forum.ziyouz.com

Kutubxona => Adabiyotshunoslik => Mavzu boshlandi: Abdusalom 16 Iyun 2006, 10:10:00

Nom: Sobir Mirvaliyev. O'zbek adiblari
Yuborildi: Abdusalom 16 Iyun 2006, 10:10:00
O'ZBEK ADIBLARI


Sobir Mirvaliyev

* * * * * * * * *

MUHAMMADSHARIF SO’FIZODA
(1869-1937)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/sufizoda.jpg)

Muhammadsharif So’fizoda 1869 yilning 29 yanvarida Namangan viloyati, Chust tumanida hunarmand-kosib oilasida tug’ilgan.

Otasi Egamberdi So’fi pichoqchilik, charx tortish ishlari bilan mashg’ul bo’lgan. Onasi Zaynab xola xohishiga ko’ra u qo’shnisi Manzura otindan xat-savod o’rganadi, eski maktablarda ta’lim oladi. U Hofiz, Bedil, Alisher Navoiy, Muqimiy va Furqat kabi allomalar ijodini chuqur o’zlashtirib, she’rlar mashq qila boshlaydi. Turkistonda chiqadigan «Turkiston viloyatining gazeti» kabi Qozon, Orenburg va Boqchasaroyda chiqadigan ro’znoma, oynomalar bilan qiziqadi. Boku va Tiflisda chop etilgan ozor tilidagi asarlarni mutolaa qiladi.

1893—1898 yillarda u Qo’qonda yashab, Muqimiy, Furqat ta’sirida «Vahshiy» taxallusi bilan hajviy asarlar yaratadi. Ayniqsa, uning «Dakaning», «Bedanang», "œAyting bu so’zimni", «O’pay», «Beg’ubor dardu olam» kabi hajviy va lirik g’azallari e’tiborga loyiq edi. Biroq hali Muqimiy hajviyasi zarbidan qutulib ulgurmagan zamona hokimlari yosh Muhammadsharifning keskin tanqidiga qarshi hujum boshlaydilar. Oqibatda u 1899 yili Qo’qondan Chustga qaytib keladi. Ikki yil o’tgach, uni amir-amaldorlar «ul beadab va bad aslni» dahriylikda ayblab, qatl etishga hukm chiqaradilar.

O’zining yozishicha, «so’ng Chustdan qochib, Mir viloyatiga tafakkur qilib, muddati 14 yil har mamlakatda yurub» («Turkiston viloyatining gazeti», 1914, 10-son) umr kechiradi. Xuddi shu 1900—1914 yillar So’fizoda dunyoqarashida muhim bosqich hisoblanadi. Avval Bokuga borib, Jalil Dulizoda, Sobir Tohirzoda, Muhammad Hodiy kabi ozarbayjon adabiyotining taraqqiyparvar vakillari bilan tanishadi. So’ng Arabiston shaharlari, Hindiston va Turkiya mamlakatlarida oddiy mehnatkash xalq hayotini ko’radi. 1910-1913 yillarda Qo’ng’irotda muallimlik qiladi, ma’rifatparvarlik ruhidagi she’rlarini yozib, Boku va Orenburgda chiqadigan ro’znoma va oynomalarda tez-tez ko’rina boshlaydi. Ayniqsa, uning mahoratidan darak beruvchi «O’zbek xonimiga», «Xonimlar isminda», «Vatan», «Muslimalar» asarlari e’tiborli edi.

1913 yilda Chustga qaytib kelib, yetim maktablari ochadi va unda muallimlik qiladi. Dunyoviy fanlarni yengil va yangi usulda o’rgatishga bel bog’laydi. Ayni chog’da ayrim shariat peshvolarini, boy-amaldorlarni o’tkir hajviy tig’ bilan savalaydi. Bunga chiday olmagan hokim sinf vakillari uni halok etish payiga tushadilar. Buni sezgan shoir So’fizoda 1915 yili yana xorijiy mamlakatlarga ketishga majbur bo’ladi.

Quvdi meni johillar o’shandog’ vatanimdan,
Lekin quva olmas suxanimni dahanimdan, —


deb, e’tiqodi, irodasini yana bir bor tiklab oladi. Bu safar davomida u Hindistonda, so’ng Afg’onistonda o’qituvchilik bilan mashg’ul bo’ladi. 1918 yilda Afg’oniston maorif vazirining o’rinbosari sifatida Turkistonga afg’on vakolatxonasining tilmochi bo’lib tayinlanadi. 1918 yil so’ngida u afg’on arboblari bilan O’zbekistonga qaytib keladi va shu yerda umrinin oxirigacha xizmat etadi.

Yana munofiqlar qarshiligiga uchrab, olti oyga qamaladi. So’fizoda butun umr qiyinchiliklar ko’rsa ham, o’z xalqiga xizmat etishdan zarracha to’xtamadi. Uning asarlari «Qizil O’zbekiston», «Mushtum», «Farg’ona» kabi ro’znoma va oynomalarda tez-tez bosilib turdi.

1925 yil 13 avgustda «Farg’ona» gazetasida «Xushchaqchaq qalamlar» sarlavhasi ostida uning bir qator hajviy she’rlari bosildi. Uning «Haqiqatdan ko’z yumganlar», «Qalaysizlar?, «Saylovga» kabi she’rlarida o’sha suronli yillar tahlikalari ustida mulohaza yuritiladi. 1934 yilga kelib, «Bayram nashidalari» nomli dostoni nashr etiladi. Unga o’zbek adabiyoti oldidagi xizmatlari uchun Hamza Hakimzoda Niyoziy bilan bir qatorda 1926 yil 27 fevralda O’zbekiston xalq shoiri degan yuksak unvon beriladi. U 1937 yilda og’ir betoblikdan vafot etadi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 16 Iyun 2006, 10:11:02
MAHMUDXO’JA BEHBUDIY
(1875-1918)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/behbudiy.jpg)

Buyuk ma’rifatparvar adib, alloma va jamoat arbobi Mahmudxo’ja Behbudiy 1875 yili Samarqand shahrida muftiy oilasida dunyoga keldi. Ziyolilar oilasidagi muhit undagi adabiyotga, siyosatga, ma’rifatga bo’lgan qiziqishini tezroq ro’yobga chiqishiga yetakladi. Uning otasi islom huquqshunosligi bo’yicha yirik mutaxassis bo’lib, bu borada ko’plab kitob va risolalar yaratgan edi. Bu o’z navbatida Mahmudxo’jaga o’z ta’sirigi o’tkazmay iloji yo’q edi. Keyinchalik bu haqda u o’z maqolalaridan birida otasi ta’lim bergan «Hidoya» (Islom huquqiga sharhlar) asarining uning taqdirida muhim rol o’ynaganligini bejiz qayd etmaydi.

Mahmudxo’ja Behbudiy adabiyot, tarix fanlari qatori siyosatshunoslik bilan ham jiddiy shug’ullanadi. Ro’znoma va oypomalardan jahonda sodir bo’layotgan siyosiy voqealar bilan yaqindan tanishib boradi. U Makkaga borish maqsadida arab tilini o’rganishga kirishib, islom tarixi va nazariyasi bilan shug’ullana boshlaydi. 1902 yilda Makkaga borib, xo’ja va mufti unvonlariga ega bo’lib qaytadi. So’ngra Qozon va Ufa shaharlarida bo’lib, Ovro’po madaniyati bilan ham qiziqadi. O’sha davrdagi Qozon, Orenburgda chiqadigan arab imlosidagi jarida va ro’znomalar bilan hamkorlik qiladi. Uning qator maqolalari ham mazkur ro’znoma va oynomalarda chiqa boshlaydi. Maktab, maorif, madaniyat, ma’rifatparvarlik g’oyalarining targ’iboti ushbu maqolalarning markazida turardi.

Behbudiy dunyoqarashida Rossiyadagi eng nufuzli bo’lgan Kadetlar partiyasining a’zolari bilan uchrashuv va ular harakatnomalarining ta’siri katta bo’ladi. 1910 yillarga kelib, o’lkamizda «Sho’roi Islomiya», «Ulamo», «Adolat», «Yosh buxoroliklar» kabi firqalar paydo bo’ladi. 1912-1913 yillarda Behbudiy Samarqandda «Samarqand» ro’znomasi, «Oyna» jaridasi chiqishida jonbozlik ko’rsatadi. U 1914 yilda Turkiya, Misrga borib, u yerdan muhim kitoblar, o’quv qo’llanmalari keltiradi, yangi usuldagi maktab dasturi ustida ishlashga kirishadi. Biroq, u turli to’siqlarga uchrab, «jadidchilik» rahnamosi, daxriy deb e’lon qilinadi. Shunga qaramay, tatar mutafakkiri Ismoil Gasprinlining ma’rifatchilik borasidagi ta’limotini qo’llab-quvvatlab, o’z o’lkasida ham shunday ishlarni amalga oshirishga kirishadi, ko’p o’tmay ma’rifatparvar sifatida o’z xalqi hurmatiga kiradi. U bir qator jahon tillarini bilgan yuksak madaniyat sohibi bo’lishi bilan birga, umuminsoniy madanyatning tolmas targ’ibotchisi ham bo’lgan.

Behbudiy adib sifatida o’zining «Padarkush» dramasini yaratgan. Unda turkistonlik yoshlarni Ovro’po ilmgohlarida o’qitishni targ’ib qilgan. Mazkur asar o’z davrida A. Qodiriyning «Baxtsiz kuyov», Mirmuhsin Fikriyning «Befarzand Ochildiboy», Hamza Hakimzodaning «Yangi saodat» kabi asarlarining yaratilishiga ham ta'sir ko’rsatgan. Hatto u Amerikaning Kaliforniya dorifununida tarjima ham qilingan.

Bundan tashqari, Behbudiy o’zbek va tojik tillarida ikki yuzdan ortiq maqola va asarlar yaratgan. Jumladan, «Muntahabi jug’rofiyai umumiy» (1903 yil, «Qisqacha umumiy jug’rofiya»), «Kitobul atfol» (1904 yil, «Bolalar uchun kitob»), «Muxtasari tarixi islom» (1904 yil, «Islom qisqacha tarixi»), «Amaliyoti islom» (1905 yil), «Rossiyaning qisqacha geografiyasi» (1908 yil) kabi darsliklar, kitoblar yozgan. Uning maqolalari 1901 yildan boshlab «Turkiston viloyatining gazeti», «Taraqqiy», «Hurshid», «Shuxrat», «Tujjor», «Osiyo», «Hurriyat», «Turon», «Sadoi Turkiston», «Ulug’ Turkiston », «Najot», «Mehnatkashlar tovushi», «Tirik so’z», «Tarjimon», «Sho’ro», «Vaqt», «Toza hayot», «Samarqand», «Oyina» kabi ro’znoma va oynomalarda chop etilgan.

Albatta, Behbudiy qozonayotgan bunday shuhrat hokim sinflar va amaldorlarning g’ashiga tega boshlaydi. Uni Buxorodagi inqilobiy kuchlarga xayrixohlikda ayblab, Said Olimxon tomonidan 1918 yilda Qarshida qatl qilinadi. Qarshi shahri 20—30 yillarda Behbudiy nomi bilan atalib kelinadi. Mahmudxo’ja Behbudiy 1956 yilga kelib oqlanadi. Hozirgi kunda u qoldirgan rang-barang adabiy-madaniy meros o’z xalqi xizmatiga kirmoqda.

Xullas, S. Ayniy yozganidek: «Jafokash shoir Behbudiyning nomini musulmon Sharqi hurmat bilan tilga oladi, chunki u 20 yil mobaynida o'zining ongi va insoniy qadru qimmatini bilgan barcha mavjudotni erkin hayot, nur va ma’rifat uchun kurashga chorlab keldi».
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 03:38:40
ABDULLA AVLONIY
(1878—1934)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/avloniy.jpg)

Atoqli ma’rifatparvar, iste’dodli shoir, mashhur tarbiyachi Abdulla Avloniy Toshkentda kosib oilasida dunyoga kelgan. U eski maktabda ta’lim oldi. U o’z tarjimai holida yozishicha: «12 yoshimdan O’qchi mahallasidagi madrasada dars o’qiy boshladim, 13 yoshimdan boshlab yoz kunlari mardikor ishlab, oilamga yordam qilib, qish kunlari o’qir edim. 14 yoshimdan boshlab, o’sha zamonga muvofiq har xil she’rlar yoza boshladim. Bu zamonlarda «Tarjimon» gazetasini o’qib, zamondan xabardor bo’ldim».

Madrasani bitirib, maktabdorlik bilan shug’ullandi. O’qish va o’qitish usuliga isloh kiritib, yangi tipdagi maktab tashkil etgan yosh pedagog o’quvchilarga zamonaviy bilimlar berish, sharq va g’arb tillarini o’rgatish kabi muhim ta’lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi.

Abdulla Avloniy maktablar uchun «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» (1912), «Tarix», «Turkiy guliston va axloq» (1913) kabi zamonasi uchun hodisa bo’lgan darsliklarni yozgan. 1895 yillardan ijodiy faoliyatini boshlagan Avloniy «Qobil», «Shuhrat», «Hijron», «Avloniy», «Surayyo», «Abulfayz», «Indamas» taxalluslari bilan she’r, hikoya, fel’eton va kichik hajmli dramatic asarlar (1900—1917) yaratdi. Shoir o’z she’rlarida zamonasidagi qoloqlikni, johillikni tandid qilar va kishilarni bilimga, ma’rifatga chaqirar edi.

Abdulla Avloniy 1917 yilgacha mahalliy xalq vakillarndan yetishib chiqqan yirik jurnalist sifatida Toshkentda «Shuhrat», «Osiyo» kabi gazetalarni tashkil etadi. U «Advokatlik osonmi?», «Ikki muhabbat», «To’y», «S’ezd», «Laylo va Majnun», «O’liklar» kabi dramatik asarlarida jaholat, bid’at, bilimsizlikning fojeali oqibatlarini, qo’pol va yaramas urf-odatlarni fosh etadi.

Abdulla Avloniy shoir sifatida o’nlab, yuzlab she’rlar bitgan. Ular xoh eski urf-odatlar haqida bo’ladimi, xoh muhabbat yoki maktab-maorif haqida bo’ladimi, hamma-hammasida inson va tarbiya, axloqiy go’zallik va ma’naviy boylik haqida kuylaydi. Shuning uchun ham uning she’rlarida xalq didaktikasi bilan yangi zamon pedagogikasi uyg’unlashib ketadi. Jumladan, «O’z mamlakatimizda» she’rida maishat uchun pul-boyljkni isrof etgan, ammo bola tarbiyasi uchun ko’zi qiymagan xasislarni «Ilm uchun pulni ko’zlari qiymas»ligini qoralaydi. Yoki «Maktab» she’rida:

Maktab misni tillo qilur,
Maktab sizni mullo qilur,—


deyish orqali maktab inson uchun zulm, nohaqlik, adolatsizlikdan xalos etuvchi, najot yo’li deb biladi. Ayniqsa, uning «Adabiyot» (1915) kitobi bu jihatdan alohida ajralib turadi.

Xullas, A. Avloniy yozganidek:
Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa,
Xanjar, olmosday bo’lur o’tkir.


Avloniy 1913 yilda Yevropa usulidagi «Turon» teatr truppasini tashkil etdi, unda o’z asarlari va qardosh xalqlar tillaridan tarjima qilingan qator dramalarni sahnalashtirdi.

Abdulla Avloniy o’zbek xalqi maorifi, madaniyati, ma’rifati bilan bir qatorda qo’shni Afg’on xalqi ijtimoiy-siyosiy hayotida ham 20-yillarda muhim rol o’ynagan. U ma’lum muddat Afg’oniston xalq maorifi vaziri, so’ng Sho’rolar ittifoqining Afg’onistondagi konsuli — elchisi vazifalarida xizmat qilgan.

A. Avloniy 1920—1930 yillarda respublikamiz ro’znoma va oynomalarida qator maqolalari bilan faol qatnashadi.

Avloniy O’rta Osiyo Davlat universitetida dars berish bilan birga, qator adabiyot darsliklarining muallifi bo’lgan. U 1934 yili 56 yoshida vafot etadi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 03:40:57
SADRIDDIN AYNIY
(1878—1954)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/ayniy.jpg)

Tojik sho’ro adabiyotining asoschisi, sho’ro davri o’zbek milliy adabiyotining shakllapishiga ulkan hissa qo’shgan atoqli adib, zakovatli olim, donishmand ustod va fidokor jamoat arbobi Sadriddin Ayniy Buxoro amirligiga qarashli G’ijduvon tumanining Soktare qishlog’ida 1878 yilning 15 aprelida dunyoga keldi. Olti yoshidan maktabga qatnay boshlagan Sadriddin 1890 yilda Buxoroga kelib Mir Arab, Badalbek, Olimxon madrasalarida ta’lim oldi, madrasani tugatgach, yangi usul maktablarida muallimlik qildi.

Sadriddin Ayniyning adabiy faoliyati o’tgan asrning 90-yillarida she’rlar yozish bilan boshlangan bo’lib, uning birinchi asari «Guli surx» («Qizil gul») 1897 yilda yaratilgan edi. Shundan so’ng maktablar uchun «Tahsib us-sibiyon» («Bolalar tarbiyasi») nomli o’qish kitobini (1909) tuzib nashr ettirdi.

1917 yil fevral inqilobi ta’siri natijasida O’rta Osiyoning turli shaharlarida istiqlolchilik harakatlari boshlanib ketdi. S. Ayniy amirlikka qarshi kurashgani uchun uni zindonga tashlaydilar. U Oktyabr to’ntarishi yillarida o’zbek va tojik tillarida inqilobiy she’rlar, marshlar yaratadi. Shoir «Inqilob uchqunlari» (1923) to’plamidagi «Ozodlik qo’shig’i», «Oktyabr inqilobi», «Baynalmilal marshi», «Birinchi may» kabi jangovar marshlarida mehnatkash xalqni kurash va mehnatga, do’stlik va birodarlikka chaqirdi.

Yozuvchi hajviy usulda yozgan «Buxoro jallodlari» (1922) qissasida amir-amaldorlarning dahshatli jabr-zulmi, gunohsiz kishilarni o’rta asr qiynoqlari bilan qatl etishlarini fosh etgan bo’lsa, «Odina» (1927) qissasida mehnatkash xalqning og’ir qismati va mash’um hayotini jonli tasvirlab berdi.

Ayniyning o’zbek tilida yozgan «Qullar» romani 1934 yilda Toshkentda o’zbek tilida, 1935 yilda Dushanbeda tojik tilida nashr qilindi. «Qullar» romani xalqchil asar bo’lib, uning bosh qahramoni tarixni harakatga keltiruvchi kuch — xalq va uning sodiq farzandlaridir. Tarixning ma’lum bir bosqichini qamrab oluvchi bu roman xalq tarixini, uning hayotini va kurashini realistik aks ettirgan. Biroq «Qullar» romaniiing so’iggi beshinchi qismidagi jamoa xo’jaligi qurilishi yillari tasvirida andak tarixdan chetga chekinish ham yo’q emas. Chunki romanda faqat bu davrning ijobiy tomonlarigina bo’rttirib ko’rsatilgani holda kollektivlashtirish siyosati tufayli necha o’n minglab begunoh kishilarning qatag’onlikka uchraganligi haqida lom-mim deyilmaydi. Shu jihatdan S. Ayniy ma’lum ma’noda tarixiylikdan chekinganligi seziladi.

Ayniyning «Sudxo’rning o’limi» (1937) qissasidagi asosiy qahramon Qori Ishkamba jahon adabiyotidagi Plyushkin yoki Gobsek kabi klassik obrazlar bilan bir qatorda turuvchi yangi obrazdir.

Ulug’ Vatan urushi yillarida Ayniy «Marshi intiqom», «Muqanna qo’zg’oloni», «Temur Malik» kabi vatanparvarlik ruhidagi ilmiy-badiiy asarlarini ijod qildi. U xalq ijodi romantikasi va fantaziyasidan, folklor obrazlaridan keng foydalangan holda «Yetti boshli dev» asarini yaratdi.

Urushdan keyingi tinch qurilish yillarida yaratgan asarlari orasida to’rt tomlik «Esdaliklar» (1949-1954) ajralib turadi. Asarning 1951 yilda chon etilgan «Buxoro» kitobi Ittifoq Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi. S. Ainiyning «Buxoro», «Sudxo’rning o’limi» hamda «Doxunda», «Qullar» romani bolgar, nemis, polyak, venger, xitoy, fransuz, rumin, hind, chex va boshqa tillarga tarjima qilingan.

S. Ayniy o’zbek va tojik adabiyoti tarixi yuzasidan katta ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi. Uning o’rta Osiyolik buyuk shoir va olimlar — Rudakiy, Sa’diy, Ibn Sino, Vosifiy, Bedil, Alisher Navoiy, Ahmad Donish kabi siymolar haqida yozgan ilmiy asarlari nihoyatda qimmatli. U filologiya fanlari doktori darajasini olishga muyassar bo’ldi. Adib O’zbekiston Fanlar akademmyasining faxriy a’zosi hamda Tojikiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi qilib saylandi, bir necha yillar davomida Alisher Navoiy nomidagi Samarq;and Davlat dorilfununining professori va Tojikiston Fanlar akademiyasining tashkil topgan kunidan boshlaboq uning prezidenti sifatida xizmat qildi. U 1954 yilning 15 iyulida Dushanbe shahrida vafot etdi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 03:44:34
ABDURAUF FITRAT
(1886-1938)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/fitrat.jpg)

Abdurauf Fitrat adabiyotimiz tarixida shoir va olim, nosir va dramaturg, o’qituvchi va ma’rifatparvar sifatida muhim o’rin egallaydi. U 1886 yilda Buxoroda ziyoli oilasida tugi’igan bo’lib, Buxoro, Istambul madrasalari va dorilfununlarida o’qiydi. U arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi o’zlashtiradi.

Adibning otasi savdogarchilik bilan shug’ullangan bo’lib, 1918 yilgacha Qashqarda turib qoladi. U asosan onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida bo’lib, undan Navoiy, Uvaysiy, Zebunniso, Bedil, Fuzuliy kabi ulkan shoirlar g’azallariii birinchi tinglagan.

Fitrat 1909 yilda Turkiyaga o’qishga borib, 1913 qilgacha Istambul dorilfununida tahsil ko’rgan. Turkiyada tashkil bo’lgan «Buxoro ta’limi maorifi» uyushmasida faollik ko’rsatgan. Behbudiy asos solgan jadid usulidagi maktablar takomiliga xizmat etgan. Uning ilk to’plami 1911 yilda «Sayha» («Chorlov») nomi bilan chop etiladi. «Sayyohi hindi», «Munozara» kabi asarlari ham shu yillarda nashr etilgan.

1909—1913 yillarda Turkiya dorilfununida o’qiyotganda uning zukko, bilimdonligi professor-o’qituvchlarni hayratga soladi. Unga Fitrat — Donishmand taxallusini beradilar. Fitrat ijodi Turkistonda inqilobiy harakatlar kuchaygan, «Sharq uyg’ongan» davrlarga to’gri keladi. U ham o’z salaflari kabi avvalo ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari suradi. Uning 1913 yilda tojik tilida yaratilgan «Munozara» nomli asarida o’z xalqini zulm botqog’idan qutqarib, «najot yo’li»ni izlagailigi seziladi. Bu davrda rus tili va rus madaniyatini targ’ib qilish ham Fitrat ma’rifatparvarligi yo’nalishining muhim tarmogi bo’lgan.

Bunday qarashlar uning o’zi tashkil etgan va muharrirlik qilgan «Hurriyat» ro’znomasida keng targ’ib etiladi. Xuddi shu yillar «Hayot yo’lida birinchi masala — maktab masalasidir» («Hurriyat», 1917 yil, 1-son) degan shior bilan chiqadi. Uning «Hurriyat» (1917, 31-son) ro’znomasida bosilgan «Yurt qayg’usi...» nomli lavhasida Turkiston uchun, uning ayollari ozodligi uchun kurashga bel boglaganligini aytadi. «Men sen uchun tug’ildim, sen uchun yasharman, sening uchun o’larman, ey turkning muqaddas o’chog’i!» degan da’vat eshitiladi. «Ulug’ Turkiston» (1917, 2-son) ro’znomasida «Yashasin turklik, yashasin Islom» shiori bilan chiqadi. Uning «Hind ixtilolchilari», «Temur sag’anasi», «O’g’izxon», «Abo Muslim», «Turk tili» kabi asarlarida ham hurfikrlar, qarashlar, ko’zga tashlanadi. Shular qatorida «Qon», «Begijon», «Chin sevish», «To’lqin», «Vose’ qo’zg’oloni», «Ro’zalar» kabi dramalari yaratildi.

Fitratning 1922 yilda nashr etilgan «O’zbek shoirlari» to’plamiga kirgan «Kecha», «Behbudiy mozorini izlab», «Sharq» kabi she’rlarida izlanish jarayoni uchraydi. «Shoir» she’rida «o’zim uchun ko’p umidlar to’qidim» degan xulosaga keladi. Uning 1920 yilda yozilgan «Kim deyay seni» kabi she’rida oshiqning ma’shuqqa katta umid bilan intilishi, kutishi, suyishi lirik bir «ohangda kuylanadiki, shoir endi ijodning yangi pog’onasiga ko’tarilayotganligidan dalolat beradi.

Shoir ijodida, dunyoqarashida siljish, yangilikka, go’zallikka intilish seziladi. Xuddi shu hol uning «Abulfayzxon», «Arslon» va «Vose’» (tojik tilida), kabi dramalari g’oyasida ham seziladi. Uning «Qiyomat», «Shaytonning tangriga isyoni» kabi nasriy asarlarida endi ijodkor falsafasining chuqurlashganligi, katta ijtimoiy-hayotiy muammolarni hal etishga intilishi ko’zga tashlanadi.

Fitrat yirik olim, adabiyotshunos sifatida ham bir qancha asarlar yaratgan. Jumladan, «Adabiyot qoidalari», «Eski o’zbek adabiyoti namunalari», «Aruz haqida» kabi ilmiy kuzatuvlari adabiyotshunoslik fani tarixida muhim rol o’ynaydi. Shuningdek, uning Umar Xayyom, Firdavsiy, Navoiy, Bedil, M. Solih, Muqimiy, Furqat haqidagi tadqiqotlari ham adabiyotimiz tarixini o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat etishi shubhasiz.

Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniy kabi o’ndan ortiq mumtoz adabiyot vakillari haqida maqolalar yozgan. Fitrat ayni chog’da olim, ulkan pedagog, xalq maorifi tashkilotchisi sifatida ham faol ishladi. 1921— 1923 yillarda u Respublika Maorif xalq noziri bo’lib xizmat qildi. 1923—1924 yillar orasida Moskvadagi Sharq tillari institutida, so’ng Peterburg dorilfununida ma’ruza o’qidi.

«O’zbek tili» darsligi, «O’zbek tili sarfi» (grammatikasi) kitoblari esa 1925—1930 yillarda besh marta chop etildi. Uning «Tilimiz», «O’zbekcha til saboqlari», «Imlo konferensiyasi munosabati bilan» maqolalari ham yaratildi. U ana shu ishlari uchun o’zbek olimlari orasida birinchilardan bo’lib professor degan yuksak ilmiy unvonga sazovor bo’lgan.

Fitrat 1938 yil 4 oktyabrda Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Otajon Hoshim, Qayum Ramazon, G’ozi Olim kabi xalqimizning buyuk ziyolilari qatorida qatl etildi. Faqat 1956 yilga kelib u oqlandi. Oqlandiyu, qariyb yana o’ttiz besh yildan so’nggina, mustaqillik davri sharofati bilan u haqdagi haqiqatni aytish va yozish imkoniyati tug’ildi.

Abdurauf Fitrat hayoti va adabiy faoliyati ziddiyatlarga o’ta boyligi bilan ajralib turadi. 1991 yil 25 sentyabrda Abdurauf Fitratga o’zbek dramaturgiyasini rivojlantirishdagi, realistik adabiy tanqidchilik hamda adabiyotshunoslik maktabiga asos solishdagi xizmatlari uchun Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 03:46:25
HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY
(1889-1929)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/hamza.jpg)

Yangi davr o’zbek adabiyoti yalovbardorlaridan biri, yetuk shoir va bastakor, dramaturg va rejissor, ma’rifatchi va matbaachi, publitsist va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889 yil 7 martida Qo’qon shahrida tabib oilasida tug’ildi. Otasi Ibn Yamin Xolboy o’g’li (1840—1922) Muqimiy, Furqat kabi allomalar bilan maslakdosh bo’lgan zamonasining ilg’or ziyolilaridan edi. Onasi Jahonbibi Rabiboy qizi (1858—1903) ham tabobatdan xabardor savodli ayol bo’lgan.

Hamza avval eski maktab va madrasalarda o’qib arab, fors, turk tillarini mukammal bilgan. Rus-tuzem maktablarida esa rus tilini o’rganishga muvaffaq bo’lgan. Mana shu ijodiy muhit uni erta ijodga yetaklagan. U 1902 yildagi Andijon zilzilasi haqida:

Yomonlar pul tufayli e’tibor oldi diyor ichra,
Faqir bechoralar qoldi fig’onu ohu-zor ichra,—


deya davr zulmi, fojeasidan zorlangan edi, Hamza 1903—1904 yillar orasida 197 ta she’r yaratib, uni «Devoni Nihoniy» nomi bilan chop ettiradi. Undagi she’rlarda ham o’z xalqining himoyachisi, zulmga qarshi isyon ko’targan yosh adib sifatida namoyon bo’ladi. U: - Boshida posboni yo’q deb, yetim ahlini qaqshatma, — deya xitob qiladi. Shunday qilib, u demokratik adabiyotning yosh bir vakili sifatida ko’zga tashlanadi.

1910-1916 yillarda u Behbudiy, A. Avloniy, A. Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat va Mirmuhsin Fikriy kabi ma’rifatparvar adib sifatida namoyon bo’ladi. Bu uch yo’l bilan amalga oshiriladi. Avvalo, yetimlar maktabini ochib, muallimlik qiladi. Qolaversa, mazkur maktablar uchun «Yengil adabiyot», «O’qish kitobi», «Qiroat kitobi» kabi darsliklar ham yaratadi. Va, nihoyat, o’zining she’r va dramalarida, publitsistik maqolalarida o’z xalqini ma’rifatga chorlaydi. Shu maqsadda uning 1914 yilda «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona» kabi ro’znomalarda, «Oina» jaridasida ma’rifatga chorlovchi ocherk va publitsistik maqolalari chiqadi. Uning «Bid’atmi, ma’jusiyatmi?» (1914) ocherki shular jumlasidan edi. 1915—1916 yillarda nashr etilgan «Milliy ashulalar», «Oqgul», «Qizil gul», «Pushti gul», «Sariq gul» kabi she’riy to’plamlarida va «Yangi saodat», «Uchrashuv» kabi romanlarida ana shu ma’rifatga chorlov asos bo’lgan. Shuningdek, uning «Ilm hidoyati», «Normuhammad domlaning kufr xatosi», «O’ch» va «Zaharli hayot» (1916) kabi ilk dramalarida ham zulm va xurofot avj olgan davrda o’z xalqining ilmga-ma’rifatga intilishini ulug’laydi. Ayni chog’da xotin-qizlar ozodligini kuylaydi.

Hamza ijodida 1916 yilgi mardikorlikka olish tarixi ham o’z izini qoldirdi. Uning «Safsar gul» (1917) she’riy to’plami va «Loshman fojeasi» (1916-1918) trilogiyasi shu jihatdan muhimdir. Shu tufayli ta’qibga uchrab, adib 1917 yillar boshidan oxirigacha Turkiston va Toshkentda yashaydi. Bu davrda uning «Toshkentga sayohat» (1917) komediyasi yuzaga keladi. Nihoyat uning «Boy ila xizmatchi» dramasi (1917) yaratilib, unda inqilobiy g’oyalar ilgari suriladi. 1917 yilda chiqa boshlagan «Kengash» oynomasida ham faollik ko’rsatadi. U ta’qidlangach, «Hurriyat» oynomasini chiqara boshladi.

Ma’lumki, 1917 yil 25 aprelda «Ulug’ Turkiston» ro’znomasida Hamzaning «Turkiston muxtoriyatina» nomli she’ri bosiladi. Unda «To’rt yuz yillik Romanovlar» sulolasining taxtdan ag’darilishi va rus-burjua demokratik inqilobining g’alabasidan mamnunlik seziladi. «...1917 yilning 28 mayida Qalandarxonada to’rt yuzga yaqin rabochiylarni to’plab, zo’r namoyish»ga boshchilik qiladi. O’sha yiliing oktyabr oylarida esa butkul inqilobiy kurashga o’tadi. Shu davrda uning «Shundoq qolurmu, qolurmu?», «Muxtoriyat va avtonomiya» kabi asarlarida shu hol ko’zga tashlanar edi.

Hamza Hakimzoda 1918-1923 yillar mobaynida jumhuriyatning deyarli barcha viloyatlarida maktab-maorif va madaniy qurilish ishlari bilan band bo’ldi. Qizil Armiya frontida (1920) targ’ibot-tashviqot ishlarini olib bordi. Xuddi shu davrda u inqilobiy shoir, dramaturg sifatida keng tanildi. «Yasha, Sho’ro!», «Hoy, ishchilar!» kabi she’rlari, «Kim to’g’ri» (1918), «Tuhmatchilar jazosi» (1918), «G’olibiyat» (1923-1924), «Saylov oldida», «Burungi saylovlar» (1926), «Maysaraning ishi» (1926), «Paranji sirlari» (1922), «Jahon sarmoyasining oxirgi kunlari» (1927) kabi qator dramatik asarlar yaratdi.

Hamza 1928 yil avgust oyida Shohimardonga yuboriladi. U yerda maktab, maorif ishlari, xotin-qizlar ozodligi masalalari bilan shug’ullandi. 1929 yil 18 martda reaksion to’da shoirni toshbo’ron qnlib o’ldiradi. 1926 yil 27 fevralida unga «O’zbekiston xalq yozuvchisi» unvoni berilgan. Xamza asarlari jahon xalqlari tillariga tarjima bo’lgan va nashr etilgan. Hamza Hakimzoda Niyoziy nomida shahar, tuman, maktab, ko’cha, teatr, jamoa va kutubxonalar, metro bekati bor.

Hamza hayoti va ijodi haqida hozirgi adabiyotshunoslikda turlicha qarashlar mavjud. Keyingi yillar hamzashunosligida Hamza tarjimai holining ilgarigi an’anaviy tadqiqiga qarama-qarshi fikrlar ilgari surilmoqda. Vaqt eng yaxshi sinov. Hamza sinovdan o’ta oladi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 03:47:34
G’ULOM ZAFARIY
(1889-1938)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/zafariy.jpg)

G’ulom Zafariy ko’p qirrali ijod sohibi bo’lib, u o’zbek milliy teatri, teatr tanqidchiligi, musiqa tarixi va nazariyasi, qolaversa, milliy adabiyotimiz taraqqiyotida munosib o’rin egallaydi. U 1889 yili Toshkentning Beshyog’och dahasiga qarashli Kattabog’ mahallasida tavallud topdi. Avval eski maktabda, xususiy rus maktabida, Ko’kaldosh madrasasida ta’lim oldi. U 1912-1914 yillarda O’sh shahrida o’qituvchilik qildi. 1914 yildan boshlab Toshkentdagi «Turon» truppasida aktyorlik qildi, o’qituvchi bo’lib ishladi. 1917 yildan «Ishchilar dunyosi» oynomasida bo’lim boshlig’i, oliy bilimgoh va oliygohlarda faoliyat ko’rsatdi.

G’ulom Zafariy ijodi 1914 yillardan boshlangan bo’lib, u dastlab o’z she’rlari bilan taniladi. So’ngra esa «Baxtsiz shogird» (1914) nomli bir pardali p’esa yozadi, keyin «Bahor», «Gunafsha», «To’sqinchilik», «Yorqinoy», «Rahimli o’qituvchi», «Mozorlikda», «Maqtangan kishi», «Tatimboy ota» hamda «Cho’pon Temir» (1924), «Yoshlar endi berilmas» (1926) kabi p’esa va dostonlar yaratdi. Biroq Zafariy yozuvchi, dramaturg sifatida o’zining «Halima» p’esasi bilan mashhur bo’lgan. «Halima» 1920 yilda yozilgan bo’lib, o’sha yili 14 sentyabrda «Turon» truppasida Mannon Uyg’ur tomonidan sahnalashtiriladi. Mazkur asar to’ng’ich milliy muzikali drama bo’lib, uning musiqiy bezagini ham muallifning o’zi mashhur sozanda Shorahim Shoumarov hamda mulla To’ychi Hofiz yordamida bajardi. Ayni chog’da «Halima» o’z davrida milliy opera sifatida baholangan. Professor Fitrat ham ushbu asarni opera deb ataydi.

G’ulom Zafariy o’zbek milliy kuylari, maqom va maqom sho’balarini juda yaxshi bilgan amaliyotchi va nazariyotchi ham edi desa xato bo’lmas. Uning «Sharq kuylari va cholg’ulari», «Muzika muammosi», «O’zbek musiqasi to’g’risida» kabi maqolalari shular jumlasidandir.

G’ulom Zafariy 1937 yilda qatag’onlikka uchrab, 1938 yilda qatl etilgan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 03:48:36
HABIBIY
(1890—1982)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/habibiy.jpg)

Zamonamizning ko’zga ko’ringan shoirlaridan biri Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Habibiy yangi davrda mumtoz she’riyatimizning eng yaxshi an’analarini rivojlantirdi. U o’z g’azallari bilan xalqimizning umid va intilishlarini, ruhiy kamolotini ifodalab keldi.

Habibiy 1890 yili Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi Qo’qon qishlog’ida kambag’al dehqon oilasida tug’ildi. U eski maktabda, Andijon, Qo’qon madrasalarida ta’lim oldi. Navoiy, Fuzuliy, Muqimiy va Furqat razallarini mutolaa qildi, ularga ergashib she’rlar yozdi. Xususan

Sharq adabiyoti an’analariga ergashdi. Sa’diyning sehrli, falsafiy she’riyati, buyuk Navoiyning hayotbaxsh ijodi, Fuzuliyning she’riy kalomi uni qo’llab-quvvatladi.

1919 yilda Habibiy Andijonning Bo’taqora qishlog’ida yashab, dehqonchilik bilan shug’ullandi. Yigirmanchi yillarda xalq qo’shiqlari uslubida ko’plab she’rlar yaratdi. Habibiy o’z zamonasi mavzulari, kolxoz tuzumi, kanallar qurilishi, cho’llarni o’zlashtirish, Farhod GESining bunyod etilishi va boshqa yirik o’zgarishlarni qalamga oldi.

Shoir ijodida ona Vatan va xalqimiz hayoti va kurashi, intilishlari haqidagi she’rlar yetakchi o’rinni ishg’ol etadi. U bir she’rida:

Ey, hur Vatanim, toza tanu jon ila sevdim,
Jon ila tanu pokiza vijdon ila sevdim, —


deya Sobir Abdulla, Charxiy, Chustiy kabi adiblarga hamohang jo’r bo’ldi. Shu g’oya uning «O’lkam», «Farhod qo’shigi», «Muborak yosh», «Inson aziz», «Ulug’ burch», «Chevarlar», «Muddao bilan» kabi she’rlarida o’z maromiga yetkazildi.

Ulug’ Vatan urushi yillarida shoir qalamini nayzaga aylantirdi. Uning bu davrdagi g’azallari orasida «Jangchi yigit qo’shig’i», «Boladan ota-onaga xat», «Onadan bolaga xat» kabi g’azallari, ayniqsa, xarakterli edi. Shuningdek, Habibiyning «Kolxozchilar ashulasi» (1951), «Ko’ngil taronalari» (1957), «Tanlangan asarlar» (1967), «Devon» (1971) kabi she’riy to’plamlari ham xalq e’tiboriga sazovor bo’ldi.

Habibiy 1974 yilda 85 yoshga to’lishi munosabati bilan O’zbekiston xalq shoiri unvonini olishga muvaffaq bo’ldi. Zokirjon Habibiy o’zbek she’riyatining g’azal va qo’shiqchilik bobida o’ziga xos maktab yaratib, aruz vaznidan muvaffaqiyatli foydalangan katta iste’dod sohibidir. Shir 1982 yili 92 yoshida vafot etdi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 03:49:32
ABDULLA QODIRIY
(1894-1938)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/qodiriy.jpg)

O’zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrida tug’ildi.

«Har holda bemavridroq bo’lsa kerak, kambag’al, bog’bonlik bilan kun kechirguchi bir oilada ... tug’ilg’onman», deydi u o’z tarjimai holida, — Yoshim to’qqiz-o’nlarga borg’ondan so’ng meni maktabga yubordilar. Maktabda ikki-uch yil chamasi eski usulda o’qib, keyin vaqtlarda oilamizning nihoyatda qashshoq kun kechirgani vajhidan o’n ikki yoshimda meni bir boyga xizmatchilikka berdilar. Xo’jayinim o’zi savdogar kishi bo’lub, o’rischa yozuv-chizuv bilaturg’on odamga muhtoj edi. Shu ta’ma bo’lsa kerak, meni o’ris maktabga yubordi... 1912 yilda manfaktur bila savdo qiluvchi bir kishiga yiliga 50 so’m barobariga prikazchik bo’lub kirdim...

Shu miyonalardan bozor vositasi bilan tatarlardan chiqadirg’on gazetalarni o’qib, dunyoda gazeta degan gap borlig’iga imon keltirdim. 1913 yilda o’zbekcha «Sadoi Turkpston», «Samarqand», «Oina» gazetalari chiqa boshlag’och, menda shularga gap yozyb yurish fikri uyg’ondi. 1913 yilda chiqqan «Padarkush» ta’sirida «Baxtsiz kuyov» degan teatr jitobini yozib yuborg’animni o’zim ham payqamay qoldim (1915 yilda). Yana shu yilda teatrlarda chiqib turg’on hikoya va ro’monlarga taqlidan «Juvonboz» otliq hikoyachani yozib noshir topilmag’onidan, o’zim nashr qilib yubordim. Nikolay taxtdan yiqilg’ondan keyin oddiy xalq militsiyasiga ko’ngilli bo’lib yozildim...

1918 yil boshlarida eski shahar oziq komiteti boylar qo’lidan olinib, komitetning raislig’iga o’rtoq Sultonxo’ja Qosimxo’jayev tayin qiling’on edi va men mazkur komitetning o’zbekcha sarkotibligiga kirdim. 1919 yilning avvallarida oziq komitetining ismidan chiqarilmoqchi bo’lg’on «Oziq ishlari» gazetasiga muharrir bo’lib tayinlandim...

Shu kungacha Sho’ro idoralarida qilgon xizmatlarimni birma-bir sanab o’ltirishim uzoqqa cho’ziladurg’on bo’lg’onlikdin mundan keyin muassasa ismlarinigina atash bilan kifoyalanaman: «Ro’sto» devoriy gazetasiga muxbir bo’lib, «Ishtirokiyun» va «Qizil bayroq» gazetalarida sotrudnik... «Mushtum» jurnalining muannisi va tahririya a’zosi bo’lib, to 1924 yilgacha mehnatkashlar manfaatiga xolis ishlab keldim. Shu o’tgan yetti yil orasida Sho’rolar hukumati va firqadan bir og’iz tanbeh olmadim. Xulosa — boshqalarning xizmati daftar bilan sobit bo’lsa, menim xizmatlarim matbuot bilan ravshandir... Ishchi-dehqonlar yozg’on asarlarimni suyunib o’qiydilar va meni yozuvchilar qatoriga kirgazdilar va meni hamon o’qirlar va unutmaslar...»

Bo’lg’usi adibning ilk ijodi 1913—1914 yillarda boshlangan bo’lib, dastlab u shoir sifatida qalam tebratdi. Uning «Ahvolimiz», «Millatimga», «To’y» (1914-1915) kabi she’rlari «Oina» jaridasida bosilib chiqqan edi. U o’z millatini ma’rifatga chaqiradi, ma’rifatparvar shoir va adib sifatida maydonga chiqadi. «Baxtsiz kuyov» (1915) nomli fojeasi, «Juvonboz» (1915), «Uloqda» (1916) kabi hikoyalarida ham o’z xalqini savodli, bilimli, madaniyatli va ozod ko’rish istagi sezilib turadi.

1924 yili Abdulla Qodiriy Moskvaga borib, Jurnalistlar institutida tahsil oldi. Moskvadan qaytib «Mushtum» jurnalida shtatsiz muxbir bo’lib ishlay boshladi. Uning «Toshpo’lat tajang nima deydi?» va «Kalvak mahzumying xotira daftaridan» turkumidagi satirik hikoyalari ana shu jurnalda ilk bor bosilib bordi.

Abdulla Qodiriy 1917-1918 yillardan boshlab «O’tgan kunlar» romani uchun material yig’ishga kirishdi. 1922 yilda birinchi o’zbek romanining dastlabki boblari «Inqilob» jurnalida chop etila boshlandi. 1925-1926 yillarda «O’tgan kunlar» uch bo’lim holida kitob» bo’lib nashr etildi.

1928 yil yozuvchining ikkinchi tarixiy romani «Mehrobdan chayon» nashrdan chiqdi. 1934 yilga kelib Abdulla Qodiriy qishloq xo’jaligi mavzuiga bag’ishlangan «Obid ketmon» qissasini yaratdi. Undan tashqari u Gogolning «Uylanish», Chexovning «Olchazor» va boshqa g’arb yozuvchilarining satirik hikoyalarini o’zbek tiliga tarjima qildi.

Abdulla Qodiriy 1934 yilda bo’lib o’tgan Moskvadagi Butunittifoq Yozuvchilarining birinchi qurultoyida qatnashadi.

U «Amir Umarxonning kanizi», «Namoz o’g’ri», «Dahshat» kabi romanlar yaratish orzusida bo’lgani ham ma’lum. Ammo bevaqt o’lim orzulari ro’yobga chiqishiga imkon bermadi.

Abdulla Qodiriy 1937 yilning 31 dekabrida qamoqqa olindi. «Menga qo’yilgan ayblarni boshdan oyoq rad etaman. Haqiqat yo’lida hech qanday jazodan, qiynoqdan qo’rqmayman. Agar otmoqchi bo’lsalar, ko’kragimni kerib turaman...» Abdulla Qodiriy 1938 yil 4 oktyabrda Toshkentda otildi. Uning asarlari XX s’ezddan so’ng, 1956 yildan boshlab yangidan nashr etila bordi. 1990 yilda Respublika prezidenti Farmoni bilan A. Qodiriy nomidagi Respublika Davlat mukofoti ta’sis etyldi. 1991 yilda esa A. Qodiriyga Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi.

Hozirgi kunda esa bir qator ko’chalar, bog’lar, maktablar, kutubxona, mahalla va oliy bilimgohlar uning tabarruk nomi bilan yuritiladi. Uning nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat oliy bilimgohida eng bilimdon talabalarga Abdulla Qodiriy nomidagi nafaqa beriladi. Uning 100 yillik tavallud (1994) sanasiga yetti jildlik to’la asarlari nashr etilish arafasida.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 03:50:29
CHO’LPON (ABDULHAMID SULAYMON O’G’LI)
(1897-1938)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/chulpon.jpg)

O’zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri Abdulhamid Sulaymon o’g’li Yunusov — Cho’lpon 1897 yilda Andijonning «Qatorterak» mahallasida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Onasi uy bekasi bo’lgan. Otasi Sulaymonqul mulla Muhammad Yunus o’g’li (1874-1929) dehqonchilik, hunarmandchilik, bazzozlik bilan shug’ullangan.

Taniqli jurnalist, yozuvchi va o’qituvchi Mo’minjon Muhammadjonovning (Mo’min kofir) «Turmush urinishlari» kitobida qayd etishicha, Cho’lponning otasi Sulaymonqul o’z davrining yetuk ziyolisi, ma’rifatparvar kishisi bo’lgan. U «Rasvo» taxallusi bilan she’rlar yozgan. Mistik g’azallar qatori hayotbaxsh misralar yaratib, «Devon» ham tuzgan.

Cho’lpon avval eski maktabda, so’ngra esa Avdijon va Toshkentdagi obro’li madrasalarda tahsil olib, turk, arab, fors tillarini mukammal o’zlashtiradi. Sharq ijtimoiy-siyosiy qarashlaridan oziqlanadi. Firdavsiy, Sa’diy, Hofiz, Dehlaviy, Nizomiy, Umar Hayyom, Alisher Navoiy, Abdulla To’qay kabi buyuk so’z san’atkorlari ijodini mehr bilan o’rganadi. Shu bilan birga, Andijondagi rus-tuzem maktabida rus tilini chuqur o’zlashtirishi natijasida jahon adabiyoti durdonalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ayni chog’da Turkistonda 1905 yillarda kamol topa boshlagan ma’rifatparvarlik yo’nalishi ta’sirida shakllana bordi. Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi atoqli ma’rifat targ’ibotchilari va tashkilotchilariga ergashdi, ma’rifatchi adib bo’lib shakllandi.

Cho’lponning ijodi 1913-1914 yillardan boshlanga bo’lib, u avval «Qalandar», «Mirzaqalandar», «Andijonlik» va nihoyat Cho’lpon (Tong yulduzi) taxallus bilan ijod qila boshladi. U ham shoir, ham nosir, ham dramaturg sifatida o’z xalqi adabiyoti ravnaqiga salmoqli hissa qo’shdi. Uning dastlabki asarlari «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona» kabi mahalliy ro’znomalarda, shuningdek, Orenburgda chiqadigan «Sho’ro» nomli oynomada ham nashr etiladi. Xususan, Cho’lponning «Ishtirokiyun», «Qizil bayroq», «Turkiston» hamda «Buxoro axbori» kabi ro’znomalardagi faoliyati ham uning ijodiy shakllanishida mahorat maktabl bo’lib xizmat etdi.

Cho’lpon ocherknavis va publitsist sifatida ham barakali ijod dildi. 1914-1917 boshlarda «Bahor ovullari», «O’sh», «Vatanimiz Turkistonda temir yo’llar» hamda «Do’xtir Muhammadiyor» asarlarnda madaniyat va ma’rifat targ’ibotchisi sifatida maydonga chiqdi. Oktyabr to’ntarishidan keyingi 1920-1924 yillarda hayotda sodir bo’layotgan xush va noxush o’zgarishlarni qalamga oldi. Uniig «Yo’lda bir kunduz», «Yo’lda bir kecha», «Sharq poyezdi keldi», «Sharq uyg’ongan», «Chimkent», «Quturgan mustamlakachilar», «Yo’l esdaligi» singari o’nlab sayohat ocherklari va publitsistik maqolalari yaratildi. Mazkur asarlarda chorizm mustamlakachilari va mahalliy hokim sinf yetkazgan jabru jafo yetmagandek, fuqarolar urushi davri ofatlari, fojealari, mehnatkash xalqni yana bir bor jabrlaganligini qoraladi.

Cho’lpon 1922-1926 yillarda o’zining «Tong sirlari», «Uyg’onish» va «Buloqlar» kabi uchta she’riy to’plamini nashr ettirdi. 30-yillarga kelib «Soz» va «Jo’r» kabø she’riy to’plamlari tayyorlandi. Ammo «Soz»i chop etiladi-yu, «Jo’r» to’plami katag’onlik shamoli tuzog’iga ilinib, qolib ketadi. Shoir to’plamlari orasida «Buloqlar» (1922) ajralib turadi. Unda shoir yaxlit holda mazlum Sharq taqdiri fojeasi haqida o’z qarashlarini to’kib soladi. To’plam besh bo’limdan iborat bo’lib, «Sharq uchun», «Sezgilar», «Sevgi», «Qora yo’llar» va «Qor qo’ynida» deb nomlanadi. Shoirning o’zi qayd etishicha, mazkur she’riy guldasta «Jahon fotihlari changalida ezilib yotqon Sharq o’lkalariga bag’ishdanadir». Jumladan, «Amirning o’limi» she’rida shunday misralarni o’qiymiz:

Ko’nglimda yig’lagan malaklar kimlar,
Sharqning onalari, juvonlarimi?
Qarshimda ingragan bu jonlar kimlar,
Qullar o’lkasining insonlarimi?


Cho’lpon 1925 yillarga kelib «Muhit kuchli ekan, egdim bo’ynimni» deya ijod sohasida qarashlarining o’zgarganligini e’tirof etadi. Uning «Mening tovushim», «Kuz», «Buzilgan o’lkaga», «Yupatmoq istagi» kabi dardchil she’rlari yoniga «Qizil bayroq», «Xalq», «Qo’zgolish», «Qor», «Bir tilla qo’ng’iz», «Yaproq uchun» kabi umidli, armonli va fayzli she’rlari qo’shildi. Shoir yaratgan ikki yuzdan ortiq she’riy asarlar o’z xalqi, yurti, baxti, kelajagi, mustaqilligi, ozodligi haqidagi kurashning adabiy solnomalaridandir.

Cho’lpon yetuk lirik shoirgina emas, yirik nosir sifatida o’nlab publitsistik maqolalar, ocherk va hikoyalar, «Qor qo’ynida lola», «Yov» qissalari va «Kecha va kunduz» (1938) kabi ajoyib romanining birinchi («Kecha») qismini nashr ettirgan iste’dodli adib hamdir.

U dramaturg sifatida ham salmoqli ijod qilgan. Uning «Xalil farang», «Cho’rining isyoni» kabi kichik p’esalari, «O’rtoq Qarshiboyev», «Mushtumzo’r» kabi yetuk dramalari hamda ko’p vaqt sahnadan tushmagan «Yorqinoy» p’esalari mashhur bo’lgan. Shuningdek, rus yozuvchisi V. Yan bilan hamkorlikda «Hujum» dramasini yaratgan.

