Sizga qaysi sheva yoqadi?  ( 167636 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 B


ibnUyayna  25 Iyul 2012, 19:56:53

 Lekin bir paytla yunusobod bozorida ishlaganimda Jizzaxni Baxmal tumanidan bolla boridi,gaplari juda prikolniy edi manga ))
 Keyn Univerdayam bir qiz bolardi Navoiyni qaysidur tumanidan,shu qiz doskaga chiqib leksiya qilishi boshlasa rosa qiziqib eshtardim,man uni leksiyasigamas,gapirishiga qarab oturvurardim..
 Xorazm shevasi yoqardi,hoz uncha yoqmiyopti (Xorazmlila hapa bomeyla))

Qayd etilgan


Bobur Sharipov  30 Noyabr 2012, 20:02:56

Xorazm shevasi yoqardi,hoz uncha yoqmiyopti (Xorazmlila hapa bomeyla))
Assalomu alaykum! Nima sabab bilan yoqtirmay qo'ydiz jo'ra?

Qayd etilgan


sadida  01 Fevral 2013, 09:53:30

Qo'qon shevasi eng chiroyli, shirin sheva : )

Qayd etilgan


kamoliddinov  01 Fevral 2013, 10:10:13

Namangan shevasi boshqacha, Okomlar, Ukomlar, Dodomlar. Quluttisan, Boruttisan, Keluttisan...

Qayd etilgan


azizbek_mx  02 Fevral 2013, 04:26:32

Namangan shevasi boshqacha, Okomlar, Ukomlar, Dodomlar. Quluttisan, Boruttisan, Keluttisan...
iyy vey nima dussiz oka. qulluttisan-keluttisan qimastan borip kiling nomongonga okaginam

Qayd etilgan


kamoliddinov  07 Fevral 2013, 04:44:38

Namangan shevasi boshqacha, Okomlar, Ukomlar, Dodomlar. Quluttisan, Boruttisan, Keluttisan...
iyy vey nima dussiz oka. qulluttisan-keluttisan qimastan borip kiling nomongonga okaginam

namanganlikmisiz?

Qayd etilgan


Turonii  03 Iyun 2017, 11:19:38

Tilimiz tamomila chiroyli, shevalari ham bir-biridan qolishmaydi. Lekin davlat tili sifatida ham Farg'onaning xususan Marg'ilon shevasi olingandir. Haqiqatdan ham Marg'ilon shevasi boshqacha shirin, yana shu borki, Marg'ilon shevasining yoqimliligi faqat shevadan emas. Bu yerliklarda har so'zga alohida "ohang" bor. Ohangiga qarab so'zning qanday ma'noda  chiqishi yoxud suhbatdoshning qay darajada yaqinligi bilinadi. Keyin Marg'ilonda ovozdan tashqar  so'z ohangiga qarab jins ajratiladi. Qo'qon shevasi ham yaxshi, chiroyli lekin ular erkak, ayol ham bir xil ohangda gapirishadi. Marg'olon shevasining boshqalardan ustun jihati ham ko'p. Yana bir gap hozirda eng toza til ham shu yerda ya'ni kundalik so'zlashuvimizda chet so'zlar asosan ruscha nisbatan ancha ozdir.

Qayd etilgan