Sizga qaysi sheva yoqadi?  ( 105743 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 20 B


Farida  09 Noyabr 2006, 06:29:49

Assalomu alaykum!
O'zbekistonda har xil shevalar bor.
Lekin har bir bir shevaning o'ziga xosliklari mavjud.

Sizga qaysi sheva yoqadi?
O'sha shevaning qaysi so'zlari sizga yoqqan?

Qayd etilgan


Shoxjahon12  09 Noyabr 2006, 12:40:04

Assalomu alaykum!
O'zbekistonda har xil shevalar bor.
Lekin har bir bir shevaning o'ziga xosliklari mavjud.

Sizga qaysi sheva yoqadi?
O'sha shevaning qaysi so'zlari sizga yoqqan?

O'zimni shevamdan tashqari :)  Xorazmliklarning shevasi yoqadi.Ularning "nichiksiz?" (qalaysiz? bo'lsa kerak) degan so'zi juda yoqimli..:)))

Qayd etilgan


Farida  13 Noyabr 2006, 06:56:41

Manga farg'onalilani shevasi yoqadi.
yapti, yapti deyoishlari yoqadi.
Xorazm shevasi ham go'zal, lekin biroz tushunish qiyinroq. :)
Toshkent viloyatini kevottim, qivottim deyishlari yoqadi.

Qayd etilgan


Muslimа  13 Noyabr 2006, 08:50:43

Assalomu alaykum!
Manimcha hamma shevalar uziga hos.
Lekin manga Farg'ona vodiysini shevasi, ayniqsa Marg'ilon va Qo'qon shevalari yoqadi. Bu shevada qandaydir bir erkalatishmi bor nazarimda...
Negadir shu shevalarda gapirishganda so'zlar judayam yoqimli eshtiladi.
Namanganliklar hafa bo'lishmasinku, lekin nazarimda ularni shevasida gapirishganda oddiy gaplar ham hazilga o'hshab chiqadi...
Yana bilmadim, bu mani fikrim halos!

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Noyabr 2006, 07:28:12

Assalomu alaykum!

Qo'qonliklarning b] deyishlari,ala, apa deyishlari yoqadi.
Bag'dodliklarning qipchoq shevasida bordim tog'in deyishlari,
Buvayda, Uchko'prikliklarning ng'lab keling'lar, borg'andan keyin deyishlari,
Rishtonliklarning ettamatanp deyishlari,
Oltiariqliklarning oyappan, keyappan deyishlari,
Anjanlillarning bo'looradi, kelooradi deyishlari yoqadi.
Namanganliklarning shevasi juda yoqadi, erkalab gapirishadi. Keyin ba'zi qo'shimchalarni cho'zib-cho'zib gapirishadi. Masalan, bo'maaaydi, maaatab.
Toshkenlilarning kotta itlarni ham kuchu deyishlari yoqadi.
Qashqadaryoliklarning -da bilan -gani almashtirib gapirishlari yoqadi.

Qayd etilgan


Shahina  05 Dekabr 2006, 00:10:27

Mangayam farg'ona shevasi juda yoqadi. Ayniqsa erkalanib gapirishlari...
Vodiyliklarni shevasidan andijonliklarniki biroz to'poriroq tuyuladi manga, balki Valijon Shasiyev juda orttirvorgandir.
Marg'ilonliklar xonadon-uyni eshik deb ham ishlatisharkan:
Bizi eshikka ham o'tinglar.

Jizzaxliklarni shevasi ham o'ziga xos. Ayniqsa tog' qishloqlarining shevasi ajoyib:
damnigina juripsanma, ayna.

Xorazmlilarni shevasiga umuman gap yo'q. Tezroq gapirishsa umuman tushunib bo'lmaydi. Manga "nichiksan, janlimi?" deyishlari yoqadi.


Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Dekabr 2006, 13:59:24

Manga shevalar ichida eng yoqadigani bu bolalar shevasi.  :D

Ashalomalekum. Shu ichvoshe maylimi?

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Dekabr 2006, 14:42:15

Manga shevalar ichida eng yoqadigani bu bolalar shevasi.  :D

Ashalomalekum. Shu ichvoshe maylimi?


To'g'ri, hamma shevani o'ziga yarasha tomonlari bor.
Lekin bolalarnikiga yetadigani yo'q.
Juda topib gapiribsiz, Noza.
Meni kichik qizim akasi yoki opachasi bilan tortishib qolsa shunday deydi:
"Hoji bashavangni yoyib qo'yaman"
:)  :)  :)

Qayd etilgan


Sumayya  17 Dekabr 2006, 22:51:19

Assalamu aleykum!
Man toshkentliklarni shevasidan boshqasini bilmas, ekanman sizlarni postlaringizni uqib, havasim keldi.  :)

Qayd etilgan


Sumayya  17 Dekabr 2006, 22:53:20

"Hoji bashavangni yoyib qo'yaman"
:)  :)  :)
:D

Qayd etilgan