Cho’lpon adabiy tanqid sohasida «Sho’ro hukumati va sadoi nafisa», «Adabiyot nedur?» kabi mazmunli maqolalar ham yaratgan. Shuningdek, Cho’lpon mohir tarjimon sifatida M. Gorkiyning «Ona», A. S. Pushkinning «Dubrovskiy» qissasi va «Boris Godunov» kabi p’esalarini hamda V. Shekspnrnnng mashhur «Hamlet»ini o’zbekchaga o’girgan.

Cho’lpon ham Fitrat va Abdulla Qodiriy kabi qatag’onlik siyosati qurboni bo’lgan. U 1937 yilning 14 iyulida qamoqqa olinib, 1938 yilning 4 oktyabrida otib tashlangan. 1956 yilda oqlanib, 1991 yildagina birinchi bor «Yana oldim sozimni» nomi bilan eng yaxshi she’riy asarlari to’plam holida nashr etildi. Keyingi bir jildlik kitobidan uning kengaytirilgan tarjimai holi, (prof. O. Sharafiddinov) «Kecha va kunduz» romani o’rin olgan.

Hozirgi kunda Cho’lpon nomida nashriyot, ko’cha, mahalla, kutubxona va maktablar qo’yilgan. Uning Fozila (1906), Foiqa (1903) ismli qizlari va nabiralari Namanganda yashaydi. Unga 1991 yil 25 sentyabrda «Yana oldim sozimni» kntobi uchun Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti berildi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 03:52:39
ELBEK
(1898-1938)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/elbek.jpg)

Qatag’onlik davri o’zbek adabiyotining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri Elbek — Mashriq Yusupovdir. U 1898 yilda Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanining Xumson qishlog’da tavallud topgan.

«Men — deydi shoir, o’z tarjimai holida, — 1905 yilda eski qishloq maktabiga kirib o’qidim. Bu maktabda to’rt yil o’qib, o’quv yozuvni o’rgandim... 1910-1911 yillarda juda qiynaldik va shuning natijasida boshqa aka-ukalarim kabi men ham uyni tashlashga majbur bo’ldim».

Nihoyat, o’sha 1911 yili u Toshkentga kelib bir boyga qarol bo’lib yollanadi. Ayni paytda Toshkentning Eski shahar mavzeidagi Devonbegi mahallasidagi «Hokiy» maktabida o’qishni davom ettiradi. 1914 yilga kelib, Shayxovandtohur mahallasidagi «Namuna» nomli maktabga kiradi. Bir vaqtda bosmaxonalarda ishlaydi ro’znomalar sotish bilan kun ko’radi. Oktyabr to’ntarishidan so’ng (1919) sakkiz oylik muallimlik kursini bitirib, o’qituvchilik qiladi, til-imlo muammolari bilan shug’ullanadi. 1921 yildan boshlab Turkiston xalqi maorifi komissarligi qoshidagi ilmiy muassasalarda faoliyat ko’rsatadi. O’sha davrda nashr etiladigan «Maorif va o’qitguvchi», «Inqilob», «Bilim o’chog’i» kabi oynomalar bilan hamkorlik, tahrir xay’atida faoliyat qiladi.

Uning ijodining boshlanishi Oktyabr to’ntarishi yillariga to’g’ri keladi. Shoirning dastlabki she’rlari «El bayrog’i», «Turon», «Turk so’zi», «Ulug’ Turkiston!» kabi ro’znomalarda bosilib chiqadi. 1922 yilga kelib uning «Bir so’roq», «O’ksizning o’limi», «Qarg’a», «Bibixonim madrasasi», «Turkiston» kabi she’rlari «O’zbek yosh shoirlari» degan to’plamga kiritiladi. Shuni qayd etish kerakki, hali bu she’rlarda shoir maqsadi mavhum edi.

Shoirning 1921 yilda chop etilgan «Armug’on» to’plamida esa asosan uning masallari o’rin olgan edi. Undagi «Qaysi biri bo’ri» nomli masalida ham xuddi shunday mavhumlik mavjud bo’lib, unda olg’ir odamning bo’ridan ham vahshiyligini ko’rsatadi. Ammo, adibning «Kuchsizlar dunyosi» masali niyat, maqsad yorqin ko’zga tashlanishi bilan farqlanib turadi. Unda endi azob chekkan yosh qonxo’rlardan o’ch olish uchun kurashga kirishadi. Shunday qilib, shoir bosqichma-bosqich mahorat sari ko’tarila boradi. Ayniqsa, uning «Mening hikoyam» nomli she’rida muallifning o’zi buni qayd etadi. «She’r yozish menga ermak ish emas» deb biladi. «Men hali bitta ham she’r aytmadim, faqat she’r yo’lidan qaytmadim» degan xulosani beradi:

Shoirlikdan maqsad, so’z ko’chirishmas
She’rda ham maqsad o’y o’chirishmas,
Shoirlnk — ma’noni tiza bilishdir,
Mazmunni rassomdek chiza bilishdir.


Elbekning keyinchalik yaratgan «Mehnat kuylari», «G’unchalar», «Chirchiq bo’ylarida» (1935), «Ashulalar to’plami», «Bolalar qo’shigi», «She’rlar to’plami» (1936) kabi kitoblaridagi she’rlarida shoir dunyoqarashidagi, badiiy mahoratidagi takomil manaman deb turardi. Ayniqsa, shoirning «Lena qurbonlari», «Ozodlik qurbonlariga», «Proletar marshi» hamda «Sezgilar» to’plamiga kirgan bir qator she’rlar o’zining da’vatkorligi bilan ajralib turardi.

Elbek bir qator she’riy to’plamlar yaratibgina qolmay, o’nlab dostonlar ham ijod etgan. Uning «Go’zal qiz» (1927), «Bizniki» va «Paxta» (1929), «O’tmishim» (1929), «Chirchiq» (1929), «Batrak kolxozi» (1930), «Tozagul» (1934), «O’zbekiston» (1934), «Bog’bon» (1935), «Etik» (1935), «Mergan» (1935) asarlari shular jumlasidandir.

Elbek — bolalar shoiri sifatida ham ancha barakali ijod qildi. Uning o’sha «Armug’on» to’plamidagi bir qator she’rlari qatori «G’unchalar», «Chirchiq bo’ylarida» hamda «Kambag’al yigit va pardasturxon», «Omonat», «Erksiz polchi», «Ona», «Bolalar qo’shigi» kabi bir qator she’rlar, dostonlar, ballada va ertaklari fikrimizning dalili edi. Ayni chog’da adib «Yozuv yo’llari», «O’rnak», «Boshlang’ich maktab ona tili», «Go’zal yozgichlar» (1924) kabi bir qator darslik va qo’llanmalar muallifi sifatida ham ma’lumdir.

Elbek o’zining o’nlab she’rlari, masal, doston, tarjimalari qatorida hikoyanavis sifatida ham adabiyotimiz tarixida iz qoldirgan. Uning «Dadamat» (1936) to’plampga kirgan «Chirchiq», «Men kim bo’laman», «Ana», «Anorgul», «Qahhorxo’ja», «Dadamat» kabi hikoyalari adibning shoirgina emas, nosir bo’lganligidan ham dalolat berdi.

Elbek bor-yo’g’i qirq yil yashadi. U ham 1938 yilda Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Otajon Hoshim, Qayum Ramazon, G’ozi Olim kabi qatag’onlik qurboni sifatida qatl qilingan. Ammo u yozgapidek, adabiyotnmiz bo’stoniga turfa gul ekib ketdi. Bu uning asarlari edi. Ha:

Bu mening qo’limla yaratilgan gul,
Qanday qila oliy, mening sovg’am shul.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 03:53:27
CHARXIY
(1900-1979)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/charxiy.jpg)

Mumtoz adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini yangi davrda muvaffaqiyatli davom ettirgan zamondoshimiz shoir Asqarali Hamroali o’g’li Charxny Qo’qonda 1900 yilda tavallud topgan. Boshlang’ich ma’lumotni eski maktabda olgan Asqarali otasidan husnixat mashq qilishni, onasidan she’r yozishni o’rgandi.

Bo’lg’usi shoir Hofiz, Sa’diy, Navoiy, Bedil, g’azallarini mehr bilan o’qiydi. Sulaymonqul Rojiy, Mirza Ho’qandiy kabi qo’qonlik shoirlardan aruz qoidalarini o’rganib, koproq hajviyotga moyillik ko’rsatdi. Asqarali Oktyabr to’ntarishidan keyin Charxiy taxallusi bilan she’rlar yozib yurgan bo’lsa-da, ularni uzoq vaqtgacha matbuotda e’lon qilmaydi.

Charxiy 1938-1939 yillardai boshlab, Qo’qondagi «Yangi Farg’ona» gazetasida, «Mushtum» jurnalida faol qatnashdi. Shoir «Shirin va achchiq» (1959), «She’rlar» (1966), «Alixo’ja va Xo’jaali» (1970), «Devon» (1972) nomli kitoblarini o’quvchilarga taqdim etdi. Charxiy ijodida lirik she’rlar bilan bir qatorda, satirik she’rlar ham alohida o’rin tutadi.

Charxiy mumtoz adabiyotimizning asosiy vazni — aruz sistemasida va klassik she’riyatnipg turli janrlarida muvaffaqiyatli ijod etgan va uni rpvojlantirgan iste’dodli shoirdir. U ko’p yillar davomida Qo’qondagi Muqimiy uy-muzeyida ilmiy xodim bo’lib ishlab, Muqimiyning ko’p qirrali adabiy merosini to’plash va avaylab saqlash ishiga munosib hissa qo’shgan.

1975 yilda respublikamiz hukumati shoir Charxiyga O’zbekiston xalq shoiri degan faxriy unvon berdi.

Charxiy iste’dodli g’azalnavis, ajoyib qo’shiqchi-shoir, jonkuyar ma’rifatchi sifatida ixlosmandlari xotirasida o’chmas iz qoldirdi.

U 1979 yil 18 dekabrda Qo’qonda vafot topdi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 03:54:10
G’AYRATIY
(1902-1979)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/gayratiy.jpg)

Yangi davr, sovet davri o’zbek adabiyotining tug’ilishi va shakllanishida ulushini qo’sha olgan adiblardan biri G’ayratiy — Abdurahim Abdulla o’g’lidir. U 1902 yilda Toshkentning Degrez mahallasida hunarmand oilasida dunyoga keldi.

Uning otasi o’qimishli, adabiyotga qiziqqan kishi bo’lgan. Onasi erta qazo etgan bo’lib, yosh Abdurahim mahalladagi Oyimxon aya qo’lida tarbiya topadi. Uning adabiyotga qiziqishi ham aya aytgan ertaklar orqali paydo bo’ladi.

1912-1915 yillarda u avval eski maktablarda, so’ng madrasalarda tahsil oladi. Shu yillarda u Navoiy, Muqimiy, Furqat asarlari bilan ilk bor taninishadi. Oktyabr to’ntarshidan so’ng Toshkentdagi (Xadra) «Namuna» nomli maktabning o’qituvchilar tayyorlash kurslarida o’qiydi, so’ng xalq maorifi sohasida ishlaydi. Bo’lg’usi adibning ilk she’ri 1921 yilda «Bolalar haftasi» nomi bilan «Qizil Bayroq» gazetasida bosilib chiqadi.

1926 yilga kelib Abdurahim — G’ayratiy Ozarbayjonga borib, Bokudagi bilim yurtida o’qiydi. U yerdqa M. Urdubodiy, M. Mushfiq. S. Rustamiy, J. Jabboriy kabi taniqli adiblar bilan tanishadi va muloqotda bo’ladi. Bokudan qaytgach, Toshkeitdagi muzikali drama teatrida adabiy emakdosh bo’lib xizmat etadi. 1929-1931 yillarda O’zbekiston Davlat nashriyotida muharrir va bo’lim boshlig’i bo’lib ishlaydi. Uning birinchi she’riy to’plami 1927 yilda «Erk tovushi» nomi bilan nashr etiladi. 1928 yilda «Yashash taronalari» she’riy to’plami», «Qutilish» nomli hikoyalar to’plami chop etiladi. She’riy to’plamga kirgan «She’rim», «Shoir», «Tanburchi qizga», «Mening tuyg’ularim» kabi she’rlarida shoirning dunyoqarashi gavdalanadi, shuningdek, uning «Temp» (1932), «Olov tanlar» (1938), «Sevgi» (1939), «Oltin yoshlik» (1940) kabi she’riy to’plamlari hamda «Onamga xat» (1933), «Jinasta» (1935) kabi poemalari yaratildi.

G’ayratiy Ulug’ Vatan urushi va urushdan keyingi yillarda ham barakali ijod qildi. U Furqat va Hamza kabi ustozlari («Shoirning o’limi», 1957) haqida poemalar yaratdi. «Tepalik mozor» (1956), «Hilola», «Sababi tiriklik» (1958), «Maxsum qochdi» (1960) kabi hajviy hikoyalar ham yaratdi. «Dovdirash» nomli hajviy hikoyalar to’plami nashr ettirdi. «Tanlangan asarlar»i (1958, 1972) chop etildi.

1972 yilda G’ayratiyga O’zbekiston xalq shoiri unvoni berildi. U 1979 yil 22 yanvarda vafot etdi. Biroq, uning ijodi hozirgi davr taqozosiga ko’ra tanqidiy o’rganishni talab etadi. Sabab, oldingi zamonning ko’p hollarda u maddohi ham bo’lib qolganligi hech kimga sir emas.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 03:55:07
G’AFUR G’ULOM
(1903—1966)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/gafur_gulom.jpg)

O’zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri, Ittifoq Davlat va Lenin mukofotlarining laureati G’afur G’ulom 1903 yil 1 mayda Toshkent shahrining Qo’rgontegi mahallasida mehnatkash oilasida tug’ildi. To’qqiz yoshida otasidan yetim qolgan G’afur avval eski maktabda, so’ngra rus-tuzem maktabida ta’lim oldi.

U Oktyabr to’ntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, yangi usuldagi maktablarda o’qituvchilik qildi. 1923 yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi, so’ng «Kambag’al dehqon», «Qizil O’zbekiston», «Sharq haqiqati» ro’znoma muharririyatlarida ishladi. Ro’znoma uning uchun dorilfunun rolini o’ynadi, xalq hayotini o’rganish, unda faol aralashish yo’lida muhim vosita bo’ldi.

Uning mamlakatni himoya qilish haqidagi tantanavor qasidalari, o’tmish sarqitlarini qoralovchi hajviy she’rlari va xalqning kundalik ijodiy mehnatini olqishlovchi asarlaridan jamlangan «Dinamo» va «Tirik qo’shiqlar» nomli dastlabki she’riy to’plamlari 1931-1932 yillarda chop etildi.

Shoir liro-epik janrlarida (1930-1935) «Ko’kan» poemasini, «To’y», «Ikki vasiqa» balladalarini yaratdi. Biroq, shoirning bir qator she’rlarida, xususan, biz ko’p yillar kollektivlashtirish mavzuidagi eng yirik liroepik janrdagi asar deb maqtab kelgan «Ko’kan» poemasi hozirgi kun talablari darajasida emasligi sezilib qoldi. Jumladan, poemada boshdan oyoq maqtalgan kollektivlashtirish siyosati ma’lum ijobiy natijalari qatorida cheksiz zulm — fojealarga ham sabab bo’lganligi bor bo’yicha realistik ifodalanmagan edi. Mustaqillik davri o’tmish tarixiga yaqindan haqiqat ko’zgusida boqishni taqozo etgach, bunday nuqsonlar ma’lum bo’lib qoldi. Xuddi shunday hol uni partiya, ona Vatan, V.I.Lenin, Oktyabr haqidagi she’rlarida ham seziladi. Shu tufayli shoir ijodini zarracha kamsitmagan holda unga tanqidiy yondashishni taqozo etadi.

30-yillar G’afur G’ulom hikoya, ocherk, fel’etonlar qatori «Netay», «Yodgor», «Tirilgan murda» kabi qissalarini ham o’z kitobxoniga taqdim etdi.

Ulug’ Vatan urushi yillarida shoir o’z ijodining butun haroratini fashist bosqinchilariga qarshi kurashayotgan xalqqa, uning muqarrar g’alabasiga bag’ishladi. U «Sen yetim emassan», «Oltin medal», «Kuzatish», «Vaqt», «Sog’inish» kabi she’rlarini ijod qildi, publitsistik ocherk va maqolalar yozib, xalqni jang va mehnat g’alabasiga otlantirdi. So’nggi yillarda G’afur G’ulomning 20 ga yaqin she’riy to’plamlari chop etildi. Ayniqsa, shoirpning «Kuzatish», «Sen yetim emassan», «Qish», «Bizning ko’chada ham bayram bo’lajak», «Vaqt», «Onalar» singari asarlarida dunyo xalqlarini fashizm vabosidan xalos etgan jangchilarimning mardona kurashlari tasvirlangan.

G’afur G’ulom urush yillarida yozilgan she’rlaridan jamlangan «Sharqdan kelayotirman» to’plami uchun 1946 yili Ittifoq Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi. Adibga vafotidan so’ng «Lenin va Sharq» mavzusidagi asarlari uchun Lenin mukofoti (1973) berildi. G’afur G’ulom o’z davrida «Hurmat belgisi» (1944), uch marta «Mehnat Qizil Bayroq» ordeni (1937, 1951, 1961), Lenin ordeni (1949), medallar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. U O’zbekiston Fanlar akademiyasining a’zosi (1943) edi. 60 yillik yubileyi munosabati bilan unga O’zbekiston xalq shoiri faxriy unvoni berildi. Shoirning ko’pgina asarlari qardosh xalqlar, Osiyo va Yevropa tillariga tarjima qilingan.

O’zbek she’riyatining otashin jarchisi, ulkan san’atkori G’afur G’ulom milliy adabiyotimizning rivojiga katta hissa qo’shgan adibdir. Adib 1966 yilda xastalikdan so’ng vafot etdi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 03:55:59
BOTU (MAHMUD HODIYEV)
(1904-1938)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/botu.jpg)

Botu yangi zamon o’zbek adabiyotini boshlab berganlardan biri, iste’dodli shoir va jamoat arbobi edi. U 1904 yil 16 mayda Toshkentning Shayxovandtohur dahasining Qatorterak mahallasida tug’ildi.

Boshlang’ich ta’limni eski usuldagi maktablarda olgan bo’lsa ham, oliy ta’limni Moskvadagi Pokrovskiy nomidagi institutning rabfakida (1921) oldi. So’ngra Moskva Davlat dorilfununining iqtisod fakultetida o’qishni davom ettirdi (1921—1927). Samarqand Pedakadyomiyasiga qaytgach, adabiy va ilmiy ish bilan mashg’ul bo’ldi. 20-yillarning o’rtalaridan boshlab, partiya, davlat ishlarida faollik ko’rsata boshladi. Samarqandda nashr etilgan «Alanga» oynomasida va «Farg’ona» ro’znomasida muharrirlik qildi.

Shu davrdan boshlab, uning she’r va hikoyalari, publitsistik asarlari va ocherklari — «Bilim o’chog’i», «Inqilob», «Tong», «Alanga», «Maorif va o’qituvchi» singari oynomalarda chop etiladi. Uning «Hayit harom bo’ldi» (1929), «Tursun» (1930) kabi hikoyalarida eskilik bilan yangilik o’rtasida kurash, ziddiyat o’z ifodasini topdi. Ayniqsa, «Hayit harom bo’ldi» hikoyasida eski dunyo tarafdorlarining inqirozi hajviy yo’sinda fosh etiladi. Uning «Oktyabrdan so’ng o’zbek adabiyoti...», «Umid uchqunlari», «To’lqin tovushlari» kabi maqolalarida esa til, imlo, adabiyot taqdiri haqidagi o’z qarashlarini bayon etadi. Shuningdek, uning «Umid uchqunlari», «To’lqinlarim» (1930) kabi she’riy to’plamlari nashr etiladi. Ulardagi «O’zbek qiziga» (1920), «Kuz kunida», «Parchalar», «So’rma», «Hijron to’lqinlari», «Umid uchqunlari» (1925) kabi she’rlari samimiy va hayajonli tuyg’ular ifodasi edi. Ayniqsa, uning tabiat go’zalliklari, sehrli, karomatini ochuvcha «Ko’klam», «Oloy qizi», «Kaspiy dengiziga» kabi she’rlari kitobxonni o’ziga maftun etardi. Shoirning «Birinchi xat» poemasi ham mashhur bo’lgan. Eng muhimi, uning she’rlarida porloq, ozod kelajak uchun kurash bosh motiv desa bo’ladi. Shu jihatdan, uning «Qo’zgolish», «Isyon», «Bizning tovush», «U kun», «Yosh yurak to’lqinlari» kabi o’nlab she’rlarida hayot, kurash, kelajak tushunchasi bosh mavzudir. Shuning uchun xam shoir o’z yurti, eli osmonini musaffo ko’rishni xohlaydi:

Yirtilingiz, ey yaramas qora qalin pardalar,
Hech yovuqsiz yulduzlarning nurli yuzi ochilsin!
Yo’qolingiz yorug’likni to’saturgan bulutlar,
Yurtimizga eng yuksakdan yorug’liklar sochilsin!


Ha, shoir orzu qilgan yangi olam ko’ksidagi ozodlik quyoshi, istiqlol quyoshi nur socha boshladi. Bu nur barqaror bo’lsin, deymiz.

Botu jamoat arbobi va tarjimon sifatida ham elga tanilgan edi. Xususan, respublikamizda maktab-maorif va oliy ta’limni, fan va madaniyatni rivojlantirishda jonbozlik ko’rsatgani ma’lum. Biroq, Botu o’z davri siyosatiga mute holda ba’zi xato va ziddiyatli yo’lda ha bo’lgan. Xususan, Fitrat va Cho’lponlarga («Mening kecham»iga «Mening kunduzim» bilan javob qilgan) qarshi mafkuraviy kurashlarda ham ishtirok etdi. Shunga qaramay, u adabiyotimiz tarixida o’ziga xos ovozli shoir, sifatida o’rin egallaydi.

Uning bir o’gli — Erkli Mahmudovich Hodiyev jarroh, tibbiyot fanlari doktori, professor bo’lsa, qizi — Naima Mahmudovna Mahmudova tibbiyot fanlari doktori, professor, yirik jamoat arbobi (Respublika kasaba uyushmasi raisi bo’lgan) hamdir. Botu vafoti haqida xilma-xil qarashlar mavjud. Ularning birida Botu 1940 yilda xastalikdan vafot etdi deyilsa, boshqasida 1938 yil 8 mayda Moskvada xalq dushmani sifatida otib yuborilgan deyiladi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 03:56:46
OYBEK
(1905-1968)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/oybek.jpg)

Sho’ro davri o’zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qo’shgan ulug’ adib, shoir, olim, jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek 1905 yili Toshkent shahrida bo’zchi oilasida dunyoga keldi.

Oldin o’rta maktabda, 1922—1925 yillarda esa Toshkent pedtexnikumida ta’lim oldi. So’ngra O’rta Osiyo Davlat dorilfununida ijtimoiy fanlar fakultetida o’qishni davom ettirdi. Leningraddagi Plexanov nomidagi Xalq xo’jaligi institutida tahsil ko’rdi. 1930 yili O’rta Osiyo Davlat dorilfununini tugatib, Oliy maktablarda siyosiy iqtisoddan dars beradi.

Oybek adabiyotga 1926 yili chop etilgan «Tuyg’ular» she’riy to’plami bilan kirib keladi. Shoirning «Dilbar davr qizi» (1931), «O’ch» (1932), «Baxtigul va Sogindiq» (1933), «Temirchi Jo’ra» (1933) poemalari o’z davrining she’riy solnomalaridandir. Uning yigirmadan ortiq dostonlari bo’lib, tarixiy, zamonaviy va xorijiy mavzularda yaratilgan.

O’zbek xalqining 1916 yilgi milliy ozodlik qo’zg’oloni yozuvchining «Qutlug’ qon» (1940) romanida zo’r mahorat bilan realistik ifodalangan. Adibning ikkinchi yirik tarixiy asari «Navoiy» (1944) romanidir. Oybek bu romanda o’zbek adabiyotida birinchi bo’lib, ulug’ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazini yaratdi. Uning «Oltin vodiydan shabadalar» (1949) asarida xalqimizning urushdan so’nggi davr yaratuvchilik mehnati, «Quyosh qoraymas» (1958) romanida Ulug Vatan urushida erishilgan g’alaba aks ettirilgan. Adibning «Ulug’ yo’l» (1967) asari esa «Qutlug’ qon» romanining mantiqiy davomi bo’lib, unda yozuvchi milliy ongning shakllanishini mahorat bilan ko’rsata olgan.

Oybek 1949 yilda Pokistonga sayohat qildi. Adib Pokiston hayotini, fikr va tuyg’ularini, kurash va intilishlarini «Pokiston xotiralari» ocherklarida, qator she’rlarida, «Zafar va Zahro», «Haqgo’ylar» dostonlarida, nihoyat «Nur qidirib» povestida tasvirladi.

Adibning avtobiografik povesti «Bolalik» 1963 yilda yaratildi. Qissaning bosh qahramoni yosh Muso ya’ni Oybekning o’zidir.

Oybek iste’dodli shoir, yirik nosir bo’libgina qolmay, mashhur olim, davlat va jamoat arbobi, publitsist tanqidchi va tarjimon hamdir. O’zbek kitobxoni Pushkinning «Yevgeniy Oiegin», Lermontovning «Maskarad» asarini, antik Rim adabiyoti namunalarini, arman eposi «Sosunli Dovud»ni Oybek tarjimasida o’qishga muyassar bo’lgan.

Oybek 1943 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zoligiga saylandi va 1950 yilgacha Akademiyada ijtimoiy fanlar bo’limining raisi lavozimida ishladi. U yuqori malakali filologlar tayyorlashga katta hissa qo’shgan ustozdir.

Ulkan adib «Navoiy» romani uchun Ittifoq Davlat mukofoti laureati bo’ldi, bir necha orden va medallar bilan taqdirlandi. U O’zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori ham bo’lgan. Yozuvchining asarlari o’zbek adabiyotining jahon aro shuhratini yanada oshirdi. Ustoz mahorati yosh yozuvchilar uchun ijod dorilfununiga aylandi. Oybekning o’lmas asarlari ma’naviy xazinamizdan mangu o’rin oldi va umumxalq mulki bo’lib qoldi. Uning eng yaxshi asarlari jahon adabiyoti xazinasiga ham kirgan. Oybek 1968 yil 1 iyulda 63 yoshida vafot etdi. Vafotidan so’ng uning 20 jildlik to’la asarlari majmuasi nashr etildi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 03:57:30
UYG’UN
(1905—1990)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/uygun.jpg)

Mehnat qahramoni, Hamza nomidagi Reslublika davlat mukofoti laureati Rahmatulla Otaqo’zi o’g’li Uyg’un 1905 yili Qozog’iston jumhurlyati Jambul viloyatining Marki qishlog’ida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. U qishlog’idagi maktabni tugatgach, Toshkent pedagogika texnikumida o’qidi. 1925 yildan boshlab Toshkent qishloq xo’jalik texnikumida o’zbek tili va adabiyotidan dars berdi.

1927 yili Samarqand Pedagogika akademiyasida o’qidi va Mirtemir, Hamid Olimjon, Amin Umariy, Hasan Po’latlar bilan tanishdi. Uyg’un yoshligidan she’rlar yozib, vaqtli matbuotda faol ishtirok eta boshladi. 1929 yili shoirning «Bahor quvonchlari» nomli birinchi she’rlar to’plami chop etildi. «Mart kunlari», «Cho’l», «Kolxozchi kiz», «Ukraina yellari» kabi lirik she’rlari kitobxonlarnipg sevimli asariga aylandi.

30-yillarda shoirning «Ikkinchi kitob», «Quyosh o’lkasi», «She’rlar», «Muhabbat» kabi yangi she’riy to’plamlari va bir qator hikoya va dostonlari bosilib chiqdi.

Ulug’ Vatan urushi yillarida xalqimizning fashizmga qarshi kurashdagi yuksak vatanparvarlik fazilatlarini yurakdan kuylagan shoir she’riyati yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tarildi. Uyg’un bu davrda «Ona» (1942), «Alisher Navoiy» (1943, Izzat Sulton bilan hamkorlikda), «Qaltis hazil» (1944) kabi dramatik asarlar, komsediyalar yaratdi.

Uyg’unning urushdan keyingi yillardagi ijodida tinchlik, urush, kurash hamda kishilarning fidokorona mehnatni motivlari xalqlar do’stligi mavzui bilan chambarchas bog’lanib ketadi. Shoirning «Armug’on» (1941) «O’zbekiston» (1942), «Hayot chorlaydi» (1954) kabi she’riy to’plamlari bosildi. Biroq, Uyg’un she’riyatida hozirgi istiqlol davri ruhiga mos kelmaydigan «Brigadir Karim», «Nazir otaning g’azabi» kabi bir qator asarlari ham yo’q emas. U «Hayot qo’shig’i» (1947), «Oltinko’l», «Navbahor» (1948), «So’nggi pushaymon» (1955) nomli dramatik asarlar yozdi. Uiing keyingi yillarda ijod qilgan «Parvona» (1956), «Abu Rayhon Beruniy (1973), «Ibn Sino», «Zebunniso» kabi sahna asarlari o’zbek dramaturgiyasining yaxshi namunalari bo’ldi.

Shoir va dramaturg Uyg’un faol jamoatchi sifatida 1951-1954 yillarda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi bo’lib ishladi. U o’zbek adabiyoti taraqqiyotidagi xizmatlari uchun bir necha bor taqdirlandi.

1956 yili O’zbekistonda xizmat ko’rsatgai san’at arbobi, 1965 yili O’zbekiston xalq shoiri faxriy unvonlariga sazovor bo’ldi. U Hamza nomidagi respublika Davlat mukofoti laureati hamda Mehnat Qahramoni (1985) unvonlariga ham ega edi. Uyg’un 1974 yilda O’zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi qilib saylangan edi.

Uygun Pushkin, M. Lermontov, A. P. Chexov, N. Tolstoy, V. Shekspir kabi yozuvchilarning asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari qardosh xalqlar va jahon xalqlarining ko’pgina tillariga tarjima qilingan.

Ijodkor o’z asarlari bilan o’zbek poeziyasi va dramaturgiyasi rivojiga salmoqli hissa qo’shgan sermahsul shoir va dramaturg sifatida taniqlidir. U 1990 yil fevral oyida 85 yoshida olamdan o’tdi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 03:58:17
NAZIR SAFAROV
(1905—1985)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/nazir_safarov.jpg)

O’zbek adabiyotida publitsist, ocherknavis va dramaturg sifatida tanilgan Nazir Safarov 1905 yili Jizzax shahrida temirchi oilasida tug’ildi. U sovet maktablarida o’qidi, birinchi ziyolilar qatori uzoq qishloqlarga borib dars berdi. Komsomol safiga kirdi. Jizzaxda tashkil qilingan «Sanoi nafisa» to’garagi bo’lg’usi dramaturgda teatr san’atiga katta muhabbat uyg’otdi.

Nazir Safarov o’zbek dramaturgiyasining shakllanishida muhim rol o’ynagan «Tarix tilga kirdi» (1931), «Uyg’onish» (1939), «Sharq tongi» (1954) kabi sahna asarlarini yaratdi. «Uyg’onish»da 1916 yil qo’zg’oloni, «Sharq tongi»da Oktyabr inqilobi, «Tarix tilga kirdi» (Ziyo Said bilan birgalikda yozgan)da milliy nizolar, «Kimga to’y, kimga aza»sida ishchilar sinfining yangilik uchun jangu jadali asosiy mavzudir. Dramaturgiya sohasndagi katta xizmatlari uchun N. Safarovga (1955) O’zbekistoida xizmat ko’rsatgan san’at arbobi unvoni berildi.

Ulug’ Vatan urushi davrida Nazir Safarov frontning oldingi jabhalarida bo’lib, jangchilarning qahramonligini, dushmanning yovuzligini hikoya qiluvchi «O’q o’tmas botir», «Vodillik qahramon», «Komissar Qoraboyev», «Sevgi», «So’nggi nafasgacha», «Uzbek farzandlari», «Qahramonning tug’ilishi» kabi qator ocherklar yozdi. Uning hayotdagi yangiliklar, yaxshi tashabbuslar targ’ibotchisi sifatida paxtachilik, mexanizatsiya sohasida xotin-qizlarning rolini aks ettiruvchi asarlari ham diqqatga sazovor. Xotin-qizlar orasidan yetishib chiqqan birinchi zangori kema kapitani Tursunoy Oxunova, uning tashabbusi, el oldidagi obro’-e’tiboridan bahs etuvchi «Uzoqni ko’zlagan ayol» qissasi shular jumlasidandir.

Yozuvchining 1954—1957 yillarda yaratgan zamonaviy mavzudagi katta asarlari «Hayot maktabi» va «Elmurod» (hamkorlikda) p’esalaridir.

Nazir Safarov bir qancha hikoyalar ham yozgan. «Oltinoy», «Olma olmadan uzoqqa tushmaydi», «Ahmadali o’z baxtini qanday topdi» hikoyalari g’oyaviy-badiiy jihatdan puxtaligi bilan diqqatga sazovordir. Uning 60-yillarda yaratgan «Bir tomchi qon» (1967), «Ko’rgan kechirganlarim» (1968) nomli qissalari, «Navro’z» (1973) romani adabiyotimiz yutuqlaryani ko’rsatuvchi asarlar qatoridan joy oldi. «Ko’rgan kechirganlarim» asari uchun muallifga (1968) Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi.

Adib nemis-fashist bosqinchilari ustidan qozonilgan g’alabaning 30 yilligiga bag’ishlab, o’zbek jangchilarining qahramonliklaridan hikoya qiluvchi «Lukash botir» (Ya. Hudoyqulov bilan hamkorlikda) dramasini yaratdi.

U 1975 yilda 70 yoshga to’lishi munosabati bilan O’zbekiston xalq yozuvchisi unvoni va 80 yoshi bahonasida Xalqlar do’stligi ordeni olishga muyassar bo’ldi. Ko’p o'tmay, 1985 yilda vafot etdi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 03:59:57
SOBIR ABDULLA
(1905—1972)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/sobir_abdulla.jpg)

O’zbekiston xalq shoiri, taniqli dramaturg, Hamza Mukofoti sovrindori Sobir Abdulla 1905 yili Qo’qon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Eski va sovet maktablarida bilim olgan Sobir Abdulla ishchilar tayyorlov kursini (1924-1926) tamomladi.

1925-1948 yillarda «Yangi Farg’ona», «Yosh leninchi» ro’znomalari, «Mushtum»da xodim, Apdijon teatrida adabiy emakdosh bo’lib ishladi. Sobir Abdullaning ijodi 1925 yildan boshlangan. Shoirning «Erk ilhomlari» nomli birinchi to’plami 1931 yilda bosilib chiqdi. «Ko’klam, nash’asi» (1932), «Taajjub», «Gulshan» (1939) she’rlar to’plami, «Navbahor» (1930), «Do’stlik» (1937) hikoya to’plamlarida xalqning hayoti, sevgisi va ma’naviy dunyosi o’z ifodasini topgan.

Sobir Abdulla — sermahsul dramaturg. Uning «Bog’bon qizi» (1930), «Oyxon» (1935), «Tohir va Zuhra» (1939) sahna asarlari, «Alpomish», «Muqimiy» kabilar teatrlarimizning ko’rki bo’ldi.

Ulug’ Vatan urushi yillarida adib jang maydonlari qaxramonlari va front orqasida kishilarning fidokorona mehnat mo’jizalarini aks ettiruvchi «Agar Vatan buyursa», «Chegarachi», «Olga qadam tashlanglar» she' larini yozish bilan birga, «Qurbon Umarov» (1941), «Davron ota», (1942) kabi p’esalarnipg yaratilishida faol ishtirok etdi.

Urushdan keyingi yillarda Sobir Abdulla yaratgan «Vatan sevgisi», «Baxtim qilur namoyish», «Paxtakor tongi», «Ravshan zamon» qo’shiqlari xalqimizdagi vatanparvarlik va mehnatsevarlik fazilatlarini uluglashga xizmat qildi.

Shoir g’azalnavis, qo’shiqchi shoir sifatida zamondoshi, do’sti G’afur G’ulom bilan hamkorlikda ijod qilgan. Umrining so’nggi yillarida demokrat shoir Muqimiy tarjimai holi badiiy aks ettnrilgan «Mavlono Muqimiy» nomli romanning ham muallifidir. Sobir Abdulla 1972 yilda og’ir xastalik bilan vafot etdi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 04:00:40
OYDIN
(1906—1958)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/oydin.jpg)

O’zbek xotin-qizlari orasidan yetishib chiqqan talantli adiba Oydin (Manzura Sobirova) 1906-yili Toshkentda hunarmand oilasida tug’ilgan. Oydin 1919 yili Toshkent xotin-qizlar bilim yurtiga o’qishga kirdi. Uni 1923 yili tamomlab, o’qituvchilik qiladi. Yoshlikdan adabiyotga havas qo’ygan Oydin kichik-kichik she’rlar bilan matbuotda ko’rina boradi. Samarqand Pedagogika akademiyasida o’qib yurgan paytlarpda (1927— 1933) Hamid Olimjon, Uyg’unlar bilan yaqindan tanishuvi Oydin ijodida katta rol o’ynadi. Uning o’tmish bid’atlarini fosh etib, xotin-qizlarni ozodlikka chaqiruvchi «Yangilikka qadam» nomli birinchi p’esasi 1925 yilda bosilib chiqqan.

Uning «Tong qo’shig’i» (1931) to’plami, «Maysa uzildi» (1931), «Mashina quchog’ida» (1932), «Ko’prik ustida» (1933), «Bu kecha» (1933) kabi poemalari, «Chechan yo’llar» (1932), «Oydin she’rlari» (1937) kabi to’plamlariga kirgan asarlari o’zbek sho’ro poeziyasi taraqqiyotiga ma’lum hissa bo’lib qo’shildi.

Adiba 30-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab hikoyachilik janrida talay asarlar yaratdi. Oydinning dastlabki «Eslash yoki vigovor» (1933) hikoyasida ozod mehnatning yangi insonni tarbiyalab yetishtprishdagi roli mehnat jarayonida o’zbek xotin-qizlari ongida ro’y bergan o’zgarishlar ifodalanadi. Uning «Chaqaloqqa chakmoncha», «Shirin-shakar», «Uyaldi shekilli, yerga qaradi», «Sadag’ang bo’lay, komandir» hikoyalarida yangicha oila, sevgi-muhabbat, sadoqat motivlari aks ettirilgan. Arizaning o’tmishga bag’ishlangan «Yamoqchi ko’chdi», «Hazil o’tmish», «Gulsanam» (1938) asarlarida o’zbek xalqining hayoti, eskilik urf-odatlarpga qarshi kurashi chuqur nafrat bilan tasvirlangan.

Oydinning Ulug’ Vatan urushi va undan keyingi tinch qurilish yillarida ijod etgan «Qizlarxon» (1943), «Mardljk mangulik» (1947), «Hikoya va ocherklar» (1952), «Hikoyalar» (1954) kabi to’plamlarida zamona kishisining vatanparvarligi, qahramonlik fazitatlari, front va mamlakat ichkarisidagi jonbozlikla, tinch yashash davridagi mehnati o’z ifodasini topgan.

Oydin bu davrlarda kuchli ocherknavis sifatida ham taniladi. Uning M. Gorkiyga bag’ishlangan «Hamon yodimda o’shal ulug’ zot», «Cho’llari obod, qo’llari ozod bo’lgan elda», «El quvonchi», «Qora uylar oqardi», «Muborak», «Katta kishilar», «Mening qahramonim», «Vatan uchun jon fido» kabi ocherklar turkumidagi Vatan madhi, mehnati tufayli baxtga erishgan kolxozchi va ishchi ayollar obrazi zo’r mahorat bilan tasvirlangan.

Oydin O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining mas’ul kotibi, O’zbekiston Kommunistik Partiyasi Markaziy Komitetining mas’ul xodimi (1946—1953), «O’zbekiston xotin-qizlar» jurnalining muharriri lavozimlarida ishladi.

Oydin o’zbek nasrining taraqqiyotiga qo’shgan salmoqli hissasi uchun ikki marta Hurmat belgisi ordeni va medallar bilan taqdirlangan. U bor yo’gi 52 yil umr ko’rdi, 1958 yilda vafot etdi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 04:01:31
ABDULLA QAHHOR
(1907—1968)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/abdulla_qahhor.jpg)

O’zbek adabiyotiyotiga katta hissa qo’shgan Abdulla Qahhor 1907 yili Qo’qon shahrida temirchi oilasida dunyoga keldi. O’rta ma’lumotni Qo’qonda olgan Abdulla 1925 yili Toshkentga kelib, «Qizil O’zbekiston» ro’znomasida ishlaydi.

U O’rta Osiyo Davlat dorilfununining pedagogika fakultetida (1930) tahsil oldi. Yozuvchi «Sovet adabiyoti» oynomasida mas’ul kotib, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi raisi, O’zbekiston Davlat nashriyotida muharrir lavozimlarida ishladi (1954—1956).

Abdulla Qahhorning ijodi 1924 yildan boshlangan. dastlab, «Mushtum» oynomasida, «Yangi Farg’ona» va «Qizil O’zbekiston» ro’znomalarida uning hikoya va fel’eton, xabarlari bosildi. Yozuvchining «Olam yasharadi» nomli birinchi hikoyalar to’plami 1938 yilda chop qilindi. 30-yillarda adibning «Hikoyalar» to’plamlari (1935, 1938, 1939) kitobxonlar qo’liga tegdi. Bu davrda Abdulla Qahhor kichik hikoyalardan tashqari «Sarob» (1935) romanini yozdi. Ulug’ Vatan urushi yillarida yozuvchining bir qancha fel’eton, ocherk va hikoyalari e’lon qilindi. «Asror bobo», «Dardaqdan chiqqan qahramon», «Kampirlar sim qoqdi», «Xotinlar» hikoyalari va «Oltin yulduz» kabi qissalarida o’zbek jangchilarining mardligi, xalqimizning mehnatdagi jonbozligi, yuksak vatanparvarligi ifodalangan.

Yozuvchining urushdan keyingi yillarda yaratgan «Qo’shchinor chiroqlari» (1951) romani kollektivlashtirish mavzuiga bag’ishlangan. U o’zining «Shohi so’zana» (1951), «Og’riq tishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962), «Ayajonlarim» (1967) komediyalari bilan o’zbek dramaturgiyasi rivojiga salmoqli hissa qo’shdi. Ayniqsa, «Shohi so’zana» p’esasida dramaturg qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirishning muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatini mahorat bilan tasvirladi. P’esa mamlakatimiz va qardosh demokratik respublikalar sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish qilindi. Mazkur p’esa Ittifoq davlat mukofotiga sazovor bo’lgan.

Yozuvchining «Sinchalak» (1958), «Muhabbat» (1968), «O’tmishdan ertaklar» (1965) qissalari o’zbek prozasining taraqqiyotiga muhim hissa bo’lib qo’shildi. U «O’tmishdan ertaklar» qissasi uchun Oybek («Bolalik»), N. Safarov («Ko’rgan-kechirganlarim») kabi adiblarning avtobiografik qissalari qatorida Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi.

Uzbek kitobxonlari Abdulla Qahhor tarjimasida M. Gorkiyning «Mening dorilfununlarim» , (1935) F. Gladkovning «Olovli ot» (1933), L. N. Tolstoyning «Urush va tinchlik» romanining I—II kitoblarini va boshqa bir qator asarlarni o’z ona tililarida o’qishga muvaffaq bo’ldilar.

Adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun O’zbekiston xalq yozuvchisi unvoni, orden va medallar bilan taqdirlandi. U 1988 yil 25 may kuni Moskvada 61 yoshida vafot etdi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 04:02:15
MIRKARIM OSIM
(1907—1984)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/mirkarim_osim.jpg)

O’zbek sho’ro adabiyotining to’ng’ich avlodiga mansub Mirkarim Osim 1907 yilda Toshkentda, ziyoli oilasida dunyoga kelgan. 1918 yildan «Shamsul urfon» nomli boshlang’ich maktabda o’qidi. 1921 yildan Alisher Navoiy nomidagi respublika bilim yurtida tahsil ko’rdi. Do’stlari Oybek va H. Yoqubovlar bilan bu texnikumda adabiyot-san’at turlarini o’rgandi.

1926 yilda esa Moskva Davlat pedagogika institutining tarix-iqtisod fakultetida o’dib, uni 1930 yilda tugalladi. Samarqandda o’qituvchilar tayyorlash kursida, 1932 yilda O’zbekiston Maorif Xalq komissarligi, Pedagogika ilmiy-tadqiqot ilmgohida ishladi.

Boshda she’rlar yozdi. Tarix fanidan qo’llanma, tavsiya, darsliklar yaratdi. 1940 yilda Ulug’ Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida «Astrobod», «Alisher Navoiy a Darvishali», «Badarg’a», «Navoiyning xislatlari», «Ulug’bek va Navoiy» singari hikoya va tarixiy qissalar yoza boshladi. Adib bir umr tarixiy qissalar yozish bilan mashg’ul bo’lib, yangi-yangi avlodlarni o’tmish va uning ilg’or shaxslariga nisbatan muhabbat ruhida tarbiyaladi. Vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalarini ulug’ladi.

Tarixchi adibning asarlarini davriy jihatdan uch guruhga ajratish mumkin:
1. Tariximizning qadimgi davrlari haqida hikoyalar (Makedonskiy, arab xalifasi, Eron shohlari bosqini).
2. O’rta asrlar tarixidan hikoya qiluvchi asarlar (Mo’g’ullar istilosi va fan, madaniyat arboblari haqida tarjimai hol, qissa va hikoyalari).
3. XVIII asrdan to Oktyabr to’ntarishiga qadar bo’lgan davr tarixiy hayoti haqidagi asarlar.

Ayni paytda Mirkarim Osim asarlarini uch katta mavzu yo’nalishi bo’yicha tahlil qilish, baholash mumkin:
1. Tarixiy qahramonlik mavzuidagi asarlar.
2. Tarixiy-maishiy mavzu.
3. Tarixiy tarjimai hol asarlari.

Qahramonlik mavzuiga ijodkorning «O’tror», «To’maris», «Temur Malik», «Aleksandr va Spitamen» kabi asarlarini kiritish mumkin.

Maishiy mavzudagilarga «Mohlar oyim va Xonposhsha», «Karvon qo’ng’irog’i», «Elchilar» kabi asarlar kiradi.

Tarjimai hol tarixiy asarlarining namunalari qilib tarixchi adibning «Zulmat ichra nur» (Navoiy), «Jayhun ustida bulutlar» (Beruniy), «Ibn Sino qissasi», «Aljabrning tug’ilishi» (Al-Xorazmiy), «Singan setor» (Mashrab) kabi qissalarini ko’rsatish mumkin.

Mirkarim Osim 50-yillar Stalin qatag’onining begunoh ma’naviy qurbonlaridan biridir. Uning vatanparvarlik, millatparvarlik, o’tmish tarixga muhabbat ruhidagi asarlari o’z muallifiga qaro kunlar olib keldi. Adib ko’p yillar sho’ro rejimining azoblarini chekdi.

60 yillarda vatanga qaytgan san’atkor tarixiy asarlar yozishda, tarjimai hol ishi bilan shug’ullanishda davom etadi. Adabiy nashriyotlarda kichik adabiy xodim vazifalarida ishladi.

Mirkarim Osim tarixchi adiblar orasida asl manbani buzmay, qayta badiiy jonlantirishi bilan ajralib turadi. Uning asarlari 70-80-90-yillar tarixiy adiblari uchun asosiy manba vazifasini o’tadi.

Mirkarim Osim keyingi avlod yozuvchilari uchun ko’prik vazifasini o’tagan ijodkorlardandir. Bugungi kunning mashhur va tanilib kelayotgan tarixchi adiblari Mirkarim Osimni o’zlarining ustozlari deb biladilar.

Tarixchi adib 70 yilligi munosabati bilan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi unvoni berilgan. U 1984 yilda vafot etdi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 04:03:19
QUDDUS MUHAMMADIY
(1907)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/muhammadiy.jpg)

Sovet davri o’zbek bolalar adabiyotining yirik va iste’dodli namoyandalaridan biri Quddus Muhammadiy 1907 yili Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. O’rta maktabdan so’ng avval qishloq xo’jaligi bilim yurtida, so’ng O’rta Osiyo dorilfununining biologiya fakultetida tahsil oldi.

Uning ijodi 30-yilardan boshlangan bo’lib, dastavval «Sharq haqiqati» ro’znomasi va «Yer yuzi» oynomalarida chop etildi. Uning mashhur «Sandal va pechka», «O’z-o’zini tanqid» kabi dostonlari 1936-1937 yillarda yaratildi.

Unda eskilik bilan yangilik, eski urf-odatlar bilan yangicha urf-odatlar qiyosiy tarzda o’zining poetik ifodasini topdi. Hayotdagi, kishilar, xususan bolalar xarakteridagi ayrim nuqsonlar beg’araz hajv qilindi.

Quddus Muhammadiy 1941—1944 yillarda mashhur xalq shoiri, baxshi Islom ota huzurida uning dostonlarini yozib olish bilan mashg’ul bo’ldi. Urushdan keyingi yillarda esa uning birinchi she’riy to’plami «Sinov» (1947) nomi bilan nashr etildi. Shundan so’ng «O’quvchiga esdalik» (1947), «She’r va ertaklar» (1947), «Orzu» (1948), «Bahor keldi» (1950), «Dunyoda eng kuchli nima?» (1951), «Qirq o’g’il va qiz» (1951), «Bizning do’stlarimiz» (1952), «Sen tug’ilgan kun» (1952), «Yangi uy» (1953), «Mehribon do’stlar» (1953), «Qo’ng’izboy bilan sichqonboy» (1955), «Tugmacha» (1956), «Tanlangan asarlar» (1957) kabi o’ntadan ortiq kitoblari bosilib chiqdi. Xususan, uning to‘rt kitobdan iborat «Tabiat alifbosi» kitobi ma’lum va mashhur bo‘lib ketdi. «Ochil dasturxon» (1970) kabi xalq og’zaki ijodi an’analari ruhidagi asarlari ham shuhrat topdi va adibga cheksiz sharaf keltirdi. Uning «Qanotli do‘stlar» nomli she’riy kitobi 1970 yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. U ayni chog’da O’zbekiston xalq shoiri ham bo‘ldi.

Q. Muhammadiy faqat bolalar shoirigina emas, bolalar adabiyotining tadqiqotchisi, jonkuyari va targ’ibotchisi sifatida ham o‘nlab maqolalar yozdi. Xususan uning «Bolalar adabiyotining yanada ravnaqi uchun (1961), «Bolalar adabiyotini o‘rganaylik» (1963), «Ilhom bilan» (1967) kabi maqolalari shular jumlasidandir.

Quddus Muhammadiy mohir tarjimon sifatida mashhurdir. Uning S. Marshak, S. Mixalkov, A. Baro, K. Chukovskiy asarlari tarjimasi o‘zbek bolalar adabiyotining ravnaqi va taraqtsiyotida muhim rol o‘ynayi.

Q. Muhammadiy xoh shoir, xoh tadqiqotchi, xoh tarjimon sifatida faoliyat ko‘rsatmasin, hamisha hamma o‘rinda bolalar kelajagi, kamoloti, ma’naviy shakllanishi xaqida qayg’urdi. Ularning o‘qimishli, ishbilarmon va yetuk mutaxassis bo‘lishini orzu qildi va nihoyat, buning uchun:

Bo‘lay desang bog’bon,
Yo Vatanga posbon,
Yo osmonda uchuvchi,
Yo dengizda suzuvchi,
Nimaiki qilsang tilak
Bariga o‘qish kerak, —


degan xulosaga keldi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 04:04:08
MAQSUD SHAYXZODA
(1908—1967)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/shayxzoda.jpg)

O’zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, zabardast dramaturg, adabiy faylasuf Maqsud Ma’sum o‘g‘li Shayxzoda 1908 yili Ozarbayjonning Oqdosh shahrida tavallud topdi. Boshlang’ich ma’lumotni Oqdoshda olgach, yangi sovet maktabida o‘qishni davom ettirdi. 1925 yildan muallimlik qilgan Shayxzoda Boku Oliy pedagogika institutini sirtdan o‘qib bitirdi.

U 1928 yilda Toshkentga kelib, turli ro‘znoma va oynomalar muharririyatlarida, 1935—1938 yillarda esa O’zbekiston SSR Fanlar Komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938 yildan Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika instituti o‘zbek klassik adabiyoti kafedrasiga rahbarlik qildi, yuqori malakali kadrlar tayyorladi.

Shoirning adabiy faoliyati 1929 yildan boshlandi. Uning «O’n she’r» (1932), «Undoshlarim» (1933), «Uchinchi kitob» (1934), «Jumhuriyat» (1935) to‘plamlarining nashr etilishi adabiyotga o‘ziga xos ovozli shoir kirib kelayotganidan darak berdi.

Ulug’ Vatan urushi yillarida shoir butun ijodiy quvvatini, qalb haroratini dushman ustidan g’alaba qozonishga safarbar etdi. Urushning birinchi kunlaridanoq jang qahramonlarpni ulug‘lovchi, front orqasidagi kishilarining fidokorona mehnatini ifodalovchi «Kurash nechun» (1941). «Jang va qo‘shiq» (1942), «Kapitan Gastello (1941), «Ko‘ngil deydiki» kabi she’riy to‘plamlari, «Jaloliddin Manguberdi» (1944) tarixiy drama va boshqa qator publitsistik asarlarini yaratdi.

Urushdan keynigi tinch qurilish yillarida Vatanimiz bo‘ylab keng quloch yozgan zafarli mehnat, tinchlik uchun kurash shoirning «O’n besh yilning daftari», «Olqishlarim», «Zamon torlari», «Shu’la», «Chorak devoni» kabi she’riy to‘plamlari uchun asosiy mavzu bo‘ldi.

