar «Mana shu Baytulloh hurmati, albata javob beraman » — dedilar Boyagi kishi «Usmon ibn Affonning Uhud janggidan qochganlarini bilasizmi'»—dedi Ibn Umar «Bilaman >,— dedilar Boyagi kishi «Uning Badr janggida ham qatnashmaganligini bilasizmi» —dedi Ibn Umar «Buni ham bilaman»,— dedilar Boyagi kishi «Bay’aturrizvonda ham yo‘q erdi, shundaymi »—dedi «Ha, shunday » — dedilar Ibn Umar. Shunda boyagi kishi «Ollohu akbar» — deb takbir aytdi. Ibn Umar unga bunday dedilar «Yaqinroq kel, sen so‘ragan narsaning xabarini aytib tushuntirib berayin' Uhud kuni Hazrat Usmonning jangdan qochganlarining gunohini Olloh taolo boshqalar birlan birga o‘z oyati karimasi orqali afv qilgandur. Badr janggida bo‘lmaganlarining sababi — Janob Rasulullohning qizlari Hazrat Usmonning xotinlari bo‘lib, u qattiq kasal erdi. Janob Rasululloh u kishiga «Siz xotiningizning yonida qolingiz, Olloh taolo sizga Badrda ishtirok qilganlik savobini beradi. Jangda tushgan o‘ljadan ham o‘z nasibangizni olasiz»,— deb ta’yinlagan erdilar. Hazrat Usmonning «Bay’aturrizvon»da bo‘lmaganliklarining sababi shuki, agar Makka ichra Hazrat Usmondan ulug‘roq kishi bo‘lganda erdi, Janob Rasululloh ul kishining o‘rinlariga o‘shani yuborgan bo‘lardilar. Hazrat Usmon u yerdagi eng ulug‘ kishi bo‘lganlari uchun ham Makkaga yuborildilar «Bay’a-turrizvon» ersa, ul kishi ketganlaridan so‘ng bo‘lgan. Ushanda Janob Rasululloh o‘ng qo‘llarini ko‘tarib «Mana bu Usmonning qo‘lidir » — deb erdilar-da, uni chap qo‘llariga urib qo‘ygan erdilar» So‘ng Ibn Umar boyagi kishiga «Mana shu eshitganlaringni qulog‘ingga quyginda, bu yerdan jo‘nab qol'» — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:15:16
20-bob

Olloh taoloning qavli: «Sizlar tog‘larga (qochib) chiqib ketur erdingizlar va hech kimga o‘girilib boqmas erdingiz-lar, Rasululloh ersa sizlarni ortlaringizdan chaqirar erdi Keyin, Olloh taolo sizlarga paydarpay g‘am yubordi, toki g‘am yemangizlar na qo‘ldan ketgan narsaga va na yetgan musibatga va Olloh taolo qilib turgan amallaringizdan xabardordur»

Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar «Janob Rasululloh Uhud kuni piedalarga Abdulloh ibn Jubayrni boshliq qilgan erdilar. Bular birinchi bo‘lib jang maydonidan qochdilar Mazkur oyat shular haqida nozil bo‘lgan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:15:34
21-bob.

Olloh taoloning qavli: «Keyin, Olloh taolo sizlarga ul g‘am ketidan tasalli, ya’ni mudroq yubordi, bu mudroq sizlardan bir toifani o‘z og‘ushiga oldi, boshqa toifa ersa Olloh taolodan ko‘ra o‘z jonlarining rohatini muhimroq bilib, xuddi joxiliyat paytidagidek Olloh taologa shaku gumon qildilar. «Bizga Olloh taolodan HECH bir madad bo‘lmadi-ku» deb oshiqdilir. Ey Muxammad, ulagrga aytingki, har qanday nusrat Olloh taolodan bo‘lgay. (Munofiqlar) sizga izxor qilmaydigan shunday gaplarni dillarida sir tutadilarki, «Agar Ollohdan bizga nusrat kelganda erdi, bu yerda o‘ldirilmagan bo‘lardik!» — deydilar. Ey Muhammad, siz ularga: «Agar o‘z uylaringizda bo‘lsangiz ham, qaysi birlaringizga o‘lim bitilgan bo‘lsa, o‘sha yerga borib joningizni olib ketgan bo‘lardi»,— deb ayting (Bu musibat) dillaringizdagini sinab bilmoq va qalbingizni poklamoq uchundir. Olloh taolo qalblardagini biluvchi zotdur!»

Abu Talha aytadilar: «Men ham Uhud kuni mudroq olgan kishilardan biri erdim, hatto bir necha bor qilichim qo‘limdan tushib ketdi. Har safar tushib keqa, olaman, yana tushib keqa, yana olaman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:15:48
22- bob.

Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, sizda hech qanday ixtiyor yo‘q, yo ular tavba qilib, iymonga keladilar yoki Olloh taolo ularni shu dunyodayoq qattiq azoblaydi, chunki ular o‘z joniga zulm qilganlardur»

Anas ibn Molik raziyallohu anhudan naql qilinadiki, Janob Rasulullohning peshonalari Uhud kuni yorilgan erkan. Shunda Janob Rasululloh g‘azab qilib: «Payg‘ambarining peshonasini yorgan qavm qanday najot topadi?!» — degan erkanlar. Olloh taolo bunga javoban «Sizga hech qanday ixtiyor berilmagan» degan oyati karimasini nozil qilibdi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:16:18
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhudan nakl qilinadiki, u kishi Janob Rasulullohning bomdod namozining ikkinchi rak’atida ruku’dan bosh ko‘tarib «Sami’allohu liman hamidah» degach, «Yo Olloh, falonchini, falonchini va falonchini la’nat qilgin!» deb duoi bad qilganlarini eshitibdilar. Shu payt Olloh taolo «Sizga hech qanday ixtiyor berilmagan» degan oyatni nozil qilibdi («Ular zolimlardur» degan so‘zigacha).

Solim ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safvon ibn Umayya, Suhayl ibn Amr va Al-Hars ibn Hishomni duoi bad qilgan erdilar, Olloh taolo «Sizga hech qanday ixtiyor berilmagan» deb boshlanadigan oyati karimasini nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:16:31
23-bob. Ummu Saliyt haqida

Sa’laba ibn Abu Molikdan nakl kilinadiki, Hazrat Umar al-Xattob raziyallohu anhu bir guruh Madina ayollariga libos tarqatibdilar, faqat bitta yangigina libos ortib qolibdi. Shunda «Ey musulmonlar amiri, bu libosni Janob Rasulullohning yoningizdagi qizlariga beringiz!» — deb Hazrat Alining qizlari Ummu Gulsumni ko‘rsatishibdi. Hazrat Umar: «Ummu Saliyt bu libosga loyiqroqdur, chunki u payg‘ambarimizga bay’at qilgan ansoriyalardan bo‘lib, Uhud kuni mesh orqalab bizga suv tashib turgan»,— debdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:17:07
24-bob. Hamza raziyallohu anhuning o‘ldirilishlari haqida

Ali raziyallohu anhudan nakl etiladiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shahidlarning eng ulug‘i Hamza ibn Abdulmuttalib raziyallohu anhudir!» — debdilar.

Ja’far ibn Amr rivoyat kiladilar: «Bir kuni men Ubaydulloh ibn Adiy ibn Xiyor birlan birga safarga chiqdim. Hims degan joyga yetganimizda Ubaydulloh menga: «Vahshiy ismli kishi haqida biror narsa bilasizmi? Uni topganimizda erdi, Hamza raziyallohu anhuni qanday o‘ldirgani haqida so‘rab olardik!» — dedi. Men rozi bo‘ldim. Vahshiy Himsda yashardi (Hims — Dimashq va Himot shaharlari orasida joylashgan). Uni surishtirgan erdik, «Ana, qasrining soyasida yog‘ to‘ldirilgan xumdek bo‘lib o‘ltiribdi» deb ishora qilishdi. Biz Vahshiyning yoniga borib, salom bergan erdik, alik oldi. Ubaydulloh sallasi birlan yuzini o‘rab olgan bo‘lib, Vahshiy uning ikki ko‘zi birlan oyog‘inigina ko‘rardi. Ubaydulloh undan «Ei Vahshiy, meni taniyapsanmi?»—deb so‘radi. Vahshiy unga qarab «Xudo haqi, yo‘q Lekin, mening esimdaki, Adiy ibn Xiyor Ummu Qitol binti Abulays ismli ayolga uylangan bo‘lib, undan Makkada bir o‘g‘il ko‘rgan erdi. Men u bolani enagasiga olib borardim (Bir kuni) bolani unga uzatayotganimda sening oyog‘inga o‘xshash oeqni ko‘rganman»,— dedi. Shunda Ubaydul-lox, yuzini ochib «Hamzani qanday o‘ldirganingni gapirib bermaysanmi »—dedi Vahshiy rozi bo‘lib, bunday deb hikoya qildi «Hamza Adiy ibn Xiyorning o‘g‘li Ta’iymani Badrda o‘ldirdi Keyin, xo‘jayinim Jubayr ibn Mut’im menga «Agar amakimning qasosi uchun Hamzani o‘ldirsang, ozodsan » — dedi. Odamlar Aynaynga urushga chiqqan yili (Aynayn — Uhud tog‘ining ro‘parasidagi tog‘ bo‘lib, Uhudda musulmonlarning, Aynaynda ersa, mushriklarning qarorgohi bor erdi) men ham ular birlan birga chiqdim. Ikki tomon maydonda saf tortgach, Sibo’ o‘rtaga chiqib, yakkama-yakka olishuvga raqib talab qildi. Shunda uning muqobiliga Hamza ibn Abdulmuttalib chiqib «Ey Sibo’, sen hali Olloh taolo birlan uning rasuliga qarshi urushasanmi» — deb Sibo’ga tashlandi-da, shu ondayoq uni o‘ldirdi. Men bir katta tosh panasiga berkinib olgan erdim, Xamza yaqin kelganda unga nayza otdim, nayza uning qovug‘idan kirib, orqasidan chiqdi. Shu birlan Hamza shahid bo‘ldi. Keyin, men odamlar birlan birga qaytib Makkada yashadim, u yerda islom tarqalgach, Toifga ketdim. Janob Rasululloh menga odam yubordilar, ular menga «Payg‘ambarlar kek saqlamaydilar»,— deyishdi. Men ular birlan birga Janob Rasululloh-ning huzurlariga bordim. U kishi meni ko‘rib «Sen Vahshiymisan »— dedilar. Men «Xa»,— dedim «Hamzani sen o‘ldirganmiding »—dedilar. Men «Sizga to‘g‘ri aytishibdi»,— dedim. Shunda Janob Rasululloh «Mendan uzoqroq yurgin, yuzingni ko‘rmayin»—dedilar. Mech chiqib ketdim. Janob Rasulullohning vafotlaridan keiin, Musaylama Kazzob (payg‘ambarlik da’vosini qilib) chiqdi. Shunda men «Musaylamaning oldiga borayin-da, uni o‘ldirayin, shoyad shu birlan Hamzani o‘ldirganim uchun orttirgan gunohimni yuvsam'» — deb odamlar birlan birga yo‘lga otlandim. (Musaylamaning uyiga yaqin borib) qarasam, sochlari to‘zg‘igan bir odam kulrang tuya yanglig‘ devorning panasida turibdi.   Nayzani   ko‘kragini   mo‘l   otdim,   kuragidan   teshib   chiqdi   Keyin, ansorlardan biri yugurib borib, boshiga qilich urdi» Abdulloh ibn Umar: «O’shanda bir qizcha tomda turib «Amirulmu’miniynni bir qora odam o‘ldirdi »—deb baqirgan erdi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:17:38
25- bob. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Uhud kuni yarador
bo‘lganlari haqida


Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar-«Japob Rasululloh singan tishlariga ishora qilib «Uz payg‘ambarini shu kuyga solgan qavmga Olloh taoloning g‘azabi qattiqdir' Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taolo yulida o‘ldirgan kishiga ham Olloh taoloning g‘azabi qattiqdir » — dedilar» (Uhud kuni Janob Rasululloh Ubay ibn Xalafni o‘z qo‘llari birlan o‘ldirganlar)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:17:52
26-bob

Saxl ibn Sa’d rivoyat qiladilar. «Ollohga qasamyod qilurmenki, men Janob Rasulullohning yaralarini kim yuvganini, kim suv quyib turganini, nima birlan davo qilinganini yaxshi bilurman Janob Rasulullohning qizlari Fotima yaralarini yuvganlar, Hazrat Ali ersalar, qalqonlarida suv keltirib quyib turganlar Fotima raziyallohu anho qon ko‘p ketayotganini ko‘rib, darhol bir bo‘yrani kuydirganlarda, kulini yaraga bosganlar, qon shu ondaeq to‘xtagan. Ushanda Janob Rasulullohning kurak tishlari sinib, yuzlari yorilgan, boshlaridagi dubulg‘alari majaqlangan erdi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:18:02
27-bob. «Olloh taolo va uning rasuli da’vatiga ijobat qilgan kishilar» haqida

Hishom raziyallohu anhu otalaridan naql qiladilar. «Oisha raziyallohu anho «Olloh taolo va uning rasuli da’vatiga, jarohatlanganliklariga qaramay ijobat qilib, amali solihlar hamda taqvo qilgan kishilar uchun buyuk savob bordur » degan oyati karimani o‘qidilar-da, Urvaga bunday dedilar «Ey jiyan, sening otang Zubair ham, bobong Abu Bakr ham o‘shalardandur. Janob Rasululloh Uhud kuni jarohatlanib, mushriklar ketgach, ularning qaytib kelib qolishlaridan xavflandilar-da, «Dushman ortidan kim boradi '» — dedilar Shunda yetmish kishi bormoqqa ixtiyor bildirdi. Ular orasida Abu Bakr va Zubair ham bor erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:18:14
28-bob. Uhud kuni shahid bo‘lgan musulmonlar, jumladan Hamza ibn Abdulmuttalib, Al-Yamon, Anas ibn an-Nazr, Mus’ab ibn Umayrlar haqida

Qatoda raziyallohu anhu «Biz Qiyomat kuni arab mahalladari ichida Ansorlar mahallasidan ko‘ra shahidlari ko‘proq va azizroq bo‘ladirgan mahalla borligini bilmaymiz»,— deydilar.

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ansorlardan Uhud kuni 70 kishi, Bi’ri Ma’una kuni 70 kishi va Yamoma kuni 70 kishi o‘ldirildi. Bi’ri Ma’una voqeasi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam davrlarida, Yamoma kuni ersa Abu Bakr Siddiq davrlarida sodir bo‘lgan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:18:25
Jobir ibn Abdullohu xabar beradilarki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhuddagi shahidlarning har ikkitasini bir qabrga qo‘ydirar erdilar. Avval: «Bulardan qaysi biri Qur’onni ko‘proq yod bilar erdi» —deb so‘rar erdilar, so‘ng qaysi mayyitni «Ko‘p bilar erdi» deb ko‘rsatishsa, o‘shani oldin lahadga kirittirar erdilar. Janob Rasululloh: «Bul kishilarga Qiyomat kuni men guvohlik bergaymen!»—deb aytar va ularning qonlarini yuvmay hamda janoza o‘qimay ko‘mmoqni buyurar erdilar».

Jobir aytadilar: «Otam o‘ldirilganlarida men yig‘lab yuzlaridan kafanni ocha boshladim. Janob Rasulullohning ashoblari meni bundan qaytardilar, ammo ul zotning o‘zlari mone’lik qilmay: «Yig‘lama, otangni ko‘targunlaricha farishtalar qanotlari birlan soya solib turibdilar»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:18:35
Abu Muso raziyallohu anu: «Fikrimcha, Janob Rasululloh bunday deb aytgan erdilar»,— deydilar: «Men tush ko‘rdim, tushimda qilichimni bir siltagan erdim, sopi sinib ketdi. Bu Uhud kuni musulmonlarga yetgan musibatdur. Keyin, yana bir siltagan erdim, avvalgidan ham yaxshiroq holga keldi. Bu musulmonlarga muyassar bo‘lgan fath va mo‘minlarning hamjihat bo‘lishidir. Tushimda bir so‘yilayotgan sigirni ham ko‘rgan erdim. Bu mo‘minlarning Uhudda shahid bo‘lishidir».

Xabbob raziyallohu anhudan nakl qilinadi: «Biz Olloh taoloning rizoligi uchun Janob Rasululloh birlan birga hijrat qildik. Olloh, taolo bizga savob ato etmoqni o‘z zimmasiga oldi. Ba’zi birlarimiz o‘sha ajrdan ololmay dunyodan o‘tdik. Ulardan biri Mus’ab ibn Umayr erdi, Uhudda shahid bo‘ldi. Undan birgina libos qolgan bo‘lib, u birlan boshini o‘rasak, oeg‘i, oyog‘ini o‘rasak, boshi ko‘rinib qolardi. Janob Rasululloh: «Libosi birlan boshini o‘rangizlar, oyog‘iga ersa izxir yopib qo‘yingizlar!»—deb buyurdilar. Ammo, ba’zi birlarimiz hijratning samarasini ko‘rib, hosilini teryapmiz!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:18:59
29- bob. Uhud bizni yaxshi ko‘radi, biz ham uni sevamiz!

Anas raziyallohu anhudan nakl qilinadi: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu tog‘ (Uhud tog‘i) bizni yaxshi ko‘radi, biz ham uni yaxshi ko‘ramiz!» — dedilar».

Anas raziyallohu anhudan nakl -qilinadi: «Janob Rasululloh ro‘paralarida Uhud ko‘ringach". «Uhud gtog‘i bizni yaxshi kuradi, biz ham uni yaxshi ko‘ramiz! Yo Olloh, Ibrohim Makkani muqaddas qildilar, men ersam Madinani atrofidagi tog‘lari birlan birga muqaddas qildim!» — dedilar».

Uqba ibn Omirdan nakl qilinadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni masjidga chiqib, Uhud ahliga duoi fotiha qildilar-da, so‘ng minbarga chiqib: *Men sizlardan avval o‘tgayman, u dunyoda sizlarga guvohman. Men hozir Xavzi Kavsarimni ko‘rib turibman. Menga Yer xazinalarining kalitlari berildi, Olloh taologa qasamyod qilurmanki, men sizlarni o‘zimdan keyin mushrik bo‘lib ketasizlar, deb ermas, balki mol-dunyoga aldanib qolmasangizlar, deb qo‘rqaman!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:19:33
30- bob. Raji’, Ra’l, Zakvon, Bi’ri Ma’una g‘azotlari hamda Uzal, Qorra, Osim ibn Sobit, Xubayb va uning ashoblari haqidagi hadislar

Osim ibn Amr rivoyat qiladilarki, Raji’ gazoti Uhud janggidan keyin sodir bo‘lgan erkan.

Abu Hurayra raziyallohu anhudan naql kilinadi: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Osim ibn Umar al-Xattobning bobolari bo‘lmish Osim ibn Sobit al-Ansoriyning boshchiliklarida bir guruh kishilarni mushriklar orasiga ayg‘oqchi qilib yubordidar. Ular Makka birlan Asfon oralig‘idagi Xadda degan yerga yetganlarida Xuzayl qabilasiga mansub Banu Lihyon mushriklari sezib qoldilar, Mushriklar musulmonlar to‘xtab dam olgan yerda xurmo danagini topib olgan hamda uning Yasrib (Madina) xurmosi danagi erkanligini bilgan erdilar. Yuztacha mergan mushrik musulmonlarni ta’qib qila boshladi. Osim va boshqa musulmonlar buni bilib qolib, bir tepalik ortiga yashirindilar. Mushriklar ularni qurshab olib: «Tushingizlar, qo‘lni-qo‘lga berib yarashaylik, sizlardan birortangizni ham o‘ldirmaymiz, deb va’da berurmiz!»—deyishdi. Shunda Osim ibn Sobit: «Ey mushriklar, men siz kofirlardan panoh tilab tushmayman» — dedilar, so‘ng «Yo Olloh, bizning holimizdan rasulingni xabardor kilgaysen » — deb iltijo qildilar Mushriklar Osim birlan yana olti kishini otib o‘ldirdilar. Musulmonlardan uch kishi — Xubayb, Zaid va yana bir kishi dushmanning va’dasiga ishonib pastga tushdilar. Mushriklar ularni qurolsizlan-tirgach, kiyimlarini yirtib, oyoq-qo‘llarini bog‘ladilar. Shunda musulmonlardan uchinchi kishi (Abdulloh ibn Toriq) «Xudo haki, bu xiyonatning boshidur!»~deb ular birlan birga ketishdan bosh tortdi. Mushriklar uni o‘sha joyning o‘zida o‘ldirishdi, Xubayb birlan Zaydni ersa Makkaga olib borib qul qilib sotishdi. Xubaybni Xars ibn Omirning o‘g‘illari sotib olishdi. Hubayb Hars ibn Omirni Badrda o‘ldirgan erdi. Shuning uchun uning o‘g‘illari Xubaybni biroz muddatdan so‘ng o‘ldirmoqqa qaror qildi-lar. Buni sezgan Xubayb Harsning qizidan ustara so‘rab olib, poklandi. Shu asnoda o‘shal ayolning o‘g‘ilchasi Xu-baybning huzuriga kirib keldi. Ayol bolasini izlab, uni Xubaybning tizzasida o‘ltirgan holda ko‘rdi, Xubaybning qo‘lida ersa ustara bor erdi «Mening qo‘rqib ketganimni sezib, Xubayb «Bolamni o‘ldiradi, deb qo‘rqyapsanmi, men hech qachon bunday qilmayman » — dedi,— deydi ayol,— Olloh taolo nomi birlan qasamed qilurmenki, men Xubaybdan ko‘ra yaxshiroq asirni ko‘rmaganman Qasamed qilurmenki, bir kuni men uning bir bosh uzum yeb turganini ko‘rdim, vaholanki shu vaqtda Makkada uzum bo‘lmay, buning ustiga qo‘li ham kishanlangan erdi» Ayol buni mo‘‘jiza deb bilar va «Xubaybga Olloh taoloning o‘zi buni rizq qilib beryapti» — der erdi. Xubaybni qatl kilmoqqa olib chiqqanlarida, u « ikki rakat namoz o‘qimog‘imga ijozat beringiz-lar » — dedi. Namozni o‘qib bo‘lgach- «Ulimdan qo‘rqqanidan namoz o‘qiyapti, demaganingizda erdi, ko‘proq namoz o‘qigan bo‘lur erdim - deb aytdi. Shu-shu bo‘ldi-yu, o‘limga hukm qilingan har bir musulmonga o‘limi oldidan namoz o‘qimoq sunnat bo‘lib qoldi Xubaib «Yo Olloh, bu kofirlarning birortasini ham qoldirmay halok qilgin'»—dedi-da, quyidagi she’rni o‘qidi

«Musulmon holda o‘lsam, zarra parvoyimga kelmas, Qaysi yon birla yiqilmog‘imni Olloh farqlamas. Saxovat sohibi bo‘lmish o‘zi tanho ilohimga, Qiyma-qiyma jismima bermoq savob hech gap emas» Keyin, Uqba ibn Hars Xubaybning oldiga bordi-da, uni o‘ldirdi. Osim Quraysh kattalaridan birini Badrda o‘ldirgan erdi.Shu boisdan Osimning o‘ldirilganini eshitgan Quraysh bunga ishonch hosil qilish uchun uning biror a’zosini kesib kelmoqqa odam yubordi. Shunda Olloh taolo bulutdek asalarilar to‘pini yo‘lladi, Quraysh mushriklari Osimning jasadiga yaqinlasha olmadi, arilar Osimni himoya qildi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:19:43
Jobir ibn Abdulloh «Xubaybni o‘ldirgan kishi Abu Sirvaa erdi»—deydilar (Abu Sirva’a Uqba ibn Harsning laqabidir)

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat hiladilar. «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam 70 kishini bir ish birlan yuborgan erdilar ularni «qorilar» deb atashardi. Bi’ru Ma’una degan yerda Ra’l va Zakvon ahli ularning yo‘lini to‘sib «Xudo haqi, biz sizlarni so‘ragan ermas erdik, aksincha o‘zimiz payg‘ambarning hojatini chiqara olamiz»—deb qorilarning hammasini o‘ldirdilar. Payg‘ambar alayhissalom bir oy davomida bomdod namozida xiyonatchilarni duoi bad qildilar. Shundan e’tiboran duoi «Qunut» o‘qiladigan bo‘ldi, ilgari biz «Qunut» o‘qimas erdik»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:20:42
Abdulaziz rivoyat qiladilar. «Bir odam Anas raziyallohu anhudan. «Qunut ruku’dan keyin o‘qiladimi yoki qiroatdan keyinmi»—deb so‘radi Anas «Yo‘q, aksincha, qiroatdan keyin»,— dedilar»

Bu yerda yuqoridagi hadisga mazmunan yaqin xadislar keltirilgan.

Anas raziyallohu anhudan naql kilinadi: «Payg‘ambar sallallohu alayxi va sallam Anasning tog‘asini, ya’ni Ummu Sulaymning akasini 70 otliqqa boshliq qilib yuborgan erdilar. Usha paytda mushriklarning boshlig‘i bo‘lmish Omir ibn Tufayl Janob Rasulullohning oldilariga kelib «Odamlarni ikkiga bo‘laylik, qishlok ahliga sen, shahar ahliga men boshliq bo‘layin yoki sen hammaga payg‘ambar va boshliq bo‘lsang, men senga noib bo‘layin, bansharti rozi bo‘lmasang, minglab G’atafon ahlini boshlab kelib, senga qarshi jang qilaman'»— dedi. Ko‘p o‘tmay, Omir Salul qabilasidan bo‘lgan bir ayolning uyiga borib o‘sha yerda xastalandi, badanida bo‘taloqda bo‘ladigan bezga o‘xshash bir shish paydo bo‘ldi Keyin, Omir. «Tezda otimni keltiringlar'» — deb otiga mindi-yu, jon berdi

Ummu Sulaymning akasi Harom G’atafonga yetgandan keyin, hamroxlaridan ikki kishini (ulardan biri cho‘loq erdi) ajratib oldi-da ularga «Yaqinroq joyga yashirinib turingizlar. agar meni o‘ldirishmasa, oldimga kelasizlar, o‘ldirishsa, tezda qaytib, qolganlarga  xabar  qilasizlar»,—  dedi  So‘ng,   mushriklar  oldiga  bordi-da  «Menga omonlik bersangizlar, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning meni qanday vazifa birlan yuborganliklarini sizlarga yetkazurman»,— deb gap boshladi. Shunda mushrik-lar bir kishiga ishora qilishib erdi, u Haromning ortiga o‘tib nayza sanchdi. Harom: «Ollohu akbar! Ka’ba egasi haqi, men zafar topdim!»—deya jon taslim qildi. Keyin, mushriklar uning barcha sheriklarini ham topib o‘ldirishdi, faqat tog‘ tepasiga chiqib yashiringan birgina cho‘loq kishi omon qoldi. Olloh taolo «Darhaqiqat, biz rabbimizni topdik, u bizdan rozi bo‘ldi va bizni rozi ham qildi» degan oyati karimasini nozil qildi, keyin bu oyat mansux bo‘lgan erdi. Janob Rasululloh Ra’l, Zakvon, Banu Lihyon va Usayya ahlini Olloh taolo birlan uning rasuliga osiylik qilganlari uchun o‘ttiz kun bomdodda duoi bad qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:21:53
Anas ibn Molik: «Harom ibn Milhon, ya’ni tog‘am Bi’ru Ma’unada nayza birlan yarador qilinganlarida, yaralaridan oqqan qonni boshlari va yuzlariga surtib: «Ka’ba egasi haqi, men zafar topdim!»—deb aytgan erdilar»,— deydilar.

Oisha raziyallohu anhudan marviydurki, Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu dushmanlardan ko‘p ozor yetgandan so‘ng, Janob Rasulullohdan xijratga izn so‘radilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sabr qilin-giz!» — dedilar. Abu Bakr: «Yo Rasulalloh, bu xususda Olloh taolodan izn bo‘lmog‘ini kutayotirsizmi?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Men shuni umid qilib turibman»,— dedilar. Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Shundan so‘ng, Abu Bakr kuta boshladilar. Bir kuni Janob Rasululloh peshin vaqtida kelib, baland ovoz birlan: «Ey Abu Bakr, xonangizdan chiqing!» — dedilar. Abu Bakr: «Huzurimda ikki qizimdan bo‘lak hech kim yo‘q»,— dedilar. Janob Rasululloh: «Bildingizmi, Makkaga yo‘l olmog‘imga Olloh taolo izn berdi!» — dedilar. Abu Bakr: «Sizga hamroh bo‘layinmi?—dedilar. Janob Rasululloh: «Ha, albatta, hamroh bo‘lgaysiz!»—dedilar. Abu Bakr: «Yo Rasulalloh, mening ikki tuyam bor, ikkovini safarga tayyorlab qo‘ygan erdim»,— deb bittasini Janob Rasulullohga berdilar, uning nomi Jad’o erdi. So‘ng, ikkovlari ikkita tuyaga minib jo‘nadilar va Savr tog‘idagi g‘orga borib yashirindilar. Oisha raziyallohu anhoning ona bir akasi bo‘lmish Abdulloh ibn Tufaylning Omir ibn Fuhayra ismli bir quli bo‘lib, u Abu Bakrning sut beradigan tuyalarini ertalab, peshindan keyin va kechasi yetaklab kelardi-da, ikkovlarini sutga to‘ydirib, yana haydab olib ketardi, boshqa cho‘ponlar ersa buni sezmay qolishardi. Janob Rasululloh va Abu Bakr yo‘lga chiqqanla-rida Omir ibn Fuhayra ikkovlarining tuyalariga navbatma-navbat mingashib Madinagacha birga keldi. U Bi’ru Ma’una voqeasida shahid bo‘lgan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:22:05
Urva ibn Zubayr raziyallouu anuu otalari Zubayrdan bunday deb nakl kiladilar: «Bi’ru Ma’unada qorilar shahid bo‘lib, Amr ibn Umayya asir tushgan paytda (mushriklarning boshlig‘i) Omir ibn Tufayl Omir ibn Fuhayraning jasadini ko‘rsatib: «Bu kim?»—deb so‘radi. Amr ibn Umayya: «Bu Omir ibn Fuhayraning jasadi»,— dedi. Shunda Omir ibn Tufayl: «Bu o‘ldirilgandan keyin, jasadining ko‘tarilib yer birlan osmon o‘rtasida turganini ko‘rdim, keyin yana yerga qaytib tushdi»,— dedi. Qorilarning o‘ldirilgani haqidagi xabar Janob Rasulullohga yetib kelganda ul zot sahobalarga buni ma’lum qilib: «Birodarlaringiz boshiga musibat tushibdi, ular «Yo rabbimiz, sening bizdan va bizning sendan rizo bo‘lganimizni do‘stlarimizga xabar qilg‘il!» deb Olloh taolodan iltijo qilibdilar»,— dedilar. Shu kuni Urva ibn Asmo’ va Munzir ibn Amr ham shahid bo‘lgan erdilar. Keyinchalik, Zubayr ibn Avvom ikki o‘g‘liga shu ikki shahid ismini qo‘ydi».

Anas raziyallohu anhudan naql kilinadi: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oy davomida ruku’dan keyin duoi Qunutni o‘qib Ra’l va Zakvon qabilalarini duoi bad qildilar, nuqul: «Usayya Olloh taolo va uning rasuliga osiy bo‘ldi»,— der erdilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:22:25
Osim al-Ahvol bunday deydilar: «Men Anas ibn Molik raziyallohu anhudan: «Namozda Qunut duosi ruku’dan avval o‘qiladimi yoki keyinmi?» —deb so‘radim. Anas: «Ruku’dan oldin»,— dedilar. Men: «Bir odam sizning «ruku’dan keyin» deganingizni aytgan erdi»,— dedim. Anas: «Xato gapiribdi. Janob Rasululloh Qunutni faqat bir oy davomida ruku’dan keyin o‘qiganlar, xalos. Bunga sabab shuki, u kishi yetmishta qorini mushriklarga ta’lim bergani yuborgan erdilar, chunki ikki o‘rtada shu haqda shartnoma bor erdi. Ammo, mushriklar shartnomaga xiyonat qilib, yetmishta qorining hammasini o‘ldirdilar. Shundan keyin, Janob Rasululloh bir oy davomida ruku’dan so‘ng Qunutni o‘qib, mushriklarni duoi bad qilganlar»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:22:48
31- bob. Xandaq, ya’ni Ahzob g‘azoti haqida

(Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hijratning 4-yili Banu Nazir nomli yahudiylar qabilasini Madinadan haydab chiqargan vaqtlarida ularning kattalari Makkaga borib, Qurayshni musulmonlarga qarshi yana urush qilmoqqa ko‘ndirdi, shuningdek boshqa qabilalarga ham borib, ularni ham Madinaga qo‘shin tortishga rozi qildi. Shunday qilib, Abu Sufyon boshliq Quraysh, Sufyon ibn Abu Shams boshliq Banu Salim, Talha ibn Huvaylid boshliq Banu Asad, Uyayna boshliq Fizora, Mas’ud ibn Rajiyla boshliq Ashja’, Horis ibn Avf boshliq Banu Murra — hammasi bo‘lib o‘ng ming kishilik mushriklar qo‘shini Madinaga yana bostirib keldilar. Musulmonlarning soni ersa bor-yo‘gi mingta erdi. Shuning uchun ham bu gazot «Ahzob», ya’ni «Ko‘p jamo’a» deb ataldi).

Muso ibn Uqba: «Bu gazot 4- yil shavvol oyida bo‘lgan erdi»,— deydilar.

Nofi’ raziOllohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud kuni Ubaydullohga jang qilmoqqa ijozat bermadilar, chunki u o‘n to‘rt yoshda erdi. Xandaq kuni ersa ijozat berdilar, shu vaqtda u o‘n beshga kirgan erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:22:57
Saxl ibn Sa’d bunday deydilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Xandaqda bo‘ldik. Boshqalar xandaq qazishar, biz ersak tuprogini yelkamizda tashir erdik. Shunda Janob Rasululloh: «Yo Olloh, haqiqiy hayot oxirat hayotidir! Muhojirlar birlan ansorlarni magfirat qilgin!»—dedilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday der erdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xandaqqa kelganlarida muhojirlar birlan ansorlar ertalabki salqinda xandaq qaziyotgan erdilar. Ularning bu ishni qilib beradirgan qullari yo‘q erdi. Janob Rasululloh ularning charchab, ochiqib qolganlarini ko‘rib: «Yo Olloh, oxirat hayotidan o‘zga hayot yo‘qdur! Muhojirlar birlan ansorlarni magfirat qilgin!»—dedilar. Ular: «Biz Muhammadga bay’at qilganmiz, umrimiz boricha jihod qilgaymiz »—deb javob qilishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:23:07
Anas raziyallohu anhudan bunday deb naql qilinadi.: «Muhojiru ansorlar Madina atrofida xandaq qazishib, tuprogini yelkalarida tashir erdilar va nuqul: «Muhammadga bay’at qilganmiz, umrimiz boricha islomga sodiqmiz!» — deyishar erdi. Janob Rasululloh ersalar ularga javoban: «Yo Olloh, oxirat xayriyatidan o‘zga xayriyat yo‘qdur! Ansoru muhojirlarga barakot ato etgil!»—dedilar».

Anas raziyallohu anhu deydilarki, bir hovuch arpa keltirishib, uni biroz hidlangan yoqqa solib qovurishibdi, so‘ng odamlarga tortishibdi. Ular och bo‘lganlaridan badbo‘yligiga qaramay o‘zlarini zo‘rlab tanovul qilishibdi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:23:24
Jobir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz Xandaq kuni chuqur qaziyotib qattiq yerga duch kelib qoldik. Shunda odamlar Janob Rasulullohning oldilariga borib: «Ey Ollohning rasuli, biz qattiq yerga duch kelib qoldik, (kavlab bo‘lmayapti)»,— deyishdi. Janob Rasululloh ularga: «Men tushaman»,— dedilar-da, o‘rinlaridan turdilar, lekin qorinlari juda och erdi, chunki uch kundan buyon tuz totmagan erdik. Janob Rasululloh cho‘kichni oldilar, SO’NG chuqurga tushib, zarb birlan qattiq yerga urdilar. Qattiq yer ushalib-ushalib ketdi. Shunda men: «Yo Rasulalloh, menga izn bersangiz, uyga borib kelsam!» — deb javob oldim. Uyga borib, xotinimga' «Janob Rasulullohning juda och qolganlarini sezyapman, biror yegulik narsang bormi"» dedim. Xotinim: «Ha, ozgina arpa birlan bitga uloqcham bor», dedi. Men uloqni so‘ydim, xotinim arpani tuyib, UN qildi. Go‘shtni qozonga soldim-da, Janob Rasulullohning oldilariga bordim, bu vaqtda xamir ko‘pchib, non yasalgan, qozon ersa allaqachon o‘choqqa osilgan erdi. Men Janob Rasulullohga «Menga biroz taom tayerlab quyishgan erkan Ye Rasulalloh, o‘zingiz birlan bir-ikki kishini olib men borlai yuring dedim. Janob Rasululloh mendan: «Taomingiz qancha» -deb so‘radilar. Men bor taomni aytdim «Ko‘p erkan, juda yaxshi Xotiningizga ayting, men borgunimcha go‘shtni qozondan, nonni tandirdan olmay gursin —dedilar. Janob Rasululloh. Keyin, barcha muhojiru ansorlarga «Turingizlar!» — dedilar-da, birgalaishb meniig uiimga keldilar. Men xotinimga: «Sho‘ring qursin, Janob Rasululloh o‘zlari birlan muhojiru ansorlarni hamda ular birlan birga yana bir qancha kishilarni olib keldilar* dedim. Xotinim menga. «Janob Rasulullox sizdan ovqatntng qanchaligini so‘raganmidilar'»—dedi. Men «Ha», dedim. Janob Rasululloh ersalar odamlarga Uyga kiringizlar, to‘planishmangizlar — deb nonni tandirdan uzib, sho‘rvani, suzib beraverdilar. Hamma tuygandan keyin ham qozonda go‘sht, tandirda non ortib qoldi. Keyin, mening xotinimga «Bu ovqatdan o‘zing ham yegin, qushnilarga ham tortiq, qilgin, chunki odamlar och»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:23:32
Sa’id ibn Miyno’ Jobir ibn Abdulloxdan naql qiladilar: «Men Xandaq kavlangan kuni Janob Rasulullohning qattiq och qolganlarini ko‘rdim Xotinimning oldiga borib. «Janob Rasululloh qattiq ochlar, yegulik biror narsang bormi?» — dedim. Menga bir qop olib chiqib berdi, unda bir so’ arpa bor erdi. Bundan tashqari bir kichkina qo‘zichog‘imiz ham bor erdi. Men qo‘zini so‘ydim, xotinim arpani yanchib, un qildi. Keiin, go‘sht nimtalab qozonga soldim-da, Janob Rasulullohning oldilariga jo‘nadim. Keta.yotganimda xotinim «Meni Janob Rasululloh birlan sahobalar oldida uyaltirib qo‘ymang '» deb ta’yinlab qoldi. Men sekin borib «Yo Rasululloh, uyimizda bir qo‘zichoq bor erdi, so‘ydim, ozgina arpa yanchib un qildim, yoningtzga bir kishini olib, men birlan yuringiz!» — dedim. Janob Rasululloh qattiq ovoz birlan: «Ey xandaq kavlayotganlar, Jobir sizlarga dasturxon tayerlabdi, hammangiz bu yoqqa kelingizlar, (Ey Jobir), men borguncha qozonni o‘choqdan tushirmay va nonni yopmay turingizlar!» — dedilar. Men uyga bordim, Janob Rasululloh ham ashoblari birlan bordilar. Shunda xotinim: «Men aytganday qilmabsiz-da?!»—dedi. Men: «Sen aytganday qildim», — dedim-da, Janob Rasulullohning oldilariga xamirni olib keldim, u kishi xamirga tupurib baraka tiladilar, keyin qozon oldiga borib, unga ham tupurib baraka tiladilar. So‘ng: «Nonvoyni (ya’ni, xotiningni) chaqir, men birlan birga non yopsin, qozonni ersa olovini pasaytirib, o‘choqdan tushirmangizlar!» — dedilar. Olloh taolo haqi, sahobalar yeb-ichib, to‘yib turib ketganlarida ham qozon to‘la go‘sht, tandir to‘la non qolgan erdi. Vaholanki, sahobalar roppa-rosa ming kishi erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:23:42
Oisha raziyallohu anho rivoyat kiladilar: «-Ey Muhammad, dushman tepangizdan ham, pastingizdan ham bostirib kelgan paytda ko‘zlarning baqrayib, yuraklarning bo‘g‘izlarga tiqilib kolganini bir eslangiz-a!» degan oyati karima Xandaq kuni nozil qilingan erdi».

Barro ibi Ozib rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xandaq kuni tuproq tashigan ' erdilar, hatto qorinlari chang bo‘lib ketgan erdi. Ushanda ' quyidagi she’rni aytgandilar:

«Xudo haqqi, xudovandim qilmaganda hidoyatlar, Ado etmas edik bizlar ro‘za birla ibodatlar! Esonlikni ato etg‘il, mudom bizga xudovandim, Rubaro‘ kelganda dushman bizga baxsh et matonatlar! Tajovuzla chiqib bizga urush qildi necha mushrik, , Agar fitna tilar, urdik yetkazib biz jarohatlar». Keyin, oxirgi satrdagi «urdik» so‘zini qayta-qayta takrorlagandilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:23:57
Ibn Abbos raziyallhuu anhu aytadilar. «Janob Rasululloh: «Men Sabo shamoli birlan nusrat topdim, Od qabilasi ersa Dabur shamoli birlan halok qilindi»,— dedilar. (Xandaq g‘azotida bor-yo‘g‘i 2 soat jang bo‘lgan. Bu jangda Sabo shamoli dushmanlar yuziga urilib, otgan o‘qlari orqaga qaytib ketgan. Od qabilasi ersa uzoq davom etgan Dabur bo‘roni sababli aqllaridan ozib, quloqlari kar bo‘lib, 'yoppasiga halok bo‘lishgan)».

Ibn Umar: «Urushning ne erkanligin birinchi bor Xandaq kuni ko‘rdim»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:24:09
Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Men Xafsa raziyallohu anhoning huzurlariga kirdim. Shunda: «Odamlar o‘zingiz 'Ko‘rib turganingizday ish qilishdi, menga amirlikdan biror mansab tegmadi»,— dedim. Xafsa: «Odamlarga qo‘shil, chunki ular seni kutib turishipti, qo‘rqamanki, ularning oldida sen bo‘lmasang, yana ikki guruhga bo‘linib ketishadi»,— dedilar. Hafsa gaplarini tugatmay, chiqib ketdim. Odamlar ikki guruhga bo‘linib ketgandan keyin, Mu’oviya ularga: «Kimki bu ish yuzasidan gapirishni xohlasa, bu yerga chiqsin! Albatta, biz Abdulloh ibn Umardan ham, uning otasidan ham xalifalikka loyiqroqmiz!» —deb xitob qildi. Xabib ibn Maslama menga: «Mu’oviyaning so‘ziga javob qilmaysanmi?»—dedi. Men sallamning uchini qo‘yvorib: «Bu ishga sendan ko‘ra loyiqroq ana shu odam islom yo‘lida senga va otangga qarshi jang qilgan kishidur!» — demoqchi bo‘lib og‘iz juftladim-u, lekin «Biror nojo‘ya so‘zni aytib qo‘ysam, bu so‘z musulmonlarning bo‘linib ketishiga sabab bo‘lsa-chi? Kel, qo‘y, tag‘in qon to‘kilmasin, mening gapim o‘zim xohlaganimdan boshqacha tushunilmasin!» — dedim-da, o‘zim-ni tiydim, bu dunyoda sabr qilgan kishiga Ollohning jannatda beradirgan mukofotini o‘yladim. Habib ersa menga: «Jazodan qutulib qolding!» — dedi».

Sulaymon ibn Surd rivoyat qiladilar: «Janob Payg‘ambarimiz Xandaq kuni bunday dedilar: «Biz Qurayshga qarshi g‘azot qilgaymiz, ular ersa bizga g‘azot qilolmagaylar!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:24:19
Sulaymon ibn Surd rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mushrik guruhlarni quvganla-ridan so‘ng: «Endi biz ularga g‘azot qilgaymiz, ular bizga g‘azot qilolmagaylar. Biz ularning yeriga borgaymiz!»— dedilar».

Ali raziyallouu aihu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh Xandaq kuni bunday dedilar: «Olloh taolo ularning (mushriklarning) uylari-yu qabrlarini o‘t birlan to‘ldirsin! Chunki ular bizning vusto (asr) namozimizni qazo qildirishdi, hatto quyosh ham botib ketdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:24:29
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu Xandaq kuni quyosh botgandan so‘ng keldilar-da, Quraysh kofirlarini so‘kib: «Yo Rasulalloh, quyosh botib ketdi hamki, men namoz o‘qiyolganim yo‘k!» — dedilar. Janob Rasululloh: «Olloh taolo haqi, men ham o‘qiyolganim yo‘q!» — dedilar. Keyin, biz hammamiz Rasululloh birlan birga Bathon vodiysiga tushib, namozga tahorat oldik. Quyosh botgandan keyin, avval asr namozini, so‘ng shom namozini o‘qidik».

Jobir ibn Abdulloh; bunday deydilar: «Janob Rasululloh Ahzob kuni: «Kim menga dushman haqida xabar olib kelgay?» — deb so‘radilar. Zubayr: «Men»,— dedilar. Ikkinchi bor: «Kim menga dushman haqida xabar olib kelgay?»—dedilar. Zubayr yana: «Men»,— dedilar. Uchinchi bor so‘raganlarida ham Zubayr: «Men»,— dedilar. Shunda Janob Rasululloh: «Har bir payg‘ambarning o‘z yordamchisi bo‘-ladi, mening yordamchim Zubayrdir!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:24:44
Abu Hurayra raziyalloh;u anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolodan bo‘lak tangri yo‘qdur, uning tanho o‘zi mavjuddir, u o‘z lashkariga kuch-qudrat berib, bandasiga zafar ato etdi, ko‘pming kishilik jamoani yolg‘iz o‘zi mag‘lub qildi. Undan abadiyroq hech narsa yo‘qdir!»— dedilar».

Abdulloh ibn Abu Avfo bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mushriklarni duoi bad qilib, «Ey kitob nozil qilg‘uvchi, bu mushriklar jamoasini o‘zing mag‘lub etgil, xonavayron qilgil!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:25:00
Abdulloh ibn Umar rivoyat 'qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har gal g‘azotdan yoki hajdan yo umradan qaytayotganlarida avval uch marta takbir aytib, so‘ng quyidagi duoni o‘qir erdilar: «Olloh taolodan bo‘lak tangri yo‘qdir, uning tanho o‘zi mavjuddir, uning sherigi yo‘qdir, barcha mulk unikidir, barcha hamdu sano unga xosdir va u har ishga qodirdir! Biz tavba qiluvchilarmiz, ibodat qiluvchilarmiz, sajda qiluvchilarmiz, parvardigorimizga shukr aytuvchilarmiz. Olloh bergan va’dasida turib, musulmon bandasiga nusrat berdi. kofirlar jamoasini yolg‘iz o‘zi mag‘lub etdi!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:25:18
32- bob. Payg‘ambar alayhissalomning Ahzob g‘azotidan qaytishlari, Banu Qurayza qabilasiga borib, ularni qamal qilishlari haqida

Oisha raziyallohu anhodan rivoyat kilinadiki, «Paygambar alayhissalom Xandaq g‘azotidan kaytib, urush silohlarini yechdilar. Yuvinib turgan paytlarida Jabroil alayhissalom kelib Janob Rasulullohga: «Siz silohingizni yechibsiz, ammo biz hali yechganimiz yo‘q, ularga qarshi otlaning'»—deb buyurdilar. Janob Rasululloh: «Kimga» — deb so‘raganlarida, Jabroil alayhissalom: «'Banu Qurayza qabilasiga qarshi»,— dedilar. Shundan keyin, Janob Rasululloh Banu Qurayza qabilasi tomon yo‘lga chiqdilar»

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Banu Qurayza qabilasiga yurish kilganlarida men Banu G’anam qabilasi ko‘chalarida Jabroil alayxissalom boshliq otliqlarning otlari tuyoqlaridan ko‘tarilaetgan chang-to‘zonni hozir ham ko‘rib turgandekmen», —dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:25:27
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz alayhissalom Ahzob kuni: «Biror kishi bugun to Banu Qurayza yeriga bormaguncha asr o‘qimasin!»—dedilar. Shunda ba’zilar «Banu Qurayzaga yetmagunimizcha o‘qimaymiz» — deyishdi, ba’zilar: «Namoz o‘qiyveramiz, chunki Janob Rasululloh «Hech kim orqada qolmasin» degan ma’noda aytganlar»,— deyishdi. Buni Rasulullohga aytishgan erdi, ul zot ulardan birortasini ham «Noto‘g‘ri qilgan»,— demadilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhudan rivoyat kilinadi: «Bir odam Banu Qurayza va Nazir qabilalari fath qilinishidan ilgari Janob Rasulullohga bir qancha xurmo daraxtini tortiq qilgan erdi. Xotinim va bolalarim menga: «Janob Rasulullohning huzurlariga borib, o‘sha xurmo daraxtlarining hammasini yoki bir qismini so‘rasangiz, bizga bersalar!»—deyishdi. Men Janob Rasulullohning oldilariga borganimda u kishi xurmolarni Ummu Aymanga (Rasulullohning doyalari) hadya qilib qo‘ygan erkanlar. Shu payt Ummu Ayman kelib qoldi-da, mening gapimni eshitgach, yoqamdan tortib: «Xudo haqi, xurmolarni senga bermaydilar, ularni menga berganlar!» — deb janjal qila boshladi. Janob Rasululloh: «Usha xurmolarning hammasini sizga berganman, ular sizniki»,— desalar ham Ummu Ayman sira tinchimadi. Oxiri, Janob Rasululloh avvalgi berganlariga nisbatan o‘n barobar ko‘proq xurmo daraxti berib uni tinchitdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:26:03
Abu Sa’id al-Xudriy, raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Sa’d ibn Ma’ozga Banu Qurayza qabilasi ustidan hukm chiqarish huquqi berildi. Janob Rasululloh Sa’dga odam yubordilar, uni eshakka mindirib olib kelishdi. U masjidga yaqin kelganda Janob Rasululloh ansorlarga: «Sayyidingizning hurmati uchun turingizlar!» —dedilar, keyin Sa’dga: «Mana bularning ustidan hukm chiqarmoq huquqi senga topshirildi»,— deb yahudiylarga ishora qildilar. Sa’d: «Ularning urushga yaroqlisi qatl qilinsin, bola-chaqasi ersa asir olinsin!» — deb hukm etdi. Janob Rasululloh: «Olloh taoloning hukmi ham shunday erdi!» — dedilar».

Oisha raziyallohu anhodai naql kilinadi: «Xandaq kuni Sa’d yaralandi, Quraysh mushriklaridan Xabbon ibn Araqa kamon birlan otib bilagidagi qon tomirini uzib tashladi. Payg‘ambar alayhissalom masjidga chodir tikib, tez-tez xabar olib turish maqsadida Sa’dni o‘sha yerga yotqizdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:26:19
Janob Rasululloh Xandaq g‘azotidan qaytgach, aslahalarini yechib, yuvinib turgan paytlarida Jabroil alayhissalom keldilar, boshlaridagi changni qoqayotib: «Siz qurolingizni yechib qo‘yibsiz, biz hali yechganimiz yo‘q, ularga qarshi otlaning!» — deb buyurdilar Rasululloh «Kimga?»— deb so‘raganlarida, Jabroil alayhissalom «Banu Qurayzaga»,— deb aytdilar.

Janob Rasululloh Banu Qurayzaga kelgach, ular ustidan hukm qilish ni Sa’d ibn Ma’ozga topshirdilar, shunda Sa’d: «Bularning urushga yaroqlisi qatl qilinsin, xotinlari va bolalari asir olinsin, molu dunyosi musodara qilinsin* -deb hukm chiqardi Keyin, u «Yo Olloh, albagta o‘zing yaxshi bilasan, qaysi qavm sening rasulingni yelg‘onchi degan bo‘lsa-yu, uni vatanidan quvib chiqargan bo‘lsalar, o‘sha qavmga qarshi seni deb jang qilish mening uchun eng maxbub ishdir' Yo Olloh, men o‘ylaymanki, biz birlan mushriklar o‘rtasida-gi urushga o‘zing chek qo‘yding, agar Quraysh birlan yana urushadirgan bo‘lsak, sening yo‘lingda ularga qarshi yana jihod qilmog‘im uchun meni salomat qoldirgin, agar urushni butunlay to‘xtatgan bo‘lsang jarohatimni kuchaytirgin-da, omonatingni olib qo‘ya qolgil!» — dedi. Shunda Sa’dning jarohatidan qon otilib chiqib ketdi. Chodirdan oqib chiqkan qonni ko‘rib masjiddagilar qo‘rqib ketdi. Ular: «Ey chodirdagilar, siz tomondan qon oqib kelyapti!» — deb chodirga qarasalar, Sa’dniig jarohagidan qon oqayotgan erkan, Sa’dning o‘zi ersa shahid bo‘libdi»

Barro raziyallouu anhu rivoyat kilidilar «Janob Rosululloh Qurayza kuni Hassonga: «Banu Qurayzani hajv qilgin Jabroil alayhissalom senga madad bergaylar!» — dedilar»

Bu yerdagi xadis ham yuqoridagi hadisni lafzan va ma’nan takror qiladi
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:26:50
33-bob. Zoturriqo g‘azoti haqida

Bu g‘azot Muhoribi Xasfa va Banu Sa’laba g‘azoti ham deyiladi. Rasululloh sallallohu alaihi va sallam o‘shanda Naxl degan joyga tushganlar. Bu g‘azot Xaybar g‘azotidan keyin bo‘lgan, chunki shu g‘azot ishgirokchisi Abu Muso al-Ash’ariy Xaybar g‘azotidan keyin islomga kirganlar.

Jobir ibn Abdulloh; «Paygambar alayhissalom ashoblari birlan birga yettinchi g‘azot, ya’ni Zoturriqo’ g‘azoti kuni xavf namozini o‘qidilar (Bu g‘azotning «Yettinchi g‘azot» deb atalishiga sabab u Badr, Uhud, Xandaq, Qurayza, Muraysa va Xaybar g‘azotlaridan keyin voqe’ bo‘lgan)»,— deydilar.

Ibn Abbosdan rivoyat qilingan hadisda aytiladiki, Payg‘ambar alayhissalom xavf namozini Zuqarad degan joyda o‘qigan erkanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:27:03
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muhorib va Sa’laba kuni ashoblari birlan birga xavf namozi (salot ul-xavf) o‘qidilar»

Vahb ibn Kayson rivoyat qiladilar: «Men Jobirdan eshitdimki, Payg‘ambar alayhissalom Naxlning Zoturriqo’ mavzesiga chiqibdilar. Shunda musulmonlar birlan G’atafon mushriklari to‘qnashib qolibdi, lekin jang bo‘lmabdi. Chunki, Olloh taolo har ikkala tomonni xavflantirib qo‘yibdi. Janob Rasululloh shu yerda ikki rakat xavf namozi o‘qibdilar»

Salama ibn al-Akva’ raziyallohu anhu: «Men Payg‘ambar alayhissalom birlan birga Qarad kuni g‘azotda bo‘ldim»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:27:22
Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Payg‘ambar alayhissalom birlan birga g‘azotga chiqdik, olti kishi erdik, bittagina tuyamiz bor erdi, ketidan ergashib borar erdik. Oyoqlarimiz qavarib ketgan erdi. Mening ham oyoqlarim qavarib, tirnoqlarim ko‘chib ketgandi. Oyoqlarimizga latta o‘rab olgan erdik. Shu boisdan ham bu g‘azot «Zoturriqo’» («Lattali») g‘azot deb nomlandi».

Abu Muso shunday deb rivoyat qildilar-da, so‘ng: «Qilgan ishimni aytmasam bo‘lar erdi» — dedilar, 6u birlan go‘yoki qilgan amali solihlarini oshkor qilib qo‘yganlari uchun o‘zlaridan norozi bo‘ldilar.

Solih ibn Xavvot Zoturriqo’da Janob Rasululloh birlan birga gazotda bo‘lgan kishidan eshitganlarini bunday deb rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom shu kuni xavf namozi o‘qidilar. Avval bir guruh Janob Rasululloh birlan birga namozga saf tortdi, ikkinchi guruh ersa dushman birlan yuzma-yuz turdi Janob Rasululloh birinchi guruh birlan birga bir rakat o‘qib, tik turdilar, qavm ersa o‘zi mustaqil ikkinchi rakatni o‘qib, namozni tugatdi. Keyin, ular borib dushman birlan yuzma-yuz turdilar. Shunda ikkinchi guruh kelib Janob Rasulullohga iqtido qildi, ul zot qolgan ikkinchi rakatni o‘qib bo‘lib, o‘ltirdilar, jamoat ersa o‘zi mustaqil namozni o‘qib tugatdi. So‘ng, Janob Rasululloh ular birlan birgalikda salom berdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:27:50
Imom Molik: «Xavf namozini mana shu yo‘sinda o‘qimoqlik afzaldir» — deydilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Banu Anmor g‘azoti vaqtida xavf namozi o‘qidilar»

Sahl ibn Abu Xasma (xavf namozini o‘qish tartibi haqida) bunday deydilar: «imom qibilaga qarab tik turadi, shunda bir guruh imom birlan birga namoz o‘qiydi, ikkinchi guruh ersa dushman birlan yuzma-yuz turadi. Imom dastlabki guruh birlan birga birinchi rak’atni o‘qib, o‘rnida tik turadi, qavm ersa o‘zi mustaqil ikkinchi rak’atni tugatgach, dushman ro‘parasida turgan ikkinchi guruh birlan o‘rin almashadi. So‘ng, ikkinchi guruh kelib imomning qolgan ikkinchi rak’atiga iqtido qiladi, imom ular birlan namozni tugatib, o‘ltiradi, ammo qavm turib ikkinchi rak’atni ham o‘qib, keyin imom birlan birga salom beradi».

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:28:01
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Najd tomonga g‘azotga bordim. Dushman birlan yuzma-yuz bo‘ldik, ularning ro‘parasida saf tortdik»,— deydilar.

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu otalaridan nakl hiladilar: «Raso‘lulloh sallallohu alayhi va sallam ikki guruhdan biriga imomlik qildilar, ikkinchi guruh ersa dushman ro‘parasida turdi Bir raka’tdan so‘ng, birinchi guruh dushman ro‘parasiga borib turdi. Ikkinchi guruh kelgach, Janob Rasululloh ular birlan ham bir rak’at o‘qidilar-da, salom berdilar. Ikkinchi guruh qolgan rak’atni o‘zi o‘qib oldi, so‘ng o‘rniga birinchisi kelib, u ham qolgan rak’atni o‘qib oldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:28:11
Jobir ibn Abdulloh raziyallozhu anhuning aytishlaricha, ul kishi ham Janob Rasululloh birlan birga Najd tomonga g‘azotga borib qaytgan erkanlar. Shunda bir daraxtzor vodiyga yetganlarida issiq haddan ortiq kuchayib ketibdi. Janob Rasululloh shu yerda tushibdilar, odamlar ham o‘zlarini daraxtlar soyasiga olishibdi. Janob Rasululloh bir serbarg daraxt tagiga joylashib, qilichlarini shoxga ilib qo‘yibdilar. «Endigina ko‘zimiz ilingan erkan,— deydilar Jobir,— shu vaqt Janob Rasululloh bizni chaqirib qoldilar, kelsak, u kishining yonlarida bir badaviy o‘ltiribdi. Janob Rasululloh bizga bunday dedilar: «Mana bu odam men uxlab yotganimda qilichimni qinidan sug‘uribdi. Uyg‘onsam, qilich yalang‘ochlangan, menga: «Seni mendan kim saqlay oladi?!» — deb do‘q urdi. Men unga: «Olloh!» — degan erdim, u yerga o‘ltirib qoldi». Janob Rasululloh o‘sha odamni jazolamadilar».

Jobir raziyallohu anhu yana bunday deb rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Zoturriqo’ga yo‘l oldik. Bir sersoya daraxt yoniga yetib kelib, uni Janob Rasulullohga qoldirdik. Shu asnoda bir mushrik kelib qoldi, Janob Rasulullohning qilichlari ersa daraxt shoxida osig‘liq turar erdi. U qilichni qinidan sug‘irib oldi-da, ul zotga: «Mendan qo‘rqyapsanmi?» — dedi. Ul zot: «Yo‘q»,— dedilar. U: «Mendan seni kim himoya qila olardi?'»—dedi Ul zot: «Olloh'»— dedilar. Keyin, Janob Rasulullohning sahobalari do‘q qilib uni quvib yuborishdi. Birozdan so‘ng, namozga (salot ul-xavfga) takbir aytildi. Ul zot bir guruh birlan birga ikki rak’at va yana bir guruh birlan birga ikki rak’at namoz o‘qidilar. Shunday qilib, Janob Rasululloh to‘rt rak’at, qavm ersa ikki rak’at namoz o‘qidi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:28:31
Abu Bishr: «Janob Rasulullohga tahdid qilgan kishining ismi G’avras ibn al-Hars bo‘lib, u mana shu g‘azotda Muhoribi Xasfa mushriklariga qarshi urushgan»,— deydilar.

Jobir raziyallohu anhu: «Biz Janob Rasululloh birlan birga Naxlda bo‘ldik, ul zot u yerda xavf namozi o‘qidilar», — deydilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Men Janob Rasulullox birlan birga Najd gazoti vaqtida    xavf     namozi     o‘kidim»,-deydilar.     Darhaqiqat,     Abu     Hurayra    Janob Rasulullohning huzurlariga Xaybar kunlari kirib kelgan erdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:28:48
34-bob. Banu Mustaliq, ya’ni Muraysi’ g‘azoti haqida

Ibn Ishoq: «Banu Mustaliq gazoti oltinchi hijriy yilda bo‘lgan»,— deydilar.

Muso ibn Uqbaning aytishlaricha ersa, bu gazot hijratning to‘rtinchi yili sodir bo‘lgan ermish.

Zuhriy raziyallohu anhuning aytiitaricha, Muraysi’ gazoti vaqtida Oisha onamizga tuhmat qilingan erkan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:28:56
Ibn Muhayriz bunday deydilar. «Men masjidga kirib Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhuni ko‘rdim, yonlariga o‘ltirdim-da, ayolni homilador qilib qo‘ymaslik uchun maniyni tashqariga to‘kish haqida suradim. Shunda Abu Sa’id bunday dedilar: «Biz Janob Rasululloh birlan» birga Banu Mustaliq gazotiga chiqdik. Bir necha arab ayollarini asir oldik. Bo‘ydoqlik qattiq ta’sir qilib xotinlarni ko‘nglimiz tusab qoldi. Biz maniyni tashqariga to‘kmoqchi bo‘ldigu, ammo: «Janob Rasulullox oramizda mavjud bo‘laturib, so‘ramasdan bunday qilmaylik!» — dedik-da, ul zotdan shu haqda so‘radik. Janob Rasululloh bizga: «Bunday qilmasligingiz lozim, Olloh taolo qiyomatgacha dunyoga keladirgan tirik jonni allaqachon yaratib qo‘ygan!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:29:04
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga Najd tomonga gazotga chiqdik. Kun qattiq isib ketib, serdaraxt bir yerga yotganda Janob Rasululloh ulovdan tushdilar. So‘ng, uning soyasiga o‘ltirib, qilichlarini daraxt shoxiga ilib qo‘ydilar, odamlar ham daraxtlar soyasiga o‘zlarini oldilar. Bir vaqt Janob Rasululloh bizlarni chaqirib qoldilar, borsak, u kishining oldilarida bir badaviy o‘ltiribdi. Janob Rasululloh bizga bunday dedilar: «Men uyquda erkanimda mana bu odam kelib qilichimni qinidan sugurib olibdi, men uygonib qarasam, qilich yalangochlab tepamda turgan erkan. U menga: «Seni mendan kim qutqara oladi?!» — dedi. Men unga: «Olloh!»—deb javob berdim. U qilichni qiniga soldi-yu, yerga o‘ltirib qoldi, o‘sha mana shu odamdir»,— dedilar. Lekin, Janob Rasululloh unga jazo bermadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:29:15
35- bob. Anmor g‘azoti haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu: «Men Anmor gazoti vaqtida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tuyaga mingan holda yuzlarini mashriq tomonga qarata nafl namoz o‘qiganlarining guvohi bo‘lganman»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:29:37
36- bob. Tuhmat haqidagi hadis

Al-Ifk va al-Afk so‘zlari an-Najas va an-Najis so‘zlariga muvofiq keladi. Kimki «afakahum» deb ayqa, «ularni iymondan qaytardi, ularni yolgonchi qildi» degan bo‘ladi, oyatda «Qaytarilgan kishi undan yuz o‘giradi» deyilgani kabi.

Ibn Shihob ushbu hadisni Urva ibn Zubayr, Sa’id ibn Musayyab, Alqama ibn Vaqqos va Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba ibn Mas’uddan naql qiladilar: «Munofiqlar paygambarimizning zavjai mutahharalari Oisha raziyallohu anho haqlarida bo‘hton to‘qidilar, bu bo‘hton haqidagi hadisni Urva, Sa’id, Alqama, Ubaydulloh rivoyat qilib berdi. Bularning ba’zilari Oishaning o‘zlaridan, ba’zilari ersa roviylardan eshitgan bo‘lsa-da, juda ishonchli qilib aytdi. Men Oishaning o‘zlaridan eshitib rivoyat qilgan barcha kishilarning gapiga e’tibor berib quloq soldim, shunda roviylardan eshitib rivoyat qilgan kishilarning qadisi yuqoridagilarning hadisini tasdiq qildi. Ular rivoyat qilishlaricha, Oisha bunday debdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qachonki safarga borishni xohlasalar, qur’a tashlar erdilar, qur’a qaysi xotinlariga chiqsa, o‘sha birlan birga safarga borar erdilar. Banu Mustaliq gazotiga ketayotib ham qur’a tashladilar, shunda qur’a menga chiqdi. men Janob Rasululloh birlan birga safar qildim. Bu vaqtda «Hijob oyati» nozil bo‘lgan bo‘lib, men tuyaga ortilgan kajavada yurardim. Janob Rasululloh g‘azotdan qaytayotib, Madinaga ikki manzil yul qolganda «Karvon dam olsin!» deb izn berdilar. Izn berilgandan so‘ng, men kajavadan tushib, lashkardan uzoqlashdim-da hojatga o‘ltirdim, keyin karvon yoniga kelgach, ko‘ksimni ushlasam, ziforiy munchog‘im yo‘q (Zifor — Yamandagi bir qishloq nomi), uzilib tushib qolibdi. Izimga qaytib borib, munchog‘imni qidira boshladim, uni topgunimcha ko‘p vaqt ushlanib qoldim. Bu orada karvon jo‘naydigan bo‘lib qolib, mening kajavamni tuyaga yuklaydirganlar kelib uni yuklab jo‘natibdilar, ichida meni bor deb o‘ylashibdi. Usha vaqtlarda xotinlar yengil bo‘lardi, semirmas erdi, badanlarini go‘sht qoplamas erdi, chunki oz ovqat yer erdi. Shu boisdan kajavani ko‘targan kishilar ichida odam bormi, yo‘qmi sezmay tuyaga yuklab yuborganlar, buning ustiga men u vaqtda jussasi kichik yosh qizcha erdim. Tuyani haydab, jo‘nab ketishavergan. Keyin, men munchog‘imni topib, kajavam turgan joyga borsam, lashkar allaqachon jilgan, birorta chaqiruvchi ham, unga javob beruvchi ham qolmabdi. «Men turgan yerimda kuqam, ular meni yo‘qligimni bilib, izlab qaytib kelishar» degan umitda erdim. Usha yerda o‘ltirib, uxlab qolibman. Safvon ibn Mu’attal as-Sulamiy lashkar ortidan kuzatib boruvchi etib tayinlangan erdi. Bir vaqt kelib qarasa, yerda bir odam uxlab yotibdi. U meni tanib (chunki, u meni hijobga kirmasimdan avval ko‘rgan erdi) oldimga kelganda, uyg‘onib ketdim, darhol ro‘molim birlan yuzimni to‘sdim. Olloh taolo haqi, bir og‘iz ham so‘zlashmadik, uning «Inno lillohi va inno ilayhi roji’uun» (ya’ni, «Hammamiz Ollohning bandasimiz va uning huzuriga qaytib boramiz») degan so‘zidan boshqa so‘zini eshitmadim. Safvon tezda tuyasini cho‘ktirib, oldingi oyog‘ini ushlab turdi, men unga minib oldim. Uzi ersa tuyani yetaklab ketdi, kun qizigan paytda lashkar orasiga kirib bordik, ular endigina manzilga yetib olishgan erkan. Shu voqeadan keyin, mening haqimda ba’zi kishilar tuhmat qilib yuzi qaro bo‘ldi. Eng katta tuhmatchi Abdulloh ibn Ubay ibn Salul erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:30:41
Urva bunday deydilar: «Oishaning xabar berishlaricha, Abdulloh ibn Ubay bo‘hton tarqatardi, boshqalar shu haqda gapirsa, tasdiqlardi, yanada ko‘proq ovoza qilardi. Bo‘xtonchilardan faqat Hasson ibn Sobit, Mistah ibn Usosa, Hamna binti Jahshlarning nomi zikr qilingan bo‘lib, yana men tanimagan boshqa kishilar ham bor, ammo ular ham yuqoridagilarga qarindosh odamlardir. Olloh taolo o‘z oyatida bo‘htonchilarning kattasi Abdulloh ibn Ubay ibn Salul erkanligiga ishora qiladi Oisha ersalar huzurlarida Hassonni haqorat qilishsa, doimo qarshilik qilib «Hasson mana bu she’rni yozgan kishi'»—der erdilar «Otam birla bobom hamda obro‘yim, Muhammad obro‘yi uchun qalqon erur»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:30:56
Oisha bunday deydilar: «Men Madinaga kelib, bir oy kasal bo‘lib yotib qoldim Odamlar bo‘htonchilarning gapiga ishonib, shov-shuv tarqatishar, men ersam bundan mutlaqo bexabar erdim. Ilgari kasal bo‘lsam, Janob Rasululloh ko‘nglimga qarab, mehribonlik qilardilar, endi ersa o‘sha lutfu marhamatni ko‘rmay, o‘zimdagi kasallik ustiga shubha ichimni kemirardi Janob Rasululloh har gal huzurimga kirganlarida salom berib «Qalaysan» — deydilar-da, keyin yana qaytib chiqib ketadilar, «Mendan nima yomonlik o‘tdi erkan» — deb gumonga botaman Bir oz tuzalganimdan keyin, Ummu Mistah birlan bir kuni hojatxonaga chiqdim Hojatxona uyimizdan uzoqroq bo‘lgani uchun faqat kechasi chiqardik. Bu voqea uyimizga yaqin joyga hojatxona qurganimizdan ancha oldin bo‘lgan erdi. Chunki, ilgari biz ham qishloqilarga o‘xshab yashardik, uyimiz yoniga hojatxona qurishdan jirkanardik. Ummu Mistah Abu Rahm ibn al-Muttalib ibn Abdu Manofning qizi bo‘lib, onasi Saxr ibn Omirning qizi — Abu Bakr Siddiqning xolasi erdi. Ummu Mistahning ersa Mistah ibn Usosa ibn Ubod ibn Muttalib degan o‘g‘li bor erdi. Men Ummu Mistah birlan birga hojatxonadan uyimiz tomon qaytayotgan erdim, Ummu Mistah toyilib ketdi va «Noumid bo‘lgur, Mistah» deb o‘z o‘g‘lini qarg‘adi Men unga «Nega bunday yomon so‘z birla qarg‘aysan, Badrda ishtirok qilgan mujohidni ham shunday qarg‘aysanmi "» — dedim. Shunda Ummu Mistah «Ey sodda, eshitmadingmi, sening haqingda nima gap aytganini» — dedi Men «Qanday gap aytdi'»—dedim. Ummu Mistah bo‘htonchilarning mening haqimda aytganlarini gapirib berdi. Shundan so‘ng, kasalimga kasal qo‘shildi. Uyimga qaytib kirganimdan keyin, Janob Rasululloh huzurimga kirdilar-da, menga salom berganlaridan so‘ng, odatdagidek «Qalaysan» — deb ahvolimni so‘radilar. Men u kishiga «Ota-onamning oldiga borib kelishimga ijozat berasizmi?» — dedim. Men o‘zim haqimdagi gaplarni ulardan surishtirib bilmoqchi erdim. Rasululloh menga izn berdilar Onamga borib «Ey onajon' Odamlar nimalar deyi-shayotir»—dedim Onam menga «Ey qizalog‘im' Parvo qilmagil, xudo haqi, eri yaxshi ko‘rgan va kundoshlari bor go‘zal ayol haqida ko‘pincha odamlar har xil gaplarni chiqarishadi»,— dedilar Men «Subhonalloh, shunday gapni gapirishadimi?» —deb kechasi birlan yig‘lab chiqdim, tong otguncha yoshim ham to‘xtamadi, ko‘zimga uyqu ham kelmadi, yig‘lagan holda tong ottirdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlariga vahiy kelmay qolganda Hazrat Ali va Usoma ibn Zaydni huzurlariga chaqirib, ular birlan oilalaridan ajrash to‘g‘risida maslahat qildilar. Shunda Usoma ibn Zayd Oishadan bunday yomonlik chiqmasligini, uning pok erkanligini aytib «Yo Rasulalloh, oilangizdan ajramangiz, biz uni faqat yaxshi deb bilamiz'»—dedi. Ammo, Hazrat Ali raziyallohu anhu «Yo Rasulalloh, Olloh, taolo sizni xotindan qisgan ermas, undan boshqa xotinlar ham ko‘p-ku! Joriyani chaqirib so‘rangiz, sizga bor haqiqatni aytadi»,— dedilar. Janob Rasululloh (Oishaning xizmat-kori) Burayrani chaqirib «Ey Burayra, sen shubhaga soladirgan biror narsani sezdingmi'»—deb so‘radilar Burayra «Sizni payg‘ambar qilib yuborgan zotning nomi birlan qasamyod qilurmenki, uni biror gunoh ish qilganini ko‘rmadim, buning ustiga u hali juda yosh qizaloq-ku Axir, xamir qorsa ham, charchab uxlab qolib, xamirini qo‘y yeb ketadi-yu» — dedi. Janob Rasululloh bu gapni eshitib o‘rinlaridan turdilar-da, minbarga chiqib, Abdulloh ibn Ubaydan uzr talab qildilar va «Ey musulmonlar, oilamga tuhmat qilib menga ozor yetkazgan kishini kim uzr aytkizadi' Olloh taolo haqi, men oilamni yaxshi deb bilaman, yana bir odamga tuhmat qildilarki, u odamni ham yaxshi deb bilaman, u kishi oilam huzuriga qachon kirsa, men birlan birga kirar erdi» — dedilar. Shunda Banu Abdulashhalning birodari Sa’d ibn Ma’oz o‘rnidan turib «Yo Rasulalloh, men uni sizga uzr aytkizaman, agar o‘sha odam Avs qabilasidan bo‘lsa, bo‘ynini uzaman' Mobodo u Xazraj qabilasiga mansub birodarlarimizdan bo‘lsa, siz nima deb buyursangiz, shuni ado etgaymiz!» —dedi. Shu payt Xazraj qabilasiga mansub bir odam irg‘ib turdi, Ummu Hasson ana shu odamning amakisining qizi bo‘lib, uning ismi Sa’d ibn Uboda erdi. Xazraj qabilasining boshlig‘i bo‘lmish bu odam ilgari solih kishi bo‘lgan bo‘lib, oriyati tutib ketib, Sa’d ibn Ma’ozga «Yolg‘on aytayotirsan, Olloh taolo haqi, uni o‘ldirolmaysan, o‘ldirish qo‘lingdan kelmagay, agar u o‘z qavmingdan bo‘lganida erdi, o‘limini xohlamagan bo‘lar erding»—deb baqirdi. Shunda Sa’d ibn Ma’ozning amakivachchasi Usayd ibn Hazir o‘rnidan turib, Sa’d ibn Ubodaga «Uzing yolg‘onchi erursan, Olloh taolo haqi, uni o‘ldirgaymiz, sen g‘irt munofiqdursan munofiqlarning yonini olayotirsan» — dedi. Natijada ikki qabila — Avs va Xazraj qizishib ketib, bir-birini o‘ldirishga qasd qilib qoldi. Janob Rasululloh ersalar hanuz minbar ustida turardilar. Nihoyat, ul zot ikki qabila o‘rtasidagi alangaga suv quyib tinchlantirdilar. Men shu kuni kechgacha yig‘ladim, ko‘zimga uyqu kelmadi, hatto yig‘i jigarimni ezib yuborgan-dek bo‘ldi, men yig‘lardim, ota-onam ersalar yonimda o‘ltirardilar. Shu payt bir ansoriya ayol kelib, ruxsat so‘rab ichkariga kirdi, u ham menga qo‘shilib yig‘lay boshladi. Biz shu holatda erdik, Janob Rasululloh kirib keldilar, salom bergach, o‘ltirdilar. Ul zot menga tuhmat qilingandan buyon yonimga o‘ltirmay qo‘ygan erdilar. Bir oy bo‘layotirki, u kishiga mening haqimda biror vahiy kelmadi. Janob Rasululloh yonimga o‘ltirayotib kalimai shahodatni aytdilar, keyin menga: «Ey Oisha, sening haqingda menga bunday va bunday xabar yetdi, agar sen pok bo‘lsang, Olloh taolo seni tez kunda bu tuhmatdan xalos qilgay, basharti biror gunoh qilgan bo‘lsang, Ollohga istig‘for ayt, tavba qil, chunki banda o‘z gunohini e’tirof qilib, tavba qilsa, Olloh taolo uning tavbasini albatta qabul qilgay!» — dedilar. Janob Rasululloh shu gaplarni aytib bo‘lganlaridan keyin, birdan ko‘z yoshim qurib, bir qatra ham yosh chiqmay qo‘ydi. Shunda men otamga: «Mening nomimdan   Janob   Rasulullohga   siz   javob   qilingiz!»   —   dedim.   Otam.   «Janob Rasulullohga men nima deyman?» — dedilar. Onamga: «Bo‘lmasa, siz javob beringiz!» — dedim. Onam ham: «Janob Rasulullohga nima ham derdim» — dedilar. Shundan so‘ng, o‘zim: «Men yoshman, hali Qur’ondan ko‘p sura yod olganim yo‘q, lekin men, Olloh taolo haqi, aniq bildimki, sizlar eshitgan mazkur tuhmat dilingizga qattiq o‘rnashib olibdi, unga ishonch ham hosil qilibsizlar. Agar men: «Bunday ishni qilganim yo‘q»,— desam, sizlar baribir ishonmaysizlar, ammo Olloh taolo mening pokligimni bilib turibdi. Vaholanki, sizlar o‘zim qilmagan gunohni e’tirof qilsam, ishonasizlar. Shunday erkan, Olloh taolo haqi, men sizlar birlan o‘zim o‘rtamdagi voqeani Yusuf birlan uning otasi o‘rtasidagi voqeaga taqqoslayman-da, «Sabr go‘zaldur, Olloh o‘zingiz ta’riflaganingizdek, madadkordur!» degan oyati karimadan bo‘lak o‘zimga yupanch topolmayman!» — dedim-da, teskari o‘girilib, to‘shagimga yotib oldim. «Olloh taolo mening pokligimni yaxshi bilur, u albatta meni bu tuhmatdan xalos qilgay!» — der erdim. Ammo, men Olloh taoloning mening haqimda oyat nozil qilajagini bilmas erdim, chunki «Men bunga arzimayman, yaxshisi Janob Rasululloh tush ko‘rsalar-u, tushlarida mening pokligim ayon qilinsa!» — der erdim. Buni qarangki, Janob Rasululloh joylaridan jilmaslaridan turib, oila a’zolarimdan birortasi tashqariga chiqib ulgurmay turib, Olloh taolo ul zotga vahiy nozil qilib qoldi. Vahiyning yukidan Janob Rasulullohning badanlari bezgak tutgandek titrab, vujudlaridan marjon-marjon ter oqdi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:31:04
Janob Rasululloh vahiy qabul qilib olganlaridan so‘ng, menga kulib qaradilar va eng dastlab aytgan so‘zlari shu bo‘ldiki. «Ey Oisha! Olloh taolo sening pokligingni xabar qildi»,— dedilar. Shunda onam menga- «Turib, Rasulullohga qulluq qil!»— dedilar. Men ersam «Yo‘q, Olloh taolo haqi, men bu kishiga turib qulluq qilmayman, balki Olloh taoloning o‘ziga hamd aytaman!»—dedim Olloh taolo «Innallaziyna jo’u bil-ifki usbatun minkum» (ya’ni, «Bo‘hton to‘quvchilar o‘zlaringizning qarindoshlaringizdur») deb boshlanadirgan jami o‘nta oyat nozil qilgan erdi. Olloh mening pokligim haqidagi ana shu oyatlarni nozil qilgach, otam «Olloh haqi, Oishaga tuhmat qilgani uchun bundan buyon Mistahga bir chaqa ham bermayman!»—dedilar. Shunda Olloh taolo ushbu oyatni nozil qildi: «Oralaringizdagi fazlu saxovat egalari o‘z qarin-doshlariga, miskinu muhojirlarga mablag‘ birla yordam qilmaslikka ont ichmasinlar, ularning gunohlarini avf qilsinlar, do‘stlashsinlar! Ollohning sizlarni mag‘firat qilmog‘ini istamaysizlarmi? Olloh gunohlarni kechiruvchi, mehribon zotdur!». Bu oyatni eshitib, otam Abu Bakr: «Olloh taolo haqi, albatta men Ollohning meni mag‘firat qilmog‘i-ni istayman!»—dedilar, so‘ng Mistahga ilgarigidek yana yordam bera boshladilar-da: «Olloh haqi, men bu yordamimni umrim boricha to‘xtatmayman» — dedilar. Janob Rasululloh mening haqimda Zaynab binti Jahshdan: «Oisha haqida nima bilasan yoki ko‘rgansan?» — deb so‘rabdilar: «Ey Ollohning rasuli, men qulog‘im birlan ko‘zimni doim ehtiyot qilurman, Oishani ersa faqat yaxshi deb bilurman'»— debdi. Zaynab doimo meni Janob Rasulullohning boshqa xotinlaridan himoya qilib yurar erdi, buning uchun Olloh taolo uni taqvodor qilib, yomon ishlardan saqladi. Uning singlisi Hamna binti Jahsh ersa doim onasi birlan urushib yurardi, Olloh uni ham bo‘htonchilarga qo‘shib sharmanda qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:31:23
Ibn Shihob: «Bo‘htonchilar haqidagi hadis mana shundan iboratdur»,— deydilar.

Urva rivoyat qiladilar: «Bo‘htonchilardan biri: «Subhonalloh, meni yaratgan parvardigorim haqi, bundan buyon hech qachon ayolni malomat qilmayman!» —dedi. «Ozgina vaqtdan keyin shu kishi Olloh yo‘lida shahid bo‘lib ketdi»,— deydilar Oisha onamiz»

Zuhriy rivoyat qiladilar: «Menga Valid ibn Abdulmalik «Eshitdingmzmi' Ali ham Oishani xaqorat kilgan kishilar ichida bor erkan»,— dedi. Men: «Io‘q, lekin sizning qavmingizdan ikki kishi — Abu Salama ibn Abdurrahmon va Abu Nakr ibn Abdurrahmon ibn al-Harsning menga xabar berishlaricha, Oisha raziyallohu anho ularga: «Ali mening haqimda xech narsa demagan»,— debdilar»,— dedim». Bu masala xaqida Zuhriydan qayta so‘ralganda, u kishi Validning gapi xato erkanligini, Hazrat Ali Oisha xaqlarida bo‘hton qilmaganliklarini aytgan. «Asl ul-Atiq» kitobida ham shunday deb rivoyat qilingan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:31:42
Oisha raziyallohu anhoning onalari Ummu Rumon bunday deb rivoyat hilidilar: «Men Oisha birlan birga o‘ltirgan erdim bir ansoriya ayol kirib keldi-da: «Falonchining Olloh taolo jazosini bersin!» — deb qayta-qayta qarg‘andi.

Nechun qarg‘ayotirsiz?» — deb so‘radim. Ayol: «Ug‘lim ig‘vogarlarga ko‘shilib qolibdi»,— dedi. «Qanday ig‘vo?» — deb so‘radim. Shunda ayol Oisha haqida to‘qilgan, hammaga tarqalgan bo‘hton haqida so‘zlab berdi. Oisha: «Bu gapni Janob Rasululloh ham eshitganmilar?»—deb so‘radi. Ayol:

«Ha», - dedi. Oisha: «Abu Bakr Siddiq ham xabardordirdirlar?»~dedi. Ayol. «Ha, xabardorlar»,— dedi. Bu gapni yeshitgach, Oisha behush bo‘lib yiqildi. Uzoq yotib, ko‘zini ochganda qattiq isitma butun vujudini titratar erdi. Men UNI qalin libosi birlan o‘rab qo‘ydim. Janob Rasululloh kelganlarida: «Yo Rasulalloh, uni bezgak tutib, isitma olayotir!»— dedim. «Anavi gaplarni eshitgandur-da?!» — dedilar Janob Rasululloh. «Ha, eshitdim!» — dedi Oisha va o‘rnidan turib o‘ltirdi, keyin: «Olloh taolo haqi, qasam ichganim birlan menga ishonmagaysizlar, uzrimni ayqam, qabul qilmagaysizlar, men birlan sizlar Ya’qub birlan UNING o‘g‘illariga o‘xshaymiz, Olloh taolo: «Olloh o‘zingiz ta’riflagaiingizdek, madadkordur!» — deganku!» — dedi. Janob Rasulullox bu gapni eshitib, indamay chiqib ketdilar. Olloh taolo oyat nozil qilib, Oishaning pokdomon erkanligini xabar qildi. Shunda Oisha Janob Rasulullohga: «Men buning uchun biror kishiga, hatto sizga ham minnatdorchilik bildirmayman, faqat Olloh taologa shukr qiliman.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:31:57
Ibn Abu Mulayka bunday deydilar: «Oisha raziyallohu anho oyatdagi «Iz talaqqavnahu bi-alsinatikum» («Vaqtiki sizlar tillariigiz ila uni naql qilur erdingizlar...») degan so‘zlarni «Iz taliquunahu bi-alsinatikum...» («Vaqtiki sizlar tillaringiz ila unga tuhmat qilishingizni quymas erdingizlar ...» deb qiroat qilar erdi-da, «Al-Valqu al-kazibu» («Al-Valq tuhmatdir») deb qo‘yar erdi».

Ibn Abu Mulayka: «Oisha tuhmat haqidagi oyatlarni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq bilur erdi, chunki bu oyatlar uning xususida nozil bo‘lgan erdi-da!»—deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:32:08
Urva ibn Zubayr bunday deydilar: «Men Oishaning huzurida Hassonni so‘ka boshladim, Oisha meni qaytarib, bunday dedi: «So‘kma uni, chunki Hasson Janob Rasulullohning obro‘larini himoya qilib she’r yozadi. Bir kuni Hasson Janob Rasulullohdan mushriklarni hajv qilmoqqa ruxsat so‘radi. Janob Rasululloh: «Quraysh mushriklarini hajv qilayotganingda mening nasabimga ham til tekkizursanmi?»— dedilar. Hasson: «Sizni ular orasidan hamirdan qil sug‘urgandek ajratib olgayman!» — deb javob berdi».

Hishom otalari Urvadan nakl qiladilar: «Men Hassonni so‘kkanman, chunki u Oishaga eng ko‘p bo‘hton qilgan kishi erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:32:19
Masruqdan nakl qilinadi: «Biz Oishaning huzuriga kirsak, Hasson ibn Sobit yonida o‘ltirib, unga bag‘ishlagan quyidagi she’rini o‘qib berayotgan erkan:
«Hayolidur, vafolidur, iboli. Sira bilmas nadur ig‘vo xayoli!»

Hasson yuqoridagi baytni o‘qib bo‘lishi hamonoq, Oisha unga: «Ammo, o‘zing shunday odam ermassan!»—dedi. Men Oishaga: «Nima uchun huzuringizga kirmoqqa unga ijozat berdingiz? Axir, Olloh taolo: «Pokdomon ayollarga tuhmat qilib, o‘ziga katta gunoh orttirgan kishiga qattiq azob bordur!» — degan-ku?!» — dedim. Oisha: «Ko‘r bo‘lib qolmoq-dan ortiqroq azob bormi?!» — dedi (Hasson ko‘r bo‘lib qolgan erdi). Keyin, Oisha: «Ilgarilari u Janob Rasulul-lohning obro‘larini himoya qilib mushriklarni hajv qilur erdi»,— deb qo‘ydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:32:35
37- bob. Hudaybiya g‘azoti hamda Olloh taoloning «Olloh taolo daraxt tagida sizga bay’at qilgan mo‘minlardan rozi bo‘ldi» degan oyati karimasi haqida

Zayd ibn Xolid aytadilar: «Biz Hudaybiya yili Janob Rasululloh birlan birga safarga chiqdik. Tunlardan birida yomg‘ir yog‘di. Janob Rasululloh ertalab bomdodni o‘qiganlaridan so‘ng, yuzlarini bizga qaratdilar-da: «Bilasizlarmi, parvardigoringiz nima deyayotir?»—dedilar. Biz: «Olloh va uning rasuli bilur»,— dedik. «Olloh aytur-ki,— dedilar Janob Rasululloh,— bandalarim ikki toifaga bo‘lindi, biri — menga iymon keltirganlar va yana biri — kofir bo‘lganlar. Qaysi bandam: «Bizga yomg‘ir Ollohning rahmati, rizqi va fazli sababidan yog‘di»,— desa, menga iymon keltirgan kishidur. Agar: «Falon yulduz sababli yog‘di»,— desa, yulduzga iymon keltirib, menga kofir bo‘lgan kishidur».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu xabar beradilar: «Janob Rasululloh to‘rt marta umra qilganlar, uchtasi zulqa’da oyida bo‘lib, (zulhijja oyida) bir marta haj birlan birga umra ham qilganlar. Zulqa’da oyida qilgan umralari — Hudaybiya umrasi, kelgusi yildagi umralari, Ji’rona umrasi (bu yerda Hunayn g‘azotida olingan o‘ljalar taqsimlangan erdi) va oxirgisi haj birlan birga qilgan umralaridir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:32:49
Abdulloh ibn Abu Qatoda otalaridan naql qiladilarki, otalari bunday degan erkanlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Hudaybiya yili (Makka tomon) yo‘lga chiqdik, barcha sahobalar ehrom kiyib olishgan, men ersam ehrom kiymagan erdim».

Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «Sizlar fath deb Makka fathini aytasizlar, darhaqiqat Makka fathi ham fathdur, ammo biz Hudaybiya kunidagi Bay’atur-rizvonni fath deb ataymiz. Payg‘ambar alayhissalomni qo‘shib hisoblasak, bir ming to‘rt yuz kishi erdik. Xudaybiya bir quduq bo‘lib, biz uning suvini oxirgi qatrasigacha qo‘ymay tortib oldik. Janob Rasululloh buni eshitib keldilar-da, quduqning labiga o‘ltirdilar, keyin bir idishda suv so‘radilar, u birlan tahorat qildilar, og‘iz chayqadilar, qolganini duo o‘qib quduqqa quydilar. Bir oz muddat kutdik, keyin quduqdan o‘zimiz ham, otlarimiz ham qonadirgan miqdorda suv chiqdi».

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hudaybiya kuni odamlar tashna bo‘ldilar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilarida bir idishda suv bo‘lib, tahorat qildilar. Odamlar Janob Rasulullohning qoshlariga kelishdi, ul zot ulardan: «Ne ishingiz bor?» — deb so‘radilar. Odamlar: «Yo Rasulalloh! Tahoratga ham, ichishga ham qo‘lingizdagi suvdan bo‘lak suv yo‘qdur»,— deyishdi. Shunda Janob Rasululloh panjalari birlan idish og‘zini yopib erdilar, barmoqlari orasidan buloq yanglig‘ suv qaynab chiqa boshladi. Undan hammamiz to‘yib ichdik, tahorat ham qilib oldik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:32:59
Solim raziyallohu anhu: «Men Jobirdan: «Usha kuni necha kishi erdingizlar?» — deb so‘rasam, u: «Agar yuz ming kishi bulganimizda ham hammamizga yetar erdi, biz ersak o‘shanda bir ming besh yuz kishi erdik»,— dedi»,— deydilar.

Qatoda raziyallohu aihu rivoyat qiladilar: «Men Sa’id ibn Musayyabga: «Eshitishimcha, Jobir Hudaybiyada bir ming to‘rt yuz kishi bo‘lganliklarini aytibdi»,— dedim. Sa’id menga: «Jobirning menga aytishicha, Hudaybiya kuni payg‘ambarimizga bay’at qilgan kishilarning soni bir ming besh yuz kishi bo‘lgan»—dedi».

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hudaybiya kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga: -Sizlar yer yuzi ahlining eng yaxshisidursizlar»,— dedilar. Biz o‘shanda bir ming to‘rt yuz kishi erdik. Agar hozir ko‘zim ochiq bo‘lganda, o‘sha tagida bay’at qilingan daraxtni ko‘rsatar erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:33:14
Abdulloh ibn Abu Avfo rivoyat qiladilar: «Daraxt tagida bay’at qilgan kishilarning soni bir ming uch yuz kishi erdi. Aslam qabilasi muhojirlarning sakkizdan bir qismini tashkil qilardi».

Daraxt tagida bay’at qilganlardan biri bo‘lmish Mirdos al-Aslamiy: «Yaxshi odamlar birin-ketin bu dunyodan o‘tib ketyaptilar. Xurmo va arpaning chiqiti tagida qolgandek, Olloh taolo huzurida e’tibori yo‘q kishilar qolyapti»,— deydilar.

Marvon va Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bir ming qanchayam ashoblari birlan Hudaybiya kuni yo‘lga chiqdilar. Zulhulayfa degan joyga kelganda qurbonlikka atalgan tuyalari bo‘yniga qurbonlik erkanligini anglatadirgan nishon osib hamda o‘rkachini qonatib qo‘ydilar. Keyin, shu yerda turib ehrom bog‘ladilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:33:24
Ali ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Men bu hadisni Sufyondan necha marta eshitganman, hatto u kishi: «Qonatiladirgan va nishon osiladirgan joyning qaerda erkanligini Zuhriydan eshitdi-mu, ammo eslab qololmadim»,— deb aytgandilar».

Abdurrahmop ibn Abu Laylo Ka’b ibn Ujra haqida bunday deb rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh uning boshidagi bitlar yuziga o‘rmalab tushayotganini ko‘rib: «Bu jonivorlar seni qiynayaptimi?»—deb so‘radilar. Ka’b: «Ha»,— degandan keyin, Janob Rasululloh unga sochini oldirib tashlashni buyurdilar. Shunda u Hudaybiyada turgan erdi. Janob Rasululloh boshqa sahobalarning ham shu yerda ehromdan chiqish yoki chiqmasliklari haqida aniq bir gap aytmadilar, sahobalar Makkaga kirish niyatida erdilar. Shu asnoda Olloh taolo fidya (jarima, tovon) haqida oyat nozil qildi. Janob Rasululloh Ka’bga bitlab ketgani uchun olti miskinning qornini to‘yg‘azishni yoki bir qo‘y qurbonlik qilishni yohud uch kun ro‘za tutishni amr qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:33:39
Yazid ibn Aslamning otalari rivoyat qiladilar: «Men Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu birlan birga bozorga chiqdim. Shunda Hazrat Umarga bir yosh ayol duch kelib « Ey mo‘minlar amiri' Erim halok bo‘ldi, bir necha sag‘ir go‘daklar birlan qoldim. Olloh taolo haqi, ularga berishga na suyak-saloq na don-dun va na sut yo‘q, (erkagim yo‘qligidan) ularni qashqirlar yeb ketmasaydi, deb qo‘rqaman Otam Janob Rasululloh birlan birga Hudaybiyada bo‘lganlar, men Xufof ibn Aymo al-G’iforiyning qiziman»,— dedi Hazrat Umar ayol birlan biroz suhbatlashgandan keyin, «O’z qarindoshing oldiga xush kelibsan » deb uylari yonida bog‘liq turgan bahaybat tuyalari oldiga bordilar-da unga yeguliklar to‘la ikki meshni yukladilar, meshlar orasiga kiyim-kechak va pul ham joyladilar, so‘ng tuyaning tizginini ayol qo‘liga tutqazib «Tuyani yetakla, Olloh taolo biror xayriyat yuborguncha senga yetib turadi'»—dedilar. Shunda bir kishi «Ey amiralmu’minin, unga ko‘p narsa berib yubordingiz!» —dedi.

Hazrat Umar «Ey onang sendan ajrab qolgur Olloh taolo haqi, men bu ayolning otasi birlan akasining bir necha vaqt qo‘rg‘onni qamal qilib, so‘ng uni fath qilishganini ko‘rganman Biz o‘sha ikkovining nasibasidan bu ayolga ozgina berdik, xolos», - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:33:56
Sa’id ibn al-Musayyabning otalari «Tagida bay’at qilingan daraxtni ko‘rgan erdim, keyin o‘sha daraxtni qidirib topolmadim», - deydilar. Imom Buxoriy «Mahmud ham «Usha daraxt yodimdan chiqartirildi» deb aytgan»,— deydilar (Sahobalar Hudaybiyada bir katta daraxtnish ostida Janob Rasulullohning qo‘llariga qo‘llarini qo‘yib, «Hayotimning oxirigacha sizga itoat qilurman, Olloh taolo nimani buyurgan ersa, ado qilurman, nimadan qaytargan ersa undan saqlanurman » deb bay’at qilgan bo‘lib, bu bay’at Bai’aturrizvon deb ataladi Keyinchalik, bu daraxt Olloh taolo tomonidan sahobalarning eslaridan chiqarilgan, chunki Janob Rasulullohdan keyin musulmonlar mazkur daraxtni muqaddas bilib, uni tavof qilib, yo‘ldan ozib ketishlari mumkin erdi).

Toriq ibn Abdurrahmon bunday deydilar «Men haj safariga ketayotgan erdim, yo‘lda namoz o‘qiyotgan bir qavmni ko‘rdim. Odamlardan «Bu qanday (masjid) sajdagoh» — deb so‘radim. Ular «Bu Janob Rasululloh tagida sahobalarni bay’at qildirgan o‘sha daraxtdir»,— deyishdi So‘ng, men Sa’id ibn Musayyabning huzuriga borib, buni aytgan erdim, u «Otam o‘sha daraxt tagida bay’at qilgan sahobalardan biri bo‘lganlar, u kishi menga «Bay’atdan bir yil keyin, biz qaytib borib o‘sha daraxtni qidirdik, lekin eslay olmadik, Olloh taolo uni topishga imkon bermadi»,— deb erdilar. Muhammad sallallohu alayhi va sallamning sahobalari topolmagan daraxtni sizlar topgan bo‘lsangizlar, unda sizlar o‘ta «bilimdon» bo‘lib ketibsizlarku!»- dedi kesatib.

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:34:19
Toriq bundai deydilar «Sa’id ibn Musayyabning oldida mazkur daraxt haqida gapirildi. Shunda Said  kuldi-da: « Mening otam o‘sha bay’atda qatnashgan erdilar, bu haqda menga gapirib bergan erdilar», — dedi».

Daraxt tagida bay’at qilganlardan biri bo‘lmish Abdulloh ibn Abu Avfo rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayxi va sallamning odati shariflari shunday erdiki, agar u kishiga biror qavm sadaqa olib kelsa, «Ey Olloh, bularni o‘zing yarlaqagaysan! — derdilar Chunonchi, mening ogam u kishiga sadaqa. olib kelganlarida «Ey Olloh, Abu Avfoning oilasini O’zing yarlaqagaysan'» — deb duo qildilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:34:33
Ibod ibn Tamim rivoyat qiladilar: «Harra kuni odamlar Abdulloh ibn Hanzalaga bay’at qildilar, shunda Abdulloh ibn Zayd ibn Osim Nechun odamlar Ibn Hanzalaga bay’at qilayotirlar?» — deb so‘radi Odamlar «Ulimga» — deyishdi. Ibn Zayd Men Janob Rasulullohga shunday deb bayat qilganman, endi hech kimga bundan deb bay’at qilmagaiman'» — dedi. U Janob Rasululloh birlan birga Hudaibiyada qatnashgan erdi.

Daraxt tagida bay’at qilganlardan bo‘lmish Salama ibn al-Akva’ «Biz Payg‘ambar alayhissalom birlan birga juma namozini o‘qib uy-uyimizga tarqab ketar erdik. Usha vaqtlarda kunning nihoyatda . tikligidan devorlarning soyasi bo‘lmas, o‘zimizni soyaga ololmas erdik», — deydilar.

Yazid ibn Abu Ubayd rivoyat qiladilar: «Men Salama ibn al-Akva’dan «Hudaybiya kuni Janob Rasulullohga nima uchun bay’at qildingizlar» — deb so‘radim. U kishi menga «Ulimga», — deb javob berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:34:42
Musayyab ibn Rofi’ bunday deydilar: «Men Barro ibn Ozibga duch kelib, u kishiga «Baraka topingiz, Janob Rasulullohga sahobiy bo‘ldingiz, daraxt tagida u kishiga bay’at qildingiz » — dedim Shunda Barro «Ey jiyanim, Janob Rasulullohdan so‘ng qanday fitnalar sodir bo‘lganidan siz bexabarsiz» — dedilar»

Abu Qiloba rivoyat qiladilar «Sobit ibn Zahhokning uzi aytishicha, u ham Janob Rasulullohga daraxt tagida bay’at qilganlardan erkan».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deydilar «Olloh taoloning «Inno fatahno laka fathan mubiynan'», ya’ni «Darhaqiqat, biz sizga ulug‘ bir fathni muyassar qildik » degan so‘zidagi fath (g‘alaba) Hudaybiyada muyassar buldi. Bu oyat nozil bo‘lganda sahobalar «Muborak bo‘lsin Muborak bo‘lsin! Olloh taolo bizga yana ne va’da qildi?» — deyishdi. Shunda Olloh taolo «Mo‘minlar birlan mo‘minalarni tagidan anhorlar oqib turadirgan jannatlarga kiritadi!» degan oyatni nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:34:52
Sho‘‘ba bunday deydilar: «Men Kufaga kelib: «Bu hadisning barchasini Qatoda rivoyat qilganlar»,— dedim. Keyin, qaytib kelib Qatodaga aytganimda, u kishi: «Inno fatahnoni Anas ibn Molikdan, «Haniy’an, mariy’an»ni Ikrimadan eshitganman»,— dedilar».

Majza’a ibn Zohir al-Aslamiy daraxt tagida bay’at qilganlardan bo‘lmish otalaridan naql qilib bunday deydilar: «Men eshak go‘shti solib pishirilayotgan qozon tagiga o‘t qalayotgan erdim. Shu payt Janob Rasulullohning jarchilari: «Janob Rasulullox eshak go‘shtini sizlarga man’ etdilar!» — deb qichqirib qoldi».

Majza’a daraxt tagida bay’at qilganlardan bo‘lmish Aslam qabilasiga mansub bir sahoba haqida so‘zlab: «Uning otasi Ahbon ibn Avsning tizzasi og‘rir erdi, har vaqt sajda qilayotganida tizzasi ostiga yostiq qo‘yib olar erdi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:35:22
Daraxt tagida bay’at qilganlardan biri Suvayd ibn Nu’mon: «Janob Rasululloh va ul zotning ashoblariga talqon keltirildi, uni og‘izlariga solib shimib o‘ltirishdi», — deydilar.

Abu Jamra bunday deydilar- «Men Janob Rasulullohning Bay’aturrizvonda qatnashgan ashoblaridan bo‘lmish Oiz ibn Amrdan: «Kechaning boshida vitr o‘qigan odam sahar paytida ham vitr o‘qisa, bo‘ladimi?» — deb so‘raganimda, u kishi: «Agar kechaning boshida vitr o‘qigan bo‘lsang, oxirida vitr o‘qima» —dedilar».

Zayd ibn Aslam otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarlaridan birida yo‘lda ketayotgan erdilar. Umar ibn al-Xattob Janob Rasulullohdan bir narsa haqida so‘radilar, ul zot javob bermadilar, ikkinchi marta so‘radilar, yana javob bermadilar, uchinchi marta so‘radilar, yana javob bermadilar. Hazrat Umar bunday deydilar: «Men o‘zimga o‘zim: «Onang seni yo‘qotib qo‘ygur, ey Umar! Sen surbetlik birlan uch marta Janob Rasulullohdan so‘rading, u kishi javob bermadi-lar»,— deb tuyamni tezlatib, sahobalarning oldiga o‘tdim, mening haqimda oyat nozil bo‘lib qolmasa erdi, deb qo‘rqdim. Shu payt meni bir kishi qattiq ovoz birlan chaqirib qoldi. Shunda. «Mening haqimda oyat nozil bo‘lib qolmasa erdi, deb aytmabmi erdim!»— dedim-da, Janob Rasulullohning yonlariga kelib, u kishiga salom berdim. Janob Rasululloh menga: «Bu kecha menga bir sura nozil bo‘ldi,,u quyosh yoritib turgan mana shu dunyodan menga mahbubroqdur!»— dedilar Keyin, «Inno fatahno laka fathan mubiynan!» deb qiroat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:35:30
Misvar ibn Maxrama va Marvon ibn Hakamdap naql qilinadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hudaybiya yili ashoblaridan bir ming qanchayam kishi birlan birga yo‘lga chiqdilar. Zulhulayfa degan joyga kelganda qurbonlikka atalgan tuyalari bo‘yniga nishon osib, keyin o‘rkachidan qon chiqardilar va umraga ehrom bog‘ladi-lar. Oldinga ayg‘oqchi yuborib, o‘zlari boshqalar birlan birga yo‘lda davom etdilar. G’adiyr ul-Ashtotga yetganlarida josus qaytib kelib: «Quraysh sizga qarshi odam to‘playotir, turli qabilalardan ko‘plab kishilar yig‘ilayotir, ular siz birlan urishib, sizni Baytullohga kiritmoqchi ermaslar»,— dedi. Janob Rasululloh: «Ey odamlar. menga yo‘l ko‘rsatingizlar! Mening Baytullohga kirishimga to‘sqinlik qiladirganlarning xotinu bola-chaqalarini qo‘lga olsam, nima deysizlar? Agar ular yaxshilikcha taslim bo‘lib oldimizga kelsalar, xo‘b-xo‘b, basharti kelmay dushmanchilik qilsalar, unda Olloh taolo allaqachonlar mushriklardan ko‘z yumgan (yuz o‘girgan) bo‘lib, biz ularni xonavayron qilib ketgaymiz!» — dedilar. Shunda Abu Bakr Siddiq: «Ey Ollohning rasuli, mana shu Baytullohni tavof qilmoq niyatidagina yo‘lga chiqqansiz, ularning birortasini o‘ldirish yoki birortasi birlan urushish uchun chiqmagansiz, shuning uchun Ka’baga qarab yuraveringiz, agar bizni Ka’baga ko‘ymasalar, unda urishaveramiz!»— dedilar. Janob Rasululloh (maslahatga ko‘nib): «Olloh taolo ismini aytib, ildam yuraveringizlar!» —deb amr qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:35:38
Misvar ibn Maxrama va Marvon ibn Hakamlar «Hudaybiya umrasi» vaktida bo‘lgan voqealardan yana birini rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Suhayl ibn Amr o‘rtasida ma’lum muddatli sulh tuzilganda, Suhayl «Biz tarafdan biror kishi siz tomonga qochib o‘qa, agar u musulmon bo‘lsa ham, bizga qaytarasiz, biz u qochoq birlan o‘zimiz gaplashib olamiz, siz aralashmaysiz» degan shartni qo‘ydi. Janob Rasululloh e’tiroz bildirganlarida, Suhayl: «Shunga rozi bo‘lsangiz, mayli, bo‘lmasa yo‘q!» — dedi. Ul zot darg‘azab bo‘ldilar, shartni yumshatishga ko‘p urindilar. Lekin, Suhayl shartni yumshatishdan bosh tortgandan so‘ng, Janob Rasulullohning sulhni imzolashdan boshqa ilojlari qolmadi. Endigina imzolangan shartnomaga binoan Janob 'Rasululloh Abu Jandal ibn Suhaylni darhol otasi Suhayl ibn Amrga topshirdilar. Janob Rasululloh o‘sha shartlashilgan muddat davomida mushriklar tomonidan o‘zlari tarafga o‘tib kelgan har Qanday erkakni, musulmon bo‘lsa-da, orqasiga qaytarib yubordilar. Keyin, mo‘mina ayollar hijrat qilib kelib qolishdi. Ular birlan Uqba ibn Abu Mu’aytning Ummu Gulsum ismli qizi ham Janob Rasulullohning huzurlariga kelgan bo‘lib, u bo‘yi yetgan, lekin erga chiqmagan qiz erdi. Uning qarindoshlari Janob Rasulullohning qoshlariga kelib, uni qaytarib berishni talab qilishdi, shu vaqtda mo‘mina ayollar haqida Olloh taolo oyat nozil qilib qoldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:35:56
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hijrat qilib kelgan mo‘mina ayollarni ular xususida nozil bo‘lgan «Ey Muhammad, agar qoshingizga mo‘mina ayollar kelsalar, sizga bay’at qiladilar» degan oyatga binoan imtihon qilib ko‘rur erdilar».

Nofi’ bunday deydilar: «Abdulloh ibn Umar fitna sodir bo‘lgan kunlari umraga ehrom bog‘lab chiqib: «Agar Baytullohga kiritmasalar, Janob Rasululloh kilgan ishlarini qilamiz!» — dedi. Shuning uchun ham Abdulloh Janob Rasululloh Hudaybiyada qilganlaridek umraga talbiya aytib chiqdi».

«Ibn Umar,— deydilar Nofi’,— baland ovoz birlan umraga talbiya aytib chikdi-da: «Agar men birlan Ka’ba o‘rtasida (kofirlar) turib olishsa, Hudaybiyada Quraysh yo‘lni to‘sganda Janob Rasululloh ne qilgan bo‘lsalar, men ham shunday qilaman!» — dedi, keyin «Batahqiq, sizlar uchun Rasulullohda yaxshi ibrat mavjud» degan oyati karimani o‘qidi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:36:09
Ubaydulloh ibn Abdulloh va Solim ibn Abdulloh otalari Abdulloh ibn Umarga: «Agar bu yil ham haj qilsangiz, qo‘rqamizki, Baytullohga yetolmay qolasiz, chunki mushriklar yo‘lni to‘sib qo‘yishlari mumkin»,— deyishdi. Shunda Abdulloh ibn Umar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga umra qilgani chiqqan erdik, Quraysh kofirlari Baytullohning yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Janob Rasululloh darhol jonliqni so‘ydilar, sochlarini oldirdilar, ashoblari ham sochlarini qisqartirishdi. Sizlar guvoh bo‘lingizlar, men ham umrani niyat qildim. Agar yo‘l ochiq bo‘lsa, Ka’bani tavof qilaman, basharti to‘siq bo‘lsa, unda Janob Rasululloh ne qilgan bo‘lsalar, shuni qilaman!» — dedi. Keyin, biroz yo‘l yurgach: «Haj birlan umrani ado etmoqni zimmamga oldim, sizlar guvoh bo‘lingizlar!» — dedi. Abdulloh ibn Umar Ka’bani bir bor tavof qilib, Safo va Marvada bir bor sa’y qilgach, birvarakayiga ham haj, ham umradan qutilib, ehromdan chiqdi».

Nofi’ rivoyat qiladilar: «Odamlar: «Abdulloh ibn Umar otasi Umardan oldin musulmon bo‘lgan»,— deyishadir, aslida unday ermas. Voqea bunday bo‘lgan erdi: Hazrat Umar Hudaybiya kuni Abdullohni «Otimni olib kel!» deb bir ansoriyning uyiga yubordilar, «Otimni olib kelsa, minib urushga chiqaman» deb erdilar. Bu vaqtda Janob Rasululloh bir daraxt ostida sahobalarni o‘zlariga bay’at qildirayotgan, Hazrat Umar ersalar bundan bexabar erdilar. Abdulloh dastavval Janob Rasulullohga bay’at qilib, keyin otni olib kelgani bordi. Otni Hazrat Umarga olib kelganda, u kishi sovut kiyib, jangga tayyor bo‘lib turgan erdilar. Abdulloh otasiga bay’at haqida xabar bergandan keyin, Hazrat Umar ham o‘g‘illari birlan birga borib, Janob Rasulullohga bay’at qilib keldilar. Odamlarning «Umarning o‘g‘li otasidan avval islomga kirgan» deyishining sababi shudir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:36:18
Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Hudaybiya kuni odamlar Janob Rasululloh birlan birga daraxtlarning soyasida dam olishayotgan erdi. Birdan, hammalari ul zotni qurshab olishdi. Shunda Hazrat Umar: «Ey Abdulloh, qarachi, ne bo‘ldi erkan, odamlar Janob Rasulullohni qurshab olishibdi?» — dedilar. Abdulloh borib qarasa, odamlar Janob Rasulullohga bay’at qilayotirlar, shunda u ham bay’at qilib, keyin Hazrat Umarga kelib bu haqda aytdi, Hazrat Umar ham borib, bay’at qildilar».

Abdulloh ibn Abu Avfo: «Biz Janob Rasululloh birlan birga umrada erdik. Shunda Ka’bani tavof qildilar, biz ham tavof qildik, namoz o‘qidilar, biz ham birga namoz o‘qidik, Safo birlan Marva o‘rtasida sa’y qildilar, biz ersak Janob Rasulullohni zarar yetkazmasin, deb Makka ahlidan to‘sib yurdik»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:36:47
Abu Voil rivoyat qiladilar: «Sahl ibn Hunayf Siffin voqeasidan qaytib kelganda biz undan xabar olgani bordik. Shunda u: «(Diyningiz xususida) noto‘g‘ri fikr yuritmangiz! Men Abu Jandal kuni shunday ahvolga tushgan erdimki, hatto qo‘limdan kelsa, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning amrlariga ham itoat qilmagan bo‘lur erdim. Biz (o‘shanda) qilichlarimizni, bizni quyushqondan chiqarsin, deb ermas, balki bu fitnaning oldini olib, bizni o‘zimiz bilgan osonroq ishga (ya’ni, kelishuvga) erishtirsin, degan maqsaddagina bo‘ynimizga osib chiqqan erdik. (Afsuski), bir fitnani tugatdik degunimizcha, ikkinchi fitna sodir bo‘lardi, hatto biz ne qilmog‘imizni bilolmay qoldik»,— dedi».

Ka’b ibn Ujra bunday deydilar: «Hudaybiya kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tepamga keldilar, shunda boshimdagi bitlar yuzimga o‘rmalab tushayotgan erdi. Boshingdagi jonivorlar seni qiynayotirmi?» — deb so‘radilar. «Ha»,— deganimdan keyin: «Unday ersa sochingni oldirgin-da, uch kun ro‘za tutgin yoki olti miskinni to‘ydirgin yohud bir qo‘yni qurbonlik qilgin!»— deb buyurdilar». Ayyub: «Ka’b bulardan qaysi birini ado etdi, bilmayman»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:36:55
Ka’b ibn Ujra bunday deydilar: «Biz Hudaybiyada Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga erdik, mushriklar yo‘limizni to‘sib qo‘ygan erdi. Mening sochim uzun bo‘lib, bitlar yuzimga o‘rmalab tushayotgan erdi. Shu asnoda Janob Rasululloh yonimdan o‘tib ketayotib: «Boshingdagi jonivorlar seni qiynayotirmi?» — dedilar. Men: «Ha»,— dedim. «(Bu xususda quyidagi) oyati karima nozil bo‘lgan»,— dedilar: «Birortangiz kasal bo‘lib, (hajga borolmasangiz) yoki boshingizda sizga ozor yetkazadirgan narsalar bo‘lsa, fidya (jarima) tariqasida ro‘za tutingiz yoki sadaqa beringiz yohud qurbonlik qilingiz!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:37:06
38- bob. Ukl va Urayna qissasi

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladshar: «Ukl va Urayna qabilasidan bir necha kishilar Madinaga, Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, kalima keltirib musulmon bo‘lishgach: «Ey Ollohning rasuli, biz chorva ahlimiz, dehqon emasmiz!» — deyishdi. Ular Madina havosi yoqmay, xastlanib qolishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularga cho‘ponlar oldiga borib, tuya suti va siydigidan ichib davolanishni buyurdilar. Ular Madinadan chiqib, Harra tomonga bordilar, u yerda sihat topib, semirib ketdilar. Keyin, islomdan qaytib, kofir bo‘ldilar, Janob Rasulullohning cho‘ponlarini o‘ldirib, tuyalarni haydab ketdilar. Bularning qilmishi Janob Rasulullohga ma’lum bo‘lgach, ularning ketidan odam jo‘natdilar. Xiyonatchilar tutib keltirildi, keyin ularning ko‘zlarini o‘yib, qo‘lu oyoqlarini kesib, cho‘lning bir chetiga tashlab qo‘ydilar, shu holda o‘lib ketishdi». Qatoda raziyallohu anhu: «Bizga yetib kelgan xabarga ko‘ra, Janob Rasululloh shu voqeadan keyin, sadaqa qilmoqqa chorlab, qo‘l-oyoqni kesish, ko‘zni o‘yishdan qaytaribdilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:37:14
Abu Qilobaning xizmatkorlari Abu Rajodan nakl kilinadiki, u kishi Abu Qiloba birlan birga Shomda bo‘lganida, Xalifa Umar ibn Abdulaziz bir kuni odamlardan: «Qasomat to‘g‘risida nima deysizlar?» —deb maslahat so‘rabdi. (Qasomat — qasam ichirish, ya’ni o‘ldirilgan kishining yaqinlari o‘ch olish o‘rniga xun talab qilsa, «Xun to‘lasangizlar, kifoya, o‘ch olmaymiz» deb ularga qasam ichiriladi). Shunda ulamolar bir ovozdan: «Janob Rasululloh ham, sizdan ilgarigi Xulafoi Roshidinlar ham shunday deb hukm qilganlar»,— deyishdi. Abu Qiloba xalifaning taxti orqasida turgan erdi, Anbasa ibn Sa’id unga: «Uraynaliklar haqida Anas rivoyat qilgan hadisning aslini kimdan eshitgansizlar?»—dedi. Shunda Abu Qiloba: «Menga uni Anas ibn Molik rivoyat qilib bergan»,— dedi. Keyin, Abdulaziz ibn Suhayb Anasdan naql qilib Urayna haqida, Abu Qiloba ersa Anasdan naql qilib Ukl haqida mufassal hikoya qilib berdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:37:38
39- bob. Zotu Qarad (Qurad) g‘azoti

Bu gazotda Janob Rasulullohning tuyalarini haydab ketishgan erdi.
Salama ibn al-Akva’ bunday deydilar: «Men bomdod namoziga azon aytilishidan oldin tashqariga chiqdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tuyalari Zotu Qaradda o‘tlab yurardi. Menga Abdurrahmon ibn Avfning xizmatkori yo‘liqib: «Janob Rasulullohning tuyalari tortib olindi»,— dedi. Men: «Kim tortib oldi?»—deb so‘radim. "G’atafon qabilasi kishilari»,— dedi. Men o‘g‘irlik sodir bo‘lganini bildirib uch bor qattiq baqirdim, shunda Madinaning ikki dashti oralig‘idagilarning barchasi ovozimni eshitibdi. Men tezda chopib borib, podani suvdan olib o‘tayotganlarida ularga yetib oldim. Mergan erdim, ularga nayza otayotib: «Men Akva’ning o‘g‘liman, bugun yaramaslarning halok bo‘ladirgan kunidir!» — dedim. So‘ng, qaroqchilarni o‘ldirib, tuyalarni qutqarib oldim hamda jasadlaridan o‘ttizta choponni yechib ham oldim. Janob Rasululloh odamlar birlan yetib keldilar, men ul zotga: «Ey Ollohning rasuli! Bular qattiq chanqagan erkan, suv ichgani qo‘ymadim, ularni hozir olib boraman»,— dedim.

Janob Rasululloh: «Ey Akva’ning o‘g‘li! Sen ularni egallading, endi ularning mushkilini yengillashtirgin!» — dedilar». (Bu so‘zlar dushmanning halok bo‘lganiga bir ishora bo‘lib, Janob Rasululloh Salama ibn al-Akva’ga o‘zlarining quvonchlarini izhor qilyaptilar, yolg‘iz o‘zi tuyalarni qutqargani uchun «egasisan» deb tashakkur aytyaptilar).

Salama ibn al-Akva’: «Keyin, Janob Rasululloh meni o‘z tuyalariga mingashtirib oldilar, izimizga qaytib Madinaga kirib keldik»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:38:04
40- bob. Xaybar g‘azoti

Suvayd ibn Nu’mon bunday deydilar: «Biz Xaybar yaqinidagi Sahbo degan joyga yetganimizda Janob Rasululloh asr o‘qidilar, keyin taom keltirishni buyurib erdilar, faqat talqon keltirishdi, uni suv birlan ho‘llab yedilar biz ham yedik. Keiin, o‘rinlaridan turib shom o‘qimoq uchun og‘iz chayqadilar biz ham og‘iz chayqadik, so‘ng tahorat olmay shom o‘qimoqqa tutindilar»

Salama ibn al-Akva’ rivoyat qiladilar «Biz Payg‘ambar alayhissalom birlan birga Xaybarga chiqdik, kechasi yo‘l yurdik Qavm ichidan bir kishi Omirga «Ey Omir, g‘azallaringdan bizga aytib bermaysanmi'»—dedi Omir shoir bo‘lib odamlarga bunday deb she’r o‘qiy boshladi «Gar o‘zing hidoyat qilmasang rabbim, Saxovat ibodatni bilmasdi qalbim Kechirgil, dilga sol xotirjamlikni, Tirik bormiz, senga jon fido doim. Nido qilsalar, biz hamisha tayyor, Motonat ato et bizga ey tangrim' Kofirlar maydonda panoh qidirur, Bizga panoh berur Ollohu karim'»

Janob Rasululloh: «Bu g‘azalni aytgan kim ?» — dedilar. Omir ibn al-Akva’, deb javob berishdi. Janob Rasululloh «Olloh taolo Omirni rahmat qilsin!» — deb duo qildilar. Shunda bir kishi: Yo Rasulalloh, duoingiz sharofati birlan Omirga (jannat) vojib bo‘ldi, koshki erdi bizga ham shuni tilasantiz »—dedi So‘ng, biz Xaybarga kelib, uni qamal qildik. Bizni ochlik qattiq qiynardi. Xayriyatki, Olloh taolo inoyat qilib Xaybar fath qilindi. Shu kuni kechqurun juda ko‘p olov yoqildi. Janob Rasululloh «Anavi olovlar nechun yeqildi?» deb so‘radilar Odamlar «Go‘sht pishirmoq uchun yoqildi , deyishdi. Janob Rasululloh «Qandai go‘shtni » - deb so‘ragan erdilar, «Xonaki eshak go‘shtini», — deb javob berishdi. Jaiob Rasululloh «Qozonlarni ag‘darib, sindirib tashlangiz» — dedilar Bir odam «Qozonlarni ag‘darib, so‘ng yuvsak bulmaydimi?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh «Yoki shundai qilingizlar»— deb qozonlarni yuvib pok qilishga ijozat berdilar.

Qavm saflanganda Omir bir yahudiining boldirini mo‘l qilich soldi, lekin qilichi kaltaligidan tig‘i o‘zining tizza kuziga tegib, shu birlan uldi. Janob Rasululloh (jangdan so‘ng) meni ko‘rib qo‘limdan tutgan holda «Senga ne bo‘ldi »—dedilar. Men: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, odamlar «Omirning butun amali habata bo‘ldi»,— deyishyapti , — dedim. Janob Rasululloh «Kimki shunday degan ersa bekor aytibdi! Omirga bu o‘limda ikki ajr bor, (Rasululloh ikki barmoqlarini jam’ qilib ko‘rsatdilar) u haqiqiy mujohidlarcha jihod qildi, bunday xislatli odam arablar orasida kamdir»- dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:38:21
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat kilidilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybarga kechasi keldilar. Ul zotning odati shariflari shunday erdiki, biror qavmning ustiga kechasi bostirib kelsalar, g‘orat qilmay, tong otguncha kutardilar. Bu safar ham shunday qildilar. Tong otganda yahudiylar zambilu ketmonlarini ko‘tarib ekinzorlariga chiqdi, birdan Janob Rasululloxni ko‘rib qolib «Xudo haqqi ana Muhammad, ana Muhammad, ana lashkar!»—deb baqira boshladi. Janob Rasululloh «Xaybar xarob bo‘ldi, biz biror qavmning yeriga kelib tushsak, qo‘rqqanidan bir-birini ogohlantiruvchilarning tongi omadsiz bo‘lur'» —dedilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat kiladilar «Biz Xaybarda tongni qarshiladik Xaybar ahli ekinzorlariga chiqib, Payg‘ambar alayhissalomni ko‘rishlari bilanoq «Ana Muhammad, ana Muhammad, ana lashkar'» — deya sarosimaga tushishdi. Janob Rasululloh «Ollohu akbar' Xaybar xarob buldi, biz biror qavmning yeriga kelib tushsak dahshatga tushib bir-birini ogohlantiruvchilarning tonggi omadsiz bo‘lur»— dedilar. Keiin biz eshak go‘shtini pishirayotgan erdik, ul zotning jarchilari «Olloh taolo va uning rasuli eshak go‘shtini harom qilgandir, chunki u iflosdur'» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:38:47
Anas ibi Molik bunday deydilar «Bir kishi kelib «Men eshak go‘shti yedim»,— dedi Janob Rasululloh indamdilar. Ikkinchi bir odam kelib u ham «Men eshak gUshti yedim»,— dedi, Janob Rasululloh unga ham iidamadilar. Uchinchi odam kelib «Men eshak go‘shtini tashlab yubor-dim»,— dedi Shundan keyin, Janob Rasululloh jarchiga buyurdilar VA odamlarga «Olloh taolo va uning rasuli sizlarni eshak gushti yeyishdan qaytaradi!» — deb e’lon qildi. Eshak go‘shti to‘la qozonlar ag‘darib tashlandi».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Paig‘ambar alayhissalom subh namozini g‘ira-shirada Xaybarga yaqin joyda o‘qidilar, keyin «Ollohu akbar! Xaybar xarob bo‘ldi, biz biror qavmning yeriga kelib tushsak, daxshatdan bir-birini ogohlantiruvchilarning tonggi qayg‘uli buladi» — dedilar. Tong otgach, bundan bexabar yahudiilar ko‘chalarda yura boshladilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularning urushga yaroqlisini o‘ldirdiilar, bola-chaqa va xotinlarini asir qildilar Asirlar orasida Safiiya ham bor bo‘lib, uni Dihya al-Kalbii o‘ziga cho‘ri qilib oldi. Keyin uni Janob Rasulullohga xadya kildi. Ul zot uni ozod qildilar, bu unga mahr bo‘ldi, keyin unga uylandilar. Abdulaziz ibn Suhayb Sobitga «Ey Abu Muhammad, sen Anasdan «Payg‘ambarimiz unga qanday mahr berganlar» deb so‘raganmiding?» — dedi, u shunda bosh irg‘ab tasdiqladi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:38:56
Abdulaziz ibn Suhayb bunday deydilar: «Payg‘ambar alaihissalom Safiyyani asir olib, keyin uni ozod qilgach, nikohlariga oldilar. Sobit Anasdan «Janob Rasululloh Safiyyaga qanday mahr berganlar?» — deb so‘raganda, u kishi «Janob Rasululloh unga ozodlikni mahr qilib bergan-lar»,— deb javob berdi».

Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat kiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mushriklar birlan to‘qnashdilar, o‘rtada qattiq jang bo‘ldi. Janob Rasululloh o‘z askarlarini ortga qaytarganlarida dushman ham o‘z qarorgohiga qaytdi. Janob Rasulullohning askarlari ichida bir odam bor erdi, u dushmanga omonlik bermay, qaysi joyda ko‘pchilikdan ajrab qolgan dushman bo‘lsa, o‘shani qiyrataverdi. Keyin, o‘sha odamni maqtab «Bugun jangda falonchidan ko‘ra ko‘proq jonbozlik ko‘rsatgan kishi bulmadi'» — dsyishdi. Shunda Janob Rasululloh «Ammo, bu odamning o‘zi do‘zax ahlidandur »— dedilar. Qavmdan bir kishi «Men shu odamga hamroh bo‘layin-chi, nima yomonlik qilar erkan » — deb u birlan birga jangga kirdi, to‘xtasa, to‘xtadi, tez yursa, tez yurdi. Bir payt o‘sha maqtalgan odam yarador bo‘ldi, keiin og‘riqqa chidamay, o‘limini tezlashtirish uchun qilichining dastasini yerga qo‘yib, tig‘ini ko‘ksiga tiradi-da, og‘irligini gashlab, o‘zini o‘zi halok qildi. Orqasidan borgan boyagi kishi Janob Rasulullohning qoshlariga kelib «Men guvohlik berurmanki, darhaqiqat siz Ollohning rasulisiz!»—dedi. «Nima bo‘ldi?» — deb so‘radilar Janob Rasululloh «Siz hozirgina bir kishini ahli do‘zax degan erdingiz. Bu gap ko‘pchilikka malol kelgan erdi. Men Janob Rasulullohning bashoratlari hikmatini bilib olayin, deb u birlan birga jangga kirgan erdim. U yarador bo‘lgach, o‘limini tezlatish uchun qilichini yerga qo‘yib, tig‘ini ko‘ksiga tiradi-da, o‘zini o‘zi o‘ldirdi» — dedim. Shunda Janob Rasululloh «Darhaqiqat, ba’zi kishi boshqalarning ko‘z oldida ahli jannatlarning amalini bajaradi, ammo o‘zi ahli do‘zax bo‘ladi va ba’zi kishi odamlarning ko‘z oldida ahli do‘zaxlarning amalini bajaradi, ammo o‘zi ahli jannat bo‘ladi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:39:09
Abu Hurayra roziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz Xaybar g‘azotida ishgirok qildik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlari birlan birga yurgan kishilardan biri haqida «Bu odam do‘zaxiydur!»—dedilar. Lekin, o‘sha odam shunday qattiq jang qildiki, a’zoi badani jarohatga to‘lib ketdi. Odamlar buni kurib Janob Rasulullohning boyagi so‘zlariga shubha bildirishlariga oz qoldi. Xaligi odam ersa ko‘p o‘tmay jarohatlari og‘rig‘iga chidayolmay, o‘qdonidan bir o‘q olib, o‘zini o‘zi otib o‘ldirdi. Bundan qattiq ta’sirlangan odamlar «Yo Rasulalloh! Olloh taolo so‘zingizni haqiqatga chiqardi, falonchi o‘zini o‘zi o‘ldir-di»,— deyishdi Janob Rasululloh «Ey Bilol, o‘rningdan turgil, jannatga faqat mo‘min kishigina kiradi, deb e’lon qilgil! Olloh taolo osiy bandasini ibrat qilib ham dinga madad bergay!» — dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybarga g‘azotga borganlarida odamlar bir vodiyga kelib tushdilar-da, ovozlarini baland ko‘tarib «Ollohu akbar, Ollohu akbar, lo iloha illallohu val-lohu akbar »—dedilar. Janob Rasululloh ularga «Ovozlaringizni pasaytiringizlar, sizlar bu yerda yo‘q zotga yoki garangga takbir aytayotganingiz yo‘q, sizlar eshituvchi, yaqin, doim o‘zlaringiz birlan birga bo‘lgan zotga da’vat qilyapsizlar!»—dedilar. Ushanda men Janob Rasulullohning tuyalariga mingashib olgan erdim, mening «Lo havla va lo quvvata illo billohil-aliyyil-azim!» deganimni eshitib: «Ey Abdulloh ibn Qays!» — dedilar, men «Labbayka yo Rasulalloh»—dedim. Janob Rasululloh «Men senga jannat xazinalaridan bo‘lmish bir kalimani o‘rgataymi » —dedilar. Men «Yo Ra-sulalloh, sizga ota-onam fido bo‘lsin, albatta o‘rgating!» — dedim. Shunda Janob Rasululloh «Lo havla va lo quvvata illo billohil-aliyyil-azim» dur»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:39:24
Yazid ibn Abu Ubayd bunday deydilar «Men Salama ibn al-Akva’ning boldirida jarohat o‘rnini ko‘rib: «Ey Abo Muslim, bu jarohat o‘rni qaerdan kelgan » — deb so‘ragan erdim, u «Bu jarohatni Xaybar janggida orttirganman, o‘shanda odamlar «Salama yaralanibdi»,— deb gapirishgan erdi. Men Payg‘ambar alayhissalomning oldilariga borgandim, jarohatimga uch marta dam urib qo‘ygan zrdilar, hanuzgacha oyog‘im og‘rimaydi»,— dedi».

Bu yerdagi hadis ham yuqoridagi hadislarni takrorlaydi.

Ibn Imron rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik raziyallohu anhu jum’a kuni ko‘pchilik odamlarning taylason (yahudiy millatiga xos bo‘lgan kiyim) kiyib olganini ko‘rib (norozi ohangda) «Xrzir bular Xaybar yahudiylariga o‘xshab qolibdi'»—dedi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:39:35
Salama ibn al-Akva’ rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali raziyallohu anhu Xaybar safarida Janob Rasulullohdan orqada qolgan erdilar, ko‘zlari og‘rir erdi. Uz-o‘zlariga «Men Janob Rasulullohdan orqada qolayotirman»,— dedilar-da, tezroq yurib Rasulullohga yetib oldilar Xaybar fath qilingan kundan avvalgi kechada dam olayotgan vaqtimizda Janob Rasululloh «Ertaga bayroqni Olloh taolo va uning rasuli yaxshi ko‘radirgan kishi oladi, Xaybar o‘sha odamning boshchilshida fath qilinadi»,— dedilar. Shunda har birimiz «Usha odam men bo‘lsam erdi!» — deb umid qildik. Lekin u Hazrat Ali erkanlar, Xaybar ertasiga u kishi boshchiligida fath qilindi»

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar kuni «Men ertaga mana shu bayroqni shunday bir odamga beramanki, Olloh taolo uning qo‘li birlan Xaybarni fath qiladi, o‘sha odam Ollohni va uning rasulini yaxish ko‘radi Olloh va uning rasuli ham uni yahshi ko‘radi» - dedilar. Odamlar «Bayroq kimga berilar erkan?» deb tun bo‘yi o‘ylab chiqishdi. Tong otganda hammalari Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, «Shoyad, bayroq menga berilsa!» deb umid qilishdi. Lekin, Janob Rasululloh «Ali ibn Abu Tolib qaerda?»—deb so‘radilar. Odamlar « Yo Rasulalloh, ko‘zlari og‘riyapti»,— deyishdi Janob Rasululloh «Odam yuborib, chaqiringiz-lar!» — dedilar. Hazrat Ali kelganlaridan keyin, Janob Rasululloh u kishining ko‘zlariga tupurib, haqlariga duo qildilar, Ali ko‘z og‘rshidan mutlaqo xalos bo‘ldilar. So‘ng, Janob Rasululloh Hazrati Aliga bayroqni berdilar. Hazrat Ali «Yo Rasulalloh, men yahudiilarga qarshi bizdek musulmon bo‘lgunlaricha urushaveraman!»—dedilar. Janob Rasululloh «Boringiz, Xaybarning bir chekkasiga tushib, avval ularni islomga da’vat qilingiz, so‘ng Olloh taolo nelarni buyurganini ularga tushuntiringiz!. Siz sababli Olloh taolo bir odamga hidoyag qilsa, sizga bu «Humrun-ni’am»dan yaxshiroqdur!»— dedilar». («Humrun-ni’am»— eng chiroili guyalardan iborat bo‘lgan poda. Bunday podaga ega bo‘lmoqlik arablar uchun faxr hisoblangan).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:39:53
Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz Xaybarga keldik. Olloh taolo inoyati birlan Xaybar qal’asi zabt etilganidan keiin, Janob Rasulullohga asira Safiyyaning go‘zalligi haqida gapirishdi. U yosh kelinchak bo‘lib, eri jang paytida halok bo‘lgan erdi. Janob Rasululloh uni o‘zlariga tanlab oldilar. So‘ng, uni olib Sahbo qo‘rg‘oniga borganlarida iddadan chiqdi. Janob Rasululloh uni nikohlariga olib, kichik bir dasturxon yozdilar, unga xurmo yog‘i aralashtirilgan taom qo‘ydilar-da, menga «Atrofingdagilarni chaqir!»—dedilar. Mana shu dasturxon Safiyyaga uylanganlari uchun to‘y ziyofati bo‘ldi».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom Xaybar yulida Safiyya birlan uch kun birga bo‘lib, unga qo‘shildilar. Safiyya ham hijob kiyish buyurilgan ayollardan erdilar. (Xijob kiyish, ya’ni barcha a’zolarii berkitadigan keng libos kiyish faqat hur ayollarga buyuriladi. Safiyya ham cho‘ri ermas, balki onalarimizdan hisoblanadi)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:40:18
Anas ibn Molik bunday deydilar: «Janob Rasululloh Xaybar birlan Madina o‘rtasida Safiyyaga qo‘shilib, uch kecha birga bo‘ldilar Men musulmonlarni to‘y ziyofatiga taklif etdim. Janob Rasululloh Bilolga dasturxon yozishni buyurdilar, unga xurmo, pishloq va yog‘ qo‘ydilar, ammo non va go‘sht yo‘q erdi. Musulmonlar «Safiyya Rasulullohga cho‘ri bo‘ldimikin yoki mo‘minlarning onalaridan biri bo‘ldimi-kin?. Agar Janob Rasululloh unga hijob kiydirsalar, u onalarimizdan biri, agar hijob kiydirmasalar, cho‘rilari bo‘ladi»,— deb o‘zaro so‘zlashishdi. Jo‘nayotgan paytimizda tuyalarining ustiga joy tayyorlab atrofiga hijob tortdilar».

Abdulloh ibn Mugaffal raziyallohu anzhu bunday deydilar. «Biz Xaybarni qamal qilib turgan erdik, bir odam yog‘ to‘la bir meshni yerga tashladi. Men uni olish uchun yugurib borgan erdim, qarasam oldimda Janob Rasululloh turibdilar, men u kishidan uyalib ketdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:40:30
Ibn Imron rivoyat qiladilar «Paig‘ambar alayhissalom Xaybar kuni sarimsoq piyoz va eshak go‘shti yeyishdan qaytardilar». Sarimsoq yeyishdan qaytarganlarini Nofi’, eshak go‘shti yeyishdan qasharganlarini ersa Solim ham rivoyat qilganlar

Ali ibn Abu Tolibraziyallohu anhu bunday deydilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar kuni ayollarni mut’a qilishdan va eshak go‘shti yeyishdan qaytardi-lar» (Mut’a — biror ayolni ma’lum muddatga va kelishilgan mablag‘ evaziga o‘z nikohiga olish. Keyinchalik, buning makruhligiga fatvo berilgan bo‘lib, faqat shiy’a mazhabida mavjud).

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar kuni eshak go‘shti yeyishni man’ qildilar»

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlanan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:40:40
Jobir ibn Abdulloh bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar kuni eshak go‘shti yeyishdan qaytardilar, ammo ot go‘shti yeiishga ijozat berdilar».

Ibn Abu Avfo bunday deydilar «Xaybar kuni ocharchilik bo‘ldi. Bir necha qozonlarda eshak gushti qaynatilib, pishay deb qolganda Janob Rasulullohning jarchilari «Eshak go‘shtidan bir tishlam ham yemangizlar, qozonlarni ag‘darib to‘kib tashlangizlar! —deb ovoza qildi. Shunda biz o‘zimizcha « Eshak go‘shtining harom qilinishi uning o‘lja sifatida taqsimlanmasligida yoxud uning tezak yeyishida bo‘lsa kerak» — deb taxmin qildik».

Barro va Abdulloh ibn Abu Avfo raziyallohu anhumo rivoyat qilgan hadislar ham eshak go‘shti Xaybarda harom qilinganligidan dalolat beradi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:40:58
Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Janob Rasululloh eshak naqliyot vositasi bo‘lgani uchun go‘shtini harom qildilarmi yoki haqiqatan ham go‘shti harom bo‘lgani uchun harom qildilarmi, buni bilolmadim».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh Xaybar kuni otliqqa ikki hissa, piyodaga bir hissa o‘lja taqsim qildilar».

Jubayr ibn Mut’im rivoyat qiladilar: «Men va Usmon ibn Affon Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga borib, u kishiga: «Siz Xaybar o‘ljasidan Banu Muttalib qabilasi kishilariga berdingiz, bizni ersa unutdingiz, vaholanki biz sizga yaqinlikda ular birlan teng darajada-miz»,— dedik. Janob Rasululloh bizga: «Ha, albatta, Banu Hoshim birlan Banu Muttalib bir narsa»,— dedilar». Jubayr: «Janob Rasululloh Banu Abdi Shams va Banu Navfal qabilalariga ham hech narsa taqsim qilmadilar»,— deydilar. (G’azotlarda tushgan o‘ljaning beshdan bir qismi Baytulmolga qoldirilib, qolgani lashkar o‘rtasida taqsimlangan. Baytulmol (o‘sha davr davlat xazinasi)ga qoldirilgan qismidan muhtojlarga nafaqa berilgan. Janob Rasululloh o‘shanda ham faqat muhtojlarga bergan erdilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:41:08
Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz Yamanda erkanligimizda Payg‘ambar alayhissalomning yo‘lga chiqqanlari haqida xabar yetdi. Biz vatanimizni tark qilib Janob Rasululloh tomon jo‘nadik. Men, birodarlarim Abu Burda va Abu Rahm qavmimizdan ellik ikki yoki ellik uch kishi birlan birga kemaga mindik. Kemamiz bizlarni Najoshiy podshohlik qilayotgan Habashistonga eltdi. U yerda biz Ja’far ibn Abu Tolib birlan uchrashib qoldik, u birlan birga istiqomat qilib, keyin birgalikda qaytdik. Xaybar fath qilingan kuni biz Payg‘ambar alayhissalom birlan uchrashdik. Ba’zi odamlar: «Biz sizlardan oldin hijrat qilganmiz!» — deb bizni, ya’ni kema ahlini kamsitar erdi. Ushanda biz birlan birga Yamandan Asmo binti Umays ismli ayol ham kelgan bo‘lib, u Habashistonga hijrat qilgan erdi. U Janob Rasululloh-ning xotinlari Hafsa raziyallohu anhoning ziyoratlariga kirganda, Hazrat Umar ham kirdilar, Asmoni ko‘rib: «Kim bu ayol?» — deb so‘radilar. Hafsa: «Bu ayol Asmo binti Umays» —deb javob berdilar. Umar raziyallohu anhu: «Bu habashistonlik ayolmi, bu dengiz orqali kelgan ayolmi?» — dedilar. Asmo o‘zi: «Ha»,— deb javob berdi. Umar raziyallohu anhu. Biz sizlardan oldin hijrat qilganmiz, biz Janob Rasulullohga sizlardan ko‘ra haqliroqmiz!»— dedilar. Asmo achchig‘lanib. «Io‘q, Olloh haqi! Sizlar Janob Rasululloh birlan birga erdingizlar, ochlaringizni tuyg‘azardilar, johillaringizga pandu nasihat qilardilar, biz ersak dindan uzoq bo‘lgan bir yerda — Habashistonda erdik. Bizning islom yo‘liga kirganimiz Olloh taolo va uning rasuli uchundur. Olloh taolo haqi, toki sen aytgan gapni Janob Rasulullohga aytmagunimcha, yeb-ichmagayman! Biz doim shunday gaplardan ozor chekib, xavfda yurar erdik, endi buni Janob Rasulullohga aytaman. Olloh taolo xaqi. yolg‘on qo‘shmayman, qisqartmayman, bor gapni qanday bo‘lsa, shundayligicha yetkazaman!—dedi-da, Rasulullohning xuzurlariga kelib, yo Rasulalloh, Umar menga bunday dedi, deb shikoyat qildi. «Sen nima deding'»— dedilar Janob Rasululloh. Asmo o‘zining nima deganini aytib berdi. Janob Rasululloh: «Umar sendan va sheriklaringdan ko‘ra menga haqliroq ermas, chunki Umar va uning sheriklari bir hijrat sohibidurlar, sizlar, yani kema ashoblari ersangiz ikki hijrat sohibidursizlar, ya’ni Yamandan Habashistongacha va undan Madinagacha-»,- -dedilar. «Abu Muso va boshqa kema ashoblari to‘p-to‘p bo‘lib oldimga kelishib mazkur hadisni mendan so‘rashardi, keyin Janob Rasulullohning ular hakida aytgan so‘zlaridan shunday quvonishardiki, dunyoda ular uchun Janob Payg‘ambarimizning ana shu gaplaridan ulug‘roq va quvonarliroq hech narsa yo‘q erdi!» — deydilar Asmo. Abu Burda: «Asmoning gapiga qaraganda Abu Muso bu hadisni qayta-qayta aytkizar erkan»', — deydilar. Abu Musoning gaiiga qaraganda Payg‘ambar alayhissalom bunday degan erkanlar. «Men ash’ariylar jamoasining ovozini kechasi masjidga kirib qilgan qiroatlaridan taniymai. Ularning yashaydirgan joylarini kunduzi ko‘rmagan bo‘lsam ham. kechasi Qur’on o‘qigan ovozlaridan manzillarini bilib olaman. Ularning ichida Hakim ismli bir kishi bo‘lib, u dushmanga yo‘liqqanda: «-Do‘stlarim ularni kutib turmog‘ingizni sizlarga amr qiladilar!» — deydi». (Bu birlan Hakimning nihoyatda jur’atli ekaniga, hatto u yo‘lda ketayotgan dushmanni to‘xtatib, sheriklari kelguncha yakka o‘zi jang boshlayverishiga ishora qilinadi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:41:30
Abu Muso rivoyat qiladilar: «Biz Xaybar fatx, etilgandan so‘ng Janob Rasulullohning zieratlariga keldik. Uljalardan bizga ham taqsim qildilar. G’azotda qatnashmagan kishilarga o‘ljadan nasiba bermadilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Xaybarni zabt etdik. Oltin, kumush o‘lja olmadik. mol, tuya,mato’ va xurmozorlarni o‘lja qildik. Keyin. Janob Rasululloh birlan birga Vodiyul-Quroga keldik. Banu Zabob qabilasidan bir kishi ul zotga bir qul hadya qilgan bo‘lib, ismi Mid’am erdi Mid’am Janob Rasulullohning tuyalarini yetaklab ketayotgan vaqtda daydi o‘q tegib yiqildi. Hamma barobariga «Shahidlik muborak bo‘lsin!» deb tabrik aytishdi. Shu payt Janob Rasululloh kelib «Yuq, aslo, Olloh taolo haqi, bu qulning ustidagi libos Xaybarda o‘lja olingan liboslardan bo‘lib, biz unga taqsim vaqtida bergan ermasmiz, u buni o‘g‘irlab olgan. Ana shu libos uni do‘zaxda kuydirgay'» — dedilar. Shunda bir kishi kovush ko‘tarib kelib «Mana buni topib olgan erdim, lekin ko‘rsatmagandim»,— dedi Janob Rasululloh «Unday bulsa bu kovush ham seni do‘zaxda kuydirgay» - dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:41:42
Zayd ibn Aslam bunday deydilar «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu aytar erdilarki, «Agar kelajakda odamlarning hech narsasiz, faqir bo‘lib qolishini o‘ylamaganimda, qaysi qishloqni fath eqam uning yerlarini mujohidlarga taqsimlab bergan bo‘lur erdim, xuddi Janob Rasululloh Xaybarni bo‘lib berganlaridek. Lekin, men fath etilgan yerlarni vaqf qilib qoldiryapman hosilidan teng foidalansinlar deb»

Bu yerdagi hadis takroran keltirilgan.

Anbasa ibn Sa’id bunday deydilar «Abu Xurayra raziyallohu anhu Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga kelib, Xaybar o‘ljasidan nasiba bermoqlarini so‘radilar. Shu yerda hozir bo‘lgan Banu Sa’id ibn al-Os qabilasi kishilaridan biri: «Yo Rasulalloh, Abu Hurayraga hech narsa bermangiz1» — dedi. Shunda Abu Xurayra «Bu odam Ibn Qav-qalning qotilidur»,— dedilar. Boyagi odam: «Vo ajabo, bizga tog‘dan vabr (mushukka o‘xshash xayvon) tutib kelibdi-da» — dedi» (Abu Hurayraning qavmlari tog‘lik yerda yashagan).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:41:53
Sa’id ibn al-Os bunday deb xabar bergan erkanlar. «Janob Rasululloh Abon ibn Saidni bir guruhga bosh qilib Madinadan Najd tarafga yubordilar. Xaybar fath qilingandan keyin, Abon qaytayotib Janob Rasululloh birlan uchrashdi. Ularning otlarining ayili xurmo novdasidan qilingan erdi (ot ayilining xurmo novdasidan qilinganligi ularnit kambag‘alliklarini anglatadi) Abu Hurayra Janob Rasulullohga «Yo Rasulalloh, Abonga o‘ljadan ulush bermangiz» - dedilar. Abon (g‘azablanib) «Shu gapni sen aityapsanmi ' Ey tog‘dan tushib kelgan vabr »— dedi Janob Rasululloh «Ei Abon, o‘ltir!» — deb uni tinchlantirdilar, lekin ularga o‘ljadan nasiba bermadilar». Sa’id ibn Amr rivoyat qiladilar: «Abon ibn Sa’id Janob Rasulullohning qoshlariga kelib u kishiga salom berdi. Uni ko‘rib Abu Hurayra: «Yo Rasulalloh, bu odam Ibn Qavqalning qotili-ku'»—dedilar. Abon Abu Xurayraga (achchiqlanib): «Vo ajabo! Manavi tog‘dan tushib kelgan vabrga qarangizlar! Olloh taolo mening qo‘lim birlan (shahid qilib), izzat-ikromga sazovor etgan kishi xususida menga ayb quyayotir, vaholanki parvardigor (o‘shanda) mening uning quli birlan kamsitilmog‘imga yo‘l bermagan erdi!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:42:11
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlari Fotima Abu Bakr Siddiqqa odam yuborib, Madina, Fadak va Xaybarda tushgan o‘ljalardan, Olloh taolo o‘z rasuliga nasiba qilib bergan mablag‘lardan ul zotdan kolgan meros sifatida berilishini talab qildi. Shunda Abu Bakr «Payg‘ambar alayhissalom «Biz payg‘ambarlar hech kimga meros qoldirmagaymiz, bizdan keyin nima qolsa, u sadaqadur», — degan erdilar, ammo Muhammad xonadoni mana shu sadaqadan yeyaveradi. Olloh taolo haqi, Janob Rasulullohning sadaqalari ul zotning hayotliklarida qanday tasarruf qilingan bo‘lsa, men ham xuddi o‘shanday tasarruf qilgayman!» dedilar-da, Fotimaga Janob Rasulullohdan qolgan narsalardan hech nima bermadilar. Fotima Abu Bakrdan qattiq ranjib bordi-keldini uzdi, bir so‘z ham gapirmay olamdan o‘tib ketdi, Janob Rasulullohdan so‘ng olti oy yashadi, xalos. Fotima vafot etganda eri Ali yolg‘iz o‘zi kechasi janozasini o‘qib dafn qildi, Abu Bakrga xabar ham qilmadi. Ali Fotima hayotligida odamlardan istihola qilib yurgan bo‘lsa kerak, u vafot eiandan keiin ularAa lnibor bermay, Abu Bakr birlan yarashish, u kishiga ba’yat qilish imkonini qidirib qoldi, shu vaqtgacha, yani o‘tgan oylar mobaynida hanuz bay’at qilmagan erdi. Shu boisdan u «Yolg‘iz o‘zingiz uyimga kelsangiz, yoningizda biror kishi bo‘lmasa'» deb Abu Bakrga odam yubordi, chunki Umarning u kishi birlan!» birga kelishini yoqtirmagan erdi. Umar bu gapdan voqif bo‘lib «Yo‘q, xudo haqi, yolg‘iz o‘zingiz ular oldiga bormangiz'» — dedi Abu Bakr «Olloh taolo haqi, ular menga yomonlik qilmaydilar, degan umiddaman, o‘zim tanho boraveraman», — dedilar Keyin, Abu Bakr Ali huzuriga kirib bordilar, Ali kalimai shahodatni aytgandan so‘ng «Albatta, biz sizning layoqatingizni, Olloh taolo sizga ato etgan ne’matni tan olamiz, Olloh taolo sizga in’om etgan martabaga hasad qilmaymiz, lekin siz bizga bir masala xususida zulm qildingiz, Janob Rasulullohga qarindosh bo‘lganimiz uchun ul zotdan qolgan narsalardan bizga meros tegadi, deb umid qilgan erdik», — dedi Abu Bakr Siddiq ko‘zlariga yosh olib «Mening jonim qulida bo‘lgan zot haqi, Janob Rasululloh vasiyatlariga sodiq qolmog‘im qarindoshlarimga yen bos-mog‘imdan afzalroqdur! Ammo, men sizlar birlan o‘zim o‘rtamizda tortishuvga sabab bo‘lgan mol-mulkga xiyonat qilmadim, Janob Rasulullohning hayotliklarida uni qanday tasarruf qilganlarini ko‘rgan bo‘lsam, shunday tasarruf qildim»,— dedilar. Ali Abu Bakrga «Bay’atni peshin vaqtiga ta’yin qilurmisiz?»—dedi. Abu Bakr peshinni o‘qigach, minbarga chiqib, kalimai shahodat aytdilar, so‘ng Ali haqida so‘zlab, uning hanuzgacha bay’at qilmaganligini, uning shul xususda aytgan uzrini qabul qilganliklarini ma’lum qildilar. Ali shahodat keltirib, istig‘for aytdi va Hazrat Abu Bakrning adolatli erkanliklarini maqtadi, keyin Abu Bakrga hasad qilmayotgani, Olloh taolo u kishiga ato etgan martaba haqlig‘ erkanligi haqida gapirdi So‘ng «Bizga meros berilishi kerak, Abu Bakr ersalar zulm qilyaptilar, deb hisoblab yurgan erdik, qarasak nohaq erkanmiz» — dedi. Bu gapni eshitgach, musulmonlar xushnud bo‘lishib. «Haq gapni aytding!» — deyishdi. Musulmonlar Ali amri ma’ruf qilayotganda o‘zlarini unga yaqin his etdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:42:20
Oisha onamiz. «Xaybar fath qilinganda «Endi xurmoga to‘yar erkanmiz-da!» deb quvonganmiz»,— deydilar.

Ibn Umar. «Xaybarni fath etmagunimizcha xurmoga to‘ygan ermasmiz»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:43:05
41- bob Payg‘ambar alayhissalomning Xaybar ahliga omil ta’yin qilganlari
haqida


Abu Hurayra raziyallohu anhudan naql qilinadi: « Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybarga bir odamni omil qilib ta’yinladilar. Usha kishi Janob Rasulullohga nuqul saralangan xurmo olib keldi. Janob Rasululloh u odamdan «Xaybarning hamma xurmosi shunday sarxil erkanmi?»—deb so‘radilar. U odam: «Yo‘q, yo Rasulalloh! Biz ikki-uch so yomon xurmo o‘rniga bir so’ yaxshi xurmo olurmiz»,— dedi. Janob Rasululloh: «Unday qilmangizlar, yomon xurmoni olingiz-da, sotib puliga yaxshisini xarid qilingizlar!»—dedilar».

Abu Sa’id va Abu Hurayra rivoyat qilurlarki, Paygambar alayhissalom Banu Adiyning akasini Xaybar ahliga omil qilib jo‘natibdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:44:09
42- bob Janob Rasulullohning ahli Xaybarga qilgan muomalalari haqida

Abdullohdan naql kilinadiki, Janob Rasululloh olingan hosilning qoq yarmini topshirish sharti birlan yahudiylarga Xaybar yerlarida dexqonchilik qilib, ekin zkishga ijozat beribdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:44:57
43-bob. Janob Rasulullohga Xaybarda zaharlangan qo‘y berishgani haqida

Abu Hurayra aytadilarki, Xaybar fath qilingandan keyin, Janob Rasulullohga (yahudiylar) go‘shti zaharlangan bir qo‘ini hadya qiliishbdi.

Abdulloh ibn Dinor rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Usoma ibn Zayd ibn Horisani bir qavmga amir qilib tayinladilar. Ba’zi bir odamlar uning amir qilinganiga e’tiroz bildirdi. Shunda Janob Rasululloh «Gar uning amir bo‘lganiga e’tiroz bildirursiz, demak bundan ilgari uning otasi amir bulganiga xam e’tiroz bildirursiz. Olloh taolo haqi gar u amir qilinmoqqa munosib ko‘rilgan erkan, demak u mening uchun eng mahbub kishidur va bundan keyin ham shunday bo‘lib qolgay!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:46:16
45-bob. Qazo (bo‘lgan) umra haqida

Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «Janob Rasululloh Zulqa’da oyida umra qilish uchun Makkaga jo‘nadilar. Makka ahli ikki o‘rtada shartnoma tuzilguncha, ul zotni Ka’baga kiritishdan bosh tortdi. Shartnomaga binoan musulmonlar Makkada uch kun turib qaytib chiqib ketishlari zarur erdi. Shartnoma matni yozilgach, musulmonlar uning ostiga «Bu Olloh taoloning rasuli Muhammadning qaroridur!» deb yozib qo‘yishdi. Ammo, mushriklar «Biz sizni payg‘ambar deb bilmaymiz, agar shunday deb iqror bo‘lganimizda, sizga zarracha mone’lik qilmagan bo‘lur erdik, siz paig‘ambar ermas, balki Abdullohning o‘g‘li Muhammadsiz, xalos!»—deyishdi. Janob Rasululloh «Men Olloh taoloning rasuli hamda Abdullohning o‘g‘li Muhammaddurman!» — dedilar. Keyin, Hazrat Aliga «Olloh taoloning rasuli» degan so‘zlarni o‘chirib tashlagil!»—dedilar. Hazrat Ali «Xudo haqi, aslo o‘chirmayman!» — dedilar Janob Rasululloh shartnomani o‘zlari qo‘llariga olib, yaxshi yozishni bilmasalar-da, «Muhammad ibn Abdulloh bunday deb qaror qiladi: qiniga solingan qilich birlangina Makkaga kiriladi, agar Makka ahlidan biror kishi ergashsa, uni o‘zi birlan birga olib chiqib ketmaydi, biror sahobiysi Makkada qolmoqni xohlasa, unga mone’lik qilmaydi» deb yozib qo‘ydilar. Janob Rasululloh Makkaga kirib, uch kun muhlat o‘tgach, mushriklar Hazrat Aliga kelib: «Sohibingga ayt, uch kun muhlat tugadi, bizni tark zqin!» — deyishdi. Janob Rasululloh Makkadan chiqib ketayotganlarida Hamzaning qizi «Ey amaki, ey amaki!» deb ul zotga ergashdi. Hazrat Ali qizning qo‘lidan ushlab turib Fotima alayhossalomga: «Jiyaning sen birla keta qolsin!»—dedilar. Fotima alayhossalom qizni kajavaga chiqarib oldilar. Hazrat Ali, Zayd va Ja’far uchchalalari qizni talashib tortishib qolishdi. Hazrat Ali: «Qizni men oldim, chunki u amakimning qizi!» — desalar, Ja’far: «Qiz meniki, chunki u mening amakimning qizi, xolasi ersa mening xotinim!»—derdi. Zayd ersa: «Qiz meniki, chunki u akamning qizi!»- deb talashardi. Janob Rasululloh qizni xolasiga (ya’ni, Ja’farga) hukm qildilarda, «Xola ona o‘rnidadur!» -dedilar. Keyin, Hazrat Aliga: «Ikkovimiz qarindoshmiz»,— dedilar, Ja’farga ersa: «Ikkovimiz qiyofada ham, xulqda ham o‘xshashmiz» — deb aytdilar, so‘ng Zaydga qarab: «Sen birodarimiz va mavlomizsan»,- deb qo‘ydilar. Hazrat Ali ul zotdan: «Hamzaning qizini nikohingizga olmaysizmi?» — deb so‘ragan erdilar, «U emishgan akamning qizidur»,— deb javob berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:46:37
Ibn Umardan bunday deb naql qilinadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam umra qilmoqqa chiqib erdilar, Quraysh kofirlari u kishi bilan Ka’ba o‘rtasini to‘sib qo‘yishdi. Shunda Janob Rasululloh Hudaybiyada jonliqlarini so‘yib, sochlarini oldirdilar. Keyin, kelgusi yili umra qilganda qiniga solingan qilichdan bo‘lak qurol olib kelmaslikka, Quraysh xohlagandan ortiq turmaslikka ular birlan shartnoma tuzdilar. Kelgusi yil umraga kelganlarida Makkaga kirdilar. Shartnomaga ko‘ra uch kun turganlaridan so‘ng, mushriklar chiqib ketishni buyurishdi, Janob Rasululloh chiqib ketdilar».

Mujohid raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Urva ibn Zubayr birlan masjidga kirdim, Oisha raziyallohu anhonichg hujralarida Abdulloh ibn Umar o‘ltirgan erkan. Urva: «Janob Rasululloh necha marta umra qilganlar?» — deb so‘radi. Abdulloh: «To‘rt marta, shundan biri rajab oyida»,— deb javob berdi. Shunda biz Oisha onamizning e’tiroz bildirganlarini eshitdik Urva: «Eshityapsizmi, ey mo‘minlar onasi! Abu Abdurrahmon: «Janob Rasululloh to‘rt bor umra qilganlar, biri rajab oyida» — deyapti»,— dedi. Oisha onamiz: «Janob Rasululloh doim u birlan birga umra qilganlar, o‘zi yaxshi biladi, rajabda xech qachon umra qilgan ermaslar»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:46:50
Ibn Abu Avfo: «Janob Rasululloh umra qilayot"an paytlarida mushrik bolalar ozor yetkazmasin, deb ul zotni himoya qilib yurar zrdik»,— deydilar.

Ibn Abbos: «Janob Rasululloh sulh tuzilgan yili Makkani tavof qilgani kelganlarida sahobalarga: «Lo‘killab yuguringizlar, mushriklar kuch-quvvatingizni ko‘rib qo‘ysinlar!»—dedilar. Mushriklar ularni Qu’ayqi’on tog‘i tomonida turib tomosha qilur erdilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:46:59
Ibn Abbos: « Payg‘ambar alayhissalom Maymuna raziyallohu anhoga ehromdaliklarida uylanib, ehromdan chiqqach, qo‘shilganlar. Maymuna onamiz Sarif degan joyda vafot etganlar»,— deydilar.

Ato va Mujohid: «Janob Rasululloh Maymunaga qazobo‘lgan umra vaqtida uylanganlar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:47:27
46- bob. Shom shaharlaridan biri bo‘lmish Muta g‘azoti

(Bu g‘azot ham islom yo‘lida qilingan katta g‘azotlardan biri bo‘lib, unda ko‘plab musulmonlar shahid bo‘lgan. Voqea bunday bo‘lgan: Payg‘ambar alayhissalom Busro viloyatining hukmdoriga xat yozib, al-Horis ibn Umayrni elchi qilib yuboradilar. U Mutaga kelganda shahar hokimi Sharhabil ibn Amr G’assoniy ushlab o‘ldiradi. Buning xabari Janob Rasulullohga yetgach, Zayd ibn Horisa boshchiligida uch ming askarni Sharhabilga qarshi yuboradilar-da, ularga: «Agar Zaydga biror hodisa bo‘lsa, Ja’far, unga ham biror hodisa bo‘lsa, Abdulloh ibn Ruvoha boshliq bo‘ladi. Elchimiz o‘ldirilgan joygacha boringizlar, avval ularni islomga chaqiringizlar, musulmon bo‘lsalar, urushmangizlar, agar rad qilsalar, urushingizlar!» —dedilar. Musulmonlar kelayotganining xabari yetishi birlan Sharhabil ularga qarshi yuz ming, Shom podshosi Hiraql ham yuz ming qo‘shin yubordi, ikki yuz ming kofirga uch ming musulmon yuzma-yuz bo‘ldi. Natijada Zayd ham, Ja’far ham, Abdulloh ham halok bo‘lib, musulmonlar qocha boshladilar, ularni kofirlar ta’qib qilib, ko‘plarini qirib tashladi. Nihoyat, bayroqni Xolid ibn Valid qo‘lga olib, tadbir birlan askarlarning o‘rnini almashtirdi: o‘ng qanotni chapga, chap qanotni o‘ngga, ilg‘or qismni orqaga, orqa qismni ilg‘or o‘rniga olib, dushmanga tashlandi. Kofirlar bularni tanimay musulmonlarga madad keldi, deb diliga qo‘rquv tushib, qocha boshladi. Musulmonlar ularni ta’qib qilib, misli ko‘rilmagan darajada katta talafot yetkazdilar, minglab kofirlar qirilib ketdi. Bu jangda ko‘rsatgan katta mahorati uchun Xolid ibn Validni Janob Rasululloh «Sayfulloh», ya’ni «Ollohning qilichi» deb nomladilar).

Ibn Umar raziyallohu anhu shahidlarni oralab yurib Ja’farning jasadi ustida to‘xtadilar, sanab ko‘rsalar, Ja’farning badanida ellikta jarohat bor erkan, lekin birontasi ham orqa tomondan urilgan ermas erdi»,— deydilar Nofi’.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:47:36
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «Janob Rasululloh Muta g‘azotida Zayd ibn Horisani askarlarga amir etib tayinladilar-da: «Agar Zayd o‘ldirilsa, o‘rniga Jafar, u ham o‘ldirilsa, o‘rniga Abdulloh ibn Ruvoha amir bo‘ladi»,— dedilar. Men ham shu g‘azotda ular birlan birga erdim. Ja’farni qidirib o‘liklar orasidan topdik, uning jasadida to‘qsondan ortiq qilich va naizaning zarbi bor erdi».

Anas ibn Molik raziyallohu anhudan nakl qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom Zayd, Ja’far va Ibn Ruvohaga ne bo‘lajagini ular o‘ldirilgani haqida xabar kelmasidan burun bunday deb bashorat qildilar: «Bayroqni Zayd qo‘liga oldi, shahid bo‘ldi, so‘ng Ja’far oldi, shahid bo‘ldi, keyin ibn Ruvoha oldi, shahid bo‘ldi, (shunda ikki ko‘zlaridan yosh quyilib ketdi), so‘ng bayroqni Ollohning qilichlaridan biri quo‘liga olib erdi, musulmonlar g‘alaba qozondilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:47:50
Oisha raziyallohu anho bunday der erdilar: «Janob Rasulullohga Ibn Horisa, Ja’far va Abdulloh ibn Ruvohaning o‘limi haqidagi xabar kelganda yuzlaridan xafaliklari bilinib turardi, men eshikning tirqishidan qarab turgandim. Bir odam kelib «Ey Ollohning rasuli, Ja’farning xotinlari yig‘idan to‘xtamayotir»,— dedi. Janob Rasululloh unga xotinlarni yig‘idan to‘xtatishni buyurdilar. Haligi odam qaytib kelib, ular ishidan to‘xtamayotganini aitdi. Uchinchi bor buyurdilar, u yana qaytib kelib, yig‘idan tuxtash o‘rniga badtarroq o‘kirishayotganini aytdi. Janob Rasululloh darg‘azab bo‘lib: «Unday bo‘lsa, og‘ziga tuproq to‘ldirgin!»—dedilar. Shunda o‘sha odamni chaqirib «Burning tuproqqa ishqalgur, nima ish qilyapsan, nimaga Rasulullohning tashvishlarini kuchaytiryapsan!»—deb urishib berdim».

Omir raziyallohu anhu aytadilarki, Abdulloh ibn Umar qachon Ja’farning o‘g‘li Abdullohni ko‘rib qolsalar, unga «Assalomu alaykum, ey ikki qanotlining o‘g‘li»—deb salom berardilar (Ja’far Mutada shahid bo‘lganlaridan keyin, Janob Rasululloh uning jannatda maloikalar birlan uchib yurganini ko‘rganlar)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:48:16
Xolid ibn Valid: «Muta g‘azotida mening qo‘limda to‘qqizta qilich sindi, faqat Yaman qilichi butun qoldi»,— deydilar.

Bu yerdagi hadis ham Xolid ibn Validdan marviy bo‘lib, yuqoridagi hadisni takrorlaydi.

Nu’mon ibn Bashir bunday deydilar: «Abdulloh ibn Ruvoha kasal bo‘lib hushidan ketdi, buni ko‘rgan opasi Umra: «Voy ishongan tog‘im, voy belimning quvvati!» — deb yig‘lay boshladi. Abdulloh hushiga kelgach «Mening haqimda nima deb yig‘lagan bo‘lsangiz, o‘sha ondayoq «Hali sen shundaymisan?!»—deb meni mulzam qilishdi»,— dedi norozi bo‘lib»

Nu’mon ibn Bashir: «(Avvalgi hadisda aytilganidek) Abdulloh ibn Ruvoha kasal bo‘lib hushini yo‘qotganda opasi Umra yig‘lagani uchun o‘ziga kelgach, norozilik bildirgan erdi, shu boisdan ham Abdulloh o‘lganda opasi yig‘lamadi»,— deydilar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:48:52
47- bob Payg‘ambar alayhissalomning Juhayna qabilasi hurqalariga Usoma ibn Zaydni yuborganlari haqida

Usoma ibn Zayd bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizni Juhayna qabilasining hurqa qavmiga yubordilar, biz ularga tongda hujum qilib tor-mor qildik. Men va bir ansoriy dushmandan birining iziga tushib, qurshab olgan paytimizda u: «Lo iloha illalloh» deb iymon keltirdi, shu ondayoq ansoriy undan qo‘lini tortdi, men bo‘lsam, uni nayza birlan urib o‘ldirib qo‘ydim. G’azotdan qaytganimizda Janob Rasulullohga bu haqda aytishib erdi, ul zot menga «Ey Usoma, «Lo iloha illalloh» degandan keyin ham o‘ldirdingmi?!»—dedilar. Men «Axir, u joni shirinlik qilib shunday dedi-da!» — dedim Janob Rasululloh. «Shunday qildingmi-a'»—deb shunchalik ko‘p takrorladilarki, «Usha kundan oldin musulmon bo‘lmagan bo‘lsam, qanday yaxshi erdi-ya» deb orzu qildim»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:49:00
Salama ibn al-Akva’: «Men Janob Rasululloh birlan birga yettita g‘azotda qatnashdim. Ul zot o‘zlari bormay, askar tayyorlab jo‘natgan g‘azotlarning to‘qqiztasida bo‘ldim. Bir safar Abu Bakr. bir safar Usoma bizga bosh bo‘lardilar»,— deydilar.

Bu yerdagi hadis takroran keltirilgan.

Salama ibn al-Akv’: «Payg‘ambar alayhissalom birlan birga yettita g‘azotda birga bo‘ldim: Xaybarda, Hudaybiyada, Hunaynda, Qaradda, lekin qolganini unutdim»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:49:22
48- bob. Fath (Makka) g‘azoti va Hotib ibn Abu Balta’aning Makka ahliga Janob Rasulullohning g‘azot qilajaklari hakida xabar yuborgani

Ali raziyallohu anhu buiday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni, Zubayrni va Miqdodni jo‘nata turib: «Boringizlar, Xox degan bogga yetganingizda bir ayolni uchratasizlar, unda maktub bor, menga olib kelingizlar!» — dedilar. Biz jo‘nadik, otlarimizni yeldi-rib, bogga yetib bordik, qarasak ro‘paramizda bir ayol turibdi, unga: «Xatni ber!» — deb buyurdik. U: «Menda xat yo‘q»,— dedi. Biz unga: «Uzing xatni topib bersang, berding, bo‘lmasa kiyimlaringni yechib qidiramiz!» — deb do‘q urdik. Noiloj, ayol xatni sochlari orasidan olib berdi. Biz xatni Janob Rasulullohning huzurlariga olib bordik, Xotib ibn Abu Balta’a unda makkaliklarga Janob Rasulullohning ba’zi ishlari haqida xabar yozibdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Xrtib, bu nima qilganing?!» — dedilar. Xotib bunday dedi: «Yo Rasulalloh, meni hukm qilishga shoshilmangiz! Darhaqiqat, bir vaqtlar mening Qurayshga aloqam bo‘lgan, ya’ni ular bilan do‘stlashgan erdim, lekin o‘zim ulardan ermasman. Siz birlan birga yurgan muhojirlarning barchasining ular orasida qarindoshlari bo‘lib, u yerda qolgan mol-mulk va bola-chaqalarini himoya qiladilar. Men ersam, u yerda qarindoshim yo‘q bo‘lgani uchun ham, ulardan tanish orttirsam, mening ham yaqinlarimni himoya qilishsa, degan niyatda erdim, xalos. Lekin, bu ishni dindan qaytganimdan qilganim yo‘q, aslo. Musulmon bo‘lgach, qayta kofir bo‘lmoqqa sira rozi bo‘lmagayman!». Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ammo, bu sizlarga rost gapirayotir!»— dedilar. Umar raziyallohu anhu: «Yo Rasulalloh, qo‘yib bering menga, bu munofiqning bo‘ynini uzib tashlay!» — dedilar. Rasu-lulloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu Badrda ishtirok qilgan, Olloh taolo ersa Badrda ishtirok qilgan kishilarga nisbatan o‘z hukmini chiqarib qo‘ygan, Olloh taolo: «Istaganingizni qilingizlar, men sizlarni mag‘firat qildim!» — degan», — dedilar. Shu asnoda Olloh taolo quyidagi qavlini g‘ozil qildi: «Ey mo‘minlar, mening va o‘zlaringizniig dushmanlaringizni do‘st tutmangizlar! Sizlar ularga do‘stona munosabatda bo‘lasizlar, vaholanki ular sizlarga kelgan haq dinga ishonmay, kofir bo‘lganlar. Ular payg‘ambarni ham, sizlarni ham rabbingiz Ollohga iymon Keltirganingiz uchun o‘z diyoringizdan haydab chiqarayotirlar , agar sizlar meni deb va mening roziligimni istab jihodga chiqqan bo‘lsalaringiz, kofirlarni do‘st tutmangiz-lar! Sizlar ularni pinhona do‘st tutyapsizlar. Men sizlar oshkora qilgan narsani ham. pinhon tutgan narsani ham bo‘lurman. Sizlardan kim shu ishni qilgan ya’ni, kofirlar birlan do‘st tutungan) bo‘lsa. u to‘g‘ri yo‘ldan adashibdi!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:49:42
49- bob Makkaning ramazon oyida fath qilingani haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga ramazon oyida g‘azot qilganlar», — deydilar. Ibn Musayyab ham shu mazmunda hadis rivoyat qilganlar.

Ibn Abbos «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ro‘za tuttan erdilar, Kudaydga, ya’ni Qadiyd birlan Asfon o‘rtasidagi ariqqa yetganda iftor qildilar. Shu bo‘yi ramazon oyi tugaguncha ro‘za tutmadilar», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:50:38
Ibn Abbos rivoyat qaladilar: «Payg‘ambar alayhissalom ramazon oyida Madinadan chiqdilar, u kishi birlan birga o‘n ming odam yo‘lga tushdi. Bu safar Janob Rasulullohning Madinaga kelganlariga sakkiz yarim yil bo‘lganda boshlandi. Janob Rasululloh va boshqa musulmonlar Makkaga qarab yurdilar, ul zot ham, boshqalar ham ro‘zador erdilar. Asfon birlam Qadiyd oralig‘idagi ariqqa yetib kelganlarida Janob Rasululloh og‘iz ochdilar, boshqalar ham og‘iz ochishdi».

Zuhriy: «Janob Rasulullohning (safar vaqtidagi ro‘za xususida bergan) buyruqlaridan eng keyingisiga amal qilinadi», — deydilar. Eng keyingisi ersa quyidagi hadisda bayon qilingan:
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:50:58
Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom ramazon oyida H,unaynga yo‘lga chiqdilar. Odamlarning ba’zilari ro‘zador, ba’zilari og‘zi ochiq erdi. Janob Rasululloh tuyalarida o‘ltirgan hollarida bir idishda sutmi, suvmi so‘radilar, uni tuyalari ustiga qo‘yganlaridan so‘ng, odamlarga qaragan erdilar, og‘zi ochiqlar muddaolari-ni bilib ro‘zadorlarga: «og‘zingizni ochingizlar!» — deb buyurishdi».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: Rasululloh soallallohu alayhi va sallam ramazonda safar qildilar. Asfonga yetgunlariga qadar ro‘za tutib bordilar, so‘ng bir idishda suv so‘rab, nahorda boshqalarga ko‘rsatib chiqdilar, og‘izlari ochiq holda Makkaga kirib keldilar. Ul zot sasarda ro‘za ham tutardilar, og‘izlarini ochib ham yurardilar. Demak, safarda kim xohlasa, ro‘za tutadi, kim xohlamasa, tutmaydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:51:23
50- bob Rasululloh, sallallohu alayhi va sallam Makka fath qilingan kuni
bayroqni yerga tikkanlar?


