Sizga qaysi sheva yoqadi?  ( 105604 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 B


ibnUyayna  19 Iyun 2011, 20:27:24

 
 Manga Jizzaxni shevasi aniqrog'i baxmal taraplani shevasi juda qiziq tuyuladi..qayta-qayta eshitgim keladi..
 Univrda potochnii darslada Navoiyli 1 qiz boridi,doskaga chiqib javob berib qosa rossa eshitardim,leksiyasinimas shevasini :)

Qayd etilgan


Музаффар  19 Iyun 2011, 22:05:22

А­нг чиройли шева Марғилон шеваси. Хсп дсрилар, адабий тилимиз хам Марғилон шевасидан олинган...

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  20 Iyun 2011, 00:58:21

anu kuni ikkita samarqandlik, bitta anjanlik hamkasblarim bir bövolib toshkenni she'vasini qöpolga chiqarishdi. Hapa böldiiiim!
:)

Qayd etilgan


Solihatun  20 Iyun 2011, 01:23:26

anu kuni ikkita samarqandlik, bitta anjanlik hamkasblarim bir bövolib toshkenni she'vasini qöpolga chiqarishdi. Hapa böldiiiim!
:)

Hafa bo`lmang=)
Andijonliklarnining shevasi yoqimliroq deyishadi. Samarqandliklarnikini eshitmaganman. Andijonliklarni sizlab gapirishini yoqtiraman. Qizlarga murojaat qilishda ismini oldiga qiz deyishadi. Lobar qiz siz andijonlik  hamkasbingizga "nandirog`da yuring" desangiz lol qolsa kerak=)) Samarqandlik hamkasbingizga ham bir narsa o`ylab toparmiz!

Qayd etilgan


Абдурроҳман  20 Iyun 2011, 02:01:15

Andijonliklarga qaraganda Farg'ona shevasi yanada yoqimliroq. Gaplashib mazza qilasiz. Judayam muloyim muomalada bo'lishadi. Farg'onada o'qish-ish bilan 7 yil yurib, keyin Toshkentga borganimda u yerdagi odamlarning muomalasiga juda hayron qolganman. Tanigan tanimagan kishisiga SEN deb gapirishlari odamga juda qo'pol tuyuladi...

Qayd etilgan


azizbek_mx  20 Iyun 2011, 10:32:44

yo yo toshkenlila hamasiyam senlashormasa kere. Masalan menam ko'p vaqt toshkenda bo'ldim, bunaqa qilishganini eslomadim. Yana kim biladi, besh qo'l barobarmas deyishadiyu. Lekin baribir vodiydagi shevala boshqachade

Qayd etilgan


Shoxjahon12  20 Iyun 2011, 11:47:53

Talabaligimizda bir do'stim bilan Toshkentdagi Qushbegi mavzesiga borishimiz kerak edi. Qushbegi mavzesiga 69 va 12- avtobuslar yurarkan. Svetaforni yashil chirog'ini kutib 69-avtobusga yetolmay qoldik. (Ikkimiz ham Toshkent viloyatidanmiz). Men:"OLMISH TO'QQIZdan qoldik", dedim oltmishda "t" harfini tushirib aytadigan surxondaryoliklarni shevasida. U ham pinagini buzmasdan:"Kutaylikchi, O'N AKI kelib qolar" desa bo'ladimi andijonliklarni shevasida.

Qayd etilgan


Saliha  20 Iyun 2011, 12:29:28

manga bollarimni shevasi yoqadi.. :D ularni uzbechasini togirleman deb ba'zida, boree bilganincha gapirlarin deb yuboraman....
o'glim-- ovqat eyaman..eyaman-mas eyman bo'ladi..


Qayd etilgan


Shoxjahon12  24 Iyul 2011, 19:26:21

Andijonliklar shevasida:"QO'RQMOQ" fe'lidagi "R" harfi aytilmas ekan. "QO'QMOQ" deyilarkan. :)

Qayd etilgan


azizbek_mx  24 Iyul 2011, 20:51:37

Namanganda esa "QO'XMOQ" böladi ;D

Qayd etilgan