ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Jamiyat va inson => Salomatlik => Mavzu boshlandi: muqanna 19 Iyul 2013, 13:23:08

Nom: tug'ruqxonada erkak vrachlar bu qanchalik maqul, yoki ...
Yuborildi: muqanna 19 Iyul 2013, 13:23:08
Yaqinda bir tanishim farzandli bo'ldi. Biz uni qutlash uchun unga qo'ng'iroq qilganimizda uning nihoyatda asabi tarangligini sezdik. buning sababini so'raganimizda u buni quydagicha izohladi. tug'ruqxonaga turmush o'rtog'ini olib borgan lekin o'sha kuni tug'ruqxonada navbatchi vrach erkak ekanligini eshitgan ayol tabiyatan nihoyatda tasirchan bo'lganligi uchun undagi normal holatda buzilish yuz bergan. oqibat shu bo'lganki bola ikki kundan so'ng jarrohlarning aralashuvi bilan tug'ilgan. bir farzandning dunyoga kelishi ayollar uchun jon bermoq bilan barobar bir holatda yana bu ortiqcha zo'riqishlar uchun kim javobgar. menda savol tug'ildi "Tug'ruqxonada erkak vrachlarning ishlashi bu qanchalik maqul, yoki..." sizda boshqacha fikr bormi?
Nom: Javob: tug'ruqxonada erkak vrachlar bu qanchalik maqul, yoki ...
Yuborildi: Muxsiya 19 Iyul 2013, 14:01:01
Men taniydigan bir wifokor tug'ruqxonada iwlaydi lekin jarrohlik yo'li bngina tug'ruq bo'ladigan jarayonlarda qatnawadi. Menimcha wunisi ma'qul. Lekin ko'qchilikdan ewitganman bu paytda ayol joni qil ustida bo'ladi va ko'ziga bolasidan bowqa hech nima ko'rinmaydi deb. Qolaversa hadisi wariflarda ham aytilgan "Faqat davolaw uzri bilangina erkak ayolning avrat yerlariga qaraw mumkin" deb. Men bu bn erkaklar doyaligini yoqlamoqchi emasman lekin ko'p tug'ruqxonalarda eng malakali wifokorlar erkak kiwilar va ularga eng oxirgi chora sifatida murojat qilinadi.
Nom: Javob: tug'ruqxonada erkak vrachlar bu qanchalik maqul, yoki ...
Yuborildi: Muallim 19 Iyul 2013, 19:48:39
:bsm:
Бир қишлоқда 100.000 киши яшаса, ва ўша қишлоқда бирорта туғдирувчи аёл, доялар етишмаса, аёл-қизларимизни эркак кишилар туғдириб берар экан,  бу гуноҳнинг юки бутун қишлоқ аҳлига бўлиши, 100.000 кишининг ҳаммаси гуноҳкор бўлиши айтилган...

Шунинг учун Ислом дийнларнинг энг тўғриси ва мукаммалидир. Мусулмонлар зийрак бўлиши керак. Мўмин киши лоқайд бўлмайди. Жамиятимизда қайси соҳада камчиликлар бўлса, ўша соҳа вакилларини тарбиялаб етказиш керак...
*** *** *** *** ***

Мавзуга тааллуқли бўлмасада қуйидаги, бир вақтлар muslimaat.uz'да ёзилган ибратли сўзларни шу ерда ёзиб қолдиришни истадим:

...Қайси жамиятда етимлар кўз ёшласа, заиф-бечоралар егулик тополмай очликдан мижжа қоқмай чиқса, қишга кийгани кийими, ёққани ўтини бўлмаса, намозхонлар масжидга сиғмай, зич тургани билан бу жамият мусулмонлар кам яшайдиган жамият ҳисобланади...
 
:jaza:
Nom: Javob: tug'ruqxonada erkak vrachlar bu qanchalik maqul, yoki ...
Yuborildi: muqanna 20 Iyul 2013, 12:02:04
Men taniydigan bir wifokor tug'ruqxonada iwlaydi lekin jarrohlik yo'li bngina tug'ruq bo'ladigan jarayonlarda qatnawadi. Menimcha wunisi ma'qul. Lekin ko'qchilikdan ewitganman bu paytda ayol joni qil ustida bo'ladi va ko'ziga bolasidan bowqa hech nima ko'rinmaydi deb. Qolaversa hadisi wariflarda ham aytilgan "Faqat davolaw uzri bilangina erkak ayolning avrat yerlariga qaraw mumkin" deb. Men bu bn erkaklar doyaligini yoqlamoqchi emasman lekin ko'p tug'ruqxonalarda eng malakali wifokorlar erkak kiwilar va ularga eng oxirgi chora sifatida murojat qilinadi.
Meni o'ylantirgan holat shundaki tanishimning ayoli to'lg'oq bilan tug'riqxonaga borgan lekin vaziyat uning to'lg'og'ini qochirgan (to'lg'oqning qochishi haqida aniq ma'lumotga ega emasmanu lekin) shu holat undan tashqari yana bir necha ayollarda kuzatilgani aytildi. bunga qanday sabab topamiz..
Nom: Javob: tug'ruqxonada erkak vrachlar bu qanchalik maqul, yoki ...
Yuborildi: Olovuddin 24 Iyul 2013, 03:13:00
men ham bu holatga o'ta qarshiman !!! Ayyollar bilan buladigan har qanday ish ayollar bilan bajarilishini va shu qatorda erkaklarni ishini erkaklar qilishi kerak tamom!!!