Urva ibn Zubayr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Fath yili Makkaga jo‘nagan paytlarida, bundan xabar topgan Quraysh kattalari — Abu Sufyon ibn Xarb, Xakim ibn Xizom va Badil ibn Varqo ul zotni izlab yurib Marruzzahron degan joyga kelganda, Arafa kunidagidek ko‘plab gulxan yoqib qo‘yilganini ko‘rishdi. Shunda Abu Sufyon. «Xuddi Arafa kunidagidek ko‘plab yoqilgan bu gulxanlar qanday gulxanlar bo‘ldi erkan» — dedi. Badil ibn Varqo:Bu gulxanlar Banu Amrniki bulsa kerak»,— dedi. Abu Sufyon: «Banu Amrning gulxanlari bunchalik ko‘p ermas»— dedi. So‘ng, ularni Janob Rasulullohning posbonlari sezib qolib, ushlashdi-da, ul zotning qoshlariga olib borishdi. Shu yerda Abu Sufyon musulmon bo‘ldi. U endi ketaman deb turganda Rasulullih sollallohu alayhi va sallam Abbosga: Abu Sufyonni to‘xtatib turgil, musulmonlar daradan o‘tayotganda ularning (Ko‘pligini) bir ko‘rib qo‘ysin!»—dedilar. Abbos uni to‘xtatib turdi, jangovor qabilalar Janob Rasululloh boshchiliklarida uning oldidan birin-ketin o‘ta boshladi. Birinchi guruh o‘tganda Abu Sufyon: «Ey Abbos, bular kimlar?»—deb so‘radi. Abbos «Bu G’ifor qabilasi» -dedi. Abu Sufyon «G’ifor bo‘lsa, bo‘lar, menga nima!» — dedi. Keyin, Juhayna qabilasi o‘tdi. Ularni ko‘rib ham boyagi gapni qildi. Sa’d ibn Xuzaym qabilasi o‘tganda ham, Sulaym qabilasi o‘tganda ham boyagi gapini takrorlad. So‘ng, shunday bir harbiy qism o‘tdiki, Abu Sufyon ularni ko‘rib hangumang bo‘lganidan: «Bular kimlar?» — deb so‘radi. Abbos «Bular ansorlardur. Ularning yetakchisi Sa’d ibn Uboda qo‘lida bayroq ushlab ketayotir»,— dedi. Sa’d ibn Uboda ularga yaqin kelib «Ey Abu Sufyon, bugun qattiq jang bo‘lib, omonlik berilmaydirgan kundir, bugun Ka’ba bizniki bo‘ladirgan kundir!» — dedi. Abu Sufyon: «Ey Abbos, qanday yaxshi-ya! Bugun har kim o‘zini ko‘rsatib, hurmatga sazovor bo‘ladirgan kun!» — dedi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Sufyonning oldidan o‘tayotganlarida, u ul zotga: «Bilasizmi, Sa’d ibnUboda nima dedi?»—dedi. Janob Rasululloh «nima dedi» — deb so‘radilar. Abu Sufyon Sa’dning nima deganini aytib berdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Sa’d noto‘g‘ri aytibdi, bugungi kun Olloh taolo Ka’bani ulug‘laydirgan kun, Ka’baga jild kiydiriladirgan kun!» dedilar. Keyin, Janob Rasululloh bayroqlarini tepasiga o‘rnatishni buyurdilar (Xajun — Makka maqbarasiga yaqin mashhur tog‘)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:51:33
Jubayr ibn Mut’im bunday deydilar: «Abbosning Zubayr ibn Avvomga: «Ey Abdullohning otasi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam senga bayroqlarini o‘rnatib qo‘yishingni buyurdilar!» — deganlarini eshitganman. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha kuni Xolid ibn Validga Makkaga yuqori qismi orqali, ya’ni Kado’dan kirishni buyurdilar, o‘zlari ersalar past tomondan— Kudodan kirib bordilar. Shu kuni Xolid askarlaridan ikki kishi — Xubaysh ibn al-Ash’ar va Qurz ibn Jobirlar shahid bo‘ldilar».

Abdulloh ibn Mugaffal rivoyat qiladilar: «Men Rasulullohning Makka fathi kuni tuyalari ustida «Fath» surasini baland ovoz birlan o‘qiganlarini ko‘rdim. Keyin, ul zot: «Agar odamlar atrofimga to‘planib olmaganda ovozimni Ibn Mug‘affalga o‘xshab yanada ko‘tarur erdim!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:51:51
Usoma ibn Zayddan naql qilinadiki, u kishi Fath Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, ertalab qaerda tushib dam olamiz?» —debdilar. Payg‘ambar alayhissalom: «Uqayl ibn Abu Tolib bizga biror manzil qoldirganmi o‘zi!» — deb aytibdilar-da, keyin: «Mo‘min kofirdan, kofir mo‘mindan meros olmagay» — deb qo‘shib qo‘yibdilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhudan naql qilinaidiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Ollh taolo bizga zafar ato eqa, inshoalloh, Xayfda tushgaymiz!» — debdilar. Xayf — mushriklarning Janob Rasululloh Makkadan chiqarib yubormoqqa ont ichgan yeridir. Bu yerdagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:51:59
Anas ibn Molik raziyallohu anhudan nakl kilinadiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Fath kuni Makkaga kiribdilar, boshlarida dubulg‘a bor erkan. Dubulg‘ani yechib turganlarida bir odam kelib «Yo Rasulalloh, Ibn Hatol Ka’baning jildiga osilib tortayotir!»— Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uldir uni!» deb buyurdilar». «Fikrimizcha, yana Olloh taolo biladi, Janob Raoululloh o‘sha vaqtda ehromda bo‘lmasalar kerak»,— deydilar Molik.

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhudan nakl kilinadiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Fath kuni Makkaga kiribdilar. Baytulloh atrofida uch yuz oltmishta but turgan erkan. Shunda ul zot butlarni qo‘llaridagi ud yog‘ochi birlan turta turib. «Haqiqat keldi, botil chekindi, haqikat keldi, endi botil sira ham zohir bo‘lmaydi va qaytmaydi!» — debdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:52:06
Ibn Abbos bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida Ka’baga kirgilari kelmadi, chunki u yerda kofirlarning ma’budalari bor erdi. Janob Rasululloh amr qildilar, hamma butlar olib chiqib tashlandi, U yerda Ibrohim birlan Ismoilning suratlari ham bor bo‘lib, ularning qo‘lida tarozu tasvir qilingan erdi, ular ham chiqarib tashlandi. Janob Rasululloh: «Xarob bo‘lgur, mushriklar! Yaxshilik birlan yomonlikni bular o‘lchamasligini o‘zlari yaxshi bilgaylar»,— dedilar, keyin Baytullohga kirdilar-da, namoz o‘qimay qaytib chiqdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:52:21
51- bob Payg‘ambar alayhissalomning Makkaga uning yuqori tomonidagi
yo‘ldan kirganlari haqida


Abdulloh; ibn Umar raziyallohu anhudan nakl kilinadi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Fath kuni Makkaning yuqori tarafidan tuyaga minib kirib keldilar, tuyalariga Usoma ibn Zaydni mingashtirib olgan erdilar. Bilol va Usmon ibn Talha ersa .Janob Rasulullohni qo‘riqlab kelishardi. Janob Rasululloh tuyalarini masjid oldiga cho‘ktirdilar-da, Baytullohning kalidini keltirishni buyurdilar. Keyin, Baytullohga kirdilar, u kishi birlan birga Usoma, Bilol va Usmon ibn Talha ham kirishdi. Ka’ba ichida uzoq vaqt turib, so‘ng qaytib chiqishdi. Keyin, u yerga odamlar kira boshladi, birinchi bo‘lib Abdulloh ibn Umar kirdi, eshik ostonasida turgan Bilolni ko‘rib, undan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaerda namoz o‘qidilar?» — deb so‘radi. Bilol Janob Rasulullohning namoz o‘qigan joylarini ko‘rsatdi. Ibn Umar: «Necha rak’at namoz o‘qidilar?» — deb so‘rash esimdan chiqibdi»,— deydilar.

Oisha raziyallohu anho xabar beradilarki, Fath kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaning Kado’ deb nomlangan yuqori tarafidan kirib kelibdilar. Bu yerdagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:52:45
52-bob. Payg‘ambar alayhissalomning Fath kuni  kelib tushgan joylari haqida

Ibn Abu Laylodan nakl qilinadi: ,«Bizga bir odamning xabar berishicha, u Paygambar alayhissalomning Zuho namozini Ummu Honi’dan boshqa odamning uyida o‘qiganlarini ko‘ribdi. Ummu Honi’ning aytishicha ersa, Janob Rasululloh Makka fathi kuni uning uyida gusl qilib, sakkiz rak’at namoz o‘qiganlar. «U kishining bunchalik yengil, ammo ruku’ va sujudlari mukammal namoz o‘qiganlarini ilgari ko‘rmagan erdim»,— deydilar Ummu Honi’».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:53:19
53-bob.

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning odati shariflari shunday erdiki, ruku’ va sajdada ushbu duoni o‘qirdilar: «Subhona-ka Ollohumma rabbano va bihamdika Ollohummagfirliy!» (ya’ni, «Ey Olloh, ey parvardigorimiz, biz seni barcha narsadan pok erkanligingni e’tirof qilurmiz, doim senga hamd aytish birlan mashg‘ul bo‘lurmiz, yo Olloh, meni mag‘firat qilgil!»).

Ibn Abbos raziyallohu anhudan nahl kilinadi: «Umar raziyallohu anhu meni Badr ulug‘larining suhbatiga olib kirdilar. Ba’zilar norozi bo‘lib: «Nechun bu yigitni oramizga olib keldingiz, bunga o‘xshagan yigitlar bizda ham bor!» — dedi. Hazrat Umar: «Bu yigit o‘zlaringiz bilgan kishilar jumlasidan»,— deb javob berdilar. Bir kuni Hazrat Umar ularni ham, meni ham uylariga chaqirdilar, shunda «Meni bular birlan birgalikda uylariga chaqirishdan maqsadlari meni ularga bir «ko‘rsatib qo‘yish» bo‘lsa kerak» deb o‘yladim. Umar raziyallohu anhu «Izo joa nasrullohi val-fathu va raaytan-nosa yadxuluuna fiy diynillohi afvojan fasabbih» surasini (oxirigacha o‘qib): «Uning haqida fikrlaringiz qanday?» — deb o‘ltirganlarga savol tashladilar. Ba’zilar: «Olloh taolo bizga amr qildiki, agar nusrat topib fathga erishsak, unga hamd aytishimiz zarur erkan»,— deyishsa, ba’zilar: «Bilmaymiz»,— deyishdi, qolganlar ersa lom-mim demadi. Hazrat Umar menga: «Ey Ibn Abbos, siz ham shunday ma’no berasizmi?» — deb so‘radilar. Men: «Yo‘q»,— deb javob berdim. Hazrat Umar: «Unda siz qanday ma’no berasiz?» — dedilar. Men: «Bu Janob Rasulullohning umrlari poyoniga yetib qolganiga ishora bo‘lib, Olloh taolo ul zotga: «Agar sizga Ollohdan nusrat kelib, Makka fath bo‘lsa, bu umringizning poyoniga yetib qolganining alomatidur, shuning uchun Ollohga hamd aytib, uni ulug‘lang, unga istig‘for ayting, darhaqiqat u tavbani qabul qilguvchi zotdur!» — deb amr qildi»,— dedim. Hazrat Umar: «Buning mazmunini men ham siz kabi tushungan erdim»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:53:29
Abu Shurayhdan nahl qilinadiki, u kishi Makkaga askar yuborayotgan Amr ibn Sa’idga bunday debdilar: «Ey amir, menga izn beringiz, sizga bir hadisni aytib berayin, bu hadisni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makka fath bo‘lganining ertasiga aytgan erdilar, men uni o‘z qulog‘im birlan eshitib, qalbimga joylab olgan erdim, Janob Rasululloh qay holatda so‘zlaganlarini ham o‘z ko‘zim birlan ko‘rganman. Ul zot avval Olloh taolog‘a hamdu sanolar aytib, so‘ng bunday degan erdilar: «Makkani Olloh taolo muqaddas qildi, odamlar emas! Olloh taolo birlan oxiratga iymon keltirgan musulmon kishining Makkada qon to‘kmoqligi, uning daraxtlarini kesmoqligi halol bo‘lmaydi. Agar biror kishi: «Janob Rasulullohning o‘zlari Makkada urushganlar-ku?!» — deb vaj ko‘rsaqa, aytinglarki «Olloh o‘z payg‘ambariga izn berdi, sizlarga izn bergani yo‘q, unga ham bir soatgagina izn berdi, keyin Makkaning bugungi hurmati kechagi hurmatidek asliga qaytdi. Bu yerda bor kishilar bu yerda yo‘qlarga gapimni yetkazsin!».

Abu Shurayhdan: «Bu hadisni aytganingizdan keyin, Amr sizga nima dedi?» — deb so‘rashdi. «Ey Abu Shurayh, men bu narsani sizdan yaxshiroq bilurman, lekin Haram gunohkorni, o‘g‘rini, had urilishidan qochgan jinoyatchini o‘z panohiga olmaydi, deb aytdilar»,— dedilar Abu Shurayh.

Jobir ibn Abdulloh; «Rasululloh Fath kuni Makkada: «Olloh va uning rasuli aroq sotishni harom qildi» — dedilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:53:50
54- bob. Payg‘ambar alayxissalomning fath kunlari Makkada turganlari
haqida


Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Biz Janob Rasululloh birlan birga Makkada o‘n kun turib, namozni qasr o‘qidik»,— deydilar.

Ibk Abbos raziyallohu anhu: «Payg‘ambar alayhissalom Makkada o‘n to‘qqiz kun turdilar, shunda namozni ikki rak’atdan o‘qidilar»,— deydilar.

Bu hadisda ham Ibn Abbos Janob Rasulullohning Makkada o‘n to‘qqiz kun namozni qasr o‘qiganlarini aytib: «Biz o‘n to‘qqiz kungacha musofir bo‘lsak, namozni qasr o‘qiymiz, undan oshsa, to‘la o‘qiymiz»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:54:06
55- bob.

Abdulloh ibn Sa’laba: «Rasululloh Fath yili yuzimni silab qo‘yganlar, u vaqtda to‘rt yashar bola erdim»,— deydilar.

Sunayn Abu Jamilaning Zuhriyga xabar berishlaricha, u kishi Rasulullohni ko‘rgan va ul zot birlan birga Makka fathida ishtirok qilgan erkanlar.

Amr ibn Salamadan nahl qilinadiki, Abu Qiloba Ayyubga: «Amrga uchrashmaysizmi, undan hadis so‘rar erdingiz!» — debdilar. Ayyub: «Men Abu Qilobaning gapi birlan Amr ibn Salamaga uchrashib, undan hadis so‘radim, Amr bunday deb rivoyat qildi»,— deydilar: «Biz ko‘plab odamlar o‘tib turgan joyda, suv bo‘yida turgandik, oldimizdan otliqlar o‘tib turardi. Biz ulardan: «Odamlarga ne bo‘ldi, anavi odam kim?» — deb so‘radik. Ular: «Bu odam «Olloh meni elchi qilib yubordi, u menga vahiy jo‘natdi» deb ta’kidlayotir»,— deyishdi. Men o‘shanda «vahiy» degan so‘zni yodlab olgandim, bu so‘z mening qalbimni mahv etayotgandek erdi. Arablar musulmonlarning islom dini tufayli Makkaning fath qilinishiga umid qilishar va: «Unga tegmangizlar, o‘z qavmi ustidan g‘olib keldimi, demak u haqiqiy payg‘ambar erkan!»— deyishardi. Oradan ko‘p o‘tmay, Makka fath qilindi, shunda har bir qavm musulmon bo‘lishga shoshib qoldi, otam ham qavmimizni islomga kirishga shoshirdilar. Otam Janob Rasulullohning oldilaridan qaytganlaridan so‘ng: «Men Ollohga qasamyod qilurmanki, haq payg‘ambarning oldidan keldim, u kishi bizga mana bu vaqtda mana bunday namoz o‘qishga buyurdilar. «Agar namoz vaqti bo‘lsa, bittalaringiz azon aytingiz, Qur’onni ko‘p biladirganingiz imom bo‘lsin!» deb amr qildilar»,— dedilar. Keyin, namoz vaqti bo‘lgach, Qur’onni ko‘proq biladirgan odamni qidirdilar, lekin mendan ko‘p biladirgan odam yo‘q erkan, chunki men otliq yo‘lovchilardan ko‘p eshitib yodlab olgan erdim. Meni oldinga o‘tqazib qo‘ydilar, shunda men olti yoki yetti yoshda erdim, ustimda burda, ya’ni kalta kuylak bor erdi, sajdaga borsam, orqam ochilib qolardi. Shunda mahalla ayollaridan biri: «Qorilaringizning orqasini yopib qo‘ymaysizlarmi?!»—deb erdi. Keyin, mato sotib olib, menga uzun ko‘ylak tikib berishgan erdi. Men benihoyat quvongan erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:54:14
Oisha raziyallohu anhodan naql qiliiadiki, Utba ibn Abu Vaqqos (o‘lar chog‘ida) ukasi Sa’dga Zam’a (ismli) cho‘risining bolasi o‘z o‘g‘li erkanligini aytib, uni o‘z tarbiyasiga olmoqni vasiyat qilibdi. Janob Rasululloh Makkani fath etmoqqa kelganlarida Sa’d bolani ul zotning huzurlariga olib kelibdi, u birlan birga Zam’aning (katta o‘g‘li) Abd ibn Zam’a ham kelibdi. Shunda Sa’d: «Bu bola akamning o‘g‘li, buni menga topshirganlar»,— dedi. Abd ibn Zam’a ersa: «Yo Rasulalloh, bu mening ukam, cho‘ri Zam’aning o‘g‘li, otamning to‘shagida tug‘ilgan»,— dedi. Rasululloh Zam’aning bolasiga qaradilar, u Utba ibn Abu Vaqqosning o‘zginasi erdi. Rasululloh: «Ey Abd ibn Zam’a, bu bola sening ukang, chunki otangning to‘shagida tug‘ilgan»,— dedilar, keyin bolani Utba ibn Abu Vakqosga nihoyatda o‘xshashligini ko‘rib: «Ey Savda, bundan yuzingni yashirgil!» — deb amr qildilar».

Ibn Shihob Oisha rchziyallohu anhodan nakl qilib: «Janob Rasululloh: «Bola to‘shak sohibiniki, zinokor ersa undan mahrum qilinadi» — deb aytganlar, shunda Abu Hurayra o‘zlarini tutolmay o‘kirib (yig‘lab) yuborganlar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:54:34
Urva ibn Zubayr bunday deydilar: «Rasulullohning davrlarida, Fath g‘azoti vaqtida bir ayol o‘g‘rilik qildi. Uning qarindoshlari Usomaning oldilariga kelishib, ayolni shafoat qilishni so‘rashdi. Usoma Janob Rasulullohga shu haqida aytganlarida ul zotning yuzlari qizarib ketib: «Olloh buyurgan jazoni ado etmog‘imga monelik qilayotirsanmi?!» — dedilar. Usoma darhol: «Yo Rasulalloh, meni kechiringiz!» — dedilar. Keyin, Janob Rasululloh peshin namozi vaqtida ma’ruza qilmoqqa turdilar-da, Olloh taologa hamdu sanolar aytgach, bunday dedilar: «Ammo ba’d, sizlardan ilgarigi qavmlar biror ulug‘roq kishi o‘g‘rilik qilsa, kechirib, nochorroq o‘g‘rilik qilganda jazolaganlari uchun halokatga uchraganlar. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zotga qasam  ichib  aytamanki,  hatto  Fotima binti Muhammad ham o‘g‘rilik qilsa,  qo‘lini kesardim!» — dedilar, keyin o‘g‘rilik qilgan ayolni keltirishni buyurdilar. Uning qo‘li kesildi, so‘ng chinakam tavba qilib, turmushga chiqdi». Oisha onamiz: «Usha ayol, keyinchalik mening oldimga kelib turardi, uning hojatini men Janob Rasulullohga yetkazardim»,— deydilar.

Abu Usmonga Mujoshi’ rivoyat qiladilar: «Men Makka fathidan keyin, Payg‘ambar alayhissalomning oldilariga akamni olib keldim-da: «Yo Rasulalloh, men akamni hijratga bay’at qildirishingiz uchun olib keldim»,— dedim. Rasululloh: «Hijrat ahli hijrat savobini allaqachon olib ketib bo‘lishdi»,— dedilar. «Bo‘lmasa, nimaga bay’at qildirasiz?» — deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Men akangni islomga, iymonga, jihodga bay’ag qildiraman»,— dedilar». «Keyin, men Abu Mu’abbid (laqabi, ismi Mujolid) birlan uchrashdim, u Mujoshi’ning akasi erkan, ukasining gaplarini tasdiqladi»,— deydilar Abu Usmon.

Bu yerdagi hadis ham avvalgining o‘zginasi bo‘lib, oxirida: «Mujoshi’ning akasining oti Mujolid erdi» degan ibora bor.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:54:43
Mujohid raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Ibn Umarga: «Shomga hijrat qilmoqchiman»,— dedim. Ibn Umar: «Hijrat tamom bo‘lgan, endi jihod bor, uyga borgin-da, o‘ylab ko‘r, agar jihodga o‘zingda qudrat sezsang, borasan, agar qudrat sezmasang, ahdingdan qaytasan»,— dedilar».

Mujoxid raziyallhu anu: «Men hijrat to‘g‘risida Ibn Umarga aytgan erdim, u kishi: «Bugun (yoki Janob Rasulullohdan keyin) hijrat yo‘q»— dedilar»,— deydilar.

Bu yerdagi hadis ham avvalgi ikki hadisni takrorlaydi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:54:54
Ato ibn Abu Raboh bunday deydilar: «Men Ubayd ibn Umar birlan birga Oisha onamizni ko‘rgani bordim. Ubayd Oisha onamizdan hijrat haqida so‘radi. Oisha onamiz: «Bugungi kunda hijrat yo‘q, (ilgari) mo‘minlar dinlarini fitnadan asramoq uchun Olloh taolo birlan uning rasuli panohiga olib qochar erdilar, bugun ersa Olloh taolo islomni ustuvor qildi, endi mo‘min istagan joyda o‘z rabbiga ibodat qila oladi. Ammo, hijrat qilganlik savobiga erishmoqni istagan kishi Olloh taolo yo‘lida jihod qilmog‘i mumkin»,— dedilar».

Mujohid raziyallohu anhu bunday deydilar: «Fath kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib quyidagicha ma’ruza qildilar: «Albatta, Olloh taolo yeru osmonlarni yaratgan kundan boshlab Makkani muqaddas qildi. Olloh taolo muqaddas qilgani sababli bu yerda qon to‘kmoq to qiyomatgacha haromdur, bu mendan avval ham, mendan keyin ham biror kishiga halol (ruxsat) bo‘lmaydi, Olloh taolo menga bir soatgina urush qilmoqqa izn berdi. Makkaning hayvonlari quvilmaydi, daraxtlari kesilmaydi, o‘simliklari o‘rilmaydi, bu sozandadan bo‘lak kishiga man’ qilinadi». Abbos ibn Abdulmuttalib: «Yo Rasulalloh, izxirni o‘rmoqqa ruxsat bersangiz, chunki u uyda va soz uchun zarur narsa»,— dedi. Janob Rasululloh biroz sukut qilgach: «Izxirdan boshqasini kesmangizlar, izxirni kessangizlar, mayli!»—dedilar».

Bu yerdagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:55:26
56-bob.

Olloh taoloning qavli: «Hunayn kuni ko‘p erkanligingiz sizlarni mag‘rur qilib qo‘ydi, ammo sanog‘ingizning ko‘pligi sizlarni falokatdan qutqarib qololmadi, sizlarga keng yer tor bo‘lib, orqaga qarab chekindingizlar. Keyin, Olloh taolo hotirjamlik nozil qildi... («... kechiruvchi rahimdil zotdur» degan qavligacha)».

Ismoil ibn Abu Xolid bunday deydilar: «Men Abdulloh ibn Abu Avfonning qo‘llarida jarohat o‘rnini ko‘rdim. Shunda u kishi Janob Rasululloh birlan birga Hunayn g‘azotida bo‘lganlarida jarohatlanganliklarini aytdilar. «Hunaynda ishtirok qilganmisiz?»~desam, «Undan ilgarigi janglarda ham qatnashganman»,~dedilar.

Barro raziyallohu anhudan naql qilinadi: Bir odam u kishidan: «Sizlar Hunaynda chekinganmisizlar?»    deb    so‘radi.    Barro:    «Men    guvoxlik    beramanki,    Rasululloh chekinmaganlar, lekin lashkarning oldingi qismi ilgarilab ketib qolib, Havozan mushriklari ularni ota boshlagandi. Abu sufyon Janob Rasulullohning Bayzo nomli xachirlarininig jilovidan ushlab borar, ul zot ersalar: «Men payg‘ambarman, yolg‘onchi ermasman, men Abdulmuttalibning o‘g‘liman!»— der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:55:35
Abu Ishoq rivoyat qiladilar: «Qays qabilasidan bir kishi Barrodan:«Hunaynda Janob Rasulullohni tashlab qochdilaringizmi?» o‘ljalardan bergaymiz»,— dedilar. Ko‘pchilik Rasulullohning avvalgi takliflariga rozi erkanligini bildirdi. Rasululloh: «Bu yerda qaysilaringiz rozi-yu, qaysilaringiz norozi erkanligingizni biz bilmaymiz, boringizlarda, bir vakil tayinlab, unga fikringizni aytingizlar, u ersa bizga kelib xabar bersin!» — dedilar. Odamlar ortlariga qaytib, so‘ng bir necha nomzod vakillar birlan birga kelishdi. Vakillar avvalgi taklifga barcha rozi erkanligini Janob Rasulullohga ma’lum qilishdi».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilarki, Hazrat Umar Hunayndan qaytayotganlarida johiliyat zamonida e’tikof qilajaklarini nazr qilib qo‘yganlari haqida Janob Rasulullohga aytibdilar, shunda ul zot: «Nazrga vafo qilg‘il!»— deb amr qilibdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:55:45
Abu Qatoda raziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz Hunayn kuni Janob Rasululloh
birlan birga yo‘lga chiqdik, dushman birlan yuzma-yuz bo‘lganda musulmonlar orasida
ozgina sarosimalik sodir bo‘ldi. Men bir mushrikning musulmonlardan birini halok
qilayotganini ko‘rib qoldim. Shunda orqasidan borib bo‘yniga qilich urgan erdim,
sovutini qirkib yubordim. U menga hamla qilib keldi-da, bo‘ynimdan tutib shunday
bo‘g‘diki, o‘limning hidi dimog‘imga urildi. Keyin, qo‘llari bo‘shashib, o‘lib qoldi. So‘ng,
men Hazrati Umarning oldilariga borib: «Odamlarga nima bo‘ldi?» — dedim. Hazrat
Umar: «Olloh taolo shuni buyurgan»,   dedilar.    Keyin,     odamlar    yana    ortlariga
qaytishdi,

Rasululloh: «Kimki bir mushrikni o‘ldirgan bo‘lsa, undan qolgan o‘lja o‘shaniki bo‘lgay, ammo o‘ldirganiga guvoh topmog‘i lozim»,— dedilar. «Menga kim guvohlik bera-di?» — dedim-da, o‘ltirdim. Janob Rasululloh boyagi gaplarini uch marta takrorladilar, shunda har safar o‘rnimdan turardim-da: «Menga kim guvohlik beradi?» —deb, yana o‘ltirardim. «Senga nima bo‘ldi, Ey Abu Qatoda?» — dedilar. Men bo‘lgan voqeani gapirib berdim. Shu payt bir odam o‘rnidan turib: «Rost aytyapti, u o‘ldirgan odamning narsalari menda, men uni rozi qilaman»,— dedi. Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu: «Rasululloh boyagi gaplari birlan Olloh taolo va uning rasuli uchun jang qilgan Olloh sherlaridan biri bo‘lmish kishidan o‘ljasini olib senga berishni qasd qilgan ermasdilar!» —dedilar. Payg‘ambar alayxissalom: «Abu Bakr rost gapiryapti, uning o‘ljasini ber!» — deb jangchiga buyurdilar. U menga o‘ljamni berdi. Men bu o‘ljani» sotib, puliga Banu Salamadan bir bog‘ oldim. Bu mening islomdagi dastlabki bisotim bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:55:58
Abu Qatoda mavlolari Abu Muhammadga bunday degan erkanlar. «Xunayn kuni men bir musulmon va bir mushrikning o‘zaro jang qilishayotganini ko‘rdim, shunda boshqa bir mushrik musulmonning orqasidan kelib uni o‘ldirmoqchi bo‘ldi Men tezda unga hamla qilgan erdim, u menga qilich ko‘tardi, lekin men chaqqonlik qilib qo‘lini chopib tashladim. U meni sog‘ qo‘li birlan shunday bo‘g‘diki, o‘ldirib qo‘ymasaydi deb qo‘rqib ketdim, keyin birdan qo‘li bo‘shashib ketdi men uni o‘ldirdim. Shu vaqt musulmonlar chekinib qolishdi men ham ularga qo‘shilib chekindim. Qochib ketayotib hazrat Umardan: «Nima bo‘ldi?»—deb so‘ragan erdim, u kishi: «Olloh amr qildi»,— dedilar. Keyin, odamlar Janob Rasulullohning oldilariga to‘planishdi. Rasululloh: «Kim mushrikni o‘ldirganini isbot qilsa, undan olgan o‘ljasi o‘ziniki bo‘ladi»,— dedilar. Men ham turib kofirni o‘ldirganimga guvoh qidirdim, lekin menga guvohlik beradigan kishini topolmadim. Keyin, «Uzim ayqam-chi?» degan fikr xayolimga kelib qoldi-da, qanday o‘ldirganimni Janob Rasulullohga o‘zim aytib berdim. Shu yerda o‘ltirganlardan biri: «Usha o‘ldirilgan odamning qurol-yarog‘i menda men uning o‘rniga boshqa narsa berib rozi qilaman», dedi. Abu Bakr raziyallohu anhu: «Yo‘q, aslo, Rasululloh Quraysh qushchasiga qurolni berib, Olloh va uning rasuli uchun jang qilgan Olloh sherlaridan bo‘lmish bir sherni mahrum qilmaydilar!» — dedilar. Rasululloh o‘rinlaridan turib qurolni menga olib berdilar. Men uni sotib, puliga xurmozor oldim. Islomdagi birinchi dastmoyam mana shu bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:56:13
57-bob. Avtos g‘azoti haqida

Abu Muso raziyallohu anhudan nakl qilinadi: «Paygambar alayhissalom Hunayn gazotidan forig bo‘lganlaridan keyin, Abu Omirni lashkarga bosh qilib Avtosga jo‘natdilar. Yo‘lda mushrik Durayd ibn as-Simma yo‘liqdi, uni o‘ldirishdi sheriklarini Olloh taolo maglub etdi. «Janob Rasululdoh, deydilar Abu Muso,— Abu Omir birlan birga meni ham jo‘natgan erdilar. Nogahon, Abu Omir tizzalaridan o‘q yedilar. Uqni Jushamiy kamondan otgan erdi. Men darhol Abu Omirning oldilariga borib: «Ey amaki, sizni kim otdi»? — deb so‘radim. U kishi Jushamiyga ishora qilib: «Meni otgan qotil shu!» — dedilar. Men uni quvib ketdim, u meni ko‘rib qocha boshladi. Uni quvayotib: «Qochgani uyalmaysanm? — dedim. U to‘xtadi, barobar qilich urishib, uni o‘ldirdim. Keyin, Abu Omirning yonlariga kelib: «Olloh taolo mening qo‘lim birlan raqibingizni o‘ldirdi!»—dedim.Abu Omir o‘qni sugurib olishimni iltimos qildilar, men sugurgan erdim, o‘rnidan suv oqdii. Abu Omir menga: «Ey jiyanim, Janob Rasulullohga salom aytgin, mening haqimga istigfor ayqinlar!» — dedilar. Keyin, meni odamlarga boshliq qildilar-da, birozdan so‘ng vafot etdilar. Jangdan qaytgandan so‘ng, Janob Rasulullohning huzurlariga kirdim, u kishi uylaridagi qamish (bo‘yra)dan qilingan chorpoyada erkanlar. Chorpoyaga to‘shak solingan bo‘lib, Janob Rasulullohning orqalari va yonboshlarida bo‘yraning botgan izi ko‘rinib turardi. Men o‘zimiz hamda Abu Omir haqlarida gapirdim, u kishining «Mening haqimga istigfor ayqinlar!» deganlarini ham aytdim. Rasululloh bir idishda suv so‘radilar, unga tahorat olib, keyin duoga qo‘l ochdilarda: «Ey Olloh, bandaig Abu Omirni magfirat qilgin!» — dedilar. Shunda men Janob Rasulullohning qo‘ltiqlari oppoq erkanligini ko‘rdim. Keyin: «Ey Olloh, qiyomatda martabasini ko‘pchilik bandalaring martabasidan ulug qilgin!» — deb yana duo qildilar. Men ul zotga: «Meni ham duo qilingiz!» — dedim. Rasululloh: «Ey Olloh, Abdulloh ibn Qaysning ham gunohini kechirgin, Qiyomat kuni unga ham faxrli joy ato etgin!» —deb duo qildilar».

Abu Burda: «Duolarning biri Abu Omir uchun, ikkinchisi Abu Muso uchun bo‘ldi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:56:28
58-bob. Toif g‘azoti haqida

Muso ibn Uqba: «Toif gazoti hijratning 8- yili shavvol oyida bo‘lgan erdi»,— deydilar.

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: «Rasululloh Toifni qamal qilganlarida biror natija bo‘lmadi, keyin: «Xudo xoxlasa, qaytamiz»,— dedilar. Bu gap ko‘pchilikka ogir botdi, «Qaytarkanmiz, fath qilmas erkanmiz»,— deyishdi. So‘ng, «Ertalab urushga chiqinglar!» — deb buyurgan erdilar, musulmonlar jangga chiqdilar, lekin qo‘rgon berk, uning tepasidan otilgan o‘q va toshlardan musulmonlarga jarohat yetdi. Keyin, Rasululloh: «Xudo xohlasa, ertaga qaytamiz»,— degan erdilar, hammalari xursand bo‘lishdi, Rasululloh kulib qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:56:42
Olloh taolo yo‘lida birinchi bo‘lib mushriklarga qarata kamondan o‘q uzgan Sa’d ibn Abu Vaqqos hamda Toif qo‘rgonidan oshib tushib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga kelgan Abu Bakra (Nofi’ ibn Masruq) rivoyat qilurlarki, Janob Rasululloh: «Kimki ataylab o‘z otasidan tonib, boshqa birovni otam deb Da’vo qilsa, unga jannat haromdur!»—degan erkanlar.

Osim raziyallohu anohu rivoyat qiladilar: «Men ushbu hadisni Sa’d va Abu Bakradan eshitganman»,— dedi. Abu Usmon. Men unga: «Sen aytgan hadisning to‘g‘riligiga ikki kishining guvoh erkanligi kifoyadur»,— dedim. U menga: «Ha to‘g‘ri! Usha ikki kishining biri islom yo‘lida birinchi bo‘lib kamondan o‘q uzgan kishidir, ikkinchisi ersa qamal kuni Toif qo‘rg‘onidan oshib o‘tib Janob Rasulullohning qoshlariga kelgan yigirma uch musulmonning uchinchisidur»,-dedi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:56:49
Abu Muso al-Ash’ariy aytadilar: «Janob Rasululloh Makka birlan Madina o‘rtasidagi Ji’rona degan joyda manzil tutgan erdilar, ul zot birlan birga Hazrat Bilol va men o‘ltirgan erdim. Shu payt bir badaviy kelib Janob Rasulullohga: «Menga bergan va’dangizni bajarmaysiz-mi?»—dedi. (Badaviy talab qilgan va’da nimadan iborat erkanligi roviylarga ma’lum ermas). Rasululloh: «Xursand bo‘lgil!»—dedilar. Badaviy: «Xursand bo‘lgil!»ni menga ko‘p aytgansiz!»—deb Abu Muso birlan Bilolga g‘azab birlan qaradi. Rasululloh ularga: «Bashorat rad qilindi, ikkovingiz qabul qilib olingiz!» — dedilar. Ikkovlari barobar: «Qabul qildik!» — deyishdi. Keyin, Rasululloh qadahda suv keltirishni buyurdilar, unga ikki qo‘llari va yuzlarini yuvdilar-da, qolganiga dam soldilar, so‘ng: «Bundan ichingiz, yuzlaringizga quyingiz, tomoqlaringizga surtingiz va xursand bo‘lingiz!» — dedilar. Ikkovlari qadahni olib, Janob Rasululloh buyurganlaridek qilishdi. Parda orqasidan Ummu Salama raziyallohu anho: «Agar onalaringiz uchun suvdan orttirolsangiz, menga ham uzatib yuboringiz!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:56:56
Safvon ibn Ya’lo bunday deb xabar beradilar: «(Otam) Ya’lo: «Koshkiydi, men Janob Rasulullohga vahiy tushayotgan paytni ko‘rsam!» — deb doim orzu qilur erdilar. Tez kunlarda Payg‘ambar alayhissalom Ji’ronaga tushdilar, ashoblari atroflarida turib boshlariga bir kiyim birlan soya qilib turishardi. Shu vaqt xushbo‘yliklar sepilgan jubba kiygan bir badaviy kelib: «Yo Rasulalloh, bir kishi jubba kiyib, unga xushbo‘yliklar sepgach, ehrom bog‘lasa, nima deysiz?»—dedi. Hazrat Umar Ya’loga «Kel!» deb ishora qildilar, Ya’lo kelgach, boshlarini Janob Rasulullohning tepalariga tutib turilgan kiyim ostiga suqdilar. Qarasalar, ul zot yuzlari qizargan, chuqur-chuqur nafas olardilar. Bu holat bir soatcha davom etdi. So‘ng, Janob Rasululloh: «Mendan umra haqida so‘ragan odam qani?» — dedilar. Boyagi odamni qidirib topib kelishdi. Janob Rasululloh unga: «Jubbani yechib tashla, badaningga yuqib qolgan xushbo‘ylikni uch bor yuvib ketkiz, keyin hajda ne qilsang, umrada ham shunday qilgil!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:57:03
Abdulloh ibn Zayd rivoyat qiladilar: «Olloh taolo Hunayn g‘azotida Janob Rasulullohga katta o‘lja ato etgach, uni islom diniga endigina kirganlarga taqsim qildilar, lekin ansorlarga hech narsa bermadilar. Shunda ansorlar o‘zlariga o‘ljadan ulush tegmagani uchun ranjigandek bo‘lishdi. Janob Rasululloh ularga: «Ey ansorlar jamoasi! Men sizlarni yo‘ldan adashgan holda topmaganmidim?! Olloh taolo mening sababim birlan sizlarni hidoyat qildi, tarqoq erdingizlar,mening sababim birlan sizlarni birlashtirdi, kambag‘al erdingizlar, mening sababim birlan sizlarni boy qildi. (Rasululloh shunga o‘xshash gaplarni aygganlarida, ansorlar har gal: «Olloh va uning rasuli har qancha minnat qilsa, loyiq!» —deyishardi). Agar xohlasangizlar, sizlar ham: «Hijrat qilib kelganingizda biz sizga joy berdik, xor bo‘lganingizda yordam berdik, qo‘rqib kelganingizda xotirjam qildik!»— deb menga minnat qilingizlar!» — dedilar. Ammo, ansorlar: «Minnat va fazl Olloh taologa va uning paygambariga xos!» — deb javob berishdi. Janob Rasululloh: «Boshqalarning qo‘y va tuyalarni olib o‘z manzillariga ravona bo‘lmog‘iga, o‘zingizning ersa meni birga olib ketmogingizga rozi bo‘larsizlar, axir?! Agar hijrat bo‘lmaganda men ansorlardan biri bo‘lgan bo‘lur erdim. Odamlar o‘zga bir vodiy yoki o‘zga bir dara bo‘ylab yursalar, men ansorlar vodiysi yoki darasi bo‘ylab yurardim. Ansorlar mening uchun kuylagimdek yaqin bo‘lib, boshqalar choponim yanglig‘durlar. Mendan keyin sizlar boylikka ruju’ qilganlarning shohidi bo‘lgaysiz-lar, Havzi Kavsar bo‘yida uchrashgunimizcha sabr qilingizlar!» — deb xitob qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:57:21
Anas ibn Molik bunday deydilar: «Olloh taolo Rasulullohga Havozan mol-dunyosidan ko‘p o‘ljalar ato etgach, ul zot uni har bir kishiga yuz tuyadan taqsim qila boshladilar. Shunda ansorlar: «Olloh o‘z rasulini mag‘firat qilsin, Qurayshga nasiba berdilar-u, bizni unutdilar, vaholanki hali mushriklarning qilichimizdagi qoni qurigani yo‘q!» — deyishdi, Rasulullohga ularning bu gaplari yetkazildi. Janob Rasululloh ansorlarga odam yuborib, ularni teridan yopilgan bir qubba ostiga yig‘dilar, lekin boshqalarni chaqirmadilar. Ansorlar yig‘ilgach, Rasululloh o‘rinlaridan tUrdilar-da: «Sizlar haqqingizda menga aytishgan gap Qanday gap bo‘ldi?!»—deb so‘radilar. Ansorlar orasidagi faqih kishilar: «Ey Ollohning rasuli! Boshliqlarimiz hech narsa deyishgani yo‘q, faqat yoshlarimizgina: «Olloh o‘z rasulini kechirsin. Qurayshga o‘lja berdilar-u, bizni unutdilar, vaholanki hali mushriklarning qilichimizdagi qoni qurigani yo‘q!»—deyishdi»,—deb aytishdi. Janob Rasululloh- «Men endigina kufrdan qaytib islomga kirganlarga o‘ljabera yotirman, maqsadim ularni islomga ko‘proq jalb qilmoqlikdur. Ular uylariga o‘ljalar birlan qaytgan chog‘larida, sizlar uylaringizga payg‘ambar birlan qaytmoqqa rozi bo‘lmaysizlarmi?! Olloh haqi, sizlar olib qaytadirgan narsa, ular olib qaytadirgan narsadan yaxshiroqdur!»— dedilar. Ansorlar: «Yo Rasulalloh, albatta biz shunga rozimiz!»— deyishdi. Payg‘ambar alayhissalom «Kelajakda boylikka ruju’ qilganlarning shohidi bo‘lursizlar. Olloh Taolo birlan uning rasuliga ro‘baro‘ bo‘lguningizcha sabr qilingizlar, men Havzi Kavsar bo‘yida bo‘lgayman» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:57:30
Anas: «Ammo ular sabr qilishmadi»,— deydilar.

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom ansorlarni yig‘dilar-da: «Quraysh yaqindagina jaholatu badbaxtlik iskanjasidan qutulgandur, men ularni to‘g‘ri yo‘lga solib, qalblarida islomga nisbatan do‘stlik. Uyg‘otmoqchiman. Ular uylariga o‘ljalar birlan qaytgan chog‘da, nahotki sizizlar payg‘ambarni uyingizga olib qaytmoqqa rozi bo‘lmasangizlar?!»—dedilar. Ansorlar: «Ha, rozimiz!» —deyishdi. Rasululloh: «Agar odamlar o‘zga bir vodiy bo‘ylab yursalar, men ansorlar vodiysi bo‘ylab yurgayman!» - - dedilar».

Abdulloh Ibn Mas’ud bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom Hunayn g‘azotida olingan o‘ljalarni taqsim qildilar. Shunda ansorlardan bir kishi: «Olloh taoloni yuz-xotir qilmay taqsim qilindi»,— dedi. Men bu gapni Janob Rasulullohga borib aytdim. Buni eshitib, Janob Rasulullohning yuzlari o‘zgarib ketdi, keyin: «Musoni Olloh taolo Rahmat qilsin, u kishiga bundan qam ko‘p ozor yetkazishgan, ammo sabr qilgan erdilar!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:57:46
Abdulloh Ibn Mas’ud razayallohu anhu bunday deydilar: «Hunayn voqeasidan keyin, Payg‘ambar alayhissalom ba’zi odamlarni ortiqroq ko‘rib, ko‘proq o‘lja berdilar. Chunonchi, Aqra’ga yuz tuya, Uyaynaga ham shuncha tuya in’om qildilar. Shunda bir Odam «Ollohni yuz-xotir qilmay taqsim qilindi»,— dedi.Men bu gapni Janob Rasulullohga borib aytdim. Ul zot: «Olloh taolo Musoni rahmat qilsin, u kishiga bundan ko‘p ozor yetkazilganda sabr qilgai erdilar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:57:54
Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday. deydilar: «Hunayn kuni Havozan, G’atafon va boshqa bir qancha qabilalar bola-chaqasi-yu podalari birlan kelgan erdi. Rasululloh birlan ersa o‘n ming lashkar va yana Makkadan kelib qo‘shilgan yoshlar bor erdi. Hammalari chekinishdi, Janob Rasululloh yolg‘iz o‘zlari qoldilar. Shunda ikki bor alohida-alohida nido qildilar. Avval, o‘ng tomonlariga qarab: «Ey ansorlar jamoasi!» —deb nido qildilar. Ular: «Labbayka, yo Rasulalloh! Biz siz birlan birgamiz, xushnud bo‘lingiz!»— deyishdi. So‘ng, chap tomonlariga qarab: «Ey ansorlar jamoasi!» — deb nido qildilar. Ansorlar: «Labbayka, yo Rasulalloh! Xursand bo‘lingiz, biz siz birlan birgamiz!» — deyishdi. Shunda Bayzo degan xachirlarida o‘ltirgan erdilar, undan tushdilar-da: «Men Ollohning bandasi va rasuliman!» — dedilar. Mushriklar tor-mor bo‘ldi, ko‘p o‘lja olindi. Janob Rasululloh o‘ljani muhojirlar birlan Makka yoshlariga taqsimlab berdilar, ammo ansorlarga bermadilar. Shunda ansorlar: «Qachon qiyinchilik bo‘lsa, biz chaqirilamiz, o‘ljani ersa boshqalarga beradilar!» — deyishdi. Bu gap Rasulullohga yetkazildi. Ul zot barcha ansorlarni to‘plab: «Menga sizlar haqingizda atishgan gap qanday gap bo‘ldi?!»—dedilar. Ular sukut saqlashdi. Janob Rasululloh ularga: «Ey ansorlar jamoasi, boshqalar bu yerdan o‘lja olib qayqa-yu, sizlar payg‘ambar birlan qayqangiz, rozi bo‘lmagaysizmi?» — dedilar. Ansorlar: «Ha, rozi bo‘lgaymiz!»— deyishdi. Payg‘ambar alayhissalom: «Agar odamlar vodiy bo‘ylab yursa-yu, ansorlar dara bo‘ylab yursa, men ansorlar darasi bo‘ylab yurgan bo‘lur erdim!»—dedilar».

Hishom Anasdan: «Ey Abu Hamza, shunda siz ham o‘sha yerdamidingiz?» — deb so‘radilar. Anas: «Usha yerda bo‘lmay, qaerda bo‘lardim!»—dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:58:29
59-bob. Najd tarafga lashkar yuborilgani haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom Najd tarafga lashkar yubordilar, ularning orasida men ham bor erdim. Uljamiz o‘n ikki tuya bo‘ldi, sovg‘a-salomlarimiz ham tuya-tuya bo‘lib, o‘n uch tuya mol birlan qaytib keldik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:58:44
60-bob. Payg‘ambar alayhissalomning Xolid ibn Validni Banu Jaziyma qabilasiga
yuborganlari haqida


Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhudan naql qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom Xolid ibn Validni Jaziyma qabilasiga yubordilar Xolid ularni islomga da’vat qildi, ular (shoshib qolganlaridan) «Islomni qabul qildik» deyish o‘rniga «Dindan chiqdik, dindan chiqdik (ya’ni, «Mushriklikni tark etib, islomni qabul qildik»)»,— deyishdi. Xolid ularni tushunmay jang boshlab, ko‘pini qirib tashladi, qolganini asir oldi. Keyin, har bir kishiga o‘z asirini topshirib: «Uldiringiz!» —dedi. Shunda men: «Asirimni o‘ldirmayman, sheriklarim ham o‘z asirlarini o‘ldirishmaydi!» — dedim. So‘ng, Janob Rasulullohning huzurlariga borib, bo‘lgan voqeani aytib berdik. Ul zot qo‘llarini ko‘tarib ikki bor: «Yo Olloh, Xolid qilgan gunohdan xalos qilgin!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:58:56
61-bob. Abdulloh ibn Huzofa va Alqama ibn Mujazzizning lashkar tortib yo‘lga
chiqqanligi haqida


Ali raziyallohu anhudan naql qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom (ansorlardan tuzilgan) lashkarni jo‘natayotib, ularga ansorlardan birini boshliq qilib tayinladilar-da, unga itoat qilmoqni buyurdilar. Yo‘lda amirning (bir narsadan) g‘azabi qaynab: «Rasululloh sizlarni menga itoat qilmoqqa buyurdilarmi?» — dedi. Askarlar: «Ha»,— deb javob berishdi. «Unday bo‘lsa, o‘tin to‘planglar!» — dedi amir. Ular o‘tin to‘plashdi. «Ut yoqinglar!» —dedi u, ular o‘t yoqishdi. «Endi o‘tga kiringlar!» — dedi amir. Hammalari o‘tga kirmoqchi bo‘lishdi-yu, lekin bir-birlarini ushlab to‘xtashdi. Keyin: «Utdan payg‘ambar oldiga qochamiz!» — deb turganlarida olov o‘chib qoldi, amirning g‘azabi ham tindi. Bu gap payg‘ambarimizga yetganda, u kishi: «Agar o‘tga kirganlarida, undan qiyomatgacha ham chiqolmasdilar, xayrli ishga buyurilgandagina itoat qilish lozim!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:59:09
Abu Muso birlan Maozning Hajjat ul-Vido’dan oldin Yamanga yuborilgani haqida Abu Burda raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom Abu Muso birlan Maoz ibn Jobalni Yamanga yubordilar. Yamanda ikki viloyat bo‘lib, Abu Muso biriga, Maoz ersa ikkinchisiga yuborildi. Janob Rasululloh ularga: «Osonlashtiringlar, qiyinlashtirmanglar, mamnun qilinglar, nafratlantirmanglar!» — deb tayinladilar. Keyin, ularning har biri o‘z ishiga ketdi. Ulardan qay biri bo‘lmasin, o‘ziga tegishli viloyat yerlarida yurganida sherigining viloyatiga yaqin borib qolsa, darhol uni izlab topib: «Janob Rasulullohning o‘gitlari va ul zotga bergan va’damiz esingdami?» — deya u birlan so‘rashardi. Chunonchi, bir kuni Maoz o‘z viloyati bo‘ylab ketayotganida Abu Musoga tegishli yerlarga yaqin borib qoldi. Shunda u xachiriga minib Abu Musoni izlab ketdi. Borib qarasa, Abu Muso o‘ltiribdi, atrofini odamlar o‘rab olgan, ro‘parasida ersa ikki qo‘li bo‘yniga bog‘lab qo‘yilgan bir kishi turibdi. Maoz Abu Musoga: «Ey Abdulloh Ibn Qays! Bu kim'»—dedi. Abu Muso: «Bu odam islomdan qaytib, qayta kofir bo‘ldi»,— dedi. Maoz: «Bu o‘ldirilmaguncha, xachirimdan tushmagayman!»— dedi. Abu Muso: «Bu xuddi shu maqsadda keltirilgandur, xachiringdan tushaver!» — dedi. Maoz yana: «Bu o‘ldirilmaguncha tushmayman!»—dedi. Abu Muso boyagi odamni qatl qilmoqqa amr berdi, uni o‘ldirishdi. Maoz xachiridan tushib. «Ey Abdulloh! Qur’onni qanday o‘qiyotirsan?»—dedi. Abu Muso: «Kecha-kunduz tinmay takror qilayotirman, ey Maoz, sen o‘zing qanday o‘qiyotir-san?»—dedi Maoz: «Men kechaning dastlabki qismida uxlayman, keyin turaman. Uyquni ikki qismga bo‘lib qo‘yganman. Olloh taolo muyassar qilgancha Qur’on o‘qiyman, bedorligimni rejalashtirganimdek, uyqumni ham rejalashtirib qo‘yganman»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:59:22
Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhudan naql qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom uni Yamanga yuborgan erdilar, undan Yamanda qilinadirgan sharob haqida so‘radilar. Abu Muso: «Ular tayyorlaydirgan sharob «Bita’» va «Mizar» deb nomlanadi»,— dedi. Roviy: «Men Abu Burdadan «Biga’» va «Mizar» nima?»—deb so‘rasam, u: «Bita’» — asal nabizi, «Mizar» — arpa nabizi»,— dedi. Rasululloh: «Har qanday mast qiluvchi ichimlik haromdur!»—dedilar».

Abu Burda bobolari Abu Musodan naql qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Abu Muso birlan Maozni Yamanga yuborayotib, ularga: «Osonlashtiringlar, qiyinlashtirmanglar, xushnud qilinglar, nafratlantirmanglar, bir-biringizga itoat qilinglar!» — deb tayinladilar. Abu Muso: «Yo Rasulalloh! Biz ketayotgan o‘lkada asaldan qilinadirgan «Bita’» ichimligi mavjud»,— dedi. Rasululloh: «Har qanday mast qiluvchi ichimlik haromdur!» —dedilar. Keyin, ikkovlari jo‘nab ketishdi. Yo‘lda Maoz Abu Musoga: «Qur’onni qanday o‘qiyotirsan?» —dedi. Abu Muso: «Turib ham, o‘ltirib ham, tuyamda ketayotib ham o‘qigayman, kecha-yu kunduz qiroatni tark qilmagayman»,— dedi. Maoz: «Men ersam dastlab uxlayman, keyin turib o‘qiyman, uyqumni ham, qiroatimni ham rejalashtirib qo‘yganman»,— dedi. Keyin, to‘xtab chodir o‘rnatishdi. Ikkovlari bir-birlarini ko‘rgani borib turishadirgan bo‘ldi. Bir kuni Maoz Abu Musoni ko‘rgani borsa, huzurida qo‘llari bog‘liq bir odam turibdi. Maoz: «Bu kim?» —deb so‘radi. «Bu bir yahudiy bo‘lib, musulmon bo‘lgan erdi, keyin dindan qaytdi»,— dedi Abu Muso Maoz «Kel, men bo‘ynini uzib tashlayin!» — dedi».

Shu’badan ham ushbu mazmundagi hadis naql qilingan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:59:36
Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom meni o‘z qavmim yeriga yubordilar. Borib, qaytib keldim. Shunda Janob Rasululloh Abtahda erkanlar. Mendan «Ey Abdulloh ibn Qays, haj qildingmi?» — deb so‘radilar. Men «Haj qildim, yo Rasulalloh!» — dedim. Ul zot «Labbaykani qanday aytding?»— dedilar. Men «Labbayka ahlan, lo kohilan laka deb aytdim»,— dedim. Ul zot «Uzing birlan birga jonliq olib keldingmi?» — dedilar. Men «Yo‘q»,— dedim. Ul zot «Baytullohni tavof qil, Safo va Marvada sa’y qil, keyin ehromingni yechaver!» —dedilar. Men shunday qildim, keyin Banu Qays ayollaridan biri mening uchun yuvinib-tarandi, biz Hazrat Umar xalifaligi davrigacha birga yashadik».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh Maozni Yamanga jo‘natayotib: «Sen ahli kitoblardan bo‘lmish bir qavm huzuriga ketyotirsan, borib ularni islomga da’vat qil, ya’ni «Lo iloha illallohu Muhammadun rasululloh» deb ayqinlar, agar senga itoat eqalar, Olloh taolo bir kecha-kunduzda besh vaqt namozni farz qilganini ularga ma’lum qil, agar bul xususda ham senga itoat eqalar, Olloh taolo boylardan kambag‘allarga olib beriladirgan sadaqani ham farz qilganini aytgil, agar bunga ham ko‘nsalar, unda ularning mollarining eng yaxshisini tortib olishdan ehtiyot bo‘lgil! Mazlumning qarg‘ishidan qo‘rqgilki, Olloh taolo birlan mazlum o‘rtasida parda bo‘lma-gay!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 07:59:51
Amr ibn Maymun rivoyat qiladilar: «Maoz ibn Jabal Yamanga kelganda yamanliklarga   imomlik   qilib   bomdod   namozini   o‘qidi.    Shunda   «Vattaxazallohu Ibrohiyma xaliylan», ya’ni «Olloh Ibrohimni o‘ziga do‘st qilib oldi» degan mazmundagi oyatni qiroat qilganda yamanliklardan biri «Ibrohimning onasining ko‘z yoshi sovidi»,— dedi» Qastaloniy «Xursandlikdan to‘kilgan ko‘z yoshi sovuq, g‘amdan to‘kilgan ko‘z yoshi issiq bo‘ladi»,— deydilar.

Payg‘ambar alayhissalomning Ali ibn Abu Tolib va Xolid ibn Validni Hajjat ul-Vido’dan ilgari Yamanga yuborganlari haqida.

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bizni Xolid ibn Valid birlan birga Yamanga yubordilar, keyin Xolidning o‘rniga Ali Ibn Abu Tolibni jo‘natdilar. Unga «Xolidning ashoblariga aytgilki, agar sen birlan birga qolmoqni istasalar, qolsinlar, xohlamaganlar qaytib kelsin!»— deb taiynladilar. Men Ali birlan birga qolgan kishilar orasida erdim, juda ko‘p tillo o‘lja olgandim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:00:09
Burayda raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom Alini o‘ljalarning beshdan birini olib kelish uchun Xolidning huzuriga yubordilar. Men Alini o‘lja taqsim qilganining ertasiga g‘usl qilgani uchun yomon ko‘rib qolgan erdim. Ushanda «Mana buning qilgan ishini ko‘rmaysizmi?!» —deb Xolidga aytgan erdim, keyin payg‘ambarimizning huzurlariga qaytib kelganimizda ul zotga ham aytdim. Rasululloh «Ey Burayda, Alini yomon ko‘rasan-mi?» — deb so‘radilar. «Ha»,—degan erdim, «Uni yomon ko‘rmagin, chunki Ali o‘ljadan ko‘proq olsa ham, haqqi bor erdi»,— dedilar» (Buraydaning Alini yomon ko‘rib qolishlariga sabab, Ali asiralardan eng chiroyli qizni o‘zlariga tanlab olgandilar-da, iddadan chiqishini kutmay, jinsiy aloqa qilgan erdilar).

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallhu anhu rivoyat qiladilar: «Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu Yamandan Rasulullohga oshlangan teri xaltada qumu tufroqdan tozalanmagan oltin jo‘natdi. Rasululloh uni to‘rt kishi-ga — Uyayna ibn Badr, Aqra’ ibn Hobis, Zayd al-Xayl va to‘rtinchisi yo Alqama yoki Omir ibn Tufaylga taqsim qildilar. Shunda sahobalaridan birlari: «Bizlar bu oltinga anavi to‘rtovlondan ham haqlirooq erdik!» dedi.

Bu gap Janob Rasulullohga yetgach «Menga ishonmaysizlarmi, axir men osmondagi zotning ishonchli vakiliman-ku?! Menga erta-yu kech undan xabar kelib turadi»,— dedilar. Shu payt ko‘zlari botiq, yuz suyaklari bo‘rtib chiqqan, peshonasi do‘ng, soch-soqoli olingan, ishtonining pochasi oshiqqacha shimarilgan bir odam o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, Ollohdan qo‘rqing!»—dedi. Rasululloh: Sho‘ring qursin! Men yer ahlining Ollohdan qo‘rqishga loyiqrog‘i emasman-mi?|» —dedilar. Shunda haligi odam o‘rnidan turib chiqib ketdi. Xolid ibn Valid «Yo Rasulalloh, bo‘ynini chopaymi?»~dedi. Rasululloh «Yo‘q, shoyadki u namozxon bo‘l-sa!»—dedilar. «Dilida yo‘q narsani tili birlan gapiradirgan namozxonlar ko‘pku?'»—dedi. Xolid ibn Valid Janob Rasululloh «Men odamlarning qalblarini tekshirishga buyurilmadim, ularning qornini yorib ko‘rishga buyurilmadim»,— deya boyagi odamning ortidan qarab qoldilar-da, u chiqib ketgach «Mana shu odamiing zurriyotidan Olloh taoloning Kitobini ravon, ammo bo‘g‘zidan nariga o‘tkazmay o‘qiydirgan hamda kamondan otilgan o‘qdek dindan tez chiqadirgan qavm paydo bo‘lgaydur,— dedilar. Menimcha, keyin «Shundaylarni bilib ololsam erdi, Olloh taolo Samud qavmini halok qilgandek, halok qilardim! —deb aytgan erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:00:20
Jobir ibn Abdulloh «Payg‘ambar alayhissalom Ali raziyallohu anhuga Makkaga ehrom bog‘lab kelishni buyurdilar»,— deydilar.

Jobir raziyallhu anhu yuqoridagi hadisga o‘qshimcha qilib, bunday deydilar: «Ali ibn Abu Tolib o‘ljalar birlan qaytib keldi. Payg‘ambar alayhissalom unga: «Ehrom bog‘lab nimaga niyat qilding?»— deb so‘radilar. Ali «Payg‘ambar alayhissalom nimaga niyat qilgan bo‘lsalar, men ham o‘shanga niyat qildim»,— dedi. Janob Rasululloh «Unday bo‘lsa, jonliq atagil-da, ehromdan chiqmay turgil!» — dedilar. Ali Janob Rasulullohga jonliqlarni topshirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:00:36

Bakr   al-Basriy   Ibn    Umarga:   «Anas   aytgan   hadisga   qaraganda   Rasululloh birvarakayiga haj va umraga ehrom bog‘lagan erkanlar, shu rostmi?!»—dedilar. Ibn Umar raziyallohu anhu «Rasululloh aslida hajga ehrom kiygan erdilar, biz ham u kishi birlan hajga niyat qilgandik. Makkaga kelganimizda Janob Rasululloh «Kimning jonlig‘i bo‘lmasa, umraga niyat qilsin!»— dedilar. Shunda Janob Rasulullohning jonliqlari bor erdi. Ali ibn Abu Tolib ham Yamandan hajga niyat qilib keldilar. Janob Rasululloh unga «Nimaga niyat qilding?» — dedllar. U «Payg‘ambar nimaga niyat qilgan bo‘lsalar o‘shanga niyat qildim»,— dedi. «Unday bo‘lsa, ehromdan chiqmay turgil, chunki bizning jonlig‘imiz bor!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:00:54
Zulxalasa (Zulxulaysa) g‘azoti haqida

Jarir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Johiliyat zamonida bir uy bor erdi, uni «Zulxalasa», «Al-Ka’ba al-Yamoniyya», «Al-Ka’ba ash-Shomiyia» deb atashardi. Payg‘ambar alayhissalom menga «Meni Zulxalasadan xalos qilmaysanmi?» —dedilar. Men bir yuz ellik otliq birlan borib, uni vayron qildim, u yerda kimni topsam, o‘ldirdim. So‘ng, Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga kelib bu haqda xabar berdik, ul zot bizni jasoratimiz uchun duo qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:01:08
Jarir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom menga: «Meni Zulxalasadan xalos qilmaysan-mi» — dedilar Zulxalasa — Kas’am qabilasining ibodatgohi bo‘lib, uni «Al-Ka’ba al-Yamoniyya» deb atashardi. Men Ahmas qabilasidan bir yuz ellik otliqni olib yo‘lga chiqdim, hammalari chavandoz erdilar, men bo‘lsam otda mahkam o‘ltirolmas erdim. Rasululloh ko‘kragimga shunchalik qattiq turtdilar-ki, hatto barmoqlarining izi tushib qoldi. Keyin, «Ey Olloh, uni otda mahkam o‘ltira oladirgan, hidoyatli yetakchilardan qilgin!» — deb duo qildilar». Keyin, Jarir Zulxalasaga borib o‘t qo‘yib, uni butunlay vayron qildi-da, Janob Rasulullohga odam yubordi. U «Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan zotga qasamyod qilurmanki, oldingizga kelayotganimda Zulxalasa qo‘tir tuyadek bo‘lib qolgan erdi!» —dedi. Janob Rasululloh Ahmas chavandozlari birlan Ahmas qabilasiga baraka tiladilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:01:19
Bu yerdagi hadis takroran keltirilgan Zotussalosil g‘azoti haqida

Abu Usmon rivoyat qiladilar: «Rasululloh Amr ibn Osni lashkarga bosh qilib Zotussalosilga yubordilar. Ushanda Amr bunday deb erdi: «G’azotdan qaytib, Janob Rasulullohning oldilariga keldim-da: «Sizga odamlarning qaysi biri mahbubroq?» — deb so‘radim. Ul zot «Oisha»,— dedilar. «Erkaklardan-chi?»—deb so‘radim. «Uning otasi»,—dedilar «Undan keyin kim'»—deb so‘radim «Umar»,— dedilar-da, yana bir necha kishining ismini sanadilar, shunda meni eng oxirida aytishlaridan qo‘rqib sukut saqladim»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:01:37
Jarirning Yamanga borganligi haqida

Jarirraziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Bahrda erdim, Yaman axlidan ikki kishini — Zukilo’ va Zuamrni uchratdim. Ularga Rasululloh haqlarida so‘zlay boshlagan erdim, Zuamr: «Sen ta’riflayotgan do‘sting uch kun burun olamdan o‘tdi»,— dedi. Ikkovi men birlan kelayotgan erdi, bir joyga yetganimizda Madina tomondan otliqlar ko‘rindi, ular Janob Rasulullohning vafot etganlari, Abu Bakrning xalifa bo‘lganlari hamda odamlar hammasi tinch erkanligi haqida xabar berishdi. Ikkovlari, ya’ni Zukilo’ birlan Zuamr: «Bizning (birga) kelganimizni sohibingga aytgil, inshoalloh yana qaytib kelgaymiz» — deb Yamanga qaytib ketishdi. Men ularning gaplarini Abu Bakrga aytdim. Abu Bakr: «Ularni o‘zing birlan olib kelmabsan-da» — dedilar. Oradan ko‘p vaqt o‘tgandan keyin, (Hazrat Umar xalifa ligi davrida) Zuamr menga: «Ey Jarir, senga bir karomat qilayin! Sizlar — arab jamoasi amiringiz halok bo‘lsa, o‘rniga maslahat birlan amir saylar erkansizlar, yaxshilik-da davom etaverasizlar. Agar kishi xalifalikka  qilich   birlan  erishsa,   u   odam  xalifa  bo‘lmay,   podshohdur.   Chunki,   upodshohlar singari g‘azab qilib, podshohlar singari tamanno qilgay»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:02:00
Siyfulbaqr g‘azoti haqida

Payg’ambar alayhissalom Abu Ubayda boshchiligida dengiz sohili tomon lashkar yuboradilar, ular Quraysh karvoniga duch kelishadi.

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh Abu Ubayda ibn Jarrohni amir qilib sohil tomonga lashkar jo‘natdilar. Askarlar soni uch yuz kishi erdi. Biz yo‘lga chiqdik, bir oz yurganimizdan keyin gamlagan yeguliklarimiz tamom bo‘ldi. Shunda Abu Ubayda askarlarda qolgan yeguliklarni bir yerga jam’ qilishga buyurdi, yeguliklar jam qilindi. Mening to‘rvamda ham xurmo bor erdi. Abu Ubayda har kuni oz-ozdan ovqat berib turdi, u ham tamom bo‘ldi, endi kishi boshiga bittadan xurmo tegadirgan bo‘ldi. Men: «Bitta xurmo nima bo‘ladi?» — derdim. Bu ham tugagandan keyin, qattiq qiynaldik, nihoyat dengiz sohiliga yetdik. Qarasak, ro‘paramizda togday bir nahang turibdi. Uning go‘shtini o‘n sakkiz kun yedik. Keyin, Abu Ubayda nahangning ikkita qovurgasini olib kelib yerga sanchib qo‘yishni buyurdi. Ular orasidan tuya yetaklab o‘tishgan erdi, tuyaning bo‘yi pastlik qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:02:12
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh bizni Abu Ubayda ibn Jarroh boshchiligidagi uch yuz kishi birlan birga Quraysh karvonini qo‘lga tushirish uchun yubordilar. Biz sohilda yarim oy poylab turdik, yeguliklarimiz tugab qattiq och qoldik, hatto daraxt yaproqlarini ham yedik. Shuning uchun bu lashkar «Jayshulxabt» ya’ni «Barg lashkari» deb ataldi. Keyin, dengiz to‘lkinlari anbar degan bir hayvonni sohilga chiqarib tashladi, uning go‘shtini yarim oy yedik, yogi birlan badanlarimizni moyladik, shundagina o‘z aslimizga qayt-dik. Abu Ubayda bu hayvonning ikkita qovurgasini oldi-da, uni tik qilib yerga o‘rnatdi, uning orasidan odam ham, tuya ham o‘tdi, lekin bo‘yi pastlik qildi. Qavmdan bir kishi uchta tuya so‘ydi, keyin yana uchta tuya so‘ydi, undan keyin yana uchta tuya so‘ydi, keyin Abu Ubayda tuya so‘ymoqni man’ kildi. Qays ibn Sa’d ushbu voqea haqida otasidan so‘raganda, otasi: «Men shu lashkar ichida bor erdim, menga: «So‘y!»— deyishdi, so‘ydim. Keyin, yana och qolishdi, yana «So‘y!»—deyishdi, yana so‘ydim, keyin, yana och qolishdi, yana «So‘y!»—deyishdi, yana so‘ydim. Undan keyin, yana och qolishib, «So‘y!» — deyishib erdi, Abu Ubayda taraflaridan man’ etildim»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:02:20
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu bunday deydilar: «Xabt lashkari birlan gazotda bo‘ldik, Abu Ubayda amirimiz erdi. Qattiq och qoldik Dengiz to‘lqinlari o‘lik nahangni oldimizga chiqarib tashladi, bunaqa katta baliqni umrimizda ko‘rmagan erdik. Uning nomi anbar erdi. Bu baliqning go‘shtini yarim oy yedik. Abu Ubayda uning ikki suyagidan olib, yerga tik o‘rnatdi, orasidan o‘tgan otliqning bo‘yi pastlik qildi. (Abu Zubayrning Jobirdan eshitib xabar berishiga qaraganda, nahangni yeyishga Abu Ubayda buyurgan). Madinaga kelganimizdan keyin, paygambarimizga bu haqda gapirgan erdik, ul zot: «Olloh taolo (dengizdan) rizq qilib chiqarib bergan narsani yenglar, agar olib kelgan bo‘lsangizlar, bizga ham yegizinglar!»— dedilar. Ba’zi sahobalar olib kelishgan erkanlar, Janob Rasululloh undan tanovul qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:02:45
Abu Bakr raziyallohu anhuning hijratning to‘qqizinchi yili odamlar birlan
birga haj qilganlari haqida


Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhuni Hajjat ul-Vido’dan ilgari bir jamoaga bosh qilib hajga yubordilar. Shu hajda odamlarga «Bu yildan keyingi yilda biror mushrik haj qilmaydi, yalangoch odam tavofi Baytulloh qilmaydi!» deb e’lon qilindi

Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «To‘liq nozil qilingan eng oxirgi sura «Baroat» surasidur, Qur’onning eng oxirgi nozil qilingan oyati ersa «Niso» surasining xotimasi  —  «Yastaftunaka,   qulillohu  yuftiykum  filkalolati»dir.   Mazmuni:   «Ey Muhammad, sizdan fatvo so‘raydilar, ayting ularga «Olloh sizlarga befarzand o‘tgan kishidan qolgan meros haqida fatvo beradi» deb».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:02:57
Banu Tamim qabilasining vakillari haqida

Imron ibn Husayn bunday deydilar: «Rasulullohning huzurlariga Banu Tamim qabilasidan vakillar kelishdi.

Janob Rasululloh ularga: «Bashoratni qabul qilingizlar!» — dedilar. Ular: «Bashorat qildingiz, endi naqdini beringiz!» — deyishdi. Bu gapdan Rasulullohning ranjiganlari yuzlaridan sezildi. Keyin, Yamandan vakillar kelishdi. Rasululloh: «Bashoratni qabul qilingizlar, uni Banu Tamim qabul qilmadi!» — dedilar. Yamanliklar: «Yo Rasulalloh, qabul qildik!» — deyishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:03:09
62- bob. Uyayna ibn Hisn g‘azoti haqida

«Paygambar alayhissalom Uyayna ibn Hisnni Banu Tamimga yubordilar. Uyayna bu qabilani gorat qilib, bir qancha erkak va ayollarni asir qilib olib keldi», — deydilar Ibn Ishoq.

Abu .Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Banu Tamimni Janob Rasulullohning ular xususida aytgan quyidagi uch gaplaridan so‘ng, abadul-abad yaxshi ko‘rib qoldim, ul zot Banu Tamim haqida: 1) «Ular Dajjolga qarshi kurashuvchi eng sobit ummatimdur!» — degandilar. 2) Banu tamimlik bir joriya Oisha onamizning xizmatlarini qilib yurar erdi. Shunda ul zot: «Buni ozod qilgil, chunki bu Ismoil alayhissalomning avlodlaridandur!» — degandilar. 3) Banu Tamimdan zakot yigib kelinganda, Janob Rasululloh: «Bu mening qavmimdan yigib kelingan zakotdur!» — deb aytgandilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:03:17
Abdulloh ibn Zubayrning xabar berishlariga ko‘ra, bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga Banu Tamimdan otliqlar kelibdi. Shunda Abu Bakr raziyallohu anhu Janob Rasulullohga: «Banu Tamimga Al-Qa’qo’ ibn Muabbad ibn Zurorani amir qilib tayinlangiz!» — debdilar. Hazrat Umar ersalar: «Unga Al-Aqra’ ibn Hobisni amir qilib tayinlangiz!» — debdilar. Abu Bakr achchiglanib: «Doimo menga qarshi gap qilursan!» — debdilar. Hazrat Umar ersalar: «Men sizga qarshi gapirmoqchi ermasdim!» — debdilar. Ikkovlari baland ovoz birlai o‘zaro gap talashishibdi. Shu asnoda Janob Rasulullohga quyidagi oyati karima nozil bo‘libdi: «Ey mo‘minlar! Olloh taolo va uning rasuli huzurida quyushqondan chiqmangizlar, Ollohdan qo‘rqingizlar! Albatta, Olloh taolo eshituvchi, biluvchidur! Ey mo‘minlar! Ovozlaringizni paygambar ovozidan baland ko‘tarmangizlar va bir-birlaringizga baland ovoz birlan gapirganingiz kabi paygambarga gapir-mangizlar, o‘zlaringiz sezmaganingiz holda qilgan amali solihlaringiz habata bo‘lishi mumkin!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:03:40
63-bob. Abdulqays vakillari haqida

Abu Jamra rivoyat qiladilar: «Men Ibn Abbosga: «Menda bir idish bor, shu idishda nabiz qilib, shirinlik o‘rnida ichib yuraman. Agar o‘sha ichimlikdan ko‘proq ichib qo‘yib, qavm huzuriga kelib o‘ltirsam-u, o‘ltirish cho‘zilib keqa, sharmanda bo‘lib qolishdan cho‘chiyman»,— dedim. Ibn Abbos bunday dedi: «Janob Rasulullohning huzurlariga Abdulqays qabilasi vakillari kelishgan erdi. Paygambarimiz ularni «Xush kelibsizlar, tortinmay-netmay kelaveringizlar!» deb qarshi oldilar. Ular Rasulullohga: «Ey Ollohning rasuli! Biz birlan Muzar mushriklari o‘rtasida dushmanlik bor, shu sababli sizning huzuringizga faqat urush man’ qilingan oylardagina kela olamiz. Bizga bir ish buyuring-ki, biz uni ado etib jannatga kiraylik va ortimizdagilarni ham shunga da’vat qilaylik!»—deyishdi. Rasululloh: «Sizlarni to‘rt narsaga buyurib, to‘rt narsadan qaytaraman: avvalo Ollohga iymon keltgiringizlar, Ollohga iymon keltirish neligini bilurmisizlar? Bu—«Lo iloxa illallohu» deb shahodat keltirishdur. Keyin, namoz o‘qingizlar, zakot beringizlar, ramazonda ro‘za tutingizlar, jihodda olingan o‘ljalarning beshdan birini beringizlar! To‘rt narsa — dubbo, naqir, xintam va muzaftda nabiz tayyorlab ichmangizlar!»—dedilar».

Bu yerdagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:03:51
Ibn Abbosning mavlolari Kuraybrivoyat qiladilar: «Ibn Abbos, Abdurrahmon ibn Azhar, Misvar ibn Maxramalar meni Oisha raziyallohu anhoning huzurlariga yuborayotib: «Oishaga hammamizdan salom aytgil, keyin «Siz asrdan keyin ikki rak’at namoz o‘qir erkansiz, Rasululloh asrdan keyin namoz o‘qishni man’ etganlar, deb eshitganmiz. Ibn Abbos: «Men va Hazrat Umar odamlarni asrdan keyin ikki rak’at namoz o‘qishdan qaytarar erdik»,— deydilar, bunga nima deysiz?» deb so‘ragil!»—deyishdi. Men Oisha raziyallohu anhoning huzurlariga kirib shu gapni aytdim. Oisha onamiz: «Ummu Salamadan so‘ragil!» — dedilar. Keyin, Ummu Salamaning huzurlariga bordim. Ummu Salama: «Men ham Janob Rasulullohning asrdan keyin ikki rak’at namoz o‘qishni man’ etganlarini eshitgan erdim. Bir kuni asr namozini o‘qidilar-da, mening oldimga kirdilar. Huzurimda ansoriylarning Banu Harom qabilasidan kelgan ayollar o‘ltirishgan erdi. Yana ikki rak’at namoz o‘qidilar. Men xizmatkorga: «Rasulullohning yonlariga borgin-da: «Yo Rasulalloh, Ummu Salama «Asrdan keyin ikki rak’at namoz o‘qishni man’ etganingizni eshitgan erdim-ku?! Nega endi o‘zingiz o‘qiyotirsiz?» deb aytyaptilar»,— degin, agar qo‘llari birlan ishora qilsalar, chetga chiqib tur!» — dedim. Xizmatkor ayol aytganimni qildi, Rasululloh qo‘llari birlan ishora qilib erdilar, chetga chiqib turdi. Namozni o‘qib bo‘lganlaridan so‘ng «Ey Abu Umayyaning qizi, sen ikki rak’at haqida so‘rading. Huzuri-mizga Abdulqays qabilasi vakillari islomga kirganliklari haqida xabar olib kelishgan erdi. Shuning uchun men peshindan keyingi ikki rak’atni o‘qiyolmay qolgan erdim. Hozir o‘shaning qazosini o‘qidim»— deb javob berdilar»

Ibn Abbos «Payg‘ambar alayhissalomning masjidlarida o‘qilgan jum’adan keyingi birinchi jum’a Juvosodagi Abdulqays masjidida o‘qildi, Juvoso Bahraynning bir qishlog‘idur»,— deydilar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:04:07
64- bob Banu Hunayfa vakillari va Samoma ibn Usol haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhudan nahl qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom Najd tarafga otliqlarni yubordilar. Ular Banu Hunayfa qabilasidan Samoma ibn Usol ismli kishini tutib kelishib, masjid ustunlaridan biriga bog‘lab qo‘yishdi, Rasululloh uning oldiga borib «Ey Samoma, dilingda nima gap bor'»— dedilar. Samoma «Yo Muhammad, dilimda yaxshilik mavjud, agar o‘ldirsangiz, bir tirik odamni o‘ldirasiz, agar yaxshilik qilsangiz, yaxshilikni biladirgan odamga yaxshilik qilgan bo‘lasiz, basharti mol-dunyo istasangiz, xohlaganingizcha so‘rangiz!» — dedi. Janob Rasululloh ertangi kun kelguncha uni o‘z holiga qo‘ydilar. Ertasiga yana «Ey Samoma, dilingdagini ayt!»—dedilar. Samoma «Yana o‘sha gap, agar yaxshilik qilsangiz, yaxshilikka yaxshilik qaytaradirgan odamga yaxshilik qilgan bo‘lasiz!»— dedi. Janob Rasululloh uni yana o‘z holiga tashlab qo‘ydilar. Ertasiga yana «Ey Samoma, dilingdagini ayt!» — dedilar. U «Yana o‘sha gap!» — dedi. Janob Rasululloh: «Samomani qo‘yib yuboringizlar!» — dedilar, uni qo‘yib yuborishdi. Samoma masjid yaqinidagi xurmozorga kirib g‘usl qildi-da, masjidga qaytib kirdi, so‘ng «Ashhadu anlo iloha illallohu va-shhadu anna Muhammadan rasulullohi» deb iymon keltirdi, keyin «Yo Muhammad! Olloh taolo haqi, yer yuzida menga sizning yuzingizdan ko‘ra yomonroq ko‘rinadirgan yuz yo‘q erdi, endi bo‘lsa sizning yuzingiz men eng yaxshi ko‘rgan yuzga aylandi. Men uchun sizning diningizdan ko‘ra yomonroq din yo‘q erdi, endi bo‘lsa men uchun sizning diningiz eng yaxshi dinga aylandi. Olloh taolo haqi, sizning shaharingiz mening eng yomon ko‘rgan shaharim erdi, endi bo‘lsa shaharingiz mening uchun eng yaxshi shaharga aylandi. Men umra qilmoqchi bo‘lib chiqqan erdim, otliqlaringiz ushlab kelishdi, endi nima qilayin?»—dedi. Rasululloh uni xushnud qilib, umra qilishni amr qildilar. Samoma Makkaga kelganda unga bir kishi «Dindan qaytgan?»— dedi. Samoma «Xudo haqi, unday ermas, men Muhammad sallallohu alayhi va sallam huzurlarida musulmon bo‘ldim. Olloh taologa qasamyod qilurmanki, endi ul zotning ijozatlarisiz sizlarga Yamomadan bir dona bug‘doy doni ham kelmagay!»—dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:04:16
Ibn Abbos raziyallohu anhudan naql qilinadi: «Rasululloh zamonlarida Musaylama al-Kazzob degan odam paydo bo‘lib: «Agar Muhammad o‘zidan keyin payg‘ambarlikni menga bersa, unga ergashaman»,— derdi. Musaylama o‘z qavmiga mansub bir to‘da kishilar birlan birga Madinaga keldi. Janob Rasululloh Sobit ibn Qays ibn Shammosni yonlariga olib, uning oldiga bordilar, qo‘llarida bir xurmo shoxchasi bor erdi. Ul zot gumashtalari davrasida o‘ltirgan Musaylama al-Kazzobning ro‘parasiga kelib to‘xtadilar-da, unga «Agar sen mana shu quruq shoxchani so‘rasang ham senga bermagayman, sen hargiz dushmanlik qilolmagaysan, Olloh taolo sening haqingda hukm chiqarib qo‘ygandur. Agar haqdan yuz o‘girsang, Olloh taolo seni albatta halok qilgay! Sening haqingda tushimda ayon qilingan Boshqa gaplarga ersa mening nomimdan mana bu Sobit javob qilgay»,— deb qaytib ketdilar. Keyin, men Janob Rasulullohning «Sening haqingda tushimda ayon qilingan» degan gaplarining ma’nosini so‘radim, Abu Hurayra raziyallohu anhu menga bunday dedilar. «Men uxlab yotgan erdim,— deb erdilar Janob Rasululloh,— tushimda qo‘limda ikki oltin bilaguzuk ko‘rdim, ularning chiroyi diqqatimni tortdi. Shunda Olloh taolo menga uyqumda vahiy yuborib «Ikkovini puflab yuboringiz!» — dedi. Men ikkalasini puflab yubordim. Men bu tushumni «Uzimdan keyin ikki odam payg‘ambarlik da’vosini qilib chiqadi, biri — Al-Anasiy, ikkinchisi — Musaylama» deb ta’bir qildim»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:04:30
Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday der erdilar: «Rasululloh «Men uyquda erdim, tushimda yerning barcha xazinalari menga keltirildi. Keyin, kaftimga ikkita bilaguzuk qo‘yildi, ikkovi ham og‘ir ko‘rindi. So‘ng, menga «Ikkovini puflab yuboringiz!» deb vahiy qilindi. Men ikkovini puflagan erdim, qo‘limdan uchib ketdi. Men o‘sha ikki bilaguzukni ro‘paramda turgan manavi ikki kazzob — San’o sohibi va Yamoma sohibi, deb ta’bir qildim»,— dedilar».

Abu Rajo al-Atorudiy bunday deydilar: «Bizlar toshga ibodat qilardik, agar yaxshiroq toshni topsak, avvalgisini Uloqtirib, boshqasini olardik. Agar tosh topolmasak, tuproqni to‘plab, unga bir qo‘yni olib kelib sutini sog‘ardik, keyin uning atrofida tavof qilardik. Rajab oyi kirishi birlan nayza bormi, kamon o‘qi bormi, barcha tig‘larni qoldirmay, tashlab qo‘yardik. Rasululloh payg‘ambar bo‘lgan kunlarda men qavmimning tuyalarini boqib yuradirgan bir yosh bola erdim. Ushanda payg‘ambar chiqqanligini eshitib, jahannamga, ya’ni Musaylama al-Kazzob tomonga qochganmiz».

Al-Asvad al-Anasiy qissasi Bu yerda yuqoridagi hadislar takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:05:01
Ahli Najron qissasi.

Huzayfa raziyallohu anhudan naql qilinadi: «Najronning ikki sohibi — Oqib va Sayyid Rasulullohning huzurlariga muloana qilishmoqqa (har biri o‘zining haq erkanligini aytib, o‘zaro bir-birini la’natlamoqqa) kelib, biri ikkinchisiga: «Bunday qilmaylik, agar u haq payg‘ambar bo‘lsa-yu, muloana qilishsak, najot topmagaymiz ham, bizni birov oqlamagay ham!» — dedi. Keyin, ular Janob Rasulullohga: «Siz nima so‘rasangiz, beraylik, lekin siz biz birlan birga bir ishonchli kishini jo‘naqan-giz!»,— deyishdi. Ul zot: «Sizlar birlan birga eng ishonchli odamni jo‘nataman»,— dedilar-da, ashoblarini birma-bir nazardan o‘tkazgach: «Ey Abu Ubayda ibn Jarroh, turingiz o‘rningizdan!» — dedilar, Abu Ubayda turganlaridan so‘ng: «Mana shu odam butun ummatning ishonchli vakili»,— dedilar».

Huzayfa raziyallohu anhu bunday deydilar: «Najron ahli Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Bizning qavmimizga bir ishonchli kishini jo‘naqangiz!» — deyishdi. Ul zot: «Qavmingizga eng ishonchli odamni jo‘natgayman»,— dedilar. Shunda barcha sahobalar «Meni yuborsalar kerak» deb umid qilishdi. Lekin, Janob Rasululloh Abu Ubayda ibn al-Jarrohni jo‘natdilar».

Anas raziyallohu anhu: «Har bir ummatning ishonchli vakili bo‘lgay, bu ummatning ishonchli vakili Abu Ubayda ibn al-Jarroh raziyallohu anhudir»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:05:30
Ummon va Bahrayn qissasi

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu bunday deydilar: «Menga Rasululloh: «Agar Bahrayndan mol kelsa, senga shuncha va shuncha berardim!» — deb uch bor aytib erdilar.

Lekin, Bahrayndan mol yetib kelmasdan turib vafot etib qoldilar. Janob Rasulullohdan so‘ng, Abu Bakr xalifa bo‘ldilar, mol shu kishining davrida yetib keldi. Abu Bakr bir kishi orqali: «Janob Rasululloh kimga shu moldan beraman, deb va’da qilgan bo‘lsalar, huzurimga kelsin!» — deb e’lon qildilar. Shunda men Abu Bakrning huzurlariga kelib: «Janob Rasululloh menga: «Agar Bahrayndan mol kelsa, senga shuncha va shuncha bergayman, deb uch bor aytgan erdilar»,— dedim. Abu Bakr Janob Rasululloh va’da qilganlaricha mol berdilar. Keyin, bir muncha vaqt o‘tgach, Abu Bakr Siddiqdan o‘sha moldan yana beringiz, deb uch bor so‘radim, bermadilar. Men xafa bo‘lib u kishiga: «Huzuringizga uch marta keldim, lekin mol bermadingiz, menga mol berasizmi o‘zi yoki menga baxillik qilayotirsizmi?» — dedim. Abu Bakr: «Menga baxillik qilayotirsizmi, deding-a?! Baxillikdan yomonroq narsa bormi? — deb uch bor aytdilar, so‘ng: «Senga necha marta mol bermagan bo‘lsam, hammasini olaver!»—dedilar».

Jobir ibn Abdulloh bunday deydilar: «Men Abu Bakrning huzurlariga kelib mol so‘radim, u kishi menga: «Sana!» — dedilar, men sanab ko‘rsam, besh yuzta erkan, «Hammasini ola qol!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:05:44
65- bob. Ash’ariylar va ahli Yamanning (Janob Rasulullohning huzurlariga)
kelishi haqida


Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu Paygambar alayhissalom haqlarida rivoyat qilaturib: «Ul zot «Ash’ariylar mendan, men ersam ulardanman» deb aytganlar»,— deydilar.

Abu Muso rivoyat qiladilar: «Men akam birlan birga Yamandan kelib, (Janob Rasulullohning xonadonlarida) ancha turdik. Shunda Ibn Mas’ud va uning onasi birlan Rasulullohning xonadon a’zolari o‘rtasida ko‘p kirdichiqdi bo‘lib turganigini hamda ul zotning ularga ehtiejlari borligini ko‘rib, ular ham payg‘ambarimizning xonadon a’zolaridan, deb fikr qildik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:05:54
Zahdam rivoyat qiladilar: «Abu Muso Yamanga kelganda Jarm qabilasi unga izzat-hurmat ko‘rsatdi. Biz Abu Musoning oldida o‘ltirgan erdik, u tovuq go‘shti tanovul qilayotib bir kishini taomga taklif qildi. Lekin, u «Men tovuqning iflos narsa yeganini ko‘rganman» deb unamadi. Shunda Abu Muso: «Men Rasulullohning ham tovuq go‘shti yeganlarini ko‘rganman» — deb uni yana dasturxonga taklif qildi. «Men buni hech qachon yemagayman!» deb qasam ichganman»,— dedi u. Shunda Abu Muso: «Bu yoqqa kelgil, qasam haqida senga bir rivoyatni aytib berayin, voqea bunday bo‘lgandi», — dedi: «Biz bir necha ash’ariylar Janob Rasulullohning huzurlariga bordik-da, u kishidan ulov so‘radik. Janob Rasululloh ulov bera olmasliklarini aytdilar. Biz yana so‘radik, shunda ul zot: «Olloh haqi, sizlarga ulov bera olmayman!» — deb qasam ichdilar. Shu asnoda bir necha tuyalarni yetaklab kelib qolishdi. Janob Rasululloh ulardan beshtasini bizga bermoqni amr qildilar. Biz tuyalarni olgach: «Janob Rasulullohni g‘aflatda qoldirdik, bizni deb qasam ichganlarini unutib qo‘ydilar, endi biz sira ham najot topmagaymiz!» — dedik. So‘ng, men ul zotning qoshlariga borib: «Yo Rasulalloh, siz bizga ulov yo‘q, deb qasam ichgan erdingiz, lekin keyin ulov berdingiz-ku?!»—dedim. Rasululloh: «Ha, to‘g‘ri, lekin men tokim avvalgi qasamimni kafforatini berib halollab olmagunimcha, biror boshqa qasamni afzal ko‘rsam, qasam ustiga qasam ichmagayman!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:06:15
Imron ibn Husayn rivoyat qiladilar: «Rasulullohning huzurlariga Banu Tamim ahli keldi. Janob Rasululloh: «Ey Banu Tamim, bashoratni qabul qilingizlar!» — dedilar. Banu Tamim ahli: «Nima haqda bashorat qilgan bo‘lsangiz, o‘shaning o‘zini beringiz!» — dedi. Bu gapdan ul zotning yuzlari o‘zgarib ketdi. Keyin, yamanliklar kirib keldi. Janob Rasululloh ularga: «Banu Tamim ahli qabul qilmagan bashoratni qabul qilingizlar!» — dedilar. Yamanliklar: «Yo Rasulalloh, qabul qildik!»— deb javob qilishdi».

Abu Mas’uddan naql qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom «Iymon o‘sha yerda!» deb Yaman tarafga ishora qildilar-da: «Jafo va berahmlik shaytonning ikki shoxi chiqadirgan tarafda, (sharqda) yashaydirgan, tuyalarning ketidan qolmaydirgan baqiroqlarda, ya’ni Rabiy’a va Muzar qabilalaridadur»,~dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:06:24
Abu Hurayra raziyallouu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Yaman ahli huzuringizga keldi, ularning dillari yumshoq, qalblari muloyimdur. Mustahkam iymon ham, mukammal hikmat ham Yamandadur, takabburlik va xudbinlik ersa tuya ashoblarida, bosiqlik va viqor ersa qo‘y ahllaridadur»,— dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhudan naql qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom: «Iymon Yamanda, fitna ersa mana bu yoqda bo‘lib, u yerdan shaytonning shoxi chiqadi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:06:36
Abu Hurayra raziyallohu anhudan naql qilinadi: «Rasululloh: «Huzuringizga Yaman ahli keldi. Ularning dillari nozik, qalblari muloyim bo‘lib, fiqh ham, hikmat ham Yamandadur»,— dedilar».

Alqamadan naql qilinadi: «Biz Ibn Mas’ud birlan birga o‘ltirgan erdik, Xabbob kelib Ibn Mas’uddan: «Ey Abdurrahmonning otasi, bu yigitlar ham siz qiroat qilgandek qiroat qila olgaylarmi?» — deb so‘radi. Ibn Mas’ud: «Agar xohlasangiz, birortasiga buyuraman, sizga qiroat qilib beradi»,— dedilar. Xabbob rozilik bildirganlaridan so‘ng, Ibn Mas’ud: «Ey Alqama, o‘qi!»—deb buyurdilar. Shu yerda o‘ltirganlardan biri — Zayd ibn Hudayr e’tiroz bildirib: «Alqamaga qiroat qilishni buyurayotirsiz, ammo sheriklarimiz ichida mening qiroatim yaxshiroq ermasmi?»—dedi. Ibn Mas’ud unga: «Agar xohlasang, Rasulullohning uning qavmi haqida nima deganlari birlan sening qavming haqida nima deganlarini aytib beraman»,— dedilar. Keyin, men «Maryam» surasidan ellik oyatni o‘qib berdim. Ibn Mas’ud: «Qiroati qanday, yoqdimi?» —deb so‘radilar. Xabbob: «Qiroatni juda bopladi!»—deb xursandlik izhor etdi. Ibn Mas’ud ham faxrlanib: «Men nimani qiroat qilsam, bu ham o‘shani qiroat qiladi»,— dedilar, keyin Xabbobga qarab uning qo‘lidagi tillo uzukni ko‘rib qoldilar-da: «Bu uzukni tashlab yuborish vaqti kelmadimi?»—deb so‘radilar. Xabbob: «Bugundan keyin bu uzukni mening qo‘limda ko‘rmaysiz» — deb barmoqlaridan chiqarib otib yubordilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:07:04
Davs va Tufayl ibn Amr ad-Davsiy qissasi

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Tufayl ibn Amr Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga kelib: «Davs qabilasi endi halok bo‘ldi, osiylik qilib bu yerga kelishdan bosh tortdi, Olloh taologa iltijo qilib ularni duoi bad qilingiz!»— dedi. Rasululloh aksincha: «Ey Olloh, Davsni Xidoyat qilgin, huzurimizga kelishga dillarini moyil qilgin!»— deb duoi xayr qildilar».

Abu .Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga kelayotib quyidagi baytni aytdim:

Uzayding qanchalar, ey tun, qilib, menga mashaqqatlar, Va lekin, men kufur iskanjasiga tushmasam, bas!» Keyin, qarasam, qulim yo‘q, orqada qolib ketibdi. Janob Rasulullohning huzurlariga borib, ul zotga bay’at qilayotgan erdim, ichkaridan qulim chiqib keldi. Janob Rasululloh: «Ey Abu Hurayra, mana quling!»—dedilar. Men darhol: «Uni Olloh rizoligi uchun ozod qildim!»—dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:07:23
66- bob Tay qabilasi vakillari qissasi va Adiy ; ibn Hotim haqidagi hadis

Adiy ibn Hotim rivoyat qiladilar «Biz Tay qabilasi vakillari Hazrat Umarning huzurlariga keldik Shunda Hazrat Umar har bir qabila vakilini birma-bir nomini aytib chaqirdilar. Men Hazrat Umarga «Ey mo‘minlar amiri, meni tanimayotirsizmi?»— dedim. HazratUmar «Ha, tanidim. Sen bularning kofirlik vaqtida musulmon bo‘lgansan, bular islomdan yuz o‘girganlarida sen islomga kirgansan, bular xiyonat qilganlarida sen vafo qilgansan, bular tan olmaganlarida sen tan olgansan!» — dedilar. Men «Undoq ersa sizdan xafa bo‘lmagayman!» — dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:07:36
67- bob Hajjat ul-Vido’ (Xayrlashuv haji) haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Biz Hajjat ul-Vido’da Janob Rasululloh birlan birga yo‘lga chiqdik. Hammamiz umraga ehrom bog‘ladik. Keyin, Rasululloh «Kimki jonlig‘ olib kelgan bo‘lsa, umra birlan hajga ehrom bog‘lasin, ikkovini ado qilmaguncha ehromdan chiqmasin!» — deb buyurdilar. Men Rasululloh birlan birga Makkaga keldim, hayz ko‘rganim uchun Baytullohni tavof qilolmadim, Safo va Marva o‘rtasida sa’y ham qilolmadim. Rasulullohga bu haqda shikoyat qilgan erdim, ul zot menga «Sochingni yoyib taragin-da, umra o‘rniga hajga ehrom bog‘lagin!»— deb buyurdilar. Men aytganlaridek qildim. Hajni ado qilganimizdan keyin, ul zot meni (ukam) Abdurrahmon ibn Abu Bakr birlan birga Tan’imga jo‘natdilar, men u yerda umra qildim. Rasululloh: «Mana shu qazo bo‘lgan umrang o‘rniga»,— dedilar. Umraga ehrom bog‘lagan boshqa kishilar ersa Baytullohni tavof qilib, Safo birlan Marva orasida sa’y qilishdi, keyin ehromlarini yechishdi. Hajdan so‘ng, Minodan qaytganlaridan keyin, yana qayta Baytullohni tavof qilib, hajni yakunlashdi. Ammo, birvarakayiga haj ham umraga niyat qilganlar Baytullohni bir marta tavof qilishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:07:44
Ato ibn Abu Raboh raziyallohu anhu Ibn Abbos raziyallohu anhuniig Baytullohni tavof qilgach, ehromdan chiqqanlarini rivoyat qilibdilar. Ibn Jurayj: «Ibn Abbos nimaga asoslanib shunday qildi erkan?» — deb Atodan so‘rabdilar, u kishi: «Ibn Abbos Qur’oni Karimning «Summa mahilluho ilal-baytil-atiq», ya’ni «Ehromli kishining ehromdan chiqadirgan joyi ulug‘ Ka’badur» degan oyati mazmuniga va Rasulullohning Hajjat ul-Vido’da tavofdan keyin ehromdan chiqishni amr qilganlariga asoslangan»,— deb javob beribdilar: «Ehtimol, tavofdan keyin (Arafada vuquf qilgandan keyin) bu mumkin bo‘lar?»—deb so‘raganlarida, Ato: «Ibn Abbos buni Arafadan oldin ham, keyin ham mumkin deb hisoblar erdi»,— deb javob beribdilar.

Abu Muso al-Ash’arii bunday deydilar: «Men Payg‘ambar alayhissalomga Batho degan joyda yetib oldim. Rasululloh «Hajga niyat qildingmi?»—deb so‘radilar. Men «Ha»,— dedim. «Nima deb ehrom bog‘lading?»—dedilar. Men: «Rasululloh nima deb ehrom bog‘lagan bo‘lsalar, men ham shunday deb ehrom bog‘ladim»,— dedim. Rasululloh: «Unday ersa, Baytullohni tavof qilgil, Safo birlan Marva oralig‘ida sa’y qilgil, keyin ehromingni yechgil!» — dedilar. Men tavof qilib, Safo birlan Marva oralig‘ida sa’y qildim, keyin Qays qabilasidan bir ayol boshimni boqib, bitlarini tozalab qo‘ydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:08:18
Payg’ambar alayhissalomning jufti halollari Hafsa raziyallohu anhoning aytishlariga qaraganda, Rasululloh Hajjat ul-Vido’ yili (tavof va Arafa vuqufidan keyin) hamma xotinlariga ehromdan chiqishni buyuribdilar. Shunda Hafsa onamiz «Uzingizning ehromdan chiqmog‘ingizga nima mone’lik qilayotir?» — deb so‘raganlarida, ul zot «Sochimni yopishtirib olganman, tuyamga qurbonlik alomatini osib qo‘yganman, uni so‘ymasdan turib ehromimni yecha olmayman»,— deb aytibdilar.

Ibn Abbos rivoyat qiladilar «Hajjat ul-Vido’da Rasulullohdan Xas’am qabilasidan bo‘lgan bir ayol fatvo so‘radi. Shunda Fazl ibn Abbos Janob Rasulullohning tuyalariga mingashib olgan erdi. Ayol «Yo Rasulalloh, Olloh taoloning hajni farz qilgan vaqti otamning keksayib tuyada o‘ltirolmaydirgan bo‘lib qolgan paytlariga to‘g‘ri kelib qoldi, men u kishining o‘rinlariga haj qilsam bo‘lurmi? — dedi. Rasululloh «Albatta, bo‘lur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:08:37
Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh Fath yili Makkaga kirib keldilar. Qasvo nomli tuyalariga Usomani mingashtirib olgan erdilar, Bilol, Usmon, Ibn Talha ham birga kelishayotgan erdi. Tuya Baytullohning yonginasida cho‘ktirildi. Rasululloh Usmonga kalitni keltirishni buyurdilar. Baytullohning eshigi ochilib, Rasululloh Usoma, Bilol va Usmon birlan birgalikda ichkariga kirdilar. Eshikni ichkarisidan berkitib olishib, uzoq muddat turishdi Keyin, Janob Rasululloh chiqdilar, odamlar shoshilib ichkariga kirishdi. Men hammadan oldin kirdim-da, eshik orqasida turgan Biloldan: «Rasululloh qaerda namoz o‘qidilar?»—deb so‘radim. Bilol «Rasululloh oldingi mana bu ikki ustun o‘rtasida, orqalarini eshikka, yuzlarini ersa eshik ro‘parasidagi devorga qaratib namoz o‘qidilar»,— dedi. Baytullohning ichida oltita ustun bor erdi. Ushanda men Biloldan ul zotning qancha namoz o‘qiganlarini so‘rashni unutibman. Janob Rasulullohning o‘sha namoz o‘qigan joylariga qizil marmar yotqizilib belgilab qo‘yilgan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:08:46
Payg’ambar alayhissalomning zavjalari Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Hajjat ul-Vido’da ul zotning boshqa xotinlari Safiyya binti Huyay hayz ko‘rib qoldi. Rasululloh: «Safiyya bizni yo‘ldan qoldiradigan bo‘ldi-da!» —dedilar. Shunda men: «Yo Rasulalloh! Safiyya Arafa vuqufidan keyin Baytullohni tavof qilgan»,— dedim. Janob Rasululloh: «Undoq bo‘lsa, hechqisi yo‘q!» —dedilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz Hajjat ul-Vido’da suhbatlashib o‘ltirar erdik, Payg‘ambar alayhissalom ham oramizda erdilar, ammo Hajjat ul-Vido’ning o‘zi nima erkanligini bilmas erdik. Janob Rasululloh minbarga chiqib, Olloh taologa hamdu sano aytdilar, keyin Masih Dajjol haqida uzoq gapirib, so‘ng: «Olloh taolo qaysi payg‘ambarni yubormasin, u o‘z ummatini Dajjoldan ehtiyot bo‘lmoqqa chorlagan. Nuh ham, undan keyingi payg‘ambarlar ham o‘z ummatlarini ogohlantirganlar. Dajjol sizlarning orangizdan chiqadi. Uning haqidagi gaplarni bilib qo‘ymogingiz lozim. Rabbingiz, takror aytaman, rabbingiz bir ko‘zi ko‘r ermas, Dajjolning ersa o‘ng ko‘zi ko‘r bo‘lib, so‘linqiragan uzum donasi kabidir. Ogoh bo‘lingizlarki, Olloh taolo bugungi kunni, ushbu shaharni va ushbu oyni muqaddas qilgani yanglig‘ bir-birlaringizning qoningizni to‘kmog‘ingizni, mol-mulkingizga ko‘z olaytirmog‘ingizni harom qildi, buni tushuntira oldimmi?» — dedilar. Sahobalar: «Ha, tushuntira oldingiz!»— deyishdi. Janob Rasululloh yana gaplarida davom etib: «Ey Olloh, guvoh bo‘l, ey Olloh guvoh bo‘l, ey Olloh guvoh bo‘l! Bilib qo‘yingizlar, mendan keyin bir-biringizning bo‘ynin-gizga tig‘ uradirgan kofir bo‘lib ketmangizlar!» — dedilar». Zayd ibn Arqam: «Payg‘ambar alayhissalom o‘n to‘qqiz marta g‘azot qilganlar. Hijratdan keyin, Hajjat ul-Vido’ yili bir marta haj qilganlar, boshqa haj qilmaganlar»,—deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:08:59
Jarrir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Hajjat ul-Vido’da menga odamlarni tinchlantirishni buyurdilar-da: «Mendan keyin bir-biringizning bo‘yningizga tig‘ uradirgan kofir bo‘lib ketmangizlar!» — dedilar».

Ibn Abu Bakra rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Hajjat ul-Vido’da: «Zamon Olloh taolo yeru osmonlarni yaratgan kundagidek aylanib turibdi. Yil o‘n ikki oydan iborat bo‘lib, shundan to‘rt oyi muqaddas oylardur. Uchtasi ketma-ket: Zulqa’da, Zulhijja, Muharram, to‘rtinchisi ersa Jumod va Sha’bon oylarining o‘rtasiga joylashgan Rajab — Muzar oyidur»,— dedilar, so‘ng: «Hozir qaysi oy?» —deb so‘radilar. «Olloh va uning rasuli biluvchiroq!» — dedik. Shunda Rasululloh sukut qildilar, biz hozirgi oyning nomini biror boshqa nom birlan ataydilarmikin, deb o‘yladik. «Zulhijja ermasmi?» — dedilar. Biz: «Ha»,— dedik. «Bu qaysi shahar?» — deb so‘radilar. Biz: «Olloh va uning rasuli biluvchiroqdur!»—dedik. «Bu muqaddas shahar ermasmi?»—dedilar. Biz: «Ha, shundoq!» — dedik. «Bugun qanday kun?» — dedilar. Biz: «Olloh va uning rasuli biluvchiroqdur!» — dedik. Ul zot biroz sukut qildilar, biz bu kunning biror boshqa nomini ayqalar kerak, deb xayol qildik. «Nahr kuni ermasmi?» — dedilar. Biz: «Ha, shundoq!» — dedik. Shundan so‘ng, ul zot: «Mana shul muqaddas oydagi kuningiz va mana shul muqaddas shahringiz haqqi-hurmati, bir-biringizning qoningizni to‘kmoq, mol-mulkingizni talamoq, or-nomusingizni poymol etmoq sizlar uchun haromdur! Bir kuni Olloh taologa ro‘baro‘ bo‘lgaysizlar, o‘shanda qilgan amallaringiz haqida so‘ragaydur, mendan keyin bir-biringizning bo‘g‘zingizga tig‘ uradirgan gumroh bo‘lib ketmangizlar, bu yerda hozir bo‘lganlar, bo‘lmaganlarga gaplarimni yetkazinglar, chunkim o‘zi eshitgan kishidan ko‘ra, birovdan eshitgan kishi yodida saqlovchanroq bo‘lgay!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:09:09
Toriq ibn Shihob rivoyatp qiladilar: «Yahudiylardan biri Hazrat Umarga: «Agar o‘sha oyat bizga nozil bo‘lganida erdi, biz o‘sha kunni bayram qilib olar erdik!»—dedi. Hazrat Umar: «Qaysi oyat?»—dedilar. «Bugun men sizlarga diningizni mukammal qilib berdim, ne’matlarimni bisyor qildim va islomning sizlar uchun din bo‘lmog‘ini iroda qildim» degan oyatdir»,— dedi. yahudiy. Hazrat Umar: «Bu oyatning qaysi joyda nozil bo‘lganini aniq bilmayman, lekin u nozil bo‘lganda Janob Rasululloh Arafotda turgan erdilar»,— dedilar».

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga yo‘lga chiqdik, ba’zimiz umraga va ba’zimiz hajga va yana ba’zimiz birvarakayiga ham umra, ham hajga talbiya aytgan erdik. Janob Rasululloh hajga talbiya aytgan erdilar. Lekin, hajga yoki birvarakayiga ham umra, ham hajga talbiya aytganlar Nahr kuniga qadar ehromlarini yechmadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:09:17
Omir ibn Sa’d otalari haqida naql qiladilar: «Janob Rasululloh Hajjat ul-Vido’ paytida meni ko‘rgani kirdilar, men xastalanib, o‘lim to‘shagida yotgan erdim. Shunda ul zotga: «Yo Rasulalloh, o‘zingiz ko‘rib turganingizdek, og‘ir yotib qoldim, men ersam badavlat kishiman, birgina qizimdan bo‘lak merosxo‘rim yo‘q, molimning uchdan ikkisini sadaqa qilayinmi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Yo‘q»,— dedilar. Men: «Yarmini sadaqa qilayinmi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Yo‘q»,— dedilar. Men: «Unday ersa uchdan birini sadaqa qilaveray»,— dedim. Janob Rasululloh: «Uchdan bir... uchdan bir ham ko‘plik qiladi, merosxo‘ringni tilamchi qilib qoldirganingdan ko‘ra boyroq qilib qoldirganing ma’qulroqdur. Olloh taoloning rizoligi uchun qilgan har bir sadaqang uchun ajru savob olgaysan, hattoki xotiningning og‘ziga solib qo‘ygan bir luqma taoming uchun ham!» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, o‘rtoqlarimdan keyin qolarmikanman?» — dedim. Janob Rasululloh: «Urtoqlaringdan keyin qolib Olloh taoloning roziligi uchun amali solihlar qilolmasang kerak, ehtimol qolarsan va sening xayrli amallaringdan musulmonlar naf ko‘rib, kofirlar zarar topar?! Yo Olloh, sahobalarimning hijratlarini bexatar qilib, ortlariga qaytarmagaysan!»— dedilar. Ammo, afsuski, Sa’d ibn Xavla Makkada vafot etib qolib, Janob Rasululloh unga ko‘p achindilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:09:27
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Hajjat ul-Vido’da sochlarini oldirdilar»,— deb aytgan erkanlar.

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hajjat ul-Vido’da sochlarini oldirdilar, sahobalaridan ayrimlari ersa sochlarini qisqartirishdi. Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhuning aytishicha, u eshakka minib kelayotganida Janob Rlsululloh odamlar birlan birga Minoda namoz o‘qib turgan erkanlar, eshak namozxonlar safini oralab o‘tib ketibdi. So‘ng, Abdulloh eshakdan tushib namozxonlar safiga borib turibdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:09:43
68- bob. Tabuk, ya’ni Al-Usra g‘azoti haqida

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Urtoqlarim meni Janob Rasulullohdan ulov so‘ramoqqa yuborishdi, ul zo t Al-Usra qo‘shini, ya’ni Tabuk g‘azoti haqida tashvishlanib o‘ltirgan erkanlar. Men: «Yo Rasulalloh! Urtoqlarim meni ulov so‘rab kelgil, deb xuzuringizga yuborishdi»,— dedim. Ul zot: «Olloh taolo haqi, birorta ham  ulov   bera  olmayman!»  —  dedilar   g‘azablanib,   lekin  nega  g‘azablanganlarini bilolmadim. So‘ng, Janob Rasulullohning rad etganlaridan xafa bo‘lib hamda «Ul zot mendan biror narsa xususida xafa bo‘lganmikanlar?» deb xavotir olib ortimga qaytdim-da, bo‘lgan voqeani ularga so‘zlab berdim. Hech qancha vaqt o‘tgan yo‘q erdi, Bilolning: «Ey Abdulloh ibn Qays!»—deb chaqirganini eshitib qoldim. Men unga: «Ha»,— dedim. U: «Janob Rasululloh seni chorlayotirlar»,—dedi. Janob Rasulullohning huzurlariga borib erdim, menga: «Manavi tuyalarni o‘rtoqlaringga olib bor-da, «Bularni Olloh taolo (yoki Rasululloh) minib ketishingiz uchun sizlarga berdi» deb aytgil, so‘ng minib ketaveringizlar!»— dedilar. Tuyalarning soni oltita bo‘lib, ularni hozirgina Sa’ddan sotib olgan erdilar. Men tuyalarni o‘rtoqlarimning oldiga olib bordim-da, ularga: «Bularni Janob Rasululloh minib ketishingiz uchun sizlarga berdilar, lekin men, xudo haqi, birortangizni Janob Rasulullohning haqiqatan ham menga shunday deganlarini eshitgan odamning oldiga olib bormoqchiman, tag‘in ul zot aytmagan gapni bizlarga aytdi, deb o‘ylamangizlar!»—dedim. Ular: «Biz seni haqgo‘y, deb bi-lurmiz, ammo, mayli, sen aytganingcha bo‘la qolsin!»— deyishdi». Abu Muso bir necha o‘rtoqlarini Janob Rasulullohning avval «Ulov yo‘q» deb, so‘ng ulov berganlarining shohidi bo‘lgan kishilar qoshiga olib bordi, ular Abu Muso o‘z o‘rtoqlariga aytgan gaplarni aynan takrorlashdi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:09:53
Mus’ab ibn Sa’d otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Tabuk g‘azotiga ketayotib Hazrat Alini o‘rinbosar qilib qoldirmoqchi bo‘ldilar. Shunda Hazrat Ali: «Meni bolalaru xotinlarga bosh qilib qoldirmoqchimisiz?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Muso alayhissalom (o‘z birodarlari) Horunni (Fir’avn huzuriga ishonchli) vakil qilib yuborganlari kabi, sen ham bu yerda mening ishonchli kishim bo‘lib qolmog‘ingga rozi ermasmisan? Bu yerda ishonchli vakilim bo‘libgina qolmog‘ing mumkin, chunki mendan keyin payg‘ambar bo‘lmagay!»—dedilar».

Safvon ibn Ya’lo otalaridan nakl qiladilarki, u kishi: «Men Janob Rasululloh birlan birga Al-Usra g‘azotida ishtirok qildim»,— debdilar. Ato aytadilarki, Ya’lo: «Ushal g‘azot mening eng umidbaxsh amallarimdandur!» — der erkanlar. Ato Safvonga aytgan erkanlarki, Ya’lo: «Mening bir yollanma xizmatkorim bo‘lar erdi, u bir kishi birlan urishib qolib, biri ikkinchisining qo‘lini tishlab olgan erdi»,— der erkanlar. Ato: «Menga Safvon kim kimning qo‘lini tishlab olganini aytgan erdi, men esimdan chiqaribman»,— deydilar. Safvon bunday deydilar: «Qo‘li tishlangan kishi tishlab olgan kishining og‘zidan,qo‘lini tortib olganda uning kurak tishi tushib ketdi, shunda ikkalasi Janob Rasulullohning huzurlariga borishdi, tishi tushib ketgan kishining og‘zidan qon oqib turardi. Janob Rasululloh unga: «Ayg‘ir kabi chaynagin, deb qo‘lini og‘zingga tiqibdimi?!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:10:06
69- bob. Ka’b ibn Molik hadisi va Olloh taoloning «(G’azotdan) qolib ketgan uch kishi (Ka’b ibn Molik, Murora ibn ar-Rabi’ va Hilol ibn Umayya)ga ham...» degan qavli haqida

Ka’b ibn Molik bunday deydilar: «Men Tabuk va Badr gazotidan tashqari, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ishtirok qilgan gazotlarning birortasiga bormay qolmaganman. Ushanda Badr gazotiga bormagani uchun biror kishiga dashnom bermagan erdilar, chunki Janob Rasululloh Quraysh karvonini qo‘lga tushirmoq bo‘lib chiqqan erdilar, Olloh taolo ersa ularni kutilmaganda dushmanga ro‘baro‘ qilib qo‘ygan erdi. Men, Laylat ul-Aqaba kechasi islomga sadoqat bildirib ahdu paymon qilganimizda, Janob Rasululloh birlan birga bo‘lganman va men bu fazlni Badrda ishtirok etishdan ko‘ra afzalroq deb bilurman, garchi Badrni odamlar ko‘proq tilga olsalar-da!
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:10:18
Tabuk g‘azoti xususiga kelsak, oziq-ovqatim, ulovim hamda quvvatim ham yetarli bo‘lib, undan qolmog‘imga hech bir uzrli sababim yo‘q erdi. Ilgarilari hech qachon mening qo‘limda bir vaqtning o‘zida ikkita tuya bo‘lgan ermas, g‘azot vaqtida ersa doimo ikkita tuyam jihozi birlan tayyor turar erdi. Janob Rasululloh, odatda, bundan ilgarigi g‘azotlarda ko‘p narsalarni sir tutar erdilar, bu gal ersa havoning issiqligi, yo‘lning uzoqligi va dushmanning behisob erkanligini musulmonlarga ochiq aytib, yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rmoqni amr qilgan erdilar. Janob Rasululloh birlan birga yo‘lga chiqqanlarning soni ham ko‘p erdi, ularning sonini hatto hisobchilar ham bilmas erdi (taxminan, yetmish ming). Odamning ko‘pligidan, agar ulardan birortasi g‘azotdan o‘zini olib qochishni xohlasa, «Olloh taolo vahiy birlan rasuliga xabar qilsagina mening qochganimni bilishlari mumkin» deb o‘ylar erdi. Janob Rasulullohning mazkur g‘azotga chiqqan paytlari mevalar g‘arq pishgan va daraxtlar soyasi rohatijon bo‘lgan bir payt erdi.

Janob Rasululloh musulmonlarga safar taraddudini ko‘rmoqlikni amr qildilar, men ham ertalab ular birlan birga tayyorgarlik ko‘rib, kechki payt uyga qaytdim, ammo hech narsaga qo‘lim bormadi. Uzimga-o‘zim: «Tayyorgarlik ko‘r, sen safar qilmoqqa hammadan qodirroqsan!»—deb yurgan chog‘imda musulmonlarning safar tadoriki tugab, Janob Rasululloh tezda yo‘lga chiqdilar. Mening tayyorgarligim ersa hamon bitmas erdi. «Mayli, bir-ikki kun kechiksam ham ularga yetib olgayman» — deb o‘zimga dalda berar erdim. Yana bir-necha kun shu ahvolda yurdim, so‘ng «Endi jo‘nayin, lashkarni topayin!» deb azm qildim-u, ammo o‘zimni majbur qilolmadim.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:10:26
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jo‘nab ketganlaridan keyin ko‘chalarga chiqib, odamlar aro kezdim, ammo ming nadomatlar bo‘lsinkim, o‘zimni xafa qiladirgan holatdan bo‘lak holatga, ya’ni gunohkorligidan bo‘yni xam yoki Olloh taolo ma’zur tutgan zaif kishilardan bo‘lak odamga ko‘zim tushmas erdi.

Janob Rasululloh yo‘lda meni eslamabdilar, faqat Tabukka yetib olganlaridan so‘ng, ko‘pchilik oldida: «Ka’b nechun bunday qildi erkan?» — deb so‘rabdilar. Shunda Banu Salama qabilasidan bir kishi: «Yo Rasulalloh, u g‘azotga bormoqchi bo‘lganida choponining ikki yoni ikki biqiniga mahliyo bo‘lib, mahkam ushlab qolgan!»—debdi. Maoz ibn Jabal unga javoban: «Qanday yomon gap aytding! Olloh taolo haqi, biz Ka’bni faqat yaxshi odam deb bilurmiz!» — debdilar. Janob Rasululloh buni eshitib sukut qilibdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:10:58
Bir kuni men Janob Rasulullohning qaytib kelayotganlarini eshitib, «Ertaga ul zotning g‘azablaridan qanday qutilsam erkan?» degan o‘y birlan yolg‘on-yashiq gaplarni to‘qiy boshladim, uyimdagilardan ham mening gaplarimni tasdiqlamoqlarini so‘radim. «Janob Rasululloh qaytib kelib, soyai muboraklarini solibdilar» degan xabarni eshitishim birlanoq, to‘qib qo‘ygan bor yolg‘on-yashiq gaplarim miyamdan chiqib ketdi va men ul zotning g‘azablaridan yolg‘on-yashiq gaplar birlan qutula olmasli-gimni tushunib yotdim-da, haqiqatni aytmoqqa qaror qildim. Odatda, ul zot safardan qayqalar, avval masjidga kirib, safardan omon-eson qaytganlari shukronasiga ikki rak’at namoz o‘qir erdilar, so‘ng odamlarga o‘girilib o‘ltirardilar. Bu gal ham shunday qilganlarida g‘azotdan qolganlar huzurlariga kelishib, ul zotdan uzr so‘rab ont icha boshlashdi, bundaylar sakson nechta erdi. Janob Rasululloh ularning ko‘pchilik oldida aytgan uzrlarini qabul qildilar, so‘ng ularni bay’at qildirib, gunohlarini Olloh taolodan so‘radilar, qalblaridagi sir-asrorlarini ersa yaratganning o‘ziga havola qildilar. Keyin, men ham qoshlariga borib salom bergan erdim, g‘azab aralash tabassum qildilar-da, «Beri kel!»—dedilar. Men ro‘paralariga borib o‘ltirdim. Ul zot: «Nechun g‘azotga bormading, buning uchun tuya ham sotib olgan erding-ku!» — dedilar. Men: «Ha, shunday! Olloh taolo haqi, agar men sizdan bo‘lak odamning qoshida bo‘lganimda, uzr aytibgina qutilib ketgayman, deb o‘ylagan bo‘lur erdim, ammo men bunday qilmoqchi ermasman. Lekin, xudo haqi, agar hozir sizga yolg‘on vaj ko‘rsaqam-u, siz ishonib meni kechirsangiz, Olloh taolo meni deb sizdan darg‘azab bo‘lgay va agar haqiqatni ayqam, mening haqimda yomon fikrda bo‘lgaysiz, ammo men Olloh taoloning mag‘firatidan umidvorman. Xudo haqi, mening hech bir uzrli vajim yo‘q erdi, siz birlan bormay, bu yerda qolgan chog‘imda mendan kuchli va boyroq odam yo‘q erdi!» —dedim. Ul zot: «Haq gapni aytding, endi Olloh taolo sening xususingda hukm chiqarguncha bu yerdan nari ket!»— dedilar. Men o‘rnimdan turdim. Shunda Banu Salama qabilasi kishilari ketimdan ergashib kelayotib: «Xudo haqi, biz sening ilgari bunday gunox qilmaganingni bilurmiz, sen ham boshqalar singari uzr aytib qo‘ya qolganingda, ul zot qabul qilib, Olloh taologa sening uchun istig‘for aytar erdilar» — deya menga shu qadar tanbih berishdiki, hatto ul zotning qoshlariga qaytib borib, avvalgi yolg‘on-yashik vajimni aytmoqchi bo‘ldim. Men ulardan: «Mendan bo‘lak biror kishi ham o‘z gunohini bo‘yniga oldimi?» — deb so‘radim. Ular: «Ha, ikki kishi sen kabi gunohini tan olib erdi, ularga ham senga aytgan gaplarini aytdilar»,— deyishdi. «Kim o‘sha ikki kishi?» — deb so‘radim.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:11:26
Ular: «Murora ibn ar-Rabi’ va Hilol ibn Umayya»,— deyishdi. Bular solih kishilar bo‘lib, Badr qatnashchisi va boshqalarga namuna bo‘larli fazilatga ega kishilar erdi. Menga bu ikkisining nomini zikr qilishgach, boyagi muddaomdan qaytdim. Janob Rasululloh Tabuk g‘azotidan qolgan biz uchchalamiz birlan musulmonlarning gaplashmoqlarini man’ qildilar. [Olloh taolo bular to‘g‘risida quyidagi oyatni nozil qilgan: «(Jihoddan) qolgan munofiqlar Ollohning rasuliga osiylik qilib (uylarida) qolganlaridan xushnud bo‘ldilar va ular Olloh yo‘lida molu jonlarini tikib jihod qilmoqni istamadilar va (o‘zaro): «Bunday issiqda urushga bormangizlar!» — dedilar. Siz aytingizki, «Agar ularning fahmlari yeqa, jahannam otashi (bundan) behad issiqroq-dur!]». Odamlar bizdan yuz o‘girishib, gaplashmay qo‘yishdi, hatto men dunyoga kelganimdan pushaymon bo‘lib ketdim. Bu axvol ellik kun davom etdi. Mening ikki sherigim (Murora va Hi-lol) uylaridan tashqariga chiqolmay qolishdi, tinmay yig‘lashardi. Men bo‘lsam, qavmni sog‘inib, ular birlan gaplashmoqqa intilar, masjidga chiqib birgalikda namoz o‘qir va bozorlarni aylanib yurar erdim, ammo hech kim men birlan gaplashmas erdi. Har safar namozga borganimda Janob Rasulullohg‘a salom berardim-da, ichimda «Salomimga alik olib lablarini qimirlatarmikanlar» deb umidvor bo‘lar erdim, so‘ng yonlariga yaqinroq borib namoz o‘qiyotib, muborak yuzlariga o‘g‘rincha tikilar erdim. Bir kuni namozga kelsam, oldimdan chiqib qoldilar, u kishiga qaragan erdim, mendan yuzlarini o‘girib oldilar, bu mening jon-jonimdan o‘tib ketib, amakimning o‘g‘li bo‘lmish Abu Qatodaning uyiga tomon ravona bo‘ldim, u mening uchun boshqalardan ko‘ra mahbubroq erdi. Uyiga kirgach, unga salom berdim, lekin u, xudo haqi, alik olmadi. Shunda men unga: «Ey Abu Qatoda, Olloh taologa yolborib so‘rayman, mening Olloh taolo birlan uning rasulini yaxshi ko‘rishimni bilasanmi, o‘zi?!» — dedim. Men boyagi gapimni yana takrorladim, yana indamadi, yana takrorladim, yana indamadi. So‘ng, shunday deb qayta murojaat qilgan erdim, u: «Olloh taolo va uning rasuli yaxshiroq bilgay!» — deb qo‘ydi. Shunda ko‘zimdan yosh tirqirab ketdi, uyidan otilib chiqib ketdim. So‘ng, Madina bozorida ketayotgan erdim, bu yerga taom sotgani kelgan Shom ahlidan bo‘lmish bir kishini ko‘rib qoldim, u odamlarga: «Kim menga Ka’b ibn Molikni topib bera oladi?» — der erdi. Odamlar men tomonga ishora qila boshlashdi, u oldimga kelib G’asson podshohi yo‘llagan bir maktubni menga topshirdi, unda «Ammo ba’d, menga ma’lum bo‘ldiki, sohibing senga jafo qilayotgan ermish, Olloh taolo seni inson kamsitiladirgan va uning haq-huquqi toptaladirgan dargoh uchun yaratgan ermas, kelgil, haqiqat biz tarafdadur, biz senga hamdardmiz! G’assoniylar podshohi bo‘lmish kamina sen Ka’bni, barchani sendan yuz o‘girtirgan payg‘ambarga «bir dars» bo‘lmog‘i uchun, islomdan qaytadi, degan fikrdaman» deb yozilgan erdi. Maktubni o‘qigach: «Bu ham balolardan biridur!» — dedim-da, u birlan tandirni tayammum qildim, ya’ni tandirga tutantiriq qildim. Ellik kundan qirq kuni o‘tgach, ul zot bir odam orqali: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ayolingdan o‘zingni chetga olmog‘ingni amr qiladilar»,— dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:11:39
Men: «Uni taloq qilayinmi, nima qilayin?»— dedim. Ul zot: «Yo‘q, aksincha, undan o‘zingni olib qochib yurgil, unga qo‘shilmay turgil!» — dedilar, ikki sherigimga ham shunday deb odam yubordilar. Men xotinimga: «Ota-onangning uyiga borgil, Olloh taolo bu ish yuzasidan o‘z hukmini chiqarguncha ular birlan birga tura turgil!» — dedim. Hilol ibn Umayyaning xotini Janob Rasulullohning huzurlariga borib: «Yo Rasu-lalloh, Hilol ibn Umayya yoshini yashab, oshini oshab bo‘lgan bir keksa odamdur, uning (mendan bo‘lak) qarab turadirgan kishisi yo‘qdur, unga xizmat qilmog‘imni  man’  qilurmisiz?»—dedi  Ul zot «Io‘q,  lekin u  birlan  yotmagil!» — dedilar. Ayol «Xudo haqi uning biror narsa qilmoqqa majoli kelmaydi, xudo haqi, usha kundan shu vaqtgacha tinmay yig‘lamoqda!»— dedi. Oila a’zolarimdan biri menga «Hilol ibn Umaiyaning xotini Janob Rasulullohdan eriga xizmat qilmoqqa ijozat olgani kabi siz ham o‘z xotiningizga ijozat so‘rasangiz-chi!» — dedi. Men «Xudo haqi, men Janob Rasulullohdan xotinim menga xizmat qilmog‘i uchun ruxsat so‘ramagayman, agar ijozat so‘rasam, ul zotning qanday javob qilmoqlari menga qorong‘udir!» — dedim. Men o‘shanda kuchga tulgan yigit erdim Nihoyat, Janob Rasulullohning odamlarning biz birlan gaplashmog‘ini man’ qilganlariga ellik kun bo‘ldi. Bomdod namozini o‘qib bo‘lganimda elliginchi kunning tonggi ham otdi, men ersam uylarimizdan birining orqasida, Olloh taolo zikr qilganidek, jonim ham, jahon ham ko‘zimga ko‘rinmagan bir holda o‘ltirar erdim, nogahon Sal tog‘ining cho‘qqisidan «Ey Ka’b ibn Molik, xursand bo‘lgil!» degan baland ovozni eshitdim. Darhol, mukka tushib sajda qildim Bildimki, xursand bo‘ladirgan kun ham kelibdi, demak Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallom bomdod namozi vaqtida Olloh taoloning bizni mag‘firat qilganining xabarini ma’lum qilibdilar. Shundan keyin, namozxonlar bizni mamnun qilmoqqa otlanib, ikki sherigimga xushxabar yetkazgali odam yuborishibdi. Mening huzurimga ham bir kishi ot choptirib kelib qoldi, lekin chopar qanchalik harakat qilmasin, baribir ovoz otdan tezlik qilgandi. Huzurimga kelgan choparning xushxabar aytgan ovozini eshitishim birlanoq, kiyimimni yechdim-da, unga kiydirib qo‘ydim. Xudo haqi, mening o‘sha kiyimimdan bo‘lak kiyimim yo‘q edi, keyin birovdan qarzga kiyim oldim-da, uni kiyib Janob Rasulullohning huzurlariga oshiqdim. Odamlar yo‘l-yo‘lakay meni Olloh taoloning mag‘firati birlan tabriklashar va menga «Olloh taoloning mag‘firati senga muborak bo‘lsin!»— deyishar erdi. Nihoyat, men masjidga kirib bordim, Janob Rasululloh o‘ltirgan erkanlar, atroflarida tumonat odam Talha ibn Ubaydulloh o‘rnidan turib tezda oldimga keldi-da, qo‘l berib meni tabrikladi. Xudo haqi, undan bo‘lak muhojirlardan birortasi o‘rnidan turib meni tabriklamadi, men abadul-abad Talhaning bu muruvvatini unutmagayman! Keyin, men Janob Rasulullohga salom berganimda, ul zot mamnunliklaridan chehralari balqigan holda «Onadan tug‘ilganingdan beri o‘zingga muyassar bo‘lmagan bugungidek xayriyatdan xursand bo‘lgil!» — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:11:51
Men «Bul xushxabar sizdanmi yoki Olloh taolodanmi?» — dedim. Ul zot «Yo‘q, aksincha, Olloh taolodandur!» — dedilar. Agar Janob Rasululloh xursand bo‘lsalar, yuzlari oy parchasidek balqib ketar erdi, biz buni yaxshi bilar erdik Ro‘paralariga kelib o‘ltirgach «Yo Rasulalloh, mag‘firat qilinganim shukronasiga Olloh taolo birlan uning rasuli sallallohu alayhi va sallam yo‘liga mol-mulkimdan sadaqa qilayinmi?»—dedim. Ul zot «Mol-mulkingning bir qismini olib qol, bu senga yaxshi bo‘lgay!»—dedilar. «Bo‘lmasa, men Xaybardagi mulkimni olib qolgayman» deb xayolimdan o‘tkazdim-da, ul zotga «Yo Rasulalloh, Olloh taolo rost so‘zlaganim hamda dildan tavba qilganim uchun menga najot bergan erkan, men o‘la-o‘lgunimcha faqat rost gapirgayman!» — dedim. Xudo haqi, Janob Rasulullohga shunday deganimdan buen Olloh taoloning musulmonlardan biror kishini rost so‘zlagani uchun baloga giriftor qilganini bilmayman! Janob Rasu-lullohga shu gaplarni aytgan kunimdan hozirgacha yolg‘on gapirmoqqa qasd qilmadimki, yolg‘on so‘zlamaganim Olloh taoloning meni baloga giriftor qilganidan yaxshiroqdur! Darhaqiqat, men qolgan umrim davomida Olloh taolodan meni yelg‘on gapirmog‘imdan asramog‘ini iltijo qilgayman. Olloh taolo o‘z rasuliga «Olloh payg‘ambarni, muhojiru ansorlarni mag‘firat qildi ( rostgo‘ylar birlan birga bo‘lingizlar!» degan qavligacha)» degan oyati karimasini nozil qilgandur. Olloh taolo haqi rabbim meni islomga hidoyat qilganidan buyongi eng ulug‘ nemat ul zotga sadoqatimdur! Janob Rasulullohga yolg‘on gapirmaslikka dildan azm qilurman, aks holda, bilurmanki, Olloh taolo yolg‘on gapirganlarni halok qilgani yanglig‘ halok bo‘lgayman. Olloh taborak va taolo «Sizlar (g‘azotga bormagan munofiqlarning) oldiga (g‘azotdan) qaytib kelganingizda ular «Endi bizdan yuz o‘girishsa kerak» deb huzuringizda Olloh taologa qasam ichurlar. Ammo, sizlar ulardan yuz o‘giringizlar, ular nopok bo‘lib, joylari jahannamdurki, bu qilmishlari uchun jazodur. Ular sizlarni rozi qilmoq uchun qasam ichurlar, lekin sizlar rozi bo‘lsangizlar ham, Olloh taolo fosiq qavmdan sira rozi bo‘lmas!» — degandur. Biz uch kishi ulardan, ya’ni qasam ichgan, ul zotga bay’at qil-gan va bay’atlari ul zot taraflaridan qabul qilingan hamda Olloh taologa istig‘for aytgan kishilardan ajrab, xilof ish qildik. Shunda ul zot bizning masalamizni Olloh taoloning hukmiga topshirdilar. Shul boisdan Olloh taolo «Va alas-salosatillaziyna xullifuu», ya’ni «Xilof qildirilgan uch kishiga ham» deb bizni alohida zikr qildi. Bu yerdagi «Xilof» so‘zi g‘azotdan qolish ermas, balki ul zotning bizni qasam ichib uzr aytgan va uzri qabul qilingan kishilardan ajratib qo‘yishlari va masalamizni Olloh taologa havola qilishlari erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:12:05
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning (Madina birlan Shom o‘rtasidagi)
Hijrga borganliklari haqida


Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hijrdan o‘tib ketayotib: «Uzlariga zulm qilganlarning uylariga kira ko‘rmangizlarki, ular giriftor bo‘lgan, falokatga sizlar ham giriftor bo‘lib, yig‘lab qolgaysizlar!» — dedilar. So‘ng, boshlarini o‘rab olib, tuyalarini vodiyga chiqquncha choptirib ketdilar».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hijrga birga borgan sahobalariga: «Olloh taoloning azobiga duchor bo‘lgan anavilarning uylariga kira ko‘rmangizlar, aks holda ular giriftor bo‘lgan falokatga sizlar ham duchor bo‘lib, yig‘lab qolgaysizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:12:20
70-bob.

Mugira ibn Shu’ba rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ba’zi-bir hojatlarini chiqarmoq uchun nari ketdilar. Qaytib kelganlaridan keyin, qo‘llariga suv quyib bermoqqa o‘rnimdan turdim. Bu Tabuk g‘azotida bo‘lgan erdi, shekilli. Yuzlarini yuvgach, bilaklarini yuvaman, deb erdilar, choponlarining yengi torlik qilib qolib, qo‘llarini yeng ichidan chiqarib oldilar. Bilaklarini yuvgach, mahsilariga mash tortdilar».

Abu Humayd bunday deydilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Tabuk g‘azotidan qaytdik, Madinaga yaqinlashganimizda ul zot: «Bu Tobadur (ya’ni, Madina), mana bu ersa Uhud tog‘idur, u bizni sevadi, biz ham uni sevamiz!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:12:30
Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deb xabar beradilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Tabuk g‘azotidan qaytdilar, Madinaga yaqin qolganda: «Madinada shunday qavmlar borki, ular sizlar kabi ko‘p yo‘l yurib, sizlar kabi vodiylarni kesib o‘tishmagan, aks holda ular sizlar birlan birga bo‘lgan bo‘lur erdilar!» — dedilar. Sahobalar: «Yo Rasulalloh, Madinadek bir tabarruk joyda shunday qavmlar bormi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Ha, Madinada shunday qavmlar bor, ular qandaydir vajga ko‘ra (g‘azotdan) qolganlar»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:13:14
Nabiy sallallohu alayhi va sallamning (Eron podshohi) Xusrav birlan (Vizantiya podshohi) Qaysarga maktub yuborganliklari haqida

Ibn Abbos bunday deb xabar beradilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiyga maktub berib, uni Bahrayn boshlig‘iga topshirmoqni amr qildilar, Bahrayn boshlig‘i maktubni Xusravga berdi. Xusrav uni o‘qib ko‘rgach, yirtib tashladi. Menimcha, Ibn Musayyab aytgandiki, Janob Rasululloh xusraviylarni duoi bad qilib, Olloh taolodan ularning o‘zlarini ham burda-burda qilib yirtib tashlamoqni iltijo qilibdilar».

Abu Bakra rivoyat qiladilar: «Olloh taolo men Janob Rasulullohdan eshitgan bir so‘z birlan menga manfaat yetkazgan erdi. Men Jamal kunlari Jamal ashoblari birlan urushmoq uchun yo‘lga chiqib, ularga yetib olay deganimda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Fors ahli Xusrav qizini o‘zlariga podshoh qilib olibdilar, o‘z ishini xotin kishiga topshirib qo‘ygan qavm sira muvaffaqiyat qozonmagay!» — deb erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:13:22
Soib ibn Yazid bunday deydilar: «Esimda, bir kuni men g‘ulomlar birlan birga Janob Rasulullohni kutib olmoq uchun Saniyat ul-Vido’ga chiqib erdim. Shunda Sufyon menga: «Bolalar birlan birga qayoqqa ketayotirsan?»—deb erdi».

Soib yana bunday degan erkanlar: «Esimda, bir kuni men bolalar birlan birga Tabuk g‘azotidan qaytib kelayotgan Janob Rasulullohni kutib olmoq uchun Saniyat ul-Vido’ga chiqib erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:13:41
71-bob. Janob Rasulullohning kasallanib vafot etganlari va Olloh taoloning «Sen mayyiqan va ular ham mayyitdurlar, so‘ng sizlar Qiyomat kuni rabbingizning huzurida xusumatlashgaysizlar» degan qavli xususida

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam vafotlari arafasida kasal bo‘lib yotgan vaqtlarida: «Yo Oisha! Xaybarda tanovul qilgan taomimning dardini shu vaqtgacha tortayotirman, hozir nafasimning Qisilayotganini o‘shal zahardan, deb bilaman»,— dedilar».

Ummulfazl binti al-Xars rivoyat kiladilar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning shom namozida «Va-l-Mursaloti urfan»ni o‘qiganlarini eshitdim, so‘ng to vafot etgunlariga qadar biz birlan namoz o‘qimadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:13:52

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu Ibn Abbosni bir guruh keksalar davrasiga olib borgan erdilar, ularning orasida o‘ltirgan Abdurrahmon ibn Avf Hazrat Umarga: «Bu bolani bizning davramizga olib kelmangiz, o‘zimizda ham bunday bolalar yetarli!» — dedi. Hazrat Umar: «Uning bilimini bir sinab ko‘rsangizlar!» — dedilar-da, Ibn Abbosdan «Izo joa nasrullohi val-fathu...» surasining ma’nosini so‘radilar. Ibn Abbos: «Bu surada Olloh taolo Janob Payg‘ambarimizga umrlari tugab qolganligini ma’lum qilayotir»,— dedi. Hazrat Umar: «Buning ma’nosini men ham sen kabi tushungan erdim»,— dedilar».

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Panjshanba kuni Ibn Abbos: «Panjshanba kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dardlari og‘irlashganda nimalar degan erdilar, bilasizlarmi?» — dedi, so‘ng o‘z savoliga o‘zi bunday deb javob qildi: «Janob Rasululloh: «Menga qog‘oz-qalam keltiringizlar, men sizlarga bir vasiyat yozib berayki, uni o‘qigach, sira yo‘ldan adashmagaysizlar!»— dedilar. Shunda sahobalar, ul zotning huzurlarida tortishish odobdan bo‘lmasa-da, o‘zaro tortishib qolishib: «Qo‘yaveringizlar, ul zot alahlayaptilar!»— deyishdi. Janob Rasululloh: «Menga qarshilik qilmangizlar, aytadirgan vasiyatimni aytib olay, bu sizlarga yaxshiroq bo‘lgay!» — dedilar-da, «Arabistondan mushriklarni quvib chiqaringizlar, mehmonni men siylagandek siylangizlar...» deb vasiyat qildilar, so‘ng jimib qoldilar. Uchinchi vasiyatlarini ham aytgan bo‘lishlari kerak, lekin men unutdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:14:21
Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taoloning omonatini topshirmoqqa hozir bo‘lganlarida uyda bir qancha kishilar bor erdi. Janob Rasululloh ularga: «Beri kelingizlar, sizlarga bir vasiyatnoma yozib berayki, uni o‘qigach, sira yo‘ldan adashmagaysizlar!» — dedilar. Shunda ba’zilar: «Janob Payg‘ambarimizni dard yengib qo‘yibdi, axir sizlarda Qur’oni Karim mavjudku, bizga Ollohning Kitobi kifoya qilgay!»— deyishdi. Natijada, uydagi kishilar o‘rtasida ixtilof chiqib, o‘zaro tortishib qolishdi. Ulardan biri «Tepalariga yaqinroq boringizlar, sizlarga vasiyatnoma bitib bergaylar, keyin yo‘ldan adashmagaysizlar!» desa, yana biri buning aksini aytar erdi. Huda-behuda gaplar ko‘payib, tortishuv kuchaygach, Janob Rasululloh: «Turingizlar, chiqib ketingizlar!»— deb amr qildilar».

Ubaydulloh bunday deydilar: «Ibn Abbos: «Bu qanday kulfat bo‘ldiki, ularning huda-behuda gaplari va ixtiloflari Janob Rasulullohning vasiyatnoma bitib bermoqlariga imkon bermadi!»—deb aytar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:14:32
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Fotima alayhossalomga dillaridagi bir gapni aytib erdilar, ul muhtarama yig‘lab yubordilar, keyin yana bir gapni aytib erdilar, kulib yubordilar. Shunda biz ul muhtaramadan buning boisini so‘radik. Ul muhtarama: «Janob Rasululloh avval menga vafotlari arafasidagi xastalik chog‘larida olamdan o‘tajaklarini aytdilar, men yig‘lab yubordim, keyin o‘z ahllaridan birinchi bo‘lib ul kishiga ergashajagimni ma’lum qildilar, men kulub yubordim»,— dedilar».

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Payg‘ambar ikki dunyodan birini ixtiyor qilmaguncha, o‘lmaydi, deb eshitgan erdim. Keyin, Janob Rasululloh vafotlari arafasida xastalanib yotgan chog‘larida buni o‘zlaridan eshitib, haqiqat erkanligiga amin bo‘ldim. Ul zot «Ma’al-laziyna an’amallohu alayhim» degan oyati karimani o‘qidilar, shunda «U dunyoni ixtiyor qilibdilar» deb o‘yladim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:14:43
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Janob Rasululloh o‘zlarini u dunyoga olib ketgan xastalik chog‘larida nuqul «Fi-r-Rafiq-il-a’lo!» der erdilar» (Qastaloniyning aytishlaricha, «Ar-Rafiq al-a’lo» iborasini bir necha ma’noda talqin qilish mumkin bo‘lib, ba’zi ulamolar: «Osmoniylardan ham yuqoriroqda maskan tutgan anbiyolar jamoasi nazarda tutilgan»,— deyishsa, ba’zilari: «O’z bandalarining do‘sti bo‘lmish Olloh taolo nazarda tutilgan»,— deyishadi).

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam sog‘-salomat yurgan kezlarida: «Payg‘ambarlar, jannatdagi joyi ko‘rsatilmay turib, vafot etmaydi, avval unga jannatdagi joyi ko‘rsatiladi, so‘ng u bu dunyodan voz kechib, oxirat dunyosini ixtiyor qiladi»,— der erdilar. Ul zot xastalanib, Azroil huzurlariga kelganda, boshlari mening tizzamda bo‘lib, hushlaridan ketgan erdilar. Uzlariga kelgach, ko‘zlarini uyning shiftiga tikkanlaricha: «Ollohumma, fi-r-Rafiq-il-a’lo» («Yo Ol-loh, meni Buyuk do‘st bo‘lmish o‘zingga yetishtirgil!») — dedilar. Men: «Demak, bizni ko‘ngillari xushlamayotir, sog‘-salomat yurgan kezlarida aytgan gaplari shu erkan-da!»— deb xayolimdan o‘tkazdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:14:54
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Abdurrahmon ibn Abu Bakr Rasulullohning huzurlariga kirdi. Shunda men ul zotning boshlarini ko‘kragimga suyab o‘ltirgan erdim, Abdurrahmon ersa qo‘lidagi misvok birlan tishini tozalar erdi. Janob Rasululloh unga bir nazar tashlab erdilar, men undan misvokni olib, uchini sindirib tashladim, so‘ng suvini silkitib pokizaladim-da, ul zotga uzatdim, u birlan tishlarini tozaladilar. Men ul zotning shunga qadar bunchalik o‘ta xafsala birlan tish tozalaganlarini ko‘rmagan erdim. Janob Rasululloh tishlarini tozalab bo‘lishlari birlanoq qo‘llarini ko‘tarib uch bor «Yo Olloh, meni Buyuk do‘st bo‘lmish o‘zingga yetishtirgil!» — dedilar-da, olamdan ko‘z yumdilar, boshlarini bag‘rimga bosgancha qoldim».

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kasal bo‘lsalar, muavvizotni o‘qib o‘zlariga o‘zlari dam solar, qo‘llariga ham dam solib badanlariga surtar erdilar. Dardlari og‘irlashib qolganda ersa, men o‘zim muavvizotni o‘qib ul zotga dam solar, nafi tegsin, deb o‘zlarining qo‘llari birlan badanlarini silar erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:15:21
Ibod ibn Abdulloh ibi az-Zubayr bunday deydilar «Oisha raziyallohu anho Janob Rasulullohning xastalangan vaqtlarida orqalariga suyanib turib «Yo Olloh, meni mag‘firat qilgil, menga rahm qilgil va meni do‘stga yetishtirgil!» — deb aytganlarini quloq tutib eshitgan erkanlar»

Urva ibn az-Zubayr rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam u dunyoga olib ketgan xastalik vaqtlarida «Olloh taolo o‘z payg‘ambarlari qabrlarini masjid    qilib    olgan   yahudiylarni    la’natlasin!»—    deb    erdilar,    agar    shunday demaganlarida erdi, men ul zotning qabrlarini hashamatli qilib qo‘ygan bo‘lur erdim, ammo ul zot aynan shunday qilinishidan xavotir olganlar»,— dedilar Oisha raziyallohu anho»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:15:31
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xastalanib, dardlari og‘irlashib qolganda barcha jufti halollaridan mening hujramda yotmoqlari uchun ijozat so‘radilar, ular rozi bo‘lishgach, ikki kishi — Abbos ibn Abdulmuttalib va yana bir odam qo‘ltiqlagan holda oyoqlarini zo‘r-bazo‘r sudrab mening hujramga chiqdilar»

Ubaydulloh bunday deydilar: «Men Oisha raziyallohu anho aytgan gaplarni Abdullohga aytgandim, u mendan «Oisha raziyallohu anho nomini tilga olmagan o‘shal ikkinchi odamning kimligini bilasanmi? — deb so‘radi. Men «Yo‘q»,— dedim Abdulloh ibn Abbos «Ushal odam Ali ibn Abu Tolib erdilar. Oisha raziyallohu anho «Janob Rasululloh hujramga kirganlarida dardlari yana ham og‘irlashdi. Shunda «Yettita og‘zi ochilmagan meshda ustimdan suv quyingizlar!»—deb amr qildilar, ul zot odamlar qoshiga chiqib, ularga pand-nasihat qilmoqni iroda qildilar, shekilli. Biz ul zotni o‘zlarinish jufti halollaridan biri bo‘lmish Hafsaning tog‘orasiga o‘tqazib qo‘idik, so‘ng «Bo‘ldi, yetarli!» demagunlaricha o‘shal yettita meshda ustilariga suv quya boshladik Keyin, turib odamlar qoshiga chiqdilar, ularga imomlik qilib namoz o‘qidilar va xutba qildilar» — deb aytar erdilar» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:15:40
Ibn Shihob «Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba menga bunday deb aytgan erdi»,— deydilar «Oisha va Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhum aytishlaricha, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlariga dard tekkan kunlari goh xamisa (kiyim) larini yuzlariga tortib qo‘yar, goh siqilib ketib ochib tashlar erkanlarda «Uz payg‘ambarlarining qabrlarini masjid qilib olgan yahudiilaru nasorolarga Olloh taoloning la’nati bo‘lsin!»—deya musulmonlarni ular qilgan ishdan ogohlantirar erkanlar».

Oisha raziyallohu anho Ubaydullohga bunday degan erkanlar: «Men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bul xususda ko‘p marta murojaat qildim va bu menga sira ham malol kelmaydi, zero odamlarning ul zotdan keyin ul kishining maqomlarini egallagan boshqa biror kishini sevmog‘i mumkinligini qalbimga sira ham jo qilolmayman, chunki hech kimsa ul zotning maqomlarini egallay olmas, aks holda odamlar ul zotni sevmagan, ul zotdan yomonlik ko‘rgan bo‘lurlar!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:15:49
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bag‘rimda zrkanliklarida jon taslim qildilar, men Janob Rasulullohdan keyin barcha mo‘minlarga ham shunday tez (oson) jon taslim qilmoqlik nasib bo‘lmog‘ini ravo ko‘rgayman!»

Abdulloh ibn Abbos bunday deydilar: «Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu Janob Rasulullohning huzurlaridan (ul zot xastalanib o‘lim tushagida yotgan erdilar) tashqariga chiqdilar. Shunda odamlar ul kishidan «Ey Abulhasan, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ahvollari qanday?»—deb so‘rashdi. Hazrat Ali: «Olloh taologa shukur, sog‘ayib qoldilar!» — dedilar. Shunda, Abbos ibn Abdulmuttalib qo‘llaridan tutib, ul kishiga: «Siz, xudo haqi uch kundan so‘ng, asoning quli bo‘lursiz (ya’ni, qo‘lingizga aso tutib, tobut oldida borgaysiz) Men ersam, xudo haqi, Janob Rasulullohni mana shu dardlari olib ketadi, deb o‘ylayman, men Abdulmutalib avlodlarining o‘lim oldidagi qiyofasini yaxshi bilurman. Biz birlan birga ul zotning huzurlariga yuringiz, so‘raylikchi, o‘zlaridan keyin kimni xalifa qilib qoldirmoq niyatida erkanlar. Agar bizni xalifa qilmoqchi ersalar, buni bilib qo‘yaylik, basharti bizdan boshqalarni tayi nlamoqni iroda qilgan ersalar, bundan ham voqif bo‘lib qo‘yaylikki, bizga bu haqda vasiyat qilsinlar!» — dedi. Hazrat Ali unga: «Biz, xudo haqi, agar ul zotdan xalifalik xususida so‘rasak, bizga javob qilmaydilar-da, odamlar ul zot vafot qilganlaridan so‘ng, bizga xalifalikni berishmagay, men bunday deb so‘ramagayman!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:16:28
Anas ibn Molik rivoyat kiladilar: «Dushashba kuni musulmonlar bomdod namozini o‘qishayotgan, Abu Bakr Siddiq ersalar ularga imomlik qilayotgan erdilar, nogahon Janob Rasululloh Oisha raziyallohu anhoning hujrasi eshigi pardasini ochib ularga qaradilar-da, tabassum qildilar. Buni ko‘rib Abu Bakr birinchi saf orasiga kirmoqchi bo‘lib, ortlariga tisarildilar, chunki Janob Rasululloh chiqib imomlik qiladilar, deb o‘ylagan erdilar. Namozxonlar ham Janob Rasulullohning eshik oldiga chiqqanlarini ko‘rib, xursand bo‘lganlaridan namozlarini buzib qo‘yay deyishdi. Ul zot «Namozingizni o‘qib tugatingizlar!» degan ma’noda qo‘llari birlan ishora qildilar-da, hujraga qaytib kirib, pardani yopib qo‘ydilar».

Oisha onamizning mavlolari Zakvon rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho bunday der erdilar: «Olloh taoloning menga ato etgan ne’matlaridan biri — Janob Rasulullohning mening uyimda, mening huzurnmda bo‘ladirgan kunlarida va mening bag‘rimda vafot etg-anlaridur! Olloh taolo Janob Rasululloh vafot etayotgan chog‘larida mening tupugimni (so‘lagimni) ul zotning tupuklariga qo‘shdi. Bu bunday bo‘lgan erdi. (ukam) Abdurrahmon qo‘lida misvok ushlagan holda kirib keldi, men ersam Janob Rasulullohning boshlarini bag‘rimga bosib o‘ltitrgan erdim. Men Janob Rasulullohning ukamning qo‘lidagi misvokka qarayotganlarini ko‘rib, ul zotning misvok birla tish tozalamoqni xushlashlarini esladim-da: «Hozir, men uni sizga olib bergayman».— dedim. Ul zot «mayli» deb bosh irg‘ab qo‘ydilar. Men misvokni ukamdan oldim. Shu asnoda dardlari zo‘raydi. Men ul zotga «Misvokkshng uchini yumshatib beraymi?»—deb erdim, «mayli» deb bosh irg‘ab qo‘ydilar. Men misvokning uchini tishlarim birlanan yumshatib berdim, Oldilarida Hazrat Umar suv solib qo‘ygan bir idish turgan erdi, qo‘llarini unga tiqib, yuzlarini suv birlan arta boshladilar, so‘ng «Lo iloha illallohu, o‘limning talvasalari mavjud» deya qo‘llarini ko‘tarib: «Fir-Rafiq-il-a’lo!» — dedilar-da, jon taslim qildilar, qo‘llari pastga shilq etib tushdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:16:48
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xastalanib, o‘lim to‘shagida yotganlarida: «Ertaga men qaerda bo‘lishim lozim, ertaga men qaerda bo‘lishim lozim?» — deb so‘rayverdilar» («Ertaga Oishaning huzurida bo‘ladirgan kunimmi?» deb aytmoqchilar. Shunda barcha xotinlari: «Ko‘nglingiz tusagan xoti-ningizning uyida yotmog‘ingiz mumkin» deb ul zotga rozilik berishdi. So‘ng, Janob Rasululloh so‘nggi kunlarigacha Oishaning uyida bo‘ldilar). «Ul zot,— deb davom etadilar. Oisha onamiz,— aynan mening uyimda bo‘ladirgan kunlari mening uyimda vafot etdilar, Olloh taolo boshlari bag‘rimda, tupuklari (so‘laklari) tupugimga qorishiq erkanligida o‘z omonatini oldi. Bu bunday bo‘lgan erdi: (ukam) Abdurrahmon ibn Abu Bakr ichkariga kirib keldi, qo‘lida misvok bor erdi. Shunda Janob Rasululloh uning qo‘lidagi misvokka qaradilar. Men: «Ey Abdurrahmon, misvokni menga ber!»— dedim, u berdi. Men misvokning uchini sindirib, tishim birlan yumshatdim-da, uni Janob Rasulullohga uzatdim. Ul zot boshlarini bag‘rimga qo‘yganlaricha misvok birlan tishlarini tozaladilar» («Tupuklari tupugimga qorishiq», ya’ni Oisha onamiz misvokning uchini og‘izlariga solib, yumshatib berganlar, Janob Rasululloh ersalar o‘sha misvok birlan tish tozalaganlar. Shunda Oisha onamizning misvokka tekkan tupuklari ul zotning tupuklari birlan qorishgandur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:17:02
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam mening uyimda, mening uyimda bo‘ladirgan kunlarida va mening quchog‘imda vafot etdilar. Ul zot xastalanib qolsalar, xotinlaridan birimiz tepalarida mu’avvizotni o‘qib, Olloh taolodan sihat tilab turar erdik. Bu gal ham xuddi shunday bo‘ldi. Men mu’avvizotni o‘qiy boshlagan erdim, ul zot boshlarini tepaga ko‘tarib, «Fir-Rafiq-il-a’lo, fir-Rafiq-il-a’lo!»—dedilar. Shu asnoda (ukam) Abdurrahmon ibn Abu Bakr qo‘lida misvok ushlagan holda ichkariga kirib keldi. Janob Rasululloh misvokka qaradilar, men «Misvok birlan tish tozalamoqchi bo‘lyaptilar» deb uni ukamdan oldim, so‘ng uchini sindirib, tishlarim birlan yumshatdim-da, ul zotga uzatdim. Janob Rasululloh u birlan o‘ta xafsala qilib tish tozaladilar, so‘ng men uni qo‘llaridan oldim. Olloh taolo bu dunyodagi so‘nggi va oxiratdagi birinchi kunlarida mening tupugimni UL zotning tupuklariga qorishtirdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:17:10
Abu Salama bunday deydilar: «Abu Bakr raziyallohu anhu Sunhdagi hovlilaridan ot minib keldilar-da, undan tushib masjidga kirdilar, so‘ng odamlarga gapirmay to‘g‘ri Oishaning hujrasiga kirib, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tepalariga bordilar. Janob Rasululloh ustlariga yamaniy mato tashlab qo‘yilgan holda yotar erdilar. Abu Bakr raziyallohu anhu matoni ko‘tarib ul zotning yuzlarini ochdilar, so‘ng egilib yuzlaridan o‘pdilar-da, yig‘lab turib: «Ota-onam sizga fido bo‘lsinlar, Olloh taolo haqi, parvardigor sizga ikki o‘lim bermaydi, ammo peshonangizga yozilgan bir o‘limni ko‘rdingiz»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:17:19
Abdulloh ibn Abbos bunday deydilar: «Abu Bakr Janob Rasulullohning huzurlaridan chiqqanlarida Umar ibn al-Xattob odamlarga so‘zlab turgan erdilar. Abu Bakr Hazrat Umarga: «Ultiringiz!» — dedilar. Hazrat Umar o‘ltirmadilar. Odamlar Hazrat Umarni tark etib, Abu Bakrning oldilariga kelishdi. Abu Bakr ularga: «Ammo ba’d, sizlardan qaysi biringiz Muhammad sallallohu alayhi va sallamga ibodat qilgan bo‘lsa, ul kishi vafot etdilar va kimki Olloh taologa ibodat qilgan bo‘lsa, Olloh taolo hamisha tirik bo‘lib, hech qachon o‘lmagaydur! Olloh taolo: «Muhammad hammangizga o‘xshagan insondur, sizlardan farqi shuldurkim, ul Ollohning bandalariga yuborgan elchisidur»,— degan»,— dedilar (surai «Oli Imron» ning «ash-Shokirin» degan joyigacha o‘qidilar). Ollohga qasamyod qilib ayturmankim, odamlar Olloh taoloning ushbu oyati karimani nozil qilganidan bexabar kishilardek, Abu Bakr Siddiq tilovat qilganlarida o‘rganib olishdi. Men Abu Bakrdan boshqa biror kishining bu oyatni tilovat qilganini eshitmagandim. Sa’id ibn al-Musayyab Hazrat Umarning «Xudo haqi, bu oyatni Abu Bakr tilovat qilganlaridagina eshitdim. Janob Rasululloh vafot etdilar, deb aytganlarini eshitganimda oyoqlarim bo‘shashib ketib, yerga qulab tushdim»,— deganlarini menga aytib berdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:17:26
Oisha raziyallohu anho va Ibn Abbos raziyallozhu anhu: «Abu Bakr raziyallohu anhu Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘lganlarida yuzlaridan o‘pdilar»,— deyishadi.

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kasal bo‘lganlarida og‘izlarining bir chetidan dori tomizdik. Ul zot bizga «Dori tomizmangizlar!» deb ishora qildilar. Biz: «Odatda, kasal dorini xushlamaydi»,— dedik Xushlariga kelganlarida: «Menga dori tomizmangizlar, deb ishora qilmabmidim?!» — dedilar. Biz: «Odatda, kasal dorini yoqtirmaydi, deb o‘yladik»,— dedik, Ul zot: «Bu uyda menga dori tomizganlarning barisining boshiga shu kun tushgaydir, lekin ko‘rib turibmanki, Ibn Abbos bunday qilmagan!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:17:35
Asvad raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anhoning huzurlarida Janob Rasulullohning Hazrat Aliga vasiyat qilganlari haqida gapirishdi. Shunda Oisha raziyallohu anho: «Kim shunday deb aytdi? Janob Rasululloh mening quchog‘imda erdilar, tos olib kelmoqla-rini amr qildilar, so‘ng birdan behol bo‘lib jon taslim qildilar, men sezmay qoldim. Qanday qilib Aliga vasiyat qilgan bo‘lishlari mumkin !» — dedilar».

Talha raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Abdulloh ibn Abu Avfodan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vasiyat qildilarmi?»—deb so‘radim. U: «Yo‘q»,— dedi. «Unday ersa, odamlar qanday vasiyatga amal qiladilar yoki qanday vasiyatga ko‘ra ish tutadilar?»—dedim. U: «Olloh taoloning Kitobiga muvofiq!»—dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:17:57
Amr ibn al-Hars bunday deydilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlari minib yuradirgan «Al-Bayzo» ismli tuyalari, qurollari hamda musofirlarga sadaqa etgan yerlaridan bo‘lak na biror dinor, na biror dirham, na biror qul va na biror cho‘ri (joriya) qoldirmadilar».

Anas ibn Molik bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam og‘irlashib qolganlarida hushlaridan keta boshladilar. Shunda Fotima alayhossalom otalariga achinib yig‘ladilar. Janob Rasululloh Fotimaga: «Bir kun o‘tgach, otangga aza tutishni bas qilgil!» —dedilar. Fotima alayhossalom ul zot vafot etganlarida: «Olloh taolo chaqirganda labbay, deb javob bergan voy otajonim. joyingiz jannatda bo‘lgur, voy otajonim, Hazrat Jabroilga o‘lganingizni ma’lum qilamiz, voy otajonim!» deb yig‘ladilar. Fotima alayhossalom Janob Rasululloh dafn qilinganlarida: «Oy Anas, Janob Rasulullohning ustlariga tufroq tashlab ko‘ngillaringiz orom oldimi?!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:18:09
72- bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oxirgi aytgan gaplari haqida

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar. «Janob Rasululloh sog‘ yurgan vaqtlarida: «Biror payg‘ambar, jannatdagi joyi ko‘rsatilmay turib, jon taslim qilmaydi, jannatdagi joyini ko‘rgachgina ikki dunyodan birini ixtiyor Qiladi»,— dedilar. Dardlari og‘irlashgach, hushlaridan Ketdilar, shunda boshlari tizzamga qo‘yig‘lik erdi. Keyin, o‘zlariga kelib, uyning shiftiga termulganlaricha: «Yo Buyuk do‘st bo‘lmish Olloh!» — dedilar. Men buni eshitib: «Demak, bizni xushlamayaptilar»,— deb xayolimdan o‘tkazdim. Bildimki, ul zotning sog‘lik vaqtlarida aytgan gaplari shu erkan (ya’ni, jannatdagi joylari ko‘rsatilib, u dunyoni ixtiyor qilibdilar). Janob Rasulullohning eng so‘nggi aytgan so‘zlari «Yo Buyuk do‘st bo‘lmish Olloh!» bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:18:25
73-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning vafotlari haqida

Oisha va Ibi Abbos raziyallohu anhum bunday deyishadi: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘zlariga Qur’on nozil bo‘lgan (20) yil davomida, ya’ni o‘n yil Makkada va o‘n yil Madinada yashadilar».

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oltmish uch yoshda vafot etdilar»,— deydilar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:18:46
74- bob.

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etganlarida qalqonlari o‘ttiz so’ arpa uchun yahudiyga garovga qo‘yilgan erdi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:19:02
75- bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning xastalanib o‘lim to‘shagida  yotganlarida Usoma ibn Zayd raziyallohu anhuni bir yerga jo‘natganlari haqida

Solim otalaridan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Usomani (bir guruh) kishilarga bosh qilib bir yerga jo‘natdilar. Shunda ba’zilar bunga e’tiroz bildirishdi. Ul zot: «Men voqif bo‘ldimki, sizlar Usomaning boshliq qilinganiga e’tiroz bildiribsizlar, lekin shuni bilib qo‘yingizlarki, u mening uchun eng mahbub kishidur!» — dedilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir guruh odamlarni (bir yerga) jo‘nata turib, ularga Usoma ibn Zaydni boshliq qilib tayinladilar. Ba’zilar uning boshliq qilinganiga e’tiroz bildirishdi. Shunda Janob Rasululloh o‘rinlaridan turib: «Gar uning boshliq qilinganiga e’tiroz bildirursizlar, demak uning otasi boshliq bo‘lganda ham norozi bo‘lgansizlar. Olloh taologa kasamyod qilurmanki, u boshliq bo‘lmoqqa munosib va menga eng mahbub kishi erkan, bundan keyin ham shunday bo‘lib qolgay!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:19:23
76- bob.

Abulxayr rivoyat qiladilar: «Sanobjiy mendan: «Qachon hijrat qilding?» — deb so‘radi. Men: «Yamandan hijrat qilib, Juhfaga yetib kelganimizda oldimizdan chopar chiqib qoldi. Men unga: «Qanday xabar olib kelayotirsan?» — dedim. U: «Janob Rasulullohni dafn qildik, besh kun bo‘ldi»,— dedi. Men: «Laylat ul-Qadr xususida biror narsa eshitganmisan?» — dedim. U: «Ha, menga Janob Rasulullohning muazzinlari Hazrat Bilol aytib erdilar, Laylat ul-Qadr ramazon oyining oxirgi o‘n kunligining yettinchi kunida» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:19:40
77-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam necha marotaba g‘azot qilganlar?

Abu Ishoq rivoyat qiladilar: «Men Zayd ibn Arqamdan: «Janob Rasululloh birlan birga necha marta gazot qilgansan?» — deb so‘radim. U: «Un yetti marta»,— dedi. Men: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam necha bor gazot qilganlar?»—dedim. U: «Un to‘qqiz marta»,— dedi».

Barro raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan o‘n besh marta gazot qilganman»,— deydilar.

Ibn Burayda otalari haqida: «Otam Janob Rasululloh birlan birga o‘n olti marta gazot qilganlar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:20:32
QUR’ON TAFSIRI KITOBI

«Ar-Rahmon ur-rahiym» ikki so‘zdan iborat bo‘lib, «Ar-Rahma» («rahmdillik, mehribonlik») so‘zidandur. «Ar-Rahiym» va «Ar-Rohim» («Rahmdil», «Mehribon») so‘zlari ersa «Al-Aliym» va «Al-Olim» («Biluvchi», «Bilimdon») so‘zlari kabi bir ma’noga egadur.

1-   bob. Kitob (Qur’on)ning «Fotiha» surasi haqidagi hadislar

«Fotiha» surasi «Umm ul-Kitob» («Kitobdagi suralarning onasi») deb ataladi, chunki barcha Qur’on kitoblari avval shul suradan boshlab yoziladi hamda namoz ham aynan ana shul surani qiroat qilish birlan boshlanadi. Diyn (Din) bo‘lsa, yaxshilik uchun mukofot va yomonlik uchun jazo bo‘lib, «tadiynu va tudonu» (fe’l-atvoring va qilgan amalingga yarasha mukofotlanasan va jazolanasan) kabidur.

Mujohid: «Fotiha surasidagi «Ad-Din» so‘zi «Al-Hisob» so‘ziga muvofiq keladi, «Madinuuna» so‘zi «Muhosibuuna» so‘ziga muvofiq kelgani kabi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:20:41
Abu Sa’id ibn Mu’allo aytadilar: «Men namoz o‘qiyotgan erdim, Payg‘ambar alayhissalom chaqirib qoldilar. Men javob bermadim. Keyin, qoshlariga borib: «Ey Ollohning rasuli, men namozda erdim»,— dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Axir, Olloh taolo: «Agar sizlarni Olloh va payg‘ambar chaqirsa, ularga javob beringizlar!» — demaganmi?!» — dedilar. Keyin, yana: «Siz masjiddan chiqib ketmasingizdan avval, men sizga Qur’onning eng ulug‘ surasini o‘rgatayinmi?»— dedilar-da, qo‘limdan ushladilar. So‘ng, masjiddan chiqmoqchi bo‘lganimizda: «Ey Ollohning rasuli, siz menga: «Qur’onning eng ulug‘ surasini o‘rgatayinmi?» — degan erdingiz»,— deb eslatdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yetti oyatdan iborat «Alhamdu lillohi rabbil-olamiyn» bo‘lib, menga berilgan ulug‘ Qur’on (sura) shudir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:20:51
2-   bob. «... g‘ayril-mag‘zuubi alayhim va lo-z-zolliy-na» («... g‘azabingga duchor bo‘lmagan va yo‘ldan ozmagan kishilarga»)

Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar imom «... g‘ayril-magzuubi alayhim va lo-z-zolliyna» desa, «Omin!» deb aytingizlar, kimning «Omin!» deb aytgani maloikalarning «Omin!» deb aytganiga muvofiq kelib qolsa, uning ilgarigi gunohlari mag‘firat qilingay!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:21:29
BISMILLOHIR RAHMONIR  RAHIYMI
«BAQARA» SURASI

Olloh taolo Odamga barcha ismlarni o‘rgatgandur!


Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Mo‘minlar Qiyomat kuni to‘planishib «Agar rabbimizdan shafoat tilasak, (u bizni bu turgan yerimizdan o‘zga yaxshiroq joyga ko‘chirmasmikan?)» deya Odam alayhissalomning qoshlariga borishgay-da, ul kishiga: «Siz odamlarning otasisiz, Olloh taolo sizni o‘z qo‘li birlan yaratgan, sizga maloikalarini sajda qildirgan va sizga har bir narsaning ismini o‘rgatgandur, rabbingizdan bizga shafoat so‘rangiz, toki u bizni bu turgan yerimizdan o‘zga yaxshiroq joyga ko‘chirsin!» — deyishgay. Odam alayhissalom: «Mening sizlarga foydam tegmagay» deb qilgan gunohlarini eslagaylar-da, uyalib ketgaylar. So‘ng, ularga: «Nuh alayhissalomning qoshlariga boringizlar, ul kishi Olloh taolo Yer ahliga yuborgan payg‘ambarlarning eng birinchisidurlar!» — degaylar. Ular Nuh alayhissalomning qoshlariga borishgach, ul kishi ham «Mening sizlarga foydam tegmagay» deya aqllari yetmagan narsa xususida parvardigorlariga savol berganlarini eslab, uyalib ketgaylar-da: «Ar-Rahmonning do‘stining qoshiga boringizlar!» — degaylar. Ular Ibrohim alayhissalomning qoshlariga borishgay. Ul kishi ham: «Mening sizlarga foydam tegmagay, Olloh taolo so‘zlashgan va Tavrot ato etgan banda bo‘lmish Musoning qoshlariga boringizlar!» — degaylar. Ular Muso alayhissalomning qoshlariga borishgay. Ul kishi ham «Mening sizlarga foydam tegmagay» deya qilgan gunohlarini eslagaylar-da, parvardigorlaridan uyalib ketgaylar. So‘ng, ularga: «Olloh taoloning bandasi va payg‘ambari, Olloh taoloning kalimasi va ruhi bo‘lmish Isoning qoshlariga boringizlar!» —degaylar. Iso alayhissalom ham: «Mening sizlarga foydam tegmagay, yaxshisi Olloh taolo sobiq va kelgusi gunohlarini mag‘firat qilgan banda Muhammad sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga boringizlar!»— degaylar. Ular mening huzurimga kelishgay, so‘ng men rabbimning huzuriga borib izn so‘ragayman, menga ijozat berilgay, parvardigorimni ko‘rishim birlanoq sajda qilib turgayman, ul meni o‘zi istagancha vaqt sajdada qoldirgay, so‘ng menga: «Boshingni ko‘targil, so‘ragil, so‘raganingni ato etgay, so‘zlagil,so‘zingni eshitgay, shafoat tilagil, shafoat etgay!»— deyilgay. Men boshimni sajdadan ko‘tarib, o‘zi bizga o‘rgatgan hamdu sanolar birlan uni madh qilgayman, keyin undan shafoat tilagayman, u menga muayyan kishilarni jannatga olib kirmog‘imga ijozat bergay, men ularni jannatga olib kirgayman, so‘ng uning qoshiga qaytib borib, uni ko‘rishim birlanoq avvalgidek sajda qilib turgayman, keyin undan shafoat tilagayman, U menga bu gal ham muayyan odamlarni jannatga olib kirmog‘imga ruxsat bergay, men ularni jannatga olib kirgayman, so‘ng uning huzuriga uchinchi va to‘rtinchi bor qaytib borib: «Do‘zaxda Qur’on bandi etib, unda abadiy qolmog‘i lozim bo‘lganlargina qoldi!»—degayman».

Abu Abdulloh: «Qur’on bandi etganlargina», ya’ni Olloh taoloning «Unda abadiy qoladilar» degan hukmiga binoan do‘zaxda qolgan odamlargina»,—deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:22:01
3-bob.

Mujohid raziyallohu anhu bunday deydilar: «(Surai «Baqara» dagi) «ila shayotiynihim» iborasi «munofiq va mushrik bo‘lmish o‘z sheriklari birlan» degani, «Muhiytun bil-kofiriyna» jumlasi «Olloh taolo kofirlarni Muhammad sallallohu alayhi va sallam ummatu dini birlan qurshab olgandur» degan mazmunda, «alal-xoshi’iyna»— «mo‘minlarga», «bi-quvvatin» ersa «bor kuchi birlan» demakdur».

Abuloliya bunday deydilar: «(Surai «Baqara»dagi) «marazun» so‘zi «shak» demakdur, undan keyingi («fa-zodahumullohu marazan» — «Olloh taolo ularning shaklarini yanada ziyoda qildi» degan) jumla ersa qolganlarga bir ibratdur. «Lo shiyata» degani «dog‘siz, aybsiz» deganidur»

Mujohiddan bo‘lak bir tafsirchi bunday deydilar: «Yasuumuunakum» degani «Sizlarga xo‘jayinlik qilur erdilar» degan ma’nodadur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:22:11
Ba’zi mufassirlar: «Yeyiladigan donlar (Al-Hubu-ub)ning barchasi bug‘doydur»,— deydilar.

Qatoda: «Fa-bouu» degani «qaytdilar» degani»,—deydilar.

Boshqa bir mufassir: «Yastaftihuuna» degani «madad so‘raydilar» degani, «sharuu» degani «o‘ylamay-netmay sotdilar» degani»,—deydilar.

Olloh taolo: «Bila turib Ollohga shirk keltirmangizlar!»— deydi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:22:28
Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat kiladilar; «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan «Qanday gunoh Olloh taolo dargohida eng og‘ir gunoh?» deb so‘radim. Ul zot: «Uzingni yaratgan Olloh taologa shirk keltirmog‘ingdur»,— dedilar. Men: «Darhaqiqat, bu gunohi azimdur!» — dedim-da, «Undan so‘ng qaysi?» deb so‘radim. Ul zot: «Ovqatimga sherik bo‘lmasin, deb o‘z bolangni o‘ldirmog‘ingdur»,— dedilar. Men: «Darhaqiqat, bu gunohi azimdur!»—dedim-da, «Undan keyinchi?»— dedim. Ul zot bunday dedilar: «Qo‘shningning jufti haloli birlan zino qilishmog‘ingdur. Olloh taolo bul xususda: «Biz sizlarga bulutni soyabon qilib berdik va biz o‘zlaringizga rizq qilib bergan ne’matlarning pokizasidan yengizlar, deb mann va salvoni (osmondan) sizlarga tushirdik va ular bizga zulm qilmadilar va lekin o‘zlariga zulm qilur erdilar»,— degan».

Mujohid: «Mann — ko‘rinishi limonga o‘xshash shirin meva, salvo — qush»,— deydilar.

Sa’id ibn Zayd bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Mann zamburug‘i va uning suvi ko‘zga davodur» deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:22:56
4- bob.

