forum.ziyouz.com
Kutubxona => Boshqa kitoblar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 08 Sentyabr 2013, 15:40:37
-
Assalomu alaykum!
Ko'pchilik muxlislarning talablariga binoan Android uchun tayyorlangan ilk kitobni saytga joylashtirdim:
http://ziyouz.com/books/android/o%27tkan_kunlar_www.ziyouz.com.apk
Bir ko'ringlar-chi, qanday kamchiliklari bor?
PS. O'zimda android moslama bo'lmagani uchun uni faqatgina PCda ko'ra oldim xolos.
-
Umuman, yomon emas, o'qishga qulay, tez ishlayapti. Har holda, java versiyasidan anchagina qulay. "Sahifalarga o'tish" degan buyrug'ini "qidirish" deb o'zgartirilsa bo'larkan, men uni saxifa raqami deb o'ylabman. Keyin, qidiruv maydonchasida so'z yozilib, "Enter" bosilishi bilan qidiradigan qilish mumkinmi? Bosganda yangi qator ochilyapti.
-
Va alaykum assalom. Yaxshi o'ylabsiz, oddiy kitob va kompyuterni ko'chada olib yurish qiyin. Keyingi vaqtlarda kitoblarni asosan smartfonda o'qiyapman.
O'tgan kunlarni ishlatib ko'rdim. Islom.Uzchilar chiqargan "Muhsin", "Minhojul Qosidiyn", "Bulug' al-marom", "Ismul A'zam" kitoblarini o'quvchiga ancha qulay qilib tuzishgan. Mundarijasi boshidayoq keladi, fon rangi ko'zni toliqtirmaydi.
-
Ayni kitobning lotin alifbosidagisini ham ushbu faylga birlashtirdim. Bir ko'ringlar-chi, normal ishlayaptimikan.
-
(https://fbcdn-sphotos-a-a.akamaihd.net/hphotos-ak-frc1/p480x480/1000341_529241810496100_2126634585_n.png)
Ahmad Lutfiy Qozonchining "Saodat asri qissalari" asari to'lig'icha kirill va lotin alifbosida Android uchun tayyorlandi. Bir ko'ring-chi, yaxshi ishlayptimikan:
http://www.ziyouz.com/books/android/Saodat_asri_qissalari_www.ziyouz.com.apk
-
Ishlatib biroz o'qib ham ko'rdim.
Ayrim-ayrim joylarda grammatik xatolar bor. Bunisi hech narsamas, tushunib ketish oson.
Asosiy muammo. Dastur og'ir ishlayapti, 4 ta lotin va 4 ta kirilldagi kitobni qoyganingizgadir. Dasturdan bir necha sahifadan tezkorlik bilan o'tganda dastur o'chib qolyapti (prilojeniya ostanevleno). Huddi shunday muammo mundarijasida ham kuzatildi. Mundarijadagi 4 kirill va lotindagi birortasiga ham kirib bo'lmayapti, yuqorida aytganimday oshibka chiqdi
-
Menda "O'tgan kunlar" aji-buji harflar bilan ochildi, yuklab bo'lmadi. "Saodat asri..." yuklandi-yu, ishlagisi kelmay, tashlab yuborayapti.
-
"Saodat asri"ning avvalgi versiyasi sekin ishlayotganini aytishgandi. Hozir kitobni qismlarga bo'lib boshqattan tayyorlab serverga yuklab qo'ydim. Boshqattan o'rnatib olinglar.
-
Ha rahmat bunisi ishladi
-
Menda "O'tgan kunlar" aji-buji harflar bilan ochildi, yuklab bo'lmadi. "Saodat asri..." yuklandi-yu, ishlagisi kelmay, tashlab yuborayapti.
Zamon bilan hamnafas telefon ishlating :)
PS. Sochi yo'qning tepakalga aytganlaridan :)
-
Faqat androidlar emas bizni kamtarona Nokialar uchun ham kutoblar bormi java kitoblarni birortasiyam ochilmayapti
-
Menda "O'tgan kunlar" aji-buji harflar bilan ochildi, yuklab bo'lmadi. "Saodat asri..." yuklandi-yu, ishlagisi kelmay, tashlab yuborayapti.
Zamon bilan hamnafas telefon ishlating :)
PS. Sochi yo'qning tepakalga aytganlaridan :)
Sizga ham odamlarning ko'zlarini kuydiradigan "uzun, qop-qora soch" nasib qilsin!
Ishladi.
-
Faqat androidlar emas bizni kamtarona Nokialar uchun ham kutoblar bormi java kitoblarni birortasiyam ochilmayapti
Ziyouz.com mobile kutubxonasi (java-kitoblar) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5726.0)
-
Endi sahifalari yahshi ochilyapdi
-
Android kitoblarimizni Google Play Marketga ham joyladik.
Ular hozircha 10 ta.
Bir sinab ko'ringlar-chi.
https://play.google.com/store/apps/developer?id=Davronbek+Tojialiyev
-
manda zo'r ishlitti katta rahmat iktasiniyam ochti
androidla uchun ikta kitop bor holosmi?