forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Mavzu boshlandi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:30:16

Nom: Ichak xastaliklarini davolash
Yuborildi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:30:16
Kuniga 3 gr. dan zig‘ir urug‘ini yanchib yeyilsa, ichak og‘riqlarini daf qiladi.

O’rdak go‘shti ichak og‘rig‘i va achishishiga shifodir.

Har kuni 10-12 gr. dan qovun urug‘ini yanchib yeyilsa, ichakni begona moddalardan tozalaydi.
Nom: Re: Ichak xastaliklarini davolash
Yuborildi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:30:29
Kuniga 7-8 gr. yalpiz urug‘ini qaynatib, asal bilan ichgan odam ichakdagi begona moddalardan xalos bo‘ladi.

Yong‘oq mag‘zini asal bilan qo‘shib murabbo qilib yeyilsa, ko‘richak mustahkamlanadi.

Shirin bodom mag‘zini muntazam yeb yurilsa, ichakdagi yaralarni tuzatadi.
Nom: Re: Ichak xastaliklarini davolash
Yuborildi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:30:39
Har kuni 15 gr. gulxayri ildizi po‘stini qaynatib, suvini ichilsa, ichakdagi shishlar yo‘qoladi.

Shohtut, oshqovoq urug‘i va yanchilgan zira ichaklardagi kasalliklarga shifodir.

Agar ich qotishi qiynayotgan bo‘lsa, bo‘ri o‘tini xina suvi bilan aralashtirib qoringa surkash foyda beradi.
Nom: Re: Ichak xastaliklarini davolash
Yuborildi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:30:56
Zanjabil odamning ichini yumshatib, ichaklar faoliyatini yaxshilaydi.

Ichak yaralarini davolashda O’zbekistonning ko‘pgina tog‘lik joylarida o‘sadigan anjabor o‘simligi sharbati yaxshi foyda beradi.

Ko‘knorni qaynatib, tozalab dokadan o‘tkazib, mirt yoki olma sharbati bilan qo‘shib ichgan odam albatta ichak xastaliklaridan shifo topadi.