Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan  ( 31432 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:37:23

Bir-ikki so’ bug‘doydan ovqat tayyorlab, birodarimni chaqirishim men uchun bozorlaringizga chiqib, qul ozod qilishimdan mahbubroqdir.

Eng ezgu ehson hojatmandga berilganidir.

Boylik ehson qilinsa - izzat, berkitilsa - xorlik keltiradi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:37:33

Adolat - oxiratda najot, dunyoda saodat boshidir.

Muhtojga yordam berishni ertaga qoldirmang. Zero, sizga yoki unga ertaga nima bo‘lishini bilmaysiz.

Kimning hojati tushsa, unga ko‘mak berish sizga vojibdir.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:37:43

Har bir nafas tortish bilan birga umrdan bir qismi o‘tib ketaveradi.

Makorimul-axloq (yuksak xulq) quyidagi o‘n xislatdan ibodatdir: saxovat va hayo, rostgo‘ylik va omonatni joyiga berish, kamtarlik va rashk, shijoat va halimlik, sabr va shukr.

Insof - oliyjanoblik belgisidir.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:37:50

Dahr orzularni yangilaydi, taqdirni yaqinlashtiradi, yomon istaklardan uzoqlashtiradi.

Insonlarga marhamatli bo‘ling, qadringiz oshadi.

Alloh banda yaxshiligiga muhtoj emas, ammo bir yomonlik seni yaxshilikka eltsa ajab emas.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:37:58

Sabr ikki xil bo‘ladi: yomon ko‘rilgan narsaga chidamoqlik va yaxshi narsani eshitishga sabr etmoqlik.

Yordamini o‘zgalardan darig‘ tutmagan inson zikri keng yoyiladi.

O’zgalarga ozor berishdan saqlanish yaxshilik alomatlaridandir.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:38:10

Kechirish - eng yaxshi g‘alabadir.

Ishining mazasi bo‘lmagan kishining nasabi ish bermay qo‘yadi.

Ichimizda saqlar ekanmiz, har qanday sir bizning asirimizdir. Oshkor etgan paytimizdan boshlab biz uning asiriga aylanamiz.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:38:19

Til misoli tishlaydigan hayvondir. Agar qo‘yib bersang, g‘ajib tashlaydi. Shunisi borki, faqat uni tishlashdan xoli qilish kerak.

Sukut saqlang, uning eng oz foydasi - omonlikdir.

Kimki kerilib, o‘zidan mamnun-u mag‘rur bo‘lib yursa, u o‘ziga nisbatan boshqalarning nafratini keltiradi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:38:29

Ey mutakabbir banda, sen jannatga kirishni xayolingga ham keltirmagin. Chunki Iblis jannatdan kibru havosi tufayli haydalgan. Kibru havo qilgan insonlar jannatga kiritilmaydilar.

Iffat hech narsaga ehtiyoj qoldirmaydi.

Avratga qaragan kishiga ham, (avratni) ko‘rsatgan kishiga ham Allohning la’nati bo‘lsin!

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:38:39

Ochko‘zlikdan hamda yaxshi ovqat, ichkilik, xotin-xalajga berilishdan o‘zini tutish iffat sanaladi.

Shaxsingizga dushmanlik qilganni avf etingiz. Lekin vataningizga, millatingizga va diningizga dushmanlik qilgan kishini kechirmangiz.

O’ziga do‘st topolmagan kishi odamlarning eng ojizi sanaladi. Bundan ham ojizrog‘i esa oldiniga birorta do‘st topadi-yu keyinchalik uni ham yo‘qotib qo‘yadi.

Qayd etilgan


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:38:47

Chin birodar og‘ir kuningda bilinadi.

Yaxshi qarindoshlik chidamlilik bilan yuzaga keladi.

Xotinning jihodi - erga itoat etmoqlikdir.

Qayd etilgan