Olloh taoloning qavli: «Biz sizlarga: «Mana bu shaharga (qishloqqa) kiringizlar!» — dedikmi, bas, ul yerda xohlagan joyingizda istaganingizcha yengizlar va sajda qilgan holda eshikka (darvozaga) kiringizlar-da, «Mag‘firat qil!» deb aytingizlar, biz xatolaringizni mag‘firat qilurmiz va yaxshilarga ziyoda karam qilurmiz!»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Sajda qilgan holda darvozaga kiringizlar-da, «Mag‘firat qil!» deb aytingizlar!» deb Banu Isroilga aytildi, shunda ular ketlarini yerda sudrab kirib borishdi-da, mag‘firat tilash o‘rniga, ya’ni «hitta» deyish o‘rniga «hinta» (bug‘doy) deb aytishdi».

Olloh taoloning qavli: «Jabroilga dushman bo‘lganlarga «Ushal zot (ya’ni, Jabroil) Olloh, taoloning hukmi birlan Qur’onni sizlarning qalbingizga tushirgan bo‘lib, Qur’on o‘zidan avvalgi kitoblarni tasdiq etur va u mo‘minlarga hidoyat hamda bashoratdur!» deb aytgil!»

Ikrima: «Jabr, Mik va Asrof (Jabroiyl, Mikoiyl va Asrofiyl) — Iyl (ya’ni, Olloh) ning qullari»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:23:11
Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Salom kuzgi shudgor qilayotib, Janob Rasulullohning kelayotganlarining daragini eshitdi. Janob Rasululloh kelib, unga: «Men sendan payg‘ambarlargina biladirgan uch narsa haqida so‘rayman Qiyomatning dastlabki alomatlari qanday? Jannat ahli yeydirgan dastlabki taom qaysi? Nima sababdan farzand otasi yoki onasiga tortadi (o‘xshab qoladi)?»—dedilar. Abdulloh ibn Salom: «Ha, bilaman, farishtalardan bo‘lmiga va yahudiylarga dushman o‘shal zot (ya’ni, Hazrat Jabroil).» deya «Jabroilga dushman bo‘lganlarga «O’shal zot (ya’ni, Jabroil) Olloh taoloning hukmi birlan Qur’onni sizlarning qalbingizga tushirgan bo‘lib, Qur’on o‘zidan avvalgi kitoblarni tasdiq etur va u mo‘minlarga hidoyat hamda bashoratdur!» deb aytgil!» degan oyati karimani tilovat qildi. So‘ng, u: «Qiyomatning dastlabki alomati shulki, alanga ko‘tarilib, Mashriqdan Mag‘ribgacha bo‘lgan odamlarni to‘plagay, jannat ahlining dastlabki taomi ersa, nahangning jigar o‘simtasidir, farzandning otasi yoki onasiga tortib qolishining boisi — agar erkakning suvi ayolning suvidan ildamlik qilsa, onasiga tortadi»,— dedi. Keyin, u: «Ollohdan bo‘lak tangri yuqligiga, sizning Olloh taoloning rasuli erkanligingizga shahodat keltiraman! Yo Rasulalloh, yahudiylar betayin qavm bo‘lib, agar ular mening islomga kirganimni siz ulardan mening haqimda so‘ramasingizdan ilgari sizdan bilib olishsa, meni badnom qilgaylar»,— dedi. Shul asnoda yahudiylar kelib qolishdi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam ulardan «Abdulloh (ibn Salom) oralaringizda qanday mavqega ega?» — deb so‘radilar. Ular: «U bizning eng yaxshi odamimiz va eng yaxshi odamimizning farzandidur hamda u bizning ulug‘imiz va ulug‘imizning farzandidur!»—deyishdi. Janob Rasululloh: «Abdulloh ibn Salomning islomni qabul qilganini bildingizlarmi» — dedilar. Ular: «Olloh taolo uni bundan o‘z panohida asrasin!» — deyishdi. Shunda Abdulloh ibn Salom chiqib kelib: «Ashhadu anlo iloha illallohu va anna Muhammadan rasulullohi!»—dedi. Ular «U bizning eng yomon odamimiz va eng yomon odamimizning farzandidur!» — deb uni badnom  qilishdi. Abdulloh ibn Salom: «Yo Rasulalloh, men mana shundan cho‘chigan erdim!» —dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:23:34
5-bob. Olloh taoloning «Biz qaysi oyatni bekor qilurmiz yo unutdirurmiz...» degan
qavli xususida


Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar raziyallohu anhu bunday deydilar «Ubay bizga («Baqara» surasini) qiroat qilmoqni o‘rgatdi. Shunda Hazrat Ali bizning xayu o‘qiganimizni aytdilar. Ubay «Men bu surani Janob Rasulullohning o‘zlaridan tula o‘rganib olganman, uni chala yod olgan ermasman, Olloh taolo «Biz qaysi oyatni mansux (bekor) qilurmiz yo unutdirurmiz» degan»,— dedi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:23:47
6-bob. Olloh taoloning «Va ular: «Olloh taoloning farzandi bordur»,— derlar»
degan qavli xususida


Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh «Olloh taolo bunda: dedi»,— dedilar. «Odam bolasi menga tuhmat qildi, u bunday qilmasligi lozim erdi, (Odam bolasi) meni haqorag qildi, u bundai qilmasligi lozim erdi! Ammo, menga tuhmat qilgani xususiga kelsak, u meni ilgarigi holiga qaytarolmaydi, deb ta’kidlaydi Ammo, meni haqorat qilgani xususiga kelsak, «Olloh taoloning bolasi bor, u o‘ziga juft va bola qila oladi»,— deydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:24:00
7-bob. Olloh taoloning «Ibrohim Maqomini doimiy ibodatgoh qilib olingizlar!»
degan qavli xususida


Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Umar raziyallohu anhu bunday dedilar: «Olloh taolo mening uch iltijomni ro‘bga chiqardi. 1) «Yo Rasulalloh, Ibrohim Maqomini ibodatgoh qilib olsangiz erdi!» deb aytganimda 2) «Yo Rasulalloh, huzuringizga yaxshi ham, yomon ham kirib turadi mo‘minlarning ayollarini hijob (chochvon, parda) kiyishga amr qilsangiz erdi!» deb aytganimda Olloh taolo «Hijob oyatini nozil qildi 3) Keyin, men Janob Rasulullohning ba’zi ayollariga dashnom berganlarini eshitib qolib, ularning xuzuriga kirdim-da «Olloh taolo birlan uning rasulini o‘zlaringizdan afzal, deb bilsangizlar erdi!» — dedim. Shunda ul zotning ayollaridan biri kelib, mesha «Ey Umar hatto Janob Rasulullohning og‘izlaridan ayollariga nisbatan sen aytgan so‘zlar chiqmagan erdi!» — dedi. Shunda Olloh taolo: «Uning parvardigori, agar u sizlarni taloq qilsa, o‘rningizga sizlardan yaxshiroq muslima xotinlarni unga juft qilib qo‘yishga qodirdur!» degan oyati karimasini nozil qildi»

Olloh taoloning qavli: «Ibrohim va Ismoil Ka’ba devorlarini ko‘tarayotganda «Ey bizning parvardigorimiz, qabul etgil bizlardan (bu xizmatni), darhaqiqat sengina eshitguvchi, bilguvchidursan!» deb aytur erdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:24:08
Oisha raziyallohu taolo anho bunday deb xabar beradilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qavmingning Ka’bani (qayta) qurishayotib, Ibrohim alayhissalom qo‘iib ketgan poydevorlarni pasaytirib qo‘yishganini kurmaysanmi!» — dedilar. Men «Yo Rasulalloh, Ibrohim alayhissalomning poydevorlarini asliga keltirib qo‘ymaysizmi?»—dedim. Ul zot: «Qavming kufrdan qaytib, endigina islomga kirmagan bo‘lganida, shunday qilgan bo‘lur erdim!» — dedilar».

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar «Oisha raziyallohu anho bu hadisni Janob Rasulullohdan eshitgan bulsalar-da, men «Janob Rasululloh Ka’ba devorlari Ibrohim alayhissalom qurganlaridek qilib qayta qurilmagani uchungina hijr (devor) yonidagi ikki ustunni silab tavof qilmaganlar»,— deyolmayman»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:24:23
8-bob. Olloh taoloning «Ollohga va u bizga nimaiki nozil qilgan bo‘lsa, o‘shanga iymon keltirdik!» deb aytingizlar!» degan qavli xususida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Kitob axli Tavrotni ibroniycha qiroat qilib, uni islom ahliga arabcha tafsir qilishar erdi. Janob Rasululloh «Kitob ahliga ishonmangizlar ham, ularni yolg‘onchi demangizlar ham, ularga «Olloh taologa va u bizga nimaiki nozil qilgan bo‘lsa, o‘shanga iymon keltirdik!» — deb aytingiz-lar!» — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:24:37
Olloh taoloning qavli: «Ahmoqlar: «Musulmonlarni doimo ibodat qilib kelgan qiblalaridan yuz o‘girmoqlariga nima majbur qildi?» — deb aytgaylar. Shunda siz: «Mag‘rib ham, Mashriq ham Olloh taoloning o‘z mulkidur, u istagan bandasini to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilur!» — deb aytingiz!»

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi sallam Baytulmuqaddasga qarab o‘n olti yoki o‘n yetti oy namoz o‘qidilar, ammo, aslida Baytullohning o‘zlariga qibla bo‘lmogini xohlar erdilar. Bir kuni ul zot Baytullohga qarab namoz o‘qidilar, qavm ham birgalashib o‘qidi. Keyin, ul zot birlan birga namoz o‘qigan kishilardan biri namoz o‘qib turgan bir guruh odamlar oldiga borib «Olloh taoloni guvoh qilib ayturmanki, men hozirgina Janob Rasululloh birlan birga Makkaga qarab namoz o‘qidim»—dedi. Shunda boyagi namozxonlar Baytulloh tomonga qarab o‘g‘irilib olishdi. Qibla Baitulmuqaddasdan Baytulloh tomonga o‘zgartirilmasidan ilgari shahid bo‘lganlar ham bor erdi, biz ular xususida nima demog‘imizni bilmas erdik. Olloh taolo «Va Olloh taolo sizlarning iymonlaringizni zoe ketkazuvchi ermas, Olloh taolo odamlarga ko‘p mehribon, nihoyatda rahmlidur!», «Va shul tariqa biz sizlarni shunday bir adolatli ummat qildikki, toki sizlar guvoh bo‘lingizlar boshqa odamlarga va rasul ham sizlarga guvoh bo‘lsinlar!» degan oyatlarni nozil qildi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:24:46
Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Qiyomat kuni " Olloh taolo Nuh alayhissalomni da’vat qilganda ul kishi «Labbay, ey rabbim, xizmatingga hoziru nozirman!» deb javob bergaylar. Olloh taolo «Mening hukmlarimni o‘z ummatingga yetkazdingmi?» — deb so‘ragay. Nuh alayhissalom «Ha»,— degaylar. Keyin, ul kishining ummatlariga «Mening hukmlarimni sizlarga yetkazganmidi?»—deyilgay. Ular «Bizning huzurimizga biror ogohlantiruvchi odam kelgan ermas!»—deyishgay. Olloh taolo Nuh alayhissalomga «Mening hukmlarimni ummatingga yetkazganingga kim guvohlik bera oladi?» —degay. Nuh alayhissalom «Muhammad sallallohu alayhi va sallam va ul zotning ummatlari guvohlik berishgay»,— degaylar. Shunda ular Nuh alayhissalomning Olloh taolo hukmlarini o‘z ummatlariga yetkazganliklariga guvohlik berishgay va rasul ham sizlarga guvohlik bergay. Bu Olloh taoloning qavlidur. Olloh taolo «Va shul tariqa biz sizlarni shunday bir adolatli ummat qildikki toki sizlar guvoh bo‘lingizlar boshqa odamlarga va rasul ham sizlarga guvoh bo‘lsinlar va biz siz ilgari yuzingizni qaratib namoz o‘qib yurgan tomonni kimlar rasulga ergashajagini va kimlar orqasiga qaytajagini bilmoq uchungina qibla qilgan erdik va albatta bu muomala og‘ir bo‘lib, uni Olloh taolo hidoyat qilgan bandalargina ko‘targaylar va Olloh taolo sizlarning iimonlaringizni zoe ketkazuvchi ermas, Olloh taolo odamlarga ko‘p mehribon, nihoyatda rahmlidur!» — deydi»

Ibn Umar raziyallohu taolo anhu rivoyat qiladilar: «Odamlar Qubo masjidida bomdod o‘qib turishgan erdi, bir odam kelib « Olloh taolo Janob Rasulullohga Qur’on (vahiy) tushirib, Ka’bani qibla qilmoqni amr qildi»,— dedi. Namozxonlar darhol Olloh taoloning amriga buyin egishib, yuzlarini Ka’baga o‘girishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:25:05
9- bob Olloh taoloning «Yuzingizni osmonga qarata-yotganingizni ko‘rib  turibmiz, endi biz yuzingizni o‘zingizga marg‘ub bulgan qiblaga qarattirurmich, yuzingizni Masjid al-Harom tarafiga qaratingiz!» degan qavli xususida

Anas ibn Molik raziyallohu taolo anhu rivoyat kiladilar: «Ikki qiblaga qarab namoz o‘qiganlardan mendan bo‘lak hech kim qolmadi. Olloh taolo «Va agar siz kitobiylarga barcha dalillarni keltirsangiz ham, ular sizning qiblangizni tan olmaslar va siz ham ularning qiblasini qabul qilmassiz va ular ham ba’zilari ba’zilarin qiblalarin qabul etmaslar va agar siz o‘zingizda vahiy ilmi hosil bo‘la turib, ularning xohishlariga tobi’ bo‘lsangiz, ul holda siz albatta zolimlardan bulursiz!» — deydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:25:14
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Bir payt odamlar Qubo masjidida bomdod o‘qib turishgan erdi, bir kishi kelib «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ushbu kecha Qur’on (vahiy) nozil bo‘ldi. Ul zot Ka’baga qarab namoz o‘qimoqni amr qildilar sizlar ham ka’baga qarab namoz o‘qingizlar!»—dedi. Shunda odamlar Shom tarafga qarab turishgan erdi, darhol yuzlarini Ka’baga o‘girishdi. Olloh taolo «Biz Kitob bergan bandalar Rasulullohni o‘g‘illarini taniganlaridek tanirlar va ulardan bir guruhi xaqiqatni bilib tursalar ham yashirurlar, bu (narsa) parvardigoringizdan (tushirilgan) haqiqatdur, bas shak qilguvchilardan bo‘lmangiz!» —deydi»

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Bir payt odamlar Qubo masjidida bomdod o‘qib turishgan erdi, bir odam kelib: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bu kecha Qur’on (vahiy) nozil bo‘ldi. Ul zot Ka’baga qarab namoz o‘qimog‘imizni amr qildilar, sizlar ham o‘sha tomonga yuzlaringizni buringizlar!»—dedi. Shunda namozxonlar Shom tomonga qarab turishgan erdi, darhol Ka’baga o‘girilishdi. Olloh taolo «Va har bir kimsa uchun yuzini qaratadirgan o‘ziga xos tomon bordur, shunday erkan, sizlar xayriyat tomon yuz buringizlar, sizlar qaerda bo‘lsangizlar ham, Olloh taolo barchangizning qoshingizga kelgay, Olloh taolo hamma ishga qodirdur!» - deydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:25:22
Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bi an birga Baytulmuqaddasga qarab o‘n olti yoki o‘n yetti oy namoz o‘qidik, so‘ng ul zot qiblani Ka’ba tomonga o‘zgartirdilar. Olloh taolo: «Va siz qaerdan chiqib kelsangiz ham, yuzingizni Masjid rl al-Haromga qaratingiz va bu parvardigoringiz tarafidan tushirilgan haq hukmdur va Olloh taolo sizlarning amallaringizdan g‘ofil ermasdur!» —deydi».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Bir payt odamlar Qubo masjidida bomdod o‘qib turishgan erdi, bir kishi kelib: «Bul kecha Olloh taolo Qur’on (vahiy) nozil qilib, Ka’baga qarab namoz o‘qimoqni amr qildi, sizlar ham o‘sha tomonga qarangizlar!» — dedi. Namozxonlar darhol yuzlarini Ka’baga burishdi, ular avval Shom tarafga qarab namoz o‘qishayotgan erdi. Olloh taolo: «Darhaqiqat, Safo va Marva Olloh taoloning nishonlaridandur, bas kimiki Baytullohga haj qilsa yoki umra qilsa, bu ikkisin (Safo va Marva) oralig‘ida sa’y qilmoq unga gunoh ermas va kimiki o‘z rag‘bati ila yaxshilik qilsa, Olloh taolo albatta taqdirlovchi, biluvchidur!» —deydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:25:31
Hishom ibn Urvaning otalari bunday degan erkanlar: «Men yosh bola bo‘la turib, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zavjalari Oisha raziyallohu anhoga: «Olloh taoloning «Darhaqiqat, Safo va Marva Olloh taoloning nishonlaridandur (udumlaridandur), bas kimiki Baytullohga haj qilsa yoki umra qilsa, bu ikkisin oralig‘ida sa’y qilmoq unga gunoh-«ermas» degan oyati haqida nima deysiz? Men Safo va Marvani tavof qilmagan odam gunohkor bo‘lmaydi, deb hisoblayman»,— dedim. Oisha onamiz: «Aslo unday ermas, agar bu oyatning tafsiri sen aytganingcha bo‘ladirgan bo‘lsa, unda Safo va Marvani tavof qilmasa ham, gunohkor bo‘lmas erkan-da?! Ammo, bu oyat ansorlar xususida nozil bo‘lgan bo‘lib, ular (musulmon bo‘lmoqlaridan avval) Manot degan butga tahlil aytishar erdi. Shu boisdan ular Safo va Marvani tavof qilmoqqa botinishmas erdi. Islom joriy bo‘lib, musulmon bo‘lganlaridan so‘ng, Janob Rasulullohga shul haqda savol berishdi. Shunda Olloh taolo «Darhaqiqat, Safo va Marva Olloh taoloning nishonlaridandur, bas kimiki Baytullohga haj qilsa yoki umra qilsa, bu ikkisin oraligida sa’y qilmoq unga gunoh ermas» degan oyati karimani nozil qildi»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:25:38
Osim ibn Sulaymon rivoyat qiladilar: «Men Anas ibn Molikdan Safo va Marva haqida so‘radim. Shunda, u: «Biz bu ikkisini tavof qilmoqni johiliyat davridan qolgan udum, deb hisoblab yurar erdik. Islom joriy bo‘lgach, ularni tavof qilmay qo‘ydik. Shunda, Olloh taolo «Darhaqiqat, Safo va Marva Olloh taoloning nishonlaridandur, bas kimiki Baytullohga haj qilsa yoki umra qilsa, bu ikkisin oralig‘ida sa’y qilmoq unga gunoh ermas» degan oyati karimasini nozil qildi»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:25:56
10- bob. Olloh taoloning «Va ba’zi odamlar borki, ular Olloh taolodan  bo‘laklarni unga sherik qilurlar» degan qavli xususida

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat hiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir so‘z aytdilar, men ham bir so‘z aytdim. Ul zot: «Olloh taolodan bo‘laklarni unga sherik qilgan odam o‘lsa, jahannamga tushgay»,— dedilar. Men: «Olloh taolodan bo‘laklarni unga sherik qilmagan odam o‘lsa, jannatga tushgay»,— dedim. Olloh taolo: «Ey mo‘min-lar, o‘ldirilgan ozod odam badaliga ozod odamni, qul badaliga qulni, xotin badaliga xotinni o‘ldirmoq sizlarga farz qilindi. Bas, kimki o‘ldirilgan odamning vorislari tarafidan afv qilinsa, ul buning uchun qoidaga muvofiq yaxshiliklar qilsin va bul sizlarga parvardigoringiz tarafidan ato etilgan yengillik va marhamatdurkim, kimki bundan buyon ham qotillik qilmoqda davom eqa, ul alamli azob-uqubatga duchor qilingaydur!»—d yeydi».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Banu Isroilda o‘ldirilgan odam uchun qasos olishar, xun haqi olishmas erdi. Olloh taoloning (yuqoridagi) oyati o‘shalar xususida nozil qilingandur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:26:04
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam. «Olloh taoloning Kitobi — qasosdur!» — dedilar».

Humayd raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhu haqlarida bunday deydilar: «Uning cho‘risi bir joriyaning tishini urib sindirib qo‘ydi. Odamlar uni afv qilmoqlarini iltimos qilishdi. Tishi sindirilgan joriyaning egalari bunga ham, xun haqi olmoqqa ham ko‘nishmadi. Keyin, hammalari birgalashib Janob Rasulullohning huzurlariga borishdi, joriyaning egalari ul zotning qoshlarida ham «Faqat qasos» deb turib olishdi. Shunda, Janob Rasu-lulloh qasos olmoqni (ya’ni, tish uchun tish sindirmoqni) amr qildilar. Anas: «Yo Rasulalloh, uning tishi sindiriladimi? Sizni haqiqat ila yuborgan zot haqi, tishi sindirilmasin!» — dedi. Ul zot: «Yo Anas, Olloh taoloning Kitobi — qasosdur!» — dedilar, shundan so‘ng joriyaning egalari qasos olmaslikka ko‘nishib, cho‘rini afv qilishdi. Janob Rasululloh: «Olloh taoloning bandalaridan kimki Olloh taoloning nomini aytib qasam ichsa, qasamiga vafo qilmog‘i lozim!»—dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:26:17
11- bob. Olloh taoloning «Ey mo‘minlar, ro‘za tutmoq o‘zingizdan avvalgilarga farz qilingani yanglig‘, sizlarga ham farz qilindi, shoyad sizlar parhezgor bo‘lsangizlar!» degan qavli xususida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Johiliyat ahli ashuro oyida ro‘za tutur erdi, ramazon oyida ro‘za tutmoq haqida oyat nozil bo‘lgach, Janob Rasululloh: «Ashuro oyi ro‘zasini xohlaganlar tuqin, xohlamaganlar tutmasin!» — dedilar».

Oisha raziyallohu taolo anho rivoyat qiladilar: «Ramazondan ilgari ashuro oyida ro‘za tutilar erdi. Ramazonda ro‘za tutmoq haqida oyat nozil bo‘lgach, ashuro ro‘zasini istagan tutdi, istamagan tutmadi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:26:31
Alqama raziyallohu anhu Abdulloh haqlarida bunday deydilar: «Abdulloh ovqatlanib o‘ltirgan erdi, huzuriga Ash’as kirib kelib: «Axir, bugun ashuro oyi-ku?!» —dedi. Abdulloh: Ashuro oyida ramazon haqida oyat nozil bo‘lmasidan burun ro‘za tutilar erdi, ramazon ro‘zasi haqida oyat nozil bo‘lgach, bu oyda ro‘za tutmoqlik tark etilgan, beri kel, ovqatlan!» — dedi».

Oisha raziyallohu taolo anho rivoyat  qiladilar:  «Biz Quraysh  ahli johiliyat davrida ashuro oyida ro‘za tutar erdik, Janob Rasululloh ham tutar erdilar. Madinaga kelganlarida ashuro ro‘zasini tutdilar, boshqalarga ham tutmoqni amr qildilar. Olloh taolo ramazon ro‘zasi haqida oyat nozil qilib, uni farz qilgach,  ashuro oyida ro‘za tutilmaydirgan bo‘ldi. Ashuro ro‘zasini xohlaganlar tutib, xohlamaganlar tutmas erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:26:49
12-bob. Olloh taoloning «Bir necha sanoqli kunlar sizlardan kimki bemor bo‘lsa yoki  safarda bo‘lsa, boshqa kunlar hisobiga (ro‘zani) to‘ldirgaysiz, (ro‘za tutmoqka) qodir  kishilar ersa, bir miskinni tuydirarlik taom fidya qilgaylar, kimiki o‘z rag‘bati ila yaxshilik  qilsa, bu uning o‘zi uchun yaxshidur va agar bilsangizlar, ro‘za tutmoqlaringiz o‘zlaringiz uchun yaxshidur» degan qavli xususida

Ato raziyallouu anhu. «Olloh. taolo aytganiga binoan, kishi kasal bo‘lib, sillasi quriganda ro‘zasini buzgay»,— dedilar.

Hasan va Ibrohm bola emizuvchi hamda homilador ayol xiqida so‘zlab: «Agar ular ikkisi o‘zlaridan yoki bolalaridan xavotirlansalar, ro‘zalarini buzib, keyin qazosini tutaveradilar, ammo keksa odam ro‘za tutmoqqa qudrati yetmasa.. Masalan: Anas keksayib qolgach, bir-ikki yil davomida har kuni bir miskinga non, go‘sht berib, Olloh aaoloning «(Ro‘za tutmoqqa) qodir kishilar .» degan qavlini qiroat qilib, ruza tutmay yuraverdilar, bundaylar ersa ko‘p erdi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:27:04
Ato raziyallohu anhu Ibn Abbosniig «(Ro‘za tutmoqqa) qodir kishilar ersa, bir miskinni tuydirarlik taom fidya kilgaylar» degan iyatni qiroat qilganini eshitdilar. Ibn Abbos: «Vu oyat bekor qilingan ermas. agar keksa kishi yeki keksa ayol ro‘za tutmoqqa kodir bo‘lmasalar, har bir ro‘za tutilmagan kun badaliga bir miskinni chuydirmogi lozim bo‘ladi, Olloh taolo «Sizlardan qaysi biringiz (ramazon) oyining shohidi bo‘lsangiz, uning ro‘zasini tutingiz!» deb aytgan»,— dedilar.

Nofi’ bunday deydilar. «Ibn Umar raziyallohu anhu «...bir miskinni to‘ydirarlik taom fidya qilgaylar...» deb qiroat qildilar-da, «Bu oyat mansux qilingan»,— dedilar».

Salama ibi al-Akva’ rivoyat qiladilar: «(Ro‘za tutmoqqa) qodir kishilar ersa, bir miskinni to‘ydirarlik taom fidya qilgaylar» degan oyat nozil bo‘lganda fidya berib ro‘za tutmay yuradiganlar chiqib qoldi, shunda mazkur oyatdan keyingi oyat nozil bo‘lib, avvalgisini mansux qildi».

Abu Abdulloh: «Bukayr Yaziddan ilgari vafot qildi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:27:20
Olloh taoloning qavli: «Ro‘za kechalarida xotinlaringizga yaqinlik qilmoqlaringiz sizlarga halol qilindi, ular sizlarga libosdurlar va sizlar ham ularga libosdursizlar (ya’ni, erkagu ayol tunda suhbat qurganda libos yanglig bir-birlarining bo‘yinlaridan quchoqlaydilar), Olloh taologa ma’lumdurki, sizlar o‘zlaringiz o‘zlaringizga xiyonat qilur erdingizlar, bas u tavbalaringizni qabul qildi va sizlarni afv etdi, endi sizlar ularga yaqinlik qilaveringizlar va Olloh taolo o‘zlaringizga yozgan narsani (farzandlarni) so‘rangizlar!».

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Olloh taolo ramazon ro‘zasi haqida oyat nozil qilgach, odamlar ramazon davomida eyollari birlan jimo’ qilmasliklari lozim erdi, shundai bo‘lsada ba’zilar o‘zlariga xiyonat qilishar erdi. Keyin, Olloh taolo «Olloh taologa ma’lumdurki, sizlar o‘zlaringiz o‘zlaringizga xiyonat qilur erdingizlar, bas u tavbalaringizni qabul qildi va sizlarni afv etdi» degan qavlini nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:27:52
13- bob Olloh taoloning «... va tongning oq ip qora ipdan aniq farqlanadirgan paytigacha yeb-ichingizlar, so‘ng kechgacha ro‘za tutingizlar va ularga (ayollarga) masjidlarda e’tikofda o‘ltirganingizda yaqinlik qilmangizlar, bular Olloh taoloning ta’qiqlovchi chegaralari bo‘lib, zinhor ularga yaqin bora ko‘rmangizlar, Olloh taolo shu tariqa odamlarga o‘z ko‘rsatmalarini bayon qilur, shoyad ular taqvo qilsalar deb» degan qavli haqida

Sha’biy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Adiy ba’zi kechalar bir chatim oq va bir chatim qora ipni olib, ularga nazar tashlab qo‘yar, lekin sira ham ajrata olmas erdi. Bir kuni tong otgach, Janob Rasulullohga «Yo Rasulalloh, yostig‘im ostiga oq va qora ip qo‘yib qarayman, lekin sira ham ularni ajrata olmayman!» —dedi. Ul zot «Agar yostig‘ing keng (katta) bo‘lsa-yu, ostiga oq va qora ip qo‘yib qarasang, farqlay olmagaysan (oq va qora ipdan maqsad, tong va kechqurundur)»,— dedilar»

Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, «oq ipu qora ip» nima degani, bu yerda haqiqatan ham oq va qora ip haqida gapirilayaptimi?» — dedim. Ul zot «Agar ip deb o‘ylagan bo‘lsang, kallavaram erkansan!»—dedilar, so‘ng «Aslo unday ermas, ular tun qorong‘uligi-yu, kun yorug‘ligidur»—deb aytdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:28:10
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar «Olloh taoloning «Oq ipni qora ipdan ajratadirgan bo‘lguncha yeb-ichingizlar» degan qavli nozil bo‘ldi, lekin «tongdan boshlab (tongning oq ip qora ipdan farqlanadirgan paytigacha)» degan qavli hanuz nozil bo‘lmagan erdi. Shunda, odamlar ro‘za tutmoqchi bo‘lsalar, oyoqlariga oq va qora ip bog‘lab olib, to ularni bir-biridan ajratadirgan bo‘lgunlaricha yeb-ichaverdilar. Keyin, Olloh taolo «tongdan boshlab (tongning oq ip qora ipdan farqlanadirgan paytigacha)» degan qavlini nozil qildi. Bundan odamlar bildilarki oq ip va qora ipdan maqsad, subxdan kechqurungacha erkan. Olloh tolo Uylarga orqa tomondan (yoki tomdan oshib) kirmoqlaringiz yaxshi amal ermas, balki kishining Olloh taolodan taqvo qilgani yaxshi amaldur, uylaringizga eshik orqali kiringizlar, Olloh taolodan taqvo qilingizlar, shoyad najot toisangizlar!» — deydi (kadimgi arablar ehromga kirgandan so‘ng, yana uylariga kirmoqchi bo‘lsalar, eshik qolib, tomdan oshib tushar yoki uyning orqa tomonidan kirar erdilar va buni yaxshi amal, deb e’tiqod qilar erdilar)»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:28:18
Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladiyaar: «Arablar johiliyat davrida ehrom bog‘lasalar, uylariga tomdan oshib tushar erdilar Keyin, Olloh taolo «Uylarga orqa tomondan (yoki tomdan oshib) kirmoqlaringiz yaxshi amal ermas, balki kishining Olloh taolodan taqvo qilgani yaxshi amaldur, uilaringizga eshik orqali kiringizlar», shuningdek «Va fasod qolmaguncha hamda Olloh taoloning dini qoim bo‘lmaguncha ularga karshi urushingizlar, agar ular dushmanlik qilmoqdan qayqalar, zolimlarga nisbatangina adovat bordur!» degan qavlini nozil qildi»

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar- «Ikki kishi Ibn az-Zubayr fitnasi vaqtida Ibn Umarning huzuriga kelib «Odamlar kanday ishlar qilishdi siz bo‘lsangiz, payg‘ambarimizning do‘stlari bo‘la turib indamay o‘ltiribsiz, ularga qarshi kurashishingizga sizga nima mone’lik qiladi?» — deyishdi. Ibn Umar «Olloh taoloning o‘z birodarlarim qonini to‘kmoqni man qilgani mone’lik qiladi!» — dedi. Ular «Olloh taolo «Va fasod qolmaguncha ularga qarshi urushingizlar!» deb aytmaganmi, axir?'» — deyishdi. Ibn Umar «Biz fitna qolmaguncha va Olloh taolo dini qoim bulguncha urushdik, nima, endi sizlar yana fitna sodir bo‘lib, Olloh taoloning dini barbod bulguncha urush qilmoqchimisizlar?!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:28:29
Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Ibn Umarning qoshiga kelib «Ey Abu Abdurrahmon, Olloh taolo yulida jihod qilmay bir yil haj va bir yil umra qilganingizning boisi nima? Bu haqda Olloh taolo nimani iroda qilganini bilaman!» — dedi. Ibn Umar «Ey jiyanim, islom besh narsa asosida qurilgan. Olloh taolo birlan uning rasuliga iymon keltirmoq, besh vaqt namoz o‘qimok, ramazon ro‘zasini tutmoq, zakot bermoq va Baytullohga haj qilmoq», — dedi. Boyagi kishi: «Ey Abu Abdurrahmon, Olloh taolo o‘z Kitobida «Agar ikki guruh mo‘minlar o‘zaro urushsalar, oralarini kelishtirib qo‘yingizlar, basharti o‘shal guruhlardan biri ikkinchisiga tajovuz qilsa, tajovuz qilgan guruhga qarshi Olloh taoloning amriga itoat qilgunlarigacha va fitna qolmaguncha urush qilingizlar!» deb aytganini eshitmaganmisiz?» — dedi. Ibn Umar: «Biz Janob Rasulullohning zamonlarida shunday qilgan erdik, o‘sha vaqtlarda islom hali zaif bo‘lib, odam o‘z dini xususida fitna qilsa, yo uni o‘ldirishar yohud unga azob berishar erdi. Endi bo‘lsa, islom kuch-quvvatga to‘lgan bo‘lib, fitna sodir bo‘lmaydi»,— dedi. Boyagi odam: «Ali va Usmon haqida nima deysiz?» — dedi. Ibn Umar: «Usmon xususiga kelsak, Olloh taolo ul kishini afv qildi, ammo sizlar uni afv qilmoqdan bosh tortdingizlar. Ali to‘g‘risida gapiradirgan bo‘lsam, u Janob Rasulullohning amakilarining o‘g‘li bo‘lib, unga o‘z qizlarini berganlar»,— dedi-da, qo‘li birlan bir tomonga ishora qilib: «Mana bu ko‘rib turganingiz o‘shaning uyi bo‘ladi!» — deb aytdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:28:44
14-bob. Olloh taoloning qavli: «Mollaringizni Olloh yo‘lida sarflangizlar, baxillik qilib o‘zlaringizni halokatga tashlamangizlar, yaxshilik qilingizlar, zero Olloh taolo yaxshilik qilguvchilarni sevgay»

Huzayfa: «Mollaringizni Olloh yo‘lida sarflangizlar, baxillik qilib o‘zlaringizni halokatga tashlamangizlar ..» degan oyati karima nafaqa to‘g‘risida nozil bo‘lgan»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:28:57
15-bob. Olloh taoloning «Bas, sizlardan birortangiz kasal bo‘lsa yoki uning boshida ozor  yetkazuvchi narsa bo‘lsa...» degan qavli haqida

Abdulloh ibn Ma’qil raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Kufa masjidida Ka’b ibn Ujraning huzurida o‘ltirib, ro‘za fidyasi to‘g‘risida so‘radim. Ka’b bunday dedilar: «Men Payg‘ambar alayhissalomching huzurlariga bir xizmat birlan borgan erdim. Shunda boshimdagi bitlar yuzimga to‘kilib turgan erdi. Buni ko‘rib Janob Rasululloh: «Bitlar senga bunchalik azob berayotganini bilmagan erkanman, bir qo‘y topa olasanmi?»— dedilar. Men: «Yo‘q»,— dedim. «Unday bo‘lsa, sochingni oldir-da, keyin uch kun ro‘za tutgil yoki olti miskinni to‘yg‘azgil, har bir miskinga yarim so’ taom bergil!»—dedilar. Quyidagi «Kimki umra birlan haj ham qilib savob topmoqchi bo‘lsa, o‘zi muyassar bo‘lgan qurbonlikni so‘ysin» degan oyat mening haqimda nozil bo‘lgan bo‘lsa ham, barchangizga taalluqlidur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:29:05
Imron ibn Xusayn rivoyat qiladilar: «Olloh taoloning Kitobidagi «Mut’a oyati» nozil qilindi. Biz Janob Rasululloh birlan shunga amal qilib yurdik. Keyin, mut’ani man’ qilguvchi oyat nozil bo‘lmadi, Rasululloh ham to vafotlarigacha buni man’ etmadilar. Bir kishi, o‘zbo-shimchalik qilib, og‘ziga kelganini aytgan erdi (ya’ni, mut’a qilmoqni man’ etgan erdi). Muhammad (ibn Bashor): «Bu Hazrat Umar erdilar»,— deydilar. Olloh taolo: «Parvardigorl»ringizdan rizq so‘ramog‘ingiz sizlar uchun gunoh emasdur!»—deydi». (Mut’ani niyat qilgan odam Makkaga borganda umra qilib, sochini qisqartirib, keyin ehromdan chiqadi va Makka ahliga o‘xshab barcha narsalardan foydalanib yuraveradi, faqat ayoli birlan birga bo‘lmaydi. Arafotdan bir kun avval yana g‘usl qilib, hajni niyat qilib ehrom kiyadi va hajni oxiriga yetkazadi. So‘ng, umra birlan haj orasida ehromdan chiqib boshqa narsalardan foyda-langani uchun bir qo‘y so‘yib qurbonlik qiladi).

Ibn Abbos bunday deydilar: «Johiliyat davrida arablarning Ukoz, Majanna va Zulmajoz nomli bozorlari bo‘lardi. Musulmonlar haj mavsumida shu bozorlarda tijorat qilmoqni gunoh, deb hisoblashdi. Shundan so‘ng, «(Haj mavsumida ham) Olloh taolodan rizq so‘ramog‘ingiz sizlar uchun gunoh emasdur!»degan oyat nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:29:25
16- bob, Olloh taoloning «So‘ngra, odamlar tushib kelgan tomondan  tushingizlar!» degan qavli haqida

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Quraysh va uning diniga e’tiqod qiluvchilar Muzdalifada vuquf qilardilar, ularni hums deb atashardi. Boshqa arablar Arafotda vuquf qilardilar. Islom kelgandan so‘ng, Olloh taolo payg‘ambarga Arafotga kelib, shu yerda vuquf qilishni, keyin Muzdalifaga tushishni amr qildi. Ollohning «So‘ngra, odamlar tushib kelgan tomondan tushingizlar!» degan oyatining mazmuni shunga dalolat qiladi».

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «(Mut’ani niyat qilib ehrom bog‘lagan) kishi (umradan so‘ng) ehromdan chiqqan paytida ham, to hajga yangitdan ehrom bog‘laguncha Baytullohni tavof qilaveradi. Arafotda vuqufga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtda Olloh taolo qurbonlik uchun tuya, mol yoki qo‘ydan qaysi birini nasib etgan bo‘lsa, shuning tadorikini qiladi. Agar qurbonlikka jonlik topolmasa, arafadan avval uch kun ro‘za tutadi, ro‘zasining uchinchi kuni arafaga to‘g‘ri kelib qolsa ham gunohi yuqdur. Keyin, Arafotga borib, asr namozidan to qorong‘u gushguncha vuquf qiladi. So‘ngra kechasi tunash joyiga, ya’ni Muzdalifaga qaytadi. Unda subhgacha Ollohga zikr tasbeh va tahlil aytib chiqadi So‘ngra, odamlar birlan birga Minoga tushadi. Olloh taolo «So‘ngra, odamlar tushib kelgan tomondan tushingizlar, Ollohga istig‘for aitingizlar, albagta Olloh gunohlarni kechuvchi va mehribondur"» - degan. Nihoyat, Minoda shaytonga tosh otadi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:29:41
17- bob Olloh taoloning «Ular orasida «Parvardigor, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgil, oxiratda ham axshilik ato qilgil va bizni do‘zax azobidan saqlagil!» deb aytuvchilar ham mavjud» degan qavli haqida

Anas ibn Molik bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom «Ey Olloh, parvardigorimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgil oxiratda ham yaxshilik ato qilgil va bizni do‘zax azobidan saqlagil!» - deb iltijo qilar erdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:29:56
18-bob. Olloh taoloning «...holbuki, u adovati kuchli odamdur» degan qavli haqida

Ato «An-Nasl»so‘zi «Al-Hayvon» ma’nosida» —deidilar.

Oisha raziyallohu anho: «Payg‘ambar alayhissalom «Olloh eng yomon ko‘radigan odam adovati qattiq kishidur» — deb aytganlar», — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:30:14
19-bob

Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, avvalgi qavmlarga kelgan sinovlar sizlarga kelmasdan turib jannatga kirishni o‘yladingizmi? Ularga shunday qattiqchilik va mashaqqatlar keldiki, ular shunday larzaga tushdilarki, hatto payg‘ambardek zot va ul kishiga iymon keltirganlar «Olloh taolo va’da qilgan najot qachon bulgay?» deb yuborishdi, shunda Olloh taolo «Ogoh bo‘lingizlar, Ollohning yordami yaqindur!» deb javob qildi»

Abu Mulayka bunday dvb aytar erdilar: «Ibn Abbos raziyallohu anhu «Hattoki o‘tgan payg‘ambarlar noumid bo‘lishib»,— dedilar-da, «Yusuf» surasining «Bizlar aldandikmikin» deb o‘ilay boshlaganlarida» degan oyatini o‘qib, unga «Baqara» surasining quyidagi 214-oyatini ulab tilovat qildilar: «Hatto payg‘ambardek zot va ul kishiga iymon keltirganlar «Olloh taolo va’da qilgan najot qachon bo‘lgay?» deb yuborishdi, shunda Olloh taopo «Ogoh bo‘lingizlar, Ollohning yordami yaqindur'» deb javob qildi. So‘ng, men Urva ibn Zubayr birlan uchrashganimda unga shu gapni aytdim. Urva menga «Oisha: «Maozalloh, Ollohga qasamyod qilurmanki, agar Olloh payg‘ambariga biror va’da bersa, payg‘ambar o‘zining o‘limidan oldin shu narsa amalga oshishini biladi. Lekin, avvalgi payg‘ambarlarga balo va musibatlar uzluksiz kelavergani uchun, ular o‘z atroflaridagilardan «Bular bizni yolg‘onchiga chiqarib quyishmagan erdi!» deb xavotir olur erdilar»,— dedilar»,— deb aytdi. Oisha raziyallohu anho oyatdagi «kuzzibuu» fe’lini «kuzibuu» deb o‘qir erdilar. (Oishaning « Maozalloh» deb Ibn Abbosdan achchiqlanishlariga sabab, mazkur oyatdagi «kuzzibuu» fe’lini «kuzibuu» deb o‘qilsa, ma’no buziladi, deb tushunishlaridadur. Aslida, ma’no buzilmaydi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:30:40
20- bob «Xotinlaringiz sizlarning ziroatgohingizdur. Bas, ziroatgohingizga (Olloh ijozat qilgan tarafdangina) xohlagan paytingizda yaqinlik qilaveringizlar va  o‘zlaringizning kelajagingizning g‘amini yengizlar!»

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Qur’on o‘qisalar, undan bo‘shamagunlaricha birov birlan gaplashmas erdilar. Bir kuni men huzurlariga kirdim, u kishi «Baqara» surasini qirot qilib, bir yeriga kelganlarida to‘xtadilar-da «Bilasanmi, bu oyat nima haqida nozil bo‘lgan?» — dedilar. Men «Yo‘q»,— dedim. Ibn Umar: «Bu oyat mana bu va mana bu haqda nozil qilingan»,— dedilar-da, qiroatda davom etdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 08:30:52
Ibn Umar raziyallohu anhu «Ziroatgohingizga xohlagan paytingizda yaqinlik qilaveringizlar» degan oyatga «Ayollarning faqat oldiga yaqinlik qilingizlar» deb mazmun bergan erkanlar (Ayolga yaqinlik qilish xususidagi mazkur oyatning mazmuni to‘g‘risida ulamolar ixtilof qilganlar «Anna shi’tum» iborasini «qaeriga xohlasangiz» deb tarjima qilib, ba’zi ulamolar ayolning orqasiga yaqinlik qilishga ham ijoat berganlar. Muhammad ibn Ka’b, Sa’id ibn Yasor va Imom Molik ana shular jumlasidandur. Oyatdagi «Anna shi’tum» iborasini xohlagan paytingizda» deb tushunmoq kerak, bu yerda orqaga yaqinlik qilmoq to‘g‘risida umuman hech qanday gap yuq. Ko‘pchilik ulamolar, jumladan Imom Shofi’ii, Imom Ahmad, Imom Azam, Imom Abu Yusuf, Imom Muhammad, Imom Ishoq va boshqalar ayolning orqasiga yaqinlik qilish harom ekanligini aytib, ko‘plab hadislar birlan buni isbotlaganlar. Masalan, Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar! Rasululloh «Kimki xotinining orqasiga yaqinlik qilsa, unga Olloh taolo nazar qilmaydi!» deb aytganlar»).

Jobir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Yahudiylar: «Agar ayolning orqasidan yaqinlik qilinsa, tug‘iladirgan bola g‘ilay bo‘ladi»,— derdilar Shuning uchun «Xotinlaringiz sizlarning ziroatgohingizdur. Bas, ziroatgohingizga xohlagan paygingizda yaqinlik qilaveringizlar!» degan oyat nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:55:35
21-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar xotinlaringizni taloq qilsalaringiz, ularning idda muddatlari tugagan bo‘lsa, o‘z erlari birlan qayta nikohlanishlariga mone’lik qilmangizlar!»

Hasan Basriy rivoyat qiladilar: «Mu’aqqal ibn Yasorning singlisini eri taloq qildi, so‘ng idda muddati tugaguncha tashlab quydi-da, yana yarashish istagini bildirdi. Lekin, Mu’aqqal ibn Yasor yarashtirishdan bosh tortdi. Shunda «Taloq qilingan ayolni o‘z eri birlan yarashipshga to‘sqinlik qilmangizlar!» degan oyat nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:55:50
22- bob Olloh taoloning qavli: «Sizlardan vafot qilgan kishilar xotinlarini qoldirib ketgan bo‘lsalar, ular to‘rt oy-u o‘n kun idda muddatini o‘tkazadilar. Iddalari tugagach, ular o‘zlari xu-suslarida qoidaga muvofiq bir ish qilsalar (ya’ni, erga tegsalar), sizlar uchun (ya’ni, avvalgi erning qarindoshlari uchun) hech qanday gunoh yo‘qdir».

Abdulloh ibn Zubayr bunday deydilar: «Men Usmon ibn Affonga Sizlardan vafot qilgan kishilar xotinlarini qoldirib ketgan bo‘lsalar» degan oyatni boshqa bir oyat bekor qilgan. Nima uchun siz bu oyatni yana Qur’onga yozyapsiz?» — dedim. Usmon «Ey jiyanim, men Qur’on oyatlarining birortasining ham o‘rnini o‘zgartirolmayman»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:56:18
Mujohid raziyallohu anhu bunday deydilar: «Sizlardan vafot qilgan kishilar xotinlarini qoldirib ketgan bo‘lsalar» degan oyati karimada aytilishicha, xotin iddani marhum er uyida o‘tkazishi vojib erdi, keiin Olloh taolo to‘rt oy-u o‘n kun idda muddatiga yetti oy-u yigirma kunni vasiyat ma’nosida qo‘shib to‘la bir yil qildi va xotinga ixtiyor berdiki, agar u xohlasa, bir yil marhum er uyida turadi xohlamasa, chiqib ketaveradi, bu ma’noni Ollohning «Uydan chiqmasdan tursin, agar chiqib keqa sizlarda gunoh yo‘q, xotinga ersa idda vojibligicha qoladi» degan kalomi quvvatlaydi».

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Eri vafot etgan ayol to‘rt oy-u o‘n kun idda saqlaydi» degan oyat « Eri o‘lgan xotin bir yil erining uyidan chiqmasdan o‘ltiradi» degan oyatni bekor qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:56:27
Ato raziyallohu anhu bunday deydilar: Xotin, agar xohlasa marhum erining uyida uning vasiyatiga binoan idda saqlaydi xohlamasa, chiqib ketaveradi» degan oyatni Olloh taoloning «Ular o‘zlari xususlarida qilgan ishlari uchun sizlar gunohkor bo‘lmaysizlar» degan qavli quvvatlaydi. Keyin, meros haqida oyat nozil bo‘lib xotinning marhum er uyida idda saqlamog‘ining vojibligini bekor qildi, endi u o‘zi istagan joyda idda saqlaydirgan bo‘ldi».

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: « Eri vafot eggan ayol to‘rt oy-u o‘n kun idda saqlaydi» degan oyat «Eri o‘lgan xotin bir yil erining uyidan chiqmasdan o‘ltiradi» degan oyatni bekor qiladi, ayol xohlagan joyda iddasini o‘tkazadi, chunki Olloh taolo «Uydan chiqmasdan tursin, agar chiqib keqa, sizlarda gunoh yo‘q, xotinga ersa idda vojibligicha qoladi» — degan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:56:34
Muhammad ibn Sirin bunday deydilar: «Men bir majlisda bo‘ldim. Unda ansorlarning ulug‘lari ishtirok qilib, ular orasida Abdurrahmon ibn Abu Laylo ham bor erdilar. Men Abdulloh ibn Utbaning Subay’a binti Horis haqidagi hadisini zikr qildim. (Subai’a binti Horis Sa’d ibn Xavlaning xotini erdi. Eri Makkada vafot qilgach, unga Abu Sanobil ibn Bakak «Sen to‘rt oy-u o‘n kun idda saqlashing kerak»,— dedi. Vaholanki, Subay’a erining vafotidan yigirma besh kun keiin farzand tuqqan erdi. Abu Sanobilning gapidan keyin, Subay’a Janob Rasulullohning huzurlariga bordi-da, bor gapni aytdi. Rasululloh unga «Sen halol bo‘libsan, xohlagan odamingga erga tegishing mumkin»,— dedilar) Shunda, Abdurrahmon Ibn Abu Laylo taajjublanib «Abdullohning amakisi (ya’ni, Abdulloh ibn Mas’ud) bu haqda hech nima demagan edi-ku'» —dedilar. «Kufa tarafda yashovchi kishini yolg‘onchi deyishga hayo qilaman'»—dedim. Ibn Sirin ovozlarini ko‘tarib «Men Molik ibn Omirni (yoki Molik ibn Avnni) uchratib: «Eri o‘lib, homilador qolgan xotin haqida Abdulloh ibn Masud qanday fikr bildiradilar?»— deb so‘radim. Ibn Omir bunday dedi: «Ibn Mas’ud «Eri o‘lgan xotinga («Xomilador ayollarning iddasi bola tuqquncha» degan) ruxsatni aytmay, unga mashaqqatli iddani buyurasizlarmi? «Baqara» surasidagi idda haqidagi oyatdan keyin «Taloq» surasidagi «Homilador ayollarning iddasi bola tuqquncha» detan oyat ham nozil bo‘lgan»,— derdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:57:04
23- bob Olloh taoloning qavli: «Barcha namozlarni, xususan vusto namozini (ya’ni, asr namozini) o’z vaqtida ado qilingizlar!»

Ali raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: « Payg‘ambar alayhissalom Xandaq kuni «Bizlarni (mushriklar) vusto namozidan qoldirdi, kun botib qoldi, Olloh taolo ularning qabrlari birlan uylarini (yoki qorinlarini o‘tga to‘ldirsin»— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:57:17
24- bob Olloh taoloning «Ollohga bo‘yinsungan holda turingizlar!» degan qavli haqida.

Zayd ibn Arqam bunday deydilar. «Bizlar gaplashaverar erdik, birimiz ikkinchimizga bemalol o‘z ho jatini bayon qilaverar erdi, toinki Olloh taocho. «Barcha namozlarni, xususan vusto namozini o‘z vaqtida ado qilingizlar va Ollohga bo‘yinsungan holda turingizlar degan oyatni nozil qildi. Biz namozda sukut qilishga buyurildik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:57:37
25- bob Olloh taoloning qavli: «Agar xavfda qolsangiz, piyoda yoki otliq holda namoz o‘qiyveringizlar, xotirjam bo‘lganingizda Olloh o‘zin-gizga o‘rgatgan va ilgari o‘zingiz bilmagan ham-du sanolarni aytib Ollohni ulug‘layveringizlar!»

Nofi’ bunday deydilar: «Agar Ibn Umardan xavf namozini o‘qish tartibi haqida so‘ralsa: «Qavm ikki toifaga bo‘linib, bir toifa imom birlan namoz o‘qiidi, ikkinchi toifa ersa dushman birlan namozxonlar orasida turadi. Imom birinchi toifaga bir rak’at o‘qib bergandan keiin, ular turib dushman ro‘parasiga boradi va ikkinchi toifa imomga iqtido qiladi. Ikkinchi rak’atdan so‘ng, imom salom berib namozdan chiqadi, ammo ikkinchi toifa salom bermay, o‘rnidan turib biriichi toifa birlan o‘rin almashadi. Shul tariqa ular navbat birlan imomsiz namozni oxiriga yetkazadilar. Agar dushmai xavfi kuchaysa, piyoda kishi yurib ketayotgan holda, otliq ersa ot ustida, xoh qiblaga qarab kelayotan bo‘lsin, hox qiblaga teskari tomonga, namozni o‘qib ketaveradi», derdilar. Men o‘ylaymanki, Abdulloh ibn Umar bu hadisni Janob Rasulullohdan eshitib rivoyat qilganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:57:47
Ibn Jubayr raziyallohu anhu bunday deydilar: «Kursiiyuhu»ning ma’nosi— «ilmuhu», ya’ni «Ollohning ilmi», «bastaganing manosi— «ziyoda va fazl , ya’ni «serobchilik» «afrag‘a» ning ma’nosi - «anzala», ya’ni «tushirdi», va lo yauduhu»ning ma’nosi — "lo yusqiluhu», ya’ni «Ollohga og‘irlik qilmaydi», «odaniy» — «asqalaniy», ya’ni «menga og‘irlik qildi» ma’nosida, «al-ayd» — «quvvat» degani, «sinatun» --«mudroq» ma’nosida, «lam yatasannah» ~ «lom yatag‘ayyar», ya’ni «o‘zgarmaydi» ma’no-sida, «fa-buhita» — «zahaba hujjatuhu», ya’ni «dalilsiz qoldi», «xoviyah» — «kimsasiz», «uruushuho» — «binolari» manosida, nunshiruho» — «nuxrijuho», ya’ni «chiqaramiz». «i’sor» - «shamol» ma’nosida, «osif»ning ma’nosi — yerdan osmonga cho‘zilgan to‘zonli quyun».

Ibn Lbbos raziyallohu anhu: «Saldan»ning ma’nosi — «behuda narsa» deganidur», -deydilar.

Ikrima: «Vobil»niig ma’nosi — «kuchli yomg‘ir», «tal» ersa «nido»dur»,— deydilar (Yuqoridagi so‘zlar «Baqara» surasining oyatlarida uchraydigan, arablarda unutilib ketgan lug‘aglarning ma’nolaridur)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:58:05
26- bob Olloh taoloning qavli: «Bir kuni Ibrohimning «Parvardigoro, menga o‘liklarni qanday tiriltirishingchi ko‘rsatgil!» deganini eslangiz, ey Muhammad!»

Abu Hurayra rivoyat qiladalar: «Rasululloh sallallohu alayxi va sallam bunday dedilar: «Ibrohimdan ko‘ra ko‘proq shubha qilishga biz xaqliroqmiz, chunki ul kishi: «Parvardigoro menga o‘liklarni qanday tiriltirmog‘ingni kursatgil!» — dedilar. Olloh taolo: «Sen bunga ishonasanmi!?» — deb so‘radi. Ibrohim: «Yo‘q, albatta ishonaman, lekin qalbimni taskin toptirish uchun o‘z ko‘zim birlan ko‘rmoqchiman», — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:58:32
27- bob. Olloh taoloning qavli: «Tagidan daryolar oqib turadirgan, xurmo-yu uzum va yana har turli mevalarga to‘la bog‘ingiz bo‘lsa-yu, keksayib, nimjon bolalaringiz birlan kolgan paytingizda uni o‘tli bo‘ron yondirib, vayron qilib ketmog‘ini birortangiz istaysizmi? Olloh tafakkur qilingizlar, deb o‘z oyatlarini shul tarzda bayon qilur».

Ubayd ibn Umayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Umar raziyallohu anhu bir kuni Janob Rasulullohning ashoblariga «A yavaddu ahadukum an takuna lahu jannatun» oyati haqida fikrlaringiz qanday?» deb savol berdilar, shunda ular «Olloh biluvchiroqdur!» deb javob berishdi. Hazrat Umar gazablanib: «Bilamiz yeki bilmaymiz, deb aytingizlar!» —dedilar. Ibn Abbos: «Ey mo‘minlar amiri! Shu oyat haqida dilimda bir fikr paydo bo‘ldi«, - dedi. Hazrat Umar: «Ey jiyan, o‘zingni kamtar tutmay, bilganingni gapir!» — dedilar. Ibn Abbos: Bu oyatda bir amal qiyoslanyapti»,— dedi. Hazrat Umar! «Qanday amal?» — dedilar. Ibn Abbos. «Qandaydir bir amal (ish) qiyos qilinyapti»,— dedi. Hazrat Umar: «Bu oyatda umr bo‘yi Olloh taologa ibodat qilib savob orttirgan va pirovardida barcha amali solihlarini shaytonga boy berib qo‘ygan odam umr bo‘yi halol mehnat qilib bog‘-rog‘ qilgan va keksaygan vaqtida ofatli shamol kelib, barcha mehnatini ko‘kka sovurgan badavlat kishiga taqqoslanyapti»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:58:42
28-bob. Olloh taoloning qavli: «Ular odamlardan tilanib turib olmaydilar»

Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh: «Sizlar bitta-ikkita xurmo, bir-ikki luqma taom beradirgan kishi miskin ermas, haqiqiy miskin odamlarga yopishib olib tilanishdan saqlanadirgan odamdur, agar istasangiz, Ollohning «Ular odamlardan tilanib turib olmaydilar» degan oyatini o‘qingizlar»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:59:00
29-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh tijoratni halol qilib, sudxo‘rlikni harom qilgandur»

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Baqara» surasining sudxo‘rlik haqidagi oxirgi oyatlari nozil bo‘lganda Rasululloh masjidga chiqib, tik turgan holda ularni odamlarga o‘qib berdilar, keyin aroq savdosining haromligini aytib, «Va agar shunday qilmasangizlar, Olloh birlan uning rasuli sizlarga urush e’lon qilgay» degan oyatni tilovat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:59:19
30-bob. Olloh taoloning qavli: «Ollohning huzuriga qaytariladigan kundan qo‘rqingizlar!»

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Baqara» surasining Payg‘ambar alayhissalomga nozil bo‘lgan oxirgi oyati sudxo‘rlik haqidagi oyatdur»,— deydilar (Bu oyat suraning oxiriga joylashtirilmagan bo‘lsa-da, oxirgi oyatdur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:59:34
31-bob. Olloh taoloning qavli: «Ichingizdagi narsani xoh oshkor, xoh maxfiy tuting, Olloh baribir ularni hisob-kitob qilib qo‘ygay. Olloh o‘zi xohlagan kishini mag‘firat qilgay va xohlaganini azoblagay, Olloh hamma narsaga qodirdur»

Abdulloh ibn Umar raziyallohu ahnu: «Ichingizdagi narsani xoh oshkor, xoh maxfiy tuting» degan oyat mansuxdur»,— dsydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:59:52
32-bob. Olloh taoloning qavli: «Payg‘ambar parvardigoridan o‘ziga nozil qilingan narsaga iymon keltirdi»

Ibn Abbos: «Oyatdagi «isran» so‘zi—«majburiyat», «g‘ufronaka» so‘zi «mag‘firatingni» ma’nosida, ya’ni «Bizning gunohlarimizni kechirgin!» deganidur»,— deydilar.

Marvon al-Asfar bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalomning sahobalaridan bo‘lmish bir kishi, menimcha Abdulloh ibn Umar: «Ichingizdagi narsani xoh oshkor, xoh maxfiy tuting» degan oyatni keyingi oyat bekor qiladi»,— deydilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:00:12
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
«OLI IMRON» SURASI

1-bob. («Oli Imron» surasida uchraydigan ayrim so‘zlar tafsiri)

   
«Tuqotun» va «taqiyyatun» so‘zlari bir ma’noda bo‘lib, :ehtietkorlik, saqlanish» demakdur. «Sirrun» — «sovuq», «shafo hufratin»— «chuqurning labi», «tubavviu> — «jang maydoniga tartib birlan joylashtirar erdingiz», «al-musavvam» ersa «qashqador, xoldor» degan ma’nodadur. Mujohid: «Al-Xayl al-musavvam» — «Go‘zal, ajoyib otdur»,— deydilar. «Ribbiyyuun» so‘zi «ribbiyyun» so‘zining ko‘pligi bo‘lib, «xudojo‘ilar» demakdur. «Tahussuunahum» so‘zi «Ularni qo‘porib tashlar erdingizlar, ya’ni o‘ldirur erdingizlar» degan ma’nodadir. «G’uzzun» so‘zi «g‘ozin»so‘zining ko‘pligi bo‘lib, «goziylar» demakdur. «Sa-Naktu-bu» — «Yozib saqlab qo‘ygaymiz» degani, «nuzulun» — «savob, ya’ni Olloh taolo tarafidan nozil qilingan mukofot»dur. Ibn Jubayr: «Hasuurun» so‘zi «Xotinga yaqinlik qilolmaydirgan kishi»,— deydilar. Ikrima: «Min favrihim» — «g‘azab(lari) birlan» degani»,— deydilar. Mujohid: «Tux-riju-l-hayya» iborasi «(Ulikdan) tirikni paydo qilursan» degan ma’noda bo‘lib, «nutfa» — «erkak maniysi» o‘lik holda chiqadi, undan Olloh taolo tirik jonni paydo qiladi»,— deydilar. «Al-Ibkor»—«subh, tong», «al-ashiy» — "shom" demakdur.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:00:39
2-bob. Qur’ondagi o‘zi ravshan (tugal), boshqa oyatlar yordamida to‘ldirilmaydirgan oyatlar xususida

Mujohid Qur’ondagi, jumladan «Oli Imron» surasidagi tugal oyatlar xususida fikr yuritib, bunday deydilar: «Bunday oyatlar Olloh taoloning halol va harom to‘g‘risidagi ahkomlari bo‘lib, qolganlari o‘xshash oyatlardur. Olloh taoloning quyidagi «Olloh taolo (Qur’onda pashsha, o‘rgimchak kabi nimarsalarni misol qilish birlan) fosiqlar-nigina gumroh qilur» («Baqara» surasi), «Olloh aqlsiz bandalarini kofirlik qazorati birlan bulgagay» («Yunus» surasi), «Olloh hidoyat topgan bandalariga hidoyatini yanada ziyoda qilgay» («Muhammad» surasi) kabi qavllari shular jumlasidandur. «Zaygun» so‘zi «shak» ma’nosida bo‘lib, «Oli Imron» surasining «Dillarida shak bo‘lganlar fitna chiqarmoq uchun o‘xshash, kishini ikkilantiradirgan oyatlarga rioya qiladilar» degan oyatida mavjud. «Ilmda sobitqadam bo‘lganlar (ersa). «Bizlar bu (Kitobga) iymon keltirdik, uning barcha oyatlari parvardigorimiz tarafidan nozil qilingandur»,— derlar. «Oli Imron» surasi)»,
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:00:47
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh «-Ul o‘shal zotdurki, sizga Kitob tushirdi, undan ba’zi oyatlar ma’nosi ravshan bo‘lib, ular Kitobning asosini tashkil qiladi, boshqalari ersa ma’nosi oydin bo‘lmagan oyatlardur. Bas, qalbida shubhasi bo‘lgan kishilar fitna chiqarish uchun ma’nosi ravshan bo‘lmagan oyatlarga rioya qiladilar, holbuki bunday oyatlarning Olloh taoloning o‘zigina biladi. Ilmda sobitqadam bo‘lganlar (ersa): «Bizlar bu (Kitobga) iymon keltirdik, uning barcha oyatlari parvardigorimiz tarafidan nozil qilingandur»,— derlar. Aqlli kishilargina pandu nasihatni qabul qiladilar» degan oyatni tilovat qilgach «Agar ma’nosi ravshan bo‘lmagan oyatlarga rioya qiluvchi kishilarni ko‘rsang, bilgilki, Olloh taolo «Ulardan hazar qilingizlar!» deb aytgandur»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:00:59
3-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, men bu qizni va uning zurriyotini mardud shayton yomonligidan asragil, deb sening panohingga topshirgayman»

Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh: «Har qanday chaqaloqni tugilayotgan» paytida shayton chimchilaydi, shundan chaqaloq chirqirab yiglaydi, ammo Maryam va uning o‘glini shayton chimchilay olmagan»,— dedilar. Agar xohlasangizlar «Darhaqiqat, men bu qizni va uning zurriyotini mardud shayton yomonligidan asragil, deb sening panohingga topshirgayman» degan oyatya karimani o‘qingizlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:01:21
4-bob. Olloh taoloning qavli: «Darqaqiqat, Ollohga bergan ahdu qasamlarini arzimas pulga sotib yuboradirgan kimsalar uchun oxiratda hech bir nasiba  yo‘qdur... ular uchun alamli azob bordur»

Abdulloh ibn Masud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh: «Kimki musulmon kishining molini tortib olish maqsadida yolg‘on qasam ichsa, Olloh taolo qiyomatda uni darg‘azab bo‘lib qarshilagay», deb erdilar, Olloh taolo buning tasdiqi uchun «Darhaqiqat, Ollohga bergan ahdu qasamlarini arzimas pulga sotib yuboradirgan kimsalar uchun oxiratda hech bir nasiba yo‘qdur, qiyomat kuni Olloh ularga gapirmaydi ham, rahmat nazari birlan qaramaydi ham, gunohlarini kechirmaydi ham, ular uchun alamli azob bordur» degan oyatni nozil qildi. Shu asnoda Ash’as ibn Qays ichkariga kirib keldi-da: «Abu Abdurrahmon sizlarga ne deyotir? - deb so‘radi. Biz: «Shunday va shunday dedi, deb aytdik. Ash’as: «Bu oyat mening haqimda nozil bo‘lgan. Amakivachchamning yerida menga qarashli quduq bor erdi. Biz bu quduqni talashib qoldik. Rasululloh: «Yo sening daliling bo‘lishi kerak yoki amakivachchagn qasam ichsin!» - dedilar. Men: «Yo Rasululloh, unday bo‘lsa, u qasam ichsin!» -dedim. Payg‘ambar alayhissalom: «Kimki musulmon kishining molini tortib olish uchun yolg‘on qasam ichsa, o‘zi fojir bo‘lib, qiyomat kuni Olloh unga g‘azab qiladi», - dedilar», - dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:01:39
Abdulloh ibn Abu Avfo   rivoyat qiladilar: «Bozorda bir odam bir matoni
o‘lchatib olib, sotuvchiga pulni   bermay «Matoning puli berildi» deb qasam ichib turib oldi, holbuki matoning pulini bermagan erdi. Bu birlan u bir musulmonni chuv tushirmoqchi bo‘ldi.Shunda «Darhaqiqat, Ollohga bergan ahdu qasamlarini arzimas pulga sotibyuboradigan kimsalar uchun ohiratda hech bir nasiba yo‘qdir» degan oyat nozil bo‘ldi».

Ibn Abu Mulayka bunday deydilar: «Bir uyda ikki hotin yamoqchilik qilardi. Bir kuni ulardan biri kaftiga igna sanchilgan holda odamlar oldiga chiqib, «Buni dugonam qildi» deb da’vo qildi.Bu hususida taftish yurutmoqni Ibn Abbosga topshirishdi. Ibn Abbos: «Janob Rasululloh «Agar odamlarning da’vosiga tayanibgina chora ko‘rilsa, qavmning qoni xam moli ham zoe ketadi» deganlar. Ayolga «Darhaqiqat Ollohga bergan ahdu qasamlarini arzimas pulga sotib yuboradigan kimsalar» degan oyatni o‘qib beringizlar!»-dedi. Odamlar ayolga Ollohni eslatib, mazkur oyatni o‘qib berishdi, shunda ayol aybini e’tirof qildi».

Ibn Abbos: «Janob Rasululloh «Ayblanuvchiga qasam ichirilmog‘i lozim» deb aytganlar»,- deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:02:09

5-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey ahli kitoblar, bizga ham sizga ham teng bo‘lgan so‘zga kelingizlar,Ollohning yolg‘iz o‘zigagina ibodat qilaylik!» deb aytgil.

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Quyidagini Abu Sufyon menga o‘z ogzi bilan gapirib berdi: «Rasululloh birlan mening o‘rtamda tuzilgan sulh vaqtida Shomga bordim. U yerdaligimda Hiraqlga Payg‘ambar alayxissalomdan maktub keltirildi. Bu maktubni Dihya Al Kalbiy Busro xokimiga, xokim ersa uni Hiraqlga yetkazgan erdi. Hiraql xatni olgach, o‘z odamlaridan «Bu yerda o‘zini payg‘ambar, deb da’vo qilayotgan kishining qavmidan biror odam bormi ?» deb so‘radi. Unga: «Bor» deb javob berishdi va men birlan bir necha qurayshliklarni saroyga olib kirishdi. Biz Hiraqlning huzuriga kirdik, bizni uning ro‘parasiga olib kelishdi. Hiraql «qaysi biringiz o‘zini payg‘ambar deb da’vo qilayotgan kishiga nasab jihatdan yaqinroqsiz?» deb so‘radi. Shunda men o‘zimning yaqinroq ekanligimni aytdim. Keyin, meni Hiraql birlan yuzma-yuz, sheriklarimni ersa mening orqa tomonimga o‘tirg‘izdilar. Hiraql tarjimonini chaqirib, unga «Sheriklariga ayt, men mana bu odamdan o‘zini payg‘ambar deb da’vo qilayotgan kishi to‘g‘risida so‘rayman, agar u menga yolg‘on gaiprsa, sheriklari uning yolg‘on gapirayotganini aytisnlar!» deb amr qildi.Men o‘zimga o‘zim «hudo haqi, agar sheriklarim mening yolg‘on gapirganimni fosh qilmaslar erdi, yolg‘on gapirgan bo‘lardim!» deb qo‘ydim. So‘ng, Hiraql o‘z tarjimoniga: «Uzini payg‘ambar deb da’vo qilayotgan kishi oralaringizda qanday nasabga ega deb undan so‘ragil!» dedi. Men: «Ul kishi ormizda baland nasab egasidir», - dedim. Hiraql: «Uning ota-bobolari ichida podshoh bo‘lganlar bormi?» - dedi. Men: « Yo‘q» dedim. Hiraql: « Payg‘ambarlikni da’vo qilmasdan ilgari uni yolg‘onchilikda ayblar erdingizlarmi?»-dedi. Men: «Yo‘q» -dedim. Hiraql: «Unga zodagonlar ergashyaptimi yoki zaiflarmi?» -dedi. Men: «Zaiflar ergashyapti»,- dedim. Hiraql: «Ularning soni ko‘payyaptimi yoki ozayyaptimi?»-dedi. Men: «Ko‘payyapti» dedim. Hiraql: «Uning diniga kirganlardan biror kishi undan qaytyaptimi?»-dedi. Men: «Io‘q» -dedim. Hiraql: «Unga qarshi jang qildingizlarmi?» - dedi. Men: «Ha» dedim. Hiraql: «Unga qarshi qilgan jangingiz qanday bo‘lgan erdi?» dedi. Men: «Urtacha, gox ular bizga, goho biz ularga shikast yetkazar erdik, ba’zan ular ba’zan biz g‘alaba qilar erdik»,-dedim.Hiraql: «Hiyonat qilarmidi?» - dedi. Men: «Io‘q"ž biz u kishidan olislarda yuribmiz, bir qancha vaqtlardan beri ne ishlar birlan band, behabarmiz», - dedim. Xudo haqi, Hiraql bundan boshqa gap aytishimga imkrn bermadi-da: «Bu gapni undan ilgari biror kishi aytganmidi?» - dedi. Men: «Yo‘q», - dedim.So‘ng, Hiraql (tarjimoni orqali) menga bunday dedi: «Uning nasabini so‘rasam, nasabi baland, deb aytding, payg‘ambarlar aynan shunday bo‘ladi. Uning ota-bobolari ichida podshoh bo‘lganlar bormi, deb so‘rasam, yo‘q deding. Agar ota-bobolari ichida podshox o‘tgan biror kishi bo‘lganida erdi, men u o‘shaning mulkini talab qilyapti, degan bo‘lur erdim. Keyin, men sendan unga zodagonlar ergashyaptimi yoki zaiflarmi, deb so‘radim. Sen unga zaiflar ergashyapti, deding. Payg‘ambarlarga doimo zaiflar ergashadi. Uni ilgari yolg‘onchilikda ayiblagan erdingizlarmi, deb so‘rasam, sen yo‘q, deb aytding. Men bildimki, u ilgari ham odamlarga yolg‘on gapirmagan, bunday odam Olloh taolo haqida yolg‘on so‘zlamaydi. Uning diniga kirganlar undan g‘azab qilib dindan qaytyaptimi, deb so‘raganimda ham, sen yo‘q, deb aytding. Iymon qalblarga huzur baxsh etganda xuddi shunday bo‘ladi. Ular ko‘payyaptimi yoki ozayyaptimi, deb so‘rasam, sen ko‘payyapti, deb javob qilding. Iymon ana shunday tobora barkamollashib borgay. Unga qarshi jang qildingizlarmi, deb so‘raganimda, sen jang qilganingizni, ba’zan ular, ba’zan sizlar ustun kelganingizni aytding. Payg‘ambarlar ham ana shunday mag‘lubiyatga uchrab turgaylar, ammo pirovardida ularning qo‘li baland bo‘lgay. Keyin, u xiyonat qiladimi. deb so‘radim. Sen uning xiyonat qilmasligini aytding. Payg‘ambarlar ana shunday xiyonat qilmagaylar. U payg‘ambarlik da’vosini qilmasidan burun boshqa biror kishi shunday da’vo birlan chiqqanmidi, deb so‘rasam, sen yo‘q deding. Agar undan ilgari biror kishi shunday deb da’vo qilib chiqqan bo‘lganida erdi, men u ilgarigi odamning gapiga taqlid qilyapti, degan bo‘lur erdim». So‘ng, Hiraql mendan «U sizlarni nima qilmoqqa buyuradi?» deb so‘radi. Men: «U bizni namoz o‘qimoqqa, zakot bermoqqa, silai rahm (qarindoshlarga oqibat) qilmoqqa va poklikka buyuradi»,— dedim. Hiraql: «Sening gaplaring chin bo‘lsa, shubhasiz u payg‘ambardur. Men payg‘ambar chiqishini bilar erdim-u, lekin sizlarning orangizdan chiqishini bilmas erdim. Agar imkon topsam, u birlan jon deb uchrashgan bo‘lar erdim. Agar uning huzurida bo‘lsam, oyoqlarini yuvib qo‘ygan bo‘lar erdim. Uning mulki (davlati) mening oyoqlarim ostidagi yergacha yetib kelgay!»—dedi-da, Janob Rasulullohning maktublarini olib kelishni buyurdi. U xatni o‘qib ko‘rdi, unda «Bismillohir rahmonir rahiymi. Olloh taoloning rasuli bo‘lmish Muhammaddan Rum boshlig‘i Hiraqlga. Hidoyat topganlarga salom! Ammo ba’d: seni islomga da’vat etaman, islomni qabul qil, tinch bo‘lursan. Olloh buniig uchun senga ikki barobar ko‘p ajru savob ato etgay. Agar bosh torqang, barcha ariysiylar (dehqonlar)ning (ya’ni, barcha fuqarolaringning gunohi) sening bo‘yningdadur. Olloh taolo: «Ey ahli kitoblar, bizlar birlan sizlarning o‘rtangizda barobar bo‘lgan so‘zga kelingizlar, Olloh taolodan o‘zgaga ibodat qilmaylik va unga hech kimni sherik qilmaylik, va Olloh taoloni qo‘yib ba’zimiz ba’zimizni tangri deb bilmaylik, deb ayt va agar ular yuz o‘girsalar, sizlar guvoh bo‘lingizlarki, biz albatta xudoning itoatkor bandalarimiz, deb aytingizlar!»—degandur» deb yozilgan erdi. Hiraql maktubni o‘qib bo‘lishi birlan uning huzurida g‘ala-g‘ovur ko‘tarilib, baqir-chaqirlar kuchaydi. So‘ng, u bizni chiqib ketishimizni amr qildi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:02:26
Tashqariga chiqqandan so‘ng, men sheriklarimga: «Abu Kabsha o‘g‘lining (ya’ni, Janob Rasulullohning) ishi juda kuchayib ketdi, hatto undan rumliklar podshohi ham qo‘rqyapti»,— dedim. Dilimda yarsa «Rasulullohning ishlari yaqinda ro‘yobga chiqadi» degan ishonch paydo bo‘ldi va nihoyat Olloh taolo meni islomga kirgizdi».

Zuhriy bunday deydilar: «Hiraql butun Rum ulug‘larini chaqirib, o‘z saroyiga to‘pladi-da, ularga: «Ey rumliklar, mulkingiz qo‘lingizda sobit bo‘lgan holda zamon nihoyasida (qiyomatda) sizlar uchun najot bormi?»—deb xitob qildi. Shunda, yig‘ilganlar hurkak yovvoyi eshaklardek o‘zlarini eshiklarga urdilar, biroq qulflangan eshiklardan chiqib ketolmadilar. Hiraql: «Menga yaqinroq kelinglar!» deb ularni qayta jam’ qildi-da, ularga: «Men sizlarning o‘z diningizga bo‘lgan sadoqatingizni sinab ko‘rdim, sizlarga muhabbatim ziyoda bo‘ldi» — dedi. Hammalari unga sajda qilishdi va undan mamnun bo‘lishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:02:43
5-bob. Olloh taoloning qavli: «Yaxshi ko‘rgan narsalaringizdan ehson  qilmaguningizcha hargiz xayriyatga erinmagaysiz va Olloh nimaiki ehson qilsangiz, uni bilib turgay»

Anas ibn Molik bunday deydilar: «Madinadagi ansoriylardan eng xurmozori ko‘p kishi Abu Talha erdilar. Ushal xurmozor bog‘larning Abu Talhaga mahbubrog‘i «Bayruho» erdi, chunki bu bog‘ Rasulullohning masjidlari ro‘parasida bo‘lib, Rasululloh unga kirib, pokiza suvidan ichardilar. Ollohning «Yaxshi ko‘rgan narsalaringizdan ehson qilmagu-ningizcha hargiz xayriyatga erishmagaysiz» degan oyati karimasi nozil bo‘lganda Abu Talha o‘rinlaridan turib: «Ey Ollohning rasuli, Olloh taolo: «Yaxshi ko‘rgan narsalaringizdan ehson qilmaguningizcha hargiz xayriyatga erishmagaysiz»,— deyapti. Mening eng yaxshi ko‘rgan mulkim ersa Bayruhodur. Uni Olloh taolo yo‘lida sadaqa qildim. Buning uchun Olloh taolodan ajru savob umid qilgayman. Yo Rasulalloh, bu bog‘ni o‘zingiz istagan kishiga in’om qiliniz!»—dedilar. Janob Rasululloh: «Juda savobli ish qilding, bu bog‘ tufayli oxirating obod bo‘lgay. Aytgan gapingni angladim, uni qarindoshlaringga bersang!» — dedilar. Abu Talha: «Yo Rasulalloh, aytganingizdek qilgayman!»—dedilar. Keyin, Abu Talha o‘sha bog‘ni yaqinlari «birlan amakivachchalari o‘rtasida taqsim qilib berdilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Bog‘ni Hasson birlan Ubayga bo‘lib berdilar. Men Abu Talhaga ulardan ko‘ra yaqinroq erdim, lekin menga hech narsa bermadilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:02:57
6-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, «Agar rostgo‘y bo‘lsangizlar, Tavrotni keltirib o‘qib ko‘ringizlar!»—deb aytingiz!»

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yahudiylar Payg‘ambar alayhissalom huzurlariga zino qilgan bir erkak va ayolni olib kelishdi. Rasululloh ulardan: «Sizlarda zino qilgan kishiga qanday jazo beriladi'» — deb so‘radilar. Ular: «Ikkovining ham yuziga qora surtib, keyin darra uramiz!»—deyishdi. Rasululloh: «Tavrotdan toshbo‘ron qilib o‘ldirish haqidagi hukmni topmadingizlarmi?»—dedilar. Ular: «Tavrotdan bu haqda hech narsa topolmayapmiz»,— deb javob berishdi. Abdulloh ibn Salom ularga: «Yolg‘on aytdingiz, agar rostgo‘y bo‘lsalaringiz, Tavrotni keltirib o‘qib ko‘ringizlar!»—dedi. Tavrot mudarrislaridan biri ataylab kaftini «Rajm oyati» ustiga qo‘yib turib, atrofdagi oyatlarni o‘qiy boshladi, «Rajm oyati»ni ersa o‘qimay tashlab o‘tdi. Abdulloh ibn Salom buni sezib, uning qo‘lini «Rajm oyati» ustidan olib tashladi-da: «Bu nima?!» —deb so‘radi. Hammalari Tavrotga qarab, unda «Rajm oyati» borligini ko‘rishdi va: «Bu Rajm oyati-ku!» — deyishdi. Rasululloh ikki zinokorni rajm (toshbo‘ron) qilmoqqa buyurdilar, ularni masjid oldidagi janoza. o‘qiladirgan joyning yaqinida toshbo‘ron qilib o‘ldirishdi. Shunda men zinokor yahudiyning o‘z gavdasi birlan ayolni toshdan himoya qilganini ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:03:11
8-bob. Olloh taoloning qavli: «Sizlar odamlarni (hidoyatga yetaklamoq) uchun yuborilgan eng yaxshi ummaqizlar»

Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Sizlar odamlarni (hidoyatga yetaklamoq) uchun yuborilgan eng yaxshi ummaqizlar» degan oyatning mazmuni shuki, musulmonlar boshqalarni hidoyatga yetaklab, ularni bo‘yinlaridagi kufr kishanlaridan xalos qilib, islomga kiritadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:03:34
9-bob. Olloh taoloning qavli: «Orangizdan ikki guruh umidsizlikka tushib nomardlik qilmoqchi bo‘lganda...»

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu bunday deydydilar: «Orangizdan ikki guruh umidsizlikka tushib nomardlik qilmoqchi bo‘lganda, vaholanki Olloh ularning madadkori erdi...» degan oyati karima bizning haqimizda nozil bo‘lgan. Usha ikki toifa biz, ya’ni Banu Horisa va Banu Salama kishilari erdik. Bu oyat nozil bo‘lmaganda biz quvonmas erdik, chunki unda Ollohning biz to‘g‘rimizda «... vaholanki Olloh ularning madadkori erdi» degan qavli bor!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:03:48
10- bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, siz uchun bu ishda biror narsa yo‘qdur»

Solim otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh bomdod namozining ikkinchi rak’atida ruku’dan bosh ko‘tarib «Sami’allohu liman hamidah» dedilar-da, «Yo Olloh, falonchi, falonchi va falonchini la’natlagil!» deb aytdilar. Shunda Olloh taolo: «Siz uchun bu ishda biror narsa (ixtiyor) yo‘q, Olloh ularning tavbalarini yo qabul qiladi yoki zolimliklari uchun ularni azoblaydi» degan oyatni nozil qildi». Bu hadisni Ishoq ibn Roshid ham Zuhriydan naql qilib aytib berganlar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh agar birovni duoi bad yoki duoi xayr qilmoqni xohlasalar, Qunutni o‘qib, ruku’dan keyin «Sami’allohu liman hamidah, rabbano va lakal-hamd» derdilar, so‘ng: «Ey Olloh, Valid ibn Validga, Salama ibn Hishomga va Iyosh ibn Abu Rabiy’aga najot ber! Ey Olloh, Muzar qabilasiga nisbatan qahringni kuchaytir, ularga Yusuf zamonidagi qahatchilikdek qahatchilik yubor!»—deb ovoz chiqarib aytardilar. Yana ba’zi namozlarida, masalan bomdod namozida: «Yo Olloh, arab qabilalaridagi falon va falonni la’natlagin!»—derdilar. Pirovardida Olloh taolo: «Siz uchun bu ishda biror narsa yo‘qdur» degan oyatini nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:04:01
11-bob. Olloh taoloning qavli: «Holbuki, payg‘ambar ortingizdan chaqirayotgan erdi»

Oyatdagi «uxrokum» so‘zi «oxarukum» so‘zining muannasidur. Ibn Abbos: «Oyatdagi ikki xayriyatdan biri yo fath yoki shahid bo‘lmoqlik erdi»,— deydilar.

Barro ibn Ozib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom piyodalarga Abdulloh ibn Jubayrni amir etib tayinlagan erdilar. Hammalari dushmandan chekina boshlaganda Rasululloh ularning ortidan chaqirgan erdilar. Payg‘ambarimiz yonlarida o‘n ikki kishidan boshqa hech kim qolmagan erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:04:10
12-bob. Ollohning «amanatan nu’osan» («shirin mudroq») degan qavli xususida

Abu Talha: «Uhud kuni jang maydonida erkanligimizda bizlarni shunday bir uyqu elitdiki, qo‘limdan qilichim tushib ketdi. Men uni qo‘limga olsam, yana tushib ketar erdi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:04:44
13-bob. Olloh taoloning qavli: «Uzlariga jarohat yetganiga qaramay, Olloh va uning  rasuli hukmlariga bo‘yinsunib amali solihlar qilgan va Ollohdan taqvo qilganlar uchun katta savoblar bordur»

14-   bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, Quraysh sizlarga qarshi lashkar to‘pladi»

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar. «Bizga Ollohning o‘zi kifoya qiladi, u naqadar yaxshi chorasoz!» degan qavlni Ibrohim alayhisealom o‘zlarini olovga tashlashganda aytgan erdilar. «Darhaqikat, Quraysh sizlarga qarshi lashkar to‘pladi, ulardan qo‘rqingizlar!» deyishganda Janob Rasululloh ham shunday degan erdilar. Shunda musulmonlarning iymonlari yanada mustahkamlanib, ular ham: «Bizga Ollohning o‘zi kifoya qiladi, u nakadar yaxshi chorasoz!»—deb javob qilishgan erdi».

Ibn Abbos: «Ibrohim alayhissalomning o‘tga tashlashganda aytgan oxirgi gaplari: «Menga Ollohning o‘zi kifoya qiladi, u naqadar yaxshi chorasoz!» degan gaplari erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:05:05
15-bob, Olloh, taoloning qavli: «Olloh o‘z fazlidan bergan narsaga baxillik kiladirgan kishilar bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik, deb hisoblamasinlar, balki bu ularga yomonlik bo‘lib, qiyomat kuni o‘zlari baxillik qilgan mol bo‘yinlariga bo‘yinturuq qilib solingay, osmonlaru yerning merosi Ollohgagina xosdur va qilib turgan ishlaringiz Ollohga ma’lumdur!»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat hiladilar, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo mol-dunyo ato etgan kishi mol-dunyosining zakotini bermasa qiyomatda o‘shal boyligi ikki ko‘zining ustida qora dog‘i (xoli) bo‘lgan, boshi sip-silliq ajdahoga aylantiriladi keyin, u egasiga: «Men sening molingman, men sening xazinangman»,— deydi-da, uning tanasiga o‘ralib, ikki lunjidan tishlaydi»,— dedilar. So‘ng, «Olloh o‘z fazlidan bergan narsaga baxillik qiladirgan (qizg‘anadirgan) kishilar bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik, deb hisoblamasinlar, balki bu ularga yomonlik bo‘lib...» degan oyati karimani oxirigacha tilovat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:05:26
16-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, o‘zingizdan ilgari Kitob berilgan kimsalar va mushriklardan ko‘p aziyat chekib, ko‘p malomatlar eshitasizlar»

Usoma ibn Zayd bunday deb xabar beradilar: «Payg‘ambar alayhissalom ustlariga dag‘al matodan to‘qilgan fadakiy liboslarini kiyib olib, eshakka mindilar, so‘ng Usoma ibn Zaydni mingashtirdilar-da, Banu Hars ibn al-Xazraj qabilasidan bo‘lgan Sa’d ibn Ubodani ko‘rgani ravona bo‘ldilar, u betob yotgan erdi. Bu voqea Badr kunidan avval sodir bo‘lgan erdi. Janob Rasululloh majlis qilayotgan bir jamoa oldidan o‘tdilar, u yerda Abdulloh ibn Ubay ibn Salul ham bo‘lib, u hanuz islomga kirmagan erdi. Turli toifa — musulmonlar, butparastlar va yahudiylardan iborat bu majlisda Abdulloh ibn Ruvoha ham bor erdi. Majlis ahlini eshakning tuyog‘idan chiqqan chang-g‘ubor o‘ragandan so‘ng, Abdulloh ibn Ubay burnini ridosi birlan to‘sdi-da: «Bizga changitmanglar!»—dedi. Rasululloh o‘ltirganlarga salom berdilar, so‘ng to‘xtab eshakdan tushdilar-da, odamlarni Ollohga iymon keltirmoqqa da’vat qildilar va Qur’on o‘qib berdilar. Abdulloh ibn Ubay ibn Salul: «Ey kishi, agar gaping rost bo‘lsa, bundan afzal narsa yo‘q, ammo majlisimizni buzib, bizga ozor berma, yo‘lingdan qolma, oldingga kim borsa, o‘shanga hikoyangni aytaver!» — dedi. Shunda, Abdulloh ibn Ruvoha turib: «Yo‘q, ketmangiz, yo Rasulalloh, majlisimizga qo‘shilingiz, biz shuni istaymiz!» — dedi. Pirovardida musulmonlar, mushriklar va yahudiylar bir-birlari birlan so‘kishib ketishdi, janjal urushga aylanib ketay dedi. Payg‘ambar alayhissalom ularni Hovuridan tushirdilar-da, eshaklariga minib Sa’d ibn Ubodani ko‘rgani bordilar. «Ey Sa’d,— dedilar ul zot,— Abu Habbon (Abdulloh ibn Ubayning laqabi) ning menga nimalar deganini eshitganingda erdi! U menga bunday va bunday dedi». Sa’d ibn Uboda: «Yo Rasulalloh, uni kechiring, sizga Qur’on nozil qilgan zot haqi, Olloh taolo sizga Haqiqatni yuborgandur. Bu yurt ahli Abdulloh ibn Ubay ibn Salulni o‘zlariga podshoh qilmoqqa, boshiga toj kiydirmoqqa kelishgan erdilar, lekin Olloh sizga yo‘llagan haqiqat sababli u bundan mahrum bo‘ldi, shu boisdan ham u sizga o‘zingiz shohidi bo‘lgan muomalani qildi»,— dedi. Janob Rasululloh uni afv etdilar. Payg‘ambar alayhissa-lomning va ul zot ashoblarining odati shariflari shunday erdiki, ular ahli kitoblar va mushriklardan o‘tgan beadablikni Olloh taolo buyurgani uchun ham afv qilar, ulardan yetgan ozorlarga sabr etar erdilar. Olloh taolo: «Darhaqiqat, o‘zingizdan ilgari Kitob berilgan kimsalar va mushriklardan ko‘p aziyat chekib, ko‘p malomatlar eshitasizlar»hamda «Ahli kitoblarning ko‘pchiligi, dillarida hasad bo‘lganligidan, sizlarni yana dinlaringizdan qaytmoqlaringizni va kofir bo‘lmoqlaringizni yaxshi ko‘radi»,— deydi. Payg‘ambar alaihissalom Olloh taolo kofirlarga qarshi urushishga ijozat bergunga qadar, uning o‘zi buyurganiga binoan afv qilmoqni odat qilib olgan erdilar. Badr urushi bo‘lganda Olloh taolo Quraysh kofirlarining yetakchilarini halok qildi. Abdulloh ibn Ubay ibn Salul va uning sheriklari — mushriklar va butparastlar: «Bu g‘olib bo‘ldi!» deb Rasulullohning huzurlarida islomga bay’at qildilar va musulmon bo‘ldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:05:40
17-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, birovlarni yo‘ldan adashtirib xursand bo‘ladirgan va qilmagan ishlari uchun maqtov eshtishni yaxshi ko‘radirgan kishilarni, ular azobdan najot topadilar, deb o‘ylamangiz!»

Abu Sa’id Al-Xudriyraziyallohu anhu bunday deydilar «Payg‘ambar alayhissalomning zamonlarida, ul zot g‘azotga chiqqanlarida munofiqlar xiyonat qilib, urushga bormay uylarida qolganlaridan hursand bo‘ldilar. Janob Rasululloh qaytganlarida ersa, huzurlariga borib uzr-ma’zur aytdilar, qasam ichdilar, ul zotdan qilmagan ishlari uchun maqtov eshitishni kutdilar. Shunda Olloh taoloning (yuqorida zikr qilingan) oyati karimasi nozil bo‘ldi»

Alqama ibn Vaqhos bunday deb xabar beradilar: «Marvon ibn Hakam darvozaboniga: «Ey Rofi’, Ibn Abbosning oldiga borgil-da, unga «Agar har bir qilgan yomon ishlaridan xursand bo‘ladirgan, qilmagan ishiga maqtov eshitishni yaxshi ko‘radirgan kishi azobga duchor qilinadirgan bo‘lsa, unda biz hammamiz ham azoblanar erkanmizda?!» deb aytgil!» — dedi. Shunda Ibn Abbos bunday deb javob qildi: «Bu oyatning sizlarga taalluqli yeri yo‘q. Payg‘ambarimiz alayhissalom yahudiylarni chaqirib, ulardan bir masalaning hukmini so‘radilar. Yahudiylar haqiqatni berkitib, boshqa xukm aytdilar. Ular mana shu noto‘g‘ri javoblari uchun ham Janob Rasulullohdan maqtov eshitmoqni kutdilar, o‘alari ersa ul zotdan haqiqatni yashirganlari uchun ichlarida quvondilar. Olloh taolo: «Eslang, ey Muhammad, Olloh Kitob berilgan kimsalardan «Albatta sizlar bu Kitobni yashirmay odamlarga ochiq bayon qilursizlar» deb ahd-paymon olgan erdi. So‘ng, ular bu ahd-paymonga xiyonat qilib, uni arzimas pulga sotdilar. Ularning bu savdosi qanday yomon bo‘ldi! Ey Muhammad, birovlarni yo‘ldan adashtirib xursand bo‘ladirgan va qilmagan ishlari uchun maqtov eshitishni yaxshi ko‘radirgan kimsalarni, ular azobdan najot topadilar, deb o‘ylamangiz, ular uchun alamli azob bordur!»—degan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:05:51
18- bob. Olloh taoloning qavli: «Albatta, osmonlar va Yerning yaraliganda, kecha va kunduzning almashinishida aql egalari uchun alomatlar bordur!»

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men bir kecha xolam Maymunaning uylarida tunadim. Rasululloh xolam birlan anchagacha suhbatlashib o‘ltirdilar. Keyin, uyquga yotdilar. Kechaning uchdan biri qolganda turib o‘ltirdilar, osmonga qarab: «Albatta, osmonlar va Yerning yaralishida, kecha va kunduzning almashinishida aql egalari uchun alomatlar bordur!»—dedilar, keyin turib tahorat oldilar, misvok birlan og‘izlarini tozaladilar, so‘ngra o‘n bir rak’at namoz o‘qidilar. Bilol azon aytganlaridan so‘ng, ikki rak’at sunnat o‘qib masjidga chiqdilar va bomdod namozini o‘qidilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:06:38
19-   bob. Olloh taoloning qavli: «Ular turganda ham, o‘ltirganda ham, yotganda ham Ollohni eslaydilar va osmonlaru Yerning yaratilishini tafakkur qiladilar»

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men bir kecha xolam Maymunaning uylarida tunadim, Rasulullohning namoz o‘qishlarini ko‘raman degandim. Men Janob Rasulullohga bolish tashladim, uzun tarafiga bosh qo‘yib uxladilar. Keyin, yuzlarini ishqalab uyquni qochirdilar-da, «Oli Imron»ning oxirgi o‘n oyatini o‘qidilar, o‘qib bo‘lganlaridan so‘ng, osig‘liq turgan eski meshni olib tahorat oldilar, keyin turib namoz boshladilar. Men ham turib Janob Rasululloh singari tahorat oldim Keyin, Rasulullohning yonlariga kelib turdim. Rusululloh qo‘llarini boshimga quydilar, so‘ng qulog‘imdan ushlab buradilar. Keyin, ikki rak’at namoz o‘qidilar, keyin yana ikki rak’at namoz o‘qidilar, keyin yana ikki rak’at namoz o‘qidilar, keyin yana ikki rak’at namoz o‘qidilar, keyin yana ikki rak’at namoz uqidilar, keyin yana ikki rak’at namoz o‘qidilar, sung bir rak’at o‘qidilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:06:47
20-   bob Olloh taoloning qavli: «Parvardigor, sen kimni do‘zaxga kiriqang, albatta uni sharmandai sharmisor qilasan va bunday zolimlarga hech qanday madad berguvchi yo‘q».

Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu bir kuni payg’ambarimizning xotinlari Maymuna onamizning uylarida tunab qolibdilar. U kishi o‘sha kuni bo‘lgai voqeani bunday deb rivoyat qiladilar: «Men yostiqning yon tomoniga bosh qo‘yib yotdim, Rasululloh birlan xotinlari bo‘lmish xolam Maymuna uzunasiga bosh qo‘yib yotdilar. Rasululloh kechaning yarmigacha uxladilar, ehtimol bundan avvalroqdur, ehtimol keyinroqdur, keyin uyg‘ondilar, yuzlarini qo‘llari birlan ishqab uyqularini qochirdilar, keyin «Oli Imron» surasining oxirgi o‘n oyatini o‘qidilar So‘ng, turib osig‘liq meshni oldilar-da, yaxshilab tahorat qildilar, keyin namoz o‘qimoqqa tutindilar. Men ham turib, ul zot nima qilgan bo‘lsalar, shunday qildim-da, yonlariga borib turdim. Janob Rasululloh o‘ng qo‘llarini boshimga qo‘yib, o‘ng qulog‘imni burab qo‘ydilar Keyin, ul zot ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, keyin bir rak’at namoz o‘qidilar. Keyin, muazzin kelguncha yonboshladilar, so‘ng turib ikki rak’at yengilgina namoz o‘qidilar, keyin masjidga chiqib, bomdod o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:07:04
21- bob. Olloh taoloning qavli: «Ey bizning parvardigorimiz,  «Parvardigoringizga iymon keltiringizlar!» deb nido qiluvchining nidosini eshitdik»

Ibn Abbos raziyallohu anhu o‘z mavlolari Kuraybga bir kuni payg’ambarimiziing xotinlari bo‘lmish xolalari Maymunaning uylariga borib yotib qolganlari bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Men o‘shal kecha yostiqning ko‘ndalang tomoniga bosh qo‘yib yotdim, Janob Rasululloh birlan xotinlari ersa uning uzun tomoniga bosh ko‘yib yotishdi. Janob Rasululloh TUN yarim bo‘lguncha yotib uxladilar, balkim bundan barvaktroq, balkim kechroqdur, uyg‘ondilar-da, qo‘llari birlan yuzlarini ishqab uyqularini qochirdilar, keyin «Oli Imron» surasining oxirgi o‘n oyatini tilovat qildilar, keyin turib osig‘liq meshni oldichar-da, yaxshilab tahorat qildilar, so‘ng turib namoz o‘qimoqqa tutindilar. Men ham turib, ul zot nimaiki qilgan bo‘lsalar, shunday qildim, keyin yonlariga borib turdim. Janob Rasululloh o‘ng qo‘llarini boshimga qo‘yib, o‘ng qulogimni burab qo‘ydilar So‘ng, ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, keyin bir rak’at namoz o‘qidilar. Keyii, yonboshladilar, muazzin kelgach, ikki rak’at yengilgina namoz o‘qidilar, so‘ng masjidga chiqib bomdod o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:07:27
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
«AN-NISO» SURASI

1-bob. («An-Niso» surasida uchraydigan ayrim so‘zlar tafsiri)


Ibn Abbos: «(Lan) yastankifa» degani «Sira or (kattalik) qilmas» ma’nosida, «qiyoman» («qivoman», «qivomakum») so‘zi «Sizlarning ma’iyshatlaringizga sabab, vosita» deganidur «Lahunna sabiylan» — «Ularni (ayollarni) yo‘lga solish vositasi» degani bo‘lib, bu vosita fahsh yo‘lga kirgan juvonlarni toshbo‘ron qilmoq va bokiralarga darra urmoqdur»,— deydilar.

Yana boshqa birov (ya’ni, Abu Ubayd): «Masno va sulosa va rubo’a» ning ma’nosi «ikkita, uchta va to‘rtta» degani, arablar ersa (xotinni) to‘rttadan oshirmaydilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:07:38
2- bob. Olloh, taoloning qavli: «Agar sizlar yetim qizlarga nisbatan  noinsoflik qilib qo‘ymoqdan qo‘rqsangizlar...»

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Bir odamning qo‘l ostida bir yetimcha kiz bo‘lar erdi, u o‘sha qizni o‘ziga nikohlab oldi. Yetimcha qizga qarashli bir xurmozorning qo‘ldan ketmasligi uchungina u shunday qildi, ammo u qizga yaqinlik qilmas erdi. Olloh taoloning «Agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘ymoqdan qo‘rqsangizlar...» degan oyati ana shu kishi xususida nozil bo‘lgan erdi. «Menimcha, o‘shal qiz xurmozorga ham, uning moliga ham sherik bo‘lsa, kerak»,— deydilar. Hishom ibn Urvaning otalari».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:07:48
Ibn Shihob rivoyat qiladilar: «Urva ibn Zubayr Oisha onamizdan Olloh taoloning «Agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘ymoqdan qo‘rqsangizlar...» degan oyati karimasi haqida so‘radi. Oisha onamiz: «Ey jiyanim, bu oyat bir yetim qiz xususida nozil bo‘lgan, u o‘z valiysi (cho‘rilikdan ozod qilib, o‘z qaramog‘ida olib qolgan kishi) ning uyida turar erdi. Valiyning mol-mulki birlan qizga tegishli xurmozor o‘rtada bo‘lib, ikkalasi bir-birining moliga sherikchilik qilishar erdi. Valiy qizning xurmozori birlan jamolini yoqtirib qoldi va unga qonuniy mahrni bermasdan uylanmoqchi bo‘ldi. Shunda, Olloh taolo o‘z oyati orqali valiylar o‘z qaramog‘laridagi yetimcha qizlarga shar’iy mahr bermasdan uylanmasinlar, ularning tengdoshlariga qancha mahr berilishi lozim bo‘lsa, shuncha mahr bersinlar, yetimcha qizlarga noinsoflik qilgandan ko‘ra, yaxshisi o‘zlari xohlagan boshqa ayollarga uylansinlar, deb amr qildi. Shundan so‘ng, odamlar Janob Rasulullohdan ayollar xususida tez-tez fatvo so‘raydirgan bo‘lishdi. Shu boisdan Olloh taolo: «Sizdan ayollar xususida fatvo so‘raydilar...» degan oyati karimasini nozil qildi. Olloh taoloning «Ularga uylanishga rag‘bat qilasizlar» degan qavlidan murod shuki, Olloh taolo yetim qizlarga ularning moli va jamoli uchun uylanishni man’ qiladi, ya’ni yetim qizlar agar go‘zal bo‘lsalar, ularga shar’iy mahr bermasdan uylanishdan, agar xunuk bo‘lsalar, ularning moli qo‘ldan ketmasin, deb o‘zlari ham uylanmay, birovga ham erga bermay zulm qilishdan qaytaradi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:08:05
3-bob. Olloh taoloning qavli: «... qaysiki odam (valiy) faqir bo‘lsa, (etim qizning  molidan) insofu adolat birlan yesin, bas qachon ularga mollarin bermoqchi  bo‘lsangizlar, guvoh keltiringizlar, hisob uchun ersa xudo kifoya qilur»

«Bidoran» — «shoshilib», «a’tadno» — «tayyorlab qo‘y-dik» degan ma’nodadur.
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Ollohning! «Qaysiki odam (valiy) boy bo‘lsa, (adolaqizlikdan) parhez qilsin, bordi-yu kambag‘al bo‘lsa, insofu adolat birlan yesin» degan oyati yetimlarning moli haqida tushgan bo‘lib, agar valiy faqir bo‘lsa, uning molidan mehnatiga yarasha insofu adolat birlan yeyishi mumkin, deganidur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:08:23
4-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar meros taqsimida qarindoshlar, yetim va miskinlar hozir bo‘lsalar, ularga ham merosdan nasiba beringizlar!»

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Agar meros taqsimida qarindoshlar, yetim va miskinlar...» degan oyat hukm oyatlaridan bo‘lib, mansux (bekor qilingan) ermasdur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:09:15
5-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh sizlarga bola-chaqalaringiz (merosi) haqida hukm qilurki...»

Jobir ibn Abdulloh bunday deydilar: «Men Banu Salama qabilasi manzilida betob yotganimda Janob Rasululloh Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu birlan birga piyoda meni ko‘rgani keldilar. Ul zot kelganlarida men behush erdim. Bir idishda suv so‘rab, tahorat qildilar, keyin menga sepdilar. Men o‘zimga keldim-da, Janob Rasulullohdan: «Molimni ne qilmog‘imni buyurasiz?» — deb so‘radim. Shunda Olloh taoloning «Olloh sizlarga bola-chaqalaringiz (merosi) haqida hukm qilurki...» degan oyati nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:09:28
6-bob. Olloh taoloning qavli: «Xotinlaringiz qoldirgan merosning yarmi sizlarga tegadi...»

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning payg‘ambar bo‘lmoqlaridan muqaddam qiz bolalarga, xoh ular katta bo‘lsinlar va xoh norasida bo‘lsinlar, meros berilmas erdi. Ug‘il bolalarga ham, agar ular balog‘atga yetgan bo‘lsalar, meros taqsim qilinmas erdi. Olloh taolo bu qoidani bekor qilib, o‘zi xohlagancha miqdorda meros farz qildi: o‘g‘il bolaning xissasi ikki qizning hissasiga teng. Ota-onaning har biriga oltidan bir hissa, agar farzandlari bo‘lmasa, uchdan bir hissa. Marhumning xotiniga sakkizdan bir hissa, agar o‘rtada farzand bo‘lmasa, to‘rtdan bir hissa. Marhumaning eriga, agar farzand bo‘lmasa, merosning yarmi, agar farzand bo‘lsa, to‘rtdan bir hissa (tegadi)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:09:46
7-bob. Olloh taoloning qavli: «... xotinlarni zo‘rlik ila meros qilib olmoqlaringiz sizlarga halol ermas va bergan narsalaringizdan ba’zisini olmoq uchun ularni majburan olib qolmangizlar!»

(Islomdan avvalgi davrda vafot qilgan kishining ayolini erining qarindoshlari majburan o‘zlariga xotin qilib olar erdilar. Islom kelgandan so‘ng ayollarga zulm bo‘lgan bu odat man’ etildi)

Ibn Abbos rivoyat qiladilir: «Oyatdagi «Lo ga’zuluhun-na» iborasi «Ularni majburan olib qolmangizlar» deganidir «Huuban» so‘zi ersa «gunoh» demakdur «Ta’uuluu» so‘zi «xohlaysizlar» ma’nosida, «nahlatun» so‘zi— «mahr» dur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:09:56
Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Ollohning «Ey mo‘minlar, xotinlarni zo‘rlik ila meros qilib olmoqlaringiz sizlarga halol ermas va bergan narsalaringizdan ba’zisini olmoq uchun ularni majburan olib qolmangizlar!» degan oyati karimasi shul haqda nozil bo‘lganki, islomdan ilgari oilada erkak kiti o‘lsa, uning qarindoshlari undan qolgan meros qatorida xotiniga ham zgalik qilishar erdi. Xohlashsa, uni o‘zlaridan biriga nikohlab qo‘yishar, xoxlashsa, birovga erga berib yuborishar yoki erga bermay olib qolishar erdi. Erning qarindoshlari marhumning xotiniga uning ota-onasadan ham ko‘proq haqli erdilar. Olloh taolo mazkur oyatni nozil qilib, ayollarni zulmdan xalos etdi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:10:16
8-bob. Olloh taoloning qavli: «Har bir inson uchun ota-ona va qarindoshlar qoldirib ketgan merosga merosxo‘rlar ta’yin qilib qo‘ydik

Oyatdagi «mavoliy» so‘zi «merosxo‘rlar» ma’nosida, «Sizlar ahdu paymon qilgan kishilar» deyishdan murod, «qasam ichib do‘st bo‘lganlar»dur Amakivachcha, ozod qilingan qul, ozod qiluvchi quldor, podsho, shari’at o‘rgaguvchi ustoz ham «mavlo» deyiladi.

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Ollohning «Har bir inson uchun mavoliy ta’yin qilib qo‘ydik» degan qavlidagi «mavoliy» so‘zi merosxurlardir «bizlar ahdu paymon qilgan kishilar» degan qavli ersa muhojirlarni anglatadi. Muhojirlar Madinaga kelganda Rasulul-loh ularni ansorlar birlan ahdu paymonli birodar qilib qo‘ygan erdilar. Mana shu ahdga binoan, muhojir marhum ansor birodariga merosxo‘r bo‘lar erdi. Mazkur oyat nozil bo‘lgach, muhojirlar birlan ansorlarning o‘zaro merosxo‘rligi bekor qilindi, endi ular vasiyatga binoan o‘z nasibalarini oladirgan bo‘ldilar».

Mazkur hadisni Abu Usoma Idrisdan, Idris ersa Talhadan eshitgan erkanlar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:10:37
9- bob Olloh taoloning qavli: «Albatta, Olloh zarracha ham zulm qilmaydi»

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalomning zamonlarida sahobalar «Ey Ollohning rasuli, qiyomat kuni Ollohni ko‘ramizmi?» — deb so‘rashdi. Payg‘ambar alayhissalom «Ha albatta ko‘rasizlar. Aytinglarchi, kunduzi buluqiz osmondagi quyoshga qarab zarar ko‘rurmisizlar?»— dedilar. Sahobalar «Yo‘q»,— deyishdi. Rasululloh «Buluqiz osmondagi o‘n to‘rt kunlik oyga boqib zarar ko‘rurmisizlar?»—dedilar. Sahobalar «Yo‘q»—deb javob berishdi. Payg‘ambar alayhissalom bunday deb aytdilar: «Xuddi shunday qiyomat kuni ham sizlar quyosh va oyga boqib zarar ko‘rmaganingizdek, Ollohning jamolini ko‘rib zarar ko‘rmaysizlar. Qiyomat kuni bo‘lganda muazzin azon aytadi. Har bir ummat o‘zi ibodat qilgan narsaga ergashadi. Ollohga ibodat qilmay, sanam va butlarga sig‘inganlarning barchasi do‘zaxga tashla-nadilar, mahsharda faqat Olloh taoloning o‘zigagina ibodat qilib, amali solihlar qilgan va qilolmagan kishilar birlan ahli kitoblargina qoladilar. Yahudiylar chaqirilib ulardan «Kimga ibodat qilardingizlar?»—deb so‘raladi. Ular: «Biz Ollohning o‘g‘li Uzayrga ibodat qilar erdik» — deb javob beradilar. Ularga: «Yo5:46 lg‘on aytyapsizlar, Ollohning xotini ham, o‘g‘li ham bo‘lmagan»,— deyiladi. Keyin «Nimani xohlaysizlar?»—deb so‘raladi. Ular «Ey rabbimiz, biz tashnamiz, bizga, suv bergin!»—deyishadi. Ularga: «Tilagingiz bajariladi»,— deyilgay. So‘ng, ular do‘zax oldida jamlanadi. Undagi olov harorati bamisoli sarobdek Yahudiylar bir-birlarini itarib, surishib do‘zaxga qulaydilar. Keyin, nasarolar chaqiriladi. Ulardan «Nimaga ibodat qilardingiz?» — deb so‘raladi Ular: «Ollohning o‘g‘li Masihga ibodat qilardik»,— deydilar. Ularga «Yolg‘on aytyapsizlar, Ollohning xotini va bolasi bo‘lgan ermas»— deb javob beriladi Keyin «Nima xohlaysizlar?» — deb so‘raladi Ular suv so‘raydilar, suv ichishgach, do‘zaxga qulaydilar. So‘ng, Olloh taolo mahsharda tanho qolgan solih va gunohkor musulmon bandalarining qoshiga tanib olarli qiyofada kelib «Hamma ummat o‘zi sig‘ingan narsasiga ergashib ketdi, sizlar nimani kutib turibsizlar?»— deydi. Musulmonlar «Bizlar, dushmanla-ring bo‘lmish axli kitoblardan seni deb yuz o‘girgan erdik, endi nechun ularga ergashaylik? Biz o‘zimiz ibodat qilgan rabbimizni kutyagshiz»,— deydilar. Olloh taolo «Men rabbingizman!» —deydi. Musulmonlar: «Biz Ollohga hech kimni sherik qilmaymiz!» — deb ikki yoki uch bor aytadilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:11:02
10-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, biz har bir ummatdan guvoh chaqirgan paytimizda va sizni ularga guvoh qilganimizda (u ummatlarning) holi ne kechgay?!»

Al-Muxtol» va «al-xitol» bir ma’noda bo‘lib, «takabbur va maqtanchoq» deganidur. «Natmisu vujuhan» — «Bir qancha yuzni teskari qilib qo‘ygaymiz» degan ma’noda sa’iyr» ersa, «o‘t otash» deganidur.

Amr ibn Murra bunday deydilar: «Menga Janob Rasululloh «Qiroat qil!» deb buyurdilar. Men «Yo Rasulalloh, Qur’on sizga nozil bo‘lgan-ku men sizga qiroat qilib ; berayinmi?» — dedim. Janob Rasululloh «Uni o‘zimdan boshqa odamdan eshitishni yaxshi ko‘raman!» — dedilar. Men «Niso» surasini o‘qiy boshladim va uning «Ey Muhammad, biz har bir ummatdan guvoh chaqirgan paytimizda va sizni ularga guvox, qilganimizda (u ummatlarning) holi ne kechadi degan joyiga kelganimda, Janob Rasululloh «To‘xta!» deb buyurdilar. Men to‘xtab qarasam, ul zotning ikki ko‘zlaridan yosh quyilayotir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:11:17
11-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar kasal bo‘lsangiz yo safarda bo‘lsangiz yoki  hojatdan qaytgandan yohud ayol birlan yaqinlik qilgandan so‘ng, suv topolmasangiz, toza tuproqqa tayammum qilingiz!»

Jobir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Kofirlarning xukm surab murojaag qiladirgan shaytonlaridan biri Juhaynada va yana biri Aslamda erdi hamda har bir mahallada bittadan folbin bo‘lib, ularga shayton kelib xabar yetkazib turar erdi».

Umar raziyallohu anhu «Al-Jibt» — «sehr» va «at-tog‘ut» — «shayton»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:11:25
Ikrima «Al-Jibt» habash tilida «shayton» va «tog‘ut» — «folbin»,— deydilar.

Oisha raziyallohu anho «Asmoning marjoni yo‘qoldi Payg‘ambar alayhissalom uni topib kelish uchun bir necha kishini yubordilar. Ular yo‘ldaligida namoz vaqti bo‘lib qoldi, tahorat olay, desalar, suv yo‘q erdi, tahoraqiz namoz o‘qiyverdilar. Shunda, Olloh taolo «Tayammum» oyatini nozil qildi»,— deydilar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:11:37
12-bob. Olloh taoloning qavli: «Ollohga itoat qilingizlar va uning rasuliga itoat  qilingizlar hamda o‘zlaringizdan (musulmonlardan) bo‘lgan hokimga itoat qilingizlar!»

Ibn Abbos raziyallohu aphu: «Ollohga itoat qilingizlar va uning rasuliga itoat qilishizlar hamda o‘zlaringizdan bo‘lgan hokimga itoat qilingizlar!» degan oyat Abdulloh ibn Huzofa haqida nozil bo‘lgan, chunki Rasululloh u kishini bir guruhga bosh qilib jihodga yuborgan erdilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:11:48
13-bob. Olloh taoloning qavli: «Bas, parvardigoringiz nomiga qasamki, ular o‘z oralarida chiqqan janjalga sizni hokim qilmagunlariga qadar mo‘min bo‘lmaydilar...»

Urva ibn Zubayr bunday deydilar: «Zubayr ekin sug‘orayotib ansorlardan bir kishi birlan suv talashib janjallashib qoldilar. Payg‘ambar alayhissalom «Ey Zubayr, yeringni sug‘orib bo‘lgach, suvni qo‘shningning yeriga ochib yubor!» —dedilar. Ansoriy norozi bo‘lib «Yo Rasulalloh, ammavachchangizning foydasiga hal qildingiz!» —dedi. Shunda, Janob Rasulullohning yuzlari jahldan qizarib ketdi va «Ey Zubayr, yeringni sug‘orib bo‘lgin-da, suvni bog‘la, so‘ng suv qo‘rg‘on devoriga yetgandagina qo‘shningning yeriga ochib yubor!» — dedilar. Janob Rasululloh, ansoriy g‘azablarini keltirganda, Zubayrning huquqini unitmagan holda ikkalalariga ham maqbul bo‘ladirgan aniq hukm chiqardilar «Bas, parvardigoringiz nomiga qasamki, ular o‘z oralarida chiqqan janjalga sizni hokim qilmagunlariga qadar mo‘min bo‘lmaydilar» degan oyat ana shul voqea xususida nozil bo‘lgan, deb o‘ylayman»,— deydilar Zubayr».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:12:05
14- bob Olloh taoloning qavli: «Bas, ular Olloh taolo in’omiga sazovor bo‘lgan payg‘ambarlar... birlan birga bo‘lurlar»

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar «Men Rasulullohning «Har bir payg‘ambarga kasallik vaqtida dunyo birlan oxiratdan birini tanlash ixtiyori beriladi» deganlarini eshitgan erdim. Ul zotni olib ketgan kasallik paytlarida qattiq xirillash paydo bo‘ldi. Shunda, men Janob Rasulullohning «... ular Olloh taolo in’omiga sazovor bo‘lgan payg‘ambarlar, siddiqlar va shahidlar birlan birga bo‘lurlar» deb tilovat qilganlarini eshitdim va bundan oxiratni ixtiyor qilganlarini bildim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:12:17
15- bob. Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, sizlarga nima bo‘ldiki, Olloh yo‘lida va ul nochor, mazlum erlar va xotinlar... uchun jang qilyapsizlar...»

Ubaydulloh ibn Abu Yazid: «Ibn Abbosdan eshitgandim, u «Men va onam bechoralardan erdik» deb aytar erdi»,—deydilar.

Ibn Abu Mulayka aytadilar: «Ibn Abbos «... magar ul erlar va xotinlar va bolalarki, haqiqatda nochordurlar...» degan oyatni tilovat qilgach: «Men va onam Olloh uzrli sanagan kishilardan erdik»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:12:25
Ibp Abbos: «Hasirat» so‘zi «tor bo‘ldi» ma’nosida, «talvu» so‘zi «Tillaringiz shahodat kalimasini ayqa» degani»,— deydilar.

Boshqa bir mufassir: «Al-Murogim» so‘zi «muhojir» ma’nosida, «rog‘amat» degani «hojarat», ya’ni «hijrat qildm» ma’nosida, «mavqutan» so‘zi ersa «vaqti mu’ayyan» ma’nosidadur»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:12:44
16-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, nega sizlar munofiqlar xususida ikki guruhga bo‘linib oldingizlar? Axir, Olloh ularni qilmishiga yarasha ortlariga qaytardi-ku!»

Zayd ibi Sobit mazkur oyat hakida rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalomning ashoblaridan ko‘pchilik kishilar Uhud janggiga bormay, yo‘ldan qaytdilar. Uhud janggidan keyin, musulmonlar ikkiga bo‘linib, ulardan bir guruhi jangdan qochgan munofiqlarni o‘ldirishni, ikkinchi guruhi ersa, o‘ldirmaslikni talab qildilar. Olloh taolo shu boisdan «Ey mo‘minlar, nega sizlar munofiqlar xususida ikki guruhga bo‘linib oldingizlar?...» degan oyatni nozil qildi. Janob Rasululloh: «Darhaqiqat, Madina pokiza shahardur, u olov kumush tarkibidagi begona iflos moddalarni eritib chiqarib yuborgani yanglig‘, o‘zidan iflos (munofiqlarni) chiqarib tashlagay»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:12:53
17- bob. Olloh taoloning qavli: «Qachon ularga tinchlik yoki xavf-xatar xabari kelsa, uni atrofga tarqatadilar...»

Oyatdagi «yastanbitunahu» so‘zi «uni tashqariga chiqaradilar» ma’nosida, «hasiyban» so‘zi «qudrati yetarli» ma’nosida, «illo inoso» lafzidan murod, tosh, tuproq kabi jonsiz narsalardur. «Marid» so‘zi «itoaqiz» ma’nosida, «falayu-battikunna» so‘zi «kesadilar» ma’nosida, «qiylan» va «qavlan» so‘zlarining ma’nosi bir bo‘lib, «muhrli, rost so‘z» dur.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:13:05
18-bob. Olloh taoloning qavli: «Kimki qasddan bir mo‘minni o‘ldirsa, uning jazosi jahannamdur!»

Sa’id ibn Jubayr bunday deydilar: «Yuqoridagi oyat haqida Kufa ulamolari tortishib qolishib, Ibn Abbosning huzurlariga borishdi. Ibn Abbos raziyallohu anhu «Ushbu «Kimki qasddan bir mo‘minni o‘ldirsa, uning jazosi jahannamdur!» degan oyati karima shu haqda nozil bo‘lgan eng oxirgi oyatdur. Bu oyatni boshqa bir oyat bekor qilgan ermas» deb javob berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:13:25
19- bob. Olloh taoloning qavli: «Sizlarga salom bergan odamga: «Sen mo‘min emassan» — demangizlar»

«As-Silm» va «as-salm» hamda «as-salom» so‘zlarining ma’nosi birdur.

Ibn  Abbos rivoyat   qiladilar:   «Bir   odamning   qo‘lida   o‘lja   bor   erdi.   Unga musulmonlar duch kelib qolishdi. Shunda, u ularga salom berdi. Ular uning salomiga e’tibor bermay, uni o‘ldirib, o‘ljasini tortib olishdi. Shunda Olloh taolo «Bu dunyo o‘ljasini istab, sizlarga salom bergan odamga: «Sen mo‘min emassan» — demangizlar» degan oyatni nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:13:38
20-bob. Olloh taoloning qavli: «Uz uylarida o‘ltir-guvchi mo‘minlar ila Olloh, taolo yo‘lida jihod qilguvchilar teng emaslar»

Saul ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Men Marvon ibn Hakamni masjidda ko‘rib, yonlariga borib o‘ltirdim. U kishi bizga Zayd ibn Sobitning quyidagi gaplarini aytib berdilar: «Janob Rasululloh menga «Uz uylarida o‘ltirguvchi mo‘minlar ila Olloh taolo yo‘lida jihod qilguvchilar teng emaslar» deb yozdirdilar. Shu payt, Abdulloh ibn Ummu Maktum kelib qolib: «Yo Rasulalloh, xudo haqi, agar jihod qilmoqqa yaraganimda, jihod qilgan bo‘lur erdim!» — dedilar, chunki u kishi ko‘r erdilar. Darhol, Olloh taolo o‘z rasuli sallallohu alayhi va sallamga «... illaqiz bo‘lgan holda (o‘z uylarida o‘ltirguvchilar)...» degan qavlini nozil qildi. Shunda ul zotning tizzalari mening tizzam ustida erdi, men shunday yuk sezdimki, hatto tizzam ezilib ketmasaydi, deb qo‘rqdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:13:51
Barro ibn Ozib raziyallohu anhu bunday deydilar: «Uz uylarida o‘ltirguvchi mo‘minlar ila Olloh taolo yo‘lida jihod qilguvchilar teng emaslar» degan oyat nozil bo‘lganda, Janob Rasululloh Zaydni chaqirib uni yozdirdilar. Shu payt Abdulloh ibn Ummu Maktum kelib, o‘zining illatli (ko‘r) erkanligini aytib, shikoyat qildi. Shunda, Olloh taolo «... illaqiz bo‘lgan holda (o‘z uylarida o‘ltirguvchilar)...» degan qavlini nozil qildi».

Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «Uz uylarida o‘ltirguvchi mo‘minlar ila Olloh taolo yo‘lida jihod qilguvchilar teng emaslar» degan oyat nozil bo‘lganda, Janob Rasululloh: «Falonchini chaqiringizlar!»—dedilar. Chaqirilgan kishi siyoh, lavh yoki hayvon kuragi olib keldi. Ul zot unga: «Uz uylarida o‘ltirguvchi mo‘minlar ila Olloh taolo yo‘lida jihod qilguvchilar teng emaslar» deb yozgil!» — dedilar. Shunda, Janob Rasulullohning ortlarida Ibn Ummu Maktum turgan erdi, u: «Yo Rasulalloh, men illatli (ko‘r) odamman!» — dedi. Olloh taolo shu ondayoq avvalgi qavli o‘rniga «Illaqiz bo‘lgan holda o‘z uylarida o‘ltirguvchilar ila Olloh taolo yo‘lida jihod qilguvchilar teng emaslar» degan qavlini nozil qildi».

Ibn Abbos: «Mazkur oyat Badr janggiga borgan va bormagan kishilar haqida nozil bo‘lgan erdi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:14:05
21-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, o‘z jonlariga zulm qilganlarning  jonlarini maloikalar olayotgan paytda: «Qay ahvolda erdingizlar?»— deb so‘rasalar,  ular: «Bizlar bu mulkda bechoralar erdik»,— dedilar. Maloikalar ularga: «Agar hijrat  qilaman desangizlar, Ollohning yeri keng erdi-ku!» — deb aytdilar»

Muhammad ibn Abdurrahmon bunday deydilar: «Madina ahlidan askar to‘plab Shom ahliga qarshi urushga yuborishga qaror qilindi (Bu voqea Makkada Abdulloh ibn Zubayr xalifa bo‘lib turgan vaqtda sodir bo‘lgan). Men Ibn Abbosning xizmatkori Ikrimaga uchrab, unga mazkur qarorni aytdim. Ikrima meni bu jangda qatnashishdan qaytarib, bunday dedi: «Menga Ibn Abbos xabar berdilarki, musulmonlarning ba’zilari payg‘ambarimizning dushmanlari bo‘lmish kofirlar birlan birga bo‘lib, ularning sonini ko‘paytirishda yordam berganlar. Jangda ularga noma’lum yeqqan o‘q kelib tegib (yoki qilich tegib) halok bo‘lganlarida, Olloh taolo ushbu «Darhaqiqat, o‘z jonlariga zulm qilganlarning jonlarini maloikalar olayotgan paytda...» degan oyatni nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:14:19
22- bob. Olloh taoloning qavli: «Hijrat qilmoqqa biror chora topishga qodir  bo‘lmay, chorasiz qolgan erkak, ayol va bolalargina...»

Ibn Abbos raziyallohu anhu lazkur oyatni o‘qib: «Mening onam uzrini Olloh qabul qilganlar jumlasidan erdi»,— dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:14:32
23-bob. Olloh taoloning qavli: «Bundaylarni Olloh shoyad afv qilsa, chunki Olloh afv qiluvchi va gunohlarni kechiruvchidir!»

Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom bir kuni xufton namozini o‘qiyotgan erdilar, Sami’allohu liman hamidah» deb tik turganlaridan so‘ng, sajdaga bormasdan: «Yo Olloh, Iyosh ibn Abu Rafi’aga najot bergin, yo Olloh, Salama ibn Hishomga najot bergin, yo Olloh, Valid ibn Validga najot bergin, yo Olloh, mo‘minlarning benajotlariga najot bergin, yo Olloh, Muzar avlodi boshiga qahatchilik solgin, ularga Yusuf alayhissalom davrlaridagidek qahatchilik yuborgin!»—deb iltijo qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:14:43
24-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar yog‘indan aziyat cheksangizlar yoki bemor bo‘lsangizlar, qurollaringizni qo‘yib qo‘ysangizlar, gunoh emasdur»

Ibn Abbos rivoyat kiladilar: «Ollohning «Agar yogindan aziyat cheksangizlar yoki kasal bo‘lsangizlar...». degan oyati Abdurrahmon ibn Avf haqida nozil bo‘lgan, chunki u kishi yarador erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:14:57
25-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, sizdan ayollar haqida fatvo so‘raydilar. Ular to‘g‘risida sizlarga Olloh hamda Qur’onda tilovat qilinadirgan etim qizlar haqidagi oyatlar fatvo beradi, deb ayting!»

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Ey Muhammad sizdan ayollar haqida fatvo so‘raydilar. Ular to‘grisida sizlarga Olloh («ularga uylanmoqchi bo‘lasizlar» degan qavligacha)» degan oyat qaramogida bir yetim qiz bor kishi haqida nozil bo‘lgan erdi. Usha kishi qizga valiylik (homiylik) qilar, hatto unga tegishli xurmozor ham uning qo‘lida erdi, shuning uchun u arzongarov qizni o‘z nikohiga olmoqchi bo‘ldi. Qiz o‘zi yoqtirgan va moliga ega bo‘lishiga ham rozi bo‘lgan boshqa kishiga turmushga chiqay desa, qizganib rozi bo‘lmadi va qizga zulm qilib, uni erga bermay ushlab turdi. Mazkur oyat shu haqda nozil bo‘lgan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:15:11
26-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar biror ayol eri tomonidan ko‘ngilsizlik yoki yuz o‘girish sodir bo‘lishidan qo‘rqsa...»

Ibn Abbos «Shiqoq» — «buzilish», «va uhzirat il-anfus-ush-shuhha» — «va dillarda mol hirsi mavjud-dur», «ka-l-mu’allaqati» — «na erli va na tul xotin kabi», «nushuzan» — «ko‘ngilsizlik» demakdur»,— deydilar.

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Agar biror ayol eri tomonidan ko‘ngilsizlik yoki yuz o‘girish sodir bo‘lishidan qo‘rqsa» degan oyati karima shunday kishi haqidaki, u xotinidan ko‘ngilsiz bo‘lib, ajralmoqni istaydi, shunda xotin xushyorlik qilib: «Men sizni o‘zim xususimda ozod qilaman»,— deydi (ya’ni, erini o‘ziga moyil qilmoq uchun mahrini biroz kamaytirilishiga yoki kundoshlariga nisbatan kamroq yeb, kamroq kiymoqlikka rozilik bildiradi va bu birlan ikki o‘rtada kelishuv yuz beradi, chunki Olloh taolo «va dillarda mol hirsi mavjuddur»,— degandur) Mazkur oyat shu haqda nozil bo‘lgan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:16:08
27-   bob Olloh taoloning qavli: «Munofiqlar albatta do‘zaxning eng chuqur joyida bo‘lurlar...»

Ibn Abbos «Ad-Dark ul-asfalu» do‘zaxning eng tagidur»,— deydilar.

Ibrohim Asvad ibn Yaziddan naql qiladilar: «Biz Abdulloh ibn Mas’udning davralarida (suhbatlarida) erdik, Huzayfa kelib bizga salom berdilar-da «Sizlardan ko‘ra yaxshiroq qavmga (ya’ni, sahobalarga) nifoq tushirilgan erdi»,— dedilar. Asvad «Subhonalloh, Olloh taolo «Munofiqlar albatta do‘zaxning eng chukur joyida bo‘ladilar»—deydi-ku!»—dedilar. Buni eshitib, Abdulloh kulib quydilar. So‘ng, Huzayfa masjidning bir chetiga borib o‘ltirdilar Abdulloh ersa, o‘rinlaridan turib ketdilar, ashoblari ham tarqalishdi. Hamma ketgandan keyin, Huzayfa menga bir kichik tosh otib chaqirdilar, men yonlariga bordim Huzayfa menga: «Men Abdullohning gapiga tushungan bo‘lsam ham, kulganidan ajablandim. Sizlardan yaxshiroq qavmga nifoq tushirilgani rost. Keyin, ular tavba qilishdi, tavbalarini Olloh taolo qabul qildi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:16:23
28-bob Olloh taoloning qavli: «Biz Nuh va undan keyingi payg‘ambarlarga vahiy yuborganimiz kabi sizga ham vahiy yubordik va biz Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya’qub,  Ya’qubning avlodi, Iso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymonga vahiy yubordik...»

Abdulloh raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Biror kishi «Men Yunus ibn Mattodan yaxshiroqman» deb aytmasligi lozim!» — dedilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kimki «Men Yunus ibn Mattodan yaxshiroqman» desa, yolgon gapirgan bo‘ladi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:16:44
29-bob. Olloh taoloning qavli: «Odamlar sizdan fatvo so‘rarlar, siz aytingki, Olloh taolo sizlarga merosxo‘ri bo‘lmaganlar haqida quyidagi o‘z hukmini bayon qilur: agar bir kishi o‘lsa-yu, uning farzandlari bo‘lmay, faqat bir singlisi qolgan ersa, unga barcha merosning yarmisi berilur. Farzandi bo‘lmagan singilga ersa, uning birodari vorislik qilur..-»

«Kalola» merosxo‘ri bo‘lmagan ota yoki o‘gildur. Barro raziyallohu anhu «Eng oxiri nozil bo‘lgan sura «Baroat» surasidur va eng oxiri nozil bo‘lgan oyat «Sizdan fatvo so‘rarlar» degan oyatdur»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:17:23
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
«AL-MOIDA» SURASINING TAFSIRI

1-   bob («Al-Moida» surasida uchraydigan ayrim so‘zlar tafsiri)


«Hurumun» ko‘plik bo‘lib, birligi «haromun», ya’ni «ehrom kiygan, ehrom boglagan holat» «Fa-bi-mo naqzihim miysoqahum»—«Ahdlarini buzganlari sababli», «alla-ti kataballohu»—«Olloh taqdir qilgan», «tabua» — «o‘z ustingga olmogingni», «doiratun» — «yomon hodisa, kulfat» demakdur. «Al-Igro» — «undash», «ujuruhunna» — «mahr-larini», «al-muhaymin» — «Qur’onga hamda undan burungi barcha kitoblarga iymon keltirgan shaxs» degan ma’noda-dur»,— deydi bir  mufassir.  Sufyon «Mening uchun Qur’onda «lastun alo shay’in hatto tuqiymuu-t-tavrota val-injiyla va mo unzila ilaykum min rabbikum» — «toki Tavrot va Injilga hamda parvardigoringizdan o‘zlaringiz-ga nozil qilingan barcha narsalarga amal qilmas erkansizlar, (to‘g‘ri) yulda bo‘lolmaysizlar» degan oyatdan ko‘ra kuchliroq oyat io‘q «Maxmasa» — «ochlik», «man ahioho», ya’ni «kimki bir kishini nohaq o‘ldirilmog‘idan saqlab qolsa, (go‘yo barcha odamlarni nohaq o‘ldirilmog‘idan asrab qolgandek bo‘ladi)», «shir’atan va minhojan» — «shari’at va sunnat (bergandur)», «Fa-in usira» — «Agar xabar topilsa agar ma’lum bo‘lib qolsa», «al-avlayoni» — «ikkisi hammadan yaqinroq» demakdur»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:17:37
2-   bob Olloh taoloning qavli: «Bugun men sizlarga diyningizni mukammal qilib berdim»

Ibn Abbos: «Maxmasa—ochlik» degani deydilar.

Toriq ibn Shihobrivoyat qiladilar «Yahudiylar Hazrat Umarga «Sizlar bir oyatni qiroat qilursizlar, agar o‘shal oyat bizga nozil bo‘lganida erdi, biz o‘shal kunni bayram qilib olur erdik!»—deyishdi. Hazrat Umar: «Men bu oyatning qachon va qaerda nozil bo‘lganidan bexabarman»,— dedilar. Yahudiylardan biri: «Xudo haqi, men arafa kuni bu oyat nozil bo‘lganida Janob Rasulullohning qaerda turganlarini bilaman!» — dedi. Sufyon: «Ushal kun jum’amidi, yo‘qmidi, aniq bilmayman»,— deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:17:55
3- bob Olloh taoloning qavli: «Agar suv topolmasangizlar, ul holda pok  tuproqqa tayammum qilingizlar...»

«Tayammamuu» — «(astoydil) niyat qilingizlar» «Ommiyna» — «kelib tururlar» deganidur «Amamtu» va «tayammamtu» bir ma’noda

Ibn Abbos «Lomastum», «tamassuuhunna», «vallotiy daxaltum bihinna» va «al-ifzo» so‘zlarining barchasi ayolga yaqinlik qilishni anglatadi»,— deydilar.

Payg’ambarimizning xotinlari Oisha raziyallohu anho bunday deydilar «Rasulullohning safarlaridan birida u kishiga hamroh bo‘ldik. Baydo’ nomli joyga yetganimizda mening marjonim uzilib, tushib qoldi. Rasululloh uni qidirish uchun to‘xtadilar. Odamlar ham to‘xtashdi. Qaqragan cho‘l bo‘lib, odamlarda ham suv yo‘q erdi. Ko‘pchilik Abu Bakr Siddiqning oldilariga borib «Ko‘rmaysizmi qizingiz Oishaning qilgan ishini, Rasulullohni va odamlarni to‘xtatib, yo‘ldan qoldirdi?»—deb shikoyat qilishdi. Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu tepamga kelganlarida Rasululloh boshlarini tizzamga qo‘yib uxlab yotar erdilar. Abu Bakr «Sen Rasulullohni ham, boshqalarni ham suvsiz cho‘lda yo‘ldan qoldirding, odamlarning o‘zlarida ham suv yo‘q» — deb menga dashnom berib, ko‘ksimga turta boshladilar. Rasululloh tizzamda uxlab yotganlari uchungina meni yiqitib yubormadilar. Tong otganda Rasululloh uyg‘ondilar, ammo suv yo‘q erdi. Shunda Olloh taolo «Tayammum» oyatini nozil qildi. Usayd ibn Hazir menga: «Ey Abu Bakr zurriyoti, bu muruvvat sizning sharofatingiz birlan bo‘ldi!» — deb xursandchilik izhor etdi. Keyin o‘zi mingan tuyani joyidan qo‘zgatgan erdik, marjonim uning tagidan chiqdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:18:03
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Baydo’da mening marjonim uzilib, tushib qoldi. Madinaga yetay deb qolgan erdik. Payg‘ambar alayhissalom tuyani cho‘ktirdilar. Tuyadan tushib, mening quchog‘imda uxlab qoldilar. Abu Bakr kelib mening ko‘kragimga qattiq turtdilar-da «Marjoningni deb odamlarni yo‘ldan qoldirding!»—dedilar. Jonim qattiq og‘ridi, lekin Rasulullohning uyg‘onib qolishlaridan xavotir olib, qimirlamadim. Nihoyat, Rasululloh uyg‘ondilar subh namozi yaqinlashgan erdi, suv topolmadilar. Shu payt «Ey mo‘minlar, namoz o‘qimoqchi bo‘lsalaringiz» degan oyat nozil bo‘ldi Shunda Usayd ibn Hazir menga «Olloh taolo siz tufayli odamlarga muruvvat qildi, ey Abu Bakr zurriyoti! Sizlar Olloh taolo odamlarga ato etgan bir marhamatdursizlam!» — dedi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:18:28
4-bob. Olloh taoloning qavli: «O’zingiz rabbingiz birlan birga borib jang qilib  kelaveringiz, biz ersak shu yerda o‘ltirib turamiz»

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu bunday deydilar: «Badr kuni Miqdod: «Ey Ollohning rasuli, Banu Isroilning Muso alayhissalomga «Uzingiz rabbingiz birlan birga borib jang qilib kelaveringiz, biz ersak shu yerda o‘ltirib turamiz» degan gapini biz sizga aytmaymiz, aksincha bizni yetaklangiz, biz siz birlan birgamiz!» — dedi. Bu gap Janob Rasulullohni mamnun qildi. Miqdodning Janob Rasulullohga shunday deganini Toriq ham rivoyat qilib tasdiqlaydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:18:50
5-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh va uning rasuliga qarshi urush olib boruvchi va mamlakatda buzg‘unchilik qiluvchi odamlarning jazosi shuldurkim, ular qatl qilinsinlar yokim dorga osilsinlar yohud qo‘lu oyoqlari qarama-qarshi tarafidan kesilsin yo ular mamlakatdan badarga qilinsinlar»

«Al-Muhoraba lillohi» — «Ollohga ishonmaslik»dur.

Salmon Abu Rajo rivoyat qiladilar: «Abu Qiloba bir kuni xalifa Umar ibn Abdulazizning taxtlari orqasida o‘ltirgan erdilar. Saroy a’yonlari turli narsalar haqida so‘zlashishdi. So‘ng, qasam haqida gap ketdi, shunda barcha xalifalar ham qasamga binoan qasos olmoqni amr qilganlar, deb aytishdi. Xalifa o‘z orqalarida o‘ltirgan Abu Qilobaga qarab: «Ey Abdulloh ibn Zayd, bu masalada sizning fikringiz qanday?» — deb so‘radilar. «Shunda men,— deydilar Abu Qiloba,— uylangandan keyin zino qilgan kishi, birovni nohaq o‘ldirgan kishi va Olloh birlan uning rasuliga qarshi urush qilgan kishigina o‘ldirilishi kerak, deb bilurman»,— dedim. Anbasa o‘rnidan turib: «Anas bu haqda bizga unday va bunday deb rivoyat qilib bergan erdilar»,— dedi. Men (ya’ni, Abu Qiloba): «Anas ibn Molik menga ham shul haqda bunday deb rivoyat qilgan erdilar, ya’ni: «Bir qavm Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, islomni qabul qildi. So‘ng, ular: «Bu yerning havosi bizni ilgadi»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Cho‘lda bizning tuyalarimiz bor, u yerga borib, tuya suti va siydigidan ichib davolaningizlar!»—dedilar. Ular cho‘lga borib, tuya suti va siydigidan ichib shifo topishdi. Keyin, islomni qabul qilib ichgan qasamlarini buzishib, tuyabonni o‘ldirishdi-da, tuyalarni haydab ketishdi. Aytingizlarchi, ularning islomdan qaytib, odam o‘ldirib, o‘grilik qilganlaridan ham ogirroq gunoh bormi?!»—dedim. Anbasa: «Subhonalloh!»—dedi. «Meni yolgonchi, deb o‘ylayapsanmi? Anas xuddi shunday rivoyat qilib berganlar»,— dedim men. Anbasa o‘ltirganlarga: «Ey Shom ahli, modomiki mana shu odam (Abu Qiloba) oralaringizda bor erkanlar, xayriyatga erishaverasizlar!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:19:02
6-bob. Olloh taoloning qavli: «Yetkazilgan jarohatlar uchun qasos olinadi»

Humayd raziyallohu anhu Anas ibn Molikdan nakl qiladilar: «Anas ibn Molikning ammalari Rabi’ bir ansoriya qizning tishini sindirib qo‘ydi. Qiz tomondagilar qasos olmoqni talab qilib Rasulullohning huzurlariga kelishgan erdi, ul zot qasos olmoqni buyurdilar. Anas ibn Molikning amakilari Anas ibn an-Nazr: «Yo Rasulalloh, xudo haqi, singlimning tishini sindirmangiz!» — dedi. Rasululloh: «Ey Anas, Ollohning buyurgani qasosdur!» — dedilar. Keyin, qizning qarindoshlari o‘zaro maslahatlashib, singan tish evaziga tovon olishga rozi bo‘lishdi. Rasululloh: «Ollohning shunday bandalari borki, qasam ichsalar, unga vafo qiladilar!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:19:13
7-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey rasul, rabbingizdan o‘zingizga nozil qilingan narsalarni (ummatingizga) yetkazingiz!»

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Kimki sizga: «Muhammad Olloh nozil qilgan narsalardan birortasini yashirdi»,— desa, shubhasiz, u yolgon gapiribdi, chunki Olloh: «Ey rasul, rabbingizdan o‘zingizga nozil qilingan narsalarni yetkazingiz!» — degandur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:19:27
8- bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh sizlarni bil-may og‘zingizdan chiqib ketgan qasamlaringiz uchun gunohkor qilmaydi»

Oisha raziyallouu anho bunday deydilar: «Mana bu «Olloh sizlarni bilmay ogzingizdan chikib ketgan qasamlaringiz uchun gunohkor qilmaydi» degan oyat kishining «Yo‘q, xudo haqi!», «Ha, shunday, xudo haqi!» deb qasam ichishi haqida nozil qilingandur».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Otam Abu Bakr Siddiq, Olloh taolo qasam kafforati haqidagi oyatini nozil qilguncha, bir marta xam qasamlarini buzmagan erdilar. Oyat nozil bo‘lgach: «Men bo‘lar bo‘lmasga qasam ustiga qasam ichmagayman, agar ilgari ichgan qasamim ustiga qasam ichmogim zarur bo‘lsa, Olloh taoloning ruxsatini qabul qilgayman-da, so‘ng boshqa qasam ichgayman»,— der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:19:38
9-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, Olloh sizlarga halol qilib qo‘ygan pokiza narsalarni harom qilmangizlar!»

Abdullohu ibn Mas’ud raziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz Rasululloh birlan birga gazotga chiqur erdik. Xotinlarimiz uyda qolur erdi. Shunda biz: «Uzimizni bichib qo‘ymaymizmi?»—deb o‘zaro so‘zlashdik. Janob Rasululloh bizni bundan qaytardilar. Shundan keyin, (begona) ayollarga (ular rozi bo‘ladirgan) mablag evaziga (vaqtinchalik) uylanishga ijozat berdilar. Keyin, ushbu «Ey mo‘minlar, Olloh sizlarga halol qilib qo‘ygan pokiza narsalarni harom qilmangizlar!» degan oyatni qiroat qildilar». (Bu hadisda rivoyat qilingan voqea islomning boshida bo‘lgan bo‘lib, ayollarga muvaqqat uylanishga ruxsat jihodda yurgan musulmonlar uchun yengillik tariqasida berilgan erdi. Bunday vaqtinchalik nikohni Rasululloh keyinroq harom, deb man’ etganlar. Hozirda ham bunday nikoh mavjud bo‘lib, u «siyga!» nikoh. deb ataladi, unga faqat shiy’a mazhabidagilar amal qiladilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:19:51
10-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, sharob, qimor, but va fol o‘qlari nopok  bo‘lib, barchasi shayton amalidan bo‘lgan harom ishlardur!»

Ibn Abbos: «Al-Azlom» fol ochishda qo‘llaniladigan o‘qlardur. «An-Nusub» ersa «butlar» bo‘lib, butparastlar ularga qurbonlik qiladilar. Ba’zilchr: «Zalam» «azlom»ning birligi bo‘lib, pat (par)siz kamon o‘qidur «Istiqsom» paqiz kamon o‘qlari birlan fol ochishdur»,— deyishadi»,— deydilar.

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Sharobning haromligi to‘g‘risida oyat nozil bo‘lgan paytda Madinada uzumdan tayyorlanadirgan sharobdan tashqari yana besh xil ichimlik mavjud erdi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:20:01
Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deydilar: «Bizda sizlar «Faziyx» deb aytaydirgan ichimlikdan boshqasi yo‘q erdi. Men tik turib Abu Talhaga va falonchi birlan pistonchiga shu ichimlikdan quyib berayotgan erdim. Shu payt, bir kishi kirib keldi-da: «Sizlarga ham xabar yetdimi?» — deb so‘radi Ultirganlar: «Nima bo‘ldi?» — deb savolga savol birlan javob qaytarishdi. Kelgan odam: «Aroq harom qilindi»,— deyishi birlanoq hammalari: «Ey Anas, manavi xumni agdarib tashla!» — deb buyurishdi. Ular boyagi odamning xabaridan keyin, «Nima uchun?» deb so‘rashmadi ham, qayta sharobni ogizlariga olishmadi ham».

Jobir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Musulmonlardan bir nechasi Uxud gazoti tongida sharob iste’mol qilishgan erdi. Keyin, barchalari gazotda shahid bo‘lishdi. Bu vaqtda hali sharob harom qilinmagan erdi».

Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Umar raziyallohu anhuning Payg’ambar alayhissalomning minbarlariga chiqib: «Ammo ba’d. Ey odamlar, sharobning haromligi to‘grisida oyat nozil bo‘lgan. U besh narsadan: uzumdan, xurmodan, asaldan. bugdoydan va arpadan tayyorlanadi. Aqlni ketkazadirgan ichimlik «sharob» deb aytiladi»,— deganlarini eshitganman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:20:23
11-bob. Olloh taoloning qavli: «Iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan bandalar, agar taqvo qilib, iymon va yaxshi amallarida sobit qolsalar, iste’mol qilgan narsalari uchun gunohkor bo‘lmagaylar, Olloh amali solih qiluvchilarni sevadi»

Anas raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Abu Talhaning uyida odamlarga sharob quyib berayotgan erdim. Sharobning haromligi haqida oyat nozil bo‘lib, bir jarchi shul to‘g‘rida e’lon qildi. Abu Talha menga: «Bor, nima gap erkanligini bilib kel!»— dedilar. Men chiqib qarasam, jarchi: «Ogoh bo‘lingizlar, sharob harom qilindi!» — deb baqirardi. Keyin, Abu Talha: «Bor, sharobni ko‘chaga to‘kib kel!» — deb buyurdilar. Men sharobni Madina ko‘chalaridan biriga olib chiqib to‘kdim. Madinaliklarning asosiy sharobi fazix erdi. Ba’zilar: «Sharob ichib jangda halok bo‘lganlarning holi nima kecharkin?» —deb aytishdi. Shun-da, Olloh taolo «Iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan bandalar, agar taqvo qilib, iymon va yaxshi amallarida sobit qolsalar, iste’mol qilgan narsalari uchun gunohkor bo‘lmagaylar...» degan mazmundagi oyatni nozil qildi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:20:35
12- bob Olloh taoloning qavli: «... o‘zingizni ranjitib qo‘ymog‘i ma’lum qilingan narsalar xususida so‘ramangizlar...»

Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deydilar: «Bir kuni Rasululloh xutba o‘qidilar, unday xutbani ilgari eshitmagan erdim. Ul zot «Agar men biladirgan narsani sizlar ham bilganlaringizda erdi, ozroq kulib, ko‘proq yiglardingizlar!» — dedilar. Shunda barcha sahobalar yuzlarini berkitishib, piqillab yiglay boshlashdi. Shu payt o‘ltirganlardan biri «Mening otam kim?» — deb so‘rab qoldi. Janob Rasululloh «Otang falonchi»—deb javob berdilar. Shunda Olloh taoloning «o‘zingizni ranjitib qo‘ymogi ma’lum qilingan narsalar xususida so‘ramangizlar» degan oyati nozil bo‘ldi» Bu hadisni Nazr va Ruh ibn Uboda ham Shu’badan naql qilib rivoyat qilganlar

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar «Qavm Janob Rasulullohni mazax qilib, bo‘lar-bo‘lmas savollar bera boshladi. Bir kishi «Mening otam kim?» — desa, ikkinchisi yo‘qolgan tuyasini so‘rab «Mening tuyam qaerda?» — deb savol berar erdi. Shunda Olloh taolo «Ey mo‘minlar, o‘zingizni ranjitib qo‘ymogi ma’lum qilingan narsalar xususida so‘ramangizlar va agar Qur’on nozil bo‘layotgan paytda shunday savollar bergan bo‘lsangizlar, ma’lumingiz bo‘lsinkim, Olloh buning uchun sizlarni afv etdi, Olloh mag‘rifatli rahimdil zotdur!» degan oyatni nozil qildi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:20:53
13-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh taolo muqarrar qilmadi bahiyrani va nasoibani va na vasiylani va na homiyni...»

«Moida» so‘zi lugatda «dasturxon solib tuzab qo‘yilgan xontaxta» bo‘lib, shaklan ismi fo’il bo‘lsa ham, ma’nan ismi maf’uldur, ya’ni «tuzab qo‘yilgan»deganidur. Xuddi «Iyshatun roziyatun» va «tatliyqatun boinatun» so‘zlariga o‘xshaydi. Bular ham ismi foil shaklida, ammo «farovon, kishi rozi bo‘ladirgan hayot» va «taloq qilingan (ayol)» ma’nolarini anglatadi.

Sa’id ibn Musayyab bunday deydilar: «Bahiyra» — suti butlarga atalgan tuya bo‘lib, biror kishi uni sogishi mumkin bo‘lmagan «Soiba» ham butlarga atalgan tuya bo‘lib, kasallikdan tuzalgan kishi uni o‘z holiga qo‘yib yuborar erdi, unga yuk ortish mumkin ermas erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:21:19
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman: «Men Amr ibn Omirni do‘zaxda ko‘rdim, u o‘z qurbonligini sudrab yuribdi chunki u butga atab tuyasini qo‘yib yuborgan birinchi odam erdi». «Vasila» — urgochi bo‘taloq tugadigan tuya bo‘lib, qurbonlik tarzida uni butlarga atab qo‘yib yuborishgan. «Homiy» — erkak tuya bo‘lib,uning pushtidan bir qancha bo‘taloq tugilgach, butlarga atab quyib yuborishgan unga yuk ortish man’ qilingan».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh «Men jahannamni ko‘rdim, lovillagan alangalari bir-birini yutyapti. Unga birinchi bo‘lib kirgan Amrni ham ko‘rdim, u o‘z qurbonligini sudrab yuribdi, chunki u butga atab tuyasini qo‘yib yuborgan birinchi odam erdi»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:21:35
14- bob Olloh taoloning qavli: «Men ularning oralarida bo‘lgan paytimda ulardan  xabardor bo‘lib turdim. Meni huzuringga chorlaganingdan so‘ng, sen o‘zing ularni  kuzatib turgan erding. Sen o‘zing hamma narsaga guvohdirsan!»

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh bir kuni xutba o‘qidilar-da «Ey odamlar, albatta hammangiz Olloh taolo huzurida yalang oyoq, yalang‘och va xatna qilinmagan holda to‘planasizlar»,— dedilar, keyin. «Avval qanday yaratgan bo‘lsak, o‘sha holga qaytaramiz, bu zimmamiz-dagi va’dadur, uni albatta bajaruvchidurmiz» degan oyatni tilovat qildilar. («Al-Anbiyo» surasi, 104-oyat) So‘ng, bunday dedilar: «Ogoh bo‘lingizlar, Qiyomat kuni insonlardan birinchi bo‘lib Ibrohim alayhissalomga libos kiydiriladi. Ogoh bo‘lingizlar, ummatlarimdan bir necha kishini chap taraflaridan mahkam ushlagan holda olib kelishadi. Men «Ey rabbim, bular mening ashoblarim-ku!» — deyman. Shunda «Albatta, siz o‘zingizdan keyin bularning qanday fitnalar sodir qilganlarini bilmassiz»,— deyilgay. Men Ollohning solih bandasi (Iso ibn Maryam) aytganlaridek «Men ularning oralarida bo‘lgan paytimda ulardan xabardor bo‘lib turgan erdim. Meni huzuringga chorlaganingdan so‘ng, sen o‘zing ularni kuzatib turgan erding. Sen o‘zing hamma narsaga guvohdirsan (xabardordursan)»—deyman. «Darhaqiqat, bularni tark etganingizdan buyon, bular murtadlik qilurlar» deb aytilgay».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:21:43
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday dedilar: «Albatta sizlar Olloh taolo oldida jam’ qilinasizlar. Odamlarning ba’zilari chap tomonlaridan ushlanadilar. Shunda men solih banda (Iso ibn Maryam) aytganlaridek: «Men ularning oralarida bo‘lgan paytimda ulardan xabardor bo‘lib turdim. Meni huzuringga 15- bob. Olloh taoloning qavli: «Agar sen ularni azoblasang, ular o‘zingning bandalaringdurlar, agar ularni mag‘firat qilsang, albatta sen qudrat va hikmat egasisan»chorlaganingdan so‘ng, sen o‘zing ularni kuzatib turgan erding. Sen o‘zing hamma narsaga guvohdursan. Agar sen ularni azoblasang, ular o‘zingning bandalaringdurlar, agar ularni magfirat qilsang, albatta sen qudrat va hikmat egasisan»,— deyman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:22:01
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
«AL-AN’OM» SURASI


Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Olloh taoloning «Summa lam takun fitnatuhum» degan qavlidagi «fitnatuhum» so‘zi «aldov, o‘zini oqlash» ma’nosidadur (23-oyatda). «Ma’ruushot» —ishkomga ko‘tarib qo‘yilgan tok va boshqa o‘simliklardur (141-oyatda). «Hamuula»—yuk ortiladigan hayvonlardur (142-oyatda), «La-labasno» so‘zi «adashtirgan bo‘lur erdik» ma’nosida (9- oyatda). «Va yanavna» so‘zi «uzoqlashadilar, qochadilar» ma’nosida (26-oyatda). «Tubsala» so‘zi «sharmanda bo‘lish» ma’nosida (70-oyatda). «Bosituu aydiyhim» — «qo‘llarini cho‘zib» deganidur (93- oyatda). «Istaksartum» so‘zi «ko‘pchilikni adashtirdingiz» ma’nosida (128-oyatda). «Zaraa minal-harsi» «(Olloh taolo) yaratgan ekindan» deganidur (136-oyatda). «Ammash-tamalat» so‘zi «ichidagi bolasi» ma’nosida (143- oyatda). «Akinnatun» so‘zining birligi «kinon» bo‘lib, ma’nosi «parda» dur (25- oyatda). «Masfuuhan» so‘zi «oqib turgan» ma’nosida (145-oyatda). «Sodafa» so‘zi «yuz o‘girtirish» ma’nosida (157-oyatda). «Mublisuuna» so‘zi «noumid qilindilar» deganidur (44- oyatda). «Ubsiluu» so‘zi «azobga giriftor qilindilar» ma’nosida (70-oyatda). «Sarmadan» so‘zi «doimo» deganidur. «Istahvathu» so‘zi «yo‘ldan ozdirdi» ma’nosida (71- oyatda). «Vaqrun» so‘zi «garanglik» ma’nosida (25- oyatda), agar «Viqrun» bo‘lsa, «yuk» deganidur. «Asotiyr» so‘zining birligi «ustuura» yoki «istora» bo‘lib, ma’nosi «cho‘pchak, hikoyadur (25- oyatda). «Al-Ba’sou» so‘zi agar «ba’s»dan bo‘lsa, «qiyinchilik, mashaqqat», agar «bu’s» dan bo‘lsa, «falokat,ofat» deganidur (42- oyat-da).«Jahratan» so‘zi «ochiq, oshkora» ma’nosida (47-oyatda) «As-Suur» so‘zi «suurat» so‘zining ko‘pligi (bo‘lib, «karnay» ma’nosida, 73-oyatda). «Malakuut» so‘zi «mulk» ma’nosida (75- oyatda). «Janna» so‘zi «qorong‘u bo‘lmoq» demakdur (76-oyatda). «Ta’olo» so‘zi «yuksak, buyuk, ulug‘» (100-oyatda). «Va in ta’dil kulla adlin, lo yu’xaz minho» — «agarchi har qancha tavba qilmasin (tovon bermasin), qabul qilinmas» deganidur (70-oyatda). «Alallohi husbonuhu» deyilganda «Uning hisob-kitobi Ollohning zimmasida» deb tushiniladi. Ba’zan «Husbonun» shaytonga otiladirgan tosh ma’nosida ham qo‘llaniladi. «Mustaqarrun (fis-sulbi)» va «mustav-da’un (fir-rahmi)» so‘zlari «Olloh shunday zotki, sizlarni bir jondan paydo qilib, sizlarga ona qornida qarorgoh va ota pushtida vaqtincha turadirgan joy qildi» degan oyatda mavjud (98-oyat). «Al-Qinvu» so‘zi «g‘ujum» ma’nosida, ikkiligi ham, ko‘pligi ham «qinvoni», xuddi «sinvun» va «sinvoni»ga o‘xshaydi (99- oyatda).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:22:12
1-   bob. Olloh taoloning qavli: «Parvardigor huzurida g‘aybning kalitlari bor, uni yolg‘iz uning o‘zidan boshqa hech kim bilmaydi»

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh: «G’aybning kalitlari beshta»,— dedilar-da, «Luqmon» surasining quyidagi 34- oyatini qiroat qildilar: «Qiyomatning qachon bo‘lishini Ollohning o‘zigina biladi, yomg‘irni Olloh yog‘diradi, ona qornidagi homilaning o‘g‘ilmi qizligini Olloh biladi, hech bir odam ertaga nima ish qilishini bilmaydi va hech bir odam qaerda o‘lishini bilmaydi, albatta Olloh hamma narsani biluvchi va hamma narsadan xabardor zotdur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:22:26
2-   bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, «U sizlarga tepangizdan yoki oyoqlaringiz ostidan azob yuborishga yoki sizlarni guruh-guruh qilib bo‘lib yuborib, biringizning zararingizni ikkin-chingizga totdirishga qodirdur» deb aytingiz!»

Jobir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Janob Rasululloh Olloh taoloning «Ey Muhammad, «U sizlarga tepangizdan... azob yuborishga... qodirdur» deb aytingiz!» degan qavlini o‘qib «Uz panohingda asra» — dedilar, «yoki oyoqlaringiz ostidan» degan qavlini o‘qib ham «Uz panohingda asra!» —dedilar, «yoki sizlarni guruh-guruh qilib bo‘lib yuborib, biringizning zararingizni ikkinchingizga totdirishga qodirdur» degan qavlini o‘qigach ersa, «Bu osonroq!»—deb qo‘ydilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:22:41
3-bob. Olloh taoloning qavli: «Iymon keltirgan va iymonlarini zulm birlan bulg‘amagan kishilar omonlik topgaylar va ular hidoyatga erishgan bandalardur»

Abdulloh ibn Mas’ud bunday deydilar «iymonlarini zulm birlan bulg‘amaganlar» degan oyat nozil bo‘lganda sahobalar «Qaysi birimiz zulmdan xolimiz?» — deyishdi, shunda «Albatta, shirk eng katta zulmdur!» degan oyat nozil bo‘ldi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:22:57
4-bob. Olloh taoloning qavli: «... va Yunusga va Lutga hidoyat qilib, hammalarini butun olam axlidan afzal qildik»

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom «Hech bir banda «Men Yunus ibn Mattodan yaxshiroqman» demasligi lozim»,— dedilar»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom «Hech bir banda «Men Yunus ibn Mattodan yaxshiroqman» demasligi lozim»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:23:16
5-bob. Olloh taoloning qavli: «Ana o‘shalar Olloh hidoyat qilgan kishilardur, o‘shalarning yo‘llarigagina yuringiz!»

Sulaymon al-Ahval Mujohid raziyallohu anhu haqlarida bunday deydilar: «Mujohid Ibn Abbosdan «Sod» surasida sajda bormi?» — deb so‘radilar. Ibn Abbos «Ha»—deb javob berdilar-da, («Al-An’om» surasidagi) quyidagi oyatlarni o‘qidilar. «Biz Ibrohimga Ishoq va Ya’qubni hadya etdik. Bularning barchalariga hidoyat qildik. Ilgari Nuhga ham hidoyat qilgan erdik. Uning zurriyotidan bo‘lmish Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso va Horunga ham hidoyat qildik. Amali solih qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz Zakariye, Yahyo, Ilyos va Isoga ham hidoyat qildik. Ular barchalari ham solih bandalardandur. Ismoil, al-Yasa’, Yunus va Lutga ham hidoyat qildik va hammalarini butun olam ahlidan afzal qildik. Ularning ota-bobolari, zurriyotlari va birodarlaridan ba’zilarini tanlab olib, ularni ham to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qildik. Ollohning hidoyati shundaydur, u o‘zi xohlagan bandasiga hidoyat qilgay. Agar ular mushrik bo‘lganlarida erdi, qilgan amallari behuda ketgan bo‘lur erdi. Ana o‘sha zotlarga Kitob, hikmat va payg‘ambarlik ato etganmiz Bas, bu oyatlarni (so‘zlarni) anavilar inkor eqalar, ularni inkor qilmaydirgan qavmga topshirib qo‘yganmiz. Ana o‘shalar Olloh hidoyat qilgan kishilardur. Bas, o‘shalarning yo‘llarigagina yuringiz!» (84—90- oyatlar). Keyin (Ibn Abbos) «Dovud ham o‘sha payg‘ambarlardandurlar, payg‘ambaringiz sallallohu alayhi va sallam ularga ergashishga buyurilgandurlar»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:23:32
6-   bob Olloh taoloning qavli: «Yahudiylarga har bir tuyoqli hayvonni harom
qildik, mol-qo‘ylarning yog‘larini ham ularga harom qildik».


Ibn Abbos «Har bir tuyoqli hayvon — bu tuya birlan tuya qush»,— deydilar.

Boshqalar «Hoduu», ya’ni «yahudiy bo‘lganlar» degani, ammo «Inno hudno» ning ma’nosi» — «Albatta, bizlar tavbaqildik», «Hoid» ersa «Tavba qiluvchi»dur»,— deyishadi.

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz alayhissalom «Olloh yahudiylarni halok qilsin, ularga Olloh hayvonlar yog‘ini harom qilgan vaqtda, ular yog‘larni to‘plab, pulga sotib, pulini yedilar»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:23:46
7-   bob Olloh taoloning qavli: «Buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham
yaqinlashmang!»


Abdulloh ibn Mas’ud raziyallouh anhu bunday deydila: «Biror kishi Ollohdan ko‘ra rashkliroq ermas, shuning uchun u yashirin ham, oshkora ham buzuqlik qilishni harom qildi. Biror kishi maqtovni Ollohchalik yaxshi ko‘rmaydi. Shuning uchun u o‘zini maqtadi»

Amr ibn Murra bunday deydilar: «Men Abu Voildan «Siz bu hadisni Abdullohdan eshitdingizmi?» — deb so‘radim. U kishi «Ha»,— deb javob berdilar. Men «Abdulloh Rasulullohga nisbat berdilarmi?»—deb so‘radim. Abu Voil «Ha»,— dedilar»

«Vakil» so‘zi «saqlovchi, ihota qiluvchi» ma’nosida Qubulan» «qabiyl» so‘zining ko‘pligi, ma’nosi—«nav’,tur» bo‘lib, azoblarning ham turi bor, har bir azob turi «qabiyl» deyiladi. (Bu so‘z 111-oyatda mavjud) «Zuxru-fa-l-qavli»—«usti yaltiroq — ichi qaltiroq so‘z», ya’ni yaramas, qabih narsani o‘rab, bezab ko‘rsatilsa, «zuxruf» deyiladi (Bu so‘z 112-oyatda bor).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:24:09
8-   bob. Olloh taoloning qavli: «Qiyomat kuni keltirgan iymoni foydasizdur!»

«Halumma shuhadoakum»ning ma’nosi «guvohlaringizni (ulamolaringizni) chaqiringizlar» bo‘lib, «halumma» so‘zi hijozliklar tilida ishlatiladi, uning birligi, ikkiligi va ko‘pligi ham bir xil ko‘rinishdadur (bu so‘z 150-oyatda bor).

Abu Hurayra raziyallohu anhu xabar beradilar: «Rasululloh «Toki Quyosh o‘zi botadirgan tomondan chiqmas erkan, qiyomat qoim bo‘lmaydi. Quyoshning mag‘ribdan chiqqanini ko‘rgan odamlar darhol iymon keltira boshlaydilar, ammo endigi iymon, avvalroq keltirmaganlari uchun, hech kimga foyda bermaydi»,— dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu xabar beradilar: «Rasululloh: «Quyosh mag‘ribdan chiqmaguncha qiyomat bo‘lmaydi. Uning mag‘ribdan chiqqanini ko‘rgan odamlar darhol iymon keltiradilar, ammo bu vaqtda keltirilgan iymon naf qilmaydi»,— dedilar. So‘ng (158-) oyatni tilovat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:24:24
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
«AL-A’ROF» SURASI


Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Riyoshan» — «mol» ma’nosida, (Osim qiroatida bu so‘z «riyshan» shaklida o‘qiladi, 26- oyat). «Darhaqiqat, Olloh haddan oshuvchilarni yaxshi ko‘rmaydi» degan jumla (55- oyat) duo va boshqa narsalar xususidadur «Afav» so‘zi «ko‘paysinlar» ma’nosida bo‘lib, mol yoki farzandlarning ko‘payishi nazarda tutiladi. (95- oyat). «Al-Fattoh» — «Hukm qiluvchi» bo‘lib, «Iftah baynano (va bayna qavmino)» — «Biz birlan qavmimiz o‘rtasida hukm qil» deganidur. (89- oyat). «Nataqno» so‘zi «ko‘tardik» ma’nosida (171-oyat). «Inbajasat» so‘zi «otilib chiqdi» demakdur (160-oyat). «Mutabbarun»— «barbod bo‘lguvchi» ma’nosida (139-oyat) «Oso» «achinaman» ma’nosida, «taasso» «achindi» degani (93-oyat)»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:25:25
Ibn Abbosdan boshqa ulamolar bunday deyishadi: «Mo mana’aka allo tasjuda» jumlasidagi «lo» ortiqcha bo‘lib, ma’nosi «Sajda qilmoqligingga nima monelik qildi» deganidur (12- oyat) «Iaxsifoni» — ikkalasi o‘ray boshladi», ya’ni «(Odam va Havo) ikkalalari o‘z avratlarini jannatdagi barglar birlan o‘rab, berkita boshladilar» degan ma’noda (22-oyat) «Savotuxumo»ning ma’nosi — «ikkalalari o‘z avratlarini» deganidur (22-oyat) «Mato’un» — «foydalanish» ma’nosida (24- oyat) «Qabiyluhu» — «unga o‘xshashlar» deganidur (27- oyat). «Iddorakuu» — «bir-birlari birlan topishurlar demakdur (38- oyat). Inson va hayvon a’zolarining hammasi «sumuum» deyiladi, birligi ersa «sammun» bo‘lib, ko‘zi, burni, og‘zi, qulog‘i, keti, olatining uchini anglatishi mumkin (40- oyat). «G’avosh» so‘zi «to‘shak»dur (41- oyat). «Nushran» — «yoyilgan» degan ma’noda (Osim qiroatida bu so‘z «bushran» deb o‘qilib, «bashorat, bashorat keltiruvchi» degan ma’nodadur (57- oyat). «Nakidan» «oz» yoki «qiyin» deganidur (58-oyat) «Yag‘nav» so‘zi «yashaganlar» ma’nosida (92-oyat). «Haqiyqun»— «chin, rost» degani (105- oyat). «Istarhabuuhum» — «rahbatun» so‘zidan bo‘lib, «qo‘rqitdilar» deganidur (116-oyat) «Talqa-fu»— «yuta boshladi» ma’nosida (117-oyat) «Toiruhum» — «shumliklari, baxtiqaroliklari» deganidur (131-oyat) «Tufon» — «sel» degani, ba’zida ko‘p o‘limga ham «tufon» deyiladi (133-oyat). «Qummal»—«bit» ma’nosida (133-oyat). «Uruush» va «ariysh»— «imorat» bo‘lib, «ya’rishuuna» — «baland (imorat) qurardilar» degan ma’noda (137- oyat). «Suqita» — «pushaymon bo‘ldilar» degani (149-oyat) «Al-Asbot»— «Banu Isroil qabilalari» (159- oyat) «Ia’duuna fis-sabti» — «Shanba kuni (xususida) haddan oshdilar» degani (163-oyat) «Shurra’an—«ochiq, (suv betida) ko‘ringan holda» ma’nosida (163-oyat) «Baiysun» — «qattiq» degani (165-oyat) «Axlada ilal-arzi» «er-ga (mol-dunega) mukkasidan ketdi» ma’nosida (176- oyat) «Sanastadrijuhum» — «ohista, ohista (halokat yoqasiga) olib kelamiz» degani (182-oyat) «Min jinnatin»— «jinnilik (dan)» demakdur (184- oyat) «Fa-marrat bihi» — «uni (homilani) olib yurdi, ya’ni homilador bo‘lib yurdi» degani (189-oyat) «Yanzag‘annaka»— «(shayton) vasvasa qilsa» ma’nosida (200-oyat). «Toifun»— «vasvasa»dur (201-oyat). «Iamudduunahum» — «yordam beradilar» ma’nosida (202- oyat) «Xiyfatan»—«qo‘rqib» deganidur (205-oyat) «Al-Osol» so‘zining birligi «asiyl» bo‘lib, asr va shom oralig‘idagi paytni bildiradi (205-oyat)»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:25:38
1- bob. Olloh taoloning qavli: «Parvardigorim, xoh oshkor, xoh yashirin bo‘lsin, buzuqliklarni harom qildi»

Amr ibn Murra bunday deydilar: «Men Abu Voildan: «Bu hadisni sen Abdulloh ibn Mas’uddan eshitdingmi?» —deb so‘radim. Abu Voil: «Ha, o‘zim eshitdim» —deb Abdullohga nisbat berdi-da: «Ollohdan ko‘ra rashkliroq zot yo‘q, shuning uchun ham Olloh buzuqlikning oshkorini ham, yashirinini ham harom qildi. Ollohdan ko‘ra maqtovni yoqtiradirganroq zot ham yo‘q, shuning uchun u o‘zini maqtadi»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:26:13
2- bob. Olloh taoloning qavli: «Muso va’dalashgan vaqtimizda Tur tog‘iga  kelgach, parvardigori unga so‘zladi, shunda u: «Parvardigorim, menga jamolingni (tuhfa et) ko‘rsat, men seni bir ko‘ray!» — dedi. Olloh: «Sen meni hargiz ko‘rolmassan va lekin tog‘ tarafiga boqgil, agar ul o‘z joyida salomat qolsa, sen meni ko‘ra olursan»,— dedi. Bas, parvardigori tog‘ga jamolin jilvasin tushirib erdi, tog‘ni yer birla yakson qildi va Muso behush bo‘lib yiqildi, so‘ng o‘ziga kelib:» (Ey poko-parvardigoro, men seng‘a tavba qildim va men mo‘minlarning‘ avvalidurman»,— dedi»

Ibn Abbos: «Ariniy» — «Menga ato et, menga tuhfa et» degan ma’nodadir»,— deydilar.

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladshar: «Rasulullohning huzurlariga bir yahudiy kelib, yuziga shapaloq yeganidan shikoyat qildi-da: «Ey Muhammad! Sizning ansoriy ashoblaringizdan biri yuzimga shapaloq urdi»,— dedi. Janob Rasululloh yahudiyni urgan ansoriyni chaqirtirdilar va: «Nima uchun yuziga urding?» — deb so‘radilar. Ansoriy: «Yo Rasulalloh, men yahudiylar oldidan o‘tib ketayotgan erdim. Shunda ulardan birining «Musoni butun insoniyatdan ulug qilgan zotga qasam ichamanki...» deganini eshitib qoldim. Men borib: «Muhammaddan ham ulugmi?»— degan erdim, u: «Muhammaddan ham»,— dedi. Jahlim chiqib, men uning yuziga shapaloq tortib yubordim»,— dedi. Rasululloh: «Meni boshqa payg’ambarlardan yaxshiroq, deb ajratmangizlar. Qiyomat kuni odamlarning hammasi behush bo‘lib yiqiladi. Birinchi bo‘lib men hushimga kelaman. Qarasam, ro‘paramda Muso Arsh ustunlaridan birini ushlab turgan bo‘ladilar. Hazrat Muso mendan avval o‘zlariga keldilarmi yoki Tur togida behush bo‘lib yiqilganliklari evaziga bu gal behush qilinmadilarmi, buni bilmagayman»,— dedilar».

«Al-Mannu vassalvo» — ko‘rinishi limonga o‘xshagan shirin meva va bedanadur.

Payg’ambar alayhissalom: «Qo‘ziqorin ham Olloh taolo osmondan tushirgan ne’matlardandur. Uning suvi ko‘z ogrigiga shifodur»,— dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:26:24
3- bob. Olloh taoloning qavli: «Ey odamlar, yeru osmonlarning egasi bo‘lmish Ollohning sizlarga yuborilgan rasuliman, deb ayting!»

Abu Dardo’ raziyallohu anhu aytadilar: «Abu Bakr birlan Umar o‘zaro tortishib qolishdi. Abu Bakr bir narsa xususida Umarning achchiqlarini chiqargan erdilar, u kishi gazablanib turib ketdilar. Shunda Abu Bakr Umarning orqalaridan kechirim so‘rab qoldilar, ammo Umar kechirmay, Abu Bakrning yuzlariga darvozani taraqlatib yopib chiqib ketdilar. Abu Bakr Siddiq Janob Rasulullohning oldilariga keldilar, biz ul zot birlan birga o‘ltirgan erdik. Rasululloh voqe’adan xabar topganlaridan so‘ng: «Ammo, birodarlaringiz (ya’ni, Abu Bakr) xayriyatga birinchi bo‘lib erishgandur!»—deb aytdilar. Janob Rasulullohning bu gaplari Umar raziyallohu anhuga yetib borgandan so‘ng, u kishi o‘zlaridan sodir bo‘lgan ishga ko‘p nadomat chekdilar. So‘ng, payg’ambarimizning oldilariga kelib salom berdilar-da, ul zotning ro‘paralarida o‘ltirib bo‘lgan voqeani aytib berdilar. Janob Rasululloh Hazrat Umardan gazablandi-lar. Buni ko‘rib, Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu: «Yo Rasulalloh, xudo haqi, ayb o‘zimdan o‘tgan erdi»,— deb yolvora boshladilar. Lekin, Rasululloh: «Hali sizlar mening do‘stimdan (ya’ni, Abu Bakrdan) yuz o‘giradirgan bo‘ldingiz-larmi?! Ey odamlar, men barchangizga: «Ollohning rasuliman»,— deganimda, sizlar: «Yolgon aytding!» — degansizlar, Abu Bakr ersa: «Rost aytdingiz!» — deb birinchi daf’adayoq mo‘min bo‘lgan»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:26:40
4- bob. Olloh taoloning «hittatun» degan qavli haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh bunday deb aytdilar: «Banu Isroilga «Eshikdan sajda qilib kiringizlar va bizning gunohimizni afv et, deb aytingizlar, biz sizlarning gunohlaringizni afv eturmiz» deyilganda, ular Olloh taolo tayinlagan so‘zlarni o‘zgartirib, eshikdan orqalari birlan sudralib kirishdi va «hittatun — gunohlarimizni afv et» deyish o‘rniga, «hintatun — arpa ber» deb aytishdi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:26:55
5- bob Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, marhamatli bo‘lingiz, yaxshi amallarga buyuringiz va joqillardan yuz o‘giringiz!»

