forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Muxsiya 14 May 2013, 11:18:36

Nom: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 14 May 2013, 11:18:36
Assalomu alaykum forumdoshlar ushbu mavzuda islom yo'lida xizmat qilgan avliyolar haqida, ularning hayotidan olingan ibratli hikoyalarni qo'ldan kelganicha e'tiboringizga havola etamiz
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 14 May 2013, 11:28:09
Shayx Uvays Qaraniy
mo'minlarning boshqa hech biriga nasib bo'lmagan baxtga erishgan - faxri koinotning o'limdan so'ng muborak liboslarini unga yuborishni va ummatini duo qilishini vasiyat qilgan.
Haq taolo marhamat etar "Mening valiylarim Mening qubbalarim ostida yashirinur. Ularni Mendan boshqa zot bikmas..."
Rasululoh marhamat etadilar: "Qiyomat kunida yetmish ming farishta Uvays suratida yaralgaydir, Uvays ularning orasida jannatga kirgaydir, hech kimsa uni tanimas bilmas. Zero, dunyoda pinhon ibodat qilganni va o'zini xalqdan yashirgani uchun qiyomat kunida uni kimsa bilmagay"
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 14 May 2013, 11:38:06
Rasululohdan Uvays hayratlari qayerdan ekanligini so'radilar
- Yaman viloyatining Qaran qishlog'idan
- yo rasululoh, sizni ko'rganmi
- ko'rgan va lekin zohirda ko'rmagan, deb marhamat qildilar.
-bu qanday oshiqki sizni ko'rmas
-ikki sababi bor birinchisi hol g'alabasidan, ikkinchisi shariat azamatidan, ya'ni ko'zi ojiz onasi bor uni yolg'iz qoldirib kelmadi. Shariat amrini tutdi, onalik haqqiga rioya etdi.
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 14 May 2013, 11:47:54
Hazrati Robbiydan naql qilinadi: "Havas qilib Uvaysni ko'rgali bordim. Zuho namozini o'qir edi. Tamom bo'lishi bilan salom beraman, dedim. Namozdan forig' bo'lgach tasbeh ila mashg'ul bo'ldi. Tamom bo'lishi bilan salom beraman dedim. Hech qayoqqa qaramay peshin namozini o'qidi. Shunday qilib uch kun kutdim. Uzuluksiz namozdan forig' bo'lmadi, hech narsa yemadi, ichmadi, uxlamadi. To'rtinchi kecha munojotini tingladim. Haq taologa yolvorar edi:
-Ilohi, meni ko'p uxlar ko'zdan va ko'p yeyar qorindan o'zingdan panoh tilayman!
Bu so'zlarni eshitib, menga shu o'git yetgaydir, dedim "
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 14 May 2013, 11:52:19
Uvays hazratlaridan so'radilar
-namozda xush'u nadur?
-namoz vaqtida qilich sanchib boshqa tomonindan chiqarsalar ham zarra sezmaslikdir. 
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 14 May 2013, 12:04:00
Hazrati Umar va Hazrati Ali Uvays hazratlarini yo'qlab borganlarida hech kim uni tanimasligini faqat tuya boqib yuruvchi bir dalli devona borligini aytdilar.
Faqat qaran qishlog'idagina ma'lum bo'lib qolib, hurmat izzati ortganda Uvays hazratlari u yerdan chiqib Kufaga ketdi.
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 14 May 2013, 12:06:56
Hazrati Uvaysdan nasihat istagan odamga ushbu oyatni o'qidi: "Ul kunda do'st-do'stga biror narsada asqotmas va ularga yordam ham berilmas"  surai "Duxon" 41-oyat.
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 14 May 2013, 12:27:07
Hazrati shayx Fathi Musuliy
mashoyixlarning ulug'i, o'zini tanitishni istamas, savdogar deb o'ylashsin deb yoniga bir qancha kalitlar taqib yurar edi. Undan sidqni so'radilar. Qo'lini temirchining o'chog'iga suqib, bir parcha qizigan temirni qo'lida ancha vaqt ushlab turib,
-siqd mana shudir degan.
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 14 May 2013, 12:30:34
Naql etar
- bir kecha tushimda amiral mo'minin Ali karomallohu vajhaxunni ko'rdim. Menga o'git bering dedim.
-Agar boy bo'lsang, darvishlarga tavoze qil. Kambag'al bo'lsang boylarga takabburlik ayla, dedilar
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 14 May 2013, 12:34:39
