forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Islomiy kitoblar => Mavzu boshlandi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:05:56

Nom: Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:05:56
Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim

SAHIHI MUSLIM
(Ishonarli to'plam)

1-jild


Sahihi Muslim. 1-kitob

(http://www.ziyouz.com/images/books/sahihi_muslim1.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=82)

Muallif: Imom Muslim
Hajmi: 442 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=82)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=840.0)


MUNDARIJA

Imom Muslim haqlarida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=840.msg25271#msg25271)
Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=840.msg25271#msg25271)
Iymon kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=840.msg25729#msg25729)
Tahorat kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=840.msg26686#msg26686)
Hayz kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=840.msg27320#msg27320)
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:07:50
Imom Muslim xaqlarida       

Imom, hofiz, muhaddis Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim ibn Vard al-Qushayriy an-Nisoburiy hijriy 204 hijriy (milodiy 819) yili, ba’zi manbalarga ko‘ra esa, 206-821 yillarda Nisoburning Qushayr qishlog‘ida tug‘ilganlar. Dastlabki ta’limni otalari, o‘sha davrning yirik ulamosi Hajjojdan olganlar. 218 hijriy sanada shayxlari Yahyo ibn Yahyo at-Tamimiydan hadis eshitishni boshladilar.

12 yoshda Qur’oni karimni hifz qilganlar. 220 hijriy sanada haj fazrini ado etganlar.
Sifatlari — mukammal qomatli, soch-soqoli oq, bazzoz bo‘lganlar.

Avvalgi asrlarda hadis talabida safar qilish ahli hadisning shiori edi. Chunki sunnat va asarlarni biluvchilar Islom o‘lkalariga tarqalib ketishgan edi.

Imom Muslimning birinchi safarlari 220 hijriy sanada boshlangan edi. Makkada shayxlari Abdulloh ibn Maslama al-Qa’nabiydan hadis eshitdilar. Shuningdek, qaytayotganlarida Ko‘fada Ahmad ibn Yunus va bir nechta jamoadan hadis eshitib qaytdilar.

Ikkinchi safarlari 230 hijriy sanadan oldinroq bo‘ldi. Bunda ham ko‘plab o‘lkalarni hadis talabida kezib chiqdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:08:11
Kirib o‘tgan shaharlari nomi

1. Xuroson va uning atrofidagi shaharlar.
2. Ray shahri.
3. Iroq, Ko‘fa, Basra, Bag‘dod. Bu shaharlarga bir necha marta kirdilar.
4. Hijoz, Makka va Madina shaharlari.
5. Shom. Imom Xatib, Ibn Asokir, Sam’oniy va boshqalar Shomga kirganlarini isbotlashadi. Ammo Imom Zahabiy: «Shom atrofiga kirganlar, lekin Damashqqa kirmaganlar», deb aytdilar.
6. Misr.

Imom Muslimning hadis ilmida yetuk ekanliklariga kibor ulamolardan bir nechtalari guvohlik berishgan. Ulardan Ahmad ibn Salama Nisoburiy, Abu Zur’a, Abu Hotamlar guvoh bo‘lishgan.`
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:08:41
Imom Muslim hadis ilmining quyidagi sho‘‘balarida kuchli ekanliklari namoyon bo‘lgan:

1) Hadis ilmi;
Bu ilm hadisning matni, sanadi, nasslarining yod olingani, hadisdagi ixtilof va ziyodasini, hadisning sahih va zaifini hamda marfu’, mavqufi va maqtu’larini bilishdir.

Imom Muslimning shoh asarlari «Sahihi Muslim»dir. U zotning uzoq yillar davomidagi mashaqqatli mehnatlari va butun aql-zakovatlarining samarasi bo‘lgan ushbu asar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislariga bag‘ishlangan eng e’tiborli va muhim manbalardan biridir. Sahih deb e’tirof qilingan oltita sahih kitobining ikkinchisidir. Ilm ahllari orasida bu asar «Jome’» yoki «Musnad» nomlari bilan ham yuritiladi.

«Sahihi Buxoriy» va «Sahihi Muslim» Islom olamida haqli ravishda Qur’oni karimdan keyingi asosiy manbalar hisoblanadi. Imom Muslimning sahih kitoblari Buxoriyning sahih kitoblaridan keyingi o‘rinda turishiga butun ummat ittifoq qilishgan.

Bu haqda u zot o‘zlari: «Bu musnadga bir narsa kiritsam, faqat hujjat bilan kiritdim. Biror narsa tushirsam ham, faqat hujjat bilan tushirdim. Sahih kitobim o‘zim eshitgan uch yuz ming hadislardan tanlab olingan», deb aytdilar.

Uning tasnifi uchun o‘n besh yil vaqt ketdi. Mana shu yil mobaynida hadislarni to‘plab yig‘ganlari uchun ham Alloh bu kitobning martabasini ko‘tardi.`
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:09:01
2) Ilmu rijolil hadis;
Muhaddislar sanadlarni ajratishda e’timod qiladigan eng asosiy narsa shudir. Bunda ismlar, kunyalar, laqablar, nasablar o‘rganiladi.

3) Ilmul jarh vat-ta’dil;
Bunda hadis rivoyat qiluvchilarning kuchli yoki zaif ekanliklari tanqid qilinadi.

4) Ilmu ilalil hadis;
Bir hadis ilmining eng maxfiy hamda daqiq bo‘lagidir.
Imom Muslim shu fanlarda ko‘plab asarlar bitganlar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:09:11
Imom Muslim safarlari davomida ko‘plab shayxlardan hadis eshitganlar. Hofiz Zahabiy Imom Muslim sahihlarida rivoyat qilgan shayxlarini sanab 220 taga yetkazdilar. Ulardan mashhurlari:

1. Abdulloh ibn Maslama al-Qa’nabiy;
2. Ahmad ibn Hanbal;
3. Ishoq ibn Rohavayh;
4. Yahyo ibn Mu’iyn;
5. Ishoq ibn Mansur al-Kuvsaj;
6. Abu Bakr ibn Abu Shayba;
7. Abdulloh ibn Abdurahmon Doramiy;
8. Abu Kurayb Muhammad ibn A’lo;
9. Muhammad ibn Abdulloh ibn Numayr;
10. Abd ibn Humayd;
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:09:24
Imom Buxoriy, Zuhaliy va Ibn Madiyniylar ham u zotning ustozlaridan edi. Muslim ibn al-Hajjojning Imom Buxoriyga nisbatan muhabbatlari cheksiz bo‘lib, u zotga g‘oyatda izzat-ikrom va ehtirom ko‘rsatadilar. Bir kuni Imom Buxoriyning huzurlariga kelib, u zotni yuz-ko‘zlaridan o‘pib: «Ey ustodlarning ustodi, muhaddislarning sayyidi, illatli (noqis) hadislarning tabibi! Menga oyoqlaringizni o‘pishga ruxsat qiling», deb murojaat qiladilar. Imom al-Buxoriy Nishopurda turgan vaqtlarida u zotdan bir qadam ham ajralmasdan, ertayu kech u zotning yonlarida bo‘ldilar.

Imom Buxoriy Muslimning ustozlaridan biri bo‘lishlariga qaramasdan, u kishidan birorta hadis rivoyat qilib sahihlariga kiritmaganlar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:09:32
Imom Muslimning shogirdlari

1. Muhammad ibn Abdulvahhob al-Farro;
2. Abu Hotam Muhammad ibn Idris;
3. Abu Bakr Muhammad ibn Nazr ibn Salama;
4. Ali ibn Husayn ibn Junayd ar-Roziy;
5. Solih ibn Muhammad Jazora
6. Abu Iso at-Termiziy;
7. Ibrohim ibn Abu Tolib;
8. Ahmad ibn Salama Nisoburiy;
9. Abu Bakr ibn Huzayma;
10. Makkiy ibn Abdon;
11. Abdurahmon ibn Abu Hotam Roziy;
12. Abu Homid Ahmad ibn Muhammad Sharqiy;
13. Abu Avona al-Isfaroniy;
14. Ibrohim ibn Muhammad ibn Sufyon.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:09:40
Imom Muslimning bizga yetib kelgan asarlari

1. Sahihi Muslim;
2. Kunya val-asmo;
3. Al-Munfaridot val vahdon;
4. Tabaqot;
5. Rijolu Urva ibn Zubayr;
6. Tamyiz.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:09:47
Imom Muslimning bizga yetib kelmagan asarlari

1. Al-Musnad al-Kabir ‘alar rijal;
2. Al-Jomi’ al-Kabir ‘alal abvab;
3. Al-Ilal;
4. Al-Afrod;
5. Al-Aqron;
6. Suolotuhu Ahmad ibn Hanbal;
7. Hadisu Amr ibn Shu’ayb;
8. Intifo’ biahabis sibo’;
9. Mashoyixu Molik;
10. Mashoyixu as-Savriy;
11. Mashoyixu Sho‘‘ba;
12. Man laysa lahu illa rovin vohid;
13. Kitobul Muxzaramiyn;
14. Avlodus sahoba;
15. Zikru ahvolul muhaddisiyn;
16. Afrodi Shomiyyin.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:10:33
Sahih Muslimga yozilgan sharhlar

1. Tafsir g‘ariyb as-sahihayn. Muallifi Humaydiy (vafotlari 488 hijriy yil).
2. Al-mufhim fi sharhi g‘ariyb Muslim. Muallifi Imom Abdulg‘ofir ibn Ismoil al-Forsiy (vafotlari 529 hijriy yil).
3. Al iyjoz v-al-bayon li-sharhi xutbat kitob Muslim ma’ kitab-il-iyman. Qurtuba qozisi Ibn al-Hoj (vafotlari 529 hijriy, 1134 milodiy) tomonidan yozilgan.
4. Sharh al-imom Abu-l-Qosim Ismoil ibn Muhammad al-Isfahoniy al-Hofiz (vafotlari 535 hijriy yil).
5. Al-Mu’lim fi favoid Muslim. Muallifi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Abu Tomiym al-Mozoriy (vafotlari 536 hijriy 1141 milodiy yil).
6. Ikmol al-Mu’lim bi-Favoid Muslim. U Al-Koziy Iyod al-Yahsabiyniki (vafotlari 544 hijriy 1149 milodiy yil).
7. Imod ud-Din Abdurahmon ibn Abulali al-Misriy (vafotlari 624 hijriy yil) tomonidan yozilgan sharh.
8. Siyanat Sahiyh Muslim Minal Ixval va-l-G’alat va Himoyatihi Minal Iskot va-s-Sakt nomli sharh Usmon ibn Abdurahmon ash-Shahruzuriy ibn as-Saloh (vafotlari 643 hijriy, 1243 milodiy yil) tomonidan ta’lif etilgan.
9. Al-Mufsih al-Muvhim va-l-Mufzih al-Mulhim Li-maoniy Sahiyh Muslim. Uning muallifi Abu Abdulloh Muhammad ibn Yah’ya al-Ansoriy (vafotlari 646 hijriy 124 milodiy yil).
10. Shamsuddin Abu-l Muzaffar Yusuf ibn Qaz o‘g‘li Sabat ibn al-Javziy (vafotlari 654 hijriy yil) tomonidan yozilgan sharh.
11. Al-mufhim Lima Ashkala mim Talhiys kitob Muslim. Muxtasar holda yozilgan bu sharh Abu-l-Abbos Ahmad ibn Umar ibn Ibrohim al-Qurtubiy (vafotlari 656 hijriy 1258 milodiy qalamiga mansubdir.
12. Minhoj al-Muhaddisiyn va Sabiyl Talbiyat al-Muhaqqiqiyn (yoki al-Minhoj fi sharhi sahiyh Muslim ibn al-Hajjoj deb ham yuritiladi). Uning muallifi An-Navaviy (vafotlari 676 hijriy, 1277 milodiy yil).
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:10:52
O’limlarining sababini zikr qilib aytishadiki, bir kuni u zot bir majlisda o‘tirsalar, bilmaydigan hadislari haqida so‘rab qolindi. Lekin u hadis haqida bilmasdilar. So‘ngra manzillariga qaytib chiroqlarini yoqib mutolaaga sho‘ng‘idilar. Ahllariga: «Mening huzurimga hech kim kirmasin», dedilar. Bir savatda xurmo hadya qilingan edi, o‘sha xurmodan tanovul qilib hadis qidira boshladilar. Shu alfozda savatdagi xurmodan yeb, his qilmagan holda qidirayotgan hadisni topib oldilar. Keyin shu sababli birdan holatlari og‘irlashib kasal bo‘lib vafot etdilar.

Imom Muslim 261 hijriy sana rajab oyining dushanba kechasi Nisobur shahrida 50 yoshdan biroz o‘tib dorulbaqoga rixlat qildilar.

Alloh rahm qilib, u zotdan rozi bo‘lsin!
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:11:12
Muqaddima
       
Bismillahir rohmanir rohiym

Butun olamlar Rabbi Allohga hamd bo‘lsin. Ishlarning oqibati taqvodorlar uchundir. Payg‘ambarlar xotimasi Muhammad alayhissalomga va jamiki nabiy va Rasullarga salavotu durudlar bo‘lsin. Amma ba’du...

Alloh senga rahm aylasin! Yaratganning tavfiqi bilan zikr qilinishicha, dinning amallari va ahkomlari haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan ma’sur xabarlarni bilish yo‘lida tadqiqot olib borishga qasd qilibsan. Bilginki, bu xabarlarda savob, iqob, targ‘ib qilish, qo‘rqitish va bundan boshqa har turlik sanadlar bor.

Alloh seni to‘g‘ri yo‘lga boshlasin! Sen mendan hamma narsani qamrab olgan avvalda takrori bo‘lmagan bir kitob ta’lif etishimni so‘rading. Chunki sen avvalgi katta-katta kitoblar dinni anglashda, ularni juz’iy hukmlarni olishda ma’lum mashaqqatlar tug‘diradi, degan gumonda ekansan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:11:24
Alloh seni hurmat qilsin! So‘ragan narsangni mulohaza qilib ko‘rsam, inshoalloh, uning oqibati maqtalgan va manfaatli narsa ekan. Ayniqsa bu ishni tugatar ekanman, boshqa insonlardan ko‘ra o‘zim ko‘p naf olganimni bildim.

Buning esa sabablari ko‘p, ularni zikr qilsam, gap cho‘zilib ketadi. Sabablaridan biri shuki, kishiga ozgina narsani chiroyli suratda ko‘pini muolaja qilishdan osonroq tuyuladi. Xususan, bu narsaning mohiyatini farqlay olmaydiganlar uchun shunday ko‘rinadi. Demak, vasf qilganimizdek, ozgina sahih (ishonarli) narsaga yetishish zaif narsaga erishgandan a’lodir.

Ammo bu sohadagi narsalarni ko‘paytirishdan ba’zi manfaatlar umid qilinadi. Bunda ko‘proq ma’rifatli va uning sabablariyu, illatlarini biladigan kishilar uchundir. Ammo ma’rifatli, qalbi uyg‘oq, aytganlarimizning sabablari va illatlarini yaxshi biladigan kishilar manfaati nazarda tutiladi. Lekin ularning aksi o‘laroq, avom kishilarning ular uchun ko‘p narsani talab qilishlarida hech ma’no yo‘q. Chunki ular hatto ozroq narsani o‘rganishga ham ojizlik qilishadi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:11:51
Inshoalloh, so‘ragan narsangni, ya’ni ushbu kitobda ta’lif etilgan hadislarni taxrij qilishni boshlayman. Avvalo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan naql qilingan xabarlarga suyanib, ularni takrorsiz uch qismga, zikri kelgan odamlarni esa uch tabaqaga bo‘ldik. Lekin shunday o‘rinlar ham borki, bir hadisning boshqasidan ziyodasi borligi yoki sanadida (hadisni rivoyat qilganlar)da illat mavjudligi uchun uni takroran keltirishga to‘g‘ri keladi. Chunki hadis rivoyat qilishda ba’zan ma’noni kengroq berishga to‘g‘ri kelib qoladi. Bu esa tom ma’nodagi hadis o‘rniga o‘tadi. Demak, ma’noda ziyodasi bo‘lgan hadisni qaytadan, ya’ni qisqa holda keltirishimiz yoki hadisni o‘sha muxtasar holida zikr etib, ma’nosini imkon boricha mufassalroq bayon etishimiz zarur bo‘ladi. Lekin batafsil keltirish qiyin bo‘lib qolsa, mashaqqat tug‘dirsa aslicha zikr etish bezarardir. Batafsil keltirishga hojat tug‘ilmagan hollarda shundog‘icha berishni ma’qul topdik.

Birinchi navbatda ayblardan holi, saralangan, hadislarni naql qilishda istiqomatli, rivoyatida qattiq ixtilofi va o‘ta chigalligi bo‘lmagan kishilarning xabarini olishga qasd qildik. Chunki, ko‘plab muhaddislarning rivoyatlari ana shunday illatlardan holidir. Bunday kishilarning xabarlarini keltirgach, ular orqasidan sanadida unchalik noziklik va hoziqlik bo‘lmagan rivoyatlarni zikr etishga ham to‘g‘ri keladi. Bundaylar safiga rostgo‘ylik, ilm va sofdillikda tan olingan Ato ibn Soib, Yazid ibn Abu Ziyod va Lays ibn Abu Sulaym kabi asarlarni yetkazuvchi va xabarlarni naql qiluvchi kishilarni kiritish mumkin. Ularning ilm va soflikda fazilatli, ahli ilm o‘rtasida taniqli ekanliklarini tan olsak-da, boshqa ba’zi muhaddislar rivoyatdagi istiqomat va mohirliklari tufayli ularning maqom va martabalarini afzalroq deb bilinadi. Chunki istiqomat va mohirlik ilm ahli huzurida baland daraja va yuqori xislatdir. Agar yuqorida zikr etilgan uch kishi, ya’ni Ato, Yazid va Layslarni boshqa uch muhaddis Mansur ibn Mu’tamir, Sulaymon al-A’mash va Ismoil ibn Abu Xolidlarga solishtiradigan bo‘lsak, hadisning istiqomati va aniqligida katta farq borligi, bu borada ularga tenglasha olmasliklari ayon bo‘ladi. Shak-shubha yo‘qki, hadis ilm ahli nazdida Mansur, A’mash va Ismoillar rivoyat qilgan hadislarida aniqlik bor, lekin Ato, Yazid va Layslar rivoyatida bu darajada aniqlik uchratilmaydi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:12:03
Agar zamondosh ulamolardan Ibn Avn va Ayub Sixtiyoniyni yana ikki muhaddis Avf ibn Jamila va Ash’as al-Humroniylarga solishtiradigan bo‘lsak, keyingi ikki olim avvalgi ikkovi kabi mavqedadir. Ammo avvalgi ikki kishi bilan keyingi ikkovlon o‘rtasida fazilatda hamda hadislarni naql qilishdagi sahihlik (ishonarlilik)da farq bordir. Avf va Ash’as ilm ahliga xos rostgo‘ylik va omonatdorlikdan chetlatilgan emas. Lekin, biz ilm ahlini nazdidagi holatlarni zikr etdik. Ularning ism-shariflarini keltirishdan maqsadimiz - ilm ahli tutgan yo‘lni bayon etish, xolos. Qadr — qimmati oliy kishilar darajasidan pastlatilmaydi, ilmda qadri past kishilar oliy martabalarga ko‘tarilmaydi. Oisha (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bunday rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga odamlarni o‘z o‘rniga qo‘yishni amr qildilar». Qur’oni karimda marhamat etiladi: «Har bir ilm sohibining ustida (undan ustunroq) bilimdon bordir». (Yusuf surasi, 76 — oyat mazmuni). Biz ana shu fikrlarni zikr etish bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam naql etilgan xabarlar borasida so‘raganlaringga javob berishga harakat qildik.

Kitobda hadis ahli nazdida zaiflikda ayblangan kishilarning rivoyatini keltirish bilan mashg‘ul bo‘lib o‘tirmadik.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:12:14
Bular - Abdulloh ibn Misvor, Amr ibn Xolid, Abdulquddus Shomiy, Muhammad Said al-Maslub, G’iyos ibn Ibrohim, Sulaymon ibn Amrlardir. Ular va ularga o‘xshagan ayrim kishilar hadislar to‘qish va xabarlarni urchitib ko‘paytirishda ayblanishgan.

Agar rivoyat qilgan hadisining ko‘p qismi ana shunday bo‘lsa, uning hadisi maqbul emas va amaldan qolgandir. Mana shunday muhaddislar qatoriga Abdulloh ibn Muharrar, Yahyo ibn Abu Unaysa, Jarroh ibn Minhol, Abbod ibn Kasir, Husayn ibn Abdulloh, Umar ibn Suhbonlar kirishadi.

Ana shular kabi rivoyatlari inkor qilinganlarning hadislari ustida to‘xtalmaymiz va mashg‘ul bo‘lmaymiz. Chunki muhaddis rivoyat qilgan hadisining ilm ahli qabul qiladigan hukmiga ko‘ra, o‘sha muhaddis ilm ahli orasidagi ishonchli kishilarga qo‘shilib yurishi, ular rivoyat qilgan hadislarining ba’zilarini yod olishi va o‘z rivoyatining ular bilan muvofiq bo‘lishga diqqat-e’tiborini qaratishi lozim edi. Endi shu shartlar topilsayu, so‘ngra biror narsani ziyoda qilgan bo‘lsa ziyoda qilingan narsa ashoblarida bo‘lmasa ham qabul qilinaveradi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:12:45
O’ziga va ulug‘ligiga, hadis yod olgan ashoblari ko‘pligiga shubha bo‘lmagan o‘zi va boshqalar rivoyat qilgan hadislarni aniqlashga qodir Imom Zuhriy yoki Hishom ibn Urva kabilar rivoyat qilgan hadislar ilm ahli nazdida to‘liq va sherikli sanaladi. Ikkovlari rivoyat qilgan hadislarning aksarini boshqalar ham naql qilishgan. Lekin ikkovi yoki birlaridan bir necha kishi shunday rivoyat qilganki, biror kishi ularni o‘sha ikkovlaridan deb bilmaydi. Demak, bular sahih hadisda sherik emasdirlar. Bu kabi kishilarning rivoyat qilgan hadisini qabul etish joiz emasdir. Vallohu a’lam.
Kitobda hadis mazhabi, uning ahlining, to‘g‘ri yo‘lni istab, unga ergashmoqni istaganlarga bergan ko‘rsatmalarini sharhlab o‘tdik. Sharh va izoh zarur bo‘lib qolgan o‘rinlarda, illatli xabarlar zikri kelganda biz batafsil to‘xtalamiz.

Alloh rahm qilsin! Taassufki, o‘zini muhaddis deb atab, zaif hadislarni va munkar rivoyatlarni o‘ziga ep ko‘rgan hamda ishonchli, taniqli, rostgo‘y, omonatdor va tillari bilan iqror kishilar naql qilgan mashhur sahih hadislarini tark qilgan kimsalar ham bor. Mana shunday hadislarning aksariyati johil odamlarga yetib borgan. Bu hadislar inkor etilgan, rozi bo‘linmagan, rivoyati yomon ko‘rilgan kimsalar tomonidan naql etilgandir.

Molik ibn Anas, Sho‘‘ba ibn Hajjoj, Sufyon ibn Uyayna, Yahyo ibn Said al-Qatton, Abdurahmon ibn Mahdiy va boshqa imomlar haqida so‘raydigan bo‘lsang, ular naql etgan narsalar aniq ekani haqida javob berish yengildir. Lekin noaniq, zaif sanadli va munkar xabarlarni tarqatib, hadisning aybini bilmaydigan avom ommaga yetkazuvchilar haqida so‘ragan savolinga javob berishga qalblarimiz to‘sqinlik qilmoqda.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:13:20
1-bob       
Ishonchli kishilardan rivoyat qilishning vojibligi va yolg‘onchilarni tark qilish hamda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on ishlatishdan ogohlantirish haqida


Bilgin, Alloh seni muvaffaq qilsinki, hadisning to‘g‘ri va noto‘g‘risini ajratgan har bir kishi faqat ishonchli, sofdil kishilar naql etgan hadislarnigina rivoyat qilib, bid’atchi va o‘zbilarmonlarning rivoyat qilgan hadisidan chetlanmog‘i lozim. Bu so‘zimizning dalili xilof bo‘lmagan holda Allohning quyidagi oyatlarida aksini topgan: «Ey mo‘minlar! Agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biron qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizga afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab-tekshirib ko‘ringlar» (Hujurot surasi, 6-oyat); «Va sizlar rozi bo‘ladigan (adolatli) guvohlardan (guvoh qilinglar)» (Baqara surasi, 282-oyat); «O’zlaringizdan (ya’ni, musulmonlardan) bo‘lgan ikki adolat sohibini guvoh qilinglar» (Taloq surasi, 2-oyat). Bu oyatlardan bildikki, fosiq kishining xabari nuqsonli va qabul etilmaydi. Albatta adolatsiz kishining shahodati rad qilingan. Agar xabar bilan shahodatning ma’nolari ba’zi ko‘rinishlarda farqli bo‘lsa ham, ko‘p o‘rinlarda jamlanadi. Ilm ahli nazdida fosiqning xabari maqbul emas. Shu singari fosiqning shahodati ham barchalarining nazdlarida maqbul emas. Qur’on fosiqning xabarini inkor qilganidek, sunnat ham munkar xabarli rivoyatlarni quyidagi mashhur hadisda aytilganidek rad etadi:

1/1. Mug‘iyra ibn Sho‘‘ba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim mening nomimdan yolg‘on deb gumon qilingan hadisni aytsa, bas, u yolg‘onchilarning biridir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:13:42
2-bob       
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on ishlatish odobsizlik ekani haqida


2/1. Rib’iy ibn Xirosh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot Ali roziyallohu anhuning quyidagicha xutbalarini eshitganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga nisbatan yolg‘on gapirmanglar. Chunki kim menga nisbatan yolg‘on gapirsa, do‘zaxga kiradi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:13:50
3/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim menga nisbatan ataylab yolg‘onni qasd qilsa, joyini do‘zaxdan tayyorlab qo‘ysin», degan so‘zlari meni ko‘p hadis aytishdan to‘sib turadi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:14:07
4/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim mening nomimdan qasddan yolg‘on gapirsa, joyini do‘zaxdan tayyorlab qo‘yaversin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:14:19
5/4. Ali ibn Rabiy’a roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Masjidga bordim. Mug‘iyra Ko‘faning amiri edilar. Mug‘iyra: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Menga nisbatan yolg‘on gapirish boshqa biron kishiga nisbatan yolg‘on gapirish kabi emas. Bas, kim menga nisbatan yolg‘on gapirsa, joyini do‘zaxdan tanlab qo‘yaversin», deb aytganlarini eshitdim», dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Lekin «Menga nisbatan yolg‘on gapirish boshqa biron kishiga nisbatan yolg‘on gapirish kabi emas» jumlasi zikr qilinmagan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:15:15
3-bob       
Har bir eshitgan narsasini gapirishdan qaytarish to‘g‘risida


6/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishining har bir eshitgan narsasini gapirmog‘i yolg‘onchi ekanligiga kifoya qiladi», dedilar.

Bu yerda mana shu hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:22:10
7/2. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: «Kishining har bir eshitgan narsasini gapirishi yolg‘onchi ekanligiga yetarlidir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:22:22
8/3. Ibn Vahb aytdilar: «Molik menga: «Bilki, har bir eshitgan narsasini gapiraveradigan kishi (xatodan) omonda bo‘lmaydi. Va har bir eshitgan narsasini gapiraveradigan kishi hech qachon imom ham bo‘lmaydi», dedi».

(Izoh: bu hadisda namozdagi imom nazarda tutilmagan. Hadisning ma’nosi shunday: «Har bir eshitgan hadisini rivoyat qilaveradigan kishi so‘zi e’tiborga olinadigan, ergashiladigan kishilardan bo‘la olmaydi». Vallohu a’lam.)
Bu yerda 7-raqamli hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:22:30
9/4. Abdurahmon ibn Mahdiy: «Kishi eshitgan narsalarining ba’zisini (gapirishdan) o‘zida tiyib turmagunicha iqtido qilinadigan imom bo‘la olmaydi», deb aytdilar.

(Izoh: bu hadisda ham so‘zi e’tiborga olinadigan peshvo nazarda tutilgan.)
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:22:40
10/5. Sufyon ibn Husayndan rivoyat qilinadi. «Iyos ibn Muoviya mendan: «Sening Qur’on ilmiga muhabbat qo‘yganingni ko‘ryapman, menga bir surani o‘qib, tafsir qilib ber, uni qay darajada bilishingni ko‘rayin», deb so‘raganida, men uni(ng aytganini) qildim. Shunda u: «Senga aytadigan gaplarimni yodingda saqlab qol. Hadis xususida haqoratlanishdan ehtiyot bo‘l (ya’ni, to‘qima hadis aytib, odamlarning la’natiga giriftor bo‘lma"¦ — tarj.). Chunki ba’zida kishi (to‘qima) hadisni aytib, o‘zi xor bo‘ladi. Hadisi yolg‘onga chiqariladi», dedi».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:22:47
11/6. Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utbadan rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu: «Sen qavmga aqllari yetmaydigan biror hadisni aytmagin. Agar aytadigan bo‘lsang, ularning ba’zilariga fitna bo‘ladi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:23:08
4-bob       
Ishonchsiz kishilardan rivoyat qilishdan qaytarish va ulardan hadis olishda ehtiyot bo‘lish haqida


12/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimning oxirida shunday kishilar paydo bo‘ladiki, ular na sizlar va na otalaringiz eshitmagan hadislarni aytishadi. Sizlar bunday qilishdan saqlanib, o‘zingizni ulardan yiroq tuting», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:23:34
13/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Oxir zamonda yolg‘onchi dajjollar paydo bo‘lishadi. Ular na sizlar va na otalaringiz eshitmagan hadislarni olib kelishadi. Bas, ulardan chetlanib, o‘zingizni ulardan yiroq tuting. Sizlarni adashtirib, fitnalantirib qo‘ymasin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:23:45
14/3. Omir ibn Abadadan rivoyat qilinadi. Abdulloh roziyallohu anhu: «Albatta shayton bir kishi suratida gavdalanadi. Bas, u bir qavmga kelib, ularga yolg‘on hadislarni aytadi, shunda ular tafriqa qilishadi. Ulardan bir kishi: «Bir odamdan eshitdim, uning yuzini taniyman-u, ammo ismini bilmayman, o‘sha hadis aytdi», deydi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:25:49
15/4. Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anhu: «Albatta dengizga qamab qo‘yilgan shaytonlar bor. Ularni Sulaymon alayhissalom mahkamlab bog‘lab qo‘yganlar. Ularning chiqib, kishilarga Qur’on o‘qib berishi tez kunda sodir bo‘ladi», dedilar.

(Izoh: Aslida o‘qigan narsasi Qur’ondan bo‘lmaydi, lekin odamlarni adashtirish uchun Qur’ondan, deb o‘qiydi).
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:25:57
16/5. Tovusdan rivoyat qilinadi. Bushayr ibn Ka’b Ibn Abbos roziyallohu anhu huzurlariga kelib, hadis ayta boshladilar. Shunda Ibn Abbos u kishiga: «Falon hadisga qayt», dedilar. U kishi unga qaytdilar. So‘ngra hadis aytdilar. Va yana falon va falon hadisga qayt, dedilar. Bas, u kishi o‘sha hadisga qaytib: «Aytgan hadislarimning hammasini tan olib, buni inkor qildingmi yoki aytgan hadislarimning barchasini inkor qilib, buni tan oldingmi, bilolmay qoldim», deganlarida, Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis rivoyat qilar edik, chunki unga yolg‘on kiritilmas edi. Qachonki, odamlar to‘g‘ri va noto‘g‘ri yo‘llarga yuraveradigan bo‘lib ketishganidan (ya’ni, yaxshi va yomon yo‘lning farqi qolmaganidan) keyin u zotdan hadis aytishni tark qildik», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:26:05
17/6. Tovusning o‘g‘illari undan qilgan rivoyatda Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Biz hadis yodlar edik. Hadis faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan yodlanar edi. Ammo sizlar to‘g‘ri va noto‘g‘ri yo‘llarga yuraveradigan bo‘lib ketganingizdan keyin (hadisingizga ishonish) juda qiyin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:26:30
18/7. Mujohiddan rivoyat qilinadi. Bushayr al-Adaviy Ibn Abbos roziyallohu anhu huzurlariga kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unday deganlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar, deb gapira boshladi. Ibn Abbos uning gapiga quloq ham tutmadilar va unga qarab ham qo‘ymadilar. Shunda u: «Ey Ibn Abbos, nima bo‘ldi, hadisimga quloq solmayapsiz, sizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis rivoyat qilsam, eshitmayapsiz, gapirsam, unga quloq tutayotganingizni ko‘rmayapman», deganida, Ibn Abbos: «Biz ilgari agar biror kishidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar, degan so‘zni eshitsak, ko‘zlarimiz (uni ko‘rishga), quloqlarimiz esa eshitishga shoshardi. Qachonki, kishilar to‘g‘ri va noto‘g‘ri yo‘llarga yuraveradigan bo‘lib ketishganidan keyin odamlardan faqatgina bilgan narsalarimizni oldik, xolos», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:26:37
19/8. Ibn Abu Mulaykadan rivoyat qilinadi. «Ibn Abbos roziyallohu anhuga bir (maktub) yozib, mendan maxfiy bo‘lib qolgan narsalar xususida bir kitob yozib berishlarini so‘radim. Shunda u zot: «Bu samimiy bola, men unga maxfiy bo‘lib qolgan narsaning xabarini beraman», dedilar. Ali roziyallohu anhuning qilgan hukmlarini olib kelishni buyurdilar. Va undan ba’zi narsalarni yozib va ba’zi narsani (yozmasdan) o‘tib (tashlab) ketdilar. «Allohga qasamki, Ali roziyallohu anhu bu bilan hukm qilmaganlar. Bunday hukmni faqat adashgan kishi qiladi», deb aytdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:26:44
20/9. Tovusdan rivoyat qilinadi. Ibn Abbos roziyallohu anhuga Ali roziyallohu anhu hukmlari yozilgan kitob keltirildi. Ibn Abbos roziyallohu anhu undan bir miqdorini qoldirib, qolganini o‘chirdilar. Sufyon ibn Uyayna o‘sha miqdorni bilaklari bilan ishora qilib ko‘rsatdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:26:51
21/10. Abu Ishoqdan rivoyat qilinadi. Ali roziyallohu anhudan keyin ana shu narsalarda (rofiza va shia kabi firqalar) yangilik olib kelishganda, Ali roziyallohu anhuning yaqinlaridan biri: «Alloh ilmni fasod qilganlarni halok etsin», dedi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:26:58
22/11. Mug‘iyra: «Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadis tasdiqlanmas edi. Faqatgina Abdulloh ibn Mas’ud shogirdlari orqali qilingan bo‘lsagina, tasdiqlanar edi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:27:21
5-bob       
Albatta sanad dindandir. Rivoyat ishonchli kishilardan olinadi. Roviylarning kamchiligi bo‘lsa, ayblash joiz, balki vojibdir. Bu harom bo‘lgan g‘iybatlardan emas, balki mukarram shariatni himoya qilishdir


23/1. Muhammad ibn Siyrin: «Albatta ilm — dindir. Bas, diningizni kimdan olayotganingizga qarang», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:27:30
24/2. Ibn Siyrin: «Ilgari odamlar sanad haqida so‘rashmas edi. Qachonki, fitnalar sodir bo‘lgach, bizga «Hadis gapiruvchi kishilaringizni nomma-nom ayting», deydigan bo‘lishdi. Bas, ahli sunnaga qarab, ulardan hadis olinar edi. Va ahli bid’atga qarab, hadislari olinmas edi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:27:40
25/3. Sulaymon ibn Muso: «Tovusga yo‘liqib, falonchi undoq va bundoq, deb menga hadis aytmoqda, desam, u zot: «Agar gapirayotgan kishing ishonchli bo‘lsa, undan (hadisni) olavergin», dedilar», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:27:47
26/4. Ibn Abu Zinod otalaridan qilgan rivoyatda otalari: «Madinada yuz kishi bilan uchrashdim, ularning barchasi ishonchli edi. Lekin ulardan hadis olinmas va uning ahlidan ham emaslar, deb aytilar edi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:28:03
27/5. Mis’ardan rivoyat qilinadi. Sa’d ibn Ibrohim: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Faqat ishonchli kishilargina rivoyat qilib gapirishadi», deb aytganlarini eshitdim», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:28:43
28/6. Abdulloh ibn Muborak: «Hadisdagi sanad (ya’ni, falonchi pistonchidan rivoyat qilgan, deb nomma-nom zikr qilish) dindandir. Agar sanad bo‘lmasa, xohlagan kishi xohlagan narsasini aytaveradi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:29:45
29/7. Abdulloh ibn Muborak: «Biz bilan qavm orasida tirgak, ya’ni sanadlar bordir (agar sahih sanad bilan kelsa, hadisni qabul qilamiz, ammo zaif bo‘lsa, qabul qilmaymiz)», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:29:53
30/8. Abu Ishoq Ibrohim ibn Iso Tolaqoniydan rivoyat qilinadi. «Abdulloh ibn Muborakga: «Ey Abu Abdurahmon, ya’ni Abdulloh, «Namozingga qo‘shib ota-onangga ham namoz o‘qimog‘ing va ro‘zangga qo‘shib ota-onangga ham ro‘za tutmog‘ing yaxshilik qilganingdan keyingi yaxshilikdir», deyilgan hadis (menga) yetib keldi», desam, Abdulloh: «Ey Abu Ishoq, bu (hadis) kimdan?» dedilar. Men: «Bu Shihob ibn Xiroshdan», deganimda, «Ishonchli», dedilar. Yana: «U (hadisni) kimdan oldi?» deganlarida, «Hajjoj ibn Dinordan», desam, «Ishonchli», dedilar. Yana: «U (hadisni) kimdan oldi?» deganlarida, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar», dedim. Shunda u zot: «Ey Abu Ishoq, Hajjoj ibn Dinor bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rtalarida (ulov) hayvonining bo‘ynini kesuvchi uzoq cho‘l yo‘li bor. Va lekin sadaqada ixtilof yo‘qdir», dedilar». (Ya’ni, bu hadis hujjat qilinmaydi. Lekin kim ota-onasiga yaxshilik qilishni xohlasa, sadaqa qilsin. U mayyitga yetib boradi.)
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:30:00
31/9. Ali ibn Shaqiqdan rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Muborak odamlar oldida: «Amr ibn Sobit rivoyat qilgan hadislarni tark qilinglar. Chunki u salaflarni so‘kadi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:30:09
32/10. Abu Aqiyldan rivoyat qilinadi. «Qosim ibn Ubaydulloh va Yahyo ibn Said huzurlarida o‘tirgan edim. Yahyo Qosimga: «Ey Abu Muhammad, ya’ni Qosim sizga o‘xshash kishilardan din ishidan biror narsa so‘ralsa-da, senda u haqda na ilm, na yengillik va na muammoni yechib beradigan yo‘l bo‘lmasa, juda xunuk ishdir», deganlarida, Qosim u kishiga: «Nega bunday deyapsan?» dedi. Shunda u kishi: «Chunki siz hidoyatga boshlovchi ikki imom — Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumolarning farzandisiz», dedilar. Qosim u kishiga: «Ilmsiz gapirishim yoki ishonchli bo‘lmagan odamdan hadis olishim Alloh tarafidan ilm berilgan kishi nazdida bundan ham xunukroqdir», dedilar. Buni eshitib, u kishi javob bera olmay sukut qildilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:30:16
33/11. Abu Aqiyldan rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning farzandlaridan bir narsa haqida so‘ralganida, u kishida bu haqda ilm yo‘q edi. Yahyo ibn Said: «Sen kabi kishidan biror narsa haqida so‘ralsa-da, u haqda senda ilm bo‘lmasligini katta ish deb bilaman. Axir sen hidoyatga boshlovchi ikki imom Umar va Ibn Umarning o‘g‘lisan», deganida, u zot: «Allohga qasamki, Alloh huzurida va Alloh tarafidan ilm berilgan kishi huzurida ilmsiz gapirishim yoki ishonchsiz kishidan xabar berishim bundan-da kattaroqdir», dedilar. Ikkovlari bu haqda gaplashishganiga Abu Aqiyl Yahyo ibn Mutavakkil guvoh bo‘ldilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:30:42
34/12. Yahyo ibn Said: «Sufyon Savriy, Sho‘‘ba, Molik va Ibn Uyaynalardan hadisda ishonchli bo‘lmagan kishi haqida so‘radim. Bir kishi kelib, mendan u haqda so‘rayapti, desam, ular: «U kishi rivoyat qilgan hadis ishonib bo‘lmasligining xabar ber», deyishdi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:30:50
35/13. Nazrdan rivoyat qilinadi. (Abdulloh) ibn Avn roziyallohu anhudan Shahr nomli kishi hadisi haqida so‘ralganida, u zot eshik ostonasiga turib olib: «Albatta Shahr ta’na qilingandir. Albatta Shahr ta’na qilingandir», dedilar. (Ya’ni, u hadisda ishonchsizdir.) Imom Muslim: «Ibn Avn: «Odamlar Shahrni ayblashgan, uni (yomonlab) gapirishgan», deb aytgan», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:31:00
36/14. Sho‘ba: «Men Shahr ismli kishiga yo‘liqib, uning hadisiga e’tibor bermadim», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:31:08
37/15. Abdulloh ibn Muborakdan rivoyat qilinadi. «Men Sufyon Savriyga: «Sen Abbod ibn Kasirning holatini bilasan. Agar u hadis aytsa, katta ishni (xatoni) olib keladi. Men odamlarga undan (hadis) olmanglar, deb aytishimni maslahat berasanmi?» deganimda, Sufyon: «Ha», dedilar». Abdulloh: «Agar biror majlisda bo‘lsam, u yerda Abbod zikr qilinadigan bo‘lsa, uning dindagi holatini maqtardim va undan (hadis) eshitmanglar, deb aytib qo‘yardim», dedilar. Abdulloh ibn Muborak aytdilar: «Sho‘‘ba huzurlariga borsam, u zot: «Bu Abbod ibn Kasirdir, undan ehtiyot bo‘linglar», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:31:39
38/16. Iso ibn Yunusdan rivoyat qilinadi. «Men Abbodning eshigi oldida tursam, Sufyon uning huzurida ekanlar. U yerdan chiqqanlarida Abbod haqida so‘rasam, u zot menga uning yolg‘onchi ekanining xabarini berdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:31:49
39/17. Muhammad ibn Yahyo ibn Sa’iyd al-Qatton otalaridan qilgan rivoyatlarida otalari: «Solihlarning hadisdan boshqa biron narsada yolg‘on gapirishlarini ko‘rmaymiz (ya’ni, ular zaif hadislarni rivoyat qilib, qasd qilmagan holda, bilmasdan yolg‘on gapirib qo‘yishardi)», dedilar.

Ibn Abu Attob aytdilar: «Bu haqda Abu Muhammad ibn Yahyo ibn Sa’iyd al-Qattondan so‘rasam, u zot otalaridan rivoyat qilib: «Yaxshilik ahllarining hadisdan boshqa narsada yolg‘on ishlatishlarini ko‘rmaysan», dedilar». Imom Muslim: «Ularning tillarida yolg‘on aylanardi, lekin yolg‘onni qasd qilishmas edi, deb aytyaptilar», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:31:56
40/18. Xalifa ibn Muso aytdilar: «G’olib ibn Ubaydulloh huzuriga kirsam, u zot menga: «Makhul menga aytdilar, Makhul menga aytdilar», deb yozdirib turganlarida siydiklari qistashi bezovta qilib chiqib ketdilar. Men turib qog‘ozlariga qaradim. Unda Abon Anasdan va Abon falonchidan, deyilgan ekan. Men uni tark qilib o‘rnimdan turdim. (Keyin) Hasan ibn Ali Hulvoniydan eshitdim, u zot: «Affonning kitoblarida Hishom Abulmiqdom hadislarini va Umar ibn Abdulazizning hadislarini ko‘rdim», derdilar. Hishom: «Menga falonchi o‘g‘li Yahyo unga esa Muhammad ibn Ka’b aytib bergan», dnr edi. Shunda men Affonga: «Hishom Muhammad ibn Ka’bdan eshitgan ekan», desam, u zot: «Bu hadisda mana shu tomondan balolanildi. (Avval) Yahyo Muhammaddan eshitgan (hadisni) menga aytib berdi, deb so‘ngra (bevosita) Muhammaddan eshitganini da’vo qildi», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:32:03
41/19. Abdulloh ibn Usmon ibn Jabaladan rivoyat qilinadi. «Abdulloh ibn Muborakga «Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhuning «Fitr kuni mukofot kuni.....», deb aytgan hadislarini kimdan rivoyat qilgansiz?» desam, «Sulaymon ibn Hajjojdan», undan olgan narsangga qaragin», deb Sulaymonni maqtab qo‘ydilar. Abdulloh ibn Muborak: «(Men) «Dirham miqdoricha qon oqqan kishi» hadisini rivoyat qilgan Ravh ibn G’utayfni ko‘rdim. Uning yoniga o‘tirdim. Va uning rivoyat qilgan hadisi karih ko‘rilgani uchun oldida o‘tirishimni do‘stlarim ko‘rib qolishidan hayo qildim», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:32:14
42/20. Ibn Muborakdan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Baqiyya ismli roviy rostgo‘y kishidir. Lekin ishonchli va zaif kishilardan ham (hadis) olaveradi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:32:26
43/21. Sha’biy: «Horis al-A’var al-Hamdoniy menga (hadis) aytib berar edi. Va u yolg‘onchi edi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:32:45
44/22. Mug‘iyra aytadilar: «Sha’biyning: «Horis al-A’var menga hadis aytdi», deganini eshitdim. Holbuki, Sha’biy uni yolg‘onchilarning biri, deb guvohlik berar edi».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:32:52
45/23. Ibrohimdan rivoyat qilinadi. Alqama: «Qur’onni ikki yilda o‘qidim», dedilar. Horis esa: «Qur’on yengil, yozish undan murakkabroqdir», dedi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:32:58
46/24. Ibrohimdan rivoyat qilinadi. Horis: «Qur’onni uch yilda, yozishni esa ikki yilda ta’lim oldim», dedi. Yoki «Yozishni uch yilda, Qur’onni esa ikki yilda"¦», deb aytdi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:33:04
47/25. Ibrohim: «Horis (hadis rivoyat qilishda zaif, deb) ayblangan», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:33:11
48/26. Hamza az-Zayyotdan rivoyat qilinadi. Murra al-Hamdoniy Horisdan bir narsa eshitib, unga eshik oldida o‘ltirib tur, dedi. Murra uyiga kirib qilichini olganida, Horis yomonlikni sezib jo‘nab qoldi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:33:17
49/27. Ibn Avndan rivoyat qilinadi. «Ibrohim bizga: «Mug‘iyra ibn Sa’id va Abu Abdurahimlardan chetlaninglar. Chunki u ikkovi yolg‘onchilardir», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:33:24
50/28. Osim aytdilar: «Biz Abu Abdurahmon as-Sulamiyning huzurlariga yosh yigitlik paytimizda borar edik. U zot bizga: «Qissa aytuvchilar bilan birga o‘tirmanglar. Abu al-Ahvas u toifadan emas. Ammo Shaqiq (al-Kufiy)dan ehtiyot bo‘linglar», dedilar. Chunki Shaqiq xavorij toifasi fikrlarini ma’qullar edi. Lekin u mashhur tobe’in Abu Voil Shaqiq emas».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:33:33
51/29. Abu G’asson Muhammad ibn Amrdan rivoyat qilinadi. Jarir: «Jobir ibn Yazid al-Ju’fiy bilan uchrashdim. Lekin bu kishidan hadis yozib olmadim. Chunki bu kishi raj’aga ishonar edi», dedilar.

(Izoh: «Raj’a» rofiza toifasining «Ali roziyallohu anhu o‘lmagan, balki u bulutlar ustida», degan botil e’tiqodidir.)
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:33:39
52/30. Mis’ar aytdilar: «Jobir ibn Yazid bo‘lib o‘tgan hodisalar yuz berishidan oldin bizga hadis aytib berar edi».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:33:46
53/31. Sufyon aytdilar: «Hodisalar yuz berishidan oldin insonlar Jobir ibn Yaziddan hadis olar edilar (ya’ni, u rivoyat qilgan hadisni eshitishar edi). Qachonki, zohir bo‘lgan narsalar (ya’ni, undagi ayblar zohir bo‘lgani)dan keyin odamlar uning hadisiga tuhmat qildilar va ba’zilar tark qilishdi. «Nima zohir bo‘ldi?» deb so‘ralganida, «U raj’aga ishonar edi», deyildi».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:33:53
54/32. Jobir ibn Yazid al-Ju’fiy: «Men Abu Ja’fardan rivoyat qilingan yetmish ming hadis bor. U barchasini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:34:01
55/33. Zuhayr Jobirdan quyidagilarni eshitdilar: «Menda ellik ming hadis bor. Men hali undan hech narsa gapirmadim», dedilar. Kunlarning birida hadisdan so‘zlab: «Bu o‘sha ellik mingta hadisdan biridir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:34:08
56/34. Sallom ibn Abu Mute’ aytdilar: «Jobir ibn Yazid al-Ju’fiy: «Menda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so‘zlagan ellik ming hadis bor», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:34:15
57/35. Humaydiy aytadilar: «Sufyonning aytishlaricha, bir kishi Jobir al-Ju’fiydan Allohning kalomidagi «Bas, to otam menga izn bermagunicha yoki Alloh mening foydamga hukm qilmagunicha mana shu yerdan hargiz jilmayman. U zot hukm qiluvchilarning yaxshirog‘idir» (Yusuf, 80) oyati haqida so‘raganida, Jobir: «Uning ta’vili kelmagan», dedilar. Sufyon: «Jobir yolg‘on so‘zladi», dedilar. Biz Sufyondan: «Unday bo‘lsa, Jobir bu so‘zidan nimani iroda qilgan?» deb so‘rasak, Sufyon: «Rofiza toifasidagilar Ali roziyallohu anhuni bulut orasidadir, biz uning farzandlaridan biri bilan chiqsak, osmondan bir nido qilguvchi (Alini nazarda tutyapti) «Falonchi bilan birga chiqinglar», deb nido qilar edi», (deb e’tiqod qilishadi). Jobir al-Ju’fiy: «Oyatning ta’vili shu», der edi. U yolg‘on gapiradi. Aslida bu oyat Yusuf alayhissalom va u zotning inilari haqida nozil bo‘lgan», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:34:23
58/36. Sufyon aytdilar: «Jobir al-Ju’fiy o‘ttiz mingga yaqin hadis gapirib yurar edi. Men o‘sha hadislardan birortasini zikr qilishni o‘zimga ep ko‘rmas edim. Chunki menda unday va bunday narsa (ya’ni, unga nisbatan ishonchsizlik) bor edi».

Imom Muslim aytdilar: «Abu G’asson Muhammad ibn Amr ar-Roziy: «Men Jarir ibn Abdulhamiddan «Horis ibn Hasira bilan uchrashganmisiz?» deb so‘rasam, u zot: «Ha, men Horis bilan uchrashganman. U uzoq sukut qilib yuruvchi qariya bo‘lib, ulkan ishda, ya’ni hadis rivoyat qilishda qat’iyatli edi», dedilar», deb aytdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:34:40
59/37. Ayub Sixtiyoniy bir kuni bir kishini (Abdulkarimni) zikr qilib: «U to‘g‘ri so‘zli emas», dedilar. Va yana boshqa kishini zikr qila turib: «U (hadis orasida keladigan) raqamlarni oshirib, bo‘rttirib yuboradi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:34:46
60/38. Ayub Sixtiyoniy: «Mening bir qo‘shnim bor», deb uning fazilatlarini zikr qildilar-da, keyin: «Agar u huzurimda ikki xurmoga guvohlik bersa ham, uning guvohligini joiz deb bilmayman», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:34:52
61/39. Ma’mar: «Ayub Sixtiyoniyning Abdulkarim, ya’ni Abu Umayyadan boshqa biror kishini g‘iybat qilganlarini ko‘rmadim. Ayub u haqda zikr qilib: «Alloh Abdulkarimga rahm qilsin, u hadis rivoyat qilishda ishonchsiz edi. Bir kuni mendan Ikrimadan yetib kelgan hadisni so‘radi-da, boshqalarga Ikrimadan eshitdim, deb tarqatdi», dedilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:34:59
62/40. Hamom aytdilar: «Huzurimizga ko‘zi ojiz Abu Dovud Nufay’ ibn Horis kelib, Barrodan eshitganman, Zayd ibn Alqamadan eshitganman, deb hadislarni aytar edi. Biz bu haqda Qatodaga aytganimizda, u zot: «U yolg‘on aytyapti, ulardan hadis eshitgan emas. Haqiqatda u Jorif nomli vabo kelgan zamonda odamlardan narsa so‘rab, tilanchilik qilib yurar edi», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:35:06
63/41. Hamom aytdilar: «Ko‘zi ojiz Abu Dovud Qatodaning huzurlariga kirib, keyin chiqib ketayotganida odamlar: «Mana shu kishi Badr g‘azotida ishtirok etgan o‘n sakkiz sahoba bilan uchrashganman, deb aytuvchi», deyishdi. Shunda Qatoda: «Bu kishi Jorif nomli vabo kelishidan oldin tilanchilik qilib yurardi. U bironta hadisga e’tibor bermaydi va u haqda gapirmaydi. Allohga qasamki, Hasan Basriy ham Badrda ishtirok etgan sahobalardan og‘zaki hadis rivoyat qilib gapirmagan. (Abu Dovud Nufay’ ibn Horisga yo‘l bo‘lsin. Bu ulkan bo‘htondir.) Lekin Said ibn Musayyab Badrda ishtirok etgan bitta Sa’d ibn Molikdangina hadis rivoyat qilganlar», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:35:12
64/42. Raqaba aytdilar: «Abu Ja’far Hoshim al-Madaniy asli haq so‘zlarni gapirib: «Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislari», der edi. Vaholanki, ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan bo‘lmas edi. Ularni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan, deb rivoyat qilar edi».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:35:18
65/43. Yunus ibn Ubayd: «Amr ibn Ubayd hadis so‘zlashda yolg‘on ishlatar edi», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:35:25
66/44. Muoz ibn Muoz aytdilar: «Men Avf ibn Abu Jamilaga «Amr ibn Ubayd: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim bizga qurol ko‘tarsa, bizdan emas», deb aytgan hadislarini Hasandan eshitganman», deb bizga aytyapti», desam, Avf: «Allohga qasamki, Amr yolg‘on gapiribdi. (Ya’ni, aslida bu hadis sahih.) Lekin o‘zining qabih so‘ziga muvofiq bo‘lishini xohlab, shunday deb aytgan», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:35:32
67/45. Hammod ibn Zayd aytdilar: «Bir kishi Ayub Sixtiyoniydan hadis eshitib yurar edi. Ayub esa uni (keyinchalik) uchratmay qoldilar. Shunda atrofdagilar: «Ey Abu Bakr (Ayubning kunyalari shunday edi), u kishi sizni tark qilib, Amr ibn Ubaydni lozim tutdi (ya’ni, ustoz qilib oldi)», deyishdi». Hammod aytadilar: «Kunlarning birida biz Ayub Sixtiyoniy bilan bozorda barvaqt ketayotgan edik, haligi kishi peshvoz chiqdi, Ayub unga salom berdi. So‘ngra unga: «Menga xabar berilishicha, sen mana bu kishini («Amrning nomini aytdilar», deydilar Hammod) ustoz tutibsan», desalar, u kishi: «Ha, ey Abu Bakr! (Men uni ustoz qilib oldim), chunki u bizga g‘aroyib narsalarni aytib keladi», dedi. Shunda Ayub: «Albatta biz ana shunday g‘aroyib narsalardan qochamiz yoki hayiqamiz», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:35:38
68/46. Hammod ibn Zayd aytdilar: «Ayub Sixtiyoniyga «Amr ibn Ubayd Hasandan «Sharobdan mast bo‘lgan kishiga darra urilmaydi», deyilgan hadisni rivoyat qilibdi», deb aytilganida, Ayub Sixtiyoniy: «Amr ibn Ubayd yolg‘on gapiribdi. Men Hasanning «Sharobdan mast bo‘lgan kishiga darra uriladi», deb aytganlarini eshitganman», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:35:45
69/47. Sallom ibn Abu Mute’ aytdilar: «Ayub Sixtiyoniyga Amr ibn Ubayd huzuriga borayotganim xabari yetibdi. Kunlarning birida menga yuzlanib: «Diniga xotirjam bo‘lmaydigan kishingning aytayotgan hadisiga qanday qilib xotirjam qaraysan?» dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:35:52
70/48. Abu Muso: «Amr ibn Ubayd bid’atchi (ya’ni, qadariya toifasiga mansub) bo‘lishidan oldin bizga hadis aytar edi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:35:59
71/49. Ubaydulloh ibn Muoz Anbariy otalaridan rivoyat qiladilar. «Vosit qozisi Abu Shayba haqida so‘rab Sho‘‘baga xat yozdim. Sho‘‘ba javob yuborib, unda «Abu Shaybadan biror (hadis) yozib yurma va bu xatim yetib borishi bilan (o‘qib bo‘lgandan keyin fitna tarqalmasligi uchun) uni yirtib tashla», deb yozilgan ekan».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:36:06
72/50. Affon aytdilar: «Hammodga Solih al-Murriy Sobitdan rivoyat qilgan hadisni gapirsam, «U yolg‘on gapiribdi», dedilar. Hamomga ham Solih al-Murriy rivoyat qilgan hadisni gapirsam, «U yolg‘on gapiribdi», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:36:14
73/51. Abu Dovud aytdilar: «Sho‘‘ba menga: «Jarir ibn Hozimning huzuriga borgin-da, «Hasan ibn Umoradan hadis rivoyat qilish senga halol emas ekan», deb aytgin. Chunki Hasan yolg‘on so‘zlaydi», deganlarida, men Sho‘‘baga: «Nima uchun?» desam, u zot: «U Hakamdan, deb asli yo‘q hadislarni rivoyat qilib, gapirib yuribdi», dedilar. Men: «U gapirayotgan narsa nima haqida?» desam, u zot: «Hakamga «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Uhud g‘azotida o‘lganlarga janoza namozi o‘qiganlarmi?» deb aytgandim, u: «O’qimaganlar», dedi. Vaholanki, Hasan ibn Umora Hakamdan, u Muqsimdan, u Ibn Abbosdan, u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qilgan rivoyatda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Uhuddagi mayyitlarga janoza namozi o‘qib dafn qilganlar. Men Hakamga: «Zinodan tug‘ilgan bolalar haqida nima deysan?» deb aytgan edim, u: «Janoza o‘qiladi», deb aytdi. Men: «Kimdan rivoyat qilingan?» desam, u: «Hasan Basriydan», dedi. Vaholanki, bu hadisni Hasan ibn Umora Hakamdan, u esa Yahyo ibn Jazzordan, u esa Alidan rivoyat qilgan», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:36:24
74/52. Hasan Hulvoniy aytdilar: «Yazid ibn Horun: «Ziyod ibn Maymun va Xolid ibn Mahdujlardan biror narsa rivoyat qilmayman», deb qasam ichdilar. Va (bir kuni) Ziyod ibn Maymunga yo‘liqib, bir hadisni so‘rasam, u: «Bakr al-Muzaniydan eshitganman», dedi. So‘ngra qaytib kelib so‘rasam, «Muvarriqdan eshiganman», dedi. Yana qaytib kelib so‘rasam, «Hasandan eshitganman», dedi. Yazid ibn Horun Ziyod ibn Maymun va Xolid ibn Mahdujlarga yolg‘onchi, degan nisbat berdilar». Hulvoniy: «Abdusamad huzurlarida Ziyod ibn Maymunni zikr qilsam, unga yolg‘onchi, degan nisbat berdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:36:31
75/53. Mahmud ibn G’aylon aytdilar: «Men Abu Dovud at-Tayolisiyga: «Siz Abbod ibn Mansurdan ko‘p hadis rivoyat qildingiz. Nima uchun siz bu kishining Attora nomli ayol haqida gapirgan hadislarini eshitmaysiz? U hadis bizga Nazr ibn Shumayl orqali rivoyat qilingan», desam, u zot: « Jim bo‘l! Men Abdurahmon ibn Mahdiy bilan birga Ziyod ibn Maymun huzuriga borib: «Anasdan ana shu Attora nomli ayol haqidagi hadisni sen rivoyat qildingmi?» desak, u: «Qaramaysizlarmi, agar biror kishi gunoh sodir etib, (so‘ng) tavba qilsa, Alloh uning gunohini kechiradimi?» degan edi, biz: «Ha», dedik. Shunda u: «Men Anasdan bu haqda oz ham, ko‘p ham eshitmaganman. Agar odamlar bilmagan bo‘lsa, sizlar Anas bilan uchrashmaganimni bildinglar», dedi. Bizga yana u hadis rivoyat qilayotgani xabari keldi. Men va Abdurahmon uning huzuriga borsak, u: «Tavba qildim», derdi-da, yana hadis aytishda davom etar edi. Biz uni shu holatda tark qildik», dedilar». (Bundan Ziyod ibn Maymun qilgan rivoyatlar zaif ekani tushuniladi.)
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:36:42
76/54. Shaboba aytdilar: «Abdulquddus: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam devorni tuynukcha qilib teshib, havo kirgizishdan man etganlar», deb aytar edi. (Ya’ni, bu hadis aslida «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror jonli narsaga nishon otishdan man etganlar» ma’nosida edi. Abdulquddus esa arab matnidagi «ruh», ya’ni «jon» kalimasini «ravh», ya’ni «shamol», deb va «g‘araz», ya’ni «nishon» kalimasini «‘arz», ya’ni «tuynukcha», deya harflarni chalkash qilib aytardi.) Hammod ibn Zayd bir kishiga Mahdiy ibn Hilol o‘tirganidan keyin: «Siz tomoningizdan shu kabi zaif so‘zlar bu kunlarda tarqalgan-a?» deb aytsalar, u: «Ha, ey Abu Ismoil (ya’ni, Hammod ibn Zayd)», deb o‘zining hadisda zaifligiga iqror bo‘ldi».