«Al-Urf» — «yaxshi amallar» ma’nosida

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Uyayna ibn Hisn Madinaga kelib, jiyani Hur ibn Qaysning uyiga tushdi. Hur ibn Qays xalifa Umar raziyallohu anhuning yaqin kishilaridan erdi, chunki Hazrat Umar qorilarni yaxshi ko‘rar, ularni xoh yosh, xoh keksa bulsin, doim majlis va mashvaratlariga taklif qilib, suhbat qurar erdilar. Hur ibn Qays ham qorilardan biri erdi. Uyayna ibn Hisn Hurga «Ey jiyan, sening Hazrat Umar oldida hurmating bor, huzurlariga kirishga ijozat olib bergin!» — dedi. Hur ibn Qays «Men sizga ijozat olib beraman»,— deb va’da qildi. Hur amakisiga Hazrat Umardan ijozat so‘radi, ul kishi kirishga ijozat berdilar. Uyayna Hazrat Umar huzurlariga kirgandan so‘ng «Ey Ibn al-Xattob, siz bizga katta-katta hadyalar bermayapsiz, bizga nisbatan adolat birlan hukm qilmayapsiz!»—dedi. Hazrat Umar qattiq g‘azablanib, uni jazolashga qasd qildilar. Hur ibn Qays Hazrat Umarga «Ey mo‘minlar amiri, Olloh taolo o‘z payg‘ambariga «Marhamatli bo‘lingiz, yaxshi amallarga buyuringiz va johillardan yuz o‘giringiz!» — degandur, Uyayna ersa, ana shunday johillardan»,— dedi. Xudo haqi, Hur bu oyatni tilovat qilganida Hazrat Umar Olloh taoloning qavliga bosh egib, o‘zlarini bosdilar. Hazrat Umar Olloh taoloning Kitobi oldida ta’zim etuvchi kishi erdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:27:05
Abdullohu ibn Zubayr «Olloh taolo «Marhamatli bo‘lingiz, yaxshi amallarga buyuringiz» degan oyatini odamlar axloqi xususida nozil qildi»,— deydilar.

Abdulloh ibn Zubayr «Olloh taolo o‘z payg‘ambariga insoniy fazilat (axloq) bo‘lmish kechirimlilikka odat qilmoqni amr qildi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:27:27
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
«AL-ANFOL» SURASI.


«Sizdan o‘ljalar haqida so‘raydilar, aytingizki, o‘ljalar Olloh va uning rasulinikidur. Bas, Ollohdan qo‘rqingizlar va o‘zaro sulh qilingizlar!».

Ibn Abbos «Al-Anfol»— «o‘ljalar» degani»,— deydilar.

Qatoda «Riyhukum»—«quvvatingiz» ma’nosida»,— deydilar («Al-Anfol» — 1-oyat, «riyhukum» — 46-oyat)

«Nofila»— «o‘lja» demakdur.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:27:48
Sa’id ibn Jubayr bunday deydilar: «Men Ibn Abbosdan «Anfol» surasi haqida so‘radim, u kishi «Bu sura Badrda nozil bo‘lgan»,— dedilar».

«Ash-Shavkat»— «tig‘» (tig‘li qurol) ma’nosida (7-oyat) «Murdifiyna» so‘zi «ketma-ket, guruh-guruh» ma’nosida, masalan «radafaniy» yoki «ardafaniy» deyiladi, ma’no-si — «mendan keyin keldi» deganidur (9-oyat) «Zuquu» — «jisman tatib ko‘ringizlar» degani, «og‘izda tatib ko‘ringizlar» degani ermas (14-oyat) «Fa-yarkumahu» —«toki to‘plasin» ma’nosida (37-oyat) «Fa-sharrid»—«ajrat, qochir, qo‘rqit» deganidur (57- oyat) «Va in janahuu» — «va agar ular moyil bo‘lsalar» demakdur (61- oyat) «Yusxina» — «mag‘lub etmog‘i, ko‘p qon to‘kmog‘i» deganidur (67- oyat).

Mujohid «Mukoan va tasdiyatan» (35-oyat)— «qo‘llarini og‘izlariga tiqib hushtak chalishdan va qarsak urishdan iborat bo‘ldi» degan ma’nodadur»,— deydilar.

«Li-Yusbituuka» — «seni hibsga olmoq uchun» degani (30- oyat)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:28:07
Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, Olloh taoloning dargohidagi maxluqlarning eng yomoni karu gunglar bo‘lib, ular hech tushunmaslar» (22- oyat).

Ibn Abbos bunday deydilar: «Darhaqiqat, Olloh taoloning dargohidagi maxluqlarning eng yomoni karu gunglar bo‘lib, ular hech tushunmaslar» degan oyati karima Abduddor qabilasiga mansub bir guruh odamlar to‘g‘risida bo‘lib, Olloh taolo «Ey mo‘minlar, Olloh taolo birlan uning rasuli sizlarni o‘zlari yaroqli (munosib) qilgan narsaga da’vat qilishsa, qabul qilingizlar va bilib qo‘yingizlarki, Olloh taolo banda birlan uning qalbi o‘rtasida to‘siq bo‘lur va albatta sizlar uning dargohiga borib to‘planursizlar»,— deydi (24-oyat) «Istajiybuu» — «javob qilingyzlar, qabul qilingizlar» degani, «limo yuhyikum» — «sizlarni o‘zlari yaroqli (munosib) qilgan narsaga» degan ma’nodadur»

Abu Sa’id ibn al-Mu’allo raziyallohu anhu bunday deydilar: «Namoz o‘qib turgan erdim, Janob Rasululloh yonimdan o‘tib ketayotib meni chaqirdilar. Men namozimni tugatgunimga qadar oldilariga bormadim, keyin namozimni tugatib bo‘lib, qoshlariga borgan erdim, menga: «Chaqirganimda huzurimga kelmog‘ingga nima monelik qildi, axir Olloh taolo «Ey mo‘minlar, Olloh taolo birlan uning rasuli sizlarni.. da’vat qilishsa, qabul qilingizlar (javob beringizlar)!» — «deb aytgan-ku!» — dedilar. So‘ng, yana : «Men senga masjiddan chiqmasimdan burun Qur’ondagi eng buyuk surani o‘rgatib qo‘yaman»,— dedilar-da, masjiddan chiqmoqchi bo‘lib ilgari yurdilar, shunda men ul zotga o‘zlari menga aytgan gaplarini eslatdim».

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan biri o‘shal eng buyuk sura xususida so‘zlab: «Bu yetti oyatdan iborat «Fotiha» surasidur»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:28:24
1-   bob. Olloh taoloning qavli: «Parvardigoro, agar bu (Qur’on) haqiqatan ham sening Kitobing bo‘lsa, ul holda bizga osmondan tosh yog‘dirgil yoki boshqa biror dardli azob yuborgil!» (32- oyat)

Ibn Uyayna bunday deydilar: «Olloh taolo Qur’onda «matar» deganda, faqat (o‘zi osmondan nozil qiladirgan) azobni nazarda tutadi, arablar buni «gays» deyishadi. Masalan, Olloh taolo. «Ular noumid qilingach, (tepalaridan) gays (balo, azob) yuboradirgan uning (Olloh taoloning) o‘zidur»,— deydi».

Anas ibn Molik bunday deydilar: «Abu Jahl: «Parvardigoro, agar bu (Qur’on) haqiqatan ham sening Kitobing bo‘lsa, ul holda bizga osmondan tosh yogdirgil yoki boshqa biror dardli azob yuborgil!»—dedi. Shunda Olloh taolo «(Ey Muhammad), siz oralarida bo‘la turib, Olloh taolo hargiz ularga azob bermas va Olloh taolo ular istigfor aytgan holda hargiz ularga azob berguvchi ham ermas, Olloh taolo qaysi amallari uchun ularga azob bermasin?! Vaholanki, ular o‘zlari mutavallisi bo‘lmasalar-da, musulmonlarning Al-Masjid ul-Haromga kirib ibodat qilmoqlariga monelik qilurlar, uning mutavallilari bo‘lsa, faqat taqvodor kishilardurlar, lekin ularning ko‘plari buni fahmlamaslar» degan oyati karimasini nozil qildi (33— 34- oyatlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:28:45
2-   bob. Olloh taoloning qavli: «(Ey Muhammad), siz oralarida bo‘la turib, Olloh taolo hargiz ularga azob bermas va Olloh taolo ular istig‘for aytgan xolda hargiz ularga azob berguvchi ham ermas»

Anas ibn Molik bunday deydilar: «Abu Jahl: «Parvardigoro, agar bu (Qur’on) haqiqatan ham sening Kitobing bo‘lsa, ul holda bizga osmondan tosh yogdirgil yoki boshqa biror dardli azob yuborgil!» — dedi. Shunda Olloh taolo «(Ey Muhammad), siz oralarida bo‘la turib, Olloh taolo hargiz ularga azob bermas va Olloh taolo ular istigfor  aytgan holda hargiz ularga azob berguvchi ham ermas,  Olloh taolo qaysi amallari uchun ularga azob bermasin? Vaholanki, ular... musulmonlarning Al-Masjid ul-Haromga kirib ibodat qilmoqlariga monelik qilurlar...» degan oyati karimasini nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:29:03
Olloh taoloning qavli: «Dunyoda fasod qolmaguncha va din butkul Olloh taolo uchun bo‘lmaguncha ularga qarshi urush qilingizlar!» (39- oyat)

Nofi’ raziyallohu anhu bunday deydilar: «Bir kishi Ibn Umar raziyallohu anhuning qoshlariga kelib: «Ey Abu Abdurrahmon, Olloh taolo o‘z Kitobida «Agar ikki toifa mo‘minlar urushsalar...» deb zikr qilganini eshitmaganmisiz, Olloh taolo o‘z Kitobida zikr qilgani kabi urush qilmog‘ingizga nima monelik qiladi?»—dedi. Ibn Umar: «Ey jiyanim, bu oyatning hukmiga uchib urush qilmayman, bu oyatning hukmiga uchganimdan ko‘ra, Olloh taoloning «Kimki bir mo‘minni qasddan o‘ldirsa...» degan oyatiga rioya qilganim afzal!»—dedilar. Boyagi odam: «Axir, Olloh taolo «Fitna (fasod) qolmaguncha ularga qarshi urush qilingizlar!» deb aytgan-ku?!—dedi. Ibn Umar: «Janob Rasulullohning zamonlarida shunday qilganmiz, u vaqtda Islom hali zaif erdi, agar kishi o‘z dini xususida fitna qilsa, uni yo o‘ldirar yoki kishanband qilishar erdi. Hozir ersa, Islom mustahkamlandi, endi fitna sodir bo‘lmaydi»,— dedilar. Ibn Umarning o‘z fikrlaridan qaytmayotganlarini ko‘rgan boyagi odam: «Ali va Usmon haqida fikringiz qanday?»—dedi. Ibn Umar: «Ali va Usmon xususida nima ham derdim, sizlar afv qilmoqdan bosh tortganlaringizda Olloh taolo Usmonni mag‘firat qilgan erdi, Ali xususiga kelsak, u Janob Rasulullohning amakilarining o‘g‘li va kuyovlaridur»,— dedilar-da, qo‘llari birlan ishora qilib: «Mana bu ko‘rib turganingiz uylari bo‘ladi»—deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:29:23
Sa’id ibn Jubair rivoyat qiladilar «Ibn Umar huzurimizga chikdilar, shunda bir kishi «Fitnaga qarshi urush qilmoq xususida fikringiz qanday?» —deb u kishidan so‘radi. Ibn Umar «Sen fitnaning nima erkanligini bilasanmi o‘zi? Muhammad sallallohu alayhi va sallam mushriklarga qarshi urush qilgan erdilar, mushriklarga qo‘shilmoqlikning uzi fitnadur, ul zotning qilgan urushlari sizlarning mol-mulk uchun qilgan urushlaringiz kabi emasdur!» — dedilar».

Ikki yuz (kofirni) mag‘lub qilurlar» degan oyati karimasini nozil qildi. Olloh taolo ularning jihodga hozirligini yengillashtirish birlan birga sabr-toqatini ham kamaytirdi, jihodga hozirligini qancha yengillashtirgan bo‘lsa, sabr-toqatini ham shunchalik kamaytirdi (ya’ni, ilgarigi oyatda bir musulmon o‘nta kofirni mag‘lub etmog‘i farz qilingan bulsa, keyingi oyatda Olloh taolo bir mo‘minning ikki kofirni mag‘lub etmog‘ini farz qilib, musulmonlarga yengillik tug‘dirdi)»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:29:52
3- bob Olloh taoloning qavli: «Ey nabiy sallallohu alayhi va sallam, siz mo‘minlarni jihodga qiziqtiringiz, agar sizlardan yigirmata sabrli mujohid bo‘lsa, ular ikki yuz (kofirni) mag‘lub qilurlar va agar sizlardan yuzta mujohid bo‘lsa, ular kofirlardan ming kishini mag‘lub qilurlar, chunki ular (kofirlar) befahm qavmdurlar» (65- oyat)

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Olloh taoloning «agar sizlardan yigirmata sabrli mujohid (jihod qiluvchi) bulsa, ular ikki yuz (kofirni) mag‘lub qilurlar» degan oyati karimasi nozil bo‘lganda bir musulmonning o‘n kofirga bas kelmog‘i taqdir qilindi. Sufyon «yigirmata (sabrli) mujohid bo‘lsa, ular ikki yuz (kofirni) mag‘lub qilurlar» degan oyat nozil bo‘ldi, keyin «Endi Olloh taolo sizlarga yengillik tug‘dirdi» degan oyati karima (66- oyat) nozil bulib, yuz musulmonning ikki yuz kofirni mag‘lub etmog‘i taqdir qilindi» — deb ko‘p marta aytar erdilar. Sufyon «mo‘minlarni jihodga qiziqtiringiz, agar sizlardan iigirmata sabrli mujohid bo‘lsa» degan oyati karima nozil buldi» — deb ham ko‘p takrorlar erdilar. Sufyon va Ibn Shubruma «mo‘minlarni jihodga qiziqtiringiz» degan qavl xususida so‘zlab «Shu kabi amri ma’ruf va nahiy munkar qilmoqligimiz lozim, deb hisoblayman»,— deyishadi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:30:31
«BAROAT» SURASI

«Valiyjatan» (16- oyat) — «bir narsaning ichiga kiritilgan har qanday narsa (ya’ni, maxfiy tutilgan narsa), «ash-shuqqatu» (42-oyat) — «safar», al-xabol» (47-oyat)—«fasod» («o‘lim» degan ma’nosi ham bor), «va lo taftinniy» — «meni haqorat qilma, meni urishma, menga tahdid qilma» (49- oyat), «karhan» va «kurhan» bir ma’noda bulib, «noxush, istamay» (53-oyat) deganidur. «Mudaxxalan» (57-oyat) — «bosh suqadirgan, berkinadirgan joyni», «yajmahuuna» (57- oyat) — «yugurishib ketadilar», «al-mu’tafikot» (70- oyat) — «chappa qilingan, ostin-ustin qilingan (shaharlar)», «adn» (72-oyat)— «abadiy, hamisha turadirgan», «al-xavolif» (87- oyag) — «xonanishin, uyda o‘ltiradigan xotinlar», «al-xayrotu» (88- oyat) — «yaxshiliklar, afzalliklar», «murjavna» (105-oyat)—«orqaga surildilar, kechiktirildilar», «shafo» (108-oyat)— «qirg‘oq, lab», «juruf» (108-oyat)—«ariq, soy», «hor» (108-oyat)—«o‘pirilgan» «lavvohun» (114-oyat) — «achinuvchi, rahmdil» degan ma’nodadir. Agar quduq buzilib keqa, «quduq o‘pirilib ketdi» deyiladi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:30:48
1- bob Olloh taoloning qavli: «Olloh taolo va uning rasuli tarafidan sizlar ila  shartnoma tuzgan mushrik qabilalarga nafrat e’lon qilinur!» (1- oyat)

«Azonun» (2- oyat) — «e’lon» demakdur.

Ibn Abbos bunday deydilar: «Uzunun» (61- oyat) — «rost so‘zlaydi» ma’nosida, «tutahhiruhum va tuzakkiyhim biho> (103-oyat) har ikkalasi bir ma’noda bo‘lib, «pok qilursiz» deganidur. Zakot — toat va ixlosdur, chunki zakot bermasalar, Olloh taolodan bo‘lak tangri yo‘qligiga shahodat keltirmagan bo‘ladilar «Yuzohiuuna» — «o‘xshaydilar» (30-oyat)»

Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «Eng keyin nozil bo‘lgan oyat — «Sendan fatvo so‘raydilar, sen ularga: «Olloh taolo sizlarga kimsasiz qolganlar xususida fatvo berur» — deb aytgil» degan oyatdur va eng keyin nozil bo‘lgan sura — «Baroat» surasidur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:31:04
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Endi, ey mushriklar, bu mamlakatda to‘rt oy yurib olinglar va bilinglarki, sizlar Olloh taoloni ojiz (zaif) qilolmassizlar, Olloh taolo kofirlarni albatta rasvo qilguvchi zotdur!» (2- oyat)

«Siyhuu» — «yuringlar» deganidur.

Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Abu Bakr raziyallohu anhu meni («Hajjat ul-Vido’» dan oldingi) o‘sha haj vaqtida ikki jarchiga bosh qilib jo‘natdilar. Ular Nahr kuni Minoda turib «Kelasi yili mushrik haj qilmaydi, yalang‘och odam Baytullohni tavof etmaydi» deb ovoza qilmoqlari lozim erdi».

Humayd ibn Abdurrahmon bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ya’lo ibn Abu Tolibni ulovlariga mingashtirib oldilar-da, unga «Baroat» surasini e’lon qilmoqni amr qildilar».

Abu Hurayra: «Nahr kuni Hazrat Ali ham biz birlan birgalikda Mino ahliga «Baroat» surasini e’lon qilib, «Kelasi yili mushrik haj qilmaydi, yalang‘och odam Baytullohni tavof etmaydi» deb jar soldilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:31:31
3-bob. Olloh taoloning qavli: «Va (bu oyatlar) buyuk haj kunida Olloh taolo birlan uning rasuli tarafidan odamlarga (qilingan) e’londurki, Olloh taolo va uning rasuli mushriklardan bezordur (nafratlanur), bas agar sizlar tavba qilsangizlar, bu o‘zingizga yaxshidur va agar bosh torqangizlar, bilingizlarki, sizlar Olloh taoloni ojiz (zaif) qilolmassizlar, (ey Muhammad), kofirlarga dardli azob borligidan darak beringiz!» (3- oyat)

Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Abu Bakr raziyallohu anhu meni o‘sha haj vaqtida ikki jarchiga qo‘shib jo‘natdilar. Ular Nahr kuni Minoda turib «Kelasi yili mushrik haj qilmaydi va yalang‘och odam Baytullohni tavof etmaydi» deb ovoza qilmoqlari lozim erdi».

Xumayd ibn Abdurrahmon bunday deydilar: «Janob Rasululloh Ya’lo ibn Abu Tolibni ulovlariga mingashtirib oldilar-da, unga «Baroat» surasini e’lon qilmoqni amr qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:31:48
Abu Hurayra: «Nahr kuni Hazrat Ali ham biz birlan birgalikda Mino ahliga «Baroat» surasini e’lon qilib, «Kelasi yili mushrik haj qilmaydi va yalang‘och odam Baytullohni tavof etmaydi» deb jar soldilar»,— deydilar.

Olloh taoloning qavli: «Mushriklardan sizlar birlan shartnoma tuzganlarninggina (muhlatlarini poyoniga yetkazingiz)» (3- oyat)

Humayd ibn Abdurrahmon bunday deydilar: «Abu Bakr raziyallohu anhu Hajjat ul-Vido’dan ilgarigi haj vaqtida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kelasi yili mushrik haj qilmaydi va yalang‘och odam Baytullohni tavof etmaydi» deb odamlarga e’lon qilmoqni amr qilgan kishilarga Abu Hurayrani ham qo‘shib jo‘natdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:31:59
4-bob. Olloh taoloning qavli: «Qasamlariga vafo qilmagan kufr rahnamolariga qarshi urush qilingizlar!» (12- oyat)

Zayd ibn Vahb rivoyat qiladilar: «Biz Huzayfaning huzurlarida erdik. Shunda ul kishi: «Bu oyat ashoblaridan faqat uch kishi, munofiqlardan ersa, faqat to‘rt kishi qoldi, xolos»,— dedilar. Bir badaviy: «Sizlar Muhammad sallallohu alayhi va sallamning bizlarga xabar berguvchi ashoblarisizlar, uylarimizni vayron qiluvchi va qimmatbaho mol-dunyomizdan o‘g‘irlovchi anavilarning oqibati ne bo‘lg‘ay, bilmagaymiz»,— dedi. Huzayfa: «Ular fosiqdurlar, ha, to‘g‘ri, ulardan faqat to‘rttasigina qoldi, xolos. Ulardan biri keksayib qolgan bo‘lib, agar sovuq suv ichsa, o‘sha zahotiyoq qayt qiladi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:32:12
5-bob. Olloh taoloning qavli: «Oltin va kumush to‘plab, uni Olloh taolo yo‘lida sarf qilmaydirganlarga dardli azob borligidan darak beringiz!» (34- oyat)

Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qiyomat kuni qaysi biringizningdir to‘plagan boyligingiz boshi silliq ilonga aylanadi»,— dedilar».

Zayd ibn Vahb rivoyat qiladilar: «Men Abu Zarrning yonidan o‘tib ketayotib, unga: «Bu yerga qo‘nganingizning boisi nedur?» —dedim. Abu Zarr: «Shomga borgan erdik»,— dedi. Men «Oltin va kumush to‘plab, uni Olloh taolo yo‘lida sarf qilmaydirganlarga dardli azob borligidan darak beringiz!» degan oyatni tilovat qildim. Muoviya: «Bu oyat bizning xususimizda ermas, kitob ahllari to‘g‘risidadur»,— dedi. Men «Bu oyat bizning hamda ularning haqidadur»,— dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:32:37
6- bob. Olloh taoloning qavli: «Ul kuni to‘plagan boyliklari jahannam o‘tida  qizdirilib, peshonalari, ikki biqinlari hamda orqalariga bosiladi va «Uzlaringiz  uchun g‘amlagan boyligingiz mana shu-dir! Endi, g‘amlagan boyligingizning  mazasini bir totib ko‘ringiz-chi!» deyiladi» (35- oyat)

Xolid ibn Aslam bunday deydilar: «Abdulloh ibn Umar qoshimizga chiqib: «Bu  (ya’ni, yuqoridagi) oyat zakot haqida oyat nozil bo‘lmasidan ilgarigi oyatdur, zakot haqidagi oyat nozil qilingach, Olloh taolo zakotni mol-dunyoni halollovchi (poklovchi) vosita qildi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:32:56
7- bob. Olloh taoloning qavli: «Haqiqatan ham oylarning soni Olloh taolo qoshida o‘n ikki oydur, Olloh taolo Kitobida, osmonlar birlan yerni yaratgan kundan e’tiboran, ulardan to‘rttasi muqaddas oylardur» (36- oyat)

«Al-Qayyimu» (36- oyat) — «to‘g‘ri, haqiqiy» degan ma’noda.

Abu Bakra bunday deydilar: «Rasululloh salallohu alayhi va sallam: «Zamon osmonlar birlan yer yaratilgan kundagidek (bir maromda) almashinib (aylanib) turibdi. Yil o‘n ikki oydan iboratdur, ulardan to‘rttasi muqaddas bo‘lib, uchtasi ketma-ket keladi, bular — zulqa’da, zul-hijja va muharram oylaridur, bittasi, ya’ni rajab oyi jumodiy birlan sha’bon oylari oralig‘ida»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:33:38
8- bob. Olloh taoloning qavli: «... ular ikkalasi g‘orda erkanliklarida, ul yo‘ldoshiga: «Xafa bo‘lma, Olloh taolo biz birlandur!» — deb aytganida...» (40- oyat)

Abu Bakr raziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz, ya’ni Janob Rasululloh va men ikkalamiz gorda (mushriklardan qochib berkinib olgan) erdik, men mushriklarning izlarini ko‘rib: «Yo Rasulalloh, agar ulardan birortasi (gorga) qadam qo‘yganida, bizni ko‘rib qolgan bo‘lur erdi!»—dedim. Janob Rasululloh: «(Bu yerda) ikkimiz yolgiz, deb xayol qildingmi, uchinchimiz Olloh taoloning o‘zidur!» — dedilar».

Ibn Abu Mulayka rivoyat kiladilar: «Ibn Abbos birlan Abdulloh ibn Zubayr o‘rtalarida kelishmovchilik yuz berganda, Ibn Abbos Abdulloh ibn Zubayr xususida: «Uning otasi Zubayr ibn Avvom, onasi Asmo binti Abu Bakr, xolasi Oisha raziyallohu anho, buvisi ersa Safiyyadur» — deb aytdim»,— deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:33:46
Roviy Abdulloh ibn Muhammad bunday deydilar: «Men Sufyondan mazkur hadisning isnodini so‘raganimda, ul kishi: «Ibn Jurayj bizga hadis rivoyat qildi, shu asnoda bir odam Ibn Jurayjning xayolini bo‘ldi, natijada u hadisning isnodini aytishni unutdi»,— dedi» (Mazkur hadisning ma’nosi mujmalroq bo‘lib, Ibn Abbosning Abdulloh ibn Zubayr haqidagi ta’riflari bilangina kifoyalanadi. Aslida voqea mana bunday bo‘lgan erdi: xalifa Muoviya vafot etgandan so‘ng, uning o‘rniga o‘g‘-li Yazid ibn Muoviya o‘ltirdi. Ammo, Abdulloh ibn Zubayr unga bay’at qilmadi. Yazid ibn Muoviya o‘lgandan keyin ersa, Abdulloh ibn Zubayr o‘zini xalifa deb e’lon qildi. Hijoz, Misr, Iroq, Xuroson va Shom aholisining ko‘pchiligi unga bay’at qildi. Bu vaqtda Muhammad ibn Ali ibn Abu Tolib va Abdulloh ibn Abbos Imom Husayn vafotlaridan buyon Makkada yashashar erdi. Abdulloh ibn Zubayr ularning ikkalalarini ham o‘ziga bay’at qilmoqqa da’vat qildi. Lekin, Ibn Abbos va Ibn Ali: «Biz, toki butun aholi birlashib, yagona xalifalik barpo qilinmas erkan, biror xalifaga bay’at qilmasmiz!» — deb bundan bosh tortishdi. Shunda ko‘pgina kishilar ularning bu fikriga qo‘shilishdi. Bundan g‘azablangan Ibn Zubayr ularni hibsga oldi. Buning xabari Kufani ishg‘ol qilib, ul yerdagi hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan Muxtor ibn Abu Ubaydga yetgach, u Ibn Zubayrga qarshi qo‘shin tortib borib, Ibn Abbos birlan Muhammad ibn Alini ozod qildi, so‘ng Ibn Zubayrga qarshi urush qilishga ulardan izn so‘radi. Ammo, ular bunga rozilik berishmadi. Xuddi ana shu vaqtda Ibn Abbos Abdulloh ibn Zubayrning nasabini ta’riflab, unga qarshi urush qilmoqning gunoh erkanligini aytgan erdilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:34:09
Ibn Abu Mulayka rivoyat qiladilar: «Ibn Abbos birlan Ibn Zubayr oralarida kelishmovchilik yuz bergan erdi. Shunda men Ibn Abbosning huzurlariga borib «Ibn Zubayrga qarshi urush qilmoqchimisiz? Olloh harom qilgan narsani halol qilmoqchimisiz?» — dedim. Ibn Abbos bunday dedilar: «Xudo saqlasin! Olloh taolo harom qilingan narsani halol qilmoqlikni Ibn Zubayr birlan Banu Umayyaga taqdir qilgan. Olloh taologa qasamyod qilurmanki, men parvardigor harom qilgan narsani hech qachon halol qilmasman. Odamlar menga «Ibn Zubayrga bay’at qilingiz»— deyishdi. Shunda men «Ibn Zubayr xalifalikka munosib kishi. Uning otasi Zubayr ibn Avvom Janob Rasulullohning doimiy dastyorlari bo‘lgan, onasi Asmo — «Zotun-nitoq» (ya’ni, Janob Rasulullohning hijrat qilmoqlari uchun hozirlangan yo‘l jihozlari birlan yeguliklar solingan qopning og‘zini bog‘lashga narsa topilmaganda, Asmo belbog‘larini uzib, uning og‘zini bog‘laganlar. Shunda Janob Rasululloh Asmoni «Zotun-nitoq» — «Kamarbasta, kamar-band» deb ataganlar), xolasi — mo‘minlarning onasi Oisha, ammasi — payg‘ambarimizning xotinlari Xadicha, buvisi ersa payg‘ambarimizning ammalari bo‘lmish Safiyyadur» — deydim. Ibn Zubayrning o‘zi xususiga kelsak, u islomda sobitqadam va Qur’on qorisidur. Banu Umayya haqida so‘zlrydirgan bo‘lsak, ular qarindosh bo‘lgani uchungina men birlan bordi-keldi qilurlar. Meni Banu Umayya tarbiya qilgan bo‘lsa ham, ularning saxovatli, fazilatli kishilari tarbiya qilgan. Ibn Zubayr ersa Banu Tavit, Banu Usoma va Banu Humayd qabilalarini Banu Umayyadan ustun qo‘ydi, natijada Abdulmalik ibn Marvon g‘olibona yurish qilib, Ibn Zubayr dumini xoda qilib qochdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:34:16
Ibn Abu Mulayka rivoyat qiladilar: «Biz Ibn Abbosning huzurlariga kirdik. Shunda Ibn Abbos bunday dedilar: «Ibn Zubayrning qilayotgan ishini ko‘rmaysizlarmi? Men Ibn Zubayrni yo‘lga solish uchun jon-jahdim birlan kurashdim, Abu Bakr va Umar xalifalik qilishganda bul qadar jon kuydirmagan erdim, chunki ular Ibn Zubayrga nisbatan barcha yaxshi xislatlarga boyrok, kishilar erdilar. Men o‘zimga-o‘zim «Ibn Zubayr payg‘ambarimizning ammavachchalari, Zubayr ibn Avvomning o‘g‘illari, Abu Bakrning ham (nabira) o‘g‘illari, Xadichaning jiyanlari, Oishaning ham jiyanlari-ku! Demak, Ibn Zubayr meni mensimayotir, meni o‘zining xos odamlaridan qilishni istamayotir. U meni o‘zidan uzoqlatib, yaxshi ish qilmadi. Agar Banu Umayya mening g‘amimni yeydirgan bo‘lsa, yemay qo‘ya qolsin, mening g‘amimni ulardan ko‘ra, boshqalar yegani ma’qulroqdur!» — dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:34:30
9- bob Olloh taoloning qavli: «... va ko‘ngillarini olmoq zarur bo‘lgan
kishilarga...» (60- oyat)


Mujohid «tuhfa (in’om) lar birla ko‘ngillari olinadi»,—deydilar.

Abu Sa’id raziyallohu anhu bunday deydilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bir narsa yuborishdi, ul zot uni to‘rt kishiga taqsimlab berdilar-da «Men ularning ko‘nglini olaman»,— dedilar. Shunda bir kishi «Adolat qilmadingiz!»—dedi. Janob Rasululloh «Mana shu odamning pushtikamaridan dindan o‘q yanglig‘ otilib chiqib ketuvchi qavm dunyoga keladi!»—dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:34:44
10-bob. Olloh taoloning qavli: «Uz ixtiyorlari birlan sadaqa berguvchi musulmonlarni ayb qilguvchilar...»(79- oyat)

«Yalmizuuna» — «ayb qilurlar», «juhduhum» — «kuchlari» deganidur (79- oyat).

Abu Mas’ud bunday deydilar: «Sadaqa qilmog‘imiz amr qilinganda, biz hammollik (qilib topgan pulimizdan sadaqa) qilur erdik. Abu Uqayl yarim so’, boshqa bir kishi undan ko‘proq sadaqa qildi. Shunda munofiqlar «Olloh taolo boydur, u manavi birlan anavining qilgan sadaqasiga zor ermasdur, bularning qilgan ishi riyokorlikdan boshqa narsa ermas!» — deyishdi. Shundan so‘ng, Olloh taolo «Uz ixtiyorlari birlan sadaqa berguvchi musulmonlarni ayb qilguvchilar hamda o‘z kuchidan bo‘lak narsaga ega bo‘lmaganlarni» degan oyati karimani nozil qildi».

Abu Mas’ud al-Ansoriy bunday deydilar: «Janob Rasululloh sadaqa qilmog‘imizni amr qilur erdilar. Ba’zi birimiz bir muddgacha sadaqa qilmoqqa muvaffaq bo‘lur erdik. Bugun ersa, ayrimlarimizda yuz ming pul bo‘lib, go‘e o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:35:00
11- bob Olloh taoloning qavli: «Siz ular uchun xoh mag‘firat talab qiling va xoh talab qilmang, (baribir befoyda) va agar siz yetmish marta ular uchun mag‘firat talab qilsangiz ham, Olloh taolo sira ularni mag‘firat qilmagay...» (80- oyat).

Abdulloh Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, otasini kafanlamoq uchun ul zotning ko‘ylaklarini so‘radi. Janob Rasululloh unga ko‘ylaklarini berdilar. Keyin, Abdullohning o‘gli ul zotdan otasiga janoza o‘qimoqlarini iltimos qildi. Janob Rasululloh janozaga bormoqchi bo‘lib o‘rinlaridan turgan erdilar, Hazrat Umar ham turib, ul zotning kiyimlaridan ushladilar-da: «Yo Rasulalloh, rabbingiz unga janoza o‘qimogingizni man’ qilgan bo‘lsa ham, unga janoza o‘qiysizmi?» — dedilar. Janob Rasululloh. «Olloh taolo menga tanlash ixtiyorini berib, «Siz ular uchun xoh magfirat talab qiling va xoh talab qilmang, (baribir befoyda) va agar siz yetmish marta ular uchun magfirat talab qilsangiz ham, Olloh taolo sira ularni magfirat qilmagay ..» deb aytgandur, men yetmish martadan ham oshirgayman, chunki u munofiqdur»,.— dedilar. So‘ng, ul zot Abdulloh ibn Ubayga janoza o‘qidilar Shunda, Olloh taolo «Ulardan (ya’ni, munofiqlardan) birortasi o‘lsa, hech qachon unga janoza o‘qimangiz va qabri tepasiga bormangiz!» degan oyati karimasini (84- oyat) nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:35:08
Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu bunday deydilar: «Abdulloh ibn Ubay ibn Salul vafot etganda, Janob Rasulullohni unga janoza o‘qimoqqa chaqirishdi. Ul zot janozaga hozirlanganlarida, men. «Yo Rasulalloh, Abdulloh ibn Ubayga janoza o‘qiysizmi, axir u falon kuni shunday va shunday gaplarni aytib erdi-ku?»—dedim. Janob Rasululloh tabassum qildilar-da, so‘ng ko‘p gapirib yuborganimdan bezor bo‘lib: «Ey Umar, nariroq turgil!» — dedilar. Keyin, yana: «Menga tanlash ixtiyori berilgan, men tanladim. Agar uning uchun yetmish martadan ziyod magfirat talab qilsam, Olloh taolo uni magfirat qilmogini bilganimda erdi, yetmish martadan ko‘proq talab qilgan bo‘lur erdim!»—deb aytdilar. Janob Rasululloh unga janoza o‘qib bo‘lib, endigina yo‘lga tushib erdilar hamki, «Baroat» surasining quyidagi ikki oyati nozil bo‘lib qoldi-«Ulardan birortasi o‘lsa, hech qachon unga janoza o‘qimangiz va qabri tepasiga bormangiz. .» («ular fosiqdurlar» degan qavligacha) Keyin, men Janob Rasulullohga e’tiroz bildirmoqqa jur’at qilganimdan taajjublanib yurdim. Olloh taolo va uning Rasuli eng bilguvchidur!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:35:22
12- bob. Olloh taoloning qavli: «Ulardan birortasi o‘lsa, hech qachon unga janoza o‘qimangiz va qabri tepasiga bormangiz...» (84- oyat)

Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «Abdulloh ibn Ubay vafot qilganda, uning o‘gli Abdulloh ibn Abdulloh Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi, ul zot unga o‘z ko‘ylaklarini berib, otasini shu birlan kafanlamoqni amr qildilar. Keyin, Abdulloh ibn Ubayga janoza o‘qimoqchi bo‘lib o‘rinlaridan turib erdilar, Hazrat Umar kiyimlaridan ushlab: «Yo Rasulalloh, u munofiq bo‘lsa ham janoza o‘qiysizmi, axir Olloh taolo ular uchun magfirat talab qilmogingizni man’ qilgan-ku!»—dedilar. Janob Rasululloh: «Olloh taolo menga tanlash ixtiyorini bergan (yoki xabar bergan) va «Siz ular uchun xoh magfirat talab qiling va xoh talab qilmang, (baribir foydasiz) va agar siz ular uchun yetmish marta magfirat talab qilsangiz ham, Olloh taolo ularni sira magfirat qilmagay» deb aytgan. Men uning uchun yetmish martadan ziyod magfirat talab qilgayman»,— dedilar. So‘ng, ul zot Abdulloh ibn Ubayga janoza o‘qidilar, biz ham birga o‘qidik. Keyin, Olloh taolo «Ulardan birortasi o‘lsa, hech qachon unga janoza o‘qimangiz va qabri tepasiga ham bormangiz, chunki ular Olloh taolo birlan uning rasuliga kofir bo‘ldilar va fosiqliklaricha o‘ldilar» degan oyati karimasini nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:35:36
13- bob. Olloh taoloning qavli: «Sizlar ulardan yuz o‘girmoq bo‘lib (g‘azotdan) ular tomon qaytganingizda, endi ular huzurlaringizda Olloh taologa qasam ichurlar, ulardan yuz o‘giringizlar, chunki ular nopokdurlar va ularning joyi jahannamdurki, (bu) qilmishlari uchun jozo bo‘lsin!» (95- oyat)

Abdulloh ibn Ka’b Tabuk gazotidan qolib ketgan Ka’b ibn Molikning bunday deb aytganlarini eshitgan erkanlar: «Xudo haqi, Olloh taolo meni islomga hidoyat qilgandan keyingi ne’matlarning eng ulug‘i Janob Rasulullohga bo‘lgan sadoqatimdur, agar ul zotga o‘zgalar singari yolg‘on vaj ko‘rsatganimda erdi. Olloh taolo «Sizlar ulardan yuz o‘girmoq bo‘lib (g‘azotdan) ular tomon qaytganingizda, endi ular huzurlaringizda Olloh taologa qasam ichurlar, ulardan yuz o‘giringizlar, chunki ular nopokdurlar va ularning joyi jahannamdurki, (bu) qil-mishlari uchun jazo bo‘lsin! (95-oyat). Ular sizlarni o‘zlaridan rozi qilmoq uchun huzurlaringizda qasam ichurlar, agar sizlar ulardan rozi bo‘lsangizlar ham, Olloh taolo fosiq qavmdan rozi bo‘lmas! (96-oyat)» degan oyatlarini vahiy qilib yuborganda yolg‘on so‘zlab halok bo‘lganlar yanglig‘ halok bo‘lgay erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:35:56
14-bob. Olloh taoloning qavli: «Ular sizlarni o‘zlaridan rozi qilmoq uchun  huzurlaringizda qasam ichurlar, agar sizlar ulardan rozi bo‘lsangizlar ham, Olloh taolo fosiq qavmdan rozi bo‘lmas!» (96- oyat). «Va boshqa bir qancha kishilar bordurlarki, ular o‘z gunoxlarini e’tirof qildilar va amali solihlarini hamda boshqa yomon ishlarini omuxta qildilar, shoyadki Olloh taolo ularni mag‘firat qilsa, darhaqiqat Olloh taolo mag‘firatli mehribon zotdur! (102- oyat)»

Sumra ibn Jundub raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alaihi va sallam bizga bunday deb aytdilar «Bu kecha mening huzurimga ikki kishi (ikki farishta) kelib, meni uygotishdi-da, oltin va kumush g‘ishtlardan bunyod etilgan bir shaharga olib borishdi. U yerda bizga yarmi sen ko‘rib yurgan xushnamo odamlardan ham go‘zalroq va yarmi sen ko‘rib yurgan badnamo odamlardan ham xunukroq kishilar duch keldi. Hamrohlarim ularga «Boringizlar, anavi daryoga tushib cho‘milib chiqingizlar!»— deyishdi. Ular daryoda cho‘milib chiqqach, qiyofalaridagi badnamolik yo‘qolib, juda go‘zal surat kasb etishdi. Hamrohlarim menga «Bu — Adn jannatidur, anavi ersa, sening joyingdur»,— deyishdi. So‘ng «Ammo yarmi go‘zal va yarmi badnamo qavm xususiga kelsak, ular amali solihlarini hamda boshqa yomon ishlarini omuxta qilgan kishilar bo‘lib, Olloh taolo ularni mag‘firat qilgandur» — deb aytishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:36:07
15-bob. Olloh taoloning qavli: «Payg‘ambar va boshqa mo‘minlarning mushriklar uchun mag‘firat talab qilmoqligi durust emasdur...» (113- oyat)

Sa’id ibn Musayyab otalaridan nakl qiladilar: «Ulim to‘shagida yotgan Abu Tolibning huzurida erkanligimda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kirib keldilar. Abu Jahl va Abdulloh ibn Abu Umayya ham shu yerda erdi. Payg‘ambar alayhissalom «Ey amaki, «Lo iloha illalloh» deb kalima keltiringiz, bu Olloh taoloning dargohida siz uchun mag‘firat talab qilmog‘im uchun zarurdur! — dedilar. Abu Jahl va Abdulloh ibn Abu Umayya ersa, Abu Tolibga «Ey Abu Tolib, Abdulmuttalib millatidan yuz o‘girasizmi?» — deyishdi. Janob Rasululloh «Agar Olloh taolo siz uchun mag‘firat talab qilmog‘imni rad etmasa, albatta siz uchun mag‘firat talab qilgayman» — dedilar. Shunda Olloh; taolo «Payg‘ambar va boshqa mo‘minlarning mushriklar uchun, garchi ular qarindoshlari bo‘lsa-da, do‘zaxiy erkanliklarini bila turib mag‘firat talab qilmoqlari durust ermasdur» (113-oyat) deb vahiy nozil qildi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:36:25
16- bob Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, Olloh taolo payg‘ambarga hamda ul muhojiru ansorlarga mehribonlik qildiki, ular o‘zlariga mansub bir firqaning  alblari buzilay deganda yuz berg‘an qiyinchilik onlarida payg‘ambarga itoat etdilar, keyin Olloh taolo ularga mehribonlik qildi, darhaqiqat u ularga mushfiq mehribondur!» (117- oyat)

Abdulloh ibn Ka’b rivoyat qiladilar: «Men Ka’b ibn Molikning «Ul keyinga qoldirilgan uch kishiga ham» degan oyat xususidagi hadislarini eshitdim. Ul kishi o‘z hadislarining oxirida «Uzimning magfirat qilinganim uchun Olloh taolo va uning rasuli yo‘lida molimdan sadaqa qilmogim lozim»,— dedilar. Janob Rasululloh «Ba’zi molingni olib qolgin, bu o‘zing uchun yaxshidur»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:36:40
Olloh taoloning qavli: «(Olloh taolo) ul keyinga qoldirilgan uch kishiga ham mehribonlik qildiki, ularga bunga qadar keng yer yuzi tor bo‘lgan va jonlari siqilgan erdi va ular o‘zlariga Olloh taolodan o‘zga panoh yo‘q, deb bilgan erdilar, keyin Olloh taolo ular tavba qilsinlar, deb ularga mehribonlik qildi, darhaqiqat Olloh taolo tavba qabul qilguvchi mehribon zotdur!» (118-oyat)

Abdulloh ibn Ka’b ibn Molik otalaridan nakl kiladilar: «Men Olloh taolo afv etgan uch kishidan biri bo‘lmish otam Ka’b ibn Molikning Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bo‘lgan gazotlarning, Tabuk va Badr gazotlaridan tashqari, birortasidan qolmaganliklarini eshitganman. Otam bunday deb erdilar: «Men tong otgach, Janob Rasulullohga bor haqiqatni aytmoqqa jazm qildim. Ul zot, odatda, safardan ertalab qaytar va dastlab masjidga kirib ikki rak’at namoz o‘qir erdilar. Janob Rasululloh odamlarga men va ikki sherigim (Hilol va Murora) birlan gaplashmoqni man’ qildilar, lekin bizdan bo‘lak gazotdan qolganlar birlan so‘zlashmoqni man’ qilmadilar. Odamlar biz birlan gaplashmay qo‘yishdi. Bu ahvol uzoq davom etib, men hatto o‘lmogimni afzal ko‘rdim Lekin, agar o‘lsam, Janob Rasululloh menga janoza o‘qimaydilar yoki o‘zlari vafot etib qolsalar, men o‘shal yolgon vaj ko‘rsatganlar qatorida qolib ketib, biror kishi men birlan so‘zlashmaydi ham, o‘lsam, janoza o‘qimaydi ham, deb cho‘chidim. Nihoyat, Olloh taolo tunlardan birining oxirgi uchdan bir qismi qolganda bizni afv etganligi xususida o‘z rasuliga vahiy nozil qilib qoldi, shunda ul zot Ummu Salamaning huzurlarida erdilar. Ummu Salama men birlan yaxshi munosabatda bo‘lib, menga yordam qilib turar erdilar. Janob Rasululloh: «Ey Ummu Salama, Ka’b afv qilindi»,— dedilar. Ummu Salama: «Uning huzuriga odam yuborib, xushxabardan voqif qilayinmi?»—dedilar, Janob Rasululloh: «Agar odamlar sizlarni bezovta qilib, kechaning qolgan qismidagi uyquni buzmogini istasangizlar, mayli»,— dedilar. Keyin, Janob Rasululloh bomdod namozini o‘qib bo‘lgach, Olloh taoloning bizni afv etganini namozxon-larga e’lon qildilar. Odatda, ul zot bashorat qilsalar. yuzlari oy parchasidek qizarib, tovlanib ketar erdi. Janob Rasululloh qoshlarida kechirim so‘raganlarning uzrini qabul qilib, biz gazotdan qolgan uch kishiga nisbatan hukm chiqarmoqni Olloh taoloning o‘ziga havola qildilar. Olloh taolo biz uch kishining tavbasini qabul qilganligi haqida vahiy nozil qilib hamda gazotdan qolgan boshqa kishilar-ning yolgon vaj ko‘rsatib, Janob Rasulullohni aldaganini zikr qilganda ul zot shul haqda gapirdilar va bizning afv etilganimizni bashorat qildilar, ammo biror kishi bu haqda lom-mim demadi. Olloh taolo subhonahu bunday dedi: «Ular sizlarning qoshlaringizda uzr ayturlar, ularning oldiga (gazotdan) qaytganingizda «Uzr so‘ramangizlar, biz hargiz sizlarga ishonmagaymiz, Olloh taolo bizga sizlar haqingizda ma’lum qilgandur, Olloh taolo birlan uning rasuli sizlarning amallaringizni ko‘rgay va keyin sizlar goibiy va oshkor narsalarni bilguvchi zotning dargohiga qaytarilgaysizlar, bas ul sizlarga qilib turgan ishlaringizni ma’lum qilgay» deb aytingiz!» (94-oyat)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:36:54
17-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, Olloh taolodan qo‘rqingizlar va rostgo‘ylar birlan bo‘lingizlar!» (119- oyat)

Abdulloh ibn Ka’b ibn Molik rivoyat qiladilar: «Men Ka’b ibn Molikning Tabuk g‘azotidan qolgan kezlarida bunday deb aytganlarini eshitdim: «Xudo xaqi, men Olloh taolo biror kishini rostgo‘yligi uchun baloga giriftor qilganini bilmayman, Janob Rasulullohga shul haqda aytganimdan buyon hozirgi kunga qadar yolg‘on gapirmoqqa qasd qilmaganim Olloh taoloning meni baloga giriftor qilganidan afzaldur! Olloh taolo o‘z rasuli sallallohu alayhi va sallamga «Darhaqiqat, Olloh taolo payg‘ambarga hamda ul muhojiru ansorlarga mehribonlik qildiki...» («rostgo‘ylar birlan bo‘lingizlar» degan qavligacha, 117,118,119- oyatlar) degan oyati karimasini nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:37:08
18- bob. Olloh taoloning qavli: «Ey insonlar, sizlarga o‘zlaringizdan bo‘lmish  payg’ambar keldi, sizlar tortgan kulfat unga og‘irdur, u sizlarga nihoyatda yaxshilikni ravo ko‘rguvchi bo‘lib, mo‘‘minlarga mushfiq mehribondur» (128- oyat)

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallamga vahiy kelganda yozib oluvchilardan biri bo‘lmish Zayd ibi Sobit al-Ansoriy raziyallohu anhu bunday deydilar: «Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu Yamoma ahli qilgan qotillik sababidan menga odam yuborganlarida huzurlarida Xazrat Umar o‘ltirgan erdilar. Abu Bakr menga: «Hazrat Umar huzurimga kelib: «Yamoma qotilligi sodir bo‘lgan kuni Qur’on qorilarining bir qanchasi o‘ldirildi, agar qorilar shul tariqa qirilib ketaversa, Qur’onning ko‘p qismi unutilib ketmasa erdi, deb qo‘rqaman. Shul boisdan Qur’on (suralarini) jamlab kitob qildirsangiz!» — dedi. Men: «Janob Rasululloh qilmagan ishni men qanday qilgum?» — dedim. Xazrat Umar: «Olloh taolo haqi, bu xayrli ishdur!» — deb mendan qayta-qayta iltimos qilaverdiki, hatto Olloh taolo Umarning qalbini moyil qilgan ishga mening qalbimni ham moyil qilib qo‘ydi va men Umarning fikriga qo‘shildim. (Ey Zayd), sen aqlli yigiqan, shul vaqtga qadar biror ayb qilganingni bilmaymiz, sen Janob Rasulullohga kelgan vahiylarni yozib olur erding, endi Qur’on (suralarini qorilardan) surishtirib topib, jamlagil!» — dedilar. Men: «Olloh taolo haqi, menga Qur’onni jamlamoqdan ko‘ra biror tog‘ni turgan yeridan boshqa joyga ko‘chirib qo‘ymoqni buyursangiz, osonroq bo‘lur erdi, axir Janob Rasululloh qilmagan ishni sizlar qanday qilib uddalagaysizlar?!» — dedim. Abu Bakr Siddiq: «Olloh taolo haqi, bu xayrli ishdur!» — deya iltimos qilmoqlarini qo‘ymadilar, hatto Olloh taolo Abu Bakr Siddiq birlan Hazrat Umarning qalblarini moyil qilgan ishga mening ham qalbimni moyil qilib qo‘ydi va men Hazrat Umarning fikrlariga qo‘shilib, Kur’onning xurmo yaproqlariga, teri parchalariga, sopol va yassi toshlarga bitilgan hamda qorilar zehnida saqlangan oyat va suralarini surishtirib topib, jamlashga kirishdim. «Tavba» surasining «Ey insonlar, sizlarga o‘zlaringizdan bo‘lmish payg‘ambar keldi, sizlar tortgan kulfat unga og‘irdur, u sizlarga nihoyatda yaxshilikni ravo ko‘rguvchi bo‘lib» degan oyati birlan undan keyingi oyatni Xuzaymadan topdim, ularni o‘zgalardan topmagan erdim. Qur’on jamlangan sahifalar, avval Abu Bakr Siddiqning, ul kishi vafot etganlaridan so‘ng, Hazrat Umarning, ul kishi vafot etganlaridan keyin, (Hazrat Umarning) qizlari Hafsaning qo‘llarida saqlandi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:37:26
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
«YUNUS» SURASI


Ibn Abbos bunday deydilar: «Fa-xtalata» (24- oyat) — «har turli (giyohlar) suv birlan undi», «Qoluu «Ittaxa-zallohu valadan, subhonahu huval-g‘aniyyu» (68- oyat) — «Kofirlar «Ollohning bolasi bordur»,— deyishdi, vaholanki Olloh taolo boydur, uning bunga hech ehtiyoji yo‘qdur» degan ma’nodadur»

Zayd ibn Aslam bunday deydilar «Anna lahum qadama sidqin» (2- oyat) degani «Muhammad sallallohu alayhi va sallam» demakdur»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:37:42
Mujohid bunday deydilar: «Xayrun» (58- oyat) deganda o‘shal oyatlar, ya’ni Qur’on hukmlari nazarda tutiladi «hatto izo kuntum fil-fulki va jarayna bihim (22-oyat) «hattoki sizlar kemalarda bo‘lursizlar va yurur kemalar ular ila» degan jumladagi «ular ila» «sizlar ila» demakdur. «Da’vohum» (10-oyat)—«duolari», «uhiyta bihim» (22-oyat)—«halokat yoqasiga yaqin bordilar», «fa-atba’ahum» (90-oyat)—«va orqalaridan keldi», «advan» (90- oyat) — «dushmanlik qilmoq bo‘lib» degan ma’nodadur. «Va lav yu’ajjilullohu lin-nosish-sharras-ti’jolahum bil-xayri la quziya ilayhim ajaluhum» (11-oyat)—«Va agar Olloh taolo odamlar yaxshilikni shoshib (oshiqib) talab qilganlari kabi ularga yomonlikni tezdan yuborsa erdi, ularning hayotlari muddati tamom qilinur erdi» degan ma’noda bo‘lib, agar inson farzandidan yoki biror boshqa yaqin kishisidan g‘azablanganida «Parvardigoro, unga muruvvat qilmagaysan, uni la’natlagaysan!» deb qarg‘asa-yu, Olloh taolo tezdan ijobat qiladirgan bo‘lsa, ul holda ularning hayotlari muddati tamom qilingan bo‘lur erdi. «Lillaziyna ahsanuul-husno va ziyodatun» (26- oyat) — «Yaxshilik qilganlar uchun yaxshilik (yaxshi maqom) va ham mag‘firat bordur» degan ma’nodadur».

Boshqa bir tafsirchi «Ziyodatun» (26- oyat) — «Olloh taoloning diydoriga boqmoqlikdur»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:37:52
Olloh taoloning qavli: «Va biz Banu Isroilni daryodan o‘tkazdik, Fir’avn birlai uning lashkarlari zulm va dushmanlik qilmoq uchun ularning ortlaridan keldi va g‘arq bo‘la boshlagan vaqtida: «Men Banu Isroil iymon keltirgan tangridan bo‘lak tangri yo‘q, deb iymon keltirdim va men musulmonlardanman»,— dedi» (90- oyat)

«Nunajjiyka» (92- oyat) — «Seni baland yerga (tepalikka) chiqarib tashlagaymiz» deganidur.

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallalpohu alayhi va sallam yahudiylar Oshuro ro‘zasini tutayotgan vaqtda Madinaga keldilar. Shunda ular «Bu kun Muso alayhissalom Fir’avn ustidan zafar topgan kundur»,— deyishdi. Janob Rasululloh sahobalariga «Sizlar Muso alayhissalomga ulardan ham haqliroqdursiz-lar, Oshuro ro‘zasini tutingizlar!»—dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:38:12
«HUD» ALAYHIS-SALOT VAS-SALOM SURASI BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Ibn Abbos «Asiybun» (77 oyat) — «Og‘ir, qattiq», «Lo jarama» (22-oyat)— «albatta» degan ma’nodadur»,— deydilar.

Boshqa bir tafsirchi «Va hoqa» (8- oyat) — «Va o‘rab (qamrab) olur» degan ma’nodadur»—deydilar.

Mujohid bunday deydilar: «Fa-lo tabtais» (36-oyat) — «Xafa bo‘lma», «Yasnuuna suduurahum» (5- oyat) — «Haq xususida shak va bo‘hton qilmoqlik»dur. «Li-yastaxfuu minhu» (5- oyat) — «Olloh taolodan yashirinmoq uchun» deganidur»

Abu Maysara «Avvohun» (75- oyat) habashcha so‘z bo‘lib, «rahimdil» demakdur»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:38:21
Ibn Abbos «Bodiyar-ra’yi» (27-oyat)—«Bizga ko‘ringan, bizga tuyulgan narsa»,— deydilar.

Mujohid «Al-Juudiyyu» (44-oyat)— «(Ibn Umar) jaziyrasidan, ya’ni shu nom birlan ataluvchi Suriyadagi shahardan taxminan 40 km shimoli sharqqa joylashgan tog‘»,— deydilar.

Hasan: «Innaka la-antal-haliymu» (87- oyat) — «Albatta, sen sabr-toqatlidursan» deyish birlan Shu’aybni qavmi masxara qildi»,— deydilar.

Ibn Abbos: «Aqli’iy» (44-oyat)—«to‘xta», «asiybun» (77-oyat)— «og‘ir, qattiq», «lo jarama» (22-oyat) — «albatta», «Va forat-tannuuru» (40- oyat) — «Suv otilib chiqdi» degan ma’nodadur»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:38:38
Ikrima: «A-lo innahum yasnuuna suduurahum li-yastaxfuu minhu, a-lo hiyna yastag‘shuuna siyobahum ya’lamu mo yusirruuna va mo yu’linuuna, innah aliymun bi-zotis-suduuri» (5- oyat) — «Ogoh bo‘linsin, ular Olloh taolodan yashirinmoq bo‘lib uning xususida shak va bo‘hton qilurlar, ogoh bo‘linsin, ular kiyimlari birlan boshlarini yopib olganlarida Olloh taolo ularning maxfiy va oshkora qilib turgan narsalarini bilib turur, ul albatta dillar sirlarini bilguvchi zotdur» degan oyat butun yer yuzi (ahliga) qaratilgandur»,— deydilar.

Boshqa bir tafsirchi: «Va hoqa» (8-oyat)—«Va o‘rab (qamrab) olur, (boshiga) falokat bo‘lib tushur» degan ma’noda»,— deydilar.

Mujohid «Fa-lo tabtais» (36- oyat) — «Xafa bo‘lma», «Yasnuuna suduurahum» (5-oyat) — «Haq xususida shak va bo‘hton qilmoqlik», «Li-yastaxfuu minhu» (5-oyat) — «(Agar qo‘llaridan kelsa), Olloh taolodan yashirinmoq uchun» deganidur»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:38:53
Muhammad ibn Ubod ibn Ja’far Ibn Abbosning «A-lo innahum yasnuuna suduurahum...» deb qiroat qilayotganlarini eshitib, shu oyat xususida so‘rabdilar. Ibn Abbos: «Odamlar hojatga borishsa ham, xotinlari birlan jimo’ qilishsa ham uyalishib osmonga qarashar erdi, shunda ushbu oyat o‘shalar haqida nozil bo‘lgan»,— debdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

Hazrat Umar bunday deydilar: «Ibn Abbos «A-lo innahum yasnuuna suduurahum...» deb qiroat qildi».

Boshqa bir roviy bunday deydilar: «Iastag‘shuuna» (5- oyat) — «boshlarini yopadilar», «Si’a bihim» (77- oyat) — «qavmidan xafa bo‘ldi», «va zoqa bihim» (77- oyat) —   «ulardan (xafa bo‘lib) yuragi siqildi», «bi-qit’in minal-layli» (81- oyat) —
«kechqurun», «uniybu» (88- oyat) — «qay-turman» degan ma’nodadur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:39:13
1- bob. Olloh taoloning qavli: «Uning Arshi suv ustida erdi» (7- oyat)

Abu Hurayra razilllohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Olloh azza va jalla: «Nafaqa qil (ehson qil), men ham senga nafaqa qilgayman!»—deydi. Olloh taoloning qo‘li ne’matlarga to‘la bo‘lib, kecha-kunduz uni bandalariga in’om qilgani birlan sira kamaymagay. Ko‘rdingizmi, Olloh taolo osmon(lar) birlan yerni yaratgandan buyon qo‘lidagi ne’matlaridan qancha in’om qilmasin, zarracha kamaygani yo‘q! Uning Arshi suv ustida erdi va qo‘lida tarozu bo‘lib, uni dam tushirib, dam ko‘tarib turadi».

«I’taroka» (53-oyat)—«senga ziyon-zahmat yetkazibdi», «Oxizun bino siyatiho» (56-oyat)—«Biz uning mulki bo‘lib, tamoman uning hukmi ostidamiz», «aniydun» (59- oyat) — «jabr-zulm qilguvchi, sarkash», «ista’marakum» (61-oyat)— «sizlarni joylashtirdi», «nakirahum» (69- oyat) — «ulardan yoqiradi, ularni tan olmadi», «hamiy-dun majiydun» (73- oyat) — «ta’rif etilgan ulug‘ zotdur», «sijjiyl» (82-oyat)—«sopoltoshlar» degan ma’nodadur. Tamim ibn Muqbil bunday degan"

«Hamak yorganlari yanglig‘ tuxumlarni uvol aylab, Ururlar qancha bo‘lsa, tandagi bor kuchlarin to‘plab, Bu qadar kuch birla hech kim otolmaydi sopoltoshni, Pahlavonlar uchun bu bir muammoli erur matlab». «Va ila Madyana axohum Shu’ayban» (84- oyat) — «Va biz birodarlari Shu’aybni Madyan ahliga yubordik», «varoakum zihriyyan» (92-oyat)—«unga e’tibor bermadingizlar», «aroziluno» (27- oyat) — «tubanlarimiz, pastlarimiz», «ijromiy» (35-oyat)—«gunohlarim», «al-fulk» (37-oyat) — «kema», «majroho» (41- oyat) —   «yurishi, suzishi», «mursoho» (41- oyat) — «to‘xtashi» degan ma’nodadur
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:39:32
2- bob. Olloh taoloning qavli: «Va guvohlar: «Mana shulardurlar parvardigorlari xususida yolg‘on so‘zlaganlar»,— deb ayturlar, eshitingizlar, Olloh taoloning la’nati zolimlarga bo‘lsin...» (18- oyat)

«Al-Ashhodu» (18- oyat) — «guvohlar», birligi — «shohid».

Safvon ibn Muhriz bunday deydilar: «Ibn Umar tavof qilib turganlarida bir kishi kelib: «Ey Abu Abdurrahmon (balkim, «Ey Ibn Umar» deb aytgandur), Janob Rasulullohning Olloh taolo birlan banda o‘rtasida bo‘ladirgan o‘zaro (yuzma-yuz) suhbat haqida ne deganlarini eshitganmisiz?» — deb so‘radi. Ibn Umar: «Men Janob Rasulullohning bunday deganlarini eshitganman»,— dedilar: «Mo‘‘min banda o‘z rabbiga shul qadar yaqin borgaydurkim, hatto ul oraga pardasini tashlab olgay-da, «Bunday va bunday gunoh ishlaringni e’tirof qilasanmi?»—deb bandasini o‘z aybiga iqror qildirgay. Banda: «Yo rabbim, ha, men e’tirof qilurman!» — deb ikki bor aytgay Olloh taolo. «Men sening o‘shal gunoh ishingni ul dunyoda yashirgan erdim, endi bugun uni mag‘firat qildim!»—degay. So‘ng, o‘shal bandaning amali solihlari sahifasi varaqlab chiqiladi. Ammo, qolganlar (yoki kofirlar) guvohlar tomonidan «Mana shulardurlar parvardigorlari xususida yolg‘on so‘zlaganlar» deb ovoza qilinadi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:39:52
3-bob. Olloh taoloning qavli: «Parvardigoringizning jazosi mana shundaydur, agar u zolimlik qilgan mamlakatni jazolasa, jazosi nihoyatda dardlidur» (102-oyat)

«Ar-Rifdul-marfuudu» (99-oyat)—«qilingan yordam», «tarkanuu» (113-oyat)—«moyil bo‘ldilar», «fa-lav-lo-kona» (116-oyat)—«bas, nimauchun bo‘lmadi?», «utrifuu» (116- oyat) — «aysh-ishratga berildilar" degan ma’nodadur.

Ibn Abbos: «Zafiyrun va shahiyqun» (106-oyat) — «qattiq va past ovoz»,— deydilar.

Abu Muso raziyallohu taolo anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo agar zolimga jazo bersa, uning osongina qutilib ketishiga yo‘l qo‘ymay, albatta umrini uzaytiradi»,— dedilar, so‘ng «Parvardigoringizning jazosi mana shundaydur, agar u zolimlik qilgan mamlakatni jazolasa, jazosi nihoyatda dardlidur» degan oyati karimani qiroat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:40:15
4- bob Olloh taoloning qavli: «Va (ey habib), ado qilingiz namozni kunduzning har ikki tarafida (ya’ni, erta-yu kech namozi bomdod, peshin va asrni) va tunning ba’zi hissalarida (ya’ni, tunning dastlabki soatlarida shom va xuftonni), albatta yaxshiliklar ketkizur yomonliklarni, bu so‘z nasihatdur nasihat qabul qilguvchilar uchun» (114- oyat)

«Va zulafan» (114-oyat)— «(tunning boshlang‘ich) soatlarida» degan ma’noda bo‘lib, hojilar to‘qqizinchidan o‘ninchiga o‘tar kechasi tunaydirgan «Muzdalifa» degan joy nomi shundan olingandur.

Ibn Mas’ud raziyallohu taolo anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi bir xotindan qiblaning qaysi tomonda erkanligini so‘rayotgan erdi, shu payt Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib qoldilar-da, unga qiblani ko‘rsatib qo‘ydilar Shunda ul zotga «Va (ey habib), ado qilingiz namozni kunduzning har ikki tarafida va tunning ba’zi hissalarida, albatta yaxshiliklar ketkizur yomonliklarni, bu so‘z nasihatdur nasihat qabul qiluvchilar uchun» degan oyati karima nozil bo‘ldi. Boyagi kishi: «Bu oyat mening xususimdami?» — dedi. Janob Rasululloh: «Shu oyatga amal qilgan ummatim uchun»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:40:46
YUSUF ALAYHIS-SALOT VAS-SALOM SURASI
 BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Mujohid: «Muttakaan» (31- oyat) — «Al-Utrujju», ya’ni «limon» degani»,— deydilar. Fuzayl: «Al-Utrujju» habash tilida «limon» demakdur» — deydilar. Ibn Uyayna: «Al-Muttakaan — pichoq birlan kesilgan har qanday narsadir»,— deydilar. Ibn Abbos: «Tufanniduuni» (94-oyat) — «Meni johil deb bilasizlar, meni nodon deb bilasizlar» degan ma’nodadur»,— deydilar. Boshqa bir mufassir bunday deydilar: «G’ayoba» (15- oyat) — «qa’r», «Al-Jubb» (15- oyat) — «quduq», «bi-mu’minin lano» (17-oyat) — «bizga ishonmaysiz», «ashadduhu» (22-oyat)— «kamoliga (etganda)», «asbu» (33-oyat) — «moyil bo‘lurman», «azg‘osu ahlomin» (44- oyat) — «ta’birsiz, ta’biri noma’lum tushlar», «namiy-ru» (65-oyat)—«g‘alla, ozuqa keltiraylik», «va nazdodu kayla ba’iyrin» (65-oyat) — «yana bir tuya g‘alla keltirurmiz», «ovo ilayhi» (69- oyat) — «o‘z yoniga oldi, o‘z yonidan joy berdi» «as-siqoya» (70- oyat) — «suvidish», «istay’asuu» (80- oyat) — «noumid bo‘ldilar», «va lo tay’asuu min ruhil-lohi» (87-oyat)—«va noumid bo‘lmangizlar Olloh taoloning rahmatidan», «xalasuu najiyyan» (80-oyat)— «alohida bir yerga borishib maslahatlashib o‘ltirishdi», «tafta’u» (85- oyat) — «hamisha (istaysan)» degan ma’nodadur». Qatoda: «La-zu ilmin» (68-oyat) — «Ilmiga amal qilguvchi» deganidur»,— deydilar. Ibn Jubayr: «Suvo’» (72-oyat)— «forslarda qo‘llanilgan o‘lchov idishi bo‘lib, undan (suv yoki boshqa biror ichimlik) ichishgan», deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:40:59
1- bob Olloh taoloning qavli: «... va butun qilur o‘z in’omini sanga va Ya’qub avlodiga qam chunoniki butun qilib erdi uni ikki bobong bo‘lmish Ibrohim va Ishoqga» (6- oyat)

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Saxovatli saxovatlining o‘g‘li, saxovatlining o‘g‘li saxovatlining o‘g‘li, Yusufdur Ya’qubning o‘g‘li, u ersa Ishoqning o‘g‘li, u ersa Ibrohimning o‘g‘li».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:41:11
2- bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, Yusuf va uning birodarlari qissalarida savol qilguvchilar uchun ishora (alomat)lar bordur» (7- oyat)

Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Qanday odam qadrliroq?»—deb so‘rashdi. Ul zot: «Odamlarning Olloh taoloning dargohidagi eng qadrlisi — eng taqvodoridur»,— dedilar. Ular: «Sizdan bu haqda so‘rayotganimiz yo‘q»,— deyishdi. Ul zot: «Odamlarning eng saxovatlisi (eng olijanobi) — (Ibrohim) xalilulloh o‘g‘li (Ishoq) nabiyyullohning farzandi bo‘lmish (Ya’qub) nabiyyullohning o‘g‘li Yusuf nabiyyullohdur»,— dedilar. Ular yana: «Sizdan bu haqda ham so‘rayotganimiz yo‘q»,— deyishdi. Ul zot: «Mendan eng olijanob xulqli arablar xususida so‘rayotirsizlarmi?»—dedilar. Ular: «Ha»,— deyishdi. Ul zot: «Agar bilsangizlar, johiliyat davridagi eng yaxshiigiz — islomdagi eng yaxshingizdur»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:41:26
3- bob. Olloh taoloning qavli: «(Ya’qub) dedi: «Io‘q, balki bu dillaringizning sizlar uchun ziynatlab bergan bir tadbiridur, endi sabr (qilmog‘im) yaxshiroqdur» (18- oyat)

«Savvalat» (18- oyat) — «ziynatlab» demakdur.

Ubaydulloh ibn Abdulloh; Janob Rasulullohning zavjalari Oisha onamizdan naql qiladilar: «Tuhmatchilar Oisha onamiz xususlarida ogizlariga kelgan gaplarni aytib, igvo qilganlarida ul muhtarama onamizni Olloh taoloning o‘zi (oyat nozil qilib) oqladi. «Ushanda,— deydilar Oisha onamiz,— mening haqimda har kim turli gaplarni aytdi. Janob Rasululloh: «Agar pokdomon bo‘lsang, seni Olloh taoloning o‘zi oqlaydi, basharti gunoh qilgan bo‘lsang, Olloh taologa istigfor aytgil, unga tavba qilgil!» — dedilar. Men: «Xudo haqi, Abu Yusuf qissasidagi «Endi sabr (qilmog‘im) yaxshiroqdur, sizlarning bu tuhmatlaringizdan xalos bo‘lmog‘im uchun Olloh taolodangina madad tilarman» degan gapdan bo‘lak o‘zimga biror taskin topolmayman»,— dedim. Keyin, Olloh taolo «Sizlardan bir guruh tuhmat qilgan kishilar...» deb boshlanadirgan o‘nta oyat nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:41:37
Masruq rivoyat qiladilar: «Oisha onamizning volidai muhtaramalari Ummu Rumon bunday deydilar: «Bir mahal men va Oisha birga o‘ltirib erdik, Oishaning a’zoi badanini titroq bosdi». Janob Rasululloh: «Siz uning haqidagi gaplarni aytib berganingiz uchun shunday bo‘layotgandur?» — dedilar. Ummu Rumon: «Ha» — deb aytdilar. Oisha o‘ltirdi-da: «Men birlan sizlar Ya’qub birlan uning o‘g‘illariga o‘xshaysizlar»,— dedi, so‘ng «... yo‘q, balki bu dillaringizning sizlar uchun ziynatlab bergan bir tadbiridur, endi sabr (qilmog‘im) yaxshiroqdur, sizlarning bu tuhmatlaringizdan xolos bo‘lmog‘im uchun Olloh taolodangina madad tilarman» degan oyati karimani aytdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:42:06
4-   bob. Olloh taoloning qavli: «Va o‘ziga moyil qilmoqchi bo‘ldi uni o‘zidan
behud qilib ul xotin, vaqtiki ul uning uyida erdi va yopdi eshiklarni va dedi:  «Yaqin kel!» (23- oyat)


Ikrima: «Hayta laka» (23- oyat) — havronliklar tilida «Yaqin kel!» deganidur»,— deydilar (Havron Shomdagi bir mavze). Ibn Jubayr: «Hayta laka»—«Beri kel!» demakdur»,— deydilar.

Abdulloh ibn Mas’ud: «Qolat hayta laka» (23- oyat)— «Dedi: «Yaqin kel!» degan jumlani biz bilganimizcha o‘qiymiz»,— deydilar. «Masvoya» (23-oyat)—«maskanim», «va alfayo» (25- oyat)— «topdilar» degan ma’nodadur.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:42:14
Abdulloh raziyallohu taolo anhu bunday deydilar: «Quraysh qabilasi islomga kirmay Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga sarkashlik qilganlarida, ul zot: «Yo parvardigoro, Yusuf alayhissalom qavmiga yetti yil qurg‘oqchilik yuborganing kabi bularga ham yetti yil qurg‘oqchilik yuborgaysan!» — deb duoi bad qildilar. Shunda Quraysh qurg‘oqchilik balosiga giriftor qilinib, hamma narsa qurib bitdi, hatto ular suyaklarni ham yeyishdi, kishi osmonga tikilsa, o‘zi birlan osmon oralig‘i tutun bo‘lib ko‘rinadirgan bo‘lib qoldi. Olloh taolo «Osmon aniq bir tutun keltiradirgan kunni kutgil!», «Darhaqiqat, biz bu azobni bir oz yengil qilurmiz, albatta sizlar yana qaytguvchidursizlar» deb vahiy nozil qildi. Qiyomat kuni ularga beriladirgan azob yengil bo‘larmikan?! Mana, «Osmon aniq bir tutun keltiradirgan kun» ham, «qattiq jazolab (urib) qasos olinadirgan kun» ham bo‘lib o‘tdi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:42:30
5-   bob. Olloh taoloning qavli: «(Yusufning) qoshiga elchi kelganda, (Yusuf)
unga: «Xojangning huzuriga qayt, undan so‘ragilki, qo‘llarin kesgan xotinlarning hollari nechuk erkan, darhaqiqat mening rabbim ularning makrlarin yaxshi bilur»,— dedi. (Podshoh) xotinlarga: «Yusufni o‘zidan behud qilib, o‘z-laringizga moyil qilmoqchi bo‘lgan vaqtingizda ne ahvolda erdingizlar?» — dedi. (Xotinlar): «Xudo pokdur! Biz Yusufning yomonligini bilmadik»,— deyishdi (50—51- oyatlar)


«Hosha lillohi» (51-oyat)—«Xudo pokdur», «Hosha» — «poklik, soflik» degan ma’nodadur.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo Lut alayhissalomni rahmat qilsin! Ul kishi kuch-qudratga tayanar erdilar. Agar men Yusuf alayhissalom singari zindonga tushib qolsam-u, oldimga birov yuring, deb chaqirib kelsa, darhol ko‘ngan bo‘lur erdim. Biz Ibrohim alayhissalomdan ko‘ra haqliroqmiz, chunki (Olloh taolo): «Yoki ishonmadingizmi?»— deganda, ul kishi: «Ha, ishondim, lekin qalbim taskin topsin!»—deb aytganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:42:52
6- bob Olloh taoloning qavli: «Shunga qadarki, noumid bo‘ldilar payg‘ambarlar (110- oyat)

Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Urva ibn Zubayr Oisha onamizga-«Shunga qadarki, noumid bo‘ldilar payg‘ambarlar» degan oyatdagi so‘z «kuzibuu» deb o‘qilgaymi yoki «kazibuu» deb o‘qilgaymi?»—dedi. Oisha onamiz unga: «Kazibuu» deb o‘qiladi»,— dedilar. Urva: «Payg‘ambarlar o‘z qavmlarining aldaganliklariga amin bo‘lganlar, bu gumon emas»,— dedi. Oisha onamiz: «Ha, hayotim haqi, ular bunga amin bo‘lganlar!» — dedilar. Urva. «Ular gumon qilgan bo‘lsalar-chi'»—dedi. Oisha onamiz: «Olloh o‘z panohida asrasin, payg‘ambarlar (o‘z qavmlaridan gumon qilganlar), parvardigorlaridan emas!» — dedilar. Urva: «Unday bo‘lsa, bu oyatning mazmuni qanday?»—dedi. Oisha onamiz: «Ul qavmlar parvardigorga iymon keltirib, payg‘ambarlarga ishonib ergashgan kishilardur. Keyin, ular uzoq vaqt balolarga giriftor qilinib, hadeganda ularga Olloh taolodan najot bo‘lmagach, payg‘ambarlar: «Qavmimiz bizga yolg‘on va’da bergan erkan-da, (shu boisdan Ollohdan najot bo‘lmayotir)»—deb gumonsiraganlar. Shunda Olloh taoloning najoti (madadi) yetib kelgandur»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:43:07
AR«-RA’D» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Ibn Abbos bunday deydilar: «Ka-bositi kaffayhi» (14- oyat) — «ikki kaftin (hovuchin) suvga uzatgan odam kabi», ya’ni Olloh taolodan bo‘lak ma’budga ibodat qilgan mushrik bo‘lib, u uzoqdan turib suvga termulgan chanqoq kishiga o‘xshaydi, harchand turgan yeridan suvga hovuchin uzatmasin, baribir icholmaydi».

Boshqa bir mufassir bunday deydilar: «Saxxara» (2- oyat) — «rom qildi, bo‘ysundirdi», «mutajovirot» (4- oyat) — «bir-biriga yaqin», «al-masulot» (6- oyat) — «azob-uqubatlar», «mu’aqqibot» (11- oyat) — «Olloh taolo tarafidin har bir bandaga hamroh qilib qo‘yilgan farishtalar bo‘lib, ular uni kuzatib, himoya qilib hamda a’mollarini yozib yururlar», «robiyan» (17-oyat)—«ko‘pikni», «av ma-to’in zabadun misluh» (17- oyat) — «yoki (biror ma’danni) asbob (yasamoq uchun o‘tga qo‘yganda) ham suv ko‘pigi kabi ko‘pik hosil bo‘lur», «jufoan» (17- oyat) — «qurib (bug‘lanib ketar)», ya’ni agar qozondagi suv qaynayversa, oxiri qurib ko‘pik qoladi, keyin u ham foydasiz havoga uchib ketib, hech vaqo qolmaydi, Olloh taolo haqdan botilni ana shu tariqa ajratib (farqlab) oladi. «Al-Mihod» (18- oyat) — «joy», «yadrauuna» (22- oyat) — «daf qilurlar», «salomun alay-kum» (24- oyat), ya’ni «Sizlarga salomatlik bo‘lsin, derlar», «va ilayhi matobiy» (30-oyat) — «ungadur tavbam», «a fa-lam yay’as?» (31-oyat)—«ma’lum, ravshan bo‘lmadimi», «qori’atun» (31-oyat)—«balo», «fa-amlaytu» (32-oyat) — «uzaytirdim, cho‘zdim, ya’ni muhlat berdim», «ashaqqu» (34- oyat) — «qattig‘roq», «mu’aqqib» (41- oyat) — «keyinga surguvchi o‘zgartirguvchi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:43:16
Mujohid bunday deydilar: «Mutajovirot» (4- oyat) — «(erlarning) yaxshisi ham, yomoni ham (sho‘rxoki ham) yonma-yon», «sinvonun» (4-oyat)—«ildizi bir bo‘lgan ikki yoki undan ortiq xurmo daraxti», «va g‘ayru sinvonin» (4- oyat) — «ildizi bir bo‘lmagan xurmo daraxtlari bo‘lib, ildizi bir bo‘lgan xurmo daraxtlari kabi bir xil suv va bir xil havodan ozuqalanurlar. Bu otasi bir bo‘lgan solih (yaxshi) va yomon odamzodga o‘xshaydi», «as-sahobas-siqola» (12-oyat) — «(bag‘rida suvi bor) og‘ir bulutlarni», «ka-bositi kaffay-hi» (14- oyat) — «tili birlan uzoqdagi suvga tamshanadi, qo‘lini unga cho‘zadi, ammo sira ham icholmaydi», «fa-solat avdiyatun bi-qadariho» (17- oyat) — «vodiyning bag‘ri selga to‘ldi», «zabadan robiyan» (17-oyat) — «sel ko‘pigi, temir ko‘pigi (kuyindisi) va sut ko‘pigi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:43:33
1- bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh taolo har bir xotin ko‘tarib yurgan va bachadonlar o‘z ichiga yashirgan narsani yaxshi bilur» (8- oyat)

Ibn Umar raziyallohu taolo anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «G’aybning beshta kaliti mavjud bo‘lib, ularni Olloh taoloning o‘zigina biladi. Ertaga nima bo‘lishini Olloh taolodan o‘zga hech kimsa bilmas, bachadonlar o‘z ichiga nimani yashirganini Olloh taolodan o‘zga hech kimsa bilmas, qachon yomg‘ir (yog‘in) yog‘ishini Olloh taolodan bo‘lak biror kishi bilmas, biror kimsa qaerda o‘lishini bilmas, qiyomat qachon qoim bo‘lishini Olloh taoloning o‘zigina bilur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:43:54
IBROHIM ALAYHIS-SALOT VAS-SALOM SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Mujohid: «Sadiyd» (16- oyat) — «yiring suvi» demakdur»,— deydilar.

Ibn Uyayna: «Uzkuruu ni’matallohi alaykum» (6- oyat) — «Olloh taoloning sizlarga ato etilgan ne’amtini esda tutingizlar", ya’ni "Olloh taoloning sizlarni qo‘llab najot berganini hamda Olloh taoloning sizlarni dushmandan qutqargan kunlarini yodingizda tutingizlar" degan ma’nodadir", deydilar.

Mujohid bunday deydshar: «Yabg‘uunaho ivajan» (3- oyat) — «uni tilgan ne’matini esda tutingizlar», ya’ni «Olloh taoloning sizlarni qo‘llab najot berganini hamda Olloh taoloning sizlarni dushmandan qutqargan kunlarini yodingizda tutingizlar» degan ma’nodadir»,— deydilar (Olloh taoloning to‘g‘ri yo‘lini odamlarga ) egri qilib ko‘rsatadilar», «va iz taazzana rabbukum» (7- oyat) — «vaqtiki xabar berdi parvardigorlaringiz. «fa-radduu aydiyahum fi afvohihim» (9-oyat) — «qaytardilar o‘z qo‘llarin payg‘ambarlarning og‘izlariga», ya’ni so‘zlay olmasinlar, deb qo‘llari birlan payg‘ambarlarning og‘izlarini to‘sdilar», «maqomiy» (14- oyat) — «mening huzurimda turishi(dan qo‘rqur)», «min varoihi» (11-oyat)— «ortidan, ya’ni bu dunyo azobidan so‘ng, oldinda uni bo‘yi) bargini to‘kmagay va har vaqt meva berib turgay?» — dedilar. jahannam azobi kutmoqda», «lakum taba’an» (21- oyat) — «sizlarga tobi’, itoatkor (erdik), madad so‘rab sizlarga yolborar (erdik), «va lo xilolun» (31- oyat) — «va na do‘stlik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:44:03
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Ildizi sobit va shoxi osmonda bo‘lgan bir yaxshi daraxtga o‘xsharki, ul har vaqt meva berib turur»

Ibn Umar raziyallohu taolo anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida erdik, ul zot bizga: «Aytingizlar-chi, qaysi daraxt (doimo iymoni mustahkam va doimo amali solihlar qilguvchi) musulmon odam kabi (yil Shunda ko‘nglimga «Bu xurmo daraxti bo‘lsa kerak» degan fikr keldi-yu, ammo Abu Bakr Siddiq birlan Hazrat Umarning indamay turishganini ko‘rib, biror so‘z aytishga botinmadim. Bu savolga hech kim javob bermagach, ul zotning o‘zlari: «Bu xurmo daraxtidur!»—dedilar. Janob Rasulullohning huzurlaridan tashqariga chiqqanimizda men otam Hazrat Umarga: «Ey otajon, xudo haqi, ko‘nglimga «Bu xurmo daraxti bo‘lsa kerak» degan fikr kelgan erdi»,—dedim. Hazrat Umar: «Nima uchun aytmading?»— dedilar. Men: «Sizlarning indamay turganingizni ko‘rib, biror so‘z aytishga jur’at qilmadim»,—dedim. Hazrat Umar: «Agar aytganingda, falon va falon narsalar xususida menga yaxshiroq bo‘lgan bo‘lur erdi!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:44:17
3-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh taolo mustahkam so‘z (kalimai tavhid) barakotidan mo‘minlarni (bu dunyoda ham, oxiratda ham) barqaror saqlar (saodatga muyassar qilur) (27- oyat)

Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Musulmon banda qabrda so‘roq qilinsa, «Lo iloha illallohu va anna Muhammadan rasulullohi» deb shahodat aytadi. Bul xususda Olloh taolo: «Olloh taolo mustahkam so‘z (kalimai tavhid) barakotidan mo‘minlarni (bu dunyoda ham, oxiratda ham) barqaror saqlar (saodatga muyassar qilur)»— deydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:44:44
4-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh taoloning ne’matini kufrga  almashtirganlarni ko‘rmadingizmi?» (28-oyat)

«A lam tara?» (28- oyat), ya’ni «ko‘rmadingizmi?» (bilmadingizmi?) degan ma’noda bo‘lib,   Olloh  taoloning  boshqa  suralardagi  «A  lam  tara  kayfa?»,   «A  lam  tara ilallaziyna...» degan qavllari kabidur.

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Olloh taoloning ne’matini kufrga almashtirganlarni ko‘rmadingizmi?» degan oyatdagi kishilar Makka ahlining kofir bo‘lganlaridur»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:45:12
«AL-HIJR» SURASI

Mujoxid bunday deydilar: «Sirotun alayya mustaqiymun» (41- oyat) — «Haqiqat Olloh taologa olib boradi va uning yo‘li ham xuddi shundaydur», «La-bi-imomin mubiynin» (79- oyat) — «ravshan yo‘lda» demakdu r».

Ibn Abbos: «La-’amruka» (72- oyat) — «Hayotingiz haqqihurmati, qasam ichamanki...», «qavmun munkaruuna» (62- oyat) — «Lut inkor qilgan qavm» degan ma’nodadur»,— deydilar.

Boshqa bir mufassir: «Kitobun ma’luumun» (4- oyat) — . «ajal», «lav mo ta’tiyno» (7- oyat) — «bizga yubormaysanmi?» (keltirmaysanmi?), «shiya’» (10- oyat) — «jamoalar» degan ma’nodadur»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:45:19
Ibn Abbos: «Lil-mutavassimiyna» (75- oyat) — . «kuzatuvchilarga, ibrat oluvchilarga», «sukkirat» (15-oyat) — «(ko‘zlarimiz) bog‘lanibdur», «buruujan» (16- oyat) — «Quyosh va oy uchun burjlarni», «lavoqiha» (22-oyat)— «(bulutlarni) suvga to‘ydirsin deb», «hama’» (26- oyat) — «qora loy», «masnuun» (26- oyat) — «qo‘yilgan», «lo tavjal» (53- oyat) — «qo‘rqma», «dobira» (66- oyat) — «oxiri, tomiri», «La-bi-imomin mubiynin» (79- oyat), «al-imom — seni to‘g‘ri yo‘ldan ergashtirib boruvchi, to‘g‘ri yo‘lga solib quyuvchi har bir narsa», «as-sayhatu» (83- oyat) — «halokat», «illo man-istaraqas-sam’a fa-atba’ahu shihobun mubiynun» (18-oyat)—«magar ulki, o‘g‘rincha eshitib qochsa, uning orqasidan ravshan shu’la tushur» degan ma’nodadur»,— deydilar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:45:26
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo osmonda biror ishni hukm qilsa, maloikalar itoatkorona qanotlarini qoqgaylar». Hazrat Ali va boshqalar: «Shul xususda Olloh taoloning quyidagi qavli mavjud»,— deydilar: «(Olloh taolo osmondan sodir qilgan ovozning) qo‘rqinchi (farishtalar) dillaridan yo‘qolib, ular taskin topganlaridan so‘ng, bir-birlariga: «Rabbingiz ne dedi?» — derlar. (Shunda): «Haqiqatni (aytdi) va ul eng buyuk ulug‘ zotdur!» — derlar». «Bu gapni,— deydilar Sufyon,— biri ikkinchisidan balandda turgan osmondagi gap poylovchi o‘g‘rincha eshitib olib, pastroqdagi sherigiga yetkazmoqchi bo‘lganida, orqasidan bir shu’la tushib, uni kuydirib yuboradi yoki bo‘lmasa, u sherigiga yetkazib ulguradi, sherigi ersa, o‘z navbatida o‘g‘rincha eshitib olgan gapga yuz turli yolg‘on-yashiq gaplarni qo‘shib, yerdagi sohir og‘ziga yetkazadi. Odamlar ersa sohirga: «Sen falon va falon kunlarda unday va bunday bo‘ladi, deb aytib erding, darhaqiqat osmondan eshitgan gaping to‘g‘ri bo‘lib chikdi»,— deyishadi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:45:39
1- bob. Olloh taoloning qavli: «Va albatta hijrliklar payg‘ambarlarni:  «Yolg‘onchilar»,— deyishdi» (80- oyat)

Abdulloh ibn Umar raziyallohu taolo anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hijrga kelgan o‘z sahobalariga: «Anavi qavm yeriga (Olloh taolo jazolagan Samud qavmining Madina birlan Shom oralig‘idagi yeriga) kirmangizlar, aks holda yig‘lab qola-sizlar, yig‘lab qolmaylik desangizlar, ularning yeriga mutlaqo kirmangizlar, bo‘lmasa ularga yetgan musibat sizlarga ham yetgaydur»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:45:58
2- bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, berdik biz sizga yetti oyatniki («Fotiha» surasiniki), u namozda qayta-qayta takror qilinur hamda Buyuk Qur’onni» (87- oyat)

Abu Said ibn al-Muallo rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom namoz o‘qib turganimda yonimdan o‘tib ketayotib meni chaqirdilar, lekin men namozni tugatmagunimga qadar qoshlariga bormadim, so‘ng oldilariga bordim. Ul zot menga: «Oldimga kelmog‘ingga nima mone’lik qildi?» — dedilar. Men: «Namoz o‘qiyotgan erdim»,— dedim. Ul zot: «Olloh taolo «Ey mo‘minlar, Olloh birlan uning rasuli (da’vatiga) javob beringizlar!» deb aytmaganmi?!»—dedilar. So‘ng: «Masjiddan chiqmasimdan burun senga Qur’ondagi eng buyuk surani o‘rgatib qo‘yayinmi?» — deb aytdilar. Keyin, ul zot masjiddan chiqmoqchi bo‘lib ilgari qadam tashlab erdilar, menga aytgan gaplarini eslatdim. Shunda ul zot: «(Menga berilgan) «Alhamdu lillohi rabbil-olamiyn» deb boshlanadirgan yetti oyatli (surai «Fotiha») va Buyuk Qur’on»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:46:09
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «(Menga) yetti oyatdan iborat Qur’on onasi va Buyuk Qur’on (berilgan)»,— dedilar».

Olloh taoloning qavli: «Kitobni pora-pora qilgan (muqtasimlarga)» (91- oyat)

«Al-Muqtasimiyna» (90- oyat) — «qasam ichganlar» bo‘lib, shunga binoan «qosamahumo» deganda «ular ikkisiga qasam ichdi, lekin ular bunga qasam ichmadilar» degan ma’no kelib chiqadi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:46:18
Mujohid: «Taqosamuu — o‘zaro ont ichib, ahdu paymon qildilar» deganidur»,— deydilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Kitobni pora-pora qilgan (muqtasimlarga)» degan oyatdagi kishilar kitob ahllaridan bo‘lib, ular uni pora-pora qildilar va ba’zisiga ishonib, ba’zisiga kufr keltirdilar».

Abu Zabyon Ibn Abbosdan naql qiladilar: «Muqtasimlarga (azob) tushurganimiz kabi» (90- oyat) degan oyatdagi (o‘zlari pora-pora qilgan Kitobning) ba’zisiga ishonib, ba’zisiga kufr keltirganlar yahudiy va xristianlardur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:46:32
3- bob. Olloh taoloning qavli: «Va mashg‘ul turing parvardigoringiz ibodatiga to o‘lim sizga kelguncha» (99- oyat)

Solim raziyallohu anhu: «Al-Iaqiynu—o‘limdur»,~deydelar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:46:55
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
«AN-NAHL» SURASI


«Ruhul-Qudusi» (102-oyat)—«Jabroil alayhissalom bo‘lib, chin vahiy shu kishi orqali nozil qilingan», «fiy zayqin» (127- oyat) — «siqiqda» degan ma’noda bo‘lib, «amrun zayqun yoki zayyiqun» (tor sharoit, tang ahvol) deyiladi. Bu so‘z «haynun va hayyinun» (oson, yengil) hamda «maytun va mayyitun» (o‘lik, murda) kabi so‘zlar shaklidadur.

Ibn Abbos: «Yatafayyau ziloluh» (48- oyat) — «soyalari tayyor turadi», «subula rabbika zululan» (69-oyat)— «Rabbingning yo‘llaridaki, tekisdur» degan ma’nodadur»,— deydilar.

Ibn Abbos: «Fiy taqallubihim» (46-oyat)—«ixtilof qilganlarida» demakdur»,— deydilar.

Mujohid: «Tamiyda» (15-oyat)—«tebranmasin (deb)», «mufratuuna» (62- oyat) — «unutilib qolguvchilar» demakdur»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:47:07

Boshqa bir mufassir: «Fa-izo qara’tal-Qur’ona fas-ta’iz billohi» (98- oyat) — «Qachon Qur’on o‘qimoqchi bo‘lsangiz, eng avvalo Ollohdan panoh tilangiz, ya’ni «A’uuzu bil-lohi minash-shaytonir-rajiym» deb aytingiz», bu (Olloh taoloning ajru savobidan mahrum qilguvchi shaytonning yomonligidan) Ollohning himoyasiga o‘zni olmoqlikdur»,— deydilar.

Ibn Abbos bunday deydilar: «Tusiymuuna» (10-oyat) — «o‘tlatursizlar», «dif’un» (5- oyat) — «nimaiki seni (badaningni) isintirsa, o‘sha, ya’ni issiq kiyim», «turiyhuuna (bil-ashiyyi) va tasrahuuna (bil-g‘adoti)»— «shom vaqtida olib kelursizlar va ertalab qo‘yib yuborursizlar», «bi-shiqqi» (7- oyat) — «mashaqqati ila», «taxavvuf» (47- oyat) — «qo‘rqitish, ya’ni bandaning o‘zini ham, mol-dunyosini ham sekin-asta nuqsli qilish birlan qo‘rqitish (qo‘rqitib qo‘yish)», «al-an’om la-ibratan» (66-oyat)— «chorva hayvonlarda ibrat bordur», «aknonan» (81-oyat) — «g‘orlarni», «sarobiyla» (81-oyat)— «ko‘ylaklarni», «taqiykumul-har-ra» (81- oyat) — «sizlarni issig‘dan saqlar», «sarobiyla taqiykum ba’sakum» (81-oyat)— «sizlarni urush zararidan saqlovchi ko‘ylaklarni, ya’ni sovutlarni», «daxalan bayna-kum» (92- oyat) — «sog‘ bo‘lmagan, nosog‘ har qanday narsa, ya’ni yomon niyat».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:47:15
Ibn Abbos bunday deydilar: «Hafadatan» (72- oyat) — «nabiralarni», «assakar (sakaran)» (67-oyat)— «mast qilguvchi ichimliklar», «ar-rizqul-hasanu (rizqan hasanan)» (67- oyat) — «Olloh halol qilgan ne’matlar».

Ibn Uyayna: «Ankosan» (92-oyat) — «ahmoqlik, aqlsizlik qilib» degani, ya’ni bir tentak xotin bo‘lib, kun bo‘yi eshgan ipini kechga borib buzib tashlar erdi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:47:32
1- bob. Olloh taoloning qavli: «Va ba’zilaringiz yaramas (tuban) umrgacha
etkizilursiz» (70- oyat)


Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Yo parvardigoro, meni baxillikdan, yalqovlikdan, tuban umrdan (keksayib, notavon bo‘lib qolmoqdan), qabr azobidan, Dajjol fitnasidan va tiriklik hamda o‘lim chog‘ida bo‘ladirgan fitnalardan o‘zing asragil!» — deb iltijo qilur erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:47:51
«BANIY ISROIL» SURASI

Ibn Mas’ud raziyallohu anhu «Baniy Isroil», «al-Kahf» va «Maryam» suralari xususida: «Bu suralar men Qur’ondan ko‘chirib olgan eng qadimgi suralardur»,— deydilar.

«Fa-sa-yung‘izuuna ilayka ru’usahum» (51- oyat) — «qimirlaturlar boshlarini siz tarafga».

Ibn Abbos: «Yahuzzuuna — (bosh) irg‘aydilar, (boshlarini) sarak-sarak qiladilar»,— deydilar.

Boshqa bir mufassir: «Nag‘aztu minka — sendan taajjub qilib bosh chayqadim»,— deganidur»,— deydilar.

«Va qazayno ila Baniy Isroiyla» (4- oyat) — «Va biz xabar qildik Baniy Isroilgaki, (sizlar albatta fasod qilursizlar, deb)» degan ma’nodadur. «Va izhum najvo» (47- oyat) — «vaqtiki ular maxfiy so‘zlashurlar», «rufotan» (49-oyat)— «parcha-parcha, pora-pora», «vastafziz» (64-oyat)—«qo‘zg‘ot», «bi-xaylika» (64-oyat)—«otlig‘», «va rajilika (64- oyat) — «piyoda», «hosiban» (68- oyat) — «kuchli shamol», «al-hosib»— «shamol aralash yog‘adirgan mayda tosh» degan ma’noga ham ega, jahannamda otiladirgan «jahannam toshlari» ham shu so‘zdan. «Toratan» (69-oyat) — «ikkinchi marta», «la-ahtanikanna» (62- oyat) — «albatta tag-tomiri birlan sug‘irib tashlagayman, urug‘ini quritgayman», «toirah» (13- oyat) — «baxqizligini, yomon qismatini» demakdur.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:48:16
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Olib ketdi o‘z bandasi (Muhammad)ni tunda al-
Masjid al-Haromdan» (1- oyat)



Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Farishtalar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Isro’ kechasi ikki qadah keltirishdi, birida (mast qilguvchi) ichimlik, ikkinchisida sut bor erdi. Shunda, ul zot qadahlarga bir nazar tashlab, sutni oldilar. Jabroil alayhissalom: «Sizni tabiatga (butun borliqqa) hadya qilgan Olloh taologa shukr! Agar ichimlikni olganingizda, ummatingiz gumroh bo‘lur erdi!»— dedilar».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Quraysh meni yolg‘onchiga chiqarganda al-Hijrda (al-Masjid al-Haromda) turdim, keyin Olloh taolo meni Baytul-Maqdis (al-Masjid al-Aqso)ga jo‘natdi, men masjidni o‘z ko‘zim birlan ko‘rib, u yerdagilarni Olloh taoloning oyatlaridan xabardor qilmoqqa tutindim» — deb aytganlarini eshitdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:48:25
Ibn Shihob amakilaridan nakl qilib, yuqoridagi hadisga: «Quraysh meni yolg‘onchiga chiqarganda... Olloh taolo meni Baytul-Maqdisga jo‘natganda» kabi jumlalarni qo‘shimcha qiladilar.

«Qosifan» (69-oyat)—«kuchli shamolni», «karramno»

(70- oyat) va «akramno» bir bo‘lib, «izzatli qildik» deganidur, «zi’fal-hayoti» (75-oyat) — «hayot azobi, ti-riklikda beriladirgan azob», «zi’fal-mamoti» (75- oyat) — «o‘lim azobi, o‘lgandan keyin beriladirgan azob», «xilofaka» (76- oyat) — «sendan keyin», «shokilatihi» (84- oyat) — «o‘z tomonida, o‘z tariqasida», «sarrafno» (89-oyat) — «baen qildik, yo‘lladik», «qabiylan» (92- oyat) — «yuzma-yuz», «xash-yatal-infoqi» (100- oyat) — «sarf bo‘lib ketish xavfi» degan ma’noda bo‘lib, kishi «molimni sarf qilsam, kambag‘al bo‘lib qolaman» deb xasislik qiladi. «Qatuuran» (100- oyat) — «xasis, ziqna (erdi)», «lil-azqoni» (107- oyat) — «iyaklari ila».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:48:35
Mujohid: «Mavfuuran» (63- oyat) — «to‘la, mo‘l, mukammal, qaqshatgich» deganidur»,— deydilar.

Ibn Abbos: «Nasiyran» (75-oyat)—«madadkor», «xabat» (97-oyat)— «o‘chdi» degan ma’nodadur»,— deydilar.

Ibn Abbos: «Lo tubazzir» (26- oyat) — «behuda sarf qilma», «ibtig‘oa rahmatin» (28-oyat) — «Olloh taoloning rizqi umidida», «masbuuran» (102-oyat)—«mal’un», «lo taqfu» (36-oyat) — «dema, gapirma», «fa-josuu» (5-oyat) — «qasd, niyat qiladilar», «yuzji lakumul-fulka» (66- oyat) — «yurgizur sizlar uchun kemalarni», «yaxirruuna lil-azqoni» (107- oyat) — «yuzlari ila yiqilurlar» demakdur»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:48:47
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Va qachon biz xohlasakki halok qilaylik bir shaharni, amr qilurmiz uning maiyshatga berilgan kishilariga, (keyin ular ul erda fisq qilurlar)» (16- oyat)

Abdulloh; bunday deydilar: «Biz johiliyat davrida, agar biror mahalla ahli maiyshatga berilib keqa, Banu falon haddidan oshdi, deb aytar erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:49:12
3-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey ul jamoaning avlodiki, mindirdik biz ularni Nuh ila, albatta ul shukrguzor banda erdi», ya’ni «Biz Nuh alayhissalom birlan birga kemaga  mindirib qo‘ygan kishilarning avlodlari, Olloh taolo tomonidan ajdodingizga qilingan inoyatni unutmangizlar, chunki ular shukr qilguvchi banda erdilar»

Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir bo‘lak pishgan go‘sht keltirishdi, ul zot ko‘ngillari tusagani uchun ham uni olib bir luqma yedilar. So‘ng, bizga bunday deb aytdilar: «Men Qiyomat kuni barcha insonlarning sayyidi bo‘lurman, buning negaligini bilurmisizlar? Qiyomat kuni, dastlabki insondan tortib to oxirgi insonga qadar, barcha odamlar bir yalanglikka to‘planadilar. Jarchi ularga ovozini eshittira oladi va ularning hammasini ko‘ra oladi. Quyosh (Yerga) yaqin keladi. Natijada, odamlarni toqat qilib bo‘lmas darajada g‘am-g‘ussa bosadi, ular o‘zaro «Ko‘rdingizlarmi, qanday kulfatga qoldik, endi gunohlarimizni kim Olloh taolodan so‘rab bizga shafoat qiladi? — deyishadi. Shunda, ba’zi odamlar ba’zisiga «Sizlar Odam alayhissalomning qoshlariga bormog‘ingiz lozim»—deb maslahat berishadi. Ular Odam alayhissalomning qoshlariga borishib, ul kishiga «Siz insonlar otasisiz, Olloh taolo sizni o‘z (qudrat) qo‘li birlan yaratib, tanangizga o‘z ruhidan jon ato etgan va farishtalarga buyurgan, ular sizga sajda qilishgan Parvardigoringizdan gunohimizni so‘rab, bizga shafoat qilingiz bizning holimizga bir qarang, ne ahvolga tushib qoldik!» — deyishgay. Odam alayhissalom «Parvardigorim bugun harqachongidan ko‘ra qattiqroq g‘azablanganki, ilgari bunchalik g‘azablangan ermas. U menga jannatdagi daraxt mevasini yemoqni ta’qiq qilganida, men unga osiylik qilganman, o‘sha osiy men... men... men! Mendan bo‘lak odamning — Nuh alayhissalomning qoshlariga boringizlar!» — deydilar. Ular Nuh alayhissalomning qoshlariga borib «Ey Nuh alayhissalom, siz dunyo ahliga yuborilgan birinchi payg‘ambarsiz, Olloh taolo sizni shukrguzor banda, deb atagan, parvardigoringizdan gunohimizni so‘rab, bizga shafoat qilingiz, bizning holimizga bir qarang, ne ahvolga tushib qoldik!» — deyishgay. Nuh alayhissalom «Parvardigorim azza va jalla bugun harqachongidan ko‘ra qattiqroq g‘azablanganki, ilgari sira bunchalik g‘azablanmagan. Men birvaqtlar, qavmimni duoi (bad) qilgan erdim, o‘sha men... men... men! Mendan bo‘lak odamning — Ibrohim alayhissalomning qoshlariga boringizlar!» — degaylar. Ular Ibrohim alayhissalomning qoshlariga borib «Ey Ibrohim alayhissalom, siz Olloh taoloning elchisi va insonlar orasidan o‘ziga tanlagan do‘stisiz, parvardigoringizdan gunohimizni so‘rab, bizga shafoat qilingiz, bizga bir qarang, ne ahvolga tushib qoldik!» — deyishgay. Ibrohim alayhissalom ularga «Parvardigorim bugun harqachongidan ko‘ra qattiqroq g‘azablanganki, ilgari sira bunchalik g‘azablanmagan. Men uch bor yolg‘on so‘zlaganman, o‘sha men... men... men! Mendan bo‘lak odamning — Muso alayhissalomning qoshlariga boringizlar!» — degaylar. Ular Muso alayhissalomning qoshlariga borib « Yo Muso alayhissalom, siz Olloh taoloning elchisidursiz, u sizni o‘z elchisi qilib hamda siz birlan so‘zlashib, boshqa insonlardan yuqori qo‘ygan, parvardigoringizdan gunohlarimizni so‘rab, bizga shafoat qilingiz, bizga bir qarang, ne ahvolga tushib qoldik!»—deyishgay. Muso alayhissalom «Parvardigorim bugun harqachongidan ko‘ra qattiqroq g‘azablanganki, ilgari sira bunchalik g‘azablanmagan. Men o‘ldirilmog‘i buyurilmagan odamni o‘ldirganman, o‘sha men... men... men! Mendan bo‘lak odamning — Iso alayhissalomning qoshlariga boringizlar!»—degaylar. Ular Iso alayhissalomning qoshlariga borib «Yo Iso alayhissalom, siz Olloh taoloning elchisi, uning Bibi Maryamga aytgan so‘zi hamda uning o‘zidan bunyodga kelgan ruhdirsiz, siz beshikdagi chaqaloqligingizdayoq odamlarga so‘zlagansiz, parvardigoringizdan gunohimizni so‘rab, bizga shafoat qilingiz, bizga bir qarang, ne ahvolga tushib qoldik!» — deyishgay. Iso alayhissalom «Parvardigorim bugun harqachongidan ko‘ra qattiqroq g‘azablanganki, ilgari bunchalik g‘azablanmagan erdi»,— degaylar, ammo qilgan gunohlarini eslatmagaylarda: «O’sha men... men... men!» — deb aytgaylar. Keyin, ularga «Mendan bo‘lak odamning — Muhammad sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga boringizlar!» — degaylar. Ular Muhammad sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga borib: «Yo Muhammad, siz Olloh taoloning elchisi va payg‘ambarlarning so‘nggisisiz Olloh taolo sizning sobiq va kelgusi gunohlaringizni mag‘firat qilgan, parvardigo-ringizdan gunohimizni surab, bizga shafoat qilingiz, bizga bir qarang, ne ahvolga tushib qoldik'» —deyishgay. Shunda men parvardigorim huzuriga yo‘l olgayman-da, Arsh ostonasiga borib, parvardigorim azza va jallaga sajda qilgayman. So‘ng, Olloh taolo menga ilgari hech kimga oshkor qilmagan o‘ziga nisbatan aytiladirgan hamdu sanolarni oshkor qilgay. Keyin «Ey Muhammad, boshingni ko‘targil, so‘ragil, so‘raganing ato etilgay, shafoat qilgil, shafoating qabul qilingay!»—deyilgay. Men boshimni sajdadan ko‘targayman-da «Ey parvardigorim, (bular) mening ummatim, ey parvardigorim, (bular) mening ummatim!» —deb aytgayman. Shunda «Ey Muhammad, hisob-kitob qilinmaydigan ummatlaringni jannat eshiklaridan bo‘lmish o‘ng eshikdan kiritgil!» — deyilgay. Bular jannatga faqat shu eshikdangina kiritiladirgan kishilardur. Jonim qo‘lida (ixtiyorida) bo‘lgan zot haqi, jannat eshiklari tavaqalarining oralig‘i Makka birlan Himyar yoki Makka birlan Busro oralig‘icha keladi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:49:24
4- bob. Olloh taoloning qavli: «Va berdik Dovudga Zaburni» (55-oyat)

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dovud alayhissalomga Zaburni tilovat qilmoqlik Olloh taolo tomonidan yengillashtirilgan erdi (ya’ni, qisqa vaqt ichida Zaburni xatm qila olish imkonini ato etgan erdi). Dovud alayhissalom, hatto ulovlarini egarlashni buyurib, uni egarlab bo‘lgunlarigacha ham Zaburni xatm qilib ulgurar erdilar»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:49:39
5- bob. Olloh taoloning qavli: «Siz ayting: «Chaqiringizlar ul jamoaniki, sizlar ularni Ollohdan bo‘lak ma’bud, deb ta’kidlaysizlar, ular qodir ermasdurlar na balodan sizlarni xalos etmakka va na biror narsani o‘zgartirmakka» (56- oyat)

Abdulloh raziyallohu anhu «... parvardigorlariga yaqin bo‘lmakni...» (57- oyat) degan ibora xususida bunday deydilar: «Ba’zi odamlar jinlarga ibodat qilur erdilar, keyin jinlar musulmon bo‘ldilar, boyagilar ersa, o‘z dinlariga mahkam yopishib olib, undan voz kechmadilar».

A’mash: «... chaqiringizlar ul jamoaniki, sizlar ularni Ollohdan bo‘lak ma’bud, deb ta’kidlaysizlar...» deb yuqoridagi hadisga qo‘shimcha qiladilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:49:48
6- bob. Olloh taoloning qavli: «Ana shul jamoaki, bular ularni chaqirurlar, o‘zlari talab qulurlar parvardigorlariga yaqin bo‘lmakni...» (57- oyat)

Abdulloh raziyallohu anhu shu oyat xususida gapirib: «Ba’zi odamlar jinlarga ibodat qilur erdilar, keyin jinlar musulmon bo‘ldilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:49:57
7- bob. Olloh taoloning qavli: «Va biz ul ko‘rsatishni odamlarni sinash uchungina sizga ko‘rsatgan erdik» (60- oyat)

Ibn Abbos raziyallohu anhu yuqoridagi oyat xususida bunday deydilar: «Oyatda aytilgan «ko‘rsatish» payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamga «Isro’ kechasi» Olloh taolo tomonidan marhamat qilingan «ru’yo» bo‘lib, «ash-Shajara al-mal’uuna» — «Zaqqum daraxtidur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:50:12
8-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, tongdagi Qur’on qiroati farishtalar  hozir bo‘ladirgan vaqtdadur» (78- oyat)

Mujohid: «Tongdagi Qur’on qiroati — bomdod namozidur»,— deydilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar. «Jamoat birlan o‘qilgan namozning fazli yakka o‘qilgan namozning fazlidan yigirma besh marta ortiqdur. Bomdod namozida tunda navbatchilik qiladirgan farishtalar birlan kunduzi navbatchilik qiladirgan farishtalar to‘planishgay». Abu Hurayra: «Agar istasangizlar, «Va Qur’onal-fajri inna Kur’onal-fajri kona mashhuudan» degan (78- oyatni) o‘qingizlar!» — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:50:30
9-bob. Olloh taoloning qavli: «Parvardigoriigiz sizni Maqomi Mahmudda turgizsa, ajab emas!» (79- oyat)

Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «Qiyomat kuni odamlar tiz cho‘kkan holda turadilar, har bir ummat o‘z payg‘ambari ortidan ergashadi va unga: «Ey falonchi, shafoat qilingiz!» — deyishadi, yalina-yalina, nihoyat shafoat tilab payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam-ning qoshlariga borishadi. O’shal kun — Olloh taolo payg‘ambarimizni Maqomi Mahmudda turgizadirgan kundur».

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki azon ovozini eshitgach, «Ushbu mukammal da’vat va abadiy namoz sohibi bo‘lmish ey parvardigorim, Muhammad alayhissalomga vasilat va fazilat ato etgil va ul zotni o‘zing va’da qilgan Maqomi Mahmudda turgizgil!» deb ayqa, qiyomat kuni unga shafoat qilmog‘im mumkin bo‘ladi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:50:41
10- bob. Olloh taoloning qavli: «Va aytingki, keldi haq din va gumdon bo‘ldi botil  din, albatta botil din gumdon bo‘lguvchidur (81- oyat)

«Zahuuqan» (81- oyat), «yazhaqu» — «gumdon halok bo‘ladi» degan ma’nodadur.

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga kirdilar, shunda Baytulloh atrofida uch yuz oltmishta but bor erdi. Ul zot ularni qo‘llarida kaltak (tayoq) birlan nuqib «keldi haq din va gumdon bo‘ldi botil (yolg‘on) din, albatta botil din gumdon bo‘lguvchidir!» — dedilar. Haq din keldi, endi botil din yangidan boshlanmaydi ham, eskisi qayta tiklanmaydi ham!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:50:50
11-bob. Olloh taoloning qavli: «Sizdan ruh xususida so‘ragaylar» (85- oyat)

Abdulloh raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Janob Rasululloh birlan birga dalada turgan erdim, ul zot bir tayoqqa suyanib (tiralib) turgan erdilar. Shunda bir guruh yahudiylar o‘tib ketayotib o‘zaro «Ruh haqida surangizlar!»—deyishdi. Yahudiylardan biri: «Uni o‘z holiga qo‘yingizlar!»—dedi. Yana ayrimlari «Sizlar inkor qilgan narsa xususida javob bermaydi»,— deyishdi. Qolganlari «So‘rayveringizlar!»—deyishdi. Nihoyat, ular Janob Rasulullohdan ruh haqida so‘rashdi. Ul zot jim bo‘lib qolib, ularga lom-mim demadilar. Men ul zotga vahiy kelayotganini angladim-da, turgan yerimdan qo‘zg‘olmadim. Vahiy nozil bo‘lgach, ul zot «Sizdan ruh xususida so‘ragaylar, siz aytingki, «Ruh rabbimning ishlaridan (hukmlaridan) biridir va sizlarga (bu haqda) ozginagina ilm berilgandur» deb qiroat qildilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:51:04
12- bob Olloh taoloning qavli: «Va ko‘p baland ovoz ila o‘qimangiz  namozingizni va na ko‘p past ovoz ila» (110- oyat)

Ibn Abbos raziyallohu anhu Olloh, taoloning «Va ko‘p baland ovoz ila o‘qimangiz namozingizni va na ko‘p past ovoz ila» degan qavli xususida gapira turib bunday dedilar: «Bu oyati karima Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkada yashirinib yurgan chog‘larida nozil bo‘lgan erdi. Ushanda ul zot sahobalari birlan namoz o‘qisalar, baland ovoz birlan qiroat qilardilar, buni mushriklar eshitib Qur’onni ham, uni nozil qilgan Olloh taoloni ham u birlan yuborilgan Olloh taoloning rasulini ham haqorat qilar erdilar. Shunda Olloh taolo o‘z rasuli sallallohu alayhi va sallamga «Va ko‘p baland ovoz ila o‘qimangiz namozingizni (ya’ni, baland ovoz ila qiroat qilmangizki, mushriklar eshitib, Qur’onni haqorat qilurlar) va na ko‘p past ovoz ila (ya’ni, juda past ovoz ila qiroat qilsangiz, sahobalaringizga eshit tira olmagaysiz) va tanlangiz buning o‘rtasida bir yo‘lni (ya’ni, o‘rtacha ovoz birlan qiroat qilingiz)»,— dedi».

Oisha raziyallohu anho «Bu oyati karima duo xususida nozil bo‘lgan»—deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:51:25
«AL-KAHF» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1-bob. Olloh taoloning «Inson (o‘zi azaldan shundoq) aytishqoq erdi» degan qavli
haqida


Husayn ibn Ali rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunda Ali birlan Fotima yotgan hujra eshigini taqillatib «Namoz o‘qimaysizlarmi?» — dedilar. (Shunda Hazrat Ali «Yo Rasulalloh, jonimiz Olloh taoloning qo‘lidadir, agar bizni uyg‘otmoqni xohlasa, o‘zi uyg‘otgaydur!»—dedilar. Janob Rasululloh xafa bo‘ldilar, qo‘llarini sonlariga urib «Inson o‘zi azaldan shundoq aytishqoq erdi!»—deya qaytib ketdilar)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:51:52
2-bob. Olloh taoloning «Eslang, ey Muhammad! Bir kuni Muso o‘z g‘ulomiga: «To ikki dengiz qo‘shiladirgan yerga yetmagunimcha yoki uzoq muddat kezmagunimcha yurishdan to‘xtamayman» — deb aytganini» degan qavli haqida

Sa’id ibn Jubayr xabar beradilar: «Men ibn Abbosdan «Navfal al-Bakoliy «Xizr alayhissalomga hamsuhbag bo‘lgan Muso Baniy Isroilga payg‘ambar bo‘lgan Muso ermas» — deb ta’kidladi, shu to‘g‘rimi?» — deb so‘radim. Ibn Abbos (g‘azablanib) «Ollohning dushmani yolg‘on gapiribdi, menga Ubay ibn Ka’b Janob Rasulullohning quyidagi rivoyatlarini aytib bergan erdi»,— dedilar: «Muso alayhissalom Baniy Isroilga xutba o‘qib turgan erkanlar, shunda u kishidan «Odamlarning orasida eng bilimdoni kim?»— deb so‘rashdi. Muso alayhissalom «Men» — deb javob berdilar. Olloh taolo Muso alayhissalomga tanbih berdi, chunki u kishi «Olloh bilimdonroq» demadilar. Keyin, Olloh taolo «Ikki dengiz qo‘shilgan joyda mening bir bandam yashaydi, u sizdan bilimdonroqdur» — deb vahiy qildi. Muso alayhissalom «Ey parvardigorim, men ul zotni qanday topurman?»—dedilar. Olloh taolo «Bir baliqni savatga solib, ko‘tarib olasiz, qaerda o‘sha baliqni yo‘qoqangiz, shu joyda Xizrni ko‘rasiz»,— dedi. Muso alayhissalom bir baliqni savatga solib, yo‘lga tushdilar, xizmatkorlari Yusha’ ham birga erdi. Yura-yura bir tepalik yoniga kelib, boshlarini yerga qo‘ydilar-da uyquga ketdilar. Savatdagi baliq ersa tirilib, harakatga keldi-da, dengizga tushib, suzib ketdi. Olloh taolo baliq suzib o‘tgan yo‘nalishdagi suvni oqishdan to‘xtatib binoning yo‘lagiga o‘xshatib qotirib qo‘ydi. Xizmatkor yigit Muso alayhissalom uyg‘onganlarida baliqning yo‘qolganini aytishni unutdi. Ular yana bir kecha-kunduz yo‘l yurishdi. Ertasi kuni Muso alayhissalom hamrohlariga «Yeguligimizni keltir, safarimizda biroz mashaqqat tortdik!» — dedilar. Darhaqiqat, Muso alayhissalom Olloh taolo bormoqni buyurgan o‘sha baliq yo‘qolgan joygacha hech mashaqqat chekmagan erdilar, ammo keyingi bir kechayu-kunduzda qattiq qiynaldilar. Muso alayhissalomning hamrohlari «Esingizdami, bir tepalik oldida uxlagan erdik. Usha yerda men baliqni yo‘qotgan erdim, lekin sizga aytishni unutibman Albatta, buni menga shaygon unutdirgan»,— dedi Baliq ersa sirli suratda dengizga tushib g‘oyib bo‘lgan erdi. Muso alayhissalom va ul kishining xizmatkorlari uning qanday qilib g‘oyib bo‘lganini bilolmay taajjubda qolishdi. Keyin, Muso alayhissalom «Mana shu biz istagan narsadur»,— dedilar-da, Xizr alayhissalomni izlab xizmatkorlari birlan orqalariga qaytdilar. Ular yura-yura nihoyat ikki dengiz birlashgan joydagi tepalik yoniga kelishdi. Shu yerda kiyimiga o‘ralib olgan bir kishini uchratishdi Muso alayhissalom salom berdilar. Xizr alayhissalom ul kishiga javoban «Sizning yeringizda qaerdan ham tinchlik (salom) bo‘lsin?!»—dedilar. «Men Musoman»,— dedilar. Muso alayhissalom «Baniy Isroilning Musosimisiz?»— dedilar. Xizr alayhissalom «Xa, o‘zingiz bilgan ilmdan menga ham o‘rgaqangiz deb keldim»,— dedilar. Muso alay-hissalom Xizr alayhissalom «Siz men birlan sabr qilib yura olmaysiz Ey Muso, menda Olloh taolo bildirgan shunday ilm borki, uni siz bilolmaysiz va sizda Olloh taolo bildirgan shunday ilm borki, uni men bilolmayman!»—dedilar. Muso alayhissalom «Xudo xohlasa, mening sabrli erkanligimni ko‘rgaysiz, sizga osiylik qilmagayman!» — dedilar. Xizr alayhissalom «Unday ersa men birlan yuringiz-da, to o‘zim aytmagunimcha biror narsaning sababini so‘ramangiz!» —dedilar. So‘ng, ikkovlari dengiz sohili bo‘ylab yurib ketishdi. Ittifoqo bir kema sohilga kelib to‘xtadi. Ular darg‘a birlan gaplashib, o‘zlarini birga olib ketishga uni ko‘ndirishdi Ammo, kemadagilar Xizr alayhissalomni tanib qolib, bepul olib ketishga rozi bo‘lishdi. Kema yo‘lga chiqqach, ko‘p o‘tmay Xizr alayhissalom bolta birlan kemaning bir yog‘ochini ko‘chirib oldilar. Muso alayhissalom ul kishiga «Bu qavm-ku, bizni bepul kemalariga chiqarib oldilar, siz bo‘lsangiz kema ahlini cho‘ktirish uchun uni teshib qo‘ydingiz, taajjub ish qildingiz?!—dedilar. Shunda Xizr alayhissalom «Men sizga aytuvdim-ku, men birlan birga sabr qilib yura olmaysiz, deb!»—dedilar. Muso alayhissalom darhol uzr aytib «Unutgan narsam uchun menga tanbih berib, ko‘zlagan ishimni qiyinlashtirmangiz!» —dedilar. (Janob Rasululloh «Muso alayhissalomdan sodir bo‘lgan dastlabki xato esdan chiqarish sababli erdi»,— deydilar) Keyin, bir chumchuq kelib kema chetiga qo‘ndi-da, tumshug‘i birlan dengizdan bir tomchi suv oldi. Shunda Xizr alayhissalom Muso alayhissalomga «Ollohning ilmi oldida men birlan sizning ilmingiz mana shu chumchuq dengizdan olgan bir qatrachalikdur, xolos!»—dedilar. Keyin, ikkovlari kemadan tushib sohil bo‘ylab ketayotgan erdilar, nogahon Xizr alayhissalomning ko‘zlari o‘rtoqlari birlan o‘ynab yurgan bir bolaga tushib, uni borib o‘ldirdilar. Muso alayhissalom Xizr alayhissalomga «Begunoh bir pokiza bolani o‘l-dirdingiz, qanday yomon ish qildingiz!»—dedilar. Xizr alayhissalom «Men sizga aytmaganmidim, men birlan yurishga hech toqat qilolmaysiz, deb!» — dedilar. Bu tanbih avvalgisidan qattiqroq va tahdidliroq erdi. Muso alayhissalom «Agar yana biror narsa haqida sizdan so‘rasam, mayli meni o‘zingiz birlan olib yurmangiz, unda ayb o‘zimda bo‘ladi»—deb iltimos qildilar.
Ikkovlari yo‘lda davom etib bir qishloqqa kirishdi, qishloq ahlidan taom so‘rashgan erdi, ular mehmon qilishdan bosh tortishdi. Xizr alayhissalom o‘sha yerda yiqilay deb turgan bir devorni ko‘rib, qayta tiklab qo‘ydilar. Buni ko‘rib Muso alayhissalom «Bu qavmning huzuriga kelib taom so‘radik, berishmadi, mehmon ham qilishmadi, agar xohlasangiz, mana shu ishingizga haq olmog‘ingiz mumkin» — deb kuyundilar. Xizr alayhissalom «Mana bu endi siz birlan mening ajralmog‘imizga sababdur! Lekin men, sizga o‘zim aytib bergunimgacha siz sabr qilolmagan ishlarning ma’nosini aytib berayin: boyagi kema xususiga kelsak, U bechorahol kishilarniki bo‘lib, ular boradirgan joyda yaroqli kemalarni tortib oladirgan zolim podshoh bor erdi. Xaligi bolaning ota-onasi ersa mo‘min kishilar bo‘lib, bola kufr va osiylik birlan ularga ko‘p ozor berar erdi. Shu sababdan Olloh taolo uning o‘rniga pokiza va mehribon farzand ato qilishni iroda qildi. Mana bu devor masalasiga kelsak, uning ostida xa zina bor, u ikki yetim bolaga tegishli. Ularning marhum otalari solih kishi bo‘lgan bo‘lib, undan qolgan ushbu xazinani Olloh taolo ular voyaga yetgach, yuzaga chiqarmoqni iroda qildi. Men bu ishlarni o‘zim uchun qilganim yo‘q. Mana shular siz sabr qilishga toqatingiz yetmagan narsalarning ta’vilidur»,— dedilar. Janob Rasululloh «Qani endi, Muso alayhissalom sabr qilgan bo‘lsalar, Olloh taolo bizga ikkovlari haqidagi qissalarni bayon qilib bergan bo‘lur erdi» — deb erdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:52:11
3- bob Olloh taoloning «Ikkovlari ikki dengiz birlashgan yerga yetganlarida baliqlarini unutdilar. Baliq dengiz bo‘ylab o‘z yo‘liga ravona bo‘ldi» degan qavli xususida

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Abbosning huzurlarida erdim, ul kishi «Savollar bo‘lsa, so‘rangizlar!» —deb qoldilar. Men «Ey Ibn Abbos, Olloh taolo meni sizga fido qilsin! Kufada bir qissago‘y kishi bo‘lib, uning ismi Navfdur. Ushal odam «Xizr alaihissalom birlan hamsuhbat bo‘lgan Muso Baniy Isroil paig‘ambari bo‘lgan Muso ermas»,— deydi, siz bunga nima deysiz?» —dedim»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:52:32
Ushbu hadisni ikki kishi — Amir ibn Dinor va Ya’lo ibn Muslim Sa’id ibn Jubairdan naql qilib rivoyat qilgan Amrning rivoyatida «Ollohning dushmani yolg‘on gapiribdi» degan jumla mavjud. Ya’loning Ibn Abbosdan naql qilgan rivoyati quyidagicha: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Muso Ollohning rasulidurlar. Ul kishi bir kuni odamlarga shunday va’z qildilarki, hatto eshitganlarning ko‘zlaridan yoshlar quyilib, dillari mo‘mdek eridi. Shunda bir odam Musoga yaqin kelib: «Ey Ollohning rasuli, yer yuzida sizdan bilimdonroq odam bormi?» — deb so‘radi Muso alayhissalom «Yo‘q» — deb javob berdilar. Olloh taolo ul kishiga tanbih berdi, chunki ul kishi «Olloh bilimdonroqdur!» demadilar. So‘ng, Muso «Ey parvardigor, mendan bilimdonroq bandang qaerda?»—dedilar. Olloh taolo «Ikki dengiz qo‘shilgan joyda»,— dedi. Muso «Ey parvardigor, menga o‘sha bandangdan ilm o‘rganishni nasib etgin!» — deb iltijo qildilar. (Hadisning shu yeri Amrning rivoyatida «Usha bandamni baliqni yo‘qotgan yerda topasan» degan jumla birlan, Ya’loning rivoyatida ersa «Bir o‘lik baliqni o‘zingiz birlan olib olingiz, qaerda unga jon kirgizilsa, o‘sha joyda mazkur bandam birlan uchrashasiz» degan jumla birlan rivoyat qilingan). Muso bir baliqni olib, uni savatga soldilar-da, o‘z xizmatkorlariga «Sendan birgina iltimos, qachon baliqni yo‘qotib qo‘ysang, menga xabar qilgin»—dedilar. (Ibn Jurayj «Olloh taoloning «Muso o‘z xizmatkor yigitiga dedi» degan oyatidan keyin hadisda tilga olingan Yusha’ ibn Nun ismini Sa’id rivoyat qilgan ermas»,— deydilar) Vaqtiki xizmatkor bir nam joyda tosh soyasida dam olayotgan erdi, baliqqa jon kirib, harakatga keldi. Shunda Muso uxlab yotgan erdilar. Xizmatkor «Hozir uyg‘otmayin, turganlarida aytarman»,— dedi, ammo uyg‘onganlarida xabar qilishni unutdi. Baliq ersa harakatlanib dengizga kirdi. Olloh taolo dengiz oqimini to‘xtatdi, toshlarda baliqning izi qotib qoldi. (Roviy aytadiki, Amr menga «Baliqning izi toshda mana bunday qotib qoldi» deb bosh barmog‘i birlan keyingi ikki barmog‘ini halqa qilib ko‘rsatdi) Muso hamrohlariga «Ovqatni keltir bugungi safarimiz juda mashaqqatli bo‘ldi!» — dedilar. So‘ng, ikkovlari orqalariga qaytib, Xizr alayhissalomni topishdi. Ul kishi baliq terisi yanglig‘ palos ustida bo‘lib, boshdan oyoq liboslariga burkanib olgan erdilar, libosning bir uchi oyoqlarini, ikkinchi uchi ersa boshlarini berkitib turardi. Muso alayhissalom Xizr alayhissalomga salom berdilar. Xizr alayhissalom yuzlarini ochib «Mening yerimda tinchlik (salom) bormi? Siz kimsiz?»—dedilar. Muso «Men Musoman»,— dedilar. Xizr «Baniy Isroilning Musosimi?»—dedilar. Muso «Ha»,— dedilar. Xizr «Nima istaysiz?»— dedilar. Muso «Uzingizga o‘rgatilgan ilmdan menga ham o‘rgaqangiz, deb keldim»— dedilar. Xizr alayhissalom «Qo‘lingizda Tavrot bor, bundan tashqari sizga vahiy ham keladi, shu sizga kifoya qilmaydimi? Ey Muso, Olloh taolo menga shunday ilm berganki, uni sizning bilishingiz durust ermas, Olloh taolo sizga ham shunday ilm berganki, uni mening ham bilishim durust ermas!» — dedilar. Shu paytda bir qush uchib kelib dengizdan tumshug‘i birlan suv icha boshladi. Shunda Xizr «Mening ilmim birlan sizning ilmingiz Ollohning ilmi oldida mana shu qush tumshug‘i birlan dengizdan olgan suvchalik, xolos!» —dedilar. Keyin, ikkovlari dengiz bo‘yida turishib erdi, sohildan sohilga odam tashuvchi bir kema kelib qoldi. Kemadagilar Xizr alayhissalomni tanib «Ollohning solih bandasi kelayotir, undan haq olmay o‘tkazib qo‘ygaymiz»,— deyishdi (Roviy aytadilar «Men Sa’iddan «Ular Xizrni tanishdimi?» — deb so‘radim. Ul kishi «Ha»,— dedilar) Kemaga o‘ltirgan-l ridan keyin, Xizr alayhissalom kemani teshib qo‘ydilar Muso alayhissalom «Kemani teshib qo‘ydingiz, uning odamlarini cho‘ktirmoqchimisiz, qanday noto‘g‘ri ish qildingiz?!»—dedilar. Xizr alayhissalom «Aytmadimmi sizga, men birlan sabr qilib yurolmaysiz, deb» — dedilar. Bu Muso alayhissalomning Xizr alayhissalom shartlarini birinchi bor unutishlari erdi (Ul kishining ikkinchi e’tirozlari shartli, ya’ni Muso alayhissalom Xizr alayhissalomning shartlarini birinchi bor unutganlarida «Agar bandalik qilib shartingizni unutib qo‘ysam, menga dashnom bermay ma’zur tutingiz!» deb o‘zlari shart quygan erdilar, uchinchisi ersa qasddan bo‘ldi) Muso «Va’dani unutib so‘raganim uchun meni ayblamangiz, meni mushkul ahvolga solmangiz» — deb uzr aytdilar. So‘ng, yo‘lda bir bolaga duch kelishdi, Xizr alayhissalom uni o‘ldirdilar. Ya’lo Sa’iddan naql qilishlariga ko‘ra, «Ikkovlari yo‘lda o‘ynab yurgan bolalarga duch kelishdi. Xizr alayhissalom   ulardan   bir   sho‘xrog‘ini   ushlab,   yerga   yetqizdilarda,   pichoq   birlan bo‘g‘izladilar. Muso alayhissalom «Bu begunoh bolani nega o‘ldirdingiz, axir u birovni o‘ldirmaganku?|» — dedilar. Keyin, ikkovlari yura-yura bir devorga duch kelishdi, devor yiqilay deb turgan erdi. Xizr alayhissalom o‘sha devorni tiklab qo‘ydilar. Shunda Muso alayhissalom «Agar xohlasangiz, mana shu xizmat uchun haq olmog‘imiz mumkin erdi»— deb uchinchi bor e’tiroz bildirdilar» (Voqea’lar avvalgi hadisda to‘la bayon qilingani uchun bu yerda qisqaroq rivoyat qilinayotir Xizr alayhissalomning kemani teshib qo‘yganlarining sababi shuki, kema ahli yo‘l olgan tomonda bir zolim podshoh bo‘lib, u barcha yaroqli kemalarni tortib olayotgan erdi. Uning nomi Xudad ibn Yudad erdi. Uldirilgan bolaning ismini ersa Jaysur deb taxmin qilishadi. Xizr alayhissalom «Zolim podshoh barcha yaroqli kemalarni tortib olayotgan erdi. Men uni aybli qilib qo‘ydim, chunki podshohning odamlari uni ko‘rib «yaroqsiz erkan» deb tegishmaydi. Ular ketgandan keyin, kema egalari uni tuzatib yana foydalanaverishadi. Kema teshilgandan keyin, ba’zilar teshikni shisha birlan to‘sib olishni maslahat berishdi. Uldirilgan bola ersa kofir bo‘lib, ota-onasi mo‘minlardan erdi Biz bolaning tug‘yoni va kufri ota-onasini yo‘ldan chiqarmasa erdi, ular bolaga bo‘lgan muhabbatlari tufayli uning diniga ergashib ketmasalar erdi, deb qo‘rqdik, shoyad parvardigor ularga osiy o‘g‘il o‘rniga diyonatli va mehribon farzand bersa!» — keb aytibdilar. Sa’iddan bo‘lak barcha roviylar aytadilarki, o‘ldirilgan bola evaziga Olloh taolo ularga bir qiz ato etibdi. Ul qiz shunday soliha bo‘libdiki, uning zurriyotidan bir qancha payg‘ambar tug‘ilibdi)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:52:59
4- bob Olloh taoloning qavli: «Ikkovlari ikki dengiz tutashgan joydan o‘tib, ko‘p yurganlaridan keyin, Muso alayhissalom xizmatkor yigitlariga: «Ovqatni keltir, bugungi safarimiz ko‘p mashaqqatli bo‘ldi»,— dedilar. Yigit ersa: «Bizning qoya oldida dam olganimiz esingizdami? Usha joyda men baliqni yo‘qotgan erdim, bul haqda sizga xabar qilmoqchi bo‘ldim-u, lekin meni shayton esimdan chiqartirdi»,— dedi. Baliqning sirli ravishda dengizga tushib suzib ketganligi bularni taajjubga solgan erdi»

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar «Men Ibn Abbosga «Navfal Bakoliy «Baniy Isroil Musosi Xizr alayhissalom birlan uchrashgan Muso ermas» deb aytdi»,— dedim. Shunda Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday dedilar: «Ollohning dushmani yolg‘on aytibdi. Menga Ubay ibn Ka’b raziyallohu anhu aytgan erdiki, Janob Rasululloh bul haqda quyidagicha rivoyat qilgan erkanlar «Bir kuni Muso alayhissalom Baniy Isroilga xutba o‘qidilar, shunda bir odam turib ul kishidan «Eng bilimdon odam kim» —deb so‘radi. Muso alayhissalom «Men» — deb javob berdilar. Bilimdonlik Olloh taologagina xos fazilat erkanligini ta’kidlab, «Eng bilimdon Olloh taolodur » deb aytma-ganlari uchun parvardigor ul kishiga tanbih berdi, so‘ng vahiy yuborib «Ikki dengiz tutashgan yerda bir bandam bor, o‘sha sizdan bilimdonroqdur»,— dedi Muso alayhissalom «Ey rabbim, uning huzuriga qanday borgayman?» —dedilar. Olloh taolo «Bir baliqni savatga solib, o‘zingiz birlan olib ketasiz, qaerda o‘sha baliqni yo‘qoqangiz, o‘sha joyda mazkur bandamni topasiz»,— dedi. Muso alayhissalom xizmatkor yigitlari Yusha’ ibn Nun birlan birga bir baliqni olib yo‘lga tushdilar, ular yura-yura bir katta tosh yeniga kelib to‘xtashdi. Muso alayhissalom o‘sha tosh yonida boshlarini yerga qo‘yib uxlab qoldilar. Amrdan boshqa roviylarning aytishlariga ko‘ra, o‘sha tosh tagida bir buloq bo‘lib, uni «H,ayot bulog‘i» deb atashar erkan. Uning bir tomchisi har qanday o‘likka tegsa, qayta tirilar erkan. Savatdagi o‘lik baliqqa o‘sha buloq suvidan sachradi-da, u tirilib, harakatga keldi va savatdan sirg‘alib tushib, dengizga sho‘ng‘idi. Muso alayhissalom uyg‘ongach, xizmatkor yigitga «Yeguligimizni keltir!»—deb buyurdilar. Butun mashaqqat Xizr alayhissalom birlan uchrashish buyurilgan joydan o‘tganlaridan keyin bo‘ldi. Yusha’ ibn Nun «Dam olgan joydagi tosh esingizdami, o‘sha joyda men baliqni yo‘qotgan erdim»,— dedi So‘ng, ikkovlari ortlariga qaytishib, yo‘l-yulakay ko‘rgan-kechirganlarini so‘zlashib bo rishdi. Nihoyat, baliq suvga shung‘igan joiga yetib kelib qarashsa, u yerni Olloh taolo gumbazga o‘xshatib qotirib qo‘ygan erkan. Bu holatni ko‘rgan xizmatkor ko‘p taajjubda qoldi. Tosh yoniga kelishganda libosiga o‘ralib olgan bir kishini uchratishdi, Muso alaihissalom ul kishiga salom berdilar. Xizr alayhissalom Yeringizda qaerdan ham tinchlik (salom) bo‘lsin — dedilar. Muso alayhissalom: Men Musoman»,— dedilar Xizr alayhissalom «Baniy Isroil Musosimisiz» — dedilar. Muso alayhissalom «Ha shunday, sizga ergashib yursam Olloh, taolo o‘zingizga o‘rgangan ilmdan menga o‘rgaqangiz! —dedilar. Xizr alayhissalom «Ey Muso, Olloh taolo sizga shunday bir ilm o‘rgatganki, uni men bilolmayman va Olloh taolo menga ham shunday bir ilm ato etganki uni siz bilolmaysiz!» -dedilar. Muso alayhissalom «Shunday ersa-da, men sizga ergashaveraman!»—dedilar. Xizr alayhissalom «Bo‘lmasa kelishib olaylik, toki o‘zim sababini aytmagunimcha biror narsa haqida so‘ramaysiz!»—dedilar. Keyin, ikkovlari sohil bo‘ylab ketayotgan erdilar, ularning oldilaridan bir kichik kema o‘tib qoldi. Kemachilar Xizr alaihissalomni tanib, ularni kemaga haq olmay chiqarishdi. Ikkovlari kemaga mingan paytlarida kema chetiga bir chumchuq kelib qo‘ndi-da, tumshug‘ini dengizga botirib suv ichdi. Shunda, Xizr alayhissalom «Sizning, mening va butun xaloyiqning ilmi Ollohning ilmi oldida mana shu chumchuq tumshug‘ini dengizga botirib olgan bir tomchi suvchalikdur!» — dedilar. Ko‘p o‘tmay, Xizr alayhissalom bir teshani qullariga olib kemani teshib qo‘ydilar. Muso alayhissalom bundan ajablanib «Bular bizni kemaga bepul chiqardilar, siz ersangiz hammalarini cho‘ktirish uchun kemani teshib qo‘ydingiz qanday noma’qul ish qildingiz!»— dedilar. So‘ng ular yo‘lda davom etib, bir bolaga duch kelishdi, bola o‘z o‘rtoqlari birlan o‘ynab yurardi. Xizr alayhissalom uni o‘ldirdilar. Muso alayhissalom xunob bo‘lib «Begunoh pokiza bir bolani o‘ldirib, qandayin yomon ish qildingiz»—dedilar. Xizr alayhissalom «Aytib erdim-ku, siz men birlan sabr qilib yurolmaysiz, deb!» — dedilar. So‘ng ikkovlari yana yo‘l yurib yiqilay deb turgan bir qo‘rg‘onga duch kelishdi, Xizr alayhissalom uni qo‘llari birlan tiklab quydilar. Muso alayhissalom «Biz qishloqqa kirdik, qishloq ahli ersa bizni mehmon qilmadi, taom ham bermadi, agar xohlasangiz, mana shu ishingizga haq olsangiz bizga yegulik bo‘lur erdi!»—dedilar. Shunda, Xizr alay-hissalom «Mana bu gapingiz men birlan sizning ajralmog‘imizga sababdur! Endi, siz sabr qilolmagan narsa larning tafsilotini aytib beraman»,— dedilar Janob Rasululloh shul haqda «Koshki erdi, Muso alayhissalom yana sabr qilganlarida, Olloh taolo bizga ikkovlarining qilgan ishlarini qissa qilib bergan bo‘lur erdi!»—degan erkanlar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:53:10
5-bob. Olloh taoloning «Qilgan ishlari tufayli juda ko‘p ziyon ko‘rgan kishilar haqida  sizlarga xabar berayiimi, deb aitingiz!» degan qavli xususida

Mus’ab ibn Umayr rivoyat qiladilar: «Qilgan ishlari tufayli juda ko‘p ziyon ko‘rgan kishilar haqida sizlarga xabar berayinmi deb aytingiz» degan oyat haruriylar xususida bo‘lsa kerak»—deb otamdan so‘radim (Haruriylar — Xazrat Aliga qarshi chiqqan xavorijlardan bo‘lib, ularning nomi Kufa shahri yaqinidagi Haruro qishlog‘iga nisbat beriladi. Ular Xazrat Aliga bo‘ysunmagan birinchi isyonchilar erdi) Otam «Iuq, bu yahudiy va nasorolar haqida bo‘lib yahudiilar Muhammad sallallohu alayhi va sallamni yolg‘onchi qildilar, nasorolar ersa «Jannatda ovqag ham, ichimlik ham yo‘q» deb kufr keltirdilar. Haruriylar xususiga kelsak, ular Ollohga bergan ahdlarini buzdilar. (Islom xalifasiga bay’at qilgandan so‘ng, unga qarshi isyon qilish Ollohga bergan ahdni buzish, deb yuritiladi) Shuning uchun Sa’d ibn Abu Vaqqos ularni «fosiqlar» deb atagan erdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:53:32
6-bob. Olloh taoloning qavli: «Ular parvardigorning oyatlariga va (oxiratda) unga yuzma-yuz bo‘lishga kufr keltirgan kimsalardur, bas ularning hamma amallari habata bo‘ldi!»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat hiladilar: «Janob Rasululloh «Qiyomat kuni gavdali, semiz bir odam (mahsharga) kirib kelgan, ammo u Olloh taoloning huzurida pashsha qanotichalik tosh bosmagay» — deb aytdilar O’qingizlar, Olloh taolo «Qiyomat kuni ular uchun hech qanday vazn bor qilmaymiz!» — deydi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:53:51
«MARYAM» SURASI
 BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1-bob. Olloh taoloning qavli: «Ularni hasrat kunidan ogoh qilingiz!»


Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Janob Rasululloh bunday dedilar «Ulim ola-bula qo‘chqor qiyofasida keltiriladi Shunda, bir jarchi «Ey ahli jannatlar!»— deb nido qiladi. Ahli jannatlar boshlarini ko‘tarib qarashadi Jarchi «Mana buni taniyapsizlarmi?» — deydi Ular «Ha, bu o‘limdur» — deb javob berishadi, chunki hammalari uni ko‘rgan bo‘lishadi. So‘ng, jarchi «Ey ahli do‘zaxlar!» — deb nido qiladi. Ahli do‘zaxlar boshlarini ko‘tarib qarashadi Jarchi «Mana buni taniyapsizlarmi?» — deydi. Ular «Ha, bu o‘limdur»,— deyishadi, chunki ular ham o‘limni ko‘rgan bo‘lishadi. Keyin, qo‘chqor qiyofasidagi o‘lim shu yerning o‘zida bo‘g‘izlanadi. Shundan so‘ng, jarchi «Ey ahli jannatlar, bundan buyon o‘lmaysizlar, endi o‘limni ko‘rmaysizlar, ey ahli do‘zaxlar, bundan buyon o‘lmaysizlar, endi o‘limni ko‘rmaysizlar!» — deydi». Keyin, Janob Rasululloh quyidagi oyati karimani tilovat qildilar «Ularni hasrat kunidan ogoh qilingiz, Ollohning amri shubhasiz amalga oshguvchidur, holbuki ular iymon keltirmay g‘aflatda yuribdurlar!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:54:03
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Va biz farishtalar tushmasmiz magar  parvardigoringiz amri ila, aning ixtiyoridadur nima narsaki oldimizdadur va nima narsaki keyinimizdadur»

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Janob Rasululloh Jabroil alayhissalomga «Mening huzurimga ko‘proq kelib tursangiz! Buning uchun sizga nima mone’lik qiladi!«— dedilar. Shunda «Va biz farishtalar faqat rabbingizning amri birlangina (erga) tushurmiz, nimaiki oldimizda va nimaiki ortimizdadur, barchasi Olloh, taoloning ixtiyoridadur» degan oyat nozil bo‘ldi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:54:19
3-bob. Olloh taoloning qavli: «(Ey Muhammad), bizning oyatlarimizga kufr  keltirib, «Menga ul dunyoda ham mol-dunyo va bola-chaqa berilur» deguvchi kimsani ko‘rdingizmi?!»

Xabbob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Men Os ibn Voil as-Sahmiyning oldiga unga bergan qarzimni talab qilib bordim U menga «Muhammadga kufr keltirmagu-ningcha olgan qarzimni bermayman!» — dedi. Men «Io‘q, aslo, sen o‘lib, qiyomatda qayta tiriltirilguningga qadar ham kufr keltirmayman!» —dedim. Os ibn Voil «Men o‘lsam, qaytatirilamanmi?»—dedi Men «Ha»,— dedim Os ibn Voil «Unday bo‘lsa, o‘sha joyda ham mening bola-chaqam va mol-dunyom bo‘ladi, qarzimni o‘shanda to‘layman»,— dedi. Shunda yuqoridagi oyati karima nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:54:35
4- bob Olloh taoloning qavli: «Ayo, ul (kofir) g‘aybdan xabar topibdurmi yoki Olloh unga (ul dunyoda ham mol-dunyo va bola-chaqa ato qilurman, deb) va’da beribdurmi?!»

Xabbob raziyallohu anhu aytadilar: «Men Makkada temirchilik qilur erdim, Os ibn Voilga bir qilich yasab bergan erdim, uning haqini olish uchun uyiga keldim. Os ibn Voil «Agar Muhammadga kufr keltirmasang, haqingni bermayman!»—dedi. Men: «Seni Olloh o‘ldirib, qiyomatda qayta tiriltirgungacha ham kofir bo‘lmayman!» — dedim. Os ibn Voil «Agar Olloh meni o‘ldirib, keyin tiriltirsa, o‘sha joyda ham mening bola-chaqam va molu dunyom bo‘ladi»,— dedi. Shunda Olloh taolo «(Ey Muhammad), bizning oyatlarimizga kufr keltirib,  «Menga ul dunyoda ham mol-dunyo va bola-chaqa berilur» deguvchi kimsani ko‘rdingizmi? Ayo, ul (kofir) g‘aybdan xabar topibdurmi yoki Olloh unga (ul dunyoda ham mol-dunyo va bola-chaqa ato qilurman, deb) va’da beribdurmi?» degan oyati karimani nozil qildi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:54:48
5- bob Olloh taoloning qavli: «Yo‘q, unday ermas, biz uning aytgan gapini yozib qo‘yurmiz va unga uzoq muddat azob berurmiz!»

Xabbob raziyallohu anhu «Johiliyat davrida men temirchi erdim. Mendan Os ibn Voil qarzdor erdi»,— deydilar. Keyin, Xabbob Osning oldiga o‘sha qarzni so‘rab boribdilar. Os ibn Voil ersa «Muhammadga kufr keltirmaguningcha olgan qarzimni bermayman!»—debdi. Xabbob «Ollohga qasamyod qilurmanki, Olloh seni o‘ldirib, qiyomatda qayta tiriltirgungacha ham kofir bo‘lmayman!» — debdilar. Os ibn Voil «Unday bo‘lsa, quyaver, o‘lib, keyin qayta tiriladirgan bo‘lsam, ul dunyoda ham menga bola-chaqa, mol-dunyo beriladi, o‘shanda haqingni beraman!» — debdi. Shunda Olloh taolo «Ey Muhammad, bizning oyatlarimizga kufr keltirib, «Menga ul dunyoda ham mol-dunyo va bola-chaqa berilur» deguvchi kimsani ko‘rdingizmi? Ayo, ul (kofir) g‘aybdan xabar topibdurmi yoki Olloh unga (ul dunyoda ham mol-dunyo va bola-chaqa ato qilurman, deb) va’da beribdurmi? Yo‘q, unday ermas, biz uning aytgan gapini yozib qo‘yurmiz va unga uzoq muddat azob berurmiz va olib qo‘yurmiz undan aytib turgan narsasini va kelur ul huzurimizga o‘zi yolgiz!» degan oyatni nozil qildi»

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:55:04
«TOHO» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1-bob. Olloh taoloning qavli: «Men seni xos o‘zim uchun bino qildim (tanladim)»


Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Odam alayhissalom va Muso alayhissalom uchrashishdi. Shunda Muso alayhissalom Odam alayhissalomga «Insonlarni baxqiz qilib jannatdan quvilishiga sabab bo‘lgan kishi sizmisiz?» —dedilar. Odam alayhissalom Muso alayhissalomga «Olloh xos o‘zi uchun bino qilgan (tanlagan) zot sizmisiz, tavrot sizga nozil qilinganmidi?»—dedilar. Muso alayhissalom «Ha»,— dedilar. Odam alayhissalom «Unday bo‘lsa, Olloh taolo meni yaratishdan avvalroq taqdirimni belgilab qo‘yganligi haqida tavrotdan bilib olgan bo‘lsangiz kerak?!»—dedilar. Muso alayhissalom «Ha» — deb jim qoldilar, chunki Odam alayhissalomning dalillari kuchli erdi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:55:40
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Biz vahiy yubordik Musoga «Olib ketgil tunda mening bandalarimni va dengizga (daryoga) aso urib, ularga bir quruq yul qilib bergil, (shunda) na (dushman) qo‘liga tushishdan va na g‘arq bo‘lishdan xavf qilursan!» deb. Keyin, ularning ortlaridan Fir’avn o‘z lashkari birlan ta’qib qildi, ammo ularni dengiz o‘z  girdobiga oldi, Fir’avn o‘z qavmini gumroh qildi, to‘g‘ri yo‘lga solmadi»

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida yahudiylar Oshuro kuni ro‘za tutar erdi. Janob Rasululloh ulardan buning sababini so‘raganlarida «Bu kun Muso alayhissalom Fir’avn ustidan g‘alaba qozongan kun bo‘lib, biz uning shukronasiga ro‘za tutamiz»,— deyishdi. Shunda Janob Rasululloh sahobalarga «Biz Muso alayhissalomga yahudiylardan ko‘ra haqliroqmiz, shu kuni (sizlar ham) ro‘za tutingizlar!» — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:55:59
3-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Odam, shayton siz va xotiningizga dushmandur, u sizni va xotiningizni jannatdan chiqarmasin, keyin badbaxt bo‘lib qolmangiz!»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar/«Janob Rasululloh bunday dedilar: «Muso alayhissalom Odam alayhissalomga dalil keltirib: «Ey Odam, gunoh qilib odamiyzodni jannatdan chiqargan va ularni badbaxt qilib quygan kishi sizmisiz?» — dedilar. Odam alayhissalom «Ey Muso, Olloh taolo o‘z bandalariga payg‘ambar va o‘ziga suhbatdosh qilib tanlagan zot sizmisiz? Olloh taolo meni yaratmasidan ilgari kelgusida qiladirgan ishimni avvaldan taqdir qilib qo‘ygan bo‘lsa, nechun siz meni Olloh taoloning irodasi uchun malomat qilasiz?»—dedilar. Odam alayhissalom bu dalil birlan Muso alayhissalomni mag‘lub qildilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:56:17
«AL-ANBIYO» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1- bob Olloh taoloning qavli: «Biz dunyoni dastlab qay tariqa osonlik birlan yaratgan bo‘lsak, qiyomatda ham xuddi shunday osonlik birlan qayta paydo qilurmiz,
bu bizning va’damizdur!»


Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh odamlarga xutba qilayotib bunday dedilar:. «Albatta sizlar qiyomatda yalangoyoq, yalang‘och, ya’ni asl holatingizda Olloh taolo huzurida tiriltirilasizlar. Olloh taolo «Biz dunyoni dastlab qay tariqa osonlik birlan yaratgan bo‘lsak qiyomatda ham xuddi shunday osonlik birlan qayta paydo qilurmiz, bu biziing va’damizdur, albatta biz buni kilguvchidurmiz»— deydi. Qiyomatda birinchi bo‘lib Ibrohim alayhissalomga kiyim kiydiriladi. Shu vaqt ummatimdan bir guruhi keltirilib, do‘zaxga haydaladi. Men «Ey parvardigor, bular mening ashoblarim-ku!»—deyman. Menga «Uzingizdan keyin bularning nimalar qilganini bilmaysiz!» — deyiladi. Shunda men Ollohning solih bandasi (Iso) aytganlaridek «Men ularning oralarida bo‘lgan vaqtimda ularga guvoh bo‘lib turdim. Lekin, meni o‘z huzuringga chorlaganingdan keyin ersa, sen o‘zing ularni kuzatib turding. Sen o‘zing hamma narsaga guvohdirsan!»—deb javob beraman. Menga «Darhaqiqat, bu odamlar, siz ularni tashlab (oxiratga) ketgan vaqtingizdan boshlaboq o‘z yo‘llaridan orqalariga qaytganlar!»—deb aytiladi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:56:35
«HAJ» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1-bob. Olloh taoloning qavli: «Odamlarni mastdek holda ko‘rgaysiz»


Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday dedilar: «Qiyomat kuni Olloh taolo «Ey Odam!» — deydi. Odam alayhissalom «Labbayka va sa’dayka» — deb javob beradilar. Olloh taolo baland ovoz birlan «Zurriyotlaringizdan do‘zaxga tushadirganlarini ajratingiz!» — deb buyuradi. Odam alayhissalom «Do‘zaxiylar qanchadur?»—deydilar. Olloh taolo «Har ming kishidan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasi tushadi»,— deydi. Shunda odamlar homilador ayol bola tashlagudek va go‘dak qarib, soch-soqoli oqarib ketgudek holga tushadilar, barchaning qurquvdan mastdek ahvolga tushganlarini ko‘rgaysiz, ammo ular mast emaslar, balki Ollohning azobi nihoyatda qattiq bo‘lajagidan xavfdadurlar» Sahobalarga bu gap juda qattiq ta’sir qilib, ranglari o‘chdi. Payg‘ambar alayhissalom «Ya’juj va Ma’jujdan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqizta, sizlardan bitta. So‘ng sizlar odamlar orasida oq ho‘kizning biqinidagi qora yoki qora ho‘kizning biqinidagi oq tuklar monand ajralib turgaysizlar, men umidvormanki, sizlar ahli jannatlarning to‘rtdan bir qismini tashkil etgaysizlar!» — dedilar Buni eshitib, biz yengil tortdik-da, Olloh taologa takbir aytdik Keyin, ul zot yana «Ahli jannatlarning uchdan birini tashkil eqangiz ham ajab ermas!» — dedilar. Biz yana takbir aytdik. Keyin, yana «Ahli jannatlarning yarmi sizlardan iborat bo‘lmog‘idan umidvorman'»—deb qo‘ydilar. Biz yana takbir aytdik»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:56:57
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Odamlar orasida Ollohga shak birlan ibodat qiladirganlari bor. Agar shunday kishi yaxshilikka erishsa, dili orom olur va agar biror baxqizlik yeqa, dindan yuz o‘girib olur. U bu dunyoyu oxiratda ziyon ko‘rur. Bu ersa ochiq-oydin ziyondur. U Ollohni qo‘yib, o‘ziga ziyon ham, foyda ham bera olmaydirgan butlarga iltijo qilur. Ana shuldir uzoq gumrohlik»

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Odamlarning ba’zisi Ollohga shak birlan ibodat qilur. Ya’ni ba’zi badaviy Madinaga kelganda, agar xotini o‘g‘il tug‘sa va otlari qulunlasa, «Bu juda solih din erkan» deb maqtardi, agar xotini tug‘masa va otlari qulunlamasa, «Bu yomon din erkan!» deb ayblardi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:57:07
3- bob Olloh taoloning qavli: «Mana shu ikki g‘anim — musulmonlar birlan kofirlar parvardigorlari xususida talashdi»

Abu Zarr al-G’iforiydan naql qilinadiki, «Mana shu ikki g‘anim — musulmonlar birlan kofirlar parvardigorlari xususida talashdi» degan oyati karima Hamza va ul kishining ikki sheriklari hamda Utba va uning ikki sherigi haqida nozil bo‘lgan, bular Badr kuni yakkama-yakka jang qilgan erdilar»

Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu «Qiyomat kuni men Rahmon huzurida tiz cho‘kib, (kitobiylar birlan yuzma-yuz) xusumatlashuvchilarning birinchisi bo‘lurman»—dedilar Qays «Mazkur oyat Badr kuni yuzma-yuz jang qilgan kishilar — Ali, Hamza, Ubayda, Shayba ibn Rabii’a, Utba ibn Rabiy’a, Valid ibn Utbalar haqida erdi»,— deydilar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:57:21
«MO’MINLAR» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Ibn Abbos raziyallohu anhu «Suradagi «Hayhota-hayhota» so‘zining ma’nosi «uzoq-uzoq» demakdur»,— deydilar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:57:45
«NUR» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1-bob. Olloh taoloning qavli: «Uzlaridan boshqa guvohlari bo‘lmagan holda o‘z xotinlarini buzuk, deb badnom qiladirgan kishilar (bilsinki), bunday odam to‘rt marta Olloh taologa: «Albatta, men rost aytayotirman»,— deb qasamyod qilur»


Saxl ibn Sa’d rivoyapg qiladilar: «Uvaymir ismli kishi Baniy Ajlonning ulug‘i Osim ibn Adiyning oldiga kelib «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan men uchun so‘rab beringiz, agar bir kishi o‘z xotini huzurida begona erkakni ko‘rsa-yu, uni o‘ldirsa, keyin qotilni ham o‘ldirasizlarmi yoki nima qilasizlar?»—dedi. Osim Payg‘ambar alayhissalomning oldilariga kelib, «Yo Rasulalloh!» — deya boyagi savolni berdi Ammo, ul zot bunday masala xususida javob bermoqni istamadilar. Osim uyiga qaytib borganda, Uvaymir bergan savolining javobini so‘radi. Shunda Osim «Janob Rasululloh bunday savolni noma’qul ko‘rib, aybladilar»,— dedi. Uvaymir «Janob Rasulullohdan bu haqda so‘rab bilib olmagunimcha tinchimagayman!» — dedi. Keyin, u o‘zi Janob Rasulullohning huzurlariga kelib «Ey Ollohning payg‘ambari, agar bir kishi xotini birlan begona erkak turganini ko‘rsa uni o‘ldiradimi? Agar o‘ldirsa, qotilni ham o‘ldirasizlarmi yoki nima qilinadi? — deb so‘radi. Janob Rasululloh «Olloh taolo sen va xotining haqida Qur’on (oyat) nozil qildi»,— dedilar-da, Olloh taolo oyatda buyurgandek ikkovini li’on qilmoqni buyurdilar. Mulo’anadan so‘ng, Uvaymir Janob Rasulullohga «Ey Ollohning rasuli, bu xotinni ushlab tursam, unga zulm qilgan bo‘lurman'»—deb xotinini taloq qilib yubordi. Shu-shu bo‘ldi-yu, mulo’ana qilishgan er uchun xotinini taloq qilib yuborish sunnat bo‘lib qoldi. Keyin Janob Rasululloh «Kuzatib yuringizlar, agar o‘shal xotin boldiri yo‘g‘on bola tug‘sa, demak Uvaymirning xotiniga qilgan da’vosi rost bo‘ladi. Mobodo, tug‘ilgan bolaning rangi qizg‘ish bo‘lsa, Uvaymir xotiniga tuhmat qilgan bo‘ladi»,— dedilar. Qarangki, haqiqatan ham o‘shal xotin tuqqan bola Uvaymirning da’vosini tasdiqladi. Shundan so‘ng, bola onasiga mansub qilinadirgan bo‘ldi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:57:56
2- bob Olloh taoloning qavli: «Va (er) beshinchi marta derki, xudoning la’nati menga bo‘lsin agar yolg‘onchi bo‘lsam!»

Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu bunday deydilar «Bir odam Janob Rasulullohning huzurlariga kelib «Ey Ollohning rasuli! Nima deysiz, bir odam o‘z xotinining yonida bir begona erkakni ko‘rsa, uni o‘ldiradimi, agar o‘ldirsa, qotilni ham o‘ldirasizlarmi yoki unga nima qilasizlar?» — deb so‘radi. Shunda Olloh taolo ular haqida mulo’ana oyatini nozil qildi Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam savol bergan odamga «Olloh sen va xotining haqida hukm tushirdi»,— dedilar. Er va xotin bir-birlarini mulo’ana qilishdi. Men Janob Rasulullohning yonlarida turib bu voqe’aga guvoh bo‘ldim. Janob Rasululloh ikkovini ajratib yubordilar. Shundan so‘ng, bir-birini la’natlagan er-xotinni ajratib yuborish sunnatga aylandi. Usha ayol homilador erdi. Uning eri bolani o‘zidan erkanligini inkor qildi. Shundan e’tiboran, tug‘ilgan bola onasiga nisbat beriladirgan bo‘ldi. Keyin, ona birlan bolaning o‘rtasidagi merosxo‘rlik huquqi ham sunnat qilindi. Onaning o‘z bolasiga, bolaning ersa onasiga va u tarafdan bo‘lgan qarindoshlarga merosxo‘rlik qilishi Olloh amr qilgan yul birlan joriy bo‘ldi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:58:42
3- bob Olloh taoloning qavli: «Erim shak-shubhasiz yolg‘onchilardandur!» deb  Olloh taologa to‘rt marta qasamyod qilmoqlik ayoldan jazoni daf qilgay»

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hilol ibn Umayya Payg’ambar alayhissalomning huzurlarida o‘z xotinini Sharik ibn Samho birlan zino qilganlikda aybladi. Payg‘ambar alayhissalom unga «Aytgan so‘zingning rostligining isboti uchun dalil keltirasan yoki tuhmat uchun orqangga sakson darra uriladi'»—dedilar. Hilol «Ey Ollohning rasuli, birortamiz o‘z xotinimizning ustida begona erkakning yotganini ko‘rsag-u, ammo u qochib keqa dalil so‘raladimi» — dedi. Paig‘ambar alayhissalom «Aytgan so‘zingga dalil keltirasan yoki sakson darra orqangga uriladi» —deb turib oldilar. Hilol ibn Umayya «Sizni haq din birlan yuborgan zotga qasamyod qilurmanki mening so‘zim rostdur! Olloh taolo mening orqamni darra urilmog‘idan qutultiradirgai oyat nozil qilsa, ajab ermas »—deb chiqib ketdi. Birozdan so‘ng, Jabroil alayhissalom «Uz xotinlarini zinoda ayblagan erkaklar» deb boshlanadirgan oyatni Janob Rasulullohga vahiy qilib keltirdilar. Janob Rasululloh vahiy qabul qilib bo‘lganlaridan keyin, Hilol va uning xotiniga odam yubordilar. Ular kelib, har biri o‘zini oqlab qasam ichdi. Shunda Janob Rasululloh «Albatta, Olloh taolo ikkovingizdan biringiz yolg‘onchi erkanligingizni bilur, bas qaysi biringiz gunohingizga iqror bo‘lib, tavba qilgaysiz» — deb so‘radilar. Keyin, xotin turib, to‘rt bor o‘zini oqlab qasam ichdi. Janob Rasululloh uning beshinchi bor qasam ichishiga qarshilik qilib «Azobi qattiq bo‘lur'»—deb ogohlantirdilar. Shunda ayolning tili kalovlanib so‘zga kelmay qoldi. Biroq u baribir beshinchi bor qasam ichib yubordi. Paig‘ambar alayhissalom sahobalarga «Ayolni kuzatib yuringizlar, agar u ko‘zi qora, dumbalari to‘la, boldiri yo‘g‘on bola tug‘sa, demak u Sharik ibn Samhoning bolasi bulur» — dedilar. Keyin, xotin aytganlaridek qiyofada bola tug‘di. Shunda Payg‘ambar alayhissalom «Agar Ollohning Kitobi hukm qilmaganda erdi, men bu ayolni toshbo‘ron qilmoqqa buyurgan bo‘lur erdim»—dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:59:18
4- bob Olloh taoloning qavli: «Va (xotin) beshinchi marta derki, Ollohning g‘azabi menga bo‘lsin agar bu er rostgo‘y bo‘lsa!»

Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «Bir odam Janob Rasulullohning zamonlarida o‘z xotinini zinokorlikda ayblab, uning homilasidan tondi. Shunda Janob Rasululloh buyurdilar, ikkovlari bir-birlarini mulo’ana qilishdi. Keyin, Olloh taolo Qur’onda amr qilganidek, tugilgan bola onasiga mansub qilindi, er-xotin ajratib yuborildi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 07:59:48
5-bob. Olloq taoloning qavli: «Albatta, bo‘hton to‘qiganlar o‘zlaringi zdan bo‘lgan bir to‘dadur. Buni sizlar o‘zlaringiz uchun yomon, deb o‘ylamangizlar, balki bu sizlar uchun yaxshiroqdur. Bo‘htonchilarning har biri uchun o‘zlari kasb qilgancha gunoh bordur. Ulardan gunohning eng katta hissasini ko‘targan kishi uchun ulug‘ azob bordur!»

Oisha raziyallohu anho «Uziga eng katta gunoh orttirgan kishi Abdulloh ibn Ubay ibn Saluldur»,— deydilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 08:00:29
6- bob Olloh taoloning qavli: «Mo‘min erlar va mo‘mina ayollar, bu bo‘htoni  shitgan paytingizda na uchun o‘zlaringiz haqingizda yaxshilikni o‘ylab: «Bu ochiqdan-ochiq buhton-ku!»— demadingizlar? Na uchun bo‘htonchilar to‘rtta guvoh  keltirmadilar? Endi, to‘rtta guvoh keltira olmasalar, u holda Olloh nazdida yolg’onchidurlar!»

Payg’ambarilshz sallallohu alayhi va sallamning xotinlari Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Janob Rasulullohning odati shariflari shunday erdiki, qachon safarga chiqmoqchi bo‘lsalar, xotinlari o‘rtasida qura tashlar erdilar. Qur’a kimning nomiga chiqsa, o‘shani o‘zlari birlan birga olib ketar erdilar. Bu gal ham xuddi shunday qilib erdilar, qur’a mening nomimga chiqdi. Men ul zot birlan birga safarga chiqadirgan buldim. Bu vaqt ayollarga hijob (chochvon) kiyish buyurilgan vaqt erdi. Men kajavamga chiqib joylashib oldim. So‘ng, safarga jo‘nab ketdik. Janob Rasululloh gazot tugagach, ortga qaytdilar. Kechasi Madinaga yaqinlashib qolganimizda, dam olishga ruxsat berdilar. Men kajavamdan tushdim-da, askarlardan chetroqqa bordim, ishimni bitirib, yana tuyamning yoniga keldim. Shu payt bildimki, bo‘ynimdagi marjonim uzilib, tushib qolibdi.

Uni qidirib ushlanib qoldim. Shunda xizmatkorlar kelib, kajavamni tuyaga ortib jo‘nab ketishibdi, chunki ular meni kajavada, deb o‘ylashibdi. Darvoqe, o‘sha vaqtda ayollar faqat atala ichganlari uchun ortiqcha semirmay yengil bo‘lar erdilar. Shu boisdan ham kajavani ko‘targanda uning yengilligini farq qilishmagan. Buning ustiga men yosh qizaloqman. Ular tuyani haydab jo‘nab ketaverishibdi. Askarlar ketib bo‘lgan paytda men marjonimni qidirib topdim. So‘ng, ular turgan joyga kelsam, biror chaqiruvchi ham, javob beruvchi ham yo‘q. Joyimdan qimirlamaslikka ahd qildim, chunki ular yo‘lda mening yo‘qolib qolganimni bilishgach, izlab qaytib kelib qolishsa kerak, deb o‘yladim Ultirgan joyimda mendan uyqu golib kela boshladi va men uxlab qoldim.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 08:00:53
Safvon ibn Mu’attal as-Sulamiy az-Zakvoniy askarlarning ketidan nazorat qilib yuradirgan kishi erdi. U kechasi birlan yo‘l yurib, men turgan joyga yetib kelib qarasa, bir odam uxlab yotibdi, yaqinroq kelib, darhol meni tanibdi, chunki chochvon kiyish joriy qilinmasidan burun u meni ko‘rgan erdi. Meni tanigach, hayron bo‘lib «Inno lillohi va inno ilayhi roji’un» deganidan uygonib ketdim. Shu ondayoq yuzimni chochvon birlan to‘sib oldim. Ollohga qasamyod qilurmanki, u menga bir ogiz ham so‘z gapirmadi, men uning «Inno lillohi va inno ilayhi roji’un» degan so‘zinigina eshitdim, xolos. Keyin, u tuyasini cho‘ktirdi, shunda men unga chiqib oldim. U tuyani yetaklagancha yurib ketdi, biz askarlar Madinaga yetib olgandan so‘ng, kunning qattiq issigida shaharga kirib keldik.
Shu voqe’a bo‘ldi-yu, barchaning oromi buzildi. Bo‘htonchilarga bosh bo‘lgan kishi Abdulloh ibn Ubay ibn Salul erdi. Madinaga kelganimizdan so‘ng, men bir oy kasal bo‘lib yotib qoldim. Shunda bo‘htonchilar tarqatgan gapni odamlar hamma joyda gapira boshlabdi. Men ersam bu gaplardan mutlaqo bexabar erdim. Ilgarilari kasal bo‘lsam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga ko‘p mehribonchiliklar ko‘rsatur erdilar, endi bo‘lsa undan asar xam yo‘qligi dilimni g‘ash qilur erdi. Shu kunlarda ul zot huzurimga kirib «Tuzukmisan» der erdilar-da, indamay chiqib ketar erdilar. Mana shu holat mening shubhamni orttirar erdi-yu, ammo men yomonlik aynan mening xususimda bo‘layotganini bilmas erdim. Biroz o‘zimga kelganimdan so‘ng, bir kuni tashkariga chiqdim. Men birlan birga hojatga Ummu Mistah ham chiqdi. Tashqarida bizning hojatxonamiz bo‘lib, tunlari hojatga o‘sha yerga borur erdik. Bu voqea uyimiz yaqiniga chuqur kavlab o‘rab olganimizdan avval bo‘lgan erdi. Biz arablar ilgarilari hojatga uzoqroq yerga borur erdik, chunki hojatxonaning uyga yaqinligi bizga ozor berur erdi. Ummu Mistah Abu Rahm ibn Abdu Manofning qizi bo‘lib, onasi Abu Bakrning xolalari — Saxr ibn Omirning qizi erdi. Mistah ibn Usosa ersa Ummu Mistahning o‘g‘li erdi. Ushanda men Ummu Mistah bilan uyimiz tomon hojatdan qaytayotgan erdim, Ummu Mistah o‘zining tupugiga toyilib ketib «Noumid bulgur Mistax'»—deb qarg‘andi. Men unga «Qanday bema’ni gapni aytdingiz, Badrda ishtirok qilgan kishini ham shunday yomon qarg‘aysizmi?!»—dedim. Ummu Mistah «Voy soddaey, uning nimalar deb yurganini eshitmadingizmi'»—dedi. Men «U nimalar debdi?»— dedim. Shunda Ummu Mistah menga bo‘htonchilar tarqatgan gaplarni aytib berdi. Bundan dardimga dard qo‘shildi. Keyin, men uyga qaytganimda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurimga kirib salom berdilar va odatdagidek «Tuzukmisan» deb surab erdilar, men «Ey Ollohning rasuli, menga izn bersangiz, ota-onamning oldilariga borsam'» —dedim, chunki men ota-onamdan aniqroq bir gap bilmoqchi erdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga izn berdilar, men ota-onamning oldilariga keldim. Onamga «Ei onajon, odamlar nimalar deyishayotir?» — dedim. Onam «Ey qizim, o‘zingga olma, biror ayol chiroyli bo‘lsa-yu, eri uni yaxish ko‘rsa, kundoshlari albatta rashkdan ig‘vo to‘qishadi-da!» - dedilar. Men onamga «Subhonalloh, axir odamlar men haqimda bo‘hton qilishyapti-ku!»—dedim, keyin shu kecha ko‘zimga uyqu ilinmadi, yig‘lab tong ottirdim.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 08:01:18
Rasululloh sallalohu alayhi va sallam vahiy kelavermaganidan keyin, Ali ibn Abu Tolib va Usoma ibn Zaydni chaqirib, xotinlaridan (mendan) ajrash to‘g‘risida maslahat qildilar. Shunda Usoma ibn Zayd meni pok erkanligimni aytib: «Ey Ollohning rasuli, biz oilangizni faqat yaxshi, deb bilurmiz!» — dedilar. Ammo Ali ibn Abu Tolib ersalar «Ey Ollohning rasuli! Olloh sizni ayollar borasida qisib qo‘ymagan~ku, undan boshqa xotinlaringiz ham ko‘pku, hatto xizmatkor ayoldan ham so‘rashingiz mumkin, u ham bizning gapimizni tasdiqlaydi»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam joriya Bariyrani chaqirdilar-da, undan: «Ey Bariyra, seni shubhaga solgan biror narsa Oishadan sodir bo‘lganmi?» deb so‘radilar. Bariyra «Ey Ollohning rasuli! Sizni haq din birlan yuborgan zotga qasamyod qilurmanki, sodir bo‘lgan ermas! Uning bor-yo‘g‘ aybi, u ham bo‘lsa, uning yosh qizchaligidur, agar unga xamirni ishonib topshirsangiz, uxlab qolib qo‘zichoq kelib xamirni yeb ketadi»;—dedi. Shundan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Ubay ibn Saluldan qilgan bo‘htoni uchun uzr so‘rashni talab qildilar. Ul zot minbarda turib bunday dedilar: «Ey musulmonlar jamoasi, mening oilamga bo‘hton qilib, menga ozor yetkazgan kishini kim menga uzr ayttira olur' Olloh taologa qasamyod qilurmanki, men oilamni faqat yaxshi, deb bilurman! Bo‘hton qilinayotgan erkak haqida ham men faqat yaxshi fikrdaman. U qachon mening oilam oldiga kirsa, faqat men birlan birga kirur erdi!» ' Shunda Sa’d ibn Maoz raziyallohu anhu o‘rinlaridan turib «Ey Ollohning rasuli, u odamni sizga men uzr attirurman, agar u Avs qabilasidan bo‘lsa, bo‘ynini uzurman, mobodo Xazraj qabilasidan bo‘lsa, ul holda siz nima buyursangiz, shuni qilurmiz'»— dedilar. Buni eshitib Sa’d ibn Uboda dik etib o‘rnidan turdi, u Xazraj qabilasining boshlig‘i bo‘lib, ilgari solih kishi bo‘lgan erdi, hozir ersa hamiyati qo‘zg‘olib Sa’d ibn Maozga «Ollohga qasamyod qilurmanki, uni o‘ldirolmagaysan, o‘ldirish qo‘lingdan kelmagay » — dedi. Shunda Usayd ibn Hazir (Sa’d ibn Maozning amakivachchalari) Sa’d ibn Ubodaga «Bekor aytibsan, Ollohga qasamed qilurmanki, albatta uni o‘ldirgaymiz, ammo sen ersang munofiqsan, chunki munofiqlarning yonini olursan'» — deb baqirdilar. Shu tariqa Avs birlan Xazraj janjallashib, hatto bir-birlarini o‘ldirishga qasd qilib qolishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarda turib ularni jahldan tushirishga ko‘p urindilar. Nihoyat barcha jim bo‘ldi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham sukut qildilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 08:01:43
Men ota-onamning uyida shu kuni ham qoldim, ko‘z yoshim sira to‘xtamadi, ko‘zimga uyqu ilinmadi, ota-onam bu kecha ham yonimda tong ottirishdi, ikki kecha va bir kunduz tinmay yig‘ladim. Ota-onam ersalar, yig‘layverganidan jigari ezilib ketdi, deb dilpora erdilar. Shu asnoda bir ansoriya ayol ichkariga kirishga ruxsat so‘rab qoldi. Ijozat berga-nimdan keyin, kirib o‘ltirdi-da, u ham men birlan birga yig‘lashga tushdi. Biz shu holda o‘ltirgan erdik, Janob Rasululloh kirib yonimga o‘ltirdilar, vaholanki ul zot bo‘hton gaplardan keyin yonimga o‘ltirmay qo‘ygan erdilar. Mening haqimda ersa, mana bir oy bo‘libdiki, hanuz vahiy kelmas erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yonimga o‘ltirayotib Olloh taologa hamdu sanolar aytdilar, so‘ng «Ey (Oisha, sening haqingda menga turli gaplarni aytishdi. Agar pok bo‘lsang, Olloh taoloning o‘zi seni tezda oqlaydi, basharti sendan gunoh sodir bo‘lgan bo‘lsa, ul holda Ollohga istig‘for aytgin unga tavba qilgin Chunki, banda O’z gunohini e’tirof qilib Ollohga tavba qilsa, Olloh UNING tavbasini qabul qilgay»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam gaplarini tugatganlaridan keyin, ko‘z yeshim tindi, hatto bir qatra ham chiqmadi. Men otamga «Rasulullohning gaplariga javob beringiz'» — dedim. Otam «Ollohga qasamyod qilurmanki, bul zotga ne demog‘imni bilmasman!»—dedilar. So‘ng, onamga ham «Rasulullohning gaplariga javob beringiz »—dedim. Onam ham «Ollohga qasamyod qilurmanki, bul zotga ne demog‘imni bilmasman'»— dedilar. Shundan so‘ng, men bunday dedim: «Men Qur’ondan ko‘p narsalarni o‘qiy olmaydirgan bir norasida qizaloqmen, siz kattalar ersangizlar, mening xususimdagi bo‘htonni eshitiboq, o‘ylab-netib o‘ltirmay, unga ishondingizlar, uni dillaringizga jo ham qildingizlar Shuning uchun ham men «pokman» deganim birlan sizlar menga ishonmaysizlar, vaholanki Olloh taolo mening pokligimni bilib turibdir. Basharti, men biror gunohni e’tirof qilsam, sizlar darhol bunga ishongaysizlar, vaholanki Olloh taolo mening pokligimga o‘zi guvohdir, Olloh taologa qasamyod qilurmanki, sizlarga Yusufning otasi aytgan gapdan bo‘lak aytadirgan gapim yo‘q! Ul kishi «Endi, sabr qilmog‘im yaxshidur, sizlarning bu gaplaringizdan xalos bo‘lmog‘im uchun Olloh taolodangina madad tilarman'»— degan erdilar» Men shunday dedim-da, teskari qarab to‘shagimga yotib oldim. Men o‘zimning pokligimni yaxshi bilur va «Olloh taolo albatta meni oqlagay!» — deb ishonur erdim. Ammo, men «Olloh taolo mening haqimda tilovat qilinadirgan vahiy nozil qilgay» — deb sira ham o‘ylamagan erdim, Olloh taoloning mening xususimda tilovat qilinadirgan oyatlar orqali so‘zlamog‘idan orlanur erdim. Men faqat «Janob Rasululloh tush ko‘rsalar-u, tushlarida ul zotga mening pokligim ayon qilinsa'»— deb umid qilur erdim, xolos Olloh taologa qasamlar ichurmenki, na Janob Rasululloh va na uydagilarning birortasi tashqariga chiqmoqqa xezlanib ulgurmadi, to‘satdan ul zotga vahiy nozil bo‘lib qoldi. Janob Rasulullohni qattiq isitmadan keyin bo‘ladirgan bezgakdek qaltiroq bosdi, badanlaridan marjondek ter quyildi. Birozdan so‘ng, Janob Rasululloh tabassum qilgan holda o‘zlariga keldilar. Ul zotning dastlab aytgan gaplari—«Ey Oisha, seni Olloh taolo oqladi!» degan jumla bo‘ldi. Shunda onam menga «Tur, Rasulullohga qulluq qil!» — dedilar. Men «Ollohga qasamyod qilurmanki, Rasulullohga ta’zim qilmagayman, tashakkur ham aytmagayman, men faqat Ollohga qulluq qilgayman va Ollohga hamd aytgayman'» — dedim.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 08:02:06
O’shanda  Olloh  taolo  «Albatta,   bo‘hton  to‘qiganlar  o‘zlaringizdan  bo‘lgan  bir to‘dadur» deb boshlanadirgan o‘nta oyat nozil qilgan erdi. Olloh taolo mening pokligim to‘g‘risidagi mazkur oyatlarni nozil qilgandan so‘ng, otam Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu kambag‘alligi va qarindoshligi sababli o‘zlari yordam qilib turgan Mistah ibn Usosa haqida «Ollohga qasamyod qilurmanki, Oisha haqida bo‘hton qilgani uchun Mistahga hech qachoi hech narsa bermagayman »—deb ont ichdilar. Shunda Olloh taolo: «Sizlardan fazlu davlat egalari bo‘lmish kishilar qarindoshlari, miskinlar va muhojirlarga Olloh yulida ehson qilmaslikka qasam ichmasinlar, aksincha ularni kechirsinlar. Ollohning sizlarni mag‘firat qilmog‘ini istamaysizlarmi? Olloh mag‘firatli mehribondur!» — degan oyatni nozil qildi. Shundan so‘ng, otam Abu Bakr Siddiq: «Ha, yo Olloh, albatta mag‘firatingni istarman »—dedilar-da, ilgarigidek Mistahga nafaqa bera boshladilar. «Ollohxa qasamyod qilurmanki Mistahning nafaqasini zarracha ham kamaytirmagayman!»—deb erdilar o‘shanda otam. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam men haqimda Zaynab binti Jahshdan ham so‘ragan erdilar. U «Ey Ollohning rasuli, men qulog‘im birlan ko‘zimni (qabohatdan) ehtiyot qilurman, men Oisha haqida faqat xayriyatni bilurman! — degan erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari ichida mana shu Zaynabgina meni himoya qilgan erdi, Olloh taolo uni hamisha taqvoda saqladi. U birlan janjallashgan singlisi Hanna ersa halok bo‘lgan buhtonchilar qatorida halok bo‘ldi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 08:02:32
7-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar sizlarga dunyo va oxiratda Ollohning fazlu marhamati bulmaganda, albatta sizlarni tinmay so‘zlagan gaplaringiz (bo‘htonlaringiz) sababli buyuk azob ushlagan bo‘lur erdi!»

