Bosh sahifa
Yordam
Qidiruv
Kirish
Registratsiya
B
Y
Q
K
R
forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim
Islom
Rasululloh SAV va sahobalar
Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan
Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan ( 31363 marta o'qilgan)
Chop etish
1
2
3
4
5
6
B
Abdulhafiz
25 Fevral 2009, 09:15:43
"Aql kabi mol, yaxshi xulq kabi do'st, odob kabi meros, tavfiq kabi rahbar, ilm kabi sharaf yo'qdir".
Ali ibn Abu Tolib r.a
Qayd etilgan
siddiqa
25 Fevral 2009, 13:43:40
Dunyoning haloli ustida hisob ,haromi ustida esa jazo bordir .
hazrati ALI(ra)
Qayd etilgan
Abdulhafiz
26 Fevral 2009, 22:37:44
"Sukut saqlang, uning eng oz foydasi-omonlikdir".
Ali ibn Abu Tolib r.a.
Qayd etilgan
Abdulhafiz
26 Fevral 2009, 22:40:54
"Qalb ko'r bo'lgandan keyin, ko'zning ko'rishligidan foyda yo'qdir".
Ali ibn Abu Tolib r.a.
Qayd etilgan
siddiqa
20 Mart 2009, 08:51:45
Bizning Rasululloh (sav) bo'lgan sevgimiz qattiq tashna odamning suvga talpinishidan ham kuchliroq edi .
Ali ibn Abu Tolib
Qayd etilgan
Abdulhafiz
25 Iyul 2009, 23:23:17
Til misoli tishlaydigan hayvondir. Agar qo'yib bersang, g'ajib tashlaydi. Shunisi borki, faqat uni tishlashdan xoli qilish kerak.
Qayd etilgan
Hadija
08 Oktyabr 2009, 19:57:45
Ali radiyallohu anhu mehrobda namoz o'qir ekanlar, soqollari ko'z yoshidan ho'l bo'lib ketardi va
"Ey meni chalg'itgan va g'urur-haddan oshishga chaqirgan dunyo, sen uch taloqsan, senga qaytish yo'qdir!"
der edilar.
Qayd etilgan
Mahdiyah
23 Fevral 2010, 22:47:59
Ali karamullohu vajhahu o’g’li Hasanga dedi:
"œEy o’g’lim! Haqiqiy g’arib habibi (do’sti) yo’q kishidir"
.
Qayd etilgan
Mahdiyah
23 Fevral 2010, 22:51:36
Boyning xasis bo`lishi unga berilgan jazodir
.
Hazrat Ali
Qayd etilgan
Mahdiyah
23 Fevral 2010, 22:55:44
Kim ilm talabida bo’lsa, jannat uning talabida bo’ladi. Kimki ma’siyat talabida bo’lsa, jahannam uning talabida bo’ladi.
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu
Qayd etilgan
Chop etish
1
2
3
4
5
6
T
SMF 2.0.7
|
SMF © 2011
.
Ziyo istagan qalblar uchun © 2004-2013
ModernStyle theme by Bloc