1958 yili adibning ko‘hna va ayni chog’da navqiron Toshkent shahriga bag’ishlangan, uning tarixi, o‘tmishidagi madaniyat va xalqaro aloqalarini tasvirlovchi «Toshkentnoma» lirik dostoni yaratildi. Xassos shoir 1980 yilda yozgan «Mirzo Ulug’bek» tragediyasi bilan iste’dodli dramaturg sifatida tanildi. U buyuk inson — Ulug’bek obrazi orqali o‘zbek dramaturgiyasida fojea janrining klassik namunasini yaratdi.

Shayxzoda Pushkinning «Mis chavandoz», Lermontovning «Kavkaz asiri», Mayakovskiyning «Juda soz» poemalari va ko‘plab she’rlarini, Shekspirning «Hamlet» va «Romeo va Juletta» tragediyalarini va sonetlarini, Nozim Hikmatning she’rlarini, ozarbayjon shoirlari asarlarini o‘zbek tiliga ag’dardi. Shayxzodaning o‘zbek adabiyoti tarixi, o‘zbek xalq og’zaki ijodiyoti, xususan Alisher Navoiy ijodini tadqiq etish borasida yaratgan ilmiy ishlari ham tahsinga sazovordir. U filologiya fanlari nomzodi, dotsent ham edi.

Shayxzoda asarlari qardosh xalqlar va xorijiy tillarga tarjima qilingan. Shoir tarjima jarayonida qardosh xalqlar va jahon adabiyoti klassiklarining mahorat maktabidan ta’lim oldi, ilg’or an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan she’rlar yozdi.

Shoirning adabiyot sohasidagi xizmatlari sho‘ro hukumati tomonidan taqdirlangan. O’zbek adabiyotining tribun shoirlaridan Maqsud Shayxzoda falsafiy fikrlarga boy hikmatomuz asarlari bilan xalqimiz qalbida abadiy yashaydi. U bir kam oltmish yil umr ko‘rdi. 1967 yilda olamdan o’tdi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: Abdusalom 30 Iyun 2006, 04:04:56
MIRZAKALON ISMOILIY
(1908—1986)


(http://www.ziyouz.com/rasmlar/adib/ismoiliy.jpg)

San’atkor yozuvchi, mohir tarjimon Mirzakalon Ismoiliy 1908 yili Qirg’izistonning O’sh shahrida kambag’al dehqon oilasida dunyoga keldi. Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng u bolalar uyida tarbiyalandi. Toshkentga kelib Erlar bilim yurtida ta’lim oldi. 1928-1930 yillarda O’rta Osiyo dorilfununining Sharq fakultetida o‘qidi, o‘qituvchilik qildi.

Toshkent kinostudiyasi, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, «Qizil O’zbekiston», «Sharq yulduzi» muharririyatlarida hamda O’zbekiston Davlat nashriyotida xizmat qildi. U rus adabiyoti klassiklaridan M. Yu. Lermontov, A. P. Chexov, L. N. Tolstoy, A. M. Gorkiy, M. A. Sholoxov asarlarini hamda jahon adabiyoti namunalaridan ko’plarini o‘zbek tiliga o‘girdi. Uning tarjimalari o’zbek tilining rivojlanishiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.

Yozuvchining 1927 yilda bosilgan «8 Mart» p’esasi o‘zbek xotin-qizlarining ozodlik uchun kurashini aks ettirdi. U 1942—1947 yillarda Sovet Armiyasi safida xizmat qilib, fashizmga qarshi kurashda jonbozlik ko‘rsatdi.

Adib Ulug’ Vatan urushidan keyingi yillarda yaratilgan «Farg’ona tong otguncha» (1958, 1967) trilogiya-romanida oktabr to‘ntarishi arafasidagi o‘zbek mehnatkashlarining og’ir hayoti va ma’rifat sari intilishini ulug’ladi. Roman g’oyaviy, badiiy jihatdan o‘zbek prozasi yutuqlarini mujassamlashtirdi. M. Ismoiliy «Bizning roman» (1963) asarida yoshlar hayotini aks ettirdi.

Mirzakalon Ismoiliy «Odamiylik qissasi» (1965) kabi axloq-odob normalari tantanasini madh etuvchi puxta, go‘zal nasriy asarlari bilan o‘zbek adabiyotini yuksaltirishga o‘z ulushini qo‘shdi. U 1986 yilda vafot etdi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2006, 23:35:01
HAMID OLIMJON
(1909-1944)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/olimjon.jpg)

Shodlik va baxt kuychisi, iste’dodli shoir, dramaturg, olim, davlat va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida dunyoga keldi. Narimonov nomidagi boshlang’ich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida (1923-1926) O’zbek Pedakademiyasida (1926-1931) o’qidi.

Hamid  Olimjon  talabalik yillaridayoq she’r yozdi. Uning asarlari 1926 yildan «Zarafshon» gazetasida chiqa boshladi. 1927 yilda shoir mazkur ro‘znoma muharririyatiga ishga o‘tdi.

Hamid  Olimjonning   «Ko‘klam»   nomli ilk  she’riy to’plami 1929 yilda bosilib chiqdi. Shundan so‘ng «Olov sochlar»   (1931),   «O’lim  yovga»   (1932),   «Poyga»   (1932) kabi she’riy to‘plamlari nashr etildi.

Davr bilan birga odim tashlagan, o‘z ijodida xalqimizning mehnat qahramonligini tasvirlagan shoir 30-yillarda adabiyotimizda siyosiy lirikaning eng yaxshi namunalarini yaratdi.

Hamid Olimjon poeziyasining lirik qahramoni — vatanparvar inson, «Vodiylarni yayov kezganda» o‘sha lirik qahramonga yangi turmush yaratuvchisi sifatida jahonga tanildi. Ana o‘sha lirik qahramon Ulug’ Vatan urushi yillarida «Jangchi Tursun» bo‘lib gavdalandi.

O’zbekiston  Fanlar  akademiyasining muxbir  a’zosi (1943)    Hamid   Olimjon   o‘zbek   adabiyotpning   dolzarb masalalari bo‘yicha qator ilmiy-tanqidiy asarlar yaratdi.

Hamid Olimjon A.S. Pushkin, L.N. Tolstoy, M. Gorkiy,   V.   Mayakovskiy,    A.   Serafimovich,     T.   Shevchenko, M. Lermontov, N. Ostrovskiy, A. Korneychuk asarlarga tarjima qildi va ular haqida maqolalar yozdi.

O’zbek xalq og’zaki ijodining ajoyib durdona asari «Alpomish» dostoni birinchi marta Hamid Olimjon tomonidan nashrga tayyorlanib, so‘z boshi bilan (1938) chop etildi. U Alisher Navoiyning 500 yilligini o‘tkazish yubileyi komitetining a’zosi sifatida ulug’ shoir hayoti va ijodi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi.

Hamid Olimjon 1939 yildan to umrining oxiriga O’zbekiston  Yozuvchilari uyushmasiga  rahbarlik    qildi.

Hamid Olimjon o‘zining «Daryo kechasi» (1936), «Chirchiq sohillarida» (1937), «O’lka» (1939), «Baxt» (1940) to‘plamlari, «Ikki qizning hikoyasi» (1935-1937), «Oygul bilan Baxtiyor» (1937), «Zaynab va Omon» (1938), «Semurg’» (1939) dostonlari bilan novator shoir sifatida davrining ilg’or g’oyalarini tarannum etdi.

Ulug’   Vatan   urushnning   olovli   yillarida uning «Muqanna» nomli she’riy dramasi yaratildiki, u hanuzgacha dramaturgiyamizning gultoji bo‘lib kelayotir. Uni «Jinoyat» dramasi zamonaviy mavzuda yozilgan. Bu davrda uning bir necha she’riy to‘plamlari bilan bir qatorda   «Jangchi  Tursun»,   «Roksananing  ko‘z  yoshlari»   kabi qator balladalari ham yaratildi.

Iste’dodli shoir Hamid Olimjonning ko‘pchilik asarlari qardosh xalqlar va xorijiy xalqlar tillariga tarjima qilingan.

Shoir 1944 yilda avtomobil halokagiga uchrab vafot etgan. Uning nomi abadiylashtirilgan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2006, 23:36:53
KOMIL YASHIN
(1909)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/yashin.jpg)
 
Atoqli adib va jamoat arbobi Komil Yashin (No‘monov) 1909 yili Andijon shahrida tug‘ildi. O’rta maktabni tugatgach, 1925 yilda Leningradda o‘qiydi, so‘ngra maktabda o‘qituvchilik qiladi. 1930-1936 yillarda Yashin O’zbek Davlat Muzika teatrida adabiy emakdosh, 1946-1949 yillarda O’zbekiston San’at ishlari boshqarmasiga rahbarlik qildi. U qariyb yigirma yildan ko‘p (1958-1980) O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiga rahbarlik qildi. Ayni bir paytda Oybek vafotidan so‘ng «O’zbek tili va adabiyoti» oynomasiga muharrirlik ham qildi. U O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyaning haqiqiy a’zosi hamdir.

Yashinning ijodiy faoliyati 1925 yildan boshlanadi. Bu yillarda uning she’r va ocherklari vaqtli matbuotda ko‘rina boshladi. Shoirning «Quyosh» (1930), «Kurash» (1931), «Komsomol» (1933) she’riy to‘plamlariga kirgan asarlarida mehnatkash xalq hayotida sodir bo‘layotgan yangiliklar, yoshlar taqdiri va kelajagi haqida fikr oritiladi. Uning birinchi dramatik asari «Ikki kommunist» (1929 yilda) sahnaga qo‘yildi. U qishloqlarni kollektivlashtirish davrida «O’rtoqlar» (1930) va «Yondiramiz» (1931) p’esalarini yozdi. Yashinning «Nomus va muhabbat» (1935), «Hamza» (A. Umariy bilan hamkorlikda, 1940) sahna asarlari Ulug’ Vatan urushigacha bo‘lgan  o‘zbek dramaturgiyasining     eng  yaxshi namunalaridandir.

O’zbek xotin-qizlarini eskilik sarqitlaridan ozod etishga bag’ishlangan «Gulsara» (1934), «Nurxon» (1940) p’esalari o‘z vaqtida yaratilgan, o‘sha davr uchun xarakterli sahna asarlaridandir.

Komil Yashin Ulug’ Vatan urushi davrida yetuk dramaturg darajasiga ko‘tarildi. Adibning bu davrda yaratilgan asarlarida do‘stlarga nisbatan mehribonli samimiy muhabbat, dushmanlarga qahru g’azab yogdirildi. «O’lim bosqinchilarga» (1942), «Oftobxon» (1944), «Davron ota» (1942, Uyg’un, Sobir Abdulla, Chustiy bilan birga yozilgan) dramalariga shu ruh singdirilgan. Komil Yashin «Gulsara» operasining librettosi 1950 yilda Ittifoq Davlat mukofoti laureati degan faxriy unvonni olishga muyassar bo‘ldi. «General Rahimov» dramasida (1949) birinchi o‘zbek generali Sobir Rahimovning Ulug’ Vatan urushida ko‘rsatgan qahramonligi aks ettirilgan.

Dramaturgning inqilobiy mavzudagi «Yo‘lchi yulduz (1957) asari respublikamiz teatrlarida muvaffaqiyat bilan qo‘yilib kelindi.

Iste’dodli san’atkor Komil Yashin 1974 yilda «Inqilob tongi» dramasini yozdi. Unda xalqimizning yetuk farzandi, atoqli davlat arbobi Fayzulla Xo‘jaevning siymosi gavdalangan. Unga adabiyot va san’at sohasida xizmatlari uchun O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san1 arbobi va O’zbekiston xalq yozuvchisi, 1974 yilda Mehnat qahramoni unvonlari berildi.

Hamzadek ulug’ ustozi izidan borgan Komil Yashin o‘zbek dramaturgiyasida yangi sahifalar ochgan, uning tematik doirasini boyitgan, uzoq umrlik asarlar yaratgan adibdir. Adabiyotimizda uning ovoziga ergashgan,  tarbiyasidan bahramand bo‘lgan dramaturglar oz emas. Komil Yashinning o‘zbek teatri va dramaturgiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi ulkandir.

Komil Yashin keyingi yillarda «Hamza» romanini yozib chop ettirdi. Uning so‘nggi asarlaridan biri ikki kitobdan iborat «Yodgorlik» memuarnomasidir. Gap Komil Yashin kabi keksa san’atkorlar haqida borganda ular yo‘l qo‘ygan xatolar yoki nuqsonlarni davr ruhiyati, talabi bilan bog‘liq holda ko‘rish zarurdir. To‘g’ri, uning ko‘p asarlarida Uyg’un, G’.G’ulom, N. Safarov va boshqa adiblar kabi partiyaviy avangardlik me’yoridan oshib ketgan, shuning oqibatida ular asarlarida tarixiy haqiqatdan ma’lum chekinish hollari sodir bo‘lgan. Eng muhimi, hozirgi avlod ular yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamasliklaridadir.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2006, 23:38:13
PARDA TURSUN
(1909-1957)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/parda_tursun.jpg)

Sho‘ro davri o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Parda Tursundir. U 1909 yili Namangan viloyati Pop tumanidagi Chorkesar mahallasida dehqon oilasida tug’ildi. Ota-onadan erta yetim qolgan Parda Tursun sarson-sargardonlikda hayot kechiradi.

Ayovsiz yillar shamoli uni  1918 yilda  Chorkesar qishlog’idan Toshkentga yetaklaydi. Kishilar eshigida   xizmatkor    bo‘lib kun    kechiradi.    Undagi ilmga tashnalik 1923-1927 yillarda tajriba ko‘rsatkich maktabiga, 1927-1928 yillarda Karl Marks nomli pedagogika bilim yurtiga olib keladi. So‘ngra, toki 30-yillar boshiga qadar Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi maktablarda o‘qituvchilik qiladi. Uning adabiyotga qiziqishi xuddi shu davrdan boshlangan bo‘lib, «Qizil O’zbekiston» («O’zbekiston ovozi») ro‘znomasi muharririyatiga yetaklaydi. 1929-1934 yillarda mazkur ro‘znoma sahifalarida o‘zining xabar, ocherk, hikoyalariyai chop ettiradi. 1930 yilga kelib, uning «Zo‘rlik» nomli birinchi hikoyasi e’lon qilinadi.

1934-1935 yillarga kelib, adibning «Ostonada»,  «Qo‘ldosh va Marusya», «Bir xotinning tarixi» kabi bir necha hikoyalari yaratiladi.

Parda Tursun ijodiy faoliyatida uning «Domla (1937) hikoyasi muhim rol o‘ynaydi. Mazkur hikoyaning syujet chizig’i aytish mumkinki, adibning butun umri davomida yaratgan o‘rta va yirik asarlari sahifalariga ko‘chdi, qissa va romanlarining bosh mavzuiga aylandi.

Parda Tursun bu yillarda zamondoshlari hayotidan olingan bir qator hikoyalar, o‘nlab ocherklar yaratdi.  Uning «Dadajon rais» (1932), «Yangi raislar» (1933),  «Majlisda» (1934), «Quvnoq hayot» (1935), «Yaylovda  (1935), «Traktorchi» (1935) kabi ocherklari shular jumlasidandir. Adib hikoyalaridagidek ocherklarida ham o‘zbek ziyolisining bosib o‘tgan yo‘li, kurashi haqida hikoya qiladi.

1941-1945 yillarda adib bir qo‘lida qurol, bir qo‘lida qalam bilan ona-Vatan himoyasida bo‘ladi. Urushdan keyingi yillarda oliy o‘quv yurtlarida talaba, o’qituvchi, nashriyotlarda muharrir bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi. 1947 yili uning birinchi yirik asari — «Haq yo‘l» nomli qissasi chop etiladi. Undagi bosh qahramon Xolmurod Do‘stmatovning hayot yo‘li timsolida adib tarjimai holi emas, o‘zbek ziyolisining bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li gavdalantiriladi. U keyinroq «O’qituvchining yo‘li» nomi bilan o‘zbek va rus tillarida chop etiladi. 1950 yillarga kelib, mazkur qissa qayta ishlanib, «O’qituvchi» nomi bilan mustaqil bir asar — roman sifatida nashr etiladi. Undagi bosh qahramon Elmurod obrazi hatti-harakati va xarakteri vositasida o'zbek ziyolisi — o‘qituvchisining hayoti va kurash yo‘li umumlashmasiga ko‘tarildi.

Parda Tursun jurnalist, o‘qituvchi, noshir va publitsist, ocherknavis va hikoyanavis, qissanavis va romannavis bo‘lishi bilan birga mohir tarjimon ham edi. U Saltikov-Shchedrin, A.Tolstoy, Emil Zolya, Gi de Mopassan asarlarini o‘zbek tiliga ag’dargan. Uning asarlari ko‘plab qardosh va xorijiy tillarga tarjima bo‘lgan. U 1957 yilda vafot etgan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2006, 23:38:50
MIRTEMIR
(1910-1972)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/mirtemir.jpg)

O’zbekiston xalq shoiri Mirtemir Tursun o‘g‘li 1910 yili Qozog’iston respublikasi, Turkiston shahrining Iqon qishlog’ida tug’ildi. U ibtidoiy eski maktabni bitirgach, 1921-1923 yillarda Toshkentdagi «Almaiy» nomli bolalar namuna ish maktabida tarbiyalanadi.

Mirtemir 1925 yili o‘zbek Erlar bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1929 yilda tamomlab, O’zbekiston Davlat pedagogika akademiyasida o‘qiydi. Ayni vatstda u O’zbekiston  Markaziy  Ijroiya  qo‘mitasining raisi  Yo‘ldosh Oxunboboevning shaxsiy kotibi bo‘lib ishlaydi.

Mirtemir  Samarqandda  Hamid  Olimjon,  Uyg’un va boshqa shoirlar bilan yaqindan tanishadi. Shoir A. Bezimenskiy, M. Svetlov kabi rus shoirlarining she’rlarini  ona  tiliga  tarjima  qiladi.   Mirtemir oz   muddat oliy maktablarda ham dars beradi, muharririyatlarda xodim,  teatrlarda  adabiy  emakdosh,  Yozuvchilar  uyushmasida maslahatchi, nashriyotlarda muharrir bo‘lib ishladi.

Uning birinchi she’ri 1926 yilda «Tanburim ovozi» nomi bilan «Yosh leninchi» ro‘znomasida bosiladi. Shoirning   «Shu’lalar  qo‘ynida»   nomli  birinchi  kitobi  esa 1928 yilda chop etilgan. Unda Vatan madhi, mehnat gashti va yosh zamondoshlarning ma’naviy dunyosi asosiy mavzu sifatida tarannum etiladi.

Shoir   xalq   poeziyasidan   ilhomlanib, «Dilkusho», «Suv  qizi»,  «Oysanamning  to’yida», «Vladimir Ilich Lenin»  kabi dostonlarni yaratdi.  Bu asarlar  30-yillarning ikkinchi yarmidagi o‘zbek lirikasining rivojlanishiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.

Uning Ulug’ Vatan urushi yillarida yaratilgan «Vabo»,  «O’ch», «Bu—mening Vatanim», «Ona shahar», «Dengiz bo‘yida», «Mard yigit yoring bo‘lay», «Pilla», «Ko’zlarim yo‘lingda» kabi she’rlarida dushmanga nafrat hislari jangovar ruhda ifodalangan.

Urushdan  keyingi yillar  Mirtemir ijodida zamon bilan hamnafaslik, davrning eng muhim masalalarini zamondoshlarimizning   barkamol   obrazlarini  yaratish keng o‘rin tutadi.

Mirtemirning tarjimonlik  san’ati ham tahsinga loyiqdir. U A.S.Pushkin she’rlarini, N.A.Nekrasovning «Rusiyada kim yashaydi», Sh. Rustavelining «Yo’lbars  terisini   yopingan  pahlavon»,   Berdaq  asarlari va qirg’iz xalq eposi  «Manas»ni ham tarjima qilgan.

Mirtemirning "œQoraqalpoq daftari" turkumi o‘zbek poeziyasining 60-yillardagi yutuqlaridandir. Shoirning «Surat» poemasi sho‘ro davri o‘zbek poemachiligjnjng eng nodir namunalarjdan biridir. «Men seni...», «Chag’alay», «Qirg’iziston», «Mahtumquli to‘yida», «Onaginam», «Qozog’im», «Qaydadir buloq» kabj she’rlarj xalqlar do‘stligini kuylovchi eng yaxshi asarlardandir. 1979 yilda Mjrtemirga «Tog’day tayanchjm» she’riy to‘plami uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan. U 1972 yilda vafot etgan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2006, 23:39:50
IZZAT SULTON
(1910)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/izzat_sulton.jpg)

Yirik adabiyotshunos, iste’dodli dramaturg Izzat Sulton 1910 yili O’sh shahrida hunarmand oilasida tug’ildi. Otasi vafotidan keyin bolalar uyida tarbiyalandi. 1924 yilda u Toshkentga o’qishga keladi. Avval "œNamuna" ish maktabi, so’ngra ta’lim-tarbiya texnikumida o’qiydi. Texnikumni tamomlagach, maktablarda o’qituvchilik qiladi.

Izzat Sulton 1930 yilda O’rta osiyo Davlat dorilfununining ijtimoiy fanlar fakultetida o’qiydi. Samarqand shahrida chiqadigan "œBatrak" gazetasi muharririyatida mas’ul kotib bo’lib ishlaydi. 1934 yili O’zSSR fanlar komiteti Til va adabiyot instituti aspiranturasiga kirib, uni 1937 yilda tamomlaydi. 1943-1948 yillarda davlat rahbarlik lavozimlarida xizmat qiladi. 1948 yildan buyon O’zbekiston fanlar akademiyasi nomli Til va adabiyot institutida (hozirda Alisher Navoiy nomidagi) ishlab kelmoqda.

Izzat Sulton 1932 yildan boshlab vaqtli matbuotda  adabiyotshunoslikka oid maqolalar e’lon qildi, «Adabiyot nazariyasi» (1939, 1979) darsligini yaratdi. Tadqiqodchining ulug’ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning merosini o‘rganishga bag’ishlangan qator asarlari alohida ahamiyatga ega.

Izzat Sulton badiiy adabiyot sohasida ham barakali ijod qilmoqda. Ilk dramatik asari «Burgutning parvozi» (1939) zamondoshlarini Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash jihatidan muhimdir. Uyg‘un bilan hamkorlikda yozgan «Alisher Navoiy» (1940) asari O’zbek dramaturgiyasining yutuqlaridan biri bo‘ldi.

«Noma’lum kishi»   (1963),  «Imon»   (1960)   dramalarida  axloq normalari,  zamonamiz  kishilarining  fazilatlari ulug’langan.  Yozuvchining yangi  dunyo va xurofot olami   o‘rtasidagi   kurashni,   yangilikning   bu   kurashda qudratli ekanini ko‘rsatgan asari «Fidoyi»dir   (1966).  «Ko‘rmayin bosdim tikonni»,  «Ibn Sinoning bolaligi», «Abdulla Qodiriyning «O’tgan kunlar» asarlari    uning ijodida muhim rol o‘ynaydi.

O’zbekiston   Fanlar   akademiyasining  muxbir   a’zosi, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi O’zbekiston  Davlat mukofotining laureati Izzat  Sulton  o‘zining  sermahsul  ijodini  xalqqa  tuhfa etib kelmoqda.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2006, 23:40:22
SULTON JO’RA
(1910-1943)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/sulton_jura.jpg)

Iste’dodli shoir Sulton Jo‘ra adabiyotimizga 50-yillarda Amin Umariy, Usmon Nosir, Oydin, Zulfiya, Zafar Diyor, Quddus Muhammadyy kabi adiblar bilan birga kirib kelgan bo‘ginga mansubdir. U bor-yo’g’i o‘ttiz uch yil umr ko‘rdi, shundan o‘n uch yilinigina adabiyotga, she’riyatga baxshida etdi.

Sulton  Jo‘ra  1910  yilda Buxoroning  Shofrikon tumanidagi Qog’oltom qishlog’ida dehqon oilasida dunyoga keldi.  Uch-to‘rt   yoshligidayoq   ota-onasidan   judo   bo‘lib, qarindosh-urug’lari   tarbiyasida   bo‘ladi.   So‘ngra     Sho‘ro maktablarida boshlang’ich ta’limni olgach, Buxoro Erlar bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1930 yilda tugatadi. Maktablarda,   bilim   yurtlarida,   qolaversa,   Andijon davlat pedagogika oliy bilimgohlarida adabiyotdan dars beradi.

Ijodi ham shu yillardan boshlangan bo‘lib, uning birinchi   she’ri   1927   yilda   «Mehnat   qo‘ynida»   nomi bilan «Yangi yo‘l» oynomasida chop etiladi. So‘ngra, uning «She’rlar»   (1933), «Fidokor»   (1939), «Moskva»  (1941) kabi to‘plamlari,  «Kulgi»   (1936),  «Shodligim»   (1939), «Ochiq chehralar»   (1939)   kabi turkum she’rlari paydo bo’ladi.

She’rlar va to‘plamlarning nomidan ko‘rinib turganidek, ularda shoir davr va zamon, zamondoshlari dardi, quvonchi, shodligidan hikoya qiladi.
 
Sulton Jo‘ra qator liro-epik dostonlar, ertaklar muallifi sifatida ham kitobxonga tanish. Uning «Qaldirg‘och», «Jannat» kabi ertak-dostonlarida yosh kitobxonning romantik ruhini ifodalaydi. Undagi qaldirg’och ramziy obrazi orqali yoshlarning ona-Vatanga sadoqati umumlashtiriladi. Shoir «Zangori gilam» she’riy ertagida folklor motivlaridan keng foydalanish orqali o‘z kitobxonining ichki olamini, sir-asrorini ochib beradi. «Karim va Qunduz» poemasida bo‘lsa mehnat va uning gashti, rohati haqida so‘zlaydi. Shoirning «Bruno» dostoni uning ijodida muhim bosqichdir. Unda Jordano Brunoning o‘lmas obrazi gavdalantirilgan.

Sulton Jo‘ra bolalar uchun bir talay asarlar yaratgan.  «Harflar paradi»,  «Tinish belgilarining majlisi», «Yolg’onchi», «Cho‘ntak», «Oy nechta», «Sog’inchli salom» kabi asarlari bolalar adabiyotining eng yaxshi namunalaridir.

Ulug’ Vatan urushi yillarida Sulton Jo’ra ijodi yangi bosqichga ko‘tarildi. Butun hayoti, ijodini ona Vatan mustaqilligiga baxshida etdi. U o‘zining «Pulemotchi ovozi», «To‘pchi Muhammad» «Nayzamiz» va «Chavandoz» kabi qator she’rlarida fashizmga la’nat o‘qiydi.

Shoir bu yillarda urush mavzuida o‘zining «Iroda» dramasini ham yaratdi. Uning urush mavzuida yaratilgan asarlari orasida «Sog’inchli salom» she’ri alohida o’rin tutadi. Unda ota-ona, yor va birodar. yigit va qiz, qavm-qarindosh firog’iga sabab bo‘lgan urushga la’natlar yog’diradi. Shoir:

Sog’indim chirog’im, nechora, biroq —
Har bir ayriliqning ko‘rishmog’i bor,—


deya g’alabaga ishonch bildiradi. U ana shu jangu jadalda 1943 yilning 10 noyabrida qahramonlarcha halok bo‘ladi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2006, 23:41:47
MAMARASUL BOBOYEV
(1911-1969)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/mamarasul_boboyev.jpg)


Iste’dodli shoir Mamarasul Boboyev o‘z asarlarida real voqelikni, inson go‘zalligini kuylab, kishilarning yorqin obrazini yaratishga intildi.

Mamarasul Boboev Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida 1911 yili tug‘ildi. U dastlabki ma’lumotni Navoiy nomli maktabda oldi, Shoir 1927 yilning kuzida Buxorodagi xo‘jalik texnikumiga o‘qishga kirdi.

1934—1938   yillarda   Mamarasul   Boboev     Toshkent davlat pedagogika instituti til va adabiyot fakultegning sirtqi bo‘limini tamomladi. 1939 yilda «Guliston» jurnalida uning «Ulug’bek» nomli tarixiy poemasi bosilib chiqdi.

Ulug‘ Vatan urushi shoir uchun sinov yillari bo‘ldi. U 1941-1946 yillarda  vatan  mudofaasida  qatnashib, Eronda xizmat dildi.

«Vatan sha’niga»   (1939), «Shodiyona» (1951), «Sevgan qo‘shiqlarim» (1959),   «Yangra  rubob»   (1961), "œAyni yoz" (1961),   «Yuragimning   aytganlari»    (1963) singari qator   she’riy   to‘plamlarning   muallifidir.

Lermontov,  Nekrasov.  Simoyov,  Surkov,  Vurg’un,  Qulitev,; Shchipachev, Musa Jalil, Tumanyan, Rasul Hamzatov kabi  shoirlarning asarlari Mamarasul  Boboyov tarjimasida o’zbek kitobxonlarida borib yetdi. Uning "œEron osmoni ostida" turkum she’rlari horijiy sharq mavzuidagi eng yaxshi asarlar sirasiga kiradi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2006, 23:42:41
USMON NOSIR
(1912-1944)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/usmon_nosir.jpg)

30-yillarning ko‘zga ko’ringan, el og’ziga tushgan  iste’dodli shoiri Usmon Nosir 1912 yil 13 noyabrda Qo‘qon shahrida hunarmand oilasida dunyoga keldi.

Bolaligi bolalar uyida o‘tgan Usmon o‘rta maktabni bitirgach, 1931 yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining Til va adabiyot fakultetida Amin Umariy, hasan Po'latlar bilan birgalikda tahsil oldi.

Usmon Nosirning ilk she’rlari universitetda o‘qib yurgan vaqtlaridayoq matbuotda ko‘rina boshlagan edi. Natijada shoirning «Quyosh bilan suhbat» (1932), «Safarbar satrlar» (1932), «Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935), «Mehrim» (1936) kabi she’riy to‘plamlari,  «Norbo‘ta» va «Naxshon» poemalari hamda «Atlas» she’riy dramalari birin-ketin nashr qilindi. Uning «Norbo‘ta» (1932) asarida O’zbekistondagi fuqarolar urushi mavzui, «Naxshon»da qardosh arman xalqi farzandlarining ozodlik uchun intilishlari kuylangan bo‘lsa, antik dunyodagi qullar kurashini aks ettiruvchy «Nil va Rim» kabi poetik asarlari tarix va xalq mulki bo‘lib qoldi.

Usmon Nosir she'riyati, avvalo, hayotiyligi, qolaversa, jozibali va isyonkorligi, ayni chog'da sodda va ravonligi bilan tezda kitobxon qalbidan chuqur joy egallaydi. Shundan bo'lsa kerak, shoir she'rlari hamon davralarda tez-tez yoddan aytiladi:

Yurak, sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo‘r etding,
Ko‘zimga oyni berkitding
Yurak, sensan ishqibozim.
Senga tor keldi bu ko‘krak.
Sevinchim toshdi qirgoqdan
Tilim charchar, ajab gohi
Seni tarjima qilmoqdan.


Usmon  Nosirning tarjima  sohasidagi  xizmati  ham bebahodir.   Uning   tarjimasida   Pushkiniing    «Boqchasaroy fontani» poemasi, Lermontvaning «Demon» («Iblis») asari o’zbek kitobxonlarining qalbiga yetib brogan.

Samimiy, jo‘shqin, lirik iste’dod egasi Usmon Nosirning asarlari hamisha kishini hayajonga soladi. Usmon Nosir qatag‘onlik davrining qurboilaridan biri sifatida yosh umrini sho‘ro lagerlarida azob-udubatda o'tkazib, tutqunlikda 1944 yili vafot etgan. Shoir nomi yoshlik, kurash, go‘zallik kuychisi bo‘lib, o‘zbek xalqi qalbida abadiy yashaydi.  Ha, shoir o‘zi aytganidek:

Ming yillardan keyin ham
Unutma meni bog'im.
She’rlarim yangrab qolur...
Bir umrga o‘lmayman,—


deganda haq edi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2006, 23:43:08
ZAFAR DIYOR
(1912—1946)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/zafar_diyor.jpg)

O’zbek bolalar adabiyotining ko‘zga  ko‘ringan vakillaridan biri Zafar Diyordir. U 1912 yili Namangan viloyatining Chust tumanida kambag’al dehqon oilasida tug’ildi. Avval eski maktabda, so‘ng Sho‘ro   davri bolalar uyida ta’lim oldi.

Bo‘lg‘usi shoir 1927 yilda Narimonov nomli o‘zbek Erlar bilim yurtiga o‘qjshga kirib, uni 1933 yilda a’lo baholarga tugatib, o‘sha yerda adabiyot muallimi bo‘lib xizmat qildi. 1941 yilda esa Toshkent Davlat pedagogika oliy bilimgohini tugatdi.

Shoir ijodi garchi erta boshlangan va ko‘pgina she’rlari «Lenin uchquni», «Yosh leninchi», «Yosh kuch», «Kolxozchi bolalar» kabi ro‘znomalarda chop  etilgan  bo‘lsa ham, uning «Qo‘shiqlar» nomli birinchi she’riy to‘plami 1933 yilda nashr etiladi. Jurnalistika shoir faoliyati  bilan chambarchas bog’liqdir. U avval «Lenin uchquni» (1936-1941) ro‘znomasida mas’ul kotib, 1941 yildan umrining oxirigacha  «Qizil O’zbekiston»  ro‘znomasida bo‘lim mudiri bo‘lib ishlaydi.

Shoirning  «Qo‘shiqlar»  to‘plamidan so‘ng  «Tantana» (1938), «She’rlar»  (1939), «Bizning qurolimiz»,  "œBizning oila" (1942), «Sovg‘a» (1944) kabi she’riy majmualari bosiladi.

Zafar Diyor Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941-1945) rang-barang janrlarda samarali ijod qildi. Uning «Ona allasi» (1942) qo‘shig‘i o‘z vaqtida yozilgan qo‘shiq edi. Uning «Qurol bering menga ham!» she’ri Hamid Olimjonning «Qo‘lingga qurol ol!» asariga hamohang edi. Shuningdek, «Orzu», «Timurchilar maktubi», Otam kelar yaqinda», «Tabassum» «To‘qqizinchi may» kabi she’rlari yoshlarni qahramonlik, vatanparvarlik va birodarlik ruhida tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi.

Zafar Diyor mohir bolalar shoiri bo‘lishi bilan birga bolalarning suyukli dramaturgi ham edi. Uning uch qismdan iborat «Baxtli yoshlik», «Uch og‘ayni» p’esalarida bolalar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik ardoqlanadi. U adabiy-tanqidiy madolalar muallifi sifatida "œNabi Rahimov", «Abay o‘lanlari», «Ashulalar» kabi ko‘plab maqolalar chop ettirgan. U tarjimon va nosir ham edi.

Zafar Diyor 1946 yil 14 aprelda bevaqt vafot etdi. Uning vafotidan keyin «Kichkina bog’bon haqida doston» (1947), «Chaman» (1948), «Gunafsha» (1952), «Asarlar» (1954), «Qanotli do‘stlar» (1958), «Suv bilan suhbat» kabi to‘plam va saylanmalari nashr etildi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2006, 23:43:38
AMIN UMARIY
(1918—1942)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/amin_umariy.jpg)

Sho‘ro davri o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko’ringan vakili Amin Umariy 1913 yili Qo‘qonda xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. Otasi Umar aka eski maktablarda muallimlik qilgan. Ona Nisobibi didli, zukko ayol hisoblangan. Shu sabab bo‘lsa kerak, Amin Umariy oilada yaxshi tarbiya ko‘rgan, xatli-savodli bo‘lib voyaga yetgan.

Uning bolaligi o‘lkada inqilobiy ko‘tarilishlar, ish tashlash qo‘zg‘olonlar avjiga minayotgan davrga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, Qo‘qonda Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Anbar Otin kabi elparvar shoir va shoiralarning ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurashi avj olgan davr ham edi. Xususan, Hamza Hakimzodaning «Milliy ashulalar»i, S.Ayniyning «Marseleza» kabi da’vatkor she’riyati Amin Umariyning ijtimoiy ongi o‘suvida, adib bo‘lib yetishuvida muhim omil bo‘ldi.

U o‘rta maktabni tugatib, 1930-1935 yillarda Samarqand Davlat pedakademiyasiga o‘qishga kiradi. Shoir  1935 yilda Samarqand dorilfununini a’lo baholar bilan yakunlaydi. Bu yerda u H.Olimjon, Uyg’un, Oydin  kabi iste’dodli adiblar bilan hamnafas bo‘ladi. 1937 yilda Samarqanddan Toshkentga ko‘chib keladi va shu yili O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zoligiga qabul qilinadi.  Shoirning maktab yillarida boshlangan ijodi xuddi shu davrga kelib gullay boshlaydi. Uning «Salom, maktab!» she’ri 1930 yilda bosilgan bo‘lib, «Yangroq sadolar» nomli birinchi to‘plami 1932 yilda nashr etiladi. To‘plamdagi ko‘pgina she’rlarda o‘sha davr uchun dolzarb bo‘lgan qishloq, sanoat, xotin-qizlar ozodligi, ziyolilar hayotini ifodalovchi mavzular yetakchilik qiladi. Jumladan, «Qaynayotgan seximiz» she’rida sanoat mavzui, «Bolshevik homiysi»da paxtakor dehqon mehnati va «Zarbachi erlar» she’rida ma’rifat mavzui o‘z aksini topadi.

1938 yilga kelib, Amin Umariyshshg «Davr tantanasi» nomli ikkinchi she’riy to‘plami yuzaga keladi. Mazkur to‘plamdagi she’rlar ancha puxta, mavzui jihatidan ancha boy edi. Uning «Yoshlik» (1935) nomli to‘plami shoir ijodida ko‘tarilishdan darak beradi. «Farzand» (1937), «Sadoqat» (1938), «Qo‘shiqlar», «Ijod bog’ida» kabi to‘plamlari ketma-ket yaratildi. Shoir bu yillarda Toshkent Davlat pedagogika institutida muallimlik qildi. «Guliston» oynomasida, O’zbekiston Davlat nashriyotlarida faollik ko‘rsatdi, tarjimon va munaqqid sifatida qalam tebratdi.

Amin Umariy «She’rlar», «Bolalik qo‘shiqlari", «Ovozim», «Quyosh jarchisi» (1939-1941 yillar) kabi to‘plamlar yaratdi, bolalar shoiri sifatida «Bolalik qo‘shiqlari» (1938) kitobini chop ettirdi.

Amin Umariy Ulug’ Vatan urushi yillarida yana ham jonbozlik ko‘rsatdi. Uning «Qasamyod» (1942) nomli she’riy to‘plami o‘sha davr jangovar faxriyasi edi.

U dramaturg sifatida K. Yashin bilan birga «Hamza» (1941), Tuyg’un bilan birga «Qasos» dramalarini yozdi va ularda urush davri kartinalarini chizishga intildi.

Nosir sifatida «Asad» (1932), «Qozon yo‘lida» (1838), «Toshotar» (1939) kabi hikoya va ocherk to‘plamlarini yaratdi.
 
Shoir va dramaturg, nosir va tarjimon Amin Umariy avji ijodi qaynagan davrda — 1942 yil 14 noyabrda Bekobod safaridan qaytgach, betoblikdan vafot etadi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2006, 23:44:02
ZULFIYA
(1915)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/zulfiya.jpg)

O’zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova 1915 yili Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan.  Shoira Xotin-qizlar bilim yurtida o‘qigan vaqtlarida (1931-1934) adabiy to‘garaklarda she’r mashq qila boshladi. 1935-1938 yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasining A.S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi.

So‘ngra 1938-1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, O’zbekiston Davlat nashriyotida bo‘lim boshlig’i,  1950-1953 yillarda esa «O’zbekiston xotin-qizlari" oynomasida bo‘lim boshlig‘i va nihoyat, 1953-1980 yillarda «Saodat» oynomasining bosh muharriri bo‘lib ishladi.

Zulfiya 17 yoshida yozgan «Hayot varaqlari» (1932) nomli birinchi she’rlar to‘plami bilan Oydin, Muzayyana  Alaviya, Xosiyatxon Tillaxonovalar safiga kirib keldi. Yosh shoira poeziyasi zamonaviy, aktual mavzularga bag’ishlanadi.

Zulfiyaning ijodiy kamolotida o‘zbek va rus klassiklari, xalq og’zaki ijodiyoti va jahon adabiyoti an’analarining roli benihoya bo‘ldi.

Shoira «She’rlar» va «Qizlar qo‘shig’i» (1938) kabi poetik asarlarini ona-Vatan va uning dala, cho‘llarida mehnat qilayotgan paxtakorlar, mexanik, traktorchi qizlarning qaynoq hayotlariga bag‘ishlaydi. Ayni choqda mazkur to‘plamlardagi she’rlar yosh shoiraning she’riy mahorat sirlarini egallayotgan davrini xarakterlovchi asarlar sifatida ham muhim edi.

Ulug’ Vatan urushi davrida shoiraning «Uni Farhod der edilar» (1943), «Hijron kunlarida» (1944) kabi to‘plamlarining nashr etilishi Zulfiyaning peshqadam shoirlar qatoriga dadil kirib kelayotganligidan nishona edi. To‘plamdagi she’rlar Vatanga muhabbat, dushmanga nafrat va g’alabaga ishonch ruhida yaratilganligi bilan xarakterlidir. Zulfiyaning «Mening Vatanim», «Qo‘limda qurolu ustimda shinel», «Bizni kut» kabi umidbaxsh she’rlari urush davri o‘zbek she’riyatining jangovar ruhini anglatuvchi asarlari qatoridan mustahkam o‘rin olgan.

Hozirjavob shoiraning urushdan so‘nggi yillarida yozilgan «Chorjo‘y—Qo‘ngirot» (1947), «Dalada bir kun» (1948), «Zootexnik qiz» (1952), «Tong qo‘shig’i» (1953) kabi bir qator she’rlar turkumi, «Men tongni kuylayman», «Yuragimga yaqin kishilar» (1958), «Kuylarim sizga» (1965), «Salom, sizga erkparvar ellar», «O’g‘lim, sira bo‘lmaydi urush» kabi she’r va to‘plamlarida Vatan madhi, mehnat jarayonida fidokorlik ko‘rsatayotgan kishilar hayoti jo‘shib kuylanadi, xunrez urushlarga la’natlar o‘qiladi. Uning «So‘roqlaydi shoirni she’rim» (1960), «Oydin» (1953), «Quyoshli qalam» (1967) kabi' ocherk, poema va dostonlari H. Hakimzoda, Oybek, Oydin, Hamid Olimjon kabi ustodlarning yorqin xotiralariga bag’ishlangan. Serqirra ijod egasi Zulfiya H. Olimjo ning   «Semurg‘»,   «Zaynab  va   Omon»   dostonlari  asosida p’esa va opera librettolar ham yaratdi.

Zulfiya   «O’ylar»,   «Shalola»  kabi  she’riy  majmualari uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan. «Saylanma»lari uchun Ittifoq Davlat  mukofoti,  hind mavzuidagi  she’rlari uchun Javoharlal Neru nomidagi umumhindiston sovrini, Tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun xalqaro «Nilufar» mukofotlariga sazovor  bo‘lgan.  Ayni chog’da  Zulfiyaning  xaldaro do‘stlik, tinchlik va  baynalmilal    ruhida    yozilgan badiiy va publitsistik asarlari uning katta jamoatchilik faoliyati bilan qo‘shilib ketadi.  Shoira  Hindiston,  Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr, Birma, Avstriya kabi mamlakatlarda  bo‘ldi.   Sovet  xotin-qizlar  komitetining  a’zosi Zulfiya 1956 yilda Osiyo va Afrika yozuvchilarining Dehlida  o‘tkazilgan   birinchi   Konferensiyasida  qatnashib, katta   anjuman  xotirasiga  bag’ishlangan  mashhur «Mushoira» (1958) asarini yaratdi.

Uning  she’rlari  rus,  ingliz,  nemis,   hind,  bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan.  Shoira Nekrasov, Lermontov, S. Shchepachev, V. Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognesvet, M. Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi.

Yirik jamoat arbobi, shoira Zulfiya — O’zbekiston Oliy Sovetining deputati, Osiyo va Afrika mamlakatlari bilan aloqa qiluvchi sovet komitetining raisi (1962) bo‘lgan.

Hukumat Zulfiyaning samarali ijodi va aktiv jamoatchilik faoliyatini Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va uch marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni va medallar bilan taqdirladi.

U Bolgariya Xalq Respublikasining birinchi darajali «Kirill va Mefodiy» ordeni bilan mukofotlangan. Shoira 1975 yilda 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan Xalqlar do‘stligi ordenini olishga sazovor bo‘ldi. Ayni chog‘da u sobiq Ittifoq Davlat mukofoti laureati va Mehnat Qahramoni hamdir.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2006, 23:44:19
HAKIM NAZIR
(1915)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/hakim_nazir.jpg)

O’zbek adabiyoti,   qolaversa, o‘zbek    bolalar   va o‘smirlar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Hakim Nazirdir.   U   1915   yilda   Toshkentda  kosib oilasida dunyoga keldi.      Bolaligidanoq     ota kasbi - kosibchilikdan ish boshladi, oyoq kiyim fabrikasida ishlab,   kechqurunlari   o‘qidi. 1936-1941  yillarda esa kunduzi   ishlab,    Toshkent   kechki pedagogika ipstitutida tahsil oldi.

Shu yillardan boshlab, u jumhuriyat bolalar matbuotida, radioda ishladi. Uning ijodi 30-yillardan boshlangan bo‘lib. dastavval lavhalar, reportaj va xabarlar bilan «Lenin uchquni» ro‘znomasida paydo bo‘ldi. Yozuvchining birinchi hikoyalar to‘plami 1948 yilda "œQishloqdagi jiyanlarim" nomi bilan chop etildi. Shundan so‘ng, ketma-ket adibning «Pionerlar bog’i» (1950), "œBesh baho" (1955), «Cho‘l havosi» (1958), «Meni taniysizmi?» (1963), «Bolajonlarim» (1964) singari hikoyalar to‘plamlari va «Chiranma g’oz» kabi sahna asarlari  yaratildi. Mazkur asarlarda yozuvchi bolalar va o‘smirlarga xos beg’ubor qalb harorati va tuyg’ularini ardoqlashga intildi, ularni mehnatsevar, el-yurt, vatan farzandlari bo‘lishga da’vatkorlik qildi. Uning 40 dan ortiq kitoblarida yoshlik tashvishlari, orzu-intilishlari o‘z ifodasini topdi.

Adibsning «Yonar daryo»  (1966), «Ali va Sher»  (1971) kabi qissa va hikoyalarida, shuningdek, "œLochin qanotlari" (1973) kabi romanlarida ham yosh avlodning komil inson bo‘lib yetishuvi yo‘lidagi kurash va umidlar tashvishi va orzulari keng ifoda etildi.

Hakim Nazirning o‘ndan ortiq kitoblari va asarlari rus va boshda tillarda nashr etilgan bo‘lib, ayrim eng yaxshi asarlari «Pioner kutubxonasi» to‘plaminin 6- jildida nashr etilgan. U ayni chog‘da mohir tarjimon hamdir. Shoir V. Kataev, A. Gaydar, L. Kassil kabi bir qator adiblarning bolalar haqidagi asarlarin o‘zbek tiliga ag‘darib nashr ettirdi.

1981 yilda uning besh tomlik saylanma asarlari Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor  bo‘ldi. Binobarin, u O’zbekiston xalq yozuvchisidir.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2006, 23:45:09
IBROHIM RAHIM
(1916)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/ibrohim_rahim.jpg)

Taniqli yozuvchi va jurnalist Ibrohim Rahim 1916 yili Farg’ona viloyati Quva tumani Soykeldi qishlog’ida kambag’al dehqon oilasida dunyoga keldi. Qishloq maktabini bitirib, o’qituvchilik qildi. Ulug’ Vatan urushining dastlabki kunlaridanoq harbiy xizmatga chaqirilgan Ibrohim Rahim o’zbek tilida chiqadigan front gazetalariga muharrirlik qildi. Jangchilarimizning otashin vatanparvarliklarini aks ettiruvchi ocherklar, hikoyalar, xabarlar yozdi.

1946 yilda harbiy xizmatdan qaytgan adib, respublikamizdagi ro‘znoma va oynoma muharririyatlarida ishlab keldi.

Ibrohim Rahim Radio komitetida (1946-1947), Partiya Oliy maktabida (1947-1950), «Qizil O’zbekiston» (1950-1961) ro‘znomasi muharriri, «O’zbekfilm» kinostudiyasi rahbari (1960-1966), «Guliston» (1966-1970), «Mushtum» (1976-1982) oynomalarining bosh muharriri vazifalarida ishladi.

Yozuvchining ijodiy faoliyati 1938 yildan boshlanadi. Birinchi yirik asari chegarachilar hayotidan yozilgan "œBahodir" (1939) poemasidir. Ibrohim Rahim 1953 yili "Hayot buloqlari»  romanini yozdi.  Keyinchalik bu asar tanqidiy  fikr  va  mulohazalari   asosida    qayta ishlanib,   «Ixlos»   (1958)   nomi  bilan  chop  etildi.

«Chin muhabbat» (1958) va «Fidoyilar»  (1972), «General Ravshanov» (1985) kabi romanlarida Ulug‘ Vatan urushi qahramonlarining hayoti, vatanparvarligi aks ettirilgan.

1966 yilgi Toshkent zilzilasi va uning oqibatlarini  mardonavor  tugatish  hadida  yozuvchi   «Tinimsiz  shahar»  (1968) romanini yozdi. Usning «Taqdir» romani esa yangi   shahar   qurilishiga   bag’ishlangan.     Muallifning «Hilola»   (1960)  qissasi jamoa xo‘jaligida xotip-qizlarning   o‘rni,   ularni   rahbarlik   lavozimlariga   ko‘tarish, jamoa  xo‘jaligi iqtisodiyotini  yuksaltirish  singari o’z davrining muhim muammolarini badiiy hal qilishga bag’ishlangan. Yozuvchining  «Zangori   kema kapitani", «Olovkor»    (1960)  qissalarida   ham   kishilarimizni yuksak ma’naviy qnyofasi,  mehnatdagi qahramonliklar aks  etgan.   «Oqibat»   nomli  romaniga  Hamza  nomidagi Respublika Davlat mukofoti (1983) berilgan.

Ibrohim Rahim 1974 yilda «Jonim fido» va «Chaqmoq» nomli dramalar ham yaratdi. «Chaqmoq»da Belorussiya o‘rmonlarida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashgan, ajoyib partizan, o‘zbek yigiti Mamadali Topiboldiev obrazi yaratilgan. U «Farhodning jasorati" kinofilmining   avtori   hamdir.   Adib   Vatan   va xalq oldidagi xizmatlari uchun orden va medallar bilan taqdirlangan.

Yozuvchi Ibrohim Rahim O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at  arbobi, O’zbekiston  xalq yozuvchisi  hamdir.

Ibrohim  Rahim  rang-barang  janrlarda   yozgan   asarlari bilan o‘zbek  adabiyotining rivojiga  munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2006, 23:46:48
SHAROF RASHIDOV
(1917—1983)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/rashidov.jpg)

Adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917 yilning 5 noyabrida Jizzaxda dehqon oilasida tavallud topgan, Narimonov maktabida tahsil ko‘rdi. 1934 yilda Jizzaxdagi pedagogika texnikumini, 1941 yilda Samarqand dorilfununini tugatadi. Shundan so‘ng
muallim va muxbir sifatida o’z faoliyatini boshlaydi.

1938-1941 yillarda Samarqand viloyatining «Lenin yo‘li» ro‘znomasida ishlaydi. 1941-1942 yillarda Ulug‘ Vatan urushida qatnashadi. Frontdan qaytgach, 1944-1947 yillarda rahbarlik ishiga o‘tadi. Samarqand viloyat partiya kotibi bo‘lib faollik ko‘rsatadi,

1947—1949 yillarda «Qizil O’zbekiston» ro’znomasiga muharrirlik qiladi. 1940-1950 yillarda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi raisi, 1950-1959 yillarda O’zbekiston Oliy Kengashi Rayosatining raisi, 1959-1983 yillarda O’zbekiston Kompartiyasining  Birinchi  kotibi  bo‘lib  ishladi.   Toki  umrining  oxirigacha  Respublika  partiya  tashkilotiga    rahbarlik qildi.  Shuningdek, Ittifoq Partiya    Markaziy qo‘mitasi Siyosiy Byurosi a’zoligiga nomzod ham edi. U o’n bir marta «Lenin ordeni», ikki marta  (1974, 1977) «Mehnat qahramoni Oltin yulduzi» va Lenin mukofoti sovrindori ham bo‘lgan.

Uning ijodi asosan 30-yillarning ikkinchi yarmida boshlangan bo‘lib, dastlab she’riyatda qalam tebratgan. Uning birinchi she’riy to‘plami «Samarqand kuylari” nomi bilan bosilgan. So‘ng esa «O’lkam», «Orzuimiz» (1939) kabi she’rlari chop etilgan. Ulug’ Vatan urushi davrida fashizmga qarshi g’alabaga yetaklovchi she’rlar yozib, 1945 yilda «Qahrim» nomi bilan to‘plam sifatida chop ettiradi. U ayni chog’da adabiyotshunos va munaqqid sifatida ham qalam tebratgan edi. U jang maydonlarida:

Agar jangdan qaytsam orqamga,
La’nat o‘qing, yashashim bekor, —


degan   ahd   bilan   ona-Vatan   dushmanlariga,   fashizmga qarshi qahr-g‘azab tuyg’ularini to‘kib sochadi.

Sharof     Rashidov   maqolanavis —   publisistlikdan kamolga yetgan adib darajasiga ko‘tarildi. Shuning uchun ham uning badiiy ijodi namunalarida bu ruh yetakchi o‘rinni egallaydi. Adibning katta nasr namunalari bo‘lgan «G’oliblar»,  «Bo‘rondan kuchli»,  «Qudratli to‘lqin” romanlarida   urushdan   keyingi   O’zbekiston   xalqini, tiklanish yillaridagi mehnat jasoratlari badiiy ifodasini topgan.