Oisha raziyallohu anhoning onalari Ummu Rumon «Oishaga bo‘hton qilinganda, u hushdan ketib yiqildi»,— deydilar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 08:03:00
8-bob. Olloh taoloning qavli: «Sizlar uni tillaringiz ila naql qilib, og‘izlaringiz ila aniq bilmagan narsa xususida so‘ylaganingizda, buni bir arzimas ish, deb hisobladingizlar. Holbuki, Olloh nazdida bu ulug‘ gunoxdir!»

Ibn Abu Mulayka: «Men Oishaning mazkur oyatni o‘qiyotganlarini eshitganman»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 08:03:16
9-bob. Olloh taoloning kavli: «Uni (bo‘htonni) eshitgan paytingizda, «Bu buhtonni so‘zlash bizlar uchun joiz ermas, ey parvardigor, bu ochiqdan-ochiq bo‘hton-ku!» deb ayqangizlar bo‘lmasmidi?!»

Ibn Abu Mulayka raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Ibn Abbos raziyallohu anhu nihoyatda toliqqan, o‘lim to‘shagida yotgan Oisha onamizning vafotlari arafasida ul muhtaramani ko‘rish uchun ijozat so‘radilar. Shunda Oisha onamiz «Qo‘rqamanki, u meni maqtab qo‘ygay», —dedilar. Uydagilar «Ibn Abbos Janob Rasulullohning amakivachchalari, buning ustiga ul kishi ko‘plab musulmonlar nomidan kelganlar — deyishdi. «Mayli u kishiga ijozat beringizlar!»—dedilar. Oisha onamiz Ibn Abbos (kirib) «O’zingizni qanday sezayotirsiz?»—deb so‘radilar. Oisha raziyallohu anho «Olloh taoloning dargohiga komil iymon birlan borolsam, yaxshi bo‘lur erdi!» —dedilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu «Xudo xohlasa oxiratingiz baxayr bulgay, chunkn siz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jufti halollarisiz, ul zot sizdan boshqa birorta bokira qiz olmaganlar. Olloh taolo sizning pokligingiz haqida osmondan oyat nozil qilgan!» — dedilar. Ibn Abbosdan keyin Ibn Zubayr kirdilar. Oisha raziyallohu anho ul kishiga «Ibn Abbos kirib, meni maqtadi Men ersam, umuman unutilib ketmogimni istar erdim!» — dedilar» Qosim, ya’ni Muhammad ibn Abu Bakr «Ibn Abbos raziyallohu anhu Oishaning ziyoratlariga kirish uchun izn so‘radilar» degan hadisni rivoyat qiladilar, ammo uning oxirida «Umuman unutilib keqam erdi!» degan jumla yo‘q»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 08:03:35
10-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar mo‘min bo‘lsangizlar, shunga o‘xshash narsalarni hargiz qaytarmasliklaringizni Olloh sizlarga pand-nasihat qilur!»

Masruq rivoyat qiladilar: «(Oisha raziyallohu anho «Hasson ibn Sobit mening ziyoratimga kelib, kirishga izn so‘radi»,— dedilar. Shunda men «Bunday odamlarning kirishiga ham izn beraverasizmi'» —dedim. Oisha onamiz «Axir, u Olloh taolo va’da qilgan buyuk azobni tortayotirku!» — dedilar».

Sufyonning aytiitaricha, Oisha onamiz aytgan azob Hassonning ko‘zlari ko‘r bo‘lib qolganligidir. Ushanda Xasson Oisha onamizniig huzurlariga kirganda «Pok va aqli yetuk kishilar bo‘hton qilmaydilar va pokdomonlar go‘shtini yeyishga mushtoq bo‘lmaydilar» degan mazmunda g‘azal o‘qibdi. Oisha onamiz unga: «Lekin, sen o‘zing undaylardan emassan!» —debdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 08:03:51
11-bob. Olloh taoloning qavli: «Olloh sizlarga o‘z oyatlarini bayon qilur, Olloh ilm va hikmat sohibidur!»

Masruq rivoyat qiladilar: «Hasson ibn Sobit Oisha onamizning huzurlariga kirdi va bunday deb g‘azal o‘qidi « Pok va aqli yetuk kishilar buhton qilmaydilar va pok-domonlar go‘shtini yeyishga mushtoq bulmaydilar» Oisha onamiz unga javoban: «Lekin, sen o‘zing undaylardan emassan!» — dedilar. Men Oisha onamizga « Bunday kishilarning huzu-ringizga kirishga nechun ruxsat berasiz? Axir Olloh taolo ular haqida «Ammo, gunohning eng katta xissasini ko‘targanlar uchun ulug‘ azob bordur!» deb oyat yuborgan-ku'» — dedim. Oisha raziyallohu anho: Ko‘zi ko‘r bo‘lib qolishdan ham qattiqroq dunyoda azob bormi» — dedilar, keyin yana «Ilgari u Janob Rasulullohni dushmanlar hajvidan saqlab turardi»—deb qo‘shib quydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 08:04:17
12-bob. Olloh taoloning qavli: «Albatta, iymoi keltirgan kishilar o‘rtasida buzuqliklar yoyilishini istaydirgan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordur. Olloh bilur, ammo sizlar bilmassiz! Agar sizlarga dunyo va oxiratda Ollohning fazlu marhamati bo‘lmaganda (azobni o‘sha zahoti yuborgan bo‘lur erdi). Orangizdagi fazl va katta boylik egasi bo‘lgan kishilar qarindoshlariga, miskinlarga va muhojirlarga Olloh yo‘lida ehson qilmaslikka qasam ichmasinlar, balki ularni kechirsinlar. Olloh sizlarni mag‘firat qilmogini istamaysizlarmi? Olloh mag‘firatli, mehribondur!»

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Mening haqimda bo‘hton tarqatilib, bundan men ham xabardor bo‘lganimdan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening haqimda xutba o‘qishga turdilar. Avval kalima keltirib Ollohga munosib hamdu sanolar aytganlaridan so‘ng «Ey mo‘minlar, mening oilam haqida bo‘hton qilgan kishilar xususida menga maslahat beringizlar. Olloh taologa qasamyod qilurmanki, men oilam haqida ham, u birlan birga tuhmat qilinayotgan kishi haqida ham biror yomonlikni bilmasman. Usha odam men borligimdagina uyimga kirur erdi. Men qachon safarda bo‘lsam, u ham men birlan safarda bulur erdi»,— dedilar. Shunda Sa’d ibn Maoz raziyallohu anhu o‘rinlaridan turib: «Ey Ollohning rasuli, menga izn beringiz, bu bo‘htonchilarning bo‘ynini uzib tashlay!»—dedilar. Buni eshitib, Xazraj qabilasidan bir kishi o‘rnidan turdi-da, dag‘daga birlan «Bekor aytibsan, Ollohga qasamki, agar bo‘htonchilar Avs qabilasidan bo‘lsa ham, ularning bo‘yniga sening qilich urmog‘ingga yul quymagaiman!»—dedi. Shul tariqa masjidda Xazraj birlan Avs kishilari o‘rtasida jang bo‘lishiga oz qoldi. Ammo, men buning sababidan bexabar erdim. Keyin, o‘shal kuni kechqurun uydan hojat uchun chiqdim. Men birlan Ummu Mistah ham birga erdi. Oyog‘i toyilib ketib, «Noumid bo‘lgur, Mistah!» deb qarg‘andi. Men unga «Ey ona, o‘z o‘g‘lingizni qarg‘aysizmi?»—dedim. U indamadi. So‘ng, yana toyilib ketib, yana «Noumid bo‘lgur Mistah» deb qarg‘andi, uchinchi bor toyilib ketganda ham shu gapni akrorladi. Men unga nafrat birlan qarab erdim, u «Ollohga qasamki, seni deb uni qarg‘ayotirman!»—dedi. Men «Nechun meni deb uni qarg‘ayotirsiz?» —dedim. Shunda u menga bor gapni so‘zlab berdi. Men «Ie, hali shunday gaplar bo‘ldimi?»—dedim. U «Ha» — deb javob berdi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 08:04:29
Hushim og‘ib, tashqariga nima uchun chiqqanim yodimda yo‘q, uyga qaytib kirdim, meni qattiq isitma oldi. Men Janob Rasulullohdan otamning uylariga yuborishlarini so‘radim ul zot menga bir xizmatkor bolani qo‘shib yubordilar. Men uyga kirib kelganimda, otam Abu Bakr tomda Qur’on tilovat qilar, onam Ummu Rumon ersalar, pastda turgan erdilar. Onam menga: «Nechun kelding, qizim?» — dedilar. Men onamga bo‘lgan voqeani aytdim. Ammo, bundan onamning yuzlarida o‘zgarish sezilmadi. Onam menga «Ey qizim, sekinroq gapirgil, nomusingni saqlagil, chunkim ko‘pincha er biror chiroyli xotinini yaxshi ko‘rsa, uning kundoshlari hasad qilib, bo‘hton tarqataverishadi»,— dedilar. Men: «Bu haqda otam ham biladilarmi?»—deb so‘radim. Onam «Ha»,— dedilar. Men «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham biladilarmi?»—dedim. Onam «Ha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham biladilar»,— dedilar. Buni eshitib, ko‘zimdan tirqirab yosh quyildi, «dod» deb yig‘la-dim. Otam Abu Bakr raziyallohu anhu ovozimni eshitib tepadan, Qur’on o‘qiyotgan yerlaridan tushdilar. So‘ng, onamdan «Unga ne bo‘libdi?» —deb so‘radilar Onam «Uzi haqidagi bo‘htonni eshitib qolibdi»,— dedilar. Otam menga «Ey qizalog‘im, uyingga qaytishingni maslahat bergayman'» — dedilar. Men uyga qaytdim. Shu asnoda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyga kirib, xodimamdan men haqimda so‘rayotgan erkanlar. Xodima «Ollohga qasamki, uning biror aybi borligini bilmasman! Uning bor-yo‘g‘ aybi, u ham bo‘lsa, uning norasida qizchaligidur, agar unga bir xamirni ishonib topshirsangiz, bolalik qilib uxlab qolgay-da, xamirni qo‘zichoq yeb ketgay»,— dedi. Shunda sahobalardan biri uning gapini bo‘lib, so‘ralgan maqsadni tushuntirdilar-da «Janob Rasulullohga haqiqatni aytasanmi, yo‘qmi'»—deb dag‘dag‘a qildilar. Xodima «Subhonalloh, zargar sof oltinni qanday ajrata olsa, men ham Oishaning pokligini shunday yaxshi bilurman!» — dedi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 08:05:50
 (Bu bo‘hton haqidagi xabar Oisha birlan birga qoralanayotgan kishining ham qulog‘iga yetganda, u «Subhonalloh, men umrimda biror ayolning ko‘kragini ham ochib ko‘rmaganman!» — dedi. Keyinchalik, o‘sha kishi Olloh taolo yo‘lida jihod qilib, shahid bo‘ldi)

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asrni o‘qib bo‘lganlaridan keyin, huzurimga kirib keldilar. Shunda ota-onam yonimda o‘ltirishgan erdi. Ulardan birlari o‘ng va birlari chap yonimda erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamdu sano aytgach «Ey Oisha, agar yomonlik (yoki o‘zingga zulm) qilgan ersang, Olloh taologa tavba qilgil, chunki Olloh taolo bandalardan tavba qabul qilguvchidur|» —dedilar. Uyda ansoriya bir ayol ham bo‘lib, u eshik yonida o‘ltirar erdi, men ul zotga «Menga ayb qo‘ygani mana bu ayoldan uyalmaysizmi?»—dedim. Lekin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga pand-nasihat qilmoqda davom etaverdilar. Men otamga qarab: «Rasulullohning gaplariga javob beringiz!» — dedim. Otam «Men nima ham derdim»,— dedilar. Shunda onamga qarab «Bo‘lmasa, siz javob beringiz!»—dedim. Onam ham «Men nima ham derdim»,— dedilar. Ikkovlari javob bermagach, men kalimai shahodat birla Olloh taologa munosib hamdu sanolar aytdim-da, so‘ng «Olloh taologa qasam ichurmanki, hatto «Men pokman» deb aytganim birlan sizlar ishonmagaysizlar, chunki bo‘htonni dillaringizga jo qilib olgansizlar. Agar men «Xa, gunoh qildim»,— desam, vaholanki qilmaganimni Olloh taolo bilur, sizlar «Ana endi rostini aytding»,— deysizlar. Shu boisdan ham Ya’qub alayhissalomning «Endi sabr qilmog‘im yaxshidur, sizlar aytayotgan bo‘htondan xalos bo‘lmog‘imda menga Olloh taoloning o‘zigina madadkordur!» degan gaplarini aytishdan bo‘lak ilojim yo‘q!» — dedim. Shu asnoda Janob Rasulullohga vahiy nozil bo‘lib qolib, oraga jimlik cho‘kdi. Vahiy nozil bo‘lgach, men ul zotning yuzlaridan xursandlik alomatini payqab oldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam peshonalarini arta turib «Ey Oisha, xursand bo‘lgil, Olloh taolo sening pokliging haqida xabar nozil qildi'»— dedilar. Bu kun ersa, mening uchun umrimda eng qattiq g‘azablangan kun bo‘ldi. Ota-onam «Turgil, Janob Rasulullohga qulluq qilgil!»— deyishdi. Men «Ollohga qasamki, Rasulullohdan minnatdor bo‘lib o‘rnimdan turmagayman ham, rahmat aytmagayman ham, shuningdek sizlarga ham rahmat aytmasman, lekin mening pokligim haqida xabar yuborgan Olloh taologagina hamd aytgumdur. Sizlar ersangizlar, bo‘htonga quloq solib, uni inkor qilmadingizlar ham, kuyunmadingizlar ham'»—dedim.

Ushanda Zaynab binti Jahsh mening haqimda nuqul yaxshi gaplar aytgan erdi, Olloh taolo uni diyonatli qildi, uning singlisi Hamna ersa, bo‘htonchilar tarafini olib, o‘shalar birlan birga halok bo‘ldi. Bo‘htonchilar — Mistah, Hasson va munofiq Abdulloh ibn Ubay erdi. Abdulloh ibn Ubay yangidan yangi ig‘volar tarqatar erdi. «Gunohning eng katta xissasini ko‘targan» kishilar mana shu Abdulloh ibn Ubay birlan Hamna erdi. Otam Abu Bakr ilgarilari Mistahga yordam qilib turur erdilar, ul menga bo‘hton qilgach «Men endi sira ham Mistahga ehson qilmayman»—deb ont ichdilar. Shunda Olloh taolo «Oralaringizdagi fazl va boylik sohibi bo‘lganlar qarindoshlari, miskinlar va muhojirlarga Olloh yo‘lida ehson qilmaslikka qasam ichmasinlar, balki ularni afv qilsinlar, Olloh sizlarni mag‘firat qilishini istamaysizlarmi? Olloh mehribon va mag‘firatlidur!» degan oyat nozil kildi. Otam Abu Bakr Siddiq darhol»Ha, ey parvardigorim, biz mag‘firat istarmiz!» — deb ilgarigidek Mistahga ehson qila boshladilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 08:06:10
13- bob Olloh taoloning qavli: «Ko‘kraklarini yoping‘ichlari birlan to‘ssinlar!»

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Avvalgi muxojirlarning xotinlarini Olloh taolo rahmat qilsin! Olloh taolo «Ko‘kraklarini yoping‘ichlari birlan to‘ssinlar!» degan oyatni nozil qilganda ular choyshab-laridan yirtib olib, ko‘kraklarini yopib yurgan erdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:05:57
«AL-FURQON» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1-bob. Olloh taoloning qavli: «Yuzlari birlan yurib borib jahannamda to‘planuvchilar — ana o‘shalardur (oxiratda) eng joyi yomon va butunlay yo‘ldan ozganlar!»


Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deydilar: «Bir kishi Janob Rasulullohdan «Ey Ollohning payg‘ambari, qiyomat kuni kofirlar qanday qilib yuzlari birlan yuradirgan qilib tiriltiriladi?»—deb so‘radi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu dunyoda ikki oyoq birlan yuradirgan qilib qo‘ygan zot qiyomatda yuzi birlan yuradirgan qilib qo‘ymoqqa qodir ermasmi'»—dedilar. Shunda Qatoda raziyallohu anhu: «Ha, rabbimizning ulug‘ligi haqi, albatta qodirdur! — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:06:24
2-bob. Olloh taoloning qavli: «... va Ollohga shirk keltirmaydirganlar, Olloh o‘ldirmoqni ta’qiq qilgan biror jonni nohaq o‘ldirmaydirganlar va zino qilmaydirganlar va kimki buni qilsa (ya’ni, Ollohga shirk keltirsa, nohaq o‘ldirsa va zino qilsa), uqubatga mubtalo bo‘lur»

Abdulloh ibn Mas’ud va Vosil ibn Xabbon raziyallohu anhumo rivoyat qilishadi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan «Ollohning nazdida eng katta gunoh qaydur?»—deb so‘rashdi. Rasululloh sallallohu alayxi va sallam «Olloh seni yaratgan bo‘la turib, unga biror narsa sherik qilmoqligingdur»,— dedilar. «Keyin, qaysi?» — deb so‘rashdi. Rasululloh sallalohu alayhi va sallam «Taomingga sherik bo‘lishidan qo‘rqib, o‘z bolangni o‘ldirmoqligingdur»,— dedilar. «Undan keyinchi? — deb so‘rashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Qo‘shningning jufti haloli birlan zino qilmoqligingdur»,— dedilar. Shunda Janob Rasulullohning gaplarining tasdiqi uchun «va Ollohga shirk keltirmaydirganlar, Olloh o‘ldirmoqni ta’qiq qilgan biror jonni nohaq o‘ldirmaydirganlar va zino qilmaydirganlar» degan oyat nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:06:34
Qosim ibn Abu Buzza rivoyat qiladilar: «Men Sa’id ibn Jubayrdan «Mo‘min kishini qasddan o‘ldirgan qotil uchun tavbaga imkon bormi?» — deb so‘radim-da, «Olloh o‘ldirmoqni ta’qiq qilgan biror jonni nohaq o‘ldirmaydirganlar» degan oyatni tilovat qildim. Shunda Sa’id bunday deb javob qildilar: «Men ham bu oyatni xuddi siz menga o‘qib berganingizdek Ibn Abbosga o‘qib bergan erdim. Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Bu oyat Makkada nozil bo‘lgan bo‘lib, uni Madinada nozil bo‘lgan «An-Niso» surasidagi oyat bekor qilgan»,— deb erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:06:42
Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Kufa ahli mo‘min kishini qasddan o‘ldirgan qotilga beriladirgan jazo haqida ixtilof qilishdi. Shunda men bu masala haqida so‘ragani Ibn Abbosning huzurlariga bordim. U kishi «Mazkur oyat eng keyin nozil bo‘lgan oyatlardan hisoblanur, uni boshqa bir oyat bekor qilgan ermas»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:06:50
Sa’id ibn Jubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Abbosdan «Qotilning jazosi jahannamdur» degan oyatning mazmunini so‘radim. Ul kishi «Qotilning tavbasi qabul qilinmaydi»,— dedilar. Keyin, «Ollohga shirk keltirmaydirganlar» degan oyat xususida so‘rab erdim, ul kishi «Bu oyat johiliyat davri (kishilari) xususida erdi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:08:01
3- bob Olloh taoloning qavli: «Qiyomat kuni unga ikki karra ko‘p azob berilur va ul o‘shal joyda xorlangan holda mangu qolur!»

Ibn Abziy rivoyat qiladilar: «Ibn Abbosdan «Kimki mo‘minni qasddan o‘ldirsa, uning jazosi jahannamdur» hamda «Olloh o‘ldirmoqni ta’qiq qilgan biror jonni o‘ldirmaydirganlar» degan oyatlar haqida so‘radim Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday dedilar «Bu oyat nozil bo‘lganda, Makka ahli «Biz Ollohga shirk keltirib bo‘lak tangriga iltijo ham qilganmiz, Olloh o‘ldirishni harom qilgan jonni ham o‘ldirganmiz, fahsh ishlarni ham qilganmiz»,— deyishdi. Shunda Olloh ularning dilini hidoyatga chorlash uchun «Kimki gunohlariga tavba qilsa, iymon keltirsa va yaxshi ishlar qila boshlasa, Olloh ularning gunohlarini savobga aylantirib qo‘yur, Olloh mag‘firatli, mehribondur!» degan oyatni nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:08:19
4- bob Olloh taoloning qavli: «Kimki gunohlariga tavba qilsa, iymon keltirsa va yaxshi ishlar qila boshlasa, Olloh ularning gunohlarini savobga aylantirib qo‘yur, Olloh mag‘firatli, mehribondur!»

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Abdurrahmon ibn Abziy ikki oyat xususida Ibn Abbosdan so‘ramog‘imni buyurdilar. Avval men «Kimki mo‘minni qasddan o‘ldirsa...» degan oyat haqida so‘radim. Shunda Ibn Abbos: «Bu oyatni boshqa biror oyat bekor qilgani yo‘q,— dedilar. Keyin, men «Ollohga shirk keltirmaydirganlar» degan oyat haqida so‘rab erdim, Ibn Abbos «Bu oyat mushriklar haqida nozil bo‘lgan»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:08:56
5- bob Olloh taoloning qavli: «Endi sizlarga (albatta sazo bermoq) lozim bo’lur!»

Masruq rivoyat qiladilar: « Abdulloh ibn Mas’ud bundai dedilar: «Besh alomat— «Tutun», «Oy», «Rum», «Hujum» va «Sazo» bo‘lib o‘tdi»

(«Tutun» Quraysh kofirlarining kufri. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallamga nisbatan tobora kuchaya borgandan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ollohdan Yusuf alayhissalom zamonlarida bo‘lgan qahatchilikdan yuborishni so‘ragan erkanlar. Bir necha yil davom etgan qahatchilik va qurg‘oqchilikdan kofirlar daraxt va ko‘katlarning  tomirini   yeyishga  majbur   bo‘lgan  erkan.   Qurib-qaqshab   ketgan   yerdan ko‘tarilgan chang-to‘zon ularning ko‘ziga tutundek bo‘lib ko‘ringan erkan Shundan so‘ng, ular Ollohga iltijo qila boshlabdilar-u, ammo balo ketishi birlanoq Payg‘ambarimizga yana osiylik qilishda davom etibdilar.

«Oy»: Quraysh kofirlari Payg‘ambarimiz alayhissalomdan odatdan tashqari mo‘‘jizalar ko‘rsatishni talab qilishardi. Ularning talabiga binoan, kechalarning birida Janob Rasululloh barchaning ko‘z oldida Oyni bir ishora birlan ikkiga bo‘lib, birini Mashriqqa, ikkinchisini Mag‘ribga jo‘natdilar, so‘ng yana bir ishora birlan birlashtirdilar. Buni ko‘rib kofirlar Janob Rasulullohni sehrgar deyishdi. Bu voqeaga Qur’ondagi «Qiyomat yaqinlashdi va Oy teng ikkiga bo‘lindi» degan oyat dalildur.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:09:06
«Rum»: Payg‘ambarimiz alayhissalom bashorat qilib «Fors mamlakati hozircha Rum ustidan g‘olib bo‘lib turibdi, ko‘p o‘tmay Rum forslar ustidan zafar quchadi»,— degan erdilar. Oradan yetti yil o‘tgach, bashorat zohir bo‘lib, Rum mamlakati forslar ustidan g‘alabaga erishdi. Bunga Olloh taoloning «Juda yaqin joyda rumliklar mag‘lub bo‘ldi, lekin ular bu mag‘lubiyatidan so‘ng, yaqin yillar ichida albatta g‘alaba qiladilar» degan oyati dalildur.

«Hujum»: Olloh taolo uz oyati karimasida «Tez fursatda ularni halok qilurmiz» —deb aytgan erdi. Badr kuni musulmonlar mushriklar ustiga tashlanib, Olloh taoloning irodasi birlan ulardan 70 tasini halok qildilar.

«Sazo»: Olloh taolo o‘z oyati karimasida. «Endi sizlarga (albatta sazo bermoq) lozim bo‘lur!» — deb aytgan erdi. Badr janggida 70 mushrik o‘ldirildi, yuzdan ortig‘i asir olindi, bir qanchasi yarador bo‘ldi, o‘ldirilgan mushriklardan 24 tasining jasadi eng iflos chohga tashlab yuborildi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:09:37
«ASH-SHU’ARO» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1-bob. Olloh taoloning qavli: «Va barcha qayta tiriladirgan kunda meni sharmanda qilmagil!»


Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: « Janob Rasululloh: «Darhaqiqat, Ibrohim alayhissalom qiyomat kunida otalarini qora tutun bosganini ko‘rgaylar»,— dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat kiladilir: «Janob Rasululloh: «Qiyomat kuni Ibrohim alayhissalom otalarini uchratgaylar. Shunda Ibrohim alayhissalom: «Ey parvardigor, darhaqiqat sen hamma qayta tiriladigan kunda meni sharmanda qilmaslikka va’da bergansan!» —degaylar. Olloh taolo ersa: «Darhaqiqat, men jannatni kofirlarga harom qilgandurman!»—deb javob bergay»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:10:21
2- bob. Olloh taoloning qavli: «(Avval) o‘zingizning yaqin  qarindoshlaringizni qo‘rqitingiz (oxirat azobidan ogohlantiringiz) va  musulmonlardan o‘zingizga ergashganlariga xayrixohlik qilingiz!»

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Uzingizning yaqin qarindoshlaringizni qo‘rqitingiz. .» degan oyat nozil bo‘lganda Janob Rasululloh Safo tog‘i ustiga chiqib, Quraysh qabilasidagi urug‘larga «Ey Baniy Fihr, ey Baniy Adiy!» deb nido qilib erdilar, hamma jamlandi, o‘zi kelishga qodir bo‘lmagan kishilar ersa, «Borib kelchi, nima gap erkan» deb odam jo‘natdi. Abu Lahab va Qurayshning kattalari ham kelishdi. Janob Rasululloh: «Nima deysizlar, agar men sizlarga «Mana bu vodiyda dushman otliqlari bostirib kelishga shaylanib turibdi» deb xabar bersam, sizlar menga inonasizlarmi?»—dedilar. Ko‘pchilik: «Ha, chunki biror marta ham sizdan rostdan bo‘lak gap eshitmaganmiz!» — deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shunday erkan, men sizlarni kelgusida bo‘ladirgan qattiq azobdan ogohlantirurman»,— dedilar. Abu Lahab: «Sen halok va barbod bo‘lgil, shuning uchun bizlarni jamladingmi?» — deb masxara qildi. Shunda «Abu Lahabning ikki qo‘li quridi, moli va kasb qilgan narsasi uni bundan qutultira olmadi...» degan sura nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:10:32
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ollohning «Uzingizning yaqin qarindoshlaringizni qo‘rqitingiz» degan oyati nozil bo‘lganda, Janob Rasululloh o‘rinlaridan turib: «Ey Quraysh jamoasi, oxiratingiz g‘amini o‘zlaringiz yengizlar, men (oxiratda) sizlar uchun Olloh taolodan biror yengillik so‘rab bermagayman! Ey Baniy Abdu Manof, oxiratingiz g‘amini o‘zlaringiz yengizlar, men sizlar uchun Olloh taolodan biror yengillik so‘rab bermagayman! Ey Abbos ibn Abdulmuttalib, oxiratingiz g‘amini o‘zingiz yengiz, men siz uchun Olloh taolodan biror yengillik so‘rab bermagayman! Ey Rasulullohning ammasi bo‘lmish Safiyya, men siz uchun Olloh taolodan biror yengillik so‘rab bermagayman! Ey Fotima binti Muhammad, mening molimdan xohlaganingcha so‘ra, ammo Olloh taolodan sening uchun biror yengillik so‘rab bermagayman!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:10:50
«AL-QASAS» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1- bob. Olloh taoloning qavli: «Albatta, siz o‘zingiz yaxshi ko‘rgan kishini qidoyat qila olmagaysiz, ammo Olloh o‘zi xohlagan bandasini hidoyat qilur!»


Sa’id ibn Musayyab otalaridan nahl qiladilar: «Abu Tolibning vafot qiladirgan kuni yaqinlashganda Janob Rasululloh uning huzuriga keldilar. Shunda ul zot Abu Tolibning oldida Abu Jahl, Abdulloh ibn Abu Umayya ibn Mug‘iyrani ko‘rdilar. Janob Rasululloh: «Ey amaki, «Lo iloha illalloh» deb kalima keltiringiz, men ul dunyoda Olloh taologa kalima keltirganingizni dalil qilurman!» — dedilar. Abu Jahl birlan Abdulloh ibn Abu Umayya ibn Mug‘iyra ersa nuqul: «Abdulmuttalibning dinidan yuz o‘girasizmi?» — deyishar erdi. Janob Rasululloh ham «Kalima keltiringiz» deb qistayverdilar. Ammo, Abu Tolib kalima keltirmay, «Abdulmuttalib millatida qolurman» deya jon taslim qildi. Shunda Janob Rasululloh: «Xudo haqi, agar man’ etilmasam, siz uchun istig‘for ayturman!» —deb erdilar, Olloh taolo «Payg‘ambar va mo‘minlarning mushriklar uchun istig‘for aytmoqligi durust emasdur!» degan oyatni hamda «Albatta, siz o‘zingiz yaxshi ko‘rgan kishini hidoyat qila olmagaysiz, ammo Olloh o‘zi xohlagan bandasini hidoyat qilur!» degan oyatni nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:11:27
2- bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, sizga Qur’onni farz qilgan zot, albatta sizni avvalgi maqomga (ya’ni, Makkaga) qaytarguchidur!»

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Sizni avvalgi maqomga qaytarguchidur» deyilganda Makka nazarda tutilgan»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:11:50
«AR-RUM» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Masruq rivoyat qiladilar: «Kinda qabilasidan bir kishi bunday dedi: «Qiyomat kuni bir tutun kelib, munofiqlarning qulog‘u ko‘zlarini qoplagay. Mo‘minga ersa tumovday yengilgina ta’sir qilgay». Bu so‘zni eshitib biz qo‘rquvga tushdik. Men Ibn Mas’udning oldilariga kelib, shul haqda so‘radim. Ibn Mas’ud suyanib turgan erkanlar, mening gapimni eshitib, g‘azablandilar-da, so‘ng o‘ltirib bunday dedilar' «Kim bilsa, gapirsin, bilmasa, Olloh taolo biluvchiroq!» desin. Chunki, bilmaydirgan narsasini «bilmayman» deyish ham ilmdandur. Olloh taolo: «Ey Muhammad, «Men sizlarni da’vat qilganim uchun haq so‘ramayman va men qiyin ahvolga tushib qolganlardan ham ermasman!» deb aytingiz!» — degandur. Bir vaqtlar Quraysh islomga kiravermadi. Shunda Janob Rasululloh: «Ey parvardigor, ularga Yusuf alayhissalom davridagidek qahatchilik yuborib, menga madad bergil!»—dedilar. Tez fursatda ularga qahatchilik kelib, o‘limtik va suyaklarni yeyishga majbur bo‘ldilar, ochlikdan birin-ketin halok bo‘la boshladilar. Keyin, ular yeru osmon oralig‘ini tutunga o‘xshash narsa qoplaganini ko‘rdilar Abu Sufyon Janob Rasulullohning qoshlariga kelib: «Ey Muhammad, o‘zingiz bizga qarindoshlarga yaxshilik qilishni buyurasiz, ammo o‘z qavmingiz halok bo‘layotir-ku?! Olloh taologa duo qilingiz (musibatni to‘xtaqin)!»—dedi».

Keyin, Ibn Mas’ud Olloh taoloning quyidagi «Siz kutingiz ul kunniki, osmon aniq bir tutun keltirur («albatta sizlar yana qaytguchidursizlar» degan so‘zigacha) oyatini qiroat qildilar-da, bunday dedilar: «Ular, o‘zlariga payg‘ambar kelib ogohlantirganligiga qaramay, kufr keltirishdi, shunday bo‘lgach, nechuk ular oxirat azobidan xalos qilinsinlar?! Olloh taoloning «Ul kunki, biz buyuk (qattiq) tutish qilurmiz» degan qavli ham, «Endi, tez fursatda ul sazo sizlarga lozim bo‘lur» degan qavli ham Badr kuni bo‘lib o‘tdi. Olloh taolo: «Mag‘lub bo‘ldilar rumliklar yaqin bir yerda va ular mag‘lub bo‘lganlaridan keyin, oz fursatda g‘olib bo‘lurlar»,— degan erdi, ma’lumingizki, bu ham bo‘lib o‘tdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:12:21
1- bob. Olloh taoloning qavli: «...Ollohning yaratganini o‘zgartib bo‘lmas, budur to‘g‘ri din!»

(Ya’ni, Olloh taolo odamizodning xilqatin shundog paydo qilgandurki, agar ul haqni tushunmoq va qabul qilmoqchi bo‘lsa, qila olur va yo boshqalar, agar uni asliy tabiatiga qo‘yib bersalar, albatta ul o‘zicha haq dinni qabul etur).

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Har bir tug‘iladirgan go‘dak, albatta, islomda tug‘iladir. Keyin, uni ota-onasi yahudiy, nasoro yoki majusiy qilur. Shuningdek, Olloh taoloning qudrati ila hayvondan ham mukammal hayvon tug‘iladur. Aytingchi, hayvon bolasining (agar keyin o‘zingiz kesmasangiz) biror a’zosi kesik holda tug‘ilganini ko‘rganmisizlar? Olloh taolo: «Olloh odamlarni yaratishda ularning tabiatiga jo qilgan xilqatni o‘zgartib bo‘lmas, budur to‘g‘ri din!» — deydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:12:48
«LUQMON» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Olloh taoloning qavli: «Ollohga shirk keltirma, darhaqiqat shirk katta zulmdur!»


Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Iymon keltirgan kishilar iymonlarini zulmga omuxta qilmasalar, ularga xotirjamlik bo‘lur va ular hidoyat topgan kishilardurlar» degan oyat nozil bo‘lganda Janob Rasulullohning sahobalari dillariga tashvish tushdi. Ular «Qaysi birimiz iymonimizni zulm birlan bulg‘amadik?!»—deya kuyunishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Albatta, bu oyatning ma’nosi sizlar tushungandek ermas, Luqmonning o‘z o‘g‘liga «Darhaqiqat, shirk katta zulmdur »—deganini eshitmagansizlarmi?»— dedilar». (Zulmdan maqsad, musulmonlar bilib-bilmay qilib qo‘yadirgan gunohlar ermas, balki Olloh taologa shirk keltirmoqlikdur).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:13:07
1- bob Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, qiyomatning qachon bo‘lmog‘ini faqat Olloh bilgaydur!»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni odamlar birlan mubohasa qilib o‘ltirgan erdilar, shu payt bir notanish kishi kelib Janob Rasulullohga «Ey Ollohning rasuli, iymon nedur?»— deb savol berdi. Janob Rasululloh «Iymon Ollohga, uning farishtalariga, payg‘ambarlariga, Olloh birlan qiyomatda yuzma-yuz bo‘lishga, oxiratda qayta tirilishga ishonmoqlikdur»,— dedilar. Boyagi kishi yana «Ey Ollohning rasuli, islom nedur?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh «Islom — Ollohga ibodat qilmoqligingiz, unga biror narsani sherik qilmasligingiz, namoz o‘qimoqligingiz, farz qilingan zakotni bermoqligingiz va ramazon oyi ro‘zasini tutmoqligingizdur»,— dedilar. Boyagi kishi yana «Ey Ollohning rasuli, ehson nedur?» — dedi. Janob Rasululloh Ehson — parvardigoringizga xuddi uni ko‘rib turganingizdek ibodat qilmoqligingizdur, chunki siz uni ko‘rmayotgan bo‘lsangiz ham, u sizni ko‘rib turadur»,— dedilar. Boyagi kishi yana «Ey Ollohning rasuli, qiyomat qachon bo‘lgay?» — dedi. Janob Rasululloh «Bu haqda so‘ralguvchi so‘rovchidan bilimdonroq ermas, lekin sizga qiyomatning shartlarini gapirib berayin: ayol o‘z xojasini (ya’ni, gapiga itoat qilmaydigan, aksincha o‘ziga buyruq qiladirgan farzand) tug‘sa, bu qiyomat belgilaridandur, agar yalangoyoq, yalang‘och odamlar elga boshliq bo‘lsalar, bu ham qiyomat belgilaridandur. Besh narsa xususida faqat Olloh taoloning o‘zi bilur qiyomatning qachon bo‘lmog‘ini, qachon yog‘in yog‘mog‘ini, ona qornidagi homilaning na erkanini, ertaga kimning qaerda qanday rizqi borligini va kim qaerda, qay holatda o‘lmog‘ini»,— dedilar. Shundan so‘ng, boyagi kishi chiqib ketdi. Janob Rasululloh uni zudlik birlan qaytarib kelmoqni buyurdilar, ammo odamlar tashqariga chiqishganda hech kim yo‘q erdi. Janob Rasululloh «Bu Hazrat Jabroil alayhissalom erdilar, odamlarga ularning dinlarini o‘rgatish uchun kelgan erdilar»,— dedilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh «G’aybning kaliti beshtadur»,— dedilar, keyin «Darhaqiqat, qiyomatning qachon bo‘lmog‘ini faqat Ollohning o‘zi bilur» degan oyatni o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:13:27
«TANZIYLUS-SAJDA» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1- bob Olloh taoloning qavli: «Bas, ularning qilgan amallari uchun qanday ko‘zni quvontiradirgan ne’matlar mukofot tariqasida asrab qo‘yilganini biror jon bilmas!»


Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh «Olloh taborak va taolo «Men solih bandalarim uchun ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan, inson ko‘ngliga kelmagan narsalarni tayyorlab qo‘ydim»,— deb aytdi»,— dedilar. Agar xohlasangizlar, «Bas, ularning qilgan amallari uchun qanday ko‘zni quvontiradirgan ne’matlar mukofot tariqasida asrab qo‘yilganini biror jon bilmas!» degan oyatni o‘qingizlar!»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom «Olloh taolo «Men solih bandalarim uchun ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan, biror insonning xayoliga kelmagan ne’matlarni tayerlab qo‘yganman, bu ne’matlar bandalarim o‘zlari bilgan mukofotlar-dan tashqaridur'»—dedi»,— dedilar. So‘ng, «Bas, ularning qilgan amallari uchun qanday ko‘zlarni quvontiradigan ne’matlar mukofot tariqasida asrab qo‘yilganini biror jon bilmas!» degan oyatni tilovat qildilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:13:50
«AL-AHZOB» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Olloh taoloning qavli: «Payg‘ambar mo‘minlarga o‘zlaridan ham haqdorroqdur!»


Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam «Men har qanday, mo‘minga bu dunyoda ham, oxiratda ham boshqalardan ko‘ra haqdorroqman. Agar xohlasangizlar, Olloh taoloning «Payg‘ambar mo‘minlarga o‘zlaridan ham haqdorroqdur!» degan oyatini o‘qingizlar! Qaysi mo‘min o‘zidan keyin mol qoldirsa, agar uning qarindoshlari bo‘lsa, moliga merosxo‘r bo‘lsinlar, agar u qarz yoki qarovsiz bola qoldirgan bo‘lsa, ul holda mening huzurimga kelsinlar, men uning mavlosiman (ya’ni, qarzini uzib, bolasiga homiylik qilurman)!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:14:20
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Ularni o‘z otalari ismi birlan chaqiringizlar, bu Olloh nazdida to‘g‘riroqdur!»

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Darhaqiqat, «Ularni o‘z otalari nomi birlan chaqiringizlar!» degan oyat nozil bo‘lguncha, biz Janob Rasulullohning qullari Zayd ibn Horisani Zayd ibn Muhammad deb chaqirar erdik. (Mazkur oyat va hadis hukmiga binoan, asrandi bola xech qachon o‘z pushti kamaridan bo‘lgan farzand o‘rnida bo‘lmaydi. Chunonchi, Janob Rasululloh o‘z qullari bo‘lmish Zayd ibn Horisani qullikdan ozod qilib, o‘gil qilib olgan erdilar. Shuning uchun ham sahobai kiromlar Zaydni Zayd ibn Muhammad deb chaqirishar erdi. Mazkur oyat bunga yakun yasadi)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:14:36
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Mo‘minlar orasida (jihod qilish va shahid bo‘lish haqida) Ollohga bergan va’dalariga vafo qilgan kishilar mavjuddur. Ularning ba’zilari shahid bo‘ldilar, ba’zilari shaxodatni kutib turibdilar. Ular munofiqlar singari ahdlarini o‘zgartirganlari yo‘q!»

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Ushbu «Mo‘minlar orasida Ollohga bergan va’dalariga vafo qilgan kishilar mavjuddur...» degan oyat Anas ibn Nazr haqida nozil bo‘lgan»,— deydilar.

Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu bunday deydilar: «Qur’onni mushaf qilib jamlayotganimizda «Al-Ahzob» surasidan bir oyatni yo‘qotib qo‘ydim, uni Janob Rasulullohning qiroat qilganlarini eshitgan erdim. Ammo, uni hech kimdan topa olmadim. Qidira-qidira, nihoyat uni Janob Rasululloh bir o‘ziga ikki kishi o‘rnida guvohlik berish huquqini in’om qilgan Xuzayma al-Ansoriydan topdim. Bu oyat — «Mo‘minlar orasida Ollohga bergan va’dalariga vafo qilgan kishilar mavjuddur» degan oyat erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:14:59
3-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey payg’ambar, xotinlaringizga: «Agar sizlar bu dunyo hayoti birlan uning zebu ziynatlarini istaydirgan bo‘lsangizlar, ul holda kelingizlar, men sizlarni o‘sha narsalardan biroz bahramand qilayin-da, so‘ng yaxshilik ila qo‘yib yuboray!»—deb aytingiz!»

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Olloh taolo Janob Rasulullohga vahiy yuborib, xotinlariga ikki narsadan birini tanlash ixtiyorini berish lozimligini aytganda, ul zot birinchi bo‘lib mening huzurimga kirdilar-da, «Men senga bir narsa xususida so‘zlagayman, ota-onangga maslahat solmay turib, menga javob bermoqqa oshiqma!» — dedilar. Vaholanki, Janob Rasululloh yaxshi bilur erdilarki, ota-onam hech qachon menga ul zotdan ajramogimni buyurmagay! Janob Rasululloh gaplarida davom etib: «Olloh taolo menga «Ey payg’ambar, xotinlaringizga «Agar sizlar bu dunyo hayoti birlan uning zebu ziynat-larini istaydirgan bo‘lsangizlar, ul holda kelingizlar, men sizlarni o‘sha narsalardan biroz bahramand qilayin-da, so‘ng yaxshilik ila qo‘yib yuboray» deb aytingiz!» deb buyurdi»,— dedilar. Shunda men: Buning uchun ota-onamning buyrugini kutmogimga hojat yo‘q, chunki men albatta Ollohni, uning rasulini va oxiratni tanlagayman!» —dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:15:27
4- bob. Olloh taoloning qavli: «Agar Ollohni, uning rasulini va oxirat uyini  istaydirgan bo‘lsangizlar, ul holda shak-shubhasiz Olloh sizlarning orangizdagi solih  amallar qilguvchilar uchun ulug‘ mukofot bo‘lmish jannatni tayyorlab qo‘ygandur!»

Payg’ambarimiz alayuhissalomning xotinlari Oisha raziyallohu anho rivoyat kiladilar: «Janob Rasululloh xotinlariga tanlash ixtiyorini berishga buyurilganlaridan keyin, dastlab mening huzurimga kirdilar-da, menga: «Hozir men senga bir gapni aytaman, ota-onangning fikrlarini olmay turib, menga javob berishga shoshilma!»—dedilar. Vaholanki, Janob Rasululloh ota-onamning menga ul zotdan ajrashimni buyurmasliklarini yaxshi bilur erdilar. Ul zot Olloh taoloning «Ey payg‘ambar, xotinlaringizga aytingizki, agar sizlar bu dunyo hayoti birlan uning zebu ziynatlarini istaydirgan bo‘lsangizlar, ul holda kelingizlar, men sizlarni o‘sha narsalar birlan biroz bahramand qilayin-da, so‘ng yaxshilik ila qo‘yib yuboray. Agar Ollohni va uning rasulini hamda oxirat uyini istaydirgan bo‘lsangizlar, ul holda shak-shubhasiz Olloh sizlarning orangizdagi solih amallar qiluvchilarga ulug‘ mukofot bo‘lmish jannatni tayyorlab qo‘ygandur!» degan oyatini o‘qidilar. Shunda men Janob Rasulullohga: «Buning nimasini ota-onamdan so‘ragayman, albatta men Ollohni, uning rasulini va oxirat uyini istarman!» — dedim Keyin, Janob Rasulullohning boshqa xotinlari ham xuddi men qilgan ishni qilishdi» (Shu vaqtda Janob Rasulullohning nikohlarida to‘qqizta xotin bor erdi, ular: «Oisha binti Abu Bakr, Hafsa binti Umar, Ummu Habiba binti Abu Sufen, Savda binti Zam’a, Ummu Salama binti Abu Umayya, Safiyya binti Huyay, Maymuna binti Horis, Zaynab binti Jahsh va Juvayriyya binti Horis.

Mazkur oyatning nozil bo‘lish sabablari:1) Olloh taolo o‘z rasuliga bu dunyoni yoki oxiratni tanlashni buyurganda, ul zot oxiratni afzal bilgan erdilar. Shuning uchun Olloh taolo Janob Rasulullohning yostiqdoshlarini ham faqat oxiratni o‘ylaydirgan va uni bu dunyodan ustun qo‘yadirgan ayollar bo‘lmog‘ini xoxladi. 2) Janob Rasulullohning xotinlari o‘zaro suhbatda: «Qaniydi, ul zotdan boshqa erga tekkanimizda bizning ham orzu-havaslarimiz ro‘yobga chiqib, taqinchoqlarimiz ko‘p bo‘lgan bo‘lur erdi'» — deb hayotlaridan nolishgan erdi. 3) Janob Rasulullohning xotinlaridan biri Misr matosidan, yana biri Yaman matosidan ko‘ylak, boshqa biri ersa taqinchoq olib berishni talab qildi, ammo ul zot, ma’lumki xotinlarining barcha aytganlarini olib berishga qodir bo‘lgan ahli dunyolardan ermas erdilar. Yolg‘iz Oisha raziyallohu anhogina boriga shukr qilib, Janob Rasulullohdan hech narsa talab qilmaganlar. Shul boisdan ham Olloh taolo oxirat mukofoti bo‘lmish jannatnigina xohlagan ayolning ul zot birlan qolmog‘ini, bu dunyo zebu ziynatlarini xohlagan ayolning ersa ul zotdan ajrab, bo‘lak erga tegmog‘ini iroda qildi. Shunda ul zot xotinlarining hammasi oxirat mukofotiga rozi erkanliklarini, qalblari Janob Rasulullohning qalblari birlan hamohang erkanligini izhor qilishdi. Mazkur onalarimizning hammalaridan Olloh taolo rozi bo‘lsin!»).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:15:45
5-bob. Olloh taoloning qavli: «... va maxfiy tutur erdingiz dilingizda ul so‘zniki, Olloh uni oshkor qilmakchi erdi va siz odamlardan qo‘rqdingiz va Olloh ziyoda haqlirokdurki, siz undan qo‘rqing!»

Anas ibn Molik raziyallouh anhu rivoyat qiladilar: «... va maxfiy tutur erdingiz dilingizda ul so‘zniki, Olloh uni oshkor qilmakchi erdi .» degan oyati karima Zaynab binti Jahsh va Zayd ibn Horisa haqlarida nozil bo‘lgan erdi» (Payg‘ambarimiz alayhissalom ammalarining qizi Zaynab binti Jahshni o‘zlarining asrab olgan o‘g‘illari Zayd ibn Horisaga xotinlikka so‘rab borganlarida, Zaynab e’tiroz bildirib: «Ey Ollohning rasuli, axir men Quraysh qabilasining eng oliynasab ayollaridan biriman-ku, Zayd ersa kuni kecha qullikdan ozod bo‘lgan bir yigitdur, men qandayin unga xotin bo‘lurman?» — dedi. Payg‘ambar alayhissalomga «Kim Olloh va uning rasuliga osiy bo‘lsa, bas u ochiqdan-ochiq yo‘ldan ozibdi» degan oyat nozil bo‘lgandan keyingina, Zaynab noiloj rozilik berdi. Lekin, Zayd birlan Zaynabning hayotlari yaxshi bo‘lmadi. Chunki, Zaynab Zaydga o‘zining oliynasab erkanligini nuqul pesh qilaverar erdi. Nihoyat, Zayd payg‘ambarimizga shikoyat qilib keldi. Bu vaqtda Olloh taolo tomonidan Janob Rasulullohga vahiy nozil qilingan bo‘lib, unda Zaydning Zaynabdan ajralmog‘i va Janob Rasulullohning o‘zlari unga uylanmoqlari haqida xabar qilingan erdi. Ammo, ul zot «Muhammad o‘zi asrab olgan o‘g‘lining xotiniga uylandi» deb ta’na qilishlaridan cho‘chib, mazkur vahiyni oshkor qilmay yashirib kelardilar, shuning uchun ham Zayd Zaynabdan ajralishmoqchi erkanini aytganda, unga sabr qilishni buyurdilar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:16:04
6-bob. Olloh taoloning qavli: «Siz ayollaringizdan qaysi birining navbatini qoldirib, qaysi birining navbatini ilgariga surmakchi bo‘lsangiz, joizdur. Shuningdek, qaysi bir ayolingizni (vaqtincha) o‘zingizdan chetlatgan bo‘lsangiz, uni yana o‘zingizga ham-xona qilsangiz, gunohi yo‘qdur»

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Uzini o‘zi Janob Rasulullohga tortiq qilgan ayollarni ko‘rib g‘ashim kelur va. «Ayol ham o‘zini o‘zi erkakka tortiq qilgaymi?» — der erdim. Olloh taolo «Siz ayollaringizdan qaysi birining navbatini qoldirib, qaysi birining navbatini ilgariga surmakchi bo‘lsangiz, joizdur. Shuningdek, qaysi bir ayolingizni (vaqtincha) o‘zingizdan chetlatgan bo‘lsangiz, uni yana o‘zingizga hamxona qilsangiz, gunohi yo‘qdur» degan oyati karimani nozil qilganda, men ul zotga: «Rabbingizning sizning xohishingiznigina tezda ro‘ebga chiqarayotganini ko‘rib turibman!»—dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:16:11
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Olloh taolo (yuqoridagi) oyatni nozil qilgandan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘ngillari tusagan xotinlarining huzuriga navbatdan tashqari tashrif buyurmoqchi bo‘lsalar. avval navbati kelgan xotinlaridan bunga izn so‘rar erdilar»

Maoz rivoyat qiladilar: «Men Oisha raziyallohu anhodan "Sizning navbatingiz kelganda boshqa xotinlari huzuriga kirmoq uchun sizdan izn so‘rasalar, ne der erdingiz?» - deb so‘radim. Oisha «Agar shunday desalar, «Yo Rasulalloh, men yolg‘iz o‘zim sizga ega bo‘lib olmoqni istamayman!» —der erdim»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:16:59
7- bob Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, payg‘ambarning uylariga izn so‘rab, taomga taklif qilinsangizlargina kiringizlar. Taomning pishishiga ko‘z tutib o‘ltirmangizlar, balki chaqirilgan paytingizda kirib, taomlanib bo‘lgach, tarqalingizlar va ezmalanib ul yerda qolib ketmangizlar. Chunki, bu ishlaringiz payg‘ambarga ozor berur, u ersa sizlarni chiqarib yuborishdan tortingay. Ammo, Olloh haqiqatni aytishdan tortinmas. Qachonki sizlar payg‘ambarning xotinlaridan biror narsa so‘ramoqchi bo‘lsangizlar, parda ortida turib so‘rangizlar. Mana shu sizlarning dillaringizni ham, ularning dillarini ham pokiza saqlagaydur. Ollohning payg’ambariga ozor bermoqlik va ul o‘tgandan so‘ng, uning ayollariga uylanmoqlik sizlarga durust ermas, chunki bu qilmishingiz Olloh nazdida ulkan gunohdur!»

Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohga- «Yo Rasulalloh, uyingizga yaxshi odam ham, yomon odam ham kirgay, mo‘minlarning onalariga hijob (parda) tutmoqni buyurganingizda erdi!» — dedim, shunda Olloh taolo «Hijob» oyatini nozil qildi»

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zaynab binti Jahshga uylanganlarida qavmni chaqirib, ularni ziyofat qildilar. Ziyofatdan so‘ng, qavm gaplashib o‘ltirib qoldi. Janob Rasululloh turishga ishora qilgan bo‘lsalar ham, qavm o‘ltira berdi. Buni ko‘rib, ul zotning o‘zlari o‘rinlaridan turib tashqariga chiqdilar. Shunda ko‘pchilik chiqib ketdi, ammo uch kishi qimirlamay o‘ltiraverdi. Janob Rasululloh ichkariga kirmoqchi bo‘lganlarida boyagi uch kishi hanuz suhbatlashib o‘ltirar erdi. Nihoyat, ular ham turishdi, men kuzatib qo‘ygach, ularning chiqib ketganligini aytdim. Janob Rasululloh ichkariga kirdilar, men ham kirmoqchi bo‘lgan erdim, ul zot men birlan o‘zlari o‘rtalariga parda tortib qo‘ydilar. Shunda Olloh taolo «Ey mo‘minlar, payg‘ambarning uylariga iznsiz kirmangizlar .» degan oyatni nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:17:19
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Bu oyatning, ya’ni «Hijob» oyatining nozil bo‘lish sababini men boshqalardan ko‘ra yaxshiroq bilurman. Zaynab binti Jahsh Janob Rasulullohga nikoh qilinganlaridan keyin, ul zotning uylarida birgalashib taom tayyorladilar. So‘ng, Janob Rasululloh qavmni ziyofatga chaqirdilar. Ziyofat tugagandan so‘ng, qavm gaplashib o‘ltiraverdi. Janob Rasululloh tashqariga chiqib qaytib kelsalar ham hanuz gaplashib o‘ltirishar erdi. Shunda Olloh taolo «Ey mo‘minlar, payg‘ambarning uylariga iznsiz kirmangizlar .» degan oyatni nozil qildi. Keyin, o‘rtaga parda tortilib erdi, qavm turib chiqib ketdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:17:29
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Payg‘ambarimiz alayhissalom Zaynab binti Jahshga uylanganlarida non va go‘shtdan iborat ziyofat tayyorlandi. Shunda qavmni ziyofatga taklif qilishga yuborildim. Qavm birin-ketin ziyofatga kelib, taomdan yeb chiqib keta berdi. Nihoyat, barcha kelib bo‘ldi. Men Janob Rasulullohga. «Ey Ollohning payg‘ambari, ziyofatga chaqirishga odam topolmay qoldim!» — dedim. Ul zot: «Taomdan olib kir, uyda yana uch nafar odam gaplashib o‘ltiribdi'» — dedilar-da, tashqariga chiqib, Oisha raziyallohu anhoning hujralarigacha yurib bordilar. So‘ng, Oishaga: «Assalomu alaykum, ey ayolim, senga Ollohning rahmati bo‘lsin!» — dedilar. Oisha raziyallohu anho: «Sizga ham Ollohning salomi va rahmati bo‘lsin! (Yangi) ayolingiz ko‘nglingizdagidek erkanmi? Olloh sizga muborak qilsin!» —deb javob berdilar. Shul tariqa ul zot barcha ayollarining hujralariga kirib, Oishaga aytgan gaplarini aytdilar, ular ham Oisha kabi shirin til birlan ko‘ngil so‘rashdi. Keyin, Janob Rasululloh qaytib keldilar hamki, uydagi odamlar hanuz gaplashib o‘ltirishar erdi. Payg‘ambar alayhissalom nihoyatda hayoli erdilar. Yana qaytib chiqib, Oishaning hujralariga kirib turdilar. Odamlar ketganini men xabar qildimmi yoki boshqa birov aytdimi, bilmayman, ul zot yana qaytib keldilar. Bir oyoqlarini eshik ostonasiga qo‘yib, ikkinchisini tashqarida qoldirib turgan hollarida men birlan o‘zlari o‘rtalariga parda tortib qo‘ydilar. Shunda «Hijob» oyati nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:17:38
Anas ibn Moyaik raziyallohu anhu aytadilar: «Janob Rasululloh Zaynab binti Jahshga uylanganlarida to‘y ziyofati qilib berdilar. Odamlar non birlan go‘shtga to‘ydi. So‘ng, ul zot mo‘minlar onalarining hujralariga birma-bir kirib, har safar uylanganlarida ertasiga ertalab chiqib salom berganlaridek, ularga salom berdilar, ularni duo qildilar, ular qam alik olib, ul zotning haqlariga duo qilishdi. Janob Rasululloh uylariga qaytganlarida ikki kishining hanuz suhbatlashib o‘ltirganini ko‘rdilar. Shunda ul zot yana qaytib chiqib erdilar, boyagi ikki kishi irg‘ib o‘rnidan turdi. Ularning chiqib ketganini men o‘zim xabar qildimmi yoki boshqa birov aytdimi, bilmayman, Janob Rasululloh yana uyga qaytib kirdilar. So‘ng, men birlan o‘zlari o‘rtalariga parda tortib qo‘ydilar. Shunda «Hijob» oyati nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:18:00
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Hijob (parda) tortish buyurilgandan so‘ng, Savda hojat uchun tashqariga chiqdilar, bo‘ylari barvasta bo‘lgani uchun ko‘rgan odam darhol tanib olar erdi. Umar ibn Xattob raziyallohu anhu Savdani ko‘rib: «Ey Savda, xudo haqi, bizdan yashirinmaysizmi, qanday chiqqanligingizga bir qarangiz?!» — deb uyaltirdilar. Shunda Savda uyalib qaytib ketdilar. Shu paytda Janob Rasululloh mening hujramda bo‘lib, taom tanovul qilayotgan erdilar, qo‘llarida go‘shtli suyak bor erdi. Savda ichkariga kirib: «Ey Ollohning rasuli, men hojatimga chiqqan erdim. Umar menga unday-bunday gaplarni aytib uyaltirdi!» — dedilar. Shu payt Olloh taolo ul zotga vahiy yubordi. Janob Rasululloh vahiy qabul qilib bo‘lgach, qo‘llaridagi boyagi suyakni ushlagan hollarida: «Olloh taolo sizlarga hojatlaringiz uchun tashqariga chiqmoqlaringizga ijozat berdi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:18:45
8- bob. Olloh taoloning qavli: «Agar sizlar biror narsani oshkor qilsangizlar yoki yashirsangizlar, albatta Olloh bilur, zero Olloh barcha narsani biluvchi zotdur! Payg‘ambar xotinlarining o‘z otalari, o‘g‘illari, aka-ukalari, aka-ukalarining o‘g‘illari, opa-singillarining o‘g‘illari, o‘z jinslaridan bo‘lmish ayollar va cho‘rilarga yuzlari ochiq holda ko‘rin-moqlari gunoh emasdur, Ollohdan qo‘rqingizlar, Olloh barcha narsa ustida guvoh bo‘lib turgan zotdir!»

Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Hijob tortish buyurilgandan keyin, Abulqu’aysning ukasi Aflah mening oldimga kirish uchun izn so‘radi. Men: «Janob Rasulullohdan so‘ramagunimcha izn bermayman, chunki meni Abulqu’aysning ukasining xotini ermas, balki Abulqu’aysning xotini emizgan»,— dedim. Janob Rasululloh kelganlarida: «Yo Rasulalloh, Abulqu’aysning ukasi Aflah huzurimga kirishga izn so‘ragan erdi, men unga izn bermadim, chunki sizdan izn olmagan erdim»,— dedim. Janob Rasululloh: «Amakingga izn berishga senga nima to‘sqinlik qildi?» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, axir meni Aflahning xotini ermas, balki Abulqu’aysning xotini emizgan-ku?» — dedim. Janob Rasululloh: «Aflahga izn bergil, chunki u amaking erur!» — dedilar».

Urva bunday deydilar: «Oisha shunga ko‘ra: «Tugishganlar bir-biriga mahram bo‘lgani kabi, emishganlar ham o‘zaro mahram bo‘lgaydir»,— der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:19:00
9- bob. Olloh taoloning qavli: «Shubhasizki, Olloh va uning farishtalari rahmat yuborurlar bu payg‘ambarga, ey iymon keltirganlar, sizlar ham unga rahmat yuboringizlar va ezgu salom yo‘llangizlar!»

Abuloliya bunday deydilar: «Olloh taoloning salavoti — uning o‘z payg’ambarini farishtalari oldida maqtashidur. Farishtalarning salavoti ersa, ularning Janob Rasululloh haqlariga qilgan duolaridur».

Ka’b ibn Ujra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ey Ollohning rasuli, biz «Assalomu alayka»ning ma’nosini bilurmiz, ammo «Assalotu» so‘zi qanday so‘z?» — deb Janob Rasulullohdan so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Ey Olloh, Ibrohim alayhissalomga rahmat yuborganingdek, payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga va ul kishining oilalariga ham rahmat yuborgil, darhaqiqat sen maqtovga loiq va sharafli zotdursan! Ey Olloh, Ibrohim alayhissalomning oilalariga barakot berganingdek, payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga va ul kishining oilalariga barakot bergil, darhaqiqat sen maqtovga loiq va sharafli zotdursan!» deb duo qilingizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:19:11
10- bob. Olloh taoloning qavli: «Musoga ozor bergan kimsalardek bo‘lmangizlar!»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Darhaqiqat, Muso nihoyatda hayoli odam erdilar. Bu quyidagi oyatda bor bo‘lib, Olloh taolo: «Ey mo‘minlar, Musoga ozor bergan kimsalardek bo‘lmangizlar! Olloh Musoni tuhmatdan qutultirdi. U Ollohning huzurida sharafli inson erdi»,— deydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:19:32
«SABA’» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Olloh taoloning qavli: «(Farishtalar), dillaridan qo‘rquv ketkazilgandan keyin, bir-birlariga: «Rabbingiz ne dedi?» — deganlarida, «Haqni aytdi»,— deb javob qilgaylar. Olloh taolo ulug‘ va buyuk zotdur!»


Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Osmonda Olloh taolo bir ishni hukm qilsa, farishtalar darhol itoatkorona qanotlarini qoqgaylar. (Olloh taolo o‘z hukmini vahiy ila izhor qilganda toshga urilgan zanjirning ovozidek ovoz chiqgay. Shunda farishtalar qo‘rqinchga tushgaylar), qo‘rqinchlari bosilgandan so‘ng, bir-birlaridan: «Rabbingiz ne dedi?» — deb so‘ragaylar. So‘ralganlar: «Haqni aytdi va ul eng buyuk, ulug zotdur!»— deb javob bergaylar. Olloh taoloning hukmini «xabar o‘g‘rilari» o‘g‘rincha eshitib olishgay, ular mana bunday ustma-ust turishgay. Dastlabki «xabar o‘g‘risi» o‘zi eshitgan xabarni pastroqdagisiga, ul ersa undan pastroqqagisiga yetkazgay va shul tariqa bul gap sehrgarga yoki folbinga yetib borgay. Ko‘pincha, «xabar o‘g‘risi»ga uchar yulduz yetib boradi-da, gapni yetkazguncha uni kuydirib halok qiladi. Ba’zida ersa, olov yetib borguncha, o‘zidan pastdagiga yetkazib ulguradi, shunda folbinlar unga yuzta yolg‘onni qo‘shib gapirishadi. Odamlar ersa: «Folbin falon kuni unday degan erdi, to‘g‘ri chiqmadimi, piston kuni bunday degan erdi, to‘g‘ri chiqmadimi?»—deb osmondan o‘g‘rincha eshitilgan gap sababli folbinga inonadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:19:43
1- bob. Olloh taoloning qavli: «Ul (payg‘ambar) kelgusi qattiq azobdan sizlarni ogohlantiruvchi bir zotdur!»

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg’ambar alayhissalom bir kuni Safo tog‘iga chiqib: «Ey qavm ogoh bo‘lingizlar!»—deb nido qildilar. Shunda barcha Quraysh ahli yig‘ilib, Rasulullohdan: «Ne bo‘ldi?»—deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Aytingizlarchi, agar sizlarga «Ertalab yoki kechqurun dushman ustingizga hujum qilmoq niyatida» deb ayqam, sizlar menga ishonursizlarmi yohud yo‘qmi?»—dedilar. Hammalari: «Albatta, ishonurmiz!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Unday ersa, men sizlarni kelgusi qattiq azobdan ogohlantirurman!» — dedilar. Shunda Abu Lahab: «Qurib ketgur, shunga chaqirdingmi bizni?!»—deb qarg‘ab erdi, Olloh taolo «Tabbat yado Abiy Lahab» surasini nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:20:08
«YOSIN» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Olloh taoloning qavli: «Quyosh o‘z qarorgohi tomon betinim harakat qilib turur. Bu qudratli va hamisha bilguvchi zotning taqdiridur!»


Abu Zarr al-G’iforiy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men quyosh botayotgan paytda Janob Rasululloh birlan birga masjidda erdim. Shunda ul zot: «Ey Abu Zarr, aytchi, hozir quyosh qaerga botayotir?»— dedilar. Men: «Olloh va uning payg‘ambari biluvchiroqdur!» — dedim. Ul zot bunday dedilar: «Quyosh Olloh taologa sajda qilmoq uchun Arsh osti tomon yo‘l olgan. Olloh taolo: «Quyosh o‘z qarorgohi tomon betinim harakat qilib turur. Bu qudratli va hamisha bilguvchi zotningtaqdiridur!»—deydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:20:18
Abu Zarr al-G’iforiy raziyallouu anuu rivoyat qiladi-lar: «Quyosh botayotgan paytda men Janob Rasululloh birlan birga masjidda erdim. Ul zot bunday dedilar: «Ey Abu Zarr, aytchi, Quyosh qaerga botaetir?» Men: «Olloh va uning payg‘ambari biluvchiroqdur!» — dedim. Ul zot: «Quyosh Olloh taologa sajda qilmoq uchun Arsh osti tomon yo‘l olgan. Olloh taolo: «Quyosh (azaldan belgilab qo‘yilgan) o‘z qarorgohi tomon betinim harakat qilib turur. Bu qudratli va hamisha bilguvchi zotning (azaldan belgilab qo‘ygan) taqdiridur!» — deydi»,— dedilar».

Abu Zarr al-G’iforiy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Quyosh o‘z qarorgohi tomon betinim harakat qilib turur. Bu qudratli va hamisha bilguvchi zotning taqdiridur!» degan oyatning mazmunini so‘radim. Janob Rasululloh: «Quyoshning qarorgohi Arshning tagidur»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:20:37
«VAS-SOFFOT» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Olloh taoloning qavli: «Va albatta Yunus ham payg‘ambarlardandur»


Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Hech bir kishi o‘zini Ibn Mattodan yaxshiroq deb hisoblamasligi lozim!» — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh: «Kimki «Men Yunus ibn Mattodan yaxshiroqman» desa, yolg‘on aytibdi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:21:11
«SOD» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Avvom rivoyat qiladilar: «Men Mujohiddan «Sod» surasidagi sajda oyati haqida so‘radim. Mujohid: «Bu haqda ibn Abbosdan so‘ralganda, ul kishi: «Ulaikallaziyna hadallohu fabihudohim iqtadih» degan oyatdur» — deb aytdilar»,— dedilar. Ibn Abbosning o‘zlari ham shu oyatda sajda qilar erkanlar».

Avvom rivoyat qiladilar: «Men Mujohiddan «Sod» surasidagi sajda oyati haqida so‘radim. Mujohid: «Men Ibn Abbosdan «Sod surasining qaysi oyatida sajda qilursiz?» deb so‘ragan erdim, ul kishi: «Va min zurriyyatihi Dovuda va Sulaymona ulaikallaziyna hadallohu fabihudohim iqtadih» degan oyatni o‘qimasmisiz? Dovud payg‘ambar shunday kishilardan erdilarki, payg‘ambaringiz unga iqtido qilishga buyurilgan erdilar, bas Janob Rasululloh ham shu oyatda sajda qilur erdilar»— deb javob berdilar» (mazkur oyat «Al-An’om» surasida).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:21:31
1-   bob. Olloh taoloning qavli: «Menga o‘zimdan keyin hech kimga muyassar bo‘lmaydirgan bir saltanat ato etgin, darhaqiqat hadya etguvchi yolgiz sen o‘zingdursan!»

Abu Qurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday dedilar: «Jinlarning kattasi bo‘lmish Ifrit o‘tgan kecha kelib, mening namozimni buzishga urindi. Olloh taolo menga imkon berdi, men uni masjid ustunlaridan biriga bog‘lab qo‘ydim, chunki ertalab sizlarning ko‘rishlaringizni xohladim. Lekin, keyin men Sulaymon birodarimning «Ey rabbim, menga o‘zimdan keyin hech kimga muyassar bo‘lmaydirgan bir saltanat ato etgin!» deganlarini eslab qoldim». Ruh: «Keyin, Janob Rasululloh Ifritni haydab yubordilar»,— deydilar. (Bir kuni Hazrat Sulaymon payg‘ambar bir ayolni imtihon qilmay nikohlariga oladilar. Usha ayol jin bo‘lib, yashirincha butga sig‘inib yuradi, ammo bundan ul kishi bexabar bo‘ladilar. Natijada, Olloh taolo ul kishiga ato etilgan saltanatni qirq kun muhlat birlan olib qo‘yadi. Shunda, ul kishi «Ey rabbim, menga o‘zimdan keyin hech kimga muyassar bo‘lmaydirgan bir saltanat ato etgin!» — deb yolboradilar, Olloh taolo mag‘firat aylab, ul kishini avvalgi hollariga qaytaradi. Janob Rasulullohning Sulaymon payg‘ambarning ana shu gaplarini eslab, masjid ustuniga o‘zlari bog‘lab qo‘ygan Ifritni haydab yuborganlarining boisi ham shunda bo‘lsa kerak).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:21:56
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Va men payg‘ambarlikni da’vo qiluvchi soxtakorlardan ermasman!»

Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «-Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhuning huzurlariga kirdik, ul kishi bizga bunday dedilar: «Ey odamlar, kim bir narsani bilsa, gapirsin, bilmasa, «Olloh taolo biluvchiroqdur» desin! Chunki, o‘zi bilmagan narsa xususida gapirmay, «Olloh taolo biluvchiroqdur» deyish ham ilmdandur. Olloh taolo o‘z payg‘ambariga: «Men Qur’oni Karimni yoki risolatimni yetkazganim uchun sizlardan haq so‘ramayman, men payg‘ambarlik da’vo qiluvchi soxtakorlardan ermasman!» — deb aytmoqni buyurdi. Men sizlarga «Tutun» voqeasi to‘g‘risida gapirib berayin: Payg‘ambar    alayhissalom   Quraysh    qabilasini    islomga   chaqirdilar.    Ammo,    ular sustkashlik qilaverishdi. Shunda Payg‘ambar alayhissalom" «Ey Olloh, menga yordam bergil, ularga Yusuf alayhissalom davrlarida yuborgan yetti yillik qahatchilik kabi qahatchilik yuborgil!»—deb duoyi bad qildilar. Ularga shunday qahatchilik yili keldiki, hamma narsa quridi, hatto o‘limtiklarni va terilarni yedilar, ochlikning zo‘ridan o‘zlari birlan osmon o‘rtasida tutun singari narsani ko‘rdilar. Ushanda Olloh taolo oyati karimada' «Ko‘z tutingiz bir kungaki, osmondan tutun kelur va odamlarni chulg‘ab olur, bu alamli azobdur!» — degan erdi. Kofirlar:

«Ey rabbimiz, biz mo‘min bo‘ldik, bizlardan azobingni aritgin!» — deb iltijo qildilar. Vaholanki, ular Olloh taoloni yuz-xotir qilmagan va o‘zlariga yuborilgan haq payg‘ambardan yuz o‘girib «Bu g‘irt jinni-ku!»—degan erdilar. Shunday ersada, Olloh taolo «Biz sizlardan azobni bir oz aritamiz, lekin sizlar yana dindan qaytursizlar»,— dedi. Lekin, qiyomatda azob aritilgaymi?! Keyin, ulardan azob aritildi, ammo ular yana kufrga qaytdilar. Olloh taolo buning uchun ularni Badr kuni halokatga duchor qildi. Olloh taolo oyati karimasida: «Biz bir kuni ularni qattiq qo‘lga tushirurmiz, darhaqiqat biz intiqom oluvchidurmiz!» - degan»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:22:35
«AZ-ZUMAR» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey o‘z jonlariga jafo qilgan bandalar, Ollohning rahmatidan noumid bo‘lmangizlar, albatta Olloh barcha gunohlarni mag‘firat qilur, chunki u mag‘firatli va mehribon zotdur!»


Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ba’zi mushriklar juda ko‘p odam o‘ldirdi, behad zino qildi. Keyin, ular Janob Rasulullohning oldilariga kelib. «Siz gapirayotgan va da’vat qilayotgan narsa juda yaxshi narsa erkan! Biz ko‘p yomon ishlar qilganmiz, qilgan gunohlarimizga kafforat bo‘ladirgan biror narsa xususida bizga xabar qilsangiz erdi!» — deyishdi. Shunda «Olloh birlan birga yana boshqa ilohga sig‘inmaydirgan, Olloh o‘ldirishni man’ qilgan jonlarni nohaq o‘ldirmaydirgan va zino qilmaydirgan kishilar» hamda «Ey Muhammad, aytingiz: «Ey o‘z jonlariga jafo qilgan bandalar, Ollohning rahmatidan noumid bo‘lmangizlar. .» degan oyatlar nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:22:53
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Ollohni o‘ziga munosib qadrlamadilar»

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yahudiy ulamolaridan biri kelib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Ey Muhammad, kitoblarimizdan bizga ma’lumki, Olloh osmonlarni bir barmog‘i (qudrati) birlan, yerlarni bir barmog‘i birlan, daraxtlarni bir barmog‘i birlan, suv va tuproqni bir barmog‘i birlan va boshqa maxluqotni bir barmog‘i birlan ushlab turib «Men podshohman!» — deydi»,—dedi. Payg‘ambar alayhissalom yahudiyning gapini tasdiqlab qattiq kuldilar, hatto oziq tishlari ko‘rinib ketdi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ollohni o‘ziga munosib qadrlamadilar» degan oyatni o‘qidilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:23:08
3-bob. Olloh taoloning qavli: «Holbuki, butun Yer qiyomat kuni uning kaftida bo‘lur, osmonlar ersa uning o‘ng qo‘lida o‘ralgan holda turur, pokdur ul va yuqoridur ularning shirklaridan!»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Olloh taolo Yerni kaftiga quyadi, o‘ng qo‘li birlan ersa osmonlarni o‘rab tashlab, so‘ng «Men podshohman, qani yer yuzining podshohlari?» — deydi»,— deganlarini eshitganman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:23:30
4-bob. Olloh taoloning qavli: «... va sur chalinur, bas behush bo‘lur kimiki osmonlardadur va kimiki yerdadur, Olloh istaganlargina behush bo‘lmaslar. So‘ng, ikkinchi bor sur chalinur, bas birdan behush bo‘lganlar o‘rinlaridan turib, Ollohning amriga ko‘z tutarlar»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh «Ikkinchi bor sur chalinganda men birinchi bo‘lib boshimni ko‘targayman. Shunda men Muso alayhissalomning Arshni ushlab turganlarini ko‘rgayman, ammo ul kishi avvaldan shu holatda turibdilarmi yoki sur chalingach, turdilarmi, buni bilmagayman»,— dedilar»

A’mash rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh. «Ikki bor sur chalinishining orasi qirqdur»,— deb aytgan erkanlar. Odamlar Abu Hurayradan: «Ey Abu Hurayra, qirq kunmi?»—deb so‘rashdi. Abu Hurayra: «Bilmayman»,— dedi. Kimdir: «Qirq yil bo‘lsa kerak», — dedi. Abu Hurayra «Bilmayman»,— dedi. Kimdir «Qirq oydur».— dedi. Abu Hurayra: «Bilmayman, lekin insonning hamma a’zosi chirib dumg‘azasigina saqlanib qolur, insonning qayta tarkib topdirilmog‘iga shu dumg‘aza asos bo‘lur», — dedi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:23:43
«AL-MU’MIN» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Alo ibn Ziyod bir kuni do‘zax haqida gapirib erdilar, bir odam Aloga «Nechun siz odamlarni umidsizlikka tushirayotirsiz?» — deb e’tiroz bildirdi. Shunda Alo bunday dedilar: «Men umidvor qilishga ham qodirdurman, Olloh taolo bir oyatida «Ey o‘z jonlariga jafo qilgan bandalar, Ollohning rahmatidan noumid bo‘lmangizlar!»— degan bo‘lsa, ikkinchi bir oyatida «Darhaqiqat (gunoh qilib) o‘z jonlariga jafo qilguvchilar do‘zax ahllaridur»,— deydi. Sizlar bo‘lsangiz, qilgan amallaringiz evaziga jannatdan joy ato etilmog‘i haqida oldindan xushxabar eshitmoqni xohlaysizlar, Olloh taolo ersa, o‘z Rasulini itoat etganlarning jannatga va osiylik qilganlarning do‘zaxga tushmog‘ini xabar qilish hamda kelgusi do‘zax azobidan ogohlantirish uchun yuborgandur»

Urva ibn Zubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Abdulloh ibn Amr ibn Osga «Mushriklarning Janob Rasulullohga nisbatan qilgan eng qabih ishi haqida aytib beringz!»—dedim. Ul kishi bunday dedilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba hovlisida namoz o‘qiyotgan erdilar, shunda Uqba ibn Abu Mu’ayt kelib, ul zotning yoqalaridan ushladi-da, kiyimlarini bo‘yinlariga o‘rab, qattiq bo‘g‘di. Shu asnoda Abu Bakr kelib qolib, Uqbaning yoqasidan tortib Janob Rasulullohni uning changalidan xalos qildilar-da, unga «Rabbim Olloh degan kishini o‘ldirursizlarmi, vaholanki bul kishi sizlarga rabbingizdan dalillar keltirgandur!» — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:24:10
«HO-MIM AS-SAJDA» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Sa’id ibn Jubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir odam Ibn Abbosdan bunday deb so‘radi: «Qur’onni o‘qiganimda undagi ba’zi bir oyatlar menga ixtilofli ko‘rindi. Masalan «Keyin, sur chalingan vaqtda ularning oralarida na nasl-nasab qolur va na ular bir-birlari ila savol-javob qila olurlar» degan oyatga «Va ular bir-birlariga boqishib savol-javob qilurlar» degan oyat ixtiloflidur. «Biror so‘zni Ollohdan yashira olmaslar» degan oyatga ersa, «Parvardigoro, bizlar mushrik emas erdik» degan oyat ixtilofli bo‘lib, keyingi oyatda mushriklar Ollohdan haqiqatni yashirayotirlar. Mana bu «Olloh osmonni yaratdi, shiftini baland qilib ko‘tardi va uni barobar qilib, tunini qorong‘u va yorug‘ligini zohir qildi va shundan so‘ng, Yerni yoyib tekis qildi» degan oyatlarda Olloh taolo osmonni Yerdan ilgari yaratganligini zikr qilsa, «Siz aytingizki, «Ey (mushriklar), haqiqatan ham sizlar shundog‘ xudoga munkir bo‘lursizlarmiki, ul yaratibdur Yerni ikki kunda va unga shirk keltirursizlarmi?! Budur jamiki olamlarning parvardigori va ul paydo qilibdur. Yerda tog‘lar va barakot ato etibdur. Yerga va muhayyo qilibdur unda yemaklar to‘rt kunda tamoman. Bu (tafsilotlar) so‘raguvchilar uchundur. Keyin, (parvardigor) yuzlandi osmon tarafiga va ul tutun kabi erdi, bas dedi unga va Yergaki, «Har ikkingiz kelingizlar yaxshilik ila yo zo‘rlik ila!» degan oyatlarda osmonni Yerdan keyin yaratgani zikr qilinur. Ayrim oyatlarda «Olloh mag‘firatli, mehribon erdi, qudratli, hikmatli yaratguvchi erdi, eshitguvchi va ko‘rguvchi erdi» deyilurki, bundan «Olloh taolo ilgari shunday bo‘lgan, hozir ersa unday ermas» deb tushunmoq mumkin»

Ibn Abbos raziyallohu anhu yuqoridagi savollarga bunday deb javob qildilar 1) «Birinchi bor sur chalinganda barcha qo‘rquvdan nasl-nasabini (urug‘-aymog‘ini) unutib, bir-birini tanimagay va savol-javob qila olmagay, behush bo‘lib yiqilgay. Ikkinchi bor sur chalinganda ersa, hamma qayta o‘ziga kelib, savol-javob qilmoqqa tushgay 2) Olloh taolo ixlos ahlining gunohlarini kechadi, buni ko‘rib kofirlar: «Kelingizlar, bizlar ham mushrik ermas erdik, deb aytgaymiz!»—deyishur. Ammo, Olloh taolo ularning og‘izlarini muhrlab qo‘ygay, shunda qo‘llari so‘zlab guvohlik bergay-da, Ollohdan biror gapni yashirib bo‘lmasligi ayon bo‘lgay 3) Olloh taolo (dastlabki) ikki kunda Yerni yaratdi, so‘ng osmonlarni yaratdi, keyin osmonlarga yuzlanib, oxirgi ikki kunda ularni tekisladi, so‘ng suv yurgizib o‘tloqlar barpo qilmoqlik uchun Yerni ham tekisladi, tog‘laru tog‘ tizmalarini, tepaliklarni va ularning oralig‘idagi joy-larni ham oxirgi ikki kunda yaratdi 4) Olloh taolo o‘zini «Olloh mag‘firatli erdi»,— debdi, bu ham va uning «U doimo shunday bo‘lib qolur» degan qavli ham uning o‘zining qavlidur, zero Olloh taolo o‘zi iroda qilgan narsasidan sira ham voz kechmagandur. Demak, Qur’on sen o‘ylaganingdek ixtilofli ermas, chunki «erdi» va «shunday bo‘lib qolur» degan so‘zlar uning o‘zinikidur!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:24:24
1- bob. Olloh, taoloning qavli: «Sizlar quloqlaringiz, ko‘zlaringiz va  terilaringizning o‘zlaringizga qarshi guvoh bo‘lmog‘idan yashirina olmas erdingizlar.  Lekin, sizlar Olloh qilgan amallaringizdan ko‘pini bilmas, deb o‘yladingizlar»

Ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Quraysh qabilasiga mansub ikki kishi birlan ularning Saqif qabilasiga mansub ikki qarindoshi yoki Sakif qabilasiga mansub ikki kishi birlan ularning Quraysh qabilasiga mansub ikki qarindoshi Baytullohda suhbatlashib o‘ltirar erdi. Ulardan biri: «Olloh taolo suhbatimizni eshitib turibdi, deb o‘ylaysizlarmi?!»—deb so‘radi. Boshqasi: «Qisman eshitadi»,— dedi. Yana biri: «Qisman eshitadirgan bo‘lsa, demak hammasini eshitadi»,— dedi. Shunda «Sizlar quloqlaringiz, ko‘zlaringiz va terilaringizning o‘zlaringizga qarshi guvoh bo‘lmog‘idan yashirina olmas erdingizlar...» degan oyat nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:24:35
2- bob. Olloh taoloning qavli: «Va bu narsa sizlarning o‘z parvardigoringizga qilgan gumonlaringizdur, ul gumon sizlarni halok qildi, bas sizlar ziyon (zarar) ko‘rganlardan bo‘ldingizlar»

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Quraysh qabilasidan ikki va Saqif qabilasidan bir kishi yoki Saqif qabilasidan ikki va Quraysh qabilasidan bir kishi Baytulloh oldida to‘plandi. Qorinlarida yog‘ mo‘l va qalblarida bilim oz bo‘lmish o‘shal kishilardan biri: «Nima deysizlar, Olloh taolo bizning gapimizni eshitayot-ganmikan?» —dedi. Boshqasi: «Agar ovozimizni balandroq chiqarsak, eshitgay, pichirlashsak, eshitmagay»,— dedi. Yana boshqasi: «Agar baland ovoz birla gapirsak, eshitadirgan ersa, demak pichirlashsak ham eshitgay»,— dedi. Shunda Olloh taolo «Sizlar quloqlaringiz, ko‘zlaringiz va terilaringizning o‘zlaringizga qarshi guvoh bo‘lmog‘idan yashirina olmas erdingizlar...» degan oyatni nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:25:05
«HO-MIM-AYN-SIYN-QOF» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Olloh taoloning qavli: «... Qarindoshlarga nisbatan muhabbatnigina (talab

Ibn Abbos raziyallohu anhu «Qarindoshlarga nisbatan muhabbatnigina...» degan oyat to‘g‘risida so‘radilar. Sa’id ibn Jubayr: «Qarindoshlar — Muhammad sallallohu alayhi va sallamning oila a’zolaridur»,— dedilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday dedilar: «Shoshildingiz, Quraysh qabilasining barcha kimsalari ham Payg‘ambar alayhissalomga qarindoshdurlar. Oyat «Men birlan o‘zlaringiz o‘rtangizdagi qarindoshlik munosabatlarini mustahkamla-mog‘ingiznigina (talab qilurman)» degan mazmunda».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:25:21
«ZUXRUF» SURASI
 BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Olloh taoloning qavli: «Va faryod qilurlarki, «Ey Molik, parvardigoring bizlarni o‘ldirsin qo‘ysin!». Molik derki, «Sizlar bu azobda mangu qolursizlar!»


Safvon ibn Ya’loning otalari rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbarda turib: «Ey .Molik, parvardigoring bizlarni o‘ldirsin ko‘ysin...» degan oyatni o‘qiganlarini eshitdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:25:34
«AD-DUXON» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad sallallohu alayhi va sallam, osmondan aniq tutun keladirgan kunga ko‘z tutingiz!»


Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Olloh taolo bo‘lajagi haqida xabar bergan besh voqea bo‘lib o‘tdi, ular «Tutun», «Rum», «Oy», «Hujum»va «Sazo».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:25:46
1-bob. Olloh taoloaing qavli: «Tutun odamlarni chulg‘ab olgay, bu ersa dardli azobdur»

Abdulloh; ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Osmondan tutun kelganining sababi shulki, Quraysh Qabilasi Janob Rasulullohga osiylik qilib, qarshilik qilaverganidan so‘ng, ul zot ularni duoyi bad qildilar va ularga Yusuf alayhissalom davrlarida kelgan qahatchilik singari qahatchilik yuborishni Olloh taolodan so‘radilar. Tez fursatda Quraysh ahli qahatchilik balosiga giriftor bo‘lib, hatto ochlikdan suyaklarni ham yeyishdi. Biror kishi osmonga qarasa, azbaroyi ochligidan o‘zi birlan osmon o‘rtasida tutun yanglig‘ narsa ko‘radigan bo‘ldi. Olloh taoloning «Ko‘z tutingiz shunday bir kungaki, osmondan tutun kelib odamlarni o‘rar, bu ersa dardli azobdur» degan xabari shul erdi. Pirovardida, Qurayshning kattalari Janob Rasulullohning qoshlariga kelib: «Ey Ollohning Rasuli, Muzar ahli uchun Ollohdan suv so‘rab beringiz, chunki ular halok bo‘layotirlar!» — dedi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muzar ahlining kattasiga (ya’ni, Abu Sufyonga): «Sen jur’atli odamdursan, (o‘zing mushrik bo‘la turib, Ollohdan suv so‘rayotirsan)!» — dedilar. Keyin, ul zot Olloh taolodan suv so‘radilar, Olloh taolo ularni suvga serob qildi. So‘ng, ushbu «Albatta, sizlar yana kufrga qaytursizlar» degan oyat nozil bo‘ldi. Darhaqiqat, serobchilik bo‘lgandan keyin, ular darhol yana kufrga qaytdilar. Olloh taolo shunda «Yaqin kunda katta (qattiq) tutish qilurmiz, darhaqiqat biz intiqom oluvchidurmiz» degan oyatni nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:26:08
2- bob. Olloh taoloning qavli: «Ey rabbimiz, bizlardan azobni aritgil, bizlar mo‘minlarmiz!»

Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:  «Men Ibn Mas’udning oldilariga kirgan erdim, ul kishi bunday dedilar: «Albatta, o‘zing bilmaydirgan narsa haqida «Olloh biluvchiroq» deyish ham ilmdandur. Olloh taolo o‘z Rasuliga: «Ey Muhammad, «Men da’vatim uchun sizlardan hech qachon haq so‘ramagayman va men payg‘ambarlikni da’vo qiluvchi soxtakorlardan ermasman!» deb aytingiz!» — dedi. Quraysh Janob Rasulullohga tajovuz qila boshlagandan keyin, ul zot: «Yo Olloh, Qurayshga Yusuf alayhissalom davridagi yetti yillik qahatchilik singari qahatchilik yuborib, menga yordam bergil!»— dedilar. Ular shunday qahatchilikka duchor bo‘ldilarki, hatto ochlikdan o‘limtiklarni, suyaklarni yedilar, azbaroyi ochlikdan birortasi osmonga qarasa, o‘zi birlan osmon o‘rtasida tutunga o‘xshash narsa ko‘radirgan bo‘lib qoldi. Keyin, ular: «Ey rabbimiz, bizlardan azobni aritgil, bizlar mo‘minlarmiz!»—deb iltijo qilishdi. Shunda Olloh taolo: «Biz ulardan azobni ariqak, keyin ular yana kufrga qayturlar»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam duo qilganlaridan keyin, ulardan azob aridi. Ammo, ular darhol o‘z kufrlariga qaytdilar. Buning uchun Olloh taolo ulardan Badr kuni qasos oldi. Chunki, u qasos olmog‘i haqida ilgari oyat nozil qilgan erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:26:39
3- bob. Olloh taoloning qavli: «Nechuk nasib bo‘lur ularga nasihat, holbuki ularga haq payg‘ambar kelgandur» (ya’ni, balo kelganda nasihatga amal qilmoqdan
foyda yo‘qdur)


Masruq rivoyat qiladilar: «Men Abdullohning oldilariga kirdim. Abdulloh bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurayshni dinga chaqirgan vaqtlarida, Quraysh ul zotni yolgonchiga chiqarib, zo‘ravonlik qila boshladi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Olloh, bularga Yusuf alayhissalom davrlaridagidek qahatchilik yuborib, menga madad bergaysan!» -dedilar. Keyin, ularga shunday qahatchilik keldiki, hamma narsa qurib, hatto o‘limtiklarni yeyishdi, birortasi o‘rnidan turib osmonga qarasa, azbaroyi sillasi quriganidan o‘zi birlan osmon o‘rtasida tutunga o‘xshash narsa ko‘rar erdi». Keyin, Abdulloh «Ko‘z tutingiz osmondan tutun keladirgan kunga!» degan oyatni o‘qiy boshladilar, uning «Biz ulardan azobni ariqak, keyin ular yana kufrga qayturlar» degan joyiga yetganda: «Qiyomat kuni ulardan azob aritilarmidi?!» — dedilar va yana «Yaqin kunda ularni katta (qattiq) tutish qilurmiz» degan oyatni o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:26:52
4- bob. Olloh taoloning qavli: «So‘ng, undan yuz o‘girib, uni g‘irt jinni deyishdi»

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Olloh taolo Muhammad sallallohu alayhi va sallamni payg’ambar qilib yubordi. Ul zot: «Men da’vatim uchun sizlardan haq olmagayman va men payg’ambarlikni da’vo qiluvchi soxtakor ham ermasman!» — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurayshni dinga da’vat qilganlarida, ular bo‘yin tovlashdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ollohga: «Ey Olloh, Qurayshga Yusuf alayhissalom davrlaridagidek yetti yillik qahatchilik yuborib, menga madad bergil!» —dedilar. Keyin, ularga qahatchilik yili keldi, hamma narsa quridi, hatto suyaklarni va terilarni yeyishdi. Qurg‘oqchilikning zo‘ridan yerdan tutunga o‘xshash narsa ko‘tarilar erdi. Mushriklarning kattasi Abu Sufyon Janob Rasulullohning yonlariga kelib:

«Ey Muhammad, qavmingiz halok bo‘ldi, Ollohga duo qilingiz, ulardan azobni ariqin!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam duo qildilar. Ammo, ular keyin yana kufrga qaytishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:27:34
5- bob. Olloh taoloning qavli: «Yaqin kunda ularni katta (qattiq) tutish qilurmiz, darhaqiqat biz intiqom olurmiz»

Abdulloh: «Besh alomat -"Sazo", "Rum", Hujum", "Oy" va "Tutun" bo‘lib o‘tadi", deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:27:56
«AL-JOSIYA» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Olloh taoloning qavli: «Va halok etmish bizni faqat zamona»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo: «Odamiyzod zamonni so‘kib, menga ozor berur, vaholanki zamon men o‘zimman, barcha ishlar mening qo‘limda bo‘lib, kecha birlan kunduzni almashtirurman»,— deydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:28:09
«AL-AHQOF» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Olloh taoloning qavli: «Va ul odamiki, der o‘z ota-onasiga: «Tuf sizlarga, va’da qilursizlarmi mangaki, man qabrdan chiqarilurman? Holbuki, har qancha jamoat o‘tdilar, mandan avval». Ikkisi faryod qilurlar Ollohga, (derlar): «Afsus holingga, iymon keltirgil, Ollohning qayta tirilmoq haqidagi va’dasi albatta qaqdur!», keyin ul derki, «.Bu avvalgilardan qolgan bir afsonalardur»

Yusuf ibn Molik rivoyat qiladilar: «Marvon Mu’oviya tomonidan Hijozga hokim etib tayinlangan erdi. U bir kunl odamlarni yig‘dida, ularga xutba o‘qib Yazid ibn Mu’oviya haqida yaxshi so‘zlarni gapirdi, otasi o‘rniga endi unga bay’at qilishga da’vat qildi. Shunda Abdurrahmon ibn Abu Bakr Marvonga gapirayotib Yazid haqida haqoratli so‘zlarni aytdi. Marvon uni ushlashga buyurgan erdi, u qochib Oisha onamizning uylariga kirib oldi, Marvon uni tuta olmay: «Bu bola shundayki, uning haqida Olloh taolo va ul odamiki, der o‘z ota-onasiga: «Tuf sizlarga, va’da qilursizlarmi mangaki, man (ul dunyoda qayta) qabrdan chiqarilurman?...» degan oyatni nozil qilgan»,— dedi. Buni eshitib, Oisha raziyallohu anho hijob (parda) orqasidan: «Olloh taolo mening pokligim xususidagina oyat nozil qilgandur, bundan bo‘lak bizning haqimizda hech narsa nozil qilmagandur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:28:28
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Keyin, vaqtiki ular ko‘rdilar ul azobniki, bulut suratida kelur o‘z vodiylari tomon, dedilar: «Bu bir bulutdurki, bizlarga yog‘in berur». Yo‘q-yo‘q, bu o‘zlaringiz tezroq kelishini xohlagan bir bo‘rondurki, unda dardli azob bordur!»

Oisha raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning kichik tillari ko‘rinadirgan darajada qattiq kulganlarini sira ham ko‘rmaganman, ul zot faqat tabassum qilib qo‘yardilar, xolos. Agar shamol essa yoki bulutni ko‘rsalar, yuzlarida xavotirlik sezilar erdi. Bir kuni men: «Yo Rasulalloh, odamlar bulutni ko‘rsalar, yomgir yogur degan umidda xursand bo‘lurlar, sizning ersa bulutni ko‘rganingizda xavotir bo‘lganingizni ko‘rurman»,— dedim. Janob Rasululloh bunday dedilar: «Ey Oisha, kelayotgan bulut o‘zi birlan azob olib kelmayotganmikan, deb xavotir olurman, chunki bir qavm bo‘ron (shamol) yuborilib azoblangan, ular ersa azobni ko‘rib: «Bu bir bulutdurki, bizlarga yomgir berur»,— deganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:29:01
«ALLAZIYNA KAFARUU» YoKI «MUHAMMAD» SURASI

Olloh taoloning qavli: «Va qirqursizlar (uzursizlar) qarindoshlik aloqalaringizni"¦»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Olloh taolo yaratish ishidan forig‘ bo‘lgach, bachadon Olloh taoloning belbog‘idan tutdi. Olloh taolo unga: «Qo‘yib yubor!» —dedi. Bachadon: «Qon-qarindoshlik aloqalarining uzulmog‘idan asramog‘ingni tilaydirganning joyi hali shu bo‘ldimi?» — dedi. Olloh taolo «Agar men qon-qarindoshlik aloqalarini mustahkamlaganlarni yarlaqasam-u, uni uzganlardan ersa, rahmatimni forig‘ tuqam, rozi bulgaymi-san» — dedi. Bachadon «Ha, yo parvardigorim, rozidurman!» — dedi Olloh taolo «Shunday qilgumdur!» — dedi»

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh qarindoshlik munosabatlari haqida so‘zladilar, so‘ng «Agar istasangizlar, mana bu «Bas, agar sizlar hukumatga ega bo‘lsangizlar, (amalu boylikka xirs qo‘yib) mamlakatda buzg‘unchilik qilursizlar va qirqursizlar qarindoshlik aloqalaringizni» degan oyatni o‘qingizlar!» — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:29:31
«AL-FATH» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, biz ato etdik sizga bir ravshan fathni (zafarni)...»


Zayd ibn Aslam rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarlaridan birida kechasi yo‘lda ketayotgan erdilar, Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu ham ul zot birlan birga erdilar. Shunda Hazrat Umar Janob Rasulullohdan bir savol so‘radilar, ammo ul zot javob qilmadilar. Hazrat Umar ikkinchi bor so‘radilar, ul zot yana javob bermadilar, uchinchi bor so‘raganlarida ham indamadilar Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu xayolan «Onang sendan ajrab qolgur, ey Umar! Janob Rasulullohdan uch bor so‘rading, ammo ul zot senga javob kilmadilar»,— deb qo‘ydilar. Hazrat Umar bunday deydmlar «Keyin, men tuyamni tezlatib odamlar tomon ilgarilab ketdim, «Mening haqimda oyat nozil bo‘lib qolmasa erdi!» deb xavotirlandim Ko‘p o‘tmay, xabarchining meni chaqirganini eshitdim «Uzim haqimda oyat nozil bulishidan qo‘rqqan erdim-a!» — dedim-da, Janob Rasulullohning qoshlariga kelib salom berdim. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Bu kecha menga shunday bir sura tushirildiki, bu sura men uchun quyosh charaqlab turgan bu dunyodan mahbubroqdur!»— dedilar, keyin «Darhaqiqat, biz sizga bir ravshan fath (g‘alaba) ato qildik» deb tilovat qildilar»

Anas ibn Molik raziyallohu anhu «Darhaqiqat, biz sizga bir ravshan fath (g‘alaba) ato qildik» degan oyat Hudaybiyya g‘alabasi haqidadur»,— deydilar.

Abdulloh ibn Mugaffal rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makka fathi kuni «Al-fath» surasini chiroyli ovoz birlan qiroat qildilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:30:05
1- bob Olloh taoloning qavli: «(Darhaqiqat, biz sizga bir ravshan fath ato qildik), toki Olloh taolo sizning o‘tgan va kelgusi xatolaringizni mag‘firat qilsin va sizga o‘z ne’matini mukammal qilib, sizni siroti mustaqimga hidoyat qilsin...»

Mugiyra bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi namozda shunchalik uzoq turardilarki, hatto oyoqlari shishib ketar erdi. Odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga «Olloh taolo sizning o‘tgan va kelgusi xatolaringizni magfirat qilgan-ku, nechun o‘zingizni bunchalar qiynaysiz?» — deyishganda, ul zot «Olloh taoloning shu mehribonchiligiga shukr qilguvchi banda bo‘lmayinmi?»— dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi namozda shu qadar ko‘p qiyomda turardilarki, hatto oyoqlari yorilib ketardi. Men «Yo Rasulalloh, nechun bunday qilursiz, axir Olloh taolo sizning o‘tgan va kelgusi xatolaringizni  mag‘firat qilgan-ku!» — deganimda,  ul zot «Shukr  qilguvchi  banda bo‘lmayinmi?» — dedilar. Ul zot vazminlashib qolganlaridan keyin, o‘ltirib namoz o‘qiydirgan bo‘ldilar, ruku’ qilmoqchi bo‘lganlarida turib qiroat qilardilar, keyin ruku’ga egilardilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:30:17
2- bob Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, biz sizni guvoh, xushxabar  yetkazuvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik...»

Abdulloh ibn Amr ibn al-Os raziyallohu anhu bunday deydilar: «Qur’ondagi «Darhaqiqat, biz sizni guvoh, xushxabar yetkazuvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik» degan oyat Tavrotda quyidagicha «Ey payg‘ambar, darhaqiqat biz sizni guvoh, xushxabar yetkazuvchi, ogohlantiruvchi va ummiylarga himoya qilib yubordik, siz mening bandam va rasulimsiz, men sizni «vakilim» deb atadim, (mening vakilim ersa) dag‘al va qo‘pol so‘z ermas, bozorlarda baqirib-chaqirib yurmagay, yomonlikka yomonlik birlan javob bermagay, balki afv etguvchi va kechirguvchidur, Olloh uning jonini olmagaydur, tokim ul yo‘ldan ozgan millatni «Lo iloha illalloh» degizib, to‘g‘ri yo‘lga solmaguncha va bu so‘z ila so‘qir ko‘zlarni, kar quloklarni va qulf qalblarni ochmaguncha».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:30:42
3- bob. Olloh taoloning qavli: «Mo‘minlarning dillariga orom tushirgan zot Olloh taolodur»

Barro raziyallohu anhu aytadilir: «Payg‘ambar alayhissalomning ashoblaridan biri Qur’on o‘qir erdilar, hovlida ul kishining otlari bog‘liq turgan erdi. Nogahon, ot bezovta bo‘la boshladi. Sahobiy chiqib qarasalar, hech narsa yo‘q, ammo ot bezovtalanaverdi. Ertalab ul kishi Janob Rasulullohga voqeani aytgan erdilar, ul zot. «Bu Qur’on birlan tushgan oromdur (sakinatdur)»,— dedilar («Sakinat»— o‘shal otmi hurkitib yuborgan «orom» bo‘lib, aytishlaricha u yuzi inson yuzi singari bo‘lmish bir yengil shaboda yoki mo‘minlar qalbiga orom beruvchi farishta erkan)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:31:19
4- bob. Olloh taoloning qavli: «Mo‘minlar daraxt tagida sizga bay’at  qilayotganlarida Olloh ulardan rozi bo‘ldi»

Jobir ibn Abdulloh; «Biz Hudaybiyya kuni bir ming to‘rt yuzta erdik»,— deydilar.

Abdulloh ibn Mugaffal raziyallohu anhu: «Men daraxt ostida bay’at qilganlardan erdim. Ushanda Payg‘ambar alayhissalom tosh otish va g‘uslgohda siyishdan qaytardilar»,— deydilar (Tosh otishning foydasidan ko‘ra zarari ko‘pdir. Chunki, u birlan ovni urib bo‘lmaydi, dushmanni o‘ldirib ham bo‘lmaydi. Ammo, u odamning biror yerini yorishi, ko‘zini ko‘r qilishi mumkin. Janob Rasululloh insonga zarar yetkazish ehtimolidan tosh otishni nahiy qildilar. G’usl qiladirgan joyga bavl qilishdan qaytarganlarining boisi shulki, agar yer qattiq bo‘lsa, siydik kishining o‘ziga sachraydi).

Sobit ibn Zahhokning aytishlaricha, ul kishi daraxt ashoblaridan erkanlar (Hudaybiiya vodiysidagi bir daraxt tagida hozir bo‘lgan musulmonlar, ya’ni, bir yarim ming sahoba Payg‘ambar alayhissalomga qo‘l berishib, to boshlariga o‘lim soati kelguniga qadar ul zotga sodiq bo‘lishga qasamyod qildilar. Qur’on ersa ularning payg‘ambar orqali Olloh taologa bay’at qilganlarini uqdiradi va bu bay’at islom tarixida «Bay’aturrizvon», ya’ni Olloh mo‘minlardan rozi bo‘lgan bay’at, deb nomlangan).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:31:35
Habib ibn Abu Sobit: «Men bir narsani so‘rash uchun Abu Voilning oldiga borgan erdim, u: «Biz Siffayn degan joyda erdik»,— dedi (Siffayn — Furot daryosining vodiysi bo‘lib, shu joyda Hazrat Ali birlan Muoviya o‘rtasida katta jang bo‘lgan). Bir kishi kelib Ali raziyallohu anhudan: «Ollohning Kitobiga da’vat qiladirgan kishilarning gapiga ne deysiz?» — deb so‘radi. Hazrat Ali: «Qur’on oyatiga da’vat qilgan kishining gapini darhol qabul qilurman»,— dedilar. Shunda Sahl ibn Hanif: «Nafsingiz    yo‘liga    yurmangizlar,    ya’ni    aql    birlan    ish    tutingizlar, bizning Hudaybiyyadagi ishimizni, ya’ni Payg‘ambar alayhissalom birlan mushriklar o‘rtasida sulh tuzilganini bilursizlar. Agar urush qilmoqni istaganimizda erdi, urushgan bo‘lur erdik»,— dedi. Shul asnoda Hazrat Umar kelib, Janob Rasulullohga. Bizning ishimiz haq, ularning ishi ersa botil ermasmi? Bizdan o‘lganlar jannatda, ulardan o‘lganlar do‘zaxda bo‘lmaydilarmi?»—dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ha, shunday bo‘lgay!» — dedilar. Hazrat Umar: «Unda nechun Olloh taolo bizga hukm qilib turgan bir paytda ortga qaytgaymiz?» — dedilar. Janob Rasululloh: «Ey Xattobning o‘g‘li, men Ollohning rasulidurman, Olloh ersa meni hech qachon mag‘lub qilmagay!»— dedilar. Shundan so‘ng, Hazrat Umar alam birlan Abu Bakrning oldilariga keldilar-da, ul kishiga: «Ey Abu Bakr, bizlar haq, ular ersa botil ermasmi?» — dedilar. Abu Bakr Siddiq raziyallohu aihu: «Ey Umar ibn al-Xattob, ul zot Ollohning rasulidurlar, Olloh ersa ul kishini sira mag‘lub qilmagay!» — dedilar. Shunda «Al-Fath» («Zafar») surasi nozil bo‘ldi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:32:06
«AL-HUJUROT» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Olloh taoloning qavli: «Ovozlaringizii payg‘ambar ovozidai baland ko‘tarmangizlar!»


Ibn Abu Mulayka raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ikki yaxshi odam, ya’ni Abu Bakr birlan Umar halok bo‘lishlariga oz qoldi. Ikkovlari Janob Rasulullohning huzurlarida ovozlarini baland ko‘tarib yuborishdi. Sababi, ul zotning huzurlariga Banu Tamim qabilasidan otliqlar kelishgan erdilar. Abu Bakr Siddiq Aqra’ ibn Hobisni, Hazrat Umar ersalar boshqa bir kishini ularga amir etib tayinlashni taklif qildilar. Shunda Abu Bakr Siddiq Hazrat Umarga: «Doim siz menga qarshi ish tutursiz!» — dedilar. Hazrat Umar: «Sizga qarshi ish tutmoqni xohlaganim io‘q!» — dedilar. Natijada, ikkovlari ham baland ovoz birlan tortishib ketishdi. Shul asnoda Olloh taolo «Ey mo‘minlar ovozlaringizni payg‘ambar ovozidan baland ko‘tarmangizlar!» degan oyatni nozil qildi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:32:29
Ibn Zubayr « Mana shu oyat nozil bo‘lgandan keyin, Umar raziyallohu anhu Janob Rasulullohga pichirlab gapiradirgan bo‘lib qoldilar, hatto ul zot ko‘pincha tushunmay qolib, qayga-qayta so‘rar erdilar»,— deydilar. Ammo, Ibn Zubayr bobolari Abu Bakr haqlarida bunday gapni gapirmadilar»

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Sobit ibn Qaysni qidirib qoldilar. Shunda bir kishi «Yo Rasulalloh, men u haqda bilib kelgayman!» — deb chiqib ketdi-da, Sobitning uyiga bordi. Sobit uyida boshini quyi egganicha o‘ltirgan erdi. Boyagi kishi Sobitdan «Ne bo‘ldi?»—deb so‘radi. Sobit: «Yomon bo‘ldi»— deb, o‘zining Janob Rasulullohning oldilarida baland ovoz birlan gapirib yuborganini, shu sababli butun amallari habata bo‘lganini, o‘zi ersa do‘zax ahlidan bo‘lib qolganini aytdi. Keyin, haligi odam Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, bor gapni xabar qildi. .Janob Rasululloh haligi odamni yana Sobitning uyiga junatayotib «Siz do‘zax ahlidan ermas, balki jannat ahlidan erkansiz, deb unga ayt!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:32:58
Aboulloh ibn Zubayr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga Banu Tamimdan otliqlar kelgan erdi. Shunda Abu Bakr Siddiq «Bularga Qaqo ibn Mu’abbadni amir qilsangiz!»— dedilar. Umar raziyallohu anhu ersalar «Aqra’ ibn Hobisni amir qilsangiz!» — dedilar. Abu Bakr raziyallohu anhu Hazrat Umarga e’tiroz bildirib: «Doim menga qarshi ish qilursiz!»—dedilar.

Umar raziyallohu anhu «Men sizga qarshi ish qilishni xohlaganim yo‘!»— dedilar. Natijada, ikkoalari gap talashib, ovozlari baland ko‘tarilib ketdi. Shu haqqa Olloh taolo «Ey mo‘minlar, Olloh va uning payg‘ambari huzurida (ulardan ilgari) gapirmangizlar!» degan oyatni nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:33:13
«QOF» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Olloh taoloning qavli: «Jahannam: «Yana (qo‘shimcha) bormi?» — deydi»


Abu Hurayra raziyallohu anzhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Jahannamga «To‘ldingmi?» —deyilgay, shunda u «Yana (qo‘shimcha) bormi?» — degay. Parvardigor («Bo‘ldi, qolmadi» degan ma’noda) qadamini jahannam ustiga qo‘ygachgina, u «Yetarli, yetarli!» — deb aytgay».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:33:27
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday dedilar: «Jannat birlan do‘zax o‘zaro gap talashishdi. Do‘zax «Men takabburu zo‘ravonlar uchun yaratilganman»,— dedi. Jannat ersa «Menga faqat odamlarning kuchsizlari-yu mazlumlari kirgay»,— dedi. Olloh taolo jannatga «Sen mening rahmatimsan, sening vositang ila istagan bandamga rahmat qilurman»,— dedi. So‘ng, do‘zaxga «Sen mening azobimsan, istagan bandamga sening vositang ila azob berurman»,—deb aytdi. Jannatning ham, do‘zaxning ham o‘z to‘ldirguvchilari bordur. Ammo, do‘zax, toki Olloh taolo uning ustiga qadamini qo‘ymas erkan, to‘lmagay Olloh taolo oyog‘ini qo‘ygach, do‘zax «Yetarli, yetarli!» — degay-da, og‘zini yopib olgay. Olloh taolo biror maxluqiga ortiqcha azob berib zulm qilmagay. Ammo, jannat xususiga kelsak, (u solih bandalarga to‘lib-toshib keqa ham, qabul qilavergay), hatto Olloh taolo qo‘shimcha yana bir jannat barpo qilgay»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:34:26
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Kun chiqishidan ilgari ham, kun botishidan ilgari ham parvardigoringga tasbihu hamd aytgil!»

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz kechasi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘ltirgan erdik. Shunda ul zot o‘n to‘rt kechalik oyga qarab bunday dedilar: «Albatta, sizlar ul dunyoda rabbingizni xuddi mana shu oyni ko‘rgandek ko‘rursizlar. Uni ko‘rishda bir-biringizga xalal bermagaysizlar. Agar quyosh chiqishidan va botishidan ilgarigi namozlarni shaytonga boy bermaslikka qodir bo‘lsangizlar, o‘qingizlar!». Keyin ul zot «Kun chiqishidan ilgari ham, kun botishidan ilgari ham parvardigoringga tasbihu hamd aytgil!» degan oyatni tilovat qildilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Janob Rasululloh menga hamma namozlardan so‘ng tasbih aytmoqni buyurdilar»,— deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:35:30
1-bob Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, hujralar ortidan turib sizni chaqiradirgan kimsalarning ko‘plari albatta aqlsiz kimsalardur»
«AT-TUR» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohga kasalligimdan shikoyat qilib erdim, «Ulovda odamlarga ergashib Ka’bani tavof qilaver!» deb buyurdilar. Shunda men tavof qildim, ul zot ersalar Baytullohning bir chekkasida «Vat-Tur va kitobim mastur» surasini qiroat qilib namoz o‘qidilar».

Jubayr ibn Mut’imning otalari rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohning shom namozida «Vat-Tur» surasini qiroat qilganlarini eshitdim. Ul zot «Balki ular hech narsadan (o‘z-o‘zidan) yaralib qolgandirlar-a' Balki ular o‘zlari yaratguvchimikanlar-a?! Balki osmonlar birlan Yerni ular yaratgandirlar-a?! Balki ular ishonmaslar? Balki parvardigoringizning xazinalari ularning qoshlaridadur-a?! Yoki ular butun borliqni boshqarib turguvchimikanlar-a?!» degan oyatga kelganlarida qalbim uchib chiqib ketishiga oz qoldi!»

Sufyon raziyallohu anhu «Janob Rasulullohning shomda «Vat-Tur» surasini o‘qiganlarini Zuhriydan men ham eshitganman, ammo qolgan gaplarni eshitmaganman»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:35:48
«VAN-NAJM» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Masruq rivoyat qiladilar «Men Oisha onamizdan «Ey onajon, Muhammad sallallohu alaihi va sallam parvardigorlarini ko‘rganmilar?»—deb so‘radim. Oisha onamiz «Sening gapingdan sochim tikka bo‘ldi. Uchta gapdan xabaring yo‘q erkanda? Kim senga: «Muhammad sallallohu alayhi va sallam parvardigorlarini ko‘rganlar»,— desa, g‘irt yolg‘on aytibdi!»—dedilar, keyin ushbu «Eng o‘tkir ko‘zlar ham uni ko‘rmagay, ammo ul ularni ko‘rib turgay va ul har qanday to‘siqdan o‘tguvchi va har qanday ishdan xabardor zotdur» degan oyatni, so‘ng «Biror inson Olloh birlan yuzma-yuz gaplasha olmas, u faqat vahiy orqaligina gaplashur yoki hijob (parda) orqasidan turib gaplashur» degan oyatlarni o‘qidilar. So‘ng, so‘zlarida davom etib «Kimki senga «Janob Rasululloh ertaga bo‘ladirgan ishni bilurlar»,— desa ham g‘irt yolg‘on aytibdi!»—dedilar-da, «Biror jon ertaga ne ish qilmog‘ini bilmas» degan oyatni o‘qidilar. Keyin, yana so‘zlarida davom etib: «Kimki senga «Janob Rasululloh Olloh buyurgan narsani yashirgan»,— desa ham g‘irt yolg‘on aytibdi!» — dedilar-da, «Ey payg‘ambar, rabbingizdan o‘zingizga yetkazilgan narsalarni yetkazingiz!» degan oyatni o‘qidilar. «Lekin,— dedilar Oisha onamiz, — ul zot Hazrat Jabroilni ikki bor asl qiyofalarida ko‘rganlar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:36:19
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Bas, payg‘ambarga ikki kamon oraligida, balki undan pastroq yaqin keldi»

Ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg’ambar alayhissalom Hazrat Jabroilni ko‘rganlar, ul kishining olti yuzta qanotlari bor erkan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:36:32
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, payg’ambar o‘z parvardigorining buyuk oyatlarini (belgi, alomatlarini) ko‘rdi»

Abdulloh ibn Mas’ud: «Darhaqiqat, payg‘ambar o‘z parvardigorining buyuk oyatlarini ko‘rdi» degan oyatni tafsir qilib «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Jabroilning) yashil qanotlarini ko‘rdilar, u butun ufqni to‘sib turardi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:37:06
3-bob. Olloh taoloning qavli: «Lot va Uzzo... (nomli butlar) xususida hech o‘ylab ko‘rdingizlarmi?»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kimki Lot va Uzzoni tilga olib qasam ichgan ersa, (darhol) «Lo iloha illalloh» deb ayqin, kimki sherigiga «Kel, qimor o‘ynaylik!» degan ersa, (darhol) sadaqa qilib yuborsin!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:37:41
4- bob. Olloh taoloning qavli: «... va boshqa uchinchi (but) Manot...»

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Mushallal degan yerdagi Manotga sig‘inuvchi kishilar Safo va Marva o‘rtasini tavof qilmas erdilar. Olloh taolo «Albatta, Safo birlan Marva Olloh buyurgan ibodatgohlardandur» degan oyatni nozil qilgach, Janob Rasululloh va musulmonlar ul yerni tavof qila boshladilar».

Sufyon: «Manot Kadid degan joyning Mushallal mavzesiga o‘rnatilgan erdi»,— deydilar.

Oisha onamiz: «Safo va Marva haqidagi oyat ansorlar xususida nozil bo‘lgan. Ular va g‘assonliklar musulmon bo‘lishlaridan avval Manotga niyat qilib ehrom bog‘lar erdilar»,— deydilar.

Oisha onamiz: «Ansorlar ilgari Manotga niyat qilib ehrom bog‘lar erdilar. Manot — Makka birlan Madina orasidagi bir butning nomi bo‘lib, ansorlar: «Yo Rasulalloh, biz ilgari Manotni ulug‘lab, Safo va Marvani tavof qilmas erdik»,— deyishgan erdi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:38:00
5- bob. Olloh taoloning qavli: «Bas, sizlar Ollohga sajda va ibodat qilingizlar!»

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom «Van-Najm» surasini o‘qib sajda qildilar, ul zot birlan birga musulmonlar ham, mushriklar ham, jinlaru odamlar ham sajda qilishdi»

Abdullhu ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Eng birinchi nozil bo‘lgan sajda oyatli sura— «Van-Najm» surasidir. U nozil bo‘lganda Janob Rasululloh darhol sajda qildilar, shunda ul zotga ergashib ortlarida turgan kishilar ham sajda qildi, ammo bir kishi sajda qilmadi. Ushal kishi yerdan bir siqim tuproq olib o‘shanga sajda qildi. Keyinchalik, men uning kofir holda o‘ldirilganini ko‘rdim. Uning nomi Umayya ibn Xalaf erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:43:23
«IQTARABATIS-SO’ATU» YoKI «AL-QAMAR» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1-bob. Olloh taoloning qavli: «Oy ikkiga bo‘lindi va agar kofirlar ko‘rsalar ham biror mo‘‘jizani, yuz o‘gururlar»


Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasulullohning davrlarida Oy alohida-alohida ikki qismga bo‘lindi. Bir qismi tog‘ ustida, ikkinchi qismi ersa uning ro‘parasida turdi. Shunda Janob Rasululloh barchaga: «Guvoh bo‘lingizlar!»—dedilar».

Abdulloh bunday deydilar: «Oy ikkiga bo‘lindi, shunda biz Janob Rasululloh birlan birga turgan erdik. U alohida-alohida ikki qismga ajraldi. Janob Rasululloh bizlarga: «Guvoh bo‘lingizlar, guvoh bo‘lingizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:43:31
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Payg‘ambar alayhissalomning zamonlarida Oy ikkiga bo‘lindi»,— deydilar.

Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday deydilar: «Ahli Makka Janob Rasulullohdan mo‘‘jiza ko‘rsatishni talab qilishdi. Shunda ul zot mo‘‘jiza tariqasida Oyni ikkiga bo‘lib ko‘rsatdilar».

Anas: «Oy teng ikkiga bo‘lindi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:44:17
2-bob. Olloh taoloning qavli: «(Kema) suzar erdi ko‘z oldimizda bir intiqom sifatida ul odam uchunki, qadrlanmadi va batahqiq qoldirdik ul voqeani ibrat qilib, bormi nasihat olguvchi?»

Qatodo raziyallohu anhu bunday deydilar: «Olloh taolo Nuhning kemasini salomat saqladiki, hatto uni mana shu ummatning dastlabki kishilari ham ko‘rdilar».

Abdulloh «Janob Rasululloh «Fa-hal min muddakir» («nasihat olguvchi bormi?») deb qiroat qilur erdilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:44:33
3- bob. Olloh taoloning qavli: «Biz Qur’onni nasihat (ibrat) olmoq uchun oson qilib qo‘ydik, (undan) nasihat olguvchi bormi?»

Abdulloh «Janob Rasululloh «Fa-hal min muddakir» deb qiroat qilur erdilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:45:19
4-bob. Olloh taoloning qavli: «Tomiri ila sug‘urilgan xurmo daraxtlari kabi (odamlarni uchirib ketar erdi), bas nechuk bo‘libdur mening azobim va ogohlantirishim?!»

Abu Ishoq bunday deydilar: «Bir odam Asvaddan «Fa-hal min muddakir»mi yoki «muzzakir»mi?»— deb so‘radi. Asvad «Men Abdullohning «min muddakir» deb o‘qiganlarini eshitganman, ul kishi «Payg’ambar alayhissalomning «min muddakir» deb o‘qiganlarini eshitgan erkanlar»,— dedi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:45:32
5-bob. Olloh taoloning qavli: «Ular tikondan qo‘ra yasovchining sanchilgan yog‘ochlari kabi bo‘lib qoldilar. Biz Quronni nasihat olmoq uchun oson qilib qo‘ydik, (undan) nasihag olguvchi bormi?»

Abdullohniig rivoyatlariga qaraganda, Payg’ambar alayhissalom «Fa-hal min muddakir»—deb «dol» birlan qiroat qilganlar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:45:47
6-bob. Olloh taoloning qavli: «Haqiqatan, erta tongda ularga barqaror azob yetib keldi. Endi mening azobimni va ogohlantirishimni bir tatib ko‘ringizlar!»

Abdulloh rivoyat qiladilarki, Payg’ambar alayhissalom «Fa-hal min muddakir» — deb «dol» harfi birlan qiroat qilgan erkanlar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:45:59
7-bob. Olloh taoloning qavli: «Biz sizlarga o‘xshashlarni halok qildik, bundan biror ibrat olguvchi bormi?»

Abdulloh rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohga «Fa-hal min muzzakir» — deb «zol» harfi birlan o‘qib berdim. Shunda ul zot «Fa-hal min muddakir» — deb dol birlan o‘qi!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:46:10
8-bob. Olloh taoloning qavli: «Yaqinda o‘shal jamoa yengilib, ortlariga qarab qochib qolurlar»

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Badr kuni chodirda turgan hollarida bunday dedilar: «Yo Olloh, va’dangga vafo qilmogingni iltijo qilurman! Yo Olloh, agar istasang, bugundan keyin ibodat qilinmagaysan (ya’ni, agar istasang, ertagayoq butun bandalaringni halok qilgaysan, o‘zingga ibodat qilguvchilarni qoldirmagaysan)!» Shunda Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu qo‘llari birlan Janob Rasulullohni tortib «Ey Ollohning rasuli, bo‘ldi, kifoya, rabbingizdan ko‘p iltijo qildingiz!»—dedilar. Janob Rasululloh ersalar sovutda bo‘lsalar ham, irgib turdilar-da «Yaqinda o‘shal jamoa yengilib, ortlariga qarab qochib qolurlar!»—deya tashqari chiqdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:46:28
9- bob Olloh taoloning qavli: «Balki qiyomat ularga va’da qilingan vaqtdur va qiyomat (azobi) qattiqroq va achchiqroqdur!»

Yusuf ibn Molik rivoyat qiladilar: «Men mo‘minlarning onasi Oishaning oldilarida erdim. Shunda, ul muhtarama «Muhammad sallallohu alayhi va sallamga Makkada «Balki qiyomat ularga va’da qilingan vaqtdur va qiyomat (azobi) qattiqroq va achchiqroqdur!» degan oyat nozil bo‘lganda men yosh qizaloq erdim, o‘ynab yurar erdim»,— dedilar»

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg’ambar alayhissalom Badr kuni chodirda turib bunday dedilar: «Ey Olloh, va’dangga vafo qilmogingni iltijo qilurman! Ey Olloh, agar xohlasang, bugundan keyin butunlay ibodat qilinmaysan!» Shunda Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu qo‘llari birlan Janob Rasulullohni tortib «Ey Olloh-ning rasuli, bo‘ldi, yetarli, rabbingizga ko‘p iltijo qildingiz!»—dedilar.

Keyin, Janob Rasululloh sovut kiygan holda tashqariga chiqayotib, «Yaqinda o‘shal jamoa yengilib, ortlariga qarab qochib qolurlar, balki qiyomat ularga va’da qilingan vaqtdur va qiyomat qattiqroq va achchiqroqdur!» degan oyatlarni o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:46:48
«AR-RAHMON» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Olloh taoloning qavli: «Ul ikki jannatdan pastroqda yana ikki jannat bordur»


Abdulloh ibn Qays raziyallohu anhuning otalari rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh bunday dedilar: «Ikki jannat bor, ularning idishlari-yu boshqa narsalari kumushdan yasalgan va yana ikki jannat bor, ularning idishlari-yu boshqa narsalari tilladan yasalgan. Adn jannatida qavm birlan parvardigorlari o‘rtasida unga nazar solmoqlariga ulug‘lik pardasigina mone’lik qilib turgay».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:47:17
1- bob. Olloh taoloning qavli: «Chodirlarda asralgan hurlar bor»

Abdulloh ibn Qaysning otalari rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jannatda ichi g‘ovak marvariddan qilingan chodirlar bor, uning kengligi oltmish mildur. Ul chodirlarning har bir burchida istiqomat qilguvchi (hurlar) bo‘lib, biri ikkinchisini ko‘rmaydi, ularni mo‘minlar tavof qilib yuradirlar. Ikki jannat bor, ularning idishlari va boshqa narsalari kumushdan yasalgan, yana ikki jannat bor, ularning idishlari va boshqa narsalari ersa oltindan yasalgan. Adn jannatida qavm birlan parvardigorlari o‘rtasida unga nazar solmoqlariga ulug‘lik pardasigina mone’lik qilgay».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:47:33
«AL-VOQI’A» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

«... va uzun soya ostida...»


Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam: «Jannatda bir daraxt bor, otliq uning soyasida yuz yil yurib ham poyoniga yetolmaydi. Agar xohlasangizlar: «Uzun soya ostida» degan oyatni o‘qingizlar!»—dedilar». Undagi «Odamlar orasida shunday kishilar borki... Odamlar orasida shunday kishilar borki...» degan oyatlar shunday ketma-ket nozil bo‘la boshladiki, hatto odamlar: «Bu sura bittamizni ham qoldirmay birma-bir zikr qilsa kerak» — deb o‘ylashdi»,— dedilar. Men ul kishidan «Anfol» surasi haqida ham so‘radim, uning Badr janggi haqida nozil bo‘lganini aytdilar. Keyin, «Al-Hashr» surasi xususida ham so‘ragan erdim, uning Baniy Nazir qabilasi to‘g‘risida nozil bo‘lganini aytdilar».

Sa’id boshqa bir hadisda: «Al-Hashr» surasi bu «Nazir» surasidur»—deb aytganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:48:17
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Ul xurmo daraxtiki, kesdingizlar...»

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Baniy Nazir xurmozorlarini yondirdilar, kesdilar. Bu xurmozorlar Buvayrada erdi. Shunda Olloh taolo «Ul xurmo daraxtiki, kesdingizlar yo qoldirdingizlar uni o‘z tomirlarida turgan holda, har ikkisi ham Ollohning izni ila nofarmonlarni rasvo qilmog‘i uchun bo‘ldi» degan oyatni nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:48:48
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Va ul molniki, beurush berdi Olloh o‘z rasuliga»

Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Baniy Nazirning mollari Olloh taolo o‘z payg‘ambariga ulardan urushsiz olib bergan mollar bo‘lib, unga musulmonlar na ot va na tuyalarini choptirib erishgan ermas erdilar. Shuning uchun ham bu mollar Janob Rasulullohga xos bo‘lib, undan o‘z ahllariga bir yillik nafaqa berdilar. Qolgan qurol-yarog‘ va otlarni Olloh taolo yo‘lida jihod qilmoq uchun asrab qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:52:57
«AL-HASHR» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Abbos raziyallohu anhuga «Tavba» surasi haqida gapirdim. Shunda Ibn Abbos: «Bu sura oshkor (sharmisor) qilguvchi suradur.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:53:55
Olloh taoloning qavli: «Payg‘ambar sizlarga nimaiki keltirsa, olingizlar!»

Alqama rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu: «Olloh taolo husn uchun badaniga (igna birlan) surat chizdirgan va chizgan ayollarni, yuzining mo‘ylarini qirdirgan ayollarni, kurak va qoziq tishlari orasini egovlatib kengaytirgan ayollarni, ya’ni Olloh yaratganini o‘zgartirgan ayollarni la’natladi»,— dedilar. Bu gap Baniy Asad qabilasidan bo‘lgan bir ayolga yetib bordi Uni Ummu Ya’qub deyishar erdi. Ushal Ummu Ya’qub Abdullohning huzurlariga keldi-da, ul kishiga «Men eshitdimki, siz unday va bunday ayollarni la’natlabsiz, to‘grimi?»—dedi. Abdulloh: «Janob Rasululloh la’natlaganlarni nechun men la’natlamayin, axir Olloh taolo ham o‘z Kitobida ularni la’natlagan-ku!» — dedilar. Ummu Ya’qub «Olloh taolo haqi, ikki lavh (er va osmon) oraligidagi jamiki yozuvlarni o‘qib chiqib ham bunday gapni topolmadim!» —dedi. Abdulloh: «Olloh taolo haqi, agar haqiqatan ham axtarib ko‘rganingda erdi, «Rasululloh Olloh taolodan sizlarga nimaiki keltirgan ersa, barchasini qabul qilingizlar va nimadan qaytargan ersa, o‘sha ishni qilmangizlar!» degan so‘zlarni o‘qigan bo‘lur erding!» — dedilar. Ummu Ya’qub «Ha, buni o‘qiganman»,— dedi. Abdulloh: «Janob Rasululloh Olloh taoloning aytgan shu qavliga ko‘ra o‘sha ishlardan qaytarganlar»,— dedilar. Ummu Ya’qub «Lekin, o‘zingizning xotinlaringiz shu ishlarni qilishsa kerak, deb o‘ylayman»,— dedi. Abdulloh «Unday ersa, uyimga borib xotinlarimni ko‘rgil!» — dedilar. Ummu Ya’qub Abdullohning uylariga borib xotinlarini ko‘rdi, ularning badanlarida o‘zi istagan narsani topmadi».

Abdulloh «Agar ayollar mazkur ishlarni qilsalar, biz ularni taloq qilar erdik»— deydilar.

Abdulloh; «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sochiga ulama taqqan ayollarni la’natlagan erdilar»,— deydilar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:54:40
4-bob. Olloh taoloning qavli: «Muhojirlardan ilgari Madinaga kelib o‘rnashgan va iymon-e’tiqodni mahkam ushlagan kishilar...»

Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Xalifa dastlabki muhojirlarga o‘z haq-huquqlarini bilmoqni hamda Janob Rasululloh hijrat qilmaslaridan ilgari Madinaga kelib joylashgan va iymonlarini mahkam ushlagan ansoriylarga, agar muhojirlardan biror yaxshilik bo‘lsa, qabul qilmoqni va agar biror xatolik bo‘lsa, afv etmoqni vasiyat qildilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:55:01
5-bob. Olloh taoloning qavli: «Uzlarida ehtiyoj bo‘laturib o‘zgalarni ortiq bilurlar»

Abu Hurayra rivoyat qiladilar «Bir kishi Janob Rasulullohning qoshlariga kelib «Ey Ollohning rasuli, men juda ochman!» — dedi. Janob Rasululloh xotinlariga odam yuborib, biror yegulik so‘ratdilar, lekin uylarida hech narsa topilmadi. Shunda ul zot «Bu kecha biror kishi mehmonni ziyofat qila olurmi? Ziyofat qilgan odamni Olloh taolo yarlaqasin!»—dedilar. Buni eshitib, ansor-lardan bir kishi urnidan turdi-da «Ey Ollohning rasuli, men mehmon qilurman!»—dedi, so‘ng uyiga borib «Janob Rasulullohning mehmonlariga biror yegulik bormi?» —deb xotinidan so‘radi. Ayol «Xudo haqi, bolalarning ovqatidan bo‘lak hech narsa yo‘q!» - dedi. Ansoriy «Agar bolalar ovqat tilasa, ularni uxlatib qo‘igil-da, chiroqni o‘chirgil, o‘zimiz bu kecha qornimizni tang‘ib bog‘lab qo‘ya qolurmiz!»—dedi. Ayol eri aytganiday qildi. Ertalab mezbon Janob Rasulullohning huzurlariga borganida, ul zot «Olloh taolo falon ayolning qilgan ishlaridan taajjub qilib, «Uzlarida ehtiyoj bo‘laturib o‘zgalarni ortiq bilurlar» degan oyat nozil qildi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:16:33
«AL-MUMTAHINA» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1- bob Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘miilar, mening va o‘zlaringizning dushmanlaringizni do‘st tutmangizlar!»


Ali raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam men, Zubayr va Miqdodni jo‘natayotib «Boringizlar, «Xox» degan bog‘chaga yetganlaringizda taxtiravonda o‘ltirgan bir ayolni uchratgaysizlar, unda maktub bor, olib kelingizlar!» — deb burdilar. So‘ng, biz otlarimizni choptirib bog‘chaga yetib keldik. Haqiqatan, o‘sha yerda taxtiravonda o‘ltirgan bir ayolni uchratdik. Unga «Maktubni ber!»— deb buyurdik. U «Menda maktub yo‘q!» — deb qarshilik qildi. Men unga «Yo maktubni berasan yoki yotqizib kiyimlaringni yechurmiz!» — dedim. Nihoyat, u sochlari orasidan maktubni chiqarib berdi. Biz uni Janob Rasulullohga keltirib berdik. Ne ko‘z birlan ko‘raylikki, maktub Hotib ibn Abu Balta’adan Makka mushriklarining kattalariga yuborilgan bo‘lib, unda ul zotning rejalashtirgan ayrim ishlari to‘g‘risida xabar qilingan erdi. Payg‘ambar alayhissalom: « Ey Hotib, bu nima qilga-ning» —deb so‘radilar. Hotib ibn Abu Balta’a «Yo Rasulalloh, menga (jazo berishga) shoshilmangiz, men Qurayshdan bo‘lmasam ham, u birlan qasam ichib do‘stlashganman. Siz birlan birga hijrat qilganlarning Makkada qarindoshlari bo‘lib, ular bularning u yerdagi bola-chaqa va mollarini himoya qilurlar. Mening Makkada qarindoshim bo‘lmasa-da, ul yerda o‘zimga bir do‘st paydo qilay, ular bola-chaqam va molimni himoya qilsinlar, deb shu ishni ma’qul ko‘rdim. Lekin, buni kufr yoki dindan qaytishim sababli qilmadim!»—dedi. Payg‘ambar alayhissalom: «Albatta, bu haq gapni aytdi!» — dedilar. Umar raziyallohu anhu: «Menga izn beringiz, yo Rasulalloh, bo‘ynini uzib tashlayin!»—dedilar. Janob Rasululloh: «Axir, u Badrda ishtirok qilganlardan-ku! Olloh taolo ahli Badrning qiladirgan ishlaridan o‘zi voqifdur, u: «Xohlagan ishlaringizni qilingizlar, sizlarni batahqiq mag‘firat qildim!» — deb aytgan»,— dedilar».

Amr raziyallohu anhu: «Keyin, Hotib haqida «Ey mo‘minlar, mening va o‘zlaringizning dushmanlaringizni do‘st tutmangizlar!» degan oyat nozil bo‘ldi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:16:53
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar sizlarga mo‘minalar hijrat qilib kelsalar...»

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar mo‘minalar hijrat qilib kelsalar, mazkur oyat sababli ularni imtihon qilib ko‘rar erdilar. Imtihon shartlari quyidagi oyatda zikr qilingan: «Ey payg‘ambar, agar sizga mo‘minalar hijrat qilib kelsalar, Ollohga biror narsani sherik qilmaslikka, o‘g‘rilik qilmaslikka, zino qilmaslikka, bolalarini o‘ldirmaslikka, o‘zaro bo‘xton va ig‘vo to‘qimaslikka va biror yaxshi ishda sizga itoaqizlik qilmaslikka sizga bay’at qilsinlar, agar qasamyod qilsalar, siz ularning qasamyodlarini qabul qilingiz va ular haqlariga Ollohdan mag‘firat talab qilingiz, darhaqiqat Olloh mag‘firatli va mehribon zotdur!» Mo‘minalardan qaysi ayol shu shartlarga iqror qilsa, unga Janob Rasululloh og‘zaki: «Batahqiq, men bay’atingni qabul qildim!» —derdilar, Ollohga qasamki, qo‘llari ayolning qo‘liga tegmas erdi! Bay’atda faqat: «Bay’atingni qabul qildim mazkur shartlarga binoan»,— derdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:17:06
3- bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, agar sizga bay’at qilish uchun mo‘mina ayollar kelsalar...»

Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Biz Janob Rasulullohga bay’at qildik. «Ollohga biror narsani sherik qilmasinlar» degan oyatni o‘qib berdilar, so‘ng azada baland ovoz birlan yig‘lashdan bizni qaytardilar. Oramizdagi bir ayol barmog‘ini tishlab: «Falonchi mening uyimda azada yig‘lashgan erdi, men ham qarzimni uzib uning uyida azada yig‘lashim kerak»,— dedi. Janob Rasululloh unga hech narsa demadilar. Ayol borib, keyin qaytib keldi, ul zot uning bay’atini qabul qildilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Ollohning «Ayollar sizga yaxshi ishlarda osiy bo‘lmasinlar!» degan oyatining mazmuni Olloh taolo shaxsan ayollarga buyurgan shartlardur»,— deydilar (Bu shartlar, mufassirlarning gaplariga qaraganda, baland ovoz birlan yig‘lamaslik, begona erkak birlan tanho qolmaslik, yuzni bo‘yamaslik, ko‘kraklarni ochib yurmaslik, qarg‘amaslik, she’r o‘qimaslik va har qanday ishda Olloh va uning rasuliga itoat etmoqlik).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:17:15
Uboda ibn Somit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga o‘ltirgan erdik. Shunda ul zot: «Ollohga biror narsani sherik qilmaslikka, o‘g‘rilik qilmaslikka, zino qilmaslikka menga bay’at qilgaymisizlar'»—dedilar, keyin ayollar bay’ati to‘g‘ri-sidagi oyatni o‘qidilar»

Sufyon o‘z rivoyatlarida bunday deydilar: «Janob Rasululloh oyatni o‘qidilar, keyin bunday dedilar. «Sizlardan qaysiningiz o‘z bay’atiga vafo qilsa, ajrini Olloh taolo bergay. Kimki mazkur shartlardan birini buzsa, muayyan jazo tortguvsidur, unga shu kafforat bo‘lur. Kimki bir gunoh qilib qo‘ysa-yu, Olloh uni yashirgan bo‘lsa, bu Ollohga xavola, agar xohlasa, gunohkorga azob bergay, agar xohlasa, uni mag‘firat qilgay».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:17:23
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men ramazon hayiti kuni Janob Rasululloh birlan ham, Abu Bakr raziyallohu anhu birlan ham, Umar va Usmon raziyallohu anhumolar birlan ham iyd namozini o‘qiganman. Ularning hammalari ham iyd namozini xutbadan avval o‘qib, keyin xutba qilur erdilar. Ushal kuni Janob Rasululloh minbardan tushdilar, odamlarning shundoq ro‘paralarida o‘ltirganlarini hozir ham ko‘rib turgandekman. Janob Rasululloh ularga yonlarini o‘girib o‘ltirdilar-da, huzurlariga Bilol raziyallohu anhu va ayollar kelgunlariga qadar odamlarga qarata quyidagi oyatni qiroat qildilar «Ey payg‘ambar, agar huzuringizga mo‘mina ayollar Ollohga hech narsani sherik qilmaslikka, o‘g‘rilik qilmaslikka, zino qilmaslikka, bolalarini o‘ldirmaslikka, o‘z qo‘lu oyoqlari o‘rtasida bo‘hton to‘qimaslikka (ya’ni, o‘shal paytda ayol farzand ko‘rmasa, birovning bolasini olib uning oyoqlari orasiga qo‘yardilar-da, «tug‘di-tug‘di» qilib, so‘ng uni «o‘zi tug‘di» deb e’lon qilardilar. Buni Olloh taolo qoralab, man etdi) bay’at qilish uchun kelsalar, ularning bay’atini qabul qilingiz va ularga Ollohdan mag‘firat so‘rangiz!», keyin «Sizlar mana shu shartlarni bajarishga majbursizlar!»—dedilar. Shunda bir ayol «Ey Ollohning rasuli, biz rozimiz!» —dedi, ammo boshqa ayollar javob berishmadi So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sadaqa bermoqni buyurdilar, ayollar Bilol raziyallohu anhuning etaklariga uzuk va bilakuzuk kabi ziynatlarini sadaqa qilib tashlashdi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:17:48
«AS-SAF» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Olloh taoloning qavli: «Mendan keyin Ahmad ismli iayg‘ambar kelur»


Muhammad ibn Jubayr raziyallohu anhuning otalari rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman: «Darhaqiqat, mening bir necha ismlarim bor men Muhammadman, men Ahmadman, men Mohiyman, ya’ni men birlan Olloh taolo kufrni mahv qilur. Men Hoshirman, ya’ni mahshar kuni yurib odamlarni yig‘urman. Men Oqibman, ya’ni o‘zimdan oldin o‘tganlarning yaxshiligini davom etdirguvchiman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:18:01
«AL-JUM’A» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Olloh taoloning qavli: «Olloh bu payg‘ambarni boshqa toifalarga ham yubordiki, ular hanuz bularga qo‘shilmadilar»


Abu Hurayra raziyallozhu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Payg’ambar sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirgan erdik, shunda «Jum’a» surasi nozil qilindi, unda «Olloh bu payg’ambarni boshqa toifalarga ham yubordiki, ular hanuz bularga qo‘shilmadilar» degan oyat bor erdi. Men « Ey Ollohning rasuli, ular kimlar?»— deb so‘radim. Janob Rasululloh savolimga javob bermadilar, hatto men uch bor savolimni qaytardim. Oramizda Salmon Forsiy ham bo‘lib, Janob Rasululloh ko‘llarini uning yelkasiga qo‘ydilar-da, so‘ng, «Basharti iymon Surayyo yulduzida bo‘lsa ham mana bu (atrofimdagi) kishilar uni olgan bo‘lur erdilar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:18:13
1- bob Olloh taoloning qavli: «Va qachon ko‘rsalar musulmonlar bir tijoratni...»

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Jum’a kuni karvon keldi. Odamlar Janob Rasulullohning birga turganliklariga qaramay, karvon tomon tarqab ketishdi, faqat o‘n ikki kishigina ul zotning qoshlarida qoldi. Shunda Olloh taolo «Va qachon ko‘rsalar musulmonlar bir tijoratni yo bir tamoshoni, uning tarafiga tarqalib keturlar» degan oyatni nozil qildi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:18:26
«AL-MUNOFIQUUN» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, agar munofiqlar huzuringizga kelsalar: «Guvohlik berurmizki, albatta siz Ollohning rasulisiz»,— deydilar. Holbuki, Olloh sizning payg’ambarligingizni bilur va Olloh guvohlik berurki, albatta munofiqlar yolg‘on gapiruvchidurlar»


Zayd ibn Arqam aytadilar: «Men gazotda erdim. Shunda Abdulloh ibn Ubayning «Rasulullohning yonidagi kishilarga nafaqa (yordam) bermasangizlar, ular uning atrofidan tarqab ketgaylar. Ziyoda izzatli kishilar Madinaga borganimizdan keyin, albatta bul xorlarni haydab chiqargaylar» deganini eshitdim. Men bu gapni amakimga (yoki Hazrat Umarga) aytdim, ul kishi Janob Rasulullohga yetkazdilar. Keyin, Janob Rasululloh meni chaqirdilar, men bor gapni ul zotga so‘zlab berdim Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Ubay va uning sheriklariga odam yubordilar. Ular kelgach, aytgan gaplaridan tonib qasam ichishdi. Shunda Janob Rasululloh meni yolgonchiga chiqarib, ularning gapiga ishondilar. Meni shul qadar gam chulgab oldikim, ilgari sira ham bunday ahvolga tushmagan erdim! Amakim menga «Janob Rasulullohga yolgon so‘zlab, ul zotning gazablariga duchor bo‘lmogingga seni ne majbur qildi?»—deb dashnom berdilar. Shul asnoda Olloh taolo «Ey Muhammad, agar munofiqlar huzuringizga kelsalar» degan (yuqoridagi) oyatni nozil qildi. Keyin, Payg’ambar alayhissalom meni chaqirtirib oyatni o‘qib berdilar-da: «Ey Zayd, Olloh taolo sening gapingni tasdiq qildi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:18:50
1- bob. Olloh taoloning qavli: «Ular ichgan qasamlarini sipar qilib olurlar»

Zayd ibn Arqam aytadilar: «Men amakim birlan birga erdim. Abdulloh ibn Ubayning «Rasulullohning atrofidagi kishilarga nafaqa qilmasangizlar, ular uni tashlab ketgaylar, biz Madinaga borganimizda ziyoda izzatli kishilar bul xorlarni albatta haydab chiqargaylar» deganini eshitib qoldim. Bu gapni darhol amakimga aytdim, amakim Janob Rasulullohga yetkazdilar. Janob Rasululloh Abdulloh ibn Ubay birlan uning sheriklarini chaqirtirdilar. Ular kelib aytmaganliklari to‘g‘risida qasam ichishdi. Shunda ul zot ularga inonib, meni yolg‘onchi qildilar, meni mislsiz g‘am chulg‘ab oldi. Men uyimdan chiqolmay o‘ltirib qoldim. Keyin, Olloh taolo «Ey Muhammad, agar munofiqlar huzuringizga kelsalar... («... ziyoda izzatli kishilar Madinaga borganimizda bul xorlarni haydab chiqargaylar» degan qavligacha)» deb boshlanadirgan oyatlarni nozil qildi. Janob Rasululloh meni chaqirtirib: «Olloh taolo sening gapingni tasdiqladi»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:18:58
2- bob. Olloh taoloning qavli: «Bu shuning uchundur-ki, ular iymon keltirdilar, so‘ng yana kofir bo‘ldilar, bas muhr urildi dillariga, endi ular tushunmaslar»

Zayd ibn Arqam aytadilar: «Abdulloh ibn Ubay «Rasulullohning yonida yurgan kishilarga (muhojirlarga) nafaqa (yordam) qilmangizlar» va «Madinaga qaytib borganimizda» degan gaplarni aytganida, men bundan Payg‘ambar alayhissalomni xabardor qildim. Shunda ansorlar meni malomat qila boshlashdi, Abdulloh ibn Ubay ersa «Bunday deb aytmadim» deb qasam ichdi. Keyin, men uyga qaytdim, uxladim. Nogahon, Janob Rasululloh meni chaqirtirdilar, men bordim, ul zot menga: «Darhaqiqat, Olloh taolo sening gapingni tasdiq qildi»,— dedilar. Chunki, shul haqda oyat nozil bo‘lgan erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:19:13
3-   bob. Olloh taoloning qavli: «Agar ularga boqsangiz, jismlari sizni hayratga solgay, so‘zlaganlarida quloq solursiz. Ular devorga suyab qo‘yilgan quruq yog‘ochga o‘xsharlar, har bir qichqiriqovozni ustlariga tushayotgan balo, deb o‘ylaydilar. Ular  dushmandirlar, ulardan ehtiyot bo‘lingiz...»

Zayd ibn Arqam aytadilar: «Biz Payg‘ambar alayhissalom birlan birga safarga chiqqan erdik, odamlar qattiq qiynalishdi. Abdulloh ibn Ubay sheriklariga: «Rasulullohning yonlaridagi kishilarga yordam qilmangizlar, toki ular Rasulullohni tashlab qaytib keqinlar! Madinaga qaytaylik, ziyoda izzatlilar bul xorlarni haydab chiqargaylar»,— dedi. Men Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga kelib bo‘lgan gapni aytdim. Janob Rasululloh Abdulloh ibn Ubayga odam yubordilar. U kelib bunday deb aytmaganligi to‘g‘risida qasam ichdi. Odamlar: «Zayd Rasulullohni aldabdi»—deb gap tarqatishdi. Ularning gapidan dilim qattiq g‘am chekdi. Keyin, Olloh taolo mening rost gapirganim to‘g‘risida oyat nozil qildi. Janob Rasululloh ularni istig‘for aytishga da’vat qildilar, ammo ular yuzlarini o‘girib teskari qarab ketishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:19:28
4-   bob. Olloh taoloning qavli: «Agar ularga «Kelingizlar, sizlar uchun Rasululloh istig‘for ayqinlar» deyilsa, ular boshlarini bururlar va siz ularning kibru qavo qilgan holda yuz o‘girganlarini ko‘rursiz».

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:19:45
5- bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, siz ular uchun mag‘firat so‘radingizmi,  so‘ramadingizmi, ularga nafi yo‘qdur, Olloh ularni hargiz mag‘firat qilmas, chunki Olloh bunday fosiq qavmni hidoyat qilmagay».

Sufyon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni biz lashkar orasida turgan erdik. Shunda muhojirlardan biri ansorlardan birining orqasiga tepdi. Ansoriy: «Ey ansorlar, yordam beringizlar!» deb chaqirdi. Bundan qo‘rqib keggan muhojir ham «Ey muhojirlar, yordam beringizlar!»—deb yordamga chaqirdi. Janob Rasululloh buni eshitib «Ne bo‘ldi sizlarga, johiliyat da’vosini qilyapsizlar?!»—dedilar. Odamlar «Ey Ollohning rasuli, bir muhojir bir ansoriyni tepdi»,— deyishdi. Janob Rasululloh, «Qo‘y, bunday qabih gaplarni gapirma!»— dedilar. Bu gapni Abdulloh ibn Ubay eshitib: «Shunday qilishdimi? Ollohga qasamki, agar Madinaga qayqak, ziyoda izzatlilar bul xorlarni haydab chiqargay!» — dedi. Bu gap Payg’ambar alayhissalomga yetdi. Umar raziyallohu anhu o‘rinlaridan turib: «Ey Ollohning rasuli, menga qo‘yib beringiz, bu munofiqning buynini qilich birlan chopib tashlayin!» - dedilar. Payg’ambar alayhissalom. «Qo‘yaver, tagin odamlar Muhammad o‘z ashobini o‘ldirayotir!» deyishmasin!»— dedilar. Muhojirlar Madinaga kelgan paytlarida ansorlarning soni ko‘proq erdi. Keyinchalik muxojirlarning soni ko‘payib ketdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:20:00
6-bob Olloh taoloning qavli: «Munofiqlar «Payg‘ambarniig ashoblariga yordam qilmangizlar, toki ular uni tark etib tarqalib keqinlar!» — deyishur. Vaholanki, yeru osmon xazinalari yolgiz Olloh nikidur, lekin munofiklar buni bila olmaslar!»

Anas ibn Molik raziyallohu anhu aytadilar: «Men Harrada musibat yetgan (shahid bo‘lgan) ansoriylarga qattiq achindim, bul haqda menga Zayd ibn Arqam yozib yuborgan erdi. Menit ularga qattiq achinganim xususida Zayd ham xabar topdi. U keyingi xatida Janob Rasulullohning ansorlar haqida «Ey Olloh, ansorlarni hamda ularning bolalari o‘zint magfirat qilgil!» deb duo qilganlarini eshitganini yozibdi».

Abdulloh ibn al-Fazl aytadilarki, «Anas ibn molikning yonida o‘ltirgan kishilar «Zayd kim erdi? — deb so‘rashdi. Anas ibn Molik «Bu shunday odamki, Janob Rasululloh ul haqda «Bu Olloh quloq solgan zot» der edilar» dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:20:18
7-bob Olloh taoloning qavli: «Munofiqlar: «Madinaga qayqak, ziyoda izzatlilar bul xorlarni ul yerdan haydab chiqargaylar»,— degaylar. Vaholanki, ulug‘lik Ollohniki, uning payg‘ambariniki va mo‘minlarnikidur va lekin munofiqlar buni bilmaslar»

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu aytadilar «Biz bir g‘azotda erdik. Muhojirlardan biri ansorlardan birini tepdi. Ansoriy «Ey ansorlar, yordam beringizlar!»—dedi. Muhojir ham «Ey muhojirlar, yordam beringizlar!» — dedi. Olloh taolo bu xabarni o‘z rasuliga yetkazdi. Janob Rasululloh Ne gap »—deb so‘radilar. Odamlar «Muhojirlardan biri ansoriylardan birini tepib erdi, ansoriy ansoriylarni, muhojir ersa muhojirlarni yordamga chaqirdi»,— deyishdi. Payg‘ambar alayhissalom «Qo‘yingizlar, bunday yaramas gaplarni aytmangizlar!» — dedilar. Payg‘ambar alayhissalom Madinaga kelgan paytlarida ansorlar ko‘proq erdi, keyin muhojirlar ko‘payib ketdi. Abdulloh ibn Ubay «Shunday qilishdimi, Ollohga qasamki, Madinaga qayqak, ziyoda izzatlilar bul xorlarni ul yerdan haydab chiqargay!»—dedi. Umar raziyallohu anhu: «Ey Ollohning rasuli, qo‘yib beringiz menga, bu munofiqning bo‘ynini o‘zib tashlayin!»—dedilar. Payg‘ambar alayhissalom «Qo‘yaver, tag‘in odamlar «Muhammad o‘z ashoblarini o‘ldirayotir!» demasinlar!»—dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:20:35
«AT-TALOQ» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhuning xabar beriitaricha, ul kishi o‘z xotinlarini hayz ko‘rgan holida taloq qildilar. Hazrat Umar bul haqda Janob Rasulullohga aytganlarida, ul zotning achchiqlari keldi-da, bunday deb aytdilar: «Xotini birlan qaytib yarashsin, ushlab tursin, keyin taloq qilish niyatidan voz kechmasa, u birlan qo‘shilmasdan turib, hayzdan pok holida taloq qilsin, mana shu Olloh taolo buyurgan hayzdan pok bo‘lib, yana bir hayz ko‘rib, undan ham pok bo‘lguncha uyida iddadur!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:21:01
1- bob Olloh taoloning qavli: «Homilador ayollarning iddasi homilalarini  tug‘ishlaridur. Kim Ollohdan qo‘rqsa, Olloh uning ishini oson qilur!»

Abu Salama raziyallohu anhu aytadilar: «Bir odam Ibn Abbosning oldilariga keldi, Abu Hurayra raziyallohu anhu Ham shu yerda o‘ltirgan erdilar. Boyagi odam Ibn Abbosga «Eri o‘lgach, qirq kundan keyin farzand tuqqan ayolning iddasi to‘grisida menga fatvo bersangiz!»—dedi. Ibn Abbos «Homilador ayolning iddasi ikki muddatning oxiri, ya’ni to‘rt oy-u o‘n kundur»,— dedilar. Shunda men: «Homilador ayolning iddasi bolasini tuqqinchadur»,— deb gapga aralashdim. Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Men birlan birga birodarimning o‘gli ham kelgan erdi»,— deb meni tanishtirdilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu shu masalani so‘rab kelish uchun xizmatkorlari Kuraybni Ummu Salama raziyallohu anhoning huzuriga yubordilar. Ummu Salama: «Subay’a Aslamiyya eri vafot qilganda homilador erdi. Erining o‘limidan qirq kun keyin bola tugdi. Keyin, unga sovchi qo‘yilgan erdi, Janob Rasululloh nikohlab qo‘ydilar. Abu Sanobil ham unga sovchi qo‘ygan kishilardan erdi»,- - deb xabar berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:21:09
Muhammad ibn Fazl aytadilar: «Men bir davrada o‘ltirgan erdim, Abdurrahmon ibn Abu Laylo ham shul yerda bo‘lib, ul kishini ashoblari nihoyatda hurmat qilishardi. Shul yerda ikki muddatning oxiri (idda) to‘grisida gap ochildi. Men Subay’a binti Horis voqe’asini Abdulloh ibn Utbadan eshitganimdek rivoyat qilib erdim, ul kishining ashoblaridan ba’zilari jim bo‘lmogimga ishora qilishdi. Shunda men tushuntirishga harakat qilib: «Demak, men Abdulloh ibn Utbadan eshitganlarimni buzib rivoyat qilishga jur’at qilibman-da?! Ul kishi Kufaning bir nohiyasida yashab turibdilar, men ul kishini yolgonchiga chiqarmoqqa hayo qilurman!» — dedim. Bu haqda Abdurrahmon ibn Abu Layloning amakilari Abdulloh ibn Mas’ud ham hech narsa demagan erkanlar. So‘ng, men gapimni isbotlash uchun Abu Atiyya Molik ibn Omirga uchrashdim. Ul kishidan mazkur hadis haqida so‘radim. Shunda Abu Atiyya menga Subay’a voqeasini gapira boshladilar. Men Abu Atiyyadan: «Bu haqda Abdulloh ibn Mas’uddan biror narsa eshitganmisiz?» — deb so‘radim. Abu Atiyya bunday dedilar: «Ayollarga mashaqqat qilmoqni istab, ularga yengillik tugdirmoqni istamaysizlarmi? Axir, ayollar iddasi xususida «Baqara» surasidan so‘ng «Niso» surasi ham nozil bo‘lgan-ku! Unda «Homilador ayollarning iddasi homilalarini tugishlaridur» degan oyat mavjud»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:21:31
«AT-TAHRIM» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Olloh taoloning qavli: «Ey muhtaram payg’ambar, ne uchun siz Olloh halol qilgan narsani o‘zingizga harom qilursiz? Xotinlaringizning rizoligini istarsizmi? Olloh magfiratli va mehribon zotdur!»

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Sizlar uchun Janob Rasulullohda chiroyli namuna (ibrat) bordur!» — deydilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zaynab binti Jahshning hujralariga kirib asal ichdilar-da, ul yerda uzoq qolib ketdilar. Shunda: «Agar Janob Rasululloh qaysi birimizning yonimizga kelsalar, «Ey Ollohning rasuli, mag‘ofir yedingizmi? Sizdan mag‘ofirning hidi kelayotir, deymiz» — deb Hafsa birlan kelishib oldim. Janob Rasululloh: «Yo‘q, mag‘ofir yeganim yo‘q, lekin Zaynabning huzurida asal ichgan erdim, Ollohga qasamki, endi hech qachon asal yemayman, bul haqda hech kimga aytma!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:21:54
1- bob. Olloh taoloning qavli: «Xotinlaringizning rizoligini istarsizmi? Olloh taolo mag‘firatli va mehribon zotdur! Batahqiq, Olloh taolo kafforat berib qasamingizdan qutulishingizni buyurur, u biluvchi va hikmatli zotdur!».

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Men Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhudan bir oyat haqida so‘rash uchun bir yil payt poyladim, chunki ul kishining salobatlari sababli so‘ray olmasdim. Bir kuni ul kishi haj safariga chiqdilar, men ham birga chiqdim. Hajdan qaytayotganimizda ancha yo‘l yurganimizdan so‘ng, Hazrat Umar ibn al-Xattob bir misvok daraxtining yoniga hojat uchun bordilar, Men kutib turdim, bo‘shaganlaridan so‘ng, birga yurib ketdik, yo‘lda u kishiga: «Ey mo‘minlarning amiri, Janob Rasulullohga qaysarlik qilgan o‘shal ikki xotinlari kimlar erdi?»—deb savol berdim. Umar raziyallohu anhu: «Ular Hafsa birlan Oisha erdilar»,— dedilar. Men: «Ollohga qasamki, sizdan shul haqda so‘rayman, deb rosa bir yil imkon poyladim, chunki sizdan hayiqib sira so‘rashga botinolmas erdim»,— dedim. Hazrat Umar: «Unday qilmangiz, agar meni biror narsadan xabardor, deb o‘ylasangiz, darhol so‘rayveringiz, agar men bilsam, sizga xabar qilgayman»,— dedilar. Keyin, bunday dedilar: «Xudo haqi, biz johiliyat vaqtida Olloh taolo ayollar haqida oyat nozil qilib, ularga o‘zi taqsim qilgan huquqni taqsim qilmaguncha, ularni kamsitur erdik. Bir kuni men bir ish haqida fikrlab turgan erdim, xotinim menga: «Bu ishni mana bunday qilsangiz!» — deb aql o‘rgata boshladi. Shunda men unga: «Sen qayda-yu, mening ishim qayda! Mening qilmoqchi bo‘lgan ishimning senga nima og‘irligi tushayotir? — dedim. Xotinim: «Taajjub, ey Xattobning o‘g‘li, sizga hech gap qaytarib bo‘lmas! Qizingiz Hafsa ersa Janob Rasulullohning gaplarini qaytarib, kun bo‘yi ul zotning g‘azablarini keltirayotir»,— dedi». Aytishlaricha, Hazrat Umar darhol o‘rinlaridan turib, ridolarini sudragan holda Hafsaning uylariga kiribdilar-da, qizlariga' «Ey qizalog‘im, sen Janob Rasulullohga gap qaytarib, kun bo‘yi ul zotning dillarini og‘ritgan ermishsan!» — debdilar. Hafsa raziyallohu anho: «Ollohga qasam-ki, albatta biz hammamiz ham Janob Rasulullohga gap qaytarurmiz!» — debdilar. Hazrat Umar aytadilar: «Men Hafsaga: «Bilasanmi qizim, albatta men sening Olloh taoloning azobidan va Janob Rasulullohning g‘azablaridan ehtiyot bo‘lmog‘ingni xohlarman. Ey qizalog‘im, g‘o‘zalligi birlan Janob Rasulullohning muhabbatlarini qozongan anavi (Oisha) seni mag‘rur qilib qo‘ymasin!» — dedim. Keyin, chiqib, Ummu Salama raziyallohu anhoning huzurlariga kirdim-da, Hafsa va Oisha haqida gapirdim. Ummu Salama. «Taajjub, ey Xattobning o‘g‘li, hamma ishga aralashib yurursiz, hatto Janob Rasululloh birlan ul zotning xotinlarining o‘rtasiga ham tushmoqchi bo‘lib turibsiz!» — dedilar. Ollohga qasamki, Ummu Salamaning bul gaplari g‘azabimni bosdi, men tashqariga chiqib ketdim. Mening bir ansoriy do‘stim bor erdi, agar men Janob Rasulullohning huzurlarida bo‘lmasam, u menga xabar keltirib turardi, agar u bo‘lmasa, men unga xabar keltirardim. Ushal kunlari biz G’asson podsholarining biridan xavflanib turgan erdik, chunki kelgan xabarga ko‘ra u bizning ustimizga yurish boshlamokchi erdi. Shuning uchun qalbimiz to‘la vahima erdi. Nogahon, mening o‘shal ansoriy do‘stim eshikni taqillatib «Oching, oching!» — deb qattiq ovoz qildi. Men unga: «Nima, G’asson bostirib keldimi?» —desam, u menga: «Bundan ham badtarroq bo‘ldi, Janob Rasululloh barcha xotinlaridan arazladilar!» — dedi. Men: «Oisha birlan Hafsaning burni yerga ishqalsin!» — dedim-da, kiyinib olib Janob Rasulullohning huzurlariga yo‘l oldim. Kelsam, ul zot boloxonada o‘ltirgan erkanlar. Zinaning tepasida ersa qora qullari turibdi, unga: «Umar ibn al-Xattob keldi, deb ayt!» — dedim. Janob Rasululloh menga izn berdilar, men huzurlariga kirib bo‘lgan voqe’ani batafsil gapirib berdim. Ummu Salamaning gaplarini aytganimda Janob Rasululloh tabassum qildilar. Ul zot yolgiz bo‘yra ustida yonboshlab yotar, boshlari ostida ersa xurmo barglari to‘ldirilgan, teridan qilingan yostiq qo‘yilgan erdi. Oyoqlari orasida terini oshlash uchun ishlatiladirgan daraxt barglari to‘planib yotardi, devorda ersa oshlanmagan teri osig‘liq bo‘lib, men bo‘yraning biqinlariga botib ketgan izini ko‘rib, yig‘ladim. Janob Rasululloh: «Nechuk yig‘layotirsan?» — dedilar. Men: «Ey Ollohning rasuli, albatta Kisro va Qaysar yumshoq joylarda yotibdi, siz ersangiz Ollohning rasuli bo‘la turib.», -dedim. Shunda Janob Rasululloh: «Dunyo ular uchun, oxirat ersa biz uchun erkanligiga rozi ermasmisan?» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:22:18
2-bob. Olloh taoloning qavli: O‘z juftlaridan biriga (Hafsaga) bir sirni aytganini eslangiz! Qachonki, Hafsa ul sir «Oishaga xabar berganda va Olloh Jabroil orqali payg‘ambarni bundan voqif qilganda payg‘ambar Hafsaga buning ba’zisini bildirdi, ba’zisini bildirmadi. Buni Hafsa eshitib: «Kim sizga bu xabarni yetkazdi?» — deganda, payg‘ambar: «Menga bilguchi va xabardor zot xabar berdi», — dedi»

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deb aytar edilar: «Men Umar raziyallohu anhudan: «Ey mo‘minlarning amiri, Janob Rasulullohga qarshi til biriktirgan ikki ayol kim erdi» — deb so‘radim. Ul kishi darxol «Oisha birlan Hafsa erdi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:22:39
3-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Oisha va Hafsa, agar sizlar bu qilmishlaringiz uchun Ollohga tavba qilsangizlar, qalblaringiz moyil bo‘libdur va agar payg‘ambarga qarshi til biriktirsangizlar, ul holda, shak-shubhasiz, Olloh ham, Jabroil ham, solih mo‘minlar ham uning madadkoridurlar, shuningdek farishtalar xam yordamchidurlar»

Bir kuni Janob Rasululloh xotinlaridan biri bo‘lmish Hafsaga: «Men cho‘rim Mariyani o‘zimga harom qilmoqchiman», — deb sir aytdilar. Kalbiyning rivoyat qilishlaricha, Janob Rasululloh: «Mendan keyin sening otang Abu Hafsa, ya’ni Umar ibn Al-Xattob va Abu Oisha, ya’ni Abu Bakr Siddiq mo‘minlarga xalifalik qiladilar», — deb sir aytdilar. Hafsa bu sirni Oishaga aytib qo‘ydi, Olloh taolo bundan payg’ambarni voqif qilib, mazkur oyatni nozil qildi.

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Janob Rasulullohning sirlarini fosh qilishda o‘zaro til biriktirgan ikki ayol to‘g‘risida Hazrat Umardan so‘rashni istagandim, ammo bunga imkon topolmay bir yil yurdim Nihoyat, Umar raziyallohu anhu birlan birga haj safariga chiqdim. Zahron degan joyga yetganimizda Umar raziyallohu anhu hojat uchun chetga chikdilar. Mening qo‘limda tahorat uchun suv bor erdi, ul kishi suv qidirib yurgan erkanlar, men qo‘limdagi suvni quyib berdim So‘ng, payt topib: «Ey mo‘minlar amiri, Janob Rasulullohning sirlarini fosh qilgan ikki ayol kim erdi» — deb so‘radim. Ul kishi darhol «Oisha birlan Hafsa erdi»—deb javob berdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:22:59
4- bob Olloh taoloning qavli: «Agar payg‘ambar sizlarni taloq qilsa, oz fursatda uning rabbi sizlardan yaxshiroq xotinlarni unga o‘rinlaringizga berurki, ular  farmonbardor, iymonlik, namozxon, tavba qilguvchi, ibodat qilguvchi, uy ko‘rgan va uy ko‘rmagan ayollar bo‘lurlar»

Umar raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari ul zotga qarshi til biriktirishdi. Shunda, men ularga: «Agar Janob Rasululloh sizlarni taloq qilsalar, parvardigorlari o‘rningizga sizlardan yaxshiroq xotinlarni ul zotga ato eqa, ajab ermas!» — dedim, shul asnoda Olloh taolo mazkur oyatni nozil qildi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:23:24
«NUN VAL-QALAM» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


1-bob. Olloh taoloning qavli: "badxulqning, buning ustiga haromzodaning...» Ibn  Abbos raziyallohu  anhu  aytadilar:   «Badxulq,   buning  ustiga  haromzoda» deyilganda Quraysh qabilasiga mansub bir kishi nazarda tutilgan bo‘lib, uning qulog‘ida qo‘yning qulog‘ida bo‘ladirgan belgi (tamg‘a) kabi belgi bor erdi»

Horisa ibn Vahb al-Xuzo’iy aytadilar: «Men Janob Rasulullohning bunday deganlarini eshitdim: «Oe, sizlarga ahli jannat haqida xabar berayinmi? Har bir za’if va bechorahol insondur. Bundaylar Ollohga qasam ichsalar, qasamlariga vafo qilurlar Oyo, sizlarga ahli do‘zaxlar haqida xabar berayinmi? Har bir badxulq, dilozor, takabbur insondur»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:23:35
2- bob. Olloh taoloning qavli: «Soq ochiladurgan kuni ...»

