Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan  ( 31453 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Muslimaxon  05 Mart 2007, 10:38:56

Yomon xotin misoli go‘zal kiyingan chayonning o‘zidir.

O’z ahlingizni qadrlang. Zero, ular uchar qanotingiz, o‘rnashgan poydevoringiz va tutar qo‘lingizdir.

Kimda-kim g‘arazgo‘ylik jilovi bilan bir narsaga erishishga harakat qilar ekan, u shu istagiga erisholmaydi, hatto ajali ham yetmay o‘lib ketadi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Mart 2008, 11:27:55

Ali karramallohu vajhadan quyidagi 7 narsa haqida so'rashganida shunday javob bergan ekanlar:
1. osmondan og'irroq narsa bormi?
- pok kishilarga bo'xton qilish
2. yerdan kengroq narsa nima?
- haqiqat
3. dengizdan boyroq narsa nima?
- qanoatli kishining qalbi
4. toshdan qattiqroq narsa nima?
- munofiqning qalbi
5. olovdan issiqroq narsa nima ?
- zolim podsho
6. muzdan sovuqroq narsa nima ?
- pastkashga muhtoj bo'lmoq
7. zahardan achchiqroq narsa nima ?
- sabr

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Mart 2008, 11:28:37

HAZRATI  ALINING RUBOYISI

YOMAN BIKA HOJATI VA RUHI BIYADAYKA,
AN G`AYRIKA A`RIZTU VA AQBALTU ILAYKA.
MOLI AMALUN SOLIHUN ISTAZHIRHU,
QAD JI`TUKA ROHIMAN, TAVAKKALTU ALAYKA.

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Mart 2008, 11:29:41

Qalb ko’r bo’lganidan keyin ko’zning ko’rishligidan foyda yo’q

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Mart 2008, 11:30:44

Ali raziyallohu anhu aytadilar: "Yig'lash uch ko'rinishda bo'ladi:
1-Alloh azobidan havf qilish
2-Alloh g'azabidan havf qilish
3-Uzilib qolishdan qo'rqish
Bularning birinchisi - gunohlarga kafforatdir. Ikkinchisi - ayblar uchun tozalanishdir.
Uchinchisi - yaxshi ko'rgan narsasiga rozi bo'lish bilan birga unga ega bo'lishdir. Gunohlarga kafforat bo'lishning mevasi uqubatlardan najot topishdir.
Ayblardan tozalanishning mevasi doimiy ne'mat va oliy darajalardir. Yaxshi ko'rishga muyassar bo'lish farishtalarni ziyorat etish va fazilatning ziyoda bo'lishidir".

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Fevral 2009, 10:56:08

Assalamu alaykum.
Ali r.a. dedilar:
"DUnyo va oxirat mashriq va mag'ribga o'xshaydi. Agar biriga yaqinlashsang, biridan uzoqlashasan".

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Fevral 2009, 10:58:40

Bir kishi Ali r.a. ga kelib dunyoga tavsif berishlarini so'radi.
U kishi dedilar:"Sog'lar kasal bo'ladigan, suyangan afsus nadomat etadigan, muhtoj kishi mahzun bo'ladigan, mustag'niy (behojat0 kishi sinov imtihon etiladigan, dunyoni tavsiflab o'tirmayman. Haloliga hisob, xaromiga azob va shubhalisiga itob-ta'na bordir".

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Fevral 2009, 11:00:00

Hasan r.a. Ali r.a.ga dedi:
"Odamlar dunoyni yaxshi ko'rishini ko'ryapsizmi?"
Hazrati ALi dedilar:"Ular dunyoning bolalaridir. Kishi ota-onasini yaxshi ko'rgani uchun malomat qilinadimi?"

Qayd etilgan


Abdulhafiz  25 Fevral 2009, 08:06:16

 :as:
Ali r.a:"Dunyo vaqtincha hovlidan abadiy hovliga ko'chib o'tiladigan joydir. Odamlar unda ikki toifadir: bir toifa nafsini sotib, uni halok etadi. Bir toifa nafsni sotib olib, qutqaradi".

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Fevral 2009, 08:38:30

Ali r.a. dedilar:"Mol-davlat, bola-chqangni ko'payishi yaxshilik emas, balki ilming va halimligingni ko'payishi yaxshilikdir".

Qayd etilgan