Ijodkorning  «Kashmir qo‘shigi», «Komde va Mudan” kabi    lirik  qissalari    an’anaviy    Sharq    dostonchiligi uslubida bitilgan bo‘lib, yoshlik, bahor, go‘zal hayot nashidasi madhiga bag‘ishlangandir. Adib hayotining so‘nggi  yillarida  yaratgan   «Dil  amri»   qissasi   Vatan urushi yillarida Belorus zaminida kechgan jang manzaralari, turli millat jangchilarining g’alaba yo‘lida olib borgan hayot-mamot kurashi tasviriga bagishlangan.

Sharof Rashidov Sho‘ro hokimiyati davrining barcha davlat arboblari singari vafotidan keyin qoralandi. Hayoti va ijodini o‘rganish ta’qiqlandi. Mustaqillik sharofati bilan kamtarin adib va davlat arbobining nomi qayta tiklandi. U 1983 yilning kuzida to‘satdan vafot etdi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2006, 23:49:16
NAZARMAT
(1917)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/nazarmat.jpg)

Jangchi adiblardan biri Nazarmat (Nazarmat Egamnazarov) 1917 yilning 7 noyabrida Tojikiston Respublikasi, Xo‘jand viloyati, Nov qishlog’ida dunyoga kelgan. U shoir Ashirmat Nazarov (Egamnazarov, 1913 y.)ning ukasidir.

O’rta maktabni 1935 yilda tugatib, 1936 yilda Samarqand Davlat dorilfununiga o‘qishga kiradi. 1941 yilda dorilfununni bitiriboq urushga ketadi. U yerda vzvod komandiri, gvardiya leytenanti darajasida xizmat qiladi. So‘ngra 1947 yilgacha «Front haqiqati» ro‘znomasiga boshchilik qiladi. Armiyadan qaytgach, 1947—1954 yillarda «Qizil O’zbekiston» (hozirgi «O’zbekiston ovozi»), 1955-1985 yillarda esa «Toshkent haqiqati» ro‘znomalarida adabiyot va san’at bo‘limini boshqaradi. Hozirgi kunda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi qoshidagi jangchi faxriylar qo‘mitasi raisidir.

Nazarmat ijodi 30-yillardan boshlangan bo‘lib, uning birinchi she’ri «Qo‘zichoq» 1934 yilda «Lenin uchquni» ro‘znomasida bosilib chiqadi. Birinchi to‘plami esa 1941 yilda «Yoshlik zavqi» nomi bilan nashr etiladi. Urush tufayli ikkinchi to‘plam ancha kech — 1949 yilda «Vatan ishqi» nomi bilan chop etiladi. Bu to‘plam Sharof Rashidov tavsiyasi bilan bosiladi. Hozirgi kunda uning yigirmadan ortiq she’riy, nasriy asarlari, qo‘shiqlar to‘plamlari chop etilgan.  Xususan,  «Yashil dalalar»   (1955), «Sir bo‘yi, nur bo‘yi»   (1959), «Tog’dagi gulxanlar»  (1962), «Nay sadosi»  (1965), «Bahor qo’shig’i»    (1968),   «Shahrimiz   bolalari»   (1970),   «Mangu olov»   (1972), «Dostonlar»   (1975),  «Yo‘llar va gullar" (1977), «Mehrim-muhabbatim»   (1983), «Tanlangan asarlar»  (1987), «G’unchalar»  (1987), «Muhabbat taronalari" (1992)   keng kitobxonlar  ommasiga yaxshi tanishdir.

Nazarmat  nosir  sifatida ham  ancha  barakali ijod qilib  kelmoqda.  Uning  ocherk  va  hikoyalardan  tashkil topgan «Qirg’oqdagi jang»  (1965), «Burch yo‘li»  (1966) «Sayyod jasorati» (qissa, 1972), «Janggohdan qatralar" (1974), «Turnalar yo‘li»  (1977)  kabi harbiy turku! gi asarlari ham kitobxon va adabiy jamoatchilik e’tiboriga kirgan. Uning bolalar uchun yozgan «Shahrimiz bolalari»,   «G’unchalar»   kabi she’riy to‘plami  ham  e’tiborga loyiqdir. Nazarmat shoir, publisist, ocherknavis, hikoyanavis va qissanavis bo‘lishi bilan birga tarjimon hamdir.  Uning  Bedil,  A.  Jomiy,  N.  Xisrav,  Firdavsiy, M. Mirshakar, M. Tursunzoda, J. Muldagaliev ijodidan qilgan tarjimalari alohida qimmatlidir.

Nazarmat 1992 yili 75 yoshga to‘ldi, ammo' o‘z ijodi rejalarini hormay-tolmay hayrat bilan amalga oshirib  kelmoqda.

Nazarmat O’zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimidir.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2006, 23:51:10
RAHMAT FAYZIY
(1918-1986)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/rahmat_fayziy.jpg)

Taniqli adib Rahmat Fayziy 1918 yili Toshkentning Beshyog‘och dahasida kosib oilasida dunyoga keldi. U o‘rta maktabni tugatib, «Lenin uchquni», «Yosh leninchi» ro‘znomalari muharriiyatlarida   ishladi.

Uning dastlabki she’riy mashqlari, lavha va ocherklari mazkur ro‘znoma sahifalarida (1937) ko‘rindi. Rahmat Fayziy «Qizil O’zbekiston», «O’zbekiston madaniyati» (1957-1959) ro‘znomalari, «Sharq yulduzi» (1951-1954) oynomasida ishlagan paytlarida uning qalami yanada charxlandi.

Ulug’ Vatan urushidan keyingi tinch qurilish yillari yozuvchi «To‘y to‘yonasi» (1951), Mirzacho‘lni o‘zlashtirayotgan   yoshlarga  bag’ishlangan   «Cho‘lga    bahor    keldi» (1951), «Povest va hikoyalar» (1954), «Shohi darparda» (1958) kabi ocherk va hikoya to‘plamlarini yaratib, yozuvchi sifatida elga tanildi.

Ijodkorning   «Tekin   muzqaymoq»,   «Mening   bobom», "œCho‘ntak", «Nafisa» kabi hikoyalari bolalarni milliy ruhda tarbiyalashga xizmat etdi. Rahmat Fayziy  1962-1965 yillarda  «O’zbekfilm» kinostudiyasida   ishladi. Uning     «Sen  yetim   emassan» 1960—1962),   «Yor-yor»   kinopovestlari   o‘zbek   milliy kinodramaturgiyasi rivojiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi. Ayniqsa, yozuvchining  «Sen yetim emassan»  kinopovesti do‘stlik,  vatanparvarlik  va  insonnarvarlikni kuylovchi yetuk badiiy asar sifatida muallifga katta shuhrat keltirdi. Film Butunittifoq hamda xorijiy mamlakatlar ekranlarida namoyish etilib, tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

Rahmat Fayziy 1969 yilda yaratgan «Hazrati inson» romanida temirchi Mahkam aka va Mehriniso opa faoliyati orqali oddiy kishilar qahramonligini ko‘rsatdi.

Rahmat   Fayziy   orden   va   medallar,    O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O’zbekiston xalq yozuvchisi, Polsha xalq respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi faxriy unvonlari bilan taqdirlandi. Yezuvchining dator asarlari rus va boshqa qardosh tillarga o‘girilgan. U 1986 yilda vafot etdi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2006, 23:52:42
TUROB TO’LA
(1918—1990)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/turob_tula.jpg)

Qo‘shiqchi shoir va dramaturg Turob To‘la 1918 yili Qozog‘iston respublikasi Chimkent viloyatinish Turbat qishlog’ida dehqon oilasida tug‘ildi. U bolalar uyida tarbiyalandi.

1938—1941 yillarda Toshkent pedagogkka institutining kechki bo‘limida tahsil oldi. Shu bilan birga, «Yosh kuch» oynomasi, «Yosh leniyachi» ro‘znomalarida ishladi. So‘ngra O’zbekiston Davlat nashriyotida muharrir, «O’zbekfilm» va O’zbekiston Radiosida bo‘lim boshqaruvchisi, Respublika kinochilar uyushmasi   kotibi, Madaniyat ishlari vazirligida bo‘lim rahbari, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi qoshidagi adabiyot targ‘iboti rayosatining rahbari, Hamza teatri direktori kabi bir qancha mas’ul ijodiy vazifalarda faollik ko‘rsatdi.

Turob To‘la she’r yozishni 1934 yillardan boshladi. 1939 yilda uning birinchi she’rlar to‘plami bosilgan. 1941—1945 yillarda uning Ulug‘ Vatan urushi frontlarida jang qilayotgan sovet askarlariga bag‘ishlangan she’rlari xalqimizning fashizmga nafrati va vatanga bo‘lgan his-tuyg‘ularini ifodaladi. Shoirning «Shodligim» (1941), «Tabassum» (1944) to‘plamlaridagi she’rlari ham Ulug‘ Vatan urushi frontida kurashayotgan jangchilarga bag‘ishlanadi.

Turob To‘la «Baxt tongotari» (1948), «Sen haqingda»,, «Qanot qoqing, qo‘shiqlarim», «Kamalak», «Nafosat», rus tilida nashr qilingan «Zveni moya pesnya» (1954) yumli to‘plamlari ko‘pgina she’r va dostonlarni o‘z ichiga oladi.

U «Bolalar dostoni» (1950) nomli asarida yosh kitobxonlarga maktab va do‘stlik haqida hikoya qiladi. 1955 yilda Turob To‘la «Qanotlan qo‘shiqlarim» she’rlar to‘plamini o‘quvchilariga taqdim etdi. Uning qo‘shiq uchuv yozilgan yoqimli, jarangdor she’rlari zamonamiz kisgilarining yuragiga hamohangdir. U qo‘shiqchi shoir sifatida ham o‘z eliga, yurtiga mashhur bo‘lgan.

Bir qancha kinopovestlar, jumladan, «Rais», «Marg’ilonlik qiz», «Talant», «Maftuningman», «Furqat», «Shashmaqom», «To‘qqizinchi asr monologi», «Qahr» fililmlari ssenariysi Turob To‘la qalamiga mansubdir. Hayotining so‘nggi yillarida Turob To‘laning «Qirq qiz», «Qizbuloq», «Momo yer» (Ch.  Aytmatov asari asosida), «Nodirabegim», «Qahr» p’esalari qo‘yildi. Shuningdek, u «Zulmatdan nur»   (Oybekning  «Qutlug‘ qon» romani asosida) operasini hamda «Samarqand afsonasi baletining librettolarini yozgan,

O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O’zbekiston xalq yozuvchisi Turob To‘la o‘z she’rlari, qo‘shiqlari, muzikali dramalari va kinopovestlari bilan o‘zbek kitobxonlari va tomoshabinlari qalbidan joy olgan.  Shoir Turob To‘la  1990 yilda olamdan o‘tdi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2006, 23:53:05
SHUHRAT
(1918)

 
(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/shuhrat.jpg)

Sho‘ro davri o‘zbek adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri shoir va nosir, dramaturg Shuhrat (G’ulom Alimov) 1918 yili Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ildi. O’rta maktabni tugatgach, Toshkent Davlat pedagogika institutida tahsil ko‘rdi (1936-1940). Ammo Shuhratning hayoti va faoliyati ancha sertashvish va notekis kechdi.

O’sha 1937 yilgi mash’um qatag’onlik shamoli yosh Shuhratni ham chetlab o‘tmadi. Unga «Otangiz savdogarlik qilgan ekan. O’zingiz kosibdan chiqmagan ekansiz, xotiningiz eskicha, jiyakli lozim bilan atlas ko‘ylak kiyib yuribdi. Bolangiz esa beshikda yotibdi.  Yaqinda xatna qilar ekansiz, turish-turmushingiz eskicha. Bu narsa she’rlaringizda ham aks etib turibdi, deb soyuzdan haydashadi («Yoshlik», 4, 1988, 50-bet). Ikkinchi bor 50-yillar boshida «Usmon Nosirning propagandisti'' Abdulla Qodiriy bilan Cho‘lpon kitoblarini o‘qigan va  targ‘ib qilgan»likda ayblanib besh yil «Sibiru Shimoliy Qozog‘istondagi qamoqxonalarda o‘tirib» keladi. «Jannat qidirganlar» (1968) romani nashr etilgach, yana tashvish ustiga tashvish keladi. Ustozi Abdulla Qahhor tufayli ham bir bor turtki yedi. Shularning hammasi uning soglig‘iga putur yetkazdi.

Shoir Yozuvchilar uyushmasining maslahatxonasida, nashriyotda muharrir bo‘lib ishladi.

O’z ijodini (1935) she’rlar yozish bilan boshlagan Shuhratning  «Istak va o‘ch»   (1940)   poemasi bosildi.

1940 yil kuzida harbiy xizmatga chaqirilgan Shuhrat Ulug‘ Vatan urushi janglarida ofitser lavozimida dushmanga qarshi mardonavor jang qilish bilan birga qalamini nemis-fashist bosqinchilariga qarshi qaratdi. Keyinchalik bu davr «Shinelli yillar» romanining yaratilishiga asos bo‘ldi.

Urushdan so‘ng respublika ro‘znoma va oynomalarida adabiy xodim bo‘lib ishlagan shoirning sharafli mehnatni madh qiluvchi «Hayot nafasi» (1947), «Qardoshlar» (1950) she’riy to‘plamlari kitobxonlarga yangi tortiq bo‘ldi.

Yosh avlodning axloq-odobi, mehnatsevarligi, vatan mudofaasi qahramonliklarini, ozodlik va tinchlik uchun kurashgan ota-bobolarga munosib vorislar bo‘lib yetishishlarini iftixor bilan tasvirlovchi «Bizning ko‘cha», «Balog‘at» (1957-1958), «Quduq» (1973) asarlari yaratildi. Adibning «Sening sevging» (1961), «Ishqingda yonib» (1964) lirik kitoblari, «Kavkaz daftari», «Qiz tabassumi», «Buyuk muhabbat» kabi she’riy turkumlari, balladalarida vatan va inson, sevgi va muhabbat, qadr va  qimmat,   mehnat   va   mehnatsevarlik  ulug‘lanadi.

Hayotiy voqealarni keng ko‘lamda tasvirlash ehtiyoji ijodkorni roman janriga undadi. Ulug‘ Vatan urushi frontlarida orttirgan katta hayotiy tajribalari asosida xalqimizning jangovar hayoti, qahramonligi, vatanparvarligi, qiyinchiliklarga bardoshliligi, kelajakka umid va buyuk g‘alaba haqida hikoya qiluvchi «Shinelli   yillar»    (1947—1957)   asarini   yaratdi.

Shoir va adib Shuhrat ham qatag‘onlik davrining ikkinchi to‘lqini ma’naviy qurbonlari M. Shayxzoda, S Ahmad, Shukrullo kabi adolatsizlik zulmini tortgan, hurfikrliligi tufayli Sho‘ro hokimiyati hibsxonalari jabrini chekkan.

Shuhratning «Oltin zanglamas»  (1967) asarida ma’rifat  sohibi — o‘qituvchi  degan  sharafli    kasb    ulug‘lansa,   «Jannat  qidirganlar»   (1968)   romanida vatangadolik fojealari badiiy ifodasini topgan. Shoirning hayot haqidagi falsafiy mulohazalari ifodalangan she’r va to‘rtliklardan iborat  «Lirika»     (1973)    to‘plami, «Besh   kunlik   kuyov»,   «Qo‘sha   qaringlar»   komediyalari san’atkorning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi bo‘ldi. Uning ko‘pgina asarlari qardosh xalqlar va xorijiy tillarga tarjima qilingan. U O’zbekiston xalq yozuvchisidir.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 06 Avgust 2006, 23:54:01
HAMID G’ULOM
(1919)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/hamid_gulom.jpg)

Hamid G’ulom taniqli shoir, lirik yozuvchi, dramaturg, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobidir. U O’zbekiston xalq yozuvchisi, Respublika va Ittifoq Davlat mufotlari sovrindori hamdir. H. G’ulom 1919 yilda toshkentlik muzika muallimi oilasida tug’ildi. O’rta maktabni bitirgach, O’rta Osiyo industrial iistituti (1935—1937) va Nizomiy nomidagi Toshkent Pedagogika instituti (1938— 1941) da tahsil oldi.

1954 yilda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiiing yo‘llanmasi bilan Moskvaga, M. Gorkiy nomidagi Jahon adabiyoti institutiga o‘qishga boradi. So‘ng «Literaturiaya gazeta»ning O’zbekistondagi maxsus muxbiri, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiiing kotibi (1958—1971) va G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at naglriyotiiing direktori lavozimlarida ishladi.

Hamid G’ulom adabiyotga o‘ttizinchi yillarning boshlarida «Bizning lager», «Odam», «Quyosh kabi charog’on» (1936) she’rlari bilan kirib keldi. Yosh shoirning ijodi o‘zbek adabiyotining katta vakillari G’afur G’ulom, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda ta’sirida kamol topdi.

Vatanparvarlik, dushmanga nafrat ruhi ifodalangan "œQasosim   bor"  (1942),   «Katerina»   (1942),   «Ukraina yellari»  (1943) kabi she’r va balladalarini shoir Ulug’ Vatan urushi yillarida yaratgan.

Hamid G’ulomning keyinchalik yaratgan «Qo‘shiqlarim» (1949—1956),  «Dnepr bo‘yida»   (1949), «G’alaba yo‘lida" (1952—1956)   asarlarida  xalqimizning  fashizmga  qashshi   kurashidagi   qahramonliklari  tasvirlangan.     «Olmos   qizi»    (1956),   «Toshkentliklar»    (1967)   asarlari asosan  urushdan  avvalgi  davr  o‘zbek   paxtakorlarinjn fidokorona   mehnati,   urush  davridagi   front   orqasida ko‘rsatgan   qahramonliklari   va   o‘zbek   jangchilarining frontdagi mardliklari va jangovar kurashlarj haqidadir. Ikki  kitobdan  iborat  bo‘lgan   «Mash’al»   (1959) romanida Oktyabr tuntarishining dastlabki yillaridagi o‘zbek xalqining hayoti va qishloq sovetlarining shakllanishi va ularning dastlabki faoliyati, kollektiv xo‘jalikning   tuzilishi   va   ma’rifatning   yoyilishi   kabi hayotiy masalalar badiiy tahlil etilgan.

Yozuvchining   «Senga   intilaman»    (1963),   «Binafsha atri»  kabi romanlari Mirzacho‘lda tashkil etilgan birinchi   jamoa   xo‘jaligi   haqida   hikoya   qiladi.   Hamid G’ulomning o‘zbek ayolining yangi hayot qurishdagi faoliyatini ulug’lovchi «Toshkentliklar»   (1974)  romani Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning «Mangulik» romani (1981) Ittifoq Davlat mukofotini oldi.

U ocherknavis va publitsist sifatida yer kurrasi, ro‘y berayotgan voqealar, jahondagi xalqlarning ozodlik uchun kurashlari, tinchlik va xalqaro do‘stlik temalarini yorituvchi «Qit’alar uyg’oq», «Kuba haqida hikoyalar», «Uy», «Xirosima balladalari», «Yevropa taassurotlari», «Jazoirda tong» kabi asarlar yaratdi. Adibning «Vafoning uzun yo‘li» nomli bir necha qismdan iborat xotiralar to‘plami ham kitobxon tomonidan qizg’in kutib olingan. Adib asarlari qirqdan ortiq jahon xalqlari tillarida nashr etilgan. Birgina «Mangulik» romani xitoy tilida yarim million nusxada chop etilgan. Bu tilda bor-yo‘g’i Oybekning «Navoiy», O. Yoqubovning «Ulug’bek  xazinasi»   romanlarigina  chop  etilgan.   Shuningdek, H. G’ulom   A.S.Pushkin,    M. Lermontov, V. Shekspir, T. Shevchenko, A. Surkov, Lope de Vega kabi yozuvchilarning  asarlarini  ham  o‘zbek  kitobxonlari va tomoshabinlariga  o‘z  tarjimasida  tortiq  etgan.  Uning «Farg‘ona hikoyasi»,  «Toshbolta oshiq»,  «O’gil uylantirish», «Ajab savdolar» kabi zamonaviy mavzularda yaratilgan muzikali va komediya asarlari respublika teatrlarida namoyish qilinib, tomoshabinlar hurmatiga sazovor bo‘ldi.

Eng so‘nggi «Muhabbat navosi» nomli ikki parda besh ko‘rinishli muzikali dramasida esa XVI asr Uyg’uristonning Xo‘tan shahrida yashagan Omonniso bilan Rashidxon o‘rtasidagi muhabbat mojarosi haqida hikoya qilinadi.

«Mashrab» tarixiy romani ham H. G’ulom qalamiga mansubdir.

Hamid G’ulom zamondoshlarimiz poetik obrazini yaratish ustida izlanayotgan zamonaviy o‘zbek adabiyotining iste’dodli namoyandalaridandir.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:10:48
SAID AHMAD
(1920)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/said_ahmad.jpg)

O’zbek adabiyotining yetak nosirlaridan biri Said Ahmad Husanxo‘jaev 1920 yili Toshkentning Samarqavd darboza mahallasida ziyoli oylasida dunyoga keldi. Shu yerda o‘rta maktabni (1939) bitirib, Oliy o‘quv yurtida (1940—1941) ta’lim olgan. Adabiyot darslari va to‘garaklarida ijodga bo‘lgan havasi ortib, qo‘lga qalam ushlagan, vaqtli matbuot uning ijod dorilfununi bo‘lgan. Said Ahmad dastlab «Mushtum» oynomasida, Radio komitetida (1942—1943), «Qizil O’zbekiston» ro‘znomasi (1943—1947), «Sharq yulduzi» oynomasida (1948—1950) va so‘nggi yillarda u O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi qoshidagi nasr bo‘limiga boshchilik qiladi. Uning birinchi hikoyalar to‘plami «Tortiq» 1940 yilda nashr etiladi.

Urush va urushdan so‘nggi yillarda Said Ahmad ko‘plab fel’eton, ocherk va hikoyalar yozdi. «Er yurak» (1942), «Farg’ona hikoyalari» (1948), «Muhabbat» (1949) kabi to‘plamlar nashr etildi. Ulug’ Vagan urushi davri voqealariga bag’ishlangan «Xazina», «Hayqiriq», «Rahmat azizlarim» kabi hikoyalarida avtor urushning dahshatli oqibatlarini hayajonli tasvirlaydi, urush qahramonlarini ulug‘laydi.

Adibning hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati,   G’afur   G’ulomning   yumori,   Abdulla   Qahhorning  bayondagi lakonizmi mujassamdir.

Said Ahmadning barcha hikoyalari zamonaviy mavzuda yozilgan. U hikoyalarida tasvirlaydigan har bir voqeadan falsafiy umumlashma chiqarishga, voqealarni lirik ta’sirchanlik bilan ifodalashga, badiiy priyomlarning xilma-xilligiga erishishga intildi. «Cho‘l burguti», «O’rik domla», «Lochin», «Odam va bo‘ri», «Bo‘ston», «To‘y boshi» kabi qator asarlari Said Ahmad ijodida ham, o‘zbek nasrida ham yangilik bo‘ldi, Adib hikoyalarining bosh qahramoni ichki dunyosi boy va pok bo‘lgan zamondoshlarimizdir. Muallif «Tog‘ afsonasi», «Zumrad», «Muhabbatning tug’ilishi», «Ko‘zlaringda o‘t bor edi», «Poyqadam», «Alla», «Iqbol chiroqlari» asarlarida hayotiy xarakterlar yaratdi.

Said Ahmad hajviy hikoyalarida taraqqiyotjmizga to‘siq bo‘layotgan yaramas urf-odatlar ustidan kuladi, yangicha ma’naviy-axloqiy masalalarni o‘rtaga qo‘yadi. Aksincha, o‘zbek psixologiyasiga singmaydigan, milliylikdan yiroq bevatan, bemillat, yangicha urf-odatlar, udumlar ustidan ham qahqaha otib kuladi. Uning «Xanka bilan Tanka» «Lampa shisha» kabi o‘nlab hajviyalari shular jumlasidandir. Said Ahmad kichik hajviy asarlari bilan o‘zbek radio va televideniyesida quvnoq miniatyuralar teatriga asos solgan.

Said Ahmad hikoyalaridan asta-sekin yirik polotnolar yaratishga o‘tdi. 1949 yilda chop etilgan «Qadrdon dalalar» va «Hukm» (1958) qissalari shular jumlasidandir.

«Ufq» romanida (1964) Ulug’ Vatan urushining olovli yillarida o‘zbek dehqonlarining front orqasida ko‘rsatgan mehnat qahramonliklari atroflicha hikoya qilinadi. «Ufq» trilogiya bo‘lib, yozuvchi unda urushdan oldingi va undan keyingi davr hayotiy muammolari haqida bahs yuritadi. U o‘zining «Jimjitlik» (1988) romanida esa turg’unlik davri illatlarini fosh etishga intildi.

Said Ahmad mohir dramaturg sifatida ham tanildi. Uning «Kelinlar qo‘zg’oloni», «Kuyov» kabi sahna asarlari shular jumlasidandir.

Said Ahmad ham qatag’onlik zulmining ikkinchi to‘lqiniga duchor bo‘lgan, lager azoblarini tortgan ijodkordir. O’z talanti va ona xalqiga sadoqat, katta ishonch adibni so‘z san’atkori darajasiga yetkazgan.

Ijodkor tarjima ishlari bilan ham faol shug’ullangan. Jumladan, B. Polevoy, A. Musatov, O. Gonchar kabi yozuvchilar asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Ayni chog’da adibning ko‘pgina hikoyalari qardosh va horijiy tillarga ag’darildi.

Said Ahmad o‘zining quvnoq, orombahsh hikoyalari va salmoqli romanlari bilan o‘zbek prozasi rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelayotgan ilg‘or yozuvchidir. U O’zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza mukofoti sovrindori hamdir.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:11:31
ASQAD MUXTOR
(1920)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/asqad_muxtor.jpg)

Atoqli shoir, nosir va dramaturg, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati Asqad Muxtor 1920 yili Farg’ona shahrida temir yo‘l ishchisi oilasida tug’ildi. U 11 yoshida otasidan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalangan. Maktabni tugatgach, Asqad Muxtor Navoiy nomidagi O’zbekiston Davlat universitetiga (1938) kirib o‘qidi. So‘ng Andijon pedagogika institutida o‘zbek adabiyoti kafedrasining mudiri bo‘lib ishladi.

Asqad Muxtorning Toshkentga kelishi uning faoliyatida yangi sahifa ochdi. U «Yosh leninchi» (1945), so‘ngra «Qizil O’zbekiston» ro‘znomasining muharririyatlarida bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, «Sharq yulduzi» oynomasida (1960—1965) bosh muharrir, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi (1957) bo‘lib ishladi. «Guliston» oynomasida, «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligida bosh muharrir bo‘lib ishladi.

Asqad Muxtor «Tilak»,  «Tong edi»,  «Totli damlar» singari ilk she’rlari  (1935—1938) da poeziyaning maqsad va vazifasini, shoirning jamiyat oldidagi burchini aniklab   olishga  intildi.   U  poeziyaga   «Qalbga  qanot», «dardga davo» beruvchi deb qaraydi. Shoir Ulug’ Vatan urushi   boshlanishi  bilan   «G’alaba  ishonchi»,   «Jangchining bayram kechasi», «Tug’ishganlar qaytdi», «Sog’inish», «Moskvaning qalbi» singari qator poetik asarlar yaratib, xalqni fashist bosqinchilari ustidan g’alaba qozonishga   undadi.   Vatan  go‘zalliklarini,   tuganmas     boyliklarini, xalq hayotidagi katta o‘zgarishlarni tasvirlovchi «Po‘lat quyuvchi» (1947), «Hamshaharlarim» (1949), «Rahmat,   mehribonim»   (1954),   «Chin  yurakdan»   (1956) she’riy  kitoblari  shoirning  katta  ijodiy  yutuqlaridandir.

Asqad Muxtorning «Mardlik cho‘qqisi» (1948), «Yaxshilikka yaxshilik» (1949), «Samandar» kabi p’esalari dramaturgiyamizda bolalar hayotining, shuningdek, ishchilar sinfi turmushining yoritilishi jihatidan muhim ahamiyatga ega.

Yozuvchining «Daryolar tutashgan joyda» (1950), «Qoraqalpoq qissasi» (1958), «Buxoroning jin ko‘chalari» kabi qissalari, «Opa-singillar» (1954—1955), «Tug‘ilish» (1963), «Davr mening taqdirimda» (1964), «Chinor» (1973) romanlarida zamonamizning muhim muammolari o’z ifodasini  toptan.

"œChin yurakdan" (1956) she’riy kitobi, "œHayotga chaqiriq" (1956),  "œDunyo bolalari" (1962) hikoyalar to‘plami o’zbek bolalar adabiyoti xazinasini boyitdi.

"œ99 miniatura", «Karvon qo‘ng‘irog‘i» she’riy kitoblari 60-70-yillar o’zbek Sho‘ro she’riyatida katta voqea bo’ldi. Ularda inson qalbining  tovlanishlari chuqur intellectual his-tuyg’u   vositasida   badiiy   barkamol talqin etilgan.

Asqad Muxtor tarjimasida Sofokl, Tagor, Pushkin, Lermontov,   Mayakovskiy,   Gorkiy,   Shevchenko,   Blok, Korneychuk, Pavlenko asarlari o‘zbek kitobxonlarining _ma’naviy mulkiga aylandi.

Lirik shoir, taniqli adib, mohir tarjimon sifatida Asqad Muxtor madaniyatimizni boyitishda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan ijodkorlardandir.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:12:12
SHUKRULLO
(1921)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/shukrullo.jpg)

O’zbek adabiyotining sermahsul ijod sohiblaridan biri Shukrullo (Shukrullo Yusunov) 1921 yili Toshkentda dunyoga keldi. Boshlang’ich ta’limni olgach, pedagogika bilim yurti (1935), Toshkent Davlat pedagogika bilimgohida (1944) hamda Toshkent Davlat dorulfununi qoshidagi aspiranturada tahsil ko‘rdi. O’zbekiston  Yozuvchilar uyushmasida  adabiy   maslahatchi, badiiy adabiyot nashriyotida muharrirlik qildi.

Shukrulloning birinchi she’ri «Baxt qonuni» 1939 yilda, dastlabki she’riy to’plamlari — «Birinchi daftar», «Qalb qo‘shiqlari» 1949 yilda nashr etildi. O’zbek paxtakorlarining mardonavor kurashi, yangi yerlar ochishdagi fidokorona mehnatlaridan hikoya qiluvchi «Chollar» (1948) asari bilan u she’riyatimizda dostonchilik janrini rivojlantirishga muhim hissa qo‘shdi. Davrimizning yuksalish yo‘lidagi muhim pog’onalari, o‘zbek dehqonlarining fidokorona mehnati, xalqlar do‘stligini kuylash, zamonamiz kishilari ongida Vatan tushunchasining muqaddasligini ifodalash uchun «Rossiya», «Ikki qoya», «26 tongotari», «Dostonlar» (1970) kabi asarlariga mavzu bo‘lgan.

Adib ijodida insonning ma’naviy kamolotini kuylash birinchi o‘rinda turadi. U asarlarida dastlab hayotimizdan chetda qolganlarni qattiq qoralaydi, kishilarni inson degan sharafli nomga munosib bo‘lishga chaqiradi, insonni ulug‘lovchi fazilatlarning eng buyugi mehnat deb biladi. Uning bu fikrlari «Hayot ilhomlari», «Umrim boricha», «Inson va yaxshilik» (1961), «Inson — inson uchun» (1964) she’riy to‘plamlarida o‘z ifodasini topgan.

Shukrullo bolalar uchun ham ijod qildi. Uning «Bahor sovg‘asi» (1962), «Yulduzlar» (1964) kabi kitoblarida do‘stlik, Vatanga muhabbat, ona yurt tabiatini ulug‘lash g‘oyalari tarannum qilinadi.

Shoirning «Rossiya», «Ikki qoya», «Ikki yoshlik» singari she’riy to‘plamlarini qardosh va xorijiy xalqlar o‘z ona tillarida sevib o‘qiydilar. Adib dramatik asarlar ham yaratdi. Uning «Xatarli yo‘l», «Tabassum o‘g‘rilari»   (1977),   «O’g‘rini qaroqchi urdi»   (1984)   dramalari respublikamiz teatrlari sahnasida    namoyish qilingan.

Shukrullo "œZarralar"   (1973),   «Suyanchiq»     (1977), "œYashagim keladi"   (1978),   «Sening   baxting»     (1986), she’riy majmualarini hamda «Kafansiz ko‘milganlar» romanini o’quvchilar hukmiga    havola etdi. U  o‘zining "œZarralar" to’plamida o‘zbek she’riyatidagi ruboiy janrini yangi mazmunda  davom  ettiradi.  Ularda  hayot saboqlaridan chiqariladigan  katta mazmundagi xulosalarini ixcham, lo’nda ifodalab berdi.

U o’zining "œToshkent,   26   tongotari»   dostoni  uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan.

Shukrullo ham qatagonlik davrining ikkinchi  to‘lqini jabrini chekkan, Sibirga badarg’a etilgan    o‘zbek ijodkorlaridan biri, sho‘ro hukumati lagerlarida og’ir azob-uqubatlarni o‘z boshidan kechirgan jabrdiydalardan biri hamdir. Uning «Kafansiz ko‘milganlar» romani ana shu voqealarning  badiiy  ifodasidir.    Shukrullo ham ijodkor, ham jamoat  arbobi, ayni paytda O’zbekiston Prezidentlik Kengashi a’zosi   vazifasida  faollik ko’rsatmoqda. U O’zbekiston xalq shoiridir.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:13:05
MIRMUHSIN
(1921)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/mirmuhsin.jpg)

O’zbek sho‘ro she’riyati va nasrining tanilgan   vakillaridan   Mirmuhsin  Mirsaidov 1921  yili Toshkentning Qo‘rg’ontegi mahallasida,     kulol oilasida dunyoga keldi. O’rta maktabni tugatib,    1933 yili Nizomiy    nomidagi Toshkent Davlat   pedagogika   institutida  shoir  Shuhrat,  Shukrullolar bilan birga o‘qidi.

«Ispan  yigiti»,  «Sheralining   mardligi»,   «Olov   bolalar»   kabi hikoyalari   (1936), «Kamar»   (1939)   dostoni  adib ijodining ilk mevasi sifatida ahamiyatli.

Mirmuhsin institutni tugatgach, (1941) o‘rta maktabda, radio, ro‘znoma va oynomalarda ishlab keldi. Ulug’ Vatan urushi yillarida xalqimizning qahramonligi adabiyotning bosh mavzusi edi. Shoirning «Panfilovchi» she’ri, «Er yurak» (1942) to‘plami o‘sha davr mahsulidir. Shoir ijodining kamoloti Ulug’ Vatan urushidan so‘nggi davrga to‘g’ri keladi. «Vafo» (1950), «Irmoqlar» (1961), «Qalb va falsafa» (1963) singari to‘plam va balladalarida, «Ziyod va Adiba» (1958) she’riy romanida zamonamiz kishilarining ma’naviy qiyofasi, Vatanga bo‘lgan munosabatlari bosh mavzudir.

Shoirning «Usta G’iyos», «Do‘nan» (1947), «Yashil qish», «Qadrdonlar» (1954) poemalarida o‘zbek dehqonlarining   mardonavor   mehnati   ulug‘lanadi.   Adibning "œDorbozlar" (4956) hikoyasida o‘zbek milliy xarakteri an’anavy san’ati jozibador   ifodalansa,   «Jamila» (1957) qissasi adabiyotimizdagi xotin-qiz qahramonlar gallereyasini boyitdi.  «Hikoyalar»   (1959),  «Qizil durrralar» (1961), "œSozanda" (1963) kitoblarining tematik doirasi keng bo’lib,  voqealar realistik bo‘yoqlarda berilgan.

Uning "œOq marmar"   (1958), «Cho‘ri»   (1959), «Tungi chaqmoqlar" (1964) povestlari u shoirgina emas, mohir nosir ekanligini ham namoyish etdi. Shuningdek, Mirmuhsin 60-70-yillarda turli mavzularga bag’ishlangan yirik polotnolar yaratdi.  «Chiniqish»   (1970),   «Umid» (1969) "œDegrez o‘g‘li"  (1972) romanlari shular jumlasidandir.

Asrlar osha  yashab   kelgan  tarixiy  yodgorliklar  va ular ijodkorlarining adabiy barhayotligini tasvirlovchi "œMe’mor" (1974) romani keng jamoatchilik tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi.

Mirmuhsin 80-yillarda ham barakali ijod qildi. Bu davrda uning  «Chodirli   ayol»,   «Chotqol   yo‘lbarsi», "œildizlar va yaproqlar",  «Temur Malik»,  «Ilon o‘chi»,  "œMovarounnahr" kabi qator asarlari o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi.

Mirmuhsin 300 dan ortiq nasriy va nazmiy kitoblar muallifidir. Uning asarlari turli tillarga tarjima qilingan. Alohida kitoblari Rossiya, Ukrainada, qo’shni respublikalarda? Misr va Angliyada nashr qilingan.

Mirmuhsin Pushkin va Ler,ontov asarlari tarjimonlaridan biri. U  1974 yilda  «Umid»  romani uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi.

O’zbekiston xalq yozuvchasi, O’zbekistonda    xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, O’zbekiston  xalq  maorifi a’lochisi Mirmuhsin hukumatning bir qator orden  va medallari bilan taqdirlangan.

Mirmuhsin «Guliston» oynomasiga muharrirlik qilish bilan birga asarlar ustida qizg’in  ish olib bormoqda.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:13:48
RAMZ BOBOJON
(1921)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/ramz_bobojon.jpg)

Shoir, dramaturg, tarjimon Ramz Bobojon 1921 yili Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ildi. Ta’lim-tarbiya texnikumini tamom qilgandan keyin Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutining adabiyot fakultetiga kirib o‘qiydi.

1939—1948 yillarda u «Lenin uchquni» muharririyatida bo‘lim boshlig‘i, O’zbekiston Davlat nashriyotida, O’zbekiston Radio komitetida muharrir bo‘lib ishladi. O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida adabiy maslahatchi, kotib, «Vatan» jamiyati rahbari sifatida faol mehnat  qildi.

Ramz Bobojon 1936 yildan ijod qila boshlagan. Shu vaqtgacha «She’rlar» (1939), «Hadya» (1940), «Oltin kamalak» (1949), «Vodiy bo‘ylab» (1949), «Tanlangan asarlar» (1958), «Sevgi sirlari» (1963), «Serdse ne spit nikogda» (1963), «Dvajdi jivyot poet» (1966), "œDa — ya aziat" (1973), «Senga sevgilim» (1969), «Bi-rinchi parvoz» (1989), «Muhabbatga ta’zim» (1980) kabi bir necha to’plamini va «Saylanma»larini nashr ettirdi.
 
Shoirning "œQadrdon do‘stlar" poemasi urush va undan keyingi davrdagi  sovet xalqlarining   do‘stligini ko’rsatishga bag’ishlangan. Dramaturgiyamiz taraqqiyotida Ramz Bobojonning o’ziga yarasha  xizmatlari  bor.   1961 yilda "œTog’a va jiyanlar" komediyasini yaratdi.  «Lo‘lilar" pyesasi Moskva  teatrlarida  namoyish qilindi.

Qoloq shaxslar  keskin fosh etilgan "œInsu jins yoki tirik murdalar" (1972) komediyasi ham muxlislar tomonidan iliq kutib olindi.

Dramaturgning  «Yusuf va Zulayho»   (1981) dramasi, ayniqsa, tomoshabinlar  va  keng  kitobxonlar   olqishiga sazovor bo’ldi.

Ramz Bobojonning  adabiyot shinavandalari faqat shoir sifatida emas, balki yaxshi tarjimon sifatida ham bilishadi. A. S. Pushkin, M.Yu. Lermontov, N.A.Nekrasov  va boshqa   klassiklarning    asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.

Ramz Bobojon o’zining barakali ijodiy faoliyati uchun "œHurmat belgisi"  ordeni bilan mukofotlangan.

1972 yilda O’zbekpston SSRda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Xalq shoiri unvoni va «Obi hayot» poemasi uchun Davlat  mukofotini olishga    sazovor    bo‘lgan. Ko’p yillar davomida «Vatan»   jamiyatini     boshqarib kelgan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:14:34
VALI G’AFUROV
(1922)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/vali_gafurov.jpg)

Jangchi adib Vali G’afurov o‘zining ikki kitobdan iborat «Vafodor»     romani,     «So‘nggi pushaymon»,      «Botirga     o‘lim yo‘q»   kabi   qissalari,   «Shoxlardagi   mezonlar»    kabi   memuar va o‘nlab ajoyib hnkoyalar   muallifi   sifatida adabiy jarayonga hissa qo‘shib keladi. U  1922 yilda Toshkentda  tug’ilgan.   

Tarjimai  holi nihoyatda   oddiy,   ayni   chog’da hayajonli,     jasoratga     to‘la, sermazmun. Oddiyligk — u ayrim   hamkasblari   kabi   lavozimlarda o‘tirmadi. O’qish, mehnat bilan mashg’ul bo’ldi.

Toshkent Davlat dorilfununida tahsil oldi, Samarqand viloyat maktablarida o‘qituvchilik dildi. 19 yoshga yetar-yetmas jangu jadalga yo‘l oldi. Stalingrad ostonalarida mardlik, qahramonlik namunalarini ko‘rsatdi. Navbatdagi razvedka vaqtida bir yo‘la ikki ko‘zidan ajraldi, bir oyog‘i nogiron bo‘lib qoldi.

Jangdan qaytgach tirishqoqligi, mehnatsevarligi va yaxshi odamlar ko‘magida brail-igna bilan yozish,  o‘qish usulini tezda o‘zlashtirib oldi. O’qituvchilik qildi, ko‘zi ojizlarga rahbarlik qildi. Va nihoyat, 60- yillar boshlariga kelib uning igna bilan yozilgan «Vafodor» romanining birinchi kitobi nashr etildi.

1973   yilda  «Vafodor» romanining ikkinchi kitobi: paydo bo‘ldi. Asar kitobxon va adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi, rus va qardosh tillarga tarjima bo’ldi. Romanda yozuvchining shaxsiy hayoti, Taqdiri orqali xalqimizga xos metin-mustahkam iroda, qahramonlik, birodarlik tuyg’ulari ulug’landi.

Vali G’ofurov "œVafodor" romanidan so’ng "œSo’nggi pushaymon", "œBotirga o’lim yo’q" kabi qissalar, "œShoxlardagi mezonlar" kabi memuar xarakterdagi polotnolar va ko’plab hikoyalar yaratdi. Ular orasida "œSo’nggi pushaymon" qissasi alohida ajrab turadi. Unda zamonamiz va zamondosh yoshlarning ma’naviy-axloqiy barkamollashuviga to’siq bo’layotgan ayrim eskicha urf-odatlar, nuqsonlarni bartaraf etish yo’llari izlanadi.

U O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 07 Sentyabr 2006, 06:15:26
PO’LAT MO’MIN
(1922)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/pulat_mumin.jpg)

Po‘lat Mo‘min shoir, dramaturg va nosir sifatida adabiyot ixlosmandlariga, xususan yosh avlodga tanish va yaqindir. O’zining quvnoq she’rlari, zavqli ko‘shshutari va qizipqarli dostonlari, ertak va dramatik asarlari bilan bolalarning sevimli adiblaridan biri bo‘lib qolgan.

U 1922 yil 24 dekabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Avval pedagogika bilim yurtida tahsil  oladi. So‘ng Nizomiy nomidagi pegagogika (1944) institutini tugatib, o’qituvchilik qiladi. "œLenin uchquni" ro‘znomasida adabiy xodnm, 1951-1952 yillarda O’zbekiston Davlat nashriyotida bolalar adabiyoti bo‘liminjng mudiri bo‘lib ishlaydi. 1954—1960 yillarda Yozuvchilar uyushmasida, 1962—1964 yillarda Madaniyat Vazirligi qoshidagi San’at boshqarmasida nuharrirlik qiladi.

1949 yilga kelib, uning «Sayrang, qushlar» nomli ilk to‘plami chop etiladi. Ketma-ket «Bo‘l, tayyor!», «Tish cho‘tkasi ertagi» (1955), «Hunardan unar» (1958), «To‘g’ri o‘sgan gul bo‘lar» (1960), «Aql qayerda bo‘lar» (1962), «Oltin nay» (1967), «Rahmatga rahmat!» (1969), «Eson va Omon» (1971), «Odob va oftob» (1971) hamda «Yaxshilarga o‘xshasam», «Gul va Piyoz», «Kuldi xiyol», «Men sevaman, sen sevasanmi?», «Oltin boshoqlar», «66 oltin ko‘l» kabi o‘nlab to‘plamlarp nashr etildi. Ularning ko‘pchiligida yoshlarning beg’ubor ruhiy dunyolari, qalb harorati va iztiroblari ifodalangan.

Po‘lat Mo‘min dramaturg sifatida ham «Qovoqvoy bilan Chanoqvoy» (1970), «Suqatoy va Konfetvoy», «Bahodirning jasorati» kabi asarlarini yaratdi. U mohir qo‘shiqchi sifatida elga tanilgan. Shoirning «Indamadi», «Onadur ul, onadur», «Ey, muhabbat». «Senga bir gap aytaman» kabi o‘nlab qo‘shiqlari o‘zining sodda va ravonligi, musiqiy va xalqchilligi bilap el og‘zida kuylanib kelinadi.

U mohir tarjimon sifatida A. S. Pushkin, V. Mayakovskiy, S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto, N. Nosov asarlarini ona tiliga ag‘dardi. Ko‘pgina asarlari o‘zga tillarga tarjima qilindi.

Po‘lat Mo‘minning adabiyot oldidagi xizmatlari xalq va hukumat tomonidan yuqori baholandi. 1992 yilda unga O’zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berildi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 04:50:11
SARVAR AZIMOV
(1923)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/sarvar_azimov.jpg)

Taniqli dramaturg va adabiyotshunos   Sarvar   Olimjonovich Azimov 1923 yili Jizzax shahrida ziyoli oilasida dunyoga keldi. Mashhur o‘zbek shoiri Hamid     Olimjonnnng    ukasi Sarvar Toshkentdagi Karl Marks nomli pedagogika texnikumini tamomlagach, O’rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetiga kirib (1942—1946)  o‘qidi, so‘ngra aspiranturada ta’lim oldi.

1946—1947 yillarda Radio komitetida  mas’ul  muharrir, 1950 yillarda Adabiyot muzeyida  ilmiy xodim, 1950—1954 yillarda A. S. Pushkin nomli Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, rahbar o‘rinbosari bo‘lib ishladi.

1954—1956 yillarda O’zbekiston partiya Qo‘mitasida fan va madaniyat bo‘limi boshlig‘i, 1956—1957 va 1980— 1985 yillarda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiga boshchilik qildi. 1957—1959 yillarda Madaniyat vaziri, 1959—1969 yillarda Respublika hukumati raisi o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri bo‘lib xizmat qildi.

1969—1980 yillar mobaynida sobiq SSSRning Suriya va Pokistondagi elchisi, 1986—1990 yillarda Tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishladi.

Yozuvchining adabiy-tanqidiy faoliyati 1948 yildan boshlangan. «O’zbek adabiyoti tarixini buzishga qarshi», «SSSR   xalqlari   adabiyoti   xrestomatiyasi     to‘grisida», «Yosh  o‘zbek  yozuvchilari  ijodi  haqida»   kabi  asarlari bilan ilmiy-nazariy masalalarni ilgari surdi. Sarvar  Azimov Hamid Olimjon ijodi bo‘yicha uzoq yillar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib, 1953 yilda nomzodlik, 1972 yilda doktorlik dissertatsiyalarini ham qildi.

U o‘rta maktablar uchun o‘zbek adabiyoti darsliklari xrestomatiyalari va dasturlarini yaratishda katta mehnat sarf qilgan.

Sarvar Azimov o‘zining sahna asarlari bilan sho‘ro davri o‘zbek dramaturgiyasi va teatri taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shib keldi. «Qonli sarob» (1961), «Oppoq tong qo‘shig‘i» (1962), «Yulduzlar jamoli» (1964) asarlari va adabiyotshunoslikka doir ilmiy-nazariy kitoblarni o‘zbek adabiyotining munosib yutuqlarilandir. «Zamon»  dramasi   (1968)   o‘zining g‘oyaviy-badiiy puxtaligi bilan dramaturg ijodida alohida o'rin tutadi. Bu asarda kolonializm kishanlarini parchalab tashlab, o‘z mustaqilligiga ega bo‘layotgan chet-el xalqlarining hayoti, ozodlik uchun kurashi, milliy ozodlik uchun kurashinin Sharqqa keng yoyilib, ularning yurak-yuraklariga, aql idroklariga   kirib,   singib   borayotganligi   ifodalanib berilgan.

Sarvar Azimov barcha dramatik asarlarida chuqur xalqchillik bilan davrning muhim muammolarini ko‘tardi. Xorijiy mavzuda yozgan asarlari bilan o‘zbek dramaturgiyasiga dunyo xalqlari taqdiri mavzusini olib kirdi. 

Sarvar Azimov o‘zbek dramaturgiyasini yangi mavzu, yangi shakl, yangi obrazlar bilan boyitib kelayotgan ijodkor.

Ijodkor bir qancha radioqissalar senariysi muallifi,  kinoqissalar avtoridir. U O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan  arbobi,  O’zbekiston xalq yozuvchisi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 04:51:40
ZOHIDJON OBIDOV
(1923)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/zohidjon_obidov.jpg)

Jangchi shoir  Zohidjon Obidov 1923 yili Teshkentda tugilgan. U o‘rta maktabni tugatib oliy o‘quv yurtiga emas, frontga — jangga otlandi. Leningrad janglarida,  qamal   holatida   o’sha yurt uchun jonini fido etdi. Yarador bo‘lib qaytdi.

Shundan so‘ng Toshkent  Davlat dorilfununiga o‘qishga   kirada. Tugatgach, Namangan pedagogika institutida  dars beradi.   

Ayni chog’da viloyat yozuvchilari uyushmasiga rahbarlik qiladi. O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida, G’afur G’ulom va "œYosh gvardiya" va "œMushtum" oynomasida  faoliyat ko’rsatadi.

U shoir sifatida 50-yillardan beri ijod qilib keladi. Shu damgacha yigirmadan ortiq she’riy to’plamlari e’lon qilingan. Jumladan, "œYaxshi niyat" (1957), "œYangi oyning o’rog’i" (1961),  "œOshiq ko’ngil bilan" (1963), "œXitoydan sovg’a" (1963), "œTong yulduzlari"  (1965),   «Ko‘ngil     navosi» (1968),  "œXandalarim" (1969), «Umid     to‘lqinlari» (1972), "œYurakdagi mavjlar" (1973),   «Kuygan    kuyov» (1973), Tanlangan asarlar   (1974),   «Talpinur dil» (1977), "œQo’lingni ber" (1979),   «Ko‘ngil     taronasi» (1983), "œKuyla dilkash dutorim" (1984), «Dilrabosan» (1984),  "œBahshida"  (1985), «Senga talpinaman»  (1990), "œQanotli qo’shiqlar" (1991),  kabi kitoblari bosilgan. Agar ushbu to‘pdamlarga   kirgan   she’rlarni   chuqurroq  ko‘zdan kechirsak, undagi bir xil she’rlar qo‘shiq bo‘lib yangraydi, bir xillari hashviya sifatida kulgiga yetaklaydi, yana bir xili zamon va zamondoshlarnpng o‘y-fikrlarini ifoda etishini ko‘ramiz. Ayni chog‘da mazkur she’rlarning ko‘pchiligi rus va o‘zga tillarga ham tarjima bo‘lgan.

Zohidjon Obidov M. Lermontov, T. Shevchenko. M. Bajan, R. Hamzatov, S. Mixalkov kabp mashhur shonrlar asarlarini ham o‘zbek tiliga tarjnma qilgan. U urush faxriysi, qo‘sha-qo‘sha orden va medallar sovrindori, O’zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  madaniyat  xodimi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 04:52:31
QUDRAT HIKMAT
(1925—1968)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/qudrat_hikmat.jpg)

XX asr o‘zbek bolalar ada-biyotiyushg taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan adiblardan biri shoir Qudrat Hikmatdir. U 1925 yili Toshkentning eng qadimgi mahallalaridan biri Sebzorda tavallud topadi. Onasi Muborak aya erta qazo etadi (1934). Uning otasi oddiy dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug‘ullanadi. O’zi esa 1934 yilda o‘rta maktabga kirib, uni 1944 yilda tugatadi.

Shoir sifatida maktab devoriy gazetalarida ko‘rina boshlaydi, Unga Quddus Muhammadiy, Opbek kabi ustozlar  mehribonlik  ko‘rsatishadi.   1945  yildan  boshlab Qudrat Hikmat she’rlari  «Lenin uchquni»,  «Yosh leninchi»,      «Qizil    O’zbekiston» ro‘znomalarida,    «Pioner» («Gulxan»), «Sharq yulduzi» kabi oynomalarda chop etiladi.

1947 yilga kelib mashhur baxshi Islom shoir Nazar o‘g’liga adabiy kotib sifatida xizmat etishi undagi she’riyatga bo‘lgan intilishini yanada kamol topishiga olib keladi. U «Lenin uchquni», «Yosh leninchi» ro‘znomalari va «Yosh gvardiya» nashriyotlarida faoliyat ko‘rsatadi. 1957 yilda Toshkent Davlat kechki pedagogika oliy bilimgohini tugatadi. Uning birinchi she’riy to‘plami «Mening vatanim» 1950 yilda nashr etiladi. Shundan so‘ng uning «Baxtli bolalar», «Tinchlik—obodlik», «Moskvaga sayohat», «Do‘stlik», «Uch o‘rtoqning sovg‘asi», «Nabira mehri», «Onaxonim», «Alisher va kitob», «Toshbaqalar hujumi», «Soatjonning soati» kabi o‘nlab she’r guldastalari hamda «Chirchiq farzandi» kabi poemasi va «Ilon shoh va uning amaldori Ari haqida ertak»lari yaratildi.

