ZiyoUz - Haqiqiy o'zbekona forum

Umumiy bo'lim => Yangiliklar => Mavzu boshlandi: muxbir 16 Iyun 2006, 14:41:39

Nom: Qiziqarli maqolalar
Yuborildi: muxbir 16 Iyun 2006, 14:41:39
GITLERNING UCHAR TARELKALARI

Mashhur “Diskaveri” telekanali urush davrida Gitlerning so‘nggi umidi bo‘lgan uchar tarelkalar haqida hujjatli filmni suratga tushirmoqda. 1943 yil. Yevropa uzra uchinchi reyxning bayrog‘i hilpiramoqda. Garchi Stalingrad ostonasida va Shimoliy Afrikada fashistlar armiyasining mag‘lubiyati natsistlarning “engilmas” degan tushunchasini chippakka chiqargan bo‘lsa-da, Gitler hamon g‘alabadan umidini uzgani yo‘q. Radar tuta olmaydigan bomba tashuvchi “uchar bo‘ri”lari yordamida Germaniyaga buyuklikni qaytarib, Yevropani siquvda ushlab turishiga ishonadi.

Pragadagi “Shkoda” zavodlaridan birida nemis harbiy konstruktorlari g‘aroyib prototip ustida ish olib bormoqdalar. Sal ilgariroq yosh nemis injeneri Andreas Epp “Lyuftvaffe” generaliga chizmalari bilan xat jo‘natdi. Ammo u o‘z ixtirosining qurilishida ishtirok etmadi. Aniqrog‘i, uni taklif qilishmadi. Keyinchalik Epp o‘z xotiralarida (Andreas Epp 1997 yilda vafot etgan) bunday yozadi: “Pragada mening ixtiroim bo‘lmish uchar disklar ustida ish borayotganini bilardim. Ular mening g‘oyamni o‘g‘irlagan edilar”. Epp Pragadagi maxfiy harbiy tadqiqot aviabazasiga yo‘l oladi. “Tasodifan boshim uzra g‘alati ko‘lankani ko‘rdim. Uning qanotlari yo‘q edi”, eslaydi Epp.

Aviatsiya tarixi bo‘yicha ekspert, ingliz Genri Stivens shunday deydi: “SSning topshirig‘i bilan 15 ta prototip yaratilgan. Jism ostidagi propellarning yordamida reaktiv tezlikda ucha olgan, ammo o‘sha paytdagi texnik tajribasizlik uchuvchi xavfsizligini ta’minlay olmagan edi”. Uchar tarelkalar ustida birinchi marta 1944 yilda o‘tkazilgan sinov muvaffaqiyatli o‘tdi. Gitler ittifoqchisi Mussolinining oldiga yo‘l oladi. U tezroq “duche”dan suyunchi olishni xohlardi. 84 yoshli Luidji Romersa urush davrida Mussolining harbiy maslahatchilaridan biri edi. U Diskaveriga bergan intervyusida:

“Bu juda antiqa uchar jism edi. Jism disk shaklida bo‘lib, o‘rtasida uchuvchi kabinasi bo‘rtib chiqqan edi”, deya eslaydi. Ammo uchar tarelkalar jang maydonlari ustida paydo bo‘lmadi. Tanqis materiallar, kamchiliklar va ittifoqchi kuchlarning yaqinlashib qolgani tajribalarni nihoyasiga yetkazishga yo‘l qo‘ymadi. 1945 yil bahorida “qizil armiya”ning yaqinlashishi bilan nemis konstruktorlari Pragadagi “Shkoda fabrikasi”ni tajriba va prototiplari bilan birga “yo‘q qilishdi”. Bir necha kundan so‘ng Germaniya taslim bo‘ldi. Gitlerning g‘oya va maqsadlari amalga oshmay qoldi. Ammo haligacha nemis konstruktori Eppning urushdan so‘ng o‘z tajribalarini MRBda davom ettirgani haqida gap-so‘zlar yuradi.