(Izoh: Bu rivoyatdan Abdulquddus va Mahdiy ibn Hilollar hadis rivoyat qilishda zaif ekanlari anglashiladi).
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:36:50
77/55. Abu Avona Vazzoh ibn Abdulloh aytdilar: «Menga Hasandan biror hadis kelsa, Abon ibn Abu Ayyosh huzuriga borar edim, u Hasandan rivoyat qilingan, deb menga hadis o‘qib berar edi».

(Izoh: Bu rivoyatdan Abon ibn Abu Ayyoshning yolg‘onchiligi ayon bo‘lmoqda).
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:36:57
78/56. Ali ibn Mushir aytdilar: «Men va Hamza az-Zayyot Abon ibn Abu Ayyoshdan mingga yaqin hadis eshitdik. Keyin Hamza bilan uchrashib qolgan edim, u tushida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rganini va Abondan eshitgan hadislarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytganida, u zot undan juda ozini, ya’ni besh yoki oltitasinigina bilishlarini aytganlarining xabarini berdi».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:37:04
79/57. Zakariyo ibn Adiydan rivoyat qilinadi. «Abu Ishoq al-Fazoriy menga: «Baqiyaning taniqli kishilardan rivoyat qilgan hadisini yozgin. Lekin taniqli bo‘lmaganlardan rivoyat qilgan hadisini yozmagin. Ammo Ismoil ibn Ayyoshning taniqli kishilardan ham, taniqli bo‘lmagan boshqa (kishi)lardan ham rivoyat qilgan hadislarini yozmagin», deb aytdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:37:11
80/58. Ibn Muborak: «Baqiya agar ismlarni kunya deb va kunyalarni ism deb yozmasa, muncha ham yaxshi», dedilar. (Baqiya, ismi ila mashhur bo‘lgan kishidan rivoyat qilsa, kunyasini aytar edi. Agar kunyasi ila mashhur kishilardan rivoyat qilsa, ismini aytar edi. Bu ham soxtalashtirishdir.) «U bizga bir umr Abu Said Vuhoziydan, deb hadis gapirar edi. Biz (sinchiklab) qarasak, Abu Said Vuhoziy yolg‘onchiligi ma’lum bo‘lgan Abdulquddus ekan».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:37:18
81/59. Abdurrazzoq aytdilar: «Ibn Muborakning Abdulquddusdan boshqa kishini ochiqchasiga yolg‘onchi, kazzob, deb aytganlarini ko‘rmaganman. Lekin Abdulquddusni yolg‘onchi, deb aytganlarini eshitdim».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:37:37
82/60. Abu Nu’aym aytdilar. Mu’allo ibn Urfon zikr qilishicha, Abu Voil: «Ibn Mas’ud Siffin voqeasida huzurimizga chiqdilar», deb aytgan edi, Abu Nu’aym: «Uni o‘lgandan keyin qayta tirilgan deb o‘ylaysanmi?!» dedilar.

(Izoh: Bundan Mu’allo ibn Urfon hadis rivoyat qilishda zaif ekani ayon bo‘lmoqda).
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:38:00
83/61. Affon ibn Muslim aytdilar: «Biz Ismoil ibn Ulayyaning huzurlarida edik. Bir kishi boshqa bir kishidan eshitgan hadisni gapirdi. Men: «U kishi hadis rivoyat qilishda ishonchli emas», dedim. Yonimdagi kishi: «Sen uni g‘iybat qilding», dedi. Shunda Ismoil: «G’iybat qilgani yo‘q, lekin uning hadis rivoyat qilishda ishonchli emasligini hukm qildi», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:38:07
84/62. Bishr ibn Umar aytdilar: «Said ibn Musayyabdan hadis eshitib, uni rivoyat qiluvchi Muhammad ibn Abdurahmon haqida Molik ibn Anasdan so‘rasam, «U ishonchli emas», dedilar. Tav’amaning quli Solih haqida so‘rasam, «U ishonchli emas», dedilar. Abu Huvayris haqida so‘rasam, «U ishonchli emas», dedilar. Ibn Abu Zi’b rivoyat qiluvchi Sho‘‘ba haqida so‘rasam, «U ishonchli emas», dedilar. Harom ibn Usmon haqida so‘rasam, «U ishonchli emas», dedilar. Ya’ni, Molikdan ana shu besh kishi haqida so‘raganimda, u zot: «Ular hadis rivoyat qilishda ishonchli emas», dedilar. Va yana bir kishi haqida so‘rasam, hozir uning ismini unutib qo‘ydim, Molik: «Kitobimda uning ismini ko‘rdingmi?» dedilar. Men: «Yo‘q», dedim. Molik: «Agar uning ismini kitobimda ko‘rganingda ishonchli bo‘lar edi», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:38:14
85/63. Hajjoj aytadilar: «Ibn Abu Zi’b Shurahbil ibn Sa’ddan bizga hadis aytdi. Holbuki, Shurahbil hadis rivoyat qilishda zaif, deb ayblangan edi».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:39:06
86/64. Ibn Muborak aytdilar: «Agar menga Abdulloh ibn Muharrarni uchratish bilan jannatga kirish ixtiyori berilganida, Abdullohni uchratishni ixtiyor qilgan bo‘lar edim. Keyin uni ko‘rsam, hayvon tezagi menga Abdullohdan yaxshiroq ekan. (Chunki Abdulloh hadis gapirayotganda yolg‘onlarni qo‘shar edi)».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:39:40
87/65. Zayd ibn Abu Unaysa: «Inim (Yahyo)dan hadis rivoyat qilmanglar», deb aytdilar. (Chunki inilari Yahyo hadis rivoyatida zaif kishilardan edi.)
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:39:47
88/66. Ubaydulloh ibn Amr: «Yahyo ibn Unaysa yolg‘onchilardan edi», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:39:53
89/67. Hammod ibn Zayd aytdilar: «Ayub huzurlarida Farqad ibn Ya’qub as-Sabxiy zikr qilindi. Shunda u zot: «Farqad hadis ahlidan emas», deb aytdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:39:59
90/68. Abdurahmon ibn Bishr aytdilar: «Yahyo ibn Said al-Qatton huzurlarida Muhammad ibn Abdulloh ibn Ubayd ibn Umayr al-Laysiy zikr qilindi. U zot uni juda zaif, dedilar. Shunda Yahyo ibn Saidga: «Bu Ya’qub ibn Atodan ham zaifmi?» deyilganida, Yahyo: «Ha, men biror kishining Muhammad ibn Abdulloh ibn Ubayd ibn Umayrdan hadis rivoyat qiladi, deb o‘ylamas edim», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 16 Oktyabr 2006, 06:40:06
91/69. Bishr ibn Hakimdan rivoyat qilinadi. «Yahyo ibn Said al-Qatton Hakim ibn Jubayr va Abdula’lolarni hadis rivoyat qilishda zaif, dedilar. Va yana Yahyo ibn Muso ibn Dinorni ham zaif sanab, rivoyat qilgan hadislari kuchsiz, dedilar. Hamda Muso ibn Dihqon va Iso ibn Abu Iso al-Madaniylarni ham zaif, dedilar». Hasan ibn Iso aytdilar: «Ibn Muborak menga: «Agar Jarir huzuriga borsang, uning barcha ilmini yozgin-da, lekin uch kishi orqali rivoyat qilgan bo‘lsa, yozmagin. U uchovi Ubayda ibn Muattib, Sariy ibn Ismoil va Muhammad ibn Solimlardir», deb aytdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 16 Oktyabr 2006, 13:47:36
IYMON KITOBI

1-bob
Iymon, Islom, ehson bayoni hamda Allohning taqdiriga iymon keltirishning vojibligi, taqdirga ishonmaydigan kishilardan uzoq bo‘lishga dalillar va ular haqida aytilgan mubolag‘ali so‘zlar bayoni


Abulhusan Muslim ibn Hajjoj al-Qushayriy, ya’ni Imom Muslim: «Allohning yordami ila boshlaymiz va U bilan kifoyalanamiz. Bizning muvaffaqiyat qozonishimiz faqat Allohning iznidadir», deb aytdilar.

92/1. Yahyo ibn Ya’mar aytdilar: «Basrada taqdir haqida birinchi bo‘lib (noo‘rin) so‘z aytgan kishi Ma’bad al-Juhayniydir. Men va Humayd ibn Abdurahmon al-Himyariy haj yoki umra ibodatini bajargani borib, agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan biror kishini uchratsak, ana bular so‘zlayotgan taqdir haqida so‘raymiz, deb aytdik. Nogahon masjidga kiraverishda Abdulloh ibn Umar ibn Xattobni uchratib qoldik. Men va do‘stim u zotni ihota qilib, birimiz o‘ng tomondan, ikkinchimiz chap tomonlaridan o‘rab oldik. Do‘stim gap boshlashni menga topshirdi, deb gumon qildim. Men: «Ey Abu Abdurahmon (ya’ni, Abdulloh ibn Umar)! Biz tomonlarda ba’zi kishilar paydo bo‘lishdiki, ular Qur’on o‘qishadi, ilm talab qilishadi», deb ularning bir nechta fazilatlarini zikr qildim-da, «Lekin ular: «Qadar Allohning ilmidan bo‘lmagan, Alloh ham narsalarni sodir bo‘lganidan keyin biladi», deb aytishadi», desam, u zot: «Agar ana shunday so‘z aytuvchi kishilarga yo‘liqsang, mening ulardan va ularning mendan yiroq ekanliklari xabarini ber», dedilar. Va yana Abdulloh ibn Umar qasam ichib aytadiki: «Agar ana shunday so‘zni aytuvchilardan birining Uhud tog‘i miqdoricha tillasi bo‘lib, uni infoq qilsa ham, to qadarga (ya’ni, Allohning narsalar sodir bo‘lishini azaldan bilishiga) iymon keltirmagunicha Alloh uning sadaqasini qabul etmaydi», deb aytdilar. Keyin u zot: «Otam Umar ibn Xattob menga shunday gapirib berganlar», deb quyidagilarni zikr qildilar:

«Biz bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edik, oppoq ko‘ylak kiygan, sochlari qop-qora bir kishi keldi. Unda safar asoratlari ko‘rinmas edi. Va ichimizdan biror kimsa u kishini tanimas edi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldilariga o‘ltirib, tizzasini tizzalariga yaqin qilib, kaftini o‘z soni ustiga qo‘ydi-da: «Ey Muhammad, menga Islomdan xabar bering», dedi. U zot: «Islom - Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Muhammad Uning rasuli, deb guvohlik bermog‘ing, namozni ado etishing, zakot berishing, ramazon ro‘zasini tutishing, agar yo‘lga qodir bo‘lsang, Baytullohni haj qilishing», dedilar. U kishi: «Rost gapirdingiz», dedi. Biz uning so‘rab, keyin o‘zi tasdiq etganidan ajablanardik. U kishi: «Menga iymon haqida xabar bering», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, oxirat kuniga, qadarning yaxshisi-yu, yomoniga iymon keltirishing», deb aytdilar. U kishi: «Rost gapirdingiz», dedi-da, keyin «Ehson haqida xabar bering», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ehson - Allohga go‘yo Uni ko‘rib turgandek ibodat qilmog‘ingdir.

Agar sen Uni ko‘rmayotgan bo‘lsang, U seni ko‘rib turibdi», dedilar. U kishi: «Menga qiyomat haqida xabar bering», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «So‘ralayotgan kishi so‘raguvchidan ortiq bilmaydi», dedilar. U kishi: «Qiyomatning alomatlaridan xabar bering» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Cho‘rining o‘z xojasini tug‘ishi, yalang oyoq, yalang‘och, faqir podachi-cho‘ponlar imoratni (kim o‘zarga) baland qilib qurishlarini ko‘rishing qiyomatning alomatlaridandir», dedilar. Keyin u kishi ketdi. Men uzoq vaqt (kutib) turdim. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Ey Umar! So‘rovchi kishi kim ekanini bildingmi?» dedilar. Men: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishi Jabroil edilar. Huzuringizga dinlaringizni ta’lim berish uchun keldilar», deb aytdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 16 Oktyabr 2006, 13:48:07
93/2. Yahyo ibn Ya’mar aytdilar: «Ma’bad al-Juhaniy qadar haqida har xil so‘zlarni aytganida, biz uni inkor qildik. Men va Humayd ibn Abdurahmon al-Himyariy hajga bordik. Roviylar yuqorida zikr qilingan Kahmasning hadisidagi ma’no va sanadlar bilan hadisni zikr qilishgan. Lekin hadisni ba’zi qo‘shimchalar va qisqartmalar bilan keltirishgan».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 16 Oktyabr 2006, 13:49:28
94/3. Yahyo ibn Ya’mar va Humayd ibn Abdurahmonlar aytishdi: «Biz Abdulloh ibn Umarga yo‘liqib, (qadariya toifasi)ning taqdir haqida gapirayotgan narsalarini zikr qildik. Roviy Umardan, u zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan hadislariga o‘xshash hadisni keltirdi. Hadisda ba’zi qo‘shimchalar bo‘lib, ba’zi narsalar qisqartirilgan edi».
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 16 Oktyabr 2006, 13:49:43
95/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni odamlar oldiga (chiqib), ko‘rinish berganlarida bir kishi kelib: «Ey Allohning rasuli, iymon nima?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Iymon - Allohga, farishtalariga, kitoblariga, Unga yo‘liqishga, payg‘ambarlariga va oxirat kuni qayta tirilishga ishonmog‘ing», dedilar. U kishi: «Ey Allohning rasuli, Islom nima?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Islom - Allohga biror narsani sherik qilmay, Unga ibodat qilishing, farz namozini qoim qilishing, farz zakotini ado etishing va ramazon ro‘zasini tutishing», deb aytdilar. U kishi: «Ey Allohning rasuli, ehson nima?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ehson - Allohni go‘yo ko‘rib turgandek ibodat qilishing. Agar sen Uni ko‘rmasang, U seni albatta ko‘radi», dedilar. U kishi: «Ey Allohning rasuli, qiyomat qachon?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «So‘ralayotgan kishi so‘raguvchidan ortiq bilmaydi, lekin senga uning alomatlari haqida gapirib beraman. Agar cho‘ri o‘z xojasini tug‘sa, u qiyomat alomatlaridandir. Agar yalangoyoq, yalang‘och kishilar odamlarga bosh bo‘lsa, bu ham qiyomat alomatlaridandir. Podachi-cho‘ponlarning imoratni (kim o‘zarga) baland qilib qurishlari ham qiyomat alomatlaridandir. Qiyomat besh narsaning biriki, u narsalarni faqat Allohning Uzi biladi», deb quyidagi oyatni o‘qidilar: «Darhaqiqat, yolg‘iz Allohning huzuridagina (qiyomat) soati (qachon bo‘lishi to‘g‘risidagi) bilim bordir. U (Uzi xohlagan vaqtda, O’zi xohlagan joyga) yomg‘ir yog‘dirur va (onalarning) bachadonlaridagi homilalarini (o‘g‘ilmi-qizmi, rasomi-nuqsonlimi, baxtlimi-baxtsizmi ekanini) bilur. Biron jon ertaga nima ish qilishini bila olmas. Biron jon qay yerda o‘lishini ham bila olmas. Faqat Allohgina bilguvchi va ogohdir» (Luqmon surasi, 34-oyat). Keyin haligi kishi orqasiga qaytib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U kishini mening huzurimga qaytarib kelinglar», dedilar. Sahobalar uni qaytarish uchun chiqishgan edi, hech kimni ko‘rishmadi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishi Jabroil alayhissalom bo‘lib, odamlarga din o‘rgatish uchun keldilar», deb aytdilar.

Abu Hayyon at-Taymiy ham mana pgu sanad bilan bu hadisni o‘zidek rivoyat qilganlar. Lekin rivoyatlarida «Agar cho‘ri o‘z xo‘jayinini tug‘ib bersa», deb arabcha kalimadagi «Robba» o‘rniga «Ba’la» so‘zi bilan keltirilgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 16 Oktyabr 2006, 13:50:11
96/5. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mendan (xohlagan) narsalaringizni so‘ranglar», deganlarida, sahobalar so‘rashdan hayiqishdi. Shunda bir kishi kelib, u zotning tizzalari yaqinida (ya’ni, ro‘paralarida) o‘tirib: «Ey Allohning rasuli, Islom nima?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga biror narsani sherik qilmasliging, namozni ado etishing, zakot berishing va ramazon ro‘zasini tutishing», degan edilar, u kishi: «Rost aytdingiz», dedi-da, yana: «Ey Allohning rasuli, iymon nima?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, farishtalariga, kitoblariga, Allohga yo‘liqishga, payg‘ambarlariga, qayta tirilishga va taqdirning barchasiga (ya’ni, yaxshi-yu yomoniga) ishonishing», deb aytdilar. U kishi: «Rost so‘zladingiz», deb yana: «Ey Allohning rasuli, ehson nima?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohdan go‘yo ko‘rib turgandek qo‘rqishing. Agar sen Uni ko‘rmayotgan bo‘lsang, albatta U seni ko‘rib turibdi», dedilar. U kishi: «Rost gapirdingiz», deb yana: «Qiyomat qachon qoim bo‘ladi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «So‘ralayotgan kishi so‘raguvchidan ortiq bilmaydi. Men senga uning alomatlarini gapirib beraman. Agar xotin o‘z xo‘jayinini tuqqanini ko‘rsang, qiyomat alomatlaridandir. Agar yalangoyoq, yalang‘och, kar, soqov (ya’ni, johil, esi past) kishilarning yerda hukmron bo‘lganini ko‘rsang, bu ham qiyomat alomatlaridandir. Podachi-cho‘ponlarning imoratni (kim o‘zarga) baland qilib qurishlarini ko‘rishing ham qiyomat alomatlaridandir. Qiyomat beshta g‘ayb (yashirin) narsa ichidaki, u narsalarni faqat Allohning Uzi biladi», deb quyidagi oyatni o‘qidilar: «Darhaqiqat, yolg‘iz Allohning huzuridagina (qiyomat) soati (qachon bo‘lishi to‘g‘risidagi) bilim bordir. U (Uzi xohlagan vaqtda, Uzi xohlagan joyga) yomg‘ir yog‘dirur va (onalarning) bachadonlaridagi homilalarini (o‘g‘ilmi-qizmi, rasomi-nuqsonlimi, baxtlimi-baxtsizmi ekanini) bilur. Biron jon ertaga nima ish qilishini bila olmas. Biron jon qay yerda o‘lishini ham bila olmas. Faqat Allohgina bilguvchi va ogohdir» (Luqmon surasi, 34-oyat). Keyin haligi kishi o‘rnidan turib chiqib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uni huzurimga qaytarib kelinglar», degan edilar, sahobalar axtarib chiqib topa olishmadi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishi Jabroildirlar. Sizlar so‘ramaganingiz uchun ta’lim olishingizni xohlab (kelgan edilar)», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 16 Oktyabr 2006, 13:50:48
2-bob Islom arkonlaridan biri namozning bayoni haqida

97/1. Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Najd ahlidan bo‘lgan, sochlari to‘zigan bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keldi. Biz uning ovozini eshitsak-da, nima deb gapirayotganini anglolmadik. U kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yonlariga kelib, Islom haqida so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kecha va kunduzda besh vaqt namoz o‘qish», dedilar. Haligi kishi: «Bundan boshqasi menga shartmi?» degan edi, u zot: «Yo‘q, faqatgina nafl - ixtiyoriy namoz o‘qishing mumkin», dedilar. Yana u zot: «Ramazon oyida ro‘za tutish», degan edilar, u kishi: «Menga bundan boshqasi ham shartmi?» dedi. U zot: «Io‘q, faqatgina nafl - ixtiyoriy ro‘za tutishing mumkin», dedilar. Yana u zot haligi kishiga zakot berishni ham zikr qildilar. Haligi kishi: «Bundan boshqasi ham shartmi?» degan edi, u zot: «Io‘q, faqatgina nafl - ixtiyoriy sadaqa berishing mumkin», dedilar. Shunda haligi kishi orqaga qaytib ketayotib: «Allohga qasamki, mana shundan ziyoda ham qilmayman, kamaytirmayman ham», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar u rost so‘zlayotgan bo‘lsa, najot topibdi», dedilar».

Bu yerda Talha ibn Ubaydulloh otalaridan qilgan yuqoridagi rivoyat takror kelgan. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Otasiga qasamki, agar rost so‘zlayotgan bo‘lsa, najot topadi» yoki «Otasiga qasamki, agar rost so‘zlayotgan bo‘lsa, jannatga kiradi», deb aytgan so‘zlari ziyoda qilingan.

(Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Otasiga qasamki», degan so‘zlari haqiqiy qasam emas, balki arablarning odatiga aylanib qolganidek, so‘zlashganda qasam bilan gapirish edi.)
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 16 Oktyabr 2006, 13:51:26
3-bob Islom arkonlarini so‘rash xususida

98/1. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan (zaruratsiz har xil) narsalarni so‘rashdan man etildik. Sahro ahlidan biror aqlli kishining kelib, ba’zi narsalarni so‘rashi bizga yoqar edi. Biz esa savol-javobni eshitib olar edik. Bir kuni sahro ahlidan bir kishi kelib: «Ey Muhammad! Sening elching biz tomonlarga borib, seni Alloh yuborganini aytyapti», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘g‘ri so‘zlabdi», dedilar. U kishi: «Unda osmonni  kim  yaratgan?»  dedi.   Rasululloh  sollallohu  alayhi  vasallam: «Alloh», dedilar. U: «Yerni kim yaratgan?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alloh», dedilar. U: «Bu tog‘larni o‘rnatib, undagi narsalarni paydo qilgan kim?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh», dedilar. U: «Yeru-osmonni yaratib, bu tog‘larni o‘rnatgan Alloh seni payg‘ambar etib yubordimi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. U: «Seni elching (bizning huzurimizga kelib) har kecha va kunduzda besh vaqt namoz o‘qishning xabarini bermoqda», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘g‘ri aytibdi», dedilar. U: «Seni payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, Alloh senga mana shu narsalarni buyurdimi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. U: «Sening elching bizga mollarimizdan zakot berish vojibligini aytyapti», deganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘g‘ri aytibdi», dedilar. U: «Seni payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, Alloh senga bu narsani buyurdimi?» deganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. U: «Sening elching (bizning huzurimizga kelib) har yili ramazon oyi ro‘zasini tutishni aytmoqda», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘g‘ri aytibdi», dedilar. U: «Seni payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, Alloh senga mana shu narsalarni buyurganmi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. U: «Sening elching (bizning huzurimizga kelib) yo‘l (mashaqqatlarini ko‘tarish)ga qodir bo‘lgan kishi haj qilishini aytmoqda», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘g‘ri aytibdi», dedilar. Keyin u kishi: «Seni haq bilan yuborgan Zot (Alloh)ga qasamki, men bu narsalarga qo‘shmayman ham, kamaytirmayman ham», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar rost gapirayotgan bo‘lsa, albatta jannatga kiradi», dedilar».

Anas roziyallohu anhu: «Biz Qur’onda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan har xil narsalarni so‘rayverishdan man qilingan edik», deb yuqoridagi hadisni davom ettirdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 16 Oktyabr 2006, 13:52:56
4-bob Jannatga kirishga sabab bo‘luvchi iymon hamda buyurilgan narsani mahkam tutgan kishining jannatga kirishi haqida

99/1. Abu Ayub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir a’robiy kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safardaliklarida ro‘paralariga chiqib, tuyalari tizginini (yoki jilovini) ushlaganicha: «Ey Allohning rasuli (yoki ey Muhammad), jannatga yaqinlashtirib, do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amal haqida menga xabar bering», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni gapirishdan to‘xtatdilar. Keyin sahobalariga qarab: «Haqiqatda (foydali savol berishga) muvaffaq etildi yoki hidoyat qilindi», dedilar-da, unga qarab: «Nima deding?» dedilar. U avvalgi gapini qaytargan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga ibodat qilasan, Unga hech narsani sherik qilmaysan, namozni ado etasan, zakotni berasan va qarindosh-urug‘ rishtalarini tiklaysan, endi tuyaning jilovini qo‘yib yubor», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 16 Oktyabr 2006, 13:53:27
100/2. Abu Ayub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Meni bir amalga dalolat qilingki, uni qilsam, jannatga yaqinlashtirib, do‘zaxdan uzoq qilsin», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga biror narsani sherik etmay ibodat qilasan, namozni qoim qilasan, zakot berasan va qarindosh-urug‘ rishtalarini tiklaysan», dedilar. Bu kishi orqasiga qaytib ketganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar buyurilgan narsani mahkam ushlasa, jannatga kiradi», dedilar.

Ibn Abu Shaybaning rivoyatlarida «Agar uni mahkam ushlasa» bo‘lib kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 16 Oktyabr 2006, 13:53:48
101/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir a’robiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Meni bir amalga yo‘llab qo‘yingki, agar uni qilsam, jannatga kirayin», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga biror narsani sherik etmasdan ibodat qilasan, farz namozlarini o‘qiysan, farz qilingan zakotni ado etasan va ramazon oyi ro‘zasini tutasan», dedilar. Shunda u kishi: «Jonim Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, bu aytilgan narsalardan oshirib ham, kamaytirib ham yubormayman», dedi. U kishi orqasiga qaytib ketganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimni jannat ahlidan bo‘lgan kishiga qarash xursand qilsa, mana bu kishiga nazar solsin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 16 Oktyabr 2006, 13:54:08
102/4. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nu’mon ibn Qavqal Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Nima deysiz, agar farz namozlarini o‘qisam, harom narsalarni harom, halol narsalarni halol deb bilsam, jannatga kiramanmi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlanib, «Bunga biror narsani qo‘shmayman» lafzi ziyoda qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 16 Oktyabr 2006, 13:54:34
103/5. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Nima deysiz, agar farz namozlarini o‘qisam, ramazon ro‘zasini tutsam, halol narsalarni halol, harom narsalarni harom deb bilsam va bunga bironta narsani ziyoda qilmasam, jannatga kiramanmi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. Shunda u kishi: «Allohga qasamki, bunga biror narsani ziyoda qilmayman», dedi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 16 Oktyabr 2006, 13:55:02
5-bob Islom arkonlari va buyuk asoslar xususida

104/1. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Islom bega narsa ustiga bino qilingan: 1. Allohning tavhidi. 2. Namozni qoim qilish. 3. Zakot berish. 4. Ramazon oyi ro‘zasini tutish. 5. Haj qilish», deb aytganlar. Bir kishi (ushbu hadis roviysidan): «Avval haj, keyin ramazon oyi ro‘zasi emasmi?» deb so‘raganida, roviy: «Io‘q! Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan mana shunday, ya’ni avval ramazon oyi ro‘zasi, keyin haj amali, degan tartibda eshitganman», dedi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 16 Oktyabr 2006, 13:55:29
105/2. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Islom besh narsa ustiga qurilgan: 1. Allohga ibodat qilib, Undan boshqasiga kufr keltirish. 2. Namozni qoim qilish. 3. Zakotni berish. 4. Haj qilish. 5. Ramazon ro‘zasini tutish», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 16 Oktyabr 2006, 13:55:45
106/3. Abdulloh aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Islom besh narsa ustiga bino qilingan: Ular: 1. «Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Uning bandasi va rasuli», deb guvohlik berish. 2. Namozni qoim qilish. 3. Zakotni berish. 4. Baytullohni haj qilish. 5. Ramazon oyi ro‘zasini tutish», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 16 Oktyabr 2006, 13:56:09
107/4. Tovus roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Abdulloh ibn Umarga: «G’azot qilmaysizmi?» deganida, u zot: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman, (u zot): «Albatta Islom besh narsa ustiga bino qilingan: 1. «La ilaha illalloh» shahodati. 2. Namozni ado etish. 3. Zakotni berish. 4. Ramazon oyi ro‘zasini tutish. 5. Baytullohni haj qilish», deb aytganlar», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 16 Oktyabr 2006, 13:56:30
6-bob
Allohga, Uning rasuliga va din konunlariga iymon keltirish hamda unga da’vat etib, bu hakda so‘roq-savol kilish, uni muhofaza etib, yetmagan kishilarga etkazish haqida


108/1. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abdulqays jamoasining elchilari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, qabilamiz Rabiy’a qabilasidandir. Biz bilan sizning o‘rtangizda kofir Muzar qabilasi yashaydi. Shu sababli huzuringizga faqat urush harom qilingan oylardagina kela olamiz. Bizga biror narsalarni buyuringki, o‘zimiz unga amal qilib, ortimizdagilarni ham o‘sha narsaga da’vat qilaylik», deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarni to‘rt narsaga buyurib, to‘rt narsadan man qilaman. Buyuradiganlarim: Allohga iymon keltirish, ya’ni «La ilaha illallohu va anna Muhammadan rasululloh», deb aytish, namozni qoim qilish, zakot berish va o‘lja qilib qo‘lga kiritilgan narsalarning beshdan birini berish. Qaytarganlarim: qurigan oshqovoq idishi, sharob tayyorlanadigan xurmacha, taxtachadan o‘yib tayyorlangan idish, alqor o‘simligi bilan bo‘yalgan idish», dedilar.

Xalaf rivoyat qilgan hadisda: «Allohdan o‘zga iloh yo‘q, deb guvohlik berish, deya bitta barmoqlarini bukdilar» jumlasi ziyoda qilingan.

(Izoh: Yuqorida zikri kelgan idishlarda mast qiluvchi sharoblar tayyorlangan. Bu idishlar o‘sha sharoblarni tez yetiltirgan. Shuning uchun bu kabi idishlarni ishlatish man etilmoqda. Keyinchalik Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislari bilan bu nasx bo‘lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men sizlarni sharob tayyorlashdan man etib, faqat meshlarda tayyorlashga ruxsat qilgan edim. Endi bo‘lsa, barcha idishlarda ichimlik tayyorlayvering, lekin mast qiluvchilarini emas», deb aytib, barcha mast qiluvchi ichimliklardan man etganlar.)
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 16 Oktyabr 2006, 13:56:42
109/2. Abu Jamra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Ibn Abbos roziyallohu anhu bilan odamlar o‘rtasida tarjimonlik qilar edim. Bir ayol kelib, sopol idishda tayyorlanuvchi sharob haqida so‘radi. Ibn Abbos roziyallohu anhu aytdilar: «Abdulqays elchilari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelishganida, u zot: «Bu qaysi jamoa yoki qaysi qabila?» dedilar. Ular: «Rabiy’a qabilasidanmiz», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qabila yoki jamoadagilar, xush kelibsiz, sizlarga xo‘rlik ham, pushaymonlik ham yetmasin», dedilar. Ular: «Ey Allohning rasuli! Biz huzuringizga uzoq masofadan kelamiz. Biz bilan sizning o‘rtangizda kofirlardan iborat Muzar nomli qabila bor. Biz huzuringizga faqat urush harom qilingan oylardagina kela olamiz. Shuning uchun bizga o‘zida barcha narsalarni qamrovchi bir ishni buyuringki, o‘sha narsalarni ortimizda qolganlarga bildirib, shu sababli biz ham jannatga kiraylik», deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni to‘rt narsaga buyurib, to‘rt narsadan man etdilar. Yakka Allohga iymon keltirishga buyurib: «Allohga iymon keltirish nimaligini bilasizmi?» deganlarida, ular: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Bu) «La ilaha illallohu va anna Muhammadar rasululloh» shahodatini aytish, namoz o‘qish, zakot berish, ramazon oyi ro‘zasini tutish va o‘lja sifatida qo‘lga kiritilgan narsalarning beshdan birini berish. Ammo qurigan oshqovoq idishi, xurmacha, alqor o‘simligi bilan bo‘yalgan idish va taxtachadan o‘yib ishlangan idishlarda sharob tayyorlab ichishni man etaman. Sizlar bu narsalarni yodlab, ortingizda qolgan kishilarga bularning xabarini beringlar», dedilar».

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuqoridagi hadisni zikr qilib, uning davomida Ashaj Abulqaysga: «Senda ikki xislat bordir. Usha xislatingni Alloh va Uning rasuli yaxshi ko‘radi. U halim va bosiqlik», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 16 Oktyabr 2006, 13:57:04
110/3. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abdulqays jamoasidan bo‘lgan kishilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning nabiyi! Biz Rabiy’a qabilasidanmiz. Biz bilan sizning o‘rtangizda Muzar nomli kofir qabila bor. Biz huzuringizga faqat urush harom qilingan oylardagina kela olamiz. Shuning uchun bizga shunday ishlarni buyuringki, biz o‘sha narsalarni ortimizda   qolganlarga   buyurib   va   o‘zimiz   unga   amal   qilib   jannatga kiraylik», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga to‘rt narsani buyurib, to‘rt narsadan qaytaraman. Sizlarni Allohga biror narsani sherik qilmasdan ibodat qilishga, namozni ado etishga, zakot berishga, ramazon oyi ro‘zasini tutishga va o‘lja qilib qo‘lga kiritilgan narsalarning beshdan birini berishga buyuraman. Ammo qurigan oshqovoq idishi, xurmacha, alqor o‘simligi bilan bo‘yalgan va taxtadan o‘yib ishlangan idishlarda sharob tayyorlab ichishni man etaman», dedilar. Ular: «Ey Allohning nabiysi! Siz taxtadan o‘yib ishlangan idishni qaerdan bilasiz?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, u idishni sizlar daraxt ildizidan olib, uni teshib, unga xurmo solib, ustidan suv quyib, qaynashi to‘xtagandan keyin ichasizlar, siz yoki o‘sha ichganlarning birortasi mast bo‘lganidan jiyani bo‘yniga qilich urib qo‘yishi mumkin», dedilar. Qavmdagi bir kishiga xuddi shunday jarohat yetgan edi. U kishi aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hayo qilib jarohatimni yashirayotgan edim. Keyin: «Ey Allohning rasuli! Unda qanaqa idishda ichaylik?» desam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Og‘zi mahkamlab bog‘lanadigan teri idishda ichinglar», dedilar». Shunda ular: «Ey Allohning rasuli, yerlarimizda kalamush ko‘p. Birorta ham teri idish butun qolmaydi», deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kalamush yesa ham, agar kalamush yesa ham, agar kalamush yesa ham, o‘sha teri idishda ichinglar», deb Ashaj Abdulqaysga: «Senda ikki xislat bor, u xislatni Alloh va Uning rasuli yaxshi ko‘radi. O’sha xislat halim va bosiqlikdir», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 16 Oktyabr 2006, 13:57:23
111/4. Abu Said al-Xudriy xabar berishlaricha, Abdulqays elchilari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning nabiyi! Alloh bizni sizga fido qilsin (ya’ni, sizni yomonliklardan saqlasin), biz qaysi idishlarda ichimlik ichsak, yaxshi bo‘ladi?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Taxtadan o‘yilgan idishda ichimlik ichmanglar», deb aytdilar. Ular: «Ey Allohning nabiyi! Alloh bizni sizga fido qilsin (ya’ni, sizni yomonliklardan saqlasin), taxtadan o‘yib ishlangan idishni bilasizmi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, bilaman. U daraxt ildizi bo‘lib, uning o‘rtasi teshib olinadi. Bundan tashqari sizlar qurigan oshqovoq idishi va xurmachalarda   ham   sharob   tayyorlab   ichmanglar.   Balki   og‘zi   ip   bilan bog‘lanadigan (teridan ishlangan meshlar)da ichinglar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:05:49
7-bob
Ikki shahodat kalimasi hamda Islom shariatiga da’vat qilish haqida


112/1. Muoz roziyallohu anhu aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni (Yamanga) yuborayotib: «Sen kitob ahli bo‘lgan qavm huzuriga ketmoqdasan. Avval ularni «La ilaha illalloh va anna Muhammadur rasululloh» shahodatiga da’vat qil. Agar bunga itoat qilishsa, Alloh ularga har kecha va kunduzda besh vaqt namozni farz qilganini bildir. Agar bunga ham itoat qilishsa, boylardan olib kambag‘allarga beriladigan sadaqani Alloh ularga farz qilganini bildir. Agar bunga ham itoat qilishsa, qimmatbaho, ya’ni sara mollarini olishdan chetlan. Mazlumning duosidan qo‘rq. Chunki mazlumning duosi bilan Allohning o‘rtasida parda yo‘q», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:06:06
113/2. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muozni Yamanga yuborayotib: «Sen kitob ahli bo‘lgan qavm huzuriga ketmoqdasan. Ularni avval Alloh azza va jallaning ibodatiga da’vat qil. Agar ular Allohni tanishsa, Alloh ularga bir kecha va kunduzda besh vaqt namozni farz qilganining xabarini ber. Agar bunga ham amal qilishsa, boylardan olib kambag‘allarga beriladigan zakotni Alloh ularga farz etganining xabarini ber. Agar bunga ham itoat qilishsa, ulardan o‘sha molni ol. Lekin qimmatbaho, sara mollarni olishdan saqlan», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:06:46
8-bob
Odamlar «La ilaha illalloh Muhammadur rasululloh», deb aytmagunicha, namozni koim qilmagunicha, zakot  bermagunicha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam olib kelgan risolatning barchasiga iymon keltirmagunicha ularga (karshi) urush kilishga buyurish. Kim shu narsalarga bo‘yin egsa, o‘z joni va molini saklabdi. (Lekin Allohning haqqida, ya’ni had va kasoslarda bunday emas.) Uning botini esa Allohga havola kilinur. Hamda zakot va boshqa Islom shiorlarini inkor qilganlarga  urush e’lon qilish va imomning Islom rasm-rusm, ibodatlariga ahamiyat berishi haqida


114/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlaridan keyin Abu Bakr roziyallohu anhu xalifa bo‘ldilar. Abu Bakrning xalifalik paytlarida arablardan kofir bo‘lganlari paydo bo‘ldi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Abu Bakr roziyallohu anhuga: «Siz qanday qilib urushasizki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar «La ilaha illalloh», deb aytishmagunicha urushishga buyurildim, kim «La ilaha illalloh», desa, moli va jonini omonda saqlabdi. Lekin Allohning haqqida, ya’ni had va qasoslarda unday emas. Uning hisobi esa (ya’ni, botini) Allohga havoladir», deb aytganlar?!» deganlarida, Abu Bakr roziyallohu anhu: «Alloh nomiga qasamki, kim namoz bilan zakot orasini ajratsa, u bilan urushaveraman. Chunki zakot molning haqqidir. Alloh nomiga qasamki, agar ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida zakot sifatida berayotgan  echkilarini  man  qilishsa  ham  ularga  urush  e’lon  qilaman», dedilar. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: «Alloh nomiga qasamki, bildimki, Alloh Abu Bakr roziyallohu anhuning qalblarini urushga moyil qilibdi. Va yana bildimki, Abu Bakr roziyallohu anhu haq ekanlar», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:06:53
115/2. Abu Hurayra roziyallohu anhu xabar berishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar «La ilaha illalloh», deb aytishmagunicha ular bilan urushishga buyurildim. Kim «La ilaha illalloh», desa, moli va jonini omonda saqlabdi. Lekin molning haqqida (ya’ni, zakotda) bunday emas. Ularning hisobi (ya’ni, botini) Allohga havoladir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:07:00
116/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishilar «La ilaha illalloh», deb guvohlik bermagunicha hamda menga va men olib kelgan narsaga (ya’ni, risolatga) iymon keltirmagunicha ular bilan urushishga buyurildim. Agar mana shu narsani bajarishsa, qonlari-yu mollarini omonda saqlashibdi. Lekin Allohning haqqida, ya’ni had va qasoslarda bunday emas. Ularning hisobi (ya’ni, botini) Allohga havoladir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:07:08
117/4. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar «La ilaha illalloh», deb aytishmagunicha  urushishga  buyurildim.   Agar   «La  ilaha  illalloh»,   deb aytishsa, qonlari-yu mollarini omonda saqlashibdi. Lekin Allohning haqqida (ya’ni, had va qasoslarda) bunday emas. Ularning hisobi (ya’ni, botini) Allohga havoladir», deb quyidagi oyatni o‘qidilar: «Zotan, siz faqat bir pand-nasihat qilguvchidirsiz, xolos. Siz ularning ustida zo‘ravonlik bilan hukm yurgizuvchi emassiz» (G’oshiya surasi, 21-22-oyatlar).
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:07:15
118/5. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar «La ilaha illalloh va anna Muhammadar rasululloh» shahodatini aytishmagunicha, namozni qoim qilishmagunicha, zakotni berishmagunicha ular bilan urushishga buyurildim. Agar uni bajarishsa, ular qonlari-yu mollarini omonda saqlashibdi. Lekin Uning haqqida (ya’ni, had va qasoslarda) bunday emas. Ularning hisoblari (ya’ni, botinlari) Allohga havoladir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:07:23
119/6. Abu Molik otalaridan qilgan rivoyatda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim «La ilaha illalloh», deb Allohdan boshqa ibodat qilinadigan narsaga kufr keltirsa, uning moli va qoniga tegish harom. Hisobi (ya’ni, botini) esa Allohga havoladir», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:07:46
9-bob
Modomiki, o‘lim g‘arg‘arasi kelmagan ekan, o‘limi yaqinlashgan kishining Islomni qabul qilishi durust ekaniga dalil hamda mushriklarga istig‘for joiz, deyilgan gapning nasx qilingani va kim mushrik bo‘lib vafot etsa, do‘zax ahlidan ekani, uni biror vosita saqlay olmasligi bayoni


120/1. Sa’id ibn Musayyab otalaridan qilgan rivoyatda aytilishicha, Abu Tolib o‘lim bo‘sag‘asida yotganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning huzuriga kirdilar. Qarasalar, oldida Abu Jahl va Abdulloh ibn Abu Umayya ibn Mug‘iyralar bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey amaki! «La ilaha illalloh», deb ayting, Alloh huzurida sizga guvoh bo‘laman», dedilar. Abu Jahl va Abdulloh ibn Umayyalar: «Ey Abu Tolib, Abdulmuttalib millatidan (ya’ni, dinidan) yuz o‘girasanmi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga yuqoridagi so‘zlarni bildirib qaytaraverdilar, ammo Abu Tolibning oxirgi so‘zi «Abdulmuttalib millatidaman (ya’ni, dinidaman)», deyish bo‘ldi. Ya’ni, «La ilaha illalloh» deyishdan bo‘yin tovladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar man qilinmasam, haqqingizga istig‘for aytaman», dedilar. Keyin Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi: «Na payg‘ambar va na mo‘minlar, agar mushriklar qarindoshlari bo‘lsa ham -ularning do‘zax egalari ekanliklari aniq ma’lum bo‘lgandan keyin, u mushriklar uchun mag‘firat so‘rashlari joiz emasdir» (Tavba surasi, 113-oyat).

Alloh taolo Abu Tolib haqida quyidagi oyatni nozil qildi: «(Ey Muhammad alayhissalom), aniqki, siz o‘zingiz suygan kishilarni hidoyat qila olmassiz, lekin Alloh O’zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. U hidoyat topguvchi zotlarni yaxshiroq bilguvchidir» (Qasos surasi, 56-oyat).

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:07:53
121/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam amakilari o‘lim bo‘sag‘asida yotganida unga: «(Siz) «La ilaha illalloh», deb ayting, men sizga qiyomat kuni guvoh bo‘laman», deganlarida, amakilari bo‘yin tovladi. Shunda Alloh taolo «Siz o‘zingiz suygan kishilarni hidoyat qila olmassiz» oyatini nozil qildi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:08:01
122/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululoh sollallohu alayhi vasallam amakilariga: «(Siz) «La ilaha illalloh», deb ayting, men sizga qiyomat kuni guvoh bo‘laman», deganlarida, amakilari: «Agar meni Quraysh zaifligi majbur qilibdi-da, deb ayblashmaganida, men sizni (aytgan so‘zingizni qabul qilib) mamnun etar edim», dedi. Shunda Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi: «(Ey Muhammad alayhissalom), aniqki, siz o‘zingiz suygan kishilarni hidoyat qila olmassiz, lekin Alloh Uzi xohlagan kishilarni hidoyat qilur» (Qasos surasi, 56-oyat).
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:08:22
10-bob

Kim tavhid aqidasiga binoan vafot etsa, qat’iy jannatga kirishi haqida


123/1. Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohdan boshqa iloh yo‘qligini bilib vafot etsa, jannatga kiradi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:08:32
124/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululoh sollallohu alayhi vasallam bilan yo‘lda ketayotgan edik, qavmning ozuqasi tugab qoldi. Hatto qavmdagi ba’zi kishilar yuk tashib turgan ulovlarini so‘yishga qasd qilishdi. Umar roziyallohu anhu: «Ey Allohning rasuli! Qavmdagi qolgan ozuqalarni jamlab, Alloh o‘sha narsalarga baraka berishini so‘rab duo qilsangiz», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishining maslahatiga ko‘ndilar. Keyin bug‘doyi borlar bug‘doy olib kelishdi. Xurmosi borlar xurmo olib kelishdi. Mujohid roziyallohu anhu: «Danagi borlar danak olib kelishdi», deganlarida, men: «Danakni nima qilishadi?» desam, u zot: «Undagi suvni shimib ichishadi», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga (baraka tilab) duo qildilar. Hatto qavmning ozuqa (idishlari) to‘lib ketdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Guvohlik berib aytamanki, Allohdan boshqa iloh yo‘q. Men Allohning rasulidirman. Qaysi banda mana shu ikki narsaga shak qilmay vafot etsa, jannatga kiradi», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:08:38
125/3. Abu Hurayra roziyallohu anhu yoki Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. (Roviy shak qilganlar. Lekin sahobalar haqida shakning zarari yo‘q. Chunki ularning barchasi odildir.) Tabuk g‘azoti kuni odamlarga ocharchilik yetdi. Sahobalar: «Ey Allohning rasuli, agar izn bersangiz, tuyalarimizni so‘yib go‘shtini yeymiz, yog‘ini surtamiz», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qilaveringlar», deb ruxsat berdilar. Keyin Umar roziyallohu anhu kelib:   «Ey   Allohning   rasuli,   agar   bunday   qilishga   izn   bersangiz, miniladigan narsa kamayib ketadi. (Yaxshisi) kishilarga zaxira uchun olib qo‘ygan taomlarini olib kelishni buyuring va u narsalarga baraka tilab duo qiling. Shoyad, Alloh baraka bersa», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xo‘p», deb bir charm to‘shama keltirishni buyurdilar va uni to‘shadilar. So‘ngra zaxira uchun olib qo‘ygan taomlarni olib kelishga buyurdilar. Kimdir kaftida makkajo‘xori, kimdir bir kaft xurmo va yana kimdir bir bo‘lak narsa olib keldi. Haligi charm to‘shamaga biroz narsa to‘plandi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to‘plangan narsaga baraka tilab duo qildilar. Va: «Idishlaringizga solinglar», deb buyurdilar. Ular idishlariga solishdi, hatto qo‘shin orasida idishini to‘ldirmagan kishi qolmadi. Va to‘ygunlaricha yedilar, undan ortib ham qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohdan boshqa iloh yo‘q. Men Uning rasuliman, deb guvohlik beraman. Biror banda shubha qilmagan holda mana shu ikki kalima bilan Allohga yo‘liqsa, jannatdan to‘silmaydi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:08:48
126/4. Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim «Ashhadu an la ilaha illallohu vahdahu la sharika lahu va anna Muhammadan ‘abduhu va rasuluhu...», ya’ni «Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q, Uning sherigi ham yo‘q. Albatta Muhammad Allohning quli va rasulidir. Albatta Iso alayhissalom Allohning quli va qulining bolasi va Maryamga yetkazgan so‘zi hamda Uning tomonidan bo‘lgan ruh (sohibidir)», deb guvohlik bersa hamda jannat va do‘zaxni haq deb bilsa, Alloh taolo jannatdagi sakkiz eshikning xohlaganidan kirgizadi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «jannatdagi sakkiz eshikning xohlaganidan kirgizadi», degan so‘z emas, balki «Qanaqa amal qilgan bo‘lsa ham Alloh jannatga kiritadi», degan so‘z aytilgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:08:59
127/5. Sunobihiy Uboda ibn Somitdan rivoyat qiladilar. «Men Uboda o‘lim to‘shagida yotganlarida oldilariga kirib yig‘lasam, u zot: «Shoshma, nima uchun yig‘layapsan? Alloh nomiga qasamki, agar guvohligim talab qilinsa, senga guvoh bo‘laman. Agar shafe’lik talab qilinsa, senga shafoatchi bo‘laman. Agar qodir bo‘lsam, senga manfaat beraman», dedilar. Keyin yana u zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan biror hadis eshitgan bo‘lsam va u sizlar uchun xayrli ekanini bilsam, albatta u hadisni sizlarga aytib berdim. Lekin yana bir hadisni tez fursatda sizlarga aytib beraman. Chunki o‘limim yaqinlashib qoldi. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim «La ilaha illallohu va anna Muhammadar rasululloh», deb guvohlik bersa, Alloh u kishiga do‘zaxni harom qiladi», deb aytganlarini eshitganman», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:09:06
128/6. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men ulovda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning orqalariga mingashib ketayotgan edim. Shu darajada yaqin o‘tirar edikki, oramizda egarning qirrasi bor edi, xolos. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Muoz ibn Jabal», dedilar. Men: «Labbay ey Allohning Rasuli, amringizga muntazirman», dedim. U zot yana: «Ey Muoz ibn Jabal», dedilar. Men: «Labbay, amringizga muntazirman», dedim. Keyin bir oz yurib u zot yana: «Ey Muoz ibn Jabal», dedilar. Men: «Labbay, ey Allohning rasuli, amringizga muntazirman», dedim. (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam gapiradigan narsalari muhim bo‘lsa, diqqat-e’tiborni jalb qilish uchun mana shunday takror so‘zlardilar.) U zot: «Bandalar ustidagi Allohning haqqini bilasanmi?» dedilar. Men: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», dedim. U zot: «Bandalar ustidagi Allohning haqqi Unga biror narsani sherik qilmasdan Uziga ibodat qilishlaridir», dedilar. Keyin bir oz yana yurib: «Ey Muoz ibn Jabal», dedilar. Men: «Labbay, ey Allohning rasuli, amringizga muntazirman», dedim. U zot: «Alloh zimmasidagi bandalarning haqqi nima ekanini bilasanmi?» dedilar. Men: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», dedim. Shunda u zot: «Bandalarning Alloh zimmasidagi haqlari - biror narsani Unga sherik qilmagan bandasini azoblamasligidir», deb aytdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:09:14
129/7. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Ufayr nomli eshakka mingashib ketayotgan edim. U zot: «Ey Muoz! Bandalar ustidagi Allohning haqqi va Alloh zimmasidagi bandalarning haqqi nima ekanini bilasanmi?» deganlarida, men: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», dedim. Shunda u zot: «Allohning bandalari ustidagi haqqi - Unga biror narsani sherik qilmasdan O’ziga ibodat qilishlaridir. Bandalarning Alloh zimmasidagi haqlari - biror narsani Unga sherik qilmagan bandasini azoblamasligidir», deb aytdilar. Keyin men: «Ey Allohning rasuli, shunday bo‘lsa, bu haqda odamlarga xursandlik xabarini beraymi?» desam, u zot: «Io‘q, xabar berma. (Agar xabar beradigan bo‘lsang), bu narsaga suyanib amal qilmay qo‘yishadi», dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta takrorlangan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:09:25
130/8. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan o‘tirgan edik. Biz bilan Abu Bakr roziyallohu anhu, Umar roziyallohu anhu va bir necha sahobalar ham bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldimizdan turdilar-da, hayallab ketdilar. Biz bir-birimizdan judo bo‘lib qolarmikinmiz, deb xavfsiradik. Qo‘rqib o‘rnimizdan turdik. Men birinchi bo‘lib qo‘rqdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni axtarib chiqdim. Yura-yura ansoriylardan birining bog‘iga yetdim. U (bog‘) Bani Najjorga tegishli ekan. Uning atrofida eshik bormikan, deb aylandim, lekin eshik topa olmadim. Bog‘ tashqarisidagi quduqdan bog‘ ichiga oqib kirayotgan ariqchani ko‘rdim. U yerdan xuddi tulki kabi sirg‘alib kirib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bordim. U zot: «Abu Hurayramisan?» dedilar. Men: «Ha, ey Allohning rasuli», dedim. U zot: «Nimaga kelding?» dedilar. Men: «Siz oramizda o‘tirib, keyin tez qaytib kelavermaganingizdan sizni yo‘qotib qo‘ydikmi, deb qo‘rqib ketdik. Birinchi qo‘rqqan kishi men bo‘ldim. Mana shu boqqa keldim. Va xuddi tulkiday sirg‘alib kirdim. Anavi kishilar ham orqamda turishibdi», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki kavushlarini berib: «Ey Abu Hurayra, kavushimni olgin-da, bog‘ tashqarisida Alloh taoloning yakkayu-yagonaligiga chin qalbdan ishonib guvohlik bergan kishiga jannat xushxabarini yetkaz», dedilar. Birinchi yo‘liqqan kishim Umar bo‘ldilar. U zot: «Ey Abu Hurayra, bu ikki kavushni nimaga olib yuribsan?» dedilar. Men: «Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kavushlari, u zot ikki kavushlarini berib: «Io‘lda kimni uchratsang, o‘sha kishi qalbdan ishonib «Allohdan boshqa iloh yo‘q», deb guvohlik bersa, unga jannatga kirishi xushxabarini yetkaz», deb aytdilar», desam, Umar roziyallohu anhu ko‘kragimga qo‘llari bilan urdilar. Shunda men ketim bilan yiqilib tushdim. Umar roziyallohu anhu: «Ey Abu Hurayra, orqangga qayt», dedilar. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga yig‘lamsirab, xo‘rsingan holatda qaytib bordim. Umar roziyallohu anhu esa izimdan ergashib keldilar. Rasululloh sollallohu alayhi   vasallam   mendan:   «Ey   Abu  Hurayra,   senga  nima   bo‘ldi?»   deb so‘radilar. Men: «Umar roziyallohu anhuga yo‘liqib siz yuborgan narsani aytsam, u kishi ko‘kragimga qattiq urdilar. Men ketim bilan yiqilib tushdim. Va yana orqangga qayt, dedilar», deb aytdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Umar! Nima bunday qilishga majbur etdi?» dedilar. Umar roziyallohu anhu: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, Abu Hurayraning qo‘liga kavush berib: «Kimga yo‘liqsang, o‘sha kishi qalbi bilan ishongan holda, sidqidildan Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik bersa, jannatga kirishi xushxabarini bergin», deb siz aytdingizmi?» deganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, men aytdim», dedilar. Shunda Umar roziyallohu anhu: «Bunday qilmang, chunki odamlar shu narsaga suyanib, amal qilmay qo‘yishlaridan qo‘rqaman. Ularni shundayligicha qoldiring, amal qilaversinlar», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ularni shundayligicha qoldir», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:09:33
131/9. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muoz ibn Jabal bilan bir ulovga mingashib ketayotib: «Ey Muoz», dedilar. Muoz: «Labbay, ey Rasululloh, amringizga muntazirman», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Muoz», dedilar. Muoz: «Labbay, amringizga muntazirman», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Muoz», dedilar. Muoz: «Labbay, amringizga muntazirman», dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir banda Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga, albatta Muhammad (alayhissalom) Uning quli va rasuli ekaniga sidqidildan guvohlik bersa, Alloh unga do‘zaxni harom qiladi», dedilar. Muoz: «Ey Allohning rasuli, bu haqda odamlarga xabar beraymi? Ular bu bilan xursand bo‘lishadi», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Io‘q), buning xabarini bersang, unga suyanib, (amal qilmay qo‘yishadi)», dedilar. (Avvaliga Muoz roziyallohu anhu xabar bermay yurdilar.) Lekin o‘limlari yaqinlashganida (ilmni yashirib) gunohkor bo‘lib qolishdan xavfsirab uning xabarini berdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:09:43
132/10. Mahmud ibn Rabiy’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Madinaga borgach, Itbon bilan uchrashib: «Menga yetib kelishicha, senda bir hadis bor ekan», deganlarida, u zot: «Ha, ko‘zimning nuri ketib qoldi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga odam yuborib, uyimga kelib, namoz o‘qib berishlarini va u zot o‘qigan makonlarini namozgoh qilib olishimni aytdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh xohlaganicha sahobalarini olib keldilar. Manzilimga kirib namoz o‘qiyotganlarida sahobalar (munofiqlarni zikr qilib) Molik ibn Duxshumga munofiqlikning katta qismini nisbat berishdi. Va «Qaniydi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni duoibad qilsalar-u, u halok bo‘lsa», deb unga biror zarar yetishini orzu qilishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz o‘qib bo‘lganlaridan keyin: «U Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga va men Allohning rasuli ekanimga guvohlik bermaganmi?» desalar, sahobalar: «To‘g‘ri, u bu kalimalarni aytadi, lekin qalbidan emas», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb, men Allohning rasuli ekanimga guvohlik bermasa, do‘zaxga tushadi yoki do‘zax uni yeydi», dedilar.