U qaysi mavzuda, qaysi janrda qalam tebratmasin, eng muhimi, mehnatkash, halol, topqir va chopqir bolalar dunyosini kashf etishga intiladi. Shuningdek, do‘stlik, tinchlik, o‘zaro birdamlik, Ona Vatanni sevish, uni ardoqlash sari da’vat etadi. Uning she’rlaridagi bolalarcha samimiylik, beg‘uborlik va to‘g‘rilik shoir asarlarining o‘qishli, qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi.

Qudrat Hikmat mohir tarjimon sifatida S. Marshak, S. Mixalkov, A. Surkov, M. Bajan, A. Barto kabi atoqli  adiblarning  bolalarbop she’riyatini o‘zbekchaga ag‘dargan.

U 1968 yil og‘ir betoblikdan so‘ng 43 yoshida vafot etgan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 04:53:17
SAIDA ZUNNUNOVA
(1926-1977)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/saida_zunnunova.jpg)

Talantli shoira,  jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunova 1926 yili Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Otadan  erta yetim qolgan Saida 1941-1943 yillar Andijon o‘qituvchilar institutida tahsil oladi. U Andijon maktablarida muallima, gazeta muharririyatlarida    adabiy xodim bo‘lib ishlagan.

Birinchi she’ri 1935 yili «Paxta fronti» gazetasida bosilgan.  Saida Zunnunovaning baxtli yoshlikni tarannum etuvchi she’rlari matbuot safalarida tez-tez ko‘rinadi.

Adabiyotga muhabbat shoirani O’rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Toshkent Davlat dorilfununi)ning filologiya fakultetiga  yetakladi. O’qishni    tamomlab, "œGulxan" oynomasida, «O’zbekiston madaniyati» ro‘znomasi va Badiiy adabiyot nashriyotida ishlagan adiba O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi  bo‘lib ham xizmat qiladi.

Baxtiyor yoshlik, ona-Vatan, erkin mehnatni tarannum etuvchi «Qizingiz yozdi» (1948), «Yangi she’rlar» (1950), «Gullar vodiysi» (1954), «Qizlarjon», «Bir yil o‘ylari» (1967) she’riy to‘plamlari kitobxonlarga taqdim etildi.

Saida Zunnupova nasrda ham sermahsul ijod etgan adibadir. Uning  «Gulbahor»   (1956)   hikoyalar to‘plami ishchilar hayoti, muhabbat, oila, eskilik qoldiqlarvga qarshi kurash mavzularini aks ettirsa, «Gulxan» (1958) povestining asosiy qahramoni ayollar bo‘lib, ularning yigirmanchi yillardagi kurashi o‘ziga xos badiiy bo‘yoqlarda ifodalangan. «Olov» (1962), «Odamlar orasida», «Ko‘chalar charog‘on» (1965), «Bo‘ylaringdan o‘rgilay» (1972), «Direktor» kabi asarlarining qahramonlarp ham ayollardir.   

Qo‘shqanotli ijodkor adib Said Ahmadning turmush hamrohi, sevimli rafiqasi edi. Ularning yolg‘iz qizlari, undan birgiia nabiralari bor.

So‘zlarga xassoslik, siqiqlik, tabiiylik, yasama-sun’iy obrazlardan qochish Saida Zunnupova hikoyalariga husndir.

Ona-Vatanga sadoqat, mehnat va baxt, muhabbatni haqgo‘ylik bilap kuylagan shoiraning lirik she’rlari, jozibador qo‘shiqlari, nasriy asarlari adabiy xazinamizni boyitib kelmoqda.

Adiba asarlarini rus va boshqa qardosh xalqlar kitobxonlari o‘z ona  tillarida  sevib  o‘qimoqdalar.

Hukumatimiz Saida Zunnunovaning adabiyotimiz taraqqiyotiga qo‘shgan salmoqli hissasini taqdirlab, uni Hurmat belgisi ordeni bilan mukofotlagan.

Ijodkor ayni kamolot yoshida 1977 yil 51 yoshida og‘ir xastalikdan bevaqt vafot topdi. Uning hassos nazmi, samimiy nasri o‘zbek kitobxonlarining ma’naviy mulkiga aplanib qoldi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 04:54:18
MAQSUD QORIYEV
(1926)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/maqsud_qoriyev.jpg)

Jurnalist va adib Maqsud Qoriyev 1926 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Urush yillarida Toshkent tumani Yunusobod qishlog‘i jamoa   xo‘jaliklarida  oddiy  mehnat bilan  shug‘ullangan.  1947 yilda   esa Toshkent  yuridik  institutini   tugatib,  o‘sha yerda aspiranturada qoladi. Keyinchalik yuridik fanlari nomzodi degan ilmiy darajaga ham ega bo‘ladi. U ko‘p yillar O’zbekistoi Oliy Kengashi noibi bo‘lgan.

Adibning jurnalistik faoliyati 1949 yil «Qizil O’zbekiston» ro‘znomasidan boshlanadi. 1952—1954 yillarda esa «O’zbekiston kommunisti»  oynomasida bo‘lim boshlig’i,  1954—1963 yillarda "œToshkent haqiqati" ro‘znomasida avval bosh muharrir o’rinbosari, so‘ng bosh muharrir bo‘lib ishlaydi. 1963—1984 yillargacha «Sovet O’zbekistoni» ro‘znomasiga boshchilik qiladi.  1984—1988 yillarda  «Mushtum»  oynomasining,  hozirgi  kunda   «Mehrigiyo»   ro‘znomasining  bosh muharriridir.

Maqsud   Qoriyev   adib   sifatida   60-yillarning   60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab mahalliy matbuotlarda ko‘rina boshlaydi. Uning «Oydin kechalar» (1968), «Jiyda gullaganda» (1970), «Afrosiyob go‘zali» (1974), «Tunalar baland uchganda» (1976), «Siz uzatib borganda» (1978) kabi hikoya va qissalar to‘plami va «Spitamen» tarixiy romanlari o‘z kitobxoniga yetib borgan. U O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi hamdir.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 04:55:05
ODIL YOQUBOV
(1926)
 

(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/odil_yoqubov.jpg)

Odil Yoqubov  Qozog‘iston Respublikasi Chimkent viloyati Turkiston tumanining Qarnoq qishlog’ida xizmatchi oilasida 1926 yili tug‘ildi. 1944 yilda o‘rta maktabni tugatib, 1945—1950  yillarda    Qizil Armiya safida    xizmat qildi. Yosh    askar   sovet-yapon urushi muhorabalarida ishtirok etadi.

1951—1956 yillarda u O’rta Osiyo Davlat dorilfununining filologiya fakultetida o‘qiydi. 1955—1959 yillarda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi, «Literaturnaya gazeta»ning (1959— 1963, 1967—1970) respublikamizdagi maxsus muxbiri, «O’zbekfilm» kinostudiyasida va Respublika kinematografiya qo‘mitasida bosh muharrir, G’afur G’ulom nashriyotida bosh muharrir (1970—1982) o‘rinbosari bo‘lib ishladi. So‘ngra «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasining (1982—1989) bosh muharriri bo‘lib xizmat etdi. Hozirgi davrda u O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasining faxriy raisidir.

Odil Yoqubovnipg birinchi yirik asari — «Tengdoshlar» povesti 1951 yilda bosilib chiqdi. Uning «Chin muhabbat», «Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi» (1958) kabi komediyalari Hamza nomidagi o‘zbek akademik drama teatri sahnasida qo‘yildi.

1956 yilda «Ikki muhabbat» nomli nasriy asarlar to‘plami nashr etildi. Keyin birin-ketin «Bir feleton» qissasi  (1961), «Muqaddas»   (1963), «Sanot juft bo‘ladi»   (1969), «Billur qandillar»  (1975) kabi qissalari chop qilindi. Odil Yoqubovning «Er boshiga ish tushsa» (1969)   nomli  romani Ulug‘ Vatan urushi  yillaridagi voqelikni aks ettiradi.

«Qanot juft bo‘ladi»   (1969)   povesti vrachlar, me’morlar,  ishchilar   mavzui  bilan  birga  murakkab  ijtimoiy va axloqiy muammolarni hal etishga bag‘ishlangan. Muallif unda ravshan, esda qoluvchi obrazlar yaratgan. «Izlayman» povestida 1945 yil yapon militarizmiga qarshi kurash voqealari aks ettiriladi. U ma’lum ma’noda avtobiografik asar hamdir. Chunki, muallifning o‘zi o’sha voqealarning jonli guvohi.

Yozuvchi keyingi yillarda yaratilgan «Ulug‘bek xazinasi»  romanida (1974) ulug‘ o‘zbek  astronomi Ulug‘bek va uning o‘g‘li   Abdullatif   o‘rtasidagi ziddiyatlarni ko’rsatib, progressiv va reaktsion kuchlar orasidagi kurashlarni tasvirlaydi. Romanda Ulug‘bekning iste’dodli shogirdi, mashhur olim Ali Qushchining ham ulug‘vor obrazi yaratilgan.

Boshqa bir yirik asari —  «Ko‘hna dunyo» romanida O’rta   Osiyoning ikki  buyuk  allomasi  Beruniy va  Ibn Sino hayoti va fojeali taqdiri qalamga olinadi. Ularning jahon ilmi-fani taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalarini umumlashtirishga intiladi. Shuningdek, Odil Yoqubov   zamonaviy   mavzularda   ham   «Diyonat»     (1973), "œOqqushlar,  oppoq qushlar"   (1988)   kabi yirik polotnolar yaratdi. Agar yozuvchi o‘zining «Diyonat» romanida adolatning nohaqlik, tubanlik ustidan g‘olib kelishini ko’rsatsa, «Oqqushlar», oppoq qushlar» romanida esa turg’unlik davri illatlarini, ildizi va oqibatlarini ro‘yi-rost gavdalantirib beradi. Har ikki holda ham zamondoshlarimizni ma’naviy,  axloqiy pokizalikka da’vat etadi.

Odil Yoqubov respublikamiz teatrlarida namoyish qilingan «Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim» (1956), «Yurak yonmog‘i kerak» (1957), «Olma gullaganda» (1960) va boshqa p’esalarning muallifidir. U mohir tarjimon,  munaqqid, publitsist sifatida ham barakali ijod qilib kelmoqda.

O’zbekiston xalq yozuvchisi  (1985)   Odil Yoqubov Mehnat Qizil Bayroq ordeni hamda Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun medali bilan taqdirlangan. «Ulug’bek xazinasi» romani uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Ijodkor, muharrir, nosir, Yozuvchilar uyushmasi bosh kotibi vazifalarida xizmat qilib keldi. Shu kunlarda Odil Yoqubov O’zbekiston Vazirlar mahkamasi qoshidagi respublika  Atamalar  komitetiga  rahbarlik  qilmoqda.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 05:21:40
SA’DULLA KAROMATOV
(1928—1980)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/sadulla_karomatov.jpg)

Mohir tarjimon va adiv Sa’dulla Karomatov 1928 yilda Buxoroda tug‘ildi. O’rta ma’lumotni ham shu yerda oldi 1949 yilda O’rta Osiyo Davlat dorilfununining filologiya fakultetini tugatgach, O’zbekiston Radiosida ishladi.

Sa’dulla Karomatovning jurnalistik faoliyati 1954 yildan  boshlandi. 60-yillarda ro‘znoma sahifalarida u ocherknavis sifatida ko‘rindi. 1963 yilda esa uning yirik janr dagi birinchi nasriy asari - "œTog’lar tabassumi» nomli hujjatli qissasi yozildi. So’ng "œAmuning zar kokillari", "œGo’zallik ramzi", "œKumush kamar" kabi ocherklar to’plamlari bosmadan chiqdi.

Keyingi  yillarda   «Bir  tomchi  qon»   (1968),     "œTog’ go’zali" (1968),  "œHijron" (1969), "œE’tiqod" (1970) qissalalri bosilib chiqdi. Bu asarlar 1971—1973 yillarda rus kitobxonlariga ham yetib bordi.

So‘nggi yillarda geologlar hayotidan olib yozilgan "œOltin qum" va cho‘llarii o‘zlashtirayotganlarga bag‘ishlangan «So‘nggi barxan» romanlarini yaratdi. Sa’dulla Karomatov Jyul Vernning «Suv ostida 8000 mill», turkman yozuvchisi Qilich Kulievning «Qora karvon»   romanlarini,   eron   yozuvchilarining   hikoyalar to’plamlarini,   tojik   yozuvchisi     Yusuf   Akobirovning "œTegirmon  to‘xtagach" qissasini  o‘zbek  tiliga   tarjima qildi. Yozuvchi Vadim Kojevnikovning «Peshin chog‘i kungay tomonda» degan romanini ham o‘zbek tiliga o‘girgan. Sa’dulla Karomatovga O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni berilgan. Adib 1986 yili Toshkentda vafot etdi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 05:22:45
PIRIMQUL QODIROV
(1928)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/pirimqul_qodirov.jpg)

O’zbek nasrining yirik namoyandalaridan biri yozuvchi Pirimqul Qodirov 1928 yili Tojikiston respublikasining O’ratepa tumanidagi Kengko‘l qishlog’ida tavallud topdi

Pirimqul Qodirovning urushdan keyingi  xo‘jalikni izga solish yillarida jamoa xo’jaligidan boshlangan mehnat faoliyati yo’l qurilishi, So’ng Bekobod metallurgiya zavodida ishlash bilan davom etdi.

1951 yili Toshkent Davlat dorilfununini tugatib, M. Gorkiy   nomidagi   jahon   adabiyoti   institutining aspiranturasiga kirdi.  «Abdulla Qahhorning urushdan keyingi ijodi» mavzusida nomzodlik ilmiy ishini himoya qildi.

1954—1963   yillar   davomida   Ittifoq   Yozuvchilari uyushmasi qoshida o‘zbek adabiyoti bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishladi. 1963-1976 yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutining katta ilmiy xodimi vazifasini bajardi.

Adib ijodining debochasi talabalik yillarida e’lon etilib, tolibi ilmlar hayotini, ularning ichki olamini badiiy bayon qilgan «Studentlar» hikoyasi 1950 yilda bosmadan chiqdi. Ketidan «Jon shirin», «Kayf», «Olov» hikoyalari, «Besh yilliklar farzapni», «Dadrim», «Erk», «Meros» qissalari, «Najot» afsona-qissasi, «Sarguzashtlar» «Yayra institutga kirmoqchi» nomli qissa va hikoya-iar to‘plami kitobxonlarga taqdim etildi.

«Uch ildiz», «Olmos kamar» romanlarida adib ijodiy mahorati   charxlanganligini   ko‘rsatib,   o‘zbek   nasrini boyitdi.

Oldin «Yulduzli tunlar»   (Bobur), keyin «Avlodlar dovoni» romanlarn bilan Pirimqul Qodirov o‘zbek tarixiy  romanini  ustoz Oybekdan  keyin  yangi  pog‘onaga ko‘tardi.

G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida adibning uch jildlik tanlangan asarlari (I tom, 1977, "œOlmos kamar" romani; II tom, 1978, «Qora ko‘zlar» romani,  «Erk» qissasi; III tom, 1979, «Uch ildiz» romani) nashr qilindi.  Mazkur nashriyot  adibning uch jildlik "œSaylanma"sini ham bosdi: birinchi jild — «Uch ildiz» romani, «Qadrim» qissasi; ikkinchi jild — «Qora ko‘zlar» romani, «Meros» qissasi»; uchinchi jild— «Olmos kamar», «Yulduzli tunlar»dan iborat.

Pirimqul Qodirov adabiy ijodning badiiy-ommabop uslubida   ham   qalam  tebratmoqda.   Uning  ilk    ocherki "œOilamiz"  1953 yili chop etildi,  «Xalq tili va realistik proza», «Til va dil» nomli ilmiy-ommabop ishiari adib-olim izlanishlari mahsulidir.

Adib   ssenariysi   asosida  zangori   olov   zahmatkashlari haqida «Sening izlaring» badiiy filmi qo‘yildi. «Vijdon» —   viloyat  sahnalarida  ketmoqda.  Uning asarlari mustaqil respublikalar, jahon xalqlari tillariga o‘girildi.

Adib tarjimon sifatida L. Tolstoyning «Kazaklar»ini, K. Fedinning «Dastlabki quvonchlar»ini, P. Tolisaning «Iz»ini, X.  Deryayevning «Taqdir»ini ona tilimizga o‘girdi.

«Yulduzli tunlar» romani uchun Pirimqul Qodirov 1982 yili Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. U O’zbekiston xalq deputati, Respublika rayosatining millatlararo munosabatlar, til va baynalmilal tarbiya masalalari komissiyasi raisi, Xalq yozuvchisidir.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 05:23:56
TURG’UN PO’LAT
(1928-1974)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/turgun_pulat.jpg)

Yozuvchi Turg‘un Po‘lat 1928 yilda Namanganda tavallud topgan. U ko‘p vaqt jamoa, davlat xo‘jaliklarida hisobchi, xo‘jalik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan. 

Yozuvchi sifatida 50-yillarning boshlarida matbuotda ko‘rina boshlagan. Dastlab shoir   sifatida «Bizning bobo» (1951); «Buyuk savdo» (1952), «Mangu qo‘ldoshimsan»   (1956), «Festival qo‘shig‘i» (1959) kabi she’riy asarlari bilan tanildi. Ayni chog‘da   «Ayollar isyoni» (1967), «Jig‘ildon qori» (1970), «To‘ra hujjat» (1970) kabi hajviy hikoyalari yaratildi. So‘pgra uning «Mirrixdan kelgan mehmon» (1973) hajviy   hikoyalar to‘plami, «Vodiylarni yayov kezganda» (1971) ocherklari, «Ichkuyov»   (Qissa va hajviyalar» — 1979—1986 nashrlari) chop etildi. Shuningdek, Turg‘un Po‘lat publitsist va ocherknavis sifatida ham o‘nlab asarlar yaratdi.

Uning «Tabarruk zaminda»   (1970),  «Xotinboz»    (1972),   «Yalovbardor»    (1986) kabi asarlari shu jihatdan muhim edi. Xullas, yozuvchi o‘zinnpg she’r va ocherklarida bo‘ladimi, hikoya va qissalarida   bo‘ladimi,   hayotdagi,   odamlardagi   nuqsonlar ustidan kulib, uni bartaraf etish yo‘lini izlaydi. Ayniqsa, uning «Ichkuyov» (1975) qissasi adibga shu jihatdan sharaf keltirdi: shu nomdagi televizion badiiy filmi uchun unga 1979 yili vafotidan so‘ng Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 05:26:14
AZIZ ABDURAZZOQ
(1928)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/aziz_abdurazzoq.jpg)

Aziz Abdurazzoq 1928 yili Toshkentda tavallud topgan. O’rta maktabdan so‘ng madaniy-oqartuv bilim yurtida tahsil oladi. So‘ngra Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida o‘qiydi.

U ko‘p kasbdoshlari kabi jurnalist sifatida «Yosh leninchi» ro‘znomasi, «Sharq yulduzi», «Guliston» kabi  oynomalarda   faoliyat ko‘rsatadi.  Ayni chog‘da  ko‘p yillar O’zbekiston  Yozuvchilari uyushmasida ishlaydi.

Shoirning ijodi 50-yillardan boshlangan bo‘lib, birinchi she’riy to‘ilami 1959 yili «Do‘stlarimga» nomi bilan chop etiladi. Shundan so‘ng «Yapa bahor» (1961), «Mavj» (1965), «Bodom gulladi» (1965), «Lirika» (1970), «Aziz odamlar» (1975), «Sho‘x yomg‘ir» (1977), «Qalb nuri» (1978) kabi to‘plamlari nashr etildi. «Qalb nuri» to‘plamiga kirgan ko‘pchilik she’rlar shoirning ellik yilligi yakuni sifatida saylanma tarzida e’lon qilingan. U o‘zining «O’roq va xanjar» she’rida yozadi: «Yonmoqdamen, yonmoqdamep, bu ayon dir, do‘stim bo‘lsang halal berma, sen ham yondir», — deya yaratishga, bunyodkorlikka chorlaydi. Ha, O’zbekiston xalq shoiri Turob To‘la aytganidek, uning har bir she’ridan, ya’ni «Aziz she’rlaridan non hidi keladi, o‘zl kezib o‘tgan bog‘lar, dala-dashtlar hidi keladi».

Ayni chog‘da uning bolalar uchun yozilgan «Oh, qanday shirin» (1977), «Qiz va lola» (1979), «Tap-tap elak» (1981) kabi o‘nlab asarlari chop bo‘ldi. Ularda beg‘ubor yoshlik tuyg‘ulari, sho‘x, kulgili, ba’zan hajviy, kinoya-li tarzda o‘z ifodasini topdi. Kattalar uchun yozilgan asarlarida o‘z xalqi milliy xususiyatini ifodalovchi hazil-mutoyiba ba’zan achchiq kinoya bilan almashib turadi. Kitobxonga katta zavq-shavq bag‘ishlashdan tashqari uni hushyorlikka, shuurga, shijoatga yetaklaydi. So‘nggi yillarda uning «Yostiqdan chiqqan ertaklar» (1988), «Bog‘da bitgan ertaklar» (1989), «To‘rt og‘ayni botirlar» to‘plamlari (1989) nashr bo‘ldi.

U tarjimon sifatida M. Lermontov, T. Shevchenko hamda amerikalik mashhur shoir G. Longfello asarlarini o‘zbekchalashtirgan. Uning asarlari o‘nlab o‘zga tillarga ham o‘girilgan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 05:27:36
JONRID ABDULLAXONOV
(1929)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/jonrid_abdullaxonov.jpg)

Adabiyotimizga 50-yillarda bir guruh iste’dodli yosh ijodkorlar kirib keldi. Ular orasida bo‘lg‘usi adib Jonrid Abdullaxonov ham bor  edi.  U 1929 yilda Namanganda oddiy mehnatkash oilasida dunyoga keldi.  Beshafqat urush uning murg‘ak taqdiriga ham o‘z changalini soldi. Avvaliga onasi Shahribonu hamshira sifatida frontga ketib, yil o‘tmay qoraxat   keldi.   Ko‘p o‘tmay  otasi    Muhiddin  Abdullaxonov jangga ketib qaytmadi.

Bor-yo‘g‘i 14 yoshga kirgan Jonrid taqdir so‘qmoqlaridai cho‘chimay Namangandan Toshkentga piyoda yo‘l oldi. Safar taassurotlari, odamlar bilan uchrashuv oz bo‘lsa ham uning dardiga malham bo‘ldi. Eng muhimi yo‘l-yo‘lakay M. Gorkiyning «Odamlar orasida» asarini dilida instsenirovka qilib, «Aleksey Peshkov» nomi bilan radioga keladi. Jonrid ijodi xuddi shu asar bilan boshlandi. Bosh rolni ham Jonrid — adib, Jonrid — aktyor bo‘lib ijro etdi. Ayni chog‘da o‘qish, bilimini oshirish yo‘lidan bordi. Avval Toshkent Davlat dorilfununiiipg jurnalistika fakultetini, so‘ng Moskvada Oliy adabiyot kursini tugatdi. Bir tomondan Oydin, Said Ahmad, Hamid G’ulom, Hakim Nazir, Turob To‘la, qolaversa, Konstantin Paustovskiy, Stepan Zlobin kabi adiblar unga ustozlik qildilar. Radio, televidenieda ham O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasidagi ijodiy mehnati   uning  ijodkor   bo‘lib  shakllanuvida  mahorat maktabi rolini bajardi.

Asta-sekin uning she’riy asarlari, hikoyalari matbuotda ko‘rina boshladi. Ko‘p o‘tmay uning «Maktabdoshlarim»  (1952) nomli birinchi she’riy to‘plami, «Hikoyalar»   (1956), «To‘yga kelinglar»   (1960), «Chudesniye minuti» (1960), «Tong yorishgan sohilda»  (1962) kabi hikoyalar to‘plamlari nashr etiladi. Ularning deyarli hammasida   yoshlarning,   tengdoshlarning   hayoti,   intilishi, muhabbati va tashvishlari o‘z ifodasini topadi. Uning «Gulchehra»   (1962)  qissasi yo‘l haqida, qurilish, bunyodkorlik haqida edi. Adibning birinchi yirik epik asari — «Yo‘l»   (1964)   romani ham xuddi shu yo‘l haqida hikoya qilardi.  Shundan  so‘ng muallifning  ketma-ket «Borsa kelmas»   (1—11  kitob,   1978—1980),   «Xonadon», «Suiqasd» (1991) kabi romanlari chop etildi.

«To‘fon» ishchilar sinfi hayotidan hikoya qilsa, «Borsa kelmas» romanida Orol muammosi, ona tabiat muhofazasi masalalari o‘z ifodasiii topgan edi. So‘pggi «Suiqasd» romanida mehnatkash haqiga xiyonat qilgan. jamiyatni ma’naviy-iqtisodiy inqirozga olib kelgan yulg‘ich, poraxo‘r va ko‘zbo‘yamachilarning aft-basharasi fosh etiladi.

Yozuvchi Jonrid Abdullaxonov hamon mas’ul va qutlug‘ yo‘lda, ijodiy izlanishda.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 05:29:07
NOSIR FOZILOV
(1929)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/nosir_fozilov.jpg)

Yozuvchi Nosir Fozilov 1929 yili Qozog‘istonning Chimkent viloyatiga qarashli  Turkiston tumanining Qorachiq qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keldi. U Turkistonda o‘rta maktabni tugatgach, 1949—1954 yillar davomida O’rta Osiyo dorilfununining filologiya fakultetida ta’lim oldi.

Dorilfununni tugatgandan so‘ng, 1955 yildan boshlab «Gulxan» oynomasida adabiy xodim, mas’ul kotib, «Yosh gvardiya» nashriyotida bo‘lim mudiri (1960—1963), 1963 yildan esa «Sharq yulduzi» oypomasida adabiy xodim, so‘ngra proza bo‘limiiing mudiri, mas’ul kotib (1970—1972) sifatida faollik ko‘rsatdi. Yozuvchi va noshir Nosir Fozilov 1972—1980 va 1984— 1986 ypllar davomida G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida katta muharrir va proza bo‘limining mudiri sifatida ishlab keldi. 1986 yildan buyon «Sharq yulduzi» oynomasining mas’ul kotibidir.

1985 yilda uning «Shum bolaning nabiralari» kitobi uchun G’afur G’ulom nomidagi mukofot berildi. 1986 yilda esa qozoq yozuvchilarishgag asarlarini o‘zbek tiliga tarjimasi borasidagi faolligi uchun Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi Beyimbet Maylin nomidagi mukofotga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, unga 1990 yilda O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi unvoni hamda 1991 yilda «Ustozlar davrasida» asari uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan.

Adibning «Oqsoy», «Saraton» qissalari 70-yillar o‘zbek adabiyoti, xususan,  bolalar  nasrida katta voqea bo‘ldi.

Adibning birinchi hikoyasi 1953 yili «Lenin uchquni»da bosilgan. Shundan so‘ng uning «Irmoq», «Qoraxat», «Ko‘klam qissalari», «Saraton», «Shum bolaning nabiralari», «Ustozlar davrasida», «Bolaligim - podsholigim» kabi qator kitoblari o‘quvchilarga taqdim etildi. Adibning yana bir qator asarlari qozoq, turkman, rus va boshqa tillarga o‘girilgan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 05:30:06
JUMANIYOZ JABBOROV
(1930)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/jumaniyoz_jabborov.jpg)

Ham jurnalist, ham shoir, ham dramaturg, ham nosir Jumaniyoz Jabborov Qashqadaryo viloyati, Koson nohiyasidagi Po‘loti qishlog‘ida 1930 yili dunyoga kelgan. O’rta maktabni tugatib, Toshkent Davlat dorilfununida tahsil ko‘rgan. 1952—1953 yillarda Moskvadagi Adabiyot oliy kursida o‘qigan. Shundan so‘ng «Sharq yulduzi» oynomasida (1953— 1962) avval bo‘lim boshlig’i, so‘ng mas’ul kotiblik qilgan, 1962—1964 yillarda «Gulxan» oynomasiga muharrir bo‘lgan. 1964—1976 yillarda «Sovet O’zbekistoni» («O’zbekiston ovozi») ro‘znomasida bo‘lim boshlig’i,  bosh muharrir o‘rinbosari vazifalarida ishlaydi. 1976—1981 yillar mobaynida Respublika partiya Markaziy qo‘mitasida sho‘ba mudiri, 1981—1985 yillarda G’afur G’ulom nashriyotida direktor, 1985—1990 yillarda esa O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi qoshidagi tarjima ishlari bo‘limi maslahatchisi, 1990 yildan to hozirgi kungacha O’zbekiston Davlat mukofotlar qo‘mitasi bo‘yicha mas’ul kotib bo‘lib ishlab kelmoqda.

Jumaniyoz   Jabborovning   adabiy  faoliyati   50-yillardan boshlangan. Hozirgacha yigirmadan ortiq she’riy, nasriy to‘plamlar, o‘nlab dostonlar va dramalar yaratgan. Ashsh chog‘da bolalar shoiri sifatida «Tog’dagi uchrashuv» (1986),  «Guljahon va Hasanjon»   (1968) to‘plamlarini yaratgan. Uning birinchi she’riy to‘plami esa 1953 yilda «Vatanimni uylayman» nomi bilan chop etilgan. Shundan so‘ng  «Bahor    nafasi»     (1956),  «Maqsad    yo‘lida» (1958),  «Tog’lar sadosi»  (1961),    «Ona yer qo‘shig‘i» (1962), «Subhidam xayollari» (1964), «She’rlar» (1966), «Sahro  sanami»   (1967),  «Lirika»   (1970),   «Ilhom daqiqalari»   (1971),   «E’tiqod»   (1978),   ikki    jildlik «Saylanma»   (1980—1981),   «Xayolimda   o‘zing»     (1985), «Ko‘pglim go‘zali»   (1991)  kabi she’r va dostonlar to‘plamlari,  «Dostonlar»   (1974), «Quyosh yurti»   (1983)  kabi yirik poemalar majmuasi, «20 kun daftari» (1967), «Sohillar  hikoyasi»   (1978)   kabi  nasriy   asarlar   yig‘indisi   nashr   bo‘lgan.   Shuningdek,   «Gulshan»  (1957), «Tog‘lar sadosi» (1959), «Ona yer qo‘shig‘i»  (1961), «Sahro sanami»   (1966), «Yo‘ldagi o‘ylar»   (1968), «Dishloq-dagi haykal»  (1970), «Muhabbat naqqoshi»  (1980) kabi dostonlar    yaratilgan. 

U mohir shoir,  hikoyanavis, ocherknavisgina  emas,  taniqli dramaturg  sifatida ham barakali ijod qilib keladi. Ayniqsa, u yaratgan «O’jarlar»  (1971), «Yillar o‘tib»  (1975), «To‘ydan oldin tomosha» (1979), «Mening oppoq kabutarim» kabi dramalari Toshkentda, qator viloyat teatrlarida, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston respublikalari sahnalarida qo‘yilib keladi.

Jumaniyoz Jabborov mohir va sermahsul tarjimon sifatida Lermontov, Bayron va Firdavsiylar asarlarini o‘z ona tilida so‘zlatgan.

Shoir, nosir, dramaturg va jurnalist Jumaniyoz Jabborov adabiyot va xalq oldidagi ana shu xizmatlari uchun qo‘sha-qo‘sha orden va medallar, faxriy yorliqdar bilan taqdirlangan. 1980 yilda esa unga O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi unvoni berilgan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 05:30:57
FARHOD MUSAJONOV
(1932)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/farhod_musajonov.jpg)

Farhod Musajonov  ko‘p qirrali  ijodkor.  U avvalo adib, nosir, dramaturg va kinossenarist hamdir. U  1932 yili Toshkentda tavallud topgan. 1956 yilga kelib, Toshkent Davlat dorilfununining sharq fakultetini   muvaffaqiyatli tugatadi. Respublika radiosi, televideniyesi hamda  «O’zbekiston  madaniyati»    ro‘znomasi, «G’uncha»   va    «Sharq   yulduzi» oynomalarida faoliyatda bo‘ladi. Hozirgi   kunda   esa «O’zbekfilm»   studiyasida ishlaydi.

Uning adabiy ijodining boshlanishi 50-yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Hozirgacha uning hikoya va qissalardan iborat 30 ga yaqin to‘plami nashr etilgan.  Shulardan  10 ga  yaqini  hikoyalar,  to‘rtta  qissasi mavjud. Bulardan tashqari, u dramaturg sifatida oltita p’esa, beshta kinossenariy muallifi hamdir. Yana qanchadan-qancha hajviy hikoya, intermediya, bolalar uchun rang-barang janrda asarlar ham yaratgan. Jumladan, «Oftobni quvalab», «Bo‘sh kelma, Aliqulov!», «Bir qultum buloq suvi» kabi kitoblarini eslash kifoya. Shuningdek, yaratilgan yuzdan ortiq hikoyalarining yarmidan ko‘pi hajviy asarlar sirasiga kiradi. Uning «Dushanba, nonushtadan so‘ng» (1974), «Bog‘ ko‘chamni qo‘msayman» (1977), «Qilich va shamshir», «Ko‘rgulik» kabi qissalari ham o‘z o‘quvchisiga ega.

U dramaturg sifatida «Oq kabutar», «Najot istab» (Hamza teatrida qo‘yilgan), «Olifta», «Xizmatingga hozirman», «Talvasa» (Muqimiy teatrida sahialashtirilgan) kabi dramalar ham yaratgan. Ayni chog‘da «Jazirama oftob ostidagi uy», «Birovning boshi», «Minoralar» ostidagi sirk» «Ko‘zlarim yo‘lingda», «Huvaydo» (Ikki seriyali) kabi ssenariylar muallifi hamdir. Shuningdek, adibning «Hamlet» (1984), «Bog‘ ko‘cha» (1987) kabi qissa va hikoyalardan iborat to‘plamlari «Tekin tomosha» (1989) kabi bolalar uchun hikoyalar majmuasi hamda «Glotok rodnikovoy vodi» (1987, rus tilida) singari kitoblari chop etildi. Iste’dodli va sermahsul hikoyanavis, qissanavis bo‘lishi bilan birga, hajviy janr ustasi, bolalar adibi, dramaturg, kinossenarist va kinopublitsist sifatida kitobxon va tomoshabinga yaqindir.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 05:31:51
OQILJON HUSANOV
(1932)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/oqiljon_husanov.jpg)

Yozuvchi Oqiljon Husanov 1932 yilnint aprelida Jizzax tumanining Ravotlik qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O’rta maktabni bitirgach (1940—1949)', Samarqand dorulfununida (1949—1954) ta’lim oladi. So‘ngra Samarqand viloyat gazetasi «Lenin yo‘lida» musahhihlikdan mas’ul kotib darajasigacha bo‘lgan lavozimga ko‘tariladi. 1960 yilda Toshkentga kelgach, «Mushtum» oynomasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 1967 yildan «Sharq yulduzi» oynomasiga o‘tadi va u yerda to 1979 yilgacha avval bo‘lim mudiri, so‘ng esa mas’ul kotib bo‘lib xizmat etadi. 1980 yildan to shu kungacha u «Guliston» oynomasida turli lavozimlardan bosh muharrir o‘rinbosari darajasigacha ishni davom ettirib keladi.

Oqiljon Husanov ijodi talabalik davrlaridayoq boshlangan bo‘lib, shu kungacha uning ko‘plab she’riy, nasriy asarlari, qissa va romanlari chop etildi. Ular orasida «Qo‘shiqchining taqdiri» (1963), «Samarqand bulbuli», «Mehri daryolar» (1971), «Bo‘lmagapga bo‘lishma» (1973), «Qashqar go‘zali» (1976), «Tog‘da o‘sgan bola» (1975), «Tog‘da o‘sgan bola yohud jiyapning yangi sarguzashtlari» (1980), «Sirli odam» (1980), «Bulbulning go‘shti» (1977), «Taqilmagan uzuk» (1983), «Baxt qaerda»   (1987),   «Qishloqqa   sayohat»   (1988),   «Ucholsa  ham ucholmagan turna» (1990), «Ustaning muhabbati» (1991) kabi kitoblari hamda «Go‘ro‘g‘li qissasi» kabi asarlari mavjud. Yozuvchi mazkur asarlarida pokiza va beg‘ubor yoshlik kechinmalaridan, ularning yechilgan yoxud yechilmay qolgan orzu-armonlaridan, muhabbat sarguzashtlaridan hikoya qiladi. Uning ko‘p asarlari rus va qardosh xalqlar tillarida ham chop etilgan.

Yozuvchi   1982  yilda  O’zbekistopda xizmat  ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 05:32:54
OLIMJON XOLDOR
(1932)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/olimjon_holdor.jpg)

Shoir va    adib    Olimjon Xoldorni   «Vodiy    kuychisi» deyishadi. U 1932 yil 18 sentabrda Andijon  viloyati Buloqboshi    tumanining    Kulla qishlog‘ida tug‘ilgan. Avval to‘liqsiz  o‘rta maktabda,  so‘ng Andijondagi pedbilim yurtlarida o‘qiydi. Nihoyat, Farg‘ona Davlat  pedagogika  institutida tahsil oladi.

Sobiq Ittifoq armiyasida xizmat qiladi. Avval maktabda o‘qituvchi, radio  muharriri,    «Kommunist» va «Yosh leninchi» ro‘znomalarida muxbir bo‘lib xizmat qiladi. 1968—1983 yillarda O’zbekiston Yozuvchilari Andijon bo‘limiga boshchilik qildi. Hozirgi kunda «Andijonnoma» ro‘znomasida bo‘lim boshlig‘idir.

O. Xoldor ijodi 60-yillardan boshlangan bo‘lib, birinchi she’rlar kitobi  «Arg‘uvon tagida»  nomi    bilan 1965 yilda ustoz Mirtemir tahriri ostida choi etildi. Hozirgacha o‘n beshga yaqin kitobi, publitsistik maqolalari nashr etilgan. Jumladan «Andijon suluvi» (1968), «Kaftimdagi tuproq» (1970), «Oshiqona» (1972), «Andijon bahori» (1976), «Subhidam qo‘shiqlari» (1977), «Kumush kosa» (1979), «To‘yona-to‘yona» (1982), «Yer farzandi» (1988), «Senga intilaman» (1986), «Davrani kengroq oling» (1990), «Ko‘ngil», «Ko‘z tegmasin» (1992) hamda rus tilida «Vosmoe nebo Andijana» (1976), «Bliki» (1979), «Vostochnsh tropi» (1980), «Prichastnost» (1980), «Pilayusheye derevo» (1991) singari to‘plamlari chop bo‘ldi. Shuningdek, uning «Men— Apdijonman», «Andijon samosi», «Kelajakdan bir sado», «Subhidam qo‘shiqlari», «Roz» kabi she’riy-epik asarlari ham paydo bo‘ldi.

U qo‘shiqchi shoir sifatida ham ma’lum bo‘lib, muallifning ellikdan ortiq g‘azallariga kuylar bastalangan.

Dramaturg sifatida esa uning «Qotil qim?», «Sevgi afsonasi» kabi dramalari yaratilgan. Shoirning yuqorida tilga olingan ko‘pchilik to‘plamlariga kirgan she’rlar bepoyon vodiy va uning zahmatkash kishilari haqidagi qasida desa bo‘ladi. Shuningdek, bir qator qo‘shiq va dostonlarida esa inson go‘zalligi, ma’naviy olami, o‘zaro mehr-muhabbati, sadoqati haqida bahs yuritadi, to‘yib-toshib kuylaydi. Uning bir qator asarlari qardosh xalqlar tillariga tarjima bo‘lgan. Ayni chog‘da shoir hind, chex, rus, arman, ukrain, qirg‘iz adiblari asarlarini ham o'z ona tiliga ag‘dargan. Shuningdek, uning «Ko‘ngil» nomli qissasi ham chop etilgan. U O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobidir.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 05:34:10
XUDOYBERDI TO’XTABOYEV
(1933)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/hudoyberdi_tuxtaboyev.jpg)

O’zbek bolalar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste’dodli vakillaridan biri Xudoyberdi To‘xtaboev Farg‘ona viloyatining O’zbekiston tumanida 1933 yili tug‘ildi. U o‘rta maktabni bitirgach, O’rta Osiyo dorilfununining filologiya fakultetida (1950—1955) ta’lim oldi. U ko‘p vaqt «Toshkent haqiqati», «Qizil O’zbekiston» ro‘znomalarida, «Guliston» oynomasida bo‘lim muharriri va boshlig‘i bo‘lib xizmat qildi. 1972—1977 yillarda «Yosh gvardiya» nashriyotida bosh muharrir, «Sharq yulduzi» oynomasida muharrir o‘rinbosari, hozir esa «Yosh kuch» oynomasining bosh muharriridir.

Xudoyberdi To‘xtaboyevning ijodi asosan 1958 yildan boshlandi. Uning «Shoshqaloq» nomli hikoyalar to‘plami 1962 yilda, «Yosh gvardiya» (1963) nomli hikoyalar to‘plami, «Sir ochildi» (1964) va «Sehrli qalpoqcha» (1965) nomli qissalari birin-ketin nashr qilinib, keng kitobxonlar ommasining mehr-muhabbatini qozondi.

U o‘zining yumoristik roman, qissalarida yoshlarning to‘g‘rilik, insonlarga bo‘lgan mehru muhabbat, sadoqat kabi olijanob xislatlartshi va firibgarlikka qarshi olib borgan kurashlarini qiziqarli va ta’sirtan sahifalarda aks ettiradi. Bu jihatdan Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sariq devni minib»  (1969) va «Sariq devning o‘limi» (1973), romanlari 70-yillar o‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyotiga qo‘shilgan salmoqli hissadir. Shuningdek, X. To‘xtaboev «Besh bolali yigitcha» (1975), «Qasoskorning oltin boshi», «Yillar va yo’llar» (1983), «Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida» (1987) asarlarining ham muallifidir. Adib mazkur asari uchun Hamza mukofotini olgan. O’zbekiston xalq yozuvchisidir (1991).

Xudoyberdi To‘xtaboyev bolalar adabiyotining chinakam jonkuyari sifatida «Kamalak» nashriyotida muharrir, bosh muharrir vazifalarida ishlagan. Bu ijodkor nomi  o‘zbek  jurnalistikasida  A. Qodiriy,  K. Aliev, V. Mahkamov, U.Yusupov singari feletonchilik borasia ham ma’lum va mashhur. Uning o‘tkir feletonlari 60—70-yillar publitsistikasining ajoyib namunalari sifatida jamiyatimizning salbiy illatlaridan qisman tozalanishida o‘z amaliy hissasini qo‘shgan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 05:35:39
HUSNIDDIN SHARIPOV
(1933)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/husniddin_sharipov.jpg)

Taniqli shoir Husniddin Sharipov 1933 yili Namanganda tug’ildi. U o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgach, Toshkent qishloq xo‘jaligi institutining o‘rmonchilik   fakultetida (1949—-1954) tahsil oldi. So‘ngra u  o‘rmon xo‘jaligi idorasida injener (1954—1956), «Namangan haqiqati» ro‘znomasida mas’ul kotib (1956—1960), «O’zbekiston madaniyati»da   adabiy  xodim,   (1960—1962) «Sharq yulduzi» oynomasi (1962—1969) muharririyatida bo‘lim mudiri lavozimlarida xizmat qildi.

Husniddin Sharipovning birinchi she’riy kitobi «Nihol» 1956 yili nashr etildi. Shoirning «Ko‘ngil buyurgani» (1961), «Quyoshga oshiqman» (1962), «Yerning qalbi» (1962), «Tuproqqa qasida» (1965), «Men sizga aytsam» (1968), «Chavandoz», (1974), «Xirmon» (1985), «Yana visol» (1987) she’riy kitoblari, «Bir savol» (1973) she’riy romani kitobxonlar mehrini qozondi.

Shoir keyingi yillarda «Sotvoldidan salom» «Tanovar», «Birinchi dovon», «Adolat zamini» kabi qator asarlarini o‘quvchilar hukmiga havola etdi.

Husniddin Sharipov «Seni sevaman» (1958), «Ota o‘g‘li» (1965), «Afsona» (1974) pesalarining ham muallifidir.

Shoir o‘z asarlarida davrining eng muhim masalalarini, xalqimizning fidokorona mehnatini, xalq va Vatan baxt-saodatini kuylab kelmoqda. Unga «O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoni berilgan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 05:37:24
O’LMAS  UMARBEKOV
(1934)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/ulmas_umarbekov.jpg)

Shunday iste’dod egalari borki, tengdoshlari va zamondoshlarining hurmat-e’tiborini qozonish baxtiga muyassar bo‘ladilar. Buning ustiga o‘z zamondosh ustozlari e’zozidan , bahra     topadilar.     Ijoddagi bunday holat faqat o‘sha iste’dodning   baxtigina  bo‘lib qolmay, balki u mansub bo‘lgan adabiyotning ham omadi, ravnaqidan bir dalolatdir. Bizning adabiyotimiz baxtiga bunday chinakam iste’dod sohiblari anchagina.

O’lmas Umarbekov ham ana shunday iste’dodlar orasidan o‘ziga munosib o‘rin egallab kelayotgan sermahsul, hozirjavob adiblar sirasiga kiradi. Uning tarjimai holi ham o‘z tengdoshlariniki kabi oddiy. U 1934 yili Toshkentda tug‘ilgan. O’rta maktabni muvaffaqiyatli tugatgach, Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakultetiga kirib, 1956 yilda uni a’lo baholarga bitirdi. «Men ham yoshligimda ko‘p narsaga qiziqqanman, — deb hikoya qiladi yozuvchi.—Keyinchalik, uchuvchilikni orzu qilgan edim, bog‘bon ham bo‘lmoqchi bo‘lganman. Ammo adabiyot hamma orzularimdan kuchlilik qildi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, o‘rta maktabni tugatganimda hech ikkilanmasdan Toshkent dorilfununining filologiya fakultetiga kirdim. Nazarimda, adashmagan ekanman. Endi bo‘lsa, adabiyotsiz,  badiiy ijodsiz  hayotimni tasavvur qilolmayman».

Mana, shunga ham qariyb o‘ttiz besh yil bo‘ldiki, u tinimsiz izlanish, ijod bilan band. Shu kungacha uning o‘nlab hikoyalari, qissalari, «Odam bo‘lish qiiyin» romani, «Qiyomat qarz», «Shoshma quyosh», «Oqar   suv», «Sud», «Komissiya», «Kuzning birinchi kuni», «Arizasiga ko‘ra», «Kurort»,  «Yer yonganda»  kabi o‘nlab dramatik asarlari yaratildi.   Shuningdek,   «Ikki   soldat     haqida   qissa», «Radi drugix»,  «Vstrecha u visokix snegov» kabi kinofilmlar uchun ssenariylar yozdi. «Odam bo‘lish qiyin» romani  (1971)  respublika komsomol mukofotiga, «Ikki soldat haqida qissa» (1977) Hamza nomidagi Respublika Davlat  sovriniga,   «Damir  Usmonovning  ikki  bahori» qissasi esa  (1984)  N. Ostrovskiy nomidagi Butunittifoq adabiy mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning tug’ilganiga 50 yil to‘lishi munosabati bilan O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi faxriy unvoni berildi. Va nihoyat,     1992     yilda     «O’zbekiston     xalq      yozuvchisi" degan yuksak sharafga ega bo‘ldi. 

Oddiy jurialistlikdan ish boshlagan O’lmas Umarbekov bu yillar davomida respublika  radiosida   muharrir,   bosh  muharrir  bo‘lib ishladi. 1971-1974 yillarda esa Uzkompartiya Markazqo‘mida avval madaniyat bo‘limida instruktor, so‘ng radio, televidenie   sektorining  mudiri  bo‘lib  xizmat  qildi. Qariyb o‘n yilga yaqin «O’zbekfilm»ga boshchilik qildi. 1982  yilga  kelib, O’zbekiston    madaniyat  vazirining o‘rinbosari, keyinroq   vazir   bo‘lib   faoliyat   ko‘rsatdi. Ko‘p o‘tmay u O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiga   rais (1985) etib saylandi. Ayni chog‘da Osiyo va Afrika yozuvchilarining birdamlik qo‘mitasining raisi, O’zbekiston respublikasi Oliy Kengashi noibi etib saylandi. Nihoyat, 1989—1991 yillarda u Respublika Vazirlar mahkamasi raisining  o‘rinbosari  bo‘lib  ishladi. 

U qaysi jabhada, nima ishda ishlamasin, ijodning qaysi turida, qaysi mavzuida  asar yaratmasin, hamisha o‘z eli, yurti g‘ami bilan yashadi. Ular yelkasidagi turmush yukini yengillashtirishga intildi. Ayniqsa, badiiy asarlarida xoh u hikoya, xoh qissa yoki roman bo‘ladimi, xoh sahna asari bo‘ladimi,   hamma-hammasida     insonlardagi    ma’naviy-axloqiy  fazilatlarni  ardoqlashga,  ulug‘lashga intilib keldi, xalq yozuvchisi darajasiga ko‘tarildi. Bu har bir ijodkor uchun katta baxt, hayot va ijod oldidagi maqsada hamdir. O’lmas Umarbekov ham shunday baxt qushi qo‘nganlardan biridir.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 05:39:04
NORMUROD NARZULLAYEV
(1934)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/normurod_narzullayev.jpg)

Normurod Narzullayev o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga o‘zining ko‘p qirrali ijodi bilan barakali hissa  qo‘shib kelayotgan shoirlardan biridir.

U 1934 yilning 7 iyulida Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi Xo‘jahayron qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keldi. U yetti yillik ma’lumotni o‘z qishlogidagi maktabda oldi.   1948 yilda   Oxunboboev nomli Qarshi pedagogika bilim  yurtiga   kirib  o‘qidi. 1956 yilda Samarqand Davlat pedagogika institutining Til va adabiyot fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirdi.

Mehnat faoliyatini 1956 yildan boshladi: «Lenin yo‘li» (Samarqand), «Qashqadaryo haqiqati» (Qarshi) ro‘znomalarida musahhih, adabiy xodim, bo‘lim mudiri va mas’ul kotib vazifalarida ishladi. 1968—1969 yillarda Alisher Navoiy nomli Samarqand Davlat dorilfununining o‘zbek adabiyoti kafedrasi aspiranturasida o‘qidi.

Normurod Narzullayev 1969 yilda O’zbekiston KP Samarqand shahar komiteti propaganda va agitatsiya bo‘limining mudiri bo‘lib ishladi. 1970 yil yanvaridan 1974 yil iyuligacha O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti madaniyat bo‘limining instruktori, sektor mudiri lavozimlarida xizmat qildi. 1974 yilda O’zbekiston SSR Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari va Rayosat a’zosi etib saylandi. 1976 yildan 1981 yilgacha O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib va kotibiyatning a’zosi vazifalarida ishladi.

Shoir 1981 yil dekabrida O’zbekiston LKSM Markaziy Komiteti «Yosh gvardiya» nashriyoti bosh redaktori etib tasdiqlandi. 1991 yildan e’tiboran O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi «Kamalak» nashriyotmatbaa birlashmasining bosh muharriri vazifasini bajarmoqda.

Shoir ijodiy faoliyatini 1954 yildan boshlaydi, vaqtli matbuot sahifalarida uning ilk she’rlari bosiladi. G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida shoirning ilk she’riy to‘plami — «Suyunchi» (1965) bosilib chiqadi. Bugunga qadar shoirning o‘ttizga yaqin kitoblari bosilgan. «Sizni Vatan erkalar» (1966), «Mehr chashmasi» (1970), «Zarafshon zarlari» (1970), «Ufqlarda ko‘zlarim» (1973), «Yog‘du» (1974), «Nigohlar» (1976), «Lahza va larza» (1978), «Sevgi sehri» (1981), «Oq samanim» (1982), «Tong elchisi», (1984), «Shamolni ushlagan bola» (1985), «Yaxshilik deb yashayman» (1987), «Aniq zaqt» (1989) kabi to‘plamlarning muallifidir. Shoirning rus tilida «Visokoe solnse» (1974), «Dobriy svet» 1977), «Poyot dutar» (1977), «Mgnovenie» (1982), «Dixaniye trav» (1983), «Malchik poymavshiy veter» (1990) kitoblari chop etilgan. Bundan tashqari, shoirning «Muhabbatdan tug’ilgay» kitobi ozarbayjon, «Qo‘shchinor» to‘plami tojik tilida nashr etilgan.

Normurod Narzullayev asarlari chet ellik she’riyat muxlislariga ham yaxshi tanish: uning she’rlari ingliz, vetnam, chex, nemis, polyak, turk, hiyad, ispan, frantsuz kabi tillarga tarjima qilingan.

Normurod Narzullayev adabiyotga oid bir qator ilmiy, adabiytanqidiy maqolalar muallifidir. «Xalq bulbuli», «Do‘stlik mushoirasi» hujjatli filmlari ssenariysi,   «Vijdon isyoni»  dramasi  ham     uning qalamiga mansub.

Normurod Narzullayev «Narziy» taxallusi bilan qo‘shiqnavis shoir sifatida mashhur. Uning she’rlari asosida yaratilgan ko‘plab qo‘shiqlar Butunittifoq va respublika konkurslarida maxsus sovrin va diplomlar bilan taqdirlangan. Ayni paytda shoirning 200 dan ortiq qo‘shiqlari muvaffaqiyat bilan ijro etilmoqda.

Normurod Narzullayev badiiy tarjima sohasida ham samarali ijod etmoqda. Ayniqsa, Osiyo va Afrika mamlakatlari shoirlarining ijodidan qilgan tarjimalari o‘zbek kitobxonlariga manzur bo‘ldi.

