Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan  ( 31452 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Abdulhafiz  25 Fevral 2009, 09:15:43

"Aql kabi mol, yaxshi xulq kabi do'st, odob kabi meros, tavfiq kabi rahbar, ilm kabi sharaf yo'qdir".
Ali ibn Abu Tolib r.a

Qayd etilgan


siddiqa  25 Fevral 2009, 13:43:40

Dunyoning haloli ustida hisob ,haromi ustida esa jazo bordir .
                                                                       
                                                            hazrati ALI(ra)

Qayd etilgan


Abdulhafiz  26 Fevral 2009, 22:37:44

"Sukut saqlang, uning eng oz foydasi-omonlikdir".
Ali ibn Abu Tolib r.a.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  26 Fevral 2009, 22:40:54

"Qalb ko'r bo'lgandan keyin, ko'zning ko'rishligidan foyda yo'qdir".
Ali ibn Abu Tolib r.a.

Qayd etilgan


siddiqa  20 Mart 2009, 08:51:45

Bizning Rasululloh (sav) bo'lgan sevgimiz qattiq tashna odamning suvga talpinishidan ham kuchliroq edi .
                                     
                                          Ali ibn Abu Tolib

Qayd etilgan


Abdulhafiz  25 Iyul 2009, 23:23:17

Til misoli tishlaydigan hayvondir. Agar qo'yib bersang, g'ajib tashlaydi. Shunisi borki, faqat uni tishlashdan xoli qilish kerak.

Qayd etilgan


Hadija  08 Oktyabr 2009, 19:57:45

Ali radiyallohu anhu  mehrobda namoz  o'qir ekanlar, soqollari ko'z yoshidan ho'l bo'lib ketardi va
"Ey meni chalg'itgan va g'urur-haddan oshishga chaqirgan dunyo, sen uch taloqsan, senga qaytish yo'qdir!"
der edilar.

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Fevral 2010, 22:47:59

Ali karamullohu vajhahu o’g’li Hasanga dedi: "œEy o’g’lim! Haqiqiy g’arib habibi (do’sti) yo’q kishidir".

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Fevral 2010, 22:51:36

Boyning xasis bo`lishi unga berilgan jazodir.
Hazrat Ali

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Fevral 2010, 22:55:44

Kim ilm talabida bo’lsa, jannat uning talabida bo’ladi. Kimki ma’siyat talabida bo’lsa, jahannam uning talabida bo’ladi.

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu

Qayd etilgan