Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan  ( 31449 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:35:14

Sabr qilinglar, chunki sabr etish - iymondan. Xuddi bosh jasadda bo‘lganidek, sabr ham iymonda bo‘ladi.

* * *

Allohning bir farishtasi har kuni "œO’lmoq uchun tug‘ilinglar, foniy bo‘lmoq uchun yig‘ilinglar, xarob bo‘lmog‘i uchun imorat quringlar", deb nido qilib turadi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:35:27

Modomiki Allohdan boshqadan umid qilmas ekansan, Allohdan boshqadan ham qo‘rqma!

* * *

Taqvo - Yaratgandan qo‘rqish, tanzil (Qur’oni karim)ga amal, ozga qanoat qilish va oxiratga tayyorgarlik ko‘rishdir.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:35:43

Har kim amalga tanballik qilsa, Alloh uni bir g‘amga duchor qiladi.

* * *

Eng ulug‘ taqvo harom narsadan qo‘l tortishdir.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:35:56

Zohidlik misoli bir xazina bo‘lsa, xudojo‘ylik unga bir qalqon sanaladi.

* * *

Kimki xolis niyat bilan duo qilsa, duosi ijobatdan mahrum bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:36:12

O’qishni bilsangiz, har bir inson bir kitobdir.

* * *

Aqlini ishlatgan odam aqllidir. Boshqalarningham aqlini ishlatgan odam undan-da aqlliroqdir.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:36:24

Qalb ko‘r bo‘lganidan keyin ko‘zning ko‘rishligidan foyda yo‘qdir.

Bilmagan narsani bilmayman, deb javob berishdan uyalmang.

Aqlli kishining tili yuragining ortida bo‘ladi, ahmoqning yuragi tilining orqasida bo‘ladi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:36:50

Aqldek xazina yo‘q, jahldek faqirlik yo‘q, odobday meros yo‘q, mashvaratdek yordamchi yo‘q.

Dunyo hayotida sog‘lom odam xastadir. Zavqu safo surgan odam oxiri pushaymon    bo‘lgusidir.    Faqir    odam    hazindir.    Boy    odam    baloga giriftordir. Molining halolining hisobi, haromining azobi bor, shubhali foydalardan ozor topilgusidir.

Dunyo hayoti bilan oxirat hayoti bir erkakning ayni vaqtda nikohida bo‘lgan ikki xotiniga o‘xshaydi. Biri mamnun bo‘lsa, ikkinchisi kuyaveradi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:36:58

Agar ne’matning bir chekkasiga erisha olsangiz, noshukr bo‘lib undan uzoqlashmang, yuz ham o‘girmang.

Orzu - tamannoga berilmaslik eng sharafli boylikdir, orzuning o‘zi yomon bir amaldir.

Poklik faqirlikning ziynati sanaladi, shukr qilish esa mol-dunyoning ziynati sanaladi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:37:06

Boylik g‘urbatda ham vatan bo‘ladi, faqirlik vatanda ham g‘urbat bo‘ladi.

Jannatga ishtiyoqi bo‘lgan kishi dunyoda nafsoniy orzu-havaslaridan tiyilsin.

So‘ralmasidan avval berilsa, bu saxovat hisoblanadi. So‘ralganidan so‘ng berilsa, hayo yoki mazammat bilan bog‘liq bo‘lib qoladi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:37:15

Qizg‘anchilik ojizlikning isyonidir.

Xasis kishi o‘z shahrida ham begona.

Rizqu ro‘zing ko‘p bo‘lsin desang, ko‘p sadaqa qil.

Qayd etilgan