Fath hazratlari dunyodan o'tganlarida bir ulug' kishi uni tushida ko'rib so'radi.
-Alloh taolo senga ne qildi?
-Alloh taolo mendan nega ko'p yig'laganimni so'radi. Dedimki, gunohlarim o'tidan. Marhamat etdi, yo Fath, gunohlaringni yozayotgan farishtaga yig'layotganingni ko'rgach "Yozma!" degan edim!
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 14 May 2013, 16:35:53
HAZRATI SHAYX HASAN BASRIY
Janobi payg'ambarimiz rafiqalari Ummu Salamaning singlisidan tug'ilgan va payg'ambarimiz zavjalaridan sut emganlar. Yosh bola bo'lgan paytida rasululoh kosalaridagi suvni ichib qo'yadilar shunda rasululoh so'radilar
-mening kosamdagi suvni kim ichdi
-hasan ichdi, dedilar
-Hasan qancha suv ichgan bo'lsa barchasi ilm bo'lsin deb duo qildilar
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 14 May 2013, 17:14:04
Hasan Basriyga xalq undan shuncha ilm olib ham unga e'tiroz qilayotganlarini bildirishganda shunday javob qilgan ekanlar
-Shunchalik azamati bilan Hap taolo o'zi xalqning tilidan qutilmadi, men bir zarramanku
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 14 May 2013, 17:22:01
Hasan Basriy bolaligida bilmay bir qabix ish qilib qo'ygan va bundan doim nadomad chekar, shu qabohatni yoqasiga yozib qo'ygan edi. Yozuvni har gal ko'rganida shu qadar yig'lar ediki, yozuv ho'l bo'lar edi.
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 14 May 2013, 17:25:24
Hasan Basriydan vara nima deb so'raganlarida quyidagicha javob berdi
-varada uch maqom bor 1-hamisha haq so'zni so'zlamoq, 2-o'zini muhofaza etmoq 3-har bir ishni Alloh rizosi uchun qilmoq. Varaning zarachalik qismi varasiz yuz yil namoz va yuz yil ro'zadan avzaldir
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 14 May 2013, 17:34:21
Rivoyat qilinishicha Hasan Basriy hazratlar qabristonda ovqat yeyayotgan bir kishini ko'rib, bu kishi munofiqdir, zero shu qadar marhum huzurida ko'nliga qo'rquv tushmay, bo'g'zidan ovqat o'tar, oxiratini o'ylamas bu munofiqlik alomatidandir.
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 17 May 2013, 14:23:03
HAZRATI SHAYX SUFYONI SARVIY unga birov hadya keltirgan edi olmadi sababini so'raganlarida Sening birodaring mendan hadis o'rganmoqda. Qo'rqamanki sening moling sabab unga maylim ortgay.
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 17 May 2013, 15:30:24
Hazrati Sufyoni bir kuni masjidga avval chap oyog'ini bosib kirdilar va g'oyibdan ovoz keldi
-Yo Savr(arabchada buqa degan ma'noni bildiradi) nechun o'ng oyog'ing bilan kirmading? Bu ovozdan hushidan ketdi o'ziga kelib dedi Bir marta sunnatni tark etganing uchun otingni sarv qo'ydilar yana qaytarilsa tasavvur qil otingni nima derlar
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 17 May 2013, 15:41:55
Hazrat bir kuni qattiq betob bo'lganida xalifa unga nasroniy tabibini jo'natdi. Tabib shayxni peshobini shishaga solib ko'rdi. Boshini chayqab yig'ladi va Alloh taolo qo'rquvidan jigaring pora-pora bo'libdi dedi va zunnorini kesib musulmon bo'ldi. Xalifa biz hakimni bemorga jo'natdik desak bemor hakimga borgan ekan dedi.
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Tistak 17 May 2013, 18:18:35
Hazrati Robbiydan naql qilinadi: "Havas qilib Uvaysni ko'rgali bordim. Zuho namozini o'qir edi. Tamom bo'lishi bilan salom beraman, dedim. Namozdan forig' bo'lgach tasbeh ila mashg'ul bo'ldi. Tamom bo'lishi bilan salom beraman dedim. Hech qayoqqa qaramay peshin namozini o'qidi. Shunday qilib uch kun kutdim. Uzuluksiz namozdan forig' bo'lmadi, hech narsa yemadi, ichmadi, uxlamadi. To'rtinchi kecha munojotini tingladim. Haq taologa yolvorar edi:
-Ilohi, meni ko'p uxlar ko'zdan va ko'p yeyar qorindan o'zingdan panoh tilayman!
Bu so'zlarni eshitib, menga shu o'git yetgaydir, dedim "