Anas roziyallohu anhu: «Bu hadis meni hayratda qoldirdi. Va o‘g‘limga uni yozgin, deb aytgan edim, o‘g‘lim uni yozdi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:09:52
133/11. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Itbon ibn Molik ko‘zlari xiralashib qolganida odam yuborib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga shunday dedi: «(Uyimga) kelib, masjid qilib olishim uchun bir joyda namoz o‘qib belgilab bering», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qavm bilan birga keldilar. Shu payt bir kishini sifatlab ketishdi. Uning ismi Molik ibn Duxshum edi...», deb hadisning qolgani yuqoridagi hadisdagidek davom ettirilgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:10:11
11-bob
Kim Allohni Rabbim deb, Islomni din deb, Muhammad  alayhissalomni rasul deb rozi bo‘lsa, agar u kabira gunohlarni sodir etgan bo‘lsa ham mo‘min ekani haqida


134/1. Abbos ibn Abdulmuttalib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim Allohni Rabb deb, Islomni din deb, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni rasul deb rozi bo‘lsa, iymon halovatini topibdi», deb aytganlarini eshitdim».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:10:28
12-bob Iymon bo‘laklari adadi, o‘sha bo‘laklarning eng afzali va pasti hamda hayoning fazilati va uning iymondan ekani bayoni

135/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Iymon yetmishdan ortiq bo‘lakdir. Hayo iymon bo‘laklaridan biridir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:10:37
136/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Iymon yetmishdan yoki oltmishdan ortiq bo‘lakdir. Bularning eng afzali «La ilaha illalloh» bo‘lsa, eng pasti odamlar yuradigan yo‘ldan ozor beruvchi narsalarni olib tashlashdir. Hayo ham o‘sha iymon bo‘laklaridan biridir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:10:44
137/3. Solimning otalaridan qilgan rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishining birodariga hayo haqida va’z qilayotganini eshitdilar. (Ya’ni: «Juda qattiq hayoli bo‘lma! Uzingga qiyin bo‘ladi», derdi.) Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hayo iymondandir», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «bir kishi», degan so‘z «ansoriy kishi» lafzi ila kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:10:52
138/4. Imron ibn Husayn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Hayo faqat yaxshilik olib keladi», deb aytgan so‘zlarini gapirsalar, Bushayr ibn Ka’b: «Hikmatda yozilishicha, hayoda viqor hamda xotirjamlik bor», deb aytdi. Shunda Imron roziyallohu anhu unga qarata: «Men senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlarini gapirsam, sen bo‘lsang sahifangdagi narsalarni so‘zlaysan-a», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:10:59
139/5. Abu Qatoda aytdilar: «Biz bir nechta kishi Imron ibn Husayn huzurlarida edik. Ichimizda Bushayr ibn Ka’b ham bor edi. Shu payt Imron: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hayoning hammasi yaxshilik», deganlar», deb aytsalar, Bushayr ibn Ka’b: «Ba’zi kitob yoki hikmatda ko‘rganmizki, hayoda Alloh uchun viqorli va xotirjam bo‘lish bor hamda unda zaiflik ham bor», dedi. Imronning Bushayr aytgan so‘zga achchiqlari keldi, hatto ikki ko‘zlari qizarib ketdi. Imron: «Men senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan so‘zlarini zikr qilsam, sen unga qarshi bo‘lmoqdasan», dedilar. Keyin yana Imron shuni aytsalar, Bushayr ham o‘z so‘zini gapirdi. Imronning yana achchiqlari chiqdi. Shunda biz:  «Ey Abu Nujayd (ya’ni, Imron), Bushayr bizdan (ya’ni, musulmon), uning zarari yo‘q (ya’ni, u munofiq ham, zindiq ham emas)», deb aytdik». Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:11:14
13-bob Islom sifatlarini o‘zida  jamlovchi narsalar haqida

140/1. Sufyon ibn Abdulloh as-Saqafiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «(Men): «Ey Allohning rasuli! Menga Islomdagi bir so‘zni aytingki, sizdan keyin biror kishidan so‘ramayin», (Abu Usomaning hadisida «... sizdan boshqasidan so‘ramayin...» bo‘lib kelgan) desam, u zot: «Allohga iymon keltirdim, deb ayt, keyin istiqomat, ya’ni to‘g‘ri yo‘lni lozim tut», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:11:27
14-bob Islomdagi amallardan birining  boshqasidan afzalligi va ularning qay biri eng afzal ekani bayoni

141/1. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Islomdagi qaysi amal yaxshi?» deb so‘raganida, u zot: «Qorni ochlarni to‘ydirishing hamda tanigan va tanimagan kishingga salom berishing», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:11:34
142/2. Abdulloh ibn Amr ibn Oss aytdilar: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Musulmonlarning qaysi biri yaxshiroq?» deb so‘raganida, u zot: «Musulmonlar uning tili va qo‘lidan omonda bo‘luvchi kishi yaxshiroqdir», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:11:41
143/3. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonlar uning tili va qo‘lidan omonda bo‘lgan kishi (haqiqiy) musulmondir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:11:51
144/4. Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli! Islomdagi qaysi amal afzal?» desam, u zot: «Musulmonlar uning tili va qo‘lidan omonda bo‘lgan kishi afzal», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, faqat: «Rasulullohdan (s.a.v.) qaysi musulmonlar afzal deb so‘ralganida», bo‘lib kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:13:46
15-bob
Iymon halovatini topish bilan sifatlangan kishining xislatlari bayoni


145/1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimda uch xislat bo‘lsa, iymon halovatini topibdi: 1. Alloh va Uning rasuli boshqa narsalardan mahbub bo‘lsa. 2. Bir kishini Alloh roziligi uchun yaxshi ko‘rsa. 3. Alloh uni kofirlikdan qutqarganidan keyin unga qaytishni xuddi olovga tashlanishni yomon ko‘rganidek yomon ko‘rsa», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:14:08
146/2. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uchta xislat borki, ular kimda bo‘lsa, iymon lazzatini topibdi: 1. Biror kishini faqat Alloh uchun yaxshi ko‘rsa. 2. Alloh va Uning rasuli boshqa narsalardan sevimli bo‘lsa. 3. Alloh uni kufrdan qutqarganidan keyin yana kofirlikka qaytmog‘idan ko‘ra olovga tashlanishni afzalroq deb bilsa», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «kufrlikka qaytmog‘idan», degan so‘z o‘rniga «yahudiy va nasroniylikka qaytmog‘idan» bo‘lib kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:14:35
16-bob
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbati ahli, farzandi, otasi va boshka barchaga muhabbatidan ko‘ra ko‘proq bo‘lishining shartligi hamda bunday muhabbati bo‘lmagan kishini iymonsiz deb nomlash haqida


147/1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Banda (Abdulvoris rivoyatlarida «banda» o‘rniga «kishi» bo‘lib kelgan) nazdida men uning ahlidan, molidan va odamlarning barchasidan afzal bo‘lmagunimcha u mo‘min bo‘la olmaydi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:14:42
148/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz garchi men unga farzandidan, otasidan va odamlarning barchasidan afzal bo‘lmagunimcha mo‘min bo‘la olmaydi», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:14:53
17-bob Kishi o‘ziga sevimli deb bilgan yaxshiliklarni musulmon birodariga ravo ko‘rishi iymon xislatlariga egaligigiga dalil ekani haqida

149/1. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz birodari yoki qo‘shnisiga o‘zi uchun sevimli deb bilgan narsani ravo ko‘rmagunicha mo‘min bo‘la olmaydi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:15:00
150/2. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jonim Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, banda o‘zi uchun sevimli deb bilgan narsasini qo‘shnisi yoki birodariga ham ravo ko‘rmagunicha mo‘min bo‘la olmaydi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:15:16
18-bob Qo‘shniga ozor  berishning haromligi haqida

151/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qo‘shnisi uning yomonliklaridan omonda bo‘lmagan kishi jannatga kirmaydi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:15:29
19-bob
Qo‘shni va mehmonni hurmat qilishga undash, yaxshi narsalardan boshkasida gapirmasdan jim turish hamda mana shu narsalarning barchasi iymondan ekani haqida


152/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, yaxshi so‘zlarni aytsin yoki jim tursin. Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, qo‘shnisini hurmat qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, mehmonni hurmat qilsin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:15:38
153/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, qo‘shnisiga ozor bermasin. Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, mehmonni hurmat qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, yaxshi so‘zlarni gapirsin yoki jim tursin», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Va unga «qo‘shnisiga yaxshilik qilsin», deb qo‘shimcha qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:15:45
154/3. Abu Shurayh al-Xuzoiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, qo‘shnisiga yaxshilik qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, mehmonni hurmat qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, yaxshi so‘zlarni gapirsin yoki jim tursin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:16:01
20-bob
Munkar narsalardan qaytarish iymondan ekani, albatta iymon ziyoda bo‘lib-kamayishi va amri ma’ruf, nahyi munkarning vojibligi haqida


155/1. Toriq ibn Shihob roziyallohu anhudan rivoyat qdlinadi. Hayit kuni namozdan oldin xutba aytishni birinchi bo‘lib boshlagan kishi Marvondirlar. Bir kishi: «Xutbadan oldin namoz», dedi. Marvon: «Bu narsa tark qilingan», dedilar. Abu Said: «Bu kishi zimmasidagi haqni ado etdi. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman, u zot: «Kim biror munkar ishni ko‘rsa, qo‘li bilan o‘zgartirib bartaraf etsin. Agar bunday qilishga qodir bo‘lmasa, tili bilan bartaraf qilsin. Agar bunga ham qodir bo‘lmasa, qalbi bilan karih ko‘rib bartaraf qilsin. Mana shu (oxirgisi zaif iymondir)», dedilar», deb aytganlar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:16:13
156/2. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo mendan oldin biror ummatga payg‘ambar yuboradigan bo‘lsa, albatta o‘sha ummat ichida izdoshlari va sahobalari bo‘lgan. Ular o‘sha payg‘ambarning sunnatini ushlab, uning buyruqlariga ergashishgan. Ulardan keyin yomon avlod kelib o‘rinbosar bo‘ladiki, ular qilmagan ishlarni aytib va buyurmagan narsalarni bajarishadi. Kim ularga qo‘li bilan kurashsa, mo‘mindir. Kim ularga tili bilan kurashsa, mo‘mindir. Kim ularga qalbi bilan kurashsa, u ham mo‘mindir. Lekin buning ortida xantal urug‘icha ham iymon yo‘qdir», dedilar.

Abu Rofe’: «Abdulloh ibn Umarga bu hadisni aytsam, inkor qildilar. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu Madinadagi Qinot vodiyiga kelganlarida Abdulloh ibn Umar Ibn Mas’udning ziyoratlariga meni hamroh qilib oldilar. Men Ibn Umar bilan birga u zotning huzurlariga borib o‘tirganimda bu hadis haqida so‘rasam, xuddi Ibn Umar roziyallohu anhuga aytganim kabi menga gapirib berdilar», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Lekin Ibn Mas’ud roziyallohu anhuning kelganlari va Ibn Umar bilan uchrashganlari zikr qilinmagan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:16:23
21-bob Iymon ahlidan birining boshqasidan afzalligi, Yaman ahlining iymoni esa boshqa iymondan afzalligi haqida

157/1. Abu Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Yaman tomonga qo‘llari bilan ishora qilib: «Ogoh bo‘ling, albatta iymon bu tomonda, qalbi qattiq, bag‘ritoshlar esa tuya-otlarini boqib, ovozini balandlatib haydab yuruvchilardir. Shaytonning ikki shoxi Rabiy’a va Muzar qabilasi tomondan chiqadi», deb aytdilar. (Ya’ni, Rabiy’a va Muzar qabilasi mashriq tomondadir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarining birida «Kufrning boshi mashriq tomonda», deb aytganlar).
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:16:31
158/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaman ahli keldi. Ular qalbi eng muloyim kishilardir. Iymon yamanliklarda, fiqh yamanliklarda va hikmat yamanliklarda», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:16:38
159/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Huzuringizga Yaman ahli kelishadi. Ularning qalbi nozik, tabiatlari muloyim, fiqh va hikmat ham o‘shalarda», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:16:44
160/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kufrning boshi mashriq tomonda. Faxrlanish va gerdayish ot va tuyalarni boquvchi, ovozini balandlatib (ularni) haydab yuruvchi badaviylarda. Xotirjamlik va yumshoqlik qo‘y boquvchilarda», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:16:51
161/5. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Iymon yamanliklarda, kufr mashriq tomonda, xotirjamlik qo‘y boquvchilarda, faxrlanish va riyo ot boquvchi, ovozini balandlatib haydab yuruvchi badaviylarda», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:16:59
162/6. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Faxrlanish va gerdayish tuya va otlarni boqib, ovozini balandlatib yuruvchi badaviylarda, xotirjamlik esa qo‘y boquvchilarda», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:17:06
163/7. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Yaman ahli keldi. Ularning tabiatlari muloyim, qalblari nozikdir. Iymon yamanliklarda, hikmat yamanliklarda, xotirjamlik qo‘y boquvchilarda, faxrlanish va gerdayish kun chiqar tomondagi ot va tuya boquvchi badaviylarda», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:17:18
164/8. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga Yaman ahli keladi. Ular ko‘ngilchan, tabiatlari nozik. Iymon yamanliklarda, hikmat yamanliklarda, kufrning boshi esa mashriq tomonda», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Lekin «kufrni boshi mashriq tomonda», degan so‘z yo‘q. A’mash yuqoridagi sanad bilan Jarirning hadisiga o‘xshab keltirgan va «Faxr va gerdayish tuya boquvchilarda, xotirjamlik hamda viqor qo‘y boquvchilarda» lafzini ziyoda qilgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:17:24
165/9. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bag‘ritoshlik va qo‘pollik mashriq tomonda, iymon Hijoz ahlida», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:17:40
22-bob.
Jannatga fakat mo‘minlar kirishi, mo‘minlarni yaxshi ko‘rish iymondan ekani va salomni tarkatish muhabbatning hrsil bo‘lishiga sabab bo‘lishi haqida


166/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Iymon keltirmaguningizcha jannatga kirmaysiz. Bir-biringizni yaxshi ko‘rmaguningizcha (komil) iymonli bo‘lmaysiz. Agar bajarsangiz, bir-biringizni yaxshi ko‘rishingizga sabab bo‘ladigan narsaga dalolat qilaymi? Oralaringizda salomni tarqating», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «Jonim Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, iymon keltirmaguningizcha jannatga kirmaysiz» so‘zi ziyoda qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:17:49
167/2. Tamiym ad-Doriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Din xolislikdir», deganlarida, biz: «Kim uchun ey Rasululloh?» dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, kitobiga, rasuliga va musulmonlar imomi hamda ommasiga», deb aytdilar.

(Izoh: Allohga xolislik - Unga iymon keltirib, amrlarini bajarish, qaytariqlaridan qaytish. Kitobiga xolislik - undagi narsalarga bo‘ysunib, tilovat qilish. Rasuliga xolislik - u zot olib kelgan risolatni tasdiqlash. Musulmonlar  imomiga xolislik - haq  bo‘lsa,  unga  yordam  berib,  itoat qilish. Ommaga xolislik - ularga amru-ma’ruf, nahyi-munkar qilish hamda ozor bermaslik bilan bo‘ladi.)
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:18:09
23-bob
Din xolislik ekani haqida


Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

168/1. Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga namozni o‘qishga, zakotni berishga va har bir musulmonga xolis bo‘lishga bay’at qildim», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:18:15
169/2. Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga har bir musulmonga xolis bo‘lishga bay’at qildim», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:18:21
170/3. Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga quloq solish va itoat qilishga bay’at qildim». U zot: «Agar qodir bo‘lsang», deb aytib turdilar. Va yana Jarir: «Har bir musulmonga xolis bo‘lishga bay’at qildim», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:18:33
24-bob
Gunoh sodir etish sababli iymonning noqis bo‘lishi, iymonni mukammal bo‘lmasligini xohlab gunohga kirishib ketgan insonning iymoni yo‘kligi haqida


171/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Zinokor zino qilayotgan paytda (komil) mo‘min emas. Ug‘ri o‘g‘irlik qilayotgan paytda (komil) mo‘min emas. Aroq ichuvchi aroq ichayotgan paytda (komil) mo‘min emas», dedilar.

Abu Hurayra bu hadisdagilar qatoriga «Odamlar ko‘z tikib turgan vaqtda qadrli (qimmatbaho) narsani o‘ljalar ichidan (taqsimlanishdan oldin) tortib olayotganda (komil) iymonli emas», deyilgan jumlani qo‘shardilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis biroz farqli ravishda to‘rt marta takror kelgan. To‘rtinchisida «Ulja taqsimlashdan oldin sizlardan biringiz undan yashirgan bo‘lsa, komil mo‘min emas, unday qilishdan chetlanib yiroq bo‘linglar» so‘zi ziyoda qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:19:01
172/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Zinokor zino qilayotgan paytda komil mo‘min emas. Ug‘ri o‘g‘irlik qilayotgan paytda komil mo‘min emas. Aroq ichuvchi aroq ichayotgan paytda komil mo‘min emas. Bulardan keyin tavba eshiklari ochiqdir», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:19:31
25-bob
Munofiqning xislatlari haqida


173/1. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘rt xislat borki, ular kimda topilsa, u haqiqiy munofiqdir. Kimda ana shu xislatlardan birortasi bo‘lsa, to uni tark qilgunicha o‘sha kishida munofiqlikdan bir xislat bo‘ladi. Ular agar gapirsa, yolg‘on gapiradi; ahdlashsa, xiyonat qiladi; va’da bersa, xilof qiladi; xusumatlashsa, haqdan yuz o‘giradi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:19:42
174/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Munofiqning alomati uchtadir - agar gapirsa, yolg‘on gapiradi; va’da bersa, xilof qiladi; omonat berilsa, xiyonat qiladi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis uch marta takror kelgan. Lekin oxirida «Agar ro‘za tutib, namoz o‘qib, o‘zini musulmon deb da’vo qilsa ham» so‘zi ziyoda qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:19:56
26-bob
Musulmon birodarini «Ey kofir» deb aytgan kishining iymoni
Haqida


175/1. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishi birodarini kofir desa, bu so‘z ikkovlaridan biriga qaytadi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:20:04
176/2. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir kishi birodariga «Ey kofir» deb aytsa, ikkovlaridan biriga qaytadi. Agar u o‘sha aytgan so‘zidek bo‘lsa, (kofirdir). Bordi-yu, aytgan so‘zi o‘sha kishida bo‘lmasa, aytuvchining o‘ziga qaytadi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:20:11
177/3. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir kishi bila turib haqiqiy otasidan boshqani otam deb da’vo qilsa, kufroni ne’mat qilibdi. Kim o‘ziniki bo‘lmagan narsani «meniki», deb da’vo qilsa, biz (ning jamoamiz)dan emas. Va joyini do‘zaxdan tanlab qo‘ysin. Kim biror kishini «kofir» yoki «Allohning dushmani» deb aytsa, o‘sha aytgan so‘z u kishida mavjud bo‘lmasa, aytuvchining o‘ziga qaytadi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:20:24
27-bob
Bila turib otasini tan olmagan kishining iymoni haqida


178/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Otalaringizdan yuz o‘girmanglar. Kim otasidan yuz o‘girsa, u kufroni ne’mat qilibdi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:20:33
179/2. Abu Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Ziyod (Muoviya ibn Abu Sufyonni otam deb) da’vo qilganida (onasi bir bo‘lgan) Abu Bakraga yo‘liqib: «Bu nima qilganlaringiz? Abu Vaqqos: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Islomda bila turib otasidan boshqa kishini otam, deb da’vo qilsa, jannat unga haromdir», deb aytganlarini quloqlarim bilan eshitganman», deganlar», deb aytsam, Abu Bakra roziyallohu anhu: «Men ham shuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman», dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlanib, «quloqlarim eshitgan»dan keyin «qalbim uni yod olgan», so‘zi ziyoda qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:20:54
28-bob
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Musulmonni so‘kish fosiqlik, uni katl etish kofirlik», degan so‘zlari haqida


180/1. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonni so‘kish fosiqlik, uni o‘ldirish kofirlikdir», dedilar.

Zubayd aytadilar: «Abu Voilga «Siz ham Abdullohning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qilgan ushbu rivoyatlarini eshitganmisiz?» desam, u zot: «Ha», deb javob berdilar».

Ammo Sho‘‘ba rivoyatida Zubaydning Abu Voilga aytgan so‘zlari yo‘q.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:21:08
29-bob
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Mendan keyin ba’zingiz ba’zingizning bo‘yniga (kilich bilan) urib (Islomdan) orkaga kaytib ketmanglar», degan so‘zlari haqida


181/1. Abu Zur’a bobolari Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vido hajida menga «Odamlarni tinchlantir», deb, keyin: «Mendan keyin ba’zingiz ba’zingizning bo‘yniga (qilich) bilan urib kofir bo‘lgan holda orqaga qaytib ketmanglar», dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:21:15
182/2. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vido hajida: «Sizlarga voy bo‘lsin! Yana mendan keyin ba’zingiz ba’zingizning bo‘yniga (qilich) bilan urib kofir bo‘lib ketmanglar», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:21:29
30-bob
 Nasabda hakorat kilish va o‘lganga dod-voylab yig‘lashda kufr kalimasini ishlatish haqida


183/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Insonlar orasida ikki sifat borki, ular kufrdir: nasabni haqorat qilish; o‘likka dod-voylab yig‘lash», dedilar.

(Izoh: Ulamolar arabchadagi «kafara» fe’liga to‘rt xil ma’no berishadi: 1) kufr amallari, johiliyat axloqlari; 2) kufrga olib boruvchi; 3) kufroni ne’mat; 4) o‘ziga halol qilib olsa, kofir bo‘lishi).
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:21:44
31-bob
Xojasi izmidan qochib ketgan qulning kofir deb atalgani haqida


184/1. Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot quyidagicha rivoyatni eshitganlar: «Qaysi bir qul o‘z xojasi izmidan qochib ketsa, to qaytib kelgunicha kofir bo‘libdi».

Ushbu hadis roviylaridan biri Mansur: «Allohga qasamki, haqiqatda bu hadis Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilindi. Lekin men bu yerdan turib (ya’ni, Basradan) rivoyat qilinmog‘ini karih ko‘raman», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:21:51
185/2. Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir qul (xojasi izmidan) qochib ketsa, undan himoya ko‘tarilibdi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:21:57
186/3. Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qul qochib ketsa, uning namozi qabul qilinmaydi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:22:10
32-bob
«Yulduzlar almashuvi sababli bizga yomg‘ir yog‘di», deb aytgan kishining kofir bo‘lishi haqida


187/1. Zayd ibn Xolid al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hudaybiyyada tungi yomg‘ir so‘nggidan bomdod namozini o‘qib berdilar. Uqib bo‘lgach olamlarga yuzlandilar-da: «Rabbingiz nima deganini bilasizlarmi?» dedilar. Odamlar: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Alloh): «Bandalarim Menga mo‘min va kofir holda tong ottirishadi. Kim «Allohning fazli va rahmati sababli yomg‘ir yog‘dirildi», desa, Menga mo‘min bo‘lib, yulduzlarga kofir bo‘libdi. Ammo kim yulduzdagi unday yoki bunday narsa sababli yomg‘ir yog‘dirildi, desa, Menga kofir, yulduzga mo‘min bo‘libdi», deydi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:22:17
188/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Rabbingiz nima deb aytganiga qaramaysizlarmi? «Men bandalarimga ne’matlar ato etsam, ulardan bir toifasi kofir bo‘lib tong ottirishadi. Yulduzlar va yulduzlar sababli (yomg‘ir yog‘di), deyishgani uchun shunday bo‘lishdi», dedi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:22:25
189/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo osmondan barakasini tushirsa, odamlardan bir firqa o‘sha narsa sababli kofir bo‘ladi. Chunki Alloh taolo ularga yomg‘ir tushirsa, ular yulduzdagi u yoki bu sababli yomg‘ir yog‘di, deb aytishadi», dedilar. Lekin Murodiy ismli roviyning hadisida «Falon-fiston yulduz sababli yomg‘ir yog‘di» bo‘lib kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:22:32
190/4. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida odamlarga yomg‘ir yog‘dirildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlardan ba’zilari shukr qiluvchi va ba’zilar kofir bo‘lishdi», dedilar. Chunki ba’zilari: «Bu yoqqan yomg‘ir Allohning rahmatidir», deyishdi va ba’zilar: «Yulduzdagi u yoki bu narsa o‘zgarishi sababli yomg‘ir yog‘di», deyishdi.

Keyin quyidagi oyat nozil bo‘ldi: «Men yulduzlarning botar joylariga qasam ichurmanki, (hattoki) sizlar (Qur’onni) yolg‘on, deyish(dek badbaxtlik)ni o‘zlaringizning rizq-nasibalaringiz qilib olursizlarmi?» (Voqea surasi, 75-82-oyatlar.)
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:22:52
33-bob
Ansorlarni (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) yaxshi ko‘rish iymon va uning alomatlaridandir. Ularni yomon ko‘rish munofiklik alomatiga dalil ekani haqida


191/1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ansorlarni yomon ko‘rish - munofiqlik alomati. Ansorlarni yaxshi ko‘rish mo‘minlik alomatidir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:23:00
192/2. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ansorlarni yaxshi ko‘rish - iymon alomati, ularni yomon ko‘rish munofiqlik alomatidir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:23:07
193/3. Barro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ansorlar haqida gapirib: «Ularni faqat mo‘min yaxshi ko‘radi. Ularni faqat munofiqlargina yomon ko‘radilar. Kim ansorlarni yaxshi ko‘rsa, Alloh ularni yaxshi ko‘radi. Kim ansorlarni yomon ko‘rsa, Alloh ularni yomon ko‘radi», dedilar.

Sho‘‘ba roziyallohu anhu Adiyga: «Bu hadisni Barrodan eshitdingmi?» deganlarida, Adiy: «Menga gapirib bergan edi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:23:15
194/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan kishi ansorlarni yomon ko‘rmaydi», dedilar.

Bu yerda Abu Said roziyallohu anhudan rivoyat qilingan xuddi shu ma’nodagi hadis keltirilgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:23:23
195/5. Zirr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ali roziyallohu anhu:   «Donlarni   yorib,   insonlarni  yaratgan   Zotga  qasamki,   menda  omi payg‘ambar (Muhammad alayhissalom)dan ahd bor. U ham bo‘lsa meni faqat mo‘min yaxshi ko‘rib, munofiq yomon ko‘radi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:23:36
34-bob
Toat noqis bo‘lishi bilan iymonning noqis bo‘lishi hamda kufr kalimasini Allohga kufr keltirishdan boshqa narsalarda, ya’ni ne’matga va huquqlarda ishlatilishining bayoni


196/1. Ibn Umar roziyshshohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey ayollar jamoasi, sadaqa beringlar va istig‘for aytishni ko‘paytiringlar. Chunki do‘zax ahlining ko‘pchiligini siz, ayollardan tashkil topganini ko‘rdim», deganlarida, bir oqila ayol: «Nima uchun do‘zax ahlining aksariyati biz ayollardan tashkil topgan?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «La’natni ko‘p aytasizlar va erlaringizga ko‘p noshukrlik qilasizlar. Men sizlardan ko‘ra aql va dinda noqis bo‘lib, aqllilar ustidan g‘olib keluvchilarni ko‘rmadim», dedilar. Haligi ayol: «Aqli va dini noqis deganingiz nima?» deb so‘ragan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki ayolning guvohligi bir erkak guvohligiga teng bo‘lishi aqli noqisligidir. Hayz va nifos qoni ko‘rganida namoz o‘qimasligi dini noqisligidir», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:23:51
35-bob
Namozni tark kilgan kishiga kufr kalimasining ishlatilishi haqida


197/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qachonki, odam bolasi sajda (oyati)ni o‘qib (darhol) sajda qilganida shayton yig‘lab uzoqlashadi va unga voy bo‘lsin, deb aytadi», dedilar.

Abu Kuraybning rivoyatlarida «Menga voy bo‘lsin! Odam bolasi sajda qilishga buyurilganida sajda qildi va unga jannat berildi. Men esa bosh tortdim va menga do‘zax berildi» bo‘lib kelgan.

A’mash roziyallohu anhuning rivoyatlarida ham shu sanad bilan rivoyat qilingan, lekin «Osiylik qilganim uchun menga do‘zax berildi» bo‘lib kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:23:58
198/2. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi bilan shirk va kufr orasida namozni tark qilish bor», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:24:17
36-bob
Alloh taologa iymon keltirish amallarning eng afzali ekani haqida


199/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Qaysi amal afzal?» deb so‘ralganida, u zot: «Allohga iymon keltirish», dedilar. «Keyin qaysi?» deb so‘ralganida, u zot: «Alloh yo‘lida jihod», dedilar. «Keyin qaysi?» deb so‘ralganida, u zot: «Maqbul haj», dedilar.

Muhammad ibn Ja’farning rivoyatlarida esa «Alloh va rasuliga iymon keltirish» bo‘lib kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:24:25
200/2. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli, amallarning qaysi biri afzalroq?» desam, u zot: «Allohga iymon keltirish va Uning yo‘lida jihod qilish», dedilar. Men: «Qaysi qulni ozod qilish afzalroq?» deganimda, u zot: «Egasi nazdida yaxshi bo‘lganini hamda narxi qimmatini», dedilar. Men: «Agar buni qila olmasam-chi?» desam, u zot: «Hunarmandga yordam bergin yoki hunarsizni ish bilan ta’minlagin», dedilar. Men: «Ey Allohning rasuli, agar ba’zi amallarni ado etishda zaiflashib qolsam, nima qilay?» deganimda, u zot: «Odamlardan yomonligingni to‘xtat. Bunday qilishing ham o‘z nafsing uchun sadaqadir», dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:24:32
201/3. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Amallarning qaysisi afzal?» deb so‘rasam, u zot: «Vaqtida o‘qilgan namoz», dedilar. «Keyin qaysisi?» desam, u zot: «Ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar. «Keyin qaysisi?» desam, u zot: «Alloh yo‘lida jihod», dedilar. U zotning rioyalarini qilib ortiqcha so‘rashni tark qildim».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:24:39
202/4. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhdan rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning nabiyi, amallarning qaysisi jannatga yaqinroq?» deb so‘rasam, u zot: «Vaqtida o‘qilgan namoz», dedilar. Men: «Ey Allohning nabiyi, yana-chi?» desam, u zot: «Ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar. Men: «Ey Allohning nabiyi, yana-chi?» desam, u zot: «Alloh yo‘lida jihod», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:24:47
203/5. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Amallarning qaysi biri Allohga mahbubroq?» deb so‘rasam, u zot: «Vaqtida o‘qilgan namoz», dedilar. «Keyin qaysi?» desam, u zot: «Ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar. «Keyin qaysi?» desam, u zot: «Alloh yo‘lida jihod», dedilar. Agar ziyoda so‘rasam, menga ziyoda javob berar edilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:24:53
204/6. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Amallarning afzali vaqtida o‘qilgan namoz va ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:25:11
37-bob
Shirk-gunohlarning eng xunugi (yomoni, og‘iri) ekani va undan keyingi eng ulkan gunohlarning bayoni


205/1. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Qaysi gunoh Alloh huzurida katgaroq?» deb so‘rasam, u zot: «Seni yaratgan Allohga (biror narsani) teng qilmog‘ing», dedilar. Men: «Haqiqatda bu ulkan gunoh, so‘ngra qaysisi?» desam, u zot: «Keyin bolalaringning sen bilan birga taom yeyishidan qo‘rqib o‘ldirib yuborishing», dedilar. «So‘ngra qaysisi?» desam, u zot: «Keyin qo‘shningning xotini bilan zino qilishing», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:25:44
206/2. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Allohning rasuli, Alloh huzuridagi eng ulkan gunoh qaysi?» deganida, u zot: «Seni yaratgan Allohga (biror narsani) teng qilib, unga duo etmog‘ing», dedilar. U kishi: «So‘ngra qaysisi?» deganida, u zot: «Bolalaringni sen bilan birga taom yeyishidan qo‘rqib o‘ldirib yuborishing», dedilar. «So‘ngra qaysisi?» deganida, u zot: «Qo‘shningning xotini bilan zino qilishing», dedilar. Shundan so‘ng Alloh uning tasdig‘iga oyat nozil qildi: «Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar. Va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur» (Furqon surasi, 68-oyat).
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:25:59
38-bob
Kabira gunohlarning eng ulkani haqida


207/1. Abdurahmon ibn Abu Bakra roziyallohu anhu otalaridan rivoyat qiladilar. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edik. U zot: «Sizlarga kabira gunohlarning ulkani haqida xabar beraymi?» deb uch bora aytdilar-da, (so‘ng) «Allohga (biror narsani) sherik qilish, ota-onaga oq bo‘lish, yolg‘on guvohlik yoki yolg‘on so‘z», dedilar. Bu so‘zni gapirayotganlarida suyanib turgandilar, o‘tirib oldilar. Bu so‘zni qayta-qayta takrorlardilar. Biz esa, u zot jim bo‘lsalar-ku, deb umid qilardik».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:29:46
208/2. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kabira gunohlar haqida gapira turib: «Ular Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, biror jonni o‘ldirish va yolg‘on so‘z», dedilar.

Anas ibn Molik aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kabiralarni esladilar yoki kabiralar haqida so‘raldilar. «Allohga shirk keltirish, odam o‘ldirish, ota-onaga oq bo‘lish», deb aytdilar. Yana: «Gunohi kabiralarning kattasi haqida xabar beraymi?» dedilar. So‘ngra: «Yolg‘on so‘z» yoki «Yolg‘on guvohlik berish», deb aytdilar. Hadisdagi «Yolg‘on guvohlik berish», degan so‘zga gumonim ko‘proq».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:29:55
209/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Halokatga eltuvchi yetti amaldan saqlaninglar», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, ular nima?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «1. Allohga sherik bor deyish. 2. Sehrgarlik. 3. Alloh o‘ldirishni harom qilgan jonni o‘ldirish. Ammo haq bilan bo‘lsa (ya’ni, had, qasos va shunga o‘xshash narsalarda) zarari yo‘q. 4. Yetimning molini yeyish. 5. Sudxo‘rlik orqasidan kun kechirish. 6. Urushda orqaga chekinish. 7. Iffatli, fohishalikdan uzoq, mo‘mina ayollarni (fohishalikda) ayblash», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:30:02
210/4. Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi ota-onasini so‘kmog‘i ulkan gunohlardandir», deganlarida, sahobalar: «Kishi ota-onasini ham so‘kadimi?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, kishi birovning otasini so‘kadi. Keyin u ham buning otasini so‘kadi. Birovning onasini so‘ksa, u ham uning onasini so‘kadi», dedilar. (Ya’ni, bu bilan u o‘z ota-onasini so‘kkan bo‘ladi.)

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:30:18
39-bob
Kibrning haromligi  haqida


211/1. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning qalbida zarra misqolicha kibr bo‘lsa, u jannatga kirmaydi», deganlarida, bir kishi: «Ba’zi kishilar borki, yaxshi kiyim va yaxshi poyafzal kiyishni yaxshi ko‘radi (bu amali ham kibr-havoga kiradimi?)» deganida, u zot: «(Yo‘q, bu amali kibr emas), albatta Alloh ko‘rkamdir. Va ko‘rkamlikni yaxshi ko‘radi. Aslida kibr haq so‘zni rad etib, odamlarga past nazar bilan qarashdir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:30:24
212/2. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qalbida xantal urug‘i misqolicha iymoni bor biror kishi do‘zaxga kirmaydi. Va qalbida xantal urug‘i misqolicha kibri bor biror kishi jannatga kirmaydi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:30:31
213/3. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning qalbida zarra misqolicha kibr bo‘lsa, jannatga kirmaydi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:31:20
40-bob
Allohga biror narsani sherik qilmay vafot etgan kishining jannatga kirishi hamda mushrik bo‘lib o‘lganning, do‘zaxga tushishi haqida


214/1. Ibn Numayr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim Allohga biror narsani sherik qilib vafot etsa, do‘zaxga tushadi», deb aytganlarini eshitdim. Men esa: «Kim Allohga biror narsani sherik qilmasa, jannatga tushadi», deb aytdim».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:33:23
215/2. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, shart qilib qo‘yuvchi (ya’ni, jannatga va do‘zaxga eltuvchi xislatli) narsalar nima?» deganida, u zot: «Kim Allohga biror narsani sherik qilmay vafot etsa, jannatga tushadi. Kim Allohga biror narsani sherik qilsa, do‘zaxga kiradi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:33:34
216/3. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U zot: «Kim Allohga biror narsani sherik qilmay yo‘liqsa, jannatga tushadi. Kim Unga shirk keltirsa, do‘zaxga kiradi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:33:42
217/4. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagicha gapirib berdilar: «Jabroil alayhissalom huzurimga kelib xursandlik xabarini bergan holda: «Ummatingizdan qaysi bir kishi Allohga biror narsani sherik qilmay vafot etsa, jannatga tushadi», deganlarida, men: «Agar zino va o‘g‘rilik qilsa hammi?» desam, Jaroil alayhissalom: «Agar zino va o‘g‘rilik qilsa ham», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:33:50
218/5. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borsam, u zot uxlayotgan ekanlar. Ustlarida esa oq kiyimlari bor ekan. So‘ngra yana borsam, hali ham uxlayotgan ekanlar. Keyin borsam, uyqudan turdilar. Men esa huzurlarida o‘tirdim. U zot: «Biror banda «La ilaha illalloh», deb shu holatda vafot etsa, jannatga tushadi», dedilar. Men: «Agar zino va o‘g‘rilik qilsa hammi?» desam, u zot: «Agar zino va o‘g‘rilik qilsa ham», deb uch marta aytdilar-da, to‘rtinchisida «Abu Zarrning burni yerga ishqalsa ham», dedilar». Abu Zarr roziyallohu anhu esa u zot huzurlaridan chiqayotib: «Agar Abu Zarrning burni yerga ishqalsa ham», deb aytardilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:34:04
41-bob
Kofir kishi «La ilaha illalloh» deb aytganidan keyin uni o‘ldirishning haromligi haqida


219/1. Miqdod ibn Asvad roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey Allohning rasuli, agar kofirlardan biriga yo‘liqqanimda u men bilan urushib bir qo‘limni qilich bilan kesib tashlasa, keyin (ko‘zimdan) daraxt (ortiga) yashirinib olib: «Alloh uchun musulmon bo‘ldim», deb aytganidan keyin ham o‘ldiraveraymi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uldirmagin», dedilar. «Ey Allohning rasuli! U qo‘limni kesdi-ku?! Bu so‘zlarni qo‘limni kesganidan keyin aytdi-ku, o‘ldiraveraymi?» deganlarida, u zot: «Uni o‘ldirmagin. Chunki uni o‘ldirishing bilan oldingi mavqeingda bo‘ladi va sen uning bu so‘zlarni aytishdan oldingi mavqeida bo‘lasan (ya’ni, sen kofirsan, u mo‘min holatda bo‘ladi)», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta kelgan, faqat «Uldirishni qasd qilganimda «La ilaha illalloh», deb aytdi» so‘zi ziyoda qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:34:13
220/2. Usoma ibn Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir guruh kishini bir joyga yubordilar. Biz Juhaynaning Huraqa nomli joyida tong ottirdik. Men bir kishini uchratib qoldim. U «La ilaha illalloh», desa ham, nayza otdim. Lekin bu qilgan ishim ko‘nglimni g‘ash qildi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga zikr qilsam, u zot: «(Sen) «La ilaha illalloh», deb aytsa ham, uni o‘ldirdingmi?» dedilar. Men: «Ey Allohning rasuli, u qurolimdan qo‘rqqani uchun uni unday deganini yoki demaganini bilgan bo‘lsang», deb takrorlayverdilar, hatto men «Qaniydi, shu kun musulmon bo‘lsam-ku», deb umid qilar edim».

Sa’d aytdilar: «Men biror musulmonni Zulbutayn, ya’ni Usoma o‘ldirmagunlaricha o‘ldirmas edim. Bir kishi kelib: «Axir Alloh taolo: «To fitna tugab, butun din Alloh uchun bo‘lgunga qadar ular bilan urushingiz», deb aytmaganmi?» deganida, men: «Biz fitna tugagunicha urushdik. Sen va do‘stlaring fitna bo‘lishini xohlab urushmoqdasiz», dedim».

Usoma roziyallohu anhuning Zulbutayn, ya’ni qorin egasi, deyilishiga sabab qorinlari kattaligi uchundir.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:34:51
221/3. Usoma ibn Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni Juhayna qabilasining Huraqa nomli joyiga yubordilar. Biz tongda ular huzuriga yetib borib mag‘lub etdik. Men va ansoriy sherigim bir kishini uchratib, uni qo‘lga tushirsak, u «La ilaha illalloh», dedi. Ansoriy do‘stim uni o‘ldirishdan qo‘lini tiydi. Men esa nayzamni otib uni o‘ldirdim. (Madinaga) borganimizda bu haqdagi xabar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetdi. U zot: «Ey Usoma! «La ilaha illalloh», deganidan keyin ham uni o‘ldirdingmi?» dedilar. Men: «Ey Allohning rasuli! U panoh topish uchun shunday qildi», desam, u zot: «(U) «La ilaha illalloh», deganidan keyin ham o‘ldirdingmi?» deb aytaverganlaridan men: «Qaniydi, bu kundan oldin musulmon bo‘lmasam edi», deb orzu qildim».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:35:03
222/4. Safvon ibn Muhriz roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Jundub ibn Abdulloh al-Bajamiy Ibn Zubayrning fitnalari vaqtida As’as ibn Salomaga odam yuborib: «Huzurimga yaqinlaringdan bir nechasini yubor, ular bilan gaplashib qo‘yaman», dedilar. Elchi borib xabar berganidan keyin ular to‘planishdi. Jundub ham keldilar. Ustlarida qalpoqli kiyimlari bor edi. Gap boshlanganda qalpoqlari yechilib ketdi. U zot: «Men sizlarga nabiylaringiz haqida xabar berishni xohlamayman. Balki sizlarga va’z-nasihat qilish uchun keldim», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmonlardan bir guruh askarni mushriklar jamoasiga yubordilar. Ular o‘sha joyga yetib borishdi. U yerdagi mushriklar orasida bir kishi bor edi. U agar musulmonlardan birortasiga (yomonlikni) qasd qilsa, albatta uni ado eta olar edi. Keyin musulmonlardan bir kishi mushrik g‘aflatda qolganida o‘ldirishni qasd qildi. Biz uni Usoma ibn Zayd deb aytardik. Usoma qilichini ko‘targan edi, mushrik: «La ilaha illalloh», deb aytdi. Usoma uni shu holatda ham o‘ldiraverdi. Xabar beruvchi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelganida, u zot bo‘lib o‘tgan voqeani so‘radilar. Shunda u kishi Usomaning qilmishini xabarini berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Usomani chaqirib: «Nima uchun o‘ldirding?» deb so‘radilar. Usoma: «Ey Rasululloh, u musulmonlarga ozor berib, falon va falon kishini o‘ldirdi», deb bir necha kishini nomma-nom keltirdi, keyin: «Unga hamla qilsam, qilichimni ko‘rib qolib «La ilaha illalloh», dedi», deb aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uldiraverdingmi?» dedilar. Usoma: «Ha», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qiyomat kuni «La ilaha illalloh» kelib (da’vo qilsa), nima qilasan?» degan edilar, Usoma: «Ey Rasululloh, men uchun istig‘for ayting», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar Qiyomat kuni «La ilaha illalloh» kelib (da’vo qilsa), nima qilasan?» deb, mana shundan («Agar Qiyomat kuni «La ilaha illalloh» kelib (da’vo qilsa), nima qilasan?») boshqa so‘zni ziyoda qilmadilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:36:09
42-bob
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kim bizga qurol ko‘tarsa, biz (ning yo‘limiz)dan emas», deb aytgan so‘zlari haqida


223/1. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bizga qurol ko‘tarsa, biz (ning yo‘limiz)dan emas», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:36:22
224/2. Iyos ibn Salama roziyallohu anhu otalaridan qilgan rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bizga qilichini yalang‘ochlasa, biz (ning yo‘limiz)dan emas», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:36:43
225/3. Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bizga aslaha ko‘tarsa, biz (ning yo‘limiz)dan emas», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:37:00
43-bob
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kim bizni aldasa, biz (ning yo‘limiz)dan emas», deb aytgan so‘zlari haqida


226/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bizga qurol ko‘tarsa va bizni aldasa, biz (ning yo‘limiz)dan emas», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:37:19
227/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘p miqdordagi don-dun sotilayotgan joydan o‘ta turib, unga qo‘llarini tiqqan edilar, qo‘llari nam bo‘ldi. Keyin: «Ey g‘alla egasi, bu nimasi?» desalar, u: «Ey Allohning rasuli, yomg‘ir tegibdi», dedi. Shunda u zot: «Odamlar ko‘rishi uchun o‘sha nam joyini tepasiga qilib qo‘ymaysanmi? Kim aldasa, mening (yo‘limdan) emas», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:37:36
44-bob
Johiliyatdagi kabi yuzga urib, yokalarni yirtib, o‘liklarga yig‘lashning haromligi haqida


228/1. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim johiliyatdagi kabi yuziga urib, cho‘ntaklarini yirtib o‘liklarga yig‘lasa, biz (ning yo‘limiz)dan emas», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:37:55
229/2. Abu Burda ibn Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abu Muso roziyallohu anhu qattiq bemor bo‘lib hushlaridan ketib qoldilar. O’sha paytda boshlari xotinlarining quchog‘ida edi. Xotin esa baland ovoz ila baqirar edi. Abu Muso roziyallohu anhu uni bundan to‘xtatishga qodir bo‘lmadilar. Hushlari o‘zlariga kelganida: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uzoq bo‘lgan narsalardan men ham yiroqdaman. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musibat paytida ovozini balandlatib yig‘lagan kishidan, musibat paytida sochini qirdirib oldirgandan hamda kiyimlarini yirtuvchi kishidan yiroqdirlar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:38:15
230/3. Abdurahmon ibn Yazid va Abu Burda ibn Abu Muso roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Abu Muso roziyallohu anhu hushlaridan ketib qolganlarida Ummu Abdulloh kelib baland ovozda yig‘ladi. Abu Muso roziyallohu anhu hushlariga kelgach xotinlariga: «Bilmaysanmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men (musibat paytida) sochini oldiruvchidan, ovozini balandlatib yig‘lagandan hamda kiyimlarini yirtuvchi kishidan yiroqman», deganlar», deb aytdilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:38:33
45-bob
Chaqimchilikning qattiq haromlardan ekani haqida


231/1. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi so‘z (tashib) chaqimchilik qilib yurar edi. Huzayfa roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman. U zot: «Chaqimchi jannatga kirmaydi», deganlar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:38:49
232/2. Hammom ibn Horis roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Bir kishi boshliqlarga gap tashib yurar edi. Biz masjidda o‘ltirgan edik. Qavmdagilar: «Mana shu kishi boshliqlarga so‘z tashiydi», deyishdi. U kishi kelib oldimizda o‘tirdi. Shunda Huzayfa roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman,  u zot:  «Bo‘htonchi,  chaqimchi jannatga, kirmaydi», deganlar», deb aytdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:38:57
233/3. Hammom ibn Horis roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Huzayfa roziyallohu anhu bilan birga masjidda o‘tirgan edik. Bir kishi kelib bizning oldimizda o‘tirdi. Huzayfa roziyallohu anhuga «Mana shu kishi sultonlarga har xil narsalarni tashib boruvchidir», deb aytilganida, Huzayfa roziyallohu anhu unga ataylab eshittirish maqsadida: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman, u zot: «So‘z tashib chaqimchilik qiluvchilar jannatga kirmaydi», deganlar», deb aytdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:41:31
46-bob
Izorini uzaytiruvchilar, bergan narsasini minnat kiluvchilar va molini qasam bilan sotuvchilarning amali mutlaq harom ekani hamda kiyomat kuni uch toifa kishiga Alloh taolo so‘zlamasdan, nazar tashlamasdan, poklamasdan alamli azob tayyorlab qo‘ygani bayoni haqida


234/1. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa kishi borki, Alloh qiyomat kunida ularga so‘zlamaydi, qaramaydi va ularni oqlamaydi. Hamda ular uchun alamli azob bordir», deb uch bora shu so‘zni aytdilar. Shunda Abu Zarr roziyallohu anhu: «Hasrat-nadomatda qolgurlar, ular kim o‘zi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kiyimlarini mutakabbirlik uchun uzun qilib kiyuvchilar, minnat qiluvchilar va molini yolg‘on qasamlar bilan o‘tkazuvchi kishilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:41:40
235/2. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa kishi borki, Alloh taolo qiyomat kuni ularga so‘zlamaydi. (Ular): bergan narsasini minnat qiluvchi, yolg‘on qasam bilan molini o‘tkazuvchi va izorini (ishtonini) uzun qilib kiyuvchilar», dedilar.

Sulaymon ham mana shu sanad bilan rivoyat qilib: «Uch toifa kishi borki, Alloh taolo ularga so‘zlamaydi, qaramaydi va ularni oqlamaydi hamda ular uchun alamli azob bordir», degan jumlani ziyoda qilganlar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:41:47
236/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa kishi borki, Alloh taolo qiyomat kuni ular bilan so‘zlashmaydi va poklamaydi. (Abu Muoviya: «Ularga qaramaydi ham», deganlar.) Hamda ular uchun alamli azob bordir. (Ular): 1. Zinokor qariya. 2. Yolg‘onchi podshoh. 3. Kambag‘al mutakabbir», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:41:58
237/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa kishi borki, qiyomat kuni Alloh ularga so‘zlashmaydi, qaramaydi va poklamaydi. Hamda ular uchun alamli azob bordir. (Ular): 1. Bir kishi sahrodalik paytida ortiqcha suvi bo‘lsa-yu, uni yo‘lovchilarga bermasa. 2. Bir kishi asrdan keyin bir kishiga Alloh nomi bilan qasam ichib, bir narsa sotsa va shuncha-shunchaga olganman, desa va oluvchi sotuvchining gapini tasdiqlasa, vaholanki uning aksi bo‘lib chiqsa. 3. Bir kishi bir imomga mol-dunyoga erishish niyatida bay’at qilsa, agar imom mol-dunyodan berib tursa, bay’atiga vafo qilsa, agar bermasa, vafo qilmaydigan bo‘lsa», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, faqat Jarir roziyallohu anhuning rivoyatlarida «Kishi boshqa bir kishi bilan baholashsa» jumlasi ziyoda bo‘lgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:42:06
238/5. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. (Roviy: «Bu hadisni marfu’ deb bilaman», dedilar.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa kishi borki, Alloh taolo ularga so‘zlashmaydi, qaramaydi hamda ular uchun alamli azob bordir. (Ulardan biri) bir kishi asr namozidan keyin bir musulmon kishining moli ustida qasam ichadi-da, keyin o‘sha qasamini buzadi», deb yuqoridagi hadis davom ettirilgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:43:50
47-bob
Insonning o‘z joniga suikasd kilishi ulkan haromlardan ekani haqida


239/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim joniga qasd qilib o‘tkir tig‘li narsa bilan o‘zini o‘ldirsa, jahannam olovida qorniga o‘sha o‘tkir tig‘ni ushlab abadul-abad sanchaveradi. Kim zahar ichib o‘z joniga qasd qilsa, jahannam olovida abadul-abad o‘sha zaharni yutadi. Kim tog‘dan o‘zini tashlab o‘z joniga qasd qilsa, jahannam oloviga abadul-abad o‘zini uloqtiradi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:43:57
240/2. Abu Qiloba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Sobit ibn Zahhok Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga daraxt ostida bay’at qilganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Islomdan boshqa millat nomi bilan yolg‘ondan qasam ichsa ham aytganidek bo‘ladi. Kim biror narsa bilan o‘z joniga qasd qilsa, qiyomat kuni o‘sha narsasi bilan azoblanadi. Kishi mulki bo‘lmagan narsasida nazr qilishga majbur emas», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:44:04
241/3. Sobit ibn Zahhok roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi ega bo‘lmagan narsasida nazr qilishga majbur emas. Mo‘minni la’natlab so‘kish uni o‘ldirish kabidir. Kim o‘z joniga biror narsa bilan qasd qilsa, qiyomat kuni o‘sha narsa bilan azoblanadi. Kim (o‘zida yo‘q narsa bilan) ko‘p ko‘rsatish maqsadida yolg‘on da’vo qilsa, Alloh taolo unga faqat yo‘qchilikni ziyoda qiladi. Kim fujur qasam ichsa ham, ana shundaydir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:44:12
242/4. Sobit ibn Zahhok roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim qasddan, yolg‘ondakam Islomdan boshqa millat nomi bilan qasam ichsa, aytgani kabi bo‘ladi. Kim o‘z joniga biror narsa bilan qasd qilsa, Alloh taolo jahannam olovi bilan azoblaydi», dedilar.

Bu Sufyon roziyallohu anhudan qilingan rivoyatdir. Ammo Sho‘‘baning rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Islomdan boshqa millat nomi bilan yolg‘ondan qasam ichsa ham aytgani kabidir. Kim o‘z joniga qasd qilib biror narsa bilan qurbon qilsa, qiyomat kuni o‘sha narsa bilan qurbon qilinadi», deganlar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:44:19
243/5. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Hunayn g‘azotida ekanimizda u zot Islomdaligini da’vo qiluvchi bir kishini «Bu do‘zax ahlidandir», dedilar. Urushda bo‘lganimizda o‘sha kishi qattiq urushib jonbozlik ko‘rsatdi va jarohatlandi. Ba’zilar: «Ey Allohning rasuli! Siz hozirgina do‘zax ahlidan, degan odam bugun qattiq urushib vafot etdi», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U do‘zaxga (tushadi)», dedilar. Bu so‘zlaridan ba’zi odamlarda shak paydo bo‘lishiga oz qoldi. Ular shu holda turishganida «U kishi vafot etmabdi, lekin qattiq jarohatlanibdi», deb aytildi. Kech kirganida u kishi jarohatiga chiday olmasdan o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xabar berilganida, u zot: «Allohu akbar, men Allohning quli va rasuli ekanimga guvohlik beraman», deb, keyin Bilol roziyallohu anhuga buyurdilar. U kishi odamlarga qarata: «Jannatga faqat musulmon nafsgina kiradi. Albatta, Alloh taolo bu dinni fojir kishi bilan ham quvvatlab qo‘yaveradi», deb jar soldilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:44:27
244/6. Sahl ibn Sa’d as-So’idiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va mushriklar to‘qnashib urush boshlashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z turar joylariga, boshqalar ham o‘z turar joyiga qaytganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan biri haqida zikr qilindi. Bu kishiga har qanday botir kishi yo‘liqsa, qilichi bilan urib tirik qo‘ymas edi. Sahobiylar: «Bugun biror kishi falonchi kishidek kifoya etuvchi bo‘lmadi», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U do‘zax ahlidir», dedilar. Qavmdagi bir kishi: «Men uning abadiy do‘stiman, u bilan birgaman», deb chiqdi-da, to‘xtaganida to‘xtab, tezlaganida tezlab poylab boraverdi. U kishi esa qattiq yarador bo‘ldi. Ulimini o‘zi tezlatib qo‘ya qoldi. Ya’ni, qilichning dastasini yerga, uchini esa ikki ko‘krak orasiga qo‘yib, og‘irligi bilan o‘zini bosib joniga qasd qildi. Haligi do‘sti Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga chiqib: «Guvohlik berib aytamanki, siz Allohning rasulisiz. Hozirgina zikr qilgan kishingiz do‘zax ahli ekan», dedi. Bu so‘z odamlarga og‘ir botdi. U esa: «Men hozir sizlarga gapirib beraman. Uni axtarib chiqdim. U esa qattiq jarohatlangan edi. O’limini o‘zi tezlatib qo‘ya qoldi. Ya’ni, qilichi bandini yerga, uchini esa ikki ko‘krak orasiga qo‘yib, o‘z og‘irligi bilan o‘zini bosib joniga qasd qildi», deb xabar berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu payt: «Albatta kishi odamlar nazdida jannat ahli amali hisoblanadigan narsani bajaradi-da, aslida u do‘zax ahlidir. Albatta kishi odamlar nazdida do‘zax amali hisoblanadigan narsani bajaradi-da, aslida u jannat ahlidir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:44:33
245/7. Hasan aytdilar: «Sizlardan oldingi ummatda bir kishi bor edi. Unga yara toshib ketdi. U ozor beraverganidan qutisidagi kamon o‘qini oldi-da, uni shilib tashladi. Qon to‘xtayvermagach, u vafot etdi. Shunda Parvardigor: «Unga jannatni harom qildim», dedi».

Hasan roziyallohu anhu masjid tomonga qo‘llarini cho‘zib: «Alloh nomiga qasamki, Jundub ngu hadisni ushbu masjidda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilib gapirib bergan», deganlar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:44:40
246/8. Hasan aytdilar: «Bizlarga Jundub ibn Abdulloh al-Bajaliy voqe’ani ushbu masjidda gapirib bergan. Biz unutganimiz yo‘q hamda Jundubning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on gapirishidan ham qo‘rqmaymiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan oldingi (ummat)lardan bir kishiga yiringli chaqa chiqdi», deb qolganini yuqoridagi kabi zikr qilganlar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:44:53
48-bob
O’lja taqsimlashdan oldin undan biror narsa olish qattiq harom ekani hamda jannatga faqatgina mo‘minlargina kirishi haqida


247/1. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytdilar: «Haybar kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan bir necha nafari kelib: «Falon kishi shahid, falon kishi shahid», deyishdi, hatto bir kishining oldidan o‘tayotib: «U ham shahid», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Io‘q, men uni do‘zaxda ko‘rdim. Chunki u o‘lja taqsimlanmasidan oldin to‘n yoki abo (choponga o‘xshash jundan tikilgan kiyim)ga xiyonat qilgan», dedilar. So‘ngra u zot yana: «Ey Ibn Xattob! Odamlar oldiga borib, jannatga faqat mo‘minlar kirishini aytib jar solgin», dedilar. Men chiqib: «Ogoh bo‘ling! Jannatga faqat mo‘minlargina kirishadi», deb qichqirdim».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:45:00
248/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Haybarga chiqqanimizda Alloh bizga u yer fathini nasib etdi. Kumush va tilla tangalarni o‘lja qilmagan bo‘lsak-da, mato, taom va kiyimlarni qo‘lga kiritdik. Keyin vodiyga bordik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga bir qullari ham bor edi. Uni Juzom qabilasidagi Bani Zubayb avlodidan Rifo’a ibn Zayd degan kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bergan edi. Biz vodiyga tushganimizda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qullari turib ulovini yechayotgan edi, bir nayza kelib uning o‘limiga sabab bo‘ldi. Biz ohistagina: «Ey Allohning rasuli! U shahid bo‘ldi», dedik. Shunda u zot: «Io‘q, Muhammadning joni Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, Haybar kuni taqsimotdan oldin o‘ljadan olgan choponi o‘t bo‘lib yonmoqda», dedilar. Odamlar bundan qo‘rqib ketishdi, bir kishi shippakning bir (yoki ikki) ipini olib kelib: «Ey Allohning rasuli! Men uni Haybar kuni qo‘lga kiritgan edim», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir ip do‘zaxdandir (yoki ikki ip do‘zaxdandir)», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:45:11
49-bob
O’z joniga kasd kilgan kishi kofir bo‘lmasligi haqida


249/1. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Tufayl ibn Amr ad-Davsiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Sizda egallab bo‘linmaydigan qal’a, ya’ni dushmandan to‘suvchi qo‘rg‘on bormi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni rad etdilar. Chunki johiliyatda Davs qabilasining jon saqlanuvchi qo‘rg‘oni bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Alloh taolo ansorlarni zaxira qilib berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilganlarida Tufayl ibn Amr ham hijrat qildilar. U kishi bilan birga qavmlaridan bir odam ham Madinani qulay zamin deb hijrat qildi. Odam u yerda kasal bo‘lib besabrlik qildi-da, keng tig‘ini olib, u bilan barmoq bo‘g‘inini kesdi. Keyin qo‘lidan qon ko‘p ketib, u kishi vafot etdi. Tufayl ibn Amr uni tushida ko‘rdi. Qarasa, uning hay’ati chiroyli, lekin qo‘li bog‘liq ekan. Shunda Tufayl: «Rabbing senga nima dedi?» deb so‘rasa, u kishi: «Nabiyim huzuriga hijrat qilganim sababli Rabbim gunohlarimni kechirdi», deb javob qildi. Tufayl: «Nima uchun qo‘lingni bog‘langan holda ko‘rmoqdaman», desalar, u kishi: «Fasod qilgan narsang seni isloh etmaydi, deb aytildi», dedi. Tufayl bu (hodisani) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohim, uning qo‘li sababli (qilgan gunohini) kechir», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 17 Oktyabr 2006, 06:45:24
50-bob
Qiyomat yaqin bo‘lganida bir shamol esib, qalbida iymondan biror asar bor kishilarning jonini olishi haqida


250/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo Yaman tomondan bir shamol yuboradiki, u shamol ipakdan ham mayin bo‘lib, qalbida hantal urug‘i (yoki zarra) miqdoricha iymoni bor kishining jonini oladi», dedilar. Abu Alqama «Hantal urug‘i miqdoricha», Abdulaziz esa «Zarra miqdoricha», deb aytganlar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 17 Oktyabr 2006, 12:58:47
51-bob.
Fitnalar zohir bo‘lishidan oldin amallarga oshiqishga targ‘ib bayoni


251/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Amallarni qilib qolishga zulumat kechaning parchasi kabi fitnalar kelishidan (oldin) shoshilinglar. Chunki o‘shanda kishi mo‘min bo‘lib tong ottiradi-da, kofir bo‘lib kechlatadi yoki mo‘min bo‘lib kechlatib kofir bo‘lib tong ottiradi. Dinini dunyoning ozgina moliga sotib yuboradi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 17 Oktyabr 2006, 12:59:47
52-bob.
Mo‘min kishining amali habata bo‘lishidan qo‘rqishi haqida


252/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Ey mo‘minlar, ovozlaringizni Nabiy ovozlaridan balandlatmanglar» oyati oxirigacha nozil bo‘lganida Sobit ibn Qays uylarida o‘tirib: «Men do‘zax ahlidan ekanman», dedilar va keyincha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan o‘zlarini panada olib yurdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn Muozdan: «Ey Abu Amr (ya’ni, Sa’d), Sobitga nima bo‘ldi, u kasalmi?» deb so‘rasalar, Sa’d: «U yuribdi, hech qanaqa kasali yo‘q», dedilar. Sa’d Sobitning oldilariga borib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so‘zlarini aytganlarida, Sobit roziyallohu anhu: «Mana bu oyat nozil bo‘libdi. Bilasizlarki, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbatan ovozi eng balandingizman. Shuning uchun men do‘zax ahlidanman», dedilar. Sa’d bu narsani Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga zikr qilganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Balki u jannat ahlidir», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta takror kelgan, lekin Sa’d ibn Muoz zikr qilinmagan va yana «Oldimizda jannat ahlidan bo‘lgan kishi yurishini ko‘rar edik» jumlasi ziyoda qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 17 Oktyabr 2006, 13:00:22
53-bob.
Johiliyat amallari sababli jazoga tortiladimi?