Ijodkor 1974 yilda «Mehr chashmasi», «Zarafshon zarlari», «Ufqlarda ko‘zlarim» she’riy to‘plamlari uchun O’zbekiston Lenin komsomoli mukofoti laureati unvoniga sazovor bo‘lgan.

1984 yilda O’zbekiston respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi  faxriy  unvoni  berildi.

Normurod Narzullayev o‘z ovozi va ijod dastxatiga zga serqirra ijodkor bo‘lib, uning asarlarida yuksak grajdanlik, samimiyat, burchga sadoqat, Vatanga muhabbat, jonajon o‘lka tabiatiga, o‘z ona eliga maftunkorlik tuyg’ulari yetakchi o‘rinni egallaydi. Chindan ham u o‘zi aytganidek:

Qanot bo‘lib keldim dunyoga,
Qo‘shiq bo‘lib qolayin, deyman!
,— deganda haq.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 05:40:16
UCHQUN NAZAROV
(1934)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/uchqun_nazarov.jpg)

Uchqun Nazarov ko‘p qirrali ijod sohibi. U ham adib nosir, kinodramaturg, kinorejissor   1934  yili  Toshkent shahrida tavallud topgan. O’rta maktabni tugatgach, Toshkent teatr va rassomchilik oliy bilimgohishgag  rejissyorlik  bo‘limida   tahsil   olgan.   

Avval Qo‘qon  shahridagi  Hamza  drama teatrining bosh reyissyori, hozirgi   kungacha esa «O’zbek film» kinostudiyasining yetakchi mutaxassislaridan bo‘lib faoliyat  ko‘rsatib      keladi.

Uning adib sifatidagi ijodining boshlanpshi 60-yillarga to‘gri keladi. U o‘zining dastlabki «Odamlar» (1961) hikoyasi bilan keng kitobxonlarga, ustozlarga tanilgan. Ulkan adib Abdulla Qahhor o‘sha yillarda yozuvchi O’lmas Umarbekovning «Boboyong‘oq» hikoyasi bilan Uchqun Nazarovning mazkur «Odamlar» hikoyasini yoshlarning eng yaxshi asarlari qatoriga qo‘shgan edi. Shundan buyon adibning «G’urur» (1965, hikoyalar), "œJur’at"  (1977, qissa va hikoyalar), «Sadoqat»  (1965), "œListopad»   (1976,)   Moskvada rus    tilida    nashr etildi. Shuningdek, adibning  «Vernost»   (M.,    1987, rus tilida)   hikoya va   qissalaridan iborat    nasriy asarlari    to‘plami  chop    etildi.   Uchqun    Nazarov  o‘zining "œIqror», «Odamlar», «G’urur» kabi hikoyalari bilan keng kitobxonlar orasida munosib obro‘ topdi. Nasr sohasidagi uning so‘nggi va eng yirik asari «Chayon yili» romani ham o‘quvchiga manzur bo‘ldi.

Ma’lumki, Uchqun Nazarov bir qancha sahna asarlari ham yaratgan bo‘lib, ular orasida «Oina» (1987) dramasi shuhrat topdi va Hamza nomli drama teatrida sahnalashtirildi.

U kinorejissyor, kinostsenarist sifatida ham barakali ijod qilib kelmoqda. Ayniqsa, uning — «Surayyo», «Siz va yigit», «Shiddat», «Alangali sohil» va uch bo‘limdan iborat «Qo‘qon voqeasi» kabi badiiy filmlari elga, tomoshabinga manzur bo‘lgan. Ana shu so‘nggi filmi uchun unga  1977  yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan. U «O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist" hamdir. Eng muhimi, ijodkor qaysi janrda, qanday mavzuda asar  yozmasin, hamisha insoniylikni ulug‘lashga, ular o‘rtasidagi mehr-oqibat va sadoqatni ehtiyot qilishga, o‘zaro birbiriga muruvvatli, shafqatli bo‘lshnga chorlab keldi. Xuddi shu hol u yaratgan qahramonlarning   ma’naviy-axloqiy   butunligini   ta’minladi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 05:55:33
YO’LDOSH SULAYMON
(1935)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/yuldosh_sulaymon.jpg)

Samimiy va beg‘ubor tuyg‘ular bilan adabiyotimiz xazinasini boyitayotgan adiblardan biri Yo‘ldosh Sulaymondir. U 1935 yilda Qo‘qonning Oydinbuloq qishlog‘ida tavallud topgan.   O’rta maktabni bitirgach, yoshlar  yetakchisi,   muallim bo‘lib   ishlagan.   1960   yillarga kelib Farg‘ona Davlat pedagogika institutini   tugatgan. Shundan so‘ng uch sohada — maktabda,    madaniyat   o‘choqlarida, ro‘znomalarda    turli  lavozimlarda   faoliyat    ko‘rsatgan.   

U O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi Farg‘ona bo‘limini ham boshqargan. Hozirgi kunda esa «Adolat» ro‘znomasida mas’ul vazifani ban«aradi. Uning ijodi 50-yillardan boshlangan bo‘lib, shu kungacha o‘n beshdan ortiq she’riy, nasriy to‘plamlari hamda «Subhidam» (1973), «Vafo» (1979) kabi romanlari chop etilgan.

Yo‘ldosh Sulaymon avvalo bolalar shoiri sifatida adabiyotimiz qutlug‘ dargohiga kirib kelgan. Uiing «Biz sayohatchilarmiz», «Hamma havas qiladi», «Rahima-chi, vahimachi» kabi she’riy majmualari, beg‘ubor bolalik, beg‘araz do‘stlik, samimiylik, tabiatga mehr-muhabbat tuyg’ulari bilan to‘lib toshgandir.

Yo‘ldosh Sulaymon publitsist, ocherknavis va hikoyanavis sifatida ham barakali ijod qilib keladi. Uning «Katta yo‘lga chiqquncha», «Da’vatingni eshityapman, hayot»   (1967—1971)   kabi    ocherklari va  «Boqiy    umr» kabi hujjatli qissalari o‘zining badiiy puxtaligi, hayotiyligi, ehtirosli his-tuyg‘ularga boyligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, adibning «Sen mening quyoshimsan» nomli ocherklar to‘plamiga kirgan asarlari o‘zining tarixiyligi, realligi bilan e’tiborlidir. Unda asrlar mobaynida suv, erk, yer, Vatan uchun olib borilgan jangu jadallar qatnashchisi bo‘lgan ona xalq haqidagi samimiy tuyg‘ular kitobxon qalbiga chiroq tutadi.

Yo‘ldosh Sulaymon qaysi janrda, qanday mavzuda va kim uchun yozmasin, uning ijod tajribalari adibning «Subhidam» va «Vafo» romanlarining yaratilishida bir mahorat maktabi bo‘lib xizmat etdi, desak xato bo‘lmas. Shu jihatdan uning har ikki romani adabiyotimiz taraqqiyotida ham, yozuvchi ijodida ham sezilarli iz qoldirdi. Har ikki asarda ham yurtimizning, xalqimizning Oktyabr to‘ntarishi davri hayoti, kurashi, qurbonlari, orzu-umidlari, intilishlari keng jabhada ifodasini topdi. Xususan, «Subhidam» romaiidagi voqealar ancha tirband, murakkab, syujet chizig‘i ham shunga yarasha jiddiy. Unda 20-yillar o‘lkamizdagi siyosiy-ijtimoiy hayot fonida ikki sevishganlarning judolik azobida, ayriliqda ezilishi, ruhiy dramalari umumlashtirilgan. Undagi bosh qahramon Qo‘ldoshali mana shu ijtimoiy kurash yillarida o‘z sevgilisi Saodatni yo‘qotib qo‘yadi. Qo‘ldoshali dushmanlari esa Saodatni o‘z boy otasi bilan xorijga o‘tib ketgan deb aldashadi. Qo‘ldoshali ham sevikli yori dardi bilan Afg‘onistonga o‘tadi. Yozuvchi Qo‘ldoshalining musofirchilikda tortgan azob va iztiroblarini, yor dardida kuyganligini ishonchli tasvirlaydi. Qo‘ldoshali musofirchilikda bo‘lsa ham o‘z eli, yurti, ona Vatani, yoriga bo‘lgan muhabbati va sadoqatiga sodiq qolishi vafo jilovini tuta olganligini ko‘rsatadi.

Hamisha xushchaqchaq, chehrasidan tabassum arimaydigan beg‘ubor va samimiy qalbli adib hozirgi kunda yangi ijodiy ejalar bilan band.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 05:57:06
ERKIN SAMANDAR
(1935)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/erkin_samandar.jpg)

Sho‘ro davri o‘zbek adabiyotining kamol topishida iste’dodli yoshlarning o‘rni va roli benihoyadir. Ular orasida jurnalist va publitsist, shoir, va dramaturg, nosir Erkin Samandarning ham o‘z ovozi, o‘ziga xos sozi bor. Erkin Samandar 1935 yili Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi Navxos qishloshda oddiy oilada dunyoga kelgan.

U o‘z tengdoshlari kabi o‘rta maktabni tugatgach, Xorazm Davlat pedagogika oliy bilimgohiga o‘qishga kirib, uni 1957 yilda tugatadi. So‘ngra O’zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi A. S. Pushkin nomli (hozirgi Alisher Navoiy nomli Adabiyot ilmgohi) Til va adabiyot instituti aspiranturasida o‘qishni davom ettiradi. So‘ng Xorazm viloyatining nohiya ro‘znomalarida, «Xorazm haqiqati» ro‘znomasida hamda viloyat partiya va madaniy qurilish ignlarida mas’ul vazifalarni bajaradi. «Xorazm haqiqati» (1977) ro‘znomasida bosh muharrir bo‘lib ishladi. Shuningdek, «Yoshlik» hamda O’zbekiston radiotelevideniesi adabiy-dramatik ko‘rsatuvlari bo‘lim boshligi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Respublika Vazirlar mahkamasi raisnning o‘rinbosari ham bo‘ldi.

Erkin Samandar ijodkor, adib sifatida 50-yillar o‘rtalari adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga kirib kelgan. Uning birinchi she’riy to‘plami «Amu jilolari» nomi bilan 1966 yilda chop etiladi. So‘ngra «Osmon to‘la nur» «Dunyoning yoshligi» (1970), «Vafo degan gavhar» (1975), «Sevgi fasllari» (1973), «Shedrost rassveta» (1973), «Mening yigit vaqtim» (1979), «Qabul soatlari» (1980), «Sohildagi bolalar» (1982), «Saylanma», «Yurakka yo‘l» kabi o‘ndan ortiq she’riy majmualari chop etildi. Mazkur to‘plamlarga kirgan deyarli barcha asarlarda yaxshi odamlar, go‘zal tabiat, insoniy muhabbat, sevgi va vafo, mehnat va hayot tashvishlari, armonlaru gumonlar, qisqasi chuqur ma’naviyat ildizlarini ochishga intilish seziladi. Ayniqsa, u yaratgan yuzdan ortiq qo‘shiqlar faqat magnit lentalari yoki plastinkalardagina emas, tinglovchilar qalbida ham muhrlanib qolgan. Uning «Fransiya daftari», «To‘qson daqiqa» (sakkizliklar), «Shom qo‘shiqlari» kabi turkum she’rlarida jahon ko‘rgan shoirning hayot va odamlar haqidagi falsafiy xulosalari o‘z badiiy in’ikosini topgan.

Erkin Samandar shoir sifatida «Qabul soatlari», «Sevishganlar shahri», «Komissar», «Erk sadolari», «Ajdodlar qilichi» kabi o‘nga yaqin dostonlar ham yaratgan, eng so‘nggi she’riy asari «Bahor fasli, yor vasli» deb nomlangan bo‘lib, u to‘qsonta sakkizliklardan tarkib topgan alohida turkumdir. Shuningdek, dramaturg sifatida «Javohir», «Ajdodlar qilichi», «Olma pishganda keling» kabi sahna asarlari Ogahiy nomli teatrda ko‘p vaqtdan beri qo‘yilib keladi.

Shuni ham alohida qayd etish kerakki, Erkin Samandar nosir sifatida ham ko‘plab publitsistik asarlar va ocherklar muallifidir. Ayniqsa, uning «Daryosini yo‘qotgan qirgoq» (1989) romani yetuk romannavis sifatida  ham shakllanayotganidan darak beradi. Unda  tabiat, Orol ekologiyasigina emas, eng muhimi, ma’naviyat ekologiyasi sohasida sodir bo‘layotgan qashshoqlik, fojea va ularning ildizlari, oqibatlarini ochish, muhabbat bilan qabohat o‘rtasidagi kurash hayotiy tarzda o‘z ifodasini topgan. Chin muhabbat, chin do‘stlik hamisha og‘ir bo‘lsa ham qabohat, xoinlik hiyonatdan ustun kelishi umumlashtirilgan. Unga «Lenin Xorazmda» va «Sevishganlar shahri» (1980) asarlari uchun respublika yoshlar mukofoti berilgan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 05:58:04
ERKIN VOHIDOV
(1936)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/erkin_vohidov.jpg)

Hozirgi davr o‘zbek she’riyatining porloq yulduzlaridan biri iste’dodli shoir Erkin Vohidovdir. U 1936  yilning 28 dekabrida Fargona viloyati Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida dunyoga kelgan. Erkin  Vohidovlar oilasi 1945 yilda Toshkentga ko‘chib kelgach, bo‘lgusi shoir shu yerda o‘rta ma’lumot oladi.

1960 yilga kelib, u Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakultetini tugatadi, so‘ngra turli nashriyotlarda muharrirlik qiladi. Avval «Yosh gvardiya» nashriyotida (1960—1963, 1975—1982), so‘ng G’afur G’ulom nashriyotida (1963—1970) bosh muharrir, direktor bo‘lib ishlaydi. Ayni chog’da «Yoshlik» oynomasiga boshchilik ham qiladi. U KPSS safida bo‘lgan va keyinchalik undan voz kechgan. Hozirgi kunda esa u O’zbekiston Respublikasi xalq noibi sifatida Oliy Kengash rayosati Oshkoralik qo‘mitasi rahbaridir. U Respublika adiblar ittifoqi boshligi hamdir. U adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga o‘sha o‘rta maktab quchogidaligidayoq o‘zining beg’ubor, mazmundor she’rlari bilan kirib kelgan. Shoir G’ayratiy rahbarlik qilgan adabiy to‘garaklarda pishgan, chiniqqan. Uning birinchi she’riy to‘plami 1961 yilda «Tong nafasi» nomi bilan bosilib chiqqan edi. Shundan buyon shoirning o‘ttizdan ortiq she’riy majmualari o‘z o‘quvchisiga yetib borgan. Jumladan, shoirning «Qo‘shiqlarim sizga" (1962), «Yurak va aql» (1963), «Mening yulduzim» (1964), «Nido» (1965), «Lirika» (1965), «Palatkada yozilgan doston» (1967), «Yoshlik devoni» (1969), «Charog‘bon» (1970), «Dostonlar» (1973), «Xrzirgi yoshlar" (1971), «Muhabbat», «Tirik sayyoralar» (1980) kabv she’riy guldastalari va dostonlari o‘z kitobxoniga manzur bo‘ladi. Shuni ham alohida qayd etish lozimki, shoir she’riyati o‘zining ikki muhim xususiyati bilap o‘zga tengdosh shoirlar ijodidan farqlanib turadi. Avvalo, Erkin Vohidov — shoir deganda klassik adabiyotimizning ming yillik go‘zal va boy an’analarini hozirya davrda yangi pog‘onaga ko‘tarayotgan falsafiy shoir ko’z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Qolaversa, inson va jamiyat muammosi shoir she’riyatining bosh o‘zagini tashkil etadi. U xoh tabiat haqida, xoh muhabbat haqida, xoh paxta va paxtakor haqida, xoh xorijiy mavzuda bo‘ladimi hamma-hamma o‘rinda jamiyat taqdiri, inson kelajagi haqida o‘zining falsafiy mushohadalarini o‘rtaga qo‘yadi. Shoir «Inson» she’rida:

Sobitu sayyorada inson o‘zing, inson o‘zing
Mulki olam ichra bir hoqon o‘zing, sulton o‘zing,—

degan xulosaga kelishi ham fikrimizning dalili desa bo‘ladi.

Erkin Vohidov faqat ijtimoiy-ishqiy she’riyat yaratib qolmay, balki hajviy-yumoristik she’rlar muallifi hamdir. Uning «Manfaat falsafasi», «Sen menga tegma», «Majlis qiling», «Donish qishloq latifalari» kabi she’rlarida ham kamoli inson uchun kurash muammosi bosh g‘oyani tashkil etadi. Erkin Vohidov bir qator ajoyib dramatik dostonlar muallifi sifatida ham ma’lum va mashhurdir. Xususan, uning «Ruhlar isyoni», «Istambul fojeasi» kabi dostonlari o‘zining badiiy barkamolligi, o‘tkir dramatik xususiyati bilan alohida ajralib turadi. Ayni chog‘da u mohir dramaturg hamdir. Uning «Oltin devor» asari ko‘p yillardan buyon Hamza nomli teatr sahnasidan tushmay kelishi ham shundandir.

Erkin Vohidov otashin publitsist va adabiyotshunos sifatida ham samarali ijod qilib kelmoqda. Uning «Shoiru, she’ru, shuur» kitobi shundan dalolat beradi. Shu bilan birga u mohir tarjimon sifatida S. Yesenin, L. Ukrainka, M. Svetlov, A. Blok, R. Hamzatov, S. Kaputikyan kabi iste’dodli shoirlarning she’rlarini o‘z ona tilida so‘zlata oldi. Uning tarjima sohasidagi mahorati buyuk nemis shoiri Gyotening «Faust» asari tarjimasida (1974) yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. Adabiyot oldidagi ana shu xizmatlari uchun u O’zbekiston Respublikasi xalq shoiri, Hamza mukofoti sovrindori bo‘ldi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 05:59:08
RAZZOQ ABDURASHID
(1936)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/razzoq_abdurashid.jpg)

Razzoq Abdurashid toshkentlik. U 1936 yili    tavallud topgan. O’rta  maktabni  tugatgandan so‘ng, 1953—1958 yillarda  Toshkent Davlat dorilfununi filologiya  fakultetining jurnalistika bo‘limida tahsil ko‘rgan. So‘ngra, 1958—1964 yillarda «Gulxan» oynomasida, 1964—1966 yillarda esa «Lenin uchquni» ro‘znomasida, 1961—1969 yillarda «Yosh gvardiya» nashriyotida ishlagan. 1969—1971 yillarda Moskvadagi Oliy adabiyot kursida o‘qigan. Shundan so‘ng O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi, Respublika Radiosida muharrir, 1979 yildan to shu kungacha G’afur G’ulom nashriyotida yetakchi muharrirdir. Uning birinchi she’rlar to‘plami 1962 yilda «Yo‘l boshida» nomi bilan chop etilgan. Shundan buyon o‘ndan ortiq she’riy to‘plamlar, ko‘plab dostonlar hamda bolalar uchun she’riy asarlar yaratgan,

Uning «Kaftimda olam» (1969), «Qalbim qo‘lingda" (1970), «Yulduzlar hayoli» (1975), «Sukunat», «Yoruglik" (1983), «Otalar chirog‘i» (1986), «Yo‘l o‘rtasida» (1988) kabi to‘plamlari chop etilgan. Shuningdek, shoirning «Yulduzlar xayoli», «Toshfaryod», «Umrdan lavhalar» kabi bir qator dostonlari ham mavjud.

Bolalar uchun esa «Buvimning ertaklari» (rus tilida), «Quyonpolvonning ertaklari» kabi kitoblari ham; yaratilgan. Shuningdek, shoirning «Pritok»  (1979) to‘plami rus tilida Moskvada chop bo‘lgan. U tarjimon sifatida S. Vurg‘un, M. Jalil va Ye. Isayev asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan. Shoir barcha asarlarida Ona Vatan madhi, mehri, yor vasli va soginchi, go‘zal tabiat manzaralarini kuylaydi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 06:00:18
MIRAZIZ A’ZAM
(1936)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/miraziz_azam.jpg)

Miraziz A’zam ham bolalar, ham kattalar shoiri, ayni chog’da o‘tkir publitsist, yetuk tarjimon hamdir. U 1936 yili Toshkentda tavallud topgan. Toshkent Davlat dorilfununini tugatgach, Toshkent telestudiyasida, «G’uncha» bolalar oynomasida, so‘ngra «Yosh gvardiya», G’afur G’ulom nashriyotlarida muharrir bo‘lib ishlagan. Ko‘p yillar O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi, sarkotib yordamchisi bo‘lib  ishlagan.   

Uning    ijodi talabalik yillaridayoq boshlangan. Uning birinchi she’ri 1960 yilda «G’alati tush» nomi bilan chop bo‘lgan. Keyinchalik u 1972 yilda alohida kitob holida bolalarga sovg‘a qilingan. Uning birinchi she’riy to‘plami «Metallurg» (1964) nomi bilan chop bo‘lgan. Shundan so‘ng bolalar uchun «Aqlli bolalar» (1969, doston), «Senga nima bo‘ldi» (1970), «Yer aylanadi» (1973), «Yerga dovruq solamiz» (1970), «Bir cho‘ntak yong‘oq» (1990, saylanma) kabi bir qator ajoyib she’riy to‘plamlari bosilib chiqdi. Ularda bolalarning qalbi va tuyg‘ulari orqali olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulug’lashga intiladi.

Adib kattalar uchun ham bir qator salmoqli she’riy guldastalar yaratgan. Jumladan, «Sevaman» 1977), «Tuyg‘ular» (1980), «Sabot» (1983) kabi to‘plamlaridagi ko‘pchilik she’rlar o‘zining hayotiy va jozibaliligi bilan o‘quvchi qalbini zabt etadi. Shoir ana shu she’riy to‘plamlaridagi eng yaxshi she’rlarini va yangi yozilgan asarlari sarasini o‘zining «Haqiqatning ko‘zlari» (1988) saylanmasiga jamlab, talabchan o‘quvchisiga havola etdi.

Miraziz A’zam haroratli, shijoatli publitsist hamdir. Uning madaniy-adabiy merosni ko‘z qorachig‘idek asrashga da’vat etuvchi bir qator tarixiy-adabiy maqolalari shular jumlasidandir.

Adib mohir tarjimon, adabiyot va madaniyatning hormas targibotchisi ham. Uning turk, rus, nemis adiblaridan qilgan tarjimalari, ayniqsa, islom madaniyatiga oid tarjimalari qo‘pchilik mutaxassis va oddiy o‘quvchi ixlosini orttirdi.

Miraziz A’zam ijodi gullagan, sermahsul, serfayz bo‘lishiga ishonsa bo‘ladi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 06:02:25
NE’MAT AMINOV
(1937)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/nemat_aminov.jpg)

Hajviy adabiyotimizning yirik va  iste’dodli vakili Ne’mat Aminov 1937 yil   17 iyulda Buxoro   viloyatining  Romiton   tumanida   temirchi   oilasida  tug‘ilgan.   O’rta maktabni tugatgandan so‘ng (1954—1959 yillarda) Fayzulla Xo‘jaev nomidagi  Buxoro   pedagogika    oliy bilimgohining tarix-filologiya fakultetida tahsil ko‘rdi.

Ne’mat Aminov avval Buxoro viloyati radio eshittirish komitetida muxbir, so‘ng Sho‘ro Armiyasi saflarida xizmatda bo‘ldi. 1973 yilda u Toshkentga — «Mushtum» oynomasiga ishga taklif etiladi. Oynomada 1985 yilgacha mas’ul kotib bo‘lib ishlaydi. 1989 yilda «Sharq yulduzi» oynomasida bosh muharrir o‘rinbosari vazifasini bajardi. 1989 yildan «Mushtum» oynomasining bosh muharriridir.

Uning dastlabki hajviyasi 1965 yilda «Ustoz a’lam?» nomi bilan «Mushtum» oynomasida bosilib chiqqan. Adibning birinchi hikoyalar to‘plami — «Ikki pullik obro‘» (1966) unga obro‘ keltirdi. Shundan keyin hajvchining «Qirq uchinchi pochcha» (1970), «Labihovuz xandalari» (1973), «Jigari to‘kildi» (1974), «Tilla tabassumlar» (1977), «Chinorlar qo‘shig‘i» (1984), «Yelkasiz polvon»   (1986),  «O’g‘ri mushukcha»   (1987),    «Qahqaha»   (1987),   «Yallama yorim»     (1988),    «Cholbolaning ertaklari» (1990) kitoblari bosilib chiqdi.

Ne’mat Aminov (Shakar Dehqon) ustozlari G’afur G’ulom va Said Ahmadlar singari o‘z hajviy hikoyalarini og‘zaki hikoyalash san’ati ustasi hamdir.

Ne’mat Aminovning adabiyotga hissasi haqida gapirganda uning «Yolg‘onchi farishtalar» (1976-1984) deb nomlangan yirik satirik asari birinchi bo‘lib tilga olinadi. Asar yaxlit bir maqsadga qaratilgan «Yelvizak» va «Suvarak» qissalaridan iborat.

Ne’mat Aminov o‘zining «Yolg‘onchi farishtalar» kitobi uchun 1987 yilda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining  Oybek nomidagi mukofotiga  sazovor  bo‘lgan.

Ne’mat Aminovning hikoyalari rus, ukrain, belorus, tojik, turkman, ozarbayjon, gruzin, qolmiq tillariga tarjima qilingan. Bundan tashqari, polyak, bolgar, rumin, chex, mo‘g‘ul, afg‘on, uyg‘ur, urdu tillarida ham uning asarlari bosilgan.

Hajviyotchi adib Said Ahmad, Sa’dulla Siyoyev, Anvar Muqimov, Anvar Obidjonlar qatoridagi noyob iste’dod sohibi sifatida o‘zbek adabiyoti satira va yumorini rivojlantirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Ana shu ulkan xizmatlari uchun unga O’zbekiston xalq yozuvchisi unvoni (1992) berildi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 06:03:41
BAROT BOYQOBILOV
(1937)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/barot_boyqobilov.jpg)

Talantli shoir Barot Boyqobilov Samarqand viloyati Urgut tumanida 1937 yili tug‘ildi. U avval o‘rta  maktabda, so‘ngra Alisher Navoiy nomli Samarqand Davlat dorilfununida ta’lim oldi. Bir qator ro‘znoma  va oynomalarda ishladi. Ko‘p yillar partiya rahbarlik organlarida ham faoliyat ko‘rsatdi. U «Muloqot» oynomasining tashkilotchisi, birinchi bosh muharriri hamdir.

Barot Boyqobilov talabalik yillaridayoq she’rlar yoza boshladi. Uning hozirga qadar yigirmadan ortiq she’riy to‘plamlari, jumladan, «Samarqand satrlari» (1962), «Visol» (1965), «Seni izlayman» (1968), «Samarqand ushshog‘i» (1969), «Afrosiyob» (1970), «Sonetlar» (1971), «Samar va Qand» (1973), «Sevgi xiyoboni» (1973), «Sharqiy kamalak» (1975), «Meni kuting, yulduzlar» (1976), «Visol va hijron» (1977), «Taburruk zamin» (1982), «Sonetlar» (1982), «Vatan tuprog‘i» (1983), «O’zbekistonda kim sokin yashaydi»  (1990) kabi kitoblari nashr etildi.

Barot Boyqobilov o‘zbek she’riyatida sonet janrining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda. Shoir o‘zi sevgan va tinimsiz mashq qilib kelayotgan sonet janrida juda ko‘p she’rlar yaratgan va uning o‘zbek she’riyatidagi imkoniyatini ko‘rsatib berdi.  1971 yilda nashr etilgan «Sonetlar» kitobi bu fikrning yaqqol dalilidir.

Shoirning sonetlari sodda uslubda yaratilgan bo‘lsa-da, ularda muhim mavzular yoritilgan. Vatanga muhabbat, insonning ma’naviy dunyosi, burch, sevgi, vijdon — bularning barchasi shoirni ilhomlantirgan manbalardir.

Barot Boyqobilov o‘nlab poemalar, shuningdek, «Kun va tun», «Shukuhli karvon», «Yulduzli osmon», «Notinch Xuroson» kabi she’riy qissalarning ham muallifidir.

Barot Boyqobilov Sarvar Azimov ijodi haqida monografiya hamda «Ijodning yulduzli onlari» essesini yaratgan.

U tarjima sohasida ham barakali ijod qilib jahon hamda rus klassiklarining nodir asarlarini, zamondosh adiblarning mashhur asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girib kelmoqda.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 25 Oktyabr 2006, 06:18:39
O’KTAM USMONOV
(1938—1990)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/uktam_usmonov.jpg)

Iste’dodli nosir, jamoatchi, jurnalist O’ktam Usmonov qisqa umr ko‘rsada ammo tarix o‘z muhriga oladigan hikoya, qissa va «Girdob» kabi ajoyib . roman qoldirib ketgan adibdir. U 1938 yilda Toshkent  viloyatining Qibray tumani, Baytqo‘rg‘on qishlog‘ida dehqon-bog‘bon oilasida tug‘ildi. O’rta maktabdan so‘ng Toshkent pedagogika institutiga   kirib o‘qidi. Uni   muvaffaqiyatli  tugatgach,  avval   «Lenin uchquni»   (1960— 1965), so‘ng «Sovet O’zbekistoni»   (1965—1972) ro‘znomalarida bo‘lim boshlig’i bo‘lib ishladi. 1972—1982) yillarda qariyb o‘n yil mobaynida Respublika partiya Markaziy qo‘mitasida, so‘ng O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida kotib xamda umrining oxirigacha «Sovet O’zbekistoni» ro‘znomasida bosh muharrir vazifalarida ish olib bordi.

Adib   ijodining   boshlanishi   asosan   50-yillarning so‘nggi, 60-yillarning boshlariga to‘g‘ri keladi. U avval hikoyanavis,   so‘ng   qissanavis   va   pirovard  romannavis sifatida   el-yurtga   tanildi.   Uning   birinchi   hikoyalar to‘plami  1964 yilda  «Guldasta»    va  1965 yilda    «Bas boylashgan bola»  nomlarida nashr  etiladi.  1970 yilga kelib,  «Bahor chaqmoqlari» nomi bilan mazkur asar va bir qator    hikoyalar  jamlanib  to‘plam    holida    nashr bo‘ladi. So‘ngra, adibning «Notinch kecha»  (1976), «Sirli sohil»   (1981)  kabi ikkita hikoyalar to‘plami o‘quvchiga taqdim  etildi.  Ushbu  hikoyalarda  adibning ma’naviyat, odamiylik va  insoniylik  haqidagi   xulosalari rang-barang  obrazlar  timsolida,  hayotiy  detallarda umumlashtiriladi.

U qissanavis sifatida «Bahor chaqmoqlari» (1970) dan so‘ng «Kishan», «Qismat» kabi bir qator jiddiy asarlar ham yaratdi. Har ikki asar ham kitobxon va adabiy tanqid tomonidan yaxshi baholandi. Shuni aytish kerakki, adib O’ktam Usmonov ijodi jarayonida «Girdob» (1979) romani alohida rol o‘ynaydi. Unda bir qator olimlar xarakterini yaratish misolida adolat bilan nohaqlik, sadoqat bilan xiyonat o‘rtasidagi kurash jarayoni zamonaviy ruhda mahorat bilan umumlashtirilib beriladi. Shuning uchun ham mazkur roman 1980 yilgi Oybek mukofotiga sazovor bo‘ladi.

Yozuvchining bir qator  asarlari, jumladan,  «Chest» (1977), «Rasskazi (1983), «Nayedine» (1982) «Ojidanie" (1986) kabi hikoya va qissalari, romanlari rus va qardosh tillarda chop etilgan. Adib 1990 yil 3 yanvarda hayotdan ko‘z yumdi. U qoldirgan madaniy meros esa undan yodgorlik bo‘lib qoldi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:02:23
JAMOL KAMOL
(1938)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/jamol_kamol.jpg)

Shoir Jamol Kamol 1938 yili Buxoro viloyatining Shofrikon tumanidagi Chikaron qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ildi. Ota-onadan erta ayrilgan Jamol tog’asi qo‘lida tarbiyalandi. O’rta maktabni tugatib, Buxoro pedagogika    institutining filologiya fakultetida o‘qidi. So‘ng shu yer   da muallimlik qildi.

Jamol Kamol 1965-1969 yildarda «Buxoro haqiqati» ro‘znomasi muharririyatida ishladi. A. S. Pushkin nomli Til va adabiyot instituti aspiranturasida o‘qidi va «Lirik she’riyatda kompozitsiya» degan mavzuda nomzodlik ilmiy ishini himoya qildi. Shoir 1970-1972 yillarda Yozuvchilar uyushmasining Buxoro bo‘limida mas’ul kotib vazifasini bajardi. 1972 yildan esa A.S.Pushkin nomli Til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo‘lib ishladi. Hozirgi kunda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Jamol Kamolning «Olam kirar yuragimga» (1968), «Cho‘qqilarga yog‘ildi» (1971), «Tosh   tug‘yon"  (1973), «Hasan va oy», (1974), «Suyosh chashmasi» (1975), «Dostonlar» (1978), «Tafakkur» (1979), «Suvaydo» (1983) «Umidli dunyo» (1988) va boshqa bir qator she’riy to‘plamlari nashr qilingan.

Jamol Kamol mumtoz she’riy an’analar bilan zamonaviy she’riyat tizimini uyg‘unlashtirgan iste’dodli shoirdir. Ayni chog’da uning qo‘shiqlari ham klassik musiqa ohanglari bilan uyg’unlashib, olamjahon tarovat bahsh etib keladi.

U bir tarixiy she’rning ham muallifidir. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi mustaqil deb e’lon (1991, 1 sentyabr) qilingandan buyon jahonning 121 mamlakati uni tan oldi. Oltmishdan ortiq mamlakat esa biz bilan vakolatxona darajasida bitim tuzdi. Ayni chog’da mustaqil O’zbekistonimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo ham etib qabul qilindi. Xuddi ana shu tarixiy kunga shoir Jamol Kamol guvoh bo‘lgan. Binobarin, xuddi shu yerda, shu daqiqada o‘zining «Avval Vatan, keyin jon» she’rini bitib, o‘qib ham bergan edi. Unda:

Kiprik ketar, ko‘z qolar,
Qolar Vatan jonajon.
Jamoldan shu so‘z qolar:
Avval Vatan, keyin jon!—


kabi yuksak tuyg‘ular o‘z ifodasini topadi.

Jamol Kamolning publitsist sifatida eng so‘nggi asari «Makkayi mukarrama, Madinayi munnavara» (1992) asarlaridir. Unda haj bahonasida ma’naviyatimizni qayta baholaydi, kamoli inson orzusi bilan maydonga chiqadi.

Jamol Kamol tarjima bilan ham shug’ullanadi. U fransuz mumtoz adabiyotining namoyandasi Bualoning «She’riy san’at» asarini, ozarbayjon shoiri Baxtiyor Vahobzodaning Muhammad Fuzuliy haqida  «Shabihijron» dostonini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Jamol Kamol 1986 yilda Shekspir tragediyalarini ingliz tilidan bevosita o‘zbek tiliga muvaffaqiyatli o‘girgani uchun S.Borodin nomidagi mukofotga sazovor bo‘lgan. Yana unga O’zbekiston xalq shoiri (1992) degan yuksak faxriy unvon ham berilgan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:03:51
GULCHEHRA NURULLAYEVA
(1938)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/gulchehra_nurullayeva.jpg)

O’zbek milliy adabiyotining hozirgi taraqqiyotini bir qadar iste’dodli adiba va shoiralarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bular orasida ona shoira Zulfiyadan tortib, Halima Xudoyberdieva, Oydin Hojiyevalar ijodi o‘zga bir olam. Gulchehra Nurullayeva ham ana shu zabardast bir she’riy guldastaga fayz kiritib turganlardan. U 1938 yilda Toshkent viloyatining Choshtepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi chor-nochor ro‘zg‘or tebratgan. Onasi esa uy yumushi bilan band bo‘lgan.

Gulchehra Nurullayeva 1946—1956 yillarda o‘rta maktabda o‘qib, uni oltin medal bilan tugatgan. 1956-1961 yillarda esa Toshkent dorilfununining jurnalistika bo‘limini a’lo baholarda bitirgan. So‘ngra «O’zbekiston xotin-qizlari» (hozirgi «Saodat», 1961— 1967) oynomasida o‘z faoliyatini boshlaydi. 1967—1969 yillarda Moskvadagi ikki yillik oliy adabiyot kursida tahsil oladi. 1967 yildan buyon Yozuvchilar uyushmasining a’zosi. Uning ijodi asosan 60-yillardan boshlangan bo‘lib, birinchi she’riy to‘plami «Quyosh tabassumi» (1965) nomi bilan chop etiladi. Shu kungacha o‘ndan ortiq to‘plamlar nashr ettirdi.

«Ularga bu kunning nazari bilan qarab, — deb yozadi shoira o‘z tarjimai holida, — juda ko‘p she’rlarimdan voz kechib turibman. Umuman, O’zbekistonning mustamlaka, o‘zimning qul bo‘lib yashaganimni uzoq yillar bilmagan ekanman. Biz tashqi dunyodan, o‘tmishdan butunlay uzilgandik, imperiya mafkurasi ongimizga har tomonlama singdirilgandi. Shu tufayli hamma qatori pioner, komsomol, komfirqa a’zosi bo‘lganman. Xalqimiz Parkentda Komfirqa boshchiligida otilganining ertasigayoq partiya biletini tashladim. Yozuvchilarning 1991 yil oktyabr oyida bo‘lgan Qurultoyida menga berilgan Lenin komsomoli mukofoti va «Hurmat belgisi» ordenidan voz kechib, uni qaytarib berdim». Ha, shunday!

Shoira ana shu shijoat, isyonkorlik, adolat uchun jonfidolilik o‘zi aytganidek, avvalgi ko‘p she’rlaridan ham voz kechishga olib keldi. Biroq, shoira nimadan, qaysi she’rlaridan voz kechmasin, eng muhimi o‘z xalqi uchun, uning porloq kelajagi, baxt-saodati uchun she’r yozishdan bir zum ham kecholmadi.

Gulchehra Nurullayevaning «Orzularim qoqadi qanot» (1969), «Tashnaman» (1972), «Ikkinchi bahor» (1973), «Lirika» (1975), «Leti, moya mechta» (1972, rus tilida), «Bag‘ishlov» (1977), «Paxta hidi» (1981), «Nurli nuqtalar» (1986), «Muhabbatning suvrati» (1988) kabi to‘plamlariga kirgan o‘nlab, yuzlab she’rlari o‘zining otash nafasi, da’vatkorligi, samimiy va isyonkor ruhi bilan o‘z xalqi yuragidan chuqur joy olgan. Shoira uchun bundan ortiq baxt bormi?! U oilali. Turmush o‘rtog‘i — yo‘l injeneri, qizi dorilfunun  talabasi, o‘g‘li esa rassom bo‘lmoqchi, talaba u. Shoira deydi:

Kimga gul, kim uchun balki tikanman,
Yurtim, xizmatingga yararmikinman?!
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:05:25
ABDUQAHHOR IBROHIMOV
(1938)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/abduqahhor_ibrohimov.jpg)

Ham jurnalist, ham yozuvchi Abduqahhor Ibrohimov 1938 yili Toshkentda tavallud topdi. U avval Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika bo‘limini (1962), so‘ng 1975-1977 yillarda Moskvadagi Oliy Adabiyot kursini tugatdi.

1962—1972 yillar mobaynida «O’zbekiston madaniyati» keyin esa «O’zbekiston adabiyoti va san’ati»_ haftaligida, «Guliston» oynomalarida mas’ul lavozimlarda ishladi. Shundan so‘ng uning «So‘nggi nur», «Osmon yaqin, yer yumshoq» kabi ocherk va hikoyalar to‘plamlari yaratildi. Shuningdek, uning «Birinchi bo‘sa»  (1978), «Meni aytdi demang» (1982) kabi sahna asarlari Moskvada rus tilida nashr etildi. Shu damdan boshlab faqat publitsist, hikoyanavisgina emas, sermahsul va iste’dodli dramaturg sifatida ham elga tanila bordi.

Uning «Bu zamon o‘g‘loni» (1982), «Zo‘ldir» (1983), «Tusmol», «Puch», «Senga bir gap aytaman», «Chakana savdo» kabi bir qator pesalari yaratildi. Ularning ko‘plari Hamza va Muqimiy teatri sahnalarida muvaffaqiyat bilan qo‘yildi.

Ayni chog’da uning shu yillarda «Chillaki», «Tong edi», «Har tomchining sababi bor» kabi ajoyib hikoyalari o‘z o‘quvchisiga taqdim etildi.

Shuni ham alohida qayd etish kerakki, yozuvchi Abduqahhor Ibrohimov so‘nggi yillarda otashin publitsist sifatida samarali ijod qilib kelmoqda. Ayniqsa, ma’naviy mnlliy meros, tabiat muhofazasiga oid chiqishlari keng jamoatchilik e’tiborini o‘ziga qaratdi.

U adabiyot va madaniyat, teatr san’ati oldidagi ana shu samarali mehnati uchun 1990 yilda O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi degan faxriy nomga savovor bo‘ldi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:06:35
TEMUR PO’LATOV
(1939)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/temur_pulatov.jpg)

Yozuzchi Temur Po‘latov o‘zining o‘nlab qissa va romanlari bilan o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan adiblar sirasiga kiradi.

U 1939 yilda Buxoroda tug‘ilib, erta mehnat faoliyatnni boshladi. So‘ngra Buxoro Davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Uni 1963 yilda tugatib, 1967 yilda Moskvadagi kinostsenariy oliy kursiga kirib o‘qidi.

Uning ijodi jurnalist sifatida boshlangan bo‘lib, xabar va ocherklari talabank yillaridayoq mahalliy matbuot sahifalarida paydo bo‘ladi. Uning dastlabki qissasi («Ne xodi po obochine») 1964 yilda «Zvezda Vostoka» jurnalida chop etiladi. Shundan so‘ng u yaratgan qissa va romanlar Toshkentda, Moskvada rus va o‘zbek tillarida nashr etila boradi. Shuni ham alohida qayd etish kerakki, Temur Po‘lat rus ilida yozadigan o‘zbek yozuvchilaridan bo‘lganligidan uning asarlari tezroq tarqaladi, Ittifoq nashrlarida tez-tez chop etiladi.

Adibning «Bo‘lak manzilgohlar», «Bolalar xori», "œDushan qaysarning ko‘rgan-kechirganlari» 70—80-yillar adabiyotida sarguzasht janri taraqqiyotiga hissa bo‘iib qo‘shildi. Shuningdek uning «Buxoro xonadonining kechmishlari», «Mulk», «Kunda-shunda», «G’oyibning ikkinchi safari», «Yetti huzur-halovat va qirq qayg’u alam», «G’oyibning qaytishi», «Taroziy toshbaqasi» kabi o‘nlab yirik epik polotnolari kitobxon tomonidan iliq qarshi olingan.

Temur Po‘lat publitsist va munaqqid sifatida ham o‘zining o‘nlab maqolalari bilan «Sharq yulduzi», «Zvezda Vostoka», «Literaturnoe obozrenie», «Drujba narodov» kabi oynomalarda tez-tez chiqib turadi. Ayniqsa, uning tabiat muhofazasiga, xususan Orolga oid o‘tkir chiqishlari alohida e’tirofga loyiqdir. U ayni chogda o‘zbek adiblari asarlarini rus tiliga, rus tilidagi adabiyotlarni o‘z ona tiliga tarjima qilishda ham mahorat ko‘rsatadi.

Temur Po‘latov 1986 yilda o‘zining «Mulk», «G’oyibning ikkinchi safari», «Kunda-shunda» qissalari va «Buxoro xonadonining kechmishlari» romani uchun Hamza nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1989 yilda esa unga O’zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:07:36
SA’DULLA SIYOYEV
(1939)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/sadulla_siyoyev.jpg)

Yozuvchi Sa’dulla Siyoyev 1939 yil 25 martda Qozog‘istoninng Turkiston shahri yaqinidagi Qarnoq qishlog’ida dehqon oilasida tug’ildi. 1946—1956 yillarda Qarnoqdagi o‘rta maktabda, 1957—1962 yillarda Toshkent Davlat dorilfununida o‘qidi. O’qishni muvaffaqiyatli tamomlagan S. Siyoyev dastlab Toshkent radiosida, keyinchalik respublika vaqtli matbuoti, «Mushtum» satirik oynomasida ishladi. Hozirgi kunda u O’zbekiston uyushmasi Adabiyot jamg’armasi boshqonidir.

Sa’dulla Siyoyev ijodi she’r yozishdan boshlanadi. Uning dastlabki she’ri 1956 yilda «Qizil O’zbekiston» ro‘znomasida bosiladi. S.Siyoev she’rlar bilan bir qatorda «Qiz bolaning pandi» (1963), «Ming bir qiliq» (1964), «Charxpalak» (1965), «Uyimizga mehmon keldi» (1966) kabi hikoyalari ham e’lon qilindi. Shu hikoyalarida bugungi qishloqlarimiz hayoti, yoshlar sevgisi yaxshilik va muruvvat kabi insoniy tuyg’ular ulug’lanadi, Yozuvchining birinchi hikoyalar to‘plami — «Qasam ichmagan yigit» 1970 yilda chop etildi. Bu to‘plamga uning lirik va hajviy-yumoristik hikoyalari kiritilgandir. Shundan so‘ng S. Siyoevning «Sadagang ketay» (1972), «To‘ylar muborak» (1975), «Oy borib, omon keeling" (1976), «Og’ir vaznli janjalkash», «Erkaklar uchun ertaklar» kabi hikoyalar to‘plamlari bosmadan chiqdi. Ularda yozuvchi zamondoshlarimizning mehnat faoliyatini, xarakteri va insoniy histuyg‘ularini ardoqlaydi.

Keyingi yillarda uning qissa va hikoyalardan iborat «Yorug‘lik» (1986), «Beparvo bo‘lmoqchiman» (1990) kitoblari hamda «Avaz» (1987) romani o‘quvchilar hukmiga havola etildi. Uning eng so‘ngti «Majnuntolning novdasi» (1989) nomli hikoya va qissalari Hamza nomidagi mukofotga tavsiya etildi. Rus tilida ham uning «Sneg na golovu» (1988), «Skazki dlya mujchin» (1989) kabi to‘plamlari chop etildi. Hozirgi kunda adibning «Turkistonlik avliyo» nomli tarixiy romani chop etilmoqda. Unda ulkan bobokalonimiz Ahmad Yassaviy haqida hikoya qilinadi.

S.Siyoyev hikoyalari rus, qozoq, qirg‘iz, tojik tillariga tarjima qilingandir. Ayni chog’da u Mixail Zoshchenko, Leonid Lench, Ark. Arkanov, G, Gorin kabi yozuvshlarning ko‘plab hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:09:17
SHUKUR XOLMIRZAYEV
(1940)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/shukur_holmirzayev.jpg)

Shukur Xolmirzayev 1940 yili Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tavallud topdi. U o‘rta maktabni tugatib, Toshkent dorilfununida tahsil ko‘rdi. Ijodi o‘quvchilik yillaridan boshlandi.

Shukur Xolmirzayev hozirga qadar kitobxonlarga juda ko‘p hikoyalar, bir necha qissa va romanlar taqdim etdi. Uning ilk qissasi «Oq otli» tog’ bolalari hayotidan hikoya qiladi.

Shukur Xolmirzayevning talabalikda yozilgan «To‘lqinlar» (1963) povesti zamondoshlarimizning murakkab taqdirini qalamga olinishi va o‘ziga xos mahorati bilan Abdulla Qahhorning e’tiborini tortgan va ulkan adib student Shukurga maktub bitib, uni qutlagan edi.

Yozuvchining «O’n sakkizga kirmagan kim bor?» (1965), qissasi avlodlar qismatiga, aniqrogi o‘z avlodi — tengqurlari hayotiga bag‘ishlangan bo‘lib, voqelik ilk muhabbat iztiroblari tarixida tasvirlanadi.

Muallifning keyingi ijodi — «Olis yulduzlar ostida» «Hayot abadiy», «Og‘ir tosh ko‘chsa...» hikoyalar to‘plami, «So‘nggi bekat», «Qil ko‘prik» «Yo‘lovchi», «Olabo‘ji» romanlaridir.

Shukur Xolmirzayev ijodining alohida xususiyati shundaki, bu adib o‘zbek milliy hikoyachilik san’atini ustozi Abdulla Qahhordan keyin yangi, yuqori bosqichga ko‘tardi. Uning povest va romanlari hech qolishga sig‘mas, tesha tegmagan obraz, xarakterlarga boyligi bilan ajralib turadi.

San’atkor dramaturgiyaga qo‘l urib, «Qora kamar» asarida bosmachi tamg‘ali o‘zbek vatanparvarlarini ilk bor ulug‘ ozodlik, mustaqillik g‘oyasi uchun qahramonona kurash olib borgan fidoyi millatparvarlar qiyofasida haqqoniy badiiy aks ettirib berdi.

Shukur Xolmirzayev asarlari turli tillarga tarjima qilingan.

Keyingi yillarda adibning «Bodom qishda gulladi» (1968), «So‘nmas olov» (1985)' «Toglarga qor tushdi» (1987) asarlari yaratildi. Yaqinda esa uning «Olabo‘ji» romani nashr etildi. U 1989 yilda Hamza nomidagi Davlat mukofotiga, 1991 yilda O’zbekiston xalq yozuvchisi upvoniga musharraf bo‘lgan.

Shukur Xolmirzayev o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan san’atkorlardandir.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:11:43
UMARXON AHMADJONOV
(1940)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/umarxon_ahmadjonov.jpg)

Namanganlik shoir Umarxon Ahmadjonovning asli kasbi dorishunos. Uni «Sardobali shoir Malhamiy» ham deyishadi. Umarxon — Malhamiy 1940 yilning 23 iyunida Namangan viloyatining Sardoba dahasida ilg’or ziyoli oilasida dunyoga kelgan. O’rta maktabni tugatgandan so‘ng Toshkent Davlat Farmatsevtika oliygohiga o‘qishga kiradi va uni 1965 yilda tugatib, o‘zi tug‘ilib o‘sgan joyida dorishunos bo‘lib ishlay boshlaydi.

Xuddi shu davrlardan boshlab she’r, g‘azal, qo‘shiqlar mashq qiladi. Ona yer, diyor, muhabbat va kishilar o‘rtasidagi oqibat uning she’rlarida bosh mavzuni tashkil etadi. Uning birinchi she’ri 1963 yilda «Toshkent haqiqati» ro‘znomasida «Qizcha muborak bo‘lsin» nomi bilan bosilib chiqadi. Ketma-ket esa shoir o‘z she’rlari bilan tuman, viloyat va respublika mahalliy matbuotlarida ko‘rina boshlaydi. «Boychechak», «Oltin belanchak» kabi almanaxlarda uning she’r, gazal va qo‘shiqlari bosiladi. Jumladan, shoirning «Boychechak» almanaxida «Iftixor» turkumida to‘qqizta she’ri chop etiladi. U o‘zining «Fidoyilik» degan g‘azalida:

Jonajon do‘stlarga hargiz jon fido etgum kelur,
Yetmasa ul qadrima ul do‘st bahridan o‘tgum kelur,
— deydi.

Hayotda, kishilardagi eng yaxshi fazilat, xislat, namunali sifatlarni bir tomondan olqishlab, shunga da’vat etsa, ikkinchi tomondan bemehr, toshbag‘ir, insoniy fazilatlardan mahrum kishilardan o‘zini yiroq tutadi. Har ikki holatni ko‘pincha qaramaqarshi qo‘yish — kontrast orqali yanada yorqinroq ifodalashga intiladi. Yana bir «Oqibat» she’rida:

Oramizdan qaerlarga ketib qolding oqibat,
Oqibatli el yuzidan pardang olding, oqibat,
— deydi.

Shoirning shu kungacha uch she’riy to‘plami chop etilgan. Eng so‘nggisi 1992 yilda «Zebosan» nomi bilan chop etildi. To‘plam iste’dodli va suyukli shoir Muhammad Yusuf fotihasi bilan ochildi. «U, — deydi M.Yusuf o‘z so‘zboshisida,— Ona diyor, ishq-muhabbat haqida bajonidil qalam tebratayotir. Soflik, mehroqibat, samimiylikni o‘ziga xos uslubda kuylaydi. Shoir har bir kitobxonning qalbiga kirib borishga harakat qiladi va bunga erishgan ham». Ha, shoir Umarxon—Malhamiy o‘z o‘quvchisi qalbiga ma’naviy malham bo‘lish ishtiyoqida, U yaratgan qo‘shiqlar ham shundan dalolat beradi. Shoirning «O’tar», «Bilgaymusan», «Mehrim o‘zing», «Otajon», «Do‘stlarim», «Iboli bo‘lsin» kabi qo‘shiqlari allaqachon havo to‘lqinlarida o‘z shinavandalarini topgan. Ammo shoir hali izlanishda, izlanish kamolotga yetaklasa ajab emas.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:14:12
OMON MUXTOR
(1941)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/omon_muxtor.jpg)

Ham shoir, ham nosir, ham dramaturg Omon Muxtor 1941 yili Buxoroda tavallud topgan. O’rta maktabni tugatgach, bir necha vaqt nashriyotlarda adabiy xodim, O’zbekiston radio, televidenie Davlat Komiteti, «O’zbekfilm» hamda G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir bo‘lib ishlaydi. Hozirgi kunda esa «Sharq yulduzi» oynomasida bosh muharrir o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Uning ijodi garchi 50-yillarning oxirlaridan boshlangan bo‘lsa ham, birinchi «Chorlar quyoshli yo‘llar» she’riy to‘plami 1965 yilda chop etiladi. Shundan so‘ng u hikoyanavis, qissanavis, romannavis, shoir va dramaturg sifatida yigirmadan ortiq kitob nashr ettiradi. Jumladan, «Nigoh» (1968), «Qushlar va tushlar» (1971), «Shaharlik kelinchak» (1973), «Hayot darvozasi» (1978), «Buxorolik donishmand» (1982), «Volshebnik» (1986), «Bolalikka sayohat» (1984) kabi hikoyalar to‘plami, pguningdek, «Uchqur poezdlar» (1981), «Vazifa» (1988) kabi hikoyalar, qissalar majmuasini chop ettirdi. U ayni chog‘da romannavis sifatida ham o‘zining «Yillar shamoli» (1976), «Egilgan bosh» (1989), «Ming bir qiyofa» (1992) kabi epik asarlarini yaratdi. Shuningdek, «Ohang» (1974), «Yog‘du» (1979), «Marvarid» (1985), «Shiddat» (1990) kabi she’riy to‘plamlar O.Muxtor qalamiga mansub.