Bu rivoyat Uvays al Qoroniyga tuhmat emasmikan.Zero ibodatni afzali Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam  afandimiz ibodatlari ekani hadislarda aniq bayon qilinmish. Payg'ambar alahissalom afandimiz esa namoz ham o'qiganlar vaqtida uhlaganlar ham va vaqtida ovqat ham yeb ichganlari haqida hadis o'qigan edim.
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 17 May 2013, 18:24:32
Men Fariddidin Attorning  Avliyolar kitobi asarida o'qiganimni yozyapman bu yerdagi postlar mening shaxsiy fikrlarim emas
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Tistak 17 May 2013, 23:39:14
Men Fariddidin Attorning  Avliyolar kitobi asarida o'qiganimni yozyapman bu yerdagi postlar mening shaxsiy fikrlarim emas

Fikr kimniki bo'lsa ham ba'zisi olinadi ba'zisi tashlanadi illa Allahning kalomi va  Payg'ambar alayhissalomning fikrlaridan  boshqa, degan hikmatga amal qilib turish zararli emasga o'hshidi :)
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Lu`lu` 18 May 2013, 05:52:27
Тазкиратул авлие насрий баенини узбек тилига Мирзобек ака Кенжабек таржима килганлар.
Тасаввуфий асарларда асосан холатлар зикр килингани ун купчиликка муболага булиб куринади.
Лн валостлари шариатга асосланган купгина тасаввуф ахллари кароматнинг снг улуги шариатдаги истикоматга амал килишади.
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Lu`lu` 18 May 2013, 16:05:52
Имоми А'зам абу Ханифа р. ни узига ракиб деб билган бир жохил имомни мулзам килиш ун шогирдлар даврасида савол берибди:
- Мусулмонлик да'восидаги кишининг сузларидан куфр хиди анкиб турса, унинг хукми кандок булади? Шу одам куйидагича гапиради: "Менинг жаннатдан умидим йук. Дузахдан ва Аллохдан куркувим йук. Улимтикни хуш куриб ейман. Аамозларимни руку' ва саждасиз адо киламан.
Яхудий ва насороларни куллайман. Шохид булмасам хам гувохлик бераман". Бу одам хакида нима дейсиз?
- Узинг канака фикр билдира оласан? дедилар хазрати Имом.
У сса: " Ман нима хам дердим, сиздан сураспманда" дебди.
Имоми А'зам р. шогирдларига юзланиб: " Бу одамни иймони бутундир. Унинг жаннатга инонмаслиги жаннатни Яратувчисига иймон келтиришидир. Дузахдан куркмаслиги дузах сгаси Аллохдан куркишидир; Аллохдан куркмаслиги Аллох таолонинг адолати голиблигига тан беришидир. Улимтикни хуш куришида баликни, руку' ва саждасиз намозда сса жаноза намозини назарда тутган. Яхудий ва насороларни куллаши сса улар хакидаги Каломни тасдиклашидир. Курмай туриб, калимаи шаходатни айтганини хаммангиз тушунгандирсиз".
Имом р.га савол берган киши ожиз фикридан каттик мулзам булиб, хазратни кулларини тутиб, лабларига босди ва минг бора узрини билдирди.



