Sizga qaysi sheva yoqadi?  ( 167651 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 20 B

Habib  29 Mart 2010, 15:20:37

Bu mavzu borgan sari fitna qo'zg'atuvchi bo'la boshlayapti.
So'zlardan oqilona foydalanaylik.

Qayd etilgan

Ansora  29 Mart 2010, 15:41:11

Bu mavzuda shevalarimizga oid turfa xil so'zlarni yozsak ham bo'ladi.

Masalan Andijon shevasida onaga: Aya, buvi, deyiladi.
Boshqa shevalarda qanday ekanligini sizlar ham yozsangiz biz ham o'rganib olgan bo'lardik..

Qayd etilgan

Habib  29 Mart 2010, 15:52:21

Masalan Namanganda onani: Aba deyishadi. Dadasini Deda  Buvini Acha deyishadi. Bobosini Opodda deyishadi. O'qituvchilarni Oya deyishadi.
Toshkentda: Ona: Oyi,Opa.(ba'zilar opa deydi)  Ota: Ada. Kelinlar qaynotasini Doda deyishni urf qilganlar hozirda.
Bobo va momosini: Doda, Buvi. Baz'ilar kotta oyi, oyi deyishadi.
Qo'qonlik vatandoshlarimiz bobolarini Opoqi deyishlarini eshitganman.
Anjanliklar onani aya deyishadi. Shaxsan men ham anjonlik bo'lmasam ham onamni  aya diyman :-)

Qayd etilgan

Shokir63  29 Mart 2010, 17:38:57

Birinchi kursda shevalarning qaysi biri adabiy tilga aslida yaqinroq deb ko'p tortishardik. Ko'p kulishardik. Birinchi marta Buxoroga qaytganimda, mashhur adabiyotchi va tilchi Mirzoahmat Olimovning yonlariga borodim, maqsadim aniqlab olish, qanaqangidir dalillar to'plash edi. Lekin domla kutilmagan javobni berdilar.

Barcha shevalar tilimizning boyligidir, dedilar. Tortishmang, aksincha o'rganing, bunda katta bilim va madaniyat bor dedilar. O'shandan keyin hech tortishmadim. BU aslida boylimiz derdim :).

Albatta harkim o'z shevasi yoqadi, qalbidagi eng nozik torlarni eng kuchli cherta oladingan so'zlar, o'z shevasidagi so'zlar bo'ladi.

Qayd etilgan

Habib  29 Mart 2010, 17:58:49

Chindan-da, til bu millat boyligi. Uni asrab,ajdodlardan avlodlarga qadar beshikast yetishini ta'minlash bizning zimmamizdagi burch hisoblanadi. Biroq bugungi kunda tilimizga,shevamizga bo'lgan e'tibor biroz susaygandek. So'zlashganda boshqa tildagi so'zlarni qo'shib,qisqartirib gaplashamiz. Bu esa kelajakda tilning,shevaning buzilishiga olib boradi nazarimda.

Qayd etilgan

JaviK  30 Mart 2010, 10:17:34

Anjanda endi silarga aytsam: rayon tomonlarda sabzini-so`zi, bizlarda esa sazi, sochiqni-chachi, piyola-piyala, supurgini-shipirgi, chelakni-paqir, bulgor qalampirini -balgarskiy ;) davomi bor

Qayd etilgan

Mars  30 Mart 2010, 10:25:22

Anjanda endi silarga aytsam: rayon tomonlarda sabzini-so`zi, bizlarda esa sazi, sochiqni-chachi, piyola-piyala, supurgini-shipirgi, chelakni-paqir, bulgor qalampirini -balgarskiy ;) davomi bor
wow you are really  from Andijan men   ;D

Qayd etilgan

Habib  30 Mart 2010, 10:28:28

Qashqadaryoning yakkabog'liklari supurgini shivitti deyishadi. Mushukni pishak derdilar eshtishimcha.

Qayd etilgan

JaviK  30 Mart 2010, 10:40:52

Qashqadaryoning yakkabog'liklari supurgini shivitti deyishadi. Mushukni pishak derdilar eshtishimcha.

bizda Mushukni-mishiq deyishadi ;)

Qayd etilgan

Mars  30 Mart 2010, 10:57:47

Menga bir farg'onlaik bola aytib qoldi:
Silar borardik ni borasti  kelrdikni  kelasti   deb gapirasilara deb

Keyin rostan etibor bersan rostan ashnaqekan haahaahaha

Qayd etilgan