Sizga qaysi sheva yoqadi?  ( 109794 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 20 B


Olimxon  15 Aprel 2008, 17:00:24

Muzayyanani gapi to'ppa to'g'ri.

Qayd etilgan


Sakina  15 Aprel 2008, 22:48:32

Manga toshkent bilan andijoni va o'zimizni shevamiz yoqadi.
Asosan mana bu so'zlari:(andijoncha)
Shunaqa - Ashnaka.
O'sha - Ashi.
Olib qo'ying - oppo'ying.
Kotta odamlar ham yosh bolaga o'hshab gapiryotganga o'hshidi
Uzbekistondegi eng adabiy sheva Sirdaryoniki bo'sa kere bizi shevamiz :P aksentla juda ham kam ishllatiliadi. Misol uchun:
o'shada -  o'shada, shuda. (toshkentchada - shude. andijonchada ashida ba'zida ashta dib eshitaman :D)
Mana bu yerdan - manavi yerdan, manetdan. andijonchada manettan. toshkentchada mambttan.
Hullas to'risi yozomadim. Lekin manga hamma shevalar yoqadi :) ayniqsa enggg yoqtirganim andijoncha. Lekin tushunishga qiynalaman andijonlikla bilan gaplashib qosam bitta so'zi 100 martta qaytarib so'rasamam tushunmiman bazila qulog'i og'irroqmi dib o'ylashsa kere : ((( Yoki tushunmasam ham ha dib turvuraman.
Bir kuni qo'qonlik bo'sa kere, bittasi manga nimadur diyudim "ha issalba gullagandaami?!" tushunmadim, disam issalba gullagandami 3 - 4 marotabada ham tushunmadim keyin ha dib qo'ya qosam, tushundizmi didi ha disam nima didim?didi. salba digan qanaqadur daraxt bormi? :P dib so'ramman rossa qotti. Keyin bilsam stolba divotganakanla...

Qayd etilgan


Chustiy  15 Aprel 2008, 23:31:06

Sirdaryo, Ohonbabayev,Malek, Baht, Guliston, Hovos va Yangiyerlarga kp borganim va u yerdagilarlar b/n juda ham kp suhbatlashganim bois u yerdayam eshitganizda yge diydigan iboralar kp oddiy misol: jinnini Sirdaryoda jindi deydi, yoki qovoqni kadili deyishsa birinchi eshitgan odam ensasi qotadi, ammo buni ham ziga yarasha gashti bor, Sayhunobod yoki Bahtdagi Zoominlik turklaniku shevasini umuman gapirmasa ham bladi, gaplashseyiz miriqib kulasiz, "uytib, shuytib, voy mnerim, oh betim qaro" kabi gaplari zrde, Forishliklar: "vijjilaq suv bilan bitta taxta pichini berin", "gazli suv bilan bitta korjik bering" deganida :D   
 

Qayd etilgan


Sakina  15 Aprel 2008, 23:41:16

Qovoqni - kadili diyishini birinchi eshitishim rosti ::) lekin to'g'ri jinni - jindi, n harifini o'rniga ba'zan d qo'shib gapiriladi :) u ham bilinar bilinmas. . .

Qayd etilgan


Chustiy  15 Aprel 2008, 23:53:37

Unda Bahtga tashrif buyuring kadili haqida eshtasiz,;) Horazm shevasidan kra qiyin sheva blmas k/k.

Qayd etilgan


Rukhiya  16 Aprel 2008, 00:09:44

Qovoqni - kadili diyishini birinchi eshitishim rosti ::) lekin to'g'ri jinni - jindi, n harifini o'rniga ba'zan d qo'shib gapiriladi :) u ham bilinar bilinmas. . .

Hmmm... Sakina man ham birinchi marta eshityappan, bu so'zdi. Shuncha payt qo'qonda  yashap eshitmagan akanman.    :) Lekin Qo'qon shevasi rasa o'zgartirib gapiriladida, qayesi so'z qularoq jaranglasa ashuni gapirovramiz.
Ana haqiqi Qo'qoncha shevasida yozdim.

Qayd etilgan


Chustiy  16 Aprel 2008, 00:18:17

Sakina Qoqon shevasini emas Sirdaryoni shevasini nazarda tutdilar vAllhu a'lam, hullas hamma viloyatni shevasi zr hammasini ziga yarasha yoqimliligi bor. Hamma vl. shevalarini hurmat qilaman.

Qayd etilgan


Rukhiya  16 Aprel 2008, 00:43:11

Ha,  man adashippan.  Qovoqni Qo'qon deb o'qibman. Uzr..

Qayd etilgan


Muzayyana  01 May 2008, 14:51:15

Assalomu alekum!
Rukhiya, opajon rostdan xam Qo'qondanmisiz? Yoki xazillashdizmi? A?

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  20 May 2008, 13:03:04

Манга Хоразм шеваси ёқади.
Аишатиб стирибсан, ҳаз стиб юрибсанми, ёшулли .....нечиксан, ховва,нердасан
    А остдан хар бир шевани сзига хослиги бор. Масалан, ман туғилиб ссган жойдаги ширкат хсжалигида (илгариги совхоз) нечта қишлоқ бслса ҳар бир қишлоқни шеваси бслакча, (ва албатта шунга мос уруғлари хам, масалан, кснгирот, барлос, қатағон ва ҳ.к.) бунга нима дейсиз?

     Бу шевалар орасида Бухоро, Самарқанд шевасига схшаш шева ҳам, ж-чи сзбеклар шеваси ҳам, адабий тилга сқин шева ҳам, бошқа шеваларга схшамаган сзига хос шевалар ҳам мавжуд.
Кичкина мисол:
Борспман - боропман-бороппан-боромман
Борспти - боропти-боротир.


     p.s. ошқовоқни бизда хам кади, ошкади дейишади :) ошқовоқ деб куринг, манави шаҳарликни кара деб устингиздан кулишади :)))

    Аки қишлоқда адабий тилда гапирсангиз ҳам сх-ху бу шаҳарлик булиб кетиб тили сзгариб кетибтими, дейишади.

Хуллас, қаерда бслсак ҳам, қандай бслсак ҳам, сзимизни, сзлигимизни унутмасак бслди!    

Qayd etilgan