Имоми А'зам рохматуллохи алайх такфир хакида дедилар: "Исломга бид'ат киритспганларни хатоси бир-бирларини куфрда айблашларидир. Ахли суннанинг хайрлиги сса уларнинг бирортаси адашганида куфрда айбламаслигидир.
(Фикхул Акбар" Шархи Али Кори. 429 бет, Истамбул 1579)
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Lu`lu` 20 May 2013, 07:45:14
Ссфийлар суÒ³бати боби



МуÒ³аммад ибн АÒ³мад БаÒ“додий[1] айтади:

"œКим ссфийларга суÒ³батдош бслса, уларга нафс хоÒ³ишисиз, Ò›албсиз ва ихтиёрсизлик орÒ›али сргашсин! Бас, кимда нафсининг насибаси ва талабларига бсйсуниш бслса, булар маÒ›садга етишида монелик Ò›илади".

ИброÒ³им АдÒ³ам[2]: "œБанда ориф фаÒ›ирлар суÒ³бати билан орифлар маÒ›омига етишади", деди.

АÒ³мад ибн АбдуллоÒ³ Ширвонийдан Ò³икос Ò›илинади:

"œДарÒ³аÒ›иÒ›ат Абу Бакр ибн Дониёл Армуний уни тушида ксриб ундан ссради: "œÒšайси амалларни снг фойдали деб билдингиз?" У: "œТавÒ³ид илмини билгандан кейин фаÒ›ирлар суÒ³батини снг фойдали деб билдим", деди. У сна ссради: "œÒšайси амаллар зарарлидир?" У: "œСсфийлар Ò³аÒ›ида беÒ³уда ссзлашдир. Агар чиндан Ò³ам улар мени тсÒ“ри йслга бошламаганларида,  албатта адашганлардан бслур сдим. Улар Ò³аÒ›идаги ссзим амалимни чиппакка чиÒ›ариши мумкин сди. Уларнинг Ò³олларини билишим фазилати билан нажот топдим", деди.
http://islom.uz/content/view/3239/101/
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Lu`lu` 20 May 2013, 07:46:45
Давоми

ИброÒ³им ибн Шайбондан[3] Ò³икос Ò›илинади: "œБиз кафшим ва сувдоним дейдиган одам билан асло бирга суÒ³бат Ò›урмасдик".

Жунайд БаÒ“додийнинг[4] устози Абу АÒ³мад Òšалонисий бундай дейди: "œБасра шаÒ³рида фаÒ›ирлар жамоасига кирдим. Улар мени ксп Ò³урмат ва иззат Ò›илишди. Бир куни мен: "œКсйлагим Ò›аерда?", дес ссрадим. Шунда улар назаридан Ò›олдим".

ИброÒ³им ибн Мавлид[5] айтади: "œМен Тартус[6] шаÒ³рига борган сдим. Одамлар фалон Ò³овлида бир жамоа йиÒ“илган, деб хабар беришди. Улар Ò³узурига бордим ва у ерда барчалари бир Ò›албга бирлашган сн етти фаÒ›ирни ксрдим".

Абу Саид Харроз[7]: "œА­ллик йил ссфийлар билан бирга Ò³амсуÒ³бат бслдим. Мен билан улар сртасида бирон хилофли иш содир бслмади", деди. Ундан: "œАима учун шундай бслди?", деб ссрашди. У: "œМен сзим билан машÒ“ул сдим", дес жавоб берди. Яъни, у сз айблари билан овора сди. Ким сз айблари билан машÒ“ул бслса, бошÒ›а одамларнинг камчиликларини ахтармайди.

Зуннун Мисрий[8]: "œАллоÒ³ билан тавфиÒ› орÒ›али бирга бсл! ХалÒ› билан насиÒ³ат асосида бирга бсл! Аафс билан унга хилоф иш юритиш асосида бирга сша! Шайтон билан доимо курашда бсл!", деди.
http://islom.uz/content/view/3239/101/
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Lu`lu` 20 May 2013, 07:49:48
А акамларга изох:

Ссфийлар суÒ³бати боби

[1] А увайм ибн МуÒ³аммад ибн АÒ³мад БаÒ“додий "œА увайм БаÒ“додий" номи билан машÒ³ур бслган улуÒ“ ссфийлардан бслган.