253/1. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir necha odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Ey Allohning rasuli! Bizlar johiliyatda bajargan amallarimiz sababli jazoga tortilamizmi?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Islomga kirganidan keyin chiroyli amallar qilgan bo‘lsa, jazoga tortilmaydi. Lekin kim yomon amallarni qilaversa, johiliyatdagi va Islomdagi ishlari uchun jazoga tortiladi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 17 Oktyabr 2006, 13:00:44
254/2. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz: «Ey Allohning rasuli! Johiliyatda qilgan amallarimiz sababli jazoga tortilamizmi?» deganimizda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Islomga kirganida chiroyli amallar qilsa, johiliyatdagi amallari sababli jazoga tortilmaydi. Kim Islomga kirganidan keyin ham yomon amallarni bajaraversa, avvalgiyu keyingi, ya’ni johiliyatdagiyu Islomdagi amallari sababli jazoga tortiladi», dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 17 Oktyabr 2006, 13:02:43
54-bob.
Islomga kirish, haj va hijrat o‘zidan oldingi (amallarni) yo‘qka chiqarishi haqida


255/1. Ibn Shamosadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bizlar Amr ibn Ossning (r.a.) huzurlariga kirsak, u zot o‘lim talvasasida yotgan ekanlar. Ko‘p yig‘lab, yuzlarini devor tarafga qilib oldilar. Ug‘illari: «Ey otajon! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam siz haqingizda unday va bunday bashorat qilmaganlarmi?» deganlarida, u zot yuzlarini (biz tomonga) burib: «Bizlarning eng afzal hisoblaydigan amalimiz «La ilaha illallohu va anna Muhammadan Rasululoh»dir. Mening hayotim uch qismga bo‘linadi. Birinchisi: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni hammadan ko‘proq yomon ko‘rar edim. Eng orzu qilgan narsam, imkoniyatini topib u zotni qatl etish edi. Agar mana shu holatda vafot etganimda, do‘zax ahlidan bo‘lar edim. Ikkinchisi shuki: Alloh qalbimni Islomga moyil etganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, bay’at qilishim uchun qo‘lingizni bering, desam, u zot qo‘llarini berdilar. Men esa qo‘limni tortib oldim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Amr, senga nima bo‘ldi?» dedilar. Men: «Bay’atdan oldin bir shartim bor», dedim. U zot: «Nima sharting bor?» dedilar. Men: «Gunohlarim kechirilishi», dedim. U zot: «Islom o‘zidan oldingi gunohlarni kechirishi senga ma’lum emasmidi? Hijrat ham o‘zidan oldingi gunohlarni kechirishi senga ma’lum emasmidi? Hajni ado etish ham o‘zidan oldingi gunohlarni kechirishi senga ma’lum emasmidi?» dedilar. Usha kundan boshlab nazarimda hech kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamchalik menga haybatli va mahbub emas edi. Men u zotdan haybatlanganim sababli ko‘zimni quvontiradigan darajada u zotning yuzlariga boqolmadim. Agar biror kishi u zotning (qanday ekanliklarini) sifatlab berishimni so‘rab qolsa, uni aytib bera olmayman. Chunki ko‘zimni quvontiradigan darajada u zotning yuzlariga qaramaganman. Agar mana shu holatda o‘lganimda, jannat ahlidan bo‘lishni umid qilar edim. Uchinchisi: Keyin ba’zi ishlarga boshliq qilindim. Holim nima kechishini bilmayman. Agar vafot etadigan bo‘lsam, orqamdan yig‘lovchilarni ham, olov yoquvchilarni ham ergashtirmang. Agar dafn qilsangizlar, tuproqni oz-ozdan solinglar. So‘ngra qabrim tepasida bir tuyani so‘yib, go‘shti taqsimlanguncha turinglar. Men sizlar bilan bo‘lib, Rabbim elchisiga nima deb javob berishimga tayyorlanib olayin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 17 Oktyabr 2006, 13:02:50
256/2. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Shirk ahlidan bo‘lgan kishilar (odamlarni) o‘ldirib, (bu gunohni) ko‘paytirib yuborishdi. Va zino bilan mashg‘ul bo‘lib, uni ham ko‘paytirib yuborishdi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Albatta siz gapirib da’vat qilayotgan narsangiz yaxshi. Qani endi bizga o‘sha amallarimizga kafforot bo‘luvchi narsaning xabarini bersangiz, (Islomga kirar edik)», deyishganida quyidagi oyat nozil bo‘ldi: «Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur» (Furqon surasi, 68-oyat); «(Ey Muhammad alayhissalom), Mening (turli gunoh-ma’siyatlar qilish bilan) o‘z jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting: «Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo‘lmangiz» (Zumar surasi, 53-oyat).
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 17 Oktyabr 2006, 13:04:24
55-bob.
Musulmon bo‘lganidan keyin kofir holatidagi amalining hukmi haqida


257/1. Hakim ibn Hizom roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Ba’zi ishlar borki, johiliyatda unga amal qilar edim. Usha ishlarimda savob bormi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen chiroyli maqtovni qo‘lga kiritibsan, u Islomdalik paytingda ham boqiy qoladi», dedilar. Usha yaxshi amallari ibodat edi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 17 Oktyabr 2006, 13:04:31
258/2. Hakim ibn Hizom roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Ey Allohning rasuli! Men johiliyatda sadaqa yoki qul ozod qilish yo qarindoshlik aloqalarini tiklash kabi amallarni bajarar edim. Ana shu ishlarimda savob bormi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen chiroyli maqtovni qo‘lga kiritibsan, u Islomdalik paytingda ham boqiy qoladi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 17 Oktyabr 2006, 13:04:37
259/3. Hakim ibn Hizom roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli! Johiliyatda ba’zi narsalar qilardim», desam, (Hishom: «Ba’zi yaxshi amallar», deganlar) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen chiroyli maqtovni qo‘lga kiritibsan, u Islomdalik paytingda ham boqiy qoladi», dedilar. Shunda men: «Alloh nomiga qasamki, johiliyatda qilgan narsalarimni tashlamayman, Islomdalik paytimda ham xuddi o‘shanday amal qilaman», dedim».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 17 Oktyabr 2006, 13:04:47
260/4. Hakim ibn Hizom roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot johiliyatda yuzta qulni ozod qilib, yuzta tuyani sadaqa qilganlar. So‘ngra Islomga kirganlarida ham yuzta qulni ozod etib, yuzta tuyani sadaqa qilib, keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib yuqoridagi so‘zni aytganlar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 17 Oktyabr 2006, 13:05:01
56-bob
Iymonning ‘a’sh’shyligi vaunga ixlosli bgtslish ‘a’shda


261/1. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Iymon keltirgan, o‘z iymonlarini zulm (shirk) bilan aralashtirmagan zotlar - (ana o‘shalar xotirjam bo‘lguvchidir)» oyati nozil bo‘lganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ba’zi sahobalariga bu oyat mashaqqatli tuyuldi va ular: «Qay birimiz o‘z nafsimizga zulm qilmas ekanmiz?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu narsa sizlar gumon qilganingizdek emas, balki Luqmon o‘g‘illariga: «Ey o‘g‘ilcham, Allohga shirk keltirmagin! Chunki shirk keltirish katta zulmdir», deb aytgan so‘zlari kabidir», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 17 Oktyabr 2006, 13:05:13
57-bob.
Alloh hech kimni tokatidan tashqari narsaga taklif etmasligi haqida


262/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Samovot va yerdagi bor narsa Allohnikidir. Ichingizdagi narsani xoh oshkor qiling, xoh yashiring, Alloh sizlarni o‘sha narsa bilan hisob-kitob qiladi va Uzi istagan kishini mag‘firat qilib, Uzi istagan kishini azoblaydi. Alloh hamma narsaga qodirdir» (Baqara surasi, 284-oyat) oyati nozil bo‘lganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalariga bu oyat og‘irlik qildi. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga borib, cho‘kkalab o‘tirishdi va: «Ey Allohninig rasuli! Biz toqatimiz yetadigan namoz, ro‘za, jihod va sadaqa kabi amallarga buyurilgan edik. Endi bo‘lsa, bu tushgan oyatga toqatimiz yetmaydi», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar ham oldingi ikki ahli kitob, ya’ni yahudiy va nasroniylar kabi: «Eshitdik va osiylik qildik», deyishni xohlaysizlarmi? Balki uning o‘rniga: «Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz va faqat Uzingga qaytajakmiz», deb aytinglar», deganlarida, ular: «Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz va faqat O’zingga qaytajakmiz», deb o‘qishganida tillaridan toyilishdi. Alloh taolo uning izidan «Payg‘ambar o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga iymon keltirdi va mo‘minlar (ham iymon keltirdilar). Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga iymon keltirgan har bir kishi (aytdi): «Uning payg‘ambarlaridan biron kishini ajratib qo‘ymaymiz. Va eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz. Va faqat Uzingga qaytajakmiz», dedilar» (Baqara surasi, 285-oyat) oyatini nozil qildi. Ular bu narsani bajarishganida Alloh uni nasx qilib quyidagi oyatni nozil qildi: «Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. (Har kimning) qilgan (yaxshi) amali o‘zi uchundir va (yomon) amali ham o‘zining bo‘ynigadir. Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama! Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning bo‘yinlariga qo‘ygan yukingni yuklama! Parvardigoro, bizlarni toqatimiz yetmaydigan narsaga zo‘rlama! Bizlarni avf et, (gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla! Uzing Xojamizsan! Bas, bu kofir qavm ustiga O’zing bizni g‘olib qil» (Baqara surasi, 286-oyat). Bu oyatlarni o‘qiy turib «Ha, Rabbimiz», deb aytib turishdi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 18 Oktyabr 2006, 05:25:26
263/2. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Ichingizdagi narsani xoh oshkor qiling, xoh yashiring, Alloh sizlarni o‘sha narsa bilan hisob-kitob qiladi», (ya’ni qalbingizga biron narsa kirsa ham, kirmasa ham, hisob-kitob qiladi)» oyati nozil bo‘lganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Sizlar) «Eshitib itoat qildik va taslim bo‘ldik», deb aytinglar», dedilar. Bas, Alloh ularning qalblariga iymonni joylab, quyidagi oyatni nozil qildi: «Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. (Har kimning) qilgan (yaxshi) amali o‘zi uchundir va (yomon) amali ham o‘zining bo‘ynigadir. Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama! Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning bo‘yinlariga qo‘ygan yukingni yuklama. (Gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla! Uzing Xojamizsan! Bas, bu kofir qavm ustiga Uzing bizni g‘olib qil» (Baqara surasi, 286-oyat).

Bu oyatlarni o‘qiy turib «Haqiqatda bajarganman», deb aytib turdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 18 Oktyabr 2006, 05:26:00
58-bob.
Modomiki, amalga oshmasa, Alloh ichida gapirgan yoki qalbida tukkanining gunohini kechirgani haqida


264/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo ummatimdan ichiga tukkan narsaning, modomiki gapirmasalar ski amal qilmasalar, gunohidan o‘tib yuborgandir», dsdilar.

Bu yerda mazkur hadis ikki marta takror qilgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 18 Oktyabr 2006, 05:26:37
59-bob.
Banda agar biror yaxshilikni kasd qilsa, bir yaxshilik qilgan deb yozilishi va biror yomonlikni kasd qilsa, unga yomonlik qildi, deb yozilmasligi haqida


265/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Agar bandam biror yomonlikni qasd qilsa, uni yozmanglar», deydi. «Agar o‘sha yomonlikka amal qilsa, bitta yomonlik, deb yozinglar», deydi. «Agar (banda) biror yaxshilikni bajarishga qasd qilsa-yu, unga amal qila olmasa, bitta yaxshilik bajargan, deb yozinglar», deydi. Agar unga amal qilsa, «o‘nta yaxshilik, deb yozinglar» deydi».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 18 Oktyabr 2006, 05:26:44
266/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Agar bandam biror yaxshilikni qasd etsa-yu, unga amal qilmasa, bir yaxshilik yozaman. Agar unga amal qilsa, o‘n barobardan yetti yuz barobargacha yozaman. Bordiyu, biror yomonlikni qasd qilib, unga amal qilmasa, unga (hech narsa) yozmayman. Agar amal qilsa, bir yomonlik yozaman», deb aytdi».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 18 Oktyabr 2006, 05:26:54
267/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Agar biror bandam yaxshilik qilishni aytsa, unga amal qilmasa ham, bir yaxshilik yozaman. Agar amal qilsa, o‘n barobargacha yozaman. Bordi-yu, biror yomonlikni bajarishini gapirsa, unga amal qilmasa kechirib yuboraman. Agar amal qilsa, o‘shandoq yozib qo‘yaman», dedi».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Farishtalar: «Ey Rabb! Mana bu bandang yomonlikni bila turib bajarishni xohlaydi», deyishsa, Alloh taolo: «Uni kuzatinglar, agar unga amal qilsa, qandoq bo‘lsa, o‘shani yozinglar. Agar tark qilsa, bir yaxshilik qildi, deb yozinglar. Chunki u Men sababli uni tark qildi», deydi».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar biringizning Islomi chiroyli bo‘lsa (ya’ni, haqiqiy ma’noda musulmon bo‘lsa), har bir qilgan yaxshiligiga bir barobardan yetti yuz barobargacha ziyoda qilib (savob) yoziladi. Har bir qilgan yomonligiga faqat o‘shaning o‘zi yoziladi, u shu holatida Allohga yo‘liqadi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 18 Oktyabr 2006, 05:27:01
268/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim biror yaxshilikni qasd qilsa-yu, lekin unga amal qila olmasa, bitta yaxshilik bajargan, deb yoziladi. Kimki biror yaxshilikni qasd qilib, unga amal etsa, o‘n barobardan to yetti yuz barobargacha ziyoda qilinadi. Kim biror yomonlikni qasd qilsa-yu, lekin unga amal qilmasa, unga hech narsa yozilmaydi. Agar amal qilgudek bo‘lsa, unga bir yomonlik yoziladi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 18 Oktyabr 2006, 05:27:11
269/5. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Rabbilari taboraka va taolodan qilgan rivoyatlarida: «Albatta Alloh taolo yaxshilik va yomonlikni yozib, keyin uni quyidagicha bayon qildi: kim biror yaxshilikni qasd etsayu, unga amal qilmasa, Alloh Uzining huzurida mukammal yaxshilik qildi, deb yozib qo‘yadi. Agar unga amal qilsa, Alloh Uz huzurida o‘ndan yetti yuz va undan ko‘p ziyodalik ila yozib qo‘yadi. Bordi-yu, biror yomonlikni qasd etib, unga amal qilmasa, Alloh Uz huzurida mukammal yaxshilik qilgan, deb yozib qo‘yadi. Agar qasd etib, unga amal qilsa, bitta yomonlik bajargan, deb yozib qo‘yadi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «Alloh undan (xatolarni) o‘chiradi, Alloh faqat halok bo‘lishini muhrlab qo‘yganlarnigina halok etadi» so‘zi ziyoda qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 18 Oktyabr 2006, 05:27:28
60-bob.
Iymondagi vasvasaning bayoni va uni o‘zida topgan kishi aytishi lozim narsalar haqida


270/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan bir necha kishi kelib: «Biz nafsimizda kishi gapirishi qaltis (xavfli) narsani topamiz», deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Haqiqatda topasizlarmi?» dedilar. Ular: «Ha», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu narsa sof iymonli bo‘lganingiz uchundir», dedilar. (Ya’ni, shayton sof iymonli kishini adashtira olmasdan vasvasa qiladi. Kofirni esa xohlaganicha adashtirib o‘ynashaveradi. Shuning uchun qalbingizda topayotgan vasvasa sof iymonli bo‘lganingiz uchundir, deyilmoqchi.)

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 18 Oktyabr 2006, 05:27:51
272/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar tinmay savol so‘rayverishadi, hatto «Bu xalq qilingan narsani Alloh yaratgan, unda Allohni kim yaratgan?» deb ham so‘rashadi. Kim (mana shunday fikrdan birortasini nafsida) topsa, «Amantu billahi», ya’ni «Allohga iymon keltirdim», deb aytsin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 18 Oktyabr 2006, 05:27:58
273/4. Hishom ibn Urva roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shayton sizlardan biringiz huzuriga kelib: «Osmonni kim yaratgan? Yerni kim yaratgan?» deb aytsa, u kishi Alloh, deydi. Shayton hatto «Allohni kim yaratgan?» deb so‘raydi. Kim (nafsida shunday narsa) topsa, «Amantu billahi va rosulihi», ya’ni «Allohga va Uning rasuliga iymon keltirdim», deb aytsin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 18 Oktyabr 2006, 05:28:06
274/5. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz huzuriga shayton kelib: «Uni yoki buni kim yaratgan?» deydi, hatto «Rabbingni kim yaratgan?» deb aytadi. Agar sizlardan biringizda ana shunday narsa bo‘lsa, Alloh nomi bilan panoh tilab u ishini to‘xtatsin», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 18 Oktyabr 2006, 05:28:14
275/6. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Insonlar sizlardan ilm so‘rashda bardavom bo‘lishadi, hatto «Alloh bizni yaratgan, unda Allohni kim yaratgan?» deb aytishadi», dedilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu bir kishining qo‘lini ushlab: «Alloh va Uning rasuli rost aytgan. Haqiqatda mendan bu haqda ikki kishi so‘ragan edi, bunisi uchinchisidir yoki bir kishi so‘ragan edi, bunisi ikkinchisidir», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin sanadda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zikr qilmagan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 18 Oktyabr 2006, 05:28:21
276/7. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Ey Abu Hurayra! Sendan so‘rashda bardavom bo‘lib, hatto «Bu Allohdir! Allohni unda kim yaratgan?» deb aytishadi», dedilar. Nogahon men masjidda edim, a’robiylardan bir necha kishi kelib: «Ey Abu Hurayra! Bu Allohdir, unda Allohni kim yaratgan?» deb so‘rashdi. Shunda men kaftimga mayda toshlarini olib otdim-da: «Turinglar, turinglar, xalilim (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam) rost gapirgan ekanlar», dedim».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 18 Oktyabr 2006, 05:28:27
277/8. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar sizlardan barcha narsani so‘rashadi. «Alloh barcha narsani yaratgan, unda Allohni kim yaratgan?» deyishadi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 18 Oktyabr 2006, 05:28:36
278/9. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Albatta ummatingiz unday, bunday, deb aytishda bardavom bo‘ladi, hatto «Bu Alloh xaloyiqni xalq qilgan, unda Allohni kim xalq qilgan?» deb aytishadi», dedi».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «Alloh: «Albatta ummatingiz...», deb aytgan» so‘zi zikr qilinmagan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:08:13
61-bob Musulmonning haqqini yolg‘on qasam bilan tortib olgan kishiga do‘zaxning va’id qilingani haqida

279/1. Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim musulmon haqqini (yolg‘on) qasam bilan tortib olsa, Alloh taolo unga do‘zaxni vojib qilib, jannatdan mahrum etadi», deganlarida, bir kishi: «Ey Allohning rasuli! Ozgina narsa bo‘lsa hammi?» deb so‘radi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Arok daraxti novdasi bo‘lsa ham», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:08:22
280/2. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim musulmonning molini tortib olish uchun yolg‘on qasam ichsa, unda fujurlik (gunoh) bo‘lsa, Allohga Uni g‘azablantirgan holda yo‘liqadi», dedilar.

Ash’as ibn Qays kirib: «Sizlarga Abu Abdurahmon nimani gapirib berdi?» deganlarida, ular: shunday-shunday, dedi, deb yuqoridagi hadisni aytishgan edi, Ash’as ibn Qays roziyallohu anhu: «Abu Abdurahmon rost gapiribdi. Bu narsa men haqimda nozil bo‘lgan. Men bilan bir kishi o‘rtamizda Yamanda bir yer bor edi. Men xusumatlashib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borsam, u zot: «Isbotlaydigan narsang bormi?» dedilar. Men: «Io‘q», dedim. U zot: «Xusumatchining qasami bormi?» degandilar, men: «Unday bo‘lsa, qasam ichadi», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ana shunda: «Kim musulmon kishining molini tortib olish uchun yolg‘on qasam ichsa, ichgan qasamida fojirlik bo‘lsa, Allohga Uni g‘azablantirgan holda yo‘liqadi», deb aytganlarida quyidagi oyat nozil bo‘ldi: «Allohga bergan ahd-paymon va qasamlarini ozgina qimmatga sotib yuboradigan kimsalar uchun oxiratda hech qanday nasiba yo‘qdir...» (Oli Imron surasi, 77-oyat)», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:08:38
281/3. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Kim molga haqdor bo‘lish uchun qasam ichsa, qasamida fojirlik (gunoh) bo‘lsa, Allohga Uni g‘azablantirgan holda yo‘liqadi», deb keyin yuqoridagi hadisda aytilganidek so‘zladilar, lekin (oxirida) «Men bir kishi bilan bir quduq xususida tortishib qoldim. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (huzurlari)ga xusumatlashib borsak, u zot: «Sen guvoh olib kel yoki u qasam ichsin», dedilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:08:51
282/4. Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim haqsiz musulmon kishining moliga (ega bo‘lish uchun) qasam ichsa, Allohga Uni g‘azablantirgan holda yo‘liqadi», dedilar.

Abdulloh roziyallohu anhu: «Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning tasdig‘i uchun Allohning kitobidan quyidagi oyatni o‘qidilar: «Allohga bergan ahd-paymon va qasamlarini ozgina qiymatga sotib yuboradigan kimsalar uchun oxiratda hech qanday nasiba yo‘qdir» (Oli Imron surasi, 77-oyat)».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:09:02
283/5. Voil ibn Hujr otalaridan qilgan rivoyatlarida hazramavtlik kishi va kindalik boshqa bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelishdi. Hazramavtlik kishi: «Ey Allohning rasuli! Bu kishi otamdan qolgan yerga egalik qilib oldi», dedi. Kindalik kishi esa: «Bu qo‘limdagi yer bo‘lib, unda dehqonchilik qilaman. Bu yerda uning haqqi yo‘q», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazramavtlik kishiga: «Senda dalil-isbot bormi?» degan edilar, u: «Io‘q», dedi. «Qasam-chi?» degan edilar, hazramavtlik: «Ey Allohning rasuli! U fojir kishi. Qasam ichgan narsasiga ahamiyat bermaydi va biror narsada taqvosi ham yo‘q», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Buning ahamiyati yo‘q, faqat qasami kerak, xolos», dedilar. U kishi qasam ichtirish uchun jo‘nab ketganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning ortidan: «Agar u buning molini yeyish uchun qasam ichsa, Alloh undan yuzini o‘girgan holda Allohga yo‘liqadi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:09:17
284/6. Voil ibn Hujr roziyallohu anhu otalaridan rivoyat qiladilar. «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edim, ikki kishi kelib bir yer xususida xusumatlashdi. Ulardan biri: «Mening johiliyatdagi yerimni bu kishi tortib olyapti, ey Allohning rasuli», dedi. U Imrul Qays ibn Obis al-Kindiy bo‘lib, xusumatchisi Rabiy’a ibn Ibdon edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Dalil-isboting bormi?» degandilar, u: «Dalilim yo‘q», dedi. «Uning qasami bormi?» degandilar, u: «Unday bo‘lsa, haqni olib ketadi», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Senga buning ahamiyati yo‘q, faqat qasami kerak, xolos», dedilar. Qasam ichish uchun o‘rnidan turganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim biror yerni zulm bilan tortib olsa, Allohga Uning g‘azabini keltirgan holda yo‘liqadi», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:09:46
62-bob Birovning molini tortib olishni qasd qilgan, uning haqqida qon to‘kishni qasd etgani, agar o‘ldirsa, do‘zaxga tushishi kim moli himoyasi yo‘lida o‘ldirilsa, shahid ekani haqida

285/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Agar biror kishi kelib, molimni tortib olishni xohlasa, nima qilay?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Molingni berma», dedilar. U kishi: «Agar men bilan urushsa-chi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen ham urush», dedilar. U kishi: «Agar meni o‘ldirsa-chi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen shahidsan», dedilar. U kishi: «Agar uni o‘ldirsam-chi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U do‘zaxdadir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:09:58
286/2. Umar ibn Abdurahmonning qullari Sobit xabar berishicha, Abdulloh ibn Amr bilan Anbasa ibn Abu Sufyon o‘rtalarida urushga sabab bo‘luvchi narsa sodir bo‘lganida, Xolid ibn Oss otiga minib, Abdulloh ibn Amr huzuriga bordi va unga va’z-nasihat qildi. Shunda Abdulloh ibn Amr: «Bilmaysanmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim moli (himoyasi) yo‘lida o‘ldirilsa, u shahiddir», deb aytganlar», dedi.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:10:13
63-bob Qo‘l ostidagilarni aldagan voliyga do‘zax bo‘lishi muqarrarligi haqida

287/1. Hasan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ubaydulloh ibn Ziyod Ma’qal ibn Yasor al-Muzaniyning o‘limlariga sabab bo‘lgan kasalliklarida ziyoratlariga kirganlarida, Ma’qal roziyallohu anhu: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir hadis eshitganman, agar hayotim davom etishini bilganimda uni gapirmas edim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar (Alloh) qaysi bir qulini xalqqa boshliq etsa-yu, u o‘layotgan paytida ham xalqni aldagan holida o‘lsa, Alloh unga jannatni harom qiladi», dedilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:10:32
288/2. Hasan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ubaydulloh ibn Ziyod roziyallohu anhu Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhu kasalliklarida huzurlariga kirib, u zotdan so‘raganlarida Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhu: «Men senga bir hadisni aytib beraman, uni senga gapirmagan edim. Albatta Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh biror qulini xalqqa boshliq etsa-yu, o‘layotgan paytida ham ularni aldagan holda o‘lsa, Alloh unga jannatni harom qiladi», dedilar», deb aytdilar. Ubaydulloh ibn       Ziyod      roziyallohu      anhu:       «Budan       oldin       menga      buni gapirmaganmidingiz?»  deganlarida Ma’qal  ibn Yasor roziyallohu anhu: «Gapirmadim» yoki «Gapirmagan edim», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:10:44
289/3. Abu Mulayh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ubaydulloh ibn Ziyod roziyallohu anhu Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhuning kasallik paytlarida ziyoratlariga kirganlarida Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhu: «Men senga bir hadisni gapirib beraman, agar o‘lim holatida bo‘lmaganimda uni senga gapirmas edim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror amir musulmonlar ishida bopgliq bo‘lsa-yu, keyin ularga kuchini sarf qilmasa va nasihat qilmasa, ular bilan birga jannatga kirmaydi», deb aytganlarini eshitdim», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:10:57
64-bob Ba’zi qalblardan iymon va omonat ko‘tarilib, unda fitna sodir bo‘lishi haqida

290/1. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qshshnadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikkita gap aytdilar. Ularning birini ko‘rdim. Ikkinchisini (qachon bo‘lar ekan, deb) kutib turibman. Avvalgisi — iymon kishilar qalbining tubiga tushadi. Keyin Qur’on tushadi. Ular Qur’on va sunnatni o‘rganadilar. Ikkinchisi - kishilardan iymon ko‘tariladi. Odam biroz uxlaganida, uning qalbidan iymon ko‘tarilib, ozgina izi qoladi, xolos. So‘ngra yana biroz uxlasa, uning qalbidan iymon ko‘tarilib, uning izi qavarib ketganga o‘xshaydi. Buning misoli xuddi oyog‘ingni cho‘qqa solsang, u shishib ko‘tarilganini ko‘rasan-u, lekin unda biror narsa bo‘lmaganga o‘xshaydi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oyoqlariga toshlarni misol uchun tashladilar-da, so‘ngra quyidagilarni aytdilar: «Odamlar subhda turib, bir-birlari bilan oldi-sotdi qilishadi. Va omonatni ado qiladigan biror kishi topa olishmaydi. Hattoki, ishonchli kishi qolmaganidan ahvol shu darajaga yetadiki, falon mahallada ishonchli kishi bor yoki falon kishi aqlli, o‘tkir fikrli, subutli, deyiladi. Uning qalbida esa xantal urug‘i misqolicha ham iymon yo‘qdir». Huzayfa: «Mening ustimga shunday zamon keldiki, men kim bilan oldi-sotdi qilsam, parvo qilmas edim. Agar musulmon bo‘lsa, menga xiyonat etishidan uning dini to‘sardi. Agar nasroniy yoki yahudiy bo‘lsa, menga xiyonat qilishidan uning boshlig‘i to‘sardi. Ammo bugungi kunda falonchi va falonchidan tashqari boshqa hech kim bilan oldi-sotdi qila olmayman», dedilar». Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:11:12
291/2. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Umar roziyallohu anhu huzurlarida edik. U zot: «Sizlardan qay biringiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning fitnalarni zikr qilganlarini eshitgansiz?» deganlarida, qavmdagilar: «Biz eshitdik», deyishdi. Umar roziyallohu anhu: «Sizlar kishining ahli va qo‘shnisidagi fitnani nazarda tutyapsizlarmi?» degan edilar, ular: «Ha», deyishdi. Umar roziyallohu anhu: «Bu narsaga namoz, ro‘za va sadaqalar kafforot bo‘ladi. Lekin sizlarning qaysi biringiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning dengiz to‘lqini kabi junbushga keluvchi fitnani zikr qilganlarini eshitgan?» deganlarida, qavmdagilar jim turishdi. Men esa: «Men eshitganman», dedim. Umar roziyallohu anhu: «Otangga balli», dedilar. Men: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman, u zot: «Fitnalar kishilar qalbiga xuddi bo‘yraning ketma-ket qilib to‘qilganidek, fitnalar ham paydar-pay keladi. Qaysi qalbga undan ichirilsa, qora nuqta bo‘ladi. Qaysi qalbdan u olinsa, oq nuqta bo‘ladi. U ikki qalbga aylanib, hattoki biri safo kabi oq bo‘ladi. Usha qalbga, modomiki yeru-osmon turar ekan, fitnalar zarar bera olmaydi. Ikkinchisi esa ag‘darilgan qora-oq ko‘zaga o‘xshaydiki, yaxshilikni bilmaydi, yomonlikni inkor etmaydi, faqat havoyi nafsiga ichirilgan narsanigina biladi», dedilar», deb aytdim».

Huzayfa roziyallohu anhu: «Men buni Umar roziyallohu anhuga gapirib: «Siz bilan u fitnaning orasida qulfli bir eshik bor. Yaqin kunlarda qulfi sinishi mumkin», deganimda, Umar roziyallohu anhu: «Haqiqatda sinadimi? Agar ochilsa, shoyad, yana berkilishi mumkin», dedilar. Shunda men: «Balki sindiriladi, albatta bu eshikdan maqsad bir kishi bo‘lib qatl qilinadi yoki o‘ldiriladi. Bu aytayotgan narsalarim hadis bo‘lib, oldingi ahli kitoblarning sahifasi emas», deb gapirib berdim».

Abu Xolid roziyallohu anhu Sa’d roziyallohu anhuga: «Ey Abu Molik! Hadis matnidagi «Ma asvadu murboddan» jumlasi nima?» deganlarida, u zot: «Qora ichidagi qattiq oqlik», dedilar. «Va «Al-Kavzu muhajjiyan» nima?» desalar, u zot: «Ag‘darilgan ko‘za», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:11:25
65-bob Albatta Islom g‘arib holda boshlandi va tez kunlarda g‘arib holatiga kaytadi. Albatta u ikki (Makka ila Madinadagi) masjidga qaytishi haqida

292/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Islom g‘arib holatda boshlandi va tez kunlarda qanday g‘arib bo‘lib boshlangan bo‘lsa, o‘sha g‘ariblik holatiga qaytadi. (Ushandagi) g‘ariblarga muncha ham yaxshi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:11:39
293/2. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Islom g‘arib holatda boshlandi va tez kunlarda qanday g‘arib bo‘lib boshlangan bo‘lsa, o‘sha g‘ariblik holatiga qaytadi. Albatta u ikki (Makka va Madinadagi) masjidga qaytadi, xuddi ilon o‘z iniga qaytganidek», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:11:57
294/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta iymon xuddi ilon iniga qaytgani kabi Madinaga qaytadi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:12:41
66-bob Zamon oxirlaganda iymonning ketishi haqida

295/1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yer yuzida Alloh, Alloh, deb aytuvchilar qolmagunicha qiyomat qoim bo‘lmaydi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:12:55
296/2.    Anas    roziyallohu    anhudan    rivoyat    qilinadi.    Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror kishi Alloh, Alloh, deb aytsa, qiyomat qoim bo‘lmaydi», dedilar. Ya’ni, odamlar yomon bo‘lib Allohni unutishganida, barcha Allohni eslamay qo‘yganida qiyomat qoim bo‘ladi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:13:14
67-bob Xavfga tushganda iymonni sir tutish joizligi haqida

297/1. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga edik. U zot: «Islom (kalimasini) talaffuz qilganlarning qancha ekanini menga sanab beringlar», deganlarida, biz: «Ey Allohning rasuli! Bizdan qo‘rqyapsizmi? Biz olti yuz bilan yetti yuz oralig‘idamiz», dedik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar balolanishingizni bilmaysizlar-da», dedilar. (Haqiqatda) biz balolandik, hattoki odamlarimiz faqat yashirib namoz o‘qishar edi».
(Izoh: Imom Buxoriy «Siyar» kitobining oxirida «bir ming besh yuzta», deb rivoyat qilganlar. Bu kitobda esa «olti yuz bilan yetti yuz oralig‘ida», deb yozilgan. Inshaalloh, to‘g‘ri javob shuki, olti yuz bilan yetti yuz oralig‘ida, deb faqat Madinadagi kishilarga xoslab aytilgan. Bir ming besh yuz, deyish bilan atroflardagi musulmonlar ham nazarda tutilgan).
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:13:31
68-bob Iymoni zaif kishining (iymonidan qaytishidan) qo‘rkilganda kalbini ulfat kilish hamda qat’iy dalil bo‘lmaganida iymonni qat’iylashtirishdan kaytarilgani haqida

298/1. Omir ibn Sa’d roziyallohu anhuning otalari Sa’d ibn Abu Vaqqosdan qilgan rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam  bir  narsani  taqsim  qildilar.  «Men:   «Ey Allohning rasuli! Falonchiga ham u taqsimotdan bering, chunki u mo‘mindir», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Balki u musulmondir», dedilar. Men: «U mo‘mindir», deb uch marta aytdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham menga: «Balki u musulmondir», deb uch marta aytdilar, so‘ngra: «Men uni bir kishiga beraman, bu kishi menga sen aytayotgan kishidan yaxshiroqdir. Chunki Alloh uni do‘zaxga solishidan qo‘rqib afzal ko‘rdim», dedilar». (Ya’ni, «Men beradigan kishimning iymoni zaif, agar unga tavqsimotdan bermasam, u kofir bo‘lib, Alloh uni do‘zaxga tashlashidan xavf etaman. Bermagan kishim esa ishonchlidir».)
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:13:50
299/2. Omir ibn Sa’dning otalari Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhudan qilgan rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir necha kishiga (taqsimotdan ulush) berdilar. Sa’d ham ularning ichida o‘tirgan edilar. Sa’d roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulardan bir kishiga (taqsimotdagi ulushdan) bermadilar. U nazdimda eng solihi edi. Shunda men: «Ey Allohning rasuli! Sizga nima bo‘ldiki, falon kishiga bermadingiz? Alloh nomiga qasamki, men (uni) mo‘min deb bilaman», desam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Balki musulmondir», dedilar. Ozgina jim turdim, keyin u kishi haqidagi bilgan narsam g‘olib kelib: «Ey Allohning rasuli! Sizga nima bo‘ldiki, falon kishiga bermadingiz? Alloh nomiga qasamki, men uni mo‘min deb bilaman», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Balki musulmondir», dedilar. Men ozgina jim turdim, keyin u kishi haqidagi bilgan narsam g‘olib kelib: «Ey Allohning rasuli! Sizga nima bo‘ldiki, falon kishiga bermadingiz? Alloh nomiga qasamki, men uni mo‘min   deb   bilaman»,   dedim.   Rasululloh   sollallohu   alayhi   vasallam:

«Balki musulmondir, men uni bir kishiga beramanki, kishi menga yaxshidir. Chunki Alloh yuzi ila do‘zaxga solishidan qo‘rqib uni afzal ko‘rdim», dedilar».

Bu yerda mazkur hadis ikki marta takror kelgan. Faqat ikkinchisida «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘llari bilan bo‘ynim va yelkamga urib, keyin: «Urishasanmi, ey Sa’d? Men uni bir kishiga beraman», (dedilar)» so‘zi ziyoda qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:14:12
69-bob Dalillarni ko‘rish bilan qalb xotirjamligi ziyodalashishi haqida

300/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ibrohim alayhissalomdan ko‘ra bizlar shak qilishga haqliroqmiz. Qachonki, u zot: «Parvardigoro, menga o‘liklarni qanday qilib tiriltirishingni ko‘rsat», deganlarida, Alloh: «Ishonmaysanmi?» dedi. U zot: «Io‘q, ishonaman-ku, lekin dilim yana ham taskin topishi uchun», dedilar. Alloh Lut alayhissalomni rahm qilsin u zot (mehmonlarni hurmat qilishda) kuchli bir suyanchiqqa tayandilar. Agar men qamoqda Yusuf alayhissalom kabi uzoq turganimda chaqirib kelgan (podshohni elchisini aytganlarini) qabul etardim», dedilar.

Bu hadis boshqa yo‘llar orqali ham rivoyat qilingan. «Lekin dilim taskin topishi uchun»dan keyingi oyat oxirigacha yetkazib tamomlangan.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat oyat oxirigacha yetkazib tamomlangan.

(Izoh: Ibrohim alayhissalom xususlarida shak nojoiz narsa. Agar shak payg‘ambarlarga yo‘l topmaganida men Ibrohim alayhissalomdan ko‘ra, shak qilishga haqliroqman. Sizlar bilasizlarki, men shak qilmayman, dedilar Rasululloh (s.a.v.). Ibrohim alayhissalom o‘likni tiriltirishda shak qilmadilar balki undagi haqiqatni ko‘rishni xohladilar. Bu narsa biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni va jannatni ko‘rishni xohlaganimizdek. Lut alayhissalom mehmonlarni hurmat qilishda va mudofaa etishda bor kuchlarini sarf qildilar. Bu narsa Allohga suyanishdan yuz o‘girib emas, balki zikr qilganimizdek, mehmonlarni xushnud etish uchun edi. Agar men qamoqda Yusuf alayhissalom kabi uzoq turganimda chaqirib kelgan podshohni elchisini aytganlarini qamoqdan chiqish uchun qabul etardim deganlari, u zotni maqtash uchundir. Bu zot shu darajada qamoqda qiyinchilik ko‘rsalar ham podshohni elchisiga: «Avval meni qilgan gunohimni isbot qil, so‘ngra bu qamoqdan chiqaman», deb aytganlari va u zotni sabr-matonatlarini bayon etish uchundir).
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:14:41
70-bob Barcha insonlarning Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga iymon keltirishlari vojibligi va u zotning millatlari kelishi ila boshka millatlar nasx bo‘lishi haqida

301/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi payg‘ambar yuborilgan bo‘lsa, oldingi payg‘ambarga yuborilgan mo‘‘jiza unga ham yuborilgan. Bashariyat esa u payg‘ambarga iymon keltirgan. Menga esa vahiy (mo‘‘jiza) qilib yuborilgan. Shuning uchun qiyomat kuni eng ko‘p ergashiladigan payg‘ambar men bo‘lishimga umid qilaman», dedilar.

(Izoh: Payg‘ambarlarning mo‘‘jizasi ular yashagan asr tamom bo‘lishi bilan inqirozga uchragan. Faqat asrdoshlarigina u mo‘‘jizaga shohid bo‘lishgan. Ammo nabiyyimiz Muhammad alayhissalomning mo‘‘jizalari Qur’on esa balog‘ati, g‘aybdagi xabarlarni aytishi, jin va insni ojiz qoldiruvchiligi bilan to qiyomatgacha bardavomdir.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:14:54
302/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Muhammadning joni Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, ummatdagi yahudiy yoki nasroniylar mening (so‘zlarimni) eshitib, menga yuborilgan narsaga iymon keltirmasa, do‘zax ahlidandir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 18 Oktyabr 2006, 16:15:08
303/3. Solih ibn Solih Hamadoniy rivoyat qildilar: «Men xurosonlik bir kishini ko‘rdim. U Sha’biydan: «Ey Abu Amr (ya’ni, Sha’biy)! Bizdan oldingi xurosonliklar agar kishi cho‘risini ozod qilib, keyin unga uylansa, qurbonlikka atalgan tuyani minganga o‘xshabdi, deb aytishadi. (Bu qanaqasi?)», deb so‘raganida, Sha’biy: «Menda bu haqda Abu Burda ibn Abu Muso otasidan rivoyat qilib gapirib bergan (bir hadis bor). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa kishi borki, ularning ajrlari ikki marta beriladi. Bir kishi ahli kitob bo‘lib, o‘z payg‘ambariga iymon keltirsa-da, keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni topib, u zotga iymon keltirib, ergashib tasdiqlasa, unga ikki ajr bor. Bir qul xizmatkor Allohning haqqi, keyin sayyidining haqqini ado qilsa, unga ham ikki ajr bor. Bir kishining cho‘risi bo‘lsa-da, unga chiroyli ozuqa, keyin chiroyli odob bersa, so‘ngra uni o‘z nikohiga olsa, bu kishiga ham ikki ajr bor», dedilar. Bu hadisni (shak-shubhasiz) ol», dedilar. Bu kishi undan-da kichikroq hadis bo‘lsa ham, (tekshirish uchun) Madinagacha borar edi».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:20:07
71-bob Iso ibn Maryam Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning shariatlari bilan hukm qilish uchun tushishlari haqida

304/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mening jonim Uning yadida bo‘lgan Zotga qasam, yaqin kunlarda sizlarga (Iso) ibn Maryam adolatli hukm chiqarish uchun tushib, xochni sindiradilar, cho‘chqani o‘ldiradilar, jizyani amaldan qoldiradilar, ya’ni faqat Islomga kirishni talab qiladilar va mol-dunyoga baraka yog‘ilib, hattoki (undan berilsa) biror kishi qabul etmaydi», dedilar.

Bu yerda ba’zi o‘zgarishlar bilan bu hadis takror kelgan, faqat «Hattoki bir sajda dunyo va undagi narsalardan yaxshidir», degan jumla hamda Abu Hurayra roziyallohu anhuning «Agar xohlasanglar, «Har bir ahli kitob o‘limi oldidan unga (ya’ni, Isoga) albatta iymon keltirur...» oyatini o‘qinglar», deb aytganlari ziyoda qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:20:17
305/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh nomiga qasamki, (Iso) ibn Maryam adolatli hukm qilish uchun (erga) tushib xochni sindiradilar, cho‘chqani o‘ldiradilar, jizyani amaldan qoldiradilar, (o‘shanda qimmatbaho) urg‘ochi tuyalar qo‘yib yuboriladi, uni qo‘lga kiritish uchun hech kim harakat qilmaydi, adovat, g‘azab va hasad ketkaziladi, mol-dunyoni (olgin deb) chaqirilsa, biror kishi uni qabul etmaydi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:20:27
306/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar (Iso) ibn Maryam tushsalar-da, ichingizda Rabbingizning kitobi va nabiyyingizning sunnati bo‘lsa, nechuk bo‘lur?» dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:20:34
307/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar (Iso) ibn Maryam tushsalar-da, ichingizda Rabbingizning kitobi va nabiyyingiz sunnati bo‘lsa, nechuk bo‘lur?» deb aytganlar. «Men Ibn Abu Zi’bga «Abu Hurayra hadis lafzida «Faammakum minkum» lafzini ishlatganlar», desam, Ibn Abu Zi’b: «Bu so‘z nimani anglatishini bilasanmi?» dedilar. Men: «Xabar bering», dedim. Shunda u zot: «U Rabbingiz Allohning kitobi va nabiyingiz sunnati», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:20:47
308/5. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimdan bir toifa borki, qiyomat kunigacha haq ustida urushishadi. Iso alayhissalom tushganlarida ularning amirlari: «Kelib bizga namoz o‘qib bering», desa, Iso alayhissalom: «Yo‘q! Alloh bu ummatga karam qilgani uchun ba’zingiz ba’zingizga amirdirsiz», deydilar», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:28:07
72-bob Iymon qabul etilmaydigan fursat haqida

309/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Quyosh botadigan tomoni, ya’ni mag‘ribdan chiqmagunicha qiyomat qoim bo‘lmaydi. Quyosh mag‘ribdan chiqqan kuni odamlarning barchasi iymon keltiradi. Usha kundan oldin iymon keltirmagan bo‘lsa yoki iymonida yaxshilik bo‘lmasa foydasi yo‘q dedilar», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:28:15
310/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch narsa chiqsa, biror nafsga agar u oldinroq iymon keltirmagan bo‘lsa yoki iymonida yaxshilik bo‘lmasa, iymon keltirish foyda bermaydi: ular - quyoshning mag‘rib tomondan chiqishi, dajjol va yer hayvoni», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:28:26
311/3. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni: «Bu quyosh qaerga ketishini bilasizlarmi?» deganlarida, sahobalar: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta u yurib, Arsh ostidagi makonida to‘xtagach sajdaga egiladi. Shunday turganida unga: «Ko‘tarilgin, qaerdan kelgan bo‘lsang, o‘sha yerga qaytgin», deyilsa, u qaytib har kun chiqadigan tomonidan chiqadi. So‘ngra yurib, Arsh ostidagi makonida to‘xtagach sajdaga egiladi. Shunday davom etib turganida unga: «Ko‘tarilgin, qaerdan kelgan bo‘lsang, o‘sha yerga qaytgin», deyilsa, u qaytib har kun chiqadigan tomonidan chiqadi. So‘ngra yana shu yo‘sinda yurganida odamlar undan biror narsani bilmay qolishmaydi, hatto u Arsh ostidagi makonida to‘xtaydi. Unga: «Botadigan tomoningdan ko‘tarilgin, ya’ni mag‘rib tomondan chiqqin», deyilsa, u mag‘ribdan chiqadi», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu qachon (sodir) bo‘lishini bilasizlarmi? Bu bir kunki, o‘shal kunda biror jonga iymon foyda bermaydi, agar u oldinroq iymon keltirmagan bo‘lsa yoki iymonida yaxshilik bo‘lmasa», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:28:36
312/4. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men masjidga kirsam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘ltirgan ekanlar. Qachonki quyosh botganida: «Ey Abu Zarr! Bu (quyosh) qaerga ketishini bilasanmi?» degan edilar, men: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», dedim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta bu quyosh ketadi-da, borib sajda qilishga izn so‘raydi. Izn berilib, unga qaerdan kelgan bo‘lsang, o‘sha yerga qayt, deyilgandek bo‘ladi. Bas, u mag‘rib tomondan chiqadi», dedilar va «Va zalika mustaqorrun laha», deb Abdullohning qiroatidek qilib o‘qidilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:28:44
313/5. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan Allohning so‘zidagi «Quyosh o‘z qarorgohi sari joriy bo‘lur» oyat haqida so‘raganimda, u zot: «Uning qarorgohi Arsh ostidadir», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:29:40
73-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga vahiyning boshlanishi

314/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Oisha onamiz: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga birinchi boshlangan vahiy uyqudagi haqqoniy tush edi. Agar tush ko‘radigan bo‘lsalar, tongdagi ziyo kabi ko‘rardilar. Keyin u zotga uzlatga chekinib, xoli qolish suyumli etildi. U zot Hiro nomli g‘orda xoli qolib, qatorasiga bir necha tun ahllari huzuriga borib ovqatlanishdan oldin ibodatga mashg‘ul bo‘lardilar. So‘ngra Xadicha roziyallohu anho huzurlariga qaytib, u zot bilan tanovul qilardilar. Haq narsa to‘satdan keldi. U zot Hiro g‘orida edilar, farishta kelib: «Uqi», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men yaxshi o‘qiy olmayman», dedilar. Keyin Jabroil alayhissalom u zotni ushlab, qattiq qisdilar, hattoki bundan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aziyat yetdi. Keyin qo‘yib yubordilar. Jabroil alayhissalom: «Uqi», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men yaxshi o‘qiy olmayman», dedilar. Keyin Jabroil alayhissalom u zotni ushlab, ikkinchi marta qattiq qisdilar, hatto jonlari og‘ridi. So‘ngra qo‘yib yubordilar. Jabroil alayhissalom: «O’qi», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men yaxshi o‘qiy olmayman», dedilar. Keyin Jabroil alayhissalom u zotni ushlab, uchinchi marta qattiq qisdilar, hatto aziyat yetdi. So‘ngra qo‘yib yubordilar-da: «(Ey Muhammad alayhissalom, barcha mavjudotni) yaratgan zot bo‘lmish Parvardigoringiz nomi bilan (boshlab) o‘qing. U insonni laxta qondan yaratgan (Zotdir). Uqing, sizning Parvardigoringiz (insoniyatga) qalamni (ya’ni, yozishni-xatni) o‘rgatgan o‘ta karamli Zotdir. U Zot insonga uning bilmagan narsalarini o‘rgatdi», deb aytdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaytganlarida bo‘yin va yelkalari o‘rtasidagi go‘sht titrar edi. Shu holatda Xadicha onamiz huzurlariga kirib: «Meni o‘rab qo‘yinglar, meni o‘rab qo‘yinglar», deb aytdilar. Bu zotni o‘rab qo‘yishgan edi, qo‘rqinch bartaraf bo‘ldi. So‘ngra u zot Xadicha roziyallohu anhoga: «Ey Xadicha, menga nima bo‘ldi? Men jonimga biror narsa bo‘ldimikin, deb qo‘rqib ketdim», deb bo‘lib o‘tgan voqea xabarini berdilar. Shunda Xadicha roziyallohu anho: «Io‘q, yo‘q! Xursandlik xabarini bering, Alloh nomiga qasamki, Alloh sizni hech xafa qilib qo‘ymaydi. Chunki siz qarindoshlar bilan aloqani bog‘laysiz, rost gapirasiz, og‘irni yengil qilasiz, kambag‘allarga mol ulashasiz, mehmondorchilikni joyiga qo‘yasiz va haq yo‘ldagi kishiga biror qiyinchilik yetsa, yordam berasiz», dedilar-da amakilarining o‘g‘li Varaqa ibn Navfal ibn Asad ibn Abduluzzoning huzuriga jo‘nab ketdilar. U kishi johiliyatda nasroniylikni qabul qilgan edi. U arabcha kitoblarni va Injilni ham arabchada yozar edi. Uzi keksa kishi bo‘lib, ko‘zi ko‘rmaydigan holga kelgan edi. Xadicha roziyallohu anho: «Ey amakimning (o‘g‘li)! Birodaringizning o‘g‘lidan eshiting», dedilar. Varaqa ibn Navfal: «Ey birodarimning o‘g‘li! Nimani ko‘rmoqdasiz?» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘rgan narsalarining xabarini berdilar. Shunda Varaqa: «Bu o‘sha yaxshi sirlar    sohibi    (Jabroil)dirlar.    Muso    alayhissalomga    ham    u    zot tushirilgan. Koshkiydi, men yosh bo‘lsam, koshkiydi, qavmingiz (sizni tug‘ilgan yurtingizga sig‘dirmasdan) chiqarib yuborganida tirik bo‘lsam», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ular meni (o‘z yurtimdan) chiqarib yuboradilarmi?» degan edilar, Varaqa: «Ha, chiqarib yuborishadi. Shu vaqtga qadar hech bir kishi siz kabi xabar olib kelmagan edi, agar keltirgan bo‘lsa ham uni qaytarib yuborgan edim. Alloh sizga muyassar etgan kunlar menga ham nasib etsa, qo‘llab-quvvatlab yordam berar edim», dedi», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:29:50
315/1. Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vahiyning biroz to‘xtab, uzilib qolishi haqida gapirib dedilar: «Bir payt ketayotgan edim, osmondan bir ovoz eshitib qoldim. Boshimni ko‘tarib qarasam, o‘sha Hiro g‘oridaligimda kelgan farishta ekan. Farishta yer bilan osmon oralig‘ida bir kursiga o‘tirib olgan edi. Men esa qo‘rquvdan vahimaga tushdim. Qaytib borib: «Meni o‘rab qo‘yinglar, meni o‘rab qo‘yinglar», desam, uydagilar ustimni yopib qo‘yishdi, shunda Alloh taolo: «Ey (liboslariga) burkanib olgan zot, turing-da, (insonlarni oxirat azobidan) ogohlantiring. Yolg‘iz Parvardigoringizni ulug‘lang. Liboslaringizni pok tuting. Butlardan yiroq bo‘ling», deb vahiy tushishini yana davom ettirdi».

Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta takror kelgan, lekin «Qo‘rquvdan vahimaga tushib yerga yiqildim» va «Vahiy tushishi ko‘payib, yana davom ettirildi» so‘zlari ziyoda qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:30:06
316/3. Yahyo aytadilar: «Abu Salamadan «Eng avval Qur’ondan qaysi (sura) nozil bo‘lgan?» deb so‘rasam, «Ia ayyuhal muddassir», deb aytdilar. Men: «Iqro’ surasi emasmi?» desam, «Men ham Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan «Eng avval Qur’ondan qaysi (sura) nozil bo‘lgan?» deb so‘rasam, Jobir roziyallohu anhu ham «Ia ayyuhal muddassir», deb aytdilar. Men: «Iqro’ surasi emasmi?» desam, u zot shunday dedilar: «Men sizlarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan narsalarini gapirib beraman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hiro g‘orida bir oy (uzlat qilib) yashadim. O’sha bir oy muddat tugaganida bir vodiyning o‘rtasiga tushdim. Nogahon kimdir menga nido qildi. Oldimga, orqamga hamda o‘ng va chap tomonimga qarab, hech kimni ko‘rmadim. So‘ngra yana chaqirildim. Qarasam, hech kim ko‘rinmadi. Keyin yana chaqirildim. Boshimni ko‘tarib qarasam, havoda kursi ustida (muallaq) Jabroil alayhissalom turibdilar. Meni qattiq titroq tutdi. Keyin Xadichaning oldilariga borib: «Meni o‘rab qo‘yinglar, meni o‘rab qo‘yinglar», deb aytdim. Ular ustimdan suv quyishdi. Shunda Alloh taolo: «Ey (liboslariga) burkanib olgan zot, turing-da, (insonlarni oxirat azobidan) ogohlantiring. Yolg‘iz Parvardigoringizni ulug‘lang. Liboslaringizni pok tuting» oyatini nozil qildi», deb aytdilar», deya javob berdilar Abu Salama».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «Yer bilan osmon orasida kursi ustida o‘ltirgan holda», degan so‘z ziyoda qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:31:26
74-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Isroga yatsni Makkadan Qudddusga qilgan tungi safarlari va (Me’rojga chiqishlarida) namozlarning farz etilishi haqida

317/1. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Huzurimga xachirdan kichik, eshakdan kattaroq uzun oq Buroq, ya’ni shunaqa nomdagi hayvon olib kelindi. U tuyoqlarini ko‘z ochib-yumguncha lahzada, ya’ni juda tez tashlar edi. Uni minib Baytul Maqdisga bordim-da payg‘ambarlar bog‘laydigan halqaga bog‘lab, keyin masjidga kirib ikki rakat namoz o‘qidim. So‘ngra chiqsam, Jabroil alayhissalom huzurimga bir idishda xamr (aroq) va yana bir idishda sut bilan kelibdilar. Men sutni ixtiyor qildim. Buni ko‘rgan Jabroil   alayhissalom:   «Fitrat,   ya’ni   sof   istiqomatni   tanladingiz», dedilar. So‘ngra men bilan birga osmonga ko‘tarilib, (osmon eshiklarini) ochishlarini so‘radilar. Shunda: «Sen kimsan?» deyildi. U zot: «Jabroilman», dedilar. «Sen bilan kim birga?» deyilgan edi, Jabroil: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam birga», dedilar. «U payg‘ambar qilib yuborildimi?» deyilgan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha, payg‘ambar qilib yuborildi», dedilar. Qarshimizdagi (eshik) ochilgan edi, Odam alayhissalom turibdilar. U zot meni olqishlab, yaxshilik tilab duo qildilar. So‘ngra Jabroil men bilan ikkinchi osmonga ko‘tarilib, (eshik) ochilishini talab qildilar. Shunda: «Sen kimsan?» deyilgan edi, u zot: «Jabroilman», dedilar. «Sen bilan kim birga?» deyilgan edi, u zot: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam birga», dedilar. «U payg‘ambar qilib yuborildimi?» deyilgan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha, Payg‘ambar qilib yuborildi», dedilar. Bas, oldimizdagi (eshik) ochilgan edi, ikki xolavachcha - Iso ibn Maryam va Yahyo ibn Zakariyo alayhissalom oldilarida turibman. Ikkovlari meni olqishlab, yaxshilik tilab duo qilishdi. So‘ngra Jabroil alayhissalom men bilan uchinchi osmonga ko‘tarilib, (eshik) ochilishini talab qildilar. Shunda: «Sen kimsan?» deyilgan edi, u zot: «Jabroilman», dedilar. «Sen bilan kim birga?» deyilgan edi, u zot: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam birga», dedilar. «U payg‘ambar qilib yuborildimi?» deyilgan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha, payg‘ambar etib yuborildi», dedilar. Bas, oldimizdagi (eshik) ochilgan edi, (butun insoniyatga berilgan husnning) yarmi ato etilgan Yusuf alayhissalom oldilarida turibman. U zot meni olqishlab, yaxshilik tilab duo qildilar. So‘ngra Jabroil alayhissalom men bilan to‘rtinchi osmonga ko‘tarilib, (eshik) ochilishini talab qildilar. Shunda: «Sen kimsan?» deyilgan edi, u zot: «Jabroilman», dedilar. «Sen bilan kim birga?» deyilgan edi, u zot: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam birga», dedilar. «U payg‘ambar qilib yuborildimi?» deyilgan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha, payg‘ambar qilib yuborildi», dedilar. Oldimizdagi (eshik) ochilgan edi, Idris alayhissalom oldilarida turibman. U zot meni olqishlab, yaxshilik tilab duo qildilar. Alloh Qur’oni karimda bu zot haqlarida: «Biz uni (ya’ni, Idrisni) oliy makonga ko‘tarib qo‘ydik», deb aytgan. So‘ngra Jabroil alayhissalom men bilan beshinchi osmonga ko‘tarilib, (eshik) ochilishini talab qildilar. Shunda: «Sen kimsan?» deyilgan edi, u zot: «Jabroilman», dedilar. «Sen bilan kim birga?» deyilgan edi, u zot: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam birga», dedilar. «U payg‘ambar qilib yuborildimi?» deyilgan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha, payg‘ambar qilib yuborildi», dedilar. Oldimizdagi eshik ochilgan edi, Horunning oldilarida turibman. U zot meni olqishlab, yaxshilik tilab duo qildilar. So‘ngra  Jabroil  alayhissalom  men  bilan  oltinchi  osmonga  ko‘tarilib,  (eshik) ochilishini talab qildilar. Shunda: «Sen kimsan?» deyilgan edi, u zot: «Jabroilman», dedilar. «Sen bilan kim birga?» deyilgan edi, u zot: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam birga», dedilar. «U payg‘ambar qilib yuborildimi?» deyilgan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha, payg‘ambar qilib yuborildi», dedilar. Oldimizdagi (eshik) ochilgan edi, Ibrohim alayhissalom oldilarida turibman. U zot esa orqalarini Baytul-ma’murga suyab turibdilar. Unga har kuni yetmish ming farishta kiradi, (agar u yerdan chiqishsa), unga qaytib kira olishmaydi. So‘ngra men bilan «Sidratul muntaho», ya’ni (sidr daraxti)ga bordilar. Uning barglari filning qulog‘iga, mevalari esa ko‘zalarga o‘xshaydi. Allohning amri uni qoplab olganida, u o‘zgarib ketadi. Allohning maxluqotlaridan birortasi uning husnini sifatlab berishga qodir emas. Alloh taolo menga vahiy qilib, har kecha va kunduzda ellik mahal namoz o‘qishni farz qildi. Keyin Muso alayhissalom huzurlariga tushsam, u zot: «Rabbingiz ummatingiz uchun nimani farz qildi?» dedilar. Men: «Ellik mahal namoz», dedim. U zot: «Rabbingiz huzuriga boring-da, yengillatishini so‘rang. Chunki ummatingiz bunga toqat qila olmaydi. Chunki men Bani Isroilda baloga yo‘liqqanman», dedilar. Men Rabbim huzuriga qaytib: «Ey Rabbim! Ummatimga yengillik qilgin», desam, besh vaqtni bekor qildi. Muso alayhissalom huzurlariga qaytib: «Rabbim mendan besh vaqtni bekor qildi», desam, Muso alayhissalom: «Ummatingizning buni bajarishga toqati yetmaydi. Siz Rabbingiz huzuriga qayting-da, Undan yengillik qilishini so‘rang», dedilar. Men Rabbim bilan Muso alayhissalom o‘rtalarida qatnashda bardavom bo‘ldim, hatto Alloh: «Ey Muhammad! Albatta ular har kecha va kunduzda besh mahal namoz o‘qiydilar. Har bir namozga o‘n barobar ziyodalik bordir. Usha (ziyodalik) bilan ellik mahal o‘rniga o‘tur. (Shundan kelib chiqib), kim biror yaxshilikni qasd etsa-yu, unga amal qila olmasa, bir yaxshilik (bajardi), deb yoziladi. Bordi-yu, amal qilsa, o‘nta yaxshilik (bajardi), deb yoziladi. Kim biror yomonlikni qasd etsa-yu, unga amal qilmasa, biror narsa yozilmaydi. Bordi-yu, unga amal qilsa, bitta yomonlik (bajardi), deb yoziladi», dedi. Keyin tushib Muso alayhissalom oldilariga bordim-da, buning xabarini bersam, Muso alayhissalom: «Rabbingiz huzuriga boring-da, Undan yengillik qilishini so‘rang», dedilar. Shunda Rabbim huzuriga qaytib bordim, ammo (bu so‘zlarni aytishga) Undan hayo qildim», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:31:45
318/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Meni ko‘tarib zamzam suviga olib borishdi, ko‘kragimni yorib, shu zamzam suvi bilan yuvishdi, keyin olgan joylarida qoldirib ketishdi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:31:55
319/3. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning aytishlaricha, bir kuni Jabroil alayhissalom kelganlarida u zot yosh bolalar bilan birga o‘ynayotgan edilar. Jabroil alayhissalom u zotni ushlab yotqizdilar-da, qorinlarini yorib, qalblarini chiqardilar, uning ichidan quyuq qonni olib: «Mana shu sizdagi shayton nasibasidir», dedilar. So‘ng tillodan bo‘lgan tog‘oraga zamzam suvi soldilar, u suv bilan qalbni yuvib o‘z joyiga qaytarib qo‘ydilar. Haligi birga o‘ynayotgan bolalar onalari, ya’ni enagalari huzuriga kelib: «Muhammad qatl etildi», deb aytishdi. Ular u zotning huzurlariga borishganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ranglari o‘zgarib ketgan edi.

Anas roziyallohu anhu: «Men u zotning ko‘kraklaridagi tikilgan narsaning asoratini ko‘rganman», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:32:10
320/4. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Ka’badagi masjiddan Quddusdagi masjidga tungi safarga chiqqanlari haqida gapirib beradilar: «Vahiy qilinishidan oldin uch nafar kishi u zotning huzurlariga keldi. Ushanda u zot Masjidul Haromda uxlayotgan edilar...», deb hadisning qolganini xuddi yuqoridagi hadisda kelganidek oxiriga yetkazdilar. Lekin ba’zisini ziyoda, ba’zisini noqis, ba’zisini oldinlatib va ba’zisini keyinga qo‘yib zikr qilganlar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:32:32
321/5. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men Makkadalik paytimda uyimning shifti ochildi. Usha joydan Jabroil alayhissalom tushdilar-da, ko‘kragimni ochib, zamzam suvi bilan yuvdilar, hikmat va iymon to‘ldirilgan tillo tog‘ora olib kelib, uni qalbimga quydilar, so‘ng yopib qo‘ydilar. Keyin qo‘limdan ushlab osmonga ko‘tarildilar. Dunyo osmoniga kelganimizda Jabroil alayhissalom osmon soqchisiga: «Ochgin», dedilar. Soqchi: «Bu kim?» dedi. Jabroil alayhissalom: «Bu Jabroildir», dedilar. Soqchi: «Siz bilan birga boshqa biror kishi bormi?» desa, Jabroil alayhissalom: «Ha! Men bilan birga Muhammad alayhissalom birgalar», dedilar. Soqchi: «U payg‘ambar qilib yuborildimi?» degan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha», dedilar. Shunda eshik ochildi. Dunyo osmoniga ko‘tarilganimizda bir kishini ko‘rdikki, o‘ng tomonida bir jamoa va chap tomonida bir jamoa turar edi. U kishi agar o‘ng tomoniga qarasa, kular edi, agar chap tomoniga qarasa, yig‘lar edi. Usha kishi: «Solih payg‘ambar va solih kishining o‘g‘li xush kelibdi», deb aytdi. Men: «Ey Jabroil, bu kim?» desam, Jabroil alayhissalom: «Bu Odam    alayhissalomdir.    Mana    bu    o‘ng    va    chap    tomonidagi    jamoa zurriyotlaridan tashkil topgan xalqlardir. O’ng tomondagisi jannat ahli, chap tomondagi jamoa esa do‘zax ahlidir. Shuning uchun o‘ng tomoniga qarasa, kuladi, chap tomoniga qarasa, yig‘laydi», dedilar. So‘ngra Jabroil alayhissalom men bilan birga ko‘tarilib ikkinchi osmonga chiqdilar va u osmon soqchisiga: «Ochgin», dedilar. Osmon soqchisi dunyo osmoni soqchisi aytgan so‘zni aytdi va (eshikni) ochdi...», dedilar. Anas ibn Molik roziyallohu anhu zikr qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam osmonda Odam, Idris, Iso, Muso va Ibrohim alayhissalomlarning barchalarini uchratdilar. Lekin makonlari qanday ekani haqidagi xabarni isbotlamadilar. Ammo Odam alayhissalomni dunyo osmonida, Ibrohim alayhissalomni oltinchi osmonda uchratdilar. Qachonki, Jabroil alayhissalom va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Idris alayhissalomning oldilaridan o‘tishganida, u zot: «Solih payg‘ambar va solih birodar xush kelibdilar», dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Uta turib: «Bu kim?» desam, Jabroil alayhissalom: «Bu Idris», dedilar. Keyin Muso alayhissalom oldilaridan o‘tganimizda u zot: «Solih payg‘ambar va solih birodar xush kelibdilar», dedilar. Men: «Bu kim?» desam, Jabroil alayhissalom: «Bu Musodirlar», dedilar. So‘ngra Iso alayhissalom oldilaridan o‘tsak, «Solih payg‘ambar va solih birodar xush kelibdilar», dedilar. Men: «Bu kim?» desam, Jabroil alayhissalom: «Bu Iso ibn Maryamdirlar», dedilar. Keyin Ibrohim alayhissalom oldilaridan o‘tsak, u zot: «Solih payg‘ambar va solih kishi o‘g‘li xush kelibdilar», dedilar. Men: «Bu kim?» desam, Jabroil alayhissalom: «Bu Ibrohimdirlar», dedilar».

Ibn Abbos va Abu Habba al-Ansoriy roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «So‘ngra men balandlab, bir tekis yerga ko‘tarildim. Va u yerda farishtalar (Allohning taqdir-qazosi va boshqa buyruqlarini) yozishayotganining ovozini eshitdim», dedilar.

Ibn Hazm va Anas ibn Molik roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh ummatimga ellik mahal namoz o‘qishni farz qildi. Men qaytib Muso alayhissalom oldilaridan o‘tganimda, u zot: «Rabbingiz ummatingizga nimani farz qildi?» dedilar. Men: «Ellik mahal namozni», dedim. U zot: «Rabbingiz huzuriga qayting, chunki ummatingiz bunga toqat qila olmaydi», dedilar. Rabbim huzuriga qaytsam, U buning yarmini o‘tib yubordi. Muso alayhissalom huzurlariga qaytib, buning xabarini bersam, u zot: «Rabbingiz huzuriga qayting, chunki ummatingiz bunga toqat qila olmaydi», dedilar. Men Rabbim huzuriga qaytib borsam, Alloh: «U besh mahaldir. Ana shu besh mahal ellik mahalga o‘tadi. Mening huzurimda so‘z o‘zgartirilmaydi»,   dedi.   Men   Muso   alayhissalom   huzurlariga   qaytib borsam, u zot: «Rabbingiz huzuriga qayting», dedilar. Men: Rabimdan (borish xususida) hayo qildim», dedim. So‘ngra Jabroil alayhissalom bilan birga «Sidratul muntoho»ga bordim. U yerni ranglar o‘rab olibdi, uning nimaligini  bilmayman. Keyin jannatga kiritildim, u yerda gavhardan gumbaz bor bo‘lib, tuproqlari esa mushkdan ekan».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:32:57
322/6. Anas ibn Molik roziyallohu anhu Molik ibn Sa’sa’adan qilgan rivoyatda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir payt uyqu bilan uyg‘oqlik orasida turgan edim, ikki kishi orasida turib gapirayotgan uchinchi bir kishining so‘zlarini eshitdim. Usha kishi huzuriga olib kelindim. Tillodan bo‘lgan bir tog‘ora keltirildi. Unda zamzam suvi bor edi. Qalbimni (olish uchun ) u yeridan bu yerigacha, ya’ni qorinning pastki qismigacha yorib, qalbimni chiqarib, zamzam suvi bilan yuvib, keyin hikmat va iymon bilan to‘ldirib o‘rniga qaytarib qo‘yishdi. So‘ngra oq hayvon oldiga olib borildim. U Buroq, deb nomlanar edi. U eshakdan baland, xachirdan pastroq edi. Qadamini tashlasa, bir chetga tushadi. Usha hayvonga   mindirildim,   so‘ng   yurib   dunyo   osmoniga   bordik.   Jabroil alayhissalom u yerning ochilishini talab qildilar. Shunda u zotga: «Bu kim?» deyilgan edi, u zot: «Jabroil», dedilar. «Siz bilan birga kim?» deyilgan edi, Jabroil alayhissalom: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam birga», dedilar. «U payg‘ambar qilib yuborildimi?» deyilgan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha», dedilar. Bas, soqchi bizga eshikni ochib: «Xush kelibdi, bu keluvchi kishi muncha ham yaxshi», deb aytdi. Biz esa Odam alayhissalomning huzurlariga bordik», deb yuqoridagi qissani davom ettirganlar. Ya’ni, «Ikkinchi osmonda Iso va Yahyo alayhissalomlar bilan, uchinchi osmonda Yusuf alayhissalom bilan, to‘rtinchi osmonda Idris alayhissalom bilan, beshinchi osmonda Horun bilan uchrashib, keyin oltinchi osmonda to‘xtadik-da, Muso alayhissalom oldilariga bordim. U zotga salom bergan edim, u zot: «Solih birodar, solih payg‘ambar xush kelibdi», dedilar. U zotning oldilaridan o‘tib ketayotsam, u zot yig‘ladilar. Shunda: «Sizni nima yig‘latdi?» deyilgan edi, u zot: «Ey Rabbim, bu yigitni mendan keyin (payg‘ambar etib) yubording. Uning ummati mening ummatimdan ko‘ra ko‘proq jannatga kiradi», dedilar. So‘ngra yana yurib, yettinchi osmonda to‘xtadik. Ibrohim alayhissalom oldilariga bordik», deb hadisning davomida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to‘rtta anhor ko‘rganlarini gapirganlar. (Yana davom etib dedilar): «Uning aslidan ikkita zohiriy va ikkita botiniy anhor chiqardi. Shunda men: «Ey Jabroil, bu anhorlar nima?» desam, u zot: «Botiniy anhorlar jannatdagi anhorlardir. Ammo zohiriy anhorlar Nil va Furot anhorlaridir», dedilar. So‘ngra meni Baytul-ma’murga ko‘tarishdi. Men: «Ey Jabroil, bu nima?» desam, u zot: «Bu Baytul-ma’mur bo‘lib, har kuni unga yetmish ming farishta kiradi. Agar u yerdan chiqadigan bo‘lsa, oxirgi kiruvchi bo‘ladi, (yana) qaytib (unga) kira olmaydi», dedilar. Keyin menga ikki idish olib kelindi. Ularning birida xamr (aroq), ikkinchisida sut bor edi. Menga u ikkovi ko‘rsatilgan edi, men sutni tanladim. Shunda: «Alloh ummatingizga fitratni to‘g‘rilab qo‘ygan narsaga yetishdingiz», deyildi. Keyin menga har kuni ellik mahal namoz o‘qish farz etildi...», deb bu haqdagi qissani zikr qilib, hadisni tamomlaganlar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, faqat «Mening huzurimga hikmat va iymon to‘ldirilgan tillodan bo‘lgan tog‘ora olib kelindi va ko‘krakning yuqori qismidan to qorinning pastki qismigacha yorib, zamzam suvi ila yuvib, so‘ngra hikmat va iymon bilan to‘ldirildi» so‘zi ziyoda qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:33:19
323/7. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining Isro deb atalmish tungi safarga chiqqanlarini aytib: «Muso alayhissalom bug‘doyrang, uzun bo‘yli bo‘lib, go‘yoki Shanu’a qabilasidagi kishilarga o‘xshardilar. Iso alayhissalom esa to‘lagina va o‘rta bo‘ylidirlar», deb zikr qilib, yana jahannam xazinachisi Molik ismli farishtani va Dajjolni ham zikr qildilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:33:28
324/8. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men Isro kechasida Muso ibn Imronning oldilaridan o‘tdim. U zot bug‘doyrang, uzun bo‘yli, jingalak sochli bo‘lib, go‘yoki Shanu’a qabilasidagi kishilarga o‘xshardilar. Va yana Iso ibn Maryamni ko‘rdim, u zot o‘rta bo‘yli, qizil va oq rangga moyil hamda uzun sochli kishi edilar. Va yana do‘zax xazinachisi Molik hamda Dajjol belgilari bilan ko‘rsatildi. Alloh ularni menga, yo‘liqqanda shubha bo‘lmasligi uchun ko‘rsatdi», dedilar.

Qatoda roziyallohu anhu buni sharhlab: «Albatta Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muso alayhissalomga yo‘liqdilar», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:33:37
325/9. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Azraq vodiysidan o‘tayotib: «Bu qaysi vodiy?» deganlarida, sahobalar: «Bu Azraq vodiysi», deb aytishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men Muso alayhissalomni shu dovondan tushayotgan holda ko‘rmoqdaman. U zotning Allohga talbiya aytish bilan so‘raydigan narsalari bor edi», dedilar.

So‘ngra Harsho dovoniga kelib: «Bu qaysi dovon?» degan edilar, «Harsho dovoni», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yunus ibn Matto alayhissalomni semiz qizil tuya ustida ko‘rgandekman. U zotning ustlarida jundan ishlangan jubba (chopon) bor, tuyalarining tizgini esa kanopdan edi. U zot esa talbiya aytardilar», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:33:46
326/10. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Makka va Madina oralig‘ida ketayotib, bir vodiydan o‘tdik. U zot: «Bu qaysi vodiy?» degan edilar, sahobalar: «Azraq vodiysi», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Muso alayhissalomni ko‘rib turgandekman», deb ranglari va sochlari haqida nimalarnidir zikr qildilar. (Lekin ushbu hadis roviyi Dovud quloqlariga barmoqlarini qo‘yganlari uchun rang va sochlar haqidagi narsani yodlay olmaganlar.) «Muso alayhissalom bu vodiydan o‘ta turib, Allohga talbiya aytib so‘raydigan narsalari bor edi», dedilar. So‘ngra yana yurib dovonga keldik. U zot: «Bu qaysi dovon?» degan edilar, ular: «Harsho yoki Lift nomli dovon», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men Yunus alayhissalomni ko‘rgandekman, u zot qizil tuyada ustlarida jundan yasalgan jubba (chopon) bor, tuyalari tizgini esa toladan bo‘lib, bu vodiydan talbiya aytgan holda o‘tardilar», deb aytdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:33:54
327/11. Mujohid roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Ibn Abbos roziyallohu anhu huzurlarida edik. Odamlar Dajjolni zikr qilishdi. Kimdir «Dajjolning ko‘zlari o‘rtasiga kofir, deb yozib qo‘yilgan», dedi. Ibn Abbos: «Men bu haqda (Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan) eshitmaganman. Shunday bo‘lishi ham mumkin, lekin Ibrohim alayhissalom haqlarida eshitganman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar (u zotni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz), yoningizdagi birodaringizga qarang. (Ya’ni, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlariga qarashni nazarda tutmoqdalar.) Ammo Muso alayhissalom bug‘doyrang,   to‘la   kishi   bo‘lib,   toladan   eshilgan   jilovli   qizil   tuyada vodiydan pastga talbiya aytib tushayotganlarini ko‘rgandayman», dedilar», deb aytdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:34:15
328/12. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga payg‘ambarlar ko‘rsatildi. Muso alayhissalom uncha semiz bo‘lmagan, go‘yoki Shanu’a qabilasidagi kishilarga o‘xshash edilar. Iso ibn Maryam alayhissalomni ham ko‘rdim. U zotning Urva ibn Mas’udga o‘xshashlarini bildim. Ibrohim alayhissalomni ko‘rdim, u zot yoningizdagi birodaringizga o‘xshashdir (ya’ni, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarini nazarda tutayotgan edilar). Jabroil alayhissalomni ko‘rdim, u zot Dihyaga (boshqa rivoyatda Ibn Rumh Dihya ibn Xaliyfaga, deyilgan) o‘xshashdir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:34:26
329/13. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men Isroga yuborilgan paytda Muso alayhissalomga yo‘liqdim», deb u zotni quyidagicha ta’rifladilar: «Muso alayhissalom uzun bo‘yli, jingalak sochli bo‘lib, go‘yoki Shanu’a qabilasidagi kishilarga o‘xshardilar. Va yana «Iso alayhissalomga ham yo‘liqdim», deb u zotni quyidagicha ta’rifladilar: «Iso alayhissalom o‘rta bo‘yli, qizil rangga moyil bo‘lib, hammomdan yangi chiqqan kishiga o‘xshardilar. Ibrohim alayhissalomni ko‘rdim. Men u zotning zurriyotlari ichidagi eng o‘xshashiman. Bas, huzurimga ikki idish olib kelindi. Birida sut, ikkinchisida xamr (aroq) bor edi. Menga: «Qaysi birini xohlasangiz, oling», deyildi. Men sutni olib ichgan edim, (Jabroil alayhissalom): «Asl fitratga hidoyat qilindingiz yoki asl fitratga yetishdingiz. Agar xamrni olganingizda ummatingiz adashar edi», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:41:30
75-bob Masih ibn Maryam alayhissalom va Masih Dajjol zikri haqida

330/1. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kechalarning birida Ka’ba huzurida tursam, bug‘doyrang, ko‘rinishidan chiroyli, sochlari qulog‘ining yumshoq joyigacha o‘sib tushgan bir kishi (tushimda) ko‘rsatildi. U sochini tarab olgan edi. Usha sochidan suv oqar edi. U ikki kishi orasida yoki ikki kishi yelkasiga suyanib olib, Baytullohni tavof qilar edi. Men: «Bu kim?» desam, «Masih ibn Maryam», deyildi. So‘ngra kalta bo‘yli, jingalak sochli, o‘ng ko‘zi g‘ilay, go‘yoki o‘ng ko‘zi turtib chiqqan uzum donasi kabi kishini (tushimda) ko‘rdim. «Bu kishi kim?» desam, «U Masih Dajjoldir», deyildi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:42:03
331/2. Nofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Umar aytishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kunlarning birida odamlar orasida, Masih Dajjolni zikr qildilar. Va u zot: «Albatta Alloh taolo g‘ilay ko‘zli emas. Ogoh bo‘ling, albatta Masih Dajjolning o‘ng ko‘zi g‘ilaydir. Go‘yoki uning (o‘sha g‘ilay ko‘zi) uzum donasi kabi irg‘ib chiqqandek», deb, u zot yana: «Kechalarning birida tushimda Ka’ba oldida turganim ko‘rsatildi. Shunda chiroyli, bug‘doyrang bir kishi turibdi. (Uning) uzun sochi ikki yelkasi orasiga tushib turar edi. Sochi taralgan va boshidan suv tomchilab turar, qo‘lini esa ikki kishi yelkasiga qo‘yib olib, ular orasida Baytullohni tavof qilar edi. Men: «Bu kim?» desam, ular: «Masih ibn Maryam», deb aytishdi. Keyin u zotning orqalarida kalta bo‘yli, jingalak sochli, o‘ng ko‘zi g‘ilay, odamlardan Ibn Qatonga ko‘proq o‘xshab ketadigan bir kishini ko‘rdim. U ikki qo‘lini ikki kishi yelkasiga qo‘yib olib, Baytullohni tavof qilar edi. Men: «Bu kim?» desam, ular: «Bu Masih Dajjoldir», deb aytishdi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:42:18
332/3. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ka’ba oldida ekanimda uzun sochli bir kishini ko‘rdim. U ikki qo‘lini ikki kishiga qo‘yib olgan edi. Men: «Bu kim?» desam, ular: «Iso ibn Maryam yoki Masih ibn Maryam», deb aytishdi. U ismlarning qaysi birini aytishganini bilmayman. Bu kishining orqasida afti-angori qizg‘ish, sochi jingalak, o‘ng ko‘zi g‘ilay, xuddi Ibn Qatonga o‘xshaydigan bir kishini ko‘rdim. Va: «Bu kim?» desam, ular: «Masih Dajjoldir», deyishdi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:42:25
333/4. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qurayshliklar meni yolg‘onga tutmaganida Hijr degan joyda turardim-da, Alloh menga Baytul-maqdisni ochib berar edi va u (Dajjol)ga qarab turib, uning alomatlari haqida xabar bera boshlar edim», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:42:39
334/5. Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir payt uxlayotgan edim, tushimda Ka’bani tavof qilayotgan emishman. Shunda bug‘doyrang, uzun sochli, ikki kishi orasida, boshidan suv tomib yoki oqib turgan kishini ko‘rib: «Bu kim?» desam, ular: «Bu Ibn Maryam», deb aytishdi. So‘ngra o‘girilib qarasam, qizg‘ish rangli, jussali, sochi jingalak, ko‘zi g‘ilay, go‘yoki (o‘sha g‘ilay ko‘zida) uzum donasi turtib turgandek bir kishini ko‘rdim-da, «Bu kim?» deb aytsam, ular: «(Bu) Dajjol», deyishdi. U xuddi Ibn Qatonga o‘xshar edi», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:42:45
335/6. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga (Dajjol) Hijr nomli joyda ko‘rsatildi. Quraysh esa mendan Baytul-maqdisga qilingan tungi sayohat haqida va Baytul-maqdisning o‘zi haqida ba’zi narsalarni so‘rar edi. Men esa ularga buni isbotlab bera olmay shu darajada g‘amga botdimki, hech bunaqa bo‘lmagan edim. Bas, Alloh so‘rashayotgan narsalarini ko‘rish uchun meni ko‘tardi va ularga bu haqda xabar berdim. Va yana payg‘ambarlar jamoasini ko‘rdim, Muso alayhissalom tik turib namoz o‘qimoqdalar, u zot jingalak sochli bo‘lib, go‘yoki Shanu’a qabilasidagi kishilarga o‘xshardilar. Va yana Iso ibn Maryam alayhissalomni ham ko‘rdim. U zot tik turib namoz o‘qiyotgan edilar. U zot Urva ibn Mas’ud as-Saqafiyga o‘xshar edilar. Va yana Ibrohim alayhissalomni ko‘rdim. U zot tik turib namoz o‘qirdilar. U zot birodaringizga o‘xshardilar», deb o‘zlariga o‘xshashliklarini ifoda etdilar. (Yana so‘zlarida davom etib): «Keyin namoz vaqti bo‘ldi. Men ularga imom bo‘ldim. Qachonki, namozimni tugatganimdan keyin bir so‘zlovchi: «Mana bu do‘zax sohibi bo‘lmish Molik nomli (farishtadir). Bunga salom bering», degan edi, men u zotga o‘girilib qarasam, birinchi bo‘lib, mendan oldin salom berdilar», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:43:00
76-bob. «Sidratul munta’o»ning zikri

336/1. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Isroga yuborilganlarida «Sidratul muntaho»ga kelib to‘xtadilar. U oltinchi osmondadir. Yerdan ko‘tarilganlar o‘sha yerda to‘xtatib ushlab qolinadi. Uning tepasidan tushganlar ham o‘sha yerda to‘xtatib ushlab qolinadi. (Sidratul muntaho jannat chetidagi, Arshning o‘ng tomonidagi sidr daraxtidir.) Ushanda sidr daraxtini nimadir o‘rab olgan edi. Abdulloh: «Tillodan bo‘lgan (narsa) o‘rab olgan», dedilar. Ushanda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uch narsa berildi: 1. Besh vaqt namoz. 2. Baqara surasining oxirgi oyati. 3. Allohga biror narsani sherik keltirmasa, halokatga tushishga sabab bo‘luvchi narsalarning kechirilishi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:43:17
337/2. Shayboniy aytdilar: «Zirr ibn Hubayshdan Allohning so‘zidagi «Bas, (Muhammad alayhissalomga) ikki kamon oralig‘ida yo (undan-da) yaqinroq bo‘lib» oyati haqida so‘raganimda, u zot: «Ibn Mas’ud xabar berishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomni ko‘rdilar, Jabroil alayhissalomning olti yuzta qanotlari bor edi», deb javob berdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:43:23
338/3. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot «(Payg‘ambarning) ko‘ngli ko‘rgan narsasini inkor etmadi» oyati haqida shunday dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomni ko‘rdilar, u zotda olti yuzta qanot bor edi».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:43:30
339/4. Sulaymon Shayboniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot Zirr ibn Hubayshdan, u zot esa Abdullohdan «Darhaqiqat, u (o‘sha soatda) Parvardigorining buyuk oyatlarini ko‘rdi» oyati haqida eshitganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘shanda Jabroil alayhissalomni o‘z suratlarida ko‘rganlar, u zotning olti yuzta qanotlari bor edi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:45:23
77-bob Allohning «Darvoqe, uni ikkinchi bor ko‘rdi» so‘zi haqida

340/1. Abu Hurayra roziyallohu anhu «Darvoqe, uni ikkinchi bor ko‘rdi» oyati haqida «Jabroil alayhissalomni ko‘rganlar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:45:30
341/2. Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (Rabbilarini) qalblari bilan ko‘rdilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:45:37
342/3. Ibn Abbos roziyallohu anhu «(Payg‘ambarning) ko‘ngli ko‘rgan narsasini inkor etmadi. «Darvoqe, Uni ikkinchi bor ko‘rdi» oyatida haqida «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (Rabbilarini) qalblari bilan ikki marta ko‘rdilar», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:45:46
343/4. Masruq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Oisha onamiz huzurlarida suyanib turgan edim, hazrati Oisha: «Ey Abu Oisha (ya’ni, Masruq)! Uch narsa borki, kim ulardan birortasini gapirsa, Allohga nisbatan ulkan yolg‘on so‘zlabdi», dedilar. Men: «U narsalar nima?» desam, Oisha roziyallohu anho: «Kim Muhammad sollallohu alayhi vasallam Rabbilarini ko‘rganlar, deb gumon qilsa, Allohga nisbatan ulkan yolg‘on so‘zlabdi», dedilar. Men suyanib turgan edim, o‘tirib oldim-da: «Ey mo‘minlar onasi! Menga muhlat bering, shoshiltirmay turing, Alloh taolo «Darhaqiqat, u ochiq ufqda ko‘rdi» yoki «Darvoqe, u ikkinchi bor ko‘rdi», deb aytgan-ku», desam, Oisha roziyallohu anho: «Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘ragan ummatlaridan birinchi shaxsman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U Jabroildir, bu ikki safardan boshqa payt xalq qilingan suratlarida ko‘rmaganman. U zot osmondan tushayotganlarida ulkanliklaridan yer bilan osmon oralig‘ini to‘sib qo‘yganlarini ko‘rdim», dedilar. Eshitmaganmisan, Alloh taolo: «Ko‘zlar Unga yeta olmas, U ko‘zlarga yetar. U mehribon va (har narsadan) ogoh Zotdir», degan. Eshitmaganmisan, Alloh taolo: «Biron odam uchun Alloh unga so‘zlashi joiz emas, magar vahiy-ilhom orqali yo biron parda-to‘siq ortidan yoki biron elchi-farishta yuborib, o‘sha (farishta Allohning) izni-ixtiyori bilan U xohlagan narsani vahiy qilish orqaliginadir. Albatta U yuksak va hikmat egasidir», deb aytgan. Kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Allohning kitobidan biror narsani yashirganlar, desa, Allohga nisbatan ulkan yolg‘on so‘zlabdi. Chunki Alloh taolo: «Ey payg‘ambar, sizga Parvardigoringiz tomonidan nozil qilingan narsani yetkazing! Agar (bu farmonga amal) qilmasangiz, Uning elchiligini (bandalariga) yetkazmagan bo‘lursiz», deb aytgan. Kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ertaga nima bo‘lishining xabarini bera oladilar, desa, Allohga nisbatan ulkan yolg‘on so‘zlabdi. Chunki Alloh: «Ayting, osmonlar va yerdagi biron kimsa g‘aybni bilmas, magar Allohgina (bilur)» deb aytgan», dedilar»
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:45:55
344/5. Oisha roziyallohu anho: «Agar Muhammad alayhissalom o‘zlariga nozil qilingan biror narsani yashirganlarida quyidagi oyatni albatta yashirgan bo‘lardilar: «Siz Alloh (Islomga hidoyat qilish bilan) in’om-marhamat qilgan va siz ham (qullikdan ozod qilib, o‘zingizga o‘g‘il qilib olish bilan) in’om qilgan kishiga (ya’ni, Zayd ibn Horisaga): «Juftingni o‘z huzuringda ushlagin (ya’ni, taloq qilishga shoshmagin), Allohdan qo‘rqqin», deb Alloh oshkor qilguvchi bo‘lgan narsani ichingizga yashirgan edingiz va Allohdan qo‘rqishingiz haqroq bo‘lgani holda siz odamlardan (ya’ni, ularning ta’na qilishlardan) qo‘rqqan edingiz» (Ahzob surasi, 37-oyat)», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:46:01
345/6. Masruq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Oisha roziyallohu anhodan «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Rabbilarini ko‘rganlarmi?» deb so‘rasam, Oisha roziyallohu anho: «Subhonalloh (taajjublanganda shunday deyiladi)! Aytgan so‘zingdan sochim tikka bo‘ldi...», dedilar», deb yuqoridagi hadisni oxirigacha keltirganlar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:46:07
346/7. Masruq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Oisha roziyallohu anhodan: «(Siz) «So‘ngra yaqinlashib pastladi. Bas, ikki kamon o‘qi masofasida yo undan-da, yaqinroq bo‘lib, O’z bandasiga tushirgan vahiyni keltirdi» oyati haqida nima deysiz?» deb so‘rasam, Oisha roziyallohu anho: «Albatta u Jabroildirlar, odam suratida kelardilar, bu gal o‘z suratlarida kelib, osmon ufqini to‘sib qo‘ydilar», deb aytdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:46:24
78-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Nurni qaerdan ko‘rayin?» yoki «Nurni ko‘rdim», degan so‘zlari haqida

347/1. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Rabbingizni ko‘rganmisiz?» deb so‘rasam, u zot: «Nurni qaerdan ko‘rayin?» (ya’ni, «Nur Uni ko‘rishdan to‘sib qo‘ydi») dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:46:30
348/2. Abdulloh ibn Shaqiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Abu Zarr roziyallohu anhuga: «Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rsam, bu haqda so‘rayman», desam, Abu Zarr roziyallohu anhu: «Qaysi narsa haqida so‘raysan?» dedilar. Men: «(U zotdan) «Rabbingizni ko‘rganmisiz?» deb so‘rayman», desam, Abu Zarr roziyallohu anhu: «Men bu haqda so‘rasam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Nurni ko‘rganman», deb aytganlar» (ya’ni, «Nurning o‘zini ko‘rdim, boshqa narsani ko‘rmadim»), dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:48:51
79-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Alloh uxlamaydi. Uni to‘sib turadigan narsa nurdir. Agar U to‘siqni ochib yuborsa, Uning Zotidagi ulug‘lik ko‘zi tushgan joyigacha maxluqotlarini kuydirib yuboradi», degan so‘zlari haqida

349/1. Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oramizda besh kalima bilan turdilar: «Albatta Alloh taolo uxlamaydi, Unga uxlash lozim ham emas. Rizqlarni kamaytirib-ko‘paytiradi. Kechki amallar kunduzgi amallardan, kunduzgi amallar kechki amallardan oldin Uning huzuriga ko‘tariladi. Uni to‘sib turadigan narsa nurdir.  (Abu Bakr rivoyatlarida aytilishicha, olovdir.) Agar U to‘siqni ochib     yuborsa,     Uning     Zotidagi     ulug‘lik     ko‘zi     tushgan     joyigacha maxluqotlarini kuydirib yuboradi».

Abu Bakr A’mashdan qilgan rivoyatlarida arabcha matndagi «Haddasana» degan so‘zni aytmaganlar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:48:57
350/2. A’mash roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oramizda to‘rtta kalima bilan turdilar», deb yuqoridagi hadisni zikr qildilar. «Maxluqotlarini kuydirib yuboradi, Uni to‘sib turadigan narsa nurdir», degan so‘zni qo‘shmaganlar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:49:03
351/3. Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oramizda to‘rtta so‘z bilan turdilar: «Albatta Alloh taolo uxlamaydi, U uchun uxlashlik lozim ham emas, rizqni ko‘tarib pastlatuvchi va kunduzgi amal kechasidagi bilan, kechasidagi amal kunduzidagi bilan Unga ko‘tariladi».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:49:14
80-bob Mo‘min oxiratda Rabbini ko‘rishining isboti haqida

352/1. Abu Bakr ibn Abdulloh ibn Qays otalaridan qilgan rivoyatlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki jannat bor, undagi idishlar va ichidagi narsalar kumushdandir. Va yana ikki jannat bor, undagi idishlar va ichidagi narsalar tilladandir. Qavm bilan Rabbilariga nazar solish orasida Adn jannatida Uning yuzi ustida kiborlik ridosi bordir. Ya’ni, Uni ko‘rish uchun ridoni ko‘tarish kerak», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:49:22
353/2. Suhayb roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar jannat ahli jannatga kirsa, Alloh taolo ularga qarata: «Biror narsa ziyoda qilishimni xohlaysizlarmi?» desa, jannatdagilar: «Yuzlarimizni oq qilmadingmi, jannatingga kiritmadingmi, do‘zaxingdan najot bermadingmi (ya’ni, shuncha ne’mat berding-u, yana ziyoda qilasanmi)?» deyishadi. Shunda Alloh taolo to‘siqni ochib yuboradi. Ular Rabbilariga nazar solishdan sevimliroq biror narsa berilmaganining (shohidi bo‘lishadi)», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, faqat quyidagi oyat ziyoda qilingan: «Chiroyli amal qilgan zotlar uchun go‘zal oqibat va ziyoda (ne’matlar) bordir» (Yunus surasi, 26-oyat).
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:49:56
81-bob Allohni ko‘rishga olib boradigan yo‘lni tanish haqida

354/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Ey Allohning rasuli! Biz qiyomat kuni Rabbimizni ko‘ramizmi?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Badr kechasida oyni ko‘rishda qiynalasizlarmi?» dedilar. Ular: «Io‘q, ey Allohning rasuli», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ostida bulut yo‘q bo‘lsa, quyoshni ko‘rishda mashaqqat sezasizlarmi?» degandilar, ular: «Io‘q, ey Allohning rasuli», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar Uni ko‘rasizlar, shuningdek, Alloh qiyomat kuni odamlarni jamlab: «Kim bulardan birortasiga ibodat qilsa, unga ergashsin», deydi. Bas, kim quyoshga ibodat qilgan bo‘lsa, quyoshga ergashadi. Kim oyga ibodat qilgan bo‘lsa, oyga ergashadi, kim tog‘utga (shayton yoki but) ibodat qilgan bo‘lsa, tog‘utga ergashadi. Bu ummat esa shunday qoladi. Ularning ichida munofiqlar ham bo‘ladi. (Munofiqlar havzgacha birga bo‘lib, keyin u yerdan haydaladi.) Keyin Alloh taolo ular taniydigan suratdan boshqa suratda kelib: «Men sizlarning Rabbingizman», deydi. Ular: «Alloh nomi ila Sendan panoh tilaymiz. Bu bizning makonimiz. Rabbimiz kelgunicha shu yerda turamiz. Agar Rabbimiz kelsa, biz uni tanirdik», deyishadi. Bas, Alloh ular taniydigan suratda kelib: «Men Rabbingizman», deydi. Ular: «Sen bizning Rabbimizsan», deb Unga ergashadi. Va jahannam ustiga sirot ko‘prigi qo‘yiladi. Men va ummatim u ko‘prikdan birinchi bo‘lib o‘tuvchidirlar. U kunda faqat payg‘ambarlar gapirishadi. O’sha kunda payg‘ambarlarning duolari faqat «Allohim salomat qil, salomat qil», deyish bo‘ladi, xolos. Jahannamda esa xuddi sa’don (tuya yeydigan o‘simlik) tikoniga o‘xshash temir ilgich bor. «Sa’donning o‘zini ko‘rganmisizlar?» deb so‘ragan edilar, sahobalar: «Ha, ey Allohning rasuli», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U temir xuddi o‘sha sa’don tikoniga o‘xshaydi, lekin kattaligi hajmini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. U odamlarni amallariga qarab tortib oladi. Ularning ichida amali sababli qoluvchi mo‘minlar bor va jazo oluvchi, ya’ni ilinib qoluvchilar bor. Hatto Alloh taolo bandalari orasida hukm qilib bo‘lib, Uz rahmati ila ahlidan kishilarni chiqarishni xohlasa, farishtalariga Allohga biror narsani sherik qilmagan kishilarni do‘zaxdan chiqarishga buyuradi. Alloh taolo rahm qilishni xohlagan kishilar «La ilaha illalloh», deb aytuvchilar bo‘lib, ular do‘zaxda ham taniladi, ya’ni sajda izi sababli bilinadi. Do‘zax odam bolasining sajda izidan boshqa barcha joyini yeydi. (Ammo) sajda izini yeyish do‘zaxga harom qilingan. Ular do‘zaxda kuyib chiqishganida ularga hayot suvi quyiladi. Xuddi sel ko‘pigi donlarni o‘stirganidek, ular ham o‘sishadi. Keyin Alloh taolo bandalari orasida hukm qiladi. Bir kishi yuzi bilan do‘zaxga yuzlangan holda qoladi. Mana shu kishi jannatga kiruvchilarning oxirgisidir. U kishi: «Ey Rabbim! Yuzimni do‘zaxdan burgin, chunki uning hidi meni zaharlab, olovi kuydirib yuboradi», deb Allohga xohlaganicha duo qiladi. Keyin Alloh taolo: «Kelajakda senga bularni bersam, undan boshqani so‘ramaysanmi?» desa, u: «Yo‘q! Undan boshqasini so‘ramayman», deydi. Rabbi ahdu paymondan keyin unga xohlaganicha berib, yuzini do‘zaxdan burib qo‘yadi. U kishi jannatga yuzlanib uni ko‘rganda Alloh xohlaganicha sukut qiladi. Keyin: «Ey Rabbim! meni jannat darvozasi tomonga olib bor», deydi. Alloh taolo: «Sen Men bergan narsadan boshqa narsa so‘ramaslikka ahdu-paymon bergan eding-ku, voy bo‘lsin senga, ey odam bolasi! Nima seni aldadi?» desa, u kishi: «Ey Rabbim!» deb duo qiladi. Shunda Alloh taolo u kishiga: «Kelajakda senga uni ham bersam, boshqasini so‘ramaysanmi?» desa, u kishi: «Io‘q! Sening azizliging haqqi, so‘ramayman», deydi. Shunda Alloh taolo unga ahdu-paymon qilganidan keyin so‘ragan narsasini berib, jannat darvozasi tomonga olib boradi. U jannat darvozasi oldida turganida jannat eshigi ochilib, uning ichidagi yaxshilik va xursandchilikni ko‘rganida Alloh xohlaganicha sukut qiladi, keyin: «Ey Rabbim! Meni jannatga kiritgin», deydi. Alloh taolo: «Senga bergan narsamdan boshqa narsa so‘ramaslikka ahdu-paymon qilmaganmiding, ey odam bolasi, voy bo‘lsin, seni nima aldadi?» deydi. U kishi: «Ey Rabbim! Xalqingning eng badbaxti bo‘lmayman», deb duo qilishda bardavom bo‘ladi, hattoki Alloh taolo undan kuladi. Alloh kulib, unga jannatga kir, deydi. Agar jannatga kirsa, Alloh u kishiga: «Orzu qil», deydi. U kishi Rabbidan so‘rab orzu qiladi. Shunda Alloh taolo uni yoki buni orzu qil, deb unga eslatadi. Usha kishining orzulari ushalganida Alloh taolo: «Bu va bu miqdoricha narsa senga», deydi», dedilar.

Ato ibn Yazid aytishlaricha, Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhu Abu Hurayra roziyallohu anhu bilan birga ekanliklarida, Abu Hurayraning aytgan hadislaridan birortasini rad qilmadilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Albatta Alloh taolo bu kishiga: «Buning miqdoricha narsa senga», deb aytdi», deganlarida Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhu: «Ey Abu Hurayra! Un barobari senga, degan», deb aytgandilar, Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Men faqat «Buning miqdoricha narsa senga», deb aytganlarini eshitganman», dedilar. Abu Said al-Xudriy esa: «Guvohlik beramanki, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Buning miqdoricha va bunga o‘n barobari senga», deb aytgan so‘zlarini eshitganman», dedilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Mana shu kishi jannat ahlining oxirgisi, ya’ni jannatga kiruvchining oxirgisi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:50:27
355/2. Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ba’zi hadislarini zikr qilib aytdilarki: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringizning jannatdagi eng yaqin o‘rni shuki unga (Alloh) orzu qil, deb aytadi. Bas, u orzu qiladi va yana orzu qiladi. Unga: «Orzu qildingmi?» deydi. U: «Ha», deydi. «Senga orzu qilgan narsang va uning miqdoricha narsa», deydi», deb aytdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:50:46
356/3. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Albatta odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Ey Allohning rasuli! Qiyomat kuni Rabbimizni ko‘ramizmi?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, peshin vaqtida bulut yo‘q bo‘lib, osmon musaffo turganida quyoshni ko‘rishga qiynalasizlarmi? Badr kechasida bulut yo‘q bo‘lib, musaffo turganida oyni ko‘rishda mashaqqat sezasizlarmi?» deganlarida, ular: «Yo‘q, ey Allohning rasuli», deyishdi. U zot: «Bu ikkovini ko‘rishda mashaqqat sezmaganingizdek, qiyomat kuni Alloh taoloni ko‘rishda mashaqqat sezmaysizlar. Qiyomat kuni bo‘lganida bir nido qiluvchi: «Har bir ummat nimaga ibodat qilgan bo‘lsa, o‘shanga ergashsin», deb nido qiladi. Allohdan boshqa but-sanamlarga ibodat qiluvchi hech bir kishi qolmaydi, barchasi do‘zaxga tushadi. Hattoki, Allohga ibodat qilgan itoatkor, fojir va ahli kitoblardan ayrimlarigina qoladi. Yahudiylar chaqirilib: «Nimaga ibodat qilardinglar?» deyilsa, ular: «Alohning o‘g‘li Uzayrga», deyishadi. «Yolg‘on gapirdinglar, Alloh biror xotin va farzandni tutmagan. Uzi sizlar nima talab qilasizlar?» deyilsa, ular: «Ey Rabbimiz! Biz chanqadik, bizni suv ila siylagin», deyishadi. Ularga: «Suvga tushmaysizlarmi?» deb do‘zaxga to‘plab olib borishadi. U yerda go‘yoki jimirlab turgan sarobni (ko‘rishadi), unga tashlanishadi. Keyin nasroniylar chaqirilib: «Nimaga ibodat qilardinglar?» deyilsa, ular: «Allohning o‘g‘li Masihga ibodat qilar edik», deyishadi. «Yolg‘on gapirdinglar, Alloh biror xotin va farzandni tutmagan. O’zi sizlar nima talab qilasizlar?» deyilsa, ular: «Ey Rabbimiz! Biz chanqadik, bizni suv ila siylagin», deyishadi. Bas, ularga: «Suvga tushmaysizlarmi?» deb do‘zaxga to‘plab olib borishadi. U yerda go‘yoki jimirlab turgan sarobni ko‘rib, unga tashlanishadi. U yerda Allohga ibodat qilgan itoatkor va fojirlardan boshqa hech kim qolmaydi. Olamlar Rabbi ular ko‘rgan suratdan kichikroq suratda kelib: «Nimani kutmoqdasizlar?» deydi. Barcha ummat ibodat qilgan narsasiga ergashadi. Ular: «Ey Rabbimiz! Biz dunyoda insonlarga muhtoj bo‘lsak-da, ular bilan do‘stlashmasdan ajraldik», deyishadi. U: «Men Rabbingizman», deydi. Ular: «Alloh nomi ila Sendan panoh tilaymiz, Allohga biror narsani sherik qilmaymiz», deb ikki yoki uch bora aytishadi, hatto ba’zilari to‘g‘ri yo‘ldan og‘ib ketishlariga oz qoladi. U: «Sizlar bilan ular o‘rtangizda taniladigan biror belgi bormi?» desa, ular: «Ha», deb boldirlarini ochishadi. Ushanda o‘z ixtiyori ila sajda qiluvchilarga sajda qilishga izn beriladi. Ammo (birovdan) qo‘rqib yoki riyo qilgan holda sajda qiluvchilarning orqalari esa bir tabaqa qilib qo‘yiladi. Har gal sajda qilishni xohdashganida orqalariga ag‘anab ketishadi. Keyin boshlarini ko‘tarishsa, haligi ko‘ringan (kichikroq) suratdan o‘zgarib, avvalgi suratida ko‘rinadi. (Demak, munofiqlar Allohni haqiqiy suratda ko‘ra olishmaydi.) Bas, U: «Men Rabbingizman», desa, ular: «Sen Rabbimizsan», deyishadi. So‘ngra jahannam ustiga ko‘prik o‘rnatilib, shafoatga izn beriladi. Ular: «Allohim, omonda qil, omonda qil», deb aytishadi», dedilar. «Ey Allohning rasuli! Ko‘prik nima?» deyishganda, u zot: «Oyoq o‘rnashmaydigan sirpanchiq makon bo‘lib, u yerda changak, ilgichli temir va Najd yerlarida o‘sadigan tikanli narsalar bo‘lib, u sa’don, deyiladi. Mo‘minlar u yerdan chaqmoq, shamol, qush va aravali chopqir otlar kabi ko‘z yumib-ochguncha tez o‘tishadi. Bir qismi salomat qolib najot topadi. Yana bir qismi tirnalib xalos bo‘ladi. Va yana bir qismi to‘plab turilib jahannamga qulatiladi. Hattoki mo‘minlar do‘zaxdan xalos bo‘lishadi. Mening jonim Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, o‘sha qiyomat kuni mo‘minlarchalik do‘zaxdagi birodarlariga Allohdan haqning talabida yolborgan biror kishini ko‘rmaysiz. Ular: «Ey Rabbimiz, ular biz bilan ro‘za tutib, namoz o‘qib, haj qilishgan», deb aytishadi. Shunda ularga: «Tanigan kishilarni chiqaringlar», deyiladi. Ularning suratlari do‘zaxga (tushishi) harom qilinadi. Mo‘minlar ko‘p xaloyiqni u yerdan olib chiqishadi. Do‘zaxga tushganlarning boldir va tizzalari yarmigacha olov tekkan bo‘ladi. Mo‘minlar: «Ey Rabbimiz! Buyurgan kishilaringdan hech bir kishi qolmadi», deb aytishadi. Ularga: «Qaytinglar! Qalbida dinor miqdoricha yaxshiligi bor kishilarni topsanglar, ularni ham olib chiqinglar», deyiladi. Bas, ular ko‘plab xaloyiqni olib chiqishadi. So‘ngra yana mo‘minlar: «Ey Rabbimiz! Bizlarga buyurgan kishilaringdan hech bir kishini qoldirmadik», deyishadi. So‘ngra Alloh: «Qaytinglar, kimning qalbida yarim dinor miqdoricha yaxshilik topsangizlar, ularni olib chiqinglar», deydi. Ular ko‘plab xaloyiqni olib chiqishadi. Keyin yana mo‘minlar: «Ey Rabbimiz! Bizga buyurgan biror kishini qoldirmadik», deyishganida, Alloh: «Qaytinglar, kimning qalbida zarra miqdoricha yaxshilik topsanglar, uni chiqaringlar», deydi. Mo‘minlar ko‘plab xaloyiqni olib chiqishadi. Mo‘minlar yana: «Ey Rabbimiz! Biz u yerda biror yaxshilik qilganni qoldirmadik», deyishadi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:51:01
Abu Said: «Agar bu hadis ekanini tasdiqlay olmasanglar, mana bu oyatni o‘qinglar», deb aytdilar: «Shubhasiz, Alloh birovga bir zarra vaznicha zulm qilmas. Agar (zarracha) yaxshilik bo‘lsa, uni bir necha barobar qilur va yana Uz huzuridan ulug‘ ajr ato qilur» (Niso surasi, 40-oyat).

«Alloh: «Farishtalar, payg‘ambarlar va mo‘minlar shafoat qilishdi. Faqatgina rahm qilguvchilarning rahmlisi (Alloh)gina qoldi», deb aytadi-da, do‘zaxdan bir to‘p jamoani olib, undan hech yaxshilik qilmagan, ko‘mirga aylanib ketgan bir qavmni chiqaradi, jannat og‘zidagi hayot anhori deb nomlanuvchi bir anhorga uloqtirsa, ular u yerdan xuddi sel suvi o‘zidagi narsalarni olib kelib, uning ustidan unib chiqqani kabi unib chiqishadi. Qaramaysizlarmi? O’sha seldan keyin quyoshga qarab tosh yo daraxtlar ustida sariq yoki yashil bo‘lib unadi. Soyaga qaragani oq bo‘lib unadi», desalar, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, siz go‘yoki yaylovda yashab, u yerda mehnat qilgan kishiga o‘xshaysiz (ya’ni, u yerdagi holatni bilasiz-a)», deyishdi. (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so‘zlarida davom etib): «Ular u yerdan chiqishganida xuddi gardanlarida gavharga o‘xshash uzuksimon narsa bo‘ldi. Jannat ahdlari ularni «Allohning ozod etgan qullari», deb tanishadi. Alloh biror yaxshilik va biror amal qilishmagan bo‘lsa ham ularni jannatiga kiritadi. So‘ngra Alloh: «Jannatga kiringlar, nimani ko‘rsangizlar, o‘sha narsa sizlarga», deydi. Ular: «Ey Rabbimiz, olamda hech kimga bermagan narsangni bizga ato qilding», deyishadi Alloh: «Sizlarga Mening huzurimda bundan ham afzal narsa bor», deydi. Ular: «Ey Rabbimiz, qaysi narsa bizga ato qilgan narsangdan afzal?» deyishsa, Alloh: «Mening roziligim, bu kundan keyin hech g‘azab qilmayman», deydi», dedilar.

Imom Muslim aytdilar: «Men Iso ibn Hammodga «Siz «Shafoat» bobida aytgan bu hadisni Lays ibn Sa’ddan eshitganmisiz?» desam, u zot: «Ha», dedilar. Men: «Bu hadisni sizlarga Xolid ibn Yazid roziyallohu anhu Said ibn Abu Hilol roziyallohu anhudan, u esa Zayd ibn Aslamdan, u esa Ato ibn Yasor roziyallohu anhudan, u esa Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilib quyidagilar, ya’ni «Ey Allohning rasuli! Rabbimizni ko‘ramizmi?» deganimizda, u zot: «Bulut bo‘lmasdan, musaffo kunda quyoshni ko‘rishdan biror narsa mone’lik qiladimi?» deganlarida, biz: «Io‘q», dedik», hadisini davom ettirib, oxirida «amal va yaxshilik qilmagan bo‘lsangiz ham» so‘zidan keyin: «Sizlarga ko‘rgan narsalaringiz va o‘sha barobaridagi narsa ato etildi», degan so‘zni ziyoda qildilar. Abu Said al-Xudriy: «Bizga yetib kelishicha, albatta (sirot) ko‘prigi tukdan mayin, qilichdan o‘tkirdir», dedilar. Ularning: «Ey Rabbimiz, bizga ato qilgan narsangni olamda biror kishiga bermagansan», degan so‘zlari va undan keyingisi Lays rivoyat qilgan rivoyatda yo‘q», desam, Iso ibn Hammod bunga iqror bo‘ldilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis ba’zi ziyodalik va qo‘shimchasi bilan takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:51:18
82-bob Shafoatning haq ekani va Allohni yakkayu-yagona deb aytuvchilarning do‘zaxdan chiqarilishi haqida

357/1. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh rahmati ila jannat ahlidan bo‘lganlarni, xohlagan kishilarini jannatga kiritadi. Va do‘zax ahlidan bo‘lganlarni do‘zaxga kiritadi. Keyin u zot: «Qaranglar-chi, kimning qalbida xantal urug‘i miqdoricha iymon topsangiz, ularni u yerdan chiqaringlar», deydi. U yerdan yonib bitgan, ko‘mirsimon kishilar chiqishadi. Ular hayot (yoki tiriklik) anhoriga uloqtiriladi. Sizlar qing‘ir qiyshiq bo‘lib chiqadigan za’faronni ko‘rmaganmisizlar?» dedilar.

