Sizga qaysi sheva yoqadi?  ( 102881 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 20 B


saraton07  20 May 2008, 13:53:52

Assalomu-alaykum Xonimlar va Janoblar.
Bilasizmi, hamma shevaning o'ziga yarasha  chiroyi va  jozibasi bor. Mang hamma shevalar yoqadi. Surxon,Qashqadaryo, Buxoro,Xorazm,Toshkent, Vodiyliklar.. ....Juda chiroyli shevalar. Bular orasida ko'pincha Xorazm, Vodiy, Surqash shevalari   jozibadorroq manimcha, Toshkentnikini ham  qolishmaydi. Lekin toshkent yoshlari, boshqa shevalarga munosabatlari g;alatiroq.Negadir shunaqa, shu uchun Viloyatliklar Toshkentda, Toshkentchasiga harakat qilishadi.

Qayd etilgan


Mr.Twister  04 Avgust 2008, 23:54:04

Buxoro shevasiga gap yo

Qayd etilgan


Munavvara  05 Avgust 2008, 11:02:49

Mr.Twister fikrizga qo'shilaman :)))

Qayd etilgan


Mohlaroyim  12 Avgust 2008, 17:17:59

Assalaamu alaikum
Menga Margilon shevasiyam rossa yoqadi, baribir Anjonchasi ko'pro yoqadi.

Qayd etilgan


Hadija  01 Sentyabr 2008, 14:46:37

Buxorodek chiroyli sheva yo'q mani fikrimcha :))). Albatta boshqa shevalar ham yomonmasu, lekin Buxoroni shevasi boshqacha.

Qayd etilgan


mutaallimah  02 Sentyabr 2008, 05:05:31

Qovoqni - kadili diyishini birinchi eshitishim rosti ::) lekin to'g'ri jinni - jindi, n harifini o'rniga ba'zan d qo'shib gapiriladi :) u ham bilinar bilinmas. . .

Hmmm... Sakina man ham birinchi marta eshityappan, bu so'zdi. Shuncha payt qo'qonda  yashap eshitmagan akanman.    :) Lekin Qo'qon shevasi rasa o'zgartirib gapiriladida, qayesi so'z qularoq jaranglasa ashuni gapirovramiz.
Ana haqiqi Qo'qoncha shevasida yozdim.

Iyyee opajon Farg'ona Qo'qon Matg'ilon shevalarini bir biriga kiydirip tashabsizuu :D

Qayd etilgan


Munavvara  01 Oktyabr 2008, 21:51:42

Sheva haqida bir qiziq ma'lumot
Xorazmliklar o'z yaxshi ko'rgan insonlarini "KADI" deb murojaat qilisharkan qizig'a
a bizani Buxoro shevada bu so'z Qovoqni anglatadi :D :D :D

Qayd etilgan


Mr.Twister  05 Oktyabr 2008, 20:21:13

O birodar yaxshi ma'lumot berdingiz. Nasib qilsa Xorazmga borsam qovoqni kadi demaslikka harakat qilaman.

Qayd etilgan


Feruz Sodiqov  01 Dekabr 2008, 06:57:58

fikringizga 100% qo'shilaman

Qayd etilgan


Fatima  17 Avgust 2009, 12:35:18

 :as:

manga ashi vodiy shevasi yoqadi  : )

Qayd etilgan