[2] Абу ИсÒ³оÒ› ИброÒ³им ибн АдÒ³ам ссфийлар шайхидир. У Хуросоннинг Балх шаÒ³рида таваллуд топган бслиб, амирзодалардан сди. ТабаÒ›от китобларида Ò³икос Ò›илинишича, у ёшлигида тенгдошлари билан овга чиÒ›ади. АогоÒ³ у оÒ³иста нидони сшитди: "œА­й ИброÒ³им! сен шу нарса учун сратилганмидинг?" ИброÒ³им ибн АдÒ³ам бу нидони сшитганидан кейин ссфийлар йслига киради. Маккага боради. Суфён Саврий ва Фузайл ибн Иёз суÒ³батларида бслади. Шомга сафар Ò›илади ва у ерда истиÒ›омат тутади. У 162 Ò³ижрий санада шу ерда вафот стади.

[3] Абу ИсÒ³оÒ› ИброÒ³им ибн Шайбон Òšармисинийнинг лаÒ›аби Шайхул жабал сди. У зоÒ³ид ссфийларнинг улуÒ“ларидан бслиб, ссфийликни иддао стувчиларга жуда Ò›аттиÒ› Ò›аршилик Ò›илгувчилардан сди. У АбдуллоÒ³ МаÒ“рибий ва ИброÒ³им Ò²аввос билан бирга бслди. Ксплаб кароматлар соÒ³иби сди.

[4] Жунайд БаÒ“додий. Ссфийлар тоифасининг шайхи. Абул Òšосим Жунайд ибн МуÒ³аммад Хаззоз БаÒ“додий. Асли АаÒ³ованд шаÒ³ридан бслиб, ИроÒ›да таваллуд топган ва шу ерда сшаган. Абу Савр мазÒ³абидаги фаÒ›иÒ³ сди. Òšуръони карим ва суннатга асосланган ссфийлардан бслиб, Сиррий СаÒ›отий ва Ò²орис МуÒ³осабийлар суÒ³батини топган сди. У 297 Ò³ижрий санада вафот стган.

[5] Абу ИсÒ³оÒ› ИброÒ³им ибн АÒ³мад Мавлид А иÒ›Ò›а шаÒ³рининг улуÒ“ шайхларидан бслиб, Ò³адиси шарифни ривости у кишига топширилган сди. Ксплаб фатво бергувчи ва илми ксп шайхлардан бслган. Абу АбдуллоÒ³ Жало ДимашÒ›ий ва ИброÒ³им Òšассор А иÒ›Ò›ийлар унинг асÒ³обларидан сди.

[6] Тартус шаÒ³рига халифа Ò²орун ар-А ашид 191 Ò³ижрий санада асос солган.

[7] Абу Саид АÒ³мад ибн Исо Харроз БаÒ“додий ссфийларнинг снг аввали ва имомларидан бири сди. Айтишларича у биринчи бслиб Ò’ино ва БаÒ›о илми Ò³аÒ›ида ссзлаган скан. У Зуннун Мисрий, Сиррий СаÒ›отий, Бишр ибн Ò²орис Хофий ва бошÒ›алар билан суÒ³батда бслган. У 279 Ò³ижрий санада вафот стди.