Bu yerda yuqorida hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:51:26
358/2. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zaxiylar shunday kishilarki, ular uning ahlidirlar. Chunki u yerda o‘lishmaydi ham, tirik ham bo‘lishmaydi. Lekin shunday odamlar bo‘ladiki, gunohlari yoki xatolari sababli do‘zaxdan nasibalarini olishadi. Bas, ular bir o‘limni tatib, hatto ko‘mir bo‘lib qolishadi. Ularni shafoat qilishga izn beriladi. Bir jamoa kelganida ular jannat anhoriga ajratiladi. Keyin: «Ey jannat ahli», deb ularning ustlaridan (jannat anhori suvlari) quyiladi. Ular xuddi sel oqib kelganida atrofidagi qora loy ustida unib chiqqan don kabi o‘sib chiqishadi», dedilar. Qavmdagi bir kishi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yaylovda bo‘lgandek gapirdilar», deb aytdi.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «qavmdagi kishi» so‘zi keltirilmagan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:51:39
83-bob Do‘zax ahlidan oxirgi chiquvchilar haqida

359/1. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men do‘zaxdan oxirgi chiquvchi yoki jannatga oxirgi bo‘lib kiruvchi kishini bilaman. U kishi do‘zaxdan emaklab chiqadi. Alloh taolo u kishiga: «Borib jannatga kirgin», deydi. U kishi jannatga borib, u yer to‘lib qolgan deb hayol qilib, qaytib ketadi. Va: «Ey Rabbim, u yer to‘lgan ekanku?» deydi. Alloh taolo: «Borib jannatga kirgin», deydi. U kishi borib, u yer to‘lib qolgan deb hayol qilib qaytib ketadi. Va: «Ey Robbim, u yer to‘lgan ekanku?» deydi. Alloh taolo: «Borib jannatga kirgin. Chunki dunyo barobaricha yoki dunyoga o‘n barobar keluvchi maqom beriladi», deydi. U kishi: «Meni masxara qilyapsanmi yoki mening ustimdan kulmoqdasanmi? Sen Uzing bu narsalarning egasisanku», deydi. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytdilar. Rasululloh (s.a.v.) bu so‘zlarni aytib kulgandilar, tishlari ko‘rinib qoldi. Va: «Mana shu kishi Jannatning eng past maqomidadir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:51:48
360/2. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men do‘zax ahlidan oxirgi chiquvchi kishini bilaman. U kishi u yerdan emaklab chiqadi. Unga: «Borib jannatga kirgin», deyiladi. U jannatga kirib, odamlarni manzillarga ega holda topadi. Unga: «Qaerda bo‘lganingni eslaysanmi?» deyilsa, u: «Ha», deydi. Unga: «Orzu qil», deyilsa, u orzu qiladi. Unga: «Orzu qilganingcha va dunyoga o‘n barobar keluvchi narsa», deyiladi. U kishi: «Sen Uzing molik (podshoh) bo‘la turib masxara qilasanmi?» deydi», dedilar. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning (bu so‘zlarni aytayotib) kulganlarida tishlari ko‘ringanini ko‘rdim».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:51:56
361/3. Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannatga oxirgi kiruvchi kishi shunday kishiki, gohida yurib, gohida yuzi bilan sudraladi. Gohida do‘zax olovi unga ta’sirini o‘tkazadi. U yerdan o‘tganidan keyin do‘zax tomonga o‘girilib: «Meni sendan omonda qilgan Zot barakotlidir. U Zot avvalgi-yu oxirgilardan birortasiga bermagan narsani menga ato qildi», deydi. Unga bir daraxt ko‘rsatiladi. U: «Ey Rabbim, bu daraxtni menga yaqinlashtir, uning soyasida soyalanib, suvidan ichaman», deydi. Alloh azza va jalla: «Ey odam bolasi! Balki undan boshqa narsa so‘rasang, uni berardim», desa, u: «Yo‘q, ey Rabbim», deb undan boshqasini so‘ramaslikka ahd qiladi. Rabbi uzrini qabul qiladi. Chunki unda sabr yo‘qligini biladi. Va daraxtni yaqinlashtirib, soyasidan naflantiradi va suvidan ichiradi. So‘ngra u: «Avvalgidan yaxshiroq daraxtni menga yaqinlashtir, uning suvidan ichib, soyasidan naf olay, Sendan boshqasini so‘ramayman», deydi. Alloh: «Ey odam bolasi, undan boshqasini so‘ramaslikka ahd qilmaganmiding, balki uni senga yaqinlashtirsam, yana boshqasini so‘rarsan?!» desa, u boshqasini so‘ramaslikka ahd qiladi. Rabbi esa uzrini qabul qiladi. Chunki unda sabr yo‘qligini biladi va u daraxtni yaqinlashtirsa, soyasidan naf olib, suvidan ichadi. Keyin unga avvalgi ikki daraxtdan ham yaxshiroq daraxt ko‘rsatiladi. U kishi: «Ey Rabbim, bu daraxtni menga yaqin qil. Soyasidan naf olib, undagi suvdan ichayin. Sendan undan boshqasini so‘ramayman», desa, Alloh: «Ey odam bolasi! Undan boshqasini so‘ramayman, deb ahd bermaganmiding?» deydi. U kishi: «To‘g‘ri, ey Rabbim! Endi bundan boshqasini so‘ramayman», deydi. Rabbi uning uzrini qabul qiladi, chunki unda sabr yo‘qligini biladi. Usha daraxtga yaqinlashtirsa, u kishi jannat ahli ovozini eshitadi. Va: «Ey Rabbim! Meni unga kiritgin», deydi. Alloh taolo: «Ey odam bolasi! Men bilan sening o‘rtangdagi savolni nima to‘xtatadi? Men senga dunyo, uning mislicha narsa bersam, rozi bo‘lasanmi?» deydi. U kishi: «Ey Rabbim! O’zing olamlar Rabbi bo‘la turib, meni masxaralaysanmi?» deydi», dedilar. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu bu so‘zni aytib kuldilar-da: «Nima uchun kulganimni so‘ramaysizlarmi?» dedilar. Atrofdagilar: «Nima uchun kulyapsiz?» deyishdi. Shunda u zot aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham kulganlarida sahobalar: «Nima uchun kulyapsiz, ey Allohning rasuli?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(U) «Olamlar Rabbi bo‘la turib, meni masxara qilyapsanmi?» deb aytgan paytda olamlar Rabbi kulgani uchun kulmoqdaman», dedilar. Alloh: «Men seni masxara qilib kulganim yo‘q, balki xohlagan narsamga qodirligim uchun kulmoqdaman», deydi», deb aytdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:52:13
84-bob Jannat ahlining eng past darajadagisi haqida

362/1. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannat ahlining eng past darajadagisi shunday kishiki, Alloh uning yuzini do‘zax tomondan jannat tomonga burib qo‘yib, bir soyali daraxtni unga o‘rnatib qo‘ysa, u kishi: «Ey Rabbim! Meni bu daraxtga olib bor, men uning soyasidan bahramand bo‘lay», deydi», deb roviy yuqorida Ibn Mas’uddan qilingan rivoyatdagi kabi davom ettirib, «Ey odam bolasi! Men bilan sening o‘rtangdagi savolni nima to‘xtatadi» so‘zidan oxirigacha zirk qilmaganlar. Lekin hadis oxirida «Alloh   unday   va   bunday   narsani   so‘ragin,   deb   eslatadi.   Qachonki,   u kishidagi umid uzilganida, Alloh taolo: «Bu narsa va unga qo‘shib o‘n barobari senga», deydi. Keyin u kishi uyiga kiradi. Va hurlardan bo‘lgan xotini ham kiradi. Ikkovi: «Seni biz uchun, bizni sen uchun yaratgan Allohga hamd bo‘lsin. Bizga ato qilingan narsa biror kishiga ato etilmagan», deb aytishadi», deyilgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:52:24
363/2. Mug‘iyra ibn Sho‘‘ba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Muso alayhissalom Rabbilaridan jannat ahlining eng past darajadagisini so‘raganlarida, Alloh: «U shunday kishiki, jannat ahli jannatga kiritilganidan keyin olib kelinib, «Jannatga kirgin», deyiladi. U: «Ey Rabbim, qanday qilib kiraman? Odamlar manzillarini egallab, oladigan narsalarni olib bo‘lishgan-ku», deydi. Keyin unga: «Dunyo podshohlaridan bir podshohga berilgan mulk kabi narsa berilishiga rozimisan?» deb aytilsa, u: «Roziman, ey Rabbim!» deydi. Shunda Alloh: «Senga u kabi, u kabi, u kabi, u kabi», deb beshinchisini aytganida, u kishi: «Rozi bo‘ldim, ey Rabbim», deydi. Yana Alloh: «Bu va bunga o‘n barobar narsa hamda nafsing ishtaha qilib, ko‘zing lazzatlanadigan narsalar senga», desa, u: «Rabbim, rozi bo‘ldim, mana shu manzillarning oliysidir», deydi. Alloh: «Men ularga ko‘rsatiladigan karomatlarni o‘z qo‘lim bilan ekdim, ya’ni karomatlariga hech bir o‘zgarish kirmaydi. Va unga Uzim muhr urganman. U narsani biror ko‘z ko‘rmagan, biror quloq eshitmagan va biror inson qalbi his etmagan», deb aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu so‘zning tasdig‘iga dalil qilib Allohning kitobidan quyidagi oyatni aytdilar: «Ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (ya’ni, oxirat ne’matlarini) biron jon bilmas» (Sajda surasi, 17-oyat).

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:52:33
364/3. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men jannatga oxirgi bo‘lib kiruvchi va oxirgi do‘zaxdan chiquvchi kishini bilaman. Bir kishi qiyomat kuni olib kelinib: «Kichik gunohlarini ko‘rsatib, katta gunohlarini undan ko‘taringlar», deb aytilsa, kichik gunohlari ko‘rsatiladi. Va unga: «Shu kuni shunday, shunday va shunday, falon kuni shunday, shunday va shunday qilganmiding?» deyilsa, u: «Ha!» deb katta gunohlarida shafqat qilinishi uchun kichigini inkor etishga qodir bo‘lmaydi. Shunda unga: «Har bir qilgan yomonliging barobaridagi yaxshilik sen uchun», deyilsa, u kishi: «Ey Rabbim! Men ko‘p (katta gunohlarni) sodir qilganman. Men ularni ko‘rmayapman-ku», deydi», deb aytdilar. Roviy: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu so‘zlarni aytayotib kulganlarida tishlari ko‘rinib qolganini ko‘rdim», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:52:44
365/4. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zotdan (jannat yoki do‘zaxga) tushuvchilar haqida so‘ralganida u zot: «Biz qiyomat kuni unday va bunday bo‘lib kelamiz. Buni odamlarning qiyofasiga qarab (bilgin). Ummatlar o‘zlari ibodat qilgan but-sanamlari bilan chaqiriladi. Avval ibodat qilganlari birinchi bo‘lib kelishadi. Ana shundan keyin Rabbimiz keladi. Va: «Kimni ko‘ryapsizlar?» deydi. Ular: «Rabbimizni ko‘ryapmiz», deyishadi. U: «Men sizlarning Rabbingizman», deydi. Ular: «Biz Senga qaramoqchimiz», deyishsa, Alloh ularga kulgan holda ko‘rinadi. U ular bilan birga yuradi, Unga ergashishadi. U insonlarning har biriga, ya’ni munofiq yoki mo‘minga nur ato qiladi. Keyin ular o‘sha nurga ergashishadi. Jahannam ustida ko‘prik bo‘lib, unda tikan va ilgichlar hozir turadi, Alloh xohlagan kishilarni ushlaydi. So‘ngra munofiqlar nuri o‘chirilib, mo‘minlar qutqariladi. Najot topgan birinchi jamoaning yuzlari badr kechasidagi oyga o‘xshaydi. Ular yetmish ming bo‘lib, hisob-kitob qilinmaydi. Ularning yaqinlarida yana shunday kishilar bo‘lishadiki, ular osmondagi yulduz nuriga o‘xshashadi. Mana shunday turishganidan keyin ularga shafoat halol bo‘ladi. Ular shafoatchi bo‘lishgach, «La ilaha illalloh», deb qalbida arpa og‘irligicha yaxshiligi borlarni do‘zaxdan chiqarishadi. Va ular jannat kengligiga qo‘yiladi. Jannat ahli ularga suv quyadi. Ular sel oqqanda bir narsa unib chiqqani kabi unib chiqishadi. Ulardan esa do‘zax asoratlari ketkaziladi. Ular so‘raganlarida, dunyo va uning barobaridagi o‘nta dunyo ato qilinadi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:52:51
366/5. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi so‘zlarini quloqlari bilan eshitganlar: «Alloh taolo do‘zaxdan odamlarni chiqarib, jannatga kiritadi».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:52:58
367/6. Hammod ibn Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Amr ibn Dinorga «Jobir ibn Abdulloh Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Albatta Alloh taolo bir qavmni do‘zaxdan shafoat sababli chiqaradi», deb aytgan so‘zlarini rivoyat qilganini eshitganmisan?» desam, u: «Ha», deb aytdi».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:53:06
368/7. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta bir qavm do‘zaxdan yuzlari atrofi kuymagan holda chiqib, hattoki jannatga kiradi», deb aytdilar.

Chunki sajda o‘rni bo‘lgan yuzni do‘zax o‘ti kuydirmaydi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:53:19
369/8. Yazid ibn Faqir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot aytadilar: «Meni xavorijlarning bir fikri qiziqtirib qoldi. Biz bir necha kishi haj qilish maqsadida yo‘lga chiqdik. Keyin odamlarga xavorijlar fikrini tarqatishni xohlab, ular huzuriga bordik. Madina ko‘chalarida ketayotsak, Jobir ibn Abdulloh xodaga o‘tirgan holda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo‘lgan hadislarni qavmga so‘zlar edilar. Shu holda u zot jahannam ahlini zikr qildilar. Men u kishiga: «Ey Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning do‘sti! Nimani gapirmoqdasiz? Vaholanki, Allohning kalomida: «Parvardigoro, albatta Sen kimni jahannamga kiritsang, muhaqqaq, uni rasvo qilursan», «Har qachon undan (do‘zaxdan) chiqmoqchi bo‘lsalar, yana unga qaytarilurlar», deyilgan oyat bor-ku! Sizlar o‘zi nimalarni gapirmoqdasiz?» desam, u zot: «Sen o‘zi Qur’on o‘qiysanmi?» dedilar. Men: «Ha», dedim. U zot: «Alloh Uzi yuborgan Muhammad alayhissalomning maqomlarini eshitganmisan?» dedilar. Men: «Ha», desam, u zot: «U Muhammad alayhissalomning maqtalgan maqomlari bo‘lib, Alloh u sababli chiqarishni (xohdagan) kishilarni chiqarib yuboradi», deb Sirot ko‘prigining o‘rnatilishini va odamlar uning ustidan o‘tishini zikr qildilar. Va: «Yana yodlay olmaganimdan qo‘rqqan holda quyidagi eshitgan narsalarimni aytib beraman: albatta bir qavm do‘zaxda vaqtni o‘taganidan keyin u yerdan chiqadi. Ular go‘yo qora rangli abnus daraxti kabi bo‘lib qolishadi. Keyin jannat anhorlaridan biriga tushib cho‘milishsa, go‘yoki (oq) varaq kabi toza bo‘lib chiqishadi», dedilar. Keyin biz qaytib (Toifadagi kishilarga): «Sizlarga voy bo‘lsin, hech qachon bu shayx, ya’ni Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on gapirarmidi?» dedik. Biz (hajdan) qaytganimizda barchamiz xavorijlarning o‘sha fikridan qaytdik. Faqat bizdan bir kishi ularning fikrida sobit qoldi».

Yoki Abu Nu’aym aytganlaridekdir.

(Izoh: Hadis rivoyat qiluvchi rivoyati o‘zgarib ketishidan xavf qilib, ehtiyot yuzasidan ngunday deyishi odobdandir).
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:53:26
370/9. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zaxdan to‘rt (toifa) kishi chiqqanida ular Allohga namoyish qilindi. Ularning biri burilib qaradi-da: «Ey Rabbim! Meni undan chiqargin, qayta u yerga qaytarmagin», degan edi, Alloh u kishiga do‘zaxdan najot berdi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:53:42
371/10. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh qiyomat kuni odamlarni to‘plaganida ular (shafoatga) ahamiyat berishadi. (Ibn Ubayd rivoyatlarida esa o‘sha shafoatni so‘rashga ilhom beriladi, deyilgan.) Ular: «Agar Rabbimiz bizga shafoatchi berganida biz bu joydan (qo‘zg‘olib) farog‘at topgan bo‘lar edik», deyishadi. Va shu holda Odam alayhissalom oldilariga borib: «Siz butun xaloyiqning otasi Odamdirsiz. Alloh sizni o‘z qo‘li bilan yaratib, O’zining ruhidan pufladi. Hamda farishtalariga buyurgan edi, ular sizga sajda qilishdi. Bizga Rabbingiz huzurida shafoatchi bo‘lsangiz, biz bu yerdan (qo‘zg‘olib) taskin topsak», deyishadi. Odam alayhissalom: «Men buning ahli emasman», dedilar va (bug‘doyni yeb qo‘yib) sodir etgan xatolari sababli Rabbilaridan hayo qilishlarini zikr etdilar. «Lekin sizlar Alloh (eng) avval rasul etib yuborgan Nuhning oldiga boringlar», deb aytadilar. Ular Nuh alayhissalomning oldilariga borishsa, u zot ham sodir etib qo‘ygan xatolari sababli Rabbilaridan hayo qilishlarini aytdilar. «Lekin sizlar Alloh Uziga xalil (do‘st) qilib olgan Ibrohim alayhissalom oldilariga boringlar», desalar, ular Ibrohim alayhissalom huzurlariga borishdi. U zot ham: «Men buning ahli emasman», deb sodir etib qo‘ygan xatolari sababli Rabbilaridan hayo qilishlarini aytib: «Lekin sizlar Alloh bilan so‘zlashgan va Tavrot ato etilgan Musoning huzurlariga boringlar», dedilar. Ular Muso alayhissalom huzurlariga kelishsa, u zot ham: «Men buning ahli emasman», deb sodir etib qo‘ygan xatolari sababli Rabbilaridan hayo qilishlarini aytdilar, so‘ng: «Lekin sizlar Allohning ruhi va kalimasi bo‘lmish Iso alayhissalom huzurlariga boringlar», dedilar. U zot ham: «Men buning ahli emasman-u, lekin sizlar avvalgi-yu keyingi gunohlari kechirib qo‘yilgan banda Muhammad alayhissalom huzurlariga boringlar», deb aytsalar, ular huzurimga kelishadi. Rabbimdan (shafoatga) izn so‘rasam, menga izn beriladi. Men o‘shanda sajda qilgan holimdaligimni ko‘rdim. Alloh xohlaganicha sajdada tark qilinaman. Keyin: «Ey Muhammad, boshingizni ko‘tarib (biror narsa) deng, aytgan narsangiz eshitiladi. (Biror narsa) so‘rang, so‘ragan narsangiz beriladi. (Bir narsada) shafoatchi bo‘ling, shafoatchi qilinasiz», deb aytildi. Men boshimni ko‘tarib Rabbim qanday o‘rgatgan bo‘lsa, o‘shanday hamd aytaman. Keyin shafoat qilaman, shundan keyin menga bir hudud ajratib beriladi. Men o‘sha hududdagi kishilarni do‘zaxdan chiqarib, jannatga kiritaman, so‘ngra qaytib, yana sajdaga yiqilaman. Alloh xohlaganicha sajda qilgan holimda tark qilinaman. Keyin: «Boshingizni ko‘taring! Ey Muhammad, (biror narsa) deng, aytgan narsangiz eshitiladi. (Biror narsa) so‘rang, so‘ragan narsangiz beriladi.    (Biror    narsada)    shafoatchi    bo‘ling,    shafoatchi    qilinasiz», deyildi. Men boshimni ko‘tarib Rabbim o‘rgatganidek, Unga hamd aytaman. Keyin shafoat qilsam, menga ajratib qo‘yilgan hududdagilarni do‘zaxdan chiqarib, jannatga kiritaman.

(Roviy uchinchi, to‘rtinchisini bilmayman, deb aytdilar.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Rabbim! Do‘zaxda faqat abadiy qolishlarini Qur’on xabar bergan kishilargina (qoldi), xolos», deb aytaman», dedilar.

Ibn Ubayd: «Qatodaning rivoyatlarida «abadiyligi vojib bo‘lganlargina» bo‘lib kelgan», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:53:53
372/11. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Mo‘minlar qiyomat kuni to‘planib (shafoatga ahamiyat berishadi yoki shunga, ya’ni shafoat so‘rashga) ilhom beriladi...». Hadis yuqoridagidek davom ettirilgan. Lekin davomida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘rtinchi gal boraman yoki to‘rtinchi gal qaytganimda: «Ey Rabbim! Bu yerda faqat abadiy qolishlarini Qur’on xabar bergan kishilargina qolishdi, xolos», deb aytaman», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:54:02
373/12. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim «La ilaha illalloh», desa va qalbida arpa vaznicha yaxshiligi  bo‘lsa,  u do‘zaxdan  chiqarib  yuboriladi. So‘ngra yana kim «La ilaha illalloh», deb qalbida bug‘doy vaznicha yaxshiligi bo‘lsa, u ham do‘zaxdan chiqariladi. Va yana kimning qalbida kichik qumursqa vaznicha yaxshiligi bo‘lsa, u ham do‘zaxdan chiqariladi», dedilar.

Abu Minhol esa rivoyatlarida quyidagilarni ziyoda qilganlar: «Yazid: «Sho‘‘baga yo‘liqib bu hadisni aytsam, u ham: «Bu hadisni bizga Qatoda roziyallohu anhu Anas ibn Molikdan eshitgani aytib, «qumursqa» o‘rniga «jo‘xori», deb aytdi», dedi. Abu Bistom, ya’ni Sho‘‘ba buni aytish bilan noto‘g‘ri so‘zlabdi, dedi», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:54:11
374/13. Ma’bad ibn Hilol al-Anaziy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Sobit bilan Anas ibn Molik huzurlariga bordik. Anas roziyallohu anhuning oldilarga kirsak, zuho namozini o‘qiyotgan ekanlar. Sobit roziyallohu anhu biz uchun izn so‘ragan edilar, oldilariga kirdik. U zot Sobitni o‘zlari bilan birga karavotlariga o‘tqazdilar-da: «Ey Abu Hamza, (ya’ni Sobit!) Basralik birodarlaringiz sizdan shafoat haqidagi hadislarni gapirib berishingizni so‘rashadi. Bizga (bu haqda) Muhammad alayhissalom gapirib berganlar: «Agar qiyomat kuni bo‘lsa, odamlar bir-birlari bilan aralash-quralash bo‘lib, Odam alayhissalom huzurlariga kelib: «Zurriyotingizni shafoat qiling», deyishadi. Odam alayhissalom: «Men uning (ahli) emasman. Lekin sizlar Ibrohim alayhissalom huzurlariga boringlar. Chunki u zot Allohning do‘stidirlar», deydilar. Ular Ibrohim alayhissalom huzurlariga borishsa, u zot ham: «Men uning (ahli) emasman. Lekin sizlar Muso alayhissalom huzurlariga boringlar. Chunki u zot Alloh bilan so‘zlashgan zotdirlar», deydilar. Ular Muso alayhissalom huzurlariga borishsa, u zot ham: «Men buning (ahli) emasman. Lekin sizlar Iso alayhissalom huzurlariga boringlar, chunki u zot Allohning ruhi va kalimasidirlar», deydilar. Ular Iso alayhissalom huzurlariga borishsa, u zot ham: «Men uning (ahli) emasman. Lekin sizlar Muhammad alayhissalom huzurlariga boringlar», deydilar. «Men uning (ahlidirman)», deb aytaman. Men borib Rabbimdan izn so‘rayman. Menga (izn) berilsa, Uning oldida turib maqtaladigan narsalar bilan hamd aytaman. Hozir u hamdlarni aytishga qodir emasman. Alloh menga uni aytishga ilhom beradi. So‘ngra sajda qilgan holimda bo‘yin egaman. Menga: «Ey Muhammad! Boshingizni ko‘tarib biror narsa ayting, u eshitiladi. Biror narsani so‘rang, u beriladi. Biror narsada shafoat (vositachilik)ni so‘rang, shafoat beriladi», deb aytiladi. Shunda men: «Ey Rabbim! Ummatim, ummatim», deyman. Menga: «(Ey Muhammad), boring-da, kimning qalbida bug‘doy yoki arpa miqdoricha iymoni bo‘lsa, (do‘zaxdan) chiqaring», deyiladi. Men borib u (buyruq)ni bajaraman, so‘ngra Rabbim huzuriga qaytib, maqtaladigan narsalar ila hamd aytaman, keyin yana sajdaga bosh egaman. Va yana menga: «Ey Muhammad! Boshingizni ko‘tarib biror narsa ayting, u eshitiladi. Biror narsani so‘rang, u beriladi. Biror narsada shafoatni so‘rang, shafoat beriladi», deb aytilsa, men: «Ummatim, ummatim», deyman. Menga yana: «Boring-da, kimning qalbida xantal urug‘icha iymon bo‘lsa, uni (do‘zaxdan) chiqaring», deyiladi. Men borib, u aytilgan narsani bajaraman. Keyin Rabbim huzuriga qaytib, maqtaladigan narsalar ila Unga hamd aytib, so‘ngra sajda qilish uchun bosh egaman. Menga: «Ey Muhammad! Boshingizni ko‘tarib biror narsa ayting, u eshitiladi. Biror narsani so‘rang, u beriladi. Biror narsada shafoat (vositachilikni) so‘rang, shafoat beriladi», deb aytiladi. Men: «Ey Rabbim! Ummatim, ummatim», deb aytaman. Menga yana: «Kimning qalbida xantal urug‘idan kichikroq, kichikroq, kichikroq iymoni bo‘lsa, uni do‘zaxdan chiqaring», deyiladi. Men borib, u aytilgan narsalarni bajaraman», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:54:20
Bu hadis Anas ibn Molik xabar bergan rivoyatdir: Biz u zot huzurlaridan chiqib Zahruljabon degan yerga yetganimizda, yo‘nalishimizni Hasan Basriyga to‘g‘riladik va u zotga salom berdik, u zot (Hajjoj ibn Yusuf zulmidan qochib) Abu Xalifaning hovlisida yashirinib turgandilar. Biz u zot huzurlariga kirib salom berdik, va: «Ey Abu Said, (ya’ni Hasan!) Birodaringiz Abu Hamza, (ya’ni Anas ibn Molik) huzurlaridan keldik. Shafoat haqida gapirib bergan hadislaridagini eshitmaganmiz», desak, u zot: «Qani, uni qo‘shimchalari bilan so‘zlanglar-chi», dedilar. Biz hadisni gapirib bersak, u zot yana: «Qani, ortiqchasi bilan gapiringlar-chi», dedilar. Biz: «Bundan ziyoda qilganlari yo‘q», dedik. Shunda u zot: «Iigirma yildan beri u bizga bu hadisni gapiradi. U o‘sha paytda ham kuchli va eslash qobiliyati yaxshi edi. U unutgani uchunmi yoki sizlarga gapirib bersa, unga suyanib qolishingiz sababli tark qildimi, bilmayman, (davomi bor)», dedilar. Biz: «Unday bo‘lsa, bizga gapirib bering», desak, u zot kulib: «Inson shoshqaloq qilib yaratilgandir», dedilar-da, so‘ng: «Men hozir uni sizlarga so‘zlab beraman: «So‘ngra to‘rtinchisida Rabbim huzuriga qaytaman-da, Unga maqtaladigan narsalar ila hamd aytaman. Keyin sajdaga bosh egsam, menga: «Ey Muhammad! Boshingizni ko‘tarib biror narsa ayting, u eshitiladi. Biror narsani so‘rang, u beriladi. Biror narsada shafoat (vositachilikni) so‘rang, shafoat beriladi», deb aytiladi. Men esa: «Ey Rabbim! Kim «La ilaha illalloh», deb aytgan bo‘lsa, (uning ham do‘zaxdan chiqishiga) izn bergin», desam, Alloh: «Bu sizning ishingiz yoki bu sizga yuklangan vazifa emas. Lekin Mening azizligim, kibrligim va azamatim haqqi-hurmati, kim «La ilaha illalloh», deb aytsa, uni (shafoatsiz ham) do‘zaxdan chiqaraveraman», deb aytadi», dedilar».

Ma’bad roziyallohu anhu: «Guvohlik berib aytamanki, Hasan Basriy roziyallohu anhu Anas ibn Molikdan bu hadisni taxminan yigirma yil oldin, eslash qobiliyatlari yaxshi bo‘lgan paytlarida eshitib, uni gapirib berdilar», deb aytganlar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:54:31
375/14. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir kuni go‘sht olib kelindi. Va u zotga qo‘l qismi uzatildi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘l qismini (lazzatli bo‘lgani uchun) yaxshi ko‘rardilar. Undan bir tishladilar-da: «Men qiyomat kuni odamlarning sayyidiman. Nima uchun bunday bo‘lishi(m)ni bilasizlarmi? Alloh qiyomat kuni avvalgi-yu oxirgi, ya’ni Odam alayhissalomdan to oxirgi tug‘ilgan odamgacha bir tepalikka jamlaydi, bir jarchi nido qilib turadi. Hamma ko‘zga tashlanib turadi. Quyosh yaqinlashtiriladi. Odamlar esa toqat qilib ko‘tara olmaydigan darajada g‘am-g‘ussaga botib qolishadi. Ba’zilar ba’zilarga: «Nima bo‘lganiga va nimalar yetayotganiga qaramaysizlarmi? Kim Rabbingizga vositachi, ya’ni shafoatchi bo‘ladi?» deyishsa, ba’zilari ba’zilariga: «Odam alayhissalom huzurlariga boringlar», deyishadi. Ular Odam alayhissalom huzurlariga borib: «Ey Odam, siz bashariyatning otasisiz. Alloh sizni Uzi yaratib, ruhidan sizga puflagandir va farishtalarini sizga sajda qilishga buyurganida ular sajda qilishgan, (ya’ni, shunaqa ulug‘ mavqe’dagi kishisiz), bizga Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi bo‘ling. Bizga nima bo‘lganiga va nimalar yetayotganiga qaramaysizmi?» deyishsa, Odam alayhissalom: «Rabbim bugun shunday g‘azab qildiki, bundan oldin shu kabi g‘azab qilmagan. Bundan keyin ham bunday g‘azab qilmaydi. U meni daraxtga (yaqinlashishdan) man etganida unga osiylik qilib aytganini bajarmadim. Uzim, o‘zim! (Ya’ni, bugun o‘zim bilan o‘zim ovoraman.) Mendan boshqa kishi huzuriga, ya’ni Nuh alayhissalom huzurlariga boringlar», deb aytadilar. Ular Nuh alayhissalomning   oldilariga   borib:   «Ey   Nuh!    Siz   yerdagi   birinchi rasuldirsiz. Alloh sizni shukr qiluvchi banda, deb nomladi (ya’ni, shunaqa mavqe’dagi ulug‘ kishisiz). Biz bilan Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi bo‘ling. Bizga nima bo‘lganiga va nimalar yetayotganiga qaramaysizmi?» deyishsa, u zot: «Rabbim bugun shu darajada g‘azab qilganki, bundan oldin bunday g‘azab qilmagan, keyin ham shu kabi g‘azab qilmaydi. Men esa qavmimni duoibad qilib qo‘yib xatoga yo‘l qo‘yganman. Uzim! Uzim! (Ya’ni, bugun o‘zim bilan o‘zim ovoradirman.) Sizlar Ibrohim alayhissalom huzurlariga boringlar», deb aytadilar. Ular Ibrohim alayhissalom huzurlariga borib: «Siz Allohning nabiyi va yer ahlidan do‘stidirsiz. Biz bilan Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi bo‘ling. Bizga nima bo‘lganiga va nimalar yetayotganiga qaramaysizmi?» deyishsa, Ibrohim alayhissalom ularga: «Rabbim bugun shu darajada g‘azab qilganki, bundan oldin bunday g‘azab qilmagan, bundan keyin ham shu kabi g‘azab qilmaydi. Men esa (ba’zi xatolarni sodir etganman)», deb yolg‘on gapirganlarini zikr qilib: «Uzim! Uzim! (Ya’ni, bugun o‘zim bilan o‘zim ovoradirman.) Sizlar mendan boshqa kishi, Muso huzurlariga boringlar», deb aytadilar. Ular Muso alayhissalom huzurlariga kelib: «Ey Muso! Siz Allohning rasulidirsiz. Alloh sizni Uz risolati bilan va odamlar ichida Uzi bilan gaplashish ila fazilatli qilgan. Biz bilan Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi bo‘ling. Bizga nima bo‘lganiga va nimalar yetayotganiga qaramaysizmi?» deyishsa, Muso alayhissalom: «Rabbim bugun shu darajada g‘azab qilganki, bundan oldin pgu kabi g‘azab qilmagan, bundan keyin ham shu kabi g‘azab qilmaydi. Men esa bir odamni o‘ldirib qo‘yganman. Uni o‘ldirish esa menga buyurilmagandi. Uzim! Uzim! (Ya’ni, bugun o‘zim bilan o‘zim ovoradirman.) Sizlar Iso alayhissalom huzurlariga boringlar», deb aytdilar. Ular Iso alayhissalom huzurlariga borib: «Ey Iso alayhissalom! Siz Allohning rasulidirsiz. Siz odamlar bilan beshikdayoq gaplashgansiz. Siz bir kalimadan, ya’ni Maryamga uni tashlanganda va Undagi ruh ila (dunyoga keldingiz). (Biz bilan Rabbingiz) o‘rtasida shafoatchi bo‘ling. Bizga nima bo‘lganiga va nimalar yetayotganiga qaramaysizmi?» deyishsa, Iso alayhissalom: «Rabbim bugun shu darajada g‘azab qilganki, bundan oldin bunday g‘azab qilmagan, keyin ham shu kabi g‘azab qilmaydi. Bugun Uzim! Uzim! (Ya’ni, o‘zim bilan o‘zim ovoradirman)», dedilar-da, ammo qilgan gunohlarini zikr etmasdan: «Sizlar Muhammad alayhissalom huzurlariga boringlar», deb aytadilar. Ular mening oldimga kelib: «Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam! Siz Allohning rasuli va payg‘ambarlarning oxirgisisiz. Alloh avvalgi-yu keyingi gunohlaringizni kechirib qo‘ygan (ya’ni, shu darajadagi mavqe’ga egasiz). Bizga nima bo‘lganiga va nimalar yetayotganiga qaramaysizmi?» deb aytishsa, borib Arshning ostida to‘xtayman, Rabbim uchun sajda qilgan holda bosh egaman. Keyin Alloh taolo menga shunday narsa beradi, ya’ni bu Allohga eng chiroyli hamdu-sano aytishni ilhom etishidir, mendan oldin biror kishiga bunday ilhom ato etmagan. So‘ngra U: «Ey Muhammad! Boshingizni ko‘tarib biror narsani so‘rang, u beriladi. Biror narsada shafoatni so‘rang, u ham ato qilinadi», deb aytsa, men boshimni ko‘tarib: «Ey Rabbim! Ummatim, ummatim (ya’ni, ummatimga najot ber)», deyman. Shunda menga: «Ey Muhammad! Jannat eshiklarining o‘ng tomonidagi eshikdan ummatingiz kishilarini hisobsiz (bemalol) jannatga kiritavering. Ummatingiz esa odamlar bilan boshqa eshiklarda sherikdirlar», deb aytiladi. Muhammadning joni Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, jannatdagi eshikning ikki yonidagi tabaqasi Makka bilan Hajar shahri oralig‘icha yoki Makka bilan Busro shahri oralig‘ichadir», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:54:41
376/15. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldilariga laganda obi yovg‘on va go‘sht keltirildi. Go‘shtning qo‘l qismini olib, undan tanovul qildilar. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qo‘yning eng mahbub joyi qo‘li edi. Undan bir tishlam yedilar-da: «Men qiyomat kuni odamlarning sayyididirman», dedilar, so‘ngra yana go‘shtdan tishlab: «Men qiyomat kuni odamlarning sayyididirman», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarining bu haqda so‘rashmayotganini ko‘rganlaridan keyin: «(Sizlar) «Nima uchun bunday?» deb so‘ramaysizlar?» degan edilar, sahobalar: «Nima uchun bunday?» deyishdi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar butun olamlar Rabbi huzurida turishadi», deb yuqoridagi hadisda kelganidek voqeani batafsil so‘zlab, orasida Ibrohim alayhissalom haqlarida kelgan quyidagi so‘zni ziyoda qildilar: «Yulduzlarni (yolg‘ondan) «Bu mening Rabbim», deganlari, olihalar haqida «Ularning kattalari sindirdi», deganlari va yana «Men kasaldirman», deb aytgan yolg‘on so‘zlaridir». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Muhammadning joni Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, ikki tabaqaning orasi, eshik kesakisigicha bo‘lgan masofa Makka bilan Hajar shahri oralig‘icha yoki Hajar shahri bilan Makka oralig‘ichadir», deb aytdilar.

Roviy: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bularning qaysi birini avval aytganlarini bilmadim», deganlar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:54:52
377/16. Rib’iy va Huzayfa roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo odamlarni jamlaganda mo‘minlar (Uning huzurida) turishsa, ularga jannat yaqinlashtiriladi. Ular (jannatga yaqin turib kira olishmagach), Odam alayhissalom huzurlariga borib: «Ey otajon! Jannat ochilishini so‘rab bering», deyishsa, Odam alayhissalom: «Sizlarni jannatdan chiqargan narsa otangiz Odamning xatosi emasmi? Men buning uchun haqdor emasman. Sizlar Allohning do‘sti o‘g‘lim Ibrohim huzurlariga boringlar», deb aytadilar. (Ular Ibrohim alayhissalom odilariga borishsa), Ibrohim alayhissalom: «Men Allohning do‘sti bo‘lsam ham, bunga loyiq emasman. Sizlar ortimdagi (payg‘ambarlar huzuriga boringlar). Musoga suyaninglar, chunki u Alloh bilan (vositasiz) gaplashgan», deb aytsalar, ular Muso alayhissalom huzurlariga kelishsa, Muso alayhissalom: «Men bu narsaga loyiq emasman, sizlar Allohning kalimasi va ruhi bo‘lgan Iso alayhissalom huzurlariga boringlar», deb aytadilar. (Ular Iso alayhissalom huzurlariga kelishsa), bu zot ham: «Men bunga loyiq emasman», deb aytadilar. Keyin ular Muhammad alayhissalom huzurlariga kelishadi. Men tek tursam, menga izn beriladi. Omonat va qarindosh-urug‘chilik rishtalari yuboriladi. U ikki rishta sirot ko‘prigining ikki yonida, ya’ni o‘ng va chap tomonida turadi. Sizlarning avvalingiz chaqmoq kabi o‘tadi», deb aytganlarida, men: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, qaysi narsa chaqmoq kabi o‘tadi?» desam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Chaqmoqning qay darajada tez o‘tib, ko‘z yumib-ochgunchalik fursatda qaytishini ko‘rmaganmisizlar? So‘ngra shamol kabi, so‘ngra qush kabi o‘tishadi. Odamlarning yurishi amallariga qarab bo‘ladi. Nabiylaringiz esa sirot ko‘prigi oldida turib: «Ey Rabbim, omonda qil! Omonda qil», deb turadi. Hattoki bandalarning amallari ojiz qolib, ish bermasdan kishi yurishga qodir bo‘lolmay, sudralib keladi. Sirot ko‘prigining ikki yonida ilgichlar bo‘ladi. Buyurilgan kishini ilib oladi. Ilinmasdan lekin tirnalgan najot topib, ilinib qolgan do‘zaxga tushadi», dedilar».

«Abu Hurayraning joni Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, jahannamning chuqurligi yetmish yil yuriladigan masofachadir», deb aytdilar Abu Hurayra.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:55:05
85-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Men jannatda odamlar ichida birinchi bo‘lib shafoat qiluvchi hamda payg‘ambarlar ichida eng ko‘p ergashiluvchisiman», degan so‘zlari haqida

378/1. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men jannatga odamlarning birinchisi bo‘lib (kiruvchisi), shafoat qiluvchisiman. Va yana men payg‘ambarlar ichida eng ko‘p ergashiluvchisiman», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:55:12
379/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men qiyomat kuni payg‘ambarlarning ichida ko‘p ergashiluvchisi va jannat eshigini birinchi bo‘lib taqillatuvchiman», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:55:19
380/3. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men jannatga birinchi bo‘lib shafoat qiluvchiman. Payg‘ambarlardan birortasi (ummati tomonidan) men kabi tasdiqlanmagan. Payg‘ambarlarning ichida ummatidan faqat bir kishi tasdiqlab iymon keltirgani ham bor», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:55:27
381/4. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men qiyomat kuni jannat eshigi oldiga kelib, u yerni ochishlarini so‘rayman. U yer soqchisi: «Sen kimsan?» deydi. Men: «Muhammadman», desam, u: «Sengagina ochishga buyurilganman. Sendan avval biror kishiga ochmayman», deydi», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:56:37
86-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolarini ummatlariga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘yganlari haqida

382/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir payg‘ambarning (ijobat etilishi aniq bo‘lgan) duosi bor. Men esa o‘sha duoni qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘yishni xohladim», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:56:45
383/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir payg‘ambarning (ijobat etilishi aniq bo‘lgan) duosi bor. Men esa, inshaalloh, o‘sha duoim qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘yishni xohladim», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:56:53
384/3. Abu Hurayra Ka’bul Axborga: «Albatta Allohning nabiyi: «Har bir payg‘ambarning (ijobat etilishi aniq bo‘lgan) duosi bor. Men, inshaalloh duoimni qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘yishni xohlayman», deganlar», deb aytganlarida, Ka’b roziyallohu anhu Abu Hurayraga: «Sen buni Rasulullohdan eshitganmisan?» dedilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Ha», deb javob berdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:57:00
385/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir payg‘ambarning ijobat qilinishi (aniq bo‘lgan) duosi bordir. Barcha payg‘ambarlar o‘sha duoni aytishda shoshqaloqlikka yo‘l qo‘yishgan. Men esa qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘ydim. Kim ummatimdan Allohga biror narsani sherik qilmasa, inshaalloh, o‘sha duo (natijasi)ga erishadi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:57:07
386/5. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir payg‘ambarning ijobat etilishi (aniq bo‘lgan) duosi bordir. Usha duoni aytib so‘rasa, ijobat qilinib, so‘ragan narsasi beriladi. Men esa o‘sha duoni qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘ydim», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:57:15
387/6. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu   alayhi   vasallam:   «Har   bir   payg‘ambarning   ummati   uchun qiladigan duosi bor. Agar o‘sha duoni qilsa, ijobat etiladi. Men esa, xudo xohlasa, duoimni qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun kechiktirib qo‘ydim», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:57:25
388/7. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir payg‘ambarning ummati uchun qiladigan duosi bor. Men esa o‘sha duoni qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘ydim», dedilar.

Qatodadan ham xuddi shu sanaddagi hadis rivoyat qilingan, faqat «o‘sha duo berilingan» bo‘lib kelgan.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:57:32
389/8. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir nabiyning ummati uchun qiladigan duosi bor. Men esa qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun uni berkitib qo‘ydim», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:57:43
87-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ummatlari uchun duo qilib, ularga mehribonlik bilan yig‘lashlari haqida

390/1. Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ibrohim alayhissalom haqlaridagi Allohning: «Parvardigorim, u butlar ko‘pdan-ko‘p odamlarni yo‘ldan ozdirdilar. Bas, kim menga ergashsa, o‘sha mendandir» oyati va Iso alayhissalom haqlaridagi: «Agar ularni azoblasang, ular Sening ojiz bandalaring. Agar ularni mag‘firat qilsang, albatta Sen Uzing qudrat, hikmat egasidirsan» oyatlarini tilovat qilib qo‘llarini ko‘tardilar-da, «Allohim ummatim, ummatim», deb yig‘ladilar. Alloh taolo: «Ey Jabroil! Muhammad alayhissalom huzurlariga boring. Rabbingiz u kishining hollarini biluvchi bo‘lsa ham, so‘rang-chi, u zotni nima yig‘latmoqda ekan?» deganida, Jabroil alayhissalom borib so‘raganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh bilgan narsaning xabarini berdilar. Shunda Alloh: «Ey Jabroil, Muhammad oldilariga borib: «Biz ummatingiz haqidagi narsada rozi etamiz, xafa qilib qo‘ymaymiz», deb ayting», dedi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:57:55
88-bob Kim kufr holatida vafot etsa, shafoatga erishmasligi va karindoshlarining karindoshligi foyda bermasligi haqida

391/1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Allohning rasuli! Mening otam qaerdalar?» degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zaxdadir», dedilar. U orqasiga o‘girilib ketayotgan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni chaqirib: «Mening otam va sening otang do‘zaxdadir», dedilar.

(Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu so‘zlari, ya’ni otalarini sherik qilishlari tasalli berish uchun edi).
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:58:09
89-bob Allohning kalomidagi: «(Ey Muhammad alayhissalom), yakin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring» oyati haqida

392/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «(Ey Muhammad alayhissalom), yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring» oyati nozil bo‘lganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurayshni chaqirgan edilar, umumiy va xos (qarindosh)lar jamlanishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Ka’b ibn Luay bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan saqlanglar. Ey Murra ibn Ka’b bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan saqlanglar. Ey Abdushshams bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan saqlanglar. Ey Abdumannof bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan asranglar. Ey Hoshim bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan qutqaringlar. Ey Abdulmuttalib bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan saqlanglar. Ey Fotima, joningni do‘zaxdan qutqar, chunki men Alloh (ning azobidan) biror narsani sendan daf etishga qodir emasman, lekin sizlar bilan qarindoshlik rishtalarim borki, men o‘sha rishta bilan sizlarni (biroz) siylayman», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:58:17
393/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «(Ey Muhammad), yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring» oyati nozil bo‘lganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rinlaridan turib Safo tepaligiga chiqdilar-da: «Ey Fotima binti Muhammad, ey Safiyya binti Abdulmuttalib, ey Abdulmuttalib bolalari! Men Allohning (azobidan) birortasini sizlardan daf etishga qodir emasman. Ammo molimdan xohlaganingizcha so‘rayveringlar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:58:26
394/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «(Ey Muhammad alayhissalom), yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring» oyati nozil bo‘lganida: «Ey Quraysh jamoasi! Jonlaringizni Allohning (azobidan saqlash uchun) sotib olinglar. Allohning (azobidan) birortasini sizdan to‘sa olmayman. Ey Abdulmuttalib bolalari! Allohning (azobidan) birortasini sizlardan to‘sa olmayman. Ey Abbos ibn Abdulmuttalib, Allohning (azobidan) birortasini sizlardan to‘sa olmayman. Ey Alloh rasulining ammasi Safiyya, sizdan Allohning (azobidan) birortasini to‘sa olmayman. Ey Alloh rasulining qizi Fotima! Xohlagan narsangni so‘rayver, lekin Allohning (azobidan) birortasini sendan to‘sa olmayman», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:58:35
395/4. Qabiysa ibn Muhoriq va Zuhayr ibn Amrlardan qilingan rivoyatda keltirilishicha, «(Ey Muhammad alayhissalom), yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring» oyati nozil bo‘lganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ustma-ust toshlardan iborat tog‘dagi xarsang tosh ustiga chiqib: «Ey Abdumannof bolalari! Men sizlarni ogohlantiruvchiman. Men bilan sizlarning misolingiz xuddi dushmanni ko‘rgach, o‘z ahlining bosib olinishidan qo‘rqib, ularni saqlab qolish uchun diqqat, diqqat, deb qichqirgan kishiga o‘xshaydi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:58:45
396/5. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «(Ey Muhammad alayhissalom), yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring», «... va muxlis qarindoshlaringizni ogohlantiring» oyati nozil bo‘lganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (uylaridan) chiqib, Safo tepaligiga ko‘tarildilar-da: «Diqqat! Diqqat!» deb qichqirdilar. Atrofdagilar: «Bu baqirayotgan kishi kim?» deyishgan edi, bilgan kishilar: «Muhammad», deyishdi. Hamma to‘plangan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey falonchi bolalari! Ey pistonchi bolalari! Ey falonchi bolalari! Ey Abdumannof bolalari! Ey Abdulmuttalib bolalari!» dedilar. Barchalari u zotning atroflariga jamlandi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga qaranglar, agar mana shu tog‘ning tagidan otliqlar (bostirib) chiqmoqda, desam, so‘zimni tasdiqlaysizlarmi?» degan edilar, ular: «Biz yolg‘on gapirganingizni bilmaymiz», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men sizlarni yaqinda turgan qattiq azobdan ogohlantiraman», dedilar. Buni eshitgan Abu Lahab: «Bizni faqat shuning o‘ziga jamladingmi?» deb o‘rnidan turib ketdi. Shunda «Abu Lahabning qo‘llari qurigay. (Aniqki), u quridi» oyati nozil bo‘ldi.

A’mash surani «Tabbat yadaa Abi lahab»,ni o‘qib, haqiqatda quridi» deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «Yaqin qarindosh-urug‘laringizni ogohlantiring» oyati zikr qilinmagan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:58:57
90-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Tolibni shafoat qilganlari sababli u zotdan (azobning) yengil bo‘lishi haqida

397/1. Abbos ibn Abdulmutgalib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey Allohning rasuli! Abu Tolibga biror narsada foyda bera olasizmi? Chunki u kishi sizni himoya qilib, dushmanlaringizga qahr-g‘azab qilardilar», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, u kishi do‘zaxning sayoz yeridadirlar. Agar (shafoatim) bo‘lmaganida do‘zaxning tubida bo‘lardilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:59:06
398/2. Abdulloh ibn Horis roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abbos: «Ey Allohning rasuli! Abu Tolib sizni himoya qilib, sizga yordam berardilar. Bu qilgan yaxshiliklari naf beradimi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, u zot do‘zaxning eng tagida edilar, men u zotni do‘zaxning sayoz joyiga chiqarib qo‘ydim», dedilar.

Sufyon roziyallohu anhu ham yuqoridagi mazmunda hadis rivoyat qilganlar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:59:12
399/3. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida amakilari Abu Tolib zikr qilinganida, u zot: «Shoyadki, qiyomat kuni shafoatim sababli do‘zaxning eng sayoz yeriga, ya’ni olov oyoqning oshig‘ qismiga yetib, issig‘idan miya qaynaydigan joyiga chiqarib qo‘yilsa», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:59:26
91-bob Do‘zax ahli azoblanishining eng yengili haqida

400/1. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zax ahli ichida azobi eng yengil kishiga olovdan bo‘lgan ikki kavush kiygiziladi. Usha kavushidagi harorat sababli miyasi qaynaydi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:59:34
401/2. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zaxdagi azobi eng yengil kishi Abu Tolibdir. U (olovli) ikki kavushni kiygani sababli miyasi qaynab turadi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:59:41
402/3. Abu Ishoq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men No‘‘mon ibn Bashirning quyidagicha xutba aytayotganini eshitdim. U zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan quyidagilarni eshitdim». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta qiyomat kuni do‘zax ahlining azob jihatidan eng yengili bir kishiki, oyog‘ining yerga tegmaydigan qismiga cho‘g‘ qo‘yilsa, shu sababli miyasi qaynaydi», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:59:47
403/4. No‘‘mon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zaxdagi azobi eng yengil kishi ikki kavushi (bo‘lgan odamdir), kavush iplari olovdan bo‘ladi. Usha odamning miyasi xuddi qozon kabi qaynaydi. Biror kishi buni ko‘rsa, azoblarning eng qattig‘i bo‘lsa kerak, deb o‘ylaydi. Vaholanki, u azoblarni eng yengilidir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 06:59:57
92-bob Kim kofir holatida o‘lsa, amali foyda bermasligi haqida

404/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli! Ibn Jud’on ismli shaxs johiliyat davrida ham qarindosh-urug‘chilik rishtalarini tiklab, miskinlarga ovqat ulashar edi, mana shu ishlari unga (oxiratda) foyda beradimi?» deganimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Foyda bermaydi, chunki u biror kun ham «Rabbig‘firliy xatiyatiy yavmaddiyn», ya’ni «Rabbim, xatolarimni qiyomat kunida kechirgin», deb aytmagan», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:00:06
93-bob Mo‘minlarning bir-birlariga do‘st bo‘lishi, ulardan boshqalarning esa bu narsadan uzilganlari haqida

405/1. Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam pinhon qilib emas, balki jahriy holatda: «Ogoh bo‘linglar! Otamning yaqinlaridan falonchi (ya’ni, Hakam ibn Abuloss) mening do‘stim emas, albatta do‘stim Alloh va solih mo‘minlardir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:00:18
94-bob Bir toifa musulmonlarning hisob-kitobsiz va azobsiz jannatga kirishlari dalili haqida

406/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimdan yetmish ming kishi hisob-kitobsiz jannatga kiradi», deganlarida, bir kishi: «Ey Allohning rasuli! Allohdan so‘rab duo qiling, meni o‘shalardan qilsin», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohim, bu kishini o‘sha jannatga hisob-kitobsiz kiradiganlardan qilgin», dedilar. Bir kishi o‘rnidan turib: «Ey Allohning rasuli! Allohga duo qiling, meni ham o‘shalardan qilsin», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu narsani so‘rashda Ukkosha sendan o‘zib ketdi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:00:25
407/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimdan bir jamoa (jannatga) kiradi. Ular yetmish ming bo‘lib, yuzlaridan badr kechasidagi oyning nuriga o‘xshab ziyo taralib turadi», dedilar. Ukkosha ibn Mihsan al-Asadiy o‘rnidan turib, ola-bula jundan to‘qilgan kiyimini ko‘tardi-da: «Ey Allohning rasuli! Mening o‘shalardan bo‘lishimni Allohdan duo qilib so‘rang», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohim, Ukkoshani bu jamoadan qilgin», dedilar. So‘ngra ansoriylardan bir kishi: «Ey Allohning rasuli! Mening ham o‘shalardan bo‘lishimni Allohdan so‘rab duo qiling», degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «So‘rashda Ukkosha sendan o‘zib ketdi», dedilar
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:00:31
408/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu   alayhi   vasallam:   «Ummatimdan   jannatga   yetmish   mingtasi kiradi. Ular bir jamoa bo‘lib, oralarida oy suratidagi kishilar ham bor», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:00:38
409/4. Imron roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Allohning nabiyi Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimdan yetmish mingtasi hisob-kitobsiz jannatga kiradi», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, ular o‘zi kimlar?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ular (davolanishda) tamg‘a urmaydigan, dam soldirmaydigan va Rabbilariga tavakkal qiladigan kishilardir», dedilar. Ukkosha o‘rnidan turib: «Mening o‘shalardan bo‘lishimni Allohdan so‘rab duo qiling», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen ulardansan», dedilar. Va yana bir kishi o‘rnidan turib: «Ey Allohning nabiyi! Mening ham o‘shalardan bo‘lishimni Allohdan so‘rab duo qiling», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Buni so‘rashda Ukkosha o‘zib ketdi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:00:45
410/5. Imron ibn Husayn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimdan yetmish mingtasi hisob-kitobsiz jannatga kiradi», deganlarida, sahobalar: «Ular o‘zi kimlar, ey Allohning rasuli?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ular dam soldirmaydigan, shumlanmaydigan va tamg‘a urmaydigan hamda Rabbilariga tavakkal qiladigan kishilardir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:00:52
411/6.    Sahl    ibn    Sa’d    roziyallohu    anhudan    rivoyat    qilinadi. Rasululloh   sollallohu   alayhi   vasallam:   «Albatta   ummatimdan   yetmish mingtasi yoki yetti yuz mingtasi jannatga kiradi. (Ushbu hadis roviylaridan biri Abu Hozim yetmish mingmi, yetti yuz mingmi, bilmaganlar.) Ularning ba’zilari ba’zilarini ushlab olishadi. Oxirgilari kirmagunicha avvalgilari ham kirmaydi. Ularning yuzlari badr kechasidagi oyning suratiga o‘xshaydi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:01:07
412/7. Husayn ibn Abdurahmondan rivoyat qilinadi. «Men Said ibn Jubayrning huzurlarida edim. Shunda u zot: «Kechagi kun qaysi biringiz yulduz tushganini ko‘rdi?» degandilar, «Men», dedim-da, keyin: «Namoz o‘qimayotgan edim, lekin nimadir chaqib olgandi», deb aytdim. (Bu so‘z bilan u zot ibodat qilib kechani bedor o‘tkazar ekan, deb o‘ylashlardan va ibodatlari riyo bo‘lishidan o‘zlarini yiroq qilmoqdalar. Haqiqatda ibodat qilmayotgan edilar.) «Keyin nima qilding?» dedilar. Men: «Dam soldim», dedim. U zot: «Bu narsaga nima majbur qildi?» dedilar. Men: «Sha’biy gapirib bergan hadis», dedim. U zot: «Sha’biy sizlarga nima deb aytdi?» dedilar. Men: «Uning Burayda ibn Husayndan qilgan rivoyatida keltirilishicha, albatta dam solish faqatgina ikki narsada joiz: ko‘z tegishida va zaharli narsa chaqib olganida», deb aytdim. Shunda u zot: «Kim eshitgan narsasi ustidagina to‘xtasa yaxshi ish qilibdi. Lekin Ibn Abbos Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan narsalarini quyidagicha so‘zlab berdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga ummatlar namoyish etildi. Ba’zi payg‘ambarlarning atrofida jamoatning, ba’zilari atrofida bir va ikki kishining turganini va ba’zilarining atrofida hech kim yo‘qligini ko‘rdim. Shu payt menga ulkan olomon ko‘rsatildi. Ummatim bo‘lsa kerak, deb gumon qildim. Ammo menga: «Bu Muso alayhissalom va u zotning qavmlari, lekin sen ufqqa qaragin», deyildi. Qarasam, ulkan olomon turibdi. Yana menga boshqa ufqqa qaragin, deyildi. Yana qarasam, ulkan olomon turibdi. «Bas, mana shu ummatingdir. Ular bilan birga yetmish mingtasi hisob-kitobsiz va azobsiz jannatga kiradi», deb aytildi», dedilar-da, so‘ng o‘rinlaridan turib xonalariga kirib ketdilar. Odamlar esa jannatga hisob-kitobsiz va azobsiz kiruvchi o‘sha kishilar haqida gurunglasha boshlashdi. Ba’zilari: «Ular Rasululloh sahobalari bo‘lsa kerak», deyishdi. Va yana ba’zilari esa: «Ular Islomda tug‘ilib, Allohga biror narsani sherik qilmaganlar bo‘lsa kerak», dedi va yana boshqa bir qancha narsalarni zikr qilishdi. Shu payt Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning huzuriga chiqib: «Nima haqda gurunglashmoqdasizlar?» degan edilar, sahobalar bu haqda xabar berishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannatga hisob-kitobsiz va azobsiz kiruvchilar dam solmaydigan, dam soldirmaydigan va shumlanmaydigan hamda Rabbilariga tavakkal qiladigan kimsalardir», dedilar. Ukkosha ibn Mihsan bu so‘zlarni eshitib: «Mening o‘shalardan bo‘lishimni Allohdan so‘rab duo qiling», degan edilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen ulardansan», dedilar. So‘ngra boshqa bir kishi o‘rnidan turib: «Mening ham o‘shalardan bo‘lishimni Allohdan so‘rab duo qiling», degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu narsani so‘rashda Ukkosha sendan o‘zib ketdi», dedilar», deb aytdilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Lekin «Menga ummatlar namoyish etildi» jumlasidan oldingi gaplar keltirilmagan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:01:57
95-bob Bu ummat jannat ahlining yarmini tashkil etishi haqida

413/1. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannat ahlining to‘rtdan bir qismini tashkil etishingizdan rozi emasmisizlar?» degan edilar, biz: «Allohu akbar», deb takbir aytdik. Keyin yana: «Jannat ahlining uchdan bir qismini tashkil etishingizdan rozi emasmisizlar?» degan edilar, biz yana: «Allohu akbar», deb takbir aytdik. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men   sizlarning  jannat   ahlining  yarmini   tashkil   etishingizga   umid qilaman. Va bu haqda tez kunlarda xabar beraman. Musulmonlar kofirlar ichida xuddi qora moldagi oq tukka yoki oq moldagi qora tukka o‘xshab turishadi», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:02:04
414/2. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz chamasi qirq kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga chodirda o‘tirgan edik, u zot: «Jannat ahlining to‘rtdan biri bo‘lishga rozimisizlar?» degan edilar, biz: «Ha», dedik. U zot: «Jannat ahlining uchdan biri bo‘lishga rozimisizlar?» degandilar, biz: «Ha», dedik. Shunda u zot: «Men sizlarning jannat ahlining yarmi bo‘lishingizga umid qilaman. Albatta jannatga faqatgina musulmon jongina kiradi. Sizlar shirk ahlining orasida xuddi qora mol terisidagi oq tukka yoki qizil rangli moldagi qora tukka o‘xshaysizlar», deb aytdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:02:11
415/3. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qora chodirga suyanib turib bizga quyidagicha xutba aytdilar: «Jannatga faqat musulmon jon kiradi. Allohim, yetkazdimmi? Allohim, yetkazdimmi? O’zing guvoh bo‘l. Sizlar jannat ahlining to‘rtdan bir qismi bo‘lishni yaxshi ko‘rasizlarmi?» degan edilar, biz: «Ha, ey Allohning rasuli!» dedik. U zot: «Jannat ahlining uchdan biri bo‘lishni yaxshi ko‘rasizlarmi?» degan edilar, biz: «Ha, ey Allohning rasuli!» dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men sizlarning jannat ahlining yarmi bo‘lishingizga umid qilaman. Sizlar boshqa ummatlar ichida xuddi oq moldagi qora tukka yoki qora moldagi oq tukka o‘xshaysizlar», deb aytdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 19 Oktyabr 2006, 07:02:24
96-bob Alloh taoloning Odam alayhissalomga «Do‘zaxga yo‘llanganlarning har mingtasidan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasini chiqar», deb aytgan so‘zi haqida

416/1. Abu Said roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Ey Odam», degan edi, Odam alayhissalom: «Labbayka va sa’dayka, yaxshilik Sening qo‘lingdadir», dedilar. Alloh taolo: «Do‘zaxga yollanganlarni chiqar», degan edi, Odam alayhissalom: «Do‘zaxga yollanganlar kim o‘zi?» dedilar. Alloh taolo: «Har mingtadan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasini chiqar», dedi. Bu narsa yosh bolalarning sochi oqarganda, barcha homiladorlar o‘z homilasini tashlaganda va odamlarni mast-alast holda ko‘rilganda bo‘ladi, holbuki ular o‘zlari mast emaslar, lekin Allohning azobi qattiqdir». Bu gap sahobalarga og‘ir botib: «Ey Allohning rasuli! Bu qaysi kishi?» deyishgan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xushxabar beringlar, chunki Ya’juj va Ma’jujdan mingta, sizlardan bir kishi», dedilar, so‘ngra yana: «Mening jonim Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, men sizlarni jannat ahlining to‘rtdan biri bo‘lishingizni qattiq istayman», degandilar, biz Allohga hamd va takbir aytdik. So‘ngra yana u zot: «Jonim Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, jannat ahlining uchdan biri bo‘lishingizni qattiq istayman», degan edilar, biz Allohga hamd va takbir aytdik. Keyin yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jonim Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, sizlar jannat ahlining yarmi bo‘lishingizni qattiq istayman. Albatta sizlarning boshqa ummatlar ichidagi misolingiz xuddi qora terili moldagi oq tukka yoki eshak oyog‘idagi yumaloq narsaga o‘xshaydi», dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, faqat «Usha kuni odamlar qora moldagi oq tukka yoki oq moldagi qora tukka o‘xshaydi» bo‘lib kelgan, ammo oxiridagi   «Eshak   oyog‘idagi   yumaloq  narsaga  o‘xshaydi»,   degan   so‘z   zikr qilinmagan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:15:52
TAHORAT KITOBI
1-bob Tahoratning fazilati


417/1. Abu Molik al-Ash’ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Poklik iymonning yarmi, «Alhamdulillah» tarozuni to‘ldiradi. «Subhanallohu valhamdulillah» yeru osmon orasini to‘ldiradi. Namoz nurdir. Sadaqa hujjatdir. Sabr ziyodir. Qur’on foydangga yoki zararingga hujjatdir. Barcha insonlar o‘zlari yurib borib, o‘zini Allohga toat qilish ila sotib azobdan saqlaydi. Yoki o‘zini shayton va havoyi nafsiga sotib halok etadi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:16:04
 2-bob Namoz uchun tahorat bshlishining vojibligi haqtda

418/1. Mus’ab ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat milinadi. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu Ibn Omirni kasallik paytlarida kshrgani kirganlarida, Ibn Omir roziyallohu anhu: «Ey Ibn Umar! Mening haqshimga Allohdan sshrab duo milmaysizmi?» dedilar. Ibn Umar roziyallohu anhu: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitdim. U zot: «Poklik bshlmaganida namoz qshbul milinmaydi. (Shdjadan shqirlangan) xiyonatli moldan sadaqsh qshbul etilmaydi», dedilar. Siz esa Basrada (voliy) bshlgansiz. Ya’ni, voliylik paytingizda xiyonatdan omonda bshlmagansiz», deb aytdilar.

