forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 04 Yanvar 2014, 07:42:16

Nom: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: AbdulAziz 04 Yanvar 2014, 07:42:16
Alhamdulillah!
Bir o'g'ildan so'ng bugun Alloh menga qiz farzandni ham hadya etdi. O'ziga hamdu sanolar!
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: NANO 04 Yanvar 2014, 07:49:23
Tabriklayman! Umri bilan bergan bo'sin!


P.S
Endi umrimda 1 marta yozaman dip kirsam uziz oldinro yozib quyibsiz eeeee!
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: Abdulloh_8800 04 Yanvar 2014, 09:52:44
Alloh qizingizni solihalardan qilsin!
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: albatros 04 Yanvar 2014, 11:16:26
Ilohim ilmli, soliha, ota -onasining  yuzini yorug` qiladigan farzand bo'lib yetishsin. Muborak bo'lsin!
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: Muhammad Sanjar 04 Yanvar 2014, 14:59:55
Tabriklaymiz! Alloh umri bilan, rizqi bilan bergan bo'lsin! Dinu diyonatli, soliha qiz bo'lib ulg'aysinlar!

2014 yildagi ilk xushxabar bo'libdi, forumimizdagi xushxabarlar soni ko'payaversin!
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: Muxsiya 04 Yanvar 2014, 15:16:16
Muborak bo'lsin tushgan joyida ota-onasiga rahmat ayttiradigan soliha, oqila qiz bo'lib ulg'aysin
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: Safida 04 Yanvar 2014, 16:50:19
Muborak bo'lsin! Eng bahtli Muslimalardan biri bo'lsin !
(http://s41.radikal.ru/i091/1401/05/dd8b0c286194.jpg) (http://radikal.ru/fp/d4407d0e9a5b4d038de00e6826077d83)
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: BilmasOY 04 Yanvar 2014, 17:03:22
Muborak bo'lsin! Allohim umri, rizqi bilan bergan bo'lsin!! Jannatlarda toj kiydirsin ota-onasiga...
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: Abdulhafizaka 04 Yanvar 2014, 17:46:01
Mana 2014-yilning birinchi hush habarini eshitish bahtiga musharraf bo'ldik. Alloh qizaloqni Oisha onamizday muslima bo"lishini nasiyb etsin, ota-onasiga va  yaqinlariga faqat vafaqat hursanchilik keltirsin.
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: Bahodir Muhammad 04 Yanvar 2014, 20:58:23
Аллоҳ таоло муборак қилсин.
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: Abdulhafiz 04 Yanvar 2014, 22:31:40
Alloh :jl: muborak qilsin. Umri bilan bergan bo'lsin. Ota-onasiga toj kiydiradigan soliha, olima bo'lib ulg'aysin.
Muborak bo'lsin.
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: Музаффар 05 Yanvar 2014, 08:05:21
Умри билан берган булсин. Оллохнинг суйган бандаларидан булиб, Ота-онасига муносиб, солиха ва окила киз булсин.
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: Зайнаб 05 Yanvar 2014, 11:18:49
Ассалому алайкум. Муборак бўлсин, табриклайман! Солиҳа, сожида қизлардан бўлсин, ота-онасининг кўз қувончи бўлиб ўссин.

(http://s13.postimg.org/d6a5rngpz/89189281_buket_roz_for_DR.jpg) (http://postimage.org/)
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: Ummu Muslima 05 Yanvar 2014, 12:13:36
Qizaloq muborak bo'lsin Davronbek
 Alloh uzoq barakali umr,bahtlik kelajak bersin qizaloqqa
 
 Ota Onasini jannatga kirishiga sababchi bo'ladigan chin muslima bo'lsinlar.
 kelinga salom ayting.
 
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: Ansora 05 Yanvar 2014, 18:36:22
Assalomu alaykum. Rostanam judayam ajoyib yangilik bo'libdi, Abdulazizjonga singilcha muborak bolsin:)

Yuqoridagi butun duolarga omin, degan holda qizalogimizga ikki dunyo saodatini tilab qolaman.