[8] Зуннун Абу Файз Савбон ибн ИброÒ³им Мисрий Ахмимий Аубада (Жанубий Миср) таваллуд топган. Отаси ИброÒ³им нубалик сди. Зуннун Мисрий мусулмон ссфийларнинг машÒ³урларидан бири. Айтишларича, у биринчи бслиб ссфийлик аÒ³воллари ва маÒ›омотлари Ò³аÒ›ида ссзлаган скан. Зуннун Мисрий тасаввуфда биринчи табаÒ›а кишиларидан бслиши билан бирга олим ва муÒ³аддис сди. Унинг ссзларидан намуна: "œИлм аÒ³лидан бслган кишига илми билан дунёни ёмон ксриши зиёда бслади, бугунги кунда сса кишига илми дунё муÒ³аббати ва уни ахтаришини зиёда Ò›илади. Киши молини илм йслида нафаÒ›а Ò›илар сди. Бугунги кунга келиб киши илми билан мол-дунё касб стишга стди". Зуннун Мисрий 245 Ò³ижрий санада вафот стган.
http://islom.uz/content/view/3239/101/
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 21 May 2013, 12:46:28
HAZRATI SHAYZ IBROHIM BIN ADHAM
Ko'p shayxlar bu ulug'g' zotni yuzini ko'rib, hazrati payg'ambarimiz janoblarini ko'rgandek bo'lganlar. Shayx Jonayd bu zotni ilmlar kaliti deb ta'riflagan.
ul zot avvaliga balx shahrining podshoxi bo'lgan bo'lib, qirq quli oltin qalqonlari bilan oldida va qirqtasi ortida yurar edi. Bir kecha saroyida yotar ekan tomning tepasida dupurni eshitib uyg'ondi.
ul nimadir?
Tuyamni qidiryapman
Tuyani tomning ustidayam qidiradimi, degan edi
-Ey g'ofil, Allohni atlas ko'rpachalar orasida qidiradimi,dedi
bu so'zni eshitgach joniga o't tushib tonggacha uxlay olmadi. Tongda  ovga chiqdi.  Ne qilarini bilmas, ketayotib  saroy ahlidan ajraldi. Shinda unga Intabih (Ogoh bo'l) degan sado eshitildi. e'tibor bermadi, yana takrorlandi. Uchunchi marta  Intabih, qobla an tamuuta(O'moqdan avval uyg'on) deyildi. Buni eshitgan zamon dunyodan qo'l tortdi. Oldidan kiyik chiqdi, uni ovlamoqni xoxlagan edi, kiyik tilga kirib
-Ey Ibrohim, Alloh seni ov qilmoq uchun yaratganmid, boshqa ishing yo'q'mi, dedi.
Shundan so'ng "Sen ov qilish uchun yaratilmading" degan ovoz eshitildi. bu ovoz uni titratdi, ko'ziga malaklar ko'rinib yig'lay boshladi, shunchalik yig'ladiki, kiyimi ho'l bo'ldi. Joni dili bilan tavba qildi.

Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 21 May 2013, 12:50:40
shu ketishda uni qo'ylarini boqayotgan cho'ponga duch keldi. Choponning chakmoni va telpagini olib, qo'ylarini unga ehson qildi. Ibrohimning bu holiga nazar tashlagan malaklar "Podshohlik libosini yechib, jannat va jamolulloh oshig'i oxirat libosini kiydi" dedilar. U yerdan Marvga ketdi. Ko'prikdan o'tayotgan bir kishi pastga quladi. buni ko'rib "Allohummahfuzhu" dedi va u odam suvga tushmay, havoda muallaq qoldi. Haloyiq bu karomatdan lol qoldi.
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 21 May 2013, 12:53:42
U yerdan nishopurga keldi. Bir g'orda to'qqiz yil yashadi. Har payshanba g'ordan tashqariga chiqib, o'tin sotib yarmini darvishlarga tortiq qilar va g'orga qaytib ro'zasini tutar edi. bu g'or "Ibrohim g'ori" nomi bilan hozirda ham mashhurdir.
Hazratning so'zlari mo'min kishining nishoni budurkim, sukuti fikr, qaragani ibrat, yurgani toat bo'lur.



Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 21 May 2013, 12:56:13
Bir insonga uch pardani ko'nglidan chiqarmaguncha da'vat eshigi ochilmas
1-bu dunyoning hammasi berilsa ham sevinmaslik, sevinsa u harisdir, haris, tilakdan mahrumdir
2-kavsari dunyoni oziga berib, yana qaytarib olasalar ham mutaassir bo'lmaslik
3-maqtalgan chog'ida sevinmaslik, yomonlangan holida qayg'urmaslik
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 21 May 2013, 12:58:38
Ibrohim bir kech tushida Jabroil alayhissalomni ko'rdi. qo'lida qalam va dovot bor edi
Bu ne uchundir, so'radi
-Yer yuzidagi avliyolarni yozurman
-Meni ham yoz
-Sening uchun amri ilohiy yo'qdur
-Men avliyo bo'lmasam ham ularni sevaman, degan esdi bir muddat sukut saqadi va dedi
-Farmoni ilohiy keldi, daftarning boshiga sening ismingni yozaman.
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 21 May 2013, 13:00:52
Bir kuni mast holda qusayotgan odamni ko'rib, suv keltirib og'zini pokladi. Mast odam o'ziga kelgach, Ibrohim mening og'zimni tozaladi deb darhol tavba qildi. Shunda g'oyibdan bir ovoz keldi "Yo Ibrohim! Sen bizning uchun ir og'izni pokladik, biz ham sen uchun bir ko'ngilni pokladik."
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 21 May 2013, 13:03:20
Bir kuni ibrohim hammomga borgan edi puli yo'qligi uchun kiritmadilar. Shunda ilohiy behudlikka keldi. O"ziga kelgach so'radilar
-Nima bo'ldi?
-Bo'sh qo'l bilan shaytonning uyi(Hammom)ga qo'ymadilar, Rahmoning uyiga amalsiz qandoq kira olurmiz?
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 21 May 2013, 13:06:42
Bir kuni Ibrohim dajla qirg'og'ida hirqasini yamab o'tirgan edi ignasi suvga tushib ketdi.
Bir odam kelib
-Ey Ibrohim podsholikni tashlab nima qilar eding, holingni ko'r dedi. Shunda ibrohimsuvga qarab
-ignani chiqaring dedi. Baliqlar og'zida bittadan tilla chiqardi. Bu mening ignam emas dedi. Shunda zaif bir baliq ognani chiqardi.Shunda
-Avvalgi podshohlik go'zalroqmi hozirgisimi deb so'radi
Haligi odam gapirgan gapiga pushaymon bo'lib ketdi.
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 21 May 2013, 13:08:26
Bir kuni tahorat olish uchun daryoga borib qo'lini suvga solgan edi qo'li oltinga to'lib chiqdi. to'kib yana solgandi yana oltin chiqdi, shunda
Yo Olloh tahorat olmoq istayman sen menga oltinnni bildirasan degan edi bnu safar suv chiqdi. Tahorat olib namozini o'qidi.

Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Muxsiya 21 May 2013, 13:11:06
Shayx hazratlarining ketmog'i yaqinlashdi va shunda hotifdan ovoz yangradi "Yer yuzining imomi dunyodan ketdi..." bu ovozni eshitgan xalq hayratda qoldi. Nima bo'lganini tushuna olmadilar. Keyin bildilarki, Ibrohim Adham olamdan o'tgan ekan


Qabri aniq emas. Ba'zilar bag'dodda deydilar, ba'zilar Shomda
Nom: Javob: Avliyolar hayotidan ibratli hikoyalar
Yuborildi: Secret 09 Iyun 2013, 07:03:12

Buyuk muhaddis Imom Abu Dovud dengizning qirg’og’ida o’tirsalar, uzoqdagi kemada ovozi baland insonning aksa urganini, so’ng "œAlhamdulillah" deganini eshitibdilar.
"œAlhamdulillah" deyilgandan keyin "œYarhamukalloh" deyish vojib. Abu Dovud "œYarhamukalloh" demoqchi bo’lsalar, u odam eshitmaydi. Chunki hazratning ovozlari baland emas, aksa urgan odam esa uzoqda. "œAlhamdulillah"ni eshitgan odamga "œYarhamukalloh" deyish vojib bo’lishi uchun ular bir joyda turgan bo’lishlari kerak.
Shunda Imom Abu Dovud bir qayiqni 3 dirhamga kira qilib, kemaga borib, haligi aksa urgan odamga "œYarhamukalloh" deb qaytgan ekanlar.
Abu Dovud aytadilar: "œShunga qulog’imga bir nido eshitildi: Ey Abu Dovud, 3 dirhamga jannatni sotib olding."