Bu yerda yuqyuridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:16:29
419/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qshlinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringizning tahorati buzilsa, to (suv yoki tuprom ila) poklanmagunicha namozi qshbul etilmaydi», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:16:45
 3-bob Tahoratning sifati va mukammal ado etilishi

420/1. Usmon roziyallohu anhuning mullari Humron roziyallohu anhudan rivoyat milinadi. Usmon ibn Affon tahorat milish uchun suv chamirtirdilar. (IDsha suvda) tahorat milib, kaftlarini uch marta yuvib, sshngra oqizlarini chayib, burunga suv tortib chayib, keyin yuzlarini uch marta yuvib, sshng shng mshllarini tirsaklarigacha uch marta, chap mshllarini ham uch marta yuvib, keyin boshlariga mash tortib, sshngra shng oyomlarini oshimlarigacha uch marta yuvib, keyin Usmon ibn Affon roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning   mening   tahoratim   kabi   tahorat   milganlarini   ko'rganman.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:16:54
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim mening tahoratim kabi tahorat qgalib, sshng ikki rakat namoz shqshsa va xotirasida dunyo ishlari va namozga taalluqshi bshlmagan narsalar sodir bshlmasa, avvalgi (kichik) gunohlari kechiriladi», deganlar», deb aytdilar. Ibn Shihob roziyallohu anhu: «Ulamolarimiz mana shu (uchtadan yuvib) tahorat qshlgan kishining tahorati mukammaldir, dedilar», deb aytdilar.
421/2. Usmon roziyallohu anhuning mullari Humron roziyallohu anhudan rivoyat qgalinadi. Bu zot Usmon roziyallohu anhuning idishda suv chaqshrtirib, kaftlariga suvni uch marta muyib yuvganlarini, ssh,ngra sh,ng qn’llarini idishga kirgizib oqizlarini chayib, burunga suv tortib chayib, keyin uch marta yuzlarini hamda qn’llarini tirsaklarigacha uch marta yuvganlarini, ssh,ngra boshlariga mash tortganlarini, keyin oyomlarini uch marta yuvganlarini kshrganlarini aytadilar. Ssh,ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muyidagi aytgan ssh,zlarini keltiradilar: «Kim mening tahoratim kabi tahorat qshlsa, ssh,ngra ikki rakat namoz shqshsa va xotirasida dunyo ishlari hamda namozga taallumli bshlmagan narsalar sodir bsh,lmasa, avvalgi (kichik) gunohlari kechiriladi».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:17:07
 4-bob Tahoratning fazilatlari hamda uning so’nggidan namoz o’qish haqida
422/1. Usmon roziyallohu anhuning o’g’illari Humron roziyallohu anhudan rivoyat qgalinadi. Usmon ibn Affon roziyallohu anhu masjidning hovlisida yurganlarida muazzin asr vamtida keldi. U zot tahorat suvini chaqgartirib, sshngra tahorat qshldilar. Keyin u zot: «Alloh nomiga masamki, sizlarga bir hadis aytib beraman, agar Allohning kitobidagi oyat bshdmaganida gapirmas edim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror musulmon kishi tahoratini chiroyli olsa va (sshnggidan) namoz shhshsa, Alloh u namozi bilan keyingi namozi orasidagi (xatolarini) kechiradi», deganlar», dedilar.

Bu yerda yuqyuridagi hadis takror kelgan, famat «tahoratini chiroyli qgalib, farz namozini shqshsa» ssh,zi ziyoda milingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:17:18
423/2. Humron roziyallohu anhudan rivoyat milinadi. Usmon roziyallohu anhu tahorat qgalib dedilar: «Alloh nomiga masamki, men sizlarga bir hadis aytib beraman, agar Alloh kitobidagi muyidagi «Biz nozil milgan hujjatlar va hidoyatdan iborat narsalarni odamlarga Kitobda (Tavrotda) ravshan qshlib berganimizdan keyin berkitgan kimsalarni shubhasiz Alloh la’natlagay va la’natlovchi zotlar (farishtalar va mshminlar) la’natlagaylar» (Bamara surasi, 159-oyat) oyati bsh,lmaganida men uni gapirmas edim. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman, u zot: «Biror kishi tahoratini chiroyli tarzda ado qshlib, sshdgra namoz sh,qshsa, sh,sha namozi bilan kelgusidagi namozi orasidagi gunohlari kechiriladi», deb aytganlar»
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:17:27
424/3. Ishom ibn Said ibn Amr ibn Said ibn Oss otalaridan qshlgan rivoyatda shunday keltiriladi: «Men Usmon roziyallohu anhu huzurlarida edim. U zot tahorat suvini olib kelishlarini buyurdilar va muyidagi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sshzlarini eshitganliklarini aytdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror musulmon kishining farz namozi hozir bshlsa va u tahoratini, xushu’sini, ruku’sini chiroyli suratda ado etsa, modomiki kabira gunohni sodir etmasa, avvalgi gunohlariga kafforat bshladi, bu zamonning barchasida davom etadi», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:17:41
425/4. Usmonning mullari Humron roziyallohu anhudan rivoyat milinadi. Bu zot aytdilar: «Men Usmon ibn Affonning huzurlariga tahorat suvi ila bordim. U zot tahorat mildilar-da, ssh,ngra: «Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan, deb hadislarni gapirishadi-da, u gapirilgan narsa nima ekanini bilmaydi. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mening tahoratim kabi tahorat milganlarini ksh,rdim. Ssh,ngra u zot: «Kim mana shunday tahorat milsa, avvalgi gunohlari kechiriladi. Uning namozi va masjidga yurib borgan madami nafl bo'ladi», dedilar», deb aytdilar».

Ibn Abdaning rivoyatlarida «Usmonning oldilariga borsam, u zot tahorat mildilar» bsh,lib kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:17:53
426/5. Abu Anas roziyallohu anhudan rivoyat qshlinadi. Usmon roziyallohu anhu shrindimda tahorat mildilar-da: «Men sizlarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tahoratlarini kshrsatib mshyaymi?» deb uch marta-uch martadan yuvib tahorat mildilar.

Mutayba roziyallohu anhuning rivoyatlarida «U zot (tahorat milayotganlarida) huzurlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari bor edi» sshzi ziyoda milingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:18:02
427/6. Humron ibn Abon roziyallohu anhudan rivoyat milinadi. «Men Usmon roziyallohu anhu suvlarini tayyorlab berar edim. U zot bir kun shtmasdi, agar sh,tsa ham, shsha kuni qusl milardilar. Usmon roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozdan foriq bshdib tarmalayotganimizda: «Sizlarga gapirib beraymi yoki gapirmasdan jim turaymi?» degandilar, biz: «Ey Allohning rasuli! Agar yaxshilik bshdsa, gapiring. Undan boshmasi bsh,lsa, Alloh va Uning rasuli biluvchiromdir», dedik. Shunda u zot: «Biror musulmon kishi tahorat olib, Alloh farz milgan tahoratni mukammal milsa va mana shu namozni besh vamt ado etsa, shsha namozlar orasidagi xatolarga kafforat bshladi», dedilar», deb aytdilar».

Roviylardan biri Mis’or roziyallohu anhu: «G’sha tarmalayotgan namoz asr namozi edi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:18:12
428/7.   Abu  Burda  bu  masjidda  Bishrning   amirlik  paytida  gapirib berdilar.    Usmon   ibn   Affon   roziyallohu   anhudan   rivoyat   milinadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tahoratini Alloh buyurganidek mukammal qshlsa va farz namozlarini ham mukammal ado etsa, orasidagi (xatolariga) kafforat bshladi», dedilar.

Ibn Muozning hadislaridir. Lekin Qundorning hadislarida «Bishrning amirlik paytida» va «farz namozlari», degan sshz keltirilmagan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:18:23
429/8. Usmon roziyallohu anhuning mullari Humron roziyallohu anhudan rivoyat milinadi. Usmon ibn Affon roziyallohu anhu kunlarning birida chiroyli tahorat milib: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chiroyli suratda tahorat olib: «Kim mana shunday tahorat olib, sshngra masjidga chimsa, uni famat namozgina turqizsa, shtgan gunohlari kechiriladi», dedilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:18:37
430/9. Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan rivoyat milinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki namoz uchun tahorat milib, uni chiroyli suratda ado etsa, sshngra farz namoziga yurib borib, odamlar bilan birga yoki jamoat bilan masjidda namoz shmisa, Alloh u kishining gunohlarini kechiradi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:18:48
5-bob Besh vamt namoz jumadan jumagacha, ramazondan ramazongacha bshlgan gunohlarga kafforatdir, agar kabira gunohlardan chetlangan bo’lsa

431/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qshlinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Besh vamt namoz jumadan jumagacha bshlgan gunohlarga kafforatdir, agar kabira gunohlarni aralashtirmagan bshlsa», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:19:02
432/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qshlinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Besh vamt namoz jumadan jumagacha bshlgan (gunohlarga) kafforatdir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:20:17
433/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat milinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Besh vamt namoz jumadan jumagacha, ramazondan ramazongacha bshlgan (gunohlarga) kafforatdir, agar kabira gunohlardan samlangan bshlsa», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:20:47
6-bob Tahorat svdnggidan aytilishi mustahab bvdlgan zikrlar

434/1. Umba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qshlinadi. «Biz tuyalarni bomar edik. Mening navbatim kelib, kechki payt ularni salminlatgani olib chimsam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ksh,rib moldim. U zot tek turib odamlarga gapirayotgan ekanlar. Ssh,zlaridan angladimki, u zot: «Biror musulmon kishi tahorat milib, uni chiroyli suratda ado etsa, sshngra turib ikki rakat namoz shmisa va u namozga malbi va yuzi ila yuzlansa, unga jannat vojib bshladi», dedilar. Men buncha ham yaxshi, deb tursam, mening oldimda bir kishi turib sh,sha yaxshi narsani gapirdi. Q1arasam, u zot Umar roziyallohu anhu ekanlar. U zot: «Men sening hozir kelganingni ksh,rdim. Sizlardan biror kishi tahorat milib, uni mukammal suratda bajarsa, ssh,ngra «Ashhadu anla ilaha illallohu va anna Muhammadan abduhi va rasuluh», deb aytsa, uning uchun jannatning sakkiz eshigi ochiladi. U sh,sha eshiklarning xohlaganidan kiradi», dedilar».

Bu yerda yumoridagi hadis takror kelgan, lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oxirida dedilar: «Kim tahorat milib «Ashhadu anla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rasuluh», deb aytsa...» so’zlari ziyoda qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:21:02
7-bob Tahoratning boshqga sifatlari haqtda

435/1. Abdulloh ibn Zayd ibn Osim al-Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qshlinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga suhbatda bsh,lgan kishilardandirlar. Abdullohga «Bizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tahoratlari kabi tahorat qshlib bering», deyilganida, u zot idishda suv keltirishlarini ssh,radilar. Keltirishgan edi, u suvdan ikki msh,llariga muyib uch marta yuvdilar, sshngra msh,llarini idishga kirgizib chimardilar-da, oqizlari va burunlarini chayib va uni bir kaftlarida uch martadan bajarib, sshngra msh,llarini idishga kiritib chimardilar-da, msh,llarini tirsaklarigacha ikki marta-ikki martadan yuvdilar. Sshngra mshllarini kiritib chimardilar-da, boshlariga mash tortdilar, uni tortishda mshllarini peshonalaridan gardanlarigacha va gardanlaridan peshonalarigacha yurgizdilar, sshngra ikki oyomlarini ikki oshimlarigacha yuvdilar-da, «Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam tahoratlari shunday bshlgan edi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis uch marta takror kelgan. Birinchisida «ikki oshiq» zikr etilmagan, ikkinchisida esa «bir kaftlarida», deyilgan so‘z zikr qilinmagan hamda «peshonalaridan gardanlarigacha, gardanlaridan peshonalarigacha» so‘zidan keyin «boshlarining old tomonidan boshlab gardanlarigacha yurgizdilar, so‘ngra uni qaytarib boshlagan makonga qaytardilar-da, oyoqlarini yuvdilar» jumlasi ziyoda qilingan. Uchinchisida «og‘iz-burunni chayib, burunga suvni achishtiradigan darajada uch martadan suv yuborib, boshlariga mash tortdilar. Uni tortishda qo‘llarini peshonalaridan gardanlarigacha va gardanlaridan peshonalarigacha bir marta yurgizdilar» so‘zi ziyoda qilingan.

Bahz roziyallohu anhu: «Bu hadisni menga Vuhayb yozib bergan», dedilar. Vuhayb esa: «Bu hadisni menga Amr ibn Yahyo ikki marta yozib bergan», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:21:12
436/2. Abdulloh ibn Zayd ibn Osim al-Moziniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tahorat olib og‘izlarini chayib, so‘ngra burunlariga achishtiradigan darajada suv olib, so‘ngra uch marta yuzlarini, uch marta o‘ng qo‘llarini, uch marta chap qo‘llarini yuvib, qo‘llaridan ortib qolgan yangi suv bilan boshlariga mash tortib hamda oyoqlarini toza qolguncha yuvganlarini ko‘rdim», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:21:27
8-bob Burunga suv olish va tosh bilan orqani artishda toq bajarish haqida

437/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan birortangiz orqasini artish uchun tosh ishlatadigan bo‘lsa, toq ishlatsin. Agar tahorat qilsa, burniga suv olib, uni dimog‘igacha yetkazsin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:21:35
438/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir nechta hadis zikr qildilar. Ulardan biri: «Agar sizlardan biringiz tahorat qilsa, burni bilan nafas olib, uning teshigidan suv kirgizib, so‘ngra dimog‘iga yetkazsin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:21:44
439/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki tahorat qilsa, dimog‘iga suv yetkazsin. Kimki tosh ila orqasini artsa, toq bajarsin», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:21:54
440/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz uyqusidan uyg‘onsa, uch marta dimog‘iga suv yetkazsin. Chunki shayton insonning dimog‘ida tunaydi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:22:07
441/5. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz orqasini tosh ila artsa, toq bajarsin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:22:20
9-bob Ikki oyokni mukammal yuvishning shartligi haqida

442/1. Shaddodning qullari Solim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu vafot etgan kunlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xotinlari Oisha roziyallohu anhoning huzurlariga kirdim. Abdurahmon ibn Abu Bakr roziyallohu anhu ham kirib, u onamiz huzurlarida tahorat qildilar. Shunda Oisha roziyallohu anho: «Ey Abdurahmon! Tahoratingni mukammal qil! Chunki men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Tovoniga (suv yetkazmaganlar uchun) do‘zaxdagi eng kuchli olov bo‘lsin», deb aytganlarini eshitdim», dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis uch marta takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:22:49
443/2. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Makkadan Madinaga qaytayotib, yo‘ldagi suv ustida to‘xtasak, qavmdagilar asr vaqtiga shoshib, tahoratni ham shoshqaloqlik bilan bajarishdi. Biz borsak, ularning tovonlariga suv tegmagani ko‘rinib qoldi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Oyog‘iga suv tegmagan joylarga do‘zaxdagi eng kuchli olov bo‘lsin. Tahoratingizni mukammal qilinglar», deb aytdilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «Tahoratingizni mukammal qilinglar» so‘zi aytilmagan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:22:58
444/3. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz safarga chiqqanimizda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizdan ortda qoldilar. Biz, qachonki, u zotni topganimizda asr vaqti kirib qolgan edi. Biz (tahorat qilayotib) oyoqlarimizga mash tortganimizda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tovoniga suv tegmaganlar uchun do‘zaxdagi eng kuchli olov bo‘lsin», deb nido qildilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:24:10
445/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tovonini yuvmagan kishini ko‘rib: «Tovoniga (suv yetkazmaganlar) uchun do‘zaxdagi eng kuchli olov bo‘lsin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:24:19
446/5. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot suv idishda tahorat qilayotgan qavmni ko‘rib: «Tahoratni mukammal qilinglar, chunki men Abulqosim, ya’ni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Tovon tepasiga (suv yetkazmaganlar uchun) do‘zaxdagi eng kuchli olov bo‘lsin», deb aytganlarini eshitganman», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:25:16
447/6. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tovoniga (suv yetkazmaganlar uchun) do‘zaxdagi eng kuchli olov bo‘lsin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:25:28
10-bob Tahorat kilayotganda tahorat o‘rinlari bo‘lgan barcha a’zolarga suv etkazish shartligi haqida

448/1. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Umar ibn Xattob menga xabar berishlaricha, bir kishi tahorat olib, oyog‘idagi tirnoq o‘rnini yuvmasdan tark qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaytib tahoratingni chiroylilab qilgin», dedilar. U kishi qaytib ( tahoratini qaytadan oldi-da), so‘ngra namoz o‘qidi».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:25:40
11-bob Tahorat suvi bilan birga xatolarning chiqib ketishi haqida

449/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar musulmon yoki mo‘min banda tahorat qilib yuzini yuvsa, ko‘zi bilan qarab sodir etgan barcha xatolari suv bilan yoki oxirgi qatra suv bilan chiqib ketadi. Agar ikki qo‘lini yuvsa, qo‘li bilan sodir etgan barcha xatolari suv bilan yoki oxirgi qatra suv bilan chiqib ketadi. Agar ikki oyog‘ini yuvsa, oyog‘i bilan sodir etgan barcha xatolari suv bilan yoki oxirgi qatra suv bilan birga chiqib ketadi, hattoki gunohlardan pok holda chiqib ketadi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:25:51
450/2. Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tahorat qilib, uni chiroyli suratda ado etsa, jasadidan xatolari chiqib ketadi, hattoki tirnoqlari ostidan ham chiqib ketadi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:26:03
12-bob Tahorat sababli hosil bo‘ladigan peshona, oyoq va qo‘ldagi oq qashqani uzaytirish, ya’ni tahorat qilayotganda a’zolarni yuqori qismigacha yuvish mahbubligi haqida

451/1. Nu’aym ibn Abdulloh al-Mujmir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Abu Hurayra roziyallohu anhuning tahorat olib, yuzlarini yuvib, tahoratni mukammal qilib, so‘ngra o‘ng qo‘llarini yuvib, hatto yelkadan bilakkacha bo‘lgan qismini yuvishga kirishganlarini ko‘rdim. So‘ngra chap qo‘llarini yuvib, hatto yelkadan bilakkacha bo‘lgan qismini yuvishga kirishib, so‘ngra boshlariga mash tortib, keyin o‘ng oyoqlarin yuvib, hatto boldirni ham yuvdilar. Keyin chap oyoqlarini yuvib, hattoki boldirni ham yuvganlarini ko‘rdim. So‘ngra Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mana shunday tahorat qilganlarini ko‘rdim», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar tahoratni mukammal qilganingiz uchun qiyomat kuni peshonasi, oyoq va qo‘li oq qashqa bo‘luvchisizlar. Sizlardan qaysi biringiz peshonasidagi va oyoq hamda qo‘lidagi qashqani uzun qilishga qodir bo‘lsa, uzaytiraversin, ya’ni a’zolarini teparoq qismigacha yuvib, oq qashqasini uzaytiraversin», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:26:19
452/2. Nu’aym ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Abu Hurayraning tahorat qilib, yuzlari va qo‘llarini yuvib, hatto yelkalarigacha suv yetkazganlarini, so‘ngra ikki oyoqlarini yuvib, hatto boldirlarigacha suv yetkazganlarini ko‘rdim. So‘ngra Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, ummatlarim tahorati izi sababli qiyomat kuni peshonasi, oyoq-qo‘llaridagi oq qashqa bilan kelishadi. Sizlardan qaysi biringiz o‘sha qashqasini uzaytirishga qodir bo‘lsa, bajaraversin, ya’ni a’zolarini tepa qismigacha yuvib qashqasini uzaytiraversin», deb aytganlarini eshitganman», dedilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:26:32
453/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta havzim Ayla shahri bilan Adan shahri oralig‘idagi masofadan ham uzoqroqdir. U havz qordan oq, asal, sutdan mazalidir. Idishlari yulduz adadidan ham ko‘proqdir. Men odamlarni o‘sha havzga tushishdan xuddi kishi odamlarning tuyasini suv havzasiga tushishidan to‘sgani kabi to‘saman», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Usha kuni bizni taniysizmi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, taniyman. Usha kuni sizlarda bir siymo bo‘ladi, u siymo boshqa ummatlardan birortasida bo‘lmaydi. Sizlar mening havzimga tahorat izlari sababli paydo bo‘lgan oq qashqalaringiz bilan tushasizlar», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:26:46
454/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatlarim mening havzimga tushganlarida boshqa odamlarning xuddi bir kishi boshqa kishilarning tuyasini (suv ichishdan) to‘sib haydagani kabi men ham haydayman», deganlarida, sahobalar:    «Ey    Allohning    nabiysi!    Bizni    taniysizmi?»    deyishdi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, taniyman! Sizlarda o‘sha kuni bir siymo bo‘lib, sizlardan boshqalarda u bo‘lmaydi. Tahorat izi sababli sodir bo‘lgan oq qashqa bilan (havzimga) tushasizlar. Sizlardan bo‘lgan bir toifa (havzimga) tushishdan to‘silgani uchun yetib kela olishmaydi. Men: «Ey Rabbim! Bular mening ashoblarimdan-ku?» desam, bir farishta javob berib: «Sendan keyin ular nimalar qilishganini bilasanmi?» deb aytadi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:27:02
455/5. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mening havzim Ayla shahri bilan Adan shahri oralig‘idagi masofadan ham uzoqroqdir. Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, men havzimdan kishilarni xuddi bir kishi suv havzasidan notanish tuyani uzoqlatib haydagani kabi haydayman», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Bizni taniysizmi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, taniyman! Tahorat izi sababli sodir bo‘lgan oq qashqa bilan mening havzimga tushasizlar. (Usha kunda) sizlardan boshqa bir kishida u qashqa bo‘lmaydi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:27:16
456/6. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam maqbara oldiga kelib: «Ey mo‘minlar diyori qavmi! Sizlarga salom bo‘lsin. Xudo xohlasa, bizlar ham sizlarga yo‘liqurmiz, qani biz birodarlarimizni ko‘rsak edi», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Biz sizning birodarlaringiz emasmizmi?» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar sahobiylarimsiz, birodarlarimiz hali kelishmagan», dedilar. Sahobalar: «Ey Allohning rasuli! Ummatingizdan hali kelmaganlarini qanday taniysiz?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bilmaysizlarmi, agar bir kishining qora-qura otlari orasida oq qashqali oti bo‘lsa, o‘sha oq qashqali otini tanimasmidi?» dedilar. Sahobalar: «Taniydi, ey Allohning rasuli!» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ular tahoratlari sababli oq qashqa bo‘lib kelishadi. Men esa ularni havzga olib kelaman. Ogoh bo‘ling! Xuddi adashib yurgan begona tuyani (suv havzasidan) haydagan kishi kabi havzimdan (begona) kishilarni haydab, (ummatilarimni) «Kelinglar!» deb chaqiraman. Menga «Ular sendan keyin (dinni) o‘zgartirib yuborishgan», deyilsa, men: «Unday bo‘lsa, uzoq-uzoq turishsin», deyman», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «havzimdan (begona) kishilarni haydayman» jumlasi zikr etilmagan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:27:59
13-bob Tahorat suvi yetgan joygacha ziynatning yetishi haqida

457/1. Abu Hozim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Abu Hurayra roziyallohu anhu namoz o‘qish uchun tahorat olayotganlarida men orqalarida edim. U zot qo‘llarini cho‘zgandilar, hatto qo‘ltiqlarigacha yetib bordi. Men: «Ey   Abu   Hurayra!    Bu   qanaqa   tahorat?»   degan   edim,   Abu   Hurayra roziyallohu anhu: «Ey Farruh bolalari! Sizlar bu yerda ekansizlar-da, agar bu yerda ekanligingizni bilganimda bu kabi tahorat qilmas edim. Men do‘stim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Tahorat suvi yetgan joygacha mo‘minning ziynati yetadi», deganlarini eshitganman», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:28:14
14-bob Qiyinchilikda tahoratni mukammal tarzda ado etishning fazilati haqida

458/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh xatolarni o‘chirib, darajalarni ko‘taradigan narsaga ko‘rsatma beraymi?» deganlarida, sahobalar: «Ha, ko‘rsatma bering», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qiyinchilik paytida tahoratni mukammal tarzda ado etish, masjidga qadamini ko‘paytirish va namozdan keyin namozni (vaqti kirishini) kutishdir. Mana shu marg‘ub bo‘lingan narsa», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Lekin «marg‘ub bo‘lingan narsa» so‘zi zikr qilinmagan. Molikning rivoyatlarida ana shu so‘z ikki marta zikr qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:28:27
15-bob Misvok haqida

459/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar mo‘minlarga (Zuhayrning rivoyatlarida «ummatimga» bo‘lib kelgan) mashaqqat bo‘lmaganida, ularga har bir namoz oldidan misvok ishlatishni buyurar edim», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:28:40
460/2. Miqdom ibn Shurayh otalaridan rivoyat qilinadi. «Oisha roziyallohu anhodan «Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylariga kirganlarida qaysi narsadan (harakatni) boshlardilar?» deb so‘rasam, Oisha roziyallohu anho: «Misvokdan boshlar edilar», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:28:52
461/3. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyga kirsalar, (ishni) misvokdan boshlardilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:29:02
462/4. Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirsam, misvokning bir tomoni tillarida ekan».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:29:14
463/5. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar tajahhud namozini o‘qish uchun tursalar, misvok bilan tishlarini ishqardilar», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta takror kelgan. Faqat «tajahhud» kalimasi o‘rniga «kechasi» bo‘lib kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 19 Oktyabr 2006, 20:29:22
464/6. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot kechalarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida tunab qoldilar. Allohning nabiysi kechaning oxirida turib (tashqariga) chiqdilar-da, osmonga qarab Oli-Imron surasining 190-191 oyatlarini o‘qidilar: «Osmonlar va yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun (bir yaratuvchi va boshqarib turguvchi Zot mavjud ekanligiga) oyat-alomatlar borligi shubhasizdir. Ular turganda ham, o‘tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar hamda osmonlar va yerning yaralishi haqida tafakkur qilib (deydilar): «Parvardigoro, bu (borliq)ni behuda yaratganing yo‘q. Sen (behuda biror ish qilish aybidan poksan. Uzing bizni jahannam azobidan asragil». So‘ngra uyga qaytib, misvok ishlatdilar, tahorat olib, keyin namoz o‘qidilar. So‘ngra yonboshlab, keyin turdilar-da, (tashqariga) chiqib, osmonga qarab yuqoridagi oyatlarni o‘qidilar. So‘ngra qaytib, misvok ishlatib tahorat qildilar-da, so‘ngra turib namoz o‘qidilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:18:59
16-bob Fitratga (ya’ni, sof tabiatga) taalluqli xislatlar

465/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Fitrat besh xildir yoki beshta narsa fitratdandir: 1. Xatna qildirish. 2. Jinsiy a’zodagi junlarni qirish. 3. Tirnoqlarni olish. 4. Qo‘ltiq osti junlarini yulish. 5. Mo‘ylovni qisqartirish», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:19:28
466/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Fitrat beshtadir: 1. Xatna qildirish. 2. Jinsiy a’zodagi junlarni qirish. 3. Mo‘ylovni qisqartirish. 4. Tirnoqlarni olish. 5. Qo‘ltiq osti junlarini yulish», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:19:40
467/3. Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Mo‘ylovni qisqartirish, tirnoqlarni olish, qo‘ltiq osti junlarini yulish va jinsiy a’zolardagi tuklarni qirish uchun bizga muddat tayin qilindi. Usha muddat qirq kechadir (ya’ni, bu ishlarni qilishni qirq kechadan o‘tkazib yubormaslik lozimdir)», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:19:55
468/4. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘ylovlarni qirtishlab olib, soqollarni shundog‘icha qo‘yib yuboringlar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:20:30
469/5. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mo‘ylovlarni qirtishlab olib, soqollarni shundog‘icha qo‘yib yuborishga buyurdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:22:37
470/6. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mushriklarga xilof qilgan holda mo‘ylovlarni qirtishlab olib, soqollarni qo‘yib yuboringlar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:22:56
471/7. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Majusiylarga xilof qilgan holda mo‘ylovni qirqib, soqolni qo‘yib yuboringlar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:23:07
472/8. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Un narsa fitratdan, ya’ni sof tabiatdandir: 1. Mo‘ylovni qirtishlash. 2. Soqolni qo‘yib yuborish. 3. Misvok ishlatish. 4. Burunning ichiga suv olish. 5. Tirnoqni olish. 6. Bo‘g‘im joylarni yuvish. 7. Qo‘ltiq osti tuklarini yulish. 8. Jinsiy a’zodagi tuklarni qirish. 9. Istinjo. 10. ... », deb aytdilar.

Ushbu hadis roviylaridan biri Mus’ab ibn Shayba roziyallohu anhu: «Uninchisini unutdim, balki og‘iz chayish bo‘lsa kerak», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:23:31
17-bob Istinjo haqida

473/1. Salmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zotga «Payg‘ambaringiz barcha narsani o‘rgatadi, hattoki hojatxonaga borishni ham-a?!» deb aytilganida, Salmon: «Ha, o‘rgatadilar. Haqiqatda bizga qiblaga yuzlanib katta hojat chiqarishdan yoki peshob qilishdan, o‘ng qo‘l bilan uchtadan oz tosh ila yoki tezak yo suyak bilan istinjo qilishdan man etdilar», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Va mushriklar so‘ragani zikr qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:23:39
474/2. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (orqani) suyak yoki tezak bilan artishdan man qildilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:23:47
475/3. Abu Ayyub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar hojatxonaga borsangiz, peshob yoki katta hojat qilsangiz, qibla tomonga oldingizni ham, orqangizni ham qaratmang. Lekin sharq yo g‘arb tomonga qarating», dedilar. (Chunki Madina shahridagilar sharq yoki g‘arb tomonga qarab hojat chiqarishsa, o‘shanda qibladan teskari tomonga yuzlangan bo‘lishadi... - tarj.)

Abu Ayyub roziyallohu anhu aytadilar: «Biz: «Shom shahriga borib hojatxona topdik, u qibla tomonga qarab qurilgan edi. Biz (qodir bo‘lganimizcha) undan burilib o‘tirsak-da, bu qilgan ishimizga Allohdan mag‘firat qilishini so‘rasak bo‘ladimi?» desak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:23:56
476/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz hojat chiqarish uchun o‘tirsa, qibla tomonga oldini ham, orqasini ham qaratmasin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:24:04
477/5. Muhammad ibn Yahyo amakilari Vose’ ibn Habbon roziyallohu anhudan qilgan rivoyatlarida Vose’ ibn Habbon roziyallohu anhu aytdilar: «Men masjidda namoz o‘qiyotgan edim, Abdulloh ibn Umar qibla tomonga orqalari ila suyanib turgan ekanlar. Qachonki, namozimni tugatib bir tomonim bilan u kishiga qarasam, u zot: «Odamlar «Agar hojating uchun o‘tirsang, qibla tomonga ham, Bayt ul-maqdis tomonga ham yuzlanma», deb aytishadi. Men uyning tepasiga chiqib qarasam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki g‘isht ustiga o‘tirib, Bayt ul-maqdis tomonga yuzlanib hojatlarini chiqarayotganlarini ko‘rdim», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:24:29
478/6. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Singlim Hafsaning uyi ustiga ko‘tarilib qarasam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Shom tomonga oldilarini va qibla tomonga orqalarini qaratib, o‘tirgan holda hojat chiqarayotgan ekanlar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:25:16
18-bob O’ng qo‘l bilan istinjo qilishdan man etilgani haqida

479/1. Abdulloh ibn Abu Qatoda roziyallohu anhu otalaridan qilgan rivoyatda    keltirilishicha,    Rasululloh    sollallohu    alayhi    vasallam: «Sizlardan birortangiz peshob qilayotganida zakari (jinsiy olati)ni o‘ng qo‘li bilan ushlamasin, hojat chiqarganida o‘ng qo‘li bilan artmasin va idish ichida nafas olmasin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:25:23
480/2. Abdulloh ibn Abu Qatoda roziyallohu anhu otalaridan qilgan rivoyatda keltirishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan birortangiz hojatxonaga kiradigan bo‘lsa, zakarini o‘ng qo‘li bilan ushlamasin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:25:30
481/3. Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam idish ichida nafas olishdan, zakarini o‘ng qo‘li bilan ushlashdan va o‘ng qo‘li bilan istinjo qilishdan man etdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:28:07
19-bob Poklanish va boshqa narsalarda o‘ng tomondan boshlash haqida

482/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tahorat qiladigan bo‘lsalar yoki soch taraydigan bo‘lsalar yoxud poyabzal kiyadigan bo‘lsalar, o‘ng tomondan boshlashni yaxshi ko‘rardilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:28:17
483/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam poyabzal kiyish bo‘lsin, soch tarash yoki poklanish bo‘lsin, barcha ishlarni o‘ng tomondan boshlashni yaxshi ko‘rardilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:29:09
20-bob Yo‘llarga va soyalaniladigan joylarga hojat chiqarib bulg‘ashdan qaytarilgani haqida

484/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikkita la’natlanishga sabab bo‘luvchi narsadan qo‘rqinglar», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli! U ikki la’natlanishga sabab bo‘luvchi narsa nima?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ular odamlar yuradigan yo‘l va soyalaniladigan joyga hojat chiqarib ketish», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:29:29
21-bob Najas va siydik chiqarganda suv bilan istinjo qilish haqida

485/1. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam devor ila to‘silgan joyga kirdilar. Idishda suv olib bir xizmatkor bola u zotga ergashdi. U eng kichigimiz edi. U idishdagi suvni lotos guli oldiga qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa hojatlarini chiqarib, bizning oldimizga chiqdilar. U zot chiqqanlarida suv bilan istinjo qildilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:29:51
486/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonaga kirsalar, men va men kabi bir bola idishda suv va tayokcha ko‘tarib borar edik. U zot esa suv bilan istinjo kilardilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:30:01
487/3. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonaga borib ichlarini bo‘shatadigan bo‘lsalar, men suv olib borar edim, u zot esa o‘sha suv bilan yuvar edilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:30:18
22-bob Ikki mahsiga mash tortish haqida

488/1. Hammom roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Jarir roziyallohu anhu bavl qilib, so‘ngra tahorat olib va mahsilari ustiga mash tortdilar. U kishiga: «Mahsingizga mash tortyapsizmi?» deyilganida, u zot: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bavl qilib, so‘ngra tahorat olib va mahsilari ustiga mash tortganlarini ko‘rdim», dedilar.

Ibrohim: «Bu hadis Abdullohning ashoblarini qiziqtirar edi. Chunki Jarir roziyallohu anhuning Islomga kirishlari Moida surasi nozil bo‘lganidan keyin edi», dedilar.

(Alloh taolo Moida surasida «Yuzlaringizni hamda qo‘llaringizni chig‘anoqlarigacha yuvingiz, boshlaringizga mash tortingiz va oyoqlaringizni oshiqlarigacha yuvingiz», degan. Agar Jarir roziyallohu anhu mana shu oyat tushishidan oldin Islomga kirganlarida yuqorida aytgan hadislari mana shu oyat tushishi bilan mansuh bo‘lib amaldan qolar edi. Demak, bu oyat tushganidan keyin Islomga kirganlari uchun bu hadisga amal qilinishini va oyatdan maqsad mahsisi yo‘q kishi oyoq yuvishi lozimligini bildik... - tarj.)

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:30:34
489/2. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga (yurib) qavm axlat to‘kadigan joyda to‘xtadik. U zot esa tik turib bavl qildilar, men esa o‘zimni chetga olgan edim, u zot: «Yaqinroq kel», dedilar. Men esa u zotga yaqin kelib, hatto orqa tomonlarida tik turdim. U zot tahorat qilib ikki mahsilari ustiga mash tortdilar».

Foyda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tik turib bavl qilishlariga sabab u zotning bellari yo tizzalari og‘rigani yoki atrof iflos va axlat bo‘lgani uchun edi. «Yaqinroqqa kel», deyishlariga sabab atrofdagilardan to‘sishlari uchun edi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:30:44
490/3. Abu Voil roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abu Muso roziyallohu anhu bavl to‘g‘risida qattiq yo‘l tutib, butilkaga bavl qilardilar va «Bani Isroildan biror kishining badaniga siydik tegadigan bo‘lsa, qaychi bilan kesishar edi», deb aytardilar. Huzayfa roziyallohu anhu: «Men sohibingizni, ya’ni Abu Musoni bu xususda qattiq yo‘l tutmasliklarini yaxshi ko‘raman. Chunki mening Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga yurib borganimni ko‘rganingizda, u zot devor orqasidagi axlatxona oldiga borib, xuddi sizlardan biringiz tik turgani kabi tik turib bavl qildilar. Uzimni chetga olgan edim, u zot menga ishora qildilar, men esa u zotning orqalarida tik turganimda bavl qilib bo‘ldilar», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:30:53
491/4. Urva ibn Mug‘iyra otalari Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhudan, u zot esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojat chiqarish uchun (hojatxonaga) chiqqanlarida Mug‘iyra roziyallohu anhu suv quyilgan idish olib u zotning orqalaridan ergashdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatlarini chiqarib bo‘lgan paytda Mug‘iyra roziyallohu anhu suv quyib berdilar. U zot esa tahorat qildilar va ikki mahsilariga mash tortdilar.

Ibn Rumhning rivoyatida arabcha matndagi «hiyna» o‘rniga «hatta» kalimasi aytilgan.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «U zot yuzlari va qo‘llarini yuvib, boshlariga mash tortdilar, so‘ngra mahsilari ustiga mash tortdilar» kalimasi ziyoda qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:31:02
492/5. Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Men kechalarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga ketayotgan edim, u zot (pastlikka) tushib hojatlarini chiqardilar. So‘ngra kelganlarida men u zotga o‘zimdagi idishdan suv quyib berib turdim, u zot esa tahorat qilib mahsilariga mash tortdilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:31:09
493/6. Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga safarda ketayotgan edim. U zot: «Ey Mug‘iyra, (suv) idishingni olgin», dedilar. Men idishni olib u zot bilan birga chiqdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yurib, hatto mendan uzoqlashib ketdilar. Hojatlarini chiqarib bo‘lib, so‘ngra qaytib keldilar. Ustlarida esa shomiy, ya’ni Shom shahrida tikilgan chopon bo‘lib yengi tor edi. U zot qo‘llarini choponning yengidan chiqaray, derdilar-u, lekin yeng torlik qilar edi. Qo‘llarini esa choponning ostidan chiqardilar. Men esa suv quyib berib turdim. U zot namozga tahorat olingani kabi tahorat qilib, so‘ngra mahsilari ustiga mash tortib, keyin namoz o‘qidilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:31:16
494/7. Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojat chiqarish uchun (tashqariga) chiqdilar. Qachonki, qaytganlarida suv idishni olib, u zotga suv quyib berib turdim. U zot ikki qo‘llarini, so‘ngra yuzlarini yuvdilar. Ikki bilaklarini yuvishga kirishgandilar, chopon torlik qilib qoldi. Bilaklarini chopon ostidan chiqarib yuvdilar va boshlari hamda mahsilari ustiga mash tortdilar. So‘ngra bizga namoz o‘qib berdilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:31:23
495/8. Urva ibn Mug‘iyra roziyallohu anhu otalaridan qilgan rivoyatda otalari Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhu: «Kechalarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga kteayotgan edim, u zot: «Senda suv bormi?» dedilar. Men: «Ha», degan edim, u zot ulovlaridan tushib yurdilar-da, hatto kechaning qorong‘u, ya’ni hech kim ko‘rinmaydigan joyigacha ko‘zdan pinhona bo‘ldilar. Keyin kelganlarida men u zotga idishdan suv quyib berdim. U zot yuzlarini yuvdilar. Ustlarida esa jundan ishlangan chopon bor edi. Undan ikki bilaklarini chiqarishga qodir bo‘lmay, oxiri choponning pastki qismidan chiqardilar. Ikki bilaklarini yuvib, boshlariga mash tortdilar. Keyin men u zotning mahsilarini yechishga engashgan edim, u zot: «Qo‘yaver, men uni tahorat bilan kiyganman», dedilar-da, u ikki mahsi ustiga mash tortdilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:31:37
496/9. Urva ibn Mug‘iyra otalaridan rivoyat qiladilar. Otalari Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhu Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam tahorat qilib olishlari uchun suv quyib berdilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa tahorat qilib, ikki mahsilari ustiga mash tortdilar va «Men u ikkovini tahorat bilan kiyganman», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:31:47
23-bob Peshona va sallaga mash tortish haqida

497/1. Urva ibn Mug‘iyra otalari Mug‘iyra ibn Shu’badan rivoyat qiladilar. Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ortda qoldilar, men ham u zot bilan birga ortda qoldim. Qachonki, u zot hojatlarini chiqarib bo‘lganlaridan keyin: «Senda suv bormi?» dedilar. Men obdastada (suv) olib borgan edim, u zot ikki kaftlari va yuzlarini yuvdilar. Bilaklarini ochaman, deb kirishgandilar, chopon yengi torlik qilib qoldi. U zot qo‘llarini chopon ostidan chiqarib, choponni yelaklariga tashlab oldilar. Hamda ikki bilaklarini yuvib, peshonalari, salla va mahsilari ustiga mash tortdilar. So‘ngra u zot (ulovlariga) mindilar va men ham (ulovimga) minib bir qavm oldida to‘xtadik. Ular namozga tik turishgan edi. Abdurahmon ibn Avf ularga namoz o‘qib, bir rakatini o‘qib bo‘lgandilar. Qachonki, u zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelganlarini his qilib orqalariga tisarilayotgandilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotga imo-ishora qildilar. Bas, u zot qavmga namoz o‘qib berdilar. (Namoz tugab) salom bergandilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rinlaridan turdilar va men ham o‘rnimdan turib o‘tqazib yuborgan bir rakat namozni o‘qib (mukammal qildik)», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:31:54
498/2. Ibn Mug‘iyra otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki mahsilari ustiga, boshlarining oldi tomoniga va sallalari ustiga mash tortdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:32:02
499/3. Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Ibn Mug‘iyradan eshitdim. U kishi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tahorat qilib peshonalari, sallalari va mahsilari ustiga mash tortdilar», deb aytdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:32:08
500/4. Bilol roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki mahsilari va ro‘mollari ustiga mash tortdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:32:24
24-bob Ikki mahsiga mash tortgandagi yaroqlilik muddati

501/1. Shurayh ibn Xone’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ikki mahsi ustiga mash tortish haqida so‘rash uchun Oisha roziyallohu anho huzurlariga borsam, u onamiz: «(Ali) Ibn Tolib roziyallohu anhu huzurlariga borib, u zotdan so‘ragin, chunki Ali roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga safar qilardilar», dedilar. Biz Ali roziyallohu anhudan bu haqda so‘rasak, u zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uch kecha va kunduz musofir uchun, bir kecha va kunduz muqim kishi (mahsisini yechmasa, durust) ekanini tayin qildilar», dedilar», deb aytdilar.

Sufyon agar Amrni eslasalar, uni maqtardilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta takror kelgan. Ikkinchisida «Alining huzurlariga borgin, chunki u zot mendan ko‘ra bu haqda biluvchiroqdirlar», bo‘lib kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:32:37
25-bob (Besh) vaqt namozning barchasini bir tahorat ila o‘qish joizligi haqida

502/1. Sulaymon ibn Burayda roziyallohu anhu otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (Makka) fath etilgan kuni bir tahorat ila (barcha) namozni o‘qidilar va mahsilari ustiga mash tortdilar. Umar roziyallohu anhu u zotga: «Bugun bir narsa qildingizki, uni (avval) qilmagan edingiz», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Umar, men uni qasddan qildim», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:33:19
26-bob Tahorat kiluvchi yoki boshka kishi najosat tekkanlikda shak kilgan kulini uch marta yuvishdan oldin idishga tikishining karohiyati haqida

503/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz uyqusidan uyg‘onadigan bo‘lsa, qo‘lini uch marta yuvmagunicha idishga tiqmasin, chunki qo‘li qaerda tunni o‘tqazganini bilmaydi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:33:27
504/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululoh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz uyqusidan uyg‘onsa, qo‘lini idishga kirgizishidan oldin uch marta o‘sha qo‘liga suv quysin, chunki qo‘li nimada tunni o‘tqazganini bilmaydi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «uch marta» so‘zi zikr qilinmagan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:34:01
27-bob It yalab qo‘ygan narsaning hukmi

505/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringizning idishini it yalab qo‘ysa, u idishga suv oqizib qo‘ysin, so‘ngra yetti marta uni yuvsin», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «suv oqizib qo‘ysin» so‘zi keltirilmagan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:34:50
506/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringizning idishidan it suv ichib qo‘ysa, u idishni yetti marta yuvsin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:35:03
507/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringizning idishini it yalab qo‘ysa, yetti marta yuvib, bir marta tuproq ila ishqash orqali poklanadi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:35:17
508/4. Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilib bir necha hadislarni zikr qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringizning idishini it yalab qo‘ysa, yetti marta yuvish ila pok bo‘ladi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:35:33
509/5. Ibn Mug‘affal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam itlarni o‘ldirishga buyurdilar. So‘ngra u zot: «Ularga nima bo‘ldi va itlarga nima bo‘ldi?» deb, keyin ov qiluvchi va qo‘ylarni qo‘riqlovchi itlarni boqishga ruxsat berdilar. Va yana u zot: «Agar idishlarni yalasa, uni yetti marta yuvib, sakkizinchisini tuproq bilan ishqalanglar», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat ekinzorni qo‘riqlovchi itni ham boqishga ruxsat berganlari ziyoda qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:35:43
28-bob Oqmay turib qolgan suvga bavl qilishdan qaytarilgani haqida

510/1. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oqmay turib qolgan suvga bavl qilishdan man etdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:36:13
511/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan birortangiz doimiy oqmay turib qolgan suvga bavl qilmasin, axir u suvda yuvinadi-ku», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:36:25
512/3. Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilib bir nechta hadislarni zikr qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Oqmay turib qolgan suvga bavl qilma, axir u suvda yuvinasan-ku», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:36:35
29-bob To‘xtab turgan suvda g‘usl qilishdan qaytarilgani haqida

513/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz junublik holatida oqmay to‘xtab turgan suvda g‘usl qilmasin», dedilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu ushbu hadisni aytganlarida atrofdagilar: «Ey Abu Hurayra! Unda junub bo‘lgan kishi nima qiladi?» deyishdi. Shunda Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Suvni bu yoqqa olib quyadi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:36:49
30-bob Masjidga siydik va bundan boshqa najosatlar yetsa, u yerni yuvish shart ekani hamda yerga najosat tegsa, suv  bilan pok kilib, kavlab olib tashlashga hojat yo‘kligi haqida

514/1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir badaviy arab masjidga siydi. Qavmdagi ba’zi kishilar uni (to‘xtatish) uchun o‘rinlaridan turishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uni tek qo‘yinglar, to‘xtatmanglar», dedilar. Qachonki, u bo‘shanib bo‘lganida, chelakda suv olib kelishni buyurdilar. Suv olib kelingan edi, uni najosat ustiga quyib yubordilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:37:02
515/2. Yahyo ibn Said roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Anas ibn Molik roziyallohu anhu zikr qilishlaricha, bir badaviy arab masjidning bir chekkasida tik turib bavl qildi. Odamlar esa u ishi uchun shovqin ko‘tarishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa: «Qo‘yaveringlar», dedilar. Qachonki, u badaviy bo‘shanib bo‘lganida bir chelakda suv olib kelishni buyurdilar. U olib kelingan edi, siygan joyi ustidan haligi suvni quyib yubordilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:37:14
516/3. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Qachonki, biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga masjidda tursak, bir badaviy kelib tik turdi-da, masjidga bavl qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari: «To‘xtat! To‘xtat!» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa: «Uni to‘xtatmanglar, shundog‘icha tek qo‘yinglar», degandilar, ular tark qilishdi, hattoki (oxirigacha) bavl qildi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u badaviyni chaqirib, unga: «Albatta masjidlar bu kabi bavl qilish va iflosliklar sodir etish uchun durust emas. Albatta u Alloh azza va jallaning zikri, namoz va Qur’on tilovati uchun bunyod qilingan. (Yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunga o‘xshash so‘z aytdilar.) Va qavmdagi bir kishiga buyurgandilar, u chelakda suv olib keldi. Rasululloh sollallohu   alayhi    vasallam   u   suvni   o‘sha   najosat   ustidan    quyib yubordilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:37:24
31-bob Emizikli bola siydigining hukmi va uning qanday yuvilishi haqida

517/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga yosh go‘daklar olib kelinsa, ularga baraka tilab duo qilib, tanglayi ostiga xurmo qo‘yardilar. Bir go‘dak olib kelingan edi, u bavl qilib yubordi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suv olib kelinishini buyurdilar. Bas, suv olib kelingan edi, u bavlning ustidan suvni ergashtirib quydilar, lekin yuvmadilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:37:35
518/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga emizikli bir go‘dak olib kelindi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘yinlariga bavl qilib qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suv olib kelishni buyurdilar. Bas, olib kelingan edi, u suvni siydik ustidan quyib yubordilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:37:51
519/3. Ummu Qays binti Mihsan roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu sahobiya ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga hali ovqat yemaydigan emizikli bolasini olib kelib, u zotning qo‘yinlariga qo‘ydi. U go‘dak esa bavl qilib qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suv sepib qo‘yishdan boshqa narsani ziyoda qilmadilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:38:06
520/4. Ummu Qays binti Mihsan roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu sahobiya ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bay’at qilgan avvalgi muhojirlardan bo‘lib, Ukkosha ibn Mihsanning singlisi hamda Bani Asad ibn Huzaymaning bolalaridan biridir. Bu sahobiya hali ovqat yeyish yoshiga yetmagan o‘g‘lini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib bordi. Roviylardan biri Ubaydulloh aytishlaricha, u ayolning o‘g‘li Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘yinlariga bavl qilib qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suv olib kelishni buyurdilar. U suv olib kelingan edi, kiyimlari ustidan quyib yubordilar, lekin (ishqalab) yuvmadilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:38:36
32-bob Maniyning hukmi

521/1. Alqama roziyallohu anhu va Asvad roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Oisha roziyallohu anho oldilariga tushib kiyimini yuva boshladi. Oisha roziyallohu anho: «Agar maniyni ko‘rsang, o‘sha joyini yuvishing kifoya qiladi. Agar ko‘rmasang, atrofiga suv sepib qo‘ygin. Meni ko‘rganingda edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kiyimlarini ishqalab berar edim, u zot u kiyimda namoz o‘qirdilar», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:38:43
522/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz maniy haqida gapirib: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kiyimlarini ishqab qo‘yardim», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:38:51
523/3. Oisha roziyallohu anhodan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kiyimlarini qirtishlaganlari rivoyat qilinib, Abu Ma’shardan rivoyat qilingan hadisdagi so‘zlar ila davom ettirilgan.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:39:01
524/4. Amr ibn Maymun roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Sulaymon ibn Yasordan kishining kiyimiga tegadigan maniy haqida so‘rab: «Maniyni yuvadimi yoki kiyimni yuvadimi?» deyilganida, u zot: «Menga Oisha roziyallohu anho xabar berishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam maniyni yuvib, so‘ngra o‘sha kiyim bilan namozga chiqardilar. Usha yuvilgan maniyning iziga ko‘zim tushar edi», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuvar edilar» o‘rniga «Oisha roziyallohu anho: «Men yuvar edim», dedilar» bo‘lib kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:39:07
525/5. Abdulloh ibn Shihob al-Huvloniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Oisha roziyallohu anho huzurlariga kelganimda ehtilom bo‘lib, ikki kiyimimga undan tegdi. Men u kiyimni suvga botirib yuvdim. Oisha roziyallohu anhoning xizmatkor joriyalari meni bu qilgan ishimni ko‘rib qolib, u onamizga xabar berdi. Oisha roziyallohu anho menga odam jo‘natib: «Ikki kiyimingni bunday qilishga seni nima majbur etdi?» dedilar. Men: «Uyqudagi kishi tushida ko‘radigan narsani ko‘rganim uchun, ya’ni maniy majbur qildi», dedim. Oisha roziyallohu anho: «Ikki kiyimingda biror narsa ko‘rdingmi?» degandilar, men: «Io‘q», dedim. Shunda Oisha roziyallohu anho: «Agar biror narsa ko‘rsang, yuvgin. Sen meni ko‘rganingda edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kiyimlariga (maniy tegib) qurib qolgan bo‘lsa, tirnog‘im bilan ishqalab tashlar edim», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:39:23
33-bob Qonning najosatligi va uning qanday yuvilishi haqida

526/1. Asmo roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bir xotin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Bizlardan birortamizning kiyimiga hayz qoni tegsa, nima qiladi?» deb so‘raganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uni qirtishlab, so‘ngra suv bilan ishqalab, keyin siqib, so‘ngra namoz o‘qiydi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:39:34
34-bob Siydikning najosat ekanligi va undan tozalanishning shartligi haqida

527/1. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki qabr oldidan o‘tib: «Albatta, bu ikki qabrdagilar azoblanishmoqda, u ikkovlari katta (gunoh sababli) azoblanishmayapti. Ularning biri chaqimchilik qilib yurar edi. Ikkinchisi esa siydikdan o‘zini to‘smas, ya’ni siydik tegishidan o‘zini ehtiyot qilmas edi»,   dedilar,   so‘ng  u  zot  xurmoning   nam   shoxini   olib   kelishlarini buyurdilar. Uni olib kelishgan edi, ikkiga bo‘lib birini chaqimchining qabriga, ikkinchisini siydikdan o‘zini ehtiyot qilmaydiganning qabriga tiqdilar-da: «Shoyad, bu ikkovidan to qurib qolguncha (azob) yengillatilsa», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «siydikdan o‘zini to‘smas edi» jumlasi o‘rniga «siydikdan o‘zini poklamas edi» bo‘lib kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:39:48
HAYZ KITOBI

1-bob Hayzli ayolning ishtoni ustidan foydalanish haqida


528/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Bizlardan birortamiz agar hayz ko‘rgan bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam farjini to‘sishni buyurardilar. U ishton bilan kindik va tizza o‘rtasini to‘sar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam keyin u xotinlaridan foydalanardilar», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:39:55
529/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Agar birortamiz hayz ko‘rsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayz qoni chiqib turgan xotinlariga ishton kiyib olishini buyurardilar-da, so‘ngra undan foydalanardilar», deb, yana u onamiz: «Qaysi biringiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z a’zolariga molik bo‘lganlaridek molik bo‘la oladi?» dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:40:07
530/3. Maymuna roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xotinlari hayz ko‘rganlarida, ularning ishtonlari ustidan foydalanar edilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:40:17
2-bob Hayz ko‘rgan xotini bilan birga bir ko‘rpa ichida yotish haqida

531/1. Ibn Abbos roziyallohu anhu qullari Qurayb roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xotinlari Maymuna roziyallohu anhodan eshitdim, u onamiz: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayzli holatimda men bilan birga yotardilar. U zot bilan mening o‘rtamda esa bir kiyim bo‘lar edi», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:40:24
532/2. Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Bir payt men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga qora duxoba kiyim kiyib yotib, to‘satdan hayz ko‘rib qoldim. Va sekin tisarilib chiqib ketmoqchi bo‘lib tursam, u zot hayz ko‘rgan kiyimimdan ushlab: «Qon chiqib ketdimi?» dedilar. Men: «Ha», degan edim, u zot meni o‘z huzurlariga chaqirdilar. Haligi qora duxoba kiyimimni kiygan holda u zot bilan birga yotdim», dedilar. Qizlari Zaynab: «Ummu Salama va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat sababli bir idishda g‘usl qilishdi», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:40:39
3-bob Hayz ko‘rgan xotin eri boshini yuvib, sochlarini tarab ko‘yishi, u xotindan kolgan koldiq (taom) pok bo‘lishi va u kabi xotinning ko‘yniga suyanib yotish hamda suyanib Qur’on kiroat kilish joiz ekani haqida

533/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam e’tikof o‘tiradigan bo‘lsalar, boshlarini menga yaqin qilardilar. Men esa sochlarini tarab qo‘yar edim. U zot uyga faqat insonlar hojati tushadigan narsa uchun kirardilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:40:48
534/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Agar uyga hojat yuzasidan kiradigan bo‘lsam, u uyda kasal bo‘lsa, o‘tayotib undan ahvol so‘rayman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa masjidda turib boshlarini men tomonga kiritardilar. Men u zotning sochlarini tarab qo‘yar edim. U zot e’tikofda o‘tirganlarida faqat ehtiyojlari uchun uyga kirardilar», dedilar.

Ibn Rumhni rivoyatlarida esa «agar e’tikofda o‘tirishgan bo‘lishsa», deb ko‘plik lafzi ila kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:40:57
535/3. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu  alayhi  vasallam   qo‘shni  bo‘lgan   masjiddan  boshlarini   men tomonga chiqarardilar, men esa hayzli holatda bo‘lsam ham, boshlarini yuvib qo‘yar edim».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:41:04
536/4. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Men xonamdalik paytimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshlarini men tomonga yaqinlashtirardilar, men hayz ko‘rgan bo‘lsam ham, sochlarini tarab qo‘yar edim», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:41:16
537/5. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Men hayzlik paytimda ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshlarini yuvib qo‘yar edim», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:41:23
538/6. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Masjiddan joynamozni olib ber!» degandilar, men: «Hayzli bo‘lib qoldim», dedim. Shunda u zot: «Hayzing o‘zingning qo‘lingda emas», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:41:29
539/7. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga masjiddan joynamoz olib berishimni aytganlarida, men: «Hayz holatidaman», dedim. Shunda u zot: «Uzatavergin, chunki hayz sening qo‘lingda emas», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:41:39
540/8. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjiddalik paytlarida: «Ey Oisha, menga kiyimni uzatib yubor», dedilar. Oisha roziyallohu anho: «Men hayz ko‘rganman», dedilar. Shunda u zot: «Hayz ko‘rish sening qo‘lingda emas», degandilar, u onamiz uzatib yubordilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:41:47
541/9. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Hayzli holatimda (bir ichimlik) ichdim, so‘ngra uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uzatdim. U zot og‘zimni qo‘ygan joyga og‘izlarini qo‘yib ichdilar. Va yana hayzli holatimda suyakni g‘ajib, so‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uzatsam, u zot men og‘zimni qo‘ygan joyga og‘izlarini qo‘ydilar», deb aytdilar.