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu aytadilar: «Men Janob Rasulullohning bunday deganlarini eshitganman. «Parvardigor soqini ochganda har bir mo‘min va mo‘mina unga sajda qilur. Kimki bu dunyoda riyo uchun namoz o‘qigan ersa, harchand harakat qilmasin, beli qotib qolib sira sajdaga egilmas» («Soq»ning lug‘aviy ma’nosi «ilik yoki boldir» bo‘lib, bundan Olloh taoloning jismi bor, deb tushunmaslik lozim. Chunki, bu so‘z «Olloh taoloning qo‘li, yuzi» deyilgandagi kabi bir sifatdur)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:23:47
«INNO ARSALNO NUHAN» SURASI

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar. «Nuh alayhissalomning qavmlarida bo‘lgan butlar keyinchalik arablarda bo‘lgan erdi. «Vad» degan but Davmatul-Jandal degan joyga qo‘yilgan bo‘lib, Kalb qabilasiga qarashli erdi, «Suvo’» degan but Huzayl qabilasiniki, «Yag‘us» — avval Murod qabilasiniki, keyin Baniy G’atif qabilasiniki bo‘lgan erdi. U Javf degan joyda erdi «Ya’uq» degan but Hamdon qabilasiniki, «Nasr» ersa Oli Zil-Kalo’ podsholigidagi Himyar qabilasiniki erdi. Mazkur butlarning nomi Nuh qavmidagi solih kishilarning ismlari bo‘lib, ular halok bo‘lganlaridan keyin, shayton Nuh qavmi dillariga: «Avliyolaringiz o‘ltirgan joylarga ularning haykallarini quringizlar va haykallarni ularning ismlari birlan atangizlar!» — deb vasvasa solgan Qavm shaytonning aytganini qilib, ularni ulug‘lab turgan Qavm olamdan o‘tgach, mazkur solih kishilarning asli kim bo‘lganliklari unutilib ketib,keyingi avlodlar o‘shal xaykallarga ibodat qiladirgan bo‘lishgan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:24:14
«QUL UXIYA ILAYYA» YOKI «JIN» SURASI

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ashoblaridan bir nechasini olib o‘rtasida to‘siq paydo bo‘lib, shaytonlarga olovli yulduzlar otilgach, ular qo‘rqib yerga tushgan erdi. Shunda shaytonlarning sardorlari «Sizlarga ne bo‘ldi» — deb so‘rashdi. Ular «Biz birlan osmondan xabar keladirgan yo‘l orasi to‘silib qoldi. Bizga qarshi olovli yulduzlar otilmoqda» — deb javob berishdi. «Sizlar birlan osmondan xabar keladirgan yo‘lning orasi to‘sib qo‘yilganiga dunyoda sodir bo‘lgan biror hodisa sabab bo‘lgan bo‘lsa kerak»,— deyishdi shaytonlarning sardorlari. Shundan so‘ng, shaytonlar mag‘ribu mashriqni kezib chiqishdi, chunki ular bunga nima sabab bo‘lganini o‘z ko‘zlari birlan ko‘rmoqchi bo‘ldilar. Ularning bir guruhi Tihoma tomonga kelayotib, Naxla degan joyda Janob Rasulullohga duch keldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ashoblari birlan Ukoza bozoriga ketayotgan erdilar. Shunda ul zot Naxlada to‘xtab bomdod namozini o‘qidilar. Shaytonlar Qur’on qiroatini eshitib va yodlab olishga harakat qilishib: «Bizlar birlan osmondan xabar keladirgan yo‘l orasini to‘sgan narsa aynan mana shu!» — deb orqalariga qaytishdi. Ular o‘z qavmlari oldiga borib «Ey qavmimiz, bir ajoyib, kishini hidoyatga boshlaydirgan Qur’on qiroatini eshitdik, biz iymon keltirdik, endi rabbimizga hech kimni sherik qilmaymiz!» — deyishdi. Olloh taolo payg‘ambarimizga «Ey Muhammad, «Menga vahiy qilindiki, jinlarning bir guruhi Qur’onni eshitdi» deb aytingiz!» degan oyatni nozil qildi. Darhaqiqat, Olloh, taolo ul zotga jinlarning gaplarini vahiy qilgan erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:24:35
«AL-MUDDASSIR» SURASI

Yahyo ibn Abu Kasir aytadilar: «Men Abu Salama ibn Abdurrahmondan Qur’ondan birinchi bo‘lib nima nozil bo‘lgani haqida so‘radim. Ul kishi «Yo ayyuhal-muddassir» — deb javob berdilar. Men «Axir, ko‘pchilik «Iqra’ bismi rabbikallaziy xalaqa» deb aytishadi-ku?!»—dedim. Abu Salama bunday dedilar: «Men ham Jobir ibn Abdullohdan shul haqda so‘raganimda siz aytgan gapni aytgan erdim, shunda Jobir «Men sizga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ne degan bo‘lsalar, shuni gapirib berurman, ul zot bunday degan erdilar»,— dedilar: «Men Hiro’ tog‘idagi g‘orda e’tikofga o‘ltirdim. E’tikofimni tugatganimdan so‘ng, pastga tushdim. Shunda qulog‘imga bir ovoz chalindi, o‘ng yonimga qaradim, hech kimni ko‘rmadim, chap yonimga qaradim, hech kimni ko‘rmadim, ro‘paramga qarasam ham xech kim yo‘q, keyin ortimga burildim, hech kim yo‘q. Nihoyat boshimni tepaga ko‘targan erdim, bir narsani ko‘rdim. Xadichaning oldiga keldim-da, unga «Meni o‘rab qo‘yingizlar, ustimdan sovuq suv quyingizlar!»—dedim. Meni o‘rab qo‘yishdi va ustimdan sovuq suv quyishdi. So‘ng, «Ey o‘ralib yotuvchi, turingiz o‘rningizdan, ogohlantiringiz va rabbingizni ulug‘langiz!» degan oyat nozil bo‘ldi».

Olloh taoloning «... turingiz o‘rningizdan, ogohlantiringiz...» hamda «va rabbingizni ulug‘langiz!» degan qavli haqida

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:24:54
1- bob Olloh taoloning qavli: «... va kiyimiigizni pok tutingiz...»

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu aytadilar: «Men Payg’ambar alayhissalomning o‘zlaridan dastlabki vahiyning nozil bo‘lishi xususidagi quyidagi hadislarini eshitdim. «Bir vaqt men yurib ketayotgan erdim, osmondan kelayotgan bir ovozni eshitdim. Boshimni ko‘tarib qarab erdim, Hiro’ tog‘ida huzurimga kelgan farishta yer birlan osmon o‘rtasida kursida o‘tirganini ko‘rdim. Undan qo‘rqib tezda uyga qaytdim-da «Meni o‘rab qo‘yingizlar, meni o‘rab qo‘yingizlar!» — dedim, meni o‘rab qo‘yishdi. Shunda Olloh taolo «Ey o‘ralib yotuvchi, turingiz o‘rningizdan, ogohlanti-ringiz va rabbingizni ulug‘langiz va kiyimingizni pok tutingiz va nopoklikdan yiroq bo‘lingiz!» degan oyatlarni nozil qildi»

2- bob Olloh taoloning qavli: «... va nopoklikdan yiroq bo‘lingiz...»

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:25:11
«AL-QIYOMA» SURASI

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qachon vahiy nozil bo‘lsa, uning so‘zlarini takrorlab tillarini harakatlantirar erdilar. Olloh taolo «Tezroq yodlab olmoq uchun vahiy so‘zlarini takrorlab tilingizni harakatlantirmangiz!» degan oyatni nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:25:22
1- bob. Olloh taoloning qavli: «Zero uni dilingizda jamlash ham, tilingizda qiroat qildirish ham bizning zimmamizdadir»

Muso ibn Abu Oisha Sa’id ibn Jubayrdan «Tezroq yodlab olmoq uchun vahiy so‘zlarini takrorlab tilingizni harakatlantirmangiz» degan oyat haqida so‘radilar. Sa’id ibn Jubayr: «Ibn Abbos bunday der erdilar»,— dedilar: «Qachon Janob Rasulullohga vahiy nozil qilinsa, ul zot tezroq yodlab olmoq uchun uning so‘zlarini takrorlab ikki lablarini harakatlantirar erdilar. Shunda Olloh taolo ul zotga. «Tezroq yodlab olmoq uchun vahiy so‘zlarini takrorlab tilingizni harakatlantirmangiz, zero uni dilingizda jamlash ham, tilingizda qiroat qildirish ham bizning zimmamizdadir. Biz uni farishta tili orqali o‘qiganimizda uning o‘qishiga tobe’ bo‘lingiz, keyin uni ravshan bayon qilib bermoqlik bizning zimmamizdadur»,—deb vahiy nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:25:32
2- bob Olloh taoloning qavli: «Biz uni farishta tili orqali o‘qiganimizda uning o‘qishiga tobe’ bo‘lingiz»

Sa’id ibn Jubayr Ibn Abbosdan «Tilingizni hara -katlantirmangiz» degan oyat haqida so‘radilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday dedilar: «Agar Rasululloh, sallallohu alayhi va sallamga Hazrat Jabroil vahiy olib kelsalar, ul zot tezroq yodlab olmoq uchun tillarini va ikki lablarini harakatlantirar erdilar, ammo bu ish ancha qlyin bo‘lar erdi, qiyinligi shundoq sezilib turar erdi. Shunda Olloh taolo «Lo uqsimu» («Al-Qiyoma») surasidagi «Tezroq yodlab olmoq uchun tilingizni harakatlantirmangiz» degan oyatni nozil qilib, «Uni sizning dilingizda jam qilish va tilingizda qiroat qildirish bizning zimmamizdadur. Biz farishta tili orqali qiroat qilayotganimizda siz eshitib turingiz, keyin uni ravshan bayon qilib bermoqlik, ya’ni sizning tilingiz birlan bayon qildirmaklik bizning vazifamizdur»,— dedi. Shundan so‘ng, Jabroil kelsalar, ul zot sukut saqlar va ketganlaridan so‘ng, Olloh va’da berganidek qiroat qilardilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:25:43
«VAL-MURSALOT» SURASI

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga erdik, ul zotga nozil qilingan «Val-Mursalot» surasini o‘zlaridan o‘rganayotgan erdik. Shu payt bir ilon chiqib qoldi. Biz uni o‘ldirishga shoshildik. Ammo, u bizdan chaqqonlik qilib iniga kirib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, «Sizlarning yomonligingizdan u saqlandi, uning yomonligidan ersa sizlar saqlandingizlar»,— dedilar».

Abdulloh aytadilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘orda o‘ltirgan erdik. Shu vaqtda «Val-Mursalot» surasi nozil bo‘lib qoldi. Biz uni Janob Rasulullohning og‘izlaridan ilib olib o‘rganayotgan erdik, nogahon bir ilon chiqib qoldi. Janob Rasululloh. «Sizlarga yomonlik qilmoq niyatida chiqdi, uni o‘ldiringizlar!»—dedilar. Hammamiz uni o‘ldirishga shoshildik, ammo u tezroq harakatlanib, qaytib iniga kirib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ilon sizlarning yomonligingizdan, sizlar ersangiz uning yomonligidan saqlandingiz»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:25:55
1-bob. Olloh taoloning qavli: «Ul olov qasrdek uchqunlar otib turur»

Ibn Abbos mazkur oyat mazmuni haqida gapirib: «Biz qishda yoqish uchun uch gaz keladirgan yoki undan kichikroq to‘nkalarni yig‘ib qo‘yardik va uni «qasr» deb atardik»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:26:18
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Ul uchqunlar sariq va qora tuyalarga o‘xshar»

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

3-bob. Olloh taoloning qavli: «Bu kun o‘shal kundurki, unda kofirlar so‘zlayolmas»

Abdulloh aytadilar: «Biz Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam birlan o‘ltirgan erdik. Shul yerda «Val-Mursalot» surasi nozil bo‘lib qoldi. Men uni ul zotning og‘izlaridan ilib olib o‘rganayotgan erdim, og‘izlari tilovatdan to‘xtamay turib, bir ilon bizga sapchib qoldi. Payg‘ambar alayhissalom: «Ilonni o‘ldiringizlar!»—dedilar. Biz ilonni o‘ldirishga shoshildik, lekin ilon qochib qutuldi. Shunda Payg‘ambar alayhissalom: «Ilon sizlarning yomonligingizdan saqlandi, sizlar ham uning yomonligidan saqlandingiz-lar»,— dedilar. Umar: «Men bu surani Minodagi g‘orda Ubaydan o‘rganib yodlagan erdim»,— deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:26:40
«AMMA YATASOALUN» SURASI
 BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1- bob. Olloh taoloning qavli: «Sur chalinadirgan kuni to‘p-to‘p bo‘lib kelursizlar»


Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ikki bor sur chalinishining oralig‘idagi muddat qirqdur»,— dedilar. Shunda bir kishi mendan: «Ey Abu Hurayra, qirq kunmi?» —deb so‘radi, men indamadim. U yana: «Qirq oymi?» — deb so‘radi, men yana indamadim. U: «Qirq yilmi?» — dedi, men tag‘in indama-dim. Janob Rasululloh gaplarida davom etib: «Keyin, Olloh taolo osmondan suv (yomg‘ir) yuborur, o‘simliklar ungani singari barcha odamlar unib chiqur. Inson o‘lgach, uning dumg‘azasidan bo‘lak barcha a’zosi chirib yo‘q bo‘lib ketur. Qiyomatda inson ana o‘shal dumg‘azadan qayta tarkib topdirilur»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:26:51
«VAN-NOZIOT» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Sahl ibn Sa’d aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdim, ul zot o‘rta va ko‘rsatkich barmoqlarini ayri qilib ko‘rsatib: «Men payg‘ambar qilib yuborildim va menga qiyomatning mana shu barmoqlarim orasini yopgunimchalik tez fursatda bo‘lib o‘tmog‘i ayon qilindi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:27:02
«ABASA» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Qur’onni qiynalmay yodlab, mohirona qiroat qilgan kishi ulug‘ farishtalar birlan birga bo‘lur. Qur’onni ixlos birlan, qiynalib o‘qigan kishiga ersa Olloh taolo ikki ajr berur»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:27:13
«VAYLUN LIL-MUTAFFIFIYNA» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Odamlar olamlar parvardigorining huzurida turadirgan kuni ba’zilar qulog‘igacha o‘z badanidan chiqqan terga g‘arq bo‘lur»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:27:32
«IZAS-SAMOUNSHAQQAT» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Olloh taoloning qavli: «Keyin, u oson xisob-kitob qilinur».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Kimki Olloh taolo xuzurida hisob kitob qilinsa, u albatta halok bo‘lur», - dedilar. Men: «Yo Rasu-lalloh, meni sizga Olloh taolo fido qilsin! Axir, Olloh taolo: «Kimniki nomai a’moli o‘ng qo‘liga tutqazilsa, u oson hisob-kitob qilinur» —deb aytmaganmi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Bu hisob-kitob deyilmaydi, bu faqat bandalarning gunohlarini o‘zlariga ko‘rsatib qo‘yish, xolos. Kimki qattiq hisob-kitob qilinsa, u albatta halok (holi xarob) bo‘lur»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:27:43
«SABBIHISMA RABBIKAL-ALO»
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Barro raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar. alayhissalomning ashoblari orasida Madinaga birinchi bo‘lib kelganlari Mus’ab ibn Umayr va Abdulloh ibn Ummu Maktum erdilar. Ular bizga Qur’on o‘qib berardilar. Keyin, Ammor, Bilol va Sa’d keldilar. Ulardan keyin, yigirma kishi birlan Umar raziyallohu anhu keldilar, keyin ersa Payg‘ambar alayhissalom keldilar. Men Madina ahlining hech kimga Janob Rasulullohga quvonganlaridek quvonganlarini ko‘rmadim. Hatto bolalarning ham: «Shahrimizga Janob Rasululloh keldilar!» — deb quvonganlarini ko‘rdim. Janob Rasululloh kelganlarida men «Sabbihisma rabbikal-a’lo» surasini va yana boshqa suralarni o‘qib kutib oldim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:27:59
«VASH-SHAMSI VA ZUHOHO» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Abdulloh ibn Zam’a Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xutbalarini eshitganlarini aytib bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Solih alayhissalomning tuyalari haqida gapirib, uni so‘ygan kofir nomini ham tilga oldilar-da, «Shu payt tuyani so‘yish uchun Abu Zam’aga o‘xshagan qaysar, johil va baxil bir kishi o‘rnidan turdi»,— dedilar (ushbu hadisning roviysi Abdulloh ibn Zam’aning bobosi Abu Zam’a Makkadagi musulmonlarga ko‘p yomonliklar qilgan mustahjinlardan biri bo‘lgan, Badr janggida o‘z o‘g‘li Zam’a tomonidan o‘ldirilgan). Keyin, ayollar haqida gapirib: «Orangizda shunday kishilar borki, ular kunning avvalgi qismida xotinini urib, uning ikkinchi yarmida uni quchoqlab, bir to‘shakda yotadilar»,— dedilar. So‘ng, birovning ketidan tasodifan yel chiqib keqa, undan kuluvchilar xususida so‘zlab: «Biringiz bilmay qilgan narsadan ikkinchingiz nechun kulursiz?!» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:28:20
«VAL-LAYLI» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1- bob. Olloh taoloning qavli: «Va qasamdur kunduzga, vaqtiki ul ravshan bo‘lur»


Alqama raziyallohu anhu aytadilar: «Men Abdulloh ibn Mas’udning ashoblaridan bir guruhi birlan Shomga bordim.

Abu Dardo’ bizning kelganimizni eshitib keldilar-da, bizga: «Ichlaringizda Qur’on o‘qiydirgan qorilaringiz bormi?»—dedilar. Biz: «Ha»—deb javob berganimizdan keyin: «Qaysi biringizning qiroatingiz yaxshiroq?» — dedilar. Sheriklarim meni ko‘rsatishdi. Menga: «Uqi!» — deb buyurdilar. Men: «Val-layli izo yag‘sho, van-nahori izo tajallo, vaz-zakara val-unso» — deb o‘qidim. Abu Dardo’ mendan: «Ustozingizning og‘zidan shunday deb eshitganmisiz?»—deb so‘radilar. Men: «Ha»,— dedim. Abu Dardo’: «Men ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning og‘izlaridan shunday deb eshitganman, lekin shomliklar bu qiroatni man’ qilurlar»,— dedilar. (Abu Dardo’ birlan Alqama oyatdagi «va-mo xalaqa» so‘zini tushirib o‘qir erkanlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:28:32
2-bob. Olloh taoloning qavli: «Va qasamdur ul zotgaki, yaratdi erkak birlan ayolni»

Ibrohim rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Mas’udning ashoblari Abu Dardo’ni istab Shomga kelishdi. Abu Dardo’ ularning kelganini eshitib, izlab topdilar-da: «Qaysi biringiz Abdullohning uslubida qiroat qilursiz?» — dedilar. Ular: «Hammamiz» — deb javob berishdi. So‘ng, «Qaysi biringiz Qur’onni yoddan qiroat qilursiz?» — deb so‘radilar Abu Dardo’. Shunda Alqamani ko‘rsatishdi. Abu Dardo’: «Val-layli» surasini ustozingiz nechuk qiroat qilganlarini eshitganmisiz?» — deb Alqamadan so‘radilar. Alqama: «Vaz-zakara val-unso» tarzida qiroat qilurlar»,— dedilar. Abu Dardo’ raziyallohu anhu «Guvohlik berurmanki, Payg‘ambar alayhissalom ham shunday o‘qir erdilar, ammo shomliklar meni «Va-mo xalaqaz-zakara val-unso» tarzida o‘qimog‘imni istarlar, Olloh taolo haqi, men ularga ergashmasman!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:28:45
3-bob. Olloh taoloning qavli: «Ammo, ul kishiki, zakotu sadaqa berdi va taqvo qildi...»

Ali raziyallohu anhu aytadilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga «Baqiy’ul-G’arqad» qabristonida bir janozada ishtirok etdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan har biringiz uchun Olloh taolo jannatda ham, do‘zaxda ham joy taqdir qilib qo‘ygan»,— dedilar. Sahobalar: «Unday ersa tavakkal qilib yuraveraylik-da!» — deyishdi. Janob Rasululloh. «Amal qilingizlar, barchasi muyassar bo‘lgay!» — dedilar-da, «Ammo, ul kishiki, zakotu sadaqa berdi va taqvo qildi va ishondi yaxshi so‘zga...» («mashaqqatga duchor qilurmiz», ya’ni «lil-usro» degan so‘zgacha) qiroat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:29:00
4-bob. Olloh taoloning qavli: «Ammo, ul kishiki, ishondi yaxshi so‘zga (ya’ni, tavhid kalimasiga)

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

5-bob. Olloh taoloning qavli: «Muyassar qilurmiz uni osonlikka»

Ali raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bir janozada bo‘ldilar, qo‘llariga cho‘p olib yerga chizdilar-da: «Sizlardan har biringiz uchun Olloh taolo yo do‘zaxdan yoki jannatdan joy taqqir qilib qo‘ygan»,— dedilar. Sahobalar: «Yo Rasulalloh, unday ersa tavakkal qilib yuravermaymizmi?» — deyishdi. Janob Rasu-lulloh: «Amal qilingizlar, barchasi muyassar bo‘lgay!» — dedilar, so‘ng «Ammo, ul kishiki, zakotu sadaqa berdi va taqvo qildi va ishondi yaxshi so‘zga...» deb qiroat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:29:28
6-bob. Olloh taoloning qavli: «Ammo, ul kishiki baxillik qildi va beniyozlik izhor qildi...»

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

7-bob. Olloh taoloning qavli: «Va ul kishiki, ishonmadi yaxshi so‘zga (kalimai tavhidga)

Ali raziyallohu anhu aytadilar: «Biz «Baqiy’ul-G’arqad» qabristonida bir janozada ishtirok qildik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qoshimizga kelib o‘ltirdilar, biz atroflarida o‘ltirdik. Qo‘llarida aso bor erdi, u birlan yerni chiza turib: «Sizlardan har biringizning va har bir tirik jonning jannat va do‘zaxdagi joyi taqdir   qilib   qo‘yilgan   hamda   uning   baxtlimi,   badbaxtmi   erkanligi   ham   bitib qo‘yilgan»,— dedilar. Bir kishi: «Ey Ollohning rasuli, unday ersa taqdirimizga tavakkal qilib amal qilmay qo‘ya qolaylik-da! Chunki, qaysi birimiz ahli saodatdan bo‘lsak, albatta pirovardida ahli saodatdan bo‘lurmiz va qaysi birimiz ahli shaqovatdan bo‘lsak, albatta pirovardida axli shaqovat amalini qilurmiz»,— dedi. Janob Rasululloh: «Kimki ahli saodatdan bo‘lsa, unga ahli saodat amali muyassar qilingay va kimki ahli shaqovatdan bo‘lsa, unga ahli shaqovat amali muyassar qilingay»,— dedilar, so‘ng «Ammo, ul kishiki, zakotu sadaqa berdi va taqvo qildi va yaxshi so‘zga (kalimai tavhidga) ishondi ...» degan oyatni tilovat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:29:47
8- bob. Olloh taoloning qavli: «Va muyassar qilurmiz uni mashaqqatga (do‘zaxga)»

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

«VAZ-ZUHO» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Olloh taoloning qavli: «Parvardigoringiz sizni tark etgani ham yo‘q, yomon ko‘rib qolgani ham yo‘q»


Jundub ibn Sufyon aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki yoki uch kun kasal bo‘lib yotdilar. Shunda bir ayol kelib: «Ey Muhammad, men umid qilurmanki, shoyad shaytoning seni tark qilgan bo‘lsa! Chunki ikki-uch kundan buyon uning senga yaqin kelganini ko‘rmadim»,— dedi. Bas, Olloh taolo «Choshtgoh vaqtiga qasamki va zulmati birlan atrofni o‘rab olgan kechaga qasamki, ey Muhammad, parvardigoringiz sizni tark qilgani ham yo‘q, yomon ko‘rib qolgani ham yo‘q!» degan oyatni nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:30:00
«VAT-TIYN» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Barro raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom bir safarda bo‘lganlarida xufton namozining bir rak’atida «Vat-tiyn» surasini qiroat qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:30:21
«AL-ALAQ» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Payg’ambar alayxissalomning xotinlari Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga birinchi bo‘lib nozil bo‘lgan narsa rost (chin) tushlar erdi. Janob Rasululloh tong shafag‘i yanglig‘ nurafshon tushlarnigina ko‘rur erdilar. Keyin, ul zot yolg‘izlikni xushlaydirgan bo‘lib qoldilar. Hiro’ g‘origa borib bir necha kecha ibodat birlan mashg‘ul bo‘ldilar. Buning uchun oziq-ovqat g‘amlab olardilar. Ibodatdan keyin, oilalariga qaytardilar-da, Xadicha onamizdan yeguliklar olib, yana g‘orga borardilar. Nihoyat, ul zotga haqiqat zohir bo‘ldi. Bir kuni Janob Rasululloh Hiro’ g‘orida erkanliklarida qoshlariga bir farishta kelib: «Uqingiz!»—dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men o‘qiyolmayman»,— dedilar. «Shunda,— deydilar Janob Rasululloh,— farishta meni ushlab shunday qattiq qisdiki, hatto men holsizlanib qoldim. Keyin, meni bo‘shatib, yana: «Uqingiz!» — dedi. Men: «Uqiyolmayman»,— dedim. U meni yana ushlab, shunday qattiq qisdiki, hatto men holsizlanib qoldim. Keyin, yana meni bo‘shatib: «Uqingiz!» —dedi. Men yana: «Uqiyolmayman»,— dedim. U uchinchi bor meni ushlab, shunday qattiq qisdiki, hatto men holsizlanib qoldim. So‘ng, u meni bo‘shatib, «Ey Muhammad, butun mavjudotni yaratgan parvardigoringiz nomi birlan o‘qingiz! U insonni laxta qondan yaratdi. Uqingiz, parvardigoringiz insoniyatga qalam birlan yozishni o‘rgatgan zotdir!  Ul zot insonga uning bilmaganini o‘rgatdi» degan oyatlarni o‘qidi».
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bul hodisadan qo‘rqib, dag‘-dag‘ titragan holda ortlariga qaytdilar-da, Xadicha onamizning oldilariga kirib: «Meni o‘rangizlar, meni o‘rangizlar!»—dedilar. Janob Rasulullohni, qo‘rquvlari bosilguncha, o‘rab qo‘yishdi. Keyin, Xadichaga: «Ey Xadicha, menga ne bo‘layotir? Menga bir narsa bo‘lib qolmasaydi, deb o‘zimdan qo‘rkdim»—deb bo‘lgan voqe’ani gapirib berdilar. Xadicha: «Qo‘rqmangiz, aksincha xursand bo‘lingiz, xudo haqi, Olloh taolo sizni aslo xor qilmagay, xudo haqi, siz qarindoshlaringizga oqibat qilgaysiz, rost gapirgaysiz, birovlarning og‘irini yengil qilgaysiz, yo‘qsillarni to‘ydirgaysiz, mehmondo‘stlik qilgaysiz, ezgulik yo‘lida sa’yu imdod aylagaysiz»,— dedilar. So‘ng, Janob Rasulullohni amakilarining o‘g‘li Varaqa ibn Navfalning huzuriga olib bordilar. Varaqa johiliyat zamonida nasroniy dinini qabul qilgan erdi. U arabcha xat yozishni ham bilar, Olloh taolo muyassar etganicha Injildan arabchaga ko‘chirib yozar erdi. Uzi qari kishi bo‘lib, ko‘zi ojiz erdi. Xadicha onamiz unga: «Ey amaki, birodaringizning o‘g‘lining so‘ziga quloq solingiz!»—dedilar. Varaqa: «Ey jiyanim, nelarni ko‘rdingiz?»—deb Janob Rasulullohdan so‘radi. Payg‘ambar alayhissalom ko‘rgan narsalarining xabarini berdilar. Varaqa: «Bu Nomus (ya’ni, Hazrat Jabroil) bo‘lib, Musoga ham vahiy birlan tushirilgan farishtadur. Koshkiydi, shu paytda mening yoshligim bo‘lsa, koshkiydi, men hayot bo‘lsam!» — dedi. Keyin, yana ba’zi gaplarni ham aytdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qavmim meni haydab chiqargaymi?»—deb so‘radilar. Varaqa: «Ha, shunday. Ammo, biror kishi siz keltirgan narsa birlan (payg‘ambarlik birlan) kelmagan, gar kelsa, qiynoqqa solingan bo‘lur erdi. Agar sizning kunlaringizda men tirik bo‘lsam, sizga katta yordam bergan bo‘lur erdim!»—dedi. Lekin, ko‘p o‘tmay Varaqa vafot etdi. Keyin, birmuncha vaqt Janob Rasulullohga vahiy kelmay qo‘ydi. Ul zot bundan qayg‘ura boshladilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:30:33
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vahiyning boshlanishi haqida gapirib, bunday dedilar: «Bir payt men yurib ketayotgan erdim, osmondan bir ovozni eshitdim. Yuqoriga qarasam, ro‘paramda bir farishta, ya’ni Hiro’ g‘orida oldimga kelgan farishta osmon birlan yer o‘rtasida kursida o‘ltiribdi. Undan qo‘rqib uyga qaytib keldim-da: «Meni o‘rangizlar, meni o‘rangizlar!» — dedim. Meni o‘rab qo‘yishdi. Shunda Olloh taolo «Ey o‘ralib yotgan bandam, turingiz, qavmingizni ogohlantiringiz, rabbingizni ulug‘langiz va kiyimin-gizni pok tutingiz hamda nopoklikdan yiroq bo‘lingiz!» degan oyatlarni nozil qildi».

Olloh taoloning qavli: «Olloh insonni laxta qondan yaratdi»

Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga birinchi bo‘lib nozil bo‘lgan vahiy rost (chin) tushlar erdi. Keyin, ul zotning huzurlariga farishta kelib, «Sizni yaratgan parvardigoringizning nomi birlan o‘qingiz, u insonni laxta qondan yaratgan zotdur, o‘qingiz, ulug‘ rabbingiz insonga qalam birlan ilm o‘rgatdi» —degan oyatni vahiy qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:30:44
1- bob. Olloh taoloning qavli: «Rabbingiz insonga qalam birlan ilm o‘rgatgan zotdur»

Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xadichaning oldilariga qaytib keldilar-da: «Meni o‘rangizlar, meni o‘rangizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:31:02
2- bob. Olloh taoloning qavli: «Io‘q, aslo, agar u bunday gumrohlikdan to‘xtamasa, qasamki, biz uni torturmiz jahannamga peshonasidan, peshonaiki yolg‘onchidur,gunohkordur»

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Abu Jahl: «Agar men Muhammadning Ka’ba oldida namoz o‘qiyotganini ko‘rganimda bo‘ynidan bosib olgay erdim!»—dedi. Bu gap Payg‘ambar alayhissalomga yetganda, ul zot «Agar ul shunday qilganda, maloikalar uni mahkam ushlab olur erdilar»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:31:18
«LAM YAKUN» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Anas ibn Molik raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom Ubay ibn Ka’bga: «Olloh taolo «Ahli kitob va mushriklardan bo‘lmish kofirlar, to o‘zlariga ochiq hujjat (dalil) kelmaguncha, kufrdan qaytmadilar» degan oyatni senga o‘qib bermog‘imni buyurdi»,— dedilar. Ubay ibn Ka’b: «Olloh taolo mening nomimni tilga oldimi?» — deb so‘radilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ha»,— deganlaridan keyin, Ubay yig‘lab yubordilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:31:30
«IZO ZULZILATIL-ARZU ZILZOLAHO» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Olloh taoloning qavli: «Kimki qilibdur zarra vaznicha yaxshilik, ko‘rur ul uni» Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Otning uch xislati mavjud bo‘lib, bir kishiga savob keltirgay, ikkinchi bir kishining aybini yopgay, uchinchi kishiga ersa, gunoh orttirgaydur. Otidan savob topadirgan kishi xususiga kelsak, ul o‘z otini Olloh taolo yo‘lida jihod qilmoq bo‘lib biror yaylov yoki boqqa bog‘lab qo‘ygan kishi bo‘lib, otining o‘shal yerdagi o‘t-o‘lanlardan tanovul qilib xordiq chiqarmog‘iga imkon bergani uchun savob olgaydur, hattoki oti yechilib ketib, u yoqdan bu yoqqa yayrab shataloq oqa ham uning qoldirgan izlari va tezaklari savob keltirgaydur. Agar o‘shal ot bir chashma yonidan o‘tayotib undan ichayotganda egasi mone’lik qilmasa ham savob bo‘lgaydur. Oti tufayli aybi (gunohi) yopiladirgan kishi shulkim, ul o‘z otini tirikchilik uchun egarlab, topayotgan rizqi ro‘zidan Olloh taolo yo‘lida ehson qilmoqni unutmaydi va bu birlan ba’zi bir gunohlarini yopadi. Kishi maqtanish yokim riyo yuzasidan ot saqlayotgan ersa, bu unga gunoh bo‘lib yozilgaydur» Keyin, Janob Rasulullohdan eshak xususida so‘rashdi, shunda ul zot: «Olloh taolo menga bul haqda «Kimki zarracha bo‘lsa ham yaxshilik qilsa, ajru savob olgay va kimki zarracha bo‘lsa ham yomonlik qilsa, azobga qolgay» degan oyatdan bo‘lak hech narsa nozil qilmagandur»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:31:42
1- bob Olloh taoloning qavli: «Kimki zarracha bo‘lsa ham yomonlik qilsa,  azobga qolgay (uning jazosini ko‘rgay)»

Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamdan eshak haqida so‘ralganda, ul zot: «Menga bul haqda «Kimki zarracha bo‘lsa ham yaxshilik qilsa...» degan oyat nozil bo‘lgan, xolos»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:32:02
«INNO ATAYNOKAL-KAVSAR» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Anas raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom osmonga (me’rojga) chiqarilganlaridan keyin, bunday deb hikoya qildilar. «Bir daryo (suv) oldiga keldim. Uning ikki qirg‘og‘i ichi g‘ovak marvariddan ishlangan. Men Hazrat Jabroildan «Bu nima» — deb so‘raganimda, ul kishi: «Bu (Havzi) Kavsar»,— deb javob berdilar».

Abu Ubayda raziyallohu anhu aytadilar: «Men Oisha raziyallohu anhodan Olloh taoloning «Albatta, biz sizga Kavsarni berdik» degan qavlining ma’nosini so‘radim. Oisha onamiz «Bu Kavsar shunday bir daryoki, u payg‘ambaringizga berilgan. Uning ikki qirg‘og‘i ichi g‘ovak marvarid birlan bezatilgan bo‘lib, atrofiga terib qo‘yilgan ko‘zalar yulduzlardek jilolanur»,— dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu Kavsar haqida so‘zlab: «Bu shunday xayrki, Olloh taolo uni o‘z Rasuliga bergan»,— dedilar

Abu Bashar bunday deydilar: «Men Sa’id ibn Jubayrga «Kavsarni odamlar jannatdagi bir daryo, deb gumon qilayotirlar»,— dedim. Sa’id «Jannatdagi daryo bo‘lganda ham, u shundayin xayrki, Olloh taolo uni o‘z habibiga bergan»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:32:14
«IZO JOA NASRULLOHI» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom «Agar sizga Ollohning madadi va fathi kelsa» surasi nozil bo‘lgandan keyin, hamma namozlarida «Subhonaka rabbano va bihamdika, Ollohummag‘fir liy», — der erdilar» (ma’nosi «Ey rabbimiz, poklik senga xosdur, senga hamd ayturman, ey Olloh, meni mag‘firat qil»).

Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Janob Rasulullohning odati shariflari shunday erdiki, namozlarining ruku’i va sujudlarida «Ey rabbimiz, poklik senga xosdur, senga hamd ayturman, ey Olloh, meni mag‘firat qil» deb juda ko‘p aytar, suradagi oyatning ma’nosini ta’vil qilar erdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:32:25
1- bob Olloh taoloning qavli: «Va odamlarning Ollohning diniga guruh-guruh bo‘lib kirayotganlarini ko‘rsangiz...»

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Umar raziyallohu anhu sahobalardan «Izo joa nasrullohi val-fathu» surasidan murod nedur?» — deb so‘radilar. Hammalari «Shaharlar va qasrlarni fath etish (zabt etish)» —deb javob berishdi. Umar raziyallohu anhu «Ey Ibn Abbos, bul xususda siz ne deysiz?» — deb so‘raganlarida, ul kishi «Muhammad sallallohu alayhi va sallamga ajallarining yaqinligi ishora qilinayotir»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:32:34
Olloh taoloning qavli: «Parvardigoringizga qamd aytish birlan uni ulug‘langiz, unga istig‘for aytingiz, albatta u tavbalarni qabul qilguvchidur»

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Umar raziyallohu anhu bir kuni Badr qatnashchilari bo‘lmish yoshi ulug kishilarning suhbatiga meni ham olib kirdilar. Ultirganlarning ba’zilarining dili ranjib «Mana bu bolani ne uchun bizning davramizga olib kirdingiz, bunday bolalar bizlarda ham bor erdi!» — deyishdi. Umar raziyallohu anhu «Olib kirganimning sababi shulki, uning ilmu fazlini bir ko‘rib qo‘ysangizlar!» — dedilar. Keyin, Hazrat Umar bir kuni ularni o‘z uylariga taklif qildilar, men bildimki, bugun meni ularga bir ko‘rsatib qo‘ymoqchilar. Umar raziyallohu anhu barcha o‘ltirganlarga «Izo joa nasrullohi val-fathu» surasi haqida ne deysizlar?» —deb savol berdilar. Ba’zilar «Agar nusrat topsak va biror shaharni fath qilsak, Ollohga hamd va istigfor aytishni Olloh bizga buyurur»,— deyishdi. Ba’zilar ersa, sukut saqlab biror so‘z aytishmadi Shunda, Umar raziyallohu anhu «Ey Ibn Abbos, siz ham shunday degaysizmi?»—dedilar. Menga. Men: «Yo‘q»,— dedim. Hazrat Umar: «Unday ersa, siz ne degaysiz?» — dedilar. Men: «Bu birlan Olloh taolo o‘z Rasuliga «Agar sizga Ollohning madadi va fathi kelsa, ajalingiz yaqindur, bas parvardigoringizga hamd aytish birlan uni uluglangiz, unga istig‘for aytingiz, albatta u tavbalarni qabul qilguvchidur» — deb ma’lum qilur»,— dedim. Hazrat Umar «Men ham bu surani siz aytgandrk tushunurman»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:32:57
«TABBAT» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Ey Muhammad, o‘zingizga yaqin qarindoshlaringizni va ulardan o‘zingizga muxlis bo‘lganlarini ogohlantiringiz!» degan oyat nozil bo‘lganda Janob Rasululloh Safo tog‘i ustiga chiqib: «Yo sabohohu!» — deb nido qildilar. Shunda Quraysh ahli «Bu kim bo‘ldi erkan?» — deb Janob Rasulullohning tevaraklariga kelib to‘planishdi. Janob Rasululloh ularga: «Aytingizlarchi, agar men sizlarga «Mana shul tog‘ ortidan dushman otliqlari chiqib, sizlarga hujum qilmoq niyatidadur» deb xabar qilsam, menga ishonursizlarmi?» — dedilar. Ular «Biz sizning yolg‘on so‘zlaganingizni sira bilmasmiz!»—deyishdi. Janob Rasululloh: «Unday ersa, men sizlarni kelgusi qattiq azobdan ogoh qilurman!» — dedilar. Shunda Abu Lahab «Qurib ketgur, shunga chaqirdingmi bizni?!» —deb qarg‘ab erdi, Olloh taolo «Sindi Abu Lahabning ikki qo‘li va halok bo‘ldi o‘zi va saqlab qololmadi uni bundan uning moli va ul narsaki, kasb qildi» degan surani nozil qildi»

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan

Olloh, taoloning qavli: «Tez fursatda u alangali o‘tga kirur»

Bu yerda yuqoridagi hadis qisqacha takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:33:10
«IXLOS» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday dedilar: «Olloh taolo aytadiki, «Odam farzandi meni yolg‘onchi qildi, u bunday qilmasligi kerak erdi! U meni haqorat qildi, u bunday qilmasligi kerak erdi! U o‘lganidan so‘ng qayta tiriltirilmog‘iga ishonmay, meni yolg‘onchi qilur. Vaholanki, ilgari insonni yaratganim keyin uni qayta tiriltirmog‘imdan osonroq bo‘lmagan. Uning meni haqorat qilganiga kslsak, u: «Ollohning bolasi bor»,— deydi. Vaholanki, men yakkayu yagoka, abadiy, tug‘magan va tug‘ulmagan hamda tengi yo‘q zotdurman!»

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:33:25
«FALAQ» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Ubay ibn Ka’bdan «Muavvizatayn» (ikki «Qul a’uuzu») to‘grisida so‘ralganda, ul kishi: «Men ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan so‘rasam, ul zot: «Menga shunday deyildi»,— dedilar. Shundan buyon biz ham Janob Rasululloh aytganlaridek aytamiz»,— dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:33:50
«AN-NOS» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Zarr ibn Hubaysh aytadilar: «Men Ubay ibn Ka’bga: «Ey Abu Munzir, birodaringiz Ibn Mas’ud («Mu’avvizatayn» haqida) shunday va shunday dedilar»,— dedim. Ubay ibn Ka’b: «Men ham Janob Rasulullohdan so‘raganimda, ul zot: «Menga shunday deyish buyurildi, men shunday dedim»,— dedilar. Shundan buyon biz ham Janob Rasululloh aytganlaridek aytamiz»,— deb javob berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:34:13
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
QUR’ON FAZILATLARI KITOBI

1- bob. Vahiy qanday nozil bo‘ldi? Dastlab nozil bo‘lgan oyatlar haqida


Oisha raziyallohu anho va Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalomga Makkada ham o‘n yil va Madinada ham o‘n yil davomida Qur’on nozil bo‘ldi».

Abu Usmon raziyallohu anhu aytadilar: «Menga xabar berilishiga qaraganda, Jabroil alayhissalom Janob Rasulullohning qoshlariga keldilar. Shunda ul zotning huzurlarida Ummu Salama raziyallohu anho ham bor erdilar. Jabroil alayhissalom Janob Rasulullohga gapira boshladilar. Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam (jo‘rttaga): «Bu kishi kim?» — deb Ummu Salamadan so‘radilar. Ummu Salama: «Bu kishi Dihya (Dihyatul-Kalbiy)»,— dedilar. Hazrat Jabroil ketganlaridan so‘ng, Ummu Salama: «Xudo haqi, men boyagi kishini, toki Janob Rasulullohning Hazrat Jabroil kelib ketganlari haqida xutba qilayotganlarini eshitgunimcha, Dihya deb o‘yladim»,— deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:34:23
Ubay: «Bu hadisni kimdan eshitdingiz»—deb Abu Usmondan so‘rasalar, ul kishi: «Usoma ibn Zayddan eshitdim» — deb javob qilibdilar.

Abu Hurayra raziyallohu aihu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Payg‘ambarlarning hammalariga ham vahiy yuborilgandur, unga insonlar iymon keltirgandurlar. Shuningdek, Olloh taolo menga ham vahiy yuborgandur. Men umid qilurmanki, qiyomat kuni menga ergashganlarning soni ularga ergashganlardan ko‘proq bo‘lgay!»—dedilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu aytadilar: «Olloh taolo Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga vafotlari arafasida shul qadar ketma-ket vahiy yubordiki, uning soni butun payg‘ambarlik davrlarida kelgan vahiylardan ko‘proq erdi».

Jundub raziyallohu anhu bunday deb aytar erdilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam kasal bo‘lib, bir yoki ikki kecha o‘rinlaridan turmadilar. Shunda bir ayol keldi-da, (Hazrat Jabroilning kelmay qolganlariga ishora qilib) «Ey Muhammad, shaytoning seni tark qilgan ko‘rinur» — deb erdi, Olloh taolo «Parvardigoringiz sizni tark qilgani ham yo‘q, yomon ko‘rib qolgani ham yo‘q» degan oyatni nozil qildi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:34:42
2- bob Qur’onning Quraysh ahli tilida — arab tilida nozil qilinganligi haqida

Usmon raziyallohu anhu Zayd ibn Sobit, Sa’id ibn al-Os, Abdulloh ibn az-Zubayr va Abdurrahmon ibn al-Harsga Qur’on suralarini mushaflarga ko‘chirmoqni amr qildilar va «Agar sizlar Zayd ibn Sobit birlan Qur’onning biror arabcha so‘zida ixtilof qilib qolsangizlar, (uni o‘zgartirmay) Quraysh ahli tilida yozaveringizlar, chunki Qur’on ularning tilida nozil qilingan»,— dedilar. Ular shunday qilishdi»

Safvon ibn Ya’loning xabar berishlariga qaraganda, ul kishi: «Koshkiydi, men Rasulullohga vahiy nozil bo‘layotganini ko‘rsam!»—deb orzu qilur erkanlar. Vaqtiyki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ji’rona degan joyda erdilar, ul zotning tepalariga soya qilsin uchun bir libos to‘sib qo‘yilgan erdi, yonlarida sahobalari ham bor erdilar. Shul payt o‘ziga xushbo‘yliklar sepib olgan bir odam kelib «Yo Rasulalloh, bir odam chakmon kiyib, ehrom bog‘lasa-yu, keyin o‘ziga xushbo‘yliklar sepsa, bo‘lurmi?» — deb so‘radi. Payg‘ambar alayhissalom bir soatcha vahiy kelmog‘ini kutdilar so‘ng ul zotga vahiy keldi. Shunda Umar raziyallohu anhu Ya’loga «Kel!» —deb ishora qildilar. Yalo kelib, boshlarini Janob Rasulullohga soya qilib turgan libos ostiga kiqdilar-da, Janob Rasulullohning yuzlari qizarib ketganini ko‘rdilar. Ul zot yana birmuncha vaqt xirillagan holda yotdilar, so‘ng vahiydan forig‘ bo‘ldilar-da: «Hozirgina menga umra to‘g‘risida savol bergan kishi qaerda?»— deb so‘radilar. Savol bergan kishi qidirib topib keltirildi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga «Uzingga sepgan xushbo‘ylikni uch marta yuvib tashla, so‘ng chakmoningni yechgil-da, hajingga qanday ehrom boglasang, umrangga ham shunday ehrom boglagil!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:34:53
3- bob Qur’onning jamlanishi haqida

Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu aytadilar: «Ahli Yamoma urushidan keyin, Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu menga odam yubordilar. Borsam huzurlarida Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu o‘ltiribdilar. Shunda Abu Bakr menga bunday dedilar: «Mening oldimga Umar kelib «Yamoma kuni Qur’on qorilarining ko‘pi halok bo‘ldi. Men qo‘rqamanki, boshqa janglarda ham qorilar shunday qirilib ketaversa, Qur’onni yod bilganlar qolmaydi. Istardimki, Qur’onni jam etmoqqa amr bersangiz!»—dedilar. Men Umarga «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qilmagan ishni men qanday qilurman?»— dedim. Hazrat Umar «Olloh haqi, bu xayrli ishdur!»—dedilar. Shu tariqa Hazrat Umar menga qayta-qayta murojaat qilaverdilarki, hatto Olloh taolo mening qalbimni ham shu ishga moyil qilib qo‘ydi. Men ham bu ishda Hazrat Umar ko‘rgan narsani — xayriyatni ko‘rdim». Keyin, Abu Bakr menga: «Siz aqlli va yosh yigitdursiz, sizni hech qachon yomon ish ustida ko‘rmagandurmiz. Buning ustiga siz Janob Rasulullohga nozil bo‘lgan vahiylarni yozib olur erdingiz, Qur’onni jamlab yigingiz!» — dedilar. Ollohga qasamki, agar menga bir togni o‘z joyidan boshqa joyga ko‘chirmoqni buyursalar, bu ish menga Qur’onni jamlamoqdan osonroq bo‘lur erdi! Men ularga «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qilmagan ishni nechuk qilursizlar?»— dedim. Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhu: «Ollohga qasamki,bu ish xayrlidur!»—deb qayta-qayta murojaat qilishda davom etdilar-ki, hatto Olloh taolo Abu Bakr va Umarning dillarini moyil qilgan narsaga mening dilimni ham moyil qilib qo‘ydi. Nihoyat, men Qur’onni xurmo barglaridan, oppoq, silliq toshlardan, odamlarning dillaridan ko‘chirib jamlay boshladim, hatto «Tavba» surasining oxiri — «Ey insonlar, batahqiq sizlarga o‘zlaringizdan bo‘lgan sizlarning kulfat-mashaqqatlaringizni ko‘rib achinuvchi, sizlarning haq dinga kelishingizga haris (tashna) va barcha mo‘minlarga marhamatli, mehribon bir payg’ambar keldi-ku! Ana endi ham yuz o‘girsalar, u holda aytingiz «Menga Ollohning o‘zi yetarlidir, boshqa hech qanday iloh yo‘q, faqat uning o‘zi bordur, men uning o‘ziga suyandim. U Ulug Arsh sohibidur!» degan oyatlarni Abu Huzaymadan topdim. Undan boshqa biror kishida bu oyatlarni uchratmadim. Suhuf (suralar bitilgan sahifalar) Abu Bakr Siddiqning huzurlarida saqlandi. Ul kishi vafot qilganlaridan so‘ng, Umar raziyallohu anhuning huzurlarida saqlandi, ul kishi vafot qilganlaridan keyin, Hafsa binti Umarning qo‘llarida qoldi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:35:07
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat hiladilar: «Huzayfa ibn Yamon Usmon raziyallohu anhuning huzurlariga keldilar. Ahli Shom birlan ahli Iroq Armaniston va Ozarbayjonda gazotda erdilar. Ularning qiroatidagi ixtilofdan cho‘chigan Huzayfa Usmon raziyallohu anhuga: «Ey mo‘minlarning amiri, bu ummatni yahudiy va nasorolar ixtilofi singari Qur’onda ixtilof qilmoqliklaridan to‘xtatib qolingiz!»—dedilar. Usmon raziyallohu anhu Hafsa raziyallohu anhoga odam yuborib: «Suhufni bizga yuboringiz, biz undan nusxa ko‘paytirib mushaflar qilurmiz, keyin o‘zini sizga qaytarurmiz!»—dedilar. Hafsa raziyallohu anho Suhufni Usmonga yubordilar, so‘ng Usmon raziyallohu anhu Zayd ibn Sobit, Abdulloh ibn Zubayr, Sa’-id ibn al-Os va Abdurrahmon ibn Harsga buyurdilar, ular Suhufdan nusxa ko‘chirib mushaflar tayyorlashdi. Hazrat Usmon uchta qurayshlik kotiblarga: «Agar Qur’on so‘zlarida Zayd birlan ixtilof qilsalaringiz, (uni o‘zgartirmay) Quraysh tilida yozaveringizlar, chunki Qur’on ularning tilida nozil bo‘lgandur!»—dedilar. Kotiblar shunday qilishdi, so‘ng Hazrat Usmon Suhufni Hafsaga qaytarib berdilar. Keyin, Hazrat Usmon mushaflarni dunyoning to‘rt chekkasiga yuborib, Qur’on bitilgan bundan bo‘lak har qanday sahifa yoki mushafni yoqib yubormoqni amr qildilar».

Ibn Shihob aytadilar: «Menga Xorija ibn Zayd ibn Sobitning xabar berishlaricha, Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu bunday deb aytgan erkanlar: «Qur’ondan nusxa ko‘chirayotgan vaqtimda «Ahzob» surasidan bir oyatni topolmadim, vaholanki uni Janob Rasululloh qiroat qilganlarida eshitgan erdim. Uni qidirib, nihoyat Huzayma ibn Sobit al-Ansoriydan topdik. Bu oyat «Mo‘minlarning orasida ba’zi kishilar borki, ular Ollohga bergan va’dalariga har qachon sodiq bo‘ladilar» degan oyat erdi. Uni o‘z o‘rniga qo‘shib qo‘ydik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:35:43
4- bob. Payg‘ambar alayhissalomning kotiblari haqida

Zayd ibn Sobit aytadilar: «Abu Bakr Siddiq menga odam yuborib: «Darhaqiqat, siz Janob Rasulullohga nozil bo‘lgan vahiylarni yozib olur erdingiz. Qur’onni jamlangiz!» —dedilar. Men Qur’onni yigdim, «Tavba» surasining oxirgi ikki oyatini Abu Huzayma al-Ansoriydangina topdim, boshqa biror kishidan bu oyatlarni topmadim. Ular «La-qad joakum rasuulun min anfusikum» deb boshlanadirgan oyatlardur».

Barro raziyallohu anhu aytadilar: «Barobar bo‘lmaydilar jihoddan qolgan mo‘minlar birlan Olloh yo‘lida jihod qiluvchilar» degan oyat nozil bo‘lganda, Payg’ambar alayhis-salom: «Huzurimga Zaydni chaqiringiz, lavh birlan siyoh keltirsin!»—dedilar. Keyin, menga: «Yoz!... Barobar bo‘lmaydilar...»—deb vahiy so‘zlarini aytayotganlarida ul zotning orqalarida o‘ltirgan ko‘zi ojiz Amr ibn Ummu Maktum: «Ey Ollohning rasuli, menga gazot qilmoqni qandayin buyurgaysiz, axir men ko‘zi ojiz odamman-ku?!» — dedilar. Shunda mazkur oyat o‘rniga «tana a’zolariga zarar (jarohat) yetmagan holda jihoddan qolgan mo‘minlar birlan Olloh yo‘lida jihod qiluvchilar barobar bo‘lmaydilar» degan oyat nozil bo‘ldi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:35:51
5- bob. Qur’onning yetti harf (vajh)da nozil qilinganligi haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Menga Hazrat Jabroil Qur’onni bir harfda (bir uslubda) o‘qimoqni o‘rgatdilar, men murojaat qilaverganimdan keyin ersa, uni yetti harfga (uslubga) yetkazdilar»,— dedilar».

Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu aytadilar: «Men Hishom ibn Hakimning «Furqon» surasini o‘qiganlarini Janob Rasulullohning hayotlik davrlarida eshitgan erdim. Ul kishining qiroatlarini astoydil tinglasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga o‘rgatmagan uslubda o‘qiyotirlar. Shunda men namozda o‘ltirgan ul kishining yoqalaridan tutmoqchi bo‘ldim-u, ammo namozni tugatmoqlarini kutdim. Ul kishi ikki yelkalariga salom berganlaridan so‘ng, yoqalaridan tutib: «Hozir men eshitgan qiroat uslubini sizga kim o‘rgatgan?» —dedim. Ul kishi bamaylixotir: «Janob Rasulullohning o‘zlari o‘rgatganlar»,— dedilar. Men: «Yolgon gapiryapsiz! Chunki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga siz o‘qigandan boshqacha o‘rgatganlar»,— dedim-da, ul kishini yetaklab Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga olib bordim va: «Men bul kishining «Furqon» surasini bir o‘zgacha uslubda o‘qiganlarini eshitdimki, bu uslubni siz menga o‘rgatmagan erdingiz»,— dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Uni qo‘yib yuboringiz!»— dedilar. Keyin, Hishomga: «Ey Hishom, o‘qingiz!» — dedilar. Hishom Janob Rasulullohga men eshitgan uslubda qiroat qilib berdilar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu sura aynan shunday nozil qilingan».— dedilar. Keyin: «Ey Umar, siz ham o‘qingiz!» — dedilar. Men Janob Rasululloh menga o‘zlari o‘rgatganlaridek qiroat qildim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu sura aynan shunday nozil qilingan. Darhaqiqat, Qur’on yetti harfda (uslubda) nozil qilingan, qaysi uslubda qiroat qilmoqni oson, deb bilsangiz, o‘sha uslubda o‘qiyveringiz!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:36:30
6- bob. Qur’on suralarini kitob qilib olish haqida

Yusuf ibn Molik xabar beradilar: «Men mo‘minlarning onasi Oisha raziyallohu anhoning huzurlarida erdim. Shunda ichkariga bir iroqlik kirib kelib: «Kafanning qanaqasi yaxshiroq?» — deb so‘radi. Oisha onamiz: «Eh bechora, o‘lganingizdan keyin kafanning qanday bo‘lmog‘ining sizga hech zarari yo‘q!» — dedilar. Iroqlik: «Ey mo‘minlarning onasi, menga Mushafingizni ko‘rsatingiz!» — dedi. «Ne uchun?» — dedilar Oisha raziyallohu anho. Iroqlik: «Shoyad, unga qarab men o‘zimga Qur’on qilib olsam!» — dedi. Chunki, u Qur’on suralarini tartibsiz o‘qir erdi. Oisha onamiz: «Qaysi surani avval o‘qisangiz, sizga zarari yo‘qdur. Qur’onning eng avval nozil bo‘lgan suralari uzun suralar bo‘lib, unda jannat va do‘zax haqida zikr qilinur. Islomga kirganlar soni ko‘paygandan keyin ersa, harom va halol haqida oyatlar nozil bo‘ldi. Agar «Aroq ichmangizlar!» degan oyat birinchi bo‘lib nozil bo‘lganda, odamlar: «Biz aroqni mutlaqo tark qilmaymiz!»—degan bo‘lur erdilar. Agar «Zino qilmangizlar!» degan oyat birinchi bo‘lib nozil bo‘lganda, odamlar: «Biz zinoni mutlaqo tark qilolmaymiz!»— derdilar. Muhammad alayhissalomga Makkada (u vaqtda men yosh qizaloq erdim) «Qiyomat ular birlan va’dalashgan joyimiz bo‘lib, u nihoyatda dahshatlidur» degan oyat nozil bo‘ldi. «Baqara» va «Niso» suralari nozil bo‘lganda ersa, men Janob Rasulullohning nikohlarida erdim»,— dedilar. Keyin, Oisha raziyallohu anho Mushafni olib chiqib, suralar tartibini iroqlikka aniqlab berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:37:04
Ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Darhaqiqat, «Bani Isroil», «Kahf», «Maryam», «Toho» va «Anbiyo» suralari dastlab nozil bo‘lgan suralar bo‘lib, ularni Qur’ondan o‘rganib olganimga ancha bo‘lgan».

Barro raziyallohu anhu aytadilar: «Men «Sabbihisma rabbikal-a’lo» surasini Janob Rasulullohning Madinaga kelmaslaridan avval yodlagan erdim».

Shaqiq raziyallohu anhu aytadilar: «Abdulloh: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har bir rak’atda juft-juft o‘qiydirgan suralarni bilib olganman»,— dedilar. Keyin, Abdulloh chiqib ketdilar-da, Alqama birlan qaytib kirdilar. Alqama chiqib ketgach, Abdullohdan «nazira» (o‘xshash) suralar haqida so‘radik. Ul kishi: «Ibn Mas’udning ta’liflariga ko‘ra, Qur’onning boshlanishidan yigirma sura, ularning oxirgisi — «Havomim»dur»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:37:18
7-bob. Jabroil alayhissalomning Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan Qur’onni imtihon qilib turganlari haqida

Oisha raziyalloohu anho Fotima raziyallohu anhodan naql qiladilarki, Payg‘ambar alayhissalom: «Darhaqiqat, Hazrat Jabroil har yili mendan Qur’onni bir bor imtihon qilur erdilar, bu yil ersa ikki bor imtihon qildilar, bundan bilurmanki, ajalim yaqindur»,— dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom eng saxovatli odam erdilar. Ramazon oyida ersa, yanada saxovatlari ortar erdi, chunki Jabroil alayhissalom Ramazon oyining har kechasida ul zot birlan uchrashib, Qur’onni imtihon qilur erdilar. Janob Rasululloh Hazrat Jabroil birlan uchrashgan kunlari yomg‘ir keltiruvchi shamoldan ham saxovatliroq bo‘lib ketur erdilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Har yili Janob Rasulullohdan Qur’on bir bor imtihon qilinur erdi, vafot qilgan yillari ersa ikki bor imtihon qilindilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har yili o‘n kun e’tikofda o‘ltirur erdilar, vafot etadirgan yillari ersa yigirma kun e’tikofda o‘ltirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:37:36
8-bob. Payg‘ambar alayhissalomning qori sahobalari haqida

Abdulloh; ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Men Payg’ambar sallallohu alayhi va sallamning «Qur’onni to‘rt kishidan — Abdulloh ibn Mas’ud, Solim, Muoz va Ubay ibn Ka’bdan olingizlar (o‘rganingizlar)!» deb aytganlarini eshitganman. Shu gap menga hanuz xush yoqadi!»

Shaqiq ibn Salama aytadilar: «Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu bizga xutba qilib: «Xudo haqi, men Janob Rasulullohning og‘izlaridan yetmishdan ortiq sura o‘rgan-dim, xudo haqi, Janob Rasulullohning sahobalari meni Ollohning Kitobini ko‘proq biluvchi, deb hisoblaydilar, vaholanki men ulardan yaxshiroq ermasman!» — dedilar. Men: «Odamlar Abdullohning bu gaplariga ne deyishar erkan?» — deb poyladim, lekin ul kishining gaplarini qaytarguvchini ko‘rmadim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:37:46
Alqama aytadilar: «Biz Himsda erdik. Ibn Mas’ud raziyallohu anhu «Yusuf» surasini qiroat qildilar. Bir odam: «Bu sura bunday nozil qilingan ermas»,— dedi. Ibn Mas’ud: «Men buni Janob Rasulullohga o‘qib berganimda, ul zot: «Juda chiroyli o‘qidingiz!» — deb aytganlar»,— dedilar. Birdan haligi odamdan aroq hidi keldi. Shunda Ibn Mas’ud: «Sen Ollohning Kitobini yolg‘onga chiqarish birlan birga aroq ham ichayotirsanmi?!» — deb unga hadd (darra) urdirdilar».

Abdulloh raziyallohu anhu aytadilar: «Ibodatga loyiq zot bo‘lmish o‘zi tanho Olloh haqi! Ollohning Kitobidan qaysi sura nozil kilingan bo‘lsa, men uning qaerda nozil qilinganini hamda qaysi oyat nozil qilingan bo‘lsa, men uning ne haqda nozil qilinganini bilurman. Agar biror kishining Ollohning kalomini mendan yaxshiroq biluvchi erkanini bilsam, uning oldiga, u tuyada boradirgan joyda bo‘lsa ham, borur erdim!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:38:15
Qatoda aytadilar: «Men Anas ibn Molikdan. «Qur’onni kim jam qilgan?»—deb so‘radim. Anas: «To‘rt kishi, hammalari ham ansorlardan bo‘lib, ular — Ubay ibn Ka’b, Muoz ibn Jabal, Zayd ibn Sobit va Abu Zayd»,— dedilar».

Anas raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom vafot etdilar hamki, Qur’onni to‘rt kishidan bo‘lak odam jam qilmadi, ular Abu Dardo’, Muoz ibn Jabal, Zayd ibn Sobit va Abu Zayd. Biz Abu Zaydga Qur’on xususida merosxo‘r bo‘ldik».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Umar raziyallohu anhu «Bizga Ubay qiroat qilmoqni o‘rgatur erdilar, biz ersak ul kishining qiroat yo‘llaridan bo‘lakcha o‘qir erdik. Shunda ul kishi. «Men Qur’onni Janob Rasulullohning og‘izlaridan o‘rganganman, uni hech narsa evaziga tark qilmasman, Olloh taolo «Qaysi oyatni mansux qilsak yoki uni sizga unutdirsak, undan yaxshirog‘ini yoki uning o‘xshashini ato qilurmiz!» deb aytgan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:39:17
9- bob QUR’ON OCHQICHI

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu aytadilar: «Biz safarda erdik. Bir joyda dam olish uchun to‘xtadik. Shunda bir qizcha kelib: «Mahallamiz sqsoqolini gazanda chaqib oldi, unga yordam qiladirgan hech kim yo‘q, orangizda biror duoxon bormi?» — dedi. Qizchaning gapini eshitib bir odam o‘rnidan turdi, ammo uning duoxonlik qilganini hech ko‘rmagan erdik. U borib bemorga duo o‘qigan erdi, shifo topdi. Tuzalgan bemor xursand bo‘lib unga o‘ttizta qo‘y berdi, sut birlan bizni mehmon qildi. Sherigimiz qaytib kelgandan keyin: «Ilgari ham duoxonlikk qilur erdingizmi yoki endi duoxon bo‘lib qoldingizmi?»—dedik. Ul kishi: «Yo‘q, men «Ummul-Kitob» («Fotiha» surasi) birlan davoladim»,— dedi. Biz bir-birimizga: «Bul haqqa gapirmaylik, yaxshisi Janob Rasulullohdan so‘raylik!»— dedik. Madinaga qaytganimizdan keyin, voqeani Payg‘ambarimizga so‘zladik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Fotiha» surasining shifo erkanligini unga kim o‘rgatdi erkan? Qo‘ylarni taqsim qilingizlarda, mening ulushimni ham beringizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:40:01
«BAQARA» SURASINING FAZILATI

Abu Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Kimki kechqurur! «Baqara» surasining oxirgi ikki oyatini o‘qisa, unga kifoya qilur (ya’ni, balo-ofatlardan himoya qilur)»,— dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni ramazon zakotini yig‘ishga vakil qildilar. Bir odam kelib, oziq-ovqatlardan ola boshladi. Men uni ushladim-da: «Seni Janob Rasulullohning huzurlariga eltaman»,— dedim. U menga: «Kechqurun o‘rningga yotganingda «Oyatal-Kursiyni» o‘qigil, Olloh yuborgan bir qo‘riqchi doim sen birlan birga bo‘lur, tonggacha senga shayton ham yaqinlashmas»,— dedi. Payg‘ambar alayhissalom: «Ul rost aytibdi, ammo ul kazzob shayton erdi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Muhammad 20 Oktyabr 2006, 21:40:12
1-   bob. «Kahf» surasining fazilati

Barro raziyallohu anhu aytadilar: «Bir odam «Kahf» surasini o‘qur erdi, yonida oti bog‘liq turur erdi. nogahon, o‘shal odamni bir bulut qurshab ola boshladi. Buni ko‘rib ot bezovta bo‘ldi. Boyagi odam tong otganda Janob Rasulullohning huzurlariga keldi-da, voqe’ani baen qildi. Janob Rasululloh: «Bu sakiynat (xotirjamlik farishtasi) bo‘lib, Qur’on qiroati sababidan tushgan»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:48:25
2-   bob. «Fath» surasining fazilati

Zayd ibn Aslam otalaridan nahl qilib aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir safarda erdilar. Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu ul zot birlan birga ketaturib bir savol so‘radilar. Janob Rasululloh javob qilmadilar. Hazrat Umar yana so‘radilar, ul zot yana javob qilmadilar. Hazrat Umar yana so‘radilar, ul zot yana javob qilmadilar. Umar raziyallohu anhu: «Onang sendan ajrab qolgur, Janob Rasulullohdan uch marta savol so‘rading, ul zot senga javob bermadilar»,— dedilar-da, tuyalarini choptirib odamlardan ilgarilab ketdilar. «Mening haqimda Qur’on (oyat) nozil bo‘lib qolmasa erdi, deb xavotirlandim,— deydilar Hazrat Umar,— ko‘p o‘tmay bir kishining meni chaqirganini eshitib qoldim. Shunda o‘zimga-o‘zim: «Aytdim-a, mening haqimda oyat nozil bo‘lib qolmasa erdi, deb»,— dedim-da, Rasulullohning oldilariga keldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Bul kecha menga bir sura nozil qilindi, bu sura men uchun quyosh charaqlab turgan butun olamdan ham mahbubroqdur!»— dedilar, keyin «Inno fatahno laka fatham mubiyno» surasini o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:48:48
3- bob. «Qul huvallohu ahad»ning fazilati

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu aytadilar: «Bir odam bir kishining «Qul huvallohu ahad»ni takror o‘qiyotganini eshitib, tong otganda Janob Rasulullohning oldilariga bordi-da: «Falonchi odam «Qul huvallohu ahad»ni amali oz hisoblab, takror o‘qiyotir»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Mening jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, «Qul huvallohu ahad» surasi Qur’onning uchdan bir qismiga tengdir!»— dedilar»

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu ashyaae)sh7ar.ch<Payg‘ambar alayhissalom ashoblariga: «Bir kechada Qur’onning uchdan bir qismini o‘qimog‘ingiz qiyin bo‘lurmi?» — dedilar. Sahobalarga bu mashaqqatli ko‘rinib: «Ey Ollohning rasuli, bunga birortamizning qudratimiz yetgaymi?» — deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Olloh yagona va abadiy» degan sura Qur’onning uchdach biridur»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:49:04
4- bob. Ikki «Qul a’uuzu» surasining fazli

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar kasal bo‘lsalar, ikki «Qul a’uuzu» surasini o‘qib, o‘zlariga dam solur erdilar, og‘riqlari kuchayganda ersa, men o‘zim o‘qir erdim-da, barakoti tegsin, deb ul zotning qo‘llari birlan badanlarini silar erdim»

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilarki, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam har kecha to‘shakka yotayotganlarida «Qul huvallohu ahad» birlan ikki «Qul a’uuzu»ni o‘qib, kaftlariga dam urardilar, keyin ikki kaftlari birlan badanlarining qo‘llari yetgan joyigacha silar erdilar, silashni boshlari va yuzlaridan boshlab, ko‘kraklariga qadar davom ettirar erdilar, buni uch bor takrorlar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:49:17
5- bob Qur’on o‘qilganda (osmondan) sakiynat va maloikalarning tushishlari

Muuammad ibn Ibrohim aytadilar: «Usayd ibn Hazir kechasi «Baqara» surasini o‘qiyotgan erdilar, yonlarida otlari bog‘liq turar erdi, birdan ot bezovta bo‘la boshladi. Ul kishi o‘qishdan to‘xtagan erdilar, ot ham tinchlandi, keyin o‘qishni davom ettirgan erdilar, ot yana bezovtalana boshladi. Ul kishi shul tariqa uch bor o‘qib, uch bor o‘qishdan to‘xtadilar Har safar o‘qiganlarida ot bezovtalanar va har safar o‘qishdan to‘xtaganlarida tinchlanar erdi. Shunda ul kishi o‘rinlaridan turib, otning yoniga bordilar Ot bog‘langan joy yaqinida Yahyo ismli o‘g‘illari uxlab yotgan bo‘lib, unga ot shikast yetkazmasaydi, deb xavotir oldilar. Nogahon, osmonga qaragan erdilar, uni bir narsa qoplab turganini ko‘rdilar. Tong otgach, Janob Rasulullohning huzurlariga borib, bo‘lgan voqeani aytib berdilar. Janob Rasululloh «Ey Ibn Hazir, o‘qiyveringiz, ey Ibn Hazir, o‘qiyveringiz!»— dedilar. Usayd ibn Hazir «Yo Rasulalloh, o‘g‘lim Yahyo ot bog‘liq turgan joy yaqinida uxlab yotgan erdi, uni ot bosib olmasaydi, deb qo‘rqdim. Oldiga borgach, osmonga qarasam, bir bulut yanglig‘ narsa turibdi, uning chiroqdek charaqlagan narsalari ham bor. Darhol, tashqariga chiqdim, lekin uni boshqa ko‘rmadim»,—dedilar Janob Rasululloh «Bildingizmi, u ne erkan »—dedilar Usayd «Yo‘q»,— dedilar Janob. Rasululloh «Ushal narsa farishtalar bo‘lib, qiroatingizni eshitib, sizga yaqin kelganlar. Agar siz Qur’onni o‘qiyverganingizda, tong otib qolib, odamlar ham ularni ko‘rib olgan bo‘lur erdilar, ular odamlar nigohidan berkinmas erdilar»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:49:34
6- bob «Janob Rasulullohdan faqat ikki muqova orasidagi narsagina, ya’ni Qur’oni Karim qolgandur»,— degan kishi haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhuning aytishlariga qaraganda, «Shaddod ibn Mu’aqqal ul kishidan «Payg‘ambar alayhissalom o‘zlaridan so‘ng biror narsa qoldirganlarmi?»— deb so‘rabdilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu «Ikki muqova orasidagi narsa, ya’ni Qur’ondan bo‘lak hech narsa qoldirmaganlar»,— debdilar. Shaddod «Biz Muhammad ibn Hanafiyya huzurlariga kirib shu savolni berganimizda ul kishi ham «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki muqova orasidagi narsadan bo‘lak hech narsa qoldirmaganlar» — deb javob berdilar»,— deydilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:49:48
7- bob Qur’onning boshqa kalomlardan afzalligi haqida

Abu Muso al-Ash’ariy aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday dedilar: «Qur’on qiroat qiluvchi kishining utruja (rangi chiroyli, lazzatli, xushbo‘y meva) yanglig‘ mazasi ham, hidi ham yaxshi. Qur’on o‘qimaydirgan kishi ersa, xurmoga o‘xshash mazasi shirin, lekin hidi yo‘q o‘zi fojir, lekin Qur’on o‘qiydirgan kishi rayhon kabi xushbo‘y, ammo mazasi achchiq Uzi fojir va buning ustiga Qur’on o‘qimaydirgan kishi ithamakka o‘xshaydi, uning hidi ham yo‘q, mazasi ham achchiq»

Ibn Umar raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday dedilar: «Utgan ummatlarning Olloh taologa ibodat qilgan davriga qaraganda sizlarning davringiz asr namozi birlan shom namozi o‘rtasicha muddatdur. Sizlarni va yahudiylar birlan nasorolarni o‘zaro taqqoslaydirgan bo‘lsak, bu shunga o‘xshaydiki, bir odam: « Kim kunning yarmiga qadar bir qiyrot-bir qiyrot haq uchun menga ishlab bergay?»—deb o‘ziga xizmatchilar yolladi. Yahudiylar ana shuncha muddat Olloh taologa ibodat qildilar. Keyin u «Kim kunning yarmidan asrgacha menga ishlab bergay?» - dedi. Nasorolar ana shuncha muddat Olloh taologa ibodat qildilar. Keyin sizlar asrdan to shomgacha ikki qiyrot-ikki qiyrot haq uchun ishlaisizlar. Shunda ular: « Biz ko‘p ishladik ammo haqni oz oldik»,— deyishgay. U: «Men sizlarga zulm qildimmi?»—degay. Ular «Yo‘q»,— degaylar. U Bu mening fazlim, uni o‘zim xohlagan kishiga ato etgayman!»—degay»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:50:03
8-bob. Ollohning Kitobi vasiyat qilib qoldirilgani haqida

Talha raziyallohu anhu aytadilar: « Men Abdulloh ibn Abu Avfodan «Payg‘ambar alayhissalom vasiyat qildilarmi? deb so‘radim. Ul kishi «yo‘q» — dedilar. Men: «Unday ersa odamlarga bajarmoqlik buyurilgan vasiyat qanday yozildi, axir Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vasiyat qilmabdilar-ku'»—dedim. Abdulloh «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ollohning Kitobini vasiyat qilib qoldirdilar» — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:50:20
9-bob. Qur’onni tajvid birla o‘qimoq haqida

Olloh taoloning qavli: «Axir, biz sizga nozil qilgan va ularga (har vaqt) tilovat qilinayotgan bu Kitob ularga kifoya qilmaydimi?!»

Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Olloh taolo hech narsaga Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning tajvid birla qilgan qiroatlariga quloq solganchalik quloq solmagan»,— dedilar»

Abu Hurayra raziyallohu anhudan nakl qilinadiki, «Payg‘ambar alayhissalom «Olloh taolo hech bir narsani Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallamning tajvid birla qilgan qiroatlarini eshitganchalik eshitmagan»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:50:33
10- bob Quron o‘quvchiga hasad qilmoq haqida

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu aytadilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman: «Hasad qilish mumkin ermas, ammo ikki kishiga hasad qilsa bo‘lur ulardan biri — agar Olloh taolo bir kishiga Qur’on ato etgan bo‘lsa-yu, u kechayu kunduz Qur’on tilovati birlan mashg‘ul bo‘lsa, ikkinchisi — bir odamki, Olloh taolo unga halol mol bergan bo‘lsa-yu, u kecha-yu kunduz uni sadaqa qilib turgan bo‘lsa»

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:50:53
11-bob. «Orangizdagi yaxshi kishilar — Qur’onni o‘rganib, uni boshqalarga ham
o‘rgatuvchilardur»


Usmon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom «Sizlarning orangizdagi yaxshilaringiz — Qur’onni o‘rganib, uni boshqalarga ham o‘rgatuvchilardur»
—   dedilar»

Usmon ibn Affon raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam «Darhaqiqat, sizlarning fazlda ulug‘roqlaringiz — Qur’onni o‘rganib, uni boshqaga ham o‘rgatuvchingizdur!» — dedilar»

Sahl ibn Sa’d aytadilar: «Bir xotin Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, o‘zini Olloh taolo yo‘lida uning payg‘ambari uchun tortiq qilganini aytdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Mening xotinlarga hojatim yo‘q»,— dedilar. Shunda bir sahobiy «Ey Ollohning rasuli bu ayolni menga nikohlab beringiz!» — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Unday ersa, ayolga mahr ber!» — dedilar. Sahobiy «Mahr topolmagayman»,— dedilar. Janob Rasululloh «Bir temir uzuk bo‘lsa ham una ber!» — dedilar. Sahobiy xafa bo‘lib jim qoldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Qur’ondan nelarni bilursan?» — deb so‘radilar. Sahobiy «Falon va falon suralarni» — deb aytdilar. Janob Rasululloh «Men bu ayolni o‘shal o‘zing bilgan Qur’on evaziga senga nikohlab qo‘ydim»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:51:13
12- bob Qur’onni yoddan o‘qimoq haqida

Saul ibn Sa’d aytadilar: «Bir ayol kelib Janob Rasulullohga «Ey Ollohning rasuli, men sizga o‘zimni hadya qildim!» — dedi. Janob Rasululloh unga boshdan-oyoq bir qarab chiqdilar-da, boshlarini quyi egdilar. Ayol o‘zi haqida ul zotning bir qarorga kelmaganlarini ko‘rib, o‘ltirdi. Janob Rasulullohning ashoblaridan biri turib «Ey Ollohning rasuli, agar sizning bu ayolga hojatingiz bo‘lmasa, uni menga nikohlab qo‘yingiz!» — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam undan «Mahrga biror narsang bormi?»—deb so‘radilar. Sahobiy «Xudo haqi, yuq!»— dedilar. Janob Rasululloh ul kishiga «Uyga borib qara-chi, ehtimol biror narsa toparsan!» — dedilar. Sahobiy ketib, yana qaytib keldilar-da: «Xudo haqi, yo Rasulalloh, hech narsa topolmadim!» — dedilar. Janob Rasululloh yana «Qara-chi, temirdan yasalgan uzuk bo‘lsa ham, mayli!» — dedilar. Sahobiy yana uyga borib, qaytib keldilar-da: «Ey Ollohning rasuli! Temir uzuk ham yo‘q erkan, lekin mana bu ishtonim bor»,—dedilar. Bechora sahobiyning ustlarida hatto ko‘ylaklari ham bo‘lmay, birgina ishtonlarining yarmini ayolga mahr uchun bermoqchi bo‘ldilar. Janob Rasululloh «Ishtoningni qanday mahrga berasan? Agar uni sen kiysang, ayolga va agar ayol kiysa, senga hech vaqo qolmaydi-ku|»— dedilar. Sahobiy uzoq o‘ltirib qoldilar. Keyin, o‘rinlaridan turdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘rdilarki, sahobiy ketayotirlar, ul kishini darhol chaqirtirib: «Qur’ondan qancha sura bilursan?»—deb so‘radilar. Sahobiy «Qur’onning falon va falon surasini bilurman» — deb o‘zlari bilgan suralarni sanab berdilar. «Ularni yoddan qiroat qila olursanmi?» — dedilar. Janob Rasululloh Sahobiy «Ha»,— deganlaridan keyin, ul zot «Bor, o‘zing bilgan Qur’on evaziga seni bu ayolga ega qildim! — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:51:31
13- bob Qur’onni yodlagan kishining uni takrorlab, mustahkamlab turmog‘i
lozimligi haqida


Ibn Umar raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Sohibi Qur’on (hofizi Qur’on) boglab qo‘yilgan tuyaning egasiga o‘xshaydi. Agar u uni bog‘liqda saqlab ehtiyotlasa, olib qolgay, bo‘shatib yuborsa, ketib qolgay»

Abdulloh aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday dedilar: «Kishining «Men mana bu va mana bu oyatni esdan chiqardim» deb aytmog‘i naqadar baxqizlikdur. Qur’onni hech kim o‘zicha esidan chiqarmagay, balki esidan chiqartiriladi. Qur’onni doim takrorlab turingizlar, chunki uning odamlar dilidan chiqib ketishi sho‘x tuyadan ham tezroqqur!»

Abu Muso razilllohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam: «Qur’onni takrorlab turingizlar, chunki u, mening jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, bog‘liq tuyadan ham qochuvchanroqdur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:51:47
14-bob. Ulov minib turib Qur’on qiroat qilmoq haqida

Abdulloh ibn Mugaffal: «Men Makka fathi kuni Janob Rasulullohning tuyalarida o‘ltirib «Fath» surasini qiroat qilganlarini ko‘rdim»,— deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:52:10
15-bob. Bolalarga Qur’onni o‘rgatmoq haqida

Sa’id ibn Jubayr: «Sizlar «mufassal» deb ataydirgan suralarning hammasi «muhkam» suralardur»,— dedilar. Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etgan paytlarda men o‘n yashar bola bo‘lib, «muhkam» suralarni yod olgan erdim»,— dedilar».

Ibn Abbos: «Men «muhkam» suralarni jamladim»,— dedilar. Sa’id: «Muhkam nedur?» — dedilar. Ibn Abbos: «Muhkam — mufassal, ya’ni batafsil suralardur»,— dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:52:29
16- bob. Qur’onni yoddan chiqarmoq haqida, «Men falon va falon oyatlarni yodimdan chiqardim» — deb aytish mumkinmi?

Olloh taoloning qavli: «Biz sizni qiroat qildirurmiz. Bas, siz Ollohning o‘zi unutishingizni xohlagan oyatlardan boshqasini unutmagaysiz»

Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam masjidda bir kishining qiroat qilayotganini eshitib: «Uni Olloh taolo yarlaqasin, u falon suradagi falon oyatni mening yodimga solib qo‘ydi»,—dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi bir kishining bir surani o‘qiyotganini eshitib: «Uni Olloh taolo yarlaqasin, u falon suradagi falon oyatni esimga soldi, bu oyat mening esimdan chiqartirilgan erdi»,— dedilar».

Abdulloh aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Kishining «Men falon va falon oyatni esdan chiqardim» deb aytmog‘i naqadar baxqizlikdur. Qur’on o‘zicha esdan chiqmagay, balki unuttirilgay»,— dedilar».

Abdulloh aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Kishining «Men falon va falon oyatni esdan chiqardim» deb aytmog‘i naqadar baxqizlikdur. Qur’on o‘zicha esdan chiqmay, balki unuttirilgay»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:52:50
17- bob. «Baqara» yoki falon va falon sura deb aytilsa, gunoh sanalmasligi haqida

Abu Mas’ud al-Ansoriy aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Baqara» surasining oxirida ikki oyat bor bo‘lib, kimki ularni kechasi o‘qisa, unga kifoya qilgay»,— dedilar».

Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Hishom ibn Hakimning «Furqon» surasini Janob Rasululloh o‘rgatmagan uslubda o‘qiganini eshitdim. Namozda boshiga chang solishdan o‘zimni tiydim. Namozni o‘qib bo‘lguncha sabr qildim, keyin libosini boshiga o‘rab ushladim-da, unga: «Hozir sen o‘qigan surani senga kim o‘rgatdi?»—dedim. Hishom: «Menga buni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rgatganlar»,— dedi. Men unga: «Yolg‘on gapirayotirsan, xudo haqi, bu surani menga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshqacha o‘rgatganlar!» — dedim. Uni yetaklab Janob Rasulullohning oldilariga keldim. «Ey Ollohning rasuli, manavi «Furqon» surasini siz menga o‘rgatgandan boshqa uslubda o‘qiyotir. Bu surani siz menga o‘rgatgan erdingiz»,— dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Hishom, o‘sha surani o‘qi!» — dedilar. Hishom o‘sha men eshitgan uslubda o‘qidi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Xuddi shunday nozil qilingan»,— dedilar. Keyin, menga: «Ey Umar, siz ham o‘sha surani o‘qingiz!»—deb buyurdilar. Men Janob Rasululloh menga o‘rgatganlaridek qiroat qildim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Xuddi shunday nozil qilingan. Darhaqiqat, Qur’on yetti harfda (etti uslubda qiroat qiladirgan qilib) nozil qilingan. Bas, qaysinisi o‘zingizga oson bo‘lsa, o‘sha uslubda o‘qingiz!» — dedilar».

Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi masjidda bir qorining Qur’on o‘qiyotganini eshitib: «Uni Olloh taolo yarlaqasin, u falon suradagi falon oyatni esimga soldi, men uni tushirib qoldirar erkanman»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:53:33
18-bob. Qiroatda tajvidga rioya qilmoq lozimligi, Olloh taoloning «Qur’onni tajvid qoidasi birlan o‘qingiz!» va «Sizning Qur’onni odamlarga astasekin o‘qib bermog‘ingiz uchun biz uni bo‘lib-bo‘lib nozil qildik» degan qavllari hamda Qur’onni she’r singari bo‘lib-bo‘lib o‘qishning makruhligi haqida

Abdulloh ibn Mas’uddan naql kilinadi: «Bir kishi: «Men o‘tgan kecha «mufassal»ni o‘qib chiqdim»,— dedi. Abdulloh unga: «She’r singari o‘qigansan. Biz haqiqiy qiroatni eshitganmiz. Men Qur’ondagi «nazira» suralarni Janob Rasulullohning o‘zlaridan o‘rganib yodlaganman. Ularning o‘n sakkiztasi «mufassal» va ikkitasi «ho-mim» jumlasiga kiruvchi suralardur»,— dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu «Lo tuharrik bihi lisonaka» oyati haqida bunday deb rivoyat qiladilar: «Qachon Hazrat Jabroil vahiy keltirsalar, Janob Rasululloh tillari va ikki lablarini harakatlantirar erdilar, buning ul zotga mashaqqatli erkanligi shundoqqina sezilib turardi. Bas, Olloh taolo «Lo uqsimu» surasidagi «yodlab olishga oshiqib vahiy so‘zlarini takrorlab tilingizni harakatlantirmangiz, Qur’onni dilingizga jo qilish, uni tilingizda o‘qitish bizning zimmamizdadur» ya’ni, «Vahiyni qalbingizga joylash va uni o‘qitish bizning zimmamizdadur, qachon biz Jabroil tili orqali o‘qib bo‘lsak, shundagina siz unga ergashingiz, agar biz vahiy nozil qilsak, avval uni eshitingiz, - keyin uni sizning tilingiz birlan bayon qilurmiz» degan mazmundagi oyatni nozil qildi. Shundan keyin, qachon Hazrat Jabroil vahiy keltirsalar, ul zot sukut saqlar, ketganlaridan keyin ersa Olloh va’da qilgandek o‘qir erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:53:51
19-bob. Qiroatni cho‘zmoq haqida

Qatoda raziyallohu anhu aytadilar: «Anas ibn Molik raziyallohu anhudan Janob Rasulullohning qiroatlari haqida so‘radim. Anas: «Janob Rasululloh cho‘zib qiroat qilur erdilar»,— dedilar».

Qatoda aytadilar: «Anas raziyallohu anhudan: «Janob Rasulullohning qiroatlari qanday erdi?» —deb so‘ralganda, ul kishi: «Cho‘zib o‘qir erdilar»,— dedilar. So‘ng, Bismillohir rahmonir rahiymning «bismilloh» so‘zini alohida, «ar-rahmon» so‘zini alohida va «ar-rahiym» so‘zini alohida cho‘zib o‘qib ko‘rsatdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:54:02
20- bob. Tarji’ birlan qiroat qilish haqida

Abdulloh ibn Mugaffal aytadilar: «Men Payg’ambar alayhissalomning tuyalari ustida o‘ltirib «Fath» surasini tarji’ birlan o‘qiganlarini eshitdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:54:14
21- bob. Yoqimli ovoz birlan qiroat qilish haqida

Abu Burda aytadilar: «Payg’ambar alayhissalom Abu Musoga (yoqimli ovozlarini nazarda tutib); «Ey Abu Muso, darhaqiqat Olloh taolo tomonidan sizga dovudiylarning surnaylaridan biri ato etilgan»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:54:29
22- bob. Qur’on qiroatini boshqadan eshitmoqni yaxshi ko‘rgan kishi haqida

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Menga bir Qur’on o‘qib bersangiz!» —dedilar. Men: «Sizga men Qur’on o‘qib berayinmi, axir Qur’on sizga nozil qilingan-ku?!»—dedim. Janob Rasululloh: «Men Qur’onni o‘zimdan bo‘lakdan eshitmoqni xush ko‘rurman»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:54:41
23-bob. Qur’on o‘qittiruvchining qoriga: «Bo‘ldi, yetarli!» — deb aytmog‘i haqida

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Payg’ambar alayhissalom menga: «Bir Qur’on o‘qib bersangiz!»—dedilar. Men: «Ey Ollohning rasuli, sizga men Qur’on o‘qib berayinmi, axir Qur’on sizga nozil qilingan-ku?!»—dedim. Janob Rasululloh: «Ha, o‘qi!»—dedilar. Men «Niso» surasini o‘qiyotib, «Endi, ul kun na holat paydo bo‘lur, vaqtiki biz chaqirurmiz har ummatdan guvoh va keltirurmiz sizni (ey Muhammad) ularga guvoh qilib» degan oyatga kelganimda, Janob Rasululloh: «Bo‘ldi, yetarli!» — dedilar. Men to‘xtab, ul zotga qaradim, ikki ko‘zlaridan yosh quyilar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:54:55
24-bob. Qur’onning qanchasi o‘qilsa, kifoya qilur?

Olloh taoloning qavli: «Qur’ondan Olloh muyassar qilgancha o‘qingizlar!»

Ibn Shibrimma aytadilar: «Men: «Kishi namozda Qur’onning qanchasini o‘qisa, kifoya qilgay?»—deb fikr qildim. Qur’on suralari ichidan uch oyatli («Al-Kavsar») surasidan kichigini topmadim. Shunda: «Demak, uch oyatdan kam o‘qish mumkin ermas»,— dedim».

Alqama rivoyat qiladilar: «Men Abu Mas’udni Baytullohni tavof qilayotganlarida uchratib qoldim. Shunda ul kishi Janob Rasulullohning «Kimki kechasi «Baqara» surasining oxirgi ikki oyatini o‘qisa, unga kifoya qilur» degan hadislarini zikr qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:55:11
Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: «Otam meni tagli-taxtli bir ayolga uylab qo‘ydilar. Keyin, otam kelindan hol-ahvol so‘rab, mening xususimda ham surishtiribdilar. Shunda kelin: «Erkaklar orasida juda ajoyiblar, lekin hanuz mening to‘shagimda yotganlari yo‘q, hatto men birlan taom ham yemadilarki, hojatxonaga chiqay desalar, men kelganimdan buyon ahvol shu!» — deb javob beribdi. Otam kelinning shikoyati ko‘payib ketgandan keyin, bul haqda Payg’ambar alayhissalomga zikr qilibdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Huzurimga yuboringiz!» — debdilar. Men Janob Rasulullohga uchradim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ro‘zani qanday tutayotir-san?» — deb so‘radilar. Men: «Har kuni»,— dedim. Ul zot: «Qanchada xatm qilayotirsan?» — dedilar. Men: «Har kecha»,— dedim. Ul zot: «Har oy uch kun ro‘za tutgil, har oy bir xatm qilgil!» —dedilar. Men: «Ey Ollohning rasuli, men bundan ko‘progiga qodirman!» —"¢ dedim. Janob Rasululloh: «Unday ersa, bir _jum’ada (haftasiga) uch kun ro‘za tutgil!» — dedilar. Men yana: «Bundan ko‘progiga ham qodirman»,— dedim. Janob Rasululloh: «Bo‘lmasa, ikki kun ogiz ochib, bir kun ro‘za tutgil!»—dedilar. Men: «Bundan ko‘progiga qodirman»,— dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Unday ersa, ro‘zaning afzalini — Dovud alayhissalomning ro‘zalarini tutgil, ya’ni bir kun ro‘za tutgil, bir kun ogiz ochgil, har yetti kunda bir xatm qilgil!» — dedilar. Koshkiydi, Janob Rasulullohning nasihatlarini qabul qilgan bo‘lsam! Mana, endi qaridim, quvvatdan ketdim».

Aytishlaricha, Abdulloh har kuni kunduzi Qur’onning yettidan bir qismini o‘z ahllaridan biriga o‘qib berar erkanlar. Buni kechasi o‘zlariga oson bo‘lsin uchun qilar erkanlar. Ozgina quvvatlanib olmoqni istasalar, bir necha kun ro‘za tutmas, keyin ersa ro‘za tutmagan kunlarining miqdoricha yana ro‘za tutar erkanlar, chunki «Janob Rasulul-lohning tavsiyalariga zid ish qilib qo‘ymokdan qo‘rqar erkanlar. Ba’zilar uch kunda, ba’zilar besh kunda, ko‘pchilik ersa, yetti kunda xatm qilar erdi, deyishadi.

Bu yerda yuqoridagi hadis qisqacha takrorlangan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:55:28
25-bob. Qur’on qiroati vaqtida yig‘lamoq haqida

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Bir Qur’on o‘qib bersangiz!»—dedilar. Men: «Ey Ollohning rasuli, sizga men Qur’on o‘qib berayinmi, axir Qur’on sizga tushirilgan-ku?!» — dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men Qur’onni o‘zimdan bo‘lakdan eshitmoqni xushlayman»,— dedilar. Men «Niso» surasini o‘qiyotib, «Endi, ul kun ne holat paydo bo‘lur, vaqtiki biz chaqirurmiz har ummatdan guvoh va keltirurmiz sizni ularga guvoh qilib» degan oyatga yetganimda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «To‘xta, yetarli!»—deb amr qildilar. Qarasam, Janob Rasulullohning ikki ko‘zlaridan yosh quyilayotir».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:55:52
26- bob. Qur’on qiroati birlan riyo qilguvchi, Qur’on qiroati birlan tirikchilik qilguvchi hamda Qur’on qiroati birlan maqtanguvchi shaxslar haqida

Ali raziyallohu anhu aytadilar: «Men Payg’ambar sallallohu alayhi va sallamdan bunday deb eshitdim: «Zamon oxirida shunday bir qavm kelurki, o‘zlari yosh, aqllari past bo‘lib, Ollohning kalomidan, rasulullohning so‘zlaridan gapirurlar, islomdan ersa o‘q kamondan qanday otilsa, shunday tez chiqurlar, ularning iymonlari tomoqlaridan nariga o‘tmagay. Ularni qaerda ko‘rsangizlar, o‘ldiringizlar, chunki ularni o‘ldirgan odamga qiyomatda ulug ajr bordur!»

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu aytadilar: «Men Janob Rasulullohdan eshitgan erdim, bunday degan erdilar: «Sizlarning ichingizdan shunday bir qavm chiqurki, ular o‘zlarining namozlari birlan namozlaringizni tahqir qilurlar, ro‘zalari birlan ro‘zalaringizni tahqir qilurlar, amallari birlan amallaringizni tahqir qilurlar. Qur’on o‘qisalar, qiroatlari tomoqlaridan nariga o‘tmagay, dindan o‘q kamondan otilgandek tez chiqurlar, o‘qning tigiga qarasalar, ovdan nishon yo‘q, kamonga qarasalar, unda ham hech vaqo yo‘q, ipiga qarasalar ham, hech narsa yo‘q, keyin o‘q otildimi-yo‘qmi, shak qila boshlagaylar» (Mazkur hadisda bora-bora insonlarda, ayniqsa yoshlarda e’tiqodning yo‘qolib ketishi, qalbda samimiy iymonning kamayishi nazarda tutiladi. Odamlarning xo‘jako‘rsinga qiladirgan ibodatu tilovati Ollohning huzurida hech qabuliyatga ega ermasligi bekor ketgan va nishonga tegmagan o‘qqa misol qilinadi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:56:08
27- bob. Dilingizni (xayolingizni) bir joyga yig‘ib Qur’on o‘qingiz!

Jundub ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Payg’ambar alayhissalom: «Dilingizni jamlab Qur’on o‘qingiz, agar dilingiz faromush bo‘lsa, turib ketingiz!»—dedilar».

Abdullohdan nakl qilinadiki, ul kishi bir odamning qiroatini eshitib qoldilar. Abdulloh o‘shal odam qiroat qilgan surani Janob Rasulullohdan o‘rganib, boshqacha uslubda qiroat qilur erdilar. «Men o‘shal odamni qo‘lidan ushlab Janob Rasulullohning qoshlariga olib bordim,— deydilar. Abdulloh,— shunda ul zot: «Ikkovingiz ham chiroyli o‘qiyotirsiz, shunday o‘qiyveringizlar!» —dedilar. Agar yanglishmasam, ul zot yana: «Sizlardan ilgarigi qavm ixtilof qilgan erdi, ixtiloflari ularni halok qildi» — deb ham aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:56:44
NIKOH KITOBI BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Nikohga targ‘ib qilish haqida. Olloh taolo bu xususda: «Bas, nikohlaringizga
olingizlar xotinlardan ta’blaringiz suygan ikki va uch va to‘rttasini»
,—deydi
(«An-Niso» surasi, 3- oyat)

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Uch nafar kishi Janob Rasulullohning ayollari yashaydirgan hujralarga kelib, ul zotning toat-ibodatlari xususida   so‘radi.   Ayollar   bu  haqda  xabar   berishgach,   ular   tortishib:   «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qayoqdalar-u, biz qayoqdamiz, ul zotga tenglashishga bizga yo‘l bo‘lsin! Axir, Olloh taolo ul zotning sobiq va kelgusi gunohlarini mag‘firat qilgan-ku!» — deyishdi. Shunda ulardan biri: «Ammo, men bo‘lsam, doimo tunda namoz o‘qiyman»,— dedi. Boshqasi: «Men og‘iz ochmay uzok, ro‘za tutaman (ya’ni, surunkasiga bir necha kun og‘iz ochmay ro‘za tutaman)»,— dedi. Yana biri: «Men ersam, ayollardan nari yuraman, hech qachon uylanmayman»,— dedi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib, ularga: «Shunday va shunday deb aytgan sizlarmi? Ammo, Olloh taolo haqi, men Olloh taolodan sizlardan ko‘ra ko‘proq qo‘rqib taqvo qilurman, lekin men ro‘za ham tutaman, og‘iz ham ochaman, namoz ham o‘qiyman, dam ham olaman (uxlayman ham), ayollarga uylanaman ham. Kimki mening sunnatimdan yuz o‘girsa, u mendan emasdur (ya’ni, mening ummatim emasdur)!»—dedilar».

Zuhriy rivoyat qiladilar: «Urva Oisha onamizdan Olloh taoloning «Va agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar, bas nikohlaringizga olingizlar xotinlardan ta’blaringiz suygan ikki va uch va to‘rttasini, agar barobar (teng) ta’minlay olmasligingizdan qo‘rqsangizlar, ul holda bir xotin kifoya qilur yoki mulklaringiz bo‘lmish cho‘rilarni nikohingizga olsangiz bo‘lur, bunda umid borki, bir tarafga og‘massizlar» («An-Niso» surasi, 3- oyat) degan oyati karimasi haqida so‘radi. Oisha onamiz: «Ey jiyanim, (odatda) yetim qiz o‘z valiysining nazoratida bo‘lib, valiy uning molu jamoliga qiziqadi-da, bir oz mahr berib unga uylanmoqchi bo‘ladi. Shu boisdan ham, valiylar (etim qiz asraganlar), to‘liq mahr bermay adolaqizlik qiladilar deb, yetimcha qizlarga uylanishdan qaytarildilar, ammo yetimcha qizlardan bo‘lak ayollarga uylanishlariga ijozat berildi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:58:06
1- bob. Janob Rasulullohning «Sizlardan kimda-kim uylanishga qudrati yeqa, uylansin, chunki bu uning ko‘zlarini tuban tushirib, o‘zini zinodan saqlaydi, nikohga hojati bo‘lmagan kimsa uylanarmi-di?!» degan qavllari haqida

Alqama raziyallohu annhu rivoyat qiladilar: «Men Abdulloh birlan birga erdim, Usmon Minoda unga yo‘liqib: «Ey Abu Abdurrahmon, mening senda bir ishim bor»,— dedi, so‘ng ikkalasi chetga chiqdi. Usmon Abdullohga: «Ey Abu Abdurrahmon, biz seni bir bokira qizga uylantirib qo‘yaylikmi?»—dedi. Usmon Abdullohning bunga ehtiyoji yo‘qligini bilgach, menga ishora qilib: «Ey Alqama, men bundan qo‘limni yuvib, qo‘ltig‘imga urdim! Menga u: «Ammo, agar buni birovga ayqang...»,— deyapti. Payg‘ambarimiz ersalar bizga: «Ey yigitlar, sizlardan kimda-kim qudrati yeqa, uylansin, qudrati yetmaganlar ersa, ro‘za tuqin, chunki bundaylarning tuxumi palag‘dadur!» — deb aytganlar»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:58:22
2- bob. Qudrati yetmaganlar ersa, ro‘za tutgin!

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz — kuchimizni qaerga ishlatishni bilmaydirgan bir guruh yigitlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga erdik, shunda ul zot bizga: «Ey yigitlar, sizlardan kimda-kim qudrati yeqa, uylansin, chunki bu uning ko‘zlarini tuban tushirib, o‘zini zinodan saqlaydi, qudrati yetmaganlar ersa, ro‘za tuqin, chunki bundaylarning tuxumi palag‘dadur!»—deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 15:59:41
3- bob. Ko‘pxotinlilik haqida

Ato raziyallohu anohu rivoyat qiladilar: «Biz Ibn Abbos birlan birgalikda Sarafga — Maymunaning janozasiga bordik. Shunda Ibn Abbos: «Bu Janob Rasulullohning jufti halollaridur, agar tobutlarini ko‘tarsangizlar, silkitmay, titratmay asta yuringizlar, chunki Janob Rasulullohning to‘qqizta xotinlari bor erdi, ul zot sakkiztasiga ajratib, bittasiga ajratmas erdilar»,— dedi». (Maymuna onamiz boshqa onalarimizga nisbatan sabrqanoatliroq bo‘lgan bo‘lsalar, Janob Rasululloh ul muhta-ramaga g‘azotda olingan o‘ljalardan ulush ajratmagan bo‘lishlari mumkin, yana Olloh taoloning o‘zi yaxshiroq bilur!)

Anas raziyallohu aihu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning to‘qqizta xotinlari bo‘lib, bir kechada hammasini aylanib chiqardilar».

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Ibn Abbos menga: «Uylandingmi?» — dedi. Men: «Yo‘q»,— dedim. U: «Uylangin, zero bu ummatning eng yaxshisi (ya’ni, Janob Rasulul-loh) — eng xotini ko‘pidur!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:01:51
4- bob. Kim nima niyatda hijrat yoki biror kori xayr qilgan bo‘lsa, albatta o‘shanga erishadi, xotin olmoqni niyat qilgan xotin oladi

Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Ishlar niyatga bog‘liqdur, darhaqiqat kishi niyat qilgan narsasiga muyassar bo‘ladi. Kimki Olloh taolo birlan uning rasuli yo‘lida hijrat qilgan bo‘lsa, hijrati Olloh taolo birlan uning rasuli yo‘lida bo‘lgan bo‘ladi, kimki mol-dunyo uchun hijrat qilgan bo‘lsa, mol-dunyoga erishadi yoki uylanmoq uchun hijrat qilgan bo‘lsa, uylanadi, chunki nimani deb hijrat qilgan bo‘lsa, o‘shanga erishadi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:02:13
5- bob. Hamrohi Qur’onu islom bo‘lgan muhtoj kishini uylantirmoq lozimligi haqida

Ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘azot qilur erdik, xotinlarimiz yo‘q erdi. Shunda, biz: «Yo Rasulalloh, dunyodan toq o‘tmaylikmi?»—dedik. Ul zot bizni bunday qilmog‘imizdan qaytardilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:02:45
6-bob. Kishining o‘z musulmon birodariga: «Qaysi xotinimni istasang, o‘shani tanla, seni deb men undan voz kechaman!» — deb aytmog‘i xususida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Abdurrahmon ibn Avf kirib keldi, Janob Rasululloh uni Sa’d ibn ar-Rabi’ birlan aka-uka tutintirib qo‘ydilar. Sa’dning ikkita xotini bo‘lib, u Abdurrahmonga: «Ahlu ayolim birlan molu dunyomning teng yarmini o‘zingga olgil!» — deb taklif qildi. Shunda, Abdurrahmon: «Olloh taolo senga, ahlu ayolingga hamda molu dunyongga baraka ato eqin, meni bozorga olib boringizlar!» — dedi. Uni bozorga olib borishgan erdi, u ozgina pishloq, ozgina sariyog xarid qildi. Bir necha kundan keyin, Janob Rasululloh uni uchratib qoldilar, qo‘lida (yoki egnida) bir sarig narsaning dogi bor erdi. Ul zot unga: «Ey Abdurrahmon, ahvoling nechuk?» — dedilar. U: «Bir ansoriya xotinga uylandim»,— dedi. Ul zot «Nima berding?» — dedilar. Abdurrahmon: «Danakdek oltin»,— dedi. Ul zot: «Bitta qo‘y so‘yib bo‘lsa ham, to‘y qilgil!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:03:10
7-bob. Tarki dunyo qilmoq va dunyodan toq  o‘tmoqning makruhligi haqida

Sa’d ibn Abu Vaqqos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Usmon ibn Maz’unga dunyodan toq o‘tmoqni rad qildilar, agar ul kishiga ijozat berganlarida biz ham dunyodan toq o‘tgan bo‘lur erdik!».

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga gazot qilur erdik, hech narsamiz (xotinlarimiz) yo‘q erdi. Shunda, biz. «Yo Rasulalloh, dunyodan toq o‘taylikmi?»—dedik. Ul zot bizni bunday qilmoqqan qaytardilar, so‘ng mahriga bir ko‘ylak berib bo‘lsa ham, uylanmog‘imizga ruxsat berdilar. Keyin, «Ey mo‘minlar, Olloh taolo sizlarga halol qilgan ne’matlarni harom qilmangizlar va tajovuz qilmangizlarki, Olloh taolo tajovuz qilguvchilarni yaxshi ko‘rmaydi» degan oyati karimani bizga qiroat qildilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, men yosh (yigit)man, biror yomon ish qilib qo‘ymasaydim, deb o‘zimdan xavotirlanaman, uylanay desam, hech vaqom yo‘q!» — dedim. Ul zot gapimga javob bermadilar. Men boyagi gapimni yana takrorladim, ul zot yana indamadilar. Men yana qaytardim, ul zot yana sukut qildilar, men yana aytdim, shunda ul zot menga: «Ey Abu Hurayra, senga munosib ko‘rilgan narsani allaqachonlar (taqdir) qalami bitib qo‘ygandur, bunga tan ber yoki tan berma (baribir taqdiringdagi bo‘ladi)»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:03:28
8- bob Bokira qizlarni nikohlab olish xususida

Ibn Abu Mulayka rivoyat qiladilar: «Ibn Abbos Oisha onamizga «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sizdan bo‘lak bokiraga uylanmaganlar»,— dedi».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, agar bir vodiyga tushsangiz-u, ul yerda mevasidan yeyilgan va mevasidan hali yeyilmagan ikki daraxtni ko‘rsangiz, qaysi birining tagida tuyangizni o‘tlatar erdingiz!» — dedim. Ul zot «Usha hali mevasidan yeyilmagan daraxtning tagida!» — dedilar» Oisha onamiz bu birlan Janob Rasulullohning o‘zlaridan bo‘lak bokiraga uylanmaganlarini nazarda tutyaptilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Sen menga tushimda ikki bor ko‘rsatilgansan, bir kishi seni bir parcha ipak matoga o‘rab ko‘tarib ketayotgan ermish-u, menga «Bu sening xotining!» — der ermish. Keyin, men matoni ochib ko‘rsam, haqiqatan ham bu sen ermishsan. Shunda, men «Agar bu tushim Olloh taolo tarafidan sodir qilingan bo‘lsa, albatta uni ro‘yobga chiqaradi!»—deb qo‘ydim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:03:43
9- bob Juvon ayollar haqida

Ummu Habiba rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Na qizlaringizni va na singillaringizni menga taklif qilmangizlar!»— dedilar» (ya’ni, Janob Rasululloh o‘z xotinlarining ilgarigi erlaridan bo‘lgan qizlarini va ularning singillarini nazarda tutib «Mening ularga uylanishim mumkin ermas, Olloh taolo buni harom qilgan»,— deyaptilar, chunki ularning qizi Janob Rasulullohga o‘gay qiz, singillari ersa, qaynsingil bo‘ladi)

Jobir ibn Abdulloh; rivoyat qiladilar «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘azotdan qaytdik. Men tuyamni tezlatib ildamlab ketdim. Bir otliq ketimdan yetib kelib, qo‘lidagi tayoq birlan tuyamni nuqidi, tuyam sen ko‘rgan eng chopqir tuya kabi lo‘killab yugurib ketdi. Janob Rasululloh buni ko‘rib «Nega shoshyapsan?» — dedilar. Men: «Chillali kuyovman»,— dedim. Ul zot «Bokiraga uylandingmi yoki juvongami?» — dedilar. Men «Juvon»,— dedim. Ul zot «Qiz bola bo‘lganida bir-biringizga ovunchoq bo‘lgan bo‘lur erdingizlar!» — dedilar (hazilla-shib) Yetib borgach, uylarimizga kirmoqchi bo‘lib erdik, ul zot «Kech kirguncha kirmay turingizlar, toki (xotinlaringiz) to‘ziq sochlarini tarab olsin, o‘zlaringiz bo‘lsangizlar, soch-soqollaringizni olib ulguringizlar!»—dedilar».

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men uylandim Janob Rasululloh menga «Kimga uylanding?»—dedilar. Men «Juvonga»,— dedim. Ul zot «Nechun bokiraga uylanmading? Bokiraga uylanganingda erdi, (noz-karashma qilib) o‘ynashar erdi!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:04:57
10-bob. Yosh bokira qizlarni erga bermoq xususida

Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakr Siddiqdan Oishani o‘zlariga nikohlab bermoqlarini so‘radilar. Abu Bakr Siddiq ul zotga «Darhaqiqat, men sizning birodaringizman!» — dedilar. Ul zot «Siz Olloh taoloning dini va Kitobi bo‘yicha mening birodarimdursiz, shul boisdan Oisha mening uchun haloldur!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:05:38
11-bob. Kimga uylanmoq kerak va qanday ayol uylan-moqqa yaxshiroqdur?

Abu Qurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Tuya minadirgan ayollar yaxshiroqdurDuraysh o‘z ayollarini yoshlikdanoq bolajon va eriga mehribon qilib tarbiyalaydi»,—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:06:12
12-bob. Cho‘ri saqlamoq va cho‘risini ozod qilib, keyin unga uylangan shaxs xususida

Abu Burda otalaridan naql qshadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kimda-kim qo‘lidagi cho‘risiga mukammal ta’lim berib, axloq-odob o‘rgatib, so‘ng uni ozod qilib, unga uylansa, ikkita savob olgay, ahli kitoblardan bo‘lmish qaysi bir odam o‘z payg‘ambarlariga hamda menga iymon keltirsa, unga ham ikkita savob tekkay,qaysidir mamluk o‘z valiysining haqini hamda Olloh taoloning haqini ado eqa, u ham ikkita savob olgay»,— dedilar».

Anas raziyallou anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar birlan Madina oralig‘ida uch kun qolib, Safiyyaga uylandilar. Men musulmonlarni Janob Rasulullohning ziyofatlariga taklif qildim. Dasturxonga qo‘yishga na non va na go‘sht bor erdi. Janob Rasululloh: «Boriga qanoat qilingizlar!» — dedilar. Keyin, dasturxonga xurmo, pishloq va yog‘ tortildi, shul tariqa ziyofatlari bo‘lib o‘tdi. Musulmonlar: «Safiyya mo‘minlarning onalaridan biri bo‘larmikan yoki cho‘rilardan biri bo‘larmikan?» — deyishdi. Keyin, ular yana: «Agar uni hijob (parda) ichiga olsalar, demak u mo‘minlarning onalaridan biri bo‘ladi, aks holda cho‘rilaridan biri bo‘ladi»,— deyishdi. Janob Rasululloh Safiyyaning kajavasi ketlaridan yo‘lga tushganda, u birlan odamlar orasiga parda tortib qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:06:30
13-bob. Cho‘rining ozod qilinganligini unga berilgan mahr, deb hisoblagan kishi
haqida


Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safiyyani ozod qildilar va uning ozod qilinganligini unga berilgan mahr o‘rnida ko‘rdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:06:51
14- bob. Muhtoj (og‘ir ahvolda qolgan) kishini uylantirish xususida. Olloh taolo: «Agar faqir bo‘lsalar, Olloh o‘z fazlidan ato etib, ularni boy qiladi»,— deydi.

Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Bir ayol Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, o‘zimni sizga bag‘ishlagani kel-dim!»—dedi. Janob Rasululloh unga qarab bir o‘qrayib qo‘ydilar-da, boshlarini quyi tushirdilar. Ayol, Janob Rasulullohning o‘zi xususida biror qarorga kelmaganlarini ko‘rgach, o‘ltirdi. Shunda Janob Rasulullohning sahobalaridan biri o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, agar sizning bu ayolga ehtiyojingiz bo‘lmasa, meni unga uylantirib qo‘yingiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «Mahr uchun biror narsang bormi?» — dedilar. U: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqi, hech vaqom yo‘q!»—dedi. Ul zot: «Uyingga borgin-da, mahrga yaragulik biror narsa topib kel!» — dedilar. U uyiga borib, qaytib keldi-da: «Yo Rasulalloh, xudo haqi, hech narsa topolmadim!» — dedi. Ul zot: «Bor, loaqal bir temir uzuk bo‘lsa ham, olib kel!» — dedilar. U yana borib, qaytib keldi-da: «Yo Rasulalloh, xudo haqi, hatto bitta temir uzuk ham topolmadim, ammo mening mana bu izorim (ishtonim) bor»,— dedi. Uning ridosi (badanning beldan tepa qismini berkitadirgan kiyim) bo‘lmay, faqat izori bor erdi, demak u mahrga izorining yarmini berishi kerak erdi. Janob Rasululloh: «Izoringni qanday qilib mahrga berasan? Agar uni sen kiysang, ayolingga undan hech vaqo qolmaydi va agar uni ayoling kiysa, senga undan hech vaqo qolmaydi»,— dedilar. Boyagi sahoba uzoq vaqt o‘ltirib qoldi. Keyin, Janob Rasululloh o‘rinlaridan turib, uning mung‘ayib o‘tirganini ko‘rdilar-da, uni qoshlariga chaqirdilar. U qoshlariga kelgach: «Qur’ondan nimalarni bilasan?»—dedilar. U: «Men falon va falon suralarni bilaman» — deb o‘zi bilgan suralarni sanay ketdi. Janob Rasululloh: «Ularni yoddan qiroat qila olasanmi?»—dedilar. U: «Ha»,— dedi. Janob Rasululloh: «Ketaver, Qur’ondan yod bilgan surala-ringni mahr qilib, bu ayolni senga olib berdim!» —   dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:07:49
15-bob. Din borasida tenglar haqida.

 Olloh taolo: «Va uldur ul zotiki, yaratdi suvdan odamizodni keyin qildi uni nasab va kuyovlik sohibi va sening parvardigoring qodirdur» (ya’ni, maniydan insondek bir izzatli maxluqni yaratdi, keyin undan naslu nasab va kuyovlik aloqalarini vujudga keltirdi, birgina ojiz insondan jamoalar paydo qildi») («Al-Furqon» surasi, 54- oyat)

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Badr g‘azotida bo‘lgan Abu Huzayfa Solimni o‘ziga o‘g‘il qilib olib, uni akasining qizi Hind (binti al-Valiyd ibn Utba ibn Rabiy’a)ga uylantirib qo‘ydi. U bir ansoriyning xotinining mavlosi erdi. Shuningdek, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham Zaydni o‘zlariga o‘g‘il qilib olgan erdilar. Johiliyat davrida odamlar o‘g‘il qilib olingan bolani o‘sha o‘g‘il qilib olgan odamning ismi birlan, ya’ni «Ey falonchining o‘g‘li» deb chaqirishar erdi. Keyin, Olloh taolo «Ularni (o‘g‘il qilib olingan bolalarni) o‘z otalarining ismi birlan chaqiringizlar!...» degan oyati karimasini nozil qildi. Abu Huzayfa ibn Utbaning xotini Sahla binti Suhayl ibn Amr al-Qurayshiy (keyinroq, al-Omiriy) Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, biz Solimni bola, deb hisoblar erdik, bu haqda Olloh taolo o‘z oyati karimasini nozil qilganini endi bildim»,— dedi-da, bo‘lgan voqeani aytib berdi».

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zibo’a binti az-Zubayrning huzuriga kirib: «Menimcha, sen haj qilmoqchiga o‘xshaysan?»
—   dedilar. Zibo’a «Olloh taolo haqi, bunga kasalligimdan bo‘lak mone’lik yo‘q » — dedi. Janob Rasululloh unga «Hajga niyat  qilavergil-da, «Yo parvardigoro, o‘zing meni qimirlay olmaydirgan qilib qo‘ygan joyimda (kasal qilib yotqizib qo‘ygan joyimda) hajimni qabul qilgaysan!» — deb iltijo qilgil!» — dedilar. Bu ayol Miqdod ibn al-Asvadning xotini erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:08:14
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh «Ayolga uning quyidagi to‘rt narsasi uchun uylanasan molini, zotini, jamolini va diynini deb. Agar (o‘z diningdan chiqib boshqa) dindagi ayolga uylansang, xayriyatga erishmaysan!» — dedilar».

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Mana bu masala xususida nima deysizlar?»—deb so‘radi. Ular (sahobalar) «Agar biror ayolni xotinlikka so‘ragan bo‘lsa, unga uylanmog‘i lozim, agar shafoat talab qilinsa, shafoat qilmog‘i darkor va agar birov gapirsa, eshitmog‘i lozim»,— deyishdi. Keyin, u indamay faqir musulmonlarning oldiga borib «Mana bu masalaga nima deysizlar?» — deb so‘radi. «Agar biror ayolni xotinlikka so‘ragan bo‘lsa, uylanmasa ham bo‘ladi, agar shafoat talab qilinsa, shafoat qilmasa ham bo‘ladi va agar birov gapirsa, eshitmasa ham bo‘ladi»,— deyishdi. Janob Rasululloh «Bu (Din xususida barchani barobar ko‘rgan odam) — yer yuzi to‘la ana shundaylardan ham yaxshiroqdur!» — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:08:42
16- bob Boylik borasida tenglar va kambag‘al ayollarga uylanish xususida

Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Urva Oisha onamizdan Olloh taoloning «Va agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar» degan oyati karimasi haqida so‘radi. Oisha onamiz bunday dedilar «Ey jiyanim, yetim qiz o‘z valiysining nazoratida bo‘ladi, u ersa qizning jamoli va moliga ega bo‘lib olmoqchi bo‘ladi-da, unga kam mahr berib uylanmoqqa intiladi. Shul boisdan ular (valiylar) yetim qizlarga uylanmoqdan qaytarildilar, ammo yetim qizlarga insof qilib, mahrini to‘la-to‘kis bersalar, ularga uylanishlari mumkin bo‘ldi, aks holda ulardan bo‘lak ayollarga uylanish buyurildi. Shundan so‘ng, odamlar Janob Rasulullohdan fatvo so‘rashib erdi, Olloh taolo «Va ey habib, odamlar sizdan xotinlarni nikohlariga olmoq xususida fatvo surarlar («nikohlaringizga olmoqchi bo‘lasizlar ularni» degan qavligacha)» degan oyati karimasini nozil qildi. Olloh taolo ularga «Agar yetim qiz go‘zal va badavlat bo‘lsa, to‘la mahr bermay unga uylanishga intildingizlar, agar xunuk yoki kambag‘al bo‘lsa, ularni qo‘yib, boshqa ayollarga uylandingizlar»,— dedi. Yetim qizlarni kambag‘al yoki xunuk, deb ularga uylanmaganlaridan keyin, ularning husni va jamoli uchun ham uylanmoqlariga yo‘l yo‘qdur. Ammo, ularga insof qilib, to‘la-to‘kis mahr bersalar, uylanmoqlari mumkindur»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:09:37
17-bob. Xotindan sodir bo‘ladirgan baxqizlik xususida. Olloh taolo: «Darhaqiqat, xotinlaringizdan va bolalaringizdan ayrimlari sizga dushmandur!»—deydi

Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Baxqizlik xotinda, xonadonda va otdadur»,— dedilar».

Ibn Umar: «Odamlar Janob Rasulullohning huzurlarida baxqizlik xususida so‘zlashdi. Shunda, ul zot «Agar biror narsada baxqizlik bo‘lsa, u ham xotinda, xonadonda va otdadur»,— dedilar».

Sahl ibn Sa’d bunday deydilar. «Janob Payg‘ambarimiz alayhissalom «Agar biror narsada (baxqizlik) bo‘lsa, u ham otda, xotinda va xonadondadur»,— dedilar».

Usoma ibn Zayd rivoyat qiladilar. «Payg‘ambarimiz alayhissalom «Uzimdan keyin erkaklarga xotinlardan ko‘ra zararliroq fitna qoldirmadim»,—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:10:05
18-bob. Qo‘l ostidagi ozod ayol xususida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «(Cho‘ri) Bariraga nisbatan uch sunnatni ado etmog‘im kerak erdi, men uni ozod qilib, so‘ng eri huzuriga borish yoki qolish ixtiyorini o‘ziga berdim. Janob Rasululloh: «Uni ozod qilaver, unga homiylik huquqi ozod qilgan shaxsning qo‘liga o‘tadi»,— degandilar. Bir kuni Janob Rasululloh hujramga kirib keldilar, shunda qozon ostiga o‘t qalangan erdi. Ul zot taom hidini sezib: «Qozon ko‘rinmaydimi?» — dedilar. Men: «Bariraga sadaqa qilingan go‘shtni (qozonga solib qo‘yganman), darvoqe siz sadaqa yemaysizku!» — dedim. Ul zot: «Bu go‘sht Bariraga sadaqa qilingan, bizga ersa hadyadur»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:10:33
19- bob. To‘rttadan ziyod xotinga uylanilmaydi. Olloh taolo: «Ikkitadan va uchtadan va to‘rttadan»,— degan

Ali ibn Xusayn raziyallohu anhu: «Ikkitadan va uchtadan va to‘rttadan»,— dedilar. Olloh taolo: «(Farishtalarning ham) ikkitadan va uchtadan va to‘rttadan qanotlari bor-dur»—deydi, ya’ni «ikkita, uchta va to‘rtta».

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Va agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar...» degan oyati karimaning mazmuni shuki, yetim qiz o‘z xojasining nazoratida (qo‘l ostida) bo‘ladi, xojasi uning moliga ega bo‘lib olmoq niyatida unga uylanadi, keyin unga na yaxshi muomala qiladi va na uning moli xususida adolat qiladi, bas bundaylar ta’blari suygan boshqa xotinlardan ikkitasi, uchtasi va to‘rttasiga uylansinlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:10:57
20- bob. «Va sizlarni emizgan onalaringizni...» va (sizlar birlan) emishganlarni va nasab jihatidan ta’qiqlanganlarni (nikohingizga olmog‘ingiz) haromdur!

Janob Rasululloh Oisha onamizning huzurlarida erkanliklarida Oisha onamiz bir kishining Hafsa raziyallohu anhoning huzuriga kirmoqqa ijozat so‘rayotganini eshitib-dilar. Oisha onamiz bunday deydilar: «Shunda, men: «Yo Rasulalloh! Anavi kishi hujrangizga kirmoqqa izn so‘rayotir»,— dedim. Ul zot: «Kimligini ko‘rib turibman, u Hafsaning emishgan amakisi bo‘ladi»,— dedilar. Men: «Agar shunday bo‘lsa, u holda uning emishgan amakisi mening ham huzurimga kirishi mumkin erkan-da?» — dedim. Ul zot:

«Ha, tug‘ishganlik nimani man’ qilsa, emishganlik ham shuni man’ qiladi»,— dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Odamlar Janob Rasulullohga: «Hamzaning qiziga uylanmaysiz-mi?» — deyishdi. Ul zot: «Ul qiz mening emishgan akamning qizlari bo‘ladi!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:11:22
Zaynab binti Abu Salama rivoyat qiladilar: «Abu Sufyonning qizi Ummu Habiba: «Yo Rasulalloh, Abu Sufyonning qizi bo‘lmish singlimga uylaningiz!» — dedi. Ul zot: «Sen shuni istaysanmi?» — dedilar. U: «Ha, men sizga qarshilik qilmayman, mening baxtimga singlim ham sherik bo‘lmog‘ini istayman!» —dedi. Ul zot: «Bu menga sira ham mumkin ermas!» — dedilar. U: «Biz sizni Ummu Salamaning qiziga uylanmoqchisiz, deb yuribmiz!»—dedi. Ul zot: «Ummu Salamaning qiziga?» — dedilar. U: «Ha»,— dedi. Ul zot: «Hatto u mening qo‘limda tarbiyalanmayotgan qiz bo‘lganida ham bu menga mumkin ermas. Axir, u mening emishgan akamning qizi-ku! Men birlan Abu Salamani Suvayba emizgan-ku! Menga qizlaringizni ham, singillaringizni ham taklif qilmangizlar!» — dedilar. Urva bunday deydilar: «Suvayba Abu Lahabning cho‘risi bo‘lib, u uni ozod qilgan erdi, keyin Suvayba Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni emizdi. Abu Lahab o‘lgach, uning oila a’zolaridan biri uni tushida ko‘rdi. U tushida Abu Lahabga: «Qanday savobli ishlaring borligini bilding?» — dedi. Abu Lahab: «Sizlarni tark etgach, Suvaybani ozod qilganimdan bo‘lak biror savobli ishim borligini ko‘rmadim!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:11:43
21-bob. «Ikki yil emizgandan so‘ng, emizish yo‘q!» degan shaxs xususida. Olloh taolo:
«(Va onalar o‘z bolalarini) butun ikki yil davomida emizsinlar, bul hukm emizish muddatin nihoyasiga yetkazmoqni istaganlar uchundur»,— deydi («Al-Baqara» surasi, 233- oyat). Kam va ko‘p (oz va ko‘p muddat) emizishga nima mone’lik qiladi?


Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oishaning hujrasiga kirib kelganlarida uning huzurida bir kishi o‘ltirgan erdi. Shunda ul zotning yuzlari o‘zgargandek bo‘ldi, go‘yoki uni yoqtirmagandek bo‘ldilar. Oisha buni sezib: «Bu mening (emishgan) ukam!» — dedi. Janob Rasululloh: «Ukalarimdan biri, deb hisobladingmi? Emishganlik ochlikdan sut emadirgan go‘daklik chog‘idadur!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:12:33
22- bob Emishgan erkak xususida

Urva bunday deydilar «Abulqu’aysning birodari Oishaning huzurlariga kelib, ichkariga kirmoqka izn so‘radi. U Oishaning emishgan amakilari bo‘lib, bu voqea «Hijob» oyati nozil bo‘lgandan keyin sodir bo‘lgan erdi «Shunda,— deydilar Oisha onamiz,— mening ul kishiga ruxsat bergim kelmadi, keyin Janob Rasululloh kelganlarida qilgan ishimni aytdim. Janob Rasululloh ul kishiga ruxsat bermog‘imni amr qildilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:12:54
23- bob Emizgan ayolning guvohligi haqida

Ubayd ibn Abu Maryam rivoyat qiladilar: «Uqba bunday dedi: «Men bir ayolga uylandim. Keyin, bir qora xotin huzurimizga kelib «Men ikkalangizni ham emizganman»,— dedi. Men Janob Rasulullohning huzurlariga borib «Yo Rasulalloh, men falonchi qizi falonchiga uylanib erdim, bir qora xotin huzurimizga kelib, ikkalamizni ham emizganini aytdi, lekin u yolg‘on gapiryapti»,— dedim. Shunda ul zot yuzlarini teskari o‘girib oldilar, men ro‘paralariga aylanib o‘tib, yana «U yolg‘onchi!» — dedim. Ul zot «U birlan qandai yashaysan? Axir, ikkalangizni ham emizganligini ta’kidlayapti-ku! Uni qo‘ygil!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:13:38
24- bob Qaysi ayollarga uylanmoq halol va qaysi ayollarga uylanmoq haromdur?

Olloh taoloning qavli: «Harom qilindi sizlarga (o‘z) onalaringiz va qizlaringiz va singillaringiz va ammalaringiz va xolalaringiz va birodarlaringiz qizlari va singillaringiz qizlari va sizlarni emizgan onalaringiz (ya’ni, enagalaringiz) va emishgan singillaringiz va xotinlaringiz onalari va sizlar birlan birga yotgan xotinlaringizning qo‘l ostingizda parvarish topayotgan qizlari (ya’ni, o‘gay qizlaringiz) va agar sizlar ularning onalari ila birga yotmagan bo‘lsangizlar, ul holda sizlarga bu gunoh bo‘lmas va shuningdek, o‘z pushtlaringizdan bo‘lgan o‘g‘illaringiz xotinlariga uylanmoqlaringiz va ikki singilni (opa-siigilni) bir nikoxda jam’ qilmoqlaringiz ham sizlarga harom qilindi, illo bo‘lib o‘tgan narsa bo‘lib o‘tgandur, darqaqiqat Olloh taolo mag‘firat qilguvchi, nihoyatda shafqatli zotdur!» («An-Niso» surasi, 23-oyat)

Anas raziyallohu anhu Olloh taoloning «Va erli xotinlar ham (sizlarga xarom qilindi), (kofirlarning sizlar gazotda asir olib) mulkingizga aylangan xotinlari bundan mustasnodur» degan oyati karimasi xususida gapirib: «Kishi o‘z joriyasini o‘z qulidan tortib olsa, hechqisi yo‘q, ammo mushrika ayollarga, ular mo‘mina bo‘lmagunlariga qadar, uylanmangizlar!» —deydilar.

Ibn Abbos «Onasi, qizi va singlisiga uylanmoq harom qilingani kabi, to‘rttadan ortiq ayolga uylanmoq ham haromdur!» — deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:13:59
Ibn Abbos «Nasabdosh ayollardan yetti nav’iga (ona, qiz, singil, amma, xola, birodarlar qizi, singillar qizi) va emishganlardan yetti nav’iga (emizgan enaga, emishgan singil, qaynona, o‘gay qiz, kelin, qaynsingil, kelinoyi) uylanmoq haromdur»,— dedilar, so‘ng Olloh taoloning «Harom qilindi sizlarga (o‘z) onalaringiz» deb boshlanadirgan oyati karimasini qiroat qildilar.

Abdulloh ibn Ja’far bir vaqtning o‘zida Alining qizlari birlan (uning onasidan bo‘lak) ayollariga uylanganlar. Ibn Sirin «Buning hechqisi yo‘q»,— deydilar Hasan ersalar, avval buni «makruh» deb, keyin «buning zarari yo‘q» deb aytganlar. Hasan ibn Hasan ibn Ali bir kechada amakining (onasi boshqa-boshqa) ikki qiziga uylanganlar Jobir ibn Zayd buni qarindoshlik munosabatlariga putur yetkazishi mumkinligidan «makruh» deb, «Aslida bunga ta’qiq yo‘q, chunki Olloh taolo (24- oyatda) «Mana shulardan boshqa ayollarga uylanmog‘ingiz sizlarga halol qilindi» — «degan»,— deydilar. Ikrima Ibn Abbosdan naql qilib: «Agar kishi o‘z xotinining singlisi birlan zino qilgan bo‘lsa, unga xotini harom bo‘lib qolmaydi» — deydilar. Abu Ja’far bola birlan uynashgan kishi xususida: Agar u bolaning ortiga kiritgan bo‘lsa bolaning onasiga uylana olmaydi»,— deydilar. Ikrima ibn Abbosdan naql qilib «Agar kishi qaynsinglisi birlan zino qilib qo‘ysa, unga xotini harom bo‘lmaydi» — deydilar. Abu Nasrdan zikr qilinishicha, Ibn Abbos «Xotini harom bo‘ladi»,— deb aytgan erkanlar. Imron ibn Husayn, Jobir ibn Zayd, Hasan va ba’zi iroqliklar «Xotini harom bo‘ladi»—deyishgan erkan. Abu Hurayra «Harom bo‘lmaydi, jimo’ qilaveradi» — deydilar. Hazrat Ali «Harom bo‘lmaydi, bu haqda oyat nozil qilingan»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 21 Oktyabr 2006, 16:14:53
25- bob Olloh taoloning «Va sizlar birlan birga yotgan xotinlaringizning qo‘l ostingizda parvarish topayotgan qizlari...» degan qavli xususida

Ibn Abbos «Ad-Duxuul va al-masiys va al-limos — jimo’ qilishlikdur. Agar kimki: «Bolamning qizi»,—desa, demak u ham o‘z qizidek bo‘lib, unga uylanmog‘i haromdur»,— deydilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ummu Habibaga: «Menga (ilgarigi erlaringizdan bo‘lgan) qizlaringiz birlan singillaringizni taklif qilmangizlar!»—deb aytganlar. Shuningdek, o‘g‘illarning bolalarining xotinlari ham o‘g‘illarning xotinlari kabi bo‘lib, uylanmoqqa haromdur. Ugay qiz, agar o‘gay otaning qo‘l ostida parvarish topmayotgan bo‘lsa ham, o‘gay otaning unga uylanmog‘i haromdur. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘z o‘gay qizlarini uni boqishni o‘z zimmasiga olgan kishiga berganlar. Ul zot qizlarining qizini «qizim» deb ataganlar».

Ummu Habiba rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, Abu Sufyonning qizi sizga darkormi?» — dedim. Ul zot: «Xo‘sh, uni nima qilaman?» — dedilar. Men: «Nikohingizga olasiz»,— dedim. Ul zot: «Shuni xohlaysanmi?» — dedilar. Men: «Sizga bu xususda mone’ligim yo‘q, sizga yetishib erishgan baxtimga singlim ham (menga) sherik bo‘lsa, deyman!» — dedim. Ul zot: «Unga uylanmog‘im mumkin ermas!» — dedilar. Men: «Men eshitdimki, uylanarmishsiz»,— dedim. Ul zot: «Ummu Salamaning qizigami?» — dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Ul zot: «Ugay qizim bo‘lmaganida ham bu menga mumkin ermas, chunki Suvayba meni va uning otasini emizgandur. Menga (ilgarigi erlaringizdan bo‘lgan) qizlaringiz birlan singillaringizni taklif qilmangizlar!» — dedilar».

Hishom: «Usha qiz Abu Salamaning gavhari erdi»,—deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2006, 14:16:30
26- bob. Ikki singilni (opa-singilni) bir nikohda jam’ qilmoqlaringiz qam sizlarga harom qilindi, illo bo‘lib o‘tgan narsa bo‘lib o‘tgandur...»

Ummu Habiba rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, Abu Sufyon qizi bo‘lmish singlimga uylaningiz!» — dedim. Ul zot: «Sen shuni istaysanmi?»—dedilar. Men: «Ha, sizga bul xususda qarshilik qilmayman, men singlimning baxtimga sherik bo‘lmog‘ini xohlayman!»—dedim. Ul zot: «Bu menga mumkin ermas»,— dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqi, biz sizni Abu Salamaning «gavhar» qiziga uylanmoqchisiz deb gapirib yuribmiz»,— dedim. Ul zot: «Abu Salamaning qiziga?»—dedilar, Men: «Ha»,— dedim. Ul zot: «Hatto u mening qo‘l ostimda parvarish topmayotgan bo‘lganida ham, bu menga mumkin ermas, chunki u mening emishgan akamning qizi bo‘lib, Suvayba men birlan Abu Salamani emizgandur. Menga (ilgarigi erlaringizdan bo‘lgan) qizlaringiz birlan singillaringizni taklif qilmangizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2006, 14:18:21
27- bob. Ayol o‘z ammasi ustiga nikohlanmaydi!

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ayolning o‘z ammasi yoki xolasining ustiga nikohlanmog‘ini man’ qildilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ayol na ammasi va na xolasi birlan bir nikohga jam’ qilinmaydi!» — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ayolni o‘z ammasi ustiga ham, xolasi ustiga ham nikohlamoqdan qaytardilar. Biz ayolning xolasini ammasi maqomida, deb bilurmiz. Chunki, Oisha onamiz: «Nasab jihatidan ta’qiqlanganlari kabi, emishganlik jihatidan ham ta’qiqlangandurlar»,— deb aytganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2006, 14:19:08
28-bob. Qizini yoki singlisini birovga uning qizi yoki singlisiga uylanish sharti birlan erga berish haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «shig‘or»dan qaytardilar, «shig‘or» — bir kishining o‘z qizini (yoki singlisini) birovga uning qiziga (yoki singlisiga) uylanish sharti birlan erga berishidur. Bunda har ikki tomon ham mahr bermaydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2006, 14:19:45
29-bob. Ayol o‘zini o‘zi biror erkakka bag‘ishlasa, joizmi?

Hishom otalaridan nahl qiladilar: «Xavla binti Hakim o‘zlarini o‘zlari Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bagishlagan (hadya qilgan) ayollardan biri erdi. Oisha onamiz bunday deydilar: «Ammo, ayol o‘zini o‘zi erkakka bag‘ishlamoqdan hayo qiladi. Olloh taoloning «Ulardan (xotinlaringizdan) istaganingizning navbatini keyinga surmog‘ingiz sizga joizdur» degan qavli nozil bo‘lganda, men Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, parvardigoringizning sizning xohishingiz xususidagina oshiqayotganini ko‘ryapman!» — dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 22 Oktyabr 2006, 14:20:26
30-bob. Ehromdagi kishining nikohi (eqromdagi kishining uylanmog‘i) haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ehromda bo‘la turib, uylandilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:46:58
31-bob. Nihoyat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muvaqqat nikohdan qaytardilar

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar gazoti vaqtida muvaqqat nikoh (nikohul-mut’a)dan va xonaki eshaklar go‘shtini yemoqdan qaytardilar».

Abu Hamza rivoyat qiladilar: «Men odamlarning Ibn Abbosdan muvaqqat nikohga ijozat so‘rashganini eshitganman. Shunda ul kishi ularga ruxsat berib erdilar».

Ibn Abbosning ozod qilingan qullari Abu Hamzaga: «Vunga noiloj ahvolda qolinganda, ayollar yetishmaganda va shunga o‘xshash hollardagina ruxsat qilingan»,— deb aytibdilar.

Salami ibn al-Akva’ rivoyat qiladilar: «Biz lashkarlar orasida turgan erdik. Shu payt Janob Rasululloh oldimizga kelib: «Quloq solingizlar, deb sizlarga aytilgan, endi quloq solingizlar!» — dedilar».

Salama ibn al-Akva’ rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar biror erkak va ayol o‘zaro (muvaqqat nikohga) kelishsalar, ul holda ularga uch kecha ishrat qilmoqlik joizdur va agar bundan ziyodroq yoki kamroq ishrat qilmoqni ixtiyor qilsalar, buni o‘zlari kelishib oladilar»,— dedilar. Bu hukm faqat biz g‘azotda yurganlarga taalluqlimidi yoki barchagamidi, buni bilmayman».

Abu Ubaydulloh: «Bu (ya’ni, muvaqqat nikohga berilgan ruxsat) keyin bekor qilingan»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:47:18
32- bob. Ayolning o‘zini o‘zi solih erkakka taklif qilmog‘i haqida

Sobit al-Bunoniy rivoyat qiladilar: «Men Anasning huzurida erdim, qizi ham shu yerda erdi. Anas: «Bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga keldi-da, o‘zini o‘zi ul zotga taklif qilib. «Yo Rasulalloh, menga ehtiyojingiz bormi?»—dedi»—deb aytdi. Anasning qizi: «Voy behayo, voy sharmanda, voy sharmanda!» — dedi. Anas qiziga: «U sendan yaxshiroqdur, chunki u Janob Rasulullohga yetishmoqni rag‘bat qilib, o‘zini o‘zi ul zotga taklif qildi!» — dedi».

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Bir ayol o‘zini o‘zi Janob Rasulullohga taklif qildi. Shunda bir kishi ul zotga: «Yo Rasulalloh, meni unga uylantirib qo‘yingiz!» — deb iltimos qildi. Janob Rasululloh: «Mahriga nimang bor?»— dedilar. U. «Hech vaqom yo‘q»,— dedi. Janob Rasululloh: «Bor, loaqal bitta temir uzuk bo‘lsa ham, topib kel!»— dedilar. U uyiga borib keldi-da: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqi, hech narsa yo‘q, hattoki temir uzuk ham topolmadim, ammo mana bu izorim (ishtonim)ning yarmi unga (mahr) bo‘la qolsin!»—dedi. Bechoraning egnida ridosi (ko‘ylagi) ham yo‘q erdi. Janob Rasululloh: «Izoringni qanday qilib mahr qilasan, axir uni sen kiysang, xotiningga, u kiysa, senga hech vaqo qolmaydi-ku!»— dedilar. Boyagi kishi tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib, o‘ltirib qoldi. Anchadan keyin, Janob Rasululloh o‘rinlaridan turib, unga ko‘zlari tushdi, uni yonlariga chaqirib (yoki chaqirtirib); «Qur’ondan nimalarni bilasan?», — dedilar. U: «Men falon va falon suralarni bilaman» — dedi-da, o‘zi bilgan suralarni sanay ketdi. Janob Rasululloh: «Biz seni bu ayolga ega qildik!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:47:38
33- bob. Insonning o‘z qizi yoki singlisini xayriyat ahliga (xotinlikka) taklif qilmog‘i xususida

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hafsa binti Umar Janob Rasulullohning sahobalaridan biri bo‘lmish Xaniys ibn Xuzofa as-Sahmiy Madinada vafot etib tul qolgan kezlarda Hazrat Umar al-Xattob bunday deb erdilar: «Men Usmon ibn Affonning huzuriga borib, Xafsani unga (xotinlikka) taklif qildim. U menga: «Biroz uylab ko‘rayin»,— dedi. Men bir necha kecha kutdim, keyin u menga uchrab: «Shu kunlarda uylana olmaydirgan ko‘rinaman»,— dedi. Keyin, men Abu Bakr as-Siddiqni uchratib, ul kishiga: «Agar istasangiz, (qizim) Hafsani sizga nikohlab qo‘yaman»,— dedim. Ul kishi menga lom-mim demadilar, men Usmondan ko‘ra ul kishidan ko‘proq xafa bo‘ldim. Bir necha kecha kutdim. So‘ng, qizim Hafsani Janob Rasululloh o‘zlariga so‘rattirib nikohlariga oldilar. Keyinchalik, Abu Bakr as-Siddiq meni uchratib: «Xafsani menga (xotinlikka) taklif qilganingda lom-mim demaganim uchun mendan xafa bo‘lgan bo‘lsang kerak»,— dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Abu Bakr as-Siddiq: «Sen menga taklif qilgan narsa xususida javob bermogimga Janob Rasulullohning o‘z suhbatlarida Hafsa haqida gapirib o‘tganlaridan xabardor bo‘lganimgina mone’lik qilgan erdi, men ul zotning sirlarini oshkor qila olmas erdim, agar Janob Rasululloh uni olmaganlarida, men olgan bo‘lur erdim»,—dedilar».

Zaynab binti Abu Salama rivoyat qiladilar: «Ummu Habiba Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasulalloh, biz sizni Abu Salamaning «durdona» qiziga uylanasiz, deb yuribmiz!»— dedi. Janob Rasululloh: «Ummu Salamaga uylanmogim mumkinmi? Ummu Salamaga uylanmogim munkin bo‘lmaganidan keyin, uning qiziga ham uylanmogim mumkin ermas, chunki uning otasi mening emishgan birodarimdur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:48:18
34- bob. Olloh azza va jallaning qavli: «Va gunoh bo‘lmas sizlarga ishora ila ul xotinlarga nikoh payg‘omini bersangizlar yoki (ul muddaoni) dillaringizda saqlasangizlar, Olloh taolo sizlarning ularga (nikoq xususida) zikr qilishingizni biladi va lekin ular ila maxfiy ravishda nikoh xususida va’dalashmangizlar, illo qoidaga muvofiq biror so‘z ayqangizlar (gunoh yo‘kdur) va to iddadan chiqmaguncha  nikohga qat’iy qaror ham qilmangizlar va bilingizlarki, Olloh taolo dillaringizda bor  har bir narsani bilib turur, bas undan ehtiyot bo‘lingizlar va bilingizlarki, Olloh taolo  mag‘firatli rahimdil zotdur!» («Al-Baqara» surasi, 235-oyat)

Yuqoridagi oyatdagi «aknantum» — «ko‘nglingizga tugdingiz», «dilingizda saqladingiz» degan ma’noda bo‘lib, berkitilgan, o‘zgalardan yashirilgan har bir narsani anglatadi.

Ibn Abbos oyatdagi «fiymo arraztum bihi min xitbatin-nisoi» degan qavl uaqida so‘zlab: «Masalan, men uylanmoqchi bo‘laman-u, dilimda biror soliha ayolning o‘zimga muyassar bo‘lmogini istayman»,— dedilar.

Qosim: «Biror ayolga uylanmoqni diliga tugib qo‘ygan kishi, o‘sha ayolga «Sen menga azizsan, ko‘nglimdagidek ayolsan, Olloh taolo senga xayriyatni ravo ko‘rsin!» kabi so‘zlarni aytmog‘i mumkin»,— deydilar.

Ato bunday deydilar: «Ishora ila ma’lum qiladi, oshkora aytmaydi. «Men bir xotin olmoq qasdidaman, xudoga shukrki, sen barcha orzu qiladirgan ayolsan!» deb aytadi, ayol ham erkak qay yo‘sinda gap qilgan bo‘lsa, shunday gap qiladi, zarracha ortiq gap aytmaydi. Ayolning valiysi undan yashirincha birovga va’da bermaydi. Agar ayol iddada o‘ltirgan vaqtida biror kishi birlan va’dalashgan bo‘lsa-yu, keyin u uni o‘z nikohiga olgan bo‘lsa, ularni ajratib bo‘lmaydi».

Hasan: «Lo tuvo’iduuhunna sirran» (ular ila maxfiy ravishda nikoh xususida va’dalashmangizlar) degan qavl zaminida zino mavjud»,— deydilar.

Ibn Abbos: «Al-Kitobu ajalah» — «iddasi tugaguncha» demakdur»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:48:34
35-bob. Uylanmasdan burun ayolni ko‘rmoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga bunday dedilar: «Men seni tushimda ko‘rdim, bir farishta seni ipak matoga o‘rab olib ketayotgan erkan. Farishta menga: «Bu sening xotiningdur»,— dedi. Men yuzingni ochib ko‘rsam, haqiqatan ham bu sen erkansan. Shunda men: «Agar bu tushim Olloh taolodan bo‘lsa, albatta ro‘yobga chiqadi!» — deb qo‘ydim».

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, men o‘zimni sizga bag‘ishlagani (hadya qilgani) keldim!» — dedi. Janob Rasululloh unga bir tikilib, so‘ng nigohlarini quyi tushirdilar-da, boshlarini sarak-sarak qildilar. Ayol, ul zotning o‘zi xususida biror qarorga kelmaganlarini ko‘rgach, o‘ltirdi. Shunda sahobalardan biri o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, agar sizning bu ayolga ehtiyojingiz bo‘lmasa, ul holda meni unga uylantirib qo‘yingiz!» — deb iltimos qildi. Janob Rasululloh: «Mahriga berarlik biror narsang bormi?» — dedilar. U: «Xudo haqi, yo‘q, yo Rasulalloh!» — dedi. Janob Rasululloh: «Uyingga borib ko‘rgil, biror narsa toparsan!» — dedilar. U uyiga borib, qaytib keldi-da: «Xudo haqi, hech narsa topmadim, yo Rasulalloh!» — dedi. Janob Rasululloh: «Borib qarab ko‘r, loaqal bitta temir uzuk bo‘lsa ham, topib kel!» —dedilar. U yana borib, qaytib keldi-da: «Xudo haqi, yo Rasulalloh, hatto temir uzuk ham topolmadim. Ammo, mening mana bu izorim (ishtonim) bor»,— dedi. Uning egnida ko‘ylagi bo‘lmay, izorining yarmini ayolga mahr qilib bermoqchi bo‘ldi. Janob Rasululloh: «Izoringni qanday qilib mahriga berasan, axir uni sen kiysang, ayolga, ayol kiysa, senga hech vaqo qolmaydi-ku!» — dedilar. Boyagi kishi uzoq o‘ltirib qoldi. So‘ng, Janob Rasululloh o‘rinlaridan turganlarida uning g‘amgin o‘ltirganini ko‘rib chaqirtirdilar. U kelgach: «Qur’ondan nimalarni bilasan?» — dedilar. U: «Men falon va falon suralarni bilaman» — deya o‘zi bilgan suralarni sanay ketdi. Janob Rasululloh. «Bu suralarni yoddan qiroat qila olasanmi?» — dedilar. U: «Ha»,— dedi. Janob Rasululloh: «Ketaver, Qur’ondan bilgan suralaring evaziga biz seni bu ayolga ega qildik!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:48:54
36- bob. Faqat valiy ishtirokidagina nikoh qilinadi!

Olloh taolo: «Ularga to‘sqinlik qilmangizlar!» — deganda juvonni, shuningdek bokirani ham nazarda tutadi. Olloh taolo yana: «Mushriklarga ular mo‘min bo‘lmagunlari-cha, (musulmon ayollarni) nikoh qilmangizlar!» va «Tul xotinlarni nikohlaringizga olingizlar!» — deydi.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Johiliyat davrida to‘rt xil nikoh mavjud erdi. Ulardan biri bugungi kunda ham bor bo‘lib, kishi o‘z qo‘l ostidagi ayollardan birini yoki o‘z qizini bir kishiga erga beradi, u ersa mahrini berib, uni nikohiga oladi. Ikkinchisi — bir kishi o‘z xotiniga, agar u hayzdan poklangan bo‘lsa: «Birovga bildirmay falonchining oldiga borgin-da, u birlan kelishib dom olishgin!» — deydi, so‘ng u xotinini alohida qilib qo‘yib, to o‘sha kishidan homiladorligi ma’lum bo‘lguncha, unga sira ham qo‘l tekkizmaydi. Xotinining homiladorligi ma’lum bo‘lgach, agar istasa, u birlan yashayveradi. U farzandlik bo‘lish niyatidagina shunday qiladi. Bu nikohni «Uzaro kelishilgan nikoh» deb atashgan. Uchinchisi — o‘ntacha kishi birgalashib bir ayolning huzuriga kirishadi-da, hammalari uni jimo’ qilishadi, agar u homilador bo‘lib, tug‘sa, tuqqanidan keyin bir necha kecha o‘tgach, boyagi kishilarni chorlab odam yuboradi, ulardan birortasi ham o‘zini olib qocholmaydi. Barchalari ayolning huzurida to‘planishadi. Ayol ularga: «Qilgan ishlaringizning oqibatini bildingizlar, mana men tug‘dim, ey falonchi, bu sening farzanding!» — deb ulardan o‘zi xohlagan kishining ismini aytadi-da, bolasini o‘sha kishiga topshiradi, u kishi ersa rad etolmaydi. To‘rtinchisi — ko‘p kishilar yig‘ilishib, barchalari bir ayolning huzuriga kirishadi, ayol ulardan birortasiga ham «yo‘q» demaydi. Bunday xotinlar fohishalar bo‘lib, eshiklari tepasiga belgi sifatida bayroq osib qo‘yganlar, istagan kishi ularning huzurlariga kiravergan. Agar bunday ayollardan biri homilador bo‘lib qolib, tug‘sa, boyagi kishilar uning huzurida to‘planishganda, folbin xotinni chaqirishgan. Keyin, kimga fol chiqqan bo‘lsa, bolani o‘shanga berib yuborishgan, o‘ziga fol chiqqan kishining bolani rad qilishga sira iloji bo‘lmagan. Olloh taolo Muhammad sallallohu alayhi va sallamni payg‘ambar qilib yuborgach, bugungi kundagi nikohdan bo‘lak barcha johiliyat davridagi nikohlar yo‘q qilindi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:49:07
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Olloh taoloning «Kitobda sizlarga aytilgan hukmlar yetim ayollar xususida bo‘lib, sizlar ularga Olloh taolo tomonidan buyurilgan narsani (mahrni) bermay uylanishga intilasizlar» degan oyati karimasi odamlar qo‘lida tarbiyalanayotgan yetim qizlar haqida bo‘lib, har ikkalasining (valiy birlan yetim qizning) moli o‘rtada bo‘lishi ham mumkin. Shunda qizning eng yaqin kishisi bo‘lmish valiy qizning molini qizg‘anganidan uni birovga erga bermay, o‘zi uylanishga ha-rakat qiladi».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar kuyovlari Ibn Xuzofa as-Sahmiy Madinada vafot etib, qizlari Hafsa tul qolgan kezlarda bunday deb aytgan erdilar: «Usmon ibn Affonni uchratib, ul kishiga: «Agar istasangiz, Hafsani sizga nikohlab beraman»,— dedim. Usmon: «Bir o‘ylab ko‘raychi»,— dedi. Men bir necha kecha kutdim. Keyin, Usmon menga uchrab: «Shu kunlarda uylana olmaydirganga o‘xshayman»,— dedi. So‘ng, men Abu Bakr Siddiqni uchratib: «Agar istasangiz, Hafsani sizga nikohlab beraman»,— dedim».

Mu’aqqal ibn Yasor «Ularga to‘sqinlik qilmangizlar!» degan oyati karimaning o‘zlari haqlarida nozil bo‘lganini aytib, bunday deydilar: «Men singlimni bir kishiga erga bergan erdim, u uni taloq qildi. Keyin, u singlimning iddasi tugaganda uni yana xotinlikka so‘ratgani keldi. Men unga: «Men seni uylantirdim, uy-joyli qildim, izzat-ikrom qildim, sen bo‘lsang, uni taloq qilib, endi yana xotinlikka so‘ratgani kelding, Olloh taolo haqi, endi sira ham uni senga qaytarib bermaymiz!» — dedim. U yomon odam ermasdi, singlim ham unikiga qaytib bormoqni istardi. Shunda Olloh taolo «Ularga to‘sqinlik qilmangizlar!» degan oyati karimasini nozil qildi. Men Janob Rasulullohga: «Endi to‘sqinlik qilmayman, yo Rasulalloh!» — dedim. Ul zot: «Uni eriga (qayta) turmushga ber!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:49:26
37- bob. Agar valiyning (qizga homiylik qiluvchi kishining yoki qizning biror yaqin kishisining) o‘zi kuyov bo‘lsa, unda u nima qilmog‘i kerak?

Mugiyra ibn Shu’ba bir ayolni (amakisining qizini)o‘ziga so‘rattirdi, u uning eng yaqin kishisi erdi. Shunda u bir kishiga (qizning o‘zidan bo‘lak yaqin kishisiga) buyurib erdi, u uni qizga uylantirib qo‘ydi. Abdurrahmon ibn Avf Ummu Hakim binti Qorizga: «Uzingni menga topshirasanmi?»—dedi. U «Ha»—deb javob berdi. Abdurrahmon unga «Bo‘ldi, senga uylandim!» — dedi. Ato qizni ishonti-rish yoki qizni o‘ziga nikohlab qo‘yishni uning qarindoshlaridan biriga buyurish maqsadida «Bo‘ldi, men seni nikohimga oldim»— dedi. Sahl rivoyat qiladiki, bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Men o‘zimni sizga bag‘ishladim!» — dedi. Shunda bir kishi «Yo Rasulalloh, agar sizning bu ayolga ehtiyojingiz bo‘lmasa, meni unga uylantirib qo‘yingiz!» — dedi.

Oisha raziyallohu anho Olloh taoloning «Odamlar sizdan ayollar xususida fatvo so‘raydilar, siz aytipgizki, Olloh taolo sizlarga fatvo berur» degan oyati haqida so‘zlab: «Bu oyat yetim qizlar haqida nozil bo‘lgan bo‘lib, yetim qiz, odatda, biror kishining qo‘lida parvarish topayotgan va o‘z molini xojasining moliga qo‘shib tasarruf qilayotgan bo‘ladi. Xoja ersa unga o‘zi uylanmoqchi bo‘ladi, chunki u qizning molini qizg‘anib, uni birovga erga bergisi kelmaydi. Shul boisdan, Olloh taolo bunday kishilarni o‘z qo‘llarida parvarish topayotgan yetim qizlarga uylanmoqdan qaytardi» — dedilar.

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar:«Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirib erdik, bir ayol o‘zini ul zotga bag‘ishlagani (taklif qilgani) keldi. Ul zot unga bir tikilib qarab, so‘ng nigohlarini quyi tushirdilar-da, indamadilar. Shunda sahobalaridan biri «Yo Rasulalloh, meni unga uylantirib qo‘yingiz!» — dedi. Ul zot «Mahrga berarlik biror narsang bormi?» — dedilar. U «Menda hechnarsa yo‘q»,— dedi Ul zot «Loaqal, bitta temir uzuk top!» — dedilar. U «Hatto temir uzuk ham yo‘q, ammo mana bu choponimni ikkiga bo‘lib, yarmini unga beraman, yarmini o‘zim olaman»,— dedi. Ul zot «Io‘q, bo‘lmaydi. Qur’ondan biror narsa bilasanmi?» — dedilar. U «Ha», — dedi. Ul zot «Bor, ketaver, biz seni Qur’ondan bilgan narsalaring evaziga unga ega qildik!» — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:49:42
38- bob Kishining o‘z qizaloqlarini (balog‘atga yetmagan qizchalarini) birovga nikohlab qo‘ymogi haqida

Olloh taolo «Va hayz ko‘rmagan yosh qizchalarning ham iddalari uch oydur» degan qavli birlan (balog‘atga yetmay birovga nikohlab qo‘yilgan) qizchalarning ham iddalarini uch oy, deb belgilab ko‘ydi («At-Talok;» surasi, 4-oyat)

Hishom otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oishaga olti yashar qizchalik paytida uylanib, to‘qqiz yoshga yetganida unga qo‘shilganlar, u Janob Rasululloh birlan birga to‘qqiz yil yashagan»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:49:59
39- bob Otaning o‘z qizini yoshi ulug‘ kishiga erga bermog‘i haqida

Hazrat Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hafsani o‘zlariga xotinlikka so‘ratdilar, men ul zotni nikohlab qo‘ydim»,— deydilar

Hishom otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oishaga olti yashar qizchalik paytida uylanib, to‘qqiz yoshga yetganida unga qo‘shilganlar Oisha Janob Rasululloh birlan birga to‘qqiz yil yashaganliklari haqida aytganlar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:50:12
40-bob. Sulton (hukmdor) — valiydir!

Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Biz seni Qur’ondan bilgan narsalaring evaziga bu xotinga uylantirdik!» — deb aytganlar.

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga kelib «Men o‘zimni sizga hadya qildim!» — dedi-da, uzoq kutib turib qoldi. Shunda bir kishi «Agar sizning bu ayolga ehtiyojingiz bo‘lmasa, meni unga uylantirib qo‘ya qolingiz!»—dedi. Ul zot «Mahriga berarlik biror narsang bormi?» — dedilar. U «Mening izorimdan bo‘lak hech vaqom yo‘q»,— dedi. Ul zot «Agar izoringni unga bersang, izorsiz qolasanku! Boshqa biror narsa topib kel!»—dedilar. U «Hech narsa topolmadim»,— dedi. Ul zot «Loaqal, bitta temir uzuk bo‘lsa ham, topib kel!» — dedilar. U topib kelolmadi. Shunda ul zot «Qur’ondan biror narsa bilasanmi?» — dedilar. U «Ha, falon va falon suralarni bilaman»,— deb o‘zi bilgan suralarning nomini aytdi. Ul zot «Biz seni Qur’ondan bilgan narsalaring evaziga bu xotinga uylantirdik!» — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:50:59
41-bob. Ota yoki shu kabi kishilar bokira yoki juvonni ularning roziligisiz nikohlamasligi lozim!

Abu X,urayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Tul ayolni, uning o‘zi birlan maslahatlashilmay va bokirani, uning o‘zidan ijozat so‘ramay, nikoxlab qo‘yilmaydi»,— dedilar. Sahobalar: «Yo Rasulalloh, bokira qiz qanday qilib ijozat beradi?» («Ha»,— deydi?)» — deyishdi Ul zot: «Agar sukut qilsa, (rizo bo‘lganidur)» — deb javob qildilar»

Abu Amr rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho «Yo Rasulalloh, bokira hayo qiladi-ku!» — dedilar. Janob Rasululloh «Sukut qilgani rizo bo‘lganidur » — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:51:17
42- bob Agar kishi o‘z qizini erga bersa-yu, u rizo bo‘lmasa, nikoh bekordur!

Yazid ibn Horisaning o‘gillari Abdurrahmon va Mujmi’ rivoyat qilishadi «Xanso’ binti Xuzom al-Ansoriyani otasi erga berdi. U juvon bo‘lib, nikohni rad etdi. Keyin, Janob Rasulullohning huzurlariga kelib bor gapni aytib erdi, ul zot nikohni bekor qildilar»

Yazid ibn Horisaning o‘gillari Abdurrahmon va Mujmi’. «Bir kishi Xuzomdan «Qizingni menga nikohlab qo‘ygil» — deb iltimos qildi, u uni unga nikohlab qo‘ydi» — deb rivoyat qilishadi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:51:41
43- bob Yetim qizni erga bermoq haqida. Olloh taoloning qavli: «Va agar sizlar  yetim qizlarga noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar, bas nikohlaringizga olingizlar (xotinlardan ta’blaringiz suygan ikki va uch va to‘rttasini...)

Bir kishi valiyga (ayolning homiisi yoki yaqin qarindoshiga) «Meni falonchi ayolga uylantirib quyingiz!» — degach, uzoq vaqt kutib qolsa yoki valiy «Mahriga berarlik nimang bor» — deb so‘raganda, u «Falon va falon narsam bor» — deb ayqa-yu, valiy «Biz seni unga uylantirdik!»—desa, joizdur»,— deydilar. Sahl Janob Rasulullohni nazarlarida tutib.

Ibn Shihob rivoyat qiladilar: «Urva Oisha onamizdan «Ey onajon, Olloh taoloning «Va agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar («mulklaringiz bo‘lgan cho‘rilar bo‘lur» degan qavligacha)» degan oyati karimasi kimlar xususida nozil bo‘lgan?» — deb so‘radi. Oisha onamiz bunday dedilar: «Ey jiyanim, odatda yetim qiz biror valiyning qo‘lida parvarish topayotgan bo‘ladi, valiy ersa yetim qizning jamoli va moliga qiziqib, unga to‘la mahr bermay uylanishga intiladi. Shul boisdan ham, valiylar (etim qiz parvarish qilayotgan kishilar) yetim qizlarga uylanmokdan qaytarildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:53:35
44- bob Agar kuyov bo‘lmish kishi valiyga: «Meni falonchi ayolga uylantirib o‘yingiz!» — desa-yu, valiy: «Biz seni falon va falon narsalar evaziga bu ayolga uylantirdik!» — deb ayqa, agarchi kelin bo‘lmishga «Rozimisan?» yoki «Qabul qildingmi?» demasa qam, nikoh joizdur!

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, o‘zini ul zotga taklif qildi. Ul zot «Bugun mening ayollarga hojatim yo‘q»,— dedilar. Bir kishi «Yo Rasulalloh, meni unga uylantirib qo‘ya qolingiz!» - dedi. Ul zot «Mahrga nimang bor'»—dedilar. U «Hech narsam yo‘q»,— dedi Ul zot «Unga loaqal bitta temir uzuk bo‘lsa ham, bergin!» — dedilar. U «Hech narsam yo‘q»,— dedi. Ul zot «Qur’ondan nimalarni bilasan?» — dedilar. U «Falon va falon suralarni»,— dedi. Ul zot «Biz seni Qur’ondan bilgan narsalaring evaziga bu xotinga uylantirdik!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:53:56
45- bob Kishi o‘z birodari xotinlikka so‘ratgan ayolni (qizni) xotinlikka so‘ratmaydi, birodarining uni o‘z nikoxiga olmog‘ini yoki undan voz kechmog‘ini kutadi.

Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deb aytar erdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biringiz savdolashib qo‘ygan narsa ustida ikkinchingizning savdolashmo-gingizdan hamda kishining o‘z birodari xotinlikka so‘ratgan ayolni, toki ul undan voz kechgunicha yoki unga o‘zi ruxsat bergunicha, xotinlikka so‘ratmogidan qaytardilar»

Abu Hurayra Janob Rasulullohdan nakl qilib: «Badgumon bo‘lmangizlar, badgumonlik eng bo‘lmagur gapdur. Gap poylamangizlar, gap tashimangizlar va bir-biringizdan nafratlanmangizlar, Olloh taoloning o‘zaro aka-uka bandalari bo‘lingizlar, kishi o‘z birodari xotinlikka so‘ratgan ayolni xotinlikka so‘ratmasin, birodarining uni o‘z nikohiga olmogini yoki undan voz kechmogini kuqin!»—deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:54:10
46- bob. Xotinlikka so‘ralgan ayoldan voz kechmoqlikningtafsiri

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar qizlari Hafsa tul qolgan kezlarda bunday deb aytgan erdilar: «Men Abu Bakrni uchratib: «Agar istasangiz, qizim Hafsani sizga nikohlab beraman»,— dedim-da, bir necha kecha kutdim. Keyin, uni Janob Rasululloh o‘zlariga so‘ratdilar. Shundan so‘ng, men Abu Bakrni uchratib qoldim, ul kishi menga: «Sening menga qilgan taklifingga ijobiy javob bermogimga faqat bir narsa mone’lik qilgan erdi, u ham bo‘lsa men Janob Rasulullohning Hafsa haqida eslaganlarini bilar erdim, men ul zotning sirlarini oshkor qilolmas erdim, agar undan voz kechganlarida, men uni qabul qilgan bo‘lar erdim!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:54:20
47- bob. Nikohdagi xutba haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Mashriqdan ikki kishi kelib xutba o‘qidi. Shunda Janob Rasululloh: «Ba’zi bayonlarda sihr bordur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:54:35
48- bob. Nikohda doira chalmoq hamda ziyofat qilmoq xususida

Rabi’ binti Mu’avviz ibn Afro’ rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh menga qo‘shilmoq bo‘lib huzurimga kirganlarida, hozir sen o‘ltirganingdek to‘shagimga o‘ltir-dilar. Joriya qizlarimiz doira chalishib, Badr gazotida shahid bo‘lgan ota-bobolarim haqida yiglab kuylay boshlashdi. Ulardan biri: «Bizning oramizda payg’ambar borlar, ul zot ertangi kundan boxabarlar» — deya kuylar erdi. Shunda ul zot: «Bu qo‘shigingni bas qilgil, avvalgi qo‘shigingni aytavergil!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:54:54
49- bob. Olloh taoloning «Va beringizlar xotinlarga ularning mahrlarin xursandlik ila!» hamda «Va bergan bo‘lsangizlar dastlabki xotinlaringizga ko‘p bir molni, qaytarib olmangizlar ul moldan hech bir narsani!», shuningdek «Yoki ularga biror mahr muqarrar qilmay turib» degan qavllari xususida

Sahl aytdilarki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Loaqal, bitta temir uzuk bo‘lsaham!»—deb aytibdilar.

Anas rivoyat qiladilar: «Abdurrahmon ibn Avf danakdek keladirgan oltin berib, bir ayolga uylandi. Janob Rasululloh uni kuyovlik libosida ko‘rib, undan bir narsa haqida so‘radilar. U: «Men danakdek keladirgan oltin berib, bir ayolga uylandim»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:55:05
50- bob. Qur’on evaziga (mahr bermay) uylantirib qo‘ymoq haqida

Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlaridagi bir qavm orasida erdim. Shunda, bir ayol o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh!» — deb murojaat qildi-da, o‘zini ul zotga hadya qilganligini aytdi. Ul zot indamadilar. Keyin, u yana o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh!» —deb murojaat qildi-da, o‘zini ul zotga hadya qilganligini aytdi. Ul zot yana indamadilar. U yana o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh!» —deb murojaat qildi-da, o‘zini ul zotga hadya qilganligini aytdi. Shunda bir kishi o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, meni unga uylantirib qo‘ya qolingiz!» — dedi. Ul zot: «Mahriga berarlik biror narsang bormi?» — dedilar. U: «Yo‘q»,— dedi. Ul zot: «Bor, loaqal bitta temir uzuk bo‘lsa ham, topib kel!» — dedilar. U borib qidirib keldi-da: «Hech narsa yo‘q, hatto temir uzuk ham topolmadim»,— dedi. Ul zot: «Qur’ondan biror narsa bilasanmi?»—dedilar. U: «Men Qur’ondan falon va falon suralarni bilaman»,— dedi. Ul zot: «Bor, ketaver, biz seni Qur’ondan bilgan narsalaring evaziga bu xotinga uylantirdik!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:55:24
51- bob. Mahrning na hajmi va na vazni muhim ermas! Masalan, temir uzuk

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uylanayotgan bir kishiga: «Loaqal bitta temir uzuk bo‘lsa ham!» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:55:36
52- bob. Nikohdagi shartlar

Hazrat Umar: «Ayollar farjining qonuniy halol bo‘lmog‘i nikoh shartlarining to‘la-to‘kis bajarilmog‘iga bog‘likdur!» — deydilar.

Misvar rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘z kuyovlari haqida so‘zlayotib, uning o‘zlariga munosib kuyovlik qilayotganini aytganlarini hamda unga tasannolar o‘qib, maqtaganlarini eshitdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:55:49
53- bob. Nikohdagi makruq shartlar haqida

Ibn Mas’ud: «Ayol o‘z singlisining taloq qilinmog‘ini shart qilib qo‘ymasin!» — deydilar.

Abu .Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ayolning o‘z singlisining taloq qilinmog‘ini talab qilmog‘i makruhdur. Bunday ayolning beti qursin! Zero, unga ham ko‘z tikkan balo bordur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:56:00
54- bob. Uylangan kishining qo‘lidagi sarig‘ dog‘ haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abdurrahmon ibn Avf Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi, uning qo‘lida bir sarig‘ narsaning dog‘i bor erdi. Ul zot undan bu dog‘ning nimaning dog‘i erkanligini so‘radilar. U bir ansoriya ayolga uylanganini aytdi. Ul zot: «Unga qancha mahr berding?» — dedilar. U: «Danakdek keladirgan oltin»,— dedi. Ul zot: «Bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham to‘y qilgil!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:56:12
55- bob.

Humayd raziyallohu anohu rivoyat qiladilar: «Anas: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zaynabga uylanganlarida har safar uylanganlarida qilganlaridek, mu-sulmonlarni ziyofat qilganlar-ku!» — dedi-da, mo‘minlarning onalari hujralariga borib, ularni duo qildi, ular ham uni duo qilishdi. Keyin, qaytib ketayotganida ikki kishini ko‘rib, yana orqasiga qaytdi. Usha ikki kishining chiqib kelayotganini men o‘zim unga xabar qildimmi yoki birov xabar qildimi, buni bilmayman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:56:23
56- bob. Uylangan kishi qanday duo qilinadi?

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdurrahmon ibn Avfda sarig‘ dog‘ borligini ko‘rib: «Bu nima?»—dedilar. U: «Men danakdek keladirgan oltin berib, bir ayolga uylandim»,— dedi. Ul zot: «Borakalloh, bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham to‘y qilgin!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:56:38
57- bob. Kelinni kuyovning huzuriga kuzatgan ayollarni hamda kelinni duo qilmoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga uylandilar. Shunda, onam qoshimga kelib, meni hovliga olib kirdilar. Uyda ko‘pgina ansoriya ayollar bo‘lib, ular menga xayru baraka va baxtli turmush tiladilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:56:49
58- bob. G’azotdan ilgari ayoliga qo‘shilmoqni yaxshi ko‘rgan kishi haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan naql qilib bunday deydilar: «Payg‘ambarlardan biri g‘azotga otlangach, o‘z qavmiga: «Birorta ham kishi xotinlarini olib mening ketimdan g‘azotga ergashmasin, chunki u xotiniga yaqinlik qilmoqni xohlagani birlan, yaqinlik qilolmaydi, g‘azotda bunga imkon yo‘q!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:57:00
59- bob. To‘qqiz yashar qizaloqqa qo‘shilgan kishi haqida

Urva rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oishaga olti yoshligida uylanib, to‘qqiz yoshligida unga qo‘shildilar. Oisha ul zot birlan to‘qqiz yil turmush qurdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:57:14
60- bob. Safarda qo‘shilmoq haqida

Anas rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safiyyaga qo‘shilmoq uchun Xaybar birlan Madina oralig‘idagi bir yerda uch kun turib qoldilar. Men musulmonlarni Janob Rasulullohning to‘y ziyofatlariga taklif qildim. Dasturxonda na non va na go‘sht bor erdi, shul boisdan ul zot boriga qanoat qilmoqni amr qildilar. Dasturxonga xurmo, pishloq va yog‘ tortildi, shu birlan to‘y ziyofatlari bo‘lib o‘tdi. Musulmonlar: «Safiyya mo‘minlarning onalaridan biri bo‘larmikin yoki ul zotning cho‘rilaridan biri bo‘larmikin?» —deyishdi. Keyin, ular o‘zlaricha: «Agar Janob Rasululloh uni hijobga olsalar (parda ortiga yashirsalar), u mo‘minlarning onalaridan biri, basharti olmasalar, cho‘rilaridan biri bo‘ladi»,— deyishdi. Safiyyaning kajavasi Janob Rasulullohning ortlaridan yo‘lga chiqqanda, ul zot u birlan odamlar orasiga parda tortib qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:57:32
61-bob. Ulovga mindirmay va olov yoqmay, kuppa-kunduzi qo‘shilmoq haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga uylandilar. Keyin, onam qoshimga kelib meni hovliga olib kirdilar. Kuppa-kunduzi bo‘lgani uchun ham,  men faqat Janob Rasulullohdan cho‘chirdim».  (Islomdan ilgari kelinni ulovga mindirib, gulxan atrofidan aylantirilgan).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:57:48
62-bob. Ayollar uchun namatlar va shunga o‘xshash narsalar haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namatlarni oldingizlarmi?» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, bizda namat nima qiladi?!» — dedim. Ul zot: «Bo‘lishi kerak!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:58:02
63-bob. Kelinni kuyov huzuriga kuzatib qo‘yuvchi ayollar haqida

Hishom ibn Urva rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho bir kelinni bir ansoriy kuyovning huzuriga kuzatib qo‘ydilar. Janob Rasululloh: «Ey Oisha, musiqa chalib o‘yin-kulgi birlan kuzatib qo‘ydingizlarmi? Ansorlar musiqa chalib o‘yin-kulgi qilishni xush ko‘radilar»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:58:20
64- bob. Kuyovga qilinadirgan hadya haqida

Abu Usmon rivoyat qiladilar: «Men Anas ibn Molikning biz birlan birga «Baniy Rifoa» masjididan o‘tib ketayotib bunday deb aytayotganini eshitdim: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ummu Sulaymning hovlisi yonidan o‘tib ketayotib uning uyiga kirdilar-da, unga salom berdilar. Ushanda ul zot Zaynabga uylanish arafasida erdilar. Ummu Sulaym menga: «Janob Rasulullohga (Zaynabga qo‘shilgan kunlari ertalab) nonushta tortiq qilsak, juda soz bo‘lar erdi!» — dedi. Men unga: «Shunday qilgin!» — dedim-da, xurmo, yog‘ va pishloqdan «haysa» (uch xil narsadan tayyorlanadirgan taom) tayyorlab, uni bir idishga soldim. Keyin, uni olib Ummu Sulaym birlan birgalikda Janob Rasulullohning huzurlariga ravona bo‘ldim. Janob Rasululloh menga: «Qo‘lingdagini qo‘y!» —dedilar, so‘ng: «Falonchilarni hamda yo‘lingda uchragan kishilarni chaqirib kel!» — deb amr qildilar. Men amrlarini bajo keltirib, qaytib keldim. Hovli odamlarga liq to‘ldi. Janob Rasulullohga qarasam, qo‘llarini o‘sha «haysa» ustiga qo‘yib: «Mo shoalloh!» — dedilar. So‘ng, huzurlariga o‘nta-o‘ntadan odam chaqira boshladilar, ular kirib taomdan yeyishdi. Ul zot ularga: «Olloh taoloning ismini aytib yengizlar, har bir kishi o‘ziga nasib qilganicha yesin!» — dedilar. Hamma to‘yguncha yedi. Keyin, ko‘pchilik chiqib ketdi, faqat bir nafar kishi suhbatlashib o‘ltirib qoldi. Bunga mening g‘ashim keldi. So‘ng, Janob Rasululloh chiqib, hujralar tomon yurdilar, men ham ketlaridan chiqdim-da: «Ular ketishdi»,— dedim. Janob Rasululloh qaytib uyga kirib, pardani tashlab qo‘ydilar, men ersam dahlizda turib qoldim. Shunda ul zot: «Ey mo‘minlar, payg‘ambarning uylariga biror taomga taklif qilinganingizdagina kiringizlar, (barvaqtroq kirib taomning) pishishiga intizor bo‘lib o‘ltirmangizlar va lekin qachon chaqirilsangizlar, kiringizlar, vaqtiki taom yeb bo‘ldingizlar, tarqalingizlar va o‘ltirmangizlar o‘zaro suhbatlashib, bu narsa albatta payg‘ambarga ozor berur va payg‘ambar sizlardan hayo qilur va Olloh taolo haqiqatni bayon qilishdan hayo qilmas («Al-Ahzob» surasi, 53-oyat)»,— dedilar».

Abu Usmon: «Anas Janob Rasulullohga o‘n yil xizmat qildi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:58:42
65- bob. Kelin uchun kiyim va boshqa narsalarni birovdan vaqtincha olib turmoq haqida

Xishom otalaridan naql qiladilar: «Oisha raziyallohu anho Asmodan marjonini vaqtincha taqish uchun so‘rab olgan erdilar, yo‘qotib qo‘ydilar. Janob Rasululloh uni qidirib topish uchun bir qancha sohobalarini jo‘natdilar. Shu asnoda namoz vaqti bo‘lib qolib, ular betahorat namoz o‘qishdi (chunki, suv yo‘q bo‘lib, «tayammum» haqidagi oyat hali nozil bo‘lmagan erdi). Keyin, Janob Rasulullohning oldilariga kelishganda, shul haqda ul zotga shikoyat qilishdi. Shunda «tayammum» xususida oyat nozil bo‘ldi. Usayd ibn Huzayr Oisha onamizga: «Xudo xayringizni bersin, Olloh taolo haqi, bundan avval ham siz tufayli Olloh taolo biz musulmonlarga barakot ato etgan erdi!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:59:09
66- bob. Ayoliga qo‘shilmoqchi bo‘lgan kishi nima deb aytmog‘i lozim?

