Yurtdosh > Hamyurtlar

Sizga qaysi sheva yoqadi?

Sahifalar: (1/40) > >>

Farida:

Assalomu alaykum!
O'zbekistonda har xil shevalar bor.
Lekin har bir bir shevaning o'ziga xosliklari mavjud.

Sizga qaysi sheva yoqadi?
O'sha shevaning qaysi so'zlari sizga yoqqan?

Shoxjahon12:


--- Iqtibos: Farida  09 Noyabr 2006, 06:29:49 ---Assalomu alaykum!
O'zbekistonda har xil shevalar bor.
Lekin har bir bir shevaning o'ziga xosliklari mavjud.

Sizga qaysi sheva yoqadi?
O'sha shevaning qaysi so'zlari sizga yoqqan?

--- End quote ---

O'zimni shevamdan tashqari :)  Xorazmliklarning shevasi yoqadi.Ularning "nichiksiz?" (qalaysiz? bo'lsa kerak) degan so'zi juda yoqimli..:)))

Farida:

Manga farg'onalilani shevasi yoqadi.
yapti, yapti deyoishlari yoqadi.
Xorazm shevasi ham go'zal, lekin biroz tushunish qiyinroq. :)
Toshkent viloyatini kevottim, qivottim deyishlari yoqadi.

Muslimа:

Assalomu alaykum!
Manimcha hamma shevalar uziga hos.
Lekin manga Farg'ona vodiysini shevasi, ayniqsa Marg'ilon va Qo'qon shevalari yoqadi. Bu shevada qandaydir bir erkalatishmi bor nazarimda...
Negadir shu shevalarda gapirishganda so'zlar judayam yoqimli eshtiladi.
Namanganliklar hafa bo'lishmasinku, lekin nazarimda ularni shevasida gapirishganda oddiy gaplar ham hazilga o'hshab chiqadi...
Yana bilmadim, bu mani fikrim halos!

AbdulAziz:

Assalomu alaykum!

Qo'qonliklarning b] deyishlari,ala, apa deyishlari yoqadi.
Bag'dodliklarning qipchoq shevasida bordim tog'in deyishlari,
Buvayda, Uchko'prikliklarning ng'lab keling'lar, borg'andan keyin deyishlari,
Rishtonliklarning ettamatanp deyishlari,
Oltiariqliklarning oyappan, keyappan deyishlari,
Anjanlillarning bo'looradi, kelooradi deyishlari yoqadi.
Namanganliklarning shevasi juda yoqadi, erkalab gapirishadi. Keyin ba'zi qo'shimchalarni cho'zib-cho'zib gapirishadi. Masalan, bo'maaaydi, maaatab.
Toshkenlilarning kotta itlarni ham kuchu deyishlari yoqadi.
Qashqadaryoliklarning -da bilan -gani almashtirib gapirishlari yoqadi.

Sahifalar: (1/40) > >>

Go to full version