Zuhayr «so‘ng ichdilar» so‘zini zikr qildilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:41:55
542/10. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening qo‘ynimga hayzli paytimda suyanib olib, Qur’on o‘qirdilar», deb aytdilar bu onamiz.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:42:03
543/11. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Yahudiylar agar xotinlari hayz bo‘lib qolsa, ular bilan birga ovqatlanmas va uyda birga aralashib yurmas edi. Nabiy alayhissalomning sahobalari u zotdan (bu haqda) so‘rashganida, Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi: «Sizdan hayz haqida so‘raydilar. Ayting, u ko‘ngilsiz - nopok narsadir. Bas, hayz paytida ayollaringizdan chetlaningiz va to poklanmagunlaricha ularga yaqinlashmangiz! Pok bo‘lganlaridan keyin ularga Alloh buyurgan tarafdan kelingiz! Albatta, Alloh tavba qilguvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutguvchilarni sevadi» (Baqara surasi, 222-oyat). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hayzli xotinga nikohdan boshqa barcha narsani qilaveringlar», dedilar. Bu xabar yahudiylarga yetganida, ular: «Bu kimsa, ya’ni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizning ishlarimizning birortasini qoldirmasdan qarshi chiqadi-ya», deyishdi. Bas, Usayd ibn Huzayr va Abbod ibn Bishrlar kelib: «Ey Allohning rasuli! Yahudiylar unday va bunday deyishmoqda, biz ham xotinlarga aralashmaylik», deyishgan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yuzlari o‘zgarib ketdi. Hatto, u zotning g‘azablari keldi, shekilli, deb gumon qildik. U ikkovlari chiqib turishgan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga sutdan bo‘lgan hadya kelib qoldi. U zot ularning orqalaridan yuborib sut ila siyladilar. (Uni yuborganlaridan) bilishdiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, demak, u ikkovlaridan g‘azablanmagan ekanlar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:42:14
4-bob Maziy haqida

544/1. Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Men ko‘p maziy ko‘ruvchi kishilardan edim. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘rashga hayo qilar edim. Chunki u zotning qizlari turmush o‘rtog‘im edi. Miqdod ibn Asvadga buyurgan edim, u bu haqda Rasululloh alayhissalomdan so‘radi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Olatini yuvib tahorat qiladi», dedilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:42:22
545/2. Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Qizlari Fotima mening qo‘l ostimda, ya’ni nikohimda bo‘lgani uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan maziy haqida so‘rashga uyalib, Miqdod roziyallohu anhuga buyurgan edim, u bu haqda u zotdan so‘radi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U sababli tahorat lozim», dedilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:42:30
546/3. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ali ibn Abu Tolib: «Biz Miqdod ibn Asvadni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga insondan maziy chiqqanda nima bo‘lishi haqida so‘rash uchun yubordik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tahorat qil va olatingni yuvgin», dedilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:42:40
5-bob Uyqudan uyg‘onganda yuz va ikki qo‘lni yuvish haqida

547/1. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi o‘rinlaridan turib, (katta yoki kichik) hojat chiqarib, so‘ngra yuzlari va ikki qo‘llarini yuvib, keyin uxlardilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:42:57
6-bob Junub bo‘lgan kishi uxlashi joizligi, agar ovkatlanishni, ichimlik ichishni, uxlashni yoki jimo’ qilishni iroda etsa, olatini yuvib tahorat qilish mahbub ekani haqida

548/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar junublik holatlarida uxlashni xohlasalar, uyqudan oldin namozga tahorat qilingani kabi tahorat olardilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:43:12
549/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam junub bo‘lib yeyish yoki ichishni xohlasalar, xuddi namozga tahorat qilingani kabi tahorat qilardilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:43:18
550/3. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Umar roziyallohu anhu: «Ey Allohning rasuli! Bizlardan birortamiz junub bo‘lganida uxlayveradimi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, bo‘laveradi, agar tahorat qilsa», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:43:26
551/4. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Umar roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan fatvo so‘rab: «Bizlardan birortamiz agar junub bo‘lsa, uxlayveradimi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, to g‘usl qilgunicha tahorat olib, so‘ngra uxlayversin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:43:34
552/5. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Umar ibn Xattob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga kechasi sodir bo‘lib qoladigan janobatni zikr qilganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tahorat qilib olatingni yuvib, so‘ngra uxlayvergin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:43:42
553/6. Abdulloh ibn Abu Qays roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Oisha roziyallohu anhodan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vitrlari haqida so‘rasam, u onamiz bu haqda zikr qildilar. Men: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat yetsa, nima qilardilar, uxlashdan oldin yuvinardilarmi yoki yuvinishdan oldin uxlardilarmi?» desam, Oisha roziyallohu anho: «Uning barchasini qilardilar, ko‘pincha yuvinib uxlardilar va ko‘pincha tahorat qilib uxlardilar», deganlarida, men: «Ishlarda kengchilik qilgan Allohga hamd bo‘lsin», dedim».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:43:52
554/7. Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz ahli huzuriga (jinsiy aloqa niyatida) kelsa, so‘ngra yana ikkinchi marta xohlasa, tahorat qilib olsin», dedilar.

Abu Bakrning rivoyatlarida «ikki (jinsiy aloqa) o‘rtasida tahorat lozim, agar qayta bajarishni xohlasa» so‘zi ziyoda qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:43:59
555/8. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xotinlarini bitta g‘usl bilan aylanib chiqardilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:44:09
7-bob Ayollardan ham maniy chiqsa, g‘usl qilish shart ekani haqida

556/1. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ishoqning momolari Ummu Sulaym Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, xotin kishi ham tushida erkak kishi ko‘radigan (tushni) ko‘rib, erkak kishiga yetadigan (maniy) u xotinda ham sodir bo‘lsa, nima qiladi?» deganlarida, o‘sha payt Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida Oisha onamiz ham bor edilar. U onamiz: «Ey Ummu Sulaym, ayollar haqida noqulay gapni aytding, ey qurmagur», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oisha roziyallohu anhoga: «Balki sen qurmagursan, ey Oisha. Ha, ey Ummu Sulaym, agar u narsani ayol kishi ham ko‘rsa, g‘usl qilsin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:44:17
557/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ummu Sulaym roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ayol kishi ham tushida erkak kishi ko‘radigan narsani so‘raganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar o‘sha narsani ayol kishi ko‘rsa, g‘usl qilsin», dedilar. Ummu Sulaym roziyallohu anho: «Bu narsadan uyalib «Bu narsa bo‘ladimi?» desam, Allohning nabiysi: «Ha, bo‘ladi, unda (bola ota-onasiga) o‘xshashligi qaerdan bo‘ladi?! Albatta erkak kishi suvi quyuq, oq, ayol kishining suvi suyuq, sariqdir. Bu ikki suvdan qaysi biri oliy yoki g‘olib bo‘lsa, o‘shanga o‘xshaydi», dedilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:44:27
558/3. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir xotin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan erkaklar tushida ko‘radigan narsani ayol kishi ham tushida ko‘rsa, nima qilishi haqida so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar u ayolda erkaklardagidek (maniy) sodir bo‘lsa, g‘usl qilsin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:44:36
559/4. Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Ummu Sulaym Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Albatta Alloh haqdan hayo qilmaydi (ya’ni, haqni bayon etishda pashshani zarbulmasal qilishdan ham to‘xtatmaydi). Agar ayol kishi ehtilom bo‘lib qolsa, g‘usl qiladimi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, agar suvni ko‘rsa», dedilar. Ummu Salama: «Ey Allohning rasuli, ayol kishi ham ehtilom bo‘ladimi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qurmagur, unaqada farzand qanday qilib onasiga o‘xshaydi?!» dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, faqat «ayollar haqida noqulay gapni aytding» so‘zi ziyoda qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:44:45
560/5. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Baniy Abu Talhaning onalari Ummu Sulaym Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirib yuqoridagi hadisda kelganidek gapirdilar. Hadisning davomida Oisha roziyallohu anho: «Tuf senga! Ayol ana shuni ko‘radimi?» dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:44:54
561/6. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bir xotin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Ayol kishi suv chiqqanini ko‘rib ehtilom qilganini his etganda g‘usl qiladimi?» deb aytganida, u zot: «Ha, g‘usl qiladi», dedilar. Oisha roziyallohu anho u ayolga «Qurmagur», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qo‘yavergin, o‘xshashlik mana shu tomondan bo‘ladi. Agar ayolning suvi erining suvidan g‘olib kelsa, farzand tog‘alariga o‘xshaydi. Agar erkakning suvi xotinining suvidan g‘olib kelsa, farzand amakilariga o‘xshaydi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:45:28
8-bob Erkak kishi va ayol kishi maniysining sifati hamda farzand er va xotinning suvlaridan xalq qilinishi haqida

562/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xizmatkorlari Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida tursam, yahudiylarning olimlaridan biri kelib: «Assalomu alayka, ey Muhammad», dedi. Men uni bir itargan edim, u sabab yiqilib ketay dedi. U: «Nima uchun meni itarib yubording?» degan edi, men: «Ey Muhammad, deyish o‘rniga Allohning rasuli, deb aytmaysanmi?» dedim. Yahudiy: «Biz uni o‘z ahli nom qo‘ygan ism ila chaqiramiz», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ahlim meni ismlagan nom Muhammaddir», dedilar. Yahudiy: «Sendan (ba’zi narsalarni) so‘rash uchun keldim», degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar (so‘ragan narsalaringni) aytsam, foyda beradimi?» dedilar. Shunda u: «Ikki qulog‘im bilan eshitaman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlaridagi daraxt shoxi bilan yerga chizib, so‘rayvergin, dedilar. Yahudiy: «Yer boshqa yerga, osmonlar boshqa osmonlarga aylanib qoladigan kunda odamlar qaerda bo‘lishadi?» degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sirot ko‘prigi pastidagi zulumotda bo‘lishadi», dedilar. Yahudiy: «Birinchi bo‘lib kim o‘tadi?» degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kambag‘al muhojirlar», dedilar.

Yahudiy: «Jannatga kirganlarida ularga nima tuhfa bo‘ladi?» degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kitning jigari atrofi», dedilar. Yahudiy: «Bundan keyin uning ortidan nima ozuqa beriladi?» degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannat xo‘kizlaridan ular uchun so‘yib beriladi, uni atrofidan yeyishadi», dedilar. Yahudiy: «Ularning ichimliklari nima?» degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Salsabil deb nomlanuvchi buloqdagi (suv)», dedilar. Shunda u: «Rost gapirding, men sendan bir narsa haqida so‘rayman. U haqida yer yuzidagi biror kishi bilmaydi, faqat bir nabiy yoki bir kishi yo ikki kishi biladi, xolos», degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar u haqda gapirsam, foyda beradimi?» dedilar. Yahudiy: «Ha, uni ikki qulog‘im bilan tinglayman, men farzand haqida so‘rash uchun keldim», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Erkak kishining suvi (maniysi) oq, xotinniki esa sariq bo‘ladi. Agar ikkovi jamlanganida erkak kishiniki g‘olib kelsa, Alloh izni bilan farzand o‘g‘il bo‘ladi. Agar xotinning maniysi erkakning maniysidan g‘olib kelsa, Allohning izni bilan farzand qiz bo‘ladi», degandilar, yahudiy: «Rost gapirding, sen nabiydirsan», deb, so‘ngra jo‘nab qoldi. Rasululoh sollallohu alayhi vasallam: «Yahudiy bu haqda mendan so‘radi-yu, lekin so‘ragan narsasi haqida mening ilmim yo‘q edi. Alloh u narsani menga bildirdi», deb aytdilar». Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:45:43
9-bob Janobatdan qanday g‘usl qilish haqida

563/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat sababli g‘usl qiladigan bo‘lsalar, (avval) ikki qo‘lni yuvishdan boshlardilar. So‘ngra o‘ng qo‘llari bilan chap qo‘llariga suv quyib olatlarini yuvib, keyin namozga tahorat qilganlaridek tahorat olib, so‘ngra suv olib barmoqlarini sochlari ostiga kirgizardilar. Hatto boshlarining ustidan uch hovuch suv quyib (boshning barcha qismiga) namlik yetkazib, keyin jasadlarining boshqa qismiga suv quyib, so‘ngra ikki oyoqlarini yuvardilar.

Bu   yerda   yuqoridagi   hadis   takror   kelgan,   faqat   «ikki   oyoqlarini yuvardilar» so‘zi aytilmagan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:45:52
564/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat sababli g‘usl qiladigan bo‘lsalar, ikki kaftlarini uch marta yuvardilar», deb yuqoridagi hadisdagi kabi so‘zni aytdilar. Lekin ikki oyoq yuvganlarini zikr etmadilar.

Oisha roziyallohu anhodan qilingan boshqa rivoyat aytilishicha esa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar janobat sababli g‘usl qiladigan bo‘lsalar, qo‘llarini idishga tiqishdan avval uni yuvish bilan boshlab, so‘ngra namozga tahorat qilganlari kabi tahorat olardilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:46:02
565/3. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Xolam Maymuna menga: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat sababli g‘usl qilayotganlarida huzurlarida tursam, u zot kaftlarini ikki yoki uch marta yuvib, suv bilan olatlarini yuvardilar. Yuvishlari chap qo‘l bilan bo‘lardi. So‘ngra chap qo‘llarini yerga qattiq ishqardilar. So‘ngra namozga tahorat qilgandek tahorat olib, keyin boshlaridan uch hovuch kaftlarini to‘ldirib suv quyardilar-da so‘ngra jasadlarini boshqa joyini yuvdilar. Keyin yuvingan makonlaridan o‘zlarini chetga olib oyoqlarini yuvardilar. Men (artinish uchun) ro‘molcha olib borsam, uni rad qilardilar», deb gapirib berdilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «boshlari ustidan uch hovuch suv quyardilar» va «ro‘molcha» zikri kelmagan. Ammo tahoratlarining to‘la zikri, ya’ni og‘izni chayib, burunga suv olishlari zikr qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:46:14
566/4. Maymuna roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga (artinish uchun) ro‘molcha olib kelinsa, u zot: «Suv mana bunday qilinadi», deb uni silkitdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:46:25
567/5. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar janobat sababli g‘usl qiladigan bo‘lsalar, sut idishiga o‘xshash biror idish olib kelishni buyurib, kaftlari bilan ushlardilar-da, boshlarining o‘ng qismidan boshlab, so‘ngra chap qismiga quyib va ikki kaftlarini ushlab bosh ustidan mana bunday qilinadi, dedilar. Ya’ni, kaft bosh ustidan yurgiziladi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:47:37
10-bob Janobat sababli g‘usl qilayotganda ishlatish mahbub bo‘lgan mikdrrdagi suv, erkak va xotin bir holat sababli bir idishda yuvinishi hamda biri ikkinchisidan ortib kolgan suv ila g‘usl kilishi haqida

568/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga janobat yetib qolsa, faraq nomli idishda g‘usl qilardilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:48:28
569/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam faraq nomli idishda g‘usl qilardilar. U zot va men bir idishda g‘usl qilar edik».

Sufyonning rivoyatlarida «bir idishdan yuvinardik» bo‘lib kelgan. Sufyon roziyallohu anhu: «Faraq - u uch so’ suv sig‘adigan idishdir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:48:58
570/3. Abu Salama ibn Abdurahmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men va Oisha roziyallohu anhoning emikdosh inilari Oisha onamiz huzurlariga kirdik. Inilari u onamizdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat sababli qiladigan g‘usllari haqida so‘radi. Shunda Oisha roziyallohu anho bir so’ miqdoridagi suv sig‘adigan idishni keltirishni buyurtirib, u kelganida g‘usl qildilar. Ushanda u onamiz bilan bizning o‘rtamizda parda bor edi. U onamiz boshlari ustidan uch marta suv quydilar». Roviy: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning xotinlari boshlaridagi sochlarini bir tutam qilib olardilar», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:49:09
571/4. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar g‘usl qilsalar, o‘ng tomondan yuvishni boshlab, unga suv quyib yuvardilar. So‘ngra o‘ng qo‘llari bilan chiqargan kirlari ustiga suv quyib, uni chap qo‘llari bilan yuvardilar. Agar bundan forig‘ bo‘lsalar, boshlari ustidan suv quyardilar. Oisha roziyallohu anho: «Men va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam junublik paytimizda bir idishda g‘usl qilar edik», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:49:17
572/5. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz va Nabiy sollallohu alayhi vasallam uch mud suv sig‘adigan yoki shunga yaqin idishda birgalikda g‘usl qilishar edi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:49:25
573/6. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Men va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat yetganida bir idishda g‘usl qilar edik. Unda qo‘limiz (u idishga) farqli ravishda (kirib-chiqar) edi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:49:32
574/7. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Men va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam junublik paytimizda bir idishda g‘usl qilar edik. U idish men bilan u zotning o‘rtalarida turar edi. U zot tezlashib ketsalar, menga ham qoldiring, menga ham qoldiring, deb aytar edim».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:49:42
575/8. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Maymuna roziyallohu anhoning menga xabar berishlaricha, u onamiz va Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir idishda g‘usl qilardilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:49:50
576/9. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Maymuna roziyallohu anhodan ortib qolgan suv ila g‘usl qilardilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:49:57
577/10. Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat bo‘lib qolishganida bir idishda g‘usl qilishar edi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:50:05
578/11. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam besh mud o‘lchovli idishda g‘usl qilib, bir mud o‘lchovli idishda tahorat qilardilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:50:12
579/12. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir mud o‘lchovidagi suvda tahorat qilib, bir so’, ya’ni besh mudgacha bo‘lgan suvda g‘usl qilardilar.

Safiyna roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat bo‘lsalar bir so’ suv bilan g‘usl qilib bir mud suv bilan tahorat olardilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:50:23
580/13. Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir so’ suvda g‘usl qilib, bir mud suvda tahorat qilardilar», deb aytdilar.

Ibn Hujrning rivoyatlarida «bir mud suv u zotni pok qilar edi» bo‘lib kelgan.

Roviylardan biri Abu Rayhona: «Ushbu hadisni eshitgan shaxs Safiynaning yoshi ulg‘ayib qolgani uchun u aytgan hadislarga ishonmayman», deb aytdi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:50:41
11-bob Bosh va undan boshqa a’zolarga uch martadan suv quyishning mahbubligi haqida

581/1. Jubayr ibn Mut’im roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Sahobalar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida g‘usl haqida tortishib qolishdi. Qavmdagi ba’zi kishilar: «Men boshimni unday va bunday qilib yuvaman», deyishdi. Buni eshitgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men esa boshim ustidan uch hovuch suv quyaman», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:51:00
582/2. Jubayr ibn Mut’im roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida janobatdan g‘usl qilish zikr etildi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ammo men boshim ustidan uch marta suv oqizaman», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:51:10
583/3.  Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Saqif elchi guruhlari Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Biz yashaydigan yerlar sovuq joylardir. Biz u sovuq yerda qanday qilib g‘usl qilaylik?» deyishganida, u zot: «Men boshim ustidan uch marta suv oqizaman», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:51:16
584/4. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar janobat sababli g‘usl qiladigan bo‘lsalar, boshlari ustidan uch hovuch suvni olib quyardilar», deb aytganlarida, Hasan ibn Muhammad: «Mening sochim ko‘p-ku», dedilar. Shunda Jobir roziyallohu anhu: «Ey jiyanim, Rasulullohning sochlari sening sochingdan ko‘ra ko‘proq va xushbo‘yroq edi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:51:29
12-bob G’usl qiluvchi ayol o‘rilgan sochini nima qilishi kerakligi haqida

585/1. Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Ey Allohning rasuli, mening sochim qattiq o‘rilgan, janobatdan g‘usl qilish uchun o‘rilgan sochimni yozib yuboramanmi?» desalar, u zot: «Io‘q, yozishing shart emas, balki boshing ustidan uch hovuch suv quyib, so‘ngra ustingdan quyasan-da, o‘sha bilan poklanasan», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta keltirilgan. Birida «Hayz yoki janobat sababli qilinadigan g‘uslda sochni yozamanmi?» so‘zi ziyoda qilingan. Ikkinchisida «U sochni yechib janobatdan g‘usl qilamanmi?» so‘zi ziyoda qilingan, lekin «hayz» so‘zi aytilmagan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:51:53
586/2. Ubayd ibn Umayr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Oisha roziyallohu anhoga xabar yetib qoldiki, Abdulloh ibn Amr xotinlari agar g‘usl qilishsa, sochlarini yozib yuborishga buyurardilar. Oisha roziyallohu anho: «Ibn Amr roziyallohu anhu ajoyib ekan-ku! Xotinlari agar g‘usl qilishsa, o‘rilgan sochlarini yozishga buyuradi-yu, nima uchun unda sochlarini oldirishga buyurmaydi?! Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan bir idish(dagi suv)dan yuvinar edim-da, lekin boshim ustidan uch hovuch suv quyishdan boshqa narsani ziyoda qilmas edim. (Agar bundan boshqa amal bo‘lganda sochimni yozgan bo‘lar edim)», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:52:05
13-bob Hayz sababli g‘usl qiluvchi xotinning konga xushbo‘y paxta yoki (jun yo latta) ishlatishi mahbub ekani haqida

587/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bir xotin Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan hayzdan (poklanayotganda) qanday g‘usl qilishi haqida so‘raganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u xotinga qanday g‘usl qilishni o‘rgatib, so‘ngra: «Xushbo‘y paxta yoki (latta yo jun) olib, u bilan tozalaysan», dedilar. U xotin: «Qanday qilib u paxta bilan tozalayman?» degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Subhanalloh (ajablanilganda shunday deyiladi), uni paxta bilan tozalaysan-da», deb yuzlarini to‘sib oldilar. Sufyon ibn Uyayna qo‘li bilan u zotning yuzlariga ishora qildi. Oisha roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nimani xohlaganlarini bilib u xotinni o‘zimga tortdim-da, qonning izidan yurgizib (artasan), deb aytdim», dedilar. Ibn Abu Umarning rivoyatlarida «Qon izi o‘rniga qonlar izidan yurgizib (artasan)», deb aytilgan.

Bu yerda yuqorida hadis takror kelgan. Lekin «Xushbo‘y paxtani olgin-da, u bilan tozalagin», degandagi «tozalagin» so‘zi arabcha matnda «tavazzaiy» bo‘lib kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:52:17
588/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Asmo roziyallohu anho Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan hayz bo‘lgandagi g‘usl haqida so‘raganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz (yuvinadigan) suvining xushbo‘y o‘simligini olib (iflos bo‘lgan joylarini) tozalab, tahoratini chiroyli tarzda ado qilib, so‘ngra boshidan suv quyadi. Va shu asnoda boshini suyagigacha yetkazib qattiq ishqalab, keyin ustidan suv quyadi. So‘ngra xushbo‘y paxtani olib, u bilan tozalaydi», dedilar. Asmo roziyallohu anho: «Qanday qilib u bilan tozalaydi?» degandilaro, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Subhanalloh! Usha paxta bilan tozalaydi-da», dedilar. Oisha roziyallohu anho go‘yoki unga maxfiy qilib: «Ana shu paxta bilan qon asoratiga yurgizib (artasan)», dedilar. Keyin Asmo roziyallohu anho janobat bo‘lgandagi g‘usl haqida so‘raganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Suv olib (iflos bo‘lgan joylarni) tozalaydi va tahoratni chiroyli suratda yoki yetuk qilib bajaradi, so‘ngra boshini ustidan (suv) quyib, ishqab boshi suyagigacha yetkazadi. Keyin yana ustidan suv quyadi», dedilar. Oisha roziyallohu anho: «Ansoriya ayollar muncha ham yaxshi ayollarki, dinda faqih (bilimdon) bo‘lishdan hayolari man etmaydi, ya’ni dindagi zaruriy narsalarni so‘rashdan uyalishmaydi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta kelgan. Ikkinchisida janobatdan g‘usl qilish zikr etilmagan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:52:33
14-bob Istihoza qoni ko‘rgan xotin, uning g‘usl qilishi va namozi haqida

589/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Fotima binti Abu Hubaysh Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Men istihoza qoni ko‘raman-da, pok bo‘lmayman, shunda namozni tark qilamanmi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Io‘q, bu narsa (ozil, deb ataluvchi) tomirdan keladigan qondir, hayz qoni emasdir. Agar bordi-yu, hayz qoni kelsa, namozni tark qilgin. Hayz qoni to‘xtasa, qonni o‘zingdan ketkazib (g‘usl qilgin-da), namozingni o‘qigin», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:52:41
590/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Ummu Habiba binti Jahsh Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan fatvo so‘rab: «Men istihoza qoni ko‘rib turaman», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «G’usl qilgin-da, so‘ngra namoz o‘qigin», dedilar. Ummu Habibaga barcha namoz oldidan g‘usl qilish odat edi.

Lays ibn Sa’d roviylardan biri Ibn Shihobni zikr etmasdan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ummu Habiba binti Jahshga har namoz oldidan g‘usl qilishni buyurdilar. Lekin bu narsani faqat u o‘zi bajarar edi», dedilar. (Demak, bu narsa faqat Ummu Habiba uchun xos ekan... - tarj.) Ibn Rumhning rivoyatlarida Ummu Habiba so‘zini zikr qilmay, Ibnatu Jahsh deb aytish bilan kifoyalanganlar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:52:52
591/3. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xotinlari tomonidan bo‘lgan qarindoshlari (xotinlari Zaynab binti Jahshning singillari), Abdurahmon ibn Avfning xotinlari Ummu Habiba binti Jahsh yetti yil hayz ko‘rib, bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan fatvo so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu narsa hayz qoni emas, lekin bu (ozil, deb ataluvchi) tomirdan keladigan qondir. Bas, sen g‘usl qilib namoz o‘qiyvergin», dedilar.

Oisha roziyallohu anho: «U singlisi Zaynab binti Jahshning xonasida tog‘orada g‘usl qilar, hatto suv ustiga qonning qizil rangi chiqib qolar edi», dedilar.

Ibn Shihob: «Men bu haqda Abu Bakr ibn Abdurahmonga gapirsam, u zot: «Alloh Hindni rahm qilsin, agar bu fatvoni tirikligida eshitganida, Alloh nomiga qasam, yig‘lar edi. Chunki u mana shunday holatda namoz o‘qimas edi», dedilar», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta Ibn Shihobning so‘zlariga takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:53:02
592/4. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Ummu Habiba Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qon haqida so‘radi. Oisha: «Men uning tog‘orasi qonga to‘lganini ko‘rdim», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Hayz qoning keladigan vaqt miqdoricha o‘zingni (unda man etilgan narsalardan) to‘xtatib turgin-da, so‘ngra g‘usl qilib namoz o‘qiyvergin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:53:11
593/5. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Abdurahmon ibn Avfning xotinlari Ummu Habiba binti Jahsh Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga (oqayotgan) qonidan shikoyat qilganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Hayz qoning keladigan vaqt miqdoricha o‘zingni (unda man etilgan narsalardan) to‘xtatib turgin-da, so‘ngra g‘usl qilgin», dedilar. U har namoz oldidan g‘usl qilardi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:53:21
15-bob Hayz ko‘rgan xotin namozning qazosini o‘qimasdan, balki ro‘zaning qazosini tutishi shart ekani haqida

594/1. Muoza roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bir xotin Oisha roziyallohu anhodan «Bizlardan birortamiz hayz kunlarida namozini qazo qiladimi?»   deb   so‘raganida,   Oisha   roziyallohu   anho:   «Sen   haruriy  (xavorijlar tarqagan qishloq)likmisan? Bizlardan birortamiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida hayz ko‘radigan bo‘lsak, unga namozning qazosini o‘qish buyurilmas edi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:53:30
595/2. Muoza roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu sahobiya ayol Oisha roziyallohu anhodan «Hayz ko‘rgan ayol namozini qazo qiladimi?» deb so‘raganida, Oisha roziyallohu anho: «Sen haruriylikmisan? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xotinlari agar hayz ko‘radigan bo‘lsa, ularni qazo qilishga buyurardilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:53:39
596/3. Muoza roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Men Oisha roziyallohu anhoga «Nima uchun hayz ko‘rgan ayol ro‘zasini qazo qiladi-yu, namozni qazo qilmaydi?» desam, Oisha roziyallohu anho: «Sen haruriylikmisan?» dedilar. Men: «Haruriylik emasman, lekin bu haqda so‘ramoqdaman, xolos», dedim. Shunda Oisha roziyallohu anho: «Bizda bu narsa sodir bo‘lsa, ro‘zaning qazosini tutishga buyurilib, namozning qazosini o‘qishga buyurilmas edik», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:54:08
16-bob G’usl qiluvchi kishi (avratini) kiyim va shunga o‘xshash narsalar bilan to‘sishi haqida

597/1.  Ummu Xone’  binti Abu Tolib roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi.   Bu   sahobiya   ayol:   «Rasululloh   sollallohu   alayhi   vasallam huzurlariga  fath  yili  borsam,  u  zot  g‘usl  qilayotgan  ekanlar,  qizlari Fotima esa kiyim bilan to‘sib turgan ekanlar», leb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:54:17
598/2. Ummu Xone’ binti Abu Tolib roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu sahobiya ayol fath yili Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borsalar, u zot Makkaning yuqori qismida ekanlar. G’usl qilish uchun turganlarida qizlari Fotima to‘sib turdilar. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kiyimlarini olib unga o‘randilar-da, so‘ngra nafl namozi bo‘lgan zuhoni sakkiz rakat o‘qidilar.

Said ibn Abu Hind roziyallohu anhudan mana shu yuqoridagi sanad bilan rivoyat qilinib, hadisning davomida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam g‘usl qilganlarida qizlari Fotima roziyallohu anho kiyim bilan to‘sib turardilar. G’usl qilib bo‘lib kiyimga o‘randilar-da, so‘ngra sakkiz sajdali zuho namozi o‘qidilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:54:25
599/3. Maymuna roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga suv quyib to‘sib turdim. U zot esa g‘usl qildilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:54:35
17-bob Avratga nazar solishning haromligi haqida

600/1. Abu Said Xudriy otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Erkak kishi erkak kishining avratiga qaramaydi. Ayol kishi ayol kishining avratiga qaramaydi. Bir kiyim ichida erkak kishi erkak kishiga badanini tekkizmaydi. Bir kiyim ichida ayol kishi ayol kishiga badanini tekkizmaydi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, faqat arabchadagi «avrat» so‘zi o‘rniga «uryatu» so‘zi kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:54:45
18-bob Yakka turilganda yalang‘och g‘usl qilish joiz ekani haqida

601/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bani Isroil (qavmi) yalang‘och yuvinib, bir-birlarining avratlariga qarayverishar edi. Muso alayhissalom esa yakka o‘zlari g‘usl qilardilar. Qavmdagilar: «Muso alayhissalomning biz bilan birga yuvinishdan faqatgina dabba ekani man qiladi, xolos», deyishdi. Kunlarning birida g‘usl qilayotib, kiyimlarini tosh ustiga qo‘ygandilar, tosh kiyimlarini olib qochdi. Muso alayhissalom: «Kiyimimni tosh (olib ketdi), kiyimimni tosh (olib ketdi)», deb uning ortidan tez yugurdilar. Bani Isroil qavmi Muso alayhissalom avratlarini ko‘rib qolib: «Alloh nomiga qasamki, Musoda kasallik yo‘q ekan», deyishdi. Tosh qo‘zg‘algan edi, u zotga nazar solindi. Muso alayhissalom kiyimlarini olib toshni ura boshladilar», dedilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Toshning oltita (urilgan) o‘rni yoki Muso alayhissalom toshni yetti marta urdilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:54:57
19-bob Avratni (ko‘z tushishidan) saqlab, unga ahamiyatli bo‘lish haqida

602/1. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ka’ba bino qilinayotganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va Abbos roziyallohu anhu toshni tashishar edi. Abbos roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga toshdan saqlanish uchun «Izoringizni yelkangizga qo‘yib oling», degandilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yerga yiqilib, ko‘zlarini osmonga qaratdilar-da, so‘ngra o‘rinlaridan turib: «Izorim, izorim», deb izorlarini mahkamladilar.

Ibn Rofe’ning rivoyatlarida «elka» so‘zi o‘niga «gardan» bo‘lib kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:55:10
603/2. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ka’ba ahli bilan birga Ka’ba qurilishi uchun tosh tashirdilar. U zotning izorlari bor edi. Amakilari Abbos roziyallohu anhu: «Ey jiyanim, izoringizni yechib, tosh bilan yelkangiz orasiga qo‘yib oling», degandilar, u zot uni yechib yelkalariga qo‘ygandilar, hushsiz bo‘lib yiqilib tushdilar. (Ana shu yiqilganlaridan so‘ng) bu kundan (hech kim) u zotni boshqa yalang‘och holda ko‘rmadi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:55:42
604/3. Misvar ibn Mahrama roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men og‘ir toshni ko‘tarib ketayotganimda (badanimda) yengilgina izorim bor edi. U yechilib ketdi, toshni o‘z o‘rniga yetkazib bormagunimcha uni yerga qo‘yishga qodir bo‘lmadim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kiyimingning (ya’ni, izoringning) oldiga borib, uni kiygin, yalang‘och holda yurmagin», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Laylo 20 Oktyabr 2006, 12:56:09
20-bob Bavl qilayottanda to‘sinib turish haqida

605/1. Abdulloh ibn Ja’far roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kunlarning birida meni mingashtirib olib, bir sirli gap aytdilar. Men uni odamlardan birortasiga aytmayman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun hojat chiqarayotganlarida to‘sish uchun eng mahbub bo‘lgan narsalar do‘nglik yoki xurmo chakalakzori edi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:11:50
21-bob Islomning ilk davrida jimo’ g‘uslni shart kilib qo‘ymasligi, faqat maniy tushsagina, shart ekani hamda (keyinchalik) bu hukm nasx bo‘lib (amaldan qoldirilib), jimo’ (xoh maniy tushsin, xoh tushmasin) g‘uslni shart kilib qo‘yishi haqida

606/1. Abdurahmon ibn Abu Said Xudriy otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, Abu Said Xudriy roziyallohu anhu: «Dushanba kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Qubo nomli joyga borish uchun (uydan) chiqdik. Bani Salim qabilasi oldiga yetib borganimizda u zot Itbon (Ibn Molik)ni eshigi oldida turib chaqirgandilar, u kishi ishtonlarini sudrab chiqib qoldilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishini shoshiltirib qo‘yibmiz-ku!» degandilar, Itbon roziyallohu anhu: «Ey Allohning rasuli! Bir kishi xotini bilan qovushgan-u, lekin maniysini to‘kmagan bo‘lsa, nima qiladi?» dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta suv suvdandir (ya’ni, maniy suvi uchun g‘usl lozim)», dedilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:11:58
607/2. Abulalo ibn Shixxir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Qur’ondagi ba’zi oyatlar ba’zisini nasx qilgani kabi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarining ba’zisi ba’zisini nasx qiladi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:12:07
608/3. Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir ansoriy kishining (uyi) oldidan o‘tayotib, uni chaqirib chiqish uchun odam yubordilar. U ansoriy chiqqan paytda boshidan suv tomchilab turardi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biz seni shoshiltirib qo‘ydik, shekilli-a?» desalar, u ansoriy: «Ha, ey Allohning rasuli», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar shoshiltirilsang, maniyni to‘kmagan bo‘lsang, g‘usl shart emas, balki tahoratning o‘zi kifoya qiladi», dedilar.

Ibn Bashshor rivoyatlarida majhul ko‘rinishda kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:12:14
609/4. Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Bir kishi xotini bilan jinsiy qovushsa-da, lekin maniysini to‘kmasa, nima qiladi?» deb so‘rasam, u zot: «Xotinidan yetgan (suvni) yuvib, keyin tahorat qilib, namoz o‘qiyveradi», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:12:21
610/5. Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ahliga jinsiy qovushib, lekin maniysini to‘kmaydigan kishi haqida gapirib: «U kishi olatini yuvib, tahorat oladi, (xolos)», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:12:28
611/6. Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta suv suvdandir, ya’ni maniy suvi chiqsa, suv bilan g‘usl qilish lozim», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:12:41
612/7. Zayd ibn Xolid al-Juhayniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot Usmon roziyallohu anhudan: «Agar kishi xotinini jimo’ qilsa-da, lekin maniysi tushmasa, nima qiladi?» deb so‘raganlarida, Usmon roziyallohu anhu: «Olatini yuvib, namozga tahorat olgani kabi tahorat qiladi, men buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Foyda: demak maniy tushmasa, g‘usl shart emas, deb aytilgan so‘z nasx, ya’ni amaldan qoldirilgandir. Bizning hanafiya mazhabimizda agar er-xotin jimo’ qilishsa-yu, maniy tushmasa, baribir g‘usl qilishlari vojibdir.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:12:55
22-bob «Suv suvdandir, ya’ni maniy tushsagina, g‘usl shart», deyilgan so‘z nasx bo‘lib, ikki jinsiy a’zo qovushsa, xoh maniy tushsin, xoh tushmasin, g‘usl vojib ekani haqida

613/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar er (xotinning) to‘rt muchasi, ya’ni ikki qo‘li va ikki oyog‘i orasiga o‘tirsa, so‘ngra jinsiy yaqinlik qilsa, u kishiga g‘usl vojib bo‘ladi», dedilar.

Matorning rivoyatlarida «agar maniy tushmasa ham» bo‘lib kelgan.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «maniy tushmasa ham» so‘zi zikr qilinmagan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:13:08
614/2. Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Maniy tushmasa ham, g‘usl qilish yoki qilmaslik haqida muhojir va ansorlar jamoasi ixtilof qilib qolishdi. Ansorlar: «Otilib chiqqan maniy sababli g‘usl vojib bo‘ladi», deyishdi. Muhojirlar: «Er-xotin qovushsa, bas, g‘usl vojib bo‘ladi», deyishdi. Men: «Men sizlarga bu haqda yechim topib beraman», dedim-da, o‘rnimdan turib Oisha roziyallohu anho huzurlariga kirish uchun izn so‘radim, Oisha roziyallohu anho ruxsat berdilar. Men u onamizga:    «Ey   mo‘minlar   onasi,   sizdan   bir   narsa   haqida   so‘rashni xohlayapman-u, lekin sizdan hayo qilmoqdaman», desam, Oisha onamiz: «Tuqqan onangdan nimani so‘rasang, mendan o‘sha narsani so‘rayvergin, chunki men ham onangizman», dedilar. Men: «Qaysi narsa sababli g‘usl shart bo‘ladi?» desam, u onamiz: «Bilimdoniga yo‘liqding-ku, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu haqda: «Agar (er xotinining) to‘rt muchasi, ya’ni ikki qo‘li va ikki oyog‘i o‘rtasiga o‘tirib, xatna qilinadigan a’zosi xotinining xatna qilinadigan a’zosiga qovushsa, g‘usl vojib bo‘ladi», dedilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:13:15
615/3. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Xotinni jimo’ qilsa-da, maniy tushmasa, ikkovlariga g‘usl qilish lozimmi?» deb so‘radi. U so‘rayotganida Oisha roziyallohu anho ham o‘sha yerda o‘tirgandilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biz sen aytgan narsani mana bu xotin (ya’ni, Oisha) bilan bajaramiz-da, so‘ngra g‘usl qilamiz», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:13:25
23-bob Olov tekkan narsani (iste’mol kilganda) tahorat kilish lozimligi haqida

616/1. Abu Zayd ibn Sobit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Olov tekkan narsa (iste’mol qilganda) tahorat olish lozimdir», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:13:34
617/2. Abdulloh ibn Ibrohim ibn Qoriz roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot Abu Hurayra roziyallohu anhuga masjidda tahorat qilayotganlarida ro‘para bo‘lib qoldilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Men bir bo‘lak pishloq yegan edim, shuning uchun tahorat qilmoqdaman. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman, u zot «Olov tekkan narsa (tanovul qilganingizda) tahorat qilinglar», deb aytganlar», dedilar.

Said ibn Xolid ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot Urva ibn Zubayrdan «Olov tekkan narsa (eyilganda) tahorat qilinadimi?» deb so‘raganlarida, Urva roziyallohu anhu: «Men bu haqda Oisha roziyallohu anhodan eshitganman, u onamiz esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Olov tekkan narsa (tanovvul etilganda) tahorat qilinglar», deb aytdilar», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:13:45
24-bob «Olov tekkan narsa (eyilgani) sababli tahorat lozim», deb aytilgan hukm nasx kilinib amaldan qoldirilgani haqida

618/1. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘yning yelka qismini yeb, so‘ngra namoz o‘qidilar, lekin tahorat qilmadilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:13:59
619/2. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biroz go‘shti bor suyakni yoki go‘shtni yeb, so‘ngra namoz o‘qidilar, lekin tahorat ham qilmadilar va suv ham ishlatmadilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:14:40
620/3. Ja’far ibn Amr Umayya az-Zamriy otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, otalari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qo‘yning qo‘l qismidan go‘sht kesib olib, undan tanovul qilganlarini, so‘ngra namoz o‘qib tahorat qilmaganlarini ko‘rdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:14:50
621/4. Ja’far ibn Amr ibn Umayya Zamriy otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, otalari: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdim. U zot qo‘yning qo‘l qismidan (go‘sht) kesib olib, undan tanovul qildilar. Namozga chaqirib qolingan edi, o‘rinlaridan turib pichoqni uloqtirdilar-da, namoz o‘qib tahorat qilmadilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:14:57
622/5. Maymuna roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu onamiz huzurlarida ekanliklarida qo‘yning qo‘l qismidan tanovul qilib, tahorat olmadilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:15:04
623/6. Abu Rofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Guvohlik beramanki, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qo‘yning qorni (jigar va shunga o‘xshash qismlarini) pishirib berdim. U zot (u narsalardan tanovul qilib), so‘ngra namoz o‘qib, tahorat qilmadilar», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:15:19
624/7. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sut ichib, keyin suv olib kelishga buyurdilar. Suv olib kelingan edi, og‘izlarini chayqab: «Buning yog‘i bor-da», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:15:26
625/8. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kiyimlarini Ibn Abbos roziyallohu anhuga berdilar-da, so‘ngra namozga chiqdilar. U zotga non va go‘sht hadya keltirildi. Undan uch luqma yeb, so‘ngra odamlarga namoz o‘qib berdilar, lekin suv ushlamadilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:15:43
25-bob Tuya go‘shti yeyilganida tahorat qilish haqida

626/1. Jobir ibn Samura roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Qo‘y go‘shti (eyilganida) tahorat qilamanmi?» deb so‘raganida, u zot: «Agar xohlasang, tahorat qil, agar xohlamasang, tahorat qilma», dedilar. U kishi: «Tuya go‘shti (eyilganida) tahorat qilamanmi?» deb so‘raganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, tuya go‘shti yeganingda tahorat qilasan», dedilar. U kishi: «Qo‘y qo‘rasida namoz o‘qisam bo‘ladimi?» deb so‘raganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. U kishi: «Tuya boqiladigan joyda-chi?» deb so‘raganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q», deb javob berdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:15:52
26-bob Tahorati borligiga ishonib, so‘ngra tahoratim buzildi, deb shak qilsa, o‘sha tahorati bilan namoz o‘kisa bo‘laverishi haqida

627/1. Abbod ibn Tamim roziyallohu anhu amakilaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Namozda turilganda xayolda tahorat buzilgandek bo‘laversa, nima qilish kerak?» deb shikoyat qilganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U ovoz eshitmagunicha yoki hid his etmagunicha jilimasin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:16:01
628/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz qornida qandaydir narsani his qilib, biror narsa chiqqani yoki chiqmagani mushkul bo‘lib qolsa, to ovoz eshitmagunicha yoki hidni his etmagunicha masjiddan chiqib ketmasin», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:16:10
27-bob O’limtikning terisi oshlash bilan pok bo‘lishi haqida

629/1. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Maymunaning xizmatkorlariga   bir   qo‘y   sadaqa   qilinganida   o‘sha   qo‘y   o‘lib   qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u o‘lgan qo‘yning oldidan o‘tayotib: «Uning terisini olib, oshlab foydalanmaysizlarmi?» deganlarida, (xonadondagilar): «U o‘lgan-ku?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uni yeyish harom qilingan, xolos», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:16:18
630/2. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Maymunaning xizmatkoriga sadaqa qilib berilgan o‘lik qo‘yga duch kelib qoldilar. Va: «Uning terisidan foydalanmaysizlarmi?» desalar, (xonadondagilar): «U o‘lgan-ku?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yeyishlik harom, xolos (ya’ni, o‘lgan hayvonning terisini oshlab foydalansa bo‘ladi)», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:16:25
631/3. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Maymunaning xizmatkorlariga sadaqa tariqasida berilgan, (so‘ngra o‘lib qolib) tashlandiq bo‘lib qolgan qo‘y oldidan o‘tayotib: «Uning terisini olib, oshlab foydalanishmaydimi?» dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:16:32
632/4. Maymuna roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xotinlaridan ba’zisining uy hayvoni (qo‘yi) o‘lib qolganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uning terisini olib foydalanmaysizlarmi?» dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:16:38
633/5. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Maymunaning qulining (o‘lgan) qo‘yi oldidan o‘tayotib: «Uning terisidan foydalanmaysizlarmi?» dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:16:45
634/6. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar teri oshlansa, u pokdir», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:16:51
635/7. Abulxayr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Ibn Va’la as-Sabaiyda mo‘yna ko‘rib qolib, uni ushlab ko‘rdim. Ibn Va’la: «Nimaga ushlayapsan?» dedilar. Men Ibn Abbosdan bu haqda so‘rab: «Biz Mag‘rib (Marokash)da ekanimizda, biz bilan birga barbar va majusiylar bor edi. Ular qo‘chqor keltirib, uni so‘yishar edi. Biz esa ular so‘ygan narsani yemas edik. Va yana yog‘ solingan idishlarni olib kelishar edi», desam, Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Biz ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bu (teridan ishlangan idish) haqida so‘rasak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uni oshlashlik ila pok bo‘ladi», dedilar», deb aytdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:16:58
636/8. Ibn Va’la as-Sabaiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Ibn Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan «Biz Mag‘ribdalik paytimizda majusiylar suv va yog‘ solingan (teridan ishlangan) idish olib kelishar edi», deb so‘rasam, u zot: «Ichavergin», dedilar. Men: «Bu haqda biror fikr bilasizmi?» desam, Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Oshlashlik bilan (teri) pokdir», deganlarini eshitganman», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:17:13
28-bob Tayammum haqida

637/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga safarlarning ba’zisiga chiqib, Baydo yoki Zotuljayshga (bu makon Madina bilan Haybar oralig‘idir) yetib borganimizda (bo‘ynimdagi) marvarid uzilib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va u zot bilan birga boshqa odamlar ham (o‘sha marvaridni) qidirishdi. Usha payt ular suvlik yerda ham emasdilar. Va o‘zlari bilan birga suvlari ham yo‘q edi. Odamlar Abu Bakr roziyallohu anhu huzurlariga kelib: «(Qizing) Oisha nima qilganiga qaramaysanmi? U Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va u zot bilan birga bo‘lgan kishilarni to‘xtatib qo‘ydi. Ular suvlik yerda ham emaslar, o‘zlarida suv ham yo‘qdir», deyishdi. (Otam) Abu Bakr kelganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshlarini sonim ustiga qo‘yib uxlab qolgandilar. Otam: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va odamlarni suv bo‘lmagan yerda hamda o‘zlarida ham suv yo‘qligida ushlab qoldingmi?» deb meni Alloh xohlaganicha nimalarnidir aytib ayblab, qo‘llari bilan niqtadilar. Niqtaganlarida mening harakatlanishimdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sonimga (boshlarin qo‘yib) uxlaganlari man etardi, xolos. U zot mana shu hodisa sababli suvsiz qoldilar. Shunda Alloh taolo tayammum oyatini nozil qildi. Barchalari (tuproqqa) tayammum qilishdi. Boshliqlardan biri Usayd ibn Huzayr: «Ey Abu Bakr oilalari, bu sizlarning avvalgi barakalaringiz emas (ya’ni, Oisha roziyallohu anho bundan boshqa hukmlar tushishiga sababchi bo‘lgandilar)», dedilar. Minib olgan tuyamni qo‘zg‘atgan edik, marvaridni uning ostidan topdik».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:17:25
638/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz Asmo roziyallohu anhodan (taqib turish uchun) marvaridni olganlarida yo‘qotib qo‘ydilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan bo‘lgan kishilarni u marvaridni qidirish uchun yuborganlarida namoz vaqti bo‘lib qoldi. Ular (suv yo‘qligi sababli) tahoratsiz namoz o‘qishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelishganida bu narsani u zotga shikoyat qilishdi. Shunda tayammum oyati nozil bo‘ldi. Usayd ibn Huzayr roziyallohu anhu: «Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin. Alloh nomiga qasamki, Alloh sizga nimani tushirgan bo‘lsa, undan chiquvchi yo‘lni ham tayin etib, o‘sha narsani esa musulmonlar uchun baraka qilgan», deb aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:17:32
639/3. Shaqiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Abdulloh va Abu Musolar bilan birga o‘tirgan edim. Abu Muso roziyallohu anhu: «Ey Abu Abdurahmon, ya’ni Abdulloh, agar bir kishi junub bo‘lib qolib bir oy suv topa olmasa, namozni nima qiladi?» deganlarida, Abdulloh roziyallohu anhu: «Agar bir oy suv topmasa ham, tayammum qilmaydi», dedilar. Abu Muso roziyallohu anhu: «Unda mana bu Moida surasidagi «Agar suv topa olmasangiz, pokiza tuproq bilan tayammum qilingiz (ya’ni, yuzingiz va qo‘llaringizni pokiza tuproq bilan silangiz)» oyati haqida nima deysiz?»   degandilar,   Abdulloh   roziyallohu   anhu:    «Agar   ularga   bu oyatdagidek ruxsat berilsa, suv sovuq bo‘lsa ham, pok tuproq bilan tayammum qilaverishadi», dedilar. Abu Muso roziyallohu anhu Abdulloh roziyallohu anhuga: «Ammor roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni bir yumush bilan yuborgandilar, men junub bo‘lib qolib, suv topa olmadim. Va hayvon tuproqqa belangani kabi belanib (ya’ni, tayammum qilib namoz o‘qiyverdim), so‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib zikr qilsam, u zot: «Qo‘lingni mana shunday qilasan, deb aytishing kifoyadir», deb, so‘ngra qo‘llarini yerga bir zarba urib, so‘ngra chap qo‘llarini o‘ng qo‘llari usti, kaftlarini ichi va yuzlariga surtdilar», dedilar», deb aytdilar. Abdulloh roziyallohu anhu: «Umar roziyallohu anhu Ammorning so‘zlaridan qanoatlanmaganlarini ko‘rmaganmisan?» dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:17:39
640/4. Shaqiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abu Muso roziyallohu anhu Abdulloh roziyallohu anhuga yuqoridagi hadisda aytganlari kabi so‘z aytib hadisning davomida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mana shunday bo‘ladi, deb aytshing kifoya qiladi», dedilar-da, so‘ngra qo‘llarini yerga urib, qo‘llaridagi g‘uborni qoqib, qo‘llarini yuzlari va ikki kaftlariga surtdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:17:47
641/5. Said ibn Abdurahmon ibn Abzo roziyallohu anhu otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, bir kishi Umar roziyallohu anhu huzurlariga kelib: «Men junub bo‘lib qolib suv topa olmadim», deganida, Umar roziyallohu anhu: «Namoz o‘qimagin», dedilar. Ammor: «Ey mo‘minlar amiri, eslay olmaysizmi? Men va siz bir necha otliq bilan g‘azotdaligimizda junub bo‘lib qolib, suv topa olmadik. Siz esa namoz o‘qimadingiz. Lekin men tuproqqa ag‘anab (ya’ni, tayammum qilib) namoz o‘qidim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki qo‘lingni yerga urib, so‘ngra puflab, keyin ikki qo‘lingni yuzing va kaftingga surtishing kifoya qiladi», dedilar», deb aytdilar. Umar roziyallohu anhu: «Ey Ammor, Allohdan qo‘rqqin», degandilar, Ammor roziyallohu anhu: «Agar xohlasangiz, uni gapirmayman», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat Umar roziyallohu anhuning «Sen ega bo‘lgan narsani amalga oshiramiz», deb aytgan so‘zlari ziyoda qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:17:54
642/6. Ibn Abdurahmon ibn Abzo roziyallohu anhu otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, bir kiish Umar roziyallohu anhu huzurlariga kelib: «Men junub bo‘lib qoldim-da, suv topa olmadim...», deb yuqoridagi hadisda kelganidek aytib, uning davomida Ammor roziyallohu anhuning «Ey mo‘minlar amiri, agar xohlasangiz, (ilmni yashirish sirasiga kirib qolmasam, Alloh sizga bo‘ysunishimni menga vojib qilgani uchun) mening ustimda Alloh buyurgan o‘sha haqqingizni (ado etib) uni biror kishiga gapirmayman», deb aytgan so‘zlari ziyoda qilingan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:18:03
643/7. Ibn Abbos roziyallohu anhuning qullari Umayr roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Men Maymuna roziyallohu anhoning qullari Abdurahmon ibn Yasar roziyallohu anhu bilan uchrashib qolib, Abuljahm ibn Horis ibn Simma Ansoriy huzurlariga kirdik. Abuljahm roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rib qoldim. U zot Jamal nomli quduq oldidan kelayotganlarida bir kishi yo‘liqib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa salomga alik olmadilar-da, devor tomonga yuzlanib, (undagi g‘ubordan) yuzlari va ikki qo‘llariga surtib, so‘ngra salomiga alik oldilar», deb aytdilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:18:09
644/8. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bavl qilayotganlarida bir kishi u zotning oldilaridan o‘tayotib salom berdi. Lekin u zot alik olmadilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:19:21
29-bob Mo‘min kishi najas bo‘lmasligiga dalil haqida

645/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot junublik paytlarida Madina ko‘chalaridan birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan ko‘rishib qoldilar. Asta-sekin tisarilib ketdilar-da, g‘usl qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa Abu Hurayra roziyallohu anhuni yo‘qotib qo‘ydilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu qaytib kelganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Hurayra, qaerda eding?» dedilar. Abu Hurayra: «Ey Allohning rasuli, siz men bilan uchrashganingizda men junub edim. To yuvinib kelmaguncha siz bilan birga o‘tirishni o‘zimga ep ko‘rmadim», dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Subhanalloh (ajablanilganda shunday deyiladi)! Albatta mo‘min kishi najas bo‘lmaydi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:19:27
646/2. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot junublik paytlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yo‘liqib qoldilar. Bu zot asta-sekin tisarilib (ketdilar-da), g‘usl qildilar. So‘ngra qaytib kelib: «Men junub edim», degandilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta mo‘min kishi najas bo‘lmaydi», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:19:37
30-bob Junublik holatida va boshqa paytlarda ham Allohni zikr etish haqida

647/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam barcha paytlarda Allohni zikr qilaverardilar», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:19:48
31-bob Betahorat ovqat yeyishning joizligi, bunda karohiyat yo‘qligi hamda hojatxonadan chiqilgan zahotiyoq tahorat shart emasligi haqida

648/1. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonadan chiqqanlarida taom olib kelindi. Shunda u zot uchun tahorat qilib olishlari eslatildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Namoz o‘qishni xohlasam, o‘sha paytda tahorat qilaman», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:19:54
649/2. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edik. U zot hojatxonaga (borib) keldilar. Oldilariga taom qo‘yildi va u zotga «Tahorat qilib olmaysizmi?» deyilgan edi, «Nima uchun, namoz o‘qirmidim? Agar namoz o‘qiydigan bo‘lsam, tahorat qilaman», dedilar».
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:20:00
650/3. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonaga ketib, qaytib kelganlarida u zot uchun taom tortiq qilindi. Hamda: «Ey Allohning rasuli! Tahorat qilib olmaysizmi?» deyishganida, u zot: «Nimaga, namoz uchunmi?» dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:20:10
651/4. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonadan bo‘shanib chiqqanlarida u zotga taom tortiq qilindi. Undan tanovul qilib suv ushlamadilar.

Amr ibn Dinor roziyallohu anhu Said ibn Huvayris roziyallohu anhudan qilgan rivoyatlarida quyidagilar ziyoda qilindi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Siz ovqatdan oldin tahorat qilmadingiz-a?» deyilganida, u zot: «Men namoz o‘qishni xohlamadim-da, agar xohlasam, tahorat qilaman», dedilar».

Amr roziyallohu anhu Saiddan bu hadisni eshitganlarini gumon bilan aytdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:20:26
32-bob Hojatxonaga kirishni xohlaganda aytiladigan narsalar

652/1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar hojatxonaga kirsalar (Hushaymning rivoyatlarida «to‘sib qo‘yilgan joyga kirsalar» bo‘lib kelgan), «Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xaboisi», deb aytardilar.

(Manosi: «Ey Rabbim, erkak va ayol shaytonning yomonligidan Sening noming bilan panoh tilayman».)

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «Sening noming bilan bilan» o‘rniga «Allohning nomi bilan» bo‘lib kelgan.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:20:37
33-bob O’tirib uxlagan kishining tahrrati buzilmasligiga dalil haqida

653/1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Namozga iqomat aytildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa bir kishi bilan xufyona (ya’ni, pichirlab) gaplashib turaverardilar (Abdulvorisning rivoyatlarida «Allohning nabiysi bir kishi bilan pichirlashib gaplashayotgandilar» bo‘lib kelgan). Namozni ado etish uchun o‘rinlaridan turavermadilar, hatto qavmdagi kishilar uxlab qolishdi.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:20:44
654/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Namozga iqomat aytilganida Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir kishi bilan pichirlashib gaplashib turaverdilar. Ular gaplashishda bardavom bo‘laverishganidan sahobalar uxlab qolishdi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning huzurlariga kelib namoz o‘qib berdilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:20:54
655/3. Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Anas roziyallohu anhuning «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari uxlab, so‘ngra namoz o‘qib, tahorat qilishmas edi», deb aytganlarini eshitdim», deganlarida, Shu’ba roziyallohu anhu: «(Haqiqatda) Anas roziyallohu anhudan eshitdingizmi?» dedilar. Shunda Qatoda: «Ha, Alloh nomiga qasam, eshitdim», dedilar.
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 21 Oktyabr 2006, 07:21:21
656/4. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Xufton namoziga iqomat aytilganida bir kishi ishim chiqib qoldi, dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam esa o‘rinlaridan turib (bir kishi bilan) pichirlashib gaplashib turaverdilar. Hatto qavm yoki qavmdagi ba’zi kishilar uxlab qoldilar. So‘ngra (turib) namoz o‘qishdi.

(Bizning hanafiya mazhabimizda agar kishi biror narsaga suyanib uxlab qolsa-da, o‘sha suyangan narsasini olib qo‘yilganda yiqilib tushsa, tahorati buziladi. Agar suyanmay uxlasa, tahorati buzilmaydi... - tarj.)
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim
Yuborildi: Doniyor 23 Oktyabr 2006, 05:01:31
MUNDARIJA

Imom Muslim haqlarida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=840.msg25271#msg25271)
Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=840.msg25271#msg25271)
Iymon kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=840.msg25729#msg25729)
Tahorat kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=840.msg26686#msg26686)
Hayz kitobi (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=840.msg27320#msg27320)
Nom: Re: SAHIHI MUSLIM. Abu Husayn Muslim ibn Hajjoj ibn Muslim (1-jild)
Yuborildi: AbdulAziz 07 Iyun 2009, 02:44:50
Sahihi Muslim. 1-kitob

(http://www.ziyouz.com/images/books/sahihi_muslim1.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=82)

Muallif: Imom Muslim
Hajmi: 442 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=82)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=840.0)