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ammo, agar birortasi ayoliga qo‘shilayotganda: «Bismillohi, yo parvardigoro, meni shaytondan va shaytonni sen bizga ato etadirgan farzandimizdan yiroq qilgil!» — desa, Olloh taolo ularga farzand taqdir qilgan bo‘lsa, shayton unga mutlaqo zarar yetkaza olmaydi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:59:32
67- bob. To‘yda ziyofat bermoqlik — to‘g‘ri ishdur!

Abdurrahmon ibn Avf rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham, to‘y qilgil!»—dedilar».

Anas ibn Molik Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida o‘n yashar bola erdilar, ul kishi bunday dedilar: «Onam meni doimo Janob Rasulullohning xizmatlarini qilishga undar erdilar, men ul zotga o‘n yil xizmat qildim. Janob Rasululloh vafot qilganlarida yigirma yoshda erdim. «Hijob» oyati xususida eng ko‘p bilguvchi kishi men bo‘lib, bu oyat Janob Rasulullohning Zaynab binti Jahsh birlan turmush qurgan kunlari nozil bo‘lgan dastlabki oyat erdi. Ushanda Janob Rasululloh Zaynabga qo‘shilib kuyov bo‘lgach, qavmni to‘y ziyofatiga chorladilar, qavm yeb-ichib, so‘ng chiqib ketdi. Janob Rasulullohning huzurlarida bir necha kishigina uzoq o‘ltirib qoldi. Shunda ul zot o‘rinlaridan turib tashqariga chiqdilar, men ham anavilar chiqib keqin deb, ul zot birlan birga chiqib ketdim. Janob Rasululloh yurdilar, men ham yurdim. Ul zot Oisha onamizning hujralari ostonasiga qadar bordilar, so‘ng anavilar chiqib ketgandur, deb o‘ylab ortlariga qaytdilar, men ham birga qaytdim. Ammo, ul zot Zaynabning huzuriga kirganlarida anavilar hanuz suhbatlashib o‘ltirishar erdi. Janob Rasululloh buni ko‘rib, yana ortlariga qaytdilar-da, Oisha onamizning hujralari ostonasiga qadar bordilar, men ham birgalashib bordim. So‘ng, anavilar chiqib ketgandur, deb o‘ylab yana ortlariga qaytdilar, men ham birga qaytdim. Bu safar qaytganlarida anavilar chiqib ketishgan erdi. Janob Rasululloh o‘zlari birlan mening o‘rtamga parda tashlab qo‘ydilar. Shunda Olloh taolo «Hijob» («Parda») oyatini nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 07:59:57
68- bob. Bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham, to‘y (ziyofat) qilmoq kerak!

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdurrahmon ibn Avf bir ansoriya ayolga uylanganida unga: «Qancha mahr berding?» — dedilar. U: «Danakdek keladirgan oltin»,—dedi».

Humayd: «Men Anasning bunday deb aytganini eshitgan erdim»,— deydilar: «Muhojirlar Madinaga kelishganda ansorlarning uylariga tushishdi. Abdurrahmon ibn Avf Sa’d ibn ar-Rabi’ning uyiga tushdi. Sa’d unga: «Mol-mulkimning yarmini senga beraman va sening uchun xotinlarimning biridan voz kechaman!»— dedi. Abdurrahmon: «Olloh taolo oilang birlan mol-dunyongga barakot ato qilsin!» — dedi-da, bozorga ravona bo‘ldi. U yerda u oldi-sotdi qilgach, biroz pishloq va yog xarid qildi, keyin uylandi. Janob Rasululloh unga: «Bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham, to‘y (ziyofat) qilgin!»— dedilar».

Anas raziyallohu anhu: «Janob Rasululloh birorta ham xotinlarini Zaynabni siylaganchalik ziyofat birlan siylamagan erdilar, Zaynabni bir qo‘y so‘yib siylagan erdilar»,— deydilar.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safiyyani ozod qildilar, so‘ng ozod qilinganligini mahr qilib, unga uylandilar hamda uni «Hays» (xurmo, yog‘ va pishloqdan tayyorlanadirgan taom) birlan siyladilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir ayolga uylandilar. Keyin, meni jo‘natdilar, men borib odamlarni taomga taklif qildim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:00:46
69-bob. Ba’zi ayollarini ba’zi ayollaridan ko‘ra ko‘proq ziyofat birlan siylagan kishi haqida

Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Anasning huzurida Zaynab binti Jahshning to‘yi haqida eslashdi.

Shunda u: «Men Janob Rasulullohning birorta ham xotinlarini Zaynabni siylaganchalik ziyofat birlan siylaganlarini ko‘rmaganman, o‘shanda uni bir qo‘y so‘yib siylagan erdilar»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:01:09
70- bob. Qo‘ydan kamroq narsa birlan ziyofat qilib siylagan kishi haqida

Safiyya binti Shayba: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ba’zi xotinlarini ikki mudd arpa birlan siylagan erdilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:01:38
71- bob. Ziyofat (to‘y)ga aytib kelsa, unga bormoq lozimligi, da’vatga javob bermoq kerakligi va yetti kun ziyofat qilgan kishi haqida

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ziyofatga na bir kun va na ikki kun vaqt ajratmaganlar!

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar birortangiz ziyofatga (to‘yga) taklif qilinsangiz, unga albatta boringiz!» — dedilar».

Abu Muso raziyallohu anhu Janob Rasulullohdan naql qilib: «Asirni ozod qilingizlar, da’vat qilguvchiga ijobat qilingizlar va kasalni borib ko‘ringizlar!» — dedilar».

Barro ibn Ozib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga yetti narsani buyurib, yetti narsadan qaytardilar. Ul zot bizga kasalni borib ko‘rmoqni, janozaga bormoqni, aksa urgan («Alhamdu lilloh» desa), unga («Iarhamukallohu va yashfiyka» deb) javob bsrmoqni, qasamga vafo qilmoqni, mazlumga yordam bermoqni, salom (alik)ni eshittirib aytmoqni va da’vat qilguvchiga ijobat qilmoqni amr qildilar hamda ul zot bizni oltin uzuk taqmoqdan, kumush idish tutmoqdan, miysara, qassiy, istabraq, deboj... kiymoqdan qaytardilar».

Abu Hozim rivoyat qiladilar: «Abu Usayd as-So’idiy Janob Rasulullohni o‘z to‘yiga taklif qildi. Uning xotini (ya’ni, kelin bo‘lmish) o‘sha kuni mehmonlarga o‘zi shaxsan xizmat qildi. Sahl: «Bilasizlarmi, u Janob Rasulullohga nimani ichirganligini? Kechasi birlan turib qolgan xurmolarning suvini ul zot ovqat yeganlarida ichirib yubordi»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:02:04
72-bob. Kimki da’vatga ijobat qilmasa, Olloh taolo birlan uning rasuliga osiylik qilgan bo‘ladi!

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Taomning eng yomoni — kambag‘allar qolib, boylar taklif qshshngan ziyofatdagi taomdur! Kimki da’vatga ijobat qilmasa, Olloh taolo birlan uning rasuliga osiylik qilgan bo‘lur!» — deb aytar erdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:02:30
73-bob. (Qo‘yning) soniga taklif qilinganda borgan kishi haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Agar da’vat qilinsam qo‘y soniga, bergayman albat, Agar hadya qilinsa qo‘y qo‘li, olgayman albat».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:03:26
74- bob. To‘y va shu kabilarga da’vat qilguvchiga ijobat qilmoq haqida

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Agar da’vat qilinsangiz, unga ijobat qilingizlar!» — dedilar». Ab-dullohning o‘zlari to‘y va shu kabilarga da’vat (taklif) qilinsalar, ro‘za bo‘lsalar ham, borar erdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:03:48
75-bob. Ayollar va bolalarning to‘yga bormoqlari haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to‘ydan kelayotgan bir guruh ayollaru bolalarni ko‘rib, qadlarini tikladilar-da: «Parvardigoro! Sizlar mening uchun eng mahbub odamsizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:04:34
76- bob. Da’vat qilingan joyga borganda makruh narsani ko‘rsa, ortiga qaytib ketadimi?

Ibn Mas’ud bir uyda surat borligini ko‘rib, ortlariga qaytib ketdilar.

Ibn Umar Abu Ayyubni uylariga da’vat qildilar. Ul kishi uyda devorga osig‘liq suratli pardani ko‘rib, qaytib ketmoqchi bo‘ldilar. Shunda Ibn Umar: «Bunga bizni xotinlar majbur qildi»,— dedilar. Abu Ayyub: «Bundan qo‘rqsam ham, sendan qo‘rqmayman! Xudo haqi, sizlar birlan bir dasturxonda o‘ltirmayman!» — dedilar-da, ortlariga qaytib ketdilar.

Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari bo‘lmish Oisha onamiz suratli bir kichik yostiq sotib oldilar. Janob Rasululloh uni ko‘rib, ichkariga kirmay, eshik ostonasida turib qoldilar. «Shunda,— deydilar Oisha onamiz,— ul zotning yuzlarida jirkanish alomatini ko‘rib: «Yo Rasulalloh, Olloh taologa va.uning rasuliga tavba qildim, men nima gunoh qilib qo‘ydim erkan?» — dedim. Ul zot: «Anavi yostiq bu yerda nima qilib turibdi?» — dedilar. Men: «Ultirasiz va bosh qo‘yasiz, deb siz uchun sotib oldim»,— dedim. Ul zot: «Mana shu suratlarni chizganlarga qiyomat kuni qattiq azob beriladi va ularga: «O’zlaringiz bunyod qilgan narsangizga jon kirgizingizlar!» — deyiladi»,— dedilar. So‘ng, yana: «Suratlar bor uyga farishtalar kirmaydi!» — deb aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:04:57
77-   bob. To‘y kuni ayolning erkaklar tepasida turib, shaxsan o‘zi ularga xizmat qilmog‘i haqida

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Usayd uylanganida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ul zotning sahobalarini to‘yga taklif qildi. Shunda u ularga taom ham keltirmadi, ularga yaqin ham kelmadi, bizga xizmatni faqat uning xotini Ummu Usaydning o‘zi ado etdi. Ummu Usayd toshdan yo‘nilgan bir togoraga xurmo solib, suvga bo‘ktirib qo‘yib, tuni birlan shunday qoldirgan erdi. Janob Rasululloh taom tanovul qilib bo‘lganlarida u o‘sha xurmolarni ezib, suvini ul zotga quyib berdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:05:15
78-   bob. To‘ydagi mast qilmaydirgan «naqi’» va «sharob» ichimliklari haqida

Abu Hozim rivoyat qiladilar: «Abu Usayd as-So’idiy Janob Rasululloh birlan ul zotning sahobalarini o‘z to‘yiga taklif qildi. Shunda kelin bo‘lmish uning xotini ularga xizmat qilgan erdi. Sahl o‘shanda: «Bilasizlarmi, uning Janob Rasulullohga nima quyib berganini? U togorada tuni birlan ivitilgan xurmo suvini ul zotga quyib berdi»—deb aytgan erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:05:41
79-bob. Ayollar birlan murosa-yu madora qilmoqlik qamda Janob Rasulullohning «Darhaqiqat, ayol qobirg‘aga o‘xshaydi» degan qavllari haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ayol qobirg‘aga o‘xshaydi, agar uni to‘g‘rilayman desang, sindirib qo‘yasan va agar (shundayligicha) foydalanaveraman desang, foydalanaverasan, uning o‘zi (azaldan) qiyshiq!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:06:04
80-bob. Ayollar birlan maslahat qilmoqlik haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Kimki Olloh taologa va qiyomatga iymon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisiga ozor bermasin! Shuningdek, ayollar birlan doimo yaxshilikcha maslahatlashingizlar. Chunki, ular qobirg‘adan yaratilgan bo‘lib, qobirg‘aning eng qiyshiq yeri — uning do‘ng joyidur. Agar uni to‘g‘rilashga harakat qilsang, sindirib qo‘yasan va agar qo‘yib yuborsang (yana qaytib o‘z holiga keladi-da), egriligicha qoladi. Bas, shunday erkan, ayollar birlan doimo yaxshilikcha maslahatlashingizlar!».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz, Janob Rasululloh hayotlik vaqtlarida, «Tag‘in, biror baloga griftor bo‘lib qolmaylik!» deb xavotirlanganimizdan, ayollarimizga biror (qattiq) so‘z aytib, bemalolroq muomala qilishdan qo‘rqar erdik. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot qylganlaridan so‘ng, ayollarimizga (qattiq) gapirib, bemalolroq muomala qiladirgan bo‘ldik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:06:39
81-bob. Uzingizni hamda oilangizni do‘zax o‘tidan saqlangizlar!

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Barchangiz homiy va mas’uldursizlar. Imom (rahbar) ham homiy hamda mas’uldur, er (erkak) o‘z oilasiga homiy va mas’uldur, xotin erining uyiga homiy va mas’uldur, qul xojasining moliga homiy va mas’uldur, zero barchangiz homiy va barchangiz mas’uldursizlar!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:06:59
82- bob. Oila birlan yaxshi muomala qilmoqlik haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Un bitta ayol o‘z erlari xususidagi gaplarni zarracha yashirmasdan oshkor qilishga kelishib olishib, bir yerga to‘planishdi. Birinchi ayol: «Mening erim tuya yanglig‘ tirraqi, yengil bo‘lib — chaqqonmas, semiz bo‘lib — polvonmas!»—dedi. Ikkinchi ayol: «Men erimning sirini oshkor qilmasligim u yoqda tursin, hatto shunday oshkor qilayki, uning bor nuqsonlarini aytib, astar-avrasini chiqarib yuboray!» — dedi (ya’ni, u shugina bir gapi birlan erining kim erkanligini bildirib qo‘ya qoldi) Uchinchi ayol: «Mening erim xudbin, unga bitta so‘z ko‘plik va yarimta so‘z kamlik qiladi»,— dedi. To‘rtinchi ayol: «Mening erim tihomalik bir notavon bo‘lib, na issiq va na sovuq, na tasqara va na jirkanarlidir»,— dedi. Beshinchi ayol «Mening erim, uyga kirganda qoplon kabi uzala tushib dong qotib uxlaydi, ko‘chaga chiqqanda arslon kabi qutirib ketadi (yoki arslonni ko‘rganda dahshatga tushgan kishi kabi pisib qoladi)»,— dedi. Oltinchi ayol: «Mening erim ovqat yesa, biqinidan, suv ichsa, tomog‘idan ko‘rinadirgan bir odam bo‘lib, oilasining na ovqatidan va na suvidan xabar oladi, bola-chaqasining ahvoli nima kechayotir, zarra parvosiga kelmaydi»,— dedi. Yettinchi ayol: «Mening erim o‘ta nimjon bo‘lib, bo‘lar bo‘lmasga dardga chalinaveradi, tegsang, chochilib ketadigandek!» — dedi. Sakkizinchi ayol: «Mening erim quyondek tezotar va moldek sassiq»,— dedi. To‘qqizinchi ayol «Mening erim ustundek baland, tepalikdek salobatli, qurumdek qop-qora va xonanishindir»,— dedi. Uninchi ayol: «Mening erim o‘zi xon, ko‘lankasi maydon, ta’rifi ortiqroqdur bundan ming chandon, qo‘ra ichra tuyalari ko‘pdur, ammo yaylovda oz — bir necha to‘pdur, bu sho‘rlik tuyalar gar soz ovozini eshiqalar, halok bo‘ldik, deb o‘ylagaylar»,— dedi. Un birinchi ayol bunday dedi: «Mening erim Abu Zar’ ikki qulog‘imni isirg‘a birlan bezab, ikki bilagimni tiqmachoqdek qilib semirtirdi, meni maqtab keriltirdi, meni o‘zining ash-Shiqqadagi qo‘ylari hamda yilqi-yu, tuyalari o‘rnida ko‘rdi. Men uning huzurida yomonlik ko‘rmadim, yeb-ichib, huzur-halovatda yashadim. Uning onasi Ummu Abu Zar’ ersa, ichi to‘la qarg‘ish, uyi bedarvoza bir xotindur. O’g‘li Ibn Abu Zar’ — ko‘rpa-yostig‘i juldur, o‘zi bir echki qo‘lini yesa, arang to‘yadi. Qizi Binti Abu Zar’ — ota-onasining g‘irt o‘zi, semizligidan kuylagiga sig‘maydi, bor zahrini cho‘risiga sochadi. Cho‘risi ersa, gapimizni ko‘chaga tashimaydi, o‘g‘ritomoq ermas, uyimizni oyoqosti ham qilmaydi. Bir kuni Abu Zar’ suv to‘la meshdek jussasini so‘lqillatib ko‘chaga chiqdi-da, ikki o‘g‘ilchasi birlan kelayotgan bir ayolni uchrat-di. Ayolning bolalari onasining pinjida o‘ynashayotgan ikki qoplonchadek ikki dona anorni o‘ynashar erdi. Abu Zar’ meni taloq qilib, o‘sha ayolga uylandi. Keyin, men bir erkakka tegib oldim. U men birlan bearmon dom olishdi, menga ilgari bilmagan lazzatlarni, erdan ayolga lozim bo‘lgan barcha rohatlarni baxsh etdi. U menga: «Bori-yo‘g‘imni sen Ummu Zar’ga bag‘ishladim!»— dedi. Agar u menga ato etgan narsalarni jamlab, Abu Zar’ning (barcha idishlariga, hatto) eng kichik idishiga ham solsang, to‘lib-toshib keqa kerak!»

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Habashlar nayzabozlikni mashq qilayotgan erdilar, shunda Janob Rasululloh meni begona ko‘zdan pana qilib turdilar, men tomosha qildim. Biroz tomosha qilgach, ichkariga kirib ketdim, o‘shanda men o‘yin-kulgi qiladirgan yoshdagi bir qizaloq erdim»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:09:12
83- bob Kishining o‘z qiziga uning eri xususida pand-nasihat qilmog‘i

Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Men ancha vaqt Hazrat Umardan Janob Rasulullohning ayollaridan ikkitasi xususida so‘ramoqchi bo‘lib yurdim-u, lekin so‘ray olmadim. Olloh taolo ular haqida «Agar Ollohga tavba qilsangizlar .» degan oyati karimasini nozil qilgan erdi. Hazrat Umar haj qilganlarida men ham birga haj qildim. Hajdan qaytayotib bir yerga kelganda, chekkaga chiqdilar, men ham meshchadagi suvni olib chekkaga chiqdim. Ul kishi hojatdan bo‘shalib qaytgach, qo‘llariga suv quyib berdim, tahorat oldilar. So‘ng, men ul kishidan «Yo mo‘minlar amiri, Olloh taolo Janob Rasulullohning ayollaridan ikkitasi xususida «Agar Ollohga tavba qilsangizlar..» degan oyati karimasini nozil qilgan erkan, ular kimdurlar'»—deb suradim. Hazrat Umar: «Vo ajabo! Shuni ham bilmaysanmi, ey Ibn Abbos?! Ular — Oisha birlan Hafsa-dur»,— dedilar! Keyin, Hazrat Umar bunday deb gaplarida davom etdilar: «Men va mening bir ansoriy qushnim Baniy Umayya ibn Zayd qabilasida erdik. Ular Madina akobirlaridan erdilar. Men va qo‘shnim navbatma-navbat Janob Rasulullohniig huzurlariga borib turar erdik, bir kun u borar erdi va bir kun men borar erdim. Men borib kelsam, o‘shal kun Janob Rasulullohga nozil bo‘lgan vahiy va u yerda bo‘lgan boshqa voqealar haqida unga so‘zlab berar erdim. U borib kelganda ham xuddi shunday qilar erdi. Biz qurayshliklar ayollarimizdan ustun turar erdik. Ansorlar huzuriga kelsak, ularning ayollari erkaklaridan ustun erkan. Natijada, bizning ayollarimiz ularning ayollaridan «ta’lim» ola boshlashdi. Bir kuni xotinimga baqirib erdim, u ham menga baqirib javob qildi. Men: «Gap qaytarma!» — dedim. Xotinim: «Mening og‘zimga urmangiz, xudo haqi, Janob Rasulullohning xotinlari ham ul zotga gap qaytarishadi, Ul zot bugun kechgacha ularning biridan arazladilar»,— dedi. Bundan men qattiq xavotirga tushdim-da, xotinimga: «Ulardan qaysi biri shu ishni qilgan bo‘lsa, albatta badnom bo‘ladi!» — dedim. Keyin, kiyinib qizim Hafsaning huzuriga yo‘l oldim, yetib borgach, ichkariga kirdim-da, unga: «Ey Hafsa, bugun Janob Rasululloh birortangiz birlan kechgacha gaplashmayman, dedilarmi?» — dedim. Qizim: «Ha», — dedi. Men: «Ishonchimni oqlamading, baxtingni boy berding! Olloh taolo Janob Rasulullohning g‘azablari tufayli darg‘azab bo‘lsa, omon qolasizlarmi? Halok bo‘lasan! Janob Rasululloh birlan zinhor aytishma, ul zotga zarracha gap qaytarma, arazlama, nimaiki miyangga kelsa, mendan so‘ra, qo‘shningning yolg‘on-yashiq, balandparvoz gaplariga aldanma, hattoki u Janob Rasulullohga eng mahbuba bo‘lgan Oisha bo‘lsa ham!» — dedim.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:09:39
O’sha paytlarda biz: «G’asson podshohi bizga qarshi urush qilmoq taraddudida otlarini taqalamoqda» — deb xavotirlanib gapirib yurar erdik. Bir kuni ansoriy do‘stim o‘z navbati bo‘yicha Janob Rasulullohning huzurlariga borib, kechki payt qaytib keldi-da, eshigimni qattiq taqillatdi. Shunda, «Biror gunoh qilib qo‘yiptimikan?» deb qo‘rqib, darhol oldiga chiqdim. U menga: «Bugun bir ulkan voqea sodir bo‘ldi!» — dedi. Men: «Nima gap o‘zi, G’asson podshohi bostirib keldimi?» — dedim. U: «Yo‘q, aslo, bundan ham badtar va dahshatliroq, Janob Rasululloh xotinlarini taloq qilibdilar!»—dedi. Men: «Hafsa ishonchimni oqlamadi, baxtini boy berdi. Shunday bo‘lmasaydi, deb xayolimdan o‘tkazgan erdim-a!» — dedim-da, kiyinib olib Janob Rasululloh birlan birga bomdod namozini o‘qidim. Keyin, Janob Rasululloh boloxonalariga kirib, unda yolg‘iz o‘zlari qoldilar. Men Hafsaning huzuriga kirsam, yig‘lab o‘ltiribdi, unga: «Seni yig‘latayotgan narsadan ehtiyot bo‘lmog‘ingni aytmaganmidim?! Mana, endi nima bo‘ldi?! Janob Rasululloh sizlarni taloq qildilarmi?»—dedim. U: «Bilmayman, ul zot hov anavi boloxonada yolg‘iz o‘zlari o‘ltiribdilar»,—dedi. Men tashqariga chiqib, minbar oldiga bordim, qarasam bir to‘da odamlar uning atrofida o‘ltirishibdi, ba’zisi yig‘layapti, men ham ular birlan biroz o‘ltirdim. Keyin, qalbimdagi hislar meni mag‘lub qildi-da, Janob Rasululloh o‘ltirgan boloxona oldiga bordim. Qora xizmatkorlariga: «Umarga ichkariga kirmoqqa ijozat berasizmi, deb so‘rab chiq!» — dedim. Xizmatkor ichkariga kirib, Janob Rasululloh birlan so‘zlashib qaytib chiqdi-da: «Janob Rasulullohga sizning kelganingizni aytdim, indamadilar»,— dedi. Men, noiloj, boyagi minbar atrofida o‘ltirgan odamlar yoniga borib o‘ltirdim. Keyin, qalbimdagi hislar yana meni mag‘lub etib, xizmatkor oldiga bordim-da, unga: «Umarga izn berasizmi, deb so‘rab chiq!»— dedim. U ichkariga kirib chiqib: «Sizning kelganingizni aytdim, indamadilar»,— dedi. Men, noiloj, yana boyagi minbar atrofidagi odamlar oldiga borib o‘ltirdim. So‘ng, qalbimdagi hislar yana meni mag‘lub etib, xizmatkor oldiga bordim-da: «Umarga ruxsat berasizmi, deb so‘rab chiq!» — dedim. U ichkariga kirib chiqib: «Sizning kelganingizni aytdim, indamadilar»,— dedi. Endigina ortimga qaytib ketayotgan erdim, nogahon xizmatkor meni chaqirib: «Ul zot sizga ijozat berdilar»,— dedi. Men Janob Rasulullohning huzurlariga kirsam, ul zot bo‘yra ustida yotibdilar, bo‘yra biqinlariga botib ketibdi. Boshlariga ichiga pohol tiqilgan teridan qilingan yostiq qo‘yib olibdilar. Men ul zotga salom berdim-da, tik turganimcha: «Yo Rasulalloh, xotinlaringizni taloq qildingizmi?» — dedim. Ul zot menga qarab: «Io‘q»,— dedilar. Men: «Ollohu akbar!» — dedim, so‘ng o‘sha tik turgan holimda: «Yo Rasulalloh, agar mening gaplarimga quloq osmog‘ingizni lozim topsangiz, tinglangiz! Sizga ma’lumki, biz Quraysh jamoasi xotinlarimizdan ustun turar erdik, Madinaga kelsak, bul yerdagi qavm ayollari erkaklaridan ustun erkan»,— dedim. Janob Rasululloh bu gapimni eshitib tabassum qildilar. Keyin, men yana davom etib: «Yo Rasulalloh, agar bilsangiz, men Hafsaning huzuriga kirib, unga: «Qo‘shningning yolg‘on-yashiq, balandparvoz gaplariga aldanma, hattoki u Janob Rasulullohga eng mahbuba bo‘lgan Oisha bo‘lsa ham!» — deb aytdim»,— dedim. Shunda ul zot yana bir tabassum qilib ko‘ydilar. Men tabassum qilganlaridan foydalanib, o‘ltirib oldim-da, uylariga ko‘z yugurtirdim. Olloh taolo haqi, uylarida uchta oshlanmagan teridan bo‘lak biror ko‘zga ilinadirgan narsa ko‘rmadim! Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, Olloh taologa iltijo qilib, duo qilingiz, ummatingizga ne’matlarini bisyor qilsin! Olloh taolo Fors va Rum ahliga ne’matlarini bisyor qilgan, ularga mol-dunyo bergan, ular ersalar unga ibodat qilmaydilar»,— dedim. Janob Rasululloh yonboshlab yotgan erdilar, o‘rinlaridan turib o‘ltirdilar-da: «Yo Ibn al-Xattob, rost aytding! Darhaqikat, bu qavmlar barcha ne’matlarni mana shu dunyoda olmoqqa oshiqdilar»,— dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, mening uchun Olloh taolodan mag‘firat tilangiz!» — dedim. Ushanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlari haqlarida Hafsa Oishaga gap tarqatganda xotinlaridan yigirma to‘qqiz kun arazlagan erdilar. Janob Rasululloh Olloh taolo o‘zlariga tanbih berganda xotinlaridan qattiq xafa bo‘lganlaridan: «Men ular huzuriga bir oy kirmayman!» — deb aytgan erdilar. Yigirma to‘qqiz kun o‘tgach, Janob Rasululloh Oishaning hujrasiga kirib, u birlan so‘zlasha boshladilar. Shunda Oisha: «Yo Rasulalloh, siz bizning huzurimizga bir oy kirmayman, deb ont ichgan erdingiz, vaholanki mening hisobimga ko‘ra, yigirma to‘qqiz kun o‘tkazib kirdingiz!»—dedi. Janob Rasululloh: «(Bu) oy yigirma to‘qqiz kundur», dedilar. Darhaqiqat, o‘sha oy yigirma to‘qqiz kun erdi. Oisha: «Keyin, Olloh taolo tanlash ixtiyori berilganligi haqida oyat nozil qildi. Janob Rasululloh ayollaridan eng birinchi bo‘lib men birlan, so‘ng boshqa ayollari birlan gaplasha boshladilar»,— deydilar. Ul zotning boshqa ayollari ham, Oisha kabi: «Bir oy kirmayman deb, yigirma to‘qqiz kunda kirdingiz-ku?!» — deyishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:10:30
84-bob. Ayolning ro‘za tutmoqqa xohish bildirib eridan ruxsat olgachgina ro‘za tutmog‘i haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Eri huzurida bo‘lgan ayol erining iznisiz ro‘za tutmaydi!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:11:23
85-bob. Agar ayol erining to‘shagini tark etib, o‘zi yolg‘iz uxlasa... (ya’ni, boshqa-boshqa
joy solib yoqa...)


Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar er xotinini o‘z to‘shagiga chorlasa~yu, u bosh tortib kelmasa, maloikalar uni tongga qadar la’natlab chiqadilar!»—dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar ayol erining to‘shagini tark etib, o‘zi yolgiz uxlasa, maloikalar uni to erining qo‘yniga qaytguniga qadar la’natlaydilar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:11:49
86-bob. Ayol erining uyiga uning ruxsatisiz biror kishining kirmog‘iga izn bermaydi

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Eri huzurida bo‘lgan ayolning erining iznisiz ro‘za tutmogi halol ermas hamda ayol erining uyiga uning ruxsatisiz biror kishining kirmogiga izn bermasin va erining buyrugisiz biror narsani sarf qilmasin, chunki o‘sha sarf qilingan narsaning yarmi erinikidur!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:12:22
87- bob.

Usoma raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men jannatning darvozasi ostonasiga kelib turdim, u yerga (birinchi bo‘lib) kirayotgan omma miskinlar bo‘lib, boylar ersa to‘xtatib qo‘yilgan erdi. Ammo, do‘zax ahlini do‘zaxga haydamoqqa allaqachonlar amr qilingan bo‘lib, men uning ham darvozasi ostonasiga kelib turdim, ul yerga kirgan omma ayollar erdi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:12:56
88- bob. Bir yostiqqa bosh qo‘ygan erga ko‘rnamaklik qilmoqlik xususida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida quyosh tutildi. Janob Rasululloh namoz o‘qidilar, odamlar ham birgalashib namoz o‘qishdi. Shunda «Surai Baqara» qiroatiga ketganchalik vaqt qiyomda uzoq turdilar, keyin uzoq ruku’ qildilar, so‘ng qadlarini rostlab uzoq qiyomda turdilar, ammo bu safar ilgarigi qiyomdagidan ko‘ra kamroq vaqt sarfladilar, keyin uzoq ruku’ qildilar, ammo bu gal avvalgi ruku’dagidan ko‘ra kamroq vaqt sarf qildilar, so‘ng qadlarini rostladilar, so‘ng sajda qildilar, keyin qadlarini rostlab uzoq qiyomda turdilar, ammo bu safar ilgarigi qiyomdagiga nisbatan kamroq turdilar, so‘ng uzoq ruku’ qildilar, ammo bu gal avvalgidan ko‘ra kamroq vaqt sarf qildilar, so‘ng qadlarini rostlab uzoq qiyomda turdilar, lekin avvalgiga nisbatan kamroq turdilar, keyin uzoq ruku’ qildilar, lekin avvalgiga nisbatan kamroq vaqt sarf qildilar, so‘ng turdilar, so‘ng sajda qildilar, keyin namozxonlarga o‘girildilar. Shu vaqtda quyosh tutilib bo‘lib, charaqlab turgan erdi. Janob Rasululloh odamlarga qarata bunday dedilar:  «Quyosh birlan oy Olloh taoloning mo‘‘jizalaridan ikki mo‘‘jizadur. Ular biror kishining o‘limi yoki hayotligi tufayli tutilmaydilar, agar ularning tutilganini ko‘rsangizlar, darxol Olloh taoloni zikr qilingizlar!». Odamlar: «Yo Rasulalloh! Namoz chog‘ida sizning ana shu turgan yeringizda bir narsani olganingizni ko‘rdik, keyin orqaga tisarildingiz»,— deyishdi. Ul zot:
«Men jannatni ko‘rdim.(yoki menga jannat ko‘rsatildi). Undan bir shingilni uzib olmoqchi bo‘ldim, agar ololganimda erdi, dunyo turguncha undan yer edingizlar. Keyin, do‘zaxni ko‘rdim, bugungidek (dahshatli) manzarani ko‘rmaganman! Qarasam, uning ko‘pchilik ahli ayollar erkan»,— dedilar. Odamlar: «Yo Rasulalloh, nechun bunday?» — deyishdi. Ul zot: «Ko‘rnamaklik qilganlari uchun»,— dedilar. Odamlar: «Olloh taologa ko‘rnamaklik qilganlari uchunmi?» — deyishdi. Ul zot: «Erlariga va ularning qilgan yaxshiliklariga ko‘rnamaklik qilganlar. Agar ayollardan birortasiga umr bo‘yi yaxshilik qilsang-u, keyin sendan zarracha xatolik o‘tganini ko‘rsa, «Sendan sira yaxshilik ko‘rmadim!» deb aytgay»,— dedilar».

Imron bunday deydshar: «Janob Rasululloh: «Jannat namoyon qilindi, qarasam uning ko‘pchilik ahli kambag‘allar erkan, so‘ng do‘zax namoyon qilindi, qarasam uning ko‘pchilik ahli ayollar erkan»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:13:28
89-bob. Xotiningning senda haqi bor!

Abdulloh ibn Amr ibn al-Os rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Abdulloh! Sen kunduzi ro‘za tutib, kechasi birlan ibodat qilib chiqar ermishsan»,— dedilar. Men: «Ha, yo Rasulalloh!»—dedim. Ul zot: «Bunday qilma! Ro‘za ham tut, og‘iz ham och, tunda ibodat ham qil, uxlagil ham, chunki jasadingning ham, ko‘zingning ham, xotiningning ham senda haqi bordur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 08:14:06
90-bob. Ayol erining uyiga homiydur!

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Barchangiz o‘z qo‘l ostingizdagilarga homiy va mas’uldursizlar, amir ham homiydur va er o‘zining xonadon a’zolariga homiydur, xotin ersa erining uyi va uning bolalariga homiydur. Demak, barchangiz o‘z qo‘l ostingizdagilarga homiy va mas’uldursizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:32:06
91-bob. Olloh taolo: «Erlar xotinlarga hokimdurlar, bu shuning uchunki Olloh taolo ba’zilarin ba’zilaridan ortiq qilgandur» («Olloq taolo buyuk va ulug‘ zotdur» degan qavligacha),— deydi

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlari huzuriga bir oy kirmaslikka ont ichib, boloxonalarida yolg‘iz o‘zlari yashadilar, so‘ng yigirma to‘qqiz kun deganda tushdilar, Shunda xotinlari: «Yo Rasulalloh, bir oy kirmaslikka ont ichib erdingizku?!»—deyishdi. Ul zot: «(Bu) oy yigirma to‘qqiz kundur»,—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:32:24
92- bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlaridan arazlaganlarida ularning uylaridan o‘zga joyda (boloxonada) yotib yurdilar

Muoviya ibn Hayda: «Erkak xotinlaridan arazlaganda faqat ularning uylarida yotib yuradi» — deb aytgan erkanlar, ammo yuqoridagi fikr to‘g‘riroqdur.

Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ba’zi xotinlarining huzuriga bir oy kirmaslikka ont ichdilar, so‘ng yigirma to‘qqiz kun o‘tgach, kirdilar. Shunda ul zotga: «Yo Rasulalloh, bir oy kirmaslikka ont ichib erdingizku?!» — deyishdi. Ul zot: «(Bu) oy yigirma to‘qqiz kun bo‘ladi»,— dedilar».

Ibn Abbos bunday deb aytgan erkanlar: «Bir kuni ertalab turib Janob Rasulullohning   xotinlari    yig‘lashayotganini    va   ularning   har    biri    oldida   o‘z qarindoshlari to‘planib turganini ko‘rdim. Keyin, men masjidga chiqdim, qarasam u yerda odam liq to‘la. Hazrat Umar Janob Rasulullohning boloxonalari ostonasiga borib salom berdilar, ichkaridan hech kim alik olmadi, keyin yana salom berdilar, yana hech kim alik olmadi, yana salom berdilar, yana hech kim alik olmadi. Keyin, (endi qaytib ketaman, deb turganlarida) ichkaridan Janob Rasululloh chaqirib qoldilar, Hazrat Umar ichkariga kirdilar-da: «Xotinlaringizni taloq qildingizmi?»—dedilar. Ul zot: «Io‘q, lekin ularning huzuriga bir oy kirmaslikka ont ichdim»,— dedilar. Janob Rasululloh yigirma to‘qqiz kun turib, so‘ng xotinlari huzuriga kirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:32:42
93- bob. Xotinlarni qanday urmaslik kerak? Olloh taolo: «Ularni jonlari og‘rimaydirgan qilib uringizlar!» — deydi

Abdulloh ibn Zam’a rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangiz qulni savalagandek xotiningizni savalamangiz! Keyin, ertasiga u birlan yana yaqinlik qilasiz»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:32:53
94-bob. Ayol gunohovar ish xususida eriga itoat qilmasin!

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir ansoriya ayol qizini erga berdi. Keyin u, qizining sochi to‘kilib ketgach, Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, shul haqda «Kuyovim qizimga ulamasoch (yasamasoch) taqib qo‘ymog‘imni buyurdi»,— dedi Ul zot «Bu mumkin ermas, chunki ulamasoch (yasamasoch taqmoqlik) la’natlangandur!» — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:33:06
95-bob. Agar ayol erining ko‘ngilsiz bo‘lib qolishidan yoki qo‘yib yuborishidan
cho‘chisa...


Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Erining ko‘ngilsiz bo‘lib qolishidan yoki quyib yuborishidan cho‘chiydirgan ayol shunday ayolki odatda eri undan ko‘ngli to‘lmay, uni taloq qilib boshqa xotin olgisi keladi. Shunda o‘sha ayol eriga: «Meni nikohingizda olib qolingiz va meni taloq qilmangiz-da, ustimga boshqa xotin olaveringiz, siz menga nafaqa va mahrni biroz kamroq bersangiz ham mayli!» — deydi. Olloh taolo bu xususda «Va agar bir xotin uz erining ko‘ngilsiz bo‘lishidan yoki yuz o‘girishidan qurqsa-yu, o‘zaro kelishib sulh qilishsa, bu har ikkisiga ham gunoh ermas, sulh yaxshidur!»—deydi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:33:51
96- bob Maniyni tashqariga to‘kish haqida

Jobir raziyallohu anhu: «Biz Janob Rasululloh zamonlarida (bola bo‘lib qolmasin, deb) maniyni tashqariga to‘kar erdik»,— deydilar

Ato Jobirdan naql qiladilar: «Biz maniyni tashqariga to‘kar erdik, keyin bu xususda oyat nozil bo‘ldi»

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «G’azotda asir olingan aeyollarni jimo’ qilayotib, (xomilador qilib qo‘yishdan qo‘rqqanimizdan) maniyni tashqariga to‘kar erdik. Keyin shul haqda Janob Rasulullohdan so‘rab erdik, ul zot bizga: «Yoki o‘zlaringiz shunday qilasizlarmi? Qiyomatga qadar dunyoga keladirgan odamlar allaqachonlar yaratib qo‘yilgandur!» — deb uch bor aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:34:07
97- bob Safarga chiqmoqchi bo‘lganda xotinlari o‘rtasida qur’a tashlamoq haqida

Ibn Abu Mulayka rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarga chiqsalar, xotinlari o‘rtasida qur’a tashlar erdilar. Bu safar ham qur’a tashlab erdilar, qur’a Oisha birlan Hafsaga chiqdi. Odatda, Janob Rasululloh tun bo‘lsa, Oisha birlan suhbatlashgani borar erdilar. Hafsa Oishaga «Sen mening tuyamga va men sening tuyangga minib  olsam-chi,  nima qilishlarini  bir  ko‘rar erdik!» — dedilar.   Oisha: «Bo‘pti!»—dedilar. Keyin, Ja-nob Rasululloh Oishaning tuyasi oldiga kelib, unda Hafsa o‘ltirganini ko‘rdilar-da, unga salom berib qaytib ketib qoldilar. Odamlar Hafsaning tuyasini cho‘ktirishdi. Oisha Janob Rasulullohni ko‘zdan yo‘qotib qo‘ydilar-da, atrofga alanglay boshladilar. Odamlar Oishaning tuyalarini cho‘ktirganda ul muhtarama oyoqlarini o‘tlar orasiga tiqib turib «Yo parvardigoro, shu yerdan bir chayon yoki ilon chiqarib meni chaqtirgil, men ul zotga biror narsa deyolmayman!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:34:29
98- bob Ayolning eri huzuriga kiradirgan kunini kundoshiga tuhfa qilishi xususida. Er xotinlari huzurig‘a kiradirgan kunlarini qanday taqsimlaydi?

Hishom otalaridan naql qiladilar: «Savda binti Zam’a o‘zining huzuriga Janob Rasululloh kiradirgan kunini Oishaga tuhfa qildi. Janob Rasululloh uning huzuriga kiradirgan kunni Oishaga bagishladilar va bu kun Savdaning kuni erdi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:34:41
99-bob. Xotinlarni barobar ko‘rmoq haqida

Olloh taolo «Va sizlar na qadar dillaringiz xoxlasa ham, xotinlarni barobar ko‘ra olmassizlar, zinhor bir tarafga egilib ketib, ikkinchi tarafni muallaq qoldirmanglar va agar isloh ham ehtiyot qilib tursangizlar, albatta Olloh taolo magfirat qilguvchi mehribondur va agar ikkalalari (ya’ni, er va xotin) ajralishsalar, (hech bok yo‘qdur), Olloh taolo har ikkalasini o‘z kushoyishidan bahramand qilgay, Olloh taolo kushoyishli hikmatli zotdur!» — deydi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:34:51
100-bob. Juvon ustiga bokira qizga uylansa...

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sunnat shuki, agar kishi bokira qizga uylansa, uning huzurida yetti kun va agar juvonga uylansa, uch kun turadi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:35:04
101- bob. Bokira qiz ustiga juvonga uylansa...

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg’ambarimizdan qolgan sunnat shuki, agar kishi juvon ustiga bokira qizga uylansa, avval uning huzurida yetti kun turib, so‘ng (ularning huzuriga navbat birlan kirib chiqish uchun) muayyan kunlarni ta’yin qiladi va agar kishi bokira qiz ustiga juvonga uylansa, avval uning huzurida uch kun turib, so‘ng (ularning huzuriga navbat birlan kirib chiqish uchun) muayyan kunlarni ta’yin qiladi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:35:17
102- bob. Birvarakayiga hamma xotinlarini ziyorat qilib chiqqan kishi xususida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kechada hamma xotinlarini ziyorat qilib chiqar erdilar, o‘shanda ul zotning to‘qqizta xotinlari bor erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:35:32
103-bob. Kishining o‘z xotinlari huzuriga kunduzi kirib chiqishi haqida

Oiish raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar asr namozidan qayqalar, ayollarining huzuriga kirar va ulardan biri birlan yaqinlik qilar erdilar. Bir kuni ul zot Hafsaning huzuriga kirib u yerda odatdagidan ko‘ra ko‘proq qolib ketdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:35:47
104-   bob. Kishi xotinlaridan ulardan birining uyida davolanib yotmoqqa ijozat so‘raganda unga ijozat berilgani xususida

Hishom ibn Urva otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafotlaridan burungi xastalik chog‘larida: «Ertaga men qay yerda bo‘laman, ertaga men qay yerda bo‘laman?»—deb so‘rar erdilar, ya’ni Oishaning huzuriga kiradirgan kunlari qachon kelishini so‘rar erdilar. Shunda xotinlari: «Uzingiz istagan xotiningizning uyida bo‘laveringiz!» — deb ijozat berishdi. Keyin, Janob Rasululloh to vafot qilgunlariga qadar Oishaning uyida bo‘ldilar. Oisha: «Janob Rasululloh aynan mening huzurimga kiradirgan kunlari mening uyimda vafot etdilar. Olloh taolo o‘z omonatini olganda ul zotning boshlari bag‘rimda va tupuklari tupugimga omuxta erdi» (ya’ni, Oisha onamiz tish tozalaydirgan misvok uchini tishlari birlan yumshatib bergan, Janob Rasululloh ersalar uni olib tishlarini tozalagan erdilar. Shunda Oisha onamizning misvokka tekkan tupuklari ul zotning tupuklariga omuxta bo‘lgan erdi).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:36:06
105- bob. Kishining ba’zi xotinlarini ba’zisidan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘rmog’i haqida

Ibn Abbos Hazrat Umarning Hafsaning huzuriga kirib: «Ey qizginam, qo‘shningning balandparvoz, yolg‘on-yashiq gaplariga aldanma, hattoki u Janob Rasulullohga eng mahbuba bo‘lgan Oisha bo‘lsa ham!» — dedim, so‘ng bu gapimni ul zotga aytib berib erdim, tabassum qilib qo‘ydilar» — deb aytganlarini eshitgan erkanlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:36:22
106- bob. Uzida yo‘q narsaga o‘zini to‘ygandek qilib ko‘rsatishning hamda  kundoshning o‘zini birovlarga eri oldida e’tibori bordek qilib ko‘rsatishining makruhligi haqida

Asmo raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir ayol: «Yo Rasulalloh, mening kundoshim bor, agar men o‘zimni erim menga bermayotgan narsaga to‘ygandek qilib ko‘rsaqam, menga gunoh bo‘lmaydimi?» — dedi. Ul zot: «Uziga berilmagan narsaga o‘zini to‘ygandek qilib ko‘rsatuvchi shaxs — birovning ikkita ko‘ylagini kiyib olgan odam kabidur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:36:40
107- bob. Rashk haqida
Mugiyra rivoyat qiladilar: «Sa’d ibn Uboda: «Agar men bir begona kishini xotinim birlan ko‘rib qolsam, uni qilich beti birlan ermas, tig‘i birlan urib, chopib tashlayman!» — dedi. Janob Rasululloh: «Sa’dning rashkidan ajablandingizlarmi? Men Sa’ddan, Olloh taolo ersa mendan ham ko‘proq rashklidur!» — dedilar».

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolodan ko‘ra rashkliroq kishi yo‘qdur, shul boisdan ham ul buzuqliklarni harom qildi, shuningdek Olloh taolodan ko‘ra madhni yoqtiradirganroq kishi ham yo‘qdur!» — dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Muhammad ummati! Olloh taolodan ko‘ra, agar u o‘z bandasining zino qilayotganini ko‘rsa, ko‘proq rashk qiladirgan shaxs yo‘qdur! Ey Muhammad ummati! Agar men bilgan narsalarni bilganingizda erdi, kamroq kulib, ko‘proq yig‘lagan bo‘lur erdingizlar!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:36:53
Asmo raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolodan ko‘ra rashkliroq shaxs yo‘qdur'» — dedilar»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Darhaqiqat, Olloh taolo rashk qilgay va Olloh taoloning rashki mo‘min banda Olloh taolo harom qilgan narsalarni qilganda tug‘yon urgaydur!» —dedilar»

Abu Bakr Siddiqning qizlari Asmo rivoyat qiladilar: «Zubayr menga uylandi. Uning suv tortadirgan tuyasi-yu, otidan bo‘lak hech vaqosi yo‘q erdi. Men otiga yem berar, tuyasi yordamida suv tortar va qo‘l tegirmonda don yanchib, xamir qilar erdim. Lekin, men  (hali) yaxshi non yopolmas erdim, ansoriya qo‘shnilarimdan biri yopib berar erdi. Ikkalamiz ham pokdomon ayollar erdik. Men yanchilgan donni boshimga qo‘yib, Zubayrning Janob Rasululloh in’om qilgan yeridan asl qo‘shnimning yeriga olib chiqar erdim, qo‘shnim ersa mendan uchdan bir farsax narida turar erdi. Bir kuni donni boshimga qo‘yib ketayotgan erdim, yo‘lda Janob Rasulullohni bir guruh ansorlar birlan uchratib qoldim. Ul zot meni qoshlariga chaqirdilar, keyin kaftlariga tuplab, meni opichib olmoqchi bo‘ldilar. Men erkaklar birlan birga ketishdan uyalib, Janob Rasulullohga Zubayr va uning rashki haqida eslatdim, chunki erim o‘ta rashkli odam erdi. Janob Rasululloh mening hayo qilganimni bilib, yo‘llarida davom etdilar. Keyin, men Zubayrning oldiga borib, unga: «Men boshimga donlarni qo‘yib ketayotgan erdim, Janob Rasulullohni bir guruh sahobalari birlan uchratib qoldim. Shunda ul zot tiz cho‘kib meni opichlab olmoqchi bo‘ldilar, men uyalib ko‘nmadim. So‘ng, ul zotga sizning rashkli erkanligingizni bildirdim»,— dedim. Erim: «Xudo haqi, boshingdagi doningni ko‘tarib olsalar, mayli-ya, ammo seni yuking birlan opichib olganlarida mening sha’nimga og‘ir bo‘lar erdi!»— dedi. Shundan keyin, (otam) Abu Bakr bir xizmatkor yubordilar, u meni ot boqish yumushidan ozod qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:37:04
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlaridan birining huzurida erdilar. Bir payt, mo‘minlarning onalaridan biri bir likopchada ul zotga taom kiritdi. Shunda Janob Rasululloh qaysi xotinlarining huzurida o‘ltirgan bo‘lsa-lar, o‘sha xotinlari taom keltirgan xizmatkorning qo‘liga urib erdi, likopcha tushib ketib, chilparchin bo‘ldi. Janob Rasululloh likopcha siniqlarini birlashtirdilar, so‘ng sochilib ketgan taomni yig‘ishtirib, unga soldilarda: «Onalaringiz rashk qildi!» — dedilar. Keyin, xizmatkorni to‘xtatib, unga hozir o‘zlari uyida o‘ltirgan xotinlarining likopchalaridan birini berib yubordilar, singan likopchani ersa likopchani sindirgan xotinlarinikida qoldirdilar».

Jobir ibn Abdullou raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jannatga kirdim (yoki jannatga keldim), u yerda bir qasrni ko‘rib. «Bu kimning qasri?»—deb so‘radim. «Umar ibn al-Xattobniki»,— deyishdi. Keyin, men unga kirmoqchi bo‘ldim, ammo kirmog‘imga (ey Umar), faqat sening rashkchi erkanligingni bilganim mone’lik qildi»,— dedilar Xazrat Umar. «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo‘lsinlar! Yo Nabiyyalloh, sizdan rashk qilamanmi?!»—dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir payt, biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirib erdik, ul zot bizga. «Bir mahal, men uxlab yotgan erdim, o‘zimni jannatda ko‘rdim. Bir ayol bir qasrning yonida yuvinib turgan erkan. «Bu qasr kimniki?»—dedim. «Bu Umarniki»,— deyishdi. Shunda men Umarning rashkli erkanligini eslab, u yerdan ortimga qaytib ketdim»,— dedilar. Hazrat Umar shu yerda o‘ltirgan erdilar, yig‘lab yubordilar, so‘ng: «Sizdan rashk qilamanmi, yo Rasulalloh?!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:37:16
108- bob Ayollar rashki va g‘azabi xususida.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga. «Men sening mendan mamnun bo‘lganingni ham, mendan dargazab bo‘lganingni ham darhol bilib olaman»,— dedilar. Men: «Buni qaerdan bilasiz?» —dedim. Ul zot. «Agar mendan mamnun bo‘lsang, «Yo‘q, Muhammadning parvardigori haqi!» deb aytasan va agar mendan darg‘azab bo‘lsang, «Yo‘q, Ibrohimning parvardigori haqi!» deb aytasan»,— dedilar. Men: «Ha, shunday, xudo haqi, yo Rasulalloh! Mamnun bo‘lganimda faqat sizning ismingizni aytaman»,— dedim».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohni Xadichadan rashk qilganchalik hech bir ayoldan rashk qilmaganman, chunki ul zot Xadichani ko‘p eslab, ko‘p maqtar erdilar. Jannatda Xadicha uchun shakar qamishdan qasr bunyod qilib qo‘yilganligini uning o‘ziga bashorat qilmoqni Olloh taolo Janob Rasulullohga vahiy qilgandi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:37:29
109-bob. Kishining o‘z qizini rashk va insof qilib  himoya etmog‘i haqida

Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh minbarda turib: «Hishom ibn al-Mugiyra qabilasi ahli o‘z qizini Ali ibn Abu Tolibga bermoqchi bo‘lib mendan izn so‘radi. Men ruxsat bermayman, keyin ham, undan keyin ham ruxsat bermayman, faqat Ali ibn Abu Tolib qizimni taloq qilib, ularning qiziga uylanishni istasagina ruxsat beraman! Chunki, qizim mening bir bo‘lagim bo‘lib, uni shubhaga solgan narsa meni ham shubhaga soladi va unga aziyat yetkazgan narsa menga ham aziyat yetkazadi!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:37:50
110-bob. Erkaklar kamayib, ayollar ko‘payadi

Abu Muso rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Hali sen erkaklar kamayib, ayollar ko‘payib ketganidan bir erkakning ortidan qirqta ayolning lazzattalab bo‘lib yurganlarini ko‘rasan!» — dedilar».

Apas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men sizlarga o‘zim shaxsan Janob Rasulullohdan eshitgan shunday bir hadisni aytib berayki, uni mendan bo‘lak biror kishi sizlarga aytib bermaydi! Men ul zotning mana bunday deganlarini eshitganman: «Qiyomatning belgilaridan biri shuki, ilm (islom dini ilmi) oradan ko‘tarilib, jaholat kuchayadi, zino, ichkilikbozlik avjga chiqadi hamda erkaklar kamayib, ayollar ko‘payib ketadi, hatto ellikta ayol uchun bitta homiy (erkak) to‘gri keladi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:38:07
111-bob. Erkak birlan ayol mahram bo‘lsalargina yolgiz qola oladilar! Eri uyida bo‘lmagan ayolning huzuriga kirmoq haqida

Uqba ibn Omir rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ayollarning huzuriga kirishdan o‘zingizni tiyingizlar!» — dedilar. Shunda ansorlardan biri: «Yo Rasulalloh, qayinlarni (ya’ni, erning otasi va erning o‘gillaridan bo‘lak erkak qarindoshlarini) nazarda tutyapsizmi?»—dedi. Janob Rasululloh: «Qaynlar — o‘limdur!» — dedilar (ya’ni, bu yerda erning otasi va ernish o‘gillaridan bo‘lak erkak qarindoshlari nazarda tutilib, ular uning ayoliga mahramdurlar va u birlan yolgiz qolish ularga ruxsat etiladi. Shu boisdan ham, agar ular mazkur ayol birlan yolgiz qolishdan tiyilmay, uning huzurida bemalol o‘ltiraversalar, birdamas-birda gunoh sodir bo‘lmogi mumkin, bu ersa dinni halokatga olib keladi)».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Erkak birlan ayol faqat mahram birlangina yolgiz qola oladilar!» - dedilar. Shunda bir kishi o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh! Xotinim haj qilmoqqa chiqib erdi, men falon va falon gazotga yozilib (boraman deb niyat qilib) qo‘ydim»,— dedi. Ul zot: «Ortingga qaytib, xotining birlan haj qilgil!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:38:40
112-bob. Erkak birlan ayolning odamlar huzurida chekkaga chiqib so‘zlashmog‘ining joizligi haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bir ansoriya ayol Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi, shunda ul zot (huzurlaridagi kishilar ko‘z oldida; u birlan chekkaga chiqdilar-da, unga: «Sen mening uchun (ansoriya ayollar ichidagi) eng suyukli odamsan!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:38:59
113-bob. Ayolchalish erkaklarning ayol huzuriga kirmog‘i man’ qilingani haqida

Hishom ibn Urva otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ummu Salamaiing uyida o‘ltirgan erdilar, u yerda bir xunasa ham bor erdi. Usha xunasa Ummu Salamaning birodari Abdulloh ibn Abu Umayyaga: «Agar Olloh taolo ertaga sizlarga Toifni fath qilib bersa, men senga G’aylonning qizini ko‘rsataman, u to‘rttasi   birlan   ilgari   surilib,   sakkiztasi   birlan   tisariladi»,—   dedi.   Janob Rasululloh: «Buni uyingizga kiritmangizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:39:23
114- bob. Ayolning habashlarga yoki shu kabi kishilarga shunchaki qaramog‘i haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men masjidda nayzabozlikni mashq qilayotgan habashlarga qarab turganimda Janob Rasulullohning meni kiyimlari birlan pana qilib turganlarini ko‘rdim, keyin zerikkunimcha tomosha qildim, chunki men hali o‘yin-kulgiga to‘ymagan bir yosh qizaloq erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:39:35
115-bob. Ayollarning hojatga chiqishlari haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Tunlardan birida Savda binti Zam’a tashqariga chiqdi. Hazrat Umar uni ko‘rib, tanidilar va unga: «Sen, xudo haqi, ey Savda, bizdan berkinolmaysan!» — dedilar. Savda ortiga qaytib, Janob Rasulullohning huzurlariga bordi-da, bo‘lgan gapni aytdi. Shunda ul zot mening hujramdagi kechki ovqatni tanovul qilayotgan bo‘lib, qo‘llaridagi sho‘rvaga bir qarab qo‘yib, so‘ng nigohlarini yuqoriga qaratdilar-da: «Olloh taolo sizlarga (ayollarga) hojatlaringiz uchun tashqariga chiqmoqqa ijozat berdi», — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:39:55
116- bob. Ayolning masjid va shu kabi joylarga chiqmoqqa eridan ijozat so‘ramog‘i haqida

Solim otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar birortangizning xotiningiz masjidga chiqmoqqa sizdan izn so‘rasa, unga mone’lik qilmangiz!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:40:09
117-bob. Erkakning o‘zi birlan emishgan ayollarning huzuriga kirmog‘i va ularga qaramog‘i mumkinligi haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Emishgan amakim kelib, huzurimga kirmoqqa izn so‘radilar, men Janob Rasulullohdan so‘ramagunimga qadar, ul kishiga ruxsat bergim kelmadi. Janob Rasululloh kelganlarida ul zotdan shu haqda so‘radim. Ul zot: «U sening amakingdur,unga ruxsat bergil!»—dedilar. Men: «Yo Rasulalloh,meni bu kishining xotini ermas, akasining xotini emizgandur!»— dedim. Ul zot: «U senga amaki bo‘ladi, huzuringga kiraversin!»—dedilar. Bu voqea biz ayollarga hijob (parda) tortilgandan so‘ng ro‘y bergan bo‘lib, bildimki tugushganlarga harom qilingan narsa emishganlarga ham harom qilingan erkan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:40:25
118-bob. Bir ayol ikkinchi bir ayolning yonini olib kelmasin hamda uni eriga ta’rifu tavsif qilmasin!

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bir ayol ikkinchi bir ayolning yonini olib kelmasin hamda uni shoyad eri unga qarasa, deb eriga ta’rifu tavsif qilmasin!» — dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:40:39
119-bob. Bir kishining «Bu kecha albatta xotinlarimni ziyorat qilgayman!» deb aytgani haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sulaymon ibn Dovud alayhissalom: «Bu kecha albatta yuzta xotinni ziyorat qilgayman, har biri Olloh taolo yo‘lida jang qiladirgan bir o‘gil tugib bergay!» — dedilar. Shunda farishta ul kishiga: «Inshoolloh, deb ayt!» — dedi, ammo ul kishi buni unitib, aytmadilar. Keyin, xotinlarini ziyorat qildilar,  ammo ulardan bittasigina tugdi,  u ham bo‘lsa,  chala. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar «inshoolloh» deganlarida, (qasamlarini) buzmagan bo‘lardilar va tilaklarining ro‘yobga chiqishidan qattiq umidvor bo‘lsalar bo‘lar erdi!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:40:55
120- bob. Agar kishi uzoq vaqt uyida bo‘lmagan bo‘lsa, «Oilam menga xiyonat qilmayaptimikan?» degan yomon o‘y birlan kechasi kelib eshikni taqillatmasin!

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kishining to‘satdan kechasi safardan kelib eshigini taqillatmog‘ini makruh ko‘rar erdilar».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangiz uzoq vaqt uyingizda bo‘lmagan bo‘lsangiz, to‘satdan kechasi kelib eshigingizni taqillatmangiz!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:41:10
121-bob. Bola ko‘rmoq (farzandli bo‘lmoq) ishtiyoqi

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasululloh birlan birga g‘azotda erdim. Ortimizga qarab yo‘lga chiqqanimizda imillab ketayotgan tuyamni tezlatdim, shunda bir kishi ketimdan ulovda yetib keldi, o‘girilib qarasam, bu Janob Rasululloh erkanlar. «Namuncha sho-shilmasang!»—dedilar. «Chillali kuyovman»,— dedim. «Bokira qizga uylandingmi yoki juvongami?» — dedilar. «Juvonga»,— dedim. «Agar bokira qizga uylanganingda erdi, bir-biringiz birlan vaqtxushlik qilar erdingizlar!» — dedilar. Yetib kelgach, uy-uyimizga kirmoqchi bo‘ldik. Shunda ul zot: «Kech bo‘lguncha kutingizlar, keyin kirasizlar, chunki ayollaringiz o‘ziga oro berib olsin, sizlar ham soch-soqollaringizni tarashlab olingizlar!» — dedilar. So‘ng, ul zot menga qarab: «Ey Jobir, fikru o‘yingda jimo’ bo‘lsin!» (ya’ni, «Farzandli bo‘lmog‘ing kerak!»)— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:41:24
122-bob. Safardan qaytgan erkaklar soch-soqollarini tarashlab, ayollar ersa to‘zigan sochlarini tarab olsinlar!

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga g‘azotda erdik. Ortimizga qaytib, Madinaga yaqinlashganimizda imillab yurayotgan tuyamni tezlashtirdim. Shunda ortimdan bir kishi ulovda yetib kelib, qo‘lidagi nayza (aso) birlan tuyamni bir nuqib erdi, sen bilgan eng yaxshi tuyalar kabi gijinglab ketdi. Ugirilib qarasam, bu Janob Rasululloh erkanlar. Men: «Yo Rasulalloh, men hali chillasi chiqmagan kuyovman!» — dedim. Ul zot: «Uylandingmi?»— dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Ul zot: «Bokiragami yoki juvongami?» — dedilar. Men: «Juvonga»,— dedim. Ul zot: «Bokiraga uylanganingda erdi, o‘zaro dilxushlik qilgan bo‘lar erdingizlar!» — dedilar. Yetib kelgach, uy-uyimizga kirib ketayotgan erdik, ul zot: «Kechgacha oshiqmangizlar, keyin kirasizlar, toki ayollaringiz to‘zigan sochlarini tarab, sizlar ersangiz soch-soqollaringizni tarashlab olingizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:41:36
123-bob. Olloh taoloning «Va ko‘rsatmaydilar ziynatlarini (jamollarini) erlaridan bo‘laklarga...» degan qavli haqida

Abu Hozim rivoyat qiladilar: «Odamlar Janob Rasulullohning Uhud kunidagi jarohatlari nima birlan davolangani xususida bahslashib qolishdi. Keyin, shu haqqa Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan so‘rashdi. Ul kishi Janob Rasulullohning tirik qolgan eng so‘nggi madinalik sahobalari bo‘lib, bunday dedilar: «Buni mendan ko‘proq biladirgan odam qolmadi. Ushanda Fotima alayhossalom ul zotning yuzlaridan oqayotgan qonni yuvgan, Hazrat Ali ersa qalqonida suv keltirib bergan erdi. So‘ng, bo‘yrani kuydirib, kulini jarohatlariga bosgan erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:41:49
124-bob. Olloh taoloning «Sizlardan balog‘atga yetmaganlar...» degan qavli xususida

Abdurrahmon ibn Abbosrivoyat qiladilar: «Mei bir kishining Ibn Abbosdan: «Siz Janob Rasululloh birlan birga qurbon yoki ramazon hayitida bo‘lganmisiz?» — deb so‘raganini eshitdim. Shunda Ibn Abbos bunday deb javob berdilar: «Ha, bo‘lganman. Agar men ul zotga suyukli bo‘lmaganimda, yosh bolaligim sababli birga bo‘lolmagan bo‘lar erdim. Ushanda Janob Rasululloh chiqib namoz o‘qidilar, so‘ng va’z aytdilar, lekin na azon va na takbir haqida eslatmadilar. Keyin, ayollarning qoshiga borib, ularga ham va’z aytdilar va pand-nasihat qilib, sadaqa bermoqni amr qildilar. Shunda men ayollarning quloqlariga va bo‘yinlariga qo‘llarini uzatib, isirg‘a va marjonlarini Hazrat Bilolga olib berishayotganini ko‘rdim. Shundan keyin, Janob Rasululloh birlan Hazrat Bilol uylariga ketishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:42:06
125- bob. Kishining o‘z do‘stiga (o‘rtog‘iga); «Bu kecha jimo’ qildingizmi?» — deb aytmog‘i hamda kishining o‘z qizining biqiniga turtib dashnom (jazo) bermog‘i haqida

(Bu yerda yuqoridagi sarlavhaning birinchi qismiga taalluqli hadis berilmagan. 1-jilddagi «Janoza» kitobida keltirilgan. Anas ibn Molikning quyidagi hadisi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlari (Ummu Gulsumning) janozasida erdik. Qarasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qabr yonida o‘ltiribdilar-u, ko‘zlaridan duv-duv yosh oqayotir. Nogahon, ul zot: «Orangizda bu kecha xotiniga yaqinlik qilmagan biror kishi bormi?» — deb so‘radilar. Shunda Talha: «Men»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Unday bo‘lsa, qabrga tushgil!» — dedilar. Talha (mayyitni lahadga qo‘ygani) qabrga tushdilar»).

Oisha raziyalloh u anho rivoyat qiladilar: «Otam Abu Bakr as-Siddiq menga dashnom (jazo) berib, qo‘llari birlan biqinimga turta boshladilar, shunda men Janob Rasululloh boshlarini tizzamga qo‘yib uxlayotganlari uchungina qimirlay olmagan erdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:42:25
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
«TALOQ» KITOBI


Olloh taoloning qavli: «Ey payg‘ambari muxtaram! (Ummatlaringizga aytingizki), qachon xotinlaringizga taloq bermoqchi bo‘lsangizlar, taloq qilingizlar ularni iddalarin avvalida va saqlab turingizlar iddani» (ya’ni, agar xotinlaringizga taloq bermoqchi bo‘lsangizlar, xotin hayzdan pok bo‘lib, g‘usl qilgandan keyin hamda u birlan yotmasdan turib taloq qilingizlar va har ikkingiz iddani xotiralaringizda tutingizlar).

«Ahsaynohu» — «uni yodda tutdik va hisobga olib qo‘ydik», «taloqus-sunna» — «xotinni hayzdan poklangan holda, unga yaqinlik qilmay ikki guvoh huzurida taloq qilmoqlik».

Nofi’ raziyallohu aihu rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu xotinini hayz ko‘rgan holida taloq qildi. Bu voqea Janob Rasulullohning hayotlik vaqtlarida bo‘lgan bo‘lib, Hazrat Umar ibn al-Xattob ul zotdan shu haqda so‘radilar. Ul zot: «Borib aytgil, uni qayta nikohlab olsin, keyin hayzdan poklanguniga qadar uyida ushlab tursin, keyin yana hayz ko‘rib, hayzdan poklansin, keyin agar istasa, uyida olib qolib yashayversin, agar ystamasa, unga yaqinlik qilmay turib taloq qilsin! Bu Olloh taolo amr qilgan idda bo‘lib, shunga binoan ayollar taloq qilinadi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:42:43
1-   bob. Agar ayol hayz ko‘rgan holida taloq qilingan bo‘lsa ham, taloq hisobga o‘tadi!

Anas ibn Sirin rivoyat qiladilar: «Ibn Umar xotinini hayz ko‘rgan holida taloq qildi. Hazrat Umar buni Janob Rasulullohga aytib erdilar, ul zot: «Uni qayta nikohlab olsin!»—dedilar. Hazrat Umar. «Hayz holida taloq qilgan bo‘lsa ham, taloq hisobga o‘tadimi?» — dedilar. Ul zot: «Bo‘lmasachi!» — dedilar».

Yunus ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Ibn Umar: «Janob Rasululloh otamga «Borib aytgil, uni qayta nikohlab olsin!» deb aytibdilar»,— dedi. Men: «Hayz holida taloq qilinsa ham, taloq hisobga o‘tadimi?»— dedim. Ibn Umar: «Qarib, miyasi aynib qolgan deb o‘yladingizmi?!» — dedi».

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Ibn Umar: «Men xotinimni hayz holida taloq qilib erdim, u menga taloq qilingan hisoblandi»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:43:03
2-   bob. Taloq qilgan kishi haqida. Kishi xotiniga yuzlanib turib uni taloq qilganini aytadimi?

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Al-Ju-unning qizi Janob Rasulullohning huzurlariga kiritilib, ul zot unga yaqin borganlarida: «Olloh taolo sizdan meni o‘z panohida asrasin!» —dedi. Ul zot unga: «Endi, sen buyuk zotning (Olloh taoloning) panohidasan, oilangga (uyingga) ketaver!»—dedilar».

Abu Usayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz (Janob Rasululloh uylanganlarida) yo‘lga chiqib, ash-Shavt nomli bir chorbog‘ tomon yo‘l oldik va nihoyat ikki chorbog‘ oralig‘iga yetib kelib, dam olgani o‘ltirdik. Janob Rasululloh bizga: «Shul yerda o‘ltira turingizlar!»— dedilar-da, chorboqqa kirib ketdilar. Ul zot o‘zlari birlan bir savat tortiq olib kelgan bo‘lib, men uni an-Nu’mon ibn Sharohbil qizi Umayya doyasi birlan o‘ltirgan xurmozor ichidagi uyga olib kirib qo‘ydim. Janob Rasululloh Umayyaning huzuriga qo‘shilmoq bo‘lib kirganlarida, unga: «Kelgil, o‘zingni menga tuhfa qilgil!»—dedilar. Shunda Umayya ul zotga: «Malika ham o‘zini o‘z fuqarosiga tortiq qiladimi?!» — dedi. Janob Rasululloh uni tinchlantirmoq uchun qo‘llarini unga uzatib erdilar, u: «Olloh taolo meni sizdan o‘z panohida asrasin!»—dedi. Ul zot: «Endi, sen (uning) panohidasan!»—dedilar-da, bizning huzurimizga chiqib keldilar. Keyin: «Ey Abu Usayd, unga ikki bosh-oyok, sarpo kiygizgin-da, uyiga jo‘natib yubor!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:43:10
Abbos ibn Sahl va Abu Usayd rivoyat qilishadi. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Sharohbil qizi Umayyaga uylandilar. Umayya Janob Rasulullohning huzurlariga kiritib yuborilganda ul zot unga qo‘l uzatdilar. Shunda u buni yoqtirmagandek bo‘ldi. Janob Rasululloh (darhol) Abu Usaydga qizni yo‘lga tayyorlab, unga ikki bosh-oyoq sarpo kiygizib, so‘ng uyiga jo‘natib yubormoqni amr qildilar».

Abu G’allob Yunus ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Umarga; «Bir kishi xotinini hayz ko‘rgan holida taloq qilibdi»,— dedim. U: «Sen Ibn Umarni taniysan («Bu menman» demoqchilar). U xotinini hayz holida taloq qildi. Keyin, Hazrat Umar Janob Rasulullohga shu haqda aytdilar. Ul zot xotinimni qayta nikohlab olmog‘imni, so‘ng hayzdan poklangach, istasam uni taloq qilmog‘imni amr qilibdilar»,— dedi. Men: «Hayz holida qilingan taloqni taloq, deb hisobladilarmi?» — dedim. U: «Qarib, miyasi aynib qolgan, deb o‘ylayapsanmi?!»—dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:43:29
3- bob. Uch taloqqa ijozat bergan kishi haqida. Olloh taolo: «Taloq ikki bor  (qaytarilur), keyin (xotinni) yaxshilik ila nikoqda saqlanur yoki xush qilib qo‘yib yuborilur...»,— deydi

(Islomdan avval arablarda qoida shul erdiki, ular xotinlarini o‘n va hatto yigirma marta taloq qilgandan keyin ham, iddalari tugamay turib yana qaytarib olur erdilar. Yuqoridagi oyat johiliyat davridagi ana shul qoidani bekor qildi, Oyatning mazmuni shuki, bir er o‘z xotinini ikki bor taloq qilib, yana qayta olmog‘i mumkin, lekin bu idda mobaynida bo‘lur. Agar idda muddati tugagan bo‘lsa, ul holda ixtiyor xotindadur. Er ikki bor xotinini taloq qilgandan keyin, yarashib yana uchinchi bor taloq qilsa, xotin boshqa bir kishiga tasodifan tegib chiqib, iddasi tugagandan keyingina avvalgi eriga halol bo‘lgay).

Ibn Zubayr xotinini taloq qilgan bemor er xususida gapirib: «Uning taloq qilingan xotini undan meros oladi, deb hisoblamayman»,— dedilar. Sha’biy ersalar: «Undan meros oladi»,— dedilar. Ibn Shubruma: «Usha xotin, idda muddati tugasa, erga tegadimi?»—dedilar. Ibn Zubayr: «Ha»,— dedilar. Ibn Shubruma: «Agar uning keyingi eri ham o‘lsa, undan meros olmaydi, deb hisoblar erkansizda!» — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:43:47
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Uvaymir al-Ajaloniy Osim ibn Adiy al-Ansoriyning huzuriga kelib, unga: «Ey Osim! Nima deb o‘ylaysan, agar bir kishi xotinini begona bir kishi birlan tutib olsa, u o‘sha erkakni o‘ldiradimi yoki uni sizlar o‘ldirasizlarmi, unga nisbatan qanday chora ko‘riladi? Iltimos, Janob Rasulullohdan shul haqda so‘rab bilib bergil!» — dedi.Osim shul haqda Janob Rasulullohdan so‘rab erdi, ul zot bu masalani aybli hisoblab, javob bergilari kelmadi, hatto Osimni shunday qattiq urishib berdilarki, u so‘raganiga pushaymonlar yedi. Osim uyiga qaytib kelgach, Uvaymir kelib: «Ey Osim! Janob Rasululloh nima dedilar?»—dedi. Osim: «Menga yaxshi bo‘lmadi, Janob Rasululloh sen so‘ragan masala xususida javob bermoqni istamadilar»,— dedi. Uvaymir: «Olloh taolo haqi! Buni so‘rab bilib olmagunimcha, qo‘ymayman!» — dedi-da, Janob Rasulullohning huzurlariga jo‘nadi. Yetib borganida, ul zot odamlar qurshovida turgan erdilar. «Yo Rasulalloh! Nima deysiz, agar bir kishi xotini birlan boshqa bir kishini tutib olsa, uni o‘zi o‘ldiradimi yoki uni sizlar o‘ldirasizlarmi, unga nisbatan qanday chora ko‘riladi?»—dedi Osim. Janob Rasululloh: «Olloh taolo sen birlan rafiqang xususida hozirgina oyat nozil qildi. Bor, xotiningni olib kel!» — dedilar. Keyin, ular ikkalasi bizning huzurimizda bir-birlarini mulo’ana qilishdi (ya’ni, har biri o‘zining haq erkanligini aytib, bir-birini la’natladi). Mulo’anadan qutilganimizda, Uvaymir: «Yo Rasulalloh! Agar uni xotin qilsam, unga tuhmat qilgan bo‘laman»,— dedi-da, unga Janob Rasululloh amr qilmasla-ridan burun, uni o‘zi uch taloq qildi». Ibn Shihob: «Usha yili mulo’ana qiluvchilar yili bo‘lgan erdi»,— deydilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rifo’at al-Quraziyning xotini Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh! Rifo’at moni qat’iyan taloq qildi. Keyin,men Abdurrahmon ibn az-Zubayr al-Quraziyga tegdim. Lekin, uning olati mana bu popuk yanglig‘ bo‘sh (yumshoq) erkan»,—dedi. Janob Rasululloh: «Menimcha, sen ilgarigi ering bo‘lmish Rifo’atga qaytib tegmoqchiga o‘xshaysan, ammo ilgarigi ering zavq olgani kabi to u sening va sen uning asaldonidan zavq olmas erkansan, bu mumkin ermas!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:44:10
4- bob. Xotinlariga tanlash ixtiyorini bergan kishi xususida. Olloh taolo: «Ey payg‘ambari muhtaram, siz o‘z xotinlaringizga aytingizki, agar sizlar dunyo hayotini va uning ziynatini istasangizlar, kelingizlar, men sizlarga bir oz foyda yetkazay-da, so‘ng sizlarga yaxshilik ila ruxsat beray!»

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga tanlash ixtiyorini berdilar, biz (xotinlar) Olloh taolo birlan uning rasulini tanladik va buni bizga taloq, deb hisoblamadilar (ya’ni, Madinani zabt etmoq, musulmonlarni asir qilmoq va islom dinini poymol etmoq umidida kelgan kofirlarni Olloh taoloning o‘zi daf qildi, musulmonlarni dushmanga ro‘baro‘ qilmadi. Janob Rasulullohning xotinlari, dushman daf qilinib, xalq biroz osuda va orom olganini ko‘rishgach, Janob Rasulullohdan o‘zlarining ta’minotlarini ko‘paytirishni talab qilmoqchi bo‘lishdi. Janob Rasululloh ularning bu niyatlaridan xabar topib, xafa bo‘ldilar-da, bir oygacha ularning huzuriga kirmaslikka ont ichdilar va masjidga yaqin bir boloxonada tanho turdilar. Hazrat Abu Bakr as-Siddiq va Hazrat Umar raziyallohu anhumo bu voqeani eshitishib ranjishdi-da, o‘z farzandlari Oisha birlan Hafsa onalarimizga tanbih berishdi. So‘ng, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirishib, ul zotning muborak qalblarini shirin so‘zlar birlan yozishdi. Bir oydan so‘ng, Olloh taoloning yuqoridagi «Taxyir» (Bu dunyo hayoti birlan uning ziynatini yoki Olloh taolo birlan uning rasulini tanlash ixtiyori berilganligi haqidagi) oyati karimasi nozil bo‘ldi. Janob Rasululloh bu oyatni avval Oisha onamizga eshittirdilar, shunda Oisha onamiz Olloh taolo birlan uning rasulini tanladilar, boshqa onalarimiz ham Oisha onamiz yanglig‘ ish tutishdi).

Ismoil raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho Masruqdan Janob Rasulullohning o‘z xotinlariga tanlash ixtiyorini berganliklari xususida so‘rab: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga tanlash ixtiyorini berdilar, bu taloqmikin?» — dedilar. Masruq: «Xotinim (nikoh vaqtida) meni tanlagan bo‘lganidan keyin, mening unga yana bir yoki yuz marta tanlash ixtiyorini bermog‘imning menga qizig‘i yo‘q!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:44:28
5- bob. Agar er xotiniga «Men seni tark etdim» yoki «Men senga ruxsat berdim» yoki «Bo‘shsan» yoki «Erklisan» deb ayqa-yu, bundan taloq qilmoqni nazarda tutmagan bo‘lsa, niyatidagi bo‘ladi!

Olloh azza va jalla: «Va ruxsat beringizlar ularga yaxshilik ila!» — deydi. Olloh taolo yana: «Va sizlarga yaxshilik ila ruxsat beray (deb aytgil!)» — deydi. Shuningdek, Olloh taolo: «Yaxshilik ila nikohda saqlanur yoki xursand qilib (mahrlarini berib) qo‘yib yuborilur»,— deydi. Olloh taolo: «Yoki ularni yaxshilik ila tark etingizlar!» — deb ham aytadi.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga o‘rgatdilarki, ota-onamiz bizni ul zotdan ajralmog‘imizga buyruq bera olmas erkanlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:44:48
6- bob. «Sen menga haromsan!» deb xotiniga aytgan er xususida

Hasan raziyallohu anhu: «Niyatidagi bo‘ladi»,— deydilar.

Ilm ahli: «Agar er xotinini uch taloq qilgan bo‘lsa, xotini unga haromdur!» — deyishib, «harom» so‘zini «taloq» va «ajralish» ma’nosida qo‘llashadi. Bu yerdagi «harom» so‘zi taomga nisbatan ishlatiladigan «harom» kabi ermas, chunki halol taomni harom deyilmaydi, balki taloq qilingan ayolni harom deyiladi. Olloh taolo uch taloq xususida: «Bundan keyin ul xotin unga halol So‘lmas, toki boshqa bir erga nikoh qilinmasa»,— deydi. Ibn Umardan agar uch taloq qilgan kishilar haqida so‘ralsa, «Basharti bir bor yoki ikki bor taloq qilgan bo‘lsang, ul holda Janob Rasululloh menga qayta nikohlab olmoqni amr qilganlar va agar uch bor taloq qilgan bo‘lsang, unda xotining sendan bo‘lak erga nikohlanmaguncha senga haromdur!» — der erdilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir kishi xotinini taloq qilib erdi, erga tegib ketdi. Keyin, u ham uni taloq qildi. Chunki, uning olati popuk singari lapashang bo‘lib, xotin undan qoniqmas erdi. Shul boisdan ham u uni tezda taloq qilgan erdi. Ushal xotin Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh! Erim meni taloq qildi, keyin men boshqa erga tegib erdim, u olyati popuk singari lapashang bo‘lganidan arang bir marta yaqinlik qila oldi, xolos, shunda ham meni qoniqtira olgani yo‘q. Endi, men ilgarigi erimga halol bo‘lamanmi?» —dedi. Janob Rasululloh: «Ilgarigi eringga, toki hozirgi ering sening va sen uning asaldonidan zavq olmas erkansan, halol bo‘lmaysan!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:45:07
6- bob. Olloh taolo sizga halol qilgan narsani o‘zingizga harom qilmangiz!

Sa’id ibn Jubayr Ibn Abbosning «Agar kishi xotiniga: «Sen menga haromsan!» — desa, talok; bo‘lmaydi, chunki sizlar uchun Janob Rasulullohda yaxshi ibratlar mavjud-dur!» deb aytganlarini eshitgan erkanlar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zaynab binti Jahshning hujrasiga kirib, u yerda asal tanovul qilib, uzoq qolib ketadirgan odat chiqardilar. Shunda men Hafsa birlan til biriktirib: «Agar Janob Rasululloh birortamizning hujramizga kirib kelsalar, ul zotga «Sizdan mag‘ofir (asalga o‘xshash sassiq yelim) hidi kelyaptimi, mag‘ofir tanovul qildingizmi?» deb aytamiz, deb kelishib oldim. Keyin, Janob Rasululloh xotinlaridan birining huzuriga kirib erdilar, u ul zotga boyagi gapni aytdi. Janob Rasululloh: «Yo‘g‘-e, Zaynab binti Jahshning huzurida asal tanovul qilgan erdim, endi sira ham asal tanovul qilmayman!» — dedilar. Shunda «Ey payg‘ambari muhtaram! Olloh taolo sizga halol qilgan narsani o‘zingizga harom qilmangiz!» degan oyati karima nozil bo‘ldi. Olloh taolo payg‘ambarimizning «Yo‘g‘-e, asal tanovul qilgan erdim» degan gaplarini nazarda tutib, Oisha va Hafsa onamizga qarata: «Payg‘ambar ba’zi xotinlariga ohista (pichirlab) biror so‘z aytganda...»—deb murojaat qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:45:15
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam asal va halvoni xush ko‘rar erdilar. Asr namozidan qaytganlarida barcha xotinlarining huzuriga birma-bir kirib, suhbatlashib chiqur erdilar. Keyin, Hafsaning huzurida ko‘proq qolib ketadirgan odat chiqardilar, surishtirib bilsam, Hafsaga uning qavmidan bo‘lgan bir ayol bir idishda asal tortiq qilgan erkan. Janob Rasululloh o‘sha asaldan tanovul qilib, ko‘proq ushlanib qolar erkanlar. Men o‘zimga-o‘zim: «Xudo haqi, ul zotni bir boplaymiz!» — dedim-da, Savda binti Zam’aga: «Ul zotning huzuringga kirmoqlari turgan gap, huzuringga kirganlari-da: «Mag‘ofir yedingizmi?» — deysan, ul zot: «Yo‘q»,— deydilar. Sen: «Sizdan kelayotgan sassiq hid nimaning hidi?» — deysan. Ul zot: «Hafsa menga asal yedirgan erdi»,— deydilar. Sen: «Demak, asalarilar urfut gulidan asal olgan erkan-da!» — deysan, men ham shunday deyman»,— deb tayinladim. So‘ng, Safiyyaga: «Ey Safiyya, sen ham shunday deb aytgil!»—dedim. Ushanda Savda: «Xudo haqi, Janob Rasululloh  hujram  eshigiga  kelib  turganlarida  sen  menga  buyurgan  gapni  sendan qo‘rqqanimdangina aytmoqchi bo‘ldim»,— deb erdi. Janob Rasululloh Savdaga yaqinla-shishlari hamonoq, u: «Yo Rasulalloh, mag‘ofir yedingizmi?» — dedi. Ul zot: «Yo‘q»,— dedilar. U: «Sizdan anqiyotgan sassiq hid nimaning hidi?» — dedi. Ul zot: «Hafsa menga asal yedirgan erdi»,— dedilar. U: «Demak, asalarilar urfut gulidan asal olgan erkanda!» — dedi. Keyin, men ham ul zot huzurimga kirganlarida shu gapni aytdim, Safiyyaning huzuriga kirganlarida u ham shunday dedi. Janob Rasululloh Hafsaning huzuriga kirganlarida, Hafsa: «Yo Rasulalloh, sizga asal yedirib qo‘yaymi?» — deb erdi, ul zot: «Yegim kelmayapti»,— dedilar. Shundan keyin, Savda menga: «Xudo haqi, biz Janob Rasulullohga asalni harom qilib qo‘ydik!»—dedi afsuslanib. Men unga: «Ovozingni o‘chir!» —dedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:45:30
7- bob. Nikohiga olmay turib taloq qilolmaydi!

Olloh taolo: «Ey mo‘minlar! Agar mo‘mina ayollarni nikohingizga olgan bo‘lsangizlar-u, so‘ng ularni jimo’ qilmay turib taloq qilgan bo‘lsangizlar, ularni iddada saqlamog‘ingiz lozim ermas, ularning mahrlarini berib, yaxshilik ila qo‘yib yuboringizlar!» — deydi.

Ibn Abbos yuqoridagi oyatga binoan «Olloh taolo taloqni nikoxdan keyinga qo‘ydi»,— dedilar. Ko‘pgina boshqa roviylar ham shul haqda rivoyat qilishadi, jumladan ash-Sha’biy: «Ayol nikohdan ilgari taloq qilinmaydi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:45:44
8- bob. Agar kishi o‘z xotinini majburan: «Bu mening singlim»,— desa, u taloq bo‘lib qolmaydi!

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ibrohim alayhissalom xotinlari Sorani: «Bu mening singlim»,— deganlar va bu birgina Olloh azza va jallaning o‘ziga ayondur»,— dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:45:59
9- bob. Tutqun va majburning hamda mast va majnunning talog‘i haqida

Taloq, shirk va boshqa shunga o‘xshash masala xususida mast va majnunga nisbatan hukm bir bo‘lib, bular yanglishish va aql-hushning joyida ermasligi oqibatidir. Chunki, Rasu-lulloh sallallohu alayhi va sallam: «Amallar niyatga bogliq bo‘lib, har kimga niyat qilgani nasib bo‘ladi!» — deb aytganlar. Sha’biy bu haqda: «Parvardigoro, agar unuqak yoki xato qilsak yohud vasvasa oqibatida nojoiz xatti-harakatlar qilib qo‘ysak, bizni jazolamagil (aybdor qilmagil)!» — deb tilovat qilganlar. Janob Rasululloh o‘zining qilgan gunohini tan olgan kishidan: «Jinni ermasmisan?»—deb so‘raganlar. Hazrat Ali bunday deydilar: «Hamza ikki tuyamning qornini yordi. Shunda Janob Rasululloh Hamzani koyiy boshladilar, Hamza ersalar mast ko‘zlarini tikib: «Sizlar otamning qullari ermasmisizlar?!» — dedilar. Janob Rasululloh Hamzaning mast erkanliklarini bilib, tashqariga chiqdilar, biz ham ul zot birlan birga chiqib ketdik». Hazrat Usmon: «Majnun va mast kishining talogi o‘tmaydi»,— deydilar. Ibn Abbos: «Mast va majbur qilingan kishining talog‘i nojoizdur»,— deydilar. Uqba ibn Omir: «Vosvosning talog‘i joiz ermas»,— deydilar. Ato. «Agar kishi xotinini taloq qila boshlagan bo‘lsa (ya’ni, birinchi martadan to uchinchi martagacha), har galgi taloqning o‘z shartlari mavjud»,— deydilar. Nofi’: «Bir kishi xotinini qat’iyyan taloq qildi, agar xotin erining uyidan chiqib keqa...»,— dedilar. Ibn Umar: «Agar u erining uyidan chiqib keqa, eridan uzilkesil ajragan bo‘ladi, basharti chiqib ketmasa, ul holda hechqisi yo‘q»,— dedilar. Zuhriy «Agar shunday va shunday qilmasam, xotinim uch taloq bo‘lsin!» deb aytganlar haqida gapirib: «Ushal qasamni ichgan vaqtida qalbida nima deb, nimani niyat qilgan bo‘lsa, undan o‘sha xususida so‘raladi. Agar u qasam ichgan vaqtidagi o‘zi istagan   maqsadi   birlan   qalbiga   tugib   qo‘ygan   niyatini   ayqa,   bu   uning   iymonu halolligiga havola»,— deydilar. Ibrohim: «Agar er xotiniga: «Mening senga ehtiyojim yo‘q!» — deb ayqa, niyatidagi hisobga o‘tadi va har bir odam o‘z tili birlan taloq qilmog‘i lozim!» —deydilar. Qatoda: «Basharti, er (yangi uylangan) xotiniga «Agar homilador bo‘lsang, uch taloqsan!» deb ayqa, ul holda u xotinini har gal hayzdan poklanganda bir marta jimo’ qiladi, agar xotininig homilador bo‘lgani ma’lum bo‘lsa, demak bola o‘zidan bo‘lgan»,— deydilar. Hasan: «Agar er xotiniga: «Uyingga (ota-onangnikiga) jo‘na!» — desa, niyatidagi hisobga o‘tadi»,— deydilar. Ibn Abbos: «Xotinni taloq qilsam, o‘zimni rizo qilgan bo‘laman, qul ozod qilsam, Olloh taoloni rizo qilgan bo‘laman!» — deydilar. Zuhriy: «Agar er xotiniga: «Sen xotinim ermassan!» — desa, niyat qilgani hisobga o‘tadi, ya’ni shunda xotinini talok, qilmoqni niyat qilgan bo‘lsa, taloq bo‘ladi»,— deydilar. Hazrat Ali: «Uch toifa odamlarga, ya’ni majnun tuzalguncha, bola balog‘atga yetguncha, uyqudagi uyg‘onguncha gunoh yozilmasligini bilmaysanmi?!» — deydilar. Hazrat Ali yana: «Jinnining talog‘idan bo‘lak barcha taloq hisobga o‘tadi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:46:09
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo ummatimni ko‘nglidan o‘tkazgan, ammo qilmagan yoki gapirmagan narsasi uchun gunohkor qilmaydi» —deb aytganlar».

Qatoda: «Ko‘nglida (ichida) taloq qilsa, taloq hisobga o‘tmaydi»,— deydilar.

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Aslam qabilasiga mansub bir kishi Janob Rasululloh masjiddaliklarida huzurlariga kelib, o‘zining zino qilib qo‘yganini aytdi. Shunda ul zot nafratlanib yuzlarini o‘girib oldilar. Boyagi kishi ul zotning o‘girilib olgan tomonlariga aylanib o‘tdi-da, zino qilganiga to‘rt marta iqror bo‘lib, o‘ziga o‘zi guvohlik berdi. Shundan so‘ng, Janob Rasululloh uni chaqirib: «Jinni-pinni ermasmisan? Uylanganmi-san?» — deb so‘radilar. U: «(Jinnilik dardim yo‘q), uylanganman»,— dedi. Ul zot uni namozgohda toshbo‘ron qilmoqni amr qildilar. U birinchi tosh tegishi birlanoq qochib qoldi, keyin uni Harrada quvib yetib, o‘ldirdik». Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:46:29
10-bob. Xul’ (kiyimni yechib berish) va bunda taloq qanday bo‘ladi?

Olloh taoloning qavli: «Va sizlar uchun nojoizdur ularga (xotinlarga) bergan narsalaringizdan (mahrlaringizdan) biror narsani qaytarib olmoqlaringiz, lekin er va xotin bundan buyon Olloh taoloning hukmlariga rioya qilgan holda birga yashay olmasak kerak, deb qo‘rqsalar, ul holda xotin mahridan kechib o‘zini qutqarib olsa, har ikkalasiga gunoh bo‘lmas».

(«Xul’ — kiyimni yechib berish» degan istilohning mazmuni quyidagicha: Er va xotin bir-birlari uchun kiyimdur, chunki Olloh taolo: «Xotinlar sizlar uchun va sizlar ular uchun kiyimdursizlar»,— deydi. Shunga ko‘ra, agar er xotinini taloq qilgisi kelmasa-yu, xotin o‘ziga berilgan mahr evaziga eridan taloq olsa va er qabul qilib, unga taloq bersa, go‘yoki har ikkalasi bir-biriga kiyimini yechib bergandek bo‘ladi).

Hazrat Umar ayolni unga berilgan taloq xatidan bo‘lak barcha mahri evaziga xul’ qilmoqlikka ijozat berdilar. Hazrat Usmon ayolni uning boshidagi sochlarini tang‘ib qo‘yadirgan bog‘ichidan bo‘lak barcha mahri evaziga xul’ qilmoqqa ijozat berdilar.

Tovus raziyallohu anhu: «Er va xotin Olloh taolo har biriga farz qilgan hukmlarni bundan buyongi hayotida bajara olmaslikdan cho‘chisa-yu, lekin er xotiniga ahmaqona gap qilmayotgan bo‘lsa, to xotin eriga «Men seni deb nahsdan poklanmoq uchun g‘usl qilib o‘ltirmayman!»—demaguncha, xul’ halol bo‘lmaydi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:46:40
Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Sobit ibn Qaysning xotini Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, men Sobit ibn Qaysni xulq va burch xususida ayblay olmayman, lekin men islomga zid ish tutishni ham istamayman!» — dedi. Janob Rasululloh: «Unga bog‘ini qaytarib bermoqchimisan!» — dedilar (ya’ni, xotin mahrga berilgan bog‘dan voz kechib, eridan taloq olmoqchi). Xotin: «Ha»,— dedi. Janob Rasululloh uning eriga: «Bog‘ni qabul qilgin-da, xotiningga qat’iyan taloq ber!» — dedilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Sobit ibn Qaysning xotini Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, men Sobit ibn Qaysga burch va xulq xususida ayb qo‘ya olmayman, ammo men unga toqat ham qilolmayman!» — dedi. Ul zot: «Unga bog‘ini qaytarib bermoqchimisan?» — dedilar. Xotin: «Ha»,— dedi».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Sobit ibn Qaysning xotini Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, men Sobit ibn Qaysni burch va xulq xususida ayblay olmayman, lekin men kufrdan qo‘rqaman»,— dedi. Ul zot: «Unga bog‘ini qaytarib bermoqchimisan?» — dedilar. Xotin: «Ha»,— dedi. Keyin, xotin bog‘ni eriga qaytarib berdi, Janob Rasululloh eriga amr qilib erdilar, u xotinini taloq qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:46:56
11-bob. Er va xotin orasining buzilishi va zarur bo‘lgan chog‘da xul’ qilmoqni ishora qiladimi?

Olloh taoloning qavli: «Va agar sizlar eru xotin o‘rtasining buzulmogidan qo‘rqsangizlar, ul er xonadonidan bir odil kishini va xotin xonadonidan bir odil kishini ta’yin qilingizlar!»

Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Banu Mugiyra o‘z qizini Aliga nikohlab bermoqlariga ijozat so‘radilar, men sira ham ijozat bermayman, keyin ham, undan keyin ham ijozat bermayman! Ali qizimni taloq qilib, ularning qiziga uylanmoqni istasagina ruxsat beraman, chunki qizim mening bir bo‘lagimdur, uni shubhaga solgan narsa meni ham shubhaga soladi, unga aziyat yetkazgan narsa menga ham aziyat yetkazadi!» — deb aytganlarini eshitdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:47:08
12- bob. Cho‘rining sotib yuborilishi taloq hisoblanmaydi

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Cho‘ri Bariraga nisbatan ado etilmogi lozim bo‘lgan uchta sunnat mavjud erdi, ulardan biri — uning ozod qilinib, erini ixtiyor qilmog‘iga imkon berilganidur. Ushanda Janob Rasululloh: «Homiylik huquqi ozod qilgan shaxs qo‘liga o‘tadi»,— degan erdilar. Bir kuni ul zot hujramga kirib kelganlarida qozonda go‘sht qaynab turgan erdi. Oldilariga non va uyda mavjud bo‘lgan xurushlardan keltirildi. Ul zot: «Go‘sht qaynatib qo‘yilgan qozonga ko‘zim tushdi shekilli?» — dedilar. «Ha, qozonda go‘sht qaynatib qo‘yilgan, ammo bu go‘sht Bariraga sadaqa qilingan go‘shtdan, siz ersangiz sadaqa yemaysiz»,— deyishdi. Ul zot: «Bu go‘sht Bariraga sadaqa, bizgaersaxadyadir!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:47:22
13-bob. Cho‘rining qulni tanlamog‘i haqida

Ibn Abbos: «Men uning, ya’ni Bariraning erining qul erkanligini ko‘rganman»,— deydilar.

Ibn Abbos: «Men o‘shal Mugis Abdu Bani falonning, ya’ni Bariraning erining Madina ko‘chalarida Bariraning ketidan qolmay, unga yiglab yolborayotganini ko‘rib turgandekmen»,— deydilar.

Ibn Abbos: «Bariraning eri qop-qora qul bo‘lib, ismi Mugis Abdunnabiy erdi. Hozir men uning Madina ko‘chalarida Bariraga ergashib yurganini ko‘rib turgandekmen»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:47:35
14- bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning‘ Bariraning eriga shafoat qilganlari haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Bariraning eri qul bo‘lib, ismi Mug‘is erdi. Men uning Bariraning ketidan ergashib, yig‘lab yurganini va ko‘z yoshlarining soqoliga oqib tushayotganini ko‘rib turgandekmen. Janob Rasululloh: «Ey Abbos, Mug‘isning Bariraga bo‘lgan muhabbatidan va Bariraning Mug‘isga bo‘lgan nafratidan ajablanmaysanmi?» — dedilar. Janob Rasululloh Bariraga: «Unga qaytib tekkaningda erdi!»—dedilar. Barira: «Yo Rasulalloh, u menga shart qo‘ydi»,— dedi. Ul zot: «Chunki, men unga achinaman»,— dedilar. Barira: «Men unga muhtoj ermasman!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:47:49
15-bob.

Asvad rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho Barirani sotib olmoqchi bo‘ldilar, shunda uning valiylari valiylik (homiylik) huquqini o‘zlarida olib qolishni shart qilib, sotmoqdan bosh tortdilar. Oisha onamiz buni Janob Rasulullohga aytib erdilar, ul zot: «Uni sotib olib, ozod qilaver, valoyat huquqi ozod qilgan shaxsniki-dur!»— dedilar. Bir kuni Janob Rasulullohga go‘sht keltirishdida, «Bu Bariraga sadaqa qilingan go‘shtdan»,— deyishdi. Ul zot: «Bu Bariraga sadaqa, bizga ersa hadyadir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:48:02
16- bob. Olloh taoloning «Mushrik ayollarni ular mo‘mina bo‘lmagunlariga qadar nikohingizga olmangizlar! Mushrik ayoldan, agar u sizga yoqib qolgan bo‘lsa ham, cho‘ri yaxshidur!» degan qavli haqida

Nofi’ rivoyat qiladilar: «Ibn Umar, agar nasroniy ayolni yoki yahudiy ayolni nikohlab olmoq haqida so‘rashsa: «Olloh taolo mushrik ayollarni mo‘minlarga harom qildi, men (mushrik) ayolning Olloh taoloning bandalaridan biri bo‘lmish Isoni rabbim, deb shirk keltirganidan ko‘ra og‘irroq gunohini bilmayman!»—der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:48:19
17- bob. Musulmon bo‘lgan mushrik ayollarni nikohlab olmoq va ularning iddalari haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Mushriklar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan mo‘minlarga nisbatan ikki xil mavqeda erdilar. Harb qabilasi mushriklari mo‘minlarga, mo‘minlar ersa ularga qarshi urush qilishar erdi. Ahd qabilasi mushriklari ersa mo‘minlarga qarshi urush qilishmas, mo‘minlar ham ularga qarshi urishmas erdilar. Agar Harb qabilasidan biror ayol musulmonlar tomoniga o‘qa, to hayz ko‘rib, hayzdan poklanmagunicha, nikohga olinmas erdi, agar hayzdan poklansa, uni nikohga olmoqlik ruxsat etilar erdi. Ushal ayol, agar eri ham musulmonlar tomoniga o‘qa-yu, lekin o‘zi hanuz biror mo‘minga nikohlanmagan bo‘lsa, eriga qaytarilar erdi. Basharti, mushriklarning birorta quli yoki cho‘risi musulmonlar tomoniga o‘qa, u ozod deb hisoblanib, musulmonlar tomoniga o‘tgan ozod mushriklarga nisbatan qanday muomala qilinsa, unga ham shunday muomala qilinar erdi».

Mujohid: «Agar Ahd qabilasi mushriklarining birorta quli yoki cho‘risi musulmonlar tomoniga o‘qa, qaytarib bermay, narxini to‘lashar erdi»,— deydilar.

Ibn Abbos rivoyat qiladilar. «Qurayba binti Abu Umayya Umar ibn al-Xattobning huzurlarida erdi, keyin uni taloq qildilar. Unga Muoviya ibn Abu Sufyon uylandi. Abu Sufyonning qizi Ummulhakam ersa Iyoz ibn G’anam al-Fahriyga tekkan bo‘lib, keyin uni taloq qildi. Unga Abdulloh ibn Usmon as-Saqafiy uylandi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:48:43
18- bob. Eri zimmiy yoki Harb qabilasiga mansub bo‘lgan mushrik yohud nasroniy ayollar musulmon bo‘lsa...

Ibn Abbos: «Agar nasroniy ayol eridan bir soat ilgari musulmon bo‘lsa ham, eriga (umuman) haromdur!» — deydilar.

Ibrohim as-Soigrivoyat qiladilar: «Odamlar Atodan: «Ahd qabilasiga mansub bir ayol musulmon bo‘ldi, keyin u iddalik vaqtida eri ham musulmon bo‘ldi, u uning xotini bo‘lib qola oladimi?»—deb so‘rashdi. Ato: «Io‘q, aslo! Endi, o‘shal xotin erining qayta nikohlab olmog‘ini hamda boshqa mahr bermog‘ini istashi kerak bo‘ladi»,— dedilar».

Mujohid: «Agar er xotini musulmon bo‘lib, idda saqlayotgan vaqtda islomni qabul qilsa, unga uylanadi»,— deydilar.

Olloh taolo: «Na (musulmon bo‘lgan) xotinlar (kofir) erlariga v na (kofir) erlar (musulmon bo‘lgan) xotinlariga halol bo‘lurlar!» — deydi.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:48:55
Qatoda bir vaqtda musulmon bulgan majusiy eru xotin xususida suzlab: «Ular nikohlanadilar. Agar ulardan biri ikkinchisidan ilgari musulmon bo‘lsa, musulmon bo‘lgani musulmon bo‘lmaganidan yuz o‘giradi, demak musulmon bo‘lmagan er uchun musulmon bo‘lgan xotiniga yo‘l yo‘qdur!» — deydilar.

Ibn Jurayj rivoyat qiladilar: «Men Atoga: «Bir mushrik ayol musulmonlar tomoniga o‘tdi, eri undan xul’ (mahr evaziga taloq bermoqlikni) talab qiladimi? Chunki, Olloh taolo: «Ular bergan narsalarni o‘zlariga qaytarib beringizlar!»—deydi-ku?!» — dedim. Ato: «Io‘q, chunki bu Janob Rasululloh birlan Ahd qabilasi o‘rtasida kelishib olingan erdi»,— dedilar».

Mujohid: «Buning hammasi Janob Rasululloh birlan Quraysh qabilasi o‘rtasidagi sulhda qayd etilgan»,— deydilar.

Urva ibn az-Zubayr rivoyat qiladilar: «Janob Rasulullohning xotinlari Oisha onamiz bunday dedilar: «Agar ayollar islomni qabul qilib Janob Rasulullohning huzurlariga kelishsa, ularni qaytarib yubormay imtihon qilib ko‘rardilar. Chunki, Olloh taolo: «Ey mo‘minlar! Agar sizlarning huzuringizga mo‘min ayollar kelishsa, ularni (kofirlarga qaytarib bermay) imtihon qilib ko‘ringizlar!» — deydi. Mazkur ayollardan qaysi biri o‘shal imtihondan o‘tgan bo‘lsa, demak u og‘ir sinovdan o‘tgan bo‘lar erdi. Janob Rasululloh ayollarni gapga solib, iymonlari haqiqiy erkanligini bilib olganlaridan so‘ng, ularga: «Sizlarga ruxsat, boringizlar, men sizlarni bay’at qildirib (iymonlaringizning rost erkanligiga ont ichirib) bo‘ldim!» — der erdilar. Xudo haqi, Janob Rasulullohning qo‘llari biror begona ayolga tekkan ermas, ul zot ularga faqat so‘z birlan murojaat qilar erdilar! Xudo haqi, Janob Rasululloh begona ayollarga Olloh taolo o‘zlariga amr qilgan narsa birlangina, ya’ni so‘z birlangina murojaat qilar erdilar! «Sizlarni bay’at qildirib bo‘ldim!» deb so‘z birlan murojaat qilganlari buning dalilidur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:49:17
19-bob. Olloh taoloning «Xotinlariga yaqin bormaslikka qasam ichadirgan odamlar uchun to‘rt oy muhlat berilur, bas agar (shul muddatda) qayqalar, Olloh taolo buyuk mag‘firat sohibi, nihoyatda rahimdil zotdur! Va agar taloq qilmoqni qasd qilsalar, albatta Olloh taolo eshitguvchi, bilguvchidur!» degan qavli xususida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlarini iylo’ qildilar, ya’ni bir oy birga turmayman, deb ont ichdilar. Oyoqlari yorilib (sinib) ketgan bo‘lib, boloxonalarida yolgiz o‘zlari yigirma to‘qqiz kun turdilar. So‘ng, xotinlari huzuriga kirdilar, shunda ular: «Yo Rasulalloh, bir oyga qasam ichib erdingiz-ku?!» — deyishdi. Ul zot: «(Bu) oy yigirma to‘qqiz kundur!» —dedilar».

Nofi’ rivoyat qiladilar: «Ibn Umar raziyallohu anhu iylo’ haqida so‘zlab, «Erlar Olloh taolo amriga muvofiq xotinlarni idda muddatlari tugagandan so‘ng, yaxshilik ila nikohda saqlab turmoqlari yoki taloq qilmoqqa azm qilmoqlari lozim bo‘ladi»,— deydilar».

Nofi’ rivoyat qiladilar: «Ibn Umar: «Agar xotinini iylo’ qilganiga to‘rt oydan oshsa, uni taloq qilguniga qadar uyida ushlab turadi. Bunda, to taloq qilguniga qadar xotini taloq hisoblanmaydi»,— deydilar. Bu haqda Xazrat Usmon, H,azrat Ali, Abu Dardo’, Oisha onamiz hamda Janob Rasulullohning o‘n ikki sahobalari ham aytishgan».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:49:32
20-bob. Yo‘qolgan odam va yo‘qolgan molning hukmi

Ibn al-Musayyab: «Agar er jang vaqtida dom-daraksiz yo‘qolib qolsa, xotini bir yil uni kutadi. Ibn Mas’ud bir cho‘rini sotib olgan erdilar, bir yilga qadar uning egasini   izlab   topolmadilar.   Keyin,   bir-ikki   dirhamdan   ajratib,   sadaqa   qila boshladilar-da: «Yo parvardigoro, bu falonchiga (ya’ni, cho‘rining topilmagan egasiga) berishim kerak bo‘lgan qarzim uchundur!» — der erdilar hamda bizga: «Topilmaga nisbatan shunday ish tutingizlar!» — deb tayinlar erdilar».

Zuhriy asirga tushib qolgan kishi haqida: «Uning qaerdaligi ma’lum bo‘lsa, xotini erga tegmaydi, uning moli ham taqsimlanmaydi. Agar er dom-daraksiz yo‘qolib keqa, xotini bir yil kutadi»,— deydilar.

Munba’isning mavlosi Yazid rivoyat qiladilar: «Janob Rasulullohdan yo‘qolgan (topib olingan) qo‘y haqida so‘rashdi. Ul zot: «Uni o‘zingga olaver, chunki u seniki yoki biror birodaringniki yoki bo‘rinikidur!» — dedilar. Keyin, topib olingan tuya haqida so‘rashdi. Shunda ul zot qattiq g‘azablandilar, hatto yuzlari qizarib ketib: «U birlan ishing bo‘lmasin, uning ozuqa va suvi o‘zi birlan, agar och qolsa, egasi topib olguncha suv ichib, o‘t yeb yuraveradi!» — dedilar. So‘ng, topib olingan hamyon haqida so‘rashdi. Ul zot: «Uni ochib, ichidagini ko‘r, so‘ng bir yil davomida uni topib olganing haqida ovoza qil, agar egasi chiqmasa, uni molingga qo‘shib yuboraver!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:50:00
21- bob. Zihor va Olloh taoloning «Olloh taolo uning sen birlan aytishib aytgan so‘zini eshitdi («Kimning qurbi yetmasa, oltmish miskinni to‘yg‘azsin!» degan qavligacha)» degan qavli xususida

(«Zihor — kishining o‘z xotiniga: «Sen mening uchun onamning beli kabidursan!», ya’ni «Onamning beliga minmogim mumkin bo‘lmaganidek, endi seni ham mina olmayman!» deb aytmogidur. Shunday deb xotinidan arazlagan er, yarashganidan so‘ng, ichgan ontiga kafforat bermogi lozimdur).

Molik raziyallohu anhu Ibn Shihobdan qulning zihori xususida so‘radilar. Ul kishi: «Ozod kishining zihori kabidur»,— dedilar.

Molik: «Xotinini zihor qilgan qul ichgan onti kafforatiga ikki oy ro‘za tutib beradi»,—deydilar.

Hasan: «Ozod kishining ozod xotinini zihor qilmogi birlan qulning cho‘rini zihor qilmogi o‘rtasida hech qanday farq yo‘qdur»,— deydilar.

Ikrima: «Agar kishi cho‘risini zihor qilsa, hechqisi yo‘q, chunki zihor kishining o‘z xotiniga nisbatan shar’iy hukmga egadur»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:50:20
22- bob Taloq qilganini yoki biror narsani tasdiqlayotganini yohud biror narsadan qaytarganini yoinki biror narsa xususida amr qilganini ishora birlan anglatmoq haqida

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo (mayyitga ovoz chiqarmay) to‘kilgan ko‘z yoshi uchun azoblamaydi, ammo u mana bu (birlan dod-voy solingani) uchun azoblaydi» — deb tillariga ishora qildilar».

Ka’b ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga «yarmini ol!» degan ma’noda (qo‘llari birlan) ishora qildilar

Asmo rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilganda namoz o‘qidilar. Men Oishaga: «Odamlarga ne bo‘ldi?»—dedim. U boish birlan Quyoshga ishora qildi. Men «(Qiyomat) alomatimi?»— dedim. U namozda turgan holda gapimni ma’qullab bosh irgadi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:50:31
Anas: «Janob Rasululloh Abu Bakr as-Siddiqqa («Beri kelingiz!» deb) qo‘llzri birlan ishora qildilar»,— deydilar.

Ibn Abbos: «Janob Rasululloh «Gunohi yo‘q!» deb qo‘llari birlan ishora qildilar»,— deydilar

Abu Qatoda rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ehromdagi kishining ov qilmogi haqida gapirayotib! «Birortangiz «Hamla qilgil!» deb unga buyurdingizmi yoki o‘ljaga ishora qildingizmi?» — dedilar. Odamlar «Io‘q»,— deyishdi. Ul zot «Unday bo‘lsa, yeyaveringizlar!» —dedilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Baytullohni tavof qildilar, har gal rukn oldiga kelganlarida unga (asolari birlan) ishora qilib qo‘yib, takbir aytar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:50:46
Zaynab rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ya’juj va Ma’juj oldidagi to‘siq mana shuncha va mana shuncha ochildi va to‘qson foiz boylandi (ya’ni, o‘n foiz bo‘shatildi)»,— dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Abulqosim sallallohu alayhi va sallam (Janob Rasululloh): «Jum’a kunida bir muayyan vaqt bordur. Musulmon bandaning namoz o‘qib turgan vaqti o‘sha vaqtga to‘g‘ri kelib qolmog‘i qiyindur, bordi-yu to‘g‘ri kelib qolsa, banda Olloh taolodan nimaiki so‘rasa, tilagi mustajob bo‘lgaydur»,— dedilar-da, muborak qo‘llari birlan o‘shal vaqtning qisqaligiga ishora qildilar»

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hayotlik vaqtlarida bir yahudiy bir joriyaga tajovuz qilib, uning isirg‘asini tortib oldi-da, boshini tosh birlan urib yordi. Joriyani qarindoshlari Janob Rasulullohning huzurlariga ramaqijon holda keltirishdi, u so‘zlay olmas erdi. Ul zot: «Seni falonchi o‘ldirdimi?» —deb yahudiydan bo‘lak bir odamning ismini aytdilar. Joriya «yo‘q» degan ma’noda boshi birlan ishora qildi. Ul zot. «Seni falonchi o‘ldirdimi?»—deb yana boshqa bir odamning ismini aytdilar. Joriya yana «yo‘q» degan ma’noda boshi birlan ishora qildi. Ul zot: «Unda, falonchi o‘ldirdimi?» — deb uni o‘ldirgan yahudiyning ismini aytdilar. Joriya bu safar «Ha» degan ma’noda boshi birlan ishora qildi. Shundan so‘ng, Janob Rasululloh o‘shal yahudiyni olib kelmoqni amr qildilar, uni olib kelishgach, boshini ikki tosh orasiga qo‘ydirib, majaqlattirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:50:58
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning mashriqqa ishora qilib: «Fitna o‘sha tomondan chiqadi!»—deb aytganlarini eshitdim».

Abdulloh ibi Abu Avfo rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga safarda erdik. Quyosh botgach, bir kishiga: «Ulovingdan tushib, menga talqon qorib ber (ya’ni, talqonga suv yoki sut aralashtirib ber)!»—dedilar. Boyagi kishi: «Yo Rasulalloh, biroz ko‘qangiz bo‘lardi!»—dedi. Biroz yurishgach, ul zot yana: «Ulovingdan tushib, menga talqon qorib ber!»— dedilar. Boyagi kishi bu gal ham: «Yo Rasulalloh, yana biroz kuqangiz (kechroq og‘iz ochsangiz) bo‘lardi, og‘iz ochishingizga hali vaqt erta-ku!»—dedi. Yana biroz yurilgach, ul zot uchinchi bor: «Ulovingdan tushib, menga talqon qorib ber!»—dedilar. U ulovidan tushib, Payg‘ambarimiz alayhissalomga talqon qorib berdi, ul zot uni ichib og‘iz ochdilar. Keyin, mashriqqa qo‘llari birlan ishora qilib: «Agar tunning (qorong‘ulikning) o‘shal tomondan bosib kelayotganini ko‘rsangizlar.ro‘zador og‘iz ochaveradi»,—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:51:08
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasulullohsallallohu alayhi vasallam: «Bilolning nidosi (azoni) birortangizga saharlikni man’ qilmaydi, chunki u saharlikka turgan kishining bomdodgacha mizg‘ib olmog‘iga hali vaqti borligini ma’lum qiladi. Bu uning bomdodga chaqirib azon aytgani ermas»,—dedilar-da, Hazrat Bilolning azonlari birlan bomdod azoni oraligida biroz mizg‘ib olmoqqa vaqt borligini anglatish maqsadida ikkala qo‘llarini ko‘tarib, birini ikkinchisidan uzoqroqqa cho‘zdilar».

Abu Hurayra raziyallouu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Baxil birlan qo‘li ochiq odam ko‘kragidan to bo‘g‘zigacha temir jubba (sovut) kiyib olgan ikki kishiga o‘xshaydi. Qo‘li ochiq odam bir narsa ehson qildi deguncha, sovutining halqalari bo‘shashib, badanidagi sovut izlari yo‘qolgaydir. Ammo, baxil odam sadaqa qilmoqchi bo‘lishi birlanoq, jubbasining har bir halqasi ko‘kragu bo‘ynini tobora ko‘proq qisa boshlagay, u harchand chiranmasin, jubba kengaymagay»,— dedilar-da, bo‘g‘izlariga barmoqlari birlan ishora qildilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:51:27
23- bob. Li’on va Olloh taoloning shu xususdagi qavli: «Va ul odamlariki tuhmat qilurlar xotinlariga, agar bo‘lmasa alarning guvohlari o‘zlaridan bo‘lak, bunday odamning guvohligi shulki, to‘rt marta xudoga qasamyod qilib: «Albatta, men rost aytayo-tirman!» — der»

Agar soqov er xotinini yozma yoki tushunarli imo-ishora birlan qazaf qilsa (zinokorlikda ayblasa), uning qazafi tili sog‘ kishining qazafi birlan barobardur. Chunki, Janob Rasululloh faroiz borasida ishoraga ijozat berganlar, buni ayrim hijozliklar va ulamolar ham tasdiqlashadi. Olloh taolo: «Keyin, Maryam bola tarafiga ishora qildi, ular: «Biz nechuk beshikda yotgan bolaga so‘zlay olamiz?» — dedilar»,— deydi. Zahhoq: «Imo-ishorasiz qazaf qilmog‘i darkor»,— deydilar. Ayrim kishilar: «Agar soqov imo-ishora birlan qazaf qilsa, xotiniga hadd jazosi berilmaydi ham, ular li’on qilinmaydilar ham» — deb, so‘ng: «Yozma yoki imo-ishora birlan taloq qilmoqlik joizdur va taloq birlan qazaf o‘rtasida farq yo‘qdur» — deb ta’kidlashadi. Shunga binoan, agar ular qazaf faqat og‘zaki ma’lum qilinadi»—deydirgan bo‘lsalar, demak taloq ham faqat og‘zaki ma’lum qilinsagina, joiz bo‘lishini ularga aytmoq kerak bo‘ladi, aks holda taloq ham, qazaf ham botil bo‘lib, soqovning xotini ham, o‘zi ham mulo’ana qilinadi. Sha’biy va Qatoda: «Agar (soqov) barmoqlari birlan «Sen taloqsan!» deb ishora qilsa, ishorasiga asosan xotini undan ajratiladi»,— deyishadi. Ibrohim: «Soqov er, agar o‘z qo‘li birlan qazafnoma yozib bersa, qabul qilmoq lozimdur»,— deydilar. Hammod: «Soqov va garang, agar boshi birlan qazaf qilganini ishora qilsa, joizdur»,— deydilar.

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ansorlarning eng yaxshi hovlisi (xonadoni) haqida sizlarga xabar berayinmi?» — dedilar. «Ha, yo Rasulalloh!» — deyishdi. Ul zot: «Banu an-Najjor, so‘ng ulardan keyingi Abd al-Ashhal, so‘ng ulardan keyingi Banu al-Hars ibn al-Xazraj, so‘ng ulardan keyingi Banu So’ida»,— dedilar. Keyin, qo‘llari birlan bir tomonga ishora qilib, barmoqlarini juftladilar-da, tosh otgandek harakat qildilar, so‘ng: «Ansorlarning barcha hovlilarida yaxshilik mavjuddur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:51:40
Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men payg‘ambar qilib yuborilganimda qiyomat mana bu mana bunga qanchalik yaqin bo‘lsa, shunchalik yaqin erdi» — deb ko‘rsatgich barmoqlari birlan o‘rta barmoqlari orasini birlashtirdilar».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Oy mana buncha va mana buncha va mana buncha, ya’ni o‘ttiz kun bo‘ladi»,— dedilar. So‘ng: «Oy mana buncha va mana buncha va mana buncha, ya’ni yigirma to‘qqiz kun bo‘ladi» — deb ham aytdilar. Ya’ni, ba’zi oy o‘ttiz kun va ba’zi oy yigirma to‘qqiz kun bo‘ladi, deb aytmoqchi bo‘ldilar».

Abu Mas’ud rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘llari birlan Yaman tomonga ishora qilib: «Iymon o‘shal tarafda!»—deb ikki bor aytdilar, so‘ng: «Lekin, og‘ir vaqtlar boshlanib, tuyakashlar bag‘ri tosh bo‘lib ketadi, shayton shoxi — Rabiy’a va Muzar qabilalari ham o‘sha tomondan chiqadi»,— dedilar».

Sahl rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men birlan yetimparvar ikkimiz jannatda mana bunday birga bo‘lamiz» — deb ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarining orasini biroz ochib ko‘rsatdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:51:51
24-bob. Agar kishi bolasidan tonib arz qilsa...

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, mening bolam qop-qora!» — dedi. Ul zot: «Tuyalaring bormi?»—dedilar. U: «Ha»,— dedi. Ul zot: «Rangi qanaqa?»—dedilar. U: «Qizg‘ish»,— dedi. Ul zot: «Ularning orasida kulrangi bormi?» — dedilar. U: «Ha»,— dedi. Ul zot: «U qaerdan kelib qoldi?»—dedilar. U: «Menimcha, nasliga tortgandur?»— dedi. Ul zot: «O’g‘ling ham nasliga tortgan bo‘lsa kerak!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:52:03
25-bob. Li’on qiluvchiga ont ichirmoq xususida

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ansoriy kishi xotinini qazaf qildi. Janob Rasululloh ansoriy birlan xotiniga qasam ichirib, so‘ng ularni ajratib yubordilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:52:15
26- bob Avval erkak li’on qiladi!

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hilol ibn Umayya xotinini qazaf qildi, so‘ng kelib rost aytayotganini gapirib qasam ichdi. Janob Rasululloh: «Olloh taolo ikkingizdan biringizning yolg‘on so‘zlayotganingizni bilib turibdi, qaysi biringiz tavba qilasiz?» — dedilar. Shunda xotin ham o‘rnidan turib rost gapirayotganiga qasam ichdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:52:29
27-bob. Li’on va li’ondan so‘ng xotinini taloq qilgan kishi haqida

Sahl ibn Sa’d as-So’idiy rivoyat qiladilar: «Uvaymir al-Ajaloniy Osim ibn Adiyning huzurlariga kelib: «Ey Osim, nima deysiz, bir kishi xotini birlan bir begona erkakni tutib olsa, uni o‘zi o‘ldiradimi yoki sizlar o‘ldirasizlarmi yohud boshqa biror chora ko‘riladimi? Iltimos, shu haqda Janob Rasulullohdan so‘rab bilib bersangiz!» — dedi. Osim shul xususda Janob Rasulullohdan so‘rab erdilar, ul zot bunday masala to‘g‘risida javob bergilari kelmay, Osimni shunday uyaltirdilarki, ul kishi hatto savol berganlariga ming pushaymon yedilar. Osim uylariga qaytib kelganlarida Uvaymir kelib: «Ey Osim, Janob Rasululloh sizga nima deb javob qildilar?» — dedi. Osim: «Menga yaxshilik qilmading! Janob Rasululloh sen so‘ragan masala xususida javob bergilari kelmadi»,— dedilar. Uvaymir: «Xudo haqi, o‘zim so‘rab bilib olmagunimcha, qo‘ymayman!» — dedi-da, Osimning huzurlaridan chiqib, Janob Rasulullohning qoshlariga yo‘l oldi, yetib borganida ul zot odamlar davrasida o‘ltirgan erdilar. Uvaymir: «Yo Rasulalloh, agar bir kishi xotini birlan bir begona erkakni tutib olsa, uni o‘zi o‘ldiradimi yoki sizlar o‘ldirasizlarmi yohud biror boshqa chora ko‘riladimi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Sening va umr yo‘ldoshing xususida oyat nozil bo‘ldi, borib xotiningni olib kelgil!» — dedilar. Keyin, ular ikkalasi bir-birini (masjid-da) mulo’ana qilishdi, shunda men Janob Rasulullohning huzurlaridagi odamlar orasida erdim. Ikkalasi mulo’ana qilishib bo‘lishgach, Uvaymir: «Yo Rasulalloh, agar uni nikohimda olib qolsam, unga tuhmat qilgan bo‘laman!» —dedi-da, Janob Rasulullohning amr qilmoqlarini kutmay, uni uch taloq qildi. Ibn Shihob: «Ushal yil — mulo’ana qiluvchilar yili bo‘lgan erdi»,— deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:52:44
28- bob. Masjidda mulo’ana qilmoq xususida

Bu yerda Sahl ibn Sa’d as-So’idiyning yuqoridagi rivoyatlari takroran keltirilgan.

Ibn Shihob bunday deydilar: «Usha ikki eru xotindan so‘ng, bir-birini mulo’ana qiluvchilarni ajratib yuborish sunnat bo‘lib qoldi. Agar ayol homilador bo‘lsa, bolasi nasab xususida onasiga da’vo qilar erdi. Keyin, ayolning merosi xususida sunnat (qonun) joriy qilinib, ayol Olloh taolo farz qilgancha bolaga meros qoldiradirgan va bola onadan meros oladirgan bo‘ldi».

Sahl ibn Sa’d bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar o‘shal xotin qizg‘ish, pak-pakana bola tug‘sa, xotin rost gapirib, eri unga tuhmat qilgan, deb hisoblayman, basharti u qop-qora, ko‘zlari katta-katta bola tug‘sa, unda eri rost gapirib, xotini bolani birovdan orttirgan bo‘ladi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:52:58
29-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Birortani dalil-isboqiz rajm qiladirgan bo‘lsam, shu ayolni rajm qilar erdim!» deganlari haqida

Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladilar. «Ibn Abbos Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida bir eru xotinning o‘zaro mulo’ana qilganligi haqida gapirdi. Shunda Osim ibn Adiy shul xususda bir nima dedi-da, so‘ng uyiga ketdi. Uyida o‘ltirganida bir kishi huzuriga kelib, xotinini bir begona erkak birlan tutib olganini aytib shikoyat qildi. Osim: «Tilimdan ilinib, o‘zimga o‘zim balo orttirib o‘ltiribman!»— dedi-da, boyagi kishini ergashtirib Janob Rasulullohning huzurlariga bordi va ul zotga xotinini tutib olgan kishi xususida so‘zlab berdi. Bu kishi sarg‘ish, qotma, sochlari muloyim va silliq erdi. Xotinining o‘ynashi ersa qorachadan kelgan, semiz kishi erdi. Janob Rasululloh: «Yo parvardigoro, o‘zing fosh qilgaysan!»—dedilar. Keyin, o‘shal ayol eri belgilarini aytgan kishiga o‘xshash bola tug‘ib qo‘ydi. Janob Rasululloh ularni li’on qildilar. Bir kishi Ibn Abbosga majlisda: «Janob Rasululloh «Birortani dalil-isboqiz rajm (toshbo‘ron) qiladirgan bo‘lsam, shu ayolni rajm qilar erdim!» deb shu ayol haqida aytganmilar?»—dedi. Ibn Abbos: «Io‘q, Janob Rasululloh nazarlarida tutgan ayol islom xususida yomonlik qilgan erdi»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:53:16
30-bob. Li’on qilingan ayolning mahri haqida

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Umarga: «Bir kishi xotinini qazaf qildimi?» — dedim. Ibn Umar: «Janob Rasululloh Uvaymir al-Ajaloniy birlan uning xotinini ajratib yubordilar. Ul zot ularga uch bor: «Olloh taolo ikkingizdan biringizning yolg‘on gapirayotganingizni bilib turibdi, qaysiningiz tavba qilgaysiz?» — dedilar. Shunda ikkalasi ham tavba qilmoqdan bosh tortib erdi, ularni ajratib yubordilar»,— dedi».

Ayyub bunday deydilar: «Amr ibn Dinor menga: «Sen ana shu hadisdagi bir (muhim) narsani tushirib qoldiryapsan. Ushanda uning eri: «Bergan mahrim nima bo‘ladi?» — degan erdi. Janob Rasululloh: «Senga mahrni qaytarib bermaydi, agar sen xotining xususida rost gapirgan bo‘lsang ham, bergan mahring xotiningning avratidan foydalanganing uchun unda qoladi, agar tuhmat qilgan bo‘lsang, senga mahrning qaytarib berilmasligi o‘z-o‘zidan ma’lumdur» — deb javob qilgan erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:53:28
31-bob. Imomning mulo’ana qilinayotganlarga: «Ikkingizdan biringiz yolg‘on gapirayotirsiz! Qaysi biringiz tavba qilgaysiz?» — deb aytgani haqida

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Umardan li’on qilinganlar haqida so‘radim. Ibn Umar bunday dedi: «Janob Rasululloh li’on qilinayotganlarga: «Sizlarning hisob-kitobingiz Olloh taologa havola! Ikkingizdan biringiz yolg‘on so‘zlayotirsiz. Endi, sening uchun xotiningga yo‘l yo‘q!» — dedilar. Erkak: «Unga bergan mahrim nima bo‘ladi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Mahr senga qaytarilmaydi. Agar xotining xususida rost aytgan bo‘lsang ham, uning avratidan foydalanganing uchun mahr unda qoladi. Basharti, yolg‘on gapirgan bo‘lsang, shundog‘ ham mahr senga qaytarilmasligi ayondur»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:53:42
32-bob. Li’on qilingan eru xotinni ajratib yuborish haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir eru xotinni ajratib yubordilar, er xotinni qazaf qilgan bo‘lib, ularning ikkalasiga ont ichirdilar».

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ansorlardan bo‘lmish bir eru xotinni li’on qilib, keyin ularni ajratib yubordilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:53:58
33-bob. Bola li’on qilingan ayolniki bo‘ladi!

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir eru xotinni li’on qildilar, shunda er bolani tan olmadi. Ul zot ularni ajratib, bolani ayolda qoldirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:54:15
34- bob. Imomning «Yo parvardigoro, (qaysi biri haq, qaysi biri nohaq erkanligini) o‘zing ayon qilgaysan!» deb aytmog‘i haqida

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida li’on qilingan bir eru xotin haqida gap ketdi. Shunda Osim ibn Adiy shul xususda bir nima dedi-da, uyiga ravona bo‘ldi. Keyin, unga qavmdosh bir kishi uning huzuriga kelib, xotini birlan bir begona erkakni tutib olganini aytdi. Osim: «Tilimdan ilinib, o‘zimga-o‘zim tashvish orttirib o‘ltiribman-a!» —dedi-da, boyagi odamni ergashtirib Janob Rasulullohning huzurlariga bordi, ul zotga xotinini begona erkak birlan tutib olgan kishi haqida so‘zlab berdi. Bu kishi sargish, qotma va sochlari muloyim erdi, xotinining o‘ynashi ersa, qorachadan kelgan, semiz, gavdali, sochi jingalak erdi. Janob Rasululloh: «Yo parvardigoro, o‘zing fosh (ayon) qilgaysan!» — dedilar. Keyin, o‘shal xotin yuqorida belgilari aytilgan o‘ynashiga o‘xshash bola tugib qo‘ydi. Janob Rasululloh eru xotinni li’on qildilar». Bir kishi majlisda Ibn Abbosga: «Janob Rasululloh «Agar birortani dalil-isboqiz rajm qiladirgan bo‘lsam, shu xotinni rajm qilgan bo‘lar erdim!» deb shul xotin haqida aytganlarmi?» — dedi. Ibn Abbos: «Yo‘q, Janob Rasululloh nazarlarida tutgan ayol islom xususida yomonlik qilgan erdi»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:54:35
35-   bob. Eri uch taloq qilgan ayol iddadan so‘ng bir boshqa erga tegsa-yu, eri unga yotolmasa...

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rifo’at al-Quraziy bir ayolga uylanib, keyin uni taloq qildi.

Xotin boshqa erga tekkach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib, keyingi erining jimo’ga zaiflik qilayotgani hamda uning olati popuk singari lapashang erkani haqida gapirdi. Janob Rasululloh unga: «To keyingi ering sening va sen uning asaldonidan zavq olmaguningizcha, avvalgi eringga halol bo‘lmaysan!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:54:50
36-   bob. Olloh taoloning qavli: «Va ul xotinlaringizdanki, noumid bo‘libdirlar hayzdan (ya’ni, hayz mavsumidan o‘tib qolgan yo hayz yoshiga yetmagan xotinlaringizdan) shubqa qilsangizlar...»

Mujohid: «Agar sizlar xotinlaringiz hayz ko‘radilar-mi, yo‘qmi, bilmasangizlar, ul holda hayz mavsumidan o‘tib qolgan yo hayz yoshiga yetmagan xotinlar uchun idda muddati uch oydur»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:55:05
37-   bob. Olloh taoloning qavli: «Va qorinlarida bolasi bor xotinlarning iddasi bolasini tug‘ishidur»

Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Aslam qabilasiga mansub Subay’a ismli bir ayolning eri bo‘lib, u vafot etib qoldi. Subay’a eridan homilador erdi. Uni Abussanobil ibn Bi’kak o‘ziga xotinlikka so‘ratdi, Subay’a unga tegishga rozilik bermadi. Odamlar unga: «Xudo haqi, iddani oxiriga yetkazmaguningcha, unga tegmoging durust ermas!» — deyishdi. Shunda Subay’a o‘n kuncha kutib, so‘ng Janob Rasulullohning huzurlariga keldi, ul zot unga: «Tegaber!» — dedilar».

Ibn Shihob rivoyat qiladilar: «Ubaydulloh ibn Abdullohning otalari Ibn al-Arqamga maktub yo‘llab, Janob Rasululloh Subay’aga qanday fatvo berganlarini uning o‘zidan so‘rab bilib berishni iltimos qildilar. Subay’a: «Ul zot menga tugishim birlan erga tegmogim mumkinligini aytib fatvo berdilar» — deb javob qilibdi».

Misvar ibn al-Maxrama rivoyat qiladilar: «Subay’a al-Aslamiyya eri vafot qilgach, bir necha kun o‘tkazib Janob Rasulullohning huzurlariga keldi-da, erga tegishga ijozat so‘radi. Ul zot unga ijozat berib erdilar, erga tegib ketdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:55:41
38- bob. Olloh taoloning qavli: «Va taloq berilgan xotinlar uch hayz o‘tguncha o‘zlarin boshqa nikoxdan saqlasinlar!»

Ibrohim idda vaqtida erga tekkan ayol (ya’ni, eri tomonidan raj’iy taloq — idda ichida yana qaytarib olsa bo‘ladirgan taloq qilingan ayol) haqida so‘zlab: «U (keyingi) eri uyida uch bor hayz ko‘rib, oldingi eridan uzil-kesil ajraldi. Uning bu hayzi keyingi eri uchun hisobga o‘tmaydi, u yana boshqa idda saqlaydi»,— deydilar. Zuhriy: «U ayol bir bor idda saqlasa, kifoya qiladi»,— deydilar. Zuhriyning bu gaplari Sufyon uchun ayni muddaodur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:56:14
39-   bob. Fotima binti Qays qissasi va Olloh taoloning qavli: «Va qo‘rqingizlar parvardigoringiz bo‘lmish Olloh taolodan, chiqarmangizlar ularni o‘z uylaridan va ular o‘zlari ham chiqmasinlar agar aniq bir hayosiz ish qilmasalar va bu narsalar Olloh taolo muqarrar qilgan cheklovlardur va kimiki Olloh, taoloning cheklovlariga tajovuz qilur, ul albatta o‘z joniga zulm qilgan bo‘lur, ul xotin bilmaski, shoyad Olloh taolo paydo qilur taloqdan so‘ng biror ishni (ya’ni, shoyad Olloh taolo ularning o‘rtalarida sulh paydo qilsa)... Joy beringizlar ularga o‘zlaringiz turgan yerlaringizdan qudratlaringizga muvofiq va ozor bermangizlar ularga ularni siqiltirmoqlaringiz uchun va agar ular homilador bo‘lsalar, bas nafaqa berib turingizlar ularga to bolalarin tug‘ib olgunlariga qadar («tanglikdan keyin yengillikni paydo qilur» degai qavligacha) («At-Taloq» surasi)

Molik rivoyat qiladilar: «Yahyo ibn Sa’id ibn al-Os Abdurrahmon ibn al-Hakamning qizini taloq qilib erdi, Abdurrahmon qizini uyiga ko‘chirib olib keldi. Mo‘minlar onasi Oisha raziyallohu anho Madina amiri Marvonga odam yuborib, «Olloh taolodan qo‘rqgil, uni uyiga qaytargil!» deb aytishni buyurdilar».

Abdurrahmon ibn al-Qosim rivoyat qiladilar: «Urva ibn az-Zubayr Oisha raziyallohu anhoga: «Al-Hakamning qizi bo‘lmish Fotimaning eri uch taloq qilgach, uyidan chiqib ketganini ko‘rmaysizmi?!»—dedi. Oisha raziyallohu anho: «Juda ham yomon ish qilibdi!» —dedilar. Urva: «Fotimaning «Bu voqea oshkor qilinsa, menga yaxshi bo‘lmaydi!» — deb aytganini eshitmadingizmi?»—dedi».

Hishom: «Oisha raziyallohu anho (Fotimani) nihoyatda qattiq ayblab: «Fotima bir vahshiy hayvon yanglig ish tutibdi, bu unga xatarnokdur. Shul boisdan ham, Janob Rasululloh uni nazar-pisand qilmadilar»,— deb aytibdilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:56:30
40-   bob. Agar taloq qilingan ayoldan erining uyidagilar: «Eri unga tashlanadi» — deb xavotir olishsa yoki: «Uning o‘zi bizga behayo gaplar gapiradi» — deb cho‘chishsa...

Urva: «Oisha raziyallohu anho Fotimaning bu qilmishini qoraladilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:56:47
41- bob. Olloh taoloning qavli: «Va halol ermas ular uchun bachadonlaridagi Olloh taolo yaratgan hayzu homilani yashirmoqlari»

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yo‘lga chiqmoqchi bo‘lganlarida Safiyya hayz ko‘rib qolib, o‘z chodiri ostonasida gamgin o‘ltirardi. Ul zot Safiyyaga: «Nechuk bema’nilik! Endi sen bizni yo‘ldan qoldiradirgan bo‘lding, Nahr kuni tavof qilganmiding?»—dedilar. Safiyya: «Ha»,— dedi. Ul zot: «Unday bo‘lsa, yo‘lgachiq!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:57:06
42- bob. Olloh taoloning qavli: «Va ularni shu idda ichida qaytarib olmoqqa erlari boshqalardan ko‘ra ko‘proq haqlidurlar». Er xotinini, agar uni bir yoki ikki taloq qo‘ygan bo‘lsa, qanday qaytarib oladi?

Hasan: «Ma’qil singlisini erga berib erdi, eri uni taloq qildi»,— deydilar.

Hosan raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ma’qil ibn Yasorning singlisi bir kishiga turmushga chiqib erdi, u uni taloq qildi. Keyin, uni to iddasi tugaguncha tashlab qo‘yib, yana o‘ziga xotinlikka so‘radi. Shunda Ma’qil bunga qarshilik qilib: «Uni iddasi tugamasidan burun qaytarib olish imkoniga ega bo‘la turib, o‘z holiga tashlab qo‘ydi, endi uni o‘ziga yana xotinlikka so‘ratadimi?!» — dedi-da, kuyovi birlan singlisining yarashib ketishiga mone’lik qildi. Shu asnoda Olloh taolo Janob Rasulullohga «Va qachon xotinlarni taloq qilsangizlar va ularning iddalari tamom bo‘lsa, endi ul xotinlarni o‘z erlarining nikohlariga kirmoqlariga mone’lik qilmangizlar, vaqtiki ular shariatga muvofiq o‘zaro rozi bo‘lsalar va bu nasihat sizlardan shundog‘ odamga qilinurki, ul odam Olloh taolo va qiyomat kuniga iymon keltirur, bu narsa sizlar uchun ziyoda safolik va ziyoda poklikdur va Olloh taolo bilur va sizlar bilmassizlar!» degan oyati karimani nozil qildi. Janob Rasululloh Ma’qilni chaqirib, unga shu oyatni qiroat qilib berdilar, Ma’qil kuyovi birlan singlisiga mone’lik qilishdan to‘xtab, Olloh taoloning amriga bo‘yin egdi».

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhuning o‘g‘li xotinini hayz ko‘rgan holida bir taloq qildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga xotinini qaytarib olmoqni, so‘ng hayzdan poklanib, yana hayz ko‘rib, yana poklangunicha uyida saqlab turmoqni, keyin agar istasa, hayzdan poklangan vaqtida unga yaqinlik qilmay turib taloq qilmoqni amr qildilar. Olloh taolo ayollarni taloq qilishda rioya qilmoqni amr qilgan idda mana shu iddadur. Abdulloh, agar o‘zlaridan bu haqda so‘rashsa: «Agar uch taloq qilgan bo‘lsang, xotining toki boshqa erga tegib chiqmagunicha, senga haromdur!» —deb aytar erdilar. Ibn Umar: «Agar bir yoki ikki bor taloq qilgan bo‘lsang, Janob Rasululloh bunday holda nima qilmoqni menga amr qilganlar»,— deydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:57:19
43-bob. Hayz ko‘rgan holida taloq qilingan ayolni qaytarib olmoq xususida

Yunus ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Ibn Umar xotinini hayz ko‘rgan holida taloq qildi. Hazrat Umar shu haqda Janob Rasulullohdan so‘rab erdilar, ul zot: «Ug‘lingga borib ayt, xotinini qaytarib olsin, so‘ng hayzdan poklanib, yana hayz ko‘rib, yana poklangunicha uyida saqlab tursin, keyin agar istasa, hayzdan poklangan vaqtida unga yaqinlik qilmay turib taloq qilsin!» —deb amr qildilar. Men Ibn Umarga: «Keyin, u o‘sha taloqqa binoan iddada o‘ltiradimi?» — dedim. U: «Nima, sen qarib miyasi aynib qolgan, deb o‘yladingmi?!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:57:33
44-bob. Eri vafot etgan ayol to‘rt oyu o‘n kun aza tutadi!

Zuhriy: «Eridan yosh tul qolgan ayol pardoz-andoz ashyolaridan foydalanadi, deb o‘ylamayman, chunki u iddadadir»,— deydilar.

Nofi’ Zaynab binti Abu Salama uaqida rivoyat qiladilar: «Zaynab bunday dedi: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xotinlari bo‘lmish Ummu Habibaning huzurlariga otalari Abu Sufyon vafot etganda kirdim. Shunda Ummu Habiba upa-elik keltirmoqni buyurdilar-da, uni yuzlariga surtdilar. So‘ng: «Xudo haqi, agar men Janob Rasulullohning: «Olloh taologa va qiyomatga iymon keltirgan ayolning mayyitga uch kundan ortiq aza tutmog‘i makruhdur, eri o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun aza tutadi» — deb aytganlarini eshitganim uchungina shunday qildim, aslida upa-elikka ehtiyojim yo‘q erdi!» — dedilar. Keyin, men Zaynab binti Jahshning huzuriga akasi vafot qilganda kirdim. Shunda u ham upa-elik keltirmoqni buyurib, undan yuziga surtdi. So‘ng: «Ammo, xudo haqi, men Janob Rasulullohning minbarda turib: «Olloh taologa va qiyomatga iymon keltirgan ayol uchun mayyitga uch kundan ortiq aza tutmog‘i halol ermas, eri vafot qilsagina to‘rt oyu o‘n kun motam qiladi» — deb aytganlarini eshitmaganimda bunday qilmas erdim, aslida upa-elikka uncha xushim yo‘qdur!—dedi». Zaynab: «Men Ummu Salamaning bunday deb aytganlarini eshitgan erdim»,— dedi: «Bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh! Qizim eri vafot qilib, tul qoldi, yig‘layverganidan ko‘zi shishib ketdi, davo maqsadida ko‘ziga surma qo‘ysa, bo‘ladimi?» — dedi. Janob Rasululloh ikki yoki uch bor: «Io‘q!» — dedilar (bundan ayonki, eri o‘lgan azador ayol ko‘zi og‘risa ham, surmadan foydalanishi mumkin ermas). So‘ng, ul zot yana: «Chunki, eri o‘lgan ayolning azadorlik muhlati to‘rt oyu o‘n kundur. Johiliyat davrida birortangizning eringiz vafot qilsa, yilning boshida tezak otar erdingiz»,— dedilar». Humayd bunday deydilar: «Men Zaynabga: «Nechun yilning boshida tezak otadi?»—dedim. Zaynab bunday dedi: «Ayol, agar eri vafot qilsa, bir uychaga kirib, eng yomon kiyimini kiyib olardi-da, bir yil davomida upa-elikni qo‘liga olmay u yerda yotar erdi. So‘ng, unga bir mochaxar yoki sovliq yohud qush olib kelib berishar erdi. Ayol uni bir narsa birlan yirta-yirta, oxiri uni o‘ldirar erdi. Keyin, u uychadan tashqariga chiqar erdi. Shunda uning qo‘liga tezak tutqazishar va u tezakni (bir yil davomida ko‘rgan kunim shu tazakdan yaxshiroq erdi, deb) irg‘itib yuborar erdi. Keyin, u pardoz-andoz yoki biror boshqa narsani xohlagandan so‘ng, (uyiga) qaytarilar erdi». Molikdan, Olloh taolo ul kishini rahmat qilsin, «Bir narsa birlan yirta-yirta» nima degani?» — deb so‘rashdi. Ul kishi: «Bir narsa birlan terisini shiladi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:57:48
45- bob. Azador ayolning surma qo‘ymog‘i mumkinmi?

Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Bir ayolning eri vafot etib, yig‘layverganidan ko‘zlari og‘rib qoldi. Shunda ayolning yaqinlari uning ko‘zidan xavotir olishib, Janob Rasulullohning huzurlariga kelishdi-da, davo uchun ko‘ziga surma qo‘yishga ijozat so‘rashdi. Janob Rasululloh: «Surma qo‘ymasin! Bir paytlar (johiliyat davrida) birortangizning eringiz o‘lsa, juldur-juldur kiyimingizni kiyib olar erdingiz. Bir yil o‘tgach, oldingizdan it o‘tib qolsa, unga tezak irg‘itar erdingiz. Nechuk endi to‘rt oyu o‘n kunga sabr qilolmaysizlar?!» —dedilar».

Zaynab binti Salama rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo birlan oxirat kuniga iymon keltirgan mo‘mina ayol uch kundan ziyod aza tutmasin, eri o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun motam qilsa, bo‘lur!» — dedilar».

Ummu Atiyya: «Biz ayollar uch kundan ortiq aza tutmoqdan qaytarildik, erlarimiz o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun aza tutmog‘imizga ijozat berildi»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:58:00
46- bob. Azador ayolning hayzdan poklanganda qust ishlatmog‘i haqida

Ummu Atiyya rivoyat qiladilar: «Biz ayollar o‘likka uch kundan ortiq aza tutmoqdan qaytarilgan erdik, er o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun aza tutmoq mumkin erdi. Bu muhlat mobaynida na surma va na atir-upa surtar va na yamaniy kiyimdan bo‘lak kiyim kiyar erdik. Biz ayollarga birortamiz hayzdan poklanib, gusl qilganimizdagina biror zufor atri va qustdan (maxsus daraxt bo‘lib, uni qaynatib shifobaxsh modda olingan) foydalanmoqqa ijozat berilgan erdi, xolos. Biz ayollar janozaga ergashmoqdan ham qaytarilgan erdik».

Abu Abdulloh: «Qust va kust — kofur va qofur (kamfara daraxti) kabi bir bo‘lak yog‘ochdur»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:58:14
47- bob. Azador ayol yamaniy burda (yo‘l-yo‘l ust kiyimi) kiyadi

Ummu Atiyya rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo birlan oxirat kuniga iymon keltirgan ayolning eridan bo‘lak mayyitga uch kundan ortiq aza tutmog‘i halol bo‘lmay, azadorlik chog‘ida surma qo‘ymaydi, bo‘yalgan (rangli) kiyim kiymaydi, faqat yamaniy burda kiyadi» — dedilar»

Hafsa rivoyat qiladilar «Ummu Atiyya menga bunday dedi «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz ayollarga azadorlik chog‘imizda atir-upaga qo‘l tekkizmaslikni buyurib, hayzdan poklanganimizdagina biroz qust va zufor atri ishlatmog‘imizga ruxsat berdilar»

Abu Abdulloh; «Qust va kust — kofur va qofur kabidur»,—deydilar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:58:39
48- bob Olloh taoloning qavli: «Va sizlardan ul odamlariki vafot qilurlar va xotinlarin qoldirib keturlar, ul xotinlar to‘rt oyu o‘n kungacha o‘zlarin intizorda saqlarlar va qachonki ularning iddalari tamom bo‘lur, ul holda ular qoidaga muvofiq o‘z haqlarida bir ish qilsalar, bundan sizlarga qech bir gunoh yo‘kdur va Olloh taolo sizlar qilib turgan ishdan xabardordur!»

Mujohid rivoyat qiladilar: «Olloh taoloning «Va sizlardan ul odamlariki vafot qilurlar va xotinlarin qoldirib keturlar» degan (yuqoridagi) oyati karimasida aytilgan iddani ayol o‘z erining uyida o‘tkazishi vojib bo‘lgan. Keyin, Olloh taolo «Va sizlardan ul odamlariki vafot qilurlar va xotinlarin qoldirib keturlar, ular vasiyat qilib keqinlarki, xotinlari uydan chiqarib yuborilmay bir yillik xarj birlan ta’minlansin va agar ular o‘zlari chiqib keqalar, ularning qoidaga muvofiq o‘zlari haqlarida qilgan ishlari uchun sizlar gunohkor bo‘lmaysizlar» degan oyati karimasini nozil qildi Olloh taolo ayolga marhum erining uyida barcha narsalar birlan ta’minlangan holda to‘la bir yil turmoklik imkonini berdi va bundan to‘rt oyu o‘n kunni uning uchun idda muddati qilib va yetti oyu yigirma kunni erining vasiyati bo‘yicha uning uyida turadirgan muhlat qilib belgiladi. Endi ayol vasiyat muhlatini, istasa, marhum erining uyida qolib o‘tkazadirgan, istamasa, u yerdan chiqib ketadirgan bo‘ldi. Chunki, Olloh taolo «uydan chiqarib yuborilmay» va «agar o‘zlari chiqib keqalar sizlar gunohkor bo‘lmagaysizlar»,— deydi. Ammo, idda saqlamoqlik uning uchun ilgarigidek vojibligicha qoldi»

Ato Ibn Abbosdan naql qiladilar: «Bu oyat ayolning marhum eri uyida idda saqlashi vojibligini bekor qilib, unga boradigan yerida idda saqlamoqlik ixtiyorini berdi. Chunki, Olloh taolo «uydan chiqarib yuborilmay»,— deydi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:58:48
Ato bunday deydilar «Ayol, istasa, marhum erining uyida iddada o‘ltiradi va vasiyat muhlati davomida u yerda turadi, agar istamasa, u yerdan chiqib ketaveradi. Chunki Olloh taolo «agar o‘zlari chiqib keqalar, ularning qoidaga muvofiq qilgan ishlari uchun sizlar gunohkor bo‘lmagaysizlar»,— deydi»

Ato yana bunday deydilar: «Keyin, meros haqidagi oyat nozil bo‘lib, u ayolning marhum eri uyida turmog‘ini bekor qildi, ayol o‘zi istagan yerda iddada o‘ltiradirgan bo‘ldi, endi uning uchun marhum erining uyida joy yo‘qdur».

Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Abu Sufyonning qizi Ummu Habiba otalarining vafot etganligi haqidagi xabarni (uch kundan keyin) eshitib, xushbo‘ylik keltirmoqni buyurdilar, keyin uni bilaklariga surtdilar-da «Aslida, mening atir-upaga uncha xushim yo‘qdur, lekin men Janob Rasulullohning «Olloh taolo birlan oxirat kuniga ishongan ayol uchun eridan bo‘lak biror marhumga uch kundan ortiq aza tutmoqligi halol ermas, erigagina to‘rt oyu o‘n kun motam tutadi» deb aytganlarini eshitganim uchungina shunday qildim»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:59:13
49- bob Fohisha (zinokor ayol)ning mahri va fosid nikoh haqida

Hasan «Agar kishi mahram ayolga uylansa-yu, uning mahram yoki nomahram erkanligini bilmagan bo‘lsa, (bunday nikoh fosid bo‘lib), ayolning eridan olgan narsasigina (laz-zatigina) o‘ziniki bo‘lgay, u bundan bo‘lak narsa olmagay»,— dedilar So‘ng, yana «Ayol mahrdan mahrum qilingay» — deb qo‘ydilar.

Abu Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam it sotib, kohinlik qilib kun ko‘rishdan va zinokor ayolga mahr berishdan qaytardilar»

Avn ibn Abu Juhfa otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam igna birlan birovlarning badaniga suratlar soluvchi va o‘ziga ana shunday suratlar soldiruvchi ayollarni, poraxo‘r birlan uning vositachisini la’natladilar hamda it sotib, fohishalik qilib kun ko‘rishdan qaytardilar va musavvirlarni l a’natladilar»

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam cho‘rining badanini pullamoqdan qaytardilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 05:59:32
50- bob Ayoliga qo‘shilib qo‘ygan kishining bergan mahri haqida. Yaqinlik qilmasdan burun ayolga mahr yoki taloq berish yaxshidur!

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Umarga «Bir kishi xotinini qazaf qilibdi (zinokorlikda ayblabdi)»,— dedim. Ibn Umar «Janob Rasululloh Banu Ajalon qabilasiga mansub ikki birodarning farzandlarini ajratib yubordilar-da «Olloh taolo ikkingizdan biringizning yolg‘on so‘zlayotganingizni bilib turibdi, qaysi biringiz tavba qilasiz?»— dedilar. Ular ikkalasi ham tavba qilmoqdan bo‘yin tovlashdi. Ul zot yana «Olloh taolo ikkingizdan biringizni yolg‘on so‘zlayotganingizni bilib turibdi, qaysi biringiz tavba qilasiz?»— dedilar. Ular ikkalasi bu gal ham tavba qilmoqdan bo‘yin tovlashdi. Shundan so‘ng, ul zot ularni ajratib yubordilar»

Ayyub rivoyat qiladilar: «Amr ibn Dinor menga «Sen bu hadisdagi bir muhim narsani tuishrib qoldiryapsan. Ushanda ul kishi «Xotinimga bergan mahrim nima bo‘ladi?» — degandi. Ul zot «Bergan mahring senga qaytarib berilmaydi. Agar rost gapirayotgan bo‘lsang ham, unga qo‘shilib quygansan va agar tuhmat qilayotgan bo‘lsang, o‘z-o‘zidan bergan mahringdan mahrumsan!»—deb aytgan erdilar»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:00:09
51- bob Mahri ta’yin qilinmagan ayolga mablag‘ berish haqida

Olloh taoloning qavli: «Agar sizlar xotinlarni ularga yaqin bormay va ularga biror mahr ta’yin qilmay turib taloq qilsangizlar, sizlarga gunoh bo‘lmas va lekin sizlar ularga qoidaga muvofiq bir oz narsa (masalan, kiyim-kechak) beringizlar, badavlat odam davlatiga yarasha va holi tang odam qudratiga yarasha (bersin), bu yaxshi amal qilguvchilar uchun munosib ishdur. Va agar xotinlarni ularga yaqin bormay turib taloq qilsangizlar-u, ularga mahr ta’yin qilib qo‘ygan bo‘lsangizlar, o‘shal ta’yin qilingan mahrning yarmi ularniki bo‘lgaydur, agar xotinlar yoki nikoh tuguni qo‘lida bo‘lgan erlar mahrning o‘zlariga tegishli bo‘lgan yarmidan kechsalar, bu ham joiz bo‘lib, siz erkaklar (mahrning o‘zingizga tegishli yarmidan) kechsangizlar, bu taqvoga yaqin bir amaldur va bir-biringizga ehson qilmoqni yodingizdan chiqarmangizlarki, Olloh taolo qilib turgan amallaringizni albatta ko‘rib turur!»

Olloh taoloning qavli: «Va taloq berilgan xotinlar uchun qoidaga muvofiq xarj berilur, bu Olloh taolodan taqvo qilguvchilar uchun munosib amaldur. Olloh taolo shul tariqa sizlarga o‘z hukmlarini bayon qilur toki sizlar tushuningizlar deb»

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam muloana chog‘ida er xotinini taloq qilganda mut’a (ayolga beriladirgan xarj) xususida hech narsa demaganlar (chunki, bu voqeada er xotiniga yaqinlik qilgan bo‘lib, mahr to‘laligicha xotinnikidur).

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir-birini mulo’ana qilayotgan eru xotinga: «Sizlarning hisob-kitobingiz Olloh taoloning o‘ziga havola! Ikkingizdan biringiz yolg‘on so‘zlayotirsiz endi sening uchun xotiningga yo‘l yo‘qdur!»—dedilar. Xotinning eri: « Yo Rasulalloh, unga bergan mahrim nima bo‘ladi?»— dedi. Janob Rasululloh «Mahrni qaytarib ololmaysan agar rost so‘zlagan bo‘lsang ham, bergan mahring uning avratidan foydalanganing badaliga uniki bo‘ladir va agar tuhmat qilgan bo‘lsang, unda o‘z-o‘zidan ma’lumki, mahrdan mahrumsan!»—dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:00:59
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
NAFAQALAR KITOBI

(Oilaga qilinadirgan nafaqaning fazilati haqida)


Olloh taoloning qavli: «Va savol berurlar sizgaki, (Olloh taolo yo‘lida) nima xarj qilsinlar (deb), siz aytingki, nimaiki (ehtiyojdan) ziyodadur. Ana shul tariqa Olloh taolo ravshan bayon qilur sizlar uchun o‘z oyatlarini, toki sizlar fikr qilinglar dunyo va oxirat haqida!»

Hasan «Al-Afv» — «ehtiyojidan ortiqchasi» degan ma’nodadur»,— deydilar.

Abu Mas’ud al-Ansoriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Agar biror musulmon o‘z oilasiga xarj qilsa, sadaqa qilganlik savobini oldim, deb hisoblayversin!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:01:11
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Olloh taolo «Ey Odam bolasi, xarj (nafaqa) qilgil, o‘zingga xarj qilgil!»—deydi»,— dedilar». (ya’ni, «Ey Odam bolasi, xarj qilgil, bu birlan sadaqa qilganlik savobini olib, o‘z oxirating g‘amini yegan bo‘lasan!»).

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Beva va miskinga g‘amxo‘rlik qiluvchi shaxs — Olloh taolo yo‘lida jihod qiluvchi yoki tuni birlan ibodat qilib, kuni birlan ro‘za tutuvchi shaxs kabidur!» — dedilar».

Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkada xastalanib yotganimda meni ko‘rgani keldilar. Shunda ul zotga: «Men badavlat odamman, molimning hammasini sadaqa qilsinlar, deb vasiyat qilayinmi?»—dedim. Ul zot: «Yo‘q!» — dedilar. Men: «Yarminimi?» — dedim. Ul zot yana: «Yo‘q!» — dedilar. Men: «Uchdan birinimi?»—dedim. Ul zot: «Uchdan bir... uchdan bir ham ko‘plik qiladi. Merosxo‘rlaringni odamlarga qo‘l cho‘zib tilanadirgan qilib qoldirganingdan ko‘ra, boyroq qilib qoldirganing afzaldur. Nimaiki xarj qilsang, hattoki xotiningning og‘ziga bir luqma taom solib qo‘ysang ham, sadaqa qilganlik savobini olgaysan. Shoyad, Olloh taolo seni darddan xalos qilsa-yu, musulmonlar sendan naf ko‘rib, kofirlar zarar topsa!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:01:28
1- bob. Ahlu ayoliga xarj (nafaqa) qilmoqlik haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Eng yaxshi sadaqa — kishining o‘zidan keyin boylik qilib qoldirgan narsasidir (ya’ni, kishining o‘zidan keyin merosxo‘rlariga qoldirgan narsasi eng yaxshi sadaqa bo‘lib, u xoh moddiy va xoh ma’naviy boylik bo‘lsin, merosxo‘rlar unga tayangan holda birovlarga sarg‘aymay kun kechiradilar), baland qo‘l (mehnatkash qo‘l) past qo‘l (tilamchi qo‘l) dan afzaldur. Eng avvalo, o‘zing boqadirgan (o‘zingga qaram) kishilarga xarj (nafaqa) qilgil, (chunki) xotin: «Yo meni to‘ydir yoki meni taloq qil!» — deydi, qul ersa: «Avval meni to‘ydir, so‘ng ishlat!» — deydi, farzand ersa: «Meni (o‘zing) to‘ydir, meni kimga (ishonib) tashlab qo‘yyapsan?!» — deydi». Odamlar: «Ey Abu Hurayra, bu hadisni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitganmisiz?»—deyishdi. Abu Hurayra: «Yo‘q, bu Abu Hurayraning bisotidan»,— dedilar (kesatib).

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Eng yaxshi sadaqa — kishining o‘zidan keyin boylik qilib qoldirgan narsasidir va eng avvalo o‘zing boqadirgan kishilarga (axlu ayolingga) xarj qilgin!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:01:47
2- bob. Kishining o‘z ahlu ayoli uchun bir yilga yetadirgan yegulikni zaxira qilib qo‘ymog‘i haqida va ahlu ayolga qanday nafaqa qilinadi?

Mu’ammar rivoyat qiladilar: «Savriy menga: «Ahlu ayoli uchun bir yillik yoki bir necha oylik yegulik zaxira qilib qo‘yadirgan kishi haqida eshitganmisan?» —dedi. Lekin, men bu haqda hech narsa eslay olmadim. Keyin, men Ibn Shihob az-Zuhriy bizga Molik ibn Avsdan, ul kishi ersalar Hazrat Umar raziyallohu anhudan naql qilib aytib bergan (quyidagi) bir hadisni xotirladim: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Banu Nazirdagi xurmozor hosilini sotib, axlu ayollari uchun bir yillik yegulik zaxira qilib qo‘yar erdilar».

Molik ibn Avs ibn al-Hadason rivoyat qiladilar. «Muhammad ibn Jubayr ibn Mut’im menga aytib bergan bir hadisda meros xususida eslatib o‘tgan erdi. Keyin, men uning uyiga bordib , shul haqda undan so‘radim. Ul menga bunday deb aytdi: «Men Xazrat Umarning huzurlariga kirmoq niyatida uydan chiqdim. Huzurlarida o‘ltirganimda eshikbonlari Yarfo qoshlariga kelib: «Usmon, Abdurrahmon, Zubayr va Sa’dda ishingiz bormi, ular huzuringizga kirmoqqa ijozat so‘rayotirlar?»— dedi Hazrat Umar: «Ha»,— dedilar-da, ularga ruxsat berdilar. Ular ichkariga kirib salom berishdi, so‘ng o‘ltirishdi. Birozdan so‘ng, Yarfo yana qoshlariga kelib: «Ali va Abbosda ham ishingiz bormi?» — dedi. Hazrat Umar. «Ha»,— dedilar-da, ularga ruxsat berdilar. Ikkalalari ichkariga kirib salom berib o‘lti rishgach, Abbos: «Yo mo‘minlar amiri! Men birlan mana bu kishi (ya’ni, Hazrat Ali) o‘rtamizdagi masalani hal qilib bersangiz!»—dedi. Shunda Hazrat Umarning huzurlaridagilar, ya’ni Hazrat Usmon va ul kishi birlan birga kelganlar: «Yo mo‘minlar amiri! Ular ikkisi o‘rtasidagi masalani hal qilib, birini ikkinchisidan xalos qilingiz!» — deyishdi. Hazrat Umar ularga: «Ogoh bo‘lingizlar, yeru osmonlar mavjudligi irodasiga bogliq bo‘lmish Olloh taolo nomi birlan sizlardan o‘tinib so‘rayman! Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Biz meros qoldirmagaymiz, biz qoldirgan narsa — sadaqadur!» deb aytganlarini bilurmisizlar? Ul zot «Biz» deganlarida o‘zlarini nazarda tutganlar»,— dedilar. Hazrat Usmon va ul kishi birlan birga kelganlar: «Ha, shunday deb aytganlar!» — deyishdi. Hazrat Umar Hazrat Ali birlan Abbosga yuzlanib: «Olloh taolo nomi birlan sizlardan o‘tinib so‘rayman! Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini bilurmisizlar?» — dedilar. Ular ikkalalari: «Ha, shunday deb aytganlar!» — deyishdi. Hazrat Umar bunday dedilar: «Men sizlarga ana shu masala (meros) xususida so‘zlab berayin: Darhaqiqat, Olloh taolo o‘z Rasuli sallallohu alayhi va sallamga maxsus (alohida) bir mol ato etgan erdikim, buni u ilgari ul zotdan o‘zgalarga ato etmagan erdi. Olloh taolo: «Olloh taolo o‘z Rasuliga ulardan (kofirlardan) urush qildirmay olib bergan mol uchun sizlar na ot va na tuya choptirib (mehnatingiz singan ermas), lekin Olloh taolo o‘zi istagan bandalariga payg’am-barlarini hukmdor qilgaydur. Olloh taolo har narsaga qodirdur!»— deydi. Bu o‘lja (mol) xolis Rasululloh sallallohu alayhi va sallamniki erdi. Xudo haqi, shunga qaramay Janob Rasululloh uni sizlarsiz yolgiz o‘zlari tasarruf qilganlari yo‘q, undan sizlarga ham ulush ajratdilar. Mana endi, undan ana shul (sizlar talab qilib kelgan) molgina qoldi, xolos. Janob Rasululloh yil bo‘yi ana shu mol (er-suv) orqasidan ahlu ayollarini boqar va ehtiyojlaridan ortiqchasini Olloh taolo yo‘lida ehson qilar erdilar. Ul zot umrlari bo‘yi shul yo‘sinda ish tutib kelgan   erdilar.    Olloh   taolo   nomi   birlan   sizlardan   o‘tinib   so‘rayman!    Shuni bilurmisizlar?». Hazrat Usmon va ul kishi birlan birga kelganlar: «Ha»,— deyishdi. So‘ng, Hazrat Umar Hazrat Ali birlan Abbosga yuzlanib: «Olloh taolo nomi birlan ikkalangizdan o‘tinib so‘rayman! Shuni siz ikkingiz ham bilurmisizlar?»—dedilar. Ular ikkalalari: «Ha»,— deyishdi. Shundan so‘ng, Hazrat Umar bunday deb gaplarida davom etdilar: «Keyin, Olloh taolo o‘z Rasuli sallallohu alayhi va sallamni huzuriga chorladi. Shunda Hazrat Abu Bakr as-Siddiq: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning vorislari mendurman!» — dedilar-da, o‘shal xolis molni o‘z qo‘llariga olib, uni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kabi tasarruf qildilar. Siz ikkingiz bo‘lsangizlar, «Abu Bakr unday va bunday qildi» deb gapirib yuribsizlar, vaholanki ul kishi uni halollik birlan tasarruf qildilar. So‘ng, Olloh taolo Hazrat Abu Bakr as-Siddiqni ham o‘z huzuriga chorladi. Shunda men: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Hazrat Abu Bakr as-Siddiqning vorislari mendurman!» deb uni o‘z qo‘limga oldim, mana ikki yildurki, uni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Hazrat Abu Bakr as-Siddiq kabi tasarruf qilib kelmoqdaman. Keyin, siz ikkingiz huzurimga keldingizlar, ikkingizning ham so‘zingiz bir, ishingiz bir! Sen (Abbos) akangning o‘g‘lidan qolgan nasibangni talab qilib kelgansan, mana bu (Ali) ersa xotinining otasidan qolgan nasibasini talab qilib kelgan. Mening qat’iy so‘zim budur: agar istasangizlar, Janob Rasululloh, Hazrat Abu Bakr va men kabi tasarruf qilmoqlik sharti birlan uni sizlarga topshirgayman, aks holda bu haqda menga og‘iz ochmangizlar! Agar sizlar: «Shartingizga ko‘ndik, uni bizga topshiringiz!» — desangizlar, uni shu shart birlan sizlarga topshirayin. Ey (Usmon, Abdurrahmon, Zubayr va Sa’d), shu shart birlan uni mana bu ikkalasiga topshirayinmi?». Ular: «Ha»,— deyishdi. Hazrat Umar Hazrat Ali birlan Abbosga yuzlanib: «Olloh taolo nomi birlan sizlardan o‘tinib so‘rayman! Uni sizlarga shu shart birlan topshiraverayinmi?» — dedilar. Ikkalalari: «Ha»,— deyishdi. Hazrat Umar: «Lekin, keyinchalik bu haqda boshqacha hukm chiqarmog‘imni iltimos qilsangizlar, bilingizlarki yeru osmonlarning mavjudligi irodasiga bog‘liq zot haqi, qiyomatga qadar ham bundan o‘zgacha hukm chiqarmagayman! Agar mazkur shartni bajarmoqqa ojizlik qilib qolsangizlar, uni menga qaytarib beringizlar, men sizlarni undan xalos qilgayman!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:02:10
3- bob. Olloh taoloning qavli: «Va onalar o‘z bolalarini butun ikki yil emizsinlar, bu hukm ul odam uchundurki, sut emizmoq muddatini tamom qilmoqchidur («Olloh taolo  qilib turgan amallaringizni ko‘rib turur» degan qavligacha)

Olloh taolo: «Uni (bolani) (qorinda) ko‘tarib yurish va uni (emizib) sutdan chiqarish (muddati) o‘ttiz oydur»,— deydi.

Olloh taolo: «(Taloq qilingan xotin homilador bo‘lsa, to tug‘ib olguncha uni boqib turingizlar, keyin u sizlarni yuz-xotir qilib bolani emizsa, buning uchun ham unga haq to‘langizlar va bu to‘g‘rida qoidaga muvofiq o‘zaro maslahat qilingizlar) va agar kelisha olmasangizlar, ul holda bolani boshqa bir xotin emizib berur, xarj qilsin rizqi ulug‘ odam rizqining ulug‘ligiga yarasha va kimning rizqi oz bo‘lsa, qudrati yetgancha xarj qilsin. Olloh taolo hech kimga o‘zi unga ato etgandan ortiq xarj qilmoqni yuklamas, oz fursatda Olloh taolo paydo qilur tanglikdan keyin yengillikni!» —deydi.

Yunus Zuhriydan naql qiladilar: «Olloh taolo: «(Taloq qilingan) onaga bolasi tufaylidan ozor berilmasin!» — deydi va bu ersa onaga: «Sen bolani emizmaysan!»— deb aytmoqligingizdur. Vaholanki, bola uchun o‘z onasidan ko‘ra butun vujudi birlan ko‘krak berguvchi zot bo‘lmay, u boshqa ayoldan ko‘ra unga mushfiqroq va mehribonroqdur. Taloq qilingan ayol, sobiq eri Olloh taoloning amriga muvofiq boqib turgandan keyin, bolani emizishdan bo‘yin tovlamasligi lozim va bolaning otasi ham: «Bolani sen emizmaysan, uni boshqa bir enagaga topshiraman!»—deb bolaning onasiga ozor bermasligi kerak. Ammo, ota va ona o‘zaro rozilik birlan bolani boshqa bir emizguvchiga topshirsalar, ularga gunoh bo‘lmas. Agar ular o‘zaro kelishib bolani sutdan chiqarmakchi bo‘lsalar, buning uchun ham gunohkor bo‘lmagaylar!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:02:26
4- bob. Eri (ma’lum sabablarga ko‘ra) uyida mavjud bo‘lmagan ayolning va bolalarning nafaqasi haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Hind binti Utba kelib: «Yo Rasulalloh, erim Abu Sufyon mumsik odam, uning molidan xarj qilib uydagilarga yedirsam, gunoh bo‘lmaydimi?» — dedi. Ul zot: «Insofan, yetarlicha olsang, mayli!» — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar ayol eri ishlab topib kelgan narsalardan uning buyrug‘isiz (oshkora, yaxshi niyatda) nafaqa (sadaqa) qilsa, bundan tegadirgan savobning yarmisi erinikidir»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:02:38
5- bob. Ayolning o‘z eri uyida mehnat qilmog‘i haqida

Ibn Abu Laylo rivoyat qiladilar: «Fotima alayhossalom Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga yorguchok, (qo‘l tegirmoni)ni aylantiraverib qo‘llari shilinib, qavarib ketganidan shykoyat qilgali keldilar, (xizmatkor so‘ramoqchi erdilar), ammo ul zotni uchratolmay, gaplarini Oisha onamizga tayinlab, uylariga qaytib ketdilar. Keyin, Oisha onamiz ul zot kelganlarida Fotima alayhossalomning ne sababdan kelib ketganlarini ma’lum qildilar. Hazrat Ali bunday deydilar: «Janob Rasululloh uyimizga kelganlarida Fotima birlan men o‘ringa kirib yotgan erdik, o‘rnimizdan turmoqchi bo‘lganimizni ko‘rib: «Joyingizda yotaveringizlar!» — dedilar-da, men birlan qizlari Fotima o‘rtamizga kelib o‘ltirdilar, hatto men qornimga tegib ketgan muborak oyoqlarining sovqotib ketganini his qildim. So‘ng, bizga: «Mendan talab qilgan narsangizdan ko‘ra yaxshiroq narsa haqida sizlarga aytaymi? Agar o‘ringa kirib yoqangizlar, o‘ttiz uch marta «Subhonolloh», o‘ttiz uch marta «Alhamdulilloh» va o‘ttiz to‘rt marta «Ollohu akbar» deb aytingizlar, bu sizlar uchun xizmatkor talab qilganingizdan ko‘ra yaxshiroqdur!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:02:54
6-bob. Ayolning xizmatkori xususida

Abdurrahmon ibn Abu Laylo rivoyat qiladilar: «Fotima alayhossalom Janob Rasulullohning huzurlariga xizmatkor so‘rab kelganlarida, ul zot: «Xizmatkor so‘raganingdan ko‘ra o‘zing uchun xayrliroq narsa haqida aytaymi? Uyquga ketishingdan burun o‘ttiz uch marta «Subhonolloh», o‘ttiz uch marta «Alhamdulilloh» va o‘ttiz to‘rt marta «Ollohu akbar» deb aytgil!»—dedilar. Sufyon bunday deydilar: «Ulardan biri o‘ttiz to‘rt marta bo‘lib, ul zot shunday deb amr qilganlaridan buyon ularni biror kecha aytmay qo‘yganim yo‘q!» (Boshqa hadislarda barchasi o‘ttiz uch marta).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:03:06
7-bob. Erkakning o‘z oilasi ishlariga qarashmog‘i haqida

Asvad ibn Yazid rivoyat qiladilar: «Men Oisha raziyallohu anhodan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uyda nima qilar erdilar?»—deb so‘radim. Oisha onamiz: «Oilalarining ishlariga ko‘maklashar erdilar, agar azon ovozini eshiqalar, masjidga chiqar erdilar»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:03:19
8-bob. Agar er (mumsik bo‘lib) o‘zicha nafaqa qilmasa, xotin o‘zi va bolalarini ta’minlash uchun eriga bildirmay uning molidan insofan olmog‘i mumkin!

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Hind binti Utba: «Yo Rasulalloh! Abu Sufyon xasis odam bo‘lib, men birlan bolamga yetarlicha ovqat bermaydi, unga bildirmay molidan olib turaman»,— dedi. Ul zot: «Insofan o‘zing birlan bolangga yetarlicha olgin!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:03:29
9- bob. Ayol erining molini va xarjini tejamog‘i lozim!

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ayollarning yaxshisi tuya minadirgan ayollar bo‘lib, bu Quraysh ayollaridir!» — dedilar. So‘ng, yana: «Quraysh ayollarining yaroqlisi ersa, bolaga yoshligidanoq mehribonrogi va erining molini tejaydirganrogidur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:03:42
10- bob. Insofan vaqti-vaqti birlan ayollarga ust-bosh qilib berib turmoq darkorligi haqida

Hazrat Ali: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga bir hulla berdilar, uni o‘zim kiyib erdim, ul zotning yuzlarida gazab alomatini ko‘rdim. Shunda men uni bo‘lib-bo‘lib ayollarimga taqsim qildim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:03:54
11-bob. Ayol eriga uning bolalarini parvarish qilishda yordam bermog‘i lozim!

