Ali ibn Abu Tolib r.a. hikmatlaridan  ( 31429 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Mahdiyah  23 Fevral 2010, 22:57:14

Taqvo Yaratgandan qo’rqish, nozil bo’lgan narsaga amal qilish, ozga qanoat etish va oxiratga tayyorgarlik ko’rishdir.

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Fevral 2010, 22:58:04

Aqlini ishlatgan odam aqllidir. Boshqalarning ham aqlini ishga solgan odam undan-da aqlliroqdir.

Hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Fevral 2010, 23:00:43

Mana shu so'zlar manga juda yoqdi... naqadar keng ma'no... Alloh rozi bo'lsin shunday insonlardan

Hazrati Ali roziyallohu anhudan so’radilar:
- Aql insonning qayerida?
- Aql qalbdadir
.


Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Fevral 2010, 23:04:12

Hazrati Alidan  :ra: rivoyat qilinadi:

"œDunyo ne’matidan Islom ne’mati senga kifoya qiladi.
Mashg’ulotdan toat mashg’uloti senga kifoya qiladi.
Ibrat olishda o’limdan ibrat olish senga kifoya qiladi"
.

Qayd etilgan


Muzayyana  29 Aprel 2010, 15:34:06

Hohlagan kishingga karam ko'rsat, uning amiriga aylanasan.
Hohlagan kishingdan so'ra, uning asiriga aylanasan.
Hohlagan kishingdan behojat bo'l, uning o'xshashi bo'lasan.

Ali ibn Abu Tolib :ra:

Qayd etilgan


JaviK  30 Aprel 2010, 08:29:01

Ali Karramallohu Vajhahuning juda bir chiroyli so`zlari borki, u bizlarga o`rnak bo`larlidir: "Mening qo`rqadigon narsam havoiy nafsga tobe` bo`lish va uzun orzular qilishdir. Havoi Nafsga tobe` bo`lish haqdan qaytaradi, Uzun orzular esa oxiratni esdan chiqaradi.  "
=====================================================================================
Sizlar oxiratning bolasi bo`linglar, bu dunyoni bolasi bo`lib qolmanglar.

=====================================================================================
Bu kunda amal borku hisob yo`qdir, Ertaga esa hisob borku, amal yo`qdur.  

Qayd etilgan


Shukrona  19 May 2011, 09:52:17

Assalomu alaykum.

Solih amal qilmasdan turib,jannatni istovchilardan,hali ko’p yashayman deb,tavbani kechiktiruvchilardan bo’lma.

Kasal bo’lsangvoy,uf dema.Agar tuzalsang, huddi hech qachon o’lmaydigandek kibrlanma.

Ertaga qolmasa bugungi ishi, Bu dunyoda g’olib yashar shul kishi.
                                                                                                Xazrati Ali (r.a).


Qayd etilgan


Abdulhafiz  13 Yanvar 2012, 20:42:25

"Allohning Kitobini o'rganing, chunki Allohning Kitobi so'zlarning eng ustunidir. Qur'onga doir bilimlarni egallang, chunki Qur'on qalblarning bahoridir. Qur'on nuridan shifo tilang, chunki Kalomulloh ko'ksingizdagi kasalliklarga shifodir."

Ali ibn Abu Tolib r.a


Qayd etilgan