Mavzu arxivi (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=news&action=display&thread=1108618606)
Nom: 11 МГНОВЕНИЙ ПОСЛЕДНЕЙ ВЕСНЫ АДОЛЬФА ГИТЛЕРА
Yuborildi: Foniy 23 May 2007, 10:03:50
...В это время Геббельс через секретаршу Гитлера Юнге обратился к фюреру с просьбой разрешить перебраться в бункер его жене и шестерым детям. Гитлер вышел к министру пропаганды и бросил: "Делайте, что хотите! Я не отдаю больше приказов!". Затем он вызвал к себе адъютанта Шауба, достал из сейфа папку со своим личным архивом и велел сжечь бумаги. Фельдмаршал Кейтель, который прибыл к Гитлеру на доклад, так и не удостоился приема. "Я никогда не покину Берлин! Я погибну на ступенях рейхсканцелярии!" - произнес фюрер и захлопнул дверь... (http://www.inauka.ru/history/article74428.html)
Nom: Энг киска никохлар.
Yuborildi: Hadija 13 Noyabr 2010, 13:11:24
Энг киска никохлар.

(http://s014.radikal.ru/i326/1011/cd/b1d41d823be8.jpg) (http://www.radikal.ru)

Агарда кимки факат таникли инсонлар космик тезликда турмуш куриб ажрашадилар деб хисобласа адашадилар, оддий жуфтликлар хам борки никохи икки ойга хам чузилмаган, балки икки соат давом этган. Россияда энг киска никох 25 дакика давом этган. Ажрашиш сабабини эса жуфтликлар энг оригинал йул билан хал этишган.

(http://s008.radikal.ru/i304/1011/b8/fc74860411ed.jpg) (http://www.radikal.ru)

Нижний Новгородда эса янги келин-куёвлар Абадий оловга гул куймокчи булдилар. Шу пайт куёв бироз эхтиётсизлик туфайли келинни оёгини босиб олди, лекин атайин эмас. Келин куп уйлаб утирмасдан куёвни юзига бир шапати урдию, кейин бамайлихотир гулни оловга куйди. Буни кутмаган Куёв никох кайд килинган далолатномани олиб оловга отди. Шундан сунг келин-куёвлар тинчгина, хеч кандай жанжалсиз бошка-бошка машиналарга утиришдию, бир умрга ажралишди.

(http://s45.radikal.ru/i108/1011/0c/372cb7ad7bb0.jpg) (http://www.radikal.ru)

Сириянинг Латакия шахрида хам келин-куёвлар туй тантанасининг узидаёк ажрашишга улгуришди. Келин бола туйда "Я люблю тебя, мой ослик" деб номланувчи хазил кушикка раксга тушмокчи булди, куёвнинг хаётга карашлари эса анчагина жиддий эди ва у раксга бошка яхширок кушик танлашни талаб килди. Лекин на диджей ва на ёш келин уни гапини маъкулламадилар. Шундан сунг куёв уч марта "талок" деб бакирди. У мусулмон эди ва биз биламизки никохни бузиш учун шу сузнинг узи етарли.

(http://s15.radikal.ru/i189/1011/35/34509e16f19c.jpg) (http://www.radikal.ru)

Куйидаги никох эса бор йуги бир суткага чузилган.
Москва шахрида ёш куёв келинни гувох йигитдан рашк килди. Спиртли ичимлик ичиб олган куёвга гувох унинг хотинига жудаям кизикувчан назар билан караётгандек куринди. Шундан сунг гувох хам, келин хам куёвдан калтак еб олишди. Келин эртаси куниёк ажрашиш учун ариза ёзди.

www.sherlar.uz
Nom: Javob: Qiziqarli maqolalar
Yuborildi: Walternut 07 Fevral 2018, 15:01:44
Bu juda yaxshi maqola, menga juda yoqadi, juda foydali.