forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Mavzu boshlandi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:17:58

Nom: Ich ketishini davolash
Yuborildi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:17:58
Qorag‘at mevasini suvda yarim soat qaynatib kuniga 3 mahal ichilsa, ich ketishini to‘xtatadi.

Gurunchdan qilingan non va balut non ich ketishini davolaydi.

10-12 gr. kashnich (oshko‘k urug‘i)ni yanchib, sovuq suv bilan ichilsa, ich ketishini to‘xtatadi.
Nom: Re: Ich ketishini davolash
Yuborildi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:18:25
Shirin anor suvidan 300 gr. ni 100 gr. shakar bilan aralashtirib yeyilsa, safrodan bo‘lgan ich ketishiga shifo bo‘ladi.

Qovurilgan ziraning yanchilgani, zirk urug‘ining mayin tuyilgani ham ich ketishidan xalos qiladi.

Sariq choy o‘tini suvda qaynatib yarim stakandan kuniga 3 mahal ichilsa, foyda beradi.
Nom: Re: Ich ketishini davolash
Yuborildi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:18:36
7 gr. sabir (aloe)ni issiq suv bilan ichilsa, ich ketishiga davo bo‘ladi.

Shohtut mayizini asal bilan yeyilsa, ich ketishiga davo bo‘ladi.

Ich ketib qiynalayotgan bo‘lsangiz, rayhon urug‘i yoki pista mag‘zini ivitib, suvini iste’mol qilsangiz, shifo topasiz.
Nom: Re: Ich ketishini davolash
Yuborildi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:18:44
Surunkali ich ketaversa, gurunch yuvilgan suvni ichish ham foyda beradi.

Anor po‘sti yoki gulini qaynatib ichish ich o‘tib ketishini daf qilishda qo‘l keladi.
Nom: Re: Ich ketishini davolash
Yuborildi: Robiya 03 Iyul 2010, 11:12:57
 :as:

Bolajonlarda ich ketishi kuzatilsa, ularga oddiy jiyda yedirish yoki yong'oq orasidagi mayda lappaklarni qaynatib ichirish lozim.
Nom: Re: Ich ketishini davolash
Yuborildi: Robiya 03 Iyul 2010, 11:15:55
Tikanli kaktus bargini archib, xomligicha tanovul qilish ich ketishini to'xtatadi.