ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Jamiyat va inson => Salomatlik => Mavzu boshlandi: Nodi 02 Noyabr 2006, 13:22:12

Nom: Jigar xastaliklarini davolash
Yuborildi: Nodi 02 Noyabr 2006, 13:22:12
Qizil bodrezak mevasining sharbatini asal bilan aralashtirib ichsangiz, jigar xastaligiga davo bo‘ladi.

Issiqlikdan bo‘lgan jigar xastaliklariga qoqigul, bog‘ va cho‘l saratqisi juda foydalidir.

Jigar kuchsizligini davolashda za’faron, anor doni va mayizni urug‘i bilan chaynab yeyish qo‘l keladi.
Nom: Re: Jigar xastaliklarini davolash
Yuborildi: Nodi 02 Noyabr 2006, 13:22:29
G‘ozpanja o‘tini suvda qaynatib, ovqatdan oldin kuniga 3-4 martadan ichsangiz, jigaringizga davo bo‘ladi.

Har kuni 3,5 gr. zira iste’mol qilib yurilsa, jigarni mustahkamlaydi.

Jigarni tozalash uchun har kuni 5 grammdan kungaboqar ildizining suvidan ichib yurish kerak.
Nom: Re: Jigar xastaliklarini davolash
Yuborildi: Nodi 02 Noyabr 2006, 13:22:43
Tol bargi va novdalarini yoyib ustida yotilsa, jigar issig‘ini daf qiladi.

Shirin anor suvini muntazam iste’mol qilib yurilsa, jigar tozalanadi va quvvati  ortadi.

Muntazam shakar iste’mol qilish bilan jigarni kuchlantirish mumkin.
Nom: Re: Jigar xastaliklarini davolash
Yuborildi: Nodi 02 Noyabr 2006, 13:23:38
Qoncho‘p o‘tining gulini yoki ildizini suvda qaynatib ozginadan ichib yursangiz, jigaringiz musaffo bo‘ladi.

Baliqni   olovda   kabob   qilib   yeyilsa,   zaiflashgan   jigarga   juda foydali.

Kuniga uch donadan  achchiq bodomni  asalga  qo‘shib yeb  yurilsa, jigar xastaliklariga davodir.
Nom: Re: Jigar xastaliklarini davolash
Yuborildi: Nodi 02 Noyabr 2006, 13:24:09
Har kuni 7 gr. dasht sabzisi giyohini quritib yanchigach choy va asalga aralashtirib ichilsa, sovuq jigarga issiqlik baxsh etadi.

O’n  besh  gramm  qovun  urug‘ini  yanchib yeyilsa, jigardagi tiqinlarni ochadi.

Qurutni suvda ezib ichilsa (qurtob) jigar haroratini pasaytiradi.
Nom: Re: Jigar xastaliklarini davolash
Yuborildi: Nodi 02 Noyabr 2006, 13:24:22
Limon  suvini   shakarli  choyga  aralashtirib  ichilsa,  jigarga   quvvat bag‘ishlaydi.

Kuniga 80-100 gramm shavel yeb yurilsa, jigarni mustahkamlaydi.

Yigirma gramm semizo‘t urug‘ini yanchib elakdan o‘tkazib, shakarli suv bilan ichilsa, jigar haroratini pasaytiradi.
Nom: Re: Jigar xastaliklarini davolash
Yuborildi: Nodi 02 Noyabr 2006, 13:24:36
Shirin olma sharbati va anjir jigarni quvvatli qiladi.

Xom xondon pista mag‘zi jigar sovuqligiga davo.

Bodring va olvali jigar tiqinlarini ochadi.
Nom: Re: Jigar xastaliklarini davolash
Yuborildi: Nodi 02 Noyabr 2006, 13:24:45
Oshqovoq suvda qaynatib yeyilsa, jigar haroratini pasaytiradi.

Bir yarim-ikki gramm qalampirmunchoqni yanchib, yangi sog‘ilgan sigir suti bilan nahorga ichilsa, jigarga quvvat beradi.

Sabzini suvda qaynatib, so‘ng u asalga qo‘shib yeyilsa, qonni tozalaydi va jigarga yordam beradi.
Nom: Re: Jigar xastaliklarini davolash
Yuborildi: Nodi 02 Noyabr 2006, 13:24:57
Sirka va asal qo‘shib yeb turilsa, jigar xastaliklariga shifo bo‘ladi.

Jigari xastalangan bemorlar tovuq go‘shti, anor, mayiz, no‘xat iste’mol qilishlari, qatiq ichib turishlari kerak.

Agar jigaringiz kamquvvat bo‘lsa, ravoch ildizini mayda kesib, quritib, havonchada yanchib shisha idishga solib qo‘ying-da, undan ertalab yeb turing.