Ayni chog‘da u bolalar uchun «Buvim ertak aytadi" (1971), «Kunlardan bir kun» (1985), «Ming yilda] so‘ng» (1991) kabi she’r, ertak va hikoyalar to‘plamlari ni sovg‘a etgan. «Egilgan bosh» romani uchun 1990 yili Yozuvchilar uyushmasining adabiy mukofotiga sazovor bo‘ldi. Adib tavalludining ellik yilligida (1991) unga O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi faxriy unvoni berildi. Asarlari rus va qardosh tillarga tar jima ham etilgan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:16:59
ABDULLA ORIPOV
(1941)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/abdulla_oripov.jpg)
 
Abdulla Oripov Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko‘z qishlog‘ida dehqon oilasida 1941 yili dunyoga keldi. Obidiyda qishloq sovetidagi o‘rta maktabni 1958 yili oltin medal bilan tugatgach, O’rta Osiyo Davlat dorilfununi jurnalistika bo‘limiga kirib, uni 1963 yili muvaffaqiyatli bitirib chiqdi.

1963 yildan buyon turli nashriyotlarda muharrirlik, Yozuvchilar uyushmasi kotibi, mualliflar huquqini himoya qilish idorasining rahbari vazifalarida xizmat qili! kelmoqda.

A.Oripovning talabalik yillarida yaratilgan she’rlari respublika vaqtli matbuotida bosilib chiqdi. 1965 yili birinchi she’rlar to‘plami «Mitti yulduz» chop etildi, shundan buyon shoirning «Ko‘zlarim yo‘lingda» (1967), «Onajon» (1969), «Ruhim» (1971), «O’zbekiston», «Qasida» (1972), «Xotirot» (1974), «Yurtim shamoli» (1974), «Hayrat» (1979), «Hakim va ajal» (1980) «Najot qal’asi» (1981), «Yillar armoni» (1983) she’riy to‘plamlari bosilib chiqdi. Mazkur to‘plamlarga kirgan she’rlarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, unda shoirning she’rdan she’rga, to‘plamdan to‘plamga, yildan yilga o‘sib, ijodiy barkamollashib borganligiga guvoh bo‘lamiz.

Ayniqsa, 60-yillardan keyingi asarlarida hayot va odamlar haqidagi jamiyat va tabiat haqidagi falsafiy mushohadalarning tobora chuqur tus olayotganligi seziladi. Kuchli ehtirosli tuyg‘ular bilan badiiy talqin birbiriga uyg‘unlashib boradi. Bu, bora-bora teran fikrlash bilan yuksak badiiylikning omuxtasiga aylanadi, shoirning kamolotidan darak beradi. U ona obrazini chizadimi, birinchi muhabbatga sodiq lirik qahramon obrazini yaratadimi, O’zbekiston haqida kuylaydimi, olam va odamlar haqida she’r to‘qiydimi, hamma-hamma o‘rinda hayot haqiqati bilan badiiy haqiqatga sodiq qoladi. Hatto eng qatag’onlik yillarida ham rostini, ha kuchi yetganicha, imkoni boricha va pardalarda bo‘lsa ham rost so‘zladi, shoir. «Toqat» she’rida ham shu ruh sezilib turadi.

Bozordan tutoqib qaytar uyga chol,
Go‘sht qayda? Yog‘ qani? Va’da so‘zdami?
Kampiri xo‘rsinib yupatar darhol.
— O’kinmang, taqchillik faqat bizdami??


Abdulla Oripov she’riyatining hozirgi bosqichi yana ham o‘zgacha, ma’naviy-badiiy jihatdan yuksaklikka ko‘tarilmoqda. Uning «Haj daftari» (1992)ga kirgan «Hadis»lari ham buni to‘la tasdiqlaydi. Hozirgacha u 50 ta hadis-she’r yaratgan bo‘lsa, kelgusida uni yuzga yetkazmoqchi. U mustaqil O’zbekiston madhiyasining muallifi hamdir. Eng muhimi, unda shoir Qur’oni karim va hadisi shariflardagi ma’naviyatni qayta, zamon ruhida tiklash, yangi bosqichga ko‘tarishga intilyapti.

Abdulla Oripov iste’dodli shoir bo‘lganidek, iste’dodli tarjimon hamdir. U Dantening «Ilohiy komediya» asarini o‘zbek tiliga yuksak mahorat bilan o‘girdi. Abdulla Oripov Nekrasov, L.Ukrainka, Shevchenko asarlarsh ham ona tiliga tarjima qilgan.

Ijodkorning she’riy majmualari rus va boshqa qa dosh xalqlar tillariga tarjima qilingan va alohida kitob holida nashr etilgan.

Abdulla Oripov — noyob iste’dod egasi. Chuqur falsafiyliklik, milliy g‘urur, isyonkor ruh, diniy-axloqiy teranlik shoir she’riyati asoslarini tashkil etadi. O’zbek xalqining milliy uyg‘onishi, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurash yo‘lida Abdulla Oripov shaxsi va o‘tkir shetzriyati misli ko‘rilmagan o‘rin tutganini qavd etib o‘tish joiz. Uning asarlari o‘zbek she’riyatini hamon boyitmoqda.

O’zbekiston xalq shoiri (1989) Abdulla Oripov munosib taqdirlangan. U Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotining laureatidir.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:17:44
O’TKIR HOSHIMOV
(1941)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/utkir_hoshimov.jpg)

Talantli yozuvchi O’tkir Hoshimov 1941 yili Toshkentda ishchi oilasida tugildi. U o‘rta maktabni bitirgach, 1959—1964 yillar Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakulteti jurnalistika bo‘limida ta’lim oldi. Utkir Hoshimov «Toshkent haqiqati», «Srvet O’zbekistoni», 1966 yildan «Toshkent oqshomi» ro‘znomasi muharririyatida bo‘lim mudiri, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida bosh muharrir o‘rinbosari vazifalarida ishladi. Hozirgi kunda «Sharq yulduzi» oynomasining bosh muharriridir.

O’tkir Hoshimov o‘z ijodini she’r va ocherklar yozishdan boshladi. Uning birinchi ocherklar to‘plami 1962 yilda «Po‘lat chavandoz» nomi bilan nashr etildi. So‘ngra «Cho‘l havosi» (1963), «Odamlar nima derkin...», «Shamol esaveradi», «Bahor qaytmaydi» (1970), «Qalbingga quloq sol» (1973), «Uzun kechalar» (1975), «Nimadir bo‘ldi» (1976), «Quyosh tarozisi» (1980), «Dunyoning ishlari» (1982) hikoya va qissalar to‘plamlari hamda «Nur borki, soya bor» (1979), «Ikki eshik orasi» (1986) romanlari bosilib chiqdi. Hozirgi kunda uning «Uyqudagi tushlar» romani «Sharq yulduzi» oynomasida bosilmoqda. Unda shaxsga sig‘inish va qatag‘onlik davri illatlari haqida hikoya qilinadi. 1974 yili esa «Birovning tashvishi» nomly psixologik dramasi sahnalashtirildi.
 
Bundan tashqari, O’tkir Hoshimov O’rta Osiyo respublikalarining qator teatrlarida namoyish qilingan «To‘ylar muborak», «Sizdan ugina, bizdan bugina» kabi p’esalarning muallifidir.

O’tkir Hoshimov E. Xeminguey, K. Simonov, A. Kuprin, O.Bergolts singari yozuvchilar asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Asarlari qardosh xalqlar va xorijiy tillarga tarjima qilingan.

Ijodkor 80-yillar publitsistikasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan adiblardan biridir. Uning odob-axloq, ma’naviy olam, milliy qadriyatlar, sho‘ro davri adolatsizliklarini dadil yoritgan ocherk va teleko‘rsatuvlari bu davrning barkamol mevalaridir.

O’zbekiston xalq yozuvchisi (1991) O’tkir Hoshimov «Dunyoning ishlari» qissasi uchun Oybek nomidagi (1982) hamda «Ikki eshik orasi» romani uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga (1986) sazovor bo‘lgan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:18:30
MINHOJIDDIN HAYDAR
(1941)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/minhojiddin_haydar.jpg)
 
Jurnalist va shoir Minhojiddin Haydar 1941 yilning 3 may kunida Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani Maslahat (To‘n ko‘ygan) qishlog‘ida tavallud topgan. To‘liqsiz o‘rta maktabdan so‘ng Andijon meditsina bilim yurtida (1958—1960) o‘qiydi. 1963—1968 yillarda esa Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakultetida tahsil ko‘radi. So‘ngra «O’zbekiston madaniyati» (hozirgi «O’zbekpston adabiyoti va san’ati») ro‘znomasida, «Yosh gvardiya» va G’afur G’ulom nashriyotida yetakchi muharrir bo‘lib xizmat qiladi.

Hozirgi kunda esa u O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi qoshida «Minhoj» saxovat nashriyotini ochib, unga o‘zi rahbarlik qilib kelmoqda. Mazkur nashriyot esa xalqimizning boy tarixi, madaniy merosiga oid noyob asarlarni chop etish bilan katta xayrli ish qilmoqda.

Uning birinchi she’riy to‘plami 1971 yilda «Inson yuragi» nomi bilan chop etiladi. So‘ngra uning «Nina ustida qasr» (1979), «O’chmas bo‘ron» (1979), «Tirik alanga» (1984), «Bulbulsiz» (1991) kabi bir qator she’riy to‘plamlari va 1992 yilda «Musallo» nomli publitsistik asarlari bosilib chiqadi.

U tarjimon va dramaturg sifatida ham sermahsul ijodkordir. Jumladan, «Onaizor» (1970), «Do‘zaxdagi shayton» (1976) kabi she’riy dramalari va pamfletlari kitobxon va tomoshabinda katta qiziqish uyg’otgan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:19:46
MASHRAB BOBOYEV
(1941)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/mashrab_boboyev.jpg)
 
Adib Mashrab Boboev o‘z tengdoshlari orasida ko‘p qirrali ijod sohibi ekanligi bilan farqlanib turadi. U bir vaqtning o‘zida kattalar va bolalar uchun she’r yozadi — shoir. Ayni paytda hikoyalar, qissalar muallifi — nosir, Yana sahna asarlari yozadi — dramaturg ham.

U 1941 yili Samarqand viloyatishgag Poyariq tumanida oddiy dehqon, bog‘bon oilasida tavallud topgan. O’rta maktabni tugatgach, jamoa xo‘jaligida avval traktorchi, keyin esa kutubxonachi bo‘lib ishlaydi. 1958—1960 yillarda madaniy-oqartuv bilim yurtida, so‘ng Toshkent Teatr va rassomchilik instituti kechki bo‘limida tahsil ko‘radi. Institutni tugatgach, Samarqand viloyati xalq ijodiy uyiga rahbarlik qiladi. Tuman, viloyat, radio va ro‘znomalarda muxbir bo‘lib ham o‘z faoliyatini davom ettiradi. Toshkentga kelgach, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida, G’.G’ulom nomli Adabiyot va san’at nashriyotida, «Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir, «Sharq yulduzi» oynomasida adabiy xodim bo‘lib ishlaydi. Hozirgi kunda shoir va dramaturg Mashrab Boboev Madaniyat ishlari vazirligida ishlamoqda.

Mashrab Boboev shoir va adib sifatida 60-yillardan boshlab matbuotda ko‘rina boshladi. Uning «Onamga xat» nomli birinchi she’riy to‘plami 1971 yilda nashr etiladi. So‘ngra «Bahor kayfiyati» (1972), «So‘z» (1978), «Olisdagi chiroq (1981), «Bag‘ishlov» (1984), «Men bilgan sir» (1991) kabi bir qancha she’riy to‘plamlari bosiladi. To‘plamdan o‘rin olgan deyarli barcha she’rlarda shoir yaxshi odamlar, urf-odatlar, beg‘ubor sevgi-muhabbat, kelajak orzular haqida to‘lib-toshib kuylaydi.

Mashrab Boboev bolalar shoiri sifatida «Paxtam mening — baxtim mening» (1975) kabi qiziqarli she’riy majmua ham yaratgan.

Adib yosh, iste’dodli dramaturg sifatida ham el-yurtga tanilgan adiblardan biri. U o‘ndan ortiq sahna asarlari yaratgan bo‘lib, bular orasida «O’ttiz yoshlilar» (1976), «Yer tomiri» (1979), «Gurung» (1979), «Onaizor» (1985), «Yashasin, afandi» (1985), «Mushkul savdo» (1989) kabi pesalari ko‘pchilikka manzur bo‘lgan. Dramaturg ushbu p’esalarni «Qani, mening yulduzim» (1987), «Nomsiz yulduzlar» (1991) nomi bilan to‘plam holida nashr ettirgan. Shular qatori «Iroda» (1986) nomli telespektakl, «Sevgi nidosi» (1991, «Sab’ai sayyor» asosida) telebaletining ham muallifidir.

U mohir tarjimon, o‘tli publipist sifatida ham barakali ijod qilib kelmoqda. Xususan, u V.Katayevning «Xayol chechaklari» (1976), O. Chiladzening «Rangin dunyo» (1973), M. Bsisuning «Tashrif qog‘ozi" (1978) kabi asarlarini ham o‘z tiliga ag‘dargan. Mashrab Boboev ko‘p qirrali va sermahsul iste’dod egasi sifatida hozirgi adabiy jarayonda o‘z ovoziga ega adiblar sirasiga kiradi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:20:32
MUHAMMAD ALI
(1942)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/muhammad_ali.jpg)
 
Shoir Muhammad Ali Andijon viloyatining Bo‘z tumanida 1942 yili dunyoga keldi. 1959 yili o‘rta maktabii tamomladi. 1960 yili O’zbekiegon Yozuvchilari uyushmasi tomonidan Moskvadagi M. Gorkiy nomli Adabiyot institutiga o‘qishga yuborildi. Muhammad Ali 1966 yilda institutni tamomlab, Toshkentga qaytadi va G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrirlik vazifasyada ishlay boshlaydi.

Shoirning ilk she’rlari o‘quvchilik yillaridayoq vaqtli matbuotda bosiladi. Birinchi yirik asari «Mashrab» (1966) dostonidir. Shundan keyin «Fazodagi hislar», «Shafaq», «Otalar yurti», «Alvon chechaklar», «Dostonlar», «Hayot sadosi (rus tilida, 1975), «Ninachi haqida ertak» (1976) «Oq nur» (1977), «Ilhom parisi» (1980), «Boqiy dunyo" (1981), «Sevsam, sevilsam» (1983), «Soz» (rus tshgada) nomli kitoblari o‘quvchilar qo‘liga tegdi. Uning «Do‘stlik yo‘li» nomli she’r va dostonlari (1990) qozoq va qoraqalpoq tillarida nashr etilgan.

Ma’lumki, Muhammad Ali shoir, publitsist yo'ki tarjimon emas, u romannavis sifatida ham shakllanib bormoqda. Uning «Boqiy dunyo» (1981) she’riy romani Mirmuhsinping «Ziyod va Adiba», Barot  Boyqobilovning  «Shukuhli karvon», «Notinch Xuroson», «Yulduzli osmon» kabi she’riy romanlariga hamohangdir. Adibning «Sarbadorlar» (1990) romani esa nasriy epik asar bo‘lib, ikki kitobdan iboratdir. Ayni chog’da u tarixiy roman sifatida XIV asrdagi eng yorqin tarixiy-ijtimoiy voqealarni — sarbadorlik harakati tarixini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Eng muhimi, bugun xalqimiz erishgan mustaqillik uchun kurash ildizlarini, manbalarini tushunishga yo‘l ochadi. Shuning o‘zi romanning zamonaviy qimmatini tayin etadi. Aytish mumkinki, Muhammad Ali ko‘p qirrali ijodkorlardan. Uning «Oshiq bo‘lmay, haq diydorin ko‘rsa bo‘lmas» (1992) nomli publitsistik maqolalar to‘plami ham shundan kafolat beradi. U ayni chog’da mohir tarjimon. Respublika tarjimonlar markazinnng rahbari sifatida ham faol ijod bilan band. U filologiya fanlari nomzodi (1992), O’zbekiston xalq yozuvchisi hamdir (1992).

Shoir Muhammad Ali Pushkin, Bayron, Mitskevich, Tagor, Abay, Tumanyan va boshqalar asarlarini, buyuk hind eposi «Ramayana»ni o‘zbek tiliga o‘girdi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:21:23
OYDIN HOJIYEVA
(1942)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/oydin_hojiyeva.jpg)

O’zbekiston xalq shoirasi Oydin Hojiyeva 1942 yili Buxoro viloyatining Qiziltepa tumani Bo’ston qishlog’ida tug’ilgan. 1960 yili o‘rta maktabni kumush nishon, 1966 yili Toshkent Davlat dorilfununining filologiya kulliyotini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1905—1976 yillar «Sharq yulduzi» oynomasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, 1976—1985 yillar «Saodat» oynomasida bo‘lim mudiri, tahririyat a’zosi, 1985 yildan to hozir gacha «Gulxan» bolalar oynomasi bosh muharriri, 1971
yildan Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, 20 dan ortiq she’riy to‘plam muallifi.

Oydin Hojieva ijodi garchi 60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lsada, uning birinchi she’riy to‘plami 1970 yilda «Shabnam» nomi bilan chop ettiriladi. So‘ngra «Manzillar» (1975), «Men sevgan qo‘shiq» (1972), «Zar kokil qiz va quyosh» (1972), «Utrennyaya rosa» (1973, rus tilida), «Orzu guli» (1975), «Navo» (1977), «Tarovat» (1978), «Buvisining o‘z qizi» (1979), «Dostonlar» (1980), «Xushxabar» (1983), «Mushfiq onajon» (1983), «Tamal toshi» (1989), «Saylanma» (1989), «Najot» (1991), «Olisdan kelgan ovoz» (1991) kabi ko‘plab she’riy guldastalari dunyo yuzini ko‘rdi. Ular orasida «Chashmalarni izlayman»  (1987) kabi publitsistik asarlar majmuasi, bolalar uchun yozilgan ajoyib she’rlar ham bor.

Uning deyarli barcha to‘plamlarida pokiza va mehribon, kechirimli va sadoqatli ona tuyg‘ulari, vafodor yor, didli, farosatli va nozik ta’b shoira qalbi jo‘sh uri turadi. Ayni chog‘da dunyo voqealariga hamdardlik, insonlar mushkulini yengillatish uchun kurash, o‘z ona xalqi, ona tuprogi, madaniy merosiga mehr alohida yangrab turadi.

Shoiraning eng keyingi «Istiqlolga qasida» nomli she’rida shu ona zaminga, ona xalqqa va uning kelajagi taqdiriga jonfidolik alohida eshitilib turdi. U mohir shoiragina emas, ajoyib publntsist, tarjimon hamdir. Ayni chog‘da uning asarlari qator qardosh tillar va rus tiliga tarjima bo‘lgan. Ana shu faol va samarali ijodi unga O’zbekiston xalq shoirasi (1992) degan sharafni keltirdi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:22:21
HABIB SA’DULLA
(1942)

 
(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/habib_sadulla.jpg)

Shoir, dramaturg, jamoatchi Habib Sa’dulla 1942 yilda Namangan shahrida tug’ilgan. Avval aloqa texnikumi bilim yurtida o‘qib, Toshkentdagi ekskavator zavodida elektro payvandlovchi bo‘lib ishlagan. Sobiq sovet Armiyasi saflaridan qaytgach, «Mushtum» oynomasida xizmat qiladi. So‘ngra «Lenin uchquni» ro‘zpomasida adabiy xodim, «Namangan haqiqati» viloyat ro‘znomasida muharrir o‘rinbosari bo‘lgan. 1973 yildan 1990 yilgacha O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasining Namangan viloyati bo‘yicha mas’ul kotibi vazifasida ishlagan. Hozirgi kunda u Namangan vnloyati Madaniyat boshqarmasining boshlig‘idir.

U 1971 yilda Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika bo‘limini sirtdan tugatadi. Uning birinchi she’rlari 50-yillarning oxirlarida Namangan viloyat gazetalarida ko‘rinadi. 1969 yilga kelib uning birinchi she’riy to‘plami «Dengizdan shabada»  nomi bilan nashr etiladi. Shundan so‘ng uning «Bahor bilan suhbat» (1975), «Muloqot», «Yana ostonangdaman» kabi bir qator she’riy turkumlari paydo bo‘ladi. So‘ngra uning Ulug’ Vatan urushi fojealarini ifodalovchi uch dostoni — «Onajonim», «Men tug’ilgan yil», «Tirik qurbonlar» yaratiladi. Shuningdek, shoirning «Usmon atlas» degan dostoni ham nashr bo‘ladi. Shoirning mazkur to‘plamlari, she’riy guldastalari, dostonlari va g‘azallarida jonajon ona yurtini, mehribon, mehnatkash va saxovatli xadqini ulug‘laydi. Chin muhabbat, muhabbatga vafo, sadoqat tuyg‘ulari baralla yangraydi.

U shoir, g‘azalnavis va qo‘shiqchigina emas, dramaturg sifatida ham ma’lum. Habib Sa’dulla yaratgan «Yusuf va Zulayho" dramasi ko‘p yillardan buyon Andijon drama teatri sahnasidan tushmay keladi. Unda muallif Yusuf va Zulayholar muhabbati orqali yoshlarni chinakam insoniy sevgiga, sadoqat va mehrga chorlaydi. Uning niyati she’r yozish,

Bir she’r yozmoqchiman, bittagina she’r,
O’sha she’rni istab keldim dunyoga,
— deb orzu qiladi shoir. Biz ham o‘sha, shoir istagan she’rning yaratilishiga tilakdoshmiz.

Unga 1992 yilda O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni berilgan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:22:59
OMON MATJON
(1943)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/omon_matjon.jpg)

Iste’dodli o‘zbek shoirlaridan biri Omon Matjon 1943 yili Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tavallud topgan. O’rta maktabni tugatib, Samarqand Davlat dorilfununida tahsil oladi. Sho‘ro armiyasida xizmat etadi. 1969—1980 yillar mobaynida u Gafur G’ulom pomli Adabiyot va san’at nashriyotida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib xizmat etadi. So’ngra "œYoshlik" oynomasida bosh muharrir bo‘lib ishlaydi. Hozirgi kunda u Resiublika Prezidenti devonida mas’ul vazifani ado etib kelmoqda.

Omon Matjon 60-yillardan boshlab matbuotda o‘z she’rlari bilan ko‘rina boshlaydi. Keyinchalik shoirning eng yaxshi she’rlari uning «Ochiq derazalar» (1970) «Karvon qo‘ngirog’i» (1973), «Yonayotgan daraxt» (1977) «Yarador chaqmoq» (1979), «Haqqush qichqirig‘i» (1979) «Seni yaxshi ko‘raman» 1983), «Gaplashadigan vaqtlar» (1986) kabi to‘plamlardan munosib o‘rin oldi. Xususan «Seni yaxshi ko‘raman» to‘plamiga ayrim muhabbat haqidagi she’rlari qatorida avvalgi sanab o‘tilgan majmualaridagi eng yaxshi asarlari saylab olingan. Shunga ko‘ra mazkur she’riy to‘plamni shoirning kichik «Tanlangan asarlari» desa ham bo‘ladi. To‘plamlardagi «Amu», «Oybek», «Shu’lalardan hayratlanish», «Ona degan so‘z», «Turnalar», «Mezon», «Chorlov», «O’n uchinchi eshik» «Umrimiz haqida» kabi she’rlari hozirgi o‘zbek poeziyasi xazinasidan munosib o‘rin egallaydi. Binobarin, shoir she’riyati inson qalbining turfa kechinmalari va jilolarini rang-barang tashbehlarda, jozibali obrazlarda ifodalaydi.

Omon Matjon ijodida uning «Cho‘ldagilar» nomli doston-xronikasi, ayniqsa, «Gaplashadigan vaqtlar» nomli she’riy qissasi alohida o‘rin egallaydi. Unda shoir qayd etganidek, asarning yangicha shakli, ohangi kitobxon e’tiborini tortadi. Qolaversa, qissada yuksak insoniy e’tiqod, ma’naviyat va qadriyatlar haqida jonli bahslar davom etadi. Xususan, har qanday qirg’in urushlar, zulmning har qanday ko‘rinishi la’natlanadi. Yana muhimi, unda muhabbat tasviri asarga, xarakterlarga yangicha ruh, yaigicha fayz bag‘ishlaydi. Shularning hammasi shoir kamolatiga xizmat etadi, kitobxon bilan munosabatini yanada mustahkamlaydi.

Omon Matjon tarjimon sifatida qardosh va chet ellar adabiyotlaridan ko‘plab asarlarni o‘z ona tiliga mahorat bilan ag‘dara olgan. Xususan, F.Shiller, Sh.Bodder kabi jahon klassiklaridan qilgan tarjimalari e’tiborga loyiqdir. U adabiyot oldidagi ana shunday samarali hissasi uchun Yoshlar mukofoti, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan.

Ha, xalq shoiri (1993) aytganday:
«... boshqa juda muhim gap ham aytilmoqchiday, juda muhim, juda yangi... gaplashadigan» vaqtlar kelishiga yana bir bor ishonsa bo‘ladi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:23:57
RAUF PARFI
(1943)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/rauf_parfi.jpg)

Iste’dodli shoir Rauf Parfi 1943 yilda Toshkent viloyatining Sho‘ralisoy qishlog‘ida  dunyoga keldi. 1960—1965 yillarda Toshkent Davlat dorilfununida tahsil ko‘rdi. Jumhuriyat kino qo‘mitasida, G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida ishladi.

Garchi uning ilk she’rlari 50-yillarning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan bo‘lsa ham u 60-yillarning o‘rtalariga kelib shoir sifatida tanildi. Shundan so‘ng uning «Karvon yo‘li» (1968), «Aks sado» (1970), «Tasvir» (1973), «Xotirot» (1974), «Ko‘zlar» (1976), «Qaytish» (1981), «Sabr daraxti» (1981) kabi o‘nlab sara she’riyat to‘plamlari bosilib chiqdi. «Sukunat» (1991), «Ona Turkiston» (1992), «Turkiston ruhi» (1993) hamda ikki jildli «Saylanma» asarlari (1993) chop etildi. Agar uning 1-jildi nazm bo‘lsa, 2-jildi nasriy va tarjima asarlarini tashkil etadi. So‘nggi yillarda uning «Sharq yulduzi», «Yoshlik» kabi oynomalarda hamda «O’zbekioton adabiyoti va san’ati», «Turkiston», «Erk» ro‘znomalarida yangi — mustaqillik davri muammolarini hikoya qiluvchi o‘nlab ajoyib she’rlari o‘z o‘quvchisi qalbini yangidan zabt etoldi. U mohir tarjimon sifatida Bayronning «Manfred», Nozim Hikmatiing «Inson manzaralari», Karlo Kaladzeniig «Dengiz xayoli kabi asarlarini o‘z ona tiliga o‘girdi.
 
U shoir, tarjimongina emas, nosir, maqolanavis sifatida ham o‘z o‘quvchisiga yaqindir.

Rauf Parfi o‘zining «Sabr daraxti» (1986) she’riy to‘plami uchun O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Hamid Olimjon nomidagi sovriniga musharraf bo‘lgan. 1992 yilda xalqaro Mahmud Koshg‘ariy sovriniga ham ega bo‘ldi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:24:56
ZOHIR A’LAM
(1943)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/zohir_a'lam.jpg)

Yozuvchi Zohir A’lam urush davri farzandi, u 1943 yili Toshkentda tug’ilgan. O’rta maktabni tugatgach, kunduzlari Toshkent traktor  zavodida ishlab, kechqurunlari esa Toshkent Davlat dorilfununida tahsil oladi. Oliy o‘quv yurtini tugatgach, sobiq Sovet Armiyasi saflarida xizmat qiladi. So‘ngra  Buxoro-Ural gaz o‘tkazgich magistralida ishlaydi. «O’zbekiston» nashriyotida, «Sharq yulduzi» oynomalarida faoliyat ko‘rsatdi.

Zohir A’lamning ijodi, aniqroga birinchi kitobi «Baxtli bilet» nomi bilan 1972 yilda nashrdan chiqqan. Undagi ko‘pgina hikoya adib ko‘rgan, bilgan hayot va zamondoshlari obrazini chizishga qaratilgan. So‘ngra 1978 yili «BAM ufqlari» (1978) nomli ocherk va hikoyalar majmuasini chop ettiradi. 1978 yilga kelib, uning «Muqaddima» qissasi yaratiladi. 1981 yilda «Kiyik ko‘zi» nomi bilan hikoyalar to‘plami bosidadi. Va nihoyat, 1987 yilda «Afandining qirq bir pashshasi» nomli qissasi nashr bo‘ldi. Mazkur hikoya, qissalarida muallif hayot va odamlar, tabiat va jamiyat muammolari haqida, imon va diyonat, jaholat va pastkashliklar haqida hikoya qiladi. Yaxshilardan, yaxshi narsadardan o‘rnak olishga, uning uchun kurashga da’vat etadi.

U tarjimon sifatida ham ancha asarlarni o‘zbek tiliga o‘girgan. Bular orasida S.Zaliginning «Komissiya» romani ajralib turadi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:25:57
TURSUNOY SODIQOVA
(1944)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/tursunoy_sodiqova.jpg)

Shoira Tursunoy Sodiqova nozik ta’b, o‘tkir didli, nafosatli adibalarimizdan biri. U 1944 yili Toshkentda tavallud tongan. Urush davri farzandi. Binobarin,  hayotning achchiq chuchuklaridan boxabar. Shuning uchun ham uning she’rlarida umid, e’tiqod, yaxshi odamlar va yaxshi kunlarga ishonch bosh o‘rinda turadi.

U o‘rta  maktabdan  so‘ng 1961 — 1966 yillarda Toshkent Davlat dorilfununida tah'sil olgan. Dastlabki mashqlari shu yerda paydo bo‘lgan. Bo‘lg‘usi shoira avval maktablarda, so‘ngra yoshlar tashkilotlarida ishlagan. Hozirgi kunda esa Andijon Davlat Tillar institutida talabalarga saboq bermoqda. Filologiya fanlari nomzodi. Uvali-juvali, viloyat va respublikada yaxshi tanilgan, e’tiborli jamoatchi hamdir.

Uning birinchi she’ri 1961 yilda «Lenin uchquni» ro‘znomasida bosilgan. Hozirgacha beshdan ortiq to‘plamlari chop etilgan. «Qizlar daftari» (1973) she’riy turkumining tashkilotchilari va mualliflaridan biridir. Shoiraning birinchi she’riy guldastasi «Kuy» nomi bilan 1978 yilda chop etilgan.

Ha, chindan ham yaxshi she’r — orombaxsh kuydek kishiga huzur bag‘ishlaydi. Tuyg‘ularni qitiqlab, orzu-o‘ylarga,  xayollarga yetaklaydi. Tursunoyning  ushbu |«Kuy»ini o‘qisang, tinglasang arziydigan kuy. Kuy bo‘lganda ham orombaxsh kuy. To‘plamdagi she’rlar bir-biridagi fikr va g‘oyani to‘ldirib boradi. Eng muhimi yangi-yangi fikr bo‘lib tug‘iladi, fikrlarga, tuyg‘ularga yetaklaydi. «Ko‘zlarim» she’riga quloq soling-a:

Qarashlarim humorida emish allakim,
Kimlargadir orom bo‘lib qo‘nar ko‘zlarim.
Allakimni tentiratar hasad tunida,   
Do‘st qalbida kunduz misol yonar ko‘zlarim,—


desa, «O’quvchimga» she’rida eidi yuqoridagidek maftunkor va afsunkor, jozibali va sadoqatli yor timsolida emas, balki mehribon murabbiy, kechirimli ona sifatida namoyon bo‘ladi. To‘plamdagi ko‘pchilik she’rlar katta bir dard bilan, zo‘r zarb bilan yozilganligini his etish qiyin emas. Ma’lumki, ona mavzui muhabbat mavzui kabi boqiydir. Shoira ona haqida kuylar ekan, hech kimni, hatto o‘zini ham takrorlamaydi. Loaqal uning «Armonlarim» she’ridagi so‘nggi: «Uchrashmagan uchrashuvlar qoldi yo‘llarda...» misrasiga e’tibor bering-a?! Ha, bu misrada qancha armonlar, o‘ylar, tuyg‘ular bor?

Xullas, Tursunoy she’rlari goh o‘ynoqi, sho‘x, shalolalardek zavqli, qudratli, ba’zi she’rlari og‘ir, vaznin, o‘y-xayolga toldiruvchi, inson, hayot, muhabbat va taqdir haqida yana ham chuqurroq o‘ylashga da’vat etuvchidir. U «Firoq» degan bir she’rida daryoga murojaat etib: «Betoqatsan, toshqin oqasan» degan edi. Shoiraning keyingi «Iqbol» (1984), «Dil gavhari» (1985) she’riy to‘plamlaridagi ko‘pchilik asarlarida ham ana shu holat ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Mazkur to‘plamlarning birinchisida agar insoniy his-tuyg‘ular, g‘urur, inson ve ezgulik, oliyjanoblik va chin muhabbat kuylansa, keyingi guldastasida lirik, falsafiy ohangdorlik yetakchilik qiladi. Biz bu borada unga omad tilaymiz.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:26:43
HOJIAKBAR SHAYXOV
(1945)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/hojiakbar_shayxov.jpg)
 
Hojiakbar Shayxov fantast yozuvchi, sehrli adabiy janr ijodkori. U Xitoy Xalq Respublikasining Chuguchak shahrida 1945 yilning 25 martida tugilgan. O’rta maktabni bitirgach, 1964—1967 yillarda sobiq Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilgan. 1967—1971 yillarda Toshkent politexnika oliy bilimgohida tahsil ko‘rgan. So‘ngra, 1971—1978 yillar mobaynida elektr tarmoqlari idoralarida, O’zbekiston Fanlar akademiyasining Elektronika institutida ishlagan. 1978 yilda «Yosh gvardiya» nashriyotida bo‘lim boshlig’i, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi birinchi kotibining ijodiy ishlar bo‘yicha muovini bo‘lib xizmat qilgan. Hozirgi kunda u «Sirli olam» oynomasi va uniig ilovasi bo‘lmish «Qalb ko‘zi» ro‘znomasining bosh muharriri, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi taftish hay’atining a’zosi.

U yozuvchi sifatida 70-yillar boshida adabiyotga kirib kelgan. Shu vaqtgacha uning o‘ttizga yaqii kitoblari chop etilgan. Jumladan, «7-SER»—ilmiy-fantastik hikoya va qissalari (1972, hamkorlikda yozilgan), «Rene jumbog’i — ko‘lanka» (1980), «Olmos jilosi» (1983), «Telba dunyo» — roman (1990), «Ko‘z» — qissa (1986) kabi asarlari kitobxonlarning sevimli asarlariga aylanib qolgan. Shuningdek, u «Umid sayyorasi», «Uyg’ongan vijdon», «Olis sayyorada», «Nishon», «Olovdan chiqqan odam», «Darxon qo‘shig’i» kabi o‘nlab hikoyalar muallifi hamdir.

Hojiakbar Shayxov mohir tarjimon sifatida o‘nlab qardosh va chet el adiblari asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan. Ayni chog‘da u munaqqid, olim va adabiyotshunos sifatida 20 dan ortiq maqolalar yaratgan. Ular orasida fantastika, folklorshunoslik va mifologiyaga oid maqolalari e’tiborlidir.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:27:53
NORTO’XTA QILICH
(1946)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/nortuxta_qilich.jpg)

Norto‘xta Qilich zamonaviy adabiyotimizning kenja avlodiga mansub iste’dod sohibidir.

Norto‘xta Qilich 1946 yili Buxoro viloyatining G’ijduvon tumanidagi G’ishti qishlogida tug’ilgan. 1971 yilda Toshkent Davlat dorilfununini tugatgach, «Buxoro  haqiqati»,  «Xorazm haqiqati», Toshkent oqshomi»  ro‘znomalarida, «Sharq yulduzi» oynomasida ishlagan. Hozir G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at matbaa birlashmasida nasr bo’limi mudiri bo‘lib xizmat qilmoqda.

Norto‘xta Qilichning ilk hikoyalari 60-yillari tuman ro‘znomasida bosilib chiqqan. Uning «Oppoq tong» nomli birinchi hikoyalar to‘plami 1981 yilda nashr qilingan. O’shandan beri uning «Yorongul» (1981), «Mo‘jiza» (1984), «Chig’iriq» (1988) «Bayram» (1991), «Iltijo» (1992) nomli hikoyalar va qissalar to‘plamlari nashr etilgan.

Norto‘xta Qilichning «Bayram» to‘plamnga kirgan qissa va hikoyalari adib ijodining sarasi bo‘lib, unda muallif inson taqdiri va hayot ma’nosi haqida falsafiy mushohada yuritadi. Asar markaziga saylangan voqealar ko‘p hollarda dramatik, o‘tkir teranligi bilan o‘z kitobxonini jalb etadi. Ayniqsa, undagi qahramonlar o‘zlarining ma’naviy-axloqiy pokligi, ozodabaxshligi bilan o‘quvchiga katta ma’naviy oziq beradi, estetik zavq bag’ishlaydi. Shuningdek, adibning ko‘p asarlari o‘zining badiiy tili, sodda, oddiy, ravonligi bilan ularning o‘qimishli bo‘lishini ta’minlaydi.

Yozuvchi hikoyalari qozoq, qoraqalpoq, belorus, ukrain va rus tillariga tarjima qilingan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:28:36
TOHIR MALIK
(1946)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/tohir_malik.jpg)

Tohir Malik 1946 yili Toshkentda, ziyoli oilasida dunyoga kelgan. U ham ba’zi tengdoshlari kabi o‘rta maktabni  tugatgandan keyin kunduzlari qurilishda ishlab, kechqurunlari Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika bo‘limida o‘qiydi. Maktablarda o‘qituvchilik qiladi, nashriyotlarda xizmat etadi. «Lenin uchquni» ro‘znomasida bo‘lim boshlig’i bo‘lib faoliyat ko‘rsatadi. So‘ngra Resdublika radiotelevideniye qo‘mitasida, «Guliston» tahririyatlarida ishladi. «Sharq yulduzi» oynomasida mas’ul kotib, «Yoshlik» oynomasida bosh muharrir hamda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi bo‘lib ham xizmat qiladi.

Tohir Malik birinchi asari 1971 yilda «Hikmat afandining o‘limi» nomi bilan chop etilgan fantastik qissasi bo‘ldi. So‘ngra «Zaharli gubor» (1978) ilmiy-fantastik asari «Somon yo‘li elchilari» (1079), «Chorrahada qolgan odamlar» (1985), «Qaldirg‘och» (1987), «Bir ko‘cha, bir kecha» (1988), «Alvido, bolalik» (1989), «So‘nggi o‘q» (1990) kabi o‘nlab hikoya va qissalar to‘plamlari chon etildi. U yaratgan nasriy asarlar o‘zga nosirlardan o‘ziga xos uslubi bilan ajralib turadi.

Yozuvchi ko‘pincha fantastik, ilmiy-fantastik va sarguzasht yo‘nalishda yozadi. Shu orqali ham hayot, odamlar va jamiyat haqida ancha keng mushohada yuritadi. Shu bilan birga, «Qaldirg‘och» kabi epik asarlar ham yaratgan. Mazkur qissada Abdulla Avloniy hayoti va faoliyati, tarixi, taqdiri misolida 20-yillar o‘zbek ziyolilari sinfining shakllanishi haqida bahs yuritadi. Shu orqali xalqimiz madaniy-ilmiy dunyoqarashi, kurashnni umumlashtirib beradi. Tohir Malik mohir hikoyanavis, qissanavisgina emas, jamoatchi. jurnalist va tarjimon sifatida ham faol xizmat qiladi. Uning bolgar adabiyotidan qilgan tarjimalari, Emil Amit, Axier Hakimov, Suhrob Muhamedov kabi adiblar yaratgan bir qator hikoya, qissalarni o‘zbek tiliga tarjimasi keng o‘quvchiga taqdim etilgan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:29:25
ANVAR OBIDJON
(1947)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/anvar_obidjon.jpg)

Hajviy adabiyot an’analarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirib kelayotgan iste’dodli adiblardan biri Anvar Obidjon shoir, nosir va dramaturg sifatida o‘nlab to‘plamlar, kitoblar nashr ettirib ulgurdi.

Anvar Obidjoya Fargona viloyati Oltiariq tumani Poloson qishlogida 1947 yilning 25 yanvarida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topgan. U odatdagidek, o‘z hamkasblari kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijodga kirib kelmadi. 1964 yilda o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand moliya texnikumida o‘qidi. Harbiy xizmatdan (1966—1969) qaytgach, 1969—1971 yillarda jamoa xo‘jadigida hisobchi, klub mudiri, tuman ro‘znomasi, viloyat radiosida turli vazifalarni bajardi. Ayni choqda Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetini sirtdan tamomladi. 1981 yildan boshlab u Toshkentga kelib, «Yosh gvardiya» nashriyoti, «Yosh kuch», «Mushtum», oynomalarida faoliyat ko‘rsatdi. Shu kunlarda u «Cho‘lpon» nashriyotining bosh muharriridir.

Anvar Obirjon ijodi garchi 60-yillardan boshlangan. Birinchi «Shkafcham» nomli she’ri «G’uncha» jurnalida chop etilgan bo‘lsa ham, uning birinchi kitobi 1974 yilda «Ona yer» nomi bilan «Yosh gvardiya» nashriyotida bosilib chiqadi. Shundan buyon qariyb 20 yil davomida «Bahromning hikoyalari» (1981), «Olovjon va uning do‘stlari», (1983), «Ey, yorug‘ dunyo» (1983), «Ketmagil» (1985), «Bezgakshamol» (1985), «Alamazon i yego pexota». «Masxaraboz bola» (1980), «Juda qiziq voqea» (1987), "œOltin yurakli avtobola» (1988), «Dahshatli Meshpolvon» (1990) kabi she’riy va nasriy kitoblari chop etildi. Ulardan tashqari, adibning «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi», «Pahlavonning o‘g’irlanishi» kabi p’esalari sahna yuzini ko‘rdi. Mazkur asarlarning deyarli ko‘pchiligida odamlardagi, hayotdagi nopok tomonlar, illatlar, nuqsonlar goh achchiq, goh istehzoli, goh mayin kulgi vositasida fosh etib beriladi. Anvar Obidjon ijodi avji kamolat bosqichida. U o‘z ustozlari Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Ne’mat Aminov kabi iste’dodlar safini to‘ldiradi, deb ishonsa bo‘ladi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:30:53
HALIMA XUDOYBERDIYEVA
(1948)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/halima_hudoyberdiyeva.jpg)

Ehtirosli shoira, jurnalist, mushohadanavis, faol jamoatchi, O’zbekiston Respublikasi xalq noibi, Respublika Prezidentlik  Kengashining a’zosi,  «Saodat»  oynomasining bosh muharriri, Respublika xotin-qizlar Kengashining raisi Halima Xudoyberdiyeva 1948 yili Sirdaryo viloyatining Boyovut  tumanida oddiy dehqod oilasida tavallud topgan. O’rta maktabni tugatib, 1968—1972 yillar mobaynida Toshkeit Davlat dorplfununida ta’lim olgan. So‘ngra «Saodat» oynomasida bo‘lim boshlig‘i, muharrir o‘rinbosari vazifalarida ishlagan. 1975—1977 yillarda esa Moskvadagi Oliy Adabiyot kursida o‘qigan. O’qishdan qaytgach, 1978—1982 yillarda «Yosh gvardiya» nashriyotida bo‘lim boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Uning ijodi 60-yildardan boshlangan bo‘lib, hozirgacha yigirmaga yaqin she’riy, publitsistik asarlar to‘plami nashr etilgan. Uning birinchi she’riy to‘plami «Ilk muhabbat» 1969 yilda nashr etildi. Shundan so‘ng «Oq olmalar» (1973), «Chaman» (1974), «Suyanch tog’larim» (1976), «Gordost» (1976), «Bobo quyosh» (1977), «Issiq qor» (1979), «Beliye yabloki» (1980), «Sadoqat» (1983), «Muqaddas ayol» (1988), «Yuragimning og‘riq nuqtalari» (1991) kabi she’riy, publitsistik asarlar to‘plami chop etildi.

Shoira Halima Xudoyberdiyeva she’riyatinnng mavzu va ma’no ko‘lami nihoyatda keng va chuqurdir. Uning she’rlarida go‘dak, ayol, ota-ona, yer-suv, tabiat va tog‘u tosh va qushlar taqdiri, ularning yashash tarzi, tabiati, holati ifodalanadi desa bo‘ladi. Yaxlit holda inson, tabiat va janiyat muammolarining deyarli barcha ko‘rinishlari shoirani hayajonga soladi. Tuproq, ona yer va inson taqdiri bir butunlikni tashkil etadi. Shu boisdan ham u bir she’rida «Men shu tuproq kuychisiman» deb g’ururlapadi. Eng muhimi, shoir nima haqida, kim to‘grisida yozmasin, ko‘pincha ichki yoki tashqi, ruhiy holatlarni chizishdan ko‘ra, o‘y-mushohadalar ziddiyatlarini chizishga ishtiyoq kuchli. Shu boisdan bo‘lsa kerak, shoirani mushohadanavis adiba ham deyishadi. Mana shu holat va she’riyatidagi soddalik, samimiylik kitobxonni ham o‘ziga jalb etadi:

O’quvchim, to‘kildi og’u bilan bol,
Men she’r deb atadim uning otini.
Hayajonli kunlar mevasini ol.
Ol, uyqusiz tunlar mukofotini.


Ha, shoiraning barcha she’rlari, to‘plamlari ana shu dardli, hayajonli kunlar va tunlar mevasidir.

Halima faqat shoiragina emas, otashnafas publitsist hamdir. Ayniqsa, uning «Yuragimning og’riq nuqtalari» to‘plamiga kirgan barcha asarlarida zamonamizning eng dolzarb muammolari haqida mushohada yuritiladi. Ularda Ona, Ayol, Ezgulik, Bolalik va Kelajak bosh qahramon sifatida namoyon bo‘ladi.

Halima Xudoyberdieva faqat otashnafas shoira, publitsistgina emas, mohir tarjimon sifatida ham barakali ijod qilmoqda. Xususan, uning Fazu Alieva, Silva Kaputikyan, Ibrohim Yusupovlardai qilgan tarjimalari e’tiborlidir. Atoqli adiba Zulfiya so‘zlari bilan aytganda, Halima «Tuyg’u, o‘ylar, toshqin hislar» bilan to‘la she’riyat ijodkoridir. Unga «Muqaddas ayol» she’riy to‘plami uchun 1990 yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi. 1992 yilda esa O’zbekiston Respublikasi xalq shoirasi degan yuksak unvonga sazovor bo‘ldi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:31:44
AZIM SUYUN
(1951)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/azim_suyun.jpg)
 
Azim Suyun iste’dodli, isyonkor va haqiqatgo‘y shoirlardan biridir. U 1948 yilning 22 fevralida Samarqand viloyatining Nahrrud qishlog’ida mehnatkaga oilasida dunyoga kelgan. O’rta maktabdan so‘ng Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetiga kirib o‘qigan. Uning ijodi 60-yillarning oxiri va 70-yillar boshida boshlangan bo‘lib, «Mening osmonim» (1978) nomli birinchi she’rlar to‘plami bilan keng kitobxonlarga tanilgan.

Shundan buyon shoirning o‘nga yaqin she’riy to‘plamlari va bir qator dostonlari chop etildi. Jumladan, «Zarb» (1979), «Zamin taqdiri» (1981), «Xayolot» (1984), «Ziyo ko‘li» (1986), «Javzo» (1987), «Olis tonglar» (1989), «Kuyganim-suyganim» (1992) kabi she’riy guldastalari o‘quvchilarning sevimli kitoblari bo‘lib qoldl. Ayniqsa, uning «Sarbadorlar» fojeasi, «O’zbekiston», «Bir tomchi suv dengizga aylangan kecha yoki Imorat» kabi dostonlari ma’lum va mashhurdir. Ularda zamon va davr, zamondoshlar va tengdoshlar taqdiri, fojeasi, intilish va kurashlari chinakam hayot haqiqati darajasida o‘z ifodasini topgan.

Shoir chuqur falsafiy mushohadalarga boy «O’zbekiston» dostoni va bir turkum she’rlari uchun Abdulhamid Cho‘lpon nomidagi birynchi xalqaro mukofotga (1991) sazovor bo‘lgan. Ayni chog‘da shoir Azim Suyun 1992 (21—24 may) yil Turkiyada bo‘lib o‘tgan «Turkiy uluslar adabiyotida turkiy til» anjumanida Turkiya yozuvchilar Birligining mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning bir qator she’rlari, she’riy turkumlari, kitoblari, rus, ingliz, turk, qozoq, tojik, tuva kabi o‘nlab tillarga tarjima qilingan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:32:34
MUROD MUHAMMAD DO’ST
(1948)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/murod_muhammaddust.jpg)

Iste’dodli adib Murod Muhammad Do‘st 1948 yili Samarqapdning Jom qishlog’ida tug’ildi. U Toshkent Davlat dorilfunuiini tugatgach, Moskvada Adabiyot institutida tahsid ko‘rdi. So‘ngra «O’zbekfilm» kinostudiyasida, «Sharq yulduzi» oynomasida faoliyat ko‘rsatdi. Uning ijodi 70-yillardan boshlangan bo‘lib, dastlab hikoyalar yozishdan ish boshladi.

Yozuvchining dastlabki hikoyalar to‘plami 1976 yili «Qaydasan, quvonch sadosi» nomi bilan nashr etildi. So‘ngra uning «Mustafo», «Iste’fo», «Dashtu dalalarda», «Galateia qissalari», «Chollardan biri», «Bir toychoqning kuni» kabi hikoya, qissalari chop etildi. 1983 yilga kelib, uning«Galatepaga qaytish» nomli romani yaratildi. Shundan so‘ng u turg‘unlik davri ma’naviy, iqtisodiy va siyosiy tanazzulidan hikoya qiluvchi «Lolazor» (1988) romanini yaratdi. Bu roman 1990 yilda Hamza mukofotiga loyiq topildi. U hozirgi kunda O’zbekiston Reolublikasi Prezidenti matbuot markazi rahbaridir.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:33:19
TOG’AY MUROD
(1948)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/togay_murod.jpg)

Tog‘ay Murod (Mengnorov) o‘zbek milliy  adabiyotining noyob vakilidir. U 1948 yili Surxondaryo viloyatining Denov tumani, Xo‘jasoat qishlogida tug‘ilgan. Shu qishloqdagi 43-o‘rta maktabii 1966 yilda tugallab, o‘sha yili Toshkent Davlat dorilfupunining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirgan. 1972 yilda universitetni muvaffaqiyatli tamomlagach, respublika radiosi «Vatandoshlar»  tahririyatida bo‘lim muharriri bo‘lib, 1970 yilgacha xizmat qilgan.

Tog‘ay Murod 1973—1974 yillarda sobiq Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilib qaytdi. 1976—1978 yillarda esa «O’zbekiston fizkulturachisi» ro‘znomasida tarjimon, 1982—1984 yidlarda «Fan va turmush» oynomasida bo‘lim muharriri bo‘lib ishladi. 1985—1987 yillarda Moskvada M. Gorkiy nomidagi Jahon adabiyoti oliygohida tahsil olib qaytdi.  Yozuvchi o‘z ijodini 1976 yili «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi bilan boshladi. Bu qissa o‘zbek adabiyotiga tug’ma iste’dod egasi kirib kelayotganidan darak berdi. Qissada Bo‘ri polvon, Tilovberdi, Abil polvon obrazlarida o‘zbek milliy kurashi badiiy ifodasini topdi. Adibning 1979 yilda bitilgan «Ot kishnagan oqshom» qissasi bu umidni chinakam haqiqat, ishonchga aylantirdi. Asar bosh qahramoni Tarlon ot kitobxon qalbiga qadrdon bir odamday kirib bordi. Asar nohaq tanqidga ham uchradi.

Yozuvchining 1980 yili chop etilgan «Oydinda yurgan odamlar» qissasi adibninggina emas, o‘zbek milliy adabiyotining noyob namunasi bo‘ldi. Qissa qahramonlari Qoplon va Oymomo farzand orzu-ilinjida kun, oy, yillarni bir-biriga ulab  yashashadi.  Hali tug’ilmagan bolaning bobosi, momosi bo‘lib zurriyotni, bir-birlarini ardoqlashadi. Asar qahramonlari fojeasi umid va yorug’likka to‘la mungli, hazin qo‘shiq qilib kuylanadi.

Togay Murodning 1985 yili bitilgan «Momo yer qo‘shig’i» qissasi o‘z g’oyasi, adabiy yo‘nalishi bilan o‘zga qo‘shiq-qissalaridan ajralib turadi. Povestda milliy zamindan oyog’i uzilgan, Vatan tuprog’ida yashab, yuragida yurt tuyg’usi bo‘lmagan 80-yillar mafkura qurbonlari «qahramonlari» obrazlari G’arb adabiyoti sig’indi bandasi bo‘lib qolgan ijodkor misolida o‘zbekona kinoya bilan tasvir etiladi.