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Otam halok bo‘lib, menga yetti (yoki to‘qqiz) qizni qoldirib ketdilar. Keyin, men bir juvonga uylandim. Janob Rasululloh menga: «Ey Jobir, uylandingmi?» — dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Ul zot: «Bokiragami yoki juvongami?» — dedilar. Men: «Io‘q, juvonga»,— dedim. Ul zot: «Bokira qizga uylanganingda erdi, bir-biringiz birlan hazil-huzil qilishar erdingizlar, sen uni va u seni kuldirib yurar erdi!»—dedilar. Men ul zotga: «Otam Abdulloh halok bo‘lib, menga yetti (yoki to‘qqiz) qizni tashlab ketdilar. Men shu qizlar kabi yosh qizga uylanmoqni ep ko‘rmay, ularga onalik qila oladirgan, ularni to‘gri tarbiyalay oladirgan ayolga uylandim»,— dedim. Ul zot: «Borakalloh!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:04:07
12-bob. Kambag‘al kishining o‘z oilasiga qilgan nafaqasi haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, men endi halok bo‘ldim!» — dedi. Ul zot: «Nechun?»—dedilar. Kishi: «Ramazon (ro‘za) bo‘la turib xotinimga yaqinlik qilib qo‘ydim!» —dedi. Ul zot: «(Gunohingni yuvish uchun) bir qul ozod qilgil!» — dedilar. Kishi: «Mening qulim yo‘q»,— dedi. Ul zot: «(Bo‘lmasa) ketma-ket ikki oy ro‘za tutgil!»—dedilar. Kishi: «Eplay olmayman»,— dedi. Ul zot: «(Bo‘lmasa) oltmishta miskinni to‘ygazgil!» — dedilar. Kishi: «Oltmishta miskinga yetarli ta’om menda qayoqdan ham bo‘lsin!» — dedi. Shul asnoda Janob Rasulullohga bir savat xurmo olib kelib qolishdi. Ul zot: «Boyagi savol bergan odam qani?» —dedilar. Kishi: «Mana men shu yerdaman!» — dedi. Ul zot: «Buni sadaqa qilgil!»—dedilar. Kishi: «Uzimizdan qashshoqroqqami? Yo Rasulalloh, sizni haq payg’ambar qilib yuborgan zot haqi, shaharda bizdan ko‘ra kambagalroq oila yo‘qdur!» — dedi. Ul zot uning bu gapidan kulib yubordilar, hatto qoziq tishlari ham ko‘rinib ketdi, so‘ng unga: «Demak, eng kambagal o‘zlaringiz erkansizlar (ya’ni, «Unday bo‘lsa, bu xurmolarni bola-chaqangga sadaqa qilgil!»)»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:04:29
13- bob. Olloh taoloning qavli: «Va vorisga ham shunga o‘xshash va ayolga undan biror narsa» hamda «Va bayon qildi Olloh taolo bir misolni, ya’ni ikki kishiniki, ulardan biri gungdurki, hech bir narsaga kuchi yetmas va ul o‘z egasiga ortiqcha bir yukdur, qaysi bir tarafga uni yuborsa, hech bir yaxshi ish qilib kelmas. Ey, barobar bo‘la olurmi ul odam va ul odamiki, xalqni adolatga buyurur ham o‘zi to‘g‘ri yo‘ldadur?!»

Ummu  Salama rivoyat  qiladilar:  «Yo Rasulalloh,  Abu  Salamaning bolalarini boqqanim uchun menga savob tegadirmi? Men ularni biror narsaga zoriqtirganim yo‘q, chunki ular bolalarimdur!»—dedi. Ul zot: «Ha, senga ularni boqqaning uchun savob tekkay!»—dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Hind binti Utba: «Yo Rasulalloh, Abu Sufyon mumsik odam, men uning molidan o‘zim va bolalarimga yetarlicha olsam, gunohkor bo‘lmaymanmi?» —dedi. Ul zot: «Insof birlan olaver!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:04:42
14-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Kimki o‘zidan keyin qarz yoki yetim qoldirgan bo‘lsa, u menikidur!» — deb aytganlari xaqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qarzdorligicha vafot etib ketgan kishini olib kelishganda: «Qarzini uzish uchun ortiqcha mol qoldirganmi?» — deb so‘rar erdilar. Agar: «Ha, qoldirgan»,— deyishsa, unga janoza o‘qir erdilar, aks holda musulmonlarga: «Birodaringizga (o‘rtog‘ingizga) salavot aytingizlar!» — der erdilar. Olloh taolo ul zotning qo‘llarini kofirlar ustidan baland qilganda «Men mo‘minlar uchun ularning o‘zlaridan ko‘ra g‘amxo‘rroqman (ya’ni, mo‘minlar o‘zlari haqlarida menchalik g‘am yemaydi-lar), biror mo‘min vafot qilib, bo‘ynida qarz qolsa, uni men uzaman va biror mo‘min mol-dunyo qoldirsa, u merosxo‘rlarinikidur dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:05:00
15- bob Cho‘rilardan bo‘lmish enagalar va boshqalar haqida

Janob Rasulullohning xotinlari Ummu Habiba rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, Abu Sufyon qizi bo‘lmish singlimni o‘z nikohingizga olingiz!» — dedim .Ul zot «Sen shuni xohlaysanmi?»— dedilar Men «Xa, men sizga qarshilik qilmayman, singlim ham mening baxtimga sherik bo‘lsa, deyman!»— dedim. Ul zot «Bu menga mumkin ermas!» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqi, biz sizni Abu Salamaning «durdona» qiziga uylanmoqchisiz, deb o‘zaro gapirib yuribmiz!» — dedim. Ul zot: «Ummu Salamaning qiziga?»—dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Ul zot: «Xudo haqi, o‘z bag‘rimda parvarish topayotgan qiz bo‘lmaganida ham Axir, u mening emishgan birodarimning qiziku! Men birlan Abu Salamani (cho‘ri) Suvayba emizgan, menga (boshqa erlaringizdan bo‘lgan) qizlaringizni hamda singillaringizni xotinlikka taklif qilmangizlar!»— dedilar. Urva «Suvaybani Abu Lahab ozod qilgan erdi»,— deydilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Nihoyatda sillam quriganidan biror yegulik izlab ko‘chaga chiqib erdim, Umar ibn al-Xattobga yo‘liqdim. Shunda Olloh taoloning Kitobidan ochlarni tuyg‘azish lozimligi haqidagi oyatni o‘qib bermog‘ini undan iltimos qildim (qornim ochligini fahm-lasin, deb erdim) U hovlisiga kirib, Qur’oni Karimni ochdi-da, men aytgan oyatni o‘qib tushintirdi (ammo, ochligimni fahmlamadi) Keyin, men uning hovlisidan chiqib, biroz yurdim, ammo sillam quriganidan yuz tuban yiqildim. Bir mahal qarasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tepamda turibdilar: «Ey Abu Hurayra!» — dedilar ul zot. Men: «Labbay, yo Rasulalloh, xizmatingizga tayyorman!»—dedim. Janob Rasululloh qo‘limdan tortib meni turg‘azdilar-da, ochlikdan shul ahvolga tushganimni bilib, meni tuyalari tomon yetakladilar. Keyin, kattagina bir idishda sut uzatib, ichmog‘imni amr qildilar, men ichdim So‘ng, menga «Ey Abu Hurayra, yana quyib ich!»—dedilar. Men yana qo‘iib ichdim. So‘ng: «Yana quyib ichyo»—dedilar. Men yana quyib ichdim hatto qornim kamondek tarang tortilib ketdi. Keyin, men Umarni yana uchratib, boya o‘zimga nima bo‘lganini unga aytdim-da «Olloh taolo meni to‘yg‘azmoqni sendan ko‘ra haqlig‘roq kishiga (ya’ni, Janob Rasulullohga) topshirdi. Ey Umar, xudo haqi, men sendan mazkur oyatni o‘zim bilmaganim uchun o‘qib bermog‘ingni iltimos qilmagan erdim, uni sendan ko‘ra o‘zim yaxshiroq qiroat qila olaman!»—dedim. Umar «Xudo haqi, terisi shilingan tuya kabi bo‘lganimdan ko‘ra, seni to‘yg‘azganim mening uchun yaxshiroq erdi!»—dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:05:26
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
TAOMLAR KITOBI


Olloh taolo: «Biz sizlarga rizq qilib bergan pokiza ne’matlardan tanovul qilingizlar!», «Peshona teringiz birlan topgan ne’matlardan sadaqa (ehson) qilingizlar!», «Amali solihlar qilingizlar, men sizlarning qilib turgan ishlaringizni bilib tururman!» — deydi.

Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ochni to‘yg‘azingizlar, kasalni borib ko‘ringizlar, asirni ozod qilingizlar!» — dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning oilalari (loaqal) uch kun to‘yib ovqat yemagandur!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:05:38
1- bob Olloh taoloning ismini aytib, o‘ng qo‘l birlan taom yemoq haqida

Umar ibn Abu Salama rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bag‘rlarida parvarish topayotgan bir bola erdim. Ovqat yeyayotganimizda qo‘limni laganning dam uyog‘iga, dam buyog‘iga uzata boshlagan erdim, ul zot menga «Ey bola, Olloh taoloning ismini aytib, o‘ng qo‘ling birlan o‘z oldingdan yegil!» — dedilar (ya’ni, Olloh taoloning ismini aytish birlan kishi o‘z oldidagi taomdan shaytonni quvib yuboradi, taomning dam uyog‘idan, dam buyog‘idan yeyish beadablik va badnafslik alomati bo‘lib, shunday qilgan kishi birga taom yeyayotganlarning dilini ranjitadi, ularning ko‘nglini taomdan qoldiradi, taomni o‘ng qo‘l birlan yeyish chin mo‘min-musulmonning odati bo‘lib, shaytongina chap qo‘li birlan tanovul qiladi). Shu-shu bo‘ldi-yu, men bunday beadabchilikni sira qilmadim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:05:58
2-bob. O’z oldidan (taom) yemoq haqida

Anas rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taoloning ismini aytingizlar va har bir kishi o‘z oldidan (taom) yesin!»— dedilar».

Ibn Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Bir kuni men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga taom yeyayotib, laganning dam uyog‘iga, dam buyog‘iga qo‘l uzata boshladim. Shunda Janob Rasululloh: «Uz oldingdan (taom) yegil!» — dedilar».

Vahb ibn Kayson Abu Nu’aym rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga taom keltirishdi, shunda Abu Salamaning o‘g‘li (ya’ni, ul zotning o‘gay o‘g‘illari) Umar ham birga o‘ltirgan erdi. Ul zot unga: «Olloh taoloning ismini aytib, o‘z oldingdan (taom) yegil!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:06:18
3- bob. Bir lagandan taom yeyayotib, sherigiga yoqmasligini o‘ylamay, uning tarafiga ham qo‘l uzatgan kishi haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bir tikuvchi taom tayyorlab, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni mehmonga taklif qildi, men ham ul zot birlan birga bordim. Qarasam, Janob Rasululloh idishning chetidagi qovoqlardan olib yeyaptilar. Shu bugundan e’tiboran men qovoqni xush ko‘rib qoldim!».

Abu Salamaning o‘gillari Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Ung qo‘ling birlan yegil!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:06:34
4- bob. Taom yeyishni hamda bundan boshqa ishlarni o‘ngdan boshlash lozimligi haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tahoratni ham, poyafzal kiyishni ham, soch tarashni ham o‘ngdan boshlashni yaxshi ko‘rar erdilar. Ul zot barcha o‘ngdan boshlash joiz bo‘lgan ishlarni o‘ngdan boshlashni odat qilgan erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:06:51
5- bob. To‘ygunicha taom yegan kishi haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Abu Talha Ummu Sulaymga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ochlikdan toliqqan ko‘rinadilar, ovozlarini arang eshitdim, biror yeguliging bormi?» — dedilar. Ummu Sulaym bir necha arpa nonini yopinchig‘lariga o‘rab, qo‘ynimga tiqib qo‘ydilar-da, meni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga jo‘natdilar. Men nonlarni olib yo‘lga chiqdim, ul zotni masjiddan topdim, huzurlarida bir qancha odamlar ham bor erdi. Men ularning tepasiga borib turdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Seni Abu Talha yubordimi?»—dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Janob Rasululloh: «Taomga taklif qildimi?» — dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Janob Rasululloh o‘zlari birlan birga o‘ltirganlarga: «Turingizlar!» — dedilar-da, yo‘lga chiqdilar, men ham birgalikda yo‘lga chiqib, ularni Abu Talhaning uylariga boshlab bordim. Abu Talha: «Ey Ummu Sulaym, Janob Rasululloh bir necha odamlar birlan birga keldilar, bizning ersa ularni mehmon qilarlik taomimiz yo‘q!» — dedilar. Ummu Sulaym: «Olloh taolo va uning Rasuli yaxshiroq bilgaydur!» — dedilar. Abu Talha tashqariga chiqib Janob Rasulullohni kutib oldilar, keyin ikkalalari uyga kirib kelishdi. Janob Rasululloh: «Ey Ummu Sulaym, boringni olib kelavergil!» — dedilar. Ummu Sulaym boyagi nonlarni dasturxonga qo‘yib erdilar, Janob Rasululloh nonxurush keltirmoqni amr qildilar. Ummu Sulaym yog‘donlariga meva solib, nonxurush tayyorlab berdilar. Keyin, Janob Rasululloh dasturxonga qo‘yilgan yeguliklarni maqtab-maqtab tanovul qildilar. So‘ng, o‘zlari birlan kelgan odamlardan o‘n kishini dasturxonga taklif qilmoqqa ruxsat berdilar. Ular to‘ygunlaricha yeb, so‘ng chiqib ketishdi. Keyin, yana o‘n kishini dasturxonga taklif qilmoqqa izn berdilar, ular ham to‘ygunlaricha yeb, chiqib ketishdi. So‘ng. yana o‘n kishini dasturxonga taklif qilmoqqa ruxsat berdilar, ular ham to‘ygunlaricha yeb, chiqib ketishdi. Keyin, yana o‘n kishiga izn berdilar, ular ham to‘ygunlaricha yeb, so‘ng chiqib ketishdi. Shul tariqa, barchalari to‘yib ovqatlanishdi, vaholanki ular sakson kishi erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:06:59
Abdurrahmon ibn Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bir yuz o‘ttiz kishi erdik. Janob Rasululloh: «Birortangizda yegulik bormi?» — dedilar. Bir kishida bir so’ yoki shunga yaqin yegulik bo‘lib, u boshqalar birlan baham ko‘rgisi kelmay, gapni chaynadi. Keyin, bir novcha mushrik bir qo‘y yetaklab kelib qoldi. Shunda Janob Rasululloh unga: «Sotiladimi yoki hadyami?» — dedilar. Mushrik: «Yo‘q, sotiladi»,— dedi. Janob Rasululloh qo‘yni undan sotib oldilar, men uni so‘ydim. Janob Rasululloh uning jigarini qovurishni buyurdilar. Olloh taologa ont ichamanki, bir yuz o‘ttiz kishining har biriga qovurilgan jigardan kesib ulush ajratdilar, kim shu yerda bo‘lsa, ulushini o‘ziga berdilar, biror yerga ketgan bo‘lsa, ulushini ehtiyotlab olib qo‘ydilar. Keyin, qolganini ikki laganga soldilar, barchamiz to‘yguncha yedik, shunda ham ikki lagan ortib qoldi, men uni tuyaga ortib qo‘ydim».

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz xurmo birlan suvga endigina to‘yganimizda vafot etib qoldilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:08:40
6- bob. Olloh taoloning qavli: «Yo‘qdur gunoh ko‘rga va yo‘qdur gunoh cho‘loqqa va yo‘qdur gunoh xastaga va na o‘zlaringizga yemaklaringizda o‘z uylaringizdan yo otalaringiz uylaridan yo onalaringiz uylaridan yo birodarlaringiz uylaridan yo singillaringiz uylaridan yo amakilaringiz uylaridan yo ammalaringiz uylaridan yo tog‘alaringiz uylaridan yo xolalaringiz uylaridan yo kalitlari qo‘llaringizda bo‘lgan uydan yo do‘stlaringiz uyidan, yo‘qdur gunoh sizlarga bir bo‘lib emoqlaringizda yo alohida-alohida bo‘lib, keyin qachon kirsangizlar uylarga, bas salom beringizlar o‘z kishilaringizga-ki, (bu «Olloh taolo tarafidan muborak va pokiza duodur, mana shundoq bayon qilur Olloh taolo sizlarga o‘z oyatlarini toki sizlar tushuningizlar deb»

Suvayd ibn an-Nu’mon rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Xaybarga yo‘lga chiqdik. Sahbo degan yerga yetganimizda («Sahbo Xaybardan bir kechalik yo‘l masofasida»,— deydilar Yahyo) Janob Rasululloh taom keltirmoqni buyurdilar, ammo talqondan bo‘lak yegulik keltirishmadi. Biz uni chaynay-chaynay yedik, keyin suv keltirmoqni amr qildilar, u birlan og‘iz chayqadilar, biz ham og‘iz chayqadik. So‘ng, tahorat olmay (taom tahoratni buzmaydi, og‘iz chayqalsa, bas) biz birlan shom o‘qidilar». Sufyon: «Men bu hadisni Suvayddan birinchi va oxirgi marta eshitdim»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:09:13
7- bob. Yumshoq non hamda xontaxta va dasturxonda ovqatlanmoq xususida

Qatoda rivoyat qiladilar: «Biz Anasning uyida bo‘ldik, uning huzurida nonvoyi ham o‘ltirgan erdi. Shunda Anas: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh taologa ro‘para bo‘lgunlariga qadar ham na yumshoq non va na qaynatilgan qo‘y go‘shti yemaganlar!» — dedi».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning na taqsimchada ovqatlanganlarini va na nonlari yumshoq bo‘lganini va na xontaxtada ovqatlanganlarini sira ham bilmayman!».

Qatodaga: «Janob Rasululloh va ul zotning oilalari nimada ovqatlanishgan?»— deb aytishdi. Qatoda: «Dasturxonda»,— dedilar.

Anas rivoyat qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safiyyaga uylandilar. Men musulmonlarni ul zotning to‘y ziyofatlariga taklif qildim. Janob Rasululloh charm palosni to‘shamoqni amr qildilar, men uni to‘shadim, ustiga xurmo, pishloq va yog‘ qo‘yildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:09:24
Amr Anasdan naql qilib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safiyyaga uylandilar. So‘ng, charm palos to‘shatib, musulmonlarni «hays» (xurmoga yog‘ va pishloq qo‘shib tayyorlanadirgan taom) birlan ziyofat qildilar»,— deydilar.

Vahb ibn Kayson rivoyat qiladilar: «Shom ahli Ibn Zubayrni: «Ey ikki kamarli ayolning o‘g‘li!» — deb izza qilishar erdi. Asmo ul kishiga: «Ey bolajonim, ularning seni nechun bunday deb izza qilishlarini hamda ikki kamarning ne erkanligini bilurmisan? Bir paytlar men kamarimni ikkiga bo‘lib, Janob Rasulullohning meshlarini bir bo‘lagi birlan, safarxaltalarini ersa ikkinchi bo‘lagi birlan bog‘lab bergan erdim»,— dedilar. Shom ahli Ibn Zubayrni: «Ikki kamarli ayolning o‘g‘li!» deb izza qilganda, u ularga javoban: «Ey betamizlar, meni izza qilaman deb o‘zlaringizni izza qilayotirsizlar!»—der erdi».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Ibn Abbosning xolasi bo‘lmish Xrris ibn Xuznning qizi Ummu Xafid Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yog‘, pishloq va kaltakesaklar (echkemarlar) tortiq qildi. Janob Rasululloh ayollarini dasturxonga taklif qildilar, ular ul zotning xontaxtala-rida tanovul qilishdi. Ammo, Janob Rasulullohning o‘zlari ulardan jirkangandek o‘rinlaridan turib nari ketdilar. Agar kaltakesak go‘shti harom qilingan bo‘lganida ayollar ul zotning xontaxtalarida tanovul qilmagan bo‘lur erdilar, buning ustiga ul zot ularga kaltakesak go‘shtini yeyishni amr ham qilmadilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:09:47
8- bob Talqon haqida

Suvayd ibn an-Nu’mon rivoyat qiladilar «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Sahbo degan yerda bo‘ldik, Sahbo Xaybardan bir kechalik yo‘l uzoqligida Namozga hozirlik ko‘rib turgan erdik, Janob Rasululloh taom keltirmoqni amr qildilar, ammo talqondan bo‘lak yegulik yo‘q erdi. Biz ul zot birlan birgalikda talqon tanovul qildik. Keyin, ul zot suv keltirmoqni buyurdilar-da, og‘iz chayqadilar, so‘ng taho-ratni yangilamay namoz o‘qidilar, biz ham birgalikda o‘qidik»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:10:03
9-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning taomni, Olloh taoloning ismini aytmay va uning nimadan tayyorlanganligini bilmay turib, tanovul qilmaganliklari xususida

Abu Umoma ibn Saohl ibn Hunayf al-Ansoriy rivoyat qiladilar: «Xolid ibn Valid (Sayfulloh) Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘zining va Ibn Abbosning xolasi bo‘lmish Maymunaning uyiga kirib, u yerda xolasining singlisi Xafida binti al-Xrris Najddan keltirgan qovurilgan kaltakesak go‘shtiga ko‘zi tushdi. Maymuna kaltakesak go‘shtini Janob Rasulullohning oldilariga olib kelib qo‘ydi. Janob Rasululloh taomga, uning nimadan tayyorlanganligini so‘ramay va Olloh taoloning ismini aytmay turib, kamdan-kam qo‘l uzatar erdilar. Ul zot kaltakesak go‘shtiga qo‘l uzatib erdilar, huzurlaridagi ayollardan biri: «Yo Rasulalloh, bu kaltakesak go‘shti!» — deb ogoh qildi. Shunda Janob Rasululloh darhol kaltakesak go‘shtidan qo‘llarini tortdilar. Xolid ibn Valid «Yo Rasulalloh, kaltakesak harommi?» — dedi. Ul zot: «Yo‘q, ammo yer yuzida undan jirkanmaydirgan birorta ham qavmim bo‘lmagay, men ham undan jirkanaman!»—dedilar. Xolid ibn Valid: «Men ul zotning ko‘z oldilarida kaltakesak go‘shtini nimtalab yedim»,— deydilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:10:16
10-bob. Bir kishi to‘yadirgan ovqat ikki kishiga ham kifoya qiladi!

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ikki kishi to‘yadirgan ovqat uch kishiga kifoya qiladi va uch kishi to‘yadirgan ovqat to‘rt kishiga kifoya qiladi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:10:46
11-bob. Mo‘min bitta ichagi to‘lguncha yeydi!

Nofi rivoyat qiladilar: «Ibn Umar toki bir miskinni topib kelishmaguncha, ovqat yemas erdilar, topib kelishgach, u birlan birga ovqatlanar erdilar. Bir kuni birga ovqatlansin, deb bir kishini Ibn Umarning huzurlariga kiritib yubordim. U badnafs chiqib qolib, ko‘p ovqat yeb yubordi .Shunda Ibn Umar «Ey Nofi’, buni ikkinchi mening huzurimga kiritma! Men Janob Rasulullohning «Mo‘min bitta ichagi to‘lguncha, kofir ersa yettita ichagi to‘lguncha ovqat yeydi!» deb aytganlarini eshitganman»,— dedilar»

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alaihi va sallam «Darhaqiqat, mo‘min bitta ichagi to‘lguncha, kofir (yoki munofiq) ersa yettita ichagi to‘lguncha ovqat yeydi!» — dedilar»

Sufyon Xazrat Umardan naql qiladilar: «Abu Nuhayk badnafs odam erdi. Ibn Umar unga «Janob Rasululloh «Darhaqiqat, kofir yettita ichagi tulguncha ovqat yeydi!» deb aytganlar, men ersam Olloh taolo birlan uning rasuliga iymonliman!» — dedi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Musulmon bitta ichagi to‘lguncha, kofir ersa yettita ichagi to‘lguncha ovqat yeydi!»—dedilar».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir kishi ilgari juda ko‘p ovqat yer erdi, musulmon bulgach, kam ovqat yeydirgan bo‘ldi. Bu haqda Janob Rasulullohga aytishgan erdi, ul zot «Darhaqiqat, mo‘min bitta ichagi to‘lguncha, kofir ersa yettita ichagi to‘lguncha ovqat yeydi!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:11:03
12-bob. Yonboshlab ovqat yemoq xususida

Abu Jhuayfa rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Men yonboshlab ovqat yemayman»,— dedilar».

Abu Juhayfa rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohning huzurlarida erdim, shunda huzurlarida o‘ltirgan bir boshqa kishiga: «Men yonboshlagan holda ovqat yemayman»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:11:21
13- bob Qovurilgan go‘sht haqida

Olloh taoloning qavli: «Keyin, keltirdi qovurilgan buzoq».

Ibi Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qovurilgan kaltakesak (echkemar) keltirildi, ul zot undan yemoq bo‘lib qo‘l uzatdilar. Shunda ul zotga uning kaltakesak go‘shti erkanligi aytildi, ul zot darhol undan qo‘llarini tortdilar. Xolid «Bu harommi?»—dedi. Ul zot: «Io‘q, lekin yer yuzida bundan jirkanmaydirgan birorta ham qavmim bo‘lmaydi, men ham bundan jirkanaman»,— dedilar. Xolid Janob Rasulullohning ko‘z oldilarida undan yedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:11:33
14-bob. Xazira haqida

Nazr «Xazira — xurmodan va harira sutdan tayyorlanadirgan taomdur»,— deydilar Maumud ibn ar-Rabi’ rivoyat qiladilar «Badr g‘azotida ishtirok qilgan sahobalardan biri Atbon ibn Molik al-Ansoriy Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Ra-sulalloh! Mening ko‘zim xira bo‘lib, shu holimda qavmimga imomlik qilaman. Agar yomg‘ir yog‘ib sel kelsa, men birlan ularning o‘rtasidagi vodiyni suv bosib ketib, ularga imomlik qilmog‘im uchun masjidlariga borolmay qolaman. Yo Rasulalloh, mening uyimga borib namoz o‘qisangiz, men siz namoz o‘qigan joyni o‘zimga namozgoh qilib olgan bo‘lur edim!»—dedilar. Janob Rasululloh: «Inshoolloh, shunday qilgayman!»—dedilar. Atbon bunday deydilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Abu Bakr as-Siddiq ertasiga quyosh ko‘tarilgan vaqtda mening uyimga tashrif buyurishdi. Ul zot ichkariga kirmoqqa izn so‘radilar, men izn berdim. So‘ng, ichkariga kirishlari hamonoq o‘ltirmay: «Uyingning qaerida namoz o‘qib bermog‘imni istaysan?» — dedilar. Men uyimning bir joyini ko‘rsat-dim, ul zot o‘sha joyga borib takbir aytdilar, biz saf tortdik, bizga imomlik qilib ikki rak’at namoz o‘qidilar, keyin ikki yelkalariga salom berdilar. Keyin, biz ul zotni o‘zimiz tayyorlagan «xazira»ga taklif qilib olib qoldik. Xonadon ahlidan bir qanchasi uyga kirib to‘planishdi. Shunda bir kishi «Molik ibn ad-Duxshin qaerda?» — dedi. Kimdir «U munofiqdur, Olloh taolo birlan uning rasulini yaxshi ko‘rmaydi!»—dedi. Ul zot «Olloh taoloning rizoligini istab «Lo iloha illallohu» deb aytganini ko‘ra-bila turib, bunday demagil!» — dedilar. Ul «Olloh taolo va uning rasuli ko‘proq bilguvchidir! Ammo, biz uning munofiqlarga nisbatan munosabatini ko‘rib, shunday deb aytuvdik»,— dedi. Ul zot «Darhaqiqat, Olloh taoloning rizoligini istab «Lo iloha illallohu» deb aytgan kishini kuydirmoqni Olloh taolo do‘zaxga harom qildi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:11:45
15-bob. Pishloq haqida

Humayd rivoyat qiladilar: «Men Anasning bunday deb aytganini eshitib erdim: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safiyyaga uylandilar. Dasturxonga xurmo, pishloq va yog‘ qo‘yib musulmonlarni ziyofat qildilar».

Amr ibn Abu Umar Anasdan naql qilib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Safiyyaga uylanganlarida) «hays» (pishloqqa xurmo va yog‘ qo‘shib tayyorlanadirgan taom) tayyorladilar»,— dedilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Xolam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (qovurilgan) kaltakesak go‘shti, pishloq va sut tortiq qildilar. (Qovurilgan) kaltakesak go‘shtini ul zotning xontaxtalariga qo‘yishdi. Agar kaltakesak harom bo‘lganida xontaxtalariga qo‘yishmas erdi. Ul zot sutni ichib, pishloqni yedilar (ammo, kaltakesakdan jirkanib yemadilar)».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:11:59
16-bob. (Qand) lavlagi va arpa xususida

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Biz jum’a kuni xursand bo‘lur erdik. Bizning bir kampirimiz bo‘lib, u (qand) lavlagini qozoniga solib, unga biroz arpa donidan qo‘shib qaynatib qo‘yar erdi. Biz jum’ani o‘qib bo‘lib, uni ko‘rgani borar va u bizni boyagi taom birlan siylar erdi. Shul boisdan ham biz har jum’a kuni xursand bo‘lur erdik. Odatda, biz jum’ani o‘qimagunimizcha na tushlik va na qaylula qilar erdik. Xudo haqi, o‘sha taomda na go‘sht yog‘i va na dumba yog‘i bo‘lar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:12:11
17-bob. (Go‘shtni) tish birlan uzib olib chaynamoq va go‘shtni (qozondan) olmoq haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biqin (qobirg‘a) go‘shtini yeb bo‘lib, o‘rinlaridan turdilar-da, tahoratlarini yangilamay namoz o‘qidilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qobirg‘a go‘shtini qozondan olib yedilar-da, tahoratlarini yangilamay namoz o‘qidilar» (chunki, taom yeganda tahorat buzilmaydi, og‘iz chayqalsa, bas)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:12:23
18- bob Qo‘l go‘shtini yemoq xususida

Qatoda otalaridan naql qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Makka tomonga yo‘l oldik».

Abdulloh ibn Abu Qatoda otalaridan naql qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan bir guruhi birlan Makka yo‘lidagi bir joyda o‘ltirgan erdim, Janob Rasululloh ham yonginamizga kelib qo‘ngan erdilar. Barcha ehromda bo‘lib, faqat men ehrom bog‘lamagan erdim. Poyafzalimni yamab turganimda odamlar bir qulonni ko‘rib qolishdi, ammo buni menga bildirishma-di, chunki ular «Koshki, uni o‘zi ko‘rib qolsa!» deb istashgan erdi (chunki, ehrom kiygan odam o‘zi ko‘rib qolgan ov hayvonini ehrom kiymagan odamga ko‘rsatib qo‘ymasligi lozim). Bir payt, o‘girilib qulonga ko‘zim tushib qoldi. Urnimdan turib otimning oldiga bordim-da, uni egarladim. So‘ng, uni mindim, ammo qamchi birlan nayzani unutib qoldirgan erdim. Odamlarga: «Qamchi birlan nayzani olib beringizlar!» — dedim. Ular: «Yo‘q, aslo! Xudo haqi, biz senga bu ishda yordam bermaymiz!» — deyishdi (chunki, ular ehromda bo‘lib, ov borasida yordam ko‘rsatmoqlari mumkin ermas erdi). Men g‘azablanib otdan tushdim-da, qamchi birlan nayzani o‘zim olib, yana otga mindim. Otimni ov ustiga haydab, unga nayza otdim, so‘ng borib qarasam, o‘libdi. Odamlar uning go‘shtidan pishirib yeyishdi, so‘ng ehromdaliklari yodlariga tushib: «Qulon go‘shtidan yeb gunohkor bo‘lmadikmikan?» — deb xavotirga tushishdi. Keyin, biz yo‘lga tushdik, men qulonning ortib qolgan bir qo‘lini o‘zim birlan olib oldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga borgach, ul zotdan shul haqda so‘radik. Ul zot: «Qulon go‘shtidan biror bo‘lak olib keldingizlarmi?» — dedilar. Men qulonning qo‘lini ul zotga uzatib erdim, ehromdaliklariga qaramay, uni yeb suyaklarigacha tozalab qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:12:32
19- bob. Go‘shtni pichoq birlan kesmoq haqida

Amr ibn Umayya rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qo‘yning yelkasidan qo‘lini kesib olayotganlarini ko‘rdim. Shunda namozga azon aytilib qoldi, ul zot qo‘yning qo‘li birlan pichoqni qo‘yib, o‘rinlaridan turdilar-da, tahoratni yangilamay namoz o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:12:45
20-bob. Rasululloh sallallohu alayqi va sallam taomga nah urmas erdilar!

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam taomga nah urmas erdilar, ishtahalari bo‘lsa, yer erdilar, ishtahalari bo‘lmasa, yemas erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:12:55
21- bob. Arpa (unini) puflamoq (sovurmoq) haqida

Abu Xozim rivoyat qiladilar: «Men Sahldan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida (elangan) oq undan yopilgan nonni ko‘rganmisizlar?» — deb so‘radim. U: «Yo‘q»,— dedi. Men: «Arpa (unini) elar erdingizlarmi?»—dedim. U: «Yo‘q, ammo uni puflar (sovurar) erdik»,— dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:13:59
22-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ul zotning sahobalari nima eyishar erdi?

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalariga xurmo taqsim qildilar. Har bir sahobaga yettitadan xurmo berdilar, menga ham yettita xurmo berdilar. Ulardan biri yomonroq erdi. Xullas, ularning ichida menga yoqadirgani bo‘lmay, birini olib biriga uradirgan darajada erdi».

Qays: «Sa’d menga bunday deb aytdi»,— deydilar: «Mening Olloh taolo yo‘lida birinchi bo‘lib o‘q otgan arab erkanligimni bilursen. Biz Janob Rasululloh birlan g‘azot qilur erdik, o‘shanda hubla bargidan bo‘lak yemishimiz bo‘lmay, ichimiz qo‘yning qumalog‘i yanglig‘ erdi. Keyin, Banu Asad meni dinga bul qadar berilmaslikka unday boshladi, men ularning gapiga kirib, ilgarigi sa’yimni habata qilib qo‘ydim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:14:22
23-bob. Sutli xo‘rda haqida

Urva ibn Zubayr rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari bo‘lmish Oisha raziyallohu anhoning biror yaqin kishilari vafot qilsa, qo‘shni ayollar ta’ziya bildirgani uylariga kirishar erdi, keyin ular chiqib ketib, faqat xonadon ahli qolar erdi. Shunda Oisha onamiz bir tog‘ora sut olib kelmoqlarini buyurar, so‘ng uni pishirib non burdalari ustiga quyib xo‘rda tayyorlar erdilar-da: «Bundan ichingizlar! Chunki, men Janob Rasulullohning «Sutli xo‘rda bemorning diliga orom berib, azador kimsaning qayg‘usini yengillashtiradi» deb aytganlarini eshitganman»,— der erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:14:40
24- bob, Sarid (non burdalari yoki qovoq solib tayyorlanadirgan sutli xo‘rda) haqida

Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Ko‘pchilik erkaklar kamolotga erishdi, ammo Maryam binti Imron va Fir’avnning xotini Osiyadan bo‘lak ayollar kamolotga erishmadi. Sarid boshqa taomlardan afzal bo‘lgani kabi, Oisha ham boshqa ayollardan afzaldur!».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Oishaning boshqa ayollardan afzalligi — saridning boshqa taomlardan afzalligi kabi-dur!» —dedilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasululloh birlan birga tikuvchi g‘ulomlarining huzuriga kirdim. U Janob Rasulullohga bir idishda sarid (shirqovoq) berdi-da, o‘z ishiga ketdi. Janob Rasululloh shirqovoqni tanovul qila boshladilar, men ham ro‘paralarida o‘ltirib yeya boshladim. Shundan beri qovoqni juda xush ko‘raman!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:14:52
25-bob. Qo‘y go‘shti qovurdog‘i, qo‘l va biqin go‘shti haqida

Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molikning uyiga borganimizda qoshida nonvoyi turgan erdi. Shunda Anas bizga: «Olingizlar, (nondan) yengizlar! Ammo, men Janob Rasulullohning vafot qilgunlariga qadar ham yumshoq oq nonni ko‘rganlarini bilmayman, ul zot qo‘y qo‘shti qovurdogini o‘z ko‘zlari birlan mutlaqo ko‘rgan ermaslar!» —dedi».

Ja’far ibn Amr ibn Umayya otalaridan nakl qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qo‘yning qo‘lini kesib yeganlarini ko‘rdim. Keyin, namozga azon aytilib erdi, o‘rinlaridan turib qo‘llaridagi pichoqni tashladilar-da, tahoratlarini yangilamay namoz o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:15:10
26-bob. Ajdodlarning o‘z uylari va safarlari uchun taom, go‘sht va boshqa yeguliklar g‘amlab qo‘yganlari haqida

Oisha va Asmo raziyallohu anhumo: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Abu Bakr as-Siddiq uchun yo‘lga yeguliklar tayyorlab berdik»,— deyishadi.

Abdurrahmon ibn Obis otalaridan naql qiladilar: «Men Oisha onamizga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbonlik go‘shtini uch kundan ortiq yemoqlikdan qaytarganmilar?»—dedim. Oisha onamiz: «Odamlar och qolgan yili boylarning kambagallarni to‘ydirmogini istab shunday qilgan erdilar, xolos!» — dedilar. So‘ng, (hazillashib); «Agar bitta sonni ko‘tarib olib ketolsak, uni o‘n besh kunda yeb bitirar erdik»,— deb aytdilar. Shunda odamlar: «Bunga sizlarni nima majbur qilgan erdi?»—deyishdi. Oisha onamiz kulib yubordilar-da: «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning oilalari ul zot vafot qilgunlariga qadar uch kun bo‘lsa ham oq bugdoy nonini to‘yib yemagan!» — dedilar».

Jobir raziyallohu anhu: «Janob Rasulullohning davrlarida kurbonlikka so‘yilgan jonliqlar go‘shtini Madinaga (ketayotganda yo‘lda yeb ketish uchun) ehtiyotlab qo‘yar erdik»,— dedilar. Ibn Jurayj Atodan so‘radilar: «Madinaga yetib kelgunimizga qadar, deb aytdimi?». Ato «Yo‘q»,— dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:15:25
27- bob. Hays (xurmoga yog‘ va pishloq qo‘shib tayyorlanadirgan taom) haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Talhaga: «G’ulomlaringdan biri mening xizmatimni qilib yursa!» - dedilar. Abu Talha meni ulovlariga mingashtirib olib yo‘lga chiqdilar, men Janob Rasululloh qaerda tushib dam olsalar, xizmatlarini qilar erdim. Shunda men ul zotning nuqul «Yo parvardigoro, meni g‘amu tashvishdan, musibatdan, munkillaganlikdan, yalqovlikdan, qo‘rqoqlikdan, baxillikdan, qarzga botmoqdan hamda odamlar qahridan o‘z panohingda asragin!»—deb aytganlarini eshitar erdim. Men Janob Rasulullohning Xaybardan ortga qarab yo‘lga chiqqunlariga qadar ham xizmatlarini qilib yurdim. Janob Rasululloh o‘zlariga xotin qilib olgan Safiyya binti Huyay birlan birga yo‘lga chiqdilar. Shunda men ul zotning Safiyyani o‘z kiyimlari birlan o‘rab-chirmab tuyalariga mingashtirib olganlarini ko‘rdim. Biz Sahbo degan joyga yetib borganimizda yerga charm palos yozdirib, «hays» tayerladilar, so‘ng meni jo‘natdilar, men odamlarni dasturxonga taklif qilib keldim. Odamlar «hays» tanovul qilishdi. Bu Janob Rasulullohning Safiyyaga uylanganlari munosabati birlan berilgan to‘y ziyofati erdi Keyin, yo‘lga chiqdilar, yo‘lda Uhud tog‘i ko‘ringach «Bu tog‘ bizni yaxshi ko‘rur, biz ham uni yaxshi ko‘rurmiz!» — dedilar. Madinaga yaqinlashgach ersa: «Yo par-vardigoro, Ibrohim Makkani muqaddas qilgani kabi, men ham Madinaning ikki tog‘i oralig‘idagi yerlarni muqaddas qildim! Yo parvardigoro, Madina axlining toshu tarozusiga barakot ato etgaysan!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:15:35
28- bob Kumush idishda ovqat yemoq xususida

Mujohid rivoyat qiladilar: «Abdurrahmon ibn Abu Laylo Huzayfaning huzurida bo‘lganida Huzayfa suv so‘radilar. Bir majusiy qadahda suv keltirib Huzayfaning qo‘llariga berganda u kishi uni otib yubordilar-da «Men unga kumush idishda suv keltirmaslikni bir-necha bor tayinlagandim, u bo‘lsa endi bunday qilmayman, deb «aytgandek bo‘ladi-yu, baribir o‘z bilganidan qolmaydi. Men Janob Rasulullohning «Na ipak va na deboj kiymangizlar, oltin va kumush idishda yeb-ichmangizlar, chunki bunday kiyimu idishlar bu dunyoda ular uchun, oxiratda ersa bizlar uchundur!» — deb aytganlarini eshitganman»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:15:51
29- bob. Din ilmi xususidagi yig‘inda taom haqida so‘zlash (makruh ermas!)

Abu Muso al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Qur’on qiroat qiluvchi mo‘min utrujja (limon) singari xushbo‘y va xushta’mdur, Qur’on qiroat qilmaydirgan mo‘min ersa xurmo kabi shirin bo‘lgani birlan xushbuy hiddan mahrumdir, Qur’on qiroat qiladirgan munofiq xususiga kelsak, u rayhon kabi xushbo‘y bo‘lsa-da, ta’mi achchiqdur, Qur’on qiroat qilmaydirgan munofiq ersa achchiq tarvuz (kolokvint) kabi hidsiz va ta’mi achchiqdur!».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Oishaning boshqa ayollardan afzalligi — sarid (sutli xo‘rda)ning boshqa taomlardan afzalligi kabidur!» — dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam».

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Safar azobning bir bo‘lagi bo‘lib, u sizni uyqu birlan taomdan qoldiradi. Agar kimniki safarda nafsi mag‘lub qilsa, darhol oilasiga qayqin!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:16:05
30- bob. Xurush (ishtahani ochuvchi vositalar) haqida

Qosim ibn Muhammad rivoyat qiladilar: «Joriya Bariraga nisbatan ado etilmog‘i lozim bo‘lgan uch sunnat mavjud erdi. Oisha raziyallohu anho Barirani sotib olib, ozod qilmoqchi bo‘ldilar. Shunda uning egalari unga homiylik huquqini o‘zlarida qoldirilishini shart qilib qo‘yishdi. Oisha raziyallohu anho buni Janob Rasulullohga aytdilar. Ul zot: «Ularning shartiga ko‘nib, uni sotib olaver, chunki homiylik huquqi uni ozod qilgan shaxsga o‘tadi!» — dedilar. Keyin, Oisha raziyallohu anho Barirani ozod qilib, unga eri birlan yashash yoki yashamaslik ixtiyorini berdilar. Bir kuni Janob Rasululloh Oishaning uyiga kirdilar, shunda qozonda go‘sht qaynab turardi. Ul zot ovqat keltirmoqni buyurdilar, dasturxonga non va uyda mavjud bo‘lgan xurushlardan olib kelib qo‘yishdi. Ul zot: «Qozonda go‘sht qaynatib qo‘yilganini ko‘rdim shekilli?»— dedilar.

«Ha, yo Rasulalloh! Ammo, bu go‘sht Bariraga sadaqa qilingan bo‘lib, u bizga ozginasini ilinib yuboribdi»,— deyishdi. Ul zot: «Bu go‘sht Bariraga sadaqa, bizga ersa hadyadur» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:16:15
31-   bob. Halvo va asal haqida

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam halvo birlan asalni yaxshi ko‘rar erdilar»,— dedilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Patir yemay va harir kiymay yurgan kezlarimda hamda biror g‘ulom yoki cho‘ri xizmatimni qilmagan chog‘larda men qornimni to‘yg‘azish uchun Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ortlaridan ergashib yurgan erdim. Ushanda ochlikdan qornim umurtqamga yopishib qolgan bo‘lib, qornim och erkanligini sezarmikan, degan maqsadda, o‘zim yaxshi bilsam ham, uchragan odamdan miskinlarni to‘yg‘azish lozimligi haqidagi oyatni o‘qib bermog‘ini iltimos qilar erdim. Eng miskinparvar odam bo‘lmish Ja’far ibn Abu Tolib bizga qiyo boqib uyida bor narsani olib chiqib qornimizni to‘yg‘azar va agar u bo‘m-bo‘sh yog‘ idishini olib chiqsa ham, biz uning yuqini yalab tozalab qo‘yar erdik».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:16:24
32-   bob. Qovoq (kadi) haqida

Anas rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tikuvchi mavlolarining uyiga kirib erdilar, bir idishda oldilariga pishirilgan qovoq olib kelib qo‘ydi. Janob Rasululloh qovoqdan tanovul qila boshladilar. Men Janob Rasulullohning qovoq yeganlarini ko‘rganimdan buyon qovoqni yaxshi ko‘raman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:16:48
33- bob. Kishi o‘z birodarlari uchun taom tayyorlab takalluf ko‘rsatadi

Abu Mas’ud al-Ansoriy rivoyat qiladilar: «Ansorlardan bo‘lmish Abu Shu’ayb ismli bir kishi bo‘lib, uning qassob g‘ulomi bor erdi. Bir kuni u o‘sha g‘ulomiga: «Menga bir taom tayyorlab bergin, Janob Rasululloh birlan yana to‘rt kishini mehmonga taklif qilaman!» — dedi. Keyin, u Janob Rasululloh birlan yana to‘rt kishini uyiga mehmonga chaqirib erdi, ularga yana bir kishi ergashib keldi.

Janob Rasululloh mezbonga: «Sen bizni besh kishi bo‘lib kelmog‘imizni aytgan erding, ammo mana bu kishi ham bizga ergashib keldi, xohla, uni ham ichkariga taklif qil, xohla, taklif qilma!» — dedilar. Mezbon: «Mayli, kiraversin!» —dedi»,

Muhammad ibn Ismoil bunday deydilar: «Biror xontaxta (dasturxon) atrofida o‘ltirgan qavm o‘z xontaxtasidan (dasturxonidan) boshqa xontaxtaga (dasturxonga) o‘tib tanovul qilmasin, ammo bir qavm ikkinchi qavmga o‘z xontaxtasidagi (dasturxonidagi) taomdan uzatmog‘i yoki ularni chorlab mehmon qilmog‘i mumkindur».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:32:43
34-bob. Bir kishini taom birlan siylab, so‘ng o‘z ishiga ketgan shaxs haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga dastyorlik qilib yuruvchi bir g‘ulom erdim. Bir kuni Janob Rasululloh o‘zlarining tikuvchi g‘ulomlari uyiga kirdilar, u bir idishda ustiga pishirilgan qovoq qo‘yilgan taom keltirib qo‘ydi. Janob Rasululloh ishtaha birlan qovoqdan tanovul qila boshladilar, buni ko‘rib men ham ul zotning oldilaridagi qovoqdan olib yeya boshladim. Tikuvchi g‘ulom ersa bizni taom birlan siylab, so‘ng o‘z ishiga ketdi. Men Janob Rasulullohning ishtaha birlan qovoq yeganlarini ko‘rganimdan buyon qovoqni yaxshi ko‘rib qoldim!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:32:50
35-bob. Suyuq ovqat (maraq) haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bir tikuvchi (g‘ulom) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni o‘zi tayyorlagan taomga taklif qildi, men ham ul zot birlan birga bordim. U dasturxonga arpa noni, qovoq solib pishirilgan maraq va sur go‘sht keltirib qo‘ydi.   Qarasam,   Janob   Rasululloh   ishtaha   birlan   idishdagi   qovoqdan   tanovul qilaetirlar, men shu kundan e’tiboran qovoqni xush ko‘rib qoldim!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:33:10
36-bob. Sur go‘sht haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga qovoq solib pishirilgan maraq va sur go‘sht olib kelib qo‘yilganini hamda ul zotning qovoqdan ishtaha birlan tanovul qilganlarini ko‘rdim».

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu va sallam odamlar och qolgan yiligina uch kundan ortiq qurbonlik go‘shtidan yeyishga ruxsat bermaganlar, o‘shanda boylarning kambag‘allarni to‘yg‘azmog‘ini istagan erdilar. Agar bitta sonni ko‘tarib ketolsak, uni o‘n besh kunda yeb bitirar edik»,— dedilar. (Odamlar Oisha onamizning «Un besh kunda bitta sonni yeb bitirar erdik» deb hazil qilganlarini tushunmay: «Bunga sizlarni nima majbur qilgan erdi?» — deyishdi). Oisha onamiz (kulib yubordilar-da): «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning oilalari uch kun bo‘lsa ham oq bug‘doy nonini to‘yib yemagan!» — dedilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:33:24
37-bob. Do‘stining (o‘rtog‘ining) oldidagi xontaxtaga biror yegulik keltirib qo‘ygan kishi haqida

Ibn al-Muborak: «Ikki qavm bir-birini o‘z xontaxtasidagi taomdan uzatib siylamog‘i mumkin, ammo kishi o‘zicha bu xontaxtadan u xontaxtaga o‘tib tanovul qilmaydi»,— deydilar.

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bir tikuvchi (g‘ulom) taom tayyorlab Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni mehmonga taklif qildi, men ham ul zot birlan birga o‘sha mehmondorchilikka bordim. Mezbon ul zotning oldilariga arpa noni, qovoq solib pishirilgan maraq va sur go‘sht keltirib qo‘ydi. Qarasam, Janob Rasululloh idishdagi qovoqdan ishtaha birlan tanovul qilayotirlar. Ushandan beri men qovoqni xush ko‘rib qolganman!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:33:35
38-bob. Yangi uzilgan xurmoni bodring (tarrak)  birlan yemoq haqida

Abdulloh ibn Ja’far ibn Abu Tolib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yangi uzilgan xurmoni tarrak birlan yeyayotganlarini ko‘rdim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:33:46
39-bob.

Abu Usmon rivoyat qiladilar: «Men yetti kishi bo‘lib Abu Hurayranikiga mehmonga bordim. Shunda uning o‘zi, xotini va xizmatkori tunning uchdan bir qismini navbatchilik qilib o‘tkazishdi, ya’ni biri namoz o‘qib bo‘lib, ikkinchisini uyg‘otar erdi. Ushanda Abu Hurayraning bunday deb aytganini eshitgan erdim: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalariga xurmo taqsim qildilar, menga yettita xurmo tegdi, ulardan birining sifati yomon erdi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga xurmo taqsim qildilar, shunda menga beshta xurmo tegdi, to‘rttasi yaxshi va bittasi yomon erdi. Qarasam, o‘sha bitta yomoniga tishim ham o‘tmaydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:34:19
40- bob. Yangi uzilgan xurmo va xurmo qoqisi haqida

Olloh taoloning qavli: «Va qimirlat (silkit) xurmo daraxtini o‘z tarafinggaki, tushurur sanga yangi pishgan xurmoni».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Xurmo birlan suvga endigina to‘yganimizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etib qoldilar».

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Madinada bir yahudiy bo‘lib, u xurmolarimni (pishganda) o‘ziga uzib olish sharti birlan menga qarz bergan erdi  (Ruma degan quduq tomonda Jobirning xurmozori bor erdi) O’sha yili xurmozorimning hosili kechikib ketib, qarzimni uzolmadim. Yahudiy kelasi yil hosilini yig‘ishtirish paytida kelib erdi, xurmozorimga kirib qarzimni uzishga yetarlik xurmo ko‘rmadim. Shunda yahudiydan yanagi yil hosilini kutmog‘ini iltimos qildim, u ko‘nmadi. Keyin, shu haqda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga xabar qildim. Janob Rasululloh ashoblariga! «Turingizlar, biz Jobirga muhlat bersin, deb yahudiydan talab qilamiz!»— dedilar. So‘ng, Janob Rasululloh sahobalari birlan birga xurmozorimga keldilar-da, yahudiydan koyinib: «Ey Abulqosim, qani o‘zi u, uni ko‘rmayapman-ku?» — dedilar. Keyin, yahudiyga ko‘zlari tushgach, xurmozorimni bir aylanib keldilar-da, oldiga borib uni ko‘ndirishga harakat qildilar, u ko‘nmadi. Men o‘rnimdan turib biroz xurmo uzib keldim-da, Janob Rasulullohning oldilariga qo‘ydim, ul zot ularni tanovul qilgach, menga: «Xurmozoringning eng soya-salqin yeri qaerda?» — dedilar. Men o‘zim dam oladirgan eng soya-salqin joyni ko‘rsatdim. Janob Rasululloh: «Usha yerga joy solib ber!» — dedilar, men joy solib berdim. Janob Rasululloh yetib dam oldilar, so‘ng uyg‘ondilar. Men yana biroz xurmo uzib keldim. Ul zot ulardan tanovul Qilgach, o‘rinlaridan turib yana yahudiyni ko‘ndirishga harakat qildilar, ammo u ko‘nmay: «Ikkinchi (kelgusi) yil hosilini olmayman!» — deb turib oldi. Shunda Janob Rasululloh: «Yo Jobir, xurmolarni terib olib qarzingni uzgil!» —dedilar-da, terim tugaguncha kutib turdilar. Men (baraka kasb etgan) xurmolarni terib qarzimni uzdim, yana qanchasi ortib ham qoldi. Keyin, xurmozordan chiqib, Janob Rasulullohning qoshlariga keldim-da, bo‘lgan voqeani aytib xursand qildim. Ul zot: «Darhaqiqat, men Olloh taoloning rasulidurman!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:34:30
41-bob. Jummor (xurmoning ezilib pishgan joyi) yemoq haqida

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir payt biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirib erdik, jummor olib kelib qolishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Aytingizlarchi, qaysi daraxtning barakasi musulmonning barakasi kabidur?»— dedilar. Men: «Bu xurmo daraxti bo‘lsa kerak?»— deb o‘ylab, «Yo Rasulalloh, bu xurmo daraxtidur!» — deb aytmoqchi bo‘ldim-u, ammo atrofimga qarab, shu yerda turganlarning eng yoshi kichigi erkanligimni ko‘rdim-da, indamay qo‘ya qol-dim. Janob Rasululloh (hech kim javob bermagach); «Bu xurmo daraxtidur!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:35:21
42-bob. Ajva (eng oliy nav xurmo daraxti) haqida

Omir ibn Sa’d otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki erta birlan turib yetti dona ajva xurmosidan tanovul qilsa, o‘sha kuni unga zahar ham, sihr ham zarar yetkazmaydi»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:35:29
43-bob. Xurmoni juftlab yemoq haqida

Jabla ibn Suhaym rivoyat qiladilar: «Mudroq bosgan yili (Badr g‘azoti vaqtida Olloh taolo musulmonlarga yengil uyqu nozil qilib, shayton vasvasasi tufayli ularning dillarida paydo bo‘lgan dushman vahmini bartaraf qilgan erdi) biz Ibn Zubayr birlan xurmo yeb kun kechirgan erdik. Bir kuni biz xurmo yeb turgan erdik, Abdulloh ibn Umar yonimizdan o‘tib ketayotib: «Xurmoni juftlab yemangizlar, chunki Janob Rasululloh (xurmoni) juftlab yemoqdan qaytarganlar»,— dedi, so‘ng: «Agar kishi birodariga izn bersa, mumkin»—deb qo‘ydi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:35:49
44- bob. Bodring haqida

Abdulloh ibn Ja’far rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohning yangi uzilgan xurmoni bodring birlan yeganlarini ko‘rganman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:36:46
45-bob. Xurmo daraxtining barakasi haqida

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Daraxtlar ichida (baraka jihatidan) musulmonga o‘xshash bir daraxt mavjud, u xurmo daraxtidur!» —   dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:36:53
46-bob. Bir vaqtda ikki xil taom yemoqlik haqida

Abdulloh ibn Ja’far raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yangi uzilgan xurmoni tarrak birlan yeyayotganlarini ko‘rganman».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:37:08
47-bob. Mehmonlarni o‘nta-o‘ntadan qilib uyga kiritgan kishi hamda o‘nta-o‘nta bo‘lib ovqatlanmoq xususida

Anas rivoyat qiladilar. Ummu Sulaym bir mudd arpani un qilgach, hamir qorib kulcha yopdilar, keyin uyda mavjud yog‘ idishni silqitdilar-da, meni Janob Rasulullohning huzurlariga jo‘natdilar. Men borsam, ul zot sahobalari davrasida o‘ltirgan erkanlar, mehmonga taklif qildim. Shunda ul zot sahobalariga: «Barchangiz men birlan yuringiz!» — dedilar. Men qaytib borib: «Janob Rasululloh sahobalariga: «Barchangiz men birlan yuringiz!» — deb aytdilar».— dedim. Abu Talha chiqib ul zotni kutib oldilar-da: «Yo Rasulalloh, Ummu Sulaym biroz taom tayyorlagan erdi!» —dedilar. Janob Rasululloh Abu Talha birlan uyga kirgach: «Tashqaridagilarni o‘nta-o‘ntadan huzurimga kirit!»—dedilar. Ichkariga o‘n kishi kirib, to‘yguncha taom tanovul qildi. So‘ng, ul zot: «Yana o‘n kishini kirit!» — dedilar. Yana o‘n kishi kirib, to‘yguncha ovqatlandi. Janob Rasululloh: «Yana o‘n kishini kirit!» — dedilar. Yana o‘n kishi kirib, to‘yguncha ovqatlandi, shul tariqa qirq kishi kirib, to‘yib ovqatlandi. Shundan keyingina ul zotning o‘zlari taom tanovul qilib chiqib ketdilar. Keyin, men: «Yegulik biroz bo‘lsa ham kamaydimikan?»—deb ichkariga kirib qaray boshladim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:37:22
48-bob. Sarimsoq va ayrim ko‘katlarning makruhligi haqida

Abdulaziz rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sarimsoq haqida nima deganlar?»
—   deb Anasdan so‘rashdi. «Kimki sarimsoq yesa, masjidimizga yaqinlashmasin!» - deb aytganlar»,— dedi Anas»
—   
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Janob Rasululloh «Kimki sarimsoq yoki piyoz yegan bo‘lsa, bizni (yoki masjidimizni) xoli qo‘ysin!» — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:37:31
49-bob. Arok (yog‘ochidan misvok yasaladirgan daraxt) mevasi haqida

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Marruzzahronda arok mevasini terayotgan erdik Shunda ul zot «Qorayganini teringizlar, chunki qoraygani yaxshi (pishgan) bo‘ladi!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:37:56
50-bob. Taom yegandan so‘ng og‘iz chayqash haqida

Suvayd ibn an-Nu’mon rivoyat qiladilar «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Xaybar gazotiga chiqdik. Sahbo degan yerga borganimizda ul zot taom keltirmoqni amr qildilar, ammo talqondan bo‘lak yegulik olib kelishmadi. Biz talqonni yedik. So‘ng, ul zot o‘rinlaridan turib ogiz chayqadilar, biz ham ogiz chayqadik, keyin namoz o‘qidik».

Suvayd rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Xaybar gazotiga chiqdik. Sahbo degan joyga yetganimizda ul zot yegulik olib kelmoqni amr qildilar, ammo talqondan bo‘lak yegulik keltirishmadi. Biz ul zot birlan birgalikda talqonni chaynay-chaynay yedik. Keyin, ul zot suv keltirmoqni amr qildilar, suv keltirishgach, ogyaz chaiqadilar, biz ham ogiz chayqadik So‘ng, tahoratlarini yangilamay biz birlan shom o‘qidilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:38:08
51- bob Barmoqlarni yalab va so‘rib, so‘ng ro‘molchaga (sochiqqa) artmoq lozim!

Ibn Abbos rivoyat qiladshar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Birortangiz taom yesangiz, barmoqlaringizni yalab tozalamaguningizcha rumolchaga artmangiz!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:38:18
52- bob Kishi ovqatlanib bo‘lgach, ne deb aytmog‘i lozim?

Abu Umoma rivoyat qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dasturxon yigishtirib olingach «Olloh taologa beadad ezgu shukronalar bo‘lsinki, ul doimo saxovatli va bandalarining shukronasiga ijobat qilguvchi bo‘lib, unga muhtoj bo‘lmagan kimsa yo‘qdur! Yo parvardigoro!» — der erdilar».

Xolid ibn Mi’don Abu Umomadan naql qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ovqat yeb bo‘lib, dasturxon yigishtirib olingach: «Bizni yedirib-ichirguvchi Olloh taologa shukronalar bo‘lsinkim, ul doimo saxovatli va bandalarining shukronasiga ijobat qilguvchi bir zotdir!»—deb erdilar. Keyin, ul zot yana bir kuni «Parvardigorimizga shukronalar bo‘lsinkim, ul saxovatli va bandalarining shukronasiga ijobat qilguvchi bir zot bo‘lib, unga muhtoj bulmagan kimsa yo‘qdur!» — deb aytdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:38:26
53-bob. Xizmatkor birlan birga ovqatlanmoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Agar birortangizni xizmatkoringiz o‘zi tayyorlagan taom birlan siylasa, u birlan o‘ltir-masangiz ham, bir yoki ikki luqma nasiba olib yengiz, chunki u bu birlan sizga o‘z mehr-muhabbatini izhor qilayotir!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:38:45
54-bob. Shukr qilib taom tanovul qilguvchi sabr qilib ro‘za tutguvchi yanglig‘dur!

Abu Hurayra raziyallohu anhu yuqoridagi qavlni Janob Rasululloh aytganliklarini ta’kidlaydilar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:38:57
55-bob. Taomga taklif qilingan kishining: «Bu ham men birlan birga» — deb aytganligi haqida

Anas raziyallohu anhu: «Agar biror begaraz musulmonning uyiga kirsang, uning oldingga qo‘ygan narsalaridan yebich!» — deydilar.

Abu Mas’ud al-Ansoriy rivoyat qiladilar: «Bir ansoriy kishi bo‘lib, laqabi «Abu Shu’ayb» erdi, uning bir qassob gulomi ham bor erdi. Bir kuni Abu Shu’ayb Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldi, shunda ul zot sahobalari davrasida o‘ltirgan erdilar. Abu Shu’ayb

Janob Rasulullohning chehralarida ochlik alomatini sezib, qassob gulomining oldiga bordi-da, unga: «Besh kishiga yetadigan taom tayyorlab ber, Janob Rasululloh birlan yana to‘rt kishini mehmonga taklif qilmoqchiman» — dedi. G’ulom unga taom tayyorlab bergach, u borib Janob Rasulullohni mehmonga taklif qildi. Mehmonga taklif qilinganlarga bir kishi ergashib keldi. Shunda Janob Rasululloh: «Ey Abu Shu’ayb, bir kishi bizga ergashib keldi, agar istasang, unga ijozat ber, istamasang, ijozat berma!» — dedilar. Abu Shu’ayb: «Nega endi, kiraversin!»—dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:39:14
56- bob. Agar kechki ovqat keltirilsa, (namozga) shoshilinmasin!

Amr ibn Umayya rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llaridagi qo‘y qo‘lidan kesib yeyayotgan erdilar, namozga azon aytilib qoldi. Shunda ul zot qo‘y qo‘li birlan pichoqni qo‘yib o‘rinlaridan turdilar-da, tahoratlarini yangilamay namoz o‘qidilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar oldingizga kechki ovqat keltirilgan bo‘lsa-yu, namoz boshlanib qolsa, avval ovqatni yeb olingiz!»—dedilar».

Ibn Umar ham yuqoridagi hadisga o‘xshash hadisni rivoyat qilganlar.

Nofi rivoyat qiladilar: «Bir kuni Ibn Umar imomning qiroatini eshitib turib ham kechki ovqatni yeyishda davom etavergan erdilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar namoz vaqti bo‘lib qolib, kechki ovqat keltirilsa, avval ovqatni yeb olingiz!» — dedilar».

Hishom: «Agar kechki ovqat keltirilgan bo‘lsa»,— deb yuqoridagi hadisga qo‘shimcha qiladilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 24 Oktyabr 2006, 06:39:25
57- bob Olloh taoloning «Agar taom yeb bo‘lsangizlar, tarqalingizlar!» degan qavli haqida

Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Anas bundai deydilar: «Men «Hijob» oyati tarixini barchadan ko‘ra yaxshiroq bilurman, Ubay ibn Ka’b mendan bu haqda so‘ragan erdi: Janob Rasululloh va Zaynab binti Jahsh ikkalalari kuyov-kelin bo‘lishdi, ul zot Madinada unga uylandilar. Kechqurun ul zot odamlarni to‘y ziyofatiga chaqirib, o‘zlari ham ular birlan birga o‘ltirdilar. Keyin, odamlar o‘rinlaridan turishgach, ul zot ham turdilar. Keyin tashqariga chiqib Oisha onamizning hujralari eshigigacha yurib bordilar, men ham birga bordim. So‘ng, odamlar chiqib ketib bo‘lgandur, deb o‘ylab ortlariga qaytdilar, men ham birga qaytdim. Ammo, odamlar hanuz joylarida o‘ltirishar erdi. Buni ko‘rib izlariga qaytdilar-da, Oisha onamizning hujralari eshigigacha ikkinchi bor yurib bordilar, men ham birga bordim. Keyin, yana ortlariga qaytdilar, men ham birga qaytdim. Bu gal qaytganimizda odamlar chiqib ketishgan erdi. Janob Rasululloh ichkariga kirib o‘zlari birlan mening o‘rtamga hijob (parda) tashlab qo‘ydilar. Shunda Olloh taolo «Hijob» oyatini nozil qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:12:35
 BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
AQIQA KITOBI


(«Aqiqa» — har bir chaqaloqning ona qornidalik vaqtida chiqqan sochi bo‘lib, u chaqaloq tug‘ilganiga bir hafta bo‘lgan kuni olib tashlanadi. Shu munosabat birlan qurbonlik qilinadirgan jonlig‘ ham «aqiqa» deb ataladi).

1- bob. Agar yangi tug‘ilgan chaqaloqqa aqiqa qilinmasa, unga ism qo‘yilib, tanglayi xurmo birlan ko‘tarib qo‘yiladi.

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men o‘gil ko‘rdim, so‘ng uni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga olib bordim. Janob Rasululloh unga «Ibrohim» deb ism qo‘yib, tanglayini xurmo birlan ko‘tarib qo‘ydilar, keyin Olloh taolodan xayru barakot talab qildilar-da, menga qaytarib berdilar». Bu Abu Musoning to‘ngich farzandi erdi.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir chaqaloqni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga xurmo birlan tanglayini ko‘tarib qo‘ysinlar, deb olib kelishdi. Shunda chaqaloq Janob Rasulullohning kiyimlariga siyib qo‘yib erdi, siydik ustidan suv quyib yubordilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:13:28
Asmo binti Abu Bakr raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men (Abdulloh ibn Zubayrga homiladorlik vaqtimda) oy-kunim yaqinlashib qolganligiga qaramay, (Makkadan) yo‘lga chiqib Madinaga yetib bordim, so‘ng Quboda tushib, o‘sha yerda ko‘zim yoridi. Keyin, bolamni olib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga bordim-da, uni tizzalariga qo‘ydim. Janob Rasululloh xurmo keltirmoqni amr qildilar, so‘ng uni chaynab bolamning og‘ziga tupurib qo‘ydilar. Bolamning og‘ziga birinchi bo‘lib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muborak tupuklari kirdi Keyin, ul zot bolamning tanglayini chaynalgan xurmo birlan ko‘tarib, unga xayru barakot tilab duo qildilar. Mening farzandim islomda tug‘ilgan dastlabki bola bo‘lib, uning dunyoga kelganidan barcha musulmonlar behad xursand bo‘lishdi, chunki g‘animlar ularga «Yahudiylar sizlarni sihrlab qo‘ygan, sizlar endi farzand ko‘rmaysizlar!» — deb aytishgan erdi».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Talhaning o‘g‘ilchalari betob yotgan erdi. Abu Talha uylaridan ko‘chaga chiqishlari birlanoq u vafot etib qoldi. Abu Talha uylariga qaytib kelib, xotinlariga «Ug‘limning ahvoli nechuk?»—dedilar. Xotinlari Ummu Sulaym «Ilgarigidek orom olib yotibdi»,— dedilar-da, Abu Talhaga kechki ovqatni keltirdilar. Abu Talha ovqatlanib bo‘lib, xotinlarini jimo’ qildilar. G’usuldan so‘ng, xotinlari «Bolani dafn qilingiz!» —dedilar. Tong otgach, Abu Talha Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib, bo‘lgan voqeani aytib berdilar. Shunda ul zot: «Kechasi jimo’ qilishdingizmi!»—dedilar. Abu Talha «Ha»,— dedilar. Ul zot: «Yo parvardigoro, bu ikkalasining tunini barakotli qilib, ularga o‘g‘il ato etgaysan!»—deb duo qildilar. Abu Talha (o‘g‘il ko‘rganlarida) menga: «Ug‘limni Janob Rasulullohning huzurlariga borguningcha ehtiyotlab ko‘tarib ol!» — dedilar. Keyin, Abu Talha o‘zlari ham men birlan birgalashib Janob Rasulullohning huzurlariga bordilar. Abu Talhaning xotinlari go‘dakning yo‘rgagiga biroz xurmo solib qo‘ygan erdilar. Janob Rasululloh go‘dakni qo‘llariga olib: «Buning yo‘rgagi ichida biror narsa bormi?» — dedilar. Biz «Ha, biroz xurmo bor»,— dedik. So‘ng, Janob Rasululloh bir dona xurmoni chaynab, uni og‘izlaridan oldilar-da, go‘dakning og‘ziga solib tanglayini ko‘tardilar, keyin unga «Abdulloh» deb ism qo‘ydilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:14:16
2- bob Aqiqa vaqtida (o‘g‘il) bola sochining (yoki jinsiy a’zosidagi xatna qilinadirgan terining) olib tashlanmogi haqida

Salmon ibn Omir rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Ug‘il bolaning aqiqasi uning o‘zi birlan birga bo‘lib, keyin uni qon oqizib olib tashlangiz.lar!»—deb aytganlarini eshitdim» (Ya’ni, «Ug‘il bola olatidagi xatna qilinadirgan teri tug‘ilish vaqtida unga hamroh bo‘lib, keyin uni xatna qilib olib tashlangizlar!»)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:14:32
3- bob Tuyaning dastlabki tuqqan bolasini butga qurbonlik qilmoq haqida

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Tuyaning dastlabki bolasini butga atab so‘ymoq hamda rajab oyining birinchi o‘n kunligida jonlig‘ qurbonlik qilmoq ta’qiqlanadi!»— dedilar (ya’ni, johiliyat davrida, islomdan avval shunday qilishgan)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:15:30
4- bob Rajab oyining birinchi o‘n kunligida jonlig‘ qurbonlik qilmoq haqida

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:20:16
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
QURBONLIK, OV VA OVGA TASMIYA AYTMOQ HAQIDA KITOB


Olloh taoloyaing qavli: «Harom qilindi sizlarga o‘zi o‘lgan jonivor va qon va to‘ng‘iz go‘shti va ul jonivoriki, unga Ollohdan boshqaning nomi aytilsa va bo‘g‘ilib o‘lgan jonivor va urilib o‘lgan jonivor va balandlikdan yiqilib o‘lgan jonivor va suzib o‘ldirilgan jonivor va darranda yeb (tishlab) o‘ldirgan jonivor, magar halol qilib olganlaringiz (ochliqdan nochor qolsangiz, shari’at yo‘li birlan so‘yilmagan jonivor go‘shtidan o‘lmay qoladirgan miqdorda iste’mol qilsangiz bo‘lur) va jonivoriki, so‘yilur Ka’badan boshqa ibodatxonalar uchun va taqsim qilmoqlaringiz qimor o‘qlari ila (johiliyat davridagi odamlar o‘z qismatlarini sinashda qo‘llagan ikki tomoni uchlik va o‘rta qismi yo‘g‘on tayoq bo‘lib, undan ovda ham foydalanganlar), bu hammasi gunoxdur, bugun noumid bo‘ldilar kofirlar sizlarning dinlaringizdan, endi sizlar ulardan qo‘rqmanglar va mendan qo‘rqinglar!».

Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar, albatta Olloh taolo sizlarni qo‘llaringiz va nayzalaringiz kasb etib turgan bir kichik ov jonivori ila (ham) imtihon qilurki, toki bilsin Olloh taolo kim ko‘rmay turib undan qo‘rqur va kimiki bundan keyin haddan oshsa, bordur unga dardli azob!».

Olloh taoloning qavli: «Halol qilindi sizlar uchun o‘txo‘r hayvonlar» («endi sizlar ulardan qo‘rqmanglar va mendan qo‘rqinglar!» degan qavligacha, «Al-Moida» surasi).

Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mi’roz birlan ov qilmoq haqida so‘radim («Mi’roz» — ko‘pincha bir tarafiga temir uchlik o‘rnatiladirgan ogir yogoch yoki kaltak bo‘lib, ba’zilar uni «Ikki uchi o‘tkir va o‘rta qismi yo‘gon paqiz nayza bo‘lgan»,— deyishadi. Johiliyat ahli uning ila o‘z qismatlarini sinaganlar. Ov vaqtida ersa uning uchlik tomoni qolib, yon tomoni birlan hayvonni urib o‘ldirganlar) Janob Rasululloh «Uning uchi birlan jarohat yetkazilgan jonivorni yeyaver, uning yon tomoni birlan jarohat yetkazilgan jonivor ersa urib o‘ldi-rilgandur (harom o‘lgandur)»,— dedilar. Keyin, ul zotdan tozi birlan ov qilmoq haqida so‘radim. Ul zot «Agar iting o‘ljani tutib olgan bo‘lsa-yu, itingning yonida yana boshqa bir itning turganini ko‘rib, «Itimning o‘ljasini u tortib olmasaydi!» —   deb qo‘rqsang va o‘sha begona it sen o‘ylagandek o‘ljani tortib olib, o‘ldirib quysa, uni yemagil, chunki sen o‘z itingga tasmiya («Bismilloh») aytgansan, begona itga aytmagansan»
—   dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:20:49
1- bob Mi’roz birlai ov qilmoq xaqida

Ibn Umar bunduqa (kesak, loydan yasab quritilgan soqqa) birlan o‘ldirilgan jonivor haqida: «U urib o‘ldirilgandur» — deb, bunduqa birlan ov qilmoqni rad qiladilar. Bunduqa birlan ov qilmoqni Solim, Qosim, Mujohid, Ibrohim, Ato va Hasan ham rad qiladilar. Hasan qishloq va shaharlarda bunduqa otmoqni rad qilib, bundan bo‘lak joylarda bunduqa oqa, zarari yo‘q, deb hisoblaydilar.

Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mi’roz birlan ov qilmoq haqida so‘radim: Janob Rasululloh «Agar jonivorni uning o‘tkir tomoni birlan (sanchib) jarohatlagan bo‘lsang, yeyaver, agar jonivor uning yo‘gon (yon) tomoni birlan urib o‘ldirilgan bo‘lsa, ul holda u urib o‘ldirilgan bo‘lib, yemagil!» — dedilar. Men «Agar itimni o‘zim ovga qo‘yib borsam-chi'»— dedim. Janob Rasululloh «Agar itingni o‘zing ovga qo‘yib yuborsang va tasmiya (Bismilloh) ayqang, u tutgan jonivorni yeyaver!»—dedilar. Men: «Agar jonivorni (biroz) yegan (tishlagan) bo‘lsa-chi»—dedim. Janob Rasululloh «Ul holda yemagil, chunki iting uni sening uchun ermas, o‘zi uchun tutgandur!» — dedilar. Men «Men itimni ovga quyib yuborsam-u, uning birlan bir begona itning ham turganini ko‘rsamchi?» — dedim. Janob Rasululloh «Ul holda tutilgan jonivorni yemagil, chunki sen o‘zingning itingga tasmiya aytgansan, begona itga ermas!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:21:00
2- bob Mi’rozning yo‘g‘on (yon) tomoni birlan jarohatlangan jonivor haqida

Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, biz (ovga) o‘rgatilgan itni ovga qo‘yib boramiz, (bu haqda ne deysiz)?»—dedim. Janob Rasululloh «Senga tutib kelgan jonivorni yeyaver!» — dedilar Men. «It uni o‘ldirib qo‘ygan bo‘lsa hammi?» — dedim. Janob Rasululloh «Uldirib qo‘ygan bo‘lsa ham!» — dedilar. Men «Biz mi’roz birlan ov qilsakchi?» — dedim. Janob Rasululloh «Utkir tomoni birlan sanchib jarohatlangan jonivorni yeyaver agar yo‘gon (yon) tomoni birlan urilgan bulsa, yema!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:21:51
3- bob Kamon birlan ov qilmoq xususida

.Hasan va Ibrohim: «Agar jonivorni otganida uning qo‘li yoki oyogi tanasidan ajralib keqa, o‘sha ajralib ketgan qismi yeyilmaydi, qolgan qismi yeyilaveradi»,— deyishadi.

Ibrohim «Agar jonivorning bo‘yni yoki beliga otgan bo‘lsang uni yeyaver!»— deydilar.

A’mash Zayddan naql qilib bunday deydilar: «Abdullohning xonadoniga mansub bir kishining quloni (egasiga) qaysarlik qilib bo‘isinmay qo‘idi. Shunda o‘sha kishi odamlarga «Qulonning duch kelgan yeriga uringizlar, uning tanasidan nimaiki uzilib tushsa, yemangizlar, qolganini yeyaveringizlar!» — deb amr qildi».

Abu Sa’laba rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, biz (hozir) ahli kitoblardan bo‘lmish bir qavmning yerida turibmiz, ularning idishlarida ovqat yesak bo‘lurmu? Shuningdek, ularning ov qiladirgan yerida kamonim hamda ovga o‘rgatilmagan va o‘rgatilgan itim birlan ov qilsam, mening uchun durust bo‘lurmu?» — dedim. Janob Rasululloh: «Ammo, ahli kitoblar xususida eslatib juda yaxshi qilding! Agar ularning idishlaridan bo‘lak idish topsangizlar, ularning idishlarida ovqat yemangizlar, agar topmasangizlar, ul holda ularning idishlarini yuvib, so‘ng unda ovqat yengizlar! «Bismilloh!» deb kamoning birlan ovlagan jonivorni yeyaver! «Bismilloh!» deb ovga o‘rgatilgan iting birlan ovlagan jonivorni ham yeyaver! Ovga o‘rgatilmagan iting birlan ovlagan jonivorni ham, itingdan tortib ololsang, yeyaver!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:22:08
4-bob. Tosh va kesak (guvalak) otmoq haqida

Abdulloh ibn Burayda rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Mugaffal (tosh yoki kesak) otayotgan bir kishini ko‘rib, unga: «Otma, chunki Janob Rasululloh (tosh yoki kesak) otmoqdan qaytarib, «(Tosh yoki kesak) otib ov ham qilib bo‘lmaydi, dushmanni yengib ham bo‘lmaydi. Lekin, (tosh yoki kesak) tishni sindirib, ko‘zni chiqaradi!» deb aytgandurlar»,— dedi. So‘ng, Abdulloh boyagi kishining shuncha gapdan keyin ham (tosh yoki kesak) otayotganini ko‘rib, unga. «Men senga Janob Rasulullohning (tosh yoki kesak) otmoqdan qaytarganlarini aytib turibman-u, sen bo‘lsang o‘z bilganingdan qolmay, hanuz otayotirsan. Endi, senyo birlan sira ham gaplashmaganim bo‘lsin!» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:23:03
5-bob. Kimki tozi bo‘lmagan (yoki ovga o‘rgatilmagan) itni boqsa, (har kungi qilgan amali solihlariga tegadirgan savoblarning ikki qiyrotini yo‘qotadi!)»

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki tozi bo‘lmagan (yoki ovga o‘rgatilmagan) itni boqsa, har kungi qilgan amali solihlariga tegadirgan savoblarning ikki qiyrotini yo‘qotadi!» — dedilar»

Solim Abdulloh ibn Umardan naql qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Kimki ovga o‘rgatilmagan (yoki tozi bo‘lmagan) itni boqsa, har kungi oladirgan savobining ikki qiyrotini yo‘qotadi!» — deb aytganlarini eshitdim».

Nofi’ Abdulloh ibn Umardan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki tozi bo‘lmagan (yoki ovga o‘rgatilmagan) itni boqsa, har kungi amali solihlari uchun tegadirgan savoblarning ikki qiyrotini yo‘qotadi!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:23:34
6- bob. Agar it (o‘ljani) yegan bo‘lsa...

Olloh taoloning qavli: «(Ey Muhammad sallallohu alayhi va sallam!) Sizdan so‘rarlarki, qaysi jonivor ular uchun haloldur? Siz aytingizki, sizlarga har bir halol jonivor haloldur va ovchi jonivorlar ovlari hamki, sizlar ularni (ovga) o‘rgatdingizlar, qo‘yib yuborursizlar ovga, ta’lim berursizlar ularga Olloh sizlarga ta’lim bergan tariqada. Bas, yenglar ular sizlar uchun tutgan ovdan va Olloh taolo nomin tilga olinglar ularni (ovga) qo‘yib yuborishda va qo‘rqinglar Olloh taolodan, batahqiq Olloh taolo tez hisob-kitob qilguvchi zotdur!».

Ibn Abbos: «Agar it (o‘ljani) yegan (tishlagan) bo‘lsa, uni harom qilgan bo‘lur, zero u uni o‘zi uchun tutgan bo‘lib, Olloh taolo: «... ta’lim berursizlar ularga Olloh sizlarga ta’lim bergan tariqada» —deb aytadi. Shunga ko‘ra, sizlar itni urib, toki aytganingizni qiladirgan bo‘lgunicha, unga ta’lim berasizlar»,— deydilar. Ibn Umar ham it tishlagan (egan) ovni harom, deb hisoblaydilar. Ato ersalar: «Agar it o‘ljaning qonini ichib, o‘zini tishlamagan bo‘lsa, uni yeyaver!» — deydilar.

Adiy ibn Hotim rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga savol berib: «Biz it birlan ov qilguvchi bir qavmdurmiz, (shul xususida ne dersiz?)» — dedim. Ul zot: «Agar ovga o‘rgatilgan itingni qo‘yib yuborsang-u, Olloh taoloning ismini tilga olgan bo‘lsang, o‘zingga tutib bergan jonivorni yeyaver! Basharti, it jonivorni o‘ldirib qo‘ygan bo‘lsa, ul holda uni itning o‘zi yeydi, chunki u uni o‘zi uchun tutgandur. Agar ovga qo‘yib yuborgan iting birlan begona itning turganini ko‘rsang, tutgan o‘ljasini yemagil!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:24:21
7- bob. Otilgan jonivorni yo‘qotib qo‘yib, ikki-uch kundan keyin topsa...

Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Agar itingni ovga qo‘yib yuborayotib tasmiya aytgan bo‘lsang-u, u o‘ljani tutib o‘ldirib qo‘ysa, yeyaver! Agar o‘ljani yegan bo‘lsa, yema, chunki u uni o‘zi uchun tutgandur. Basharti, iting tasmiya aytilmagan bir begona it birlan birgalikda o‘ljani ushlab o‘ldirib qo‘ygan bo‘lsa, yema, chunki sen ulardan qaysi biri uni o‘ldirganligini bilmaysan. Agar sen bir o‘ljani otgach, uni (yo‘qotib qo‘yib) bir-ikki kundan so‘ng topsang-u, uning badanida sen otgan o‘q izidan bo‘lak iz bo‘lmasa, yeyaver! Agar u suvga tushgan bo‘lsa, yema!».

Omir Adiy ibn Hotimdan naql qiladilar: «Adiy ibn Hotim Janob Rasulullohga: «Bir kishi o‘ljani otgach, uni ikki-uch kun izlab, so‘ng o‘lik holda topsa-yu o‘zi otgan o‘qning uning badaniga sanchilib turganini ko‘rsa, ne qilgay?» — dedi. Janob Rasululloh: «Inshoolloh, yegay!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:24:44
8-bob. Agar kishi ov (o‘lja) yonida begona itning turganini ko‘rsa...

Adiy ibn Hotim rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, men itimni tasmiya aytib ovga qo‘yib yuboraman, shul xususda ne deysiz?»—dedim. Janob Rasululloh: «Agar itingni tas-miya aytib ovga qo‘yib yuborsang-u, u o‘ljani tutib o‘ldirib yesa, yemagil, chunki u uni o‘zi uchun tutgandur!» — dedilar. «Agar men itimni ovga qo‘yib yuborsam-u, keyin uning yonida begona itning turganini ko‘rsam va ulardan qaysi birining o‘ljani tutganini bilmasam-chi?» —dedim. Janob Rasululloh: «Uni yemagil, chunki sen o‘z itingga tasmiya aytgansan, begona itga aytmagansan!»—dedilar. So‘ng, men mi’roz birlan ov qilmoq haqida so‘radim. Janob Rasululloh: «Agar uning o‘tkir (uchli) tomoni birlan jarohatlagan bo‘lsang, yeyaver va agar uning yug‘on (yon) tomoni birlan (urib) o‘ldirgan bo‘lsang, u urib o‘ldirilgan bo‘lib, uni yemagil!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:25:50
9-bob. Ovchilik qilib kun ko‘rmoq xususidagi hadislar

Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yo Rasulalloh, biz manavi itlar birlan ovchilik qilib kun kechiruvchi bir qavmmiz, shul xususda fikringiz qanday?» — dedim. Janob Rasululloh bunday dedilar: «Agar o‘rgatilgan itingni tasmiya aytib ovga qo‘yib yuborsang, u senga tutib bergan o‘ljani yeyaver! Agar iting o‘ljadan yegan bo‘lsa, yemagil, chunki men u uni o‘zi uchun tutgan bo‘lishi kerak, degan xavotirdaman. Basharti itingga begona it qo‘shilib qolgan bo‘lsa (ham), yemagil!»

Abu Sa’laba raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib: «Yo Rasulalloh! Biz (hozir) ahli kitoblardan bo‘lmish bir qavmning yerida turibmiz, ularning idishida ovqat yeymiz va men ular ov qiladirgan joylarda kamonim hamda ovga o‘rgatilgan va o‘rgatilmagan itlarim birlan ov qilaman»,— dedim. Janob Rasululloh bul xususda bizga nimalar halol qilinganligini aytgach, bunday dedilar: «Ammo, ahli kitoblardan bo‘lmish bir qavm yerida erkaningni eslab yaxshi ish qilding! Ularning idishida ovqat yeyishing xususiga kelsak, agar bo‘lak idish topsangizlar, ularning idishida ovqat yemangizlar, agar topmasangizlar, ul holda ularning idishini yuvib tashlab, so‘ng unda ovqat yengizlar! Ammo, ahli kitoblardan bo‘lmish bir qavm ov qiladirgan yerda erkanligingni eslab ham yaxshi ish qilding! Kamoning birlan nimaiki ovlasang, avval Olloh taoloning ismini zikr qilib, so‘ng yegil! Ovga o‘rgatilgan iting birlan (ham) nimaiki ovlasang, avval Olloh taoloning ismini yod etib, so‘ng yegil! Ovga o‘rgatilmagan iting birlan ovlagan o‘ljangni ersa, agar uni itingdan ololsang, yeyaver!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:26:00
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Marrizahron degan yerda bir quyonni cho‘chitib yubordik. Odamlar uni quva-quva charchashdi. Keyin, men uni quvib tutib oldim-da, Abu Talhaning oldiga olib bordim. Keyin, u quyonning bir qo‘li va ikki oyog‘ini Janob Rasulullohga ilinib yuborib erdi, ul zot oldilar».

Abu Qatodaning mavlolari rivoyat qiladilar: «Abu Qatoda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Makka yo‘llaridan birida ketayotib, hamrohlari birlan ortda qolib ketdilar. Hamrohlari ehromda bo‘lib, o‘zlari ehrom bog‘lamagan erdilar. Shunda Abu Qatoda bir qulonni ko‘rib qolib, otlariga mindilar-da, hamrohlaridan qamchilarini olib bermoqni iltimos qildilar, ular bosh tortishdi. Keyin, nayzalarini olib bermoqlarini iltimos qilgan erdilar, buni ham rad etishdi. Abu Qatoda o‘zlari otdan tushib qamchi va nayzalarini oldilar-da, qulon ustiga shitob birlan ot solib borib, nayza sanchib uni o‘ldirdilar. Keyin, Janob Rasulullohning ayrim sahobalari qulon go‘shtidan yeyishdi, ba’zilari ersa yemoqdan bosh tortishdi. So‘ng, ular Janob Rasulullohga yetib olishgach, ul zotdan shul haqda so‘rashdi. Ul zot: «Bu sizlarga Olloh taolo ato etgan rizqdur!» — dedilar».

Ato ibn Yasor Abu Qatodadan naql qiladilarki, Janob Rasululloh o‘shanda: «Qulonning go‘shtidan menga ham biror bo‘lak olib keldingizlarmi?» — deb aytgan erkanlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:26:26
10-bob. Tog‘larda ovchilik qilmoq haqida

Abu Qatoda rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Makka birlan Madina oraligidagi bir joyda ketayotgan erdim, ular ehrom bog‘lab olishgan erdi. Menga ersa ot minib yurish ruxsat etilgan bo‘lib, tez-tez toqqa chiqib turar erdim. Bir mahal qarasam, odamlar bir narsaga tikilib turishibdi, men ham borib o‘sha tomonga ko‘z tashlab bir qulon turganini ko‘rdim. Men ularga: «Bu nima?»— dedim. Ular: «Bilmaymiz»—deyishdi. Men «Bu qulonku!» — dedim. Ular: «Nimani ko‘rib turgan bo‘lsang, o‘sha!»—deyishdi. Keyin, men qulonni ovlamoqchi bo‘lib otimga mindim-u, lekin qamchini olishni unitibman. Men ularga «Qamchimni olib beringizlar!» — dedim. Ular: «Bu ishda senga yordam bera olmaymiz!» — deyishdi (chunki, ehrom kiygan odamning ov qilmog‘i hamda ehrom kiymagan odamga ov xususida yordam bermog‘i mumkin ermas) Keyin, men o‘zim otdan tushib, qamchimni oldim-da, yana otimga minib qulonni quvib ketdim, so‘ng unga yetib olib nayza sanchdim. Keyin, hamrohlarim oldiga kelib: «Turingizlar, qulonni olib kelingizlar!»—dedim. Ular «Unga qo‘l ham tekkizmaymiz!» — deyishdi. Shunda men o‘zim borib qulonni olib keldim. Hamrohlarimning ba’zisi qulon go‘shidan yedi, ba’zisi yomoqdan bosh tortdi. Men ularga «Janob Rasulullohni to‘xtatib, sizlarga shul haqda so‘rab bilib beraman» — dedim-da, ul zotga yetib olib, bo‘lgan voqeani aytib berdim. Ul zot menga «Qulonning go‘shtidan menga ham olib qo‘ydingizlarmi?» —dedilar. Men: «Ha» — dedim. Ul zot «Yeyaveringizlar, chunki u Olloh taolo sizlarga ato etgan rizqdur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:27:23
11- bob Olloh taoloning «Dengiz jonivorlarini ovlamoq sizlar uchun halol qilindi!» degan qavli xususida.

Ibn Umar: «Suv jonivori ovlab olinsagina ov hisoblanib, otib olingan jonivornigina yeyish mumkin!» — deydilar.

Abu Bakr: «Suv betida qalqib turgan o‘lik (suv) jonivori haloldur!» — deydilar.

Ibn Abbos «Ulik (suv) jonivorini, undan jirkanmasang, yeyaver! Ilonbaliqni yahudiylar yemaydilar, biz ersak yeyaveramiz»,— deydilar.

Shurayh: «Dengizdagi har bir jonivor — so‘yilgandur|» — deydilar (ya’ni, o‘zi islom yo‘li birlan so‘yilgan kabi haloldur)

Ato: «Ammo, qushni so‘yish lozim, deb hisoblayman» — deydilar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:27:45
Ibn Jurayj bunday deydilar: «Daryolardagi va qoya toshlar oralig‘ida to‘planib qolgan sel suvidagi jonivorlarni ovlash shartlari dengiz jonivorlarini ovlash shartlari kabidurmi?» — deb Atodan so‘radim. Ato «Ha»,— dedi so‘ng «Furot daryosining suvi chuchuk bo‘lib, juda ichishlidir, dengizning suvi ersa, sho‘r bo‘lib, ichingni kuydiradir, ammo har ikkalasidan ham yumshoq, lazzatli go‘sht olib yeysizlar!» degan mazmundagi bir she’rni o‘qidi».

Hasan alayhissalom hut (kit) terisidan qilingan egarga minganlar.

Sha’biy «Agar bola-chaqam suv baqasini yeganida erdi, ularni suv baqasi birlan boqqan bo‘lur erdim!» — deydilar.

Hasan suv toshbaqasining go‘shtini «beqiyos deb hisoblaganlar.

Ibn Abbos: «Dengizda ov qilmoqdan qo‘rquvchi kishi — nasroniy, yahudiy va majusiydur!» — deydilar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:27:54
Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz «Jayshulxabt» («Barg lashkari») Abu Ubayda qo‘mondonligida g‘azotga chiqdik (Yeguliklarimiz tugab qolib), juda och qoldik, (hattoki daraxglarning bargini ham yedik) Nogahon, dengiz to‘lqinlari bir o‘lik hut (kit)ni sohilga chiqarib tashladi. Bu hutning nomi «anbar» (kashalot) bo‘lib, ilgari bu qadar bahaybat hutni ko‘rmagan erdim. Biz uni yarim oy yedik Keyin, Abu Ubayda uning suyaklaridan birini olib tiklab erdi, uning ostidan tuya mingan kishi bemalol o‘tib ketdi».

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz uch yuz chog‘lik chavandozlarni g‘azotga jo‘natdilar, amirimiz Abu Ubayda bo‘lib, Quraysh karvonini qo‘lga tushirmog‘imiz darkor erdi. Yo‘lda qattiq och qolib, hatto daraxtlarning bargini ham yedik. Shul boisdan ham bizning lashkarimiz «Barg lashkari deb ataldi. Keyin, dengiz to‘lqinlari «anbar» deb ataluvchi bir (o‘lik) hutni sohilga chiqarib tashladi, biz uni yarim oy yedik, uning yog‘ini surib hatto jismimiz shifo topdi. Keyin, Abu Ubayda uning qobirg‘alaridan birini olib yerga o‘rnatib qo‘yib erdi, bir kishi tuya minib uning ostidan o‘tdi. Oramizda bir kishi bo‘lib, ochlik qattiq qiynagan vaqtda uchta ulovni, keyin yana uchta ulovni, keyin yana uchta ulovni so‘ydi, so‘ng Abu Ubayda uni bunday qilmoqdan qaytardi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:28:51
12-bob. Malah yemoq haqida

Ibn Abu Avfo raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan yettita yoki oltita g‘azotda birga bo‘ldik. Shunda biz ul zot birlan birga malah yer erdik» (Ammo, Abu Dovudning rivoyatlarida Janob Rasululloh «Men malah yemayman ham, uni harom demayman ham!» — deb aytganlar).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:29:13
13- bob Majusiylar tutgan idish hamda o‘limtik haqida

Abu Sa’laba rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohning huzurlariga kelib «Yo Rasulalloh, biz (hozir) kitob ahlining yerida turibmiz, ular tutgan idishda ovqat yeyayotirmiz hamda men ularning shikorgohida kamonim, o‘rgatilgan va o‘rgatilmagan itlarim birlan ov qilayotirman, shu haqda ne deysiz?» — dedim. Janob Rasululloh «Ahli kitob yerida erkanligingni eslab yaxshi ish qilding! Bo‘lak idish topsangizlar, ularning idishida ovqat yemangizlar, bo‘lak idish topmasangizlar, ul holda ularning idishini yuvib tashlab, so‘ng unda ovqat yengizlar! Ahli kitob shikorgohida erkanligingni eslab ham yaxshi ish qilding! Kamoning birlan nimayki ovlasang, Olloh taoloning ismini zikr qilib yeyaver! Urgatilgan iting birlan ovlagan jonivorni ham Olloh taoloning ismini zikr qilib yeyaver! Ammo, o‘rgatilmagan iting birlan ovlagan jonivorni, agar uni undan ololsang, yeyaver!»—dedilar».

Salama ibi al-Akva’ rivoyat qiladilar: «Xaybar fath (zabt) qilingan kuni kechqurun musulmonlar ko‘plab gulxan yoqishdi. Janob Rasululloh buni ko‘rib «Bu gulxanlar ne uchun yoqildi?» — dedilar. «Xonaki eshaklar go‘shtini pishirmoq uchun»,— deyishdi. Janob Rasululloh «Qozonlardagi go‘shtlarni ag‘darib, so‘ng qozonlarni sindirib tashlan-gizlar!»— dedilar. Shunda bir kishi o‘rnidan turib: «Go‘shtlarni ag‘darib, qozonlarni yuvib tashlab qo‘yaqolayilikda?!»—dedi. Janob Rasululloh: «Yoki shunday qilingizlar!» — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:30:16
14- bob So‘yiladirgan jonliqqa tasmiya (Bismillohi, Ollohu akbar!) aytmoq hamda ataylab tasmiya aytmagan shaxs xususida

Ibn Abbos «Kimki so‘yiladirgan jonliqqa tasmiya aytmoqni unutib qo‘ysa hechqisi yo‘q,—deydilar

Olloh taoloning qavli: «Ollohning nomi zikr qilinmagan jonliq go‘shtidan yemangizlar, chunki uni yemoqlik gunohdur!» (Tasmiya atishni unutgan kishi fosiq deyilmaydi).

Olloh taoloning qavli: «Va albatta shaytonlar o‘z do‘stlariga vasvasa qilurlar toki ular sizlar ila janjal qilsinlar va agar sizlar ularga itoat qilsangizlar, albatta sizlar mushrik bo‘lursizlar!»

Rofi’ ibn Xadij rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Zulhulayfada erdik. Odamlar och qolib, bir tuya birlan bir qo‘yni so‘ydik. Shunda Janob Rasululloh bizdan orqaroqda kelayotgan erdilar. Odamlar o‘choq qilib, qozonlarni o‘rnata boshlashdi. Janob Rasululloh ularning oldiga yetib kelib, qozonlarni ag‘darib tashlashni amr qildilar, qozonlar ag‘darib tashlandi. So‘ng, o‘nta qo‘yni bir guruh odamlarga taqsimlab, qolganlarga o‘nta qo‘y hisobida bir tuya ajratdilar. Keyin, boyagi tuya qochib ketdi. Qavmda bir kichik poda bo‘lib, odamlar uni o‘shaning orasidan izlab topishdi, lekin uni tutolmay toza charchashdi. Shunda bir kishi tuyaga nayza otib erdi, uning joni Ollohning dargohiga ravona bo‘ldi. Janob Rasululloh «Bu jonivorlarda vahshiy hayvonlarda bo‘lgani kabi yovvoyilik mavjuddur, qaysi bir hayvon sizga shu qilig‘ni qilsa, hozirgidek ish tutingizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:30:39
15- bob Ka’ba yoniga o‘rnatilgan toshga hamda butga atab qurbon qilingan jonlig‘ haqida

Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Baldah degan joyning quyi tomonida Zayd ibn Amrni uchratdilar. Bu voqea Janob Rasulullohga hali vahiy nozil bo‘lmagan kezlarda sodir bo‘lgan erdi. Shunda Zayd ul zotga bir dasturxonda go‘sht keltirdi. Ul zot uni yeyishdan bosh tortib: «Men o‘z butlaringizga atab qurbon qilgan jonlig‘ingiz go‘shtidan yemagayman, men faqat Ollohning nomi zikr qilinib so‘yilgan jonlig‘ go‘shtidan yegayman!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:31:44
16- bob Janob Rasulullohning: «Olloh taoloning ismini aytib so‘ysin!» — deganlari haqida

Jundub ibn Sufyon rivoyat qiladilar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga qurbon hayiti kuni ko‘plab jonlig‘ qurbon qildik. Ushanda ko‘pchilik odamlar jonlig‘larini hayit namozidan ilgari so‘yib quyishdi. Namozdan qaytgach, Janob Rasululloh ularning o‘z jonlig‘larini namozdan ilgari so‘yib qo‘yishganini ko‘rib: «Kimki namozdan ilgari suygan bo‘lsa, o‘rniga boshqasini so‘ysin, kimki namoz o‘qib bo‘lgunimizga qadar so‘ymagan bo‘lsa, Olloh taoloning ismini aytib so‘ysin!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:32:11
17-bob. Qamish, chaqmoqtosh va temir birlan so‘yilgan jonlig‘ haqida

Ibn Ka’b ibn Molik otalaridan naql qiladilar: «Ularning bir cho‘risi bo‘lib, u Sal’ degan togda qo‘y boqar erdi. Bir kuni qarasa, qo‘ylaridan biri o‘lar holatda yotibdi. Shunda u bir toshni sindirib o‘sha qo‘yni so‘ydi. Ibn Ka’bning otalari: «Uni yemangizlar!«— deb oilalariga aytdilar-da, Janob Rasulullohning huzurlariga borib shul xususda so‘radilar. Janob Rasululloh o‘sha qo‘yni yemoqni amr qildilar»

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. Sa’id ibn Masruq rivoyat qiladilar: «Aboya ibn Rofi’ning bobolari «Yo Rasulalloh, bizning pichogimiz yo‘q!» — dedilar. Janob Rasululloh «Qoni oqizilib, Olloh taoloning ismi zikr qilingan jonlig‘ni yeyaver, tirnoq va suyak (tish) birlan qon chiqarilmagan bo‘lsa, bo‘ldi!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:32:55
18- bob Ayol va cho‘ri so‘ygan jonlig‘ haqida.

Bu yerda Ibn Ka’b ibn Molikning otalari rivoyat qilgan hadis takroran keltirilgan
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:33:06
19-bob. Tish, suyak va tirnoq birlan so‘yilmaydi!

Rofi’ ibn Xadij rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Tish (suyak) va tirnoqdan bo‘lak narsa birlan so‘yilgan (qoni oqizilgan) jonligni yeyaver!» — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:33:15
20- bob Badaviylar va shularga o‘xshash kishilar so‘ygan jonlig‘ haqida

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir qavm Janob Rasulullohga «Bizga bir qavm go‘sht olib keladi, ammo ular jonligni Olloh taoloning ismini zikr qilib so‘yganlarmi yoki yo‘qmi, biz bilmaymiz!» — dedi. Janob Rasululloh «Ular keltirgan go‘shtni o‘zlaringiz Olloh taoloning ismini zikr qilib yeyaveringizlar!» — dedilar. Bizga go‘sht olib keluvchilar kofirlikdan qaytib endigina musulmon bo‘lgan (badaviylar) erdi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:34:26
21- bob Urush va boshqa soha kishilaridan bo‘lmish kitob ahli so‘ygan jonlig‘lar go‘shti va yog‘i haqida

Olloh taoloning qavli: «Bugun sizlar uchun pokiza narsalar halol qilindi va kitobiylarning taomlari sizlarga haloldur va sizlarning taomlaringiz ularga haloldur!».

Zuhriy: «Nasroniy arablar so‘ygan jonlig‘ go‘shtini yesangiz, zarari yo‘qdur va agar ularning jonlig‘ so‘yayotganlarida Olloh taolodan bo‘lak tangrining nomini zikr qilganlarini eshiqangiz, yemangiz, basharti eshitmagan bo‘lsangiz ul holda Olloh taolo ularning kofir erkanliklarini bilgan holda uni halol qilgandur!» — deydilar.

Hasan va Ibrohim «Xatna qilinmagan kishi so‘ygan jonlig‘ go‘shtini yesa, hechqisi yo‘q!» — deyishadi.

Ibn Abbos «(Oyatdagi) «taomlari» degan so‘z— «so‘ygan jonlig‘lari» demakdur», — deydilar

Abdulloh ibn Mugaffal raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Xaybar qal’asini qamal qilib turgan erdik, bir kishi bir xalta yog‘ tashladi. Men uni olaman, deb intilgan erdim, qarasam yonginamda Janob Rasululloh turibdilar, shunda ul zotdan uyalib ketdim»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:34:41
22- bob Qochib ketgan mol vahshiy (yovvoyi) hayvon o‘rnidadur!

Ibn Mas’ud bunday molni (otib tutmoqqa) ijozat berganlar

Ibn Abbos «Qo‘lingdagi mol-hollardan qaysi biri (itoat etmay) seni holdan toydirsa, u ov hayvoni hisobidadur. Quduqqa qulab tushgan tuyani, agar uni tortib olishga kuching yeqa, so‘yib yubor!» — deydilar. Hazrat Ali, Ibn Umar va Oisha onamiz ham shunday deb hisoblashadi

Rofi’ ibn Xadij rivoyat qiladilar «Yo Rasulalloh! Biz ertaga dushmanga ro‘baro‘ bo‘lamiz, (dushman bizni ko‘p, deb o‘ylamog‘i uchun tunda ko‘plab gulxanlar yoqib, ko‘plab mol-hol so‘ymog‘imiz darkor), ammo bizning pichog‘imiz yo‘q»,— dedim. Janob Rasululloh «Tezdan biror narsa top! Tish (suyak) va tirnoqqan bo‘lak narsa birlan Olloh taoloning nomi zikr qilinib qoni oqizilgan (so‘yilgan) jonlig‘ni yeyaver!» — dedilar. (Bir kuni) biz bir qancha tuya va qo‘y o‘lja olib erdik, tuyalardan biri qochib ketdi. Shunda bir kishi uni nayza otib .o‘ldirdi. Janob Rasululloh «Bu tuyada vahshiy hayvonlarda bo‘lgani kabi yovvoyilik mavjud erkan, agar biror tuyangiz sizga itoat qilmasa, uni ham hozirgidek ahvolga solingizlar!» — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:35:07
23-bob. Nahr va zabh xususida

Ibn Jurayj rivoyat qiladilar: «Ato «(Tuyadan bo‘lak) jonlig‘larni qaeridan buyurilgan bo‘lsa, o‘sha yeridan zabh qilmoq va tuyani ham qaeridan buyurilgan bo‘lsa, o‘sha yeridan nahr qilmoq darkor!» — dedilar. Men «Zabx qilinadirgan jonlig‘ni nahr qilsam, joizmi?»—dedim. Ato «Ha! Sigirni Olloh taoloning ismini zikr qilib zabh qilmoq kerak, ammo nahr qilinadirgan jonlig‘ni zabh qilib quygan bo‘lsang, joizdur. Men o‘zim nahr qilmoqni afzal ko‘rurman Zabh ersa, bo‘yin tomirlarini kesmoqlikdur»,— dedilar (ya’ni, tuyadan bo‘lak jonlig‘lar bo‘ynining bir xil yeridan so‘yilaveradi, tuya ersa avval yuragiga tig‘ urilib holdan ketib yiqilgach, bo‘inining muayyan yeridan bo‘g‘izlanadi) Men «Bo‘yin tomirlaridan so‘ng, harom mag‘iz ham qirqiladimi?» — dedim. Ato «Bunday deb o‘ylamayman»,— dedilar. Keyin, Nofi’ menga aytdilarki, Ibn Umar (ham) orqa miyani (harom mag‘izni) qirqmoqdan qaytarib: «Suyakdan bo‘lak narsalar qirqiladi, so‘ng o‘lguniga qadar tashlab qo‘yiladi»,— degan erkanlar. Olloh taolo: «Vaqtiki dedi Muso o‘z qavmiga: «Olloh taolo hukm qilur sizlargaki, bir sigir so‘yinglar!» keyin ular uni (sigirni) so‘ydilar, (aslida ersa) ular bunday qilmoqchi ermas erdilar»,— deydi».

Sa’id ibn Jubayr Ibn Abbosdan naql qilib: «Bo‘g‘iz va ko‘krakning yuqori qismidan so‘yiladi» — deydilar. Ibn Umar, Ibn Abbos va Anas «Agar kallasi qirqib yuborilsa, hechqisi yo‘q» — deyishadi.

Asmo  binti Abu Bakr raziyallohu anhumo:   «Rasululloh  sallallohu  alayhi  va sallamning davrlarida ot so‘yib yedik»,— deydilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:36:08
24-bob. Jonivorlarga azob bermoq, ularni suvsiz, yeguliksiz qoldirib tutqunlikda ushlab turmoq makruhdur!

Hishom ibn Zayd rivoyat qiladilar: «Men Anas birlan birgalikda Hakam ibn Ayyubning huzuriga kirdim. Anas bir to‘da bolalarning bir tovuqni bog‘lab qo‘yib toshbo‘ron qilayotganlarini ko‘rib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jonivorlarni ushlab olib (qiynamoqdan) qaytarganlar!»—dedilar».

Ishoq ibn Sa’id ibn Umar otalarining bunday deb aytganlarini eshitgan erkanlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu Yahyo ibn Sa’idning huzuriga kirib, uning o‘g‘illaridan birining bir tovuqni bog‘lab qo‘yib toshburon qilayotganini ko‘rdilar-da,tovuqning oldiga borib uni yechdilar. So‘ng,tovuq birlan bolani olib Yahyoning oldiga keldilar-da: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jonivorlarni tutib olib (qiynab) o‘ldirmoqdan qaytarganlar!»—dedilar».

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladilar: «Men Ibn Umarning huzurlarida erdim. Shunda bir bolaning (yoki bir necha bolalarning) bir tovuqni bog‘lab quyib toshbo‘ron qilayotganida yonidan o‘tib qoldim. Ular Ibn Umarni ko‘rib tovuqni tashlab qochishdi. Ibn Umar: «Kimki shunday qilsa Janob Rasululloh shunday qilgan kishini la’natlaganlar!» —dedilar».

Abdulloh ibn Yazid rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birovning molini o‘g‘irlamoqdan (tortib olmoqdan) hamda jonivorlarga azob bermoqdan qaytarganlar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:36:33
25-bob. Tovuqlar (uy parrandalari) xususida

Abu Muso al-Ash’ariy raziyalloohu anhu rivoyat qipadilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tovuq (parranda) go‘shti yeyayotganlarini ko‘rdim»

Zuhdum (Zahdam) rivoyat qiladilar: «Biz Abu Muso al-Ash’ariyning huzurida bo‘ldik. Biz birlan Jarm qabilasiga mansub bu mahalla ahli o‘rtasida aka-ukalarcha munosabat mavjud erdi. Ushanda Abu Muso dasturxonga tovuq go‘shtidan tayyorlangan taom keltirib qo‘ydi. Ultirganlyar orasida bir afti-angori qizg‘ish kishi ham bo‘lib, u Abu Muso keltirgan taomga hadeganda qo‘l uzatavermadi. Shunda Abu Muso: «Ol, yegil! Men Janob Rasulullohning shunday taom yeganlarini ko‘rganman»,— dedi. Boyagi kishi «Men tovuqning bir narsani yeganini ko‘rganman, shul boisdan ham men uning go‘shtidan hazar qilaman, tovuq go‘shti yemaslikka ont ichganman!»—dedi. Abu Muso «Beri kel, men senga ont ichmoq xususida bir hadis aytib berayin. Men bir necha ash’ariylar birlan birga Janob Rasulullohning huzurlariga borib erdim, qarasam ul zot g‘azabnok holda o‘ltiribdilar-u, zakotga berilgan mollarni taqsim qilayotirlar. Biz ul zotdan yuk ortib, minib ketishimiz uchun ulov so‘radik. Shunda ul zot ulov bera olmasliklarini aytib ont ichdilar-da: «Sizlarni mindirib yuboray desam, ulovim yo‘q!» — dedilar. So‘ng, Janob Rasulullohning huzurlariga o‘lja olingan tuyalarni yetaklab kelib qolishdi. Janob Rasu-lulloh: «Boyagi ash’ariylar qani? Boyagi ash’ariylar qani?»—dedilar. Keyin, Janob Rasululloh bizga beshta oq o‘rkachli tuya berdilar. So‘ng, biz unchalik uzoq yurmay to‘xtadik, shunda men hamrohlarimga: «Janob Rasululloh boya ont ichganlarini unitdilar, Olloh taolo nomi birlan qasam ichamanki, agar biz tufayli ont ichganlarini unutgan bo‘lsalar, endi sira ham omadimiz yurishmagay!» — dedim. Keyin, biz ul zotning huzurlariga qaytib borib: «Yo Rasulalloh! Biz boya sizdan ulov so‘rab erdik, siz ont ichib ulov bera olmasligingizni (ulovingiz yo‘qligini) aytdingiz, akli zaifimizcha, siz ont ichganingizni unutgan ko‘rinasiz»,—dedik. Ul zot: «Sizlarni tuyalarga mindirib yuborgan (sizlarga tuyalarni ato etgan) Olloh taolodur! Men ersam, inshoolloh, toki ilgarigi qasamimni kafforat berib halollab olmagunimga qadar, boshqa bir qasamni afzalroq ko‘rib qasam ustiga qasam ichmagayman!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:37:17
26-bob. Ot go‘shti haqida

Asmo raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida ot so‘yib, go‘shtini yedik».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar g‘azoti kuni eshak go‘shti yemoqdan qaytarib, ot go‘shti yemoqqa ijozat berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:37:33
27-bob. Xonaki eshaklar go‘shti haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar g‘azoti kuni xonaki zshaklar go‘shtini yemoqdan qaytardilar».

Abdulloh (ibn Umar) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xonaki eshaklar go‘shtini yemoqdan qaytardilar»

Hazrat Ali raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayxi va sallam Xaybar g‘azoti kuni muvaqqat (siyg‘a) nikohni bekor qilib, xonaki eshaklar go‘shtini yemoqdan qaytardilar».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar g‘azoti kuni eshaklar go‘shtini yemokdan qaytarib, ot go‘shtini yemoqqa ruxsat berdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:37:45
Ibn Abu Avfo rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam eshaklar go‘shtini yemoqdan qaytardilar».

Abu Sa’laba rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xonaki eshaklar go‘shtini harom, deb aytdilar».

Zuhriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qoziq tishli barcha hayvonlar (sher, bo‘ri, tulki, ayiq, yo‘lbars, fil, maymun va boshqalar) go‘shtini yemoqdan qaytardilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga bir kishi kelib: «Eshak go‘shti yedim»,— dedi, keyin yana bir kishi kelib: «Eshakni halok qildim (so‘ydim)»,— dedi. Shunda ul zot jarchiga buyurdilar, u odamlarga: «Darhaqiqat, Olloh taolo va uning rasuli sizlarni xonaki eshaklar go‘shtini yemoqdan qaytarur, chunki eshak go‘shti iflosdur!» — deb e’lon qildi. Keyin, ichida eshak go‘shti qaynab turgan qozonlar ag‘darib tashlandi».

Sufyon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Amr bunday dedi: «Men Jobir ibn Zaydga: «Odamlarning ta’kidlashicha, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xonaki eshaklar go‘shtini yemoqdan qaytargan emishlar»,— deb aytdim. Jobir: «Hakam ibn Amr Basrada bizga shunday deb yurgan erdi, ammo bu gapni Bahr ibn Abbos tasdiqlamadi-da, «Menga nozil qilingan vahiyda ta’qiq topmadim, deb aytgil!» deb qiroat qildi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:37:57
28- bob. Qoziq tishli barcha hayvonlar go‘shtini yemaslik lozimligi haqida

Abu Sa’laba raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har qanday qoziq tishli hayvon go‘shtini yemoqdan qaytardilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:38:57
29-bob. O’limtik (harom o‘lgan) hayvonlar terisi xususida

Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir harom o‘lgan qo‘y yonidan o‘tib ketayotib: «Uning terisidan foydalanmaysizlarmi?» — dedilar. «U harom o‘lgan-ku?!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Uning go‘shtini yemoqlik harom qilin-gan!» — dedilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir harom o‘lgan echki yonidan o‘tib ketayotib: «Buning egalariga ne bo‘lgan o‘zi, terisidan foydalanishsa, bo‘lmaydimi?!»—dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:39:21
30-bob. Mushk haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo yo‘lida jarohatlangan kishi qiyomat kuni jarohatidan qon oqib turgan holda (mahsharga) keladi. Rangi — qon rangi, hidi — mushk hidi bo‘ladir!» — dedilar».

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Solih suhbatdosh birlan yomon suhbatdosh mushk tashuvchi kishi birlan o‘tda toblanayotgan temirga dam uruvchi kishiga o‘xshaydi. Mushk tashuvchi yo o‘zi senga mushkidan tuhfa qiladi yoki sen o‘zing uning mushkidan xarid qilasan yohud undan kelayotgan mushk hididan bahra olasan, temirga dam uruvchi kishi ersa yo kiyimingni kuydiradi yoki sen undan kelayotgan qo‘lansa hidni hidlaysan!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:40:03
31-bob. Quyon haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Marrizahron degan yerda bir quyonni cho‘chitib yubordik. Qavm uni quva-quva charchadi. Keyin, men uni tutib Abu Talhaning oldiga olib bordim. Ul kishi uni so‘yib, ikki qo‘lini (yoki ikki sonini) Janob Rasulullohga yuborib erdi, oldilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:40:58
32-bob. Kaltakesak haqida

Ibi Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kaltakesak haqida: «Men uni yemayman ham, harom demayman ham!» — dedilar».

Abdulloh; ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Xolid ibn Valid Janob Rasululloh birlan birga Maymunaning uyiga kirdi. Shunda ul zotning oldilariga qovurilgan kaltakesaklarni keltirib qo‘yishdi. Ul zot yeyman deb qo‘l uzatganlarida xotinlardan biri. «Nimani yemoqchi bo‘lganlarini ul zotga aytingizlar!» — dedi. Xotinlar: «Bu kaltakesakdur, yo Rasulalloh!» — deyishdi. Janob Rasululloh qo‘llarini tortdilar. Xolid bunday deydilar: «Men: «Kaltakesak harommi yo Rasulalloh!» — dedim. Ul zot: «Yo‘q, lekin yer yuzida kaltakesakdan jirkanmaydirgan birorta ham qavmim yo‘qdur, men ham undan jirkanaman!» — dedilar. Keyin, men ul zotning ko‘z oldilarida kaltakesakdan olib chaynab-chaynab yedim».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:41:12
33-bob. Quyuq (qotgan) yoqqa sichqon tushib qolsa?

Maymuna raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Yoqqa sichqon tushib o‘lib qoldi. Keyin, Janob Rasulullohdan shul haqda so‘raldi. Ul zot: «Sichqonni va yog‘ning sichqon tushgan yerini olib tashlab, yeyaveringizlar!» — dedilar».

Yunus raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Qotgan yoki quyuq yoqqa tushib o‘lib qolgan sichqon va boshqa jonivorlar xususida suhbatlashildi. Shunda Zuhriy bunday deb aytdi. «Bizga xabar qilishdiki, Janob Rasululloh yoqqa tushib o‘lib qolgan sichqonni va yog‘ning sichqon tushgan yerini olib tashlab, yeyaverish mumkinligini aytibdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:41:36
34-bob. Molning yuziga tamg‘a bosmoqlik va belgi qo‘ymoqlik xususida

Ibn Umar molning yuziga belgi qo‘ymoqlikni rad etib: «Janob Rasululloh molning yuziga tamga bosmoqdan qaytarganlar»,— deydilar.

Xanzala: «Molning yuziga tamga bosiladi»,—deydilar.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men ukam birlan birga Janob Rasulullohning huzurlariga kirdim, ukamning tanglayini xurmo birlan ko‘tarib qo‘ysinlar, degan erdim. Qarasam, ul zot o‘z qo‘ralarida bir qo‘yni tamg‘alayotirlar». Xishom ibn Zayd: «Menimcha, Anas: «Qo‘yning quloqlarini tamg‘alayotirlar» —deb aytgandi»,— deydilar (demak, molning yuzidan bo‘lak yeriga tamg‘a bosish yoki belgi qo‘yish mumkin).
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:42:30
35-bob. (Chorvani) qavm o‘lja olgan bo‘lsa-yu, qavmning ba’zi kishilari o‘rtoqlarining buyrug‘isiz biror qo‘yni yoki tuyani so‘ysa, yeyilmaydi!

Tovus va Ikrima o‘gri so‘ygan jonlig haqida: «Uni tashlab (otib) yuboringizlar!» — deydilar.

Rofi’ ibn Xadij rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Biz ertaga dushmanga ro‘baro‘ bo‘lamiz, ammo pichog‘imiz yo‘q»,— dedim. Janob Rasululloh: «Olloh taoloning ismi zikr qilinib qoni oqizilgan jonlig‘ni yeyaveringizlar, suyak va tirnoq (birlan qon oqizilgan) bo‘lmasa, bo‘ldi! Habash tilida «sinn» — «suyak» va «zufr» — «pichoq»dur»,— dedilar. Keyin, odamlar oldinga ilgarilab ketishdi-da, bir necha qo‘yni so‘yib qozonlarga solishdi. Janob Rasululloh odamlarning ortida kelayotgan erdilar, ularning oldiga yetib kelib, qozonlarni ag‘darib tashlashni amr qildilar. So‘ng, ularga o‘nta qo‘y va o‘nta qo‘y hisobida bitta tuya taqsim qildilar. Shunda boyagi tuya qochib ketdi. Quvib yetishga ot bo‘lmagani uchun bir kishi nayza otib uni o‘ldirdi. Janob Rasululloh: «Bu jonivorlarda vahshiy hayvonlarda bo‘lgani kabi yovvoyilik mavjuddur, ulardan qaysi biri sizga shu qiliqni qilsa, hozirgidek ish tutingizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:42:52
36-bob. Agar qavmning tuyasi qochib keqa-yu, qavmdoshlardan biri o‘z qavmiga yaxshilik qilmoq niyatida nayza otib uni o‘ldirsa, joizdur!

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:44:07
37- bob. Nochor ahvolda qolgan kishining yeguligi haqida

Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘minlar! Yengizlar biz sizlarga ato qilgan halol rizqlardan va Olloh taologa shukr qilingizlar, agar ungagina ibodat qilsangizlar! Haqiqat shulki, Olloh taolo harom qilgandur sizlarga harom o‘lgan jonivorni va qonni va to‘ng‘iz go‘shtini va Olloh taolodan boshqaning nomini aytib so‘yilgan jonivorni, bas kimiki nofarmon bo‘lmay va haddidan oshmay, nochor (yuqoridagi harom qilingan narsalardan yesa), unga hech gunoh bo‘lmas. Olloh taolo albatta mag‘firat va rahmat sohibidur!»

Olloh taoloning qavli: «Bas, yengizlar ul jonivor (go‘shtidanki), unga Olloh taoloning nomi zikr qilinibdur, agar uning oyatlariga iymonlaringiz bo‘lsa! Va sizlarga nima bo‘libdurki, yemassizlar ul jonivor (go‘shtidanki), unga Olloh taolo nomi zikr qilinibdur? Holbuki batafsil bayon qilibdur sizlarga ul narsaniki uni sizlarga harom qilibdur vale yesangizlar bo‘lur ul narsaniki unga sizlar nochordursizlar va darxaqiqat ko‘p kishilar ilmsiz o‘z xayolotlari ila boshqani ozdirib yururlar, darhaqiqat sizning parvardigoringiz haddan oshguvchilarni yaxshi bilur!»

Olloh taoloning qavli: «Siz dengki, «Men o‘zimga vahiy qilingan hukmlar orasidan harom o‘lgan jonivor yo oqib turgan qon yo to‘ng‘iz go‘shtidan bo‘lak yeguvchi uchun harom qilingan bir taomni topa olmayman, chunki ul albatta nopokdur yo ul Olloh taolodan boshqaning nomi zikr qilinib, nojoiz so‘yilgan jonivordur», endi kimiki nochor qolsa-yu, (yuqorida harom qilingan narsalardan) lazzatga berilmay va haddan oshmay iste’mol qilsa, albatta sizning parvardigoringiz mag‘firat va rahmat sohibidur!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:46:27
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
QURBON QILINADIRGAN JONLIG’LAR HAQIDA KITOB

1- bob. (Qurbon hayiti kuni) jonlig‘ qurbon qilmoqning sunnati haqida


Ibn Umar: «Jonlig qurbon qilmoqlik sunnat va urfdur»,— deydilar.

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam. «Bugungi kunimizda bizning eng avvalo qiladirgan ishimiz — namoz o‘qiymiz, so‘ng (namozdan) qaytib jonlig qurbon qilamiz. Kimki shunday qilsa, bizning sunnatimizni ado etgan bo‘lur va kimki (namozdan) ilgari (jonlig) so‘ysa, bola-chaqasi uchun go‘sht tayyorlab bergan bo‘lib, qilgan qurbonligining hech qanday savobi yo‘qdur!»—dedilar. Shunda namozdan ilgari jonligini so‘yib qo‘ygan Abu Burda o‘rnidan turib: «Mening bir yosh echkim bor (o‘rniga o‘shani so‘ysam bo‘lurmi?)»—dedi. Janob Rasululloh: «Mayli, o‘shani so‘ya qolgil, ammo sendan keyin boshqa biror kishiga bu joiz ermas!» — dedilar».

Omir Barrodan nakl qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki namozdan keyin jonlig so‘ygan bo‘lsa, Olloh taolo yo‘lida qurbonlik qilib, musulmonlar zimmasidagi sunnatni ado etgan bo‘lur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:46:48
2- bob. Imomning qurbonlik uchun odamlarga jonlig‘larni taqsimlab bermog‘i
haqida


Ba’ja al-Juhaniy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbon qilmoq uchun o‘z sahobalariga jonliglarni taqsimlab berdilar, shunda Uqbaga bir echkicha tegdi. Uqba «Yo Rasulalloh, menga echkicha tegdi-ku?!» — dedi. Janob Rasululloh: «Shuni qurbon qilgil!» — dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:47:36
3-bob. Musofir va ayollar nomidan jonlig‘ qurbon qilmoq xususida

Abdurrahmon ibn al-Qosim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oisha raziyallohu anhoning huzurlariga kirdilar. Ul muhtarama Makkaga yetib bormay turib Saraf degan yerda hayz ko‘rib qolganlari boysidan yiglab o‘ltirgan erdilar. Janob Rasululloh «Senga ne bo‘ldi, hayz ko‘rib qoldingmi?»— dedilar. Oisha onamiz: «Ha»,— dedilar. Janob Rasululloh: «Bu Olloh taolo Odam qizlarining peshonasiga yozgan taqdirdur, hojilar ado etmogi lozim bo‘lgan barcha marosimlarni o‘tayver, faqat Baytullohni tavof qilmagil!»—dedilar. Keyin, biz Minoda erkanligimizda mol go‘shti keltirishdi. Men «Bu qanday go‘sht?» — dedim. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlari nomidan bir sigir qurbon qildilar»,— deyishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:47:47
4-bob. Nahr kuni ishtaha birlan go‘sht yeyilmog‘i haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Nahr kuni «Kimki (hayit) namozidan oldin jonlig so‘ygan bo‘lsa, (namozdan so‘ng) boshqa jonlig qurbon qilsin!» — dedilar. Shunda bir kishi o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, bu kun — ishtaha birlan go‘sht yeydirgan kundur!» — dedi-da, qo‘shnilari haqida gapirdi, so‘ng «Menda bir echkicha bor, u ikkita qo‘yning go‘shtidan yaxshiroqdur!»—dedi. Janob Rasululloh o‘sha echkichani qurbon qilmoqqa unga ijozat berdilar, ammo (echki qurbon qilmoq xususidagi) ruxsat undan boshqalarga ham tegishli erdimi yo yo‘qmi, buni bilmayman. Keyin Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkita qo‘chqor so‘ydilar. Odamlar ularning go‘shtini o‘zaro bo‘lishib olishdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:48:14
5- bob «Bugun jonlig‘ qurbonqiladirgan kundur!» — deb aytgan kishi haqida

Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar:
«Zamon Olloh taolo osmonlar birlan yerni yaratgan kundagidek (hech bir o‘zgarishsiz yana) bir davra aylandi. Yil o‘n ikki oydan iborat bo‘lib, ulardan to‘rttasi muqaddasdur. To‘rttadan uchtasi—Zulqa’da, Zulhijja, Muharram ketmaket keladi, turtinchisi ersa Rajab (Muzar) oyi bo‘lib, Jumodassoniy birlan Sha’bon oylari oralig‘idadur. (Aytingizlarchi), hozir qaysi oy?» Biz «Olloh taolo va uning rasuli yaxshiroq bilur!» — dedik. Janob Rasululloh biroz sukut qildilar, shunda biz bu oyning biror boshqa nomini ayqalar kerak, deb o‘yladik. Janob Rasululloh: «Bu oy Zulhijja oyi ermasmi?»—dedilar. Biz «Ha»,—dedik. Janob Rasululloh: «Bu qaysi shahar?»— dedilar. Biz «Olloh taolo va uning rasuli yaxshiroq bilur!»—dedik. Janob Rasululloh biroz sukut qildilar, biz bu shaharning biror boshqa nomini ayqalar kerak, deb o‘yladik. Janob Rasululloh «Bu al-Balda (Makka) ermas-mi?»—dedilar. Biz «Ha», — dedik. Janob Rasululloh «Bugun qanday kun?»—dedilar. Biz: «Olloh taolo va uning rasuli yaxshiroq bilur!»—dedik. Janob Rasululloh biroz sukut qildilar, biz bu kunning biror boshqa nomini ayqalar kerak, deb o‘yladik. Janob Rasululloh «Nahr kuni ermasmi?»—dedilar. Biz «Ha»,—dedik. (Keyin), Janob Rasululloh (bizga) bunday deb aytdilar: «Qoningiz, mol-dunengiz, obro‘yingiz mana shul shahringizdagi kuningiz va oyingiz hurmati kabi bir-biringizga muqaddasdur! Oxiratda parvardigoringizga ro‘baro‘ bo‘lganingizda sizlardan qilgan amallaringiz xususida so‘ragaydur. Mendan keyin bir-biringizning bo‘g‘zingizga tig‘ uradirgan gumroh bo‘lib ketmangizlar! (Mening bu vasiyatimni) eshitganlar eshitmaganlarga yetkazsin, chunki ba’zi bir birovdan eshitganlar ul qulog‘i birlan eshitganlardan ko‘ra zehnliroq bo‘lur!»

(Roviy) Muhammad Janob Rasulullohning o‘shal kungi vasiyatlari xususida eslaganda: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (dillaridagi bor gapni) ro‘y-rost aytib, so‘ng «Tushuntira oldimmi? Tushuntira oldimmi?» — dedilar»,— der erdilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:49:05
6- bob Musalloda (namoz o‘qiydirgan joyda) jonlig‘ qurbon qilmoq haqida

Ibi Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (masjiddagi) musalloda (ham) jonlig‘ (tuya qo‘y mol va boshqalar) qurbon qilur erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:49:25
7- bob. Janob Rasulullohning ikki shoxdor semiz qo‘chqorni qurbon qilganlari haqida

Abu Umoma ibn Sahl rivoyat qiladilar: «Biz Madinada qurbonlikka atalgan jonlig‘larni boqib semirtirar erdik, barcha musulmonlar ham shunday qilishar erdi».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki qo‘chqor va men ikki qo‘chqor qurbon qilur erdik».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki shoxdor ola qo‘chqorni o‘z qo‘llari birlan so‘ydilar».

Abulxayr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uqba ibn Omirga bir qancha jonlig‘ berib, ularni qurbon qilmoq uchun sahobalariga taqsimlashni topshirdilar. Shunda Uqbaning o‘ziga bir echkicha qoldi. U bu hakda ul zotga aytib erdi: «Sen o‘shani qurbon qila qolgil!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:50:28
8- bob. Janob Rasulullohning Abu Burdaga: «Ushal echkingni qurbon qila qolgil, ammo bu sendan keyin biror kishiga joiz ermas!» — deb aytganlari haqida

Barro ibn Ozib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Burda ismli tog‘am jonlig‘larini (hayit) namozidan burun so‘yib qo‘ydilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ul kishiga: «Qo‘yingni (bola-chaqangga) go‘sht tayyorlab bermoq uchun so‘yibsan!» — dedilar. Tog‘am: «Yo Rasulalloh, mening yana bir echkicham bor, (o‘shani qurbon qilsam bo‘lurmi?)»—dedilar. Janob Rasululloh: «Mayli, o‘shani qurbon qila qolgil, ammo bu sendan bo‘lak odamga durust ermas!»—dedilar. So‘ng, ul zot yana bunday deb gaplarida davom etdilar: «Kimki namozdan ilgari so‘ygan bo‘lsa, o‘zi uchun so‘yibdur, kimki namozdan so‘ng so‘ygan bo‘lsa, Olloh taolo yo‘lida jonlig‘ qurbon qilib, musulmonlar zimmasidagi sunnatni ado etibdur!».

Barro rivoyat qiladilar: «Abu Burda jonlig‘ini namozdan burun so‘yib qo‘ydi. Shunda Janob Rasululloh unga: «Urniga boshqa jonlig‘ so‘ygil!» — dedilar. Abu Burda: «Menda bir yosh echkichadan bo‘lak jonlig‘ yo‘q»,— dedi. (Sha’biy: «Menimcha, o‘shanda Abu Burda: «Echkicham katta qo‘ydan ham yaxshiroq» — deb aytgandi»,— deydilar). Janob Rasululloh: «Mayli, o‘rniga o‘shani qurbon qila qolgil, ammo bu sendan keyin hech kimga joiz ermas!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:50:50
9- bob. O’z qo‘li birlan qurbonlikka atalgan jonlig‘larni so‘ygan kishi haqida

Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki ola qo‘chqorni qurbon qildilar. Shunda men ul zotning ikkala qo‘yning biqiniga oyoqlarini qo‘yib turib tasmiya va takbir aytganlarini, so‘ng o‘z qo‘llari birlan ularni so‘yganlarini ko‘rdim»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:53:12
10-bob. Uzganing qurbonlikka atalgan jonlig‘ini so‘ygan kishi haqida

Bir kishi Ibn Umarga qurbonlikka atalgan jonlig‘larini so‘yishda ko‘maklashdi. Abu Muso qizlariga o‘z qo‘llari birlan jonlig‘ qurbon qilmoqni buyurdilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Saraf degan yerda huzurimga kirganlarida men yig‘lab o‘ltirgan erdim. Shunda ul zot: «Senga ne bo‘ldi, hayz ko‘rib qoldingmi?» — dedilar. Men: «Ha»,— dedim. Ul zot: «Bu Olloh taolo Odam qizlarining peshonasiga yozgan taqdirdur, hoji ado etmog‘i lozim bo‘lgan barcha marosimlarni bajargil, lekin Baytullohni tavof qilma!» — dedilar. Keyin, ul zot o‘z xotinlari nomidan bir sigirni qurbon qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:54:05
11-bob. Jonlig‘ni namozdan so‘ng so‘ymoq lozim!

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning va’z aytayotib bunday deganlarini eshitdim: «Bugungi kunimizda bizning birinchi bo‘lib qiladirgan ishimiz — namoz o‘qiymiz, so‘ng qaytib jonlig‘ qurbon qilamiz. Kimki shunday qilsa, sunnatimizni ado etgan bo‘lur, aks holda u o‘z bola-chaqasiga go‘sht tayyorlab bergan bo‘lib, qilgan kurbonligidan hech bir savob tegmas!». Shunda Abu Burda: «Yo Rasulalloh, men namoz o‘qimasimdan burun jonlig‘imni so‘yib qo‘ydim, ammo menda yana bir echkicha bo‘lib, u katta qo‘ydan ham yaxshiroqdur!» — dedi. Janob Rasululloh: «Urniga o‘shani so‘ya qolgil, ammo bu sendan keyin biror kishiga joiz ermas!» —dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:54:25
12-bob. Kimki jonlig‘ini namozdan ilgari so‘yib qo‘ygan bo‘lsa, (namozdan keyin) o‘rniga boshqa jonlig‘ so‘yadi!

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki jonlig‘ini namozdan ilgari so‘yib qo‘ygan bo‘lsa, (namozdan keyin) o‘rniga boshqa jonlig‘ so‘ysin!» — dedilar. Shunda bir kishi: «Bugun ishtaha birlan go‘sht yeydirgan kundur!» — dedi-da, kambag‘al qo‘shnilari haqida gapirdi. Ushanda Janob Rasululloh uni ma’zur tutgan erdilar. U: «Menda yana bir echkicha bor, u ikki qo‘ydan ham afzalroqqur!» — degan erdi. Janob Rasululloh unga o‘sha echkichasini qurbon qilmoqqa ruxsat bergan erdilar, ammo bu ruxsat boshqalarga ham taalluqli erdimi yo yo‘qmi, buni bilmayman. Keyin, Janob Rasululloh ikki qo‘chqorni so‘ydilar, shundan so‘ng odamlar ham o‘z jonlig‘larini so‘yishdi».

Jundub ibn Sufyon rivoyat qiladilar: «Men nahr kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdim. Ul zot: «Kimki namoz o‘qimasidan burun jonlig‘ so‘ygan bo‘lsa, o‘rniga boshqasini so‘ysin, kimki hali so‘ymagan bo‘lsa, endi so‘yaversin!» — dedilar».

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni: «Kimki bizning qiblamizga yuzini qaratib bizning namozimizni o‘qigan bo‘lsa, namozdan uyiga qaytguniga qadar jonlig‘ so‘ymasin!» — dedilar. Shunda Abu Burda o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, men namozdan burun so‘yib qo‘yibman?» — dedi. Janob Rasululloh: «Shoshqaloqlik qilibsan-da!» — dedilar. Abu Burda: «Menda yana bir echkicha bor, u ikkita katta qo‘ydan ham yaxshiroqdur, o‘shani so‘ysam bo‘lurmi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Mayli, o‘shani so‘ya qolgil, ammo bu sendan keyin hech kimga joiz ermasdur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:55:04
13- bob. Jonlig‘ning biqiniga oyoq qo‘ymoq haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkita shoxdor, semiz ola qo‘chqorni biqiniga oyoqlarini qo‘yib turib o‘z qo‘llari birlan qurbon qilgan erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:55:14
14- bob. Jonlig‘ so‘yish vaqtida takbir aytmoq haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkita shoxdor, semiz ola qo‘chqorni o‘z qo‘llari birlan qurbon qildilar. Shunda qo‘ylarning biqiniga oyoqlarini qo‘yib turib tasmiya va takbir aytdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:55:27
15- bob. Kishi jonligini qurbon qilish uchun (Ka’baga) jo‘naqa, unga hech narsa harom qilinmaydi!

Sha’biy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Masruq Oisha onamizning huzurlariga kelib: «Yo mo‘minlar onasi! Kishi o‘z jonligini qurbon qilish uchun Ka’baga jo‘natadi, o‘zi ersa jonligining bo‘yniga uning qurbonlikka atalganini anglatadirgan alomat osib qo‘yishni tayinlab, shaharda (uyida) qoladi. Ushal odam jonligini jo‘natgan kundan to hojilar ehromlarini yechgunlariga qadar ehromda qolib, hojilar qilishi mumkin bo‘lmagan narsalarni qilaveradi», — dedilar. Masruq bunday deydilar: «Men Oisha onamizning parda ortidan (gapimni ma’qullab) chapak chalganlarini eshitdim, so‘ng mo‘minlar onasi: «Men Janob Rasulullohning jonliglari bo‘yniga alomat osib qo‘yish uchun tizimcha (chilvir) yigirib berar erdim, keyin ul zot jonlig‘larini Ka’baga jo‘natar erdilar. Shunda ul zot hojilar qaytgunga qadar xonadonlaridagi erkaklarga halol qilingan narsalardan mahrum qilinmas erdilar»,— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:55:48
16- bob. Qurbon qilingan jonlig‘lar go‘shtini yeyish va ehtiyot qilib qo‘yish haqida

Jobir ibn Abdullhu raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida qurbon qilingan jonliglar go‘shtini Madinaga (olib ketish uchun) ehtiyotlab qo‘yar erdik».

Ibn Xabbob rivoyat qiladilar: «Abu Sa’id uyida yo‘q erdi, qaytib kelgach, oldiga go‘sht keltirib qo‘yishdi. Shunda Abu Sa’id: «Bu qurbon qilingan jonlig‘larimiz go‘shtidanmi? Olib ketingizlar, buni tatib ham ko‘rmayman!» — dedi. Abu Sa’id bunday deydi: «Keyin, men o‘rnimdan turib uydan chiqdim-da, birodarim Qatoda (onamning birodari) huzuriga yo‘l oldim. Ul kishi Badr g‘azoti ishtirokchisi erdilar. Huzurlariga borgach, bo‘lgan gapni aytib berdim. Shunda ul kishi: «Sendan keyin bir ish sodir bo‘lgan erdi»,— dedilar».

Salama ibn al-Akva’ rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan kimki jonlig‘ Qurbon qilgan bo‘lsa, uchinchi kun tong ottirmasingizdan burun uyingizda undan hech narsa qolmasin!» — dedilar. Kelgusi yili odamlar: «Yo Rasulalloh, bu yil ham o‘tgan yildagidek ish tutamizmi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Yengizlar, yediringizlar va ehtiyot qilib ham qo‘yingizlar! Usha yili odamlar och qolgan bo‘lib, men bir-birlaringizga yordam qilingizlar, deb erdim!»— dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:56:15
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Biz qurbon qilingan jonlig‘lar go‘shtidan tuzlab Janob Rasulullohga (Madinaga) olib borar erdik. Shunda Janob Rasululloh «(Qurbon qilingan jonlig‘lar go‘shtidan) uch kundan ortiq yemangizlar!»— dedilar. So‘ng, go‘shtga istamaygina qo‘l uzaqalar-da, undan yegilari keldi. Yana Olloh taolo o‘zi yaxshiroq biladi!».

Zuhriy rivoyat qiladilar: «Ibn Azharning mavlosi Abu Ubayd Qurbon hayiti kuni Hazrat Umar al-Xattob birlan birga bo‘lganini aytib bunday degandi: «Hazrat Umar xutbadan avval namoz o‘qidilar, so‘ng odamlarga xutba qilib «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sizlarni mana shu ikki hayitda ro‘za tutmoqdan qaytardilar. Ammo, ikki hayitdan biri — sizlar og‘iz ochib ro‘zangizni tugatadirgan kundur, boshqasi ersa — sizlar qurbon qilgan jonlig‘laringiz go‘shtidan tanovul qiladirgan kundur!»— deb aytdilar. Keyin, men Usmon ibn Affon birlan Qurbon hayitida birga bo‘ldim, o‘shal kun jum’a kuni bo‘lib, ul kishi xutbadan avval namoz o‘qidilar so‘ng odamlarga xutba qilib: «Ey odamlar, bugun sizlar uchun ikki bayram bir kelgan kundur! Oliy martaba ahlidan kimki jum’ani kutmoqni istasa, kuqin va kimki (uyiga) qaytmoqni istasa, men unga ruxsat berdim!» — deb aytdilar. So‘ng men Hazrat Ali ibn Abu Tolib birlan (ham) Qurbon hayitida birga bo‘ldim. Ul kishi (ham) xutbadan avval namoz o‘qidilar, keyin odamlarga xutba qilib «Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbon qilgan jonlig‘laringiz go‘shtini uch kundan ortiq yemog‘ingizdan qaytardilar!»—deb aytdilar».

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Qurbon qilingan jonlig‘lar go‘shtini uch kun yengizlar!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:56:51
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
IChIMLIKLAR HAQIDA KITOB


Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, mast qiluvchi ichimliklar, qimor, butlar va qur’a o‘qlari — bular hammasi nopok bo‘lib, shayton ishlaridandur, bas ulardan saqlaningizlar, shoyad najot topsangizlar!»

Abdulloh ibn Umar raziyallohu aihu rivoyat qiladilar/«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kimki bu dunyoda mast qilguvchi ichimlik ichgan bo‘lsa-yu, keyin ichganiga tavba qilmagan bo‘lsa, oxiratda tavba qilmoqdan mahrum qilingaydur!»— dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Isro’ kechasi farishtalar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ikki qadah keltirdilar, birida (mast qilguvchi) ichimlik va birida sut bor erdi. Janob Rasululloh qadahlarga bir nazar tashladilar-da, sut solingan qadahni oldilar. Shunda Jabroil alayhissalom «Sizni tabiatga (borliqqa) hadya qilgan Olloh taologa shukr! Agar ichimlik solingan qadahni olganingizda, ummatingiz gumroh bo‘lur erdi!» — dedilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan shunday bir hadis eshitganmanki, uni mendan bo‘lak hech kim sizlarga aytib bermagay! Janob Rasululloh bunday degan erdilar: «Qiyomatning asosiy belgilari shulki, jaholat kuchayib, ilm (islom ilmi) susayadir, zino birlan ichkilikbozlik kuchayadir, erkaklar kamayib ayollar kupayadir, hattoki ellikta ayol uchun bir erkak to‘g‘ri keladir»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Mo‘min zino qilmaydi, zino qilayotgan vaqtida ersa mo‘min bo‘lib qololmaydi. Mo‘min (mast qilguvchi) ichimlik ichmaydi, ichimlik ichayotgan vaqtida ersa mo‘min bo‘lib qololmaydi. Mo‘min o‘g‘rilik qilmaydi, o‘grilik qilayotgan vaqtida ersa mo‘min bo‘lib qololmaydi!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:57:08
1- bob Uzumdan tayyorlangan (mast qilguvchi) ichimlik haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Mast qilguvchi) ichimlik harom qilingan vaqtda Madinada uzumdan qilinadirgan hech qanday (mast qilguvchi) ichimlik yo‘q erdi».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Mast qilguvchi ichimlik uning harom erkanligi haqidagi oyat nozil qilingan vaqtda bizga harom qilindi va biz o‘sha vaqtda uzumdan qilinadirgan mast qilguvchi ichimliklarni Madinada juda kam uchratar erdik, mast qilguvchi ichimliklarimiz, asosan, xom va pishgan xurmodan tayyorlanar erdi».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar minbarga chiqib «Ammo ba’d, mast qilguvchi ichimliklarning harom erkanligi haqida oyat nozil bo‘ldi, ular besh narsadan — uzum, xurmo, asal, bugdoy va arpadan tayyorlanadi. Mast qilguvchi ichimlik — aqlni ozdiruvchi narsadur!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:57:34
2- bob Mast qilguvchi ichimlikning harom erkanligi haqidagi oyatning nozil bo‘lishi va mast qilguvchi ichimlikning xom va pishgan xurmodan tayyorlanganligi haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Abu Ubayda, Abu Talha va Ubay ibn Ka’bga xom va pishgan xurmodan tayyorlangan (mast qilguvchi) ichimlikdan quyib berib o‘ltirgan erdim. Nogahon, bir chopar kelib (mast qilguvchi) ichimlikning harom qilinganligini ma’lum qildi. Shunda Abu Talha: «Turgil, ey Anas, uni to‘kib tashla!» — dedilar, men uni to‘kib tashladim»

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men mahallada amakilarimga xom xurmodan tayyorlangan ichimlik quyib berib turgan erdim, (ularning orasida eng kichigi men erdim). Shunda odamlar mast qilguvchi ichimlikning harom qilinganligini aytishib: «Uni to‘kib tashlangizlar!» — deyishdi, biz uni to‘kib tashladik.

Mu’tamirning otalari bunday deydilar: «Men Anasga: «Ular qanday ichimlik ichishayotgan erdi'»—deb aytdim. Anas: «Pishgan va xom xurmodan tayerlangan ichimlik»,— dedi».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Mast qilguvchi) ichimlik harom qilindi, o‘shanda u xom va pishgan xurmodan tayyorlanar erdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:57:51
3- bob Asaldan tayyorlanadirgan (mast qilguvchi) ichimlik haqida

Muoz raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Molik ibn Anasdan «fuqqo’» (arpa yoki mevalardan tayyorlanadirgan ichimlik) haqida so‘rab erdim, ul kishi: «Mast qilmasa, zarari yo‘q»,— dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan «bit» (asaldan tayyorlanadirgan ichimlik) haqida so‘rashdi, bu ichimlikni yamanliklar ichishar erdi. Janob Rasululloh.: «Mast qilguvchi har qanday ichimlik haromdur!»—dedilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dubbo’ va muzaffatda sharob tayyorlamangizlar!» — dedilar». Abu Hurayra (avvalgi jildlardagi) o‘z rivoyatlarida bunga xintam va naqirni ham qo‘shib aytganlar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:58:08
4-   bob. Xamrning (musallasning) aqlni ozdiruvchi ichimliklardan erkanligi haqidagi hadislar

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar Janob Rasulullohning minbarlariga chiqib bunday deb xutba qildilar: «Xamrning harom qilinganligi xususida oyat nozil bo‘ldi. Xamr besh narsadan — uzum, xurmo, bug‘doy, arpa va asaldan tayyorlanib, u aqlni ozdirguvchi ichimlikdur. Men sizlarga yana uch narsani aytmoqni istayman: «Janob Rasululloh aka-uka va ularning farzandlari o‘rtasidagi oqibaqizlik hamda sudxo‘rlik borasida nozil bo‘lgan oyatlar hukmlarini bizlarga tushuntirib berib, so‘ng dunyodan ko‘z yumdilar».

Sha’biy rivoyat qiladilar: «Ey Abu Umar! Gurunchdan ham biror ichimlik tayyorlanar erdimi?» — dedim. Ul kishi: «Bunday ichimlik Janob Rasulullohning (yoki Hazrat Umarning) davrlarida sira ham bo‘lmagan»,— dedilar».

Abu Hayyon: «Uzum o‘rniga mayiz(dan foydalanilar) erdi»,— deydilar.

Ibn Umar Hazrat Umardan nakl qilib: «Xamr besh narsadan — mayiz, xurmo, bug‘doy, arpa va asaldan tayyorlanar erdi»,— deydilar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:58:22
5-   bob. Xamrni (mast qilguvchi ichimlikni) halol deb hisoblab, uni boshqa nom birlan atovchilar haqidagi hadis

Abu Omir (yoki Abu Molik) al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Mening ummatim orasidan chinni idish, harir kiyim, xamr (mast qilguvchi ichimlik) va ayshu ishratni halol deb bilguvchi qavmlar chiqadi va (bir kuni o‘shal) qavmlar bir tog‘ etagiga kelib manzil tutishadi. Kechki payt (bir odam) ular uchun bir cho‘pon ayolni boshlab keladi, u bir zarurat birlan ularning oldiga kelgan bo‘ladi. Ular (ayolni olib qolib), unga: «(Sen hozir ketaver), oldimizga ertaga qaytib kelarsan!»—deb aytishadi. Shunda Olloh taolo ularni uyquga ketkazib, (ustlariga) tog‘ni qulatadi va (omon) qolganlarini qiyomatga qadar maymunu to‘ng‘izlarga aylantirib qo‘yadi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:58:41
6- bob Xum hamda tosh, mis va yog‘och idishlarga mevalarni solib ezib suvini chiqarib qo‘ymoq haqida

Abu Hozim rivoyat qiladilar: «Abu Usayd as-So’idiy kelib Janob Rasulullohni o‘z nikoh to‘yiga taklif qildi. To‘yda kelin bo‘lmish (uning xotini) shaxsan o‘zi mehmonlarga xizmat qildi. Bir kishi: «Bilasizlarmi, kelin Janob Rasulullohga nima quyib berdi? U tunda bir qancha xurmolarni tavrga (tosh, mis yoki yogoch idishga) solib ezib suvini chiqarib qo‘ygan erdi, ana o‘shani quyib berdi»,— dedi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:59:05
7- bob Janob Rasulullohning xum va meshlardan foydalanmoqdan qaytarib, so‘ng (yana) unga ruxsat berganlari haqida

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meshdan foydalanmoqdan qaytardilar. Shunda ansorlar «Bizning undan foyda-lanmaslikka hech ilojimiz yo‘q, u bizga juda zarur!» — deyishdi. Janob Rasululloh «Ichimlik tayyorlashdan bo‘lak maqsadlarda foydalansangizlar, mayli! — dedilar»

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi  va  sallam  meshdan  foydalanmoqdan  qaytarganlarida,  ul zotga «Hamma ham meshkobchini uchratavermaydi!»—deyishdi. Shunda ul zot chinni ko‘zadan foydalanmoqqa ruxsat berib, mumlangan idishdan foydalanmoqqa ijozat bermadilar».

Hazrat Ali «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qovoqdan yasalgan va mumlangan idishlardan foydalanmoqdan qaytardilar»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:59:18
Ibrohim rivoyat qiladilar: « Men Asvadga «Sen mo‘minlar onasi Oisha raziyallohu anhodan qanday idishlarda sharob tayyorlashdan qaytarilgani haqida so‘radingmi?» — dedim. U: «Ha, so‘radim. Men mo‘minlar onasiga: «Janob Rasululloh qanday idishlarda sharob tayyorlashdan qaytardilar?»—deb aytdim. Mo‘minlar onasi: «Janob Rasululloh bizni, ya’ni barcha xonadon a’zolarini qovoq va mumlangan idishlarda sharob tayyorlamoqdan qaytardilar»—dedilar»,— dedi. Men unga «Ammo, chinni va ko‘k ko‘zalar xususida aytmading-ku!» — dedim. U «Nimaiki eshitgan bo‘lsam, senga aytib berdim, endi eshitmagan narsam xususida ham aytib beraiinmi?!» — dedi»

Abdulloh ibn Abu Avfo roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘k ko‘zadan foydalanmoqdan qaytardilar. Shunda men «Oq chinni ko‘zada ichsak bo‘lurmi?»—dedim. Ul zot «Yo‘q!» — dedilar (Ko‘za xoh oq va xoh ko‘k bo‘lsin, undagi meva suvi achib, mast qiladirgan bo‘lib qolgan bo‘lsa, ichish mumkin ermas!)»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:59:38
8-bob. Mast qilmaydirgan xurmo suvi haqida

Bu yerda 6-bobdagi hadis takroran keltirilgan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 07:59:55
9-bob. Boziq to‘g‘risida va har qanday mast qilguvchi ichimliklardan qaytargan kishi haqida

Hazrat Umar, Abu Ubayda va Maoz tiloni (biroz qaynagach, uchdan biri buglanib ketgan uzum suvini) ichsa bo‘ladi, deb xisoblaganlar. Barro va Abu Juhayfa qaynab yarmi buglanib ketgan uzum suvini ichishgan. Ibn Abbos «Uzum (meva) suvini muzdakligida ichgil!»—deydilar. Hazrat Umar «Men gaplashayotib Ubaydullohdan sharob hidi kelayotganini sezdim. Agar mast bo‘lib qolganida darra urgan bo‘lur erdim!» —deydilar.

Abu al-Juvayriyya rivoyat qiladilar: «Men Ibn Abbosdan boziq (qaynatilgan uzum suvi) haqida so‘radim. Ul kishi «Janob Rasululloh boziq haqida o‘z hukmlarini aytib ketganlar, nimaiki mast qilsa, u haromdur!» — dedilar». Shunda Abu al-Juvayriyya «Uzum suvi halol va pokizadur!» — debdilar. Ibn Abbos: Halol bo‘lgandan keyin, «pokiza» deyish ortiqcha, zero harom — o‘z-o‘zidan ma’lumki, nopokdur!»—deb aytibdilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam halvo birlan asalni yaxshi ko‘rur erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:00:10
10-bob. Agar mast qiladirgan bo‘lsa, xom xurmolarni pishgan xurmolarga yoki (mevalardan tayyorlangan) ikki xil nonxurushni bir-biriga qo‘shmaslik lozim, deb hisoblagan kishi xususida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Abu Talha, Abu Dajjona va Suhayl ibn al-Bayzoga xom va pishgan xurmolar omuxtasidan quyib berayotgan erdim. Shu asnoda xamr (mast qilguvchi ichimlik) harom qilinganligi haqida xabar kelib qoldi. Shunda men ularning eng kichigi bo‘lishimga qaramay, uni uloqtirib yubordim. Biz o‘sha vaqtlarda xom va pishgan xurmolar omuxtasini «xamr» deb hisoblar erdik».

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mayizdan hamda quritilgan, xom va yangi uzilgan xurmolardan (sharob tayyorlamoqdan) qaytardilar».

Abdulloh ibn Abu Qatoda otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam quritilgan xurmo birlan endigina rang kirgan xurmoni hamda quritilgan xurmo birlan mayizni bir-biriga qo‘shmoqdan qaytarganlar. Bularning har biridan alohida sharbat tayyorlanadi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:00:28
11-bob. Sut ichmoq haqida

Olloh taoloning qavli: «(Oshqozon) axlati va qon ichidan ichuvchilar uchun musaffo xushta’m sut (hosil qilgaymiz)»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Isro’ kechasi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir qadah sut va bir qadah xamr (mast qilguvchi ichimlik) keltirildi».

Ummulfazl rivoyat qiladilar: «Odamlar Janob Rasulullohning arafa kuni ro‘za tutgan yoki tutmaganlaridan shubha qilishdi. Shunda men ul zotga bir idishda sut yubordim, ichdilar».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Abu Humayd Naqi’ degan yerdan Janob Rasulullohga bir qadah (idish) sut keltirdi. Shunda Janob Rasululloh unga: «Bir cho‘p birlan bo‘lsa ham, ustini yopib olib kelmadingmi?!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:00:54
Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakr birlan birga Makkadan keldilar. Abu Bakr bunday deydilar: «Biz (kelayotib) bir podachining yonidan o‘tib qoldik, Janob Rasululloh chanqab qolgan erdilar. Men bir idishga sut sog‘ib qonib ichdim. Shu payt Suroqa ibn Ja’sam oldimizga ot minib kelib qoldi. Janob Rasululloh (otni kechikib olib kelgani uchun) uni duoi bad qildilar. Shunda Suroqa: «Meni duoi bad qilmangiz, qarg‘ishingizni qaytarib olingiz!» — deb Janob Rasulullohga yolvorib erdi, ul zot shunday qildilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Eng yaxshi sadaqa — sersut sog‘in tuya bo‘lib, u atoi xudodur, sersut qo‘y ham atoi xudodur, u yoqqa borsang ham, bu yoqqa borsang ham, (sut to‘la) idishing o‘zing birlan!» — dedilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:01:10
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sut ichgach, (suv birlan) og‘izlarini chayqab tashladilar-da: «Sutda yog‘ bor»,— dedilar (ya’ni, tahoratli kishi tarkibida yog‘ bor biror ichimlik yoki taom iste’mol qilgach, og‘zini suv birlan chayqab tashlab, so‘ng namoz o‘qishi lozim)».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Men (osmondagi) Sidrat al-Muntaho degan joyga ko‘tarildim, qarasam ul yerda to‘rt daryo mavjud erkan. Ikkitasi — ko‘zga zohir va ikkitasi — ko‘zdan pinhon. Ko‘zga zohiri — Nil birlan Furot bo‘lib, ko‘zdan pinhoni (Salsabil va Kavsar) jannatda erkan. Ul yerdan menga uchta qadah keltirildi, birida sut, birida asal va yana birida xamr (mast qilguvchi ichimlik). Men sut quyilgan qadahni olib, sutni ichdim. Shunda menga: «Sen va sening ummating islom va hidoyat ramzi bo‘lmish qadahni topdingiz!» — deyildi».

Hishom, Sa’id va Hamom Qatodadan, ul kishi ersalar Anas ibn Molikdan, ul kishi ersalar Molik ibn Sa’sa’adan naql qilgan rivoyatda: «Uchta qadah» xususida eslatib o‘tilmagan.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:01:28
12- bob. Chuchuk (totli) suv ichib lazzatlanmoq haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Abu Talha Madina ansorlari ichida eng xurmozori ko‘p kishi erdi. U xurmozorlaridan ko‘proq «Bayruhoni» yaxshi ko‘rar erdi. «Bayruho» masjid qarshisida bo‘lib, Janob Rasululloh kirib ul yerdagi chuchuk (totli) suvdan ichib turar erdilar. Olloh taoloning «Uzingiz yaxshi ko‘rgan narsalardan nafaqa (ehson) qilmaguningizga qadar taqvoga erishmaysizlar!» degan oyati karimasi nozil bo‘lganda Abu Talha o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh! Olloh taolo: «Uzingiz yaxshi ko‘rgan narsalardan nafaqa qilmaguningizga qadar taqvoga erishmaysizlar!»—deydi. Mening eng yaxshi ko‘rgan molim ersa «Bayruho»dur, o‘sha molim Olloh taolo yo‘lida sadaqa bo‘la qolsin! Men uning tag-tugi birlan Olloh taolo yo‘lida sadaqa bo‘lmog‘ini istayman. Yo Rasulalloh, uni Olloh taolo o‘zingizga amr qilgan joyga sarf qilingiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «Bayruho ajoyib (bozori chaqqon) mulkdur. Men sening ne deganingni eshitdim. yaxshisi uni qarindosh-laringga ehson qila qolgil!»—dedilar. Abu Talha: «Shunday qilgum, yo Rasulalloh!» — dedi-da, uni o‘z tug‘ishganlari birlan amakisining farzandlariga bo‘lib berdi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:01:55
13- bob Sutga suv qo‘shmoq haqida

Zuhriy rivoyat qiladilarki, Anas ibn Molik raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sut ichganlarini ko‘ribdilar. Ushanda Janob Rasululloh uning uyiga borgan erkanlar. Uyidagilar bir sovliqni sog‘ib sutga quduq suvidan qo‘shishibdi-da Janob Rasulullohga uzatishibdi, ul zot qadahni olib ichibdilar. Shunda chap yonlarida Abu Bakr as-Siddiq, o‘ng yonlarida ersa bir badaviy turgan erkan, sutning qolganini o‘sha badaviyga beribdilar. So‘ng: «(Avval) o‘ng(dagi), so‘ng yana o‘ng (dagi odamga uzatish lozim)!» — debdilar.

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir sahobalari birlan birga bir kishining uyiga kirdilar-da, unga «Agar bu kecha meshda saqlagan (tindirilgan) suving bo‘lganida erdi! Bulmasa hovuzdan ham ichib ketavera-miz»,— dedilar. Shunda xonadon egasi bog‘ini sug‘orib turgan erdi, Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, menda tindirilgan suv bor chorpoyaga chiqaveringiz!»—dedi. So‘ng, o‘zi ham ular birlan chorpoyaga chiqib, (meshdan) qadahda suv oldi-da, unga sut qushdi. Janob Rasululloh uni olib ichdilar, keyin ul zot birlan birga kelgan kishi ham ichdi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:02:13
14- bob Shirinlik (halvo) va asal yeyish haqida

Zuhriy bunday deydilar: «Inson peshobini ichish qat’iyan man’ qilinadi chunki u nopokdur! Olloh taolo «Sizlar uchun pokiza ne’matlar halol qilindi»,— deydi»

Ibn Mas’ud ichkilikbozlik xususida bunday deydilar: «Olloh taolo o‘zingizga harom qilingan narsalarni iste’mol qilishingiz oqibatida sodir bo‘ladirgan dardlardan sizlarni xalos qiladirgan davoni yaratmadi»

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam halvo birlan asalni yoqtirar erdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:02:30
15-bob. Tik turgan holda (suv) ichmoq haqida

Nizol ibn Maysara rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali raziyallohu anhu masjid maydoni eshigi oldiga keldilarda, tik turgan hollarida (suv) ichdilar. So‘ng, odamlarga Ba’zi kishilar tik turib (suv) ichmoqlikni rad qilurlar, vaholanki men Janob Rasulullohning hozir ne qilganimni ko‘rgan bulsangiz, shunday qilganlarini ko‘rganman»,— dedilar».

Abdulmalik ibn Maysara rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali raziyallohu anhu peshin o‘qib, so‘ng odamlar ishini hal qilmoq uchun Kufa maydonida asrga qadar qolib ketdilar. Keyin, ul kishiga suv keltirishib erdi, ichdilar yuz-qo‘llarini yuvdilar va boshlari birlan ikki oyoqlarini esladilar (ya’ni, boshlari birlan oyoqlariga mash tortishni unutgan erdilar, keyin ularga mash tortdilar) So‘ng, o‘rinlaridan turib tik turgan hollarida ortib qolgan suvni ichdilar. Keyin odamlarga «Ayrim odamlar tik turgan holda suv ichmoqlikni rad qilurlar, vaholanki Janob Rasululloh men qilgandek qilganlar»,— dedilar»

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tik turgan holda Zamzam suvidan ichdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:02:53
16- bob Tuyasini minib (Arafotda vuquf qilib) turgan holda sut ichgan kishi haqida

Ibn  Abbosning mavlolari   Umayr rivoyat   qiladilar:   «Ummulfazl  Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga, ul zot kechqurun (tuyalariga minib) Arafotda (vuquf qilib) turganlarida, bir qadah sut yubordilar. Shunda Janob Rasululloh uni qo‘llariga olib ichdilar».

Abunnazr raziyallohu anhu «tuyalariga minib» deb qo‘shimcha qiladilar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:03:07
17-bob. Ichishning (avval) o‘ngdagi, so‘ng (yana) o‘ngdagi (odamdan) boshlanmog‘i haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga suv qo‘shilgan sut keltirildi, shunda ul zotning o‘ng yonlarida bir badaviy va chap yonlarida Abu Bakr as-Siddiq turgan erdilar. Janob Rasululloh sutni ichib, so‘ng (qolganini) badaviyga uzatdilar-da «(Avval) o‘ngdagi so‘ng (yana) o‘ngdagi (kishiga uzatmoq lozim)!» —dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:03:20
18-bob. Kishi biror ichimlikni uzatishda o‘zining o‘ng tomonidagi odamdan: «Avval sendan kattaroqlarga uzaqam, maylimi?» — deb izn so‘raydimi?

ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga meva sharbati keltirishib erdi, undan ichdilar. Shunda ul zotning o‘ng tomonlarida bir yigit va chap tomonlarida keksalar o‘ltirishgan erdi. Janob Rasululloh yigitdan «Avval anavi keksalarga uzaqam, ruxsat berursanmi?» —deb so‘radilar. Yigit: «Olloh taolo haqi, yo Rasulalloh, sizdan tegadirgan nasibamdan voz kechmagayman!»— dedi. Shunda Janob Rasululloh uning qo‘lini chimchilab qo‘ydilar?
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:03:38
19-bob. Hovuzdan suv ichmoq haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir sahobalari birlan birga bir kishining hovlisiga kirdilar-da, unga salom berdilar, saxobalari ham salom berdi. Xonadon sohibi alik olgach: «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo‘lsinlar, shunday jazirama vaqtda nima qilib yuribsiz?!»—dedi. Shunda u bog‘ini sug‘orib turgan erdi. Janob Rasululloh: «Agar meshda tindirib qo‘yilgan suving bo‘lganida erdi! Bo‘lmasa hovuzdan ham nchib ketaveramiz!» — dedilar. Bog‘ini hanuz sug‘orishda davom etib turgan xonadon sohibi: «Yo Rasulalloh, menda meshda tindirib qo‘yilgan suv bor»,— dedi-da, chorpoyaga (supaga) chikdi, so‘ng bir qadahda suv olib, unga sut qo‘shdi. Janob Rasululloh (undan) ichdilar, keiin qaytarib berib erdilar, (qolganini) o‘zlari birlan birga kelgan kishi ichdi»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:04:05
20- bob Kichiklarning kattalarga xizmat qilmog‘i haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men yoshim kichik bo‘lsa-da, mahallada amakilarimga sharob quyib berib turgan erdim. Bir mahal, mast qilguvchi ichimlikning harom qilinganligi haqida ma’lum qilib qolishdi. Odamlar «Uni to‘kib tashlangizlar!» — deyishdi. Biz uni to‘kib tashladik» Mu’tamirning otalari bunday deydilar: «Men Anasga ; «Ular qanday ichimlik ichishayotgan erdi?» - - deb aytdim, Anas «Yangi uziltan va xom xurmolardan tayyorlangan ichimlik erdi» — dedi». Anasning o‘g‘li Abu Bakr «Ushanda Anas ularning xamri (mast qilguvchi ichimligi) bo‘lganini inkor qilmadilar», -deydilar
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:04:23
21-bob. Idish ustini yopib qo‘ymoq haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar. «Tun qorong‘usi tushishi birlanoq bolalaringizni uyda mahkam ushlab o‘ltiringizlar chunki bu vaqtda shaytonlar chor atrofga tarqaladir. Tun qorong‘usi tushgan-dan bir soat o‘tgach ersa, bolalaringizni uy ichida qoldiringizlar-da, tashqariga chiqib «Bismillohir rahmonir rahiym» deb eshiklarni yopib kelingizlar, shunda shayton yopiq eshikni ocholmaydi. Keyin, «Bismillohir rahmonir rahiym» deb meshlaringizning og‘zini bog‘lab qo‘yingizlar, so‘ng yana «Bismillohir rahmonir rahiym» deb idishlaringizning ustiga biror narsa yopib qo‘yingizlar, keyin chiroqlaringizni o‘chirib yotingizlar!»

Ato Jobir raziyallohu anhudan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Tunda chiroqlarni o‘chirib, eshiklarni tambalab, meshlarning og‘zini bog‘lab hamda ovqatu ichimliklar ustini bir cho‘p birlan bo‘lsa ham yopib, so‘ng uyquga yotingizlar!».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:05:47
22- bob Meshlarning og‘zini buzib ulardan suv ichmoq haqida

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meshlarning og‘zini buzib ulardan suv ichmoqdan qaytardilar»

Ubaydulloh ibn Abdulloh Abu Sa’id al-Xudriyning bunday deb rivoyat kilganlarini eshitgan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meshlarning og‘zini buzmoqdan qaytardilar».

Mu’ammar yoki boshqa bir roviy. «Meshlarning og‘zini buzmoq, ya’ni bevosita ularning og‘zidan suv ichmoq demakdur»,— deydilar.
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:06:08
23-bob. Meshning og‘zidan suv ichmoq haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Garchi kishi qo‘shnisining o‘z hovlisida hatto qoziq qoqmog‘iga mone’lik qiladirgan darajadagi odam bo‘lsa-da, mesh og‘zidan suv ichmasin!» — dedilar»

Bu yerda yuqoridagi hadis qisqacha takrorlangan
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:06:22
24-bob. Idish ichiga nafasni kiritmoq haqida

Abu Qatoda otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar:
«Birortangiz (suv yoki boshqa biror ichimlik) ichsangiz, idish ichiga nafasingizni chiqarmangiz va agar birortangiz peshob qilsangiz o‘ng qo‘lingiz birlan olatingizni poklamangiz va agar birortangiz (ketingizni) artadirgan bo‘lsangiz, o‘ng qo‘lingiz birlan artmangiz!»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:06:44
25- bob Idish og‘zidan ikki yoki uch bor suv ichib, har gal nafasni tashqariga chiqarmoq haqida

Sumoma ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Anas idish ogzidan ikki yoki uch bor suv ichib, har gal nafaslarini idish tashqarisiga chiqardilar-da, «Rasululloh idish og‘zidan uch bor suv ichib, har gal nafaslarini tashqariga chiqargan erdilar»— deb ta’kidladilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:06:56
26-bob. Oltin idishda ichmoq haqida

Ibn Abu Laylo rivoyat qiladilar: «Huzayfa Madoin shahrida erdilar, chanqab qolib suv so‘radilar. Shunda qishloq oqsoqoli ul kishiga bir kumush qadahda suv uzatib erdi, uni olib otib yubordilar-da :«Men kumush qadahni undan foydalanmoqdan qaytarish maqsadidagina otib yubordim, u bo‘lsa buni anglamadi. Darhaqiqat, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizni harir va deboj kiymoqdan, oltin va kumush idishda ichmoqdan qaytarib, « Harir va deboj kiyimlar, oltin va kumush idishlar bu dunyoda ular (ya’ni, oxirati yo‘qlar) uchun bo‘lib, oxiratda ersa sizlar uchundur!»—deb aytganlar»,— dedilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:07:13
27-bob. Kumush idish haqida

Mujohid ibn Abu Laylodan naql qiladilar: «Biz Huzayfa birlan birga yo‘lga chiqdik. Shunda Huzayfa Janob Rasululloh haqlarida eslab aytdilarki, ul zot «Oltin va kumush idishlarda ichmangizlar, harir va deboj kiyim kiymangizlar, chunki bunday narsalar bu dunyoda ular (ya’ni, oxirati yo‘qlar) uchun bo‘lib, oxiratda ersa sizlar uchundur!» — degan erkanlar»

Janob Rasulullohniig jufti halollari bo‘lmish Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Kumush idishda (suv, ovqat va boshqalar) ichadirgan odamning qornida haqiqatan ham jahannam o‘ti gurkiraydi!» — dedilar».

Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga yetti narsani (qilmoqni) buyurib, yetti narsani (qilmoqni) man’ qildilar, kasalni borib ko‘rmoqni, janozaga bormoqni (ergashmoqni), aksa urgan kishi «Alhamdu lilloh!» desa, unga «Iarhamukalloh va yashfiyk!» deb javob qaytarmoqni, taklifga ijobat qilmoqni salomga alik olmoqni, mazlumga yordam qilmoqni va qasamga vafo qilmoqni amr qildilar hamda tilla uzuk taqmoqni, kumush idishda ichmoqni (yoki kumush idish tutmoqni), miysara, qassiy, harir, deboj va istabraq (kiyimlar) kiymoqni man’ qildilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:07:29
28-bob. Qadahlarda (suv, sut va boshqalar) ichmoq xususida

Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning arafa kuni ro‘zador yoki ro‘zador ermasliklari haqida shubhalanishdi. Shunda men ul zotga bir qadah sut yuborib erdim, ichdilar»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:07:47
29-bob. Janob Rasulullohning qadah va idishlaridan ichmoq haqida

Abu Burda rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Salom menga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muborak lablari tekkan idishda senga biror ichimlik quyib berayinmi?» — dedi».

Abu Hozim rivoyat qiladilar: «Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu bunday deb aytgan erdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir arab ayoli haqida so‘zlashdi. Shunda ul zot Abu Usayd as-So’idiyga o‘shal ayolga odam yubormoqni buyurdilar, u odam yubordi. Keyin, ayol Banu So’ida bog‘iga kelib tushdi. Janob Rasululloh u tomon yo‘lga chiqib yetib bordilar-da huzuriga kirdilar, ayol boshini quyi solib o‘ltirar erdi. Janob Rasululloh ayolga gapirgan erdilar, u «Olloh taolo meni sendan qutqarsin!» — dedi. Janob Rasululloh «Seni o‘zimdan qutqarib bo‘lganman!»—dedilar. Sahobalar unga «Sen bul zotning kim erkanliklarini bilurmisan?»—deyishdi. Ayol: «Yo‘q»,— dedi. Sahobalar: «Bul zot Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdurlar, seni o‘zlariga xotinlikka so‘ragani kelganlar»,— deyishdi. Ayol «Men shundan iztirobdaman!»— dedi. Janob Rasululloh o‘shal zamonoq uydan qaytib chiqdilar-da, Banu So’ida ayvoniga borib o‘ltirdilar, sahobalar ham borib o‘ltirishdi. Keyin, ul zot menga «Ey Sahl, bizning tashnaligimizni qondirgil!»—dedilar. Men bir qadah olib chiqib, ularning barchasiga suv quyib berdim»
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:08:00
«Sahl bizga o‘shal qadahni olib chiqib berdi,— deydilar Abu Hozim — biz unda qonib (suv yoki boshqa biror ichimlik) ichdik. Keyin uni Umar ibn Abdulaziz o‘zlariga sovg‘a qilmoqni so‘radilar, Sahl sovg‘a qildi»

Osim al-Ahval rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qadahlarini Anas ibn Molikning uylarida ko‘rdim, u darz ketgan bo‘lib, darzi kumush zanjir birlan bog‘lab qo‘yilgan erdi (Afsus) u sof yog‘ochdan qilingan kattagina bir yaxshi qadah erdi. Anas Men bu qadahda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga falon va falon martadan ortiq suv ichirganman» — deb aytgan erdi».

Ibn Sirin bunday deydilar: «Uning (qadahning) temir halqasi bo‘lib, Anas uning o‘rniga oltin yoki kumush halqa o‘rnatmoqchi bo‘ldilar. Shunda Abu Talha ul kishiga «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘rnatib qo‘ygan narsalarini o‘zgartirmagil!» — deb erdilar, temir halqani o‘z joyida qoldirdilar».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Doniyor 25 Oktyabr 2006, 08:08:39
30- bob Tabarruk qilib berilgan suvni ichmoq va tabarruk suv haqida

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu Solim ibn Abu al-Ja’dga bunday deb aytgan erkanlar: «Sen o‘shanda meni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ko‘rgan erding. Asr vaqti bo‘lib qolib, mesh tagida qolgan suvdan bo‘lak suvimiz yo‘q erdi. Shunda biz meshning og‘zini pastga qilib to‘nkargan erdik. Janob Rasululloh kelib qo‘llarini meshning og‘ziga tiqdilar-da panjalarini yozdilar. So‘ng «Ey tahorat olguvchilar Olloh taolodan baraka tilangan suvga oshiqingizlar!»—deb nido qildilar. Shunda men meshdagi suvning ul zotning barmoqlari orasidan otilib chiqayotganini ko‘rdim. Odamlar o‘sha suvdan tahorat olishdi, ichishdi. Qani endi qornimdagi suvning menga naqadar huzur baxsh etganligini bilsangiz erdi! Men uning ichishim birlanoq haqiqatan ham tabarruk erkanligini sezdim!» Men Jobirga «Ushanda qancha kishi erdingizlar?» — dedim. Jobir «Bir ming to‘rt yuz kishi» — dedi».
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2007, 07:45:59
MUNDARIJA

Kitob ul-Mag‘oziy (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg25031#msg25031) (Raxmatulloh qori Qosim o‘gli tarjimasi)
Qur’on tafsiri kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg25668#msg25668) (Raxmatulloh qori Qosim o‘gli tarjimasi)
Qur’on fazilatlari kitobi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg27480#msg27480)(Raxmatulloh qori Qosim o‘gli tarjimasi)
Nikoh kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg27759#msg27759) (Xoja Baxtiyor Nabixoi o‘gli tarjimasi)
Taloq kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg28163#msg28163) (Xoja Baxtier Nabixon o‘gli tarjimasi)
Nafaqalar kitobi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg28228#msg28228)(Xoja Baxtier Nabixon o‘gli tarjimasi)
Taomlar kitobi  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg28245#msg28245)(Xoja Baxtiyor Nabixon o‘gli tarjimasi)
Aqiqa kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg28557#msg28557) (Xoja Baxtiyor Nabixon o‘gli tarjimasi)
Qurbonlik, ov va tasmiya aytmoq haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg28562#msg28562) (Xoja Baxtiyor Nabixon o'g'li tarjimasi)
Qurbon qilinadirgan jonlig‘lar haqida kitob (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg28604#msg28604) (Xoja Baxtiyor Nabixon o‘g'li tarjimasi)
Ichimliklar haqida kitob  (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.msg28621#msg28621)(Xoja Baxtiyor Nabixon o‘gli tarjimasi)
Nom: Re: AL-JOME' AS-SAHIH (3-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy
Yuborildi: AbdulAziz 07 Iyun 2009, 01:09:40
Al-Jome' as-sahih. 3-jild

(http://www.ziyouz.com/images/books/sahih3.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=85)

Muallif: Imom al-Buxoriy
Hajmi: 1,15 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=85)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=836.0)