Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan  ( 31438 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Muslimaxon  08 Noyabr 2006, 07:57:58

Ilm olinglar. Ilm bilan birga xotirjamlik, viqor va hilmni (muloyimlikni) ham olinglar. Sizga ta’lim berayotgan kishiga tavoze’li bo‘linglar. Sizdan ta’lim olayotgan kishilar ham tavoze’li bo‘lishsin. Jabr qiluvchi olimlardan bo‘lmanglar. Ilmingiz johilligingiz ustiga qoyim bo‘lmasin.

Ali ibn Abu Tolib

Qayd etilgan


Muslimaxon  08 Noyabr 2006, 07:58:16

Olimning ado etilishi lozim bo‘lgan haqlari bor. Unga ko‘p savol bermaslik, javobiga e’tiroz qilmaslik, erinib turganida javob berishga zo‘rlamaslik, o‘rnidan turishga qo‘ymay, etagiga osilib olmaslik, sirlarini oshkor etmaslik, huzurida biror kishini g‘iybat qilmaslik, undan xato qidirmaslik, bordi-yu xato qilsa, uzrini qabul qilish, modomiki Allohning amriga itoat etarkan, unga ham Alloh uchun hurmat ko‘rsatish, oldida o‘tirib olmaslik, biror ehtiyoji bo‘lsa, uni ravo qilish uchun hammadan oldin shoshilish olimning haqlaridandir.

Ali ibn Abu Tolib

Qayd etilgan


Muslimaxon  08 Noyabr 2006, 07:59:29

Ilm sarvat (boylik)dan ustundir. Chunki sen sarvatni qo‘riqlaysan, ilm esa seni qo‘riqlaydi.

Ali ibn Abu Tolib

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:33:30

Ilmiga amal qilmagan olim johillar qatoriga kiradi.

* * *

Ilm moldan yaxshidir, u seni muhofaza qiladi, molni esa sen qo‘riqlaysan. Ilm hokim, mol mahkumdir. Mol nafaqa qilish bilan kamaysa, ilm ziyoda bo‘ladi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:33:44

Olim kishi kechalari qoyim, kunduzlari ro‘zador mujohiddan afzaldir. Olim vafot etsa, Islomda bir yoriq paydo bo‘ladi. U yoriqni faqat olimning o‘rinbosarigina to‘ldiradi.

* * *

Aql kabi mol, yaxshi xulq kabi do‘st, odob kabi meros, tavfiq kabi rahbar, ilm kabi sharaf yo‘qdir.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:33:58

Kufrga ketishning to‘rtta asosi bor: juda chuqurlashib ketish, o‘zaro kurash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosh tortish, darz ketish, bo‘linish.

* * *

Xudojo‘ylikning eng yaxshisi ibodatni ko‘z-ko‘z qilmasdan, yashiribroq bajo keltirishdir.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:34:13

Xushu’ bo‘lmagan namozda, keraksiz narsalardan saqlanmasdan tutilgan ro‘zada, tartil (qiroat) bilan o‘qilmagan Qur’onda, gunohlardan tiyilmasdan qilingan amalda, saxiylik bilinmagan molda, jiddiy bog‘lanmagan birodarlikda, ixlos bo‘lmagan duoda yaxshilik yo‘qdir.

* * *

Uch narsa xotirani ziyoda etadi va safroni ketkazadi: misvok ishlatish, ro‘za tutish va Qur’on tilovat qilish.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:34:31

Hayo va sabr qilishdek iymon bo‘lmas.

* * *

Har narsaning zakoti bor, badan zakoti ro‘za tutishdir.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:34:44

Kishi o‘zi bilan Alloh o‘rtasidagi aloqasini yaxshilasa, Alloh ham bandalari va uning o‘rtasidagi aloqasini yaxshilaydi.

* * *

Og‘izlaringiz Qur’on yo‘lidir, uni misvok bilan tozalangiz.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:34:57

Iymonlaringizni sadaqa berish bilan mahkam qilinglar, mollaringizni zakot berish bilan omon saqlanglar, balolar to‘lqinini duo bilan daf qilinglar.

* * *

Agar kishi jannatni istasa, o‘z istaklaridan qo‘l tortadi. Do‘zaxdan qo‘rqsa, harom narsalardan o‘zini tiyadi.

Qayd etilgan