Ijodkor iste’dodli tarjimon hamdir. U 1974-1975 yillarda J.Londonning «Boyning qizi» dramasi va ko‘pgina hikoyalarini o‘zbek tiliga ag’darib nashr ettirdi. 1989 yili E.Seton-Tompsonning hayvonlar haqidagi mashhur «Yovvoyi yo‘rg‘a» kitobini mahorat bilan tarjima qildi.

Togay Murod 1986—1992 yillar davomida o‘zining ilk romani «Otamdan qolgaya dalalar» asarini bitdi. «Otamdan qolgan dalalar»— ramziy roman. Unda butun umr ketmon chopib, mustamlaka yurtda kosasi oqarmay kelgan o‘zbek xalqi siymosi Dehqonqul obrazi timsolida tasvir etiladi.

Yozuvchi ayni kamolot yoshida yangi ijodiy niyatlar ustida ishlamoqda.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:35:05
MIRPO’LAT MIRZO
(1949)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/mirpulat_mirzo.jpg)
 
Shoir Mirpo‘lat Mirzo 1949 yil 20 avgustda Chimkent viloyatining Sayram qishlog’ida oddiy dehqon oilasida tug’ildi. O’rta maktabni tutatgach, o‘z tengdogdlari kabi Toshkent dorilfununining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirdi va uni 1971 yilda tugatdi. Uning mehnat faoliyati «Yosh gvardiya» (1971) nashriyotidan boshlandi. U O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida adabiy maslahatchi, «Yozuvchi» nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishladi, Hozirgi kunda Yozuvchilar uyushmasining kotibi vazifalarida ishlab kelmoqda.

Mirpo‘lat Mirzoning ijodi dorilfunundagi talabalik yillaridayoq boshlangan edi. Uning dastlabki she’riy turkumi 1971 yilda «Guliston» oynomasida shoir Abdulla Oripovning fotihasi bilan nashr etildi. Ilk she’riy to‘plami 1975 yillarda nashr etilgan bo‘lib, so‘ng «Ishq fasli» (1978), «Yaxshi kunlar» (1981), «Sunbula» (1985), «Moviy daryo» (1988), «Atirgul va yulduzlar» (1990) kabi bir qator to‘plamlari chop etildi. Mazkur she’riy to‘plamlarida muallif o‘z xalqi, ona-Vatan dardi va kelajagini, g’alayonli davr kishilarining murakkab ichki olami, his-tuyg‘ularini, ozod o‘lkasida, xalqi ruhiyatida shakllanayotgan istiqlol iftixorini kuylashga intiladi.

Kurash ummonining bir mavjiman — men,
Mavjlarning balandi, baravjiman — men,
Tagor she’ri, Iqbol sadosi — menman,
Erk uchun yonganning nidosi — menman!.
                              Yangi zamon keldi!
                              Keldi yangi zamona!


Ha, shoir davr ovozi, istiqlol da’vatkori, nurli kelajak oshig‘idir.

Shoir publitsist va dramaturg sifatida ham qalam tebratmoqda. Mirpo‘lat Mirzo tarjimon hamdir. U A.S. Pushkin, B.Pasternak, A. Tvardovskiy, Ye.Yevtushenko, U. Sulaymon, A. Vozpesenskiy kabi iste’dodli shoirlarning asarlarini o‘z ona tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Shoir Mirpo‘lat Mirzo O’zbekiston Resiubdikasi madhiyasini yozgan sovrindorlardan biri hamdir. U hamisha izlanishda. O’zi aytganday:

Ona yurtim, sening baxting deb,
Men qo‘limga olganman qalam,
Koshki o‘tli satrlar bitib,
Aritolsam ko‘ksingdan alam.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:35:54
MUHAMMAD SOLIH
(1949)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/muhammad_solih.jpg)

Iste’dodli shoirlar orasida Muhammad Solih (Saloy Madaminov)ning o‘z o‘rni, ovozi bor. U 1949 yili Xorazmda tavallud topgan. Shu yerda o‘rta maktabni tugatib, sobiq Sovet Armiyasida xizmat qilgan. 1975 yilga kelib Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetini muvaffaqiyatli tugatadi. So‘ngra Moskvadagi Adabiyotchilarning oliy maktabini  tamomlaydi.

U jamoatchi sifatida O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi bo‘lib ham ishlaydi.

Muhammad Solih ijodi asosan 70-yillar boshidan boshlangan bo‘lsa ham 1977 yilda uning birinchi she’riy to‘plami—«Yilning beshinchi fasli» («Pyatoe vremya goda»), «Oq ko‘ylak» (1980), «Luna vkolodtse» (1980) kabi qator she’riy to‘plamlari nashr etiladi. Shundan so‘ng ko‘p o‘tmay uning «Olis tabassum soyasi» (1988), «Orzu fuqarosi» (1990) kabi she’riy guldastalari kitobxonga taqdim etdladi. Shuningdek, «Ko‘zi tiyrak dard» (1990) nomi bilan publitsistik asarlar to‘plami ham bosiladi. To‘plam uch qismdan iborat bo‘lib: a) iztirobning ko‘zi; b) yaxshilikning tili; v) tarixiy zarurat kabi nomlar bilan turkum holida beriladi.
 
Unda shoirga zamondosh bo‘lgan ayrim kimsalarning loqayd, maqsadsiz, o‘zi uchun yashash tarzi qoralanadi. Aksincha, faolroq, tiyrakroq, ziyrakroq yashashga chorlaydi.

Shoir «Olis tabassum soyasi» to‘plamida qadimiy turkiy bitiklarning taqdiri, qadr-qimmati  haqida kuyinib kuylaydi.

Muhammad Solih she’riyati lirik-falsafiy oqimning yaxshi namunalari bo‘lib, o‘z bag‘rida G’arb va Sharq she’riy san’atlarini jobajo qilganligi bilan ajralib turadi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:36:47
USMON AZIMOV
(1950)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/usmon_azimov.jpg)

Iste’dodli shoirlardan biri Usmon Azimovdir. U 1950 yili Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug’ilgan. 1972 yilga kelib Toshkent  Davlat dorilfununini tugatgan. So‘ngra sobiq Sovet Armiyasi saflarida xizmat o‘tagan. U dastavval jurnalist sifatida Respublika radiosida, bir qator ro’znoma va oynomalarda, nashriyotlarda faoliyat ko‘rsatgan. Hozirgi kunda esa Respublika Prezidenti devonida Davlat maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Usmon Azimov shoir sifatida 70-yillarda matbuotda ko‘rina boshlagan. 1978 yilga kelib, shoirning birinchi to‘plami «Insonni tushunish» nomi bilan nashr bo‘lgan. Shundan so‘ng uning ketma-ket «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Otrajeniye» (1983) kabi she’riy to‘plamlari chop bo‘ladi. «Bir qadam» nomli radiodramasi, bolalar uchun «G’aroyib ajdaho» (ertak), «Bog‘dagi bog‘cha» kabi bir qator asarlari paydo bo‘ladi. Shuningdek, «Dars» (1987), «2 aprel» (1988), «Baxshiyona» (1988), «Uyg‘onish azobi» (1991) singari she’riy to‘plamlarni yaratadi. U yaratgan o‘nlab she’rlar, dostonlar faqat mavzu, janr va uslub jihatidan emas, balki jo‘shqin, shiddatli va ayni chog‘da beg‘uborligi bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, uning asarlarida hayotdagidek kuchli dramatizm va fojeaviylik o‘quvchini hayajonga tortadi. Eng muhimi, uning she’r va dostonlarida ona Vatan ishqi, ona xalq tashvishlari, kelajak muammolari goh zamonaviy mavzularda, goh tarixiy-qiyosiy tarzda, goh folklor an’analari ruhida o‘zining chuqur realistik ifodasini topadi. Ha, shoir o‘zi haqida aytganidek:

O’ynoq-o‘ynoq, og‘ir-og‘ir oqmoqda umrim.
Goh ko‘z yumib, goh ufqqa botmoqda umrim.
Bor jonini sadqa aylab she’rga, qo‘shiqqa,
Siz yo‘qotgan sururlarni topmoqda umrim.


Usmon Azim ijodi hozir kamolot bosqichida. Ishqilib zavol topmasin, el-yurt uchun umrini, ijodini baxshida etgani rost bo‘lsin. U V.Mayakovskiy nomidagi Gruzin Davlat mukofoti sovrindoridir.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:37:47
ABDUVALI QUTBIDDIN
(1950)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/abduvali_qutbiddin.jpg)
 
Shoir Abduvali Qutbiddin iqtidorli, nozik ta’b va yuksak didli qalamkash. U 1950 yilning 20 iyunida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tavallud topgan. Aslida uning ota-onasi Shayxovandtohur mahallasidan Xo‘ja Ahror Valiy avlodiga mansub kishilar edi. Oktyabr to‘ntarishi va qatag‘onlik davrining ur-yiqit shamoli bu oilaga ham soya solmay qolmagan. Yillar davomida Samarqand, Qashqadaryo vohalarida ko‘chirib yuborilganlar qatorida istiqomat qilishgan.

Shu tufayli Abduvali Qarshida tugilib, Samarqandda tahsil olgan. 1978 yilda Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1983 yilda muvaffaqiyatli tamomlagan. Samarqand viloyat ro‘znomasi «Lenin yo‘li» hozirgi «Zarafshon»da faoliyat ko‘rsatadi. 1985 yildan esa ona shahri Toshkentga kelib, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir bo‘lib ishlaydi. 1990 yilda «Yozuvchi» nashriyoti tashkil bo‘lgach, avval yetakchi muharrir va hozirda bosh muharrir bo‘lib ishlab kelmoqda.

U oilali, ikki o‘g’il, ikki qizi bor.

Hozirda uchta she’riy to‘plami nashr etilgan. Shoirning «Nayson» (1988), «Humo» (1989) va «Baxtli yil» (1991) to‘plamiga kirgan she’rlari oddiy, sodda, ravon ifodalar asosiga qurilganligi bilan ajralib turadi. Qarang:

Uyalib — tug’ildim,
Uyalib — yashadim,
Uyalib o‘larmen.


Axir bu butun o‘z xalqi axloqi, odobi,ma’naviyatiga dahldor she’riy marjonlar emasmi?! Yoki «Baxtli yo‘l» to‘plamiga kirgan «Yer qa’riga», «Ikki amakimga xat» she’ridagi falsafaga diqqat qiling. Unda dunyo o‘tkinchi, hamma vaqt hamma narsa o‘tadi, ketadi, poklik, muhabbat, yaxshilik, mehr kabi buyuk tuyg’ular qoladi degan xulosaga keladi. Va deydiki, bu omonat dunyoda, omonat ko‘prikda ana shu adabiyot tinch, pok bo‘lsin:

Omonat ko‘prikning ustida mahkam,
Tinch-u, pok bo‘lsin tirik abadiyat.


Shoir biz bilan bir suhbatda mening tarjimai holim aytarli kitobxonga namuna bo‘lolmas, degan andishaga ham bordi. Hurmatli kitobxon, shoir Abduvali Qutbiddin kelajak shoiri, shu kunning shoiri. Hali u o‘nlab to‘plamlar, asarlar yaratib beradi, sizni xushnud etadi, deb ishontirsa bo‘ladi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:38:29
SHAVKAT RAHMON
(1950)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/shavkat_rahmon.jpg)
 
Iste’dodli ijodkorlar orasida Shavkat Rahmonning o‘z sozi, ovozi ayricha jaranglab turadi. U 1950 yilning 12 sentyabrida O’sh viloyati Qorasuv tumaniga qarashli Pomir mahallasida xizmatchi oilasida tug’ilgan. 1966 yilda O’shda o‘rta maktabni tugatgach, qurilishlarda, bosmaxona va viloyat ro‘znomalarida ishlaydi. 1973 yilda Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini bitiradi.

Shoirning dastlabki she’rlari O’sh viloyat ro‘znomalarida chiqa boshlaydi. Birinchi she’riy to‘plami «Rangli lahzalar» (1978) nomi bilan bosiladi. Shundan keyin shoirning «Yurak qirralari» (1981), «Ochiq kunlar» (1983), «Gullayotgan tosh» (1984), «Uyg‘oq tog’lar» (1986), «Hulvo» (1988) kabi bir qator she’riy to‘nlamlari bosilib chiqdi. U tarjimon sifatida «Lorka, saylanma» (1979) nomi bilan ruschadan tarjima, yana «Lorka, saylanma» (1989) ispanchadan tarjimalari bosilgan. Uning asarlarida tarixga, kechmishga sayohat, hozirgi kunlarga tanqidiy baho yetakchilik qiladi.

Shavkat Rahmon she’riyati 80-yillarda o‘zbek adabiyotida kuchli oqimni tashkil etgan lirik-falsafiy, isyonkorlik ruhidagi asarlar sirasiga kiradi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:39:15
NURALI QOBUL
(1950)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/nurali_qobul.jpg)
 
Iste’dodli va iqtidorli adiblardan biri Nurali Qobuldir (Nurali Qobulovich Xolbo‘tayev). Nurali Qobul 1950 yilda Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi O’smat qishlogida tavallud topgan. 1974 yilga kelib Ulug‘bek nomidagi Fargona Davlat pedagogika oliy bilimgohining tarix bo‘limini bitirgan. Shundan so‘ng tuman, viloyat komsomol va partiya rahbarlik ishlarida ishlagan. 70-yillardan boshlab jurialist sifatida tuman, viloyat ro‘znomalarida, aniqrog‘i «G’alaba bayrog‘i», «Jizzax haqiqati» ro‘znomalarida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. So‘ngra Toshkentga kelib, «Sovet O’zbekistoni san’ati» (1977) oynomasida muharrir o‘rinbosari, keyinroq bosh muharrir bo‘lib ishlagan. Hozirgi kunda u «Cho‘lpon» nashriyotining rahbaridir.

Nurali Qobulning adib sifatidagi ijodi, asosan uning Toshkent davriga to‘g‘ri keladi. Avval hikoya, qissalar yozib, ro‘znoma va oynomalarda ko‘rina botlaydi. Uning qissa va hikoyalardan iborat «Oyqor» (1978), «Salom, tog‘lar» (1979) kabi to‘plamlari ketma-ket paydo bo‘ladi. Har ikki to‘plam ham kitobxon va adabiy tanqid tomonidan qizg‘in bahsga sabab bo‘ladi. Unda urush davri fojealari, urf-odat va oilaviy kelishmovchiliklar, yoshlar taqdiri va sevgisi haqidagi falsafiy mushohadalar o‘quvchi qalbini to‘lqinlantirgan edi. Eng muhimi, undagi adolatparvarlik sari intilish, sof sevgiga adoqat, kattalarga hurmat, asar qahramonlariga nisbatan iliqlik uyg‘ota olishidir. Shundan so‘ng yozuvchining yana o‘ndan ortiq she’riy, nasriy asarlari chop etildi. Jumladan, «Tubsiz osmon» (1981), «Yashash uchun kehikma»  (1983) kabi qissalarida yoshlar taqdiri, kelajagi yo‘lidagi kurashi, orzu-intilishlari yana bahslarga yetaklaydi. Adibning «Kaptarlar  qaytmas-kuya» (1983) hikoya va qissalar to‘plami, «Unutilgan sohillar» (1988) kabi romanlarida endi faqat adibning mavzu doirasigina kengayib qolmay, hayot, odamlar haqidagi falsafiy qarashlarining tobora real, chuqur ko‘rinishga kirayotganligidan  ham shahodat beradi. Shuningdek, bolalar uchun yozilgan «Odam, Oyqor tog‘ va daydi shamol» (1980) she’riy ertagi yaratildi. Adib publitsist va tarjimon sifatida ham barakali ijod bilan band. Uning «Bug‘doy pishig’iga yetmaganlar» (roman va qissalar, 1992) yoki «Vatandan o‘zga yaxshi yor bo‘lmas» (1992) kabi publitsistik maqolalar to‘plamlari ham alohida e’tiborni tortadi.

Nurali Qobul M.Gorkiy va B.Polevoy nomidagi Ittifoq, adabiy mukofotlarining sovrindoridir. Uning ko‘plab asarlari rus va qardosh, xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:39:59
ERKIN A’ZAM
(1950)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/erkin_azam.jpg)

Erkin A’zam 1950 yili Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tavallud topgan. 1967 yili tumandagi 1-o‘rta maktabni tamomlagan. Shu yili Toshkent Davlat  universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1972 yilda tugatgan.

Adib avval O’zbekiston radiosida muharrir (1972—1976), undan so‘ng «Guliston» oynomasida bo‘lim muharriri, adabiy kotib vazifalarida ishlab (1976—1981), qalamini charxladi. 1981 yildan 1986 yilgacha «Yoshlik» jurnaliga ishga o‘tib, Erkin Vohidov rahbarligida jurnalning shakllanishiga, o‘z muxlisini topishiga jonbozlik ko‘rsatdi. Proza bo‘limini boshqargan yosh adib o‘z ijodi takomili bilan birga yangi talantli ijodkorlarning paydo bo‘lib, oyoqqa turishida munosib hissa qo‘shdi.

1986—1992 yillar davomida ijodkor G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va sai’at nashriyotida ko‘p jildli asarlar tahririyatiga mudirlik qilib, atoqli o‘zbek adiblari asarlari, saylanmalarini chop etishda o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.

Erkin A’zam bugungi kunda O’zbekioton respublikasi milliy Axborot agentligi Bosh direktorining birinchi muovini vazifasida xizmat qilmoqda.
 
Adibning ilk hikoyasi uning o‘quvchilik yillarida yaratilgan, viloyat ro‘znomasida bosilgan. Biroq talabchan ijodkor universitetni tugallagandan keyin ham ancha yillar kitob chop ettirishga shoshilmadi. 1977 yilda Erkin A’zamning «Chiroqdar o‘chmagan kecha» nomli hikoyalar to‘plami bosilib chiqdi. Bu mo‘jaz kitobcha o‘quvchilarga o‘zbek adabiyotida yangi bir iste’dodli hikoyanavis dunyoga kelganligidan xabar berdi. Ushbu asarda yoshlik, talabalik yillari olovli kechinmalari katta samimiyat, ilhom bilan yoritilgan bo‘lib, hikoya uslubi o‘z jozibasi bilan o‘quvchini sehrlab oldi. 1981 yilda chop etilgan «Otoyining tug‘ilgan yili» qissa va hikoyalar to‘plami kitobxon ishonchini mustahkamladi. Birinchi kichik qissasi bilan adib o‘zining lirik tasvir uslubidan tashqari hayotiy, serzavq, yumoristik badiiy ifodaga moyilligini ham namoyish qildi.

Shundan so‘ng iste’dodli adibning «Olam yamyashil» (1984), «Javob» (1987), «Bayramdan boshqa kunlar» (1989), «Mir ves v svetax» (1989) kabi bir qator qissa va hikoyalar to‘plamlari bosmadan chiqdi. Bu asarlarda zamondoshlarimiz hayotidan hikoya qilinib, axloq, e’tiqod, burch, oddiy iisoniy munosabatlar o‘ziga xos uslubda badiiy aks ettiriladi. Erkin A’zam prozasi Abdulla Qahhor, Shukur Xolmirzayev ijodiy namunalari kabi lo‘nda va to‘la ifodasi, shafqatsiz realizmi va professional mahorati bilan boshqa yozuvchilar asarlaridan keskin ajralib turadi.

Erkin A’zam hikoya va qissalari rus, ukrain, belorus, qozoq, tojik, turkman, gruzin, bulg‘or, chex tillariga tarjima qilingan. Adibning o‘zi ham o‘zga xalqlar adiblari asarlarini rus tilidan o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.

Yozuvchi 1982 yilda respublikamiz Yoshlar Ittifoqi mukofotiga sazovor bo‘lgan. Adibning «Anoyining jaydari olmasi» hikoyasi asosida badiiy film suratga olingan. Hikoyalari radiopostanovka qmlangan Erkin A’zam ayni ijodiy kamolat yoshida ilhom bilan ijod qilmoqda.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:40:44
IKROM OTAMUROD
(1951)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/ikrom_otamurod.jpg)
 
Ikrom Otamurod 1951 yili Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Kasbi qishlog’ida tavallud topgan. O’rta maktabni Komilon qishlog’ida tugatgan. 1969—1974 yillarda Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetida tahsil ko‘rgan. 1974—1975 yillarda O’zbekiston Davlat qomusida muharrirlik qildi. 1975 yildan to shukunga qadar «Sharq yulduzi» adabiy oynomasida adabiy xodim, she’riyat bo‘limining mudiri lavozimlaridaishlab kelmoqda.   

Ikrom Otamurod o‘z tengdoshlari orasida falsafiy mushohadasining kengligi, minbar shoirligi, notiqligi bilan ajralib turadi. Uning she’r va dostoilarida ustoz Maqsud Shaixzoda nafasi ufurib turadi.

Shoiriing 1982 yilda «Vaqt ranglari», 1983 yili «Janub qushlari», 1983 yilda «To‘rg‘ayli manzillar», 1987 yilda «Ufqlar orti bepoyon», 1992 yilda «Xaritaga tushmagan joylar» va «Uzoqlashayotgan og‘riq» she’riy kitoblari chop etilgan.

Ikrom Otamurodiing falastin iyuiri Muin Bsisuga bag‘ishlangan «Yarador umid otlari» dostoni (1986) o‘zbek poeziyasining 80-yillar davri uchun voqea bo‘lgan. Dostonda xorijlik ijodkor vositasida Vatan dardlari, iison qalbining po‘rtanalari, mustaqillik, Ona yurt obrazi mavzui kuchli his hayajon bilan badiiy ifodalangan.

Shoir falsafiy mushohadaga yo‘g‘rilgan she’riy uslubiga sodiq qolib, 1990 yili «Uzoqlashayotgan og’riq» dostonini yaratdi. Bu asarda zamondoshlarimizni tobora tark etib borayotgan e’tiqod, burch, insoniylik tushunchalari qalb tug‘yoni, vijdon azobi, yurak qoni bilan badiiy tadqiq etilgan.

Ikrom Otamurod taniqli tarjimon hamdir. Mahmud Darvish, Muin Bsisu (Falastin), Uold Uitmen (Amerika), Pablo Neruda (Chili), O’ljas Sulaymon (Qozog’iston), Yevgeniy Yevtushenko (Rossiya), Voris Oleypik (Ukraina), Bozor Sobir (Tojikiston) kabi shoirlar she’r va dostonlarini o‘zbek tiliga ag‘darib, respublikamiz kitobxonlariga taqdim etgan.

Ayni paytda Ikrom Otamurodning o‘z she’r va dostonlari ham turk, arab, bulg‘or, rus, moldovan, ozarbayjon, qozoq, qirg’iz, tojik, gruzin tillariga tarjima qilingan. Shoirning o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalari ijodi haqidagi publitsistik va adabiy suhbatlari ko‘pchilikka tanish. Ikrom Otamurod ayni ijodiy balog‘at yoshida katta ilhom bilan qalam tebratmoqda.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:41:33
SHAROF BOSHBEKOV
(1951)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/sharof_boshbekov.jpg)
 
Iste’dodli yozuvchi va dramaturg Sharof Boshbekov 1951 yili Samarqandda dunyoga kelgan. U adabiyotning qutlug‘ dargohiga 80-yillarning boshlarida kirib kelgan edi.

Dastlab hikoya janrida o‘z iste’dodini sinab ko‘rdi. Binobarin, uning «G» varianti» hikoyasi  (1981),  «Jumboq» (1986) hajviyasi, «G’urur» (1982) kabi hajviy hikoyalari yuzaga keldi. Shundan so‘ng uning ketma-ket rang-baraig mavzudagi sahna asarlari yaratildi. Jumladaan, u «Tushov uzgan tulporlar» (1983) hamda «Eshik qoqqan kim» (1987) kabi komediya, «Qasosli dunyo» qisqa metrajli film ssenariysini yozdi. Shuningdek, «Eski shahar gavroshlari» (1988) «Temir xotin» (1989) kabi jiddiy komediyalari yaratildi. So‘nggi vaqtda unipg «Taqdir eshigi» dramasi yozildi.

Ayniqsa, uning «Temir xotin» p’esasi adibga katta shuhrat keltirdi. Unda fan-texnika rivoji davrida inson ongi, dunyoqarashi, psixologiyasida sodir bo’layotgan jiddiy o’zgarishlar hajviy yo‘sinda umumlashtirib berilgan. Shu tufayli ham «Temir xotin» asari 1989 yilda Maqsud Shayxzoda sovriniga loyiq topildi. 1990 yilda esa unga Hamza nomidagi Respublika davlat mukofoti berildi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:42:29
XURSHID DAVRON
(1952)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/xurshid_davron.jpg)
 
Iste’dodli shoir va publitsist, mohir tarjimon Xurshid Davron 1952 yil 20 yanvar kuni Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi Chordara qishlog’ida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. O’rta maktabni tugatgach, 1969 yili Toshkent Davlat dorilfununi jurnalistika kulliyotining kechki bo‘limida o‘qib, kunduzi Toshkent qurilishlarida ishlaydi. 1971—1973 yillar davomida Olmoniyadagi sovet qo‘shinlari guruhida harbiy xizmatni o‘tab qaytgach, o‘qishni davom ettiradi. 1974 yildan 1992 yilgacha nashriyot sohasida ishlaydi.

Uning ilk she’rlari 1978—1977 yillardan boshlab tuman ro‘znomasi «Sharq tongi», viloyat ro‘znomasi «Lenin yo‘li»da bosilgan. Katta adabiyotga kirib kelishi 1976 yili «Guliston» oynomasida ustoz shoir Erkin Vohidov oq yo‘li bilan boshlanadi. 1976-1978 yillar davomida bir qator she’rlari to‘plamlarda ham chop etiladi. 1979 yili birinchi va ikkinchi kitoblari: «Qadrdon quyosh», «Shahardagi olma daraxti» bosilib chiqadi. Shundan so‘ng shoirning quyidagi kitoblari nashr etiladi. «Tuygi bog‘lar» (1981), «Uchib boraman qushlar bilan» (1983), «To‘marisning ko‘zlari» (1984), «Bolalikning ovozi» (1986), «Qaqnus» (1987), «Polyot odinokoy ptitsi» (1989), «Samarqand xayoli» (1991).
 
Hozirgi kunda uning yangi she’rlar kitobi «Bahordan bir kun oldin» nomi bilan nashrga tayyorlanmoqda.

Xurshid Davronning she’riy tarjimalari ham yigirma yil davomida matbuotda bosilib keladi. Jumladan Nikolay Zobolotskiyning «Turnalar», «Dengiz yaproqlari» (klassik va zamonaviy yapon she’riyatidan namunalar), «Qirq oshiq daftari» («Muhabbat haqida yozilgan jahon she’riyati» durdonalari) hamda «Yetti darvesh daftari» (klassik xitoy she’riyatidan namunalar) kitobi ham nashriyotga topshirilgan.

1974 yili «Tungi bog‘lar», «To‘marisning ko‘zlari" she’riy kitoblari uchun unga O’zbekiston Lenin komso moli mukofoti berilgan edi. Ammo u 1992 yilning boshida bu mukofotdan voz kechib, qaytarib topshiradi. Hozirgi kunda esa shoir tarixiy hikoyalar va qissalar yozish bilan band.

Xurshid xoh poeziyada, xoh nasrda qalam tebratadimi hamisha millatparvar, vatanparvar va bilimdon bo‘lib namoyon bo‘ladi. Undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati keng ilmiy tafakkurga ega ekanligi adib asarlariga alohida salmoqli mazmun bag’ishlaydi, uning uslubini ham tayin etadi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:43:22
TOHIR QAHHOR
(1953)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/tohir_qahhor.jpg)

Tohir Qahhor didli va umidli iste’dod sohibi. Tohir Qahhor Namanganning To‘raqo‘rgon tumanida 1953 yilda tug’ilgan. U ham Toshkent dorilfununida tahsil olgan, 1975 yilda jurnalistika fakultetini tutatgan. Avval respublika teleradiosining adabiy-dramatik bo‘limida muharrirlik qilgan. 1979—1986 yillarda «Sharq yulduzi» oynomasida adabiy xodim, hozirda esa G’. G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasida bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi.

Uning ilk maqola va she’ri juda erta, o‘n besh yoshidayoq paydo bo‘lgan, Namangan tumanida chiqadigan «Uchqun» ro‘znomasida bosilgan. Dastlabki kitobi esa 1980 yilda «Oq o‘rik» nomi bilan chop etilgan. Shundan so‘ng uning «Oqayotgan daryo» (1982)., «Osmon kimniki?» (1984), «Eshik taqillayotir» (1984), «Kun ko‘zi» (1987), «Yulduzlar mening bog’im» (1988), «Oko dnya» (1990, Moskvada, rus tilida), «Togning parvozi» (1990), «Otashgiyoh» (1992) kabi o‘nga yaqin to‘plamlari ketma-ket chiqadi. To‘plamlarga kirgan she’rlarini o‘qiganda kitobxonda ajib tuyg‘ular qayta jonlangandek, uyqudan uyg’ongandek bo‘ladi. Sabab, ularda davr va zamon, inson va kelajak, tabiat muammolari sodda va ravon ifodalarda, favqudodda ishonchli tarzda o‘z ifodasini topadi. Ayni chog‘da shoirdagi nozik ta’b, saviya, jur’at mutanosibligi uning‘ she’rlariga alohida falsafiy kuch bag‘ishlaydi. Jumladan, uning «Tilimiz» she’ri e’tiborga molik.

Tilimiz bir quyoshki, u kunu tun sochar nur,
U bir gulzorki, so‘nmas, rangidan yashnar umr
U bir yerki, o‘lsak ham, unda yashay olurmiz.


Xuddi shu misralar Oybek domlaning quyosh haqida quyidagi misralarini eslatadi:

Quyosh nurin sochaver mo‘l-mo‘l,
Chaman, ketma bizning boglardan!


Tohir Qahhor ajoyib topilma shoirgina emas, ayni chog‘da yetuk publitsist, mohir tarjimon hamdir. Uning milliy tariximiz, madaiiyatimiz, millatimiz taqdiri haqidagi, adabiyotimiz va merosimiz haqidagi chuqur ilmiy tafakkur bilan yozilgan o‘nlab maqolalari nafaqat publinistika janrini, balki adabiyotshunosligimizning ham yutug‘i desa bo‘ladi.   

U tarjimon sifatida buyuk turk shoiri Ziyo Ko‘kalpning «Ergeno‘ko‘n» dostoni va qator she’rlarini, fors adabiyoti namoyandalari Hofiz Sheroziy va Abdurahmon Jomiy g‘azallarini, arab adabiyotining klassiklari Abu Tammom, Al-Maariy, qolaversa, A.S.Nugakin, Fet, Tyutchev she’rlarini va yana ko‘plab Sharq va G’arb adabiyoti namoyandalarining asarlarini o‘zbek tiliga ag‘dardi.  Shuningdek, kolumbiyalik mashhur adib G.G.Markesning «Oshkora qotillik qissasi»ning ham tarjimonidir U bunday faol xizmatlari uchun Ahmad Yassaviy mukofoti sovrindori, O’zbekiston respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi degan sharafga ega.

Shoir bundan qariyb o‘n yillar oldin, hali Respublikamiz mustamlaka girdobidan chiqib, mustaqil bo‘lmaganida yozgan edi:   
 
Mustamlaka yurt - ulkan   
Zindonning xuddi o‘zi:
O’z qulligin ko‘rmaydi
Unda tiriklar ko‘zi.


Ha, u dardli shoir, chuqur ilmiy tafakkur egasi, xususan, uning «Tog‘ning parvozi» to‘plamidan ajdodlar tarixi, etnografiyasi, turon va turk eli, uning tabiiy sharoiti, tuzilishi, daryo va tog’-adrlari geografiyasi haqida yangi-yangi ma’lumotlar olasiz. Tafakkuringizni boyitibgina qolmay, ajdodlarga yana bir bor ixlosingiz oshadi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:44:09
MUHAMMAD YUSUF
(1954)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/muhammad_yusuf.jpg)

Hozirgi davr o‘zbek milliy' adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste’dodli shoirlaridan biri Muhammad Yusufdir. U 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumaii, Qovunchi qishlog’ida oddiy oilada tavallud topdi. O’rta maktabni tugatgandan so‘ng respublika Rus tili va adabiyoti institutini (1978) tamomladi. 1978—1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida,  1980—1986 yillarda  «Toshkent oqshomi» ro‘znomasida, 1986—1992 yillarda esa G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, hozir esa «O’zbekiston ovozi» ro‘znomasida faoliyat ko‘rsatmoqda.

U o‘nga yaqin she’riy to‘plamlarning, o‘nlab qo‘shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalb kirib ulgurgan. Uning dastlabki she’rlari birinchi bor «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan. Shundan so‘ng «Tanish teraklar" (1985), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo" (1988), «Uyqudagi qiz» (1989) «Halima enam allalari" (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor" (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992) kabi jozibali she’riy to‘plamlari nashr etildi. 1989 yilda esa «Uyqudagi qiz» nomli she’riy to‘plami uchun unga respublika Yoshlar mukofoti berildi.

U rostgo‘y shoir, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning she’riyati butun ma’naviyatga to‘la, muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo‘shiq to‘qiydimi yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Uning she’rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og’zaki ijodiga hamohang ko‘rinadi. Shoirnig «Mehr qolur» she’rini eslang-a:

O’tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.


Shoir she’riyati ham shunday. Mehringizda, qalbingizda qo‘shiq bo‘lib qoladi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:44:53
USMON QO’CHQOR
(1955)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/usmon_quchqor.jpg)

Iste’dodli shoir Usmon Qo‘chqor 1955 yilda Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida oddiy mehnatkash oilada dunyoga keladi, U o‘rta maktabni tugatgach, 1970—1975 yillarda Toshkent Davlat dorilfununida tahsil oladi. Shundan so‘ng u 1975— 1977 yillarda G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida ishlaydi. 1977—1979 yillarda esa yana ona yurti Shofirkonga borib, o‘rta maktablarda ona tili va adabiyotidan dars beradi. 1979—1986 yillarda bo‘lsa, Toshkentda — «O’zbekiston» nashriyotida muharrir bo‘lib xizmat qiladi. 1986—1988 yillarda «Cho‘lpon» nashriyotida, 1988—1991 yillarda «Yoshlik» oynomasida faoliyat ko‘rsatadi. Hozirgi kunda u G’afur G’ulom nomli Adabiyot va san’at nashriyotida ishlamoqda.

Shoir ijodining boshlanishi asosan 70-yillar oxiri va 80-yillar boshlariga to‘g‘ri keladi. Uning birinchi she’riy to‘plami 1982 yilda «Hayajonga ko‘milgan dunyo» nomi bilan chop ettiriladi. To‘plamga kirgan ko‘pchilik she’rlar shoirning izlanishlaridan, o‘z uslubini yaratayotganligidan darak bersa ham ular yoshlikning beg‘ubor, sodda, odamiy qalb tuyg‘ularidan tashkil tonganligi kitobxonni o‘ziga jalb etadi. So‘ngra, shoirning «Akssiz sadolar» (1986) nomli ikkinchi she’rlar to‘plami bosildi. Ketma-ket esa «Uyqudagi minora» (1987), «Og‘ir karvon» (1991) kabi ancha jiddiy, salmoqli she’riy guldastalari yaratildi. Bu to‘plamlar shoir dunyoqarashining keng va chuqurligi, mavzular doirasining beqiyosligi, fikrlarining teranligi bilan ajralib turadi. Xususan, uning «Og‘ir karvon» nomli she’riy to‘plamiga kirgan ko‘pchilik she’rlari inson ruhiyati, ruhiy olami, ma’naviyati haqida bitilgan goh qasida goh pamflet bo‘lib yangraydi. U o‘zining «Ruhidan ajragan odam» she’rida ruhidan ajralgan har odam qanotsiz qushga o‘xshaydi. Inson esa har damda, hamisha inson bo‘lib qolishiga da’vat seziladi. Dunyo cheksizliklari, olam mashmashalari, kishi anduhlari haqida bahs yuritib, pirovard deydi:

Buyuk xatarlardan tolguvchi dunyo,
Har gal omon chiqa olguvchi dunyo,
Quyoshga umidvor qolguvchya dunyo,—
Imon, e’tiqodi butlarga qolsin,—


deya orzu qiladi. Shoir o‘z she’rlarida hamisha zamonlar qiyosidan haqiqat, nur izlaydi. Insonni ezgu va mukammal etguvchi ruhni izlaydi, ba’zan topadi, ba’zan esa...   

Shoir o‘zining «Quvg‘in» dostonini ham yaratgan, unda qatag‘onlik davri aziyatlari, iztirob va alamlari haqida achchiq haqiqatni ochadi.

U tarjimon, jurnalist sifatida ham samarali ijod bilan band. Shoir rus, Sharq, G’arb adabiyotlarining eng yaxshi namunalarini o‘z ona tiliga ag‘darib yana bir savobli ish qilyapti. Jumladan, mashhur ozor shoiri Samad Vurg‘un o‘g‘li Yusuf Vurg‘unning «Qatl kuni» romanining tarjimasi shundan dalolat beradi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:45:39
XAYRIDDIN SULTONOV
(1956)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/xayriddin_sultonov.jpg)

Hozirgi davr o‘zbek nasri taraqqiyotida iste’dodli yozuvchi Hayriddin Sultonovning munosib o‘rni bor. U 1956 yil 18 yanvarda Toshkeit viloyati Qibray tumani, Tuzil qishlog‘ida oddiy mehnatkash oilada dunyoga kelgan. 1963—1973 yillarda Parkent qishlog‘idagi 42-o‘rta maktabda o’qib, uni muvaffaqiyatli tugatadi.

1973—1978 yillarda esa Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetida tahsil oladi. Uning mehnat faoliyati asosan 80-yillardan boshlangan bo‘lib, avval «Guliston», «Yoshlik» kabi oynomalarda, G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida faoliyat ko‘rsatdi. Hozirgi kunda u G’. G’ulom nomli nashriyotda bosh muharrir bo‘lib ishlamoqda.

Xayriddin Sultonovning ijodi 70-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lib, hikoya, qissalari ro‘znoma va oynomalarda ketma-ket bosildi. Adibning «Quyosh barchaga barobar» (1980), «Bir oqshom ertagi» (1983), «Onamning yurti» (1987), «Umr esa o‘tmoqda» (1988), «Boburning tushlari» (1992) kabi kitoblari keng o‘quvchilar ommasiga tanish. Shuningdek, u «Changak», «Moziydan bir sahifa» kabi videofilmlar hamda «Tushlarimda ko‘rib yig‘layman» kabi badiiy filmlarning ssenariy muallifi hamdir.

Xayriddin Sultonov faqat iste’dodli adibgina emas, balki mohir tarjimon hamdir. Jumladan, A.Sent-Ekzyuneri, Yu.Nagibin, S.Alekseyev, V.Shukshin kabi adiblar asarlari Xayriddin Sultonov tarjimasida o‘zbek kitobxoniga yetkazildi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:46:57
MIRZO KENJABEK
(1956)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/mirzo_kenjabek.jpg)

Islohot, istiqlol kuychisi va fidoyisi Mirzo Kenjabek hozirgi davr o‘zbek poeziyasi rivojida o‘zining munosib o‘rniga ega shoirlardan biri. U 1956 yilning 20 fevralida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi  «Mehnat» (eski «Ashurjilon») qishlog‘ida oddiy mehnatkash oilasida tug’ilgan. 1963—1973 yillar orasida maktabda o‘qib, uni muvaffaqiyatli  yakunlaydi.  So‘ngra, 1974—1979 yillarda u Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetida tahsil oladi.

Mirzo Kenjabek o‘zi haqida yozib: «Shoirlik tug‘ilmasimdan boshlangan bo‘lsa kerak»,— deydi. Chindan ham undagi she’riyatga havas, ixlos, intilish ancha erta boshlangan bo‘lib, birinchi she’riy to‘plami yigirma olti yoshida, ya’ni 1982 yilda «Adashgan maktublar» nomi bilan nashr etildi («Maktublarim»). Ketma-ket esa uning o‘nga yaqin she’riy to‘plamlari, publitsistik maqolalardan tarkib topgan kitoblari chop etildi. Adibning «Quyoshga qaragan uy» (1983), «Munshaot» (1986), «Sharq tili» (1988), «Bahorim yellari» (1991) hamda «Muhabbatning yo‘li xatarli», «Hasrat kitobi» kabi she’riy va publitsistik majmualari kitobxonlar tomonidan qizg‘in qarshi olingan. U o‘zining «O’zbekiston» nomli she’rida:

Yerning har burchagida odamlar goho
Menga o‘z tilimda so‘ylar, gumon yo‘q.
O’zbek ko‘p butun Yer yuzida, ammo
Olamda boshqa hech O’zbekiston yo‘q!


— deydi. O’zbekiston haqida Mirzo Kenjabek o‘zgacha, o‘ziga xos avj pardalarda kuylaydi. U iste’dodli tarjimon sifatida A. S. Pushkinning mashhur «Yevgeniy Onegin» she’riy romanini o‘zbek tiliga ag‘dargan. Xullas, Mirzo Kenjabek timsoli va ijodi misolida milliy mustaqillik uchun kurashayotgan fidoiy yoshlarning qiyofasi gavdalanadi.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:47:34
TO’RA MIRZO
(1956)


(http://ziyouz.com/rasmlar/adib/tura_mirzo.jpg)

Iste’dodli shoir va dramaturg To‘ra Mirzo (To‘ra Mirzo Jabborali Dadamirzo o‘gli) 1956 yili Namangan viloyati, Chortoq tumanining Peshqo‘rron qishlog’ida tug‘ilgan. O’rta maktabdan so‘ng u 1979 yili Mannon Uyg’ur nomidagi Toshkent San’at institutining teatrshunoslik bo‘limini tugatdi. 1989 yilda esa Moskvadagi Oliy Adabiyot instituti dramaturgiya bo‘limini bitiradi. So‘ngra bir qator ijodiy idoralar, oynoma va ro‘znomalarda faoliyat ko‘rsatadi. Hozirgi kunda esa u Respublika Targ’ibot Markazining bosh direktori vazifasida ishlamoqda.

To‘ra Mirzoiing ijodi garchi 70-yillariing‘ ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lsa ham, birinchi she’rlar to‘plami — «Maysalar hayqirigi» 1983 yilda chop etiladi. Shundan so‘ng uning bir qator she’riy majmualari o‘zbek, rus va turk tillarida bosiladi. Jumladan, «G’o‘ro‘glining belanchagi», «Tonggi maktublar», «Kulgixona», «Amir Temur vasiyati» kitoblari o‘zbek tilida chiqadi. Shuningdek, uning «Dobriy znak», «Vozvrashenie v Ferganu» (Moskvada) to‘plamlari rus tilida, «Bilga tunokuk vasiyati» manzumasi va turkum she’rlari Turkiyada nashr bo‘ladi.

To‘ra Mirzo iste’dodli shoir bo‘lishi bilan birga, mohir dramaturg va yetuk tarjimon hamdir. Uning qalamiga mansub bo‘lgan «Bekat», «Tonggi tramvay», «Poytaxt latifalari», «Saratondagi izg’irin» kabi dramatik asarlari sobiq SSSRning Butunittifoq dramaturgiya ko‘riklarida bir necha bor yuksak sovrinlarga ega bo‘lgan. Shuningdek, adibning «Qovrilgan o‘rdak parvozi», «Muhabbatga o‘q tekkan kun», «Ahmad ila Oqbilak» singari dramalari respublika va viloyat teatrlari sahnasidan munosib o‘rin olgan. Hozirgi kunda esa uning «Amir Temur» dramasi Qashqadaryo viloyat teatrida sahnalashtirildi. Ayni chog‘da shu asosda O’zbekiston Respublikasi televideniesida ikki qismli videofilm yaratilgan. Xullas, adib To‘ra Mirzo butun ijodi davomida boy tarixiy merosimiz, buyuk tarixiy shaxslar, ilmiy-madaniy yutuqlarimiz, milliy ma’naviy boyligimizni e’zozlab keladi. Shu jihatdan uning asarlarida tarixiy haqiqat, tarixiylik va falsafiy mushohadalar uzviy, yaxlit bir tarzda namoyon bo‘ladiki, bu uping o‘ziga xos uslubini tayin etishga yo‘l ochadi.

U mohir tarjimon sifatida Jon Gloyl Pristanlining «Xazina», Agata Kristining «Qopqon», Valeriy Shuljikning «Tegirmon tepasidagi quyosh», Aziz Nesinning «Yashasin sarg‘ish pushti rang» kabi dramatik asarlarini o‘zbeklalashtirgan.

Kitobxon va tomoshabinlar yetuk shoir, mohir dramaturg va malakali tarjimon To‘ra Mirzodan umidi katta.
Nom: Re: O'zbek adiblari (xrestomatiya). Sobir Mirvaliyev
Yuborildi: AbdulAziz 26 Oktyabr 2006, 07:48:32
ILOVA

O’ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI QURULTOYLARINING XRONOLOGIK KO’RSATKICHI
 
S’YEZD:
I — 1934 yil
II — 1939 yil
III — 1954 yil
IV — 1958 yil
V — 1965 yil
VI — 1971 yil
VII —  1976 yil
VIII — 1980 yil
IX — 1985 yil
X — 1991 yil
 
O’ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASIGA RAHBARLIK QILGAN ADIBLAR
 
1. Otajon Hoshim
2. Rahmat Majidiy
3. Hamid Olimjon
4. Oybek
5. Uyg‘un
6. Abdulla Qahhor
7. Sharof Rashidov
8. Bahrom Rahmon
9. Komil Yashin
10. Sarvar Azimov
11. O’lmas Umarbekov
12. Odil Yoqubov
13. Jamol Kamol — O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi raisi.
14. Erkin Vohidov — O’zbekiston Adiblari Ittifoqi raisi.
Nom: O'zbek adiblari (to'plam, 124 nafar adib hayoti va ijodi)
Yuborildi: AbdulAziz 24 Avgust 2008, 03:46:37
O'zbek adiblari

(http://www.ziyouz.com/images/books/uzbek_adiblari.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=243)

Muallif: Sobir Mirvaliyev
Hajmi: 435 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=243)
Online o'qish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=category&sectionid=18&id=58&Itemid=210)


Muhammadsharif So'fizoda (1869-1937) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=91&Itemid=210)
Mahmudxo'ja Behbudiy (1875-1918) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=92&Itemid=210)
Abdulla Avloniy (1878—1934)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=93&Itemid=210)
Sadriddin Ayniy (1878—1954)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=94&Itemid=210)
Abdurauf Fitrat (1886-1938)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=95&Itemid=210)
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=96&Itemid=210)
G'ulom Zafariy (1889-1938)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=97&Itemid=210)
Habibiy (1890—1982)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=98&Itemid=210)
Abdulla Qodiriy (1894-1938) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=99&Itemid=210)
Cho'lpon (1897-1938)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=100&Itemid=210)
Elbek (1898-1938)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=101&Itemid=210)
Charxiy (1900-1979) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=102&Itemid=210)
G'ayratiy (1902-1979)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=103&Itemid=210)
G'afur G'ulom (1903—1966) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=104&Itemid=210)
Botu (1904-1938)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=105&Itemid=210)
Oybek (1905-1968)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=106&Itemid=210)
Uyg'un (1905—1990)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=107&Itemid=210)
Nazir Safarov (1905—1985) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=108&Itemid=210)
Sobir Abdulla (1905—1972)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=109&Itemid=210)
Oydin (1906—1958)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=110&Itemid=210)
Abdulla Qahhor (1907—1968)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=111&Itemid=210)
Mirkarim Osim (1907—1984) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=112&Itemid=210)
Quddus Muhammadiy (1907) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=113&Itemid=210)
Maqsud Shayxzoda (1908—1967)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=114&Itemid=210)
Mirzakalon Ismoiliy (1908—1986)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=115&Itemid=210)
Hamid Olimjon (1909-1944)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=620&Itemid=210)
Komil Yashin (1909)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=621&Itemid=210)
Parda Tursun (1909-1957)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=622&Itemid=210)
Mirtemir (1910-1972)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=623&Itemid=210)
Izzat Sulton (1910)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=624&Itemid=210)
Sulton Jo'ra (1910-1943)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=625&Itemid=210)
Mamarasul Boboyev (1911-1969)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=626&Itemid=210)
Usmon Nosir (1912-1944)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=627&Itemid=210)
Zafar Diyor (1912—1946)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=628&Itemid=210)
Amin Umariy (1913—1942)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=629&Itemid=210)
Zulfiya (1915)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=630&Itemid=210)
Hakim Nazir (1915)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=631&Itemid=210)
Ibrohim Rahim (1916) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=632&Itemid=210)
Sharof Rashidov (1917—1983) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=633&Itemid=210)
Nazarmat (1917) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=634&Itemid=210)
Rahmat Fayziy (1918-1986) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=635&Itemid=210)
Turob To'la (1918—1990) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=636&Itemid=210)
Shuhrat (1918) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=637&Itemid=210)
Hamid G'ulom (1919) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=638&Itemid=210)
Said Ahmad (1920) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=685&Itemid=210)
Asqad Muxtor (1920) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=686&Itemid=210)
Shukrullo (1921) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=687&Itemid=210)
Mirmuhsin (1921) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=688&Itemid=210)
Ramz Bobojon (1921) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=689&Itemid=210)
Vali G'afurov (1922) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=690&Itemid=210)
Po'lat Mo'min (1922) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=691&Itemid=210)
Sarvar Azimov (1923) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=850&Itemid=210)
Zohidjon Obidov (1923) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=856&Itemid=210)
Qudrat Hikmat (1925—1968) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=857&Itemid=210)
Saida Zunnunova (1926-1977) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=858&Itemid=210)
Maqsud Qoriyev (1926) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=859&Itemid=210)
Odil Yoqubov (1926) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=860&Itemid=210)
Sa'dulla Karomatov (1928—1980) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=861&Itemid=210)
Pirimqul Qodirov (1928) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=862&Itemid=210)
Turg'un Po'lat (1928-1974) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=863&Itemid=210)
Aziz Abdurazzoq (1928) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=864&Itemid=210)
Jonrid Abdullaxonov (1929) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=865&Itemid=210)
Nosir Fozilov (1929) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=866&Itemid=210)
Jumaniyoz Jabborov (1930) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=867&Itemid=210)
Farhod Musajonov (1932) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=868&Itemid=210)
Oqiljon Husanov (1932) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=869&Itemid=210)
Olimjon Xoldor (1932) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=870&Itemid=210)
Xudoyberdi To'xtaboyev (1933) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=871&Itemid=210)
Husniddin Sharipov (1933) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=872&Itemid=210)
O'lmas Umarbekov (1934) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=873&Itemid=210)
Normurod Narzullayev (1934) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=874&Itemid=210)
Uchqun Nazarov (1934) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=875&Itemid=210)
Yo'ldosh Sulaymon (1935) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=876&Itemid=210)
Erkin Samandar (1935) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=877&Itemid=210)
Erkin Vohidov (1936) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=878&Itemid=210)
Razzoq Abdurashid (1936) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=879&Itemid=210)
Miraziz A'zam (1936) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=880&Itemid=210)
Ne'mat Aminov (1937)  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=881&Itemid=210)
Barot Boyqobilov (1937) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=882&Itemid=210)
O'ktam Usmonov (1938—1990) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=883&Itemid=210)
Jamol Kamol (1938) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=884&Itemid=210)
Gulchehra Nurullayeva (1938) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=885&Itemid=210)
Abduqahhor Ibrohimov (1938) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=886&Itemid=210)
Temur Po'latov (1939) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=887&Itemid=210)
Sa'dulla Siyoyev (1939) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=888&Itemid=210)
Shukur Xolmirzayev (1940) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=889&Itemid=210)
Umarxon Ahmadjonov (1940) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=890&Itemid=210)
Omon Muxtor (1941) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=891&Itemid=210)
Abdulla Oripov (1941) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=892&Itemid=210)
O'tkir Hoshimov (1941) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=893&Itemid=210)
Minhojiddin Haydar (1941) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=894&Itemid=210)
Mashrab Boboyev (1941) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=895&Itemid=210)
Muhammad Ali (1942) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=896&Itemid=210)
Oydin Hojiyeva (1942) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=897&Itemid=210)
Habib Sa'dulla (1942) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=898&Itemid=210)
Omon Matjon (1943) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=900&Itemid=210)
Rauf Parfi (1943) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=901&Itemid=210)
Zohir A'lam (1943) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=902&Itemid=210)
Tursunoy Sodiqova (1944) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=903&Itemid=210)
Hojiakbar Shayxov (1945) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=904&Itemid=210)
Norto'xta Qilich (1946) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=905&Itemid=210)
Tohir Malik (1946) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=906&Itemid=210)
Anvar Obidjon (1947) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=907&Itemid=210)
Halima Xudoyberdiyeva (1948) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=908&Itemid=210)
Azim Suyun (1948) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=909&Itemid=210)
Murod Muhammad Do'st (1948) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=910&Itemid=210)
Tog'ay Murod (1948) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=911&Itemid=210)
Mirpo'lat Mirzo (1949) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=912&Itemid=210)
Muhammad Solih (1949) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=913&Itemid=210)
Usmon Azimov (1950) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=914&Itemid=210)
Abduvali Qutbiddin (1950) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=915&Itemid=210)
Shavkat Rahmon (1950) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=916&Itemid=210)
Nurali Qobul (1950) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=917&Itemid=210)
Erkin A'zam (1950) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=918&Itemid=210)
Ikrom Otamurod (1951) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=919&Itemid=210)
Sharof Boshbekov (1951) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=920&Itemid=210)
Xurshid Davron (1952) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=921&Itemid=210)
Tohir Qahhor (1953) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=922&Itemid=210)
Muhammad Yusuf (1954) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=923&Itemid=210)
Usmon Qo'chqor (1955) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=924&Itemid=210)
Xayriddin Sultonov (1956) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=925&Itemid=210)
Mirzo Kenjabek (1956) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=926&Itemid=210)
To'ra Mirzo (1956) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=927&Itemid=210)
XX asr o'zbek adiblari. Mundarija  (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=182&Itemid=210)