Ismlari nima bo'ldi kichkina malikamizni:)


(http://s22.postimg.org/g8xgs74y9/Beautiful_Purple_and_White_Flowers_Bouquet_Pics.jpg) (http://postimg.org/image/oefiqct71/full/)
bmp resim yükle (http://postimage.org/index.php?lang=turkish)



Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: Bobur Sharipov 06 Yanvar 2014, 01:13:14
Assalomu alaykum. Alloh muborak qilsin. Haqiqiy muslima qiz bo'lib ulg'aysin
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: Zulfina 06 Yanvar 2014, 11:32:58
:asl3:
Alloh muborak qilsin. Soliha, qoria qiz bo'lsin.
Qiz bola otasiga mehribon bo'ladi. Ota onasiga bu dunyoda ko'p mehr ko'rgizib ohiratda nurdan toj kiydirguvchi qiz bo'lsin ilohim...
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: Ziyovuddin 06 Yanvar 2014, 12:33:46
Tabriklayman, umri bilan bergan bolsin  :) .
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: Муҳаммад Соҳиб 06 Yanvar 2014, 23:56:01
Ие, МашаАллоҳ... Жуда хурсанд бўлдик. Муборак бўлсин! Умри ва ризқи билан берган бўлсин Ҳақ Таоло. Ота-онаси ва яқинларининг кўз қувончи бўлсин. Солиҳа қиз бўлиб вояга етсинлар жажживой.
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: AbdulAziz 07 Yanvar 2014, 14:37:08
Yoshlikdan og'il ko'rsam AbdulAziz, qiz ko'rsam Muhsina ismini qo'yaman deb niyat qilardim. Ikkisigayam yetishtirdi, alhamdulillah.
Yana ham iqror bo'ldimki, chin ixlos bilan qilingan niyat Alloh huzurida doimo maqbul ekan.
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: Habib 07 Yanvar 2014, 16:50:14


Маша Аллоҳ, муборак бўлсин!

Аллоҳ доим сизни ўйлаган ниятларингизга етиштирсин! Илоҳим дилбандларингиз кўз қувончи, қалб юпанчи бўлишсин! Жуда ҳурсанд бўлдим. Фарзанд неъматдир.

“Осмонлар ва ер Аллоҳнинг мулкидир. У Ўзи хоҳлаган нарсани яратур. У Ўзи ҳоҳлаган кишига қизларни ҳадя этур ва ўзи хоҳлаган кишиларга ўғилларни ҳадя этур. Ёки уларни эгизак ўғиллар ва қизлар қилур ва Ўзи хоҳлаган кишини  туғма (бепушт) қилиб қўяди. Албатта У (барча нарсани) билгувчи ва (Ўзи хоҳлаган нарсани яратишга) қодирдир”. (Шуро 49,50)

АбдулАзизбек ва Муҳсинахон Аллоҳни рози қиладиган бандаларидан бўлишларини Ўзидан дуо қилиб сўраймиз.
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: Sadulla 08 Yanvar 2014, 22:05:53
Assalomu alaykum

Yuqoridagi barcha ezgu tilaklarga qo'shilgan holda tabriklayman!Umri bilan bergan bo'lsin!Soliha,qoriya,oqila,mo'mina qizlardan bo'lsin!
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: MUSLIM_uz 01 Aprel 2016, 04:52:10
alloh menga qiz farzand berdi. Men ota buldim ollohga beadad behissib shukir. Shunchali hursadman tariflashga til ojiz. Alhamdulilloh.
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: Abdulhafiz 18 Aprel 2016, 22:55:02
:as:
Umri bilan bergan bo'lsin. Soliha qiz bo'lsin. Muborak bo'lsin.
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: Muxsiya 20 Aprel 2016, 08:57:40
muborak bo'lsin risqi umri bilan bergan bo'sin, soliha oqila qizlardan bo'sin
Nom: Javob: Alloh menga qiz farzandni hadya etdi!
Yuborildi: IRFON-2012 01 Iyun 2016, 15:26:35
Biz ham qiz farzandlik bo'ldik. Ismlarini onajonim tanladilar. Qizimiz Davronakani qizlari bilan ismdosh bo'lganini endi bilibman) Yaqinda bir oylik bo'ladi. O'qiganlar duolarda eslab qo'ysinlar.