forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Mavzu boshlandi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:34:11

Nom: Sariq kasalligini davolash
Yuborildi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:34:11
Yaraqon (sariq) kasalligida surgi qilish, qayt qilish va ko‘p terlash eng yaxshi samara beradi.

Bu kasallikni tovuq go‘shti, no‘xat va qatiq iste’mol qilish, tinmay anor suvi ichish bilan daf qilish mumkin.

Yetti dona sedanani ayol sutida biror soat ivitib, undan burunga tomizilsa, sariq kasalligi va ko‘zning sarg‘ayib ketishiga qarshi foyda qiladi.
Nom: Re: Sariq kasalligini davolash
Yuborildi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:34:21
Yalpizning qaynatmasi ham yaraqon kasalida shifo vositalaridan sanaladi.

Gul suvi (gulob), sirka iste’mol qilish ko‘zdagi sariqlikni ketkazadi.

Nordon (achchiq) anor suvi nahorda ko‘zga tomizilsa, undagi sariqni daf qiladi.
Nom: Re: Sariq kasalligini davolash
Yuborildi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:34:34
Sachratqi suvini iste’mol qilish sariq kasalligida eng yaxshi davolardan biridir.

Zarchavaning suvini olib ko‘zga surish bilan undagi sariqlikni yo‘qotish mumkin.

Erman o‘simligining shirasi sariq xastaligida katta foyda beradi.
Nom: Re: Sariq kasalligini davolash
Yuborildi: Nodi 04 Noyabr 2006, 05:34:43
Moychechak (romashka) gulining damlamasi siydik haydashda eng yaxshi vosita bo‘lib, sariq kasalligiga yaxshi shifodir.

Ravochning sharbatini iste’mol qilish sariq kasalligini tezda daf qilishda foyda beradi.